So’zlar

So’zlar — Qism 2

· So’zlar

Kitobni ochish ↗

BIRINCHI ZIYO:

Qur'oni Mo’'jizul Bayonning buyuk bir i'joz jihati O’n Uchinchi So’zda bayon qililgan. Qardoshlari bo’lgan boshqa i'joz jihatlari qatoriga kirish uchun bu maqomga olindi. Qur'onning xar bir oyati porloq yulduzlar kabi i'joz va hidoyat nurini yoyib, kufr va g’aflat zulmatini tarqatganini ko’rish va zavq olishni istasang, o’zingni Qur'onning nozil bo’lishidan avvalgi johiliyat asrida va u badaviylik sahrosida faraz qil. Hamma narsa johillik va g’aflat zulmati ostida o’lik va jonsiz tabiat pardasiga o’ralgan paytda birdan Qur'onning yuksak tilidan

سَبَّحَ للهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

يُسَبِّحُ للهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَمَا فِى الْاَرْضِ الْمَلِكِ الْقُدُّوسِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ

kabi oyatlarni eshit, qara. O’lgan yoki yotgan olam mavjudoti سَبَّحَ، يُسَبِّحُ sadosi bilan eshitganlarning zehnida tirilayapti, xushyor bo’layapti, qiyom turib zikr qilayapti. Qorong’u samoda jonsiz olov bo’laklari bo’lgan yulduzlar va yerdagi abgor maxluqot تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ hayqirig’i eshitganlarning nazarida go’zalligini - samo bir og’iz, butun yulduzlar hikmatli kalima, haqiqatni ko’rsatgan nur, yer bir bosh, quruqlik va dengiz til, butun hayvonot va nabotot tasbeh aytgan kalima suratida ko’rsatadi. Agar bugundan u davrga qarasang, mazkur zavqning nozik tomonlarini ko’rolmaysan.

O’sha davrdan beri nurini sochgan va davr o’tishi bilan hammaga ma'lum ilmlar hisoblangan, Islomning boshqa nurli haqiqatlari bilan porlagan, Qur'onning quyoshi bilan kunduz rangini olgan holatda, yoki yuzaki va oddiy ko’nikish pardasi bilan qarasang, albatta xar bir oyatning naqadar shirin i'joz ohangi ichida qanchalab zulmatlarni tarqatganini loyig’idek ko’ra olmaysan va bir qancha i'joz turlari ichida bu tur i'jozining zavqini ola olmaysan.

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning eng yuksak i'joz darajasiga qarashni istasang, ushbu misol durbini bilan qara:

G’oyat buyuk, g’arib va keng yoyilgan ajib bir daraxt faraz qilaylik. U keng g’ayb pardasi ostida yopiq tabaqa ichida yashiringan. Ma'lumki daraxtga insonning a'zolari kabi shoxlari, mevalari, yaproqlari, gullari kabi butun a'zolari orasida munosabat, uyg’unlik, muvozanat lozim. Xar bir qismi daraxtning mohiyatiga ko’ra shakl oladi, surat beriladi. Birov chiqib hech kim bilmaydigan (hali ham bilmagan) daraxtning xar bir a'zosining rasmini chizsa, hudud belgilasa, shoxdan mevaga, mevadan yaproqqa uyg’unlik bilan surat chizsa va bir-biridan juda uzoq boshlang’ich va tugashining o’rtasida a'zolarining ayni shakl va suratini ko’rsatadigan uyg’un rasmlar bilan to’ldirsa, rassomning g’aybiy daraxtni g’aybni biladigan nazari bilan to’liq ko’rgani, qamragani, so’ng tasvirlaganiga albatta shubha qolmaydi.

Aynan shuning kabi, Qur'oni Mo’'jizul Bayon ham yaratilgan narsalarning haqiqatiga doir (bu haqiqat - dunyoning ibtidosidan oxiratning eng nihoyatigacha uzangan va arshdan yerga, zarradan quyoshgacha yoyilgan yaratilish daraxtining haqiqatiga doir) Qur'onning bayonlari shu qadar uyg’unlikni muhofaza qilgan va xar bir a'zo va mevaga loyiq surat berganki, butun olimlar izlanishlarining oxirida Qur'onni tasvirlashga "Mashaalloh, Barakalloh" deb, "Koinot tilsimini va yaratilish muammosini kashf qilgan va egallagan yolg’iz sensan ey Qur'oni Karim!" deyishgan.

وَ للهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى misolda kamchilik yo’q, Allohning ism va sifatlari va Rabboniy ish va fe'llari bir nurli tubo daraxti sifatida misol qilish orqali nuroniy daraxtning kattalik doirasi azaldan abadgacha uzanib ketadi. Kibriyo hududi cheksiz nihoyatsiz fazoda yoyilib ihota qiladi. Ijroot hududi

فَالِقُ الْحَبِّ وَالنَّوٰى ٭ يَحوُلُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ

hududidan

وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ ٭ خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّامٍ

hududigacha yoyilgan nuroniy haqiqatni butun shox va shabbalari bilan, maqsad va mevalari bilan bir-biriga shu qadar uyg’un, bir-biriga loyiq, bir-birini sindirmaydigan, bir-birining hukmini buzmaydigan, bir-biridan qo’rqmaydigan suratda ism, sifat, ish va fe'llarning haqiqatlarini bayon qiladiki, butun kashf va haqiqat ahli, malakut doirasida ijro qilgan butun irfon va hikmat sohiblari Qur'on bayonlariga "Subhanalloh" deb, "Naqadar to’g’ri, naqadar muvofiq, naqadar go’zal, naqadar loyiq" deb tasdiqlaydilar.

Masalan:

Butun imkon-koinot doirasi va vujub-Ilohlik doirasiga qaragan

ikki buyuk daraxtning bir shoxi hisoblangan iymonning olti rukni va ularning shox va shabbalarining eng nozik meva va gullari orasida shu qadar uyg’unlikni ko’zlab tasvirlaydi,

shu daraja muvozanat suratida ta'riflaydi,

shu daraja munosabat tarzida izhor etadiki,

bashar aqli uni idrok qilishdan ojiz va husniga qarshi hayron bo’ladi.

iymon shoxining shodasi hukmida bo’lgan Islomiyatning besh rukni oralasida,

ruknlarning to eng nozik tafsilotlari, eng kichik odobi, eng uzoq maqsadlari, eng chuqur hikmatlari va eng juz'iy samaralarigacha orasida uyg’unlikning go’zalligi,

mukammal munosabat va to’liq muvozanat muhofaza etganiga dalil shuki - hamma narsani o’z ichiga olgan Qur'onning hukmlari, tomonlari, ishora va ramzlaridan chiqqan buyuk Islomi shariatining mukammal intizomi, muvozanati va uyg’unligining go’zalligi va sog’lomligi rad qilinmas adolatli guvoh, shubha keltirmas qat'iy burhondir.

Demak, Qur'onning bayonlari insonning juz'iy ilmiga, boxusus bir ummiyning ilmiga tayanmagan. Balki bepoyon ilmga tayanadi va butun ashyoni birdan ko’radigan, azal va abad orasidagi barcha haqiqatlarni bir onda mushohada etadigan bir Zotning kalomidir. Amanna...

IKKINCHI ZIYO:

Qur'on hikmatining qarshisiga kurash maydoniga chiqqan bashariyat falsafasining Qur'on hikmatiga qarshi qay daraja tubanlashganini O’n Ikkinchi So’zda izohlaganmiz, misol bilan tasvir qilganmiz va boshqa So’zlarda isbotlaganimiz uchun, ularga havola qilib hozircha boshqa bir tomondan kichik taqqos qilamiz:

Insonlarning falsafasi va hikmati dunyoni sobit-o’zgarmas deb qaraydi. Mavjudotning mohiyatini, xosiyatlarini batafsil tushuntiradi. Sone'-San’atkoriga nisbatan vazifalarini gapirsa ham, qisqacha bahs yuritadi. Odatda koinot kitobining faqat naqsh va harflaridan bahs yuritadi, ma'nosiga ahamiyat bermaydi.

Qur'on esa dunyoga o’tkinchi, oqadigan, aldaydigan, sayr qiladigan, qarorsiz, almashadigan narsa sifatida qaraydi. Mavjudotlarning mohiyatidan, zohiriy va moddiy xosiyatlaridan qisqacha bahs yuritadi. Lekin Sone' tomonidan qullik vazifasi yuklangani, Sone'ning Asmosiga qay jihatda va qanday dalolat qilishini va Allohning koinoptga o’rnatgan qonuinlariga itoatlarini batafsil zikr qiladi.

Bashariyat falsafasi bilan Qur'on hikmatining ushbu tafsiloti va qisqaligi xususidagi farqlariga qarasak, ayni haq va haqiqat qaysi biri ekanini ko’ramiz. Qo’limizdagi soat suratan sobit ko’rinadi. Lekin ichidagi charxlarning harakati bilan doimiy zilzila, olat va charxlari iztirob chekadi. Aynan shuning kabi Alloh qudratining eng katta soati bo’lgan bu dunyo zohiran sobit bo’lsada, doim zilzila va almashishda, fano va zavolga qarab yumalaydi. Ha,

Dunyoga vaqt bilan chegaralangani uchun, kecha va kunduz eng katta soatning soniyalarini sanagan ikki boshli mil hisobidadir. Yil uning daqiqalarini sanagan mil holatidadir. Asr esa soatlarini sanagan bir ignadir. Vaqt dunyoni zavol to’lqinlari ustiga otadi. Moziy va kelajakni yo’qlikka tashlab, faqat hozirgi zamonni vujudda qoldiradi.

Hozirgi zamonning dunyoga bergan shakli bilan birga makon e'tibori bilan yana dunyo zilzilali, sobit turmagan soat hisoblanadi. Chunki osmonning makoni tez o’zgargani uchun bir holdan ikkinchi holga tez o’tgani uchun ba'zan bulutlar bir necha marta to’lib bo’shalib, soniya sanagan milning o’zgarish surati hukmida bir o’zgarish beradi. Dunyo uyining asosi bo’lgan yerning makoni esa yuzi o’lim va hayotda, nabot va hayvonlarda juda tez o’zgargani uchun daqiqalarni sanagan bir mil bo’lib dunyoning bu jihati o’tkinchiligini ko’rsatadi.

Zamin yuzi e'tibori bilan bunday bo’lgani kabi, botinidagi inqiloblar va zilzilalar natijasida tog’larning chiqishi va oy tutilishi soatlarni sanagan mil kabi dunyoning og’ir o’tishini ko’rsatadi. Dunyo uyining shipi bo’lgan samo makoni yulduzlarning harakati bilan, dumli yulduzlarning chiqishi bilan, Quyosh va Oyning tutilishi bilan, yulduzlarning uchishi kabi o’zgarishlar samovot ham sobit emasligi, qarilikka, xarob bo’lishga qarab ketayotganini ko’rsatadi. Lekin uning o’zgarishi haftalik soatda kunlarni sanagan bir mil kabi og’ir va kech bo’ladi. Faqat har holda o’tkinchi, zavol toppish va xarob bo’lishga qarab yurganini ko’rsatadi. Dunyo dunyolik jihatida ushbu yetti rukn ustida qurilgan. Bu ruknlar doim uni tebratadi. Lekin tebrangan va harakatlangan dunyo Sone'iga qaragan vaqti, harakat va o’zgarishlar qudrat qalamining Samadoniy maktublarni yozgan qalami bo’ladi. Holatlarning almashishi esa Alloh ismlari shuunlari jilvalarini turli tuman vasflar bilan ko’rsatgan yangilangan oynalaridir.

Dunyo dunyo e'tibori bilan ham fanoga ketadi ham o’lishga yuguradi ham zilzila ichidadir. Haqiqatda oqar suv kabi rihlat qilib, g’aflat bilan suratan qotgan, tabiat fikri bilan nursizlik va xiralik paydo qilib oxiratga parda bo’lgan.

Xato yo’ldagi falsafa tadqiqotlari bilan, fizika fani bilan va tuban madaniyatning jozibador nafsoniy xarom o’yinlari bilan, sarxush istaklari bilan dunyoni yanada qattiqlashtirib g’aflatni qalinlashtirgan, dog’lar bilan kirini qalinlashtirib Sone'ni va oxiratni unuttiradi. Ammo Qur'on bu haqiqatdagi dunyoni dunyo jihatida

اَلْقَارِعَةُ مَا الْقَارِعَةُ

اِذَا وَقَعَتِ الْوَاقِعَةُ

وَالطُّورِ ٭ وَكِتَابٍ مَسْطُو

oyatlari bilan paxta kabi uloqtiradi, otadi.

اَوَ لَمْ يَنْظُرُوا فِى مَلَكُوتِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

اَفَلَمْ يَنْظُرُوٓا اِلَى السَّمَآءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا

اَوَلَمْ يَرَ الَّذِينَ كَفَرُوٓا اَنَّ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا

kabi bayonlari bilan dunyoga shaffoflik beradi va kirini ketkazadi.

اَللهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

وَمَا الْحَيوةُ الدُّنْيَآ اِلَّا لَعِبٌ وَلَهْوٌ

kabi nurafshon nurlari bilan jonsiz dunyoni eritar.

اِذَا السَّمَآءُ انْفَطَرَتْ

اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ

اِذَا السَّمَآءُ انْشَقَّتْ

وَنُفِخَ فِى الصُّورِ فَصَعِقَ مَنْ فِى السَّمٰوَاتِ وَمَنْ فِى الْاَرْضِ

اِلَّا مَنْ شَآءَ اللهُ

o’limga aralashgan ta'birlari bilan dunyoning mavhum abadiyatini mayda-mayda qiladi.

يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى الْاَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنْزِلُ مِنَ السَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا وَهُوَ مَعَكُمْ اَيْنَمَا كُنْتُمْ وَاللهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ

وَقُلِ الْحَمْدُ للهِ سَيُرِيكُمْ اٰيَاتِهِ فَتَعْرِفُونَهَا وَمَا رَبُّكَ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

Osmon gumburlashi kabi hayqiriqlari bilan tabiat dunyoqarashi vujudga keltirgan g’aflatni tarqatadi. Qur'onning boshdan oxirigacha koinotga qaragan oyatlari shu asosga ko’ra ketar. Dunyo haqiqatini boridek ochadi, ko’rsatadi. Xunuk dunyoni naqadar chirkin ekanini ko’rsatib, insonning yuzini undan o’girtiradi, Sone'ga yuzlangan go’zal dunyoning chiroyli yuzini ko’rsatadi. Basharning ko’zini unga tiktiradi. Haqiqiy hikmatni dars beradi. Koinot kitobining ma'nolarini ta'lim beradi. Harflari va naqshlariga kam boqar. Sarxush falsafa kabi xunuk tomoniga oshiq bo’lib, ma'noni unuttirib, harflarning naqshlari bilan insonlarning vaqtini bekorchi ishlarga sarf qilmaydi.

UCHINCHI ZIYO:

Ikkinchi Ziyoda bashariyat hikmatining Qur'on hikmatiga nisbatan tubanligiga va Qur'on hikmatining i'joziga ishora qildik. Endi bu bo’limda Qur'onning shogirdlari bo’lgan asfiyo, avliyo va olimlarning munavvar qismi bo’lgan ishrokiyun faylasuflarining hikmatlari bilan Qur'onning hikmati oldida darajasini ko’rsatib, Qur'onning i'joziga muxtasar ishora qilamiz:

Qur'oni Hakimning yuksakligiga eng sodiq dalil, haqqoniyatiga eng zohir burhon va i'joziga eng quvvatli bir alomat shuki: Qur'on butun tavhid bo’limlarining barcha martabalarini hamma kerakli narsalari bilan saqlab bayon orqali muvozanatini buzmagan, muhofaza qilgan. Butun Ilohiy oliy haqiqatlarning muvozanatini ham muhofaza etgan. Barcha Asmoyi Husnaning taqozo qilgan ahkomlarni jamlagan va ahkomlarning uyg’unligini muhofaza etgan ham. Rububiyat va uluhiyatning ishlarini ham mukammal muvozanat bilan jamlagan. Bu muhofaza, muvozanat va jamlash bir xususiyatdir. Insonning asarida qat’iyyan mavjud emas va insoniyat buyuklarining fikrlarining xulosasida topilmaydi. Na malakutga o’tgan avliyolarning asarlarida, na ishlarning botinini bilgan hakimlarning kitobida, na g’ayb olamiga ta’sir qilgan ruhoniylarning ilmlarida topiladi.

Go’yo bir ishni taqsimlash uchun xar bir qismni haqiqatning eng buyuk daraxtidan faqat bir-ikki shoxiga yopishadi, uning mevasi bilan, yaprog’i bilan ovora bo’ladi. Boshqasidan yo xabari yo’q, yoki qaramaydi. Mutlaq haqiqat chegaralangan nazarlar bilan qamralmaydi. Qamrash uchun Qur'on kabi kulliy nazar lozim. Qur'ondan boshqa kitoblar Qur'ondan dars olishiga qaramay, kulliy haqiqatni juz'iy zehni bilan faqat bir-ikki tarafini to’liq ko’radi, u bilan mashg’ul bo’ladi, unda qamaladi. Yo ifrot-haddidan ortiq yoki tafrit-kam qarash orqali haqiqatlarning muvozanatini buzib uyg’unligini yo’qotadi. Bu haqiqat Yigirma To’rtinchi So’zning Ikkinchi Shoxida ajib bir tamsil bilan izohlangan. Endi esa boshqa misol bilan bu masalaga ishora qilamiz. Masalan:

Bir dengizda hisobsiz javharlarga to’la bir xazinaning bo’lganini faraz qilaylik. G’avvos sho’ng’uvchilar xazinaning javharlarini qidirish uchun sho’ng’iydi. Ko’zi yopiq bo’lgani uchun qo’l yordamida qidirishadi. Bir qismining qo’liga uzun olmos tushadi. G’avvos butun xazina uzun xoda kabi olmosdan iborat deb o’ylaydi. Do’stlaridan boshqa javhar turlarini eshitgan vaqti, ular uning olmosining tobelari, halqalari va naqshlari deydi. Boshqa shong’iganlar aylana yoqut, keyingisi to’rtburchak qahrabo topadi va hokazo... Xar biri qo’li bilan olgan javharni xazinaning asli va eng katta qismi deb ishonib, eshitgan olmoslarini xazinaning ortiqchasi va bo’laklari deb o’ylaydi. O’shanda haqiqatning muvozanati buziladi. Uyg’unlik ham ketadi. Ko’p haqiqatlarning rangi almashadi. Haqiqatning haqiqiy rangini ko’rish uchun sharh qilishga va qiyinchilikka uchraydi. Hatto ba'zan inkor va rad qilishgacha borib yetadi. Ishrokiyun faylasuflarining kitoblariga va Sunnatning mezoni bilan tortmasdan kashf va ko’rganlariga tayangan tariqatchilarning kitoblarini chuqur o’rgangan kishi bu hukm-xulosamizni shubhasiz tasdiqlaydi. Demak, Qur'on haqiqatlari va Qur'onning darsidan olingani (chunki Qur'on emas) uchun nuqsonlidir.

Haqiqatlar dengizi bo’lgan Qur'onning oyatlari esa dengiz ichidagi xazinaning g’avvosidir. Lekin ularning ko’zi ochiq, xazinani qamrab oladi. Xazinada nima bor yo’qligini ko’radi. U xazinani shunday uyg’unlik, intizom va ravonlik bilan vasf qiladi, bayon etadi, haqiqiy husnu jamolini ko’rsatadi. Masalan:

وَالْاَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيٰمَةِ وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ

يَوْمَ نَطْوِى السَّمَآءَ كَطَىِّ السِّجِلِّ لِلْكُتُبِ

oyati ifodalagan rububiyat azamatini ko’rgani kabi,

اِنَّ اللهَ لَا يَخْفٰى عَلَيْهِ شَىْءٌ فِى الْاَرْضِ وَلَا فِى السَّمَآءِ ٭ هُوَ الَّذِى يُصَوِّرُكُمْ فِى الْاَرْحَامِ كَيْفَ يَشَآءُ

مَا مِنْ دَآبَّةٍ اِلَّا هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا

وَكَأَيِّنْ مِنْ دَآبَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ

oyatlari ifoda qilganlari rahmatning qamrovini ko’ryapti, ko’rsatyapti. Yana

خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ وَجَعَلَ الظُّلُمَاتِ وَالنُّورَ

oyati ifodalagan yaratuvchilikning kengligini ko’rib, ko’rsatgani kabi,

خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ

oyati ifoda etgan tasarrufning kengligini va rububiyat qamrovini ko’rib, ko’rsatadi.

يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهاَ

oyati ifoda qilgan buyuk haqiqat bilan

وَاَوْحٰى رَبُّكَ اِلَى النَّحْلِ

ifodalagan karimona haqiqatlarni

وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِاَمْرِهِ

oyati ifodalagan amirona, hikmatli azim haqiqatni ko’radi, ko’rsatadi.

اَوَلَمْ يَرَوْا اِلَى الطَّيْرِ فَوْقَهُمْ صَآفَّاتٍ وَيَقْبِضْنَ مَايُمْسِكُهُنَّ اِلَّا الرَّحْمَنُ اِنَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ بَصِيرٌ

ifoda etgan mudabbirona, rahimona haqiqatni

وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ وَلَا يَؤُدُهُ حِفْظُهُمَا

ifoda qilgan buyuk haqiqat bilan

مَنْ ذَاالَّذ۪ى يَشْفَعُ عِنْدَهُٓ اِلَّا بِاِذْنِه۪

ifodalagan raqibona haqiqatni

هُوَ الْاَوَّلُ وَالْاٰخِرُ وَالظَّاهِرُ وَالْباَطِنُ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

ifoda qilgan keng haqiqat kabi

وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِ نَفْسُهُ وَنَحْنُ اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ

ifodalagan juda yaqinligini

تَعْرُجُ الْمَلٰٓئِكَةُ وَالرُّوحُ اِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ اَلْفَ سَنَةٍ

ishora qilgan yuksak haqiqatni

اِنَّ اللهَ يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ وَالْاِحْسَانِ وَاِيتَآئِ ذِى الْقُرْبٰى وَيَنْهٰى عَنِ الْفَحْشَآءِ وَالْمُنْكَرِ وَالْبَغْىِ

ifodalagan haqiqatlarni ichiga to’plagandek butun uxroviy va dunyoviy, ilmiy va amaliy, iymonning olti shartining xar birini tafsilotli va Islomning besh shartining xar birini qasddan va jiddiy, ikki dunyo saodatini ta'minlagan butun dasturlarni ko’radi, ko’rsatadi. Muvozanatini muhofaza qilib, uyg’unligini davom ettirib, butun haqiqatlarning uyg’unligidan hosil bo’lgan husn va jamolning manba'laridan Qur'onning bir ma'naviy i'jozi kelib chiqadi.

Bu buyuk sir sababli, Kalom ilmi olimlari Qur'onning shogirdi bo’lsada, bir qismi iymon shartlariga doir o’nlab jild, minglab asar yozganiga qaramay, Mo’'tazila kabi aqlni naqldan afzal ko’rgani uchun Qur'onning o’n oyatichalik ochiq ifoda, qat'iy isbot va jiddiy xulosa qila olmagan.

Ular huddi uzoq tog’lar ostida yer osti suv yo’llari ochib, quvurlar bilan olamning chetiga qadar sabablar silsilasi bilan borib u yerda silsilani uzishgan. So’ng obi hayot bo’lgan Allohning ma'rifati va Vojibul Vujudning vujudini isbot qilishadi. Oyati karima esa xar biri Asoyi Muso kabi hamma joyda suv chiqara oladi, xar bire narsadan bir dereza ochadi, Sone'i Zuljalolni tanitadi. Qur'onning dengizidan sizilgan Arabiy "Qatra" risolasida va boshqa So’zlarda bu haqiqat amaliy isbotlangan va ko’rsatganmiz.

Bu sirga asosan ishlarning botiniy tomoniga borib, Sunnati Saniyaga ergashmasdan, ko’rganlariga ishonib, yarim yo’lda qaytgan va bir jamoatning raisi bo’lib, firqa tashkil qilgan zalolatdagi firqalarning butun imomlari, haqiqatlarning uyg’unligini, muvozanatini muhofaza qila olmagani bois, bid'atga, zalolatga tushib jamoasini xato yo’lga olib ketishgan. Ularning butun ojizliklari Qur'on oyatlarining i'jozini ko’rsatadi.

Xotima

Qur'onning i'joz yog’dularidan ikki i'joz yog’dusi O’n To’qqizinchi So’zning O’n To’rtinchi Tomchisida o’tgan. Kamchilik deb o’ylangan takrorlanishni va koinot ilmida qisqa kelganing xar biri i'joz yog’dularining manbaidir. Qur'onda payg’ambarlar mo’'jizalari yuzida porlagan Qur'onning i'joz yog’dusi Yigirmanchi So’zning Ikkinchi Maqomida keng ko’rsatilgan. Yana bular kabi boshqa So’zlarda va arab tilidagi risolalarimda ko’p i'joz yog’dulari zikr etilib, ular bilan kifoyalanib faqat shuni aytamiz.

Yana bir Qur'on mo’'jizasi shuki: Butun payg’ambarlar mo’'jizasi Qur'onning bir i'joz naqshini ko’rsatgani kabi Qur'on butun mo’'jizalari bilan mo’'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.)dir va butun mo’'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) Qur'onning bir mo’'jizasi bo’lib, Qur'onning Janobi Haqqa aloqasini ko’rsatadi va aloqaning yuzaga chiqishi orqali xar bir kalimasi bir mo’'jiza bo’ladi. O’shanda bitta kalima, urug’ kabi ma’nan haqiqatlar daraxtini ichiga oladi. Qalbning markazi kabi eng katta haqiqatning butun a'zolariga munosabatdor bo’ladi. Bepoyon ilm va nihoyatsiz irodaga tayangani uchun, harflari, ko’rinishi, vaziyati, mavqe'i bilan hadsiz ashyolarga qaraydi. Ushbu sir sababli, harf ilmi olimlari Qur'onning bir harfidan bir sahifa qadar sirlar topganini da'vo qilishgan va da'volarini o’sha fanning ahliga isbot qilishadi.

Risolaning boshidan bu yergacha barcha shu'lalarni, shualarni, yog’dularni, nurlarni, ziyolarni nazarga to’pla, birdan qara. Boshdagi da'vo hozir qat'iy natija bo’lib, ya'ni

قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلٰٓى اَنْ يَاْتوُا بِمِثْلِ هٰذَا الْقُرْاٰنِ لَا يَاْتوُنَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيراً

oyatini yuksak bir sado bilan o’qib e'lon qilishyapti.

سُبْحَانَكَ لَاعِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

رَبَّناَ لَا تُؤَاخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَأْناَ

رَبِّ اشْرَحْ لِى صَدْرِى ٭ وَيَسِّرْ لِى اَمْرِى ٭ وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِى ٭ يَفْقَهُوا قَوْلِى

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ اَفْضَلَ وَاَجْمَلَ وَاَنْبَلَ وَاَظْهَرَ وَاَطْهَرَ وَاَحْسَنَ وَاَبَرَّ وَاَكْرَمَ وَاَعَزَّ وَاَعْظَمَ وَاَشْرَفَ وَاَعْلٰى وَاَزْكٰى وَاَبْرَكَ وَاَلْطَفَ صَلَوَاتِكَ، وَاَوْفٰى وَاَكْثَرَ وَاَزْيَدَ وَاَرْقٰى وَاَرْفَعَ وَاَدْوَمَ سَلَامِكَ، صَلَاةً وَسَلَامًا وَرَحْمَةً وَرِضْوَانًا وَعَفْوًا وَغُفْرَانًا تَمْتَدُّ وَتَزِيدُ بِوَابِلِ سَحَآئِبِ مَوَاهِبِ جُودِكَ وَكَرَمِكَ، وَتَنْمُوا وَتَزْكُوا بِنَفَآئِسِ شَرَآئِفِ لَطَآئِفِ جُودِكَ وَمِنَنِكَ، اَزَلِيَّةً بِاَزَلِيَّتِكَ لَا تَزُولُ، اَبَدِيَّةً بِاَبَدِيَّتِكَ لَا تَحُولُ، عَلٰى عَبْدِكَ وَحَبِيبِكَ وَرَسُولِكَ مُحَمَّدٍ خَيْرِ خَلْقِكَ، اَلنُّورِ الْبَاهِرِ اللَّامِعِ، وَالْبُرْهَانِ الظَّاهِرِ الْقَاطِعِ، وَالْبَحْرِ الزَّاخِرِ، وَالنُّورِ الْغاَمِرِ،وَالْجَمَالِ الزَاهِرِ، وَالْجَلَالِ الْقَاهِرِ، وَالْكَمَالِ الْفَاخِرِ، صَلَاتَكَ الَّتِى صَلَّيْتَ بِعَظَمَةِ ذَاتِكَ عَلَيْهِ وَعَلٰٓى اٰلِهِ وَصَحْبِهِ كَذٰلِكَ، صَلَاةً تَغْفِرُبِهَا ذُنُوبَنَا، وَتَشْرَحُ بِهَا صُدُورَنَا، وَتُطَهِّرُ بِهَا قُلوُبَنَا، وَتُرَوِّحُ بِهَا اَرْوَاحَنَا، وَتُقَدِّسُ بِهَا اَسْرَارَنَا، وَتُنَزِّهُ بِهَا خَوَاطِرَنَا وَاَفْكَارَنَا، وَتُصَفِّى بِهَا كُدُورَاتِ مَافِى اَسْرَارِنَا، وَتَشْفِى بِهَآ

اَمْرَاضَنَا، وَتَفْتَحُ بِهَآ اَقْفَالَ قُلُوبِنَا

رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ

وَاٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

اٰمِينْ , اٰمِينْ , اٰمِينْ

* * *

BIRINCHI ILOVA

Maqom e'tibori bilan Yigirma Beshinchi So’zga qo’shilgan Ilovalardan

Yettinchi Shu’laning Birinchi Maqomining O’n Yettinchi Martabasidir.

So’ng, bu dunyoda hayotning maqsadi va hayotning hayoti iymon ekanini bilgan tolmas va to’ymas yo’lovchi o’z-o’ziga, "Biz qidirgan Zotning so’zi va kalomi deyilgan, bu dunyoda eng mashhur, eng porloq, eng hokim va unga taslim bo’lmagan barchani xar asrda kurashga chorlaganQur'oni Mo’'jiz-ul Bayonnomli kitobga murojaat qilib, u nima deyayotganini bilaylik. Lekin avvalo, bu kitob Xoliqimizning kitobi ekanini isbotlash kerak", deb tadqiqotni boshladi.

Sayyoh suhbu davrda bo’lgani sabab, avvalo Qur'onning ma'naviy i'jozining yog’dulari bo’lgan Risola-i Nurga qaradi. Uning yuz o’ttiz risolalari, Furqoniy oyatlarining hikmatlari, nurlari va asosli tafsirlari ekanini ko’rdi. Bunchalik qaysar va dinsiz asrda Risola-i Nur xar tarafga Qur'oniy haqiqatlarni mujohidona yoysada, qarshisiga hech kimning chiqa olmagani, uning ustozi, manbai, murojaat qilgan joyi va quyoshi bo’lgan Qur'on samoviy, bashar kalomi emasligini isbotlaydi. Hatto Rasoilun Nurning yuzlab hujjatlaridan bitta Qur'oniy hujjati bo’lgan "Yigirma beshinchi So’z" va "O’n to’qqizinchi Maktub"ning oxiri Qur'onning qirq jihatdan mo’'jiza ekanini shunday isbot qilganki, kim ko’rgan bo’lsa tanqid qilish va e'tiroz bildirish u yoqda tursin, balki isbotlariga mahliyo bo’lgan, tan berib juda ko’p maqtagan. Qur'onning i'joz tomonini va haq Kalomulloh ekanligini isbotlashni Risolatun Nurga havola qilib, faqat qisqa ishora orqali buyukligini ko’rsatadigan bir necha nuqtaga e'tibor berdi.

Birinchi nuqta:Qur'on butun mo’'jizalari bilan va haqqoniyatiga dalil bo’lgan butun haqiqatlari bilan Muhammad alayhissalotu vassalomning bir mo’'jizasidir. Xuddi shuning kabi, Muhammad alayhissalotu vassalom ham butun mo’'jizalari bilan va nubuvvatining dalillari va ilmiy kamoloti bilan Qur'onning mo’'jizasidirlar va Qur'on Kalomulloh ekanligining bir qat'iy hujjatidirlar.

Ikkinchi nuqta:Qur'on bu dunyoda nuroniy, saodatli va haqiqatli bir suratda ijtimoiy hayotni o’zgartirish bilan birga, insonlarning ham nafslarida, ham qalblarida, ham ruhlarida, ham aqllarida, ham shaxsiy hayotlarida, ham ijtimoiy hayotlarida, ham siyosiy hayotlarida shunday bir inqilob qilgan, davom ettirgan va boshqarganki, o’n to’rt asr ichida xar daqiqada olti ming olti yuz oltmish olti oyati kamoli ehtirom bilan, hech bo’lmasa yuz milliondan ortiq insonlarning tillarida o’qilmoqda va insonlarni tarbiyalashtirmoqda, nafslarini poklab, qalblarini soflashtirmoqda. Ruhlarga kengayish va taraqqiy, aqllarga istiqomat, nur va hayotga hayot va saodat bermoqda. Albatta bunday bir kitobning misli yo’q, g’aroyib, favqulotda va mo’'jizadir.

Uchinchi nuqta:Qur'on u asrdan to hozirga qadar shunday bir balog’at ko’rsatganki, Ka'baning devorida oltin bilan yozilgan eng mashhur adiblarning "Muallaqoti sab'a" nomi bilan mashhur bo’lgan qasidalarini shu darajaga tushurdiki, Labidning qizi otasining qasidasini Ka'ba devoridan tushirayotib shunday degan: "Oyatlar qarshisida buning qiymati qolmadi."

Yana, badaviy bir adib فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ oyati o’qilayotganda, uni eshitgan payti sajdaga yiqildi. Undan so’radilar: "Sen musulmon bo’ldingmi?" U aytdi: "Yo’q, men bu oyatning balog’atiga sajda qildim."

Yana, ilmi balog’atning dohiylaridan Abdulqohir Jurjoniy va Sakkokiy va Zamaxshariy kabi minglab dohiy imomlar va bilimli adiblar ijmo' va ittifoq bilan: "Qur'onning balog’ati toqati bashardan tashqaridadir, kuchi yetmaydi", deb xulosa qilganlar.

Yana, o’sha davrdan beri davomli ravishda kurash maydoniga chaqirib, mag’rur va o’ziga ishongan adiblar va balog’at olimlarining menligiga tegib, g’ururlarini sindiradigan tarzda: "Yo bittagina suraning mislini keltiringlar yoki dunyoyu oxiratda halokat va xorlikni qabul qilinglar", deb e'lon qilganiga qaramay, o’sha asrning muannid balog’atchilari qisqa gap bilan kurashish yo’lini tashlab bitta suraning mislini keltirmay, juda ham uzun, jon va mollarini tahlikaga otgan urush yo’lini tanlashi qisqa yo’ldan borish mumkin emasligini isbotlaydi.

Yana, Qur'onning do’stlari Qur'onga o’xshash va taqlid qilish shavqi bilan dushmanlari esa Qur'onga javob va tanqid qilish qasdida, o’sha davrdan beri yozgan, yozilgan va fikrlar birlashishi orqali taraqqiy etgan millionlab arabiy kitoblar mavjud. Ularning hech biri unga yeta olmaganini, hatto eng oddiy odam ham eshitganda albatta: "Qur'on ularga o’xshamaydi va ularning martabasida emas." deydi. Yo ulardan pastda yoki barchasining ustida bo’ladi. Pastda ekanini dunyoda biror inson, hech bir kofir, hatto bir ahmoq ayta olmaydi. Demak balog’at martabasi barchasidan ustundir.

Hatto bir odam

سَبَّحَ لِلّٰهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

oyatini o’qib, "Bu oyatning g’aroyib balog’atini ko’ra olmayapman", deganida unga, "Sen ham sayyoh kabi o’sha davrga bor, u yerda tingla", deb javoib berildi. U o’zini Qur'ondan avval o’sha yerdaman deb xayol qildi. Olam mavjudoti abgor, qorong’u, jonsiz, shuursiz va vazifasiz bo’lib, xoli, cheksiz, hududsiz fazoda, beqaror, foniy dunyoda turganini ko’rdi. Birdan, Qur'on tilidan bu oyatni tingladi. Oyat koinot ustidan, dunyo yuzidan parda ochdi va nurlantirdi. Bu azaliy nutq va bardavom farmon asrlar silsilasiga tizilgan shuur sohiblariga dars berib, koinot bir katta masjidi singari, boshda samovot va zamin, barcha maxluqotni tirik zikr va tasbehda, ish ustida jo’shu xurush bilan bahtiyor va xursand kayfiyatga keltirganini ko’rdi. Bu oyatning balog’at darajasini his etib, boshqa oyatlarni bunga qiyoslab, Qur'onning balog’at nag’masini yerning yarmini va bashariyatning beshdan birini egallab, saltanatning ehtishomini kamoli ehtirom bilan o’n to’rt asr uzluksiz davom etayotganining minglab hikmatlaridan bir hikmatini angladi.

To’rtinchi nuqta:Qur'on shunday haqiqatli halovat ko’rsatganki, eng shirin narsadan ham zeriktiradigan ko’p takrorlanish, Qur'onni tilovat qilganlar uchun zeriktirish emas, balki qalbi aynimagan va zavqi buzilmagan odamlarga tilovatini takrorlash halovatini ko’paytiradi. Bu eski davrdan beri hammaning nazdida tasdiqlangan, zarbulmasal bo’lib qolgan.

Yana, shunday bir ifor, yoshlik, navqironlik va hayrat berganki, o’n to’rt asrdan beri xar kimning qo’liga oson kelib, endi nozil bo’lgandek iforini muhofaza qiladi. Xar bir asr, o’ziga xitob qilayotgandek navqironlikda qabul qilgan. Xar ilmiy toifa undan xar doim foydalanish uchun oldida juda ko’p va akasariyat vatlar yonlarida saqlagani, ifoda uslubiga ergashib, iqtido qilib, o’sha uslubidagi va bayon tarzidagi hayrat beruvchiligini o’zidek muhofaza qiladi.

Beshinchisi:Qur'onning bir qanoti moziyda, bir qanoti istiqbolda. Ildizi va bir qanoti eski Payg’ambarlar ittifoq qilgan haqiqatlaridir. Qur’on ularni tasdiqlaydi va qo’llab-quvvatlaydi. Ular ham tavofuq-uyg’un holat tili bilan uni tasdiqlaydi. Xuddi shuningdek: Avliyo, asfiyo kabi undan hayot olgan samaralar va hayotdor komillashishlari bilan muborak shajaralarining tirik, fayzli va haqiqat sababi ekaniga dalolat qiladi. Ikkinchi qanotining himoyasida yetishgan va yashagan valiylikning butun haq tariqatlari va Islomiyatning butun haqiqatli ilmlari, Qur'onning ayni haq va haqiqatlar majmuasi va qamrovida tenggi yo’q g’aroyiblikda ekaniga guvohlik beradi.

Oltinchisi:Qur'onningolti jihatinuroniydir. Uning sidq va haqqoniyatini ko’rsatadi. Darhaqqiat:

Ostida- hujjat va burhon tirgaklari,ustida-i'joz yog’dusi tamg’alari,oldida va nishonida- ikki dunyo saodati hadyalari,orqasida- tayanch nuqtasi bo’lgan samoviy vahiy haqiqatlari,o’ngida- istiqomatdagi sanoqsiz kishilarning dalillar bilan tasdig’i,chapida- salim qalblar va pok vijdonlarning jiddiy ishonishi va samimiy berilish va taslimlari, Qur'onning favqulotda, g’aroyib, metin va yengilmas dunyoning samoga oid qal’asi ekanini isbotlaydi.

Shuningdek,

olti maqomdanham uning ayni haq va sodiq ekani,

basharning kalomi va yanglishi yo’qligini tasdiqlagan avvalo,

bu koinotda doimo go’zallikni izhor,

yaxshilikni va to’g’rilikni himoya,

soxtakor va tuhmatchilarni yo’q qilish va ketkazish qonunini faoliyat dasturi qilgan - koinotning Mutasarrifidir. U Qur'onga olamda eng maqbul, eng yuksak, eng hokimona bir hurmat maqomi va muvaffaqiyat martabasi berib, tasdiqlagan va qo’llab quvvatlagan.

Shuningdek,

Islomiyatning manbai va Qur'onning tarjimoni bo’lmish Zotning (alayhissalotu vassalom) hammadan ko’ra ko’p e'tiqod qilishi va ehtirom ko’rsatishi,

Nozil bo’layotgan paytda uyqu kabi holatda bo’lishlari,

boshqa kalomlarning unga yeta olmasligi va bir daraja o’xshamasligi,

ummiyliklari bilan birga o’tmish va kelajakdagi koinotdagi haqiqiy hodisalarni g’aybiy Qur'on bilan ikkilanmasdan va to’liq ishonch bilan bayon qilishlari,

ko’p diqqatli ko’zlarning nazari ostida hech qanday hiyla, hech bir xato kuzatilmagan tarjimonning, butun kuchi bilan Qur'onning xar bir hukmiga iymon keltirib tasdiqlashlari,

hech narsa u zotni bo’shashtirmagani - Qur'onning samoviy, haqqoniyatli va Xoliqi Rahimining muborak kalomi ekanini qo’llab qivvatlaydi.

Yana,

insoniyatning beshdan biri, balki aksariyati ko’z o’ngida uni mahkam tutib, dindorona bog’lanishi,

haq ha haqiqatni sevib va ishtiyoq bilan quloq solishi,

ko’p belgilar, voqealar va kashflarning guvohligiga ko’ra jin, farishta va ruhoniylarning tilovat qilingan vaqti parvona kabi atrofida haqiqatni sevib yig’ilishi, Qur'onning butun koinot nazdida maqbuliyatiga va eng yuksak bir maqomda ekanligining tasdig’idir.

Yana,

bashariyatning barcha tabaqalari, eng nodon va omidan eng zakiy va olimgacha xar biri, Qur'onning darsidan to’liq hissa olishi,

eng chuqur haqiqatlarni tushunishlari,

yuzlab fan va Islomiy ilmlarning xususan katta shariatining buyuk mujtahidlari, aqoid va kalom ilmining dohiy ulamolari kabi,

har toifa o’z ilmlariga oid butun ehtiyojlarini va javoblarini Qur'ondan chiqarib olishlari, Qur'onning haq manbai va haqiqat ma'dani ekaniga bir tasdiqdir.

Yana,

adabiyotda eng ilg’or Arab adiblari (Islomiyatga kirmaganlar) hozirgacha bahslashishga juda qattiq muhtoj bo’lishsada, Qur'on i'jozining yetti katta vajhi bo’lib, faqat bitta jihati bo’lgan balog’atining, (bittagina suraning) mislini keltirishdan tortinishlari,

hozirgacha kelgan va bahslashish bilan shuhrat qozonishni istagan mashhur balog’at ulamosi va dohiy olimlar uning hech bir i'joz tomoniga qarshi chiqa olmagani va ojizona sukut saqlashlari, Qur'onning mo’'jiza va bashar toqatining ustida ekaniga bir tasdiq hisoblanadi.

Darhaqiqat, bir kalom "Kim tomonidan, kimga kelgan va nima uchun?" degan savol bilan qiymati, ulug’ligi va balog’atining yuzaga chiqishi nuqtai nazaridan Qur'onning misli yo’q va unga yetib bo’lmaydi.

Chunki Qur'on -

butun olamlarning Rabbi va Xoliqining xitobi va nutqi,

hech bir jihatda taqlidni va soxtakorlikni ko’rsatadigan belgisi yo’q xitobi,

butun insonlar, balki butun maxluqot uchun elchi va navi basharning eng mashhur va nomdor tinglovchisi va uning quvvat va keng iymoni buyuk Islomiyatni tashkil etib, sohibini Qobi Qavsayn maqomiga chiqarib muxotabi Samodoniyaga sazovorligi orqali nozil bo’lgan,

ikki dunyo saodatiga doir, koinot yaratilishining natijalariga va undagi Rabboniy maqsadlarga oid masalalarni tinglagan zotning butun Islomiy haqiqatlar mujassam eng yuksak va juda keng iymonini bayon va izohlagan,

xarita, soat, uy kabi ulkan koinotning xar tarafini ko’rsatib aylantirib,

ularni yasagan San'atkorni holati bilan ifodalagan va ta'lim bergan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning albatta o’xshashini keltirish mumkin emas va i'joz darajasiga yetib bo’lmaydi.

Yana,

Qur'onni tafsir qilgan va bir qismi o’ttiz-qirq, hatto yetmish jild tafsir yozgan yuksak zakovatli mudaqqiq minglab bilimli ulamolar hujjatlari va dalillari bilan bayon qilgan Qur'ondagi sanoqsiz xususiyatlar, hikmatlar, xosiyatlar, sirlar, oliy ma'nolar va g’aybiy ishlarning xar turining juda ko’p g’aybiy xabarlarini izhor va isbot qilishlari,

xususan Risola-i Nurning bir yuz o’ttiz kitobining xar biri Qur'onning bir xususiyatini, bir hikmatini qat'iy burhonlar bilan isbotlashi,

boxusus "Mo’'jizoti Qur'oniya" risolasi poyezd va tayyora kabi madaniyat yutuqlarining ko’p narsalarini Qur'ondan chiqargan "Yigirmanchi So’z"ning Ikkinchi maqomi,

Risola-i Nurga va elektrga ishora qilgan oyatlarning ishoralarini bildirgan "Ishoroti Qur'oniya" nomli "Birinchi Shu'la",

Qur'on harflarining naqadar tartibli, sirli va ma'noli ekanini ko’rsatgan "Rumuzoti Samoniya" nomli sakkiz kichik risolalar,

Fath Surasining oxirgi oyati besh tomonlama g’aybiy xabarlar jihatidan mo’'jiza ekanini isbotlagan kichik bir risola kabi,

Risola-i Nurning xar bir juzi Qur'onning bir haqiqatini, bir nurini izhor qilishi,

Qur'onning tenggi yo’qligi, mo’'jiza va g’aroyib ekaniga,

ushbu shahodat olamida g’ayb olamining tili,

va bir Allamul G’uyubning kalomi ekaniga bir tasdiqdir.

Mazkur,olti nuqtada, olti jihatda va olti maqomdaishora qilingan Qur'onning xususiyatlari va xosiyatlari borligi uchun, dunyo sayyohi:

hokimiyatining nuroniy hashamati va azamatli muqaddas saltanati asrlarni yoritib, zamin yuzini ham bir ming uch yuz yildan beri nurlantirib, kamoli ehtirom bilan davom etishi kabi,

yana o’sha xosiyatlari borligi uchun Qur'onning har bir harfi hech bo’lmasa o’n savobi va o’n hasanasi borligi, o’n boqiy meva berishi,

hatto bir qism oyatlar va suralarning xar bir harfi yuz, ming va undan ham ko’proq meva berishi,

muborak vaqtlarda xar harfning nuri, savobi va qiymati o’ndan yuzlarga chiqishi kabi... qudsiy imtiyozlarni qozongan, deb angladi va qalbiga:

Xar jihatdan mo’'jizali Qur'on, suralarining ijmo'i va oyatlarining ittifoqi bilan, surlari va nurlarining muvofiqligi bilan, samaralari va asarlarining uyg’unligi bilan yakka Vojibul Vujudning borligiga, yagonaligiga, sifatlari va Asmosiga dalillar bilan isbotlab shunday shahodat qilganki, butun ahli iymonning hadsiz guvohligi uning shahodatidan sizib chiqqan, dedi.

Yo’lovchining Qur'ondan olgan tavhid va iymon darsiga qisqa bir ishora sifatida Birinchi maqomningO’n yettinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الْوَاحِدُ الْاَحَدُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِهِ الْقُرْاٰنُ الْمُعْجِزُ الْبَيَانِ اَلْمَقْبُولُ الْمَرْغُوبُ لِاَجْنَاسِ الْمَلَكِ وَ الْاِنْسِ وَ الْجَانِّ اَلْمَقْرُوءُ كُلُّ اٰيَاتِه۪ ف۪ى كُلِّ دَق۪يقَةٍ بِكَمَالِ الْاِحْتِرَامِ بِاَلْسِنَةِ مِأٰتِ مِلْيُونٍ مِنْ نَوْعِ الْاِنْسَانِ الدَّائِمُ سَلْطَنَتُهُ الْقُدْسِيَّةُ عَلٰى اَقْطَارِ الْاَرْضِ وَ الْاَكْوَانِ وَ عَلٰى وُجُوهِ الْاَعْصَارِ وَ الزَّمَانِ وَ الْجَار۪ى حَاكِمِيَّتُهُ الْمَعْنَوِيَّةُ النُّورَانِيَّةُ عَلٰى نِصْفِ الْاَرْضِ وَ خُمْسِ الْبَشَرِ ف۪ى اَرْبَعَةَ عَشَرَ عَصْرًا بِكَمَالِ الْاِحْتِشَامِ .. وَ كَذَا : شَهِدَ وَ بَرْهَنَ بِاِجْمَاعِ سُوَرِهِ الْقُدْسِيَّةِ السَّمَاوِيَّةِ وَ بِاِتِّفَاقِ اٰيَاتِهِ النُّورَانِيَّةِ الْاِلٰهِيَّةِ وَ بِتَوَافُقِ اَسْرَارِه۪ وَ اَنْوَارِه۪ وَ بِتَطَابُقِ حَقَائِقِه۪ وَ ثَمَرَاتِه۪ وَ اٰثَارِه۪ بِالْمُشَاهَدَةِ وَ الْعَيَانِ

deyilgan.

* * *

O’n Birinchi Shu’la Bo’lgan Meva Risolasining

O’ninchi Masalasi:

Amirtog’ Chechagi

Qur'ondagi takrorlanishlarga qilingan e'tirozlarga qarshi juda kuchli javobdir.

Aziz siddiq qardoshlarim!

Garchi, bu masala abgor holatim sababli tarqoq va latofatsiz chiqqan bo’lsada, bu tarqoq iboralar ostida juda qiymatli bir tur i'jozni qat'iyan ko’rdim. Afsuski ifodalashga qodir bo’la olmadim. Iboralari xar qancha so’niq bo’lsa ham, Qur'onga oid bo’lgani uchun tafakkuriy ibodat, muqaddas, yuksak, porloq bir javharning sadafidir. Yirtiq libosiga emas, qo’lidagi olmosga qaralsin. Agar munosib bo’lsa, "O’ninchi Masala" qilinglar, bo’lmasa, sizning tabrik maktublaringizga javob maktubi deb qabul qilinglar. Hamda ushbu o’ta xasta, abgor va ozuqasiz holda, bir-ikki kun Ramazonda, majbur vaziyatda, o’ta muxtasar, qisqa va bir jumlada ko’p haqiqatlarni va turli hujjatlarni ichiga kiritib yozdim. Aybga buyurmaysiz.

{(1) Dengizli qamoqxonasining mevasi "O’ninchi Masala" bo’lib, Amirtog’ining va bu Ramazoni Sharifning kichik nurli chechagi hisoblanadi. Qur'on oyatlarining takrorlanishining bir hikmatini bayon qilish orqali, ahli zalolatning chirigan va zaxarli tushunchalarini yo’q qiladi.}

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ramazoni Sharifda Qur'oni Mo’'jizul Bayonni o’qiyotib, Risola-i Nurga ishoralari Birinchi Shu'lada bayon qilingan o’ttiz uch oyatdan qaysi biri kelsa qaradim. Oyatning sahifasi, varag’i va qissasi ma'lum darajada Risola-i Nurga va shogirdlariga (qissadan hissa olish tomondan) yuzlangan. Xususan Nur Surasidan nur oyati o’nta barmoq bilan Risola-i Nurga yuzlangani kabi, orqasidagi zulmat oyatlari to’liq dushmanlarga qaramoqda va ularga tegishli hissasi ko’proq. Go’yo, u maqom juz'iyatdan chiqib kulliyat kasb etmoqda va bizning asrimizda u kulliyning to’liq bir a’zosi Risola-i Nur va uning shogirdlaridir deya his qildim.

Ha, Qur'onning xitobi, avvalo Mutakallimi Azaliyning butun borliqqa egaligi, boshqaruvi va tarbiyasining keng maqomidan, bashariyat, balki koinot nomidan tinglovchi bo’lgan Zotning keng maqomidan, umum baniy Odamning butun asrlarda irshodlarining o’ta keng maqomidan, dunyo va oxiratning, yer va samovotning, azal va abadning, Koinot Xoliqining tarbiya qilib boshqarishiga va butun maxluqotning tadbir qilishga doir Ilohiy qonunlarning juda yuksak qamrovli bayonotining keng maqomidan olgan kenglik, ulug’lik va qamrov jihatidan u xitob, shunday bir yuksak i'jozni va egallaganini ko’rsatadiki Qur'on darsining tinglovchilaridan eng katta toifa hisoblangan avom tabaqasi ham tushunadigan zohiriy va oddiy martabasi ham eng yuksak tabaqani ham to’liq hissador qiladi.

Go’yo, qissadan faqat bir hissa va tarixiy hikoyadan bir ibratgina emas, balki umumiy dasturning a’zolari sifatida xar asr va xar tabaqaga xitob qilib yangi nozil bo’layotgandek, xossatan ko’p takrorlangan اَلظَّالِم۪ينَ اَلظَّالِم۪ينَdegan tahdidlari va zulmlarining jazosi bo’lgan samoviy va arziy musibatlarni shiddat bilan bayon qilishi, bu asrning tenggi zulmlariga Od va Samud qavmlari va Fir'avnning boshiga kelgan azoblar bilan qaratadi va mazlum ahli iymonga Ibrohim (A.S.) va Muso (A.S.) kabi anbiyoning najotlari bilan tasalli beradi.

G’aflat va zalolat tasavvurida - qo’rqinchli va dahshatli yo’qlik o’lkasi, azobli va yo’q bo’lib ketgan qabriston bo’lgan butun moziy,

o’lgan davrlar va asrlar, jonli ibrat sahifasi va boshidan oxirigacha ruhli, hayotdor ajib olam, mavjud va biz bilan munosabatda bo’lgan Rabboniy mamlakat suratida kino pardalari kabi,

goh bizni u zamonlarga, goh u zamonlarni oldimizga keltirib,

xar asrga va xar tabaqaga ko’rsatib yuksak bir i'joz bilan darsini bergan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon, huddi shu i'joz bilan, zalolat tasavvurida jonsiz, abgor, sanoqsiz o’lik qo’rqinchli joy bo’lgan, firoq va zavolda yumalayotgan koinotni Samadoniy kitob, Rahmoniy shahar, Rabboniy san’atlarning ko’rgazmasi sifatida o’lgan ashyolarni jonlantirib,

vazifa yuklangan xodim suratida bir-biri bilan gaplashtirib,

bir-biriga yordam berdirib,

insoniyatga, jinlar va farishtalarga haqiqiy, nurli va zavqli hikmat darslarini bergan Qur'oni Azimushshon,

albatta xar harfida o’n, yuz va ba'zan ming va minglab savob bo’lishi,

butun jin va insonlar to’plansa uning mislini keltirolmasligi,

butun baniy Odam va koinot bilan juda o’rinli suhbati,

xar doim millionlab hofizlarning qalblarida zavq bilan yozilishi,

qayta qayta va ko’p takrorlanishi bilan zeriktirmasligi,

ko’p aralash joylari va jumlalari borligi bilan birga bolalarning nozik va sodda boshlarida mukammal joylashishi,

hastalarning, ozgina gapdan ta’sirlanadigan va sakarotda bo’lganlarning qulog’iga zamzam suvi misoli xush kelishi kabi qudsiy imtiyozlarni qozonadi va ikki jahonning saodatlarini o’z shogirdlariga qozontiradi.

Tarjimonining ummiylik martabasiga to’liq rioya qilish maqsadida,

hech qanday qiyinchilik, hech bir qalbakilik, xo’jako’rsinga umuman yo’l qo’ymasdan,

fitriy ravonligi va to’g’ridan-to’g’ri samodan kelganini,

eng katta avom tabaqasining sodda dunyoqarashiga mos kalom saviyasi bilan,

eng ko’p samo va yer kabi eng zohiriy va oshkor sahifalarini ochib,

ko’nikilgan narsalar ostidagi g’aroyib qudrat mo’'jizalarini,

ma'noli hikmat satrlarini dars berish orqali irshod kutfida go’zal i'jozni ko’rsatadi.

Takrorni taqozo qilgan duo va da'vat, zikr va tavhid kitobi ham ekanini bildirish maqsadida go’zal, shirin takrorlari bilan bitta jumlada va bir qissada turli tuman ma'nolarni boshqa-boshqa tinglivchi tabaqalariga tushuntirishda, juz'iy va oddiy hodisada eng juz'iy va ahamiyatsiz narsalar ham marhamat nazarida va tadbir doirasi va boshqaruvida ekanini bildirish maqsadida, Islomiyatning ta'sisi va Shariatning tadvin-tizimlashtirishda sahobalarning juz'iy hodisalarini ham ahamiyatga olishida, kulliy dasturlarning borligi, umumiy Islomiyat va shariatning ta'sisida kichik hodisalar, urug’lar misoli juda ahamiyatli mevalarni bergani ham bir nav’ i'jozini ko’rsatadi.

Darhaqiqat, ehtiyojning takrorlanishi takrorlanishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra, yigirma yil mobaynida juda ko’p takrorlangan savollarga javob sifatida turli-tuman tabaqalarga dars beradigan, va katta koinotni parcha-parcha qilib qiyomatda shaklini o’zgartirib dunyoni olib tashlab uning o’rniga azamatli oxiratni quradigan, zarralardan yulduzlargacha butun individual narsalar va turlar sinflarning yakka Zotning qo’lida va tasarrufida ekanligini isbotlaydigan, bashariyatning koinot, yer va samovotni, unsurlarni jahlini chiqaradigan va g’azablantiradigan zulmlariga (koinotning yaratilish g’oyasini buzgani uchun) Ilohiy g’azab va Rabboniy hiddat-jahlni ko’rsatadigan sanoqsiz g’aroyib, benihoya dahshatli, keng inqilobni ta'sis qilishda minglab natijalar quvvatidagi ba'zi jumlalarni va hadsiz dalillarning natijasi bo’lgan ba'zi oyatlarni takrorlash kamchilik emas, balki juda kuchli i'joz va juda yuksak balog’at va vaziyat taqozosiga juda muvofiq ravonlik va fasohatdir.

Masalan: Bir oyat bo’lib, bir yuz o’n to’rt marta takrorlangan"Bismillahir Rohmanir Rohiym"jumlasi, ( Risola-i Nurning O’n To’rtinchi Yog’dusida bayon qilingani kabi) arshni yerga bog’lagan, koinotni nurlantirgan va xar bir kishi xar daqiqada muhtoj bo’lgan shunday haqiqatki, million marta takrorlansa ham ehtiyoj tugamaydi. Nafaqat non kabi xar kun, balki havo va ziyo kabi xar daqiqa ehtiyoj va ishtiyoq bor.

Yana, masalan: طٰسٓمٓ surasida sakkiz marta takrorlangan اِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَز۪يزُ الرَّح۪يمُ oyati, surada hikoya qilinganpayg’ambarlarning najotlarivaqavmlarining azoblarini,koinotning yaratilish natijasi uchun va Allohning butun koinotni boshqarib tarbiya qilishi uchun minglab haqiqat kuchidagi bo’lgan oyatni takrorlab, Rabboniy izzat zolim qavmlarning azobini va Ilohiy rahimiyat esa anbiyolarning najotlarini taqozo qilganini dars berish uchun ming martalab takrorlansa ham ehtiyoj va ishtiyoq tugamaydi, i'jozli va ijozli ulug’ balog’at hisoblanadi.

Yana, masalan: Rahmon surasida takrorlangan فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ oyati bilan Mursalot surasida وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّب۪ينَ , jin va bashariyatning, koinotni g’azablantiradigan, yer va samovotni jahlini chiqaradigan, olam yaratilishining natijalarini buzadigan, Allohning saltanatining hashamatini inkor va mensimay javob beradigankufrvakufronlarihaqida,zulmlariva butun maxluqotning huquqlarigatajovuzlarihaqida asrlarga, yer va samovotga tahdid qilib hayqirgan ushbu ikki oyat, minglab haqiqatlarga aloqali va minglab masalalar quvvatida bo’lgan umumiy darsda ming marotaba takrorlansa ham o’rnida va balog’atning jalolli bir i'joz va jamolli bir ijozidir.

Yana, masalan: Qur'onning haqiqiy, bir nav’ to’liq munojoti va Qur'ondan chiqqan bir tur xulosasi bo’lgan Javshan-ul Kabir nomli Payg’ambariy (A.S.V.) munojotda

سُبْحَانَكَ يَا لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ الْاَمَانُ الْاَمَانُ خَلِّصْنَا وَ اَجِرْنَا وَ نَجِّنَا مِنَ النَّارِ

jumlasining yuz marta takrorlanishida -tavhidkabi koinotdagi eng katta haqiqat,tasbeh va taqdis-poklashkabi maxluqotning rububiyatga javoban uch muazzam vazifasining eng ahamiyatli bir vazifasi,shaqovati abadiydan qutulishkabi insoniyatning eng daxshatli masalasi, qullik va bashariy ojizlikning eng kerakli natijasimavjudbo’lgani uchun minglab marta takror qilinsa ham ozdir.

Qur'oniy takrorlanishlar bu kabi asoslarga tayanadi. Hatto ba'zan bir sahifada vaziyat taqozosi, tushunish ehtiyoji va bayon balog’ati jihatidan yigirma marta ochiq va zimnan-yashirin tavhid haqiqatini ifodalaydi. Zeriktirish emas, balki quvvat, shavq va halovat beradi. Risola-i Nurda, Qur'oniy takrorlanishlar naqadar o’rinli, munosib va balog’at jihatidan maqbul ekani hujjatlari bilan bayon etilgan.

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning Makkiy suralari bilan Madaniy suralari balog’at va i'joz jihatidan, tafsil va xulosa tomonidan bir-biridan farqli ekanining siri va hikmati quyidagicha: Makkada birinchi safda tinglovchi va dushmanlar Quraysh mushriklari va ummiylar bo’lgani sababli, balog’at jihatidan quvvatli oliy uslub va ijozli, ishontiradigan, qanoatlantiruvchi qisqalik, mustahkamlash uchun takror kerak bo’lgani uchun, aksariyat Makkiy suralar iymon ruknlari va tavhidning martabalarini juda kuchli, yuksak va i'jozli bir ijoz bilan ifodalagan va takrorlab, insonning dunyoga kelishi va qaytishi, Allohni va oxiratni, nafaqat bir sahifada, bir oyatda, bir jumlada, bir so’zda, balki ba'zan bir harfda va taqdim-so’zni oldingga olish, ta’xir-egani oxiriga qoldirish, ta'rif-aniqlashtirish, tankir-mavhum qoldirish, hazf-tushuntirmaslik, zikr-tushuntirish kabi holatlar orqali shunday quvvatli isbotlaydiki, balog’at ilmining dohiy imomlari hayratda qolishgan.

Risola-i Nur, xususan Qur'onning qirq i'joz tomonini qisqacha isbotlagan Yigirma Beshinchi So’z zayllari bilan birga va Qur'onning nazmidagi i'joz jihatini g’aroyib shaklda isbotlagan Risola-i Nurning arab tilidagi "Ishorot-ul I'joz" tafsiri amalda Makkiy sura va oyatlarda eng oliy balog’at uslubi va eng yuksak i'jozi ijozi - qisqa so’z orqali ko’p narsa ifodalash mo’jizasi borligini ko’rsatgan.

Ammo Madinada nozil bo’lgan sura va oyatlarining birinchi safdagi tinglovchi va dushmanlari, Allohni tasdiqlagan yahudiy va nasoro kabi ahli kitob bo’lgani uchun, balog’at va irshod iqtizosi, vaziyat taqozosi va holning zarurati sababli sodda, ochiq va tafsilotli uslub bilan ahli kitobga qarata dinning yuksak usulini va iymonning ruknlarini emas, balki faxlanadigan shariatni, hukmlarini, tafsilotini, umumiy qonunlarning manbalari va sabablari bo’lgan individual narsalarni bayon qilish kerak bo’lgani uchun, sura va oyatlarda ko’pincha tafsilot, izoh va sodda uslub bilan bayon qilinib Qur'onga maxsus tenggi yo’q bayon tarsi orqali, birdaniga kichik individual hodisa ichida yuksak, kuchli natija, xotima, hujjat va kichik shar’iy hodisani umumiylashtiradigan, iymoni Billoh orqali ergashishni ta'minlaydigan tavhidga, Asmoga tegishli va uxraviy jumlani zikr qiladi. Maqomni nurlantiradi, yuksaklashtiradi, umumiylashtiradi. Risola-i Nur, oyatlarning oxirlarida aksariyat hollarda kelgan

اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ٭ اِنَّ اللّٰهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ ٭ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الرَّح۪يمُ ٭ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ

kabi tavhidni yoki oxiratni ifodalagan natijalar va xotimalarda naqadar yuksak balog’at, ustun tomonlar, ravonlik va hukmatlar borligini Yigirma Beshinchi So’zning Ikkinchi Shu'lasining Ikkinchi Nurida natija va xotimalarning juda ko’p hikmat va ustun tomonlarinign o’ntasini bayon qilingan. Xulosalarda bir buyuk mo’'jiza borligini qaysar kimsalarga ham isbotlagan.

Qur'on shar'iy tafarruot-tafsilotlar va ijtimoiy qonunlarni bayon qilish ichida, tinglovchining e'tiborini eng yuksak va umumiy nuqtalarga ko’tarib, sodda uslubni ulug’ uslubga, shariat darsidan tavhid darsiga aylantirib, Qur'onni esa shariat, ahkom va hikmat kitobi, aqida, iymon, zikr, fikr, duo va da'vat kitobi ekanini ko’rsatib, xar maqomda ko’p Qur'onning irshodiy maqsadlarini dars berishi orqali, Makkiy oyatlarning balog’at tarzlaridan boshqacha va porloq mo’'jizali ravonlik izhor qiladi. Ba'zan ikki so’zda, masalan رَبُّ الْعَالَم۪ينَ va رَبُّكَ da, رَبُّكَ jumlasi bilan ahadiyat-ygonalikni va رَبُّ الْعَالَم۪ينَ bilan vohidiyat-yakkalikni bildiradi. Ahadiyat ichida vohidiyatni ifoda qiladi.

Hatto bir jumlada (ko’z qorachig’ida bir zarrani ko’rgani va joylashtirgani kabi) quyoshni ham huddi shu oyat bilan, ayni bolg’a bilan osmonning ko’z qorachig’ida qoqadi va ko’kka ko’z qiladi.

Masalan:

خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضَ

oyatidan so’ng

يُولِجُ الَّيْلَ فِى النَّهَارِ وَ يُولِجُ النَّهَارَ فِى الَّيْلِ

oyatining orqasidan

وَ هُوَ عَل۪يمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ

deydi. "Zamin va osmonlarning hashamatli yaratilishida qalbga kelgan narsalarni ham biladi, boshqaradi" deyayotgandek tarzda bayonot bilan, sodda va ummiyat martabasini, avomning dunyoqarashini nazarda tutgan oddiy va juz'iy suhbat, shu tarzda ulug’, jozibali, umumiy va irshodli mukolamaga aylanadi.

Ahamiyatli bir savol:Ba'zan bir haqiqat, yuzaki nazarlarga ko’rinmagani sababli, ba'zi vaziyatlarda kichik va oddiy bir hodisa haqida yuksak tavhid natijasini yoki umumiy dasturni bayon qilishda aloqasi noaniq bo’lgani sababli, kamchilik deb tasavvur qilinadi. Masalan: "Hazrati Yusuf alayhissalom ukasini hiyla bilan olib qolishi" ichida

وَفَوْقَ كُلِّ ذ۪ى عِلْمٍ عَل۪يمٌ

deb juda yuksak dasturning zikr qilinishi, balog’at jihatidan aloqasi ko’rinmaydi. Buning siri va hikmati nima?

Javob:Xar bir kichik Qur'on hisoblangan aksar uzun va o’rta suralarda, ko’p sahifa va maqomlarda faqat ikki-uch maqsad emas, balki Qur'onning mohiyati ham zikr, iymon va fikr kitobi, ham shariat, hikmat va irshod kitobi kabi ko’p kitoblarni va turli darslarni o’z ichiga olib, Allohning rububiyatining hamma narsani qamraganini va hashmatli tajalliylarini ifodalagan buyuk koinot kitobining bir nav’ qiroati bo’lgan Qur'on, albatta xar maqomda, hatto ba'zan bir sahifada ko’p maqsadlarni nazarda tutib ma'rifatullohdan, tavhidning martabalaridan va iymon haqiqatlaridan dars beradi. Bunga binoan, boshqa maqomda, masalan zohiran zaif munosabat bilan boshqa bir mavzu ochadi va o’sha zaif aloqaga juda ko’p kuchli munosabatlar qo’shiladi. O’sha maqomga juda muvofiq bo’ladi, balog’at martabasi yuksaladi.

Ikkinchi savol:"Qur'onda ochiq, zimnan-yashirin va ishorat orqali oxirat va tavhidni, insonning mukofot olishi va jazolanishini minglab marotaba isbotlab ko’rsatishning va xar surada, xar sahifada, xar maqomda dars berishning hikmati nima?"

Javob:Imkonda doirasida (koinot), koinotning aylanishiga oid o’zgarishlar, omonati kubro va yer xalifaligini zimmasiga olgan bashariyatning abadiy badbahtlik va saodati sabab bo’lgan vazifasiga doir eng ahamiyatli, eng buyuk, eng dahshatli masalalarining eng kattalarini dars berish va sanoqsiz shubhalarni ketkazish, o’ta shiddatli inkor va qaysarliklarni sindirish uchun, albatta daxshatli o’zgarishlarni tasdiqlatish va ularga o’xshagan buyuk va insonga juda kerakli va eng zaruriy masalalarni tasdiqlatish uchun Qur'on, minglab marotaba emas, balki millionlab marta e'tibor qaratsa ham isrof bo’lmaydi, Qur'onda millionlab karra takrorlash o’rqali o’sha mavzular o’qiladi, zeriktirmaydi, ehtiyoj tugamaydi.

Masalan

اِنَّ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْر۪ى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ .. خَالِد۪ينَ ف۪يهَٓا اَبَدًا

oyati ko’rsatgan abadiy saodat bashoratining haqiqati, bechora insonga xar daqiqa o’zini ko’rsatgan o’lim haqiqatining abadiy qatlidan ham insonni ham dunyosini ham butun do’stlarini qutqarib, abadiy saltanatni qozontirgani uchun, milliardlab marta takrorlansa va koinot qadar ahamiyat berilsa ham isrof bo’lmaydi, qiymatdan tushmaydi. Bu turdagi qiymatli sanoqsiz masalalarni dars bergan, koinotni bir uy kabi o’zgartiradigan, shaklini buzadigan daxshatli o’zgarishlarni ta'sis etishda qoniqtirishga, ishontirishga va isbotlashga qarata Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon, albatta ochiq, yashirin va ishorat orqali o’sha masalalarga minglab marotaba e'tiborni qaratishi isrof emas, balki non, dori, havo va ziyo kabi zaruriy ehtiyojlar kabi ehsonini yangilaydi.

Yana masalan:

اِنَّ الْكَافِر۪ينَ ف۪ى نَارِ جَهَنَّمَ

va

اَلظَّالِم۪ينَ لَهُمْ عَذَابٌ اَل۪يمٌ

kabi tahdid oyatlarini Qur'on qattiq shiddat va g’azab bilan, o’ta quvvat bilan va takrorlar orqali zikr qilishining hikmatiga kelsak. (Risola-i Nurda qat'iy isbotlanganidek) insonning kufri koinot va aksar maxluqotning huquqiga shunday bir tajovuzki, samovot va yerni g’azablantiradi va unsurlarni jahlini chiqarib, to’fonlar bilan zolimlarni kaltaklaydi.

اِذَٓا اُلْقُوا ف۪يهَا سَمِعُوا لَهَا شَه۪يقًا وَهِىَ تَفُورُ ٭ تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ

oyati ochiq ravshan zolim inkor qiluvchilarga Jahannam shunday g’azablanishi, jahlidan yorilish darajasiga kelishini aytadi.

Ushbu ommaviy jinoyat va hadsiz tajovuzga qarshi insonning kichiklik va ahamiyatsizligi jihatidan emas, balki zolim jinoyatining kattaligiga, kofirona tajovuzining daxshatiga qarshi Sultoni Koinot o’z xalqining huquqining ahamiyatini va munkirlarning kufr va zulmidagi benihoyat xunukligini ko’rsatish hikmati bilan, o’sha jinoyatni farmonida qattiq g’azab va shiddat bilan va jazosini ming marta emas, balki millionlab va milliardlab takrorlasa ham isrof va kamchilik bo’lmaydi. Bu farmonni ming yildan beri yuz millionlab insonlar xar kun zerikmasdan kamoli ishtiyoq va ehtiyoj bilan o’qimoqdalar.

Ha, xar kuni, xar doim, xar bir kishi uchun bir olam ketadi, yangi bir olamning eshigi ochiladi. Shu bois, xar bir o’tkinchi olamini nurlantirish uchun ehtiyoj va ishtiyoq bilan "La ilaha illalloh" jumlasini ming martalab takrorlash orqali almashgan pardalarning xar biriga bir "La ilaha illalloh"ni chiroq qiladi. Shuningdek, juda ko’p o’tkinchi pardalar va yangilanayotgan sayyor koinotlarni qorong’ulashtirmaslik va hayot oynasida aks etgan suratlarini xunuklashtirmaslik uchun, o’z foydasiga guvoh bo’lishi mumkin bo’lgan mehmon vaziyatlarni o’z zarariga guvoh qilmaslik uchun, jinoyatlarning jazosini va Podshohi Azaliyning shiddatli va qaysarlikni sindiradigan tahdidlarini, xar doim Qur'onni o’qish orqali eslab, nafsining tug’yonidan qutilishga harakat qilsinlar degan maqsadda, Qur'on juda mo’'jizona takror qiladi.

Bu daraja quvvat, shiddat va takror bilan qilingan Qur'oniy tahdidlarni haqiqatsiz deb tasavvur qilishdan shayton ham qochadi. Ularga quloq solmagan inkor qiluvchilarga Jahannam azobi ayni adolatdir, deb ko’rsatadi.

Yana, masalan, Aso-i Muso kabi juda ko’p hikmatlari va foydalari bo’lgan Muso (as) qissasi va boshqa anbiyolarning qissalarini ko’p takrorlashda, risolati Ahmadiyaning (asv) haqqoniyatiga butun anbiyoning nubuvvatlarini hujjat sifatida ko’rsatib, ularning barchasini inkor qila olmagan kimsa, bu Zotning risolatini haqiqatan inkor qila olmaydi, degan maqsadda va xar kim xar doim butun Qur'onni o’qishga qodir va muvaffaq bo’la olmagani sababli, xar bir uzun va o’rta surani kichik Qur'onga aylantirish uchun ahamiyatli iymon ruknlari kabi qissalarni takrorlashi isrof emas, balki balog’at taqozosidir. Muhammad (asv)ning payg’ambarligi butun bani Odamning eng buyuk hodisasi va koinotning eng azamatli masalasi ekanini dars berishdir.

Qur'onda Zoti Ahmadiyaga (a.s.v.) eng buyuk maqom berish va to’rt iymon ruknlarini ichiga olib "La ilaha illalloh" rukniga teng tutilgan "Muhammadur Rasululloh" risolati Muhammadiya (a.s.v.) koinotning eng buyuk haqiqati, Zoti Ahmadiya (asv) butun maxluqotning eng sharaflisi va haqiqati Muhammadiya (a.s.v.) deb atalgan umumiy ma'naviy shaxsiyati, muqaddas maqomi ikki jahonning eng porloq quyoshi ekaniga va bu g’aroyib maqomga loyiqligiga doir juda ko’p hujjatlari va alomatlari, Risola-i Nurda qat'iy isbotlangan. Mingtadan bittasi quyidagicha:

اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ

dasturiga asosan, butun ummatlarining hamma vaqtlarda qilgan hasanotining bir misli u Zotning daftari hasanotiga kirishi;

butun koinotning haqiqatlarini, keltirgan nuri bilan nurlantirishi;

nafaqat jinlar, insonlar, farishtalar va hayot egalarini, balki koinotni, samovot va yerni minnatdor qilishlari;

iste'dod tili bilan nabototning qilgan duolari va hayvonotning tabiiy ehtiyoj tili bilan qilgan duolari ko’z o’ngimizda amalda qabul bo’lishining guvohligi bilan,

millionlab, balki milliardlab tabiiy va rad etilmas duolari maqbul bo’lgan ummatining solihlari xar kuni u Zotga (Alayhissalotu vas Salom) salotu salom orqali qilayotgan rahmat duolari va ma'naviy daromadlari eng avvalo u Zotga (A.S.V.) bag’ishlashlari;

Qur'onning butun ummat tomonidan o’qiladigan uch yuz ming harfining xar biri o’n savobdan yuz, ming hasana va meva berishiga ko’ra,

faqatgina qiroati Qur'on orqali amal daftariga cheksiz nurlar kirishi jihatidan:

u Zotning (A.S.V.) ma'naviy shaxsiyati bo’lgan haqiqati Muhammadiya (A.S.V.),

kelajaakda jannat tubo daraxti kabi bo’lishini Allomul G’uyub bilgan, ko’rgan va bu maqomga ko’ra Qur'onida u azim ahamiyatni bergan va farmonida u Zotga ergashish orqali va sunnati saniyasiga tobe' bo’lish bilan shafoatiga sazovor bo’lishni eng ahamiyatli bir bashariy masala qilib ko’rsatgan;

hashamatli tubo daraxtining bir urug’i bo’lmish inson shaxsiyatini va insonning boshlang’ich holatini ora-sira nazarga olishidir.

Qur'onning takror qilingan hahiqatlari bu qiymatda bo’lgani uchun, takrorlanishida quvvatli va keng ma'naviy mo’'jiza mavjudligiga insonning salim tabiati guvohlik qiladi. Agar moddiyunlik vabosi bilan qalb marazi va vijdon xastaligiga mubtalo bo’lgan bo’lsa

قَدْ يُنْكِرُ الْمَرْءُ ضَوْءَ الشَّمْسِ مِنْ رَمَدٍ ٭ وَ يُنْكِرُ الْفَمُ طَعْمَ الْمَاءِ مِنْ سَقَمٍ

qoidasiga doxil bo’ladi.

* * *

Bu O’ninchi Masalaga bir xotima sifatida ikki xoshiya:

Birinchisi:Bundan {(*) Bu risolaning ta'lif qilinishidan o’n ikki yil avval.} o’n ikki yil avval, eng daxshatli va qaysar bir dinsiz tarjimasi orqali Qur'onga qarshi suiqasd qila boshlabdi va "Nima ekani bilinishi uchun Qur'on tarjima qilinsin", deganini eshitdim. Ya'ni, keraksiz takrorlanishini hamma ko’rsin va tarjimasi uning o’rniga o’qilsin, deb daxshatli reja tuzibdi. Lekin Risola-i Nurning rad qilib bo’lmaydigan hujjatlari qat'iy isbotlaganki:

Qur'onning haqiqiy tarjimasi imkonsiz. Qur'onning ustun tonolari va hikmatlarini nahv-grammatik tili hisoblangan Arab tili o’rniga boshqa tillar muhofaza qila olmaydi. Xar bir harfi o’n adaddan mingtagacha savob bergan Qur'oniy kalimalarning mo’'jizali va qamrovli so’zlarining o’rnini, basharning oddiy va qisman tarjimalari bosa olmaydi. Masjidlarda aslining o’rnida o’qilmaydi. Risola-i Nur buni xar tarafda yoyishi orqali o’sha daxshatli rejani barbod qildi. Lekin o’sha dinsizdan dars olgan munofiqlar yana shaytonning foydasiga, ahmoq bolalar kabi ahmoqona va telbalarcha, Qur'onning quyoshini puflab so’ndirishga urinayotgani bois, men juda ham tang, siquvchi va abgor holatda bo’lsamda ushbu O’ninchi Masala yozdirildi, deb o’ylayman. Boshqalar bilan ko’risha olmaganim uchun haqiqati holni bilmayman.

Ikkinchi Xoshiya:Dengizli qamog’idan ozod bo’lganimizdan keyin mashxur shahar mehmonxonasining yuksak qavatida o’tirgan edim. Oldimda go’zal bog’larda juda ko’p terak daraxtlari zikr halqalari tarzida juda latif, shirin suratda, ham o’zlari, ham shoxlari, ham yaproqlari shabadadan jozibadorona va jalb qiluvchi harakat bilan raqsga tushishlari, qardoshlarimdan ayriliq va yolg’iz qolganim sababli mahzun va g’amli qalbimga botdi.

Birdan kuz va qish mavsumi hayolga keldi va meni bir g’aflat bosdi. O’sha kamoli sevinch bilan jilvalangan nozanin teraklarga va hayot egalariga shunchalik achindimki, ko’zim yoshga to’ldi. Koinotning go’zal pardasi ortidagi o’lishlarni, firoqlarni eslatish va his ettirish orqali koinotchalik firoqlarning, zavol topishlarning huzni boshimda to’plandi.

Birdan, haqiqati Muhammadiya (A.S.V.) keltirgan nur yordamga keldi. Hadsiz huznlar va g’amlarni, sururlarga aylantirdi. Hatto shu nurning, xar kim va xar ahli iymon kabi men uchun million fayzidan faqat o’sha vaqtda, u vaziyatga tegishli yordami va tasalliysi uchun Zoti Muhammadiyaga (A.S.V.) javoban abadiyan minnatdor bo’ldim:

G’aflat nazari muborak nozaninlarni vazifasiz, natijasiz bir mavsumda ko’rinib, harakatlari xursandchilikdan emas, balki go’yo o’lim va firoqdan titrab yo’qlikka ketayotganini ko’rsatib, hamma kabi mendagi boqiylik ishqi, go’zallik sevgisi, sinfimga shafqat, hayotga bo’lgan aloqamga sabab bo’lgan asablarimga shu daraja og’ir botdiki, dunyoni ma'naviy jahannamga va aqlni azob uskunasiga aylantirgan paytda, pardani Muhammad alayhissalotu vassalom basharga hadya sifatida keltirgan nur ko’tardi: o’lim, 'adam, yo’qlik, vazifasizlik, behudalik, firoq, foniylik o’rniga teraklarning xar birining yaproqlari sanog’icha hikmatlari va ma'nolari, Risola-i Nurda isbot etilganidek, quyida uch qismga ayrilgan natijalari va vazifalari bor deya ko’rsatdi:

Birinchi qism natijalari:Sone'i Zuljalolning ismlariga yuzlangan. Masalan, bir usta g’aroyib uskuna yasasa, uning qiymatini bilgan xar kim uni "Mashaalloh, borakalloh" deb olqishlagani kabi, uskunaning o’zi ham, undan kutilgan natijalarni to’lig’icha ko’rsatishi orqali, holatining tili bilan ustasini tabriklaydi, olqishlaydi. Xar ziyhayot va hamma narsa ana shunday uskuna hisoblanadi, Ustasini tabriklar bilan olqishlaydi.

Ikkinchi qism hikmatlari:Hayot egalari va shuur sohiblarining nazarlariga qaraydi. Ularga shirin mutolaa joyi, ma'rifat kitoblari bo’ladi. Shuur sohiblarining zehnlarida ma'nolarini, suratlarini xotiralarida, misoliy lavhalarda, g’ayb olami daftarlarida vujud doirasida qoldirib, shahodat olamini tark etadi, g’ayb olamiga ko’chadi. Demak tashqi vujudni tashlaydi ko’p ma'naviy, g’aybiy va ilmiy vujudlarni qozonadi.

Modomiki Alloh bor ekan va ilmi ihota qilar ekan, albatta haqiqatan iymon ahlining dunyosida 'adam, qatl, yo’qlik, mahv, fano yo’qdir. Kofir inkor qiluvchilarning dunyosi 'adam bilan, firoq bilan, yo’qlik bilan, foniylikka to’la. Bu haqiqatni, ko’pchilikning tilida yurgan"Kim uchun Alloh bor bo’lsa, unga hamma narsa bor. Kim uchun yoq bo’lsa, unga hamma narsa yo’q, hechdir",zarbulmasali dars beradi.

Natija:Iymon o’lim vaqtida insonni abadiy qatldan qutqargani kabi, xar bir insonning xususiy dunyosini ham qatldan va yo’qlik zulmatlaridan qutqaradi. Kufr esa, xususan mutlaq kufr bo’lsa, ham o’sha insonni ham xususiy dunyosini o’lim bilan o’ldirib, ma'naviy jahannam zulmatlariga tashlaydi. Hayotining lazzatini achchiq zaxarlarga aylantiradi. Dunyoviy hayotni oxiratdan ustun qo’yganlarning quloqlari qomatga kelsin. Kelishsin, bunga yo bir chora topsinlar, yoki iymonga kirsinlar. Bu dahshatli yo’qotishdan qutulishsin!

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

Duoingizga juda muhtoj va

Sizga juda mushtoq qardoshingiz

Said Nursiy

Yigirma Oltinchi So’z

Qadar Risolasi

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَناَ خَزَآئِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلوُمٍ

وَكُلَّ شَىْءٍ اَحْصَيْنَاهُ فِى اِمَامٍ مُبِينٍ

Qadar bilan Juz'iy Ixtiyor Ikki Muhim Masaladan iborat.

Unga doir To’rt Qismda bir qancha sirlarini ochishga harakat qilamiz.

BIRINCHI BO’LIM:

Taqdir va juz'iy ixtiyor - Islomiyatning va iymonning eng oxirgi chegarasini ko’rsatgan, iymonning holatga oid va vijdoniy sho’balaridan. Ilmiy va nazariy emas. Ya'ni, mo’'min hamma narsani, hatto ishini, nafsini Janobi Haqdan deb bila-bila, mukallaf bo’lgan narsalari va javobgarlikdan qutulmasligi uchun oldiga "Juz'iy ixtiyor" chiqadi. Unga "Mas'ul va mukallafsan", deydi. So’ng, qilgan yaxshiliklari va komilligi bilan mag’rur bo’lmasligi uchun qarshisiga "Qadar" keladi. "Haddingni bil, qilgan sen emassan", deydi.

Qadar va juz'iy ixtiyor iymon va Islomiyatning oxirgi martabalaridadir. Qadar nafsni g’ururdan, juz'iy ixtiyor esa javobgar bo’lmaslikdan qutqarish uchun, iymoniy masalalarga kirgan. Qaysar nafsi ammora qilgan yomonliklarning javobgarligidan o’zini qutqarish uchun qadarga yopishish, in'om qilingan yaxshiliklar bilan faxlanishi, g’ururlanishi, juz'iy ixtiyorga tayanishi qadar siriga va juz'iy ixtiyor hikmatiga batamom zid harakatga sabab bo’lgan ilmiy masalalar emas.

Ma'nan taraqqiy etmagan avom ichida qadarning ishlatilish joyi bor. O’tgan zamon va musibatlar uchun umidsizlik va huznning davosidir. Kayf safo va tanballikka sabab bo’lishi uchun gunohlar va kelajakka oid emas. Demak, taqdir masalasi taklif-burch va javobgarlikdan qutqarish uchun emas, balki faxr va g’ururdan qutqarish uchun iymonga kirgan. Juz'iy ixtiyor yomonlikka manba bo’lgani uchundirki, aqidaga doxil qilingan. Yaxshilikka asos bo’lib fir'avnlashish uchun emas.

Qur'on aytganidek, inson yomonligiga to’liq javobgar. Chunki yomonlikni istagan u. Yomonlik buzg’unchilik turidan bo’lgani uchun, inson bir yomonlik bilan ko’p buzg’unchilik qilishi mumkin. Daxshatli jazoga loyiq bo’ladi. Bir gugurt bilan uyni yoqish kabi.

Ammo yaxshi amallarda faxrlanishga haqqi yo’q. Unda uning hissasi juda oz. Chunki yaxshi amallarni Allohning cheksiz rahmati istagan, Allohning qudrati taqozo qilgan va ijod qilgan. Istagan va javob bergan, chaqirgan va sabab bo’lgan, ikkisi ham Haqdan. Inson faqat duo, iymon, idrok, rizo bilan ularga sohib bo’ladi.

Yomonlikni istagan insonning o’zidir (yo iste'dod bilan, yo ixtiyor bilan). Oq, chiroyli quyoshning ziyosidan ba'zi moddalar qoralik va yomon hid olsada. Qoralik uning iste'dodiga oid. Lekin o’sha yomonlikning ko’p foydalarni ichiga olgan Allohning bir qonuni bilan ijod qilgan yana Haqdir. Demak, sabab bo’lish va istash nafsdan bo’lib, javobgar hisoblanadi. Haqqa oid bo’lgan yaratish va ijod esa, yana boshqa go’zal natija va mevalari bo’lgani uchun go’zal, xayr hisoblanadi.

Ushbu sirga asosan: Yomonlik qilish shar-yomonlik, yomonlikni yaratish yomonlik emas. Juda ko’p foydalarni ichiga olgan yomg’irdan zarar ko’rgan tanbal odam "Yomg’ir rahmat emas", deya olmaydi. Yaratish va ijodda bir oz yomonlik bilan ko’p xayr bor. Bir oz yomonlik uchun ko’p yaxshilikni tark etish yanada kattaroq yomonlik bo’ladi. Shuning uchun oz yomonlik yaxshilik hisoblanadi.

Janobi Haqning ijodida yomonlik va xunuklik yo’q. Yomonlik qulning ishiga va iste'dodiga oid. Allohning qadari natija va mevalar e'tibori bilan shardan va xunuklikdan munazzah. Xuddi shuning kabi, maqsad va sabab e'tibori bilan ham zulm va xunuklikdan muqaddasdir. Chunki qadar xaqiqiy maqsadga qaraydi, adolat qiladi. Insonlar ko’rgan zohiriy illatlarga asoslanadi, qadarning ayni adolatida zulmga tushadi. Masalan, sudya seni o’g’irlik bilan mahkum qilib, qamadi. Lekin sen o’g’ri emassan. Faqat xech kim bilmaydigan yashirin odam o’ldirgansan. Allohning qadari esa seni qamoqqa mahkum qilgan. Qadar o’sha yashirin qatling uchun mahkum qilib adolat qilgan. Sud’ya sen qilmagan o’g’rilikka binoan mahkum qilgani uchun zulm qilgandir.

Bir narsada ikki jihatda qadar va Alloh ijodining adolati va inson amalining zulmi ko’ringani kabi, boshqa narsalarni bunga qiyosla. Demak, qadar va Allohning ijodi boshlang’ich va tugash, asos va tafsilot, maqsad va natijalar e'tibori bilan yomonlik, xunuklik va zulmdan munazzah-pokdir.

Agar,"Modomiki juz'iy ixtiyorning ijod qilishga qobiliyati yo’q. Insonning qo’lida haqiqatda bo’lmasada bor deb hisoblanadigan ishdan boshqa narsa yo’q. Qanday qilib Qur'oni Mo’'jizul Bayonda Samovot va Arzning Xoliqiga qarshi insonga osiy va dushman holati berilgan. Yer va Samovot Xoliqi undan azim shikoyatlar qiladi. Osiy insonga qarshi mo’'min qulga yordam berishga o’zini va farishtalarini dastaklaydi. Unga katta ahamiyat beradi", deb so’ralsa;

Javob,chunki kufr, isyon va yomonlik buzg’unchilikdir, yo’qlikdir. Katta buzg’unchilik va cheksiz yo’qliklar bir haqiqatda bo’lmasada bor deb hisoblanadigan ishga va yo’qlikka bog’langan holda maydonga keladi. Katta kemaning rul boshqaruvchisi vazifasini bajarmasa kema g’arq bo’lib butun xodimlar ishining natijalari yo’qqa chiqadi. Buzg’unchilik harakatsizlikka-yo’qlikka bog’langan holda yuzaga keladi. Xuddi shuning kabi, kufr va ma'siyat - yo’qlik va buzg’unchilik turiga kirgani uchun juz'iy ixtiyor haqiqatda bo’lmasada bor deb hisoblanadigan ish bilan ularni harakatlantirib daxshatli natijalarga sabab bo’lishi mumkin. Kufr yomonlik hisoblansada, butun koinotni qiymatsizlik bilan va maqsadsizlik bilan haqorat qilgani uchun, vahdoniyat dalillarini ko’rsatgan butun mavjudotni yolg’onga chiqarish, butun Asmoning tajalliylarini kamsitish hisoblangani uchun, butun koinot, mavjudot va Allohning ismlari uchun Janobi Haq kofirdan qattiq shikoyat qiladi. Daxshatli qo’rqitishlari ayni hikmatdir va abadiy azob berish adolatning o’zidir.

Modomiki inson kufr va isyon bilan buzg’unchiliklar tomon yurar ekan. Kichik xizmat bilan juda ko’p ishlarni qiladi. Shuning uchun iymon ahli ularga qarshi Janobi Haqning azim inoyatiga muhtojdir. Chunki o’nta quvvatli odam bir uyni muhofaza qilish va ta'mirlashni bo’yniga olsa, yaramas bir bolaning o’sha uyni olov qo’yishiga qarshi bolaning hokimiga, balki podshohiga murojaat qilish, yolvorishga majbur bo’lgani kabi, mo’'minlar ham adabsiz isyonchilarga qarshi tayanish uchun Janobi Haqning ko’p inoyatiga muhtojdir.

Natija:Agar taqdir va juz'iy ixtiyordan gapirgan odam huzur va mukammal iymon sohibi bo’lsa, koinot va nafsini Janobi Haqdan deb biladi, uning tasarrufida deb biladi. O’shandagina qadardan va juz'iy ixtiyordan gapirishga haqqi bor. Chunki, nafsi va hamma narsani Janobi Haqdan bilib, juz'iy ixtiyorga tayanib javobgarlikni bo’yniga oladi. Yomonlikka manba ekanini qabul qilib, Rabbini taqdis etadi - poklaydi. Qullik doirasida qolib, Allohning yuklagan vazifalarini zimmasiga oladi. Yetgan komilligi va yaxshiliklari bilan g’ururlanmaslik uchun qadarga qaraydi, faxrlanish o’rniga shukr qiladi. Boshiga kelgan musibatlarda qadarni ko’radi, sabr qiladi.

Agar qadar va juz'iy ixtiyordan gapirgan odam g’aflat ahli bo’lsa, qadar va juz'iy ixtiyordan gapirishga haqqi yo’q. Chunki nafsi ammorasi g’aflat yoki zalolat sabab koinotni sabablardan deb tasavvur qilib, Allohning mulkini ularga taqsimlaydi, o’zini o’ziga sohib deb biladi. Amalini o’zidan va sabablardan deb biladi. Javobgarlik va kamchilikni qadarga yuklaydi. Janobi Xaqqa beriladigan juz'iy ixtiyor va nihoyat e'tibor markazida bo’ladigan qadar mavzui ma'nosizdir. Bu faqat ularning hikmatiga batamom zid va javobgarlikdan qutulish uchun qilingan nafsning hiylalaridir.

IKKINCHI BO’LIM:

Ilm sohiblariga maxsus, {(Izoh) Ushbu ikkinchi qism eng chuqur va eng mushkul qadar siri masalasidir. Butun haqiqatni izlangan ulamolar fikriga ko’ra bu Kalom ilmining eng ahamiyatli va munozarali aqidasi masalasidir. Risola-i Nur bu masalani to’liq hal qilgan.} nozik ilmiy bir tadqiqdir.

Agar:"Qadar bilan juz'iy ixtiyor qanday bog’lanishi mumkin?" deb so’rasang,

Javob:Yetti jihat bilan...

BIRINCHISI:Albatta koinotning intizom va mezon tili bilan hikmat va adolatiga guvohlik qilgan Odili Hakiym insonga, savob va qattiq azobga sabab bo’ladigan, mohiyati majhul juz'iy ixtiyor bergan. Odili Hakiymning juda ko’p hikmatini bilmaganimiz kabi, juz'iy ixtiyorning taqdirga qanday bog’langanini bilmasligimiz, uning yo’qligiga dalolat qilmaydi.

IKKINCHISI:Xar kim o’zida ixtiyor his qilishi aniq. Ixtiyorning borligini vijdonan biladi. Mavjudotning mohiyatini bilish ayri, vujudini bilish boshqadir. Ko’p narsalar borki, bizning tasavvurimizda borligi yaqqol bo’lsada, mohiyati majhul... Bu juz'iy ixtiyor o’sha narsalar qatoriga kiradi. Hamma narsa ma'lumotimiz doirasida bilan chegaralanmagan. Bizning bilmasligimiz, uning yo’qligiga dalolat qilmaydi.

UCHINCHISI:Juz'iy ixtiyor qadarga zid emas. Balki qadar ixtiyorni quvvatlaydi. Chunki qadar ilmi Ilohiyning bir turidir. Ilmi Ilohiy ixtiyorimizga taalluq qilgan. Shu bois ixtiyorni quvvatlaydi, yo’q qilmaydi.

TO’RTINCHISI:Qadar ilm turiga kiradi. Ilm ma'lumga tobe’. Ya'ni qanday bo’lsa, shunday taalluq etadi. Aksincha ma'lum ilmga tobe’ emas. Ya'ni ilm dasturlari ma'lumni moddiy vujudni boshqarish uchun asos emas. Chunki ma'lumning o’zi va moddiy vujudi boshqarishga qaraydi va qudratga tayanadi.

Azal ashyolarning vujudida asos tutilib unga ko’ra bir majburiyat tasavvur qilish uchun moziy silsilasining bir uchi emas. Balki azal - moziy, hol va istiqbolni birdan tutadi, yuksakdan qaragan oyna kabi. Shunday ekan mumkinot doirasi (yaratilganlar olami) ichida uzanib ketgan zamonning moziy tarafida bir uchni tasavvur qilib, unga azal deb, azal ilmiga ashyoning tartib bilan kirishini va o’zini uning tashqarisida deb o’ylashi, unga ko’ra muhokama qilishi haqiqat emas.

Bu sirni kashfi qilish uchun ushbu misolga qara: Sening qo’lingda bir oyna bo’lsa, o’ng tomoningdagi masofa - moziy, chap tomoningdagi masofa - kelajak deb faraz qilinsa, u oyna faqat o’ziga tengini tutadi. So’ng ikki tarafni bitta tartib bilan tutadi, ko’pini tuta olmaydi. U oyna qanchalik past bo’lsa, shunchalik oz ko’radi. Agar u oyna bilan yuksakka chiqsa oynaning to’g’risidagi doira kengayadi. Bora bora, ikki taraf ham masofani birdan, bir onda tutadi.

Bi holatda oynada ko’ringan masofalarda jarayon etgan holatlar bir-biriga avval bo’lgan, keyin bo’ladigan, muvofiq, zid deyilmaydi. Qadar, ilmi azaliydan bo’lgani uchun, ilmi azaliy hadisning ta'biri bilan kuzatiladigan eng yuqori joydan azaldan abadgacha hamma narsa, bo’lgan va bo’ladiganni birdan tutadigan, qamraydigan yuksak maqomidir. Biz va bizning muhokamalarimiz moziy masofasida oyna tarzida bo’lishi uchun undan xorijda bo’lmaydi.

BESHINCHISI:Qadar sabab bilan natijaga taalluqli. Ya'ni, natija shu sabab bilan sodir bo’ladi. Shunday ekan "Modomiki falon odamning o’lishi falon vaqtda belgilangan. Juz'iy ixtiyor bilan miltiq otgan odamning nima aybi bor, otmaganida ham o’lar edi", deyilmasin.

Savol:Nima uchun deyilmasin?

Javob:Chunki qadar uning o’lishini narigining miltig’i bilan ta'yin qilgan. Agar uning miltiq otmasligini faraz qilsang, unda qadar taalluqli emasligini faraz qilyapsan. Unda o’lmasligini nima bilan xulosa qilasan? Yo Jabariylar kabi sababga boshqa, natijaga boshqa qadar tasavvur qilsang yoki Mo’'tazila kabi qadarni inkor qilsang, Ahli Sunnat va Jamoatni tashlab zalolat firqasiga kirasan. Shunday ekan, biz haq ahli: "Miltiq otmaganida, o’lishi bizningcha majhul", deymiz. Jabariylar: "Otmasa ham o’lar edi", deydi. Mo’'tazila: "Otmaganida, o’lmas edi", deydi.

OLTINCHISI:{(Izoh) Juda mudaqqiq (diqqat bilan izlangan) olimlarga maxsus haqiqatdir.} Juz'iy ixtiyorning tamal asosi bo’lgan moyillik, Moturidiy aqidasiga ko’ra haqiqatda yo’q bo’lsada mavjud hisoblangan hodisa bo’lib, quldan deb bilinishi mumkin. Lekin Ash'ariy e'tiqodi unga mavjud nazari bilan qaragani uchun quldan deb bilmagan. Lekin o’sha mayldagi tasarruf Ash'ariy aqidasiga ko’ra haqiqatda yo’q bo’lsada mavjud hisoblangan hodisadir. Shunday ekan o’sha mayl, o’sha tasarruf, nisbiy ya’ni boshqasiga ko’ra borligi qabul qilingan ishdir. Aniq bir moddiy vujudi yo’q. Haqiqatda bo’lmasada borligi qabul qilingan holat esa, borligi uchun oraga kerak bo’lishi, zarurat va lozim ekani kirib ixtiyorni olib tashlashi uchun bor bo’lishiga kerakli butun sabablarni taqozo qilmaydi. Balki haqiqatda bo’lmasada borligi qabul qilingan holatning natijasi ustunlik qiulsa, u yuzaga kelishi mumkin. Shunday ekan o’sha onda uni tark qiladi. Qur'on unga u onda, "Bu yomonlikdir, qilma", deydi.

Agar qul ishlarining yaratuvchisi va ijodga iqtidori bo’lsa edi, ixtiyori bo’lmas edi. Chunki hikmat va usul ilmida مَالَمْ يَجِبْ لَمْ يُوجَدْ asosida "Bir narsa majburiy bo’lmasa, vujudga kelmaydi" qoidasi muqarrar. Ya'ni, bir narsaning bor bo’lishiga kerakli butun sabablar bo’ladi, so’ng vujudga kela oladi. Barcha sabablar esa natijasini istar-istamas va shart bo’lishini taqozo qiladi. Unda ixtiyor kolmaydi.

Agar:Tanlangan nasra tanlovchisiz yuzaga kelish imkoni yo’q. Xolbuki, haqiqatda bo’lmasdan bor deb hisoblangan insonning amalni, ba'zan qilish va ba'zan qilmaslik, agar kerakli tanlov sababi bo’lmasa, tanlangan narsa tanlovchisi bo’lishi mumkin. Bu esa kalom ilmi usulining eng muhim bir asosini buzadi?deb so’rasang,

Javob:Bir narsaning boshqa tanlovlardan ustun bo’lgan xususiyati bo’lmasa ulardan ustun bo’lishi imkonsiz. {(Izoh) Tarajjuh boshqadir, tarjih etuvchi boshqadir, ko’p farq bor.} Ya'ni, tanlangan xususiyati bo’lmasa, sababsiz ustun bo’lishi imkonsiz. Tanlangan nasra tanlovchisiz yuzaga kelishi mumkin va amalda bo’lgan. Iroda bir sifatdir. Uning xususiyati bunday ishni qilish.

Agar desang:"Modomiki qatlni Alloh yaratgan ekan, nima uchun menga qotil deyiladi?

Javob:Chunki Sarf Ilmi qoidasiga asosan ega boshqasiga ko’ra borligi qabul qilingan ish masdar-infinitivdan kelib chiqqan. Aniq ish masdardan kelib chiqib, bo’linmaydi. Masdar - bizning qilgan ishimiz, qotil unvonini ham biz olamiz. Masdardan kelib chiqqan narsa Haqning maxluqidir. Javobgar bo’ladigan narsa masdardan kelib chiqqan narsadan yuzaga kelmaydi.

YETTINCHISI:Insonning juz'iy irodasi va juz'iy ixtiyori zaif, haqiqatda bo’lmasada mavjud hisoblangan ish bo’lsada, Janobi Haq va Hokimi Mutlaq zaif juz'iy irodani kulliy irodasiga ta’alluqli oddiy sabab qilgan. Ya'ni ma'nan, "Ey qulim! Ixtiyoring bilan qaysi yo’lni istasang, seni o’sha yo’lda yuritaman. Shunday ekan javobgarlik senga oid!" deydi.

Tashbehda xato bo’lmasin, sen iqtidorsiz bolani yelkangga olsang, tanlov haqqini berib "Qayerni istasang seni o’sha yerga olib boraman", deding. Bola yuksak tog’ni istadi, olib bording. Bola titradi yoki yiqildi. Albatta "Sen istading" deb, tanbeh berib, ta'zirini berasan. Janobi Haq Ahkamul Hakimiyn o’ta zaif qulning irodasini oddiy sabab qilib, kulliy irodasi unga qaraydi.

Natija:Ey inson! Sening qo’lingda o’ta zaif, faqat yomonlik va buzg’unchilik qilishda qo’li juda uzun, hasanotda qo’li juda qisqa juz'iy ixtiyor degan irodang bor. Uning qo’liga duoni berginki, hasanot silsilasining bir mevasi bo’lgan Jannatga qo’li yetsin va qo’li bir guli bo’lgan abadiy saodatga uzansin. Ikkinchi qo’liga istig’forni berginki, uning qo’li yomonlikdan qisqarsin va la'natlangan daraxtning mevasi bo’lgan Jahannam Zaqqumiga yetmasin.

Demak duo va tavakkal xayrga moyilikka buyuk quvvat bergani kabi, istig’for va tavba yomonlik ishtiyoqini kesadi, tajovuzlarini sindiradi.

UCHINCHI BO’LIM:

Qadarga iymon keltirish iymonning asoslariga kiradi. Ya'ni: "Hamma narsa Janobi Haqning taqdiri bilan amalga oshadi". Qadarga qat'iy dalillar shu qadar ko’pki, haddu-hisobi yo’q. Biz oddiy va zohiriy iymon asosini qay daraja kuchli va kengligini bir muqaddima bilan ko’rsatamiz.

Muqaddima:Hamma narsa bor bo’lishidan avval va keyin yozilganini

وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍ

kabi juda ko’p Qur'on oyatlari bildiradi. Koinot deyilgan qudratning buyuk Qur'onining-koinot oyatlari ham Qur'on hukmini, nizom, mezon, intizom, tasvir, bezash va ajralib turish kabi koinotda o’rnatilgan qonunlar bilan tasdiqlaydi.

Koinot kitobining tartibli maktublari va o’lchovli oyatlari hamma narsa yozilganiga guvohlik qiladi. Ammo bor bo’lishidan avval hamma narsa taqdir qilingan va yozilganiga dalil, butun ildizlar, danaklar, urug’lar, miqdorlar va suratlar guvohdir. Chenki xar bir danak va urug’lar "Kof Nun" uskunasidan chiqqan latif sandiqchalar hisoblanib, unga rasmi taqdir bilan chizilgan mundarija omonat sifatida berilgan. Qudrat u qadarning andozasiga ko’ra zarralarni ishlatib, urug’lar ustida katta qudrat mo’'jizalarini bino qiladi. Demak, urug’ida daraxtning o’zi boshiga keladigan butun hodisalari yozilgan. Chunki urug’lar moddatan sodda, bir-birining ayni bo’lsada, moddatan hech narsa yo’q.

Hamma narsaning o’lchangan miqdori qadarni ochiq oydin ko’rsatadi. Qaysi jonzotga qaralsa, o’ta hikmatli va san'atli qolipdan chiqqandek miqdorda, shaklda bo’lib, miqdorni, suratni, shaklga kirish uchun yo g’aroyib va o’ta egri-bugri moddiy qolip bo’lishi kerak yoki qadardan kelgan o’lchovli, ilmiy, ma'naviy qolip bilan azaliya qudrati suratni va shaklni bichib kiydiradi.

Masalan: Daraxtga, hayvonga diqqat bilan qara. Jonsiz, kar, ko’r, idroksiz, bir-biriga o’xshagan zarralar uning ko’karishiga harakat qiladi. Ba'zi egri-bugri hududlarda meva va foydalarning o’rnini taniydigan, ko’radigan, biladigandek turadi, kutadi. So’ng boshqa joyda katta maqsad sari yo’lini almashtiradi. Demak, zarralar qadardan kelgan ma'naviy miqdor va o’sha miqdorning ma'naviy amri bilan harakatlanadi. Modomiki moddiy va ko’rinadigan ashyoda qadarning bu daraja tajalliylari bor ekan, albatta ashyoning vaqt o’tishi bilan kiygan suratlari va qilgan harakatlari orqali hosil bo’lgan holatlar ham qadarning intizomiga tobe.

Urug’da ham oshkora iroda va koinotda o’rnatilgan qonunlarning unvoni bo’lgan "Kitobi Mubin"dan xabar bergan va ishora qilgan, ham nazariy holatda Allohning amr va ilmining unvoni bo’lgan "Imomi Mubin"dan xabar bergan va ramz qilgan qadarning ikki tajalliyi bor: Oshkora qadar esa urug’ning ichiga olgan daraxtning moddiy sifati, holati va ko’rinishlari bo’lib, ko’zga ko’rinadi. Nazariy tomondan esa urug’da, undan yaratiladigan daraxtning hayot muddatida o’tkazadigan holatlar, vaziyatlar, shakllar, harakatlar, tasbehotlari bo’lib, hayot yo’li deb ta'bir etilgan vaqti-vaqti bilan almashgan holatlar, vaziyatlar, shakllar, amallar, daraxtning shoxlari, barglari kabi intizomli qadariy miqdori bor.

Modomiki eng oddiy va sodda ashyoda qadarning buncha tajalliyi bor ekan, albatta barcha ashyolarning vujudidan avval yozilganini ifodalaydi va bir oz diqqat qilinsa anglashiladi. Endi, vujudidan so’ng hamma narsaning hayot sarguzashti yozilganiga dalilga kelsak. Olamda "Kitobi Mubin" va "Imomi Mubin"dan xabar bergan butun mevalar va insondagi "Lavhi Mahfuz"dan xabar bergan va ishora qilgan xotira guvoh, nishonlar hisoblandi.

Xar bir mevaning qalbi hisoblangan urug’ida butun daraxtning hayot taqdiri, yoziladi. Insonning hayot sarguzashti bilan birga qisman olamning moziy hodisalari xotirasida shunday bir suratda yoziladiki, go’yo bug’doy kichikligidagi xotirada qudrat qo’li, qadar qalami bilan insonning amallari sahifasidan kichik hujjat chiqarib, hisoblashish vaqtida u orqali eslashi uchun insonning qo’liga berib, aqlining cho’ntagiga qo’ygan. Yana, Qodiyri Hakiym o’tkinchi narsalarning suratini chizib boqiylashtiriushiga amin bo’lishi uchun bu fano va zavol ostin-ustunligida boqiylik uchun juda ko’p oynalar bor. Hofizi Aliym foniylarning ma'nolarini yozishi uchun boqiylik uhcun juda ko’p lavhalar bor.

Natija:Modomiki eng oddiy va eng past hayot darajasi bo’lgan nabotot hayoti bu daraja qadarning nizomiga tobe ekan, albatta eng yuksak hayot darajasida bo’lgan inson hayotining butun tafsilotlari qadarning o’lchovi bilan chizilgan va qalami bilan yozilmoqda. Tomchilar bulutdan xabar bergani, irmoq suv manbaini ko’rsatagani, hujjatlar, passport hisoblangan mevalar, nutfalar, urug’lar, suratlar, shakllar Kitobi Mubin nomli iroda va koinotda o’rnatilgan qonunlarning daftarini va Imomoi Mubin deb nomlangan Allohning ilmining devoni-qayd daftari bo’lgan Lavhi Mahfuzni ko’rsatadi.

MAQSADNING NATIJASI:Modomiki xar bir jonzotning ko’karadigan payti zarralari egri-bugri hududlarga boradi, turadi. Zarralar yo’lini almashtiradi. U hududlarning oxirida hikmatlar, manfaatlar, foydali samaralar beradi. Ularning ko’ringan miqdorining rasmi qadar qalami bilan chizilganini shubhasiz ko’rmoqdamiz.

Ko’ringan, oshkor qadar, jonzotning ma'naviy holatlarida ham qadar qalami bilan chizilgan tartibli mevador hududlari, oxirlari borligini ko’rsatadi. Qudrat manba’, qadar chizgichdir. Qudrat u ma'nolar kitobini u namuna ustida yozadi.

Modomiki moddiy-ma'naviy rasmi qadar qalami bilan chizilgan samarali chegaralar, hikmatli yakunlar bo’lganini qat'iyan tushunayapmiz. Albatta, xar bir jonzotning hayot muddatida o’tkazadigan holat va harakatlarining rasmi qadar qalami bilan chizilgan. Chunki hayot yo’li bir intizom va mezon bilan jarayon etadi. Surat almashtiradi, shakllar oladi. Modomiki barcha jonzotlarda qadar qalami hukmron ekan, albatta olamning eng mukammal mevasi, yerning xalifasi va omonati kubroning tashuvchisi bo’lgan insonning hayot yo’li hamma narsadan ko’ra ko’proq qadarning qonuniga tobe’dir.

Agar:"Qadar bizni bog’lagan, hurriyatimizni olib tashlagan. Kengayish va harakat qiladigan qalb va ruh uchun qadarga iymon og’irlik qilmaydimi, muammo bo’lmaydimi?" deb so’rasang,

Javob:Qat'iyan va aslo! Muammo bo’lmagani kabi, nihoyatsiz yengillik, hotirjamlik, to’kinlik va osoyishtalik bergan, ishonch va omonlikni ta'minlagan surur, nur beradi. Chunki inson qadarga iymon keltirmasa, bechora ruhning yelkasida kichik doirada juz'iy erkinlik, vaqtinchalik hurriyat ichida dunyochalik og’ir yukni tashishga majbur bo’ladi. Chunki inson butun koinotga aloqador. Nihoyatsiz maqsadlar va istaklari bor. Qudrati, irodasi, hurriyati milliondan biriga yetmagani uchun, chekkan ma'naviy g’am tashvishining og’irligi naqadar mudhish va qo’rqinchli ekanini anglashiladi.

Demak, qadarga iymon butun og’irlikni qadar kemasiga qo’yadi, kamoli rohat, ruh va qalbning mukammal hurriyati bilan kamolotida erkin harakatlanishga yo’l beradi. Faqat nafsi ammoraning kichik ozodligini yo’qotadi, o’zini fir’avn kabi iloh saviyasiga chiqadigan darajada buyuk ko’rishini, rabligini va xohlaganidek harakatini sindiradi.

Qadarga iymon shunchalik lazzatli, saodatliki, ta'rif etilmaydi. Yolg’iz u lazzat va saodatga quyidagi misol orqali ishora qilamiz:

Ikki odam bir podshohning poytaxtiga boradi. Hayratlanarli narsalarning joyi bo’lgan podshohning xos saroyiga kirishadi. Biri podshohni bilmaydi. U yerda zo’ravlik bilan, o’g’rincha joylashishni istaydi. Lekin bog’, saroy taqozo qilgan boshq aruv, tadbir va daromad, uskunalarini ishlatish va g’arib hayvonotning ozuqasini berish kabi qiyin ishlarni ko’rib, doimiy ravishda iztirob chekadi. Jannatdek bog’ unga jahannamdek bo’ladi. Hamma narsaga achinadi. Boshqara olmaydi. Nadomad bilan vaqtini o’tkazadi. So’ng u o’g’ri, adabsiz odamni adabini berish uchun hibsga tashlanadi.

Ikkinchi odam podshohni taniydi, o’zini unga musofir deb biladi. Bog’da, saroydagi barcha ishlar bir qonun nizomi bilan jarayon etayotganini, hamma narsa bir dastur bilan kamoli yengillik bilan ishlayotganiga e'tiqod qiladi. Zahmat va qiyinchiliklarni podshohning qonuniga qo’yib, kamoli huzur bilan jannat misol bog’ning butun lazzatlaridan foydalanib podshohning marhamatiga va boshqaruv qonunlarining go’zalligiga tayanib, hamma narsani xush ko’radi, mukammal lazzat va saodat bilan hayotini o’tkazadi.

مَنْ اٰمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ

sirini angla.

TO’RTINCHI BO’LIM:

Agar: "Birinchi Bo’limda Qadarning hamma narsasi go’zal, xayr. Undan kelgan yomonlik ham xayr. Xunuklik ham go’zal ekanini isbotladingiz. Xolbuki dunyodagi musibatlar, balolar bu hukmni buzadi", desang,

Javob:Ey shiddatli shafqatidan alam his qilgan nafsim va birodarim! Vujud mutlaq xayr, yo’qlik faqat yomonlik ekaniga butun yaxshiliklar va kamolotning vujudga qaytib kelishi, butun gunoh, musibat va kamchiliklarning asosi yo’qlik ekani dalil bo’ladi.

Modomiki yo’qlik to’liq yomonlik ekan, yo’qlikka olib brogan yoki yo’qlikni bildirgan holatlar ham yomonlikni ichiga oladi. Shuning uchun vujudning eng porloq nuri bo’lgan hayot xar hil hollar ichida aylanib kuchga kiradi. Bir-biridan farqli vaziyatlarga kirib soflashadi, va ko’p xususiyatlarni olib, kerakli samaralar beradi va ko’p holatlarga kirib, Hayot Began Zotning Asmosining naqshlarini go’zal ko’rsatadi. Ushbu haqiqatga asosan jonzotlarga azob va musibatlar, mashaqqat va balolar suratida ba'zi holatlar yuzaga chiqadi, u hollar orqali hayotlariga borliq nurlari yangilanib yo’qlik zulmatlari tarqalib hayotlari soflashadi. Chunki turish, qotib qolish, sukut, tanballik, istirohat, tartibli takrorlanish, sifat va hollarda yo’qlik hisoblanadi. Hatto eng katta lazzat tartibli takrorlanganda yo’qqa chiqadi.

Natija:Modomiki hayot Asmoyi Husnaning naqshlarini ko’rsatadi. Hayotning boshiga kelgan hamma narsa go’zal. Masalan: O’ta boy, juda san'atkor va ko’p ishlarda mohir zot san'at asarlarini, qiymatdor sarvatini ko’rsatish uchun oddiy miskin odamni haq evaziga modellik vazifasida ishlatadi. Bir soatda bezalgan, mohirlik bilan tikkan ko’ylagini kiydiradi, kishining ustida xar hil ishlar qiladi va holatga soladi, o’zgartiradi. Xar nav’ mahoratini ko’rsatish uchun kesadi, almashtiradi, uzatadi, qisqartiradi. Haq evaziga ishlagan miskin odam ustaga: "Menga zahmat beryapsiz. Egilgan, turgan holatga solyapsiz, meni go’zallashtirgan ko’ylakni kesib qisqartirib go’zalligimni buzyapsiz", deyishga haqqi bormi? "Marhamatsizlik, insofsizlik qildingiz", deya oladimi?

Ushbu misol kabi Sone'i Zuljalol, Fotiri Bemisol jonzotlarga ko’z, qulok, aql, qalb kabi tuyg’ular va latifalar bilan bezab kiydirgan vujud ko’ylagini Asmoyi Husnaning naqshlarini ko’rsatish uchun ko’p hollar ichida aylantiradi, ko’p vaziyatlar almashtiradi. Azob, musibat, holatlar ba'zi Asmolarning hukmlarini ko’rsatish uchun hikmat yog’dulari ichida ba'zi rahmat nurlari va rahmat nurlari ichida latif go’zalliklar bor.

* * *

Xotima

Eski Saidning sarkash, faxrli, mag’rur, kibrli, riyokor nafsini mot qilgan,

taslim bo’lishga majbur qilgan besh bo’lim.

Birinchi bo’lim:Modomiki ashyo bor va san'atli ekan, albatta bir ustasi mavjud. Yigirma Ikkinchi So’zda o’ta qat'iy isbotlangani kabi: Agar hamma narsa bir zotniki bo’lmasa, xar bir narsa butun ashyochalik mushkul va og’irlashadi. Agar hamma narsa bir zotniki bo’lsa, butun ashyo bir narsachalik oson va yengillashadi. Modomiki zamin va samoni bir zot qilgan, yaratgan ekan, albatta juda hikmatli va juda san'atkor zot zamin va samoning mevalari, natijalari va g’oyalari bo’lgan jonzotlarni boshqalarga berib qo’yib ishni buzmaydi. Boshqa qo’llarga taslim etib butun hikmatli ishlarini foydasiz qilmaydi, yo’qqa aylantirmaydi, shukr va ibodatlarini boshqasiga bermaydi.

Ikkinchi bo’lim:Sen, ey mag’rur nafsim! Uzum daraxtiga o’xshaysan. Faxrlanma! Shingillarni daraxt o’zi osmagan, ularni boshqa bir zot taqqan.

Uchinchi bo’lim:Sen, ey riyokor nafsim! "Dinga xizmat qilyapman", deb g’ururlanma.

اِنَّ اللهَ لَيُؤَيِّدُ هٰذَا الدِّينَ بِالرَّجُلِ الْفَاجِرِ

siriga asosan: Poklanmaganing uchun, balki o’zingni gunohkor kimsa deb bilishing kerak. Xizmatingni, qulligingni berib bo’lingan ne'matlarning shukri va fitrat va yaratilish vazifasi, san'at natijasi deb bil, g’urur va riyodan qutul!

To’rtinchi bo’lim:Haqiqat ilmini, haqiqiy hikmatni istasang, Janobi Haqning ma'rifatini qozon. Chunki butun mavjudotning haqiqatlari Haq Ismining nurlari, Asmosining ko’rinishlari va Sifatlarining tajalliylaridirlar. Moddiy-ma'naviy, asl va keyindan paydo bo’lgan xar bir narsaning, xar bir insonning haqiqati Asmoning nuriga va haqiqatiga tayanadi. Yo’qsa haqiqatsiz, ahamiyatsiz surat hisoblanadi.

Yigirmanchi So’zning oxirida bu sirga doir bir oz aytib o’tilgan. Ey nafs! Agar bu dunyo hayotiga ishtiyoqmand bo’lsang, o’limdan qochsang, qat'iyan bilginki, hayot deb o’ylagan hollaring hozirgi turgan daqiqadir. Undan avval butun vaqting va ichidagi dunyoviy ashyo mayyit, o’lgandir. Shu daqiqadan keyingi butun vaqting va uning ichidagi narsalar yo’qlik, hechdir. Demak, sen ishongan moddiy hayoting faqat bir daqiqadir. Hatto bir qism tadqiq ahli "Bir soniya, balki o’tib ketadigan ondir", degan. Bu sirga asosan ba'zi avliyolar dunyoning, dunyo jihatida yo’qligiga hukm qilganlar. Modomiki shunday ekan, nafsoniy dunyoviy hayotni tashla. Qalb, ruh va sirning hayot darajalariga chiq, qara. Naqadar keng hayot doiralari bor. Senga mayyit bo’lgan moziy va istiqbol ular uchun tirikdir, hayot va mavjuddir. Ey nafsim! Modomiki shunday ekan, sen ham qalbim kabi yig’la va bor ovozdan:

"Foniyman, foniy bo’lganni istamam.

Ojizman, ojiz bo’lganni istamam.

Ruhimni Rahmonga taslim ayladim, boshqasini istamam.

Istayman, faqat bir yori boqiy istayman.

Zarraman, faqat bir Shamsi Sarmad istayman.

Hech andar hechman, faqat bu mavjudotni birdan istayman".

Beshinchi bo’lim:Bu bo’lim Arab tilida kelgani uchun Arabcha yozildi. Bu Arab tilidagi bo’lim "Allohu Akbar" zikrida o’ttiz uch tafakkur martabasining bir martabasiga ishoradir.

اَللهُ اَكْبَرُ اِذْ هُوَ الْقَدِيرُ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ الْكَرِيمُ الرَّحِيمُ الْجَمِيلُ النَّقَّاشُ الْاَزَلِىُّ الَّذِى مَاحَقِيقَةُ هٰذِهِ الْكَآئِنَاتِ كُلًا وَجُزْءاً وَصَحَآئِفَ وَطَبَقَاتٍ، وَمَا حَقَآئِقُ هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتِ كُلِّيّاً وَجُزْئِيّاً وَوُجوُدًا وَبَقَآءً، اِلَّا خُطُوطُ قَلَمِ قَضَآئِهِ وَقَدَرِهِ، وَتنْظِيمِهِ وَتقْدِيرِهِ بِعِلْمٍ وَحِكْمَةٍ، وَنقُوشُ پَرْكَارِ عِلْمِهِ وَحِكْمَتِهِ وَتصْوِيرِهِ وَتدْبِيرِهِ بِصُنْعٍ وَعِنَايَةٍ، وَتزْيِينَاتُ يَدِ بَيْضَآءِ صُنْعِهِ وَعِنَايَتِهِ وَتَزْيِينِهِ وَتَنْوِيرِهِ بِلُطْفٍ وَكَرَمٍ، وَاَزَاهِيرُ لَطَآئِفِ لُطْفِهِ وَكَرَمِهِ وَتَوَدُّدِهِ وَتَعَرُّفِهِ بِرَحْمَةٍ وَنِعْمَةٍ، وَثَمَرَاتُفَيَّاضِ رَحْمَتِهِ وَنِعْمَتِهِ وَتَرَحُّمِهِ وَتَحَنُّنِهِ بِجَمَالٍ وَكَمَالٍ، وَلمَعَاتُ وَتَجَلِّيَاتُ جَمَالِهِ وَكَمَالِهِ بِشَهَادَاتِ تَفَانِيَةِ الْمَرَايَا، وَسَيَّالِيَةِ الْمَظَاهِرِ مَعَ بَقَاءِ الْجَمَالِ الْمُجَرَّدِ السَّرْمَدِىِّ الدَّآئِمِ التَّجَلِّى، وَالظُّهُورِ عَلٰى مَرِّ الْفُصُولِ وَالْعُصُورِ وَالدُّهُورِ، وَدَآئِمِ الْاِنْعَامِ عَلٰى مَرِّ الْاَنَامِ وَالْاَيَّامِ وَالْاَعْوَامِ.

نَعَمْ فَالْاَثَرُ الْمُكَمَّلُ يَدُلُّ ذَا عَقْلٍ عَلَى الْفِعْلِ الْمُكَمَّلِ، ثُمَّ الْفِعْلُ الْمُكَمَّلُ يَدُلُّ ذَا فَهْمٍ عَلَى الْاِسْمِ الْمُكَمَّلِ، ثُمَّ الْاِسْمُ الْمُكَمَّلُ يَدُلُّ بِالْبَدَاهَةِ عَلَى الْوَصْفِ الْمُكَمَّلِ، ثُمَّ الْوَصْفُ الْمُكَمَّلُ يَدُلُّ بِالضَّرُورَةِ عَلَى الشَّأْنِ الْمُكَمَّلِ، ثُمَّ الشَّأْنُ الْمُكَمَّلُ يَدُلُّ بِالْيَقِينِ عَلٰى كَمَالِ الذَّاتِ بِمَا يَلِيقُ بِالذَّاتِ وَهُوَ الْحَقُّ الْيَقِينِ.

نَعَمْ تَفَانِى الْمِرْاٰةِ، زَوَالُ الْمَوْجُودَاتِ مَعَ التَّجَلِّى الدَّآئِمِ مَعَ الْفَيْضِ الْمُلَازِمِ، مِنْ اَظْهَرِ الظَّوَاهِرِ، اَنَّ الْجَمَالَ الظَّاهِرَ لَيْسَ مُلْكُ الْمَظَاهِرِ، مِنْ اَفْصَحِ تِبْيَانٍ، مِنْ اَوْضَحِ بُرْهَانٍ لِلْجَمَالِ الْمُجَرَّدِ لـِلْاِحْسَانِ الْمُجَدَّدِ لِلْوَاجِبِ الْوُجُودِ، لِلْباَقِى الْوَدُودِ. اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ عَدَدَ مَافِى عِلْمِ اللهِ وَعَلٰٓى اٰلِهِ وَصَحْبِهِ وَسَلِّمْ.

Ilova

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

Bu Kichik Ilovaning Katta Ahamiyati Bor. Barchaga Manfaatlidir.

Janobi Xaqqa erishtiradigan yo’llar juda ko’p. Barcha haq yo’llar Qur'ondan olingan. Faqat tariqatlarning ba'zisi ba'zisidan qisqaroq, salomatliroq, umumiyroq bo’ladi. Bu yo’llar ichida nuqsonli fahmim bilan men Qur'ondan "Ojizlik, faqirlik, shafqat va tafakkur", yo’lini istifoda qilganman.

Ojizlik ham ishq kabi, balki undan ham salomatli yo’l bo’lib, qullik yo’li bilan mahbubiyatgacha boradi.

Faqirlik Rahmon ismiga ulashtiradi.

Shafqat esa ishq kabi, balki yanada keskin va yanada keng yo’l bo’lib Rahiym ismiga qovushtiradi.

