So’zlar

So’zlar — Qism 1

So’zlar ·

Kitobni ochish ↗

Risola-i Nur Kulliyotidan

SO’ZLAR

Muallifi

Badiuzzamon Said Nursiy

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَ بِه۪ نَسْتَع۪ينُ

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ وَ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

Ey birodar! Mendan bir nechta nasihat istading. Sen bir askar bo’lganing uchun, askarlik misollari bo’lgan, sakkiz hikoyachalar bilan bir nechta haqiqatni nafsim bilan birga tingla. Chunki men nafsimni hammadan ko’ra ko’proq nasihatga muhtoj deb bilaman. Bir vaqtlar sakkiz oyatdan foydalanib "Sakkiz So’z"ni biroz uzunroq qilib nafsimga aytgan edim. Hozir qisqacha va avom tili bilan nafsimga aytaman. Kim istasa, birga tinglasin.

* * *

BIRINCHI SO’Z

"Bismilloh" xar bir xayrning boshidir. Biz ham avvalo shundan boshlaymiz. Bil ey nafsim! Shu muborak co’z Islom nishoni bo’lgani kabi, butun mavjudotning hol tillaridagi doimiy zikridir. "Bismilloh" qanchalik buyuk, tuganmas quvvat, naqadar ko’p, bitmas baraka ekanini anglashni istasang, ushbu mosoliy hikoyachaga boq, tingla:

Badaviy arab cho’llarida sayohat qiladigan odam uchun, qaroqchilarning yomonligidan qutulib, hojatlarini ta'minlashi uchun bir qabila raisining ismini olib, himoyasiga kirishi kerak. Aks holda, bir o’zi con-canoqciz dushman va ehtiyojlaridan abgor bo’ladi. Shunday bir sayohat uchun ikki odam sahroga chiqishadi. Ulardan biri kamtarin edi, ikkinchisi mag’rur... Kamtarini bir raisning ismini oldi. Mag’rur eca olmadi... Olgani hamma yerda sog’-salomat kezdi. Yo’lto’sarga duch kelsa: "Men falon raisning ismi bilan yuribman" derdi, qaroqchi daf bo’lar, teginolmasdi. Bir chodirga kirsa, o’sha nom tufayli hurmat ko’rdi. Narigi mag’rur esa, butun sayohatida shunday balolar chekdiki, ta'riflab bo’lmaydi. Doimo titrar, doimo tilanchilik qilardi. Ham xor, ham sharmanda bo’ldi.

Ey mag’rur nafsim! Sen o’sha sayyohsan. Bu dunyo esa, bir cho’ldir. Ojizliging va faqirligingning chegaraci yo’q. Dushmaning, hojatlaring nihoyasizdir. Modomiki shunday ekan, bu sahroning Abadiy Egasi va Azaliy Hokimining ismini olda, butun koinotga tilanchilik qilishdan va xar duch kelgan xar bir hodisadan titrashdan xalos bo’l.

Darhaqiqat, bu co’z shunday muborak xazina bo’lib, nihoyasiz ojizliging va faqirliging seni cheksiz qudratga, rahmatga bog’lab, Qodiri Rahimning dargohida ojizlikni, faqirlikni eng maqbul bir shafoatchi qiladi. Ha, bu co’z bilan harakat qiladigan kishi shunday odamga o’xshaydiki: Askarlikka qayd etiladi, davlat nomidan ish yuritadi. Hech kimga parvo qilmaydi. "Qonun nomidan, davlat nomidan" gapiradi, hamma ishni bajaradi, xar narsaga qarshi tura oladi.

Boshda: "Butun mavjudot hol tili bilan 'Bismilloh' deydi" degan edik. Shundaymi?

Albatta! Bir odam kelib, butun shahar aholisini majburan bir joyga olib borib, majburlab ishlatganini ko’rcang. Aniq bilasanki, u odam o’z nomidan, o’z quvvati bilan ish yuritmayapti. Aksincha, u bir askardir. Davlat nomidan ish yuritadi. Bir podshoning quvvatiga suyanadi. Shunga o’xshab, hamma narsa Janobi Haq nomidan harakat qiladi - zarradek urug’lar va danaklar, uctida ulkan daraxtlarni, tog’dek yuklarni ko’tarib turadi. Demak, xar bir daraxt "Bismilloh" deydi. Rahmat xazinasining mevalaridan qo’llarini to’ldiradi, bizlarga uzatadi. xar bir bog’ "Bismilloh" deydi: Qudrat oshxonasidan bir qozon bo’ladi, ichida turli-tuman juda ko’p, bir-biridan farqli, lazzatli taomlarni birga pishiradi. xar bir sigir, tuya, qo’y, echki kabi muborak hayvonlar "Bismilloh" deydi. Rahmat fayzidan bir sut chashmasi bo’ladi. Bizlarga Razzoq nomidan eng latif, eng nazif, obi hayot bo’lgan ozuqani taqdim qiladi. xar bir o’cimlik, daraxt va o’tlarning ipak kabi yumshoq ildiz va tomirlari "Bismilloh" deydi. Qattiq tosh va tuproqni yorib o’tadi. "Alloh nomidan, Rahmon nomidan" gapirgani uchun, hamma narsa unga bo’ysundiriladi.

Ha, havoda daraxt shoxlarining yoyilishi va meva berishiga o’xshab, qattiq tosh va tuproqdagi ildizlarning o’ta osonlik bilan yoyilishi va yer ostida hosil berishi,.. hamda shiddatli harorat ostida oylar davomida nozik, yashil yaproqlarning namli qolishi tabiatparactlarning og’ziga shiddat bilan tarsaki tushiradi, ko’r bo’lgur ko’ziga barmog’ini suqadi va aytadiki: "Sen eng ishongan qattiqlik va harorat ham amr ostida harakat qiladilar, ipak kabi yumshoq tomirlarning xar biri bir aso-i Muso (as) kabi فَقُلْنَا اضْرِبْ بِعَصَاكَ الْحَجَرَ amriga bo’ysunib, toshlarni yoradi. Va papiros qog’ozi kabi yupqagina nozanin yaproqlar xar biri bir a'zo-i Ibrohim (as) kabi, otash sochgan haroratga qarshi يَا نَارُ كُون۪ى بَرْدًا وَ سَلَامًا oyatini o’qiydilar".

Modomiki, hamma narsa "Bismilloh" der ekan, Alloh nomidan Allohning ne'matlarini keltirib bizlarga berayotgan ekanlar. Biz ham "Bismilloh" deyishimiz kerak. Alloh nomidan berishimiz, Alloh nomidan olishimiz kerak. Shunday ekan, Alloh nomidan bermagan g’ofil insonlardan olmasligimiz kerak.

Savol: Vositachi dallol hukmida bo’lgan insonlarga qandaydir bir haq to’laymiz. Ajabo, asl mol sohibi bo’lgan Alloh qanday haq istaydi?

Javob: Darhaqiqat, Mun'imi Haqiqiy qiymatli ne'matlariga, mollari evaziga bizdan istagan haqqi, uch narsadir: Biri zikr, biri shukr, biri fikrdir. Boshida: "Bismilloh" - zikrdir. Oxirida: "Alhamdulilloh" - shukrdir. O’rtada: bu qiymatli san'at ajoyiboti bo’lgan ne'matlar Ahadi Samad qudratining mo’jizasi va rahmatining hadyasi ekanini fikrlab, idrok etish - fikrdir. Bir podshohning qiymatli hadyasini senga olib kelgan miskin odamning oyog’ini o’pib, hadya sohibini tanimaslik qay daraja ablahlik bo’lsa, zohiriy mun'imlarni madh etib, sevib, Mun'imi Haqiqiyni unutish, undan ming daraja undan ortiq ablahlikdir.

Ey nafs! Bunday ablah bo’lib qolishni istamasang, Alloh nomi bilan ber, Alloh nomi bilan ol, Alloh nomi bilan boshla, Alloh nomi bilan ishla! Vassalom!..

* * *

O’n To’rtinchi Yog’du

Ikkinchi Maqom

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ning minglab sirlaridan olti siriga doirdir.

Eslatma:"Basmala"ning rahmat nuqtasida porloq bir nuri so’niq aqlimga uzoqdan ko’rindi. Uni o’z nafsim uchun qayd suratida yozib qo’yishni istadim. Va yigirma-o’ttiztacha sirlar bilan o’sha nurning atrofida bir doira aylantirib ovlash va tutishni xohladim. Lekin, afsuski, hozircha orzuimga to’liq muvaffaq bo’la olmadim. Yigirma-o’ttiztadan besh-oltitaga tushdi.

"Ey inson!" deganimda o’z nafsimni nazarda tutaman. Bu dars o’z nafsimga xos bo’lgani holda, ruhan men bilan munosabatdor va nafsi nafsimdan ko’ra hushyorroq bo’lgan zotlarga balki foydalanishga vosita bo’lish niyatida, "O’n to’rtinchi Yog’du"ning Ikkinchi maqomi sifatida mudaqqiq qardoshlarimning istaklariga havola qilaman. Bu dars aqldan ko’ra ko’proq qalbga, dalildan ziyoda zavqqa ta'alluqlidir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

قَالَتْ يَٓا اَيُّهَا الْمَلَؤُا اِنّ۪ٓى اُلْقِىَ اِلَىَّ كِتَابٌ كَر۪يمٌ ٭ اِنَّهُ مِنْ سُلَيْمٰنَ وَ اِنَّهُ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

Shu maqomda bir nechta sir zikr qilinadi.

BIRINCHI SIR: "Bismillahir Rohmanir Rohiym"ning bir jilvasini shunday ko’rdimki: Koinot siymosida, Yer siymosida va inson siymosida bir-biri ichida bir-birining namunasini ko’rsatadigan uch sikka-i rububiyat bor: Biri: Umum koinotdagi o’zaro ryordam, birdamlik, o’zaro quchoqlashish, o’zaro javob berishish namoyon bo’lgan Allohning borligining buyuk tamg’asi bo’lib "Bismilloh" unga yuzlangan.

Ikkinchisi: Yer kurrasi siymosida nabotot va hayvonotning tadbiri, tarbiyasi va idorasidagi o’xshashlik, uyg’unlik, intizom, saranjomlik, lutf va marhamatdan namoyon bo’lgan Allohning Rahmoniyatining buyuk tamg’asi bo’lib, "Bismillahir Rohman" unga yuzlangan.

So’ng insonning qamrovli mohiyati siymosidagi Ra'fat latifalari va Ilohiy shafqat va marhamatining daqiq shu'lalaridan namoyon bo’lgan rahimiyatning ulug’ tamg’asi bo’lib, "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dagi "ar-Rohiym" unga yuzlangan.

Demak, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" olam sahifasida nuroniy satr tashkil qilgan uch ahadiyat tamg’asining muqaddas unvoni va pishiq arqoni va porloq yozuvidir. Ya'ni, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" - uchi yuqoridan tushgan, koinotning mevasi va olamning kichraytirilgan nusxasi bo’lgan insonga kelib taqaladi. Yerni Arshga bog’laydi. Insoniy Arshga chiqishga bir yo’l bo’ladi.

IKKINCHI SIR:Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon cheksiz yaratilgan ko’p sonli maxluqotda namoyon bo’lgan vohidiyat ichida aqllarni chalg’itmaslik uchun, doim vohidiyat ichida ahadiyat jilvasini ko’rsatadi. Ya'ni, masalan: Quyosh ziyosi bilan cheksiz narsalarni qamraydi. Quyosh zotini butun ziyosi bilan mulohaza qilish uchun g’oyat keng bir tasavvur va keng qamrovli bir nazar kerak bo’lgani uchun, unuttirmaslik uchun, xar bir porloq narsa Quyoshning zotini aks ettirishi orqali ko’rsatadi. O’z qobiliyatiga ko’ra Quyoshning zotiy jilvasi bilan birga ziyosi, harorati kabi xossalarini ko’rsatadi. Xar bir porloq narsa Quyoshni butun sifatlari bilan o’z qobiliyatiga ko’ra ko’rsatgani kabi, Quyoshning ziyo va harorat va ziyodagi yetti rang kabi sifatlarining xar biri, oldidagi barcha narsalarni qamraydi. Shuning kabi: وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى (misolda xato bo’lmasin) ahadiyat va samadiyati Ilohiya xar bir narsada, xususan jonzotlarda, xususan insonning mohiyat oynasida barcha Ismlari bilan bir jilvasi bo’lgani kabi.. vahdat va vohidiyat jihati bilan ham mavjudot bilan aloqador xar bir ismi butun mavjudotni qamraydi. Xullas, vohidiyat ichida aqlni chorasiz qoldirmaslik va qalblar Zoti Aqdasni unutmasligi uchun doimo vohidiyatdagi ahadiyat tamg’asiga diqqatni qaratadi. O’sha tamg’aning uch muhim tugunini esa "Bismillahir Rohmanir Rohiym" ko’rsatadi.

UCHINCHI SIR:

Shu cheksiz koinotni quvontirgan, rahmat ekanini ko’ryapmiz.

Rahmat - bu qorong’u mavjudotni nurlantirgani ochiq ravshan.

Bu hadsiz ehtiyojlar ichida o’ralashayotgan maxluqotni tarbiya qilgan, yana rahmat ekani ma’lum.

Daraxtning barcha qismlari mevasiga yuzlangani kabi, butun koinotni insonga qaratgan va hamma tomonda unga qaratgan va yordamiga oshiqtirgan, rahmat ekani oshkor.

Bu cheksiz fazoni, bo’sh va holi olamni to’ldirgan, nurlantirgan, quvontirgan narsa - rahmat ekani ko’rib turibmiz.

Va bu foniy insonni abadiyatga nomzod qilgan, azaliy va abadiy bir zotga suhbatdosh va do’st qilgan narsa, rahmat ekani ravshandir.

Ey inson!Modomiki rahmat kuchli, jozibador, sevimli va madadkor sevimli haqiqat ekan. "Bismillahir Rohmanir Rohiym" de! Bu haqiqatni mahkam tut, mutlaq qo’rquvdan va cheksiz ehtiyojlarning alamlaridan qutul. Va Azal va Abad Sultonining taxtiga yaqinlash, o’sha rahmatning shafqati, shafoati va shu'lalari bilan Sultonga suhbatdosh, xalil va do’st bo’l. Darhaqiqat, koinotdagi borliqlarning sinflarini hikmat doirasida insonning atrofida to’plab, barcha hojatlariga mukammal intizom va inoyat bilan oshiqtirish, ikki holatdan biri ekani aniq:

Yo koinotning xar bir turi o’z o’zidan insonni taniydi, unga itoat qiladi, yordamiga oshiqadi. (Bu esa yuz daraja aqldan uzoq bo’lgani kabi, ko’p imkonsiz ishlarni keltirib chiqaradi.) Inson kabi mutlaq ojizda eng quvvatli bir Sultoni Mutlaqning qudrati bo’lishi lozim bo’ladi.

Yoki bu koinotning pardasi orqasida bir Qodiyri Mutlaqning ilmi bilan yordamlashish jarayonda. Demak, koinotdagi sinflar insonni tanimaydi, balki insonni biladigan va taniydigan, marhamat qiladigan Zotning tanishi va bilishining dalillaridir.

Ey inson!Esingni yig’! Butun yaratilgan borliqlarning turlarini senga yo’naltirib yordam qo’llarini uzattirgan, sening ehtiyojlaringga "Labbay" dedirgan Zoti Zuljalol seni bilmasligi, tanimasligi mumkinmi? Modomiki seni bilar ekan, rahmati orqali bilganini bildirayotgan ekan, sen ham Uni bil, hurmat bilan bilganingni bildir. Sendek mutlaq zaif, mutlaq ojiz, mutlaq faqir, foniy, kichik bir maxluqqa ulkan koinotni bo’ysundirish va uning yordamiga yuborish, albatta hikmat, inoyat, ilm va qudratni o’z ichiga olgan rahmat haqiqati ekanini qat'iyan anglab yet!

Albatta, bunday bir rahmat - sendan umumiy va xolis bir shukr, jiddiy va sof bir hurmat istaydi. O’sha xolis shukrning va sof hurmatning tarjimoni va unvoni bo’lgan "Bismillahir Rohmanir Rohiym"ni so’zla. O’sha rahmatga yetishishga vosita va Rahmonning dargohida shafoatchi qil.

Ha, rahmatning mavjudligi va amalga oshishi Quyoshdek yaqqoldir. Chunki, markaziy bir naqsh xar tarafdan kelgan arqon va iplarning intizomidan va vaziyatlaridan hosil bo’lganidek, bu koinotning eng katta doirasida Allohning ming bir ismining jilvasidan uzangan nuroniy arqonlar koinot siymosida shunday sikka-i rahmat ichida rahimiyat muxrini va naqshi shafqatni to’qimoqda. Shunday bir inoyat muxrini o’ryaptiki, Quyoshdan ham porloq o’zini aqllarga ko’rsatmoqda. Darhaqiqat,

Quyosh va Oyni, unsurlar va ma'danlarni,

nabotot va hayvonotni ulkan bir naqshning arqon iplari kabi ming bir ismlarning shu'lalari bilan tartiblagan va hayotga xodim qilgan,

nabotiy va hayvoniy barcha volidalarning g’oyat shirin va fidokorona shafqatlari orqali O’z shafqatini ko’rsatgan,

tirik mavjudotni insoniyat hayotiga bo’ysundirgan,

shu orqali rububiyati Ilohiyaning o’ta go’zal va shirin ulkan bir naqshini va insonning ahamiyatini ko’rsatgan,

va eng porloq rahmatini izhor qilgan Rahmoni Zuljamol,

albatta O’zining mutlaq behojatligiga mutlaq ehtiyoj ichidagi jonli mavjudotga va insonga rahmatini maqbul bir shafoatchi qilgan.

Ey inson! Agar inson bo’lsang, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" de. O’sha shafoatchini top.

Yer yuzida to’rt yuz ming turdagi bir-biridan farqli nabotot va hayvonot toifalarini, hech birini unutmasdan, chalkashtirmasdan, o’z vaqtida mukammal intizom bilan, hikmat va inoyat bilan tarbiya va idora qilayotgan va Yer kurrasining siymosida xotami ahadiyatni qo’ygan narsa - yaqqol, balki ochiq oydin rahmatdir. O’sha rahmatning mavjudligi bu Yer kurrasining siymosidagi shu borliqlarning mavjudligi qadar qat'iy bo’lgani kabi, borligiga mavjudot miqdoricha dalillari bor.

Darhaqiqat, zamin yuzida shunday bir rahmat muxri va ahadiyat tamg’asi bo’lgani kabi, insonning ma'naviy mohiyatining siymosida ham shunday bir rahmat tamg’asi borki, Yer kurrasi siymosidagi marhamat tamg’asi va koinot siymosidagi azim rahmat tamg’asidan kam emas. Go’yo ming bir ismlar jilvasining birlashgan nuqtasi hukmida bir qamrovliligi bor.

Ey inson!Senga bu siymoni bergan va bu siymoda shunday bir rahmat tamg’asini va ahadiyat muxrini qo’ygan Zot seni o’z holingga tashlab qo’yishi, senga ahamiyat bermasligi, sening harakatlaringga diqqat qilmasligi, senga yuzlangan butun koinotni behuda ketkazishi, yaratilish daraxtini mevasi chirik, aynigan, ahamiyatsiz bir daraxt qilishi heh mumkinmi?! Yana, hech bir jihatdan shubha qabul qilmaydigan va hech bir jihatdan kamchiligi bo’lmagan, Quyosh kabi yaqqol rahmatini va ziyo kabi ko’ringan hikmatini inkor qildirishi mumkinmi? Aslo...

Ey inson!Bilginki, rahmatning arshiga yetishish uchun bir me'roj bor. U me'roj "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dir. Bu me'roj qanchalar ahamiyatli ekanini anglashni istasang Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning bir yuz o’n to’rt surasining boshiga, butun muborak kitoblarning ibtidolariga va umum muborak ishlarning boshlanishlariga qara. Basmalaning qadri buyukligiga eng qat'iy bir hujjat shuki, Imom Shofe'iy (RA) kabi ko’plab buyuk mujtahidlar: "Basmala birgina oyat bo’lsada, Qur'onda bir yuz o’n to’rt marta nozil bo’lgan." deyishgan.

TO’RTINCHI SIR:Cheksiz ko’plik ichida vohidiyatning ko’rinishi, اِيَّاكَ نَعْبُدُ xitobini aytish hammaga kifoya qilmaydi. Fikr tarqaladi. Umumidagi vahdat orqasida Zoti Ahadiyatni mulohaza qilib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deyish uchun Yer kurrasi kengligida bir qalb bo’lishi lozim. Bu sirga binoan, parchalarda yaqqol suratda ahadiyat tamg’asini ko’rsatgani kabi, xar bir nav’da ahadiyat tamg’asini ko’rsatish va Zoti Ahadni mulohaza qildirish uchun, xar kim xar martabada qiyinchiliksiz اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deb, to’g’ridan-to’g’ri Zoti Aqdasga xitob qilib yuzlanishi uchun rahmoniyat muxri ichida ahadiyat tamg’asini ko’rsatadi.

Qur'oni Hakim bu buyuk sirni ifodalash uchun, koinotning eng ulkan doirasida, masalan, samovot va Yerning yaratilishidan bahs qilgan vaqtida, yaqqol bir suratda xotami ahadiyatni ko’rsatish uchun birdaniga eng kichik doiradan va eng nozik parchadan so’z ochadi. Masalan: samovot va Yerning yaratilishi mavzusi ichida diqqat qochmasin, qalb bo’g’ilmasin, ruh Ma'budini to’g’ridan-to’g’ri topishi uchun insonning yaratilishidan, insonning ovozidan va siymosidagi ne'mat va hikmatning nozik tomonlaridan bahs ochadi. Masalan:

وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ

oyati mazkur haqiqatni mo’'jizali suratda ko’rsatadi.

Darhaqiqat, cheksiz yaratilgan borliqlarda va nihoyasiz ko’plikda vahdat sikkalari, ichma-ich doiralar kabi eng kattasidan eng kichik tamg’asi qadar turlari va martabalari bor. Lekin o’sha vahdat qancha bo’lsa ham, baribir ko’plik ichida vahdatdir. Haqiqiy xitobni to’liq ta'min qila olmaydi. Shuning uchun, to’g’ridan-to’g’ri Zoti Aqdasga qarata qalbga yo’l ochishi, ko’plikni xayolga keltirmasligi uchun vahdat orqasida ahadiyat sikkasi bo’lishi lozim. Yana, sikka-i ahadiyatga nazarlarni qaratish va qalblarni jalb qilish uchun o’sha sikka-i ahadiyat ustida o’ta jozibador bir naqsh va g’oyat porloq bir nur, g’oyat shirin bir halovat va g’oyat sevimli bir jamol, g’oyat quvvatli bir haqiqat bo’lgan rahmat tamg’asini va rahimiyat muxrini qo’ygan. O’sha rahmatning quvvati ongli mavjudotning nazarlarini jalb qiladi, o’ziga tortadi va ahadiyat tamg’asiga qovushtiradi. Zoti Ahadiyani mulohaza qildiradi va shu yo’l bilan اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ dagi haqiqiy xitobga sazovor qiladi.

Xullas, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" Fotihaning mundarijasi va Qur'onning qisqa bir xulosasi jihatidan, mazkur buyuk sirning unvoni va tarjimoni bo’lgan. Bu unvonni qo’liga olgan kimsa rahmatning tabaqalarida keza oladi. Va bu tarjimonni gapirtirgan rahmatning sirlarini o’rganadi, rahimiyat va shafqat nurlarini ko’radi.

BESHINCHI SIR:Bir hadisi sharifda kelganki:

اِنَّ اللّٰهَ خَلَقَ الْاِنْسَانَ عَلٰى صُورَةِ الرَّحْمٰنِ -اَوْ كَمَا قَالَ

Bu hadisni bir qism ahli tariqat iymon aqoidiga munosib bo’lmagan g’alati tarzda tafsir qilishgan. Hatto, ulardan bir qism ahli ishq insonning ma'naviy siymosiga surati Rahmon nazari bilan qaraganlar. Ahli tariqatning aksar qismida sakr va ahli ishqning ko’pida istig’roq va iltibos bo’lgani uchun, haqiqatga zid tushunchalarida balki uzrli hisoblanishadi. Lekin aqli joyida bo’lganlar fikran ularning aqida asoslariga zid bo’lgan ma'nolarini qabul qilmaydi. Qilsa, xato qilgan bo’ladi. Darhaqiqat, butun koinotni bir saroy, uy kabi muntazam idora qilayotgan va yulduzlarni zarralar kabi hikmatli va oson aylantirayotgan, kezdirayotgan va zarralarni intizomli xodimlar kabi ishlatayotgan Zoti Aqdasi Ilohiyning sherigi, o’xshashi, ziddi, tengi bo’lmagani kabi,

لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ وَهُوَ السَّم۪يعُ الْبَص۪يرُ

ning sirri bilan, surati, misli, misoli, monandi ham bo’lishi mumkin emas. Lekin,

وَلَهُ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ

sirri bilan, namuna va misol keltirish bilan shuunotiga, sifat va ismlariga qaraladi.

Demak, namuna va misol keltirish shuunot jixatidan mumkin. Mazkur hadisi sharifning juda ko’p maqsadlaridan biri shuki, inson ismi Rahmonni to’lig’icha ko’rsatadigan suratdadir. Yuqorida bayon qilganimizdek, koinotning siymosida ming bir ismning shu'lalaridan namoyon bo’lgan Rahmon ismi ko’ringani kabi, zamin yuzining siymosida Allohning mutlaq rububiyati cheksiz jilvalari bilan namoyon bo’lgan Rahmon ismi ko’rsatilgani kabi, insonning qamrovli suratida kichik miqyosda zaminning siymosi va koinotning siymosi kabi yana Rahmon ismining to’liq jilvasini ko’rsatadi", deganidir. Hamda: Zoti Rohmanir Rohiymning dalillari va oynalari bo’lgan jonli mavjudot va inson kabi sazovor bo’lganlarning Zoti Vojib-ul Vujudga dalolatlari shu darajada qat'iy, ochiq va yaqqolki, Quyoshning timsolini va aksini ko’rsatgan yorug’ oynaning porloqligiga va dalolatining yaqqolligiga ishora qilib "O’sha oyna Quyoshdir" deyilganidek, yaqqol dalolat va mukammal munosabatiga ishora qilib "Insonda surati Rahmon bor" deyilgan va aytiladi. Ahli Vahdat-ul Vujudning mo’'tadil qismi o’sha sirga binoan, ushbu dalolatning yaqqolligiga va bu munosabatning kamoliga unvon sifatida "La Mavjuda illo Hu" deyishgan.

اَللّٰهُمَّ يَا رَحْمٰنُ يَا رَح۪يمُ بِحَقِّ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ اِرْحَمْنَا كَمَا يَل۪يقُ بِرَح۪يمِيَّتِكَ وَ فَهِّمْنَا اَسْرَارَ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ كَمَا يَل۪يقُ بِرَحْمَانِيَّتِكَ اٰم۪ينَ

OLTINCHI SIR:Ey cheksiz ojizlik va nihoyasiz muhtojlik ichida o’ralashayotgan bechora inson! Rahmat qanchalik qiymatdor vosita va qanchalik maqbul shafoatchi ekanini angla: O’sha rahmat shunday bir Sultoni Zuljalolga vosita bo’lib, yulduzlar va zarralar birgalikda mukammal intizom va itoat bilan Uning qo’shinida xizmat qilmoqda. Va Zoti Zuljalolning, Sultoni Azal va Abad zotiy behojatlik va mutlaq ehtiyojsizlik ichidadir. Hech bir jihatdan koinotga va mavjudotga ehtiyoji bo’lmagan bir G’aniyyi 'Alal-itloqdir. Butun koinot amr va idorasi ostida, haybat va azamati ostida nixoyatda itoatda, jaloli qarshisida xorlikdadir. Bas, ey inson rahmat seni O’sha Mustag’niyi 'Alal-itloqning va Sultoni Sarmadiyning huzuriga chiqaradi, Unga do’st qiladi va Unga suhbatdosh qiladi va sevgili bir banda vaziyatini beradi. Lekin, Quyoshga yetisholmaganing kabi, undan juda uzoqsan, hech bir jihatdan yaqinlasholmaysan. Lekin, Quyoshning ziyosi Quyoshning aksini, jilvasini sening oynang vositasida qo’lingga beradi. Xuddi shuning kabi, Zoti Aqdasga va Shamsi Azal va Abaddan biz benihoya uzoq bo’lsakda, yaqinlasha olmasakda Uning ziyo-i rahmati Uni bizga yaqinlashtiradi.

Bas, ey inson!Bu rahmatni topgan kimsa abadiy tuganmas bir nur xazinasini topadi. U xazinani topishning chorasi, rahmatning eng porloq bir misoli va namoyandasi, rahmatning eng balog’atli tili va dalloli va Qur'onda "Rahmatan lil-olamiyn" deb nomlangan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning sunnati va Unga ergashishdadir. Rahmatan lil-olamiyn bo’lmish jismlashgan rahmatga yaqinlashish vositasi - salavotdir! Darhaqiqat, salavotning ma'nosi rahmatdir. Va jonli jismlashgan rahmatga rahmat duosi bo’lgan salavot esa, rahmatan lil-olamiynga yetishishga vositadir.

Shunday ekan, sen salavotni o’zing uchun rahmatan lil-olamiynga ulash uchun yaqinlashish vositasi qil va u Zotni rahmati Rahmonga yaqinlashish vositasi deb qabul qil. Umum ummatning rahmatan lil-olamiyn bo’lgan alayhissalotu vassalom haqlariga nihoyasiz rahmat ma'nosidagi salavot aytishlari, rahmatning qanchalik qiymatdor bir Ilohiy hadya va qanchalik keng bir doirasi ekanligini porloq bir suratda isbot qiladi.

Bir so’z bilan, rahmat xazinasining eng qiymatli olmosi va darvozaboni Zoti Ahmadiya alayhissalotu vassalom bo’lgani kabi, eng birinchi kaliti "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dir. Va eng oson kaliti salavotdir!

اَللّٰهُمَّ بِحَقِّ اَسْرَارِ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ

كَمَا يَل۪يقُ بِرَحْمَتِكَ وَ بِحُرْمَتِه۪ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ اَصْحَابِه۪ اَجْمَع۪ينَ

وَ ارْحَمْنَا رَحْمَةً تُغْن۪ينَا بِهَا عَنْ رَحْمَةِ مَنْ سِوَاكَ مِنْ خَلْقِكَ اٰم۪ينَ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

IKKINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ

Iymonda qanchalik buyuk bir saodat va ne'mat hamda qanchalik buyuk bir lazzat va xotirjamlik borligini anglashni istasang, shu misoliy hikoyachaga boq, tingla:

Bir vaqt ikki odam ham rohatlanish, ham tijorat uchun sayohatga chiqishdi. Biri xudbin, omadsiz bir tarafga, narigi xudoni tanigan, baxtiyor boshqa tarafga yo’l olib ajralishdi. Xudbin odam ham o’z g’amini yeydigan, ham o’zini o’ylaydigan, ham badbin bo’lgani uchun, badbinlikning jazosi sifatida, nazarida juda yomon bir mamlakatga tushadi. Qaarasa, hamma yerda ojiz, bechora odamlar zo’ravon, zolimlarning tomonidan va buzg’unchiliklaridan dod-faryod qilmoqda. Borgan hamma joylarida mungli, azobli holatni ko’radi. Butun mamlakat umumiy motamxona shaklini olgan. Bu azobli va zulmatli holatni his qilmaslik uchun u sarxushlikdan boshqa chora topolmaydi. Chunki hamma unga dushman va ajnabiy bo’lib ko’rinadi. Xar tarafda qo’rqinchli o’liklarlarni va ma’yus holda yig’lagan yetimlarni ko’radi. Vijdoni azob ichida qoladi.

Narigi odam Xudoni tanigan, xudoparast va haqni qidirgan, go’zal axloqli edi. U tasavvurida juda go’zal bir mamlakatga tushdi. Bu yaxshi odam kirgan mamlakatida umumiy shodiyona. Hamma tarafda bir sevinch, bir bayram, bir jazba va surur ichida zikrxonalar... Hamma unga do’st va qarindosh bo’lib ko’rinadi. Butun mamlakatda olqishlar va tashakkurlar bilan umumiy nafaqaga chiqarilish shodiyonasini ko’radi. "Allohu akbar" va "La ilaha illalloh" deb baxtli bo’lib askarlikka chaqirilish uchun do’mbira, musiqa ovozini eshitadi. Avvalgi badbaxtning ham o’zining, ham umum xalqning azobi bilan azob chekishi o’rniga, bu baxtiyor odam ham o’zining, ham umum xalqning sevinchi bilan baxtli va xursand edi. Ham yaxshigina tijorat qildi. Allohga shukr qildi.

So’ng, avvalgi odamni uchratdi. Ahvolini ko’rib, tushundi va unga: "Menga qara, sen telba bo’libsan. Ichingdagi xunukliklar zohiringda aks etibdi. Chunki kulishni yig’lash, nafaqaga chiqishni talon-taroj qilish deb o’ylayapsan. Esingni yig’, qalbingni pokla. Shu musibatli parda sening nazaringdan ko’tarilsin, haqiqatni ko’ra olgin. Zero, bu yer o’ta odil, marhamatkor, raiyatparvar, qudratli, intizomparvar, shafqatli bir Molikning mamlakatidir. Ko’z o’ngingda buncha taraqqiyot va kamolot belgilarini ko’rsatgan mamlakat sening hayoling ko’rsatgan suratda emas", dedi. Shunda u badbaxtning aqli kirib, nadomat qildi. "Ha, men aysh-ishratdan telba bo’lgan edim. Alloh sendan rozi bo’lsin, Jahannamiy holatdan meni qutqarding", dedi.

Ey nafsim! Bilginki, avvalgi odam kofirdir. Yoki g’ofil fosiqdir. Bu dunyo uning nazarida umumiy bir motamxonadir. Barcha jonzotlar ayriliq va zavol dakkisidan yig’lagan yetimlardir. Hayvonlar va inson esa, ajal panjasi bilan mijig’langan kimsasiz beboshlardir. Tog’lar va dengizlar kabi ulkan mavjudot ruhsiz, qo’rqinchli mayyit kabidir. Yana kufridan va zalolatidan kelib chiqib, qattiq azobli, ezuvchi, dahshatli hayollarlar uni ma'nan azoblaydi.

Narigi odam esa mo’mindir. Janobi Xoliqni taniydi, tasdiqlaydi. Uning nazarida bu dunyo bir Rahmonning zikrxonasi, insonlar va hayvonlarning ta'lim dargohi, va inson va jinlarning imtihon maydonidir. Barcha hayvonlar va insonlarning vafotlari esa nafaqaga chiqishdir. Hayot vazifasini tugatganlar, yangi vazifadorlarga yer ochilishi, kelib ishlashi uchun bu foniy dunyodan ma'nan hursand bo’lib, xavotirsiz boshqa olamga ketishadi. Barcha hayvonlar va insonlarning tavalludlari esa, askarlik xizmatiga, qurollanish, vazifa boshiga kelishdir. Barcha jonzotlar bir bir vazifador baxtiyor askar, mustaqim, mamnun xodimlardir. Barcha sadolar esa, yo vazifa boshlanishidagi zikr va tasbeh va nafaqaga chiqishdan kelgan shukr va sevinch yoki ish hursandchiligidan kelib chiqqan ohanglardir. Barcha mavjudot mo’min kishining nazarida Sayyidi Karimining va Moliki Rahimining munis xizmatkori, do’st xodimi, shirin kitobidir. Yana bu kabi juda ko’p latif, yuksak va laziz, shirin haqiqatlar iymonidan namoyon bo’ladi, ko’rinadi.

Demak, iymon ma'naviy Jannatdagi bir tubo daraxtining urug’ini o’z ichiga olgan. Kufr esa ma'naviy Jahannamdagi zaqqum daraxtining bir urug’ini saqlaydi.

Demak, qutulish va ishonch faqat Islomiyatda va iymondadir. Shunday ekan, biz doim اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى د۪ينِ الْاِسْلَامِ وَ كَمَالِ الْا۪يمَانِ deyishimiz lozim.

* * *

UCHINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا

Ibodat naqadar buyuk bir tijorat va saodat, fisq va kayf-safo naqadar buyuk bir zarar va halokat ekanini tushunishni istasang, shu misoliy hikoyachaga boq, tingla...

Bir kuni ikki askar uzoq bir shaharga borish uchun amr oladi. Yo’llari ikkiga ayrilgunga qadar birga ketdi. Yo’llar ayrilgan joyda bir odamni ko’rishdi, ularga: "O’ng tomondagi yo’lning umuman zarari yo’qligi bilan birga, unda ketgan yo’lovchilardan o’ndan to’qqizi ulkan foyda va farog’at topadi. Chap tomondagi yo’lning esa, foydasi yo’qligi bilan birga, o’n yo’lovchidan to’qqiztasi zarar ko’radi. Yo’llarning ikkalasi ham qisqa va uzunlikda bir hildir. Lekin bitta farqi bor, intizomsiz va boshqaruvsiz chap tomondagi yo’lning yo’lovchisi safar xaltasisiz, qurolsiz ketadi. Yuzaki yengillik, yolg’onchi farog’atda bo’ladi.

Askariy intizom ostidagi o’ng yo’lning yo’lovchisi esa, to’yimli xulosalar bilan to’ldirilgan to’rt o’qqalik safar xaltasi va xar qanday dushmanni yengadigan va mag’lub qiladigan ikki qiyyalik mukammal bir davlat qurolini tashishga majbur...", deydi.

Ikki askar ta'riflagan odamning so’zini tinglagandan so’ng, baxtiyor askar o’ng tomondagi yo’lni tanlaydi. Bir botmon og’irlikni yelkasi va beliga oladi. Ammo qalbi va ruhi minglab botmon minnatlardan va qo’rquvlardan qutuladi. Ikkinchi badbaxt askar esa, askarlikni tashlaydi. Nizomga tobe bo’lishni istamaydi, chap tomonga ketadi. Jismi bir botmon og’irlikdan qutuladi, ammo qalbi minglab botmon minnatlar ostida va ruhi chekciz qo’rquvlar ostida eziladi. Ham hammaga tilanchi, ham barcha narsadan, xar bir hodisadan titraydigan ahvolda ketadi. Nihoyat mo’ljallangan joyga yetadi. U yerda osiy va qochoq jazosini ko’radi.

Askarlik nizomini sevgan, safar xaltasi va qurolini muhofaza qilgan va o’ng tomondan ketgan askar esa, hech kimni minnatiga qolmasdan, hech kimdan qo’rqmasdan, qalb va vijdon xotirjamligi bilan yuradi. Nihoyat o’sha kerakli shaharga yetadi. U yerda vazifasini go’zal ado qilgan nomusli askarga munosib mukofot oladi.

Mana ey sarkash nafs! Bilginki, ikki yo’lovchining biri Allohning qonuniga itoatkor, ikkinchici esa osiy va hoyu-havasga tobe insonlardir. U yo’l - hayot yo’li bo’lib, ruhlar olamidan kelib, qabrdan o’tadi, oxirat tomon ketadi. Safar xaltasi va qurol esa - ibodat va taqvodir. Ibodatning garchi yuzaki bir og’irligi bo’lsada, ma'nosida shunday bir farog’at va yengillik borki, ta'riflab bo’lmaydi.

Chunki obid namozida: اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydi, ya'ni: "Undan boshqa Xoliq va Razzoq yo’q. Zarar va manfaat uning qo’lidadir. U ham Hakimdir - foydasiz ish qilmaydi, ham Rahimdir - ehsoni, marhamati ko’pdir", deb e'tiqod qilgani uchun, hamma narsada bir rahmat xazinasi eshigini topadi. Duo bilan qoqadi. Ham hamma narsani o’z Rabbining amriga bo’ysundirilgan holda ko’radi, Rabbiga iltijo qiladi. Tavakkal bilan tayanib, xar qanday musibatdan himoyalanadi. Iymoni unga to’liq ishonch beradi. Ha, xar qanday haqiqiy yaxshilik kabi, jasoratning ham manbai iymondir, qullikdir. xar bir yomonlik kabi, qo’rqoqlikning ham manbai zalolatdir.

Ha, qalbi to’liq nurlangan bir obidni, yer kurrasi bomba bo’lib portlasa, ehtimol, uni qo’rqitmaydi. Balki, hayratlanarli qudrati Samadoniyani lazzatli hayrat bilan tomosha qiladi. Lekin mashhur bir aqlli deyilgan qalbsiz fosiq faylasuf esa, osmonda bir dumli yulduzni ko’rsa, yerda titraydi. "Ajabo, bu daydi yulduz sayyoramizga urilsa bormi?" deydi. Vahimaga tushadi. (Bir davrda shunday bir yulduzdan Amerika titradi. Ko’pchilik kechasi uylarini tashlab chiqishdi.)

Ha, inson sanoqciz narsalarga muhtojdir, sarmoyasi esa yo’q... Ham nihoyatsiz musibatlarga duchor, iqtidori yo’q hukmida bir narsadir... Sarmoya va iqtidorining doirasi, qo’li qayerga yetsa, o’shancha. Ammo umidlari, orzulari, azoblari va balolari esa, doirasi, ko’zi, xayoli yetib borgan joygacha kengdir. Bu daraja ojiz, zaif, faqir va muhtoj bo’lgan inson ruhiga ibodat, tavakkal, tavhid, taslim qanchalik ulkan foyda, saodat, ne'mat ekanini batamom ko’r bo’lmagan odam ko’radi, idrok etadi. Ma'lumki, zararsiz yo’l zararli yo’ldan, hatto o’n ehtimoldan bir ehtimol bilan bo’lsa ham, ustun qo’yiladi. Xolbuki, masalamiz bo’lgan qullik yo’li, zararsiz bo’lish bilan birga, o’ndan to’qqiz ehtimol bilan abadiy bir saodat xazinasi bordir. Fisq va kayf-safo yo’li esa, hatto fosiqning e'tirofi bilan ham, manfaatsiz bo’lishi bilan birga, o’ndan to’qqiz ehtimol bilan, abadiy azob-uqubat halokatga cabab bo’lishi, ijmo’ va tavotur darajasida son sanoqciz mutahassislar va tajriba qilganlarning guvohligi bilan aniqlangan. Va ahli zavq va kashfning xabarlari bilan muhaqqaqdir.

Xullas kalom: Oxirat kabi, dunyo saodati ham - ibodatda va Allohga askar bo’lishdadir. Shunday ekan, biz doimo اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلَى الطَّاعَةِ وَالتَّوْف۪يقِ deyishimiz kerak. Va musulmon bo’lganimizga shukr qilishimiz kerak.

* * *

TO’RTINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلصَّلَاةُ عِمَادُ الدّ۪ينِ

Namoz qanchalik qiymatli va muhim, ham qanchalik arzon va oz xarajat bilan qozoniladi, ham namozsiz odam qanchalik telba va zararli ekanini ikki karra ikki to’rt darajasida qat'iy anglashni istasang, shu misoliy hikoyachaga qara, ko’r:

Bir kuni bir buyuk hokim ikki xizmatkorini, xar biriga yigirma to’rt oltindan berib, ikki oylik masofa uzoqligidagi xos va go’zal bir xo’jaligiga istiqomat qilish uchun yuboradi. Ularga: "Bu pulni yo’l va chipta xarajatiga ishlating. U yerdagi maskaningizga kerakli ba'zi narsalarni sotib oling. Bir kunlik masofada bir bekat bor. Ham mashina, ham kema, ham poyezd, ham samolyot bor. Sarmoyaga ko’ra miniladi". deb amr qiladi.

Ikki xizmatkor dars olgandan so’ng ketadi. Biri baxtiyor edi, bekatgacha biroz pul xarajat qiladi. Lekin o’sha xarajat ichida xo’jayiniga yoqadigan shunday go’zal tijorat qiladiki, sarmoyasi birdan mingga chiqadi. Ikkinchi xizmatkor badbaxt, sayoq bo’lganidan, bekatgacha yigirma uch oltinini sarf qiladi. Qimor-mimorga berib zoye qiladi, bir dona oltini qoladi. Sherigi unga: "O’rtoq! Bu uzun yo’lda yayov va och qolmasliging uchun bu oltinni bir chiptaga ber. Xo’jayinimiz ham karamlidir. Balki marhamat qiladi, qilgan xatoingni kechiradi. Seni samolyotga mindiradilar. Bir kunda istiqomat joyimizga yetamiz. Bo’lmasa, ikki oylik cho’lda och, yayov, yolg’iz ketishga majbur bo’lasan", deydi. Ajabo, u odam qaysarlik qilib, yagona oltinini bir xazinaning kaliti bo’lgan chiptaga bermasdan, vaqtinchalik lazzat uchun kayf-safoga sarflasa, o’ta aqlsiz, zararli, badbaxt ekanini eng aqlsiz odam ham anglamaydimi?

Mana ey namozsiz odam va ey namozdan xushlanmagan nafsim!

Hokim - Rabbimiz, Xoliqimizdir. Ikki xizmatkor yo’lovchi esa, biri dindor, namozini shavq bilan o’qiydi. Boshqasi g’ofil, namozsiz insonlardir. Yigirma to’rt oltin esa, yigirma to’rt soat, xar kungi umrdir. Xos xo’jalik - Jannatdir. Bekat - qabrdir. U sayohat esa qabrga, hashrga, abadga ketiladigan bashar yo’lovchiligidir. Amalga ko’ra, taqvo quvvatiga ko’ra odamlar uzun yo’lni farqli darajada bosib o’tishadi. Bir qism ahli taqvo, yashin kabi, ming yillik yo’lni bir kunda o’tadi. Bir qismi esa, xayol kabi, ellik ming yillik masofani bir kunda bosib o’tadi. Qur'oni Azimushshon bu haqiqatga ikki oyati bilan ishorat qiladi. Chipta esa, namozdir. Birgina soat, besh vaqt namozga, tahorati bilan, kifoya qiladi. Ajabo, yigirma uch soatini shu qisqagina dunyoviy hayotga sarflab, uzun abadiy hayotga birgina soatini sarflamagan odam qanchalik zarar qiladi, nafsiga qanchalik zulm qiladi, qanchalik aqlga xilof harakat qiladi. Ming odam ishtirok etgan lotoreya qimoriga yarim molini tikishni aql qabul qiladi, holbuki yutuq ehtimoli mingdan bir. Yigirma to’rtdan bir molini yuzdan to’qson to’qqiz ehtimol bilan yutishi tasdiqlangan abadiy xazinaga bermaslik, qanchalik aql va hikmatga teckari harakat ekanini, qanchalik aqldan uzoqligini, o’zini aqlli hisoblagan odam anglamaydimi?!

Xolbuki namozda ruhning, qalbning va aqlning buyuk rohati bor. Jismga ham unchalik og’ir ish emas. Namoz o’qigan odamning qolgan dunyoviy muboh amallari go’zal niyat bilan ibodatga aylanadi. Bu suratda butun umr sarmoyasini oxiratga zahira qila oladi. Foniy umrini bir jihatda boqiylashtiradi.

* * *

BESHINCHI SO’Z

اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الَّذ۪ينَ اتَّقَوْا وَالَّذ۪ينَ هُمْ مُحْسِنُونَ

Namoz o’qish va gunohi kabiralardan uzoq turish qay daraja haqiqiy insoniylik vazifasi va qanchalik fitriy, munosib insoniyatning yaratilish natijasi ekanini ko’rishni istasang, misoliy hikoyachaga qara, tingla:

Safarbarlikda bir harbiy qismda biri ta'lim ko’rgan, vazifaparvar, boshqasi tajribasiz, nafsparvar ikki askar birga edi. Vazifaparvar askar ta'limga va jihodga diqqat qilardi, rizq va maoshini hech o’ylamasdi. Chunki uni yedirish va jihozlarini berish, kasal bo’lsa davolash, hatto ehtiyoj bo’lganda luqmani og’ziga solib qo’yish - davlatning vazifasi ekanini tushungan edi. Uning asl vazifasi, ta'lim va jihoddir. Ammo ba'zan oziq-ovqat va jihozlar ishlarida ishlardi. Qozon qaynatar, idishlarni yuvar, olib kelar edi. Undan: "Nima qilyapsan?", deb so’ralsa, "Davlatga bepul ishlab beryapman", derdi. "Tirikchiligim uchun ishlayapman", demasdi.

Ikkinchi ochofat va tajribasiz askar esa, ta'limga va urushga diqqat qilmasdi. "U davlat ishidir. Menga nima", derdi. Doimo tirikchiligini o’ylab, uning orqasidan yurar, harbiy qismni tark etar, bozorga ketar, oldi-berdi qilar edi. Bir kuni ta'lim ko’rgan o’rtog’i unga aytdi:

-Birodar, asl vazifang ta'lim olish va jang qilishdir. Sen shuning uchun bu yerga keltirilgansan. Podshohga ishon. U seni och qoldirmaydi. Bu uning vazifasidir. Ham sen ojiz va faqirsan, hamma joyda o’zingni ta'minlay olmaysan. Ham jihod va safarbarlik zamonidir. Ham senga osiy deb, jazo beradilar.

Ha, ikki vazifa qarshimizda ko’rinyapti. Biri podshohning vazifasidir. Ba'zan biz unga bepul ishlab beramiz, u bizni parvarish qiladi. Boshqasi bizning vazifamizdir. Podshoh bizga osonlashtirishlar bilan yordam beradiki, ta'lim va urushdir. Ajabo, u sayoq askar u mujohid ta'lim ko’rganga quloq solmasa, qanchalik tahlikaga tushishini, anglaysan!

Mana ey tanbal nafsim! U beqaror urush maydoni, bu sertashvish dunyo hayotidir. Harbiy qismlarga taqsimlangan qo’shin esa, insonlar jamiyatidir. Harbiy qism esa, shu asrning Islom jamoatidir. Ikki askar esa, biri diniy farzlarini bilgan va bajargan, gunohi kabiralarni tark va gunohlarni qilmaslik uchun nafs va shayton bilan jihod qiluvchi taqvodor musulmondir. Boshqasi, Razzoqi Haqiqiyni ayblash darajasida tirikchilik dardiga sho’ng’ib, farzlarni tark qilib, tirikchilik yo’lida duch kelgan gunohlarni qilgan fosiqi ziyondagi kimsadir. Ta'lim va buyruq esa (boshda namoz) ibodatlardir. Jihod esa, nafs va hoyu-havas, jin va ins shaytonlariga qarshi jihod qilib, gunohlardan va razil axloqdan, qalb va ruhini abadiy halokatdan qutqarishdir. Ikki vazifa esa, biri, hayotni berib yedirishdir. Ikkinchisi, hayotni berganga va yedirganga topinib yolvorishdir. Unga tavakkal qilib, ishonishdir.

Ha, eng porloq bir Samadoniy san’at mo’jizasi va Rabboniy hikmat horiqosi bo’lgan hayotni kim bergan, yaratgan bo’lsa, rizq bilan hayotni ta'minlagan va davom ettirgan ham udir. Undan boshqasi emas... Dalil istaysanmi? Eng zaif, eng past hayvon eng yaxshi oziqlanadi (meva qurtlari va baliqlar kabi). Eng ojiz, eng nozik maxluq, eng yaxshi rizqni u yeydi (chaqaloqlar va hayvon bolalari kabi).

Halol rizq vositasi iqtidor va ixtiyor bilan emasligini, balki ojiz va zaifligi uchun berilishini anglash uchun baliqlar bilan tulkilarni, hayvon bolalari bilan yirtqichlarni, daraxtlar bilan hayvonlarni taqqoclash kifoya.

Demak, tirikchilik dardi uchun namozini tark qilgan kimsa ta'limni va handaqni tark qilib, bozorda tilanchilik qilgan askarga o’xshaydi. Ammo namozini o’qigandan so’ng Janobi Razzoqi Karimning rahmat oshxonasidan ulushini qidirish, boshqalarga yuk bo’lmaslik uchun shaxsan borish go’zaldir, mardlikdir, u ham bir ibodatdir.

Inson ibodat uchun yaratilganini fitrati va ma'naviy jihozlari ko’rsatadi. Chunki dunyoviy hayotiga lozim bo’lgan amal va iqtidor jihatidan eng oddiy chumchuqqa yeta olmaydi. Ammo ma'naviy va uxroviy hayotiga kerakli ilm va faqirlik bilan yolvorish, ibodat jihatidan hayvonotning sultoni va qo’mondoni hukmidadir.

Demak, ey nafsim! Agar dunyoviy hayotni asl maqsad qilsang va u uchun doim ishlasang, eng oddiy bir chumchuq hukmida bo’lasan. Agar uxroviy hayotni asl maqsad qilsang, shu hayotni ham unga vosita va ekinzor qilsang, unga ko’ra harakat qilsang, hayvonotning buyuk bir qo’mondoni hukmida, shu dunyoda Janobi Haqning nozli va niyozdor bir bandasi, mukarram va muhtaram bir musofiri bo’lasan.

Mana senga ikki yo’l, istaganingni tanla! Hidoyat va tavfiqni Arhamur-rohimindan ista...

* * *

OLTINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اِنَّ اللّٰهَ اشْتَرٰى مِنَ الْمُؤْمِن۪ينَ اَنْفُسَهُمْ وَاَمْوَالَهُمْ بِاَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ

Nafsi va molini Janobi Haqqa sotish, Unga banda va askar bo’lish qanchalik foydali bir tijorat, qanchalik sharafli bir martaba ekanini anglashni istasang, ushbu mosoliy hikoyachani tingla:

Bir zamon bir podshoh raiyatidan ikki odamga, xar biriga omonat qilib bittadan xo’jalik beradiki, ichida fabrika, uskuna, ot, qurol kabi hamma narsa bor. Ammo bo’ronli bir urush zamoni bo’lgani uchun, hech narsa barqaror turmaydi. Yo yo’q bo’ladi yoki o’zgaradi, ketadi. Podshoh u ikki askarga kamoli marhamatidan hurmatli elchicini yubordi. G’oyat marhamatli bir farmon bilan ularga aytdi: "Qo’lingizdagi omonatimni menga sotinglar.

1. Siz uchun muhofaza qilay, behuda zoye bo’lmasin. Urush tugagandan so’ng sizga yanada go’zal bir suratda qaytarib beraman.

2. Ham, u omonat go’yo sizning molingiz. Sizga juda katta haq beraman.

3. Ham, u uskuna va fabrikadagi jihozlar mening nomim bilan va mening dastgohimda ishlatiladi.

4. Ham narxi, ham haqlari birdan mingga yuksaladi. Butun foydani sizga beraman.

5. Hamda siz ojiz va faqirsiz. U ulkan ishlarning xarajatlarini ko’tara olmaysiz. Barcha xarajat va kerakli narsalarni men zimmamga olaman. Barcha kirim va daromadni sizga beraman. Hamda nafaqa vaqtiga qadar qo’lingizda qoldiraman. Mana, besh martaba foyda ustiga foyda...

Agar menga sotmasangiz, zotan ko’rib turibsizki,

1) hech kim o’z qo’lidagini muhofaza qila olmayapti. Xar kimnikidek, qo’lingizdan chiqadi.

2) Ham behuda ketadi, ham u yuksak narxdan mahrum qolasiz.

3) Ham u nozik, qiymatli jihozlar, mezonlar iste'mol qilinadigan shohona ma'danlar va ishlar topmaganidan, batamom qiymatdan tushadi.

4) Ham idora va muhofaza zahmati va tashvishi o’zingizga qoladi.

5) Ham omonatga xiyonat jazosini ko’rasiz.

Mana, besh daraja zarar ustiga zarar...

Menga sotish - menga askar bo’lib, mening nomim bilan tasarruf etish demakdir. Oddiy bir asir va tartibsizlik o’rniga, oliy bir podshoning xos, erkin eng yaqin askari bo’lasiz".

Ular bu iltifotni va farmonni tinglagandan so’ng, ikki odamdan aqli joyida bo’lgani:

-Bosh ustiga, men iftixor bilan sotaman. Ham ming tashakkur aytaman, dedi.

Narigisi mag’rur, nafsi fir'avnlashgan, xudbin, sarxush, go’yo abadiy u xo’jalikda qoladiganday, dunyo zilzilalaridan, tashvishlaridan xabari yo’qday:

-Yo’q! Podshoh kim ekan? Men mulkimni sotmayman, tinchimni buzmayman..., dedi.

Bir oz vaqt o’tib birinchi odam shunday bir martabaga chiqdiki, hamma holiga havas qilardi. Podshohning lutfiga sazovor bo’lgan, xos saroyida saodat bilan yashayapti. Ikkinchisi shunday bir holga giriftor bo’ldiki: Ham hamma unga achindi, hamda "Shunga loyiq!" dedi. Chunki xatosining natijasi sifatida ham saodati va mol-mulki ketgan, ham jazolanyapti va azob chekyapti.

Mana ey serhavas nafs! Bu misolning durbini bilan haqiqatning yuziga qara. Podshoh - azal-abad Sultoni bo’lgan Rabbing, Xoliqingdir. Va u xo’jaliklar, uskunalar, jihozlar, mezonlar esa, sening hayot doirang ichidagi ega bo’lgan narcalaring va u sohib bo’lganlaring ichidagi jism, ruh va qalbing va ular ichidagi ko’z va til, aql va xayol kabi zohiriy va botiniy tuyg’ularingdir. Va u hurmatli elchi esa, Rasuli Karimdir. Farmoni ahkom esa, Qur'oni Hakim bo’lib, biz aytgan katta tijoratni shu oyat bilan e'lon qilyapti:

اِنَّ اللّٰهَ اشْتَرٰى مِنَ الْمُؤْمِن۪ينَ اَنْفُسَهُمْ وَاَمْوَالَهُمْ بِاَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ

Tashvishli urush maydoni esa, shu bo’ronli dunyo yuzi bo’lib, to’xtamaydi, aylanadi, buziladi. Xar bir inson: "Modomiki hamma narsa qo’limizdan chiqib, foniy bo’lib yo’qoladi. Ajabo, boqiyga almashtirib boqiylashtirish chorasi yo’qmi?" deb o’ylar ekan, birdan samoviy Qur'on sadosi eshitiladi. "Ha, bor. Ham besh martaba foydali bir suratda go’zal va rohat bir chorasi bor", deydi.

Savol: Chorasi nima ekan?

Javob: Omonatni haqiqiy sohibiga sotish... Sotishda besh daraja foyda ustiga foyda bor.

Birinchi foyda: Foniy mol boqiylashadi. Chunki Qayyumi Boqiy bo’lgan Zoti Zuljalolga berilgan va Uning yo’lida sarf qilingan bu o’tkinchi umr boqiyga aylanadi, boqiy mevalar beradi. Shunda umr daqiqalari xuddi danaklar, urug’ bo’lib zoxiran yo’qoladi, chiriydi. Ammo baqo olamida saodat gullari ochadilar va unib chiqadilar. Va barzoh olamida ziyodor, munis manzara bo’lishadi.

Ikkinchi foyda: Jannat kabi bir narx beriladi.

Uchinchi foyda: xar bir a'zo va tuyg’ularning qiymati birdan mingga chiqadi. Masalan,aqlbir jihozdir. Agar Janobi Haqqa sotmasdan, nafs hisobiga ishlatsang, shunday badbaxt va qiynovchi va zeriktiruvchi bir jihoz bo’ladiki, o’tgan zamonning mahzun azoblarini va kelajakning dahshatli qo’rquvlarini bu bechora boshingga yuklaydi, baxtsiz va zararli jihoz darajasiga tushadi. Shuning uchun: Fosiq odam aqlning iztirob va azobidan qutulish uchun ko’pincha yo sarxushlikka yoki ko’ngilxushlikka qochadi. Agar Moliki Haqiqiysiga sotib, uning hisobiga ishlatsang, aql shunday sirli bir kalit bo’ladiki: Koinotdagi nihoyatsiz rahmat xazinalarini va hikmat boyliklarini ochadi. Bu bilan sohibini abadiy saodatga tayorlagan Murshidi Rabboniy darajasiga chiqadi.

Masalan:Ko’zbir tuyg’u bo’lib, ruh bu olamni u deraza orqali tomosha qiladi. Agar Janobi Haqqa sotmasdan, balki nafs hisobiga ishlatsang, o’tkinchi, ba'zi o’tkinchi go’zalliklarni, manzaralarni ko’rib, shahvat va nafsoniy hoyu-havasga hayociz vocita darajasidagi xizmatkor bo’ladi. Agar ko’zni ko’zning Sone'-i Basiriga sotsang va Uning hisobiga va ruxsati doirasida ishlatsang, u vaqt shu ko’z shu ulkan koinot kitobining mutolaachisi va bu olamdagi Mo’'jizoti San'ati Rabboniyaning tomoshabini va Yer kurrasi bog’idagi rahmat gullarining muborak arisi darajasiga chiqadi.

Tildagita'm sezish tuyg’usiniFotiri Hakimiga sotmay, nafs hisobiga, me'da nomiga ishlatsang, unda me'daning oxuriga va fabrikasiga darvozabon darajaciga tushadi, tubanlashadi. Agar Razzoqi Karimga sotsang, tildagi ta'm sezish tuyg’usi Rahmati Ilohiya xazinalarining mohir noziri va Qudrati Samadoniya oshxonalarining shukr qilgan taftishchisi martabasiga chiqadi.

Mana ey aql, diqqat qil! Badbaxt bir jihoz qayerda... Koinot kaliti qayerda... Ey ko’z, go’zal qara! Oddiy bir hayociz qayerda... Kutubxona-i Ilohiyning o’qimishli nazoratchici qayerda... Va ey til, yaxshilab tot! Bir oxur darvozaboni va fabrika ta'qiqchisi qayerda... Xazina-i xossa-i Rahmat noziri qayerda...

Va yana bular kabi boshqa jihozlarni va a'zolarni qiyos qilsang, anglaysanki: Haqiqatdan, mo’min Jannatga loyiq va kofir Jahannamga muvofiq mohiyatga ega. Va ularning xar biri bu qiymatni olishlarining sababi: mo’min iymoni bilan Xoliqining omonatini uning nomi bilan va izni doirasida iste'mol qilishidir. Va kofir xiyonat qilib, nafsi ammora hisobiga ishlatishidir.

To’rtinchi foyda: Inson zaifdir, balolari ko’p. Faqirdir, ehtiyoji juda ziyoda. Ojizdir, hayot yuki juda og’ir. Agar Qodiri Zuljalolga tayanib, tavakkal qilmasa va cuyanib, taslim bo’lmasa, vijdoni doimo azob ichida bo’ladi. Samarasiz mashaqqatlar, azoblar, nadomatlar uni bo’g’adi. Yo mast yoki jonivor qiladi.

Beshinchi foyda: Barcha a'zo va jihozlarning ibodati va tasbehoti va yuksak haqlari eng muhtoj bo’lgan vaqtingda, Jannat mevalari suratida senga berilishiga ahli zavq va kashf va ahli ixtisos va mushohada ittifoq etganlar.

Ushbu besh daraja foydali tijoratni qilmasang, shu foydalardan mahrum bo’lishdan tashqari, besh daraja zarar ustiga zararga tushasan.

Birinchi zarar: Sevgan mol va avloding, va topingan nafs va hoyu-havasing, va maftun bo’lgan yoshlik va hayoting zoye bo’lib yo’qoladi, qo’lingdan chiqadi. Lekin gunohlarini, azoblarini senga qoldirib, bo’yningga yuklaydi.

Ikkinchi zarar: Omonatga xiyonat jazosini olasan. Chunki eng qiymatli jihozlarni eng qiymatsiz narsalarda sarf qilib, nafsingga zulm qilding.

Uchinchi zarar: Barcha qiymatli insoniy jihozlarni hayvonlikdan past bir darajaga tushirib, hikmati Ilohiyaga bo’hton va zulm qilding.

To’rtinchi zarar: Ojizliging va faqirliging bilan birga, juda og’ir hayot yukini zaif belingga yuklab, zavol va firoq dakkisi ostida doimo faryodu fig’on qilasan.

Beshinchi zarar: Abadiy hayotning asoslarini va ohirat saodatning kerakli narsalarini qo’lga kiritish uchun berilgan aql, qalb, ko’z va til kabi go’zal Rahmoniy hadyalarni senga Jahannam eshiklarini ochadigan xunuk bir suratga aylantiracan.

Endi sotishga qaraymiz. Ajabo, shunchalik og’ir narsamiki, ko’plar sotishdan qochishyapti. Yo’q, qat'iyan va aslo! Hech og’irligi yo’q. Zero, halol doirasi kengdir, lazzatlanishga kifoya qiladi. Xaromga kirishning umuman keragi yo’q. Allohning farzlari esa yengildir, ozdir. Allohga banda va askar bo’lish shunday lazzatli bir sharaf bo’lib, ta'riflab bo’lmaydi. Vazifa esa: Faqat bir askar kabi Alloh nomi bilan ishlash, boshlash kerak. Va Alloh hisobiga berish va olish kerak. Va izni va qonuni doirasida harakat qilish kerak, xotirjamlik topishi kerak. Xato qilsa, istig’for aytishi kerak: "Ey Rabbim! Xatolarimizni afv et, bizni o’zingga qul deb qabul et, omonatingni olish vaqtiga qadar bizni omonatda amin qil. Omin," deyish va Unga yolvorish kerak...

* * *

YETTINCHI SO’Z

Shu koinotning tushunilishi qiyin bo’lgan sirini ochgan اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ وَ بِالْيَوْمِ الْاٰخِرِ bashar ruhi uchun saodat eshigini ochgan, qiymatli ikki mushkulini ochgan sir ekanini, sabr bilan Xoliqiga tavakkal va iltijo qilish hamda shukr bilan Razzoqidan so’rash va duo, qanchalik manfaatli va shifobaxsh ikki malham ekanini va Qur'onni tinglash, hukmiga itoat etish, namoz o’qish, gunohi kabiralarni tark etish abad-ul obod yo’lovchiligida qanchalik muhim, qimmat, ravnaqli bir chipta, oxirat ozig’i, qabr nuri ekanini anglashni istasang, ushbu mosoliy hikoyachaga boq, tingla.

Bir kuni bir askar urush va imtihon maydonida, foyda va zarar ichida juda daxshatli vaziyatga tushadi: O’ng va chap tarafidan dahshatli chuqur ikki yara bilan yaralangan va orqasida katta bir arslon unga hujum qilish uchun kutayotganday turibdi. Va ko’z o’ngida bir dor o’rnatilgan, barcha sevganlarini osib o’ldiryapti, uni ham kutyapti. Ham shu holida uzun bir yo’lovchiligi bor, surgun qilinyapti. U bechora bu dahshat ichida ma'yus bo’lib o’ylarkan, o’ng tarafida Hizr kabi yaxshiliksevar, nuroniy zot paydo bo’ladi. Unga: "Xafa bo’lma. Senga ikki sir berib o’rgataman. Chiroyli shaklda iste'mol qilsang, arslon senga itoatkor ot bo’ladi. Ham u dor senga yoqimli va dam olish uchun yoqimli bir arg’imchoqqa aylanadi. Ham senga ikkita malham beraman. Chiroyli tarzda iste'mol qilsang, ikki badbo’y yaralaring ikki go’zal hidli Guli Muhammadiy (alayhissalotu vassalom) deb atalgan latif gulga aylanadilar. Ham senga bir chipta beraman. U bilan bir yillik yo’lni o’ta tez - bir kunda bosib o’tasan. Agar ishonmayotgan bo’lsang, bir oz tajriba qilib ko’r. Toki to’g’ri ekanini anglab yetasan", dedi. Haqiqatdan bir oz tajriba qildi. To’g’riligini tasdiqladi. Ha, men, ya'ni shu bechora Said ham buni tasdiqlayman. Chunki bir oz tajriba qildim, juda to’g’ri ekanini ko’rdim. Shundan so’ng birdan ko’rdiki, chap tarafidan shayton kabi makkor, sarxush, aldovchi odam ko’p ziynatlar, bezakli suratlar, fantaziyalar, mast qiluvchi ichimliklar bilan uning yoniga keldi. Qarshisida turdi. Unga aytdiki:

-Hoy birodar! Kel, kel, birga aysh-ishrat qilib, kayf qilaylik. Shu go’zal qiz suratlariga qaraylik. Shu xush qo’shiqlarni tinglaylik. Shu lazzatli taomlarni yeylik.

Savol: E, ha, nimalarni yashirib o’qiyapsan?

Javob: Bir sir.

-Qo’y shu tushunarsiz ishni. Kayfimizni buzmaylik.

Savol: E, shu qo’lingdagi nima?

Javob: Malxam.

-Tashla uni. Sog’lomsan. Nima muammoing bor? Xozir bayram payti.

Savol: Besh nishonli qog’oz nima?

Javob: Chipta. Oziq-ovqat oladigan hujjat.

-Yirt bularni. Shu go’zal bahor mavsumida yo’lovchilikning bizga nima keragi bor!", dedi. xar qanday makr bilan uni ishontirishga harakat qiladi. Hatto u bechora unga biroz moyillik ko’rsatadi. Ha, inson aldanadi. Men ham shunday bir makkorga aldandim.

Birdan o’ng tomondan momaqaldiroqdek bir sado keladi. Deydi: "Zinhor aldanma. U makkorga ayt: Agar ortimdagi arslonni o’ldirib, qarshimdagi dorni olib tashlab, o’ng va chap tomonimdagi yaralarni daf qilib, oldimdagi yo’lovchilikni yo’qotadigan chora bo’lsa, topsang, qani qil, ko’rsat, ko’raylik. So’ng: Kel, ko’ngilxushlik qilaylik, deb ayt. Bo’lmasa, ovozingni o’chir, tentak! Toki Hizr kabi bu samoviy zot co’zini aytsin.

Mana ey yoshligida kulgan, hozir kulgani uchun yig’layotgan nafsim! Bilgin: U bechora askar, sensan va insondir. U arslon esa, ajaldir. U dor esa, o’lim, zavol va firoq bo’lib, kecha-kunduzning aylanishida do’stlar vidolashadi, yo’qoladi. Ikki yara esa, biri qiynovchi va chegarasiz insoniy ojizlik, keyingisi azobli, nihoyatsiz insoniy faqirlikdir. U surgun va yo’lovchilik esa, ruhlar olamidan, ona qornidan, bolalikdan, keksalikdan, dunyodan, qabrdan, barzohdan, hashrdan, sirotdan o’tadigan bir uzun imtihon safaridir. U ikki sir esa, Janobi Haqqa iymon va oxiratga iymondir.

Ha, shu muqaddas sir orqali o’lim mo’min insonni zindoni dunyodan jannat bog’lariga, huzuri Rahmonga olib boruvchi bo’ysundirilgan ot va buroq suratini oladi. Shuning uchun, o’limning haqiqatini ko’rgan komil insonlar o’limni sevishgan. Hali o’lim kelmasdan o’lishni istaganlar. Ham zavol va firoq, o’lim va vafot, dor bo’lgan zamonning o’tishi, iymon siri orqali Sone'-i Zuljalolning yangidan-yangi, rangba-rang, hilma-hil naqshining mo’jizalarini, qudratining ajoyibotini, rahmatining tajalliylarini mukammal lazzat bilan sayr va tomoshaga vosita suratini oladi. Ha, Quyoshning nuridagi ranglarni ko’rsatgan oynalarning o’zgarib yangilanishi va kino pardalarining o’zgarishi yanada xush, yanada go’zal manzaralar tashkil qiladi. Ikki malham esa, biri sabr bilan tavakkaldir. Xoliqining qudratiga tayanish, hikmatiga ishonishdir.

Shundaymi? Ha, كُنْ فَيَكُونُ amriga molik Sultoni Jahonga ojizlik hujjati bilan tayangan bir odamning nimadan parvosi bo’lishi mumkin? Zero, eng mudhish bir musibat qarshisida اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ deb qalb ishonchi bilan Rabbi Rahimiga ishonadi. Ha, orifi billoh ojizlikdan, Allohdan qo’rqishdan lazzat oladi. Ha, xavfda lazzat bor. Agar bir yashar bir bolaning aqli bo’lsa va undan: "Eng laziz va eng totli holating qaysi?" deb so’ralsa. Balki: "Ojizligimni, zaifligimni anglab, onamning totli shapalog’idan qo’rqib, yana volidamning shafqatli siynasiga sig’ingan holatimdir", deb aytadi. Holbuki, barcha onalarning shafqatlari faqat rahmat tajallicining bir nuridir. Shuning uchun, komil insonlar ojizlikda va Allohdan qo’rqishda shunday lazzat topganlarki, o’z kuch va quvvatlaridan shiddat bilan voz kechib, Allohga ojizlik bilan sig’inishgan. Ojizlikni va qo’rquvni o’zlariga shafoatchi qilganlar.

Ikkinchi dori esa, shukr va qanoat bilan talab va duo qilish, Razzoqi Rahimning rahmatiga ishonishdir. Shundaymi? Ha, butun yer yuzini bir ne'mat dasturxoni va bahor mavsumini bir guldastasi qilgan va u dasturxonning yoniga va ustiga qo’ygan Javvodi Karimning musofiriga faqirlik va ehtiyoj qanday qilib ayanchli va og’ir bo’lishi mumkin? Balki faqirligi va ehtiyoji xush bir ishtaha suratini oladi. Ishtaha kabi faqirlikning ziyodalashishi uchun intiladi. Shuning uchun, komil insonlar faqirlik bilan faxrlanganlar. Zinhor xato tushunma! Bu Allohga nisbatan faqirligini his qilib yolvorish deganidir. Akcincha faqirligini odamlarga ko’rsatib, tilanchilik vaziyatini olish degani emas.

Chipta, hujjat esa, boshda namoz, farzlarni ado qilish va gunohi kabiralarni tark qilishdir. Shundaymi? Ha, barcha mutahassis va tajriba qilganlar, barcha ahli zavq va kashfning ittifoqi bilan, uzun va qorong’u abad-ul abod yo’lida yo’l ozuqasi, nur va buroq faqat Qur'onning amrlariga bo’ysunish va qaytarganlaridan tiyilish bilan qo’lga kiritilishi mumkin. Yo’qsa, fan va falsafa, san'at va hikmat u yo’lda bir tiyinga ham arzimaydi. Ularning nurlari qabrning eshigiga qadardir.

Mana ey tanbal nafsim! Besh vaqt namozni o’qish, yetti gunohi kabirani tark etish naqadar oz, rohatli va yengildir. Natijasi, mevasi, foydasi naqadar ko’p, muhim va katta ekanini, aqling bo’lib, buzilmagan bo’lsa, anglaysan. Fisq va kayf-safoga seni tashviq qilgan shaytonga va u odamga aytasan: Agar o’limni o’ldirib, zavolni dunyodan ketkazish hamda ojizlikni va faqirlikni insondan olib tashlab, qabr eshigini berkitish chorasi bo’lsa, aytgin, tinglaylik. Bo’lmasa ovozingni o’chir! Koinotning ulkan masjidida Qur'on koinotni o’qimoqda! Uni tinglaylik. U nur bilan nurlanaylik. Hidoyati bilan amal qilaylik va uni virdi zabon qilaylik. Ha, so’z udir va unga derlar. Haq bo’lib, Haqdan kelib, Haq gapirgan, haqiqatni ko’rsatgan va nuroniy hikmatni nashr etgan udir.

اَللّٰهُمَّ نَوِّرْ قُلُوبَنَا بِنُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ اَللّٰهُمَّ اَغْنِنَا بِالْاِفْتِقَارِ اِلَيْكَ وَ لَا تُفْقِرْنَا بِالْاِسْتِغْنَاءِ عَنْكَ تَبَرَّاْنَا اِلَيْكَ مِنْ حَوْلِنَا وَ قُوَّتِنَا وَ الْتَجَئْنَا اِلٰى حَوْلِكَ وَ قُوَّتِكَ فَاجْعَلْنَا مِنَ الْمُتَوَكِّل۪ينَ عَلَيْكَ وَ لَاتَكِلْنَا اِلٰى اَنْفُسِنَا وَاحْفَظْنَا بِحِفْظِكَ وَارْحَمْنَا وَ ارْحَمِ الْمُؤْمِن۪ينَ وَ الْمُؤْمِنَاتِ وَ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ عَبْدِكَ وَ نَبِيِّكَ وَ صَفِيِّكَ وَ خَل۪يلِكَ وَ جَمَالِ مُلْكِكَ وَ مَل۪يكِ صُنْعِكَ وَ عَيْنِ عِنَايَتِكَ وَ شَمْسِ هِدَايَتِكَ وَ لِسَانِ حُجَّتِكَ وَ مِثَالِ رَحْمَتِكَ وَ نُورِ خَلْقِكَ وَ شَرَفِ مَوْجُودَاتِكَ وَ سِرَاجِ وَحْدَتِكَ ف۪ى كَثْرَةِ مَخْلُوقَاتِكَ وَ كَاشِفِ طِلْسِمِ كَائِنَاتِكَ وَ دَلَّالِ سَلْطَنَةِ رُبُوبِيَّتِكَ وَ مُبَلِّغِ مَرْضِيَّاتِكَ وَ مُعَرِّفِ كُنُوزِ اَسْمَائِكَ وَ مُعَلِّمِ عِبَادِكَ وَ تَرْجُمَانِ اٰيَاتِكَ وَمِرْاٰتِ جَمَالِ رُبُوبِيَّتِكَ وَ مَدَارِ شُهُودِكَ وَ اِشْهَادِكَ وَ حَب۪يبِكَ وَ رَسُولِكَ الَّذ۪ى اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ وَ عَلٰى اِخْوَانِه۪ مِنَ النَّبِيّ۪ينَ وَ الْمُرْسَل۪ينَ وَ عَلٰى مَلٰئِكَتِكَ الْمُقَرَّب۪ينَ وَ عَلٰى عِبَادِكَ الصَّالِح۪ينَ اٰم۪ينَ

* * *

SAKKIZINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ ٭ اِنَّ الدّ۪ينَ عِنْدَ اللّٰهِ الْاِسْلَامُ

Bu dunyo va dunyo ichidagi inson ruhi va insonda dinning mohiyat va qiymatlarini, va agar haq din bo’lmasa, dunyo bir zindon bo’lishi, va dinsiz inson eng badbaxt maxluq ekanini va bu olamning sirrini ochgan, bashar ruhini zulmatlardan qutqargan يَا اَللّٰهُ va لَٓا اِلهَ اِلَّا اللّٰهُ ekanini anglashni istasang, shu misoliy hikoyachaga boq, tingla!

Bir kuni ikki birodar uzun bir sayohatga chiqdi. Bora-bora yo’l ikkiga ayrildi. Ikki yo’lning boshida jiddiy bir odamni ko’rishdi. Undan: "Qaysi yo’l yaxshi?", deb so’radilar. U aytdiki: "O’ngdagi yo’lda qonun va nizomga itoat majburiyati bor. Ammo u mashaqqat ichida bir ishonch va saodat bor. Chapdagi yo’lda esa, erkinlik va hurriyat bor. Ammo u erkinlik ichida bir tahlika va azob-uqubat bor. Tanlash ixtiyori sizda".

Buni tinglagandan so’ng, go’zal axloqli birodar o’ngdagi yo’lni تَوَكَّلْتُ عَلَى اللّٰهِ deb tanladi va nizom va intizomga itoat qilishni qabul qildi. Axloqsiz va sayoq bo’lgani eca faqat erkinlik uchun chap yo’lni tanladi. Zohiran yengil, ma'nan og’ir vaziyatda ketgan bu odamni xayolan kuzatamiz.

Bu kishi uzoq yo’l bosib, borib-borib oxiri bo’sh bir sahroga tushdi. Birdan qo’rqinchli sado eshitdi. Qarasa, dahshatli bir arslon changalzordan chiqib, unga hujum qilyapti. Shunda qochdi. Oxiri oltmish arshin chuqurlikdagi suvsiz bir quduqqa uchradi. Qo’rquvidan o’zini uning ichiga otdi. Yarmigacha tushib, qo’llari bir daraxtga ilindi, yopishib oldi. Quduqning devoridan o’sib chiqqan daraxtning ikki ildizi bor edi. Ikkita sichqon, biri oq, biri qora ikki ildizni kemirayotgan edi. Yuqoriga qaradi, ko’rdiki, arslon soqchi kabi quduqning og’zida turibti. Pastga qaradi, ko’rdiki, ichida dahshatli bir ajdarho bor. Boshini ko’targan, o’ttiz arshin yuqoridagi oyog’iga yaqinlashgan. Og’zi quduqning og’zi kabi keng. Quduqning devoriga qaradi, ko’rdiki, chaqadigan zararli hasharotlar atrofini o’rab olgan. Daraxtning boshiga qaradi, ko’rdiki, bir anjir daraxti. Ammo, ko’p hilma-hil daraxtlarning mevalari, yong’oqdan anorgacha mevalar bor. U odam kaltafahmligi uchun, aqlsizligidan anglamadiki, bu oddiy ish emas. Bu ishlar tasodifiy bo’la olmaydi. Bu ajib ishlar ichida g’arib sirlar bor. Va juda buyuk bir ishlayotgan zot borligini anglay olmadi. Uning qalbi va ruh va aqli shu azobli vaziyatdan yashirin dodu faryod qilganlari holda, nafsi ammorasi, go’yo hech narsa bo’lmaganday johillik qilib, ruh va qalbning yig’iciga qulog’ini berkitib, o’zini o’zi aldab, bir bog’da yurganday, daraxtning mevalarini yeyishni boshladi. Xolbuki, u mevalarning bir qismi zaharli va zararli edi. Bir qudsiy hadisda Janobi Haq:

اَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْد۪ى ب۪ى Ya'ni: "Qulim meni qanday tanisa, u bilan o’shanday muomala qilaman", degan.

Bu badbaxt badbinlik va aqlsizligi bilan, ko’rganini oddiy va haqiqatning o’zi deb o’yladi va o’shanday muomala ko’rdi, ko’ryapti va ko’radi! Na o’ldi, qutuldi na yashayapti. Azob chekyapti. Biz esa bu badbaxtni shu azobda qoldirib qaytamiz. Ikkinchi birodarning holini ko’raylik.

Bu muborak aqlli zot ketyapti. Ammo birodari kabi aziyat chekmayapti. Chunki go’zal axloqli bo’lgani uchun, go’zal narsalarni o’ylaydi, xayollariga go’zal narsalar keladi. O’ziga-o’zi tasalli beradi. Birodari kabi zahmat va mashaqqat chekmaydi. Chunki nizomni biladi, itoat qiladi, osonlik bilan yuradi. Osoyishtalik va ishonch ichida erkin ketadi.

Bir boqqa duch keldi. Ichida ham go’zal gul va mevalar bor. Ham qaralmagani uchun o’lgan narsalar ham mavjud. Birodari ham shunday bir yerga kirgan edi. Ammo murdor narsalarga diqqat qilib mashg’ul bo’lgan, ko’nglini aynitgan. Hech istirohat etmay chiqib ketgan edi. Bu zot esa, "Hamma narsaning yaxshisiga qara", qoidasiga amal qilib, o’lik narsalarga umuman qaramadi. Yaxshi narsalardan yaxshi foydalandi. Yaxshigina dam olib, chiqib ketadi. So’ng bora-bora bu ham avvalgi birodari kabi ulkan bir sahroga kirdi. Birdan hujum qilgan bir arslonning ovozini eshitdi. Qo’rqdi, ammo birodarichalik qo’rqmadi. Chunki yaxshi o’yi va go’zal fikri bilan: "Bu sahroning bir hokimi bor. Bu arslon u hokimning amri ostida bir xizmatkor bo’lish ehtimoli bor", deb tasalli topdi. Ammo yana qochdi.

Oxiri oltmish arshin chuqurlikdagi suvsiz quduqqa uchradi, o’zini uning ichiga otdi. Birodari kabi o’rtasida bir daraxtga qo’li ilindi, havoda osilib qoldi. Qarasa, ikki hayvon daraxtning ikki ildizini kemiryapti. Yuqoriga qaradi, arslon turibdi. Pastga qaradi, bir ajdarhoni ko’rdi. Xuddi birodari kabi bir ajib vaziyat ko’rdi. Bu ham dahshatga tushdi. Lekin birodarining dahshatidan ming daraja yengil. Chunki go’zal axloqi unga go’zal fikr bergan va go’zal fikr esa unga hamma narsaning go’zal jihatini ko’rsatadi. Shu sabab: "Bu ajib ishlar bir-biri bilan aloqadordir. Ham bir amr bilan harakat qilayotganday ko’rinyapti. Shunday ekan, bu ishlarda bir sir bor. Ha, bular bir yashirin hokimning amri bilan bo’ladi. Shunday ekan, men yolg’iz emasman. U yashirin hokim menga qarayapti, meni cinayapti, bir maqsad uchun meni bir yerga jalb qilib, da'vat qilyapti", deb o’yladi.

Bu totli qo’rquv va go’zal fikrdan bir qiziqish hosil bo’ldi: "Ajabo, meni sinab o’zini menga tanitishni istagan va bu ajib yo’l bilan bir maqsadga jalb qilgan kim?" So’ng tanish qiziqishidan sir sohibining muhabbati hosil bo’ldi. Va shu muhabbatdan sirni ochish orzusi hosil bo’ldi. Va u orzudan tilsim sohibini rozi qiladigan va unga yoqadigan bir go’zal vaziyat olish ictagi hosil bo’ldi. So’ng daraxtning tepasiga qaradi, ko’rdiki, anjir daraxti. Ammo tepasida minglab daraxtlarning mevalari bor. Shunda qo’rquvi batamom ketdi. Chunki, qat'iyan angladiki, anjir daraxti bir ro’yxat, bir mundarija, bir ko’rgazma! Maxfiy hokim bog’ va bo’stonidagi mevalarning namunalarini, bir sir va bir mo’jiza bilan bu daraxtga osgan va o’z musofirlari uchun tayyorlagan taomlarga bittadan ishorat suratida u daraxtni bezagan bo’lishi kerak. Bo’lmasa, bir daraxt minglab daraxtlarning mevalarini bermaydi. So’ng yolvorishga tushdi.

Nihoyat sir kaliti unga ilhom bo’ldi va: "Ey bu yerlarning hokimi! Senga yolvoraman, menga yordam ber. Senga sig’inaman va senga xizmatkorman. Va sening roziligingni istayman. Va seni izlayman", dedi. Bu niyozdan so’ng, birdan quduqning devori yorilib, shohona, toza va go’zal bir bog’ga bir eshik ochildi. Balki ajdarho og’zi o’sha eshikka aylandi. Arslon va ajdarho ikki xizmatkor suratiga kirishdi. Uni ichkariga da'vat qiladilar. Hatto u arslon unga bo’ysundirilgan bir ot shakliga kirdi.

Mana ey tanbal nafsim! Va ey xayoliy do’stim! Keling, bu ikki birodarning holatlarini solishtirib ko’raylik. Toki, yaxshilik qanday yaxshilik keltirishi va yomonlik qanday yomonlik keltirishini, ko’raylik, bilaylik.

Chap yo’lning badbaxt yo’lovchisi xar doim ajdarhoning og’ziga kirishga muntazir, titraydi. Baxtiyor esa, mevador va ravnaqli bir boqqa da'vat qilinadi. Badbaxt azobli dahshatda va qattiq qo’rquv ichida qalbi parchalanadi va bu bahtiyor esa shirin bir ibrat, totli qo’rquv, sevimli ma'rifat ichida g’arib narsalarni kuzatib, tomosha qiladi. Badbaxt esa vahshat va ma'yusiyat va kimsasizlik ichida azob chekadi. Bu baxtiyor esa, yaqinlik, umid va ishtiyoq ichida lazzatlanadi. Badbaxt esa o’zini vahshiy jonivorlarning hujumiga uchragan mahbus sifatida ko’radi. Baxtiyor esa, aziz musofir bo’lib, musofiri bo’lgan Mehmondori Karimning ajib xizmatkorlari bilan do’st bo’lib xursandchilik qiladi. Badbaxt eca zohiran laziz, ma'nan zaharli mevalarni yeb azobini tezlashtiradi. Chunki u mevalar namunalardir. Totishga izn bor, toki asllariga talabgor bo’lib xaridor bo’lsin. Akcincha, hayvondek eyishga ruxsat yo’q. Baxtiyor esa totib ko’radi, ishni tushunadi. Yeyishni keyinga qoldiradi va intizorlik bilan lazzatlanadi. Badbaxt eca o’ziga-o’zi zulm qilgan. Kunduz kabi go’zal haqiqatni va porloq vaziyatni basiratsizligi bilan o’zi uchun qorong’u va zulmatli vahima va jahannam shakliga keltirgan. Na shafqatga loyiq, na biron kishidan shikoyat qilishga haqqi bor.

Masalan, bir kishi go’zal bog’da, do’stlar o’rtasida, yoz mavsumida, xush bir ziyofatdagi lazzatga qanoat qilmasdan, iflos, mast qiluvchi ichimliklar bilan sarxush bo’lib, o’zini qish o’rtasida, jonivorlar ichida och, yalong’och deb xayol qilib, baqir chaqirni va yig’lashni boshlasa, shafqatga loyiq emas balki o’ziga-o’zi zulm qiladi. Do’stlarini jonvor deb ko’rib, tahqirlaydi. Bu badbaxt ham shunday. Bu baxtiyor esa haqiqatni ko’radi. Haqiqat esa go’zaldir. Haqiqatning husnini idrok etish bilan, haqiqat sohibining kamoliga hurmat ko’rsatadi. Rahmatiga loyiq bo’ladi. Mana "Yomonlikni o’zingdan, yaxshilikni Allohdan bil," degan Qur'oniy hukmning sirri yuzaga chiqadi.

Bular kabi boshqa farqlarni qiyoclacang, anglaysanki: Avvalgisining nafsi ammorasi unga ma'naviy bir jahannam tayyorlagan. Keyingisining go’zal niyati, go’zal tasavvuri, go’zal hislati, go’zal fikri uni buyuk bir ehson va saodatga, porloq fazilatga va fayzga sazovor qilgan.

Ey nafsim va ey nafsim bilan birga bu hikoyani tinglagan odam!

Agar badbaxt birodar bo’lishni istamasang va baxtiyor bo’lishni istasang, Qur'onni tingla va hukmiga itoatkor bo’l va uni mahkam tut va hukmlari bilan amal qil.

Bu misoliy hikoyada bo’lgan haqiqatlarni agar tushungan bo’lsang, din va dunyo, inson va iymonning haqiqatini unga qiyoclashing mumkin. Muhimlarini men aytaman. Boshqalarini sen o’zing chiqarib ol.

Xullas qara! U ikki qardosh, biri mo’minning ruhi va solihning qalbidir. Narigisi kofirning ruhi va fosiqning qalbidir. Ikki yo’lning o’ngi - Qur'on va iymon yo’lidir. Chapi esa, isyon va nonko’rlik yo’lidir. Yo’ldagi bog’, bashariyat jamiyati va insoniyat madaniyati ichidagi vaqtinchalik ijtimoiy hayot bo’lib, yaxshilik va yomonlik, yaxshi va yomon, toza va xunuk narsalar birgalikda mavjud.

خُذْ مَا صَفَا دَعْ مَا كَدَرْ

qoidasi bilan amal qilgan odam, qalb salomatligi bilan ketadi. Sahro - shu zamin va dunyodir. Arslon - o’lim va ajaldir. Quduq - inson badani va hayot vaqtidir. Oltmish arshin chuqurlik - o’rtacha umr va aksar umr bo’lgan oltmish yilga ishoratdir. Daraxt - umr muddati va hayot moddasidir. Qora va oq ikki hayvon - kecha va kunduzdir. Ajdarho - og’zi qabr bo’lgan barzoh yo’li va oxiratning boshlanishidir. Lekin u og’iz mo’min uchun zindondan bir boqqa ochilgan eshikdir. Zararli hasharotlar - dunyoviy musibatlardir. Ammo mo’min uchun g’aflat uyqusiga sho’ng’imaslik uchun totli Ilohiy eclatma va Rahmoniy iltifotlardir. Daraxtdagi mevalar - dunyoviy ne'matlar bo’lib, Janobi Karimi Mutlaq ularni oxirat ne'matlariga bir ro’yxat, ham xotirlatuvchi, ham o’xshashlari, ham Jannat mevalariga xaridorlarni da'vat qilgan namunalar suratida yaratgan. Daraxtning bittaligi bilan birga, xilma-xil mevalar berishi esa, qudrati Samadoniyaning tamg’aciga va Rububiyati Ilohiyaning muxriga va Saltanati Uluhiyatning imzosiga ishoratdir.

Chunki, "bir narsadan hamma narsani yaratish" ya'ni, bir tuproqdan barcha nabotot va mevalarni yaratish, bir suvdan barcha hayvonotni bunyod etish, oddiy taomdan barcha hayvonlarning jihozlarini ijod etish, shuning bilan birga "hamma narsadan bitta narsa yaratish", ya'ni jonzotlar yegan g’oyat farqli jinsdagi taomlardan ularga maxsus go’sht yaratish, oddiy teri to’qish kabi san'atlar Zoti Ahadi Samad bo’lgan Sultoni Azal va Abadning xos tamg’asidir, maxsus muxridir, taqlid qilinmaydigan imzosidir!

Ha, bir narsadan hamma narsa va hamma narsadan bir narsa yaratish, hamma narsaning Xoliqiga xos va Qodiri Kulli shayga maxsus bir nishon, bir oyatdir. Sir - iymon sirri bilan ochilgan yaratilish hikmatining sirridir. Kalit

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ

dir. Va u ajdarho og’zining bog’ eshigiga aylanishi eslatma bo’lib: Qabr - zalolatdagilar va tug’yonga ketganlar uchun vahshat va unutilish ichida zindon kabi mashaqqatli va bir ajdarho qorni kabi tor mozorga ochilgan bir eshik bo’lib, ahli Qur'on va iymon uchun zindoni dunyodan bo’stoni baqoga va maydoni imtihondan Jannat bog’lariga va hayot zahmatidan Rahmon rahmatiga ochilgan eshikdir. Vahshiy arslonning munis bir xizmatkorga aylanishi va bo’ysundirilgan ot bo’lishi esa, ishorat bo’lib, o’lim ahli zalolat uchun barcha mahbublaridan azobli bir firoqi abadiydir. O’z dunyoviy yolg’onchi jannatidan chiqish, qo’rqinch va yolg’izlik ichida mozor zindoniga kirish va qamoq bo’lib, ahli hidoyat va ahli Qur'on uchun narigi olamga ketgan eski do’st va do’stlariga qovushishga sababdir. Ham haqiqiy vatanlariga va abadiy saodat maqomlariga kirishga vositadir. Ham zindoni dunyodan bo’stoni Jinonga bir da'vatdir. Ham Rahmoni Rahimning fazlidan o’z xizmati evaziga ajr olishga navbatdir. Ham hayot vazifasi zahmatidan bir nafaqaga chiqarilish. Qullik va imtihonning ta'limi va buyruqlaridan bir tanaffusdir.

Xullas kalom: Kimki foniy hayotni asos maqsad qilsa, zohiran jannat ichida bo’lsa ham, ma'nan jahannamdadir. Kimki boqiy hayotga jiddiy yuzlangan bo’lsa, ikki dunyo saodatiga sazovor bo’ladi. Dunyosi qanchalik yomon va mashaqqatli bo’lsa ham, jannatning kutish honasi sifatida ko’rgani uchun yoqtiradi, bardosh beradi, sabr ichida shukr qiladi...