Tafakkur ham ishq kabi, balki undan ham boy, porloqroq, kengroq yo’l bo’lib, Hakiym ismiga vosil qiladi. Bu yo’l xufyona yo’llar kabi "O’n latifalar" kabi, o’n qadam emas va jahriy tariqati kabi "Yetti Nafs" yetti martabaga tashlangan qadamlar emas, balki "To’rt Qadam"dan iborat.

Tariqatdan ko’ra haqiqatdir, shariatdir. Xato tushunilmasin: Ojizlik, faqirlik va kamchiligini Janobi Xaqqa ko’rsatish kerak demakdir. Yo’qsa ularni qilish yoki xalqqa ko’rsatish degani emas. Bu qisqa tariqatning doimiy zikri: Sunnatga ergashish, farzlarni bajarish, kabira gunohlarni tark etishdir. Xususan namozni ta'dili arkon bilan o’qish, namozdan keyingi tasbehlarni aytishdir.

Birinchi Qadamga:

فَلَا تُزَكُّوا اَنْفُسَكُم

oyati ishora qiladi.

Ikkinchi Qadamga:

وَلَا تَكُونُوا كَالَّذِينَ نَسُوا اللّهَ فَاَنْسَيهُمْ اَنْفُسَهُمْ

oyati ishora qiladi.

Uchinchi Qadamga:

مَا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّهِ وَمَا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ

oyati ishora qiladi.

To’rtinchi Qadamga:

كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ

oyati ishora qiladi.

Ushbu to’rt qadamning qisqa bir izohi quyidagicha:

Birinchi Qadamda:

فَلَا تُزَكُّوا اَنْفُسَكُم

oyati ishora qilgani kabi: Nafsni oqlamaslik kerak. Chunki inson yaratilishi va fitrati jihatidan nafsini yaxshi ko’radi. Balki, avvalo va shaxsan faqat o’zini sevadi, boshqa hamma narsani nafsiga fido qiladi. Ma'budga loyiq tarzda nafsini madh qiladi. Ma'budga loyiq tanzih bilan nafsini kamchiliklardan poklaydi va oqlaydi. Qo’ldan kelganicha kamchiliklarni o’ziga loyiq ko’rmaydi va qabul qilmaydi. Nafsiga mahliyo bo’lgandek qattiq mudofaa qiladi. Hatto fitratida omonat bo’lib berilgan va Ma'budi Haqiqiyning hamd va tasbehi uchun o’rnatilgan jihozlar va iste'dodni o’z nafsiga sarflab مَنِ اتَّخَذَ اِلهَهُ هَوَيهُ siriga sazovor bo’ladi. O’zini ko’radi, o’ziga ishonadi, o’zini yoqtiradi. Bu martabada, shu qadamda oqlashi va poklashi: Uni oqlamaslik poklamaslikdir.

Ikkinchi Qadamda:

وَلَا تَكُونُوا كَالَّذِينَ نَسُوا اللّهَ فَاَنْسَيهُمْ اَنْفُسَهُمْ

darsini bergani kabi: O’zini unutgan, o’zidan xabari yo’q nafsi ammora bo’lib, o’limni o’ylasa, boshqaga tegishli deydi. Fano va zavolni ko’rsa, o’ziga olmaydi, qiyinchilik va xizmat maqomida nafsini unutish, haq olishga kelganda va zavqlanadigan narsalardan foydalanishda nafsini o’ylash, qatti tarafgirlik qiladi. Bu joyda oqlanishi, poklanishi, tarbiyasi mazkur holatlarning aksini qilishdadir. Nafsni unutish ichida unutmaslik. Ya'ni huzur va ehtiroslarda unutish, o’lim va xizmatda o’ylash kerak bo’ladi.

Uchinchi Qadamda:

مَا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّهِ وَمَا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ

darsini bergani kabi: Nafs doim yaxshilikni o’zidan bilib faxr va g’ururga yo’liga kiradi. Bu qadamda: Nafsida faqat kamchilik, nuqson, ojizlik va faqirlikni ko’rib, butun yaxshilik va kamolotini Fotiri Zuljalol tomonidan ehson etilgan ne'matlar ekanini anglab, faxrlanish o’rniga shukr, maqtanish o’rniga hamd qilish kerak bo’ladi. Bu martabada poklash قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا siri asosida: Kamolini kamolsizlikda, qudratini ojizlikda, boyligini faqirlikda bilish kerak bo’ladi.

To’rtinchi Qadamda:

كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ

darsini bergani kabi: Nafs o’zini erkin, mustaqil va o’zidan o’zi mavjud deb biladi. Undan bir jihatda rububiyat da’vo qiladi. Ma'budiga nisbatan adovat bilan isyonni tashiydi. Keladigan haqiqatni anglash orqali undan qutuladi. Haqiqat shundayki: Hamma narsa ismiy ma'nosi bilan foniy, yo’qolgan, keyindan paydo bo’lgan, yo’qdir. Lekin harfiy ma'no bilan va Sone'i Zuljalolning Ismlariga oynadorlik jihatida va vazifa yuklangani uchun shohid, ko’ringan, bor qilgan, mavjuddir.

Bu maqomda oqlanishi va poklanishi quyidagicha: Vujudida yo’qlik, yo’qligida vujudi bor. Ya'ni o’zini bilsa, vujud bersa koinotchalik yo’qlik zulmati ichida bo’ladi. Ya'ni shaxsiy vujudiga ishonib Mujidi Haqiqiydan g’aflatda bo’lsa, tilla qo’ng’iz kabi vujudining ziyosi cheksiz yo’qlik zulmati va firoqlar ichida qoladi, bug’iladi. Agar "men"lig’ini tashlab, o’z nafsi yo’q hisobida ekanini va Mujidi Haqiqiyning tajalliy oynasi bo’lganini ko’rsa, butun mavjudotni va so’ngsiz vujudni qozonadi. Chunki butun mavjudot Asmolarinign jilvalariga sazovor bo’lgan Zoti Vojib-ul Vujudni topgan kishi hamma narsani topadi.

* * *

Xotima

Ushbu ojizlik, faqirlik, shafqat, tafakkur tariqatidagi to’rt qadamning izohi haqiqatning ilmiga, shariatning haqiqatiga, Qur'onning hikmatiga doir yigirma olti adad So’zlarda o’tgan. Bu yerda faqat bir-ikki nuqtaga qisqa bir ishora qilamiz:

Bu yo’l qisqaroq. Chunki to’rt qadam. Ojizlik qo’lini nafsdan tortsa, to’g’ridan-to’g’ri Qodiyri Zuljalolga uzatadi. Xolbuki eng keskin tariq bo’lgan ishq, nafsdan qo’lini tortadi, lekin majoziy oshiqqa uzatadi. U zavol topgandan so’ng Mahbubi Haqiqiyga boradi. Bu yo’l esa salomatliroq. Chunki unda nafsning sarxush va baland parvoz da'volari yo’q. Inson haddidan oshishi uchun o’z nafsida ojizlik, faqirlik va kamchilikdan boshqa topmaydi.

Bu yo’l umumiyroq va katta yo’ldir. Chunki koinotni Vahdatul Vujud ahli kabi doimiy huzur qozonish uchun yo’qlikka mahkum deb o’ylab, "La mavjuda illa Hu" deb xulosa chiqarishga yoki Vahdatush Shuhud ahli kabi doimiy huzur uchun koinotni mutlaq unutish qamog’iga hibsga mahkum deb hayol qilib, "La mashhuda illa Hu" deyishga majbur bo’lmaydi. Balki Qur'on yo’lik va qamoqdan oshkora afv etgani uchun, u ham ko’rmaslikka olib, mavjudotni o’zlari hisobiga xizmatdan bo’shatib, Fotiri Zuljalol uchun ishlatib, Asmoyi Husnasiga sazovor va oynalik vazifasida ishlatadi. Ularga harfiy ma'no nazari bilan qarab, mutlaq g’aflatdan qutuladi, doimiy huzurga kiradi. Hamma narsada Janobi Haqqa yo’l topishdir.

Xulosa:Mavjudotni, mavjudot hisobiga xizmatdan bo’shatib, ismiy ma'no bilan qaramaslik kerak.

* * *

YIGIRMA YETTINCHI SO’Z

Ijtihod Risolasi

Besh-olti yil muqaddam Arabiy risolada ijtihodga doir bir masala yozgandim. Ikki qardoshimning istaklari bilan bu masalada haddidan oshganlarning haddini bildirish uchun shu so’z o’sha ijtihodiy masalaga doir yozildi.

بِسْمِ اللّهِ الرّحْمنِ الرّحِيمِ

وَلَوْ رَدُّوهُ اِلَى الرَّسُولِ وَاِلَى اُولِى الْاَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ

Ijtihod eshigi ochiqdir. Faqat hozirgi zamonda unga kirishga "Oltita to’siq" bor.

Birinchisi:

Qishda, bo’ronlar qattiq kuchaygan vaqtda kichik teshiklar ham berkitiladi. Yangi eshiklar ochish esa hech bir jihatda aqldan emas. Katta sel hujum qilgan paytda ham, ta'mirlash uchun devorlarda teshik ochish g’arq bo’lishga sabab bo’ladi. Xuddi shuning kabi, bizning munkirot (Allohni inkor qilgan) davrda, ajnabiy odatlari hamma tomonni bosib olgan onda, bid'atlar ko’paygan vaqtda va zalolat buzg’unchiliklari hangomida ijtihod nomi ostida Islomiyat qasridan yangi eshiklar ochib, buzg’unchilarning devordan kirishiga sabab bo’luvchi darchalar ochish Islomiyatga qilingan jinoyatdir.

Ikkinchisi:

Dinning zaruriy asoslari bor, ularning ichiga ijtihod kira olmaydi. Chunki qat'iy va muayyandir. Bu zaruriy asoslar qut va ozuqa hisoblanadi. Hozirgi davrda ular tark qilina boshlangan, qat'iy ishonilmay qo’yilgan, butun himmat va g’ayratni ularning qayta tiklanishiga hamda qayta tiriltirilishiga sarflash lozim bo’lib turgan paytda, Islomiyatning nazariyot qismida va salaflarning sof, xolisona ijtihodlari bilan barcha davrlarning ehtiyojlariga javob bera oladigan fikrlari borligiga qaramasdan ularni tashlab, o’tkinchi hissiyotga berilib yangi ijtihod qilish bid'atli xiyonatdir.

Uchinchisi:

Bu bamisoli, bozorda mavsumlarga ko’ra bir matoning savdosi chaqqon bo’lgani kabi, vaqti-vaqti bilan bir mol rivoj topgani kabi, olam ko’rgazmasida, insonlarning ijtimoiy va madaniy bozorida xar asrda bir mato talab qilinib rivoj topadi. Bozorda ko’rsatiladi, unga rag’bat jalb qilinadi, e'tibor unga qaratiladi, fikrlar u bilan mashg’ul bo’ladi. Masalan, hozir siyosat matosi, dunyoviy hayotni ta'minlash hamda falsafaning rivojlangani kabi... Salafi solihiyn asrida va u zamon bozorida eng talab qilingan mato yeru osmonlar Yaratuvchisining rozi bo’ladigan ishlarini va bizdan xohishlarini kalomidan anglab yetish hamda Qur'on va payg’ambarlik nuri bilan, berkitilmaydigan darajada ochilgan oxirat olamidagi abadiy saodatni qozontiradigan vositalarni qo’lga kiritish edi.

U davrda fikrlar, qalblar, ruhlar bor kuchi bilan yerlar va osmonlar Rabbi rozi bo’ladigan amallarini anglashga qaratilgan, insonlarning ijtimoiy suhbatlari, hodisalari, holatlari ham unga bog’liq edi. Unga ko’ra jarayon etgani uchun, xar kimning go’zal bir iste'dodi bo’lsa, uning qalbi va fitrati o’zi sezmagan holda hamma narsadan ma'rifat darsini olar edi. U davrda jarayon etgan voqe'alar, hodisalar va suhbatlardan ta'lim olardi. Go’yo xar bir narsa unga muallim hisoblanib, uning fitrat va iste'dodiga - ijtihodga tayyorgarlik fikri tarbiyalanar edi. Hatto o’sha fitriy dars shu daraja bilimli qilar ediki, kasbsiz ijtihodga qobiliyatli, olovsiz nurlantirar edi.

Bu tarzda tabiiy dars olgan iste'dod egasi ijtihodni o’rganishga kirishganda gugurtga o’xshagan iste'dodi "nurun ala nur" siriga sazovor bo’lar, tez va qisqa muddatda mujtahid bo’lardi.

Ammo hozirgi davrda Ovrupa madaniyatining bosimi, tabiatparastlik falsafasining hamma tomonga yoyilishi, dunyoviy hayot sharoitining og’irlashishi sababli fikrlar va qalblar abgor bo’lgan, himmat va inoyat bo’linib ketgan. Zehnlar ma'naviyatga begonalashgan. Shuning uchun, hozir bir kishi to’rt yoshida Qur'onni yod olib olimlar bilan bahslashgan Sufyon ibn Uyaynadek mujtahidning zakovatiga ega bo’lsa ham, u zotning ijtihodni o’rgangan vaqtga nisbatan o’n barobar ko’proq vaqtga muhtojdir. Sufyon (rh.a.) o’n yilda ijtihodni tahsil olgan bo’lsalar, bu odam tahsil olish uchun yuz yilga muhtoj. Chunki Sufyon (rh.a.)ning tabiiy tahsili esini taniganidan boshlanadi. Asta sekin iste'dodi tayyor bo’ladi, nurlanadi, hamma narsadan dars oladi, gugurtga o’xshaydi. Ammo u zotga o’xshash masalasida, hozirgi davr insoni zehni falsafada bug’ilgani, aqli siyosatga sho’ng’igani va qalbi dunyoviy hayotda o’zini yo’qotgani uchun iste'dodi ijtihoddan uzoqlashgan. Albatta hozirgi fanlarda chuqurlashish nisbatida iste'dodi shar'iy ijtihod qobiliyatidan uzoqlashgan va dunyoviy fanlarda bilimi oshgani sayin ijtihodni qabul qilishda ortda qolgan. Shuning uchun "Men ham u kabi zakovatliman, nima uchun u zotnga yeta olmayman?" deya olmaydi va aytishga haqqi yo’q va yeta olmaydi ham.

To’rtinchisi:

Jismda ko’karish uchun kengayish mayli bo’ladi. Kengayish mayli (ichida bo’lgani tufayli) vujud va jism uchun rivojlanish bo’ladi. Agar kengaytirish istagi tashqaridan bo’lsa, vujudning jildini yirtish, buzish bo’ladi, kengayish emas. Xuddi shuningdek Islomiyat doirasiga salafi solihiyn kabi komil taqvo eshigi orqali va dinning zaruriy asoslariga bo’ysunish yo’li bilan kirganlarda kengayish mayli va ijtihod qilish xohishi bo’lsa, kamol va rivojlanish bo’ladi. Yo’qsa, zaruriy asoslarni tark etgan, dunyoviy hayotni oxirat hayotidan ustun qo’ygan va moddaparastlik falsafasi bilan bulg’anib ketgan kimsada kengayish mayli va ijtihod xohishi bo’lsa, Islomiyat vujudini xarob qilishga va bo’ynidagi shar'iy zanjirni chiqarishga sabab bo’ladi.

Beshinchisi:

Uch nuqtai nazar hozirgi davr ijtihodlarini yerga oid qiladi, samoviylikdan chiqaradi. Lekin shariat samoviy va shar'iy ijtihod uning yashirin hukmlarini izhor qilgani uchun samoviydir.

Birinchisi:Bir hukmning hikmati boshqa, maqsadi boshqadir. Hikmat va maqsad esa ustun qo’yilishiga sababdir. Ehtiyojga, ijodga sabab emas. Maqsad esa vujudga sababdir. Masalan safarda namoz qasr qilinadi, (to’rt raka’at farz o’rniga) ikki rakat o’qiladi. Bu shar'iy ruxsatning maqsadi safardir, hikmati esa mashaqqatdir. Safar bo’lsayu, mashaqqati umuman bo’lmasa ham namoz qasr qilinadi. Chunki maqsad bor. Lekin safar bo’lmasa, yuz mashaqqat bo’lsa ham, namozning qasr qilinishiga asos bo’la olmaydi. Bu haqiqatning aksiga, hozirgi davr nazari - foyda va hikmatni maqsad o’rniga qo’yib, unga ko’ra hukm qiladi. Albatta bunday ijtihodlar arziy-yerga oiddir, samoviy emas.

Ikkinchisi:Hozirgi davr nazari avvalo va faqat dunyoviy farog’atga qaraydi va hukmlari unga yo’nalgan. Xolbuki Shariatning avvalo va faqatgina oxirat saodatiga yuzlangan, ikkinchi darajada (oxiratga vasila bo’lgani tufayli) dunyoning saodatiga nazar tashlaydi. Demak, bu davr nazari shariat ruhidan begonalashgan. Shunday ekan, Shariat nomidan ijtihod qila olmaydi.

Uchinchisi:

اِنَّ الضَّرُورَاتِ تُبِيحُ الْمَحْظُورَاتِ

ya'ni "Zarurat xaromni halol darajasiga keltiradi", qoidasi umumiy emas. Zarurat agar xarom yo’li bilan kelmagan bo’lsa, xaromni halol qilishga sabab bo’ladi. Suiiste'mol qilib, zarurat noshar'iy sabablar bilan kelgan bo’lsa xaromni halol qilmaydi, ruxsat qilingan hukmlarga sabab bo’la olmaydi, uzr tashkil qilmaydi. Masalan, bir odam suiiste'mol orqali xarom tarzda o’zini sarxush qilsa, sodir qilgan ishlari, Shariat ulamolarining fikricha, o’z zarariga ishaydi, uzrli hisoblanmaydi. Taloq qilsa, talog’i haqiqiy bo’ladi. Jinoyat qilsa, jazo oladi. Biroq ixtiyorini yomon yo’lda qo’llanmasa, taloq haqiqiy bo’lmaydi, jazo olmaydi. Masalan, bir odam ichkilikka zarurat darajasida mukkasidan mubtalo bo’lsa ham, "Zarurat, men uchun halol", deya olmaydi.

Bu davrda zarurat darajasiga kelgan va insonlarni mubtalo qilgan, ommaviy balo suratiga kirgan ko’p ishlar borki, sui ixtiyordan, noshar'iy mayllar va harom muomalalardan kelib chiqqani uchun, ruxsatli hukmlarga sabab bo’lib, xaromni halol qilishga asos bo’la olmaydi. Bu davr mujtahidlari o’sha turdagi zaruratlarni Shar'iy hukmlarga asos qilgani uchun ijtihodlari arziy-yerga, havasga, falsafaga oid bo’lib, samoviy bo’la olmaydi, shar'iy emas. Xolbuki, Samovot va Yer Xoliqining Ilohiy hukmlarida tasarruf va bandalarining ibodatiga aralashish Uning ma'naviy izni bo’lmasa, qabul qilinmaydi. Masalan: Ba'zi g’ofillar xutba kabi ba'zi Islomiy shiorlarni Arab tilidan chiqarib, xar bir millatning o’z tilida o’qilishini ikki sababga binoan ma'qullashadi.

Birinchisi:"Hozirgi siyosat avom musulmonlarga bu yo’l orqali tushuntirish". Lekin hozirgi siyosat ichiga shunchalik ko’p yolg’on, hiyla va shaytonlik kirganki, shaytonlar vasvasasi hisobiga o’tgan. Xolbuki, minbar Ilohiy vahiyning tablig’ joyi bo’lgani uchun, siyosiy vasvasalar oliy maqomga chiqishga haqqi yo’q.

Ikkinchi sabab:"Xutba ba'zi Qur'on suralarining nasihatlarining tushunilishi uchun". Agar Islom millati Islomiyatning zaruriyati va shubhasiz qoidalari va ma'lum hukmlarini aksariyat odamlar rioya qilib bajargainda, shariat nazariyasi, nozik masalalar va maxfiy nasihatlarni tushunish uchun bilgan tilida xutba o’qishi va Qur'on suralarining - agar tarjima qilish mumkin bo’lganida {(Izoh) I'jozga doir Yigirma Beshinchi So’z Qur'onning haqiqiy tarjimasi mumkin emasligini ko’rsatgan.} balki mustahsan xush kutib olinar edi. Biroq namoz, zakot, ro’zaning vojibligi va qotillik, zino va sharobning xaromligi kabi Islomning ma'lum qat'iy hukmlari e'tibordan chetda qolmoqda. Avom insonlar ularning vojibligi va nomashru'ligi haqida dars olishga muhtoj emas. Balki tashviq va eslatma bilan muqaddas hukmlarni eslatib, Islomiyat tuyg’usi va iymon hissini harakatga keltirib ergashishlari uchun tashviq, eslatma va xotirlatib turishga muhtojdir. Xolbuki, bir omi qanchalik johil bo’lsa ham, Qur'ondan va Arabiy xutbadan quyidagi umumiy mazmunlarni tushunadi: "Xar kimga va menga ma'lum bo’lgan iymon ruknlarini va Islomiyatning asoslarini xatib va imom xotirlatadi, dars beradi, o’qiydi", deydi. Qalbida ularga nisbatan ishtiyoq hosil bo’ladi. Ajabo, koinotda, Arshi A'zamdan kelgan Qur'oni Hakimning i'jozli, anglatuvchi eslatmalariga, zikrlariga, tashviqlariga teng kela oladigan qanday iboralar bor?

Oltinchisi:

Salafi solihiynning buyuk mujtahidlari nur va haqiqat asri bo’lgan sahobalar asriga yaqin bo’lganlari uchun, sof nur olib, xolis ijtihod qila olar edi. Bu davr mujtahidlari esa haqiqat kitobiga qanchalab pardalar orqasida va uzoq masofada qaraydi. Eng yaqqol bir harfini ham zo’rg’a ko’ra oladilar.

Agar:"Sahobalar ham insondir. Xatodan, xilofdan xoli emas. Xolbuki, ijtihod va Islom hukmlarining asosi sahobalarning adolati va to’g’riligi hisoblanadi. Ummat hatto "Sahobalar to’liq adolatli, to’g’ri gapiradi", deya ittifoq qilishgan desang,

Javob:Ha, sahobalar mutlaq aksariyati haqqa oshiq, to’g’rilikka ishtiyoqmand, adolatga xohishli bo’lishgan. Chunki u asrda yolg’onning va kizbning xunukligi butun chirkinligi bilan, sidq va to’g’rilikning go’zalligi butun chiroyi bilan ko’rsatilganki, ikkisining o’rtasidagi masofa Arshdan yergacha ochilgan. O’rtadagi farq Asfali sofiliyndagi Musaylimai Kazzobning tubanligidan A'loyi Illiyindagi Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomning sidq darajasigacha bo’lgan. Ha, Musaylimani Asfali Sofiliynga tushirgan kizb bo’lgani kabi, Muhammadul Amin Alayhissalotu Vassalomni A'loyi illiyinga chiqargan narsa sidq va to’g’rilikdir.

Demak, oliy hislarni jo’shtirgan, go’zal xulqlarga mahliyo qilgan va Payg’ambarlik Quyoshining suhbat ziyosi bilan nurlangan sahobalar shu daraja xunuk va tubanlikka sabab bo’lgan va Musaylimaning masxara bo’lgan soxta uydirmalar do’konidagi yolg’onga ixtiyori bilan qo’llarini uzatishmagan. Kufrdan chekingandek kufrning do’sti bo’lgan yolg’ondan chekinishgan. Go’zal, faxrlanish, mubohlarga sabab, taraqqiy va saodatning eng yuksak darajasi, Faxri Risolatning oliy xazinasida eng qiymatli bo’lgan va go’zalligining dabdabasi bilan insoniyat jamoatlarini nurlantirgansidqqa, to’g’rilikka, haqqa,va ayniqsa shariat hukmlarini rivoyat qilish va yetkazishga, albatta qo’llaridan kelgancha tolib, muvofiq va oshiq bo’lganlari qat'i, zaruriy, shubhasizdir. Lekin bu davrda yolg’on va sidqning o’rtasidagi masofa shunchalik qisqarganki, go’yo yelkama-yelka holiga kelgan. Sidqdan yolg’onga (o’tmoq) juda oson bo’lib qolgan. Hatto siyosat tarrrg’iboti vositasida yolg’onchilik to’g’rilikdan ustun qo’yilmoqda. Agar eng xunuk narsa eng go’zal narsalar bilan birga bir do’konda bir narxga sotilsa, albatta juda oliy va haqiqat javhariga aylangan sidq va haq olmosi do’kon sohibining ilmiga va so’ziga ishonib, ko’r-ko’rona olinmaydi.

* * *

Xotima

Asrlarga ko’ra shariatlar o’zgaradi. Balki bir asrda qavmlarga ko’ra boshqa-boshqa shariatlar, payg’ambarlar kelishi mumkin va kelgan ham. Xotamul Anbiyodan so’ng Shariati Kubrosi xar asrda xar qavmga kifoya qilgani uhcun, hilma-hil shariatlarga ehtiyoj qolmagan. Biroq tafsilotda bir daraja turli turli mazhablarga ehtiyoj qolgan. Mavsumlarning o’zgarishi orqali liboslar almashadi, mijozlarga ko’ra dorilar o’zgaradi. Shuning kabi, asrlarga ko’ra shariatlar o’zgaradi, millatlarning iste'dodiga ko’ra hukmlar o’zgaradi. Chunki, shar'iy hukmlarning tafsilot qismi insonlarning holatlariga bog’liq. Unga ko’ra keladi, darmon bo’ladi. Avvalgi payg’ambarlar davrida inson tabaqalari bir-biridan juda uzoq, fe'l-atvorlari bir daraja qo’pol, dag’al, fikran ibtidoiy va badaviylikka yaqin bo’lgani sabab, o’sha davrdagi shariatlar ularning holatiga muvofiq tarzda turlicha kelgan. Hatto bir qit'ada bir asrda boshqa-boshqa payg’ambarlar va shariatlar bo’lgan. So’ng, oxirzamon Payg’ambarining kelishi orqali insonlar go’yo ibtidoiy darajadan o’rta maktab darajasiga taraqqiy etgani uchun ko’p inqiloblar va o’zgarishlar orqali insoniyat qavmlari bir xil dars oladigan, bitta muallimni tinglaydigan, birgina shariatga amal qiladigan darajaga kelgani uchun, turli shariatlarga ehtiyoj qolmagan, boshqa-boshqa muallimning ham keragi bo’lmay qolgan. Biroq tamoman bir saviyaga kelmagani uchun mazhablar ko’paygan. Agar insoniyatning aksariyati bitta oliy maktabning talabasi kabi bir xil ijtimoiy hayot kechirsa, bir saviyaga kelsa, shunda mazhablar ham birlashtirilishi mumkin. Lekin olamning hozirgi holati bunga yo’l qo’ymagani bois mazhablar ham bir emas.

Agar:"Haq bitta bo’ladi, qanday qilib to’rt va o’n ikki mazhabning xar hil hukmlari haq bo’lishi mumkin?"desang,

Javob:Bitta suv besh hil mijozli xastalarga ko’ra besh xil hukm oladi. Biriga xastaligining mijoziga ko’ra suv davodir, tibban vojib. Boshqa odamga xastaligi uchun zaxardek zararlidir, tibban xarom. Boshqa birovga oz zarar qiladi, unga tibban makrux. Keyingi odamga zararsiz, manfaati bor, tibban sunnat. Boshqa birovga esa na zarar, na manfaatdir, salomatlik bilan ichsin, unga tibban muboh. Bu yerda haq ko’paydi. Beshi ham haq. Sen, "Suv faqat davo, faqat vojib, boshqa hukmi yo’q", deya olasanmi?!

Shuning kabi, Ilohiy hukmlar, Alloh hikmatining mazhablarga chorlashi bilan ergashuvchilariga ko’ra o’zgaradi. Haq holda o’zgarar va xar biri haq, foydali bo’ladi. Masalan, Alloh hikmatining munosib ko’rishi bilan Imom Shofiiyga ergashganlarning aksariyat qismi Hanafiylarga nisbatan qishloqlarga va sahrolarga yaqinroq yashagani uchun jamoatni bir vujudga aylantiradigan ijtimoiy hayot noqis bo’lgani sabab, xar biri shaxsan o’zi Qoziyul Hojat dargohida o’z dardini aytishi va xususiy talabini istashi uchun imomning orqasida Fotihani yakka-yakka o’qiydi. Bu ayni haq va hikmatning o’zidir. Imomi A'zamga ergashganlarning aksariyat qismi esa, Islomiy hukumatlarning aksariyati bu mazhabni tanlagani uchun, madaniyatga, shaharlarga yaqinroq va ijtimoiy hayotga iste'dodi borligi uchun, bir jamoat bir shaxs hukmiga kirib, bir odam barchasining nomidan aytadi. Qolganlar qalban uni tasdiqlab va qalbini unga bog’laydi. Uning so’zi barchaning so’zi hukmiga o’tgani uchun, Hanafiy Mazhabiga ko’ra imomning orqasidan Fotiha o’qilmaydi. O’qilmasligi ayni haq va hikmatning o’zidir.

Yana masalan, modomiki shariat inson tabiatining tajovuzlariga to’siq bo’lgani uchun uni mo’'tadillashtirib nafsi ammorani tarbiyalaydi. Albatta, aksariyat ergashuvchilari qishloqli, yarim badaviy va og’ir mehnat bilan mashg’ul insonlardan iborat bo’lgan Shofiiy Mazhabiga ko’ra: "Ayol kishiga tegib ketilsa tahorat buzilar, ozgina najosat zarar qiladi". Aksariyati ijtimoiy hayotga kirgan, yarim madaniy shaklini olgan insonlar tobe bo’lgan Hanafiy Mazhabiga ko’ra: "Ayol kishiga tegib ketsa tahorat buzilmaydi, bir tangachalik najosatga fatvo bor".

Xullas, bir qora ishchi bilan bir janobni nazarga olamiz. Qora ishchi maishiy mehnat ichida bo’lgani uchun begona ayollar bilan aralashishga, tegilishga, o’choq yonida o’tirishga va iflos narsalar ichida o’ralashib yurishga mubtalo bo’lgani uchun, san'at va tirikchilik sababli tabiat va nafsi ammorasi imkon topib tajovuz qilishi mumkin. Shuning uchun shariat ular haqida tajovuzlarga chek qo’yish uchun qulog’iga "Tahorat buziladi, tegib ketma. Namozingni yo’qqa chiqaradi, bulg’anma," degan ma'naviy samoviy sado jaranglatadi. Ammo narigi janob, nomusli bo’lish sharti bilan, ijtimoiy odatlari e'tibori bilan, umumiy axloqlar nomidan, begona ayollarga tegib yurishga mubtalo emas, iflos narsalarga ozodalik madaniyati nomidan o’zini unchalik bulg’amaydi. Shuning uchun shariat Hanafiy Mazhabi nomi ila unga man’ qilmagan va azimat talabi qo’ymagan. Ruxsat tarafini ko’rsatib, yengillashtirgan. "Qo’ling tegib ketgan bo’lsa tahorating sinmaydi. Uyalib, gavjum joyda suv bilan poklanmaslikning zarari yo’q. Bir tanga miqdorigacha fatvo bor," deya uni vasvasadan qutqaradi. Mana senga dengizdan ikki tomchi misol, ularga qiyosla. Me'zoni Sha’roniy bilan shariat mezonlarini bu suratda muvozana qila olsang qil.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى مَنْ تَمَثَّلَ فِيهِ اَنْوَارُ مُحَبَّتِكَ لِجَمَالِ صِفَاتِكَ وَ اَسْمَائِكَ بِكَوْنِهِ مِرْآةً جَامِعَةً لِتَجَلِّيَاتِ اَسْمَائِكَ الْحُسْنَى وَ مَنْ تَمَرْكَزَ فِيهِ شُعَاعَاتُ مَحَبَّتِكَ لِصَنْعَتِكَ فِى مَصْنُوعَاتِكَ بِكَوْنِهِ اَكْمَلَ وَ اَبْدَعَ مَصْنُوعَاتِكَ وَ صَيْرُورَتِهِ اَنْمُوذَجَ كَمَالَاتِ صَنْعَتِكَ وَ فِهْرِسْتَةَ مَحَاسِنِ نُقُوشِكَ وَ مَنْ تَظَاهَرَ فِيهِ لَطَائِفُ مَحَبَّتِكَ وَ رَغْبَتِكَ لِاِسْتِحْسَانِ صَنْعَتِكَ بِكَوْنِهِ اَعْلَى دَلَّالِى مَحَاسِنِ صَنْعَتِكَ وَ اَرْفَعَ الْمُسْتَحْسِنِينَ صَوْتًا فِى اِعْلَانِ حُسْنِى نُقُوشِكَ وَ اَبْدَعِهِمْ نَعْتًا لِكَمَالَاتِ صَنْعَتِكَ وَ مَنْ تَجَمَّعَ فِيهِ اَقْسَامُ مَحَبَّتِكَ وَ اِسْتِحْسَانِكَ لِمَحَاسِنِ اَخْلَاقِ مَخْلُو قَاتِكَ وَلَطَاءِفِ اَوْصَافِ مَصْنُو عَاتِكَ بِكَونَهِ جَمِعًالَمِحَاسِنِ الْاِخْلَاقِ كَافَّةً بِاِحْسَانِكَ وَ لِلَطَائِفِ الْاَوْصَافِ قَاطِبَةً بِفَضْلِكَ وَ مَنْ صَارَ مِصْدَاقًا صَادِقًا وَ مِقْيَاسًا فَائِقًا لِجَمِيعِ مَنْ ذَكَرْتَ فِى فُرْقَانِكَ اِنَّكَ تُحِبُّهُمْ مِنَ الْمُحْسِنِينَ وَ الصَّابِرِينَ وَ الْمُؤْمِنِينَ وَ الْمُتَّقِينَ وَ التَّوَّابِينَ وَ الْاَوَّابِينَ وَ جَمِيعِ الْاَصْنَافِ الَّذِينَ اَحْبَبْتَهُمْ وَ شَرَفْتَهُمْ لِمَحَبَّتِكَ فِى فُرْقَانِكَ حَتَّى صَارَ اِمَامَ الْحَبِيبِينَ لَكَ وَ سَيِّدَ الْمَحْبُوبِينَ لَكَ وَ رَئِيسَ اَوِدَّائِكَ وَ عَلَى آلِهِ وَ اَصْحَابِهِ وَ اِخْوَانِهِ اَجْمَعِينَ آمِينَ بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ

* * *

Yigirma Yettinchi So’zning Ilovasi

Sahobalar haqidadir

Mavlono Jomiy Degani Kabi Deyman:

يَا رَسُولَ اللهَ چِه بَاشَدْ چُونْ سَگِ اَصْحَابِ كَهْف

دَاخِلِ جَنّتْ شَوَمْ دَرْ زُمْرَهءِ اَصْحَابِ تُو؟

اُو رَوَدْ دَرْجَنَّتْ مَنْ دَرْ جَهَنَّمَ كَىْ رَوَاسْت

اُو سَگِ اَصْحَابِ كَهْف مَنْ سَگِ اَصْحاَبْ تُو؟

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

بِسْمِ اللّهِ الرّحْمنِ الرّحِيمِ

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ وَالَّذِينَ مَعَهُ اَشِدَّآءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَآءُ بَيْنَهُمْ

oyatning to’lig’i...

Savol beryapsiz:"Bid'atlarning rivoji hangomida iymon va taqvo ahlidan bir qism solih insonlar sahobalar darajasida yoki ulardan ham afzal bo’lishi mumkin," degan ba’zi rivoyatlar bor. Bu rivoyatlar sahihmi? Sahih bo’lsa, haqiqati nima?

Javob:Payg’ambarlardan so’ng bashariyatning eng afzali sahobalar ekaniga Ahli Sunnat va Jamoat ittifoq qilgani qat'iy hujjatdir. Bu rivoyatlarning sahih qismi juz'iy fazilatlar haqidadir. Chunki juz'iy fazilatda va xususiy bir kamolda ustun bo’lmagan kishi ustun bo’lgandan ustun bo’lishi mumkin. Fath Surasining oxirida Rabboniy maqtovga sazovor, Tavrot, Injil va Qur'onning madhu sanosini olgan sahobalarga umumiy fazilatlar nuqtai nazaridan yetishib bo’lmaydi. Bu haqiqatning juda ko’p sabab va hikmatlaridan hozircha uch sababni o’zida jamlagan uch hikmatni bayon qilamiz:

Birinchi Hikmat:

Payg’ambarimiz (S.A.V.) suhbatlari shundayin iksir-darmonki, unda bir daqiqa bo’lgan kishi ko’p yillar davomida sayri suluk o’rniga haqiqat nurlariga sazovor bo’ladi. Chunki suhbatda rang va aksini olish bor. Ma'lumki, aks olish va ergashish orqali Payg’ambarimizning Buyuk Nuri bilan birga eng azim martabaga chiqish mumkin. Bamisoli bir sultonning xizmatkori va unga tobeligi orqali shunday bir mavqega chiqadiki, shoh unga chiqa olmaydi. Ushbu sir sabab eng buyuk valiylar ham sahoba darajasiga chiqa olmaydi.

Hatto Jaloliddini Suyutiy kabi uyg’oq holida ko’p marta Payg’ambarimiz (S.A.V.) suhbatlariga sazovor bo’lgan valiylar Rasuli Akram (S.A.V.) bilan hushyor holida ko’rishsalar va bu olamda suhbatiga musharraf bo’lsalar ham sahobalarga yeta olmaydilar. Chunki Sahobalarning suhbati Nubuvvati Ahmadiya (S.A.V.) nuri bilan, ya'ni Payg’ambar sifatida u kishi bilan suhbatlashishgan. Avliyolar esa Payg’ambarimiz (S.A.V.) vafotlaridan so’ng Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni ko’rishlari valoyati Ahmadiya (S.A.V.) nuri bilan suhbatdir.

Demak Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ularning nazariga ko’rinishi va namoyon bo’lishlari valoyati Ahmadiya (S.A.V.) jihatidadir, nubuvvat e'tibori bilan emas. Modomiki shunday ekan, nubuvvat darajasi valiylik darajasidan naqadar yuksak bo’lsa, bu ikki suhbat ham shunchalik farq qilishi kerak bo’ladi. Payg’ambarimizning (S.A.V.) suhbatlari qay daraja nuroniy bir iksir-darmon ekani, bir badaviy odam qizini tiriklayin ko’madigan darajada vahshiy bag’ritosh holida kelib bir soat Payg’ambarimiz (S.A.V.) suhbatlariga musharraf bo’ladi, qaytib chumolini ham bosmaydigan darajada rahmli shafqat qozonardi. Johil, vahshiy odam bir kun Payg’ambarimiz (S.A.V.) suhbatlarida bo’ladi, so’ng Chin va Hind kabi mamlakatlarga borib, madaniyatli qavmlarga haqiqatlarda muallim va kamolotda rahbar bo’lgani orqali tushuniladi.

Ikkinchi Sabab:

Yigirma Yettinchi So’zdagi ijtihod mavzuida bayon va isbot qilingani kabi, sahobalar inson kamolotining mutlaq eng a'lo darajasidadir. Chunki o’sha davrda, Islomning azim inqilobida xayr va haq butun go’zalligi bilan, yomonlik va botil butun xunukligi bilan ko’rilgan va moddatan his etilgan. Yomonlik va yaxshilik o’rtasida shundayin farq hamda yolg’on va sidq-to’g’rilik o’rtasida shunday bir masofa ochilgan ediki, orasi kufr va iymonchalik, balki Jahannam va Jannatchalik uzoqlashgan edi. Yolg’on, yomonlik va botilning dalloli, namunasi bo’lgan Musaylimai Kazzob va masxaraomuz gaplariga, fitratan oliy hislar sohibi va yuksak axloqlarga maftun hamda izzat va go’zallikdan faxrlanishga moyil sahobalar, albatta ixtiyorlari bilan, yolg’on va yomonlikka qo’llarini uzatib, Musaylima darajasiga tushishmagan.

Sidq, xayr, haqning dalloli va namunasi Habibulloh (S.A.V.) kamoloti A'loyi Illiyinidagi maqomiga qarab, butun kuch va himmatlari bilan u tarafga borishni axloqlari taqozo qiladi. Masalan, ba'zan bashariyat madaniyati bozorida va insoniyat ijtimoiy hayoti do’konida ba'zi narsalarning mudhish natijalari va xunuk izlari o’ldiruvchi zaxar bo’kgani uchun xar kim uni sotib olish emas, balki butun kuvhi bilan undan nafratlanib qochadi, ba'zi narsalarning va ma'naviy matolarning go’zal natijalari, qiymatli asarlari naf keltiruvchi malham va olmos kabi hammani o’ziga jalb qiladi. Xarkim qo’lidan kelgancha ularni sotib olishga urinadi.

Shunga o’xshab, Saodat Asrida insoniyat ijtimoiy hayotining bozorida yolg’on, yomonlik va kufr kabi moddalar abadiy halokat kabi natijalarni va Musaylimai Kazzobdek past masxaralarni keltirib chiqargani uchun, oliy axloqlar va sharafli vazifalarga maftun bo’lgan sahobalar undan o’ldiruvchi zahardan qochgandek qochgani va nafratlangani yaqqol.

Abadiy saodat natijasini bergan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kabi nuroniy mevalar ko’rsatgan sidq, haq va iymonga eng foydali malham, eng qiymatdor olmos kabi, fitratlari sof va axloqlari yuksak sahobalar bor kuchlari bilan, hissiyot va tug’ulari bilan talabgor va ishtiyoqmand bo’lishgani muqarrar. Xolbuki u davrdan so’ng, borgan sari va kelib-kelib to’g’rilik va yolg’on o’rtasidagi masofa ozaya-ozaya yelkama-yelka masofaga keldi. Bir do’konda ikkisi birga sotila boshlagani kabi, ijtimoiy axloq buzildi. Siyosat targ’iboti yolg’onga haddan tashqari rivoj berdi. Yolg’onning daxshatli xunukligi yashirinib, to’g’rilikning porloq go’zalligi ko’rinmay qolgan davrda sahobalarning adolat, sidq, oliylik va haqqoniyat xususidagi kuchi, matonati, taqvolariga yetishga yoki ularning darajalaridan o’tib ketishga kimning haddi sig’adi. Bu masalani bir daraja yoritadigan, boshimdan o’tgan bir holimni bayon qilaman:

Bir vaqtlar qalbimga keldiki, nima uchun Muhyiddin Arabiy kabi xoriqo zotlar sahobalarga yetisha olmaydilar? Keyinroq namozda سُبْحَانَ رَبِّىَ الْاَعْلَى der ekanman, bu kalimaning ma'nosi ochildi. To’liq ma'nosi bilan emas, faqat bir oz haqiqati ko’rindi. Qalban, koshki birgina namozga bu kalima kabi muvaffaq bo’lganimda, bir yillik ibodatdan ko’ra yaxshiroq bo’lar edi, dedim. Namozdan so’ng, u xotira va holat sahobalarning ibodatdagi darajalariga yetib bo’lmasligiga bir irshod ekanini angladim.

Ha, Qur'oni Hakimning nurlari bilan hosil bo’lgan azim ijtimoiy inqilobda, zidlar bir-biridan ayrilar ekan, yomonlar butun ergashuvchilari bilan, zulmatlari va ikir-chikirlari bilan, yaxshilik va kamolot butun nurlari va natijalari bilan qarama-qarshi kelgan holat va qo’rqinchli davrda, xar zikr va tasbeh butun ma'nosining tabaqalarini ilk bor, tarovatli, yangi va yosh suratda ifoda etgan. Shuning kabi, u azim inqilobning shovqin-suroni ostidagi insonlarning butun hissiyotlarini, ma'naviy hislarini uyg’otgan, hatto vahima, hayol va sir kabi tuyg’ular hushyor, uyg’oq bo’lib zikr, tasbehlardagi ko’plab ma'nolarni o’z lazzatiga ko’ra olagan, emgan.

Ushbu hikmatga binoan barcha hissiyotlari uyg’oq va latifalari hushyor sahobalar, iymon nurlarini va tasbehlarni o’zida jamlagan muborak kalimalarni talaffuz etgan vaqti so’zlarning butun ma'nolari bilan aytar va barcha latifalari bilan hissa olar edilar.

O’sha portlash va inqilobdan so’ng, borgan sari latifalar uyquga ketdi, hislar haqiqat nuqtasida g’aflatga tushib, muborak kalimalar mevalar singari, bora-bora ko’nikib qolish pardasi ostida latofatini va tarovatini yo’qotgan. Sathiylik tuyg’ulari bilan qurayotgandek, oz bir namlik qoladi. U esa kuchli tafakkuriy jarrohlik bilangina avvalgi holi qaytarilishi mumkin. Shuning uchun, qirq daqiqada bir sahobaning qozongan fazilat va maqomiga boshqa odam qirq kunda, hatto qirq yilda zo’rg’a yetishi mumkin.

Uchinchi sabab:

O’n Ikkinchi, Yigirma To’rtinchi va Yigirma Beshinchi So’zlarda isbot etilgani kabi, nubuvvatning valiylikka nisbati Quyosh bilan uning oynalarda ko’ringan aksi kabidir. Nubuvvat doirasi valiylik doirasidan naqadar yuksak bo’lsa, nubuvvat doirasining xodimlari va u quyoshning yulduzlari bo’lgan sahobalar ham valiylik doirasidagi solih insonlardan shunchalik ustun bo’lishi lozim. Hatto eng buyuk valiylik -nubuvvat vorisligi va siddiqiyat ham sahobalarning valiyligidir. Bir valiy bu maqomga yetsa ham baribir ilk safdagi sahobalarning maqomiga yetisha olmaydi. Ushbu uchinchi sababning ko’plab jihatlaridan uchtasini bayon qilamiz:

Birinchi Jihat:Ijtihodda, ya'ni hukm chiqarishda, ya'ni Janobi Haqning rozi bo’ladigan amallarni kalomidan anglashda sahobalarga yetib bo’lmaydi. Chunki o’sha davrdagi buyuk Ilohiy inqilob, Rabbimiz rozi bo’ladigan amallar va Ilohiy hukmlarni anglash ustida jarayon qilar edi. Barcha zehnlar hukm chiqarishga qaratilgan edi. Barcha qalblar: "Rabbimiz bizdan nimani istayai!" deya qiziqar edi.

Zamonning vaziyati bu holatni his qiladigan va sezadigan tarzda davom etgan. Suhbatlar bu ma'nolarni o’zida jamlagan holda sodir bo’lar edi. Shuning uchun hamma narsa va xar bir holat va gaplashish, suhbat va hikoyalar butun ma'nolarni bir daraja dars beradigan tarzda jarayon etgani, hamda sahobalarning iste'dodini komillashtirgani, fikrlarini yoritgani uchun, ijtihod va hukm chiqarishda iste'dodi gugurt singari alanga olishga tayyor bo’lgani uchun, bir kunda yoki bir oyda qozongan ijtihod va hukm chiqarishdagi martabasini, u sahobaning iste'dod va zakovati darajasida bo’lgan boshqa bir odam hozirgi davrda o’n yilda, balki yuz yilda ham qozona olmaydi. Chunki hozir abadiy saodat o’rniga dunyo saodati e'tibor markazida. Insonlarning diqqati boshqa maqsadlarga yuzlangan.

Tavakkalsizlik ichida tirikchilik dardi, ruhga ahmoqlik hamda tabiat va moddaparastlik falsafasi aqlni ko’r qilgani uchun, insonning ijtimoiy muhiti shaxsning zehniga va iste'dodiga ijtihod xususida quvvat bermagani kabi, abgor, parishon qilyapti. Yigirma Yettinchi So’zning ijtihod mavzuida Sufyon Ibn Uyayna bilan uning zakovati darajasidagi odamning qiyoslanishida isbot qilganmizki, Sufyon (rh.a.)ning o’n yilda qozongan martabasini narigi odam yuz yilda ham qozona olmaydi.

Ikkinchi jihat:Sahobalarning Allohga yaqinligi nuqtasidagi maqomlariga valiylik orqali yetishib bo’lmaydi. Chunki, Janobi Haq bizga eng yaqin va hamma narsadan ham ko’ra ko’proq yaqindir. Biz esa Undan nihoyatsiz uzoqmiz. Unga yaqinlikni qozonmoq ikki yo’l orqali bo’ladi.

Birnchisi: Allohning o’z quliga yaqinligining ochilishi orqali. Nubuvvatdagi yaqinlik unga taalluqli. Nubuvvatga vorislik va suhbati orqali sahobalar u sirga sazovor.

Ikkinchi surat: Uzoqligimiz tufayli martabalarni bosib o’tib bir daraja yaqinlashish bo’lib, aksar valiylikning sayri suluki unga ko’ra, anfusiy-ichki ruhiy va ofoqiy-tashqi sayr bu suratda jarayon etadi.

Birinchi surat faqat ilhom bilan bo’ladi, sa’y harakat bilan emas. O’ziga tortish, Rahmonning jalb qilishi va Allohning muhabbatiga erishishdir. Yo’l qisqa, biroq o’ta mustahkam, juda yuksak, xolis va soyasi yo’q.

Keyingisi sa’y harakat orqali bo’lib, uzun, soyasi bor. Ajoyib g’aroyibotlari ko’p bo’lsada, qiymati Allohga yaqinlik jihatida avvalgiga yetisha olmaydi. Masalan, kechagi kunga bugun yetishmoqning ikki yo’li bor.

Birinchisi: Vaqt o’tishiga tobe' bo’lmasdan, muqaddas quvvat bilan, vaqt o’lchovidan chiqib, kechani bugundek hozir ko’rish.

Ikkinchisi, bir yillik masofani bosib o’tib, aylanib kechagi kunga kelish. Biroq baribir kechagi kunni qo’lida tutib turolmaydi, uni tashlab ketadi. Shunga o’xshab, zohirdan haqiqatga o’tish, ikki suratda amalga oshadi.

Biri, to’g’ridan-to’g’ri haqiqatning tortishiga berilib, tariqatning barzohiga kirmay, zohirning o’zida haqiqatni topish. Ikkinchisi: ko’p martabalardan sayri suluk tarzida o’tish. Avliyolar, garchi fanoi nafsga muvaffaq bo’lib, nafsi ammorani o’ldirgan bo’lishsada, sahobalarga yetisha olmaydi. Chunki sahobalarning nafslari poklanib tarbiyalangan, nafsning mohiyatidagi ko’plab jihozlar orqali ibodatlarning barcha turlariga hamda shukr va hamdning turli hillariga ko’proq muvaffaq bo’lishgan. Nafsni o’ldirgandan so’ngra avliyolarning ibodatlari oddiylik paydo qiladi.

Uchinchi jihat:Amallardagi fazilat, savobli ishlar va oxiratga oid fazilatlar jihatidan sahobalarga yetishib bo’lmaydi. Chunki, bir askar ba'zi sharoitda muhim va xavfli joyda bir soat navbatda turganda bir yil ibodat qilganchalik fazilat qozonishi mumkin. Bir o’q yeb eng kamida qirq kunda qozoniladigan valiylik darajasidek maqomga daqiqada chiqadi. Shunga o’xshab, sahobalarning Islomiyatni ta'sis qilish, Qur'on hukmlarini yoyishdagi xizmatlari va Islomiyat uchun butun dunyoni jangga chaqirishlari shunchalik yuksakdirki, ularning bir daqiqasiga boshqalar bir yilda yeta olmaydi. Hatto barcha daqiqalari, (muqaddas xizmatda) shahid bo’lgan askarning daqiqalari kabidir deyish mumkin. Butun soatlari mudhish bir joyda bir soat navbatda turgan fidokor askarning navbatiga o’xshab, amali oz, mukofoti ko’p, qiymati yuksakdir. Modomiki sahobalar Islomiyatni ta'sis qilish va Qur'on nurlarini yoyishda birinchi safni tashkil qilar ekan, اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ siriga ko’ra ularga butun ummatning hasanotlaridan hissa berib turiladi. Ummatning

اَللّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِهِ وَاَصْحَابِهِ

deyishi sahobalarning butun ummatning hasanotlaridan hissador ekanini ko’rsatadi. Yana masalan, daraxtning ildizidagi kichik xususiyat shoxlarida katta surat oladi, katta shoxdan ham kattaroq bo’ladi. Boshlanishda kichik bo’lgan katta narsa borgan sari mukammallashadi. Markaziy nuqtaga yaqin igna uchi qadar ko’plik, keng doirada ba'zan bir metrga yaqin teng kelar.

Ushbu to’rt misol kabi, sahobalar, Islomiyat nuroniy daraxtining ildizlaridan, asoslaridan bo’lganlari, Islomiyat binosining nuroniy chizmalarining boshlang’ichida bo’lganlari, Islomiyat jamoatining imomlaridan va sonining avvalida, Shamsi Nubuvvat va Siroji Haqiqatning markaziga yaqin bo’lganlari tufayli, oz amallari ko’p, kichik xizmatlari buyukdir. Ularga yetish uchun haqiqiy sahoba bo’lish kerak bo’ladi.

اَللّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ الَّذِى قَالَ اَصْحَابِى كَا لنُّجُومِ بِاَيِّهِمْ اِقْتَدَيْتُمْ اِهْتَدَيْتُمْ وَ خَيْرُ الْقُرُونِ قَرْنِى وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ وَ سَلِّمْ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

Savol:

Sahobalar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni ko’rdilar, keyin iymon keltirdilar. Biz esa ko’rmasdan iymon keltirdik. Demak, iymonimiz ularnikidan quvvatliroq. Buning ustiga, iymonimizni quvvatliroq ekaniga dalolat qiluvchi rivoyat bor? deyilsa,

Javob:Sahobalar, o’sha davrda olamdagi barcha fikrlar Islom haqiqatlariga qarshi va muxolif bo’lib turganda faqat inson suratida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni ko’rib, ba'zan mo’'jizasiz, iymon keltirdilarki, olamdagi umum fikrlar ularning iymonlarini tebrata olmas edi. Shubha tugul, ba'zilarini vasvasaga ham sola olmagan. Sizlar esa o’z iymonlaringizni sahobalarning iymonlari bilan solishtiryapsiz.

Barcha Islomiy fikrlarsizning iymoningizgaquvvat va hujjat ekaniga qaramay, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning payg’ambarlik nuroniy daraxtining urug’i bo’lgan insoniy va jismoniy surati emas, balki barcha Islomiy nurlar va Qur'on haqiqatlari bilan nuroniy muhtasham ma'naviy shaxsini minglab mo’'jizalar bilan o’ralganini aql ko’zi bilan ko’rsangiz ham, bir ovrupa faylasufining so’zidan vasvasa va shubhaga tushgan iymoningiz qayoqda-yu, butun kufr olamining va Nasroniy va Yahudiy va faylasuflarning hujumlari qarshisida tebranmagan sahobalarning iymonlari qayoqda?!

Sahobalar iymonlarining quvvatini ko’rsatgan va iymonlaridan sizib chiqqan shiddatli taqvolari va solih amallarda komillari qayoqda-yu, ey davogar, sening o’ta zaifligingdan farzlarni to’liq ado qila olmagan so’niq iymoning qayoqda?!

Hadisda aytilgan, "Oxirzamonda meni ko’rmay iymon keltirgan maqbulroqdir" mazmunidagi rivoyat xususiy fazilatga doir. Ba'zi xos shaxslar haqidadir. Mavzuimiz esa umumiy fazilat va aksariyatga ta’alluqlidir.

Ikkinchi Savol:Avliyolar va komil insonlar dunyoni tark etgan. Hatto hadisda, "Dunyoga muhabbat barcha xatolarning boshlanishidir", deyilgan. Xolbuki, sahobalar dunyoga juda ko’p aralashgan. Dunyoni tark qilish uyoqda tursin, balki sahobalarning bir qanchasi o’z davrining madaniy insonlaridan ancha ilgarilab ketgan. Eng oddiy sahobaning eng buyuk bir valiy qadar qiymati bor deganingizni qanday tushunsak bo’ladi?

Javob:O’ttiz Ikkinchi So’zning Ikkinchi va Uchinchi Qismlarida g’oyat qat'iy isbot etilganki: Dunyoning Oxiratga qaragan yuzi bilan Ilohiy Ismlarga qaragan yuzini sevish kamchilikka emas, balki kamolotga sababdir. Dunyoning mazkur ikki yuzida qanchalik ilgarilasa, ibodat va ma'rifatullohda shunchalik ilg’orlaydi. Sahobalarning dunyosi ana o’sha ikki yuzga oid. Dunyoni oxirat ekinzori bilib, ekib bichganlar. Mavjudotni Ilohiy Asmoning oynasi bilib, ishtiyoq bilan tomosha qilib qaraganlar. Dunyoning yomon tomoni esa foniy yuzi bo’lib, insonning hoyu-havaslariga qaraydi.

Uchinchi Savol:Tariqatlar haqiqatlarning yo’llaridir. Tariqatlarning eng mashhuri va eng yuksagi hamda katta yo’l deb da'vo qilinadigan Naqshbandiy tariqatining qahramonlaridan va imomlarining ba'zilari o’z tariqatlarini shunday ta'rif qilganlar:

دَرْ طَرِيقِ نَقْشِبَنْدِى لَازِمْ آمَدْ ارِ تَرْكْ

تَرْكِ دُنْيَا تَرْكِ عُقْبَى تَرْكِ هَسْتِى تَرْكِ تَرْكْ

Ya'ni, "Naqshbandiy tariqatida to’rt narsadan voz kechish lozim: Dunyoni, oxiratni nafs uchun haqiqiy maqsad qilmaslik, vujudini unutish, g’urur va faxrlanmaslik uchun ushbutarklarnio’ylamaslik. Demak, haqiqiy ma'rifatulloh va insonning kamoloti mosivoni tark qilish orqali qo’lga kiritiladi. Buni qanday tushunish kerak?

Javob:Agar inson faqat qalbdan iborat bo’lganida, barcha mosivoni tark, hatto Allohning Ism va Sifatlarni ham tark etishi, qalbni faqat Janobi Haqning zotiga bog’lash kerak bo’lar edi. Biroq insonning aql, ruh, sir, nafs kabi juda ko’p vazifa yuklangan latifalari va hislari bor. Komil inson - barcha tuyg’ulariga xos turli ibodat yo’llarida haqiqat tomon yurib, sahobalardek keng doirada, boy suratda, qalb qo’mondon singari, latifalar uning askarlari bilan maqsad sari qahramonona yurgizgan insondir. Qalb faqat o’zini qutqarish uchun askarlarini tashlab yolg’iz ketishi faxrlanadigan ish emas, balki chorasizlikning natijasidir.

To’rtinchi Savol:O’zni sahobalardan ustun qo’yishlik da'vosi qayerdan chiqyapti? Kim chiqaryapti? Nima uchun hozirgi davrda bu masala haqida gapirilyapti? Hamda, buyuk mujtahidlarga tenglik da'vosi qayerdan kelib chiqyapti?

Javob:Bu masalani ko’taruvchilar ikki toifadir. Birinchi toifa sof diyonat va ilm ahli bo’lib, ba'zi hadislarni ko’rgan va hozirgi davrda solih, taqvodorlarni tashviq va targ’ib qilish uchun gapirishadi. Bu toifa insonlarga gapimiz yo’q. Ular zotan ozchilik va tez uyg’onadi. Keyingi toifa esa o’ta mudxish mag’rur insonlar bo’lib, mazhabsizliklarini buyuk mujtahidlarga tenglik da'vosi ostida yoyishni va dinsizliklarini sahobalarga tenglik da'vosi ostida joriy qilishni istaydilar. Chunki avvalo, zalolatdagi kimsalar gunohlarga kirgan, qilishga ko’nikib qolgan, gunohga mone'lik qilgan shar'iy taklif-vazifalarni bajara olmaydi. O’ziga bahona topish uchun: "Bu masalalar ijtihodiydir. Ularda mazhablar bir-biriga muxolif. Buning ustiga ular ham biz kabi insonlardir, xato qilishlari mumkin. Shunday ekan, biz ham ular kabi ijtihod qilamiz, istaganimizdek ibodatimizni qilamiz. Ularga tobe bo’lishga nima majburiyatimiz bor?" deydi. Bu badbaxtlar shaytoniy hiyla orqali boshini mazhablarning zanjiridan chiqaradi. Ularning bu da'volari naqadar e'tiborsiz naqadar asossiz ekani Yigirma Yettinchi So’zda qat'iy suratda ko’rsatilgani uchun, unga havola qilamiz.

Ikkinchidan, shu toifadagi zalolat ahli qarasa, mujtahidlar bilan ish bitmayapti. Chunki ularning zimmasida bor yo’g’i dinning nazariy qismi bor. Lekin, zalolat ahli dinning zaruriy asoslarini tark va o’zgartirishni istaydi. "Ulardan ham yaxshiroqmiz" deyishsa ham masalasi bitmayapti. Chunki mujtahidlar nazariy qismga va qat'iy bo’lmagan tafsilotlarga aralasha oladi. Xolbuki, mazhabsiz zalolatdagilar dinning zaruriy asoslarida ham fikrlarni chalg’itish va o’zgartirib bo’lmaydigan masalalarni o’zgartirish hamda Islomiyatning qat'iy ruknlariga qarshi chiqishni istagani uchun, albatta dinning zaruriy asoslarini tashuvchisi va ustunlari bo’lgan sahobalarga til tekkizishadi. Hayhot! Yigirma Yettinchi So’zda bular kabi inson suratidagi hayvonlar u yoqda tursin, haqiqiy insonlar va haqiqiy insonlarning eng komillari bo’lgan avliyolarning buyuklari sahobalarning eng kichigiga ham teng kela olmasligi g’oyat qat'iy tarzda isbotlangan.

اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى رَسُولِكَ الَّذِى قَالَ لَاتَسُبّوُا اَصْحَابِى.. لَوْ اَنْفَقَ اَحَدُكُمْ مِثْلَ اُحُدٍ ذَهَبًا مَا بَلَغَ نِصْفَ مُدٍّ مِنْ اَصْحَابِى صَدَقَ رَسُولُ اللّهِ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

* * *

YIGIRMA SAKKIZINCHI SO’Z

Bu so’z Jannatga doirdir. Ushbu So’zning ikki maqomi bor. Birinchi Maqom Jannatning ba'zi go’zalliklariga ishora qiladi. O’ninchi So’zda o’n ikki qat'iy haqiqat orqali qat'iy aniqlikda hamda bu So’zning Ikkinchi Maqomida O’ninchi So’zning xulosasi va asosi uzun, juda metin arabiy qat'iy burhon orqali o’ta porloq tarzda mavjudligi isbotlangan Jannatning borligi tushuntirmaydi, balki bu maqomda faqat savol-javobga va tanqidga sabab bo’lgan Janntaning bir nechta holatlari gapiriladi. Agar tavfiqi Ilohiy yor bo’lsa, o’sha muazzam haqiqatga doir azim bir so’z keyinroq yoziladi, Inshaalloh.

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

وَبَشِّرِ الَّذِينَ اٰمَنُو وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقاً قَالُوا هٰذَا الَّذِى رُزِقْناَ مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَآ اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَا خَالِدُونَ

Boqiy Jannatga doir ba'zi savollarga qisqa javoblardan iborat.

Jannatga doir Jannatdan ham go’zal, hurlaridan ham go’zal, Jannat chashmasidan ham shirin bo’lgan Qur'on oyatlarining bayoni hech kimning gapirishiga boshqa so’z qoldirmagan. Biroq porloq, azaliy va abadiy, yuksak va go’zal oyatlarni aqlga yaqinlashtirish uchun ba'zi zinapoyalarni, Qur'on jannatidan namuna sifatida ba'zi chechaklarning namunalaridan ba'zi nozik tomonlarini aytib o’tamiz. Besh ramzli savol va javob orqali ishora qilamiz. Jannat barcha ma'naviy lazzatlarga asos bo’lganidek, barcha jismoniy lazzatlarga ham manbadir.

Savol:Kamchiligi bor, nuqsonli, o’zgaruvchan, beqaror, azob chekadigan inson jismoniyatning abadiyat va Jannat bilan qanday aloqasi bor? Modomiki ruhning oliy lazzatlari bor ekan, unga kifoya qiladi. Jismoniy lazzatlar uchun jismoniy hashrning nima keragi bor?

Javob:Chunki, tuproq suvga, havoga, ziyoga nisbatan qattiq, qorong’u hisoblansada, biroq Ilohiy san'atlarning barcha nav’lariga manba va zamin bo’lgani uchun, qolgan barcha unsurlardan ma'nan ustun bo’lgani kabi... qattiq bo’lgan inson nafsi qamrov siri orqali poklanish sharti bilan barcha insoniy tuyg’ulardan ustun bo’lgani kabi... jismoniyat Alloh Ismlarining eng qamrovli, eng keng, eng boy tajalliy qiladigan oynasidir. Rahmat xazinalarining barcha ne'matlarini totadigan va o’lchaydigan jihozlar jismoniyatdadir. Masalan, tildagi ta'm bilish hissi rizqning mazasini totishda taom nav’larining sanog’icha o’lchovlarga ega bo’lmaganida, xar birini alohida-alohida his qilib tanimas, totib ajrata olmas edi.

Alloh Ismlarining aksar tajalliylarini his etib bilish, zavq olib tanish ham jismoniyatdadir. G’oyat hilma-hil va juda turli-tuman lazzatlarni his etadigan iste'dodlar yana jismoniyatdadir. Modomiki bu koinotning Sone'i koinot bilan butun rahmat xazinalarini tanitish, barcha Ismlarining tajalliylarini bildirish va barcha ehsonlarining nav’larini tottirishni istaganini, koinotning harakatidan va insonning qamrovidan, O’n Birinchi So’zda isbotlanganidek, qat'iy anglashilmoqda.

Albatta ushbu koinot sayrining katta hovuzi, koinot dastgohi ishlab chiqargan mahsulotning buyuk ko’rgazma joyi, dunyo ekinzorining abadiy xazinasi bo’lgan saodat yeri bu koinotga bir daraja o’xshaydi. Ham jismoniy, ham ruhoniy barcha asoslarini saqlab qoladi. Sone'i Hakiym va u Odili Rahiym albatta jismoniy a'zolarning vazifalariga ajr hamda xizmatlariga mukofot va maxsus ibodatlariga savob sifatida ularga loyiq lazzatlarini beradi. Yo’qsa hikmat, adolat va rahmatiga zid holat bo’ladiki, hech bir jihatda Uning Jamoli Rahmatiga va Kamoli Adolatiga uyg’un emas, muvofiq bo’la olmaydi.

Savol:Jism, agar tirik bo’lsa, badan a'zolari doimo tarkib va parchalanish jarayonida, inqirozga mahkum, abadiyatga sazovor bo’la olmaydi. Yemoq ichmoq inson hayotining davom etishi, er-xotinlikdagi muomalalar esa naslning davom etishi uchun bo’lib, bu olamda asos bo’lganlar. Abadiy olamda va uxroviy olamda bularga ehtiyoj yo’q. Nima uchun Jannatning eng buyuk lazzatlari qatoriga kirgan?

Javob:Avvalo, bu olamda jonzotlar jismining inqiroz va o’limga mahkumligi kirim va chiqimlarning muvozanatsizligi sabablidir. Bolalikdan kamol yoshigacha kiradigan modda ko’pdir, undan so’ngra sarflanadigani ko’payadi, muvozanat buziladi, u ham o’ladi. Abadiy olamda esa jism zarralari sobit qolib, tarkib va parchalanishga duchor emas. Yohud muvozanat sobit turadi, {(Izoh) Bu dunyoda inson va hayvon jismi zarralar uchun bir mehmonxona, saroy, maktab hisoblanib, jonsiz zarralar unga kiradi, tirik bo’lgan baqo olamiga zarra bo’lish uchun layoqat kasb etadi, chiqadi. Oxiratda esa, اِنَّ الدَّارَ الْاٰخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ siriga ko’ra hayot nuri hamma uchun umumiy. Nurlanish uchun sayru-safarga, ta'limot va ta'limga ehtiyoj yo’q. Zarralar o’zgarmas, sobit qoladi.} kiradigan va sarflanadigan moddalar muvozanatdadir. Doimiy charxpalak kabi jonzotlar jismi lazzatlanish uchun jismoniy hayot dastgohining ishlattilishi bilan birga abadiylashadi. Yeyish, ichish va er-xotinlik muomalalari bu dunyoda ehtiyojdan kelib chiqadi, vazifa bajaradi, biroq u vazifa uchun oldindan ajr sifatida ichiga hilma-hil laziz lazzatlar qo’yilganki, bu qolgan lazzatlardan ustun.

Modomiki, yeyish va nikoh bu dunyoda ajib va turli-tuman lazzatlarga sabab ekan, albatta lazzat va saodat joyi bo’lgan Jannatda o’sha lazzatlar yuksak surat olib, dunyodagi vazifalarning oxiratdagi ajrini ham lazzat sifatida ustiga qo’yib, dunyoviy ehtiyojni ham oxiratning yoqimli ishtahasi suratida qo’shib, Jannatga loyiq va abadiyatga munosib, eng jamlovchi hayotdor lazzat manbai bo’ladi.

وَمَا هٰذِهِ الْحَيٰوةُ الدُّنْيَآ اِلَّا لَهْوٌ وَلَعِبٌ وَاِنَّ الدَّارَ الْاٰخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ

siriga ko’ra bu dunyoda jonsiz, ongsiz va hayotsiz moddalar u yerda ongli va tirik bo’ladi. U yerning daraxtlari bu yerdagi insonlar kabi, u yerning toshlari bu yerdagi hayvonlar kabi buyruqlarni tushunadi va bajaradi. Sen bir daraxtga, "Menga falon mevani keltir" desang, keltiradi. Falon toshga "Kel" desang, keladi. Modomiki tosh va daraxtlar bu daraja yuksak bir surat olar ekan, Jannat dunyodan naqadar ustun bo’lsa, albatta yemoq, ichmoq va nikoh ham haqiqiy jismoniy holatini saqlab qolish bilan birga, dunyoviy darajalaridan shu daraja yuksak suratda bo’lishini iqtizo qiladi.

Savol:اَلْمَرْءُ مَعَ مَنْ اَحَبَّ siriga ko’ra, "Jannatda do’st do’sti bilan birga bo’ladi". Xolbuki, oddiy badaviy odam, Nabiy bilan bo’lgan suhbatining bir daqiqasida U zotga nisbatan Alloh uchun muhabbat paydo qiladi. Shu muhabbati orqali jannatda Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomning yonida bo’lishi kerak. Xolbuki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning cheksiz fayzi, oddiy badaviyning fayzi bilan qanday teng kelishi mumkin?

Javob:Bir misol orqali ushbu yuksak haqiqatga bir ishora qilamiz.

Masalan, muhtasham zot nihoyatsiz go’zal va hashamatli bir bog’da, juda ziynatlangan bir sayrgohda o’ta buyuk ziyofatni shunday bir tarzda tayyorlaganki, unda til seza oladigan barcha laziz taomlar jamlangan, ko’zni quvontiradigan jami go’zal narsalarni o’z ichiga olgan, hayolga keladigan butun yoqimli g’aroyibotlar to’plangan va hokazo. Ichiga barcha zohiriy va botiniy hislarni xursand qiladigan hamma narsani qo’ygan.

Endi ikki do’st bor. Birgalikda o’sha ziyofatga boradi. Bir xonada dasturxon atrofida o’tiradi. Biroq birining ta'm bilish hissi juda zaifl bo’lgani sabab ozgina lazzat oladi. Ko’zi yaxshi ko’rmaydi. Hid sezmaydi. G’aroyib san'atlarni tushunmaydi. Hayratomuz narsalarni farqlamaydi. Sayr yerining qobiliyati nisbatida zo’rg’a mingdan, balki milliondan biridan zavqlanib foydalanadi. Keyingisining esa barcha zohiriy va botiniy hislari, aql, qalb, his va tuyg’ulari shunchalik mukammal va shu qadar ochilganki, sayrgohdagi barcha nozik, go’zal, latif va g’aroyib san'atlarni alohida-alohida his qilib do’sti bilan yonma-yon lazzatlanadi.

Modomiki, shu besaranjom, alamli va tor shu dunyoda bunday bo’lar ekan. Eng kichik bilan eng katta narsa birgalikda bo’lsada, oralarida yerdan ko’kkacha farq bor. Bu albatta saodat va abadiyat joyi bo’lgan Jannatda, birinchi usulga binoan, do’st do’sti bilan birgalikda bo’lsada, xar biri Rahmoni Rahiymning dasturxonidan iste'dodlarining darajasi nisbatida hissasini oladi. Boshqa-boshqa Jannatlarda bo’lishsa ham, yonma-yon turishiga xalal bermaydi. Chunki Jannatning sakkiz tabaqasi biri-biridan yuksak bo’lib, hammasining tomi Arshi A'zamdir. Bamisoli, konussimon tog’ning atrofida bir-biri ichida joylashgan, bir-biridan yuksak, ostidan cho’qqigacha, devor tarzidagi doiralar bor bo’lsa, ular bir-birining ustidadir, ammo quyoshni ko’rishda bir-biriga to’siq bo’lmaydi, bir-biridan o’tadi, bir-biriga qarab turadi. Shunga o’xshab, Jannatlar ham bunga yaqin ekaniga hadislarning hilma-hil rivoyatlari ishora qiladi.

Savol:Hadislarda, "Hurlar yetmish qavat ko’ylak kiyganlari holda, oyoqlarining suyaklaridagi iliklari ko’rinib turadi" deb aytilgan. Bu nima degani? Ma'nosi nima? Qanday go’zallik?

Javob:Ma'nosi juda go’zal, go’zalligi juda shirin. Bu xunuk, o’lik, jonsiz va ko’pi po’stloq bo’lgan dunyoda husn va jamol faqatgina ko’zga go’zal ko’rinib, unga ko’nikishga to’siq bo’lmasa yetadi. Xolbuki go’zal, tirik, ravnaqdor, butunlay po’stloqsiz mag’z va qobiqsiz asl bo’lgan Jannatda ko’z kabi insonning barcha tuyg’ulari, latifalari latif jinsdan iborat hurlardan hamda hurlardek va ulardan ham go’zal bo’lgan, bu dunyodan borgan Jannatdagi dunyo ayollaridan hilma-hil zavqlarining hissasini, turli-tuman lazzatlarini olishni istaydilar.

Demak, hadis eng ustki ko’ylakning go’zalligidan to suyak ichidagi iliklargacha xar biri barcha hislarning, teyg’ularning lazzat olish vositasi ekanini ishora qilyapti. "Hurlarning yetmish ko’ylak kiyishlari va oyoqlarining suyaklaridagi iliklari ko’rinishi" iborasi orqali hadisi sharif, hurlarning - insonda naqadar husnparvar, zavqparast, ziynatga maftun va jamolga ishtiyoqmand tuyg’ulari, hislari, quvvalari va latifalari bo’lsa, barchasini xursand qilib, to’ydiradigan va xar birini alohida-alohida baxtiyor qiladigan xar nav’ moddiy-ma'naviy ziynat va jamol go’zalligiga ega ekaniga ishora qilyapti.

Demak, hurlar Jannat ziynatlaridan yetmish ko’ylakni bir jinsdan bo’lmagani uchun bir-birini to’sib qolmaydigan suratda kiyadi, o’z vujudlaridan, nafs va jismlaridan, balki yetmish martabadan ko’ra ko’proq hilma-hil husn va jamolning turlarini namoyon qiladilar.

وَفِيهَا مَا تَشْتَهِيهِ الْاَنْفُسُ وَتلَذُّ الْاَعْيُنُ

ishorasining haqiqatini ko’rsatadilar. Yana hadisi sharif Jannatda keraksiz, po’stloqli va befoyda moddalar bo’lmagani uchun, Jannat ahlining yeb ichganidan so’ng chiqindisi yo’qligini bayon qiladi. Modomiki bu past darajali dunyoda eng oddiy jonzot bo’lgan daraxtlar ko’p oziqlansada chiqindisiz bo’ladilaru, eng yuksak hayot tabaqasi bo’lgan Jannat ahli nega endi chiqindisiz bo’lmasin?!

Savol:Hadisi shariflarda, "Ba'zi Jannat ahliga dunyo kattaligidagi yer beriladi, yuz minglab qasr, yuz minglab hurlar ehson qilinadi", deyilgan. Bir odamga buncha narsalarning nima keragi bor, nima ehtiyoji bor, buni qanday tasavvur qilish mumkin va bu nima degani?

Javob:Agar inson faqatgina jonsiz vujuddan iborat bo’lsa yoki yolg’iz me'dadan iborat o’simliksifat maxluq va yoki faqat cheklangan, og’ir, vaqtinchalik va oddiy bir jismoniy borliq, hayvoniy jismdan iborat bo’lsa edi, aytilgan ko’p qasrlarga, ko’p hurlarga loyiq va ega bo’lmas edi.

Biroq, inson shunday qamrovli qudrat mo’'jizasiki, hatto bu foniy dunyoda, shu qisqa umrda, to’liq ochilmagan ba'zi tuyg’ularining ehtiyoji uchun butun dunyoning saltanati, boyligi va lazzati berilsa, hirsi to’ymasligi aniq.

Xolbuki, abadiy saodat joyida, cheksiz iste'dodga ega, nihoyatsiz ehtiyojlar tili bilan, tuganmas orzular qo’li bilan, cheksiz rahmatning eshigini qoqqan inson, albatta hadislarda bayon qilingan Ilohiy ehsonlarga sazovor bo’lishi aqlga to’g’ri keladi, haq va haqiqatdir. Bu yuksak haqiqatga bir misol durbini bilan nazar solamiz:

Bu dara bog’i kabi, {(Izoh) Sakkiz yil to’liq sadoqat bilan bu faqirga xizmat qilgan Sulaymonning bog’i bo’lib, bir yoki ikki soat ichida bu So’z u yerda yozildi.} Barlaning bog’ va bog’chalarining xar birining alohida-alohida egasi bor bo’lsada, Barlada ozuqasi bor-yo’g’i bir hovuch yem bo’lgan xar bir qush, xar bir chumchuq, xar bir ari, "Butun Barlaning bog’ va bo’stonlari mening oromgohim va sayr joyim", deydi. Barlani zabt qilib, o’z mulki doirasiga qo’shib oladi. Boshqalarning ishtiroki uning bu ishini buzmaydi. Inson bo’lgan xar bir inson, "Mening Xoliqim bu dunyoni menga uy qilgan quyosh mening chirog’im, yulduzlar mening elektr chiroqchalarim, yer yuzi gulu chechakli gilamlar bilan to’shalgan bir beshigimdir," deya Allohga shukr qiladi. Boshqa maxluqotning ishtiroki uning bu hukmini bekor qilmaydi. Aksincha, maxluqot uning uyini bezaydi. Uyning ziynatlari hisobida. Ajabo, bu torgina dunyoda inson insoniylik e'tibori ila, hatto qush ham azim doirada bir nav’ egalik da'vo qilsa, ulkan ne'matga sazovor bo’lsayu, keng va abadiy saodat joyida besh yuz yil masoflik mulk ehson qilish qanday qilib aqlga sig’masligi mumkinmi?!

Bu qattiq, qorong’u, tor dunyoda quyosh juda bir onda ko’p oynalarda ko’ringani kabi,

nuroniy zot bir onda ko’p yerlarda bo’la olishi (O’n Oltinchi So’zda isbot etilgani kabi),

masalan, Hazrati Jabroil Alayhissalom ham mingta yulduzda bir onda

ham Arshda ham payg’ambarning huzurida

ham Allohning huzurida bir vaqtning o’zida bo’lishi,

Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom hashrda bir onda ummatining aksariyat taqvodor qismi bilan ko’rishishi,

dunyoda hadsiz maqomlarda bir onda ko’rinishi,

avliyolarning abdol deb ataluvchi bir sinfi g’ariblari bir vaqtning o’zida ko’p joylarda ko’rinishi,

avom insonlarning tushda ba'zan bir daqiqada bir yillik ishlar qila olishi va ko’rishi,

xar kim qalb, ruh, xayoli orqali bir onda juda ko’p joylar bilan bog’lanib aloqador bo’lishi ko’rilgan va ma'lum bo’lgani bois,

albatta nuroniy, chegarasiz, keng va abadiy Jannatda jismlari ruh quvvatida, yengilligida va hayol tezligida bo’lgan Jannat ahli bir vaqtning o’zida yuz minglab joylarda bo’ladi,

yuz minglab hurlar bilan suhbatlashib, yuz ming tarzda lazzat olishi,

abadiy Jannatga, nihoyatsiz rahmatga loyiq. Muxbiri Sodiqning (S.A.V.) xabar berganidek haq va haqiqatdir. Shu bilan birga, ushbu kichkina aqlimizning tarozisi bilan u muazzam haqiqatlar tortilmaydi.

Oliy idroklar bu kichik aqlga kerakmas,

Zero bu tarozi u qadar yukni ko’tarmas.

سُبْحَانَكَ لَاعِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

رَبَّنَا لَا تُاٰخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَاْنَا

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى حَبِيبِكَ الَّذِى فَتَحَ اَبْوَابَ الْجَنَّةِ بِحَبِيبِيَّتِهِ وَبِصَلَاتِهِ وَاَيَّدَتْهُ اُمَّتُهُ عَلٰى فَتْحِهَا بِصَلَوَاتِهِمْ عَلَيْهِ، عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ. اَللّٰهُمَّ ادْخِلْنَا الْجَنَّةَ مَعَ الْاَبْرَارِ بِشَفَاعَةِ حَبِيبِكَ الْمُخْتَارِ اٰمِينَ

* * *

Jannat So’ziga Kichik Bir Ilova

Jahannamga doir

Ikkinchi va Sakkizinchi So’zlarda isbotlanganidek -iymondama'naviy bir jannatning danagi mujassam. Kufrda esa ma'naviy bir jahannam urug’ini bor. Kufr Jahannamning urug’i bo’lgani kabi Jahannam ham uning bir mevasidir. Kufr Jahannamga kirishga sabab bo’lgani kabi Jahannamning borligi va yaratilishiga ham sababdir. Chunki, kichik bir hokimning kichik izzati, kichik g’ayrati, kichik g’azabi bo’lsa, bir beadab isyon qilib, "Meni adabimni bermaysan va bera olmaysan" desa. U yerda qamoqxona bo’lmasa ham, xar holu korda bir beadab uchun bir qamoqxona tashkil qiladi va uni ichiga tiqadi. Xolbuki kofir Jahannamni inkor qilish orqali benihoyat Izzat va G’ayrat va Jalol Sohibi va g’oyat buyuk va benihoyat Qodiyr bir Zotni yolg’onga chiqaryapti va ojizligini aytmoqda, yolg’on va ojizlik bilan aybblayapti, izzatini qattiq botayapti, g’ayratini dahshatli ayblayapti, jaloliga isyon qilyapti.

Albatta Jahannamning vujudga kelishiga hech qanday sabab yo’qligi faraz qilinsa ham, bu daraja yolg’onga chiqarish va ojizlik bilan ayblashlarni o’z ichiga olgankufruchun Jahannam yaratiladi va kofir ichiga tiqiladi.

رَبَّنَا مَاخَلَقْتَ هٰذَا بَاطِلًا سُبْحَانَكَ فَقِنَا عَذَابَ النَّارِ

* * *

YIGIRMA TO’QQIZINCHI SO’Z

Ruhning boqiyligi, farishtalar va hashrga doir.

Bu Maqom Ikki Asl maqsad bilan bir Muqaddimadan iborat

اَعوُذُ بِاللهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ ٭ بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

تَنَزَّلُ الْمَلٰٓئِكَةُ وَالرُّوحُ فِيهَا بِاِذْنِ رَبِّهِمْ

قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبِّى

Muqaddima

Farishtalar va ruhoniy borliqlarning vujudi inson va hayvonlarning vujudi kabi qat'iydir. Ha, O’n Beshinchi So’zning Birinchi Zinapoyasida bayon etilgani kabi: Haqiqat - zamin kabi samovotning ham yashovchilari, idrokli xalqi bo’lishini, ular samovotga munosib bo’lishini haqiqat qat’iyyan va hikmat aniq taqozo qiladi. Shariat tilida juda ko’p turda bo’lgan yashovchilarga - malaklar va ruhoniy borliqlar nomi berilgan. Ha, buni haqiqat taqozo qiladi. Chunki zaminimiz samoga nisbatan kichikligi va pastligi bilan birga idrokli maxluqlar bilan to’ldirilishi, ora-sira bo’shatib yangidan-yangi idroklilar bilan jonlantirilishi ishora qiladi, balki ochiqchasiga, bu muhtasham burjlar sohibi bo’lgan bezalgan qasrlar misoli, samovot ham vujud nurining nuri bo’lgan jonzotlar va jonzotlarning ziyosi bo’lgan ongli va idrokli maxluqlar bilan albatta to’laligini bildiradi.

U maxluqlar esa inson va jinlat kabi bu olam saroyining tomoshabinlari, shu koinot kitobining mutolaachilari va rububiyat saltanatining dallollaridir. Kulliy va umumiy qilliklari bilan koinotning buyuk va umumiy mavjudotining tasbehlarini aytadigan vakillardir.

Ha, bu koinotning holati ularning vujudlarini ko’rsatadi. Chunki koinotni haddu hisobga kelmagan nozik san'atli ziynatlar, ma'nodor go’zalliklar va hikmatli naqshlar bilan bezab jihozlashi shaksiz uni tafakkur qiladigan, tahsin etuvchi va hayratda qolgan maqtovchilar nazarlarini taqozo qiladi, bo’lishini talab qiladi.

Husn albatta bir oshiq istaydi, taom esa och bo’lganga beriladi. Shunday ekan, ushbu cheksiz san'at go’zalligi ichida ruhlarning ozuqasi va qalblarning ozig’i albatta malaklar va ruhoniylarga yuzlanadi, ko’rsatadi. Modomiki bu nihoyatsiz ziynatlar cheksiz tafakkur va qullik vazifasini taqozo qilar ekan. Lekin inson va jinlat bu cheksiz vazifaga, shu hikmatli nazoratga, bunday keng qillikning faqat milliondan birini qila olar ekan, demak, bu cheksiz, juda muxtalif vazifalar va ibodatga - nihoyatsiz farishta sinflari, ruhoniy borliqlar jinslari kerakki, buyuk olam masjidini saflari bilan to’ldirib jonlantirsin.

Ha, koinotning hamma tomonida, xar bir doirasida ruhoniy borliqlar va farishtalar toifalariga bu qullik vazifasi yuklangan. Ba'zi hadislar rivoyatining ishorasi asosida va olam intizomining hikmati bilan: Bir qism aylanib yuradigan jonsiz jismlar, yulduzlar sayyorasidan yomg’ir tomchilarigacha, bir qism farishtalarning kema va markablari, deyish mumkin. Farishtalar Allohning izni bilan sayyoralarga minadi, shahodat olamini sayr qilib kezadi va markabining tasbehotini aytadi.

Bir qism tirik jismlar, bir hadisi sharifda "Jannat ahlining ruhlari barzoh olamida yashil qushlarning ichiga kirib Jannatda aylanadi" deb ishora qilgan "tuyurun hudrun" degan Jannat qushlaridan chivinlargacha, bir jins ruhlarning tayyoralari, deyish mumkin. Ularning ichiga Alloh amri bilan kiradi, jismoniyat olamlarini sayr qilib, tirik jasadlardagi ko’z, quloq kabi tuyg’ulari bilan jismoniy olamdagi yaratilish mo’'jizasini tomosha qiladi. Maxsus tasbehotlarini ado etishadi.

Demak, buni haqiqat taqozo qiladi, hikmat ham aynan shuni iqtizo qiladi. Chunki bu qattiq, ruhga oz munosabati bo’lgan tuproqdan, loyqa va hayot nuriga juda oz munosabati bo’lgan suvdan doim qizg’in faoliyatdagi chegaralanmagan hayotni va nuroniyatli idrokli borliqlarni yaratgan Fotiri Hakimning, albatta ruhga juda loyiq va hayotga juda munosib nur dengizidan va hatto zulmat dengizidan, havodan, elektr kabi boshqa latif moddalardan bir qism idrokli maxluqlari bor. Ular juda ko’p sonda mavjud.

* * *

Birinchi Maqsad

Malaklarni tasdilash - iymonning bir ruknidir.

Shu Maqsadda to’rt asosiy hikmat bor.

Birinchi Asos

Vujud hayot bilan kamol topadi. Vujudning haqiqiy borlig’i hayot bilan ekani aniq. Hayot vujudning nuridir. Idrok hayotning ziyosidir. Hayot hamma narsaning boshi va asosidir. Hayot hamma narsani xar bir jonli narsaga beradi. Bir narsani butun narsalarga sohib hisobiga o’tkazadi. Hayot bilan bir tirik mavjud "Ushbu butun ashyo meniki. Dunyo uyim. Koinot sohibim tomonidan berilgan mulkimdir", deya oladi.

Ziyo jismlarning ko’rilishiga sabab va ranglarning, bir so’zga ko’ra, borligining sababidir. Xuddi shuning kabi, hayot ham mavjudotning kashshofidir. Yuzaga chiqishiga sababdir. Kichik bo’lakni butun va umumiy holga keltiradi. Umumiy narsalarni esa bir bo’lakka sig’dirishga sababdir. Va sanoqsiz ashyolarni sherik va birdam qilib bir butunga sabab, bir ruhga sazovor qilish kabi butun vujud kamolotiga sababdir. Hatto hayot ko’plik tabaqalarida bir tur Allohning yagonaligining tajalliyidir va ko’plikda Ahadiyatining bir oynasidir.

Qara, hayotsiz jism katta tog’ bo’lsa ham yetim, g’arib, yolg’izdir. Faqat o’tirgan makoni va unga qo’shilgan narsalar bilan munosabati bor. Boshqa koinotda nima bo’lsa tog’ga nisbatan yo’q. Chunki aloqador bo’lishi uchun na hayoti bor, munosabati bo’lishi uchun na idroki bor. Endi kichkina bir jismga qara, masalan asal ariga. Hayot unga kirgan on, butun koinot bilan shunday munosabat quradiki, xususan zamin gullari va nabototi bilan shunday tijorat kelishuvi bitadiki, "Yer yuzi mening bog’chamdir, tijoratxonamdir", deydi.

Mana, jonzotlardagi mashhur zohiriy va botiniy tuyg’ularidan boshqa his etilmaydigan yo’naltiruvchi va shavqqa keltiruvchi hislar bilan birga ari, dunyoning aksar sinflari bilan ixtisos, do’stlik, almashuv va tasarrufga sohib bo’ladi. Demak, hayot eng kichik jonzotga ta'sirini ko’rsatsa, albatta inson tabaqalari bo’lgan eng yuksak martabaga chiqish orqali kengayadi, ochiladi va nurlanadiki, hayotning ziyosi bo’lgan idrok bilan, aql bilan bir inson o’z uyidagi honalarda yurgani kabi, jonzotlar o’z aqli bilan yuksak, ruhoniy va jismoniy olamlarda aylanishadi. Ya'ni, idrokli va jonli maxluq ma'nan olamlarga musofir bo’lgani kabi, u olamlar ham idrokli maxluqning ruh oynasiga musofir bo’lib, surat va akslanib kiradi.

Hayot - Zoti Zuljalolning vahdatining eng porloq burhoni, ne'matining eng buyuk manbai, marhamatining eng latif tajalliyi, eng yashirin va bilinmas san'at bilan ishlangan naqshidir.

Yashirin va nozikdir. Chunki hayot nav’larining eng pasti bo’lgan nabotot hayoti va uning eng birinchi darajasi bo’lgan urug’dagi hayot yryg’ining ochilishi, ya'ni uyg’onib ko’karishi ochiq, ko’p sonda, to’kinlikda, ko’nikish ichida Hz. Odam (A.S.) davridan beri bashariyat hikmatining nazarida yashirin qolgan. Uning aslini basharning aqli haqiqiy holda kashf qilmagan.

Hayot shu qadar pok va tozadirki, ikki jihati, ya'ni mulk-tashqi va malakutiyat-ichki jihatlari toza, pok, shaffofdir. Qudrat qo’li, sabablarning pardasini qo’ymasdan, to’g’ridan-to’g’ri ishga kirishadi. Lekin boshqa narsalardagi qiymatsiz ishlar va qudratning izzatiga uyg’un kelmagan nopok ko’rinishdagi holatlarga asos bo’lishi uchun zohiriy sabablarni parda qilgan.

Natija:Hayot bo’lmasa vujud vujud emas, yo’qlikdan farqi yo’q deyish mumkin. Hayot ruhning ziyosidir. Idrok hayotning nuridir. Modomiki hayot va idrok bu qadar ahamiyatli va modomiki bu olamda shubhasiz, eng mukammal va benuqson intizom, koinotda bir mukammallik, mahkam ravonlik kuzatilayotgan ekan, modomiki bu bechora abgor yer kurramiz, sargardon zaminimiz bu qadar haddu hisobga kelmas hayot egalari, ruh sohiblari va idroklilar bilan to’la.

Albatta ishonchli sezgi bilan va qat'iy bilish orqali ushbu samoviy qasrlar va burjlarining ham o’zlariga munosib jonli, idrokli yashovchilari borigini xulosa qilish mumkin. Baliq suvda yashagani kabi, quyoshning olovida ham nuroniy yashovchilar topiladi. Olov nurni yoqmaydi, balki otash nurga madad beradi.

Modomiki azaliy qudrat:

shubhasiz eng oddiy moddalardan, eng nursiz unsurlardan cheksiz hayot egasi va ruh sohibini yaratib,

qattiq ahamiyat bilan nursiz moddalarni hayot orqali latif moddalarga aylantiradi,

hayot nurini hamma narsada ko’p sonda sochmoqda,

idrok ziyosi bilan aksar narsalarni yoritmoqda.

Albatta u Qodiyri Hakiym bu kamchiliksiz qudrati, nuqsonsiz hikmati bilan nur kabi, efir kabi ruhga yaqin va munosib bo’lgan boshqa latif oquvchi moddalarni e'tiborsiz qoldirib hayotsiz qoldirmaydi, jonsiz qo’ymaydi, idroksiz tashlamaydi. Balki nuroniy moddadan, hatto zulmatdan, hatto efir moddasidan, hatto ma'nolardan, hatto havodan, hatto kalimalardan jonlilarni, idroklilarni ko’p sonda yaratadi. Hayvonotning juda ko’p turlari kabi turli tuman ruhoniy maxluqlarni u latif oquvchi moddalaridan yaratadi. Ularning bir qismi malaklar, bir qismi esa ruhoniy va jin navlaridir. Farishtalar va ruhoniy borliqlarning ko’p sonda bo’lishini qabul qilish qay daraja haqiqat, yaqqol va aqlga sig’ishini va Qur'onning bayon etgani kabi ularni qabul etmagan kimsa qay daraja haqiqatga xilof va hikmatga ters xurofot, zalolat, telbalik, devonalik ekanini quyidagi misol orqali ko’r:

Ikki odam, biri badaviy, vahshiy, keyingisi madaniy, aqli joyida birga hamroh bo’lib Istanbul kabi hashamatli shaharga borishadi. Madaniy, muhtasham shaharning uzoq burchagida xunuk, abgor, kichik uyga, fabrikaga uchraydilar. Ular uyning ishchi, muhtoj, miskin odamlar bilan to’laligini ko’rishadi. Odamlar ajib fabrika ichida ishlamoqda. Uyning atrofi ham ruh sohiblari va jonlilarga to’la. Lekin ularning tirikchilik vositasi va xususiy hayot sharoitlari bo’lib, ularning bir qismi o’txo’r, faqat nabotot bilan yashaydilar. Boshqa bir qismi baliq yeydi, baliqdan boshqa narsa yemaydi.

U ikki odam bu holatni ko’radi. So’ng qaraydilar, uzoqda minglab ziynatlangan saroylar, oliy qasrlar ko’rinmoqda. Saroylarning o’rtasida keng dastgoh va katta maydonlar bor. Ikki odam uzoqligi sababli yo ko’zi zaifligi bilan yoki saroy xalqining yashiringani sababli saroyning yashovchilari ikki odamga ko’rinmaydi.

Bu abgor uydagi hayot sharoiti saroylarda yo’q. Vahshiy badaviy, hech shahar ko’rmagani uchun mazkur sabablarga binoan ko’rinmagani va bu yerdagi hayot sharoiti u yerda bo’lmagani uchun, "Saroylar yashovchilardan xoli, bo’sh, ichida ruh sohiblari yo’q", deb, vahshiyligining eng axmoqona valdirashini ko’rsatadi. Ikkinchi odam, "Ey badbaxt, shu ahamiyatsiz, kichik uyni ko’ryapsan, ruh sohiblari, ishchilar bilan to’ldirilgan va bir Zot borki ularni xar doim yangilayapti, ishlatyapti. Qara, ushbu uy atrofida bo’sh yer yo’q. Tiriklar va ruh sohiblari bilan to’ldirilgan.

Ajabo, bizga uzoqdan ko’ringan bu intizomli shaharning, hikmatli ziynatlarning, san'atli saroylarning o’ziga munosib oliy yashovchilari bo’lmasligi mumkinmi hech?! Albatta, saroylarning barchasi to’la va ularda yashovchilarga ko’ra boshqa hayot sharoitlari bor. Ha, o’t o’rniga balki pirog yer, baliq o’rniga olmos yeyishlari mumkin. Uzoqligi yo ko’zing qobiliyatsizligi yoki ularning yashirin ekani bois senga ko’rinmasliklari ularning yo’qligiga hech qachon dalil bo’la olmaydi. Ko’rinmasligi yo’qligiga dalolat qilmaydi. Ko’rinmaslik bo’lmaslikka hujjat bo’la olmaydi.

Xullas, bu misol kabi yuksak yulduzlar va sayyor jismlar ichida yer kurrasining kichiklik va pastligi bilan birga bu qadar sanoqsiz ruh, idrok sohiblarining vatani bo’lishi, eng kichik va eng chirigan bo’laklari ham hayot manbalari bo’lishi, kichik hayvonlarning to’planish joyi bo’lishi shak shubhasiz. Avvalo va ishoinchli sezgi orqali va qat'iy ishonch bilan, bu nihoyatsiz olam fazosi va shu muhtasham samovot, burjlari, yulduzlari bilan idrok sohiblari, hayot egalari, ruh sohiblariga to’laligiga dalolat qiladi, shahodat aylaydi, e'lon qiladi.

Olovdan, nurdan, otashdan, yorug’likdan, zulmatdan, havodan, ovozdan, xushbo’y hiddan, so’zlardan, efirdan va hatto elektrdan va boshqa latif oquvchi moddalardan yaratilgan hayot egalari va ruh sohiblari va idrok sohiblari bilan Buyuk Islom Shariati, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon "Malaklar va jinlar va ruhoniy borliqlar" deydi, nom beradi. Farishtalarning esa jismlarning turli jinslari kabi jinslari boshqa boshqa.

Albatta bir tomchi yomg’irga muakkal bo’lgan farishta Quyoshga muakkal malakning jinsidan emas. Jin va ruhoniy borliqlarning ham juda ko’p turli jinslari bor.

Ushbu asos hikmatning xotimasi:Modda asos emasligi, vujud unga bo’ysungani va tobe’ bo’lishini tajribalar ko’rsatadi. Balki modda ma'no bilan mavjud. Ma'no hayotdir, ruhdir. Shubhasiz, modda, hamma narsa unga yo’nalishi uchun sohib emas. Balki xodim, bir haqiqatning kamol topishiga xizmat qiladi. U haqiqat hayotdir. Uning asosi esa ruh. Shaksiz, modda, unga murojaat qilinishi, undan kamolot so’raladigan hokim emas. Balki mahkumdir, bir asosning hukmiga tobe', u ko’rsatgan yo’llar bilan harakat qiladi.

O’sha asos hayotdir, ruhdir, idrokdir. Albatta, modda, ishlar va kamolotni undan bilish, unga bino qilish uchun mag’z emas, asos emas, barqaror emas. Balki yorilishga, erishga, yirtilishga muhayyo ko’ylak, bir qobiq, ko’pik va suratdir. Ko’zga ko’rinmagan mikroskopik hayvonning qancha o’tkir tuyg’ulari borki, birodarining ovozini eshitadigan, rizqini ko’radigan, juda hassos va keskin hislari mavjd. Bu holat, moddaning kichrayib mayinlashishi nisbatida hayot nishonlari ko’payishi, ruh nuri quvvatlashishini ko’rsatadi. Go’yo modda mayinlashish orqali, bizning moddiyligimizdan uzoqlashib ruh harorati, hayot nuri ruh olamiga, hayot olamiga, idrok olamiga yaqinlashayotganday yanada yaxshiroq tajalliy etadi. Xullas, modda pardasida bunchalik hayot, idrok va ruhning alomatlari bo’lsayu, parda ostidagi ich olami ruh va idrok sohiblari bilan to’la bo’lmasligi mumkinmi hech?!

Bu moddiyot va shahodat olamidagi ma'noning, ruhning, hayotning va haqiqatning sanoqsiz belgialri, yog’dulari va samaralarining manbai faqat moddaga va moddaning harakatiga qaratilib izohlanishining imkoni bormi?! Yo’q, qat'iyan va aslo! Ushbu sanoqsiz belgilar va yog’dular, moddiy ashyolar va shahodat olami, malakut va ruhlar olami ustiga tashlangan tantanali parda ekanini ko’rsatadi.

Ikkinchi Asos

Farishtalarning borligi, ruhoniy borliqlarning mavjudligi va haqligiga ma'naviy bir ittifoq bilan, ta'birda ixtiloflari bilan birga, butun aql egalari va naql qilganlar ham bilib, ham bilmasdan ittifoq qilgan deyish mumkin. Hatto moddiyotda rivojlangan Ishrokiyun faylasuflarining Arastu izdoshlari farishtalarning ma'nosini inkor qilmasdan: "Xar bir turning bir ruhoniy ma'naviy misoli bor", deyishadi. Farishtalarni bu shaklda ta'bir qilishgan. Eski faylasuflarning Ishrokiyun qismi ham farishta ma'nosida qabul qilishga majbur bo’lib, lekin xato qilib "O’n aql va Turlar Arbobi" deb nom berganlar. Butun to’g’ri din sohiblari "tog’larning farishtasi, dengizlarning farishtasi, yomg’irlarning farishtasi " kabi xar turga ko’ra bittadan vazifador farishta, vahiyning ilhomi va irshodi bilan borligini qabul qilib, u nomlar bilan atashadi.

Hatto aqli ko’ziga tushgan va insoniyatdan, jonsizlar darajasiga ma'nan tubanlashgan moddaparast va tabiatparastlar ham farishtalarning ma'nosini inkor etolmasdan {(Izoh) Farishtalar ma'nosini va ruhoniyatning haqiqatini inkor qilishga imkon topa olmaganlar, balki fitratning nizomlaridan "Aylanib yureadigan kuch" deb "Kezib yuruvchi quvvatlar" nomini berib xato suratda tasvir qilib bir jihatdan tasdiqlashga majbur bo’lishgan. (Ey o’zini aqlli o’ylagan!..)} "Aylanib yuradigan kuchlar" deb nomlab, bir jihatda qabul qilishga majbur bo’lishgan.

Ey farishtalar va ruhoniyatni qabul qilishda ikkilanayotgan bechora odam! Nimaga tayanyapsan? Qaysi haqiqatga ishonyapsanki, butun aql sohiblari ham bilib, ham bilmasdan farishtalar ma'nosining aniqligi, isbotlanishi va ruhoniy borliqlarni isbotlanishlari haqida ittifoqlariga qarshi chiqyapsan, qabul etmayapsan? Modomiki Birinchi Asosda isbot etilgani kabi, hayot mavjudotning kashshofidir, balki natijasi, xulosasidir. Butun aql sohiblari malaklar ma'nosining qabulida ma'nan ittifoqdalar va bizning zaminimiz bu qadar hayot egalari va ruh sohiblari bilan jonlantirilgan.

Demak shu fazo olami yashovchilardan, bu latif osmonlar joylashgan mazluqlardan xoli qolishi mumkinmi hech?! Yaratilishda joriy nizomlar, qonunlar koinotning tirik bo’lishiga yetarli degan hayol kelmasin. Chunki jarayon etayotgan nizomlar, hukmi ijrodagi qonunlar haqiqatda bo’lmasada mavjud hisoblanadigan ishlar, faraziy dasturlar, yo’q hisoblanadi. Ularga vakillik qiladigan, ularni ko’rsatadigan, ularning tizginini qo’lida tutadigan farishtalar deyilgan Allohning qullari bo’lmasa u nizomlarga, qonunlarga vujud tayinlanmaydi. Mohiyat ko’rsatilmaydi. Ko’zga ko’rinadigan haqiqat bo’la olmaydi. Xolbuki hayot ko’zga ko’rinadigan haqiqatdir. Faraziy ish ko’z ko’radigtan haqiqatga yuklanmaydi.

Natija:Modomiki hikmat bilan din ahli va aql, naql sohiblari ma'nan mavjudotning bu shahodat olamiga maxsus emasligiga ittifoq etgan, modomiki zohiriy shahodat olami qattiq va ruhlarning yaratilishiga muvofiq bo’lmasada, bu qadar ruh sohiblari bilan bezalgan ekan, albatta, vujud unga maxsus emas. Balki yanada ko’p vujud tabaqalari bo’lib, shahodat olami ularga nisbatan naqshli parda hisobida. Modomiki dengizning baliqqa nisbati kabi, ruhlarga muvofiq bo’lgan g’ayb va ma'no olami ruhlar bilan to’la bo’lishni taqozo qiladi. Yana modomiki butun ishlar farishtalar ma'nosining borlig’iga shahodat qiladi. Albatta, shak-shubhasiz farishtalar vujudining va ruhoniy xaqiqatlarining eng go’zal surati va salim aqllar qabul qiladigan va tahsin etadigan eng ma'qul kayfiyatini Qur'on sharh va bayon qilgan. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon, "Farishtalar mukarram qullardir. Amrga muxolafat etmaydilar. Nima amr qilinsa uni qiladilar. Farishtalar nurli latif jismdan iborat.

Turli nav’larga bo’lingan", deydi. Inson bir ummatdir, "Kalom" sifatidan kelgan Ilohiy Shariatning tashuvchilari, vakillari, akslaridir. Xuddi shuning kabi, farishtalar ham muazzam ummat bo’lib, ularning ishchi qismi "Iroda" sifatidan kelgan koinot qonunularini tashiydi, vakil va akslaridir. Muassiri Haqiqiy bo’lgan Qudrati Fotiraning va Azaliy Irodaning amrlariga tobe’, Allohning qullari bo’lib, yuksak yulduzlarning xar biri ularning masjidlari, ibodat joylari hisoblanadi.

Uchinchi Asos

Farishtalar va ruhoniy borliqlar masalasi shu masalalardanki: Bitta qismning borligi orqali bir butun isbotlanadi. Bitta shaxsning ko’rishi bilan umum sinfning vujudi ma'lum bo’ladi. Chunki kim inkor qilsa, to’liq inkor qiladi. Bir donasini qabul qilgan kishi sinfning umumini qabul qilishga majbur. Modomiki shunday ekan, qara: Butun to’g’ri din sohiblari butun asrlarda Odam (A.S.) davrvidan hozirgacha farishtalarning mavjudligi va ruhoniy borliqlarning isbotlanganiga ittifoq qilganlar. Insonning toifalari bir-birini eslashi, gaplashishi va rivoyat qilishi kabi farishtalar bilan suhbatlashishga, ularning ko’rilganiga va ularni rivoyat qilishga birlashganini ko’rmayapsanmi, eshitmayapsanmi.

Ajabo, hech kim farishtalrni yaqqol ko’rimasa, shubhasiz bir shaxsning yoki ko’p insonlarning borligi qat'iy bilinmasa, ularning shaksiz, shubhasiz vujudlari his etilmasa, bunday ijmo' va ittifoq davom etishi, musbat va vujudiy hodisada, kuzatgan holda bardavom ravishda va tavotur suratidagi ittifoq davom etishi mumkinmi?!

Ushbu ko’pchilik e'tiqodinign ildizi qat’iy dasturlar, tamal bilimlar va ochiq hodisalar bo’lmasligi mumkinmi hech?!

Asli yo’q vahima butun insoniyat inqiloblarida, butun insoniy aqidalarda davom etishi, joylashishi mumkinmi hech?!

Haq din sohiblarining, shu azim ijmo'ning hujjati qat'iy ishonchli bo’lmasligi, bir ko’z bilan ko’rinadigan aniqlikda bo’lmasligi mumkinmi hech?!

U qat'iy ishonch va ko’rilgan aniqlik hadsiz belgilardan, ular esa kuzatilgan sanoqsiz voqealardan, voqealar esa shak-shubhasiz shart bo’lgan dasturlar va tamal bilimlarga tayanmasligi mumkinmi hech?! Shunday ekan, din sohiblaridagi umumiy e'tiqodlarning sababi va hujjati ma'naviy tavotur quvvatini ifodalagan juda ko’p sonda farishtalarni kuzatgani va ruhoniy borliqlarning ko’rganidan hosil bo’lgan shart bo’lgan dastur va tamal bilimlar, qat'iy asoslardir.

Bashariyat ijtimoiy hayoti samosining quyoshlari, yulduzlari, oylari hisobida bo’lgan payg’ambarlar va valiylar tavotur suratida, ma'naviy ijmo' quvvati bilan xabar berishgan, guvohlik qilgan farishtalar va ruhoniyatning vujudlari va kuzatilgani shubha qabul qilishi, shakka sabab bo’lishi hech mumkinmidir, ma'qulmi, qabulmi?!

Boxusus ular bu masalaning mutaxassisidir. Ma'lumki, ikki mutaxassis boshqa minglab kishilardan ustundir. Bu masalada isbot qilganlar hisoblanadi. Ma'lumdirki, ikki isbot qiluvchi minglab rad va inkor qiluvchidan ustundir. Xususan koinot samosida doim porlagan va hech qachon botmagan xaqiqat olamining quyoshlar quyoshi bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning xabarlari va risolat quyoshi bo’lgan Zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) shahodati va ko’rgan narsalari, shubha qabul qilishi mumkinmi?! Modomiki bitta ruhoniy borliqning vujudi bir vaqtda isbotlansa, u sinfning umumiy isbotlanganini ko’rsatadi. Modomiki bu sinfning borligi isbotlangan ekan, albatta ularning shaklan isbotlanganining eng go’zali, eng ma'quli, eng maqbuli Shariatning sharh qilgani, Qur'onning ko’rsatgani, Sohibi Me'rojning ko’rgani kabi bo’ladi.

To’rtinchi Asos

Shu koinot mavjudotlariga nazari diqqat bilan qaralsa, kichik narsalar kabi katta ashyolarning ham ma'naviy shaxsi borligi, umumiy vazifasi ko’rinadi. Unda umumiy xizmatlar qilinadi. Masalan: Bir gul o’zicha san'at naqshini ko’rsatib, hol tili bilan Fotir Asmosini zikr qilganidek, yer kurrasi bog’i ham bir gul hisobidadir. Unda juda intizomli umumiy tasbeh aytish vasifasi bor. Bir meva bir intizom ichida e'lonlarni, tasbehlarni ifodalagani kabi, katta daraxtning umumiy surati bilan juda intizomli fitriy vazifasi va qulligi bor. Bir daraxt yaproq, meva va gullarining so’zlari bilan bir tasbeh qilgani kabi, katta samovot dengizi ham kalimalari hisobida bo’lgan quyoshlar, yulduzlar va oylari bilan Fotiri Zuljaloliga tasbeh aytadi va Sone'i Zuljalollariga hamd etadi va hokazo...

Moddiy va jismoniy borliqlarning xar biri suratan jonsiz, idroksiz bo’lsada, rosmana jonli kabi va idroki bordek vazifalari va tasbehlari bor. Albatta, farishtalar ularning malakut olamidagi vakili bo’lib, tasbehlarini ifoda qiladi. Ular ham mulk va shahodat olamida farishtalarning timsollari, uylari, masjidlari hisobida.

Yigirma To’rtinchi So’zning To’rtinchi Shoxida bayon etilganidek, shu olam saroyining Sone'i Zuljaloli u saroy ichida ishlattirgan to’rt qism ishchilarining birinchisi: Farishtya va ruhoniy borliqlar. Modomiki nabotot va jonsiz borliqlar bilmasdan va bir bilganning amrida maoshsiz, juda muhim xizmatda, hayvonot esa kichik maosh evaziga bilmasdan o’ta kulliy maqsadlarda xizmat qilayotgan ekan, inson keyinga qoldirilgan va darrov beriladigan ikki maosh evaziga Sone'i Zuljalolning maqsadlarini bilib, uyg’un harakat qilishi va hamma narsada nafsiga hissa chiqarishi va boshqa xizmatchilarga nazorat qilayotgani shubhasiz. Albatta, to’rtinchi qism, balki eng birinchi qism bo’lgan xizmatkorlar, ishchilar bo’ladi.

Ular insonga o’xshaydiki, Sone'i Zuljalolning qamrovli maqsadlarini biladigan qullik bilan muvofiq harakat qilishadi. Insonning aksiga nafsning zavqidan va kichik maoshlardan xalos bo’lib faqat Sone'i Zuljalolning nazari, amri ostida, Unga yo’nalib, U uchun, Uning nomi va yaqinligi bilan ixtisos bilan va bog’lanish bilan hosil etganlari lazzat va kamol va zavq va saodatni yetarli ko’rib, xolisan muxlisan ishlaydilar. Jinslariga ko’ra koinotdagi mavjudotning navlariga ko’ra ibodat vazifalari turlanadi. Bir hukumatning muxtalif doiralarda muxtalif vazifadorlari kabi, saltanati rububiyat doiralarida ubudiyat va tasbehot vazifasi shunday turlanadi. Masalan: Hazrati Mikoil yer yuzi ekinzorida ekilgan Allohning san'atli asarlariga Janobi Haqning havli ila, quvvati ila, hisobi ila, amri bilan bir noziri umumiy hukmidadir. (Ta'bir joiz bo’lsa) umum dehqon farishtalarning raisidir. Ular Fotiri Zuljalolning izni, amri, quvvati va hikmati bilan umum hayvonotning ma'naviy cho’ponlarining raisi, katta vazifadagi farishtasi bor.

Modomiki ushbu moddiy va jismoniy borliqlarning xar birining ustida qullik vazifasini bajarish va tasbeh aytish vazifalarini malakut olamida ko’rsatadigan, Allohning dargohiga bilib taqdim qiladigan vazifa yuklangan farishtalar bo’lishi kerak ekan, albatta, Muxbiri Sodiq rivoyat qilgan farishtalar haqidagi suratlar juda munosib va aqlga sig’adi. Masalan: "Ba'zi farishtalarning qirq yoki qirq ming boshi bor. Xar boshda qirq ming og’zi bor, xar bir og’zida qirq ming til bilan qirq ming tasbeh aytadi", deganlar. Bu hadis haqiqatining bir ma'nosi va bir surati bor.

Ma'nosi quyidagicha: Farishtalarning ibodati ham juda intizomli, mukammal, o’ta umumiy, kengdir.

Bu haqiqatning surati esa: Ba'zi katta moddiy borliqlar bo’ladiki, qirq ming bosh, qirq ming tarzda qullik vazifasini qiladi. Masalan: Samo quyoshlar bilan, yulduzlar bilan tasbeh aytadi. Zamin bitta maxluq bo’lsada, yuz ming bosh bilan, xar boshda yuz minglab og’iz bilan, xar og’izda yuz minglab til bilan qullik vazifasini qiladi va Allohga tasbeholar aytadi. Demak , Yer kurrasiga vazifadagi farishta malakut olamida bu ma'noni ko’rsatish uchun shunday ko’rilishi lozim.

Hatto men o’rta darajada bir bodom daraxtini ko’rdim. Qirqqa yaqin boshi hisobida katta shoxlari bor. So’ng bir shoxiga razm soldim, qirqqa yaqin til hisobida kichik shoxachalari bor. So’ng kichik shoxining bir novdasiga qaradim, qirqta gul ochgan. Gullarga hikmat nazari bilan e'tibor berdim, xar bir gul ichida qirqqa yaqin nozik, intizomli popuklarni, ranglarni va san'atlarni ko’rdim. Ularing xar biri Sone'i Zuljalolning turli Ismlarining jilvasini va Ismini o’qitdi.

Bodom daraxtining Sone'i Zuljaloli va Hakiymi Zuljamoli ushbu jonsiz daraxtga bu qadar vazifalarni yuklashi, uning ma'nosini bilgan, ifoda qilgan, koinotga e'lon etgan, Allohning dargohiga taqdim qilgan, unga munosib va ruhi hisobida bir vazifali farishtani mindirmasligi mumkinmi hech?!

Ey do’stim! Bu yergacha bayonimiz qalbni qabul qilishga tayyorlash, nafsni taslim bo’lishga majburlash va aqlni basiratga keltirish uchun bir muqaddima edi. Agar uni bir daraja tushungan bo’lsang, farishtalar bilan ko’rishishni istasang tayyor tur. Yomon tushunchalardan tozalan.

Qur'on olami eshiklari ochiq. Qur'on "eshiklari ochilgan" jannat ekanini, kirib ko’r. Farishtalarni Qur'oniy Jannat ichida go’zal suratda ko’r. Xar bir nozil bo’lgan oyat manzilardir.

Bu manzillarga qara:

وَالْمُرْسَلَاتِ عُرْفًا ٭ فَالْعَاصِفَاتِ عَصْفًا ٭ وَالنَّاشِرَاتِ نَشْرًا

فَالْفَارِقَاتِ فَرْقًا ٭ فَالْمُلْقِيَاتِ ذِكْرًا

وَالنَّازِعَاتِ غَرْقًا ٭ وَالنَّاشِطَاتِ نَشْطًا ٭ وَالسَّابِحَاتِ سَبْحًا ٭

فَالسَّابِقَاتِ سَبْقًا ٭ فَالْمُدَبِّرَاتِ اَمْرًا

تَنَزَّلُ الْمَلٰٓئِكَةُ وَالرُّوحُ فِيهَا بِاِذْنِ رَبِّهِمْ

عَلَيْهَا مَلٰٓئِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَا يَعْصُونَ اللهَ مَآ اَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ

سُبْحَانَهُ بَلْ عِبَادٌ مُكْرَمُونَ ٭ لَا يَسْبِقُونَهُ بِالْقَوْلِ وَهُمْ بِاَمْرِهِ يَعْمَلُونَ

sanolarini eshit.

Agar jinlar bilan ko’rishishni istasang:

قُلْ اُوحِىَ اِلَىَّ اَنَّهُ اسْتَمَعَ نَفَرٌ مِنَ الْجِنِّ

qal'ali suraga kir, ularni ko’r, nima deyayotganini eshit? Ulardan ibrat ol. Qara:

اِنَّا سَمِعْنَا قُرْاٰنًا عَجَبًا ٭ يَهْدِىٓ اِلَى الرُّشْدِ فَاٰمَنَّابِهِ وَلَنْ نُشْرِكَ بِرَبِّنَآ اَحَدًا

deyishyapti.

* * *

Ikkinchi Maqsad

Qiyomat va Dunyoning o’limi va oxirat hayoti haqida.

Bu Maqsadning To’rt Asosi va Bir Misoliy Muqaddimasi Bor.

Muqaddima

Bir saroy yoki bir shahar haqida birov chiqib, "Bu saroy yoki shahar buzilib yangidan mustahkam suratda bino va ta'mir qilinadi" deb da'vo qilsa, albatta, uning da'vosiga qarshi olti savol kelib chiqadi:

Birinchisi:Nima uchun buziladi? Sabab va zaruriyat bormi?

Agar "Ha bor" deya isbotlasa,

Ikkinchi:Keyingi savol keladi: "Buni buzib, ta'mirlaydigan usta bunga qodirmi? Qila oladimi?

Agar "Ha, qila oladi" deb, isbotlasa,

Uchinchisi:Davomida: "Buzilishi mumkinmi? So’ng buziladimi?" degan savol keladi,

Agar "Ha" deb buzilish imkonini, sodir bo’lishini isbotlasa, yana ikki savol o’rtaga chiqadi:

"Ajabo, bu ajib saroy yoki shaharning yangidan ta'mirlanishi mumkinmi? Mumkin bo’lsa, ta'mirlanadimi, ajabo?"

Agar "Ha" deb ularni ham isbotlasa,

Bu masalaning shak-shubha va vasvasa kira olishiga hech bir jihatda hech bir burchagida tuynuk, bo’shliq qolmaydi.

Bu misol kabi dunyo saroyining, koinot shahrining buzilishi va ta'mirlanishi uchun zarurat bor. Qiluvchi va ustasi qodir. Buzilishi mumkin va sodir bo’ladi. Ta'mirlanishi mumkin va amalga oshadi. Bu masalalar birinchi asosdan so’ng isbotlanadi.

BIRINCHI ASOS

Ruh qat'iyan boqiydir. Birinchi maqsaddagi farishtalar va ruhoniy borliqlarning mavjudligiga dalolat qilgan jami dalillar ushbu ruhning baqiyligiga ham dalildir. Menimcha bu masala shu qadar qat'iyki, boshqa bayonning keragi yo’q. Barzoh, ruhlar olamida bo’lgan va oxiratga ketishni kutgan sanoqsiz boqiy ruhlar karvonlari bilan o’rtamizdagi masofa shu qadar ingichka va qisqaki, burhon bilan ko’rsatishga ehtiyoj yo’q. Haddu hisobga kelmagan shuhud va kashf ahlining ular bilan munosabati, hatto kashful qubur ahlining ularni ko’rishlari, hatto bir qancha avom insonlarning ham ular bilan gaplashishi va barchasi sodiq tushda ular bilan ko’rishi yanada tavoturlar suratida odatda insonning barchaga ma'lum ilmlari sirasiga kirgan. Lekin bu davrda moddaparastlik fikri hammani telba qilgani sabab, eng yaqqol narsada ham aqlga vasvasa beradi. Bunday vasvasalarni ketkazish uchun qalbiy qanoat va aqlan anglab yetishning juda ko’p manbalaridan, bir muqaddima bilan to’rt manbaiga ishora qilamiz.

MUQADDIMA

O’ninchi So’zning To’rtinchi Haqiqatida isbotlangani kabi, abadiy, bardavom, tengsiz jamol, albatta oyna bo’lgan ishtiyoqmandining abadiy va boqiy bo’lishini taqozo qiladi. Nuqsonsiz, abadiy, mukammal san'at mutafakkir e'lon qiluvchining bardavom turishini talab qiladi. Nihoyatsiz rahmat va ehson ehtiyojmand shukr qiluvchilarining bardavom ne'mat olishini taqozo qiladi. Oyna bo’lgan ishtiyoqmand, e'lon qiluvchi mutafakkir, muhtoj bo’lgan shukr qiluvchi eng boshdainson ruhidir.Shunday ekan, abadul abod yo’lida jamol, kamol, rahmatga rafiqlik qiladigan narsa boqiy qoladi.

Yana O’ninchi So’zning Oltinchi Haqiqatida isbotlanganidek, inson ruhi emas, hatto eng oddiy mavjudot tabaqasi ham foniylik uchun yaratilmagan, bir nav’ boqiylikka sazovordir. Hatto ruhsiz, ahamiyatsiz gul ham zohiriy vujudidan ketsa ham, ming jihatdan bir nav’ boqiylikka sazovordir. Chunki surati sanoqsiz xotiralarda boqiy qoladi. Shakllanish qonuni yuzlab urug’larida baqo topib davom etadi.

Modomiki bir oz ruhga o’xshagan gulning shakllanish qonuni, ko’rinish namunasi bir Hafiyzi Hakiym tomonidan boqiylashtirilayotgan ekan, tashvishli o’zgarishlar ichida mukammal intizom bilan zarrachalar kabi urug’larda muhofaza qilinadi, boqiy qolar ekan, albatta, juda qamrovli va yuksak mohiyatga sohib va moddiy vijid kiydirilgan, idrok va hayot sohibi, nuroniy Allohning vositasiz ishlaydigan qonun hisoblangan inson ruhi qay daraja baqoga qat'iy sazovor, abadiyatga bog’liq va bardavom aloqador ekanini tushunmasang, qanday qilib "Idrokli insonman" deya olasan?!

Ha, katta bir daraxtning bir daraja ruhga o’xshagan dasturini va shakllanish qonunini bir nuqta kabi eng kichik urug’da joylab, muhofaza qilgan Zoti Hakiymi Zuljalol, Zoti Hafiyzi Bezavol haqida "Vafot etganlarning ruhini qanday qilib muhofaza qiladi" deyish mumkinmi?!

BIRINCHI MANBA:Anfusiy-ichki manba. Ya'ni, xar kim hayoti va nafsiga e'tibor bersa, boqiy ruhni anglaydi. Xar bir ruh necha yil yashagan bo’lsa qanchalab badan almashtirganiga qaramay, shaksiz aynan boqiy qolgan. Shunday ekan, modomiki jasad kelib ketuvchi ekan, o’lim bilan batamom yalang’och bo’lishi ruhning boqiyligiga ta'sir qilmaydi va mohiyatini buzmaydi. Hayoti davomida asta-asta jasad libosini almashtiradi xolos. O’limda esa birdan yechiladi. Qat'iyyan, balki kuzatuv oraqali aniqlanganki, jasad ruh bilan qoim. Shunday ekan ruh u bilan qoim emas. Balki ruhning o’zi qoim va hokim bo’lgani uchun, jasad istaganidek tarqalib to’planishi, ruhning mustaqilligiga xalal bermaydi. Balki jasad ruhning uyi va inidir, libosi emas. Balki ruhning libosi bir daraja sobit va latifligi ruhga munosib latif g’ilofi va misoliy badani bor. Shunday ekan o’lganida batamom yalang’och bo’lmaydi, inidan chiqadi, misoliy badanini kiyadi.

IKKINCHI MANBA:Ofoqiy-tashqi manba. Ya'ni, ko’p kuzatuvlar va turli voqe’alar va ko’p martalab munosabatlardan yuzaga kelgan tajribalarga tayangan xulosa. Ha, bir ruhning o’limdan so’ng boqiy qolishi tushunilsa, ruh sinfining barchasi boqiyligi lozim bo’ladi. Chunki mantiq ilmida qoida borki: Zotiy xossa bitta kishida bo’lsa, barcha kishilarda ham uning borligiga xulosa qilinadi. Chunki zotiydir. Zotiy bo’lsa, xar bir kishida mavjud bo’ladi. Xolbuki bir kishi emas, balki sanoqsiz, shu qadar hisobga, sanab bo’lmas kuzatuvlarga tayangan belgilar va ruhlarning boqiyligiga dalolat qilgan alomatlar shu daraja qat'iyki, bizga Yangi Dunyo, ya'ni Amerika bor va u yerda insonlar bor, u insonlarning borligiga shubhalanmaymiz. Xuddi shuning kabi, hozir malakut va ruhlar olamida o’lgan, vafot etgan insonlarning ruhlari juda ko’p sonda mavjud va biz bilan munosabatdalar. Ma'naviy hadyalarimiz ularga boryapti, ularning nuroniy fayzlari esa bizga kelyapti.

Yana qat'iy qanoat bilan vijdonan his qilish muimkinki, inson o’lgandan so’ng asosli jihati boqiy. U asos esa ruhdir. Ruh esa buzilmaydi va bo’linmaydi. Chunki sodda, yakka. Xarob bo’lish, bo’linish va buzilish esa ko’plik va tarkib etilgan narsalarga xos. Sobiqan bayon qilganimizdek, hayot ko’plikda yakkalik tarzini ko’rsatadi, bir nav’ boqiylikka sabab bo’ladi. Demak, ruhda yakkalik va boqiylik asos bo’lib, undan ko’plikka tarqaladi. Ruhning foniyligi buzilish va parchalanish orqali bo’ladi. Buzilish va parchalanishning kirisghiga esa vahdat yo’l bermaydi, soddalik qo’ymaydi. Yoki qatl qilish orqali, qatlga esa bergan vujud ne'matiga juda ishtiyoqmand va loyiq inson ruhidan qaytarib olishiga Javvodi Mutlaqning cheksiz marhamati izn bermaydi va nihoyatsiz saxovati qo’ymaydi.

UCHINCHI MANBA:Ruh hayot sohibi, idrok egasi, nuroniy, xorijiy vujud kiydirilgan qamrovli, haqiqiy, umumiy bo’lishga iste'dodli Allohning to’gridan to’g’ri ishlaydigan qonundir. Xolbuki Uning eng zaif qonunlari sobit va boqiylikka sazovor. Chunki e'tibor berilsa, o’zgaradigan barcha sinflarda sobit haqiqatlar borki, butun o’zgarishlar, inqiloblar va hayot shakllari ichida aylanib suratlar almashtirib, o’lmasdan yashab boqiy qolmoqda.

Demak, xar bir inson shaxsi mohiyatining qamrovi, kulliy idroki va umumiy tasavvurlari bilan bir shaxs bo’lsada, bir sinf hisoblanadi. Bir sinfga kelgan va joriy bo’lgan qonun inson shaxsida ham joriy.

Modomiki Fotiri Zuljalol insonni qamrovli oyna, umumiy qullik va yuksak bir mohiyat bilan yaratgan ekan, xar bir kishidagi ruh haqiqati yuz minglab surat almashtirsa ham, Allohning izni bilan o’lmaydi, yashaydi, kelgani kabi ketadi. Shunday ekan, inson shaxsining haqiqiy idrok sohibi va jonlilik unsuri bo’lgan ruhi ham Allohning amri, izni va boqiylashtirishi bilan doimo boqiydir.

TO’RTINCHI MANBA:Ruhga bir daraja o’xshagan va ikkisi ham amr va iroda olamidan kelganidan, manba’ligi bilan ruhga bir daraja muvofiq, lekin faqat hissiy vujudi bo’lmagan sinflarda hukmron qonunlarga razm solinsa va o’sha nizomlarga qarasganda ko’rinadiki: Agar Allohning to’g’ridan to’g’ri amal qiladigan qonuni moddiy vujud kiyganida, u sinflarning ruhlari bo’lar edi.

Xolbuki u qonun bardavom boqiy. Doim davomli, sobitdir. Hech qanday o’zgarishlar va inqiloblar ularning birligiga ta'sir qilmaydi, buzmaydi. Masalan: Bir anjir daraxti o’lsa, tarqalsa, uning ruhi hisoblangan shakllanish qonuni zarra kabi urug’ida o’lmasdan boqiy qoladi. Modomiki Allohning to’g’ridan to’g’ri ishlaydigan eng oddiy va zaif qonunlari boqiylik bilan, davomliligiga aloqador. Albatta inson ruhi faqat boqiylik bilan emas, balki abadul abad bilan aloqador bo’lishi lozim. Chunki ruh ham Qur'onning xabari, قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبِّى farmoni jalili bilan amr olamidan kelgan idroklilar va jonlilar qonuni bo’lib, azaliy qudrat unga moddiy vujud kiydirgan. Demak, iroda sifatidan va amr olamidan kelgan idroksiz qonunlar doim yoki aksariyat hollrda boqiy qolar ekan, aynan ularning bir jihatda qardoshi, ular kabi iroda sifatining tajalliysi va amr olamidan kelgan ruh - boqiylikka sazovor bo’lishi yanada qat'iyroq, loyiqroq. Chunki vujud sohibidir, ko’ringan haqiqat sohibidir. Ulardan yanada ham sog’lom, yuksakroq. Chunki idrok sohibidir. Ulardan ko’ra bardavom, qiymatliroq. Chukni hayot sohibidir.

IKKINCHI ASOS

Abadiy saodat kerak. Uni beradigan Foili Zuljalol esa qodir. Olamning xarob bo’lishi va dunyo o’lishi mumkin. Sodir bo’ladi ham. Yangidan olamning tirilishi va hashr mumkindir. Sodir bo’ladi ham.

Bu olti masalani bir-bir aql qanoat hosil qiladigan darajada muxtasar tarzda bayon qilamiz. Zotan O’ninchi So’zda qalbni mukammal iymon darajasiga chiqaradigan darajada burhonlar zikr etilgan. Bu yerda esa faqat aqlni qondiradigan, mot qiladigan Eski Saidning "Nuqta Risolasi"dagi bayonoti tarzida tushuntiramiz.

Ha, abadiy saodatni kerakli qilgan narsa mavjud. O’sha zaruriyatning borligiga dalolat qilgan qat'iy burhonlar "O’n Manba va Asos"dan sizilgan xulosadir.

BIRINCHI ASOS:E'tibor berilsa, butun koinotda mukammal nizom, maqsadli intizom bor. Xar jihatda ixtiyor tomchilari va maqsadning yog’dulari ko’rinadi. Hatto hamma narsada maqsad nuri, xar ishda iroda ziyosi, xar harakatda ixtiyor yog’dusi, xar tarkibda hikmat shu'lalarining samarasining shahodati bilan e'tiborga tushadi. Agar abadiy saodat bo’lmasa, bu asosli nizom ma'nosiz va zaif shakldan iborat bo’lib qoladi. Yolg’onchi, asossiz nizom bo’ladi. Nizom va intizomning ruhi bo’lgan ma'naviyat, aloqa va munosabatlar behuda bo’ladi. Demak, nizomni nizom qilgan abadiy saodatdir. Shunday ekan olam nizomi abadiy saodatga ishora qiladi.

IKKINCHI ASOS:Koinot yaratilishida mukammal hikmat bor. Ha, inoyati azaliyaning timsoli bo’lgan Allohning hikmati umum koinotga foydalarning munosibligi va hikmatlarning iltizomi tili bilan abadiy saodatni e'lon qiladi. Chunki abadiy saodat bo’lmasa, koinotda shubhasiz bor hikmatlarni, foydalarni kibrlanib inkor qilish kerak bo’ladi. O’ninchi So’zning O’ninchi Haqiqati bu haqiqatni quyosh kabi ko’rsatgani uchun, u bilan kifoyalanib bu yerda to’xtatamiz.

UCHINCHI ASOS:Aql, hikmat, umumiy xulosa va tajribaning shahodatlari bilan sobit bo’lgan mavjudot yaratilishidagi g’oyasizlik va isrofning yo’qligi abadiy saodatga ishora qiladi. Fitratda isrof va yaratilishda g’oyasizlik bo’lmaganiga dalil - Sone'i Zuljalolning hamma narsaning yaratilishida eng qisqa yo’lni, eng yaqin jihatni, eng yengil suratni, eng go’zal sifatni ixtiyor qilishi, tanlashi, ba'zan bir narsaga yuztalab vazifa yuklashi va nozik narsaga ming meva va g’oyalarni qo’yishidir.

Modomiki isrof yo’q va g’oyasizlik mavjud emas ekan, albatta abadiy saodat bo’ladi. Chunki qaytmaslik sharti bilan yo’qlik hamma narsani g’oyasiz qiladi, hamma narsa isrof bo’ladi. Barcha fitratlarda, jumladan insonda Manfa'atul A'zo Faniniga asosan isrofning bo’lmasligi ko’rsatadiki, insondagi samoqsiz ma'naviy iste'dod va nihoyatsiz orzular, fikrlar, mayllar ham isrof qilinmaydi. Shunday ekan, insondagi asosli komillashish mayli kamolning borligini ko’rsatadi, saodat mayli esa abadiy saodatga nomzod bo’lganini qat'iyan e'lon qialdi. Shunday ekan insonning haqiqiy mohiyatini tashkil qilgan asosli ma'naviyat, yuksak orzular hikmatli mavjudotning aksiga isrof va g’oyasiz bo’ladi, quriydi, befoyda ketadi. Bu haqiqat O’ninchi So’zning O’n Birinchi Haqiqatida isbotlangani uchun bu yerda tugatamiz.

TO’RTINCHI ASOS:Juda ko’p sinflarda, hatto kecha va kunduzda, qish va bahorda, havo qatlamida, hatto insonning shaxsida, hayoti davomida almashtirgan badanlar va o’limga o’xshagan uyqu orqali hashr va nashrga o’xshash bir nav’ qiyomat, buyuk qiyomatning sodir bo’lishini his ettiradi, ramzan xabar beradi.

Ha, masalan, bizning haftalik soatimizning soniya, daqiqa, soat va kunlarini sanaydigan charxlariga o’xshagan, Allohning dunyo degan katta soatidagi kun, yil, inson umri, dunyoning aylanishi bir-biriga muqaddima bo’lib bir-biridan xabar beradi, aylanib ishlaydi. Tundan so’ng nahorni, qishdan so’ng bahorni ko’rsatgani kabi, o’limdan so’ng qiyomat tonggi o’sha dastgohdan, katta soatdan chiqishini ramzan xabar beradilar.

Bir shaxsning umri davomida boshiga kelgan bir qancha qiyomat turlari bor. Xar kecha bir nav’ o’lib, xar nahor bir nav’ tirilish bilan hashr alomati ko’ringani kabi, besh-olti yilda butun zarralarini almashtirib, hatto bir yilda ikki marta tadrijiy qiyomat va hashr taqlidini kechiradi. Hayvonot va nabotot navlari xar bahorda uch yuz mingdan ko’proq hashr, nashr va turga oid qiyomatni ko’radi.

Bu qadar belgilar va hashrning ishoralari va shuncha alomat va nashr ramzlari albatta buyuk qiyomatning sizmalari hisobida hashrga ishora qiladi. Bir Sone'i Hakiym tarafidan turlarda turning qiyomatini, ya'ni butun nabotot ildizlarini va bir qism hayvonlarni aynan bahorda tiriltirish, barglari, gullari va mevalari kabi boshqa bir qancha narsalarni aynan emas, misli bilan qaytarish orqali bir nav’ hashr va nashr qilish xar bir inson shaxsida umumiy qiyomat ichida shaxsiy qiyomatga dalil bo’ladi. Chunki insonning bitta shaxsi boshqa turdagilarning bir sinfi hisobidadir. Chunki fikr nuri insonning amali va fikrlariga shunday kenglik berganki, o’tmish va kelajakni qamraydi. Dunyoni yutsa ham to’ymaydi. Boshqa sinflarda a’zolarning mohiyati kichik, qiymati shaxsiy, nazari chegaralangan, kamoli maxsus, lazzati va azobi oniydir. Basharning mohiyati esa ulug’, bahosi qiymatli, nazari umumiy, kamoli cheksiz, ma'naviy lazzati va azobi qisman doimiy.

Shunday ekan, shubhasiz boshqa navlarda takrorlangan bir tur qiyomatlar va hashrlar umumiy buyuk qiyomatda xar bir inson shaxsini aynan qaytarib tiriltirishiga shubhasiz ramz qiladi, xabar beradi. O’ninchi So’zning To’qqizinchi Haqiqatida ikki karra ikki to’rt aniqligida qat'iyan isbotlangani sabab bu yerda qisqartiramiz.

BESHINCHI ASOS:Haqiqatni izlanib dalillari bilan bilgan olimlar insonnign ruh javharida qo’yilgan cheksiz iste'dod va u iste'dodda joylashtirilgan chegarasiz qobiliyatlar va u qobiliyatlardan kelib chiqqan hadsiz mayllar va u hadsiz mayllardan hosil bo’lgan nihoyatsiz orzular va u nihoyatsiz orzulardan tavallud etgan so’ngsiz fikrlar va inson tasavvurlari bu shahodat olamining orqasidagi abadiy saodatga qo’lini uzatgan, unga ko’zini tikkan, u tarafga yuzlanganini ko’rmoqda. Hech yolg’on gapirmagan fitrat va fitratdagi shu qat'iy, shiddatli va tebranmas abadiy saodat mayli, abadiy saodatning sodir bo’lishiga doir vijdon bir qat'iy xulosa beryapti. O’ninchi So’zning O’n Birinchi Haqiqati bu haqiqatni kunduz kabi ko’rsatganidan tugatamiz.

OLTINCHI ASOS:"Rahmoni Rahiym" bo’lgan mavjudotning Sone'i Zuljamolining rahmati abadiy saodatni ko’rsatadi. Ha, ne'matni ne'mat qilgan, ne'matni qattiq jazodan xalos qilgan va mavjudotni abadiy firoq sababli faryodlardan qutqargan, abadiy saodatni rahmatining sha'nidan, bashardan ayamasin. Chunki butun ne'matlarning avvali, raisi, maqsadi, natijasi bo’lganabadiy saodatberilmasa, dunyo o’lgandan so’ng oxirat suratida tirilmasa, butun ne'matlar shiddatli jazolarga aylanadi. Bu esa shaksiz va majburiy umum koinotning shahodati bilan aniq va ko’ringan Allohning rahmatining borligini inkor qilish kerak bo’ladi. Xolbuki rahmat quyoshdan ham porloqroq sobit haqiqatdir.

Rahmatning jilvalaridan va latif asarlaridan bo’lgan ishq, shafqat va aql ne'matlariga e'tibor ber. Agar abadiy firoq va cheksiz ayriliq inson hayotiga kelishini faraz qilsang, latif muhabbat eng buyuk bir musibat bo’lashini, laziz shafqat eng katta bir illat bo’lishini, nuroniy aql eng buyuk balo bo’lishini ko’rasan. Demak, rahmat (chunki rahmatdir) abadiy hijronni haqiqiy muhabbatga qarshi chiqara olmaydi. O’ninchi So’zning Ikkinchi Haqiqati bu haqiqatni g’oyat go’zal suratda ko’rsatgani uchun bu yerda qisqartirildi.

YETTINCHI ASOS:Koinotda ko’ringan va bilingan butun latif tuyg’ular, butun yaxshiliklar, butun kamolotlar, butun jozibalar, butun ishtiyoqlar, butun marhamatlar ma'nolar, mazmunlar, ma'naviy kalimalar bo’lib, koinotning Sone'i Zuljalolining lutf va marhamatining tajalliylarini, ehson va karamining jilvalarini zarurat darajasida, qalbga shaksiz ko’rsatadi, aqlning ko’ziga suqadi. Modomiki olamda bir haqiqat bor ekan, shaksiz haqiqiy rahmat bo’ladi. Modomiki haqiqiy rahmat bor ekan, abadiy saodat bo’ladi. O’ninchi So’zning To’rtinchi Haqiqati Ikkinchi Haqiqati bilan barobar bu haqiqatni kundek oydinlatgan.

SAKKIZINCHI ASOS:Insonning idrokli fitrati bo’lgan vijdoni, abadiy saodatga yuzlangan, uni ko’rsatadi. Ha, kim o’z uyg’oq vijdonini tinglasa "Abad!.. abad!" degan ovozini eshitadi. Butun koinot u vijdonga berilsa ham, abadga bo’lgan ehtiyojining o’rnini to’ldira olmaydi. Demak, vijdon abad uchun yaratilgan. Demak, vijdoniy tortishish kuchi va jalb qilish faqatgina haqiqiy maqsadning va jozibador haqiqatning tortishi orqali bo’ladi. O’ninchi So’zning O’n Birinchi Haqiqatining xotimasi bu haqiqatni ko’rsatgan.

TO’QQIZINCHI ASOS:Sodiq, tasdiqlangan, ishonchli Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning xabaridir. Ha, U zotning (S.A.V.) so’zlari abadiy saodatning eshiklarini ochgan va Uning (S.A.V.) kalomlari abadiy saodatning oynalaridir. Zotan butun payg’ambarlarning (Alayhimussalam) ijmo'ini va butun avliyolarning tavoturini qo’lida tutgan, butun quvvati bilan butun da'volari - tavhidi ilohiydan so’ng hashr va saodat nuqtasida jamlanadi. Ajabo, bu quvvatni o’rnidan qo’zg’atadigan biror narsa bormi? O’ninchi So’zning O’n Ikkinchi Haqiqati shu haqiqatni juda zohir bir suratda ko’rsatgan.

O’NINCHI ASOS:O’n uch asrda yetti jihatdan i'jozini muhofaza qilgan va Yigirma Beshinchi So’zda isbotlangani kabi qirq adad i'joz nav’lari bilan mo’'jiza bo’lgan Qur'oni Mo’'jizul Bayonning qat'iy xabarlaridir. Ha, Qur'on xabari jismoniy hashrni kashf qiluvchidir. Bu yashirin olam tilsimi va koinot hikmati ramzining kalitidir. Qur'oni Mo’'jizul Bayon ichiga olgan va takror-takror tafakkurga amr qilib e'tiborga havola qilgan minglab qat'iy aqliy dalillar bor. Jumladan: Bir misoliy qiyosni ichiga olgan

قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىٓ اَنْشَاَهَآ اَوَّلَ مَرَّةٍ

va

وَقَدْ خَلَقَكُمْ اَطْوَارًا

va bir adolat daliliga ishora etgan

وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِلْعَبِيدِ

kabi juda ko’p oyatlar bilan jismoniy hashrdagi abadiy saodatni ko’rsatadigan juda ko’p durbinlarni insonning e'tiboriga taqdim qilgan. Qur'onning boshqa oyatlar bilan izoh etgan

وَقَدْ خَلَقَكُمْ اَطْوَارًا

va

قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىٓ اَنْشَاَهَآ اَوَّلَ مَرَّةٍ

oyatidagi misoliy qiyosning xulosasini "Nuqta" risolasida quyidagicha bayon qilganmiz:

Inson vujudi holatdan holatga o’tishi orqali ajib va muntazam o’zgarishlar o’tkazadi. Nutfadan alaqqa, alaqdan mudg’aga, mudg’adan azm va lahmga, azm va lahmdan yangi yaratilishga ya'ni inson suratiga aylanishi juda nozik dasturlarga tobe’. U davrlarning xar birining maxsus qonunlari, muayyan nizomlari va doimiy xarakatlari borki, oyna kabi ostida maqsad, iroda, ixtiyor, hikmatning jilvalarini ko’rsatadi.

Vujudni bu tarzda yaratgan Sone'i Hakiym xar yil bir libos kabi uni almashtiradi. Vujudning almashtirilishi va davom etishiga maydalangan jihozlarning o’rnini to’ldiradigan, ishlaydigan yangi zarralarning kelishi uchun tarkibga muhtojdir. Badan hujayralari intizomli Ilohiy qonunlar bilan buzilgani sabab yana intizomli Rabboniy qonun bilan ta'mirlash uchun rizq nomi bilan latif bir moddani taqozo qiladi. Badan a'zolarining turli tuman hojatlari nisbatida Razzoqi Haqiqiy maxsus qonuni bilan taqsimlaydi va tarqatadi.

Endi U Razzoqi Hakiymning yuborgan latif moddalarning holatlariga qara, moddaning zarralari karvon kabi havo tabaqasida, tuproqda, suvda tarqalgan. Birdan harakat amrini olgandek maqsadli harakatni bildirgan kayfiyatda to’planadi. Go’yo ulardan xar bir zarraga bir vazifa orqali muayyan makonga boorish uchun buyruq olgandek juda tartibli to’planadi. Ulaning vaziyatidan ko’rinadiki, bir Foili Muxtorning maxsus qonuni bilan chaqirilib, jonsizlar olamidan mavludlarga, ya'ni jonzotlar olamiga kiradi. So’ng muayyan nizom, doimiy harakat va maxsus dasturlar bilan rizq sifatida bir badanga kirib, ichida to’rt oshxonada pishirilgandan, to’rt ajib o’zgarishlarni o’tkazgandan, to’rtta suzgichdan suzilgandan so’ng badanning xar tarafiga yoyilib, butun muhtoj bo’lgan a'zolarning turli tuman, boshqa-boshqa ehtiyoj darajalariga ko’ra Razzoqi Haqiqiyning inoyati va muntazam qonunlari bilan bo’linadi.

Xullas, zarralarning qaysi biriga hikmat nazari bilan qarasang, basirat bilan, intizom bilan, eshitib, ilm bilan chaqirilgan zarraga ko’r ittifoq, qonunsiz tasodif, kar tabiat, idroksiz sabablar umuman aralasha olmasligini ko’rasan. Chunki xar biri keng maydonga yoyilgan unsurlardan badan hujayrasigacha qaysi holatga o’tgan bo’lsa, uning muayyan qonunlariga go’yo ixtiyori bilan amal qiladi, muntazam ravishda kiradi. Qaysi tabaqaga safar qilgan bo’lsa, shunday intizomli qadam tashlaydiki, shaksiz bir Saiqi Hakiymning amri bilan ketayotgani ko’rinadi.

Demak, intizomli holdan holga, tabaqadan tabaqaga tobora nishon va maqsadidan chalg’imay kerakli joyga, masalan Tavfiqning ko’z qorachig’iga Rabboniy amr bilan kiradi, o’tiradi, ishlaydi. Bunda, ya'ni rizqlardagi rububiyatning namoyon bo’lishi ko’rsatadiki, boshida zarralar muayyan, vazifador edi, o’sha joylarga nomzod edi. Go’yo xar birining peshonasi va yuzida "Falon hujayraning rizqi bo’ladi" deb yozilganday, intizomning borligi xar bir odamning peshonasiga qadar qalami bilan rizqi yozilganiga va rizqi ustida ismining yozilganiga ishora qiladi. Ajabo, bu daraja cheksiz qudrat va keng hikmat bilan roblik qilgan, zarralardan sayyoralargacha butun mavjudotni tasarrufi ostida tutgan, intizom va mezon doirasida aylantirgan Sone'i Zuljalol "Nash'ayi uxro"ni qilmasin yoki qila olmasligi mumkinmi?!

Ko’p Qur'on oyatlari hikmatli ilk yaratilishni insonning e'tiboriga taqdim qiladi. Hashr va qiyomatdagi nash'ayi uxroni unga misol qilib aqlga sig’dirmaslikni ketkazar.

قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىٓ اَنْشَاَهَآ اَوَّلَ مَرَّةٍ

Ya'ni: "Sizlarni yo’qdan bu daraja hikmatli suratda kim insho qilgan bo’lsa, sizni oxiratda tiriltiradigan zot ham U", deydi.

Yana

وَهُوَ الَّذِى يَبْدَؤُا الْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُ وَهُوَ اَهْوَنُ عَلَيْهِ

Ya'ni, "Sizning hashrda eski holatga qaytishingiz, tirilishingiz dunyodagi xilqatingizdan ham osonroq, qulayroqdir", deydi.

Bir lashkarning askarlari istirohat uchun tarqalsa, so’ng bir sur bilan chaqirilsa, lashkar bayrog’i ostida juda oson to’planishlari yangidan bir lashkar tashkil qilishdan ham oson va juda qulaydir. Xuddi shuning kabi, "Bir badanda bir-biri bilan uyushib do’st bo’lgan va munosabat paydo qilgan asos zarralar Hazrati Isrofil Alayhissalomning Suri bilan Xoliqi Zuljalolning amriga "Labbayk" deyishlari va to’planishlari aqlan birinchi ijoddan ham osonroq, mumkinroqdir. Butun zarralarning to’planishlari balki kerak bo’lmas. Urug’lar va tuxumlar hisoblangan va hadisda "Ajzuz zanab" deb ta'bir etilgan asos moddalar va asos zarralar ikkinchi tirilish uchun yetarli asos, poydevordir. Sone'i Hakiym inson badanini ularning ustida bino qiladi.

Uchinchi

وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِلْعَبِيد

kabi oyatlar ishora qilgan adolat qiyosining xulosasi quyidagicha:

Olamda ko’p zolim, fojir, ayyor insonlar juda to’kinlik va farog’atda, mazlum va dindor odamlar qattiq zahmat va xorlikda umr o’tkazayotganini ko’ryapmiz. So’ng o’lim kelib, ikkisini ham teng qiladi. Agar bu tenglik cheksiz bo’lsa, oxiri bo’lmasa, zulm hisoblanadi. Zolbuki koinot shahodati bilan sobit bo’lgan Ilohiy adolat va hikmat bu zulmni hech bir jihat bilan qabul qilmagani uchun, birinchisi jazosini, ikkinchi mukofotini ko’rishi uchun, bu intizomsiz, abgor inson iste'dodiga munosib jazo va mukofot olib haqiqiy adolatga sabab bo’lishi, Rabboniy hikmatga sazovor va olamning hikmatli mavjudotining buyuk qardoshi bo’lishi uchun shaksiz oxiratni taqozo qiladi.

Bu dunyo inson ruhiga o’rnatilgan sanoqsiz iste'dodlarning unishiga munosib joy emas. Demak, boshqa olamga yuboriladi. Ha, insonning javhari buyuk. Shunday ekan u abadga nomzod. Mohiyati yuksak, jinoyati ham katta. Boshqa mavjudotlarga o’xshamaydi. Intizomi ham muhim. Intizomsiz bo’la olmaydi, e'tiborsiz qolmaydi, g’oyasiz qoldirilmaydi, mutlaq foniylik bilan mahkum bo’lmaydi, mutlaq yo’qlikka qocha olmaydi. Unga Jahannam og’zini ochgan, kutmoqda. Jannat esa shafqatli quchog’ini ochgan, kutmoqda. O’ninchi So’zning Uchinchi Haqiqati ushbu ikkinchi misolimizni juda go’zal shaklda ko’rsatgani uchun bu yerda tugatamiz.

Demak, misol uchun bu ikki oyati karima kabi juda ko’p aqliy latif burhonlarni ichiga olgan boshqa oyatlarni ham qiyos qil, tadqiq et. Ushbu o’n manba va o’n asos qat'iy xulosa, qat'iy burhonni keltirib chiqaradi. Va juda asosli xulosa va u juda quvvatli burhon hashr va qiyomatga illat va taqozo etganning vujudiga qat'iyan dalolat etganlari kabi, Sone'i Zuljalolning ham, O’ninchi So’zda qat'iyan isbot etilgani kabi, Hakiym, Rahiym, Hafiyz, Odil kabi aksar Asmoyi Husnasi hashr va qiyomatning kelishini va abadiy saodatning vujudini taqozo qiladi. Abadiy saodatning sodir bo’lishiga qat'iy dalolat qiladilar. Demak, hashr va qiyomatga zarurat shu daraja quvvatli bo’lib, hech qanday shak va shubhaga sabab bo’lmaydi.

UCHINCHI ASOS

Qiladigan zot qodirdir. Hashrning zarurati shubhasiz mavjud ekan, hashrni keltiradigan zot ham o’ta muqtadirdir. Uning qudratida nuqson yo’q. Eng katta va eng kichik narsalar unga nisbatan bir. Bir bahorni yaratish bir gulchalik oson. Ha, bir Qodiyrki: Bu olam, butun quyoshlari, yulduzlari, olamlari, zarralari va javharlari nihoyatsiz tillar bilan Uning azamati va qudratiga shahodat qiladi. Jimsoniy hashrni Uning qudratdan uzoq ko’rishga biror vahima va vasvasaning haqqi bormi?!

Shubhasiz bir Qodiyri Zuljalol:

bu olam ichida xar asrda yangi va intizomli dunyoni yaratgan,

hatto xar yil yangi sayyor, muntazam koinotni ijod qilgan,

hatto xar kun yangi muntazam olamni yaratgan,

doimo samovot va yer yuzida, bir-biri orqasida o’tkinchi dunyolarni, koinotlarni mukammal hikmat bilan yaratgan, almashtirgan,

asrlar va yillar, balki kunlar sanog’icha intizomli olamlarni davr ipiga osgan,

va u bilan qudratining azamatini ko’rsatgan,

va yuz ming turdagi hashrning naqshlari bilan bezagan katta bahor gulini Yer Kurrasining boshiga gul kabi taqqan,

shu orqali mukammal hikmatini, san'at go’zalligini izhor etgan bir zotga nisbatan,

"Qiyomatni qanday keltiradi, bu dunyoni oxiratga qanday almashtiradi" deyish mumkinmi?!

Bu Qodiyrning mukammal qudratini, hech bir narsa unga og’ir emasligini, eng katta narsa eng kichik narsa kabi uning qudratiga yengilligini, hadsiz a’zolar bir a’zo kabi qudratiga qulay ekanini quyidagi oyati karima e'lon qiladi:

مَا خَلْقُكُمْ وَلَابَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

Bu oyatning haqiqatini O’ninchi So’zning Xotimasida qilsqacha, "Nuqta Risolasi" va Yigirmanchi Maktubda izohi bilan bayon qilganmiz. Bu maqom munosabati bilan uch masala suratida bir oz izohlaymiz.

Allohning qudrati zotiydir. Shunday ekan, ojizlik aralasha olmaydi. Ashyolarning botiniga taalluqlidir. Shunday ekan mone’lar qo’shila olmaydi. Nisbati qonuniy. Shunday ekan bo’lak butunga teng keladi va kichik narsa katta hisoblanadi. Bu uch masalani isbotlaymiz.

BIRINCHI MASALA:Zoti Aqdasi Ilohiyning Qudrati azaliysi zaruriy zotiy lozimidir. Ya'ni, zarurat darajasida zot uchun kerakli. Hech qanday ayrilish jihati yo’q. Shunday ekan qudratning aksi bo’lgan ojizlik qudratni kerak qilgan zotga shaksiz loyiq bo’lmaydi. Agar bo’lsa ikki zidning birga bo’lishi kerak bo’ladi. Modomiki ojizlik zotga loyiq bo’lmas ekan, shaksiz uning qudratiga aralasha olmaydi.

Modomiki ojizlik qudratning ichiga kira olmaydi, zotiy qudratda shaksiz martabalar bo’lmaydi. Chunki hamma narsaning vujud martabalari zidlarining aralashuvi orqali yuzaga chiqadi. Masalan: Haroratdagi martabalar sovuqlikning kirishi orqali, husndagi darajalar xunuklikning aralashishi bilan va hokazo qiyos qil... Lekin borligi bilan yo’qligi Allohning yaratishiga bog’liq bo’lgan narsalar haqiqiy va tabiiy zotiy ehtiyoj bo’lmagani uchun, imkon doirasiga bog’liq narsalarda zidlar bir-biriga kirgan. Martabalar tavallud qilib, ixtiloflar orqali olamdagi o’zgarishlar kelib chiqqan.

Modomiki Allohning azaliy qudratida martabalar yo’q. Shunday ekan taqdir etilganlar ham, zarurat darajasida qudratga nisbati bir bo’ladi. Eng katta narsa, eng kichikka teng, zarralar yulduzlarga o’xshash bo’ladi. Butun bashar hashri bitta nafsni tiriltirish kabi, bir bahorning ijodi bitta gulning san'atli qilinishi kabi Uning qudratiga oson. Agar sabablardan deb bilinsa, bitta gul bir bahor qadar og’ir bo’ladi.

Bu So’zning Ikkinchi Maqomining To’rtinchi "Allohu Akbar" martabasi oxirgi bandining izohida, Yigirma Ikkinchi So’zda, Yigirmanchi Maktubda va uning ilovasida isbot etilganki: Narsalarning yaratilishi Vohidi Ahaddan deb bilinsa, butun ashyolar bir narsa kabi oson bo’ladi. Agar sabablarga berilsa, bir narsa butun narsalar qadar zahmatli, og’ir bo’ladi.

IKKINCHI MASALA:Allohning qudrati ashyolarning haqiqatiga taalluq etadi. Koinotning oyna kabi ikki yuzi bor. Biri mulk jihati, oynaning rangli tomoniga o’xshaydi. Keyingisi malakutiyat jihati bo’lib, oynaning shaffof tomoniga o’xshaydi. Mulk jihati zidlarning faoliyat joyi. Go’zal-xunuk, xayr-shar, kichik-katta, qiyin-oson kabi ishlarning yuzaga chiqish joyidir. Shuning uchun: Sone'i Zuljalol qudrat qo’li zohiriy aqlga ko’ra past va noloyiq ishlarga shaxsan kirishgani ko’rinmasligi uchun zohiriy sabablarni qudratining tasarruflariga parda qilgan. Chunki buni azamat va izzat taqozo qiladi. Vositalar va sabablarga esa haqiqiy ta'sir bermagan. Chunki buni vahdati ahadiyat taqozo qiladi. Malakutiyat jihati hamma narsada porloq, tozadir. Aniqlanishning ranglari, xunukligi unga aralashmaydi. Bu jihat o’z Xoliqiga vositasiz yuzlangan. Unda sabablarning tartibi, zanjiri yo’q. Unga sababning asosi va bog’liqligi kirmaydi. Egri-bugrisi yo’q. Mone’lar mudohala qila olmaydi. Zarra quyoshga qardosh bo’ladi.

NATIJA:Uning qudrati ham oddiy, ham cheksiz, ham zotiydir. Qudratining taalluqli joyi esa ham vositasiz, ham dog’siz, ham isyonsizdir. Shunday ekan, qudrati doirasida katta-kichikka nisbatan takabburi yo’q. Jamoat bir kishiga nisbatan ustun emas. Butun bo’lakka nisbatan qudratiga ortiqcha nozlana olmaydi.

UCHINCHI MASALA:Uning qudratining nisbati qonuniydir. Ya'ni, ko’pga-ozga, kattaga-kichikka teng. Bu tushunilishi qiyin masalani bir nechta misol bilan aqlga yaqinlashtiramiz.

Koinotda "shaffoflik", "ozaro javob", "muvozanat", "intizom", "mavhumlik", "itoat"lar alohida ish bo’lib ko’pi ozga, kattasi kichikka teng.

Birinchi misol:"Shaffoflik" sirini ko’rsatadi.

Masalan: Quyishning tajalliy fayzi bo’lgan timsoli va aksi dengiz yuzida va xar bir tomchisida ayni mohiyatni ko’rsatadi. Agar Yer Kurrasi quyoshga pardasiz turli shisha bo’laklari tutilsa, uning aksi xar bir bo’lakda va butun zamin yuzida qiyinchiliksiz, bo’linmasdan, nuqsonsiz bir bo’ladi. Agar farazan quyosh yaratuvchi bo’lsa edi va fayzli ziyosini, aksining timsolini irodasi bilan bera olganida, butun zamin yuziga taratgan fayzi bir zarraga bergan fayzdan og’ir bo’lmas edi.

Ikkinchi misol:"O’zaro javob berish" siridir. Masalan:

Jonli kishilar (ya'ni insonlardan) tarkib topgan katta doiraning markaziy nuqtasidagi kishining qo’lida sham va doiradagi kishilarning qo’lida oyna borligi faraz qilinsa, markaziy nuqta qamragan oynalariga bergan fayzi va aks jilvasi qiyinchiliksiz, bo’linmasdan, nuqsonsiz nisbatda ko’rinadi.

Uchinchi misol:"Muvozanat" siridir. Masalan:

Haqiqiy, hassos va juda katta tarozi bo’lsa. Ikki pallasida ikki quyosh, yoki ikki yulduz, yoki ikki tog’, yoki ikki tuxum, yoki ikki zarra, qaysisi bo’lsa bo’lsin, sarf qilinadigan ayni quvvat bilan hassos katta tarozining bir pallasi ko’kka, biri zaminga tushadi.

To’rtinchi misol:"Intizom" siridir. Masalan:

Eng azim kemani eng kichik o’yinchoq kabi aylantirish mumkin bo’ladi.

Beshinchi misol:"Mavhumlik" siridir. Masalan:

Aniqlanmaydigan bir mohiyat butun tafsilotiga eng kichigidan eng kattasiga, kamaytirmasdan, bo’linmasdan bir qaraydi, kiradi. Zohiriy aniqlashlar jihatidagi xususiyatlar aralashsa ham chalkashtirmaydi. U o’ziga xos xususiyatlarning nazarini o’zgartirmaydi. Masalan: Igna kabi bir baliq kit kabi o’ziga xos mohiyatga sohib. Bir mikrob bir karkidon kabi hayvoniy mohiyatni tashiydi.

Oltinchi misol:"Itoat" sirini ko’rsatadi. Masalan: Bir qo’mondon, "Qadam bos" amri bilan bir askarni harakatlantirgani kabi, o’sha buyruq bilan bir qo’shinni ham harakatlantiradi. Bu itoatni ko’rsatgan misol sirining haqiqati shuki: Koinotda, tajribalar asosida hamma narsaning mukammallik nuqtasi bor. U narsaning o’sha nuqtaga mayli bor. Haddan ortiq mayl ehtiyoj bo’ladi. Haddan ortiq ehtiyoj ishtiyoq bo’ladi. Haddan ortiq ishtiyoq tortishish bo’ladi va tortishish, ishtiyoq, ehtiyoj, mayl - Janobi Haqning koinotga o’rnatgan qonunlarining narsalarning mohiyati tomonidan urug’lari va namuna xususiyatidir. Borligi va yo’qligi Allohning bor qilishiga bog’liq narsalarning mohiyatining mutlaq kamoli, mutlaq vujuddir. Xususiy kamoli iste'dodlarini hisdan amalga chiqargan maxsus bir vujuddir.

Demak, butun koinotning "Kun" amriga itoati bitta askar hisoblangan bir zarraning itoati kabidir. Allohning irodasidan kelgan "Kun" amri azaliyiga maxluqlarning itoati va bo’ysunishida yana irodaning tajalliyi bo’lgan mayl, ehtiyoj, shavq va tortishish birdan, barobar qo’yilgan. Latif suv nozik mayl bilan muzlash amrini olgan payti temirni maydalashi itoat sirining quvvatini ko’rsatadi.

Bu olti misol ham noqis, ham chegaralangan, ham zaif, ham haqiqiy ta'siri bo’lmagan imkon doxilidagi borliqlar quvvatida va ishida shubhasiz ko’rinsa, albatta ham cheksiz, ham azaliy, ham abadiy, ham butun koinotni mutlaq yo’qlikdan ijod qilgan va butun aqllarni hayratda qoldirgan, buyuk ishlari bilan tajalliy etgan Allohning azaliy qudratiga nisbatan shubhasiz hamma narsa tengdir. Hech narsa unga og’ir emas.

E'tiborsiz, bu olti sirning kichik mezonlari bilan u qudrat tortilmaydi va munosabatga kirmaydi. Faqat tushunishga yaqinlashtirish va aqlga sig’dirmaslikni ketkazish uchun zikr etildi.

Uchinchi Asosning Natija va Xulosasi:Modomiki Allohning azaliy qudrati cheksiz, Zoti Aqdasga zaruriy, hamma narsaning dog’siz, pardasiz malakutiyat jihati unga yuzlangan, unga qaragan, ikki tarafning tengligidan iborat bo’lgan imkon e'tibori bilan muvozanatda, buyuk yaratilish qonuni bo’lgan fitrat nizomiga va yaratilish qonunlariga mute, mone’lardan va turli tuman xususiyatlardan malakutiyat jihati pok va sof ekan, albatta eng katta narsa eng kichik narsa kabi Uning qudratiga nozlanmaydi, qarshilik qilmaydi. Shunday ekan hashrda butun ruh sohiblarining tiriltirilishi Uning qudratiga bir chivinning bahorda tiriltirilishidan ko’ra og’irroq bo’lmaydi. Shunday ekan

مَا خَلْقُكُمْ وَلَابَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

farmoni mubolag’asizdir, to’g’ridir, haqdir. Shunday ekan muddaomiz bo’lgan "Yaratuvchi zor qodir, bu jihatda hech qanday mone’ yo’q" qoidasi qat'iy bir suratda isbotlandi.

To’rtinchi Asos

Qiyomat va hashr kerak va hashrni keltiradigan Zot qodir ekan, bu dunyoning qiyomat va hashrga qobiliyati bordir. Bu yerda bo’ladi ma’ nosidagi muddaomizda to’rt masala mavjud:

Birinchisi:Bu dunyo olamining o’lishining mumkinligi.

Ikkinchisi:O’limning amalga oshishi.

Uchinchisi:Harob bo’lgan, o’lgan dunyoning oxirat suratida ta'mirlanishi va tirilishining imkoni borligi.

To’rtinchisi:Mumkin bo’lgan ta'mirlanish va qayta tirilishning sodir bo’lishidir.

Birinchi Masala:Koinotning o’limi mumkin. Chunki bir narsa mukammallashish qonuni ichiga kirsa, unda rivojlanish bor. Rivojlanish va o’sish bo’lsa, unda tabiiy umr bor. Tabiiy umr bo’lsa, tabiiy ajali borligi aniq. Juda keng izlanish va tadqiqotlar bilan aniqlanganki, ashyolar o’zini o’lim panjasidan qutqara olmaydi.

Inson kichik bir olam bo’lib, yiqilishdan qutula olmaydi. Olam ham katta bir insondir, u ham o’limning panjasidan qutula olmaydi. U ham o’ladi, so’ng tiriladi yoki yotib keyin hashr tongida ko’zini ochadi. Yana koinotning kichraytirilgan nusxasi bo’lgan hayot daraxti, buzilish va bo’linishdan o’zini qutqara olmaydi. Xuddi shuning kabi: Yaratilish daraxtidan qismlarga ayrilgan koinot silsilasi ta'mir va yangilanish uchun buzilishdan, tarqalishdan o’zini qutqara olmaydi. "Agar dunyoning tabiiy ajalidan avval Alloh irodasining izni bilan unga tashqi xastalik yoki buzg’unchi hodisa kelmasa va uning Sone'i Hakimi tabiiy ajaldan avval uni buzmasa, xar holda, hatto fanniy bir hisob bilan bir kun keladiki:

اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ٭ وَاِذَا النُّجُومُ انْكَدَرَتْ ٭ وَاِذَا الْجِبَالُ سُيِّرَتْ

اِذَا السَّمَآءُ انْفَطَرَتْ ٭ وَاِذَا الْكَوَاكِبُ انْتَثَرَتْ ٭ وَاِذَا الْبِحَارُ فُجِّرَتْ

ma'nolari va sirlari Qodiyri Azaliyning izni bilan amalga oshib, dunyo bo’lgan katta insonning sakaroti boshlanib, ajib xirillash va daxshatli ovoz bilan fazoni jaranglatib to’ldiradi, baqirib o’ladi. So’ng Ilohiy amr bilan tiriladi.

NOZIK RAMZLI BIR MASALA

Suv o’z zarari uchun muzlaydi. Muz muzning zarariga eriydi. Mag’z po’stning zarariga quvvatlashadi. Lafz ma'noning zarariga qalinlashadi. Ruh jasad hisobiga zaiflashadi. Jasad ruh hisobiga mayinlashadi. Xuddi shuning kabi: Nursiz olam hisoblangan dunyo, latif oxirat olami uchun hayot mashinasining ishlashi orqali shaffoflashadi, latiflashadi. Yaratuvchi Qudrat o’ta hayrat beradigan faoliyat bilan nursiz, o’lik, so’ngan, o’lgan jihozlarga hayot nurini sepishi qudratining ramzi bo’lib, nurli olam hisobiga ushbu nursiz olamni hayot nuri bilan eritadi, yondiradi, yoritadi, haqiqatini quvvatlaydi. Ha, haqiqat naqadar zaif bo’lsa ham o’lmaydi, surat kabi yo’q bo’lmaydi. Balki moddalashib, suratlarda sayru safar qiladi. Haqiqat kattalashadi, rivojlanadi, tobora kengayadi. Po’st va surat esa eskiradi, mayinlashadi, bo’linadi. Sobit va o’sgan haqiqatning qomatiga yarashish uchun yanada go’zal holda yangilanadi. Ko’payish va kamayish nuqtasida haqiqat bilan surat teskari mutanosibdirlar. Ya'ni: Surat qalinlashganda, haqiqat mayinlashadi. Surat mayinlashishishi nisbatida haqiqat quvvat topadi. Demak , shu qonun rivojlanish qonuniga kirgan butun ashyolarni o’z ichiga oladi. Demak, xar holda bir kun keladiki: Koinot eng buyuk haqiqatining po’st va surati bo’lgan shahodat olami, Fotiri Zuljalolning izni bilan parchalanadi. So’ng yanada go’zal suratda yangilanadi. يَوْمَ تُبَدَّلُ الْاَرْضُ غَيْرَ الْاَرْضِ oyatining siri amalga oshadi.

Natija:Dunyoning o’limi mumkin, ham hech shubhasiz mumkin.

Ikkinchi Masala:Dunyo o’limining sodir bo’lishi. Bu masalaga, butun Samoviy dinlarning ijmo'si, butun salim fitratlarning shahodati va koinotning barcha o’zgarish, almashinish va buzilishlarining ishorasi dalil bo’ladi. Asrlar, yillar adadicha jonli mavjudot dunyolarining va sayyor olamlarning dunyo musofirxonasida o’limlari orqali asl dunyoning ham ular kabi o’lishiga shahodatlaridir.

Dunyoning sakarotini Qur'on oyatlari ishora qilgan suratda faraz qilishni istasang, qara: Koinotning jihozlari nozik, yuksak nizom bilan bir-biriga bog’langan. Yashirin, nozik, latif bog’ bilan bog’langan va shu daraja intizom ichidaki, agar osmon jismlaridan bitta jism "Kun" amriga yoki "O’qingdan chiq" xitobiga sazovor bo’lsa dunyoning sakaroti boshlanadi. Yulduzlar to’qnashadi, jismlar chayqaladi, cheksiz olam fazosida millionlab jismlarni to’p kabi katta zambarak o’qlari mudhish sadolari kabi faryodni boshlaydi. Bir-biriga to’qnashib, uchqunlar sochib, tog’lar uchib, dengizlar yonib yer yuzi tekislanadi. Demak, o’lim va sakarot bilan Qodiyri Azaliy koinotni chayqaydi, koinotni tozalab, Jahannam va Jahannamga munosib bo’lganlar bir tomonga, Jannat va Jannatga munosiblar boshqa tomonga ajraladi, oxirat olami yuzaga chiqadi.

Uchinchi Masala:O’ladigan olamning tirilishi mumkin. Chunki Ikkinchi Asosda isbotlangani kabi, qudratda nuqson yo’q. Zarurat esa juda quvvatli. Masala esa Allohning istagiga bog’liq bo’lgan narsalardandir. Mumkin masalaning juda kuchli zarurati bo’lsa, yaratuvchining qudratida kamchilik bo’lmasa, unga mumkin emas, balki sodir bo’lgan suratida qaraladi.

RAMZLI BIR HIKMAT

Koinotga e'tibor berilsa ko’rinadiki: Ichida hamma tarafga uzangan, ildiz otgan ikki unsur bor. Xayr-shar, go’zal-xunuk, foyda-zarar, kamol-nuqson, ziyo-zulmat, hidoyat-zalolat, nur-olov, iymon-kufr, toat-isyon, xavf-muhabbat kabi belgilari bilan, mevalari bilan koinotda zidlar bir-biri bilan to’qnashadi. Doim o’zgarish va almashishib turadu. Boshqa bir olam mahsulotining peshtaxtasi bo’lib charxlari aylanadi. Albatta ikki unsurning bir-biriga zid shoxlari va natijalari abadga boradi, yig’ilib bir-biridan ayriladi. O’shanda Jannat-Jahannam suratida yuzaga chiqadi. Modomiki boqiy olam bu foniy olamdan yaratilar elan, albatta asosiy unsurlari baqoga va abadga ketadi.

Ha, Jannat-Jahannam yaratilish daraxtidan abad tomon uzanib ketgan shoxining ikki mevasi, koinot silsilasining ikki natijasidir, bu faoliyat sayrining ikki xazinasidir, abadga qarab yo’nalgan va chayqangan mavjudotning ikki hovuzidir, lutf va qahrning ikki tajalliy qiladigan joyi bo’lib, qudrat qo’li shiddatli harakat bilan koinotni chayqagan payti ikki hovuz munosib moddalar bilan to’ladi.

Bu Ramzli Hikmatning siri quyidagicha:

Hakiymi Azaliy bardavom inoyati va azaliy hikmatning taqozosi bilan dunyoni tajribaga joy, imtihonga maydon, Asmoyi Husnasiga oyna, qadar qalami va qudratiga sahifa bo’lish uchun yaratgan. Tajriba va imtihon esa o’sishga sabab. O’sish esa iste'dolarning rivojlanishiga sabab. Rivojanish esa qobiliyatlarning yuzaga chiqishiga sabab. Qobiliyatlarning yuzaga chiqishi esa nisbiy haqiqatlarning ko’rinishiga sabab. Nisbiy haqiqatlarning ko’rinishi esa Sone'i Zuljalolning Asmoyi Husnasining naqshlarining tajalliylarini ko’rsatishiga va koinotni Samadoniy maktublarga aylantirishiga sababdir. Demak, bu imtihon siri va taklif siri sababli oliy ruhlarning olmos kabi javharlari xabis-yomon ruhlarning ko’mir kabi moddalaridan tozalanadi, ayriladi.

Bu mazkur sirlar kabi yana biz bilmagan ko’p nozik, oliy hikmatlar uchun olamni bu suratda iroda qilgan uchun uning almashish va o’zgarishini ham o’sha hikmatlar uchun iroda qildi. Almashish va o’zgarish uchun zidlarni bir-biriga xikmat bilan aralashtirdi va qarama-qarsi keltirdi. Zararlarni manfaatlarga qo’shib, yomonliklarni yaxshiliklarga dohil qildi, go’zalliklar bilan jamlab, xamir kabi qorib, koinotni almashish va o’zgarish qonuniga, boshqaga aylanish va komillashish dasturiga tobe’ qildi.

Qachon imtihon maydoni yopilsa,

tajriba vaqti tugasa,

Asmoyi Husna hukmini ijro qilsa,

qadar qalami maktublarini to’liq yozsa,

qudrat san'at naqshlarini bitirsa,

mavjudot vazifalarini ado etsa,

maxluqot xizmatlarini tugatsa,

hamma narsa ma'nosini ifodalasa,

dunyo oxirat urug’larini yetishtirsa,

zamin Sone'i Qodiyrning butun qudrat mo’'jizalarini, umum san'at g’aroyibotlarini namoyon qilib ko’rsatsa,

bu foniy olam bardavom manzaralarni tashkil qilgan lavhalarni zamon arqoniga taqsa,

Sone'i Zuljalolning bardavom hikmati va azaliy inoyati imtihon natijalarini,

tajribaning natijalarini,

Asmoyi Husnaning tajalliylarining haqiqatlarini,

qadar qalami maktublarining haqiqatlarini,

namuna-misol san'at naqshlarining asllarini,

mavjudot vazifalarining foydalarini, g’oyalarini,

maxluqot xizmatlarining haqlarini va koinot kitobi kalimalarining ifodalagan ma'nolarining haqiqatlarini,

iste'dod urug’larining unishini,

bir buyuk mahkamaning ochishini,

dunyodan olingan misoliy manzaralarni ko’rsatishini,

zohiriy sabablarning pardasini yirtishini va hamma narsa to’g’ridan-to’g’riga Xoliqi Zuljaloliga taslim etishi kabi haqiqatlarni taqozo qilsa va mazkur haqiqatlarni taqozo etgani uchun, koinotni almashinish,

fano qiy-chuvlaridan, o’zgarish va zavoldan qutqarish va abadiylashtirish uchun zidlarning soflashishini istasa,

almashinishning sabablarini va ixtiloflarning moddalarini bir-biridan ayirmoq istasa,

albattaqiyomatni keltiradiva o’sha natijalar uchun soflashtiradi.

Demak, soflashtirish natijasida Jahannam abadiy va dahshatli bir surat olib, toifalari

وَامْتَازُوا الْيَوْمَ اَيُّهَا الْمُجْرِمُونَ

tahdidiga sazovor bo’ladi. Jannat abadiy, hashamatli surat kiyib ahl va do’stlari

سَلَامٌ عَلَيْكُمْ طِبْتُمْ فَادْخُلُوهَا خَالِدِينَ

xitobiga sazovor bo’ladi. Yigirma Sakkizinchi So’zning Birinchi Maqomining Ikkinchi Savolida isbot etilgani kabi, Hakiymi Azaliy bu ikki uyning yashovchilariga mukammal qudrati bilan abadiy va sobit vujud beradi. Hech bo’linish, o’zgarish, qarilikka va inqirozga uchramaydi. Chunki inqirozga sabab bo’lgan o’zgarishning sabablari topilmaydi.

To’rtinchi Masala:Borligi va yo’qligi ikmon ichida bo’lgan narsa sodir bo’ladi. Dunyo o’lgandan so’ng oxirat bo’lib tiriladi. Dunyo xarob qilingandan so’ng, dunyoni yaratgan Zot yana go’zalroq suratda ta'mirlaydi, oxiratning bir manzili qiladi. Bunga dalil boshda Qur'oni Karim minglab aqliy burhonlarni ichiga olgan umum oyatlari bilan va butun Samoviy Kitoblar bunda ittifoqda bo’lgani kabi, Zoti Zuljalolning jaloliy va jamoliy vasflari, Asmoyi Husnasi bo’lishiga qat'iy suratda dalolat qiladi. Payg’ambarlarga yuborgan butun samoviy farmonlari bilan qiyomatni va hashrning ijodini va'da bergan.

Xullas, modomiki va'da bergan ekan, albatta qiladi. O’ninchi So’zning Sakkizinchi Haqiqatiga murojaat qil. Boshda Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning ming mo’'jizalarining quvvati bilan, butun anbiyo va mursalin, avliyo va siddiqiynlar sodir bo’lishida ittifoq bilan xabar berganlar. Shuning kabi koinot butun qonunlari bilan sodir bo’lishini xabar beradi.

Natija:O’ninchi So’z butun haqiqatlari bilan, Yigirma Sakkizinchi So’z Ikkinchi Maqomida Lasiyyamalardagi butun burhonlari bilan, botgan quyoshning tongda yangidan chiqishi darajasidagi qat'iyat bilan ko’rsatganki: Dunyoviy hayotning botishidan so’ng haqiqat quyoshi uxroviy hayot suratida chiqadi.

Demak, boshdan bu yergacha bayonlarimiz Hakiym Ismidan yordam va Qur'on fayzidan istifoda suratida - qalbni qabulga, nafsni taslimga, aqlni ishontirishga tayyorlash uchun "To’rt Asos" aytdik. Lekin biz kim bo’libmizki, bunga doir so’z aytsak. Asl bu dunyoning Sohibi, koinotning Xoliqi, mavjudotning Maliki nima deyapti, uni tinglashimiz kerak. Mulk sohibi so’z so’ylar ekan boshqalarning nima haddi borki, ortiqcha aralashsin...

Sone'i Hakiym dunyo masjidida va yer maktabida asrlar orqasida o’tirgan toifalarning barcha saflariga xitoban aytgan azaliy xutbasida koinotni zilzilaga solgan

اِذَا زُلْزِلَتِ الْاَرْضُ زِلْزَالَهَا ٭ وَاَخْرَجَتِ الْاَرْضُ اَثْقَالَهَا ٭ وَقَالَ الْاِنْسَانُ مَالَهَا ٭ يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ اَخْبَارَهَا ٭ بِاَنَّ رَبَّكَ اَوْحٰى لَهَا ٭ يَوْمَئِذٍ يَصْدُرُ النَّاسُ اَشْتَاتًا لِيُرَوْا اَعْمَالَهُمْ ٭ فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ ٭ وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَاهُ

va butun maxluqotlarni harakatlantirgan, shavqqa keltirgan

وَبَشِّرِ الَّذِينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هٰذَا الَّذِى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَآ اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَاخَالِدُونَ

kabi minglab farmonlarni Malikul Mulkdan, dunyo va oxirat Sohibidan tinglashimiz kerak. "Amanna va Soddaqna" deyishimiz kerak.

سُبْحَانَكَ لَاعِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

رَبَّنَا لَا تُاٰخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَاْنَا

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلٰٓى اٰلِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ كَمَا صَلّيْتَ عَلٰى سَيِّدِنَآ اِبْرٰهِيمَ وَعَلٰٓى اٰلِ سَيِّدِنَا اِبْرٰهِيمَ اِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ

* * *

Koinot Tilsimini Kashf qilgan, Qur'oni Hakimning Muhim Tilsimini Hal qilgan

O’TTIZINCHI SO’Z

"Ana" va "Zarra"dan iborat bir "alif" bir "nuqta"dir.

Bu So’z Ikki Maqsaddan iborat. Birinchi Maqsad "Ana"ning mohiyat va natijasidan, Ikkinchi Maqsad "Zarra"ning harakat va vazifasidan gapiradi.

BIRINCHI MAQSAD

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

اِنَّا عَرَضْنَا الْاَمَانَةَ عَلَى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَالْجِبَالِ فَاَبَيْنَ اَنْ يَحْمِلْنَهَا وَاَشْفَقْنَ مِنْهَا وَحَمَلَهَا الْاِنْسَانُ اِنَّهُ كَانَ ظَلُومًا جَهُولًا

Bu oyatning buyuk xazinasidan bitta javhariga ishora qilamiz. quyidagicha:

Osmon, zamin, tog’lar ko’tarishdan chekingan va qo’rqqanomonatningko’p jihatlaridan bir donasi, bir jihati ana,menlikdir. Ha, menlik Hz.Odam (A.S.) zamonidan hozirgacha insoniyat olamining atrofiga shox-shoda solgan nuroniy tubo daraxti bilan daxshatli zaqqum daraxtining urug’idir. Bu azim haqiqatga kirishdan avval uning tushunilishini osonlashtiradigan quyida bir muqaddima bayon qilamiz:

Ana- maxfiy xazinalar bo’lgan Alloh ismlarining kaliti bo’lgani kabi, koinotning tushinilishi qiyin tilsimining ham kaliti bo’lib, bir tushunilishi qiyin muammo, hayrat beradigan tilsimdir.

"Men"ning mohiyatining bilinishi orqali ushbu g’arib muammo, ajib tilsim bo’lgan anaochiladi va koinot tilsimini va Allohning zot, sifat va Asmosini ifodalagan olamining xazinalarini ham ochadi. Bu masalaga doir "Shamma" nomli bir arabcha risolamda quyidagicha yozganman: Olamning kaliti insonning qo’lidadir va nafsiga taqilgan. Koinot eshiklari zohiran ochiq ko’rinsada, haqiqatda yopiqdir. Janobi Haq omonat sifatida insonga "ana"nomli shunday bir kalit berganki, olamning butun eshiklarini ochadi va shunday tilsimli bir anoniyat-menlik berganki, Xalloqi Koinotning maxfiy xazinalarini u orqali kashf qiladi. Faqat ananingo’zi ham juda mushkul muammo va ochilishi qiyin bir tilsimdir. Agar uning haqiqiy mohiyati va yaratilish siri bilinsa, o’zi ochilgani kabi koinot ham ochiladi. U quyidagicha:

Sone'i Hakiym insonning qo’liga omonat sifatida Rablik sifat va muqaddas xususuiyatlarining haqiqatlarini ko’rsatadigan, tanitadigan, ishora va namunalarni jamlagan o’lchov birligi, rububiyat sifatlari va uluhiyat xususiyatlari bilinishi uchun ananibergan. Lekin o’lchov birligi haqiqiy mavjud bo’lishi kerak emas. Balki andozadagi faraziy chiziqlar kabi, faraz va tasavvur bilan o’lchov birligini tashkil qiladi. Ilm va isbotlanish bilan haqiqiy vujudi lozim emas.

Savol:Nima uchun Janobi Haqning sifat va ismlarini bilish anoniyat-menlikka bog’liq?

Javob:Chunki mutlaq va keng narsaning hududi va oxiri bo’lmagani uchun unga bir shakl berilmaydi va ustiga surat chizish va aniqlash uchun hukm qilinmaydi, mohiyati nima ekani tushunilmaydi. Masalan: Doimiy zulmatsiz ziyo bilinmaydi va his etilmaydi. Qachon haqiqiy yoki tasavvurda bir qorong’ilik bilan xat chekilsa, o’shandagina bilinai. Demak, Janobi Haqning ilm va qudrat, Hakiym va Rahiym kabi sifat va ismlari, keng, hududsiz, sheriksiz bo’lgani uchun ularga hukm qilinmaydi, nima ekani bilinmaydi va his qilinmaydi. Shunday ekan haqiqiy so’nggi va chegarasi bo’lmagani uchun, faraziy va tasavvurda bir chegara chizish kerak bo’ladi. Uni esa anoniyat qiladi. O’zida yolg’onchi rububiyat, malikiyat, qudrat, bir ilm tasavvur qilib, chegara chizadi. U bilan keng sifatlarga hayoliy hudud qo’yadi. "Bu yergacha meniki, undan so’ng unikidir" deb, taqsimlaydi. O’zidagi kichik o’lchovlar bilan ularning mohiyatini asta-asta tushunadi. Masalan: Mulk doirasida mavhum rububiyati bilan mumkinot doirasida Xoliqining rububiyatini anglaydi. Zohiriy egaligi bilan Xoliqining haqiqiy malikiyatini tushunadi. "Bu uyga sohib bo’lganim kabi, Xoliq ham bu koinotning sohibi" deydi va juz'iy ilmi bilan uning ilmini fahm qiladi. Egallagan tajribasi bilan Sone'i Zuljalolning san'at yaratishini anglaydi.

Masalan: "Men shu uyni qanday qilgan va tartiblagan bo’lsam, huddi shuning kabi bu dunyo uyini ham bir zot qilgan va tartiblagan" deydi. Va hokazo... Butun Ilohiy sifat va xususiyatlarini bir daraja bildiradigan, ko’rsatadigan minglab sirli holatlar, sifat va hissiyotlar ana-"men"da joylashtirilgan. Demak, anaoyna-misol, o’lchov birligi, kengayish asbobi, harfiy ma'no kabi ma'nosi o’zida bo’lmagan va boshqa zotning ma'nosini ko’rsatgan, insoniyat vujudining qalin ipidan idrokli bir sim, bashariyat mohiyatining ko’ylagidan mayin bir ip va yo’qlikka oid kitobidan bir alif bo’lib, alifning "ikki yuzi" bor. Biri xayrga va vujudga qaraydi. U yuzi faqat fayzga qobil. Berganni qabul qiladi, o’zi ijod qila olmaydi. Bu jihatda yaratuvchi emas, qo’li ijod qilishga qisqa.

Keyingi yuzi esa yomonlikka qaraydi va yo’qlikka ketadi. Bu yuzida u qiluvchi, amal sohibidir. Uning mohiyati harfiyadir, ya’ni boshqa zotning ma'nosini ko’rsatadi. Rububiyati hayoliydir. Vujudi shu qadar zaif va nozikki, shaxsan o’zida hech narsaga chiday olmaydi va bo’yniga ola olmaydi. Balki ashyolarning darajalari va miqdorlarini bildirgan issiqlik harorati va havoning o’lchanishi kabi mezonlardan bir mezon bo’lib, Vojib-ul Vujudning mutlaq, keng va hududsiz sifatini bildiradigan bir mezondir.

Mohiyatini shu tarzda bilgan va anglagan va unga ko’ra harakat qilgan inson قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّٰيهَا bashoratiga doxil bo’ladi. Omonatni loyig’idek ado etadi va ana-"men"ningdurbini bilan koinot nima ekanini va qanday vazifa bajarishini ko’radi. Tashqi ma'lumot nafsga kelgan payti, anadabir tasdiqlovchi ko’radi. U ilmlar nur va hikmat bo’lib qoladi. Zulmat va g’oyasizlikka aylanmaydi. Qachonki anao’z vazifasini bu suratda ifoda qilsa, o’lchov birligi bo’lgan mavhum rububiyatini va faraziy sohibligini tark etadi.

لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَلَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

deydi.

Haqiqiy qulligining kiyimini kiyar. "Ahsani taqvim" maqomiga chiqadi.

Agar anayaratilish hikmatini unutib, tabiiy vazifasini tark etib, o’ziga ismiy ma'no bilan boqsa, ya’ni o’zini sohib deb e'tiqod qilsa, omonatga xiyonat qiladi, وَقَدْ خَابَ مَنْ دَسّٰيهَا oyatiga dohil bo’ladi.

Butun shirklar, yomonliklar va zalolatlarni vujudga keltirgan anoniyat-menlikning bu jihatidan, osmonlar, yer va tog’lar daxshatga tushgan, faraziy shirkdan qo’rqqan. Ha, ana-men nozik bir alif, tor, faraziy bir xat hisoblanadi. Agar mohiyati bilinmasa, yashinish tuprog’i ostida ko’karadi, tobora qalinlashadi. Inson vujudining hamma tomoniga yoyiladi. Katta ajdarho kabi inson vujudini yutadi. Inson butun tuyg’ulari bilan xuddiki ana-men bo’ladi.

So’ng sinfning menligi va jinsi va millatiga bo’lgan bog’liqlik jihati bilan menligiga kuch berib, anatarafdorlarning anoniyatiga tayanib, shayton kabi Sone'i Zuljalolning amrlariga qarshi kurashga chiqadi. So’ng nafsini qiyoslash orqali hammani, hatto hamma narsani o’ziga qiyos qilib, Janobi Haqning mulkini ularga va sabablarga taqsimlaydi. Juda azim shirkka tushar. اِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌ ma'nosini ko’rsatadi.

Davlat molidan qirq so’mni o’g’irlagan odam do’stlariga yuz so’mdan o’g’irlashini qo’llab-quvvatlaydi. Xuddi shuning kabi "O’zimga egaman" degan odam, "Hamma narsa o’ziga sohib", deyishga va e'tiqod qilishga majbur.

Demak, ana-men bu xoinona vaziyatda ekan, mutlaq jaholatdadir. Minglab fanlarni bilsada, bilmasligini bilmagan kimsaning johilligi holatidadir. Chunki tuyg’ulari, fikrlari koinotning ma'rifat nurlarini keltirgan payti, nafsida uni tasdiqlaydigan, nurlantiradigan va davom ettiradigan modda topmagani uchun so’nadi. Kelgan hamma narsa nafsidagi ranglar bilan bo’yaladi. Hikmatning o’zi kelsa, nafsida mutlaq g’oyasizlik suratini oladi. Chunki bu holdagi ananingrangi shirk va iymonsizlikdir, Allohni inkor qilishdir. Butun koinot porloq oyatlar bilan to’lsa ham, "men"dagiqorong’i bir nuqta ularni o’sha qarash orqali so’ndiradi, ko’rsatmaydi. O’n Birinchi So’zda inson mohiyatining va inson mohiyatidagi menlikning harfiy ma'no jihatida qanchalik xassos mezon, to’g’ri miqyos va keng mundarija, mukammal xarita va qamrovli oyna, koinotda go’zal bir taqvim, ro’znoma ekanini o’ta qat'iy suratda izoh etilgan. Unga murojaat etilsin. O’sha So’zdagi tafsilotga binoan qisqa qilib, muqaddimaga nihoyat berdik. Agar muqaddimani tushungan bo’lsang kel, haqiqatga kiramiz.

Qara: Insoniyat olamida Hz. Odam (A.S.) zamonidan hozirga qadar ikki azim jarayon, ikki fikrlar silsilasi hamma tarafda va insoniyatning xar tabaqasida shox-shoda solgan, ikki buyuk silsila hisoblanadi. Biri nubuvvat va diyonat silsilasi, keyingisi, falsafa va hikmat silsilasi, kelib ketyapti. Qachon bu ikki silsila birlashgan va ittihod etgan bo’lsa, ya'ni falsafa silsilasi diyonat silsilasiga qo’shilib itoat qilib xizmat etgan bo’lsa, insoniyat olamining ijtimoiy hayoti porloq saodatda o’tgan. Qachon boshqa-boshqa yo’ldan ketgan bo’lsa, butun yaxshilik va nur - nubuvvat va diyonat silsilasi atrofiga to’plangan, yomonlik va zalolatlar falsafa silsilasining atrofiga jamlangan. Biz bu ikki silsilaning ildizlarini, asoslarini topishimiz kerak.

Diyonat silsilasiga itoat qilmagan falsafa silsilasi - zaqqum daraxti suratini olib, atrofiga shirk va zalolat zulmatini tarqatadi. Hatto aql tuyg’usi shoxida Dahriyyun, Moddiyun, Tabiiyun mevalarini inson aqliga bergan. G’azab tuyg’usi shoxida Namrudlarni, Fir'avnlarni, Shaddodlarni {(Izoh) Ha, Namrudlarni, Fir'avnlarni yetishtirgan va onalik qilib emizgan, eski Misr va Bobilning yo sehr darajasiga chiqqan yoki xususiy bo’lgani uchun atrofida sehr deb o’ylangan eski falsafasi bo’lgan. Shuning kabi tabiat falsafasi botqoqligi Yunonlar boshiga eski ilohlarni joylashtirgan va sanamlarni vujudga keltirgan. Tabiat pardasi bilan Allohning nurini ko’rmagan inson hamma narsa iloh deb, o’z boshiga og’dirar.} inson boshiga otgan. Hayvoniy shahvat tuyg’usi shoxida botil ilohlarni, sanamlarni va ilohlik da'vo qilganlarni samara bergan, yetishtirgan.

Zaqqum daraxtining ildizi bilan nubuvvat silsilasining, qullik tubo daraxti hukmida bo’lgan silsilaning Yer Kurrasinning bog’ida muborak shoxlari bor. Aql tuyg’usi shoxida - anbiyo va mursalin, avliyo va siddiqiyn mevalarini yetishtirgani kabi, zararli narsalarni daf qilgan tuyg’u shoxida odil sud’yalarni, malak kabi hukmdorlar mevasini bergan. Foydali narsalarni tortgan tuyg’u shoxida axloq go’zalligi, ma’sum surat go’zalligi, saxovat, xotamtoylar mevasini yetishtirgan. Inson bu koinotning eng mukammal bir mevasi ekanini ko’rsatgan o’sha daraxtning ildizi bilan birga ana-"men"ning ikki jihatida mavjud. Ikki daraxtga ildiz va manba’, asosli urug’ sifatida quyida ananingikki jihatini bayon qilamiz:

Ana-"men"ning bir jihatini nubuvvat tutgan, keying jihatini falsafa tutib kelmoqda.

Nubuvvat tomonidagi birinchi jihat:Nuqsonsiz qullikning asosidir. Ya'ni, "men"o’zini qul deb biladi. Boshqaga xizmat qiladi deb anglaydi. Mohiyati harfiy, ya’ni yakka o’zi ma’nosi yo’q, boshqasining ma’nosini ko’rsatadi. Ya'ni, boshqasining ma'nosini tashiydi deb tushunadi. Vujudi boshqa narsaga tobe' hisoblanadi. Ya'ni boshqa bir zotning vujudi bilan qoim va ijodi bilan sobitdir deb e'tiqod qiladi. Sohibligi faraziydir. Ya'ni, o’z sohibining izni bilan yuzaki, vaqtinchalik egaligi bor deb bilar. Haqiqati soyali. Ya'ni, haq va vojib bir haqiqatning jilvasini ko’targan mumkin va miskin soyadir. Vazifasi esa o’z Xoliqining sifat va xususiyatlarga miqyos va mezon bo’lib, idrokli xizmatdir.

Anbiyolar va ularning silsilasidagi asfiyo va avliyolar ana-mengaquyidagi jihat bilan qaraganlar, shunday ko’rganlar, haqiqatni anglaganlar. Butun mulkni Malikul Mulkka taslim qilishgan va xulosa chiqarishganki:

Maliki Zuljalolning na mulkida, na rububiyatida, na uluhiyatida sherik va o’xshashi yo’q. Yo’rdamchi va vazirga muhtoj emas, hamma narsaning kaliti uning qo’lidadir, hamma narsaga Qodiyri Mutlaqdir. Sabablar zohiriy bir pardadir, tabiat Allohning yaratilishga o’rnatgan va butun borliqlar unga tobe' bo’lgan qonun-qoidalarining majmuasi va qudratining jadvalidir.

Bu porloq nuroniy go’zal yuz tirik va ma'nodor urug’ hisobiga o’tgan. Xoliqi Zuljalol qullik tubo daraxtini undan yaratganki, uning muborak shoxlari insoniyat olamining hamma tomonini nuroniy mevalar bilan bezagan. O’tgan zamonidagi butun zulmatlarni tarqatib, uzun moziy, falsafa ko’rgani kabi katta mozor, yo’qlik emasligini, balki istiqbolga va abadiy saodatga hatlash uchun o’lgan ruhlarga nurlanish joyi, turli zinapoyali nurli me'roj, og’ir yuklarini tashlagan, ozod bo’lgan va dunyodan ko’chib ketgan ruhlarning nuroniy makoni va bir bo’stoni ekanini ko’rsatadi.

Ikkinchi jihat esa:Falsafa tutgan jihat. Falsafa ana-"men"ga ismiy ma'no bilan qaraydi. Ya'ni o’z o’ziga dalolat qiladi deb aytadi. Ma'nosi o’zida, o’zi uchun ishlaydi deb hukm qiladi. Asliy vujudi, zotiy deb qabul qialdi. Ya'ni zotida shaxsan vujudi bor, deb aytar. Yashash haqqi bor, qo’li yetgan doirada haqiqiy sohib degan botil aqidadadir. Uni sobit bir haqiqat deb tushundai. Vazifasini, o’zini sevganidan kelib chiqqan rivojlanish deb biladi va hokazo... Yo’lini ko’p buzuq asoslarga bino qilgan. Asoslar esa naqadar asossiz va chirikligini boshqa risolalarimizda, xususan So’zlarda, boxusus O’n Ikkinchi va Yigirma Beshinchi So’zlarda qat'iy isbotlaganmiz. Xatto falsafa silsilasining eng mukammal a’zolari va silsila dohiylari bo’lgan Aflotun va Aristotel, Ibn Sino va Farobiy kabi odamlar: "Insoniyatning eng yuksak g’oyasi "Hudoga o’xshash" deyishgan. Ya'ni Vojib-ul Vujudga o’xshash, deb fir'avunlarcha xulosa chiqarib, menlikni qamchilab shirk daralarida erkin yugurtirib sababparast, sanamparast, tabiatparast, yulduzparast kabi ko’p shirk toifalariga maydon ochishgan. Insoniyatning asosida joylashtirilgan ojizlik va zaiflik, faqirlik va ehtiyoj, kamchilik va nuqson eshiklarini yopib, qullikning yo’lini to’sishgan. Tabiatga botib, shirkdan to’liq chiqa olmasdan, shukrning keng eshigini topa olishmagan.

Nubuvvat esa:Insoniyatning g’oya va maqsadi, insonlik vazifasi Ilohiy axloq va go’zal xislatlar bilan axloqlanish bilan barobar, ojizligini bilib Allohning qudratiga iltijo qilib, zaifligini ko’rib Ilohiy quvvatga tayanish, faqirligini ko’rib Allohning rahmatiga suyanish, ehtiyojini ko’rib Janobi Haqning boyliklaridan madad tilash, kamchiligini ko’rib Janobi Haqning afviga istig’for aytish, noqisligini ko’rib Ilohiy mukammallikka tasbehxon bo’lish deb, qulik qilib hukm qilganlar.

Diyonatga itoat qilmagan falsafaning yo’lni yo’qotgani sabab, tizginini ana-"men"qo’liga olgan, zalolatning xar turiga kirgan. Bu jihatdagi ananingboshida bir zaqqum daraxti unib, insoniyat olamining yarmidan ortig’ini qoplagan.

O’sha daraxtninghayvoniy shahvat tuyg’usishoxida insonning e'tiboriga havola qilgan mevalari - sanamlar va botil ilohlardir. Chunki falsafaning asosida quvvat yotadi. Hatto "Al hukmu lil g’olib" dasturi bor. "G’alaba qilgan kimsada kuch bor. Quvvatda haq bor." deydi. {(Izoh1) Nubuvvat dasturi "Quvvat haqda, haq quvvatda emas" deydi, zulmni to’xtatadi, adolatni ta'minlaydi.} Zulmni ma'nan olqishlagan, natijada zolimlarni jasoratlantirgan va jabborlarni ilohlik da'vosiga chorlagan. Yaratilishdagi go’zallikni va naqshdagi husnni yaratilganniki va naqshniki, Sone' va Naqqoshdan boshqa deb, muqaddas jamolining jilvasiga nisbat qilmay, "Qanday go’zal qilingan" deyish o’rniga "Qanday ham go’zal" deydi. Mahliyo bo’lishga loyiq sanamga aylanatiradi. Hammaga sotilgan soxta, xudbin, ko’z-ko’z qilinadigan, riyokor bir husnni yoqtirgani uchun riyokorlarni olqishlagan, sanamga o’xshagan narsalarni o’z qullariga ibodat qilinadigan narsa {(Izoh2) Ya'ni u sanamga ox’shagan narsalar unga mahliyo bo’lganalrning hoy havaslariga yaxshi ko’rinish va sevgisini qozonish uchun riyokorlik bilan ibodat qilishadi.} qilgandir.

G’azab tuyg’usishoxida bechora basharning boshida kichik-katta Namrudlar, Fir'avnlar, Shaddodlar mevalarini yetishtirgan. Aql tuyg’usi shoxida insoniyat olamining miyasiga dahriylar, moddaparastlar, tabiatparastlar kabi mevalarni bergan, insonning miyasini ming bo’lakka bo’lgan.

Endi bu haqiqatni oydinlatish uchun falsafa yo’lining buzuq asoslaridan kelib chiqqan natijalari bilan, nubuvvat silsilasining sodiq asoslaridan tavallud etgan natijalarining minglab qiyoslanishidan namuna sifatida uch-to’rt misol zikr qilamiz.

Masalan: Nubuvvatning shaxsiy hayotdagi dasturining natijalaridan تَخَلَّقُوا بِاَخْلَاقِ اللهِ qoidasi asosida "Ilohiy axloq bilan vasflangan, Janobi Haqqa kamtarona yuzlanib ojizlik, faqirlik, nuqsonli ekaningizni bilib dargohiga qul bo’ling" dasturi qayerda? Falsafaning "Hudoga o’xshash", ya’ni komillashish insoniyatning maqsadida "Vojib-ul Vujudga o’xshashlikka harakat qiling" degan xudbin dasturi qayerda?! Ha, nihoyatsiz ojizlik, zaiflik, faqirlik, ehtiyoj bilan aralashgan inson mohiyati qayerda? Nihoyatsiz qodir, quvvatli, boy va ehtiyojsiz bo’lgan Vojib-ul Vujudning mohiyati qayerda?..

Ikkinchi Misol:Nubuvvatning ijtimoiy hayotdagi dasturining natijalaridan, quyosh va oy nabotot va hayvonotga yordami, hayvonot insonga yordami, hatto taom zarralari badan hujayralariga yordamlashish va ko’maklashish dasturi, karam qonuni, ikrom odati qayerda-yu? Falsafaning ijtimoiy hayotdagi dasturlaridan va faqat bir qancha zolim va jonivor insonlarning, vahshiy hayvonlarning tabiatini suiiste'mol qilishdan kelib chiqqan "kurash dasturi" qayerda?! Ha, kurash dasturini shu qadar asosli va kulliy qabul qilishganki, "Hayot kurashdan iborat" deb, ablahcha xulosa qilishgan.

Uchinchi Misol:Nubuvvatning Allohning birligi haqidagi oliy natijalaridan va yuksak dasturlaridan

اَلْوَاحِدُ لَا يَصْدُرُ اِلَّا عَنِ الْوَاحِدِ

ya'ni "Xar qanday birligi bo’lgan narsa faqat bir zotdan kelib chiqadi. Modomiki hamma narsada va butun ashyolarda birlik bor ekan, demak bitta Zotning ijodidir" degan tavhid dasturi qayerda-yu? Eski falsafaning e'tiqod dasturidan bo’lgan

اَلْوَاحِدُ لَا يَصْدُرُ عَنْهُ اِلَّا الْوَاحِدُ

"Bir zotdan bir narsa sodir bo’ladi", ya'ni "Bir zotdan faqat bitta narsa sodir bo’ladi. Boshqa narsalar undan vositalar orqali sodir bo’ladi" deb, G’aniyi alal Itloq va Qodiyri Mutlaqni ojiz vositalarga muhtoj ko’rsatib, butun sabablar va vositalarni rububiyatda bir jihatda sherik deb, Xoliqi Zuljalolni "Aqli avval" deb bir maxluqqa o’xshatib, huddi mulkini sabablarga va vositalarga taqsimlab katta shirkka yo’l ochgan shirk aralash va zalolat yo’lini tanlagan falsafaning dasturi qayerda?!

Faylasuflarning yuksak qismi bo’lgan Ishrokiyun bunday xato qilsa, moddaparasat, tabiatparast kabi past sinflar naqadar xato qilishlarini qiyos qil.

To’rtinchi Misol:Nubuvvatning hikmatli dasturidan

وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

siri asosida, "Hamma narsaning, xar jonzotning bir natijasi va hikmati o’ziga oid bo’lsa, minglab Sone'iga oid, minglab hikmatlari Fotiriga qaraydi. Xar bir narsaning, hatto bir mevaning, bir daraxtning mevalari sanog’icha hikmatlari, natijalari bor"ligi haqiqati bo’lgan hikmat dasturi qayerda-yu? Falsafaning "Xar bir jonzotning natijasi o’ziga qaraydi yoki insonning manfaatiga oid" degan katta bir tog’ kabi daraxtga bug’doydek meva, natija taqish kabi juda ma'nosiz maqsadsiz deb ko’rgan hikmatsiz xunuku maqsadlar dasturlari qayerda?!

Bu haqiqat O’ninchi So’zning O’ninchi Haqiqatida bir daraja ko’rsatilgani uchun tugatdik. Bu to’rt misolga minglab misolni qiyos qil. "Lama’at" nomli bir risolada bir qismiga ishora qilganmiz.

Falsafaning bu buzuq asoslaridan va tahlikali natijalari sabab: Islom faylasuflaridan Ibn Sino va Farobiy kabi dohiylar, ko’rinishdagi porloqligiga maftun bo’lib, u yo’lga aldanib, kirishgani bois odiy mo’'min darajasini zo’rg’a qo’lga kiritishgan. Hatto Imom G’azzoliy kabi "Hujjatu-l Islom" ularga o’sha darajani ham bermagan.

Kalom Ilmi olimlarining kuchli olimlaridan bo’lgan Mo’'tazila imomlari, ko’rinishdagi ziynatiga maftun bo’lib, u yo’lga jiddiy kirishib, aqlni hokim deb qabul qilishgani uchun, zo’rg’a fosiq, yangi boshlovchi mo’'min darajasiga chiqa olganlar. Islom adiblarining mashhurlaridan badbinlik bilan tanilgan Abul Aloi Maarri va yetimlarcha yig’lashi bilan vasflangan Umar Xayyom kabilarning o’sha yo’lning nafsi ammorani taltaytirgan zavqi bilan lazzatlangani sababli haqiqat va kamol ahlidan tahqir va takfir tarsakisini yeb, "Adabsizlik qilyapsiz, dinsizlikka kirmoqdasiz, dinsizlarni yetishtiryapsizlar" degan qattiq ogorlantirish orqali adablantirish ta'zirlarini olganlar.

Falsafa yo’lining buzuq asoslaridan yana biri: Ana-"men"ning o’zi havo kabi zaif mohiyati bor. Lekin falsafaning mash’um ko’zi orqali ismiy ma'no jihati bilan qaragani uchun go’yo bug’-misol ana-"men" erib suyuqlashadi, so’ng ko’nikib qolish orqali va moddiyotga mashg’ul bo’lmoq sababli go’yo quyuqlashadi. Keyin g’aflat va inkor bilan o’sha menlik muzlaydi, qattiqlashadi. So’ng isyon bilan xiralashadi, shaffofligini yo’qotado. Bora bora qalinlashib sohibini yutadi. Inson sinfining fikirlari bilan shishadi. So’ng boshqa insonlarni, hatto sabablarni o’zi va nafsiga qiyoslab, ularga (qabul qilmagan va yuz o’girganiga qaramay) fir'avnlik beradi. O’shanda Xoliqi Zuljalolning amrlariga qarshi kurashishga kirishadi. مَنْ يُحْىِ الْعِظَامَ وَهِىَ رَمِيمٌ deydi. Qarshi chiqayotganday Qodiyri Mutlaqni ojizlik bilan ayblaydi. Hatto Xoliqi Zuljalolning vasflariga aralashadi. To’g’ri kelmaganlarni va nafsi ammoraning fir'avnligining tabiga o’tirmaganlarni yo rad qiladi, yo inkor qiladi, yoki buzadi.

Jumladan:

Falsafaning bir toifasi Janobi Haqqa "irodasi bilan emas borligi taqozosida hamma narsani qilishga majbur bo’lgan" deyishgan, ixtiyorini inkor qilganlar. Ixtiyorini isbotlagan butun koinotning cheksiz shahodatlarini yolg’onga chiqarishgan. Subhanalloh! Koinotda zarradan quyoshgacha butun mavjudot yuzaga chiqishi bilan, intizomlari bilan, hikmatlari bilan, mezonlari bilan Sone'ning ixtiyorini ko’rsatganiga qaramay, ko’r bo’lgur falsafaning ko’zi ko’rmaydi. Yana bir qism faylasuflar "Juz'iyotda Allohning ilmi aloqador emas" deb, Alloh ilmining azamatli ihotasini inkor qilib, butun mavjudotning sodiq shahodatlarini rad qilishgan. Falsafa sabablar ta'sir kuchiga ega deb, ijod qilishni tabiatning qo’liga beradi. Yigirma Ikkinchi So’zda qat'iyyan isbotlangani kabi, hamma narsada Xoliqi Kulli Shayga xos, porloq muhrni ko’rmasdan ojiz, o’lik, idroksiz, ko’r va ikki qo’li tasodif va kuch kabi ikki ko’rning qo’lida bo’lgan tabiatni manba’ deb, minglab oliy hikmatlarni ifodalagan va xar biri Samadoniy maktublar hisoblangan mavjudotning bir qismini undan deb biladi.

O’ninchi So’zda isbotlangani kabi, Janobi Haq butun Asmosi bilan va koinot butun haqiqatlari bilan, nubuvvat silsilasi butun tahqiqotlari bilan va Samoviy Kitoblar, butun oyatlari bilan ko’rsatganlari hashr va oxirat eshigini topmasdan, hashrni inkor qilib, ruhlarga azaliylik isnod qilishgan. Bu xurofotlarga boshqa masalalarini qiyos qil. Ha, shaytonlar go’yo ana-"men"ning tumshug’i va panjasi bilan dinsiz faylasuflarining aqllarini havoga ko’tarib zalolat daralariga otib yuborgan. Kichik olamda ana-men,katta olamda tabiat kabi tog’utlardir.

فَمَنْ يَكْفُرْ بِالطَّاغُوتِ وَيُؤْمِنْ بِاللهِ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقٰى لَا انْفِصَامَ لَهَا وَاللهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

O’tgan haqiqatni tushuntiradigan hayoliy sayohat suratida yarim qofiyali "Lemaat"da men yozgan misoliy bir voqe’aning ma'nosini bu yerda zikr qilish vaqti keldi. U quyidagicha:

Bu risolani ta'lif qilishdan sakkiz yil avval Istanbulda, Ramazoni Sharifda, falsafa yo’li bilan munosabatda bo’lgan Eski Saidning Yangi Saidga aylanadigan hangomda, Fotiha-i Sharifaning oxirida

صِرَاطَ الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَلَا الضَّآلِّينَ

oyati ishora qilgan uch yo’lni o’ylar ekanman, xayoliy bir voqe’a, misoliy hodisa, tushga o’xshagan hodisa ko’rdim:

Men katta sahroda ekanman. Butun zaminni qorong’u, siquvchi va bug’uvchi bulut qoplagan. Na shabada bor, na ziyo va na obi hayot, hech biri topilmaydi. Hamma tarafi jonivorlar, zararli va qo’rqinchli maxluqlar bilan to’la deb o’yladim. Qalbimga, "Zaminning boshqa tomonida ziyo, shabada, obi hayot bor. U yerga o’tish kerak", degan fikr keldi. Qaradim, ixtiyorsiz chaqirilyapman. Yer ostiga tunel kabi g’orga kirdim. Uning ichida sayohat qildim. Yana qaradim, mendan avval yer ostidagi yo’lda ko’p kishilar ketganini ko’rdim. Hamma tomonda bug’ilib qolishgan. Ularning oyoq izlarini ko’rdim. Ba'zida ba’zilarining ovozlarini eshitdim. So’ng ovozlari yo’qolar edi.

Ey, xayolan mening xayoliy sayohatimga ishtirok etgan do’stim! U zamin tabiatdir va tabiat falsafasidir. Tunel esa faylasuflarning fikrlari bilan haqiqatga yo’l olish uchun ochgan yo’llaridir. Men ko’rgan oyoq izlari Aflotun va Aristotel

{(Izoh) Agar: "Sen kimsanki, bu mashhurlarga qarshi maydonga chiqyapsan? Sen bir chivin kabi burgutlarning uchishlariga qo’shilyapsan?" desang, javoban: "Qur'on kabi azaliy ustozim bor ekan, zalolatli falsafa va vahimali aqlning shogirdlari bo’lgan o’sha burgutlarga haqiqat va ma'rifat yo’lida chivin qanotichalik ham qiymat bermayman. Men ulardan qancha past bo’lsam, ularning ustozi mening ustozimdan undan ming marta pastroq. Ustozimning himmati bilan ularni g’arq qilgan modda oyog’imni ham namlata olmadi. Ha, buyuk bir podshohning qonunini va amrlarini tashuvchi kichik askar kichik bir shohning buyuk marshalidan ham kattaroq ishlar qila oladi", deyman.}

kabi mashxurlarning oyoq izlari edi. Eshitganim ovozlarim Ibn Sino va Farobiy kabi dohiylarniki. Ha, Ibn Sinoning ba'zi so’zlarini, qonunlarini ba'zi yerlarda ko’rar edim. So’ng batamom yo’qoldi. U kishi ilgari keta olmagan. Demak bug’ilgan. Nima bo’lganda ham, seni qiziqishdan qutqarish uchun hayol ostidagi haqiqatning bir chetini ko’rsatdim. Endi sayohatimga qaytaman.

Bora-bora qarasam qo’limga ikki narsa berildi. Biri bir chiroq, u yer ostidagi tabiatning zulmatini tarqatdi. Keying asbob bilan azim qoyalar, tog’misol toshlar parchalanib menga yo’l ochdi. Qulog’imga, "Qur'onning xazinasidan sizga bu chiroq va asbob berilgan", deyildi. Nima bo’lganda ham, ancha payt shunday yurdim. Qarasam, boshqa tarafga chiqdim. Juda go’zal bahor mavsumida bulutsiz quyosh, ruhga kuch qo’shgan bir shabada, hayotdor shirin suv, xar taraf xursandchilikka to’la olam ko’rdim. Alhamdulillah dedim.

So’ng qaradim, men o’zimga o’zim sohib emasman. Bir zot meni tajriba qilmoqda. Yana avvalgi vaziyatda o’zimni katta sahroda, bo’g’uvchi bulut ostida ko’rdim. Yana boshqa bir yo’lda bir kishi meni chaqirar edi.

Bu safar yer osti emas, balki sayru sayohat bilan yer yuzini oshib o’tib boshqa tomonga o’tish uchun bordim. Sayohatimda shunday ajoyib va g’aroyib narsalarni ko’rdimki, ta'rif qilib bo’lmaydi. Dengiz menga jahl qilar, to’fon meni qo’rqitar, hamma narsa menga qiyinchilik tug’dirar edi. Lekin yana menga Qur'ondan berilgan sayohat vositam bilan o’tdim, g’alaba qozondim. Ketayotib qarar edim, xar tarafda sayyohlarning mayyitlari mavjud. Sayohatni bitirganlar faqat mingdan bir. Nima bo’lganda ham...

U bulutdan qutulib, zaminning boshqa tomoniga o’tib, go’zal quyoshga duch keldim. Ruhga kuch qo’shgan shamoldan nafas olib, Alhamdulillah dedim. Jannat kabi olamni sayr qilishni boshladim.

So’ng qaradim: Bir kishi bor, meni u yerda qoldirmayapti. Menga boshqa yo’lni ko’rsatganday, yana meni bir onda mudxish sahroga olib keldi. Qaraadim, yuqoridan liftga o’xshash tayyoralarday, avtomobillarday, zanbillarday turli narsalar tushayotganini ko’rdim. Quvvat va iste'dodga ko’ra ularga sakrasa yuqoriga olib chiqyapti. Men ham biriga sakradim. Meni bir daqiqada bulutdan ham balandga chiqardi. Juda go’zal, bezalgan, yashil tog’larning ustiga chiqdim. Bulut tabaqasi tog’ning yarmigacha ham kelmagan edi. Eng latif bir shabada, eng laziz bir suv, eng shirin bir ziyo har tarafda ko’rinmoqda. Qaradim, hamma tomonda o’sha liftlar kabi nuroniy manzillar bor. Hatto ikki sayohatimda va zaminning boshqa tomonida ham ularni ko’rgan edim. Tushunmagan edim. Endi tushunyapmanki, ular Qur'oni Karimning oyatlarining jilvalaridir.

Demak, وَلَا الضَّآلِّينَ orqali ishora qilingan avvalgi yo’l tabiatga tiqilganlarning va tabiatparastlik fikrini tashiganlarning yo’li bo’lib, unda haqiqatga va nurga o’tish uchun qancha qiyinchiliklar borligini his qiling.

غَيْرِ الْمَغْضُوبِ oyati orqali ishora qilingan ikkinchi yo’l sabablarga topinganlarning va vositalar ijod va ta'sir kuchiga ega deb biluvchilarning, mashaiyun faylasuflari kabi faqat aql va fikr bilan haqiqatning o’zginasiga va Vojib-ul Vujudning ma'rifatiga yo’l ochganlarning yo’lidir.

اَلَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ oyati orqali ishora qilingan uchinchi yo’l esa: Siroti mustaqimdagilar bo’lgan Qur'on ahlining nuroniy yo’li bo’lib eng qisqa, eng tinch, eng salomat va hammaga ochiq, samoviy, Rahmoniy va nuroniy yo’ldir.

* * *

IKKINCHI MAQSAD

Zarralarning harakatlanishiga doir

Quyidagi oyatning xazinasidan bir zarraga ishora qiladi.

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَا تَاْتِينَا السَّاعَةُ قُلْ بَلٰى وَرَبِّى لَتَاْتِيَنَّكُمْ عَالِمِ الْغَيْبِ

لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِى السَّمٰوَاتِ وَلَا فِى الْاَرْضِ وَلَٓا اَصْغَرُ مِنْ ذٰلِكَ وَلَٓا اَكْبَرُ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍ

Bu oyatning juda buyuk xazinasidan bir misqol zarra miqdorida, ya'ni zarra sandiqchasidagi javharni ko’rsatadi va zarraning harakat va vazifasidan bir oz bahs yuritadi. Bu maqsad bir "Muqaddima" bilan "Uch Nuqta"dan iborat.

MUQADDIMA

Zarralarning almashishi Naqqoshi Azaliyning qudrat qalamining koinot kitobida yozgan qonunlari hangomidagi tebranishi va harakatidir. Moddaparast va tabiatparastlarning o’ylagani kabi tasodif o’yinchog’i va chalkash, ma'nosiz harakat emas. Chunki butun mavjudot kabi zarralar va xar bir zarra ilk harakatida"Bismilloh"deydi. Natijada nihoyatsiz, quvvatidan ortiq yuklarni ko’taradi va bug’doy donasidek urug’ning katta qarag’ay daraxti kabi yukni yelkasiga olishi kabi... Vazifasining oxirida"Alhamdulillah"deydi. Chunki butun aqllarni hayratda qoldirgan hikmatli san'at go’zalligi, foydali naqsh husnini ko’rsatib Sone'i Zuljalolni madh qilishga madhiya qasidasi kabi asar ko’rsatadi. Masalan, anor va makkajo’xoriga diqqat qil.

Zarralarning almashishi

{(Izoh) Ikkinchi Maqsadning zarralar almashishining ta'rifiga doir uzun jumlaning izohi. Qur'oni Hakimda "Imomi Mubin" va "Kitobi Mubin" ko’p joylarda zikr qilingan. Mufassirlar "ikkisi ham bir" degan, bir qismi "boshqa boshqadir" deganlar. Ularning haqiqatiga doir bayonlari turlicha. Xulosa ular "Alloh ilmining unvonlaridir" deyishgan. Lekin Qur'onning fayzi bilan shunday xulosa qildimki: "Imomi Mubin" - Allohning ilmi va amrining bir turining unvoni bo’lib, shahodat olamidan ko’ra g’ayb olamiga qaraydi. Ya'ni hozirgi zamondan ko’ra moziy va istiqbolga nazar etadi. Ya'ni, hamma narsaning zohiriy vujudidan ko’ra asliga, nasliga va ildizlariga va urug’lariga qaraydi. Alloh qadarining bir daftaridir. Bu daftarning borligi Yigirma Oltinchi So’zda, ham O’ninchi So’zning izohida isbot etilgan. Ha, "Imomi Mubin" bir nav’ Allohning ilm va amrining unvonidir. Ya'ni, ashyoning asoslari, ildizlari va asllari mukammal intizom bilan ashyoning vujudlarini juda san'at bilan keltirib chiqaradi. Bu esa albatta Ilohiy ilm dasturlarining bir daftari bilan tartiblanganini ko’rsatadi. Ashyoning natijalari, nasllari, urug’lari oldinda keladigan mavjudotning dasturlarini, mundarijalarini ichlariga olgani uchun albatta Ilohiy amrlarning kichik bir majmuasi ekanini bildiradi. Masalan: Urug’ butun daraxtning tashkillashtiradigan dasturlari va mundarijalari, u mundarija va dasturlarni tayinlagan yaratilishga oid ishlarning kichkina jismlashgan ko’rinishi deyish mumkin. Natija: "Imomi Mubin" moziy va istiqbolning g’ayb olamining atrofida shox-shoda solgan yaratilish daraxtining dasturi, mundarijasi hisoblanadi. Bu ma'nodagi "Imomi Mubin" Alloh qadarining bir daftari, bir dastur majmuasidir. U dasturning imlosi va hukmi billan zarralar ashyo vujudidagi vazifalariga va harakatlariga chaqiriladi.

Lekin "Kitobi Mubin" esa g’ayb olamidan ko’ra shahodat olamiga qaraydi. Ya'ni, o’tmish va kelajakdan ko’ra hozirgi zamonga nazar etadi. Ilm va amrdan ko’ra Allohning qudrat va irodasining bir unvoni, daftari, kitobidir. "Imomi Mubin" qadar daftari bo’lsa, "Kitobi Mubin" qudrat daftaridir. Ya'ni hamma narsa vujudida, mohiyatida, sifat va amallarida mukammal san'at va intizomlarni ko’rsatadi. Bu bir mukammal qudratning dasturlari va ta’sirli irodaning qonunlari bilan vujud kiydiriladi. Suratlari tayinlanadi, tanlanadi va muayyan miqdorlar, maxsus shakllar beriladi. Demak qudrat va irodaning kulliy va umumiy qonunlar to’plami, katta daftari borki, unga ko’ra xar bir narsaning xususiy vujudlari va maxsus suratlari bichiladi, tikiladi, kiydiriladi. Bu daftarning borligi "Imomi Mubin" kabi, qadar va juz'iy ixtiyor masalasida isbotlangan. G’aflatdagi, zalolatdagi va falsafa bilan shug’ullanganlarning ahmoqligiga qaraginki: Qudrati Fotiraning Lavhi Mahfuz va Rabboniy hikmat va irodaning basirona kitobining ashyolardagi jilvasini, aksini, misolini his qilishgan. Lekin "Tabiat" deb nomlab, ko’rsatishgan. "Imomi Mubin"ning imlosi, ya'ni qadarning hukmi va dasturi bilan Alloh qudrati ashyolarning ijodida xar biri bir oyat bo’lgan mavjudot silsilasini "Lavhi Mavh Isbot" deyilgan zamonning misoliy sahifasida yozadi, ijod qiladi, zarralarni harakatlantiradi.

Demak, zarralarning harakati - o’sha yozishdan, nusxa ko’paytirishdan mavjudot g’ayb olamidan shahodat olamiga va ilmdan qudratga o’tishlaridagi tebranish, harakatdir. Lekin "Lavhi Mavh Isbot" esa sobit va doim bo’lgan Lavhi Mahfuzi A'zamning yaratilganlar olamida, ya'ni doim o’lim va hayotga, vujud va foniylikka sazovor bo’lgan ashyolarda almashadigan daftar va yozib buzadigan tahtasi bo’lib, bu zamonning haqiqati hisoblanadi. Ha, hamma narsaning haqiqati bo’lgani kabi, zamon degan koinotimizda jarayon etgan azim bir daryoning haqiqati ham "Lavhi Mavh Isbot"dagi qudrat yozuvining sahifasi va siyohi hisoblanadi.

لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّهُ

}

g’ayb olamidan bo’lgan hamma narsaning o’tgan aslida va keladigan naslidagi intizomlarga asos va Ilohiy ilm va amrning unvoni bo’lgan "Imomi Mubin"ning dasturlari va yozilishi ostida, hozirgi davr va shahodat olamidan tashkil topgan, ashyolarni ijod qilishda tasarrufga manba’, Ilohiy qudrat va irodaning bir unvoni bo’lgan "Kitobi Mubin"dan nusxa ko’paytirish orqali va oquvchi vaqtning haqiqati va misoliy sahifasi bo’lgan "Lavhi Mavh-Isbot"da qudrat so’zlarini yozish-chizishdan kelgan harakat va ma'noli tebranishdir.

BIRINCHI NUQTA:

Ikki Qismdan iborat.

Birinchi Qism:Xar bir zarrada (ham harakatida, ham harakatsizligida) ikki quyosh kabi ikki tavhid nuri porlaydi. Chunki O’ninchi So’zning Birinchi Ishorasida qisqacha va Yigirma Ikkinchi So’zda tafsilotli isbotlangani kabi, xar bir zarra agar Allohning xodimi bo’lmasa, uning izni va tasarrufi bilan harakat qilmasa, ilm va qudrati bilan almashmasa, xar bir zarraning cheksiz ilmi, chegarasiz qudrati, hamma narsani ko’radigan ko’zi, hamma narsaga qaragan yuzi, hamma narsaga o’tadigan so’zi bo’lishi kerak bo’ladi. Chunki unsurlarning xar bir zarrasi xar bir jonzot jismida intizom asosida ishlaydi yoki ishlay oladi.

Ashyolarning intizomi va tashkil toppish qonuni bir-biriga muxolifdir. Ularning nizomlari bilinmasa, ishlamaydi. Ishlasa ham xatosiz bo’lmaydi. Xolbuki, xatosiz ishlayapti. Shunday ekan xizmat qilgan zarralar yo bir bepoyon ilm sohibining izn va amri bilan, ilm va irodasi bilan ishlamoqda yoki o’zlarida shunday bepoyon ilm va qudrat bo’lishi kerak bo’ladi. Ha, havoning xar bir zarrasi xar bir jonzotning jismiga, xar bir gulning xar bir mevasiga, xar bir bargning binosiga kirib ishlay oladi. Xolbuki ularning tashkil topishi boshqa-boshqa tarzda, boshqa-boshqa nizomlari bor. Bir anjir mevasining fabrikasi, farazan movut uskunasi kabi bo’lsa, bir anor mevasining zavodi shakar uskunasi kabi bo’ladi va hokazo.. Binolarning, jismlarning dasturlari bir-biridan farqli.

Ularga havo zarralari ularga yoki kira oladi va juda hikmat va ustozona xatosiz ishlaydi, turli holga kiradi. Vazifasi bitgandan so’ng turib ketadi. Harakatlanuvchi havoning harakatlanuvchi zarrasi yo nabototga va hayvonotga, hatto mevalariga va urug’lariga kiydirilgan suratlarning, miqdorlarning tashkil topishini, bichimini bilishi kerak bo’lgani yoki ular bir bilgan zotning amr va irodasi bilan xodim bo’lishi kerak.

Shuning kabi, harakatsiz tuproqning xar bir harakatsiz zarrasi gulli nabototning va mevador daraxtlarning barcha urug’lariga manba’ va asos bo’lgani uchun qaysi urug’ kelsa o’sha zarrada, ya'ni o’xshligi uchun bir zarra bo’lgan bir hovuch tuproqda o’ziga maxsus bir fabrika va butun kerakli narsalariga va shakllanishiga lozim bo’lgan butun jihozlari borligi sabab, zarra va uning uychasi bo’lgan bir hovuch tuproqda daraxt, nabotot, gullar va mevalar turlari sanog’icha intizomli ma'naviy uskuna va zavodlari bo’lishi yoki mo’'jizali, hamma narsani hechdan ijod qiluvchi va hamma narsaning hamma narsasini va xar jihatini biladigan ilm va qudrat bo’lishi lozim yoki u vazifalar bir Qodiyri Mutlaq, bir Aliymi Kulli Shayning amr va izni bilan, havl va quvvati bilan bajariladi.

Tajribasiz, tarbiyasiz, omi, oddiy, ko’r odam Ovrupaga borib, barcha zavodlar, do’konlarga kirsa, mukammal intizom bilan xar bir san'atda, xar binoda ishlaydigan shunday asarlar ysasa, o’ta hikmatli, san'atli ishi bilan hammani hayratda qoldiradi. Zarra miqdor ongi bo’lgan kishi, U odam o’zi ishlamaydi, balki unga hamma narsani biladigan ustoz dars berishini, ishlatishini biladi.

Yana ko’r, ojiz, o’rnidan tura olmaydigan, oddiy uychasida o’tirgan bir odam bor. Lekin uychaga bir dirhamdek kichik bir tosh, suyak va paxta kabi moddalar berilganda uychadan botmonlab shakar, to’p-to’p movut, minglab qiymatli toshlar, o’ta san'atli, bezangan liboslar, lazzatli taomlar chiqib kelsa, zarra miqdor aqli bo’lgan kishi, "U odam o’ta mo’'jizaviy bir zotning mo’'jizalar manba’i bo’lgan zavodining ishchisi yoki miskin bir darvozabonidir", demaydimi. Aynan shuning kabi: Havoning zarralari ham xar biri Samadoniy maktublar, Rabboniy antiqa san'at, qudrat mo’'jizalari, hikmat g’aroyibi bo’lgan nabotot va daraxtlar, gullar va mevalardagi harakat va vazifalari bir Sone'i Hakimi Zuljalolning, bir Fotiri Kariymi Zuljamolning amr va irodasi bilan harakat qilganini va tuproqning zarralarining ham xar biri boshqa uskuna va peshtaxta, boshqa matbaa, xazina, antiqa va Sone'i Zuljalolning Asmosini e'lon qilgan alohida e'lonnomalar, kamolotini aytgan alohida qasida hisoblangan danaklar, urug’larning boshoqlariga, daraxtlariga asos va mador bo’lishi, Amri Kun Fayakunga sohib, hamma narsa amriga tobe' bo’lgan bir Sone'i Zuljalolning amri bilan, izni bilan, irodasi bilan, quvvati bilan bo’lishi ikki karra ikki to’rt aniqligidadir. Amanna.

Ikiknchi Qism:Zarralarning harakatidagi vazifalarga, hikmatlarga kichik bir ishoradir.

Ha, aqli ko’ziga tushgan moddaparastlarning hikmatsiz hikmatlari, maqsadsizlik asosiga tayangan falsafalari nazarida tasodif bilan bog’liq zarralarning almashishini butun dasturlariga tamal asos qilib, Allohning san'atli asarlariga manvba’ qilib ko’rsatishgan. Cheksiz hikmatlar bilan bezalgan san'atli asarlarni hikmatsiz, ma'nosiz, tartibsiz narsaga tayanishlari naqadar aqlga zid ekanini zarra miqdor ongi bo’lgan biladi.

Qur'oni Hakimning hikmati nuqtai nazarida zarralar o’zgarishining juda ko’p maqsadlari, hikmatlari va vazifalari bor.

وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

kabi ko’p oyatlar bilan hikmatlariga va vazifalariga ishora qiladi. Namuna sifatida bir nechasiga ishora qilamiz.

Birinchisi:Janobi Vojib-ul Vujudning ijod tajalliylarini yangilash va almashtirish uchunxar bir ruhnimodel kabi qilib, xar yil qudrat mo’'jizasidan yangi jasadlar kiydirishi va xar bir kitobdan ming turli kitoblarni hikmati bilan ko’paytirishi va bitta haqiqatni boshqa-boshqa suratlarda ko’rsatish, koinotlarning, olamlarning va mavjudotlarning toifa-toifa orqama orqa kelishlariga joy bo’shatish va zamin tayyorlash uchun Fotiri Zuljalol qudrati bilan zarralarni harakatlantirgan va vazifa yuklagan.

Ikkinchisi:Malikul Mulki Zuljalol bu dunyoni, xususanro’yi zamin ekinzorinimulk suratida yaratgan. Ya'ni nihoyatsiz qudrat mo’'jizasini ekib bichish uchun ko’karishga, yangi-yangi mahsulot berishga qobil suratda muhayyo qilgan. Zamin yuzidagi ekinzorida zarralarni hikmat bilan harakatlantirib, intizom doirasida vazifa yuklab, xar asrda, xar faslda, xar oyda, balki xar kun balki xar soatda qudrat mo’'jizasidan yangi-yangi koinot ko’rsatadi, yer yuzi hovlisiga turli tuman mahsulotlar berdiradi. Cheksiz rahmat xazinasining hadyalarini, nihoyatsiz qudratining mo’'jizalarining namunalarini zarralarning harakati orqali izhor qiladi.

Uchinchisi:Nihoyatsiz Ilohiy Asmo tajalliylarining naqshlarini ko’rsatmoq orqali Ismlarning jilvalarini ifodalash uchun chegaralangan zaminda cheksiz naqshlarni ko’rsatish, kichik bir sahifada nihoyatsiz ma'nolarni ifoda qiladigan sanoqsiz oyatlarni yozish uchun Naqqoshi Azaliy zarralarni mukammal hikmat bilan harakatlantirib, mukammal intizom bilan vazifa yuklagan. Ha, o’tgan yilning mahsuloti bilan bu yil mahsulotining mohiyatlari bir hil. Lekin mazmuni turlicha. Ehtimoliy shakllar va holatlarni almashtirish orqali mazmunlari o’zgaradi va ko’payadi. Ehtimoliy shakllar va holatlar va vaqtincha ma’lum shakl va ko’rinishga o’zgartirilgani, zoxiran foniy bo’lsada, go’zal ma'nolari muhofaza qilinib, sobit va boqiy qoladi. Bu daraxtning o’tgan bahordagi barg, gul va mevalarining ruhlari bo’lmagani uchun, bu bahordagi haqiqatda o’xshashining aynidir. Faqat holatga ko’ra turli ko’rinishga kirishida farq bor. Lekin holatga ko’ra turli ko’rinishga kirishi xar doim tajalliylari yangilanayotgan Ilohiy Asmo faoliyatining ma'nolarini ifodalash uchun, bu bahordagilar boshqa ko’rinishda ularning o’rniga keldi.

To’rtinchisi:Misol olami kabi chegarasiz juda keng malakut olami va boshqa cheksiz uxroviy olamlarga mahsulotlar yoki ziynatlar yoki kerakli narsalar kabi munosib narsalarni yetishtirga uchun bu tor dunyo ekinzorida, zamin do’koni va dalasida Hakimi Zuljalol zarralarni harakatlantirib, koinotni oquvchi, mavjudotni sayyor qilib, bu kichik zaminda narigi juda buyuk olamlarga juda ko’p ma'naviy mahsulotlar yetishtiradi. Nihoyatsiz qudratining xazinalaridan dunyodan cheksiz bir oqimni oqitib g’ayb olamiga va bir qismini oxirat olamlariga to’kadi.

Beshinchisi:Cheksiz Ilohiy kamolotni, jo’shqin jamoliy go’zallikni, nihoyatsiz jaloliy tajalliylarni va cheksiz Rabboniy tasbehlarni bu tor va chegaralangan zaminda, cheklangan va qisqa vaqtda ko’rsatish uchun zarralarni mukammal hikmat bilan, qudrati bilan harakatlantirib, mukammal intizom bilan vazifa yuklab, cheklangan zamonda, hududli zaminda cheksiz tasbehot ayttiryapti. Cheksiz jamol, jalol va kamol tajalliylarini ko’rsatmoqda. Ko’p g’aybiy haqiqatlar, ko’p uxroviy samaralar va foniy narsalarning boqiy shaxsiyat va suratlaridan juda ko’p misoliy naqshlar, ko’p ma'noli to’qilgan lavhalar ijod qilyapti. Demak, zarrani harakatlantirgan bu azim maqsadlarni, shu buyuk hikmatlarni ko’rsatgan - bir Zotdir. Yo’qsa xar bir zarrada quyosh kabi miya bo’lishi kerak bo’ladi.

Bu besh namuna kabi balki besh ming hikmat bilan harakatlantirilgan zarralarning almashishini aqlsiz faylasuflar, hikmatsiz deb o’ylaganlar va haqiqatda biri anfusiy-ichki, keyingisi ofoqiy-tashqi ikki jozibali harakatda Allohni zikr va tasbeh qilgan, Mavlaviy kabi zikr etgan va aylanishga turgan zarralarni o’ziga-o’zi, ahmoq kabi aylanib o’ynamoqda deb xato o’ylashgan.

Bundan anglashilyaptiki ularning ilmlari ilm emas, johillikdir. Hikmatlari hikmatsizlikdir.

(Uchinchi nuqtada oltinchi uzun bir hikmat yana aytiladi.)

IKKINCHI NUQTA:

Xar bir zarrada - Vojibul Vujudning vujudiga va vahdatiga ikki sodiq shohid bor. Ha, zarra ojizlik va qattiqligi bilan birga katta vazifalarni idrokli qilish orqali, katta yuklarni ko’tarishi bilan Vojib-ul Vujudning borligiga qat'iy guvohlik qilgani kabi, harakatida umumiy nizomlarga uyg’un harakat qilib, xar bir kirgan joyida o’ziga maxsus nizomlarga rioya qilib, hamma yerda o’z vatani kabi joylashishi orqali Vojib-ul Vujudning yagonaligiga, mulk va malakutning Maliki bo’lgan zotning yakkaligiga shahodat qiladi. Ya'ni zarra kimniki bo’lsa, yurgan barcha joylar ham unikidir. Demak, zarra (chunki ojiz, yuki cheksiz og’ir va vazifasi nihoyatsiz ko’p) - bir Qodiyri Mutlaqning ismi bilan, amri bilan qoim va harakatda ekanini bildiradi.

Koinotning umumiy nizomlarini biladigan tarzda uyg’un harakat qilishi va xar joyga mone'siz kirishi bitta Aliymi Mutlaqning qudrati bilan, hikmati bilan ishlaganini ko’rsatadi. Bir askar bo’linmasida, rotasida, batal'onida, polkida, diviziyasida va hokazo xar bir doirada alohida holati va o’sha holatga ko’ra alohida vazifasi borligi va u holatlar, vazifalarni bilib unga uyg’un harakat qilish, harbiy nizomlar ostida ta'lim va buyruq olib, butun doiralarga qo’mondonlik qilgan bitta qo’mondoni a'zamning amriga va qonuniga tobe bo’lish orqali amalga oshadi.

Xuddi shuning kabi xar bir zarra bir-biri ichidagi birlashgan moddalarda alohida munosib vaziyati, turli tuman foydali holati, farqli muntazam vazifalari, ayri ayri hikmatli natijalari bo’lgani uchun albatta zarrani birlashgan moddalarda barcha holat va vazifalarini muhofaza qilib, natija va hikmatlari buzilmaydigan tarzda joylashtirish - butun koinot tasarrufi ostida bo’lgan bir Zotga maxsusdir.

Masalan: Tavfiqning {(*): Nurning birinchi kitobi.} ko’z qorachig’ida joylashgan zarra ko’zning his va harakat asablari, arteriya va vena kabi tomirlarda munosib holatga kirishi va yuzda so’ng bosh va gavdada, undan keyin insonning butun badanida xar birida alohida holati, vazifasi, foydasi mukammal hikmat bilan yurishi ko’rsatadiki, butun jismning butun a'zolarini ijod qilgan bir zot, zarrani o’sha yerda joylashtira oladi. Xususan rizq uchun kelgan zarralar, rizq karvonida sayru-safar qilgan zarralar shu qadar hayratlantiruvchi intizom va hikmat bilan sayru-sayohat qiladi, bu holatlarda, tabaqalarda intizomga bo’ysunib o’tib keladi, idrok bilan qadam bosib umuman adashmasdan kelib-kelib to jonlilarning badanida to’rt suzgich bilan suzilib rizqqa muhtoj a'zo va hujayralarga yordam berish uchun qondagi qizil donachalarga yuklanib karam qonuni bilan yordamga yetishishadi. Bundan shaksiz anglashiladiki: zarralarni minglab joylardan o’tqazgan, chaqirgan, albatta va albatta bir Razzoqi Kariym, bir Xalloqi Rahiymdirki, qudratiga nisbatan zarralar va yulduzlar yelkama-yelka, tengdir.

Xar bir zarra shunday bir san'at naqshida ishlaydiki, yo butun zarralar bilan munosabatdor, xar biriga va barchasiga ham hakim va ham xar biri va umumiga mahkum bir holatda bo’lish bilan u hayratlantiruvchi san'atli naqshni va hikmat ko’rsatuvchi naqshli san'atni biladi va ijod qiladi. Bu esa ming daraja imkonsiz. Yoki bir Sone'i Hakiymning qadar qonuni va qudrat qalamidan chiqqan, harakat vazifasi buyurilgan nuqtadir. Masalan Aya Sofiya qubbasidagi toshlar, agar me'morining amriga va san'atiga tobe bo’lmasa, xar bir toshni Me'mor Sinon kabi me'morlik san'atida mahorati va boshqa toshlarga ham mahkum, ham hokim bo’lishi, ya'ni "Kelinglar, tushmaslik, yiqilmaslik uchun yelkama-yelka turamiz" deb, hukm sohibi bo’lishi kerak bo’ladi. Xuddi shuning kabi: Minglab marta Aya Sofiya qubbasidan ham san'atliroq, hayratli va hikmatliroq san'atli asarlardagi zarralar koinot Ustasining amriga tobe bo’lmasa, xar biriga Koinot Sone'ining vasflarichalik kamol sifatlari berilishi kerak bo’ladi.

Subhanalloh! Dinsiz moddaparast kofirlar tutgan yo’lida bir Vojib-ul Vujudni qabul etmaganlaridan, zarralar sanog’icha botil ilohlarni qabul qilishga majbur bo’ladi. Bhu jihatda dinsiz kofir qanchalik faylasuf, olim bo’lsa ham, o’ta buyuk johillik ichidadir, mutlaq johildir.

UCHINCHI NUQTA:

Bu nuqta Birinchi Nuqtaning oxirida va'da qilingan oltinchi buyuk hikmatga bir ishoradir. U quyidagicha:

Yigirma Sakkizinchi So’zning Ikkinchi Savolining javobidagi izohda aytilganki: Zarralar almashishining va jonli jismlarda zarralar harakatining minglab hikmatlaridan bir hikmati - zarralarni nurlantirishdir va oxirat olami binosiga loyiq zarralar bo’lish uchun tirik va ma'nodor bo’lishi kerak. Go’yo hayvoniy va insoniy, hatto nabotiy jism tarbiya darsini olishga kelgan narsalarga musofirxona, qarorgoh, maktab hisoblanib, o’lik zarralar unga kirib, nurlanadi. Xuddi ta'lim va buyruq oladi, noziklashadi. Bittadan vazifani qilib boqiy olam va butun qismlari bilan tirik oxirat yurtida zarra bo’lish uchun layoqat kasb etadi.

Savol:Zarralarning harakatida bu hikmatning borligi qanday bilinadi?

Javob:Birinchidan, butun san'atli asarlarning butun intizomlari va hikmatlari bilan o’rnatilgan Sone'ning hikmati orqali bilinadi. Chunki eng kichik narsaga umumiy hikmatlarni yuklagan bir hikmat koinot oqimi ichida eng buyuk faoliyat ko’rsatgan va hikmatli naqshlarga asos bo’lgan zarralar harakatini hikmatsiz qoldirmaydi. Eng kichik maxluqlarni vazifalarida evazsiz, maoshsiz, komilliksiz qoldirmagan bir hikmat, hokimiyat eng ko’p va asosli xodimlarni, xizmatkorlarini nursiz, evazsiz qoldirmaydi.

Ikkinchidan:Sone'i Hakiym unsurlarni harakatlantirib, vazifa yuklab, ularga evaz sifatida mukammallashishi ma'danlar darajasiga chiqarishi va ma'danlarga maxsus tasbehlarni ularga bildirishi orqali, ma'danlarni harakatlantirib va vazifa yuklab nabotot hayot martabasining maqomini berishi va nabototni rizq qilib harakatlantirish va vazifa yuklash orqali hayvonot latofat martablarini ularga ehson etishi bilan, hayvonotdagi zarralarga vazifa yuuklab rizq yo’li orqali inson hayoti darajasiga chiqarishi va insonning vujudidagi zarralarni suza-suza soflab va lutf qilib miyaning, qalbning eng nozik va latif joyida maqom berishi bilan bilinadiki, zarralarning harakati hikmatsiz emas, balki bir nav’ o’ziga loyiq komillikka yetkazilyapti.

Uchinchidan:Hayot sohibi jismlarning zarralari ichida urug’ va tuxumdagi kabi bir qism zarralar ma'naviy nurga, noziklikka, ustunlikka sazovor bo’ladilarki, boshqa zarralar va katta daraxtga ruh, sulton hisobiga o’tadi.

Katta daraxtning butun zarralari ichida bir qism zarralarning bu martabaga chiqishlari daraxtning hayot tabaqasida ko’p davrlarni va nozik vazifalarni bajarishi orqali bo’lgani ko’rsatadiki: Sone'i Hakimning amri bilan yaratilish vazifasi ichida zarralarning harakat turlariga ko’ra ularga tajalliy etgan Asmoning hisobiga va sharafiga ma'naviy latofat, ma'naviy nur, maqom, ma'naviy darslar olishini ko’rsatadi.

Natija:Modomiki Sone'i Hakiym hamma narsa uchun o’ziga munosib komillik nuqtasi va loyiq vujudning fayz martabasi ta'yinlab, komillik nuqtasiga g’ayrat qilib yetishga iste'dod berib, o’sha joyga chaqiradi va butun nabotot va hayvonotda bu rububiyat qonuni joriy bo’lish bilan birga, jonsizlarda ham joriy. Oddiy tuproqqa olmos darajasiga va oliy javharlar martabasiga taraqqiy ettiradi va bu haqiqatda muazzam "Rububiyat Qonuni"ning uchi ko’rinadi.

Modomiki u Xoliqi Kariym azim tanosil qonunida ishlatgan hayvonotga evaz sifatida maosh kabi juz'iy lazzat beradi. Ari va bulbul kabi boshqa Rabboniy xizmatlarda ishlatilgan hayvonlarga kamol ujrati beradi. Shavq va lazzatga sabab bo’ladigan maqom beradi. Bunda muazzam "Karam Qonuni"ning uchi ko’rinadi.

Modomiki hamma narsaning haqiqati Janobi Haqning bir ismining tajalliysiga qarar, unga bog’liq, unga oyna ekan, u narsa qanchalik go’zal holatda bo’lsa, o’sha Asmoning sharafi sababli. U Ism shunday istaydi. U narsa bilsa ham, bilmasa ham go’zal vaziyat haqiqatda istalgan. Bu haqiqatdan o’ta muazzam "Tahsin va Jamol Qonuni"ning uchi ko’rinadi.

Modomiki Fotiri Kariym karam dasturining taqozosi bilan bir narsaga bergan maqomini, kamolini uning muddati va umri bitganida kamolni qaytib olmaydi. Balki kamol sohibining mevalarini, natijalarini, ma'naviy shaxsiyatini va ma'nosini, ruhli bo’lsa ruhini boqiylashtiradi. Masalan: Dunyoda insonni sazovor qilgan kamolotining ma'nolarini, mevalarini boqiylashtiradi. Hatto shukr qilgan mo’'minning yegan yo’q bo’lgan mevalarining shukrini, hamdini jismlashgan Jannat mevasi suratida unga takroran beradi. Bu haqiqatda muazzam bir "Rahmat Qonuni"ning uchi ko’rinadi.

Modomiki Xalloqi Bemisol isrof qilmas ekan, foydasiz ishlarni qilmaydi. Hatto kuz mavsumida vazifasi bitgan, vafot etgan maxluqlarning moddiy qoldiqlarini bahordagi san'atli asarlarida iste'mol qiladi, ularning binolariga joylashtiradi. Albatta

يَوْمَ تُبَدَّلُ الْاَرْضُ غَيْرَ الْاَرْضِ

siri bilan,

وَاِنَّ الدَّارَ الْاٰخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ

ishorasi bilan bu dunyoda o’lik, idroksiz va muhim vazifalar bajargan zamin zarralarining albatta toshi, daraxti, hamma narsasi hayot va idrok sohibi bo’lgan oxiratning ba'zi binolarida joylashtirishi va iste'mol qilishini hikmati taqozo qiladi. Chunki xarob bo’lgan dunyoning zarralarini dunyoda qoldirish yoki yo’qlikka otish isrofdir. Bu haqiqatdan juda muazzam "Hikmat Qonuni"ning uchi ko’rinadi.

Modomiki bu dunyoning juda ko’p asarlari, ma'naviyati, mevalari, jin va ins kabi mukallaflarning amallarining natijasi, amal daftari, ruhlari, jasadlari oxirat bozoriga yuboriladi. Albatta u samaralarga va ma'nolarga xizmat qilgan, do’stlik qilgan zamin zarralari ham vazifa nuqtasida o’ziga ko’ra mukammallashgandan so’ng, ya'ni hayot nuriga ko’p marta xizmat va sazovor bo’lgandan so’ng, hayoti tasbehlarga sabab bo’lgandan so’ng xarob bo’ladigan dunyoning vayronalari ichida zarralarni ham boshqa olamning binosida joylashtirishini adolat va hikmat taqozo qiladi. Bu haqiqatdan juda muazzam bir "Adolat Qonuni"ning uchi ko’rinadi.

Modomiki ruh jismga hokim bo’lgani kabi, jonsiz moddalarda ham qadarning yozgan koinotga o’rnatilgan qonunlar u moddalarga hokimdir. U moddalar qadarning ma'naviy yozuviga ko’ra mavqe’ va nizom oladi. Masalan: Urug’lar turlari, nutfalarning qismlari, danaklarning sinflarida va tuxumlarning jinslarida qadarning yozgan turli yaratilishga oid qonunlari turli tuman maqom va nur sohibi bo’lishadi. Va mohiyati {(Izoh1) Ha, ularning barchasi ushbu to’rt unsurdan tashkil topgan: Vodorod, kislorod, azot, uglerod. Moddasi bir sanalishi mumkin. Farqi faqat qadarning ma'naviy yozuvida.} bir bo’lgan moddalar cheksiz turdagi mavjudotga manba’ bo’ladi. Boshqa-boshqa maqom va nur sohibi bo’ladi. Albatta hayotga oid xizmatlar va hayotdagi Allohni tasbeh qilishda ko’p martalab zarra bo’lgan va xizmat qilgan bo’lsa, zarraning ma'naviy peshonasida bu ma'nolarning hikmatlarini hech narsani yo’qotmaganqadar qalamibilan qayd qilishiniilmiy qamroviiqtizo qiladi. Bunda juda muazzam "Ilmi Muhit Qonuni"ning uchi ko’rinadi.

Shunday ekan zarralar {(Izoh2) Shu javob etti "Modomiki" so’ziga qaraydi.} qarovsiz-egasiz emas.

So’zning muddaosi:O’tgan yetti qonun, ya'ni Rububiyat Qonuni, Karam Qonuni, Jamol Qonuni, Rahmat Qonuni, Hikmat Qonuni, Adolat Qonuni, Ilmiy Ihota Qonuni kabi juda ko’p muazzam qonunlarning ko’ringan uchlari orqalarida bittadan Ismi A'zam va Ismi A'zamning muazzam tajalliysini ko’rsatadi. Va bu tajalliydan anglashiladiki: Boshqa mavjudot kabi dunyodagi zarralarning almashishi ham o’ta oliy hikmatlar uchun qadarning chizgan chegarasi ustiga qudratning bergan yaratilishga oid qonunlarga ko’ra hassos ilmiy mezon bilan aylanib yuradi. Xuddi boshqa yuksak olamga

{(Izoh3) Chunki shubhasiz, o’ta sahiy faoliyat orqali bu nursiz va past olamda juda ko’p hayot nurini sochish va yoqish, hatto eng past moddalarda va sasigan jismlarda ham ko’p yangi hayot nurini porlatish, nursiz va qiymatsiz moddalarni hayot nuri bilan latiflashtirish, jilo berish ochiq oydin ishora qiladiki: Boshqa bir juda latif, yuksak, pok, tirik olam uchun bu nursiz, jonsiz olamni, zarralarning harakati bilan, hayotning nuri bilan jilolayapti, eritmoqda, go’zallashtiryapti. Go’yo latif olamga ketmoq uchun ziynatlayapti.

Inson hashri-qayta tirilishini aqliga sig’dirmagan kaltafahm kimsalar Qur'onning nuri bilan kuzatsalar, ko’radilarki: Butun zarralarni qo’shin kabi hashr qiladigan keng "Qayyumiyat Qonuni" ko’rinmoqda, uni shubhasiz tasarruf qilmoqda.}

ketishga tayyorlanganday. Shunday ekan jonli jismlar u sayyor zarralarga go’yo maktab, qarorgoh, tarbiya yurti hisoblanadi. Bunga qat'iy xulosa qilish mumkin.

Natija:Birinchi So’zda aytilgani va isbot etilgani kabi, hamma narsa "Bismilloh" deydi. Butun mavjudot kabi Xar bir zarra va zarralarning xar bir toifasi va maxsus xar bir jamoati hol tili bilan "Bismilloh" deydi, harakat qiladi. O’tgan uch nuqta siri asosida xar bir zarra harakati boshida hol tili bilan "Bismillahir Rohmanir Rohiym", ya'ni: "Men, Allohning nomi bilan, U uchun, Ismi bilan, izni, quvvati bilan harakat qilaman", deydi. So’ng harakatining oxirida xar bir san'atli asar kabi xar bir zarra, xar bir toifasi hol tili bilan اَلْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ deb, bir madhiya qasidasi bo’lgan san'atli maxluqning naqshida o’zini qudratning kichik bir qalam uchi hisobida ko’rsatar. Balki xar biri, ma'naviy, Rabboniy, muazzam, sanoqsiz boshli gramofonning plastinkalari bo’lgan san'atli asarlarning ustida aylangan va Rabboniy hamdu sanolar qasidasi bilan san'atli asarlarni gapirtirgan va o’zini Allohga tasbeh she'rlarini o’qitgan igna boshi suratida ko’rsatadi.

دَعْوٰيهُمْ فِيهَا سُبْحَانَكَ اللّٰهُمَّ وَتَـحِيَّتُهُمْ فِيهَا سَلَامٌ وَاٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

سُبْحَانَكَ لَاعِلْمَ لَنآَ اِلَّا مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

رَبَنَّا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَاةً تَكُونُ لَكَ رِضَآءً وَلِحَقِّهِ اَدَاءً وَعَلٰٓى اٰلِهِ وَصَحْبِهِ وَاِخْوَانِهِ وَسَلِّمْ وَسَلِّمْنَا وَسَلِّمْ دِينَنَا، اٰمِينَ يَا رَبَّ الْعَالَمِينَ

* * *

O’TTIZ BIRINCHI SO’Z

Me'roji Nabaviyaga Doirdir (S.A.V.)