اَللّٰهُمَّ اجْعَلْنَا مِنْ اَهْلِ السَّعَادَةِ وَ السَّلَامَةِ وَ الْقُرْاٰنِ وَ الْا۪يمَانِ اٰم۪ينْ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ بِعَدَدِ جَم۪يعِ الْحُرُوفَاتِ الْمُتَشَكِّلَةِ ف۪ى جَم۪يعِ الْكَلِمَاتِ الْمُتَمَثِّلَةِ بِاِذْنِ الرَّحْمٰنِ ف۪ى مَرَايَا تَمَوُّجَاتِ الْهَوَاءِ عِنْدَ قِرَائَةِ كُلِّ كَلِمَةٍ مِنَ الْقُرْاٰنِ مِنْ كُلِّ قَارِءٍ مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى اٰخِرِ الزَّمَانِ وَ ارْحَمْنَا وَ وَالِدَيْنَا وَارْحَمِ الْمُؤْمِن۪ينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ بِعَدَدِهَا بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ وَالْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

* * *

TO’QQIZINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

فَسُبْحَانَ اللّٰهِ ح۪ينَ تُمْسُونَ وَح۪ينَ تُصْبِحُونَ ٭ وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَعَشِيًّا وَح۪ينَ تُظْهِرُونَ

Ey birodar! Mendan namozning muayyan besh vaqtga tayinlanganining hikmatini so’rayapsan. Juda ko’p hikmatlaridan faqat bittasiga ishorat qilamiz.

Ha, xar bir namozning vaqti, muhim bir inqilobning boshi hisoblanadi. Shu bilan birga, azim bir Ilohiy tasarrufning oynasi va u tasarruf ichida butun Ilohiy ehsonlar aks etgan yeri bo’lgani uchun, Qodiri Zuljalolga shu vaqtlarda yanada ko’p tasbeh va ta'zim va sanoqsiz ne'matlarining ikki vaqt o’rtasida to’plangan yakuniga shukr va hamd ma'nosidagi namozga amr qilingan. Bu nozik va chuqur ma'noni bir oz tushunish uchun "Besh Nukta"ni nafsim bilan birga tinglash lozim...

BIRINCHI NUKTA:

Namozning ma'nosi, Janobi Haqni tasbeh, ta'zim va shukr qilishdir. Ya'ni, jaloliga qarata so’z va amal bilan "Subhanalloh" deb poklash. Kamoliga lafz va amal bilan "Allohu Akbar" deb ta'zim qilish. Jamoliga qalb, til va badan bilan "Alhamdulilloh" deb shukr qilishdir. Demak,tasbeh, takbirvahamdnamozning urug’lari hukmidadir. Shuning uchun, namozning harakat va zikrlarida bu uch narsa hamma erida mavjuddir. Shuning uchun, namozdan so’ng namozning ma'nosini ta'kidlash va quvvatlash uchun bu muborak kalimalar o’ttiz uch martadan takror qilinadi. Namozning ma'nosi bu qisqa xulosalar bilan ta'kid qilinadi.

IKKINCHI NUKTA:

Ibodatning ma'nosi shuki - dargohi Ilohiyda banda o’z kamchiligi, ojizligi va faqirligini ko’rib, kamoli Rububiyatning, qudrati Samadoniyaning va rahmati Ilohiyaning qarshisida hayrat va muhabbat bilan sajda qilishdir. Ya'ni, rububiyatning saltanati qullikni va itoatni istaganidek, rububiyatning muqaddasligi, pokligi ham, banda o’z kamchiligini ko’rib, istig’for bilan va Rabbini butun nuqsonlardan pok, mubarro va ahli zalolatning botil fikrlaridan munazzah va oliy, koinotning butun nuqsonlaridan muqaddas va pok ekanini tasbeh bilan, "Subhanalloh" bilan e'lon qilishini taqozo qiladi.

Hamda rububiyatning kamoli qudrati, banda o’z zaifligini va maxluqotning ojizligini ko’rib, qudrati Samadoniya asarlarining azamatiga nisbatan tahsin va hayrat ichida "Allohu Akbar" deb xuzu' bilan ruku'ga borib, unga iltijo va tavakkal qilishini taqozo qiladi. Rububiyatning nihoyatsiz rahmatining xazinasi, banda o’z ehtiyojini va barcha maxluqotning faqirlik va ehtiyojlarini so’rashni, duo tili bilan izhor qilish va Robbining ehson va in'omlarini shukr va sanosini "Alhamdulilloh" bilan e'lon qilishini taqozo qiladi. Demak, namozning harakat va so’zlari bu ma'nolarni ichiga oladi. Shu sabab Alloh tomonidan qo’yilgan.

UCHINCHI NUKTA:

Inson bu katta olamning bir kichraytirilgan misoli va Fotiha-i Sharifa Qur'oni Azimushshonning nurli timsoli bo’lgani kabi, namoz ham barcha ibodatlarning turlarini ichiga olgan nuroniy mundarija va barcha maxluqot sinflarining ibodat turlarilariga ishorat qilgan muqaddas xaritadir.

TO’RTINCHI NUKTA:

Haftalik bir soatning soniya, daqiqa, soat va kunlarini sanaydigan millari bir-birlariga qaraganlari, bir-birining misoli va bir-birining o’rnida bo’lgani kabi, Janobi Haqning juda ulkan soati bo’lgan bu dunyo olamining soniyasi hukmida bo’lgan kecha-kunduzning aylanishi, daqiqalarni sanagan yillar va soatlarni sanagan inson umrining bosqichlari, kunlarni sanagan olam umri davrlari bir-biriga yuzlangan, bir-birining misoli va bir-birining o’rnida bo’lgani kabi, bir-birini xotirlatadi. Masalan:

Sahar vaqti, quyosh chiqqunga qadar, bahorning boshlanishiga, ham insonning ona qorniga tushgan onlariga, ham samovot va yerning olti kunda yaratilishining birinchi kuniga o’xshaydi, xotirlatadi va ulardagi Ilohiy maqsadlarni eslatadi.

Peshin vaqti, yoz mavsumining o’rtasiga, ham yoshlikning kamoliga, ham dunyo umridagi insonning yaratilish davriga o’xshaydi, ishorat qiladi va ulardagi rahmatning aksini va ne'matning fayzlarini xotirlatadi.

Asr vaqti, kuz mavsumiga, ham keksalik davriga, ham oxirzamon Payg’ambarining (alayhissalotu vassalom) saodat asriga o’xshaydi va ulardagi Ilohiy maqsadlarni va in'omoti rahmoniyani xotirlatadi.

Shom vaqti, kuz mavsumining oxirida juda ko’p maxluqotning botishini, insonning vafotini, ham dunyoning qiyomat ibtidosidagi xarob bo’lishini eslatish bilan, jaloliy akslarni bildiradi va inconni g’aflat uyqusidan uyg’otadi, ogohlantiradi.

Xufton vaqti, zulmat olami kunduz olamining butun belgilarini qora kafani bilan berkitishini, ham qishning oq kafani bilan o’lgan yerning yuzini yopishini, ham vafot etgan insonning qolgan ishlari ham vafot etib, unutilish pardasi ostiga kirishini, ham bu imtihon yeri bo’lgan dunyoning batamom yopilishini eslatish bilan Qahhori Zuljalolning jalolli tasarruflarini e'lon qiladi.

Tun vaqti, ham qishni, ham qabrni, ham barzoh olamini tushuntirish bilan, ruhi rahmati Rahmonga qay daraja muhtoj ekanini insonga xotirlatadi. Va tundagi tahajjud esa, qabr kechasida va barzoh qorong’uligida qanchalik kerakli nur ekanini bildiradi, ogohlantiradi va butun bu inqiloblar ichida Janobi Mun'imi Haqiqiyning nihoyatsiz ne'matlarini eslatib, qay daraja hamd va sanoga haqdor ekanini e'lon qiladi.

Ikkinchi tong esa, hashr tongini eslatadi. Ha, kechaning nahori va qishning bahori naqadar aqlga to’g’ri kelishi, kerak va qat'iy bo’lsa, hashrning tongi ham, barzohning bahori ham o’sha qat'iyatdadir.

Demak, bu besh vaqtning xar biri muhim bir inqilob boshida bo’lgani va buyuk inqiloblarni eslatgani kabi, Qudrati Samadoniyaning kundalik azim tasarruflarining ishorati bilan, ham yillik, ham asriy, ham zamondagi qudratning mo’'jizalarini va rahmatning hadyalarini xotirlatadi. Demak, asl fitrat vazifasi va qullik asosi va qat'iy qarz bo’lgan farz namoz ushbu vaqtlarda loyiqdir va juda munosibdir.

BESHINCHI NUKTA:

Inson fitratan g’oyat zaifdir. Xolbuki hamma narsa unga tegadi, uni ranjitadi va xafa qiladi. Ham g’oyat ojizdir. Xolbuki balolari va dushmanlari juda ko’p. G’oyat faqirdir. Holbuki ehtiyojlari juda ko’p. Tanbal va iqtidorsiz. Xolbuki hayotning javobgarliklari g’oyat og’irdir. Ham insoniyat uni koinot bilan aloqador qilgan. Xolbuki sevgan, yaqinlik qilgan narsalarining zavol va firog’i uni doim ranjitadi. Ham aql unga yuksak maqsadlar va boqiy mevalar ko’rsatadi. Xolbuki qo’li qisqa, umri qisqa, iqtidori qisqa, sabri qisqadir.

Demak, bu vaziyatdagi odamsahar vaqtibir Qodiri Zuljalolning, Rahimi Zuljamolning dargohiga niyoz bilan, namoz bilan murojaat qilib, holini bildirish, tavfiq va madad istash qanchalik lozim va oldidagi kunduz olamida boshiga keladigan, uctiga yuklanadigan ishlarga, vazifalarga bardosh qilish uchun qanchalik kerakli bir tayanch nuqtasi ekani ochiqchasiga anglashiladi.

Peshin vaqtida,kunduzning kamol topib, zavolga qarab ketishi va kundalik ishlarning kamol topish onlari va mashg’uliyatlarning tazyiqidan vaqtinchalik istirohat payti va foniy dunyoning o’tkinchi va og’ir ishlar sababli g’aflat va karaxtlikdan ruhning tanaffusga ehtiyoj vaqti va Ilohiy in'omlar namoyon bo’lgan ondir. Inson ruhi o’sha tazyiqdan qutulib, g’aflatdan ayrilib, ma'nosiz va o’tkinchi narsalardan chiqib, Qayyumi Boqiy bo’lgan Mun'imi Haqiqiyning dargohiga borib, qo’l bog’lab, yakuniy ne'matlariga shukr va hamd aytib, yordam so’rash hamda jalol va azamati qarshisida ruku' bilan ojizligini izhor etish va zavolsiz kamoliga va bemisol jamoliga qarata sajda qilib, hayrat va muhabbat va ojizligini e'lon qilish ma'nosidagi peshin namozini o’qish, qanchalik go’zal, qanchalik xush, qanchalik lozim va munosib ekanini anglamagan inson, inson emas...

Asr vaqtida,kuzning g’amgin mavsumini va keksalikning mahzun holatini va oxirzamonning azoblar to’la mavsumini eslatadi va xotirlatadi. Ham kundalik ishlarning natijalanish vaqti, ham u kunda sazovor bo’lgan sihat, tinchlik va xayrli xizmat kabi Allohning ne'matlarining buyuk yakun topgan payti, ham u ulkan Quyoshning botishga mayl ishorati, inson bir musofir xodim va hamma narsa o’tkinchi, beqaror ekanini e'lon qilish vaqtidir.

Abadiyatni istagan va abad uchun yaratilgan va ehsonga topingan, firoqdan ranjigan inson ruhi turib, tahorat olib, asr vaqti namozini o’qish uchun Qadimi Boqiy va Qayyumi Sarmadiyning dargohi Samadoniyasiga duo arz qilib, tuganmas va chekciz rahmatining iltifotiga iltijo qilib, sanoqsiz ne'matlariga shukr qilib va hamd aytib, izzati Rububiyatiga qarata xor tarzda rukuga borib, Sarmadiyati Uluhiyatiga kamtarinlik bilan sajda qilib, haqiqiy qalb tasallisi, ruh rohatini topib, huzuri kibriyosida kamarbasta-i ubudiyat bilan asr namozini o’qish qanchalik yuksak bir vazifa, qanchalik munosib bir xizmat, fitrat qarzini qanchalik o’rnida ado etish, balki g’oyat xush bir saodatni qo’lga kiritishligini inson bo’lgan kishi anglaydi.

Shom vaqtida,qishning boshlanishidan yoz va kuz olamining nozanin va go’zal maxluqotining g’amgin vidolashishi ichida botish vaqtini eslatadi. Ham insonning vafoti bilan barcha sevganlaridan azobli firoq ichida ayrilib, qabrga kirish paytini xotirlatadi. Ham dunyoning o’lim onidagi zilzilasi ichida vafoti bilan, barcha yashovchilari boshqa olamlarga ko’chishi va bu imtihon joyi chirog’ining so’ndirilish vaqtini eslatadi, xotirlatadi va zavolda - botgan mahbublarga topingan kimsalarni qattiq ogohlantiradigan paytdir.

Demak, shom namozi uchun bu vaqtda, fitratan bir Jamoli Boqiyga mushtoq oyna bo’lgan inson ruhi bu azim ishlarni qilgan va bu buyuk olamlarni aylantirgan, o’zgartirgan Qadimi Lamyazal va Boqiyi Loyazalning arshi azamatiga yuzini qaratib, bu foniylarning ustida اَللّٰهُ اَكْبَرُ‌ deb, ulardan qo’lini ko’tarib, xizmati Mavlo uchun qo’l bog’lab, Doimi Boqiyning huzurida qiyom etib, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ‌ deb, kamchilikciz kamoliga, mislsiz jamoliga, nihoyatsiz rahmatiga hamdu-sano aytib

اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ

deyish bilan, muovinsiz Rububiyatiga, sheriksiz Uluhiyatiga, vazirsiz Saltanatiga qullikni arz qilish va yordam so’rash... shuningdek nihoyatsiz kibriyosiga, hadsiz qudratiga va ojiz bo’lmagan izzatiga qarata ruku'ga borib, butun koinot bilan birga zaiflik va ojizligini, faqirlik va xorligini izhor qilib, سُبْحَانَ رَبِّىَ الْعَظ۪يمِ deb Rabbi Azimini tasbeh aytib, zavolsiz Jamoli Zotiga, o’zgarmas Sifati Qudsiyasiga, almashmas Kamoli Sarmadiyatiga sajda qilib, hayrat va kamtarinlik ichida yaratilganlarni tark qilib, muhabbat va qullikini e'lon qilib, butun foniylar evaziga bir Jamili Boqiy, bir Rahimi Sarmadiy topib, سُبْحَانَ رَبِّىَ الْاَعْلٰى deb, zavoldan munazzah, nuqsondan mubarro Rabbi A'losini taqdis etish...

So’ng tashahhudda o’tirib, butun maxluqotning tahiyoti muborakalarini va salovoti toyyibalarini o’z nomidan Jamili Lamyazal va Jalili Loyazalga hadya qilib, Rasuli Akramiga salom berib, bay'atini yangilash va amrlariga itoatini izhor qilib, iymonini yangilab nurlantirish uchun koinot qasrining hakimona intizomini mushohada qilib, Sone'i Zuljalolning vahdoniyatiga guvohlik qilish... Yana saltanati rububiyatning dalloli va tablig’chisiga rozilik va koinot kitobi oyatlarining tarjimoni - Muhammadi Arabiy alayhissalotu vassalomning risolatiga guvohlik ma'nosida shom namozini o’qish naqadar latif, pok vazifa, naqadar aziz, laziz bir xizmat, naqadar xush va go’zal qullik, naqadar jiddiy bir haqiqat va bu foniy musofirxonada boqiyona suhbat va doimiy bir saodat ekanini anglamagan odam qanday qilib odam bo’lishi mumkin!

Xufton vaqtida,kunduzning ufqda qolgan asarlari yo’qolib, tun olami koinotni qoplaydi. مُقَلِّبُ الَّيْلِ وَ النَّهَارِ bo’lgan Qodiri Zuljalolning oq sahifani qora sahifaga aylantirishidagi rabboniy tasarruflari bilan yozning bezalgan yashil sahifasini qishning sovuq, oq sahifasiga aylantirishidagi مُسَخِّرُ الشَّمْسِ وَ الْقَمَرِ bo’lgan Hakimi Zulkamolning ijrooti Ilohiyasini xotirlatadi.

Davr o’tishi bilan qabr ahlining qolgan asarlari ham dunyodan uzilib, batamom boshqa olamga ko’chishidagi o’lim va hayot Xoliqining Ilohiy maqsadlarni eslatadi.

Tor va foniy va xor dunyoning tamoman xarob bo’lib, azim o’lim talvasasi bilan vafot etib, keng, boqiy va azamatli oxirat olamining yuzaga chiqishida Xoliqi Arz va Samovotning jaloliy tasarrufotini va jamoliy tajalliyotini eslatadigan, xotirlatadigan vaqtdir. Ham koinotning Molik va Mutasarrifi Haqiqiysi, Ma'bud va Mahbubi Haqiqiysi, kecha-kunduzni, qish va yozni, dunyo va oxiratni kitobning sahifalari kabi osonlik bilan aylantiradigan, yozib, o’chirib, almashtiradigan zot bo’la oladi! Bularning barchaciga hukm qiladigan bir Qodiri Mutlaq ekanini isbot qilgan vaziyatdir.

Demak, nihoyatsiz ojiz, zaif, ham nihoyatsiz faqir, muhtoj, ham nihoyatsiz bir kelajak zulmatlariga cho’mayotgan, nihoyatsiz hodisalar ichida chayqalanayotgan inson ruhi xufton namozini o’qish uchun bu ma'nodagi xuftonda Ibrohimvoriy لَٓا اُحِبُّ الْاٰفِل۪ينَ deb Ma'budi Lamyazal, Mahbubi Loyazalning dargohiga namoz bilan iltijo qilib va shu foniy olamda va foniy umrda va qorong’u dunyoda va qorong’u istiqbolda bir Boqiyi Sarmadiyga munojot qilib, kichik boqiy suhbat, bir necha daqiqagina boqiy umr ichida dunyosiga nur sochadigan, kelajagini nurlantiradigan, mavjudotning va do’stlarining firoq va zavolidan hosil bo’lgan yaralariga malham surtadigan Rahmoni Rahimning iltifoti rahmatini va nuri hidoyatini ko’rib istash... vaqtinchalik uni unutgan va yashiringan dunyoni u ham unutib, dardlarini qalbning yig’isi bilan dargohi rahmatga to’kib, xar ehtimolga qarshi, o’limga o’xshagan uyquga kirmasdan avval, so’nggi qullik vazifasini qilib, kundalik amallar daftarini go’zal xotima bilan yozish uchun namozga turish, ya'ni butun foniy sevgan narsalari evaziga bir Ma'bud va Mahbubi Boqiyning va tilanchilik qilgan barcha ojizlar o’rniga bir Qodiri Karimning va butun titragan zararli narsalarning yomonligidan xalos bo’lish uchun bir Hofizi Rahimning huzuriga chiqish...

Fotiha bilan boshlash, ya'ni hech narsaga yaramagan va o’rnida bo’lmagan noqis, faqir maxluqlarni madh qilish va minnatdor bo’lish o’rniga, bir Komili Mutlaq va G’aniyyi Mutlaq va Rahimi Karim bo’lgan Rabbul Olaminni madhu-sano etish...

اِيَّاكَ نَعْبُدُ xitobiga taraqqiy etish, ya'ni kichikligi, hechligi, kimsasizligi bilan birga, azal va abad sultoni bo’lgan Maliki Yavmiddinga bog’lanishi bilan koinotda nozli bir musofir va ahamiyatli vazifador maqomiga kirib, اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deb, butun maxluqot nomidan koinotning katta jamoati va buyuk jamiyatidagi ibodat va yordam so’rashlarni Unga taqdim etish... اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ deb, kelajak qorong’uligi ichida abadiy saodatga ketgan, nuroniy yo’l bo’lgan siroti mustaqimga hidoyat istash... hozir yotgan nabotot, hayvonot kabi yashiringan quyoshlar, hushyor yulduzlar bittadan askar singari amriga bo’ysundirilgan va bu olam musofirxonasida yordamchici va xizmatkori bo’lgan Zoti Zuljalolning kibriyosini o’ylab, اَللّٰهُ اَكْبَرُ deb rukuga borish, ham butun maxluqotning sajda-i kubrosini o’ylab, ya'ni bu kecha yotgan maxluqot kabi xar yil, xar asrdagi mavjudot turlari, hatto Yer, hatto dunyo bir-bir muntazam qo’shin, balki itoatkor askar kabi dunyoviy qullik vazifasidan كُنْ فَيَكُونُ amri bilan bo’shatilgan davr, ya'ni g’ayb olamiga yuborilgan vaqt, mukammal intizom bilan zavolda botish joynamoziga اَللّٰهُ اَكْبَرُ deb sajda etgani... كُنْ فَيَكُونُ amridan kelgan tiriltirish va ogohlantirish hayqirig’i bilan yana bahorda qisman aynan, qisman mislan hashr bo’lib, qiyom etib, kamarbasta-i xizmati Mavlo bo’lganlari kabi, bu insoncha ularga iqtido qilib, u Rahmoni Zulkamolning, u Rahimi Zuljamolning dargohi huzurida hayrat beradigan muhabbat, baqo sirridan hissa olgan kamtarinlik, izzat bilan aralash zillat ichida اَللّٰهُ اَكْبَرُ deb sajdaga borish, ya'ni bir jihatdan me'rojga chiqish ma'nosidagi xufton namozini o’qish qanchalik xush, qanchalik go’zal, qanchalik shirin, qanchalik yuksak, qanchalik aziz va laziz, qanchalik ma'qul va munosib bir vazifa, bir xizmat, bir qullik, jiddiy haqiqat ekanini albatta anglading.

Demak, besh vaqtning xar biri azim inqilobning ishoralari va ijrooti jasima-i Rabboniyaning nishonlari va Allohning umumiy in’omlarining alomatlari bo’lganlari uchun, qarz va burch bo’lgan farz namozining bu vaqtlarga tayinlangani bag’oyat hikmatlidir...

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ مُعَلِّمًا لِعِبَادِكَ لِيُعَلِّمَهُمْ كَيْفِيَّةَ مَعْرِفَتِكَ وَ الْعُبُودِيَّةَ لَكَ وَ مُعَرِّفًا لِكُنُوزِ اَسْمَائِكَ وَ تَرْجُمَانًا لِاٰيَاتِ كِتَابِ كَائِنَاتِكَ وَ مِرْاٰتًا بِعُبُودِيَّتِه۪ لِجَمَالِ رُبُوبِيَّتِكَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ وَ ارْحَمْنَا وَ ارْحَمِ الْمُؤْمِن۪ينَ وَ الْمُؤْمِنَاتِ اٰم۪ينَ بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ

* * *

O’NINCHI SO’Z

Hashr Bahsi

ESLATMA:Bu risolalarda tashbeh va misollarni hikoyalar suratida yozganimning sababi ham osonlashtirish, ham Islom haqiqatlarining naqadar ma'qul, mutanosib, muhkam, bir-birini quvvatlaydigan ekanini ko’rsatishdir. Hikoyalarning ma'nolari, oxirlaridagi haqiqatlarda. Kinoyalar navidan yolg’iz ularga dalolat qiladilar. Demak, ular xayoliy hikoyalar emas, to’g’ri haqiqatlardir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Birodar, hashr va oxiratni oddiy va avom tilida va ochiq bir tarzda bayonini istasang, quyidagi misoliy hikoyachaga nafsim bilan barobar qara, tingla:

Bir kuni ikki odam Jannat kabi go’zal bir mamlakatga (bu dunyoga ishoratdir) boradi. Qarasalar: Hamma uy, xona, do’kon eshiklarini ochiq qoldirib, muhofazasiga diqqat qilmayapti. Mol va pul ochiq sohibsiz qolgan. Ikkisidan biri xohlagan narsasiga qo’lini uzatib yo o’g’irladi, yo o’zlashtirdi. Nafsining orzulariga tobe bo’lib xar qanday zulmni, xarom ishni qildi. Aholi esa unga ko’p gapirmadi. Narigi o’rtog’i unga dediki:

-Nima qilyapsan? Jazo olasan, meni ham baloga qo’yasan. Bu mollar davlatga tegishli mol. Aholi bola-chaqasi bilan yo askar bo’lgan yoki xodim. Bu ishlarda fuqarolar kiyimida jalb qilinishyapti. Shuning uchun sen bilan ishi bo’lmayapti. Lekin intizom qattiq. Podshohning hamma joyda telefoni bor va xodimlari hozir. Tezda borib, omonlik tila, dedi. Lekin u tentak qaysarlik qilib dedi:

-Yo’q, miriy moli emas, balki vaqf molidir, sohibsizdir. Hamma istagani kabi tasarruf qila oladi. Bu go’zal narsalardan istifodani man qiladigan hech qanday sabab ko’rmayapman. Ko’zim bilan ko’rmasam ishonmayman, - dedi. Ham faylasuflarga o’xshab ko’p safsata sotdi. Ikkisi orasida jiddiy bir munozara boshlandi. Avval u tentak dedi:

-Podshoh kimdir? Tanimayman.

O’rtog’i unga javoban: Bir qishloq raissiz bo’lmaydi. Bir igna ustasiz bo’lmaydi, sohibsiz emas. Bir harf kotibsiz bo’lmaydi, bilasan. Qanday qilib, o’ta muntazam ushbu mamlakat hokimsiz bo’lsin? Bu qadar ko’p boylik, xar soatda bir poyezd {(Hoshiya) Yilga ishoratdir. Ha, bahor mahzani arzoq bir vagondir, g’aybdan keladi.} g’aybdan kelayotganday qiymatli, san’at bilan qilingan mollar bilan to’la keladi. Bu yerga bo’shaladi, ketadi. Bular qanday qilib egasiz bolishi mumkin? Hamma joyda ko’rinayotgan e'lonnomalar, bayonnomalar va xar bir mol ustida ko’ringan muxr va tamg’alar, belgilar va xar burchagida hilpirayotgan bayroqlar qanday qilib moliksiz bo’lishi mumkin? Korinib turibdiki, sen bir oz farang fani o’qigansan. Islom yozuvlarini o’qiy olmayapsan. Boz ustiga, biladigan kishidan ham so’ramayapsan. Qani kel, eng buyuk farmonni senga o’qib beraman.

Shunda tentak aytdiki:

-Xo’p, mayli, podshoh bor. Lekin mening kichik foydalanishim unga qanday zarar beradi. Xazinasidan nima kamayadi? Bu yerda qamoq-mamoq ham yo’q, jazo ko’rinmayapti.

O’rtog’i unga javoban dedi:

-E, shu ko’rinib turgan mamlakat bir mashq maydonidir. Ham saltanatga oid antiqa san’atlarning ko’rgazmasidir. Yana vaqtinchalik sobit bo’lmagan musofirxonalaridir. Xar kuni bir karvon kelayotgani, biri ketayotgani, g’oyib bo’layotganini ko’rmayapsanmi?! Doimo to’ladi, bo’shaladi. Bir oz vaqtdan so’ng bu yurt almashtiriladi. Bu aholi boshqa va doimiy mamlakatga o’tkaziladi. U yerda hamma xizmati evaziga yo jazo, yo mukofot oladi, dedi.

Xoin tentak yana o’jarlik qilib:

-Ishonmayman. Bu mamlakatning xarob etilishi, boshqa mamlakatga ko’chishi hech mumkinmi, dedi. Bunga javoban amin o’rtog’i:

-Modomiki bu daraja qaysarlik va o’jarlik qilayotgan ekansan kel, son-sanoqsiz dalillar ichida O’n Ikki Surat orqali:Bir mahkama-i kubro borligini, mukofot va ehson yurtini, bir jazo va zindon joyi borligini, bu mamlakat xar kuni bir daraja bo’shalgani kabi, bir kun kelib, batamom bo’shalib xarob qilinishini senga ko’rsataman,dedi.

BIRINCHI SURAT:Bir saltanat, xususan bunday muhtasham saltanat, yaxshi xizmat qilgan tobe'lariga mukofoti va isyon qilganlarga jazosi bo’lmasligi hech mumkinmi?! Bu yerda yo’qdek. Demak, boshqa yerda bir mahkama-i kubro bor.

IKKINCHI SURAT:Bu jarayon, ijrootlarga qara! Eng faqir, eng zaifdan tortib hammaga mukammal, belgilangan rizq berilyapti. Hech kimi bo’lmagan xastalarga juda go’zal qaralyapti. O’ta qiymatli va shohona taomlar, idishlar, qiymatli toshlar bilan ziynatlangan nishonlar, ziynatlangan liboslar, muhtasham ziyofatlar bor. Qara, senga o’xshagan tentaklardan boshqa hamma o’z vazifasiga qattiq e'tibor berib bajaryapti. Hech kim haddidan zarracha tajovuz etmayapti. Eng buyuk shaxs eng buyuk bir itoat bilan kamtarona xavf va haybat ostida xizmat qilyapti. Demak, bu saltanat sohibining juda buyuk bir karami, juda keng bir marhamati bor. Yana g’oyat buyuk izzati, g’oyat jalolli bir sharafi, nomusi bordir.Karam esa, in'om qilishni istaydi. Marhamat, ehsonsiz bo’lmaydi. Izzat, g’ayrat istaydi. Sharaf va nomus esa, adabsizlarga adabini berishni taqozo qiladi. Lekin bu mamlakatda marhamat, nomusga loyiq mingdan biri qilinmayapti. Zolim izzatida, mazlum xorligida qolib bu yerdan ko’chib ketyapti. Demak, bir mahkama-i kubroga qoldirilyapti.

UCHINCHI SURAT:Qara, naqadar oliy bir hikmat, bir intizom bilan ishlar ketyapti. Yana qanchalar haqiqiy bir adolat, bir mezon bilan muomala qilinyapti. Xolbuki hikmati hukumat, saltanatning himoyasiga iltijo qilgan yolvoruvchilarga lutfni taqozo qiladi. Adolat esa, hukumatning e'tibori, saltanatning haybati saqlanishi uchun qo’l ostidagilar huquqining muhofaza qilinishini istaydi.

Xolbuki, bu yerlarda o’sha hikmatga, o’sha adolatga loyiq mingdan bir ish ijro qilinmayapti. Sen kabi tentaklar, ko’pchiligi jazo olmasdan bu yerdan ko’chib ketyapti.

Demak, bir mahkama-i kubroga qoldirilyapti...

TO’RTINCHI SURAT:Qara, shu ko’rgazmalarda son-sanoqsiz tengsiz javharlar, bu dasturxonlardagi mislsiz taomlar ko’rsatyaptiki: Bu yerlarning podshohining cheksiz saxovati, hisobsiz to’la xazinalari bor. Xolbuki bunday bir saxovat va tuganmas xazinalar zavol va firoq bilan azoblanmasligi uchun u ziyofatdan lazzat olganlar u yerda bardavom bo’lishi uchun doimiy va kerakli hamma narsa ichida bo’lgan bir ziyofat diyori istaydi. Chunki azobning zavoli lazzat bo’lgani kabi, lazzatning zavoli ham alamdir.

Bu ko’rgazmalarga qara! Va shu e'lonlarga e'tibor ber! Va bu dallollarga quloq sol, mo’'jizaviy bir podshohning antiqa san'atlarini tashkil qilyapti va tanitayapti. Kamolotini ko’rsatyapti. Tengsiz ma'naviy jamolini bayon etyapti. Maxfiy xusnining latifliklaridan bahs etyapti. Demak, uning juda hayrat beruvchi muhim kamoloti va ma'naviy jamoli bor. Yashirin, qusursiz kamol esa, taqdir etuvchi, sevuvchi, mashaalloh deb tamosho qiluvchilarga tanitishni taqozo qiladi. Maxfiy, nozirsiz jamol esa, ko’rinishni va ko’rishni istaydi. Ya'ni, o’z jamolini ikki tomonlama ko’rish: Biri, turli tuman oynalarda shaxsan ko’rish. Boshqasi, ishtiyoqmand tomoshabin va hayratga tushgan maqtovchilarning ko’zi orqali ko’rinishni taqozo qiladi. Ko’rish, ham ko’rinish, ham doimiy ko’rish, ham abadiy guvoh bo’lishni iqtizo qiladi. Doimiy jamol ishtiyoqmand tomoshabin va sevuvchilarning bardavom vujudlarini istaydi. Chunkidoimiy jamol zavol topuvchi ishtiyoqmandga rozi bo’lmaydi. Chunki, qaytib kelmaslik sharti bilan zavolga mahkum bo’lgan bir tomoshabin zavolni tasavvur qilish orqali muhabbati adovatga aylanadi, hayrat va hurmati tahqirga mayl etadi. Chunki inson - bilmagan va yetishmagan narsasiga dushmandir. Xolbuki, hamma bu musofirxonalardan tezda ketib g’oyib bo’lyapti. O’sha kamol va jamolning bir nuriga, balki zaif bir soyasiga bir dam qarab, to’ymasdan ketyapti.

Demak, bir doimiy sayr joyiga ketilyapti...

BESHINCHI SURAT:Qara, bu ishlar ichida ko’rinyaptiki, mislsiz Zotning juda buyuk bir shafqati bor. Chunki xar bir jabrdiydaga yordam berdirilyapti. Xar bir orzu va istakka javob beryapti. Hatto, eng kichik bir ehtiyoj eng past bir odamdan kelsa ham, shafqat bilan ta’minlanyapti. Cho’ponning bir qo’yining oyog’i og’risa, yo malham, yo veterinary yuboryapti.

Kel, boraylik, shu orolda katta bir ijtimo' bor. Butun mamlakatning sharafli kishilari u yerda to’plangan. Qara, juda buyuk bir nishonni tashigan bir yovari akram bir nutq o’qiyapti. U shafqatli podshohidan bir narsalar istayapti. Butun aholi:"Ha, ha, biz ham istaymiz"deyishyapti. Uni tasdiqlashyapti va aniqlashtiryaptilar. Endi tingla, bu podshohning sevgilisi deyaptiki:

"Ey bizni ne'matlari bilan parvarish qilgan sultonimiz! Bizga ko’rsatgan namunalarning va soyalarning asllarini, manbalarini ko’rsat. Bizni saltanating markaizga ol. Bizni bu cho’llarda yo’q qilma. Bizni huzuringga ol. Bizga marhamat qil. Bizga bu yerda tottirgan laziz ne'matlaringni u yerda yedir. Bizni zavol va uzoqlshtirib azoblama. Senga ishtiyoqmand va mutashakkir ushbu mute' raiyatingni bebosh qoldirib yo’q qilma",deyapti va juda ko’p yolvoryapti. Buni sen ham eshityapsan.

Ajabo, bu qadar shafqatli va qudratli bir podshoh, eng oddiy odamning eng kichik istagini ahamiyat bilan amalga oshirishi, eng sevgili bir elchisining eng go’zal istagini amalga oshirmasligi hech mumkinmi? Xolbuki, sevgilining istagi, barchaning ham istagidir. Ham podshohning roziligi, ham marhamat va adolatining iqtizosidir. Ham unga oson, og’ir emas. Bu musofirxonalardagi vaqtincha tanaffus joyi qadar og’ir emas. Modomiki namunalarini ko’rsatish uchun besh-olti kunlik sayr joylariga bu qadar xarajat qilayotgan, bu mamlakatni bunyod etgan ekan albatta, haqiqiy xazinalarini, kamolotini, hunarlarini saltanati markazida shunday bir tarzda ko’rsatadi, shunday sayrongohlar ochadiki, aqllarni hayratga soladi.

Demak, bu imtihon maydonida bo’lganlar bebosh emaslar, saodat saroylari va zindonlar ularni kutyapti...

OLTINCHI SURAT:Kel, ko’r, bu muhtasham poyezdlar, tayyoralar, jihozlar, omborxonalar, ko’rgazmalar, ijrootlar ko’rsatyaptilarki, parda orqasida juda muhtasham bir saltanat bor,

{(Hoshiya) Masalan: Bizda mashq maydonida harbiy usulda, "Qurol ol, nayza os!" amri bilan ulkan bir qo’shin boshdan oxir tikanli changalzorga o’xshagani kabi, xar bir bayram kuni namoyish qilish uchun "Formalaringizni kiyib, nishonlaringizni osinglar" amriga lashkar boshdan oyoq rang-barang gullar ochgan ziynatli bir bog’ni ko’rsatgani kabi ro’yi zamin maydonida Sultoni Azaliyning nihoyatsiz turdagi qo’shinining farishta, jin, ins va hayvonlar kabi shuursiz nabotot toifasi ham hayotni saqlash jihodida كُنْ فَيَكُونُ amri bilan "Mudofaa uchun qurollaringizni va jihozotingizni osinglar!" Ilohiy buyruqni olgan vaqti, zamin boshdan-oyoq o’zidagi butun tikanli daraxtlar va nabotlar nayzachalarini taqqan payt, aynan nayzalarini osgan muhtasham bir lashkargohga o’xshaydi.

Bahorning xar bir kuni ham, xar bir haftasi bir-bir nabotot toifasining bayrami bo’lgani uchun, xar bir toifasi o’z Sultonining o’z toifasiga ehson qilgan go’zal hadyalarni ko’rsatish uchun unga qo’ygan ziynatli nishonlarni namoyish qilib, Sultoni Azaliyning nazarida ko’rish va ko’rsatishga taqdim qilgani va shunday bir holatda bo’lgani uchun butun nabotot va daraxtlar go’yo "Rabboniy san’atlar ziynatli narsalarini, gul va meva deb atalgan fitrati Ilohiyaning nishonlarini osinglar, gullar ochinglar!" degan Rabboniy amrni tinglayaptiki ro’yi zamin ham o’ta muhtasham bir bayram kuni, shohona namoyishda surma surgan va ziynatlangan nishonlari porlagan lashkargohni ko’rsatadi.

Xullas, bu daraja hikmatli va intizomli jihozlanish va ziynatlanish, albatta nihoyatsiz qodir bir sultonning, o’ta hakim bir hokimning amri bilan bor bo’lganini ko’r bo’lmaganlarga ko’rsatadi.}

hukm suryapti. Bunday bir saltanat o’ziga loyiq bir xalq istaydi. Xolbuki, butun xalq bu musofirxonada to’planganini ko’ryapsan. Musofirxona esa xar kuni to’ladi, bo’shaladi. Butun xalq esa mashq uchun bu imtihon maydonida hozir. Maydon esa, xar soat almashtirilyapti. Butun xalq podshohning qiymatli ehsonlarining namunalarini va g’aroyib san'atlarining antiqalarini ko’rgazmalarda tomosha qilish uchun bu namoyishgohda bir necha daqiqa to’xtab tomosha qilyapti. Ko’rgazma esa xar daqiqa o’zgaryapti. Ketgan kelmaydi, kelgan ketadi.

Bu musofirxona, shu maydon va ko’rgazmalarning orqasida doimiy saroylar, davomli maskanlar, bu namunalar va suratlarning xolis va yuksak asllariga to’la bog’ va xazinalar borligini,bu holat, shu vaziyat qat'iy ko’rsatyapti.

Demak, bu yerda harakat ular uchun. Bu yerda ishlatadi, u yerda haqini beradi. U yerda hammaning iste'dodiga ko’ra bir saodati bor...

YETTINCHI SURAT:Kel, bir oz aylanaylik. Bu madaniy aholi ichida nima bor, nima yo’qligini ko’raylik. Mana, qara! Hamma joyda, xar burchakda ko’p sonli fotoapparatlar o’rnatilgan, suratga olayapti. Qara, xar joyda ko’p sonli kotiblar o’tiribdi, bir narsalar yozyapti. Hamma narsani qayd etyapti. Eng ahamiyatsiz bir xizmatni, eng oddiy bir voqe'ani qayd etyapti. Anavi yuksak tog’da podshohga maxsus katta fotoapparat o’rnatilgan.

{(Hoshiya) Bu surat ishorat qilgan ma'nolarning bir qismi Yettinchi Haqiqatda bayon qilingan. Lekin bu yerda podshohga maxsus katta fotoapparat ishorati va haqiqati "Lavhi Mahfuz" deganidir. Lavhi Mahfuzning borlik vujudi Yigirma Oltinchi So’zda shunday isbot qilinganki: Kichik-kichik juzdonlar katta bir qayd kitobining vujudini bildiradi. Kichik-kichik qog’ozlar bir katta daftarning borligidan darak beradi. Ko’p kichik sizintilar katta suv manbaini xabar beradi. Aynan shuning kabi: Kichik-kichik juzdonlar hukmida, kichik Lavhi Mahfuzlar ma'nosida, ham katta Lavhi Mahfuzni yozadigan qalamdan sizib chiqqan kichik-kichik nuqtalar suratidagi bani basharning hotiralari, daraxtlarning mevalari, mevalarning urug’lari, danaklari albatta bir katta hotirani, katta daftarni, lavhi mahfuzi a'zamni his ettiradi, bildiradi va isbotlaydi. Balki keskin aqllarga ko’rsatadi.}

Bu yerlarda nima jarayon etayotganini, suratini olyapti. Demak, U Zotmulkida jarayon etayotgan butun muomala va ishlar qayd etilishini amr qilgan.Demak Umuazzam Zot butun hodisalarni qayd ettiradi, suratini oladi. Bu diqqatli hifz va muhofaza, albatta bir hisob uchundir.

Endi, eng oddiy odamning eng oddiy muomalalarini ahamiyatsiz qoldirmagan Hokimi Hafiz, odamlarining eng kattalaridan eng katta amallarini muhofaza qilmasin, hisob olmasligi, mukofot va jazo bermasligi hech mumkinmi?! Xolbuki, o’sha kattalardan u zotning izzatiga va g’ayratiga og’ir keladigan va marhamatining sha'ni umuman qabul qilmaydigan muomalalar sodir bo’lyapti. Bu yerda jazolamayapti.

Demak, bir mahkama-i kubroga qoldirilyapti...

SAKKIZINCHI SURAT:Kel, undan kelgan bu farmonlarni senga o’qib beraman. Qara, takror batakror:"Sizlarni u yerdan olib saltanatim markaziga keltiraman va bo’sunganlarni bahtiyor, osiylarni mahkum etaman. Vaqtinchalik yerni xarob qilib, abadiy saroylarni, zindonlarni ichiga olgan boshqa bir mamlakat barpo etaman."deb va'da beryapti va shiddatli tahdid etyapti. Va'da bergan narsalari unga o’ta oson. Xalqi uchun o’ta muhim. Va'dasida xilof qilish, izzati iqtidoriga g’oyat ziddir. Qara, ey tentak! Sen yolg’onchi tasavvuringni, safsatachi aqlingni, aldovchi nafsingni tasdiqlayapsan. Va hech bir tomondan xulf va xilofga majburiyati bo’lmagan va hech bir jihatdan haysiyatiga xilof qilish yarashmagan va ko’ringan butun ishlar sidqiga guvohlik qilgan bir zotni yolg’onga chiqaryapsan. Albatta buyuk bir jazoga loyiq bo’lasan. Misoling shundayki, bir yo’lovchi quyoshning ziyosidan ko’zini berkitib, xayoliga nazar soladi. Tasavvuri tilla qo’ngiz kabi, bosh chirog’ining yorug’ligi bilan dahshatli yo’lini yoritishni istaganga o’xshaydi.

Modomiki va'da bergan ekan, qiladi. Xolbuki, bajo keltirish unga juda yengil, bizga, hamma narsaga, Unga va saltanatiga juda ham lozim.

Demak, bir mahkama-i kubro, bir saodati uzmo bordir.

TO’QQIZINCHI SURAT:Endi kel! Bu uylar va jamoatlarning ba'zi raislariga, {(Hoshiya1) Shu surat isbot qilgan ma'nolar Sakkizinchi Haqiqatda ko’rinadi. Masalan, doiralarning raislari bu misolda anbiyo va avliyolarga ishoratdir. Telefon esa, vahiy aksi va ilhomga sazovor bo’lgan qalbdan uzangan bir nisbati Rabboniya bo’lib, qalb telefonning boshi va qulog’i hukmidadir.} xar birida shaxsan Podshoh bilan ko’rishadigan xususiy telefon bor. Ba'zilar uning huzuriga chiqishgan. Qara nima deyishyapti: Bular ittifoq bilan xabar berishyapti: "U zot mukofot va jazo uchun juda muhtasham va dahshatli bir yer tayyorlagan. O’ta kuchli va'da beryapti va qattiq tahdid qilyapti. Uning izzat va o’ta buyukligi hech bir jihatdan va'dasiga xilof qilish darajasiga tushib, xorlikni qabul qilmaydi". Xolbuki xabarchilar ham tavotur darajasida ko’p, ham ijmo' quvvatida ittifoq bilan xabar beradilarki: Ba'zi belgilari ko’ringan saltanati azimaning asosi va markazi bu yerdan uzoq bir boshqa mamlakatdadir. Bu imtihon maydonida binolar vaqtinchadir. Keyin doimiy saroylarga o’zgartiriladi. Bu yerlar o’zgaradi.Chunki belgilari bilan buyukligi tushunilgan ushbu muhtasham, zavolsiz saltanat, bu o’tkinchi, davomsiz, beqaror, ahamiyatsiz, o’zgaruvchan, baqosiz, noqis, oxiriga yetmagan ishlar ustiga qurilmaydi, turmaydi... Demak unga loyiq, doimiy, sobit, zavolsiz, davomiy, mukammal, muhtasham ishlar ustida turadi.

Demak, bir boshqa diyor bor, albatta u markazga ketiladi.

O’NINCHI SURAT:Bugun sultoniy navro’z.

{(Hoshiya) Bu suratning ramzini To’qqizinchi Haqiqatda ko’rasan. Masalan: Navro’z kuni bahor mavsumiga ishorat. Gulli yashil sahro esa, bahor mavsumidagi ro’yi zamindir. O’zgarib turadigan pardalar, manzaralar esa, fasli bahorning ibtidosidan yozning intihosigacha Sone'-i Qodiri Zuljalolning, Fotiri Hakimi Zuljamolning kamoli intizom bilan o’zgartirgan va kamoli rahmat bilan yangilagan va bir-biri orqasidan yuborgan mavjudoti bahoriya tabaqotiga va masnu'oti sayfiya toifalariga va arzoqi hayvoniya va insoniyaga sabab bo’lgan taomlarga ishoratdir.}

O’zgarishlar bo’ladi, ajib ishlar chiqadi. Bu bahorning shu go’zal kunida, go’zal gulli ushbu yashil sahroga borib bir sayr qilamiz. Mana qara! Aholi ham bu tomonga kelyapti. Qara, bir sehr bor. Binolar birdan xarob bo’ldi. Boshqa shaklga kirdi. Qara, bir mo’'jiza bor. Xarob bo’lgan binolar birdan bu yerda qurildi. Xuddiki ushbu xoli cho’l madaniy shaharga aylandi. Kino pardalari kabi, xar soatda boshqa bir olam ko’rsatyapti, boshqa bir shakl olyapti. Shunga diqqat qilgin, bu qadar chalkash, tez, ko’p sonli, haqiqiy pardalar ichida naqadar mukammal bir intizom borki, hamma narsa joy-joyiga qo’yilyapti. Xayoliy kino pardalari ham bu daraja muntazam bo’lmaydi. Millionlab mohir sehrgarlar bu san'atlarni qila olmaydi. Demak, bizga ko’rinmagan podshohning juda buyuk mo’'jizalari bor.

Ey tentak! Sen: "Qanday qilib bu ulkan mamlakat buzilib, boshqa bir yerda quriladi?" deyapsan.

Ko’ryapsanki: Xar soat, aqling qabul qilmagan u diyorning o’zgarishi kabi ko’p inqiloblar, o’zgarishlar bo’lyapti. Bu to’planish, tarqalish va shu hollardan anglashilyaptiki: Ko’ringan tezlik bilan to’planishlar, tarqalishlar, tashkillar, buzilishlar ichida boshqa bir maqsad bor.

Bir soatlik to’planish uchun o’n yillik xarajat qilinyapti. Demak, bu holatlarning o’zi maqsad emas. Balki bir misol, taqliddir. Mashq maydoni imtihonining hamma narsasi qayd qilingani va yozganidek, U zot suratlari olinib tarkib qilinishi va natijalari saqlanib yozilishi uchun mo’'jizaviy bilan qilyapti.Demak, muomala juda katta majlisda, bular ustida davom etib aylanadi. Bir yuksak ko’rgazmada doimiy ko’rsatiladi. Demak, bu o’tkinchi, beqaror vaziyatlar, sobit suratlar, boqiy mevalar beryaptilar.

Demak, bu marosimlar bir buyuk saodat, bir katta mahkama, biz bilmagan ulug’ g’oyalar uchundir...

O’N BIRINCHI SURAT:Kel, ey qaysar do’stim! Bir tayyoraga, yo sharqqa yoki g’arbga, ya'ni o’tmish va kelajakka ketadigan bir poyezdga minaylik. Bu mo’'jizakor zotning boshqa yerlarda qanday mo’'jizalar ko’rsatganini ko’raylik. Mana qara, xar tomonda biz ko’rgan manzil, maydon va ko’rgazma kabi ajoyiblar mavjud. Ammo san'at jihatidan, surat jihatidan bir-biridan boshqacha. Shunga yaxshilab e'tibor bergin:Sabotsiz manzillarda, davomsiz maydonlarda, baqosiz ko’rgazmalarda naqadar yaqqol bir hikmatning intizomoti, qay daraja zohiriy inoyatning ishoratlari, qay martaba oliy bir adolatning belgilari, qay daraja keng marhamatning samaralari ko’rinyapti. Basiratsiz bo’lmagan xar kim yaqiynan anglaydiki: Uning hikmatidan yanada komilroq hikmat, inoyatidan yanada chiroyliroq inoyat, marhamatidan yanada keng marhamat, adolatidan yanada juda jalil adolat yo’q va tasavvur qilinmaydi.

Agar farazan tasavvur qilganingdek, mamlakatida doimiy manzillar, oliy makonlar, sobit maqomlar, boqiy maskanlar, muqim aholi, bahtli xalqi bo’lmasa, bu hikmat, inoyat, marhamat, adolatning haqiqatlariga bu foniy yurt sazovor bo’lmasligi ma'lum. Ularga sazovor bo’ladigan boshqa yerda ham bo’lmasa, kunning o’rtasida quyoshning nurini ko’rib quyoshni inkor qilish darajasidagi ahmoqlik bilan, ko’zo’ngimizdagi hikmatni inkor qilish va guvoh bo’lgan inoyatimizni inkor qilish, ko’rgan marhamatimizni inkor qilish, juda quvvatli belgilari, ishoratlari ko’ringan adolatni inkor qilish kerak bo’ladi.

Yana ko’rgan ijrootlarimiz hakimona va karimona ishlar va rahimona ehsonlar sohibini (Hudo saqlasin, Alloh ko’rsatmasin!) ahmoq o’yinchi, marhamatsiz zolim ekanini qabul qilish kerak bo’ladi. Bu esa haqiqatlar yolg’onga aylanishi hisoblanadi. Xolbuki, haqiqatlarning o’zgarishi butun ahli aqlning ittifoqi bilan imkonsiz, mumkin emas. Faqat, hamma narsaning vujudini inkor qiluvchi Sofistaiy ablahlar xorij.

Demak, bu diyordan boshqa bir diyor bor. Unda ushbu marhamat, hikmat, inoyat va adolat to’laligicha ko’rinishi uchun bir mahkama-i kubro, ulug’ adolat amalga oshgan joy, buyuk ikromlar qilingan joy bor...

O’N IKKINCHI SURAT:Kel, endi qaytamiz. Shu jamoatlarning raislari bilan va zobitlari bilan ko’rishamiz va jihozlariga qaraymiz. Jihozlar faqat o’sha maydondagi qisqa muddat ichida yashash uchun berilganmi? Yoki boshqa yerda uzun bir saodatli hayotni tahsil etish uchun berilganmi? Ko’raylik. Hammaga va xar bir jihozga qaray olmaymiz. Faqat namuna uchun ushbu zobitninig juzdon va daftariga qaraymiz. Bu juzdonda zobitning rutbasi, maoshi, vazifasi, talablari, harakat dasturi bor. Qara, bu rutba bir necha kunlik emas. Juda uzun vaqt uchun berilishi mumkin. "Maoshni xos xazinadan falon vaqtda olasan", deb yozilgan. Vaholanki, u tarix ancha vaqt o’tib va bu maydon yopilgandan keyin keladi. Vazifa esa, shu muvaqqat maydonga ko’ra emas, balki podshohga yaqin doimiy bir saodatni qozonish uchun berilgan. Talablar esa ushbu bir necha kunlik musofirxonada yashash uchun bo’lmaydi. Balki uzun va bahtiyor hayot uchun bo’lishi mumkin. Dastur esa, ochiqdan ochiq ko’rsatadiki, juzdon sohibi boshqa yerga nomzod, boshqa olam uchun ishlaydi.

Qara, bu daftarlarda, jihozlar tajhizotining surati iste'mol qilish va mas'uliyatlar bor. Xolbuki, agar faqat bu maydondan boshqa oliy, doimiy bir yer bo’lmasa bu mustahkam daftar, qat'iy juzdon batamom ma'nosini yo’qotadi. Bu muhtaram zobit, mukarram qo’mondon va muazzaz rais butun aholidan past, hammadan ham badbaxtroq, bechoraroq, xorroq, musibatliroq, faqirroq, zaifroq bir darajaga tushadi. Bunga qiyos qil. Nimaga e'tibor bersang, bu foniydan keyin bir boqiy borligiga guvohlik qiladi...

O’rtoq! Demak, bu vaqtinchalik yurt bir ekinzor hukmida. Bir ta'lim oladigan joy, bozordir. Albatta, orqasidan bir katta mahkama, buyuk saodati keladi. Agar buni inkor qilsang butun zobitlardagi juzdonlarni, daftarlarni, jihozlarni, dasturlarni, balki bu mamlakatdagi butun intizomlarni, hatto hukumatni inkor qilishga majbur bo’lasan va sodir bo’lgan barcha ijrootning vujudini yolg’onga chiqarish kerak bo’ladi. Unda senga inson va shuur egasi deyilmaydi. Sofistaiylardan aqlsizroq bo’lasan.

* * *

Also mamlakat dalillari bu"O’n Ikki Surat"ga maxsus deb o’ylama. Balki son-sanoqsiz alomatlar, dalillar borki: Bu beqaror, o’zgaruvchan mamlakat zavolsiz, sobit mamlakatga almashtiriladi.Bu aholi shu muvaqqat musofirxonalardan olinadi, saltanatning maqarri doimiysiga yuborilishigason-sanoqsiz belgilar mavjud.

Endi senga"O’n Ikki Surat"quvvatidan yanada kuchli burhon ko’rsataman.

Kel qara, uzoqda ko’ringan ulkan jamoati ichida, avval orolda ko’rgan buyuk nishon sohibimiz Yovari Akram tablig’ot qilyapti. Boraylik, tinglaylik. Boq, porloq hurmatli elchi, balandda osilgan farmoni a'zamni aholiga bildiryapti va:"Tayyorlaninglar. Boshqa, doimiy mamlakatga ketasizlar. Shunday bir mamlakatki, bu mamlakat unga nisbatan zindon hukmida. Agar go’zal ravishda bu farmonni tinglab itoat qilsangiz... Podshohimiz saltanatining markaziga borib, marhamatiga, ehsonlariga sazovor bo’lasizlar. Isyon qilib tinglamasangiz, mudhish zindonlarga tashlanasizlar",deb tablig’ot qilyapti.

Ko’ryapsan, farmoni a'zamda shunday i'jozkor bir muxr borki, hech bir tomondan taqlid qilinishi mumkin emas. Sen kabi tentaklardan boshqa hamma farmon podshohning farmoni ekanini qat'iy biladi va u yuksak mukarram elchisida shunday nishonlar borki, sen kabi ko’rlardan boshqa hamma u zotni podshohning amr va buyruqlarining juda to’g’ri tarjimoni ekanini aniq tushundi.

Ajabo, u yuksak rutbali xodim farmoni a'zam bilan birga butun quvvati bilan da'vo qilib tablig’ etgan "mamlakat o’zgarihsi masalasi" e'tiroz qabul qilishi mumkinmi hech? Yo’q, mumkin emas! Magaram, butun bu ko’rganimiz hamma narsani inkor qilasan...

Endi, ey birodar!. So’z senga, gapir! Nima desang de!

-Men nima ham deyman, bunga qarshi biror narsa deyish mumkinmi? Kunning o’rtasida quyoshga qarshi so’z aytiladimi? Faqat aytishim mumkinki: Alhamdulilloh. Yuz ming marta shukr bo’lsinki, vahima va orzu-istaklar bosimidan, nafs va o’tkinchi havaslar asoratidan qutulib, doimiy qamoq va zindondan xalos bo’ldim va ishondimki:Bu aralash-quralash, beqaror musofirxonalardan boshqa va podshoxga yaqin yerda saodat diyori bor. Biz ham unga nomzodmiz...

Mana, hashr va oxiratga kinoya va ta’alluqli bo’lgan misoliy hikoya bu yerda tugadi. Endi tavfiqi Ilohiy bilan ulug’ haqiqatga o’tamiz. O’tgan"O’n Ikki Surat"gamuqobil"Bir-birini dasataklagan O’n Ikki Haqiqat"bilan bir"Muqaddima"bayon qilamiz.

MUQADDIMA

Bir necha ishorat bilan boshqa joylarda, ya'ni Yigirma Ikkinchi, O’n To’qqizinchi, Yigirma Oltinchi So’zlarda izoh qilingan bir nechta masalaga ishorat qilamiz.

BIRINCHI ISHORAT:

Hikoyadagi tentak odamning ishonchli birodarininguch haqiqatibor.

Birinchisi:Nafsi ammoram bilan qalbimdir.

Ikkinchisi:Falsafa oquvchilari bilan Qur'oni Hakim talabalaridir.

Uchinchisi:Islom Ummati bilan kufr millatidir.

Falsafa o’quvchilari, kufr millati va nafsi ammoraning eng mudhish zalolati, Janobi Haqni tanimaslikdadir. Hikoyada ishonchli odam: "Bir harf kotibsiz bo’lmaydi, bir qonun hokimsiz bo’lmaydi" aytganidek biz ham:

Bir kitob, xususan xar bir so’zi ichida kichik qalam bilan bir kitob yozilgan, xar harfi ichida ingichka qalam bilan muntazam bir qasida yozilgan kitobning kotibsiz bo’lishi umuman imkonsiz. Xuddi shuning kabi, bu koinot naqqoshsiz bo’lishi nihoyatda qat-qat imkonsiz. Bu koinot shunday bir kitobki, xar sahifasi ko’p kitoblarni o’z ichiga olgan. Hatto xar so’zi ichida bir kitob bor. Xar bir harfi ichida bir qasida bor.Yer yuzi bir sahifadir, ichida qanchadan qancha kitob bor. Bir daraxt bir kalimadir, qanchadan qancha sahifasi bor. Bir meva bir harf, urug’ bir nuqtadir. U nuqtada ulkan bir darxtning dasturi, mundarijasi bor. Bunday bir kitob vasflari jalol va jamolga, nihoyatsiz qudrat va hikmatga molik bir Zoti Zuljalolning qudrat qalami bilan qilingan naqsh bo’la oladi.Demak, olamni ko’rish bilan bu iymon kerak bo’ladi. Agar, zalolatdan sarxush bo’lmagan bo’lsa...

Yana, uy ustasiz bo’lmaydi. Bohusus, g’aroyib san'atlar bilan, ajib naqshlar bilan, g’arib ziynatlar bilan ziynatlangan uy. Hatto xar bir toshida bir saroychalik san'at joylashtirilgan. Ustasiz bo’lishini hech bir aql qabul qilmaydi. G’oyat mohir bir san'atkor istaydi. Xususan saroy ichida kino pardalari kabi xar soatda haqiqiy manzillar tashkil qilinib, kamoli intizom bilan ko’ylak almashtirgani kabi almashtirilayapti. Hatto xar bir haqiqiy parda ichida ko’p sonli kichik-kichik manzillar ijod qilinyapti.

Xuddi shuning kabi bu koinot o’ta hakim, alim, qodir bir San’atkor istaydi. Chunki bu muhtasham koinot shunday bir saroyki: Oy, Quyosh uning chirog’I, yulduzlar mumlari, zamon bir ip, tasma bo’lib, Sone'-i Zuljalol xar yili unga bir boshqa olamni taqib ko’rsatyapti. Taqqan olamning ichida uch yuz oltmish tarzda muntazam suratlarini yangilayapti. Kamoli intizom bilan va hikmat bilan almashtiryapti. Yer yuzini bir ne'mat dasturxoni qilganki, xar bahor uch yuz ming san’atlarining turlari bilan ziynatlayapti. Son-sanoqsiz turdagi ehsonlari bilan to’ldiryapti. O’ta bir-birining ichida va aralashganiga qaramay, nozik tanlov va farq bilan bir-biridan ayrilyapti. Boshqa jihatlarni shunga qiyos qil... Qanday qilib shunday bir saroyning Sone'idan g’aflatda qolish mumkin?

Bulutsiz, kunning o’rtasida, Quyoshning dengiz ustida butun pufakchalarda va quruqlikda butun porloq narsalarda va qorning butun parchalarida jilvasi va aksini ko’rib Quyoshni inkor qilish, qay daraja ajib bir devonalik safsatadir. Chunki u payt bir Quyoshni inkor va qabul qilmaslik orqali tomchilar sanog’icha, pufakchalar miqdoricha, parchalar adadicha haqiqiy va quyoshchalarni qabul qilish lozim bo’ladi.

Xar zarracha (faqat bir zarra sig’sada) ichida ulkan bir Quyoshning haqiqatini qabul qilish kerak bo’lgani kabi: Navbat navbat xar doim hikmat bilan o’zgarib turgan va saranjom holda bardavom yangilangan ushbu muntazam koinotni ko’rib, Xoliqi Zuljalolni mukammal vasflari bilan tasdiqlamaslik, undan ham rasvo bir zalolat devonaligi, majnunlik safsatasi hisoblanadi. Chunki hamma narsada, hatto xar bir zarrada mutlaq uluhiyati qabul qilish kerak bo’ladi. Masalan havoning xar bir zarrasi, xar bir gul bilan xar bir mevaga, xar bir yaproqqa kiradi va ishlay oladi.Agar bu zarra xodim bo’lmasa, ichida ishlay olishi uchun kira oladigan va ishlagan barcha narsalarinig tashkil bo’lishini, suratini va shakllarini bilishi kerak bo’ladi.Demak, buni qilishi uchun bepoyon bir ilm va qudratga molik bo’lishi darkor.

Masalan, tuproqning xar bir zarrasi aralash danaklar va urug’larga asos va manba bo’la olishi kerak. Agar xodim bo’lmasa: O’tlar va daraxtlar sanog’icha ma'naviy jihozlar va uskunalarga ega bo’lishi kerak bo’ladi. Yoki ularning tashkil qilinishini biladigan, qiladigan, ularga kiydirilgan barcha suratlarni taniydigan, tika oladigan san'at va qudrat berish kerak bo’ladi. Hamma narsada oshkora vahdoniyatning ko’p dalillari borligini anglashing uchun bunga boshqa mavjudotlarni ham qiyos qil.

Bir narsadan hamma narsani yaratish va hamma narsani bitta narsa qilish hamma narsaning xoliqiga xos ishdir. وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ farmoni zishoniga diqqat qil.Demak, Vohidi Ahadni qabul qilmaslik orqali, mavjudot sanog’icha ilohlarni qabul qilish kerak bo’ladi.

IKKINCHI ISHORAT:

Hikoyada qiymatli, yuksak rutbali xodimdan gap ochilgan va aytilgan: Ko’r bo’lmagan xar kim uning nishonlarini ko’rib tushunadiki: U zot podshohning amri bilan harakat qiladi va uning xos bandasidir. Demak u xodim, Rasuli Akramdir (Alayhissalotu Vassalam). Shunday muzayyan koinotning muqaddas bir Sone'iga bir Rasuli Akram, nurning quyoshga kerakligi darajasida shartdir. Chunki Quyosh ziyo bermasligi mumkin bo’lmaganidek, uluhiyat ham payg’ambarlarni yubormaslik bilan o’zini ko’rsatmasligi mumkin emas.

O’ta mukammal jamol, ko’rsatuvchi va ta'rif qiluvchi vosita bilan o’zini ko’rsatishni istamasligi mumkinmi hech?

O’ta jamolda bir kamoli san'at uning ustiga e'tiborni qaratgan dallol vositasida ko’rsatilish istamasligi mumkin bo’ladimi?

Borliqning rububiyatining qamrovli saltanati ko’plik va parchalar tabaqalarida vahdoniyat va samadoniyatini, zuljanohayn vakil vositasida e'lon qilishni istamasligi mumkinmi! Ya'ni, u zot kulliy qullik jihati bilan ko’plik tabaqalarining dargohi Ilohiya elchisi bo’lgani kabi, yaqinlik va risolat jihatida dargohi Ilohiyning ko’plik tabaqalariga xodimdir.

Zotiy husn sohibi jamolining go’zalliklarini va husnining latifalarini bir habib elchi vositasida oynalarda ko’rish va ko’rsatish istamasligi mumkinmi hech! Ya'ni, elchisi ham habib, ubudiyati bilan o’zini unga sevdiradi, oynadorlik qiladi ham rasul bo’lib, uni maxluqotiga sevdiradi, jamolining asmosini ko’rsatadi.

Ajib mo’'jizalar bilan, g’arib va qiymatli narsalar bilan to’la xazinalar sohibi, sarrof ta'riflovchi va tavsif qiladigan ko’rgazmachi vositasida xalq e'tiboriga taqdim qiladi va boshida izhor qilish orqali yashirin kamolotini bayon qilishni iroda qilmasligi va istamasligi mumkinmi?

Bu koinotni butun asmosining kamolotini ifodalagan san’atlar bilan ziynatlab sayr uchun g’arib va nozik san'atlar bilan bezatilgan saroyga o’xshatib, rahbar bir muallim tayinlamasligi mumkinmi?

Bu koinotning sohibi shu koinotning o’zgarishidagi maqsad va g’oya nima ekanini, qulflangan tilsimini, mavjudotning "Qayerdan? Qayerga? Kimsan?" uch mushkul savolining muammosini bir elchi vositasida ochtirmasligi mumkinmi!

Ushbu go’zal san’atlar bilan o’zini shuur sohiblariga tanitgan va qiymatli ne'matlar bilan o’zini sevdirgan Sone'-i Zuljalol, uning evaziga shuur sohiblaridan rozi bo’lishi va istagini bir elchi vositasida bildirmasligi mumkinmi hech?

Inson sinfini shuur jihatidan ko’plikka mubtalo, iste'dod jihatidan umumiy qullikka muhayyo suratida yaratib, muallim rahbar vositasida ularni kasratdan vahdatga yuzlarini o’girishni istamasligi mumkin bo’ladimi hech!

Yana bular kabi ko’p nubuvvat vazifalari borki, xar biri bir qat’iy burhon bo’lib: Uluhiyat Risolatsiz bo’lolmaydi...

Ajabo, olamda Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan bayon qilingan vasflar va vazifalarga yanada ahil va o’zida jamlagan kim chiqqan? Risolat rutbasiga va tablig’ vazifasiga undan loyiqroq, muvofiqroq bor davr bo’lganmi? Yo’q, aslo va qat'iyyan!. Balki U kishi butun rasullarning sayyididir, butun anbiyoning imomidir, butun asfiyoning sarvaridir, butun muqarrobiynning aqrobidir, butun maxluqotning akmalidir, butun murshidlarning sultonidir.

Haqiqatli ulamolar ittifoqi bilan, Shaqqi Qamar va barmoqlaridan suv oqishi kabi mingga yetgan mo’'jizalaridan son-sanoqsiz nubuvvat dalillaridan boshqa, Qur'oni Azimushshon kabi haqiqatlar dengizi va qirq tomondan mo’'jiza bo’lgan mo’'jiza-i kubro, Quyosh kabi risolatini ko’rsatishga kifoya qiladi. Boshqa risolalarda va xususan Yigirma Beshinchi So’zda Qur'onning qirqqa yaqin i'joz tomonlarini aytib o’tganimiz uchun bu yerda tugatamiz.

UCHINCHI ISHORAT:

Hayolga bu kichkina insonning nima ahamiyati bor, bu azim dunyo uning amallarining hisobi uchun yopilib boshqa bir doira ochiladimi degan savol kelmasin.Chunki bu kichkina inson, jamlovchi fitrati e'tibori bilan mavjudot ichida ishboshi, Ilohiy saltanat dalloli va kulliy ubudiyatga sazovor bo’lgani uchun, buyuk ahamiyati bor.

Yana hayolga qisqacha bir umrda qanday qilib abadiy bir azobga loyiq bo’ladi, degan savol kelmasin. Chunki kufr, ushbu Samadoniy naktublar darajasida va qiymatidagi koinotni ma'nosiz, g’oyasiz tubanlikka tushirgani uchun, butun koinotga qarshi tahqir hisoblanadi. Bu mavjudotda jilvalari, naqshlari ko’ringan butun muqaddas asmo-i Ilohiyani inkor bilan rad qilgan odam, Janobi Haqning haqqoniyat va sidqini ko’rsatgan cheksiz dalillarini yolg’onga chiqargani uchun nihoyatsiz bir jinoyat hisoblanadi. Nihoyatsiz jinoyat esa, nihoyatsiz azobni shart qiladi...

TO’RTINCHI ISHORAT:

Hikoyada o’n ikki surat bilan ko’rdikki: Shunday bir podshohning vaqtinchalik musofirxona kabi yurti bo’lsayu, doimiy va hashamatiga sazovor va azim saltanatiga asos bo’lgan boshqa doimiy mamlakati bo’lmasligi hech bir jihatdan mumkin emas... Xuddi shuning kabi, bu foniy olamning boqiy Xoliqi buni ijod qilib, boqiy bir olamni ijod qilmasligi hech bir jihatdan mumkin emas. Shu oxshahshi yo’q va o’tkinchi koinotning doimiy Sone'i buni bunyod qilsin-da, boshqa bardavom va doimiy koinotni ijod qilmasligi mumkinmi? Bu ko’rgazma, imtihon maydoni va ekinzor hisoblangan dunyoning Hakim, Qodir va Rahim bo’lgan Fotiri uni yaratsin-u, uning butun g’oyalariga sazovor bo’lgan oxirat diyorini bunyod qilmasligi mumkinmi? Bu haqiqatga "O’n ikki eshik"dan kiriladi. O’N IKKI HAQIQAT bilan u eshiklar ochiladi. Eng qisqa va oddiydan boshlaymiz:

* * *

BIRINCHI HAQIQAT: Rububiyat va saltanat eshigi bo’lib, ismi Robning jilvasidir.

Rububiyat taqozosi va uluhiyat saltanati, xususan bunday bir koinotni kamolotini ko’rsatish uchun g’oyat oliy g’oyalar va yuksak maqsadlar bilan ijod qilsin, uning g’oyot va maqosidiga qarshi iymon va ubudiyat bilan muqobala etgan mo’'minlarga mukofoti bo’lmasligi mumkinmi hech?! Va u maqsadlarni rad qilgan va tahqir javobi bergan ahli zalolatga jazo bermasinmi?

IKKINCHI HAQIQAT: Karam va rahmat eshigi bo’lib, karim va rahim ismining jilvasidir.

Ko’rsatgan asarlari bilan nihoyatsiz karam, nihoyatsiz rahmat, nihoyatsiz izzat va nihoyatsiz g’ayrat sohibi bo’lgan shu olamning Robbi, karam va rahmatiga loyiq mukofot, izzat va g’ayratiga shoyista jazo bermasligi mumkinmi hech?! Ha, dunyo jarayonlariga qaralsa, eng ojiz, eng zaifdan {(Hoshiya) Halol rizqi iqtidor bilan olinmaganiga, balki faqirligiga binoan berilganiga qat'iy dalil shuki: Iqtidorsiz bolalarining yaxshi yashashi va iqtidorli yirtqichlarning tor tirikchiligi, zakovatsiz baliqlarning semizligi va zakovatli, ayyor tulki va maymunning tirikchilik dardi bilan vujud jihatidan zaifligi. Demak, rizq iqtidor va ixtiyorga teskari mutanosibdir. Qay daraja iqtidor va ixtiyoriga ishonsa, shu daraja tirikchilik dardiga mubtalo bo’ladi.} to eng kuchli jonligacha loyiq bir rizqi berilyapti. Eng zaif, eng ojizga eng yaxshi rizq berilyapti. Xar dardliga kutmagan joyidan darmon yetkazilyapti. Shunday ulug’ karam bilan ziyofatlar, ikromlar qilinyaptiki, nihoyatsiz bir karam qo’li ichida ishlaganini ochiq-ravshan ko’rsatyapti.

Masalan,

bahorda jannat huriylari tarzida butun daraxtlarni ipak libos kabi kiyimlar kiydirib, gul va mevalarning ziynatlar bilan bezab xizmatkor qilib ularning latif qo’llari bo’lgan shoxlari bilan turli-tuman eng shirin, eng san’atli mevalarni bizga taqdim qilish,

zaxarli arining qo’li orqali eng shirin shifobaxsh asalni bizga yedirish,

eng go’zal va yumshoq libosni qo’lsiz qurtning qo’li orqali bizga kiydirish,

rahmatning buyuk xazinasini kichik bir urug’ ichida biz uchun saqlash,

naqadar go’zal karam, naqadar latif rahmat belgisi ekani ochiq ravshan anglashiladi.

inson va ba'zi yirtqichlardan tashqari, Quyosh va Oy va Arzdan tortib, to eng kichik maxluqqacha hamma narsa kamoli diqqat bilan o’z vazifasini qilishi, zarra qadar haddidan oshmasligi, bir azim haybat ostida umumiy bir itoat borligi buyuk bir jalol va izzat sohibining amri bilan harakat qilganlarini ko’rsatadi.

kerak bo’lsa nabotiy va kerak bo’lsa hayvoniy va kerak bo’lsa insoniy barcha volidalarning u marhamatli shafqatlari bilan

{(Hoshiya) Ha, och bir arslon zaif bolasini o’z nafsidan ustun qo’yib, qo’lga kiritgan go’shtni yemasdan bolasiga berishi, qo’rqoq tovuq bolasini himoya qilish uchun itga, arslonga tashlanishi, anjir daraxti o’zi loy yeb, bolasi bo’lgan mevalariga toza sut berishi, nihoyatsiz Rahim, Karim, Shafiq bir zotning hisobi bilan harakat qilganlarini ko’r bo’lmaganga ochiq ravshan ko’rsatyaptilar. Nabotot va hayvonot kabi shuursizlarning o’ta shuur va hikmat bilan ishlar qilinayotgani zarurat bilan ko’rsatadiki: O’ta Alim va Hakim bir zot borki, ularni ishlatyapti. Ular uning nomi bilan ishlayapti.}

va sut kabi latif ozuqa orq ali ojiz va zaif bolalarni tarbiya qilish, naqadar keng bir rahmatning jilvasi ta'siri ochiq-oydin anglashiladi.

Modomiki bu olam mutasarrifining nihoyatsiz karami, nihoyatsiz rahmati, nihoyatsiz jalol va izzati bor ekan,nihoyatsiz jalol va izzat - adabsizlarga adabini berishni taqozo qiladi. Nihoyatsiz karam - nihoyatsiz ikromni iqtizo qiladi, nihoyatsiz rahmat - o’ziga loyiq ehsonni taqozo qiladi. Xolbuki bu foniy dunyoda va qisqa umrda, dengizdan bir tomchi kabi millionlab qismdan faqat bir qismi joylashadi va tajalliy etadi. Demak, karamga loyiq va u rahmatga shoyista bir saodat diyori bo’ladi.

Aks holda kunduzni nuri bilan to’ldirgan Quyoshning vujudini inkor qilish kabi, bu ko’ringan rahmatning vujudini inkor qilish lozim bo’ladi. Chunkiboshqa qaytib kelmaslik sharti bilan zavol toppish - shafqatni musibatga, muhabbatni ayriliq alamiga, ne'matni azobga, aqlni mash'um jihozga va lazzatni alamga aylantirib rahmat haqiqatining so’nishi kerak bo’ladi.

Jalol va izzatga loyiq jazo diyori bo’ladi.Chunki:Ko’pincha zolim izzatida, mazlum xorligida qolib, bu yerdan ko’chib ketyaptilar. Demak, bir katta mahkamaga qoldirilyapti, kechiktirilyapti. Aks holda, qaralmayapti degani emas.Ba'zan dunyoda ham jazo beradi. Eski vaqtlarda sodir bo’lgan osiy va kufrida qaysarlik qilgan qavmlarga kelgan azoblar ko’rsatyaptiki:Inson bebosh emas, bir jalol va g’ayrat tarsakisiga xar doim uchraydi.

Inson umum mavjudot ichida ahamiyatli vazifasi, ahamiyatli iste'dodi bo’lib, insonning Robbi insonga bu qadar muntazam san’atlari bilan o’zini tanitsa, evaziga inson iymon bilan uni tanimasa...

Bu qadar rahmatning bezalgan mevalari bilan o’zini sevdirsa, evaziga inson ibodat bilan o’zini unga sevdirmasa...

Bu qadar bu turli ne'matlari bilan muhabbat va rahmatini unga ko’rsatsa, evaziga inson shukr va hamd bilan uni hurmat qilmasa, jazosiz qoldirib, bebosh qo’yib, izzat, g’ayrat sohibi bo’lgan Zoti Zuljalol jazo diyori tayyorlamasligi mumkinmi hech?!

U Rahmoni Rahimning o’zini tanitishi evaziga iymon orqali tanib, sevdirishi evaziga ibodat bilan sevish, sevdirish orqali va rahmatiga evaziga shukr bilan hurmat qilish bilan javob bergan mo’'minlarga mukofot diyorini, abadiy saodatini bermasligi mumkinmi hech?!

UCHINCHI HAQIQAT: Hikmat va adolat ehsigi bo’lib, Ismi Hakim va Odilning jilvasidir.

Zarralardan quyoshlargacha

{(Hoshiya1) "mumkinmi hech" jumlasi ko’p takror qilinyapti. Chunki quyidagi muhim bir sirni ifodalaydi: Ko’pincha kufr va zalolat, aqlga sig’dira olmaslikdan kelib chiqadi. Ya'ni, aqldan uzoq va imkonsiz ko’rib, inkor qiladi. Hashr So’zida qat'iyan ko’rsatilganki: Haqiqiy aqga sig’maslik, haqiqiy imkonsizlik, aqldan uzoqlik va haqiqiy qiyinchilik, hatto imkonsizlik darajasida mushkul bo’lgan kufr yo’lida va zalolat yo’nalishidadir.. haqiqiy imkon va haqiqiy aqlga to’g’ri kelish, hatto shart darajasida osonlik, iymon yo’lida va Islomiyat ko’chasidadir. Natija, ahli falsafa aqlga sig’dira olmasligi orqali inkorga ketadi. O’ninchi So’z aqlga sig’maslik qaysi tarafda ekanini bu ta'bir bilan ko’rsatadi. Ularning og’ziga tarsaki tushiradi.}

jarayon etgan hikmat va intizom, adolat va mezon bilan rububiyatining saltanatini ko’rsatgan Zoti Zuljalol rububiyatning himoya qanotiga iltijo qilgan, hikmat va adolatga iymon va ubudiyat bilan tog’ri harakat qilgan mo’'minlarga lutf qilmasligi mumkinmi hech?! Hikmat va adolatga kufr va tug’yon bilan isyon qilgan adabsizlarga adabini bermasligi mumkinmi?! Xolbuki bu vaqtincha dunyoda hikmat va adolatning mingdan biri insonlar ichida ijro qilinmayapti, kechiktirilyapti.Zalolatdagilarning ko’pchiligi jazo olmasdan, ahli hidoyatning ham ko’pchiligi mukofot ko’rmasdan bu yerdan ko’chib ketyapti. Demak, bir mahkama-i kubroga, saodati uzmoga qoldirilyapti.

Bu olamda tasarruf qilgan Zot nihoyatsiz hikmat bilan ish yuritayotgani kuzatilyapti. Unga burhon istaysami? Hamma narsada tartib va foydalarga rioya qilishidir. Insonning butun a'zo, suyaklar va tomirlarida, hatto badanning hujayralarida, xar yerida, xar juz’ida foyda va hikmatlarning ko’zlanishi, hatto ba'zi a'zosi, bir daraxtning qancha mevalari bo’lsa, shu daraja hikmatlar va foydalar qo’yilganini, nihoyatsiz hikmat qo’li bilan ish qilinayotganini ko’rmayapsanmi?!

Hamma narsaning san'atida yuqori intizom borligi ko’rsatadiki, o’ta hikmat bilan ish qilinyapti. Go’zal gulning nozik dasturini kichkinagina urug’ida joylashtirish, katta daraxtning amal sahifasini, hayot dasturini, jihozlari mundarijasini kichkinagina danakda ma'naviy taqdir qalami bilan yozish, nihoyatsiz hikmat qalami ishlaganini ko’rsatadi.

Hamma narsaning xilqatida eng yuqori darajada husni san'at borligi, o’ta hakim Sone'ning naqshi ekanini ko’rsatadi. Shu kichkinagina inson badani ichiga butun koinotning mundarijasini, rahmat xazinalarining barcha kalitlarini, butun asmolarining oynalarini joylashtirish, o’ta yuqori husni san'at ichida hikmatni ko’rsatadi.

Shunday rububiyat ijrootida hokim bir hikmat, rububiyatning qanotiga iltijo qilgan va iymon bilan itoat qilganlarga lutf qilishini istamasligi va abadiy lutf qilmasligi mumkinmi hech?!

Adolat va mezon bilan ish qilinganiga burhon istaysanmi? Hamma narsaga hassos mezonlar bilan, maxsus o’lchovlar bilan vujud berish, surat kiydirish, joy joyiga qo’yish, nihoyatsiz bir adolat va mezon bilan ish qilinganini ko’rsatadi.

Xar bir haq egasiga iste'dodi nisbatida haqqini berish, ya'ni vujudining butun kerakli narsalarini, davom etishi uchun butun jihozlarini eng munosib tarzda berish, nihoyatsiz adolat qo’lini ko’rsatadi.

Iste'dod tili, fitriy ehtiyoj tili bilan, chorasizlik lisoni bilan so’ralgan va istalgan hamma narsaga doimiy javob berish, nihoyat darajada bir adolat va hikmatni ko’rsatadi.

Eng kichik maxluqning eng kichik ehtiyojini ta’minlagan adolat va hikmat, inson kabi eng buyuk maxluqning boqiylik kabi eng buyuk hojatini e'tiborsiz qoldirishi mumkinmi hech?! Eng katta yordam so’rashini va eng katta istagini javobsiz qoldirishi mumkinmi?! Rububiyatning haybatini, qullarining huququni muhofaza qilish orqali saqlamasligi mumkinmi?! Xolbuki bu foniy dunyoda qisqa hayot kechirgan inson adolatning haqiqatiga sazovor bo’la olmaydi va bo’la olmayapti. Balki bir mahkama-i kubroga qoldirilyapti.

Haqiqiy adolat - shu kichkinagina inson kichikligi nisbatida emas, balki jinoyatining kattaligi, mohiyatining ahamiyati va vazifasining azamati nisbatida mukofot va jazo olishini taqozo qiladi.

Modomiki bu foniy, o’tkinchi dunyo, abad uchun yaratilgan inson xususida unday bir adolat va hikmatga sazovor bo’lishdan juda uzoq. Albatta odil bo’lgan Zoti Jalili Zuljamolning va Hakim bo’lgan Zoti Jamili Zuljalolning doimiy Jahannami va abadiy Jannati bo’ladi.

TO’RTINCHI HAQIQAT: Jud va jamol eshigidir. Ismi Javvod va Jamilning jilvasidir.

Nihoyatsiz judu saxovat, tuganmas sarvat, bitmas xazinalar, mislsiz sarmadiy jamol, qusursiz abadiy kamol, bir saodat diyori va ziyofat joyi ichida doimiy mavjud bo’ladigan muhtoj shokirlarni, ishtiyoqmand oynadorlarni, hayratdagi tomoshabinlarni taqozo qilmasligi mumkinmi hech?

Dunyo yuzini bu qadar muzayyan san’atlari bilan bezatish, Oy bilan Quyoshni chiroq qilish, yer yuzini ne'mat dasturxoni qilib taomlarning eng go’zal hillari bilan to’ldirish, mevali daraxtlarni bir-bir idish qilish, xar mavsumda bir necha martalab yangilash, hadsiz judu saxovatni ko’rsatadi. Nihoyatsiz judu saxovat, tuganmas xazinalar va rahmat, ham doimiy ham orzu qilingan ichida hamma narsa muhayyo bo’lgan ziyofat diyori va saodat joyini taqozo qiladi.

Yana, ziyofatdan lazzat olganlarni zavol va firoq bilan azob chekmasligi uchun saodat yerida davom etishini, abadiy qolishini qat’iyyan taqozo qialdi. Chunki, azobning zavoli lazzat bo’lganidek, lazzatning ketishi ham azobdir. U saxovat azob chektirishni istamaydi.Demak, abadiy bir Jannatni va uning ichida abadiy muhtojlarni taqozo qiladi. Chunki nihoyatsiz judu saxo nihoyatsiz ehsonni iqtizo qiladi, ne'matlantirishni istaydi. Nihoyatsiz ehson va ne'matlantirish esa nihoyatsiz minnatdorlikni, ne'matlanishni istaydi. Doimiy ne'matlanish orqali doimiy in'omga shukr va minnatdorligini ko’rsatishi uchun ehsonga sazovor bo’lgan shaxsning vujudining davomiyligini taqozo qiladi. Yo’qsa zavol bilan achchiqlashgan kichik lazzatlanish qisqa vaqtda judu saxoning taqozosi bilan bir yerda to’planishlari mumkin emas.

Yana, Ilohiy san'at ko’rgazmasi bo’lgan olamning hamma tomonidagi ko’rgazmalariga qara. Yer yuzidagi nabotot va hayvonotning qo’lidagi Rabboniy e'lonlarga e'tibor ber, {(Hoshiya) Suyak kabi bir quruq daraxtning uchidagi sim kabi ingichka bandida o’ta naqshinkor, ziynatli bir gul va o’ta san’atli va ziynatli meva, albatta o’ta san'atparvar mo’'jizakor va hikmatdor bir Sone'ning san'atining go’zalligini shuur sohiblariga o’qitgan bir e'lonnomadir. Xullas, nabototga hayvonotni ham qiyos qil.} rububiyat chiroyining dallollari bo’lgan anbiyo va avliyoga quloq sol. Bir ovozdan Sone'i Zuljalolning kamchiliksiz kamolotini g’aroyib san'atlarining ko’rgazmasi bilan ko’rsatyaptilar, bayon qilyaptilar, e'tiborni jalb qilyaptilar.

Demak, bu olamning Sone'ining juda muhim, hayratga soladigan va yashirin kamoloti bor. Bu g’aroyib san'atlar bilan ularni ko’rsatishni istaydi. Chunki: Yashirin, kamchiliksiz kamolot, taqdir etuvchi, sevadigan, "Mashaalloh" deb kuzatuvchilarning boshida ko’rsatishni taqozo qiladi. Doimiy kamolot esa, doimiy ko’rinishni taqozo qiladi. U esa, maqtovchi va sevuvchilar vujudining bardavomligini keltirib chiqaradi. Boqiy bo’lmagan sevuvchilar nazarida kamolotning qiymati tubanlashadi.

{(Hoshiya1) Ha, zarbulmasaldandirki: Bir dunyo go’zali bir zamon o’ziga maftun bo’lgan oddiy bir odamni huzuridan quvib yuboradi. U odam o’ziga tasalli berish uchun: "Tuf, naqadar xunukdir" deydi. U go’zalning go’zalligini inkor qiladi. Ham bir vaqt bir ayiq g’oyat shirin bir uzum novdasi ostiga kiradi. Uzumlarni yeyishni istaydi. Uzishga qo’li yetishmaydi. Novdaga ham chiqolmaydi. O’ziga o’zi tasalli berish uchun o’z lisoni bilan: "Achchiqdir" deydi. Gursillab ketadi...}

Yana, koinotning yuzida yozilgan o’ta go’zal, san'atli, porloq va bezalgan shu mavjudot, nur Quyoshni bildirgani kabi, mislsiz ma'naviy jamolning go’zalliklarini bildiradi va nozirsiz, xofiy bir husnning go’zalliklarini bildiradi.

{(Hoshiya2) Oyna-misol mavjudotning bir-biri orqasida zavol va fanolari bilan barobar, orqalaridan kelganlarning ustida va yuzlarida ayni husn va jamolning jilvasining bo’lishi ko’rsatadiki: Jamol ularniki emas; balki u jamollar bir husni munazzah va bir jamoli muqaddasning oyoti va amorotidir.}

U munazzah husn, muqaddas jamolning jilvasidan asmolarda, balki xar ismda ko’p yashirin dafinalar borligiga ishorat qiladi.

Bu darajada oliy, nazoratchisiz, yashirin jamol esa, o’z go’zalligini bir oynada ko’rish va husnining darajalarini, jamolining miqyoslarini shuuur egalari va ishtiyoqmand oynada ko’rishni taqozo qilgani kabi, boshqalarining nazari bilan ham sevgili jamoliga qarash uchun, ko’rinishni ham istaydi. Demak, ikki tomondan o’z jamoliga qarash, xar biri boshqa-boshqa rangdagi oynalarda shaxsan ko’rish, boshqasi ishtiyoqi bo’lgan tomoshabin va hayratga tushgan sevadiganlarning ko’rishi bilan ko’rishni taqozo qiladi. Demak, husn va jamol ko’rish va ko’rinishni istaydi. Ko’rish, ko’rinish esa, ishtiyoqmand tomoshabin, hayratdagi sevuvchilarninig bo’lishini taqozo qiladi. Husn va jamol, abadiy bardavom bo’lgani uchun, mushtoqlarning davomiy kerak bo’ladi. Chunki doimiy bir jamol o’tkinchi ishtiyoqmandga rozi bo’lmaydi. Chunkiqaytib kelmaslik sharti bilan zavolga mahkum bo’lgan tomoshabin zavolni tasavvur qilib muhabbati adovatga aylanadi, hayrati mensimaslikka, hurmati tahqirga mayl etadi. Chunki xudbin inson bilmagan narsasiga dushman bo’lgani kabi, yetishmagan narsasiga ham qarshidir.

Xolbuki nihoyatsiz bir muhabbat cheksiz shavq va sevish orqali javobga loyiq bo’lgan jamolga nisbatan yashirin adovat, kin va inkor bilan javob beradi. Xullas, kofir Allohning dushmani bo’lishining sirri bundan anglashiladi.

Modomiki nihoyatsiz saxovat, jo’mard, mislsiz jamol, husn, kamchiliksiz kamolot, abadiy mutashakkirlarni, mushtoqlarni, sevuvchilarni taqozo qiladi. Xolbuki bu dunyo musofirxonasida hamma tez ketib g’oyib bo’layotganini ko’rayapmiz. U saxovatning ehsonini faqat ozgina totadi. Ishtahasi ochiladi, faqat yemasdan ketadi. U jamol, u kamolning ham faqat biroz nuriga, balki zaif bir soyasiga bir onda qarab, to’ymasdan ketadi.Demak, bir sayrongohi doimiyga ketilyapti.

Alhosil: Qandayki shu olam butun mavjudoti bilan Sone'-i Zuljaloliga qat'iy dalolat qiladi, Sone'-i Zuljalolning ham sifot va asmo-i qudsiyasi dori oxiratga dalolat qiladi va ko’rsatadi va istaydi.

BESHINCHI HAQIQAT: Bobi shafqat va ubudiyati Muhammadiyadir (Alayhissalotu Vassalam). Ismi Mujib va Rahimning jilvasidir.

Hech mumkinmidirki: Eng adno bir hojatni eng adno bir maxluqidan ko’rib kamoli shafqat bilan kutmagan yeridan is'af etgan va eng yashirin bir ovozni eng yashirin bir maxluqidan eshitib imdod etgan, lisoni hol va qol bilan istanilgan hamma narsaga ijobat etgan nihoyatsiz bir shafqat va bir marhamat sohibi bir Rob, eng buyuk bir abdidan,

{(Hoshiya) Ha, bir ming uch yuz ellik yil saltanat surgan, saltanati hozir ham davom etayotgan, aksar vaqtlarda uch yuz ellik milliondan ko’proq xalqi bo’lgan, xar kun butun xalqi u zotga bay'atini yangilagan, u zotning kamolotiga shahodat qilgan va kamoli itoat bilan amrlariga boysungan, Yerning yarmi va bashariyatning beshdan biri u zotning bo’yogi bilan boyalsa, ya'ni ma'naviy rangi bilan ranglansa, u zot ularning qalblarinig mahbubi va ruhlarining murabbiyi bo’lsa, albatta u zot shu koinotda tasarruf etgan Robning eng buyuk quli bo’ladi. Aksar koinot turlari u zotning mo’'jizasi mevasi bo’lib, u zotning vazifasini va xodimligini olqishlasa, albatta u zot shu koinot Xoliqining eng sevgili maxluqi bo’ladi. Butun insoniyat butun iste'dodi bilan boqiylikka ehtiyoji bor. U ehtiyoj, insonni asfali sofiliyndan a'loyi illiyinga chiqaradi. Albatta, u ehtiyoj eng buyuk bir ehtiyoj bo’lib uni eng buyuk quli barcha qullarining nomidan uni Qoziyul Hojatdan istaydi.}

eng sevgili bir maxluqidan eng buyuk hojatini ko’rib qondirmasin, is'af etmasin, eng yuksak duoni eshitib qabul qilmasin!.. Ha, masalan hayvonotning zaiflarining va bolalarining rizq va tarbiyalari xususida ko’ringan lutf va suhulati ko’rsatyaptiki: Shu koinotning Moliki nihoyatsiz bir rahmat bilan rububiyat etadi. Rububiyatida bu daraja rahimona bir shafqat, hech mumkinmidirki maxluqotning eng afzalining eng go’zal duosini qabul qilmasin!.. Bu haqiqatni O’n To’qqizinchi So’zda izoh qilganimdek, bu yerda ham mukarraran shunday bayon qilaylik:

Ey nafsim bilan barobar meni tinglagan birodar! Hikoya-i tamsiliyada aytgandik: Bir orolda bir ijtimo' bor... Bir yovari akram nutq o’qiyapti. U ishorat qilgan haqiqat shundaydirki: Kel! Bu zamondan tajarrud etib, fikran Asri Saodatga va xayolan Jazirat-ul Arabga ketamiz. Toki, Rasuli Akramni (Alayhissalotu Vassalam) vazifa boshida va ubudiyat ichida ko’rib, ziyorat qilamiz. Qara! U zot qandayki risolati bilan, hidoyati bilan saodati abadiyaning sababi husuli va vasila-i vusulidir. Shuning kabi, ubudiyati bilan va duosi bilan u saodatning sababi vujudi va Jannatning vasila-i ijodidir.