ESLATMA:Me'roj masalasi iymoniy ruknlarning asoslaridan so’ng turadigan natijadir. Va iymon ruknlarining nurlaridan madad oladigan nurdir. Iymon ruknlarini qabul qilmagan dinsiz mulhidlarga qarshi albatta shaxsan o’zi isbot etilmaydi. Chunki Allohni bilmagan, Payg’ambarni tanimagan va farishtalarni qabul etmagan yoki samovotning vujudini inkor qilgan kishiga Me'roj gapirilmaydi. Avvalo, bu ruknlarni isbotlash kerak bo’ladi. Modomiki shunday ekan, biz Me'rojni aqlga sif’dira olmaslik orqali vasvasaga tushgan mo’'minni tinglovchi qabul qilib, unga bayon qilamiz. Ora-sira tinglash maqomidagi bo’lgan mulhidni nazarga olib, so’zni chiroyli aytamiz. Ba'zi so’zlarda Me'roj haqiqatininig bir qancha yog’dulari zikr qilingan edi. Birodarlarimning qattiq iltimoslari va u yog’dularni alohida-alohida haqiqatning asli bilan birlashtirish va kamoloti Ahmadiyaning (S.A.V.) jamoliga oyna qilish uchun inoyatni Allohdan istadik.

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

سُبْحَانَ الَّذِىٓ اَسْرٰى بِعَبْدِهِ لَيْلًا مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ اِلَى الْمَسْجِدِ الْاَقْصَا الَّذِى بَارَكْنَا حَوْ لَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ اٰيَاتِنَآ اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ

اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحىٰ ٭ عَلَّمَهُ شَدِيدُ الْقُوٰى ٭ ذُومِرَّةٍ فَاسْتَوٰى

وَهُوَ بِالْاُفُقِ الْاَعْلٰى ٭ ثُمَّ دَنَا فَتَدَلىّٰ ٭ فَكَانَ قَابَ قَوْسَيْنِ اَوْ اَدْنىٰ ٭

فَاَوْحٰىٓ اِلٰى عَبْدِهِ مَآاَوْحٰى ٭ مَا كَذَبَ الْفُؤَادُ مَارَاٰى ٭

اَفَتُمَارُونَهُ عَلٰى مَايَرٰى ٭ وَلَقَدْ رَاٰهُ نَزْ لَةً اُخْرٰى ٭ عِنْدَ سِدْرَةِ الْمُنْتَهٰى ٭

عِنْدَهَا جَنَّةُ الْمَاْوٰى ٭ اِذْ يَغْشَى السِّدْرَةَ مَا يَغْشٰى ٭

مَا زَاغَ الْبَصَرُ وَمَاطَغٰى ٭ لَقَدْ راَىٰ مِنْ اٰيَاتِ رَبِّهِ الْكُبْرىٰ

Avvalgi azim oyatning buyuk xazinasining birgina اِنَّهُ olmoshida bir balog’at dasturiga tayangan ikki ramzning mavzuimizga munosabati bo’lgani uchun, i'joz bahsida bayon qilingan tarzda yozamiz.

Qur'oni Hakim, Habibi Akram Alayhi Afzalussolatu va Akmalussalamning Me'rojining boshi bo’lgan Masjidi Haromdan Masjidi Aqsoga qilingan sayrini zikr etgach davomida:

اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ deydi. Bu kalom orqali وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى surasida ishora qilingan Me'rojning natijalariga ramz qilgan اِنَّهُdagi olmosh yo Janobi Haqqa taalluqli yoki Payg’ambarga (S.A.V.). Payg’ambarga bo’lsa, balog’at qonuni va so’zning kelishiga ko’ra quyidagicha ifoda qiladi: Bu juz'iy sayohatda umumiy sayr va kulliy yuksalish bor. Sidratul Muntahoga, Qobi Qavsaynga qadar Asmolarning kulliy martabalarida ko’ziga, qulog’iga kelgan Rabboniy oyatlarni va Ilohiy g’aroyib san'atlarni eshitgan, ko’rgan, deydi. Kichik juz'iy sayohatni, ham kulliy, ham ajoyib narsalar bo’lgan joyga sayohatning kaliti sifatida ko’rsatadi.

Agar olmosh Janobi Haqqa oid bo’lsa: Bir qulini bir sayohatda huzuriga chaqirib, bir vazifa yuklash uchun Masjidi Haromdan Payg’ambarlar jam bo’lgan Masjidi Aqsoga yuborib, anbiyolar bilan uchrashtirib, butun anbiyolarning usuli dinlariga mutlaq voris ekanini ko’rsatgandan so’ng, Sidratul Muntahoga, Qobi Qavsayngacha mulk va malakutida sayr qildirdi.

U kishi bir qul bo’lsalar va u sayohat kichik Me'roj bo’lsada, bu qul bilan birga butun koinotga aloqador bo’lgan bir omonat, koinotning rangini o’zgartiradigan nur, abadiy saodatning eshigini ochadigan kalit bo’lgani, o’sha omonat, nur va kalitning olamshumul, keng, umum koinotga oid va butun maxluqotni qamragan hikmatlarini ko’rsatishi uchun Janobi Haq o’zini "Butun narsalarni eshitguvchi va ko’rguvchi" sifati bilan vasf qiladi.

Bu buyuk sirning "To’rt Asos"i bor.

Birinchisi:Me'roj nima uchun kerak?

Ikkinchisi:Me'rojning haqiqati nima?

Uchinchisi:Me'roj hikmati nima?

To’rtinchisi:Me'rojning samaralari va foydasi qanday?

BIRINCHI ASOS

Me'rojnima uchun kerakligi:

Masalan, Janobi Haq اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ deyiladi. Hamma narsaga hamma narsadan ham yaqin. Jismdan, makondan munazzah. Xar bir valiy qalbi ichida U bilan ko’risha oladi. Nima sababdan Payg’ambarimizning (S.A.V.) Valiyligiga har bir valiy o’z qalbida erishgan munojatga Me'roj kabi uzun bir sayohatning natijasidan so’nggina muvaffaq bo’ladi?

Javob:Bu nozik masala sirini "ikki misol" bilan tushunishga yaqinlashtiramiz. O’n Ikkinchi So’zning Qur'on I'jozining sirlari va Me'roj siri haqidagi ushbu ikki misolini tingla:

Birinchi tamsil:Bir Sultonning ikki xil xitobi, suhbati, ko’rishishi bo’ladi. Ikki tarzda xitobi, iltifoti bor. Biri: Juz'iy bir ish yuzasidan omi odam bilan xususiy ehtiyojga doir xos telefonda suhbat qilish. Ikkinchisi: Eng buyuk sultonlik unvonidan, eng buyuk xalifalik nomidan, umumiy hokimlik martabasidan va amrlarini atrofga yoyish va namoyish qilish maqsadida bu ishlar bilan aloqador elchisi orqali yoki buyruqlar munosabatdor katta xodimi bilan gaplashish, suhbat qilish. Va haybatini izhor qilgan oliy bir farmon bilan xitob qilish.

وَ للهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى bu misol kabi koinot Xoliqining, Malikul Mulk va Malakutning, Azal va Abad Hokimining ikki xil xitobi, suhbati, iltifoti mavjud. Biri kichik va xos, keyigisi kulliy va umumiy. Me'roj - Payg’ambarimizning (S.A.V.) Valiyligining butun valiyliklardan ustun umuiy, ulug’ suratida ko’rinishi bo’lib, butun koinotning Rabbi Ismi va butun mavjudotning Xoliqi unvoni bilan Janobi Haqning suhbatiga va munojotiga musharraflik hisoblanadi.

Ikkinchi misol:Bir odam qo’lidagi oynani quyoshga qaratganda, oyna quyoshdan nur va yetti rangni o’z miqyosida jamlagan ziyo, aks oladi. Buning nisbatida quyosh bilan munosabatda bo’ladi, suhbatlashadi. Bir kishi nurli oynani qorong’u uy va yoki usti tom bilan yopilgan kichik, xususiy bog’ga qaratsa, quyosh qiymati nisbatida emas, balki oyna qobiliyati miqdoricha foydalanishi mumkin. Boshqa odam esaoynani qo’yib, to’g’ridan-to’g’ri quyoshga qaraydi, hashamatini ko’radi, azamatini anglaydi. So’ng juda yuksak toqqa chiqib, quyoshning juda keng porloq hokimiyatini ko’radi va u bilan shaxsan, pardasiz ko’rishadi. So’ng qaytib, uyi yoki bog’ining tomidan keng derazalar ochadi, osmondagi quyoshga yo’llar qiladi, haqiqiy quyoshning doimiy ziyosi bilan suhbatlashadi, gaplashadi. Shunday qilib minnatdor suhbat qura oladi va: "Ey yer yuzini nuri bilan charog’on etgan, zamin yuzini va butun gullarning yuzlarini kuldirgan dunyo go’zali, osmon nozdori bo’lgan nozanin quyosh! Butun dunyoni charog’on etganing va yer yuzini isitganing kabi mening uychamni, bog’chamni isitding va charog’on etding." Lekin avvalgi oyna sohibi bunday deya olmaydi. Undagi quyoshning aksi oyna chegarasida chegaralangan, o’sha qaydga ko’ra ko’rinadi.

Shamsi Azal va Abad Sultoni bo’lgan Zoti Ahad va Samadning tajalliysi insoniy mohiyatga cheksiz martabalarni ichiga olgan ikki suratda namoyon bo’ladi:

Birinchisi:Shamsi Azaliyning nuriga, suhbatiga va munojotiga qalb oynasiga uzangan Rabboniya aloqa va ko’rinish bo’lib, xar kim iste'dodiga hamda martabalar oshishda sayri sulukida Asmo va Sifatlarning tajalliylariga nisbatan juz'iy va kulliy sazovorlik. Aksar Asmo va Sifatlarning soyasida yurgan valiyliklarning darajalari bu qismdan kelib chiqadi.

Ikkinchisi:Insonning qamrovli ekani va koinot daraxtining eng munavvar mevasi bo’lgani sabab butun koinotda jilvalari namoyon bo’lgan Asmoyi Husnani ruhining oynasida birdan ko’rsata olish jihati bilan Janobi Haq zotining tajalliysi bilan va Asmoyi Husnaning a'zamiy martabada inson sinfining ma'nan eng buyuk bir kishisiga muazzam tajalliy ko’rinadiki, bu ko’rinish va tajalliy Hz.Muhammad (S.A.V.) Me'rojining siridir. Uning valiyligi risolatiga bo’shlang’ich bo’ladi. Bu valiylik, soyadan o’tadi, ikkinchi misolning birinchi odamiga o’xshaydi. Risolatda soya yo’q, to’g’ridan-to’g’ri Zoti Zuljalolning ahadiyatiga qaraydi, ikkinchi misoldagi odamga o’xshaydi. Me'roj esa Payg’ambarimiz (S.A.V.) Valiyligining eng buyuk karomati, eng yuksak darajasi bo’lgani uchun, risolat martabasiga aylangan. Me'rojning botini valiylikdir, xalqdan Haqqa boradi. Me'rojning zohiri risolat bo’lib, Haqdan xalqqa kelmoqda. Valiylik - qurbiyat martabalarida sulukdir. Ko’p martabalarni bosib o’tishga va bir darajada vaqtga muhtojdir. Buyuk nur bo’lgan risolat esa Ilohiy qurbiyat-yaqinlikning yuzaga kelishining siriga bog’liq bo’lib, bir lahza kifoya. Shuning uchun hadisda: "Bir onda borib kelgan", deyilgan.

Endi, tinglayotgan dinsizga aytamiz: Modomiki bu koinot o’ta intizomli bir mamlakat, juda muhtasham bir shahar, g’oyat ziynatli bir saroy ekan, albatta, uning bir hokimi, sohibi, ustasi bo’ladi. Modomiki bunday hashamatli Maliki Zuljalol, Hakiymi Zulkamol, Sone'i Zuljamol bor ekan, modomiki butun olamga, mamlakatga, shaharga, saroyga aloqasi bor ekan hamda his va tuyg’ulari bilan barchasiga munosabati bor va nazari umumiy bo’lgan bir inson bor ekan, albatta Sone'i Muhtasham shu umumiy nazarli va idrokli inson bilan yuksak, ulug’ munosabati bo’ladi, unga muqaddas xitobi va oliy e'tibori bo’ladi. Yana modomiki Odam Alayhissalomdan hozirgacha shu munosabatga noil bo’lganlar ichida belgilarining guvohligi bilan, ya'ni Yer kurrasining yarmini va insoniyatning beshdan birini tasarrufi doirasiga olgani va koinotning ma'naviy shaklini o’zgartirgani, nnnurlantirgani kabi, eng buyuk martabada o’sha munosabatni Muhammadi Arabiy Sallallohu Alayhi Vasallam bo’lgan. Shunday ekan, u munosabatning eng ulug’ martabasidan iborat bo’lgan Me'roj unga eng loyiq va eng munosib bo’ladi.

IKKINCHI ASOS

Me'rojning haqiqati nima?

Javob:Payg’ambarimiz (S.A.V.) shaxsiyatining komil martabalarida sayri sulukidan iboratdir. Ya'ni, Janobi Haqning tartibi maxluqotda tajalliy ettirgan boshqa-boshqa Asmosi va unvonlari bilan rububiyat saltanatida tashkil etgan tadbir va ijod doiralarida hamda u doiralarda bittadan rububiyat arshi va tasarruf markaziga sabab bo’lgan bir osmon tabaqasida namoyon qilgan rububiyat asarlarini bir-bir o’sha xos quliga ko’rsatib, uni butun insoniy kamolotni o’zida jamlagan, butun Ilohiy tajalliylarga sazovor, butun koinot tabaqalariga nazoratchi, rububiyat saltanatining jarchisi, Allohning roziligining yetkazuvchisi va koinot tilsimining kashf qilivchisi qilish uchun Buroqqa mindirib, samovotni yashin kabi sayr ettirib, martabalarni oshtirib, oy kabi manzildan manzilga, doiradan doiraga Alloh rububiyatini tomosha ettirib, maqomlari doiralarning samolarida bo’lgan va do’stlari bo’lgan anbiyolarni birma-bir ko’rsatib, Qobi Qavsayn maqomiga chiqargan, Ahadiyat bilan kalomiga va ru'yati-ko’rishga musharraf qilgan. Bu yuksak haqiqatga "ikki misol" durbini orqali qarash mumkin.

Birinchisi:Yigirma To’rtinchi So’zda izohlanganidek, bir podshohning o’z hukumati doiralarida turli tuman unvonlari, xalqining tabaqalarida boshqa-boshqa nom va vasflari, saltanatining martabalarida xar hil ism va nishonlari bo’ladi. Misol uchun: Adliya doirasida adolatli sud’ya, boshqaruvda sulton, harbiy doirada oliy bosh qo’mondon va ilmiy doirada xalifa va hokazo... ism va unvonlari bo’ladi. Xar bir doirada bittadan ma'naviy taxti hisoblangan maqomi va kursisi bo’ladi. Birgina podshoh saltanat doiralarida va hukumat tabaqalari martabalarida ming xil ism va unvon sohibi bo’la oladi. Bir-birining ichida minglab saltanat taxti bo’ladi. Go’yo hokimning xar bir doirada ma'naviy shaxsiyat e'tibori ila va telefoni ila mavjud va hozir bo’ladi, biladi. Xar tabaqada qonuni, nizomi, vakili bilan ko’rinadi, ko’radi. Xar martabada parda orqasida hukmi, ilmi, quvvati bilan boshqaradi, kuzatadi. Xar bir doiraning alohida markazi, manzili bor. Hukmlari bir-biridan farqli. Tabaqalari bir-biridan boshqa. Shunday bir sulton o’zi istagan zotni butun doiralarida aylantirib, xar doiraga maxsus shoxona saltanatini va hokimona amrlarini ko’rsatib, doiradan doiraga, tabaqadan tabaqaga sayr qildirib, huzurigacha keltiradi. So’ng barcha doiralarga taalluqli ba'zi umumiy, kulliy amrlarni unga omonat qilib beradi, yuboradi.

Xuddi bu misol kabi, Azal va Abad Sultoni bo’lgan Rabbul Olamiyn uchun rububiyatining martabalarida boshqa-boshqa, faqat bir-biriga qaragan xususiyat va nomlari bor. Uluhiyatining doiralarida turlicha, lekin bir-biri ichida ko’rinadigan Ism va belgilari bor. Hashamatli ijrootida alohida-alohida, ammo bir-biriga o’xshash tajalliy va jilvalari bor. Qudratining tasarruflarida farqli, faqat bir-birini his ettirgan unvonlari bor. Sifatlarining tajalliylarida turli tuman, lekin bir-birini ko’rsatadigan muqaddas zuhurlari bor. Ishlarining jilvalarida turli-tuman, faqat bir-birini mukammallashtiradigan tasarruflari bor. Rango-rang san'antida va san'atli asarlarida turli-tuman, ammo bir-birini tomosha etadigan hashamatli rabligi bor.

Bu buyuk sirga asosan koinotga hayratga soladigan, ajib tartib o’rnatgan. Eng kichik maxluqot tabaqalaridan bo’lgan zarralardan samovotgacha, samovotning birinchi tabaqasidan Arshi A'zamgacha bir-biri ustida tashkilot bor. Xar bir samo boshqa bir olamning tomi, rubibiyat-rablik uchun arsh va Allohning tasarrufoti uchun markaz hisoblanadi. U doiralar va tabaqalarda Ahadiyat e'tibori bilan jami Ismlar topilishi mumkin. Butun unvonlar bialn tajalliy etadi. Lekin adliyada odil sud’ya unvoni asosiydir, hokimdir, boshqa unvonlari u yerda uning amriga qaraydi, unga tobe'dir.

Xuddi shuningdek, xar bir maxluqot tabaqalarida, xar bir samoda bir Asmo, bir Ilohiy unvon hokimdir. Boshqa unvonlar uning soyasidadir. Masalan, Qodiyr Ismiga sazovor bo’lgan Hazrati Iso Alayhissalom qaysi samoda Payg’ambar Alayhissolatu Vassalam bilan uchrashgan bo’lsa, demak o’sha samo doirasida Janobi Haq Qodiyr unvoni bilan o’zi u yerda tajalliy etadi. Masalan, Hazrati Muso Alayhissalomning maqomi bo’lgan samo doirasida eng ko’p hukm suradigan unvon Hazrat Muso Alayhissalom noil bo’lgan Mutakallim unvonidir va hokazo...

Payg’ambarimizning shaxsiyati Alayhissolatu Vassalom Ismi A'zamga noil, nubuvvati umumiy, barcha Ismlarga sazovor bo’lgani uchun, albatta barcha rububiyat doiralari bilan aloqadordir. Albatta, o’sha doiralarda maqom sohibi bo’lgan anbiyolar bilan ko’rishishva barcha tabaqalardan o’tish Me'roj haqiqatini taqozo qiladi.

Ikkinchi Tamsil:Bir sultonning unvonlari orasida Qo’mondani A'zam unvoni harbiy doiralarning armiya qo’mondoni kabi umumiy va keng doiradan tortib serjant doirasiday kichik va xar bir xususiy doirada bir ko’rinishi, jilvasi bo’ladi. Masalan, bir askar qo’modonlik oliy unvonining namunasini o’n boshi shaxsida ko’radi, unga itoat qiladi, undan buyruq oladi. Askar serjant bo’lganida, katta serjant doirasidagi qo’mondonlik doirasi ostiga kiradi, unga qaraydi. Katta serjant bo’lsa, qo’mondonlik namunasini va jilvasini leytenant doirasida ko’radi. O’sha maqomda unga xos mansab kursisi bo’ladi va hokazo... Mayor, polkovnik, general, marshal doiralarining xar birida ularning katta va kichikligi nisbatida qo’mondonlik unvonini ko’radi.

Oliy bosh qo’mondon bir askarga harbiy doiralarga aloqador bo’ladigan vazifa yuklashni istasa, taftishchi kabi xar doirani ko’rib va ko’radigan maqom berishni istasa, albatta, qo’mondoni a'zam u askarni serjant ko’rishi, ko’rilishi uchun doirasidan boshlab eng katta doirasigacha bir-bir aylantiradi. So’ng huzuriga qabul qilib suhbatiga musharraf qiladi. Nishon va farmon berib iltifot ko’rsatadi va kelgan joyigacha bir onda olib borib qo’yadi.

Bu misolda bir tomonni e'tiborga olish kerak. Agar podshoh ojiz bo’lmasa, zohirdagidek ma'naviy jihatida ham iqtidori bo’lsa, general, marshal, mulozim kabi shaxslarni vakil qilmaydi. Hamma joyda shaxsan o’zi hozir bo’ladi. Lekin ba'zi pardalar ostida va mansabdor shaxslarning orqasida to’g’ridan-to’g’ri amrni u beradi. Ba'zi komil valiy bo’lgan podshohlar ko’p doiralarda ba'zi shaxslar suratida ijrootini bajargani rivoyat qilinadi.

Bu misol orqali ko’rgan haqiqatimiz, ojizlik uning ichida bo’lmagani uchun, to’g’ridan-to’g’ri xar bir doirada amr va hukm qo’mondoni a'zamdan keladi. Ishlar Uning amri, irodasi, quvvati bilan amalga oshadi.

Bu misol kabi, yer va osmonlar Hokimi, "Kun Fayakun Amri"ga sohib, Mutlaq Amir bo’lgan Azaliy va Abadiy Sulton, maxluqoti tabaqalarida jarayon etayotgan, mukammal itoat va intizom bilan bo’ysundirilgan, amrlar va qo’mondonligining faoliyati, zarralardan sayyoralarga, pashshadan osmonlargacha maxluqot tabaqalari va mavjudot toifalarida katta-kichik, juz'iy-kulliy tabaqalari va toifalari turlicha, lekin bir-biriga yuzlangan rububiyat doiralari, hokimiyat tabaqalari ko’rinmoqda.

Butun koinotdagi oliy maqsadlarni va buyuk natijalarni tushunadigan va butun tabaqalarning turli tuman qullik vazifalarini bajarish orqali Zoti Kibriyoning rububiyat saltanatini, hokimiyat hashamatini kuzatib, u Zot nimalardan rozi bo’lishini tushunish va uning saltanatida e'lon qiluvchi bo’lish uchun, buyuk doirasining unvoni bo’lgan Arshi A'zamiga kirishi, Qobi Qavsaynga, ya'ni imkon va vujub o’rtasida Qobi Qavsayn bilan ishora qilingan maqomga kirishi va Zoti Jaliyli Zuljamol bilan ko’rishishi uchun xar holda tabaqalar va doiralarga bir sayri suluk bo’ladi. Bu sayri suluk esa Me'rojning haqiqatidir.

Xar bir inson aqli bilan hayol tezligidagi sayr qilishi, xar bir valiy qalbi bilan yashin tezligida aylanishi va jismi nuroniy bo’lgan har bir farishta ruh tezligida Arshdan yerga, yerdan Arshga qatnovi, Jannat ahli insonlarning Buroq tezligida hashr maydonidan besh yuz yildan ortiq masofadan Jannatga chiqishlari kabi, nur va nur qobiliyatidagi, valiylar qalblaridan ham latif, o’liklar ruhlaridan va farishtalar jismlaridan ham yengil, yulduz kabi nuroniy jasad va ko’rinishdan iborat bo’lgan badandan ham nozikroq bo’lgan Payg’ambarimiz (S.A.V.) ruhining cheksiz vazifalariga sabab va jihozlarining xazinasi bo’lgan Payg’ambarimmizning (S.A.V.) jismi, albatta u zotning ustun ruhi bilan Arshgacha birga borgan.

Endi tinglash maqomida bo’lgan dinsizga qaraymiz. Unining shunday deyishi qalbga keladi: "Men Allohni tanimayman, Payg’ambarni bilmayman, qanday qilib Me'rojga ishonayin?"

Biz unga javoban aytamiz: Modomiki koinot, mavjudot bor va ichida ishlar va ijod mavjud ekan, modomiki bir intizomli ish uning qiluvchisiz bo’lmaydi, ma'noli kitob kotibsiz bo’lmaydi, san'atli bir naqsh naqqoshsiz bo’lmas ekan, albatta, koinotni to’ldirgan hikmatli ishlarning bajaruvchisi, yer yuzining faslma-fasl yangilanib turadigan hayratga soladigan naqshlarining, ma'noli maktublarining kotibi, naqqoshi bo’ladi.

Modomiki bir ishda ikki hokimning bo’lishi uning intizomini buzadi. Modomiki, chivin qanotidan samovot qandiligacha mukammal intizom bor ekan, u hokim birdir. Bir bo’lmasa (chunki hamma narsada san'at va hikmat shu daraja ajibki, u narsaning san'atkori hamma narsaga qodir bo’ladi, har bir ishni biladigan darajada mutlaqo qodir bo’lishi kerak. Shunday ekan, bir bo’lmasa) mavjudot sanog’icha ilohlarning bo’lishi kerak bo’ladi. Ilohlar esa bir-birlariga zid, bir-biriga o’xshash bo’ladi. Shu ajib intizomning buzilmasligi yuz ming karra imkonsizdir. Modomiki mavjudot tabaqalari bir armiyadan ming karra intizomliroq amr bilan harakat qilgani yaqqol ko’rinmoqda.

Yulduzlarning, quyosh va oyning intizomli harakatidan bodom gullarigacha xar bir toifa shu qadar intizomli, shu qadar mukammal suratda Qodiri Azaliyning u toifaga bergan nishonlarni, shakllarni, go’zal liboslarni va tayin etgan harakatlarni lashkardan ming karra intizomliroq tarzda ko’rsatmoqda. Shunday ekan koinot mavjudotining (uning amriga qaraydigan va tobe' bo’lgan) g’ayb pardasi orqasida bir Hokimi Mutlaqi bor.

Modomiki Hokim qilgan butun hikmatli ishlarining shahodati bilan, namoyon etgan hashamat asarlari bilan bir Sultoni Zuljaloldir. Ko’rsatgan ehsonlari bilan o’ta Rahim bir Rabbdir. Namoyon qilgan go’zal san'atlari bilan san'atparvar va san'atini juda ham sevadigan Sone'dir. Ko’rsatgan bezaklari va aqllarni lol qoldiruvchi san'atlari bilan idrok egalarining tahsinini asarlariga qaratishni istagan bir Xoliqi Hakiymdir. Olamning yaratilishida aqllarni hayratda qoldirgan bezaklarning ma'nosini va maxluqot qayerdan kelib qayerga ketishini rububiyatining hikmati bilan idrok egalariga bildirishni istagani anglashilmoqda. Albatta, Hokimi Hakiym va Sone'i Aliym rububiyatini ko’rsatishni istaydi.

Ham, modomiki ko’rsatayotgan buncha lutf va marhamat asarlari, g’aroyib san'atlari bilan idroklilarga o’zini tanitishni va sevdirishni istayotgan ekan, albatta, ularning orzularini va ulardan qanday rozi bo’lishini bir yetkazuvchi vositasida bildirar ekan, idrok egalaridan birisini tayinlab, u orqali o’z rabligi-rububiyatini e'lon qiladi. Sevgan san'atlarini namoyish etish uchun bir e'lon qiluvchini huzurining yaqiniga musharraf qilib ko’rsatishga vosita qiladi. Oliy maqsadlarini boshqa idrok egalariga bildirish orqali kamolotini ko’rsatish uchun bir kishini muallim qilib tayinlaydi.

Bu koinotda joylashtirgan tilsim va mavjudotda yashirgan rububiyatning siri ma'nosiz qolmasligi uchun, bir rahbar tayinlaydi. Ko’rsatgan va insonlar tomosho qilishiga yoygan san'at go’zalliklari foydasiz va bo’sh qolmasligi uchun ulardagi maqsadlarni dars beradigan bir rahbar tayin qilib qo’yadi. Roziligini idrok sohiblariga yetkazish uchun ulardan birini butun idroklilardan ustun maqomga chiqaradi va nimalardan rozi bo’lishini unga bildiradi, ularga yuboradi. Modomiki haqiqat va hikmat buni taqozo qilayotgna ekan va bu vazifaga Hazrati Muhammad Alayhissolatu Vassalamdir eng loyiq ekan, chunki faqat u zot u vazifalarni eng mukammal suratda qilgan ekan. Tashkil qilgan Islom olami va ko’rsatgan Islomiyat nuri bir odil va sodiq shohiddir. Shunday bo’lgach, u zot to’g’ridan-to’g’ri butun koinot ustiga chiqib, butun mavjudotdan o’tib bir maqomga kirishi kerakki, butun mahluqotning Xoliqi bilan umumiy, yuksak, kulliy suhbat qilgan. Me'roj ham bu haqiqatni ifodalaydi.

Natija:Modomiki buyuk koinotni yuqorida aytilganidek juda buyuk maqsadlar va juda buyuk g’oyalar uchun bu suratda tashkil qilgan, tartib o’rnatgan va bezagan ekan, modomiki mavjudot ichida umumiy rablik-rububiyatni butun nozik tomonlari bilan, bu azim uluhiyat-ilohlik saltanatini butun haqiqatlari bilan ko’radigan inson sinfi bor ekan, albatta, o’sha Mutlaq Hokim o’sha inson bilan gaplashadi, maqsadlarini bildiradi.

Modomiki xar bir inson kichiklik va pastlikdan chiqib eng yuksak umumiy maqomga chiqa olmas, Hokimning umumiy xitobiga shaxsan tinglovchi bo’la olmas ekan, albatda, insonlar ichidan ayrim xos kishilarga shu vazifa yuklangan bo’ladi.

Bu ikki jihatdan munosabati bo’ladi. Insonlarga muallim bo’lishi uchun inson bo’lishi kerak. To’g’ridan-to’g’ri xitobga noil bo’lishi uchun ruhan o’ta yuksak bo’lishi kerak. Modomiki insonlar ichida koinot Sone'ining maqsadlarini eng mukammal suratda bildirgan, koinot sirini kashf qilgan, yaratilishning tilsimini ochgan, rububiyat-rablik saltanati go’zalliklariga eng mukammal ravishda e'lon qilgan zot - Muhammad Alayhissolatu Vassalamdir. Albatta, butun insonlar ichida shunday ma'naviy sayri suluki bo’ladiki, jismoniy olamda sayru-sayohat suratida bir Me'roji bo’ladi. "Yetmish ming parda" deb, ta'bir qilingan Allohnng go’zal Ismlarinng tajalliysidagi o’rtadagi hududlar, Asmo orasidagi ma’nolar hamda Allohning Sifat va ishlarining tajalliy-ko’rinishi va mavjudot tabaqalarining orqasidagi martabalarni oshib o’tadi. Me'roj budir.

Yana hayolga keladiki: Ey tinglovchi! Sen qalbingdan: "Qanday qilib ishonay, hamma narsadan ham eng yaqin bo’lgan Rabbga minglab yillik masofani bosib, yetmish ming pardadan o’tgandan keyingina u bilan ko’rishmoq nima degani?" deysan.

Biz javob beramiz: Janobi Haq hamma narsaga hamma narsadan ham yaqindir. Ammo hamma narsa undan benihoyat uzoq. Quyoshning idroki va nutqi bo’lsa, sening qo’lingdagi oyna vositasida gaplasha olasan. Senda istaganidek tasarruf qiladi. Balki senga sening oyna misol ko’z qorachig’ingdan ham yaqinroq bo’lsada, sen undan to’rt ming yil qadar uzoqsan, hech bir jihatda unga yaqinlasha olmaysan. Agar taraqqiy etsang, Oy maqomiga kelib, to’g’ridan-to’g’ri ko’rish nuqtasiga chiqsang, unga yolg’iz bir nav’ oynadorlik qila olasan.

Xuddi shuningdek, Shamsi Azal va Abad bo’lgan Zoti Zuljalol hamma narsaga hamma narsadan ham yaqin bo’lsada, hamma narsa Undan benihoyat uzoqdir. Lekin butun mavjudotdan oshib o’tib, kichiklikdan chiqib, umumiyat tabaqalarida bora-bora minglab pardalardan o’tib, jamiki mavjudotni qamragan Asmosiga yaqinlashadi, undan ham ilgarida ko’p martabalarni bosib o’tadi. So’ng bir tur yaqinlikka musharraf bo’ladi. Yana masalan, bir askar oliy bosh qo’mondonning ma'naviy shaxsidan juda uzoqdir. Askar qo’mondonini o’n boshilikda ko’rgan kichik namuna bilan o’ta uzoq masofadan, unga juda ko’p ma'naviy pardalar orqasidan qaraydi. Uning haqiqiy ma'naviy shaxsi bilan yaqin bo’lish leytenantlik, mayorlik, polkovniklik kabi ko’p umumiy martabalardan o’tish kerak bo’ladi. Xolbuki, buyruq’i bilan, qonuni bilan, nazari bilan, hukmi bilan, ilmi bilan suratan oliy bosh qo’mondon bo’lgani kabi ma'nan ham qo’mondon bo’lsa, askarning yonida shaxsan o’zi hozir bo’ladi, ko’radi. Bu haqiqat O’n Oltinchi So’zda o’ta qat'iy suratda isbotlangani uchun, u bilan kifoyalanib, bu yerda xotima qilamiz.

Yana hayolga keladiki, sen qalbingdan: "Men samovotni inkor qilaman, farishtalarga ishonmayman. Qanday qilib bir insonning osmonlarda sayr qilishi, farishtalar bilan ko’rishishiga ishonay?" deysan.

Ha, aqli ko’zida bo’lgan, ko’zini esa parda qoplagan sendek odamlarga gap tushuntirish va bir narsani ko’rsatish, albatta mushkul. Lekin haq shu qadar porloqki, ko’rlar ham ko’ra olgani uchun aytamiz:

Keng fazo olami efir bilan to’laligini hammaning e'tirof qiladi. Ziyo, elektr toki, harorat kabi boshqa oquvchi latif moddalar fazoni ham to’ldirgani moddaning mavjudligiga dalolat qiladi. Mevalar daraxtini, gullar chamanzorlarini, boshoqlar dalalarini, baliqlar dengizini shaksiz ko’rsatgani kabi, bu yulduzlar ham albatta asoslarini, dalasini, dengizini, chamanzorining vujudini aqlning ko’ziga pesh qiladi. Modomiki yuksak olamda turli hil shakllanishlar bo’lib, turli vaziyatlarda, turli hukmlar kuzatilayotgan ekan, ularning asoslari bo’lgan samovot turlichadir. Insonda jismdan boshqa aql, qalb, ruh, xayol, xotira kabi ma'naviy a’zolar ham bor ekan, albatta, buyuk insoni hisoblangan olamda va bu inson mevasining daraxti bo’lgan koinotda jismoniy olamdan boshqa olamlar bor. Yer olamidan Jannat olamigacha xar bir olamning alohida osmoni bor.

Ham, farishtalar haqida aytamiz: Sayyoralar ichida o’rtacha, yulduzlar ichida kichik va xira bo’lgan yer kurrasida mavjudotlar ichida eng qiymatdor va nuroniyhayotvashuur- behisob suratda mavjud. Albatta, zulmatli uy hisoblangan yerga nisbatan ziynatli qasrlar, mukammal saroylar hisoblangan yulduzlar va ularning dengizlari bo’lganosmonlar- shuur va hayot sohiblari, juda ko’p va jinslari turlicha malaklar va ruhoniylarning maskanidir. Bu o’ta qat'iy bir suratda "Ishorat-ul I'joz" nomidagi tafsirimda

ثُمَّ اسْتَوٰىٓ اِلَى السَّمَآءِ فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ

oyatida osmonlaring ham vujudi, ham ko’pligi isbot qilingani uchun, farishtalarning borligini Yigirma To’qqizinchi So’zda ikki karra ikki to’rt aniqligida isbot qilganimiz uchun, ular bilan kifoyalanib bu yerda xotima yasaymiz.

Natija:Efir moddasidan qilingan elektr, ziyo, harorat, tortishish kuchi kabi oquvchi latif moddalarning asosi bo’lgan, hadisda اَلسَّمَآءُ مَوْجٌ مَكْفُوفٌ ishorasi orqali sayyoralar va yulduzlarning harakatlariga moslashgan, Samon yo’li deb atalgan "Mojarotus Samo"dan eng yaqin sayyoragacha turli vaziyat va shakllanishda yetti tabaqa, xar bir tabaqa yer olamidan barzoh olami, misol olami, oxirat olamigacha olamlarning tomi hisoblangan osmonlarning mavjudligi hikmatan, aqlan lozim.

Yana hayolga keladi: Ey mulhid! Sen: "Ming qiyinchiliklar bilan tayyora vositasida zo’rg’a bir-ikki kilometr yuqoriga chiqish mumkin. Qanday qilib inson jismi bilan minglab yillik masofani bir necha daqiqa ichida bosib o’tadi, boradi, keladi?" deysan.

Javoban aytamizki: Yerday og’ir jism, bilim xulosasiga asosan yillik harakati davomida bir daqiqa ichida taqriban yuz sakson sakkiz soatlik masofani bosadi. Bir yilda taqriban yigirma besh ming yillik masofani bosib o’tadi. Ajabo, bu intizomli harakatni unga bajartirgan va bir sopqon toshi kabi aylantirgan Qodiyri Zuljalol bir insonni arshga olib kela olmaydimi?! Quyoshning tortishish kuchi deb nomlangan Rabboniy qonun bilan Mavlaviy kabi atrofida juda og’ir yer jismini aylantirgan hikmat, Rahmon rahmati tortishishi va Shamsi Azal muhabbatining jalb qilishi bilan bir inson jismini yashin tezligida Rahmon Arshiga chiqara olmaydimi?!

Yana hayolga keladi: "Xo’p mayli, chiqishi mumkin. Lekin nima uchun chiqqan? Nima keragi bor? Avliyolar kabi ruhi va qalbi bilan borsa yetmaydimi?" deyapsan.

Javoban aytamiz: Modomiki Sone'i Zuljalol mulk va malakutidagi ajib oyatlarini ko’rsatish va olamning dastgoh va manba’larini tomosha ettirish va inson amallarining oxiratga taalluqli natijalarini ko’z oldiga keltirishni xohlagan ekan, albatta bu ko’ringan borliqlar olamning kaliti hisoblangan ko’zini va eshitilayotganlar olamidagi oyatlarni tomosha qilgan qulog’ini Arshgacha birga olishi kerak bo’lgani kabi ruhining cheksiz vazifalarga asos bo’lgan sabablar va jihozlarining uskunasi hisoblangan muborak jismini ham Arshgacha birgalikda chiqarishini aql va hikmat taqozo qiladi.

Jannatda Ilohiy hikmat jismni ruhga oshno qiladi. Chunki jasad juda ko’p qulliik vazifalari va cheksiz lazzatlar va azoblarga sabab bo’ladi. Albatta, u muborak jasad ruhga o’rtoq bo’ladi. Modomiki Jannatga jism ruh bilan birga borar ekan, albatta Jannatul Ma'voning jussasi bo’lgan Sidrat-ul Muntahoga ko’tarilgan Zoti Ahmadiya (S.A.V.) bilan muborak jasadini hamroh ettirishi ayni hikmatdir.

Yana aqlga keladi: "Bir necha daqiqada minglab yillik masofani bosib o’tish aqlan imkonsiz?" deysan.

Javoban aytamizki: Sone'i Zuljalolning hunarida harakatlar nihoyat darajada xar hil. Masalan, ovozning tezligi bilan ziyo, elektr, ruh va xayol tezliklari bir-biridan qanchalik farq qilishi ma'lum. Sayyoralarning harakatlari, fanda aylishicha, shunchalik xar hilki, aql hayratda. Ajabo, latif jismi, tez yuksalgan oliy ruhiga tobe' bo’lib, ruh tezligidagi harakati qanday qilib aqlga ters ko’rinadi?

Masalan o’n daqiqalik uyqu chog’ida yilda o’ta oladigan holatlarni boshdan kechirasan. Hatto insonning bir daqiqada ko’rgan tushida eshitgan so’zlari, aytgan gaplari to’plansa, xushyor olamda bir kun, balki undan ham ko’p vaqt lozim. Demak, ayni paytda ikki shaxsga nisbatan biriga bir kun, ikkinchisiga esa bir yil bo’ladi.

Bu ma'noga bir misol orqali qara: Insonning harakatidan, to’p o’qining harakatidan, ovozdan, ziyodan, elektrdan, ruhdan, xayoldan vujudga kelgan harakatlarning tezligini o’lchash uchun shunday bir soat faraz qilaylik. Uning o’nta mili bor. Biri soatlarni ko’rsatadi. Ikkinchisi, undan oltmish karra kengroq doiradagi daqiqalarni sanaydi. Uchinchisi undan ham oltmish karra kengroq doira ichida soniyalarni, keyingisi oltmish karra kengroq doirada solisalar (soniyaning oltmishda biri)ni va bu kabi robialar (solisaning oltmishda biri)ni, hamisalar (robianing oltmishda biri)ni, sodisalar (hamisaning oltmishda biri)ni, sabialar (sodisaning oltmishda biri)ni, saminalar (sabianing oltmishda biri)ni, tasialar (saminaning oltmishda biri)ni, ashiralar (tasianing oltmishda biri)ni sanaydigan o’ta intizomli azim doirada bittadan mil faraz qilamiz. Soatni sanagan milning doirasi kichik soatimizchalik bo’lsa, xar holda ashiralarni sanagan milning doirasi yerning yillik harakat doirasi qadar, balki undan ham ortiq bo’lishi kerak bo’ladi.

Endi ikki shaxs faraz qilaylik: Ulardan biri soatni sanaydigan milga minadi. Milning harakati tezligida tomosha qiladi. Ikkinchisi esa, ashiralarni sanovchi milga minib olgan. Bu ikki shaxsning ayni vaqtda ko’rgan narsalari bizning soatimiz bilan yerning yillik aylanish davri o’rtasidagi farq kabi ko’rinishdan juda ko’p farqlari bo’ladi.

Vaqt (chunki) harakatlarning bir rangi, tusi yoki arqoni hisoblangani uchun, harakatlarda joriy bo’lgan xulosa vaqtda ham joriy. Bir soatlik ko’rgan narsalarimiz soatni ko’rsatadigan miliga mingan idrokli shaxsning kuzatganichalik bo’lgani va haqiqiy umri o’shanchalik bo’lib, ashiralar miliga mingan shaxs kabi ayni paytda, muayyan soatda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Allohning buroq kabi tez muvaffaqiyat ehsoniga minib chaqmoq kabi butun koinotni bosib o’tib, egasi Alloh bo’lgan va hukm yuritgani ko’ringan va ko’rinmagan olamdagi ajoyibotlarni ko’rib, o’zgarmas, borligi vojib va vasflarining ziddi tasavvur qilinmaydigan Ilohlik doirasi nuqtasiga chiqib, suhbatga musharraf bo’lib, Ilohiy Jamol ru'yati-ko’rishga noil bo’lib, farmonni olib vazifasiga qayta oladi, qaytgan va shunday ham bo’lgan.

Yana hayolga keladiki: "To’g’ri, bo’lishi mumkin. Lekin xar bir mumkin sodir bo’lavermaydi. Qabul qilish uchun buning o’xshashi bormi? O’xshashi bo’lmagan narsaning faqat imkoni bilan sodir bo’lishiga qanday xulosa qilish mumkin?"

Javoban aytamiz: Buning misollari shunchalik ko’pki, hisobi yo’q. Masalan, xar bir ko’z sohibi ko’zi bilan yerdan Neptun sayyorasigacha bir soniyada chiqadi. Xar bir ilm sohibi aqli bilan astronomiya qonunlariga minib yulduzlarning orqasigacha bir daqiqada boradi. Xar bir iymon sohibi namozning amal va ruknlariga fikrini mindirib bir nav’ Me'roj orqali koinotni orqasiga otib huzurga qadar boradi. Xar bir qalb sohibi va komil valiy sayri suluk bilan Arshdan, Asmo va Sifatlar doirasidan qirq kunda o’ta oladi. Hatto Shayxi Jiyloniy, Imomi Rabboniy kabi ba'zi zotlarning ishonchli xabarlariga ko’ra, bir daqiqada Arshgacha ruhoniy yuksalishlari bo’ladi. Nuroniy jismdan tashkil topgan farishtalarning Arshdan yerga, yerdan Arshga qisqa vaqtda borib-kelishi bordir. Jannat ahli mahshardan Jannat bog’lariga qisqa vaqtda yuksaladilar.

Albatta, buncha namunalar shuni ko’rsatadilarki, butun avliyolarning sultoni, umum mo’'minlarning imomi, barcha Jannat ahlining raisi va umum farishtalar hurmat qilgan Payg’ambarimizning (S.A.V.) shaxsiyati sayri sulukiga sabab bo’lgan Me'rojning bo’lishi hamda u zotning maqomiga munosib suratda bo’lishi ayni hikmat, o’ta ma'qul va shubhasiz bo’lgan.

UCHINCHI ASOS

Me'rojning hikmati nima?

Javob:Me'rojning hikmati shu qadar yuksakki, inson fikri unga yeta olmaydi. Shu qadar chuqurki, unga yetisha olmaydi. Shu qadar nozik va latifki, aqlning bir o’zi ko’ra olmaydi. Lekin ba'zi ishoralar bilan haqiqatlari bilinmasa ham borligini quyidagicha bildirish mumkin:

Koinotning Xoliqi sanoqsiz tabaqalarda vahdat nurini va ahadiyat tajalliyini ko’rsatish uchun sanoqsiz tabaqalarining oxirigacha Allohning yakkaligini ko’rsatgan asl manba’ga bog’laydigan ip suratida Me'roj bilan mumtoz shaxsni butun maxluqot uchun o’ziga tinglovchi qabul qilib butun idroklilar nomidan Ilohiy maqsadlarini tushuntirish, u orqali bildirish va uning nazari bilan maxluqot oynasida san'at go’zalligini, rububiyat mukammalligini kuzatish va kuzattirishdir.

Sone'i Olamning asarlarining guvohligi bilan cheksiz jamol va kamoli bor. Jamol va kamolning ikkisi ham muhabbatga loyiq, ya'ni shaxsan seviladi. Shunday ekan, jamol va kamol sohibining jamol va kamoliga benihoyat muhabbati bor. Benihoyat muhabbatni san'atli asarlarida ko’p tarzlarda namoyon bo’lmoqda.

San'atli asarlarini sevadi. Chunki san'atli asarlarining ichida jamolini, kamolini ko’radi. San'atli asarlar ichida eng sevimli va eng oliyi - hayot sohiblaridir. Hayot sohiblari ichida eng sevimli va oliyi - idrok sohiblaridir. Idroklilar ichida qamrovli bo’lgani e'tibori bilan eng sevimlisi insonlar ichida bo’ladi. Insonlar ichida esa iste'dodi to’liq rivojlangan, barcha san'atli asarlarda yoyilgan va ko’ringan kamolotining namunalarini ko’rsatgan shaxs eng sevimlidir. Mavjudot Sone'i butun mavjudotda yoyilgan muhabbat tajalliysining barcha turlarini bir nuqtada, bir oynada ko’rishni va butun go’zallik navlarini ahadiyat siri bilan ko’rsatish uchun yaratilish daraxtidan nurli meva darajasida, qalbni u daraxtning asos haqiqatlarini ichiga oladigan urug’ hisoblangan zotni ilk boshlang’ich bo’lgan urug’dan eng oxirgi nuqta bo’lgan mevagacha bog’lovchi ip hisoblangan Me'roj bilan u shaxsning koinot nomidan sevgili bo’lishini ko’rsatish, huzuriga chaqirish, jamolini ko’rishga musharraf qilish va undagi muqaddas holatni bashqalarga ham yetkazish uchun kalomi bilan iltifot ko’rsatib, farmoni orqali vazifa yuklashdir.

Endi bu oliy hikmatga qarash uchun ikki misol durbini orqali diqqat bilan kuzatamiz.

Birinchi misol:O’n Birinchi So’zning misoliy hikoyasida batafsil bayon etilganidek, bir Sultoni Ziyshonning juda ko’p xazinalari va ularda juda ko’p javohir turlari mavjud bo’lsa, uning g’aroyib hunarlarda yuksak mahorati bo’lsa, hisobsiz ajib fanlarni bilsa, qamragan bo’lsa, nihoyatsiz tenggi yo’q darajada go’zal ba o’xshashi yo’q ilmlarni bilsa va xabari bo’lsa, xar bir jamol va kamol egasi o’z jamoli va kamolini ko’rish va ko’rsatishni istashiga asosan, albatta bilimli sultoni ham bir namoyish joyi ochishni istaydi. Saltanatining hashamatini, boyligining dabdabasini, o’z g’aroyib san'atlarini, o’z bilimining hadyalarini insonlar e'tiboriga yoyib ko’rsatish uchun ichiga ko’rgazmalar ochadi. Maqsad ma'naviy jamol va kamoli ikki jihatdan ko’rilishi bo’ladi. Bir jihati: Shaxsan nozik tomonlarini ko’ra oladigan nazari bilan ko’rsin. Keyingisi: Boshqalarning nazari bilan qarasin.

Bu hikmatga ko’ra albatta ulkan, muhtasham, keng saroy qurishni boshlaydi. Shohona tarzda doiralarga, manzillarga taqsimlaydi. Xazinalarining turli-tuman qiymatli duru javharlari bilan bezab, o’z mohir qo’lining eng go’zal, eng latif san'atlari bilan ziynatlaydi. Fan va hikmatlarining eng nozik jihatlari bilan nizomga soladi. Ilmlarining mo’'jizaviy asarlari bilan yasatadi, mukammallashtiradi. So’ng xar hil ne'matlari bilan, shirin taomlari bilan xar toifaga xos dasturxonlarni soladi. Umumiy ziyofat tashkil qiladi. So’ng xalqiga o’z kamolotini ko’rsatish uchun ularni sayr va ziyofatga taklif etadi. So’ng ulardan birini bebaho, yuksak rutbali xodim qiladi, quyi tabaqa va manzillardan yuqoriga chaqiradi. Qavatlar osha qavatlarda, ustma ust tabaqalarda aylantiradi.

Ajib san'atining uskunalarini va dastgohlarini, pastdan kelgan mahsulotning xazinalarini ko’rsata-ko’rsata, xos doirasigacha chiqaradi. Kamolotining barcha ma'dani bo’lgan muborak zotini unga ko’rsatish va huzuri bilan uni sharaflantiradi. Qasrning haqiqatlarini va o’z kamolotini unga bildiradi. Tomoshabinlarga rahbar etib tayinlaydi va saroyning Sone'ini ichidagilari bilan, naqshlari bilan, ajoyib narsalari bilan aholiga ta'rif etishi uchun, saroy naqshlaridagi ramzlarini bildirib, ichidagi san'at asarlarining ishoralarini o’rgatib, saroyga kirganlarga tartibli ziynatlar va o’lchovli naqshlar nima ekani, saroy sohibining kamolotini va hunarlarini qanday ko’rsatishini ta'riflashi, kirish odobini va sayr marosimini bildirishi hamda ko’rinmagan bilim va faoliyat sohibi bo’lgan sultonning roziligi va istaklari doirasida tashrif marosimini ta'riflashi uchun yuboradi.

Xuddi shuningdek, وَ لِلهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Azal Abad Sultoni bo’lgan Sone'i Zuljalol so’ngsiz kamolotini va nihoyatsiz jamolini ko’rish va ko’rsatishni istaganki, bu olam saroyini shunday bir tarzda bunyod qilganki, xar bir mavjudot juda ko’p tillar bilan uning kamolotini zikr qiladi. Juda ko’p ishoralar bilan jamolini namoyish etadi. Asmoi Husnasining xar bir Ismida naqadar yashirin ma'naviy xazinalar va xar bir muqaddas unvonlarida naqadar maxfiy latif tuyg’ular mavjud ekanini, koinot butun mavjudoti bilan ko’rsatadi. Shunday ko’rsatarki, barcha fanlar jamiki qonunlari bilan koinot kitobini Odam (A.S.) davridan beri mutolaa qilishda. Xolbuki, u kitob hali Allohning Ismlari va kamolotiga doir ifoda qilgan ma'nolarning va ko’rsatgan oyatlarning yuzdan birini o’qiy olmagan.

Shunday bir olam saroyini o’zining ma'naviy kamoloti va jamolini ko’rish va ko’rsatish uchun namoyish joyi qilib ochgan Jaliyli Zuljamol, Jamiyli Zuljalol, Sone'i Zulkamolning hikmati bu Yer olamidagi idrokli maxluqlarga nisbatan behuda va foydasiz bo’lmaslik uchun saroy dalillarining ma'nosini bir kishiga bildirishini taqozo qiladi. Insonlardan birini Saroydagi ajoyib narsalarning manba'lari va natijalarining xazinalari bo’lgan yuksak olamlarda aylantiradi. Hamda barchasining ularning ustiga chiqaradi, yaqin huzuriga musharraf qiladi, oxirat olamlarida aylantiradi, barcha bandalariga muallim va rububiyat saltanatining e'lonchisi, Alloh roziligining yetkazuvchisi, olam saroyidagi yaratilisga oid dalillarni tafsir qiluvhcisi singari ko’p vazifalar yuklagan. Mo’'jizalar alomatlari bilan imtiyozini ko’rsatgan. Qur'ondek farmon bilan u shaxsni Zoti Zuljalolning xos va sodiq tarjimoni ekanini bildirgan.

Me'rojning juda ko’p hikmatlarini misol durbini bilan bir ikkitasini namuna sifatida ko’rsatdik. Qolganlarini sen qiyos qil.

Ikkinchi misol:Bir bilimli kishi mo’'jizaviy bir kitobni ta'lif qilib yozsa (shunday kitobki xar sahifasida yuz kitobchalik haqiqatlar, xar satrida yuz sahifa qadar nozik ma'nolar, xar bir so’zida yuz satrdek haqiqatlar, xar harfida yuz so’zchalik ma'nolar bo’lsa). Kitobning barcha ma'nolari va haqiqatlari o’sha mo’'jizaviy kitobning ma'naviy ustun tomonlariga qarasa, ishora qilsa, albatta unday bitmas xazinani yopiq qoldirib behuda ketkazmaydi. Qiymatlli kitob ma'nosiz qolib, behuda bo’lmasligi uchun uni ba'zilarga dars beradi. Uning yashirin kamoloti ko’rinib, kamolini topishi va ma'naviy go’zalligi ko’rinishi, ham sevinishi va sevdirishi, ham ajoyib kitobni butun ma'nolari, haqiqatlari bilan dars beradigan kishini eng birinchi sahifadan oxirigacha dars bera-bera o’tkazadi.

Aynan shunining kabi: Naqqoshi Azaliy koinotni, mukammallliklarini, jamolini va Asmosining haqiqatlarini ko’rsatish uchun shunday tarzda yozganki, butun mavjudot sanoqsiz jihatlar bilan cheksiz kamolotini, Ismlari va sifatlarini bildiradi, ifoda qiladi. Albatta, bir kitobning ma'nosi bilinmasa, yo’qlikka tushadi. Xususan xar bir harfi minglab ma'nolarni o’z ichiga olgan kitob yo’q bo’lmaydi va yo’q qilinmaydi. Shunday ekan, uni yozgan zot, albatta uni bildiradi, xar toifaning iste'dodiga ko’ra bir qismini anglatadi. Butunini eng keng nazarli, eng kulliy idrokli, eng mumtoz iste'dodli kishiga dars beradi. Unday kitobning to’lig’i va umumiy haqiqatlarini dars berish uchun o’ta yuksak sayri suluk ettirishni Ilohiy hikmat taqozo qiladi. Ya'ni, birinchi sahifasi bo’lgan cheksiz borliqlardan tahaskil topgan tabaqalarning eng oxiridan to eng so’nggi sahifasi bo’lgan ahadiyat doirasigacha sayr qildirish kerak bo’ladi. Bu tamsil orqali Me'rojning yuksak hikmatlariga bir daraja qarashing mumkin.

Endi tinglash maqomida bo’lgan dinsizga qarab, qalbiga quloq solamiz, qanday holga kelganini ko’ramiz. Hayolga keladiki, uning qalbi: "Men ishonishni boshladim. Lekin yaxshi tushuna olmayapman. Yana uch muhim quyinchiligim bor.

Birinchisi:Bu buyuk Me'roj nima uchun Muhammadi Arabiy Alayhissolatu Vassalamga maxsus?

Ikkinchisi:U Zot qanday qilib koinotning urug’i? "Koinot Uning nuridan yaratilgan, koinotning eng oxirgi va munavvar mevasidir", deysiz. Bu nima degani?

Uchinchisi:Sobiq bayonlaringizda aytdingizki: "Yuksak olamga chiqish yer olamidagi asarlarning uskunalarini, dastgohlarini va natijalarining xazinalarini ko’rish uchun ko’tarilgan. Bu nima degani?

Javob:

Birinchi qiyinchiligingiz:Bu masala o’ttiz adad So’zlarda batafsil hal qilingan. Bu yerda faqat Payg’ambarimiz (S.A.V.) shaxsiy kamolotiga, payg’ambarlik dalillariga va u zot buyuk Me'rojga eng loyiq ekaniga qisqacha ishoralar suratida muxtasar mundarija ko’rsatamiz:

Avvalo:Tavrot, Injil, Zabur kabi Muqaddas Kitoblar juda ko’p o’zgartishlarga uchragganiga qaramasdan, hozirda Husayn Jisriy kabi haqqiqatni izlangan va dalillari bilan aniqlagan ulamo nubuvvati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir bir yuz o’n to’rtta ishoriy bashoratlarni chiqarib "Risola-i Hamidiya"da ko’rsatgan.

Ikkinchidan:Tarixda aniqlanganki, Shiq va Satih kabi ikki mashxur kohin, nubuvvati Ahmadiyadan (S.A.V.) bir oz avval payg’ambarligi va oxirzamon payg’ambari U zot ekanini bayon qilishgan. Bu kabi ko’p bashoratlar sahih suratda tarixda naql qilingan.

Uchinchidan:Payg’ambarimiz (S.A.V.) tug’ilgan kechada Ka'badagi sanamlarning qulab tushishi, Eron podshohi Kisroning mashhur saroyi bo’lmish Ayvonining ikkiga bo’linib yorilishi kabiirhosotdeb atalgan yuzlab g’aroyib voqe'alar tarixda mashxur.

To’rtinchidan:Bir qo’shinga barmog’idan kelgan suvni ichirishi, masjidda katta jamoat huzurida qurigan ustunning minbarning boshqa tomoniga ko’chirilgani sababli Payg’ambarimizdan (S.A.V.) ayrilgani uchun tuya kabi ingrab yig’lashi, وَانْشَقَّ الْقَمَر xabari bilan Shaqqi Qamar voqe'asi ulamolarning izlanishi asosida mingga yetgan mo’'jizalar bilan sarafroz bo’lganini tarix va siyar ko’rsatadi.

Beshinchidan:Shaxsida do’st va dushmanning ittifoqi bilan go’zal axloqning eng yuksak darajada, butun muomalalarining guvohligi asosida o’z vazifasi va tablig’larida yuksak vasflari eng oliy bir darajada, Islom Dinidagi axloq go’zalliklarining guvohligi bilan shariatida eng oliy go’zal xislatlarda eng mukammal darajada bo’lganiga insofi bor va diqqat qilganlar ikkilanmaydi.

Oltinchidan:O’ninchi So’zning Ikkinchi Ishorasida ko’rsatilgani kabi, uluhiyatning hikmati yuzaga chiqishini taqozo qilishiga javoban, Payg’ambarimiz (S.A.V.) shaxsiyati eng buyuk darajada dinini a'zamiy qillugi bilan eng porloq darajada ko’rsatgan. Xoliqi Olamning cheksiz mukammal jamolini vosita orqali ko’rsatishni hikmat va haqiqat taqozo qilishiga javoban eng go’zal suratda ko’rsatuvchi va ta'rif etguvchi - shaksiz u Zotdir.

Sone'i Olamning o’ta go’zallikdagi mukammal san'ati ustida e'tiborni jalb qilish, namoyish qilishni taqozo qilishiga javoban eng yuksak sado bilan e'lonchilik qilgan yana shubhasiz - u Zotdir.

Butun olamlarning Rabbi sanoqsiz borqlilardan tashkil topgan tabaqalarda Allohning birligini e'lon qilishni xohlashiga javoban butun tavhid martabalarini eng a'zamiy darajada e'lon qilgan - yana albatta u Zotdir.

Olam Sohibining san’at asarlaridagi jamolning ishorasi orqali zotining nihoyatsiz husnini va jamolining go’zalligini va husnining latifalarini oynalarda haqiqat va hikmat taqozosi sifatida ko’rish va ko’rsatishni istashiga javoban eng porloq bir suratda oynalik qilgan, ko’rsatgan, sevib, boshqasiga sevdirgan - yana shaksiz u Zotdir.

Bu olam saroyining Sone'i o’ta g’aroyib mo’'jizalari va juda qiymatdor javohirlar bilan to’la g’aybiy xazinalarini ko’rsatishni va namoyish etishni, ular orqali kamolotini ta'reflash, bildirishni taqozo qilishiga javoban eng a'zamiy tarzda ko’rsatadigan, vasflarini aytadigan, ta'riflovchi - yana shaksiz u Zotdir.

Shu koinotning Sone'i koinotni turli ajoyib narsalar va ziynatlar bilan bezashi, idrokli maxluqlariga sayru sayohat va ibratu tafakkur uchun unga kiritishi, hikmati taqozosidan ularga asar va san'atlarining ma'nolarini, qiymatlarini tomosha va tafakkur qiluvchiarga bildirishni taqozo qilishga javoban eng a'zamiy suratda jin va insonlarga, balki ruhoniy borliqlarga va farishtalarga ham Qur'oni Hakim vositasida rahbarlik qilgan - yana shaksiz u Zotdir.

Koinotning Hokimi Hakimi koinotning almashinishlaridagi maqsad va g’oyani o’z ichiga olgan qulflangan tilsimini va mavjudotning shu uch mushkul "Qayerdan? Qayerga? Kim ekani?" savolning muammosini bir elchi vositasida umum idrok egalariga ochishni taqozo qilishiga javoban tilsimni eng ochiq suratda va eng buyuk darajada Qur'on haqiqatlari vositasida ochgan va o’sha muammoni hal qilgan - yana shaksiz u Zotdir.

Olamning Sone'i Zuljaloli barcha go’zal san'atli asarlari bilan o’zini idrok egalariga tanitish va qiymatli ne'matlar bilan o’zini ularga sevdirishi, albatta unga javoban idrok sohiblariga o’z roziligi va Allohning istaklarini elchi vositasida bildirishini istashiga javoban, eng a'lo va komil tarzda Qur'on vositasida roziligi va istaklarini bayon qilgan va keltirgan - yana shaksiz u Zotdir.

Rabbul Olamiyn olamning mevasi bo’lgan insonga olamni ichiga oladigan keng iste'dod bergani, bir kulliy qullikka tayyor qilgani va hissiyot nuqtai nazaridan ko’plikka va dunyoga mubtalo bo’lgani uchun bir rahbar vositasida yuzlarini ko’plikdan birlikka, foniydan boqiyga qaratishni istashiga javoban eng buyuk darajada, eng balog’atli suratda Qur'on vositasida eng go’zal tarzda rahbarlik qiladigan va risolat vazifasini eng mukammal ravishda bajo keltiradigan - yana shaksiz u Zotdir.

Demak, mavjudotning eng sharaflisi bo’lgan hayot egalari, hayot egalari ichida eng sharaflisi idrok sohiblari, idrok sohiblari ichida eng sharaflisi haqiqiy inson, haqiqiy insonlar ichida mazkur vazifalarini eng buyuk darajada, eng mukammal suratda bajo keltirgan Zot, albatta azim me'roj orqali Qobi Qavsaynga chiqadigan, abadiy saodat eshigini qoqadigan, rahmat xazinasini ochadigan, iymonning g’aybiy haqiqatlarini ko’radigan - yana U kishi bo’ladi.

Yettinchidan:Ko’rinib turibdiki, san'atli asarlarda o’ta go’zal go’zallashtirish, o’ta bezakli bezash mavjud. Bunday go’zallashtirish va bezash ularning Sone'ida o’ta shiddatli go’zallashtirish istagi va bezash maqsadi borligini ko’rsatadi. Go’zallashtirish va bezash istagi esa, albatta Sone'da san'atiga nisbatan kuchli rag’bat va muqaddas muhabbat borligini ko’rsatadi. San'atli asarlar ichida eng qamrovli va butun san'at go’zalliklarini o’zida ko’rsatgan, bilgan, bildirgan, o’zini sevdirgan va boshqa san'atli asarlardagi go’zalliklarni "Mashaalloh" deb xush ko’rgan shaksiz san'atparvar va san'atini juda sevuvchi Sone'ning nazarida eng ko’p sevgili - U bo’ladi.

San'atli asarlarni porlatgan ustun tomonlarga, go’zallilarga va mavjudotni nurlantirgan latif tuyg’ular va kamolotga nisbatan: "Subhanalloh, Mashaalloh, Allohu Akbar" deb, samovotni jaranglatgan va Qur'on ohanglari bilan koinotni larzaga solgan, tahsin va taqdir bilan, tafakkur va ko’rsatish bilan, zikr va tavhid bilan quruqlik va dengizni jazavaga solgan - yana shubhasiz u Zotdir.

U shunday bir Zotki, اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ siriga asosan butun ummati qilgan hasanotning bir misli U zotning tarozi pallasiga qo’shiladi, umum ummatining salavoti U kishining ma'naviy kamolotiga madad bo’ladi, payg’ambarlik vazifasida bajargan vazifalarining natijalarini va ma'naviy haqqi bilan birga Ilohiy rahmat va muhabbatning cheksiz fayziga sazovor bo’lgan Zot albatta Me'roj narvoni bilan Jannatga, Sidratul Muntahoga, Arshga va Qobi Qavsayngacha borgani ayni haq, haqiqatning o’zi va hikmatning aslidir.

Ikkinchi qiyinchilik:Ey tinglash maqomidagi inson! Bu ikkinchi sen qiyinlashtirgan haqiqat shu qadar chuqur, shu qadar yuksakki, aql unga na yetishadi na yaqinlashadi. Lekin iymon nuri bilan ko’rinadi. Lekin ba'zi misollar uning borligini tushunishga yaqinlashtiradi. Shunday ekan, bir oz yaqinlashtirishga harakat qilamiz.

Koinotga hikmat nazari bilan qaralgan payt ulkan daraxt ma'nosida ko’rinadi. Daraxtning shoxlari, yaproqlari, gullari, mevalari bo’ladi. Yaratilish daraxtining bir qismi bo’lgan past olamning unsurlari shoxlari, o’simlik va daraxtlar yaproqlari, hayvonot gullari, inson mevalari hisobida ko’rinadi. Sone'i Zuljalolning daraxtlarda joriy qonuni, albatta ushbu katta daraxtda ham joriy bo’lishini Hakim ismi taqozo qiladi. Shunday ekan, yaratilish daraxtining danakdan yaratilishini hikmat taqozo qiladi. Shunday danakki, jismoniy olamdan boshqa olamlarning namunasini va asoslarini o’zida jamlagan. Chunki minglab hilma hil olamlarni o’z ichiga olgan koinotning asl danagi va asosi quruq modda bo’lmaydi.

Modomiki koinot daraxtidan ham avval boshqa daraxt bo’lmagan ekan, unga asos va danak bo’lgan ma'no va nur albatta yana koinot daraxtiga meva libosining kiydirilishini yana Hakiym Ismi taqozo qiladi. Chunki danak doim yalang’och bo’la olmaydi. Modomiki fitrat avvalida meva libosini kiymagan ekan, albatta oxirida u libosni kiyadi. Modomiki meva inson ekan va modomiki insonning ichida, yuqorida isbotlangani kabi, eng mashhur mevasi, eng muhtasham samarasi, barchaning e'tiborini tortgan, Yerning yarmini va insoniyatning beshdan birining e'tiborini o’ziga qaratgan, ma'naviy go’zalliklari bilan olamni yo muhabbat yoki hayrat bilan o’ziga qaratgan meva - Zoti Muhammadiya Alayhissolatu Vassalamdir. Albatta, koinotning yaratilishiga urug’ bo’lgan nur Uning zotida jismini kiyib, eng oxirgi meva suratida ko’rinadi.

Ey tinglovchi! Bu ajib azim koinot bir insonning kichik mohiyatidan yaratilishini aqldan uzoq ko’rma! Bir tur olam kabi muazzam archa daraxtini bug’doy donasidek danakdan yaratgan Qodiyri Zuljalol koinotni "Nuri Muhammadiy"dan (Alayhissolatu Vassalam) qanday yaratmasin yoki yarata olmasin? Koinot daraxtining Tubo kabi tanasi va ildizi yuqorida, shoxlari pastda bo’lgani uchun, pastdagi meva darajasidan asliy urug’ maqomigacha nuroniy aloqa robitasi bor. Xullas, Me'roj o’sha aloqa bo’gining g’ilofi va surati bo’lib, Payg’ambarimiz Alayhissolatu Vassalomning shaxsiyati u yo’lni ochgan, valiyligi bilan borgan, risolati bilan qaytib kelgan, eshikni esa ochiq qoldirgan. Orqasidan kelgan valiy ummatlari ruh va qalb bilan shu nuroniy yo’lda Nabaviy Me'rojning soyasida sayri suluk qilib iste'dodlarga ko’ra oliy maqomlarga chiqmoqdalar.

Sobiqan isbot etilganidek, koinotning Sone'i birinchi qiyinchilikning javobida ko’rsatilgan maqsadlar uchun koinotni saroy suratida yaratgan va ziynatlagan. U maqsadlarning asosi Payg’ambarimizning (S.A.V.) shaxsiyati bo’lgani uchun, koinotdan avval koinot Sone'ining inoyat nazarida bo’lishi va eng avval tajalliysiga noil bo’lishi kerak bo’ladi. Chunki bir narsaning natijasi va samarasi, avval rejalashtiriladi. Demak, vujudan eng oxir, ma'nan esa eng avvaldir.

Zoti Ahmadiya (S.A.V.) ham eng mukammal meva, butun mevalarning asos qiymati va butun maqsadlarning yuzaga chiqish sababi bo’lganlari uchun u zotning nuri eng avval ijod tajalliyiga sazovor bo’lishi lozim bo’ladi.

Uchinchi qiyinchilikshunchalik kengki, biz kabi tor zehnli insonlar uni aqlimizga sig’dira olmaymiz va qamray olmaymiz. Lekin uzoqdan ko’ra olamiz.

Past tabaqadagi olamning ma'naviy dastgohlari va umumiy qonunlari yuksak olamlarda. San'atli asarlarning ko’rgazmasi bo’lgan yer kurrasining sanoqsiz maxluqotlar amallaring natijalari, jin va insonlar ishlarining samarasi yana yuksak olamlarda aks etadi. Hatto savoblar Jannatning mevalari suratiga, gunohlar esa Jahannamning zaqqumlari shakliga kirganini juda ko’p ishoralar va ko’plab rivoyatlar shahodati qiladi. Koinot hikmatining va Hakiym ismining taqozosi bilan birga Qur'oni Hakimning ishoralari ko’rsatadi.

Ha, zamin yuzida ko’plik shu qadar tarqalgan va yaratilish shu qadar qismlarga ajralganki, butun koinotda yoyilgan barcha san'atli asarlarning juda yuksak maxluqot jinslari va san'atli asarlar sinflari kurra-i zaminda mavjud, almashadi va doim to’lib, bo’shalasi.

Bu kichiklik va ko’plikning manba’lari, ma'danlari albatta umumiy qonunlar hamda Alloh Ismlarining umumiy tajalliylari bo’lib, umumiy qonunlar, kulliy tajalliylar va keng Ismlarga sazovor bo’lganlar ham bir daraja oddiy, sof va xar biri bir olamning arshi, tomi va bir olamning tasarruf markazi hisoblanagan samovot bo’lib, ularning biri Sidratul Muntahodagi Jannatul Ma'vodir. Yerdagi tasbehot va tahmidot o’sha Jannatning mevalari suratida (Muxbiri Sodiqning xabariga asosan) aks etadi. Bu uch nuqta ko’rsatyaptiki, yerdagi natija va samaralarning xazinalari uyoqlarda va mahsuloti ham u tomonga ketadi.

"Alhamdulillah"degan havodagi bir kalimam qanday qilib jismlashgan Jannat mevasi bo’ladi?" demagin.

Chunki sen kunduz kuni uyg’oqligingda chiroyli gap aytsang, ba'zan tushingda chiroyli olma shaklida yeysan. Kunduz kuni gapirgan xunuk so’zingni kechasi achchiq narsa suratida yutasan. Bir g’iybat qilsang, o’limtik narsaning go’shti suratida senga yedirishadi. Shunday ekan, dunyo uyqusida aytgan chiroyli va xunuk gaplaringni, uyg’oqlik olami bo’lgan oxirat olamida mevalar suratida yeysan va yeyishingni aqldan uzoq ko’rmasliging darkor.

TO’RTINCHI ASOS

Me'rojning samaralari va foydasi qanday?

Javob:Ma'naviy tubo daraxti bo’lgan Me'rojning besh yuzdan ortiq mevalaridan namuna sifatida faqat beshtasini zikr qilamiz.

Birinchi Meva:Iymon ruknlarining haqiqatlarini ko’z bilan ko’rib farishtalarni, Jannatni, oxiratni, hatto Zoti Zuljalolni ko’z bilan o’rish koinotga va insonga shunday xazina, azaliy nur va abadiy bir hadya keltirganki, koinotni abgor, foniy va qorishiq mavhum vaziyatdan chiqarib, nur va meva bilan koinotni muqaddas Samadoniy maktublar, go’zal Zoti Ahad jamolining oynasi vaziyati haqiqatini ko’rsatgan. Koinotni va butun idrok egalarini sevintirib xursand qilgan.

O’sha nur va meva bilan insoniyatni qorishiq, abgor, ojiz, faqir, ehtiyoji behisob, dushmanlari sanoqsiz, foniy, o’tkinchi zalolatli vaziyatdan ahsani taqvimda Samadoniy qudrat mo’'jizalari va Samadoniy maktublarning qamrovli nusxasi, Azal va Abad Sultonining tinglovchisi, xos quli, kamolotining tahsin qiluvchisi, do’sti va jamoliga mahliyo bo’luvchisi, habibi va boqiy Jannatiga nomzod aziz musofirni haqiqiy suratida ko’rsatgan. Inson bo’lgan butun insonlarga cheksiz xursandchilik, behisob shavq bergan.

Ikkinchi Meva:Mavjudot Yaratuvchisi, Koinot Sohibi va Rabbul Olamiyn bo’lgan Azal va Abad Hokimining Rabboniy roziligi bo’lgan Islomiyatning boshda namoz sifatida asoslarini jin va insonlarga hadya qilib keltirgan. O’sha roziligini anglash shu qadar qiziqtiruvchi va saodatliki, ta'rif qilib bo’lmaydi. Chunki barcha, katta valine'mat yoki ehson qiluvchi podshohning istaklarini anglashga naqadar uzoqdan orzusi bo’lsa va tushunsa qanchalik xursand bo’ladi. "Koshki bir xabarlashish vositasi bo’lsa edi. To’g’ridan-to’g’ri u zot bilan gaplashsa edim. Mendan nima istayotganini anglasa edim. Mendan unga manzur bo’lgan ishlarni bilsa edim", deydi.

Ajabo, qo’lida butun mavjudot tasarrufi va ulardagi jamol va kamolot - uning jamol va kamolotiga nisbatan zaif soya va xar on nihoyatsiz jihatlardan unga muhtoj va behisob ehsonlariga sazovor bo’lgan inson Uning qoziligi va orzularini qay daraja tushunish xususida istagi bo’lsa va qiziqishi kerakligini anglaysan.

Payg’ambarimiz (S.A.V.) shaxsiyati yetmish ming parda orqasida Azal va Abad Sultonining roziligini to’g’ridan-to’g’ri Me'rojning samarasi sifatida haqqalyaqiyn-shaxsan tajriba orqali bilib, eshitib, olib kelib insoniyatga hadya qilganlar.

Inson oydagi holatni bilishga shunchalik qiziqadiki, bir kishi borib qaytib xabar keltirsa, naqadar fidokorlik ko’rsatadi. Agar tushunsa, qanchalik hayratlanadi va qiziqadi. Xolbuki oy shunday bir Malikul Mulkning yurtida aylanadiki, oy chivin kabi yer kurrasi atrofida parvoz qiladi. Yer kurrasi parvona kabi quyosh atrofida uchadi. Quyosh minglab chiroqlar ishida bir chiroq bo’lib, Malikul Mulki Zuljalolning bir musofirxonasida yorituvchilik qiladi.

Payg’ambarimiz (S.A.V.) shaxsiyati shunday Zoti Zuljalolning ishlarini va g’aroyib san'atlarini hamda boqiy olamda rahmat xazinalarini ko’rgan, kelgan va insonlarga xabar bergan. Insoniyat u Zotni kamoli qiziqish, hayrat va muhabbat bilan tinglamasa, naqadar aql va hikmatga ters harakat qilishini anglaysan.

Uchinchi Meva:Abadiy saodatning xazinasini ko’rib, kalitini olib kelgan, insonlaru jinlarga hadya qilgan. Ha, Me'roj vositasida:

o’z ko’zi bilan Jannatni ko’rgan,

Rahmoni Zuljalolning rahmatining boqiy jilvalarini kuzatgan,

abadiy saodatni qat'iyan haqqalyaqiyn anglagan,

abadiy saodat borligining xushxabarini insonlaru jinga hadya qilganki -

bechora insonu va jinlar beqaror dunyoda,

zavol va firoq zilzilasi ichidagi mavjudotni vaqt o’tishi

va zarralarning harakati bilan yo’qlik va abadiy ayriliq dengiziga to’kilayotgan,

yurakni poralaydigan mavhum vaziyatda bo’lgan hangomda shunday xushxabar naqadar qiymatli ekani,

o’zini abadiy qatl bilan mahkum deb o’ylagan foniy insonlaru jinlar qulog’ida bu xushxabar naqadar saodatli ekanini ta'rif qilib bo’lmaydi.

Bir insonga qatl qilinayotgan onda afv qilinib, podshohning yaqinida bir saroy berilsa, naqadar sevinchiga sabab bo’ladi. Butun insu jinlar sanog’icha bunday sevinchlarni to’pla, so’ng bu xushxabarga baho ber.

To’rtinchi Meva:Ru'yati Jamolulloh - Allohning jamolini ko’rish mevasini o’zi olgani kabi, u mevaning xar bir mo’minga ham mumkinligini insonlaru jinga hadya qilib keltirganlar. U meva naqadar shirin, xush va go’zal meva ekanini shu orqali qiyos qilishing mumkin. Ya'ni: Xar bir qalbga ega inson jamol, kamol va ehson sohibi bo’lgan zotni sevadi. Sevish esa jamol, kamol va ehsonning darajalariga qarab ko’payadi, sig’inish darajasiga keladi, jonini fido qiladigan darajada muhabbat bog’laydi. Faqat bir marta ko’rish uchun dunyosini fido qilish darajasiga chiqadi.

Xolbuki, butun mavjudotning jamoli, kamoli va ehsoni Uning jamoli, kamoli va ehsoniga nisbatan bir nechta kichik shu'lasining quyoshga nisbati kabi ham bo’lmaydi. Demak, cheksiz muhabbatga loyiq, cheksiz ru'yat-Alloh jamolini ko’rishga va cheksiz ishtiyoqqa loyiq Zoti Zuljaloli val Kamolning abadiy saodatda ru'yatiga muvaffaq bo’lish naqadar saodatli, xursandchilikka sabab, yoqimli va go’zal meva ekanini inson bo’lsang tushunasan.

Beshinchi Meva:Inson koinotning qiymatli mevasi va Sone'i Koinotning nozdor sevgilisi ekani Me'roj orqali anglashilgan va u mevani Payg’ambarimiz insonlaru jinga keltirganlar. Kichik bir maxluq, zaif bir hayvon va ojiz bir idrok sohibi hisoblangan insonni u meva bilan shu qadar yuksak maqomga chiqarganki, koinotning butun mavjudoti ustida faxr maqomi beradi. Shuday sevinch va bahtiyor xursandchilik beradiki, tasvir qilib bo’lmaydi. Chunki oddiy bir askarga: "Sen marshal bo’lding" deyilsa, qanchalik xursand bo’ladi. Vaholanki foniy, ojiz notiq hayvon, zavol va firoq azobini doimo chekuvchi bechora insonga birdan abadiy, boqiy Jannatda, Rahiym va Kariym bir Rahmonning rahmatida va hayol tezligida, ruh kengligida, aqlning faoliyatida, qalbning butun orzularida, mulk va malakutida istirohatga, sayr va aylanishga muvaffaq bo’lganing kabi, abadiy saodatda Jamolining ru'yatiga ham muvaffaq bo’lasan deyilgan payt odamgarchilikdan chiqib ketmagan inson, qalbida naqadar chuqur va jiddiy sevinch va sururni his qilishini tasavvur qilishing mumkin.

Endi tinglash maqomida bo’lgan kishiga aytamizki: Dinsizlik va iymonsizlik ko’ylagini yirt, ot. Mo’minlik qulog’ini ol va muslimlik ko’zlarini taq. Senga ikki kichik misol orqali bir-ikki mevaning qiymat darajasini ko’rsatamiz.

Masalan, sen bilan biz bir yurtga kelib qoldik. Qarasak, hamma narsa bizga va bir-biriga dushman va bizga begona. Xar taraf dahshatli o’liklarga to’la. Eshitilayotgan ovozlar yetimlarning yig’isi, mazlumlarning dod faryodi. Biz shunday vaziyatda turgan vaqtimizda, birov borib yurt podshohidan bir xushxabar keltirsa, u orqali bizga begona bo’lganlar do’stga aylansa, biz dushman deb ko’rgan kimsalar qardoshlarga aylansa, dahshatli mayyitlar xushu va mutavoze'likda zikru tasbehda ibodat qilayotganlar shaklida ko’rinsa, yetimlarcha yig’ilar sano aytilgan "yashasin"larga aylansa, o’lim, tunash va talonlar nafaqaga chiqish suratiga kirsa, o’z sevinchimiz bilan birga hammaning sevinchiga sherik bo’lsak o’sha xushxabar naqadar bahtiyor bo’lishini, albatta anglaysan.

Me'roji Ahmadiyaning (S.A.V.) bir mevasi bo’lgan iymon nuridan avval koinotning mavjudotiga zalolat nazari bilan qaralgan payt begona, zararli, yirtqich, qo’rqinchli va tog’dek jismlar mudhish mayyit, ajal hammaning boshini olib, yo’qlik olami qudug’iga otadi. Butun sadolar firoq va zavoldan kelgan dodu fig’onlar bo’lib, zalolat tasvirlagan payt, Me'roj mevasi bo’lganiymon ruknlari haqiqatlarimavjudotni senga birodar, do’st va Sone'i Zuljaloliga zokir va musabbih, o’lim va zavol bir tur nafaqaga chiqish va vazifadan ozod qilish, sadolar haqiqatda tasbehotlar ekanini ko’rsatar. Bu haqiqatni to’la ko’rishni istasang, Ikkinchi va Sakkizinchi So’zlarga qara!

Ikkinchi misol:Sen bilan biz katta cho’ldek joydamiz. Qum dengizi to’fonida kechasi shunchalik qorong’u bo’lganidan hatto qo’limizni ham ko’ra olmayapmiz. Hech kimi yo’q, homiysiz, och va suvsiz, tashvishli va umidsiz vaziyatda turgan paytimiz birdan bir kishi u qorong’ulik pardasidan o’tib kelib bir ulov hadya keltirsa va bizni mindirsa, birdan jannat misol yerda kelajagimiz ta'minlangan, o’ta marhamatli homiyimiz bo’lib, bizni yeyiladigan va ichiladigan narsalar tayyorlangan yerga qo’ysa, naqadar xursand bo’lishimizni bilasan.

Misoldagi katta cho’l bu dunyodir. Qum dengizi, hodisalar ichida zarralarning harakati va davr o’tishidan harakatlanib chayqalgan mavjudot va bechora insondir. Xar bir inson qo’rquvi bilan qalbini kuydirgan istiqbolni zalolat nazari bilan qaralganda mudhish zulmat ichra ko’radi. Faryodini eshitadigan hech kimni bilmaydi. Bag’oyat och, benihoyat tashnadir.

Me'roj samarasi bo’lgan Allohning roziligi bilan bu dunyo o’ta Karamli zotning mehmonxonasidir. Insonlar esa uning mehmonlari, xodimlari, kelajak esa jannatdek go’zal, rahmat kabi shirin va abadiy saodat singari porloq ko’ringan paytda naqadar xush, go’zal, shirin meva ekanini tushunasan.

Tinglayotgan kishi: "Janobi Haqqa yuz minglab hamd va shukr bo’lsinki, dinsizlik va iymonsizlikdan xalos bo’ldim, tavhidga kirdim, batamom ishondim va mukammal iymonni qozondim" dedi.

Biz aytamiz: "Ey birodar! Seni tabriklaymiz. Janobi Haq bizlarni Rasuli Akram Alayhissolatu Vassalamning shafoatiga noil aylasin, Omin.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى مَنِ انْشَقَّ بِاِشَارَتِهِ الْقَمَرُ وَنَبَعَ مِنْ اَصَابِعِهِ الْمَآءُ كَالْكَوْثَرِ صَاحِبِ الْمِعْرَاج وَمَا زَاغَ الْبَصَرُ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلٰٓى اٰلِهِ وَاَصْحَابِهِ اَجْمَعِينَ مِنْ اَوَّلِ الدُّنْيَا اِلٰٓى اٰخِرِ الْمَحْشَرِ

سُبْحَانَكَ لَاعِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّآ اِنَّكَ اَنْتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَاْنَا

رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا

رَبَّنَآ اَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَاغْفِرْلَنَآ اِنَّكَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

* * *

O’N TO’QQIZINCHI

VA O’TTIZ BIRINCHI SO’ZLARNING ILOVASI

Oyning bo’linishi Mo’'jizasiga Doirdir

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ ٭ وَاِنْ يَرَوْا اٰيَةً يُعْرِضُوا وَ يَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ

Porloq Mo’'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) bo’lgan oyning bo’linishi, asossiz farazlar orqali xiralashtirishni istagan faylasuflar va ularning muhokamasiz taqlidchilari: "Agar oy bo’lingan bo’lsa edi, butun olamga ma'lum bo’lardi. Butun inson tarixi naql qilishi kerak bo’lar edi!" deydi.

Javob:Oyning bo’linishi payg’ambarlik da’vosiga dalil bo’lishi uchun uni eshitgan va inkor qilgan hozir bo’lgan jamoatga, kechasi, g’aflat vaqtida bir onda ko’rsatilgani uchun, oy turli joylarda turli vaqtda chiqishi, tuman va bulutlar kabi kuzatishga mone’ sabablar bo’lishi bilan birga, o’sha vaqtda madaniyat rivojlanmagani uchun, cheklangani uchun, samoviy tadqiqotlar juda oz bo’lgani uchun butun olamda ko’rilishi, barcha tarixlarda yozilishi, albatga kerak emas. Oy bo’linishi tufayli shubha bulutlarini tarqatadigan ko’p tomonlaridan hozircha besh nuqtani tingla.

BIRINCHI NUQTA:

U davrda o’sha zamindagi kufforning o’ta qattiq qaysarliklari tarixan ma'lum va mashhur. Lekin Qur'oni Hakimning وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ deb, bu voqe'ani butun olamga xabar berganiga qaramay Qur'onni inkor qilgan kofirlardan hech kim bu oyatni yolg’onga chiqarmagan, ya'ni, xabar bergan shu voqe’ani inkori qilishga og’iz ochmagan. Agar o’shanda u hodisa kofirlar tomonidan qat'iy va sodir bo’lgan hodisa bo’lmasa edi, bu xabarni bahona qilib, o’ta daxshatli yolg’onga va Payg’ambarimizning da'vosini rad qilishga hujum qilishar edi. Xolbuki, siyar va tarix bu voqeaga aloqasi bo’lgan kofirlarning biror hodisaga doir hech narsasini naql qilmagan. Faqat وَ يَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ oyatining bayon qilgani kabi, tarixan naql qilingan narsa shuki: U hodisani ko’rgan kofirlar, "Sehr" degan. "Bizga sehr ko’rsatdi. Agar boshqa tomondagi karvon va guruhlar ko’rgan bo’lsa, haqiqatdir. Bo’lmasa bizga sehr qilgan", degan. So’ng ertalab Yaman va boshqa taraflardan kelgan guruhlar: "Bu hodisani ko’rdik" deb xabar bergan. Shunda kofirlar, Faxri Olam (S.A.V.) haqida (qat’iyyan, aslo): "Abu Tolibning yetimining sehri samoga ham ta'sir qildi", deyishgan.

IKKINCHI NUQTA:

Sa'di Taftazoniy kabi ulug’ ulamolarning aksariyati: "Oyning bo’linishi, barmoqlaridan suv oqishi, umum bir qo’shinga suv ichirishi, masjidda xutba o’qiyotgan paytlari suyangan quruq xodaning Payg’ambarimizdan (S.A.V.) ayrilgani uchun yig’lashi, buni umum jamoatning eshitishi kabi voqe'alar mutavotirdir. Ya'ni, tabaqadan-tabaqaga ko’pchilik jamoat naqlqilgan. Yolg’on deb ittifoq qilinishi imkonsiz. Halley kabi mashhur kometaning ming yil avval chiqqani kabi mutavotirdir. Biz ko’rmagan Sarandib Orolining borligi kabi tavotur orqali borligi qat'iy, deyishgan. Bunday o’ta qat'iy va kuzatilgan masalalarda faraziy shubha qilish, aqlsizlikdir. Faqat imkonsiz bo’lmasligi kifoya. Xolbuki oyning bo’linishi, vulqon bilan yorilgan tog’ kabi mumkindir.

UCHINCHI NUQTA:

Mo’'jiza nubuvvat da’vosining isboti uchun, inkor qiluvchilarni ishontirish uchun kerak, majburlash uchun emas. Shunday ekan, payg’ambarlik da’vosini eshitganlar uchun, ishontiradigan darajada mo’'jiza ko’rsatish lozim. Boshqa tomonda ko’rsatish yoki majburlash darajasida ochiq ravshan izhor qilish, Hakimi Zuljalolning hikmatiga trers bo’lgani kabi, taklif sirriga ham muxolifdir. Chunki taklif-qullik va imtihon sirri "Aqlga eshik ochish, ixtiyorni qo’lidan olmaslik"ni asosini iqtizo qiladi.

Agar Fotiri Hakim, oyning bo’linishini, faylasuflarning havaslariga ko’ra, butun olamga ko’rsatish uchun bir-ikki soat qoldirsa edi va insonning umum tarixlariga tushganida, unda boshqa samoviya hodisalar kabi yo nubuvvat da’vosiga dalil bo’lmas edi va risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) xususiyligi qolmas edi yoki ochiq oydin mo’'jiza bo’lar ediki, aqlni majburlar va ixtiyorini qo’lidan olar, istar-istamas payg’ambarlikni hamma tasdiqlar, Abu Jahl kabi ko’mir ruhli kimsalar, Abu Bakr Siddiq kabi olmos ruhli insonlar bilan bir saviyada qolib, taklif-qullik va imtihon sirri zoye’ bo’lar edi. Ushbu sir uchun, ham oniy, ham tunda, ham g’aflat vaqti, ham oyning turli joylarda turli vaqtlarda chiqishi, tuman va bulut kabi boshqa mone'larni parda qilib, butun olamga ko’rsatilmadi yoki tarixlarga tushurilmadi.

TO’RTINCHI NUQTA:

Bu hodisa, tunda, hamma g’aflatdalik pautida, oniy suratda sodir bo’lgani uchun butun olamda albatta kuzatilmagan. Ba'zi kishilarga ko’rinsa ham, ko’ziga ishonmaydi. Ishontirsa ham, albatta bunday muhim hodisa yakka xabar bilan tarixda qoladigan dastmoya bo’lmaydi.

Ba'zi kitoblarda "Oy ikki bo’lak bo’lgandan so’ng yerga tushgan" degan qo’shimcha qilinsada, tadqiqotchilar rad etishgan. "Bu ochiq mo’'jizani qiymatdan tushirish niyatida, balki bir munofiq qo’shgandir", deyishgan.

Masalan o’sha vaqtda, jaholat tumani qoplagan Angliya, Ispaniyada botgan, Amerikada kunduz, Chinda, Yaponiyada tong bo’lgani kabi, boshqa joylarda turli mone’larga binoan albatta kuzatilmaydi. Endi bu aqlsiz e'tiroz qiluvchilar qara, "Angliya, Chin, Yaponiya, Amerika kabi xalqlar tarixlari buni gapirmaydi. Shunday ekan, u hodisa sodir bo’lmagan", deydi. Unday Ovrupa malaylarining boshiga ming nafrat bo’lsin!

BESHINCHI NUQTA:

Oyning bo’linishi, oddiy va tabiiy qonunlarga tatbiq etilishi uchun ba'zi sabablarga binoan o’zidan o’zi sodir bo’lgan, tasodifiy, tabiiy hodisa emas. Balki quyosh va oyning Xoliqi Hakimi, u hodisani Rasulining risolatini tasdiqlash va da'vosini nurlantirish uchun g’aroyib tarzda amalga oshirgan. Irshod sirri, taklif-qullik va imtihon sirri, risolat hikmatining iqtizosi bilan, Rububiyat hikmati istagan insonlariga dalil orqali mot qilish uchun ko’rsatilgan. U hikmat siri iqtizo qilmagan, istamagan va nubuvvat da’vosini hanuz eshitmagan boshqa joylardagi insonlarga ko’rsatmaslik uchun, tuman, bulut va oyning turli joylarda turli vaqtlarda chiqishi jihati bilan, ba'zi yerlarda hali oy chiqmagani, ba'zi joylarda quyosh chiqqan, bir qismida tongi otgani va boshqa joyda quyoshi endi botgani uchun u hodisani ko’rishga juda ko’p mone’larga binoan ko’rsatilmagan.

Agar ularning barchasiga ko’rsatilganida yo ishorati Ahmadiyaning (S.A.V.) natijasi va nubuvvat mo’'jizasi shaklida ko’rsatilganda, risolati ochiq oydin bo’lar edi. Hamma tasdiqlashga majbur bo’lar, aqlning ixtiyori qolmas edi. Iymon esa aqlning ixtiyori bilan bo’ladi. Taklif-qullik va imtihon sirri zoye’ bo’lar edi. Agar faqat bir samoviy hodisa tarzida ko’rsatilganida risolati Ahmadiya (S.A.V.) bilan munosabati uzilar va u kishiga xosligi qolmas edi.

Alhosil:Oy bo’lingani ehtinoliga shubha qolmadi, qat'iy isbotlandi. Endi sodir bo’lganiga dalolat qilgan ko’p burhonlarining oltitasiga {(Hoshiya) Ya'ni, olti marta bir ovozdan sodir bo’lganiga doir olti hujjat bor. Bu maqom ko’p izohga loyiq bo’lsada, afsuski qisqa qoldi.} ishorat qilamiz:

Adolatli sahobalarning sodir bo’lganiga ijmo qilishlari va butun tadqiqotchi mufassirlarningوَ انْشَقَّ الْقَمَرُ tafsirida uning sodir bo’lganiga ittifoq qilishlari va Payg’’ambarimizdan eshitilgan narsalarni ishonchli shaklda naql qilgan butun muhaddislar, juda ko’p sanadlar va turli yo’llar bilan yuzaga kelganini naql qilishi, kashf va ilhom ahli bo’lgan barcha avliyo va siddiqiynning guvohligi va Kalom Ilmining yo’li bir-biridan juda uzoq imomlarining va chuqur ilmli ulamoning tasdig’i, qat'iy xabarga asosan zalolat ustida birlashishi yuzaga kelmagan ummati Muhammadiyaning (S.A.V.) u voqeani qabil qilishi oy bo’linishini quyoshdek isbotlaydi.

Natija: Bu yergacha tekshirish uchun va dushmanni mot qilish uchun keldi. Keyingi jumlalar, haqiqat va iymon hisobiga bo’ladi. Ha, tahqiq-tekshirish shunday dedi, haqiqat esa aytadiki:

Risolat samosining nurli oyi bo’lgan Payg’ambarlik Majlisining Muxri bo’lgan Paygambarimiz, Allohning muhabbatiga erishish darajasiga chiqqan qulligidagi valiyligining azim karomati va buyuk mo’'jizasi bo’lgan Me'roj bilan, ya'ni yerga oid jismni osmonlarda sayr ettirish orqali samovot xalqiga va ulug’ olam ahlidan ustunligi va mahbubligi ko’rsatildi va valiyligini isbotladi.

Shuning kabi: Yerga bog’liq, samoga osilgan oyni, bir yerlikning ishorati bilan ikki bo’lak qilib yer xalqiga yerlikning risolatiga shunday bir mo’'jiza ko’rsatildiki: Payg’’ambarimiz (S.A.V.) shaxsiyati oyning ochilgan ikki nuroniy qanoti kabi, risolat va valiylik kabi ikki nuroniy, ikki ziyoli qanot bilan eng yuksak kamolotga uchgan, Qobi Qavsayngacha chiqqan, ham samovot ahli ham yerliklarga faxr manba’i bo’lganlar.

عَلَيْهِ وَعَلٰى اٰلِهِ الصَّلَاةُ وَالتَّسْل۪يمَاتُ مِلْاَ الْاَرْضِ وَالسَّمٰوَاتِ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

O’TTIZ IKKINCHI SO’Z

Bu so’z uch bo’limdan iborat.

Yigirma ikkinchi So’zning Sakkizinchi Yog’dusini izoh qilgan bir zayldir. Mavjudoti olam vahdoniyatga shahodat qilgan ellik besh tildan (ularga Qarta Risolasida ishorat qilingan) birinchi tilining bir tafsirdir.

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا

oyatining juda ko’p haqiqatlaridan misol libosi kiydirilgan bir haqiqatdir.

BIRINCHI BO’LIM

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ

Bir Ramazon kechasida ushbu tavhidiy kalomning o’n bir jumlasining xar birida bir tavhid martabasi va xushxabar borligini hamda bu martabalardan faqatgina لَا شَر۪يكَ لَهُ dagi ma'noni sodda avom tushunadigan misoliy suhbat va faraziy munozara tarzida, holat tilini gapirish tili suratida aytib o’tgan edim. Quyida menga xizmat qilgan qadrdon qardoshlarimning va masjiddagi do’stlarimning orzu va istaklari bilan o’sha suhbatni yozmoqdaman:

Butun tabiatparast, sababparast va mushrik kabi butun shirk, kufr va zalolat yo’llaridagilar tasavvur qilgan sheriklar nomidan bir shaxs faraz qilamiz. O’sha faraziy shaxs olam mavjudotidan biror narsaga Rabb bo’lishni istaydi va haqiqiy sohib bo’lishni da'vo qilmoqda.

Shu iddaochi, avvalo, mavjudotning eng kichigi bo’lgan birzarragaduch keladi. Unga Rabb va haqiqiy sohib ekanini tabiat va falsafa tili bilan aytadi. Zarra esa, haqiqat lisoni va Rabboniy hikmati tili bilan aytadi: "Men sanoqsiz vazifalarni bajarmoqdaman. Alohida-alohida xar bir san’at asarining ichiga kirib ishlayman. Senda bu barcha vazifalarni menga bajartiradigan ilm va qudrat bo’lsa, yana biz menga o’xshagan son-sanoqsiz zarralar ichida birgalikda aylanib

{(Hoshiya) Darhaqiqat, harakatlanuvchi xar bir narsa, zarralardan sayyoralargacha, ustidagi mavjud Samadiyat tamg’asi bilan vahdatni ko’rsatadi. Shuningdek, harakatlari bilan ham, aylanayotgan butun joylarni vahdat nomidan zabt etadi. O’z egalarinign mulkiga doxil qiladilar. Harakatlanmaydigan maxluqot esa, nabototdan o’zgarmas yulduzlargacha, vahdoniyat muhri o’rnidadirki, turgan makonini o’z Sone'ining maktubi ekanini ko’rsatadilar. Demak, xar bir nabotot, xar bir meva vahdoniyat muhrlari, vahdat tamg’alari bo’lib, makonlarini va vatanlarini, vahdat nomidan Sone'larining maktubi ekanini ko’rsatishadi.

Natija: Xar bir narsa o’z harakati bilan butun ashyolarni vahdat nomidan zabt etadi. Demak, butun yulduzlarni o’z qo’lida tuta olmagan zot, bir dona zarraga ham Rabb bo’lolmaydi.}

ish bajaramiz, agar senda o’sha barhca zarralarni ham qo’shib, amri ostiga oladigan hukm va iqtidor bo’lsa, mukammal intizom bilan men bir bo’lagi bo’lgan butun mavjudotga, masalan qondagi qizil donachalarga haqiqiy ega va hokim bo’la olsang, menga Rabb bo’lishni da'vo qil, meni Janobi Haqdan boshqasiga bog’la. Aks holda, jim tur! Menga Rabb bo’lmaganing kabi, aralasha olmaysan ham. Chunki, vazifamizda va harakatlarimizda shunchalik mukammal intizom borki, cheksiz hikmat va qamrovli ilm sohibi bo’lmagan kimsa bizning ishimizga aralasha olmaydi. Agar aralashsa, chalkashtiradi. Senga o’xshagan jonsiz, ojiz, ko’r, ikki qo’li tasodif va tabiat kabi ikki ko’rning qo’lida bo’lgan bir kimsa, hech bir jihatdan qo’l cho’za olmaydi."

U mudda'iy moddaparastlarning aytgani kabi dediki: "Unday bo’lsa, sen o’z-o’zingga sohib bo’l. Nega boshqa birovning buyrug’i bilan ishlayman, deyapsan?" Zarra unga javoban: "Agar quyosh kabi aqlim, ziyosi kabi qamrovli ilmim, harorati kabi keng qudratim, ziyosidagi yetti rang kabi qoplovchi tuyg’ularim, hamma yerga borayotgan va ishlayotgan xar mavjudga yuzlangan yuzlarim, ko’radigan ko’zlarim va o’tadigan biror so’zim bo’lganida, balki sendek ahmoqlik qilib, o’zimga o’zim sohib ekanimni da'vo qilar edim. Qani daf bo’l, sen mendan ish topolmaysan!" dedi.

Shunday qilib, sherik qo’shuvchilarning vakili zarradan ish chiqmagach, etitrotsitlardan ish topaman deb,qondagi qizil donachagayuzlandi. Unga sabablar nomidan tabiat va falsafa tili bilan: "Men senga Rabb va molikman", dedi. Ertitrotsit, ya'ni dumaloq qizil mavjud unga haqiqat lisoni va Ilohiy hikmat tili bilan: "Men yolg’iz emasman. Agar senda tamg’amiz, xodimligimiz va nizomimiz bir bo’lgan qon lashkaridagi butun etirtotsitlarga sohib bo’la olsang hamda biz aylanayotgan va kamoli hikmat bilan ishlatilayotgan butun badan hujayralariga ega bo’ladigan daqiq hikmat va azim qudrat bo’lsa, ko’rsat. Ko’rsata olsang, balki sening da'voingda bir ma'no bo’lishi mumkin. Xolbuki, senga o’xshagan devona, qo’lingdagi kar tabiat va ko’r kuch bilan ega bo’lish u yoqda tursin, ishimizga zarracha ham aralasholmaysan. Chunki bizdagi intizom shunchalik mukammalki, faqatgina hamma narsani ko’radigan, eshitadigan, biladigan va qiladigan bir Zot bizga hukm qila oladi. Shunday ekan, ovozingni o’chir! Vazifam shunchalik muhim va intizom shunchalik mukammalki, sen bilan gaplashib o’tirishga va sening bema'ni gaplaringga javob berishga vaqtim yo’q", dedi, uni haydadi.

Uni alday olmagandan so’ng da'vogar u yerdan chiqib, badandagihujayradeyilgan manzilchaga yuzlandi. Falsafa va tabiat tili bilan: "Zarra va qizil donachaga gap uqtirolmadim, balki sen so’zimni tushunarsan. Chunki sen juda kichik manzil kabi bir nechta narsadan yasalgan ekansan. Shuning uchun men seni yasay olaman. Sen mening san’at asarimsan, men senga haqiqiy sohibman", dedi. Hujayra unga javoban, hikmat va haqiqat tili bilan:

"Men, kichkina narsa bo’lsamda, juda buyuk vazifalarim, juda nozik munosabatlarim va badanning butun hujayralariga va hammasiga bog’liq aloqalarim bor. Jumladan: Vena va arterial qon tomirlariga, his qilish va harakatlantiradigan nervlariga, tortish, itarish, tug’adigan, tasavvur kuchi kabi tuyg’ularga qarashli chuqur va mukammal vazifalarim bor. Agar senda butun badanni, butun tomirlar, nervlar va hislarni tashkil qiladigan, nizomga soladigan va vazifa yuklaydigan qudrat va ilm bo’lsa, menga o’xshagan, san'at va sifat jihatidan bir-birmizga qardosh bo’lgan butun badan hujayralarini tasarruf qiladigan ta’sirli kuch, qamrovli hikmat bo’lsa, ko’rsat. So’ng, men seni yasay olaman, deb da'vo qil. Aks holda, qani, jo’nab qol! Etirtotsitlar menga rizq keltiradi. Leykotsitlar esa, menga hujum qiladigan kasalliklarga immunitet bo’ladi. Ishim bor, meni mashg’ul qilma. Sendek ojiz, jonsiz, kar, ko’r narsa, bizga hech bir jihatda aralasha olmaydi. Chunki bizda shunchalik kuchli, nozik va mukammal bir intizom

{(Hoshiya) Sone'i Hakim inson badanini juda ham intizomli shahar singari yaratgan. Tomirlarning bir qismi telegraf va telefon vazifasini bajaradi. Bir qismi esa, chashmalarning quvurlari singari, obi hayot bo’lgan qonning aylanishiga asos bo’ladi. Qonning ichida esa, ikki hil donachalar yaratilgan. Bir qismi qizil donachalar deb ataladi, badan hujayralariga ozuqa tarqatadi va bir Ilohiy qonuni bilan hujayralarga ozuqa yetkazib beradi (tijoratchi va ozuqa xodimlari kabi). Ikkinchi qismi oq donachalar bo’lib, narigilarga nisbatan ozroq. Vazifalari esa, kasallik kabi dushmanlarga qarshi askardek mudofa qiladi. Qachon vaqt mudofaaga kirishsa, mavlaviy kabi ikki aylanma harakat bilan tezda ajib bir vaziyatga kiradi. Qonning butunini tashkil qilgan, ikkita umumiy vazifasi bor. Biri: Badandagi hujayralarning buzgan joylarini ta'mirlashdan iborat. Ikkinchisi: Hujayralarning chiqindilarini to’plab, badanni tozalashdir. Vena va arteriya deb nomlangan ikki hil tomirlar bor. Biri toza qonni keltiradi, tarqatadi, toza qonning yuradigan yo’lidir. Ikkinchi qismi, chiqindilarni to’playdigan kirli qonning yuradigan yo’li bo’lib, bu ikkinchi qism qonni "ra'" degan nafas keladigan joyga keltiradi.

Sone'-i Hakim havoda ikki modda yaratgan. Biri azot, biri kislorod. Kislorod nafas ichida qonga tegishi bilan, qonni ifloslantirgan uglerod moddasini magnitdek o’ziga tortadi. Ikkalasi qo’shiladi. Karbonat angidrid degan bug’li moddaga aylantiradi. Vujudninig normal haroratini ta'minlaydi, qonni ham tozalaydi. Chunki Sone'i Hakim kimyoviy unsurlar orasida bir biriga nisbatan tortishish va birlashish xususiyatini kislorod bilan uglerodga bergan. Bu ikki modda bir-biriga yaqinlashishi bilan, Ilohiy qonun bilan ikki modda qo’shilib ketadi. Fanda aniqlanganki, birlashishdan harorat hosil bo’ladi. Chunki birlashish, bir jihatda yonishdir. Bu sirning hikmati shuki, o’sha ikki moddaning xar birining zarralarining alohida-alohida harakatlari bor. Birlashish vaqtida xar ikki zarra, ya'ni uning zarrasi buning zarrasi bilan birlashadi, bitta harakat bilan harakatlana boshlaydi. Narigi harakat esa, muallaq qoladi. Chunki birlashishdan oldin ikkita harakat edi, endi ikkita zarra bir bo’ldi, xar ikki zarra bir zarra kabi harakatga kirdi. Ikkinchi harakat, Sone'i Hakimning bir qonuni bilan haroratga aylanadi. Chunki, "harakat haroratni hosil qiladi" degan qonun bor. Shu sirga binoan, inson badanidagi vujudning normal harorati ana shu kimyoviy birlashish orqali ta'minlangani kabi, qondagi uglerod olingani uchun qon ham tozalanadi. Denak, nafas ichkariga kirgan vaqtda vujudning ham obi hayotini tozalaydi, ham hayot olovini yondiradi. Chiqayotgan vaqtda esa, og’izda Ilohiy qudrat mo’'jizasi bo’lmish kalima mevalarini beradi.

فَسُبْحَانَ مَنْ تَحَيَّرَ ف۪ى صُنْعِهِ الْعُقُولُ

}

borki, agar bizga hukm qilayotgan bir Hakimi Mutlaq, Qodiyri Mutlaq va Aliymi Mutlaq bo’lmasa, intizomimiz buziladi, nizomimiz chalkashadi", dedi.

So’ng, da’vochi undan ham umidsiz bo’lib,inson badanigaro’baro’ keldi. Yana, ko’r tabiat va devona falsafa tili bilan tabiatparastlarga o’xshab: "Sen menikisan? Seni men yaratdim. Yoki senda hissam bor", dedi. Javoban inson badani haqiqat va hikmat tili, intizomining holati tili bilan aytadiki: "Agar senda butun sinfim va yuzimizdagi qudrat tamg’asi va fitrat muxri bir bo’lgan butun insonlar badaniga haqiqiy boshqaruvchi bo’la oladigan qudrat va ilm bo’lsa, suvdan va havodan, nabotot va hayvonotgacha ozuqamning xazinalariga sohib bo’la oladigan boyliging va bir boshqaruving bo’lsa, men unga kiyim bo’lgan juda keng va yuksak bo’lgan ruh, qalb, aql kabi ma'naviy hislarni men kabi tor, oddiy jismda joylashtirib, mukammal hikmat bilan ishlatib, ibodat qildiradigan cheksiz qudrat, hadsiz hikmat bo’lsa, ko’rsat, so’ng "Men seni yaratdim" degin. Aks holda, jim bo’l! Mendagi mukammal intizomning guvohligi va yuzimdagi vahdat tamg’asining dalolati bilan, mening Sone'im hamma narsaga qodir, hamma narsani biluvchi, xar narsani ko’radigan va eshitadigan Zotdir. Sendek devona va ojizning qo’li Uning san'atiga aralasha olmaydi. Zarracha tiqila olmaydi."

U sherik qo’shuvchilarning vakili badanda ushlaydigan joy topa olmasdan, u yerdan chiqib,inson sinfigayuzlandi. Qalbida: "Balki bu tartibsiz, aralash-quralash jamoat ichida, shayton ularning ixtiyoriy va ijtimoiy ishlariga aralashgani kabi, balki men ham vujudim va tabiiy holatlarimga aralasha olsam kerak va ushlaydigan biror joy topaman. Unga bir yo’l topib, meni haydagan badanga va hujayrasiga hukmimni o’tkazaman", dedi. Shu maqsadda insoniyat sinfiga yana kar tabiat va devona falsafa tili bilan: "Siz juda tartibsiz narsa bo’lib ko’rinyapsiz. Men sizga rab va sohibman yoki hissadorman", dedi. Shunda inson sinfi haq va haqiqat tili, hikmat va intizom tili bilan:

"Agar senda yer kurrasiga kiydirilgan,

sinfimiz kabi butun hayvonot va nabototning yuz ming sinflaridan,

yer yuziga rang-barang otqi va iplardan mukammal hikmat bilan to’qilgan va tikilgan ko’ylaklarni to’shagan,

yuz minglab mavjudot turlaridan to’qigan,

juda naqshli suratda tayyorlangan gilamni to’qiydigan va xar doim kamoli hikmat bilan almashtirib yangilaydigan qudrat va hikmat bo’lsa,

agar biz meva bo’lgan yer kurrasini,

biz urug’ bo’lgan olamni tasarruf qiladigan,

hayotimizga kerakli moddalarni bizga hikmat mezoni butun dunyodan jo’natadigan keng qudrat va qamrovli hikmating bo’lsa,

yuzimizda yakka qudrat tamg’asi bo’lgan o’tmishdagi butun ajdodlarimi va kelajak avlodlarimizni yaratadigan iqtidoring bo’lsa,

balki menga rablik-rububiyat da'vo qilishing mumkin.

Aks holda, qani, ovozingni o’chir! Sinfimdagi tartibsizlikka qarab, "aralasha olaman", dema. Chunki intizom mukammaldir. Sen tartibsiz deb o’ylayotgan vaziyatlar, qudratning qadar kitobiga ko’ra mukammal intizomli ko’paytirishdir. Chunki bizdan juda ham pastda bo’lgan va nazoratimiz ostida bo’lgan hayvonot va nabototning mukammal intizomlari ko’rsatadiki, bizdagi aralash holatlar bir jihatda yozishdir.

Bir gilamning xar tarafiga yoyilgan otqi ipini san'at bilan joylashtirgan, gilamning ustasidan boshqasi bo’lishi, bir mevaning ijod qiluvchisi daraxtning yaratuvchisidan boshqasi bo’lishi, urug’ni yaratgan, urug’li jismning Sone'i-San’atkoridan boshqasi bo’lishi mumkinmi hech?! Ko’zing ham ko’r. Yuzimdagi qudrat mo’'jizasini, mohiyatimizdagi tabiiy g’aroyib ishlarni ko’rmayapsan. Agar ko’rsang, mening Sone'im shunday zotki, hech narsa Undan berkina olmaydi, hech narsa Unga nozlanib og’ir kela olmasligini tushunasan. Yulduzlar Unga zarralardek oson. Bahorni bir guldek oson yaratadi. Ulkan koinotning mundarijasini kamoli intizom bilan mening mohiyatimga joylashtirgan bir zotdir. Shunday Zotning san'atiga sendek jonsiz, ojiz, ko’r va kar qo’l cho’za oladimi? Shunday ekan, ovozingni o’chir! Daf bo’l, yo’qol!", deb, uni haydab yuboradi.

So’ng u da’vochi chiqib,zamin yuziga to’shalgan keng gilamgavazaminga kiydirilgan o’ta ziynatli va naqshinkor ko’ylakkasabablar nomidan, tabiat va falsafa tili bilan: "Seni tasarruf qila olaman, sohibman yoki senda hissam bor", deb da'vo qildi. Shunda o’sha ko’ylak, {(Hoshiya) Lekin bu gilam ham tirik ham intizom bilan titrab turadi. Naqshlari To’quvchisining turli Asmosining jilvalarini xilma-xil qilib ko’rsatishi uchun xar doim mukammal hikmat va intizom bilan o’zgarib turadi.} o’sha gilam haq va haqiqat nomidan, hikmat tili bilan u da’vochiga:

"Agar senda yillar, asrlar sanog’icha yerga kiydirilib, so’ngra intizom bilan yechilib, o’tmish ipiga osilgan va yangitdan kelajakka kiydirilgan,

kamoli intizom bilan qadar doirasida dasturlari va bichimlari chizilgan, tayinlangan,

kelajak lentasiga taqilgan, intizomli va hikmatli, turli tuman naqshlari bo’lgan barcha ko’ylaklarni, gilamlarni to’qiydigan, iyjod qiladigan qudrat va san'at bo’lsa,

yerning yaratilishidan xarob bo’lgunicha, balki azaldan abadgacha yetib boradigan, hikmatli, qudratli ikki ma'naviy qo’ling bo’lsa,

butun otqilarimdagi barcha narsalarni ijod qiladigan,

kamoli intizom va hikmat bilan ta'mirlaydigan, yangilaydigan iqtidor va hikmat bo’lsa,

bizning modelimiz, bizni kiygan, o’ziga parda va yopinchiq qilib olgan yer kurrasini qo’lingda tutuvchi ijod qiluvchi bo’la olsang, menga rububiyat da'vo qil.

Yo’qsa, qani tashqariga! Bu yerda joy topa olmaysan. Yana, bizda shunday vahdat tamg’asi va bir ahadiyat muxri borki, kimda butun koinot tasarrufida bo’lmagan va barcha narsalarni butun xususiyati bilan birdaniga ko’rmaydigan, nihoyasiz ishlarni birgalikda qila olmaydigan, hamma joyda hozir va nozir bo’lmagan, makondan munazzah-pok bo’lmagan, cheksiz hikmat, ilm va qudra bo’lmasa, bizga sohib bo’la olmaydi va aralasha olmaydi", dedi.

So’ng u da’vochi chiqdi. "Balki yer kurrasini aldab, u yerda joy topa olarman", dedi. Borib, yer kurrasiga

{(Hoshiya1) Natija: Zarra o’sha iddaochini eritrotsitga havola qiladi. Eritrotsit uni hujayraga, hujayra esa inson badaniga, inson badani esa inson sinfiga, inson sinfi uni tirik turlaridan to’qilgan yerning ko’ylagiga, yerning ko’ylagi esa yer kurrasiga, yer kurrasi uni quyoshga, quyosh esa butun yulduzlarga havola qiladi. Xar biri: "Bor, mendan yuqoridagini zabt qila olsang, so’ngra kel, meni zabt etishga urin. Agar uni mag’lub qila olmasang, meni qo’lga kirita olmaysan", dedi. Demak, butun yulduzlarga so’zini o’tkaza olmagan, bir dona zarraga ham rububiyatini eshittira olmaydi.}

yana sabablar nomidan va tabiat tili bilan: "O’zboshimcha aylanib, sohibsiz ekanligingni ko’rsatyapsan. Shunday ekan, sen meniki bo’lishing mumkin", dedi. Shunda yer kurrasi haq nomidan va haqiqat tili bilan, momaqaldiroqdek sado bilan unga: "Valdirama! Men qanday qilib o’zboshimcha, egasiz bo’lishim mumkin? Mening kiyimlarimni va ular ichidagi eng kichik nuqtani, ipni intizomsiz deb ko’rdingmi? Hikmatsiz va san'atsiz holda ko’rdingmi? Meni egasiz, o’zboshimcha deyapsan.

Agar senda yillik harakatim bilan taqriban yigirma besh ming yillik {(Hoshiya2) Bir doiraning radiusi taqriban yuz sakson million kilometr bo’lsa, u doira taqriban yigirma besh ming yillik masofa bo’ladi.} masofani aylanishim, mukammal mezon va hikmat bilan xizmat vazifamni bajarayotganim o’sha buyuk doiraga haqiqiy sohib bo’la olsang, qardoshlarim va mendek vazifa yuklangan o’nta sayyorani, ular aylanayotgan butun doiralarni, bizning imomimiz va biz unga bog’liq bo’lgan, rahmat tortishi bilan biz unga bog’langan quyoshni yaratib, joylashtiradigan, palaxmon toshi kabi meni va sayyoralar yulduzlarni unga bog’laydigan, mukammal intizom va hikmat bilan aylantirib, ishlatadigan cheksiz hikmat va nihoyasiz qudrat bo’lsa, menga rububiyat da'vo qil. Yo’qsa, qani, qorangni o’chir, daf bo’l! Mening ishim bor. Vazifamni bajarishim kerak. Bizdagi hashamatli intizomlar, daxshatli harakatlar va hikmatli bo’sundirilish ko’rsatadaki, ustamiz shunday Zotki, butun mavjudot, zarralardan yulduzlar va quyoshlargacha amrga tobe' askar kabi Unga mute' va bo’ysundirilgan. Bir daraxtni mevalari bilan tartiblagan va ziynatlagani kabi, osonlik bilan quyoshni sayyoralar bilan nizomga soladigan bir Hakimi Zuljalol va Hokimi Mutlaqdir", dedi.

So’ng u iddaochi, yerda joy topa olmagani uchunquyoshningyoniga boradi. Qalbida: "Bu juda katta narsa. Balki ichida biror teshik topib, yo’l ocharman. Yerni ham bo’sundiraman", dedi. Quyoshga shirk nomidan va shaytonlashgan falsafa tili bilan, majusiylarning gapi kabi: "Sen bir sultonsan, o’z-o’zingga egasan, istaganingdek tasarruf qilasan", dedi. Quyosh esa, Haq nomidan, haqiqat tili bilan va Ilohiy hikmat tili bilan unga: "Qat’iyyan, yuz ming marta aslo va imkonsiz! Men bo’ysundirilgan bir xizmatkorman. Sayyidimning mehmonxonasida bir shamchiroqman. Bir pashshaga, balki pashshaning bir qanotiga ham haqiqiy ega bo’la olmayman. Chunki pashshanning vujudida shunday ma'naviy javharlar va ko’z, quloq kabi antiqa san'atlar borki, ular mening do’konimda yo’q. Iqtidor doiram xorijida" deb, iddaochiga dakki berdi.

So’ng, iddaochi qaytib, fir'avnlashgan falsafa tili bilan: "Modomiki, o’zingga ega va sohib emas, bir xizmatkor ekansan, sabablar nomidan menikisan", dedi. Shunda quyosh haq va haqiqat nomidan, qullik tili bilan: "Men shunday bir Zotniki bo’lishim mumkinki: butun sinfim bo’lgan katta yulduzlarni yaratgan va samovotida mukammal hikmat bilan joylashtirgan, mukammal hashamat bilan aylantiradigan, kamoli ziynat bilan bezatgan Zot bo’lishi mumkin", dedi.

So’ng u iddaochi, qalbidan:"Yulduzlarjuda ham ko’p. Hamda tarqoq, tartibsiz ko’rinyapti. Balki ularning ichida vakolat berganlar foydasiga biror narsa qozona olarman", dedi. Ularning ichiga kiradi. Ularga sabablar nomidan, sherik qo’shuvchilar hisobiga va haddidan oshgan falsafa tili bilan, yulduzparastlarning so’zlari kabi: "Siz juda ham tarqoq bo’lganingiz uchun, turli hokimlarning amri ostida turibsiz", dedi. Shunda yulduzlar nomidan bir yulduz: "Naqadar bebosh, aqlsiz, ahmoq va ko’zsiz ekansan. Yuzimizdagi vahdat tamg’asini va ahadiyat muxrini ko’rmayapsan, anglamayapsan. Bizning oliy nizomimizni va qullik qonunimizni bilmayapsan. Bizni intizomsiz deb o’ylayapsan. Biz shunday bir Zotning san'atimiz va xizmatkorlarimizki, dengizimiz bo’lgan osmonlarni va daraxtimiz bo’lgan koinotni va sayr qiladigan joyimiz bo’lgan cheksiz fazoni amri ostida tutgan bir Vohidi Ahaddir. Biz dengiz flotining chiroqlari kabi, Uning kamoli rububiyatini ko’rsatadigan nuroniy guvohlarmiz va rablik saltanatini e'lon qiladigan nurli burhonlarmiz. Xar bir toifamiz Uning saltanati doirasida, ulug’, past, dunyoviy, qabr olamiga oid, uxraviy manzillarda saltanatining hashamatini ko’rsatadigan va ziyo sochadigan nuroniy xizmatkorlarmiz.

Darhaqiqat, xar birimiz, alohida-alohida, Vohidi Ahadning qudratining mo’'jizasi, yaratilish daraxtining bir muntazam mevasi, vahdoniyatning bir munavvar burhoni, farishtalarning bir manzili, tayyorasi, masjidi, ulug’ olamlarning chirog’i, quyoshi, rububiyat saltanatining guvohi, fazoning ziynati, qasri, guli, samo dengizining nuroniy balig’i, osmonning go’zal ko’zimiz.

{(Hoshiya) Janobi Haqning hayratga soladigan maxluqotiga qarab, tomosha qiladigan va qildiradigan ishoralarmiz. Ya'ni: Samovot cheksiz ko’zlar bilan zamindagi hayratli Ilohiy san'at asarlarini tomosha qilayotgandek ko’rinadi. Samoning farishtalari kabi, yulduzlar ham ajoyib va g’aroyib ko’rgazma bo’lgan yerga qaramoqda va shuur sohiblarini diqqat bilan qaratyapti, deganidir.}

Shuningdek, umumiy tashkilotimizda sukunat ichida sukut, hikmat ichida harakat, hashamat ichida ziynat, intizom ichida go’zal xilqat, o’lchovli yaratilish ichida mukammal san'at bor. Shuning uchun, cheksiz tillar bilan Sone'i Zuljalolimizning vahdatini, ahadiyatini, samadiyatini, jamol, jalol va kamolining vasflarini butun koinotga e'lon qilamiz. Xolbuki, biz kabi o’ta sof, pokiza, itoatkor, bo’ysungan xizmatkorlarni, tartibsizlik, intizomsizlik va vazifasizlik, hatto sohibsizlik bilan ayblaganing uchun, kaltaklanishga loyiqsan", dedi.

Iddaochininig yuziga shaytonga tosh otilganidek, bir yulduz shunday musht tushiradiki, yulduzlardan jahannamning tubigacha yiqitdi. U bilan bo’lgan tabiatni

{(Hoshiya1) Yiqilgandan keyin tabiat tavba qildi. Haqiqiy vazifasi ta'sir va yaratish emasligini, balki qabul va tobe' bo’lish ekanligini angladi. O’zi esa Ilohiy qadarning bir tur daftari (faqat almashadigan va o’zgaradigan daftari), Rabboniy qudratning bir tur dasturi, va Qodiyri Zuljalolning bir nav’ yaratilishga oid qonuun, bir tur qonunlari majmuasi ekanini bildi. Kamoli ojizlik va bo’ysunib qullik vazifasiga kirishdi. Yaratilish qonunlari va Rabboniy san'at ismini oldi.}

tasavvur daralariga, tasodifni yo’qlik qudug’iga, sherik qo’shuvchilarni imkonsiz va ehtimol qilib bo’lmaydigan zulmatga, dinga qarshi falsafani asfali sofilinning tubiga uloqtirdi. Butun yulduzlar bilan birga u yulduz muqaddas لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا farmoni o’qiydi. Qo’l tekkazishi uchun pashsha qanotidan tut, to samovot qandillariga qadar, bir pashsha qanotichalik sherikka yer yo’q", deb e'lon qiladilar.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ سِرَاجِ وَحْدَتِكَ ف۪ى كَثْرَةِ مَخْلُوقَاتِكَ وَ دَلَّالِ وَحْدَانِيَّتِكَ ف۪ى مَشْهَرِ كَائِنَاتِكَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

* * *

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا

oyatining azaliy bog’idan bir guliga ishorat qilgan arab tilidagi bo’limlardan iborat.

حَتّٰى كَاَنَّ الشَّجَرَ الْمُزَهَّرَةَ ٭ قَص۪يدَةٌ مَنْظُومَةٌ مُحَرَّرَةٌ

وَ تُنْشِدُ لِلْفَاطِرِ الْمَدَائِحَ الْمُبَهَّرَةَ ٭ اَوْ فَتَحَتْ بِكَثْرَةٍ عُيُونُهَا الْمُبَصَّرَةَ

لِتُنْظِرَ للِصَّانِعِ الْعَجَائِبَ الْمُنَشَّرَةَ ٭ اَوْ زَيَّنَتْ لِع۪يدِهَا اَعْضَائَهَا الْمُخَضَّرَةَ

لِيَشْهَدَ سُلْطَانُهَا اٰثَارَهُ الْمُنَوَّرَةَ ٭ وَ تُشْهِرَ فِى الْمَحْضَرِ مُرَصَّعَاتِ الْجَوْهَرِ

وَ تُعْلِنَ لِلْبَشَرِ حِكْمَةَ خَلْقِ الشَّجَرِ ٭ بِكَنْزِهَا الْمُدَخَّرِ مِنْ جُودِ رَبِّ الثَّمَرِ

سُبْحَانَهُ مَا اَحْسَنَ اِحْسَانَهُ ٭ مَا اَزْيَنَ بُرْهَانَهُ مَا اَبْيَنَ تِبْيَانَهُ

خَيَالْ ب۪ينَدْ اَز۪ينْ اَشْجَارْ مَلَائِكْ رَا جَسَدْ اٰمَدْ سَمَاو۪ى بَا هَزَارَانْ نَىْ

اَز۪ينْ نَيْهَا شُن۪يدَتْ هُوشْ سِتَايِشْهَاىِ ذَاتِ حَىْ

وَرَقْهَارَا زَبَانْ دَارَنْدْ هَمَه هُو هُو ذِكْرْ اٰرَنْدْ بَدَرْ مَعْنَاىِ حَىُّ حَىْ

چُو لَا اِلٰهَ اِلَّا هُو بَرَابَرْ م۪يزَنَدْ هَرْشَىْ

دَمَا دَمْ جُويَدَنْدْ يَا حَقْ سَرَاسَرْ گُويَدَنْدْ يَا حَىْ بَرَابَرْ م۪يزَنَنْدْ اَللّٰهْ

وَ نَزَّلْنَا مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً مُبَارَكًا

Arabiy bo’limning tarjimasi:

Ya'ni: Go’yo gul ochgan xar bir daraxt go’zal yozilgan nazmiy qasida bo’lib, yoki gul ochgan xar bir daraxt minglab qaragan va qaratgan ko’zlarini ochgan, e'tibor berganlarni qaratish uchun Sone'i Zuljalolning nashr va yoyilgan ajoyib san'atiga bir-ikki ko’z bilan emas, balki minglab ko’zlar bilan qarashi uchun Fotiri Zuljalolning ochiq ravshan madhlarini she'r shaklida o’qib, shoirona holati tili bilan aytadi.