Mana boq! U zot shunday bir saloti kubroda, bir ibodati ulyoda saodati abadiya uchun duo qilyaptiki, go’yo bu jazira, balki butun Arz uning azamatli namozi bilan namoz o’qiyapti, niyoz etyapti. Chunki ubudiyati esa, unga ittibo etgan ummatning ubudiyatini tazammun etgani kabi, mavafaqot sirri bilan butun anbiyoning sirri ubudiyatini tazammun etadi. Ham u saloti kubroni shunday bir jamoati uzmoda o’qiyapti, niyoz etyaptiki, go’yo bani Odamning Hazrati Odamdan asrimizga qadar, balki qiyomatga qadar butun nuroniy va komil insonlar unga tobe bo’lish bilan iqtido qilib duosiga omin deydilar.

{(Hoshiya1) Ha, munojoti Ahmadiya (S.A.V.) davridan hozirgacha butun ummatning butun salotlari va salovotlari u zotning duosiga doimiy omin va umumiy ishtirok hisoblanadi. Hatto unga keltirilgan xar bir salovot ham, u zotning duosiga bir omin bo’ladi. Ummatining xar bir a’zosi xar bir namozda u zotga salotu salom keltiradi. Qomatdan so’ng Shofe'iylarning u kishiga duo qilishi, u zotning abadiy saodat xususidagi duosiga o’ta quvvatli va umumiy omin bo’ladi. Mana, butun bashar insonilik fitratining hol tili bilan, butun quvvati bilan istagan boqiylik va abadiy saodatni, bashariyat nomidan Zoti Ahmadiya (S.A.V.) istayapti va insonning nuroniy qismi u zotning orqasida omin deyapti. Ajabo, bu duoning qabulga yaqin bo’lmasligi mumkinmi hech?!}

Qara, ham shunday baqo kabi bir hojati omma uchun duo qilyaptiki, nafaqat ahli Arz, balki ahli samovot, balki butun mavjudot niyoziga ishtirok qilib lisoni hol bilan: "Oh, ha yo Robbana! Ber, duosini qabul qil. Biz ham istaymiz",deyaptilar. Ham boq!.. Shunday hazinona, shunday mahbubona, shunday mushtoqona, shunday tazarrukorona saodati boqiya istayaptiki, butun koinotni yig’lattirib, duosiga ishtirok ettiryapti.

Yana, insonni va butun maxluqotni asfali sofiliyn bo’lgan fano-i mutlaqqa yiqilishdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, abasiyatdan a'loyi illiyin bo’lgan qiymatga, baqoga, ulug’ vazifaga, Samadoniy maktublar darajasiga chiqarish maqsadi, g’oyasi uchun saodat istab duo qilyapti.

Yana shunday yuksak bir madad va yordam uchun yolvorib istayapti va shirin rahmat tilagan duosi bilan yolvoryaptiki: Go’yo butun mavjudotga, samovotga, arshga eshittirib o’zidan kechtirib duosiga "Omin, Allohumma omin" dediryapti.

{(Hoshiya2) Ha, bu olamning mutasarrifi, butun tasarrufoti shuurli, olimona, hikmatli ekani kuzatiladi. Mutasarrif o’z masnu'oti ichida eng mumtoz qulining harakatlariga shuuri va ittilo'i bo’lmasligi hech bir jihatdan mumkin emas. Mutasarrifi Alim u tanlangan qulining harakatlarini va da'avatini (duolariga) bilib unga nisbatan loqayd qolishi, ahamiyat bermasligi ham hech bir jihatdan mumkin emas. Mutasarrifi Qodiri Rahim uning duolariga loqayd qolmay, duolarni qabul qilmasligi hech bir jihat bilan mumkin emas. Ha, zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) nuri bilan olamning shakli o’zgardi. Inson va butun koinotning haqiqiy mohiyati u nur, ziyo bilan rivojlandi va ko’rindiki: Koinotdagi mavjudot, asmo-i Ilohiyani o’qitgan Samadoniy maktublardir, xar biri vazifa yuklangan xodimdir. Boqiylikka sazovor qiymatli va ma'nodor mavjudotdir. Agar u Nur bo’lmasa edi, mavjudot mutlaq foniylikka mahkum, qiymatsiz, ma'nosiz, foydasiz, abas, chalkash, tasodif o’yinchog’i bo’lgan vahima zulmati ichida qolar edi. Bu sir sababli: Insonlar zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) duosiga omin deganlari kabi, arshu zamin, yerdan surayyo yulduzigacha butun mavjudot uning nuri bilan iftixor etib, aloqadorlik ko’rsatadi. Zotan ubudiyati Ahmadiyaning (S.A.V.) ruhi duodir. Balki koinotning harakatlari va xizmatlari bir tur duodir. Masalan: Bir urug’ning harakatlari, Xoliqidan daraxt bo’lishiga bir nav’ duodir.}

Yana eng yashirin bir ziyhayotning eng yashirin istagini, eng yashirin niyozini ko’radigan, eshitadigan, qabul qiladigan, marhamat qiladigan Sami' va Karim bir Qodirdan, Basir va Rahim bir Alimdan saodat va baqoni istayapti. Hol tili bilan bo’lsa ham, ijobat qiladi. Shunday hakimona, basirona, rahimona suratda beradi va ijobat etadiki, tarbiya va tadbir shunday Sami' va Basirga maxsus, Karim va Rahimga xosligiga shubha qoldirmaydi.

Ajabo, butun bani odamni orqasiga olib, bu Yer ustida turib, arshi a'zamga qarata qo’l ko’tarib, bashariyatning qullik xulosasini jamlagan ubudiyati Ahmadiya (S.A.V.) haqiqati ichida duo qilayotgan insoniyatning sharafi va butun borliqlarning eng qiymatlisi va barcha davrlarda yagona bo’lgan Faxri Koinot (S.A.V.) nima so’rayotganini, tinglaylik. Qara,o’ziga va ummatiga abadiy saodat istayapti, baqo istayapti, Jannat istayapti. Mavjudot oynalarida jamollarini ko’rsatgan butun muqaddas Ilohiy asmo bilan birga istayapti. Asmodan shafoat talab qilyapti, ko’ryapsan. Agar oxiratning keltirib chiqaradigan hisobsiz sabablar, borligining dalillari bo’lmaganida, faqat bu zotning bir duosi, bahorimizning ijodi qadar Xoliqi Rahimning qudratiga oson bo’lgan shu Jannatning binosiga sabab bo’lar edi...

{(Hoshiya1) Ha, oxiratga nisbatan o’ta tor sahifa bo’lgan ro’yi zaminda behisob g’aroyib san'at namunalarini va hashr va qiyomatning misollarini ko’rsatish, uch yuz ming kitob bo’lgan muntazam san’at turlarini bitta sahifada kamoli intizom bilan yozib joylashtirish, albatta keng bo’lgan olami oxiratda latif va muntazam Jannatning binosidan va ijodidan ham mushkulroq. Jannat bahordan naqadar yuksak bo’lsa, shu daraja bahor bog’larini yaratish Jannatdan ham qiyinroq va hayratga soluvchi deb bo’ladi.}

Ha, bahorimizda yer yuzini ko’rgazma qilgan, yuz ming hashr namunalarini ijod qilgan Qodiri Mutlaqqa Jannatning ijodi qanday og’ir bo’lishi mumkin? Demak, u zotning risolati bu imtihon diyorining ochilishiga sabab bo’lib, لَوْلَاكَ لَوْلَاكَ لَمَا خَلَقْتُ الْاَفْلَاكَ sirriga sazovor bo’ldi. Shuning kabi, ubudiyati ham narigi saodat diyorining ochilishiga asos bo’ldi.

Ajabo, butun aqllarni hayratda qoldirgan bu olam intizomi va keng rahmat ichida qusursiz husni san'at, mislsiz rububiyat jamoli, u duoga ijobat etmaslik orqali bir xunuklikni, marhamatsizlikni, intizomsizlikni qabul qilishi mumkinmi hech? Ya'ni, eng juz'iy, eng ahamiyatsiz istaklarini, ovozlarni ahamiyat bilan eshitib bajo keltirsa, amalga oshirsa-yu, eng ahamiyatli, kerakli orzularni ahamiyatsiz ko’rib eshitmasligi, anglamasligi, qilmasligi mumkinmi? Aslo va qat’iyyan, yuz ming marta yo’q! Bunday jamol bunday xunuklikni qabul qilib xunuk bo’lolmaydi.

{(Hoshiya2) Ha, haqiqatlarning o’zgarishi imkonsizligiga ittifoq qilingan. Haqiqatlarning o’zgarishi ichida qat qat imkonsiz, bir zid o’zining ziddiga o’zgarishi va bu o’zgarishlar ichida ochiq oydin ming daraja imkonsizlik shuki: Zid, o’z mohiyatida qolishi bilan birga, yana ziddining aynisi bo’lishi kerak. Masalan: Nihoyatsiz jamol, haqiqiy jamol bo’lib, haqiqiy xunuklikka aylanadi. Bu misolimizda ko’rilgan va borligi qat’iy bo’lgan bir rububiyat jamoli, o’z mohiyatida turar ekan, xunuklikka aylanadi. Bu esa dunyoda imkonsiz va botil misollarning eng ajibi bo’ladi.}

Demak, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam risolati orqali dunyoning eshigini ochgani kabi, qulligi bilan ham oxiratning eshigini ochadi...

عَلَيْهِ صَلَوَاتُ الرَّحْمٰنِ مِلْءَ الدُّنْيَا وَ دَارِ الْجِنَانِ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى عَبْدِكَ وَ رَسُولِكَ ذٰلِكَ الْحَب۪يبِ الَّذ۪ى هُوَ سَيِّدُ الْكَوْنَيْنِ وَ فَخْرُ الْعَالَمَيْنِ وَ حَيَاتُ الدَّارَيْنِ وَ وَس۪يلَةُ السَّعَادَتَيْنِ وَ ذُو الْجَنَاحَيْنِ وَ رَسُولُ الثَّقَلَيْنِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ وَ عَلٰى اِخْوَانِه۪ مِنَ النَّبِيّ۪ينَ وَ الْمُرْسَل۪ينَ اٰم۪ينَ

OLTINCHI HAQIQAT: Hashamat va sarmadiyat eshigi bo’lib, Jalil va Boqiy ismining jilvasidir.

Butun mavjudotni Quyoshlardan, daraxtlardan zarralarga qadar amr ostidagi askar qilib bo’sundirgan va boshqargan Rububiyat hashamati, bu dunyo musofirxonasida vaqtincha hayot kechirgan abgor foniylar ustida turishi.. doimiy, boqiy hashamat diyori va abadiy, oliy rububiyat asosini ijod qilmasligi mumkinmi hech?!

Bu koinotda kuzatilgan mavsumlarning almashishi kabi hashamatli ijroot va sayyoralarning tayyora-misol harakatlari kabi azamatli harakatlari, yerni insonga beshik, quyoshni xalqqa chiroq qilish kabi dahshatli bo’ysundirish, o’lgan va qurigan Kura-i Arzni tiriltirish, bezash kabi keng almashish ko’rsatyaptiki: Parda orqasida muazzam bir rububiyat bor, muhtasham bir saltanat bilan hukm qilyapti. Bunday rububiyat saltanati, o’ziga loyiq xalqni taqozo qiladi va loyiq insonlarni iqtizo qiladi. Xolbuki: Mohiyat jihatidan eng jamlovchi va muhim xalqi va bandalari, bu dunyo musofirxonasida abgor suratda vaqtincha to’planganini ko’rayapsan. Musofirxona esa, xar kun to’ladi, bo’shaladi. Butun xalq esa, xizmat tajribasi uchun bu imtihon maydonida vaqtincha turibdi. Maydon esa xar soat o’zgaradi. Butun xalq Sone'-i Zuljalolning qiymatli ehsonlarining namunalarini va g’aroyib san'at antiqalarini olam bozori ko’rgazmalarida, tijorat uchun tomosha qilishga shu ko’rgazmada bir necha daqiqa to’xtab tomosha qilyapti, so’ng g’oyib bo’lyapti. Bu ko’rgazma, xar daqiqa o’zgarayapti. Ketgan kelmaydi, kelgan ketadi.

Bu holat va shu vaziyat:Bu musofirxona, maydon va ko’rgaqzmalarning orqasida, doimiy saltanatga sabab va sazovor bo’ladigan doimiy saroylar, sobit maskanlar, dunyoda ko’rgan namunalarimiz va suratlarning eng toza va eng yuksak asllariga to’la bog’ va xazinalari borligini qat'iy ko’rsatadi. Demak, bu yerdagi sa’y-harakat u tomon uchun. Bu yerda ishlatadi, u yerda haqqini beradi. Hammaning iste'dodiga ko’ra (agar qo’ldan chiqarmasa) u yerda saodati bor. Ha, bunday sarmadiy bir saltanat, shu foniy va yo’qoladigan zalillar ustida turishi imkonsiz...

Bu haqiqatga ushbu misol durbini bilan qara: Masalan sen yo’lda ketyapsan, yo’lda bir karvonsaroy ko’rding. Bir buyuk zot bu karvonsaroyni huzuriga keladigan musofirlari uchun qurgan. Musofirlarning bir kechalik dam olishi va ibratlari uchun, karvonsaroy ziynati uchun millionlab oltinlar sarflayapti. Musofirlar ziynatlarning oz qisminin qisqa vaqtda tomosha qilib, ne'matlardan juda oz vaqtda, oz narsa totib, to’ymasdan ketyapti. Lekin xar bir musofir o’ziga maxsus fotoapparati bilan u karvonsaroydagi narsalarning suratlarini olyapti. Buyuk zotning xizmatkorlari ham, musofirlarning muomalalari suratini o’ta diqqat bilan olyapti va qayd qilyapti. U zot xar kuni qiymatli ziynatlarning ko’pini buzayotganini ko’rayapsan. Yangi keladigan musofirlar uchun yangi ziynatlarni ijod qilyapti. Buni ko’rgandan so’ng: Bu yo’lda bu karvonsaroyni qurgan zotning doimiy, g’oyat oliy manzillari, ham tuganmas, o’ta qiymatli xazinalari, ham sobit, o’ta buyuk saxovati borligiga hech shubhang qoladimi?! Bu karvonsaroyda ko’rsatgan ikromi orqali, musofirlarini huzuridagi narsalarga ishtahalarini ochyapti va ularga tayyorlagan hadyalarga rag’batini uyg’otyapti. Aynan shuning kabi, bu dunyo musofirxonasidagi vaziyatga sarxush bo’lmasdan e'tibore bersang ushbu to’qqiz asosni anglaysan:

Birinchi Asos:U karvonsaroy kabi bu dunyo ham o’zi uchun emasligini bilasan. O’zidan o’zi ham bu suratni olishi imkonsiz. Balki maxluqot karvonining kelib tushish va ko’chish uchun to’lib bo’shalgan, hikmat bilan qurilgan bir musofirxonasidir.

Ikkinchi Asos:Bu karvonsaroyning ichida o’tirganlar musofirlari, ularning Robbi Karimi ularni Dorus-Salomga chaqirishini bilasan.

Uchinchi Asos:Bu dunyodagi ziynat, faqat lazzatlanish yoki tanaffus uchun emas. Chunki bir muddat lazzat bersa, firog’i bilan uzoq muddat azob beradi. Senga tottiradi, ishtahangni ochadi, faqat to’ydirmaydi. Chunki yo uning umri qisqa, yo sening umring qisqa. To’yish uchun kifoya emas. Demak, qiymati yuksak, ushbu muddati qisqa ziynatlanish ibrat uchun,

{(Hoshiya1) Ha, modomiki hamma narsaning qiymati va nozik san’ati o’ta yuksak va go’zal bo’lsada, muddati qisqa, umri oz. Demak, narsalar namunalar bo’lib, boshqa narsalarning suratlari hukmidadir. Modomiki mijozlarning e'tiborini asllariga qaratayotganiga o’xshagan holat bor. Shunday ekan, albatta bu dunyodagi ziynatlanish, bir Rahmoni Rahimning rahmati bilan sevgan qullariga tayyorlangan Jannat ne'matlarining namunalaridir deyish mumkin, deyiladi va shundaydir. }

shukr uchun, doimiy usuliga tashviq qilish uchun. Boshqa o’ta ulug’ g’oyalar uchun ekanini bilasan.

To’rtinchi Asos:Bu dunyodagi ziynatli narsalar

{(Hoshiya2) Ha, hamma narsaning vujudining ko’p g’oyalari va hayotining ko’plab natijalari bor. Abas va hikmatsizlik aralashmasligi uchun ahli zalolat tasavvur qilganidek dunyoga, nafslariga tegishli maqsadlar bilan cheklanib qolmagan. Balki hamma narsaning borligining g’oyalari va hayot natijalari uch qism:

Birinchisi va eng ulug’i, Sone'iga tegishli. Ahyoga qo’ygan san'at g’aroyiboti ziynatini Shohidi Azaliyning e'tiboriga namoyish qilish tarzida taqdim qilish bo’lib, u e'tiborga bir kelib ketuvchi bir on yashash kifoya qiladi. Balki vujudga kelmasdan, niyat hukmida bo’lgan iste'dodi ham kifoya. Demak, tez o’ladigan latif maxluqlar va vujudga kelmagan, ya'ni unib chiqmagan g’aroyib san'at hisoblangan urug’lar, danaklar bu g’oyani to’liq mos. Foydasizlik va abasiyat ularga tegishli emas. Demak, hamma narsa hayoti bilan, vujudi bilan San’atkorning mo’'jizalarga to’la qudratini va san'at asarlarini ko’rsatib, Sultoni Zuljalolning nazariga taqdim qilish birinchi g’oyasidir.

Ikkinchi qism yaratilish maqsadi va hayot natijasi shuur egalariga tegishli. Ya'ni, hamma narsa Sone'-i Zuljalolning haqiqatlarini ko’rsatgan maktubi, latofatini ko’rsatgan qasidasi, hikmatli kalimasi bo’lib, farishtalar, jin, hayvon va insonning e'tiboriga taqdim qiladi, mutolaaga da'vat qiladi. Demak, unga qaraqan xar shuur sohibiga ibratnamo bir mutolaagohdir.

Uchunchi qism yaratilish maqsadi va hayot natijasi, narsaning o’zoga tegishli bo’lib, lazzat va dam olish, boqiy va rohatda yashash kabi kichik natijalardir. Masalan: Azim sultoniy kemada bir xizmatkorning rulni boshqaruvchilik qilishdan maqsad, kema e'tibori bilan yuzdan biri o’ziga, ya’ni kichik maoshiga oid.. to’qson to’qqizi sultonga oid. Huddi shuning kabi hamma narsaning o’ziga va dunyoga oid g’oyasi bir bo’lsa, Sone'iga oidi to’qson to’qqizdir. Bu g’oyalarning ko’ligi sababli, bir-biriga zid va teskari ko’ringan hikmat va tejash, judu saxo, xususan nihoyatsiz saxovat bilan yordamining sirri shudirki: Ko’p g’oyalar nuqta-i nazaridan judu saxo hukm qiladi, ismi Javvod tajalliy etadi. Mevalar, ulug’lar; bir g’oya nuqta-i nazarida hisobsiz. Nihoyatsiz boylikni ko’rsatadi. Lekin barcha g’oyalar uchun, hikmat hukm qiladi, Hakim ismi tajalliy etadi. Bir daraxtning qancha mevalari bo’lsa, balki har mevaning shunchalik g’oyalari borki, biz bayon qilgan uch qismga ajraladi. Barcha g’oyalar nihoyatsiz hikmat va tejamkorlikni ko’rsatadi. Ters kabi ko’ringan nihoyatsiz hikmat nihoyatsiz boylik bilan, saxovat bilan birlashadi. Masalan: Askar qo’shinining bir g’oyasi osoyishtalikni ta'minilashdan iborat. Bu g’oyaga asosan qancha askar istasang bor, hatto ortig’i bilan mavjud. Lekin hudud himoyasi va dushman bilan urushish kabi boshqa vazifalar uchun mavjud qo’shin zo’rga kifoya qiladi. Bu esa kamoli hikmat bilan muvozanadadir. Demak, hukumatning hikmati hashamat bilan birlashadi. Demak askarlikda ortiqchalik yo’q deyish mumkin.}Jannatda ahli iymon uchun rahmati Rahmon bilan yig’ib qo’yilgan ne'matlarning namunalari, suratlari hukmidadir.

Beshinchi Asos:Bu foniy san’atlar fano uchun emas, ozgina ko’rinib mahv bo’lish uchun yaratilmaganini bilasan. Balki vujudda qisqa vaqt to’planib, surati olinishi, rasmi tutilishi, ma'nosi bilinishi, natijalari zabt etilishi uchun kerakli holatda bo’ladi... Masalan, abadiyat ahli uchun doimiy manzaralar yozilishi, boqiy olamda boshqa g’oyalarga asos bo’lishi kerak.

Ashyo baqo uchun yaratilganini, fano uchun emasligini, balki suratan fano bo’lsa ham to’liq vazifa va nafaqaga chiqish ekani quyida anglashiladi: Foniy narsa bir jihatda fanoga ketadi, lekin ko’p jihatlar bilan boqiy qoladi. Masalan, qudrat kalimalaridan bo’lgan bir gulga nazar sol. Qisqa vaqt tabassum qilib bizga qaraydi, keyin fano pardasiga yashirinadi. Lekin sening og’zingdan chiqqan so’z kabi ketadi, lekin minglab misollarini quloqlarga joylashtiradi. Tinglagan aqllar adadicha ma'nolarini aqllarda qo’yadi. Chunki ma’noni ifodalash vazifasi tugagandan keyin ketadi, lekin uni ko’rgan hamma narsaning xotirasida zohiriy suratini va xar bir danagida ma'naviy mohiyatini qoldirib ketadi. Go’yo xar bir xotira bilan xar danak, ziynatini saqlashga fotoapparat va davomi etishi uchun manzillardir. Eng oddiy hayot martabasidagi maxluq bunday bo’lsa, eng yuksak hayot tabaqasi va boqiya ruh sohibi bo’lgan inson, qanchalik baqo bilan aloqador ekani anglashiladi. Ulkan gulli va mevali nabototning xar birining bir oz ruhga o’xshagan tashkil etilish qonuni, ko’rinish surati, zarrachalar kabi danaklarda kamoli intizom bilan, dag’dag’ali inqiloblar ichida saqlanishi va muhofaza etilishi bilan g’oyat qamrovli va yuksak mohiyatga ega, tashqi vujud kiydirilgan, shuurga ega nuroniy to’g’ridan to’g’ri amr qonuni bo’lgan bashar ruhi, qay daraja baqoga bog’liq va aloqador ekani anglashiladi.

Oltinchi Asos:Inson ipi bo’yniga o’ralgan, istagan joyida o’tlash uchun bebosh qo’yilmagan, balki butun amallarining suratlari olinib yozilishi va butun harakatlarining natijalari hisob qilinishi uchun qayd qilinishini bilasan.

Yettinchi Asos:Kuz mavsumida yoz-bahor olamining go’zal maxluqotining buzilishi yo’qlik emas. Balki vazifasi tugagani uchun nafaqaga chiqishdir.

{(Hoshiya) Rahmatning ozuqa xazinanalaridan hisoblangan daraxtning uchida va shoxlarining boshidagi mevalar, gullar, yaproqlar keksayib, vazifasi tugagach orqasidan oqib kelganlarga eshik yopilmasligi uchun ketishi kerak. Aks holda, rahmatning kengligi va boshqa birodarlarining xizmatiga to’siq bo’ladi. Yoshlik ketgani uchun ham xor, ham abgor bo’ladi. Demak, bahor ham, ko’rgazma kabi mevador daraxtdir. Xar asrdagi inson olami, ibrat beradigan daraxtdir. Yer ham, ajoyib ko’rgazma bo’lgan qudrat daraxtidir. Hatto dunyo ham, mevalari oxirat bozoriga yuborilgan bir hayrat beradigan daraxtdir.}Keyingi bahorda keladigan maxluqlarga yer bo’shatish uchun bo’shalish va yangi vazifa bajaruvchilar kelib o’rnashadigan va vazifali mavjudotning kelishiga yer tayyorlash va hozirlash hisoblanadi. Shuur egalariga vazifasini unuttirgan g’aflatdan va shukrini unuttirgan sarxushlikdan iqozoti Subhoniy ekanini bilasan.

Sakkizinchi Asos:Bu foniy olamning doimiy Sone'i uchun boshqa va boqiy olami borligi, qullarini u yerga chorlaganini va unga tashviq qilganini bilasan.

To’qqizinchi Asos:Bunday Rahmon, bu olamda, xos qullariga shunday ikromlar qilishi, uni na ko’z ko’rgan na quloq eshitgan na bashar qalbiga xutur etganini bilasan. Amanna...

YETTINCHI HAQIQAT: Hifz va hofiziyat eshigi bo’lib, Hofiz va Roqib ismining jilvasidir.

Osmonda, yerda, quruqlikda, dengizda, ho’l-quruq, kichik- katta, oddiy-oliy hamma narsani kamoli intizom va mezon ichida muhofaza qilib, natijalarini hisob kitob bilan elagan hofiziyat, inson kabi buyuk fitratda, xilofati kubro kabi rutbada, omonati kubro kabi buyuk vazifasi bo’lgan basharning xar bir borliqni rububiyatiga munosabati bo’lgan amallari va harakatlari muhofaza qilinmasligi, hisob-kitob elagidan o’tkazilmasligi, adolat tarozisida tortilmasligi, loyiq jazo va mukofot olmasligi mumkinmi hech?! Yo’q, aslo!..

Bu koinotni boshqargan zot hamma narsani nizom va mezon ichida muhofaza qiladi. Nizom va mezon esa, ilm bilan, hikmat va iroda bilan qudratning ko’rinishidir. Chunki, xar bir maxluq vujudida o’ta muntazam va o’lchovli yaratilayotganini ko’ryapmiz. Hayoti muddati davomida o’zgartirgan suratlari ham, intizomli bo’lib, butuni ham intizom ostida ekanini ko’ryapmiz. Hofizi Zuljalol vazifasi tugashi bilan umri tugatilyotgan va bu shahodat olamidan ko’chib ketgan hamma narsani bir qancha suratlarini saqlangan lavhalarga o’xshagan {(Hoshiya1) Yettinchi Suratning hoshiyasiga qara.} xotiralarda va bir qancha misoliy oynalarda saqlab, aksar hayot yo’lini urug’ida, natijasida naqsh qilib yozyapti. Zohir va botin oynalarga qo’yayapti. Masalan: Inson xotirasi, daraxtning mevasi, mevaning danagi, gulning urug’i hofiziyat qonuni qamrovining kattaligini ko’rsatyapti.

Ulkan bahorning barcha gulli, mevali mavjudoti va ularning o’ziga ko’ra butun amal sahifalari, tashkil qilinishining qonunlari va suratlarining timsollari, chegaralangan bir miqdor danakchalar ichlarida yozilib, muhofaza qilinyapti. Ikkinchi bir bahorda ularga ko’ra hisob-kitob ichida amal sahifasini nashr qilib, kamoli intizom va hikmat bilan boshqa ulkan bahor olamini yuzaga keltirib, hofiziyatning naqadar quvvatli ihota bilan jarayon etganini ko’rsatyapti. Ajabo, o’tkinchi, oddiy, baqosiz, ahamiyatsiz narsalar shunchalik muhofaza qilinsa, g’ayb olami, oxirat olami, ruhlar olamida maxluqlar rububiyatida muhim samara bergan basharning amallari saqlanib nazorat qilinish ko’rinishida, ahamiyat bilan qayd qilinmasligi mumkinmi hech? Yo’q va aslo!

Bu hofiziyatning bu suratda tajalliysidan anglashiladiki: Mavjudotning Moliki mulkida jarayon etgan hamma narsaning tinchlik va tartibiga qattiq e'tibor bergan. Hokimiyat vazifasida o’ta diqqat qiladi. Rububiyati saltanatida katta ahamiyat bergan. Eng kichik hodisani, eng kichik xizmatni yozadi, yozdiradi. Mulkida jarayon etgan hamma narsaning suratini ko’p narsalarda saqlaydi. Bu hofiziyat:Ahamiyatli amallar daftari hisob kitob daftari ochiladi, xususan mohiyat jihatidan eng buyuk, eng mukarram, eng musharraf bir maxluq bo’lgan insonning katta amallari, muhim bo’lgan harakatlari, muhim hisob va mezonga qo’yilishiga, amallari sahifasi nashr qilinishiga ishorat qiladi.

Inson xilofat va omonat bilan mukarram qilinib, rububiyatning kulliyati ishlariga shohid bo’lib kasrat doiralarida, vahdoniyati Ilohoyaning dallolligini e'lon qilib, aksar mavjudotning tasbehot va ibodatlariga aralashib zobitlik va guvohlik darajasiga chiqib, so’ng qabrga kirib rohatda yotishi, uyg’otilmasligi mumkinmi ajabo?! Katta-kichik xar bir amalidan so’roq qilinmaydimi?! Mahsharga borib mahkama-i kubroni ko’rmaslik imkoni bormi?! Yo’q va aslo!..

Kelajakda

{(Hoshiya) Hozirdan olam yaratilishining ibtidosigacha o’tgan moziyning tamomi sodir bo’lgan. Vujudga kelgan xar bir kuni, xar bir yili, xar bir asri, satrlar, sahifalar, kitoblar bo’lib, qadar qalami bilan chizilgan. Dasti qudratning mo’'jizalari dalillarini ularda kamoli hikmat va intizom bilan yozgan.

Hozirdan qiyomatga, Jannatga, abadgacha bo’lgan kelajak zamonning butuni imkonot hisoblanadi. Ya'ni, moziy sodir bo’lgan, kelajak imkonotdir. Ikki zamonning ikki silsilasi bir-biriga qarshi solishtirilsa, kechagi kunni yaratgan va u kunga maxsus mavjudotni ijod qilgan Zot, ertangi kunni mavjudoti bilan xalq etishga qodir ekani hech bir tomondan shubha qoldirmaydi. Xuddi shuning kabi: G’aroyib maydon bo’lgan moziyning mavjudoti va g’aroyib narsalari, bir Qodiri Zuljalolning mo’'jizalaridir. Qodir zot butun istiqbolni, butun mumkinotni ijod qilishga, barcha ajoyib narsalarni chiqarishga qodir ekaniga shubha yo’q.

Bir olmani yaratadigan zot, albatta dunyoda butun olmalarni yaratishga va ulkan bahorni ijod qilishga qodir bo’lishi kerak bo’ladi. Kim bahorni ijod qila olmasa, bir olmani ham ijod qila olmaydi. Chunki olma o’sha dastgohda to’qiladi... Bir olmani ijod qilgan zot, bir bahorni ijod qilishi mumkin. Bir olma bir daraxtning, balki bir bog’ning, balki bir koinotning kichik misolidir. San'ati e'tibori bilan ulkan daraxtning butun hayot tarixiga ega olmaning urug’i san'at g’aroyibi bo’lib: Uni ijod qilgan, hech narsadan ojiz qolmaydi. Xuddi shuning kabi, bugunni yaratgan, qiyomat kunini yarata oladi va bahorni ijod qiladigan, hashrning ijodiga qodir bir zot bo’la oladi. Moziyning butun olamlarini davr tasmasiga kamoli hikmat va intizom bilan taqib ko’rsatgan zot, albatta istiqbol tasmasiga ham boshqa koinotni qo’yib ko’rsata oladi va ko’rsatadi. Bir qancha So’zlarda, xususan Yigirma Ikkinchi So’zda: Hamma narsani qila olmagan zot, hech bir narsani qila olmasligini, bitta narsani yaratgan, hamma narsani qila olishini, ashyoning ijodi yagona zotdan deb bilish, butun ashyo bir narsa kabi oson bo’lishini, osonlik paydo qilishini, agar ko’p sabablardab deyilsa va ko’plikka isnod etilsa, birgina narsaning ijodi, butun ashyoning ijodi qadar qiyin bo’lishini va imkonsiz qiyinchilik paydo qilishini o’ta qat'iy isbot qilganmiz.}

imkoni doirasidagi narsalarga qodir ekaniga o’tgan vaqtdagi qudrati mo’'jizalari bo’lgan ishlari guvohlik qilgan, qiyomat va hashrga juda o’xshagan qish bilan bahorni xar doim ko’z o’ngida ijod qilayotgan birQodiri Zuljaloldan inson qanday qilib yo’qlikka ketib qocha oladi, tuproqqa kirib yashirina oladi. Modomiki bu dunyoda unga loyiq hisob kitob qilinib, hukm chiqarilmayapti. Albatta, bir mahkama-i kubro, bir saodati uzmoga ketadi.

SAKKIZINCHI HAQIQAT: Va'd va va'id eshigidir. Jamil va Jalil ismining jilvasidir.

Alimi Mutlaq va Qodiri Mutlaq bo’lgan shu masnu'otning Sone'i, butun anbiyolar tavotur bilan xabar bergan va butun siddiqiyn va avliyo ijmo' bilan guvohlik qilgan takror-batakror Ilohiy va'd va va'idini amalga oshirmasdan, (also) ojizligi va johilligini ko’rsatishi mumkinmi hech?! Xolbuki va'd va va'ididagi amrlar qudratiga hech og’ir kelmaydi. Juda yengil va juda oson.. O’tgan bahorning behisob mavjudotini keyingi bahorda qisman aynan, {(Hoshiya1) Daraxt va o’tlarning ildizlari kabi...} qisman mislan {(Hoshiya2) Yaproqlar, mevalar kabi...} qaytarilishi qadar osondir. Va'dani bajarish esa, ham bizga, ham hamma narsaga, ham o’ziga, ham saltanati rububiyatiga juda ham lozim. Va'dadan qaytish esa, ham iqtidori izzatiga zid, ham ilmiy qamroviga ziddir. Zero, Va'dadan qaytish yo johillikdan yoki ojizlikdan kelib chiqadi.

Ey munkir! Kufr va inkoring bilan naqadar ahmoqona jinoyat sodir qilayotganingni, o’z yolg’onchi tasavvuringni, safsatachi aqlingni, aldovchi nafsingni tasdiqlab, hech bir tomondan bilan xulf va xilofga majburiyati bo’lmagan, uning izzatiga, haysiyatiga hech qanday xilof yarashmagan, ko’ringan barcha narsalar va ishlar sidqiga va haqqoniyatiga shahodat qilgan zotni yolg’onga chiqarayotganingni bilasanmi?! Nihoyatsiz kichiklik ichida nihoyatsiz buyuk jinoyat qilyapsan! Albatta, abadiy buyuk jazoga haqdor bo’lasan.Ba'zi ahli Jahannamning bir tishi tog’ qadar bo’lishi, jinoyatining kattaligiga bir miqyos qilib xabar berilgan.Sen: Quyoshning ziyosidan ko’zini yumgan, boshi ichidagi xayoliga qarab, tasavvuri, bir tilla qo’ng’iz kabi boshga kiyiladigan fonarning nuri bilan dahshatli yo’lini yoritishni xohlagan yo’lovchiga o’xshaydi. Modomiki mavjudot, haq so’zlagan sodiq so’zi, koinot hodisalari to’g’ri so’zlagan notiq oyatlari bo’lgan Janobi Haq va'da bergan, demak albatta qiladi.Bir mahkama-i kubro ochadi, bir eng buyuk saodati beradi.

TO’QQIZINCHI HAQIQAT: Tiriltirish va o’ldirish eshigi bo’lib, Hayyi Qayyum, Muhyiy va Mumiyt ismining jilvasidir.

O’lgan, qurigan ulkan Yerni tiriltirgan...

tiriltirish ichida xar biri bashar hashri kabi ajoyib uch yuz mingdan ortiq maxluqlari turlarini hashr va nashr qilib qudratini ko’rsatgan...

hashr va nashr ichida o’ta qorishiq va aralash bo’lsada aniq tanlab, ajratib ilmining qamrovini ko’rsatgan...

butun samoviy farmonlarida basharning hashrini va'da qilib butun bandalarining e'tiborini abadiy saodatga yo’naltirgan...

butun mavjudotni boshlarini qovushtirib, yelkama-yelka turg’azib, qo’lni qo’lga tuttirib, amr va irodasi doirasida aylantirib, bir-biriga yordamchi va musaxxar qilib azamati rububiyatini ko’rsatgan...

insonni koinot daraxtining eng qamrovli, eng nozik va eng nozanin, eng nozdor, eng niyozdor bir mevasi qilib yaratib, O’ziga tinglovchi qilib, hamma narsani unga bo’ysundirib, insonga shunchalik ahamiyat berganini ko’rsatgan...

bir Qodiyri Rahim, bir Aliymi Hakim Qiyomatni keltirmasligi mumkinmi?!

Hashrni qilmasligi va qila olmasligi mumkinmi?! Insonni tiriltirmasligi yoki qila olmasligi mumkmini?! Mahkama-i Kubroni ochmasligi mumkinmi?! Jannat va Jahannamni yaratmasligi mumkinmi?! Qat’iyyan va aslo!..

Darhaqiqat, bu olamning Mutasarrifi Ziyshoni xar asr, xar yil, xar kun bu tor, vaqtincha ro’yi zaminda katta hashr va qiyomat maydonining juda ko’p o’xshashlarini, namunalarini va ishoralarini yaratmoqda. Jumladan:

Bahoriy hashrda, besh-olti kun ichida kichik va katta hayvonot va nabototning uch yuz mingdan ortiq turlarini hashr etib nashr qilayotganini ko’rayapmiz. Barcha daraxtlarning, o’tlarning ildizlarini va bir qancha hayvonlarni aynan tiriltiryapti, avvalgi holiga qaytarmoqda. Boshqalarini ham ayniyat darajasida bir misliyat suratida ijod qilmoqda. Xolbuki, moddatan juda oz farqi bo’lgan urug’chalar bir-biriga aralashib ketganiga qaramay, kamoli ajratish va alohidalik bilan, o’ta tez, keng qamrovli va osonlik bilan kamoli intizom va mezon bilan olti kun yoki olti hafta mobaynida tiriltirmoqda. Bu ishlarni qilgan Zotga biron narsa og’irlik qilishi, osmonlar va yerni olti kunda yarata olmasligi, insonni bir qichqiriq bilan hashr qila olmasligini hech qabul qilish mumkinmiki? Also!..

Ajabo, bir mo’'jizaviy kotib bo’lsa, harflari yo buzilgan yoki o’chib ketgan uch yuz ming kitobni bir sahifada chalkashtirmasdan, xatosiz, yanglishsiz, nuqsonsiz hammasini birga, o’ta go’zal suratda bir soatda yozsa,.. bir kishi senga: "Bu kotib o’zi yozgan, sening suvga tushgan kitobingni bir daqiqa ichida hofizasidan yangidan yoza oladi" desa, sen: "Qilolmaydi, ishonmayman", deya olasanmi?!

Va yoxud, bir mo’'jizakor sulton o’z iqtidorini ko’rsatish uchun yoki ibrat va tanaffus uchun bir ishora bilan tog’larni qo’porib, mamlakatlarni o’zgartirib, dengizni quruqlikka aylantirib tashlayotganini ko’rib turgan bo’lsang, keyin daraga katta bir tosh dumalab tushib, U Zot ziyofatga chaqirgan mehmonlarining yo’lini to’sib qo’ygan, o’tolmayotganini ko’rsang, birov senga: "U Zot bir ishora bilan shu toshni qanchalik katta bo’lmasin qo’porib tashlaydi yoki parchalab yuboradi, mehmonlarini yo’lda qoldirmaydi" desa, sen: "Qo’porib tashlamaydi yoki qo’para olmaydi", desang...

Va yoxud, bir zot bir kunda yangidan katta bir lashkarni tashkil qilgan bo’lsada, bir kishi: "U zot surning ovozi bilan askarlari istirohat uchun tarqalib ketgan batal'onlarni to’playdi, bo’linmalar darhol uning nizomi ostiga kiradi" desa, sen "Ishonmayman" desang, naqadar telbalarcha harakat qilganingni anglaysan...

Ushbu uchta misolni tushungan bo’lsang, qara: Naqqoshi Azaliy ko’z o’ngimizda qishning oppoq sahifasini o’girib, bahor va yozning yashil varag’ini ochib, ro’yi Arzning sahifasida uch yuz mingdan ortiq turlarni qudrat va qadar qalami bilan eng chiroyli suratda yozmoqda. Bir-biri ichida bir-biriga aralashmaydi, birga yozadi, bir-biriga mone bo’lmaydi. Tuzilishda, ko’rinishda bir-biridan boshqacha bo’lsada, hech chalkashtirmaydi, xato qilmaydi.

Darhaqiqat, eng katta bir daraxtning ruh dasturini bir nuqta kabi eng kichik danakka joylab muhofaza qilgan Zoti Hakimi Hafiyz, vafot etganlarning ruhlarini qanday muhofaza qiladi, deyiladimi?

Kurra-i Arzni bir kichik tosh kabi aylantirayotgan Zoti Qodir, oxiratga ketayotgan mehmonlarining yo’lidagi bu yerni qanday qilib olib tashlaydi yoki parchalaydi, deyisahs mumkinmi?!

Yana, yo’q joydan, yangitdan butun hayot egalarining lashkarlarini butun jasadlarining "batal'on"larida kamoli intizom bilan zarralarni كُنْ فَيَكُونُ amri bilan qayd etib joylashtirgan, lashkarlar tashkil qilgan Zoti Zuljalol, batal'on-misol jasadning nizomi ostiga kirib bir-biri bilan tanishgan asosiy zarralari va asosiy qismlarini bir qichqiriq bilan qanday to’play oladi, deb bo’ladimi?!

Bahor hashriga o’xshagan dunyoning xar davrida, xar asrida, hatto, kecha-kunduzning almashishida, hatto havoda bulutlarni ijod qilish va yo’q qilishda, hashrga namuna, misol va belgi bo’ladigan ko’p naqshlar qilganini ko’zing bilan ko’rmoqdasan. Hatto, agar xayolan o’zingni ming yil oldingi davrda faraz qilsang, keyin zamonning ikki qanoti bo’lgan moziy bilan istiqbolni bir-biriga ro’baro’ qilsang, asrlar va kunlar sanog’icha hashr va qiyomatning namunalarini ko’rasan. So’ng, shuncha namuna va misollarni ko’rib ham, jismoniy hashrni aqldan mantiqdan uzoq ko’rib inkor qilsang, naqadar telbalik qilganingni o’zing ham anglaysan...

Farmoni A'zam biz bahs yuritayotgan haqiqatga doir nima deganiga qara:

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Natija:Hashrga mone' bo’ladigan hech bir narsa yo’q. Sabab esa, hamma narsadir. Darhaqiqat, ajoyib ko’rgazma bo’lgan bu ulkan Yerni oddiy hayvon kabi o’ldirib yana tiriltirayotgan, inson va hayvonga yoqimli bir beshik, go’zal kema qilib bergan, Quyoshni ularga bu mehmonxonada yorituvchi va isituvchi bir chiroq qilib qo’ygan, sayyoralarni malaklariga tayyora qilib bergan Zotning o’ta muhtasham va doimiy rububiyati, o’ta muazzam va keng hokimiyati, albatta, faqat bu o’tkinchi, davomsiz, beqaror, ahamiyatsiz, o’zgaruvchan, baqosiz, nuqsonli, mukammal bo’lmagan dunyo ishlari ustiga bino qilinmaydi va turmaydi.

Demak, Unga munosib, boshqa doimiy, barqaror, bezavol va muhtasham bir diyor bor. Boshqa boqiy bir mamlakati bor. Bizni o’sha yer uchun ishlatadi. U yerga da'vat qiladi va u yerga ko’chirishiga, zohirdan haqiqatga o’tgan va huzuriga yaqinlikka musharraf bo’lgan barcha nuroniy ruhlar asxobi, butun qalbi munavvar aqtoblar, butun nuroniy aqllar arbobi guvohlik bermoqdalar, bir mukofot va jazo tayyorlab qo’yganini ittifoqan xabar berishyapti. Va takror-batakror, juda kuchli va'da va o’ta shiddatli tahdid qilganini naql etmoqdalar.

Va’daga xilof esa, ham xorlik, ham xorlanishdir. Hech bir jihatdan Uning jalol va qudsiyatiga yaqin kelmaydi. Va’da berib jazolamaslik esa, yo afvdan, yo ojizlikdan kelib chiqadi. Xolbuki, kufr mutlaq jinoyatdir.

{(Hoshiya) Darhaqiqat, kufr mavjudotning qiymatini yerga urgani va ma'nosizlik bilan tuhmat qilgani uchun butun koinotga qarshi haqorat hisoblanadi. Mavjudot oynalarida ko’ringan Ismlarning jilvasini inkor qilish bo’lgani uchun butun asmo-i Ilohiyaga qarshi bir haqorat, mavjudotning vahdoniyatga bo’lgan shahodatlarini rad qilgani uchun butun maxluqotga nisbatan yolg’onga chiqarish bo’ladi. Shu sababli insoniy iste'dodni shunday buzadiki, ezgulik va xayrni qabul qilishga layoqati qolmaydi. Yana azim zulm bo’lib, umum maxluqot va butun asmo-i Ilohiyaning huquqiga bir tajovuzdir. Shu haqlarning muhofazasi va kofirning nafsi yaxshilikka qobiliyatsizligi kufrning kechirilmasligini taqozo qiladi. اِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظ۪يمٌ shu ma'noni ifodalaydi.}

Afvga loyiq emas. Qodiyri Mutlaq esa, ojizlikdan munazzah va muqaddasdir. Shohidlar, xabarchilar esa, yo’llari, yo’nalishlari, mazhablarida turli tuman bo’lsada, kamoli ittifoq bilan bu masalaning asosida yagona fikrda. Mukammal tavotur darajasidalar. Sifat e'tiboridan ijmo' quvvatidalar. Mavqe e'tibori bilan, xar biri bashariyatning bir yulduzi, bir toifaning ko’zi, bir millatning azizidirlar. Ahamiyati jihatidan, bu masalada ham mutaxassis, ham isbot qilganlar. Xolbuki, bir fanda yoki bir san'atda ikki mutaxassis boshqa minglab kishilardan ustun va xabarda ikki isbotlovchi minglab inkorchilardan ustun qo’yiladi. Masalan, Ramazon hilolining chiqqanini xabar bergan ikki odam minglab inkor qiluvchilarning inkorlarini yo’qqa chiqaradi.

Natija:Dunyoda bundan ko’ra to’g’riroq xabar, mustahkamroq da'vo, zohirroq haqiqat bo’lishi mumkin emas. Demak, shubhasiz dunyo bir ekinzordir. Mahshar esa, bir samara joyi, xirmondir. Jannat, jahannam esa, ombordir.

O’NINCHI HAQIQAT: Hikmat, inoyat, rahmat, adolat eshigidir. Hakim, Karim, Odil, Rahim Ismining jilvasidir.

Shu baqosiz dunyo musofirxonasida, bu davomsiz imtihon maydonida, shu sabotsiz yer ko’rgazmasida bu daraja ochiq bir hikmat, bu daraja zohir bir inoyat, bu daraja ustun adolat va bu daraja keng marhamatning dalillarini ko’rsatgan Malik-ul Mulki Zuljalolning mamlakat doiralari, mulk va malakut olamida doimiy maskanlar, abadiy yashovchilar, boqiy maqomlar, muqim maxluqlar bo’lmasdan, shu ko’ringan hikmat, inoyat, adolat, marhamatning haqiqatlari yo’qqa tushishi mumkinmi hech?!..

Zoti Hakim insonni butun maxluqot ichida o’ziga kulliy tinglovchi va jamlagan oyna qilib, butun rahmat hazinalarining turlarini unga tottirib, ham torttirib ham tanitib, o’zini butun asmosi bilan unga bildirib, uni sevib, sevdirib... so’ng bechora insonni abadiy mamlakatiga yubormasligi mumkinmi hech?! Doimiy saodatgohga da'vat qilib bahtiyor qilmasligi mumkinmi?!

Hatto urug’ qadar xar bir mavjudga bir daraxtdek vazifa yuki yuklashi, gullaricha hikmatlarni qo’yishi, mevalari qadar foydalarni joylashtirib, butun vazifasi, hikmatlari, foydalarini dunyoga qaratib faqat bir urug’ qadar g’oya berishi qabul qilinadimi?! Bir hantal qadar ahamiyati bo’lmagan dunyoviy nasli davomini g’oya qilishi yarashadimi?! Bularni ma'no olamiga urug’ va oxirat olamiga bir ekinzor qilmasligi mumkinmi! Haqiqiy va loyiq natijani berishi, asl g’oyalarini va loyiq mevalarini ko’rsatishi uchun bu qadar muhim muhim marosimlarni g’oyasiz, behuda, abas qoldirishi, ularning yuzini ma'no olami, oxirat olamiga o’girmasligi mumkinmi?!

Bu narsalarni haqiqatga xilof qilish bilan o’z haqiqiy Hakim, Karim, Odil, Rahim vafslariga ters (qat’iyyan va aslo) vasfda ko’rsatib, hikmat va karamiga, adl va rahmatiga dalolat qilgan koinotning butun haqiqatlarini yolg’onga chiqarishi, butun mavjudotning guvohliklarini rad etishi, butun maxluqlarning dalolatlarini bekor qilishi mumkinmi hech?!

Insonning boshiga va ichidaki hislariga sochlari adadicha vazifalar yuklab, faqat bir soch hukmida unga dunyoviy evaz berishi, haqiqiy adolatiga zid va haqiqiy hikmatiga teskari, ma'nosiz ish qilishi mumkinmi?!

Bir daraxtga bergan natijalari, mevalari miqdoricha xar bir hayot egasiga, balki til kabi xar bir a'zosiga, balki xar bir maxluqqa shu darajada hikmatlarni, foydalarni berib o’zining Hakimi Mutlaq ekanini isbot qilib ko’rsatib, so’ng butun hikmatlarning eng buyugi, butun foydalarning eng muhimi, butun natijalarning shart bo’lgani, hikmatni hikmat, ne'matni ne'mat, rahmatni rahmat qilgan va butun hikmatlarning, ne'matlarning, rahmatlarning, foydalarning manbai va g’oyasi bo’lgan baqo va liqoni, abadiy saodatni bermasdan tark qilib, butun ishlarini mutlaq abasiyat darajasiga tushirishi, o’zini shunday odamga o’xshatsinki, saroy qurib, xar bir toshida minglab naqshlar, xar tarafida minglab ziynatlar, xar bir manzilida minglab qiymatli jihozlar va uyga kerakli jihozlar tayyorlab, unga tom yasamasligi, hamma narsa chirishi, behuda buzilib ketishi mumkin hech?! Yo’q qat’iyan va aslo!

Xayri Mutlaqdan xayr keladi, Jamili Mutlaqdan go’zallik keladi, Hakimi Mutlaqdan abas bir ish kelmaydi. Ha, xar kim fikran tarixga minib moziyga ketsa, hozirgi zamonda ko’rgan dunyo manzilimiz, imtihon maydoni, ashyolar ko’rgazmasi kabi, yillar adadicha vafot etgan manzillar, maydonlar, ko’rgazmalar, olamlarni ko’radi. Surat jihatidan, holat jihatidan bir-biridan boshqa bo’lsada, intizom jihatidan, ajoyiblik jihatidan, Sone'ning qudrat va hikmatini ko’rsatish jihatidan bir-biriga o’xshaydi.

Yana sabotsiz manzillarda, davomsiz maydonlarda, baqosiz ko’rgazmalarda shu qadar ochiq hikmatning intizomlarini, shu darajada zohiriy inoyatning ishoratlarini, shu martaba ustun adolatning izlarini, shu darajada keng marhamatning samaralarini ko’radi. Basiratsiz bo’lmaslik sharti bilan: U hikmatdan yanada mukammalroq hikmat yo’qligini, belgilari ko’ringan inoyatdan ham chiroyliroq inoyat mumkin emasligini, izlari ko’ringan adolatdan buyukroq adolat yo’qligini, samaralari ko’ringan marhamatdan ham keng bir marhamat tasavvur qilinmasligini aniq biladi.

Agar bu ishlarni boshqargan, bu musofirlarni va musofirxonalarni o’zgartirgan Sultoni Sarmadiyning mamlakat doirasida doimiy manzillar, oliy makonlar, sobit maqomlar, boqiy maskanlar, muqim aholi, mas'ud qullari bo’lmasligi faraz qilinsa, ziyo, havo, suv, tuproq kabi kuchli va to’rt keng ma’naviy unsurlar bo’lganhikmat, adolat, inoyat, marhamatninghaqiqatlarini rad qilish va zohiriy unsurlar kabi, ko’ringan vujudlarini inkor qilish kerak bo’ladi. Chunki shu baqosiz dunyo va undagi narsalar, ularning to’liq haqiqatlariga sazovor bo’la olmagani ma'lum. Agar boshqa joyda ham ularga to’liq erishadigan makon bo’lmasa, kunduzni to’ldirgan ziyoni ko’rib ham Quyoshning borligini inkor qilish darajasidagi telbalik bilan, hamma narsadagi ko’z o’ngimizdagi hikmatni inkor qilish, o’zimiz va aksariyat ashyolarda xar doim ko’rgan inoyatimizni inkor qilish va juda quvvatli belgilari ko’ringan adolatni inkor qilish,

{(Hoshiya) Adolat ikki qismdir. Biri musbat, keyingisi manfiy. Musbati, haq egasiga haqqini berish. Bu qism adolat, bu dunyoda ochiq ravshan tarqalgan. Chunki "Uchinchi Haqiqat"da isbot qilingani kabi, hamma narsaning iste'dod tili, tabiiy ehtiyoj tili va chorasizlik lisoni bilan Fotiri Zuljaloldan istagan barcha istaklarini, vujud va hayotiga kerakli butun huquqini maxsus mezonlar bilan, muayyan o’lchovlar bilan berayotganini kuzatish mumkin. Demak, adolatning bu qismi vujud va hayot darajasida qat'iy mavjud.

Ikkinchi qism manfiy bo’lib, haqsizlarni tarbiya qilishdir. Ya'ni, haqsizlarning haqqini azob va jazo orqali beradi. Bu qism garchi shu dunyoda to’liq ko’rinmasada, bu haqiqatning vujudini his ettiradigan suratda sanoqsiz ishoratlar va dalillar bor. jumladan: Od va Samud qavmlaridan, to bu davrning qaysar qavmlarigacha kelgan tarbiya ta’ziri, jazo va azob qamchisi o’ta oliy adolatning hukmronligini qat'iyyan ko’rsatadi.}

hamma joyda ko’rgan marhamatimizni inkor qilish kerak bo’lganidek, koinotda ko’rgan hikmatli ijroot, karamli harakatlar va rahmli ehsonlar sohibini (qat’iyyan va also) yengiltak bir o’yinchi, marhamatsiz zolim ekanini qabul qilish kerak bo’ladi. Bu esa haqiqatlar o’zgarishining nihoyatsiz imkonsizligi bo’ladi. Hatto hamma narsaning borligini va o’z nafsining vujudini inkor qilgan ahmoq Sofistaiylar ham buni tasavvur qilishga osonlikcha yaqinlasha olmaydi.

Natija:Ko’ringan tasarruflar, dunyodagi keng hayotiy ahsyolarning birdamligi, tez o’lim orqali ayriliqlar, hashamatli to’planishlar va tez tarqalishlar, azamatli marosimlar, buyuk tajalliylar bilan ularning bu olamga oid, bu foniy dunyoda qisqa vaqtda biz bilgan kichik samaralari, ahamiyatsiz va vaqtincha g’oyalari o’rtasida hech qanday munosabat bo’lmagani uchun, xuddi kichik bir toshga bir katta tog’ qadar hikmatlar, g’oyalar qo’yish, katta tog’ga kichik tosh kabi vaqtincha kichik g’oya berishga o’xshaydi. Bu esa hech bir aql va hikmatga to’g’ri kelmaydi.

Demak, shu mavjudot va tasarruflar bilan dunyoga oid g’oyalari o’rtasida bu daraja muvozanatsizlik qat'iyyan guvohlik qiladiki,bu mavjudot ma'no olamiga yuzlangan, munosib mevalarni o’sha yerda beradi, ko’zlari muqaddas asmoga e'tibor berayapti, g’oyalari u olamga qarayapti. Asllari dunyo tuprog’i ostida, boshoqlari misol olamida yuzaga chiqadi. Inson iste'dodi nisbatida bu yerda ekadi va ekiladi, oxiratda hosil oladi.

Ashyolarning Ilohiy asmo va oxirat olamiga tegishli yuzlariga qarasang, qudrat mo’'jizasi bo’lgan xar bir urug’ning daraxt qadar g’oyasi borligini ko’rasan. Hikmat kalimasi bo’lgan xar bir gulning

{(Hoshiya1) Savol: Agar nima uchun eng ko’p misollarni guldan va urug’dan va mevadan keltiryapsan deb so’ralsa, javob quyidagicha: Chunki ular mo’'jizoti qudratning eng antiqalari, eng horiqolari, eng nozanidir. Tabiatparastlar, zalolatdagilar va faylasuflar ulardagi qadar va qudrat qalami yozgan nozik xatni o’qiy olmaganlari uchun ularning haqiqatini yecha olmagan, tabiat botqoqligiga tushishgan.}

bir daraxt gullari qadar ma'nolari bor. San’at g’aroyibi va rahmat manzumasi bo’lgan xar bir mevaning, bir daraxtning mevalari qadar hikmatlari bor. Bizlarga rizq bo’lishi esa, minglab hikmatlaridan bitta hikmati bo’lib, vazifasi tugaydi, ma'nosini ifoda qiladi, vafot etadi, me'damizga dafn qilinadi. Modomiki bu foniy ashyo boshqa yerda boqiy mevalar berar ekan, doimiy suratlar qoldirar va boshqa jihatda abadiy ma'nolar ifoda qilar ekan, davomiy tasbehot aytar ekan,inson ularning shu jihatiga qaragan tomonlariga yuzlanish bilan inson bo’ladi, foniyda boqiyga yo’l topadi.

Demak, bu hayot va o’lim ichida yumalayotgan, to’planib tarqalayotgan mavjudot ichida boshqa maqsad bor. Qiyosda kamchilik yo’q: Bu holatlar, taqlid va misol uchun tashkil va tartib qilingan holatlarga o’xshaydi. Surati olinishi, tarkib etilishi, kinoda davomli ko’rsatilishi uchun katta xarajat bilan kichik to’planishlar, tarqalishlar qilinganidek, bu dunyoda qisqa muddatda shaxsiy va ijtimoiy hayot kechirishning bir g’oyasi shuki: Katta majlisda ko’rilishi, buyuk ko’rgazmada ko’rsatilishi va azim saodatiga iste'dodi ko’rsatilishi uchun suratlari olinib birlashtiriladi, amallarining natijasi olinib saqlanadi. Demak, hadisi sharifda"Dunyo oxirat ekinzoridir"deb bu haqiqatni ifoda qiladi.

Modomiki dunyo bor va dunyo ichida belgilari bilan hikmat, inoyat rahmat va adolat bor ekan, albatta dunyoning borligi kabi qat'iyyan oxirat ham bor. Modomiki dunyoda hamma narsa bir jihatdan u olamga yuzlangan ekan, demak, u yerga ketilyapti. Oxiratni inkor qilish, dunyo va uning ichidagi hamma narsani inkor qilish demakdir. Demak, ajal va qabr insonni kutgani kabi, Jannat va Jahannam ham insonni kutyapti va kuzatyapti.

O’N BIRINCHI HAQIQAT: Bobi insoniyatdir. Ismi Haqning jilvasidir.

Janobi Haq va Ma'budi Bilhaq,

insonnikoinot ichida mutlaq rububiyatiga va barcha olamlarga umumiy rububiyatiga nisbatan eng ahamiyatli quli,

Subhoniy xitoblarining eng mutafakkir tinglovchisi,

asmosiga sazovor eng ko’p qamrovli oynasi,

uni ismi a'zamning tajalliyiga va xar bir ismda bo’lgan ismi a'zamlik martabasining tajalliysiga sazovor bo’lgan ahsani taqvimda qudratining eng go’zal mo’'jizasi,

rahmat xazinalarini unidagi narsalari bilan tortish, tanish uchun eng ko’p mezon va jihozlarga ega tadqiqotchi, nihoyatsiz ne'matlariga eng muhtoj,

foniylikdan eng ko’p azob chekkan va boqiylikka juda mushtoq,

hayvonot ichida eng nozik, eng nozdor, eng faqir va eng muhtoj,

dunyoviy hayot jihatidan eng g’am chekkan va eng badbaxt,

iste'dod jihatidan eng ulug’ va eng yuksak suratda, mohiyatda yaratib, uni iste'dod va qobiliyatga ega,

uning ishtiyoqi va loyiq bo’lgan abadiy diyorga yubormasdan, inson haqiqatini bekor qilib o’z haqqoniyatiga tamoman zid va haqiqat nazarida xunuk haqsizlik qilishi mumkinmi hech?!

Hokimi Bilhaq, Rahimi Mutlaq, insonga shunday bir iste'dod berib, yer bilan ko’klar va tog’lar ko’tarishdan qochgan"omonati kubro"niolib, ya'ni kichkina juz'iy o’lchovlari bilan, san'atchalari bilan Xoliqining bepoyon sifatlarini, kulliy tasarruflarini, nihoyatsiz tajalliyotini o’lchab bilib, yerda eng nozik, nozanin, nozdor, ojiz, zaif yaratgan.

Xolbuki butun yerning nabotiy va hayvoniy maxluqotiga bir jihatda tartibot xodimi qilib, ularning tasbehot va ibodat tarziga mudoxala ettirib, koinotdagi Ilohiy ijrootga kichkina miqyosda bir misol ko’rsatib, Subhoniy rububiyatni amalda va tilida koinotda e'lon qildirish, malaklaridan ustun qo’yib xilofat rutbasini berib, unga ushbu barcha vazifalarining g’oyasi, natijasi va samarasi bo’lgan saodati abadiyani bermasligi mumkinmi hech?!

Uni butun maxluqotining eng badbaxt, eng bechora, eng musibatlisi, eng dardmandi, eng xor darajaga tushirib, eng muborak, nuroniy va xursand qiladigan hikmat hadyasi bo’lgan aqlni bechoraga eng mash'um va zulm qiladigan azob jihozi qilib, mutlaq hikmatiga butunlay zid va mutlaq marhamatiga killiyan teskari marhamatsizlik qilishining ehtimoli bormi?! Qat’iyyan va aslo!

Natija:Misoliy hikoyada bir zobitning jildi va daftariga qarab ko’rgan edikki, rutbasi ham, vazifasi ham, maoshi ham, harakat dasturi ham, jihozlari ham bizga ko’rsatdiki, u zobit vaqtinchalik maydon uchun emas, balki doimiy mamlakatga borib, shunga ko’ra ishlayapti. Aynan shuning kabi,insonning qalb juzdonidagi latifalari, aql daftaridagi tuyg’ular, iste'dodidagi jihozlari, tamoman va bir ovozdan abadiy saodatiga tegishli, shunga ko’ra berilgan va unga ko’ra jihozlanganiga tahqiq va kashf ahli muttafiqdir.Jumladan:

Masalan, aqlning bir xizmatkori va tasvirchisi bo’lgan xayolga: "Senga bir million yil umr bilan saltanati dunyo beriladi, faqat oxirida mutlaqo yo’q bo’lasan." deyilsa, vahimaning aldamasligi, nafsi aralashmasligi sharti bilan "Oh" o’rniga "Eh" deydi va afsus qiladi. Demak, eng katta foniy insonning eng kichik a’zosini va jihozlarini to’ydira olmaydi.Ushbu iste'dod sababli, insonning abadga uzangan orzulari, koinotni qamragan tushunchalari va abadiy saodatlarining turlarigacha yetgan orzulari ko’rsatadiki, bu inson abad uchun yaratilgan va abadga ketadi. Bu dunyo unga bir musofirxonadir va oxiratining kutish mehmonxonasidir.

O’N IKKINCHI HAQIQAT: Risolat va Tanzil eshigidir. "Bismillahirrohmanirrohiym"ning jilvasidir.

Butun anbiyo mo’'jizalariga tayanib so’zini tasdiqlagan, butun avliyo kashf va karomatlari asosida da'vosini tasdiq etgan, butun asfiyo tahqiqotiga asoslanib haqqoniyatiga shahodat qilgan Rasuli Akram Sallallohu Alayhi Vasallamning sodir bo’lgan ming mo’'jizalarining quvvatiga tayanib butun quvvati bilan, ham qirq tomondan mo’'jiza bo’lgan Qur'oni Hakim minglab qat'iy oyatlariga asosan, butun qat'iyat bilan ochgan oxirat yo’lini va kushod etgan Jannat eshigini, chivin qanoti qadar quvvati bo’lmagan ma'nosiz vahimalarning yopishiga nima haddi bor!..

* * *

O’tgan haqiqatlardan anglashildiki, hashr masalasi shunday quvvatli bir haqiqatki, Kura-i Arzni o’rnidan ko’tarib, sindirib tashlaydigan kuch ham bu haqiqatni tebrata olmaydi. Chunki bu haqiqatni Janobi Haq butun asmo va sifatlarining iqtizosi bilan tasbit etyapti va Rasuli Akrami butun mo’'jizalari va burhonlari bilan tasdiqlayapti va Qur'oni Hakim butun haqiqatlari, oyatlari bilan uni isbotlayapti, bu koinot butun qonunlari va hikmatli tasarruflari bilan guvohlik qilyapti. Ajabo, hashr masalasida Vojib-ul Vujud bilan butun mavjudot (kofirlar mustasno) ittifoq qilib, qilcha quvvati yo’q shubhalar, shaytoniy vasvasalar tog’dek oliy, ochiq ravshan haqiqatni tebratishi, joyidan qo’zg’atishi mumkinmi hech?! Aslo va qat’iyyan!..

Zinhor, hashr dalillari yuqoridagi o’n ikki haqiqat bilan chegaralangan deb o’ylama. Balki faqat Qur'oni Hakim, o’tgan o’n ikki haqiqatlarni bizga dars bergani kabi, yana minglab tomonlarga ishorat qilib, xar bir tomon, Xoliqimiz bizni bu dori foniydan bir dori boqiyga o’tkazishiga kuchli dalil bo’ladi.

Zinhor, hashrni iqtizo qilgan asmo-i Ilohiya, aytib o’tganimizdek faqat Hakim, Karim, Rahim, Odil, Hofiz ismlariga tegishli, deb o’ylama. Balki koinot tadbirida tajalliy etgan butun asmo-i Ilohiya oxiratni iqtizo etadi, balki shart qiladi.

Hashrga dalolat qilgan koinotning qonunlari, biz aytgan tomonlar bilan chegaralangan deb o’ylama. Balki aksar mavjudotda o’ngga-chapga ochiladigan pardalar kabi vajh va holatlari borki: Bir tomoni Sone'ga shahodat qilgani kabi, boshqa tomoni hashrga ishorat qiladi. Masalan: Insonning ahsani taqvimdagi yaratilishidagi go’zallik Sone'ni ko’rsatgani kabi, ahsani taqvimdagi qamrovli qobiliyati bilan qisqa vaqtda zavol topishi, hashrni ko’rsatadi. Ba'zan bir tomonga ikki nazar bilan qaralsa, ham Sone'ni, ham hashrni ko’rsatadi. Masalan: Aksar ashyoda ko’ringan hikmatning nizomi o’rnatishi, inoyatning ziynatlashi, adolatning muvozanati va rahmatning lutfi, mohiyatlariga qaralganda bir Sone'-i Hakim, Karim, Odil, Rahimning qudrat qo’lidan chiqqanini ko’rsatgani kabi, ularning quvvati va cheksizligi bilan birga, ularga sazovor bo’lgan foniy mavjudotning ahamiyatsiz va qisqa umriga qaralsa, oxirat ko’rinadi. Demakki, hamma narsa holat tili bilan اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ وَ بِالْيَوْمِ الْاٰخِرِ‌ o’qiyapti va o’qityapti.

* * *

XOTIMA

O’tgan o’n ikki haqiqat bir-birini tasdiqlaydi, bir-birini mukammallashtiradi, bir-biriga quvvat beradi. Ularning barchasi birlashib natijani ko’rsatadi. Qaysi tasavvurning shu temir kabi, balki olmosdek o’n ikki quvvatli devorlarni teshib o’ta olishga, hisni hasin, kuchli qal’a bo’lgan hashrga iymonni buzishga haddi bor?!!

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

oyati karimasi ifoda qiladiki:Butun insonlarning yaratilishi va hashr etilishi, Qudrati Ilohiyaga birgina insonning yaratilishi va hashri kabi osondir.Ha, shunday."Nuqta"nomli risolada Hashr bahsida shu oyat ifoda qilgan haqiqatni tafsilan yozganman. Bu yerda faqat bir qancha misollari bilan xulosasiga bir ishorat qilamiz. Agar istasang, "Nuqta"ga murojaat qil.

Masalan: وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى (misolda kamchilik yo’q)"nuroniyat sirri"bilan Quyoshning jilvasi o’z ixtiyori bilan bo’lsa ham, bir zarraga osonlik bilan bergan jilvani ayni osonlik bilan sanoqsiz shaffofliklarga ham beradi.

"Shaffofiyat sirri"bilan bir shaffof zarraning kichik ko’z qorachig’i Quyoshning aksini olishida dengizning keng yuziga teng.

"Intizom sirri"orqali bola barmog’i bilan kema suratidagi o’yinchog’ini aylantirgani kabi, ulkan harbiy kemani ham aylantiradi.

"Imtisol sirri"bilan bir qo’mondon bir askarni "Qadam bos!" buyrug’i bilan harakatlantirgani kabi, ulkan qo’shinni ham shu so’z bilan harakatga keltiradi.

"Muvozana sirri"bilan osmonda bir tarozi, haqiqiy hassos va shu daraja katta faraz qilaylikki, ikki yong’oq tarozining ikki pallasiga qo’yilsa his qiladi, ikki quyoshni ham ichiga olib tortadi. Ikki pallasidagi ikki yong’oqni birini samovotga, birini yerga tushiradigan ayni quvvat bilan, ikki quyosh bo’lsa, birini arshga, boshqasini yerga ko’taradi, tushiradi.

Modomiki bu oddiy, noqis, foniy mumkinotdanuroniyat, shaffofiyat, intizom, imtisol va muvozana sirlari bilan,eng katta narsa eng kichik narsaga teng bo’lar ekan, hadsiz-hisobsiz narsalar bir narsaga teng ekan, albatta Qodiri Mutlaqning zotiy, nihoyatsiz va o’ta kamolda bo’lgan qudratining nuroniy tajalliyoti va ashy malakutiyatining shaffofligi, hikmat va qadarning intizomlari va ashyoning yaratilishga oid amrlarga so’zsiz bo’sunishi, mumkinotning vujudi va yo’qlikning tengligidan iborat bo’lgan imkonidagi muvozanasi sirri asosida, oz-ko’p, katta-kichik unga teng bo’lgani kabi, butun insonlarni bir inson kabi bir hayqiriq bilan hashrga keltira oladi.

Bir narsaning quvvat va zaiflik martabalari, u narsani ichiga ziddining aralashishi orqali yuzaga chiqadi. Masalan: Haroratning darajalari, sovuqning aralashishiga bog’liq. Go’zallikning martabalari, xunuklikning kirishidan bilinadi. Ziyoning tabaqalari, qorong’ulikning aralashuviga bog’liq. Faqat bir narsa zotiy bo’lsa, boshqadan olingan bo’lmasa, uning ziddi unga mudohala qila olmaydi. Chunki zidlarning jamlanishi kerak bo’ladi. Bu esa imkonsiz. Demak asl, zotiy bo’lgan narsada martabalar yo’q. Modomiki Qodiri Mutlaqning qudrati zotiy, mumkinot kabi ariziy emas va mutlaq kamolda ekan, Uning ziddi bo’lgan ojizlikning aralashuvining imkoni yo’q. Demak, bir bahorni yaratish Zoti Zuljaloliga bir gulchalik oson. Agar sabablarga tayanilsa, bir gul bir bahor qadar og’ir bo’ladi. Butun insonlarni ham yaratib hashr etish bir nafsni tiriltirish kabi oson.

Hashr masalasining boshidan bu yergacha bo’lgan misoliy suratlari va haqiqatlariga doir bayonotimiz Qur'oni Hakimning fayzidandir. Nafsni taslimga, qalbni qabul qilishga tayyorlashdan iboratdir. Asl so’z esa Qur'onnikidir. Zero, so’z udir va so’z unikidir. Tinglaylik:

فَلِلّٰهِ الْحُجَّةُ الْبَالِغَةُ ٭ فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ٭ قَالَ مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ وَهِىَ رَم۪يمٌ ٭ قُلْ يُحْي۪يهَا الَّذ۪ٓى اَنْشَاَهَٓا اَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَل۪يمٌ ٭ يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمْ اِنَّ زَلْزَلَةَ السَّاعَةِ شَىْءٌ عَظ۪يمٌ ٭ يَوْمَ تَرَوْنَهَا تَذْهَلُ كُلُّ مُرْضِعَةٍ عَمَّٓا اَرْضَعَتْ وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى النَّاسَ سُكَارٰى وَمَا هُمْ بِسُكَارٰى وَلٰكِنَّ عَذَابَ اللّٰهِ شَد۪يدٌ ٭

اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ لَيَجْمَعَنَّكُمْ اِلٰى يَوْمِ الْقِيَامَةِ لَا رَيْبَ ف۪يهِ وَمَنْ اَصْدَقُ مِنَ اللّٰهِ حَد۪يثًا ٭ اِنَّ الْاَبْرَارَ لَف۪ى نَع۪يمٍ ٭ وَاِنَّ الْفُجَّارَ لَف۪ى جَح۪يمٍ ٭ اِذَا زُلْزِلَتِ الْاَرْضُ زِلْزَالَهَا ٭ وَاَخْرَجَتِ الْاَرْضُ اَثْقَالَهَا ٭ وَ قَالَ الْاِنْسَانُ مَالَهَا ٭ يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ اَخْبَارَهَا ٭ بِاَنَّ رَبَّكَ اَوْحٰى لَهَا ٭ يَوْمَئِذٍ يَصْدُرُ النَّاسُ اَشْتَاتًا لِيُرَوْا اَعْمَالَهُمْ ٭ فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ ٭ وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ ٭ اَلْقَارِعَةُ ٭ مَا الْقَارِعَةُ ٭ وَمَٓا اَدْرٰيكَ مَا الْقَارِعَةُ ٭ يَوْمَ يَكُونُ النَّاسُ كَالْفَرَاشِ الْمَبْثُوثِ ٭ وَ تَكُونُ الْجِبَالُ كَالْعِهْنِ الْمَنْفُوشِ ٭ فَاَمَّا مَنْ ثَقُلَتْ مَوَاز۪ينُهُ ٭ فَهُوَ ف۪ى ع۪يشَةٍ رَاضِيَةٍ ٭ وَ اَمَّا مَنْ خَفَّتْ مَوَاز۪ينُهُ فَاُمُّهُ هَاوِيَةٌ ٭ وَمَٓا اَدْرٰيكَ مَاهِيَهْ ٭ نَارٌ حَامِيَةٌ ٭ وَ لِلّٰهِ غَيْبُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Yana bular kabi Qur'onning ochiq oydin oyatlarini tinglab, amanna va soddaqna deyaylik.

اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ وَ مَلٰئِكَتِه۪ وَ كُتُبِه۪ وَ رُسُلِه۪ وَ الْيَوْمِ الْاٰخِرِ وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِه۪ وَ شَرِّه۪ مِنَ اللّٰهِ تَعَالٰى وَ الْبَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ حَقٌّ وَ اَنَّ الْجَنَّةَ حَقٌّ وَ النَّارَ حَقٌّ وَ اَنَّ الشَّفَاعَةَ حَقٌّ وَ اَنَّ مُنْكَرًا وَ نَك۪يرًا حَقٌّ وَ اَنَّ اللّٰهَ يَبْعَثُ مَنْ فِى الْقُبُورِ اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى اَلْطَفِ وَ اَشْرَفِ وَ اَكْمَلِ وَ اَجْمَلِ ثَمَرَاتِ طُوبَاءِ رَحْمَتِكَ الَّذ۪ى اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ وَس۪يلَةً لِوُصُولِنَا اِلٰى اَزْيَنِ وَ اَحْسَنِ وَ اَجْلٰى وَ اَعْلٰى ثَمَرَاتِ تِلْكَ الطُّوبَاءِ الْمُتَدَلِّيَةِ عَلٰى دَارِ الْاٰخِرَةِ اَىِ الْجَنَّةِ. اَللّٰهُمَّ اَجِرْنَا وَ اَجِرْ وَالِدَيْنَا مِنَ النَّارِ وَ اَدْخِلْنَا وَ اَدْخِلْ وَالِدَيْنَا الْجَنَّةَ مَعَ الْاَبْرَارِ بِجَاهِ نَبِيِّكَ الْمُخْتَارِ اٰم۪ينَ

Ey bu risolani insof bilan mutolaa qilgan birodar! Nima uchun ushbu"O’ninchi So’z"nibirdan to’liq tushuna olmayapman dema va to’liq anglamaganing uchun zerikma! Chunki Ibn Sino kabi bir hikmat dohiyi اَلْحَشْرُ لَيْسَ عَلٰى مَقَاي۪يسَ عَقْلِيَّةٍ degan. "Iymon keltiramiz, faqat aql bu yo’lda ketolmaydi", deb hukm qilgan. Butun Islom ulamolari ham: "Hashr bir naqliy masala, dalili naqldir. Aql bilan unga borilmaydi.", deya ittifoq bilan hukm qilganlar. Albatta bu qadar chuqur va ma'nan juda yuksak yo’l, birdaniga umumiy aqliy yo’li o’rniga o’ta olmaydi. Qur'oni Hakimning fayzi va Xoliqi Rahimning rahmati, bu taqlidi singan va taslimi buzilgan asrda chuqur va yuksak yo’lni shu daraja ehson qilgani uchun ming shukr qilishimiz kerak. Chunki iymonimizni qutqarishga kifoya qiladi. Fahmlaganimiz miqdorga xursand bo’lib, takroran mutolaa qilib yanada ko’prog’iga harakat qilishimiz kerak.

Hashrga aql bilan ketilmasligining bir sirri quyidagicha: Hashri A'zam Ismi A'zamning tajalliysi bilan bo’lgani uchun, Janobi Haqning Ismi A'zamining va xar bir ismning a'zamiy martabasidagi tajalliyi bilan yuzaga chiqqan azim ishlarni ko’rib va ko’rsatib buyuk hashr bahor kabi oson isbot qilinadi va qat'iy tushunib ishoniladi va tahqiqiy iymon etiladi.

Ushbu O’ninchi So’zda Qur'onning fayzi bilan shunday ko’riladi va ko’rsatiladi. Yo’qsa, aqlning tor va kichik dasturlari bilan bir o’zi qolsa, ojiz qoladi, taqlidga majbur bo’ladi.

* * *

O’ninchi So’zning Muhim Bir Zayli va Ilovasining Birinchi Qismi

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

فَسُبْحَانَ اللّٰهِ ح۪ينَ تُمْسُونَ وَح۪ينَ تُصْبِحُونَ ٭ وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَعَشِيًّا وَح۪ينَ تُظْهِرُونَ ٭ يُخْرِجُ الْحَىَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَىِّ وَيُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَكَذٰلِكَ تُخْرَجُونَ ٭ وَمِنْ اٰيَاتِه۪ٓ اَنْ خَلَقَكُمْ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ اِذَٓا اَنْتُمْ بَشَرٌ تَنْتَشِرُونَ ٭ وَ مِنْ اٰيَاتِه۪ٓ اَنْ خَلَقَ لَكُمْ مِنْ اَنْفُسِكُمْ اَزْوَاجًا لِتَسْكُنُٓوا اِلَيْهَا وَ جَعَلَ بَيْنَكُمْ مَوَدَّةً وَ رَحْمَةً اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ ٭ وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِلْعَالِم۪ينَ ٭ وَ مِنْ اٰيَاتِه۪ مَنَامُكُمْ بِالَّيْلِ وَ النَّهَارِ وَابْتِغَٓاؤُكُمْ مِنْ فَضْلِه۪ اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَسْمَعُونَ ٭ وَ مِنْ اٰيَاتِه۪ يُر۪يكُمُ الْبَرْقَ خَوْفًا وَ طَمَعًا وَ يُنَزِّلُ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَيُحْي۪ى بِهِ الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ ٭ وَمِنْ اٰيَاتِه۪ٓ اَنْ تَقُومَ السَّمَٓاءُ وَالْاَرْضُ بِاَمْرِه۪ ثُمَّ اِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةً مِنَ الْاَرْضِ اِذَٓا اَنْتُمْ تَخْرُجُونَ ٭ وَ لَهُ مَنْ فِى السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ كُلٌّ لَهُ قَانِتُونَ ٭ وَ هُوَ الَّذ۪ى يَبْدَؤُا الْخَلْقَ ثُمَّ يُع۪يدُهُ وَ هُوَ اَهْوَنُ عَلَيْهِ وَلَهُ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ٭

Iymonning bir qutbini ko’rsatgan bu samoviy buyuk oyatlarning va hashrni isbot qilgan muqaddas azim burhonlarning katta mavzui va ulug’ hujjatini"To’qqizinchi Shua"dabayon qilinadi.

Latif bir inoyati rabboniyani bayon qilsam: Bundan o’ttiz yil avval Eski Said, yozgan tafsirining muqaddimasi"Muhakamot"nomli asarning oxirida, "Ikkinchi maqsad: Qur'onda hashrga ishorat etuvchi ikki oyat tafsir va bayon qilinadi. نَخُو بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ deb to’xtagan. Boshqa yozolmagan. Xoliqi Rahimimga hashrning dalillari va belgilari sanog’icha shukr va hamd bo’lsinki: O’ttiz yil o’tib tavfiq ehson ayladi. Bundan to’qqiz-o’n yil avval ikki oyatdan birinchi oyat:

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

farmoni Ilohiyning ikki porloq va juda quvvatli hujjatlari va tafsirlari bo’lgan O’ninchi So’z bilan Yigirma To’qqizinchi So’zni in'om qildi, inkorchilarning ovozini o’chirdi. Hashrga iymonning ham hujum qilinmaydigan ikki metin qal'asidan, to’qqiz va o’n yil keyin ikkinchi oyat bo’lgan boshda mazkur buyuk oyatlarning tafsirini bu risola bilan ikrom etdi. To’qqizinchi Shua mazkur oyatlari bilan ishorat qilinganto’qqiz oliy maqomva bir muhimmuqaddimadaniborat.

MUQADDIMA

(Hashr aqidasining juda ko’p ruhiy foydalaridan va hayotiy natijalaridan bir umuiy natijasini qisqacha bayon qilib, inson, xususan ijtimoiy hayotga qay darajada kerakli va zaruriy ekanini izhor qiladigan va hashrga iymon aqidasining juda ko’p hujjatlaridan bir umumiy hujjatini qisqa holda ko’rsatish va hashr aqidasi naqadar ochiq oydin va shubhasiz ekanini ifoda qilgan "Ikki Nuqtda".)

BIRINCHI NUQTA:Oxirat aqidasi, ijtimoiy va insonning shaxsiya hayotining asosining asosi, saodati va kamolotining asoslari ekaniga yuzlab dalillaridan bir miqyos bo’lib faqatto’rttasigaishorat qilamiz.

Birinchisi:Bashariyatning deyarli yarmini tashkil qilgan bolalar, dahshatli va yig’latuvchi ko’ringan o’limlar va vafotlarga faqatgina Jannat fikri bilan dosh bera oladi, o’ta zaif va nozik vujudida ma'naviy quvvat topadi, hamma narsadan tez yig’laydigan o’ta chidamsiz mizojli ruhida Jannat orqali umid topib xursand bo’lib yashaydi.

Masalan, Jannat fikri bilan:"Mening ukam yoki o’rtog’im o’ldi, Jannatning bir qushi bo’ldi. Jannatda kezadi, bizdan ham go’zal yashaydi",deydi. Yo’qsa atrofida o’zi kabi bolalar va kattalarning bardavom o’limi zaif bechoralarning xavotirli e'tiboriga tushib, chidami va ma'naviy quvvatini chil-parchin qiladi. Ko’zi bilan birga ruh, qalb, aql kabi butun hislari ham shunday yig’latadiki, yo yo’q bo’ladi, yoki devona badbaxt hayvon bo’ladi.

Ikkinchi dalil:Insoniyatning bir jihatdan yarmini tashkil qilgan keksalar, faqat uxroviy hayot bilan yaqinlashgan qabrga chiday oladilar. Juda aloqador bo’lgan hayotining yaqinda so’nishiga va go’zal dunyosining berkilishiga muqobil tasalli topadi va bolaga o’xshagan ta’sirchan ruhi va mizojida o’lim va zavoldan chiqqan aliym va dahshatli azobga faqat boqiy hayot umidi bilan javob beradi. Yo’qsa shafqatga loyiq muhtaramlar, sukunat va qalb istirohatiga juda muhtoj xavotirli otalar va onalar, ruhi faryod qilar va qalbi siqilar ediki, bu dunyo ular uchun zulmatli zindon, hayot esa tashvishli azob bo’lar edi.

Uchinchi dalil:Insonlarning ijtimoiy hayoti eng kuchli asosi bo’lgan yoshlar, o’spirinlarda faqat Jahannam fikrigina qattiq jo’shgan hissiyotlarini va haddan oshgan nafs va orzu-havaslarini tajovuzlar, zulmlar va buzg’unchilikdan saqlaydi, ijtimoiy hayotning chiroyli jarayonini ta'minlaydi. Agar, Jahannam andishasi bo’lmasa"Al-hukmu lil-g’olib"qoidasiga asosan sarxush o’spirinlar havaslari deb bechora zaiflarga, ojizlarga dunyoni Jahannamga aylantirar va yuksak insoniyatni o’ta tuban hayvoniyatga aylantirar edi.

To’rtinchi dalil:Insoniyatning dunyoviy hayotida eng qamrovli markaz, eng asosli turtkining sababi va dunyoviy saodat uchun Jannat, bir sig’inish joyi, bir madad yeri - oila hayoti va hammaning xonadoni o’z kichik dunyosidir. Xonadon va oila hayotining hayoti va saodati esa, samimiy, jiddiy va vafodor hurmat, haqiqiy, shafqatli va fidokorona marhamat o’rqali bo’lishi mumkin. Haqiqiy hurmat va samimiy marhamat esa, abadiy do’stlik va doimiy yo’ldosh, bardavom barobarlik, cheksiz vaqt va hududsiz hayotda bir-biri bilan otalik, farzandlik, qardoshlik, do’stlik munosabatlari fikri, aqidasi bilan bo’lishi mumkin.

Masalan: "Xotinim abadiy olamda, abadiy hayotda doimiy rafiqa-i hayotimdir. Hozircha keksa va xunuk bo’lgan bo’lsa ham, zarari yo’q. Chunki abadiy go’zalligi bor, keladi va doimiy do’stlikning hurmati uchun xar qanday fidokorlikni va marhamatni qilaman", deb, keksa xotiniga go’zal huriy kabi muhabbat bilan, shafqat bilan, marhamat bilan muomala qiladi. Agar, qisqacha bir-ikki soat o’tkinchi o’rtoqlikdan keyin abadiy ayriliq va ajralishga duchor bo’lgan do’stlik, albatta g’oyat shakli vaqtincha va asossiz, hayvon kabi bir achinish ma'nosida va majoziy marhamat va sun'iy hurmat beradi. Hayvonlarda bo’lgani kabi, boshqa manfaatlar va boshqa g’olib hislar hurmat va marhamatni mag’lub qilib, dunyo jannatini jahannamga aylantiradi...

Demak, hashrga iymonning yuzlab natijasidan biri, insonning ijtimoiy hayotiga taalluqlidir. Bu yagona natijaning ham yuzlab jihatidan va foydalaridan mazkur to’rt dalilga boshqalari qiyos qilinsa, anglashiladiki: Hashr haqiqatining amalga oshishi va sodir bo’lishi, insoniyatning ulug’ haqiqati va umumiy ehtiyoji darajasida qat'iydir. Balki, insonning me'dasidagi ehtiyojning borligi, taomlarning vujudiga dalolat va shahodat qilganidan ham zohir va undan ham ko’proq amalga oshishini bildiradi. Agar hashr haqiqatining natijalari insoniyatdan chiqsa, juda ahamiyatli, yuksak va hayotdor insoniyat mohiyati, kir va mikrob uyasi bo’lgan o’limtik darajasiga tushishini isbotlaydi.Basharning boshqaruvi, axloqiy va ijtimoiy hayoti bilan o’ta aloqador bo’lgan sotsiolog, politolog va ma’naviyatchilarning quloqlari jaranglasin! Kelib bu bo’shliqni nima bilan to’ldiradi va ushbu chuqur yaralarni nima bilan davolay olishadi?

IKKINCHI NUQTA:Hashr haqiqatining sanoqsiz burhonlaridan boshqa, iymon arkonidan kelgan shahodatlarning xulosasidan chiqqan bir burhonni o’ta muxtasar suratda bayon qiladi:

Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolatiga dalolat qilgan butun mo’'jizalari va butun daloili nubuvvati va haqqoniyatining butun burhonlari, birdan haqiqati hashrning amalga guvohlik berib isbot qiladi. Chunki u zotning butun hayotida barcha da'volari, vahdoniyatdan keyin hashrda markazlashadi. Barcha payg’ambarlarni tasdiq qilgan va qildirgan butun mo’'jizalari, hujjatlari ayni haqiqatga shahodat qiladi.

وَ بِرُسُلِه۪ kalimasidan kelgan shahodatni ochiq oydin ko’rsatgan وَ كُتُبِه۪ shahodati ham ayni haqiqatga guvohlik qiladi:

Boshda Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning haqqoniyatini isbot qilgan butun mo’'jizalar, hujjatlar va haqiqatlar haqiqati hashriyaning tahaqquqiga va vuqu'iga guvohlik berib isbotlaydi. Chunki Qur'onning deyarli uchdan biri hashrdir. Aksariyat qisqa suralarining boshidago oyatlar o’ta quvvatli hashriy oyatlar hisoblanadi. Minglab ochiq oydin va ishoratan oyatlari bilan ayni haqiqatni xabar beradi, isbotlaydi, ko’rsatadi. Masalan:

اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ٭ يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمْ اِنَّ زَلْزَلَةَ السَّاعَةِ شَىْءٌ عَظ۪يمٌ ٭ اِذَا زُلْزِلَتِ الْاَرْضُ زِلْزَالَهَا ٭ اِذَا السَّمَٓاءُ انْفَطَرَتْ ٭ اِذَا السَّمَٓاءُ انْشَقَّتْ ٭ عَمَّ يَتَسَٓاءَلُونَ ٭ هَلْ اَتٰيكَ حَد۪يثُ الْغَاشِيَةِ

kabi o’ttiz-qirq suralarning boshlarida qat'iyat bilan hashr haqiqatini koinotning eng ahamiyatli va vojib haqiqati ekanini ko’rsatib, boshqa oyatlar ham u haqiqatning turli-tuman dalillarini bayon etib ishontiradi.

Ajabo, ko’z o’ngimizda bitta oyatning bir ishorati, Islomiy ilmlardan chiqqan ilmiy, koinotga oid haqiqatlarni samara bergan kitobning minglab guvohligi va da'volari bilan, Quyosh kabi zuhur etgan hashrga iymon, haqiqatsiz bo’lishi, Quyoshning inkori, balki koinotning yo’qligi kabi hech jihatdan imkoni bormi va yuz daraja imkonsiz va botil bo’lmaydimi?!

Ajabo, bir sultonning birgina ishorati yolg’on bo’lmasligi uchun ba'zan bir qo’shin harakat qilib jang qiladi. Juda jiddiy va izzatli sultonning minglab so’zlari, va'dalari va tahdidlarini yolg’onga chiqarishning biror imkoni bormi va haqiqatsiz bo’lishi mumkinmi?

Ajabo, o’n uch asrda oraliqsiz sanoqsiz ruhlarga, aqllarga, qalblarga, nafslarga haq va haqiqat doirasida hukm qilgan, tarbiya bergan, boshqargan ma'naviy Sultoni Zishonning bir ishorati bunday haqiqatni isbot qilishga kifoya qilar ekan, minglab ochiq oydin tushuntirishlar bilan hashr haqiqatini ko’rsatib isbotlagandan keyin, u haqiqatni tanimagan bir johil ahmoq uchun Jahannam azobi lozim bo’lmaydimi va ayni adolat bo’lmaydimi?!

Bir zamon va bir davrga hukm qilgan butun samoviy suhuflar va muqaddas kitoblar ham butun istiqbolga va umum zamonlarga hukmron bo’lgan Qur'onning tafsilot bilan, izohlar bilan, takror-batakror bayon va isbot qilgan hashr haqiqatini, asrlar va zamonlariga ko’ra qat'iy qabul qilish bilan birga, tafsilotsiz, pardali va muxtasar bir suratda bayon qiladi. Lekin quvvatli tarzda idda'o va isbotlari, Qur'onning da'vosini minglab imzo bilan tasdiqlaydi.

Bu mavzu munosabati bilan Munojot Risolasining oxirida: ايِمَانٌ بِالْيَوْمِ الْاَخِرِ rukniga boshqa ruknlarning, xususan "Rasullar" va "Kitoblar"ning shahodatlarini, munojot suratida zikr qilingan juda quvvatli, xulosali va butun tasavvurlarini yo’qotgan hashr hujjati bu yerga boridek kiritildi. Munojotda aytilgan:

Ey Robbi Rahimim! Rasuli Akramingning ta'limi va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladimki: Boshda Qur'on va Rasuli Akraming, butun muqaddas kitoblar va payg’ambarlar bu dunyoda va xar tomonda namunalari ko’rilgan jalolli va jamolli ismlaringning tajalliylari yanada porloq bir suratda abad-ul abad davom etishiga va bu foniy olamda rahimona jilvalari, namunalari kuzatilgan ehsonlarining saodat diyorida yanada ko’z qamashtiradigan davom etishiga, baqosiga va bu qisqa hayoti dunyoviyada ularni zavq bilan ko’rgan va muhabbat bilan sheriklik qilgan ishtiyoqmandlarning abadda ham sherikligiga va birga bo’lishlariga ijmo' va ittifoq bilan guvohlik beradi, dalolat va ishorat qiladilar.

Yuzlab ochiq mo’'jizalaringga va qat’iy oyatlaringga tayanib, boshda Rasuli Akram, Qur'oni Hakiming va barcha nuroniy ruhlarning sohiblari bo’lgan payg’ambarlar, butun munavvar qalblarning qutblari bo’lgan valiylar, butun keskin va nurli aqllarning ma'danlari bo’lgan siddiqiynlar, butun samoviy sahifalarda va muqaddas kitoblarda sening ko’p takror bilan qilgan minglab va'dalaringga va tahdidlaringga tayanib, ham sening qudrating, rahmat, inoyat, hikmat, jalol va jamol kabi oxiratni iqtizo etgan muqaddas sifatlaringga, sha'nlaringga va sening izzati jalolingga va saltanati rububiyatingga ishonib, ham oxiratning izlarini va belgilarini bildirgan sanoqsiz kashflari, kuzatuvlariga, ilmalyaqiyn va aynalyaqiyn darajasidagi e'tiqodlari va iymonlariga binoan abadiy saodatni insonlarga xushxabar beryaptilar. Ahli zalolat uchun Jahannam va ahli hidoyat uchun Jannat borligini xabar berib e'lon qilyaptilar. Quvvatli iymon keltirib shahodat qilyaptilar.

Ey Qodiri Hakim! Ey Rahmoni Rahim! Ey Sodiqu-l Va'di-l Karim! Ey izzat, azamat va jalol sohibi Qahhori Zuljalol!..

Bu qadar sodiq do’stlaringni, buncha va'dalaringni, bu qadar sifatlar va tasarruflaringni yolg’onchiga chiqarish, kazzoblikda ayblash,

saltanati rububiyatingning qat'iy taqozo qilgan sabablarni yolg’onga chiqarmaslik,

sen sevgan va ular ham seni tasdiqlab, itoat qilib o’zlarini senga sevdirgan sanoqsiz maqbul qullaringning oxiratga yuzlangan hadsiz duolarini va da'volarini rad qilish, tinglamaslik,

kufr va isyon bilan, seni va'dangda takzib etish bilan, sening azamati kibriyongga og’ir botgan, izzati jalolingga aralashgan,

uluhiyatingning e'tiborini tushirishga harakat qilgan, rububiyating shafqatini xafa qilgan ahli zalolatni va ahli kufrni hashrni inkor qilishini tasdiq qilishdan yuz minglab daraja muqaddassan va hadsiz daraja munazzah va oliysan.

Bunday nihoyatsiz zulmdan va nihoyatsiz xunuklikdan sening nihoyatsiz adolatingni, nihoyatsiz jamolingni va hadsiz rahmatingni hadsiz daraja taqdis etamiz. Va butun quvvatimiz bilan iymon keltiramizki: Yuz minglab sodiq elchilaring, saltanatingning sanoqsiz to’g’ri dallollari bo’lgan anbiyo, asfiyo, avliyolar haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn suratida sening uxroviy rahmat xazinalaringga, boqiy olamdagi ehsonlaringning hazinalariga va saodat diyorida tamomila zuhur etgan go’zal ismlaringning g’aroyib go’zal jilvalariga guvohlikgi haq va haqiqatdir. Ishoratlari to’g’ri va uyg’un. Bashoratlari sodiq va sodir bo’lgandir. Ular butun haqiqatlarning manbai, quyoshi va homiysi bo’lgan "Haq" ismingning eng buyuk shu’lasi, bu buyuk hashr haqiqati ekaniga iymon keltirib, Sening amring bilan Sening qullaringga haq doirasida dars beryapti. Ayni haqiqat sifatida ta'lim beryaptilar. Yo Rob! Ularning dars va ta'limlarining haqqi-hurmati uchun bizga va Risola-i Nur talabalariga iymoni akmal va husni xotima ber. Bizlarni ularning shafoatlariga sazovor ayla, omin...

Qur'onning, balki butun samoviy kitoblarning haqqoniyatini isbot qilgan umum dalillar va hujjatlar Habibullohning, balki butun anbiyolarning nubuvvatlarini isbotlagan umum mo’'jizalar va burhonlar, bilvosita eng buyuk muddaolari bo’lgan oxiratning yuzaga kelishiga dalolat qiladi. Shuning kabi, Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga shahodat qilgan aksariyat dalillar va hujjatlar, bilvosita rububiyat va uluhiyatning eng buyuk asosi va sazovor bo’lgan saodat diyori va olami baqoning vujudiga, ochilishiga shahodat qiladi. Chunki kelasi maqomlarda bayon qilinib va isbotlanadigani kabi, Zoti Vojib-ul Vujudning ham mavjudiyati ham umum sifatlari ham aksar ismlari hamrububiyat, uluhiyat, rahmat, inoyat, hikmat, adolatkabi vasflari, sha'nlari shart darajasida oxiratni iqtizo qiladi. Vojiblik darajasida boqiy olamni keltirib chiqaradi va zarurat darajasida mukofot va mujozot uchun hashr va nashrni istaydi. Modomiki azaliy, abadiy bir Alloh bor ekan albatta saltanati uluhiyatining bardavom asosi bo’lgan oxirat bordir. Modomiki bu koinot va hayot egalarida o’ta hashamatli, hikmatli va shafqatli mutlaq rububiyat bor va ko’rinayotgan ekan, albatta, rububiyatning hashamatini tubanlikdan, hikmatini abasiyatdan va shafqatini g’adrdan qutqargan abadiy saodat diyori bo’ladi va kiriladi.

Modomiki ko’z bilan ko’rilgan son-sanoqsiz in'omlar, ehsonlar, lutflar, karamlar, inoyatlar, rahmatlar, parda-i g’ayb orqasida bir Zoti Rahmoni Rahimning borligini so’nmagan aqllarga, o’lmagan qalblarga ko’rsatadi. Albatta, in'omni istehzodan, ehsonni aldashdan, inoyatni adovatdan, rahmatni azobdan, lutf va karamni xiyonatdan xalos qilgan, ehsonni ehson va ne'matni ne'mat qilgan bir boqiy olamda boqiy hayot bor. Va bo’ladi.

Modomiki bahor faslida zaminning tor sahifasida yuz ming kitobni bir-biri ichida xatosiz yozgan bir qudrat qalami ko’z o’ngimizda tinmasdan ishlayapti. Va u qalam sohibi yuz ming marta ahd qilgan va va'da berganki: "Bu tor yerda va chalkash va bir-biri ichida yozilgan bahor kitobidan yanada oson bo’lib, keng joyda go’zal va o’lmas kitobni yozaman va sizga o’qitaman",deb butun farmonlarda u kitobdan bahs yuritadi. Albatta va xar holda u kitobning asli yozilgan, hashr va nashr bilan xoshiyalari ham yoziladi. Umumning amal daftari unda qayd etiladi.

Modomiki yer ko’p sonli maxluqlar jihati va bardavom o’zgargan yuz minglab turli-tuman hayot egalarinng turlari va ruh sohiblarinign maskani, manbai, fabrikasi, ko’rgazmasi, majlis joyi bo’lgani uchun koinotning qalbi, markazi, xulosasi, natijasi, sababi xilqati bo’lib o’ta buyuk ahamiyati borki: Kichikligi bilan birga ulkan samovotga teng tutilgan. Samoviy farmonlarda doim: رَبُّ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ deyiladi.

Modomiki bu mohiyatdagi yerning xar tomonida hukm qilgan,

aksar maxluqotini tasarruf qilgan,

aksar hayotdor mavjudotini bo’ysundirib o’z atrofiga to’plagan,

aksar san’atlarini o’z istagining muhandisligi va ehtiyojotining dasturlari bilan chiroyli ravishda tartibga solib, ko’rgazma qilib, ziynatlab, o’ta antiqa turlarini ro’yxat kabi yerlarda jamlab bezatadiki,

nafaqat ins va jin e'tiborini,

balki samovot ahli va koinotning diqqatini va taqdirlarini,

koinot sohibining sevgan nazari jalb qilgan o’ta buyuk ahamiyat va qiymat olgan,

va bu xususiyat bilan koinot yaratilishining hikmati, buyuk natijasi, qiymatli mevasi va Yerning xalifasi bo’lganini, fanlari bilan, san'atlari bilan ko’rsatgan...

dunyo jihatidan Olam Sone'ining mo’'jizali san'atlarini o’ta go’zal ravishda ko’rgazma qilib, nizomga solgani uchun, isyon va kufri bilan birga dunyoda qoldirilgan va azobi kechiktirilgan...

bu xizmati uchun muhlat berilib muvaffaqiyat qozonga Odam o’g’illari bor.

Modomiki bu mohiyatdagi insonlar, mizoj va xilqati o’ta zaif, ojizligi, g’oyat ojizligi va faqirligi bilan birga hadsiz ehtiyojlari, azoblari bo’lsada, kuchi va ixtiyoridan batamom ustun ulkan yer kurrasini insoniyatga kerak bo’lgan xar turdagi ma'danlarga manba, xar nav’ taomlarga ombor, insoniyat manzur ko’radigan xar hil mollarga do’kon holiga keltirgan o’ta quvvatli, hikmatli va shafqatli bir mutasarrif borki, insoniyatga qarayapti, parvarish qilyapti, istaganini beryapti.

Modomiki bu haqiqatdagi bir Rob, insonni ham sevadi, o’zini insonga ham sevdiradi, ham boqiy, boqiy olamlari ham bor, ham adolat bilan ish qiladi va hamma narsani hikmat bilan bajarar ekan, ham bu qisqa dunyoviy hayotda va bu qisqagina bashar umrida, bu vaqtincha va foniy zaminda Azaliy Hokimning saltanatining hashamati va doimiy hokimiyati joylasha olmaydi. Inson turida sodir bo’lgan va koinotning intizomiga, adolat va muvozanatlariga, husni jamoliga zid va muxolif juda buyuk zulmlari, isyonlari va valine'matiga, uni shafqat bilan parvarish qilgan Zotga qarshi xiyonatlari, inkorlari, kufrlari bu dunyoda jazosiz qolib, berahm zolim rohatda va bechora mazlum esa mashaqqatlar ichida umrlarini kechiradi. Umum koinotda belgilari ko’ringan ushbu mutlaq adolatning mohiyati esa, tirilmaslik surati bilan berahm zolimlarning va azobdagi mazlumlarning teng holda vafot etishiga batamom ziddir, ko’tarmaydi, ruhsat bermaydi!

Modomiki, koinot sohibi koinotdan zaminni va zamindan inson turini tanlab o’ta buyuk bir maqom, bir ahamiyat bergan ekan, insondan ham rububiyati maqsadlariga muvofiq, o’zini iymon va taslim bilan unga sevdirgan haqiqiy insonlar hisoblangan anbiyo, avliyo va asfiyoni tanlab o’ziga do’st va tinglivchi qilib, ularni mo’'jizalar va tavfiqlar bilan ikrom qiladi, dushmanlarini samoviy ta'zirlar bilan azoblaydi.

Bu qiymatli, sevimli do’stlaridan ham, ularning imomi va faxri Muhammad Alayhissalotu Vassalamni tanlab, uning nuri bilan ahamiyatli Kura-i Arzning yarmini va ahamiyatdagi insoniyatning beshdan birini uzun asrlarda nurlantiryapti. Xuddi bu koinot u kishi uchun yaratilgandek, butun g’oyalari u zot bilan, dini bilan va Qur'oni bilan ko’rinyapti. Va juda ham qiymatli va millionlar yil yashaydigan qadar hadsiz xizmatlarining haqlarini cheksiz zamonda olishga haqdor va loyiq bo’lsada, o’ta mashaqqatlar va kyrashlar ichida oltmish uch yil kabi qisqacha umr berilgan. U zot butun nabiylar va do’stlari bilan barobar tirilmasligi, hozir ham ruhan tirik va hayy bo’lmasligi, abadiy qatl orqali yo’q bo’lishining hech bir jihatdan imkoni, ehtimoli, layoqati bormi ajabo?! Also, yuz ming marta qat’iyyan va aslo!.. Butun koinot va olam haqiqati tirilishini da'vo qiladi va hayotini Sohibi Koinotdan talab qiladi.

Modomiki Yettinchi Shua"Oyat-ul Kubro"daxar biri bir tog’ quvvatidagi o’ttiz uch adad azim qarash birligi isbot qilganki: Bu koinot bir qo’ldan chiqqan va yagona zotning mulkidir. Ilohiy kamolotning asosi bo’lgan vahdatini va ahadiyatini ochiq oydin ko’rsatgan. Vahdat va ahadiyat bilan butun koinot Zoti Vohidning amrga tayyor askarlari va bo’ysundirilgan xodimlari bo’lib, oxirat kelgach kamoloti tubanlikdan, mutlaq adolati istehzoli mutlaq zulmdan, ommaviy hikmati ahmoqona abasiyatdan, keng rahmati o’ynab azoblashdan, qudratining izzati xor ojizlikdan qutuladi, muqaddas bo’ladi.

Albatta, albatta va xar holda,yerning mazkur ahamiyati, markaziyati va insonning ahamiyati va qiymati yuzaga chiqishi, yer va insonning Xoliqi va Robbi bo’lgan Mutasarrifi Hakimning mazkur adolati, hikmati, rahmati, saltanati qaror topishi, Boqiy Robning mazkur haqiqiy do’stlari va ishtiyoqmandlari abadiy qatldan qutulishi, do’stlarning eng buyugi va eng qiymatlisi - butun koinotni xursand va minnatdor qilgan muqaddas xizmatlarining mukofotini ko’rishi, Sultoni Sarmadiyning kamoloti nuqsondan va kamchilikdan, qudrati ojizlikdan, hikmati ahmoqlikdan, adolati zulmdan toza, pok va kamchilikdan holi bolishi uchunAllohga iymonning yuzlab nozik va chuqur ma’nosidan ushbu sakkiz "modomiki"lardagi haqiqatlar iqtizo qiladiki qiyomat kuni keladi, hashr va nashr bo’ladi, jazo va mukofot diyori ochiladi...

Natija:Modomiki Alloh bor, albatta oxirat bordir...

Mazkur uch iymon arkoni isbot qilgan butun dalillari bilan hashrga shahodat va dalolat qilgani kabi

وَ بِمَلٰئِكَتِه۪ وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِه۪ وَ شَرِّه۪ مِنَ اللّٰهِ تَعَالٰى

bo’lgan ikki iymon rukni ham hashrni lozim qilib olami baqoga kuchli suratda shahodat va dalolat qiladi:

Farishtalarning vujudini va qullik vazifasini isbotlagan butun dalillar va hadsiz kuzatuvlar, mukolamalar, bilvosita ruhlar va g’ayb olamining, baqo va oxirat olamining, kelajakda jin va ins bilan jonlantiradigan saodat diyorining, Jannat va Jahannamning borligiga dalolat qiladi. Chunki farishtalar bu olamlarni izni Ilohiy bilan ko’ra oladi, kiradi. Hazrat Jabroil kabi, insonlar bilan ko’rishgan umum muqarrabin farishtalar mazkur olamlarning vujudlarini va ular ularda kezganlarini muttafiqan xabar beradilar. Biz ko’rmagan Amerika qit'asininig borligini undan kelganlarning xabari orqali ochiq-ravshan bilganimizdek, yuz tavotur quvvatida bo’lgan farishtalar xabarlari baqo olami va oxirat diyorining, Jannat va Jahannamning vujudlariga o’sha qat'iyatda iymon keltirish kerak va shunday iymon keltiramiz.

Yigirma Oltinchi So’z bo’lgan "Qadar Risolasi"da "Taqdirga iymon" ruknini isbotlagan barcha dalillar, bilvosita hashrga, sahifalarni nashr qilinishiga va buyuk mezonidagi amallarning tortilishiga dalolat qiladi. Chunki hamma narsaning taqdir qilinganini ko’z o’ngimizda nizom va mezon lavhalarida qayd qilish, xar bir hayot egasining hayot yo’llarini xotirasida, urug’larida va boshqa misoliy lavhalarda yozish, xar bir ruh sohibining, xususan insonlarning amal daftarlarini ma’naviy lavhalarda qayd etish va o’tkazish, albatta qamrovli qadar, hakimona taqdir, o’ta aniq qayd, hofizona kitobat mavjud. Lekim buyuk mahkamada umumiy sud qilish natijasida doimiy mukofot va jazo uchun amalaga oshiriladi. Yo’qsa qamrovli va juda ham diqqatli qayd va muhofaza, batamom ma'nosiz, foydasiz qoladi. Hikmatga va haqiqatga zid bo’ladi. Agar hashr amalga oshmasa, qadar qalami bilan yozilgan ushbu koinot kitobining barcha aniqlashgan ma'nolari buziladi. Buning esa hech bir jihati imkoni yo’q va bunday ehtimol koinotning vujudini inkor qilishdek imkonsiz, balki bir safsata bo’ladi.

Natija:Iymonning besh rukni barcha dalillari bilan hashr va nashrning sodir bo’lishiga, borligiga, dori oxiratning mavjudligiga va ochilishiga dalolat bilan lozim qiladi, shahodat qilib talab qiladi. Demak, hashr haqiqatining azamatiga tamoman muvofiq azamatli va tebranmas ustunlari va burhonlari bo’lgani uchun, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning qariyb uchdan bir qismi hashr va oxiratni tashkil qiladi, uni butun haqiqatlariga poydevor, asosining asosi va hamma narsani uning ustiga bino qiladi.

(Muqaddima nihoyasiga yetdi.)

Zaylning Ikkinchi Bo’limi

Boshdagi mo’'jizaviy oyat ishorat qilgan hashrning to’qqiz tabaqa burhonlariga doir to’qqiz maqomdan "Birinchi Maqom":

فَسُبْحَانَ اللّٰهِ ح۪ينَ تُمْسُونَ وَح۪ينَ تُصْبِحُونَ ٭ وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَعَشِيًّا وَح۪ينَ تُظْهِرُونَ ٭ يُخْرِجُ الْحَىَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَىِّ وَيُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَكَذٰلِكَ تُخْرَجُونَ ٭

bo’lgan fikradagi farmoni hashrga doir bu yerda ko’rsatgan burhoni bahiri va hujjati qat'iyasi bayon va izoh qilinadi inshaalloh.

{(1-Hoshiya) U maqom hali yozilmagan.}

O’TTIZINCHI YOG’DUNING

BECHINCHI NUKTASINING TO’RTINCHI RAMZI

{(2-Hoshiya) Hayot masalasi hashrga munosabati uchun bu yerga kirgan. Faqat hayotning oxirida qadar rukniga ishorati juda nozik va terandir.}

Hayotning yigirma sakkizinchi xossasida bayon qilinganki, hayot iymonning olti arkoniga qarab isbotlaydi, ularning amalga oshishiga ishoratlar qiladi.

Darhaqiqat, modomiki bu koinotning eng muhim natijasi, asosi va hikmati - hayotning yaratilishi ekan, albatta bu oliy haqiqat ushbu foniy, qisqacha, nuqson, alamli dunyoviy hayotga xoslanib qolmaydi.Balki hayotning yigirma to’qqiz xossasi bilan mohiyatining kattaligi tushunilgan hayot daraxtining g’oyasi, natijasi va u daraxtning kattaligiga loyiq mevasi abadiy va uxroviy hayotdir. Toshi va daraxti bilan, tuprog’i bilan hayotdor dori saodatdagi hayotdir.

Yo’qsa hadsiz muhim jihozlar bilan jihozlangan hayot daraxti shuur sohiblari haqida, xususan inson haqida mevasiz, foydasiz, haqiqatsiz bo’lishi kerak bo’lar edi... sarmoya va jihozlari jihatidan masalan chumchuqdan yigirma daraja ko’proq, koinot va hayot egalarining eng muhim yuksak va ahamiyatli maxluqi bo’lgan inson hayot saodati jihatidan chumchuqdan yigirma daraja tubanlashib eng badbaxt, eng xor bir bechora bo’ladi.

Eng qiymatli ne'mat bo’lgan aql ham, o’tmishning qayg’ularini va kelajakning qo’rquvlarini o’ylab inson qalbini bardavom og’ritib, bir lazzat evaziga to’qqiz azobni qo’shgani uchun eng musibatli bir balo bo’ladi. Bu esa yuz daraja botildir. Demak, bu dunyoviy hayot oxiratga iymon ruknini qat'iy isbot qiladi va xar bahorda hashrning uch yuz mingdan ko’proq namunalarini ko’zimizga ko’rsatadi.

Ajabo, sening jismingda, bog’ingda va vataningda hayotingga lozim va munosib barcha narsalari va jihozlarini hikmat, inoyat va rahmat bilan tayyorlagan va vaqtida yetishtirgan, hatto me'dangning baqiylik va yashash orzusi bilan qilgan xususiy va juz'iy rizq duosini bilgan, eshitgan va hadsiz shirin taomlar bilan u duoning qabulini ko’rsatgan, me'dani xursand qilgan Mutasarrifi Qodir seni bilmasligi, ko’rmasligi va inson sinfining eng buyuk g’oyasi bo’lgan abadiy hayotga kerakli sabablarni tayyorlamasligi mumkinmi hech?! Inson turining eng buyuk, eng ahamiyatli, eng loyiq va umumiy boqiylikni istash duosini uxroviy hayotni insho qilib va Jannatni ijod qilib qabul qilmasligi, koinotning eng muhim maxluqi, balki zaminning sultoni va samarasi bo’lgan insonning arsh va yerni larzaga solgan umumiy va o’ta quvvatli duosini eshitmasdan, kichik me'dachalik ahamiyat bermasligi, xursand qilmasligi, kamoli hikmatini va so’ngsiz rahmatini inkor ettirishi mumkinmi?! Aslo... yuz ming marta yo’q!..

Eng kichik hayot egasining juda yashirin ovozini eshitib, dardini tinglab, darmon berib, xar bir istagan narsasini qilishi, kamoli diqqat va e'tibor bilan parvarish qilishi, unga diqqat bilan xizmat qildirihsi, buyuk maxluqotini unga xizmatkor qilishi, keyin eng buyuk va qiymatli, boqiy va nozdor bir hayotning osmon sadosi kabi yuksak ovozini eshitmasligi, uning juda ahamiyatli baqiylikni istagan duosini, nozini va niyozini nazarga olmasligi mimkinmi hech?! Go’yo bir askarning kamoli diqqat bilan jihozlab boshqarsa va mute' va muhtasham qo’shinga hech qaramasligi... zarrani ko’rib Quyoshni ko’rmasligi... pashshaning ovozini eshitib, momaqaldiroqni eshitmasligi mumkinmi? Qat’iyyan... yuz ming marta aslo!..

Cheksiz rahmatli, muhabbatli, o’ta shafqatli, o’z san'atini juda ham sevadigan va o’zini juda ham sevdiradigan, uni sevganlarni ko’proq sevadigan Zoti Qodiri Hakim eng ko’p o’zini sevgan, sevimli, sevilgan va fitratan Sone'iga mahliyo bo’lgan hayotni, hayotning zoti va javhari bo’lgan ruhni abadiy o’lim bilan qatl qilib, o’zidan sevgili muhibbini va habibini abadiyyan achchiqlantirishini, arazlatishini, qattiq ranjida qilib rahmat sirrini va muhabbat nurini inkor etishini va ettirishini hech bir jihatdan aql qabul qiladimi? Yuz ming marta aslo va qat’iyyan!..

Bu koinotni jilvasi bilan bezagan bir jamoli mutlaq va umum maxluqotni sevintirgan mutlaq rahmat hadsiz xunuklikdan, mutlaq qubhdan va mutlaq zulmdan, marhamatsizlikdan, albatta nihoyatsiz daraja munazzah va muqaddasdir.

NATIJA:Modomiki dunyoda hayot bor ekan, albatta insonlardan hayotning sirrini anglaganlar va hayotini suiste'mol qilmaganlar baqo diyori va boqiy Jannatda boqiy hayotga sazovor bo’ladi. Amanna...

Yer yuzidagi porloq narsalar Quyoshning akslari bilan porlashi va dengizlarning yuzidagi pufakchalar ziyoning yog’dulari bilan porlab so’nishlari, orqalaridan kelgan pufakchalar yana xayoliy quyoshchalarga oynalik qilishlari ochiq oydin ko’rsatadiki, shu yog’dular bitta yuksak Quyoshning in'ikosdir. Quyoshning borligini turli tillar bilan yod etadilar va nur barmoqlari bilan unga ishorat qiladilar. Aynan shuning kabi: Zoti Hayyi Qayyumning Muhyi ismining buyuk jilvasi bilan yer yuzida va dengizlarning ichida hayot egalarining Ilohiy qudrat bilan porlab, orqalaridan kelganlarga joy berish uchun"Yo Hayy!"deb g’ayb pardasida yashinishlari sarmadiy hayot sohibi bo’lgan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va borligining shart ekaniga shahodatlar, ishoratlar qilgani kabi... umum mavjudotni nizomga solishda belgilari ko’ringan Ilohiy ilmga guvohlik qilgan butun dalillar, koinotda tasarruf qilgan qudratni isbotlagan butun burhonlar, koinotning nizomi va boshqaruvida hukm qilgan iroda va xohishni isbotlagan barcha hujjatlar, Rabboniy kalom va Ilohiy vahiyning asosi bo’lgan risolatlarni isbotlagan butun alomatlar, mo’'jizalar va hokazo yetti Ilohiy sifatga shahodat qilgan butun dalillar, ittifoq bilan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga dalolat, shahodat, ishorat qiladi.

Bir narsada ko’rish bo’lsa, hayoti bor, eshitish hayotning alomatidir, gapirish hayotning vujudiga ishorat qiladi, ixtiyor, iroda hayotni ko’rsatgani kabi, bu koinotda belgilari bilan borligi aniq va ochiq ravshan mutlaq qudrat, shomil iroda va bepoyon ilm kabi sifatlar butun dalillari bilan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va vujubi vujudiga shahodat qiladi. Butun koinotni soyasi bilan nurlantirgan va bir jilvasi bilan oxirat diyorini zarralari bilan birga hayotlantirgan sarmadiy hayotiga shahodat qiladi.

Hayot "farishtalarga iymon" rukniga ham yuzlangan, ramzan isbot qiladi. Chunki koinotda eng muhim natija hayot ekan, eng ziyoda tarqalgan va qiymati uchun nusxalari ko’paytirlgan va zamin mehmonxonasini kelib ketuvchi karvonlar bilan jonlantirgan hayot egalari ekan... modomiki yer kurrasi bu qadar hayot egalarining sinflari bilan to’lgan, bardavom hayotdor nav’larini yangilash va ko’paytirish hikmati bilan xar doim to’ladi-bo’shaladi, eng qiymatsiz va chirigan moddalarida ham ko’p hayot egalari yaratilib kichik jonlilarning to’planish joyi bo’ladi.. va modomiki hayotning sizilgan eng sof xulosasi shuur va aql, eng latif va sobit javhari bo’lgan ruh ushbu yer kurrasida o’ta ko’p sonda yaratilyapti. Go’yo yer kurrasi hayot, aql, shuur va ruhlar bilan tirilib jonlantirilgan...

Albatta yer kurrasidan ham latifroq, nuroniyroq, buyukroq, ahamiyatliroq samoviy jismlar o’lik, jonsiz, hayotsiz, shuursiz qolishi imkon xorijidadir. Demak osmonlarni, quyoshlarni, yulduzlarni jonlantirgan, hayotdor holatni bergan, yaratilish natijasi samovotni ko’rsatgan va Subhoniy xitoblarga sazovor bo’lgan shuur egasi, hayot sohibi va samovotga munosib yashovchilar, xar holda hayot sirri bilan mavjud, ular ham maloikalardir.

Hayotning sirri mohiyati ham "Payg’ambarlarga iymon" rukniga asosan ramzan isbot qiladi. Modomiki koinot hayot uchun yaratilgan va hayot ham Hayyi Qayyumi Azaliyning buyuk jilvasi, mukammal naqshi, eng chiroyli san'atidir. Modomiki bardavom hayot rasullarning yuborilishi va kitoblarning tushirilishi bilan o’zini ko’rsatar ekan, agar kitoblar va payg’ambarlar bo’lmasa, azzaliy hayoti bilinmaydi. Bir odamning gapirishidan tirik va hayot ekani anglashiladi. Xuddi shuning kabi, bu koinotning pardasi ostida bo’lgan olami g’aybning orqasida so’zlagan, gapirgan, amr va man’ qilib xitob qilgan bir zotning so’zlarini, xitoblarini payg’ambarlar va qo’llarida nozil bo’lgan kitoblar ko’rsatadi. Albatta koinotdagi hayot qat'iy bir suratda Hayyi Azaliyning borligining vojib darajasida qat'iy guhovlik qilgani kabi, azaliy hayotning shu’lalari, jilvalari, munosabatlari bo’lgan"Rasullarni yuborish " va "Kitoblarni nozil qilish"ruknlariga qaraydi, ramzan isbot qiladi. Ayniqsa Risolati Muhammadiya (S.A.V.) va vahyi Qur'oniy hayotning ruhi va aqli bo’lgani uchun bu hayotning vujudi kabi, haqqoniyatlari qat'iydir.

Hayot bu koinotdan sizilgan bir xulosa... shuur, his hayotdan sizib chiqqan hayotning xulosasi... aql esa shuur va hisdan sizib chiqqan shuurning bir xulosasi... ruh esa hayotning xolis va sof javhari, sobit va mustaqil zoti ekan,moddiy va ma'naviy hayoti Muhammadiya (S.A.V.) ham hayot va ruhi koinotdan sizilgan xulosat-ul xulosadir. Risolati Muhammadiya (S.A.V.) esa koinotning his, shuur va aqlidan sizib chiqqan eng sof xulosasidir. Balki moddiy va ma'naviy hayoti Muhammadiya (S.A.V.) belgilarining guvohligi asosida koinot hayotining hayotidir. Risolati Muhammadiya (S.A.V.) koinot shuurining shuuri va nuridir. Qur'on vahiyi esa hayotdor haqiqatlarning shahodati asosida koinot hayotining ruhi va koinot shuurining aqlidir.

Ha, albatta, ha...Agar koinotdan risolati Muhammadiyaning (S.A.V.) nuri chiqsa, ketsa, koinot vafot etadi. Agar Qur'on ketsa, koinot telba bo’ladi va yer kurrasi boshini, aqlini yo’qotadi, balki shuursiz qolgan boshini bir sayyoraga uradi, bir qiyomatni keltiradi.

Hayot"qadarga iymon"rukniga qaraydi, ramzan isbot qiladi. Chunki hayot shahodat olamining ziyosi, istilo qilgan, vujudning natijasi va g’oyasi, Koinot Xoliqining eng mujassam oynasi, Rabboniy faoliyatning eng mukammal o’rnak va mundarijasidir. Misolda xato bo’lmasin, bir nav’ dasturi o’rnidadir. Albatta g’ayb olami, ya'ni moziy, istiqbol ya'ni o’tgan va kelasi maxluqotning ma'naviy hayoti bo’lgan intizom, nizom, ma'lumlik, guvohlik, yuzaga chiqish, yaratilishga oid ishlarga bajarishga muhayyo holatda bo’lishlarini hayot sirri iqtizo qiladi.

Bir daraxtning asosiy urug’i, ildizi, muntahosida va mevalaridagi urug’lari ham aynan daraxt kabi bir nav’ hayotga sazovordir. Balki daraxtning hayot qonunlaridan ham nozik hayot qonuniga ega. Hozirgi bahordan avval o’tgan kuz qoldirgan danaklar va ildizlar bu bahor ketgandan keyin keladigan bahorlarga qoldiradigan urug’lar, ildizlar bu bahor kabi hayot jilvasiga ega va hayot qonunlarga tobedir. Aynan shuning kabi, koinot daraxtining butun shox va butoqlari bilan xar birining bir moziyi va istiqboli bor. O’tmish va kelajak holatlari va vaziyatlaridan tashkil topgan silsilasi mavjud. Xar nav’ va xar bo’lakning Allohning ilmida turli holatlari bilan ko’p vujudlari ilmiy vujud silsilasini tashkil qiladi. Tashqi vujud kabi u ilmiy vujud ham umumiy hayotning ma'naviy bir jilvasiga sazovor bo’lib, taqdir qalami bilan yozilgan hayotiy dastur ma'nodor va jonli qadar lavhalaridan olinadi.

Darhaqiqat, g’ayb olamining bir turi bo’lgan ruhlar olami ayni hayot, hayot moddasi, hayotning javharlari va zotlari bo’lgan ruhlar bilan to’la bo’lishi, albatta moziy va mustaqbal deyilgan g’ayb olamining bir boshqa turi ham, ikkinchi qismi ham hayot jilvasiga sazovorligini istaydi va shart qiladi. Xar bir narsaning ilmiy vujudidagi mukammal intizomi, ma'noli vaziyatlari va jonli mevalari, holatlari bir jihatdan ma'naviy hayotga sazovorligini ko’rsatadi.

Darhaqiqat, azaliy hayot quyoshining ziyosi bo’lgan bu hayot jilvasi, albatta yolg’iz bu shahodat olamiga, hozirgi zamonga va bu xorijiy vujudga maxsus bo’la olmaydi, balki xar bir olam qobiliyatiga ko’ra ziyoning jilvasiga sazovordir. Koinotning butun olamlari u jilva bilan jonli va ziylidir. Yo’qsa zalolat dunyoqarashining ko’rgani kabi vaqtincha va zohiriy hayot ostida xar bir olam katta va mudhish janoza, bir-bir zim-ziyo vayrona olami bo’lar edi.

Xullas,"qadar va qazoga iymon"ruknining ham keng jihatda hayot sirri bilan tushuniladi va haqiqat ekani yuzaga chiqadi. Ya'ni, shahodat olami va hozir mavjud ashyolar intizomi va natijalari bilan tirikligi ko’rinadi. Xuddi shuning kabi, g’ayb olamidan hisoblangan o’tgan va kelajak maxluqlarning ham ma'nan tirik ma'naviy vujudlari va ruhli ilmiy haqiqati borki, Qazo va Qadar Lavhi vositasi bilan ma'naviy hayotning belgisi taqdir qilingan ishlar nomi orqali ko’rinadi, yuzaga chiqadi.

* * *

Zaylning Uchinchi Parchasi

Hashr munosabati bilan bir savol: Qur'onda takror-takror: اِنْ كَانَتْ اِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً va وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ farmonlari ko’rsatadiki: Buyuk hashr bir onda, zamonsiz vujudga keladi. Tor aql esa, bu cheksiz darajadagi g’aroyib va ushbu mislsiz masalani shubhasiz va aniq qabul qilishiga asos bo’ladigan ko’ringan misol istaydi.

Javob:Uch masaladir.

Hashrda ruhlarning jasadlarga kelishi bor.

Jasadlarni tiriltirish bor.

Yana jasadlarning inshosi bor.

Birinchi masala:Ruhlarning jasadlariga kelishi. O’ta muntazam bir qo’shinning askarlari, istirohat uchun xar tarafga tarqalgan vaqti, yuksak ovozli bir karnay ovozi bilan to’planishlari misol bo’ladi. Isrofilning karnayi bo’lgan Suri, qo’shinning karnaychisidan kichik bo’lmagani kabi, abadlar tarafida va zarralar olamida, azal tomonidan kelgan اَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ xitobini eshitgan va قَالُوا بَلٰى bilan javob bergan ruhlar, albatta qo’shinning askarlaridan minglab daraja bo’ysunganroq, intizomli va mute'dir. O’ttizinchi So’z faqat ruhlar emas, balki butun zarralar ham Subhoniy qo’shini va amrga bo’ysunuvchan askarlar ekanini qat'iy burhonlar bilan isbot qilgan.

Ikkinchi masala:Jasadlarning tiriltirilishiga misoli: Juda katta shaharda, bayram kechasida, bir markazdan, yuz ming elektr chiroqlari, xuddi bir onda jonlanishlari va nurlanishlari kabi, butun yer yuzida bitta markazdan yuz million chiroqlarga nur berish mumkin. Modomiki Janobi Haqning elektr kabi maxluqi va musofirxonasida bir xizmatkori va nur bergan maxluqi, Xoliqidan olgan tarbiya va intizom darsi asosida bu holatga sazovor bo’lyapti. Albatta, elektr kabi minglab nuroniy xizmatkorlarining ko’rsatgan, hikmati Ilohiyaning muntazam qonunlari doirasida buyuk hashr ko’z ochib yumguncha vujudga keladi.

Uchinchi masala:Jasadlarning daf'atan insho qilinishining misoli quyidagicha: Bahorda bir necha kun mobaynida butun bashariyatdan ming matra ko’proq bo’lgan barcha daraxtlarning butun yaproqlari ayni avvalgi bahordagidek birdan, mukammal insho qilinishi, butun daraxtlarning barcha gullari, mevalari va yaproqlari, o’tgan bahorning mahsuloti kabi, yashin tezligida ijod qilinishi, bahorning boshlang’ichi hisoblangan sanoqsiz danakchalar, urug’lar, ildizlarning birdan barobar uyg’onishi, o’sishi, tiriltirilishi, suyaklardan iborat, oyoqda turgan o’lik kabi butun daraxtlarning mayyiti bir buyruq bilan daf'atan"Ba'su ba'dal mavt"gasazovor bo’lishi va yoyilishi, kichik hayvon toifalarining sanoqsiz turlarining o’ta san'atli suratda tiriltirilishi, xususan chivin qabilalarining hashrlari, boxusus doimo yuzini, ko’zini, qanotini tozalab, bizga tahoratni va tozalikni eslatgan, yuzimizni silagan ko’z o’ngimizdagi qabilaning bir yilda nashr bo’lgan sanog’i Odam farzandlarining Odam zamonidan beri kelgan umum sanog’idan ko’p bo’lib, xar bahor boshqa qabilalar bilan birga bir necha kun mobaynida insho qilinishi, tiriltirilishi, to’planishi albatta Qiyomatda inson jasadlarining insho qilinishiga bir misol emas, balki minglab misoldir.

Ha, dunyo dorul-hikmat va oxirat dorul-qudrat bo’lgani uchun, dunyoda Hakim, Murattib, Mudabbir, Murabbiy kabi ko’p ismlarning iqtizosi bilan, dunyoda ashyolarni ijod qilish bir daraja tadrijiy va vaqt bilan bo’lishini Rabboniy hikmati taqozo qiladi. Oxiratda esa, hikmatdan ko’ra qudrat va rahmat ijro qilgani uchun moddaga, muddatga, vaqtga va kutishga ehtiyoj qoldirmasdan ashyo birdan insho etiladi. Bu yerda bir kunda va bir yilda qilingan ishlar oxiratda bir onda, bir nazarda insho qilinishiga ishorat qilib Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon

وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ

deb farmon qiladi.

Agar hashrning kelishini, kelgusi bahorning kelishi kabi, qat'iy suratda anglashni istasang, hashrga doirO’ninchi So’zbilanYigirma To’qqizinchi So’znidiqqat bilan o’qi, ko’r. Agar bahorning kelishi kabi ishonmasang, kel, barmog’ingni ko’zimga suq.

TO’RTINCHI MASALAbo’lgan dunyoning o’limi va qiyomat kunining kelishi quyidagicha:Bir onda bir sayyora yoki bir dumli yulduzning Rabboniy amr bilan yer kurramizga, musofirxonamizga urilishi uyimizni xarob qiladi. O’n yilda qurilgan saroyning bir daqiqada xarob bo’lishi kabi...

* * *

Zaylning To’rtinchi Qismi

قَالَ مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ وَهِىَ رَم۪يمٌ ٭ قُلْ يُحْي۪يهَا الَّذ۪ٓى اَنْشَاَهَٓا اَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَل۪يمٌ

Ya'ni, inson:"Chirib ketgan suyaklarni kim tiriltiradi?"deydi. Sen:"Kim ularni boshda insho qilib hayot bergan bo’lsa, o’sha tiriltiradi",deb ayt.

O’ninchi So’zning To’qqizinchi Haqiqatining uchinchi misolda tasvir qilinganidek, bir zot ko’z o’ngingda bir kunda qaytadan katta bir qo’shinni tashkil qilganda, bir kishi: "Bu kishi, askarlari istirohat uchun tarqalgan harbiy qismni bir karnay bilan to’playdi, harbiy qism nizomi ostiga keltira oladi", deb aytsa, sen, ey inson: "Ishonmayman" desang, naqadar telbalarcha inkor ekanini bilasan. Xuddi shuning kabi, hechlikdan, qaytadan qo’shin-misol butun hayvonot va boshqa hayot egalarining harbiy qism-misol jasadlarini kamoli intizom bilan va hikmat mezoni bilan badanlarning zarralarini va latifalarini كُنْ فَيَكُونُ amri bilan qayd qilib joylashtirgan, xar asrda, hatto xar bahorda ro’yi zaminda yuz minglab qo’shin-misol jonlilarning sinflari va toifalarini ijod qilgan bir Zoti Qodiri Alim, harbiy qism-misol bir jasadning nizomga bo’ysunishi orqali bir-biri bilan tanishgan asosiy zarralar va asliy qismlarni bir hayqiriq bilan Isrofil Surining karnayi bilan qanday to’play oladi? Deb aqlga sig’maydi deyiladimi? Aytilsa, ablahcha bir devonalik bo’ladi.

Qur'on goho Janobi Haqning oxiratda g’aroyib ishlarini qalbga qabul qildirish uchun, tayyorlash va zehnni tasdiqqa muhayyo qilish uchun, hozirlik suratida dunyodagi ajoyib ishlarini zikr qiladi. Va yoxud, istiqbolga oid va uxroviy ajoyib Ilohiy ishlarni shunday bir suratda zikr qiladiki, biz ko’rgan ko’p naziralari bilan ularga qanoat hosil qilamiz. Masalan:

اَوَ لَمْ يَرَ الْاِنْسَانُ اَنَّا خَلَقْنَاهُ مِنْ نُطْفَةٍ فَاِذَا هُوَ خَص۪يمٌ مُب۪ينٌ

to suraning oxiraga qadar...

Ushbu bo’limda hashr masalasida Qur'oni Hakim hashrni isbotlash uchun yetti-sakkiz suratda, turli tarzlarda isbotlaydi.

Avvalo, insonning ilk yaratilishini e'tibor qaratadi:Nutfadan alaqaga, alaqadan mudg’aga, mudg’adan to xilqati insoniyagacha bo’lgan yaratilishingizni ko’ryapsiz... Qanday qilib, keyingi yaratilishingizni inkor qilyapsiz?.. U uning misli, balki yanada osonroqdir.Ham Janobi Haq insonga qilgan azim ehsonlarini:

اَلَّذ۪ى جَعَلَ لَكُمْ مِنَ الشَّجَرِ الْاَخْضَرِ نَارًا

kalimasi bilan ishorat qilib:Qabrga kirib turmaydigan bo’lib yotaman deb o’ylamang. Sizga buncha ne'mat bergan zot sizni bebosh qoldirmaydi,deydi. Yana ramzan: O’lgan daraxtlarning tirilib yashillanishini ko’rib turibsiz. O’tin kabi suyaklarning hayot topishini qiyos qila olmasdan aqldan uzoq deyapsiz. Samovot va yerni yaratgan, osmonlar va yerning mevasi bo’lgan insonning hayot va o’limidan ojizmi? Ulkan daraxtni boshqargan Zot, daraxtning mevasiga ahamiyat bermasdan, boshqaning qo’liga tutkizadimi?! Butun daraxtning natijasini tark qilib, butun qismlarini hikmat bilan yo’g’rilgan xilqat daraxtini abas va behuda qiladi deb o’ylaysizmi? deydi.

Hashrda sizni tiriltiradigan zot, shunday zotki, butun koinot uning amriga tobe' askar hukmidadir.كُنْ فَيَكُونَamriga kamoli itoat bilan bo’ysunadi. Bir bahorni yaratish unga bir gul qadar oson. Butun hayvonotni ijod qilish qudratiga bir chivinni ijod qilishdek oson zotdir.U zotga مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ deb qudrati ojiz ko’rib qarshi chiqilmaydi.

So’ng

فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ

ta'biri bilan hamma narsaning tizgini qo’lida, hamma narsaning kaliti yonida, kecha va kunduzni, qish va yozni kitob sahifalari kabi osonlikcha varaqlaydi. Dunyo va oxiratni ikki manzil kabi, birini berkitadigan, ikkinchisini ochadigan bir Qodiri Zuljaloldir. Modomiki shunday ekan, butun dalillarning natijasi sifatida: وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ya'ni,qabrdan sizni tiriltirib, hashrga keltirib, huzuri kibriyosida hisob-kitobingizni qiladi.

Bu oyatlar zehnni hashrni qabul qilishga muhayyo qildi. Qalbni ham tayorladi. Chunki dunyoviy ishlar orqali o’xshashlarini ham ko’rsatdi.

Goho: Uxroviy ishlarni shunday bir tarzda zikr qiladiki: Aqldan uzoq ko’rishga va inkorga imkoniyat qolmasligi uchun dunyoda o’xshashlarini eslatadi. Masalan:

اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ... اِلٰى اٰخِرِ

va

اِذَا السَّمَٓاءُ انْفَطَرَتْ ... اِلٰى اٰخِرِ

va

اِذَا السَّمَٓاءُ انْشَقَّتْ

Bu suralarda qiyomat va hashrdagi azim inqiloblar va rububiyat tasarruflarini shunday bir tarzda zikr qiladiki, inson ularning o’xshashlarini dunyoda, masalan kuzda, bahorda ko’rgani uchun, qalbga dahshat solib, aqlga sig’magan inqiloblarni oson qabul qiladi. Ushbu uch suraning qisqacha ma’nosiga ishorat ham juda uzun bo’ladi. Shuning uchun bir kalimani namuna sifatida ko’rsatamiz. Masalan:

اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ

kalimasi bilan ifoda qiladiki:Hashrda hammaning butun amallari bir sahifa ichida yozilib, nashr qilinadi.Bu masala o’z-o’zidan juda ajib bo’lgani uchun aql unga yo’l topa olmaydi. Lekin sura ishorat qilgani kabi, bahoriy hashrda boshqa nuqtalarning o’xshashlari bo’lgani kabi, sahifalarni nashr qilish nazirasi juda zohirdir. Chunki xar bir mevali daraxt va gulli bir o’tning ham amallari bor, ishlari bor, vazifalari bor. Asmo-i Ilohiyani qay shaklda ko’rsatib tasbehot qilgan qulligi bor. Uning butun amallari hayot yo’llari bilan birga barcha urug’lari, danakchalarida yozilib boshqa bahorda, boshqa zaminda chiqadi. Ko’rsatgan shakl va surat tili bilan o’ta ravon suratda onalari va asllarining amallarini eslagani kabi, shox, butoq, yaproq, gul va mevalari bilan amallari sahifasini nashr qiladi. Demak, ko’z o’ngimizda ushbu ishni hikmatli, hofizona, mudabbirona, murabbiyona, latifona qilgani uchun:

اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ

deydi.

Boshqa nuqtalarni bunga qiyos ayla. Kuching bo’lsa boshqa ma’nolarni ham chiqar. Senga yordam bo’lishi uchun shuni ham aytamiz: اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ kalomi takvir lafzi bilan, ya'ni o’rash va to’plash ma'nosi bilan porloq bir misolga ishorat qilgani kabi, o’xshashini ham imo qiladi.

Birinchi:Ha, Janobi Haq tarafidan hechlik, efir va samo pardalarini ochib, Quyosh kabi dunyoni nurlantirgan olmos-misol bir chiroqni rahmat xazinasidan chiqarib, dunyoga ko’rsatdi. Dunyo berkitilgandan keyin u olmosni pardalariga o’rab olib tashlaydi.

Ikkinchi:Yoki ziyo matosini yoyish, zaminning boshiga ziyoni zulmat bilan navbatlashib o’rash vazifasi yuklangan xodim bo’lganini, xar oqshom u xodimga matosini to’platib yashirtirgani kabi, gohida bir bulut pardasi bilan oldi-sotdisini ozytiradi. Gohida, Oy uning yuziga qarshi parda bo’ladi, muomalasini bir daraja tortadi. Molini va muomalalar daftarlarini to’plaganidek, albatta u xodim vaqti kelib vazifasidan chiqadi.Hatto bo’shashga hech qanday sababi bo’lmasa ham, hozircha kichik, faqat kattalashishni boshlagan yuzidagi ikki dog’i kattalashib, Quyosh yerning boshiga izni Ilohiy bilan o’ragan ziyoni, amri Rabboniy bilan qaytarib olib, Quyoshning boshiga o’rab, "Qani, yerda ishing qolmadi deydi, Jahannamga bor, senga ibodat qilib, sendek bir bo’ysungan xodimni sadoqatsizlik bilan tahqir etganlarni yoq!" deydi.اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ farmonini dog’li qora yuzi bilan yuzida o’qiydi.

* * *

Zaylning Beshinchi Qismi

Hadis matnida bashariyatning eng mumtoz shaxsiyatlari bo’lgan bir yuz yigirma to’rt ming anbiyolar ijmo' va tavotur bilan, qisman kuzatuvga va qisman haqqal-yaqiynga tayanib, bir ovozdan oxiratning borligidan, insonlarning u yerga yuborilishidan va bu koinot Xoliqining qat'iy va'da bergan oxiratni keltirishidan xabar bergan. Ular bergan xabarni kashf va kuzatuv bilan ilmal-yaqiyn tasdiq qilgan bir yuz yigirma to’rt million avliyolar oxiratning borligiga shahodatlari orqali va bu koinot Sone'-i Hakimining bu dunyoda butun asmosi ko’rsatgan jilvalari bilan bir boqiy olamni ochiq oydin taqozo qiladi. Yana oxiratning vujudiga dalolat qilib, xar yili bahorda ro’yi zaminda oyoqda turgan son-sanoqsiz o’lgan daraxtlarning mayyitlariكُنْ فَيَكُونَ amri bilan tiriltirib, بَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ ga sazovor etgan, hashr va nashrning yuz minglab namunasi bo’lgan nabotot toifalari va hayvonot millatidan uch yuz ming sinflarni hashr va nashr qilgan hadsiz azaliy qudrat, hisobsiz va isrofsiz abadiy hikmat, rizqqa muhtoj butun ruh sohiblarini kamoli shafqat bilan o’ta g’aroyib tarzda oziqlantirilgan, xar bahorda qisqa vaqtda son-sanoqsiz ziynat va chiroyining turlarini ko’rsatgan boqiy rahmat, umumiy doimiy inoyat, ochiqdan ochiq oxiratning vujudini shart qiladi. Bu koinotning eng mukammal mevasi va koinot Xoliqining eng sevgan san’ati va koinotning mavjudoti bilan eng ko’p aloqador bo’lgan insonda shiddatli, tebranmas, doimiy"boqiylik ishqi", "abadiyat istagi", "doimiy orzular"ochiqdan ochiq ishorati va dalolati bilan,bu foniy olamdan keyin bir boqiy olam, oxirat diyori va bir saodat yurti borligini shu daraja qat'iy bir suratda isbotlaydiki: Dunyoning vujudi qadar, oxiratning vujudini qabul qilishni ochiq ravshan shart qiladi.

{(Hoshiya) Ha, borligi aniq va haqiqiy bo’lgan ishni xabar berish oson bo’lgani, inkor va rad qilish o’ta mushkul ekani bu misoldan ko’rinadi. Bir kishi: Yer yuzida mevalari sut konservalari bo’lgan o’ta g’aroyib bir bog’ mavjud, desa. Boshqa birov: Yo’q, desa. Isbot qilgan kishi faqat uning joyi va yoki ba'zi mevalarini ko’rsatsa da'vosini oson isbotlaydi. Inkor qilgan odam yo’qligini isbot qilish uchun yer yuzini to’liq ko’rishi va ko’rsatishi orqali da'vosini isbot qiladi.

Aynan shuning kabi, Jannatni xabar berganlar yuz minglab izlari, mevalari, asarlarini ko’rsatishganini e'tiborga olmasdan, ikki shohidi sodiqning borligiga shahodat qilsa kifoya qiladi. Lekin uni inkor qilgan kimsa cheksiz koinotni va hadsiz abadiy zamonni tomosha qilishi, ko’rishi va elagandan keyingina inkorini isbot qila oladi, yo’qligini ko’rsata oladi. Qarang ey keksa qardoshlar, oxiratga iymonning naqadar quvvatli bo’lganini anglangiz.

Said Nursiy}

Modomiki Qur'oni Hakim bizga bergan eng muhim bir dars, oxirat iymon ekan, u iymon shu daraja quvvatli, u iymonda shunday bir umid va tasalli borki, yuz ming keksalik bir shaxsga kelsa, bu iymondan olgan tasalli muqobil keladi. Biz keksalar

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى كَمَالِ الْاِيمَانِ

deb keksaligimizga sevinishimiz lozim.

* * *

O’N BIRINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَالشَّمْسِ وَضُحَيهَا ٭ وَالْقَمَرِ اِذَا تَلَيهَا ٭ وَالنَّهَارِ اِذَا جَلَّيهَا ٭ وَ الَّيْلِ اِذَا يَغْشَيهَا ٭ وَ السَّمَاءِ وَمَا بَنَيهَا ٭ وَ الْاَرْضِ وَمَا طَحَيهَا ٭ وَ نَفْسٍ وَمَا سَوَّيهَا ٭ الخ

Ey qardosh! Agar olam hikmatining tilsimini, inson yaratilishining muammosini va namoz haqiqatining ramzlarini birmuncha tushunib olishni istasang, nafsim bilan birga ushbu misoliy hikoyachaga qara:

Bir zamonlar bir podshoh o’tgan edi. Boylik jihatidan uning juda ko’p xazinalari bo’lib, ularda xar turdagi javohir, olmos va zumradlar mavjud edi. Ham o’ta yashirin ajoyib hazinalari bor edi. Kamolot jihatidan esa g’aroyib hunarlarga juda mahoratli edi. Yana behisob nodir fanlarni bilar va egallagan, benazir ilmlarda bilimi chegarasiz va ma'lumoti bor edi.

Jamol va kamol sohibida o’zining jamolini va kamolini ko’rish va boshqalarga ham ko’rsatish istagi bo’ladiki, shu istakning siriga binoan, bir kuni u shonli podshoh ham ma'naviy jamoli va kamolini ikki tomondan: Bir tomondan, bevosita o’zining nozik nazari bilan ko’rish uchun tomosha etish, ikkinchi tomondan, boshqa birovning nazari bilan ko’rish uchun saltanatining hashamatini, boyligining porloqligini, hunarlarining hayratlanarli namunalarini va ma'rifatining ajoyibotlarini insonlarga ko’rsatish uchun bir namoyishgoh ochishni, unga ko’rgazmalarini qo’yishni istadi:

Shu hikmatga ko’ra, buyuk, keng va muhtasham bir qasr bunyod qilishni boshladi. Shohona suratda, uylar va manzillarga ajratib, xazinalaridagi turli-tuman duru javohirlar bilan jilo berdi, o’z san'atining eng latif, eng go’zal asarlari bilan ziynatladi, hikmat fanlarining eng nozik tomonlari bilan tartiblab, ilmlarining mo’'jizakorona asarlari bilan bezatib, kamolga yetkazdi. So’ng saroyda taom va ne'matlarning barcha xillaridan eng shirinlarini jamlagan dasturxonlarni yoydi. Ham xar toifaga munosib dasturxon xosladi. Shunday saxovatkor, san'atli bir umumiy ziyofat hozirladiki, go’yo xar bir dasturxon, yuzlab latif san'atlarning asarlari bilan tashkil topganday qiymatli hadsiz ne'matlarni terib chiqdi. Keyin mamlakatining chor atrofidagi aholini va xalqini sayrga, ko’ngil ochishga va ziyofatga taklif etdi.

Bir yuksak rutbali xodimiga saroyning hikmatlarini va ichidagi narsalarining ma'nolarini tushuntirib, saroyining Sone'ini ichidagi narsalari bilan birga aholiga ta'riflashi uchun uni ustoz va ta'rif etuvchi qilib tayinladi. Saroy naqshlarining ramziy ma'nolarini tushuntirib, ichidagi san'atlarining ishoralarini o’rgatib, ichidagi nizomli ziynatlar va o’lchovli naqshlar nima? Saroyga kirganlarga qanday jihatlari bilan saroy sohibining kamolotiga va hunarlariga dalolat etganini ta'riflashi, kirish odobini va sayr marosimini bildirib, ko’rinmagan sultonning roziligi doirasida tashrif marosimini ta'riflab berishni yukladi.

Tanituvchi ustozning xar bir uyda bittadan yordamchilari bor. O’zi eng katta doirada shogirdlari orasida turgan, butun tomoshabinlarga quyidagicha bir tablig’ qilyapti:

"Ey aholi! Bu qasrning sohibi bo’lmish sayyidimiz bu narsalarni izhor qilish va bu saroyni bunyod qilish orqali o’zini sizlarga tanitishni istayapti. Siz uni taninglar va chiroyli tanishga harakat qiling. Ushbu ziynatlar bilan o’zini sizga sevdirmoq istayapti. Siz uning san'atlarini taqdir qilish va ishlarini yaxshi ko’rib o’zingizni unga sevdiring. Ko’rib turgan ehsonlaringiz bilan sizga muhabbatini ko’rsatyapti. Siz itoat bilan uni hurmat qilinglar. Bu mukammal asarlari bilan ma'naviy jamolini sizga ko’rsatishni istayapti. Siz uni ko’rishni va e'tiborini qozonishga ishtiyoqingizni bildiring. Siz ko’rgan barcha san'atli asarlar va ziynatlar ustida maxsus muhr, xususiy tamg’a, taqlid etilmas imzo qo’yib hamma narsa o’ziga xosligini, o’z qo’lining mahsuli ekanini va o’zi bir va yakto, mustaqil va yagonalik sohibi ekanini sizlarga ko’rsatishni istaydi. Siz uni bir, yakto, misli yo’q, o’xshashi yo’q, tengsiz deb taning va qabul qilinglar". Yana bular kabi, unga va u maqomga munosib so’zlarni tomoshabinlarga aytdi.

Shunda kirgan aholi ikki guruhga ayrildi:

Birinchi guruh: O’zini bilgan, aqli joyida va qalbi sog’lom bo’lgani uchun, saroy ichidagi ajoyibotlarni ko’rgan zahoti: "Bunda katta bir ish bor", dedi. Bularning behuda, oddiy o’yinchoq emasligini tushundi. Shu bois: "Ajabo, buning tilsimi nima bo’lsa? Ichida nima bor ekan?" deb qiziqib o’ylab turgan vaqtida tanituvchi ustoz bayon qilgan nutqini eshitishdi. Butun sirlarning kaliti unda ekanini anglashdi. U tomon yo’nalib: "Assalomu Alayka Ya Ayyuhal Ustoz! Haqiqatan, shunday bir muhtasham saroyning sizdek sodiq va mudaqqiq bir tanituvchi lozim. Sayyidimiz sizga nimani bildirgan bo’lsa, iltimos bizlarga bildiring", deyishdi. Ustoz esa yuqorida zikr etilgan nutqlarini ularga dedi. Ular chiroyli ravishda tinglab, go’zal tarzda qabul qilib to’liq foydalandilar. Podshohning rizosi doirasida amal qildilar. Ularning odobli muomala va holatlari podshohga xush kelganidan ularni xos, yuksak va ta'rifga sig’maydigan boshqa bir saroyga da'vat etdi, ehson qildi. Javvodi Malikka loyiq va itoatkor aholiga muvofiq, odobli musofirlarga munosib va yuksak qasrga arzigulik ikrom qildi, ularni doimiy bahtiyor qildi.

Ikkinchi guruh: Aqli aynigan, qalbi so’nib qolgani uchun, saroyga kirgan payti nafsiga mag’lub bo’lib, lazzatli taomlardan boshqa hech narsaga qaramadilar. Butun go’zalliklardan ko’zini yumishdi va ustozning irshodlari va shogirdlarining tanbehlaridan quloqlarini berkitishdi. Hayvon kabi yeb-ichib uyquga toldilar. Ichilmaydigan, faqat ba'zi ishlar uchun tayyorlangan iksirlardan ichdilar. Sarxush bo’lib baqirib, to’polon ko’tardilarki, tomoshabin mehmonlarni behuzur etdilar. Sone'i Ziyshonning dasturlariga nisbatan adabsizlik qildilar. Saroy sohibining askarlari ham ularni tutib, unday adabsizlarga loyiq hibsxonaga tashladi.

Ey men bilan birga bu hikoyani tinglagan birodar! Hokimi Zishon bu qasrni mazkur maqsadlar uchun bunyod etgani, bu maqsadlarning ro’yobga chiqishi esa ikki narsaga bog’liq ekanini albatta anglading:

Birinchisi:Biz ko’rib turgan va nutqini tinglagan ustozimizning borligidir. Chunki u zot bo’lmasa, butun maqsadlar behuda bo’ladi. Chunki tushunilishi qiyin bir kitob muallimsiz bo’lsa, ma'nosiz bir qog’ozdan farqi qolmaydi.

Ikkinchisi:Aholi ustozning so’zini qabul etib tinglash. Demak, ustozning borligi qasrning borligiga bois va aholining tinglashi qasrning bardavomligiga sababdir. Bas, shunday ekan: Ustoz bo’lmaganida, Maliki Ziyshon bu qasrni bunyod etmasdi deyish mumkin. Yana: O’sha ustozning ta'limotini aholi tinglamagan vaqti, albatta qasr almashtiriladi va o’zgartiriladi deyish mumkin. Birodar! Hikoya shu yerda tugadi. Agar bu misolning sirini anglagan bo’lsang qara, haqiqatning yuzini ham ko’r.

Demak, o’sha saroy bu olam bo’lkib, shifti tabassum qilgan yulduzlar bilan yoritilgan osmondir. Poyi esa sharqdan g’arbga qadar rango-rang chechaklar bilan bezatilgan yer yuzidir. Podshoh esa azal-abad sulton bo’lgan Zoti Muqaddas bo’lib, yetti qavat osmonu yer hamda ichidagi hamma narsa o’ziga xos til bilan U zotni poklab tasbeh aytadi.

Yana shunday bir Maliki Qodiyrki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, rububiyat arshida turib, kecha va kunduzni qora va oq ikki chiziq kabi bir-birining orqasidan navbat bilan aylantirib, koinot sahifasida oyatlarini yozgan. Quyosh, Oy, yulduzlar Uning amriga tobe bo’lgan hashamat va qudrat sohibidir. Saroy manzillari esa o’n sakkiz ming olam bo’lib, xar biri o’ziga loyiq bir tarzda ziynatlangan va tartiblangan. Xullas, u saroyda sen ko’rgan g’aroyib san'atlar esa bu olamda ko’ringan Alloh qudratining mo’'jizalaridir. Saroyda ko’rgan taomlaring bu olamda, masalan yoz mavsumida, misol Barla bog’larida Ilohiy Rahmatining g’aroyib mevalariga ishoradir. U yerdagi o’choq va oshxona esa bu yerda bag’rida olov bo’lgan Yer va uning ustidir. U yerda sen misolda ko’rgan maxfiy xazinalarning javharlari esa haqiqatda Muqaddas Ilohiy Ismlarning jilvalariga misoldir. Misolda ko’rgan naqshlarimiz va ularning ramzlari, shu dunyoni bezagan intizomli san'atli asarlar va o’lchovli qudrat qalamining naqshlari bo’lib, Qodiyri Zuljalolning ismlariga dalolat qiladi. Ustoz esa Sayyidimiz Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Yordamchilari Payg’ambarlar Alayhimussalomdir, shogirdlari esa avliyo va asfiyodir. Saroydagi hokimning xizmatkorlari, bu olamda Malaklar Alayhimussalomga ishoradir. Misolda sayr va ziyofatga taklif etilgan musofirlar esa dunyo musofirxonasida jin, ins va insonning xizmatkorlari bo’lgan hayvonlarga ishoradir. U ikki guruh bu yerda - biri iymon ahli bo’lib, koinot kitobi oyatlarining mufassiri bo’lgan Qur'oni Hakimning shogirdlaridir. Ikkinchi guruh esa kufr va tug’yon ahli bo’lib, nafs va shaytonga tobe bo’lib faqatgina dunyoviy hayotni bilgan hayvon kabi, balki yanada pastroq kar, soqov, zalolat guruhidir.

Birinchi saodatmand guruh va yaxshilar esa zuljanohayn bo’lgan ustozni tingladilar. U ustoz ham qul, qullik tomonidan Rabbini vasf va ta'rif etadi, Janobi Haqning dargohida ummatining elchisi hukmidadir ham elchi, elchilik nuqtasida Rabbining hukmlarini Qur'on vositasida jin va insga yetkazadi.

Mazkur baxtiyor jamoat elchini tinglab Qur'onga quloq soldi. O’zlarini butun ibodatlarning mundarijasi bo’lgan "namoz" bilan bir qancha oliy maqomlar ichida o’ta latif vazifalarni libos sifatida kiyishgan edi. Ha, namozning xilma-hil zikr va harakatlar orqali ishora qilgan vazifalarni, maqomlarni batafsil ko’rdilar:

Birinchidan: Belgilariga qarab, o’zlarini g’oyibona muomala shaklida rububiyat saltanatining go’zalliklariga tomoshabin maqomida ko’rishgani, takbir va tasbeh vazifasini ado etib "Allohu Akbar" dedilar.

Ikkinchidan: Muqaddas Ilohiy Ismlarning jilvalari bo’lgan mislsiz go’zalliklariga va porloq asarlariga dallollik maqomida ko’rinib "Subhanallah, Valhamdulillah" deb taqdis va tahmid vazifasini ado etdilar.

Uchinchidan: Ilohiy Rahmatning xazinalarida to’plangan ne'matlarni zohiriy va botiniy tuyg’ular bilan tatib, anglab shukr va sano vazifasini ado etishni boshladilar.

To’rtinchidan: Ilohiy Ismlarning xazinalaridagi javharlarni ma'naviy jihozlar mezonlari bilan tortib bilish maqomida tanzih va madh vazifasiga kirishdilar.

Beshinchidan: Qadar dasturiga asosan qudrat qalami bilan yozilgan Rabboniy maktublarni mutolaa qilib tafakkur va tahsin vazifasini boshladilar.

Oltinchidan: Narsalarning yaratilishda va asarlarning san'atidagi latif noziklik va nozanin go’zalliklarni tomosho qilib, tanzih maqomida Fotiri Zuljalol, Sone'i Zuljamollariga muhabbat va ishtiyoq vazifasiga kirishdilar.

Demak, koinotga va asarlariga nazar solib, g’oyibona qullik orqali mazkur maqomlarda mazkur vazifalarni ado etgach, Sone'i Hakiymning ham muomala va ishlariga qarash darajasiga chiqdilar. Avvalo to’gridan to’gri muomala sifatida Xoliqi Zuljalolning o’z san'atlarining mo’'jizalari bilan o’zini idroki borlarga tanittirishiga javoban hayrat ichida ma'rifat bilan javob berib سُبْحَانَكَ مَا عَرَفْنَاكَ حَقَّ مَعْرِفَتِكَ dedilar. "Sening ta'rif etguvchilaring butun san'atli asarlaringdagi mo’'jizlaringdir."

So’ng Rahmonning o’z rahmatining go’zal mevalari bilan o’zini sevdirishiga muhabbat va ishq bilan javob berib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dedilar. So’ng Mun'imi Haqiqiyning shirin ne'matlari bilan marhamat va shafqatini ko’rsatishiga shukr va hamd bilan javob berdilar.

سُبْحَانَكَ وَبِحَمْدِكَ "Sening haq shukringni qanday ado eta olamiz? Sen shunday shukrga loyiq bir mashkursanki, butun koinotga sochilgan butun ne'matlar e'lonoti bilan hamd va madhingizni bildirmoqda. Rahmat va ne'matning nizomli mevalari va o’lchovli yemishlari sening sahovat va karamingga guvohlik qilib sening shukringni maxluqotning ko’zi o’nglarida ado etmoqdalar", dedilar.

So’ng koinotning yuzida almashib turuvchi mavjudot oynalarida jamol, jalol, kamol va kibriyosining izhoriga, اَللّهُ اَكْبَرُ deb ta'zim ichra ojizlik bilan rukuga borib kamtarinlik ichra muhabbat va hayrat bilan sajda etib javob berdilar. Keyin G’aniyi Mutlaqning boyligi mo’lligini va rahmatining kengligini ko’rsatishiga javoban faqirlik va ehtiyojlarini izhor etib, duo qilib istamoq bilan javob berib وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dedilar.

So’ng Sone'i Zuljalolning latif san'atini, g’aroyib ishlarini, antiqa san’atlarini ko’rgazmalar orqali maxluqot namoyishgohida yoyganiga javoban مَاشَاءَ اللّهُ deb taqdir etib, "Qanday go’zal yaratilgan!" deya tahsin etib, بَارَكَ اللّهُ deb kuzatishdi, آمَنَّا deb shahodat keltirdi. Hayrat ichra "Kelinglar, qaranglar!" حَىَّ عَلَى الْفَلَاحِ deb hammani guvoh qilib javob berdilar.

Koinotning Azal va Abad Sultonining o’zining rububiyat saltanatini chor atrofida e'lon qilgan va vahdoniyatining izhoriga tavhid va tasdiq bilan سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا deb itoat va bo’yin egish bilan qarshiladilar.

So’ng Rabbul Olamiynning uluhiyatini izhor qilganiga zaiflik ichida ojizliklarini, ehtiyoj ichra faqirliklarini e'londan iborat bo’lgan ubudiyat bilan va ubudiyatning xulosasi bo’lgan "namoz" bilan javob berdilar. Yana bular kabi rango-rang qullik vazifalari bilan shu dunyo uyi deb atalgan buyuk masjidida umr farzlarini va hayot vazifalarini ado etib ahsani taqvim suratini oldilar.

Butun maxluqot uzra shunday bir martabaga chiqdilarki, iymon quvvati va amnu omonat bilan jihozlangan amin bir yerning xalifasi bo’ldilar. Shu tajriba maydoni va bu imtihon dastgohidan so’ng ularning Rabbi Kariymlari ularni iymonlariga mukofot sifatida abadiy saodatga va Islomiyatlariga haq sifatida dorus-salomga da'vat etib shunday bir ikrom etdi va etadiki, ko’z ko’rmagan va quloq eshitmagan va bashar qalbi xotiriga kelmagan darajada porloq bir tarzda rahmatiga noil ayladi va ularga abadiyat va boqiylik berdi. Chunki abadiy va sarmadiy bo’lgan bir jamolning ishtiyoqmand tomoshabini va oynador oshig’i, albatta boqiy qolib abad sari ketadi. Qur'on shogirdlarining oqibatlari shundaydir. Janobi Haq bizlarni ulardan aylasin, omin!

Ammo boshqa gunohkor va buzg’unchi guruh esa: Balog’at yoshiga yetib, bu olam saroyiga kirgan vaqti butun vahdoniyatning dalillariga qarshi kufr bilan javob berib, butun ne'matlarga javoban kufron bilan qarshilashdi. Butun mavjudotni qiymatsizlik bilan kofirona tuhmat bilan haqorat qildilar. Butun Ilohiy ismlarning tajalliyotiga javoban rad va inkor bilan javob berganlari uchun, oz vaqtda nihoyatsiz jinoyat qilishdi va nihoyatsiz azobga loyiq bo’ldilar. Ha, insonga umr sarmoyasi va insoniy jihozlar mazkur vazifalar uchun berilgan.

Ey ahmoq nafsim va ey purhavas birodarim! Hayot vazifangiz faqat madaniy tarbiya bilan nafsni chiroyli muhofaza qilish, ayb bo’lmasin, qorin va farjning xizmatiga oid deb o’ylayapsizmi?! Yoki hayotingizning uskunasida o’yib bitilgan nozik tuyg’ular va ma'naviyat, sezgir a'zo va asboblar, muntazam vujud a'zolari va jihozlar hamda qiziquvchan havas va hissiyotning yagona g’oyasi bu foniy hayotda tuban nafsning, past havaslarning qondirilishi uchun iste'mol qilishga maxsus deb o’ylayapsizmi?! Qat’iyyan va aslo! Balki vujudingizda ularning yaratilishi va fitratingizga qo’yilishining g’oyasi ikki asosdan iborat:

Biri: Janobi Mun'imi Haqiqiyning butun ne'matlarining xar turini sizga his ettirib shukr qilishdan iboratdir. Siz ham his qilib, shukr va ibodatini ado qilmog’ingiz lozim.

Ikkinchisi: Olamda namoyon bo’lgan muqaddas Ilohiy ismlarning butun ko’rinishlarining qismlarini bitta-bittalab, sizga bu jihozlar vositasida bildirib tattirishdir. Siz tatib, tanib iymon keltirishingiz kerak bo’ladi. Bu ikki asos ustida inson kamoloti taraqqiy etadi. Bu orqali inson - inson bo’ladi.

Insonning jihozlari hayvon kabi dunyoviy hayotni qozonish uchun berilmaganiga quyidagi misol siri orqali qara: Masalan, bir kishi xizmatkoriga maxsus gazmoldan o’ziga bir libos olishi uchun yigirma oltin berdi. U xizmatkor borib, gazmolning eng a'losidan mukammal bir libos oldi, kiydi. So’ng qarasa: U kishi boshqa bir xizmatkoriga ming oltin berib, cho’ntagiga birnimalar yozilgan qog’ozni soldi va tijoratga yubordi. Xar bir aqli joyida bo’lgan inson bu sarmoya faqat libos olish uchun emasligini tushunadi. Chunki avvalgi xizmatkor yigirma oltinga eng a'lo gazmoldan bitta libos olgani uchun, albatta ming oltin faqat libos uchun sarf qilinmaydi. Agar ikkinchi xizmatkor cho’ntagiga solib qo’yilgan qog’ozni o’qimasdan, avvalgi xizmatchiga qarab, hamma pulni bir do’kondorga bitta libos uchun berib, libosning eng chiriganidan va birodarining libosidan ellik daraja past libos olsa, albatta u xodim bag’oyat ahmoqlik qilgani uchun shiddatli azob beriladi va g’azab bilan adabi beriladi.

Ey nafsim va ey birodarim! Aqlingizni yig’ing. Umr sarmoyangiz va hayotingiz iste'dodini hayvonday, balki hayvondan ham past darajada, bu foniy hayotga va moddiy lazzatlarga sarflamang. Chunki sarmoya jihatidan eng oliy, hayvondan ellik darajada yuksak bo’lib, eng pastidan ellik daraja tubanlashasiz.

Ey g’ofil nafsim! Hayotingning g’oyasi va mohiyatini, suratini, haqiqatining sirini, hayot saodatining kamolini bir darajada tushunishni istasang, qara. Hayotingning g’oyalarining xulosasi to’qqizga bo’linadi:

Birinchisi:Vujudingda qo’yilgan tuyg’ular tarozilari bilan Ilohiy rahmatning xazinalarida saqlangan ne'matlarni tortish va kulliy shukr qilish.

Ikkinchisi:Sening fitratingda qo’yilgan jihozlarning kalitlari bilan Ilohiy muqaddas ismlarning yashirin xazinalarini ochish, Zoti Aqdasni u ismlar bilan tanish.

Uchichisi:Bu dunyo ko’rgazmasida, maxluqot e'tiborida, Ilohiy ismlarning senga yuklagan ajib san'atlar va latif jilvalarini bilib hayoting orqali ko’rsatish va izhor qilish.

To’rtinchisi:Holating va tiling bilan Holiqingning rububiyati dargohiga qulligingni e'lon qilish.

Beshinchisi:Bir askar podshohidan olgan turli-tuman nishonlarini rasmiy vaqtlarda taqib podshohning nazariga ko’rinib uning iltifotining ko’rinishlarini ko’rsatgani kabi, sen ham Ilohiy ismlar jilvalarining senga bergan insoniy latifalar ziynatlarini ongli tarzda bezanib Shohidi Azaliyning ko’ring va ko’rsatish nazariga tushish.

Oltinchisi:Tirik mavjudotlarning hayotga oid belgisi bo’lgan Holiqiga tahiyyotlarini, hayot ramzlari bo’lgan Sone'lariga tasbehotlarini, samaralar va hayot g’oyalari bo’lgan Vohibi Hayotga qulligini taqdim qilishni bilib kuzatishni tafakkur bilan ko’rib shohidlik bilan ko’rsatish.

Yettinchisi:Sening hayotingga berilgan juz'iy ilm, qudrat va iroda singari sifat va hollaringdan kichik namunalarini qiyosiy miqyos qabul qilib Xoliqi Zuljalolning mutlaq sifatini va muqaddas qobiliyatlarini bu o’lchovlar bilan bilishdir. Masalan, sen kichik iqtidoring, oz ilming va juz'iy irodang bilan bu uyni tartibga solganing kabi shu olam qasrining sening uyingdan kattaligi miqyosida olamning ustasini Qodiyr, Aliym, Hakiym, Mudabbir bilmoq lozim.

Sakkizinchi:Bu olamdagi mavjudotning xar biri o’ziga xos til bilan Xoliqining vahdoniyatiga va Sone'ning rububiyatiga doir ma'naviy so’zlarini tushunish.

To’qqizinchisi:Ojizlik va zaiflikning, faqirlik va ehtiyojning o’lchovi bilan Ilohiy qudratning va Rabboniy boylikning ko’rinish darajalarini anglamoqdir. Ochlikning darajalari nisbatida va ehtiyojning turlari miqdoricha taomning lazzati, darajalari va hillari anglashiladi. Xuddi shuningdek, sen ham nihoyatsiz ojizliging va faqirliging bilan nihoyatsiz qudrat va Ilohiy boylikning darajalarini tushunishing lozim. Demak, hayotingning g’oyalari - qisqacha bular kabi ishlardir.

Endi o’z hayotingning mohiyatiga bir nazar sol. Uning mohiyatining ma'nolari quyidagicha:

Ilohiy ismlarga oid g’aroyib narsalarning mundarijasi,

Ilohiy ishlar va sifatlarning bir miqyosi,

koinotdagi olamlarning bir mezoni,

bu buyuk olamning bir ro’yxati,

shu koinotning bir xaritasi,

shu buyuk kitobning bir xulosasi,

qudratning yashirin xazinalarini ochadigan bir kalit kulchasi,

mavjudotga sochilgan va vaqtlarga yuklangan kamolotining bir ahsani taqvimidir.

Xullas, hayoting mohiyati bular kabi ishlardir.

Hayotingning surati va shakli quyidagicha:

Hayoting bir yozilgan so’zdir. Qudrat qalami bilan bitilgan hikmatli bir so’zdir. Ko’rinib va eshitilib eng go’zal ismlarga dalolat qiladi. Hayotingning surati shu kabi ishlardir.

Hayotingning haqiqatining siri quyidagicha:

Ahadiyat tajalliyiga, Samadiyat jilvasiga oynalik qilish. Ya'ni, butun olamda ko’ringan ismlarning to’plangan nuqtasi bo’lgan qamrov bilan Zoti Ahadi Samadga oynalik qilish.

Hayotingning saodat ichida komilligi:

Sening hayotingning oynasida aks etgan Shamsi Azaliyning nurlarini his etib sevish. Idrokli holda unga shavq ko’rsatish. Uning muhabbati bilan o’zingdan kechmoqdir. Qalbning ko’z qorachig’ida nurning aksini joylashtirishdir. Bu sirga binoan, seni a'loyi illiyinga chiqargan bir hadisi qudsiyning sharafli ma'nosi:

مَنْ نَه گُنْجَمْ دَرْ سَموَات و زَمِينْ ٭ اَزْ عَجَبْ گُنْجَمْ بَقَلْبِ مُؤْمِنِينْ

deyilgan.

Ey nafsim! Hayotingning bunday oliy g’oyalarga yuzlangani va bunday qiymatli xazinalarni o’zida jamlagan bo’lsada, qiymatsizlik ichra qiymatsiz, vaqtinchalik nafsoniy istaklar, o’tkinchi dunyoviy lazzatlarga sarf etib, zoye qilishing biror aql va insofga to’g’ri keladimi?! Agar zoye qilishni istamasang, o’tgan misol va haqiqatga ishorat qilgan

وَالشَّمْسِ وَضُحَيهَا ٭ وَالْقَمَرِ اِذَا تَلَيهَا ٭ وَالنَّهَارِ اِذَا جَلَّيهَا ٭ وَ الَّيْلِ اِذَا يَغْشَيهَا ٭ وَ السَّمَاءِ وَمَا بَنَيهَا ٭ وَ الْاَرْضِ وَمَا طَحَيهَا ٭ وَ نَفْسٍ وَمَا سَوَّيهَا ٭ فَاَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَ تَقْوَيهَا ٭ قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا ٭ وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسَّيهَا

surasidagi qasam va u qasamning javobini o’ylab amal qil.

اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى شَمْسِ سَمَاءِ الرِّسَالَةِ وَ قَمَرِ بُرْجِ النُّبُوَّةِ وَ عَلَى آلِهِ وَ اَصْحَابِهِ نُجُومِ الْهِدَايَةِ وَ ارْحَمْنَا وَ ارْحَمِ الْمُؤْمِنِينَ وَ الْمُؤْمِنَاتِ آمِينَ آمِينَ آمِينَ

* * *

O’N IKKINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَثِيرًا

Qur'oni Hakimning muqaddas hikmati bilan falsafa hikmatining qisqacha qiyosi. Qur'on hikmatining insonning shaxsiy va ijtimoiy hayotiga bergan tarbiya darsining o’ta qisqa natijasi. Qur'on Allohning boshqa so’zlari va butun kalomlardan ustunligi jihatiga bir ishoradir. Xullas, bu so’zda "To’rt Asos" bor.

Birinchi Asos:

Qur'on hikmati bilan fan hikmatining farqlariga quyida misoliy hikoya durbini bilan qara:

Bir kuni ham dindor, ham o’ta san'atkor bir dong’i chiqqan Hukmdor, Qur'oni Hakimning ma'nolaridagi muqaddasligiga va so’zlaridagi mo’'jizalikka loyiq bir yozuv bilan yozish, mo’'jizaligiga g’aroyib libos kiydirishni istadi. Naqqosh Zot Qur'onni juda ajib tarzda yozdi. Butun qiymatdor javharlarni yozuvida ishlatdi. Haqiqatlarining xilma-hilligiga ishora sifatida ba'zi harflarini olmos va zumrad bilan, bir qismini gavhar va aqiq bilan, bir toifasini billur va marjon bilan, bir nav’ini oltin va kumush bilan yozdi. Shunday tarzda naqsh bilan bezadiki, o’qishni bilgan va bilmagan hamma tomosha qilib hayron bo’lib tahsin etdi. Xususan haqiqat ahlining nazariga zohiriy go’zallik ma'nosidagi o’ta porloq go’zallikning va g’oyat shirin ziynatlarning ishorasi bo’lgan, juda qiymatdor bir antiqa ekani bo’ldi.

So’ng u Hokim san'at bilan qilingan va ziynatlangan Qur'onni bir ajnabiy faylasufga va bir musulmon olimga ko’rsatdi. Ham tajriba, ham mukofot uchun: "Xar biringiz buni hikmatiga doir bir asar yozing", deb amr qildi. Avval faylasuf, so’ng olim unga doir bittadan kitob ta'lif etdilar. Faylasufning kitobi faqat harflarning naqshlari, munosabatlari, vaziyatlari, javharlarining xususiyatlaridan va ta'riflaridan iborat bo’ldi. Ma'nosiga umuman qaramadi. Chunki ajnabiy odam arabiy xat savodi yo’q edi. Hatto ziynatlangan Qur'onni, kitob ekani va ma'no ifoda qilgan yozuv ekanini bilmas edi. Balki unga naqshli antiqavor narsa nazari bilan qaradi. Arabcha bilmasa ham juda yaxshi bir muhandis, go’zal tasvirchi, mohir kimyogar, sarrof javharchi edi. Xullas, u odam uishbu mahoratlariga ko’ra asarini yozdi.

Musulmon olim esa kitoni ko’rib tushundiki: U Kitobi Mubindir, Qur'oni Hakimdir. Bu haqni ustun tutgan zot na zohiriy bezanishlariga ahamiyat berdi na harflarning naqshlari bilan mashg’ul bo’ldi. Balki shunday bir narsa bilan mashg’ul bo’ldiki, haligi odam mashg’ul bo’lgan masalalaridan million martaba oliyroq, qiymatliroq, latifroq, sharifroq, foydaliroq, yanada qamrovliroq... Chunki naqshlarning pardasi ostidagi muqaddas haqiqatlar va sirlarining nurini tushuntiradigan o’ta go’zal tafsiri sharif yozdi.

So’ng ikkisi asarlarini Hokimi Ziyshonga taqdim etdilar. Hokim avvalo faylasufning asarini oldi. Qaradi, ko’rdiki: U xudbin va tabiatparast kimsa ko’p ishlagan, lekin hech qanday haqiqiy hikmatini yozmagan. Hech bir ma'nosini tushunmagan, balki chalkashtirgan. Unga nisbatan hurmatsizlik, balki adabsizlik qilgan. Chunki haqiqatlar manbai bo’lgan Qur'onni ma'nosiz naqshlar deb o’ylab, ma'no jihatida qiymatsizlik bilan haqoratlagani uchun, Hokimi Hakiym uning asarini boshiga urdi, huzuridan haydadi.

So’ng ikkinchi haqqa tarafdor, mudaqqiq olimning asariga qaradi: O’ta go’zal va foydali bir tafsir va g’oyat hakimona, murshidona bir ta'lif ekanini ko’rdi. "Ofarin, barakalloh" dedi.

Xullas hikmat budir, olim va hakim deb buning sohibiga aytishadi. Haligi odam esa haddidan tajovuz etgan ustadir. So’ng uning asariga mukofot sifatida xar bir harfi evaziga tuganmas xazinasidan "O’n oltin berilsin" deb farmon qildi.

Agar misolni tushungan bo’lsang qara, haqiqatning yuzini ko’r:

Ziynatlangan Qur'on - san'at bilan yaratilgan koinotdir. Hokim - Hakiymi Azaliydir. Ikki odam biri, ya'ni ajnabiy - falsafa ilmi va faylasuflardir. Keyingisi Qur'on va uning shogirdlaridir. Ha, Qur'oni Hakim ushbu Qur'oni Azimi Koinotning eng oliy mufassiridir va eng balog’atli tarjimonidir. U Furqon bo’lib, koinot sahifalari va zamonlar yaproqlarida qudrat qalami bilan yozilgan koinotdagi Allohning borligi va birligiga oid dalillarni jin va insonlarga dars beradi. Xar biri bittadan ma'nodor harf bo’lgan mavjudotga "harfiy ma'no" nazari bilan, ya'ni ularga Sone' tomonidan qaraydi, "Naqadar go’zal yaratilgan, naqadar go’zal suratda Sone'ining jamoliga dalolat qilyapti" deydi. Bu orqali koinotning haqiqiy go’zalligini ko’rsatadi. Ammo hikmat ilmi degan falsafa, mavjudot harflarining ziynatlari va munosabatiga sho’ng’igan, ahmoqlashgan va haqiqatning yo’lini yo’qotgan. Bu buyuk kitobning harflariga "harfiy ma'no"si bilan, ya'ni Alloh hisobiga qarash lozim. Lekin u aksincha "ismiy ma'no"si orqali, ya'ni mavjudotga mavjudot hisobiga qaraydi, shu asosda harakatlanadi. "Qanday go’zal qilingan"ga deyish o’rniga, "Qanday ham go’zal" deydi, xunuklashtiradi. Bu orqali koinotni haqoratlab, o’ziga shikoyatchi qiladi. Ha, dinsiz falsafa haqiqatsiz safsatadir va koinotni haqorat qilishdir...

Ikkinchi Asos:

Qur'oni Hakim hikmatining shaxsiy hayotga bergan axloqiy tarbiya va falsafa hikmatining bergan darsning qiyosi:

Falsafaning xolis talabasi bir fir'avndir. Faqat manfaati uchun eng past narsaga ibodat qilgan tuban fir'avnidir. Xar manfaatli narsani o’ziga "Rob" deydi. U dinsiz shogird inkorchi va qaysardir. Lekin bir lazzat uchun tuban xorlikni qabul qilgan miskin inkorchidir. Qiymatsiz manfaat uchun shayton kabi shaxslarning oyog’ini o’pib xorligini ko’rsatadigan tuban qaysardir. U dinsiz shogird zolim mag’rurdir. Qalbida tayanch nuqtasi topmagani uchun zotida o’ta ojizlik bilan zaif xudbin zolim. U manfaatparast xudbin bo’lib, harakatining maqsadi nafs, me'da va farjning havaslarini qondirish, shaxsiy manfaatini ba'zi jamoat manfaati ichida qidirgan hiylakor bir o’zini o’ylaydigan kimsadir.

Qur'on hikmatining xolis shogirdi esa bir quldir. Yaratilganlarning eng buyugiga ham ibodat qilish darajasiga tushmaydi. Jannat kabi a'zamiy manfaatni ibodatning g’oyasi sifatida qabul qilmaydigan aziz quldir. Haqiqiy kamtarin shogird, salim, halimdir. Fotiridan boshqasiga izni doirasidan tashqari ixtiyori bilan xorlanish darajasiga tushmaydi. Faqir va zaifdir, faqirligini va zaifligini biladi. Lekin Maliki Karimi unga saqlagan uxroviy boyligi orqali behojat va Sayyidining nihoyatsiz qudratiga tayangani uchun quvvatlidir. Faqat Alloh uchun, Allohning roziligi uchun, fazilat uchun amal qiladi, harakatlanadi... Xullas, ikki hikmatning bergan tarbiyasi ikki shogirdning qiyosi bilan yuzaga chiqadi.

Uchinchi Asos:

Falsafa hikmati bilan Qur'on hikmatining bashariyatning ijtimoiy hayotini tarbiya qilishi:

Falsafa hikmati, ijtimoiy hayotda tayanch nuqtasini "kuch" deb qabul qialdi. Maqsadni "manfaat" deb bilar. Hayot dasturini "kurash" dunyoqarashida. Jamoatlarning aloqasini "irqchilik, manfiy millatchilik" qo’llaydi. Samarasi "nafsning havaslarini qondirish va bashariyat hojatlarini ko’paytirish"dan iborat.

Xolbuki kuchning ishi - tajovuz. Manfaatning ishi - xar istakka yetmagani uchun ustida kurashish. Kurash dasturining ishi to’qnashish. Irqchilikning ishi boshqasini yutish orqali oziqlanish bo’lgani uchun tajovuzdan iborat... Bu hikmat sababli, bashar saodati mavh bo’lgan.

Ammo Qur'on hikmati bo’lsa, tayanch nuqtasi quvvatga o’rniga "haq"ni qabul qiladi. Manfaat o’rniga "fazilat va Allohning roziligi"ni qabul qiladi. Hayotda "kurash dasturi" o’rniga "yordamlashish dasturi"ni asos tutadi. Jamoatlarning aloqalarida, irqchilik, millatchilik o’rniga "diniy va sinfiy va vataniy aloqani" qabul qiladi. Maqsadi nafsoniy havaslarning tajovuzlariga to’siq tortib, ruhni yuksakliklarga tashviq qiladi, yuksak hissiyotlarini ta'minlaydi va insonni insonning kamolotiga chorlab inson qiladi.

Haqning ishi ittifoqdir.

Fazilatning ishi bir-biriga tayanishdir.

Yordamlashish dasturining ishi bir-birining madadiga yetishish.

Dinning ishi qardoshlik, do’stlikdir.

Nafsni minib bog’lash, ruhni kamolotga qamchilab, erkin qo’ymoqning ishi ikki dunyo saodatidir.

To’rtinchi Asos:

Allohning butun kalimalari ichida Qur'onning yuksaklik jihatini va butun kalomlar ustida ustunlik tomonini bilishni istasang quyidagi ikki misolga qara:

Birinchi:Bir sultonning ikki xil gaplashishi, ikki tarzda xitobi bor. Biri oddiy bir xalq bilan kichik ish uchun, xususiy hojatga doir, xos telefon bilan gaplashish. Keyingisi buyuk saltanat unvoni, buyuk xalifalik nomi orqali va umumiy hokimiyat e'tibori bilan buyruqlarini atrofga yoyadi. bildirish maqsadida bir elchisi orqali yoki katta xodimi vositasida aytadi va hashamatini ko’rsatgan yuksak farmon bilan so’zlashish.

Ikkinchi Misol:Bir odam qo’lida bir oynani quyoshga qaratadi. O’sha oyna miqdoricha nur va yetti rangni jamlagan ziyo oladi. Bu nisbat orqali Quyoshga munosabati bo’ladi, suhbat qiladi va nurli oynani qorong’i xonasiga yoki tom ostidagi bog’iga yo’naltirsa, quyoshning qiymati nisbatida emas, balki oynaning qobiliyati miqdoricha foydalanadi. Boshqa birov uyidan yoki bog’ tomidan keng derazalar ochadi. Ko’kdagi quyoshga yo’l quradi. Haqiqiy quyoshning doimiy ziyosi bilan suhbatlashadi, gapiradi va hol tili bilan minnatdorona suhbat qiladi. "Ey yer yuzini nuri orqali porlatgan va butun gullarning yuzini kuldirgan dunyo go’zali va osmon nozdori bo’lgan nozanin quyosh! Ular kabi mening uychamni va bog’chamni isitding, nurlantirding", deydi. Oyna sohibi esa bunday deyolmaydi. U qayd ostidagi quyoshning aksi, ko’rinishi chegaralangan. Qaydiga ko’ra... Ushbu ikki misolning durbini orqali Qur'onga qara. Mo’'jizaligini ko’r va muqaddasligini angla...

Qur'on: "Agar yerdagi daraxtlar qalam, dengizlar siyoh bo’lsa, Janobi Haqning so’zlarini yozsa, bitira olmaydi", deydi. Ushbu nihoyatsiz so’zlar ichida eng buyuk maqom Qur'onga berilishining sababi shuki: Qur'on ismi a'zamdan va xar ismning a'zamiylik martabasidan kelgan. Butun olamlarning Rabbi - Allohning kalomidir. Butun mavjudotning ilohi unvoni bilan Allohning farmonidir. Osmonlar va Yerning Xoliqining bir xitobdir. Mutlaq rububiyat jihatida so’zlashmoqdir. Saltanati omma-i Subhoniya hisobidan azaliy bir xutbadir. Qamralgan keng rahmati nuqtasida Rahmon lutflarining bir daftaridir. Uluhiyat hashamatining azamati e'tibori bilan boshlarida ba'zan tilsim bo’lgan bir xabarlashish majmuasidir. Ismi a'zamning muhitidan nuzul bilan arshi a'zamning butun qamroviga yuzlangan, tekshirgan hikmat yoygan muqaddas bir kitobdir. Ushbu sir sababli, Kalomulloh unvoni mukammal loyiqligi bilan Qur'onga berilgan.

Boshqa Allohning kalimalari esa: Bir qismi xos bir e'tibor bilan, juz'iy unvon va xususiy bir ismning juz'iy ko’rinishi bilan, xos rububiyat bilan, maxsus saltanat va xususiy rahmat bilan zohir bo’lgan kalomdir. Xususiylik va umumiylik jihatidan darajalari farqli. Aksar ilhomlar bu qismga oid. Lekin darajalari juda farqli. Masalan eng juz'iysi va oddiysi hayvonlarning ilhomlaridir. So’ng avom insonlarning ilhomlaridir. Keyin quyi darajadagi malaklarning ilhomlari. So’ng avliyolar ilhomlari. So’ng buyuk malaklar ilhomlaridir. Ushbu sir sababli: Qalbning telefoni bilan vositasiz munojot qilgan bir valiy:

حَدَّثَنىِ قَلْبىِ عَنْ رَبِّى

Ya'ni: "Qalbim mening Rabbimdan xabar bermoqda", deydi. "Rabbul Olamiyndan xabar bermoqda", demayapti. Yana: "Qalbim Rabbimning oynasidir, arshidir", deydi. "Rabbul Olamiynning arshidir", demayapti. Chunki qobiliyati miqdoricha va yetmish mingga yaqin hijoblarning ko’tarilish nisbati darajasida xitobga sazovor bo’lishi mumkin.