Ilohiy san’at ko’rgazmasi bo’lgan zamin yuzi va bahor mavsumida bezalgan rahmatini xalq e'tiboriga havola qilishi uchun,

daraxtlarning hikmati yaratilishini insonga e'lon qilishi uchun,

nozik shoxlarida naqadar muhim xazinalar bo’lganini va

Rahmoniy ehsonlarning mevalarida qay daraja muhim xazinalar borligini ko’rsatish orqali kamoli qudrati Ilohiyani ko’rsatishi uchun,

Uning Sultoni Zuljaloli ehson qilgan hadylarni,

hislarni va nuroniy asarlarini ko’rishi uchun

gul ochgan xar bir daraxt umumiy bahor bayrami ichidagi xususiy bayramida va rasmiy namoyishi kabi bir onda yashillashgan a'zolarini eng yaxshi ziynatlar bilan bezagan.

* * *

Birinchi Bo’limning Kichik Zayli

فَاسْتَمِعْ اٰيَةَ:

اَفَلَمْ يَنْظُرُٓوا اِلَى السَّمَٓاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَ زَيَّنَّاهَا ... الخ

ثُمَّ انْظُرْ اِلٰى وَجْهِ السَّمَاءِ كَيْفَ تَرٰى سُكُوتًا ف۪ى سُكُونَةٍ حَرَكَةً ف۪ى حِكْمَةٍ تَلَئْلًا ف۪ى حِشْمَةٍ تَبَسُّمًا ف۪ى ز۪ينَةٍ مَعَ اِنْتِظَامِ الْخِلْقَةِ مَعَ اِتِّزَانِ الصَّنْعَةِ تَشَعْشُعُ سِرَاجِهَا تَهَلْهُلُ مِصْبَاحِهَا تَلَئْلُؤُ نُجُومِهَا تُعْلِنُ لِاَهْلِ النُّهٰى سَلْطَنَةً بِلَا اِنْتِهَاءٍ

اَفَلَمْ يَنْظُرُٓوا اِلَى السَّمَٓاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَ زَيَّنَّاهَا ... الخ

Ushbu oyatning bir nav’ tafsiri bo’lgan jumlalarning tarjimasidan iborat:

ثُمَّ انْظُرْ اِلٰى وَجْهِ السَّمَاءِ كَيْفَ تَرٰى سُكُوتًا ف۪ى سُكُونَةٍ

Ya'ni, oyati karima diqqat bilan bilan osmonda favqulotda sukunat ichidagi sukutni ko’rib, bir Qodiyri Mutlaqning amr va bo’ysundirishi orqali bu holatga kirganini anglashi uchun e'tiborni osmonning ziynatli va go’zal yuziga qaratmoqda. Agar bebosh bo’lganida, bir-biri ichidagi daxshatli jismlar, o’ta buyuk to’plar va o’ta tez harakatlari bilan shunday shovqin suron chiqarishlari kerak ediki, koinotning qulog’ini kar qilib qo’yar edi.

Hamda bir aralash quralash zilzila ichida qorishiqlik bo’lar edi. Bu esa koinotni parchalab yuborar edi. Yigirmata qo’tos bir-biri ichida harakat qilsa, qanchalik shovqinga va aralash quralash bo’lishi ma'lum. Xolbuki, astronomiya yer kurrasidan ming marta katta va to’p o’qidan yetmish marta tezroq harakat qilayotgan yulduzlar borligini aytmoqda. Ana shu sukunat ichidagi osmon jismlarining sukuti Sone'i Zuljalolning va Qodiyri Zulkamolning qudrat darajasi, bo’ysundirgani va yulduzlarning Unga bo’ysunish darajasi va itoatini angla.

حَرَكَةً ف۪ى حِكْمَةٍ Yana, oyat osmonda, hikmat ichidagi harakatni ko’rishni buyurmoqda. Darhaqiqat, juda ajib va azim harakatlar, o’ta aniq va keng hikmat ichidadir. Bir fabrikaning charxlari va dastgohlarini hikmat bilan aylantirayotgan usta, fabrikaning kattaligi va intizomi darajasida san'at va mahoratini ko’rsatadi. Shuningdek, ulkan Quyoshga, sayyoralar bilan birga fabrika holatini bergan, mudxish ulkan to’plarni palaxmon toshlari kabi va fabrika charxlari kabi atrofida aylantirgan bir Qodiyri Zuljalolning qudrat va hikmat darajasi, o’sha nisbatda ko’zga ko’rinadi.

تَلَئْلًا ف۪ى حِشْمَةٍ تَبَسُّمًا ف۪ى ز۪ينَةٍ Ya'ni: Yana, osmonda, shunday hashamat ichida porlash va ziynat ichida bir tabassum borki, Sone'i Zuljalolning naqadar muazzam saltanati, qanchalik go’zal san'ati ekanini ko’rsatadi. Dengiz floti marshida ko’plab elektr chiroqlari sultonning hashmat darajasini va madaniy taraqqiyotda yetishgan darajasini ko’rsatgani kabi, ulkan samovot hashamatli, ziynatli yulduzlari bilan Sone'i Zuljalolning kamoli saltanatini va jamoli san'atini, xuddi shunday nazari ko’zga ko’rsatadi.

مَعَ اِنْتِظَامِ الْخِلْقَةِ مَعَ اِتِّزَانِ الصَّنْعَةِ Yana aytadiki: Osmondagi maxluqlarning intizomini, nozik mezonlar ichida san’at asarlarinign o’lchovli tortilgnaini ko’r va ularning Sone'i naqadar Qodiyr va qanchalik Hakim ekanini bil. Darhaqiqat, turli va kichik jismlarni yoki hayvonlarni aylantirgan va vazifa yuklagan va maxsus mezoni bilan, xar birini muayyan yo’lga solgan bir Zotning iqtidor va hikmat darajasini, harakatlanayotgan jirmlarning unga itoat va bo’ysunganlik darajasini ko’rsatadi.

Xuddi shuning kabi, ulkan samovot daxshatli kattaligi bilan, sanoqsiz yulduzlari bilan va yulduzlar daxshatli kattaligi va o’ta shiddatli harakatlari bilan birga, zarra miqdor va bir soniyacha bo’lin hududini buzmasligi, bir soatning daqiqa va soniya kabi o’n miqqyos kichik vaqt birligida ham ishidan ortda qolmasligi, Sone'i Zuljalollarining naqadar aniq maxsus mezoni bilan rububiyatini ijro qilayotganini e'tiborga havola qilyapti.

Hamda bu oyat kabi Amma surasi va boshqa oyatlarda bayon qilingan quyosh, oy va yulduzlarning bo’ysundirilgani bilan ishora qiladi. Shuningdek:

تَشَعْشُعُ سِرَاجِهَا تَهَلْهُلُ مِصْبَاحِهَا تَلَئْلُؤُ نُجُومِهَا تُعْلِنُ لِاَهْلِ النُّهٰى سَلْطَنَةً بِلَا اِنْتِهَاءٍ

Ya'ni, samovotning ziynatli tomiga quyosh kabi nur beradigan, isitadigan chiroqni osib qo’yish, kecha-kunduz yozuvlari bilan, qish-yoz sahifalarida Samadoniy maktublarni yozish uchun bir nur siyohdoni holatiga keltirish, yuksak minora va minoralardagi soatlarning porlagan millari kabi, samo qubbasida oyni zamonning katta soatiga mil qilib qo’yish, juda ko’p bir-biridan farqli hilollar suratida xar kechaga go’yo boshqa hilol qoldirib, so’ngra qaytib o’ziga to’plash, manzillarida mukammal mezon bilan, aniq hisob bilan harakat qildirish, samo qubbasida porlagan, tabassum qilgan yulduzlar bilan, go’zal osmonni bezatish, albatta nihoyasiz bir rububiyat saltanatining alomatlaridir. Shuur sohiblariga uni bildiradigan muhtasham bir Uluhiyatning ishoralaridir. Tafakkur qilgan kishilarni iymonga va tavhidga da'vat qiladi.

Boq koinot kitobining rang barang sahifasiga

Qudratining oltin qalami, ko’r qanday tasvir qilgan.

Ko’ngil ko’zi ochiqlarga, qoranuqta qolmagan

Go’yo Xudo oyatlari, nur bilan tahrir aylagan.

Qara, qanday hikmat mo’jizasi, iymon bergan koinot,

Boq, qanday oliy tamoshodir fazoyi koinot.

Tinglagin yulduzlarning shirin xutbasini

Hikmatning nurlu maktubin ko’rgin, bildirganini.

Barcha birdan tilga kirgan, haq tili bilan aytar:

Bir Qodiyri Zuljalolning sultonlik hashamatiga

Bir nurafshon burhonimiz Sone'ning borligiga,

Ham vahdatga, ham qudratga guvohlarmiz biz.

Zamin yuzin bezagan nozik mo’'jizalarni malak sayriga o’xshar

Bu samoning yerga qarab, Jannatga diqqat qilgan, minglab chuqur tekshirgan ko’zlarimiz biz.

Yaratilish daraxtidan samovot ufqiga, somonyo’li shoxlariga

Bir Jamili Zuljalolning dasti hikmati bilan taqilgan, minglab go’zal mevalarmiz biz.

Samovot ahliga sayyor masjidlar, aylangan uylar, ulviy oshiyona,

Nurli chiroqlar, Jabborning kemasi, tayyoralarmiz biz.

Bir Qodiyri Zulkamolning, bir Hakimi Zuljalolning

Qudratining mo’'jizasi, Xoliqning g’aroyib san’ati,

Nodir hikmat asari, g’aroyib xilqat, nur olamlarimiz biz.

Yuz ming til bilan, yuz ming burhon ko’rsatamiz,

eshittiramiz inson bo’lgan insonga,

Ko’r bo’lgur dinsiz ko’zi, ko’rmas bo’ldi yuzimizni.

Ham eshitmas so’zimizni. Haq so’zlagan oyatlarmiz biz.

Tamg’amiz bir, muxrimiz bir, Rabbimizga bo’ysunamiz,

Qullik bilan tasbeh aytar, zikr qilamiz.

Somonyo’li katta halqasiga mansub majzublarmiz biz...

* * *

IKKINCHI BO’LIM

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ ٭ اَللّٰهُ الصَّمَدُ

Bu Bo’limnng uch Maqsadi bor:

BIRINCHI MAQSAD

Bir yulduzning ta'ziri bilan yerga tushgan shirk keltiruvchilar va zalolatning vakili zarralardan yulduzlargacha hech qayerda zarra miqdor shirkka joy topa olmagani uchun, u tarzdagi da'vodan voz kechdi. Lekin shayton kabi vahdatga shubhalanish uchun uch muhim savol bilan Ahadiyatga va Vahdatga doir ahli tavhidga vasvasa qilishni istadi.

BIRINCHI SAVOL:Dinsizlik tili bilan: "Ey ahli tavhid! Menga vakolat berganlar uchun hech narsa topa olmadim, mavjudotdan bir hissa chiqara olmadim, yo’limni isbot qila olmadim. Lekin siz nihoyatsiz qudrat sohibi bo’lgan Vohidi Ahadni nima bilan isbotlaysiz? Nima uchun uning qudrati bilan birga boshqa qo’l aralashishiga ehtimol bermaysiz?" dedi.

JAVOB:Yigirma Ikkinchi So’zda qat'iy isbot etilganki, butun mavjudot, zarralar, yulduzlar xar biri Vojibul Vujudning va Qodiri Mutlaqning borligining vojibligiga nuroniy burhonlardir. Butun koinotdagi silsilalarning xar biri uning vahdoniyatiga qat'iy dalildir. Qur'oni Hakim cheksiz burhonlarida isbot qilgani kabi, barchasining e'tiboriga eng ko’ringan burhonlarni ko’proq zikr qiladi. Jumladan:

وَلَئِنْ سَاَلْتَهُمْ مَنْ خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ لَيَقُولُنَّ اللّٰهُ ٭ وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ

kabi juda ko’p oyatlar bilan Qur'oni Hakim, yer va osmonlar yratilishini vahdoniyatga ochiq ravshan burhon qilib ko’rsatadiki, istar-istamas shuur sohibi bo’lgan xar bir odam yer va osmonlar yaratilishida Xoliqi Zuljalolini tasdiqlashga majburki, لَيَقُولُنَّ اللهُ deydi.

Birinchi bo’limda bir zarradan boshlab, yulduzlar va samovotgacha tavhid tamg’asini ko’rsatdik. Qur'oni Hakim bu turdagi oyatlari bilan yulduzlardan va samovotdan zarralarga qadar shirkni quvadi. Quyidagicha ishorat qiladi va ma'nan aytadiki:

Samovot va arzni intizomli yaratgan bir Qodiri Mutlaqning, albatta san’at asarlarinign doiralaridan bo’lgan shamsiya tizimi ochiq ravshan Uning tasarrufi ostidadir.

Modomiki Qodiri Mutlaq quyoshni sayyoralari bilan amri ostida tutar, tartibga solar, bo’ysundirar va boshqarayotgan ekan, albatta quyosh tiziimning bir bo’lagi va quyosh bilan bog’langan yer kurrasi ham amri ostida, tadbir va boshqaruvi ostdadir.

Modomiki yer kurrasi amri ostida, tadbir va boshqaruvi ostda ekan, yer yuzida ochiq oydin yozilgan, ijod qilingan, yerning mevalari va maqsadlari hisoblangan san’at asarlari ham uning rububiyati ostida va tarbiyasidadir.

Modomiki butun zamin yuziga to’shalgan, sochilgan, yuzini porlatgan, ziynatlagan va xar doim yangilangan, kelib-ketgan va ular bilan zamin to’lib bo’shalgan butun san’at asarlari qudrat va ilmi ostida, adolatu hikmatining mezoni bilan o’lchangan va tartibga solinar ekan, modomiki butun sinflar uning qudrati ostida ekan, albatta ularning muntazam, mukammal bo’laklari, olamning kichik namunalari, borliq turlarining muvozanatlari, olam kitobining kichkina mundarijalari hisoblangan kichik a’zolari, ochiq ravshan Uning rububiyati, ijodi, boshqaruvi va tarbiyasi ostida ekan, modomiki har bir hayot egasi tadbir va tarbiyasi ostida ekan, albatta hayot egalarining borligini tashkil qilgan hujayralar, eritrotsit va leykotsitlar, a'zo va nervlar, ochiq oydin Uning ilm va qudrati ostidadir.

Modomiki xar bir hujayra va qondagi xar qon zarrasi uning amri ostida, tasarrufi doirasida va uning qonuni bilan harakat qilar ekan, albatta barchasining asosiy moddasi, ulardagi san'at naqshiga va naqsh solishga asbob va yoy hisoblangan zarralar ham albatta Uning qudrati ostida, ilmi doirasida va Uning amri bilan, izni bilan, quvvati bilan intizomli harakat qiladi, mukammal vazifalar bajaradilar.

Modomiki har bir zarra Uning qonuni bilan, izni bilan, amri bilan harakatlanar va vazifa bajarar ekan, albatta, siymodagi xususiyatlar va xar bir inson yuzida boshqalardan ajratadigan alohida belgi bo’lishi va siymolar kabi ovozlarda, tillarda turli tuman farqlar Uning ilm va hikmati bilan bo’lishi ochiq ravshan.

Xullas, bu silsilaga boshlang’ich va xotimani aytib, ishorat qilgan bu oyatga qara:

وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِلْعَالِم۪ينَ

Endi aytamizki: Ey shirkdagilarning vakili! Mana, koinot silsilasichalik kuchli burhonlar tavhid yo’lini isbotlaydi. Va bir Qodiri Mutlaqni ko’rsatadi.

Modomiki osmonlar va yerning yaratilishi bir Sone'i Qodirni va o’sha Sone'i Qodirning cheksiz qudratini va cheksiz qudratning chegarasiz mukammalligini ko’rsatadi. Albatta, sheriklardan mutlaq behojatlik bor. Ya'ni, hech bir jihatdan sheriklarga ehtiyoj yo’q. Ehtiyoj yo’q ekan, nima uchun siz bu zulmatli yo’lda ketyapsiz? Unga kirishga nima majburlayapti? Sheriklarga hech qanday ehtiyoj bo’lmagani va koinot ulardan mutlaq behojat bo’lganiga qaramay, ilohlikka sheriklik da’vo qilish kabi, rablik va ijod qilishda ham sherigi bo’lishi imkonsiz, borligi mumkin emas. Chunki osmonlar va yerning Sone'idagi qudrat ham o’ta mukammal va cheksiz ekanini isbotladik. Agar sherik bo’lsa, u nihoyatsiz va o’ta mukammal qudratni oxiri bo’lgan boshqa qudrat mag’lub qilib, bir qancha joyni zabt qilishi, uni tugatishi, ma'nan ojiz qoldirib, chegarasiz bo’lsada chegaralashi, hech qanday majburiyati bo’lmasdan tugaydigan narsa tuganmas narsaga, tuganmas bo’lgan vaqtida tugatishi, tugaydigan qilishi kerak bo’ladi. Bu imkonsizlikning eng aqlga sig’maydigani va bu ehtimolning eng tubanidir.

Sheriklar "ularga umuman ehtiyoj bo’lmagan" va "shaxsan borligi imkonsiz bo’lganlar", ya'ni hech ularga ehtiyoj bo’lmagani kabi, borligi imkonsiz bo’lsada, ularni da'vo qilish faqat dalilsiz iddaodir. Ya'ni aqlan, mantiqan, fikran da'vo qiladigan sabab yo’qligi uchun ma'nosiz gap hisoblanadi. Usul Ilmida bu "tahakkumiy" deb ta'bir qilinadi. Ya'ni, ma'nosiz yakka iddao. Kalom va usul ilmining dasturlarida, aytiladi:

لَا عِبْرَةَ لِلْاِحْتِمَالِ الْغَيْرِ النَّاش۪ى عَنْ دَل۪يلٍ ٭ وَ لَا يُنَافِى الْاِمْكَانُ الذَّاتِىُّ الْيَق۪ينَ الْعِلْمِىَّ

Ya'ni: "Bir dalildan, belgidan kelib chiqmagan ehtimolning ahamiyati yo’q. Qat'iy ilmga shak qo’shmaydi. Aniq xulosani o’zgartirmaydi". Masalan, Barla dengizi (ya'ni Eg’irdir ko’li) shinni, yog’ bo’lish imkoni va ehtimoli bor. Modomiki u imkon va ehtimol bir belgidan kelib chiqmas ekan, uning borligi va suv ekaniga, qat'iy ilmimizga ta'sir qilmaydi, shak va vasvasa bermaydi.

Shuning kabi mavjudotning hamma tomondan, koinotning xar burchagidan so’radik: Birinchi bo’limda ko’rsatilganidek, zarralardan yulduzlargacha va Ikkinchi bo’limda ko’rilgani kabi, yer va osmonlar yaratilishidan siymolardagi alohidalikkacha qaysi narsadan so’ralgan bo’lsa, hol tili bilan vahdoniyatga guvohlik qildi va tavhi tamg’asini ko’rsatdi. Buni ko’rding.

Shunday ekan, koinot mavjudotida shirk ehtimoli bino qilinadigan hech qanday belgi yo’q. Demak, shirk iddaosi faqat dalilsiz iddao, ma'nosiz so’z va yakka da’vo bo’lgani uchun, shirkni da'vo qilish ayni jaholat, ablahlikning o’zidir.

Zalolatdagilarning vakili bunga qarshi gapi qolmadi. Faqat: "Shirkka koinotdagi sabablarning tartibli harakati belgi bo’ladi. Hamma narsa bir sababga bog’liq. Demak sabablarning haqiqiy ta'siri bor. Ta'sirlari bo’lsa, sherik bo’la oladi?" dedi.

Javob:Allohning istak va hikmati, ko’p Asmoning ko’rinishni, natijalar sabablarga bog’lanishini taqozo qiladi. Xar bir narsa bir sabab bilan bog’langan. Lekin aksar joylarda va ko’p So’zlarda qat'iy isbotlaganmizki: "Sabablarda haqiqiy yaratish qobiliyati yo’q". Bu yerda faqat aytamizki:

Sabablar ichida, eng sharaflisi, keng ixtiyorli va boshqaruvi ko’pi inson ekani ochiq ravshan. Insonning esa eng ko’ringan ixtiyoriy ishii ichida eng ochig’i, yeyish, gapirish va fikrdir. Ya'ni: Yeyish, gapirish, o’ylash. Yeyish, gapirish, o’ylash o’ta intizomli, ajib, hikmatli silsiladir. Bu silsiladan insonning ixtiyoriga faqat uzdan bir qismi berilgan. Masalan:

Yeyishdan, badanning hujayralarinng oziqlanishidan samaralarning tashkil topishigacha ishlar silsilasi ichida insonning ixtiyoriga faqat og’izdagi tishlarning tegirmonini harakatlantirib uni chaynash berilgan.

Gapirish silsilasidan faqat harflarning chiqish joylaridan havoni qoliplariga solib chiqarish berilgan. Xolbuki og’izdagi so’z urug’ bo’lib, bir daraxt hisoblanadi. Havo ichida millionlab bir hil so’z kabi mevalar beradi. Eshitgan millionlab kishilarning qulog’iga kiradi. Bu misoliy ko’karishga insondagi xayolning qo’li zo’rg’a yetadi. Ixtiyorning qisqa qo’li qanday qilib yetishsin?

Modomiki sabablar ichida eng shraflisi va eng katta ixtiyor sohibi bo’lgan inson haqiqiy ijoddan qo’li bog’lansa, boshqa jismlar, hayvonlar, unsurlar va tabiat qanday qilib haqiqiy boshqaruvchi bo’la oladi? Sabablar jild, Rabboniy san’at asarlariga g’ilof va Rahmoniy hadyalarga vositachidirlar. Albatta bir podshohning hadyasining idishi yoki hadyaga o’ralgan ro’mol va yoki hadyani olib kelgan kishi podshohning saltanatiga sherik bo’la olmaydi. Ularni sherik deb tasavvur qilgan kimsa bema'ni safsata sotgan bo’ladi. Shunga o’xshab, zohiriy sabablar va ko’ringan vositalarning Allohning rububiyatidan hech bir jihatda hissasi bo’lmaydi. Qullik xizmatidan boshqa nasibi yo’q.

IKKINCHI MAQSAD

Ahli shirkning vakili shirk yo’lini hech bir jihatdan isbot qila olmagani uchun va uni isbotlashdan umidi qolmagach, tavhid ahlining yo’lini shak-shubhalari bilan buzishga harakat qilish istagida, ikkinchi savolni beradi:

Ey ahli tavhid! Siz aytyapsizki:

قُلْ هُوَ اللهُ اَحَدٌ ٭ اَللهُ الصَّمَدُ

Xoliqi Olam birdir, Ahaddir, Samaddir. U hamma narsaning Xoliqidir. O’zi Ahad bo’lishi bilan birga hamma narsaning tizgini to’g’ridan to’g’ri uning qo’lida, hamma narsaning kaliti huzurida, hamma narsaning yuzini qoplaydi, bir ish boshqa ishga mone' bo’lmaydi. Butun ashyolarda barcha holatlari bilan bir onda tasarruf qiladi". Bunday ajib haqiqatga qanday ishonilishi mumkin? Bir zot cheksiz yerlarda sanoqsiz ishlarni qiyinchiliksiz qila oladimi?

JAVOB:Bu savolga o’ta chuqur, nozik, o’ta yuksak va keng bir sirri ahadiyat va samadiyatni bayon qilish orqali javob beriladi. Inson fikri esa u sirga faqat bir misol durbini bilan, masal rasadi bilan qaray oladi. Janobi Haqning zot va sifatlarida o’xshashi va tenggi yo’q. Lekin namuna va misol bilan bir daraja ishlariga qarash mumkin. Biz moddiya misollar bilan o’sha sirga ishorat qilamiz.

Birinchi misol:O’n Oltinchi So’zda isbotlangani kabi: Bitta zot turli oynalar vositasida umumiylashadi. Bir haqiqiy bo’lak ekan, ko’p ishlarga sohib bir butun hisobiga o’tadi. Jismoniy narsalarga shisha va suv kabi moddalar oyna bo’lsa, ularda bir narsa butunlashgani kabi: Nuroniy narsalar va ruhoniy borliqlarga havo, efir va misol olamining ba'zi mavjudoti oynalar hisoblanadi, yashin va hayol tezligida sayru-sayohat vositaga aylanadi, nuroniy va ruhoniy borliqlar xayol tezligida pok oynalarda va nozik manzillarda sayr qiladi. Bir onda minglab joylarga kiradilar. Xar oynada, nuroniy bo’lgani, akslari ularning o’zi va ularning xususiyatiga molik bo’lgani uchun, jismoniy narsalarning aksiga, hamma joyda o’zi bo’lgandek hukm qiladilar. Qattiq jismoniy narsalarning aksi va misollari o’zlaringn ayni bo’lmagani kabi, u xususiyatiga ham molik emas, o’lik sanaladi.

Masalan: Quyosh jismoniy bo’lak bo’lib, porloq ashyo vositasida bir butun hisoblanadi. Zamin yuzidagi barcha porloq narsalarga, hatto xar bir tomchi suv va shisha zarrachalariga akslarini, ularning qobiliyatiga ko’ra bir misoliy quyoshni ko’rsatadi. Quyoshning harorat va ziyosi, ziyosidagi yetti rangi, o’zining bir nav’ misoli xar bir yaltiroq jismda bo’ladi. Farazan quyoshning ilmi, shuuri bo’lganida, xar bir oyna uning bir nav’ manzili, taxti va o’rindig’i bo’lib, hamma narsa bilan shaxsan aloqasi bo’lar, xar bir shuur sohibiga oynalari vositasida, hatto ko’z qorachig’i bilan telefonlar hisobida xabarlashar edi. Bir narsa bir narsaga mone' bo’lmas edi. Bir suhbat ikkichi suhbatga to’siq bo’lmasdi. Hamma joyda bo’lish bilan birga, hech qayerda bo’lmas edi.

Ajabo, bir zotning ming bir ismidan faqat Nur ismining moddiy, kichik va qattiq bir oynasi bo’lgan Quyosh mazkur xususiyatlari bilan birga, barcha yerlarda umumiy ishlarga sazovor bo’lsa, u Zoti Zuljalol ahadiyati zotiyasi bilan birga sanoqsiz ishlarni bir onda qila olmaydimi?!

Ikkinchi misol:Koinot bir shajara hisobllangani uchun, xar bir shajara koinotning haqiqatlariga misol bo’la oladi. Biz uyimizning oldidagi muhtasham, muazzam chinor daraxtini koinotga kichik namuna qilib, koinotdagi ahadiyat jilvasaini u orqali ko’rsatamiz:

Bu daraxtning hech bo’lmasa o’n ming mevasi bor. Xar bir mevasining kamida yuzlab qanotli urug’i bor. O’n ming meva va bir million urug’ning barchasi bir onda, birgalikda bir san'at va ijodga sazovordir. Xolbuki bu daraxtning asliy urug’ida, ildizida va tanasida juz'iy, jismlashgan va hayot tuguni deyilgan Allohning irodasining jilvasi va Rabboniy amrning urug’i bilan daraxtning tashkil etilish qonunlarining markazligi xar shoxning boshida, xar bir mevaning ichida, xar bir urug’ning yonida bo’ladi. Hech birining biror narsasini nuqsonli qoldirmasdan, bir-biriga mone' bo’lmasdan u orqali qilinadi. Bu birgina Alloh irodasining jilvasi va Alloh amridan to’g’ridan to’g’ri kelgan vositasiz ishlaydigan qonuni ziyo, harorat, havo kabi tarqalib hamma joyga bormaydi. Chunki borgan joylarning o’rtalaridagi uzun masofalarda va turli san’at asarlarida hech qanday iz qoldirmaydi, hech bellgisi ko’rinmaydi. Agar tarqalganida, izi va belgisi ko’rinar edi. Balki shaxsan, bo’linmasdan va yoyilmasdan xar birining yonida bo’ladi. Ahadiyatiga va shaxsiyatiga kulliy ishlar zid bo’lmaydi.

Hatto shunday deyish mumkin: Iroda jilvasi, to’g’ridan to’g’ri qonun, hayot tuguni xar birining yonida bo’ladi, hech bir yerda ham bo’lmaydi. Go’yo bu muhtasham daraxtda mevalar, urug’lar sanoog’icha to’g’ridan to’g’ri qonunning ko’zlari, quloqlari bor. Balki daraxtning xar bo’lagi to’g’ridan to’g’ri qonun tuyg’ularining alohida markazi bo’lib, uzun vositalari parda bo’lib mone' bo’lish emas, balki telefon simlari kabi yaqinlashtirish va osonlashtirish vositasi bo’ladi. Eng uzoq, eng yaqin kabidir.

Modomiki Zoti Ahadi Samadning iroda kabi bir sifatining birgina ko’zga ko’rinadigan kichik jilvasi, million yerda kuzatilayotgan, millionlab ishga vositasiz asos bo’lar ekan, albatta Zoti Zuljalolning qudrat va iroda tajalliysi bilan yaratilish daraxtini butun bo’lak va zarralari bilan birga tasarruf qilib bilishiga ko’z bilan ko’rish darajasida bilish lozim bo’ladi.

O’n Oltinchi So’zda isbot va izoh qilingani kabi aytamiz:

Modomiki, Quyosh kabi ojiz va bo’sundirilgan maxluqlar va ruhoniy borliqlar kabi modda chegarasi bilan cheklanmagan yarim nuroniy san’at asarlari va bu chinor daraxtining ma'naviy nuri, ruhi hisoblangan hayot tuguni va boshqaruv markazi bo’lgan Alloh amridan to’g’ridan to’g’ri kelgan vositasiz ishlaydigan qonunlar va Allohnig irodasining jilvalari nuroniylik sirri bilan bir yerda bo’lsa va birgina moddiy bo’lak bo’lsa ham, juda ko’p yerlarda va juda ko’p ishlarda bo’la oladi. Modda bilan chelangan bo’lak bo’lsada, mutlaq umumiy hisobiga o’tadi. Bir onda juz’iy ixtiyor bilan juda ko’p turdagi ishlarni qila oladi. Buni ko’ryapsan va inkor qila olmaysan.

Ajabo, moddadan pok va ulug’, cheklov chegarasidan va jism zulmatidan munazzah-pok va mubarro-ulug’, butun nurlar va nurli borliqlar Uning Asmosining muqaddas nurlarining qattiq soyasi va ziloli, barcha vujud va hayot, rruhlar olami, qabr olami, misol olami yarim shaffof go’zzallikning oynasi, qamrovli sifatlari, faoliyati umumiy bo’lgan bitta Zoti Aqdasning kulliy irodasi, mutlaq qudrati, keng ilmi bilan ko’ringan sifatlarinig tajalliyi va ishlarinign jilvasi ichidagi Ahadiyat tavajjuhi-yuzlanishidan qaysi narsa yashirina oladi?! Qaysi ish unga og’ir kela oladi?! Qaysi joy undan yashirina oladi?! Kim undan uzoq qola oladi?! Qaysi shaxs kulliyat kasb etmasdan unga yaqinlasha oladi? Hech bir ashyo undan yashirina oladimi? Biror ish ikkinchi ishga mone' bo’ladimi?! Hech bir yer uning huzuridan xoli qoladimi?! Ibn Abbos Roziyallohu Anh aytganidek: "Xar bir maxluqqa qaraydigan ma'naviy ko’zlari va eshitadigan ma'naviy qulog’i" bo’lmaydimi?! Asholar silsilasi Uning amrlari va qonunlarining tez ishlashiga sim, tomirlar hisoblanmaydimi?! Mone' va to’siqlar Uning tasarrufiga vosita va sabab bo’lmaydimi?! Sabablar va vositalar faqat zohiriy parda bo’la olmaydimi?! Hech bir yerda bo’lmagani holda, hamma joyda bo’lmaydimi?! Joy olish va makon tutishga muhtoj bo’ladimi?! Uzoqlik, kichiklik va vujud tabaqalarining pardalari Uning yaqinligiga, tasarrufiga va faoliyatiga mone' bo’la oladimi?! Biror moddiy borliqning, mumkinlarning, qattiq narsalarning, ko’plarning, chegaralanganlarning, cheklanganlarning xossalari, moddaning, imkonning, qattiqlikning, ko’plikning, chegaralash va cheklovga maxsus va xos narsalari bo’lgan o’zgarish, almashish, joylashish va bo’linish kabi ishlar, moddadan pok, Vojibul Vujud, Nurul Anvor, Vohidi Ahad, chegaralashdan pok, cheklovdan uzoq, kamchilikdan muqaddas, nuqsondan oliy bir Zoti Aqdasga qo’shilishi mumkinmi?! Unga ojizlik hech yarashadimi?! Uning sharaf va ulug’lik doirasiga kamchilik yaqinlashadimi hech?!

IKKINCHI MAQSADNING XOTIMASI

Bir kuni ahadiyatga doir tafakkurda bo’lgan vaqtim uyimning yonidagi chinor daraxtining mevalariga qaradim. Qalbga Arabiy iborada tafakkur silsilasi keldi. Qanday kelgan bo’lsa, shunday yozib, so’ngra qisqa bir ma'nosini aytaman:

نَعَمْ فَالْاَثْمَارُ وَالْبُذُورُ مُعْجِزَاتُ الْحِكْمَةِ خَوَارِقُ الصَّنْعَةِ هَدَايَاءُ الرَّحْمَةِ بَرَاه۪ينُ الْوَحْدَةِ بَشَائِرُ لُطْفِه۪ ف۪ى دَارِ الْاٰخِرَةِ شَوَاهِدُ صَادِقَةٌ بِاَنَّ خَلَّاقَهَا لِكُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ كُلُّ الْاَثْمَارِ وَالْبُذُورِ مَرَايَاءُ الْوَحْدَةِ ف۪ى اَطْرَافِ الْكَثْرَةِ اِشَارَاتُ الْقَدَرِ رُمُوزَاتُ الْقُدْرَةِ بِاَنَّ تَاكَ الْكَثْرَةَ مِنْ مَنْبَعِ الْوَحْدَةِ تَصْدُرُ شَاهِدَةً لِوَحْدَةِ الْفَاطِرِ فِى الصُّنْعِ وَالتَّصْو۪يرِ ثُمَّ اِلَى الْوَحْدَةِ تَنْتَه۪ى ذَاكِرَةً لِحِكْمَةِ الْقَادِرِ فِى الْخَلْقِ وَالتَّدْب۪يرِ وَكَذَاهُنَّ تَلْو۪يحَاتُ الْحِكْمَةِ بِاَنَّ صَانِعَ الْكُلِّ بِكُلِّيَّةِ النَّظَرِ اِلَى الْجُزْئِىِّ يَنْظُرُ ثُمَّ اِلٰى جُزْئِه۪ اِذْ اِنْ كَانَ ثَمَرًا فَهُوَ الْمَقْصُودُ الْاَظْهَرُ مِنْ خَلْقِ هٰذَا الشَّجَرِ فَالْبَشَرُ ثَمَرٌ لِهٰذِهِ الْكَائِنَاتِ فَهُوَ الْمَطْلُوبُ الْاَظْهَرُ لِخَالِقِ الْمَوْجُودَاتِ وَالْقَلْبُ كَالنَّوَاةِ فَهُوَ الْمِرْاٰةُ الْاَنْوَرُ لِصَانِعِ الْكَائِنَاتِ مِنْ هٰذِهِ الْحِكْمَةِ صَارَ الْاِنْسَانُ الْاَصْغَرُ ف۪ى هٰذِهِ الْمَخْلُوقَاتِ هُوَ الْمَدَارُ الْاَظْهَرُ لِلنَّشْرِ وَالْمَحْشَرِ ف۪ى هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتِ وَالتَّخْر۪يبِ وَالتَّبْد۪يلِ لِهٰذِهِ الْكَائِنَاتِ

Bu arabcha fikraning mabdai quyida:

فَسُبْحَانَ مَنْ جَعَلَ حَد۪يقَةَ اَرْضِه۪ مَشْهَرَ صَنْعَتِه۪ مَحْشَرَ حِكْمَتِه۪ مَظْهَرَ قُدْرَتِه۪ مَزْهَرَ رَحْمَتِه۪ مَزْرَعَ جَنَّتِه۪ مَمَرَّ الْمَخْلُوقَاتِ مَس۪يلَ الْمَوْجُودَاتِ مَك۪يلَ الْمَصْنُوعَاتِ فَمُزَيَّنُ الْحَيْوَانَاتِ مُنَقَّشُ الطُّيُورَاتِ مُثَمَّرُ الشَّجَرَاتِ مُزَهَّرُ النَّبَاتَاتِ مُعْجِزَاتُ عِلْمِه۪ خَوَارِقُ صُنْعِه۪ هَدَايَاءُ جُودِه۪ بَشَائِرُ لُطْفِه۪ تَبَسُّمُ الْاَزْهَارِ مِنْ ز۪ينَةِ الْاَثْمَارِ تَسَجُّعُ الْاَطْيَارِ ف۪ى نَسْمَةِ الْاَسْحَارِ تَهَزُّجُ الْاَمْطَارِ عَلٰى خُدُودِ الْاَزْهَارِ تَرَحُّمُ الْوَالِدَاتِ عَلَى الْاَطْفَالِ الصِّغَارِ تَعَرُّفُ وَدُودٍ تَوَدُّدُ رَحْمٰنٍ تَرَحُّمُ حَنَّانٍ تَحَنُّنُ مَنَّانٍ لِلْجِنِّ وَ الْاِنْسَانِ وَ الرُّوحِ وَ الْحَيْوَانِ وَ الْمَلَكِ وَ الْجَانِّ

Bu arabcha tafakkurning qisqa ma'nosi quyidagicha:

Butun mevalar va ularning ichidagi danakchalar Rabboniy hikmatning mo’'jizalari, Ilohiy san'atning g’aroyiboti, Ilohiy rahmatning hadyalari, Alloh vahdatining moddiy burhonlari oxiratda Allohning lutflarining xushxabarchilari, qudratining qamroviga va ilmining kengligiga ichonchli guvoh bo’lgani kabi, ko’plik olamining aqtorida va bu daraxt kabi ko’paygan bir nav’ olamning atrofida vahdat oynalaridir.

Nazarni ko’plikdan vahdatga qaratadi. Holat tili bilan xar biri: "Shox-shoda solgan bu ulkan daraxtning ichida tarqalma, bo’g’ilma, butun daraxt bizdadir. Uning ko’pligi vahdatimizga doxil", deydi. Hatto xar bir mevaning qalbi hisoblangan xar bir urug’ ham vahdatning moddiy oynalari bo’lgani kabi, qalbiy zikri xofiy bilan ulkan daraxtning zikri jahriy suratida aytgan va o’qigan butun Asmolarni zikr qiladi, o’qiydi.

Mevalar, danaklar vahdatning oynalari bo’lgani kabi, qadarning ko’ringan ishoratlari va qudratning mujassam ramzlari bo’lib, qadar ular bilan ishorat qiladi, qudrat u so’zlar bilan ramzan: "Daraxtning ko’p shox-shodalari bitta urug’dan kelgan va daraxt san'atkorining ijod va tasvirda vahdatini ko’rsatadi. So’ngra shu daraxt shox va shoda solib takassur va intishor etgandan so’ngra butun haqiqatini bir mevada to’playdi. Butun ma'nosini bir urug’da joylashtiradi. U bilan Xoliqi Zuljalolining yaratish va tadbiridagi hikmatini ko’rsatadi", deydi.

Shunga o’xshab: Shu koinot daraxti yakka manbadan vujud oladi, tarbiya ko’radi. Koinotning mevasi bo’lgan inson ushbu ko’p sonli mavjudot ichida vahdat-yagonalikni ko’rsatgani kabi, qalbi ham iymon ko’zi bilan ko’plik ichida vahdat sirrini ko’radi.

Mevalar va danaklar Rabboniy hikmatning nozik ishoratlardir. Allohning hikmati ular orqali shuur ahliga quyidagicha ifoda qiladi va aytadiki: "Bu daraxtga qaragan umumiy e'tibor, kulliy tadbir butunligi va umumiyligi bilan bitta mevaga qaraydi. Chunki meva u daraxtga kichik namunadir. Daraxtdan maqsad u. Umumiy nazar va tadbir mevaning ichidagi xar bir urug’ga ham nazar soladi. Chunki urug’da butun daraxtning ma'nosini, mundarijasi mujassam. Demak, daraxtni boshqargan Zot u boshqaruvga aloqali butun Asmosi bilan daraxtning vujudidan maqsad va ijodining g’oyasi bo’lgan xar bir samaraga yuzlangan. Bu ulkan daraxt kichik mevalar uchun ba'zan butalanadi, kesiladi, yangilash uchun ba'zi jihatlari buziladi. Yanada go’zal, boqiy mevalar berish uchun payvandlanadi.

Shunga o’xshab, koinotning vujudi va ijodidan maqsad va mavjudotni yaratishning g’oyasi koinot daraxtining samarasi bo’lgan insondir. Bu mevaning urug’i bo’lgan insonning qalbi esa Koinot Sone'ining eng nurli va eng jamlovchi oynasidir. Bu hikmatga binoan: Shu kichkina inson yoyilish va to’planish kabi katta o’zgarishlarga asos bo’lgan. Koinotning buzilish va o’zgarishiga sabab bo’ladi. U buyuk mahkamaga chiqishi uchun dunyo eshigi yopilib, oxirat eshigi ochiladi.

Modomiki hashr mavzui kelgan ekan, Qur'oni Mo’'jizul Bayonning hashrning isbotiga doir kuchli tushuntirishi, go’zal bayonini va quvvatli ifodasini ko’rsatgan haqiqatni ifodalagan nozik va chuqur ma’noni bayon qilishga munosabat keldi:

Tafakkur natijasi ko’rsatadiki: Insonning ishi sudda ko’rilishi va abadiy saodatni qozonishi uchun kerak bo’lsa butun koinot buziladi. Buzilgan va almashtirilgandan so’ng qudrat ko’rinyapti va bordir. Faqat hashrning martabalari bor. Bir qismiga iymon farzdir, bilishi, tanishi lozim. Boshqa qismi ruhiy va fikriy taraqqiyotning darajalariga ko’ra ko’rinadi. Ilm va ma'rifat kerak bo’ladi. Qur'oni Hakim eng oddiy va oson martabani qat'iy va kuchli isbotlash uchun eng keng va eng katta hashr doirasini ochadigan qudratni ko’rsatadi.

Barchaga iymon kerak bo’lgan hashrning martabasi shuki: Insonlar o’lgandan keyin ruhlari boshqa maqomlarga ketadi. Jasadlari chiriydi. Lekin insonning jasadidan bir urug’, danak hukmidagi "ajbuz zanab" deb nomlangan kichik bo’lagi boqiy qoladi. Janobi Haq hashrda uning ustida insoniy jasadni yaratadi, uning ruhini unga yuboradi. Bu martaba shu qadar osonki, xar bahorda millionlab misoli ko’riladi. Demak, ba'zan bu martabani isbotlash uchun Qur'oniy oyatlar shunday bir doirani ko’rsatadiki: Butun zarralarni hashr va nashr etadigan qudratning boshqaruvini ko’rsatadi. Ba'zan butun maxluqotni yo’qlikka jo’natib, yangidan keltiradigan qudrat va hikmatning belgilarini ko’rsatadi. Ba'zan yulduzlarni tarqatib, osmonlarni parchalay oladigan qudrat va hikmatning tasarruflarini va asarlarini ko’rsatadi. Ba'zan butun hayot egalarini o’ldiradigan, yangidan daf'atan hayqiriq bilan tiriltiradigan qudrat va hikmatning faoliyatini va tajalliylarini ko’rsatadi. Ba'zan butun ro’yi zamindagi jonzotlarni turlicha hashr va nashr qiladigan qudrat va hikmatning tajalliylarini ko’rsatadi. Ba'zan yer kurrasini batamom tarqatadigan, tog’larni uchiradigan, to’g’rilab yanada go’zal suratga keltiradigan qudrat va hikmatning ishlarini ko’rsatadi.

Demak, xar kimga iymoni va ma'rifati farz bo’lgan hashrdan boshqa ko’p hashr martabalarini ham o’sha qudrat va hikmat bilan qila oladi. Rabboniy hikmat iqtizo qilgan bo’lsa, albatta insonning hashr va nashri bilan birga barchasini ham qiladi yoki ba'zi muhimlarini qiladi.

BIR SAVOL:"Siz So’zlarda misoliy qiyosni ko’p ishlatasiz. Xolbuki mantiq faniga ko’ra misoliy qiyos aniq bilishni ifodalamaydi. Bilish masalalarida mantiqiy burhoni lozim. Misoliy qiyos usuli fiqh ulamosi fikricha ustun kelgan xulosa yetarli bo’lgan qoidalarda iste'mol qilinadi. Hamda misollarni ba'zi hikoyalar suratida zikr qilasiz. Hikoya hayoliy bo’ladi, haqiqiy emas, haqiqatga muxolif bo’ladi?"

JAVOB:Mantiq ilmiga ko’ra garchi "qiyoslash tarzidagi o’xshatish qat'iy xulosani ifodalamaydi" deyilgan. Faqat qiyoslash tarzidagi o’xshatishning bir turi borki, mantiqning aniq burhonidan ancha kuchli va mantiqning birinchi shaklining birinchi jinsidan ham aniq. U qism shuki:

Bir kichik misol vositasida umumiy haqiqatnng uchini ko’rsatib, xulosani o’sha haqiqatga bino qiladi. Katta haqiqat bilinishi va kichik moddalar unga qaytarilishi uchun haqiqatning qonunini xususiy moddada ko’rsatadi. Masalan: "Quyosh nuroniyligi vositasida bitta bo’lsada, xar bir yaltiroq narsaning yonida mavjud" misoli bilan bir haqiqat qonuni ko’rsatiladi. Nur va nuroniy narsalar uchun chegara yo’q. Uzoq va yaqin bir. Oz va ko’p teng. Makon uni zabt qila olmaydi.

Masalan: "Daraxtning mevalari, yaproqlari bir onda, bir tarzda bir markazda oson va mukammal Allohdan to’g’ridan to’g’ri kelgan qonun bilan tashkil bo’ladi va tasvirlanadi" degan misol, muazzam bir haqiqatning va umumiy qonunning uchini ko’rsatadi. O’sha haqiqat va uning qonunini o’ta qat'iy suratda isbotlaydi. Ulkan koinot ham daraxt kabi o’sha haqiqat qonuni va ahadiyat sirriga sazovor, harakat hududidir.

Butun So’zlardagi qiyoslash asosidagi o’xshatishlar bu turdan bo’lib, qat'iy mantiqiy burhondan ham quvvatliroq, aniqroqdir.

IKKINCHI SAVOLGA JAVOB:Ma'lumki, Balog’at fanida lafzning, kalomning haqiqiy ma’nosi boshqa ko’zlangan ma'noni fikrlashga turtki bo’lsa, unga " kinoiy lafz" deyiladi. "Kinoyali" deb ta'bir qilingan kalomning asl ma'nosi to’g’rilik va yolg’onga zamin tayorlaydigan narsa emas. Balki kinoyali ma'nosi to’g’rilik va yolg’onga zamin tayorlaydigan narsa bo’ladi. Agar kinoyali ma'no to’g’ri bo’lsa, u kalom to’g’ri. Asl ma’nosi yolg’on bo’lsa ham, to’g’rilikni buzmaydi. Agar kinoiy ma’no to’g’ri bo’lmasa, lekin asl ma'nosi to’g’ri bo’lsa, u kalom yolg’on. Masalan: Kinoyali misollaridan: فِلَانٌ طَو۪يلُ النَّجَادْ deyiladi. Ya'ni: "Falonchining qilichining bog’i, bandi uzun". Bu kalom o’sha odamning bo’yining uzunligiga kinoya. Agar odam uzun bo’lsa, qilichi, bog’i va bandi bo’lmasa ham, bu kalom sodiq, to’g’ridir. Agar bo’yi uzun bo’lmasa, qilichi, bog’i va bandi uzun bo’lsa ham, bu kalom yolg’on. Chunki asl ma’nosi ko’zlanmaydi.

O’ninchi So’z va Yigirma Ikkinchi So’zning hikoyalari kabi, boshqa So’zlarning hikoyalari kinoya turiga kirib, bag’oyat to’g’ri, juda sodiq va haqiqatga mos. Hikoyalarning kinoiy manolari hikoyalarning oxirlaridagi haqiqatlar hisoblanadi. Asl ma’nosi bir misoliy durbindir. Qanday bo’lsa bo’lsin, to’g’rilik va haqqoniyatiga zarar qilmaydi. Hikoyalar misollar bo’lib, hammaning tushunishi uchun holat tili, gapirish tili suratida, ma'naviy shaxsi esa moddiy shaxs shaklida ko’rsatilgan.

UCHINCHI MAQSAD

Barcha zalolatning vakili Ikkinchi Savoliga {(Hoshiya) Ikkinchi maqsadning boshidagi savol deganidir. Bo’lmasa, xotimaning oxiridagi bu kichkina savol emas.} qarshi qat'iy, ishontiradigan va mot qiluvchi javobni olgandan keyin uchinchi savolga o’tdi:

Qur'onda: اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ، اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ kabi so’zlar boshqa xoliqlar, rahimlar borligiga ishorat qiladi. "Olam xoliqining cheksiz kamoloti bor. Butun kamolot turlarining eng yuqori martabalarini jamlagan". Holbuki ashyolarning mukammaligi ularning ziddi bilan bilinadi. Azob bo’lmasa, lazzat to’liq bo’lmaydi. Zulmat bo’lmasa, ziyo yuzaga chiqmaydi. Firoq bo’lmasa, visol lazzat bermaydi va hokazo?

Javob:Birinchi qismga "besh ishorat" bilan javob beramiz:

BIRINCHI ISHORAT:Qur'on boshdan oxirigacha tavhidni isbotlashi va ko’rsatishi qat'iy dalilidir. Qur'oni Hakimning u turdagi kalimalari siz o’ylaganingizdek emas. Balki اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ deyishi "Xoliqiyat martabalarining eng ahsan-go’zalida" bo’lib, boshqa Xoliqning borligiga hech qanday dalolati yo’q. Balki Xoliqiyatning boshqa sifatlar kabi ko’p martabalari bor. اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ deyish "Yaratish-xoliqiyatning eng go’zal, eng so’nggi martabasidagi Xoliqi Zuljaloldir" deganidir.

IKKINCHI ISHORAT:اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ kabi ta'birlar, yaratuvchilarning ko’pligiga emas, balki maxluqlarning turlariga qaraydi. Ya'ni "hamma narsani hamma narsaga loyiq tarzda, eng go’zal martabada yaratadigan bir Xoliqdir". Bu ma'noni اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ kabi oyatlar ifoda etadi.

UCHINCHI ISHORAT:

اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ، اَللّٰهُ اَكْبَرُ، خَيْرُ الْفَاصِل۪ينَ، خَيْرُ الْمُحْسِن۪ينَ

kabi so’zlardagi taqqoslash Janobi Haqning haqiqatdagi sifat va ishlari, boshqa u sifat va ishlarining namunalariga sohib bo’lganlar bilan solishtirish va ustun qo’yish emas. Chunki butun koinotda jin, inson va farishtalardagi kamolot uning kamoliga nisbatan zaif bir soyadir, qanday taqqoslashga kela oladi? Balki solishtirish insonlarning va ayniqsa g’aflatdagilarning nazariga ko’ra o’lchanadi.

Masalan, askar serjantiga to’liq itoat q iladi, hurmat qiladi, butun yaxshiliklarni undan ko’radi, podshohni esa oz o’ylaydi. Uni o’ylasa ham yana tashakkurlarini serjantiga aytadi. Bunday askarga: "Podshoh sening serjantingdan buyukroq. Faqat unga tashakkur qil", deyiladi. Bu so’z haqiqatdagi podshohning muhtasham haqiqiy qo’mondonligi bilan serjantning kichik, ko’rinishdagi qo’mondonligini taqqoslash maqsadida aytilmaydi. Chunki taqqoslash va ustunlik ma'nosiz. Balki askarning nazari ahamiyat va bo’glanishiga asoslanib, serjantini tanlaydi, tashakkurlarini unga aytadi, faqat uni sevadi.

Shuning kabi, Xoliq va Mun'im deb tasavvur qilingan zohiriy sabablar g’aflatdagilar nazarida Mun'imi Haqiqiyga parda bo’ladi. G’aflatdagilar ularni tutadi, ne'mat va ehsonni ulardan biladi. Madh va sanolarini ularga aytadi. Qur'on, "Janobi Haq buyukroqdir, go’zalroq Xoliqdir, yaxshiroq Muhsindir. Unga qaranglar, unga tashakkur qilinglar", deydi.

TO’RTINCHI ISHORAT:Taqqoslash va ustun qoiyish maxluqlar ichida bo’lgani kabi, imkoniy, hatto faraziy ashyolar ichida ham bo’ladi. Aksariyat mohiyatlarda ko’p martabalar bo’ladi. Shuning kabi: Allohning Asmosi va muqaddas sifatlarining mohiyatida ham aql bilan cheksiz martabalar bo’lishi mumkin. Xolbuki, Janobi Haq Sifatlar va Asmoning mumkin va tasavvur qilingan butun martabalarning eng mukammali, eng go’zalidadir. Butun koinot mukammalligi bilan bu haqiqatga shohiddir. لَهُ الْاَسْمَٓاءُ الْحُسْنٰى‌ butun Asmosini go’zallik bilan vasf qiladi, bu ma'noni ifodalaydi.

BESHINCHI ISHORAT:Bu taqqoslash va ustun qo’yish Janobi Haqning boshqa narsalarga teng emas, balki ikki hil tajalliy va sifatlari bor.

Biri: Vohidiyat sirri bilan, vositalar va sabablar pardasi ostida, umumiy qonuni suratidagi boshqaruvi.

Ikkinchisi: Ahadiyat sirri bilan, pardasiz, to’g’ridan-to’g’ri, xususiy tavajjuh bilan tasarrufdir. Ahadiyat sirri bilan to’g’ridan-to’g’ri ehsoni, ijodi va kibriyosi esa, vositalar va sabablarning ta'siri bilan ko’ringan ehsonining begilaridan, ijod va kibriyosidan ham buyukroq, yanada go’zalroq, yuksakroq, demakdir. Masalan, podshohning (valiy bir podshohning) barcha xodimlari va qo’mondonlari faqat parda bo’lib, butun hukm va ijroot uning qo’lida deb faraz qilamiz. Podshohning boshqaruv va ijrooti ikki hildir.

Birinchisi: Umumiy qonun bilan, zohiriy xodimlar va qo’mondonlar suratida, maqomlarning qobiliyatiga ko’ra bergan amrlari va qilgan ijrootlari.

Ikkinchisi: Umumiy qonun bilan emas va zohiriy ma'murlarni parda qilmasdan, to’g’ridan-to’g’ri shohona ehsonlari va ijrootini undan ham go’zalroq, yuksakroq deyish mumkin.

Shuning kabi: Azal va Abad Sultoni bo’lgan Koinot Yaratuvchisi vositalar va sabablarni ijrootiga parda qilgan, rububiyatining hashamatini ko’rsatgan bo’lsada, qullarining qalbida xususiy telefon qoldirgan. U orqali sabablarni orqada qoldirib, to’g’ridan-to’g’ri Unga yuzlanish uchun xususiy qullik bilan mukallaf qilib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ denglar deb, yuzlarini koinotdan O’ziga qaratadi.

Demak

اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ، اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ، اَللّٰهُ اَكْبَرُ

ma'onisi bu ma'noga ham tegishli.

Vakilning ikkinchi qism savoliga "Besh Ramz" bilan javob beriladi:

BIRINCHI RAMZ:

Savolda: "Bir narsaning ziddi bo’lmasa, u qanday qilib kamoli topishi mumkin?

JAVOB:Bu savol egasi haqiqiy kamolni bilmaydi. Faqat nisbiy kamol bor deb o’ylaydi. Xolbuki boshqaga qaragan va unga nisbatan hosil bo’lgan yuksak xususiyatlar, fazilatlar, ustun tomonlar haqiqiy emas, nisbiy, zaifdir. Agar narigi narsa nazardan tushsa, ular ham yiqiladi. Masalan: Issiqlikning nisbiy lazzati va fazilati sovuqning ta'siri bilan mavjud. Ovqatning nisbiy lazzati ochlik azobining ta'siri bilan bo’ladi. Ular ketsa, bular ham kamayadi. Xolbuki haqiqiy lazzat, muhabbat, kamol va fazilat shuki, bohqaning tasavvuriga bino qilinmasin, o’zida bo’lsin va shaxsan sobit haqiqat bo’lsin.

"Borliqdagi lazzat, hayotdagi lazzati, muhabbatdagi lazzat, ilm-ma'rifatdagi lazzat, iymondagi lazzat, bardavomlikdagi lazzat, marhamatdagi lazzat, shafqatdagi lazzat, nurdagi go’zallik, ko’rishdagi go’zallik, so’zdagi go’zallik, ikrom qilishdagi go’zallik, axloqdagi go’zallik, suratdagi go’zallik, Zotidagi mukammallik, sifatlaridagi mukammallik, ishlaridagi mukammallik" kabi shaxsiy ustun xususiyatlar, boshqasi bo’lsin-bo’lmasin, o’zgarmaydi.

Sone'i Zuljalol, Fotiri Zuljamol va Xoliqi Zulkamolning butun kamoloti haqiqiydir, zotiydir, boshqalar va maxluqlar unga ta'sir qilmaydi. Faqat oyna bo’la oladilar.

IKKINCHI RAMZ:

Sayyid Sharif Jurjoniy "Sharhul Mavoqif"da: "Muhabbatga sabab yo lazzat yoki manfaat, yo mushokalat (ya'ni jinsiy mayl), yoki kamoldir. Chunki kamolning o’zi seviladi", degan. Ya'ni, nimani sevsang yo lazzat uchun sevasan, yo manfaat uchun, yo avlodga mayl kabi bir jinsiy mayl uchun, yo mukammalligi uchun sevasan. Agar mukammal bo’lsa, boshqa sabab, maqsad kerak emas. U shaxsan seviladi. Masalan, eski paytlarda kamolot sohibi bol’gan insonlarni barcha sevgan, ularga hech qanday aloqa bo’lmasa ham, go’zal bilib muhabbat etilgan.

Janobi Haqning butun kamoloti va Asmoi Husnasining butun martabalari va fazilatlari haqiqiy mukammal bo’lganu uchun, shaxsan seviladi. "Mahbubatun lizotihi"dirlar. Mahbubi Bilhaq va Habibi Haqiqiy bo’lgan Zoti Zuljalol haqiqiy kamolotini, Sifatlari va Asmosining go’zalliklarini o’ziga loyiq tarzda sevadi, muhabbat etadi. Kamolotiga sazovor bo’lgan, oynalari bo’lgan san'atini, borliqlarini va maxluqotining go’zalliklarini sevadi, muhabbat etadi.

Anbiyosini va avliyosini, xususan Sayyidul Mursaliyn va Sultonul Avliyo bo’lgan Habibi Akramini sevadi. Ya'ni, o’z Jamolini sevishi orqali jamolning oynasi bo’lgan Habibini sevadi. O’z Asmosini sevishi orqali Asmosi qamrovli ko’ringan va shuur sohibi bo’lgan Habibini va ixvonini sevadi.

San'atini sevishi orqali san'atning dallol va yoyuvchisi bo’lgan Habibini va unga o’xshaganlarni amsolini sevadi. San’at asarlarini sevishi orqali san’atini "Mashaalloh, Barakalloh, naqadar go’zal yaratilgan" degan, maqtagan va go’zal ko’rgan Habibini va u zotning orqasidan yurganlarni sevadi. Maxluqotining go’zalliklarini sevishi orqali go’zal axloqning barchasini jamlagan Habibi Akramini va u kishiga tobe' bo’lganlar va qardoshlarini sevadi, muhabbat etadi.

UCHINCHI RAMZ:

Butun koinotdagi barcha kamolot bir Zoti Zuljalolning kamolining dalillaridir va jamolining ishoratlaridir. Balki haqiqiy kamoliga nisbatan butun koinotdagi husn, kamol va jamol zaif soya hisoblanadi. Bu haqiqatning besh hujjatiga qisqacha ishorat qilamiz.

Birinchi Hujjat:Mukammal, muhtasham, naqshinkor, bezalgan saroy ochiq oydin mukammal mahorat, duradgorlikka dalolat qiladi. Mukammal duradgorlik, naqqoshchilik, mukammal bir qiluvchi, usta, muhandisga va "naqqosh va musavvir" kabi unvon va ismlari bilan barobar dalolat qilishi zaruriy. Va mukammal u Ismlar ham, shubhasiz ustaning mukammal, san'atkorlik sifatiga dalolat qiladi. Mukammal san'at va sifat, ochiq oydin ustaning mukammal iste'dodiga va qobiliyatiga dalolat qiladi. Mukammal iste'dod va qobiliyat, ustaning mukammal shaxsiga va ulug’ mohiyatiga dalolat qilishi zaruriy bo’ladi.

Aynan shuning kabi, ushbu olam saroyi, shu mukammal, ziynatli asar, ochiq oydin o’ta mukammal ishga dalolat qiladi. Chunki asardagi mukammallik ishning kamolotidan kelib chiqadi va uni ko’rsatadi. Mukammal ish esa, mukammalga qiluvchiga va uning Asmosining mukammalligiga, ya'ni asarlarga nisbatan mudabbir, musavvir, hakim, rahim, ziynatlovchi kabi ismlarning mukammalligiga zarurat darajasida dalolat qiladi. Ismlarning va unvonlarning mukammalligi esa, shak-shubhasiz u foil-qilganning mukammal vasflariga dalolat qiladi. Chunki sifat mukammal bo’lmasa, sifatdan kelib chiqqan ismlar, unvonlar ham mukammal bo’lmaydi. Vasflarning kamoli, ochiq oydin zotiy xususiyatlarining mukammalligiga dalolat qiladi. Chunki sifatlarning chiqqan joyi Allohning zotiy xususiyatdir. Allohning zotiy xususiyatining mukammaligi esa, ilmiy aniqlikda Zoti Zishuunning mukammalligiga va loyiq kamoliga dalolat qiladiki, u kamolning ziyosi Allohning ulug’ sifatlaridagi muqaddas xususiyatlar, sifatlar, Asmo, ishlar va asarlar pardalaridan o’tib, koinotda yana bu qadar husnni, jamolni va kamolni ko’rsatgan.

Bu daraja haqiqiy zotiy mukammallik qat'iy burhon bilan borligi aniqlangandan so’ng, boshqaga qaragan, o’xshashi va zidlardan ustunlik jihatidan nisbiy mukammalligining nima ahamiyati bo’lishi, qay daraja so’niq qolishini tushunasan.

Ikkinchi Hujjat:Koinotga ibrat nazari bilan qaralgan vaqt, vijdon va qalb bir to’g’ri sezgi orqali his qiladiki: Koinotni bu daraja go’zallashtirgan, bezagan va gozallik turlari bilan ziynatlagan kishining uksak darajada jamol va kamoloti borki, bu tarzda yaratgan.

Uchinchi Hujjat:Ma'lumki, o’lchovli, intizomli, mukammal va go’zal san'atlar o’ta go’zal dasturga asoslangan bo’ladi. Mukammal va go’zal dastur esa, mukammal va go’zal ilmga, go’zal zehnga, go’zal ruhiy qobiliyatga dalolat qiladi. Demak, ruhning ma'naviy go’zalligi - ilm vositasida san'atida yuzaga chiqadi.

Bu koinot cheksiz moddiy go’zalliklari bilan ma'naviy va ilmiy go’zalliklarning sizintilaridir. Ilmiy va ma'naviy go’zalliklar va kamolot, albatta cheksiz bardavom husn, jamol va kamolning jilvalaridir.

To’rtinchi Hujjat:Ma'lumki, nurni berganning ziyoli bo’lishi lozim, yoritganning nuroniy bo’lishi kerak, ehson boylikdan keladi, lutf latifdan yuzaga chiqadi. Modomiki shunday ekan, koinotga bu qadar husn va jamol berish, mavjudotga turli kamolot berish, ziyo Quyoshni ko’rsatganidek, sarmadiy-bardavom jamolni ko’rsatadi.

Modomiki mavjudot zamin yuzida katta daryodek kamolotning yog’dulari bilan porlar, o’tar ekan. Daryo Quyoshning jilvalari bilan porlaganidek, mavjudot sayri ham husn, jamol va kamolning yog’dulari bilan vaqtincha porlaydi, ketadi. Orqasidan kelganlar o’sha porlashni, ayni yog’dularni ko’rsatgani uchun tushuniladiki: Oqqan suvning pufakchalaridagi jilvalar, go’zalliklar o’zlaridan emas, balki Quyosh ziyosining go’zalliklari, jilvalari bo’lgani kabi, koinot sayridagi vaqtincha porlagan go’zallik va kamolot bir Shamsi Sarmadiyning Asmosi jamolining yog’dularidir.

نَعَمْ تَفَانِى الْمِرْاٰتِ زَوَالُ الْمَوْجُودَاتِ مَعَ تَجَلِّى الدَّائِمِ مَعَ الْفَيْضِ الْمُلَازِمِ مِنْ اَظْهَرِ الظَّوَاهِرِ اَنَّ الْجَمَالَ الظَّاهِرَ لَيْسَ مُلْكَ الْمَظَاهِرِ مِنْ اَفْصَحِ تِبْيَانٍ مِنْ اَوْضَحِ بُرْهَانٍ لِلْجَمَالِ الْمُجَرَّدِ لِلْاِحْسَانِ الْمُجَدَّدِ لِلْوَاجِبِ الْوُجُودِ لِلْبَاقِى الْوَدُودِ

Beshinchi Hujjat:Ma'lumki, uch-to’rt yo’ldan kelganlar bir hil hodisani aytsa, aniqlikni ifodalagan kishi tavotur darajasida hodisaning qat'iy sodir bo’lishiga dalolat qiladi.

Yo’l, yo’nalish, iste'dod va asr jihatidan o’ta muxtalif, turli tuman barcha haqiqatli ulamolarning turli tabaqalaridan, avliyolarning farqli yo’llaridan, asfiyolarning turli yo’nalishlaridan, haqiqiy hakimlarning turli tuman mazhablaridan bo’lgan butun kashf, zavq, shuhud va mushohada ahli kashf, zavq va shuhud bilan: Koinot aks yerlari va mavjudot oynalaridagi go’zallik va kamolot yakka Zoti Vojibul Vujudning kamolining tajalliyoti va Asmosi jamolining jilvasi ekaniga ittifoq qilganlar.

Ularning ijmo'si o’zgarmas bir qat'iy hujjatdir.

Taxmin qilamanki, bu ramzda zalolatdagilarning vakili eshitmaslik uchun qulog’ini yopib qochishga majbur. Zotan zulmatli boshlari, ko’r shapalak kabi, bu nurlarni ko’rishga chiday olmaydi. Shunday ekan, bundan keyin ularni ko’p ham nazarga olmaymiz.

TO’RTINCHI RAMZ:

Bir narsaning lazzati, husni, jamoli o’xshashlari va zidlariga qarashdan ko’ra sazovor bo’lgan narsalarga yuzlangan. Masalan: Karam go’zal va xush sifatdir. Karim zot ikrom qilgan odamlarning lazzatlanishi, xursandchiligi orqali boshqa sahiylardan ustunligi jihati bilan olgan nisbiy lazzatidan ming marta yoqimliroq xush lazzat oladi.

Shafqat va marhamatli kishi shafqat qilgan maxluqlarining rohat olishi darajasida haqiqiy lazzat oladi. Masalan, bir ona avlodining bahtidan va rohatidan shafqat vositasida olgan lazzati shu daraja kuchliki, ularning rohat olishi uchun jonini fido qilish darajasiga keltiradi. Hatto shafqatning lazzati tovuqni jo’jalarini himoya qilish uchun arslonga hujum qildiradi.

Modomiki oliy vasflardagi haqiqiy lazzat, husn, saodat va kamol teng bo’lganlar va zidlarga qaramaydi. Balki aks etish joylari va yaqinlarga qaraydi. Albatta, Hayyi Qayyum, Hannoni Mannon, Rahim va Rahmon bo’lgan Zoti Zuljamol va Kamolning rahmatidagi jamol rahmatga yetganlarga qaraydi. Marhamatiga sazovor bo’lganlarning, xususan boqiy jannatida cheksiz rahmat va shafqat turlariga sazovor bo’lganlarning saodat darajalariga, ne'mat olishlari va rohatlanishlariga ko’ra Zoti Rahmonir Rahim O’ziga loyiq tarzda muhabbat, sevish kabi, Unga loyiq muqaddas xususiyatlar bilan nomlangan ulug’, muqaddas, go’zal, pok ma'nolari bor. "Muqaddas lazzar, muqaddas ishq, toza sevinch, muqaddas baht", deb ta'bir etilgan, shar'iy ruhsat bo’lmagani uchun biz ayta olmagan Allohning g’oyat pok, muqaddas xususiyatlari borki, xar biri biz koinotda ko’rgan, mavjudot orasida his qilgan ishq, rohat va xursandchilikdan cheksiz darajalarda yuksakroq, ulug’roq, muqaddasroq, tozaroq ekanini ko’p joylarda isbotlaganmiz. U ma'nolarning yog’dulariga qarashni istasang, quyidagi misollarning durbini bilan qara:

Masalan, saxovatli, oliyjanob, mushfiq kishi sayohat qilgan go’zal bir kemasida o’ta faqir, och va muhtoj kishilarga go’zal ziyofat berish uchun tayyorlaydi. O’zi ham ustida tomosha qiladi. faqirlarning minnatdor ne'mat olishlari, ochlarning tashakkur bilan lazzat olishi va muhtojlarning sano bilan xursandchiligi, karamli zotni qay daraja xursand qilishini, rohat berishini, unga qanchalik yoqqanini, anglaysan.

Demak, kichkina dasturxonning haqiqiy sohibi bo’lmagan va tarqatish xodimi hisoblangan insonning xursandchiligi shunday bo’lsa, jin, inson va hayvonotni olam fazosi dengizida sayru sayohat ettirgan va Rabboniy kema bo’lgan ulkan zaminning ustiga mindirib, yuzida sanoqsiz taom turlarini jamlagan dasturxonni yozib, butun jonli mavjudotni kichik nonushta turi bo’lgan ziyofatga chaqirish orqali, o’ta mukammal va butun lazzat turlarini jamlagan, bardavom, abadiy boqiy diyorda jannatlarni, xar birini ne'mat dasturxonlari yozib cheksiz lazzatlari va yaxshiliklarni jamlab, cheksiz vaqtda, benihoyat muhtoj, chegarasiz ishtiyoqmand, sanoqsiz qullariga haqiqiy yeyish uchun ziyofat ochgan bir Rahmoni Rahimga oid va biz ta'bir qilishda ojiz bo’lgan muhabbatga tegishli muqaddas ma'nolarni va rahmatning natijalarini qiyos qilishing mumkin.

Yana, masalan, mohir san'atsevar, mahoratini ko’rsatishni sevadigan usta, go’zal, plastinkasiz gapiradigan fonograf kabi san'atni ijod qilgandan so’ng, uni yasab tajriba qiladi, ko’rsatadi. San'atkorning o’ylagan va istagan natijalarini eng mukammal tarzda ko’rsatsa, uni yasagan usta naqadar iftixor etadi, naqadar xursand bo’ladi, qay daraja o’ziga yoqadi. O’ziga o’zi "Barakalloh" deydi.

Demak, kichkina bir inson ijodsiz, faqat ko’rinishdagi san'atchasi bilan, fonografning go’zal ishlashi orqali xursand bo’lsa, ajabo Sone'i Zuljalol ulkan koinotni, musiqa, fonograf qilib ijod qilgani kabi, zaminni va zamin ichidagi butun jonzotlarni va ayniqsa hayot egalari ichida insonning boshini shunday Rabboniy fonografi va Ilohiy musiqa tarzida yaratganki, bashar hikmati u san'at oldida hayratidan barmog’ini tishlaydi.

Butun u masnu'ot barchasidan ko’zlangan natijalarni oliy darajada va o’ta go’zal suratda ko’rsatgani uchun, maxsus ibodatlari, xususiy tasbehlari va muayyan tahiyyoti bilan ta'bir qilingan yaratilishga oid qonunlarga nisbatan itoat qilishlari va ulardan ko’zlangan Rabboniy maqsadlar amalga oshishidan hosil bo’lgan iftixor, xursandchilik va rohat bilan biz ta'bir qila olmagan muqaddas ma’nolar va munazzah xususiyatlar shu daraja oliy va muqaddaski, butun insoniyat aqli to’planib yakka aql bo’lsa ham ularning asliga yeta olmaydi va qamray olmaydi.

Yana masalan, adolat parvar kishi, haqni egasi olib berishni sevadigan va undan lazzat oladigan sud’ya mazlumlarning haqlarini olib berishdan va ularning tashakkurlaridan, zolimlarni jazolab mazlumlarning intiqomlarini olishdan qay daraja xursand bo’ladi, lazzat oladi. Demak, Hakimi Mutlaq, Odili Bilhaq va Qahhori Zuljalol faqat jin va insonlarda emas, balki butun mavjudotda haqni egasiga berishdan, ya'ni hamma narsaga borlik haqqi, hayot haqqini berishdan, borlik va hayotini tajovuz qiluvchilardan muhofaza qilishdan, daxshatli borliqlarni tajovuz qilishdan to’sish va to’xtatishdan, xususan maxsharda va oxirat diyorida jin va insonlarni sud qilishdan boshqa, butun jonzotlarga adolat va hikmatning buyuk tajalliyidan kelgan muqaddas ma’nolarni qiyos qil.

Bu uch misol kabi, ming bir Asmo-i Ilohiyaning xar birida juda ko’p husn, jamol, fazl va kamol tabaqalari bo’lgani kabi, juda ko’p muhabbat, iftixor, izzat va kibriyo martabalari bor. Shuning uchun "Vadud" ismiga szovor bo’lgan haqiqatni izlangan va dalillari bilan bilgan avliyolar, "Butun koinotning asosi muhabbatdir. Butun mavjudotning harakatlari muhabbat asosiga qurilgan. Butun mavjudotdagi tortish, jazba (jazava) va joziba (tortishish) qonunlari muhabbat sababli", deganlar. Ulardan birisi:

فَلَكْ مَسْتْ مَلَكْ مَسْتْ نُجُومْ مَسْتْ سَمٰوَاتْ مَسْتْ شَمْسْ مَسْتْ قَمَرْ مَسْتْ زَم۪ينْ مَسْتْ عَنَاصِرْ مَسْتْ

نَبَاتْ مَسْتْ شَجَرْ مَسْتْ بَشَرْ مَسْتْ سَرَاسَرْ ذ۪ى حَيَاتْ مَسْتْ هَمَه ذَرَّاتِ مَوْجُودَاتْ بَرَابَرْ مَسْتْ دَرْمَسْتَسْتْ

Ya'ni: Ilohiy muhabbartning tajalliysida va muhabbat sharobidan xar kim iste'dodiga ko’ra mast. Ma'lumki: Xar bir qalb o’ziga ehson qilgan narsani sevadi, haqiqiy kamol sevadi va ulug’ jamolga maftun bo’ladi. O’zi bilan birga sevgan va shafqat qilgan kishilarga ham ehson qilgan narsani yanada ko’proq sevadi. Yuqorida bayon qilganimiz, xar bir Ismida minglab ehson hazinalari bo’lgan, butun sevganlarimizni ehsonlari bilan bahtli qilgan, minglab kamolotning manbai bo’lgan va minglab jamolining tabaqalarining asosi bo’lgan ming bir Asmosi bo’lgan Jamili Zuljalol, Mahbubi Zulkamol qay daraja ishq va muhabbatga loyiq ekani, butun koinot Uning muhabbati bilan mast va sargardon bo’lishga loyiq ekani anglashilmaydimi, ajabo?!

Bu sir asosida "Vadud" ismiga sazovor bir qism avliyolar, "Jannatni istamaymiz. Allohning muhabbatinign bir yog’dusi bizga abadiy yetarli", deganlar.

Hadisda, "Jannatda Allohning bir daqiqa jamolini ko’rish butun Jannat lazzatlaridan ustun", deyilgan.

Demak cheksiz muhabbat kamoloti Vohidiyat va Ahadiyat doirasida Zoti Zuljalolning o’z Asmosi va maxluqoti bilan hosil bo’ladi. Demak, bu doiradan tashqari tasavvur qilingan kamolot, kamolot emas.

BESHINCHI RAMZ:

Besh nuqtadan iborat:

Birinchi Nuqta:Ahli zalolatning vakili: "Hadislaringizda dunyo la’natlangan, "o’limtik" deb nomlangan. Butun valiylar va haqiqat ahli dunyoni pastga uradi. "Yomon, iflos", deydilar. Xolbuki siz uni Allohning butun kamolotiga asos va hujjat qilib ko’rsatyapsiz va unga oshiqdek gapiryapsiz?

Javob:Dunyoning uch tomoni bor:

Birinchi tomoni:Janobi Haqning Asmosiga qaraydi. Ularning naqshlarini ko’rsatadi. Harfiy ma'nosi bilan ularga oyna bo’ladi. Dunyoning bu tomoni cheksiz Samadoniy maktublardir. Bu tomoni juda go’zal. Nafratga emas, ishqqa loyiq.

Ikkinchi tonomi:Oxiratga qaraydi. Oxiratning dalasi, Jannatning ekinzori, rahmatning chamanzoridir. Bu tomoni ham avvalgi tomoni kabi go’zal. Tahqirga emas, muhabbatga loyiq.

Uchinchi tomoni:Insonning hoyu-havaslariga qaragan, g’aflat pardasi bo’lgan va dunyoparastlarning hoyu havaslarining o’yin joyi bo’lgan tomoni. Bu tomoni xunuk. Chunki foniy, o’tkinchi, azobli, aldaydi. Hadisda vorid bo’lgan tahqir va haqiqat ahli bu tomoniga nafrat qilgan.

Qur'oni Hakimning koinotdan va mavjudotdan ahamiyat bilan, sevib gapirishi avvalgi ikki tomonga qaraydi. Sahobalar va boshqa Ahlullohning rag’bat qilgan dunyosi avvalgi ikki tomondadir.

Dunyoni tahqir qilganlar to’rt sinfdan iborat:

Birinchisi:Ma'rifat ahli, Janobi Haqning ma'rifatiga, muhabbatiga va ibodatiga to’siq bo’lgani uchun tahqirlaydi.

Ikkinchisi:Oxirat ahli, yo dunyoning zaruriy ishlari ularni uxraviy ishlardan man’ qilgani uchun yoki ko’rish darajasidagi iymon bilan Jannatning kamolot va go’zalliklariga nisbatan dunyoni xunuk ko’radi. Ha, Hazrat Yusuf Alayhissalomga go’zal bir odam nisbat qilinsa, xunuk ko’ringani kabi, dunyoning naqadar qiymatli go’zalliklari bo’lmasin, Jannatning go’zalliklariga nisbat qilinsa, yo’q hisobida bo’ladi.

Uchinchisi:Dunyoni tahqirlaydi. Chunki yeta olmaydi. Bu tahqir dunyodan nafratlanishdan kelmaydi, muhabbatidan kelib chiqadi.

To’rtinchisi:Dunyoni tahqirlaydi. Chunki dunyoga erishgan, lekin turmaydi, ketadi. U esa g’azablanadi. Tasalli topish uchun tahqirlaydi. "Iflos", deydi. Bu tahqir ham dunyoga muhabbatdan kelib chiqadi. Maqbul tahqir shuki, oxiratni sevishdan va ma'rifatullohning muhabbatidan kelib chiqqan tahqirdir.

Demak, maqbul tahqir avvalgi ikki qismdir. Janobi Haq bizni ulardan qilsin. Omin, bi hurmati Sayyid-il Mursaliyn.

UCHINCHI BO’LIM

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Ushbu uchinchi bo’lim ikki nuqtadan iborat. U ikki mavzudan iborat.

BIRINCHI MAVZU

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

sirriga asosan: Hamma narsadan Janobi Haq tomon derazalar hisobida ko’p tomonlar bor. Butun mavjudotning haqiqatlari, butun koinotning Allohning Asmosi haqiqatiga tayanadi. Xar bir narsaning haqiqati bir Ismga yoki ko’p Asmoga tayanadi. Ashyodagi sifatlar, san'atlar ham xar biri bittadan Ismga tayanadi. Hatto haqiqiy hikmat fani "Hakim" ismiga, haqiqiy tib fani "Shofiy" ismiga, muhandislik fani "Muqaddir" Ismiga va hokazo xar bir fan bir Ismga tayangani va unda cho’qqiga chiqqani kabi, butun fanlar, insoniyat kamoloti va mukammal inson guruhlarining haqiqatlari Asmoi Ilohiyaga tayanadi. Hatto olim avliyolarning bir qismi: "Ashyolarning mohiyatining haqiqati Allohning Asmosidan iborat. Ashyolar mohiyati esa uning soyalaridir", deyishgan.

Hatto bir jonli narsada faqat zohiran yigirmatacha Asmoi Ilohiyaning jilvasi naqshi ko’rinadi. Bu nozik, daqiq, juda buyuk va keng haqiqatni bir misol orqali aqlga yaqinlashtirishga harakat qilamiz. Ikki-uch turdagi elak bilan elash suratida tahlil qilamiz. Qanchalik uzun bayon qilsak ham, qisqa bo’ladi. Zerikmaslik kerak:

O’ta mohir tasvirchi va haykaltarosh juda go’zal gul bilan va inson jinsi latifidan o’ta go’zal sohibjamolning surat va haykalini yasashni istasa, avvalo ikki narsaning umumiy shakllarini ba'zi xatlar bilan belgilab oladi. Belgilashi bir tartib asosida, o’lchov bilan qiladi. Geometriyaga tayanib chegarasini qo’yad. Tartib va o’lchov hikmat va ilm bilan qilingani ko’rsatadiki, tartiblash va o’lchash ilm va hikmat chizgichi bilan aylanadi. Shunday ekan, tartib va o’lchov orqasida ilm va hikmat ma'nolari hukm suradi. Bu orqali ilm va hikmat chizgichi o’zini ko’rsatadi.

Demak, o’zini ko’rsatdiki, chegara ichida ko’z, quloq, burun, yaproq va mayin popukchalar kabi narsalarning tasvirini boshladi. Ichidagi chizgichning haraklari orqali belgilangan a'zolar san'at va ahamiyat bilan chiqyapti. Shunday ekan, ilm va hikmat chizgichini aylantirgan, orqada san’at va inoyat ma'nolari bor, ular hukm qilyapti va o’zini ko’rsatyapti.

Shuning uchun, bir husn va ziynatga qobiliyati ko’rinadi. Shunday ekan, san’at va ahamiyatni go’zallashtirish istagi va bezash maqsadi ishlatadi. Shunday ekan, ziynatlash, porlatishni boshladi, tabassum qildi va jonli surat berdi deb xulosa qilishadi.

Albatta bu go’zallashtirish va nurlantirish ma'nosini lutf va karam ma'nosi ishlatadi. Ikki ma'no unda shu daraja hukm qiladiki, xuddi u gul bir jismoniy lutf, haykal esa moddiy karamdir.

Bu karam va lutf ma'nosini ishlatgan va harakatga keltirgan narsa "o’zini sevdirish va tanitish" ma'nolaridir. Ya'ni: Orqada o’z hunari bilan tanitish va o’zini odamlarga sevdirish ma'nolari hukm qiladi. Bu tanitish va sevdirish, albatta marhamat istagi va ne'mat berish irodasidan keladi.

Modomiki orqada rahmat va ne'mat berish irodasi hukm qilar ekan haykalni ne'matning turlari bilan to’ldiradigan, ziynatlaydigan kishi, gulning suratini ham bir hadyaga taqadi.

Haykalning qo’llarini, quchog’ini va cho’ntaklarini qiymatli ne'matlar bilan to’ldirdi va gulning suratini bir javharlarga taqdi. Demak, marhamat va shafqat ushbu rahmat va ne'mat berish irodasini ishlatadi. Ya'ni "achinish va shafqat qilish" ma'nosi rahmat va ne'matni harakatga keltiradi. Behojat va hech kimga ehtiyoji bo’lmagan zotdagi marhamat va shfqat ma'nosini harakatga keltirgan va izhor qilishga yo’naltirgan, albatta u zotdagi ma'naviy jamol va kamol bo’lib, ko’rinishni istaydi. Jamolning eng shirin qismi bo’lgan muhabbat va eng shirin qismi bo’lgan rahmat, san'at oynasi orqali ko’rinish va ishtiyoqmandlarning ko’zi bilan o’zlarini ko’rishni istaydi. Ya'ni, jamol va kamol, (chunki ularning o’zi seviladi) hamma narsadan ko’ra ko’proq o’zini sevadilar. Ham husndir, ham ishqdirlar. Bu sababdan husn va ishq birlashadi. Modomiki Jamol o’zini sevar, o’zini oynalarda ko’rish istar ekan, haykalga qo’yilgan va suratga taqilgan sevimli ne'matlar, go’zal mevalar ma'naviy go’zallikning o’z qobiliyatlariga ko’ra yog’dusini tashiydi. U yog’dularni ham jamol sohibiga, ham boshqasiga ko’rsatadi.

Aynan shuning kabi, Sone'i Hakim Jannatni va dunyoni, samovotni va zaminni, nabotot va hayvonotni, jin va insonlarni, farishta va ruhoniy borliqlarni, butun va bo’lak barcha ashyolarni Asmosining jilvasi bilan shakllariga chegara qo’yadi, tartiblaydi, muayyan miqdor beradi. U orqali bularga "Muqaddir, Munazzim, Musavvir" Ismlarini o’qitadi.

Shu bir tarzda umumiy shaklining hududini belgilaydi. "Alim, Hakim" ismini ko’rsatadi. So’ng ilm va hikmat jadvali bilan chegara ichida narsaning tasvirini boshlaydi. San’at va ahamiyat ma'nolarini va "Sone' va Karim" ismlarini bu tarzda ko’rsatadi.

So’ng san'atning marhamatli qo’li bilan, ahamiyat panjasi bilan suratning (agar bir inson va gul bo’lsa) ko’z, quloq, yaproq, popuk kabi a'zolariga husn, ziynat ranglari beradi. Agar zamin bo’lsa, ma’danlar, nabotot va hayvonotiga husn va ziynat ranglari beradi. Agar Jannat bo’lsa, bog’lariga, qasrlariga, huriylariga husn va ziynat ranglari beradi va hokazo. Boshqalarini sen qiyos qil.

Shunday bir tarzda ziynatlaydi va porlatadiki, unda Lutf va Karam ma'nolari shu daraja hukm qiladiki, xuddi ziynatlangan borliq, porlagan san’an asari bir jismoniy lutf, moddiy karam hisobiga o’tadi. "Latif va Karim" Ismini zikr qiladi.

Lutf va karamni bu jilvaga albatta o’zini sevdirish va tanitish yo’llaydi. Ya'ni o’zini jonzotlarga sevdirish va shuur sohiblariga bildirish xususiyatlari, "Latif, Karim" Ismlarining orqasida, "Vadud va Ma'ruf" Ismlarini o’qitadi va mavjudotning holati tilidan eshitiladi.

So’ng ziynatlangan borliqni, u go’zal maxluqni shirin mevalar, sevimli natijalar bilan bezab, ziynatdan ne'matga, lutfdan rahmatga qaratadi. "Mun'im va Rahim" Ismini o’qitadi va zohiriy pardalar orqasida bu ikki Ismning jilvasini ko’rsatadi.

So’ng bu Rahim va Karimni Mustag’niyi Alal itloq bo’lgan Zotda bu jilvaga albatta bir marhamat, shafqat xususiyatlari yo’llaydi, "Hannon va Rahmon" Ismini o’qitadi va ko’rsatadi. Marhamat va shafqat ma'nolarini jilvaga albatta shaxsiy jamol va kamoli yo’llab, yuzaga chiqishni taqozo qiladi. "Jamil" ismini va Jamil ismida joylashtirilgan "Vadud va Rahim" ismlarini o’qitadi. Chunki jamol shaxsan seviladi. Jamol egasi va jamol o’zini-o’zi sevadi. Ham husn, ham muhabbat. Kamol ham shaxsan seviladi, sababsiz seviladi. Ham seevgan, ham sevilgan. Modomiki cheksiz mukammal darajada jamol va benihoya go’zal darajadagi kamol cheksiz darajada sevilar, muhabbatga va ishqqa loyiq ekan, albatta oynalarda va oynalarning qobiliyatlariga ko’ra yog’dularini, jilvalarini ko’rish va ko’rsatish orqali yuzaga chiqishni istaydi.

Demak, Sone'i Zuljalolning, Hakimi Zuljamolning va Qodiri Zulkamolning zotidagi jamoli zotiy va zotidagi kamoloti marhamat va shafqatni taqozo qiladi. "Rahmon va Hannon" Ismlarini tajalliyga yo’llaydi. Marhamat va shafqatni esa rahmat va ne'matni ko’rsatish orqali "Rahim va Mun'im" Ismlarini jilvaga yo’llaydi.

Rahmat va ne'mat esa, marhamat va shafqat xususiyatlarini iqtizo qilib "Vadud va Ma'ruf" Ismlarini tajalliyga yo’llaydi. San’at asarining bir pardasida ularni ko’rsatadi. Marhamat va shafqat esa lutf va karam ma'nolarini harakatga keltiradi. "Latif va Karim" ismlarini mavjudotning ba'zi pardalarida o’qitadi. Lutf va karam xususiyatlari esa, ziynatlash va porlatish ishlarini harakatga keltiradi. "Muzayyin va Munavvir" Ismlarini borliqlarning husn va nuroniyati tili bilan o’qitadi.

Ziynatlash va goallashtirish esa, san’at va ahamiyat ma'nolarini iqtizo qiladi. "Sone' va Muhsin" Ismlarini bu san’at asarining go’zal siymosi bilan o’qitadi. Bu san’at va inoyat esa, ilm va hikmatni iqtizo qiladi. "Alim va Hakim" Ismini san’at asarining intizomli, hikmatli a'zosi bilan o’qitadi. Ilm va hikmat esa, tartibga solish, tasvir qilish, tashkil etish ishlarini taqozo qiladi. Butun san’at asari bilan, shakli bilan "Musavvir va Muqoddir" Ismlarini o’qitadi, ko’rsatadi.

Sone'i Zuljalol butun san’at asarlarini shunday bir tarzda yaratganki, aksariyati, xususan jonzotlar qismi ko’p Asmoi Ilohiyani o’qitadi. Go’yo xar bir maxluqqa turli tuman, bir-biri ustida yigirmata ko’ylak kiydirgan, yigirmata pardaga o’ragandek. Xar ko’ylakda, xar pardada boshqa-boshqa Asmosini yozgan. Masalan: Misolda ko’rsatilgani kabi, bitta go’zal gul bilan insonning ayol qismidan bir sohibjamolning faqat zohiriy yaratilishida ko’p sahifalar bor. Boshqa katta va umumiy san’at asarlarini, aytib o’tilgan ikki kichik misolga qiyosla.

Birinchi sahifa:Umumiy shakl va miqdorini ko’rsatgan hay'at bo’lib, "Yo Musavvir, yo Muqaddir, yo Munazzim" ismlarini yod etadi.

Ikkinchi sahifa:Suratlarida turli a'zolarning rivojlanishi orqali hosil bo’lgan gul va insonning oddiy hay'ati bo’lib, u sahifada "Alim, Hakim" Ismlari kabi ko’p Ismlar yoziladi.

Uchinchi sahifa:Ikki maxluqning turli a'zolariga farqli husn va ziynat berish orqali unda "Sone' va Bari" Ismlari kabi ko’p Ismlar yoziladi.

To’rtinchi sahifa:Shunday ziynat va husn, ikki maxluqqa beriladiki, go’yo lutf va karam jismlaashib, ularga aylangandek. U sahifa "Yo Latif, Yo Karim" kabi ko’p ismlarni yod etadi, o’qiydi.

Beshinchi sahifa:Gulga shirin mevalar, sohibjamolga sevimli avlodlar, go’zal axloqlar taqib, u sahifa "Yo Vadud, yo Rahim, yo Mun'im" kabi Ismlarni o’qitadi.

Oltinchi sahifa:In'om va ehson sahifasida, "Yo Rahmon, yo Hannon" kabi ismlar o’qiladi.

Yettinchi sahifa:Ne'matlarda, natijalarda shunday husn va jamol yog’dulari ko’rinadiki, haqiqiy shavq va shafqat bilan qorilgan xolis shukr va sof muhabbatga loyiq bo’ladi. U sahifada yozilgan "Yo Jamili Zulkamol, yo Komili Zuljamol" Ismlari o’qiladi.

Demak, faqat go’zal gul, sohibjamolning faqat moddiy va zohiriy suratida bu qadar Asmoni ko’rsatsa, ajabo, barcha gullar, butun jonzotlar, katta va umumiy mavjudot qay daraja ululg’ va umumiy Asmoni o’qitishini, qiyos qilishing mumkin.

Inson ruh, qalb, aql jihatidan, hayot va hislari sahifalari bilan "Hayy, Qayyum va Muhyi" kabi muqaddas nuroniy Asmoni o’qiishi va o’qitishini, qiyos qilishing mumkin.

Demak, Jannat bir guldir. Huriy toifasi ham guldir. Ro’yi zamin ham guldir. Bahor ham guldir. Samo ham guldir. Yulduzlar uning zarrin naqshlaridir. Quyosh ham guldir. Ziyosidagi yetti rangi uning naqshli bo’yoqlaridir.

Olam go’zal va katta insondir. Inson kichik bir olamdir. Huriylar sinfi, ruhoniy borliqlar jamoati, farishta jinsi, jin toifasi, inson nav’i alohida go’zal shaxs hukmida tasvirlangan, tartibga solingan va ijod qilingan. Xar biri kulliyati bilan, har bir alohida a’zosi Sone'i Zuljamolining Asmosini ko’rsatgani kabi, Uning Jamoliga, Kamoliga, Rahmatiga va Muhabbatiga alohida alohida oynalardir. Nihoyatsiz jamol va kamoliga, rahmat va muhabbatiga bittadan ishonchli guvohlardir. Jamol va kamolning, rahmat va muhabbatning alohida dalillari, belgilaridir.

Bu benihoyat kamolot turlari vohidiyat va ahadiyat doirasida hosil bo’ladi. Demak, u doira xorijida tasavvur qilingan kamolot kamolot emas.

Mana, ashyolar haqiqatining Asmoi Ilohiyaga tayangani va suyanganini, balki haqiqiy haqiqatlar Asmoning jilvalari ekanini va hamma narsaning ko’p jihatlar bilan, ko’p tillar bilan Sone'ini zikr va tasbeh qilishini angla.

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

oyatining bir ma'nosini bil va

سُبْحَانَ مَنِ اخْتَفٰى بِشِدَّةِ ظُهُورِه۪

degin. Oyatlarning oxirlaridagi

وَ هُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ٭ وَ هُوَ الْغَفُورُ الرَّح۪يمُ ٭ وَ هُوَ الْعَل۪يمُ الْقَد۪يرُ

kabi zikr va takrorlanishlaridagi bir sirni tushun.

Agar bir gulda Asmoni o’qiy olmasang va yaqqol ko’ra olmasang, Jannatga qara, bahorga diqqat qil, zamin yuzini tomosha qil. Rahmatning ulkan gullari bo’lgan Jannat, bahor va zaminda yozilgan Asmoni ochiqcha o’qiy olasan, jilvalarini va naqshlarini tushunasan, ko’rasan.

* * *

IKKINCHI NUQTANING IKKINCHI MAVZUI

Ahli zalolatning vakili tutinadigan va zalolatini unga bino qiladigan hech bir narsa topa olmagan va mot qolgan payti: "Men dunyo saodatini, hayot lazzatini, madaniyat taraqqiyotini va san'at mukammalligini, o’zimcha, oxiratni o’ylamaslikda, Allohni tanimaslikda, dunyoni sevishda, hurriyatda va o’ziga ishonishda deb bilganim uchun, shaytonning turtkisi bilan aksariyat insonlarni bu yo’lga yo’lladim va yo’llayapman", dedi.

Javob:Biz ham Qur'on nomidan aytamiz: Ey bechora inson! Esingni yig’! Ahli zalolatning vakiliga quloq solma! Agar unga quloq solsang, yo’qotishing shu qadar katta bo’ladiki, uni tasavvur qilishdan ruh, aql va qalb titraydi. Oldingda ikki yo’l bor:

Biri:Zalolatdagilarning vakili ko’rsatgan badbaxtlar yo’li.

Keyingisi:Qur'oni Hakim ta'riflagan saodatli yo’l. Bu ikki yo’lning juda ko’p qiyoslarini ko’p So’zlarda, xususan Kichik So’zlarda ko’rding va tushunding. Endi joyi kelgani uchun quyida mingdan bir qiyosini yana ko’r, tushun:

Shirk va zalolatning, gunoh va xarom kayf safolarning yo’li insonni o’ta tubanlashtiradi. Cheksiz azoblar ichida zaif va ojiz yelkasiga nihoyatsiz og’ir yukni yuklaydi. Chunki inson Janobi Haqni tanimasa va Unga tavakkal qilmasa, o’ta ojiz va zaif, benihoyat muhtoj, faqir, cheksiz musibatlarga uchraydigan, azobli, qayg’uli foniy hayvon hisoblanadi, butun sevgan va aloqa paydo qilgan narsalaridan bardavom ayriliq azobini cheka-cheka, oxiri qolgan butun do’stlarini azobli firoqi ichida qoldirib, qabrning zulmatiga yolg’iz kiradi. Hayoti davomida ham o’ta kichik ixtiyor, oz iqtidor, qisqacha hayot, oz umr va so’niq fikr orqali cheksiz alamlar va orzular bilan foydasiz to’qnashadi. Cheksiz orzu va maqsadlariga yetishga samarasiz, bekordan-bekor harakat qiladi. O’z vujudini ko’tara olmaganiga qaramay, bechora yelkasi va boshiga ulkan dunyo yukini yuklaydi. Hali Jahannamga bormasdan, Jahannam azobini chekadi.

Bu alamli azobni va daxshatli ma'naviy azobni his qilmaslik uchun zalolatdagilar hislarni muzlatish uchun g’aflat sarxushligi bilan vaqtincha his qilmaydi. Lekin his qiladigan payti, ya'ni qabrga yaqin bo’lgan vaqti birdan his qiladi. Chunki Janobi Haqqa haqiqiy qul bo’lmasa, o’zini o’ziga sohib deb o’ylaydi. Holbuki, kichik ixtiyor va oz iqtidori bilan bu to’fonli dunyoda vujudini boshqara olmaydi. Hayotiga zararli mikrobdan zilzilagacha minglab toifa dushmanlarni o’ziga hujum qilayotga vaziyatida ko’radi. Azobli qo’rquv dahshati ichida xar doim daxshatli ko’ringan qabr eshigiga qaraydi. Bu vaziyatdaligida, inson bo’lgani uchun inson sinfi va dunyo bilan aloqasi bo’lib, dunyoni va insonni Hakim, Alim, Qodir, Rahim, Karim bir zotning tasarrufida deb tasavvur qilmagani uchun, ularni tasodif va tabiat boshqarayapti deb tasavvur qilgani uchun dunyoning va insonning ahvoli uni doimo bezovta qiladi. O’z azobi bilan birga insonlarning azobini ham chekadi. Dunyoning zilzilasi, vabosi, to’foni, qurg’oqchilikgi, ocharchiligi, qahatchiligi, foniyligi va o’tkinchi ekani uni qattiq bezovta va qorong’u musibat suratida azoblaydi.

Shu holdagi inson marhamat va shafqatga loyiq emas. Chunki bu daxshatli holatga o’zi tushdi. Sakkizinchi So’zda quduqqa tushgan ikki odamning holatini taqqoslashda aytilgani kabi, bir kishi go’zal bog’da, chiroyli ziyofatda, xush do’stlar ichida pok, shirin, nomusli, yoqimli, halol lazzat va xursandchilikka qanoat qilmasdan, xarom va iflos lazzat uchun xunuk va najas sharobni ichsa, mast bo’lib o’zini qish o’rtasida, isqirt joyda hatto yirtqichlar ichida hayol etsa, titrab, baqirib chaqirsa, marhamatga qanday qilib loyiq bo’lsin. Chunki nomusli kishilar va muborak do’stlarini yirtqich deb tasavvur qiladi, ularni haqorat qiladi. Ziyofatdagi shirin taomlar va toza idishlarni kir, isqirt toshlar deb tasavvur qiladi, sindirishni boshlaydi. Majlisda o’qilgan muhtaram kitoblarni va ma'noli maktublarni ma'nosiz va oddiy naqshlar deb tasavvur qiladi, yirtib oyoq ostiga otadi va hokazo...

Bunday shaxs hech qanday marhamatga loyiq emas, balki ta'zirga loyiqdir. Shunga o’xshab:

Sui ixtiyoridan kelib chiqqan kufr sarxushligi va zalolat telbaligi bilan Sone'i Hakimning bu dunyo musofirxonasini tasodif va tabiat o’yinchog’i deb tasavvur qilgani uchun,

Alloh Asmosining jilvalarini yangilagan san’at asarlarining, vaqt o’tishi bilan vazifasi tugagani uchun g’ayb olamiga o’tishlarini yo’qlik va qatl deb tasavvur qilgani uchun,

tasbehot sadolarini abadiy zavol va firoq faryodi deb hayol qilgani uchun,

Samadoniy maktublar bo’lgan mavjudot sahifalarini ma'nosiz, tartibsiz tasavvur qilgani uchun,

rahmat olamiga yo’l ochgan qabr eshigini yo’qlik zulmatining og’zi deb tasavvur qilgani uchun,

ajalni, haqiqiy dostlarga visol chqirig’i ekaniga qaramay, butun do’stlardan firoq navbati deb tasavvur qilgani uchun,

o’zini daxshatli alamli azobga qo’yib, ham mavjudotni, ham Janobi Haqning Asmosini, ham maktublarini inkor qilgani, obro’sizlantirgani va tahqir qilgani uchun,

marhamatga va shafqatga loyiq bo’lmagani kabi, shiddatli azobga ham loyiq bo’ladi.

Hech bir jihatda marhamatga loyiq bo’lmaydi.

Mana ey badbaxt ahli zalolat va kayf savoga kummasidan ketganlar! Bu daxshatli tubanlikka va ezuvchi g’am tashvishga javoban qaysi rivojlanishingiz, qaysi faningiz, qaysi kamolingiz, qaysi madaniyatingiz, qaysi taraqqiyotingiz qarshi kela oladi? Inson ruhi qattiq muhtoj bo’lgan haqiqiy tasallini qayerda topa olasiz? Siz ishongan, bel bog’lagan, Allohning asarlari va Rabboniya ehsonlarni ulardan deb bilgan qaysi tabiatingiz, qaysi sabablaringiz, qaysi sherigingiz, qaysi kashfiyotingiz, qaysi millatingiz, qaysi botil ma'budingiz sizni tasavvuringizdagi abadiy qatl bo’lgan o’limning zulmatidan qutqarib, qabr chegarasidan, barzoh hududidan, mahshar maydonidan, sirot ko’prigidan hukmi bilan o’tkaza oladi, abadiy saodati sazovor eta oladi? Xolbuki qabr eshigini berkitmaganingiz uchun siz qat'iyan bu yo’lning yo’lovchisisiz. Bunday yo’lovchi shunday zotga tayanishi kerakki, ushbu azim doira va bu keng hududlar Uning amri ostida va boshqaruvida bo’lishi kerak.

Yana, ey badbaxt ahli zalolat va g’aflat! "Xarom muhabbatning natijasi marhamatsiz azob chekish" qoidasi asosida, siz fitratingizdagi Janobi Haqning zoti, sifatlari va Asmosiga sarf qilinadigan muhabbat va ma'rifat iste'dodini, shukr va ibodat jihozlarini xarom suratda nafsingizga, dunyoga sarf qilganingiz uchun, jazosini chekishga loyiqsiz. Chunki Janobi Haqqa oid muhabbatni nafsingizga berdingiz. Sevgili nafsingizning cheksiz balosini chekyapsiz. Chunki haqiqiy bir rohatni sevgilingizga sarflamayapsiz. Uni haqiqiy sevgili bo’lgan Qodiri Mutlaqqa tavakkal bilan taslim qilmayapsiz, doimo azob chekyapsiz.

Janobi Haqning Asmo va Sifatlariga oid muhabbatni dunyoga qaratdingiz va san'at asarlarini olam sabablariga taqsimladingiz, balosini chekyapsiz. Chunki u cheksiz sevgililaringizning bir qismi sizga sog’ bo’ling demasdan, sizga orqasini o’girib, tashlab ketyapti. Bir qanchasi sizni umuman tanimaydi.Tanisa ham, sizni sevmaydi. Sevsa ham, sizga foyda bermaydi. Doim cheksiz firoqlardan va umidsiz qaytmaydigan zavol topadigan narsalardan azob chekyapsiz.

Ahli zalolatning hayotiy saodati, insoniy rivojlanish, madaniyat yaxshiliklari va ozodlik lazzati degan narsalarining asli va mohiyati shunday. Kayf safoga mukkadan ketish va sarxushlik pardadir, vaqtincha his ettirmaydi. "Tuf ularning aqliga!" degin.

Ammo Qur'onning nuroniy yo’li, butun zalolatdagilar chekayotgan yaralarni iymoniy haqiqatlar bilan davolaydi. Avvalgi barcha yo’llardagi zulmatni tarqatadi. Barcha zalolat va halokat eshiklarini yopadi:

Insonning zaif va ojizligini, faqir va ehtiyojini bir Qodiri Rahimga tavakkal orqali davolaydi. Hayot va vujudning yukini Uning qudratiga, rahmatiga berib, yelkasaiga yuklamasdan, balki o’zi hayoti va nafsiga mingandek tinch joy topadi. O’zining "gapiradigan hayvon" emas, balki haqiqiy inson va maqbul Rahmonning musofiri ekanini bildiradi. Dunyoni Rahmonning musofirxona ekanini ko’rsatib, dunyodagi mavjudot esa Alloh Asmosining oynalari bo’lganini, san’at asarlarini esa xar doim yangilangan Samadoniy maktublar bo’lganini bildirish orqali insonning foniy dunyodan, ashyolarning zavol topishidan va foniy narsalarni sevishdan kelgan yaralarini go’zal shaklda davolaydi va uydirmalar zulmatlaridan qutqaradi. O’lim va ajalni barzoh olamiga ketgan va boqiy olamdagi do’stlar visoli va qovushish muqaddimasi sifatida ko’rsatadi. Zalolatdagilarning nazarida butun do’stlaridan abadiy ayriliq deb o’ylagan o’lim yaralarini shu tariqa davolaydi. Firoq ayni visol ekanini isbotlaydi. Qabrning rahmat olamiga, saodat diyoriga, Jannat bog’lari va Rahmonning nurli yurtiga ochilgan eshik ekanini isbotlab, insonnnign eng daxshatli qo’rquvini yo’qotib, eng azobli, qayg’uli va aziyatli barzoh sayohatini eng shirin, do’st, sevinchli sayohat ekanini ko’rsatadi. Qabr bilan ajdarho og’zini yopadi, go’zal bog’ga eshik ochadi. Ya'ni, qabr ajdarho og’zi emasligi, balki rahmat bog’iga ochilgan eshik ekanini ko’rsatadi.

Mo’'minga: "Ixtiyoring juz'iy bo’lsa, ishingni o’z Molikingning hamma narsani qamragan irodasiga qo’y. Iqtidoring kichik bo’lsa, Qodiri Mutlaqning qudratiga ishon. Hayoting oz bo’lsa, boqiy hayotni o’yla. Umring qisqa bo’lsa, abadiy umring bor, xavotirlanma. Fikring so’niq bo’lsa, Qur'onning quyoshi ostiga kir, iymonning nuri bilan qara. Tilla qo’ng’iz bo’lgan fikring o’rniga xar bir Qur'on oyatlari senga yulduz kabi nur sochadi. Sanoqsiz orzularing, azoblaring bo’lsa, seni nihoyatsiz savob va hadsiz rahmat kutyapti. Cheksiz orzularing, maqsadlaring bo’lsa, ularni o’ylab iztirob chekma. Ular bu dunyoga sig’maydi. Ularning joyi boshqa diyordir va ularni boshqa Zot bergan", deydi.

Yana: "Ey inson! Sen o’zingga molik emassan. Sen qudrati nihoyatsiz bir Qodir, rahmati cheksiz Rahimi Zoti Zuljalolning mulkisan. Shunday ekan, sen o’z hayotingni o’zingga yuklab qiynalma. Chunki hayotni bergan U, boshqargan ham U.

Dunyo sohibsiz emaski, sen boshingga dunyo yukini yuklab ahvolini o’ylab xavotirlanma. Chunki uning sohibi Hakimdir, Alimdir. Sen esa mehmonsan. Ortiqcha aralashma, chalkashtirma. Insonlar, hayvonlar kabi mavjudot sohibsiz emas, balki vazifa yuklangan xodimlardir. Hakimi Rahimning nazaridadir. Ularning azob va qiyinchiligini o’ylab, joningga azob chektirma. Ularning Xoliqi Rahimining rahmati oldida shafqatingni ko’rsatma. Senga dushmanlik qilayotgan mikrobdan, vabo, to’fon, qahatchilik va zilzilagacha barcha narsalarning tizginlari Rahimi Hakimning qo’lidadir. U Hakimdir, abas ish qilmaydi. Rahimdir, rahimiyati ko’p. Qilayotgan xar bir ishida bir tur lutfi bor", deydi.

Yana: "Bu olam foniy bo’lsada, faqat abadiy olamga kerakli narsalarni yetishtiradi. Zavol topsada, o’tkinchi bo’lsada, boqiy mevalar beradi, boqiy Zotning boqiy Asmosining jilvalarini ko’rsatadi. Lazzatlari oz, azoblari ko’p bo’lsada, Rahmoni Rahimning iltifotlari yo’q bo’lmas haqiqiy lazzatlardir.

Azoblar esa savob jihatida ma'naviy lazzat yetishtiradi. Modomiki shariat doirasi ruh, qalb va nafsning butun lazzatlariga, safolariga, ko’ngilxushliklariga kifoya qilar ekan, xarom doiraga kirma. Chunki u doiradagi lazzatning ba'zan ming azobi bor. Haqiqiy va doimiy lazzat bo’lgan Rahmoniy iltifotlarni yo’qotishga sabab bo’ladi", deydi.

Zalolat yo’lida, yuqorida bayon qilingani kabi, insonni asfali sofiliynga qulatadiki, hech bir madaniyat, hech bir falsafa unga chora topa olmaydi. Chuqur zulmatlar qudug’idan hech bir inson taraqqiyoti, hech qanday bilimning rivoji insonni chiqara olmaydi. Lekin Qur'oni Hakim iymon va amali solih bilan asfali sofiliynga qulashdan insonni a'loyi illiyinga chiqaradi, qat'iy dalillar bilan chiqarishini isbotlaydi. Chuqur quduqni ma'naviy taraqqiyotning zinapoyalari va ruhiy rivojlanishning jihozlari bilan to’ldiradi.

Insonning abad tomon uzun, g’avg’oli va tashvishli yo’lovchiligini juda yengillatadi va osonlashtiradi. Ming, balki ellik ming yillik masofani bir kunda bosib o’ttiradigan vositalarni ko’rsatadi.

Azal va Abad Sultoni bo’lgan Zoti Zuljalolni tanitish orqali insonni Unga xodim qul va vazifa yuklangan musofir vaziyatini beradi. Dunyo musofirxonasida, barzohiy va uxraviy manzillarda kamoli farog’at bilan sayohat qilishini ta'minlaydi. Bir podshohning to’g’ri yo’ldagi xodimi, uning mamlakati doirasida, xar bir viloyatning hududlaridan osonlik bilan tayyora, kema, poyezd kabi tezyurar sayohat vositasida aylanadi, o’tadi. Shuning kabi, Azaliy Sultonga iymon bilan bog’langan, solih amali bilan itoat qilgan inson bu dunyo musofirxonasi manzillaridan, barzoh olami, mahshar olami doiralaridan va hokazo qabrdan keyingi barcha olamlarning keng hududlaridan yashin va Buroq tezligida o’tadi. Nihoyat abadiy saodatni topadi. Bu haqiqatni qat'iy isbotlaydi, asfiyo va avliyoga ko’rsatadi.

Qur'onning haqiqati aytadi: "Ey mo’'min! Sendagi benihoyat muhabbat qobiliyatini iflos, nuqson, yomon va senga zararli nafsi ammorangga ishlatma. Uni mahbub va Uning istaklarini o’zingga ma'bud deb qabul qilma.

Balki sendagi nihoyatsiz muhabbat qobiliyatini cheksiz muhabbatga loyiq, senga benihoyat ehson qila oladigan, kelajakda seni cheksiz bahtiyor qilgan, yana sen aloqador bo’lgan va ularning saodatlari bilan sen bahtli bo’lgan barcha kishilarni ehsonlari bilan mas'ud etgan, nihoyatsiz kamoloti bo’lgan, nihoyatsiz darajada muqaddas, ulug’, munazzah-pok, kamchiliksiz, nuqsonsiz, zavol topmas jamol sohibi bo’lgan, butun Asmosi o’ta go’zal bo’lgan, xar Ismida juda ko’p husn va jamol nurlari bo’lgan, Jannat butun go’zalliklari va ne'matlari bilan Uning jamoli rahmatini va rahmati jamolini ko’rsatgan, butun koinotdagi sevimli va sevilgan barcha husn, jamol, go’zallik va kamolot Uning jamoliga va kamoliga ishorat qilgan, dalolat qilgan va alomat bo’lgan Zotni sevgili va ma'bud deb qabul qil!" deydi.

Yana: "Ey inson! Uning Asmo va Sifatlariga oid muhabbat iste'dodingni boshqa o’tkinchi mavjudotga sarflama, befoyda maxluqotga tarqatma. Chunki asarlar va maxluqot foniydir. Lekin asarlar va u mavjudotda naqshlari, jilvalari ko’ringan Asmoi Husna boqiydir, doimiydir. Asmo va sifotining xar birida minglab ehson va jamol martabalari va minglab kamol va muhabbat tabaqalari bor. Sen faqat Rahmon ismiga qara: Jannat uning bir jilvasi, abadiy saodat uning bir yog’dusi, dunyodagi barcha rizq va ne'mat uning bir tomchisidir", deydi.

Bu taqqoslash zalolatdagilar bilan iymon ahlining hayot va vazifa jihatidagi mohiyatlariga ishorat qilgan

لَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ ف۪ٓى اَحْسَنِ تَقْو۪يمٍ ٭ ثُمَّ رَدَدْنَاهُ اَسْفَلَ سَافِل۪ينَ ٭ اِلَّا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ

va natija va oqibatlariga ishorat qilgan

فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ السَّمَٓاءُ وَ الْاَرْضُ

oyatlariga e'tibor ber. Naqadar ulug’, mo’'jizali bayon qilgan qiyoslashimizni ifoda qiladi. Birinchi oyat, O’n Birinchi So’zda u oyatning i'jozli-mo’jizali va ijozli-qisqa so’zda ko’p ma’nolarni batafsil ifodalagan haqiqat bayon qilingani. Buni u yerga havola qilamiz. Ikkinchi oyat esa, faqat kichik ishorat bilan ko’rsatamiz. Naqadar ulug’ haqiqatni ifoda qiladi:

Bu oyat tog’ridan anglashilgan ma’no bilan shunday farmon qiladi: "Samovot va zamin zalolatdagilar o’lganda ustida yig’lamaydi". Ters ma’nosi bilan: "Samovot va zamin ahli iymon dunyodan ketganda ustida yig’laydi", deb dalolat qiladi. Ya'ni, ahli zalolat, samovot va yerning vazifalarini inkor qiladi. Ma'nolarini bilmaydi. Ularni qiymatdan tushiradi. Sone'larini tanimaydi. Ularni haqorat, adovat qilgani uchun, albatta samovot va zamin ularga yig’lash emas, balki ulardan nafratlanadi, o’lganda xursand bo’ladi.

Ters ma’nosi bilan: "Ahli iymon o’lganda samovot va arz yig’laydi", deydi. Chunki, ahli iymon samovot va arzning vazifalarini biladi. Asl haqiqatlarini tasdiqlaydi. Ular ifodalagan ma'nolarni iymon bilan tushunadi. "Naqadar go’zal yaratilgan, qanchalik go’zal xizmat qilyapti", deydi. Ularga loyiq qiymat beradi va ehtirom ko’rsatadi. Janobi Haq hisobiga ularga va ular oyna bo’lgan Asmoga muhabbat etadi. Ushbu sir uchun, samovot va zamin ahli iymonning o’tihiga yig’layotgandek mahzun bo’ladi.

MUHIM BIR SAVOL: "

Muhabbat ixtiyoriy emas. Tabiiy ehtiyojga binoan, shirin taomlar va mevalarni sevaman. Ota-ona, farzandlarimni sevaman. Rafiqamni sevaman. Do’st va yaqinlarimni sevaman. Anbiyo va avliyoni sevaman. Hayotimni, yoshligimni sevaman. Bahorni, go’zal narsalarni va dunyoni sevaman. Qanday qilib bularni sevmayin? Qanday qilib bu muhabbatlarning hammasini Janobi Haqning Zoti, Sifatlari va Asmosiga yo’naltiraman? Bu nima degani?" deyapsiz.

Javob:"To’rt Hikmat"ni tingla.

BIRINCHI HIKMAT:

Muhabbat ixtiyoriy emas. Lekin ixtiyor bilan muhabbatni bir sevgilidan boshqasiga qaratish mumkin. Masalan, bir sevgilining xunukligini ko’rsatish orqali yoki muhabbatga asl loyiq bo’lgan boshqa sevgiliga parda yoki oyna ekanini ko’rsatish orqali muhabbat majoziy mahbubdan haqiqiy sevgiliga qaratilishi mumkin.

IKKINCHI HIKMAT:

Sanab o’tgan sevgililaringni sevma demaymiz. Balki ularni Janobi Haqning hisobiga va uning muhabbati nomidan sev deymiz. Masalan: Laziz taomlarni, go’zal mevalarni Janobi Haqning ehsoni va Rahmoni Rahimning in'omi sifatida sevish "Rahmon" va "Mun'im" Ismlarini sevishdir, ham ma'naviy shukrdir. Bu muhabbat faqat nafs hisobiga bo’lmaganini va Rahmon uchun bo’lganini ko’rsatgan, halol doirada qanoat qilib ishlab topish, tafakkur bilan, tashakkur bilan yeyish bo’ladi.

Ota-onaga shafqat bilan jihozlagan, seni ularning marhamatli qo’llari bilan tarbiya qildirgan Hikmat va Rahmat hisobiga ularga hurmat va muhabbat ko’rsatish Janobi Haqning muhabbatiga oiddir. Bu muhabbat, hurmat va shafqat Alloh uchun bo’lganining alomati shuki: Ular keksaygan, senga hech qanday foydalari tegmaydigan, seni qiyinchilik va mashaqqatga qo’ygan vaqti yanada ko’proq muhabbat, marhamat va shafqat qilishdir.

اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَٓا اَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَٓا اُفٍّ

oyati farzandni besh martaba hurmat va shafqatga chaqirishi, Qur'on nazarida ota-onaning huquqlari naqadar ahamiyatli, itoat va hurmat qilmaslik qay daraja xunuk bo’lishini ko’rsatadi.

Modomiki ota, hech kimni emas, faqat farzandining o’zidan ham yaxshiroq bo’lishini istaydi. Unga javoban farzand ham otaga haq da'vo qila olmaydi. Demak ota-ona va farzand o’rtasida tabiatan tortishishga sabab yo’q. Chunki tortishish yo havas va hasaddan kelib chiqadi. Otada o’g’liga nisbatan u yo’q. Tortishish yoki haqsizlikdan keladi. Farzandning otasiga haq da'vo qilishga haqqi yo’q. Otasini haqsiz ko’rsa ham, unga isyon qila olmaydi. Demak, otasiga isyon qilgan va uni ranjitgan kimsa insoniylikdan chiqqan jonivor bo’ladi.

Farzandlarini Zoti Rahimi Karimning hadyalari bo’lgani uchun mukammal shafqat va marhamat bilan sevish va muhofaza qilish yana Haqqa oiddir. Bu muhabbat, Janobi Haq hisobiga bo’lganini ko’rsatgan belgi shuki: Vafot etsa sabr bilan shukr qilish, qayg’urib faryod qilmaslik. "Xoliqimning mening nazoratimga bergan sevimli maxluqi, mulki edi. Endi hikmati iqtizo qildi, mendan oldi, yanada yaxshiroq joyga olib ketdi. Mening mulkimda birgina zohiriy hissam bo’lsa, ming haqiqiy hissa uning Xoliqiga oiddir. اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ deb taslim bo’lishdan iborat.

Do’st va yaqiqnlar esa: Agar ular iymon va amali solih sababli Janobi Haqning do’stlari bo’lsalar, اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ sirriga ko’ra, u muhabbat ham Haqqa oid bo’ladi.

Rafiqangni rahmati Ilohiyaning jonga yaqin, go’zal hadyasi bo’lgan jihati bilan sev va muhabbat ko’rsat. Lekin muhabbatingni tez buziladigan husni suratiga bog’lama. Balki ayolning eng jozibador, eng shirin go’zalligi ayollikka maxsus latofat va nazokat ichidagi siyrat go’zalligidir. Eng qiymatli va eng shirin jamoli esa ulug’, jiddiy, samimiy, nuroniy shafqatidir. Bu shafqat jamoli va husni siyrati oxir hayotgacha davom etadi, ko’payadi. Zaifa, latifa maxluqning hurmat huquqi o’sha muhabbat bilan muhofaza qilinadi. Yo’qsa, husni suratning ketganda u bechora eng muhtoj bo’lgan vaqtda haqqini yo’qotadi.

Janobi Haqning maqbul qullari bo’lgani uchun, Janobi Haq uchun va Uning hisobiga anbiyo va avliylarni sevish kerak. Bu nuqtai nazardan Unga oiddir.

Hayotni Janobi Haqning insonga va senga bergan eng qiymatli va hayoti boqiyani qozontiradigan bir sarmoya va bir dafina va boqiy kamolotning jihozotini jamlagan bir xazina jihati bilan uni sevish, muhofaza qilish, Janobi Haqning xizmatida ishlatish, yana o’sha muhabbat bir jihatdan Ma'budga oiddir.

Yoshlikning latofatini, go’zalligini, Janobi Haqning latif, shirin, go’zal ne'mati nuqtai nazaridan xush ko’rish, sevish, chiroyli qo’llash shukr bilan bir tur halol muhabbat hisoblanadi.

Bahorni - Janobi Haqning nuroniy Asmolarining eng latif, go’zal naqshlarining sahifasi va Sone'i Hakimning antiqa san'atining eng ziynatli va ko’z qamashtiradigan san'ati ko’rgazmasi bo’lgani jihati bilan tafakkur bilan sevish Janobi Haqning Asmosini sevish bo’ladi.

Dunyoni - oxirat ekinzori, Asmoi Ilohiyaning oynasi, Janobi Haqning maktuboti va vaqtinchalik mehmonxonasi jihatidan sevish, nafsi ammora qo’shilmaslik sharti bilan, Janobi Haqqa oid bo’ladi.

Natija:Dunyoni va undagi maxluqotni harfiy ma'nosi bilan sev. Ismiy ma'nosi bilan sevma. "Naqadar go’zal yaratilgan!" degin. "Naqadar go’zal!" dema. Qalbing botiniga boshqa muhabbatlarning kirishiga yo’l qo’yma. Chunki, qalbning ichi, Samad oynasi va Unga maxsusdir.

اَللّٰهُمَّ ارْزُقْنَا حُبَّكَ وَ حُبَّ مَا يُقَرِّبُنَا اِلَيْكَ

degin.

Demak, sanab o’tgan barcha muhabbatlarimiz agar bu suratda bo’lsa, ham azobsiz lazzat beradi, ham bir jihatdan tuganmsa visol bo’ladi. Allohning muhabbatini ziyodalashtiradi. Ham halol muhabbatdir. Ham ayni lazzat bo’lgan shukrdir. Ham muhabbatning o’zi bo’lgan fikrdir.

Masalan, bir oliy podshoh {(Hoshiya) Bir kuni ikki qabila raisi bir podshohning huzuriga kirib, yozilgan ayni holat bo’lgani kuzatilgan.} senga bir olmani ehson qilsa, u olmaga ikki xil muhabbat va unda ikki xil lazzat bor.

Birinchisi,olma olma bo’lgani uchun seviladi. Olmaga maxsus va olmachalik lazzat bor. Bu muhabbat podshohga oid emas. Huzurida olmani og’ziga solib yegan odam podshohni emas, olmani sevadi va nafsiga muhabbat etadi. Ba'zan, podshoh nafsoniy muhabbatni yoqtirmaydi, undan nafratlanadi. Olmaning lazzati esa oz. Zavol ham topadi, olmani yegandan so’ng lazzat ham ketadi, bir afsus qoladi.

Ikkinchimuhabbat esa, olma ichidagi olma orqali ko’rsatilgan shohona iltifotdir. Go’yo u olma shohona iltifotning namunasi va jismga kirgan holi, deb boshiga qo’ygan odam podshohni sevganini izhor qiladi. Iltifotning g’ilofi bo’lgan u mevada shunday lazzat borki, ming olma lazzatidan ham ustun. Bu lazzat ayni shukrondir. Bu muhabbat podshohga nisbatan hurmatli bir muhabbatdir.

Xuddi shuning kabi, butun ne'matlarga va mevalarni o’zi uchun muhabbat etilsa, faqat moddiy lazzatlari bilan g’ofilona lazzat olinsa, u muhabbat nafsoniy bo’ladi. Lazzatlar esa o’tkinchi va azoblidir. Agar Janobi Haqning rahmatining iltifoti va ehsonlarining mevalari bo’lgani uchun sevsa, u ehson va iltifotlarning lutf darajalarini maqtab kamoli ishtaha bilan lazzat olsa, ham ma'naviy shukr, ham alamsiz lazzat bo’ladi.

UCHINCHI HIKMAT:

Janobi Haqning Asmosiga nisbatan muhabbatning tabaqalari bor: Yuqorida bayon qilganimiz kabi, inson ba'zan asarlarga muhabbat suratida Asmoni sevadi. Ba'zan Asmoni Allohning kamolotining unvonlari bo’lgani uchun sevadi. Ba'zan inson mohiyatining qamrovli ekani jihati bilan sanoqsiz ehtiyojlari uchun Asmoga muhtoj va ishtiyoqmand bo’ladi. Ehtiyoj bilan sevadi. Masalan: Sen shafqat qilgan barcha qarindosh, faqir, zaif va muhtoj maxluqlarga ojizona yordam ehtiyojini his qilgan payting, birov chiqsa, sen istagandek ularga yaxshilik qilsa, u kishining in'om qiluvchi unvoni va karamli ismi senga qanchalik yoqadi, u zotni o’sha unvon bilan naqadar sevasan.

Shuning kabi: Faqat Janobi Haqning Rahmon va Rahim Ismlarini o’yla. Sen dunyoda sevgan va shafqat qilgan barcha mo’'min otalaring, ajdodingni, qarindosh va do’stlaringni ne'mat turlari bilan, Jannatda lazzat nev’lari bilan, abadiy saodatda ularni senga ko’rsatib, O’zini ham ularga ko’rsatishi orqali bahtiyor qilgan "Rahmon" ismi va "Rahim" unvoni naqadar sevilishga loyiq, inson ruhi bu ikki Ismga qay daraja muhtoj bo’lganini qiyos qilishing mumkin. Yana

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى رَحْمَانِيَّتِه۪ وَ عَلٰى رَح۪يمِيَّتِه۪

naqadar o’rinli ekanini anglaysan.

Sen aloqador bo’lgan va abgorliklaridan xafa bo’lgan bir nav’ uying va undagi mavjudot uyingning jonga yaqin narsalari va sevimli bezaklari hisoblangan dunyoni va undagi ichidagi maxluqotni kamoli hikmat bilan nizomga solgan, boshqargan va tarbiya qilgan zotning "Hakim" Ismiga va "Murabbiy" unvoniga ruhing naqadar muhtoj, naqadar ishtiyoqmand ekanini e'tibor bersang, tushunasan.

Sen aloqador bo’lgan va ketganida azob chekkan insonlaringni o’limi hangomida yo’qlik zulmatidan qutqarib, bu dunyodan ham go’zalroq joyga joylashtirgan zotning "Voris, Bois" ismlariga "Boqiy, Karim, Muhyi va Muhsin" unvonlariga naqadar ruhing muhtoj ekanini diqqat qilsang, anglaysan.