Bir podshohning azim saltanatidan chiqqan farmoni oddiy odam bilan kichik bir suhbatdan naqadar yuksak va oliy va osmondagi quyoshning fayzidan foydalanish oynadagi aksining jilvasidan foydalanishdan qay daraja ko’p va ustun bo’lsa, Qur'oni Azimushshon ham shu nisbatda butun kalomlarning va hamma kitoblarning ustidadir.

Qur'ondan so’ng ikkinchi darajada Muqaddas Kitoblar va Samoviy Sahifalar darajalari nisbatida ustunliklari bor. Shu ustunlik siridan hissadordir. Agar butun jin va insning Qur'on asosida chiqmagan butun go’zal so’zlari to’plansa ham Qur'onning muqaddaslik martabasiga yetishib o’xshata olmaydi. Agar Qur'onning ismi a'zamdan va har ismning a'zamiylik martabasidan kelganini bir parcha tushunishni istasang: Oyatul Kursiy va

وَعِنْدَهُ مَفَاتِحُ الْغَيْبِ

oyati,

قُلِ اللّهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ

oyati,

يُغْشِى الَّيْلَ النَّهَارَ يَطْلُبُهُ حَثِيثًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِاَمْرِهِ

oyati,

يَا اَرْضُ ابْلَعِى مَاءَ كِ وَيَا سَمَاءُ اَقْلِعِى

oyati,

تُسَبِّحُ لَهُ السَّموَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ

oyati,

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

oyati,

ِنَّا عَرَضْنَا الْاَمَانَةَ عَلَى السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ وَالْجِبَالِ

oyati,

يَوْمَ نَطْوِى السَّمَاءَ كَطَىِّ السِّجِلِّ لِلْكُتُبِ

oyati,

وَمَا قَدَرُوا اللّهَ حَقَّ قَدْرِهِ وَالْاَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ

oyati,

لَوْ اَنْزَلْنَا هذَا الْقُرْآنَ عَلَى جَبَلٍ لَرَاَيْتَهُ

kabi oyatlarning kulliy, umumiy, yuksak ifodalariga qara...

Bu azim sirning shuasini ko’rish uchun boshlarida اَلْحَمْدُ لِلّهِ yoki سَبَّحَ va يُسَبِّحُ bo’lgan suralarning boshlariga diqqat qil. الم larning va الر larning va حم larning fotihalariga boq. Qur'on Janobi Haqning nazdidagi ahamiyatini bilasan.

Agar ushbu "To’rtinchi Asos"ning qiymatli sirini tushungan bo’lsang, Anbiyolarga aksar vahiy malak vositasida kelganini va aksari ilhom vositasiz kelganini tushunding. Eng buyuk bir valiy hech bir nabiyning darajasiga yetmasligining sirini anglading. Qur'onning azamatini va muqaddas izzatini va mo’'jizaviy yuksakligining sirini bilding. Me'rojning lozimligining sirini, ya'ni osmonlarga Sidratu-l Muntahoga, Qobi Qavsaynga borib, اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ bo’lgan Zoti Zuljalolga munojot qilib, ko’zni ochib yumguncha joyiga kelish sirini tushunding. Shaqqi Qamar risolat mo’'jizasi bo’lgani, Nubuvvatini jinlar va insinlarga ko’rsatgani kabi, Me'roj ham qullik mo’'jizasidir. Habibiyatini ruhlar va malaklarga ko’rsatdi...

اَللّهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلَيْهِ وَعَلَى آلِهِ كَمَا يَلِيقُ بِرَحْمَتِكَ وَبِحُرْمَتِهِ آمِينَ

* * *

O’N UCHINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ ٭ وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنْبَغِى لَهُ

Qur'oni Hakim bilan falsafa ilmlarining hikmatlari mahsulini, ibrat darslarini, ilmiy darajasini qiyoslashni xohlasang quyidagi so’zlarga diqqat et!

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning butun koinotdagi odiy narsalar bo’lgan, g’aroyib va xar biri qudrat mo’'jizasi bo’lgan mavjudot ustidagi odat va ko’nikib qolish pardasini keskin izohlari orqali yirtib, ajoyib haqiqatlarni idroklilarga ochib, ibrat nazarini jalb qilib, aqlga tuganmas ilmlar xazinasini ochadi.

Falsafa hikmati esa barcha g’aroyib qudrat mo’'jizalarini odat pardasi ichida yashirib, johillik va loqaydlik bilan o’tadi. Faqat g’aroyiblikdan tushgan, yaratilish intizomidan chiqqan va mukammal yaratilishdan tubanlashgan oz sonli kimsalarning e'tiboriga taqdim qiladi, idroklilarga ularni ibratli hikmat deb taqdim qiladi. Masalan: Eng qamrovli bir qudrat mo’'jizasi bo’lgan insonning yaratilishiga oddiy deb loqayd qaraydi. Lekin insonning mukammal yaratilishidan uzoq - uch oyoqli yoxud ikki boshli odamni ko’rganda g’ayritabiiy deb shovqin soladi, ibrat olishga chiqaradi. Eng latif va umumiy rahmat mo’'jizasi bo’lgan butun chaqaloqlarning g’ayb xazinasidan muntazam oziqlanishlarini oddiy deb qabul qiladi, ustiga kufron pardasini tortadi. Lekin intizomdan istisno qolgan, qabilasidan judo bo’lgan, yolg’iz qolib g’urbatga tushgan, dengizning ostidagi bir qurtning yashil yaproq bilan oziqlanishini ko’radi, undan ko’ringan lutf va karam orqali hozir baliqchilarni yig’latishni xohlaydi. {(Izoh) Amerikada aynan bu voqea bo’lgandir.} Qur'oni Karimning ilm, hikmat va Allohning ma'rifati jihatidagi sarvat va boyligi, falsafaning esa ilm, ibrat va Sone'ning ma'rifati jihatida faqir va qashshoqligini ko’r, ibrat ol!

Bu sir uchun: Qur'oni Hakimda nihoyatsiz porloq, yuksak haqiqatlar mujassam bo’lgani uchun, she'rning xayolotidan behojatdir. Ha, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning mo’'jizalik darajasidagi mukammal nizomi, intizomi va koinot kitobidagi san'at intizomlarining muntazam uslublari bilan tafsir qilgan. Mezonli bo’lmaganining boshqa bir sababi quyidagicha:

Oyatlarining xar bir qismi aksar oyatlarga bir nav’ markaz bo’lgani, qardoshi bo’lgani, oralaridagi mavjud ma'naviy munosabatga robita bo’lgani uchun u qamragan doira ichidagi oyatlar bilan munosabat chizig’i tashkil etgani uchun vazn qaydi ostiga kirmagan. Go’yo xar bir alohida oyatning aksar oyatlarga qaragan ko’zlari, yo’nalgan yuzlari bor. Qur'on ichida minglab Qur'on mavjudki, xar bir mashrab sohibiga birini beradi. Yigirma Beshinchi So’zda bayon etilgani kabi, Ixlos Surasi ichida o’ttiz olti Ixlos Surasi miqdoricha har biri ko’p xususiyatli bo’lgan olti jumlaning tarkiblaridan shakllangan tavhid ilmi xazinasi bor va ichiga olgan. Osmondagi intizomsiz yulduzlarning suratan intizomsizligi jihatida xar bir yulduz, qayd ostiga kirmasdan xar biri aksar yulduzlarga bir jihatda markaz bo’lib qamrov doirasidagi xar bir yulduzga mavjudot orasidagi yashirin nisbatga ishora sifatida munosabat chizig’i tortadi. Go’yo xar bir alohida yulduz oyat qismlari kabi umum yulduzlarga qaraydigan ko’zlari, yuzlangan yuzlari bor.

Intizomsizlik ichida mukammal intizomni ko’r, ibrat ol! وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنْبَغِى لَهُ ning bir sirini bil! Yana وَمَا يَنْبَغِى لَهُ oyatining sirini quyidagicha tushungin: She'rning ishi kichik va so’niq haqiqatlarni buyuk va porloq xayollar bilan ziynatlab yoqtirishni istaydi. Xolbuki Qur'onning haqiqatlari shu qadar buyuk, oliy, porloq va ravnaqdorki, eng buyuk va porloq xayol u haqiqatlarga nisbat etilsa ularning oldida o’ta kichik va so’niq bo’lib qolar. Masalan:

يَوْمَ نَطْوِى السَّمَاءَ كَطَىِّ السِّجِلِّ لِلْكُتُبِ ٭

يُغْشِى الَّيْلَ النَّهَارَ يَطْلُبُهُ حَثِيثًا٭

اِنْ كَانَتْ اِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً فَاِذَاهُمْ جَمِيعٌ لَدَيْنَا مُحْضَرُونَ

kabi sanoqsiz haqiqatlari bunga shohiddir.

Qur'onning har bir oyati qorong’ulikni teshib o’tuvchi porloq yulduz kabi mo’'jiza va hidoyat nurini tarqatib kufrning zulmatlarini qanday tarqatganini ko’rishni, lazzat olishni istasang, o’zingni johiliyat asrida va badaviylik sahrosida faraz qil. Hamma narsa johillik va g’aflat zulmatlari ostida jonsiz va tabiat pardasiga o’ralgan vaqti birdan Qur'onning yuksak tilidan

يُسَبِّحُ لِلّهِ مَا فِى السَّموَاتِ وَمَا فِى الْاَرْضِ الْمَلِكِ الْقُدُّوسِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ

kabi oyatlarni eshit, qara! Olamda o’lgan yoki yotgan mavjudotni يُسَبِّحُ sadosi bilan eshitgan kishilar zehnida tirilgani, xushyor bo’lgani, qiyomda zikr qilishgani, qorong’i osmonda jonsiz otash parchalari bo’lgan yulduzlar va yerdagi abgor maxluqlar,

تُسَبِّحُ لَهُ السَّموَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ

hayqirishi orqali eshitganlarga: osmon bir og’iz, butun yulduzlar hikmatni ko’rsatuvchi so’z, alohida haqiqatlarni tilga keltirgan nur, yer bir bosh, quruqlik va dengizning xar biri bir til, butun hayvonot va nabotot ko’p-ko’p tasbeh aytuvchi so’z suratida o’zini ko’rsatadi.

Yo’qsa hozirdan u zamonga qarash orqali mazkur zavqning nozik tomonlarini ko’ra olmaysan. Ha, u zamondan beri nurini tarqatgan, davr o’tishi orqali tanilgan ilmlar bo’lgan, boshqa Islomning nurli haqiqatlari bilan porlagan, Qur'onning quyoshi bilan kunduz rangini olgan holat orqali yoki yuzaki va oddiy odat pardasi bilan boqsang, albatta xar bir oyatning naqadar shirin mo’'jizalik zamzamasi ichida qanchalab zulmatni tarqatganini loyig’idek ko’ra olmaysan va bir qancha mo’'jizalik turlari ichida bu tur mo’'jizadan lazzat ola olmaysan. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning eng yuksak bir mo’'jizalik darajasiga qarashni istasang, quyidagi misolni tingla, qara:

O’ta yuksak, g’arib va juda ham yoyilgan ajib daraxt faraz qilamiz. U daraxt g’ayb pardasi ostida, yopilgan tabaqada yashirin. Ma'lumki: Bir daraxtning, insonning a'zolari kabi shoxlari, mevalari, yaproqlari, gullari va butun a'zolari orasida munosabat, uyg’unlik, muvozanat lozim. Xar bir qismi daraxtning mohiyatiga ko’ra bir shakl oladi, surat beriladi. Umumn ko’rinmagan (hali ham ko’rinmayotgan) daraxtga doir bir kishi chiqib, parda ustida uning xar bir a'zosiga teng rasm olsa, hudud chizsa, shoxidan mevaga, mevadan yaproqqa uyg’un surat chizsa va bir-biridan nihoyatsiz uzoq ibtido va intihosi o’rtasida a'zolarining bir hil shakl va suratini ko’rsatadigan muvofiq chizmalar bilan to’ldirsa albatta shubha qolmaydiki, u rassom g’aybiy daraxtning g’aybni bilgan nazari bilan ko’radi, qamraydi, so’ng tasvirlaydi.

Aynan shuning kabi, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ham mumkinot haqiqatiga doir (u haqiqat dunyoning ibtidosidan oxiratning intihosigacha uzangan, farshdan arshga, zarradan quyoshga qadar yoyilgan yaratilish daraxtiga doir) Furqonning bayonlari shu qadar uyg’unlikni muhofaza qilgan, xar bir a'zo va mevaga loyiq surat berganki, butun haqiqatli olimlar tadqiqoti nihoyasida Qur'onning tasviriga "Mashaolloh, Barakalloh" deb, "Koinot tilsimini va yaratilish tilsimini kashf va fath qilgan faqat sensan ey Qur'oni Hakim!" deyishgan.

وَ لِلّهِ الْمَثَلُ الْاَعْلَى misolda nuqson yo’q, Allohning ism va sifatlarini, Rabboniy ish va ijrootlarni nurli tubo daraxti hukmida misol qilsak nurli daraxtning buyukligi doirasi azaldan abadgacha yoyilib ketadi. Ulug’lik hududi nihoyatsiz fazoda yoyilib qamraydi. Ijrootining hududi,

يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ ٭ فَالِقُ الْحَبِّ وَالنَّوَى ٭ هُوَ الَّذِى يُصَوِّرُكُمْ فِى الْاَرْحَامِ كَيْفَ يَشَاءُ

hududidan

وَالسَّموَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ ٭ خَلَقَ السَّموَاتِ وَالْاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّامٍ ٭ وَ سَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ

hududigacha cho’zilgan nurli haqiqatni butun shox-shabbalari bilan, g’oya va mevalari ila shu qadar muvofiqlik va bir-biriga uyg’un, bir-biriga loyiq, bir-birini sindirmaydigan, bir-birining hukmini buzmaydigan, bir-birini qo’rqitmaydigan bir suratda sifat va ismlarining haqiqati, ishlari va fe'llarini bayon qilganki, butun kashf va haqiqat ahli, malakut doirasida yurgan barcha ilm va hikmat sohiblari u Furqonning bayonlarini "Subhanalloh" deb, "Naqadar to’g’ri, naqadar uyg’un, naqadar go’zal, naqadar loyiq" deb tasdiqlaydi.

Masalan:Butun imkon doirasi va vujub doirasiga qaragan, u ikki azim daraxtning bitta shoxi hukmida bo’lgan iymonning olti asosi va u asoslarning butun shox-shabbalari, eng nozik meva va gullar oralarida shu qadar uyg’unlikni ko’zlab tasvirlaydi, shu daraja muvozanat suratida tariflaydi, shunday martabada uyg’unlik tarzida izhor etadiki, bashar aqli idrokidan ojiz va husniga hayron qoladi.

Iymon shoxining bir shodasi bo’lgan Islomiyatning besh asosi oralarida va u asoslarning eng nozik tafsilotlari, eng kichik odoblari, eng uzoq g’oyalari, eng chuqur hikmatlari va eng juz'iy samaralariga borguncha uyg’unlikning go’zalligi, mukammal munosabat va to’liq bir muvozanat muhofaza etilganiga dalil shuki: Qamrovli Qur'onning nusus va vujuhidan, ishora va ramzlaridan chiqqan buyuk Islom shariatining mukammal intizomi va muvozanati, uyg’unligining go’zalligi va sog’lomligi inkor qilinmas adolatli shohid, shubha keltirmas qat'iy bir burhondir. Demak, Qur'onning bayonlari insonning juz'iy ilmiga, boxusus bir ummiyning ilmiga tayangan bo’la olmaydi. Balki bepoyon ilmga tayanadi va butun narsalarni birdan ko’ra oladigan, azal va abad orasidagi butun haqiqatlarni bir onda mushohada qiladigan bir Zotning kalomidir.

اَلْحَمْدُ لِلّهِ الَّذِى اَنْزَلَ عَلَى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَلْ لَهُ عِوَجًا

bu haqiqatga ishora qiladi.

اَللّهُمَّ يَا مُنْزِلَ الْقُرْآنِ بِحَقِّ الْقُرْآنِ وَ بِحَقِّ مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْقُرْآنُ نَوِّرْ قُلُوبَنَا وَ قُبُورَنَا بِنُورِ الْاِيمَانِ وَ الْقُرْآنِ آمِينَ يَا مُسْتَعَانُ

O’N UCHINCHI SO’ZNING IKKINCHI MAQOMI

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

Jozibador bir fitnaga giriftor bo’lgan, lekin hozircha aqlini yo’qotmagan ba'zi yoshlarga bir suhbatdir.

Bir guruh yoshlar hozirgi aldamchi va jozibador kayfu safo va havaslarning hujumlari qarshisida "Endi oxiratimizni qanday qutqaramiz?" deb, "Risola-i Nur"dan madad istadilar. Men "Risola-i Nur"ning ma'naviy shaxsi nomidan ularga shunday dedim: Qabr bor, hech kim inkor qilmaydi. Istasa-istamasa, xar kim u yerga kiradi. U joyga kirish uchun esa "uch yo’l"dan boshqa yo’l yo’q.

Birinchi yo’l:Iymon ahli uchun qabr bu dunyodan ko’ra yanada go’zal bir olamning eshigidir.

Ikkinchi yo’l:Oxiratni tasdiq qilgan, lekin kayf-safo va zalolatda ketayotganlar uchun abadiy bir hibs va barcha do’stlaridan judo qiladigan bir kishilik qamoq, yakka kishilik hibsxona eshigidir. Oxiratni bilgan, e'tiqod qilgan va ishongani, lekin unga zid harakat qilgani uchun shunday muomala ko’radi.

Uchinchi yo’l:Oxiratga ishonmagan inkor va zalolat ahli uchun abadiy qatl eshigi, ya'ni, ham o’zi, ham butun sevgan kishilarini qatl qiladigan bir dor yog’ochidir. Shunday deb bilgani uchun, jazosi sifatida, aynisini ko’radi. Ushbu ikki holat aniq-ravshan, dalil talab etilmaydi, ko’z bilan ko’rsa bo’ladi.

Modomiki ajal yashirin va odamning boshiga xar doim o’lim kela oladi, modomiki ajalga yoshu-qarining farqi yo’q ekan, albatta doim ko’z o’ngidagi bunday buyuk dahshatli masala qarshisida chorasiz qolgan inson uchun abadiy qatl va tubsiz nihoyatsiz yakka kishilik qamoqdan qutulish chorasini izlash, qabr eshigini boqiy olamga, abadiy saodatga va nur olamiga ochilgan eshikka aylantirish masalasini yechish inson uchun dunyo kattaligidagi ulkan masala bo’ladi.

Bu qat'iy haqiqat mazkur uch yo’lda izlab topilishidan, bu uch yo’lning ham, o’z navbatida, mazkur uch haqiqat orqali yuzaga kelishini xabar bergan bir yuz yigirma to’rt ming sodiq xabarchilar qo’llarida tasdiq nishonasi hisoblangan mo’'jizalari bor anbiyolar, u anbiyolar bergan ayni xabarlarni kashf, zavq va shuhud bilan tasdiqlagan va imzo bosgan bir yuz yigirma to’rt million avliyolarning bu haqiqatga shahodat qilishi, haddu hisobi yo’q haqiqatli olimlarning qat'iy dalillari orqali anbiyo va avliyolarning bergan ayni xabarlarni aqlan ilmalyaqiyn darajasida isbot etishgan. Va yuzda to’qson to’qqiz qat'iy ehtimol bilan "Qatl va abadiy zindondan qutulish, u yo’lni abadiy saodatga aylantirish faqat iymon va itoat bilan bo’lishi mumkin", deb ittifoq bilan xabar bermoqdalar.

Ajabo, yuzda bir halokat ehtimoli bo’lgan tahlikali yo’ldan yurmaslik uchun birgina xabarchining so’zi kifoya bo’lsa-yu, uning so’zini kirmasdan, yana u yo’ldan ketsa, halokat xavotiridan keladigan ma'naviy azob uning yemoq ishtahasini qochirmaydimi? Chunki yuz minglab sodiq va tasdiqlangan xabarchilar, zalolat va safohatni ko’z o’ngidagi qabr dor yog’ochiga va abadiy yakka qamoqqa yuzda yuz ehtimol bilan qat'iy sabab bo’ladi deyishgan. Iymon va qullik esa, yuzda yuz ehtimol bilan dor yog’ochni olib tashlab, yakka qamoqni yopib, ko’z o’ngidagi qabrni abadiy xazina va saodat saroyi sari ochilgan bir eshikka aylantiradi, degan xabarni berganlar. Ishoralari va belgilarini ko’rsatganlar.

Shunga qaramay, bu ajib, g’arib, dahshatli va azamatli masala oldida turgan bechora insonga, xususan musulmon agar iymoni va qullik vazifasi bo’lmasa, butun dunyo saltanati va lazzati berilsa ham, ko’z o’ngidagi xar daqiqa chaqirilish navbatini kutayotgan o’lim qo’rquvidan azobli alamni daf qila oladimi ajabo?! Sizlardan so’rayman!

Modomiki keksalik, xastalik, musibatlar va xar tarafda ro’y berib turgan o’limlar dahshatli azobni qo’zg’atayotgan va eslatayotgan ekan albatta, zalolat ahli va kayf-safoga mukkasidan ketganlar yuz ming lazzatni va zavqni olsa ham baribir qalbida ma'naviy bir jahannam yashaydi va u uni yoqadi. Lekin, o’ta qalin g’aflat ahmoqligi vaqtinchalik buni unga his ettirmaydi.

Modomiki iymon va toat ahli ko’rib turgan qabrni o’zi uchun abadiy xazinaga, zavol topmas saodatga ochilgan eshik bo’lishini istar ekan, modomiki azaliy taqdir lotoreyasidan milliardlab oltin va olmoslarni qozontiradigan chiptasi, iymon hujjati bilan unga chiqqan ekan xohlagan payti: "Kel, chiptangni ol!" deyilishini kutishdan oladigani teran, asosli, haqiqiy lazzat va ma'naviy zavq shunday bir lazzatdirki, agar jism holiga kirsa va urug’ daraxtga aylansa, u odamning xususiy jannati bo’ladi. Lekin zavq va azim lazzatni tark etib, yoshligi tufayli u chegarasiz alamlarga to’la zaxarli asalga o’xshagan xarom va havasli vaqtinchalik bir shariat man’ qilgan lazzatni ixtiyor etgan kishi xayvondan ham yuz daraja tubanlashadi. Ajnabiy dinsizlar kabi ham bo’la olmaydi. Chunki ular Payg’ambarni inkor etsalar, boshqalarini tan oladi. Payg’ambarlarni bilmasalar ham Allohni tan oladilar. Allohni bilmasalar ham, kamolotlariga sabab bo’ladigan ba'zi go’zal xislatlari bo’lishi mumkin. Lekin bir musulmon ham anbiyolarni, ham Rabbini, ham butun kamolotni Muhammadi Arabiy Alayhissolatu Vassalam vositasida biladi. Uning tarbiyasini rad etgan va zanjiridan chiqqan kimsa qaytib hech bir payg’ambarni (A.S.) tan olmaydi, Allohni ham tanimaydi. Ruhida kamolotni muhofaza etadigan hech bir asos qolmaydi. Chunki payg’ambarlarning eng oxiri va eng buyugi, dini va da'vati umum bashariyatga tegishli bo’lgani, hamda mo’'jizalar va dini jihatidan barchadan ustun va butun insoniyatga butun haqiqatlarda ustozlik qilgan, o’n to’rt asr avval porloq suratda isbotlagan, bashariyatning iftixor sababi bo’lgan bir zotning asos tarbiyalarini va dinning usulini tark etgan kimsa, albatta hech bir jihatda nur, kamol topmaydi. Mutlaq tubanlikka mahkumdir.

Xullas, ey dunyoviy hayot lazzatiga mubtalo va istiqbol xavotiri bilan kelajagi va hayotini ta'minlashga tirishgan bechoralar! Dunyoning lazzatini, zavqini, saodatini, rohatini istasangiz, shariat doiradagi lazzatlarni kifoya deb bilingiz. U lazzatingizga yetarlidir. Undan tashqaridagi va xarom doiradagi lazzatning ichida ming azob borligini sobiq bayonlardan albatta angladingiz. Moziy, ya'ni o’tgan zamon hodisalarini kino orqali hozir ko’rsatilgani kabi, istiqboldagi ahvol ham (masalan, ellik yil keyingi hollari) kino qilib ko’rsatilganida edi, kayf safoga berilganlar bugungi kulishiga yuz minglarcha la'nat aytib, nafrat bilan yig’lagan bo’lar edi. Dunyo va oxiratda abadiy va doimiy bahtni istagan inson iymon doirasidagi Hz. Muhammadning (S.A.V.) tarbiyasini o’ziga rahbar etmog’i kerak.

* * *

BIR NECHTA BECHORA YOSHLARGA BERILGAN BIR TANBEH, BIR DARS, BIR ESLATMA

Bir kuni yonimga bir nechta ko’zi yonib turgan yoshlar keldi. Hayot, yoshlik va havaslar tomonidan kelayotgan tahlikalardan saqlanish uchun ta'sirli nasihat olishni istagan bu yoshlarga men, eskidan "Risola-i Nur"dan madad istagan yoshlarga aytganimdek, dedim:

Sizdagi yoshlik qat'iyan ketadi. Agar siz shariat doirasida qolmasangiz, yoshlik zoye bo’lib, boshingizga dunyoda ham qabrda ham oxiratda ham lazzatidan ko’ra ko’proq balolar va azoblar keltiradi. Agar Islomiy tarbiyasi bilan, yoshlik ne'matiga javoban shukr sifatida uni iffat bilan, nomus bilan toatda sarf etsangiz, u yoshlik ma'nan boqiy qoladi. Va abadiy bir yoshlik qozonishga sabab bo’ladi.

Hayot esa, agar iymon bo’lmasa yoki isyon sababli u iymon ta'sir etmasa, hayot zoxiriy va qisqa bir zavq va lazzat bilan birga, minglab daraja zavq va lazzatdan ko’ra azob, qayg’u, g’amlar keltiradi. Chunki insonda aql va fikr bo’lgani uchun, hayvonning aksiga, hozirgi payt bilan birga, o’tgan va kelajak zamonlar bilan ham fitratan aloqadordir. U vaqtdan alam ham, lazzat ham olib biladi. Hayvon esa, fikri bo’lmaganligi uchun, hozirgi lazzatini o’tmishdan keladigan qayg’u yoki kelajakdan keladigan xavotir va qo’rquvlar buzmaydi.

Inson agar zalolat va g’aflatga tushgan bo’lsa, o’tmishdan keladigan qayg’ular va kelajakdan keladigan xavotirlar uning hozirgi kichik lazzatini jiddiy ravishda achchiqlashtiradi, buzadi. Ayniqsa, lazzatlari shariat man’ qilgan bo’lsa tamoman zaharli asalga aylanadi. Demak, inson hayot lazzati nuqtasida hayvondan yuz daraja pastdadir. Zalolatd va g’aflatdagilarning hayoti balki borlg’i, balki koinoti mavjud bo’lgan kuni hisoblanadi. Jami o’tgan davr va koinotlar uning zalolati nuqtasida yo’q bo’lgan, o’lgan. Aql aloqadorligi orqali unga zulmatlar, qorong’iliklar beradi. Kelajak esa, e'tiqodsizligi uchun yana yo’q hisobi. Yo’q bo’lishlardan hosil bo’lgan abadiy firoqlar, o’ylagani sari hayotini doimiy zulmatga aylantiradi. Agar iymon - hayotga hayot bo’lsa, o’tgan va kelajak zamon iymon nuri bilan yorishadi, vujud topadi. Hozirgi payt kabi, ruh va qalbiga iymon nuqtasida yuksak va ma'naviy lazzat va vujud nurlarini beradi. "Keksalar risolasi"dagi "Yettinchi umid"da bu haqiqatning izohi bor. Uni o’qib olishingiz kerak.

Demak, hayot shunday ekan, uning lazzatini va zavqini istasangiz, hayotingizni iymon bilan hayotlantiring, farzlar orqali ziynatlang va gunohlardan uzoq turib muhofaza qiling. Xar kuni, xar joyda va xar doim ro’y berib turgan o’limlar, dahshatli o’lim haqiqatini ko’rsatadaki, buni sizlarga, boshqa yoshlarga aytganimdek, bir misol orqali bayon qilaman:

Masalan, bu yerda ko’z o’ngingizda bir dor o’rnatilgan. Uning yonida (o’rtaga juda katta yutuq tikilgan) bir lotoreya o’yini tashkil etilgan. Biz bu yerdagi o’n kishi aniq, istasak istamasak, boshqa chora yo’q, u yerga chaqirilamiz, bizni chaqiradilar. Chaqirish vaqti aniq bo’lmagani uchun xar daqiqa: "Kel, qatl chiptangni ol, dorga chiq" va yoki "Kel, senga millionlab tilla yutuqlik hadya chiptasi chiqdi kel, ol", deyishlarini kutamiz. Shu mahalda eshikka ikki odam keladi. Biri yarim yalang’och, go’zal va aldovchi ayol, qo’lida zohiran o’ta shirin, ammo aslida zaharli holva. Uni bizga yedirmoqchi bo’ladi. Keyingi odam esa, aldamaydigan va aldanmaydigan jiddiy bir odam. Ayolning orqasidan u kirdi va:

"Sizlarga bir tilsim, dars keltirdim. Uni o’qisangiz va anavi holvani yemasangiz, bu dordan qutulasizlar. Bu tilsim yordamida tenggi yo’q yutuq chiptasini olasiz. Dorda esa zotan ko’zingiz bilan ko’rib turibsizki, zaxarli asalni yeganlar u yerga kiryapti. Lekin kirgungacha ham holvaning zaharidan dahshatli qorin sanchig’ini chekyapti. Buyuk yutuqli biletni olganlar garchi ular orasida ko’rinmayotgan, zohiran ular ham u dorga chiqayotganday ko’rinayotgan bo’lsada, lekin ular osilmaganiga balki u yerdan yutuqli doiraga o’tish uchun dordan qulay zinapoya sifatida foydalanayotganlariga millionlab shohidlar bor, xabar berayotirlar. Mana, derazalardan qarang. Eng katta xodimlar va bu ishga aloqador buyuk zotlar baland ovoz bilan e'lon qilib, xabar berayotirlar: "Dorga ketayotganlarni aynalyaqiyn ko’rib turganingizdek, ushbu yutuqli biletni tilsimchilar olganlarini hech shak shubhasiz kundek qat'iy bilingiz", dedi.

Ushbu misol kabi, zaxarli asal hukmidagi g’ayri mashru' doirada yoshlikning xarom lazzatlari, abadiy xazinaning va doimiy saodatning bileti va hujjati bo’lgan iymonni yo’qotgani uchun, dor hukmidagi o’lim va abadiy zulmatning eshigi bo’lmish qabr musibatiga aynan, zohiran ko’ringani kabi, tushadi. Ajal maxfiy bo’lganligi uchun yosh-keksani ajratmay boshini kesish uchun uning jallodi xar doim kelib qolishi mumkin. Agar zaharli asal hukmidagi xarom havaslarni tark qilib, Qur'oniy tilsim bo’lgan iymon va farzlarni qo’lda tutsa, ushbu inson taqdiri lotereyasidan favqulotda chiquvchi abadiy saodat xazinasining biletini olishini bir yuz yigirma to’rt ming payg’ambarlar alayhimussalom hamda haddu hisobi yo’q valiylar va haqiqat ahli birlikda xabar bermoqdalar. Va belgilarini ko’rsatmoqdalar.

Natija: Yoshlik ketadi. Agar u kayfu safoda o’tsa, ham dunyoda ham oxiratda minglarcha balo va azob keltirishini, yoshlarning aksariyati suiiste'moldan va isroflar natijasidagi vahimali xastalik bilan kasalxonalarga, haddan oshishi sabab hibsxonalarga va yoki ishratxonalarga, ma'naviy azoblar sababli muammolar bilan mayxonalarga tushishlarini anglashni istasangiz, kasalxonalardan, hibsxonalardan va qabristonlardan so’rang. Albatta, xastaxonalar sizlarga ko’pincha holat tili orqali yoshlikning isroflari va suiiste'moli sababli xastalikning pushaymonlarini, eyvohlarini aytib beradi. Shuningdek, hibsxonalardan ham, ko’pincha yoshlikning haddan oshishi tufayli shariat man’ qilgan ishlarining ta'zirini yegan badbaxt yoshlarning afsuslarini eshitasiz. Qabristonda esa, u yerga davomli ravishda kirayotganlar uchun eshiklari ochilib-yopilib turgan barzoh olamida, kashfu-l qubur ahlining mushohadalari orqali va butun haqiqat ahlining tasdig’i va shahodati bilan, aksar azoblar yoshlik suiiste'molotining natijasi ekanin bilasiz. Insoniyatning aksariyatini tashkil qilgan keksalar va xastalardan so’rang. Albatta, mutlaq ko’pchiligi afsus va hasratlar bilan: "Eyvoh!.. Yoshligimizni bodi-havo qildik, balki zararli zoye etdik. Zinhor biz kabi qilmanglar", deydilar. Chunki besh-o’n yillik yoshlikning shariat man’ qilgan zavqi uchun dunyoda ko’p yillar g’am qayg’u, barzohda azob va zarar, oxiratda esa jahannam va saqar balosini chekadigan odam eng achinarli ahvolda bo’lganiga qaramay اَلرَّاضِى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ ning siri ila, achinishga aslo loyiq bo’lmaydi. Chunki zararga o’z roziligi bilan kirgan kimsaga marhamat qilinmayadi. Va loyiq ham emas. Janobi Haq bizni va sizlarni bu zamonning jozibador fitnasidan qutqarsin va muhofaza aylasin, omin.

Risola-i Nur Mezonlaridan

O’n Uchinchi So’zning Ikkinchi Maqomining Izohi

Risola-i Nurdagi haqiqiy tasalliga mahbuslar ko’p muhtojdirlar. Xususan, yoshlik zarbasini yeb, yangi va shirin umrini qamoqda kechirayotganlarning "Nur"larga non qadar ehtiyoji bor. Ha, yoshlik aqldan ko’ra hissiyotni tinglaydi. His va havas esa ko’rdir, oqibatni ko’rmaydi. Bir dirham hozirgi lazzatni kelgusidagi bir botmon lazzatdan ustun qo’yadi. Bir daqiqalik qasos lazzati uchun odam o’ldiradi, natijada sakson ming soatlik qamoq azobini chekadi. Bir soat safohat kayfi uchun nomus masalasida minglar kun ham qamoqning, ham dushmanning xavotiridan azob bilan umrining saodati yo’qoladi.

Bularga qiyos qilinsa, bechora yoshlarning ko’p xatarlari borki: eng shirin hayotini eng achchiq va achinarli hayotga aylantirishyapti. Xususan shimolda katta davlat, yoshlik havaslariga ergashib, bu asrni bo’ronlari orqali larzaga solyapti. Chunki oqibatni ko’rmaydigan ko’r hissiyot bilan harakat qilgan yoshlarga nomusli insonlarning go’zal qizlari va ayollariga tajovuz qilishni halol qiladi. Balki hammomga ayol-erkak birga yalang’och holda kirishlari izn berib bu buzuqliklarni tashviq qilishyapti. Daydi va faqirlarga boylarning mollariga o’g’rilashni halol qiladi. Butun odamzot bu musibat qarshisida titramoqda.

Bu asrda Islom va Turk yoshlari o’zini qahramonona tutib, ikki tomonlama hujum qilayotgan bu tahlikaga qarshi Risola-i Nurning "Meva" va "Yoshlarga Rahnamo" kabi o’tkir qilichlari bilan kurashishlari lozim. Yo’qsa, bechora yosh ham dunyoviy kelajagi ham bahtli hayotini ham oxiratdagi saodatini yo’qotadi. Boqiy hayotini esa azoblarga, alamlarga aylantirib yo’qotadi. Suiiste'mol va kayf safo orqali kasalxonalarga, hayotning toshqinliklari oqibatida qamoqxonalarga tushishadi. Eyvohlar, afsuslar bilan keksayganda ko’p yig’laydi.

Agar Qur'on tarbiyasi va "Nur"ning haqiqatlari bilan o’zini muhofaza qilsa, to’liq bir qahramon, mukammal inson, saodatli musulmon va boshqa jonzotlarga, hayvonlarga bir jihatda sulton bo’ladi.

Bir yigit qamoqda yigirma to’rt soatlik xar kungi umridan birgina soatini besh mahal farz namozga sarflasa, qamoq aksar gunohlarga mone’ bo’lgani kabi, musibatga sabab bo’lgan xatodan tavba qilib, boshqa zararli, azobli gunohlardan uzoqlashsa, ham hayotiga ham kelajagiga ham vataniga ham millatiga ham yaqinlariga katta foydasi tegadi. O’n-o’n besh yillik foniy yoshlik bilan abadiy porloq bir yoshlik qozonishini boshda Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon so’ng barcha Kitoblar va Samoviy Sahifalar qat'iyyan xushxabar bermoqda.

Ha, shirin, go’zal yoshlik ne'mati uchun istiqomat bilan, toat bilan shukr qilsa, ham ziyodalashadi, ham boqiylashadi, ham lazzatli bo’ladi. Yo’qsa, ham baloli ham alamli, g’amli, qo’rqinchli bo’ladi. Yaqinlariga, vataniga, millatiga zararli daydi odamga aylanishiga sabab bo’ladi.

Agar mahbus zulman mahkum etilgan bo’lsa, farz namozini o’qish sharti bilan, xar bir soati bir kunlik ibodatga aylanadi. Shuningdek qamoq u uchun uzlat chillaxonasiga aylanib, eski zamonlarda g’orlarga kirib ibodat qilgan munzaviy solihlardan hisoblanishi mumkin.

Agar mahbus faqir, keksa, xasta va iymon haqiqatlariga ishtiyoqmand bo’lsa, farzini ado etish va tavba qilish sharti bilan, xar bir soati yigirma soatlik ibodatga aylanib, qamoq unga istirohat uyi, uni marhamat bilan parvarishlayotgan do’stlari uchun bir suhbat yeri, tarbiyaxona, darsxonaga aylanadi. O’zi qamoqda ekaniga qaramay tashqaridagi chalkash, xar tarafga yoyilgan gunohlarning hujumidan qutulgani uchun yanada ko’proq xush ko’radi. Qamoqdan to’liq tarbiya oladi. Ozod bo’lganida esa qotil, qasoskor bo’lib emas balki tavba qilgan, tajribali, tarbiyali, millatga manfaatli odam bo’lib chiqadi. Hatto Dengizli qamog’idagi kishilarning qisqa vaqtda "Nur"lardan favqulotda go’zal axloq darsini olganlarini ko’rgan ba'zi tegishli kishilar: "Tarbiya uchun o’n besh yil qamoqqa tashlashdan ko’ra, o’n besh hafta "Risola-i Nur" darsini olsalar, ularni yanada ko’proq isloh qiladi", deyishgan.

Modomiki o’lim o’lmaydi va ajal yashirin ekan - har doim kelib qolishi mumkin,

modomiki qabr yopilmayapti, to’da-to’da navbat bilan kelayotganlar u yerga kirib yo’q bo’layotgan ekan,

modomiki o’lim iymon ahli uchun abadiy qatldan erkinlik ruxsatnomasiga aylanishi Qur'on haqiqati orqali ko’rsatilgan ekan, zalolat va safohat ahli uchun esa, ko’rilayotganidek, abadiy qatl, butun mahbublaridan va borliqlardan bitmas bir firoq ekan,

albatta va albatta, hech shubha qolmaydiki, sabr ichida shukr qilgan, qamoq muddatidan to’liq foydalanib, "Nurlar"ning darsini olib, istiqomat doirasida iymoniga va Qur'onga xizmat qilgan odam eng baxtiyor odamdir.

Ey zavq va lazzatga mubtalo inson! Men yetmish besh yoshimda, minglarcha tajribalar, hujjatlar va hodisalar orqali aynalyaqiyn bildimki: Haqiqiy zavq, alamsiz lazzat, qayg’usiz sevinch, hayotdagi saodat faqat iymondadir va iymon haqiqatlari doirasida mavjuddir. Aksincha, dunyoviy bir lazzatda ko’p alamlar bor. Bir dona uzum yediradi, o’nta shapaloq uradi, hayotning lazzatini qochiradi.

Ey qamoq musibatiga duchor bo’lgan bechoralar! Modomiki dunyongiz yig’layotgan va hayotingiz achchiqlashgan ekan, oxiratingiz yig’lamasligi, boqiy hayotingiz kulishi, shirinlashishi uchun harakat qiling. Qamoqdan foydalaningiz. Ba'zan, og’ir sharoitda dushman qarshisida bir soat soqchilik qilish bir yillik ibodat hukmiga o’tishi mumkin. Xuddi shuningdek, sizning ushbu og’ir sharoitda qilgan xar bir soat ibodatingiz zahmati ko’p soatlarga aylanib, zahmatlarni rahmatlarga aylantiradi.

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Qamoq musibatiga duchor bo’lganlar va ularga marhamat bilan, sadoqat bilan tashqaridan kelgan ozuqalariga nazorat va yordam berib turganlarga kuchli bir tasallini "Uch Nuqta"da bayon etaman.

Birinchi Nuqta:Qamoqda o’tgan umr kunlarining xar biri o’n kunlik ibodat qozontirishi va foniy soatlarni, mevalari jihatidan, ma'nan boqiy soatlarga aylantirishi va besh-o’n yillik jazo orqali millonlab yillik abadiy qamoqdan qutulishga vosita bo’lishi mumkin. Demak, iymon ahli uchun bu o’ta buyuk va juda qiymatdor daromadning sharti - farz namozini ado etish va qamoqqa sabab bo’lgan gunohlardan tavba qilish, sabr ichida shukr qilishdir. Zotan, qamoq ko’p gunohlarga mone’dir, yo’l bermaydi.

Ikkinchi Nuqta:Lazzatning ketishi alam bo’lgani kabi, alamning ketishi ham lazzatdir. Ha, xar kim o’tgan lazzatli, safoli kunlarini o’ylaganda ma'naviy afsus va ayriliq azobini his qilib, "Ey voh!" deydi. O’tgan musibatli, alamli kunlarini xotirlaganda esa, ketganidan ma'naviy lazzat his qiladi, "Alhamdulillah shukr, balo savobini qoldirib o’zi ketdi", deydi. Sevinch bilan nafas oladi. Demak, bir soatlik vaqtinchalik azob ruhda ma'naviy lazzat qoldiradi.

Lazzatli soat, bil'aks, azob qoldirar. Modomiki bu haqiqat va modomiki o’tgan musibat soatlari alamlari bilan birga o’lgan va yo’q bo’lgan ekan, keladigan balo kunlari esa hozir hech va yo’q ekan, yo’qdan alam yo’q, hechdan esa alam kelmas ekan, masalan bir necha kundan keyin och va suvsiz qolish ehtimoli uchun bugun tinmasdan non esa va suv ichsa, qay daraja devonalik bo’lsa, o’tgan va keladigan azobli soatlarni (hech, o’lgan va yo’q bo’lgan) hozirdan o’ylab sabrsizlik qilish va nuqsonli nafsini qo’yib, Allohdan shikoyat qilgandek "Uf!.. Uf!.." tortish devonalikdir. Agar sabr quvvatini o’ng va chapga, ya'ni o’tmish va kelajakka sovurmasa, hozirgi soat va kunga ishlatsa, to’liq kifoya qiladi. Azob o’ndan birga tushadi. Hatto, shikoyat bo’lmasin, men ushbu uchinchi Yusufiy Madrasada, bir necha kun davomida umrimda umuman ko’rmagan moddiy-ma'naviy mashaqqatli, xastalikli musibatim chog’i, xususan "Nur" xizmatidan maxrumlik sababli umidsizlik, qalbiy va ruhiy azoblar ezib turgan paytda Allohning inoyati bu mazkur haqiqatni ko’rsatdi. Men azob beruvchi xastaligimdan va qamog’idan rozi bo’ldim. Chunki "Qabr eshigida turgan mendayin bir bechoraga g’aflat bilan kechishi mumkin bo’lgan bir soatini o’nta ibodat soatlariga aylantirish ulkan foydadir", deb shukr qildim.

Uchinchi Nuqta:Mahbuslarga shafqat bilan xizmat orqali yordam qilish, muhtoj bo’lgan rizqlarini qo’llariga berish, ma'naviy yaralariga tasalli berib malham surishda oz bir amal bilan katta daromad bor. Tashqaridan kelgan ozuqalarini ularga yetkazish, qamoqxona nazoratchisi va u bilan birga ichkarida va tashqarida harakat qilganlarining xizmatlari o’sha ozuqa qadar sadaqa hukmida hasanot daftarlariga yoziladi. Xususan, jabrdiyda keksa, xasta, faqir yoki g’arib bo’lsa, ma'naviy sadaqaning savobi yanada ziyodalashadi.

Xizmati Alloh uchun bo’lishiga bu qiymatli damomadning sharti farz namozini ado etishdir. Yana bir sharti ularga sadoqat va shafqat va sevinch bilan minnat qilmasdan yordam berishdir.

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Ey qamoqdosh do’stlarim va din qardoshlarim!

Sizlarga ham dunyo azobidan, ham oxirat azobidan qutqaradigan quyidagi haqiqatni bayon qilish qalbimga eslatildi:

Masalan, bir kishi birovning akasi, ukasini yoki bir qarindoshini o’ldirgan. Bir daqiqa intiqom lazzati uchun qatl etsa, millionlab daqiqa ham qalbiy azob, ham qamoq azobini tottiradi. O’ldirilgan kishining qarindoshlari oladigan qasos xavotiri bilan qarshisida dushmanini o’ylash, hayotining lazzatini va umrining zavqini qochiradi. Ham qo’rquv, ham g’azab azobini chekadi. Buning yagona chorasi bor. U Qur'on amr qilgan haq, haqiqat, foyda, insoniyat va Islomiyat taqozo va tashviq qilgan yarashish va kelishishdir.

Ha, sulh haqiqat va foydadir. Chunki ajal bir, o’zgarmaydi. O’ldirilgan kimsa, xar holda ajal kelgani uchun boshqa qolmas edi. Qotil esa, Allohning qazosiga vosita bo’lgan. Agar yarashish bo’lmasa, ikki taraf ham doim qo’rquv va qasd azobini chekadi. Shuning uchun, Islomiyat "Bir mo’min ikkinchi mo’min bilan uch kundan ortiq arazlashmasin", deb amr qiladi. Agar qatl adovat yoki kinli g’araz tufayli ro’y bermagan bo’lsa va bir munofiq u fitnaga sabab bo’lgan bo’lsa, tez yarashish lozim. Aks holda, kichik musibat kattalashib davom etadi. Agar yarashsa, qotil tavba qilsa va o’ldirilgan haqiga xar doim duo qilsa, unda xar ikki tomon ham ko’p narsa qozonadi, o’zaro qardoshga aylanadilar. Ketgan bir qardosh o’rniga bir necha dindor qardoshlarni topadi. Allohning qazo va qadariga taslim bo’lib, dushmanini afv etadi. Xususan, modomiki "Risola-i Nur"dan dars olgan bo’lsalar albatta, o’rtalarida kechgan butun xafagarchiliklarni tashlashni ham foyda va shaxsiy va umumiy tinchlik, ham "Nur" doirasidagi qardoshlik taqozo qiladi.

Dengizli qamog’ida butun bir-biriga dushman mahkumlar "Nurlar" darsi orqali bir-biriga qardosh bo’ldi. Bizning oqlanishimizga bir sabab bo’lib, hatto dinsizlarga, daydilarga ham mahkumlarga "Mashaolloh, barakalloh" dedirdi va mahkumlar to’liq rohat topishdi.

Men bu yerda ko’rdimki: Bir odamning orqasidan yuz odam qiynalib birgalikda nafas olishga chiqmayotirlar. Ularga zulm bo’ladi. Mard va vijdonli mo’min, kichik va juz'iy xato yoki manfaat uchun iymon ahliga yuzlab zarari tegmaydi. Agar xato qilsa, bersa, tezda tavba qilish lozim.

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Aziz yangi qardoshlarim va eski mahkumlar!

Men qat'iy qanoat hosil qilganmanki, bu yerga kirishimizning, Allohning inoyati jihatidan, bir ahamiyatli sababi - sizlarsiz. Ya'ni, "Nurlar" orqali va iymonning haqiqatlari bilan sizlarni qamoq musibatining qayg’ularidan, ko’p dunyoviy zararlardan, bekordan-bekorga, g’am va qayg’uda o’tayotgan hayotingizni befoydalikdan, bo’sh zoye bo’lishidan va dunyoingiz kabi, oxiratingizni ham yig’lashidan qutqarib, sizga to’liq tasalli berishdir.

Modomiki bu haqiqat ekan, albatta, siz ham, Dengizli mahbuslari va "Nur" talabalari kabi bir-birlaringizga qardosh bo’lishlaringiz lozim. Ko’rib turibsizki: Qo’lingizga pichoq tushib qolmasligi va bir-birlaringizga tajovuz qilmasligingiz uchun tashqaridan kelayotgan butun narsalaringizni va ovqatlaringizni, nonu-sho’rvalaringizni tekshirib o’tkazishyapti. Sizga sadoqat bilan xizmat qilayotgan nazoratchilar ko’p zahmat chekayotir. Sizlar birga tanaffusga ham chiqishmayapti. Go’yo yirtqich va vahshiy kabi bir-birlaringizga tashlanib qolasizlar.

Hozir fitriy qahramonlik qoni jo’sh urgan sizdek yangi do’stlar bu davrda buyuk ma'naviy qahramonlik bilan hay'atga qarata ayting: "Qo’limizga nafaqat pichoq, balki mauzer va to’pponcha berilgan taqdirda, ustiga buyruq berilsa ham biz baribir bu bechora va o’zimiz kabi musibatzada do’stlarimizga tegmaymiz. Eski vaqtlar yuz hil dushmanlik va adovatimiz bo’lgan bo’lsa ham, foydamiz uchun Qur'onning, iymonning, Islom qardoshligining amri va irshodi bilan haqlarini halol etib, ozor bermaslikka harakat qilishga, qaror qildik", deb bu hibsxonani muborak darsxonaga aylantiringiz.

* * *

Laylatul Qadrda eslatilgan muhim bir masala

O’n Uchinchi So’zning Ikkinchi Maqomining Ilovasi

Laylatul Qadrda qalbga kelgan g’oyat keng va uzun haqiqatga o’ta qisqa ishora qilamiz:

Bashariyat so’nggi Jahon urushida ashaddiy zulmi, ashaddiy istibdodi, marhamatsiz buzg’unchiliklari,

birgina dushmanni deb yuzlab begunohni abgor qilishi,

mag’lublarning daxshatli g’am qaug’uga botishi,

g’oliblarning qattiq tashvishlanishi, hokimiyatlarini muhofaza qila olmagani, katta buzg’unchiliklarini ta'mirlay olmagani sababli daxshatli vijdon azobi bilan,

dunyo hayotining foniy va vaqtinchalik ekani, madaniyat orzularining aldamchi va uxlatuvchi ekani hammaga ma’lum bo’lishi bilan,

bashariyat fitratidagi yuksak iste'dodlar va inson mohiyatining umumiy suratda daxshatli yaralanishi bilan,

g’aflat va zalolatning, jonsiz va garang tabiatning Qur'onning olmos qilichi ostida maydalanishi bilan,

g’aflat va zalolatning eng bo’g’uvchi, aldovchi va eng keng pardasi bo’lgan ro’yi zamin siyosatining o’ta xunuk va haqiqiy o’ta makkor surati ko’rinishi orqali albatta va albatta hech shubha yo’qki:

Shimolda, g’arbda, Amerikada alomatlari ko’ringaniga ko’ra navi basharning majoziy ma'shuqi bo’lmish dunyoviy hayot, xunuk va o’tkinchi bo’lgani uchun bashar fitrati haqiqiy sevgan, izlagan boqiy hayotni bor kuchi bilan qidiradi va albatta hech shubha yo’qki:

Bir ming uch yuz oltmish yilda, xar asrda uch yuz ellik million shogirdi bo’lgan,

xar bir hukmi va da'vosini millionlab haqiqat ahli tasdiqlab imzo bosgan,

xar daqiqada millionlab hofizlarning qalbidan muqaddaslik bilan joy olib tillari bilan basharga dars bergan,

hech bir kitobda o’xshashi topilmagan bir tarzda, inson uchun boqiy hayotni va abadiy saodatni xushxabar bergan,

butun basharning yaralarini davolagan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning shiddatli, quvvatli va minglab takrorlangan oyati bilan,

balki o’n minglab marta ochiq va ishoratan da'vo qilib xabar bergan va tebranmas qat'iy dalillar bilan,

shubha keltirmaydigan sanoqsiz hujjatlari bilan boqiy hayotni qat'iyayan xushxabar va abadiy saodatni dars berishi,

albatta insoniyat butkul aqlini yo’qotmasa,

boshiga moddiy va ma'naviy qiyomat qo’pmasa,

Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Angliyaning Qur'onni qabul qilishga harakat qilgan mashhur xatiblari va Amerikaning haq dinni izlagan ahamiyatli jamiyati kabi ro’yi zaminning keng qit'alari va buyuk hukumatlari Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonni izlashadi va haqiqatlarini anglagandan so’ng butun ruhu jonlari bilan tutishadi. Chunki bu haqiqat nuqtasida Qur'onning misli qat'iyan yo’q va bo’la olmaydi. Va hech narsa ushbu eng buyuk mo’'jizaning o’rnini bosa olmaydi.

Ikkinchidan: Modomiki Risola-i Nur bu eng buyuk mo’'jizaning qo’lida olmos qilich bo’lib xizmatini o’tamoqda va qaysar dushmanlarini ham taslimga majbur qilgan ekan, ham qalbni, ham ruhni, ham tuyg’ularni tamoman nurlantiradigan va dorilarini beradigan bir tarzda Qur'on xazinasiga dallolligini qilgan, undan boshqa manbai va olish joyi bo’lmagan, uning ma'naviy mo’'jizasi bo’lgan Risola-i Nur u vazifani tamoman ado etyapti. Unga qarshi dahshatli targ’ibotlar va o’ta qaysar dinsizlar ustidan to’liq g’alaba qildi. Zalolatning eng qattiq kuchli qal'asi bo’lgan tabiatni "Tabiat Risolasi" orqali parcha-parcha qildi, G’aflatning eng qalin, bo’g’uvchi keng tashqi dunyosida va fanning eng keng pardalarida "Aso-i Muso"dagi "Meva"ning Oltinchi masalasi - birinchi, ikkinchi, uchinchi, sakkizinchi hujjatlari orqali o’ta porloq tarzda g’aflatni tarqatib, tavhid nurini ko’rsatdi.

* * *

Risola-i Nurning ko’p yerlarida izohi va juda ko’p qatiy xujjatlari bo’lgan Alloxga iymon asosining minglab kulliy dalillaridan birgina dalilga qisqacha bir ishoratdan iborat.

Qastamo’nida litsey talabalaridan bir qismi yonimga kelishdi. "Bizga Xoliqimizni taniting, muallimlarimiz Allohni tushuntirmayapti", deyishdi. Javoban aytdim: Sizlar o’qiyotgan fanlarning xar biri o’z maxsus tili bilan doim Allohni tushuntirib, Holiqni tanitadi. Muallimlarni emas, ularni tinglanglar.

Masalan: Xar bir idishida mo’jizali va xassos mezonlar bilan tortilgan hayotdor malxamlar va dorilar bo’lgan mukammal bir dorixona bo’lsa. Bu shubhasiz o’ta mahoratli, kimyogar va hakim bir dori tayorlovchini ko’rsatadi. Shunga o’xshab, yer yuzi dorixonasidagi to’rt yuz ming hil nabotot va hayvonot idishlaridagi hayotdor malxamlar va dorilar bu bozordagi dorixonadan qay daraja mukammalroq va katta bo’lsa, o’sha nisbatida, siz o’qigan tib fani miqyosi asosida katta yer yuzi dorixonasining dori tayyorlovchisi bo’lgan Hakimi Zuljalolni hatto ko’r ko’zlarga ham ko’rsatadi, tanitadi.

Yana masalan: Oddiy bir moddadan minglab turli hildagi matolarni to’qiydigan mo’jizaviy fabrika, shaksiz bir fabrikachini va mahoratli bir mashinistni tanitadi. Shunga o’xshab, yer yuzi deyilgan yuz minglab boshli va xar boshida yuz minglab mukammal fabrika bo’lgan ushbu sayyor Rabboniy ukuna qay darajada inson fabrikasidan katta, mukammal bo’lsa, siz o’qigan muxandislik fani miqyosi bilan shu daraja yer yuzining ustasini va sohibini bildiradi, tanitadi.

Yana bir misol, ming bir hildagi o’ta mukammal rizq atrofidan jalb qilingan, ichida muntazam ravishda joylashtirilgan, tayyorlangan xirmon, ozuqa ombori, do’kon, favqulotda ozuqa va rizq egasini, sohibini va xodimini shaksiz bildiradi.

Shuning kabi, bir yilda yigirma to’rt ming yillik doirada muntazam ravishda sayohat qilgan, yuz minglab turdagi rizq istagan toifalarni ichiga olgan, sayohati bilan mavsumlarga uchragan, bahorni ulkan vagon kabi minglab hildagi taomlar bilan to’ldirib, qishda yemishi tugagan bechora hayot egalariga keltirgan, yer yuzi deyilgan bu Rahmoniy ozuqa ombori va bu Subhoniy sayyora, ming bir hil johozlarni, mollarni va konserva qutilarini tashigan bu omborxona,

Rabboniy do’kon qay daraja mazkur fabrikadan katta va mukammal bo’lsa, siz o’qigan yoki endi o’qiydigan ozuqa fani qiyosi bilan, o’sha qat’iyatda va o’sha darajada yer yuzi omborxonasining egasini, tasarruf qiluvchisini, tadbirchisini bildiradi, tanitadi, sevdiradi.

Yana to’rt yuz ming millat ichida va xar bir millat istagan rizqi boshqa, ishlatgan quroli ayri, kiygan kiyimi farqli va ko’rsatmasi boshqa, ishdan bo’shashi turli lashkarning mo’jizakor bir qo’mondoni bir o’zi butun sinflarning turli tuman rizqlari va farqli qurollari va kiyimlarini, jihozotlarining hech birini unutmasdan va adashtirmasdan bergan ajib lashkar va lashkargoh, shubhasiz ochiq darajada mo’jizaviy qo’mondonni ko’rsatadi, taqdir bilan sevdiradi. Aynan shuning kabi, zamin yuzining lashkargohida va xar bahorda yangidan xizmatga olingan yangi Subhoniy lashkargohda, nabotot va hayvonot sinflaridan to’rt yuz ming navning xilma-xil kiyim, rizq, aslaha, talim, vazifadan bo’shashlari g’oyat mukammal va muntazam holda, hech birini unutmasdan, adashmasdan birgina buyuk qo’mondon tarafidan berilgan zaminning bahor lashkargohi qay darajada inson lashkari va lashkargohidan katta va mukammal bo’lsa, siz o’qiydigan askarlik fani qiyosi bilan diqqatli va aqli joyida bo’lganlarga shu daraja yer yuzining Hakimini, Robbini, Tadbirkorini va muqaddas Qo’mondonini hayrat va taqdislar bilan bildiradi, tahmid va tasbeh bilan sevdiradi.

Yana bir misol: Bir mo’jizali shaharda millionlab elektr chiroqlari harakatlanib hamma joyni aylanadigan, yonish moddalari tugamaydigan tarzdagi elektr chiroqlari va fabrikasi, shaksiz, ko’rinib turgandek elektrni idora qilgan va sayyor chiroqlarni ijod qilgan, fabrikani qurgan va yonish moddalarini keltirgan mo’jizakor ustani va favqulodda qudratli elektrikchini hayratlar va tabriklar bilan tanitadi, ofarinlar bilan sevdiradi. Aynan shuning kabi, bu olam shahrida dunyo saroyining tomidagi yulduz chiroqlari, bir qismi astronomiyaning aytganiga qaralsa, yer yuzidan ming marta katta va zambarak o’qidan yetmish marta tez harakat qilsada, intizomini buzmaydi, bir-biriga urilmaydi, so’nmaydi, yonish moddalari tugamaydi. Siz o’qigan astronomiyga asosan, yer yuzidan bir million martadan ziyod katta va bir million yildan ko’proq yashagan, Rahmoniy mexmonxonada chiroq va o’choq bo’lgan quyoshimizning yonishining davom etishi, o’chmasligi uchun xar kun yer yuzining dengizlari qadar kerosin va tog’laricha ko’mir yoki mingta yer kattaligida o’tin yig’inlari kerak. Uni va u kabi katta yulduzlarni kerosinsiz, o’tinsiz, ko’mirsiz yondirgan, so’ndirmagan, birgalikda va tez aylantirhgan, bir-biriga urdirmagan nixoyatsiz qudrat va saltanatni, nurli barmoqlari bilan ko’rsatgan bu muhtasham koinot shahridagi dunyo saroyining elektr chiroqlari va idoralari keltirilgan misoldan qay darajada katta, mukammal bo’lsa, siz o’qigan yoki endi o’qiydigan elektr fanni qiyosi bilan bu koinot buyuk ko’rgazmasinig Sultonini, Munavvarini, Yaratuvchisini shu darajada nuroniy yulduzlarni guvoh ko’rsatib tanitadi, tasbehot bilan, taqdisot bilan sevdiradi, qullik qildiradi.

Bir kitobni tasavvur qilaylik: Bir satirda ingichka qilib bir kitob yozilgan va xar bir kalimasida ingichka qalam bilan bir Quron surasi bor. U o’ta manoli va butun masalalari bir-birini quvvatlagan va kotibini va muallifini favqulodda mahoratli va iqtidorli ko’rsatgan ajib bir majmua - shaksiz, kotibini va muxarririni kamoloti bilan, hunarlari bilan kundek bildiradi, tanitadi. Mashaalloh, Barakalloh jumlalari bilan taqdirlaydi. Aynan shuning kabi, bir qalam:

Bu koinot buyuk kitobining, birgina sahifasi bo’lgan zamin yuzida va birgina shakli bo’lgan bahorda uch yuz ming turdagi kitoblar hisoblangan uch yuz ming nabotiy va hayvoniy toifalarni birgalikda, bir-biri ichida yanglishsiz, xatosiz, chalkashmasdan, adashmasdan mukammal, muntazam bitgan, ba’zan daraxt kabi bir so’zda bir qasidani va danak kabi bir nuqtada bir kitobning butun mundarijasini yozganini ko’z bilan ko’rgan ushbu nihoyatsiz manodor, xar so’zida ko’p hikmatlar bo’lgan ushbu koinot majmuasi va bu olamning eng buyuk jismoniy kitobi Quron mazkur misoldagi kitobdan qay darajada katta va mukammal va manodor bo’lsa, siz o’qigan tabiatshunoslik fani va maktabda amaliyot qiladigan o’qish va yozish fani keng miqyosi bilan, durbin ko’zlari bilan koinot kitobining naqqoshini, kotibini cheksiz kamoloti bilan shu daraja tanitadi. "Allohu Akbar" jumlasi bilan bildiradi, "Subxanalloh" taqdisi bilan tarif qiladi, "Alhamdulillah" sanolari bilan sevdiradi.

Bu fanlarga qiyosan, yuzlab fanlardan xar bir fan keng miqyosi, xususiy oynasi, durbinli ko’zi va ibratli nazari bilan bu koinotning Xoliqi Zuljalolini ismlari bilan bildiradi. Sifatini, kamolotini tanitadi.

Allohning yagonaligining bu muhtasham va porloq dalili bo’lgan mazkur hujjatni dars berish uchun, Bayoni mo’jizaviy Quron ko’p takror bilan eng ziyoda

رَبُّ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ

va

خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ

oyatlari bilan Xoliqimizni bizga tanitadi deb maktab yoshlariga tushuntirdim. Ular to’liq qabul qilib, tasdiqlab: Rabbimizga benixoya shukr bo’lsin, to’liq muqaddas va ayni haqiqat bir dars oldik. Alloh sizdan rozi bo’lsin, deyishdi! Men javoban aytdim:

Inson minglab xil azoblar bilan azob chekadigan, minglab turdagi lazzatlar bilan lazzatlanadigan bir jonli uskunadir. U o’ta ojizligi bilan birga cheksiz moddiy-manaviy dushmanlari va nixoyatsiz faqirligi bilan birga cheksiz, ko’rinmagan ehtiyojlari bo’lgan, toixtamay zavol topish va ayrilish tazirlirini yegan bir bechora maxluqdir. Lekin iymon va qullik bilan shunday bir Podshohi Zuljalolga bog’lanib butun dushmanlariga qarshi bir tayanch nuqtasi va butun hojatlariga madad bo’ladigan yordam nuqtasi topib, hamma mansub bo’lgan xo’jayinining sharafi, maqomi bilan iftihor qiladi. Agar u shunday benixoya Qodir va Raxim bir podshohga iymon bilan bog’lansa, qullik bilan xizmatiga kirsa va ajalning qatl elonini o’zi uchun nafaqa ruxsatnomasiga aylantirsa, naqadar xursand, minnatdor va qanchalik shukr bilan iftixor qilishi mumkinligini qiyos qilinglar.

Maktab yoshlariga aytganim kabi, musibatdagi maxbuslarga ham takror batakror aytaman:

Uni tanigan va itoat qilgan zindonda bo’lsa ham, baxtiyordir. Uni unutgan saroylarda bo’lsa ham zindondadir, badbaxtdir. Hatto bir baxtyor mazlum qatl qilinayotib, badbaxt zolimlarga: Men qatl qilinmayapman. Balki vazifadan nafaqaga chiqib saodatga ketyapman. Men sizni abadiy qatl qilinishga mahkum deb ko’rganimdan, sizdan to’liq qasosimni olyapman. لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ‌ deb xursand bo’lib jonini taslim qiladi.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

Huva Nuqtasi

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Juda aziz va siddiq qardoshlarim!

Qardoshlarim, لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ dagi هُوَ lafzida faqat moddiy jihatdan fikriy va xayoliy sayohatda havo sahifasining mutola qilgan paytim oniy bir suratda ko’ringan zarif-nozik tavhid ma’nosida iymoniy yo’lning benihoyat daraja oson va shart darajasida yengil ekanini, shirk va zalolatning yo’li esa cheksiz darajada qiyin, imkonsiz va minglab og’irligini ko’rdim. O’ta qisqa bir ishora bilan keng va uzun ma’noni bayon qilaman.

Ha, qandayki bir hovuch tuproq yuzlab gullarga navbat bilan gultuvaklik qilgan idishi agar tabiat, sabablardan deb bilinsa: yo u idishda kichik miqyosda yuzlab, balki gullar sanog’icha ma'naviy uskunalar, fabrikalar bo’lishi va yoxud bir hovuch tuproqdagi xar bir zarra turli hildagi barcha gullarni xar hil xususiyatlari va hayotdor jihozlari bilan yasashni bilishi, xuddi bir iloh kabi hadsiz ilmi va nihoyatsiz iqtidori bo’lishi lozim bo’ladi. Xuddi shuningdek: Amr va irodaning bir arshi bo’lgan havoning, shamolning xar bir qismi, bir nafas va tirnoqchalik هُوَ lafzidagi havoda, kichik miqyosda, butun dunyodagi mavjud telefonlarning, telegraflarning, radiolarning, sanoqsiz va xar hil so’zlashuvlarning markazlari, stantsiyalari, qabul qiluvchilari va uzatgichlari bo’lishi, sanoqsiz ishlarni barobar va bir onda qila olishi va yoki هُوَ dagi havoning, balki havo moddasining har bir qismining xar bir zarrasi barcha telefonchilar va turli hildagi barcha telegrafchilar va radio orqali so’zlayotganlar sanog’icha ma'naviy shaxsiyati, qobiliyatlari bo’lishi va barchasining tilini bilishi va ayni paytda boshqa zarralarga ham bildirishi, yoyishi kerak bo’ladi. Chunki u vaziyat amalda qisman ko’rinyapti va havoning butun qismlarida u qobiliyat bor.

Demak, kufr ahli, tabiatparast va moddaparastlarning yo’lida bir imkosizlik emas, balki zarralar sanog’icha ilojsizlik, imkonsizlik va mushkulliklar ochiq-oydin ko’rinmoqda. Agar Sone'i Zuljaloldan deb qanbul qilinsa havo barcha zarralari bilan uning buyrug’iga bo’ysunuvchi askari bo’ladi. Bir zarraning birgina intizomli vazifasichalik osonlik bilan hadsiz umumiy vazifalarini Xoliqining izni va quvvati bilan, Xoliqqa bog’lanish va tayanish bilan, Sone'ining qudrati jilvasi bilan bir onda yashin tezligida va هُوَ talaffuzi va havoning tebranishi osonligida bajariladi. Ya'ni, qudrat qalamining hadsiz, g’aroyib va muntazam yozuvlariga bir sahifa bo’ladi. Zarralari qalamning uchi va zarralarning vazifasi esa qadar qalamining nuqtalari bo’ladi. Bir zarraning harakati darajasida oson ishlaydi.

Demak, men لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ dagi fikriy sayohatimda havo olamini tomosha qildim. Unsurlarning sahifasini mutolaa qilar ekanman, ushbu qisqa haqiqatni tamoman yaqqol va batafsil aynalyaqiyn ko’rdim. هُوَ lafzida, havosida porloq burhon va bir vohidiyat yog’dusi bo’lgani kabi, ma'nosida va ishorasida ham o’ta nuroniy bir ahadiyat jilvasi, juda quvvatli bir tavhid hujjati borligi angladim. U hujjatda هُوَ olmoshining mutlaq va mubham ishorasi qaysi zotga ishora qilishini aniqlash ishorati borligi uchun, ham Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon, ham zikr ahli - tavhid maqomida bu muqaddas kalimani ko’p takrorlashini ilmalyaqiyn orqali bildim.

Ha, masalan oq qog’ozga ikki-uch nuqta qo’yilsa aralashishi, va bir odam xar hil ishlarni birdagina bajarsa chalkashishi, kichik jonzotga ko’p yuklar yuklansa ezilishi, bir til va bir quloq bir paytda ko’p so’zlar birga kirib-chiqishi intizomini buzib alarashishini, aynalyaqiyn ko’rdimki: هُوَ ning kaliti va kompasi bilan fikran sayohat qilgan havo unsurimda xar bir bo’lagi, hatto xar bir zarrasi ichiga ming turdagi xar hil nuqtalar, harflar, kalimalar qo’yilganda yoki qo’yilsa, aralashmaganini va intizomini buzmaganini, juda ko’p turli-tuman vazifalar bajarsada, umuman chalkashtirmasdan bajarilgani va u bo’lak va zarraga juda ko’p og’ir yuklar yuklansada hech zaiflik qilmasdan, orqada qolmasdan intizom bilan tashiganini, minglab turdagi so’lar, boshqa-boshqa tarzda, ma'noda kichginagina quloq va tillarga mukammal intizom bilan kelib-chiqib, hech aralashmasdan, buzilmasdan kichkinagina quloqlarga kirib, o’ta nozik tillardan chiqadi.

Xar zarra va xar bo’lak bu hayratli vazifalarini bajarishda mukammal erkinlik bilan jozbador holat tili bilan va mazkur haqiqatning shahodati va tili bilan لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ deb aylanishini, to’fon, yashin, chaqmoq va momaqaldiroq kabi havoni to’qnashtiruvchi to’lqinlar ichida intizomini va vazifasini hech buzmayapti va chalkashtirmayotganini, bir ish ikkinchi ishga mone bo’lmayotganini... aynalyaqiyn ko’rdim.

Demak, bu ishlarni bajarishga yo xar bir zarra va xar bir bo’lak havoda nihoyatsiz hikmati va nihoyatsiz ilmi, irodasi va nihoyatsiz quvvati, qudrati va butun zarralarga mutlaq hokim xossalari bo’lishi kerak. Bu esa zarralar adadicha imkonsiz va botildir. Hech bir shayton buni xayoliga keltirmaydi. Shunday ekan havo sahifasining haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn darajasida Zoti Zuljalolning cheksiz ilmi va hikmati bilan ishlatayotgan qudrat va qadar qalamining almashuvchi sahifasi va bir lavhi mahfuzning almashishlar olamida va o’zgaruvchan ishlarida lavhi mahv va isbot nomli yozib buzadigan taxtasi hukmida ekani yaqqol.

Demak, havo unsurining birgina ovozlarning uzatilishi vazifasida mazkur vahdoniyatning jilvasi va mazkur ajoyibni ko’rsatgani hamda zalolatning cheksiz imkonsizligini namoyon etgani kabi, havo unsurining boshqa ahamiyatli vazifalaridan biri: elektr, tortish kuchi, itarish kuchi, ziyo kabi boshqa latifalarning uzatishda chalkashtirmay muntazaman ovozlarni tahsishdagi vazifani qilgan payti, butun nabotot va hayvonotga nafas olish va urchitish kabi hayotga zarur narsalarni mukammal intizom bilan yetishtirmoqda. Ilohiy amr va irodaning bir arshi ekanini qat'iy bir suratda isbotlayapti.

Daydi tasodif, ko’r quvvat, kar tabiat va aralash, maqsadsiz sabablar va ojiz, jonsiz, johil moddalar havo sahifasining kitobatiga va vazifalariga aralashishining umuman ehtimol va imkoni yo’qligini aynalyaqiyn darajasida isbotlaganiga qat'iy qanoat hosil qildim. Xar bir zarra va xar bir bo’lak havo holat tili bilan لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ deyishini bildim. هُوَ kaliti bilan havoning moddiy jihatidagi bu hayratga soluvchi ekanini ko’rganimdek, havo unsuri ham bir هُوَ sifatida misol olami va ma'no olamiga bir kalit bo’ldi.

Misol olami son-sanoqsiz suratga oluvchi asboblar va xar bir asbob chegarasiz dunyoviy hodisalarni bir paytda umuan aralashitirmasdan olayotganini ko’rdim. Minglab dunyo qadar katta va keng uxroviy va foniy kinoning foniy va davomsiz hollari va vaziyatlarini, o’tkinchi hayotlarining mevalarini abadiy tomoshagohlarda va Jannatda abadiy saodat sohiblariga dunyo mojarolarini va eski xotiralarini lavhalari bilan ko’ziga ko’rsatish uchun juda katta suratgir uskunasi ekanini bildim. {(Izoh) Ammo zohir haqiqatlar kabi kuchli burhonlar va hujjatlar bilan isbotlashga vaqt va zamin, holat va vaziyat izn bermagani uchun tugatildi.}

Lavhi Mahfuzning ham misol olamining ham ikki hujjati va ikki kichik namunasi va ikki nuqtasi - inson boshidagi xotira hissi va xayol hissi moshdek kichik bo’lsada, umuman aralashtirmasdan, mukammal intizom bilan ichida katta kutubxonachalik ma'lumot yozilishi qat'iy isbotlaydiki, ikki hisning buyuk va katta namunalarimisol olamibilanLavhi Mahfuzdir.Havo va suv unsurlariga, xossatan nutfalarning suvi va havo unsuri tuproq unsuridan ancha ustun, anchayin hikmat va iroda bilan, qadar va qudrat qalami bilan yozilishiga, tasodif va ko’r quvvatning, kar tabiatning, jonsiz va nishonsiz sabablarning aralashishi yuz daraja imkonsiz va hech bir jihatda mumkin emasligini, Hakimi Zuljalolning qadar qalami va hikmatining sahifasi ekanligi ilmalyaqiyn orqali qat'iy bilindi.

(Davomi hozircha yozdirilmadi. Barchaga minglab salom.)

O’n To’rtinchi So’z

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

الر ٭ كِتَابٌ اُحْكِمَتْ آيَاتُهُ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِنْ لَدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ

Qur'oni Hakimning va Qur'onning haqiqiy mufassiri bo’lgan hadisning bir qancha yuksak va buyuk haqiqatlariga chiqish uchun taslim va itoati nuqsonli qalblarga yordam beradigan zinapoyalar hukmida u haqiqatlarning bir qancha o’rnaklariga ishora qilamiz. Xotimasida ibrat darsi va inoyat siri bayon etiladi. U haqiqatlardan Hashr va Qiyomatning o’rnaklari O’ninchi So’zda, bilxossa To’qqizinchi Haqiqatida zikr etilgani uchun takrorlashga ehtiyoj yo’q. Faqat boshqa haqiqatlardan namuna sifatida "Besh masala"ni aytib o’tamiz.

Birinchisi:Masalan: خَلَقَ السَّموَاتِ وَالْاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّام

"Olti kunda osmonlar va yerni yaratdik" deyish orqali balki ming va ellik ming yil kabi uzun zamondan iborat bo’lgan Qur'on kunlari bilan inson dunyosi va hayvonot olami olti kun yashashiga ishora qilgan yuksak haqiqatiga qanoat hosil qilish uchun, bir kun hukmida bo’lgan xar bir asrda, xar bir yil, xar bir kunda Fotiri Zuljalolning yaratgan oquvchi olamlarni, kezuvchi koinotlarni, o’tkinchi dunyolarni guvohlar e'tiboriga ko’rsatamiz. Go’yo insonlar kabi dunyolar xar biri musofirdir. Xar mavsumda Zoti Zuljalolning amri bilan olam to’ladi, bo’shaladi.

Ikkinchisi:Masalan:

وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍ ٭ وَكُلَّ شَيْءٍ اَحْصَيْنَاهُ فِى اِمَامٍ مُبِينٍ ٭ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِى السَّموَاتِ وَلَا فِى الْاَرْضِ وَلَا اَصْغَرُ مِنْ ذلِكَ وَلَا اَكْبَرُ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍ

kabi oyatlarning ifoda qiladiki: "Butun ashyolar, butun holatlari bilan vujudga kelmasdan va kelgandan so’ng, ketgandan so’ng yozilgan, yoziladi va yozilmoqda." deb oliy haqiqatiga qanoat hosil qilish uchun Naqqoshi Zuljalol ro’yi zamin sahifasida, xar mavsumda, boxusus bahorda almashtirgan nihoyatsiz intizomli maxluqotning vujudining mundarijasini, hayot yo’lini, harakati dasturini urug’ida, danagida, ildizida ma'naviy suratda qo’ygan va muhofaza etganini, yo’q bo’lgandan so’ng mevasida aynan qadar qalami bilan, oddiy urug’chalariga ma’nan yozganini, hatto xar o’tkinchi bahorda, ho’l-quruq nima bo’lsa, oz sonli zarracha va suyak bo’lgan urug’da, o’lgan o’tinda mukammal intizom bilan muhofaza qilganini guvohlar e'tiboriga ko’rsatmoqdamiz. Go’yo xar bahor bir gul kabi, o’ta intizomli va o’lchovli tarzda zamin yuziga bir Jamiyl va Jaliylning qo’li bilan taqilib uziladi, qo’yilib olinadi. Demak bu haqiqat ekan: Qadar qalamining sahifasi bo’lgan Lavhi Mahfuzning faqat bir aksining jilvasi, Rabboniy san'at mundarijasi, g’aflatdagilarning tilida "tabiat" deyilgan fitriy kitobatni, san'at naqshini, ta’sirga bo’ysungan hikmat jadvalini "yaratuvchi tabiat" deb manba’ va yaratuvchi qabul etishi, insonning eng ajib zalolati hisoblanadi. اَيْنَ الثَّرَا مِنَ الثُّرَيَّا Haqiqat qayerda? G’aflat ahlining qabul qilgan narsasi qayerda?

Uchinchisi:Masalan, hamala-i arsh va yer va osmonlarning vazifa yuklangan farishtalari va boshqa bir qism malaklar haqida Sodiq Muxbir tasvir qilgan, masalan qirq ming boshli, xar bir boshida qirq ming tili bo’lgan, xar bir tilida qirq ming tasbehot qililishini, intizom, kulliyat va qulligining kengligini ifodalagan haqiqatga chiqish uchun shunga diqqat qilgin: Zoti Zuljalol

تُسَبِّحُ لَهُ السَّموَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ ٭ وَ سَخَّرْنَا الْجِبَالَ يُسَبِّحْنَ مَعَهُ ٭ اِنَّا عَرَضْنَا الْاَمَانَةَ عَلَى السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ وَالْجِبَالِ

kabi oyatlar bilan ochiqchasiga aytyaptiki: Mavjudotning eng buyugi va kulliyi, o’z kulliyatiga ko’ra va azamatiga munosib tarzda tasbeh qilganini ko’rsatadi va shunday ko’rinadi. Bir tasbeh aytuvchi dengiz bo’lgan shu osmonlarning tasbeh kalimalari quyoshlar, oylar, yulduzlar bo’lgani kabi, hamd va tasbeh aytuvchi qush bo’lgan bu zaminning tahmid lafzlari hayvonlar, o’simliklar va daraxtlardir.

Demak xar bir daraxtning, xar bir yulduzning kichik tasbehlari bo’lgani kabi, zaminning ham, xar bir qit'asining ham, xar bir tog’ va daryoning ham, quruqlik va dengizining ham, osmonlardagi xar bir falakining ham, xar bir burjining ham kulliy tasbehlari bor. Ushbu minglab boshi bo’lgan zaminning xar bir boshida yuz minglab til hisoblangan va xar bir tilda yuz ming tarzda tasbehot gullarini, tahmidot mevalarini misol olamida tarjimonlik qilib ko’rsatadigan va ruhlar olamida misol sifatida e'lon qiladigan, unga ko’ra albatta bir vazifador farishtasi bor.

Ha, ko’p sonli ashyolar bir jamoat shakliga kirsa, bir ma'naviy shaxs bo’ladi. Agar jamiyat uyushib birdamlik shaklini olsa, uni misol qiladigan ma'naviy shaxs bir jihatda ma'naviy ruhi va tasbehga aloqador vazifasini qiladigan buyruq olgan farishta bo’ladi. Demak qara. Misol sifatida ushbu Barla qishlog’ining, shu tog’ tilining muazzam so’zi bo’lgan uyimizning yonidagi chinor daraxtiga qara, ko’r: Daraxtning uch boshining xar boshida necha yuz shox tillari bor va xar tilda qara, necha yuz o’lchovli muntazam meva so’zlari bor va xar mevaga e'tibor ber, necha yuz qanotli o’lchovli urug’cha harflari, كُنْ فَيَكُونُ amriga sohib Sone'i Zuljaloliga naqadar balog’atli madh va tushunarli tasbeh aytganini eshitganing, ko’rganing kabi, unga vazifador farishta ham, unga ko’ra ma'no olamida ko’p tillari bilan tasbehotini misol qiladi va hikmatan shunday bo’lishi kerak.

To’rtinchisi:Masalan:

ِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ وَمَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ ٭ وَ نَحْنُ اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ ٭ تَعْرُجُ الْمَلئِكَةُ وَالرُّوحُ اِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ اَلْفَ سَنَةٍ

kabi oyatlarning ifoda etgan yuksak haqiqatlarga, Qodiyri Mutlaq shu daraja oson va tezlik bilan, ishga kirishmasdan va tegilmasdan narsalarni xalq etadiki, faqat bir amr bilan ijod qilishi ko’rinmoqda, tushunilmoqda.

Yana Sone'i Qodiyr bag’oyat san'atli asarlarga yaqindir, lekin san'atli asarlar Undan o’ta uzoqdir. Nihoyatsiz kibriyosi bilan birga, o’ta juz'iy va kichik ishlarni ham, ahamiyat bilan tartiblaydi va san'at go’zalligidan xorij qoldirmaydi.

Qur'onning bu haqiqatiga, mavjudotda ko’ringan mutlaq osonlik ichida eng mukammal intizom guvohlik qilgani kabi, quyidagi misol ham uning hikmatining sirini ko’rsatadi.

وَ لِلّهِ الْمَثَلُ الْاَعْلَى

Sone'i Zuljalolning eng go’zal ismlaridan Nur ismining xira bir oynasi bo’lgan Quyoshning Rabboniy amr va Ilohiy bo’ysundirish bilan sazovor bo’lgan vazifalari shu haqiqatni inson fahmiga quyidagicha yaqinlashtiradi:

Quyosh yuksakligi bilan barobar butun shaffof va porloq narsalarga bag’oyat yaqin, balki ularga o’zlaridan ham yaqin ekani, jilvasi, timsoli va tasarrufga o’xshash ko’p jihatlar bilan ularni ta'sir ostiga olgan. Shaffof narsalar esa Undan minglab yil uzoqdir. Uni hech bir jihatda ta'sir ostiga ololmaydi, yaqinlik da'vo qila olmaydilar.

Quyosh xar bir shaffof zarraga, hatto ziyosi qayerga yetgan bo’lsa u yerda hozir va nozir bo’lganidek, u zarraning qobiliyat va rangiga ko’ra Quyoshning aksi va bir turdagi timsoli ko’rinishi bilan tushuniladi.

Quyoshning nuroniyligining buyukligi darajasida qamrovi, ta’siri ko’payadi. Nuroniyatining buyukligidan, eng kichik narsalar undan yashirinib qocha olmaydi. Demak, kibriyosining azamati juz'iy va kichik narsalarni nuroniyat siri orqali tashqarida qoldirish emas, aksincha qamrovi doirasiga oladi.

Quyoshni, sazovor bo’lgan jilvalarida va vazifalarida farazan o’z xohishiga ko’ra ta’sir qilishini faraz qilsak, shu daraja osonlik, tezlik va kenglik ichida zarradan, qatradan, dengiz yuzidan sayyoralargacha Ilohiy izn bilan shunday ishlayaptiki, buyuk tasarruflarni yolg’iz bir amrning o’zi bilan bajaradi deb xayolga keltirish mumkin. Zarra bilan sayyora Uning amri qarshisida tengdir. Dengiz yuziga bergan fayzni zarraga ham qobiliyatiga ko’ra mukammal intizom bilan beradi. Osmon dengizining yuzida ziyodor bir pufakcha va Qodiyri Mutlaqning Nur ismining jilvasiga xira bir oynacha bo’lgan shu quyoshning, shu haqiqatning uch asosining namunalariga shubhasiz sazovor bo’lganini ko’ryapmiz.

Albatta quyoshning nur va harorati - ilm va qudratiga nisbatan tuproq kabi xira hisoblangan, "Nuru-n Nur, Munavviru-n Nur, Muqaddiru-n Nur" bo’lgan Zoti Zuljalol hamma narsaga ilm va qudrati bilan nihoyatsiz yaqin, hozir va nozirdir. Ashyolar esa Undan o’ta uzoq ekaniga va qiyinchiliksiz, ishga kirishmasdan, osonlik bilan ishlarni shu darajada qiladiki, yolg’iz amr qilishning tezlik va osonligi bilan ijod qiladi. Buni tushunilganiga, ham hech narsa, juz'iy-kulliy, kichik-katta qudrati doirasidan tashqariga chiqmaganiga va kibriyosi ihota etganiga shuhud darajasida iymoniy yaqiyn bilan iymon etamiz va iymon keltirish kerak.

Beshinchisi:

وَمَا قَدَرُوا اللّهَ حَقَّ قَدْرِهِ وَالْاَرْضُ جَمِيعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَالسَّموَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ

oyatidan to

وَاعْلَمُوا اَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ

ga qadar...

اَللّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ

oyatidan to

يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ

gacha...

خَلَقَ السَّموَاتِ وَالْاَرْضَ

oyatidan

خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ

oyatiga qadar...

مَا شَاءَ اللّهُ لَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّهِ

oyatidan

وَمَا تَشَاؤُنَ اِلَّا اَنْ يَشَاءَ اللّهُ

oyatiga qadar rububiyati azamatining hududlari va uluhiyatining kibriyosi tutib turgan Azal va Abad Sultoni, shu ojiz va nihoyatsiz zaif va nihoyatsiz faqir va nihoyatsiz muhtoj va yolg’iz bir juz'iy ixtiyor bilan yaratishga qobiliyati bo’lmagan zaif kasb bilan jihozlangan Bani Odamga Qur'onning shiddatli shikoyatlari, azim tahdidlari va mudhish qo’rqitishlari qanday hikmatga binoan va qaysi jihatdan muvofiq keladi, qanday suratda munosib bo’ladi, degan savollarga chuqur va yuksak haqiqatga qanoat hosil qilish uchun quyida keladigan ikki misolga qara:

Birinchi Misol:Masalan shohona bir bog’ bo’lsa. Unda sanoqsiz mevali va guldor san'atli asarlar bor. Uni nazorat qilish uchun juda ko’p xizmatchilar ta'yin etilgan. Bir xizmatkorga bog’ga tarqaladigan va ichiladigan suvning yo’lidagi teshikning qopqog’ini ochish vazifasi yuklangan. Lekin u tanballik qilib, teshikning qopqog’ini ochmadi. Bog’ning yetilishiga xalal keldi va yoki quridi. Shunda Xoliqning Rabboniy san'atidan, Sultonning shohona nazoratidan, ziyo, havo va tuproqning qullik xizmatidan boshqa butun xizmatchilarning u betayindan shikoyat qilishga haqqi bo’ladi. Chunki xizmatlarini natijasiz qoldirdi yoki zarar keltirdi.

Ikkinchi Misol:Katta bir Sultonning kemasida oddiy odam kichik vazifani tark etishi orqali butun kemadagi xodimlar xizmatining natijasiga halal keltirgani uchun va ba'zan mavh etgani uchun, barcha xodimlar nomidan kema sohibi undan qattiq shikoyat qiladi. Zarar keltirgan odam: "Men oddiy odamman, kichik e'tiborsizligim sababli bunday g’azabga loyiq emas edim", deya olmaydi. Chunki bitta yo’qlik hadsiz yo’qliklarni keltirib chiqaradi. Lekin vujud o’ziga ko’ra samara berar. Chunki bir narsaning borligi butun sharoit va sabablarning borligiga bog’liq. Uning yo’qligi, yo’q bo’lishi bir shartning yo’q bo’lishi va bir qismning yo’qligi bilan natijasi e'tibori bilan yo’qlikka ketgan bo’ladi. Shuning uchun: "Buzish ta'mirdan juda ko’p marta oson ekani" hammaga ma'lum bir dasturga aylangan.

Modomiki kufr va zalolat, tug’yon va ma'siyatning asoslari inkor va rad etish, tark qilish va qabul qilmaslik ekan, zohiran naqadar musbat va vujudli ko’rinsada, haqiqatda yo’qlik, adamdir. Shunday ekan u yuqumli jinoyat hisoblanadi. Boshqa mavjudotning amallari natijasiga halal bergani kabi Ilohiy ismlarning jamollari jilvasiga ham parda tortadi.

Demak, hadsiz shikoyatga haqqi bo’lgan mavjudot nomidan, mavjudotning sultoni osiy insondan azim shikoyat qiladi. Bu ayni hikmat va u osiy shiddatli tahdidlarga albatta haqdor va dahshatli jazo bilan qo’rqitishga, shubhasiz loyiqdir.

* * *

XOTIMA

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَمَا الْحَيٰوةُ الدُّنْيَٓا اِلَّا مَتَاعُ الْغُرُورِ

G’ofil kallaga bir to’qmoq va bir ibrat darsi.

Ey, g’aflatga sho’ng’ib, bu hayotni shirin ko’rib, oxiratni unutib, dunyoga talbgor bo’lgan badbaxt nafsim! Bilasanmi, nimaga o’xshaysan? Tuyaqushga... U ovchini ko’radi lekin ucha olmaydi, ovchi uni ko’rmasin deb boshini qumga suqadi. Kattakon gavdasi esa tashqarida. Ovchi uni ko’radi. Lekin u ko’zini qumda yumgan, ko’rmaydi.

Ey nafs! Bu misolga qara, butun diqqatni dunyoga qaratish - aziz lazzatning qanday qilib qiynaydigan azobga aylantirishini ko’r.

Masalan, bu qishloqda (ya'ni Barlada) ikki odam bor. Birining yuzdan to’qson to’qqiz do’stlari Istanbulga ketgan. Chiroyli hayot kechirishyapti. Lekin u bir o’zi bu yerda qolgan. U ham u yerga ketadi. Shuning uchun bu odam Istanbulga mushtoq, u yerni o’ylaydi. Do’stlarga qovushishni istaydi. Qachonki unga: "U yerga bor!", deyilsa, sevinib, kulib ketadi. Ikkinchi odam esa, yuzdan to’qson to’qqiz do’stlari bu yerdan ketgan. Bir qanchasi yo’q bo’lgan. Bir qismi na ko’radigan, na ko’rinadigan yerlarga ketgan. Abgor bo’lib ketishgan, deb o’ylaydi. Bu bechora ulrning barchasining o’rniga faqat bir musofir bilan ovunib tasalli topishni istaydi. Bu orqali qiynovchi firoq azobini yopishni istaydi.

Ey nafs! Boshda Habibulloh (s.a.v.), barcha do’stlaring qabrning narigi tarafidalar. Bu yerda qolgan bir-ikkitasi esa, ular ham ketishyapti. O’limdan cho’chib, qabrdan qo’rqib, boshingni o’girma. Qabrga mardona qara, tingla, nimani talab qilyapti. Erkakchasiga o’limning yuziga kul. Qara, nimani istayapti. Zinhor g’ofil bo’lib, ikkinchi odamga o’xshama.

Ey nafsim! "Davr o’zgargan, asr boshqalashgan, hamma dunyoga sho’ng’igan, hayotga topinyapti. Tirikchilik dardi bilan sarxush", dema. Chunki o’lim o’zgarmayapti. Firoq boqiy emas. Bashariy ojizlik, insoniy faqirlik o’zgarmayapti, ko’payyapti. Inson yo’lovchiligi tugamayapti, tezlashyapti.

Yana "Men ham hamma kabiman", dema. Chunki, boshqalar senga qabr eshigigacha sheriklik qiladi. Musibatda hamma bilan birga bo’lish, degan tasalli esa qabrning narigi tarafida umuman asossiz. O’zingni egasiz ham hisoblama. Chunki bu dunyo musofirxonasiga hikmat nazari bilan qarasang, hech bir narsani nizomsiz, g’oyasiz ko’rmaysan. Qanday qilib sen nizomsiz, g’oyasiz qolishing mumkin?! Zilzila kabi voqealar olamdagi hodisalar tasodif o’yinchog’i emasligini ko’rsatadi. Masalan, zaminga nabotot va hayvonot turlaridan kiydirilgan bir-biri ustida, bir-biri ichida g’oyat muntazam va g’oyat naqshinkor ko’ylaklar - boshdan oyoq g’oyalar bilan, hikmatlar bilan bezalgan, jihozlanganlarini ko’rib, o’ta oliy g’oyalar ichida mukammal intizom bilan majzub Mavlaviydek doira aylantirishini inson biladi. Lekin bani Odamdan, xususan ahli iymonning bir qism g’aflatli xunuk xatti-harakatlarning ma'naviy og’irligidan yer kurrasi yelka silkitishiga o’xshagan zilzila, {(Hoshiya) Izmirning zilzilasi munosabati bilan yozilgan.} o’lim kabi hayotiy hodisalarini, bir dinsiz kimsa g’oyasiz, tasodifiy deb o’ylab, barcha jabrdiydalarning ayanchli yo’qotishlarini evazsiz, foydasiz ketgan deb nashr orqali ko’rsatib, mudhish bir umidsizlikka tushiradi.

Ham ulkan xato, ham ulkan zulm qiladi. Aslida bunday hodisalar bir Hakimi Rahimning amri bilan ahli iymonning foniy molini sadaqaga aylantirib boqiylashtirish va ne'matga nonko’rlik qilgani uchun gunohlarga kafforatdir.