Demak, insonning mohiyati ulug’, tabiati qamrovli bo’lgani uchun, minglab turdai ehtiyojlari bilan Allohning ming bir Asmosiga, xar bir Ismning ko’p martabalariga fitratan muhtojdir. Qat qat ehtiyoj ishtiyoqdir. Qat qat ishtiyoq muhabbatdir. Qat qat muhabbat esa ishqdir. Ruhning komillikka yetishiga ko’ra muhabbat martabalari Asmoning martabalariga ko’ra rivojlanadi.

Asmo Zoti Zuljalolning unvonlari va jilvalari bo’lgani uchun, butun Asmoga muhabbat, Allohning ulug’ zotiga muhabbatga aylanadi. Quyida faqat namuna sifatida ming bir Asmodan yolg’iz "Adl" va "Hakem", "Haq" va "Rahim" Ismlarining ming bir martabalaridan bir martabani bayon qilamiz:

Hikmat va adolat ichidagi "Rahmonir Rahim" va "Haq" Ismini eng katta doirada ko’rishni istasang, ushbu misolga qara: Bir qo’shinda to’rt yuz turli toifalar bo’lganini faraz qilamiz. Xar bir toifa xush ko’rgan liboslari boshqa, yoqtirgan ozuqasi farqli, qiynalmay foydalanadigan qurollari auri va mizojiga davo bo’ladigan dorilari alohida bo’lib, to’rt yuz toifa turli tuman vzvod, bo’linma ajratmasdan, bir-biriga aralashgan. Ularni mukammal shafqat va marhamatidan, g’aroyib iqtidoridan, mo’'jizaviy ilm va qamrovidan, favqulotda adolat va hikmatidan, temggi yo’q bir podshoh ularning hech birini chalkashtirmasdan, hech qaysisini unutmasdan ularga loyiq libos, arzoq, dori va qurollarning barchasini yordamchisiz shaxsan o’zi bersa, u zot, naqadar qodir, mushfiq, adolatli, karamli podshoh bo’lganini tushunasan. Chunki bir harbiy qismda o’n millatga oid askarlar bo’lsa, ularni turlicha kiydirish va jihozlash o’ta qiyin bo’lgani uchun, majburan qanday bo’lsa ham, bir hilda jihozlanadi.

Buning kabi, Janobi Haqning adolar va hikmat ichidagi "Haq" va "Rahmonir Rahim" Ismi jilvasini ko’rishni istasang, bahor mavsumida zamin yuzida to’rt yuz ming chodirlari tikilgan muhtasham millatdan hosil bo’lgan nabotot va hayvonot qo’shiniga qara. Barcha millatlar, toifalar bir-biri ichida bo’lsada, xar birining libosi boshqa, ozuqasi farqli, quroli boshqa, tarzi hayoti ayri, buyrug’i alohida, nafaqaga chiqishi boshqa. Bu ehtiyojlarni ta'minlaydigan iqtidori va kerakli narsalarini istaydigan tillari yo’q. Hikmat va adolat doirasi ichida mezon va intizom bilan "Haq", "Rahmon", "Razzoq", "Rahim" va "Karim" unvonlarini tomosha qil, ko’r. Hech birini chalkashtirmasdan, unutmasdan, aralashtirmasdan tarbiya va tadbir qilishi, boshqarishiga qara!

Demak, hayratga soladigan qamrovli intizom va mezon bilan qilingan bir ishga boshqalarning qo’li aralasha oladimi? Vohidi Ahad, Hakimi Mutlaq, Qodiri kulli shaydan boshqa bu san'atga, bu tadbirga, bu rububiyatga, bu aylantirishga qaysi narsa qo’lini uzata oladi? Qaysi sabab aralasha oladi?

TO’RTINCHI HIKMAT:

"Mening taomlarga, nafsimga, rafiqamga, ota-onam, farzandlarim, do’stlarim, avliyolar, anbiyolarga, go’zal narsalarga, bahorga, dunyoga bog’liq turli tuman muhabbatlarimning (Qur'on amr qilgan tarzda bo’lsa) natijalari, foydalari nima?" deyapsan.

Javob:Butun natijalarni bayon qilish uchun katta kitob yozish lozim. Hozircha faqat qisqacha bir-ikki natijaga ishorat qilinadi. Avvalo, dunyodagi hozir natijalari bayon qilinadi. So’ng oxiratda yuzaga chiqadigan natijalari aytiladi:

Yuqorida bayon qilingani kabi, ahli g’aflat va ahli dunyo tarzida, nafsga muhabbatlarning dunyoda balolari, azoblari, mashaqqatlari ko’p. Kayf-safosi, lazzatlari, rohatlari oz. Masalan, shafqat ojizlik tufayli azob beruvchi musibat bo’ladi. Muhabbat firoq tufayli baloli ayriliq bo’ladi. Lazzat zavol tufayli zaharli sharbatga aylanadi. Oxiratda esa, Janobi Haq uchun bo’lmaganlari uchun, yo foydasiz yoki azob bo’ladi. (Agar haromga kirgan bo’lsa.)

Savol:Anbiyo va avliyolarga muhabbat qanday qilib foydasiz ketadi?

Javob:Hristianlarning Iso Alayhissalomga va Rofiziylarning Hazrat Ali Raziyallohu Anhga muhabbatlari foydasiz ketgani kabi. Agar u muhabbatlar Qur'on irshod qilgan tarzda va Janobi Haq uchun va Rahmon muhabbati nomiga bo’lsa, ham dunyoda, ham oxiratda go’zal natijalari bor. Ammo dunyoda shirin taomlarga, go’zal mevalarga muhabbating azobsiz ne'mat va ayni shukr lazzat hisoblanadi.

Nafsingga muhabbat esa: Unga achinish, tarbiya qilish, zararli havaslardan man’ qilishdir. O’shanda nafs senga minmaydi, seni havosiga asir qilmaydi. Balki sen nafsingga minasan. Uni havoga emas, hidoyatga yo’llaysan.

Rafiqangga muhabbating siyrati go’zalligi, shafqat ma'dani va rahmat hadyasi ustiga bino qilingan bolib, uni samimiy sevsang va marhamat qilsang, u ham seni jiddiy hurmat qiladi va sevadi. Ikkingiz keksaygan sari bu hol ko’payadi, hayotingni bahtiyor o’tkazasan. Yo’qsa husni suratga muhabbat nafsoniy bo’lsa, muhabbat tez buziladi, go’zal hayotni ham buzadi.

Ota-onaga muhabbating Janobi Haq hisobiga bo’lgani uchun ham ibodat bo’ladi, hamda ular keksaygan sari hurmat va muhabbatni ziyodalashtirasan. Eng oliy his bilan, eng mardona himmat bilan ularning uzoq umrini jiddiy orzu qilib, birga davom etishni duo qilish, ular tufayli yanada ko’proq savob qozonay deb, samimiy hurmat bilan ularning qo’lini o’pish, ulug’ ruhoniy lazzati olish bo’ladi. Aksincha nafsoniy, dunyo e'tibori bilan bo’lsa, ular keksaygan va senga yuk bo’ladigan holatda bo’lgan vaqtlari, eng past, eng tuban his bilan borliklaridan xushlanmasdan, hayotingga sabab bo’lgan muhtaram zotlarning o’limini istasang, vahshiy, qayg’uli, ruhiy azob bo’ladi.

Farzandingga muhabbat esa: Janobi Haqning sening nazoratingga va tarbiyangga omonat qilib bergan sevimli, do’st maxluqlarga muhabbat esa, saodatli muhabbat va ne'matdir. Na musibatlari bilan ortiqcha alam chekasan, na o’limlari bilan qayg’uli faryod qilasan. Yuqorida aytilgani kabi, ularning Xoliqlari ham Hakim, ham Rahim bo’lganidan, ularning o’limi bir saodatdir, deysan. O’zing haqqingda esa, ularni senga bergan zotning rahmatini o’ylaysan. Firoq azobidan qutulasan.

Do’stlaringga muhabbating esa: Modomiki Alloh uchun ekan, do’stlardan ayriliq, hatto o’limlari suhbatingizga va qardoshligingizga mone' bo’lmagani uchun, ma'naviy muhabbat va ruhoniy aloqadan foyda olasan. Muloqot lazzati doimiy bo’ladi. Alloh uchun bo’lmasa, bir kunlik muloqot lazzati yuz kunlik ayriliq azobini keltirib chiqaradi.

{(Hoshiya) Alloh uchun bir soniya muloqot bir yildir. Dunyo uchun bo’lsa, bir yil bir soniyadir.}

Anbiyo va avliyolarga muhabbating esa: Ahli g’aflatga zim-ziyo qo’rqituvchi joy bo’lib ko’ringan barzoh olami, senga nuroniy zotlarning borligi bilan nurli manzil suratida ko’ringani uchun, u olamga borishga qo’rqish, daxshatga tushish emas, balki aksincha mayl va ishtiyoq hissini beradi, dunyoviy hayotning lazzatini qochirmaydi. Yo’qsa, ularning muhabbati madaniylarning mashxur insonlarga muhabbati turiga kirsa, komil insonlarning foniy va o’tkinchiligi moziy deb atalgan katta mozorda chirishlarini o’ylash bilan, azobli hayotingga yana bir qayg’u qo’shadi. Ya'ni, "Komil insonlarni chiritgan mozorga men ham kiraman", deya o’ylaydi. Qabristonga xavotir bilan qaraydi. "Oh!" chekadi. Avvalgi nazarda esa: Jism libosini o’tmishda tashlab, o’zlari kelajak mehmonxonasi bo’lganbarzoh olamidakamoli rohat-farog’atda o’tirishlarini o’ylaydi, qabristonga do’stona qaraydi.

Go’zal narsalarga muhabbating, modomiki Sone'lari hisobiga ekan, "Qanday go’zal yaratilgan!" tarzidadir. Muhabbating shirin tafakkur bo’lib, husnparast, jamolparast lazzatingning nazarini yanada yuksak, yanada muqaddas va minglab marta go’zalroq jamol martabalarining hazinalariga yo’l ochadi, qaratadi. Chunki go’zal asarlardan Allohnign ishlarining go’zalligiga olib o’tadi. Undan Asmoning go’zalligiga, undan Sifatlarining go’zalligiga, undan Zoti Zuljalolning jamoli bemisoliga qalbga yo’l ochadi. Xullas, bu muhabbat bu suratda bo’lsa, ham lazzatdir, ham ibodatdir va ham tafakkurdir.

Yoshlikka muhabbating esa: Modomiki Janobi Haqning go’zal ne'mati jihatidan sevgan ekansan, albatta, uni ibodatga sarf qilasan, kayf-safoda bo’g’ib o’ldirmaysan. Shunday ekan, yoshlikda qozongan ibodatlaring, foniy yoshlikning boqiy mevalaridir. Keksayganing sari yoshlikning yaxshiliklari bo’lgan boqiy mevalarini qo’lga kiritib, yoshlikning zararlaridan, qiziqqonliklaridan qutulasan. Keksalikda ibodatga yanada ko’proq muvaffaqiyat va marhamati Ilohiyaga yanada ko’proq layoqat qozonganingni o’ylaysan. Ahli g’aflat kabi besh-o’n yillik yoshlik lazzatiga javoban, ellik yoshda "Ey voh, yoshligim ketdi!" deb afsuslanib, yoshlik uchun yig’lamaysan. Shundaylardan biri:

لَيْتَ الشَّبَابَ يَعُودُ يَوْمًا فَاُخْبِرَهُ بِمَا فَعَلَ الْمَش۪يبُ

degan. Ya'ni, "Koshki yoshligim bir kunga qaytsa edi, keksalik mening boshimga nimalar keltirganini shikoyat qilib xabar berar edim".

Bahor kabi ziynatli mashharlarga muhabbat esa: Modomiki Allohning san'atini sayr qilar ekansan, bahor o’tganda ham, tomosha lazzati yo’q bo’lmaydi. Chunki bahor zarrin maktub kabi bergan ma'nolarini xar doim tomosha qila olasan. Hayoling va zamon ikkisi ham kino tasmalari kabi tomosha lazzatini davom ettirish bilan birga bahorning ma'nolarini, go’zalliklarini yangilab turadi. Bu muhabbating pushaymonlik, azobli, vaqtincha bo’lmaydi. Lazzatli, farohli bo’ladi.

Dunyoga muhabbating esa: Modomiki Janobi Haq nomiga ekan, dunyoning daxshatli mavjudoti senga yaqin do’st hisobiga o’tadi. Oxirat dalasi jihatidan sevganing uchun hamma narsasida oxiratga foyda beradigan sarmoya, meva olishing mumkin. Na musibatlari senga daxshat beradi, na o’tishi va foniyligi aziyat beradi. Kamoli farog’at bilan musofirxonada yashash muddatingni o’tkazasan. Agar g’aflatdagilar kabi sevsang, senga yuz marta takrorlaymiz: Aziyatli, ezuvchi, bo’g’uvchi, foniylikka mahkum, natijasiz muhabbat ichida bo’g’ilib ketasan.

Ba'zi sevgililarning, agar Qur'on ko’rsatgan suratda bo’lsa, xar birining faqat yuzdan bir go’zalligini ko’rsatdik. Qur'on ko’rsatgan yo’lda bo’lmasa, yuzdan bir zararlariga ishorat qildik. Endi sevgililarning boqiy diyorda, oxirat olamida, Qur'oni Hakimning ochiq ravshan oyatlari bilan ishorat qilgan natijalarini eshitishni va tushunishni istasang, turli halol muhabbatlarning oxirat diyoridagi natijalarini bir "Bir Muqaddima" va "To’qqiz Ishorat" bilan yuzdan bir foydasini qisqacha ko’rsatamiz.

MUQADDIMA:Janobi Haq jalil-hashamatli uluhiyati bilan, jamil rahmati bilan, kabir rububiyati bilan, karim marhamati bilan, azim qudrati bilan, latif hikmati bilan shu kichkina insonning vujudini buncha tuyg’ular va hislar bilan, shu daraja organlar va jihozlar bilan, turli a'zo va asboblar bilan, ko’p turdagi tuyg’ular va ma'naviyat bilan jihozlab, ziynatlganki, ko’p nav’ va juda ko’p asboblar bilan hadsiz ne'mat turlarini, ehson qismlarini, rahmatini tabaqalarini insonga xoslagan, bildirgan, tattirgan, tanitgan, sevdirgan.

Insondagi juda ko’p asboblar va jihozlarning xar birisining turli xizmati, qulligi bo’lgani kabi, boshqa-boshqa lazzati, alami, vazifasi va mukofoti bor. Masalan, ko’z suratlardagi go’zalliklarini va ko’ringan borliqlar olamda qudratinig go’zal mo’'jizalari sinflarini tomosha qiladi. Ibrat bilan qarab Sone'iga shuk qilish uning vazifasidir. Nazarga maxsus lazzat va alam ma'lum, ta'rifga hojat yo’q.

Quloq sadolarning turlarini, latif nag’malarini va eshitilganlar olamida Janobi Haqning rahmat go’zalliklarini his qiladi. Boshqacha qullik, alohida lazzat, farqli mukofoti ham bor.

Hid bilish hissi, hidlar toifasidagi rahmat go’zalliklarini his qiladi. O’ziga maxsus shukr vazifasi, lazzati bor. Albatta, mukofoti ham bordir.

Tildagi ta’m bilish hissi butun yeyiladigan narsalarning lazzatini anglab, o’ta ko’p turda ma'naviy shukri bilan vazifa bajaradi va hokazo... Butun inson jihozlarining, qalb, aql va ruh kabi buyuk va muhim latifalarning turli tuman vazifalari, lazzatlari va azoblari bor.

Janobi Haq va Hakimi Mutlaq insonda qo’llangan bu jihozlarning, albatta, xar biriga loyiq haqlarini beradi. U ko’p turdagi muhabbat nav’larining yuqorida bayon qilingan dunyodagi hozir natijalarini hamma vijdoni bilan his qiladi va to’g’ri sezgi bilan isbotlanadi. Oxiratdagi natijalari esa, qat'iyan borligi va yuzaga chiqishini qisqacha O’ninchi So’zning o’n ikki porliq va aniq haqiqati orqali va Yigirma To’qqizinchi So’zning olti oshkor asosi bilan isbot qilingan. Tafsiloti

اَصْدَقُ الْكَلَامِ وَاَبْلَغُ النِّظَامِ كَلَامُ اللّٰهِ الْمَلِكِ الْعَز۪يزِ الْعَلَّامِ

Qur'oni Hakimning ochiq ravshan oyatlari bilan ochiq oydin, nozik ishorat shaklida tushuntirish, ramz va ishoratlari bilan qat'iyan aytilgan. Boshqa uzoq burhonlarni keltirishning keragi yo’q. Zotan boshqa So’zlarda va Jannatga doir Yigirma Sakkizinchi So’zning ikkinchi arabiy maqomida va Yigirma To’qqizinchi So’zda ko’p burhonlar o’tgan.

BIRINCHI ISHORAT:Shirin taomlarga, xush mevalarga shukr bilan halol muhabbatning uxraviy natijasini Qur'onning matni aytgan. Jannatga loyiq bir tarzda shirin taomlar, go’zal mevalardan iborat. Taomlar va u mevalarni ishtahali shakldagi muhabbatdir. Hatto dunyoda yegan meva ustida aytgan "Alhamdulilloh" kalimasi Jannat mevasi sifatida jism holiga kelib senga taqdim qilinadi. Bu yerda meva yeysan, u yerda "Alhamdulilloh" yeysan. Ne'mat va taom ichida Ilohiy in'omni va Rahmoniy iltifotni ko’rganing uchun lazzatli ma'naviy shukr Jannatda o’ta shirin taom suratida senga berilishi hadisning matni bilan, Qur'onning ishoratlati bilan, hikmat va rahmatning iqtizosi bilan sobit.

IKKINCHI ISHORAT:Dunyoda halol suratda nafsingga muhabbat, ya'ni go’zal narsalarga bino qilingan muhabbat emas, balki kamchiliklarini ko’rib, mukammallashtirishga bino qilingan shafqat bilan uni tarbiya qilish va xayrga yo’llashning natijasi sifatida Jannatda nafsga loyiq mahbublarni beriladi. Modomiki nafs dunyoda hoyu-havasini Janobi Haq yo’lida husni iste'mol qilgan ekan, jihozlarini, tuyg’ularini chiroyli suratda qo’llangan eekan, Karimi Mutlaq unga dunyodagi halol va qullik orqali qilingan muhabbatning natijasi Jannatning yetmish turdagi ziynat nav’lari va latofat-go’zalligining namunalari bo’lgan yetmish hildagi ziynatli libosni kiydirib, nafsdagi butun tuyg’ularni xursand qiladigan, unga yoqadigan yetmish husn turlari bilan vujudini bezab, xar biri ruhli kichik Jannatlar bo’lgan huriylarni boqiy diyorda berishini juda ko’p oyatlar ochiq oydin aytgan va isbot qilingan.

Dunyoda yoshlikka muhabbat, ya'ni yoshlik kuchini ibodatda sarf qilishning natijasi: Dori saodatda abadiy yoshlik bo’ladi.

UCHINCHI ISHORAT:Rafiqangni halol doirada, ya'ni xush shafqatiga, go’zal axloqiga, husni siyratiga binoan samimiy muhabbat bilan sevishning, itiatsizlikdan, boshqa gunohlardan muhofaza qilishning uxraviy natijasi - Rahimi Mutlaq rafiqangni huriylardan hham go’zal suratda, ziynatliroq tarzda, jozibadorroq ko’rinishda unga saodat diyorida abadiy rafiqani va dunyodagi eski mojarolarini bir-biriga lazzat bilan aytish va eski xotiralarni bir-biriga eslatadigan do’st, xush, abadiy yo’ldosh, sevgan va sevilgan holda berilishini va'da bergan. Albatta, U zot va'da qilgan narsasini qat'iy beradi.

TO’RTINCHI ISHORAT:Ota-ona va farzandlarga halol muhabbatning natijasi: Qur'on matni orqali Janobi Arhamur Rohimin ularning maqomlari boshqa-boshqa bo’lsa ham, yana shu bahtiyor oilaga sof tarzda suhbat lazzatini Jannatga loyiq go’zal aloqa suratida, boqiy diyorda, abadiy muloqot shaklida ehson qiladi. O’n besh yoshga kirmasdan, ya'ni balog’at yoshiga yetmay vafot qilgan bolalar وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ deb ta'bir qilingan Jannat bolalari shaklida, Jannatga loyiq tarzda, g’oyat bezalgan, sevimli suratda Jannatda ham ota-onalarining quchoqlariga beriladi. Bolani sevish va voyaga yetkazish hislarini xursand qiladi. Ota-onaga bu abadiy zavq va lazzatni beradi. Chunki bolalar mas’uliyat yoshiga kirmagani uchun, abadiy, sevimli, shirin bola bo’lib qoladilar.

Dunyoda xar bir lazzatli narsaning eng a'losi Jannatda bo’ladi. Lekin juda shirin bo’lgan bola o’stirish, ya'ni bolalarini sevib erkalash zavqi, Jannat ko’payish joyi bo’lmagani uchun, Jannatda yo’q deb o’ylanar edi. Bu suratda u ham bor. Ham eng lazzatli va shirin tarzda mavjud. Bu balog’atga yetmasdan farzandi vafot qilganlarga xushxabar!

BESHINCHI ISHORAT:Dunyoda اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ hukmiga binoan solih do’stlarga muhabbatning natijasi: Jannatda عَلٰى سُرُرٍ مُتَقَابِل۪ينَ oyatida aytilgan, bir-biriga qarata o’rnatilgan Jannat o’rindiqlarida o’tirib xush, shirin, go’zal, shirin suratda bo’ladi. Dunyo mojarolarini va eskim xotiralarini bir-biriga naql qilib vaqtlarini chog’ qilish suratida, ayriliqsiz, sof muhabbat va suhbat suratida do’stlar bilan ko’rishtirishini Qur'onning matni aytgan.

OLTINCHI ISHORAT:Anbiyo va avliyolarga Qur'on ta'rif qilgan tarzda muhabbatning natijasi: Anbiyo va avliyolarning shafoatlaridan barzohda, hashrda foydalanish bilan birga, o’ta ulug’ va ularga loyiq maqom va fayzlardan muhabbat vositasida fayz olinadi. Ha, اَلْمَرْءُ مَعَ مَنْ اَحَبَّ sirriga ko’ra, oddiy bir odam, o’zi sevgan oliy maqom zotga tobe bo’lish orqali eng yuksak maqomga yeta oladi.

YETTINCHI ISHORAT:Go’zal narsalarga va bahorga halol muhabbatning, ya'ni "Qanday go’zal yaratilgan" nazari bilan qarash, asarlarning orqasidagi ishlarning go’zalligini, intizomini va intizomi orqasida ishlarni go’zal Asmoning jilvalari deb, go’zal Asmoning orqasida Sifatlarining tajalliylarini va hokazo sevishning natijasi: Boqiy diyorda go’zal ko’rgan san’at asarlaridan ming marta go’zalroq tarzda Asmoning jilvasini va Asmo ichidagi jamol va sifatlarini Jannatda ko’rish boiladi. Hatto Imom Rabboniy (R.A.): "Jannat go’zalliklari Alloh Asmosi jilvasining ko’rinishlaridir", deganlar. Chuqur va diqqat bilan o’yla!

SAKKIZINCHI ISHORAT:Dunyoda, dunyoning oxirat ekinzori va Allohning Asmosi oynasi bo’lgan ikki go’zal yuzini tafakkur bilan muhabbat qilishning uxraviy natijasi shuki: Dunyo qadar, lekin foniy dunyo kabi o’tkinchi emas, boqiy Jannat beriladi. Dunyoda faqat zaif soyalari ko’rsatilgan Asmo Jannat oynalarida eng dabdabali suratda ko’rsatiladi.

Dunyoni oxirat ekinzori sifatida sevishning natijasi: Dunyoni ko’chatzor, ya'ni uning faqat ko’chatlarni bir daraja yetishtirgan kichik ekinzori bo’ladigan shunday Jannatni beradiki, dunyoda insoniy his tuyg’ular kichik ko’chatlar bo’lib, Jannatda eng mukammal tarzda o’sib, dunyoda urug’chalar hisoblangan iste'dodlarni lazzat va kamolot turlari bilan unib chiqqan holda berilishini Rahmati va Hikmati taqozo qiladi. Bu Hadis matni va Qur'onning ishoratlari bilan sobitdir.

Dunyoning, xar xatoning boshi bo’lgan ayblangan muhabbatni emas, balki Asmoga va oxiratga qaragan ikki yuzini Asmo va oxirat uchun sevgan, yuzlarni fikriy ibodat bilan bezagan, go’yo butun dunyosi bilan ibodat qilgan kishiga albatta, dunyo qadar mukofot olishini rahmat va hikmati taqozo qiladi. Modomiki oxirat muhabbati bilan uning ekinzorini sevgan va Janobi Haqning muhabbati bilan Asmosining oynasini sevgan ekan, albatta bu dunyo kabi sevgili istaydi. U esa dunyo qadar Jannatdir.

Savol:Bu qadar katta va xoli Jannat nimaga yaraydi?

Javob:Agar mumkin bo’lsa edi, hayol tezligida zaminning to’rt tomonini va yulduzlarning aksarini aylansang, "Butun olam meniki" deya olasan. Farishta, insonlar va hayvonlarning borligi sening xulosangga halal bermaydi. Shunga o’xshab, Jannat to’la bo’lsa ham, "Jannat meniki", deya olasan. Hadisda ba'zi ahli jannatga berilgan besh yuz yillik Jannat sirri Yigirma Sakkizinchi So’zda va Ixlos Yog’dusida bayon qilingan.

TO’QQIZINCHI ISHORAT:Iymon va Allohga muhabbatning natijasi: Kashf va tahqiq ahli bir ovozdan, dunyoning ming yil bahtli hayoti, bir soatiga arzimagan Jannat hayoti, Jannat hayotining ming yili esa soat ko’rishga arzimagan muqaddas, pok Jamol va Kamol sohibi bo’lgan Zoti Zuljalolni ko’rish-ru'yati bo’lib, {(Hoshiya) Hadisda: "Ru’yat-Ko’rish butun Jannat lazzatlaridan shu daraja yuksakdirki, ularni unuttiradi. Ru’yat-Ko’rgandan so’ng ularning husni jamoli shu daraja ko’payadiki, qaytgan vaqti saroylaridagi oilalari juda diqqat bilan zo’rg’a taniy oladilar", deb vorid bo’lgandir.} qat'iy hadisi va Qur'onning matni orqali bayon qilingan.

Hazrat Sulaymon Alayhissalom kabi muhtasham kamol bilan mashhur bo’lgan zotning ko’rishga ishtiyoqli qiziqishni, Hazrat Yusuf Alayhissalom kabi mumtoz darajada chiroyli zotga qarashga qiziqqan ishtiyoqni hamma vijdonan his qiladi. Ajabo, dunyoning butun go’zalliklari va kamolotidan ham minglab daraja yuksak, Jannatning barcha chiroy va kamoloti - Jamoli va Kamolining bir jilvasi bo’lgan Zotni ko’rish qanchalik sevilgan, qiziqtiradigan, ko’rish qay daraja istalgan va ishtiyoq beruvchi ekanini qiyos qila olsang qil.

اَللّٰهُمَّ ارْزُقْنَا فِى الدُّنْيَا حُبَّكَ وَ حُبَّ مَا يُقَرِّبُنَا اِلَيْكَ وَ الْاِسْتِقَامَةَ كَمَا اَمَرْتَ وَ فِى الْاٰخِرَةِ رَحْمَتَكَ وَ رُؤْيَتَكَ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ

TANBEH

Bu so’zning oxiridagi uzun tafsilotni uzun deb ko’rma, ahamiyatiga nisabatan qisqa bo’lib, yanada uzun bo’lishi kerak.

Barcha So’zlarda gapirgan men emasman. Balki Qur'on ishoratlar nomidan haqiqat gapirgan. Haqiqat esa haq so’ylaydi, to’g’ri gapiradi. Agar biror xato ko’rsangiz, muhaqqaq bilingki: Mening xabarim bo’lmasdan fikrim qo’shilgan, chalkashtirgan, xato qilgan.

* * *

MUNOJOT

Ey Robbim! Ulkan saroyning eshigini qoqqan odam, ochilmagan vaqti, unga ochilishi uchun saroyning eshigini boshqa qabul qilinadigan zotning saroyda ko’nikilgan ovozi bilan qoqadi. Shunga o’xshab, men bechora ham sening dargohi Rahmatingni sevgan quling bo’lgan Uvays al Qaroniyning nidosi va munojoti bilan qoqaman. Dargohingni u kishiga ochganing kabi, Rahmating bilan menga ham och.

اَقُولُ كَمَا قَالَ:

اِلٰه۪ى اَنْتَ رَبّ۪ى وَ اَنَا الْعَبْدُ ٭ وَ اَنْتَ الْخَالِقُ وَ اَنَا الْمَخْلُوقُ ٭

وَ اَنْتَ الرَّزَّاقُ وَ اَنَا الْمَرْزُوقُ ٭ وَ اَنْتَ الْمَالِكُ وَ اَنَا الْمَمْلُوكُ ٭

وَ اَنْتَ الْعَز۪يزُ وَ اَنَا الذَّل۪يلُ ٭ وَ اَنْتَ الْغَنِىُّ وَ اَنَا الْفَق۪يرُ ٭

وَ اَنْتَ الْحَىُّ وَ اَنَا الْمَيِّتُ ٭ وَ اَنْتَ الْبَاق۪ى وَ اَنَا الْفَان۪ى ٭

وَ اَنْتَ الْكَر۪يمُ وَ اَنَا اللَّئ۪يمُ ٭ وَ اَنْتَ الْمُحْسِنُ وَ اَنَا الْمُسِىءُ ٭

وَ اَنْتَ الْغَفُورُ وَ اَنَا الْمُذْنِبُ ٭ وَ اَنْتَ الْعَظ۪يمُ وَ اَنَا الْحَق۪يرُ ٭

وَ اَنْتَ الْقَوِىُّ وَ اَنَا الضَّع۪يفُ ٭

وَ اَنْتَ الْمُعْط۪ى وَ اَنَا السَّائِلُ ٭

وَ اَنْتَ الْاَم۪ينُ وَ اَنَا الْخَائِفُ ٭ وَ اَنْتَ الْجَوَّادُ وَ اَنَا الْمِسْك۪ينُ ٭

وَ اَنْتَ الْمُج۪يبُ وَ اَنَا الدَّاع۪ى ٭ وَ اَنْتَ الشَّاف۪ى وَ اَنَا الْمَر۪يضُ ٭

فَاغْفِرْل۪ى ذُنُوب۪ى وَ تَجَاوَزْ عَنّ۪ى وَ اشْفِ اَمْرَاض۪ى يَا اَللّٰهُ يَا كَاف۪ى ٭

يَا رَبُّ يَا وَاف۪ى ٭ يَا رَح۪يمُ يَا شَاف۪ى ٭ يَا كَر۪يمُ يَا مُعَاف۪ى ٭

فَاعْفُ عَنّ۪ى مِنْ كُلِّ ذَنْبٍ وَ عَافِن۪ى مِنْ كُلِّ دَاءٍ وَارْضَ عَنّ۪ى اَبَدًا بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ

٭ وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

O’TTIZ UCHINCHI SO’Z

O’ttiz Uch Derazadan iborat

Bir jihatdan O’ttiz Uchinchi Maktub va bir jihatdan O’ttiz Uchinchi So’z

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

سَنُر۪يهِمْ اٰيَاتِنَا فِى الْاٰفَاقِ وَف۪ٓى اَنْفُسِهِمْ حَتّٰى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ اَنَّهُ الْحَقُّ اَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ اَنَّهُ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ شَه۪يدٌ

Savol:Bu ikki qamrovli oyat ifodalagan Alloning birligi va borligining zaruriyligi, Rabboniy vasf va xususiyatlarga eng kichik va eng katta olam bo’lgan inson va koinotning dalil bo’lgan tomonlarini bayon qilishingizni jamlangan va qisqa suratda istaymiz. Chunki inkor qiluvchilar juda haddan oshdi. Qachongacha وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ deb, qo’limizni ko’taramiz?" deyishyapti.

Javob:Yozilgan butun o’ttiz uch adad So’zlar o’sha oyat dengizidan va fayz olingan haqiqat dengizidan o’ttiz uch tomchidan iborat. Ularga qarasangiz, javobingizni olishingiz mumkin. Hozircha u dengizdan faqat bir qatraning sizib chiqqan zarralariga ishorat qilamiz:

Masalan: Bir mo’'jizaviy kishi katta bir saroy qurishni istasa: Avvalo poydevorlarini, asoslarini muntazam hikmat bilan joylashtiradi, kelajakdagi natijalariga va maqsadlarga muvofiq tarzda tartibga soladi. So’ng manzillarga, bo’laklarga mahorat bilan ajratadi va qismlarga bo’ladi. So’ng u manzillarni to’grilab va tartibga soladi. So’ng naqshlar bilan ziynatlaydi. So’ng elektr chiroqlari bilan nurlantiradi. So’ng muhtasham va ziynatli saroyda mahoratini, ehsonlarini yangilash uchun xar bir tabaqada yangi-yangi ijodlar, o’zgartirishlar, aylantirishlar qiladi. So’ng xar bir manzilda o’z maqomiga bog’langan telefon bog’lab alohida derazalar ochadi. Xar biridan uning maqomi ko’rinadi.

Aynan shuning kabi: وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Sone'i Zuljalol, Hokimi Hakim, Adli Hakem kabi ming bir muqaddas Asmosi bilan nomlangan Fotiri Bemisol ushbu buyuk olami bo’lgan koinot saroyining va yaratilish daraxtini ijod qilishni iroda qildi. Olti kunda saroyning, shajaraning asoslarini hikmat dasturlari va azaliy ilmi qonunlari bilan joylashtirdi. So’ng yuksak va past tabaqalarga va shoxlarga ayirib, qazo va qadar dasturlari bilan bo’limlarga ayirdi va tasvirladi. So’ng xar maxluqlarning xar toifasini va xar tabaqasini san’at vca tartib dasturi bilan to’g’riladi. So’ng hamma narsani, xar bir olamni unga loyiq tarzda, masalan samoni yulduzlar bilan, zaminni gullar bilan ziynatlaganidek, bezab ziynatladi. So’ng qamrovli qonunlar va umumiy dasturlar maydonida Asmolarini tajalliy ettirib nurlantirdi. So’ng bu umumiy qonunning tazyiqidan faryod qilganlarga Rahmoni Rahim Ismlarini xususiy suratda yordam berdirdi.

Demak, qamrovli va umumiy dasturlar ichida xususiy ehsonlari, xususiy yordamlari, xususiy jilvalari borki: Hamma narsa, xar doim, xar bir hojati uchun undan yordam oladi, unga qaray oladi. So’ng xar manzildan, xar tabaqadan, xar olamdan, xar toifadan, xar bir kishidan, hamma narsadan o’zini ko’rsatadigan, ya'ni vujudini va birligini bildiradigan derazalar ochgan. Xar bir qalb ichida alohida telefon qo’ygan.

Endi bu sanoqsiz derazalardan, albatta haddimizdan oshib bahsga kirishmaymiz. Ularni Allohning keng ilmiga havola qilib, faqat Qur'on oyatining yog’dulari bo’lgan o’ttiz uch derazani O’ttiz Uchinchi So’zning O’ttiz Uchinchi Maktubining namozdan keyingi tasbehotning muborakiga o’ttiz uch adadiga muvofiq bo’lishi uchun o’ttiz uch derazaga qisqacha va muxtasar suratda ishorat qilib, izohini boshqa So’zlarga havola qilamiz.

Birinchi Deraza

Butun ashyolar, xususan hayot egalarining juda ko’p turdagi ehtiyojlaari va juda ko’p hilda orzulari borligini ko’z bilan ko’ryapmiz. Ularga Istaklari, hojatlari kutmagan, bilmagan va qo’li yetmagan joydan munosib va loyiq vaqtda berilyapti, yordamga keltirilyapti. Xolbuki muhtojlarning kuchi sanoqsiz istaklarining eng kichigiga ham yetmaydi, qo’li ulashmaydi. Sen o’zingga nazar sol: Zohiriy va botiniy tuyg’ularing, ularga kerakli narsalar kabi qo’ling yetmagan ko'plab ashyolarga muhtojsan. Butun jonzotlarni o’zingga qiyos qil. Ularning barchasi alohida-alohida Vujudi Vojibga guvohlik va yakkaligiga ishorat qilgani kabi, umumiy sinfi bilan, quyoshning ziyosi quyoshni ko’rsatgani kabi, u hol va bu vaziyat, g’ayb pardasi orqasida aqlga o’ta Karim, Rahim, Murabbiy, Mudabbir unvonlari ichida bir Vojibul Vujudni, Vohidi Ahadni ko’rsatadi.

Endi ey bilimsiz inkorchi va ey g’ofil gunohkor! Ushbu Shafqat va marhamat bilan, ko’rib, bilib qilingan hikmatli ishlarni nima bilan izohlay olasan? Kar tabiat bilanmi, ko’r kuch bilanmi, tentak tasodif bilanmi, ojiz jonsiz sabablar bilan izoh qilasanmi?

Ikkinchi Deraza

Ashyolarning borligi va xosliklari cheksiz imkon yo’llari ichida qarorsiz, soshib qolgan, shaklsiz suratda turgan vaqti, birdaniga o’ta intizomli, hikmatli aniqlanish shakli beriladi. Masalan xar bir insonning yuzida butun inson sinfining xar biriga nisbatan ajratib turadigan belgisi borligi, tashqi va ichki tuyg’ulari bilan mukammal hikmat bilan jihozlanadi. Bu esa yuzning o’ta porloq ahadiyat-yakalik tamg’asi ekanini isbotlaydi. Xar bir yuz yuzlab jihatdan bir Sone'i Hakimning borligiga guvohlik va vahdati-yagonaligiga ishorat qilganidek, barcha yuzlar izhor qilgan tamg’aning, aql ko’ziga butun ashyolarning Xoliqiga maxsus muxr ekanini ko’rsatadi.

Ey inkorchi! Hech bir jihatdan taqlid qilib bo’lmaydi. Bu tamg’alarni va umumidagi porloq Samadiyat tamg’asini qaysi dastgoh qildi deysan?

Uchinchi Deraza

Zamin yuzida to’rt yuz ming turdagi toifadan {(Hoshiya) Hatto u toifalarning bir qismi borki, bir yildagi sanog’i Odam a.s. davridan qiyomatgacha vujudga keladigan butun inson sanog’idan ko’p.} iborat butun hayvonot va nabotot sinflari qo’shini, turli tuman ozuqasi, surati, quroli, libosi, ta’limi, ishdan bo’shashi mukammal mezon va intizom bilan, hech narsa unutilmasdan, hech birini adashtirmaydigan bir suratda boshqarish va tarbiya qilish shunday tamg’aki, hech qanday shubha qabul qilmaydigan, quyosh kabi porloq Vohidi Ahadning tamg’asidir.

Cheksiz qudrat, bepoyon ilm va nihoyatsiz hikmat Sohibidan boshqa ushbu cheksiz darajada g’aroyib boshqaruvga qo’shilishga kimning haddi sig’adi. Chunki kim bir-biri ichida aralashgan sinflar, millatlarning barchasini birdan boshqara va tarbiyalay olmasa, ulardan biriga qo’shilsa, albatta chalkashtiradi. Xolbuki, فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ ning sirriga asosan, hech qanday chalkashlik belgisi yo’q. Demak, hech kimning qo’li aralasha olmaydi.

To’rtinchi Deraza

Iste'dod tili bilan butun urug’lar tomonidan, tabiiy ehtiyoj tili bilan butun hayvonlar tarafidan va chorasizlik va majburlik tili bilan butun chorasiz qolganlar tomonidan qilingan duolarning qabul qilinishidir.

Ushbu cheksiz duolarning qabul bo’lgani va ijobatini kuzatiladi. Ularning xar biri Allohning borligining vojibligi va vahdat-birligiga shahodat va ishorat qilgani kabi, barchasi katta miqyosda bir Xoliqi Rahim, Karim va Mujibga ochiq oydin dalolat qiladi va qaratadi.

Beshinchi Deraza

Ashyolar, xususan hayot egalari birdan, oniy vaqtda vujudga keladi. Oddiy moddadan birdan va oniy suratda chiqqan narsalar o’ta oddiy, shaklsiz, san'atsiz bo’lishi kerak. Lekin ko’p mahoratga muhtoj go’zal san'atda, uzoq vaqt kerak bo’ladigan ahamiyatli naqshlar bilan bezalgan, ko’p jihozlarga muhtoj ajib san'atlar bilan ziynatlangan, ko’p moddalarga muhtoj suratda yaratilyapti.

Birdan va oniy ushbu g’aroyib san'at va go’zal hay'at har biri bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik qiladi. Allohning rububiyatidagi birligiga ishorat qiladi. Ularning barchasi o’ta porloq bir tarzda nihoyatsiz Qodir, nihoyatsiz Hakim bo’lgan Vojibul Vujudni ko’rsatadi.

Endi ey tentak inkorchi! Qani buni nima bilan izohlaysan! O’zing kabi tentak, ojiz, johil tabiat bilanmi? Yoki cheksiz daraja xato qilib, Muqaddas Sone'ga "Tabiat" nomini berib, uning qudratinign mo’'jizalarini shu nom bahonasida tabiat yaratdi deb, ming daraja imkonsiz narsani birdan qilishni istaysanmi?

Oltinchi Deraza

اِنَّ ف۪ى خَلْقِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافِ الَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّت۪ى تَجْر۪ى فِى الْبَحْرِ بِمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَٓا اَنْزَلَ اللّٰهُ مِنَ السَّمَٓاءِ مِنْ مَٓاءٍ فَاَحْيَا بِهِ الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ ف۪يهَا مِنْ كُلِّ دَٓابَّةٍ وَتَصْر۪يفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَٓاءِ وَالْاَرْضِ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ

Bu oyat Alllohning borligining vojibligi va Vahdat-yakkaligini ko’rsatgani kabi, bir Ismi A'zamni ko’rsatgan o’ta ulkan derazadir.

Oyatning xulosasining xulosasi shuki: Koinotning yuksak va past tabaqalaridagi butun olamlar turli til bilan yagona natijani, ya'ni yagona Sone'i Hakimning rububiyatini ko’rsatadi.

Osmonda (hatto astronomiyaga asosan) o’ta buyuk natijalar uchun o’ta intizomli harakatlar bir Qodiri Zuljalolning borligini, vahdati-yakkaligini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi. Xuddi shuning kabi, zaminda (jo’g’rofiyaning guvohligi va iqrori asosida) juda katta foydalar uchun, mavsumlardagi kabi o’ta intizomli o’zgarishlar ham, xuddi o’sha Qodiri Zuljalolning borligining vojibligini, vahdati-yakkalligini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Quruqlik va suvda mukammal rahmat bilan rizqlari berilgan, kamoli hikmat bilan turli hil shakllar kiydirilgan va mukammal rububiyat bilan, turli-tuman tuyg’ular bilan jihozlangan butun hayvonlar alohida-alohida Qodiri Zuljalolning borligiga yana guvohlik qilish, yakkaligi-vahdatiga ishorat qilish bilan birga, umumiy sinfi bilan o’ta keng miqyosda Uluhiyatining azamati va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Shunga o’xshab: Bog’lardagi intizomli nabotot, nabotot ko’rsatgan ziynatli gullar, gullar ko’rsatgan o’lchovli mevalar, mevalar ko’rsatgan ziynatli naqshlar, alohida-alohida yana Sone'i Hakimning borligiga guvohlik qiladi va vahdati-birligiga ishorat qilib, barchasi g’oyat ko’z qamashtiradigan suratda Jamoli rahmatini va Kamoli rububiyatini ko’rsatadi.

Osmondagi bulutlardan muhim hikmatlar, maqsadlar, kerakli foydalar va samaralar uchun vazifa yuklangan va yuborilgan tomchilar, tomchilar sanog’icha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligini, irligi-vahdatini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Shuning kabi, zamindagi butun tog’larning va ularning ichidagi ma'danlarning turli tuman xususiyatlari bilan birga boshqa-boshqa manfaatlar uchun tayyorlangan va yig’ish, tog’ matonatidagi kuch bilan yana Sone'i Hakimning borligining vojibligini, birligi-vahdatini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Sahro va tog’lardagi kichik-kichik tepaliklarning turli-tuman intizomli gullar bilan bezanishlari, xar biri bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qilish bilan birga, barchasi saltanatining hashamatini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Shuning kabi, o’t-o’lan va daraxtlardagi butun yaproqlarning turli-tuman o’lchovli shakllari, turli tuman holatlari va tortuvchi tartibli harakatlari yaproqlar sanog’icha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligini, birligi-vahdatini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Yana butun o’sadigan jiamlarning o’sish vaqti intizomli harakatlari, turli-tuman jihozlar bilan bezatilishi, rango rang mevalarga ongi bordek yo’nalishi, xar biri alohida alohida yana Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qiladi. Sinfi bilan bilan o’ta katta miqyosda qamrovli qudratini, hikmatining qurshovini, san'atining go’zalligini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Shunga o’xshab, barcha hayvoniy jasadlarda mukammal hikmat bilan nafslarini, ruhlarini joylashtirish, turli-tuman jihozlarni kamoli intizom bilan qurollantirish, farqli xizmatlarga mukammal hikmat bilan yuborish - hayvonot adadicha, balki jihozlari sanog’icha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga guvohlik va ishorat qilganlari kabi, sinfi bilan o’ta porloq suratdagi rahmatining chiroyi va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Barcha qalblarga, inson bo’lsa xar turdagi ulum va haqiqatlarni bildirgan, hayvon bo’lsa xar hil ehtiyojini qo’lga kiritishni o’rgatgan butun g’aybiy ilhomlar bir Robbi Rahimning borligini his ettiradi va rububiyatiga ishorat qiladi. Shunga o’xshab, ko’zga koinot bo’stonidagi ma'naviy gullarni to’plagan ko’z nuri kabi barcha zohiriy va botiniy tuyg’ularning ayri ayri olamlarga xar birining alohida kalit bo’lishi yana Sone'i Hakim, Fotiri Alim, Xoliqi Rahim, Razzoqi Karimning borligining vojibligini, birligi-vahdati, ahadiyati-yagonaligini va mukammal rububiyatini quyosh kabi ko’rsatadi.

Yuqorida o’tgan o’n ikki turdagi farqli derazalardan o’n ikki jihatdan bitta katta deraza ochiladi. O’n ikki rangli haqiqat ziyosi bilan Janobi Haqning yakkaligi-ahadiyatini, yagonaligi-vahdoniyatini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Mana ey badbaxt inkorchi! Ushbu yer doirasichalik, balki yillik doirasi qadar keng bo’lgan bu derazani nima bilan berkita olasan? Quyoshdek porloq nur ma'danini nima bilan so’ndira olasan va qaysi g’aflat pardasida yashira olasan?

Yettinchi Deraza

Koinotda sochilgan borliqlarning benuqson intizomi, mukammal o’lchovi, to’kis ziynatlari, ijod qilinishining osonligi, bir-biriga o’xshashlari, yagona tabiat izhor etishlari bir Sone'-i Hakimning borligining vojibligini, mukammal qudratini va birligi-vahdatini o’ta keng miqyosda ko’rsatadi.

Shunga o’xshab,

jonsiz va oddiy unsurlardan sanoqsiz, turli tuman, intizom bilan tarkib topgan narsalarning ijod qilinishi ularning adadicha yana Sone'i Hakimning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qilish bilan birga,

butun sinfi bilan o’ta porloq tarzda kamoli qudratini va vahdatini ko’rsatadi,

shuning kabi mavjudotning tarkib topishi deb ta'bir etilgan va ajralish vaqtidagi yangilanishida qorishiq va aralashish bo’lib yuksak tanlanish va ajratilish bilan,

masalan, tuproqdagi urug’lar va ildizlarning juda chalkash bo’lsada umuman adashmasdan, bir suratda unib chiqishlarini, ularni ajratish, ayirish,

daraxtlarga kirgan aralash moddalarni barg, gul va mevalarga ajratish,

badan hujayralariga aralashgan ozuqa moddalarni mukammal hikmat va kamoli mezon bilan ayirish yana Hakimi Mutlaq, Alimi Mutlaq va Qodiri Mutlaqning borligining vojibligini, mukammal qudratini va vahdatini ko’rsatgani kabi,

zarralar olamini cheksiz va keng dala qilib, xar daqiqada kamoli hikmat bilan ekib-bichib, yangi-yangi koinotlar mahsulotini olish,

jonsiz, ojiz, johil bo’lgan zarralarga o’ta shuur bilan, yuksak hikmat bilan, to’liq juch va iqtidor bilan sanoqsiz intizomli vazifalarni bajartirish yana Qodiri Zuljalolning va Sone'i Zulkamolning borligining vojibligini, mukammal qudratini, rububiyatining buyukligini, vahdatini va kamoli rububiyatini ko’rsatadi.

Bu to’rt yo’l orqali ma'rifatullohga ulkan deraza ochiladi. Sone'i Hakimni ulkan miqyosda aqlga ko’rsatadi.

Endi ey badbaxt g’ofil! Shunda ham Uni ko’rishni va tanishni istamasang, aqlingni chiqarib ot, hayvon bo’l, qutul!

Sakkizinchi Deraza

Bashariyatdagi butun nuroniy ruh sohiblari bo’lgan Anbiyolar alayhimussalom ochiq va oshkor mo’'jizalariga tayanib, butun nurli qalb qutblari bo’lgan avliyolar kashf va karomatlariga tayanib, hamma bilimli aql sohiblari bo’lgan asfiyolar izlanishlariga tayanib yakka Vohidi Ahad, Vojib-ul Vujud, Xoliqi Kulli Shayning borligining vojibligiga, birligi-vahdatiga va mukammal rububiyatiga guvohlik qilishlari juda buyuk va nuroniy derazadir. Bardavom o’sha rububiyat maqomini ko’rsatmoqda ham.

Ey bechora inkorchi! Kimga ishonib, bularni tinglamayapsan? Yoki kunduzi ko’zingni yumib dunyoni tun bo’ldi deb o’ylayapsanmi?

To’qqizinchi Deraza

Koinotdagi barcha borliqlarning qilgan ibodatlari bir Ma'budi Mutlaqni ochiq oydin ko’rsatadi. Ha,

ruhlar olami va ma’no olamiga ketgan, ruhoniy borliqlar va farishtalar bilan ko’rishgan zotlarning shahodatlari bilan isbotlangan barcha ruhoniy borliqlar va farishtalarning mukammal shakldagi qulliklari,

butun hayot egalarining kamoli intizom bilan qullik qilib vazifalar bajarishi,

unsurlar kabi butun jonsiz narsalarning mukammal itoat bilan qullik xizmatlari bir Ma'budi Bilhaqning borligining vojibligi va birligi-vahdatini ko’rsatgani kabi,

xar bir toifasi ijmo' va tavotur kuchiga ega barcha oriflarning haqiqiy ma'rifatlari,

butun shukr qiluvchilar toifasining samarador shukrlari,

butun zikr qiluvchilarning fayzli zikrlari,

butun hamd aytuvchilarning ne'matni orttirgan hamdlari,

Allohning birligiga ishonganlarning barchasining burhonli tavhidlari va tavsiflari,

barcha Allohni sevganlarning haqiqiy muhabbat va ishqlari,

butun muridlarning sodiq iroda va rag’batlari,

butun tavba qilganlarning jiddiy talab va tavbalari yana Ma'ruf, Mazkur, Mashkur, Mahmud, Vohid, Mahbub, Marg’ub, Maqsud bo’lgan Ma'budi Azaliyning borligining vojibligini, mukammal rububiyatini va vahdatini ko’rsatgani kabi,

komil insonlarnining barcha maqbul ibodatlarning va o’sha maqbul ibodatlarning natijasidan hosil bo’lgan fayzlar va munojatlar, kuzatuvlar va kashflar yana Mavjudi Lamyazal va Ma'budi Loyazalning borligining vojibligini, birligi-vahdatini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Vahdoniyatga bu uch jihatdan ulkan ziyoli deraza ochiladi.

O’ninchi Deraza

وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاَخْرَجَ بِه۪ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْفُلْكَ لِتَجْرِىَ فِى الْبَحْرِ بِاَمْرِه۪ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْاَنْهَارَ وَسَخَّرَ لَكُمُ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ دَٓائِبَيْنِ وَسَخَّرَ لَكُمُ الَّيْلَ وَالنَّهَارَ وَاٰتٰيكُمْ مِنْ كُلِّ مَا سَاَلْتُمُوهُ وَاِنْ تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللّٰهِ لَا تُحْصُوهَا

Koinotdagi mavjudotning bir-biriga yordamlashishi, ehtiyojlariga javob berishi, birdamligi ko’rsatadiki, barcha maxluqot bitta Murabbiyning tarbiyasidadir. Yagona Mudabbirning boshqaruvidadir. Yakka Mutasarrifning amri ostidadir. Bir Sayyidning xizmatkoridir.

Chunki zamindagi hayot egalariga hayot uchun kerakli narsalarni Rabboniy buyruq bilan pishirgan Quyoshdan, taqvimchilik qilgan oydan to ziyo, havo, suv, ozuqaning hayot egalalriga yordam berishiga, nabototning hayvonotga yordam berishiga, hayvonot esa insonlarga yordam berishiga hatto badandagi a’zolarning bir-biriga yordam berishiga, hatto ozuqa zarralarining badan hujayralariga yordam beishigacha joriy bo’lganyordamlashish dasturibilan jonsiz va shuursiz mavjudoti turlari karam qonuni, Shafqat qoidasi, rahmat dasturi ostida o’ta hikmat bilan, karam bilan bir-biriga yordam berish, bir-birining hojati sadosiga javob berish, bir-birini quvvatlash, albatta ochiq oydin bitta, yakto Vohidi Ahad, Fardi Samad, Qodiri Mutlaq, Alimi Mutlaq, Rahimi Mutlaq, Karimi Mutlaq bir Zoti Vojibul Vujudning xizmatkorlari va xodimlari va san’at asarlari ekanini ko’rsatadi.

Mana ey bechora xonavayron falsafiy! Bu muazzam derazaga nima deysan? Sening tasodifing bunga aralasha oladimi?

O’n Birinchi Deraza

اَلَا بِذِكْرِ اللّٰهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ

Butun ruhlar va qalblarning zalolatdan kelib chiqqan muammolar, chalkashlik va iztiroblardan kelib chiqqan ma'naviy azobdan qutulishlari, bitta Xoliqni tanish orqali bo’ladi. Butun mavjudotni birgina Sone'dan deb bilish orqali najot topadilar. Birgina Allohning zikri bilan hotirjam bo’ladilar.

Chunki sanoqsiz mavjudot bitta zotdan deb bilinmasa (Yigirma Ikkinchi So’zda qat'iy isbot qilingani kabi), xar bir narsani cheksiz sabablardan deb bilish kerak bo’ladi. Keyin bir narsaning borligi umum mavjudot qadar qiyin bo’ladi. Chunki Allohdan deb bilsa, cheksiz ashyolarni bir zotga beradi. Undan deb bilmasa, xar bir narsani cheksiz sabablardan deb bilish kerak bo’ladi. U vaqt bir meva, koinotchalik qiyinchilik paydo qiladi, balki yanada qiyinroq bo’ladi. Chunki, bir askar yuzta odamning boshqaruviga berilsa, yuz qiyinchilik bo’ladi. Yuzta askar bir zobitning boshqaruviga berilsa, bir askar hisobida oson bo’ladi. Shunga o’xshab, ko’p turdagi sabablarning bir narsani ijod qilishda birlashishi yuz daraja qiyin bo’ladi. Juda ko’p ashyolarning yaratilishi bir zotga berilsa, yuz daraja oson bo’ladi.

Demak, inson mohiyatidagi qiziquvchanlik va haqiqatni qidirish sababli cheksiz iztirobdan qutqaradigan narsa faqat Xoliq tavhidi va Allohning ma'rifatidir. Modomiki kufrda va shirkda cheksiz qiyinchilik va iztiroblar bor. Albatta u yo’l imkonsiz, haqiqati yo’q. Modomiki tavhidda mavjudotning yaratilishidagi osonlikka, ko’plikka va go’zal san'atga muvofiq bo’lib cheksiz qulaylik va osonlik bor. Albatta bu yo’l vojibdir, haqiqatdir.

Mana ey badbaxt zalolat ahli! Qara, zalolat yo’li naqadar zim-ziyo va azobli! Seni u yo’lda yurishga nima majbur qilyapti? Iymon va tavhid yo’li naqadar oson va safoli. U yerga kir, qutul!

O’n Ikkinchi Deraza

سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ الْاَعْلٰى ٭ اَلَّذ۪ى خَلَقَ فَسَوّٰى ٭ وَالَّذ۪ى قَدَّرَ فَهَدٰى

oyatining sirriga ko’ra butun ashyolarda, xususan hayotga ega san’at asarlarida hikmatli qolipdan chiqqandek, hamma narsaga surat, o’lchangan miqdorda hikmat bilan berilgani, bu surat va u miqdorda maqsadlar va foydalar uchun egri-bugri chegaralar bo’lishi, hayot muddatida o’zgartirgan libos suratlari va miqdorlari, yana hikmatlarga, manfaatlarga muvofiq tarzda hayot dasturidan tarkib topgan ma'naviy va intizomli surati, miqdor bo’lishi, ochiqdan ochiq ko’rsatadiki: Bir Qodiri Zuljalolning va Hakimi Zulkamolning qadar doirasida suratlari va shakllari tartiblangan, qudratning dastgohida vujudlari berilgan hadsiz san’at asarlari, U zotning borligining vojibligiga dalolat qiladi, birligi-vahdatiga va mukammal qudratiga cheksiz tillar bilan shahodat qiladi.

Sen o’z jismingga, a'zolaringga va ulardagi egri-bugri joylarning mevalariga va foydalariga qara! Mukammal hikmat ichida kamoli qudratni ko’r.

O’n Uchinchi Deraza

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ oyatining sirriga ko’ra, hamma narsa maxsusi tili bilan Xoliqini yod etadi, poklaydi. Ha, mavjudotning holat va gapirish tili bilan qilgan tasbehlari bitta Zoti Muqaddasning borligini ko’rsatadi. Fitratning guvohligi rad qilinmaydi. Holatining dalolati esa, xususan ko’p jihatlar bilan kelsa, shubha keltirmaydi. Qara, cheksiz fitriy shahodatni ichiga olgan, nihoyatsiz tarzlarda holat tili bilan dalolat qilgan, ich-ichida joylashgan doiralar kabi bitta markazga qaragan mavjudotning tartibli suratlarining xar biri bittadan tildir.

O’lchovli shakllarining xar biri alohida guvohlik tilidir. Mukammal hayotlarining xar biri alohida tasbeh tili bo’lib, Yigirma To’rtinchi So’zda qat'iy isbot qilingani kabi, butun tillar bilan zohiriy suratda tasbehlari, tahiyyotlari va yagona muqaddas Zotga shahodat qilishlari, ziyo quyoshni ko’rsatgani kabi, bir Zoti Vojibul Vujudni ko’rsatadi. Va kamoli uluhiyatiga dalolat qiladi.

O’n To’rtinchi Deraza

قُلْ مَنْ بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ ٭ مَا مِنْ دَٓابَّةٍ اِلَّا هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا ٭ اِنَّ رَبّ۪ى عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ حَف۪يظٌ

oyatlarining siriga ko’ra, hamma narsa xar bir narsasida va xar ishida yagona Xoliqi Zuljalolga muhtoj. Ha, koinotdagi mavjudotga qaraganda ko’ramizki: Mtlaq zaifligi ichida mutlaq quvvati ko’rinadi. Mutlaq ojizligi ichida mutlaq qudratning belgilari ko’rinyapti. Masalan, osimliklar urug’lari va ildizlaridagi hayot tugunining uyg’onishi payti ko’rsatgan g’aroyib holatlari kabi. Yana mutlaq faqirlik va quruqlik ichida mutlaq boylik yuzaga chiqadi, qishdagi tuproq va daraxtlarning faqir holatlari, bahorda ko’z qamashtiradigan boylik va sarvati kabi. Mutlaq jonsizlik ichida mutlaq hayotning alomatlari ko’rinyapti, jonsiz unsurlarning jonli moddalarga aylanishi kabi.

Mutlaq bilimsizlik ichida qamrovli shuurning belgilari ko’rinyapti. Zarralardan yulduzlargacha hamma narsaning harakatlarida olamga nizomiga, hayotga oid foydalar va hikmat maqsadlariga muvofiq tarzda harakat qilishlari va shuurli vaziyatlari kabi.

Bu ojizlik ichidagi qudrat, zaiflik ichidagi quvvat, faqirlik ichidagi sarvat va boylik, jonsizlik va johillik ichidagi hayot va shuur ochiq va zarurliy shaklda bir Qodiri Mutlaqni, Qaviyi Mutlaq va G’aniyyi Mutlaqni, Alimi Mutlaq va Hayyi Qayyum bo’lgan zotning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga qarata hamma tarafdan derazalar ochadi. Butun sinfi bilan buyuk miqyosda nuroniy yo’lni ko’rsatadi.

Mana ey tabiat botqoqligiga tushgan g’ofil! Agar tabiatni tashlab qudrati Ilohiyani tanimasang, hamma narsada xar bir narsaga, hatto xar bir zarraga cheksiz quvvat va qudrat, nihoyatsiz hikmat va mahorat, balki aksar ashyolarni ko’radigan, biladigan, boshqaradigan iqtidor borligini qabul qilishing kerak bo’ladi.

O’n Beshinchi Deraza

اَلَّذ۪ٓى اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ

oyatining sirriga ko’ra, hamma narsaning qobiliyatining mohiyatiga ko’ra mukammal mezon va intizom bilan bichilib, go’zal san'at bilan tartiblanib, eng qisqa yo’lda, eng go’zal suratda, eng yengil tarzda, qo’llash jihatidan eng oson shaklda (masalan qushlarning ko’ylaklariga va xar doim patlarini osonlik bilan o’ynatishlariga va ishlatishiga qara) isrofsiz, hikmatli tarzda vujud berish, surat kiydirish ashyolar sanog’icha tillar bilan bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga shahodat qiladi va Qodiri Alimi Mutlaqqa ishorat qiladi.

O’n Oltinchi Deraza

Ro’yi zaminda mavsum-bamavsum yangilangan maxluqotning ijod qilinishi va boshqaruvidagi tartib va intizom, ochiq oydin umumiy hikmatni ko’rsatadi. Sifat vasf qilingan narsasiz bo’lmaganidek, albatta umumiy hikmat, zarurat darajasida bir Hikmatli zotni ko’rsatadi. Hikmat pardasi ichida g’aroyib bezalish, ochiq oydin to’liq inoyatni ko’rsatadi. To’liq inoyat zarurat darajasida inoyatkor bir Xoliqi Karimni ko’rsatadi. Barcha foyda, hikmat va manfaatlar manba’i bo’lgan inoyat pardasida barchani qamragan bir lutf va ehsonlar ochiq ravshan keng rahmatni ko’rsatadi. Keng rahmat esa, zarurat darajasida bir Rahmoni Rahimni ko’rsatadi. Rahmat pardasi ustida butun rizqqa muhtoj jonzotlarning loyiq va mukammal bir tarzda ozuqa va rizqlari, ochiq oydin tarbiya qiladigan Razzoqiyat va shafqatli rububiyatni ko’rsatadi. Tarbiya va boshqaruv zarurat darajasida bir Razzoqi Karimni ko’rsatadi.

Zaminning yuzida mukammal hikmat bilan tarbiya qilingan, kamoli inoyat bilan ziynatlangan va to’liq rahmat bilan lutf qilingan, kamoli shafqat bilan oziqlantirilgan butun maxluqot alohida-alohida bir Sone'i Hakim, Karim, Rahim, Razzoqning borligining vojibligiga guvohlik va birligi-vahdatiga ishorat qiladi. Butun yer yuzida bo’lgan, umumida ko’rilgan, ochiq ravshan maqsad va irodani ko’rsatgan umumiy hikmat, hikmatni o’z ichiga olgan butun mavjudotni qamragan umumiy to’liq inoyat, inoyat va hikmatni ichiga olgan va butun yer yuzi mavjudotini qamragan keng rahmat, rahmat, hikmat va inoyatni ham ichiga olgan barcha jonzotlarni qamragan va o’ta karamli rizq va umumiy oziqlantirishga birdan nazarga sol, ko’r.

Yeti ziyoni tashkil etadi. Yer yuzini nurlantirgan ziyo, shubhasiz quyoshni ko’rsatadi. Shunga o’xshab, hikmat ichidagi inoyat, inoyat ichidagi rahmat, rahmat ichidagi rizq bilan oziqlanish yuksak darjada Hakim, Karim, Rahim, Razzoq bo’lgan Vojibul Vujudning birligi-vahdatini va mukamma rububiyatini ulkan miqyosda, yuksak darajada, porloq suratda ko’rsatadi.

Mana ey tentak g’ofil inkorchi! Ko’z o’ngingdagi ushbu hikmatli, karamli, mehribon, rizq berib tarbiyani va bu ajib, g’aroyib va mo’'jizaviy holatni nima bilan izohlay olasan? Sen kabi bebosh tasodif bilanmi? Qalbing kabi ko’r kuch bilanmi? Boshing kabi garang tabiat bilanmi? Sendek ojiz, jonsiz, johil sabablar bilanmi? Yo’qsa cheksiz darajada muqaddas, pok va yuksak, yuksak va benihoyat Qodir, Alim, Sami', Basir bo’lgan Zoti Zuljalolni nihoyatsiz darajada ojiz, johil, kar, ko’r, mumkin, miskin bo’lgan "tabiat" deb nomlab cheksiz xato qilishni istaysanmi? Ushbu quyoshdek porloq haqiqatni qaysi kuch bilan so’ndira olasan? Qaysi g’aflat pardasi ostida yashira olasan?

O’n Yettinchi Deraza

اِنَّ فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ لَاٰيَاتٍ لِلْمُؤْمِن۪ينَ

Zamin yuzini yozda tomosha qilib, ko’ryapmizki, ashyolarni ijod qilishda qorishiqlikni taqozo qiladigan va intizomning buzilishiga sabab bo’ladigan cheksiz saxovat va bir mutlaq boylik, yuksak darajada tartib va intizom ichida ko’rinmoqda. Ana, zamin yuzini ziynatlab turgan butun nabototni ko’r!

O’llchovni buzadigan va qo’pollikni taqozo qiladigan ahyolarni ijod qilishda mutlaq tezlik ham mukammal o’lchov va muvozanat ichida ekani kuzatilmoqda. Ana, zamin yuzini bezab turgan butun mevalarga qara!

Yana, ahamiyatsiz qolish, balki xunuklikni taqozo qiladigan mutlaq ko’plik ham mukammal husni san'at ichida ko’rinmoqda. Yer yuzini bezab turgan barcha gullarga qara!

Yana, san'atsizlik, oddiylikni taqozo qiladigan ashyolarni ijod qilishda mutlaq qulaylik ham yuksak darajada san'atkorlik, mahorat va e'tibor bilan ishlangani ko’rinmoqda. Yer yuzidagi daraxt va nabotot jihozotining sandiqchalari, dasturlari va hayot yo’llarining qutichalari hisoblangan barcha danaklarga, urug’larga diqqat bilan qara!

Yana, ixtilof va ayriliqni taqozo qiladigan uzoqlik va mutlaq olislik mutlaq birlashgani ko’rinmoqda. Yer yuzining to’rt tomoniga ekilgan xar hil urug’larga qara!

Yana, qorishiqlikni va chalkashlikni taqozo qiladigan o’ta aralash quralash bo’lishi kerak. Lekin aksincha mukammal tanlov va ajratilish kuzatilmoqda. Yer ostiga aralash holda tashlangan va modda jihatida bir-biriga o’xshagan urug’larning unib chiqayotganda mukammal tanlanishlari, daraxtlarga kirayotgan turli hil moddalarning barg, gul va mevalarga mukammal tanlov bilan ajratilishi, oshqozonga kirayotgan aralash-quralash ovqatlarning turli hil a'zo va hujayralarga mukammal tanlov bilan ajralishlariga qara! Mukammal hikmat ichida kamoli qudratni ko’r!

Yana, ahamiyatsiz va qiymatsiz qolishni taqozo qiladigan o’ta qorishiqlik va yuksak darajada arzonlik, yer yuzida mavjudot jihatidan, san'at jihatidan o’ta qiymatli va qimmat holatda ko’rinmoqda. Ana, o’sha hadsiz ajoyib san'atlar ichida yer yuzining Rahmoniy dasturxonida faqatgina qudratning shakarporalari bo’lgan tutlarning tirlariga qara! Kamoli san'at ichida mukammal rahmatni ko’r!

Butun ro’yi zaminda o’ta qiymatdorlik bilan birga cheksiz arzonlik,

cheksiz arzonlik ichida hadsiz aralash va qorishiqlik bilan birga cheksiz tanlanish va ajratish,

cheksiz tanlanish va ajratish ichida o’ta uzoqlik bilan birga eng yuksak darajada muvofiqlik va o’xshashlik,

eng yuksak darajada o’xshashlik ichida juda osonlik va qulaylik bilan birga yuksak darajada e'tibor bilan bajarilish,

yuksak darajada chiroyli bajarilish ichida mutlaq tezlik va tezlik bilan birga yuksak darajada o’lchovli, mezonli va isrofsizlik,

yuksak darajada isrofsizlik ichida o’ta ko’plik va ko’plik bilan birga yuksak darajada husni san'at,

yuksak darajada husni san'at ichida o’ta saxovat bilan birga mutlaq intizom - albatta kunduz yorug’likni, yorug’lik quyoshni ko’rsatgani kabi bir Qodiyri Zuljalolning, Hakimi Zulkamolning, Rahimi Zuljamolning borligining vojibligiga, mukammal qudratiga, jamoli rububiyatiga va yagonaligi-vahdoniyatiga va yakkaligi-ahadiyatiga shahodat qilishadi. لَهُ الْاَسْمَٓاءُ الْحُسْنٰى haqiqatini ko’rsatadilar.

Endi, ey bechora johil, g’ofil, qaysar, inkorchi! Ushbu azim haqiqatni qanday tafsir qila olasan? Yuksak darajada mo’'jiza va g’aroyib xususiyatni qanday izoh qila olasan? Hadsiz darajada ajoyib san'atlarni nimaga nisbat bera olasan? Ushbu yer yuzi miqyosida keng derazaga qaysi g’aflat pardasini tashlab, berkita olasan?

Sening tasodifing qayerda, tabiat degan va ishongan shuursiz yo’ldoshing, zalolatda tayangan joying va hamrohing qayerda? Bu ishlarga tasodifning aralashishi yuz daraja imkonsiz emasmi? Va shu g’aroyib ishlarning mingdan birini tabiatga havola qilinishi ming daraja imkonsiz bo’lmaydimi? Yoki bo’lmasa, jonsiz, ojiz tabiatning, xar bir narsaning ichida, o’sha narsadan qilingan narsalar sanog’icha ma'naviy uskuna va matbaalari bormi?

O’n Sakkizinchi Deraza

اَوَلَمْ يَنْظُرُوا ف۪ى مَلَكُوتِ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ

Yigirma Ikkinchi So’zda izohlangan ushbu misolga qara: Mukammal, intizomli, san'atli saroy kabi asar, ochiq oydin intizomli ishga dalolat qiladi. Ya'ni, bino duradgorlikka dalolat qiladi. Mukammal, intizomli ish, zarurat darajasida mukammal qiluvchiga va mohir ustaga, duradgorga dalolat qiladi. Mukammal usta va duradgor unvonlari, ochiq oydin mukammal sifatga, ya'ni san'at malakasiga dalolat qiladi. Mukammal sifat va mukammal san’at malakasi, ochiq ravshan mukammal iste'dodning vujudiga dalolat qiladi. Mukammal iste'dod esa, oliy ruh va ulug’ zotning borligiga dalolat qiladi.

Shuning kabi, zamin yuzini, balki koinotni to’ldirgan yangilanayotgan asarlar, ochiq ravshan o’ta mukammal darajadagi ishni ko’rsatadi. Yuksak darajadagi intizom va hikmat doirasidagi ish, ochiq ravshan unvonlari va ismlari mukammal bo’lgan bir bajaruvchini ko’rsatadi. Chunki intizomli, hikmatli ishlar bajaruvchisiz bo’lmasligi qat'iyan ma'lum. Yuksak daraja mukammal unvonlar o’sha bajaruvchining o’ta mukammal sifatlariga dalolat qiladi. Chunki sarf faniga asosan ismi foil (bajaruvchi) infinitiv-masdardan yasaladi. Shunga o’xshab, unvonlarning va ismlarning masdarlari va manba'lari sifatlardir. O’ta mukammal darajadagi sifatlar, shubhasiz o’ta mukammal zotiy xususiyatlarga dalolat qiladi. Zotidagi qobiliyat deb biz ta'bir qila olmagan mukammal zotiy xususiyatlar, tajriba orqali olingan aniqlikda cheksiz mukammal darajada bo’lgan bir zotga dalolat qiladi.

Butun olamdagi san'at asarlari va butun maxluqotlar, xar biri alohida mukammal asar bo’lgani sabab, xar biri bir ishga, ish esa ismga, ism esa vasfga, vasf esa xususiyatga, xususiyat esa zotga shahodat qilgani uchun, mavjudot sanog’icha birgina Sone'i Zuljalolning borligining vojibligiga shahodat qiladi, yakkaligi-ahadiyatiga ishorat qilgani kabi, butun sinfi bilan, maxluqot silsilasi qadar kuchli tarzda ma'rifat me'roji hisoblanadi. Hech bir jihatda ichiga shubha kirmagan silsila holidagi haqiqat burhonidir.

Endi ey bechora g’ofil inkorchi! Koinot silsilasi qadar ushbu kuchli burhonni nima bilan sindira olasan? Mavjudot sanog’icha haqiqatlarning shu’lasini ko’rsatgan cheksiz tuynukli va panjarali derazani nima bilan berkita olasan? Qaysi g’aflat pardasini ustiga torta olasan?

O’n To’qqizinchi Deraza

تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

oyatining sirriga ko’ra, Sone'i Zuljalol osmon jismlari shu qadar hikmatlar, ma'nolar taqqanki, go’yo jalol va jamolini ifoda qilish uchun samovotni, quyoshlar, oylar, yulduzlar so’zlari bilan bezagani kabi, osmondagi mavjudotga shunday hikmatlar, ma'nolar va maqsadlar taqqanki, go’yo osmonni yashin, chaqmoq, momaqaldiroq, tomchilar so’zlari bilan gapirtiradi. Mukammal hikmat va go’zal rahmatini dars beradi. Zamin boshini hayvonot va nabotot deyilgan ma'noli kalimalari bilan gapirtirib, koinotga mukammal san'atini ko’rsatadi.

Shuning kabi, so’zlari hisoblangan nabotlarni va daraxtlarni yaproqlar, gullar, mevalar kalimalari bilan gapirtirib, yana mukammal san'atini va rahmati jamolini e'lon qiladi. Xar biri bir so’z bo’lgan gullar va mevalarni urug’chalar kalimalari bilan gapirtirib, nozik san'atini va mukammal rububiyatini shuur sohiblariga ta'lim beradi. Ushbu sanoqsiz tasbeh kalimalari ichida faqat birgina boshoq va bitta gulning ifoda tarziga quloq solib tinglaymiz. Shahodat qilayotganini, bilamiz.

Ha, xar bir o’simlik, xar bir daraxt juda ko’p tillar bilan Sone'larini shunday ko’rsatadilarki, diqqat qilganlarni hayratlarda qoldiradi va qaraganlarga "Subhanalloh! Naqadar go’zal guvohlik qilyapti!" dediradi.

Ha, xar bir o’simlikning gul ochgan payti va boshoq chiqarishi onida tabassum qilgan ma'naviy gapirishi hangomidagi tasbehlari o’zlari kabi go’zal va ochiq ravshan. Chunki xar bir gulning chiroyli og’zi bilan va intizomli boshoqning tili bilan, o’lchovli danaklarning va intizomli urug’larning so’zlari bilan hikmatni ko’rsatgan nizom, ilmni ko’rsatgan mezon ichida ekani kuzatilyapti. Mezon esa, mahoratli san'atini ko’rsatgan bir san'at naqshi ichida. Naqshinkor san'at lutf va karamni ko’rsatgan ziynat ichidadir. Ziynat esa rahmat va ehsonni ko’rsatgan latif hidlar ichidadir. Bir-biri ichidagi ma'noli holatlar shunday shahodat tiliki, ham Sone'i Zuljamolini Asmosi bilan ta'riflaydi, vasflari bilan tavsif etadi, Asmosining jilvasini tafsir qiladi, o’zini sevdirish va tanitishini, ya'ni sevdirilishini va tanitilishini ifoda qiladi.

Mana, birgina guldan bunday guvohlikni eshitsang, ajabo, zamin yuzidagi Rabboniy bog’larda barcha gillarni tinglay olsang, qay daraja yuksak kuch bilan Sone'i Zuljalolning borligining vojibligini va birligi-vahdatini e'lon qilganlarini eshitsang, biror shubhang, vasvasang va g’aflating qolishi mumkinmi? Agar qolsa, seni inson va shuur sohibi deyish mumkinmi?

Kel, endi bir daraxtga diqqat bilan qara! Bahorda barglarning intizom bilan chiqishi, gullarning o’lchov bilan ochilishi, mevalarning hikmat va rahmat bilan o’sishi va shoxlarning qo’llarida, ma'sum bolalar kabi, shabada esganda o’ynashi ichidagi latif og’zini ko’r. Bir karam qo’li bilan ko’kargan yaproqlarning tili bilan, bir lutfu karam sevinchi bilan tabassum qilgan gullarning tili bilan, rahmat jilvasi bilan kulgan mevalarning so’zlari bilan ifodalagan hikmatli nizom ichidagi adolatli mezon, adolatni ko’rsatgan mezon ichidagi diqqatli san'atlar, naqshlar, mahoratli naqshlar va ziynatlar ichida rahmat va ehsonni ko’rsatgan turli tuman shirin ta’mlar, turli hil xushbo’y hidlar va mazali ta’mlar ichida alohida mo’'jizaviy qudrat bo’lgan urug’lar va danaklar, o’ta ochiq suratda bir Sone'i Hakim, Karim, Rahim, Muhsin, Mun'im, Mujammil, Mufazzilning borligining vojibligini, birligi-vahdatini, rahmatining go’zalligini va mukammal rububiyatini ko’rsatadi.

Agar butun ro’yi zamindagi daraxtlarning holat tilini birdan tinglay olsang,

يُسَبِّحُ لِلّٰهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَمَا فِى الْاَرْضِ

xazinasida naqadar go’zal javohirlar borligini ko’rasan, anglaysan.

Mana ey nonko’rlik ichida o’zini bebosh deb o’ylagan badbaxt g’ofil! Bu daraja cheksizz tillar bilan o’zini senga tanitayotgan, bildirayotgan va sevdirayotgan bir Karimi Zuljamol, tanilishni istamasa, bu tillarni gapirtirmaslik kerak bo’ladi. Modomiki mot qilinmas ekan, tinglash kerak bo’ladi. G’aflat bilan qulog’ingni yopsang qutula olmaysan. Chunki sen qulog’ingni yopsang ham koinot sukut saqlamaydi, mavjudot jim turmaydi, vahdoniyat guvohlari jim bo’lmaydi. Albatta seni mahkum qiladi.

Yigirmanchi Deraza

{(Hoshiya) Ushbu Yigirmanchi Derazaning haqiqati bir kuni Arabiy suratda quyidagicah qalbga kelgan edi:

تَلَئلْاُ الضِّيَاءِ مِنْ تَنْو۪يرِكَ تَشْه۪يرِكَ ٭ تَمَوُّجُ الْاِعْصَارِ مِنْ تَصْر۪يفِكَ تَوْظ۪يفِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَعْظَمَ سُلْطَانَكَ

تَفَجُّرُ الْاَنْهَارِ مِنْ تَدْخ۪يرِكَ تَسْخ۪يرِكَ٭ تَزَيُّنُ الْاَحْجَارِ مِنْ تَدْب۪يرِكَ تَصْو۪يرِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَبْدَعَ حِكْمَتَكَ

تَبَسُّمُ الْاَزْهَارِ مِنْ تَزْي۪ينِكَ تَحْس۪ينِكَ ٭ تَبَرُّجُ الْاَثْمَارِ مِنْ اِنْعَامِكَ اِكْرَامِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَحْسَنَ صَنْعَتَكَ

تَسَجُّعُ الْاَطْيَارِ مِنْ اِنْطَاقِكَ اِرْفَاقِكَ ٭ تَهَزُّجُ الْاَمْطَارِ مِنْ اِنْزَالِكَ اِفْضَالِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَوْسَعَ رَحْمَتَكَ

تَحَرُّكُ الْاَقْمَارِ مِنْ تَقْد۪يرِكَ تَدْب۪يرِكَ تَدْو۪يرِكَ تَنْو۪يرِكَ ٭ سُبْحَانَكَ مَا اَنْوَرَ بُرْهَانَكَ مَا اَبْهَرَ سُلْطَانَكَ

}

فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُٓ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ ٭ وَ اَرْسَلْنَا الرِّيَاحَ لَوَاقِحَ فَاَنْزَلْنَا مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاَسْقَيْنَاكُمُوهُ وَ مَٓا اَنْتُمْ لَهُ بِخَازِن۪ينَ ٭

Qismlar, natijalar va tafsilotda mukammal hikmat va go’zal san'at ko’rinyapti. Shuning kabi, tasodifiy va chalkash deb o’ylangan umumkiy unsurlarning, ulkan maxluqotning zohiran chalkash holatlari ham hikmat va san'at bilan turishadi. Ziyoning porlashi, boshqa hikmatli xizmatlar ko’rsatadiki, yer yuzida Ilohiyani san’at asarlari Rabboniy izn bilan ko’rgazma va e'lon qilishdir.

Demak, bir Sone'i Hakim tomonidan ziyo ishlatilyapti. Olam bozori ko’rgazmalaridagi antiqa san'atlarini u orqali ko’rsatyapti. Endi shamollarga qara: Boshqa hikmatli, karamli foydalar va vazifalar shahodatiga ko’ra, o’ta muhim va ko’p vazifalar bajarishyapti. Demak, esish bir Sone'i Hakim tomonidan vazifa yuklanish, xohlaganidek ishlatish va boshqarish, qo’llanishdir. Esishi esa Rabboniy amrning tez bajarilishi uchun tezlik bilan ishlash hisoblanadi.

Chashmalarga, soylarga, irmoqlarga qara. Yerdan, tog’lardan qaynab chiqishi tasodifiy emas. Chunki ularga kerakli rahmat belgilari bo’lgan foydalar va samaralarning shahodati bilan, tog’larda ehtiyoj o’lchovi bilan yig’ilishining tili bilan, hikmat mezoni bilan yuborilishlari ko’rsatilyaptiki, bir Robbi Hakimning bo’ysundirishi va yig’ishi bilan amalga oshyapti. Qaynab toshishi esa, uning amriga hayajon bilan buyruqqa bo’sunishidir.

Yerdagi barcha toshlar, javohirlar va ma'danlarning turlariga qara. Ularni bezash va manfaatli xususiyati bir Sone'i Hakimning bezashi, tartibi, tadbiri, tasviri bilan amalga oshayotganini, ularga tegishli hikmatli foydalari va hayotiy foydali narsalar, insonlar uchun kerakli narsalar va hayvonlarga oid ehtiyojlar muvofiq bir tarzda tayyorlanishi ko’rsatyapti.

Endi gullarga, mevalarga qara! Ularning kulimsirashi, ta'mlari, go’zalliklari, naqshlari va hid taratishlari bir Sone'i Karimning, Mun'imi Rahimning dasturxonida alohida tartib, bittadan taklifnoma hisoblanib, turli rang, hid va ta'mlar bilan xar turga alohida tartib va taklifnoma sifatida berilgan.

Endi qushlarga qara! Ularning so’zlashishi va chug’urlashlari, hayrat beradigan tarzda bir-biriga ovozlar orqali hissiyotlarning ikki tarafli almashishi va maqsadini ifodalashi bir Sone'i Hakimning gapirtirishi va so’zlatganiga qat'iy dalildir.

Endi bulutlarga qara! Yomg’irning shivirlashi ma'nosiz ovoz emasligiga, chaqmoq bilan momaqaldiroq foydasiz shovqin solmaganiga qat'iy dalil shuki, xoli bo’shliqda ajoyib ishni ijod qilish, ulardan obi hayot hisoblangan tomchilarni sog’ish, zamin yuzidagi muhtoj va ishtiyoqli jonzotlarga emizishi shivirlash va shovqin o’ta ma'noli va hikmatli bo’lib, yomg’ir bir Robbi Karimning amri bilan ishtiyoqlilarga baqiradiki: "Sizlarga xushxabar, biz kelyapmiz!" degan ma'noni ifodalaydilar.

Endi osmonga qara! Osmonda cheksiz jismlardan faqat oyga e'tibor ber! U bir Qodiri Hakimning amri bilan harakatlanishi, unga tegishli yer yuziga oid muhim hikmatlari bo’lib, boshqa joyda bayon qilganimiz uchun xotima qilamiz.

Ziyodan oygacha biz sanab o’tgan umumiy unsurlar o’ta keng tarzda va ulkan miqyosda bir deraza ochadi. Bir Vojibul Vujudning vahdatini, mukammal kamoli qudratini va saltanatining buyukligini ko’rsatadi, e'lon qiladi.

Mana ey g’ofil! Agar ushbu momaqaldiroqdek bu sadoni jim qila olsang va quyoshning nuri kabi porloq ziyoni so’ndira olsang, Allohni unut. Yo’qsa esingni yig’!

سُبْحَانَ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ

degin.

Yigirma Birinchi Deraza

وَ الشَّمْسُ تَجْر۪ى لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا ذٰلِكَ تَقْد۪يرُ الْعَز۪يزِ الْعَل۪يمِ

Koinotning chirog’i bo’lgan quyosh, koinot Sone'ining borligiga va vahdoniyatiga quyoshdek porloq va nuroniy derazadir. Ha, quyosh tizimi deyilgan yerimiz bilan birga o’n ikki sayyora, jussasi kattalik-kichiklik e'tibori bilan juda ham turlicha, joylashishi uzoqlik-yaqinlik nuqtasida juda ham farqli va tezkor harakatlari xar hil bo’lsada, mukammal intizom va hikmat bilan, kamoli mezon bilan va bir soniya ham adashmasdan harakatlanaishi, aylanishi va quyosh bilan tortishish qonuni deyilgan Ilohiy qonuni bilan bog’lanishi, ya'ni imomlariga iqtidolari katta miqyosda Allohning azamatli qudratini va Rabboniy birlik-vahdoniyatini ko’rsatadi. Chunki jonsiz jussalarni, shuursiz ulkan to’dalarni o’ta intizom va hikmat mezoni ichida turli shakllarda, farqli masofalarda, ayri harakatlarda aylantirish, ishlatish qay darajada qudrat va bir hikmatni isbotlaganini qiyos qil.

Bu ulkan va og’ir ishga zarra miqdor tasodif qo’shilsa, shunday portlash sodir bo’ladiki, koinotni yo’qotib yuboradi. Chunki bittasiga bir daqiqa tasodif to’xtatsa, o’z o’qidan chiqishiga sabab bo’ladi, boshqasi bilan to’qnashishga yo’l ochadi. Yer kurrasidan ming marta katta jismlar bilan to’qnashish qay daraja dahshatli bo’lishini qiyoslashing mumkin.

Quyosh tizimining, ya'ni quyoshning xodimlari va mevalari bo’lgan o’n ikki sayyoraning ajoyib narsalarini Allohning bepoyon ilmiga havola qilib, faqat ko’z o’ngimizdagi sayyoramiz bo’lgan yerga qaraymiz, ko’ramizki: Sayyoramiz bir buyuk va hashamatli boshqaruv va tarbiyachilikni, Allohning saltanatining hashmatini, mukammal rahmatni va hikmatni ko’rsatadigan suratda Quyosh atrofida, Rabboniy amri bilan, (Uchinchi Maktubda bayon qilingani kabi) juda ulkan xizmat uchun unga uzun sayru-sayohat qildirilyapti. Bir Rabboniy kema bo’lib Allohning hayratga slogan san’at asarlari bilan to’ldirilgan va shuur sohibi bo’lgan Allohning qullariga sayr joyi kabi bir sayyor maskan vaziyati berilgan. Vaqt va hisobni bildiruvchi soat mili kabi oyga, nozik hisob bilan, azim hikmatlar bilan taqilgan va boshqa manzillarda boshqa sayru-sayohat berilgan.

Bu muborak sayyoramizning bu holatlari yer kurrasi quvvatidagi shahodat bilan bir Qodiri Mutlaqning borligining vojibligini va vahdsati-birligini isbotlaydi. Modomiki sayyoramiz bunday ekan. Quyosh tizimini unga qiyoslashing mumkin. Quyoshga ham, o’z o’qi atrofid tortishish deyilgan ma'naviy iplarni kalavaga o’rash uchun charxpalak va chig’iriq hisoblangan quyoshni, bir Qodiri Zuljalolning amri bilan aylantirib, sayyoralarni ma'naviy iplar bilan bog’lab tartibga solish, quyoshni butun sayyoralari bilan soniyada besh soatlik masofani bosib o’tadigan tezlikda, bir taxminga ko’ra "Harqul burji" tarafiga yoki Somonyo’li tizimi markazidagi qora tuynuk tomon albatta azal va abad sultoni bo’lgan Zoti Zuljalolning qudrati bilan va amri bilan yo’llaydi. Go’yo rububiyatining hashamatini ko’rsatish uchun bu amrga tayyor askarlari hisoblangan quyosh tizimi qo’shini bilan bir harakat qildiradi.

Ey astronom janob! Qaysi tasodif bu ishlarga aralasha oladi? Qaysi sabablarning qo’li bunga yetisha oladi? Qaysi kuch bunga yaqinlasha oladi? Qani, sen ayt! Bunday Sultoni Zuljalol ojizligini ko’rsatib mulkiga boshqasini aralashtiradimi hech?! Xususan koinotning mevasi, natijasi, g’oyasi, xulosasi bo’lgan hayot egalarini boshqa qo’llarga beradimi? Boshqani mudohala ettiradimi? Xususan mevalarning eng jamlagani, natijalarning eng mukammali, zaminning xalifasi va Sultonga oyna musofiri bo’lgan insonlarni bebosh qoldiradimi? Ularni tabiatga va tasodifga havola qilib, saltanatining hashamatini yo’qqa chiqaradimi, kamoli hikmatini sukut ettiradimi?

Yigirma Ikkinchi Deraza

اَلَمْ نَجْعَلِ الْاَرْضَ مِهَادًا ٭ وَ الْجِبَالَ اَوْتَادًا ٭ وَخَلَقْنَاكُمْ اَزْوَاجًا ٭

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا

Yer kurrasi bir bosh bo’lib, yuz ming og’zi bor. Xar bir og’zida yuz ming tili bor. Xar tilida yuz ming burhoni borki. Xar biri ko’p jihatdan Vojibul Vujud, Vohidi Ahad, hamma narsaga qodir, hamma narsani biladigan Zoti Zuljalolning borligining vojibligiga, birligi-vahdatiga, muqaddas vasflariga va Asmo-i Husnasiga shahodat qiladilar. Ha, yerning yaratilishining boshlang’ichiga qaraymiz: Suyuq holga kelgan oquvchi moddadan tosh, toshdan tuproq yaratilgan. Suyuq qolsa edi, ustida turib bo’lmasdi. U suyuqlik tosh bo’lgandan so’ng temir kabi qattiq bo’lsa edi, foydalaniladigan bo’lmasdi. Albatta bunga bu vaziyatni bergan, yerning sakanalarining hojatlarini ko’rgan bir Sone'i Hakimning hikmatidir. So’ng tuproq tabaqasi ustiga, ostidagi ichki o’zgarishlar natijasidagi zilzilalar tog’lar orqali nafas olib, zaminni harakati va vazifasidan chalg’itmasligi va dengizning istilosidan tuproqni qutqarishi uchun, Hayot egalarining hayotiga kerakli narsalarga alohida xazina bo’lishi, havoni tarashi, nafas olishi uchun zararli gazlardan tozalashi, suvlarni yig’ib to’plashi, jonzotlarga lozim bo’lgan boshqa ma'danlarga manba' va asos bo’lishi uchun tog’lar qozig’i qoqilgan.

Bu holat bir Qodiri Mutlaq va Hakimi Rahimning borligining vojibligi va birligi-vahdatiga o’ta qat'iy va kuchli guvohlik qiladi.

Ey jo’g’rofiyachi janob! Buni nima bilan izohlaysan? Qaysi tasodif ushbu hayratga slogan san’at asarlariga to’la Rabboniy kemani ajoyib ko’rgazma qilib, yuzida tizilgan ashyolardan hech birini tushirmasdan bir yilda yigirma to’rt ming yillik masofada tezlik bilan aylantiradi.

Zamin yuzidagi ajib san'atlarga qara! Unsurlarga qay daraja hikmat bilan vazifa yuklangan. Bir Qodiri Hakimning amri bilan zamin yuzidagi Rahmon musofirlariga qanday go’zal qarayapti, xizmatlarini qilyapti.

Ajib va g’aroyib san'atlar ichida rang-barang ajib, hikmatli zamin yuzi siymosidagi bu naqshinkor chiziqlarga qara! Yashovchilarga anhor va soylarni, dengiz va irmoqlarni, tog’u tepaliklarni turli maxluqlariga va qullariga loyiq alohida maskan va tashish vositasi qilgan. So’ng yuz minglab nabotot turlari va hayvonot sinflari bilan, mukammal hikmat va intizom bilan to’ldirib hayot berib jonlantirish, vaqt-vaqti bilan tartibli holda o’lim orqali vazifadan ozod qilish, yana intizomli shaklda بَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ suratida to’ldirish bir Qodiri Zuljalolning va Hakimi Zulkamolning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga yuz minglab til bilan shahodat qiladi.

Natja: Yuzi ajoyibi san'atlarga ko’rgazma, g’aroyib maxluqotga to’planish joyi, mavjudot guruhiga o’tish joyi, qullarining saflariga masjid va markaz bo’lgan zamin, butun koinotning qalbi hisobida bo’lgani uchun Vahdoniyat-birlik nurini koinot qadar ko’rsatadi.

Mana ey jo’g’rofiyachi janob! Zamin boshi yuz ming og’iz bilan, xar birida yuz ming til bilan Allohni tanitsa-yu, sen Uni tanimasang, boshingni tabiat botqoqligiga suqsang, aybing darajasini o’yla. Seni qay daraja dahshatli jazoga loyiq qilishini bil, uyg’on va boshingni botqoqlikdan chiqar.

اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ

degin.

Yigirma Uchinchi Deraza

اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَ

Hayot Rabboniy qudrat mo’'jizalarining eng nuroniysi va eng go’zalidir. Vahdoniyat burhonlarining eng kuchlisi va eng porlog’idir. Samadoniy oynalar tajalliylarining eng jamlangani va eng ochig’idir.

Hayotning faqat o’zi, bir Hayyi Qayyumni butun Asmo va Sifatlari bilan bildiradi. Chunki hayot juda ko’p Sifatlarning aralashgan ma'jun-pastasi bo’lgan ziyo va darmondir. Ziyoda yeti rang va darmonda turli davolar mavjud bo’lgani kabi, hayot ham juda ko’p Sifatlardan yasalgan haqiqatdir. Bu haqiqatdagi sifatlardan bir qismi tuyg’ular vositasida yoyilib, rivojlanib ayriladi. Aksariyati hissiyot suratida yuzaga chiqadi. Hayotdan qaynab chiqish suratida o’zini bildiradi.

Hayot koinotning tadbir va boshqarishda hukm surgan rizq, rahmat, inoyat va hikmatni o’z ichiga oladi. Go’yo hayot ularni orqasiga taqib, kirgan yeriga tortadi. Masalan, hayot bir jismga, badanga kirgan vaqt, Hakim Ismi ham tajalliy etadi, hikmat bilan uyasini go’zal qilib tartibga keltiradi. Ayni vaziyatda Karim Ismi ham tajalliy etib, maskanini ehtiyojlariga ko’ra tuzadi va bezaydi. Yana ayni holda Rahim Ismining jilvasi ko’rinadi. U hayotning davom etishi va kamolga yetishi uchun turli-tuman ehsonlarni lutf etadi. Yana bu yerda Razzoq ismining jilvasi ko’rinadi. U hayotning davom etishi va rivojlanishiga kerakli moddiy, ma'naviy ozuqalarni yetishtiradi. Qisman badanida to’playdi.

Demak, hayot bir markaziy nuqta bo’lib, bir-biri ichiga turli sifatlar kiradi, balki bir-birining aynisi bo’ladi. Go’yo hayot to’lig’icha ham ilmdir, ayni holda qudratdir, ayni holda ham hikmat va rahmatdir va hokazo. Mana, hayot jamlovchi mohiyati orqali Allohning zotiy sifatlariga oynadorlik qilgan Samadiyat oynasidir. Bu sirga asosan, Hayyi Qayyum bo’lgan Zoti Vojibul Vujud, hayotni juda ham ko’p va mo’llik bilan yaratib, yoyadi va ko’rsatadi. Hamma narsani hayotning atrofida to’plab, unga xizmatkor qiladi. Chunki hayotning vazifasi buyuk. Samadiyatning oynasi bo’lish oson narsa emas, oddiy bir vazifa emas.

Ko’z o’ngimizda biz xar doim ko’rayotgan son-sanoqsiz yangi-yangi hayotlar, hayotlarning asllari va zotlari bo’lgan ruhlar, birdan va hechdan vujudga kelishi va yuborilishi bir Zoti Vojibul Vujud va Hayyi Qayyumning borligining vojibligini, muqaddas Sifatlarini va Asmoi Husnasini, yog’dular quyoshni ko’rsatgani kabi ko’rsatadi. Quyoshni tanimagan va qabul qilmagan odam, kunduzni to’ldirgan ziyoni inkor qilishga qilib majbur bo’lgani kabi, Hayyi Qayyum, Muhyi va Mumit bo’lgan Shamsi Ahadiyatni tanimagan odam zamin yuzini, balki o’tmish va kelajakni to’ldirgan jonzotlarning vujudini inkor qilishi kerak va yuz daraja hayvondan ham tubanlashishi kerak. Hayot martabasidan tushib, jonsiz qat-qat johil bo’lishi kerak.

Yigirma To’rtinchi Deraza

لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

O’lim hayot qadar rububiyat burhonidir. O’ta kuchli vahdoniyat hujjatidir. اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَ oyatining dalolatiga ko’ra, o’lim, yo’qlik, qatl, fano, hechlik, majhul inqiroz emas, balki bir Foili Hakim tomonidan xizmatdan ozod etish, makon almashtirish, badan o’zgartirish, vazifadan bo’shash, badan qamog’idan ozod qilish va intizomli hikmat alomati ekani Birinchi Maktubda ko’rsatilgan.

Zamin yuzidagi san’at asarlari, jonzotlar va tirik zamin yuzi bir Sone'i Hakimning borligining vojibligiga va birligi-vahdoniyatiga shahodat qiladi. Shunga o’xshab, jonzotlar o’limi orqali bir Hayyi Boqiyning sarmadiyati-bardavomligiga va birligi-vohidiyatiga shahodat qiladi. Yigirma Ikkinchi So’zda o’lim o’ta kuchli vahdat burhoni va sarmadiyat-bardavom bo’lish hujjati ekani isbotlangan va izoh etilgani uchun bu mavzuni o’sha So’zga havola qilib, quyida faqat muhim bir hikmatini bayon qilamiz:

Jonzotlar borligi bilan bir Vojibul Vujudning borligiga dalolat qiladi. Shunga o’xshab, jonzotlar o’limlari orqali bir Hayyi Boqiyning sarmadiyati-bardavomligiga, birligi-vohidiyatiga guvohlik qiladi. Masalan, birgina jonzot bo’lgan zamin yuzi tartibi bilan, holatlari bilan Sone'ni ko’rsatgani kabi, o’lgan vaqti, ya'ni qish oq kafani bilan o’lgan zamin yuzini yopishi orqali inson e'tiborini undan qaytaradi. Yoki e'tibor, ketgan bahor mayyiti orqasidan o’tmishga boradi, kengroq manzarani ko’rsatadi. Ya'ni, xar biri alohida qudrat mo’'jizasi bo’lgan zaminni to’ldirib tashlagan butun o’tgan bahorlar kabi, yangi keladigan alohida qudratining g’aroyib ishlari va jonli zamin bo’lgan, bahorni to’ldirgan jonli yer mavjudotining kelishini bildirib, borligiga guvohlik qilgani uchun, keng miqyosda, porloq suratda, kuchli darajada bir Sone'i Zuljalolning, Qodiri Zulkamolning, Qayyumi Boqiyning, Shamsi Sarmadiyning borligining vojibligiga, birligi-vahdatiga, boqiyligi va sarmadiyati-bardavomligiga guvohlik qiladi va shunday porloq dalillarni ko’rsatadiki, istar-istamas ochiq oydin اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ الْوَاحِدِ الْاَحَدِ dediradi.

Natija: وَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا sirriga ko’ra, ushbu jonli zamin bir bahorda Sone'ga guvohlik qilgani kabi, o’lganida, e'tiborni davrning ikki o’tmish va kelajak qanotiga tizilgan Allohninig qudrati mo’'jizalariga qaratadi. Bir bahor o’rniga minglab bahorni ko’rsatadi. Bir mo’'jiza o’rniga minglab qudrati mo’jizalariga ishorat qiladi. Ulardan xar bahor hozirgi bahordan ham qat'iyroq guvohlik qiladi. Chunki moziy tomon o’tganlar, zohiriy sabablari bilan birga ketgan, orqasida o’rniga yana o’zlari kabi boshqalar kelgan. Demak, zohiriy sabablar hechdir. Faqat bir Qodiri Zuljalol ularni yaratib, hikmati bilan sabablarga bog’lab yuborganini ko’rsatadi. Kelajakda tizilgan jonli zamin yuzi esa yanada porloq guvohlik qiladi. Chunki yangidan, yo’qdan, hechdan yaratilib yuboriladi, yerga qo’yilib, vazifa bajartirib, so’ngra yuboriladi.

Ey tabiatga botgan va botqoqlikda bo’g’ilish darajasiga kelgan g’ofil! Butun o’tmish va kelajakka yetadigan hikmatli va qudratli ma'naviy qo’l sohibi bo’lmagan narsa qanday qilib zaminning hayotiga aralasha oladi? Sen kabi qavat qavat yo’qlik ichidagi tasodif va tabiat bunga aralasha oladimi? Qutulishni istasang, "Tabiat, nari borsa, Allohning qudratining daftaridir. Tasodif esa johilligimizni berkitgan yashirin Ilohiy hikmatning pardasidir", deb haqiqatga yaqinlash.

Yigirma Beshinchi Deraza

Urilgan narsa albatta urgan kishiga dalolat qiladi. San'atli asar san'atkorni taqozo qiladi. Bola otani iqtizo qiladi. Pastdagi, yuqoridagini kerakli qiladi va hokazo.

Bir birini keltirib chiqaradigan barcha narsalar biri birisiz bo’lmaydigan nisbiy sifatlardir. Shuning kabi, koinotning kichik narsalari va umumiy sinfidagiimkonham Allohning borligining vojibligigni ko’rsatadi. Ulardagi barcha ta’sirlasnish bir ta’sirni ko’rsatadi. Barchasidagi yaratilish yaratuvchilikni ko’rsatadi. Hammasidagi ko’plik va birlashtirilish Vahdat-birlikni shart qiladi.

Allohning borligining vojibligi, ish, yaratish va birlik-vahdat, ochiq ravshan va zarurat darajasida, borligi va yo’qligi imkon ichida bo’lib Allohning bor qilishiga bog’liq bo’lgan narsalar, ta’sirlanadigan, ko’p, ko’p narsalardan tashkil topgan, maxluq bo’lmagan, vojib va ish qiluvchi, yagona-vohid va yaratuvchi sifatlarni taqozo qiladi. Shunday ekan, butun koinotdagi barcha mavjudot, butun ta’sirlanishlar, butun yaratilishlar, butun ko’plik va birlashishlar ochiq oydin bir Zoti Vojibul Vujud, Fa'olun Lima Yurid, Xoliqi Kulli Shayga, Vohidi Ahadga guvohlik qiladi.

Natija: Imkon ichdagi narsalarda Alloh borligining vojibligi ko’rinadi. Ta’sirlanishdan ish, ko’plikdan birlik, bularning borligig ularning mavvjudligiga qat'iyan dalolat qiladi. Shunga o’xshab, mavjudot ustida ko’ringan yaratilish va rizqlantirish kabi sifatlar san’at bilan yaratish, rizq berish kabi sifatlarning borligiga qat'iy dalolat qiladi. Ushbu sifatlarning borligi esa zarurat darajasida va ochiq oydin bir Xalloq va Razzoq Sone'i Rahimning msvjudligiga dalolat qiladi. Demak, xar bir mavjuddagi yuzlab hil sifatlar tili bilan Vojibul Vujud Zotining yuzlab Asmoi Husnasiga shahodat qiladi. Bu guvohliklar qabul qilinmasa, mavjudotning bu turdagi barcha sifatlarini inkor qilish lozim bo’ladi.

Yigirma Oltinchi Deraza

{(Hoshiya) Bu deraza hammaga emas, qalb va muhabbat ahliga xos.}

Koinot mavjudoti ustida yangilanib turgan, kelib ketgan go’zallik va husnlar, bir Jamoli Sarmadiy jilvalarining bir nav’ soyalari ekanini ko’rsatadi. Ha, irmoq yuzidagi pufakchalarning yaltiraydi. Orqadan kelgan davomining ketganlari kabi yaltirashi doimiy quyoshning shualarining oynalari ekanini ko’rsatgani kabi, sayr qiluvchi vaqt irmog’ida, sayyor mavjudotning ustida porlagan go’zallik yog’dulari ham bir sarmadiy-bardavom go’zallikka ishorat qiladi va uning bir tur alomatlaridir.

Koinot qalbidagi jiddiy ishq bir Ma'shuqi Loyazaliyni ko’rsatadi. Daraxtning mohiyatida bo’lmagan narsa asosli bir suratda mevasida bo’lmaydi. Bu esa koinot daraxtining hassos mevasi bo’lgan inson sinfidagi jiddiy Allohni sevish va ishq ko’rsatadiki, butun koinotda, turli shakllarda, haqiqiy ishq va muhabbat mavjud. Shunday ekan, koinot qalbidagi bu haqiqiy muhabbat va ishq bir Mahbubi Azaliyni ko’rsatadi.

Koinot bag’rida ko’p suratlarda ko’ringan tortishish, jazba-o’zidan kechish, jozibalar, azaliy bir tortuvchi haqiqatning tortishi orali bo’layotganini hushyor qalblarga ko’rsatadi. Maxluqotning eng hassos va nuroniy toifasi bo’lgan ahli kashf va valiylarning bir ovozdan xulosasi asosida, zavq va shuhud-ko’rishga tayanib: Bir Jamili Zuljalolning jilvasiga, tajalliysiga sazovor bo’lgan narsalarni va Jalili Zuljamolning (o’zini) tanitishiga va sevdirishiga zavq bilan bilganini bir ovozdan xabar berishlari, yana bir Zoti Vojibul Vujudning, Jamili Zuljalolning borligiga va insonlarga o’zini tanitishiga qat'iyan guvohlik qiladi.

Koinot yuzida va mavjudot uzra ishlayotgan go’zallashtirish va bezash qalami, qalam sohibi bo’lgan Zotning Asmosining go’zalligini ochiq ravshan ko’rsatadi. Mana, koinotdagi go’zallik, qalbidagi ishq, bag’ridagi tortishish, ko’zlaridagi kashf, ko’rish, sinfidagi husn va ziynat - juda latif, nuroniy bir deraza ochadi. U orqali butun go’zal Asmosi bir Jamili Zuljalolni, Mahbubi Loyazaliyni va Ma'budi Lamyazalni hushyor aql va qalblarga ko’rsatadi.

Ey moddiy narsalar qorong’iligida, faraz zulmatida, bo’g’uvchi shunhalar ichida tipirchilayotgan g’ofil! O’zingga kel! Insonga loyiq suratda yuksal. Ushbu to’rt tuynuk orqali qara, birlik-vahdat go’zalligini ko’r, mukammal iymonga erish, haqiqiy inson bo’l!

Yigirma Yettinchi Deraza

اَللّٰهُ خَالِقُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ وَك۪يلٌ

Koinotda sabablar va natijalar sifatida ko’rinayotgan narsalarga qaraganda ko’ramizki: Eng a'lo bir sababning eng oddiy natijaga ham kuchi yetmaydi. Demak, sabablar pardadir. Natijalarni yaratgan Zot boshqa. Masalan, cheksiz mavjudotdan faqat kichik misol sifatida, inson boshidagi bir hantal kichikligida joylashtirilgan xotiraga qaraymiz. Ko’ramizki, shunday bir mujassam kitob, balki kutubxona hisoblanadiki, unga insonning butun hayot yo’lini chalkashtirilmasdan yoziladi.

Ajabo, bu qudrat mo’'jizasiga qaysi sabab ko’rsatilishi mumkin? Miyadagi qatlanishlarmi? Oddiy, shuursiz hujayra zarralarimi? Tasodif shamollarimi? Bu san’at mo’'jizasi shunday bir Zotning san'ati bo’lishi mumkinki, insonni hashrda nashr qilinadigan ulkan amal daftarini, hisob-kitob vaqtida esga keltiriladigan, qilgan barcha ishlari yozilganini bildirish uchun kichik hujjat nusxasini chiqarib, yozib, aqlining qo’liga beradigan bir Sone'i Hakimning san'ati bo’lishi mumkin.

Mana, insonnig xotirasig misol sifatida barcha tuxumlar, urug’lar, danaklarni qiyos qil va bu kichkinagina moddiy mo’'jizalarga boshqa natijalarni ham qiyos qil. Chunki qaysi natija va san’at asariga qarasang, shu daraja g’aroyib san'at borki, nafaqat uning oddiy, sodda sababi, balki butun sabablar to’plansa ham, uni yaratishga ojizligini izhor qiladi.

Masalan, katta sabab deb hisoblangan quyoshni, ixtiyori bor, shuurli deb faraz qilib unga: "Bir chivinning vujudini yarata olasanmi?" deb so’ralsa, albatta: "Xoliqimning ehsoni bilan do’konimda ziyo, ranglar, harorat ko’p. Lekin chivinning vujudida ko’z, quloq, hayot kabi shunday narsalar borki, na mening do’konimda bor na iqtidorim yetadi", deb javob beradi.

Natijalardagi g’aroyib san'at va bezak, sabablarni chetga surib, Musabbibul Asbob bo’lgan Vojibul Vujudga ishorat qiladi. وَ اِلَيْهِ يُرْجَعُ الْاَمْرُ كُلُّهُ oytining sirriga ko’ra: Unga ishlarni taslim qiladi. Shunga o’xshab, sabablar orqali yuzaga kelgan narsalarga o’rnatilgan natijalar, g’oyalar, foydalar ochiq ravshan sabablar pardasi orqasida bir Robbi Karimning, bir Hakimi Rahimning ishlari ekani ko’rsatadi. Chunki shuursiz sabablar, albatta bir maqsadni o’ylab ishlamaydi. Lekin vujudga kelgan xar maxluq bir maqsad emas, balki ko’p maqsadlar, foydalarni, hikmatlar asosida vujudga kelyapti. Demak, bir Robbi Hakim va Karim ularni yaratib, yuboryapti. Foydalarni ularga borlik maqsadi qilyapti.

Masalan, yomg’ir yog’yapti. Yomg’irni zohiran keltirib chiqargan sabablar, hayvonotni o’ylab, ularga achinib, marhamat qilishdan qanchalik uzoqligi ma'lum. Demak, hayvonotni yaratgan va rizqlarini kafolatlagan bir Xoliqi Rahimning hikmati bilan yordamga yuborilyapti. Hatto yomg’irga "rahmat" deyiladi. Chunki ko’p rahmat alomatlari va foydalarni o’z ichiga olgani uchun, go’yo yomg’ir shaklida rahmat moddiy shaklda, tomchilarga aylangan, bitta-bitta bo’lib keladi.

Butun maxluqot yuziga tabassum qilgan barcha ziynatli nabotot va hayvonotdagi bezash va ko’rkamliklar, ochiq ravshan g’ayb pardasi orqasida bezalgan va go’zal san'atlar bilan o’zini tanitishni, sevdirishni va bildirishni istagan bir Zoti Zuljalolning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga dalolat qiladi. Demak, ashyolarning bezalishi, ko’rkam ko’rinishi tanitish va sevdirish sifatlariga qat'iyan dalolat qiladi. Sevdirish va tanittirish sifatlari esa, oshiq oydin Vadud, Ma'ruf bo’lgan Sone'i Qodirning borligining vojibligiga va birligi-vahdatiga guvohlik qiladi.

Natija: Sabab juda oddiy, ojiz va undan deb bilingan natijalar esa juda san'atli va qiymatli bo’lgani uchun, sababni chetga suradi. Natijalarning maqsadi, foydasi esa johil va jonsiz sabablarni o’rtadan olib tashlab, bir Sone'-i Hakimning qo’liga taslim qiladi. Natijalar yuzidagi ziynat va mahoratlar o’z qudratini shuur sohiblariga bildirishni istagan va o’zini sevdirishni xohlagan bir Sone'i Hakimga ishorat qiladi.

Ey sababparast bechora! Bu uch muhim haqiqatni nima bilan izohlay olasan? Sen o’zingni qanday ishontira olasan? Aqling bo’lsa, sabablar pardasini yirt. وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ de, hadsiz zalolatdan qutul!

Yigirma Sakkizinchi Deraza

وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِلْعَالِم۪ينَ

Shu koinotga qaraganda, ko’ramizki: Badan hujayralaridan butun olamni qurshagan hikmat va intizom bor. Badan hujayralariga qaraymiz, ko’ramizki: Badanga kerakli ishlarni bilgan va joy-joyida hal qilgan bir Zotning amri bilan, qonuni bilan kichkina hujayralarda ahamiyatli boshqaruv bor. Me'dada bir qism rizq, ichki yog’lar suratida yig’ilib, ehtiyoj vaqti sarf qilinadi. Aynan shu kichkina hujayralarda ham o’sha tasarruf va yig’ish mavjud. Nabototga qaraganimizda, o’ta himatli tarbiya va boshqaruv kuzatiladi. Hayvonotga qaraymiz, o’ta karimona tarbiya va rizq berilayotganini ko’ramiz. Koinotning katta va muhim asoslariga qaraymiz, ahamiyatli maqsadlar uchun hashamatli boshqaruv va nurlantirish bor. Majmui olamga qaraymiz, intizomli bir mamlakat, shahar va saroy hisobidagi oliy hikmatlar, qiymatli maqsadlar uchun mukammal tartibni ko’ramiz. O’ttiz Ikkinchi So’zning Birinchi Bo’limida izoh va isbot qilingani kabi zarradan yulduzlargacha zarra miqdor shirkka yer qoldirmagan. Ular bir-biriga ma'nan munosabatda bo’lib, kim barcha yulduzlarni bo’ysundira olmasa va qo’lida tutmasa, rububiyatini zarraga tinglata olmaydi. Bir zarraga haqiqiy Rab bo’lish uchun butun yulduzlarga sohib bo’lish lozim bo’ladi. O’ttiz Ikkinchi So’zning Ikkinchi Bo’limida izoh va isbot qilingani kabi, kim osmonlarning yaratish va tartibga solishga qodir bo’lmasa, insonning siymosidagi belgilarni ham qila olmaydi. Demak, kim butun samovotning Robbi bo’lmasa, bitta inson siymosidagi ajratib turuvchi belgi bo’lgan siymo naqshini ham qila olmaydi.

Bu koinot qadar ulkan deraza bo’llib, u orqali qaralganda

اَللّٰهُ خَالِقُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ وَك۪يلٌ لَهُ مَقَال۪يدُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ

oyatlari koinot sahifalarida ulkan harflar bilan yozilganini aql ko’zi bilan ham ko’rish mumkin. Shunday ekan, ko’rmaganning yo aqli yo’q, yo qalbi yo’q. Yoki inson suratidagi hayvondir!

Yigirma To’qqizinchi Deraza

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Bahorda g’arib holda, tafakur qilish uchun sayohatga chiqqan edim. Bir tepalikchaning etagidan o’tar ekanman, ko’zimgza yaltiroq sariq gul tashlandi. Avvallari vatanimda va boshqa joylarda ko’rgan bu sinfdagi sariq gullarni xotirlatdi. Qalbga shunday ma'no keldiki: Bu gul kimning belgisi bo’lsa, kimning tamg’asi bo’lsa, kimning muhri bo’lsa va kimning naqshi bo’lsa, albatta zamin yuzida bu turdagi gullar uning muhrlari, tamg’alaridir.

Ushbu muxrni o’ylagandan so’ng shunday tasavvur keldi. Muhrlangan bir maktubdagi muhr maktubning sohibini ko’rsatadi. Shunga o’xshab, gul ham Rahmoniy muxrdir. Naqsh turlari va ma'noli nabotot satrlari bilan yozilgan bu tepalikdagi bu gul ham Sone'ining maktubidir. Tepalikcha ham bir muhrdir. Sahro va dasht Rahmoniy maktubi suratini oldi. Bu tasavvurdan zehnga quyidagi haqiqat keldi: Xar bir narsa bir Rabboniy muhri hisobanib butun ashyoni o’z Xoliqiga tayantiradi. O’z kotibining maktubi ekanini isbotlaydi.

Xar bir narsa shunday bir tavhid derazasi bo’lib, butun ashyolarni bir Vohidi Ahadga bog’laydi. Demak, xar bir narsada, xususan jonzotlarda shunday g’aroyib bir naqsh, shunday mo’'jizaviy san'at borki: Uni yaratgan va ma'noli naqsh qilgan Zot butun ashyolarni yarata oladi, butun ashyolarni yaratgan, albatta U bo’ladi. Demak, kim barcha ashyolarni yarata olmasa, bir narsani ham ijod qila olmaydi.

Mana ey g’ofil! Koinotning yuziga qara: Bir-biri ichida cheksiz Samadoniy maktublar hisoblangan mavjudot sahifalari va xar bir maktub ustida cheksiz tavhid muxrlari bilan muxrlangan. Barcha muhrlarning guvohligini kim yolg’onga chiqara oladi? Qaysi kuch ularni jim qila oladi? Qalb qulog’i bilan qay birini tinglasang, اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deyayotganini eshitasan.

O’ttizinchi Deraza

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا ٭ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

Bu derazaimkonvahudusgaasoslangan barcha mutakallim ulamolarning derazasidir. Vojibul Vujudni isbotlash yo’llaridir. Buning tafsilotini "Sharhul Mavoqif" va "Sharhul Maqosid" kabi haqiqatli ulamolarning buyuk kitoblariga havola qilib, quyida faqat Qur'onning fayzidan va bu derazadan ruhga kelgan bir-ikki shu’lani ko’rsatamiz:

Boshqaruv va hokimiyat raqib qabul qilmaslikni taqozo qiladi, ishtirokni rad qiladi, boshqa qo’l aralashishini olib tashlaydi. Shuning uchun, kichik bir qishloqda ikkita rais bo’lsa, qishloqning tinchligi va tartibi buzadi. Bir nohiyada ikki mudir, bir viloyatda ikki hokim bo’lsa, ostin-ustin qiladi. Bir mamlakatda ikki podshoh bo’lsa, g’avg’oli tartibsizlikka sabab bo’ladi. Modomiki hokimiyat va boshqaruv soyasining zaif soyasi va kichik namunasi yordamga muhtoj ojiz insonlarda raqibni, zidni va o’ziga o’xshashining aralashuvini qabul qilmas ekan, ajabo mutlaq saltanat suratidagi hokimiyat va rububiyat darajasidagi boshqaruv bir Qodiri Mutlaqda qay daraja aralashuvni rad qilish qonuni qay daraja asosli suratda hukmini ijro qilishini qiyosla. Demak, Uluhiyat va Rububiyatga eng qat'iy va doimiy kerak narsa, birlik-vahdat va yagonalikdir. Bunga ochiq bir burhoni va qat'iy shohidi shuki, koinotdagi mukammal intizom va go’zal tartibdir. Chivin qanotidan samovot qandillariga qadar shunday nizom borki, aql uning oldida hayratidan va sevganidan "Subhanalloh, Mashaalloh, Barakalloh" deydi, sajda qiladi. Agar zarra miqdor sherikka yer bo’lganida, aralashish bo’lsa edi,

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا

oyati karimasining dalolati bilan: Nizom buzilar, surat o’zgarar, fasodning alomatlari ko’rinar edi. Xolbuki:

فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ ٭ ثُمَّ ارْجِعِ الْبَصَرَ كَرَّتَيْنِ يَنْقَلِبْ اِلَيْكَ الْبَصَرُ خَاسِئًا وَ هُوَ حَس۪يرٌ

oyatining dalolati va bu ifoda bilan inson nazari kamchilik qidirish uchun qanchalik urinmasin, hech qayerda topa olmasdan, horg’in holda manzili bo’lgan ko’zga kelib, uni yuborgan tanqidchi aqlga: "Behuda charchadim, kamchilik yo’q", deydi. Bu esa, nizom va intizom o’ta mukammal ekanini ko’rsatadi. Demak, koinot intizomi vahdoniyatning qat'iy guvohidir.

Endi "hudus"ga kelsak. Mutakallim ulamolar: "Olam o’zgaruvchidir. Xar bir o’zgaruvchi hodis-keyindan bor bo’lgan. Xar bir hodisning bir muhdisi-bor qiluvchisi, ya'ni ijod qiluvchisi bor. Shunday ekan, bu koinotning qadim bir Mujidi-ijod qiluvchisi bor." deyishgan.

Biz, ha koinot hodisdir, deymiz. Chunki xar asrda, balki xar yil, balki xar mavsumda bir koinot, bir olam ketadi, keyingisi kelayotganini ko’ryapmiz. Demak, bir Qodiri Zuljalol borki, bu koinotni hechdan ijod qilib, xar yil, balki xar mavsum, balki xar kun birini ijod qiladi, shuuri borlarga ko’rsatadi so’ng uni oladi, boshqasini keltiradi. Bir-birining orqasiga taqib, bog’lab vaqt tasmasiga qo’yadi.

Albatta, ular bu olam kabi alohida bardavom yangilangan xar bahorda ko’z o’ngimizda hechdan kelgan va ketayotgan koinotlarni ijod qilgan bir Zoti Qodirning mo’'jizoti qudratidir. Albatta, olam ichida xar doim olamlarni yaratib o’zgartirgan zot, mutlaqo bu olamni ham U yaratgan. Bu olamni va ro’yi zaminni buyuk musofirlarga mehmonxona qilgan.

Kelaylik "imkon" mavzusiga. Mutakallim ulamolar: "Imkon, borlik va yo’qlik masalasida teng holatda", deyganlar. Ya'ni: Yoq’lik va borlik, ikkisi ham teng bo’lsa, bir ajratuvchi, tanlovchi, bir ijod qiluvchi lozim. Chunki, borliqlar bir-birini ijod qilib davom eta olmaydi. Yoki u uni, u esa nargini ijod qilib aylana holatida ham bo’la olmaydi. Shunday ekan, bir Vojibul Vujud borki, ularni ijod qilyapti. Doira va silsilani o’n ikki burhon, ya'ni "arshiy va sullamiy" (doira va silsilani inkor qilish uchun yuqoriga qarab chiqqanda toraygan va yakka yaratuvchining borligiga tayangan mantiqiy dalil) kabi nomlar bilan nomlagan mashhur o’n ikki qat'iy dalil bilan doirani bekor qilishgan va silsilani imkonsiz ekanini ko’rsatganlar. Sabablar silsilasini uzib, Vojibul Vujudning borligini isbotlaganlar.

Biz, sabablar tasalsulning burhonlari bilan olamning oxirida uzilishidan ko’ra, hamma narsada Xoliqi Kulli Shayga xos tamg’ani ko’rsatish qat'iyroq, osonroq deymiz. Qur'onning fayzi bilan butun Derazalar va barcha So’zlar bu asos uzra ketgan. Shu bilan birga imkon nuqtasi cheksiz keng. Sanoqsiz jihatlar bilan Vojibul Vujudning borligini ko’rsatadi. Faqat, mutakallim ulamolarning silsilaning uzilishi yo’liga (haqiqatan keng va katta yo’lga) maxsus emas. Balki son-sanoqsiz yo’llar bilan Vojibul Vujudning ma'rifatiga yo’l ochadi:

Xar bir narsa vujudida, sifatlarida, hayoti davomida cheksiz imkonlar, ya'ni g’oyat ko’p yo’llar va jihatlar ichida qarorsiz ekan, cheksiz jihatlar ichida vujud jihatida tartibli yo’ldan yuradi. Xar bir sifatni unga maxsus tarzda beradi. Hayoti davomida o’zgartirgan barcha sifat va holatlar ham shunday bir ajratib beriladi. Demak, bir ajratuvchining irodasi bilan, bir tanlovchining tanlashi bilan, bir hikmatli ijod qiluvchining ijodi bilan bo’ladi. Cheksiz yo’llar ichida uni hikmatli yo’lga chaqiradi, unga intizomli sifatlarini va holatlarini kiydiradi. So’ng yakkalanishdan chiqarib, tarkibli jismga bo’lak qiladi, imkonlar ko’payadi. Chunki bu jismda minglab holda bo’lishi mumkin. Lekin unga natijasiz vaziyatlar ichida natijali, maxsus vaziyat beriladi. U jismda muhim natijalar, foydalar olinadi va vazifalar bajartiriladi. So’ngra u jism boshqa jismga bo’lak qildiriladi. Imkonlar yana ham ko’payadi. Chunki unda minglab tarzda bo’lishi mumkin. Minglab tarz ichida bitta holat beriladi. U holat orqali muhim vazifalar bajartiriladi va hokazo... Borgan sari bir Hakimi Mudabbirning borligining vojibligini yanada qat'iyroq ko’rsatadi. Bir Amiri Alimning amri bilan chaqirilganini bildiradi. Jism ichida jism bir-biri ichida bo’lak bo’lib ketgan butun tarkiblarda, bir askar otryadida, rotasida, batal'onida, polkida, diviziyasida, qo’shinida ich-ichidagi u yig’inlarning xar biriga maxsus vazifasi, hikmatli aloqasi, intizomli xizmati mavjud.

Ko’z qorachig’ingdan bir hujayra, ko’zingda bir aloqasi va vazifasi bor. Boshning butuni nisbatiga ham hikmatli vazifasi va xizmati mavjud. Zarra miqdor adashsa, sihat va badan boshqaruvi buziladi. Qon tomirlariga, his va harakat asablariga, hatto butun badanda alohida maxsus vazifasi, hikmatli vaziyati bor. Minglab imkonlar ichida bir Sone'i Hakimning hikmati bilan muayyan holat berilgan. Shuning kabi, bu koinotdagi mavjudotning xar biri o’zi, sifatlari bilan ko’p imkon yo’llari ichida xos vujudi va hikmatli surati va foydali sifatlari bir Vojibul Vujudga guvohlik qilganidek, tarkib topgan narsalarga kirgan vaqti, xar bir tarkib topgan narsada yana boshqa til bilan yana Sone'ini e'lon qiladi. Bora-bora eng ulkan tarkib topgan narsagacha aloqasi, vazifasi, xizmati bilan Sone'i Hakimning borligining vojibligiga, ixtiyoriga va irodasiga guvohlik qiladi. Chunki bir narsani butun tarkib topgan narsalar bilan hikmatli munosabatlarni muhofaza qiladigan suratda joylashtirgan, u narsalarning Xoliqi bo’lishi mumkin. Demak, birgina narsa minglab tillar bilan Unga guvohlik qiladi. Koinotning mavjudotichalik emas, balki mavjudotning sifatlari va tarkib topgan narsalari sanog’icha imkonlar nuqtasidan ham Vojibul Vujudning borligiga guvohlik qiladi.

Mana ey g’ofil! Koinotni to’ldirgan bu guvohliklarni, bu sadolarni eshitmaslik uchun qay daraja kar va aqlsiz bo’lish kerak? Qani sen ayt!

O’ttiz Birinchi Deraza

لَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ ف۪ٓى اَحْسَنِ تَقْو۪يمٍ ٭ وَ فِى الْاَرْضِ اٰيَاتٌ لِلْمُوقِن۪ينَ ٭ وَ ف۪ٓى اَنْفُسِكُمْ اَفَلَا تُبْصِرُونَ

Bu deraza inson derazasidir va anfusiy-botiniy dunyomizga oid. Botiniy jihatidan bu derazaning tafsilotini minglab haqiqatli avliyolarning mufassal kitoblariga havola qilib, quyida faqat Qur'on fayzidan olgan bir nechta asosimizga ishorat qilamiz:

O’n Birinchi So’zda bayon qilingani kabi: "Inson shunday bir qamrovli nusxaki, Janobi Haq butun Asmosini insonning o’zi orqali bildiradi". Tafsilotini boshqa So’zlarga havola qilib, faqat uch nuqtani ko’rsatamiz.

BIRINCHI NUQTA:Inson uch jihatda Allohning Asmosiga oyna bo’ladi.

Birinchi jihat: Tunda zulmat nurni ko’rsatganidek, inson zaifligi va ojizligi bilan, faqirligi va ehtiyojlari bilan, nuqsonli ekani va kamchiligi bilan bir Qodiri Zuljalolning qudratini, quvvatini, boyligini, rahmatini bildiradi va hokazo juda ko’p Allohning vasflariga oynalik qiladi. Hatto cheksiz ojizligida va benihoyat zaifligida hadsiz dushmaniga qarshi tayanch istinod qidirish orqali vijdon doim Vojibul Vujudga qaraydi. Cheksiz faqirligi, nihoyatsiz ehtiyojlari ichida sanoqsiz maqsadlarga yordan joyi qidirishga majbur bo’lgani uchun, vijdon doimo bir G’aniyyi Rahimning dargohiga tayanadi, duo bilan qo’l ochadi.

Demak, xar bir vijdonda tayanch nuqtasi va yordam joyi jihatidan ikki kichik deraza Qodiri Rahimning barigohi rahmatiga ochiladi, xar doim u orqali qaraydi.

Ikkinchi jihatdagi oynalik esa: Insonga berilgan namunalar ichida oz ilm, qudrat, ko’rish, eshitish, sohiblik, hokimiyat kabi kichik narsalar orqali koinot Molikining ilmiga, qudratiga, ko’rishiga, eshitishiga, rububiyatininig hokimiyatiga oynalik qiladi. Ularni anglaydi, bildiradi. Masalan, "Men bu uyni qurdim, qurishini bilaman, ko’ryapman, uning egasiman va boshqaryapman. Shuning kabi, bu ulkan koinot saroyining ham bir ustasi bor. U usta uni biladi, ko’radi, quradi, boshqaradi va hokazo."

Uchinchi jihatda oynalik esa: Inson ustida naqshlari ko’ringan Allohning Asmosiga oynalik qiladi. O’ttiz Ikkinchi So’zning Uchinchi Bo’limining boshida bir nabza izoh qilingan, insonning qamrovli mohiyatida naqshlari ko’ringan yetmishdan ko’proq Asmo bor. Masalan, yaratilishida Sone' va Xoliq Ismi, eng go’zal shakli orqali Rahmon va Rahim Ismlari, husni tarbiyasida Karim va Latif Ismlari bor va hokazo. Butun a'zo va vositalari bilan, jihozlar va organlari bilan, latifalari va ma'naviyati bilan, his va tuyg’ulari bilan turli Asmoning farqli naqshlarini ko’rsatadi. Demak, Asmoda bir Ismi a'zam bo’lgani kabi u Asmoning naqshlarida ham bir buyuk naqsh borki, u insondir.

Ey o’zini inson deb bilgan odam! O’zingni o’qi. Yo’qsa hayvon va jonsiz inson bo’lish ehtimoling bor!

IKKINCHI NUQTA:Muhim ahadiyat-yakkalik siriga ishorat qiladi:

Inson ruhi butun jasadiga shunday munosabati borki: Butun a'zosini va qismlarini bir-biriga yordam berdiradi. Ya'ni, Allohning irodasining jilvasi bo’lgan yaratilishga oid ishlar va bu ishlardan borliq olami vujudi kiydirilgan Allohning to’g’ridan to’g’ri joriy qonuni va Rabboniy latifa-his bo’lgan ruh ularni boshqarishda, ma'naviy ovozlarini his qilishda, ehtiyojlarini qondirishda bir-biriga mone' bo’lmaydi, ruhni adashtirmaydi. Ruhga nisbatan uzoq-yaqin tengdir. Bir-biriga parda bo’lmaydi. Istasa, ko’pini bir a’zoga yordamga yuboradi. Istasa, badanning xar a’zosi bilan bila oladi, his qila oladi, boshqara oladi. Hatto ko’p nuroniyat qozongan bo’lsa, xar bir bo’lagi bilan ko’ra oladi va eshita oladi. Shunga o’xshab:

وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Janobi Haqning to’g’ridan to’g’ri ijro qiladigan qonuni bo’lgan ruh, kichik olam bo’lgan inson jismi va a'zolarida bu holatda bo’lar ekan, albatta katta olam bo’lgan koinotda Zoti Vojibul Vujudning kulliy irodasiga va mutlaq qudratiga cheksiz amallar, sadolar, duolar, ishlar hech bir jihatda Unga og’ir emas. Bir-biriga mone' bo’lmaydi. Xoliqi Zuljalolni mashg’ul qilmaydi, chalg’itmaydi, umumini birdan ko’radi, butun ovozlarni birdan eshitadi. Yaqin-uzoq tengdir. Istasa, barchasini bittasiga yordamga jo’natadi. Hamma narsa bilan hamma narsani ko’ra oladi, ovozlarini eshita oladi va hamma narsa bilan hamma narsani biladi va hokazo.

UCHINCHI NUQTA:Hayotning juda muhim bir mohiyati va ahamiyatli vazifasi bor. Lekin bu mavzu Hayot Derazasida va Yigirmanchi Maktubning Sakkizinchi Kalimasida tafsiloti aytib o’tilgani uchun, unga havola qilib faqat buni eslatamiz:

Hayotda hissiyot suratida qaynagan aralash naqshlar juda ko’p Asmo va zotiy sifatlariga ishorat qiladi. O’ta porloq suratda Hayyi Qayyumning zotiy sifatlariga oynalik qiladi. Bu sirning izohini, Allohni tanimaganlarga va hali to’liq tasdiq qilmaganlarga o’rni kelmagani uchun eshikni yopamiz.

O’ttiz Ikkinchi Deraza

هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَد۪ينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدّ۪ينِ كُلِّه۪ وَ كَفٰى بِاللّٰهِ شَه۪يدًا ٭

قُلْ يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اِنّ۪ى رَسُولُ اللّٰهِ اِلَيْكُمْ جَم۪يعًا الَّذ۪ى لَهُ مُلْكُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ

Bu deraza risolat samosining quyoshi, balki quyoshlar quyoshi bo’lgan Hazrati Muhammad Alayhissalotu Vassalamning derazasidir. Ushbu o’ta porloq, juda ulkan va o’ta nuroniy deraza O’ttiz Birinchi So’z bo’lgan Me'roj Risolasida, O’n To’qqizinchi So’z bo’lgan Nubuvvati Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalam) Risolasida va o’n to’qqiz ishoratli O’n To’qqizinchi Maktubda qay daraja nuroniy va ko’ringani isbot qilingani uchun, bu ikki So’zni va u Maktubni va u Maktubning O’n To’qqizinchi Ishoratini bu maqomda o’ylab, so’zni ularga havola qilib, faqat aytamizki:

Tavhidning gapiradigan burhoni bo’lgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam risolat va valiylik qanotlari bilan, ya'ni o’zidan avval barcha anbiyolarning mutavotir ijmo'larini, o’zidan keyingi butun avliyolar va asfiyolarning bir ovozdan rivoyatlarini o’z ichiga olgan kuch bilan butun hayotida bor quvvati bilan vahdoniyatni ko’rsatib e'lon qilgan.

Ma'rifatullohga Islomiyat Olami kabi keng, porloq, nuroniy derazani ochgan. Imom G’azzoliy, Imom Rabboniy, Muhyiddin Arabiy, Abdulqodir Jiyloniy kabi millionlab haqiqatli asfiyo va siddiqiyn u derazadan qarayapti, boshqalarga ham ko’rsatyaptilar. Ajabo, bunday derazani berkitadigan parda bormi? Uni ayblab, bu derazadan qaramagan odamning aqli bormi? Qani, sen ayt!

O’ttiz Uchinchi Deraza

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ٓى اَنْزَلَ عَلٰى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَلْ لَهُ عِوَجًا قَيِّمًا ٭ الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ اِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ

Aytilgan barcha derazalar Qur'on dengizidan ba'zi tomchilar bo’lganini o’yla. So’ng Qur'onda naqadar obi hayot bo’lgan tavhid nurlari borligini qiyos qilishing mumkin. Faqat butun derazalarning manba’iva ma'dani va asli bo’lgan Qur'onga o’ta qisqa suratda, juda oddiy tarzda qaralsa ham, o’ta porloq, nuroniy keng deraza ekani ko’rinadi. U deraza naqadar qat'iy, porloq va nuroniy ekanini Yigirma Beshinchi So’z - I'jozi Qur'on Risolasi va O’n To’qqizinchi Maktubning O’n Sakkizinchi Ishoratiga havola qilamiz. Qur'onni bizga yuborgan Zoti Zuljalolning Arshi Rahmoniysiga niyoz qilib aytamiz:

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا ٭ رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا ٭ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا اِنَّكَ اَنْتَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ ٭ وَ تُبْ عَلَيْنَا اِنَّكَ اَنْتَ التَّوَّابُ الرَّح۪يمُ

ESLATMA

Ushbu O’ttiz Uch Derazali O’ttiz Uchinchi Maktub, iymoni bo’lmaganni inshaalloh iymonga keltiradi. Iymoni zaif bo’lgan kishining iymonini quvvatlaydi. Iymoni kuchli va taqlidiy bo’lgan odamning iymonini tahqiqiy qiladi. Iymoni tahqiqiy bo’lganning iymonini kengaytiradi. Iymoni keng bo’lganga butun haqiqiy kamolotning manba’i va asosi bo’lgan ma'rifatullohda taraqqiy ettiradi, yanada nuroniy, yanada porloq manzaralarni ochadi.

Shuning uchun, "Bir deraza menga kifoya qildi, yetadi" deya olmaysan. Chunki sening aqlingga qanoat kelgan, hissasini olgan bo’lsa, qalbing ham hissasini istaydi, ruhing ham hissasini istaydi. Hatto xayol ham u nurdan hissasini istaydi. Shu sabab, xar bir derazaning turli foydalari bor.

Me'roj Risolasida asl tinglovchi mo’'min edi, inkorchi ikkinchi darajada, eshitish maqomida edi. Bu risolada esa tinglovchi inkor qiluvchidir, eshitish maqomida esa mo’'mindir. Buni hisobga olib qarash kerak.

Lekin afsuski, muhim sababga binoan bu maktub juda tez yozilgani va hatto qoralama holida qolgani uchun, albatta menga oid ifoda tarzida tarqoqlik va kamchiliklar bo’ladi. Qardoshlarimdan kechirimli ko’z bilan qarashni, qo’ldan kelsa to’grilashni va menga mag’firat so’rab duo qilishlarini so’rayman.

وَالسَّلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهُدٰى وَالْمَلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهَوٰى

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ اٰم۪ينَ

* * *

LAMA’AT

مِنْ بَيْنِ هِلَالِ الصَّوْمِ وَ هِلَالِ الْع۪يدِ

Urug’larning Gullari

Risola-i Nur shogirdlariga kichik bir masnaviy va iymoniy devondir.

Muallifi: Badiuzzamon Said Nursiy

Tanbeh

Bu "Lama’at" nomli asarning boshqa devonlar kabi bir tarzda bir-ikki mavzuni yoritmaganining sababi: Eski asarlaridan "Haqiqat Urug’lari" nomli qisqacha hikmatlarni bir daraja izohlash uchun, nasriy yozilgan, hamda boshqa devonlar kabi xayolotga, mezonsiz hissiyotga berilmagan. Boshdan oxirigacha mantiq bilan Qur'oniy va iymoniy haqiqatlar bo’lib, yonidagi jiyani kabi ba'zi talabalariga bir ilmiy darsdir. Balki iymoniy va Qur'oniy darsdir. Ustozimizning boshdagi ifodasida aytganidek, biz ham nazm va she'rga hech istagi yo’qligi va ular bilan shug’ullanmaganini tushundir. وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ sirrining bir namunasini ko’rsatadi.

Bu asar bir qancha ishlar va Dorul Hikmatdagi xizmat ichida, Ramazonda yigirma kun, kunda ikki yoki ikki yarim soat ishlab, nazmiy kabi yozilgan. Bu qadar qisqa vaqtda va nazmiy sahifa o’n sahifa qadar qiyin bo’lgani uchun, birdan diqqatsiz, tahrirsiz aytilgan, chop etilgan. Nazdimizda Risola-i Nur hisobiga bir g’aroyib asar bo’lgan. Hech qanday nazmli devon, bu kabi qiyinchiliksiz, nasr tarzida o’qib bo’lmaydigandek ko’rinadi. Inshaalloh bu asar vaqti kelib Risola-i Nur shogirdlariga bir navi masnaviy bo’ladi. Bu asar, o’zidan o’n yil so’ngra chiqqan va yigirma uch yilda tamomlangan Risola-i Nurning muhim bo’limlariga g’aybiy ishorat qilgan xushxabarli mundarija hisoblanadi.

Risola-i Nur Shogirdlaridan

Sungur, Mahmud Fayzi, Xusrav

* * *

ESLATMA

اَلْمَرْءُ عَدُوٌّ لِمَا جَهِلَ qoidasiga asosasn, men ham nazm va qofiyani bilmaganim uchun, unga qiymat bermas edim. Ochiq ifodani qofiyaga fido qilish tarzida haqiqatning suratini nazmning xohishiga ko’ra o’zgartirishni hech istamasdim. Bu qofiyasiz, nazmsiz kitobda eng oliy haqiqatlarga eng tartibsiz libos kiydirdim.

Avvalo: Yanada yaxshisini bilmas edim. Faqat ma'noni o’ylar edim.

Ikkinchidan: Jasadni libosga ko’ra yo’nib randalagan shoirlarga tanqidimni ko’rsatishni istadim.

Uchinchidan: Ramazonda qalb bilan birga nafsni ham haqiqatlar bilan mashg’ul qilish uchun bolalarcha bir uslub ixtiyor etildi.

Faqat ey qori!

Men xato qildim, e'tirof etaman. Sen esa also xato qilma! Yirtiq uslubga qarab oliy haqiqatlarni e'tiborsizlik bilan hurmatsizlik qilma!

MAQSAD IFODASI

Ey qori!

Oldindan shuni e'tirof etamanki: Xat va nazm san’atida iste'dodimdan juda shikoyat qilaman. Hatto hozir ismimni ham to’g’ri yoza olmayman. Nazm va vazn esa, umrimda qisqa yozuv ham yoza olmaganman. Birdaniga zehnimga nazmda yozishga qattiq bir istak keldi. Sahobalarning g’azovotiga doir kurdcha قَوْلِ نَوَالَاسِيسَبَانْ nomli bir doston bor edi. Ruhim uning ilohiy tarzidagi tabiiy nazmida lazzatlanar edi. Men ham o’zimga maxsus uning nazm tarzini ixtiyor etdim. Nazmga o’xshash bir nasr yozdim. Lekin vazn uchun qat'iyan o’zimni qiynamadim. Istagan odam, nazmni esga keltirmasdan qiyinchiliksiz, nasr tarzida o’qishi mumkin. Ma'no tushunilishi uchun nasr tarzida ham qarash kerak. Har qit'ada ma'no bog’i bor. Qofiyada to’xtanilmasin. Qalpoq popuksiz bo’ladi, vazn ham qofiyasiz bo’ladi, nazm ham qoidasiz bo’ladi. O’ylashimcha, lafz va nazm, san'at jihatidan jozibador bo’lsa, e'tiborni o’zi bilan mashg’ul qiladi. Nazarni ma'nodan burmaslik uchun sochilgan holi yanada yaxshi.

Bu asarimda ustozim - Qur'ondir. Kitobim, hayotdir. Tinglovchim, yana o’zimman. Sen esa, ey qori, eshituvchisan. Eshituvchining tanqid qilishga haqqi yo’q, yoqtirganini oladi, yoqtirmaganiga tegmaydi. Bu asarim ushbu muborak Ramazonning fayzi {(*) Hatto tarixi نَجْمُ اَدَبٍ وُلِدَ لِهِلَالَىْ رَمَضَانَ chiqqan. Ya'ni: "Ramazonning ikki hilolidan chiqqan bir adab yulduzidir." (Bir ming uch yuz o’ttiz yetti bo’ladi.)} bo’lgani uchun, umid qilamanki, inshaalloh din qardoshimning qalbiga ta'sir etadi-yu, tili menga bir mag’firat duosi baxsh etadi yoki bir Fotiha o’qiydi.

* * *

DUO QILUVCHI

{(**) Bu qit'a u kishining imzosi.}

Yiqilgan bir mozorimki, yig’ilgandir ichida

Saiddan yetmish to’qqiz mayyit {(***) Jism xar yili ikki marta yangilangani uchun, ikki Said o’lgan degani. Bu yil Said yetmish to’qqiz yoshda. Xar yil bir Said o’lgan degani bo’lib, Said bu tarixga qadar yashaydi.} gunohlar bilan azobga.

Saksoninchi bo’lgan mozorga bir mozor tosh.

Birgalikda yig’laydi {(****) Yigirma yil keyingi, hozirgi holni avvaldan sezish hissi bilan his qilgan.} Islom yo’qotishlariga.

Mozor toshim mayyitlarga to’la nola qilar mozorim bilan

Ravonaman yaqin kelajakdagi oxirat makoniga.

Aniq bilaman: Istiqbol samovoti, Osiyo qit’asi

Birga bo’lar taslim Islom nurli qo’liga.

Zero iymonning barakotli o’ng qo’li

Insonlarga berar ishonchu omon.

* * *

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

اَلْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

وَالصَّلٰوةُ عَلٰى سَيِّدِ الْمُرْسَلِينَ وَعَلٰٓى اٰلِهِ وَصَحْبِهِٓ اَجْمَعِينَ

"Tavhidning Ikki Burhoni Muazzami"

Shu koinot tamomi bilan muazzam burhondir. G’ayb tili, guvohlik qilgan tasbehhondir, muvahhiddir. Ha, tavhidi Rahmon bilan, baland bir ovoz bilan zikr qiladiki:

LA ILAHA ILLA HU.

Butun zarralar hujayralari, butun asoslari va a'zosi alohida zokir tildir, birgalikda baland ovoz bilan aytar:

LA ILAHA ILLA HU.

U tillarda farqlilik bor, ovozlarda martabalar bor. Faqat uning zikri, uning ovozi bir nuqtada to’plar:

LA ILAHA ILLA HU.

Bu bir buyuk til bo’lib, baland ovoz bilan etar zikr, butun bo’limlari, zarralari past ovozlari bilan, yuksak ovoz bilan birgalikda der:

LA ILAHA ILLA HU.

Bu olam zikr halqasi ichida juz’ o’qir, bu Qur'on porloq nurini. Butun ruhlilar fikr etar:

LA ILAHA ILLA HU.

Bu Furqoni Jalilushshon u tavhidga notiq burhon, butun oyatlar sodiq lison. Iymon chaqmog’i nurlari birgalikda der:

LA ILAHA ILLA HU.

Quloqni gar qo’ysang, bu Furqonning bag’riga, chuqur-chuqurlardan yaqqol eshitasan, samoviy bir sado der:

LA ILAHA ILLA HU.

U ovozdir g’oyat ulug’, o’ta jiddiy, haqiqiy juda samimiy, ham yaqin do’st, ishontiruvchi va burhon bilan jihozlangan. Takroran der:

LA ILAHA ILLA HU.

Shu nuroniy burhonda, olti jihati shaffof bo’lib, ustida naqshli gular bilan bezalgan i'joz tamg’asi. Ichida porlagan nuri hidoyat der:

LA ILAHA ILLA HU.

Ha, ostida to’qilgan nozik mantiq va burhon, o’ngida aqlni gapirtirish, shoxlari xar tarafga osilgan, zehnlar "Sodaqta" der:

LA ILAHA ILLA HU.

O’ng tomon shimolida etar vijdonni guvoh. Oldida husni xayr, nishonida saodat. Uning kaliti xar dam:

LA ILAHA ILLA HU.

O’ng tomoni orqasida unga tirgak samoviydi, vahyi asli Rabboniy. Bu olti jihat nurli, burjlarida ko’rinar:

LA ILAHA ILLA HU.

Ha o’g’ri vasvasa, tasavvur bilan shubha yo’li, qanday haddi sig’ar u dinsiz, kira olsin bu nurli qasrga. Ham porlagan, qal'a suralar yuksak, xar kalima notiq farishta:

LA ILAHA ILLA HU.

Qur'oni Azimushshon bir tavhid dengizi. Bitta tomchi, misol uchun birgina Ixlos Surasi, sanoqsiz ramzlaridan faqat qisqa bir ramzidir. Butun shirk ko’rinishlarini rad etar, hamda yetti turdagi tavhidni etar isbot, uchi manfiy, uchi musbat bu olti jumlada birdan:

Birinchi jumla:قُلْ هُوَ qarina-belgisiz ishoradir. Demak umumiylashtirishga aniqlanadi. U ta'yinda taayyun bor. Ey, La Huva Illa Hu.

Bu ko’ringan tavhidga bir ishoratdir. Haqiqatni ko’rgan nazar tavhidga ko’milar bo’lsa, der: La Mashhuda Illa Hu

Ikkinchi jumla:اَللهُ اَحَدٌ bo’kib, tavhidi uluhiyatni tushuntiradi. Haqiqat, haq tili der:

La Ma'buda Illa Hu.

Uchinchi jumla:اَللهُ الصَّمَدُ dir. Ikki tavhid javhariga sadaf. Birinchi dur: Tavhidi Rububiyat. Ha, koinot nizomi tili der:

La Xoliqa Illa Hu.

Ikkinchi dur: Tavhidi Qayyumiyat. Ha, butun koinotda, vujud va ham davom etishda, ta’sir qiluvchiga ehtiyoj tili der:

La Qayyuma Illa Hu.

To’rtinchi:لَمْ يَلِدْ dir. Bir jaloliy tavhid yopiq. Shirk ko’rinishlarini rad qilar, kufrni kesar ajratmasdan.

Ya'ni o’zgarish, yo nasl qoldirgan, yo bo’lakka ajralgan albat na Xoliqdir, na Qayyumdir, na Iloh.

Farzand fikri, tavallud kufrini لَمْ rad etar, birdan kesib otadi. Bu shirk sabab bo’lgan aksar inson gumroh.

Iso (A.S.) yo Uzayrning, yo farishtalar, yo aqllarning tavallud shirki avj oladi inson sinfida goh goh.

Beshinchisi:وَلَمْ يُولَدْ Bir tavhidi sarmadiy ishorati shunday: Vojib, qadim, azaliy bo’lmasa, bo’lmas Iloh.

Ya'ni: Yo muddatli yaratiq bo’lsa, yo moddadan tavallud, yo bir asldan ajralgan bo’lsa, albatta bo’lmas bu koinotga tayanch.

Asbobparastlik, yulduzparastlik, sanamparastlik, tabiatparastlik shirkning turlaridir, zalolatda alohida choh.

Oltinchi:وَلَمْ يَكُنْ Bir qamrovli tavhiddir. Na zotida tenggi, na ishida sherigi, na sifatlarida o’xshashi لَمْ lafziga qaraydi.

Bu olti jumla ma'nan bir-biriga natija, bir-birining burhoni, silsilaviy burhonlar, tizilgan natijalar shu surada joylashgan.

Demak Ixlos surasida o’z miqdori qomatida silsilali, ham tizilgan o’ttiz sura joylashgan, bu bularga yig’ilgan joyidir.

لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللهُ

* * *

Sabab faqat zohiriy

Azamat izzati taqozo qiladiki, moddiy sabablar qudrat qo’lining pardachisi bo’lsin, aql ko’ziga.

Tavhid va jalol iqtizo qiladiki: moddiy sabablar haqiqiy ta’sirdan qo’lini tortgan bo’lsin {(*) Haqiqiy ta'sirdan qo’lini tortishi, ijod-yaratishga qo’shilmasin deganidir.} qudrat ishida.

* * *

Vujud jismoniy olam bilan chegarlanmagan

Vujudning chegara tortilmas turli nav'larini, chegaralangan bo’lmaydi, sig’maydi bu shahodat olamiga.

Jismoniy olam bir tantanali parda kabi, shu'la sochgan g’aybiy olamlar ustida.

* * *

Qudrat qalamida birlashish, tavhidni e'lon qiladi

Nuqsonsiz san'at asari, fitratning xar burchagida ochiq oydin rad qilar sabablar ijodini.

Qalam uchi bilan qilingan naqsh, ayni qudrat, yaratilishning xar nuqtasida zarurat darajasida vositalar vujudini rad qiladi.

* * *

Bir narsa hamma narsasiz bo’lmaydi

Butun koinotda birdamlik sirri yashirin va yoyilgan. Ham tomonlar javob berishi, ham yordamlashish ko’rsatar.

Faqat olamshumul qudrat qildirar, zarrani xar o’lchovi bilan yaratib joylashtirar.

Olam kitobining xar satri bilan xar jonli harfi, ehtiyoj yo’naltirar, tanishtirar.

Har qayerdan kelsa-kelsin ehtiyoj nidosiga labbayk deydi, tavhid sirri nomiga atrofni gaplashtirar.

Jonlilar xar harfi, xar bir jumlaga yuzlangan alohida yuzni, hamda qaragan alohida ko’zni qaratar.

* * *

Quyoshning harakati tortishish uchun,

tortishish tizim qaror topishi uchun

Quyosh bir mevali, silkinadi tushmasin deb tortishuvchi sayyor mevalari.

Gar lol bo’lib to’xtasa, tortishish qochar, yig’lar fazoda intizomli tortishuvchilar.

* * *

Kichik narsalar katta narsalarga bog’liq

Pashshaning ko’zini yaratgan mutlaqo quyoshni, ham somonyo’lin yaratar.

Burganing me'dasini tartibga solgan mutlaqo, quyosh tizimini tizgan.

Ko’zda ko’rish, me'dada ham ehtiyojni o’rnatgan mutlaqo, samo ko’ziga ziyo surmasi surtgan, zamin yuziga ozuqa dasturxoni yozgan.

* * *

Koinot tartibida buyuk mo’jiza bor

Koinotning qaragin ta'lifida i'joz bor. Butun tabiiy sabablar farazan

Bo’lsa xar biri qodir bir xohlaganini qiladigan.

U mo’jizaga o’ta ojizlik bilan bo’ysunib

Sajda qilib,

سُبْحَانَكَ لَا قُدْرَةَ فِينَا رَبَّـنَا اَنْتَ الْقَدِيرُ الْاَزَلِىُّ ذُوالْجَلَالِ

* * *

Qudratga nisbat hamma narsa musoviydir

مَاخَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّاكَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

Bir zotiy qudratdir, ham azaliy, ojizlik xalal bermas.

Unda martabalar yo’q, mone'lar aralashmas. Istasa butun, istasa qism nisbat farq aylamas.

Chunki hamma narsa bog’liqdir hamma narsa bilan. Kim hamma narsani qila olmasa bir narsani ham qila olmas.

* * *

Kim koinotni qo’lida tuta olmasa, zarrani yarata olmaydi

Tasbeh kabi nazm aylayib ko’taradi yerimiz, quyosh, yulduzlarni, chegaralay olmas

Shu fazoning boshiga, ham ko’ksiga taqadigan quvvatli qo’lga bir kishi sohib bo’lmasa

Dunyoda hech narsani yaratdim deb da'vo qilib, bor etish iddiaosi qila olmas.

* * *

Sinfni tiriltirish, bir kishini tiriltirish kabidir

O’lim aralash uyqu orqali qishda uvushgan chivinni tiriltirish qudratga og’ir emas.

Dunyoning o’limi ham, tiriltirish ham shunday. Butun ruh sohiblarini tiriltirish unda ortiq nozlanmas.

* * *

Tabiat bir Ilohiy san'atdir

Emas qilgan tabiat, balki qilingan. Emas naqqosh, u balki bir naqshdir.

Emas qiluvchi, u qilingan. Emas manba’, u uskuna.

Emas tartiblagan, u nizomdir.

Emas qudrat, u qonundir. Iroda sifatining qonunidir, emas haqiqiy borliq.

* * *

Vijdon, tortishi bilan Allohni taniydi

Vijdonda joylashgan, bir tortishish va jazba. Bir tortuvchining tortishi bilan doim tortishadi.

Jazbga tushar shuur sohibi, gar Zuljamol ko’rinsa. Etsa tajalliy doim ko’z qamashtiruvchi behijob.

Bir Vojibul Vujudga, Sohibi Jalol va Jamol, shu shuurli yaratilish qat'iy guvoh zamini.

Bir guvohi tortish, ham boshqasi tortishish.

* * *

Mizojning guvohligi ishonchlidir

Mizojda yolg’on yo’qdir, nima desa to’g’ridir. Urug’ning tili,

Ko’karish mayli der: "Men, unib chiqib mevador..." To’g’ri chiqar bayoni.

Tuhum ichida chuqur chuqur so’ylar hayot istagi

der: "Men jo’ja bo’laman, izni Ilohiy bo’lsa." Sodiq bo’lar lisoni.

Bir hovuch suv, temir to’p ichida agar niyat qilsa muzlashni. Sovuq vaqtda

Ichidagi yoyilish mayli der: "Kengay, menga endi kerak kengroq joy". Bir amri beomon.

Metin temir urinar, uni yolg’on chiqarmas. Balki unda to’g’rilik, hamda qalbdan to’g’rilik

U temirni parchalar. Bu istaklar birma bir yaratilishdagi qonun, bir bir hukmi Yazdoniy,

Alohida tabiiy qonun, bir bir iroda jilvasi. Irodai Ilohiy, borliqlar idorasi

Amrlari shulardir: Bitta-bitta yo’nalish, bitta-bitta bo’ysunish Rabboniy amrlarga.

Vijdondagi tajalliy aynan shunday jilvadir, tortishish va tortilish ikki musaffo jonni.

Ikki yaltiroq shisha, aks etar ichida Jamoli Loyazaliy, hamda nuri iymoniy.

* * *

Nubuvvat basharga zaruriyadir

Chumolini amirsiz, arilarni raissiz qoldirmagan azaliy qudrat, albatta

Insonni ham qoldirmas shariatsiz, nabiysiz. Olam nizomi sirri, shunday istar albatta.

* * *

Malaklarda Me'roj, insonlarda Shaqqi Qamar kabidir

Bir me'rojiy karomat bilan farishtalar, haqiqatda ko’rdilar shubhasiz bir nubuvvatda muazzam bir valiylik bor.

U porloq zot, buroqqa minib chaqmoq bo’lgan. Oy kabi to’liq, nur olamini ham ko’rgan.

Bu shahodat olamida tarqalgan insonlarga hissiy buyuk bir mo’'jiza اِنْشَقَّ الْقَمَرُ oyati.

Bu me'rojdir, ruhlar olamidagi yashovchilarga eng buyuk bir mo’'jiza سُبْحَانَ الَّذِٓى اَسْرٰى oyati.

* * *

Kalimai shahodatning burhoni ichidadir

Kalimai shahodatning bordir ikki kalomi. Bir-biriga shohiddir, ham dalil va burhondir.

Birinchisi ikkinchiga bir burhoni limmiydir (ta’sir qiluvchidan ishga olib borgan dalil). Ikkinchisi avvalga bir burhoni inniydir (ishdan ishni qiluvchiga olib borgan dalil).

* * *

Hayot bir tur vahdat tajalliyidir

Hayot vahdat nuridir. Shu ko’plikda tavhid tajalliy qilar. Ha, bir vahdatning jilvasi qilar ko’plarni bitta va yakto.

Hayot bir narsani hamma narsaga qilar molik. Hayotsiz narsa, unga nisbat yo’qlikdir jumla ashyoda.

* * *

Ruh, moddiy vujud kiydirilgan qonundir

Ruh bir nuroniy qonundir, moddiy vujud kiygan bir nizomdir, shuurni boshiga taqqan.

Bu mavjud ruh, aqlga sig’ar qonunga bo’lgan ikki qardosh, ikki yo’ldosh.

Sobit va ham doim tabiiy qonunlar kabi, ruh ham ham qonunlar olami, ham iroda vasfidan kelar.

Qudrat hissiy vujud kiydirar, shuurni boshiga taqar, bir sayyor ma’naviy borliqni u javharga sadaf qilar.

Agar turlardagi qonunlarga Xoliq qudrati moddiy vujud kiydirsa, xar biri bir ruh bo’lar.

Gar vujudni ruh chiqarsa, boshidan shuurni tushirsa, yana o’lmas qonun bo’lar.

* * *

Hayotsiz vujud, adam kabidir

Ziyo bilan hayotning har biri, mavjudotning kashf qiluvchisidir. Qara nuri hayot bo’lmasa,

Vujud yoq’lik aralash, balki hechlik kabidir. Ha, g’arib, yetimdir, hayotsiz gar oy bo’lsa.

* * *

Hayot sababli chumoli dunyodan katta bo’ladi

Gar borliq mezoni bilan chumolini o’lchasang, undan chiqqan koinot sayyoramizga sig’mas.

Menimcha dunyo jonlidir, boshqalarning fikricha mayyit bo’lgan kurrani gar keltirib qo’ysang

Chumoli qarshisiga, u shuurli boshining yarmi ham bo’la olmas.

* * *

Nasroniyat Islomiyatga taslim bo’ladi

Nasroniyat yo so’nadi yo soflashadi. Islomga taslim bo’lib qurolini taslim qiladi.

Takror takror yirtildi, protestanlikgacha keldi, protestanlikda ko’rmadi unga yaxshilik beradi.

Parda yana yirtildi, mutlaq zalolatga tushdi. Bir qismi lekin, biroz yaqinlashdi tavhidga, unda qutulish topadi.

Tayyorlanar hozirdan {(*) Bu dahshatli Harbi Umumiy natijasidagi holatga ishorat qiladi. Balki Ikkinchi Harbi Umumiydan to’liq xabar beryapti.} yirtilishni boshladi. So’nmasa poklanib Islomga tobe' bo’ladi.

Bu bir sirri azimdir, unga ramzu ishorat, Faxri Rusul degandir: "Iso Shariatim bilan amal qilib ummatimdan bo’ladi".

* * *

Qaram nazar imkonsiz narsani mumkin ko’radi

Mashxur voqe'ada, Iydning hiloliga qarardi katta jamoat. Hech kim hech narsa ko’rmadi.

Katta yoshli keksa: "Ko’rdim", deb qasam ichdi. Xolbuki ko’rgani, kiprigining yoysimon oq qili edi.

U qil bo’ldi uning hiloli. U yoysimon qil qayerda? Hilol oy qayerda? Gar anglasang bu ramzni:

Zarralardagi harakatlar, aql kiprigi bo’lgan zulmatdor qillardir, moddiy ko’zni ko’r qilar.

Sinflarni tashkil qilgan yaratganni ko’ra olmas, tushar boshiga zalolat.

U harakat qayerda? Koinot tartiblovchisi qayerda? Uni unga farazga asir bo’lish qavat qavat imkonsiz!

* * *

Qur'on oyna Istar, vakil istamas

Ummatdagi jumhurni, ham avomning barchasi, burhondan ko’ra manba’dagi muqaddas itoat istagi berar, boysunishga chorlar.

Shariatning yuzdan to’qsoni, shar'iy hukmlar, diniy zaruratlar alohida olmos ustundir.

Ijtihodiy, ixtilofli, tafsilotli masalalar, yuzdan faqat o’n bo’lar. To’qson olmos ustunni, o’n oltinning sohibi

Xaltasiga qo’yolmas, unga tobe' qilolmas. Olmoslarning ma'dani: Qur'on va ham Hadisdir. Uning mulkin u yerdan, xar zamon istash kerak.

Kitoblar, ijtihodlar Qur'onning oynasi, yoki durbin bo’lishi kerak. Soya, vakil istamas u Mo’'jiza bayon Quyoshdan.

* * *

Adashgan botilni haq nazari bilan oladi

Inson yaratilishi mukarram bo’lganidan, qasddan haqni qidirar. Ba'zan kelar qo’liga, botilni haq deb o’ylar, qo’yniga yashirar.

Haqiqatni qazarkan ixtiyori xoriji boshiga zalolat tushar, haqiqatdir deb o’ylar, boshiga qo’yar.

* * *

Qudratning oynalari ko’p

Zuljalol Qudratining juda ko’pdir oynalari. Har biri boshqasidan shaffofroq va xush va go’zalroq derazalar ochadi bir misol olamiga.

Suvdan havoga qadar, havodan efirga, efirdan misolga, misoldan ruhlarga, ruhlardan vaqtga, vaqtdan xayolga,

Xayoldan fikrgacha turli oynalar, doimo ko’rinadi sayyor ishlar. Qulog’ing bilan nazar qil havo oynasiga: Yakka kalima, bo’lar million kalima!

Ajib nusxa ko’paytirar qudratning qalami, bu ko’payish sirri.

* * *

Ko’rinishning qismlari turlicha

Oynada ko’rinish, to’rt suratga bo’linadi: Yo faqat surat, yo barobar xosiyat, yo ko’rinish ham mohiyat shu’lasi, yo mohiyat, surat.

Agar misol istasang, mana inson va quyosh, farishta va kalima. Qattiq narsa timsollari, oynada bo’lar alohida harakatlanar mayyit.

Bir nuroniy ruhning, o’z oynalarida timsollari bo’ladi alohida bog’langan jonli. Ayni bo’lmasa agar, boshqasi ham emas

Alohida tarqalgan nur. Gar quyosh jonli bo’lganda, bo’lar harorati hayoti, ziyo uning shuuri. Bu hislarga sohibdir oynada timsoli.

Demak budir sirlar kaliti: Jabroil ham Sidrada, ham surati Dihyada majlisi Nabaviyda,

Ham kim bilar necha yerda! Azroilning bir onda Alloh bilar necha yerda, ruhlarni qabz etadi. Payg’ambarning bir onda,

Ham avliyolar kashfida, ham sodiq tushlarda ummatiga ko’rinar, ham hashrda barcha bilan shafoat qilib ko’rishar.

Valiylarning abdali, ko’p yerlarda bir onda zuhur etar, ko’rinar.

* * *

Iste'dodli, mujtahid bo’lishi mumkin, shar’iy hukm o’rnatuvchi emas

Ijtihodning shartini qo’lga kiritgan xar iste'dodli kishi, qiladi nafsi uchun, nass bo’lmaganda ijtihod. Unga lozim, g’ayrga tatbiq etolmas.

Ummatni da'vat bilan shar’iy hukm o’rnata olmas. Tushunishi shariatdan bo’lar, lekin shariat bo’lolmas. Mujtahid bo’lishi mumkin, faqat shar’iy hukm o’rnatuvchi bo’lolmas.

Ijmo' bilan jumhurdir, shar'iy tamg’a qo’yadi. Bir fikrga chaqirish, jumhurning quvvatli qabuli, ilk sharti bo’ladi.

Yo’qsa u hukmga chaqirish bid'atdir, rad etilar. Og’ziga tiqilar, unda boshqa chiqolmas.

* * *

Nuri aql, qalbdan kelar

Zulmatli bilimdonlar bu so’zni bilishi kerak: Qalb ziyosisiz bo’lmas fikr nuri munavvar.

U nur bilan bu ziyo birlashmasa zulmatdir, zulm va jaholat sochar. Nurning libosini kiygan bir yolg’onchi muzavvar.

Ko’zingda bir nahor bor, lekin oppoq, qorong’u. Ichida bir qora bor, bir munavvar kecha.

U ichida bo’lmasa, yog’ bo’lagi ko’z bo’lmas, sen ham hech narsa ko’rmaysan. Basiratsiz ko’z esa qiymati bo’lmas.

Gar oq fikrda qalbda asos nuqta yo’q, miyadagi qorishma ilm, basirat bo’lmas. Qalbsiz oqil bo’lolmas.

* * *

Miyada ilm martabalari turlicha, qorishigan

Miyada martabalar bor, bir-biriga qorishgan, hukmlari turlicha. Avval hayol bo’ladi, so’ngra tasavvur kelar,

So’ngra kelar aql yuritish, so’ngra tasdiq qiladi, so’ngra aniq ishonch bo’ladi, so’ngra kelar tarafdorlik, so’ngra e'tiqod kelar.

E'tiqoding boshqadir, tarafdorliging boshqa. Xar biridan chiqar bir holat. Sog’lomlik e'tiqoddan,

Taassub tarafdorlikdan, amrga bo’ysunish aniq ishonchdan, tasdiqdan tarafdorlik, aql yuritishda betaraf, tasavvurda bebahra.

Hayolda safsata hosil bo’lar, butunlashtirishga agar bo’lmas qodir.

Botil narsalarni go’zal tasvir qilishlik, har damda

Sof zehnlarni yaralaydi, ham to’gri yo’ldan chiqaradi.

* * *

Hazm bo’lmagan ilm talqin etilmasligi kerak

Haqiqiy olim murshid qo’y bo’lar, qush bo’lmaydi. Samimiy berar ilmin.

Qo’y berar qo’zisiga hazm bo’lgan musaffo sut.

Qush berar bolasiga og’zidagi qaydini.

* * *

Buzg’unchilik osonroq, zaif kimsa buzg’unchi bo’ladi

Bo’laklarning to’plami, butunning bo’lish shartidir. Yo’qlik esa, bo’ladi bir bolak yo’qligi bilan, buzg’unchilik osonroq bo’ladi.

Shuning uchun: Ojiz odam, ijobiy ish qilishga hech yaqinlashmas. Manfiy harakat, doim buzg’unchi bo’lar.

* * *

Kuch haqqa xizmatkor bo’lishi kerak

Hikmatdagi dasturlar, hukumatda qonunlar, haqda bo’lgan qonunlar, kuchdagi qoidalar bir-biri bilan bo’lmasa birdam va yordamchi:

Odamlar ko’pchirigida na mevali va ta’sirli bo’ladi. Shariatda shao'ir (Islom belgilari, amallar va ibodatlar) qolar chetda, ishlatmas. Insonlar ishida bo’lmas, tayanch va ishonch.

* * *

Ba'zan zid, o’z ziddini ichiga olar

Shunday vaqt bo’ladiki zid, o’z ziddini yashirar. Siyosat tilida lafz, ma'noning ziddidir. Adolat bosh kiyimin {(*) Bu zamonni aynan ko’rgandek gapirgan.}

Zulm boshiga qo’ygan. G’urur libosini, xiyonat arzon kiygan.

Jihod va ham g’azotga, isyon ismi taqilgan. Hayvoniy tuyg’ularga asirlik, shaytoniy istibdodga hurriyat deb nomlangan. Zidlarda o’xshash bo’lgan, ko’rinishda o’zgarish, ismlarda qorishiq, maqomlarda aralash joy o’zgarish.

* * *

Manfaatni asos qilgan siyosat vahshiydir

Manfaat ustida charxi qurilgan hozirgi siyosat, yirtuvchi, jonvor.

Och bo’lgan jonvorga sevgi ko’rsatsang, marhamatini emas, ishtahasini ochar.

So’ngra qaytib keladi, tirnog’ining, ham tishining kirasini sendan istar.

* * *

Insondagi tuyg’ular chegaralanmagani uchun jinoyati buyuk bo’ladi

Hayvonning aksiga, insondagi tuyg’ular, yaratilishdan chegaralanmagan. Unda chiqqan yaxshilik va yomonlik, bitmaydi.

Undagi o’zini o’ylash, bundan chiqqan xudbinlik, g’urur, qaysarlik birlashsa, shunday gunoh bo’ladiki {(**) Bunda ham bir g’aybiy ishorat bor.} insoniyat hozirgacha unga nom topmagan. Jahannamning kerakligiga dalil bo’lgani kabi, jazosi ham faqat Jahannam bo’ladi.

Yana masalan: Bir odam bir yolg’onchi gapini to’g’ri ko’rsatish uchun, Islomning falokatini qalban orzu qiladi.

Davr ko’rsatdiki: Jahannam keraksiz bo’lmas, Jannat arzon emas.

* * *

Ba'zan yaxshilik, yomonlikka vosita bo’ladi

Xoslardagi fazilatlar haqiqatda tavozuga sabab, kamtarlikka. Bo’lgan afsuski bosimga sabab,

Takabburga ham asos. Faqirlardagi kuchsizlik, omilardagi faqirlik, haqiqatda sababdir ehson va marhamatga.

Lekin afsus natijasi hozir bo’lgan, xorlik va asirlik. Bir narsada hosil bo’lgan yaxshilik va sharaf esa,

Haqqi bo’lmay xoslar va raislarga berilar. Undan kelib chiqqan gunohlar va yomonlik esa, kishilar ham avomga

Bo’’linib, taqsimlanar. G’olib tomondagi sharaf esa: "Hasan Og’a, ofarin!" Agar yomonlik kelib chiqsa,

Kishilardan qilinar nafrat. Basharda hazin yomnlik!

* * *

G’oya-i xayol bo’lmasa, anoniyat quvvatlashar

Bir orzi qilingan maqsad bo’lmasa, yoxud unutushlik bossa, yo unuttirishga urinilsa, albatta zehnlar "men"larga aylanar,

Atrofida aylanar. "Men" kuchayadi, ba'zan asabiylashadi.

Teshilmas, toki "biz" bo’lsin. "Men"ligini sevganlar, boshqalarni sevmaslar.

* * *

Isyonning sababi - zakotning o’limi va sudxo’rlikning jonlanishidan chiqqan

Barcha isyonlar, butun bosh ko’tarish va buzuqliklar, ham asl, ham manba’i, sharmandalik va gunohlar, butun buzuq fe'llar,

Jonlantirgan va manbai ikki kalimadir faqat, yoki ikki kalomda. Birinchisi shuki: "Men to’q bo’lsam, boshqalar

Ochlikdan o’lsa menga nima!" Ikkinchisi: "Tinchligim uchun qiynal, sen ishla, men yeyman. Mendan yeyish, sendan ishlash!"

Birinchi so’zdagi o’ldiruvchi zaxar, ham ildizini kesadigan, shof shifo bo’ladigan yagona davosi bor.

U - shar'iy zakot, bir Islom ruknidir. Ikkinchi so’zda, zaqqum daraxti joylashgan. Uning tomirini - ribboning xaromligi kesadi.

Inson tinchlik istasa, hayotini sevsa, zakotni o’rnatishi, sudxo’rlikni olib tashlashi kerak.

* * *

Inson hayotini istasa, sudxo’rlik turlarini o’ldirishi kerak

Xoslar tabaqasidan avomga siylai rahm uzilgan. Pastdan otilmoqda

Isyon sadolari, intiqom faryodi, kinu hasad nolasi. Yuqoridan tushadi

Zulm va tahqir olovi, takabburning og’irligi, bosim jahl ovzi. Pastdan chiqishi kerak

O’zni sevdirish va itoat, hurmat va ham bo’ysunish. Lekin marhamat va ehson yuqoridan tushishi kerak,

Ham shafqat va tarbiya. Bashar buni istasa zakotni mahkam tutib, sudxo’rlikni quvishi kerak.

Qur'onning adolati olam eshigida turib sudxo’rlikka der: "Mumkin emas! Haqqing yo’q, orqangga qayt!"

Bu amrni tinglamay, bashar yedi tarsaki. {(*) Bu kuchli bir g’aybiy ishoratdir. Darhaqiqat, inson quloq solmadi, ikkinchi jahon urushi bilan bu dahshatli tarsakini ham yedi.} Mudxishini yemasdan bu amrni tinglashi kerak.

* * *

Inson asirlikni sindirgani kabi, maoshga ishlashni ham sindiradi

Bir tushda aytgan edim: Davlatlar, millatlarning yengil urushi, inson tabaqalarining qattiq harbiga joy bo’shatib beryapti.

Chunki inson, eski davrlar asirlik istamadi, qoni bilan sindirdi. Hozir maoshga ishlar, uning yukini tortmoqda, uni ham sindirmoqda.

Insoniyat boshi keksa, besh davri bor. Ibtidoiy va badaviylik, qullik, asirlik, hozir esa maoshga ishlar, boshlagandir, o’tyapti.

* * *

Shariatga zid yo’l, maqsad tersiga borar

اَلْقَاتِلُ لَا يَرِثُ bir azim dasturdir: "Shariatga zid yo’l bilan bir maqsadga yurgan kishi, ko’pincha maqsadining tersiga chekar jazo".

Ovrupa sevgisi, xarom muhabbat, ham taqlid va ham g’aflat.

Natijada mukofot: Sevgilining ayyor adovati, jinoyatlari.

Maxrum fosiq topar na lazzat va na najot.

* * *

Jabariy va Mo’taziliylarda bittadan haqiqat urug’i mavjud

Ey haqiqat tolibi! Moziyga, ham musibat, kelajak va gunoh ayri ko’rar shariat. Moziyga, balolarga raqdir deb qaraladi.

So’z bo’lar Jabariyga. Kelajak va gunohlarda qaralar taklif-majburiyatga. So’z bo’lar Mo’taziliyga. Mo’tazila va Jabariy

Bu yerda kelishadi. Shu botil mazhablarda bittadan haqiqat urug’i mavjud, joylashgan, maxsus joyi bor. Umumiylashtirish botil bo’ladi.

* * *

Ojizlik va oh voh bechoralarning ishi

Gar istasang hayotni, chorasi bo’lgan narsada ojizlikka yopishma.

Gar istasang rohatni, chorasi bo’lmagan narsada oh vohga o’ralma.

* * *

Ba'zan kichik narsa katta ish qiladi

Shunday sharoit bo’lar, ostida oz harakat sohibini chiqaradi to a'loyi illiyin.

Shunday holatlar bo’lar, kichik harakat, qilganni tushiradi to asfali sofiliyn.

* * *

Ba'zilarga bir on, bir yildir

Mizojlarning bir qismi birdaniga porlaydi. Bir qismi tadrijiydir, sekin sekin turadi. Inson tabiati ikkisiga o’xshaydi.

Sharoitga qaraydi, unga ko’ra almashar. Ba'zan tadrijiy ketar. Ba'zan porox kabi bo’ladi zulmatli, birdaniga otilar.

Nuroniy olov bo’lar. Ba'zan esa bir nazar, ko’mirni olmos qilar. Ba'zan bo’lar bir tegish, toshni iksir qiladi. Bir nazari payg’ambar,

Birdan o’zgartiradi, bir johil badaviyni, bir orifi bilimdon. Agar mezon istasang: Islomdan avval Umar, Islomdan keyin Umar.

Bir-biriga qiyosi: Bir urug’, bir daraxt. Daf'atan berdi samar, u nazari Ahmadiy, u himmati Payg’ambar.

Jaziratul Arabda, ko’mir bo’lgan mizojlarni o’zgartirdi olmosga. Birdaniga boshdan oyoq.

Porox kabi axloqni porladi, bo’lishdi birma bir munavvar nur.

* * *

Yolg’on, kofir lafzdir

Bir dona sidq-to’g’rilik, yoqar million yolg’onni. Bir haqiqat urug’i, buzar hayol qasrini. Sidq buyuk asosdir, bir ziyoli javhar.

Yerni berar sukutga, agar chiqsa zararli. Yolg’onga yer hech yo’qdir, garchi bo’lsa foydali. Xar so’zing to’g’ri bo’lsin, xar hukming haq bo’lishi kerak.

Lekin haqqing yo’q, xar to’g’rini gapirish. Buni yaxshi bilishing kerak.

خُذْ مَا صَفَا دَعْ مَا كَدَرْ o’zingga dastur qilishing kerak.

Go’zal ko’r, ham go’zal boq. Toki go’zal fikrla. Go’zal bil, ham go’zal fikrla. Toki shirin hayot top.

Hayot ichida hayot, husni zonda umidi. Sui zon bilan umidsizlik: Saodat buzg’unchisi, hamda hayot qotili.

* * *

Bir majlisi misoliyda shariat bilan hozirgi madaniyat,

fanda daho bilan Islom hidoyatining qiyosi

Birinchi jahon urushining otishma boshida, bir Juma kechasi bir sodiq tushda, misol olamida, bir azim majlisda, mendan so’radilar:

"Mag’lubiyat oxirida Islom olamida qanday hol paydo bo’ladi?" Hozirgi asr vakili sifatida gapirdim, ular tingladi:

Eski davrdan beri Islom istiqlolining davom etishi, ham Kalimatullohning oliy bo’lishi uchun, farzi kifoya bo’lgan jihodni, diyonat taqozosi bilan

Bo’yniga olib, o’zini yakka vujud holida, Islom olamiga fidokorlik vazifasi bo’lgan, xilofatga bayroqdor ko’rgan bu davlat,

Shu millati Islomning moziy falokati, keltiradi ham albat Islom olamiga saodat va hurriyat. Bo’lar o’tgan musibat,

Kelajakda o’rni to’ladi. Uchni bergan, uch yuzni qozontirgan, albatta hech yo’qitmaydi. Hozirni kelajakka almashtirar, himmat, g’ayrat sohibi.

Chunki bu musibat, hayotimiz asosi bo’lganshafqat, qardoshlik,Islom birdamligini g’aroyib tarzda etdi, qardoshlik rivojini

Harakatin tezlatdi, madaniyat buzishi. Hozirgi axloqsiz madaniyat surati o’zgaradi, tizimi buziladi. Yuzaga chiqadi o’sha vaqt,

Islomiy madaniyat. Musulmonlar ixtiyori bilan albat avval kiradi. Taqqoslashni istasang: Shariat madaniyatin va hozirgi madaniyat

Asoslarga diqqat qil, belgilarlarga nazar sol. Hozirgi madaniyat asoslari manfiydir. Manfiy bo’lgan besh asos unga poydevor, ham qiymat.

Ular bilan charx qurilar. Mana tayanch nuqtasi: Haq o’rniga kuch.

Kuchning ishi tajovuz va qarshilik, bundan chiqar xiyonat.

Maqsadi, fazilat o’rniga arzon bir manfaatdir. Manfaatning ishi qiyinchilik va dushmanlik, bundan chiqar jinoyat.

Hayot qonuni, o’zaro yordam o’rniga bir kurash dasturi. Kurashning ishi shuki: Nizo va kurash, bundan chiqar abgorlik.

Jamoatlar o’rtasida asos aloqa: Boshqa kishining zarariga ishlovchi irqcchilik. Boshqalarni yutish bilan oziqlanar, olar quvvat.

Zararli millatchilik, irqchilik, urug’chilik, ishi bo’lar doimo mudxish kurashish, foje'ali to’qnashish, bundan chiqar halokat.

Beshinchisi shudirki: Jozibador xizmati: Havo, havasni jasoratlantirish, osonlashtirish, hoy havas, istaganin bajarish. Bundan chiqar kayf-safo qarami.

U hoyu havas, ishi shudir doimo: Insonni xunuk qiladi, siyratin o’zgartirar. Ma'naviy surati buzilar, o’zgarar insoniyat.

Shu madaniylardan ko’pining, agar ichin tashiga ochsang, ko’rarsan: Boshda maymun va tulki, ilon bilan ayiq, to’ng’iz. Siyrati bo’lar surat.

Kelar hayoli oldingga, po’stlariyu tuklari. Shu orqali ko’rinar qilgan ishlari.

Zamindagi o’lchovlar, mezonidir shariat.

Shariatdagi rahmat, Qur'on samosidandir. Madaniyati Qur'on asoslari musbatdir. Besh musbat asos ustida aylanar saodat charxi.

Tayanch nuqtasi, quvvatga o’rnigahaqdir.Haqning doim ishidir adolat va bosiq harakat. Bundan chiqar salomat, yo’q bo’ladi badbaxtlik.

Maqsadi manfaat o’rniga fazilat. Fazilatning ishi muhabbat va yaqinlik. Bundan chiqar saodat, yo’q bo’ladi adovat.

Hayotdagi dasturi, kurash o’ldir o’rniga, o’zaro yordam dasturi. Bu dasturning ishidir birlashish va birdamlik, jonlanadi jamoat.

Xizmat shaklida, havo havas o’rniga hidoyatga yo’llaydi. Hidoyat natijasi: Insonga loyiq taraqqiy va mo’llik.

Ruhga lozim suratda nurlanish va komillik.

Jamoatlar ichida birlik tomoni esa: Irqchilikni quvadi, hamda manfiy millatchilikni.

Ham ularning o’rniga diniy bog’, vataniy nisbat, sinfiy aloqa, iymoniy qardoshlik. Bu bog’ninig natijasi, samimiy bir qardoshlik,

Umumiy bir salomat. Xorij etsa tajovuz, u ham etar mudofaa. Mana endi tushunding, qusish sababin, olmadi madaniyat.

Hozirgacha musulmon ixtiyori bilan kirmagan, hozirgi madaniyatga.

Ularga yaramagan, hamda ularga urgan mudhish asirlik zanjiri.

Balki bashariyatga darmon ekan zaxar bo’lgan. Yuzda saksonini otgan mashaqqat va badbaxtlik. Yuzda o’nni chiqargan yolg’onchi bir saodat!

Boshqa o’nni qoldirgan asoratda berohat! Zolim kamchilikning bo’lgan kelgan daromad. Lekin saodat shuki: Ko’pchik topsa saodat.

Loaqal aksariyatga bo’lsa najot sababi. Inoniyatga rahmat nozil bo’lgan shu Qur'on, faqat qabul qiladi bir tarzi madaniyat,

Hammaga, yo aksarga agar bersa saodat. Hozirgi tarzi esa, nafs istaagi bemalol, havo esa hur bo’lgandir, hayvoniy bir hurriyat.

Nafs hoyu havasi bosim qilar. Nafs esa mustabid, zaruriy bo’lmagan ehtiyojni zaruriy ehtiyojga aylantirgan. Tinchlikni yo’qotdi.

Badaviyat vaqtida kishi to’rt narsaga muhtoj edi, madaniyat yuz narsaga muhtoj, faqir etdi. Halol mehnat, xarajatga qilmaydi kifoya.

U insonni hiyla, haromga chorlagan. Axloqning asosini shu tomondan buzgandir. Jamoatga ham sinfga bergandir sarvat, hashamat.

Shaxsni axloqsiz, ham faqir aylagandir. Buning guvohi ko’pdir.

Ilk asrlarda butun vahshat va jinoyat, ham zulm va ham xinoyat

Shu iflos madaniyat bir martada qusdi. Me'dasi {(*) Demak, yana dahshatli qusadi. Ha, ikki harbi umumiy bilan shunday qusdiki: Havo, dengiz, quruklik yuzlarini bulg’atdi, qon bilan dog’ qildi...} yana aynir.

Olami Islomdagi ma'noli hayiqish hamda e'tiborga loyiq.

Qabulda iztirobli, sovuq muomala qilgan. Ha Buyuk, Porloq Shariat bo’lgan nuri Ilohiy ajralgan xususiyati: Behojatlik, mustaqillik.

U ajralib turgan xossa qo’ymas hidoyat nuri, shu madaniyat ruhi bo’lgan Rim dahosi unga bosim qilishin. Unda bo’lgan hidoyat,

Bundagi falsafa bilan birlashmas, ham emlanmas, hamda tobe bo’lolmas. Islomiyat ruhida shafqat, iymon izzati yetishtirgan shariati

Qur'oni Mo’'jiz-Bayon tutgan porloq qo’lida shariat haqiqatlarin. Porloq o’ng qo’lda alohida Muso Asosi. Sehrovchi madaniyat, kelajakda qiladi unga hayrat sajdasi.

Endi bunga diqqat qil: Eski Rim, Yunonning ikki dahosi esi, bir asldan egizak, biri hayol aralash, ikkinchisi moddaparast.

Suv ichida yog’ kabi aralasha olmadi. Davr o’tishin istadi, madaniyat tirishdi. Xristiyanlik urindi, birlashtirishga hech biri muvaffaq ham bo’lmadi.

Xar biri istiqlolin to’lig’icha saqladi. Hatto hozir go’yo ikki ruh, hozirga kelib jasadlari o’zgargan, Olmon, Fransuz bo’ldi.

Go’yo bir nav’ re'nkarnatsiya boshlaridan o’tkazdi. Ey misoliy birodari! Davr shunday ko’rsatdi. Egizak ikki daho, ho’kiz kabi rad etdi

Birlashish sabablarin. Hozir ham kelishmadi. Modom ular ekizak, qardosh va birodardi, taraqqiyda yo’ldoshdi, bir-birila urushdi. Hech ham yarashmadilar.

Keyin ularning asli, ham ma'dani, tig’ilish joyi boshqa tur bo’lgan edi. Qur'onda bo’lgan nurni, shariat hidoyati

Shu madaniyat ruhi bo’lgan Rim dahosi bir-biri bilan kelishar ham kuchli birdamligi.

U dahoyu bu haq din manba’lari boshqadir: Haq yo’l samodan tushdi, daho zamindan chiqdi. Qalbda hidoyat ishlar, aqlni ham ishlatar.

Daho aqlda ishlar, qalbni ham chalkashtirar. Hidoyat ruhni nurli etar, urug’larni ko’kartirar. Qorong’i tabiat u orqali yorishar.

Komillik iste'dodi birdaniga yo’l bosar. Nafsi jismoniy qilar bo’ysinuvchi xizmatkor. Malak siymo qiladi insoni himmatparvar.

Daho esa: Avvalo nafsu jismga qaraydi, tabiatga kiradi, nafsni dala qiladi. Nafsoniy iste'dodi unib ko’karar chiqar.

Ruhni qilar xizmatkor, urug’lari quriydi. Shaytonning siymosini insonda ko’rsatadi.

Hidoyat, ikki hayotga saodat beradi. Ikki diyorga ziyo tarqatadi. Insonni yuksaltiradi.

Dajjol kabi {(**) Bunda ham bir nozik ishorat bor.} bir ko’zli daho, bir uy bilan bir hayotni bilar, moddaparast bo’lar va dunyoga sho’ng’igan. Insonni qilar alohida jonivor.

Ha daho, kar tabiatga sig’inar. Ko’r kuchga bo’yin eggan. Hidoyatchi, shuurli san'atni tanir, hikmatli qudratga qarar. Daho, zaminga kufron pardasi tortar. Hidoya, shukron nurini sochar.

Shu sababli: Daho - ko’r va sag’ir; hidoyat - eshitar, ko’rar. Dahoning nazarida, zamindagi ne'matlar egasiz mol mulk hisob.

Minnatsiz talonchilik va o’g’rilik, tabiatdan qo’porish, jonivorcha his berar.

Hidoyat nazarida, zaminning siynasida, koinotning yuzida

Sochilmish bo’lgan ne'mat, rahmatning mevalari. Xar ne'matning ostida bir ehson qo’lin ko’rar, shukron bilan o’ptirar.

Buni inkor qilmayman: Madaniyatda bordir ko’p chiroyli narsalar. Ammo ular na Nasroniyat Mulki na Ovrupa ijodi,

Na shu asr san'ati. Balki umum mulkidir: Fikrlar yig’indisi, samoviy qonunlardan, ham tabiiy ehtiyoj, xususan Ahmadiy shariat,

Islomiy inqilobdan kelib chiqqan bir mulkdir. Hech kim ega chiqmaydi.

Tushdagi majlis, u majlisning raisi takroran so’radi:

"Musibat bo’lar har dam xiyonat natijasi, mukofotning sababi. Ey shu asr odami! Qadar tarsaki urdi, qazo ham yo’liqtirdi

Qaysi ishingiz bilan qazoga, ham qadarga shunday fatvo berdingiz, Alloh qazosi musibat hukmi berdi, sizni holdan toydirdi?

Ko’pchilikning xatosi bo’lar sabab doimo ommaviy musibatga." Dedim:

Basharning fikriy zalolati, Namrudona qaysarligi,

Fir'avcha g’ururni shishib shishib zaminda, yetishdi samovotga. Hamda tegdi hassos yaratilish sirriga.

Samovotdan tushirdi

To’fon, vabo misoli, shu urush zilzilasi, kofirga tushirdi samoviy bir tarsakni. Demakki bu musibat, butun bashar musibati edi.

Turi bilan hammani o’z ichiga oladi. Bir umumiy sababi, moddparastlikdan kelgan fikriy zalolat. Hayvoniy hurriyat, nafs havo istibdodi.

Biz olgan hissa, sabab arkoni Islomiyga ahamiyat bermadik, tark qilganimiz. Zero Xoliq Taolo yigirma to’rt soatda, bir soatni istadi,

Besh vaqt namoz uchun faqat u soatni, bizdan yana biz uchun amr etdi, ham istadi. Tanballikla tark etdik, g’afatla chetda qoldi.

Shunday ham jazo ko’rdik: Besh yilda, yigirma to’rt soat, doimo ta'lim va mashaqqat bilan harakat va yugurtirib bir navi’ namoz o’qitdi.

Yilda bir oy ro’za uchun nafsimizdan istadi. Nafsimizga achindik, besh yil kafforatan jabran ro’za tuttirdi.

O’zi bergan mulkidan, qirqidan yo o’nidan birin zakot istadi.

Baxillik bilan zulm qildik, xarom aralashtirdik, ixtiyor bilan bermadik.

U esa bizdan oldirdi yig’ilgan zakotni, xaromdan ham qutqardi.

Amal, jazo turadir. Jazo, amal turidir. Solih amal ikkidir:

Biri musbat va ixtiyoriy, ikkinchisi manfiy majburiy. Butun azob, musibat, a'moli solihadir, lekin manfiydir, majburiy. Hadis tasalli berdi.

Bu gunohkor millat qonidan tahorat oldi. Amaliy tavba qildi. Naqd mukofoti, bu millatning beshdan biri to’rt million kishini chiqardi

Valiylik darajasiga, shahidlik martabasi bilan g’oziylik berdi, gunohni tozaladi. Tushda tashkil etilgan bu oliy majlis, bu so’zni tahsin etdi.

Men ham birdan uyg’ondim, balki uyg’oqlik bilan endi yotdim. Menimcha uyg’oqlik tush,

Tush bir nav’ uyg’oqlik. U yerda asr vakili, bu yerda Said Nursiy.

* * *

Bilimsizlik, majozni qo’liga olsa haqiqat qiladi

Ilmning qo’lidan agar jaholat qo’liga tushsa majoz, aylanar haqiqatga, ham ochar xurofotga eshiklar.

Kichikligimda oyni tutilgan ko’rdim. So’radim volidamdan. Dedi: "Ilon yutgandir." So’radim: "Nima uchun ko’rinyapti?"

Dedi: "U yerda ilonlar yarim shaffof bo’ladi". Bunday bir majoz haqiqat deb o’ylangan: Quyosh va oy orbitasi

Kesishish nuqtalari bo’lgan bosh va dumida yer o’rtaga kirganda amri Ilohiy bilan oy tutiladi.

Ikki faraziy yoy ikki katta ilon deyilgan, xayoliy bir tashbeh bilan nomlangan. Tinnin esa ilondir.

* * *

Mubolag’a orqadan ayblashdir

Qay narsani vasf qilsang, boridek vasf qilgin. Madh mubolag’asi menimcha orqadan ayblash.

Alloh ehsonidan ortiq ehson, ehson emas.

* * *

Shuhrat zolimdir

Shuhrat bir mustabiddir, sohibiniki boshqa birov molini.

Mashhur Xo’ja Nasriddin latifalari ichida, unga tegishlisi faqat ularning zakotidir.

Rustami Sistoniy uning hayoliy shoni talon qilgan bir asr Eron iftixorini. Talon va o’grilik bilan shishdi u xayoliy shuxrati, xurofotga qo’shildi, otdi inson sinfini.

* * *

Din bilan hayot alohidaligini o’ylaganlar falokatga sababdir

Shu Jo’n turklar xatosi: Bilmadi u bizdagi din hayotning asosi. Millat va Islomiyat boshqa-boshqa o’yladi.

Madaniyat bardavom, istilochi farazi. Hayot bahtini ichida ko’rar edi. Hozir davr ko’rsatdi,

Madaniyat tizimi {(*) Tom g’aybiy ishoratdir. Sakarotdagi dinsiz zolim madaniyatga qaraydi.} buzuq ham zararli edi. Qat'iy tajriba bizga buni ko’rsatdi.

Din hayotning hayoti, ham nuri, ham asosi. Dinni tiriltirish orqali bo’ladi shu millat tirilishi. Musulmonlar buni angladi.

Boshqa dinlar aksiga, millatning taraqqiysi - dinimizni mahkam tutish darajasi nisbatidadir. Uzoqlashgan nisbatda edi millatning ortda qolishi. Tarixiy bir haqiqat, undan bo’lgan unutishga urinish.

* * *

O’lim - faraz etilgani kabi daxshatli emas

Zalolat faraziydir, o’limni daxshatli ko’rsatadi. O’lim, kiyim almashtirish yo makon o’zgartirish. Qamoqdan bo’stonga chiqar.

Kim hayotni istasa shahidlikni istasin. Shahidning hayotiga Qur'on ishorat qilar. Sakarotni totmagan xar bir shahid, o’zini

Tirik bilar, ko’radi. Lekin yangi hayotni tozaroq biladi.

O’ylaydiki o’lmagan. Mayyitlarga qiyosi, diqqat qil shunga o’xshar:

Ikki odam, tushida shirin narsalar jamlangan go’zal bog’da aylanar. Biri tush ekanin bilar, lazzat olmaydi.

Unga huzur bermaydi, balki afsus qiladi. Narigisi, uyg’oqlik olami deb o’ylab, haqiqiy lazzat olar, unga haqiqiy bo’lar.

Tush misol olami soyasi, misol olami esa barzohning soyasidir. Shundan ularning dasturlari bir-biriga o’xshaydi.

* * *

Siyosat, fikrlar olamida shaytondir, panoh tilanishi kerak!

Bugungi siyosat, ko’pchilik tinchligiga kamchilikni fido qiladi. Balki zolim kamchilik, o’ziga qurbon qilar xalqning ko’pchiligini.

Qur'oniy adolat, bir ma'sumning hayoti, qonin foydasiz deb qaramas, uni fido qilmaydi nafaqat aksariyatga, hatto butun sinfni.

مَنْ قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ oyati ikki azim sirrni o’rnatadi nazarga. Biri: To’liq adolat. Bu azim dasturni

Kishi bilan jamoat, shaxs bilan bashariyat, qudrat bir ko’rganidek, adolati Ilohiy, ikkisiga bir qarar. Bir doimiy qonundir.

Yakka shaxs, haqqin o’zi fido qiladi. Lekin fido qilinmas, hatto umum insonga. Uning haqqin toptalishi, ham qon oqishi,

Ham ma’sumligin tugashi: Sinfga oid haqning yo’q qilinishi, ham bashar ma’sumligin o’zshashi, ham tenggi. Ikkinchi sirri budir: Xudbin odam

Istak va havas yo’lida bir ma'sumni o’ldirsa, agar qo’lidan kelsa, nafsiga mone' bo’lsa xarob qilar dunyoni, yo’q qilar insoniyatni.

* * *

Zaiflik, dushmanga shijoat beradi. Alloh qulini sinaydi. Qul Allohini sinay olmaydi.

Ey qo’rqoq va ham zaif! Xavf va zaifliging behuda, ham sening zararingga, tashqi ta’sirlarni shijoatlantirar, jalb qilar.

Ey vasvasali vahimachi! Aniq bir foyda, mavhum zararlar uchun fido qilinmas. Qilishing kerak bo’lgan harakat, natija Allohniki.

Ishiga aralashma. Alloh tortar qulini imtihon maydoniga. "Bunday qilsang agar, bunday qilaman men", der.

Qul esa hech qilolmas Allohini imtihon. "Rabbim muvaffaq etsin, men ham buni qilaman", desa, tajovuz etar.

Isoga degan shayton: "Hamma ishni U qilar ekan, Qadar birdir, o’zgarmas. Tog’dan o’zingni ot. Ko’raylik U nima qilar?"

Iso dedi: "Ey mal'un! Qul qilolmas Robbini tajriba va imtihon!"

* * *

Yoqtirgan narsangda haddingdan oshma

Bir dardning darmoni, boshqa dardga dard bo’lar. Panzaxari zahar bo’lar. Darmon haddan ortsa dard keltirar, o’ldirar.

* * *

Qaysarlikning ko’zi farishtani shayton ko’radi

Inodning ishi shuki: Shayton yordam qilsa "farishta" deydi, haqqiga rahmat so’rab duo qiladi.

Muxolif tarafida agar farishtani ko’rsa, libosini almashgan, uni shayton deb o’ylar, adovat la'nat etar.

* * *

Haqni topgandan so’ng haqroq uchun ixtilof chiqarma

Ey tolibi haqiqat, modomiki haqda ittifoq, haqroqda ixtilofdir. Ba'zan haq, haqroqdan ham haqroq bo’ladi. Hamda bo’lar go’zal, eng go’zaldan ham go’zal.

* * *

Islomiyat, tinchlik va huzurdir, ichki nizo va xusumat istamaydi

Ey Olami Islomiy! Hayoting birdamlikda. Gar birdamlik istasang dasturing bu bo’ladi:

"Faqat u haq" o’rniga "U haq" bo’lishi kerak. "Fqat u go’zal" o’rniga "U go’zal" bo’lishi kerak.

Xar muslim o’z yo’l, yo’nalishiga: "Bu haq, boshqalarga aralashmayman. Boshqalar go’zal bo’lsa, meniki eng go’zalidir", deyishi kerak.

"Haq bu! Boshqalar yanglish." Yokim, "Faqat meniki go’zal, boshqalar xato, xunuk", demasligi kerak.

Ajratish tushunchasi, nafs sevgisidan kelar. Keyin kasallik bo’lar, nizo undan chiqadi.

Dard bilan darmon topar

Ko’payishi haq bo’lar, haq ham ko’p sonli bo’lar. Ehtiyoj va ozuqalar ko’pligi haq bo’ladi, haq ham ko’p sonli bo’lar.

Iste'dod, tarbiyalar, ko’pligi haq bo’ladi, haq ham ko’p sonli bo’lar. Bir moddada, ham zahar va ham panzahar.

Ikki mizojga ko’ra tafsilotli masalalarda haqiqat sobit emas, nisbiy va murakkab. Mas’ul mizojlar

Unga bir hissa berib, unga ko’ra amalga oshar va birlashar, xar mazhabning sohibi ehtimolni mutlaq hukm qilar.

Mazhabining chegaralangan hududini qoldirar mizoj mayliga, mazhabda mutaassiblik umumiylashtirishga sabab bo’lar.

Umumiylashtirishga tarafdorlik nizoga sabab bo’lar. Islomiyatdan avval inson tabaqalarida chuqur jarliklar,

Ham hayratlanarli uzoqlik istadi bir vaqtda bir davrda anbiyolarning ko’pligi, shariatlar turli bo’lishi, farqli mazhablar.

Islomiyat insoniyatni inqilob qildirdi, bashar bir-birga yaqinlashdid, shariat etdi birlik, yakka bo’ldi Payg’ambar.

Saviya bir bo’lmadi, mazhab ko’p sonli bo’ldi. Yagona tarbiya kifoya qilgan zamon, birlashadi mazhablar.

* * *

Yaratish va zidlarning birlashishida buyuk hikmat bor. Qudrat qo’lida quyosh va zarra teng.

Ey uyg’oq qalbli qardosh! Zidlarning birlashishidan Alloh qudratining tajalliy qilar, lazzat ichida azob, xayrning ichida sharni,

Go’zal ichida xunuk, foyda ichida zarar, ne'mat ichida g’am, nur ichida olovni bilarmisanki sirni?

Nisbiy haqiqatlar yuzaga kelib, qaror topsin. Bir narsada ko’p narsa bo’lsin, topsin vujud, ko’rinsin. Harakat tezligida bir nuqta chiziq bo’lar.

Aylantirish tezligi qilar bir nur yog’dusi, nuroniy doirani. Nisbiy haqiqatlar vazifasi, dunyoda urug’lar ko’karar.

Koinot loyi, nizomining bo’glari, naqshi aloqalrin udir tashkil qiladi. Oxiratda bu nisbiy ishlar haqiqatlar bo’ladi.

Haroratda martabalar, sovuqning issiq ichiga aralashishisga sabab bo’lgan.

Husndagi daralar xunuk aralashuvidan. Sabab maqsad bo’ladi.

Ziyo zulmatga qarzdor, lazzat alamga qarzdor, sihat kasalliksiz bo’lmas. Jannat bo’lmasa balki Jahannam azob bermas. Yoquvchi sovuqsiz bo’lmaydi.

Gar bu sovuq bo’lmasa, u ham yoqa olmaydi. U Xalloqi Lamyazal, zidlar yaratishida hikmatini ko’rsatdi. Xashamati yuzaga chiqdi.

U Qodiri Loyazal, zidlarni birlashtirib iqtidorin ko’rsatdi. Azamat etdi zuhur. Modomiki u qudrati Ilohiy zotida lozim bo’lar.

U Zoti Azaliyga, ham o’zida bo’lishi kerak bo’lgan xususiyat, unda ziddi bo’lolmas, ojizlik xalal bermas, unda martaba bo’lmas, hamma narsaga nisbati bir, hech narsa og’ir emas.

U qudrat ziyosiga quyosh qandil bo’lgan. Bu qandilning nuriga dengiz yuzi oyna, shabnamlarning ko’zlari bir bir oyna bo’lgandir.

Dengizning keng yuzi, ko’rsatgan quyoshni tirishgan peshonada tomchilar ham ko’rsatar, shabnamning kichik ko’zi yulduz kabi porlaydi.

Ayni mohiyat tutar, shabnam, dengiz bir bo’lar quyoshning nazarida. Qudratni o’xshatadi. Shabnamning ko’z qorachig’i kichkina bir quyoshdir.

Shu muhtasham quyosh ham kichkina bir shabnamdir. Ko’z qorachig’i bir nur qudrat quyoshidan chiqar, u qudratga oy bo’lar.

Samovot bir dengizdir, bir nafasi Rahmon bilan tirishgan peshonada mavjlanib, tomchilar yulduz va ham quyoshdir.

Qudrat tajalliy etdi, tomchilarga sochdi nuroniy yog’dularni. Xar bir quyosh bir tomchi, xar bir yulduz bir shabnam, xar bir yog’du timsoldir.

U tajalliy fayzining kichkina bir aksidir u tomchimisol quyosh. Etar jiloli shishasini u shisha yaltirashi dur misol porlaydi

U shabnam misol yulduz latif ko’zi ichida, bir yer qilar yog’duga, yog’du bo’lar bir nur, ko’zi bo’lar shisha, lampasi nurlanadi.

* * *

Ustun tomoning bo’lsa ko’karishi uchun yopiq tuproqda qolsin

Ey mashhur xususiyatga ega kishi! Maydonga chiqib zulm etma. Agar yopiq pardoning ostida qolsang, qardoshlaringga berarsan ehson va barakat.

Sen xar bir qardoshing ostida chiqishing, hamda u sen bo’lishing imkon va ehtimoli, xar biriga jalb qilar hurmat nazarin.

Agar bilinib parda ostidan chiqsang, ostida sharafli eding, ustida zolim bo’lasan. Quyosh ekan u yerda, bu yerda soya qilasan.

Qardoshlaringni hurmatdan tushirasan. Demak ko’rinish va yuzaga chiqish, zolim ishdir. Kamchiliksiz to’g’ri bunday bo’lsa, shunday ko’rasan.

Qayerda qoldi yolg’onchi harakat va riyo bilan shuhrat bilan shaxsiyatga ega bo’lish? Ilohiy hikmat bir sirri azim bo’lib, ham eng go’zal nizom

Favqulotda xususiyatlarga ega kishi, o’z sinfi ichida parda tortib yopadi, bu bilan qiymat oldirar, hamda sevilar.

Mana senga misoli: Inson ichida valiy, umr ichida ajal, bo’lgan majhul va mavhum. Jumada bir soat yashirin, qabul bo’lar duo qilsang.

Ramazonda yoyirgan bir qadr kechasi, Asmoul Husnada yashirin iksiri Ismi A'zam. Bu misollar hashamati, hamda o’sha go’zal sir

Yopiq qolsa izhor qilar, yashirishda isbot etar. Masalan: Ajalning yopiqligida muvozanat bor, xar daqiqada kelar qanday vaziyatda bo’lsang ham.

Umid va qo’rquv muvozanatlari, oxirat va dunyo xizmati, boqiylik farazi, umrga lazzat berar. Yigirma yil mavhum umr bo’lsa go’zal

Tugashi aniq, ming yillik bir umrdan. Chunki yarmi o’tsa, xar soati kelgancha go’yo qadam tashlab dorga borasan.

Sekin sekin qayg’urmoq va ham tasalli bermas, sen ham tinch bo’lmaysan.

* * *

Allohning rahmat va g’azabidan ortiq hissiyotga berilish xato

Allohning rahmatidan ortiq rahmat etilmas. Allohning g’azabidan ortiq g’azab etilmas.

Shunday ekan ishni qoldir u Odili Rahimga. Ortiq shafqat alamdir, ortiq g’azab yomonlik.

* * *

Isrof ahmoqlikning, ahmoqlik abgorlikning eshigidir

Ey isrofgar qardoshim! Oziqlanish tomonidan bir ekan ikki luqma, bir luqma bir tiyinga, bir luqma o’n tiyinga.

Ham og’izga kirmasdan, ham tomoqdan o’tgandan so’ng, teng bo’ladi. Faqat og’izda, u ham necha soniya telbaga berar lazzat.

Lazzatda bir farq bo’lar, doim uni aldaydi ta’m bilish hissi, badanga, ham me'daga darvozabon, nazoratchi.

Uning ta'siri musbat emas, manfiy! Vazifa faqat darvozabonga hadya va xursand etmoq! Lazzat berarsan telbaga

Asl vazifasida uni adashtirish, bir tiyin o’rniga o’n bir tiyinni berish, bo’lar shaytoniy odat.

Isrofning eng tubani, isrofning eng yomoni, bir tarzdir bir turi, havas qilma bu ishga.

* * *

Ta’m bilish hissi telegrafchidir, lazzat olish orqali yo’ldan chiqarma

{(*) Iqtisod Risolasining urug’i. Balki o’n sahifalik Iqtisod Risolasini yozilishidan avval o’n satrga joylagan.}

Rububiyati Iloh hikmat va inoyati, og’iz va burun bilan ikki markaz tashkil qilgan, ichida hudud qorovuli, ham

Xabarchilarni qo’ygan. Shu kichik olamda tomirlarni telefon, asablarni telegraf hisobida o’rnatgan. Hid bilish telefoni, ham

Telegrafga ta’m bilishni inoyat xodim qilgan. U Razzoqi Haqiqiy, rizq ustiga qo’ygan rahmatdan bir dastur, taom va rang va

Hid. Bu uchta his, u Razzoq bergan alohida e'lonnoma, alohida taklifnoma, bir ruhsatnoma, ham

Bir dallol bo’lib, muhtoj va mijozlar doim ular bilan jalb etilar.

Rizqlangan hayvonlarga zavq, ko’rish va hid bilish, alohida a’zo bergan. Ham

Taomlarni turli ziynatlar bilan bezatgan. Havoiy ko’ngillarni ovutib, loqaydlarni xavotiri bilan tortgan. Qachon, taom kirsa ham

Og’izga, birdaniga ta’m bilish xar tarafga telegraf yuboradi badanning xar tomoniga. Hid bilish telefon qiladi, kelgan taom turi, ham

Turlarni aytadi. Hojatlari turlicha, boshqa-boshqa rizqlangan, unga ko’ra harakat qilar, unga tayyorlanadi yo javobi rad kelar. Ham

Eshikdan tashqariga otar, yuziga ham tupurar. Inoyat tarafidan demak shunday xodimdir, zavq bilan adashtirma. Ham

Lazzat bilan aldama. So’ngra u ham unutar to’g’ri ishtaha nedir, bir yolg’onchi ishtaha kelar, boshiga o’tadi. Xatosi, kasal bilan ham

Illatlar bilan jazolar kelar. Haqiqiy lazzat haqiqiy ishtahadan chiqadi, to’g’ri ishtaha to’g’ri bir ehtiyojdan. Bu kifoya lazzatda, shoh ham

Gado barobar. Ham teng bir dinor va bir dirham u lazzat, ikkalasi bilan qo’lga kiritilar. Azobga bo’lar malham.

* * *

Niyat kabi qarash tarzi ham odatni ibodatga aylantiradi

Shu nuqtaga diqqat qil: Niyat orqali muboh odatlar, ibodat bo’lar. Shuning kabi, qarash tarzi bilan tabiiy fanlar, bo’lar ma'rifati Ilohiy.

Tadqiq ham tafakkurdir. Ya'ni agar harfiy nazar bilan, ham san'at nuqtasida "qanday go’zal" o’rniga "qanday go’zal yaratgan Sone', qanday go’zal qilgan!"

Nuqtai nazarida koinotga bir boqsang, Naqqoshi Azal naqshi, nizom va hikmati bilan maqsadli va kamchiliksiz yaratilish yog’dusi, shubhalarni nurlantirar.

Aylanar tabiiy fanlar, ma'rifati Ilohiyga. Agar ismiy ma’nosi bilan, tabiat nuqtasida, "o’zi qanday bo’lgan" agar etsang nigohni,

Qarasang koinotga, funlardagi biliming jaholat doirasi bo’lar. Bechora haqiqatlar qiymatsiz qo’lda qiymatsiz bo’ladi. Ko’pdir buning guvohi.

* * *

Bunday davrda farog’atda shar'iy izn ihtiyorimizni o’zimizga bermaydi

Lazzatlar chaqirgan sari "Go’yo yedim" deb ayting. "Go’yo yedim" dastur qilgan kishi, bir masjidni yemadi.

{(*) Istanbulda "Go’yo Yedim" nomli bir masjid bor. "Go’yo yedim" degan odam, nafsining istaklaridan qutqargan pullar bilan qurgan.}

Ilgari aksar musulmonlar to’liq och emas edi. Farog’atda ixtiyor bir daraja bor edi.

Hozir esa, aksari ochlikka tushdi qoldi. Lazzat olishga ixtiyor, Shar'iy izn qolmadi.

Ko’p insonlar, ham aksariyat ma'sumlar tirikchiligi oddiy. Oziqlanish soddaligi bilan ularga tobe' bo’lish

Ming karra yaxshiroq, isrofgar kamchilikka, yo bir qism telbaga rizqlanishda farog’at tomonlama o’xshamoq.

* * *

Shunday vaqt bo’ladiki ne'matning yo’qligi ne'matdir

Hotira bir ne'matdir. Lekin axloqsiz odamda musibat vaqtida unutish unga yaxshi.

Unutish ham bir ne'mat. Xar kun azobin berar, yig’ilgan azoblarni unuttirar.

* * *

Xar musibatda bir ne'mat jihati bor

Ey jabrdiyda! Musibat ichida bir ne'mat joylashtirilgan. Diqqat et va uni ko’r. Xar narsada bordir

Bir issiqlik darajasi, xar musibatda bordir bir ne'mat darajas. Yanada kattasini o’yla. Kichikdagi ne'matning

Darajasini ko’rib Allohga ko’p shukr et. Bo’lmasa kattalashishidan qo’rqsang, "uf, uf" bilan puflasang, u ham aksiga shishar.

Shishar da daxshatlanar. Agar qiziqsang, bir ekan ikkilashar. Qalbda bo’lgan misoli, qaytar haqiqat bo’lar,

Haqiqatdan dars olar. So’ngra qaytar, boshlaydi, qalbini kaltaklaydi.

* * *

Katta ko’rinma kichrayasan

Ey "men"ligi ikkita, boshi esa kibrli! Shu mezonni bilib qo’y: Xar odam uchun albat jamiyati basharda, ijtimoiy binoda,

Ko’rish ko’rinish uchun martaba deyilgan bir derazasi bor.

Gar deraza, o’z qiymatidan yuksak bo’lsa, takabbur bilan uzayadi.

Kengayadi. Gar deraza, o’z himmatidan past bo’lsa, tavozu’ bilan bukiladi, egiladi.

Komillarda, buyuklik miqyosidir kichiklik. Noqislarda, kichiklik mezonidir buyuklik.

* * *

Fe'llarning joyi o’zgarsa, mohiyati ham o’zgaradi

Bir xislat: yer boshqa, siymo bir. Goh dev, goh farishta, goh solih, goh yaramas. Misoli shulardir:

Zaifning kuchliga izzati nafsi sanalgan sifat, agar kuchlida bo’lsa, takabbur va g’ururdir.

Kuchlining bir zaifga tavozusi sanalgan sifa, agar zaifda bo’lsa, xorlik va riyodir.

Bir mansabdor, mansabida bo’lsa jiddiyati - viqordir, kamtarligi - xorlikdir.

Uyida bo’lsa kamtarligi - tavozu, jiddiyati - kibrdir.

Birinchi shaxsda bo’lsa agar bir zotda: Xush qabul - g’urur, fidokorlik, bir xislat, bir amali solihdir.

Birinchi shaxs ko’plikda bo’lsa agar u zotda: Xuush qabul - xiyonat, fidokorlik, bir sifat, bir foydasiz amaldir.

Talablarni bajarishda tavakkval, tanballikdir. Natija olishda Allohga qo’yish, shar'iy tavakkal bo’lar.

Harakat natijasi, qismatiga rizo esa maqtalgan fazilatdir, harakatga quvvatdir.

Mavjud molga rozilik, tavsiya qilinmagan, balki past himmatlikdir. Misollar yana ko’pdir.

Qur'on mutlaq zikr etar, solih amal, taqvoni. Yopishga ramz qilar maqomlarning ta'siri. Qisqaligi tafsilot. Sukuti keng so’zlardir.

* * *

"Haq oliydir" o’zi, ham oqibat maqsaddir

Ey birodar! Bir kuni bir so’rovchi soradi: "Modomiki "Haq oliy" ekani haq. Nima uchun kofir muslimga, kuch, haqqa g’olib?"

Dedim: To’rt nuqtaga boq! Bu masala hal bo’lar. Birinchi nuqta shudir: Xar haqning xar vositasi haq bo’lishi shart emasdir.

Shuning kabi, xar botilning xar vositasi botil bo’lishi, yana shart emas. Natijasi shu chiqar: Haq bo’lgan bir vosita, botil vositaga g’olib.

Natijada, bir haq, botilga mag’lubdir. Vaqtincha, bilvosita bo’lgandir. Yo’qsa o’zi, ham bardavom emasdir.

Lekin oqibat natija, xar dam yana haqniki. Kuchning bir haqqi bor, yaratilish sirri bor. Ikkinchi nuqta shuki:

Xar muslimning xar vasfi muslim bo’lishi vojib. Qaralganda esa xar doim vasflarga ega bo’la olmaydi.

Shunga o’xshab: Xar kofirning xar vasfi kofir bo’lishi, kufridan kelib chiqishi, yana shart emas.

Xar fosiqning xar vasfi fosiq bo’lishi, fisqidan kelib chiqishi, shuning kabi xar doim vasflarga ega bo’la olmaydi.

Demak bir kofirning muslim bir vasfi, muslimdagi shariatga zid vasfiga g’olib bo’ladi. Bilvosita, u kofir unga g’olib keladi.

Ham dunyoda, hayotning haqqi keng va umumiy. U qamrovli rahmatning bir jilvasi ma'nodor, uning bir sirri hikmati bor, kufr mone' emasdir.

Uchinchi nuqta shuki: U Zoti Zuljalolning ikki vasfi kamoldan ikki qonuni tajalliy etar, iroda vasfidan kelgan istak bilan taqdirdir.

U ham koinot qonuni. Kalom vasfidan kelgan Allohning shariati. Shar’iy amrlarga itoat, isyon

Bo’lganidek. Koinot qonunulariga itoat va isyon bo’ladi. Birinchisi ko’pincha oxirat diyorida ko’radi,

Jazo, savobni. Ikkinchisi ko’pincha dunyoda tortar, mukofot va azobni. Masalan: Sabr mukofoti zafardir,

Tanballik jazosi yo’qsillik. Shuning kabi, mehnat savobi bo’lar sarvat. Sabot qilishda esa mukofot g’alabadir. Zaxar azobi kasallik, panzaharning savobi sihhat.

Ba'zan ikki shariat qonunlari, bir narsada birga joylashadi. Xar biriga bir jihat. Demak koinot qonunlariga itoat qilish haq.

Itoat g’olib bo’lar, u ishning isyoniga bir botil harakatdir. Bir botilga sabab bo’lgan bo’lsa bir haq, qachonki g’olib bo’lsa

Bir botilga, bo’lgan uning haq vositasi. Bilvosita bir haqning bir botilga mag’lubdir. Lekin shaxsan emasdir.

Demak "Haq oliydir" o’zi demakdir. Ham oqibat muroddir, qaydi mohiyat maqsad. To’rtinchi nuqta shuki:

Bir haq kuchli holda, yoki quvvatsiz qolgan, yo aralash, ham sohta. Unga ham bir ochilish, yo bir yangi kuch qo’shish kerak bo’ladi.

Tuzatillgan va yaltiratish uchun, vaqtincha botil unga bosimda, toki haq ildizi qancha miqdor kerakli

To sof, xolis chiqsin. Boshlang’ichda, dunyoda botil etsa g’alaba, lekin harbni yuta olmas. "Oqibatul muttaqiyn" unga urar bir zarba!

Demak botil mag’lubdir. "Haq oliydir" sirri uni urar azobga, xullas haq ham g’olibdir.

* * *

Bir qancha ijtimoiy dasturlar

Ijtimoiy tizimda dasturlarni istasang: Teng bo’lmagan adolat, avval adolat emas. O’xshahi esa, zidlikning muhim sababidir.

Muvofiqlik esa birdamlikning asosi. Takabburning manbai kishining kichikligidir. G’urur ma'dani qalb zaifligi. Ojizlik bo’ladi, muxolafat manba'i. Qiziqish ilmga domla.

Taraqqiyning ustozi ehtiyoj. Muammo kayf safoga mukkadan ketish muallimi. Demak kayf safoga mukkadan ketish manbai muuammo bo’lgan. Muammoning manba’i: Umidsizlik bilan badbinlik,

Zalolat fikrda, zulmat qalbga oid, isrof jasadnikidir.

* * *

Ayollar uyidan chiqib insonni yo’ldan chiqargan, uyiga qaytishi kerak

اِذَا تَاَنَّثَ الرِّجَالُ السُّفَهَاءُ بِالْهَوَسَاتِ ٭ اِذًا تَرَجَّلَ النِّسَاءُ النَّاشِزَاتُ بِالْوَقَاحَاتِ

{(*) Tasattur-yopinish Risolasining asosidir. Yigirma yil o’tib muallifining mahkumligiga sabab ko’rsatilgan mahkama, o’zini va sud’yalarni abadiy mahkum va xijolatli qilgan.}

"Mim"siz madaniyat, ayollarni inlardan uchirdi, hurmatlarni sindirdi, ko’p topilgan mato qilgan. Islom shariati ularni

Shafqat qilib chaqiradi eski inlariga. Hurmatlari u yerda, rohatlari uylarda, hayoti oilada. Tozalik ziynatlari.

Hashamati husni xulq, lutfi jamoli ma’sum, husni kamoli shafqat, ovunchog’i farzandi. Buncha buzg’unchi sabab, temir metin qarori

Lozimdirki tayansin. Bir qardosh majlisiga go’zal xotin kirganda riyo bilan raqobat, hasad bilan xudbinlik hislarin qo’zg’atadi!

Yotib qolgan hislari, birdaniga uyg’onar. Ayollar erkin ochirishi, sabab bo’lgan insonda yomon axloqning birda rivojiga. Shu madaniy insonlarning darg’azab ruhida, suratlar deyilgan kichik o’iklar, kulgan mayyitlarning rollari juda azimdir, ham mudxxishdir ta'siri. {(**) O’lik bir ayolga nafsoniy nazar bilan qarash nafsning daxshatli pastkashligini ko’rsatadi. Xuddi shuning kabi, rahmatga muhtoj bir bechora mayyit ayolning go’zal tasviriga ishtaha bilan qarash, ruhning ulug’ hissiyotini so’ndiradi.} Man' qilingan haykal, suratlar: Yo tosh otiladigan zulm, yo jasad holida riyo, yo qotgan nafs istagi. Yo tilsimdir: Iflos ruhlarni tortar.

* * *

Alloh qudrati tasarrufining kengligi, vositalar va yordamchilarni rad qiladi

U Qodiri Zuljalol, qudrati tasarrufining, ta'sir kengligi nuqtasida bo’ladi quyosh zarra kabi.

Bir sinfdagi ulkan tasarrufi masofasi keng. Ikki zarra o’rtasida tortishishni qo’lga ol,

Borib qora tuynuk va somon yo’li o’rtasidagi tortishishning yoniga qo’y. Yuki bir qor donasi bir farishta, quyoshni qo’lga olgan bir quyosh misol farishtaning yoniga keltir. Igna qadar bir baliqni, kit bilan yon-yonda qo’y. Qodiri Azaliyi Zuljalol

Keng tajalliyni, kichikdan kattaga mukammal aniqlikda birdan tasavvurga ol. Tortish kuchi va qonunlar, tez oquvchi sabablar

Kabi odatiy ishlar, qudrat tajalliyiga, hikmat tasarrufiga bir bir ism bo’lishi, udir yolg’iz ma’no.

Boshqa ma’nosi bo’lmas, birga ham bir o’yla, bilasanki zaruriy: Haqiqiy sabablar, misoliy vositalar,

Yordamchilar, sheriklar bir kerak emas, imkonsiz hayol, u qudrat nazarida. Hayot vujudga kamol,

Maqomi buyuk, muhim. Bunga binoan deyman: Kurramiz, olamimiz nima uchun mute', itoat qilmasin hayvon kabi?

U Sultoni Azalning bu tarz hayvon qushlari ko’pi tarqalgan shu fazo maydonida, muhtasham va go’zalligi ko’p.

Yaratilish bog’ida solgan-u aylantirar, ulardagi musiqa ohanglar, bulardagi harakatlar, tasbehlardir u so’zlar,

Ibodatdir u hollar, Qadimi Lamyazalga, Hakimi Loyazalga. Kurramiz hayvonga juda o’xshar, hayot alomatlari ko’rsatadi. Agar tuxumchalik kichraysa farazan,

Kichkina bir hayvon bo’lishi katta ehtimol. Yumaloq bir hayvoncha, kurra qadar kattalashsa, u ham unday bo’lishi juda yaqin ehtimol.

Olamimiz inson qadar kichraysa, yulduzlari zarralar suratiga aylansa, bir shuurli hayvonga aylanishi joiz, aql ham topadi joy.

Demak olam unsurlari bilan bir bir tasbeh aytuvchi ibodatda, alohida mute' bo’ysungan Xoliqi Lamyazalga, Qodiri Loyazalga.

Sanog’i ko’p bo’lishi, xar doim sifati baland bo’lishini keltirib chiqarmaydi, chunki urug’ kichikligidagi soat jozibadorroq,

Ayasofyadek soatdan. Bir chivin yaratilishi hayratga solar fildan, u fursat bermagan maxluq.

Gar qudrat qalami bilan bir kichik bo’lak ustiga efirning atomlar bilan Qur'on yozilsa, sahifa kichikligi nisbati, san'at jihatida buyuk,

Samo sahifasida yulduzlar bilan yozilgan Qur'oni Karimga jozibasi bilan teng. Naqqoshi Azaliyning san'ati xar tarafda jamol va kamolga to’la.

Xar tarafda shundaydir. Mukammallik darajasi qalamdagi birlik, tavhidni e'lon qilar. Bu kalomi purma’no, yaxshilab diqqatga ol!

* * *

Farishtalar ummatdir, Allohning yaratilishga o’rnatgan qonunlari xodimidir

Shariati Ilohiy ikkidir. Ham ikki sifatdan kelgan, ikki inson tinglovchi, hamda javobgan bo’lgan. Sifati irodadan kelgan koinot qonunulari.

Insoni akbar bo’lgan olamning holatlarin, hamda harakatlarin (ixtiyoriy emas) tartib qilgan qonun. U Rabboniy istak

Xato bir istiloh bilan tabiat ham deyilar. Kalom sifatidan kelgan shariat esa, kichik olam bo’lgan insonning ishlarini,

Bu ixtiyoriy bo’lgan, tartibga solar shariat-qonunidir. Ikki qonun bir yerda ba'zan birlashadi. Alloh farishtalari, bir azim ummat, ham bir Subhoniy qo’shin

Birinchi qonunlarga bo’lgan amrga bo’ysunib tashiydi, vakil ishchilardir. Ham ulardan bir qismi tasbehhon qullar. Bir qismi ham o’zidan kechgan, Arshning yaqinlari.

* * *

Modda noziklashgani sari, hayot qattiqlashadi

Hayot asl, asosdir, modda unga tobe'dir, hamda u bilan mavjud. Bir mikroskopik hayvoncha besh tuyg’usi bilan, inson hislarini taqqoslasang, ko’rasan, inson undan qay daraja katta bo’lsa, hislari shu daraja unikidan past. Hayvoncha eshitar qardoshining ovozin.

Hamda olar rizqini. U insondek kattalashsa, xayratga solgan hislari, nur taratgan hayoti, ko’rishi chaqmoq kabi bir samoviy nur.

Inson, jonsizlardan bir hayot egasi emas. Balki milliardlab jonlilar hujayralaridan tashkil topgan va jonli insoniy hujayradir.

اِنَّ الْاِنْسَانَ كَصُورَةِ (يٰسٓ) كُتِبَتْ ف۪يهَا سُورَةُ (يٰسٓ) فَتَبَارَكَ اللّٰهُ اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ

* * *

Materializm bir ma’naviy vabodir

Moddaparastlik bir ma'naviy vabo. Insonga ham tuttirdi shu mudhish bir bezgakni. {(*) Eski jahon urushiga ishorat qilyapti.} Hamda birdan urdirdi bir g’azabi Ilohiy. Emladi hamda taqlid,

Tanqidga kengayish qobiliyatiga nisbatan, u vabo kengayadi va tarqaladi. Emlashni fandan olgan, madaniyatdan taqlid.

Hurriyat, tanqid bergan, zalolat g’ururdan chiqqan.

* * *

Vujudda harakatsizlik yo’q. Ishsiz odam, borliqda yo’qlik uchun ishlaydi

Eng badbaxt siqilishli muztarib, ishsiz bo’lgan odamdir, zero ki a'tolat: Vujud ichida adam, hayot ichida mavtdir. Sa'y esa:

Vujudning hayoti, ham hayotning yaqazosidir albat!

* * *

Sudxo’rlik Islomga mutlaq zarardir

Sudxo’rlik tanballikka solar, mehnat istagin so’ndirar. Foizning eshiklari hamda uning idishi bo’lgan bu banklarning xar naqd foydasi esa, insonning eng yomon qismiga tegishli, ular esa kofirlardir. Kofirlardagi foydasi eng yomon qismiga tegishli, ular esa zolimlar.

Xar dam zolimlardagi foydasi eng yomon qismida, ular kayf safoga mukkasidan ketganlardir. Islom olamiga mutlaq zarardir. Insonlar aniq xar dam farog’ati shariatda yo’qdir, chunki harbiy kofir hurmatsiz, ma’sum emas, ketgan vaqt foydasiz. Xar da...m.

* * *

{(**) O’ttiz besh yil avval yozilgan bu bo’lim, bu yil yozilgan tarzini ko’rsatmoqda. Demak, Ramazon barakasi bilan yozdirilgan bir nav’ g’aybiy xabarlardir.}

Qur'on, o’zini o’zi himoya qilib hokimiyatini davom ettiradi

Umidsizlikka mubtalo kishini ko’rdim, badbinlik bilan xasta edi. Dedi: Ulamolar kamaydi, sanoq sifatni. Qo’rqamiz dinimiz so’nadi bir kuni

Dedim: Koinot so’ndirilmas ekan, Islomga iymon ham so’nmaydi. Shuning kabi, zamin ustiga qoqilgan qoziqlar hisobida xar on

Bo’lgan Islomiy alomatlar, diniy minoralar, Ilohiy ibodatgohlar, shar'iy nishonlar so’ndirilmas ekan, Islomiyat porlaydi bardavom.

Xar bir ibodat joyi bir muallim bo’lgan tabiati bilan tabiatlarga dars beradi. Xar alomat alohida ustoz bo’lgan, uning holati tili beradi diniy ta’lim, xatosiz, ham qoldirmay.

Xar bir shao'ir-alomat bir dono domladir, Islomni ruhini doim e'tiborga dars beradi. Asrlar o’tishi orqali davr bardavomligi sabab.

Go’yo Islomiyat nurlari moddalashgan, shao'ir-alomatlari ichida. Go’yo qattiqlashib Islomiyat ziloli, ibodatgohi ichida. Bir bir iymon ustuni.

Go’yo jismga aylangan Islomiyat hukmlari, shiorlari ichida. Go’yo toshga aylangan Islomiyat ruknlari, olamlari ichida. Bir bir olmos ustuni. U bilan bog’langan zamin bilan osmon.

Xususan Mo’jiza Bayonli Qur'oni, doimo takror etar bir azaliy xutbani, barcha Islom diyorlarida qolmagan hech bir qishloq, ham yana hech bitta makon,

Nutqini tinglamasin, ta'limni eshitmasin. اِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ sirri bilan qorilik juda ham buyuk bir rutba. Tilovat esa, insonlar va jinlar ibodatidir.

Uning ichida ta'lim, ham aniq asoslar zikr. Vatq takrorlanishi bilan qarashlar, aniq asoslarga o’zgaradi ham aylanar ochiq oydin narsaga. Istamas boshqa bayon.

Diniy hukmlar, nazariyatdan chiqib zaruriyat bo’lgandir. Zikr esa kifoya. Eslatma esa yetarli. Shifoli xar dam Qur'on.

Eslatmaga, ham zikrga. Islom uyg’onishi, ham ijtimoiy uyg’oqlik xar biriga beradi: Umumga oid bo’lgan dalillar ham mezon.

Modomiki ijtimoiy hayot Islomda boshlagan ekan, xar birining iymoni o’ziga maxsus dalilga tegishli emas, tayangan vijdon.

Balki jamoatning qalbida chegarasiz sabablarga ham tayanadi.

Hatto diqqat tortadi: Bir zaif mazhab, vaqt o’tganda,

Rad qilish mushkul bo’lar. Islom esa, vahiy bilan fitrat kabi, ikki metin asosga tayangan, ham bu qadar asrlarda chuqur hukmron!

Sog’lom asoslari bilan, oshkor asarlari bilan kurraning yarmi bilan ich ichiga kirgan, bir fitriy ruhi bo’lgan kishi. Qanday tutiladi? Tutilish chiqqan onda!

Lekin afsus, ba'zi mahmadona kofirlar, safsatachi odamlar bu oliy qasrning metin asoslariga qarshi chiqar topgancha imkon.

Ularni titratadi. Asoslarga tegmaydi, ular bilan o’ynalmaydi, ovozini o’chirsin dinsizlik! Kasod bo’ldi u kofir. Basdir kufr tajribasi va yolg’on.

Bu Islomning olami kufr olamiga qarshi katta nazorat hona shu dorulfunun edi. Loqayd va g’aflat bilan ilon tabiatli dushman,

Tirqishni ochdi jabhaning orqasida, dinsizlik hujum qildi, millat ancha tebrandi. Eng katta nazorat hona, Islomiyat ruhi bilan nurlangan bog’lar.

Eng metin bo’lishi, eng uyg’oq bo’lishi kerak yoki tor bo’lmasligi kerak, Islomni aldmaslik kerak. Iymonning joyi qalbdir, aql bo’lar nuri iymon oynas.

Ba'zan mujohiddir, ba'zan farroshdir. Miyada vasvasalar, ham juda ko’p ehtimollar qalb ichiga kirmasa, tebranmas iymon, vijdon.

Yo’qsa ba'zilarning fikricha iymon aqlda bo’lsa, ruhi iymon bo’lgan haqqalyaqin-tajjribaviy aniqlikka, ko’p ehtimol bo’lar bir bir beomon dushman.

Qalb bilan vijdon, iymon yeri. Kuchli sezish bilan ilhom, iymon dalili.

Bir oltinchi his, iymon yo’li. Fikr bilan aql, iymon posboni.

* * *

Nazariyani ta'lim olishdan ko’ra, aniq asoslarni eslatishga ehtiyoj bor

Diniy hukmlar, Shar'iy asoslar, qalblarda hosildir, eslatib huzurni, xotirlatib shuurni.

Maqsad ham hosil bo’lar. Arabiy iborada {(*) O’n yil keyin kelgan bir hodisani his etgan, javob berishga harakat qilgan.} yanada yuksak qiladi esatma, ham xotirlatma.

Shuning uchun Jumada Arabiy hutba, amrlarni eslatar, asoslarni xotirlatar, kifoya qilishi bilan bo’lar uning eslatish shakli.

Nazariyotni ta'lim unda maqsad emasdir. Ham Islomning birlik siymosida shu Arabiy ibora birlik naqshidir, qabul qilmas ko’plikni.

* * *

Hadis oyatga aytar: Senga yetishmoq imkonsiz!

Hadis bilan oyatni qiyos qilsang, ochiq ravshan ko’rasan: Insonning eng balog’atlisi, vahiyning yetkazuvchisi, u ham yeta olmaydi

Oyat balog’atiga. U ham unga o’xshamas. Demak: Lisoni Ahmadiydan kelgan xar bir kalom xar dam uniki emas.

* * *

Qur'on I'jozini Ijoz bilan bayon

Bir kuni tushda ko’rdim: Ararat Tog’i ostidaman. Birdan u tog’ portladi, tog’ kabi toshlarni olamga tarqatdi, silkitdi jahonni.

Birdaniga bir odam yonimda paydo bo’ldi. Dediki: Ijoz bilan bayon et, qisqacha ijoz et, sen bilgan Qur’on i'jozi turlarin!

Hali tushda ekanman ta'birini o’yladim, dedim: Shu yerdagi portlash, insoniyat olamida bir inqilobga misoldir. Inqilobda esa albat huda-i Furqoniy,

Xar tarafda yuksalib hamda hokim bo’ladi. I'jozining bayoni, zamoni ham keladi! Sorovchiga javoban dedim: Qur'oniy I'joz,

Yettikatta manba’dan tajalliy, hamyetti unsurtashkil topar.

Birinchi Manba:Lafzning fasohatidan ravon tili

Nazm ravonligidan, ma'no balog’atidan, ma’nolar tengsiz go’zalligidan, iboralar ustunligidan, uslublarning hayrat berishidan tavallud etgan ochiq tushuntirish.

Ular bilan birlashdi, i'joziy vujudida ajib bir bayon naqshi, g’aroyib til san'ati. Takrorlanishi hech qachon zeriktirmas insonni.

Ikkinchi Unsur esa:Koinotga tegishli Ilohiy ishlarda g’aybiy asoslar, Ilohiy haqiqatlardan, g’aybiy sirlardan, osmoniy g’ayb.

Moziyda yo’qolgan g’aybiy ishlardan, kelajakda yashirin qolib ketgan hollardan birdan ichiga olgan g’ayb ilmi xazinasi,

G’ayb olami lisoni, shahodat olami bilan gapiradi asoslari, ramzlar bilan bayoni, nishon inson sinfi, i'jozning bir nuroniy yog’dusi.

Uchinchi Manba esa:Besh jihatda g’aroyib qamrovliligi bordir. Lafzida, ma'nosida, hukmida, ham ilmida, maqsadlarin mezoni.

Lafzi ichiga olar juda keng ehtimollar, ham ko’plab romonlarin, xar biri balog’atda go’zal, arabiyda sahih, shar’iy qonunlar siri loyiq ko’radi uni.

Ma'nosida: Avliyolar yo’llari, oriflar lazzatlari, mazhablarning yo’llari, mutakallimlar yo’li, hakimlar uslublari, u bayonning i'jozi

Birdan qamragan, hamda ichiga olgan. Ishoratida, ma'nosida kenglik. Bu derazadan qara, ko’rarsan qanday kengdir maydoni!

Hukmlardagi qamrov: Shu g’aroyib shariat undan kelib chiqqan, ikki dunyo bahtining barcha dasturlarini, butun ishonch sababin,

Ijtimoiy hayotning butun aloqalarin, tarbiya vositasi, haqiqiy hollarini birdan ichiga olgan uning bayoni tarzi.

Ilmidagi chuqurlik: Ham koinot fanlari, ham Ilohiy ilmlar, unda ishorat martabalari, ramzlar bilan ishoratlar, suralar qal'alarida jam etgandir jannatlar.

Maqsadlar va g’oyalar: Muvozanat, intizom, yaratilish dasturlariga uyg’un, bbirlashish, to’liq bo’ysungan, saqlagandir mezonni.

Mana lafz ihotasida, ma'noning kengligida, hukmning qamrovida, ilmning chuqurligida, maqsadlar muvozanatida shonli qamrovi!

To’rtinchi unsur:Xar asrning dunyoqarash darajasiga, adabiy rutbasiga, xar asrdagi tabaqalarga, iste'dod darajasi, qobiliyat o’lchovi oladi nuroniy fayz.

Xar asrga, xar asrdagi xar tabaqaga eshigi ochiq. Go’yo xar damda, xar yerda yangi nozil bo’ladi u Kalomi Rahmoniy.

Davr keksaygani sari, Qur'on yosharib borar. Yuzaga chiqar ramzlar, tabiat va sabablar pardasini ham yirtar u xitobi Yazdoniy.

Nuri tavhidni, xar dam xar oyatdan sochilar. Shahodat pardasini g’ayb ustidan ko’tarar. Xitobi ulug’ligi diqqatga da'vat qilar, u inson nazarini.

U g’aybning tilidir, shahodat olami bilan shaxsan o’zi gaplashar. Shu unsurdan bu chiqar g’aroyib yangiligi bir ummoniy qamrov!

Tushuntirishi uchun inson aqlidarajasiga tushadi Ilohiy xitob. Nozil qilish uslubi ko’pligi, do’st bo’ladi inson, jin.

Beshinchi Manba esa:Naql va hikoyalar, ishonchli xabarlarda asosiy nuqtalardan hozir ko’rgandek kabi purma’no go’zal uslub

Naql qilib, insonni u bilan ogoh qilar. Naqllari shulardir: Eski qavmlar xabari, kelajak oqibati, Jahannam va Jannat sirlarin.

G’aybiy haqiqatlar, ham shahodat olami sirlari, Ilohiy sirlar, koinot robitalariga doir hikoyalari a'yon tushuntirishdir

Buni na hayot rad qilgan, na mantiq yolg’on degan. Mantiq qabul qilmasa rad ham qila olmaydi. Samoviy kitoblarning qalb istaydigan narsa.

Kelishgan nuqtalarda tasdiqlab naql qiladi. Kelishmagan joylarida tuzatib gapiradi. Bunday naqliy ishlar bir "Ummiy"dan chiqishi zamonasining g’aroyibidir.

Oltinchi Unsur:Ichiga olgan va ta’sis qiladigan Islom Diniga. Islomiyat tengiga na moziy qodir na kelajak qo’lidan keladi, tadqiq qilsang zamon bilan makonni!

Yerimizning yillik, kunlik doirasida shu samoviy bog’, tutib aylantirmoqda. Kurraga og’ir bosgan, ham yana unga mingan. Qo’ymaydi isyonga.

Yettinchi Manba:Bu olti manbadan chiqqan olti nur, birdan birlashadi. Undan chiqar bir husn, bundan kelar bir kuchli sezish, nuroniy vosita.

Shundan bir lazzat chiqqan. Mo’jizalik lazzati bilinar, ta'biriga til yetishmas. Fikr ham kalta, ko’rinar lek tutilmas u osmoniy yulduz.

O’n uch asr muddatda qarshi chiqish istagi bo’lgan Qur'on dushmanida, taqlid shavqi uyg’ongan Qur'onning do’stlarida. Bu burhoni i'jozning.

Bu ikki qattiq mayl bilan yozilgan, ana. Millionlab arabiy kitob, kutubxona kelgan vujudga. Ular bilan tanzilni, tushsa bir mezoni

Qiyos qilinsa, nafaqat tenggi yo’q dono, hatto eng omi odam, ko’z quloq bilan deydi: Bular esa insoniy, shu esa osmoniy!

Hamda hukm qiladi: Bu shularga o’xshamas, rutbasida bo’lolmas. Shunday ekan yo barchasidan past, bu esa, ochiq ravshan botil ekani ma'lum.

Shunday ekan, barchasidan ustundir. Ma’nolari shuncha vaqtda, eshik ochiq, basharga vaqf etilgan, o’ziga chaqiradi ruhlar va zehnlarni!

Bashar uni ishlatish, o’ziniki ham qilgan. Uning mazmunlari bilan yana Qur'onga qarshi chiqmagan, hech qachon chiqolmaydi, o’tdi imtihon davri.

Boshqa kitoblarga o’xshamas, ularga qiyos bo’lmas. Chunki yigirma yil mobaynida bo’lim bo’lim ehtiyojga binoan nozil bo’lishi, qism qism, kesik kesik, bir Rabboniy hikmati.

Nozil sababi turli, farqli. Bir moddada savollar takrorlanar, turlicha. Hukm sabablari turlicha, o’zgaruvchi. Farqli, boshqa boshqa nozil bo’lish vaqti.

Qabul qilish hollari farqli, boshqa. Tinglovchi sinfi turlicha, bir birdan uzoq. Irshod maqsadida daraja daraja, farqli farqli. Bu asoslarga tayangan binosi, ham bayoni,

Javobi, ham xitobi. Bu bilan birga ravonlik va ichonchli, uyg’unlik va birdamlik, mukammallik ko’rsatgan. Mana uning guvohi: Bayon, Ma'oniy Fani.

Qur'onda bir xossa bor, boshqa kalomda yo’qdir. Bir kalomni eshitsang, asl kalom sohibin orqasida ko’rasan, yo ichida topasan. Uslub: Insoniy oyna.

Ey misoliy so’rovchi! Sensan ijoz istagan, men ham ishorat qildim. Agar tafsilot istasang, haddim xorijida! Chivin osmonda sayr etmas.

Zero qirq i'jozi turlaridan faqta bittasi, nazmi ravonligi,

Ishorotul I'jozda sig’madi anglatish.

Yuz sahifa tafsirim unga kifoya qilmadi. Sen kabi ruhiy ilhomi ko’plar, istaymanki sendan tafsilot, bayon!

اُولَاشْمَازْ دَسْتِ أَدَبِ غَرْبِ هَوَسْبَارِ هَوَاكَارِ دَهَادَارْ

دَأْبِ أَدَبْ أَبَدْ مُدَّتْ قُرْاٰنِ ضِيَابَارِ شِفَاكَارِ هُدَادَارْ

Komil insonlarning yuksak lazzatini xushnud etgan bir holat, boladek havasga, xarom bir fe'l sohibiga xush kelmas,

Ularni ovuntirmas. Bu hikmatga binoan, bir xarom lazzat, devona, nafsoniy va shahvoniy kayf safo ichida to’liq oziqlangan kimsa, ruhiy lazzatni bilmas.

Ovrupadan chiqqan hozirgi adabiyot roman kabi nazar bilan, Qur'ondagi ulug’ latifalar, hashamatli ustunliklar olmaydi, ham totolmas.

O’zidagi o’lchovni unga sozlama qilmas. Adabiyotda bordir uch harakat maydoni, ular ichida yurar, xorijiga chiqolmas:

Yo ishq bilan husndir, yo jasurlik, donolik, yo haqiqat tasviri. Xullas, begona adab bo’lsa jasoratga haq tarafdori qilmas.

Balki zolim insoniyat ayyorlikni olqishlash bilan kuchga urg’u berish hissini singdiradi. Husn va ishq tomoni, haqiqiy ishqni bilmas.

Shahvat uyg’otgan lazzat nafslarga ham singdirar. Haqiqatning tasviri moddasida, koinotga Ilohiy san'ati suratida qaramas,

Bir Rahmoniy san’at suratida ko’rolmas. Balki tabiat tomonlama tutar, tasvir qilar, ichidan ham chiqolmas.

Shuning uchun singdirish tabiat ishqi bo’lar. Moddaparastlik hissi, qalbga ham joylashtirar, undan osonlik bilan o’zin qutqara olmas.

Yana undan kelgan, zalolatdan chiqaan ruhning iztiroblariga, adabdan chiqqan adab tinchlantiruvchi ham uxlatuvchi, haqiqiy foyda bermas.

Yagona dorini topgan, u ham roman ekan. Kitob kabi bir jonli mayyit, kino kabi harakatli o’liklar! Mayyit hayot berolmas.

Ham teatr kabi reankarnatsion kabi, moziy deyilgan keng qabrdan chiqqan mayyit kabi shu uch tur roman bilan hech ham uyalmas.

Inson og’ziga yolg’onchi bir til qo’ygan, ham insonning yuziga fosiq bir ko’z taqqan, dunyoga bir iffatsiz ko’ylagini kiydirgan, yakka husni tanimas.

Quyoshni ko’rsatsa, sariq sochli go’zal bir aktrisani qoriga eslatar. Zohiran der: "Kayf safo yomon, insonlarga yarashmas."

Zararli natijani ko’rsatar. Xolbuki kayf safoga tashviq qilgan tasvir ko’rsatar, og’iz suvini oqitar, aql hokim qolmaydi.

Ishtahani ochadi, hislarni junbushga keltirar, his boshqa so’z tinglamas.

Qur'ondagi adab esa nafs havoni aralashtirmas.

Haqparastlik hissi, yakka go’zallik ishqi, jamolparastlik zavqi, haqiqatparastlik shavqi berar, hamda aldamas.

Koinotga tabiat jihatida qaramas, balki Ilohiy san'at, bir Rahmoniy san’at nuqtasida gapirar, aqllarni chalg’itmas.

Ma'rifati Sone'ning nurini singdiradi. Xar narsada oyatini ko’rsatar. Xar ikkisi yumshoq bir bir huzun ham berar, faqat bir-biriga o’xshamas.

Ovrupadan tug’ilgan adab yolg’izlikdan, sohibsizlikdan chiqqan qayg’uli huzn berar, ulug’ huzun berolmas.

Zero kar tabiat, hamda bir ko’r kuchdan ilhom olgan bir g’amga solgan huzn hissi. Olamni bir qo’rqinchli deb taniydi, boshqa hil ko’rsatmaydi.

U suratda ko’rsatar, hamda mahzunni tutar, sohibsiz begonalar ichiga qo’yar, hech bir umid qoldirmas.

O’ziga bergan shu hissiy bezovtalik bora-bora dindan chiqarar, inkorga qadar yo’l berar. Qaytishi mushkul bo’lar, balki boshqa qaytolmas.

Qur'on adabi esa: Shunday huzn beradi, oshiqona huzndir, yetimona emasdir. Do’stlardan chetda qolishdan kelar, do’stlarning yo’q bo’lishidan kelmas.

Koinotga nazari, ko’r tabiat o’rniga, shuurli, ham rahmatli bir Ilohiy san'ati uning bahs mavzui, tabiatdan gapirmas.

Ko’r kuchning o’rniga, inoyatli, hikmatli bir Ilohiy qudrat uning bayon mavzui. Shuning uchun koinot, yolg’izlik surat kiymas.

Balki huznli tinglovchi nazarida bo’ladi bir sevganlar jamiyati. Xar tomonda bir-birga javob berish, xar tomonda ikki tarafli muhabbat, unga aziyat bermas.

Xar burchakda yaqinlik, jamiyatda huznni o’rnatadi mushtoqlik huzni, bir ulug’ his beradi, g’amli huzunni bermas.

Ikkalasi bittadan ham berar shavq: Begona adab bergan shavq bilan nafs tushadi qa’g’uga, hislab bo’lar kengaygan, ruhga tinchlik berolmas.

Qur'onning shavqi esa: Ruh tushar xavotirga, oliy narsalarga orzu beradi. Xullas bu sirga ko’ra, Shariati Ahmadiy (S.A.V.) xarom o’yin istamas.

Ba'zi kayf vositasin xarom qilib, bir qismin halol deb izn berar. Demak Qur'onning huzni yoki Qur’onning shavqi bergan vosita, zarar bermaydi.

Agar yetimlarcha huzn yoki nafsoniy istak bersa, vosita xarom. O’zgarar sahxslarga ko’ra, hamma bir-biriga o’xshamas.

* * *

Shoxlar, mevalarni, marhamat uchun taqdim qiladi

Yaratilish daraxti shoxlari har tomonda me'nat mevalarini ruhlilar qo’llariga zohiran uzatadi.

Allohning rahmat qo’li haqiqatda, bir qudrat qo’li, u mevalarni, shoxlarida sizlarga uzatadi.

Allohning rahmat qo’li, siz ham shukrla o’ping. U qudrat qo’lini ham tashakkur bilan poklang.

* * *

Fotihaning oxirida ishorat qilingan uch yo’lning bayoni

Ey orzusi ko’p birodar! Hayolingni qo’lga ol, men bilan barobar kel. Xullas bir zamindamiz, atrofiga qaraymiz, hech kimsa ko’rmas bizni.

Chodir tirgaklari hisobida yuksak tog’lar ustida zim-ziyo bulut tabaqasi qo’yilgan, u ham qoplagan zaminimizning yuzin.

Qattiqlashgan bir tom bo’lgan. Faqat osti, yuzi ochiq ekan, u yuz quyosh ko’rar ekan. Bulut ostidamiz, siqadi zulmat bizni.

Siqilish ham bug’adi, havosizlik o’ldirar.Oldimizda uch yo’l bor:Bir ziyodor olam, bir karra ko’rgandim bu majoziy zamin.

Ha, bir karra bu yerga ham kelgandim, uchovida boshqa-boshqa ketganman.Birinchi yo’li shuki:Aksar bu yerdan ketar, u dunyo sayohati, sayohatga tortar bizni.

Mana biz yo’ldamiz, piyoda boramiz. Qara sahro qum daryolariga, qanday g’azab sochmoqda, tahdid qilmoqda bizni!

Daryoning tog’dek to’lqinlariga qara: U bizga g’azablanyapti. Mana Alhamdulilloh, narigi tomonga chiqdik. Ko’ramiz quyosh yuzin.

Faqat ko’rgan qiyinchiliklarimizni ham faqat biz bilamiz. Oh! Takroran qaytdik shu vahshiy zamin, bulut tomi zulmatli. Bizga kerak: Porlatar qalbdagi ko’zni

Bir ziyodor olam. Favqulotda agar jasorating bo’lsa, kiramiz birgalikda, bu yo’l xatarga to’la.Ikkinchi yo’limizni:

Yerning tabiatin teshamiz, u tarafga o’tamiz. Yo tabiiy tuneldan titrab boramiz. Vaqtida bu yo’lda tomosha qildim, o’tdim nozlanmasdan va yolvorib.

Lekin u vaqtda tabiatning zamini eritadigan, yirtadigan modda bor edi qo’limda.Uchinchi yo’lningmo’'jizali dalili

Bergan Qur'on uni menga. Qardoshim, orqamdan kel, yana hech ham qo’rqma! Qara ana shu yerda tunel kabi g’orlar, yer ostida oqimlar kutarlar ikkimizni.

Bizni o’tkazadilar. Tabiat ham shu mudhish muzli tog’ kabi bo’lish hech seni qo’rqitmasin. Zero ushbu xo’mraygan chehrasi ostida marhamatli sohibining tabassumli yuzi.

Radiy kabi Qur'on moddani nuri bilan sezgandim. Xullas, tabriklayman! Ziyoli olamga chiqdik, juda nozli joyga boq

Bu xush fazoy, shirin. Hey, boshingni ko’tar! Boq juda baland bo’lgan, bulutlarni ham yirtgan, pastda qoldirgan. Chaqirayapti bizni.

Shu tubo daraxti, magar u Qur'on ekan. Shoxlari xar tarafga uzangan. Egilib kelgan bu shoxga biz osilishimiz kerak, u yerga bizni olsin.

U samoviy daraxt, bir timsoli zaminda bo’lgan nurli, porloq shariat. Demak zahmat chekmasdan u yo’l bilan chiqardik bu ziyo olamiga, siqmasdan zahmat bizni.

Demak xato qilganmiz, eski yerga qaytamiz, to’g’ri yo’lni topamiz. Qara, uchinchi yo’lni, shu tog’lar ustida turgan shonli yigitga

Hamda butun jahonga o’qiydi bir azonni. Boq ulug’ muazzinga, Muhammadul Xoshimiy (S.A.V.) da'vat etar insonni porloq nurli olamga. Sahrt qiladi duo bilan namozni.

Bulutlarni ham yirtgan, boq hidoyat tog’lariga. Samolarga bosh tutgan, qara shariat tog’iga. Qanday ziynatli qilgan zaminimizning yuz, ko’zi.

Biz chiqishimiz kerak bu yerdan himmat tayyorasida. Shirin, xush shamol nuri u yerda, go’zallik nuri u yerda. Bu yerdadir Uhudi Tavhid, u aziz to’g.

Bu yerdadir Islomiyat Judiyi, u salomat tog’i. Mana Qamar to’gi bo’lgan Azhar Qur'on, Nilning xush suvi oqmoqda u muhtasham manba’dan. Ich u obi shirinni!

فَتَبَارَكَ اللّٰهُ اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ

وَ اٰخِرُ دَعْوٰينَا اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

Ey birodar! Endi hayolni boshdan chiqar, aqlni boshingga ol! Avvalgi ikki yo’lning g’azabga uchragan va zalolat yo’lning, xatarlari juda ko’p, qishdir doim kuz, yozi.

Yuzdan biri qutular, Aflotun, Suqrot kabi. Uchinchi yo’l osondir, ham yaqin, mustaqimdir. Zaif - kuchli unda teng. Hamma u yo’ldan ketar. Eng qulayi shudirki: Shahid bo’lish yo g’oziy.

Demak, natijaga kiramiz. Ha, fanda daho bo’lgan: Avvalgi ikki yo’ldir unga yo’l va yo’nalish. Qur'oniy hidoyat: Uchinchi yo’lda, uning siroti mustaqimi. Yetkazadi u bizni.