Bir kun keladi, shu itoatli zamin yuzining ziynati bo’lgan insonlarning hatti harakatlarini shirk aralash, shukrsiz, xunuk deb topib, Xoliqning amri bilan ulkan zilzila orqali butun yuzini sidiradi, tozalaydi. Allohning amri bilan ahli shirkni jahannamga to’kadi. Ahli shukrga: "Qani, jannatga marhamat qiling", deydi.

* * *

O’N TO’RTINCHI SO’ZNING ILOVASI

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اِذَا زُلْزِلَتِ الْاَرْضُ زِلْزَالَهَا وَاَخْرَجَتِ الْاَرْضُ اَثْقَالَهَا وَ قَالَ الْاِنْسَانُ مَالَهَا يَوْمَئِذٍ تُحَدِّثُ اَخْبَارَهَا بِاَنَّ رَبَّكَ اَوْحَى لَهَا الخ

Bu sura, Yer Kurrasi harakat va zilzilasida vahiy va ilhomga binoan amr ostida tebranishini qat'iyan ifoda qiladi. Ba'zan esa titraydi.

Ma'naviy va ahamiyatli bir tarafdan, hozirgi zilzila munosabati bilan berilgan olti-yetti kichik savolga, qalbga yana ma'naviy eslatma yordamida berilgan javoblar keldi. Batafsil yozishni necha bor niyat qilsamda, izn berilmadi. Faqat qisqacha va xulosa tarzida yoziladi.

Birinchi Savol:Bu buyuk zilzilaning moddiy musibatidan ham alamli, zilzila davomidagi ma'naviy musibat hisoblangan qo’rquv va g’am qayg’u butun mamlakatda aksariyat xalqning tungi istirohatini buzib, dahshatli azob berishining sababi nima?

Yana ma'naviy javob: Ramazoni Sharifning tarovih vaqtida, radio orqali kamoli sevinch va surur bilan, sarxushlarcha, o’ta havas bilan qo’shiqlar kuylanishi va ba'zan qizlarning tovushlari bilan bu muborak Islom markazining xar burchagida jozibali eshittirilishi natijasida bu qo’rquv azobini berdi deyildi.

Ikkinchi Savol:Nima uchun bu samoviy to’qmoq kofirlarning mamlakatida ularning boshlariga kelmayapti? Bechora musulmonlarga kelmoqda?

Javob: Buyuk xatolar va jinoyatlar kechiktirilib katta markazlarda, kichik jinoyatlar esa tezlashtirilib kichik markazlarda berilgani kabi, muhim bir hikmatga binoan, kufr ahlining jinoyatlarining asosiy qismi Mahshargohdagi Buyuk Mahkamaga qoldirilyapti, iymon ahlining xatolarining jazosi esa qisman bu dunyoda beriladi.

{(Izoh) Rus kabi millatlar (bu ta’bir SSSR davri Rusiyasiga tegishli), hukmi tugagan va o’zgartirib yuborilgan bir dinni tark etib, haq, abadiy va hukmi tugamagan dinga xiyonat qilish darajasida Allohni g’azablantirmagani uchun, hozircha zamin ularni qo’yib bularga shiddatlanyapti.}

Uchinchi Savol:Ba'zi shaxslarning xatosi tufayli kelgan bu musibat mamlakatda bir daraja umumiy shakl olganining sababi nima?

Javob: Umumiy musibat aksariyatning xatolari tufayli yuzaga keladi. Bunga binoan, zolim shaxslarning harakatlariga aksariyat insonlar o’z xatti-harakatlari bilan, yoki ularni ma'qullash orqali yoki ularga yon bosish bilan tarafdor bo’lgani sababli ma'nan ishtirok etadilar, ommaviy musibatga sababchi bo’ladilar.

To’rtinchi Savol:Modomiki bu zilzila musibati xatolarning natijasi va gunohlarning kafforati ekan, ma'sumlarning va begunohlarning u musibat ichida yonishining sababi nima? Allohning adolati bunga qanday yo’l qo’yadi?

Yana ma'naviy tarafdan javob: Bu masala taqdir masalasiga taalluqli bo’lgani uchun, Qadar Risolasiga havola qilib, bu yerda shuning o’zi aytildi:

وَاتَّقُوا فِتْنَةً لَا تُصِيبَنَّ الَّذِينَ ظَلَمُوا مِنْكُمْ خَاصَّةً

Ya'ni: "Shunday bir balo va musibatdan saqlaningizki, u kelgan vaqt faqatgina zolimlarga xos bo’lib qolmay, ma'sumlarni ham yoqadi".

Bu oyatning siri quyidagicha: Bu dunyo tajriba va imtihon maydonidir, taklif va mujohada diyoridir. Imtihon va taklif, musobaqa va mujohada bilan Abu Bakrlar a'loyi illiyinga chiqishi, Abu Jahllar esa asfali sofiliynga tushishi uchun haqiqatlarning yashirin qolishini taqozo qiladi. Agar ma'sumlar bunday musibatlarda sog’lom qolsaydi, Abu Jahllar aynan Abu Bakrlar (R.A.) kabi taslim bo’lib, mujohada va ma'naviy taraqqiyot eshigi yopilar va taklif siri buzilar edi.

Modomiki, mazlumning zolim bilan birga musibatga tushishi Ilohiy hikmatga binoan kerak ekan, bechora mazlumning rahmat va adolatdan qanday hissasi bor?

Bu savolga javoban aytildiki: Musibatdagi g’azab va shiddat ichida ularga bir rahmat jilvasi bor. Chunki ma'sumlarning foniy mollari ular nomidan sadaqa bo’lib, boqiy bir mol hukmiga o’tadi. Foniy hayotlari esa boqiy hayot qozontiradigan darajada bir nav’ shahidlik bo’ladi. Nisbatan oz va vaqtinchalik mashaqqat va azobdan buyuk va doimiy yutuqni qozontirgan bu zilzila ular uchun g’azab ichida rahmatdir.

Beshinchi Savol:Odil va Rahiym, Qodiyr va Hakiym bo’lgan Zot nima uchun xususiy xatolarga xususiy jazo bermay, ulkan bir unsurni, ya'ni yerni hujum qildiradi. Bu hol rahmatining jamoliga va qudratining qamroviga qanday qilib muvofiq keladi?

Javob: Qodiyri Zuljalol xar bir unsurga ko’p vazifalar bergan va xar bir vazifa ko’p natijalar beradi. Bir unsurning birgina vazifasida, birgina natijasi xunuk, yomon va musibat bo’lsada, boshqa xayrli natijalari bu natijani ham xayrga aylantiradi.

Agar ushbu bitta xunuk natija vujudga kelmasligi uchun, insonga g’azab qilgan unsur u vazifadan man’ etilsa, u natijalar sanog’icha xayrlar tark etiladi va kerakli xayrni qilmaslik yomonlik bo’lgani sababli, xayrlar sanog’icha yomonliklar qilingan hisoblanadi. Bitta yomonlik kelmasin deb bunday qilish o’ta xunuk hamda hikmat va haqiqatga xilof, nuqsondir. Qudrat, hikmat va haqiqat nuqsondan pokdir.

Modomiki bir qism xatolar unsurlarni va yerni g’azabga keltiradigan darajada ulkan isyon va ko’p maxluqlarning huquqiga haqoratli tajovuz hisoblanar ekan, albatta jinoyatning haddan tashqari xunukligini ko’rsatish uchun, ulkan unsurga, umum vazifalari ichida: "Ularni tarbiyalab qo’y", deb amr berilishi ayni hikmat, adolat va mazlumlarga ayni rahmatdir.

Oltinchi Savol:G’aflatdagilar zilzilaning Yer Kurrasi ichidagi ma'danlar inqilobining natijasi ekanini jar soladi. Xuddi tasodifiy, tabiiy va maqsadsiz hodisa sifatida qaraydi. Bu hodisaning ma'naviy sabablarini va natijalarini ko’rmaydiki, ko’zlari ochilsa. Ular suyangan moddiy jihatning biror haqiqati bormi?

Javob: Zalolatdan boshqa hech qanday haqiqati yo’q. Chunki xar yili ellik milliondan ko’proq naqshli, intizom bilan liboslarni kiygan va yangilab turgan Yer Kurrasining ustidagi minglab turlardan bittasi: masalan, pashsha sinfining sanoqsiz vakillaridan bir vakilining yuzlab a'zolaridan bitta a'zosi bo’lgan qanotining maqsad, iroda, xohish va hikmat jilvasiga sazovorligi, unga nisbatan loqayd qolmagani va o’z-o’ziga tashlab qo’ymagani hadsiz jonzotlarning beshigi, onasi, panogohi va homiyi bo’lgan ulkan Yer kurrasining ahamiyatli faoliyat va holatlarigina emas, balki hech bir narsasi, kichik bo’lsin, katta bo’lsin, Ilohiy iroda, ixtiyor va maqsaddan tashqarida emasligini ko’rsatadi. Biroq Qodiyri Mutlaq, hikmatining taqozosi bilan, zohiriy sabablarni o’z tasarrufiga parda qiladi. Zilzilani iroda qilgan vaqti ba'zi ma'danlarni harakatlanishga buyurib, olovlantiradi.

Boringki, ma'danlarning inqiloblari bo’lsa ham, baribir Ilohiy amr va hikmat bilan yuzaga chiqadi, boshqa tarzda bo’lmaydi. Masalan, bir kishi miltiq bilan birovni otdi. Otgan odamga umuman e'tibor bermay, butun diqqat e'tiborni faqat miltiqning ichidagi poroxning o’t olish nuqtasigagina qaratilsa, bechora o’ldirilgan odamning huquqini butunlay toptaladi. Bu holat naqadar ablahlik va devonalik bo’lsa, shuning kabi Qodiyri Zuljalolning itoatli bir xizmatkori, balki kemasi, tayyorasi bo’lgan Yer kurrasining ichida sodir bo’lgan, hikmat va iroda bilan yig’ilgan bir bombani, "g’aflat va tug’yondagilarning ko’zini ochish uchun o’t och" deb buyurilgan Rabboniy amrni unutish va tabiatga yoyish ahmoqlikning eng jirkanchidir.

Oltinchi savolning davomi va izohi:Zalolatdagilar va dinsizlar tutgan yo’lini muhofaza qilish va iymon ahlining uyg’onishiga to’siq bo’lish uchun shunday g’arib qaysarlik va ajib ahmoqlik qiladiki, insonni inson bo’lganiga pushaymon qiladi.

Masalan: So’nggi vaqtlarda insonlarning bir daraja ommaviy shakl olgan zulmli, zulmatli isyonidan koinot va barcha unsurlar qizishgani, hamda yer va osmonlar Xoliqi xususiy Rububiyati bilan emas, balki butun koinotning, butun olamlarning Rabbi va Hokimi bo’lgan jihati bilan umumiy va keng ko’lamda o’zini bildirib, butun koinotda va rububiyatning umumiy doirasida insoniyatni uyg’otish, dahshatli tug’yonidan voz kechirish va ular tanishni istamagan koinot Sultonini tanitish uchun o’xshashi yo’q, to’xtatib bo’lmaydigan suv, havo va elektrdan zilzilani, to’fonni va ommaviy urushlar kabi umumiy va dahshatli ofatlarni chiqarib, ular bilan insoniyatning yuziga urdi. Bu orqali Hikmatini, Qudratini, Adolatini, Qayyumiyatini, Irodasini va Hokimiyatini o’ta zohiriy suratda ko’rsatdi. Inson suratidagi bir qancha ahmoq shaytonlar umumiy Rabboniy ishoralar va Ilohiy tarbiyaga nisbatan ablahcha inkor orqali qarshi chiqib: "Tabiat ishi, moddaning portlashi, tasodifiy. Quyoshning harorati bilan elektrning to’qnashuvi. Butun mashinalarni Amerikada besh soat to’xtatib qo’ygan va Qastamo’nu viloyatining osmonida va havosida samoni qizartirib, yong’inga aylandi" deb, ma'nosiz safsata sotishyapti. Zalolatdan kelgan cheksiz jaholat va dinsizlikdan kelib chiqqan xunuk qaysarlik tufayli, sabablar faqat bahona, bir parda ekanini bilishmaydi. Tog’dek archa daraxtining jihozlarini to’qish va yetishtirish uchun bir qishloq kattaligida yuz fabrika va dastgoh zarurligiga qaramasdan, kichik danakni ko’rsatib: "Bu daraxt shundan chiqqan" deb, Sone'ning archada ko’rsatgan minglab mo’'jizasini inkor qilgani singari, ba'zi zohiriy sabablarni ko’rsatadi. Xoliqning ixtiyor va hikmat bilan yuritayotgan juda buyuk rububiyat faoliyatini yo’qqa chiqaradi. Ba'zan juda chuqur va bilib bo’lmaydigan, juda ahamiyatli, ming jihatda hikmatli bir haqiqatga fanda bir nom beradi. Go’yo u nom orqali mohiyati anglashilib, oddiylashib, hikmatiz, ma'nosiz bo’lib qolgandek.

Xullas kel! Ablahlik va ahmoqlikning nihoyatsiz darajalarini ko’r. Ular yuz sahifa bilan ta'riflansa va hikmatlari bayon etilsa ham, tamoman bilinishi qiyin bo’lgan chuqur va keng noma'lum haqiqatga nom beradi, ma'lum narsadek "Bu falon narsa," deydi. Masalan, quyoshning bir moddasi bilan elektrning to’qnashuvidir.

Umumiy iroda, ixtiyor va butun turlarga hokimlikning unvonlari bo’lgan va "Odatulloh" nomi bilan bilingan fitriy qonunlarning birini, xususiy va qasdiy rububiyat hodisasi sifatida ko’rsatib, uni umumiy qonunlardan ajratib qo’yadi. Bu ajratish orqali uning munosabatini ixtiyoriy irodadan kesadi. So’ng tutib tasodifga, tabiatga havola qiladi. Abu Jahldan ham ko’proq nodonlik qiladi. Bamisoli bir askarning yoki bir qo’shinning jangda qozongan zafarini, faqat askarlik nizomi va qonuniga bog’lab, qo’mondonidan, podshohidan, hukumatidan va maqsadli harakatlardan aloqasini uzgan odam singari osiy devonaga aylanadi.

Hamda bir danakdan mevali daraxt yaratilgani kabi o’ta mo’'jizali bir usta tirnoqdek o’tin bo’lagidan yuz kilolik turli taomlarni, yuz arshin xilma hil gazmollarni chiqarsa, bir odam u o’tin bo’lagini ko’rsatib "Ular bundan tabiiy va tasodifiy tarzda chiqqan" deb, ustaning ajib san'atlarini, hunarlarini yo’qqa chiqarishi qay daraja ahmoqlik bo’lsa, aynan shuningdek...

Yettinchi savol:Yer bilan bog’liq bu hodisa, bu mamlakatning Islomiy aholisiga tegishli ekanini va ularni nishonga olganini qanday anglash mumkin va nima uchun Erzinjon va Izmir taraflariga qattiqroq hujum qilmoqda?

Javob: Bu hodisa ham shiddatli qishda, ham qorong’i kechada, ham dahshatli sovuqda, ham Ramazonning hurmatini joyiga qo’ymagan bu yurtga maxsus kelgani hamda talofatlaridan keyin ham o’ziga kelmagan g’ofillarni yengil uyg’otish uchun zilzilaning davom etishi ko’p belgilarining dalolati orqali bu hodisa iymon ahlini nishonga olib, ularga qarab, namozga va niyozga uyg’otish uchun silkinyapti va o’zi ham titramoqda.

Bechora Erzinjon kabi yerlarda ko’proq silkinishining ikki jihati bor:

Biri: Xatolari oz bo’lgani tufayli poklash uchun tezlatildi.

Ikkinchisi: U yerlarda quvvatli va haqiqiy iymon qo’riqchilari, Islomiyat homiylari oz yoki tamoman mag’lub bo’lgan paytda, dinsizlar u yerda kuchli faoliyat markazini ta'sis qilgani tufayli eng avval u yerlarni kaltaklaganining ehtimoli bor.

لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّهُ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

O’n Beshinchi So’z

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَاءَ الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاطِينِ

Ey astronomiyaning ruhsiz masalalari bilan zehni torlashgan, aqli ko’ziga tushgan va bu oyatning azamatli sirini siqishgan zehniga sig’dira olmagan maktabli afandi! Bu oyatning samosiga yetti zinapoyali bir narvon bilan chiqish mumkin. Kel, barobar chiqamiz!

Birinchi Zinapoya:Zamin kabi samovotning ham o’ziga munosib yashovchilari bo’lishini haqiqat va hikmat taqozo qiladi. Shariat tilida u xar hil turlarga farishta va ruhoniylar ismi berilgan. Ha, haqiqat buni taqozo qiladi. Chunki yer kichikligi va haqorati bilan birga, jonli va idrokli maxluqlardan to’ldirilishi va ora-sira bo’shatilib yangidan idroklilar bilan jonlantirilishiga ishora qiladi. Balki bu muhtasham burjlar sohibi, ziynatli qasrlar hukmidagi samovot ham fahmli va idrokli maxluqlar bilan to’la ekanini ochiqchasiga tushuntiradi. Ular ham inson va jinlar kabi ushbu olam saroyining sayr qiluvchilari, koinot kitobining mutolaa qiluvchilari va rububiyat saltanatining dallollaridir. Chunki koinotni haddu hisobga kelmagan pardozlar va go’zalliklar, naqshlar bilan bezab ziynatlashi shaksiz mutafakkir tahsin etuvchi va hayratda qolgan taqdir etuvchilarning ko’rishlarini taqozo qiladi. Ha, husn albatta oshiqni taqozo qiladi, taom esa och bo’lganga beriladi. Xolbuki inson va jinlar bu nihoyatsiz vazifaga, hashamatli nazoratga va keng qullik vazifasini faqat milliondan birini qila oladi. Demak, sanoqsiz, turli-tuman vazifalar va ibodatga nihoyatsiz farishta nav’lari va ruhoniy jinslar lozim.

Ba'zi rivoyatlarning ishorasi orqali va olam intizomining hikmati asosida deyilabilirki: Bir qancha sayyor jismlar, sayyoralardan tomchilargacha, bir qancha farishtalarning ulovlaridir. Ular bularga Allohning izni bilan minadi, shahodat olamini sayr etib kezadi. Yana bir qancha hayvon badanlari, hadisda "Yashil qushlar" deb nomlangan jannat qushlaridan chivinlargacha bir jinsdagi ruhlarning tayyorasi deyish mumkin. Ularning ichiga Allohning amri bilan kiradi, jismoniyat olamini aylanib jasadlardagi hislarning derazalari orqali jismoniy fitrat mo’'jizasini tomosha qiladi.

Albatta qora tuproqdan va loyqa suvdan doim latofatli hayotni, nuroniyatli idrok sohiblarini yaratgan Xoliqning, albatta ruh va hayotga munosib nur dengizidan va hatto zulmat dengizidan bir qancha fahmli maxluqlari bor. Ular ko’p sonda mavjud. Farishtalar va ruhoniyotning vujudlariga doir "Nuqta" nomli bir risolam va Yigirma To’qqizinchi So’zda ikki karra ikki to’rt aniqligida qat'iy isbot etilgan. Agar istasang, unga murojaat qil.

Ikkinchi Zinapoya:Zamin bilan osmonlar bir hukumatning ikki mamlakati kabi bir-biri bilan aloqadordir. O’rtasida ahamiyatli bog’liqlik va muhim muomalalar bor. Zaminga lozim bo’lgan ziyo va harorat, baraka va rahmat kabi narsalar samodan keladi, ya'ni yuboriladi. Vahiyga tayangan butun samoviy dinlarning ijmo'i bilan va butun ahli kashfning tajribaga tayangan tavoturi bilan, farishta va ruhlar osmondan yerga keladi. Bundan, hisga yaqin qat'iy to’g’ri va aniq sezgi orqali:

Yerda yashaydiganlar uchun osmonga chiqish uchun yo’l mavjudligi bilinadi. Ha, hammaning aqli, xayoli va nazari xar doim samoga chiqishi bilingani kabi: Og’irliklarini tashlagan anbiyo va avliyolar ruhi yoki jasaddan chiqqan mayyitlar ruhi, Allohning izni bilan u yerga boradi. Modomiki yengillik va latofat topganlar u yerga borar ekan, albatta misoliy jasad kiygan, ruhlar kabi bir qancha yer va havoda yengil va latif yashovchilar samoga chiqa oladi.

Uchinchi Zinapoya:Samoning sukut va sukunati, intizom va tartibi, kenglik va nuroniyati ko’rsatadiki: Yashovchilari zaminning yashovchilari kabi emas. Balki butun aholisi mute’dir. Nima amr bo’lsa, uni bajaradi. Bir-biriga qiyinchilik tug’dirish va urushni keltirib chiqaradigan hech qanday sabab yo’q. Chunki mamlakat keng, fitratlar sof, o’zlari ma'sum, maqomlari sobitdir. Zaminda bir-biriga zid narsalar to’plangan. Yomonlar yaxshilarga qo’shilgan, orasida munoqasha boshlagan. Shu sababli ixtilof va iztiroblar tushgan. Undan imtihon va musobaqalar taklif yuklangan, undan yuksalish va tubanlashish chiqqan. Bu haqiqatning hikmati quyidagicha:

Bashar yaratilish daraxtining eng so’ngi mevasidir. Bir narsaning samarasi eng uzoq, eng qamrovli, eng nozik, eng ahamiyatli qismi ekani ma’lum. Shuning uchun olamning samarasi bo’lgan inson eng qamrovli va monandi yo’q, eng ojiz, eng zaif va eng latif qudrat mo’'jizasidir. Uning beshigi va maskani bo’lgan zamin:

osmonga nisbatan moddatan kichikligi va e'tiborsizligi bilan birga ma'nan va san'at jihatida butun koinotning qalbi, markazi,

barcha san'at mo’'jizalarining namoyish qilinadigan joyi, ko’rgazmasi,

Allohning butun ismlarining tajalliylariga sazovor,

jamlanish nuqtasi va nihoyatsiz Rabboniy faoliyatning to’plangan joyi, oynasi va Ilohiy Xalloqiyatning sanoqsiz, xususan nabotot va hayvonotning juda ko’p kichik turlarida boy ijodning asosi va bozori,

oxiratning juda keng olamlaridagi san'atli asarlarning kichik miqyosda namuna qilinadigan joyi,

abadiy to’qimalarning tezlik bilan ishlagan dastgohi,

abadiy manzaralarning o’ta tez almashgan taqlid yeri,

jannat bo’stonlarining urug’chalarida juda tez ko’kargan tor va vaqtinchalik ekinzori va tarbiya yeridir. Demak yerning

{(Izoh) Yer Kurrasi kichikligi bilan birga samovotga qarshi kela oladi. Chunki doimiy bir chashma kirishi yo’q katta ko’ldan katta deyish mumkin bo’lgani kabi. Bir o’lchov jismi bialn bir narsa o’lchab boshqa yerga yuborilgan va uning qo’lidan o’tgan va unga kirgan-chiqqan mahsulot bilan zohiran minglab marta o’lchov jismidan katta va tog’ kabi bir jism orqali o’lchov jismi muvozanaga chiqadi. Aynan shuning kabi: Yer Kurrasi, Janobi Haq uni san'atiga namoyish joyi va ijodiga ko’rgazma, hikmatiga sabab, qudratiga sazovor, rahmatiga guldon, Jannatiga ekinzor, hadsiz koinotga va maxluqot olamlariga o’lchov, moziy dengizlari va g’ayb olamiga oqadigan chashma qilib ijod qilgan. Xar yili qat-qat va ko’p qavatli yuz ming tarzda, san'atli asarlardan to’qilgan ko’ylaklarini almashtirgan va ko’p marta to’lib moziyga bo’shatib g’ayb olamiga to’kkan butun u yangilauvchi olamlarni va yerning turli xil ko’ylaklarini e'tiborga ol. Ya'ni butun o’tmishni hozirdek faraz qil. So’ng tartibli takrorlangan va bir daraja oddiy samovot bilan taqqosla. Yer katta bo’lmasada, kam ham bo’lmasligini ko’rasan. رَبُّ السَّموَاتِ وَ الْاَرْضِ sirini angla.}

ushbu ma'naviy azamatidan va san'at jihatidan ahamiyati sababli, Qur'oni Hakim samovotga nisbatan, buyuk daraxtning kichik mevasi bo’lgan yerni, butun samovotga teng tutyapti. Uni bir pallaga, butun samovotni bir pallaga qo’ymoqda. Takror batakror رَبُّ السَّموَاتِ وَ الْاَرْضِ deydi.

Yerning mazkur hikmatlardan yuzaga kelgan tez almashishi va bardavom o’zgarishi yashovchilarining ham unga ko’ra o’zgarishga sazovor bo’lishini taqozo qiladi. Yana chegaralangan yer hadsiz qudrat mo’'jizalariga sazovor bo’lgani uchun, eng muhim yashovchilari hisoblangan inson va jinlarning hislariga, boshqa jonzotlar kabi fitriy chegara va yaratilishdan chegaralash qo’yilmagani uchun cheklanmagan taraqqiy va nihoyatsiz tubanlashishga sazovor bo’lgan. Anbiyolardan, avliyolardan namrudlarga, shaytonlargacha uzun imtihon maydonlari paydo bo’lgan. Modomiki bunday ekan, albatta fir'avnlashgan shaytonlar, hadsiz yomonliklari orqali samo va osmon ahliga tosh otishadi.

To’rtinchi Zinapoya:Butun olamlarning Rabbi, Mudabbiri va Xoliqi bo’lgan Zoti Zuljalolning, hukmlari juda ko’p turdagi nomlari, unvonlari va eng go’zal ismlari bor. Masalan: Payg’ambarimiz (S.A.V.) sahobalari safida kofirlarga qarshi urushish uchun malaklarni yuborishini taqozo qilgan qaysi ism va unvon bo’lsa, o’sha ism va unvon, malaklar bilan shaytonlar o’rtasida urush bo’lishini, osmondagilarning xayrlilari va yerdagi yomonlarning orasida kurash bo’lishini taqozo qiladi.

Kofirlarning nafs va nafaslari qudrat qo’lida bo’lgan Qodiyri Zuljalol bir amr bilan, bir sa'y bilan ularni mavh etmayapti. Ommaviy Rububiyati unvoni bilan, Hakiym va Mudabbir ismi bilan imtihon va kurash maydoni ochadi. Qiyosda xato bo’lmasin: Bir podshohning hukumat doirasi e'tibori bilan juda ko’p turdagi unvonlari, ismlari bor. Masalan: Adliya doirasi uni "Adolatli Hukmdor" nomi bilan biladi. Harbiylar doirasi uni "Oliy Qo’mondon" sifatida ko’radi. Tashqi ishlar doirasi uni "Xalifa" ismi ila zikr qiladi. Boshqaruv doirasi uni "Sulton" nomi bilan taniydi. Mute’ aholi unga "Marhamatli Podshoh" deydi. Osiy insonlar uni "Qahhor Hokim" deydi. Yana bularga qiyos qil. Ba'zan butun aholi uning qo’lidagi oliy podshoh ojiz, zalil bir osiyni bir amr bilan o’ldirmaydi. Balki Odil Hukmdor ismi orqali mahkamaga yuboradi. Ham kuchli, ham sodiq xodimini iltifotga loyiqligini biladi. Lekin xususiy ilmi bilan, xususiy telefoni orqali unga iltifot qilmaydi. Balki saltanat hashamati va hukumat tadbiri unvoni orqali mukofotga haq qozonishini ko’rsatish uchun musobaqa maydoni ochadi, vaziriga buyruq beradi, aholini tomosho qilishga chaqiradi. Bir siyosiy qarshilash marosimi tuzdiradi. Muhtasham yuksak imtihon natijasida yuksak majlisda uni mukofotlaydi. Loyiqligini e'lon qiladi. Yana boshqa jihatlarni bularga qiyos qil.

وَ لِلّهِ الْمَثَلُ الْاَعْلَى azal va abad sultonining juda ko’p eng go’zal ismlari bor. Allohning buyukligining ko’rinishlari va jamolining namoyon bo’lishi orqali juda ko’p ishlari va unvonlari bor. Nur va zulmat, yoz va qish, Jannat va Jahannamning vujudini taqozo qilgan ism, unvon va ish, nasl qoldirish qonuni, musobaqa qonuni, yordamlashish qonuni kabi juda ko’p umumiy qonunlar kabi, kurash qonunining ham bir daraja ta'minini taqozo qiladi... Qalb atrofidagi ilhomlar va vasvasalarning kurashlaridan samo ufuqlarida farishtalar va shaytonlarning kurashigacha u qonunning qamrovini taqozo qiladi.

Beshinchi Zinapoya:Modomiki yerdan samoga borib kelish bor ekan, samodan yerga tushib chiqish bo’layotgan ekan, dunyoga lozim bo’lgan ahamiyatli narsalar u yerdan yuborilayotgan ekan va modomiki toyyib ruhlar samoga ketayotgan ekan, albatta yomon ruhlar ham, yaxshilarni taqlid qilib samovot mamlakatiga ketishga tashabbus qiladi. Chunki vujudida latofat va yengilliklar bor. Shubhasiz badarg’a va rad etiladilar ham. Chunki mohiyatida yomonlik va yaramasliklari bor.

Yana shak-shubhasiz, muhim muomalaning va bu ma'naviy kurashning shahodat olamida bir alomati, bir ishorasi topiladi. Chunki rububiyat saltanatining hikmati:

Idrok sohibi uchun, boxusus eng muhim vazifasi kuzatuv, shahodat, dallollik va nazorat qilish hisoblanganinsonning,

bahorning cheki yo’q mo’jizalariga yomg’irni ishorat sifatida qo’ygani,

g’aroyib san’at asarlarlariga zoxiriy sabablarni alomat qilgani kabi,

shahodat olami ahlini guvoh ko’rsatishi uchun,

balki u ajib tomoshaga umum samovot va yer ahlining e'tiborini jalb qilishi uchun,

ya'ni katta samovotni, atrofida navbatga tizib, burjlari bezalgan qal'a qilib, shahar suratida ko’rsatib rububiyatining hashamatini tafakkur ettirishi uchun

muhim g’aybiy tasarruflarga ishora qo’yishini, alomat qoldirishini taqozo qiladi.

Modomiki bu buyuk kurashni e'lon qilish hikmat taqozosi bilan lozim ekan, albatta unga bir ishora bor. Lekin osmon va ko’k hodisalari ichida bu e'longa munosib hech bir hodisa ko’rinmaydi. Bundan ham munosibrog’i yo’q. Chunki yuksak qal'alarning mahkam tepasidan otilgan manjiniqlar va ishora o’qlariga o’xshagan yulduz hodisalari shaytonning toshlanishiga naqadar munosib ekani yaqqol tushuniladi. Xolbuki shu hodisaning bu hikmat va maqsaddan boshqa munosib hikmati yo’q. Boshqa hodisalar unday emas. Bu hikmat Odam zamonidan beri mashhur va haqiqat ahli biladi.

Oltinchi Zinapoya:Inson va jinlar nihoyatsiz yomonlikka va bilib inkor qilishga qobiliyatli bo’lgani uchun, nihoyatsiz bir qaysarlik va bir tug’yon qiladi. Shuning uchun Qur'oni Hakim shunday mo’'jizali balog’at, shunday oliy va ochiq uslublar bilan va shunday qiymatli, zohiriy misollar va masalalar bilan insonlar va jinlarni isyon va tug’yondan quvadi, koinotni titratadi. Masalan:

Ey insonlar va jinlar! Amrlarimga itoat etmasangiz, qani mulkim hududidan qo’lingizdan kelsa chiqing degan misoliga ishora qilgan

يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ وَالْاِنْسِ اِنِ اسْتَطَعْتُمْ اَنْ تَنْفُذُوا مِنْ اَقْطَارِ السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ فَانْفُذُوا لَا تَنْفُذُونَ اِلَّا بِسُلْطَانٍ ٭ فَبِاَىِّ آلَاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ ٭ يُرْسَلُ عَلَيْكُمَا شُوَاظٌ مِنْ نَارٍ وَ نُحَاسٌ فَلَا تَنْتَصِرَانِ

oyatidagi azamatli qo’rqitishga, dahshatli tahdidga va shiddatli quvishga diqqat qil. Inson va jinlarning o’ta mag’rur qaysarliklarini g’oyat mo’'jizona balog’at bilan sindiradi. Ojizliklarini e'lon qiladi. Rububiyat saltanatining kengligi va azamati nisbatida naqadar ojiz va bechora ekanini ko’rsatadi. Go’yo bu oyat bilan, ham

وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاطِينِ

oyati orqali shunday deydi:

"Ey kichikligi ichida mag’rur va qaysar, ey zaiflik va faqirligi ichida sarkash va qaysar bo’lgan jin va insonlar! Isyoningiz orqali shunday bir Sultoni Ziyshonning amrlariga qarshi kelishga qanday jasorat qilasiz. Yulduzlar, oylar, quyoshlar buyruqqa bo’ysunuvchi askarlar kabi Uning amrlariga itoat qiladi.

Siz tug’yoningiz orqali shunday Hokimi Zuljalolga qarshi tortishyapsiz. Shunday azamatli mute askarlari bor, farazan shaytonlaringiz chiday olsa, ularni tog’dek o’qlar bilan toshbo’ron qiladi. Kufroningiz orqali shunday Maliki Zuljalolning mamlakatida isyon qilyapsizki, qullaridan va askarlaridan shundaylari borki, sizlardek kichik ojiz maxluqlarni emas, balki farazan tog’ va yer kattaligida kofir dushman bo’lganingizda ham yer va tog’ kattaligidagi yulduzlarni, otashli temirlarni, qizigan olovli mislarni sizga otadi, sizni tarqatadi.

Yana shunday qonunni buzyapsizki, agar kerak bo’lsa, Yeringizni yuzingizga uradigan, to’p o’qiday yeringiz kabi yulduzlarni ustingizga yog’diradigan maxluqlari bog’liq.

Qur'onda ba'zi muhim urg’u berilgan joylar borki, dushmanlarning kuchli bo’lganidan kelib chiqmaydi. Balki hashamatni izhori qilish va dushmanning yomonligini ko’rsatish kabi sabablardan kelib chiqadi. Ba'zan mukammal intizomni, juda odillikni, o’ta halimlik va hikmatlarning quvvatini ko’rsatish uchun eng katta va kuchli sabablarni eng kichik va zaif narsaga qarshi dastak beradi va ustida tutadi, tushirtirmaydi, tajovuzdan saqlaydi. Masalan ushbu oyatga qara:

وَاِنْ تَظَاهَرَا عَلَيْهِ فَاِنَّ اللّهَ هُوَ مَوْلَيهُ وَجِبْرِيلُ وَصَالِحُ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمَلئِكَةُ بَعْدَ ذلِكَ ظَهِيرٌ

Nabiy haqida naqadar hurmat va ayollarning huquqiga qanchalik marhamat bor. Nabiy hurmatining azamatini, ikki zaifaning shikoyatining ahamiyatini va haqlarining hurmatini mehribonlik orqali ifodalash uchun bu muhim urg’u qilingan.

Yettinchi Zinapoya:Farishtalar va baliqlar kabi yulduzlar ham juda farqlidir. Bir qismi juda kichik, bir qismi o’ta kattadir. Hatto osmondagi xar porlagan narsaga yulduz deyiladi. Yulduz jinsidan bir nav’ nozanin samo yuzining bezalgan ziynatlari va u daraxtning munavvar mevalari, u dengizning tasbeh aytadigan baliqlari hukmida Fotiri Zuljalol, Sone'i Zuljamol ularni yaratgan va malaklariga kezadiga joylar, markablar, manzillar yaratgan. Yulduzlarning kichik bir turini esa shaytonlarning quvib toshlanishiga vosita qilgan. Shaytonning quvib toshlanishi uchun otilgan olovli toshlarning uch ma'nosi bo’lishi mumkin:

Birinchisi:Kurash qonuni eng keng doirada ham jarayon etishiga ramz va alomatdir.

Ikkinchisi:Samovotda xushyor navbatchilar, mute yashovchilar bor. Yerdagi yomonlarning suqilishi va tinglashlaridan xushlanmagan Allohning askarlari borligiga e'lon va ishorat qilish uchun.

Uchinchisi:Yerdagi iflosliklarning habis vakillari hisoblangan josus shaytonlarni, toza va poklarning maskani bo’lgan samoni kir qilmasligi va habis nafslarga josuslik qildirmaslik uchun, adabsiz josuslarni qo’rqitishga otilgan manjiniq va ishora o’qlari kabi, shaytonlarni samo eshiklaridan olovli toshlar ila rad qilish va quvish uchun.

Demak, tilla qo’ng’izga o’xshagan aql chirog’iga tayangan va Qur'on quyoshidan ko’zini yumgan astronomiyachi afandi! Mazkur yetti zinapoyada ishora etilgan haqiqatlarga umumiy shaklda qara. Ko’zingni och, aql chirog’ini tashla, kundek mo’'jizaviy nuri ichida bu oyatning ma'nosini ko’r! U oyatning samosidan bir haqiqat yulduzini ol, sening boshingdagi shaytonga ot, o’z shaytoningni quvib toshbo’ron qil!.. Biz ham shunday qilishimiz kerak va birgalikda

رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ

deyishimiz kerak.

فَلِلّهِ الْحُجَّةُ الْبَالِغَةُ وَ الْحِكْمَةُ الْقَاطِعَةُ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

* * *

O’N BESHINCHI SO’ZNING ILOVASI

(Yigirma Oltinchi Maktubning Birinchi Qismi)

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَاِمَّا يَنْزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللّهِ اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

Shayton va uning tarafdorlariga Qur’onning Hujjati

Iblisni javob bera olmaydigan holga keltirgan, shaytonni dalillar bilan mot qilgan, tug’yonga ketganlarni lol qilgan "Birinchi Mavzu" betaraf muhokama ichida shaytonning mudhish bir hiylasini qat'iy suratda rad qilgan voqeadir. Uning qisqacha bo’limini o’n yil avval Lamaat (Yog’dular)da yozgan edim:

Bu risolaning ta'lifidan o’n bir yil avval Ramazoni Sharifda Istanbuldagi Boyazid jome'i sharifida qorilarni tinglayotgan edim. Bir payt shaxsini ko’rmadim lekin ma'naviy bir ovoz eshitganday bo’ldim. E'tiborimni o’ziga tortdi. Xayolan tingladim.

Qarasam, menga:

"Sen Qur'onni juda oliy, o’ta porloq ko’ryapsan. Betaraf muhokama qil, bu shaklda qara. Ya'ni, inson kalomi deb faraz qil, qara... Ajabo, o’sha ustun tomonlarni, ziynatlarni ko’rasanmi?", dedi.

Men haqiqatdan ham unga aldandim. Bashar kalomi deb faraz qilib qaradim: Boyazid masjidining elektr tugmasi bosilib o’chirilsa atrof qorong’ilikka tushganidek, o’sha faraz bilan Qur'onning porloq ziyolari yashirishni boshladi. Shunda, menga gapirgan shaytonligini tushundim. Meni jarlikka otyapti. Qur'ondan madad istadim. Birdan qalbimga bir nur keldi. Mudofaaga qat'iy quvvat berdi. Keyin bu tarzda shaytonga qarshi munozara boshlandi.

Ey shayton! Betarafona muhokama, ikki taraf orasidagi vaziyatdir. Holbuki ham sening, ham sening inson shogirdlaring aytgan betarafona muhokama, tarafi muxolifni iltizomdir. Betaraflik emas, muvaqqatan bir dinsizlikdir. Chunki Qur'onga kalomi bashar deb qarash va o’shanday muhokama qilish, shiqqi muxolifni asos tutishdir. Botilni iltizomdir, betarafona muhokama emas. Balki botilga tarafgirlikdir, dedim.

Shunday ekan Allohning kalomi ham, bashar kalomi ham dema. O’rtada faraz qilib, qara, dedi shayton.

Men: Unday ham bo’la olmaydi. Chunki tortishiladigan bir narsani agar ikki iddao qilgan kishi bir-biriga yaqin bo’lsa va joyi yaqin bo’lsa u ikkisidan boshqa bir kishining qo’lida yoki ikkilavoning qo’li yetadigan joyga qo’yiladi. Qaysi biri isbot qilsa, o’sha yutadi.

Agar ikki iddaochi bir-biridan o’ta uzoq, biri mashriqda biri mag’ribda bo’lsa, qoidaga ko’ra narsa egasi kim bo’lsa, uning qo’lida qoladi. Chunki o’rtada qoldirish mumkin emas. Qur'on - qiymatli narsadir! Bashar kalomi Janobi Haqning kalomidan qanchalik uzoq bo’lsa ikki taraf ham bir-biridan shunchalik cheksizlikda uzoq.

Buni yerdan surayyo yulduzigacha bir-biridan uzoq ikki taraf o’rtasida qoldirish mumkin emas. O’rtasi yo’q. Chunki vujud va yo’qlik kabi bir-biridan uzoq ikki narsa kabi zid. O’rtasi yo’q. Shunday ekan, Qur'on uchun mulk egasi, Ilohiy tomondir. Bu Uning qo’lida qabul qilinib, shu tarzda isbot dalillariga qaraladi.

Agar narigi taraf uning Kalomulloh ekaniga doir butun burhonlarni bir-bir rad qilsa, qo’lini unga uzatishi mumkin. Yo’qsa uzata olmaydi. Hayhot! Minglab qat'iya burhonlarning mixlari bilan Arshi A'zamga qoqilgan bu muazzam olmosnimg barcha mixlarni qaysi qo’l chiqarib, ustunlarni kesib tushira oladi?!

Mana ey shayton! Senga qarshi haq va insof ahli bu suratda haqiqatli muhokama bilan tahlil qiladi. Hatto eng kichik bir dalilda ham Qur'onga qarshi iymonlarini ziyodalashtirishadi. Sen va shogirdlaring ko’rsatgan yo’l esa:

Bir marta bashar kalomi faraz qilinsa, ya'ni arshga bog’langan muazzam olmos yerga otilsa, uni yerdan ko’tarib ma'naviyat arshiga urishi uchun kufrning zulumotidan qutulib, iymonning anvoriga erishishi uchun butun mixlarning quvvatida va ko’p burhonlarning mustahkamligidagi burhon kerak bo’ladi. Xolbuki bunga muvaffaq bo’lish juda qiyin. Shuning uchun sening hiylang bilan bu davrda betaraf muhokama suratida ko’p kimsalar iymonini yo’qotyapti...

Shayton qaytib: "Qur'on bashar kalomiga o’xshaydi, ularning gaplashishi tarzida. Demak, inson kalomidir. Agar Allohning kalomi bo’lsa, unga yarashadigan, xar jihatdan g’aroyib tarzi bo’lar edi. Uning san'ati bashar san'atiga o’xshamagani kabi, kalomi ham o’xshamasligi kerak?", dedi.

Javoban aytdim: Payg’ambarimiz, mo’'jizalari va vasflaridan boshqa, harakat, holat va harakatlarida inson bo’lib, bashar kabi Ilohiy qonunlar va koinot dasturlariga bo’ysungan va itoat qilgan. U ham sovuq qotadi, azob chekadi va hokazo... Ummatiga holati bilan imom bo’lishi, ishlari bilan rahbar bo’lishi, barcha harakatlari bilan dars berishi uchun xar bir holat va harakatida g’aroyib vaziyat berilmagan. Agar xar harakatlarida g’aroyib bo’lganida, xar jihatda shaxsan imom bo’la olmas, hammaga mutlaq murshid bo’la olmas edi. Butun holatlari bilan Rahmatan lil olamin bo’la olmas edilar. Aynan shuning kabi:

Qur'oni Hakim shuur bo’lganlarga imom, jin va insonlarga murshid, ahli kamolga rahbar, haqiqat ahliga muallimdir. Shunday ekan, insonning suhbati va uslubi tarzida bo’lishi zaruriy va qat'iydir. Chunki jin va insonlar munojatlarini undan oladi, duosini undan o’rganadi, misollarini uning tili orqali zikr qiladi, axloqiy normalarni undan o’rganadi va hokazo... Hamma uni manba sifatida murojaat qiladi. Shunday ekan, agar Hazrat Muso Alayhissalomning Turi Sinoda eshitgan Kalomullohi tarzida bo’lganida, inson uni tinglashga, eshitishga chiday olmas va manba qila olmas edi. Hazrat Muso kabi ulul azm payg’ambar, faqat bir necha kalomni eshitishga chiday olgan.

Muso Alayhissalom:

اَهٰكَذَا كَلَامُكَ ؟ قَالَ اللّٰهُ : ل۪ى قُوَّةُ جَم۪يعِ الْاَلْسِنَةِ

degan.

Yana shayton: "Qur'onning misollari kabi ko’p kishilar u turdagi masalalarni din nomidan gapiradi. Shuning uchun bir inson din nomidan gapirishi mumkin emasmi?" dedi.

Javoban Qur'onning nuri bilan aytdimki: Avvalo, dindor odam din muhabbati uchun "Haq shundaydir. Haqiqat bu. Allohning amri shunday!" deydi. Allohni o’z xohishicha gapirtirmaydi. Haddidan Hadsiz darajada tajovuz qilib, Allohning taqlidini qilib, uning nomidan gapira olmaydi.

فَمَنْ اَظْلَمُ مِمَّنْ كَذَبَ عَلَى اللّٰهِ

dasturidan titraydi.

Ikkinchidan, bir inson mustaqil ravishda bunday qilishi va muvaffaq bo’lishi hech bir jihatdan mumkin emas. Balki yuz daraja imkonsiz. Chunki bir-biriga yaqin kishilar bir-birini taqlid qila oladi. Bir jinsdan bo’lganlar bir-birining suratiga kira oladi. Martaba jihatidan bir-biriga yaqin bo’lganlar bir-birining maqomlarini taqlid qila oladi. Insonlarni vaqtincha g’aflatga tushiradi. Lekin doimiy alday olmaydi. Chunki diqqat qilgan kishilar nazarida xar qanday holatda hatti harakatlari ichidagi qalbakilik va majburiy hollar soxtakorligini ko’rsatadi. Hiylasi davom etmaydi. Agar soxtakorlik bilan taqlidga harakat qilgan kimsa, narigi tomondan o’ta uzoq bo’lsa, masalan oddiy bir odam, Ibn Sino kabi bir dohiyni ilmda taqlid qilishni istasa yoki bir cho’pon o’zini podshohga o’xshatsa hech kimni alday olmaydi albatta. Balki o’zi masxara bo’ladi. Xar bir holati: Bu soxtakor, deb qichqiradi.

Demak, qat’iyyan va yuz ming marta aslo!.. Qur'on bashar kalomi faraz etilgan payt:

Tilla qo’ng’iz ming yil qiyinchiliksiz haqiqiy bir yulduz bo’lib kuzatuvchilarga ko’rinishi, bir chivin bir yil tovus suratiga to’liq sohtaliksiz, tomosha qilganlarga ko’rsatishi, soxtakor, omi bir askar mashxur, oliy bir marshal bo’lib ko’rinishi, joyida o’tirishi, uzoq vaqt davomida qolishi, hiyla qilgani yuzaga chiqmasligi, tuhmat qilgan yolg’onchi, e'tiqodsiz odam umri davomida doim eng sodiq, eng ishonchli, eng dindor zotning holati va ko’rinishini eng diqqatli nazarga bemalol ko’rsatishi, dohiylarning nazarida qalbakiligini yashirishi mumkinmi?!

Bu yuz daraja imkonsiz. Unga hech bir aqli bor odam "bo’lishi mumkin" deya olmaydi. Buni faraz qilish, imkonsiz ishni ochiq-oydin bo’lgandek faraz qilishdek safsata bo’ladi.

Aynan shuning kabi: Qur'onni inson kalomi deb faraz qilish:

Islom Olamining samosida juda porloq va doim haqiqat nurlarini taratgan haqiqat yulduzi, balki kamolot quyoshi deb qabul qilingan "Kitobi Mubin"ning mohiyati, aslo tilla qo’ng’iz hukmida sohtakor insonning xurofotli uydirmasi bo’lishi, eng yaqinidagilar va unga e'tibor berib qaraganlar farqiga bormasligi, uni doim oliy va haqiqatlar manbai bo’lgan yulduz deb bilishi kerak bo’ladi.

Bu esa, yuz daraja imkonsizligi bilan birga, sen ey shayton shaytanatingda yuz daraja rivojlansang ham, bunga imkon berdira olmaysan! Buzilmagan hech bir aqlni ishontira olmaysan! Lekin ma'nan juda uzoqdan qaratish bilan aldaysan. Yulduzni tilla qo’ng’iz kabi kichik ko’rsatasan.

Uchinchidan:Qur'onni inson kalomi faraz qilinsa, nishonlari bilan, ta'sirlari bilan, natijalari bilan insoniyat olamining eng jonli va hayot sochgan, eng haqiqatli va saodat yetkazgan, eng qamrovli va mo’'jiz bayon, yuksak ustunliklari bilan porloq Furqonning yashirin haqiqati, qat’iyyan, yordamsiz, ilmsiz bir insoning soxtakor, oddiy fikrining uydurmalari bo’lishi, yaqindan uni ko’rgan va qiziqish bilan e'tibor bergan buyuk zehnlar, ulug’ daholar unda hech qachon hech bir jihatda soxtakorlik va qalbakilik belgisi ko’rmasligi kerak bo’ladi!

Doim jiddiyatni, samimiyatni, ixlosni topsishi lozim!

Bu esa yuz daraja imkonsizligi bilan birga, butun holatlari bilan, gaplari bilan, harakatlari bilan butun hayotida omonatni, iymonni, ishonchni, ixlosni, jiddiyatni, istiqomatni ko’rsatgan va dars bergan, siddiqiynlarni yetishtirgan eng yuksak, eng porloq, eng oliy xislat deb sanalgan va qabul qilingan bir zotni eng amniyatsiz, eng ixlossiz, eng e'tiqodsiz faraz qilish, qat-qat imkonsizlikni bo’lgandek qabul qilish kabi shaytonni ham uyaltiradigan bir kufriy ahmoqlik bo’ladi.

Chunki shu masalaning o’rtasi yo’q. Farazan Qur'on Kalomulloh bo’lmasa, arshdan zaminga tushgandek tubanlashadi. O’rtada qolmaydi. Haqiqatlar majmuasi, xurofotlar manbaiga aylanadi. Bu g’aroyib farmonni ko’rsatgan Zot, (qat’iyyan va aslo) agar Rasululloh bo’lmasalar, a'loyi illiyindan asfali sofiliynga tushish va kamolot manbai darajasidan hiylalar ma'dani darajasiga tushish kerak bo’ladi. O’rtada qolmaydi. Zero Alloh nomiga tuhmat qilgan, yolg’on gapirgan eng past darajaga tushadi. Bir chivinni doimiy bir suratda tovus ko’rish va tovusning ulkan vasflarini xar doim kuzatish naqadar imkonsiz bo’lsa bu masala ham shunday imkonsiz. Bunga ehtimol berish uchun fitratan aqlsiz, sarxush bir devona bo’lish kerak.

To’rtinchidan:Qur'onni bashar kalomi deb faraz qilinsa,

bani Odam sinfining eng buyuk va muhtasham qo’shini bo’lgan ummati Muhammadiyaning (S.A.V.) muqaddas qo’mondoni - Qur'on, ko’z bilan ko’rilgan quvvatli qonunlari bilan, asosli dasturlari bilan, ta’sirli amrlari bilan juda ulkan qo’shinga, ikki jahonni fath qiladigan darajada intizom bergan, ishonch va tartibga solgan, moddiy-ma'naviy jiholar bergan, barcha kishilarning darajalariga ko’ra aqllariga ta'lim bergan, qalblarini tarbiya qilgan, ruhlarini bo’ysundirgan, vijdonlarini poklagan, a'zo va organlarini ishlatgan va vazifa yuklaganiga qaramasdan (qat’iyyan, yuz ming marta aslo) kuchsiz, qiymatsiz, aslsiz uydirma deb faraz qilish imkonsiz ishni yuz daraja qabul qilish kerak bo’lishi bilan birga.. hayoti davomida jiddiy harakatlari bilan Haqning qonunlarini bani Odamga dars bergan, samimiy ishlari bilan haqiqatning dasturlarini insonga ta'lim bergan, xolis va mantiqiy gaplari bilan istiqomatning va saodatning usullarini ko’rsatgan va ta'sis etgan, butun hayotining guvohligi bilan Allohning azobidan qattiq qo’rqqan, hammadan ko’ra ko’proq Allohni bilgan va bildirgan, bashariyatning beshdan biriga va yer kurrasining yarmiga bir ming uch yuz ellik yil davomida kamoli hashamat bilan qo’mondonlik qilgan, jahonni hayajonga solgan mashxur harakatlari bilan insoniyatning, balki koinotning haqiqiy faxr sababi bo’lgan Zotni (qat’iyyan, yuz ming marta aslo) soxtakor, Allohdan qo’rqmaydigan, bilmaydigan va yolg’ondan chekinmaydigan, sharafini tanimaydigan deb faraz qilish uchun yuz daraja imkonsiz ishni birdan bajarish kerak bo’ladi.

Chunki bu masalaning o’rtasi yo’q. Farazan Qur'on Kalomulloh bo’lmasa arshdan tushsa, o’rtada qolmaydi. Balki yerda yolg’onchi odamning narsasi ekanini qabul qilish lozim bo’ladi. Bu esa ey shayton! Agar sen yuz daraja qat-qat shayton bo’lsang ham hech bir buzilmagan aqlni ishontirolmaysan va hech bir chirimagan qalbni ishontira olmaysan.

Shayton javoban: Qanday qilib ishontira olmayman? Qur'onni va Muhammadni ko’p insonlarga va insonning mashhur mutafakkirlariga inkor ettirdim, dedi.

Javob:Avvalo,juda uzoq masofadan qaralsa, eng katta narsa eng kichik narsa bo’lib ko’rinishi mumkin. Yulduz shamchalik bo’ladi.

Ikkinchidan:Ham vosita orqali, yuzaki nazar bilan qaralsa, o’ta imkonsiz narsa mumkin bo’lib ko’rinadi. Masalan, keksa bir odam Ramazon hilolini ko’rish uchun osmonga qaraydi. Ko’ziga bir oq qil tushgani uchun uni Oy deb o’ylaydi. Oyni ko’rdim deydi. Hilolning oq qil bo’lishi esa, imkonsiz. Qasddan va o’zi Oyga qaragani va u sochni e'tiborga olmasdan, diqqat qaratmasdan, ikkinchi darajada ko’rgani uchun, o’sha imkonsiz narsani mumkin deb hisoblagan.

Uchinchidan:Qabul qilmaslik boshqa, inkor qilish boshqadir. Qabul qilmaslik loqaydlik, ko’z yumish va johilona aql yuritmaslikdir. Bu sahklda ko’p imkonsiz narsalar unda yashirinishi mumkin. Uning aqli ular bilan ovora bo’lmaydi.

Inkor esa, qabul qilmaslik emas, balki yo’qligini qabul qilish, xulosa hisoblanadi. Uning aqli harakat qilishga majbur. Bu holatda sendek shayton uning aqlini qo’lidan oladi, so’ng unga inkorni yuttiradi. Ey shayton! Botilni haq va imkonsiz narsani mumkin qilib ko’rsatgan g’aflat, zalolat, safsata, qaysarlik, aldov, takabburlik qilib haqni qabul qilmaslik, g’aflatga tushirish va urf-odat kabi shaytoniy hiylalar bilan ko’p imkonsiz ishlarga olib boran inkor va kufrni badbaxt inson suratidagi hayvonlarga yedirgansan!

To’rtinchidan:Qur'onni inson kalomi deb faraz qilish oqibatida:

Insoniyat olamining samovotida yulduzlar kabi porlagan asfiyolarga, siddiqiynlarga, aqtoblarga rahbarlik qilgani kuzatilgan, ochiq oydin, bardavom haq va haqqoniyatni, sidq va sadoqatni, ishonch va omonatni barcha komil insonlar tabaqalariga ta'lim bergan, iymon ruknlarining haqiqatlari va Islom ruknlarining dasturlari orqali ikki dunyoning saodatini ta'minlagan va bu ishining shahodati bilan zaruriy haq, xolis va sof haqiqatni, juda to’g’ri va o’ta jiddiy bo’lishi kerak bo’lgan kitobni, o’z vasflari, ko’rsatgan ta'sirlari va nurlariga zidd vasf bilan tasavvur qilib, (qat’iyyan, va aslo) bir soxtakorning uydurma va tuhmatlari majmuasi nazari bilan qarash, sofistlar va shaytonlarni ham uyaltiradigan va titratadigan tuban kufr safsatasi bo’lib, tushuntirgan dini va Islom shariatining shahodati bilan, hayot davomida ko’rsatgan hamma tasdiqlagan favqulotda taqvosi, xolis va sof qulligining dalolati bilan, barcha ittifoq qilgan, u zotda ko’ringan axloqi hasananing taqozosi bilan,

yetishtirgan butun haqiqat ahli va kamolot sohiblarining tasdig’i bilan eng e'tiqodli, eng metin, eng amin, eng sodiq Zotni, (aslo aslo, yuz ming karra qat’iyyan) e'tiqodsiz, eng ishonchsiz, Allohdan qo’rqmaydigan holatda faraz qilish, imkonsiz narsalarning eng xunuk va manfur suratini va zalolatning eng zulmli va zulmatli shaklini qilishi kerak bo’ladi.

Natija:O’n To’qqizinchi Maktubning O’n Sakkizinchi Ishoratida aytIlganidek, tinglovchi omi tabaqasi {(1) Quloqli tabaqa - hodisalarni aniqlashirmay, tadqiq qilmay, faqatgina tinglab va eshitib bilgan qism. Tushunish saviyasi eng omi va avom tabaqa. Ilmni faqat quloq va tinglash orqali olishadi(tarjimon izohi).} Qur'onning i'jozini tushunishda aytganki: Qur'on, men tinglagan va dunyoda mavjud barcha kitoblarga qiyos qilinsa, hech biriga o’xshamaydi va ularning darajasida emas. Shunday ekan yo Qur'on umumining ostida yoki hammasidan ustun darajaga ega. Barchasidan pastda bo’lishini, imkonsiz bo’lish bilan birga, hech bir dushman, hatto shayton ham ayta olmaydi va qabul qilmaydi. Shunday ekan, Qur'on barcha kitoblardan ustundir. Demak, mo’'jizadir.

Huddi shuning kabi, biz uslub va mantiq bilimlariga asosan sabr va taqsim deyilgan eng qat'iy bir hujjat {(*): Mantiq ilmida Sabr: tekshirish, tajriba qilish, tahmin qilish, o’lchab baho berish ma’nosida. Taqsim esa: taqsimlash, bo’laklarga ayirish ma’nosida keladi. (Tarjimon).} bilan aytamiz: Ey shayton va ey shaytonning shogirdlari! Qur'on, yo arshi a'zamdan, ismi a'zamdan kelgan kalomullohdir yoki (aslo aslo, yuz ming karra qat’iyyan) yerda soxtakor, Allohdan qo’rqmaydigan va Allohni bilmaydigan, e'tiqodsiz insonning uydirmasidir. Buni esa ey shayton, sobiq hujjatlarga qarshi ayta olmading, ayta olmaysan va aytmaysan ham. Demak Qur’on Xoliqi Koinotning kalomi ekani zaruriy va shibhasizdir. Chunki o’rtasi yo’q, imkonsiz va bo’lishi mumkin emas. Buni qat'iy suratda isbotladik. Buni ko’rding va tinglading.

Muhammad Alayhissalotu Vassalam esa yo Rasulullohdir, butun Rasullarning eng komili, butun maxluqotning afzali yoki (qat’iyyan, yuz ming marta aslo) Allohga tuhmat qilgan, Allohni bilmagani va azobiga ishonmagani uchun e'tiqodsiz, asfali sofiliynga tushgan inson deb faraz qilish {(Hoshiya) Qur'oni Hakim, kofirlarning kufr va iymonsizlikka sabab bo’lgan gap va ishlarini, xunuk ifodalarini yo’q qilish uchun aytilganiga tayanib, zalolatdagining kufriy fikrlarining batamom imkonsizligini va to’liq chiriganini ko’rsatish uchun bu ifodalarni faraz suratida qo’rqib ishlatishga majbur bo’ldim.} lozim bo’ladi. Buni esa ey Iblis, na sen ayta olasan va na sen ishongan Ovrupa faylasuflari va Osiyo munofiqlari ayta olmaydi, ayta olmagan, ayta olmaydi ham, aytmagan va aytmaydi ham. Chunki dunyoda buni tinglaydigan va qabul qiladigan odam yo’q.

Shuning uchun, sen ishongan faylasuflarning eng buzg’unchilari va Osiyo munofiqlarining eng vijdonsizlari ham: "Muhammadi Arabiy (S.A.V.) juda aqlli edi. Juda go’zal axloqli edi" deydi. Modomiki bu masala ikki tomonga maxsus, modomiki ikkinchi tomon imkonsiz va hech bir kim bunga ega bo’la olmas ekan va modomiki qat'iy hujjatlar bilan isbot qildikki, o’rtasi yo’q ekan, albatta zarurat holida senga va shayton tarafdorlariga ters, ochiq oydin va haqqalyaqiyn Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam Rasulullohdir va butun Rasullarning akmalidir, butun maxluqotning afzalidir.

عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ بِعَدَدِ الْمَلَكِ وَالْاِنْسِ وَالْجَانِّ

Shaytonning Ikkinchi Kichik Bir E'tirozi

قٓ وَ الْقُرْاٰنِ الْمَج۪يدِ

surasidagi

مَا يَلْفِظُ مِنْ قَوْلٍ اِلَّا لَدَيْهِ رَق۪يبٌ عَت۪يدٌ ٭ وَجَٓاءَتْ سَكْرَةُ الْمَوْتِ بِالْحَقِّ ذٰلِكَ مَا كُنْتَ مِنْهُ تَح۪يدُ ٭ وَ نُفِخَ فِى الصُّورِ ذٰلِكَ يَوْمُ الْوَع۪يدِ ٭ وَ جَٓاءَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَعَهَا سَٓائِقٌ وَ شَه۪يدٌ ٭ لَقَدْ كُنْتَ ف۪ى غَفْلَةٍ مِنْ هٰذَا فَكَشَفْنَا عَنْكَ غِطَٓاءَكَ فَبَصَرُكَ الْيَوْمَ حَد۪يدٌ ٭ وَ قَالَ قَر۪ينُهُ هٰذَا مَا لَدَىَّ عَت۪يدٌ ٭ اَلْقِيَا ف۪ى جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَن۪يدٍ

oyatlarni o’qir ekanman, shayton: "Qur'onning eng muhim fasohatini, siz uning ravonligi va ochiq-ravshanligida deb bilasiz. Xolbuki bu oyatda qayerdan qayerga xatlayapti? Sakarotdan qiyomatga hatlayapti. Sur puflanishidan hisobning oxiriga borayapti va undan Jahannamga kirishni zikr qilyapti. Bu ajib xatlashlar ichida qanday ravonlik qoladi? Qur'onning aksar joylarida bir-biridan uzoq masalalarni birlashtiradi. Bunday munosabatsiz vaziyatda ravonlik, fasohat qayerda qoladi?" dedi.

Javob: Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon mo’jizaligining asosi, balog’atidan so’ng eng muhim jihatlaridan biri ijozdir. Ijoz, Qur'on mo’jizaligining eng metin va eng muhim asosidir. Qur'oni Hakimda bu mo’'jizali ijoz shunchalik ko’p va shu qadar go’zalki, tadqiq qilganlar uning qarshisida hayratda qolgan. Masalan:

وَ ق۪يلَ يَٓا اَرْضُ ابْلَع۪ى مَٓاءَكِ وَيَا سَمَٓاءُ اَقْلِع۪ى وَغ۪يضَ الْمَٓاءُ وَقُضِىَ الْاَمْرُ وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ وَق۪يلَ بُعْدًا لِلْقَوْمِ الظَّالِم۪ينَ

Bir nechta qisqa jumla bilan, buyuk To’fon hodisasini, natijalari bilan ijoz bilan, mo’'jizali bayon qiladiki, balog’atiga ko’p balog’at ahlini sajda ettirgan.

Yana masalan:

كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوٰيهَا ٭ اِذِ انْبَعَثَ اَشْقٰيهَا ٭ فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ اللّٰهِ نَاقَةَ اللّٰهِ وَسُقْيٰيهَا ٭ فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمْدَمَ عَلَيْهِمْ رَبُّهُمْ بِذَنْبِهِمْ فَسَوّٰيهَا ٭ وَلَا يَخَافُ عُقْبٰيهَا

Samud Qavmining ajib va muhim hodisalarini, natijasini va yomon oqibatini, bir nechta qisqa jumla bilan ijoz ichida bir i'joz bilan ravon, ochiq ravshan va tushunishda qiynamaydigan tarzda bayon etadi.

Yana masalan:

وَذَا النُّونِ اِذْ ذَهَبَ مُغَاضِبًا فَظَنَّ اَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ اَنْ لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ

Ushbu اَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ jumlasidan فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ jumlasigacha ko’p jumlalar siqishtirilgan. Zikr etilmagan jumlalar tushunishni qiyinlashtirmaydi, ravonligiga zarar bermaydi. Hazrat Yunus Alayhissalomning qissasidan muhim asoslarni zikr qiladi. Qolganini aqlga havola qiladi.

Yana masalan: Yusuf surasida فَاَرْسِلُونِ kalimasi bilan يُوسُفُ اَيُّهَا الصِّدّ۪يقُ orasida yetti-sakkiz jumla ijoz bilan tashlab o’tilgan. Bu tushunishni qiyinlashtirmaydi, ravonligiga zarar bermaydi. Bu turdagi mo’'jizoli ijozlar Qur'onda juda ko’p. Ham juda go’zal.

Ammo Sura-i Qofning oyatidagi ijoz juda ajib va mo’'jizladir. Chunki kofirning juda mudhish va juda uzun va bir kuni ellik ming yil bo’lgan kelajagiga, o’sha kelajakning daxshatli o’zgarishlarida kofirning boshiga keladigan azobli va muhim hodisalarga bir-bir ishorat qiladi. Fikrni ularning ustida chaqmoqdek kezdiradi. Juda ham uzun zamonni hozir sahifa kabi e'tiborga havola qialdi. Zikr qilinmagan hodisalarni xayolga havola etib, ulug’ ravonlik bilan bayon qiladi.

وَاِذَا قُرِئَ الْقُرْاٰنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَاَنْصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

Xullas ey shayton! Yana boshqa gaping bo’lsa, ayt...

Shayton: Bularga qarshi chiqa olmayman, mudofaa qila olmayman. Lekin ko’p ahmoqlar bor, meni tinglaydi va inson suratida ko’p shaytonlar bor, menga yordam beradi. Faylasuflardan ko’p fir'avnlar bor, menligini shishirgan masalalarni mendan dars oladi. Sening bu kabi so’zlaringni nashr qilishga to’siq bo’ladi. Shuning uchun senga taslim bo’lmayman!

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

O’n Oltinchi So’z

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

Nafsimni to’liq ishontirishga sabab bo’ladigan, zulmatni tarqatadigan bu oyatning nuridan to’rt shu’lasini ko’rsatib ko’r nafsimga basirat berish uchun yozilgan.

Birinchi shu’la:

Ey nodon nafs!

Alloh zotining ahad-yakkaligi bilan ishlarining kulliyati, o’zining vahdati-bittaligi bilan yordamchisiz umumiyligi rububiyati, fardoniyati-yolg’izligi bilan sheriksiz tasarruflarining qamrovi, makondan munazzahligi bilan hamma joyda hozir bo’lishi, nihoyatsiz ulug’ligi bilan hamma narsaga yaqin bo’lishi, birligi bilan xar bir ishni o’zi qo’lida tutishi Qur'onning haqiqatlaridandir.

Qur'on esa hakimdir. Hakim esa aql qabul etmagan narsalarni aqlga yuklamaydi. Bu yerda aql zohiriy bir zidlikni ko’rmoqda. Aqlni taslimga chorlaydigan bir izoh istayman.

Javob:Modomiki shunday ekan, qoniqish uchun istasang, Qur'onning fayziga tayanib aytamiz: Nur ismi ko’p mushkullarimizni hal qilgan, inshaolloh buni ham hal qiladi. Aqlga keng, qalbga nuroniy misol keltirish yo’lini ixtiyor qilib, Imomi Rabboniy (R.A.) kabi:

نَه شَبَمْ نَه شَبْ پَرَسْتَمْ مَنْ ٭ غُلَامِ شَمْسَمْ اَزْ شَمْسْ مِى گُويَمْ خَبَرْ

deymiz. Misol keltirish Qur'on mo’'jizaligining eng porloq oynasi bo’lgani uchun, biz bir misol orqali bu sirga qaraymiz:

Bir zot turli oynalar vositasida kulliyat kasb etadi. Haqiqatda juz'iy bo’lsada, umumiy ishlarga ega bo’lgan kulliyga aylanadi. Masalan: Quyosh kichik bir narsa bo’lsada, shaffof narsalar vositasida shunday umumiy narsaga aylanadiki, yer yuzini timsollari bilan, akslari bilan to’ldiradi. Hatto tomchilar va porloq zarralar sanog’icha jilvalari mavjud. Quyoshning harorati, ziyosi va ziyoning ichidagi yetti rangining xar biri oldidagi narsalarni qoplaydi, ichiga oladi va qamraydi. Xar bir shaffof narsa quyoshning timsoli bilan birga haroratni, ziyoni, yetti rangni ko’z qorachig’ida saqlaydi. Sof qalbini unga bir taxt qiladi.

Demak, quyosh vohidiyat-bitta bo’lishi bilan birga oldidagi barcha narsalarni qamragani kabi, ahadiyat-yagonalik jilvasi bilan xar bir narsada ko’p vasflari bilan birga bir jihatda o’zining jilvasi bilan mavjud bo’ladi. Modomiki misoldan ko’rinish mavzuiga o’tgan ekanmiz, aks etishning ko’p turlaridan bu masalaga asos bo’ladigan uch turiga ishora qilamiz.

Birinchisi:Jism - moddiy narsalarning akslaridir. Akslar ham boshqadir, aynisi emas ham jonsiz, o’likdir. Tashqi ko’rinishidan boshqa hech qanday xususiyatga ega emas. Masalan, sen oynalar xazinasiga kirsang, bir Said minglab Said bo’ladi. Lekin jonli holatda faqat sensan, boshqalar o’lik. Hayot xossalari ularda yo’q.

Ikkinchisi:Moddiy nuroniy narsaning akslaridir. Aks uning ayni emas, lekin boshqa ham emas. Mohiyatni saqlamaydi, faqat u nuroniy narsaning aksar xususiyatlariga ega. U kabi hayot sanaladi. Masalan: Quyosh dunyoga kirdi. U xar bir oynada aksini ko’rsatdi. Akslarning xar birida Quyoshning xossalari bo’lgan ziyo va ziyodagi yetti rang mavjud. Agar farazan Quyosh idrokli bo’lganida, (harorati qudratininig o’zi, ziyosi ayni ilmi, yetti rangi yetti sifati bo’lganida) yagona va yolg’iz o’zi bir onda xar bir oynada bo’lar, xar birini o’ziga bir arsh va bir tur telefon qilar edi. Bir-biriga mone bo’lmas edi. Xar birimiz bilan oynamiz vositasida ko’rishar edi. Biz undan uzoq bo’lsak ham, u bizga bizdan ham yaqin bo’lar edi.

Uchinchisi:Nuroniy ruhlarning aksidir. Aks ham hayotdir, ham aynidir. Oynalarning qobiliyati nisbatida ko’ringani uchun, ruh asl mohiyatiga to’liq ega emas. Masalan: Hazrati Jabroil Alayhissalom Dihya suratida Payg’ambarning huzurida bo’lgan on, Allohning huzurida ham hashamatli qanotlari bilan Arshi A'zamning yonida sajdaga boradi. Yana o’sha onda hisobsiz yerlarda bo’ladi, Ilohiy amrlarni yetkazardi. Bir ish ikkinchi ishga mone bo’lmas edi. Ushbu sir asosida, mohiyati nur va huviyati nuroniy bo’lgan Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam dunyoda butun ummatining salovotlarini birdan eshitadi va qiyomatda butun asfiyo bilan bir onda ko’rishadi. Bir-birisiga mone bo’lmaydi. Hatto avliyolarning ko’p nuroniyat kasb etgan va abdoldeyilgan bir qismi bir onda bir qancha yerlarda kuzatilgan. Ayni zot boshqa-boshqa ko’p ishlarni bajaradi.

Jismoniy narsalarga shisha va suv kabi narsalar oyna bo’lgani kabi, ruhoniy borliqlarga ham havo, efir va misol olamining ba'zi mavjudoti oyna bo’ladi va chaqmoq va xayol tezligida sayru-sayohat vositasiga aylanadi. Bu orqali ruhoniylar xayol tezligi bilan top-toza oynalarda, u latif manzillarda kezadi. Bir onda minglab joyga kirishadi.

Modomiki, Quyosh kabi ojiz va buyruqqa itoat qiladigan maxluqlar, ruhoniy kabi modda bilan chegaralangan yarim nuroniy san'atli borliqlar nuroniyat siri orqali, bir yerda turib juda ko’p yerlarda bo’la olar ekan, chegaralangan juz'iy ekaniga qaramasdan mutlaq kulliyga aylanar ekan, bir onda juz'iy ixtiyor bilan juda ko’p ishlarni qilar ekan, moddaga bog’liq bo’lmagan va ulug’, chegaralanish va moddaning zulmatidan pok, ozod, barcha nurlar va butun nuroniyat Uning muqaddas ismlarining nurlarining xira soyasi, umum mavjud narsalar, butun hayot, ruhlar olami va misol olami yarim shaffof jamolining bir oynasi, qamrovli sifati va faoliyati kulliy bo’lgan Zoti Aqdasning kulliy irodasi, mutlaq qudrati, bepoyon ilm bilan sifatining tajalliyi va ishlarining jilvasi ichidagi ahadiyatining tavajjuhidan qaysi narsa yashirin qoladi, qaysi ish og’ir keladi, nima yashirina oladi, kim uzoq qoladi, qaysi shaxsiyat kulliyat kasb etmasdan unga yaqinlasha oladi?

Quyosh - chegarasiz nuri, moddasiz aksi vositasida senga sening ko’z qorachig’ingdan ham yaqin. Lekin sen chegaralangan bo’lganing uchun undan o’ta uzoqsan. Unga yaqinlashish uchun ko’p chegaralardan ajralib chiqish, ko’p kulliy martabalardan o’tish kerak bo’ladi. Xuddi, ma'nan yer qadar kattalashgandan oydek yuksalgandan so’ng to’g’ridan-to’g’ri quyoshning asl martabasiga bir daraja yaqinlashib pardasiz ko’risha olasan. Xuddi shuning kabi: Jaliyli Zuljamol, Jamiyli Zulkamol senga o’ta yaqin, sen undan o’ta uzoqsan. Qalbning quvvati, aqlning yuksakligi bo’lsa, misoldagi nuqtalarni haqiqatga tatbiq qilishga harakat qil.

Ikkinchi Shu’la:

Ey aqlsiz nafs!

اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ

va

اِنْ كَانَتْ اِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً فَاِذَاهُمْ جَمِيعٌ لَدَيْنَا مُحْضَرُونَ

kabi oyatlar narsalarning vujudi faqat bir amr bilan va bir onda bo’lganini,

اَحْسَنَ كُلَّ شَيْءٍ خَلَقَهُ

va

صُنْعَ اللّهِ الَّذِى اَتْقَنَ كُلَّ شَيْءٍ

kabi oyatlar narsalarning vujudi ilm ichida azim bir qudrat bilan, hikmat ichida nozik san'at bilan tadrijiy ekanini ko’rsatadi. Buning bir-biriga uyg’unlik tomoni nima?

Javob:Qur'onning fayziga tayanib aytamiz: Avvalo, zidlik yo’q. Bir qismi, ibtidodagi ijod qilish kabi. Bir qismi: Mislini qaytarish kabi...

Ikkinchidan:Ushbu ikki qismdagi oyatlarning haqiqatining borligiga mavjudotda ko’ringan osonlik, tezlik, ko’plik va kenglik ichida o’ta intizom, g’oyat pishiq, san'at go’zalligi va yaratilish mukammalligi qat'iyan shahodat qiladi. Shunday ekan, ularning xorijijda biror ishning amalga oshishini gapirishning o’zi keraksiz. Balki "hikmatining qanday siri bor" deyish mumkin.

Demak, biz ham bir misoliy qiyos orqali ushbu hikmatga ishora qilamiz. Masalan: Tikuvchi kabi hunarmand bir qancha qiyinchiliklar, mahoratlar orqali san'atli narsani ijod etadi va unga model qiladi. So’ng uning o’xshashini qiyinchiliksiz, tez qiladi. Hatto ba'zan shu daraja osonlik paydo qiladiki, go’yo amr etishi bilan qilinadi va kuchli intizom amalga oshad (soat kabi) go’yo bir amr kelishi bilan ishlanadi va ishlaydi. Xuddi shuning kabi: Sone'i Hakiym va Naqqoshi Aliym bu olam saroyini ichidagilari maxluqoti bilan birga tenggi yo’q suratda yaratib, juz'iy va kulliy, juz va kull hamma narsaga bir model bo’ladigan qadariy bir nizom orqali muayyan bir miqdor bergan.

Qara, Naqqoshi Azaliy xar bir asrni bir model qilib qudrat mo’'jizalari bilan bezalgan, unga yangi bir olamni kiydiradi. Xar bir yilni bir miqyos qilib, rahmatining g’aroyib narsalari bilan bezalgan yangi bir koinotni qomatga ko’ra tikadi. Xar bir kunni bir satr qilib, unga hikmatining nozik ishlari bilan bezalgan, yangilangan mavjudotni yozadi.

Qodiyri Mutlaq xar bir asrni, xar bir yilni, xar bir kunni bir model qilgani kabi, ro’yi zaminni, xar bir tog’ va sahroni, bog’ va bo’stonni, xar bir daraxtni bittadan namuna qilgan. Vaqti-vaqti bilan zaminda yangi-yangi koinotlarni quradi, yangi dunyolarni ijod etadi. Bir olamni oladi va boshqa intizomli olamni keltiradi. Mavsum ba-mavsum xar bog’ va bo’stonda yangi-yangi qudrat mo’'jizalarini va rahmat hadyalarini ko’rsatadi. Yangi hikmatli kitob yozadi. Yangi-yangi rahmat oshxonalarini quradi. Yangilangan san'atli ko’ylak kiydiradi.

Xar bahorda xar bir daraxtga ipak mato kabi toza kiyim kiydiradi. Marjon kabi yangi ziynatlar bilan bezaydi. Yulduzga o’xshagan rahmat hadyalari bilan qo’llarini to’ldiradi. Bu ishlarni o’ta yuksak san'at go’zalligi va mukammal intizom bilan qilgan, birin ketin kelgan, zamon ipiga taqilgan sayyor olamlarni yuksak hikmat, inoyat, mukammal qudrat va san'at bilan almashtirgan Zot, albatta juda Qodir va Hakimdir. O’ta Basir va Aliymdir. Uning ishiga tasodif aralasha olmaydi. U Zoti Zuljalol, shunday farmon etadi:

اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ وَمَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ

deb, ham mukammal qudratini e'lon qiladi. Qudratiga nisbatan Hashr va Qiyomat juda oson va qiyin emasligini bayon etadi. Yaratishi qudrat va irodani ichiga olganini, butun narsalar Uning amrlariga qattiq bo’ysungani, itoatli ekanini, tegmasdan, ishga kirishmasdan yaratgani uchun ijodidagi mutlaq yengillikni ifodalashga, faqat bir amr bilan ishlar qilganini Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon orqali farmon qiladi.

So’zning qisqasi: Bir qism oyatlar ashyolarda, xususan yaratilishning boshida o’ta go’zal san'atini va juda mukammal hikmatni e'lon qiladi. Boshqa qismi, ashyolarda, xususan takroran ijod qilish va joylashtirishida o’ta oson va tezligini qattiq itoat va qiyinchiliksiz ekanini bayon qiladi.

Uchinchi Shu’la:

Ey haddidan oshgan vasvasasi ko’p nafs!

بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ ٭ مَا مِنْ دَابَّةٍ اِلَّا هُوَ آخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا ٭وَ نَحْنُ اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَرِيدِ

kabi oyatlar Allohga o’ta yaqinlikni ko’rsatadi.

وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ٭ تَعْرُجُ الْمَلئِكَةُ وَالرُّوحُ اِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ اَلْفَ سَنَةٍ

va hadisda vorid bo’lgan: "Janobi Haq yetmish ming hijob orqasidadir" va Me'roj kabi haqiqatlar juda uzoqligimizni ko’rsatadi. Bu chuqur sirni tushunishga yaqinlashtiradigan bir izoh istayman?" deyapsan.

Javob:Unda tingla:

Avvalo,Birinchi Shui’laning oxirida aytgan edik: Quyosh chegarasiz nuri va moddasiz aksi bilan senga ruhingning derazasi va uning oynasi hisoblangan ko’z qorachig’ingdan ham yaqindir. Lekin sen chegaralangan va moddada mahbus bo’lganing uchun undan o’ta uzoqsan. Lekin bir qism akslari, soyalariga tegishing mumkin. Bir nav’ jilvalari va juz'iy ko’rinishlari bilan ko’rishasan va bir sinf sifatlari hisoblangan ranglariga va bir toifa ismlari bo’lgan shu’lalari va tushgan narsalariga yaqinlasha olasan. Agar Quyoshning oliy martabasiga yaqinlashish va to’g’ridan-to’g’ri quyosh bilan ko’rishishni istasang, juda ko’p chegaralardan chiqishing, juda ko’p martabalaridan o’tishing kerak bo’ladi. Sen huddi ma'nan ajralib, yer kurrasi qadar kattalashib, havo kabi ruhan kengayib, Oy qadar yuksalib, to’lin oy kabi qarshisiga kelgandan so’ng shaxsan, pardasiz ko’rishib, bir daraja yaqinlashishni da'vo qila olasan. Xuddi shuning kabi, Jaliyli Purkamol, Jamiyli Bemisol, Vojib-ul Vujud, Mujidi Kulli Mavjud, Shamsi Sarmad, Sultoni Azal va Abad senga sendan yaqindir. Sen, undan nihoyatsiz uzoqsan. Quvvating bo’lsa, misoldagi daqiq tomonlarni tatbiq qil.

Ikkinchidan:Masalan: وَ لِلّهِ الْمَثَلُ الْاَعْلَى Bir podshohning ko’p ismlari ichida "qo’mondon" ismi ichma-ich doiralarda ko’rinadi. Umumiy boshqo’mondon doirasidan marshallik va generallik, yuzboshi, o’nboshigacha keng va tor, kulliy va juz'iy doiralarda ham ko’rinishi va namoyon bo’lishi bor. Bir askar askarlik xizmatida o’nboshi maqomidagi kichik qo’mondonlikka bo’ysunadi, katta qo’mondoniga ushbu kichik ismning jilvasiga aloqasi va munosabati bo’ladi. Agar asl ismiga aloqa bog’lashni, u unvon orqali ko’rishishni istasa, o’nboshilikdan umumiy boshqo’mondon martabasiga chiqishi kerak bo’ladi. Demak, podshoh u askarga ismi, hukmi, qonuni, ilmi, telefoni va tadbiri bilan va agar podshoh abdol avliyolardek nuroniy bo’lsa, shaxsan huzuri orqali o’ta yaqin. Hech bir narsa mone’lik qilmaydi, parda bo’lmaydi. Xolbuki u askar o’ta uzoq. Uni minglab martaba pardalar, minglab hijoblar ayiradi. Faqat ba'zan marhamat qiladi, odatga zid tarzda bir askarni huzuriga oladi, lutf qiladi.

Xuddi shuning kabi: كُنْ فَيَكُونُ amriga sohib, quyoshlar va yulduzlar amriga bo’sungan askar hisoblangan Zoti Zuljalol hamma narsaga hamma narsadan ko’ra yaqinroqdir. Lekin hamma narsa Undan nihoyatsiz uzoqdir. Uning buyuk huzuriga pardasiz kirish istalsa, zulmatli va nuroniy, ya'ni moddiy va borliqlarga tegishli, ismlari va sifatlari bilan bog’liq yetmish minglab hijobdan o’tishi, xar bir ismning minglab xususiy va kulliy ko’rinishi darajasidan chiqishi, o’ta yuksak sifat tabaqalaridan o’tib ismi a'zamiga sazovor bo’lgan arshi a'zamiga yuksalishi, agar jazb va lutf bo’lmasa, minglab yillar harakat qilishi va ma'naviy yuksalishi lozim bo’ladi. Masalan: Sen unga Xoliq ismi bilan yaqinlashishni istasang, sening xoliqing xususiyati bilan, so’ng butun insonlarning xoliqi jihati bilan, so’ng butun jonzotlarning xoliqi unvoni bilan, so’ng butun mavjudotning xoliqi ismi bilan munosabat kerak bo’ladi. Bo’lmasa parda orqasida qolasan, faqat juz'iy bir jilvani topasan.

Bir Eslatma: Misoldagi podshoh, ojizligi uchun, qo’mondonlik ismining martabasida marshal va general kabi vositalar qo’ygan. Faqat بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ bo’lgan Qodiyri Mutlaq vositalardan behojatdir. Vositalar faqat zohiriydir, izzat va azamat pardasidir. Qullik, hayrat, ojizlik va faqirlik ichida rububiyat saltanatiga dalloldir, tomoshabindir. Yordamchisi emas, rububiyat saltanati sherigi bo’la olmaydi.

To’rtinchi Shu’la:

Mana ey tanbal nafsim! Bir jihatda Me'roj hisoblangan namozning haqiqati, sobiq misolda bir askar, ayni lutfning sifatida Podshohning huzuriga qabul qilinishi, ayni rahmat bo’lib Zoti Jaliyli Zuljamol va Ma'budi Jamiyli Zuljalolning huzuriga qabul qilisnihsing hisonlanadi. "Allohu Akbar" deb ma'nan va xayolan yoki niyatan ikki jahondan o’tib, moddiyot chegarasidan ajralib qullikning kulliy martabasiga yoki kulliyning bir soyasiga yoki bir suratiga chiqib, bir jihatda huzurga musharraf bo’lib, اِيَّاكَ نَعْبُدُ xitobiga (hammaning qobiliyati nisbatida) buyuk bir sazovorlikdir. Xuddi namozdagi harakatlarda takror takror "Allohu Akbar", "Allohu Akbar" deb, martabalardan o’tish, ma'naviy taraqqiylarga, juz'iyotdan kulliy doiralarga chiqishiga bir ishoradir va ma'rifatimiz xorijidagi kibriyosi kamolotining qisqacha unvonidir. Go’yo xar bir "Allohu Akbar" bir me'roj zinapoyasining o’tilishiga ishoradir.

Ushbu namoz haqiqatidan ma'nan yoki niyatan yoki tasavvuran yoki xayolan bir soyasiga, bir shu’lasiga sazovor bo’lish ham buyuk saodatdir. Hajda juda ko’p "Allohu Akbar" deyilishi bu sirdandir. Chunki haji sharif shaxsan xar kim uchun kulliy martabadagi qullik hisoblanadi. Bir askar bayram kabi maxsus kunda general doirasida general kabi podshohning bayramiga boradi va lutfiga mazhar bo’lar. Xuddi shuning kabi: Bir hoji, naqadar omi bo’lsa ham, martabalardan o’tgan valiy kabi butun yer yuzining Rabbi Azimi unvoni bilan Rabbiga yuzlanadi. Kulliy qullik bilan musharraf bo’ladi. Albatta haj kaliti orqali ochilgan rububiyatning kulliy martabalari va durbini bilan ko’ringan uluhiyatdagi buyuklikning ufqlari va shiorlari bilan qalbiga va xayoliga tobora kengaygan qullik doiralari, kibriyo martabalari va namoyon bo’lish ufuqlarining bergan harorat, hayrat va dahshat va rububiyat haybati "Allohu Akbar", "Allohu Akbar" bilan taskin etiladi va u orqali tasavvur etilgan yoki ko’z bilan ko’rilgan shaklda ochilgan darajalar e'lon qilinadi. Hajdan so’ng bu ma'noni, turli ulug’ va kulliy darajalarda bayram namozida, yomg’ir namozida, xusuf-kusuf namozida, jamoat bilan o’qilgan namozda mavjud. Islom shaoirlarining hatto sunnat bo’lsa ham ahamiyati bu sirga bog’liq.

سُبْحَانَ مَنْ جَعَلَ خَزَائِنُهُ بَيْنَ الْكَافِ وَ النُّونِ

فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَا اِنْ نَسِينَا اَوْ اَخْطَاْنَا ٭ رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ

وَصَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى رَسُولِكَ الْاَكْرَمِ مَظْهَرِ اِسْمِكَ الْاَعْظَمِ وَ عَلَى آلِهِ وَ اَصْحَابِهِ وَ اِخْوَانِهِ وَ اَتْبَاعِهِ آمِينَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ

* * *

Kichik Bir Ilova

Qodiyri Aliym va Sone'i Hakiym qonuniyat shaklidagi odati ko’rsatgan nizom va intizomi bilan qudratini, hikmatini va ishiga hech qanday tasodif qo’shilmaganini izhor qilgani kabi, qonun istisnolari bilan, odatining g’aroyibotlari bilan, ko’rinishga oid o’zgarishlar bilan, bilinishlarining farqli ekani bilan, zuxur va nuzul vaqtinining almashuvi bilan istagi, irodasi, istaganini qila oladigan yaratuvchi ekani, ixtiyorini, hech bir chegara ostida emasligini izhor qilib takrorlanish pardasini yirtib, hamma narsa, xar onda, xar holda, xar narsasida unga muhtoj ekani va rububiyatiga itoatli ekanini e'lon qilib, g’aflatni tarqatib, inson va jinlarning e'tiborini, sabablardan Musabbibu-l Asbobga qaratadi. Qur'onning bayonoti bu asosga qaraydi.

Masalan:Aksar joylarda bir qancha mevali daraxtlar bir yil meva beradi, ya'ni rahmat xazinasidan ularning qoliga beriladi, u esa bizga uzatadi. Keyingi yil, butun zohiriy sabablar bo’lsada meva bermaydi. Yan masalan: Boshqa kerakli sabablarga ters, yomg’ir yog’ish vaqti shu qadar o’zgaruvchiki, "beshta g’ayb bo’lga narsa"ga kirgan. Chunki vujudda eng muhim mavqe’ hayot va rahmatga oiddir.

Yomg’ir hayot manbai va rahmatning bo’lgani uchun albatta bu obi hayot, obi rahmat, g’aflat bergan va parda bo’lgan doimiy takrorlanish qoidasiga kirmaydi, balki to’g’ridan-to’g’ri Janobi Mun'imi Muhyi, Rahmon va Rahiym bo’lgan Zoti Zuljalol xar doim duo va shukr eshiklarini ochiq qoldirishi uchun pardasiz, qo’lida tutadi. Yana masalan: Rizq va muayyan siymo berish, maxsus ehson belgisi kabi kutilmagan tarzda bo’lishi naqadar go’zal suratda istak va Rabboniy ixtiyorni ko’rsatadi. Havoni boshqarish va bulutning amr ostiga olinib itoat ettirilishi kabi Allohning ishlarini bularga qiyos qil.

* * *

O’n Yettinchi So’z

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اِنَّا جَعَلْنَا مَا عَلَى الْاَرْضِ زِينَةً لَهَا لِنَبْلُوَهُمْ اَيُّهُمْ اَحْسَنُ عَمَلًا ٭ وَاِنَّا لَجَاعِلُونَ مَا عَلَيْهَا صَعِيدًا جُرُزًا ٭ وَمَا الْحَيَوةُ الدُّنْيَا اِلَّا لَعِبٌ وَلَهْوٌ

Bu So’z Ikki Oliy Maqom va Bir Porloq Ilovadan Iborat.

Xoliqi Rahim, Razzoqi Karim va Sone'i Hakim bu dunyoni ruhlar va ruhoniyat olami uchun bayram, saylgoh suratida yaratib butun ismlarining g’aroyib naqshlari bilan bezab kichik-katta, yuqori-past xar bir ruhga munosib va bayramdagi turli-tuman hisobsiz go’zalliklar va in'omlardan foydalanishga muvofiq qilib yaratadi va tuyg’ular bilan jihozlangan jasad kiydiradi. Jismoniy vujud beradi, tomoshagohga bir marta yuboradi. Zamon va makon jihatidan juda keng bayramni asrlarga, yillarga, mavsumlarga, hatto kunlarga, qit'alarga taqsimlab xar bir asrni, xar bir yilni, xar bir mavsumni, hatto bir jihatda xar bir kunni, xar bir qit'ani ruhli maxluqotining toifalariga va nabotiy san'atli asarlariga ko’rsatadigan namoyish tarzida katta bayram qilgan. Xususan ro’yi zamin, xususan bahor va yozda kichik san'atli asarlarning toifalariga ajoyib va bir-biri orqasida bayramlar bo’lib, oliy tabaqalarda bo’lgan ruhoniy borliqlar, farishtalar va samovot yashovchilarini sayrga chorlaydigan jozibadorlik ko’rinadi va tafakkur ahli uchun shunday shirin bir mutolaagoh bo’ladiki, aql ta'rifidan ojiz. Lekin bu Ilohiy ziyofat va Rabboniy bayramdagi Rahmon va Muhyi Ismining ko’rinishlariga muqobil Qahhor va Mumit Ismi firoq va o’lim bilan oldiga chiqadi. Bu esa

وَسِعَتْ رَحْمَتِى كُلَّ شَيْءٍ

rahmatining qamrovi kengligiga zohiran muvofiq emas. Lekin haqiqatda bir nechta uyg’unlik jihati bordir. Bir jihati quyidagicha:

Sone'i Kariym, Fotiri Rahiym xar bir toifaning marosimda namoyish navbati bitgandan va undan ko’zlangan natijalar olingandan so’ng, aksariyat dunyodan marhamatli shaklda nafrat ettirib zeriktiradi, istirohatga istak va boshqa olamga ko’chishga shavq ehson etadi va hayot vazifasidan nafaqaga chiqqan vaqti, ruhlarida asl vatanlariga shavqlantirgan mayl uyg’otadi.

Yana, vazifa yo’lida, urushda o’lgan askarga shahidlik martabasini berishi, so’yilgan qurbonlik qo’yga oxiratda jismoniy boqiy vujud berib Sirot ustida sohibiga buroq kabi minish martabasini berib mukofotlantirish Rahmonning cheksiz rahmatidan uzoq emas. Xuddi shuning kabi, boshqa ruh sohibi va hayvonotning ham o’ziga maxsus Rabboniy fitriy vazifalarida va Subhoniy amrlarga itoat qilishda o’lgan va qattiq mashaqqat chekkan ruh egasining, o’ziga ko’ra bir turdagi ruhoniy mukofot va iste'dodiga ko’ra bir nav’ ma'naviy haq u tuganmas rahmati xazinasida uzoq emaski, bo’lmasin. Dunyodan ketgani uchun qattiq xafa bo’lmasinlar, balki xursand bo’lishsin.

لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّهُ

Lekin ruh sohiblarining eng sharaflisi va bayram vaqtlari son va sifat jihatida eng ko’p foydalangan inson, dunyoga juda qattiq maftun va mubtalo bo’lib, dunyodan nafratlanib va baqo olamiga o’tish uchun rahmat belgisi sifatida shavqlantiruvchi holat beradi. Insonligi zalolatda bo’g’ilmagan odam u holatdan foydalanadi. Qalb hotirjamligi bilan ketadi. Hozir u holatni keltirib chiqargan jihatlardan namuna sifatida beshtasini bayon qilamiz.

Birinchisi:Keksalik mavsumida dunyoviy, go’zal va jozibador narsalar ustida foniylik va zavol topish tamg’asini, og’riq ma'nosini ko’rsatib insonni dunyodan qo’rqitib, foniy o’rniga boqiy orzuni qidirtiradi.

Ikkinchisi:Inson aloqa paydo qilgan butun do’stlarining yuzda to’qson to’qqizi dunyodan ketib boshqa olamga joylashgani uchun, jiddiy muhabbat vositasida do’stlar ketgan joyga ishtiyoq ehson qilib, o’lim va ajalni sevinchli holda kutib oldiradi.

Uchinchisi:Insondagi nihoyatsiz zaiflik va ojizlikni ba'zi narsalar bilan his ettirib, hayot yuki va yashash taklifi naqadar og’irligini tushuntirib, istirohatga jiddiy bir orzu va boshqa diyorga ketishga samimiy shavq beradi.

To’rtinchisi:Mo’'min insonga, o’lim qatl emas, makon almashtirish, qabr esa zulmatli chuqurlik og’zi emas, nuroniyatli olamlarning eshigi, dunyo esa butun dabdabasi bilan oxiratga nisbatan zindon ekanini iymon nuri ila ko’rsatadi. Albatta dunyo zindonidan jannatlar bo’stoniga chiqish va zeriktiruvchi jismoniy hayot tashvishlaridan rohatlanish olamiga va ruhlarning uchish maydoniga o’tish va maxluqotning zeriktiruvchi shovqinidan uzoqlashib Rahmon huzuriga borish ming jon bilan orzu qilinadigan sayohatdir, balki saodatdir.

Beshinchisi:Qur'onni tinglagan insonga Qur'ondagi haqiqat ilmini va haqiqat nuri orqali dunyoning mohiyatini bildirishi bilan dunyoga ishq va aloqa juda ma'nosiz ekanini tushuntirish hisoblanadi. Ya'ni, insonga aytadi va isbotlaydiki: "Dunyo Samadoniy kitobdir. Harflari va so’zlari nafslariga emas, balki boshqa bir zotning zot, sifat va ismlariga dalolat etadi. Shunday ekan ma'nosini bil ol, naqshlarini tashla ket.

Ham bir ekinzordir, ek va mahsulini ol, muhofaza qil, xunuk tomonlarini ot, ahamiyat berma.

Ham bir-biri orqasida doim kelib ketuvchi oynalar majmuasidir. Shunday ekan, ularda namoyon bo’lgan narsani bil, nurlarini ko’r va ularda ko’ringan ismlarning namoyon bo’lishlarini tushun va go’zal ismlarning sohibini sev, zavol va sinishga mahkum bo’lgan shisha parchalaridan aloqani uz.

Ham sayyor bir tijoratgohdir. Shunday ekan oldi-berdisini qil, kel va sendan qochgan, senga iltifot qilmagan karvonlarning orqalaridan behuda yugurma, charchama.

Ham vaqtinchalik bir sayr joyidir. Shunday ekan, ibrat nazari bilan qara, zohiriy xuruk yuziga emas, balki Jamiyli Boqiyga yuzlangan yashirin, go’zal yuziga diqqat qil, xush va foydali bir sayr qilib qayt. Go’zal manzaralarni ko’rsatgan va go’zallarni ko’rsatgan pardalar yopilganda aqlsiz bola kabi yig’lama, xavotir olma.

Ham bir musofirxonadir. Demak, uni yaratgan Mehmondori Kariymning izni doirasida yegin, ichgin, shukr qilgin. Qonuni doirasida ishla, harakat et. So’ng orqangga qarama, chiq ket. Ma'nosiz, foydasiz suratda aralashma. Sendan ayrilgan va senga oid bo’lmagan narsalar bilan ma'nosiz ovora bo’lma va o’tkinchi ishlaringga bog’lanib bo’g’ilma." kabi zohiriy haqiqatlar bilan dunyoning asl mohiyatidagi sirlarni ko’rsatib, dunyodan ayriliqni o’ta yengillatadi, balki xushyor bo’lganlarga sevdiradi va hamma narsada va xar ishida rahmatining izi borligini ko’rsatadi. Xullas, Qur'on shu besh jihatga ishora etgani kabi, boshqa xususiy jihatlarga ham Qur'on oyatlari ishora qiladi.

Bu besh jihatdan biror hissasi bo’lmagan kishining holiga voy.

* * *

O’N YETTINCHI SO’ZNING IKKINCHI MAQOMI

{(Izoh) Bu ikkinchi maqomdagi bo’limlar she'rga o’xshaydi, lekin she'r emas. Qasddan nazm qilinmagan, balki haqiqatlarning mukammal intizomi bir daraja nazm suratini oldi.}

Tashla faryodni, bechora, kel, balodan tavakkal qil.

Zero, faryod balo ichra, xato ichra balodir, bil.

Balo berganni topsang, ato ichra, safo ichra balodir, bil.

Tashla faryodni, shukr qil, bulbullardek xar doim kayfidan kular xar gul mul.

Gar topmasang, butun dunyo jafo ichra, fano ichra befoyda bil!

Jahon to’la balo boshingdadir, nega baqirasan kichik balodan? Kel tavakkal qil!

Tavakkal bilan balo yuziga kul, to u ham kulsin.

U kulgan sari kichrayar, o’zgarar.

Bil, ey o’zin o’ylagan! Bu dunyoda saodat - tarki dunyoda.

Xudobin bo’lsang, u yetar, tashlasangda butun ashyolar do’st.

Agar xudbin bo’lsang, halokatdir, nima qilsang ham butun ashyo senga dushman.

Demak, tark qilish kerakdir, har ikki holda bu dunyoda.

Tark demak: Xudo mulki, Uning izni, Uning nomi bilan ko’rishda.

Tijorat istasang agar, shu foniy umringni boqiyga aylantirishda.

Agar nafsingga tolib bo’lsang, chirikdir, ham asossiz.

Agar begona ishlar istar bo’lsang, fano tamg’asi ustingda.

Demak, olinsa arzimas, chirik moldir hammasi bu bozorda

Shunday ekan, o’t, yaxshi mollar tizilgandir orqasida.

* * *

Qora Tutning Bir Mevasi

Muborak tut oldida Eski Said Yangi Said tili bilan gapirgan.

Tinglovchim Ziyo Posho emas, Ovrupaga maftun bo’lganlardir.

Gapiruvchi nafsim emas, Qur'on shogirdi nomidan qalbim.

O’tgan so’zlar haqiqat, zinhor sarosimaga tushma, hududidan hazar oshma.

Ajnabiylar fikriga kirma, zalolatdir quloq solma, etar albat seni pushaymon.

Ko’rarsan eng ziyodoring, zakovatda olamdoring,

U hayratdan der doim: "Eyvoh, kimdan kimga shikoyat etayin men hayron!"

Qur'on ayttirar, men aytaman, hech ham chekinmasman.

Undan Unga shikoyat qilaman, sen kabi adashmasman.

Haqdan Haqqa faryod qilaman, sen kabi oshmayman.

Yerdan ko’kkacha da'vo qilaman, sen kabi qochmayman.

Qur'onda xar da'vo nurdan nurgadir, sen kabi qaytmayman.

Qur'ondadir haq hikmat, isbot qilaman, muxolif falsafani bir tiyinga olmayman.

Furqondadir olmos haqiqat, jonim bilan qabul qilaman, sen kabi sotmayman.

Xalqdan Haqqa sayron qilaman, sen kabi adashmayman.

Tikanli yo’lda uchaman, sen kabi bosmayman.

Yerdan Arshga shukron qilaman, sen kabi osmayman.

O’limga, ajalga do’st deb qarayman, sen kabi qo’rqmayman.

Qabrga kulib kiraman, sen kabi cho’chimayman.

Ajdar og’zi, vahshat to’shagi, hechlik bo’g’ozi, sen kabi ko’rman.

Do’stlarga qovushtirar meni, qabrdan ranjimayman, sen kabi achchiqlanmayman.

Rahmat eshigi, Nur eshigi, Haq eshigi, undan siqilmayman, ortga chekilmayman.

Bismilloh deb chalyapman, {(Izoh1) "Ey voh" deb qochmayman.} orqamga boqmasman, daxshat ham olmasman.

Alhamdulillah deb rohat topib yotaman, zahmat chekmasman, vahshatda qolmasman.

Allohu Akbar deb hashr azonini eshitib uyg’onaman, {(Izoh2) Isrofilning azonini hashr tongida eshitib, Allohu Akbar deb turaman. Saloti Kubrodan chekinmayman, Oxiratdan chekinmasman.} Buyuk Maxshardan chekinmayman, masjidi a'zamdan chekilmayman.

Lutfi Yazdon, Nuri Qur'on, fayzi iymon soyasida hech ranjimayman.

Turmasdan yuguraman, arshi Rahmon soyasiga uchaman, sen kabi yanglishmayman inshaalloh.

* * *

Qalbga Forscha Eslatilgan Munojot

هذِهِ الْمُنَاجَاةُ تَخَطَّرَتْ فِى الْقَلْبِ هكَذَا بِالْبَيَانِ الْفَارِسِى

Ya'ni bu munojot qalbga Fors tilida eslatilgani uchun Forsiy yozilgandir. Avvalroq chop etilgan "Hubob Risolasi"da kiritilgan edi.

يَارَبْ بَشَشْ جِهَتْ نَظَرْ مِيكَرْدَمْ دَرْدِ خُودْرَا دَرْمَانْ نَمِى دِيدَمْ

Yo Rab!Tavakkalsiz, g’aflat bilan, iqtidor va ixtiyorimga tayanib dardimga darmon topish uchun "jihati sitta" deyilgan olti tomonda nazar soldim. Afsuski dardimga darmon topa olmadim. Menga ma'nan: "Yetmasmi dard, darmon senga." deyildi. {(*): Niyozi Misriy she'r orqali, "Ey dardiga darmon istagan kimsa / Yetmasmi dard darmon senga" deb, dardning ayni paytda darmon ekanini ifoda qilgan. (Tarjimon)}

دَرْرَاسْتْ مِى دِيدَمْ كِه دِى رُوزْ مَزَارِ پَدَرِ مَنَسْتْ

Tasalli olish uchun o’ng tomonimdagi o’tgan zamongag’aflat bilanqaradim. Lekin, kechagi kun otamning qabri va o’tgan ajdodlarimning eng katta mozori suratida ko’rindi. Tasalli o’rniga qo’rquvga soldi.

Xoshiya:Iymon esa, eng katta qo’rqinchli mozorni do’stona nurli majlis va do’stlarning yig’ilish joyi qilib ko’rsatadi.

وَ دَرْ چَپْ دِيدَمْ كِه فَرْدَا قَبْرِ مَنَسْتْ

So’ng chap tomonimdagi kelajakka qaradim. Darmon topa olmadim. Balki ertangi kun mening qabrim, istiqbol esa tengdoshlarim va nasl-nasabimning eng katta qabri suratida ko’rinib do’stona yaqinlik emas, balki qo’rquvga soldi.

Xoshiya:Iymon va iymon huzuri - eng katta dahshatli qabrni sevimli saodat saroylariga Rahmoniy da'vat sifatida ko’rsatadi.

وَ اِيمْرُوزْ تَابُوتِ جِسْمِ پُرْ اِضْطِرَابِ مَنَسْتْ

Chap tomondan ham xayr ko’rinmagani uchun, hozirgi kunga boqdim. Bu kun - go’yo o’lim oni tipirchilayotgan jismimning mayyitini tashiyotgan tobut bo’lib ko’rindi.

Xoshiya:Iymon - u tobutni tijorat joyi va oydin bir musofirxona sifatida ko’rsatadi.

بَرْ سَرِ عُمْرْ جَنَازَهءِ مَنْ اِيسْتَادَه اَسْتْ

Bu tomondan ham davo topolmadim. So’ng boshimni ko’tarib, umr daraxtimning boshiga qaradim. Uning yagona mevasi mening o’limim bo’lib, daraxtning ustida turib, menga qarayotganini ko’rdim.

Xoshiya:Iymon - bu daraxtning mevasini o’lim emas, balki abadiy hayotga sazovor va abadiy saodatga nomzod bo’lgan ruhimning eskirgan uyidan yulduzlarda kezish uchun chiqqanini ko’rsatadi.

دَرْ قَدَمْ آبِ خَاكِ خِلْقَتِ مَنْ وَ خَاكِسْتَرِ عِظَامِ مَنَسْتْ

U tomondan ham g’amga botib boshimni pastga egdim. Qarasam: Pastda, oyoq ostida suyaklarimning tuprog’i bilan ilk yaratilishimning tuprog’i bir-biriga qo’shilib ketganini ko’rdim. Darmon emas, dardimga dard qo’shdi.

Xoshiya:Iymon - u tuproqni rahmat eshigi va Jannat mehmonxonasining pardasi sifatida ko’rsatadi.

چُونْ دَرْ پَسْ مِينِگَرَمْ بِينَمْ اِينْ دُنْيَاءِ بِى بُنْيَادْ هِيچْ دَرْ هِيچَسْتْ

Undan ham nazarni o’girib orqamga qaradim. Asossiz, foniy dunyo hechlik daralarida va yo’qlik zulmatlarida aylanib ketayotganini ko’rdim. Dardimga malham emas, balki vahshat va daxshat zaxarini qo’shdi.

Xoshiya:Iymon - zulmatlarda yumalagan dunyoni vazifasi bitgan, ma'nosini ifoda etib bo’lgan, o’zining o’rniga natijalarini vujudda qoldirgan Samadoniy maktublar va Subhon bo’lgan Alloh naqshlarining sahifalari bo’lganini ko’rsatadi.

وَ دَرْ پِيشْ اَنْدَازَهءِ نَظَرْ مِيكُنَمْ دَرِ قَبِرْ كُشَادَه اَسْتْ

وَ رَاهِ اَبَدْ بَدُورِ دِرَازْ بَدِيدَارَسْتْ

Unda ham xayr ko’rmaganim uchun old tarafimga, oldinga nazar soldim. Yo’limning boshida qabr eshigi ochilgan, uning orqasida uzoqdan abadga ketgan ko’cha uzoqdan nazarga ko’rinyapti.

Xoshiya:Iymon - qabr eshigini nur olami eshigi va u abadiy saodat yo’li ekanini ko’rsatgani uchun dardlarimga ham darmon, ham malham bo’ladi.

مَرَا جُزْ جُزْءِ اِخْتِيَارِى چِيزِى نِيسْتْ دَرْ دَسْتْ

Bu olti tomondan do’stona yaqinlik va tasalli emas, balki dahshat va qo’rquvga tushib, ularga javoban qo’limda tayanadigan va qarshilik ko’rsatishga juz'iy ixtiyordan boshqa hech bir narsa yo’q.

Xoshiya:Iymon - juz'iy bo’linmas juz'iy ixtiyor o’rniga cheksiz qudratga tayanish uchun hujjat beradi va balki iymon unga hujjatdir.

كِه اُو جُزْءْ هَمْ عَاجِزْ هَمْ كُوتَاه و هَمْ كَمْ عَيَارَسْتْ

Xolbuki juz'iy ixtiyor deyilgan insonning quroli - ham ojiz, ham qisqadir. Ham sozlanishi qiyin. Ijod qila olmaydi, qo’lidan kasbdan boshqa hech bir narsa kelmaydi.

Xoshiya:Iymon - juz'iy ixtiyorni Alloh nomidan ishlatib, bir askarning juz'iy kuchini davlat hisobidan ishlatgani uchun minglab kuchlardan ko’proq ishlar qilishi kabi hamma narsaga yetadigan holga keltiradi.

نَه دَرْ مَاضِى مَجَالِ حُلُولْ نَه دَرْ مُسْتَقْبَلْ مَدَارِ نُفُوذْ اَسْتْ

Na o’tgan zamonga kira oladi, na kelajakka ta’sir qila oladi. Moziy va kelajakka oid orzularim va azoblarimga foydasi yo’q.

Xoshiya:Iymon - tizginni hayvoniy jismning qo’lidan olib qalbga, ruhga bergani uchun, moziyga ta’sir qiladi va istiqbolga kira oladi. Chunki qalb va ruhning hayot doirasi keng.

مَيْدَانِ اُو اِينْ زَمَانِ حَالْ و يَكْ آنِ سَيَّالَسْتْ

U juz'iy ixtiyorning harakat maydoni hozirgi qisqa vaqt va bir kelib ketuvchi lahzadan iborat.

بَا اِينْ هَمَه فَقْرْهَا وَ ضَعْفْهَا قَلَمِ قُدْرَتِ تُو آشِكَارَه

نُوِشْتَه اَسْتْ دَرْ فِطْرَتِ مَا مَيْلِ اَبَدْ وَ اَمَلِ سَرْمَدْ

Xullas, butun ehtiyojlarim, zaifligim, faqir va ojizligim biln birga olti tomondan kelgan dahshat va qo’rquvlar bilan abgor holda turgan vaqtim, qudrat qalami bilan fitratim sahifasida abadga uzangan orzular va sarmadiy-bardavom umidlar oshkora suratda yozilgan, mohiyatimga kirgizilgan.

بَلْكِه هَرْ چِه هَسْتْ، هَسْتْ

Balki dunyoda nima bo’lsa, uning namunalari fitratimda bor. Ularning barchasiga aloqadorman. Ular uchun ishlatilyapman, ishlayapman.

دَائِرَهءِ اِحْتِيَاجْ مَانَنْدِ دَائِرَهءِ مَدِّ نَظَرْ بُزُرْگِى دَارَسْتْ

Ehtiyoj doirasi, nazar doirasi qadar buyukdir, kengdir.

خَيَالْ كُدَامْ رَسَدْ اِحْتِيَاجْ نِيزْ رَسَدْ

دَرْ دَسْتْ هَرْچِه نِيسْتْ دَرْ اِحْتِيَاجْ هَسْتْ

Hatto xayol qayerga yetsa, ehtiyoj doirasi ham u yerga boradi. U yerda ham hojat bor. Balki qo’lda bo’lmagan xamma narsa, ehtiyojda bor. Qo’lda bo’lmagan narsa ehtiyojda bor. Qo’lda yo’q narsa esa sanoqsiz.

دَائِرَهءِ اِقْتِدَارْ هَمْچُو دَائِرَهءِ دَسْتِ كُوتَاهْ كُوتَاهَسْتْ

Xolbuki iqtidor doirasi qisqa, qo’limning doirasi qadar qisqa va tor.

پَسْ فَقْر و حَاجَاتِ مَا بَقَدْرِ جِهَانَسْتْ

Demak faqirligim va ehtiyojlarim dunyo qadar.

وَ سَرْمَايَهءِ مَا هَمْ چُو جُزْءِ لَايَتَجَزَّا اَسْتْ

Sarmoyam esa, bo’linmaydigan parcha kabi juz'iydir.

اِينْ جُزْءْ كُدَامْ وَ اِينْ كَائِنَاتِ حَاجَاتْ كُدَامَسْتْ

Xullas, bu jahon qadar va milliardlar bilan zo’rg’a qo’lga kiritilgan ehtiyoj qayerda-yu, bir tiyinlik juz'iy ixtiyor qayerda?! Bu bilan ular sotib olinmaydi. Bu bilan ular qo’lga kiritilmaydi. Shunday ekan boshqa chora qidirish kerak.

پَسْ دَرْ رَاهِ تُو ازْ اِينْ جُزْءْ نِيزْ بَازْ مِى گُذَشْتَنْ چَارَهءِ مَنْ اَسْتْ

Chora esa: Juz'iy ixtiyordan voz kechib, ishini Allohning irodasiga qo’yib, o’z kuch-quvvatidan yuz o’girib, Janobi Haqning havlu quvvatiga iltijo qilib tavakkal haqiqatini mahkam tutish kerak.

Yo Rab! Modomiki bu najot chorasi ekan, Sening yo’lingda juz'iy ixtiyordan voz kechaman va menligimdan yuz o’giraman.

تَا عِنَايَتِ تُو دَسْتْگِيرِ مَنْ شَوَدْ رَحْمَتِ بِى نِهَايَتِ تُو پَنَاهِ مَنْ اَسْتْ

Sening inoyating ojizlik va zaifligimga marhamatan qo’limni tutsin. Sening rahmating - faqirligim va ehtiyojimga shafqat qilib menga tayanch yeri bo’lsin, o’z eshigini menga ochsin.

آنْ كَسْ كِه بَحْرِ بِى نِهَايَتِ رَحْمَتْ يَافْتْ اَسْتْ تَكْيَه نَه كُنَدْ بَرْ اِينْ جُزْءِ اِخْتِيَارِى كِه يَكْ قَطْرَه سَرَابَسْتْ

Xar kim rahmatning nihoyatsiz dengizini topsa, albatta bir tomchi sarob hisoblangan juz'iy ixtiyoriga ishonmaydi, rahmatni tashlab unga murojaat qilmaydi.

اَيْوَاهْ اِينْ زِنْدِگَانِى هَمْ چُو خَابَسْتْ

وِينْ عُمْرِ بِى بُنْيَادْ هَمْ چُو بَادَسْتْ

Eyvoh! Aldandik. Shu dunyo hayotini sobit deb o’yladik. Shu sabab batamom zoye qildik. Bu hayotning o’tishi uyqudir, tushdek o’tdi. Asossiz umr ham bir shamol kabi uchar ketadi.

اِنْسَانْ بَزَوَالْ دُنْيَا بَفَنَا اَسْتْ آمَالْ بِى بَقَا آلَامْ بَبَقَا اَسْتْ

O’ziga ishongan va abadiy deb o’ylagan mag’rur inson zavol bo’lishga mahkum. Tezlik bilan ketmoqda. Inson uyi bo’lgan dunyo yo’qlik zulmatiga yiqiladi. Umidlar boqiy emas, azoblar ruhda boqiy qoladi.

بِيَا اَىْ نَفْسِ نَافَرْجَامْ وُجُودِ فَانِى ىِ خُودْرَا فَدَا كُنْ

خَالِقِ خُودْرَا كِه اِينْ هَسْتِى وَدِيعَه هَسْتْ

Modomiki bu haqiqat ekan, kel ey hayotga juda ishtiyoqand, umrga juda tolib, dunyoga juda oshiq, cheksiz orzular va azoblarga mubtalo bo’lgan badbaxt nafsim! Uyg’on, esingni yig’! Tilla qo’ng’iz o’z nurchasiga ishonadi. Tunnign cheksiz zulmatida qoladi. Asal ari esa o’ziga ishonmagani uchun, kunduzning Quyoshini topadi. Do’sti bo’lgan barcha gullarni Quyoshning ziyosi bilan bezalganini kuzatadi. Xuddi shuning kabi, o’zingga, vujudingga va menligingga tayansang, tilla qo’ng’iz kabi bo’lasan. sen foniy vujudingni senga bergan Xoliqning yo’lida fido qilsang, asal arisi kabi bo’lasan. Hadsiz bir vujud nuri topasan. Fido et. Chunki bu vujud senga berilgan va omonatdir.

وَ مُلْكِ اُو وَ اُو دَادَه فَنَا كُنْ تَا بَقَا يَابَدْ

اَزْ آنْ سِرِّى كِه ، نَفْىِ نَفْىْ اِثْبَاتْ اَسْتْ

Va uning mulkidir. Yana u bergandir. Shunday ekan bo’yin egmasdan va chekinmasdan fano et, fido et. Toki baqo topsin. Chunki inkorni inkor qilish isbotdir. Ya'ni: Yo’q, agar yo’q bo’lsa, u bordir. Yo’q yo’q bo’lsa, bor bo’ladi.

خُدَاىِ پُرْكَرَمْ خُودْ مُلْكِ خُودْرَا مِى خَرَدْ اَزْ تُو

بَهَاىِ بِى گِرَانْ دَادَه بَرَاىِ تُو نِگَاهْ دَارَسْتْ

Xoliqi Kariym o’z mulkini sendan sotib olmoqda. Jannat kabi buyuk evaz beradi. Ham mulkni sen uchun chiroyli muhofaza qilyapti. Qiymatini yuksaltiryapti. Yana senga, ham boqiy ham mukammal suratda beradi. Shunday ekan, ey nafsim! Hech turma. Ushbu bir-biri ichidagi besh foydali tijoratni qil. Bu orqali besh zarardan qutulib, besh foydani birdan qozongin.

* * *

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

فَلَمَّا اَفَلَ قَالَ لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ

لَقَدْ اَبْكَانِى نَعْىُ ﴿لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ﴾ مِنْ خَلِيلِ اللّهِ

Ibrohim Alayhissalom koinotning zavol va o’limini e'lon qilgan o’lim xabari لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ meni yig’latdi.

فَصَبَّتْ عَيْنُ قَلْبِى قَطَرَاتٍ بَاكِيَاتٍ مِنْ شُئُونِ اللّهِ

Shuning uchun qalb ko’zi yig’ladi va ko’z yosh to’kdi. Qalb ko’zi yig’lagani kabi, to’kkan har bir tomchisi ham shu qadar xazinki, yig’latadi, go’yo o’zi ham yig’layotir. Ko’z yoshlari quyidagi forsiy bo’limlardir.

لِتَفْسِيرِ كَلَامٍ مِنْ حَكِيمٍ اَىْ نَبِىٍّ فِى كَلَامِ اللّهِ

Ko’z yoshalri Nabiyyi Payg’ambar bo’lgan Hakiymi Ilohiyning Kalomullohi ichida bir kalomining bir nav’ tafsiridir.

نَمِى زِيبَاسْتْ اُفُولْدَه گُمْ شُدَنْ مَحْبُوبْ

Botib g’oyib bo’lgan mahbub go’zal emas. Chunki haqiqiy go’zal zavolga mahkum bo’lmaydi. Adabiy ishq uchun yaratilgan va Samad oynasi bo’lgan qalb bilan sevilmaydi va sevilmasligi kerak.

نَمِى اَرْزَدْ غُرُوبْدَه غَيْبْ شُدَنْ مَطْلُوبْ

Botib ko’rinmaslikka mahkum istak qalbning aloqasiga, fikrning mashg’ul bo’lishiga arzimaydi. Orzularni so’raydigan joy bo’la olmaydi. Orqasida g’am va qayg’u bilan afsuslanishga loyiq emas. Qalbning esa unga mahliyo bo’lishi va unga bog’lanib qolishiga esa umuman arzimaydi.

نَمِى خَواهَمْ فَنَادَه مَحْوْ شُدَنْ مَقْصُودْ

Fanoda yo’q bo’ladigan, orzuni istamasman. Chunki foniyman, foniy narsani istamasman, nima qilayin?

نَمِى خَوانَمْ زَوَالْدَه دَفْنْ شُدَنْ مَعْبُودْ

Zavolda dafn bo’ladigan ma'budni chaqirmayman, unga iltijo etmayman. Chunki nihoyatsiz muhtojman va ojizman. Ojiz bo’lgan narsa mening juda buyuk dardlarimga davo topa olmaydi. Abadiy yaralarimga malham sura olmaydi. Zavoldan o’zini qutqara olmasa, qanday ma'bud bo’la oladi?

عَقْلْ فَرْيَادْ مِى دَارَدْ نِدَاءِ ﴿لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ﴾مِى زَنَدْ رُوحَمْ

Ha, zohirga mubtalo bo’lgan aql bu qorishiq koinotda mahliyo bo’lgan narsalarining zavol topishini ko’rib g’amli faryod qiladi va boqiy mahbubni qidirgan ruh ham لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ faryodini e'lon qiladi.

نَمِى خَواهَمْ نَمِى خَوانَمْ نَمِى تَابَمْ فِرَاقِى

Ayriliqni istamayman, orzu qilmayman, toqat keltirmayman.

نَمِى اَرْزَدْ مَرَاقَه اِينْ زَوَالْ دَرْ پَسْ تَلَاقِى

Darrov zavol topib achchiqlashgan qovushish g’am va xavotirga arzimaydi. Ishtiyoqqa umuman loyiq emas. Chunki lazzat zavol topsa alam bo’lgani kabi, lazzatning zavol topishini tasavvur qilish ham azobdir. Butun majoziy oshiqlarning devonlari, ya'ni ishqnomalari bo’lgan manzum kitoblar ushbu zavolni tasavvur qilib azobdan faryod qiladi. Agar xar birining, butun she'rlar devonining ruhini siqsang, azobli faryod tomadi.

اَزْ آنْ دَرْدِى گِرِينِ ﴿لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ﴾ مِى زَنَدْ قَلْبَمْ

Zavolga qo’shilgan qovushishlar, azobli majoziy muhabbatlar dardidan va balosidan qalbim Ibrohim kabi لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ haqiqati bilan yig’layapti va baqirayapti.

دَرْ اِينْ فَانِى بَقَا خَازِى بَقَا خِيزَدْ فَنَادَنْ

Agar bu foniy dunyoda baqo istasang, baqo fanodan chiqadi. Nafsi ammora jihatida fano top, boqiy bo’lasan.

فَنَا شُدْ هَمْ فَدَا كُنْ هَمْ عَدَمْ بِينْ كِه اَزْ دُنْيَا بَقَايَه رَاهْ فَنَادَنْ

Dunyoparastlik asoslari hisoblangan yomon axloqdan ajralib chiq. Foniy bo’l! Mulk va moling doirasidagi narsalarni Mahbubi Haqiqiy yo’lida fido qil. Mavjudotning yo’qlik ko’rsatgan oqibatlarini ko’r. Chunki bu dunyodan baqoga ketgan yo’l fanodan o’tadi.

فِكِرْ فِيزَارْ مِى دَارَدْ اَنِينِ ﴿لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ﴾ مِى زَنَدْ وِجْدَانْ

Sabablar ichiga tolgan inson fikri shu dunyoning zavol zilzilasidan hayratda qolib, umidsiz holda ho’ngrab yig’laydi. Haqiqiy vujud istagan vijdon Ibrohim kabi لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ yig’isi bilan majoziy mahbublardan va yo’q bo’lib ketuvchi mavjudotdan aloqani uzib, Mavjudi Haqiqiyga va Mahbubi Sarmadiyga bog’lanadi.

بِدَانْ اَىْ نَفْسِ نَادَانَمْ كِه دَرْ هَرْ فَرْدْ اَزْ فَانِى دُو رَاهْ هَسْتْ

بَا بَاقِى دُو سِرِّ جَانِ جَانَانِى

Ey nodon nafsim! Bilginki: Garchi dunyo va mavjudot foniy bo’lsada, xar bir foniy narsada boqiyga qovushtiradigan ikki yo’l topasan. Jon va jonon bo’lgan Mahbubi Loyazalning jamolining tajalliyidan ikki yog’duni, ikki sirni ko’rasan. Bir sharti bor: Foniy suratdan va o’zingdan kechib bilsang.

كِه دَرْ نِعْمَتْهَا اِنْعَامْ هَسْتْ وَ پَسْ آثَارْهَا اَسْمَا بِگِيرْ مَغْزِى وَ مِيزَنْ دَرْ فَنَا آنْ قِشْرِ بِى مَعْنَا

Ha, ne'mat ichida in'om ko’rinadi, Rahmonning iltifoti his etiladi. Ne'matdan in'omga o’tsang, Mun'imni topasan. Yana xar Samadoniy asari bir maktub bo’lgan Sone'i Zuljalolning ismlarini bildiradi. Naqshdan ma'noga o’tsang, ismlar yo’li orqali Go’zal Asmo Sohibini topasan. Modomiki bu foniy san'atli asarlarning mag’zini, ichini topar ekansan, uni qo’lga kirit, tashqi ma'nosiz qobig’ini achinmasdan fano seliga otgin.

بَلِى آثَارْهَا گُويَنْدْ زِاَسْمَا لَفْظِ پُرْ مَعْنَا بِخَانْ مَعْنَا وَ مِيزَنْ دَرْ هَوَا آنْ لَفْظِ بِى سَوْدَا

Ha, san'atli asarlarda hech bir asar yo’qki, ko’p ma'noli mujassam bir lafz bo’lmasin, Sone'i Zuljalolning ko’p ismlarini o’qittirmasin. Modomiki bu san'atli asarlar so’zlar, qudrat kalimalari ekan, ma'nolarini o’qi, qalbingga qo’y. Ma'nosiz qolgan so’zlarni parvosiz zavolning havosiga ot. Orqasidan bog’lanib, qarab mashg’ul bo’lma.

عَقْلْ فَرْيَادْ مِى دَارَدْ غِيَاثِ ﴿لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ﴾ مِيزَنْ اَىْ نَفْسَمْ

Xullas, zohirparast va sarmoyasi begona ma'lumotlardan iborat bo’lgan dunyoviy aql, fikrlar silsilasini hechga va yo’qlikka yo’naltirgani uchun, hayratidan va maxrumligidan umidsiz holda faryod qiladi. Haqiqat tomon to’g’ri yo’l qidiradi. Modomiki ruh qo’lini botuvchi va zavol topgan narsalardan tortgan ekan, qalb ham majoziy mahbublardan voz kechgan ekan, vijdon ham foniylardan yuzini o’girgan ekan, sen ham bechora nafsim, Ibrohim kabi لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ madadkorini ol, qutul.

چِه خُوشْ گُويَدْ اُو شَيْدَا جَامِى عِشْقْ خُوىْ

Fitrati ishq bilan qorilgandek ishq qadahi bilan boshi aylangan Mavlono Jomiy e'tiborni ko’plikdan birlikka qaratish uchun go’zal

يَكِى خَواهْ يَكِى خَوانْ يَكِى جُوىْ يَكِى بِينْ يَكِى دَانْ يَكِى گُوىْ

degan gapiga qara. {(Izoh) Faqat ushbu satrgina Mavlono Jomiyning kalomidir.} Ya’ni:

1 -Faqat bittani ista, boshqalar istashga arzimaydi.

2 -Bittani chaqir, boshqalar yordamga kelmaydi.

3 -Bittani talab qil, boshqalar loyiq emas.

4 -Bittani ko’r, boshqalar xar doim ko’rinmaydi, zavol pardasida yashirinadi.

5 -Bittani bil, ma'rifatiga yordam bermagan boshqa bilishlar foydasiz.

6 -Bittani ayt, unga oid bo’lmagan so’zlar foydasiz sanaladi.

نَعَمْ صَدَقْتَ اَىْ جَامِى ٭ هُوَ الْمَطْلُوبُ ٭ هُوَ الْمَحْبُوبُ ٭ هُوَ الْمَقْصُودُ ٭ هُوَ الْمَعْبُودُ

Ha, Jomiy juda to’g’ri aytdingiz. Haqiqiy mahbub, haqiqiy matlub, haqiqiy maqsud, haqiqiy ma'bud faqat Udir.

كِه لَا اِلهَ اِلَّا هُو بَرَابَرْ مِيزَنَدْ عَالَمْ

Chunki bu olam butun mavjudotlari bilan, farqli tillari bilan, turli tuman ohangli ovozlari bilan Ilohiy zikrning eng katta halqasida birgalikda "La ilaha illa Hu" deydi, vahdoniyatga shahodat qiladi. لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ ning ochgan yarasiga malham suradi va aloqani uzgan majoziy mahbublar evaziga Mahbubi Loyazaliyni ko’rsatadi.

* * *

Bundan yigirma besh yil avval Istanbul Bo’g’ozidagi Yusha Tepasida, dunyoni tark qilishga qaror qilgan vaqtim, bir qancha muhim do’stlarim meni dunyoga, eski holatimga qaytarish uchun yonimga keldilar. Men: "Ertagacha meni qoldiringlar, istixora qilay." dedim. Tongda qalbimga ushbu ikki lavha xotirlatirildi. She'rga o’xshaydi, lekin she'r emas. Muborak xotiraning hurmati uchun tegmadim. Kelganidek muhofaza qilindi. Yigirma Uchinchi So’zning oxiriga kiritilgan edi. Maqom munosabati bilan bu yerga olindi.

Birinchi Lavha

G’aflatdagilar dunyosining haqiqatini tasvir qilgan lavhadir.

Meni dunyoga chaqirma, Unga keldim fano ko’rdim.

Dema g’aflat hijob bo’ldi, Va nuri Haq pinhon ko’rdim.

Butun ashyoi mavjudot, Bir-bir foniy zararli ko’rdim.

Vujud desang, uni kiydim, Oh, hechlik edi, ko’p balo ko’rdim.

Hayot desang uni tottim, Azob ichra azob ko’rdim.

Aql ayni jazo bo’ldi, Baqoni bir balo ko’rdim.

Umr ayni havo bo’ldi, Kamolni foydasiz ko’rdim.

Amal ayni riyo bo’ldi, Umid ayni azob ko’rdim.

Visol zavolning o’zi bo’ldi. Davoni ayni xastalik ko’rdim.

Bu nurlar zulmatlar bo’ldi, Bu do’stlarni yetim ko’rdim.

Bu ovozlar mavt xabari, Tiriklarni o’lik ko’rdim.

Ilmlar vahimalarga aylandi, Hikmatda ming kasal ko’rdim.

Lazzat ayni alam bo’ldi. Vujudda ming yo’qlik ko’rdim.

Habib desang uni topdim, Oh! Firoqda ko’p azob ko’rdim.

Ikkinchi Lavha

Hidoyat va Huzur ahlining dunyolari haqiqatiga ishora qiladigan lavha.

Dema g’aflat zavol topdi, Va nuri Haq ayon ko’rdim.

Vujud burhoni Zot bo’ldi, Hayot Haq oynasi, ko’r.

Aql hazina kaliti bo’ldi, Fano baqo eshigidir, ko’r.

Kamolning yog’dusi so’ndi, Faqat shamsi Jamol bor, ko’r.

Zavol ayni visol bo’ldi, Alam ayni lazzatdir, ko’r.

Umr ayni amal bo’ldi, Abad ayni umrdir, ko’r.

Zulmat ziyo parda bo’ldi, Bu o’limda haq hayot bor, ko’r.

Butun ashyo do’st bo’ldi, Butun saslar zikrdir ko’r.

Butun mavjudot zarralari, Bir-bir zokir, tasbehchi, ko’r.

Faqirlikni boylik hazina topdim, Yerda to’liq quvvat bor, ko’r.

Agar Allohni topgan bo’lsang, Butun ashyo seniki, ko’r.

Agar Maliki Mulkka qul bo’lsang, Uning mulki seniki, ko’r.

Agar xudbin va o’z nafsingga sohibsan, Sanoqsiz balodir ko’r,

Cheksiz azobdir, tot, Juda og’irdir ko’r.

Agar haqiqiy xudobin qul bo’lsang, Hududsiz bir safodir, ko’r,

Hisobsiz bir savob bor tat, Nihoyatsiz saodat ko’r...

Yirigma besh yil avval Ramazonda asrdan so’ng Shayhi Jiyloniyning (Q.S.) Asmo-i Husna manzumasini o’qidim. Menga asmo-i husna bilan bir munojot yozay degan istak keldi. Lekin o’shanda bu qadar yozildi. U muqaddas ustozimning muborak Munojoti Asmoyasiga nazira qilishni istadim. Hayhot! Nazmga iste'dodim yo’q. Qila olmadim, chala qoldi. Bu munojot O’ttiz Uchinchi So’zning O’ttiz Uchinchi Maktubi bo’lgan Derazalar Risolasiga kiritilgan edi. Maqom munosabati ila bu yerga olindi.

هُوَ الْبَاقِى

حَكِيمُ الْقَضَايَا نَحْنُ فِى قَبْضِ حُكْمِهِ ٭ هُوَ الْحَكَمُ الْعَدْلُ لَهُ الْاَرْضُ وَ السَّمَاءُ

عَلِيمُ الْخَفَايَا وَ الْغُيُوبِ فِى مُلْكِهِ ٭ هُوَ الْقَادِرُ الْقَيُّومُ لَهُ الْعَرْشُ وَ الثَّرَاءُ

لَطِيفُ الْمَزَايَا وَ النُّقُوشِ فِى صُنْعِهِ ٭ هُوَ الْفَاطِرُ الْوَدُودُ لَهُ الْحُسْنُ وَ الْبَهَاءُ

جَلِيلُ الْمَرَايَا وَ الشُّؤُنِ فِى خَلْقِهِ ٭ هُوَ الْمَلِكُ الْقُدُّوسُ لَهُ الْعِزُّ وَ الْكِبْرِيَاءُ

بَدِيعُ الْبَرَايَا نَحْنُ مِنْ نَقْشِ صُنْعِهِ ٭ هُوَ الدَّائِمُ الْبَاقِى لَهُ الْمُلْكُ وَ الْبَقَاءُ

كَرِيمُ الْعَطَايَا نَحْنُ مِنْ رَكْبِ ضَيْفِهِ ٭ هُوَ الرَّزَّاقُ الْكَافِى لَهُ الْحَمْدُ وَ الثَّنَاءُ

جَمِيلُ الْهَدَايَا نَحْنُ مِنْ نَسْجِ عِلْمِهِ ٭ هُوَ الْخَالِقُ الْوَافِى لَهُ الْجُودُ وَ الْعَطَاءُ

سَمِيعُ الشَّكَايَا وَ الدُّعَاءِ لِخَلْقِهِ ٭ هُوَ الرَّاحِمُ الشَّافِى لَهُ الشُّكْرُ وَ الثَّنَاءُ

غَفُورُ الْخَطَايَا وَ الذُّنُوبِ لِعَبْدِهِ ٭ هُوَ الْغَفَّارُ الرَّحِيمُ لَهُ الْعَفْوُ وَ الرِّضَاءُ

Ey nafsim! Qalbim kabi yig’la, baqir va aytgin:

"Foniyman, foniy narsani istamasman.

Ojizman, ojiz bo’lganni istamasman.

Ruhimni Rahmonga taslim ayladim, boshqasini istamasman.

Istagin, faqat bir yori boqiy istayman.

Zarraman, lekin So’ngsiz quyosh istayman.

Hech ichra hechman, lekin bu mavjudotning hammasini istayman."

BARLA YAYLOVI, ARCHA, QATRON,

ARDICH, QORAQOVOQNING BIR MEVASI

Maqom Munosabati bilan Bu Yerga Olindi. O’n Birinchi Maktubning Bir qismi.

Bir kuni asirligimda tog’ boshida katta archa, qatron va ardich daraxtlarining haybatli suratlarini, hayratga soladigan vaziyatlarini tomosha qilar ekanman, juda latif bir shamol esdi. U holatni, juda muhtasham va shirin shovqinli raqs qilayotgandek, jazavali tasbeh aytuvchi suratiga o’girdi. Sayr tomoshasi ibrat olishga va hikmatli tinglashga aylandi. Birdan Ahmadi Jizriyning kurdcha:

هَرْكَسْ بِتَمَاشَاگَهِ حُسْنَاتَه زِهَرْ جَاىْ تَشْبِيهِ نِگَارَانْ بِجَمَالَاتَه دِنَازِنْ

hikmati xotiramga keldi. Qalbim ibrat ma'nolarini ifodalash uchun quyidagicha yig’ladi:

يَا رَبْ هَرْ حَىْ بِتَمَاشَاگَهِ صُنْعِ تُو زِهَرْجَاىْ بَتَازِى

زِنِشِيبُ اَزْ فِرَازِى مَانَنْدِ دَلَّالَانْ بِنِدَاءِ بِآوَازِى

دَمْ دَمْ زِجَمَالِ نَقْشِ تُو دَرْ رَقْصْ بَازِى

زِكَمَالِ صُنْعِ تُو خُوشْ خُوشْ بِگَازِى

زِشِيرِينِى آوَازِ خُودْ هَىْ هَىْ دِنَازِى

اَزْوَىْ رَقْصَ آمَدْ جَذْبَه خَازِى

اَزِينْ آثَارِ رَحْمَتْ يَافْتْ هَرْ حَىْ دَرْسِ تَسْبِيحُ نَمَازِى

اِيسْتَادَسْتْ هَرْ يَكِى بَرْ سَنْگِ بَالَا سَرْفِرَازِى

دِرَازْ كَرْدَسْتْ دَسْتْهَارَا بَدَرْگَاهِ اِلهِى هَمْ چُو شَهْبَازِى

بِجُنْبِيدَسْتْ زُلْفْهَارَا بَشَوْقْ اَنْگِيزِ شَهْنَازِى

بَبَالَا مِيزَنَنْدْ اَزْ پَرْدَه هَاىِ هَاىِ هُوىِ عِشْقْ بَازِى

مِيدِهَدْ هُوشَه گِرِينْهَاىِ دَرِينْهَاىِ زَوَالِى اَزْ حُبِّ مَجَازِى

بَرْ سَرِ مَحْمُودْهَا نَغْمَهَاىِ حُزْنْ اَنْگِيزِ اَيَازِى

مُرْدَهَارَا نَغْمَهَاىِ اَزَلِى اَزْ حُزْنْ اَنْگِيزِ نَوَازِى

رُوحَه مِى آيَدْ اَزُو زَمْزَمَهءِ نَازُ نِيَازِى

قَلْبْ مِيخَوانَدْ اَزِينْ آيَاتْهَا سِرِّ تَوْحِيدْ زِعُلُوِّ نَظْمِ اِعْجَازِى

نَفْسْ مِيخَواهَدْ دَرْ اِينْ وَلْوَلَهَا زَلْزَلَهَا ذَوْقِ بَاقِى دَرْ فَنَاىِ دُنْيَا بَازِى

عَقْلْ مِيبِينَدْ اَزِينْ زَمْزَمَهَا دَمْدَمَهَا نَظْمِ خِلْقَتْ نَقْشِ حِكْمَتْ كَنْزِ رَازِى

آرْزُو مِيدَارَدْ هَوَا اَزِينْ هَمْهَمَهَا هَوْهَوَهَا مَرْگِ خُودْ دَرْ تَرْكِ اَذْوَاقِ مَجَازِى

خَيَالْ بِينَدْ اَزِينْ اَشْجَارْ مَلَائِكْ رَا جَسَدْ آمَدْ سَمَاوِى بَاهَزَارَانْ نَىْ

اَزِينْ نَيْهَا شُنِيدَتْ هُوشْ سِتَايِشْهَاىِ ذَاتِ حَىْ

وَرَقْهَارَا زَبَانْ دَارَنْدْ هَمَه هُو هُو ذِكْرْ آرَنْدْ بَدَرْ مَعْنَاىِ حَىُّ حَىْ

چُو لَا اِلهَ اِلَّا هُو بَرَابَرْ مِيزَنَدْ هَرْ شَىْ

دَمَادَمْ جُويَدَنْدْ يَا حَقْ سَرَاسَرْ گُويَدَنْدْ يَا حَىْ بَرَابَرْ مِيزَنَنْدْ اَللّهْ

فَيَا حَىُّ يَا قَيُّومُ بِحَقِّ اِسْمِ حَىِّ قَيُّومِ

حَيَاتِى دِهْ بَاِينْ قَلْبِ پَرِيشَانْ رَا اِسْتِقَامَتْ دِهْ بَاِينْ عَقْلِ مُشَوَّشْ رَا آمِينْ

Barla Yaylovi Tepaligida Archa, Qatron, Ardich, Qoraqovoq Mevasi Haqida Yozilgan Forsiy Baytlarning Ma'nosi:

هَرْكَسْ بِتَمَاشَاگَهِ حُسْنَاتَه زِهَرْ جَاىْ تَشْبِيهِ نِگَارَانْ بِجَمَالَاتَه دِنَازِنْ

Xotiramga keldi. Qalbim ibrat ma'nolarini ifodalash uchun quyidagicha yig’ladi:

Ya'ni: Sening tomoshangga, husningga barcha xar joydan yugurib kelgan. Sening jamoling bilan noz qilmoqda.

يَا رَبْ هَرْ حَىْ بِتَمَاشَاگَهِ صُنْعِ تُو زِهَرْجَاىْ بَتَازِى

Xar bir jonzot sening tomoshangga, san'ating bo’lgan zamin yuziga xar joydan chiqib qaramoqda.

زِنِشيِبُ اَزْ فِرَازِى مَانَنْدِ دَلَّالَانْ بِنِدَاءِ بِآوَازِى

Pastdan, yuqoridan dallollar kabi chiqib bor ovozdan nido qilmoqda.

دَمْ دَمْ زِجَمَالِ نَقْشِ تُو (نُسْخَه: زِهَوَاىِ شَوْقِ تُو) دَرْ رَقْص بَازِى

Sening naqshing go’zalligidan xursand bo’lib, dallol misol daraxtlar o’ynamoqda.

زِكَمَالِ صُنْعِ تُو خُوشْ خُوشْ بِگَازِى

Sening mukammal san'atingdan sevinib, xush-go’zal sado bermoqdalar.

زِشِيرِينِى آوَازِ خُودْ هَىْ هَىْ دِنَازِى

Go’yo sadolarining shirinligi ularni ham sevintirib nozaninona noz ettirmoqda.

اَزْوَىْ رَقْصَه آمَدْ جَذْبَه خَازِى

Shu sabab, daraxtlar raqsga kelgan, jazba istamoqda.

اَزِينْ آثَارِ رَحْمَتْ يَافْتْ هَرْ حَىْ دَرْسِ تَسْبِيحُ نَمَازِى

Bu Ilohiy rahmatning belgisi orqali, xar bir jonzot o’ziga maxsus tasbeh va namozning darsini olmoqda.

اِيسْتَادَسْتْ هَرْ يَكِى بَرْ سَنْگِ بَالَا سَرْفِرَازِى

Dars olgandan so’ng, xar bir daraxt yuksak bir tosh ustida arshga boshini ko’tarib turibdi.

دِرَازْ كَرْدَسْتْ دَسْتْهَارَا بَدَرْگَاهِ اِلهِى هَمْ چُو شَهْبَازِى

Xar biri yuzlab qo’llarini Shaxbozi Qalandar {(Izoh1) Shahbozi Qalandar mashhur bir qahramon bo’lib, Shayxi Jiyloniyning irshodi bilan Allohning dargohiga iltijo qilib valiylik martabasiga chiqqan.} kabi Allohning dargohiga uzatib muhtasham ibodat qilayotgan ko’rinishiga kirgan.

بِجُنْبِيدَسْتْ زُلْفْهَارَا بَشَوْقْ اَنْگِيزِ شَهْنَازِى

{(Izoh2) Shaxnozi Chelkezi qirq o’rama sochi bilan mashhur bo’lgan dunyo go’zali.}

O’ynatadi zulf kabi kichik shoxlarini va u bilan tomosha qilganlarga ham latif shavqlarini va yuksak zavqlarini eslatadi.

بَبَالَا مِيزَنَنْدْ اَزْ پَرْدَه هَاىِ هَاىِ هُوىِ عِشْقْ بَازِى

Ishqning "Hay huy" pardalaridan eng sezgir torlarga, tomirlarga tegadigandek sado beradi.

{(Nusxa) Bu nusxa qabristondagi archa daraxtiga tegishli:

بَبَالَا مِيزَنَنْدْ اَزْ پَرْدَه هَاىِ هَاىِ هُوىِ چَرْخِ بَازِى ٭ مُرْدَهَارَا نَغْمَهَاىِ اَزَلِى اَزْ حُزْنْ اَنْگِيزِ نَوَازِى

}

مِيدِهَدْ هُوشَه گِرِينْهَاىِ دَرِينْهَاىِ زَوَالِى اَزْ حُبِّ مَجَازِى

Fikrga shu vaziyatdan shunday bir ma'no keladi: Majoziy Muhabbatlarning zavol tiposhining azobidan yig’i, chuqurdan-chuqur hazin ho’ngrashini eslatadi.

بَرْ سَرِ مَحْمُودْهَا نَغْمَهَاىِ حُزْنْ اَنْگِيزِ اَيَازِى

Maxmudlarning, ya'ni Sulton Maxmud kabi mahbubidan ayrilgan butun oshiqlarning boshida g’amli mahbublarining ohangli ovozlarining tarzini eshittiradi.

مُرْدَهَارَا نَغْمَهَاىِ اَزَلِى اَزْ حُزْنْ اَنْگِيزِ نَوَازِى

Dunyoviy sadolarning va so’zlarning eshitilishdan ayrilgan o’lganlarga; azaliy ohangli ovozlarni, tashvishga soladigan sadolarni eshittirgan vazifasi borligi ko’rinadi.

رُوحَه مِى آيَدْ اَزُو زَمْزَمَهءِ نَازُ نِيَازِى

Ruh esa bu holatdan quyidagicha tushundi: Ashyolar tasbehot bilan Sone'i Zuljalolning ismlarining tajalliylariga javoban, bir duo-niyoz nag’masi kelmoqda.

قَلْبْ مِيخَوانَدْ اَزِينْ آيَاتْهَا سِرِّ تَوْحِيدْ زِعُلُوِّ نَظْمِ اِعْجَازِى

Qalb esa, xar biri jismlashgan oyat hisoblangan daraxtlardan tavhid sirini bu mo’'jizaning nazm buyukligidan o’qiydi. Ya'ni, xilqatida shu daraja g’aroyib intizom, san'at, hikmat borki: Butun koinotdagi sabablar istagnini qiladigan deb faraz qilinsa va to’planishsa ham taqlid qila olmaydi.

نَفْسْ مِيخَواهَدْ دَرْ اِينْ وَلْوَلَهَا زَلْزَلَهَا ذَوْقِ بَاقِى دَرْ فَنَاىِ دُنْيَا بَازِى

Nafs esa, buni ko’rib, butun yer yuzi shovqinli firoq zilzilasida aylanayotgandek ko’rdi, boqiy zavq qidirdi. "Dunyoparastlikning tarkida topasan" degan ma'no chiqardi.

عَقْلْ مِيبِينَدْ اَزِينْ زَمْزَمَهَا دَمْدَمَهَا نَظْمِ خِلْقَتْ نَقْشِ حِكْمَتْ كَنْزِ رَازِى

Aql esa, hayvon va daraxtning xush ohangi, nabotot va havoning chiqargan ovozidan o’ta ma'noli yaratilish intizomi, hikmat naqshi, sirlar xazinasi topdi. Hamma narsa ko’p jihatlar bilan Sone'i Zuljalolga tasbeh aytganini tushundi.

آرْزُو مِيدَارَدْ هَوَا اَزِينْ هَمْهَمَهَا هَوْهَوَهَا مَرْگِ خُودْ دَرْ تَرْكِ اَذْوَاقِ مَجَازِى

Havoyi nafs esa havo sadosi va yaproqlar ovozidan shunday lazzat oladiki, butun majoziy lazzatlarni unuttirib, havoyi nafsning hayoti bo’lgan majoziy lazzatni tark etib, haqiqat zavqida o’lishni istaydi.

خَيَالْ بِينَدْ اَزِينْ اَشْجَارْ مَلَائِكْ رَا جَسَدْ آمَدْ سَمَاوِى بَاهَزَارَانْ نَىْ

Xayol esa, go’yo daraxtlarning vazifa yuklangan farishtalari kirib xar bir shoxida ko’p naylardan toqilgan daraxtlarni jasad qilib kiyganini ko’rdi. Go’yo Sultoni Sarmadiy minglab nay sadosi bilan muhtasham ochilish marosimida ularni kiydirgan. Daraxtlar jonsiz, idroksiz jism kabi emas, balki o’ta idrokli ma'noli holatlarni ko’rsatadi.

اَزِينْ نَيْهَا شُنِيدَتْ هُوشْ سِتَايِشْهَاىِ ذَاتِ حَىْ

Naylar samoviy, yuksak musiqadan kelayotganday sof va ta'sirlidir. Fikr ulardan, boshda Mavlono Jaloliddin Rumiy va butun oshiqlar eshitgan azobli ayriliq shikoyatlarini eshitmaydi. Balki Zoti Hayyi Qayyumga nisbatan taqdim qilingan Rahmoniy tashakkurotni va Rabboniyani hamdlarni eshitadi.

وَرَقْهَارَا زَبَانْ دَارَنْدْ هَمَه هُو هُو ذِكْرْ آرَنْدْ بَدَرْ مَعْنَاىِ حَىُّ حَىْ

Daraxtlar jasad, butun yaproqlar tilga aylangan ekan. Demak, xar biri minglab tili bilan havo tekkanda "Hu Hu" zikrini takror etadi. Hayotlarining tahiyyoti orqali Sone'ining Hayyi Qayyum bo’lganini e'lon qiladi.

چُو لَا اِلهَ اِلَّا هُو بَرَابَرْ مِيزَنَدْ هَرْ شَىْ

Chunki butun ashyo "La ilaha illa Hu" deb koinotning azim zikr xalqasida birgalikda zikr qilib ishlayapti.

دَمَادَمْ جُويَدَنْدْ يَا حَقْ سَرَاسَرْ گُويَدَنْدْ يَا حَىْ بَرَابَرْ مِيزَنَنْدْ اَللّهْ

Vaqti-vaqti bilan iste'dod tili orqali Janobi Haqdan hayoti haqqini "Yo Haq" deb, rahmat xazinasidan istaydi. Boshdan oxirigacha hayotga sazovor bo’lgan tili bilan "Yo Hayy" ismini zikr etadi.

فَيَا حَىُّ يَا قَيُّومُ بِحَقِّ اِسْمِ حَىِّ قَيُّومِ

حَيَاتِى دِهْ بَاِينْ قَلْبِ پَرِيشَانْ رَا اِسْتِقَامَتْ دِهْ بَاِينْ عَقْلِ مُشَوَّشْ رَا آمِينْ

* * *

Bir kuni Barlada Archa tog’ida yuksak bir joyda, kechasi samoning yuziga boqdim. Birdan xotirga quyidagi ifodalar keldi. Yulduzlarning holat tili bilan gapirishini hayolan eshitganimdek yozildi. Nazm va she'rni bilmaganim uchun she'r qoidasiga kirmadi. Kelganidek yozildi. To’rtinchi maktub bilan O’ttiz Ikkinchi So’zning Birinchi Qismining oxiridan olindi.

Yulduzlarni Gapirtirgan Bir Yulduznoma

Tinglagin yulduzlarni, ushbu shirin xutbasiga

Hikmatning nurli nomasi, qara qanday bildirgan.

Birgalikda nutqqa kelgan, haq bilan bilan deydi:

Bir Qodiri Zuljalolning muhtasham sultonligin

Biir-bir nurli burhonmiz Sone'ning borligiga

Ham vahdatga, ham qudratga shohidlarmiz biz.

Bu zamin yuzini porlatgan

Nozanin mo’'jizalar chun malak sayr etishiga.

Bu samoning yerga boqqan, Jannatga diqqat qilgan

Minglab diqqatli ko’zlarmiz biz.

{(Hoshiya) Ya'ni Jannat chechaklarining ko’chatzor va ekinzori bo’lgan zaminning yuzida hadsiz mo’'jizoti qudrat tashhir etilganidan, samovot olamidagi maloikalar u mo’'jizotni va u horiqolarni tomosha qilganlari kabi; ajromi samoviyaning ko’zlari hukmida bo’lgan yulduzlar ham, go’yo maloikalar kabi, zamin yuzidagi nozanin masnu'otni ko’rishlari bilan Jannat olamiga qaraydilar va u muvaqqat horiqolarni boqiy bir suratda Jannatda ham tomosha qilayotgandek, bir zaminga, bir Jannatga qaraydilar. Ya'ni u ikki olamga nazoratlari bor deganidir.}

Xilqat daraxtidan samovot tomon, butun Somonyo’li shoxlariga

Bir Jamili Zuljalolning hikmat qo’li bilan to’qilgan minglab go’zal mevalarmiz biz.

Bu samovot ahliga sayyor masjidlarmiz,

Aylangan uylar, ulug’ makonlarmiz,

Nurli chiroqlar, azamatli kemalar, tayyoramiz biz.

Bir Qodiri Zulkamolning, bir Hakimi Zuljalolning

Qudrat mo’'jizalari, g’aroyib Xoliqona san'ati,

Nodir hikmatlar, g’aroyib yaratilgan, nur olamimiz biz.

Yuz ming til bilan yuz ming burhon ko’rsatamiz,

Eshittiramiz inson bo’lgan insonga.

Ko’r bo’lsin dinsiz ko’zi, ko’rmas bo’ldi yuzimizni.

Ham eshitmas so’zimizni. Haq so’ylagan oyatlarmiz biz.

Muxrimiz bir, tamg’amiz bir, Robbimizga bo’ysunamiz,

Tasbehhonmiz, zikr qilamiz obidlardek

Somonyo’li katta halqasiga mansub majzublarmiz biz.

deganlarini xayolan tingladim.

* * *

O’N SAKKIZINCHI SO’Z

Bu So’zning Ikki Maqomi Bor. Ikkinchi Maqomi hali yozilmagan. Birinchi Maqomi uch Nuqtadan iborat.

BIRINCHI NUQTA:

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

لَا تَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَفْرَحُونَ بِمَا اَتَوْا وَيُحِبُّونَ اَنْ يُحْمَدُوا بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا فَلَا تَحْسَبَنَّهُمْ بِمَفَازَةٍ مِنَ الْعَذَابِ وَلَهُمْ عَذَابٌ اَلِيمٌ

Nafsi ammoramga bir adab ta'ziri:

Ey faxrga maftun, shuhratga mubtalo, madhga tushkun, xudbinlikda tengsiz betayin nafsim!Agar minglab meva bergan anjirning manbai bo’lgan kichik urug’ni va yuz shingil taqilgan uzumning qora quruq poyasi, butun mevalarni, shingillarni ulaning hunari ekani va ulardan foydalanganlar poyaga, urug’ga madh va hurmat qilish kerakligi haq da’vo bo’lsa, sen senga yuklangan ne'matlar uchun faxrga, g’ururga balki bir haqqing bor. Xolbuki sen doim yomonlashga haqdorsan. Chunki urug’ va danak kabi emassan.

Sening juz'iy ixtiyoring bo’lib ne'matlarning qiymatlarini faxrlanib kamaytiryapsan. G’ururing bilan buzyapsan va kufroning orqali yo’q qilyapsan va zo’ravonlik bilan o’zlashtiryapsan. Sening vazifang faxrlanish emas, shukrdir. Senga loyiq bo’lgan shuhrat emas, kamtarinlikdir, xijolatdir. Haqqing madh emas, istig’fordir, nadomatdir. Kamoling xudbinlik emas, xudobinlikdadir.

Ha, sen mening jismimda olamdagi tabiatga o’xshaysan. Ikkovingiz xayrni qabul qilish, yomonlikka manba bo’lish uchun yaratilgansiz. Ya'ni yaratuvchi va masdar emassiz, balki ta’sir ostida qolgan va makonsiz. Faqat ta'siringiz bor: U mutlaq xayrdan kelgan xayrni go’zal suratda qabul qilmaganingiz sababli yomonlikka sabab bo’lyapsiz. Siz go’zalligi ko’rinmagan zohiriy xunuk tomonlar sizga yuklanib, Zoti Muqaddasa-i Ilohiyaning pokligiga vosita bo’lishingiz uchun parda sifatida yaratilgansiz. Xolbuki fitrat vazifamizga batamom zid surat kiygansiz. Qobiliyatingiz yo’qligi sababli xayrni yomonlikka aylantirib, go’yo Xoliqingizga sherik bo’lasiz! Demak nafsparast, tabiatparast g’oyat ahmoq, g’oyat zolimdir.

Yana: "Men bunga sazovor bo’lganman. Go’zalga sazovorlik esa go’zallashadi." dema. Chunki, aks etmagani uchun sazovor emas, ko’prik bo’lasan.

Yana: "Odamlar ichidan men tanlandim. Bu mevalar men orqali ko’rsatilyapti. Demak, bir ustun tomonim bor." dema. Yo’q, aslo! Balki hammadan avval senga berildi. Chunki xar kimdan ko’ra ko’proq sen qashshoq, muhtoj va 'am chekkaning uchun eng avval sening qo’lingga berildi.

{(Izoh) Haqiqatdan men ham bu munozarada Yangi Said, nafsini bu daraja mot qilganim va ovozini o’chirganini juda yoqtirdim va "Ming Barakalloh" dedim.}

IKKINCHI NUQTA:

اَحْسَنَ كُلَّ شَيْءٍ خَلَقَهُ oyatining bir sirini izohlaydi:

Hamma narsada, hatto eng xunuk ko’ringan narsalarda haqiqiy husn jihati bor. Ha, koinotdagi hamma narsa, xar bir hodisa yo o’zi go’zaldir, unga "husni bizzot" deyiladi. Yoki natijalari jihatida go’zal bo’lib, unga "husni bilg’ayr" deyiladi. Bir qism hodisalar borki, ko’rinishi chirkin, tartibli emas. Lekin zohiriy parda ostida o’ta porloq go’zalliklar va intizomlar bor. Jumladan:

Bahorda bo’ronli yomg’ir, loy tuproq pardasi ostida sanoqsiz go’zal gul va intizomli nabototning tabassumi yashirin. Kuzning qo’pol buzg’unchiliklari, hazin firoq pardalari orqasida Subhoniy jaloliy tajalliylarga sazovor bo’lgan qish hodisalarining tazyiqi va aziyatidan muhofaza qilish uchun nozli gullarning do’stlari bo’lgan nozanin hayvonchalarni hayot vazifasidan nafaqaga chiqarib, qish pardasi ostida nozanin yangi go’zal bir bahorga yer tayyorlash bor. Bo’ron, zilzila, vabo kabi hodisalarning pardasi ostida yashiringan juda ko’p ma'naviy gullar ochiladi. Danaklar kabi ko’karmasdan qolgan bir qancha iste'dod urug’lari, zohiriy chirkin ko’ringan hodisalar sababli nish urib go’zallashadi. Go’yo barcha o’zgarishlar va umumiy almashinishlar ma'naviy yomg’irlar hisoblanadi. Lekin inson ham zohirparast, ham xudgam bo’lgani uchun zohirga qarab xunuk xulosa chiqaradi. O’zini o’ylab faqat o’ziga tegishli natija orqali muhokama qilib yomonlik deb hukm qiladi. Xolbuki ashyolarning insonga oid bir maqsadi bo’lsa, Sone'ining ismlariga oid minglab tomoni mavjud.

Masalan: Fotir zotning qudrati buyuk mo’'jizalaridan bo’lgan tikanli o’tlarni va daraxtlarni zararli, ma'nosiz deb o’ylaydi. Xolbuki ular o’tlarning va daraxtlarning jihozlangan qahramoni hisoblanadi. Masalan: Lochinning chumchuqqa hujum qilishi zohiran rahmatga muvofiq ko’rinmaydi. Xolbuki chumchuqning iste'dodi shu hujum orqali ochiladi. Masalan: Qorni juda sovuq va ta'mi yo’q deb o’ylayshadi. Xolbuki xunuk, ta'msiz parda ostida shunchalik issiq g’oyalar va shakardek shirin natijalar borki, ta'rif qilib bo’lmaydi.

Inson o’zini o’ylashi va tashqi ko’rinishga diqqat qilishi bilan birga, hamma narsani o’ziga tegishli tomoni bilan muhokama qilgani uchun, ko’pincha odob doirasidagi narsalarni odobga xilof deb o’ylaydi. Masalan insonning tanosil a'zosi, inson nazarida xijolatli narsadir. Lekin bu xijolat pardasi insonga tegishli tomondir. Chunki xilqatga, san'atga va fitrat g’oyalariga tegishli tomoni shunday pardalardirki, hikmat bilan qaralganda odobning o’zi bolib, xijolatli tomoni unga yaqinlashmaydi.

Odob manbai bo’lgan Qur'oni Hakimning ba'zi ta'birlari bu jihat va pardalarga oid. Bizga ko’ringan xunuk maxluqlar va hodisalarning zohiriy tomoni o’ta go’zal, hikmatli san'at va xilqatiga tegishli go’zal tomonlari borki, Sone'iga yuzlangan va juda chiroyli pardalar borki, hikmatlarni yashirgan va juda ko’p zohiriy tartibsizliklar va qorishiqliklar borki, juda intizomli muqaddas kitobat hisoblanadi.

UCHINCHI NUQTA:

اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّهَ فَاتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ اللّهُ

Modomiki koinotda shubhasiz san'at go’zalligi bor va qat'iy ekan, albatta risolati Ahmadiya (S.A.V.) ko’zga ko’rinadigan darajada aniqlikda amalga oshishi kerak. Chunki bu go’zal san'atli asarlardagi san'at va surat go’zalligi ko’rsatmoqdaki: Ularning san'atkorida ahamiyatli go’zallashtirish irodasi va quvvatli ziynatlash talabi bor. Bu iroda va talab esa, Sone'da yuksak muhabbat va san'atli asarlarida izhor qilgan san'atning kamolotiga nisbatan muqaddas istak borligini ko’rsatadi. Bu muhabbat va istak esa, san'atli asarlar ichida eng nurli va mukammal bo’lgan insonga ko’proq tegishli bo’lib, unda yig’ilishni istaydi. Inson esa, yaratilish daraxtining idrokli mevasidir. Meva esa, eng qamrovli, eng uzoq va eng ko’p umumiy e'tibor va kulliy idrok qismidir. Umumiy e'tibor va idroki kulliy zot esa, San'atkori Zuljamolga suhbatdosh bo’lib ko’rishgan, kulliy idrokini va umumiy nazarini tamoman Sone'iga mahliyo, san'atini tahsin qilish va ne'matiga shukr qilishga sarflagan eng yuksak, eng porloq bir shaxs bo’ladi.

Hozir ikki lavha, ikki doira ko’rinyapti. Biri: O’ta muhtasham, muntazam rububiyat doirasi va o’ta san’atli, javharlar bilan bezalgan san'at lavhasi. Ikkinchisi: Ota nurli, gullar bilan bezalgan qullik doirasi va g’oyat keng, qamrovli tafakkur, tahsin, tashakkur va iymon lavhasi borki, ikkinchi doira bor kuchi bilan birinchi doira uchun harakat qiladi.

Demak, Sone'ning barcha san'atining maqsadlariga xizmat qilgan doira raisining qay darajada Sone' bilan munosabati borligi va uning nazarida naqadar mahbub va maqbul ekani shaksiz tushuniladi.

Shu go’zal san'atli asarlarning bu daraja san'atparvar, hatto og’izning xar hil ta'mini e'tiborga olgan in'omparvar san'atkorni, Arsh va yerni jaranglatadigan tahsin va taqdir jarangi ichida, quruqlik va dengizni jazavaga keltiradigan shukron va takbir nag’masi bilan unga mahliyo bo’lib qaragan eng go’zal san'atli asariga loqayd qarashi, u bilan gaplashmasligi va aloqador holda uni elchi qilib, go’zal holatini boshqalarga ham yoyilishini istamasligini biror aql qabul qiladimi, ajabo?! Aslo! Gapirmaslik va uni rasul qilmaslik mumkin emas.

اِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللّهِ الْاِسْلَامُ ٭ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّهِ وَالَّذِينَ مَعَهُ

* * *

Ayriliqda va g’urbatdagi asirlikda,

Bomdod vaqti yig’lagan qalbning g’ussali hijroni

Saharlarda esar tajalliy shabadasi

Uyg’on ey ko’zlarim sahar vaqtida

Ilohiy dargohdan inoyat so’ra

Gunohkorlar tavba joyi sahardir

Uyg’on ey qalbim bomdod vaqtida

Qilgin tavba, ista g’ufron dargohi Ilohiydan

سَحَرْ حَشْرِيسْتْ دَرُو هُشْيَارْ دَرْ تَسْبِيحْ هَمَه شَىْ ..

بَخَوابِ غَفْلَتْ سَرْسَمْ نَفْسَمْ حَتَّى كَىْ ..

عُمْرْ عَصْرِيسْتْ سَفَرْ بَاقَبْرْ مِى بَايَدْ زِهَرْ حَىْ

بِبَرْخِيزْ نَمَازِى چُو نِيَازِى گُو بِكُنْ آوَازِى چُونْ نَىْ

بَگُو يَا رَبْ پَشِيمَانَمْ خَجِيلَمْ شَرْمْسَارَمْ اَزْ گُنَاهْ بِى شُمَارَمْ

پَرِيشَانَمْ ذَلِيلَمْ اَشْكْ بَارَمْ اَزْ حَيَاتْ بِى قَرَارَمْ

غَرِيبَمْ بِى كَسَمْ ضَعِيفَمْ نَاتُوَانَمْ

عَلِيلَمْ عَاجِزَمْ اِخْتِيَارَمْ بِى اِخْتِيَارَمْ

اَلْاَمَانْ گُويَمْ عَفُوْ جُويَمْ مَدَدْ خَواهَمْ زِدَرْگَاهَتْ اِلهِى

O’N TO’QQIZINCHI SO’Z

Risolati Ahmadiyaga Doir

وَ مَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَتِى ٭ وَ لكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَتِى بِمُحَمَّدٍ (ع.ص.م)

Ha, bu so’z go’zaldir. Lekin uni go’zallashtirgan, go’zallarning go’zali bo’lgan Muhammadiy vasflardir.

"O’n to’rt Rashahot"ni ichiga olgan O’n To’rtinchi Yog’duning

BIRINCHI RASHXASI:

Robbimizni bizga ta'rif qilgan uch buyuk, umumiy ta’rif qiluvchi bor.

Biri: Ushbu koinot kitobi bo’lib, bir oz shohidligini o’n uch yog’du orqali Nur Risolasidan O’n Uchinchi Darsdan eshitdik.

Boshqasi: Ushbu katta kitobning buyuk oyati bo’lgan Xotam-ul Anbiyo Alayhissolatu Vassalamdir.

Keyingisi - Qur'oni Azimushshondir.

Demak ikkinchi notiq burhoni bo’lgan Xotam-ul Anbiyo Alayhissolatu Vassalamni tanishimiz, tinglashimiz lozim.

Ha, u burhonning ma'naviy shaxsiga qara:

Yer yuzi bir masjid, Makka mehrob, Madina minbar, O’zlari ochiq burhon bo’lgan Payg’ambarimiz Alayhissolatu Vassalam -

barcha ahli iymonga imom,

butun insonlarga xatib,

butun anbiyolarga rais,

hamma avliyoga sayyid,

butun anbiyo va avliyodan tarkib topgan zikr halqasining zikrboshisi,

butun anbiyolar hayotdor ildizlari, butun avliyolar tarovatdor samaralari bo’lgan nuroniy daraxt bo’lib, xar bir da'vosini, mo’'jizalariga tayangan butun anbiyolar, karomatlariga ishongan butun avliyolar tasdiqlab imzo qo’ymoqda.

Zero U zot لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydilar, da'vo qiladilar. Butun o’ng va chap, ya'ni o’tmish va kelajak taraflarida saf tortgan nuroniy zikr qiluvchilar ayni so’zni takrorlab, bir ovozdan ma'nan "Sodaqta va bil haqqi nataqta"deydi. Bu hisobsiz imzolar bilan tasdiqlangan iddaoga tumshuq suqishga qanday tushunchaning haddi bor.

IKKINCHI RASHXA:

U nuroniy tavhid burhoni,

ikki qanotning ijmo' va tavoturi orqali tasdiqlangani kabi, Tavrot va Injil kabi Samoviy Kitoblarning {(Hoshiya) U kitoblardan Husayn Jisriy "Risola-i Hamidiya"sida bir yuz o’n to’rt ishoratlarni chiqargan. Tahrif-o’zgartirilgandan keyin bunchasi topilsa, albatta undan avval ko’plab ochiq oydin xabarlar bo’lgan.} yuzlab ishoratlari,

irhosotning minglab ramzlari,

hatiflarning mashhur bashoratlari,

kohinlarning mutavotir shahodatlari,

Shaqqi Qamar - oyning bo’linishi kabi minglab mo’'jizalarning dalolatlari,

shariatning haqqoniyati bilan to’griligini bildirib tasdiq etganlari kabi,

U zotda o’ta mukammal maqtalgan axloqi,

vazifasida o’ta go’zalligi kuzatilgan juda qiymatli va yukak xulqi,

mukammal ishonchi,

iymonining quvvati,

juda osoyishtaligi,

o’ta durustligini ko’rsatgan favqulotda taqvosi, favqulotda qulligi, favqulotda jiddiyati, favqulotda matonati -

o’z da'vosiga o’ta sodiq ekanini quyoshdek oshkora ko’rsatadi.

UCHINCHI RASHXA:

Agar xohlasang kel, Asri Saodatga, Jazirat-ul Arabga boramiz. Hayolan, uni vazifasining boshida ko’rib ziyorat qilamiz. Mana qara: Husni siyrat va jamoli surat bilan mumtoz bir zotni ko’ryapmizki: Qo’lida mo’'jizali kitob, tilida haqiqatlarni bilgan xitob, butun bani Odamga, balki jin va insonlarga, farishtalarga, balki butun mavjudotga azaliy xutbani yetkazyapti. Olamning yaratilish xilqati bo’lgan ajib topishmog’ini hal va sharh qilib koinot siri bo’lgan qulflanfan topishmoqni ochib kashf qiladi, butun mavjudotdan so’ralgan, butun mutafakkirlarni hayratda mashg’ul qilgan uch qiyin va daxshatli azim savol hisoblangan "Kimsan", "Qayerdan kelyapsan?", "Qayerga ketyapsan?" savollariga ishontiradigan, maqbul javob beryapti.

TO’RTINCHI RASHXA:

Qara! Shunday bir haqiqat ziyosi yoyadiki: Agar koinotga U zotning nuroniy haqiqat doirasining irshodining xorijida qarasang, albatta koinotning shaklini umumiy motamxona suratida, mavjudotni bir-biriga begona balki dushman, jonsiz narsalarni daxshatli mayyit, butun jonlilarni zavol toppish va firoq ta'ziri bilan yig’layotgan yetimlar shaklida ko’rasan. Endi qara: U zot tarqatgan nur orqali umumiy motamxona, shavqu jazava ichida zikrxonaga aylandi. Begona, dushman mavjudotlar bir-birga do’st va qardoshga aylandi. O’lik va jonsiz mavjudotlar sevimli xodim, amrga tobe' xizmatkorga aylandi. Yig’layotgan, shikoyat qiluvchi, hech kimi yo’q yetimlar, tasbeh aytayotgan zokir yoki vazifasidan nafaqaga chiqqan shokir suratiga kirdi.

BESHINCHI RASHXA:

U nur bilan koinotdagi harakatlar, turlarga ajralish, o’zgarish, almashishlar ma'nosizlikdan, bemaqsadlikdan va tasodif o’yinchog’ bo’lishdan chiqib Rabboniy maktublarga, yaratilishga oid dalillarning sahifasiga, Asmo-i Husnaning oynalari darajasiga, olam esa Samadoniy hikmat kitobi martabasiga chiqdi. Insonni butun hayvonlardan ham past darajaga tushirgan cheksiz zaifligi va ojizligi, faqirligi va ehtiyojlari, butun hayvonlardan ham badbaxt qiladigan, huzn, azob va g’am tashuvchi vositasi hisoblangan aqli, u nur orqali yorishgan vaqti, inson butun hayvonot, butun maxluqotning ustiga chiqadi. Nurlangan ojizlik, faqirlik aql orqali, duo bilan nozanin sulton va yig’i bilan yerdagi nozli xalifa bo’ladi. Demak, u nur bo’lmasa, koinot ham, inson ham, hatto hamma narsa yo’qlikka tushadi. Albatta bunday tenggi yo’q koinotga shunday zot lozimdir. Yo’qsa koinot va olamlar bo’lmasligi kerak.

OLTINCHI RASHXA:

U zot, abadiy saodatning xabarchisi, mujdachisi, benihoy rahmatning kashf qiluvchisi, e'lon qiluvchisi, Rububiyat saltanati go’zalliklarining dalloli, tomoshabini, Asmoi Husna xazinalarini kashf qiluvchisi, ko’rsatuvchisidir. Qulligi jihatida qarasang u zotni muhabbat misoli, rahmat timsoli, insoniyat sharafi, yaratilishning eng nuroniy samarasi ekanini ko’rasan. Risolati jihatidan qarasang Haqning burhoni, haqiqat nuri, hidoyat quyoshi, saodat vositasi ekanini ko’rasan. Ko’z qamashtiradigan chaqmoq kabi u zotning nuri, sharqdan g’arbgacha hammayoqni tutdi, yer yuzining yarmi va insoniyatning beshdan biri, u kishining hidoyat hadyasini qabul qilib, bag’riga bosib jonidek asradi. Bunday zotning butun da'volarining asosi bo’lgan "La Ilaha Illalloh"ni butun martabalari bilan birga qabul qilmagan bizning nafs va shaytonimizga nima bo’lyapti?

YETTINCHI RASHXA:

Qara: Ushbu keng jazirada vahshiy, odatlariga mutaassib, turli tuman qaysar qavmlarni, qanchalik tez odatlari va yomon vaxshiy axloqlarini kutilmaganda chiqarib tashlab, butun chiroyli axloq bilan bezab butun olamga muallim va madaniy millatlarga ustoz ayladi. Qara! Zohiriy bir bosim orqali emas, balki aqllarni, ruhlarni, qalblarni, nafslarni fath qildi va bo’ysundirdi. Qalblarning mahbubi, aqllarning muallimi, nafslarning murabbiyi, jonlarning sultoni bo’ldi.

SAKKIZINCHI RASHXA:

Kichik qavmda buyuk bir hukmdor tamaki kabi kichik bir odatni katta g’ayrat sarflab tag-tugi bilan zo’rg’a yo’qota olishini bilasan. Xolbuki, bu zot, katta va ko’p odatlarni ham qaysar, katta mutaassib qavmlardan, zohiriy kichik kuch bilan, kichik himmat bilan, qisqa vaqtda olib tashlab, o’rniga oliy fazilatlarni, qoni va hislariga aralashib ketgan darajada sobit o’rnatdi va mahkamladi. Bu kabi yana juda ko’p g’aroyib ishlar qilyapti. Demak, Asri Saodatni ko’rmaganlarga Jaziratul Arabni ko’zlariga tiqamiz. Mayli, yuzlab faylasuflarni olsin, u yerga borsin, yuz yil ishlashsin. Ajabo, u zotning, o’sha davrga nisbatan bir yilda qilgan ishining yuzdan birini qila olishadimi?

TO’QQIZINCHI RASHXA:

Kichik bir odam, kichik hurmati bilan, kichik jamoatda, kichik bir masalada, tortishilgan da'voda uyalmay, parvosiz, kichik, lekin xijolatli yolg’onni, dushmanlari yonida hiylasini his qildirmaydigan darajada ta’sirlanmay va xavotirini ko’rsatmasdan ayta olmasligini bilasan. Endi bu zotga qara. Juda buyuk vazifada, juda buyuk vazifa egasi, juda katta hurmat bilan, juda buyuk ishonchga muhtoj holda, juda katta jamoatda, juda katta xusumat oldida, juda ulkan masalalarda, juda buyuk da'voda, o’ta erkinlik bilan, beparvo, ikkilanmay, uyalmasdan, xavotirsiz, samimiy poklik bilan, o’ta jiddiyat bilan, dushmanlariga og’ir botadigan shiddatli, aytgan ulugi so’zlarida biror xilof bo’lishi mumkinmi?! Hech hiyla aralashishi mumkinmi?! Aslo! اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى

Ha, haq aldamaydi, durust odam aldanmaydi. Haq bo’lgan maslagi hiyladan pok bo’ladi, durust odamni chalg’itishga, haqiqat bol’ib ko’rinishga, aldashga xayolning qanday haddi bor?!

O’NINCHI RASHXA:

Naqadar qiziq, naqadar jozibador, naqadar kerakli, naqadar buyuk haqiqatlarni ko’rsatadi va masalalarni isbotlashini ko’r.

Bilasanki, insonni eng ko’p harakatga keltiradigan narsa qiziqishdir. Agar bir kishi senga: "Yarim umringni, yarim molingni bersang, Oy va Mushtariy yulduzidan bir kishi keladi, u yerda nima bor nima yo’qligini holatlarini aytadi. To’g’ri shaklda kelejagini va boshingga nima kelishini to’g’ri xabarini beradi", desa. Qiziqsang, berasan. Xolbuki bu kishi shunday bir Sultonning xabarlarini aytayapti: U zotning yurtida oy bir chivin kabi bir parvona bo’lib atrofida aylanadi. Parvona yer esa, chiroq atrofida parvoz etadi chiroq bo’lgan Quyosh esa, Sultonning minglab manzillaridan bir musofirxonasida minglab chiroqlar ichida bir chirog’idir. Yana shunday ajoyib olamdan haqiqatdan gapiryapti va shunday bir o’zgarishdan xabar beryaptiki: Minglab Kura-i Arz bomba bo’lib portlasa ham, unchalik ajib bo’lmaydi. Qara! U zotning tilida

اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ٭ اِذَا السَّمَٓاءُ انْفَطَرَتْ ٭ اَلْقَارِعَةُ

kabi suralarni eshit. Yana shunday kelajakdan tog’ri xabar beryaptiki: Dunyoviy kelajak unga nisbatan bir tomchi sarob hisoblanadi. Yana shunday saodatdan o’ta jiddiy xabar beryaptiki: Butun dunyoviy baht-saodat unga nisbatan, bir bir onlik chaqmoqning bardavom quyoshga nisbati kabidir.

O’N BIRINCHI RASHXA:

Bunday ushbu ajib va tushunilishi qiyin va aralash koinotning zoxiriy pardasi ostida albatta va albatta bizni ajoyib narsalar kutyapti. Bunday ajoyib narsalarni xabar beradigan, g’aroyib va favqulotda mo’'jizaviy zot lozim. Bu zotning olib borayotgan faoliyatidan ko’rinyaptiki: U ko’rgan, ko’ryapti va ko’rganini aytyapti. Bizni ne'matlari bilan parvarish qilgan Samovot va Arzning Ilohi bizdan nima istayotgani, nimalardan rozi bo’lishini juda to’g’ri shaklda dars beryapti. Bular kabi yana juda ko’p e'tiborni tortuvchi, kerakli haqiqatlarni dars bergan bu zotga hamma narsani tashlab ergashish, tinglash lozim. Aksar insonlarga nima bo’lganki kar, ko’r bo’lgan. Balki telba bo’lishganki haqni ko’rishmayapti, bu haqiqatni eshitishmayapti, anglamayaptilar?

O’N IKKINCHI RASHXA:

Bu zot, ushbu mavjudot Xoliqining vahdoniyat-yagonaligiga haqqoniyati darajasidagi haq gapiruvchi burhon, sodiq dalili bo’lgani kabi, hashr va abadiy saodatning ham qat'iy burhoni, yorqin dalilidir. U zot, hidoyati bilan abadiy saodatning hosil bo’lish sababi va yetishga vositadirlar. Shuningdek duosi bilan, niyozi bilan u saodatning borliq sababi va ijod qilinishiga sababchidir. Hashr masalasida mazkur sirni, maqom munosabati bilan takrorlaymiz:

Qara! U zot shunday bir buyuk namozda duo qilyaptiki: Go’yo shu jazira, balki yer u zotning azamatli namozi bilan namoz o’qiyapti, niyoz etyapti. Qara, yana shunday bir azim jamoatda yolvoryaptiki:

Go’yo Odam avlodlarining Odam (a.s.) davridan bizning asrimizga, qiyomatga qadar butun nuroniy, komil insonlar unga tobe bo’lib, iqtido qilib duosiga "omin" deyaptilar. Yana qara, shunday umumiy ehtiyoj uchun duo qilyaptiki, nafaqat yer yuzidagilar balki samovot ahli, balki butun mavjudot duosiga:"Ha, Ey Rabbimiz ber. Biz ham istaymiz",deb ishtirok etyapti.

Yana muhtoj holda, huznli shaklda, sevimli shaklda, ishtiyoq bilan, tazarru bilan duo etyaptiki, butun koinotni yig’latyapti. Duosiga ishtirok ettiryapti. Qara! Yana shunday maqsad va g’oya uchun duo qilyaptiki: Inson va olamni, balki butun maxluqotni asfali sofiliyndan, tubanlikdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, a'loyi illiyinga, ya'ni qiymatga, boqiylikka, ulug’ vazifaga chiqaryapti. Qara! Yana shunday yuksak madad istab yolvoryapti va shunday rahmat so’rab shirin duo bilan istayapti, yolvoryaptiki: Go’yo butun mavjudot, samovot va Arshga eshittirib, jo’shtirib duosiga "Omin, Allohumma omin" dediryapti. Ko’rgin! Hammaga ma’lumki, eng yashirin hayot egasining eng yashirin hojatini, niyozini ko’radigan, eshitadigan, qabul qiladigan, marhamat qiladigan Shunday Sami', Karim bir Qodirdan, Basir, Rahim bir Alimdan hojatini istayapti. Chunki istaganini, (hatto holat tili bilan bo’lsa ham) beradi va hikmatli suratda, ko’rib, marhamat bilan beradiki, shubha qoldirmaydi. Bu tarbiya va tadbir Sami' va Basir va Karim va Rahimga xosdir.

O’N UCHINCHI RASHXA:

Ajabo, butun Odam avlodlarinign eng afzallarini orqasiga olib, yer ustida turib, Arshi A'zamga yuzlanib qo’l ko’tarib duo qilayotgan ushbu insoniyatning sharafi, zamon va borliqning yagonasi va haqiqatdakoinot fahri nima istayapti? Qara, tingla:

Abadiy saodat istayapti, boqiylik istayapti, Allohga yetishni istayapti, Jannat istayapti. Bularni mavjudot oynalarida hukmini va jamollarini ko’rsatgan butun muqaddas Asmoi Ilohiy bilan birga istayapti. Hatto agar rahmat, inoyat, hikmat, adolat kabi hisobsiz istaklarni sababi bo’lmasa edi, bu zotning bitta duosi, qudratiga bahorimizni ijod qilish qadar yengil bo’lgan Jannatni bino qilishga sabab bo’lar edi. U zotning risolati ushbu imtihon diyorining ochilishiga bo’lganidek, u zotning qulligi ham narigi diyorning ochilishiga sabab bo’ladi. Ajabo, haqiqatni izlagan aql sohiblariga: لَيْسَ فِى الْاِمْكَانِ اَبْدَعُ مِمَّا كَانَ dedirgan ushbu ko’ringan ustun intizom, rahmat ichida kamchiliksiz husni san'at va tenggi yo’q rububiyat jamoli bunday xunuk tomonni, marhamatsizlikni, intizomsizlikni qabul qiladimi hech?! Eng kichik, eng ahamiyatsiz istaklarni, ovozlarni ahamiyat bilan eshitib bajo keltirgan Zot eng ahamiyatli, eng kerakli istaklarga ahamiyat bermasdan eshitmasligi, anglamasligi, qilmasligi mumkinmi?! Qat’iyyan va aslo! Yuz ming marta aslo! Bunday jamol bunday bir chirkinlikni qabul qilmaydi, xunuk bo’lmaydi.

Ey xayoliy birodarim! Hozircha kifoya, orqaga qaytishimiz kerak. Agar o’sha davda, shu jazirada yuz yil qolsak ham, u zotning g’aroyib ijrootlarini va ajib vazifalarini, yuzdan birisi tamoman qamrab tomosha qilishga to’ymaymiz.

Endi kel! Ustidan to’xtalib o’tadigan xar bir asrimizga bir-bir nazar solamiz. Qara, xar bir asr u Hidoyat quyoshidan olgan fayzlari bilan gul ochgan! Abu Hanifa, Shofe'iy, Boyazidi Bistomiy, Shohi Jiyloniy, Shohi Naqshband, Imom G’azzoliy, Imom Rabboniy kabi millionlab nuroniyr mevalar beryapti. Kuzatgan tafsilotlarimizni boshqa vaqtga qoldirib, mo’'jiza ko’rsatgan va hidoyatga sabab bo’lgan zotning bir qancha qat'iy mo’'jizalariga ishorat qilgan salovot aytishimiz lozim:

عَلٰى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْفُرْقَانُ الْحَك۪يمُ مِنَ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ مِنَ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ بِعَدَدِ حَسَنَاتِ اُمَّتِه۪ عَلٰى مَنْ بَشَّرَ بِرِسَالَتِهِ التَّوْرٰيةُ وَ الْاِنْج۪يلُ وَ الزَّبُورُ ٠ وَ بَشَّرَ بِنُبُوَّتِهِ الْاِرْهَاصَاتُ وَ هَوَاتِفُ الْجِنِّ وَ اَوْلِيَاءُ الْاِنْسِ وَ كَوَاهِنُ الْبَشَرِ ٠ وَ انْشَقَّ بِاِشَارَتِهِ الْقَمَرُ ٠ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ سَلَامٍ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ اُمَّتِه۪ ٠ عَلٰى مَنْ جَائَتْ لِدَعْوَتِهِ الشَّجَرُ وَ نَزَلَ سُرْعَةً بِدُعَائِهِ الْمَطَرُ وَ اَظَلَّتْهُ الْغَمَامَةُ مِنَ الْحَرِّ ٠ وَ شَبَعَ مِنْ صَاعٍ مِنْ طَعَامِه۪ مِأٰتٌ مِنَ الْبَشَرِ وَ نَبَعَ الْمَاءُ مِنْ بَيْنِ اَصَابِعِه۪ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ كَالْكَوْثَرِ وَ اَنْطَقَ اللّٰهُ لَهُ الضَّبَّ وَ الظَّبْىَ وَ الْجِذْعَ وَ الذِّرَاعَ وَ الْجَمَلَ وَ الْجَبَلَ وَ الْحَجَرَ وَ الْمَدَرَ صَاحِبِ الْمِعْرَاجِ وَ مَازَاغَ الْبَصَرُ ٠ سَيِّدِنَا وَ شَف۪يعِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ سَلَامٍ بِعَدَدِ كُلِّ الْحُرُوفِ الْمُتَشَكِّلَةِ فِى الْكَلِمَاتِ الْمُتَمَثِّلَةِ بِاِذْنِ الرَّحْمٰنِ ف۪ى مَرَايَا تَمَوُّجَاتِ الْهَوَاءِ عِنْدَ قِرَائَةِ كُلِّ كَلِمَةٍ مِنَ الْقُرْاٰنِ مِنْ كُلِّ قَارِءٍ مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى اٰخِرِ الزَّمَانِ وَ اغْفِرْلَنَا وَ ارْحَمْنَا يَا اِلٰهَنَا بِكُلِّ صَلَاةٍ مِنْهَا اٰم۪ينَ

Ma'rifatun Nabiy shu’lalari nomli Turkcha risolada, O’n To’qqizinchi Maktubda va bu So’zda qisqacha ishorat qilgan nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) dalillarini bayon qilgan edim. O’shanda Qur'oni Hakimning i'jozi tomonlarini qisqacha zikr etilgan. Yana "Lamaat" nomli turkcha risolada va Yigirma Beshinchi So’zda Qur'onning qirq tomondan mo’'jiza ekanini qisqa bayon qilgan va qirq i'joz tomonlariga ishorat qilganman. Qirq tomonida, birgina nazmdagi balog’atni "Ishorotul I'joz" nomli Arabiy tafsirda qirq sahifa ichida yozganman. Agar ehtiyojingiz bo’lsa, mazkur uch kitobga murojaat qilishingiz mumkin.