اَللّٰهُمَّ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَ لَاالضَّٓالّ۪ينَ ٭ اٰم۪ينَ

* * *

Barcha haqiqiy azoblar zalolatda. Butun lazzat iymondadir.

Hayol libosini kiygan muazzam bir haqiqat

Ey xushyor yo’ldosh! Siroti mustaqimning bu nuroniy yo’li, g’azabga uchragan va zalolatdagilar zulmatli yo’li, to’liq farqlarini ko’rmoq agar istasang ey aziz,

Kel tasavvurni qo’lga ol, hayol ustiga ham min, endi sen bilan borsak yo’qlik zulmatlariga. U buyuk qabristonni, o’liklarga to’lgan shaharni bir ziyorat qilamiz.

Bir Qodiri Azaliy, o’z qudrat qo’li bilan bu zulmat qit'asidan bizni tutdi chiqardi, bu vujudga mindirdi, yubordi shu dunyoga, bu zavq va lazzatsiz shaharga.

Mana biz keldik shu olami vujudga, qo’rqituvchi sahroga. Ko’zimiz ham ochildi, olti jihatda boqdik, avval marhamat istaganga loyiq holda oldimizga qaraymiz.

Lekin balo, alamlar oldimizda dushmanlar kabi hujum qiladi. Undan qo’rqdik, chekindik. Chapga o’ngga, tabiatdagi unsurlarga qaraymiz, undan madad kutamiz.

Lekin ko’ryapmiz, ularning qalblari qattiq, marhamatsiz. Tishlarini bilarlar, g’azabli ham qaraydi, na noz tinglar, na niyoz!

Chorasiz odam kabi qayg’udagi nazarni yuqoriga qaratdik. Yana bir madad so’rab, osmon katta jismlariga qarab, juda daxshatli, tahdid qilgandek ko’rdik.

Go’yo bir bir o’q bomba, uyalardan chiqqanlar, ham fazo atrofida juda tez aylanar, kutilmaganda ular, bir-biriga tegmaydi.

Agar birov yo’lini tasodifan yo’qotsa, Alloh saqlasin, bu shahodat olami o’takasi yorilar. Tasodifga bog’liqdir, bunda ham yaxshilik yo’q.

Qayg’u nazari bilan u jihatdan o’girdik, achchiq hayratda qoldik. Boshimiz ham egildi, siynamizda yashindik, nafsimizga qaraymiz. Mutolaa qilamiz.

Endi eshitamiz: Bechora nafsimizdan minglab ehtiyoj faryodlari kelmoqda. Minglab yo’qliklarning nolalari chiqmoqda. Tasallini kutgandik, qo’rqib ketmoqdamiz.

Undan yaxshilik kelmadi. Qattiq iltijo bilan vijdonimizga kirdik, ichiga qaraymiz, bir chorani kutamiz. Eyvoh! Yana topmaymiz. Biz madad berishimiz kerak.

Chunki unda ko’rinar minglab umidlar, qiziqqon orzular, xavotirli tuyg’ular, koinotga uzangan. Xar biridan titraymiz, hech yordam berolmaymiz.

Orzular siqishgan yo’qlik vujudi ichida, bir tarafi azalga, bir tarafi abadga uzanib ketmoqdalar. Shunday kenglikgi borki, gar dunyoni yutsa ham vijdon to’q bo’la olmas.

Bu azobli yo’lda qayerga murojaat qilsak, unda bir balo topdik. Zero Alloh g’azabiga uchragan va zalolat yo’llari shunday bo’lar. Tasodif va zalolat, u yo’lga qarab turar.

U nazarni biz toqdik, bu holga shunday tushdik. Hozir bizninig holimiz kelgan va borar joyni, ham Sone' ham hashrni vaqtincha unutganmiz.

Jahannamdan battardir, undan ko’proq yo’quvchi, ruhimizni ezadi. Chunki u olti jihatga murojaat qildik. Shunday holatga tushdik.

Qilingan u holat, ham xavf bilan dahshatdan, ham ojizlik bilan qo’rqishdan, ham tashvish va qo’rquvdan, ham yetimlik va umidsizlikdan tashkil topgan vijdonni yo’qqan.

Xar jihatga javoban bir mudofaa qilamiz, yo’q qilishga urinamiz. Avval qudratimizga murojaat etamiz, vo afsuski ko’ramiz

U ojiz va zaifdir. Ikkinchidan: Nafsda bo’lgan hojatlar jim bo’lishiga yo’nalamiz. Vo afsus to’xtamasdan baqirganin ko’ramiz.

Uchinchidan: Madad so’rab, bir xaloskori uchun baqirar, chaqiramiz. Na birov eshitadi na javobni beradi. Biz esa o’ylaymiz:

Xar narsa bizga dushman, xar narsa bizdan g’arib. Hech narsa qalbimizga bir tasalli bermaydi, hech ichonch baxsh etmaydi, haqiqiy lazzat bermas.

To’rtinchidan: Biz osmon jismlariga qarab, ular e'tiborga havola qiladi bir xavf bilan daxshatni. Ham vijdonning qiynog’i bir qo’rquv keladi: Aqlga ters, vahimali!

Ey birodar! Bu zalolatning yo’li, mohiyati shunday. Kufrdagi zulmatni bu yo’lda to’liq ko’rdik. Endi esa kel qardos, u yo’qlikka qaytamiz.

Takror yana kelamiz. Bu karra yo’limiz siroti mustaqimdir, ham iymonning yo’lidir. Dalil va imomimiz, inoyat va Qur'ondir, xar davr uchgandek hokimiyatin qurgan.

Bu, Sultoni Azalning rahmat va inoyati, bizni istagan vaqti, qudrat bizni chiqardi, lutfla bizni mindirdi istak qonuniga: Hollar ustida ushgan.

Hozir bizni keltirdi, shafqat bilan kiydirdi shu vujud kiyimini. Yo’naltirdi bizga omonat rutbasini. Nishoni niyoz, namoz.

Davrlar va holatlar, bu uzun yo’limizda bir bir noz manzilidir. Yo’limizda osonlashtirish uchun, qadardan buyruq bergan, sahifada jabhamiz.

Qayerga kelishimiz, qaysi toifaga, musofir bo’lamiz, juda qardoshlik bilan yuzlashamiz. Molimizdan beramiz, mollaridan olamiz.

Tijorat muhabbati, oziqlantirar ular bizni, hadyalar bilan bezar, hamda kuzatib qo’yar. Bora bora yetishdik, dunyo eshigidamiz, eshitamiz ovoz.

Qara kirdik zaminga, oyog’imizni bosdik shahodat olamiga: Rahmon oynasi shahri, inson shovqin joyiga. Hech bir narsa bilmaymiz, dalil va imomimiz - Rahmonning irodasi. Dalilning vakilimiz, nozanin ko’zlarimiz. Ko’zlarimizni ochdik, dunyo ichiga boqdik. Esimizga kelarmi avvalgi kelishimiz?

G’arib, yetim bo’lgandik, dushmanlarimiz ko’p edi, bilmasdik homiyimizni. Endi iymon nurila dushmanlarga qarshi bir ishonchli asosimiz

Tayanch nuqtamiz, ham himoyachimiz daf’ etar dushmanlarni. U Iymoni Billohdir ruhimizning ziyosi, ham nuri hayotimiz, hamda ruhimiz ruhi.

Endi qalbimiz hotirjam, dushmanlarga ahamiyat bermas, balki dushman tanimas. Avvalgi yo’limizda, vijdonga kirgan vaqtimiz, undan eshitdik minglab faryodu, qayg’u, ovoz.

Undan baloga tushdik. Zero istak, orzular, iste'dod va hissiyot, doim abadni istar. Uning yo’lini bilmay, bizdan yo’l bilmaslik, unda faryodu duo.

Lekim alhamdulilloh, hozir kelishimizda yordam nuqtasin topdik, hayot beradi doim u istaklarga iste'dod, to abadul abadga ularni qilar parvoz.

Ularga yo’l ko’rsatar, u nuqtadan iste'dod ham yordam istaydi, ham obi hayot ichar, ham mukammallikka borar, o’sha yordam so’rash joyi, shavqqa keltirgan ramzu zarofat-nozik jihat.

Ikkinchi iymon qutbi: Hashrni tasdiqlashdir. Abadiy saodatdir u sadafning javhari. Iymon, burhoni Qur'on. Vijdon, insoniy bir sir.

Endi boshingni ko’tar, qara shu koinotga, u bilan bir gaplash. Avvalgi yo’limizda juda mudhish ko’ringan. Hozir esa tabassum qilib xar tomon kular, nozli shaklda duo va ovoz.

Ko’rmayapsanmi: Ko’zimiz ari kabi, xar tarafga uchadi. Koinot bo’stonidir, xar tarafda gullar, xar chechak ham beradi unga bir obi laziz.

Ham do’tlik, tasalli, o’zin sevdiradi. U ham olib keltirar, Ilohiy haqiqatlar lazzatini beradi. Asalda bol oqizar, u sehri shahboz-burgutdek uchgan.

Osmon jissmlari harakatlariga, yo yulduzlar, yo quyoshlarga qaragan paytimizda, qo’llariga beradi Xoliqning hikmatini, ham ibrat oynasini, ham rahmat jilvasini olib qiladi parvoz.

Go’yo Quyosh bizlar bilan gaplashmoqda: Aytadi: "Ey qardoshlar! Qo’rqib, siqilmang. Xush keldingiz marhabo, yaxshi tashrif etdingiz. Manzil sizning, men bir nur sochgan go’zal.

"Men ham siz kabiman. Lekin sof va isyonsiz, mute' bir xizmatkorman... U Zoti Ahadi Samad to’liq rahmati bilan xizmatingizga meni nur sochgan xizmatkor qilgan. Mendan harorat, ziyo, sizdan namoz va duo".

Ey, oyga qarang. Yulduzlar va dengizlar xar biri o’ziga xos til bilan: "Xush keldingiz, marhabo!" deydi. "Xush keldingiz, bizni tanimaysizmi?"

Yordamlashish sirri bilan qara, tartib ramzi bilan tingla. Xar biri aytmoqda: "Biz ham bir bir xizmatkor, rahmati Zuljalolning bir bir oynalarimiz. Hech ham xafa bo’lmanglar, bizdan siqilmanglar".

Zilzila na'ralari, hodisalar faryodi sizni hech qo’rqitmasin, vasvasa ham bermasin. Zero ular ichida zikrlar nag’malari, tasbehlar ohanglari, yolvorish va duoning xush ovozlari.

Sizni bizga yuborgan Zoti Zuljalol, qo’llarida tutgandir bularning tizginlarini. Iymon ko’zi o’qiydi yuzlarida rahmat dalillarini, xar biri bir bir ovoz.

Ey mo’'mini xushyor qalb! Endi ko’zimiz bir oz dam olsin. Ularning o’rniga hassos qulog’imizni iymonning muborak qo’liga beramiz, dunyoga jo’natamiz. Tinglasin shirin bir soz.

Avvalgi yo’limizda: umumiy motam, ham o’lim nolalari deb o’ylangan ovozlar, hozir yo’limizda bir bir shirin ohangu namoz, bir bir ovozu duo, bir bir tasbeh aytishi.

Tinglagin, havodagi baland ovoz, qushlardagi jivjivlar, yomg’irdagi nag’mali sas, dengizdagi hayqirish, momaqaldiroqdagi baqirish, toshlardagi tiqtiqlar bir bir ma'noli ohang.

Havoning tarannumi, momaqaldiroq na'arasi, to’lqinlar nag’malari bir bir buyuklik zikri. Yomg’irning nag’malari, qushlarning sayrashlari bir bir rahmat tasbehi, haqiqatga bir majoz.

Ashyolar ovozlari, bir bir borlik ovozi: Men ham borman deyishar. Sukutdagi koinot, birdan gapni boshlaydi: "Bizni jonsiz o’ylama, ey mahmadona!

Qushlarni gapirtirar yo bir ne'mat lazzati, yo bir rahmatning tushishi. Turli ovozlar bilan, kichik og’izlarida rahmatni olqishlaydi, ne'mat ustiga tushar, shukrla qilar parvoz.

Ramzan ular aytadi: "Ey koinot, qardoshlar! Qanday go’zal holimiz.

"Shafqat bilan parvarish qilinamiz, holimizdan mamnunmiz." O’tkir tumshuqlar bilan fazoga sochadilar bir bir ko’p nozli ovoz.

Go’yo butun koinot ulug’ bir musiqasidir, iymon nuri eshitar zikrlar, tasbehlarni. Chunki hikmat rad qilar tasodif borligini, nizom esa quvadi vahima, shubhaga solgan birlik.

Ey yo’ldosh!Endi shu misoli olamidan chiqamiz, hayoliy farazdan tushamiz, aql maydonida turamiz, tarozida tortamiz, yo’llarni yaxshilab o’lchab.

Avvalgi azobli yo’limiz, g’aazabga uchraganlar va zalolatdagilar yo’li. O yo’l vijdonga olami, eng chuqur joyigacha bir azob hissini, ham bir qattiq qayg’uni. Shuur uni ko’rsatar. Shuurga zid bo’lganmiz.

Qutulish uchun esa majbur va ham muhtojmiz. Yo u taskin etilsin, yokki hech eslatmasin, yo’qsa chiday olmaymiz, faryodu oh-voh tinglanmas.

Hidoyat esa shifo, havo, hislarni uxlatishdir. Bu ham tasalli istar, bu ham g’aflat istaydi, bu ham mashg’ullik istar, bu ko’ngilxushlik istar. Sehrboz istak, orzular,

vijdonni aldab, ruhi uxlatsin, to alam his qilinmasin. Yo’qsa u qayg’uli dard, vijdonni yoqar, yig’iga chidab bo’lmas, umidsizlik achchig’i tortilmas.

Demak siroti mustaqimdan naqadar uzoq bo’lsa, shu daraja bu holat ta'sir etadi, vijdonni baqirtirar. Xar lazzatning ichida azobi bor, bir bir iz.

Demak nafs istagi, havosi, ko’ngilxushlik, aysh ishrat aralashgan madaniyat jozibasiga, bu zalolatdan kelgan daxshatli siqilishga yolg’onchi malham, berar uxlatuvchi zahar.

Ey aziz birodarim!Ikkinchi yo’limizda, o’sha nuroniy yo’lda bir holatni his qildik, u holat bilan hayot bo’lar, lazzat ma'dani. Azoblar, bo’lar lazzat.

U orqali bildikki farqli darajada, iymon quvvati nisbatida ruhga bir holat berar. Jasad ruh bilan xotirjam va lazzat olar, ruh vijdonla bahtiyor.

Bitta tayyor saoda, vijdonga o’rnatilgan, bir ma'naviy firdavs jannat, qalbida joylashgan. O’ylash esa teshishdir, shuur sirlar yashirgan parda.

Qalb qancha ogohlantilirsa, vijdon harakatga keltirilsa, ruhga his ettirilsa, lazzat ko’payar, hamda aylanar nur olovi, qishi yoz.

Vijdonda firdavs jannatlarin eshiklari ochilar, dunyo bo’ladi jannat. Ichida ruhlarimiz, etar qanot qoqqan parvo, bo’lar qahramon, go’zal, havo berar namoz, niyoz-duo.

Ey aziz yo’ldoshim!Endi Allohga topshirdik. Kel, birga bir duo qilsak, so’ng ko’rishguncha ayrilamiz.

اَللّٰهُمَّ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ ٭ اٰم۪ينَ

* * *

ANGLIKAN CHERKOVIGA JAVOB

Bir kuni beomon Islom dushmani, siyosiy hiylachi, o’zini yuksak ko’rsatishni istagan vosvos bir ruhoniy, hiyla niyatida ham inkor suratida,

Hamda bo’g’ozimizni panjasi bilan siqqan azobli vaqtda juda kibrlanib mensimay bizdan to’rt narsa so’radi,

Istadi olti yuz so’z. Mensimasligiga qarshi: Yuziga "Tuf!" deyish hiylasiga qarshi jahl bilan sukut saqlsh, inkoriga qarshi

To’qmoqdek mot qilar javob lozim edi. Uni tinglovchi etmayman. Haqni ustun tutganga shunday javobimiz bor. U birinchi so’radi:

"Muhammad (Alayhissalotu Vassalam) dini nima?" Aytdim: Mana Qur'on. Iymonning olti sharti, Islomning besh rukni, asos maqsadi Qur'on. Dedi ikkinchi safar:

"Fikr va hayotga nima bergan?" Aytdim: "Fikrga tavhid, hayotga istiqomat. Bunga doir shohidim:

فَاسْتَقِمْ كَمَٓا اُمِرْتَ ٭ قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ

Uchinchi savoli: "Hozirgi qiyinchilik qanday davolanadi?" Aytdim: "Ribo xaromligi, zakotning farz bo’lishida. Bunga doir shohidim: يَمْحَقُ اللّٰهُ الرِّبٰوا da.

وَاَحَلَّ اللّٰهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبٰوا ٭ وَاَق۪يمُوا الصَّلٰوةَ وَاٰتُوا الزَّكٰوةَ

Dedi to’rtinchi marta: "Bashariyatdagi buzuqlikka qanday qaraydi?" Aytdim: Mehnat, asl asosdir. Inson bouyligi zolimlarda yig’ilmas, saqlanmaydi qo’llarida.

Bunga doir shohidim:

لَيْسَ لِلْاِنْسَانِ اِلَّا مَا سَعٰى ٭ وَالَّذ۪ينَ يَكْنِزُونَ الذَّهَبَ وَالْفِضَّةَ وَلَا يُنْفِقُونَهَا ف۪ى سَب۪يلِ اللّٰهِ فَبَشِّرْهُمْ بِعَذَابٍ اَل۪يمٍ

* * *

Yuz mashaalloh bu javobga

KONFERENTSIYA

1950 yil noyabrda Anqara Universitetida professor, deputatlarimiz, Pokistonlik musofirlarimiz va turli fakultet talabalari huzurida fakultet Masjidida yarim tungacha davom etgan majlisda o’tkazilgan, katta e'tibor va ahamiyat bilan tinglangan konferentsiya.

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اَلْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ وَ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ اَجْمَعِينَ

Iymon va Islomiyat obi hayotiga chanqagan qiymatli qardoshlarim!

Avvalo e'tirof etayki, bu konferentsiya nutq kursisida bo’lsam ham sizlardan farqim yo’q. Sizning bir qardoshingizman. Bu konferentsiya o’zim juda muhtoj bo’lgan o’ta foydali darsimdir. Tinglovchi o’zimman. Darsimni muzokara sifatida siz muborak qardoshlarimga topshiraman. Kamchiliklar mendan. Mukammallik va go’zalliklar men foydalangan Risola-i Nur asarlariga oid. Boshimizga biror mone' kelmasa, haftada bir marta davom ettirmoqchi bo’lgan diniy konferentsiyalardan bugun ilki iymonga doirdir. Chunki Badiuzzamon Said Nursiyning Birinchi Millat Majlisida aytganidek,"Koinotda eng yuksak haqiqat iymondir, iymondan so’ng namozdir".Shuning uchun biz ham konferentsiyamizning Qur'on, Iymon, Payg’ambarimiz Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimiz haqida bo’lishini munosib ko’rdik. Ikkinchisi esa inshaalloh namoz va ibodatga oid bo’ladi.

Bu mavzularni bizga dars beradigan bir asar izladik. Oxiri bu hayotiy va abadiy ehtiyojimizni asrimiz dunyoqarashiga mos va qoniqtiruvchi tarzda dars bergan va yarim asrga yaqin, katta bir ichonch va tayanchga sazovor bo’lib, eng mo’'tabar diniy bir asar hisoblangan"Risola-i Nur"nitanladik. Ilk konferentsiyamizning nima uchun iymon mavzusida bo’lganini izohlab, quyida bu asar va uning muallifi haqida juda qisqa ma'lumot beramiz:

Bu asrda din va Islomiyat dushmanlari, dasturlarining birinchi moddasiga avvalo iymon asoslarini kuchdan qoldirish va yiqitish rejasini qo’yishgan. Xususan so’nggi yigirma besh yil ichida tarixda ko’rilmagan munofiqona va turli niqoblar ostida iymon ruknlariga qilingan juda dahshatli suiqasdlar qilishdi, ko’p buzg’unchi ishlar tashkil qilindi.

Xolbuki, iymonning ruknlaridan birida hosil bo’ladigan shubha yoki inkor dinning tafsilotlarida qilingan loqaydlikdan ancha falokatli va zararliroq. Shuning uchun hozir eng muhim ish taqlidiy iymonni tahqiqiy iymonga aylantirib iymonni quvvatlash, iymonni kuchga to’ldirish, iymonni qutqarishdan iborat. Hamma narsadan ko’ra ko’proq iymonning asoslari bilan mashg’ul bo’lish qat'iy zarurat va kerakli ehtiyoj, hatto majburiyat holiga kelgan. Turkiyada bo’lgani kabi, umum Islom dunyosida ham shunday.

Poydevorlari zaiflagan binoning xonalarini ta'mirlash va bezashga harakat qilish binoning yiqilmasligiga qay daraja foyda beradi? Ildizlari chiritilishiga harakat qilingan bir daraxtning qurimasligi uchun shox va yaproqlarini dorilab tadbir olishga harakat qilish daraxtning hayotiga foyda bera oladimi?!

Inson saroy kabi binodir, poydevorlariiymon asoslaridir.Inson daraxtdir, ildizi iymon asoslaridir. Iymon ruknlaridan eng muhimi Iymoni Billoh - Allohga iymondir. So’ng Nubuvvat va Hashrdir. Shuning uchun bir insonning avvalo qo’lga kiritishi kerak ilm, ilmi iymon ilmidir. Ilmlarning asosi, ilmlarning shohi va podshohi iymon ilmidir.

Iymon faqat qisqa tasdiqdan iborat emas. Iymonning ko’p martabalari bor. Taqlidiy iymon, bu davrdagi zalolat, axloqsizlik bo’ronlari qarshisida tez so’nadi. Tahqiqiy iymon esa tebranmas, so’nmas quvvatdir. Tahqiqiy iymonni qo’lga kiritgan insonning iymon va Islomiyati daxshatli dinsizlik bo’ronlariga uchrasa ham, bu iymon quvvati qarshisida ta'sirsiz qolishga mahkum. Tahqiqiy iymonni qozongan insnonni eng dinsiz faylasuflar ham vasvasa yoki shubhaga tushira olmaydi.

Bu haqiqatlarga binoan, biz ham tahqiqiy iymoniy dars berib, iymonni quvvatlab, insonni abadiy saodat va salomatga olib chiqdigan Qur'on va iymon haqiqatlarini jamlagan asarni, sabot, bardavom va diqqat bilan o’qishni qat'iyat bilan lozim va shart deb bildik. Aks holda, bu davrda dunyoviy va uxroviy daxshatli musibatlar ichiga tushish shubhasiz haqiqat. Shuning uchun yagona qutulish choramiz Qur'oni Hakimning iymoniy oyatlarini va bu asrga yuzlangan oyati karimalarini tafsir qilgan yuksak Qur'on tafsirini mahkam tutishdan iborat.

Hozir "Bunday asar bu asrda bormi?" degan savolning ichingizda hosil bo’lgani nuroniy bir hayajonni ifodalagan siymolaringizdan anglashilmoqda.

Ha, bu tur ehtiyojimizni to’liq qondiradigan asarni topish uchun ko’p diqqat va sinchkovlik bilan qidirdik. Oxiri, ham turk yoshlariga ham barcha Musulmonlarga va bashariyatga Qur'oniy rahbar va komil murshid bo’ladigan asarning - Badiuzzamon Said Nursiyning Risola-i Nur asarlari ekanini xulosa qildik. Biz bilan birga bu haqiqatga Risola-i Nur orqali iymonini qutqargan yuz minglab insonlar shohid.

Ha, yigirmanchi asrda qamrovli va umumiy bir rahbarlik vazifasini bajaradigan Qur'oniy asar muallifining shu xususiyatlarga ega bo’lishini asos oldik. Bu xususiyatlar to’liq Risola-i Nurda va muallifi Badiuzzamon Said Nursiyda mavjud ekanini ko’rdik:

Birinchisi:Muallifning faqat Qur'oni Hakimni o’ziga ustoz deb qabul qilishi...

Ikkinchisi:Qur'oni Hakim haqiqiy ilmlarni ichiga olgan muqaddas kitobdir. Barcha asrlarda insonlarning umum tabaqalariga xitob qilgan azaliy xutbadir. Shuning uchun Qur'onni tafsir qilganda, haqiqatning sof ifodalanishi, bu shaklda haqiqiy tafsir bo’lishi uchun mufassirning o’z xususiy yo’l va yo’nalishininig ta'siri ostida qolmasligi va hislari qo’shilmasligi lozim. Hamda Qur'onning ma'nolarini kashf bilan ko’ringan Qur'on haqiqatlarining aniqlash uchun shart bo’lgan sifat: Mufassir xar bir fanda ixtisoslashgan kengfikrga, nozik nazarga va tom ixlosga sohib alloma, o’ta oliy daho, nufuzli, chuqur ijtihod va iymon va Qur’on haqiqiatlarini nozik va chuqur farosat va mahorat bilan tushuntirish kuchiga sohib bo’lishi...

Uchinchisi:Qur'on tafsirining to’liq ixlos bilan ta'lif etilgan bo’lishi: Muallifning Janobi Haqning roziligidan boshqa hech qanday moddiy, ma'naviy manfaatni maqsad qilmasligi va bu yuksak holat muallifning hayotidagi hodisalarda kuzatilishi...

To’rtinchisi:Qur'onning eng buyuk mo’'jizalaridan biri, yoshlik va yangiligini muhofaza qilishi. Hozir asrda nozil qilingandek, xar asrning ehtiyojini qondiradigan tomoni bo’lishidir.

Bu asrda maydonga keltirilgan tafsirda Qur'oni Hakimning asrimizga yuzlangan tomonining kashf etilib, avomdan eng xoslargacha xar bir tabaqa foydalana oladigan uslubda izoh va isbot qilingan bo’lishi...

Beshinchisi:Mufassirning Qur'on va iymon haqiqatlarini inkor etilmas dalil va hujjatlar bilan isbotlab dars berishi. Ya'ni, pozivitizm (isbotchilik)ni bir asos qabul qilishi...

Oltinchisi:Dars bergan Qur'oniy haqiqatlarning ham aqlni ham qalbni ham ruh va vijdonni nurlantirishi, qondirishi, nafsni boysundirishi va shaytonni mot qiladigan darajada quvvatli va o’ta balog’atli, nufuzli va ta'sirli bo’lishi...

Yettinchisi:Haqiqatlarni anglashga mone bo’lgan xudbinlik, g’urur, kibr va "anoniyat"-menlik kabi yomon xislatlardan qutqarib, tavozu' va kamtarlik kabi yuksak va go’zal axloqlarga sohib qilishi...

Sakkizinchisi:Qur'oni Karimni tafsir qilgan allomaning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sunnatiga tobe' bo’lishi, Ahli sunnat va jamoat mazhabida ilmi bilan boamal bo’lishi, eng yuksak zuhd va taqvo, a'zamiy-eng buyuk ixlos va dinga xizmatida eng yuqori sabot, eng ulug’ to’g’rilik, sadoqat va fidokorlikka, juda yuqori tejamkorlik va qanoatga sohib bo’lishi shart.

Xulosa sifatida mufassirning Qur'oniy risolalari orqali risolati Ahmadiyaning (S.A.V) eng yuqori taqvosi, eng yuksak qulligi, chuqur ijtihod va iymon va Qur’on haqiqiatlarini nozik va chuqur farosat va mahorat bilan tushuntirish kuchiga egaligi bilan ham valoyati Ahmadiyaning yog’dulariga sazovor bo’lgan Qur'on xodimi bo’lishi...

To’qqizinchisi:Mufassirning Qur'oniy va Shar'iy masalalarni bayon qilganda, ma’lum tazyiq va qiynoqni e'tiborga olmasligi, xar qanday ta'sir ostida fatvo bermasligi, o’limni xor ko’rib, dunyoga bas keladigan iymon quvvati bilan haqiqatni beparvo aytgan Islomiy shijoat va jasoratga sohib bo’lgan mufassir bo’lishi kerak.

Qatl qilish rejalari tatbiq etilgan va birorta diniy risola nashr qilinmagan daxshatli davrda, xususan yo’q etilishi va so’ndirilishi mo’ljalga olingan Qur'onni, Shar'iy asoslarni ta'lif va nashr qilgan maydonda bo’lgan bir murshidi komil va Islomning bu asrda haqiqiy, komil rahbari va Qur'onning mo’'tabar buyuk mufassiri bo’lishi lozim.

Bu davrda yuqorida aytilgan to’qqiz shart va xususiyatlarning muallif Said Nursiyda va asarlari Nur Risolalarida aynan mavjudligini haqiqiy va chuqur ilmli Islom olimlarining ijmo'si, tavoturi va ittifoqi bilan aniqlagan. Uyg’onishni boshlagan bu Islom millati, Ovrupa va Amerikada ma'lum va tasdiqlangan. Mana do’stlar! Biz shunday Qur'on tafsiri qidirayotgan va bunday mufassir istayotgan edik.

Qiymatli qardoshlarim!Bunday daxshatli asrda insonning eng buyuk masalasi - iymonni qutqarish yoki yo’qotish da'vosidir.Jahon urushlari insoniyatni uyg’otdi, dunyo hayotining foniyligini eslatdi. Boqiy bir olamda, abadiy bahtiyor yashash hissini uyg’otdi. Albatta bunday muazzam da'voni, chalkash va aldamchi davrda qozonish uchun, bir advokat topishda {(Izoh) Bu davrda bunday advokat Risola-i Nur ekaniga, Risola-i Nur orqali iymoini qutqargan millionlab insonlar guvoh.} juda e'tiborli bo’lishimiz lozim. Shuning uchun tadqiqotimizni yana bir oz kengaytiramiz:

Asrimizdan avvalgi Islomiyatning Kalom Ilmi dohiylari, dinimizning g’aroyib imomlari va Qur'oni Hakimning dohiy mufassirlari vujudga keltirgan asarlari qiymati, taqdirlash mumkin bo’lmaydigan darajada bebahodir. U zotlar Islomiyatning bir bir quyoshlaridir. Lekin bu davr u buyuk zotlar yashagan davr kabi emas.

Eski davrda zalolat bilimsizlikdan kelar edi. Buni yo’q qilinishi oson. Hozirgi davrda esa zalolat (Qur'onga, Islomiyatga va iymonga hujum) fan, falsafa va bilimdan kelyapti. Buni yo’qotish mushkul. Eski davrda ikkinchi qismi mingdan bir bo’lar edi, ulardan faqat mingdan biri irshod bilann to’g’ri yo’lga kelar edi. Chunki undaylar ham bilmaydilar ham o’zlarini bilaman deb o’ylaydi.

Bundan avvalgi asrlarda tabiiy fanlar yigirmanchi asrdagi qadar taraqqiy etmaganini bilasiz. Demak bu asrda dunyoga yoyilgan dinsizlik va moddaparastlikni ildizini kesiz, haq va haqiqat yo’lini ko’rsatib, insoniyatni siroti mustaqimga yetkazish, iymonni qutqarish uchun faqat va faqat Qur'oni Hakimning bu asrga yuzlangan tomonini kashf qilib, barcha foydalana oladigan bir shaklda tafsir qilinishi, albatta bu asrda mumkin.

Badiuzzamon Said Nursiy Qur'oni Karimdagi bu asr muhtoj bo’lgan haqiqatlarni kashf etib, Nur Risolalarida hammaning qobiliyati nisbatida foydalana oladigan tarzda tafsir va izoh qilish muvaffaqiyatiga erishgan. Shuning uchun Risola-i Nur o’xshashi ko’rilmagan shox asar degan xulosaga kelingan.

Risola-i Nurdagi bu imtiyoz sababl, bu muborak Islom millatidan millionlab bahtiyor kishilar ustun tutib, katta ehtiyoj sezib, buyuk ishtiyoq va sevgi bilan yillab davom etgan tazyiqlar ichida Risola-i Nurni o’qishgan.

Risola-i Nur ehtiyoj vaqtida ta'lif etilgani bois Turkiya va Islom Dunyosi miqyosida kengaygan va dunyoni aloqador qilgan imtiyozga sazovor bo’lganini ko’zga ko’rsatgan...

Qiymatli qardoshlarim!Said Nursiy qirq yil avval Istanbuldalik vaqti, "Kim nima xohlasa so’rasin" deb, g’aroyib e'lonot qilmishtir. O’sha vaqtda davrning mashhur olim va allomalari Badiuzzamonning hujrasiga to’da-to’da bo’lib borib, xar sinf ilmlarga va turli mavzularga doir so’ragan eng mushkul, eng yopiq savol berilgan ondayoq Badiuzzamon to’g’ri javob bergan.

Bunday haddu hududi yo’q, ya'ni "shu yoki bu ilmda, falon mavzuda kim nima istasa so’rasin" degan chegara qo’ymasdan e'lon berish, natijada to’liq muvaffaq bo’lish insoniyat tarixida ko’rilmagan. Bunday qamrovli va yuksak ilmga sohib Islom dohiysi hozirgacha chiqmagan. (Asri Saodat mustasno.)

Hatto o’sha davrda, Misr Jome'ul Azhar Universiteti raislaridan mashhur Shayx Bahid Afandi, Istanbulga sayohat uchun kelganida, Qurdistonning tik, chiqib bo’lmaydigan qoyalari orasidan chiqib, Istanbulga kelgan Badiuzzamon Said Nursiyni mot qiila olmagan Islom ulamolari Shayx Bahiddan bu yosh domlani (Badiuzzamonni) mot qilishni so’raydilar. Shayx Bahid bu taklifni qabul qilib munozara zamini qidiradi. Bir namoz vaqti Ayasofiya Masjididan chiqilib "choyxona"da o’tirishgan payt, buni fursat deb bilgan Shayx Bahid Afandi, Badiuzzamon Said Nursiyga xitoban:

مَاتَقُولُ فِى حَقِّ الْاَوْرُبَائِيَّةِ وَالْعُثْمَانِيَّةِ Ya'ni: "Ovrupa va Usmonli Davlati haqida nima deysiz? Fikringiz qanday?" deb so’raydi. Shayx Bahid hazratlarining bu savoldan maqsadi Badiuzzamon Said Nursiyning shaksiz bahri ummon kabi ilmini va tez va keskin zakovatini sinash emas edi. Maqsadi kelajakka oid qamrash kuchining shiddatini va dunyoning boshqaruvidagi siyosatini anglash edi.

Bunga javoban, Badiuzzamonnig bergan javobi shu bo’ldi:

اِنَّ الْاَوْرُوبَا حَامِلَةٌ بِالْاِسْلَامِيَّةِ فَسَتَلِدُ يَوْمًا مَا وَاِنَّ الْعُثْمَانِيَّةَ حَامِلَةٌ بِالْاَوْرُوبَائِيَّةِ فَسَتَلِدُ اَيْضًا يَوْمًا مَا

Ya'ni: Ovrupa bir Islom Davlatiga, Usmonli Davlati ham bir Ovrupa Davlatiga homiladir. Bir kun kelib tug’ajaklardir.

Bu javobga qarshi Shayx Bahid Hazratlari: "Bu yosh ila munozara etilmas, men ham ayni qanoatda edim. Faqat bu qadar vajiz va balig’ona bir tarzda ifoda etmoq faqat Badiuzzamonga xosdir",- demishtir. Haqiqatdan Badiuzzamonning degani kabi, xabarlarning ikki qutbi ham sodir bo’lmish. Bir-ikki sana so’ngra Konstitutsion boshqarilish davrida, Islomiylik alomatlariga muxolif ko’p ajnabiy odatlarini olmoq va borgancha Turkiyada yerlashtirmoq ila va hozir Ovrupada Qur'onga va Islomiyatga qarshi ko’rsatilgan go’zal aloqa, xususan baxtiyor Olmon millatida to’da-to’da Islomiyatni qabul qilish kabi hodisalar bu xabarni to’liq tasdiqlagan.

Buyuk Islom olimlari va sharafli shayxlar ko’p tajriba va imtihonlar orqali shunday xulosaga kelishganki: Badiuzzamon nima desa, haqiqat. Badiuzzamonning asarlari qalbiy sunuhot-ma’nolar bo’lib, olimlar jamoatining tasdiq va taqdiriga sazovor.

Ilm ahli, tasavvuf ahli, fan va maktab ziyolilari Badiuzzamonning asarlaridan faqatgina fayz va foyda oladi. Ha,

uch oylik tahsilga ega,

qirq yilan beri Qur'oni Karimdan boshqa kitob bilan mashg’ul bo’lmagan,

bir yuz o’ttizta turkcha, o’n besh Arab tilidagi asarlarini ta'lif qilayotib hech qanday kitobga murojaat etmaganini hanuz hayot bo’lgan kotiblari tomonidan shahodat etilgan,

asosan kutubxonasi yo’q,

yarim ummiy zot shunday mislsiz bir e'lon orqali, yangi ilmlar doxil, turli ilmlarda, yuksak olimlar va buyuk murshidlar bilan, yoshligida qilgan munozaralarning hammasida yutib chiqqani ma’lum,

ittifoqli masalalarni tasdiqlagan va ixtilofli bo’lganlarni to’g’rilagan,

o’zi uchun "Badiuzzamon javob berolmaydigan savol yo’q" deb, allomalar tarafidan tasdiqlangan,

Ovrupaning bir qism idroksiz va g’arazli faylasuflarining, mutashobih oyati karima va hadisi shariflarga qilgan hujumlarini, ayni oyat va hadislarning bir bir mo’'jiza ekanini asarlari orqali isbotllab e'tirozlarini ildizidan qopargan,

bu orqali vahimalarga tushirilgan ba'zi ilm ahlini ham qutqarib, Islomiyatga bo’lgan hujumlarni natijasiz qoldirgan Said Nursiy kabi bir muallifning,

albatta dohiy bir Qur'on mufassiri,

ilmining Alloh begani va kengligiga,

asarlari Nur Risolalarining bir umr o’qishga loyiq g’aroyib shohasar ekaniga shubha yo’q.

Uyg’ongan qardoshlarim!Ham bizning ham Islom dunyosining abadiy hayotining natijalarini, qutulishini ta'minlaydigan, bizni ma’rifatli va irshod qilib zalolatdan saqlaydigan asar tanlashda shunchalik juda diqqatli bo’lishimiz kerak. Chunki bu davrda, turli-tuman aldovlar bilan parda orqasida Islom yoshlarini yo’ldan chiqarishga urinishyapti.

Bir asar o’qilishi yoki bir so’z tinglanganda, avvalo

مَنْ قَالَ وَلِمَنْ قَالَ وَلِمَ قَالَ وَفِيمَا قَالَ

ya'ni: Kim aytdi? Kimga aytdi? Nima uchun aytdi? Qaysi darajada turib aytdi? asosiga oid qoidani e'tiborga olish kerak. Ha, gap tabaqalarining yuksakligi, go’zalligi va quvvatining manbai ushbu to’rt narsadan iborat: So’zlovchi, tinglovchi, maqsad va daraja. Xar bir qo’lga tushgan kitob o’qilmasligi kerak, xar aytilgan gapga quloq solmaslik kerak. Masalan: Bir qo’mondonning bir qo’shinga bergan "Qadam bos" buyrug’i bilan bir askarning "Qadam bos" degan gapi orasida qanchalik farq bor? Birinchisi katta qo’shinni harakatga keltiradi. O’sha so’z bo’lgan ikkinchisi, balki bir askarni ham harakatlantira olmaydi.

Xullas, bu to’rt asos sababli va Said Nursiyga qarshi qalblarida buyuk sevgisi bo’lgan yuz minglab kishilar muhabbat bilan ustozlarining eng kichik holatiga ham katta ahamiyat berib, ularni o’rganib tobe' bo’lish, ergashish istagi bo’lgani uchun, bu yerdagi bir qancha qardoshlarimiz ustozimizning hayoti, asarlari, yo’l va yo’nalishi haqida ma'lumot berilishini qattiq so’radilar.

Lekin Badiuzzamon kabi zotning hayoti, asarlari va axloqini to’liq ifoda qila olmaymiz. Bu haqiqat basiratli ilm ahli bo’lgan adiblar ham e'tirof qilingani uchun bu xizmat bizning haddimizdan juda uzoq. Badiuzzamon haqida ma'lumot olishni istagan qardoshlarimizga, buning faqat va faqat Risola-i Nur Kulliyotini diqqat va bardavom o’qib, mumkinligini aytamiz.

Aziz qardoshlarim! Bu muborak vatan, millat va olami Islomning abadiy saodatini va qutulishini, natijada yer yuzida umumiy tinchlik va farovonlikni ta'minlaydigan inoyat va qudratga sohib bo’lgan Risola-i Nurning ma'naviy shaxsida o’ta sog’lom quvvatlar to’plangan va qo’shilgan:

1-Yuksak kuch va butun kamolotning ustozi bo’lgan Islomiy haqiqat.

2-Iymoniy jasorat. Ya'ni xorlanmaslik, chorasiz qolganlarga bosim o’takmaslik va takabbur qilmaslik.

3-Musulmonlikning insonga bergan izzat va sharafi, taraqqiyot va yuksalishning eng muhim omili bo’lgan Islom izzati.

Do’stlar!"Haqiqiy olimlar zolim hukmdorlarga qarshi haq va haqiqatni beparvo aytgan olimlardir", ma'nosida hadisi sharif bor. Biz, faqat shunday va taqvodor allomaning so’z va asarlariga ishona olamiz.

Asrimizda esa, hayotidagi voqealar va asarlari bilan bu hadisi sharifga mos kelgan Risola-i Nur maydonda. Muallif Badiuzzamon diniy kurashida, Qur'onga xizmatida va qulligida Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam)ning sunnati saniyasiga to’liq tobe' bo’lgan mujohiddir. Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimiz dunyoning eng muazzam siyosiy hodisasi bo’lgan Badr Jangida sahobai kiromga navbatma-navbat jamoat bilan namoz o’qitganlar. Ya'ni vojib bo’lmagan, xususan urush vaqtida tark qilinishi mumkin bo’lgan "jamoat bilan namoz o’qish" kabi bir xayrni dunyoning eng katta siyosiy voqe'asidan afzal ko’rilgan, ustun tutgan. Kichik savobni, urush frontining daxshatlari ichida ham tark etmagan.

Badiuzzamon ko’ngillilar bo’linmasi qo’mondoni sifatida qo’shilgan rus jangida, urush frontida, dushman nishoni o’qlari oldida Qur'onning bir qismining tafsiri bo’lgan mashhur Arabiy Ishoratul I'joz Tafsirini ta'lif qilgan. Bu asari azim Islom Olamida eng buyuk olimlarning maqtov va tahsiniga sazovor bo’lgan. To’liq tushunishdan ojiz qolishganini, bunday tafsir ko’rishmaganini e'tirof qilishgan. Qur'oni Karimning eng nozik hikmatini, eng chuqur masalalarini, tenggi yo’q i'jozi, favqulotda yuksak balog’at va fasohatini izhor va isbot qilgan. Hatto bir harfning himatini izhor qilib, nishon o’qlari oldida, dushman o’qlari zehnini undan qaytara olmagan, urushning to’polon va daxshatlari mone' bo’lmagan.

Azoni Muhammadiy (S.A.V.) man’ qilingan, bid'atlarning xalqqa majbur qildirilgan zulmatli va dahshatli davrda Nur Talabalari uydirma azonni o’qimagan. Bunday bid'atlarga qarshi o’zlarini qahramoncha muhofaza qilib, bid'atlarga qo’shilmagan.

Iymon va Islomiyatning yo’qotilishiga urinilgan va bir olimning yashirindan yashirin bitta ham diniy asar nashr qila olmagan falokatli davrda, Badiuzzamon surgun qilingan joylarida, zolim mustabidlarning nazorat va tazyiqlari ichida yashirindan yashirin bir yuz o’ttiz adad iymoniy asar ta'lif va nashr qilgan. Shu bilan barobar kechalari juda oz uyqudan so’ng, asirlikda ingragan Islom Millatlarining najot va tuzalishi uchun duolar qilgan, dargohi Ilohiyga iltijo qilib yolvorgan.

Hazrati Ustoz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Sarvarimizning Sunnati Saniyasiga to’liq iqtido qilgan.

Badiuzzamonning bu holati butun Islom mujohidlariga va barcha Musulmonlarga o’rnakdir. Ya'ni, jihod bilan qullik va taqvoni barobar qiladi. Birini qilib, boshqasini ahamiyatsiz qoldirmaydi. Jabr qildigan va zolim din dushmanlarining rejasi bilan qamoqxonalarga tashlanib, yakka kameralarda, o’ta sovuq xonada qoldirilishi, shiddatli sovuqlar va xastaliklarning iztiroblari, titrashlari va keksalikning kuchsizliklari ichida bo’lishi ham asar ta'lif qilishiga mone'lik qilmagan.

Siddiqi Akbar (Raziyallohu Anh): "Jahannamda vujudim shunchalik kattalashsinki, iymon ahliga joy qolmasin", deganlar. Badiuzzamon bu o’ta yuksak fazilatning bir zarrachasiga sazovor bo’lish uchun, "Bir nechta odamning iymonini qutqarish uchun Jahannamga kirishga tayyorman" deb, fidokorlikning cho’qqisiga yuksalgan. Qur'on va Islomiyatning fidoiy va xolis xodimi ekani, sakson yillik hayoti guvohligi bilan aniqlangan.

Qur'on va iymon xizmati uchun Badiuzzamonning e'tiborini, sharafini, ruhini, nafsini, hayotini fido qilgani, uchragan shiddatli zulm va qiynoqlarga, giriftor etilgan ko’p musibat va balolarga qarshi ko’rsatgan yuksak sabr, bardosh va xotirjamlik bir bir ishonchli guvoh hisoblanadi.

Badiuzzamon Qur'on, iymon, Islomiyat xizmati uchun dunyoviy rohatliklarini fido etmish, dunyoviy shaxsiy savratlar yig’mamish, zuhd va taqvo va riyozat, iqtisod va qanoat ila umr o’tqazib, dunyo ila aloqasini kesmishtir.

Shu jumladan, Musulmonlarning tinchligi va saodati uchun butun umr diqqatlarini faqat iymon xizmatiga vaqf qilish, bag’ishlash va ixlosga to’liq muvaffaq bo’lish uchun o’zini dunyodan uzoqlashtirib bo’ydoq o’tgan. Ha, Badiuzzamon iymon va Islomiyat xizmati uchun hamma narsadan shu daraja fidokorlik qilgan, lekin bular bilan birga qullik, zuhd va taqvoda ham istisno bo’lgan tarixiy Islom fidoiysi va Qur'oni Hakimning ixlosli xodimi darajasiga yuksalgan.

Badiuzzamonning Risola-i Nur da'vosida shunday ishonchi, sidq va sadoqati, sabot va matonati, ixlosi borki: Din dushmanlarining shu qadar shiddatli zulm va istibdodlari, hujum va tazyiqlari, bular bilan birga moddiy yo’qliklar ichida bo’lishi da'vosidan voz kechira olmagan va kichik ikkilanish ham sodir bo’lmagan.

Said Nursiy Eski Said deb ta'bir qillgani yoshligida falsafada juda ilgarilagan. G’arbning Suqroti, Aflotuni, Aristoteli kabi haqiqatli faylasuflarni va sharqning Ibn Sino, Ibn Rushd, Farobiy kabi dohiy hakimlaridan falsafa va hikmatda Qur'oni Hakimning fayzi bilan juda ilgarilab ketgan. Qur'ondan boshqa xaloskor va haqiqiy rahbar yo’qligini da'vo qilgan va Risola-i Nur asarlarida isbotlagan. Bu haqiqatlarda shubhasi bo’lganlar bo’lsa, Ustoz oxiratga tashrif etmasdan shaxsan shubhasini ketkazishi mumkin.

Said Nursiy Qur'on va iymonga xizmat yo’lini ixtiyor etib, hech qanday moddiy va ma'naviy manfaat, solihlik va valiylik kabi ma'naviy maqomlarni maqsad va g’oya qilmagan. Faqat Janobi Haqning roziligi uchun xizmat qilgan. Basiratli ilm ahli tomonidan butun Musulmonlarda "Chiqishi kutilgan siyosiy va diniy xaloskor" kabi shaxsiga berilgan yuksak martabani Badiuzzamon jahl bilan rad qilgan, o’zining faqat Qur'onning bir xizmatkori, Risola-i Nur Talabalarining bir dars o’rtog’i bo’lganiga ishongan va bayon qilgan.

Mudofaa Vazirligi yigirma besh yil xizmat qilgan muhtaram olim zotning, hozir oramizdagi bir qancha do’stlarimiz bilan, avvalgi kun ziyoratiga borganimizda, Badiuzzamon Hazratlari haqida: "Badiuzzamonning qanday zot ekanini tushunish uchun Risola-i Nur Kulliyotini diqqat bilan, sabot bilan o’qish yetarli. Sizga bir misol sifatida, faqat dunyoviy iqtidori jihatidan aytaman: Badiuzzamonga Risola-i Nurning ma'naviy shaxsi bilan faqat bir davlatni emas, dunyodagi millatlarni boshqarish berilsa, ularni tinchlik va saodat ichida boshqaradigan iqtidor va inoyatga sohib", degan edik.

Ha, Badiuzzamon nodir sahxsiyat. Lekin yigirma besh yildan beri ham o’zini, ham talabalarini siyosatdan man’ qilgan, dunyoviy ishlar bilan mashg’ul emas.

Badiuzzamon Risola-i Nurni ta'lif qilgan vaqtlar va Qur'on xizmatini bajargan onlari, ziyrakligi, zehnining o’tkirligi, aqli, mantig’i, zehni, hayoli, xotirasi, mulohazasi, farosati, sezish va idrok qilishi, o’tkir anglashi va ruhiy, qalbiy, vijdoniy hissiyotlari, tuyg’ulari va ma'naviy latifalarining tengsizligi xizmat ettirilganiga oshkora dalil bo’lib, o’z ixtiyori bilan, istagi bilan emas, inoyati Ilohiya bilan Qur'onga xizmatkorlik darajadasida ekanini basiratli ilm ahli va qalb ahli tasdiqlaydi va tahsin qilingan.

Misrda fozil ulamolardan marhum Abdulaziz Chavish, Badiuzzamonning asrning dohiyi ekani va haddan tashqari aql zakovatiga sohib ekani mavzusida Misr matbaasida maqola nashr qilgan.

Buyuk va jiddiy olim Shayxulislom marxum Mustafo Sabri Afandi, Misrda Risola-i Nurni qo’llab, Jome'ul Azhar Universitetida eng yuksak mavqe'ga qo’ygan.

Risola-i Nur Islomiyatning o’ta keskin va olmos qilichidir. Bu haqiqatlarga Badiuzzamonning zolim hukmdorlarga va qo’mondonlarga o’limni pisand qilmasdan haqiqatni beparvo yetkazishi va dunyoni qamragan dinsizlik kuchiga javoban Qur'on va iymon haqiqatlarini, o’zini fido qilib, istibdodning eng qorong’u davrida nashr qilishi va bu muqaddas haqiqatga jonini fido qilib xizmat qilishi dalildir.

Bir prokuror ayblov xulosasida: "Badiuzzamon, keksaygani sari ortgan kuchi bilan diniy faoliyatini davom ettirmoqda", degan. Dengizli mahkamasi, ekspertlar hay'ati bayonnomasida: "Ha, Said Nursiyda kuch bor, lekin bu quvvatini tariqat yoki bir jamiyat qurishga sarflamagan. Qur'on haqiqatlarini bayon qilish va dinga xizmat qilishga ishlatgan, degan xulosaga borilgan", deyilmoqda.

Dinga qarshi eski hukumatlarning vakillaridan biri antidemokratik qonunlarning Millat Majlisida muzokarasi asnosida: "Badiuzzamon Said Nursiyning diniy faoliyatiga yigirma besh yildan beri mone' bo’la olmayapmiz", degan.

Javoban aytamiz: Ha, Said Nursiy Hazratlari o’xshashi ko’rilmagan energiya va serg’ayrat zotdir. Badiuzzamonning g’aroyib insonligini din dushmanlari qarshi chiqqanlar ham qalban tasdiqlagan va maqtamoqda.

Said Nursiy ba'zan bir talabasiga Risola-i Nurdan o’qib berish ne'matini lutf qilgan vaqti: "Bu mening darsim. Men o’zim uchun o’qiyman. Bu risolani hozirgacha balki yuz marta o’qigandirman. Lekin, hozir endi ko’rayotganday takroran o’qishga ehtiyoj va ishtiyoqim bor", deydi.

Yana: "Men boshqalar uchun kitob yozmaganman. O’zim uchun yozganman. Qur'ondan topgan bu da'volarimni istaganlar o’qishi mumkin", deydi. Ha, Badiuzzamon e'tiqod qilib, "Men darsga, tarbiyaga va nafsimni isloh qilishga muhtojman", deydi. Badiuzzamon kabi zot bunday desa, bizning bu asarlarga naqadar muhtoj ekanimiz qiyos qilinsin.

Badiuzzamon Said Nursiy butun hayotida shon-shuxratdan, hurmatdan qochgan va insonlardan behojatligini aytgan. Arabcha asarida shuxrat haqida: "Shuhrat riyoning o’zi va qalbni o’ldirgan zaxarli asaldir. Insonni insonlarga qul va asir qiladi. Ya'ni, nom va shuxrat istagan odam o’zini odamlarga yoqtirish, sevdirish uchun insonlarga riyokorlik, tilyog’lamachilik qiladi. Sun’iy holatlarga kiradi. U balo va musibatga tushsang اِنَّا للهِ وَاِنَّآ اِلَيْهِ رَاجِعُونَ degin", deydi.

Ustoz shuxratdan amalda va holati bu qadar qochishiga qaramasdan, xar qanday sabab bo’lsa ham, insonlar xuddi bir Ilohiy chorlov bordek, madad istab unga borishgan va unga oqim bo’lib kirmoqda. Uning ayni haqiqat bo’lgan muqaddas xislati Risola-i Nur kabi jahonshumul asarga xodim bo’lgan.

Badiuzzamon yoshligidan beri odamlarning evazsiz hadyalaridan behojat bo’lgan. Hadya qabul qilmaslikni yo’l deb qabul qilgan. Zindondan zindonga, yurtdan yurtga surgun qilingan vaqtlarda keksalik yuklagan zaruratlar ichida ham sakson yillik behojatlik dasturini buzmagan. Eng xos talabasi bir luqma hadya qilsa, evazini berar, bermasa dard chekar edi.

Nima uchun hadya qabul qilmaganining sabablaridan biri sifatida: "Bu davr eski vaqt kabi emas. Eski davrda iymonni qutqargan o’n qo’l bo’lgan bo’lsa, hozir birga tushgan. Iymonsizlikka yo’llagan sabablar avval o’n bo’lgan bo’lsa, hozir yuzga chiqqan. Bunday davrda iymonga xizmat qilishga dunyoga qo’l uzatmadim, dunyoni tark etdim. Iymonga oid xizmatimni hech narsaga vosita qilmayman", deydi. Hazrati Ustoz o’z shaxsi uchun birov zahmat tortsa, bir xizmatini qilsa, evaziga haq, hadya beradi. Aks holda ruhiga og’ir keladi, xush ko’rmaydi.

Badiuzzamon Said Nursiy Qur'on, Iymon va Dinga qilgan xizmatida yillardan beri bardavom nazorat va josuslik, ta'qib va tekshiruv ostida saqlangan. Faqat va faqat Allohning roziligi uchun, yolg’iz va yolg’iz haqiqat uchun Islomiyatga xizmat qilgan. Qur'on xizmatini hech narsaga vosita qilmagani, ko’p mahkamalarda ham aniqlangan.

Agar mazkur haqiqatlar va asarlaridagi haq va haqiqatni ko’rgan haq tarafdorlarining Badiuzzamon va asarlarida ko’rgan, nashr qilgan oliy xususiyat va yuksak haqiqatga zid, eng kichik belgi bo’lsa edi, eng katta qo’shimchalar bilan, dabdaba va shovqinlar bilan yigirma besh yil davomida din dushmanlari tomonidan dunyoga e'lon qilinar edi.

Shuning kabi batamomo tuhmat va ayblovlar ila zo’ravon, mustabid din dushmanlarining ig’volari bilan mahkamalarga yuborilgan vaqtda, gazetalarning birinchi sahifalarida, birga yuz qo’shimchalar bilan chiqarilishi, tekshiruv va sud qilinish natijasida hech qanday aybi yo’qligi aniqlanib, aybsiz ekani yuzaga chiqaan vaqti sukut saqlashi bu haqiqatning ko’p oshkor dalillaridan bir donasidir.

Badiuzzamon din qardoshlariga juda shafqatli. Ularning azoblari bilan azob tortgani, Islom dunyosida hur va ozodligi uchun jon bergan fidoiy Islom mujohidlarining azoblari bilan iztirob chekkani, Qur'on va Islomiyatga qilingan zarbalar oni ko’p iztirob chekkan, achchiq azoblarning ta'sirida, zotan juda oz yegan bir oz sho’rvasini ham yeya olmagani ko’p marta ko’rilgan va kuzatilmoqda.

Aksariyat kunlar xastaliklar va azobda o’tmoqda. Bir Nur talabasining yozganidek, "Ey Islom Millatining abadiy tinchlik va saodati uchun dunyoda farog’at ko’rmagan mushfiq ustozim! Sizning davom etgan xastaliklaringiz jismoniy emas. Dinimizga qilingan istibdod va zulm tugamaguncha, Islom olami xalos bo’lmaguncha iztirobingiz tinmaydir". Ha biz ham bu fikrdamiz.

Lekin u azobli qayg’ular Badiuzzamonni aslo umidsizlikka tushira olmagan, bil'aks buyuk va qamrovli umumiy diniy jihodga, duo va qullikka chorlab, "Qutulishning yagona chorasi Qur'onni mahkam tutish" degan va tuttirgan.

Qur'ondan topgan davo va darmonlarni qalamga olib, bu davrda Islom xaloskori va bashariyat saodatiga sabab bo’lgan Risola-i Nur asarlarini yuzaga keltirgan.

Xunxo’r din dushmanlarining dunyoviy kuch va shavkatlari, Badiuzzamonni qat'iyan tanballikka tushirmagan. "Vazifam Qur'onga xizmatdir. G’olib qilish, mag’lub etish Janobi Haqqa oid" deb iymon keltirib, bir on ham faoliyatdan qolmagan. Ha, Hazrati Ustoz shunday azim himmatga sohib bo’lib, unga qilingan mudxish zulmlar bu himmat evaziga ta'sirsiz qolishga mahkum bo’lgan.

Badiuzzamon yer va osmonlardagi mavjudotni hayrat va sevib tomosha qiladi. Qirlar va tog’larda xususan bahorda ko’p aylanadi. U sayr joylari zehnan mashg’uliyat, nozik tafakkur va doimiy huzur holida. Daraxt va nabotot va gullarni

مَا شَاءَ اللّهُ بَارَكَ اللّهُ فَتَبَارَكَ اللّهُ اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ

"Qanday go’zal yaratilganlar" deb, ibrat nazari bilan ularni tomosha qiladi, koinot kitobini o’qiydi. Xar bir a'zo va hislari kabi ko’zini ham doimo Janobi Haq hisobiga va izni doirasida ishlatadi. Ko’zi katta koinot kitobining bir mutolaa qiluvchisi, olamdagi Rabboniy san'at mo’'jizalarining bir tomoshabinidir. Yer yuzi bog’chasidagi rahmat gullarining muborak arisi darajasidadir.

Ustoz xususiy hayotida kamtar, vazifa boshida viqorli. Tavozu' va kamtarlikda namuna bo’ladigan martabada. Bu mavzuda: "Bir askar navbatchilik qilganda, bosh qo’mondon kelsa ham, qurolini tashlamaydi. Men Qur'onning xizmatkori va bir askariman. Vazifa boshida ekanman, oldimga kim chiqsa chiqsin, "Bu haq" deyman, boshimni egmayman", deydi.

Xulosa sifatida aytamiz: Badiuzzamon to’liq ixlosga sohib, g’ayritabiiy, haqiqiy Qur'on mufassiridir. To’liq ixlosga erishgan, qahramon va yakto Qur'on xodimidir. Risola-i Nurning muallifi bo’lgani uchun ham ulug’ mutakallimdir, ilmda o’ta yuqori darajada chuqur va e'tiborli, haqiqatli va tadqiqotchi allomadir, ham Mantiq ilmining yuksak, tengsiz ustozidir.

"Ta'liqot" nomli asari mantiqda shoh asardir. Mumtoz, haqni ustun tutgan va haqiqatni ko’rgan dohiydir. Qur'on bilan kelushgan to’g’ri yo’ldagi falsafaning haqiqatparvar faylasufidir. Tengsiz jamiyatshunos (ijtimoiyotchi), psixolog (ruhshunos) va pedagog (tarbiyachi)dir. Doim haqiqatni tarannum qilgan va etgan, yuksak, o’xshovsiz va dohiy muallif va adibdir.

Said Nursiy yillardan beri qattiq istibdod va cheklovlar ostida saqlanib tanitilmagani, o’zi shaxsiy kamolotini yopgani, yashirgani uchun mazkur sifatlarning xar birini bila olmagan bo’lishi mumkin. Bular va Risola-i Nurning xususiyatlari haqidagi bayonlarimiz haqiqat oshig’i va fazilat sevar davrda bir qancha haqiqiy olimlarning va Alloh do’stlari ittifoq qilgan va ijmo' quvvatidagi xulosasidir. Hamda bizning qat'iy fikrimizdir.

Badiuzzamonning bu ilm va sifatlarga ega bo’lganiga eng mo’'tabar, eng birinchi va eng haqiqiy dalilimiz Badiuzzamon Said Nursiydir. Kimning shubhasi bo’lsa, Risola-i Nurni o’qisin. Ha, biz zikr qilgan va qiladigan eng buyuk haqiqatlarni butun Islom dunyosiga va umum bashariyat olamiga eshittiramiz va e'lon qilamiz. Ha, ming yildan beri Islomiyat va insoniyat olami Risola-i Nur kabi bir asarga intizor edi.

Badiuzzamon Said Nursiy ko’p ilmlarda mustasno asarlar yoza olar edi. Lekin "Davr iymonni qutqarish davri" deb, bor himmatini, ishlarini va hayotini iymoniy ilmlarni ta'lif va nashr qilishga vaqf qilgan.

Ha, Hazrati Ustoz iymoniy ilmlarni nashr qilish orqali Islom va insoniyat olamini jonlantirgan va nurlantirgan. Janobi Haq u buyuk ustozdan abadiyan rozi bo’lsin, uzun umrlar bersin. Omin, omin, omin...

Risola-i Nur Qur'oni Mo’'jizul Bayonning bu asrdagi ma'naviy mo’'jizasi bo’lgan yuksak va porloq tafsiridir. Ha, Risola-i Nur qalblarning fotihi va mahbubi, ruhlarning sultoni, aqllarning muallimi, nafslarning murabbiy va isloh qiluvchisidir. Risola-i Nurning bir xususiyati, Maktubotning birinchi jildining 129-chi sahifasidagi shu mavzudir: "Ba'zi So’zlarda, Kalom ilmi olimlarining yo’li bilan, Qur'ondan olingan haqiqiy yo’lning farqlari haqida misol aytganmiz, masalan: Bir suv olib kelish uchun ba'zilar suv quvuri orqali uzoq joydan, tog’lar ostida qazib, suv olib keladi. Boshqa qismi esa hamma joyda quduq qazadi, suv chiqaradi. Birinchi qism juda qiyin. Tiqiladi, uziladi. Lekin hamma joyda quduq qazib suv chiqarishga usta bo’lganlar qiyinchiliksiz, xar bir yerda suv topishgani kabi... Aynan shuning kabi: Kalom ilmi olimlari sabablarni olamning oxirida Silsila va davrning imkonsizligi bilan kesib, so’ng Vojibul Vujudning borligi u bilan isbot qiladi. Uzun yo’lda yuriladi. Ammo Qur'oni Hakimning haqiqiy yo’li suvni hamma joyda topadi, chiqaradi. Xar bir oyatni, alohida Asoyi Muso kabi, qayerga ursa obi hayot tohsiradi.

وَفِى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰٓى اَنَّهُ وَاحِدٌ

dasturini hamma narsaga o’qitadi.

"Iymon faqat ilm bilan emas, iymonda ko’p latif tuyg’ularning hissalari bor. Bir ovqat me'daga kirganda, turli asablarga farqli suratda bo’linib tarqatiladi. Ilm bilan kelgan iymoniy masalalar ham aql me'dasiga kirgandan so’ng, darajalarga ko’ra ruh, qalb, sir, nafs va hokazo, latifalar, o’ziga ko’ra alohida hissa oladi, shimadi. Agar ularning hissasi bo’lmasa, kamchilik bo’ladi". Risola-i Nur suvni hamma joyda topadi, chiqaradi. Avvalroq ketilgan uzun yo’lni qisqartiradi, mustaqim va salomatli qiladi.

Eski faylasuflar shar'iy hukmlardan va iymon asoslaridan ba'zilari uchun: "Bu naql, iymon keltiramiz, aql bunga yetmaydi", deyishgan. Xolbuki bu asrda aql hukm qilyapti. Badiuzzamon Said Nursiy, "Butun shar'iy hukmlar va iymoniy haqiqatlar aqliy. Aqliy ekanini isbotlashga tayyorman", degan va Risola-i Nurda isbotlagan.

Risola-i Nurda mustasno adabiyot, balog’at va ijoz, tenggi yo’q, joziba, asl uslub bor. Ha, Badiuzzamon shaxsiga maxsus uslubga ega. Uning uslubi boshqa uslublar bilan taqqos va qiyos qilinmaydi. Asarlarning ba'zi joylarida, adabiyot qoidasiga yoki boshqa uslublarga nisbatan juda munosib tushmagan deb o’ylangan nuqtaga duch kelinsa, u yerda o’ta nozik mazmun, imo yoki nozik ma'no yoki hikmat bor. U kishining bayon tarzi u yerga to’liq muvofiq. Lekin u nozik tomonni olimlar ham birdan tushunmaganini e'tirof qilganlar. Shuning uchun Badiuzzamonning asarlaridagi xususiyat va nozik tomonlarni Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’lmaganlar birdan anglay olmaydi.

Buyuk shoirimiz, adabiyotimizning iftixori marhum Mahmud Akif bir adiblar majlisida: "Viktor Hugolar, Shekspirlar, Dekardlar adabiyotda va falsafada Badiuzzamonning bir talabasi bo’la oladi", degan.

Adib va shoirlar zavol va firoqdan yig’laydi, o’limdan dod-faryod qiladi. Kuz mavsumini xuzn bilan tasvir qiladi. Hatto mashhur arab adiblari "Agar firoq bo’lmasa edi, o’lim ruhlarimizni olishga yo’l topib kela olmas edi" ma'nosida

لَوْلَا مُفَارَقَةُ الْاَحْبَابِ مَا وَجَدَتْ لَهَا الْمَنَايَا اِلَى اَرْوَاحِنَا سُبُلًا

deyishgan.

Badiuzzamon esa, "Koinotdagi zavol, firoq va yo’qlik zohiriydir. Haqiqatda esa firoq yo’q, visol bor. Zavol va yo’q bo’lish yo’q, yangilanish bor. Koinotda hamma narsa bir nav’ baqoga sazovor. O’lim bu foniy olamdan boqiy olamga ketishdir. O’lim hidoyat va Qur'on ahli uchun boshqa olamga ketgan eski do’st va ahboblariga qovushishga sabab. Yana haqiqiy vatanlariga kirishga vositadir. Dunyo zindonidan jannatlar bo’stoniga bir taklifdir. Rahmoni Rahiymning fazlidan o’z xizmati evaziga haq olish navbatidir. Hayot vazifasi qiyinchiligidan bir nafaqaga chiqish. Qullik va imtihonning ta'lim va buyruqlaridan erkinlikdir. Azroil Alayhissalom bugun kelsa, xush kelding, safo kelding deb kulib kutib olaman", deydi.

Badiuzzamon insonni Risola-i Nur orqali safohat-kayf safoga mukkadan ketishdan va zalolatdan qutqarib, qo’rquv va daxshatga tushirish uslubini qo’llamaydi. Xarom lazzat ichida yuz azobni ko’rsatib, hisni mag’lub qiladi. Qalb va ruhni hissiyotga mag’lub bo’lishdan muhofaza qiladi. Risola-i Nurda taqqsolashlar orqali kufr va zalolatda, Jahannam zaqqumi urug’i borligini, dunyoda ham Jahannam azoblari urug’i borligini, iymonda, Islomiyat va ibodatda Jannat urug’i borligi, shirin lazzat, zavq va Jannat mevalari borligini, dunyoda ham bir nav’ mukofotga noil qilishini isbotlaydi.

Risola-i Nur nifoq va bo’linish, ayrilish, fitna va fasodni ketkazib, qardoshlikni, diniy birodarlikni, birdamlik va o’zaro yordamlashishni o’rnatadi. Risola-i Nur yo’lininig bir asosi shudir. Risola-i Nur g’urur, kibr, xudbinlik va xorlik kabi xunuk axloqdan qutqarib, tavozu', kamtarlik, izzat va viqor kabi go’zal axloqlarga sohib qiladi.

Risola-i Nur inson odamgarchilikdan chiqmagan insonga ojizlik va faqirligini tushuntiradi. Badiuzzamon: "Inson ojizlik va faqirligini tuhsunish orqali to’liq Musulmon va qul bo’ladi", deydi.

Dinsizlarni mag’lub qilish uchun, yangi ta’limni ham olaylik deganlar yoki olganlar, Nur risolalarini bardavom va sabot bilan mutola’a qilib, maqsadiga yetishgan. Yagona chora ham bu. Shunday qilib, maktab ma'lumotlari ham Ilohiy ilmlarga aylanadi.

Ey, ming yilda beri Islomiyatning bayroqdorligini qilgan millatning avlodlari, jangavor ruhli qardoshlarim!Bu davr va kelajak asrlarning Musulmonlari va bizlar:

tahqiqiy iymon darslari orqali iymon martabalarida taraqqiy ettiradigan va yuksaltiradigan,

qo’rqoq emas, bil'aks Risola-i Nur talabalari kabi jasur, qahramon, faol va solih amal sohibi, dindor, taqvodor,

shu bilan birga, shaxsiy tinchligi va manfaatlarini iymon va Islomiyatning qutulishi yo’lida fido qilgan,

fidoiy va mujohid Musulmonlar yetishtiradigan, "menga nima" degan zaxardan qutqaradigan,

bosimlar, iskanjalar va o’lim ehtimollari oldidatahqiqiy iymonquvvatidan kelgan jasorat bilan Qur'on va Islomiyat jabhasidan aslo chekilmagan,

"O’lsam shahidman, qolsam Qur'onning xizmatkoriman" degan,

qo’rqoqlik holiga tushmagan sodiq va ixlosli,

faqat Alloh roziligi uchun xizmat qilgan Nur talabalari kabi Islomiyat xodimlari yetishtiradigan,

shunday muhtaram Musulmonlar yuzaga keltiradigan Qur'oni Azimushshonning tafsiri bo’lgan shunday rahbarga muhtojmiz.

Bu asrga:

Risola-i Nur kabi aql, fikr va mantiqni ishlatadigan,

ruh va qalb va vijdonni nurlantiradigan,

Musulmonlarni, insoniyatni uyg’otadigan, ogohlantiradigan, g’aflatdan qutqaradigan,

Siroti Mustaqim bo’lgan Qur'on yo’lini ko’rsatadigan,

Sunnati Saniyaga va Islom shiorlariga muxolif ishlar va qilingan narsalarni farq ettirib,

Payg’ambarimiz sunnatlariga ittiboni dars beradigan va tiriltirish g’ayratini uyg’otadigan shunday Qur'on tafsiri lozim va shart.

Risola-i Nurning shunday xususiyatlarni ichiga olgan Qur'on tafsiri ekanini - o’ttiz yildan beri borligi va haqiqat ahlining tasdig’i bilan aniqlangan. Shafqatsiz din dushmanlarining rejalari bilan mahkamalarga chiqarilgan Risola-i Nur talabalarining mudofaalari va ularning Islomiyatga xizmatlari asnosida yashirin Islomiyat dushmani, insofsiz, jabbor zolimlarning hiylalari bilan uchragan qiynoqlardan qo’rqmaslik, o’zini o’ylamasdan, ya'ni shaxsiy tinchligini Islomning rohati va saodati uchun fido qilib, siddiqiyat bilan metin turishlari va ashaddiy zulmga tayanishlari oshkora dalil tashkil etmoqda.

Ha, yigirma besh yildan beri Risola-i Nur orqali iymon xizmatiga butun borlig’ini vaqf qilgan va hozirgacha "ayyor din dushmanlarining" ko’p marta tajovuz, hujum va tintuvlarga uchrasada, yigirma besh yildan beri yakkalantirilib Risola-i Nurning noshirligini qilgan Nur qahramonlari akalarimiz bizlarga alohida alohida ergashish namunasi bo’lgan iymon va Islomiyat fidoiylaridir.

Biz Musulmonlar shunday Qur'on tafsiri qidirayotgan, shunday bir hidoyatchini kutayotgan edik. U ixlosli Nur talabalari, "Janobi Haq Hofizdir. Men uning inoyati va himoyasi ostidaman. Boshimga nima kelsa ham xayr-yaxshilikdir", deb iymon keltirib, amal qiladi. Iymon xizmatini bajarishadi. Din dushmanlariga ushlanmaslik va jonlaridan qiymatli ekaniga ishongan Nur Risolalarini ularga oldirmaslik uchun ehtiyot qiladilar. Shaxslariga keladigan zararlarni e'tiborga olmasdan xizmat qilishda davom etadilar. Hibsga, zindonga tashlanib, qiynoqqa solingan vaqtda, ustozlari Badiuzzamon bilan aloqadorlar. Agar yashirin imkon topishsa, yana Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’ladilar. Hatto "Balki qamoqqa tashlanarman, Nur Risolalarimni bermaydilar, dars qilishdan mahrum qolaman" deb, ba'zi Nurlarni yod olgan talabalar ham kuzatilgan.

Muxlis Nur talabasi qamoqxonadan chiqarilgan vaqt, go’yo xipchinli, qiynoqli, turli qiynoqli qamoqxona unga kuch, energiya manba’i bo’lgan, sadoqat va hushyorlik bilan Nur xizmatida yuritish uchun xipchin ta'siri qilgandek, ustoziga yanada ziyoda yaqinlashar va Nurlar bilan avvalgidan ham ko’proq mashg’ul bo’lar, tarqatishar edi.

Afyon hodisasida, Badiuzzamon qamoqdalik vaqti, muallim bir Nur talabasi, prokuraturada Risola-i Nur va Ustozi haqida qahramonlarcha javob bergani uchun prokuror g’azablangan. "Hozir seni qamoqqa tiqaman", deb qo’rqitgan. U Islom fidoiysi muallim javoban "Men tayyorman, darhol qamoqqa jo’nating", degan.

Yana Afyon mahkamasida bir Nur talabasi haqida sirtdan qamoqqa olish hukmi beriladi, lekin adliya uni topa olmaydi. U talaba bundan xabardor bo’ladi. Boshqa Nur qardoshlari kabi, "Ustozim va qardoshlarim qamoqda ekan, tashqarida nima qilaman" deb, prokuraturaga taslim bo’ladi, qamoqqa kiradi.

Ayni qamoqxonada bir Nur talabasini yanglishib ozod qilishadi. U esa "Ustozim va qardoshlarim hanuz qamoqda. Ko’chirishni tugatadigan yangi ta'lif etilgan Nur Risolalari bor" deb o’ylab qamoqxona mudiriga: "Men qirq kundan so’ng ozod qilinishim kerak. Jazo muddatim hali tugamadi", deydi. Hisoblab ko’rishsa haqiqatdan shunday chiqadi, takroran qamoqqa olishadi.

Diniy muhofaza fazilatiga loyiq, tushunadigan do’stlarim!

Said Nursiy o’z haqida berilgan bunday bir ma'lumotni ko’rsa, "Nima uchun bunday qilishyapti? Shaxsimning ahamiyati yo’q. Qiymat, Qur'ondan chiqqan va Qur'oni Hakimga tegishli Risola-i Nurdadir. Men bir hechman", deydi.

Ustozning shaxsi Qur'oniy haqiqatlarga sazovor va oyna bo’lgan. Nurlar e'tibori bilan va tarqatgan iymon va Islomiyat darslari bilan, tom ixlos bilan, umumiy va kulliy tarzda Qur'onga va dinga xizmat qilishi orqali, u zot haqidagi taqdir va tahsinlar, harfiy ma'no bilan shaxsiga qabul qilmaydilar. Ular Qur'on va Islomiyatga tegishli. Allohning nomi va hisobigadir. Din dushmanlari tomonidan unga qilingan dushmanlik va hujumlar maqsad Badiuzzamon xodimligini qilgan Qur'on va Islomiyatning yo’qotilishiga maxsus edi. Chunki Qur'on va iymon haqiqatlarini jamlagan jahonshumul Risola-i Nur asarlari unga ehson etilgan.

Bu yaqqol haqiqatni bilgan niqobli, yashirin va munofiq iymon va Islomiyatga qarshi chiqqanlar va dushmanlari yarim asrga yaqin Badiuzzamonning o’bro’sizlantira olmagan shaxsini yolg’on va shovqinlar bialn hanuz hurmatdaan tushirishga urinmoqda. Maqsad Risola-i Nur rag’bat ko’rib va rivoj topib tarqalmasin, iymon va Islomiyat taraqqiy etmasin. Xolbuki Said Nursiyga tekkan sayin Risola-i Nur porlamoqda. Tarqalish doirasi kengaymoqda. Alohida namuna bo’lgan yigirma besh yil ichidagi hodisalar ma’lum.

Islomiyat dushmanlari bir tarafdan batamom yolg’on targ’ibot va hujum qilishda davom etarkan, boshqa tomondan Nur talabalarining ustozlari va Risola-i Nur haqida iste'dodi nisbatida, foyda va fayz olishadi. Bundan tug’ilgan tashakkur va shukronlarini ifodalagan maqtovli maktub va so’zlardan tarkib topgan mudofaalarini pardalar orqasidan man’ qilishga urinishyapti. Buning uchun sofdil do’stlarning do’stlariga yoki do’stlarga samimiy ko’rinib, "Haddan oshyapsiz" degan narsalar ayttirishadi. Bunday yashirin, ayyor, hiylali tuhmatlar bilan bizni qo’rqitishga, cho’chitishga va jim qilishga urinmoqda.

Ajabo, din dushmanlari tuhmat va yolg’onlardan iborat shovqinlar solib, biz haqiqatni aytib mudofaa qilishda jim turishimiz aql ishimi?! Ajabo, Islomiyat dushmanligi orqali Ustoz Badiuzzamon haqida zolimona va jabborona haqsizliklarni qilgan insofsiz targ’ibotchilar yolg’onlarini yoyarkan, biz Ustoz va Risola-i Nurning haqqoniyatini e'lon qilib, u ajib yolg’onlarini natijasiz qoldirishga urinmasligimiz mumkinmi hech?! Ajabo, Qur'on va iymonning qon to’kuvchi va mustabid zolim dushmanlari Qur'onni, Islomiyatni va dinni Risola-i Nur orqali mutlaq kufrga qarshi mudofaa va muhofaza xizmatini qilgan Badiuzzamonga qarshi doim uydirmalar bilan ovozini yuksaltirishi mumkinu, biz haq va haqiqatni bayon va e'lon etishda sukut saqlashimiz, jim bo’lishimiz yoki "Biroz jim bo’ling" degan niqoblar bilan, pardalar orqasida faoliyat yuritayotgan yashirin dushmanlarga bir turdagi yordam yoki dastak berish, axmoqlik va soddalik bo’lmaydimi?! Aslo va hech qachon, qat'iyan va aslo jim bo’lmaymiz va jim qila olmaydilar ham. To’xtamaymiz va to’xtata olmaydilar ham. Bu jon, bu qafasdan chiqqungacha, bu ruh bu jasaddan ayrilgunga qadar, bu nafas bu badandan ketgunga qadar Risola-i Nurni o’qiymiz, nashr qilamiz. Risola-i Nurning haq haqiqat va ayni haq ekanini, Badiuzzamon Said Nursiyning qilingan ayblardan batamom pok va uzoq ekanini tuhmatchi va hiylachi, qonxo’r din dushmanlariga javoban izhor va e'lon qilamiz.

Qiymatli Qardoshlarim!Islom tarixida oltin sahifalarda mavqe' tutgan buyuk va benazir zotlar yuzaga chiqqan. U mislsiz zotlarning tafsirlari va asarlari hech bir Ovrupalik faylasufning asari bilan taqqoslab bo’lmaydigan darajada tengsiz. Buyuk Islom mualliflari va Islom dohiylari xar qanday hukumatning yillarb og’ir bir asirlik va qorong’i istibdodi ostida kirmasdan, Qur'on va Islomiyatga loyig’idek va xolis xizmat qilishgan. Tarixda o’xshashi kuzatilmagan mutlaq istibdod va ashaddiy zulm ostida, daxshatli bir asirlikda tutilgan, o’zini va asarlarini yo’q qilishga uringan din dushmanlariga javoban, ma'naviy shaxs bo’lgan Badiuzzamon Said Nursiy, Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimizning sunnatiga to’liq ittibo etib qilgan diniy buyuk jihodida bashariyat tarixida tenggi ko’rilmagan tarzda muvaffaq va muzaffar bo’lgan.

Badiuzzamon kabi,

bir yuz o’ttiz bo’lim iymoniy asarlarini shiddatli istibdod, tazyiqot va cheklovlar ostida yashirindan yashirin ta'lif qila olish,

quvvatli taqvo va qullikkka sohib bo’lish,

bular bilan birga, urush frontida fidoiy bo’lib ko’ngillilari bilan jang qilish,

urush jabhasida, nishon o’qlari qarshisida ham fursat topganda Qur'onning eng nozik hikmatlarini va g’aroyib i'jozini bayon qilgan Qur'on tafsirini ta'lif qilish,

ayni paytda nafs mujodalasida ham g’olib chiqib, nafsini dinga xizmatkor qilish,

hurriyati olib qo’yilib, uzoq qishloqqa surgun qilinib, mutlaq yakkalanib, kuzatuv va xar turli azoblar ichiga qo’yilgan,

Iknvizitsiya zulmlarini ham ancha ortda qoldirgan hukmron kuch tazyiqlari ostida qotil jonivorlarning o’ta vahshiy qiynoqlari ichida, (Sirran tanavvarot) siri bilan parda ostida Risola-i Nur asarlari kabi asarlar nashr qilish,

jahonning moddiy ma'naviy "Fotih"i bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalmning sunnati saniyasining bir xizmatkori bo’lib,

bugun millionlarga yetgan jamoatni, Allohning yordami bilan, Qur'oni Hakimning katta yo’lida sog’-salomat olib borish,

mo’'minlar va bashariyatning faqat dunyolarini emas, abadiy saodatlarini ta'minlashga Risola-i Nur kabi asar orqali vosita bo’lish,

mazkur xususiyatlarning ma'naviy shaxsida to’planishi, Risola-i Nur muallifi Badiuzzamon Said Nursiy kabi tarixda qaysi bir zotga yana nasib bo’lgan, ajabo?!

Ha do’stlarim!Risola-i Nur shunday bir haqiqat ziyosi, haqning burhoni va haqiqatning chirog’ini tarqatyapti va ikki jahonning saodatini ta'minlaydigan Qur'on va iymon haqiqatlarini dars beradi. U Allohning shunday lutfiki: Yigirma besh yildan beri bola-chaqa, yosh-qari, xotin-erkak, muallimi, faylasufi, talabasi, olimi, mutasavvifi kabi xar bir inson tabaqasi Nurning oshig’i, Nurning parvonasi, Nurning ko’kragiga o’zini otgan, Nurdan madad istashgan. Millionlab baxtiyor kishilardan tashkil topgan muazzam jamoat nur bilan nurlanib, nur orqali xalos bo’lgan.

Ha, do’stlarim!Mo’'jizalar xazinasi va eng buyuk mo’'jiza bo’lgan Qur'oni Azimushshonning haqiqiy tafsiri bo’lgan Risola-i Nur shu qadar qiziq, shu qadar jozibador, shu qadar daxshatli va muazzam haqiqatlarni dars beradi va masalalarni isbotlaydiki, iymon va Islomiyatning qit'alar kengligida kengayishi va futuhotiga sabab bo’lmoqda va bo’ladi.

Ha, Risola-i Nur qalblarga shu daraja ziyo va muhabbat, ruhlarga shu qadar jo’shinlik va hayajon bergan, aql va mantiqlarni shunday tarzda qondirgan va qalb ishonchi hosil qilganki, millionlab Nur talabalariga o’zini ko’p martalab o’qitgan, yozdirgan va bir umr bo’yi mutolaa ettirgan va yillardan beri xuddi o’z-o’zini nashr qilgan.

Aziz qardoshlarim!Ajnabiy qo’li bilan idora qilingan dinsizlik komitetlari, Islomiyatni yo’q qilish uchun, Islom yurtida, xususan Turkiyada shunday hiylalar bilan fitnalar, xoinlarcha nayranglar qilishgan, qonxo’r va vahshiy zulmlar qilishgan, shaytoniy va nafratlanuvchi rejalar tatbiq qilishgan va aldovlar ishlatishgan, iblisona, yashirin dasturlar qo’llab akani uka bilan urishtirgan, shunday yolg’on va targ’ibot va shovqinlar qilishgan, fitna-fasod va firqalanish urug’lari sochishganki Islomning binosida chuqur yaralar ochgan va katta buzg’unchiliklar qilgan.

Lekin bu musibatlar, Janobi Haqning yordami bilan, harakat va xizmat ettirilgan Badiuzzamon Said Nursiy kabi to’liq ixlosni qozongan zot vositasida, Allohning rahmati bilan madad qilgan, shifo bergan, aytganini dunyoga qaul qildirgan va jahonshumul mohiyatga ega Risola-i Nur asarlarining yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Ayni paytda Musulmonlarni uyg’otgan. Ularni xalos, qutulish choralarini qidirishga chorlagan. Abadiy oxirat hayotlarini qutqarish uchun haqiqiy iymon darslarini olish, Allohga iltijo va amrlariga itoat qilish ehtiyojini qattiq his ettirgan. Bu xusudagi g’aflat va nuqsonlarni musibatlar eslatmasini idrok ettirgan. Zotan insonlarning, mo’'minlarning boshiga kelgan balo va musibatlarning hikmati bu.

Ha, u ajnabiylarning jonivorlar kabi qilgan muomala va zulmlari Islom dunyosida, hurriyat, istiqlol va Islom birligi jarayonini ham tezlashtirdi. Nihoyat, mustaqil Islom davlatlarining tashkil topishini keltirib chiqardi. Inshaallohu Taolo, Islom Birlashgan Davlatlari ham yuzaga keladi va Islomiyat dunyoga hokim va hukmron bo’ladi. Allohning rahmatidan qattiq umid va niyoz qilamiz.

Xullas, Risola-i Nur muallifi Badiuzzamon Said Nursiy shunday Islom mujohidi, Risola-i Nur asarlari shunday xushyor totrttiruvchi, xaloskor, favqulotda, jahongir bir asarki: Dinga qarshi butun komitetlarning belini sindirgan, mazkur zararli va fasodchi faoliyatlarini samarasiz qoldirgan. Dinsizlik asoslarining poydevorlarini parcha-parcha qilgan. Ildizidan kesgan, parda ostida Islomiy va iymoniy futuhotni, qalbdan qalbga o’tkazgan va Qur'oni Azimushshonning mutlaq hokimiyatiga zamin tayyorlagan.

Ha, Risola-i Nur buzg’unchilikni Qur'onning olmos haqiqatlari va Qur'oni Karimdagi eng qisqa va eng mustaqim yo’l bilan ta'mirlagan. Yaralarni Qur'oni Hakimning eng buyuk dorixonasidagi darmonlar bilan davolayapti va davolaydi.

Ma'sum musulmonlarning qonini ichgan va boyligini, qotgan millat qoni hisoblangan, parazit, yuvindixo’r va och ko’z jonvor va varvar imperiyalistlar, mustamlakachilar va ularning ichimizdagi, faqat shaxsiy manfaat tutquni, zolim, qonxo’r, xirsli va mustabid xizmatkorlarini haq bilan yakson qilib yo’q qiladigan, mutlaq cho’ktirib mag’lub qilgan va qiladigan yagona chora - Qur'oni Mo’'jizul Bayonning bu asrda ma'naviy mo’'jizasi bo’lgan Risola-i Nur asarlari ekaniga, basiratli Islom mujohidlari va olimlari, ijroot va mushohadotga tayanib, tajriba orqali bir ovozdan qat'iy xulosa qilishgan.

Insoniyat tarixi Risola-i Nur kabi bir asar ko’rsata olmaydi. Demak, Risola-i Nur Qur'onning tengsiz bir tafsiri ekani anglashilyapti.

Badiuzzamon Said Nursiyga faqat Islom olami emas, Nasroniy dunyosi ham qarzdor va minnatdor. Dinsizlikka qarshi umumiy jihodida erishgan muvaffaqiyat va g’olibligi sababli Rim Popi ham u kishiga rasman tabrik va tashakkurnoma yozgan.

Hozir Risola-i Nur Kulliyotidan iymon, Qur'on va Hazrati Payg’ambar (Alayhissalotu Vassalam) Sarvarimiz haqidagi asarlardan ba'zi qismlarni aynan o’qiyman. Siz bu asarlarni qo’lga kiritib to’liq o’qishingiz mumkin. O’qir ekan, balki izoh qilishini istagan qardoshlarimiz topilar. Bu xususda arz etaylikki, ustozimiz Badiuzzamon bir Nur talabasiga Risola-i Nurdan ba'zan o’qib berish lutfini baxsh etarkan izoh etmaydi, aytadiki: "Risola-i Nur iymoniy masalalarni kerakli darajada izohlaydi. Risola-i Nurning domlasi Risola-i Nurdir. Risola-i Nur boshqalardan dars olishga ehtiyoj qoldirmaydi. Xar kim iste'dodi nisbatida foydalanadi. Aqlingiz xar bir masalani to’liq anglamasa ham, ruh, qalb va vijdoningiz hissasini oladi. Naqadar foyda olsangiz, shunchalik katta daromad oladi".

O’qilgan Turkcha yoki Arabcha risolaning izohi boshqa risolada bo’lsa, uni keltirib o’qiydi. Risola-i Nurdagi o’ta nozik nuktalarni tushungan basiratli olimlar aytishadiki: Bir olimning yuksak ilmi bo’lishi mumkin, lekin Risola-i Nurni jamoatga o’qiganda tafsilotga kirishib eski ma'lumotlari bilan tushuntirsa, bu izohlar Risola-i Nurning bayon qilgan asrimiz dunyoqarashiga mos va ehtiyojiga to’liq javob beradigan haqiqatlar tushunilishida, ta'sir qilishida va Risola-i Nurning mohiyatining anglashilishiga parda bo’lishi mumkin. Shuning uchun ba'zi lug’atlarning ma'nolarini aytib aynan o’qish ta'sirliroq va afzalroq bo’ladi.

Istanbul Universitetidagi qardoshlarimiz ham shunday o’qiydilar. Biz ham xulosa qilib aytamiz: Risola-i Nur g’oyat fasohatli va qisqa. So’zning qiymati ijozida, qisqaligida. Bir iymon va Qur'on masalasi boshqalarga dars berilganda, qisqa ravishda dars berilsa yanada ko’proq fayz va foyda olinadi.

Ey Ustoz Hazratimiz!Butun qadr biladigan insonlar Risola-i Nurni va sizni abadiyan hurmat va ehtirom etadi. Tahqiqiy iymon darslari orqali iymonimizni qutqargan jahon bahosida va jahon qiymatida bo’lgan Risola-i Nurni butun ruhu jonimiz bilan, butun borligimiz bilan sevamiz va hurmat qilamiz. Bu ishq va bu muhabbat, ta'zim va hurmat nasldan naslga, asrdan asrga, davrdan davrga ulashadi.

Risola-i Nurdagi Qur'on haqiqatlari shunday kuchki, bu qudrat oldida mutlaq kufr va dinsizlikning asoslari tor-mor bo’ladi, cho’kish chuqurlariga dumalab halok bo’ladi. Ortda qolganlar iymon va Qur'on nuri bilan qutuladi va najot topadi.

Ha, tog’larni, toshlarni paxta kabi tarqatadigan, temir va granitlarni yog’dek eritadigan Qur'on quvvati dunyoni nur va saodatga g’arq qiladi. Qur'on Nuri iymonlarning qutulishida dunyoga hokim va hukmron bo’ladi.

وَاٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ للهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

* * *

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

يَا اَللهُ ٭ يَا رَحْمٰنُ ٭ يَا رَحِيمُ ٭ يَا فَرْدُ ٭ يَا حَىُّ ٭

يَا قَيُّومُ ٭ يَا حَكَمُ ٭ يَا عَدْلُ ٭ يَا قُدُّوسُ

Ismi A'zamning haqqi, Qur'oni Mo’'jizul Bayonning hurmati uchun va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sharafiga bu majmuani bostirganlarni va muborak yordamchilarini Jannatul Firdavsda abadiy saodatga sazovor ayla, Omin. Iymon va Qur'on xizmatida doim muvaffaq ayla, Omin. Hasanot daftarlariga So’zlar Majmuasining xar bir harfi evaziga ming hasana yozdir, Omin. Nurlarni tarqatishda sabot, bardavomlik va ixlos ehson ayla, Omin.

Yo Arhamurrohimiyn! Barcha Risola-i Nur Shogirdlarini ikki jahonda mas'ud ayla, Omin. Insoniy va jin shaytonlarning yomonliklaridan muhofaza ayla, Omin. Bu ojiz va bechora Saidning kamchiliklarini afv ayla, Omin...

Umum Nur Shogirdlari nomiga

Said Nursiy

* * *

Mundarija

Qur'on oyatlarining bir nav’ tafsiri bo’lgan Risola-i Nur bo’limlaridan "So’zlar Majmuasi"ning qisqacha mundarijasi.

BIRINCHI SO’Z:

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning ko’p muhim sirlaridan bir sirini go’zal misol orqali tafsir qiladi. "Bismilloh"ning naqadar qiymatli Islom shiori ekanini ko’rsatadi.

O’N TO’RTINCHI YOG’DUNING IKKINCHI MAQOMI:

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning eng muhim besh-olti sirlarini tafsir qiladi. Va

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ Qur'onning xulosasi, mundarijasi va kaliti ekanini ko’rsatgani kabi, arshdan yergacha uzangan bir nuroniy muqaddas tarmoq bo’lishi bilan birga abadiy saodat eshigini ochgan kalit, xar bir muborak narsaga fayz va barakot bergan nur manba’i ekanini bayon qiladi. Ushbu Ikkinchi Maqom eng birinchi risola bo’lgan Birinchi So’zga qaraydi. Xuddi Risola-i Nur bo’limlari doira hisoblanib, tugashi boshlang’ichiga muborak بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ tarmog’i bilan birlashadi. Bu maqomda olti sir o’rniga o’ttizta yozilishi kerak edi. Hozircha oltita qoldi. Qisqa, lekin o’ta buyuk haqiqatlarni ichiga oladi. Buni diqqat ila o’qigan kishi

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning naqadar qiymatli muqaddas xazina ekanini anglaydi.

IKKINCHI SO’Z:

اَلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ ma'nosida va iymon haqidagi oyatlarning muhim sirini aql qabul qiladigan misol orqali tafsir qiladi.

UCHINCHI SO’Z:

يَآ اَيُّهَا النَّاسُ اعْـبُدُوا oyatining ma'nosida va iymon haqidagi oyatlarning muhim bir haqiqatini mantiqiy misol bilan tafsir qiladi.

TO’RTINCHI SO’Z:

اِنَّ الصّلَوةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَوْقُوتًا

oyatining ma'nosida va namoz haqidagi oyatlarning muhim sirini aql qabul qiladigan va mantiqiy misol orqali tafsir qiladi. Zarra miqdor insofi bo’lgan kishini taslim bo’lishga majbur qiladi.

BESHINCHI SO’Z:

اِنَّ اللهَ مَعَ الَّذِينَ اتَّقَوْا وَالَّذِينَ هُمْ مُحْسِنُونَ

oyatining ma'nosida, taqvo va qullik haqidagi oyatlarning, qullik vazifasi va taqvoning muhim sirini o’ta go’zal misol bilan tafsir qiladi. Bu tafsir xar kimga yoqadi.

OLTINCHI SO’Z:

اِنَّ اللّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اَنْفُسَهُمْ وَاَمْوَالَهُمْ بِاَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ

oyatining ma'nosida, nafs va molini Janobi Haqqa sotish haqidagi oyatlarning o’ta muhim bir sirini tafsir qilish bilan birga, nafs va molini Janobi Haqqa sotganlarning besh daraja foyda ichida foyda olishi, sotmaganlarning besh daraja zarar ustiga zarar ko’rishini o’ta qoniqtiradigan misol orqali tafsir qiladi. Haqiqatga qarshi muhim eshik ochadi.

YETTINCHI SO’Z:

يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَ الْيَوْمِ الْآخِرِ ٭ اِنَّ وَعْدَ اللّهِ حَقٌّ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَوةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُمْ بِاللّهِ الْغَرُورُ

oyatining ma'nosida "Allohga va oxirat kuniga iymon" va dunyoviy hayot haqidagi oyatlarning muhim sirini aql qabul qiladigan misol orqali tafsir qilib, g’aflatdagilar haqida dunyoning naqadar daxshatli, o’lim va ajal qanchalik mudxishligi, ojizlik va faqirlik qanchalik azobli bo’lganini va hidoyat ahli haqida dunyo hayotining asl mohiyati naqadar chiroyli, qabr, ajal, ojizlik va faqirlik qanday saodat vositasi bo’lganini o’ta qat'iy tarzda isbotlaydi. Ikki dunyo saodatiga olib brogan yo’lni ko’rsatadi.

SAKKIZINCHI SO’Z:

اَللهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ

va

اِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللهِ الْاِسْلَام

oyatlarining ma'nosida (Suhufi Ibrohimda asli bo’lgan) dunyoning mohiyati, dunyoda inson mohiyati, insonda din mohiyati haqidagi oyatlarning muhim sirini go’zal va porloq misol bilan tafsir qilib, dunyoning mohiyatini, dunyodagi inson ruhi va insondagi dinning qiymatini ko’rsatish bilan birga, dinsiz inson eng badbaxt maxluq ekanini isbotlab, olamning tilsimini ochgan, bashar ruhini zulmatdan qutqarish choralarini ko’rsatib, o’ta latif va go’zal qiyos bilan, fosiq badbaxt odamning daxshatli holatini, solih baxtiyor odamning saodatli holatini ko’rsatadi.

TO’QQIZINCHI SO’Z:

فَسُبْحَانَ اللّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ

oyatining ma'nosida besh vaqt namoz haqidagi oyatning o’ta muhim sirini "Besh Hikmat" orqali tafsir qilib, ma'lum bo’lgan besh vaqt namozning o’z vaqtlariga xos qilishning hikmatini shu qadar chiroyli va shirin bir tarzda bayon etadiki: Zarra miqdor idroki bo’lgan inson bu jozibador hikmat va porloq haqiqatga qarshi taslimga majbur bo’ladi. Va inson jasadi havoga, suvga, ozuqaga muhtoj bo’lgani kabi, inson ruhi ham namozga muhtoj ekanini o’ta qat'iy suratda bayon qiladi.

O’NINCHI SO’Z:

فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

oyatining ma'nosida, Hashr va Oxirat haqidagi oyatlarning muhim bir haqiqatini o’n ikki mantiqiy va aql qabul qiladigan misol surati orqali, o’n ikki qat'iy ochiq haqiqatlar bilan tafsir qilib, oxiratga iymonni shu qadar kuchli isbotlaydiki: Qalbi batamom o’lmagan va aqli to’liq so’nmagan inson u isbotga qarshi taslim bo’ladi. Allohning izni bialn iymonga keladi. Iymonga kelmasa ham inkordan voz kechishga majbur bo’ladi.

O’N BIRINCHI SO’Z:

وَالشَّمْسِ وَضُحَيهَا ٭ وَالْقَمَرِ اِذَا تَلَيهَا ٭ وَالنَّهَارِ اِذَا جَلَّيهَا ٭ وَ الَّيْلِ اِذَا يَغْشَيهَا ٭ وَ السَّمَاءِ وَمَا بَنَيهَا ٭ وَ الْاَرْضِ وَمَا طَحَيهَا ٭ وَ نَفْسٍ وَمَا سَوَّيهَا ٭ فَاَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَ تَقْوَيهَا ٭ قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا ٭ وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسَّيهَا وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْاِنْسَ اِلَّا لِيَعْبُدُونِ

oyatlarining yuksak va keng bir haqiqatini Shams Surasining mo’'jizaviy ishora qilgani, koinotni intizomli saroy suratida ko’rsatganini yuksak va keng misol orqali tafsir qilib, inson mohiyatidagi qullik vazifalari, insoniy jihozlar va Ilohiy rububiyatning tajalliy turlariga inson qulligi bilan javob berishini shu qadar chiroylisuratda isbotlaydiki: Vashshams Surasining mo’'jizali ishorasini g’aroyib suratda va eng katta doirada buyuk rububiyatni mukammal qullik bilan solishtiradi.

O’N IKKINCHI SO’Z:

وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَثِيرًا ٭ وَ بِالْحَقِّ اَنْزَلْنَاهُ وَ بِالْحَقِّ نَزَلَ

oyatlarining ma'nosida va Qur'on hikmatining fazilati haqida yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini falsafa hikmati orqali Qur'on hikmatining qiyosi suratida o’ta porloq misol orqali tafsir qilib, Qur'onning bir mo’'jizasi va i'jozini, uning oldida falsafa hikmatining ojizligini va sukutini g’aroyib suratda isbotlaydi, ko’rlarga ham ko’rsatadi. Bu so’z O’n Birinchi So’z kabi juda muhim. Barcha ularga muhtojdir.

O’N UCHINCHI SO’Z:

"Ikki Maqom"dir.

BIRINCHI MAQOM:

وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْاٰنِ مَا هُوَ شِفَآءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

oyati bilan,

ومَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنْبَغِى لَهُ

oyatining ma'nosida va Qur'on hikmatining muqaddasligi, kengligi va she'rdan pokligi haqidagi oyatlarning muhim sirini tafsir qilib, Qur'oni Mo’'jizul Bayonning yuksak mo’'jizali hikmatini falsafaning past va tor hikmati bilan qiyoslaydi. Qur'on hikmatidagi ko’plik, kenglik, falsafaning esa faqirligi va qashshoqligini muxtasar bayon qilib, Qur'onning she'rdan pokligi va u darajaga tushmasligining sababi Qur'on haqiqatlarining yuksakligi va porloq ekanini ko’rsatadi. Va muhim misol orqali bir nav’ Qur'onning i'jozini bayon qiladi.

IKKINCHI MAQOM:

Yoshlarni zalolat va kayf-safo jarligiga tushishdan qutqargan va iymonda bu dunyoda ham haqiqiy jannat lazzati, zalolatda esa jahannamiy bir azob va qayg’u borligini misollar bilan izoh va isbot qilgan bir darsdir.

IKKINCHI MAQOMNING IZOHI:

Mahbuslarga tasalli haqida to’rt maktubdir.

IKKINCHI MAQOMNING ILOVASI:

Laylatul Qadrda eslatilgan muhim masala.

MEVA RISOLASIDAN OLTINCHI MASALA:

HUVA HIKMATI:

O’N TO’RTINCHI SO’Z:

Tor aqllarga sig’magan yuksak va keng bir qancha Qur'on haqiqatlarini ko’zga ko’ringan o’xshatish va naziralari bilan tushunishga yaqinlashtiradi. Masalan:

خَلَقَ السَّموَاتِ وَالْاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّامٍ ٭ وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍٍ ٭ وَ السَّموَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ ٭ اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ وَمَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ

oyatlarining o’ta yuksak va g’oyat keng haqiqatlarini misol va o’xshatish bilan aqlga qabul qildiradi va qalbni qondiradigan bir tarzda bayon etadi.

O’N TO’RTINCHI SO’ZNING XOTIMASI:

G’ofil kallaga to’qmoq va bir ibrat darsidir.

Oxirida nafsi ammoraga ta'sirli bir tanbeh ta'ziri bor. Nafsga asir bo’lgan kimsa uni o’qisa va qabul qilsa, asirlikdan qutuladi.

O’N TO’RTINCHI SO’ZNING ILOVASI:

Zilzila haqida olti ahamiyatli savolga javob.

O’N BESHINCHI SO’Z:

وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَآءَ الدُّنْياَ بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْناَهَا رُجوُماً لِلشَّياَطِينِ

oyatining ma'nosida va malaklar bilan shaytonlarning kurashi haqidagi oyatlarning astronomlarning tor aqllariga sig’magan muhim sirini "Yetti Zinapoya" nomi bilan yetti quvvatli hujjat va metin muqaddima orqali tafsir qiladi. Bu oyatning samosidan shaytoniy vahimalarni rajm qilib quvadi.

O’N BESHINCHI SO’ZNING ILOVASI:

Qur'onning Kalomulloh va Hazrati Muhammad (S.A.V.) Allohning Rasuli ekanini ishontiruvchi dalillar orqali isbotlagan, munozara tarzida yozilgan balog’atli bir risoladir.

O’N OLTINCHI SO’Z:

اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

oyatlarining ma'nosidagi ko’p oyatlar ifodalagan: "Ahadiyati zotiyasi bilan faoliyatining umumiyligi, zotiy vahdati bilan yordamchisiz umumiy rububiyati va fardoniyati bilan sheriksiz qamrovli tasarruflari, makondan munazzahligi bilan hamma joyda hozir bo’lishi, nihoyatsiz yuksakligi bilan hamma narsaga yaqinligi, birgina zoti ahad bo’lishi bilan xar narsani shaxsan qo’lida tutishi" haqidagi Qur'on oliy haqiqatlarini "To’rt Shu’la" nomi bilan o’ta muhim sirini tafsir qiladi. Va u haqiqatlarni mustaqim aqllarga va salim qalblarga taslim ettiradi.

O’N YETTINCHI SO’Z:

اِنَّا جَعَلْنَا مَا عَلَى الْاَرْضِ زِينَةً لَهَا لنَبْلُوَهُمْ اَيُّهُمْ اَحْسَنُ عَمَلًا ٭ وَاِنَّا لَجَاعِلُونَ مَا عَلَيْهَا صَعِيدًا جُرُزًا ٭ وَمَا الْحَيَوةُ الدُّنْيَا اِلَّا لَعِبٌ وَلَهْوٌ

oyatlarining ma'nolarida: Hayot lazzati ichida o’lim azobi, surur va visol ichida zavol alami haqidagi oyatlarning muhim sirini va Qahhor ismiga Rahmon ismining jilvasini o’ta go’zal suratda ko’rsatib tafsir qiladi. Iymon ahli uchun dunyoning mohiyatini, sayyor bir tijorat joyi, vaqtinchalik musofirxona, bir necha kunlik bir namoyon bo’ladigan joy, qisqa muddat ishlaydigan dastgoh, savdo uchun yo’l ustida qurilgan bozor ekanini ko’rsatib, insonning dunyodan barzoh va oxirat tomon sayohatini sevdiradi va daxshatini ketkazadi. Bu so’zning oxirida ba'zi nushalarda "Qora Tutning Mevasi" nomi bilan qiymatli, jozibali va she'r qiyofasida bir qancha haqiqat bor.

Qalbga Fors tilida kelgan munojot:

G’AFLAT AHLI DUNYOSINING HAQIQATINI TASVIRLAGAN BIRINCHI LAVHA:

HIDOYAT VA HUZUR AHLINING DUNYOVIY HAQIQATLARIGA ISHORA QILGAN IKKINCHI LAVHA:

BARLA YAYLOVI, ARCHA, QATRON, ARDICH, QORAQOVOQNING BIR MEVASI:

YULDUZLARNI GAPIRTIRGAN YULDUZNOMA:

O’N SAKKIZINCHI SO’Z:

Bu so’z, "Ikki Maqom"dan iborat.

Ikkinchi Maqomi Yozilmagan. Birinchi Maqomi Uch nuqtadan iborat.

Birinchisi:

لَا تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَفْرَحوُنَ بِمَآ اَتَوْا وَيُحِبُّونَ اَنْ يُحْمَدُوا بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا

oyatining faxrga maftun, shuxratga mubtalo, madhga tushkun, xudbin nafsi ammoraning boshiga tarbiya ta'zirini urgan bir sirini,

Ikkinchisi:اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ ning xunu va odobga mavzuiga xilof ko’ringan narsalarning go’zal jihatlarini ko’rsatgan sirini,

Uchinchisi:

اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللهَ فَاتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ اللهُ

oyatining risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir nozik lekin kuchli bir dalilini ko’rsatgan sirini tafsir qiladi.

O’N TO’QQIZINCHI SO’Z:

يس وَالْقُرْآنِ الْحَكِيمِ اِنَّكَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ

oyatining ma'nosidagi yuzlab oyatlarning eng muhim haqiqatlari bo’lgan risolati Ahmadiyani (S.A.V.) "O’n To’rt Tomchi" nomi bilan o’n to’rt qat'iy, porloq va kuchli burhonlar orqlai tafsir va isbot qiladi. Va eng qaysar dushmanni ham mot qialdi. Quyosh kabi risolati Ahmadiyani (S.A.V.) ko’rsatadi.

YIGIRMANCHI SO’Z:

"Ikki Maqom"dir.

Birinchi Maqomi:Baqara Surasining boshida: Hazrati Odamga farishtalarning sajda qilishi, sigirning so’yilishi, toshlardan suv chiqishi haqidagi uch muhim oyatlarga qarshi shaytonning o’ta daxshatli uch shubhasini shunday bir tarzda rad qilib yo’q etadiki: Shaytonni va shayton kabi insonlarni bunday vasvasalardan abgor qilib voz kechiradi. Chunki ular tanqid va e'tirozlari orqali i'joz yog’dularining eshigini ochiradi. U uch oyatdan uch i'joz yog’dusi ko’rindi.

Ikkinchi Maqomi:Mo’'jizoti Anbiyo (Alayhimussalom) yuzida porlagan bir Qur'on mo’'jizasini ko’rsatib, mo’'jizoti Anbiyoga doir Qur'on oyatlarining naqadar ma'noli va hikmatli ekanini ko’rsatadi. Va Qur'onda yopiq qolgan ko’p xazinalar borligini eslatadi.

YIGIRMA BIRINCHI SO’Z:

Ikki Maqomdir.

Birinchi Maqomi:Namozning qiymatini va foydasini shu qadar chiroyli bir tarzda ko’rsatadiki, eng dangasa va eng fosiq odamga ham namozga bir ishtiyoq uyg’otadi va g’ayratga keltiradi.

Ikkinchi Maqomi:Shaytonning ko’p iste'mol qilgan muhim vasvasalarini yo’q qiladi. Va vasvasasi bilan mo’'minlarning qalbida ochgan yaralarning beshtasiga go’zal malhamlar tarif etadi.

YIGIRMA IKKINCHI SO’Z:

فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَا اِلهَ اِلَّا اللّهُ ٭ اَللّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ

ma'nosida va haqiqiy tavhid haqidagi yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini "Ikki Maqom" orqali tafsir qiladi.

Birinchi Maqom:O’ta chiroyli, porloq va kuchli misoliy hikoya orqali o’n ikki zinapoya hukmida "O’n Ikki Burhon" bilan Allohning vahdoniyatini shu qadar qat'iy suratda isbotlaydikki: Eng qaysar mushriklarni ham tavhidga majbur etadi. Oson lekin kuchli va sodda faqat porloq suratda Vojibul Vujudning borligini, vahdatini va ahadiyatini butun Sifat va Ismlari bilan isbotlaydi.

Ikkinchi Maqom esa:Tavhid haqiqatini va haqiqiy tavhidni "O’n Ikki Yog’du" nomi bilan misoliy hikoyaning pardasi ostida o’n ikki ochiq burhon bilan Allohning vahdoniyatini isbotlaydi. Jaloliy, jamoliy va kamoliy vasflarini vahdoniyat ichida isbotlaydi. Yog’dulardagi dalillar shu qadar qat'iyki, hech qanday shubhaga joy qolmaydi. Shu qadar umumiyki, ma'rifatullohga mavjudot adadicha, balki zarralar sanog’icha derazalar ochadi. Shu bilan Vojibul Vujudning vujudini barcha Sifat va Ismlari bilan eng qaysar kimsalarga ham isbotlaydi.

YIGIRMA UCHINCHI SO’Z:

لَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ فِى اَحْسَنِ تَقْوِيمٍ ثُمَّ رَدَدْنَاهُ اَسْفَلَ سَافِلِينَ اِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ

oyatlarining ma'nosidagi ko’p oyatlarning iymonga doir va insonning taraqqiyot va tubanlashishiga sabab bo’lgan haqiqatlarini "Besh Nuqta" bilan, "Besh Nukta" ichida barchaga taalluqli, xar kim unga muhtoj bo’lgan o’n qism bilan katta sirni tafsir qialdi. Insoniy iste'dodlar bilan insoniy vazifalarni aql qabul qiladigan va maqbul suratda bayon qiladi.

Bu so’z hozirgacha minglab insonni g’aflat uyqusidan qutqargani kabi, ko’plarni ham iymonga keltirgan. O’ta qiymatli va yuksak bo’lishi bilan birga, misollar orqali tushunishni osonlashtirilgani uchun hamma uning tilini anglaydi.

YIGIRMA TO’RTINCHI SO’Z:

اَللهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ لَهُ الْاَسْمَآءُ الْحُسْنٰى

oyatining ma'nosida va Asmoi Husnaning jilvalari haqidagi ko’p oyatlarning muazzam haqiqatini besh shox nomi bilan katta mavzular bilan tafsir qiladi. Birinchi va Ikkinchi Shoxlari muhim sirlarning muxtasar xazinasidir. Uchinchi Shox, hadislarga qilingan shubhalarni o’n ikki qoida bilan rad qiladi. Vahimalarning asoslarini kesadi. To’rtinchi Shox koinot saroyida xizmat qildirilgan nabotot, hayvonot, inson va farishtalar toifasining xizmat qildirilish sirini, go’zal qullik vazifasi, tasbehlarini va Alloh rububiyatining hashamatini jozibali tarzda bayon etadi. Beshinchi Shox

اَللهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ لَهُ الْاَسْمَآءُ الْحُسْنٰى

oyatining nuroniy daraxtining hadsiz mevalaridan besh mevasini o’ta porloq va go’zal suratda ko’rsatadi. Bu besh meva va O’ttiz Birinchi So’zning oxiridagi besh meva juda shirin. Shirin ilm istaganlar ularni olsin, o’qisin.

YIGIRMA BESHINCHI SO’Z:

قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هذَا اْلقُرْآنِ لَا يَاْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا

oyatining haqiqatini quvvatlagan yuzlab oyatlarning eng muhim haqiqati bo’lgan Qur'on i'jozini tafsir qiladi. Uch Shu’la ichida qirq i'joz jihatlarini bayon va tafsir qiladi. Qur'on kalomulloh ekanini, kunduz ziyo quyoshning borligini ko’rsatgani kabi ko’rsatadi va isbotlaydi. Avvalgi yarmi garchi tez yoilgan bo’lsada, qalb istirohati bilan yozilgani uchun izohli. Ikkinchi yarmi ba'zi muhim sabablarga binoan muxtasar va qisqa qolgan. Lekin shu bilan birga xar toifaga ko’ra (nima fikrda bo’lsa ham) bu muborak So’z Qur'on i'jozini unga ko’rsatadi va isbotlaydi. Bu so’z hozirgacha Qur'on i'joziga qarshi ko’p qaysarlarni bosh egdirib sajdaga keltirgan.

YIGIRMA OLTINCHI SO’Z:

وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ ٭ وَ كُلَّ شَيْءٍ اَحْصَيْنَاهُ فِى اِمَامٍ مُبِينٍ

ma'nosidagi oyatlarning qadar siriga oid, "Qadarga iymon", "Xoyrihi va sharrihi minallohi ta'ala"ning isbotiga asos bo’lgan muhim haqiqatini to’rt bo’lim orqali shunday bir suratda tafsir qiladiki: Xoslarning fikri yetmagan qadar sirlarini sodda avomlarning saviyasiga yaqinlashtirib tushuntiradi. Xotimasida eng qisqa, eng ishonchli va eng mustaqim yo’lning asosini "To’rt Qadam" nomi orqali nafsni poklashning va ruh komillashishiga sabab bo’lgan to’rt muhim dars beradi. Xotimaning xotimasida turli masalalardan olti masala borki, biri Fath Surasining oxiridagi oyatning bir i'joz sirini ochadi.

YIGIRMA YETTINCHI SO’Z:

وَلَوْ رَدُّوهُ اِلَى الرَّسُولِ وَ اِلَى اُولِى الْاَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ وَ لَوْلَا فَضْلُ اللّهِ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَتُهُ لَاتَّبَعْتُمُ الشَّيْطَانَ اِلَّا قَلِيلًا

oyatining ma'nosidagi oyatlarning ijtihodga doir muhim bir haqiqatini tafsir qiladi. Bu davrda haddidan oshib ijtihoddan dam urganlarning haddini bildirib, mazhablar farqliligining sirini go’zal shaklda bayon qiladi. "Bu davrda eski zamon kabi ijtihod qila olamiz", deganlarning naqadar yanglish xato qilganini isbotlaydi. Bu so’zning ilovasida tanlangan Sahobalarning avliyolardan yuksak bo’lgan martabalarini o’ta porloq suratda va qat'iy tarzda isbotlab, Sahobalarning bashariyat ichida Anbiyolardan so’ng eng mumtoz shaxsiyatlar ekanini va ularga yetishilmasligini qat'iy suratda isbotlaydi.

YIGIRMA SAKKIZINCHI SO’Z:

وَبَشِّرِ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هذَا الَّذِى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَا اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَا خَالِدُونَ

oyatining Jannatga va abadiy saodatga doir haqiqatini quvvatlgan yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini ikki maqom bilan tafsir qiladi. Birinchi Maqom: "Besh Savol va Javob" nomi bilan Jannatning jismoniy lazzatlariga va huriylar haqida tanqidga sabab bo’lgan masalalarni shunday go’zal suratda bayon qiladiki, barchani qondiradi. Ikkinchi Maqom: Arab tilida bo’lib o’n ikki "lasiyyama" kalimasi bilan boshlaydi, hashrga doir o’ta kuchli, qat'iy va hech bir jihatda tebranmas, Jannat va Jahannamning haqqoniyatiga sabab bo’lgan minglab burhonlarni ichiga olgan yaqqol burhon bo’lib, u O’ninchi So’zning manba’i, asosi va xulosasidir.

YIGIRMA TO’QQIZINCHI SO’Z:

قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبِّى ٭ وَ الْمُؤْمِنُونَ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَ مَلئِكَتِهِ ٭ وَ مَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ ٭ مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

oyatlarining ma'nosidagi yuzlab oyatlarning hashr, ruhning boqiyligi va farishtalarga doir uch muhim haqiqatini tafsir qiladi. Ruhning boqiyligini shu qadar chiroyli isbotlaydiki: Jasadning vujudi kabi ruhning boqiyligini ko’rsatadi. Farishtalarning borligini Amerikada odamlarning borligi kabi isbotlaydi. Hashr va Qiyomatning borligi va amalga oshishini shu qadar mantiqiy va aqliy bir suratda isbotlaydiki: Hech qanday faylasuf, hech bir inkorchi e'tirozga kuch topa olmaydi. Taslim bo’lmasa ham mot bo’ladi. Xususan oxiridagi "Ramzli Nuktaning Siri" nomli buyuk Hashrni keltirib chiqargan sabablarini va hikmatlarini shunday tarzda bayon qiladiki, koinot tilsimining uch muammosidan birini o’ta porloq suratda hal qiladi.

{(Izoh) Yigirma To’qqizinchi So’zning ko’z bilan ko’ringan karomati bor. Jumladan, o’n olti sahifasida ixtiyorsiz, sun’iy harakatlarsiz xar sahifaning satrlari boshlarida o’n olti alif kelishi. Bu uyg’unlikni ko’rishni istaganlar eski harfli nusxasiga murojaat qilsinlar.}

O’TTIZINCHI SO’Z:

قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسَّيهَا ٭ عَالِمِ الْغَيْبِ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِى السَّموَاتِ وَلَا فِى الْاَرْضِ وَلَا اَصْغَرُ مِنْ ذلِكَ وَلَا اَكْبَرُ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍ

oyatlarining inson anoniyati-menligi va zarralarning almashishi haqidagi haqiqatga doir oyatlarning ikki muhim sirini ikki maqsad orqali bayon qiladi. Birinchi Maqsad inson menligining ajib muammosini hal qilib diyonat silsilasi bilan falsafa silsilasining manba’larini juda porloq tarzda ko’rsatadi. Ikkinchi Maqsad zarralar almashishining tilsimini kashf qiladi. Zarralarning harakatini shu daraja hikmatli va muntazam ko’rsatadiki: Barcha zarralar Sultoni Azaliyning muhtasham va muazzam qo’shini, mute' va bo’ysungan xodimlari ekanini qat'iy dalillar bilan isbotlaydi. Yigirma To’qqizinchi So’z koinot tilsimining uch muammosidan birisini kashf qilgani kabi, ushbu O’ttizinchi So’z ham aqllarni hayratda qoldirgan va faylasuflarni telba qilgan tilsimning uch muammosidan ikkinchi muammosini hal qiladi. Xususan xotimasida: Yetti hikmat va yetti azim qonun bilan bir Ismi A'zamning tajalliyini ko’rsatish orqali zarralar almashishining hikmatini o’ta qat'iy va porloq suratda ko’rsatadi. Jonlli jismlarini zarralarning sayru-safariga musofirxona, qarorgoh va maktab hisobida ko’rsatadi, isbotlaydi.

O’TTIZ BIRINCHI SO’Z:

سُبْحَانَ الَّذِى اَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلًا مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ اِلَى الْمَسْجِدِ الْاَقْصَى الَّذِى ٭ وَ النَّجْمِ اِذَا هَوَى

oyatlarining haqiqatini quvvatlagan oyatlarning eng muhimhaqiqati - Me'roji Ahmadiyani (S.A.V.), me'roj ichida kamoloti Muhammadiyani (S.A.V.), kamolot ichida risolati Ahmadiyani (S.A.V.), risolat ichida ko’p rububiyat sirlarini tafsir qiladi. Va qat'iy dalillar bilan isbot qiladigan risoladir. Turli tabaqa insonlardan bu risolani kim o’qigan bo’lsa, oldida mahliyo bo’lib, aqldan uzoq me'roj masalasini eng zoxiriy, vojib va lozim tarzda ko’rsatganini qabul qiladi. Xususan me'roj nurli daraxtining oxirida besh yuz mevadan "Besh Meva"sini shu qadar go’zal tasvirlaydiki, zarra miqdor zavqi, idroki bo’lgan kishi ularga maftun bo’ladi.

Ilova: Oyning bo’linidhi mo’'jizasiga zamonaviy faylasuflar bildirgan e'tirozlarini "Besh Nuqta" orqali o’ta qat'iy suratda rad qilib, oyning bo’linganiga hech qanday mone bo’lmaganini ko’rsatadi. Oxirida esa "besh ijmo'" bilan oy bo’linishi sodir bo’lganini o’ta muxtasar suratda isbotlaydi. Oyning bo’linishi mo’'jiza-i Ahmadiyasini quyosh kabi ko’rsatadi.

O’TTIZ IKKINCHI SO’Z:

Uch Qismdir.

Birinchi Qism:

لَوْ كَانَ فِيهِمَا آلِهَةٌ اِلَّا اللّهُ لَفَسَدَتَا

oyatining ma'nosidagi yuzlab oyatlarning vahdoniyatga doir eng muhim haqiqatini shunday suratda isbotlaydiki, shirk va kufr yo’lini ilojsiz va imkonsizligini ko’rsatadi. Koinotning atrofidan kufr va shirkni quvadi. Zarralar adadicha vahdoniyatning dalillari borligini bayon qiladi. G’oyat latif, yuksak va mantiqiy misollar bilan tushuntirib, hadsiz keng masalalarni misol ichida joylashtirib ko’satadi. Ilovasida bir qancha o’ta latif masala borki, haqiqat va she'rning eng porloq, keng hayolidan ham porloq, kengroqdir.

Ikkinchi Qism:

قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ اَللّهُ الصَّمَدُ

ning haqiqatiga doir ahadiyat va vahdat siriga kelgan shubhalar va vahimalarni yo’qotadi. Zalolat ahlining tavhid ahliga bildirgan e'tirozlarni qat'iy suratda rad qiladi. Birinchi Qismdan quvvatliroq, Qur'oniy oyatlarning vahdoniyatga doir mo’'jizona isbotlarini ko’rsatadi. Ahadiyati Zotiya bilan butun ashyoni birdan bir onda boshqarish va tarbiya qilishdek muazzam Qur'oniy haqiqatlarni o’ta chiroyli va ochiq misol orqali isbotlaydi. Aqlni ishonishga va qalbni taslimga majbur qiladi.

Xususan Ikikinchi Qismning xotimasidan avval ikkinchi misolning xulosasida Zoti Aqdasi Ilohiyadan hech narsa chetda qolmagani, hech narsa undan yashirinmaganini, hech kim undan uzoq emasligini, hech bir shaxs muqaddas kulliyat kasb etmasdan unga yaqinlasha olmasligini, rububiyati va tasarrufida bir ish ikkinchi ishga mone' emasligini va hech qayer uning huzuridan xoli qolmaganini, hamma narsaga qaraydigan, eshitadigan quloq va ko’zning jilvasi borligini, ashyolar silsilasi amrlarining tez jarayonlariga sim, tomirlar hisoblanishini, sabablar va vositalar faqat zohiriy parda ekanini, hech qayerda bo’lmasada hamma joyda ilmi va qudrati bilan borligini, hech joy va makonga muhtoj emasligini, uzoqlik, qiyinchilik va borlik tabaqalarining pardalari uning yaqinligiga, tasarrufiga va ko’rishiga mone' bo’lmaganini, moddiy narsalarning, mumkinlarning, nursizlarning, ko’pliklarning, chegaralanganlarning xususiyatlari Uning izzat etagiga yaqinlashmasligini, o’zgarish, almashish, joylashish va bo’linish kabi jarayonlardan uzoq, pok, toza va muqaddas ekanini o’ta go’zal suratda isbotlaydi. Ikkinchi Qismning xotimasida Ahadiyat siriga doir arabcha bo’lim o’ta muhim bo’limi tarjimasi bilan birga o’ta porloq suratda ko’p muhim masalalarni ifodalaydi. Xususan insonning amallarining hisob-kitobi uchun hashr va nashrni amalga oshirish, katta koinotni o’zgartirish, almashtirish, buzish va ta'mirlash sirini bayon etadi.

Uchinchi Qism:

وَمَا الْحَيَوةُ الدُّنْيَا اِلَّا مَتَاعُ الْغُرُورِ ٭ وَ اِنَّ الدَّارَ الْآخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ

oyatlarning ma'nosidagi yuzlab oyatlarning muhim haqiqatini o’ta muhim qiyos bilan bayon qiladi. Zalolatdagilar haqida dunyoviy hayot naqadar mudxish natijalar keltirishi, hidoyat ahliga qanchalik go’zal natijalar va maqsadlar berganini ko’satadi. Xususan, muhabbat haqidagi dunyoviy va uxroviy samaralar zalolatdagilar uchun naqadar alamli, hidoyat ahli uchun qanchalik xush ekanini ko’rsatadi. Uchinchi Qism haqida ba'zi izlanuvchan qardoshlarimiz, "Boshqa risolalar yulduz bo’lsa, bu quyosh", deyishgan. Boshqa talaba unga: "Xar bir risola o’z olamida va o’ziga maxsus haqiqat osmonida alohida quyoshdir. Uzoq bo’lganlarga yulduz, yaqin bo’lganlarga quyoshdir", deb javob bergan.

O’TTIZ UCHINCHI SO’Z:

سَنُرِيهِمْ آيَاتِنَا فِى الْآفَاقِ وَفِى اَنْفُسِهِمْ حَتَّى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ اَنَّهُ الْحَقُّ اَوَلَمْ يَكْفِ بِرَبِّكَ اَنَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ شَهِيدٌ

O’ttiz uch oyatning alohida haqiqatlarini tafsir qilgan o’ttiz uch derazadan iborat. O’ttiz uch risola bo’lishga loyiq bo’lib, o’ta shoshilinch vaqtda yozilgani uchun bir yoki yarim sahifalik derazalari alohida risola quvvatida va bir risolani ichiga olgan mohiyatda ekanini ko’rsatadi. Lekin afsuski boshdagi derazalar juda qisqa va muxtasar qolgan, lekin tobora kengayib ikkinchi yarmidagi derazalar ochiq ravshan chiqqan.

LAMA’AT:

Risola-i Nur shogirdlariga kichik bir masnaviy va iymoniy devondir.

Anglikan Cherkoviga Javob:

KONFERENTSIYA:

MUNDARIJA:

* * *

36

35

· So’zlar

Kitobni ochish ↗