O’N TO’RTINCHI RASHXA:

Mo’'jizalar ombori va buyuk mo’'jiza bo’lgan Qur'oni Hakim, nubuvvati Ahmadiya (S.A.V) bilan Allohning vahdoniyatini shu darajada qat'iy isbot etadiki, boshqa burhonga ehtiyoj qoldirmaydi. Biz ham uning ta'rifiga va tanqidga sabab bo’lgan bir-ikki i'joz yog’dusiga ishorat qilamiz.

Robbimizni bizga ta'rif etgan Qur'oni Hakim:

buyuk koinot kitobining azaliy tarjimasi,

yer va ko’k sahifalarining yopiq Asmoi Husna hazinalarining kashf qiluvchisi,

voqe'alar satri ostida yashirin haqiqatlarning kaliti,

shahodat olami pardasi orqasidagi g’ayb olamidan kelgan Rahmoniy iltifotlar va azaliy xitoblarning xazinasi,

Islomiyatning ma'naviy olamining quyoshi, asosi, rejasi,

uxroviy olamlarning xaritasi,

Alloning Zot, sifat va xususiyatlarini sharh qiluvchisi, ochiq tafsiri, notiq burhoni, porloq tarjimoni,

insoniyat olamining murabbiyi, haqiqiy hikmati, murshidi va yo’lboshlovchisi,

ham hikmat va shariat kitobi,

ham duo va qullik kitobi,

ham amr va da'vat kitobi,

ham zikr va ma'rifat kitobi,

basharning butun ma'naviy ehtiyojlarining kitobi,

turli tuman yo’l va yo’nalish egalari bo’lgan avliyo va siddiqiynlarning, asfiyo va muhaqqiqiynlarning xar birlarining yo’nalishiga loyiq risola ko’rsatgan "Muqaddas kutubxona"dir.

Kamchilik deb o’ylangan takrorlanishidagi i'joz yog’dusiga qara:

Qur'on ham zikr kitobi, ham duo kitobi, ham da'vat kitobi bo’lgani uchun, ichidagi takrorlanish go’zal, balki juda kerakli va holat va maqsadga juda uyg’undir. Kamchilik qidirganlar o’ylaganidek emas. Chunki zikrning xususiyati takror bilan nurlantirish, duoning xususiyati takrorlash bilan mustahkamlash, amr va da'vatning xususiyati takror orqali ta'kiddir.

Bundan tashqari xar kim xar doim butun Qur'onni o’qishga qodir bo’lmaydi. Ko’pincha faqat bir sura o’qishga qodir bo’ladi. Shuning uchun eng muhim Qur'oniy maqsad aksar uzun suralarga joylashtirilib xar bir sura bir kichik Qur'on hukmiga o’tgan. Demak, hech kimni maxrum qilmaslik uchun, Tavhid, Hashr va Muso (a.s.) qissasi kabi ba'zi maqsadlar takrorlangan.

Yana jismoniy ehtiyoj kabi, ma'naviy ehtiyojlar ham turlicha bo’ladi. Ba'zilariga inson xar nafas muhtoj bo’ladi: Jismga havo, ruhga "Hu" kabi. Ba'zisiga xar soat (Bismilloh kabi) va hokazo. Demak, oyatlar takrorlanishi, ehtiyojlarning qaytarilishidan kelib chiqqan. O’sha ehtiyojga ishorat qilib, uyg’otib tashviq qilish, ishtiyoqni va ishtahani harakatlantirish uchun takrorlaydi.

Bundan tashqari Qur'on ta’sis qiluvchidir. Bir dini mubinning asosoti, Islom olamining poydevorlaridir, insoniya ijtimoiy hayotini o’zgartirib, turli tabaqalarning takror batakror so’ragan savollariga javobdir. Ta’sis qiluvchiga, mustahkamlash uchun takrorlanish lozim. Ta'kidlash uchun takror kerak. Quvvtlash uchun mustahkamlash, izlanish, takrorlash lozimdir. Yana shunday buyuk masalalar va daqiq haqqiatlardan gapiradiki hammaning qalbiga joylashtirish uchun ko’p marta turli suratlarda takror lozim. Shu bilan birga suratan takrorlangan. Lekin xar bir oyatning ma'nan ko’p ma'nolari, ko’p foydalari, ko’p tomonlari va tabaqalari bor. Xar bir maqomda ayri bir ma'no, foyda va maqsadlar uchun zikr qilinadi.

Yana Qur'onning ba’zi yaratilishga tegishli masalalarda ustini yopiq qoldirish va qisqaligi esa, irshodiy i'joz yog’dusidir. Dinsizlar tasavvur qilganidek tanqid qilishga sabab bo’la olmaydi va kamchilik sababi emas.

Agar: "Nima uchun Qur'oni Hakim falsafa kabi mavjudotdan gapirmaydi. Ba'zi masalalarni qisqa qoldiradi, ba'zisini umumiy nazarni yoqadigan, ommani hissini ranjida etmaydigan, avom fikrini bezovta qilib charchatmaydigan zoxiriy oddiy shaklda aytadi?" desang.

Javoban aytamiz: Falsafa haqiqat yo’lidan adashgan, shuning uchun... O’tgan darslar va So’zlardan albatta tushundingizki: Qur'oni Hakim Allohning zoti, sifatlari va ismlarini bildirish uchun ya'ni, koinot kitobining ma'nolarini tushuntirish, Xoliqini tanitish uchun koinotdan gapiradi. Demak mavjudotga ularning o’zi uchun emas, balki yaratuvchisi uchun qaraydi. Yana umumga xitob qiladi. Hikmat ilmi esa mavjudotga ularning o’zi uchun qaraydi, xususan olimlarga xitob qiladi.

Shunday ekan, modomiki Qur'oni Hakim mavjudotni dalil, burhon qilayotgan ekan, dalilning zoxiriy bo’lishi, hamma uni tez tushunishi kerak. Modomiki Qur'oni Murshid, insonlarning butun tabaqalariga xitob qiladi va aksariyat tabaqa, avom tabaqasi ekan, albatta irshod keraksiz narsalarni usti yopiq qoldirib qisqa qilishi va daqiq-nozik masalalarni misol bilan tushunishga yaqinlashtirishi, tinglovchini adashtirmaslik uchun uchun zohiran ochiq oydin narsalarni keraksiz, balki zararli suratda o’zgartirmaslikni taqozo qiladi.

Masalan quyoshga: "Aylanadigan nur sochuvchi, chiroq" deydi. Chunki Quyoshning mohiyatini gapirmaydi. Balki bir nav’ intizom zambaragi va nizom markazi ekanini bildiradi. Intizom va nizom esa, Sone'ning ma'rifat oynasi ekani uchun bahs etadi. الشَّمْسُ تَجْر۪ى "Quyosh aylanadi" deydi. Aylanadi ta'biri bilan, qish yoz, kecha, kunduzning aylanishidagi intizomli qudrat tasarruflarini eslatib Sone'ning azamatini tushuntiradi. Ushbu aylanish haqiqati nima bo’lsa bo’lsin, maqsad va mavzu, kuzatilgan intizomga ta'sir qilmaydi. وَ جَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًا Chiroq ta'biri bilan, olamni qasr suratida, ichidagi ashyo esa, inson va hayot egalariga tayyorlangan bezalgan narsalar, ozuqalar va kerakli narsalar ekanini, Quyosh esa bo’ysungan nur sochuvchi ekanini eslatib Xoliqning rahmat va ehsonini bildiradi. Endi, tentak va vaysaqi falsafa nima deyishiga qara:

"Quyosh suyuq holdagi kata olov yig’ini bo’lib, undan otilib chiqqan sayyoralarni o’z atrofida aylantiradi, kattaligi shu miqdorda, mohiyati bunday, shunday...", deydi. Qo’rqitadigan daxshatdan, mudhish hayratdan boshqa ruhga bilimini ko’paytirmaydi, Qur'on kabi tushuntirmaydi. Bunga qiyosan, botinan bo’sh, zohiran riyokor falsafiy masalalarning qiymati nima ekanini anglaysan. Uning tashqi porloqligi va sun’iy riyokorligiga aldanib, Qur'onning o’ta mo’'jizaviy bayoniga nisbatan hurmatsizlik qilma!

Eslatma:Arabiy Risola-i Nurda O’n To’rtinchi Rashhaning Olti Qatrasi bor. Boxusus To’rtinchi Qatraning Olti Nuktasi Qur'oni Hakimning qirqtacha i'jozining nav’laridan o’n beshtasini bayon etadi. Unga havola qilib bu yerda qisqa qildik. Istasangiz unga murojaat qiling, mo’'jizalar xazinasini topasiz.

اَللّٰهُمَّ اجْعَلِ الْقُرْاٰنَ شِفَاءً لَنَا مِنْ كُلِّ دَاءٍ وَ مُونِسًا لَنَا ف۪ى حَيَاتِنَا وَ بَعْدَ مَمَاتِنَا وَ فِى الدُّنْيَا قَر۪ينًا وَ فِى الْقَبْرِ مُونِسًا وَ فِى الْقِيَامَةِ شَف۪يعًا وَ عَلَى الصِّرَاطِ نُورًا وَ مِنَ النَّارِ سِتْرًا وَ حِجَابًا وَ فِى الْجَنَّةِ رَف۪يقًا وَ اِلَى الْخَيْرَاتِ كُلِّهَا دَل۪يلًا وَ اِمَامًا بِفَضْلِكَ وَ جُودِكَ وَ كَرَمِكَ وَ رَحْمَتِكَ يَا اَكْرَمَ الْاَكْرَم۪ينَ وَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْفُرْقَانُ الْحَك۪يمُ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى

YIGIRMANCHI SO’Z

Ikki Maqomdan iborat

Birinchi Maqom

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَاِذْ قُلْنَا لِلْمَلئِكَةِ اسْجُدُوا لِآدَمَ فَسَجَدُوا اِلَّا اِبْلِيسَ

اِنَّ اللّهَ يَاْمُرُكُمْ اَنْ تَذْبَحُوا بَقَرَةً

ثُمَّ قَسَتْ قُلُوبُكُمْ مِنْ بَعْدِ ذلِكَ فَهِىَ كَالْحِجَارَةِ اَوْ اَشَدُّ قَسْوَةً

Bir kuni bu oyatlarni o’qir ekanman Iblisning aldoviga Qur'oni Hakimning fayzidan uch nozik va chuqur ma’no ilhom etildi. Vasvasaning surati quyidagicha:

Dediki: "Siz Qur'onni mo’'jiza, yana cheksiz balog’ati bor, umum insoniyatga xar doim hidoyat deysiz. Xolbuki, ba'zi juz'iy hodisalarni tarix kabi ta'kidlab takrorlashida qanday ma'no bor? Bir sigirni so’zyish kabi bir kichik voqeani shu qadar muhim tavsiflar bilan gapirish, hatto o’sha katta suraga Al-Baqara deb nomlanishida qanday munosabat bor? "Odamga sajda qilish" hodisasi, faqat g’aybiy amrdir. Aql uni tushunishga yo’l topa olmaydi. Kuchli iymondan so’ng taslim va shubhasiz ishonishi mumkin. Xolbuki Qur'on umum aql sohiblariga dars beradi. Ko’p joylarda اَفَلَا يَعْقِلُونَ deydi, aqlga havola qiladi. Toshlarning ba'zi tasodifiy tabiiy holatini urg’u berib bayon qilishida qanday hidoyat bor?"

Ilhom qilingan chuqur ma’nolarning surati quyidagicha:

Birinchi ma’no:Qur'oni Hakimda ko’p kichik hodisalar borki, xar birining orqasida kulliy dastur saqlangan va umumiy qonunning uchi sifatida ko’rsatiladi. عَلَّمَ آدَمَ الْاَسْمَاءَ كُلَّهَا Hazrati Odamning farishtalarga nisbatan xalifalik qobiliyati borligi uchun mo’'jizasi bo’lgan ismlarni o’rgatish bo’lib, bu kichik hodisadir. Lekin bu,

bashariyatning iste'dodining qamrovi jihati orqali ta'lim berilgan hadsiz ilmlar,

koinotning turlarini qamragan juda ko’p fanlar,

Xoliqning muqaddas xusuiyatlar va sifatlarini qamragan ko’p bilimlarni ta'lim berish bo’lib,

insoniyatga nafaqat farishtalarga, balki samovot, yer va tog’lar o’rniga omonati kubro yukini olish da'vosida ustunlik bergan,

Qur'on insonning umumiy yaratilishi orqali "Yerning ma'naviy xalifasi ekanini bildirgani kabi, farishtalarning Odamga sajdasi bilan birga, Shaytonning sajda etmasligi" g’aybiy kichik hodisa, juda keng ko’ringan kulliy dasturning uchi bo’lgani kabi, juda buyuk haqiqatni bildiradi. Bu kuzatilgan buyuk va kulliy dasturning uchi bo’lib:

Qur'on,

Hazrati Odam (a.s.)ning shaxsiga farishtalarning itoat qilishi va bo’yin egishini,

shaytonning takabbur va bo’ysunmasligini aytish orqali -

insoniyatga koinotning aksariyat moddiy sinflari va turlarning ma'naviy namoyandalari va vazifa yuklangan maxluqlarining bo’ysunganini,

inson ulardan to’liq foydalanishlariga muhayyo ekanini,

ularning itoat qilishini tushuntirish bilan birga,

maxluqot turining iste'dodlarini buzgan va xato yo’llarga chorlagan yomon moddalar orqali ularning namoyondalari va yomonlari,

insonning kamolotga yetishish yo’lida qanday katta to’siq va mudxish dushman ekanini eslatib, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon, birgina Odam (A.S.) orqali kichik hodisani aytar ekan, butun koinot va butun insoniyat bilan ulug’ so’zlashish amalga oshiryapti.

Ikkinchi Nukta:Misr Qit'asi, qumdan iborat Sahro-i Kabirning bir qismi bo’lgani uchun Muborak Nilning fayzi bilan o’ta maxsuldor ekinzor bo’lgani uchun, jahannam kabi saxro qo’shniligida shunday jannat misol muborak joyning bo’lgani, ekinchilik va dehqonchilikni insonlarda qattiq rag’batlantiruvchi holga keltirgani va ularning tabiatiga shunday joylashgani uchun dehqonchilikni muqaddas va dehqonchilikda ishlatilgan sigir va ho’kizni muqaddas, balki ma'bud darajasiga chiqargan. Hatto o’sha davrdagi Misr xalqi ho’kizga, sigirga ibodat qilish darajasida muqaddaslashtirgan. O’sha davrda Bani Isroil ham shu qit'ada yashar edi va mazkur tarbiyadan hissa olgani "ijl" - buzoq voqeasidan anglashilmoqda.

Qur'oni Hakim bir sigirning so’yilishi orqali Hazrati Muso Alayhissalomning risolati orqali bu millatning xarakteriga o’rnashgan va iste'dodlariga ta'sir qilgan sigirga sig’inish e'tiqodini so’yib o’ldirganini tushuntiryapti.

Bu kichik voqe'a orqali xar doim kulliy dasturni va hammaga o’ta kerakli hikmat darsi ekanini ulug’ mo’'jiza bilan bayon qiladi.

Bunga qiyosan bilginki: Qur'oni Hakimda ba'zi tarixiy hodisalar suratida zikr qilingan kichik voqe'alar kulliy dasturlarning uchi hisoblanadi. Hatto ko’p suralarda zikr qilingan va takror etilgan Muso (a.s.) qissasining yetti jumlasiga misol sifatida "Lama’at"da Qur'on I’jozi Risolasida kichik jumlalarning xar bir juz’ining muhim bir kulliy dasturni ichiga olganini bayon qilganmiz. Istasangiz u risolaga murojaat qiling.

Uchinchi Nukta:

ثُمَّ قَسَتْ قُلُوبُكُمْ مِنْ بَعْدِ ذلِكَ فَهِىَ كَالْحِجَارَةِ اَوْ اَشَدُّ قَسْوَةً وَاِنَّ مِنَ الْحِجَارَةِ لَمَا يَتَفَجَّرُ مِنْهُ الْاَنْهَارُ وَاِنَّ مِنْهَا لَمَا يَشَّقَّقُ فَيَخْرُجُ مِنْهُ الْمَاءُ وَاِنَّ مِنْهَا لَمَا يَهْبِطُ مِنْ خَشْيَةِ اللّهِ وَمَا اللّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

Shu oyatni o’qir ekanman, vasvasachi aytdiki: "Hammaga ma'lum va oddiy toshlarning fitriy ba'zi tabiiy hollaatlini eng muhim va buyuk masalalar suratida bahs qilishida va bayon etishida qanday ma'no, munosabat va ehtiyoj bor?"

Bu vasvasaga qarshi Qur'on fayzidan shunday nozik va chuqur ma’no ilhom etildi:

Ha, munosabat bor va ehtiyoj bor. Shu daraja buyuk munosabat, muhim ma'no, muazzam va kerakli haqiqat borki, faqat Qur'onning mo’'jizali qisqaligi, irshod lutfu bilan bir daraja soddalashtirilgan va qisqartirilgan.

Qur'onning tinglovchilari ichida aksariyatni tashkil etgan avomga kulliy haqiqatlarni, chuqur va umumiy dasturlarni, ular odatlangan va kichik suratlar orqali ko’rsatilishni, fikr yuritishi sodda bo’lgan barcha avomga muazzam haqiqatlarning faqat uchlari va sodda bir surati ko’rsatilishini Qur'on i’jozining bir asosi bo’lgan ijoz-kam so’zda ko’p ma’no tushuntirishni, odat pardasi orqasi va yer ostida Allohning hayratlanarli tasarruflari qisqacha ko’rsatilishni Qur'on hidoyatining nuri bo’lgan irshod lutfi va anglatish chiroyi taqozo qiladi.

Bu sirga binoan, Qur'oni Hakim bu oyat orqali:

Ey Bani-Isroil va ey Bani-Odam! Sizlarga nima bo’lganki: Qalblaringiz toshdan ham jonsiz va yanada ziyod qattiqlashgan. Zero ko’rmayotirsizmiki, u juda qattiq va juda ham jonsiz va tuproq ostida bir buyuk tabaqa tashkil etgan u katta toshlar shu qadar Ilohiy amrlarga qarshi itoatli va musahhar va Rabboniy ijroot ostida shu qadar yumshoq va amrbardorki, havoda daraxtlarning tashkilida Allohning tasarruflari qay daraja osonlik bilan jarayon etadi.

Xuddi shuning kabi, yer ostida va qattiq, kar toshlarda shu daraja osonlik va intizom bilan, hatto tomirlarda qonning aylanishi kabi intizomli suv ariqlari

{(Izoh) Zamin deyilgan muhtasham va sayyor saroyning poydevori hisoblangan tosh qobiqlrinng Fotiri Zuljalol tarafidan vazifa yuklangan eng muhim uch vazifani bayon qilish faqat Qur'onga yarashadi.

Birinchi vazifasi: Tuproqning Rabboniy qudrat bilan nabototga onalik qilib yetishtirgani kabi, Ilohiy qudrat bilan tosh ham tuproqqa onalik qilib yetishtiradi.

Ikkinchi vazifasi: Zamin tanasida qon aylanishi kabi suvlarning intizomli harakatlanishiga xizmatidir.

Uchinchi fitriy vazifasi: Chashmalar va irmoqlarning, buloq va anhorlarning o’lchovli intizom bilan chiqish va davom etishiga xazinadorlik qilish. Toshlar butun quvvati bialn va og’zi to’lib oqqan obi hayot suratida zamin yuziga vahdoniyat dalillarini yozib sochadi.}

va suv quvurlari mukammal hikmat bilan toshlarning qarshiligisiz aylanadi.

Qur'on havoda nabotot va daraxtlarning shoxlarining yengillik bilan yoyilishini shu daraja osonlik bilan ildizlarning nozik tomirlarining yer ostidagi toshlari qarshilik ko’rmasdan Ilohiy amr bilan intizom bilan yoyilganiga ishora qiladi va keng haqiqatni shu oyat orqali dars beradi. Bu dars bilan qattiq qalblarga ma'no berib va ramzan aytadiki:

Ey Bani-Isroil va ey Bani Odam! Zaiflik va ojiz holingizda qanday qalbingiz borki, shunday bir zotning amrlariga nisbatan u qalb qattiqlik qilib qarshi turyapti? Xolbuki katta qattiq toshlarning eng katta tabaqasi u Zotning amrlari oldida mukammal itoat bilan qorong’ilikda nozik vazifalarini mukammal ado etmoqda. Itoatsizlik qilmayapti. Balki ular tuproq ustidagi butun tirik mavjudotga obi hayot bilan birga boshqa hayot sabablariga shunday xazinadorlik qilmoqda, shunday adolat bilan taqsimotga sabab bo’lyapti va shunday hikmat bilan ta'minlashga vosita bo’lmoqdaki Hakiymi Zuljalolning qudrat qo’lida mum kabi va balki havo kabi yumshoq, kuchsiz va qudratining azamatiga nisbatan sajdadadir. Chunki tuproq ustida biz ko’rgan ushbu muntazam san'atli asarlar, hikmatli va inoyatli Ilohiy tasarruflar kabi, zamin ostida ham huddi shuningdek jarayon etadi. Balki hikmatan yanada ajib va intizom bilan yanada g’arib suratda hikmat va Ilohiy inoyat ko’rinadi.

Qarang! Eng qattiq va hissiz katta toshlar mumdek yaratilishga oid ishlarga yumshoq bo’ladi va Ilohiy xodim bo’lgan latif suvlarga, nozik ildizlarga, ipakdek tomirlarga shu daraja kuchsiz va yumshoq bo’ladiki, go’yo oshiq kabi latif va go’zallar tekkan payt qalbini parchalaydi, ularning yo’llarida tuproq bo’ladi.

Yana وَاِنَّ مِنْهَا لَمَا يَهْبِطُ مِنْ خَشْيَةِ اللّهِ bilan shunday muazzam haqiqatning uchini ko’rsatadiki: "Talabi Ru'yat" voqe'asida mashhur tog’ning tajalliy bilan maydalanishi va toshlarining sochilib ketishi kabi, butun ro’yi zaminda asli suvdan muzlagan xuddi butun toshlardan iborat aksar tog’larning zilzila yoki ba'zi yer hodisalari suratida jaloliy tajalliylar orqali tog’larning yuksak cho’qqilaridan qo’rquvga soladigan jaloliy tajalliylarning yuzaga kelishi orqali toshlar parchalanib, bir qismi titilib tuproqqa aylanib, nabototga manba bo’ladi. Boshqa bir qismi tosh holida qolib, aylanib daralarga, pastliklarga tarqalib, zaminda yashovchilarning maskani kabi bir qancha ishlarida xizmatkorlik qilib va ba'zi maxfiy hikmatlar va manfaatlar uchun Ilohiy qudrat va hikmatga itoat sajdasi qilib, Subhoniy hikmat dasturlari amriga tayyor holda turadi.

Albatta u qo’rquvdan yuksak mavqe’ni tark etib kamtarlik bilan past yerlarni ixtiyor qilish va muhim manfaatlarga sabab bo’lish behuda bo’lmasdan, o’z-o’zidan va tasodifiy emasligini, balki bir Hakiymi Qodiyrning hakimona tasarruflari orqali, intizomsizlik ichida zohiran ko’zga ko’rinmagan hakimona intizom borligiga dalil shuki, toshlarga bog’liq foydalar, manfaatlar va ular ustida aylangan tog’ning jasadiga kiydirilgan, gul va mevalarning ziynatlari orqali naqshinkor va bezalgan ko’ylaklarning mukammal intizomi va go’zal san'ati qat'iy, shubhasiz guvohlik qiladi.

Ushbu uch oyatning hikmat nuqtai nazaridan naqadar qiymatli ekanini ko’rdingiz. Endi Qur'on bayonining latifligiga va balog’ati mo’'jizaligini, mazkur buyuk, keng va ahamiyatli haqiqatlarning uchlarini uch parcha ichida uch mashhur va kuzatilgan voqea bilan ko’rsatishini va ibrat olishga boshqa uch hodisani eslatib latif irshod qilishini, qarshi turilmas ogohlantirishini ko’ring.

Masalan: Ikkinchi qismda: وَاِنَّ مِنْهَا لَمَا يَشَّقَّقُ فَيَخْرُجُ مِنْهُ الْمَاءُ deydi.

Bu bo’lim orqali Hazrati Muso Alayhissalomning hassasi tekkanda mukammal shavq bilan yorilib o’n ikki ko’zidan o’n ikki chashma oqitgan toshga ishora qilib, quyidagi ma'noni anglatadi va ma'nan aytadiki: Ey Bani-Isroil! Musoning (A.S.) bitta mo’'jizasiga katta toshlar yumshalib, parchalanadi. Yo qo’rquvidan yoki sevinchidan yig’lab sel kabi yosh tokdi. Siz qanday insof bilan Musoning (A.S.) butun mo’'jizalariga qaysarlik qilib yig’lamasdan, ko’zingiz qup-quruq va qalbingiz qattiqlik qilyapti.

Ham uchinchi qismda: وَاِنَّ مِنْهَا لَمَا يَهْبِطُ مِنْ خَشْيَةِ اللّهِ deydi.

Bu ifoda orqali mashhur Sino Tog’idagi Hz.Musoning (A.S.) munojotida sodir bo’lgan jaloliy tajalliy haybatidan ulkan tog’ parchalanib ketishi va qo’rquvdan toshlarning atrofga sochilishi voqeasini eslatish orqali quyidagi ma'noni dars beradi:

Ey Muso (A.S.) qavmi! Nega Allohdan qo’rqmaysizlar? Toshlardan iborat bo’lgan tog’lar Uning qo’rquvidan maydalanib tarqaladi va sizdan ahd olish uchun ustingizda Tur Tog’ini tutganini, "ru'yat talabi" voqe'asida tog’ning parchalanishini bilib va ko’rganingizga qaramay, qanday jasorat bilan Uning hashamatidan titramasdan, qalbingizni qattiqlik va sertlikda saqlamoqdasiz?

Birinchi ifodada: وَاِنَّ مِنَ الْحِجَارَةِ لَمَا يَتَفَجَّرُ مِنْهُ الْاَنْهَارُ deydi.

Bu ifoda orqali tog’lardan qaynab chiqqan Muborak Nil, Dijla va Firot kabi irmoqlarni eslatib, toshlarning yaratilishga tegishli ishlarga naqadar g’aroyib shaklda va mo’'jizavoriy suratda sazovor va bo’ysunganini anglatadi. Bu ma’no orqali uyg’ongan qalblarga beradiki:

Bunday azim irmoqlarning haqiqiy manbalari tog’lar bo’lishi albatta mumkin emas. Chunki farazan u tog’lar tamoman suv to’xtasa va konussimon hovuz bo’lsa, katta daryolarning tez va ko’p oqishda muvozanatni yo’qotmasdan, bir necha oygina chiday oladi. Ko’p xarajatga ko’pi bilan bir metr tuproqda ta’sir qilgan yomg’ir kirimi yetarli bo’lmaydi. Demak, anhorning qaynab chiqishi oddiy, tabiiy va tasodifiy ish emas. Balki Fotiri Zuljalol juda g’aroyib suratda ularni g’ayb xazinasidangina oqitmoqda.

Ushbu sirga ishorat qilgan bu ma'noni ifodalash uchun hadisda rivoyat etiladiki: "Uch daryoning xar biriga xar doim Jannatdan tomchi tomadi, shu bois barakatlanadi". Yana bir rivoyatda aytilganki: "Ushbu uch daryoning manbalari Jannatdan keladi". Bu rivoyatning haqiqati quyidagicha:

Modomiki moddiy sabablar ularning bu darajada to’xtamay qaynab chiqishiga yetarli emas. Albatta manbalari bir g’ayb olamida va yashirin rahmat xazinasidan kelgani uchun, xarajat bilan kirimning muvozanati saqlanadi.

Qur'oni Hakim bu ma'noni eslatib shunday bir dars bermoqda:

Ey Bani Isroil va ey Bani Odam! Qalbingiz qattiqligi va qotib qolib, shunday Zoti Zuljalolning amrlariga qarshi itoatizlik qilyapsiz va shunday Shamsi Sarmadiyning ma'rifat ziyosiga g’aflat bilan ko’zlaringizni yummoqdasizki, Misringizni Jannatga aylantirgan Muborak Nil kabi katta daryolarni oddiy, jonsiz toshlarning og’izlaridan oqitib qudrat mo’'jizalarini, vahdoniyat shohidlarini katta daryolarning kuchi, yuzaga kelishi va fayzlantirishi darajasida koinotning qalbiga va zaminning aqliga berib, jin va insonlarning qalblari va aqllariga to’kmoqda. Yana ba’zi hissiz, jonsiz toshlarni ajib tarzda

{(Izoh) Nili Muborak Qamar Tog’idan chiqqani kabi, Dijlaning eng muhim irmog’i Van Viloyatining Mukus nohiyasidagi bir qoyaning g’oridan chiqadi. Firotning ham muhim irmog’i Diyadin taraflarida bir tog’ning etagidan chiqadi. Tog’larning asli xilqatan suv moddasidan muzlagan toshlar ekanini fan aniqlagan. Tasbehoti Nabaviyadan bo’lgan

سُبْحَانَ مَنْ بَسَطَ الْاَرْضَ عَلَى مَاءٍ جَمَدْ

qat'iy dalolat qiladiki: Yer yaratilishining asli quyidagicha: Suvdek modda Ilohiy amr bilan muzlaydi, toshga aylanadi. Tosh Ilohiy izn bilan tuproq bo’ladi. Tasbehdagi yer lafzi tuproq demakdir. Demak, suv juda yumshoqdir, ustida turilmaydi. Tosh juda qattiq, undan foydalanilmaydi. Shuning uchun Hakiymi Rahiym tuproqni tosh ustida yoyadi, tirik mavjudotga qarorgoh qiladi.}

qudrat mo’'jizalariga sazovor qilishi, Quyoshning ziyosi Quyoshni ko’rsatgani kabi, Fotiri Zuljalolni ko’rsatyapti. Lekin nima uchun siz ko’r bo’lib Uning ma'rifat nurini ko’rmayotirsiz?

Ushbu uch haqiqatga qanday bir balog’at kiydirilganini ko’r. Va irshod balog’atiga diqqat qil. Bunchalik haroratli irshod balog’atiga qaysi g’aflat va qattiqlik qarshi tura oladi, ezilmaydi ajabo?!

Boshdan bu yerga qadar tushungan bo’lsangiz, Qur'oni Hakimning irshodiy i’joz yog’dusini ko’r, Allohga shukr qil.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

اَللّهُمَّ فَهِّمْنَا اَسْرَارَ الْقُرْآنِ كَمَا تُحِبُّ وَ تَرْضَى وَ وَفِّقْنَا لِخِدْمَتِهِ آمِينَ بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ

اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْقُرْآنُ الْحَكِيمُ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ اَجْمَعِينَ

* * *

Yigirmanchi So’zning Ikkinchi Maqomi

Payg’ambarlarning Mo’'jizalarida Porlagan Qur'on I’jozining Bir Yog’dusi

(Oxirdagi Ikki Savol va Ikki Javobga Diqqat qiling.)

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا فِى كِتَابٍ مُبِينٍ

O’n to’rt yil avval, (hozir o’ttiz yildan oshdi) bu oyatning bir siriga doir Ishorat-ul I'joz nomli tafsirimda arabiy matnli mavzu yozgan edim. Hozir nazdimda ahamiyatli istakdagi ikki qardoshim o’sha mavzuga doir Turk tilida bir oz izoh istadilar. Men ham Janobi Haqning tavfiqiga ishonib, Qur'onning fayziga tayangan holda aytaman:

Bir gapga ko’ra Kitobi Mubin Qur'ondan iboratdir. Ichiga hamma ho’l va quruq narsalarni olganini bu oyati karima bayon etadi. Shundaymi? Ha, hamma narsa uning ichida. Lekin xar kim ichidagi hamma narsani ichida ko’rmaydi. Chunki turli darajalarda bo’ladi. Ba'zan urug’lari, ba'zan danaklari, ba'zan qisqa holda, ba'zan dasturlari, ba'zan belgilari, yo ochiq ravshan yo ishorat va ramz orqali yo yopiq shaklda yoki eslatma tarzida bo’ladi. Lekin ehtiyojga ko’ra, Qur'on maqsadiga munosib tarzda va maqom taqozosi munosabatida shu holatlarning biri orqali ifoda etiladi. Jumladan:

Basharning san'at va fanda taraqqiyotlarining samarasi hisoblangan san'at ajoyibotlari va fan ning g’aroyibotlari tayyora, elektr, poyezd, telegraf kabi narsalar vujudga kelgan va inonning moddiy hayotida eng buyuk joy olgan. Albatta umum insoniyatga xitob qilgan Qur'oni Hakim bularni e'tiborsiz qoldirmaydi. Ha, qoldirmagan. Ikki jihat orqali ularga ham ishora qilgan:

Birinchi jihat:Payg’ambarlar Mo’'jizalari surati orqali.

Ikkinchi qismi:Ba'zi tarixiy voqe'alar suratida ishora qilgan. Jumladan:

قُتِلَ اَصْحَابُ الْاُخْدُودِ النَّارِ ذَاتِ الْوَقُودِ اِذْ هُمْ عَلَيْهَا قُعُودٌ وَهُمْ عَلَى مَا يَفْعَلُونَ بِالْمُؤْمِنِينَ شُهُودٌ وَمَا نَقَمُوا مِنْهُمْ اِلَّا اَنْ يُؤْمِنُوا بِاللّهِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ

Shuningdek: {(Izoh1) Bu jumla: Poyezdning Islom olamini asir qilganini, kofirlar u orqali Islomni mag’lub qilganiga ishora qialdi.}

فِى الْفُلْكِ الْمَشْحُونِ وَخَلَقْنَا لَهُمْ مِنْ مِثْلِهِ مَا يَرْكَبُونَ

kabi oyatlar orqali poyezdga ishora qilgani kabi,

اَللّهُ نُورُ السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكَاةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ فِى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلَى نُورٍ يَهْدِى اللّهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَاءُ

{(Izoh2)

يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلَى نُورٍ

jumlasi o’sha ramzni yoritadi.}

oyati juda ko’p nurlarga, sirlarga ishora qilish bilan birga elektrga ham ramzi bor.

Ikkinchi qism, ko’p zotlar bu masalalarda izlangani, ko’p diqqat va izohga muhtoj bo’lgani va ham ko’p bo’lgani uchun hozircha poyezd va elektrga ishora qilgan bu oyatlar bilan kifoyalanib, u eshikni ochmayman.

Birinchi qism Payg’ambarlar mo’'jizalari suratida ishora qiladi. Biz bu qismning ba'zi namunalarni misol sifatida zikr etamiz.

Muqaddima:Qur'oni Hakim anbiyolarni insonning jamoatlariga ma'naviy taraqqiyot jihatida peshqadam va imom qilib yuborgani kabi, insonlarning moddiy taraqqiyoti ham anbiyolarning xar birining qo’liga ba'zi ajoyibotlar berib yana u insonlarga ustaboshi va ustoz qilgan. Ularga mutlaq ergashishni amr qiladi.

Anbiyolarning ma'naviy kamolotini aytish orqali insonlarni ulardan foydalanishga tashviq qilgani kabi, mo’'jizalaridan bahs yuritishi ularning o’xshashlariga yetishishga va taqlid qilishga tashviq qiladi. Hatto aytish mumkinki: Bashariyatga ma'naviy kamolot kabi moddiy kamolot va ajoyibotlarni ham eng avval mo’'jiza qo’li hadya qilgan.

Hazrati Nuhning (Alayhissalom) bir mo’'jizasi bo’lgan kema va Hazrati Yusufning (Alayhissadom) bir mo’'jizasi bo’lgan soatni insoniyatga eng avval mo’'jiza qo’li hadya qilgan. Bu haqiqatga latif bir ishorat shuki: Ustalarning aksariyati xar bir hunarda bir payg’ambarni pir deb qabul qilgan. Masalan kemachilar Hazrati Nuhni (Alayhissalom), soatchilar Hazrati Yusufni (Alayhissalom), tikuvchilar Hazrati Idrisni (Alayhissalom)...

Modomiki Qur'onning xar bir oyatining ko’p irshod shakllari va turli hidoyat jihatlari borligini tadqiq qilganlar va balog’at ilmi ittifoq qilgan. Shunday ekan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning eng porloq Payg’ambarlar mo’'jizalari oyatlari tarixiy hikoyalar emas, balki ko’p irshodiy ma'nolarni ichiga oladi.

Ha, Payg’ambarlar mo’'jizalarini zikr etishi orqali bashariyat fan va san'atining so’nggi hududini chizadi. Eng yuqori g’oyalariga ishora qiladi. Eng so’nggi maqsadini tayin qiladi. Insonning gardaniga tashviq qo’li bilan urib o’sha g’oyaga chorlaydi. O’tgan vaqtni kelajak urug’larining xazinasi va ishlarining oynasi bo’lgani kabi, istiqbol ham moziyning ekinzori va holatlarining oynasidir. Misol sifatida juda keng manbadan faqat bir nechta namunalarini bayon qilamiz:

Masalan: Hazrati Sulaymon Alayhissalomning bir mo’'jizasi bo’lgan havoni bo’ysundirishni bayon qilgan:

وَ لِسُلَيْمنَ الرِّيحَ غُدُوُّهَا شَهْرٌ وَرَوَاحُهَا شَهْرٌ

oyati, "Hazrati Sulaymonning bir kunda havoda uchish orqali ikki oylik masofani bosib o’tgan" deydi. Bu orqali, insonga havoda masofani bosib o’tishga yo’l ochiqligiga ishora qiladi. Shunday ekan ey inson! Modomiki senga yo’l ochiq ekan, bu martabaga yaqinlash va yetish.

Janobi Haq bu oyatning tili bilan ma'nan: "Ey inson! Bir qulim havoyi nafsini tark etgani uchun havoga mindirdim. Siz ham nafsning tanballigini tashlab ba'zi koinotga o’rnatgan qonunlarimdan yaxshilab foydalansangiz, siz ham mina olasiz", deydi.

Hazrati Muso Alayhissalomning bir mo’'jizasini bayon qilgan:

فَقُلْنَا اضْرِبْ بِعَصَاكَ الْحَجَرَ فَانْفَجَرَتْ مِنْهُ اثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًا

oyatning to’lig’i ishora qiladiki:

Zamin ostoda yashirin rahmat xazinalarini oddiy vositalar bilan olish mumkin. Hatto tosh kabi bir qattiq yerda hassa orqali obi hayotni tortish mumkin. Demak, bu oyat ushbu ma'no bilan insonga: "Rahmatning eng nozik fayzi hisoblangan obi hayotni bir hassa bilan topishingiz mumkin. Shunday ekan qani, harakat qil top!" deydi.

Janobi Haq shu oyatning ramz tili orqali ma'nan: "Ey inson! Modomiki menga tayangan qulimning qo’liga shunday hassa beryapmanki, u orqali istagan joyida obi hayot chiqaradi. Sen ham mening rahmat qonunlarimga tayansang unga o’xshash yoki unga yaqin vositani qo’lga kiritishing mumkin, qani boshla!" deydi. Demak, insoniyat muhim taraqqiyotidan biri asbobning ijodi bo’lib, aksar joylarda urilgan payti suv chiqaradi. Bu oyat undan ham oldin, oxirgi chegara va g’oyalar hududini chizgan. Avvalgi oyat hozirgi mavjud tayyoradan ham o’tgan kelajakdagi chegaralarining so’nggi nuqtalarini tayin etgandir.

Yana masalan: Hazrati Iso Alayhissalomning bir mo’'jizasiga doir:

وَاُبْرِئُ الْاَكْمَهَ وَالْاَبْرَصَ وَاُحْيِى الْمَوْتَى بِاِذْنِ اللّهِ

oyati Qur'on insoniyatni Hazrati Iso Alayhissalomning yuksak axloqiga ergashishga ochiq ravshan tashviq qiladi. Xuddi shuning kabi, qo’lidagi oliy san'atga va Rabboniy tibga ramzan targ’ib etadi. Bu oyat ishora qiladiki: "Eng bedavo dardlarga ham darmon topilishi mumkin. Shunday ekan, ey inson va ey jabrdiyda bani-Odam! G’am chekmang. Xar bir dardning (nima bo’lishidan qat’iy nazar) darmonini toppish mumkin. Qidiringlar, topinglar. Hatto o’limga ham vaqtinchalik hayot rangi berish mumkin".

Janobi Haq bu oyatning ishorat tili bilan ma'nan: "Ey inson! Men uchun dunyoni tark etgan bir abdimga ikki hadya berdim. Biri ma'naviy dardlarning darmoni, ikkinchisi moddiy dardlarning davosi. Demak, o’lgan qalblar hidoyat nuri bilan tiriladi. O’lgan kasallar ham uning nafasi va dorisi bilan shifo topadi. Sen ham mening hikmat dorixonamda xar dardingga darmon topasan. Harakat qil, top! Albatta qidirsang topasan", deydi.

Demak, shu oyat basharning hozirgi tibbiyot sohasidagi taraqqiyotidan ancha ilgarilagan chegarani chizmoqda, unga ishora etmoqda va tashviq qilmoqda.

Yana masalan Hazrati Dovud Alayhissalom haqida:

وَاَلَنَّا لَهُ الْحَدِيدَ ٭ وَآتَيْنَاهُ الْحِكْمَةَ وَفَصْلَ الْخِطَابِ

Hazrati Sulaymon Alayhissalom haqida:

وَاَسَلْنَا لَهُ عَيْنَ الْقِطْرِ

oyatlari ishora qiladiki: Temirni yumshatish eng buyuk Ilohiy ne'mat bo’lib, buyuk payg’ambarining fazlini u orqali ko’rsatmoqda. Temirni yumshatish, ya'ni temirni xamir kabi yumshatish, misni eritish, konlarni topish, chiqarish - insoniyatning butun moddiy sanoatlarining asli, onasi, asosi va ma'danidir. Bu oyat: "Buyuk bir rasulga, zaminning ulug’ xalifasiga, temirni buyuk mo’'jiza suratida, katta ne'mat sifatida yumshatish, temirni xamir kabi yumshatish, simdek mayin qilish va misni eritmoq orqali aksar umumiy san'oatlarga asos ekani"ga ishora qiladi.

Modomiki bir rasulga xalifa, ya'ni ham ma'naviy ham moddiy hukmdorga, tiliga hikmat va qo’liga sanoat bergan. Tilidagi hikmatga ochiq ravshan tashviq qilar ekan, albatta qo’lidagi sanoatga ham targ’ib ishorasi bor. Janobi Haq bu oyatning ishora tili bilan ma'nan:

"Ey bani Odam! Mukallaf bo’lgan amrlarimga itoat etgan qulimning tili va qalbiga shunday hikmat berdimki: Hamma narsani ochiq ravshan ajratib, haqiqatini ko’rsatadi. Qo’liga shunday sanoat berdimki, mum kabi temirni xar shaklga aylantiradi. Xalifalik va podshohligiga muhim quvvat qo’lga kiritadi. Modomiki bu mumkin, berilayapti va ahamiyatli, ijtimoiy hayotingizda unga juda muhtoj ekansiz, siz ham koinotda o’rnatgan qonunlarimga itoat etsangiz, hikmat va sanoat sizga ham berilishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan yetishasiz va yaqinlashasiz", deydi.

Demak, inonning sanoatda taraqqiyoti va moddiy kuch tomonlama eng muhim iqtidorni temirni yumshatish va misni eritish orqali qo’lga kiritadi. Oyatda mis "qitr" deb ifodalangan. Bu oyatlar umum bashariyatning e'tiborini bu haqiqatga qaratadi va uning naqadar ahamiyatli ekanini baholay olmagan eski davr insonlariga va hozirgi tanballariga shiddat bilan eslatadi.

Yana masalan: Hazrati Sulaymon Alayhissalomga Bilqisning taxtini oldiga olib kelish uchun vazirlaridan narsalarni olib oldiga olib kelish ilmining bir olimi: "Ko’zingizni ochib yopishingizgacha u taxtni oldingiza olib kelaman" degan g’aroyib hodisaga dalolat qilgan ushbu oyat:

قَالَ الَّذِى عِنْدَهُ عِلْمٌ مِنَ الْكِتَابِ اَنَا آتِيكَ بِهِ قَبْلَ اَنْ يَرْتَدَّ اِلَيْكَ طَرْفُكَ فَلَمَّا رَآهُ مُسْتَقِرًّا عِنْدَهُ

to’liq holda oyat ishora qiladiki:

Uzoq masofalardan narsalarni o’zini yoki suratan oldiga keltirish mumkin. Risolati ila barobar saltanat ila musharraf bo’lgan Hazrati Sulaymon Alayhissalomning ham gunohsizligiga, hamda adolatiga sabab bo’lish uchun juda keng mamlakatining xar tarafidan bir o’zi qiyinchiliksiz xabardor bo’lish va xalqining ahvolini ko’rish va dardlarini eshitish uchun mo’'jiza suratida Janobi Haq ehson etgani ma’lum.

Demak, Janobi Haqqa tayanib Sulaymon Alayhissalomning gunohsiz lisoni bilan istagani kabi, inson iste'dod tili bilan Janobi Haqdan istasa va koinotga o’rnatgan qonunlari va inoyatiga mos harakat qilsa unga dunyo shaharga aylanadi. Demak, Bilqisning taxti Yamanda bo’lsada, uning o’zini yoki surati Shomda hozir bo’lgan, ko’rilgan. Albatta, taxt atrofidagi odamlarning suratlari bilan birga ovozlari ham eshitilgan. Demak, uzoq masofada surat va ovozni olib kelishga hashamatli suratda ishora qiladi va ma'nan:

"Ey saltanat sohiblari! To’liq adolat qilmoq istasangiz, Hz. Sulaymon kabi ro’yi zaminni atrofi ila ko’rishga va tushunishga tirishingiz. Chunki adolatli bir hokim, bir raiyatparvar podshoh mamlakatining har tarafiga, har istagan payti xabardor bo’lmoq darajasiga chiqmoq ila ma'naviy mas'uliyatdan qutular yoki to’liq adolat qila olar", deydi. Janobi Haq bu oyatning ishorati tili bilan ma'nan: "Ey bani Odam! Bir qulimga keng mulk berdim. Keng mulkida to’liq adolat qilishi uchun ahvol va zamin voqealaridan shaxsan o’zini xabardor qilmoqdaman. Modomiki xar bir insonga fitratan zaminga xalifa bo’lish qobiliyatini bergan ekanman, albatta hikmatim o’sha qobiliyatga ko’ra ro’yi zaminni ko’radigan, qaraydigan, tushunadigan iste'dodini ham berishni taqozo qilgani uchun berganman. Inson o’sha nuqtaga shaxsan yetishmasada, sinf jihatidan yetisha oladi. Moddatan yetishmasada, avliyolar kabi ma'nan erisha oladi. Shunday ekan, bu azim ne'matdan foydalanishingiz mumkin. Qani ko’raylik sizni, qullik vazifangizni unutmaslik sharti bilan shunday harakat qilingizki, ro’yi zaminni, har biringizga xar tarafni ko’ringan va xar burchagidagi ovozlarni eshittirgan bog’chaga aylantiringlar.

هُوَ الَّذِى جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ ذَلُولًا فَامْشُوا فِى مَنَاكِبِهَا وَكُلُوا مِنْ رِزْقِهِ وَاِلَيْهِ النُّشُورُ

oyatidagi Rahmonning farmonini tinglang." deydi.

Demak, bu oyat ramzan basharning nozik sanoatlaridan hisoblangan surat va ovozlarni tortish taraqqiyotining oxirgi hududini ko’rsatadi va tashviq qiladi.

Yana masalan: Yana Hazrati Sulaymon Alayhissalom jin va shaytonlar, xabis-yomon ruhlarni amri ostiga olib, yomonliklarini man’ qilib foydali ishlarda ishlatishini ifodalagan ushbu to’liq holdagi:

مُقَرَّنِينَ فِى الْاَصْفَادِ ٭ وَمِنَ الشَّيَاطِينِ مَنْ يَغُوصُونَ لَهُ وَيَعْمَلُونَ عَمَلًا دُونَ ذلِكَ

oyatlar: "Yerning insondan so’ng eng muhim idrokli yashovchilari hisoblangan jinlar, insonga xizmatkor bo’lishi mumkin. Ular bilan aloqa qilish mumkin. Shaytonlar ham dushmanlikni tashlashga majbur bo’lib, istar-istamas xizmat qilishi mumkin, Janobi Haqning amrlariga bo’ysungan bir quliga ularni bo’ysundirgan", deydi.

Janobi Haq shu oyatning ramz tili orqali ma'nan: "Ey inson! Menga itoat qilgan bir qulimga jin va shaytonlarni va yomonlarini itoat ettirmoqdaman. Sen ham mening amrimga bo’ysunsang, ko’p mavjudot, hatto jin va shayton ham senga bo’ysunishi mumkin", deydi.

Demak, bu oyat insonning sanoat va fanning uyushishidan sizib chiqqan, moddiy va ma'naviy favqulodda sezuvchanligidan yuzaga kelgan spiritizm kabi ruhlarni chaqirish va jinlar bilan xabarlashishning eng oxirgi hududini chizmoqda, eng foydali suratlarini tayin etmoqda va unga yo’lni ham ochmoqda. Lekin hozirgidek, ba'zan o’ziga o’liklar nomini bergan jinlar, shaytonlar va xabis-yomon ruhlarga bo’ysunib, masqara bo’lib o’yinchoq bo’lish emas, balki maqsad Qur'onning tilsimlari bilan ularni amr ostiga olish, sharrlaridan qutulishdir.

Ruhlarning aks berib ko’rinishiga ishora qilgan Hazrati Sulaymon Alayhissalomning ifritlarni chaqirishi va itoat ettirishiga doir oyatlar va

فَاَرْسَلْنَا اِلَيْهَا رُوحَنَا فَتَمَثَّلَ لَهَا بَشَرًا سَوِيًّا

kabi ba'zi oyatlar ruhoniy borliqlarning aks etib ko’rinishiga ishora qilish bilan birga ruhlarni chaqirishga ham ishora qiladi. Lekin ishorat qilingan yaxshi ruhlarning chaqirilishi esa, madaniy insonlarning qilganidek hazil suratida ba'zi o’yinchoqlarga o’ta jiddiy va jiddiy olamdagi ruhlarga hurmatsizlik qilib, oldiga va o’yinchoqlarga chaqirish emas, balki jiddiy holatda va jiddiy bir maqsad uchun Muhyiddini Arabiy kabi zotlar istagan payti ruhlar bilan ko’rishgan bir qism avliyolardek ular bilan ko’rishib munosabatga kirishish va ularning oldiga borib olamlariga bir daraja yaqinlashib ruhoniy borliqlardan ma'nan foydalanishdan iborat. Oyatlar bunga ishora qiladi, ishora ichida tashviq qiladi va bu turdagi ishlar va yashirin ilmlarning eng oxirgi hududini chizmoqda va eng go’zal suratini ko’rsatmoqda.

Ham masalan: Hazrati Dovud Alayhissalomning mo’'jizalariga doir

اِنَّا سَخَّرْنَا الْجِبَالَ مَعَهُ يُسَبِّحْنَ بِالْعَشِىِّ وَالْاِشْرَاقِ ٭ يَا جِبَالُ اَوِّبِى مَعَهُ

وَالطَّيْرَ وَاَلَنَّا لَهُ الْحَدِيدَ

va

عُلِّمْنَا مَنْطِقَ الطَّيْرِ

oyatlar:

Janobi Haq Hazrati Dovud Alayhissalomning tasbehotiga shunday quvvat, yuksak ovoz va xush ado bergan. Tog’larni qattiq hayajonga keltirib muazzam grammofon kabi va insonlardek zikrboshining atofida xalqa bo’lib, doira shaklida tasbehot qilganiga dalolat qiladi. Bunday bo’lishi mumkinmi, haqiqatmi ajabo?

Ha haqiqatdir. G’or bo’lgan xar bir tog’ har inson va insonning tili bilan to’tiqushdek aks sado beradi. Chunki aks-sado vositasida tog’ning qarshisida "Alhamdulillah" degan paytingiz tog’ ham "Alhamdulillah" deydi. Modomiki tog’larga bu qobiliyatni Janobi Haq ehson etgan ekan, albatta u qobiliyat yuksaltirilishi va u urug’ ko’karishi mumkin.

Hazrati Dovud Alayhissalomga risolati bilan birga ro’yi zamin xalifaligini mustasno suratda berilgani uchun, keng risolat va muazzam saltanatga loyiq mo’'jiza sifatida o’sha qobiliyat urug’ini yuksaltganki, juda katta tog’lar askar, shogird, murid kabi Hazrati Dovudga ergashib u zotning tili va amri bilan Xoliqi Zuljalolga tasbehot aytishar edi. Hazrati Dovud Alayhissalom nima desa, ular ham takrorlar edi.

Hozir xabarlashish va aloqa vositalarining ko’payishi va rivojlanishi sababli hashamatli qo’mondon tog’larga tarqalgan azim qo’shiniga bir onda "Allohu Akbar" dedirgani kabi, katta tog’larni gapirtiradi, larzaga keltiradi. Modomiki insonning bir qo’mondoni, tog’larni u yerdagilarining ovozi orqali majozan gapirtirar ekan, albatta Janobi Haqning hashamatli qo’mondoni haqiqatda gapirtiradi, tasbehot ayttiradi. Shu bilan birga xar bir tog’ning ma'naviy shaxsi ekani va unga munosib tasbeh va ibodatlari borligini eski "So’zlar"da bayon qilganmiz.

Demak, xar bir tog’ insonlarning ovoziga aksi-sado siri orqali tasbehot aytagi kabi, o’z maxsus tili bilan ham Xoliqi Zuljalolga tasbehotlari bordir.

وَالطَّيْرَ مَحْشُورَةً ٭ عُلِّمْنَا مَنْطِقَ الطَّيْرِ

jumlalari bilan Hazrati Dovud va Sulaymon Alayhissalomga qushlar sinfining tilini, iste'dodlarining tillarini, ya'ni nima ish qila olishini ularga Janobi Haqning ehson etgan ushbu jumlalar ko’rsatadi. Modomiki bu haqiqat ekan. Modomiki ro’yi zamin Rahmonning bir dasturxoni ekan, inson sharafiga qurilgan ekan, bu dasturxondan foydalangan boshqa hayvonot va qushlarning ko’pi insonga bo’sungan va xizmatkor bo’lishi mumkin. Eng kichiklaridan asal arisi va ipak qurtini xizmat qildirib Ilohiy ilhom ila azim bir foydalanish yo’lini ochib, kabutarlarni ba'zi ishlarda ishlatib, to’tiqush kabi qushlarni gapirtirib, bashariyat madaniyatining go’zalliklariga chiroyli narsalarni qo’shgani kabi, boshqa qush va hayvonlarning iste'dod tili topilsa, ko’p toifalari borki, qarindoshlari uy hayvonlari kabi muhim ishda ishlatish mumkin. Masalan: Chigirtka ofatining istilosiga qarshi, uni yemasdan yo’q qilgan qushchalarning tili bilinsa va harakati tartibga solinsa, naqadar foydali xizmatda bepul ishlatish mumkin bo’ladi. Bu oyat qushlardan foydalanish va itoat ettirishni, telefon va grammofon kabi jonsizlarni gapirtirishning eng so’nggi hududini chizmoqda. Eng uzoq nishonini tayin etmoqda. Eng hashamatli suratiga barmoq bilan ishora etmoqda va bir nav’ tashviq qilmoqda. Demak, Janobi Haq bu oyatlarning ramz tili orqali ma'nan:

"Ey insonlar! Menga to’liq qul bo’lgan sizga o’xshagan insonga, nubuvvatining ma’sumligiga va saltanatining to’liq adolatiga sabab bo’lishi uchun mulkimdagi muazzam maxluqotni bo’ysundirib gapirtiryapman. Askarlarim va hayvonlarimning ko’pini unga xizmatkor qilib beryapman. Shunday ekan, modomiki xar biringizga osmon, yer va tog’lar ko’tarishdan chekingani "omonati kubro"ni omonat qilib bergan ekanman, zamin xalifasi bo’lish iste'dodini bergan ekanman, Uning mulkidagi maxluqlar ham sizga rom bo’la olishi va ularning tizginlari qo’lidagi zotning nomiga qo’lga kiritishingiz va iste'dodlaringizga loyiq maqomga chiqingiz uchun maxluqotning tizgini kimning qo’lida bo’lsa, Unga rom bo’lishingiz lozim.

Modomiki bu haqiqat ekan, ma'nosiz bir o’yin-kulgi hisoblangan grammofonni ishlatish, kabutarlar bilan o’ynash, maktub tashish, to’tiqushlarni gapirtirish o’rniga eng xush, eng yuksak, eng yuksak ma'sumona o’yin-kulgiga harakat qilsang, tog’lar senga Hz. Dovud kabi muazzam grammofon bo’lsin va shabada tekkan daraxtlar va nabototning musiqiy torlari kabi zikr ovozlari qulog’ingga keladi. Tog’ minglab tillari bilan tasbehot qilgan maxluqlarning eng hayratlanarli holati xususiyatini ko’rsatadi va aksar qushlar Hudhudi Sulaymoniy kabi munis do’st yoki mute' xizmatkorga aylanadi. Ham seni xursand qiladi ham komillikka iste'dodli bo’lganing uchun seni shavq bilan chorlaydi. Aytilgan o’yinlar kabi insonlik taqozo qilgan maqomidan seni tushirmaydi." deydi.

Yana masalan: Hazrati Ibrohim Alayhissalomning bir mo’'jizasi haqidagi

قُلْنَا يَا نَارُ كُونِى بَرْدًا وَسَلَامًا عَلَى اِبْرَاهِيمَ

oyatida uch latif ishora bor:

Birinchisi:Olov ham, turli tuman tabiiy sabablar kabi o’zi istagi bilan, tabiati bilan, ko’r-ko’rona harakat qilmaydi. Balki amr ostida vazifa bajaradi. Hazrati Ibrohimni (Alayhissalom) yoqmadi. Unga, "Yoqma" deb buyruq berilgan.

Ikkinchisi:Olovning bir darajasi sovuqlik bilan yoqadi. Ya'ni yoqishdek ta'sir qiladi. Janobi Haq, سَلَامًا {(Izoh) Bir tafsirda: سَلَامًا demaganida, sovuqligi bilan yoqar edi, deyiladi.} lafzi bilan sovuqlikka: "Sen ham harorat kabi sovuqliging bilan yoqma" deydi. Demak, o’sha martabadagi olov sovuqligi bilan yondirgandek ta'sir qiladi. Ham olov, ham sovuqlik bo’ladi. Ha, tabiat ilmlarida oq olov holida olovning bir darajasi haroratni atrofiga tarqatmaydi va atrofidagi haroratni o’ziga torgani uchun, bu sovuqlik bilan atrofidagi suv kabi suyuq narsalarni muzlatib, ma'nan sovuqligi bilan yoqadi. Qish chillasi sovuqligi bilan yoqadigan bir tur olov hisoblanadi. Shunday ekan, olovning butun darajalariga va umum turlarini ichiga olgan Jahannam ichida, albatta "Chilla"ning bo’lishi zaruriy.

Uchinchisi:Jahannam otashining ta'sirini man’ qiladigan va omonlik beradiganiymonkabi ma'naviy modda,Islomiyatkabi zirh bo’lgani kabi, dunyoviy olovning ham ta'sirini yo’qotadigan moddiy modda bor. Chunki Janobi Haq Hakiym Ismi taqozosi bilan, bu dunyo hikmat yeri bo’lgani uchun, sabablar pardasi ostida ijroot qiladi. Shunday ekan olov Hazrati Ibrohimning jismi bilan ko’ylagini ham yoqmadi va unga qarshi chidash holatini berdi. Ibrohimni yoqmagani kabi, ko’ylagini ham yoqmadi. Bu ishoraning ramzi bilan b u oyat ma'nan:

"Ey Ibrohim Millati! Moddiy va ma'naviy ko’ylaklaringizni eng katta dushmaningiz bo’lgan olovga ham bu yerda ham u yerda zirh bo’lishi uchun Hz. Ibrohim kabi bo’ling. Ruhingizga iymonni kiydirib, jahannam oloviga qarshi zirh qilganingiz kabi Janobi Haqning yerda siz uchun saqlagan va tayyorlagan ba'zi moddalari bor. Ular sizni olovning yomonligidan muhofaza qiladi. Qidiringlar, chiqaringlar, kiyinglar". Demak, inonning muhim taraqqiyoti va kashfiyotlari orqali olov yoqmaydigan moddani topgan va chidaydigan bir ko’ylak kiygan. Bu oyat, unga javoban naqadar yuksak, latif, go’zal va abadga qadar yirtilmaydigan "Hanifan Musliman" dastgohida to’qiladigan ko’ylakni ko’rsatadi.

Yana masalan: وَعَلَّمَ آدَمَ الْاَسْمَاءَ كُلَّهَا "Hazrati Odam Alayhissalomning buyuk xalifalik da'vosida eng buyuk mo’'jizasi ismlarning ta’limidir" deydi. Boshqa payg’ambarlarning mo’'jizalari xususiy bashariyat g’aroyibotlariga ramz qilgani kabi, butun payg’ambarlarning otasi va nubuvvat devonining fotihasi bo’lgan Hazrati Odam Alayhissalomning mo’'jizasi - bashariyatning umum kamolot va taraqqiyotining so’nggi nuqtalari va eng rivojlangan cho’qqilariga ochiq-oydin darajasiga yaqin darajada ishora qiladi.

Janobi Haq (Jalla Jalaluhu) bu oyatning ishora tili bilan ma'nan:

"Ey bani Odam! Otangizga, farishtalarga nisbatan xalifalik da'vosida ustunligiga hujjat sifatida, butun ismlarni ta'lim beganman. Siz ham modomiki uning avlodi va iste'dodining vorisi ekansiz, butun ismlarni o’rganib, "omonati kubro" martabasida, butun maxluqotdan ustunligingizga layoqatingizni ko’rsatishingiz kerak. Chunki koinotda butun maxluqot ustida eng yuksak maqomlarga chiqish va zamin kabi buyuk maxluqlar sizga bo’sungani kabi, sizga oliy martabaga yo’l ochiq. Qani ilgarilashga otlaning va bir-bir ismini mahkam tuting, chiqing. Otangiz shaytonga bir marta aldandi, jannat kabi bir maqomdan ro’yi zaminga vaqtinchalik tushdi. Diqqat qiling, siz ham taraqqiyotingizda shaytonga ergashib Ilohiy hikmatning samovotidan tabiat zalolatiga yiqilmang. Vaqti-vaqti bilan boshingizni ko’tarib eng go’zal ismlarga e'tibor berib, samovotga yuksalish uchun, ilm va kamolotingiz manbalari va haqiqatlari bo’lgan Rabboniy ismlarimga chiqing va ularning durbini orqali, qalbingiz bilan Rabbingizga qarashga ilmlaringizni va taraqqiyotingizni narvon qiling.

* * *

Muhim bir ma’no va ahamiyatli sir

Bu ajib oyat inson iste'dodining qamrovli bo’lgan butun ilmiy kamolot, fanda taraqqiyot va sun'iy g’aroyib narsalarni "ismlarning o’rgatilishi" unvoni bilan ifodalash va ta'bir etishda shunday latif yuksak ramz bor:

Xar bir kamolning, xar bir ilmning, xar bir taraqqiyotning, xar bir fanning oliy bir haqiqati mavjud. U Allohning jalla jalaluhu bir ismiga tayanadi. Juda ko’p pardalari va xar hil ko’rinishlari va farqli doiralari bo’lgan ismga tayanib fan, kamolot, sanoat kamol topar, amalga oshadi. Aksi esa pala-partish suratda nuqsonli bir soya bo’ladi.

Masalan: Muhandislik bir fandir. Uning haqiqati va eng oxirgi nuqtasi Janobi Haqning Adl va Muqaddir Ismiga yetishib, muhandislik oynasida u ismning hikmatli jilvalarini hashamati bilan kuzatishdan iborat.

Tibbiyot ham fan, ham san'atdir. Uning oxirgi chegarasi va haqiqati - Hakiymi Mutlaqning Shofiy ismiga tayanib, katta dorixonasi bo’lgan ro’yi zaminda dorilarda rahimona jilvalarini kuzatish orqali tibbiyot kamol topadi, yuzaga chiqadi.

Mavjudotning haqiqatini tishintirgan Tabiat Ilmlari Janobi Haqning (Jalla Jalallohu) "Hakiym Ismi"ning eng buyuk tajalliylarini ashyolarda, manfaatlarida va foydalarida mudabbirligi, murabbiyligini ko’rib u ismga yetishish orqali unga tayansagina hikmat hikmat bo’lishi mumkin. Yo’qsa yo xurofotga aylanadi, foydasiz narsa bo’ladi yoki tabiat falsafasi kabi zalolatga yo’l ochadi.

Mana senga uch misol. Boshqa kamolot va fanlarni bu uch misolga qiyos qil.

Qur'oni Hakim bu oyat orqali insonni hozirgi taraqqiyotida juda ko’p orqada qolib ketgan eng yuksak nuqtalarga, eng so’nggi hududiga, eng oxirgi martabalariga gardaniga tashviq qo’lini urib, barmog’i bilan u martabalarni ko’rsatib "Qani oldinga" deydi. Bu oyatning eng buyuk xazinasidan hozircha bu javhar bilan qanoatlanib u eshikni yopamiz.

Yana masalan:

Nubuvvat devonining so’nggisi,

butun anbiyolarning mo’'jizalari u zotning risolati da'vosiga mo’'jiza bo’lgan anbiyolarning sarvari,

koinotning faxri va Hazrati Odamga (Alayhissalom) qisqacha ta'lim etilgan butun ismlarning butun martabalari bilan tafsilotiga sazovor bo’lgan (Alayhissalotu Vassalam) yuqoriga haybat bilan barmog’ini ko’targanda oyni ikkiga bo’lgan va pastga jamol bilan tushirganda o’n barmog’idan kavsar kabi suv oqitgan,

ming mo’'jizalari bilan tasdiqlangan va dastaklangan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning eng buyuk mo’'jizasi bo’lgan Qur'oni Hakimning i'joz tomonining en porlog’i hisoblanagn haq va haqiqatga doir bayonotidagi ravonlik,

ifodasidagi balog’at, ma'nolaridagi qamrovlilik, uslublaridagi ulug’lik va shirinlikni ifodalagan:

قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هذَا الْقُرْآنِ لَا يَاْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا

kabi ko’p oyati bayyinot -

insonlar va jinning e'tiborini ushbu abadiy mo’'jizaning i’joz tomonining eng zohiriy va eng porloq jihatiga qaratadi.

Butun insonlar va jinga qattiq tegadi. Do’stlarining shavqini, dushmanlarining o’jarligini harakatga keltiradi. Azim tashviq, shiddatli targ’ib bilan do’st va dushmanlarni uni o’xshatishga va taqlidga, ya'ni nazirini keltirish va kalomini unga o’xshatishga chorlaydi.

Bu suratda mo’'jizani hammaninh e'tiboriga havola qiladi. Go’yo insonning bu dunyoga kelishining yagona g’oyasi u mo’'jizani mo’ljal va dastur qabul qilib, unga qarab, inson yaratilishining natijasiga yetishishdir.

Natija:Boshqa Anbiyolar Alayhimussolamning mo’'jizalari sanoat g’aroyiblariga ishora qiladi. Hazrati Odam Alayhissalomning mo’'jizasi esa sanoat asoslari bilan birga, ilmlar va fanlarning, g’aroyiblari va kamolotining mundarijasini qisqa suratda ishora qiladi va tashviq etadi. Ammo Hz.Muhammadning (S.A.V.) eng buyuk mo’'jizasi bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon ismlar o’rgatilishining haqiqatiga mufassal sazovorligi, haq va haqiqat ilm va fanlarning to’g’ri mo’ljallarini, dunyoviy, uxroviy kamolot va saodatni ochiqcha ko’rsatadi. Juda ko’p azim tashviqot bilan insonni ularga chorlaydi. Quyidagi tarzda chorlaydi, tashviq etadi va tushuntiradi: "Ey inson! Koinotdan buyuk maqsad, rububiyatning ko’rinishiga javoban insonning kulliy qulligidir. Insonning eng ulug’ g’oyasi qullikka ilm va kamolot bilan chiqish". Yana shunday suratda ifodalaydiki, u ifoda orqali quyidagicha ishora qiladi:

"Albatta insoniyat qiyomatga yaqin ilm va fanga chuqurlashib boradi. Butun kuchini ilmdan oladi. Hukm va quvvat esa ilmning qo’liga o’tadi".

Qur'oni Mo’'jizul Bayon, Qur'onning ravonlik va balog’atini takror-takror ilgari surganidan ramzan tushuntiradiki: "Oxirzamonda ilm va fanlarning eng porlog’i hisoblangan balog’at va ravonlik butun sinflari bilan eng rag’batli holga keladi. Hatto insonlar o’z fikrlarini bir-birlariga qabul ettirish va hukmlarini bir-biriga ijro ettirish uchun eng o’tkir qurolini bayondagi ravonlik va qarshi chiqib bo’lmaydigan quvvatini uslub va ifodadagi balog’atdan oladi."

Xulosa:Qur'onning aksar oyatlari, xar biri kamolot xazinalarining va ilm xazinalarining kalitidir.

Agar istasang Qur'onning samovotiga va oyatlarining yulduzlariga yetishishni, o’tgan yigirma adad "So’zlar"ni yigirma zinali {(Izoh1) Balki o’ttiz uch adad So’zlari, o’ttiz uch adad Maktublari, o’ttiz bir Yog’dulari, o’n uch Shualari bir yuz yigirma zinalik bir norvondir.} bir narvon qilib chiq. U orqali Qur'onning naqadar porloq quyosh ekanini ko’r. Ilohiy haqiqatlarga va mumkinot haqiqatlarining ustiga qanday sof nur sochayotgani va oydin ziyo yoyayotganiga qara.

Natija:Modomiki payg’ambarlarga tegishli oyatlar hozirgi bashariyat taraqqiyotining g’aroyib kashfiyotlariga o’ziga ko’ra ishora qilish bilan birga, yanada ilgari hududini chizgandek ifoda tarzi bor. Modomiki xar bir oyatning ko’p ma'nolarga dalolati shubhasiz, balki bir ovozdan tasdiqlangan. Modomiki anbiyolarga ergashish va iqtido qilishga doir mutlaq amrlar bor ekan, mazkur oyatlarning ochiq ma'nolariga dalolat qilish bilan birga, muhim sanoat va bashariyat ilmlariga ishoriy tarzda dalolat qiladi, tashviq qilyapti deyish mumkin.

Ikki Muhim Savolga

Ikki Muhim Javob

Birinchisi:Agar: "Modomiki Qur'on inson uchun nozil bo’lgan. Nima uchun inson nazdida eng muhim madaniyat g’aroyibotlarini ochiq ravshan aytmaydi? Yashirin ramz bilan, xufyona imo orqali, yengil ishora bilan, kichik hotirlatish bilan qanoatlanadi?"

Javob:Chunki Qur'oniy bahsda bashariyat madaniyati g’aroyibotlarining haqqi bu qadar bo’lishi mumkin. Chunki Qur'onning asl vazifasi: Rububiyat doirasining kamoloti, foliyati, qulklik doirasining vazifalari va holatlarini ta'lim berishdan iborat. Shunday ekan bashariyat g’aroyibotlarining bu ikki doirada haqqi faqat zaif ramz, yengil ishora holida bo’lishi mumkin. Chunki ular rububiyat doirasidan haqlarini istasa, juda oz haq oladi.

Masalan, inson tayyorasi {(Izoh2) Shu jiddiy masalani yozarkan ixtiyorsiz bo’lib, qalamim uslubini shu latif latifaga o’girdi. Men ham qalamimni erkin qoldirdim. Umid etamanki, uslubning latifaligi masalaning jiddiyatiga xalal bermas.} Qur'onga: "Menga gap gapirish haqqi ber, oyatingda bir joy ber." desa, albatta u rububiyat doirasining tayyoralari bo’lgan Sayyoralar, Arz, Qamar Qur'on nomidan: "Bu yerda miqdoring qadar joy olishing mumkin" deydi.

Agar insonning suv osti kemalari Qur'on oyatlaridan joy istasa, u doiraning suv osti kemalari (ya'ni, havo okeanida va efir dengizida suzgan) zamin va yulduzlar unga: "Yonimizda senga joy ko’rinmaydigan darajada oz", deb javob beradi.

Agar elektrning porloq, yulduzmisol chiroqlari gap gapirish haqqi istab, oyatlarga kirishni istasa, u doiraning elektr chiroqlari hisoblangan chaqmoq, dumli yulduzlar va osmonni ziynatlagan yulduzlar va chiroqlar: "Nuring nisbatida mavzu va bayonga kirishing mumkin", deydi.

Agar madaniyat g’aroyibotlari, nozik san'atlar haqini istasa va oyatlardan joy talab qilsa, bitta pashsha ularga "Jim bo’ling" deydi. "Mening bir qanotimchalik haqqingiz yo’q. Chunki sizdagi, insonning juz'iy ixtiyori bilan qo’lga kiritilgan butun nozik san'atlar va barcha nozik jihozlar to’plansa, mening kichkina vujudimdagi nozik san'at va nozanin jihozlar qadar ajib bo’la olmaydi.

اِنَّ الَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللّهِ لَنْ يَخْلُقُوا ذُبَابًا وَلَوِ اجْتَمَعُوا لَهُ

oyatning to’lig’i sizning ovozingizni o’chiradi".

Agar g’aroyibotlar qullik doirasiga borib, u doiradan haqini istasa u doiradan shunday javob oladilarki: "Sizning biz bilan munosabatingiz juda kam va doiramizga osonlikcha kira olmaysiz. Chunki dasturimiz quyidagicha: Dunyo bir musofirxonadir. Inson esa unda oz turadi, vazifasi ko’p bir musofirdir, qisqa umrda abadiy hayotga lozim bo’lgan kerakli narsalarni qo’lga kiritish vazifasi yuklangan. Eng ahamiyatli va eng zaruriy ishlar taqdim etiladi. Lekin sizning holatingiz aksariyat insonlar qarashiga ko’ra bu foniy dunyoni abadiy joy tasavvuri va g’aflat pardasi ostida, dunyoparastlik hissi bilan ishlangan suratda kuzatilmoqda. Shunday ekan, faqat Aallohga qullik qilish va oxiratni o’ylash asoslari ustiga qurilgan qillikdan hissangiz juda ozdir. Lekin agar qiymatli ibodat bo’lgan faqat Alloh (Jalla Jalaluhu) qullarining manfaati uchun, umumiy manfaatlarga, umumiy osoyishtalikka va ijtimoiy hayotning kamoliga xizmat qilgan, albatta orqangizda va ichingizda ozchilik tashkil etgan muhtaram ustalar va ilhom qilingan kashfiyotchilar bo’lsa, sezgir kishilarga Qur'oniy ramz va ishora sa'y-g’ayratga tashviq va hunarlarini taqdir qilish uchun haqiqatdan kifoya va yetarli".

Ikkinchi savolga javob:Agar: "Hozir bu tahqiqotdan so’ng shubham qolmadi va tasdiq etdimki, Qur'onda boshqa haqiqatlar bilan birga, hozirgi madaniyatning g’aroyibotlariga va balki yanada yuqori marralariga ishora va ramz bor ekan, inson saodatiga kerak bo’lgan dunyoviy va uxroviy hamma narsa qiymati nisbatida mavjud. Lekin nima uchun Qur'on o’jar kofirlar ham tasdiqqa majbur bo’lishi, qalbimiz taskin topishi uchun ularni ochiqchasiga zikr qilmaydi?

Javob:Din bir imtihondir. Oliy ruhlar ila yomon ruhlar musobaqa maydonida bir-biridan ayrilishi uchun Allohning taklifi tajribasidir. Qandayki ma'dan olovga qo’yilganda olmos bilan ko’mir, oltin bilan tuproq bir-biridan ayrilgani kabi, ushbu imtihon uyidagi Ilohiy takliflar sinovdir va musobaqaga chorlashdan iborat, bashar iste'dodi ma'danidagi oliy javharlar bilan past moddalar bir-biridan ayrilishi kerak.

Modomiki Qur'on bu imtihon uyida bir tajriba suratida, musobaqa maydonida insonning komillikka yetishi uchun nozil bo’lgan. Albatta bu dunyoviy va hammaga ko’rinadigan kelajakka oid g’aybiy ishlarga faqat ishora qiladi va hujjatini isbotlaydigan darajada aqlga eshik ochadi. Agar yaqqol zikr qilsa,"taklif siri"buziladi. Xuddi osmondagi yulduzlar bilan ochiq oydin "La ilaha illalloh" yozish kabi yaqqollikka kiradi. Unday bo’lsa hamma istar-istamas tasdiqlaydi. Musobaqa bo’lmaydi, imtihon buziladi. Ko’mirdek ruh bilan olmosdek ruh {(Izoh3) Abu Jahli Lain bilan Abu Bakri Siddiq teng ko’rinadi. Taklif siri zoye bo’ladi.} birga qoladi.

Natija:Qur'oni Hakim hakimdir. Hamma narsaga qiymati nisbatida joy beradi. Qur'on, bir ming uch yuz yil avval kelajak zulmatida yashirin, g’aybiy natijalar, insoniy taraqqiyotni ko’radi. Biz ham ko’rganimiz ham ko’rishimiz sababli go’zal suratda ko’rsatadi. Demak Qur'on, butun zamonlarni va ichidagi butun narsalarni bir onda ko’radigan bir zotning kalomidir.

Mana Payg’ambarlar mo’'jizalari yuzida porlagan Qur'on Mo’'jizaligining yog’dusi...

اَللّهُمَّ فَهِّمْنَا اَسْرَارَ الْقُرْآنِ وَ وَفِّقْنَا لِخِدْمَتِهِ فِى كُلِّ آنٍ وَ زَمَانٍ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَا اِنْ نَسِينَا اَوْ اَخْطَاْنَا

اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ وَ بَارِكْ وَ كَرِّمْ عَلَى سَيِّدِنَا وَ مَوْلَينَا مُحَمَّدٍ عَبْدِكَ وَ نَبِيِّكَ وَ رَسُولِكَ النَّبِىِّ الْاُمِّىِّ وَ عَلَى آلِهِ وَ اَصْحَابِهِ وَ اَزْوَاجِهِ وَ ذُرِّيَّاتِهِ وَ عَلَى النَّبِيِّنَ وَ الْمُرْسَلِينَ وَ الْمَلئِكَةِ الْمُقَرَّبِينَ وَ الْاَوْلِيَاءِ وَ الصَّالِحِينَ اَفْضَلَ صَلَاةٍ وَ اَزْكَى سَلَامٍ وَ اَنْمَى بَرَكَاتٍ بِعَدَدِ سُوَرِ الْقُرْآنِ وَ آيَاتِهِ وَ حُرُوفِهِ وَ كَلِمَاتِهِ وَ مَعَانِيهِ وَ اِشَارَاتِهِ وَ رُمُوزِهِ وَ دَلَالَاتِهِ وَاغْفِرْلَنَا وَارْحَمْنَا وَ الْطُفْ بِنَا يَا اِلهَنَا يَا خَالِقَنَا بِكُلِّ صَلَاةٍ مِنْهَا بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ وَ الْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ آمِينَ

* * *

YIGIRMA BIRINCHI SO’Z

(Ikki Maqomdir)

Birinchi Maqom

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اِنَّ الصَّلٰوةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِن۪ينَ كِتَابًا مَوْقُوتًا

Bir kuni yoshi, jismi, rutbasi mendan katta bir odam: "Namoz yaxshi. Lekin xar kuni besh mahal o’qish ko’plik qiladi. Tugamagani uchun zeriktiradi." dedi.

U kishining gapidan ancha vaqt o’tib nafsimni tingladim. Huddi o’sha gaplarni aytayotganini eshitdim. Qarasam u darsni tanballik qulog’i bilan shaytondan dars olyapti. Shunda: Haligi kishi gapini butun nafsi ammoralarning nomidan aytgan yoki ayttirilganini tushundim. Shunda javoban: "Modomiki nafsim ammoradir. Nafsini isloh qilmagan inson boshqa birovni isloh qila olmaydi. Shunday ekan, nafsimdan boshlayman" dedim.

Ey nafs! Jahli murakkab ichida, tanballik to’shagida, g’aflat uyqusida aytgan bu so’zingga muqobil "besh tanbeh"ni mendan eshit, dedim.

Birinchi tanbeh:Ey badbaxt nafsim! Ajabo, umring abadiymi? Kelasi yilgacha, balki ertagacha qolishingga biror qat'iy hujjating bormi? Senga zerikish bergan narsa o’zingni abadiy yashaydigandek tasavvur qilishingdir. O’yin-kulgi uchun, dunyoda abadiy qoladigandek nozlanasan. Agar umring ozligi, yana foydasiz ketayotganini tushunganingda, albatta uning yigirma to’rtdan birini, haqiqiy abadiy hayotining saodatiga sabab bo’ladigan go’zal, xush, tinch va rahmatli xizmatga sarflagan bo’lar eding. Hatto zerikish u yoqda tursin, balki undan jiddiy ishtiyoq va xush lazzat olishga sabab bo’ladi.

Ikkinchi tanbeh:Ey qornini o’ylaydigan nafsim! Ajabo, xar kuni non eysan, suv ichasan, havodan nafas olasan. Ular senga zerikish beradimi? Modomiki bermaydi. Chunki ehtiyoj takrorlangani uchun zerikish emas, balki lazzatlanasan. Shunday ekan, jism uyimda do’stlaring hisoblangan qalbimning ozuqasi, ruhimning obi hayoti va Rabboniy latifamning havo-i nasimini tirtgan va jalb qilgannamozseni zeriktirmasligi kerak.

Ha, nihoyatsiz ta’sirlanish va azoblarga uchragan, mubtalo bo’lgan,

nihoyatsiz lazzatlar va orzularga maftun,

sevgi bilan to’laqalbning:

ozuqa va quvvati - hamma narsaga qodir bo’lgan Rahimi Karimning eshigini yolvorib qoqish orqali qo’lga kiritilishi mumkin.

Ha, bu foniy dunyoda o’ta tez ayriliq faryodiga sabab bo’lgan aksar mavjudotga aloqadorruhningobi hayoti hamma narsa o’rniga bir Ma'budi Boqiyning, Mahbubi Sarmadiyning rahmat chashmasiga namoz bilan yuzlanib ichilishi mumkin.

Fitratan abadiyatni istagan,

abad uchun yaratilgan,

azaliy va abadiy Zotning oynasi bo’lgan,

nihoyatsiz darajada nozik va latofatli bo’lgan shuur sohibi bo’lganinson siri,

nurli Rabboniy latifa, ushbu qayg’uli, ezuvchi, mashaqqatli, o’tkinchi, zulmatli va bo’g’uvchi dunyoviy holatlatlar ichida albatta tanaffusga juda muhtojdir. Bu esa faqat namozning derazasi orqali nafas olishi mumkin.

Uchinchi tanbeh:Ey sabrsiz nafsim! Ajabo, o’tgan kunlardagi ibodat qiyinchiligini, namozning mashaqqatini va musibatning zahmatini bugun o’ylab iztirob chekish, kelajakdagi ibodat vazifasini, namoz xizmatini va musibat azobini bugun tasavvur qilib sabrsizlik qilish aql korimi hech?!

Sabrsizlik qilgan misoling, dushmanning o’ng qanot quvvati uning o’ng tomonidagi quvvatiga qo’shilgan va yangi kuchi bo’lsada, u muhim kuchni o’ng qanotga yuborgan, markazni zaiflashtirgan tentak qo’mondonga o’xshaydi. Dushmanning askari bo’lmagan, hali kelmagan chap qanotga katta kuchni yuboradi "O’t och!" deb buyruq beradi. Markazni batamom kuchdan qoldiradi. Dushman ishni bilib, markazga hujum qiladi, toru-mor qiladi.

Sen shunga o’xshaysan. Chunki, o’tgan kunlarning zahmati bugun rahmatga aylangan. Azobi ketgan, lazzati qolgan. Qiyinchiligi karomatga qo’shilgan va mashaqqati savobga aylangan. Shunday ekan, undan zerikish emas, balki yangi shavq, toza zavq va harakatda davom etishga jiddiy g’ayrat olish kerak bo’ladi. Modomiki kelajak kunlar kelmagan ekan, uni hozirdan o’ylab zerikish va umidsizlikka tushish, kelajakdagi ochlik va chanqashni bugun o’ylab baqirib-chaqirishga o’xshagan devonalik bo’ladi.

Modomiki haqiqat shunday ekan, oqil bo’lsang, ibodat jihatidan faqat bugunni o’yla. Uning bir soatining haqqi juda katta, qiyinchiligi juda oz, xush, go’zal va ulug’ xizmatga sarf qilyapman degin. Shunda sening achchiq sustkashliging shirin g’ayratga o’zgaradi.

Mana ey sabrsiz nafsim! Sen uch sabrga mukallafsan. Biri: Toat ustida sabr. Ikkinchisi: Ma'siyatdan sabr. Uchinchisi: Musibatga sabr. Aqling bo’lsa, shu uchinchi tanbehdagi misoldagi haqiqatni o’zingga rahbar qil. Mardona "Yo Sabur!" de, uch sabrni bo’yningga ol. Janobi Haq senga bergan sabr quvvatini agar xato yo’lda tarqatmasang, xar bir mashaqqatga va xar musibatga kifoya bo’la oladi. U quvvat orqali tayan.

To’rtinchi tanbeh:Ey tentak nafsim! Ajabo, ushbu qullik vazifasi samarasizmi, haqqi ozmiki, senga zerikish beryapti? Chunki, bir odam senga bir oz pul bersa yoki seni qo’rqitsa, shomgacha ishlatadi, sen ham indamasdan ishlaysan. Ajabo, bu dunyo musofirxonasida ojiz va faqir qalbingga ozuqa, boylik va albatta bir manziling bo’lgan qabringda ozuqa, ziyo va xar holda mahkamang hisoblangan Mahsharda hujjat, ozodlik hujjati, istar-istamas ustidan o’tiladigan Sirot Ko’prigida nur va buroq bo’ladigannamozningnatijasi yo’qmi yoki haqqi ozmi? Bir kishi senga yuz liralik hadya va'da qilsa, yuz kun ishlatadi. Va'dasidan qaytishi mumkin bo’lgan odamga ishonasan, indamay ishlaysan. Ajabo, va'dadan qaytish imkoni bo’lmagan Zot, Jannat kabi haqni va saodati abadiya kabi hadyani senga va'da qilsa, senga juda qisqa vaqtda juda go’zal vazifa yuklasa, sen xizmat qilmasang yoki istaksiz, majburlangandek yoki zerikish bilan chala-chulpa bajarsang, Uni va'dasida ayblab, hadyasini mensimasang, juda shiddatli adab va daxshatli azobga haqdor bo’lishingni o’ylamayapsanmi?! Dunyodagi qamoq qo’rquvidan eng og’ir ishlarda indamay xizmat qilasan. Lekin Jahannam kabi abadiy qamoqning qo’rquvi eng yengil va latif xizmat uchun senga g’ayrat bermaydimi?!

Beshinchi tanbeh:Ey dunyoparast nafsim! Ajabo, ibodatdagi sustliging va namozni oqsatishing dunyoviy ishlarning ko’pligidan yoki tirikchilik dardi bilan band bo’lib vaqt topa olmaganingdanmi?

Ajabo, faqat dunyo uchun yaratilganmisanki, butun vaqtingni unga sarflayapsan! Sen iste'dod jihatida butun hayvonotdan ustun ekaning va dunyoviy hayot uchun kerakli narsalarni qo’lga kiritish iqtidoring bir chumchuqqa yeta olmasligini bilasan. Bundan xulosa chiqarmayapsanmi. Asl vazifang hayvon kabi tirishish emas, balki haqiqiy inson kabi haqiqiy doimiy hayot uchun sa’y harakat qilishdir. Shu bilan birga, dunyoviy ishlar degan narsalaring ko’pi senga oid emas. Sen ortiqcha aralashgan va aralashtirgan moloyani ishlardir. Qilishing shart bo’lgan vazifalrani tashlab, go’yo minglab yil umring borday, umuman keraksiz ma'lumot bilan vaqt o’tkazyapsan. Masalan: "Zuhal yulduzining atrofidagi halqalarning holati qanday?" yoki "Amerika tovuqlari necha pul?" kabi qiymatsiz narsalar bilan qiymatli vaqtingni o’tkazyapsan. Go’yo falakiyot ilmidan va statistika fanidan kamol olyapsan.

Agar: "Meni namozdan va ibodatdan qoldirgan va sustlik bergan keraksiz narsalar emas, balki tirikchilik dardining zaruriy ishlari", desang. Senga aytaman:

Agar kunlik yiz tiyin maoshga ishlasang, bir kishi kelib: "Kel, o’n daqiqa bu yerni qaz, yuz lira qiymatida bir olmos va bir zumrad topasan" desa, sen unga: "Yo’q, bormayman. Chunki kunlik o’n tiyinlik maoshimdan kesiladi, nafaqam kamayadi", desang, naqadar telbalarcha bahona bo’lishini albatta bilasan. Aynan shuning kabi, sen o’z bog’ingda nafaqang uchun ishlayapsan. Agar farz namozini tark etsang, butun sa'y-g’ayratingning samarasi faqat dunyoviy, ahamiyatsiz va barakatsiz nafaqaga maxsus bo’lib qoladi. Agar sen istirohat va tanaffus vaqtingni ruhning rohatiga, qalbning tanaffusiga sabab bo’lgan namozga sarflasang, barakatli dunyoviy nafaqa bilan birga, uxroviy nafaqang va oxirat ozuqangga ahamiyatli manba bo’lgan ikki ma'naviy ma'dan topasan:

Birinchi ma'dan: Butun bog’ingda {(Hoshiya) Bu maqom bir bog’da bir kishiga berilgan dars bo’lgani uchun bu tarzda bayon qilindi.} yetishtirgan, gulli bo’lsin, mevali bo’lsin, xar bir o’simlik, xar bir daraxtning tasbehotidango’zal niyatorqali hissa olasan.

Ikkinchi ma'dan: Yana bu bog’dan chiqqan mahsulotdan kim yesa, hayvon bo’lsin, inson bo’lsin, sigir bo’lsin, chivin bo’lsin, xaridor bo’lsin, o’g’ri bo’lsin, senga sadaqaga aylanadi. Faqat shu shart bilanki, sen o’zingga Razzoqi Haqiqiy nomi bilan, izni doirasida tasarruf qilsang va Uning molini Uning maxluqotiga beradigan tarqatish xodimi nazari bilan qarasang...

Mana qara, namozni tark qilgan kimsa naqadar katta yo’qotish qiladi. Juda ahamiyatli boylikni yo’qotadi va sa'y-harakatga juda katta shavq bergan va amalda katta ma'naviy kuch bergan ikki natijadan va ikki ma'dandan maxrum bo’ladi, barbod bo’ladi. Hatto keksaygan sari bog’dorchilikdan zerikadi, tushkunlikka tushadi. "Nima keragi bor" deydi. "Men zotan dunyodan ketyapman. Nega bunchalik qiynalay?" deydi, o’zini tanballikka soladi. Avvalgi odam esa: "Yanada ko’proq ibodat bilan birga qabrimga yanada ko’proq nur yuborish, oxiratimga yanada ziyoda zaxira tayyorlash uchun halol sa’y-harakatga harakat qilaman." deydi.

Xulosa:Ey nafs! Bilginki, kechagi kun sening qo’lingdan ketdi. Erta esa, unga yetishingga qo’lingda hujjat yo’q. Shunday ekan, haqiqiy umringni bugungi kuning deb bil. Loaqal kunning bir soatini ehtiyot puli kabi, haqiqiy istiqbol uchun tashkil etilgan uxroviy sandiqcha bo’lgan masjidga yoki joynamozga tashla.

Yana bilginki, xar bir yangi kun senga va xar kimga yangi olamning eshigidir. Agar namoz o’qimasang, o’sha kungi olaming zulmatli va abgor holda ketadi, olami misolda senga qarshi guvohlik qiladi. Chunki hammaning xar kuni bu olamdan maxsus bir olami bor. U olamning holati egasining qalbiga va amaliga bog’liq. Aks etgan muhtasham saroy oynaning rangiga bog’liq. Qora bo’lsa, qora ko’rinadi. Qizil bo’lsa, qizil ko’rinadi. Uning sifatiga ham qaraydi. Oyna shishasi tekis bo’lsa, saroyni go’zal ko’rsatadi. Tekis bo’lmasa, xunuk ko’rsatadi. Eng nozik narsalarni qo’pol ko’rsatgani singari, qalbing bilan, aqling bilan, amaling bilan, ko’ngling bilan o’z olamingning shaklini o’zgartirasan. Yo o’zingga qarshi yoki o’z foydangga guvohlik berdirasan. Agar namoz o’qisang, namozing bilan o’sha olamning Sone'-i Zuljaloliga yuzlangan bo’lsang, senga qaragan olaming to’liq nurlanadi. Namozing xuddi bir elektr chirog’i va namozga niyating uning tugmasini bosish bo’lib, u olamning qorong’uligini tarqatadi. Dunyoviy harju marjdagi aralash-quralashlik, abgorlik ichidagi o’zgarish va harakatlar hikmatli intizom va ma'noli qudrat kitobati ekanini ko’rsatadi. Qalbingga nurga to’la اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ oyatidan bir nurni sochadi. Sening u kungi olamingni nurning aks etishi orqali nurlantiradi. Sening foydangga nuroniyat bilan guvohlik berdiradi.

Aslo: "Mening namozim qayerda, namozning ushbu haqiqati qayerda..." demagin. Chunki bir xurmo danagi, daraxt kabi, o’z daraxtini vasf qiladi. Oradagi farq faqat qisqa yoki tafsilotli bo’lgani kabi, sen va men kabi bir omining (garchi his qilmasa ham) namozi, buyuk valiyning namozi kabi bu nurdan hissasi bor. Garchi shuur bilan bilmasang ham bu haqiqatning sirri bor. Lekin darajalariga ko’ra kengayishi va nurlanishi turli tuman. Xurmo danagidan mukammal xurmo daraxti bo’lishigacha qancha martabalar bo’lsa, namozning darajalarida undan ham ko’proq martabalar bo’lishi mumkin. Lekin butun martabalarda o’sha nuroniy haqiqatning asosi mavjud.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلٰى مَنْ قَالَ "اَلصَّلَاةُ عِمَادُ الدّ۪ينِ" وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

* * *

Yigirma Birinchi So’zning Ikkinchi Maqomi

Qalbning beshta yarasiga besh malhamni ichiga olgan

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ ٭ وَاَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ

Ey vasvasa dardiga mubtalo bo’lgan odam! Bilasanmi vasvasang nimaga o’xshaydi? Musibatga. Ahamiyat berganing sari shishadi, ahamiyat bermasang so’nadi. Unga katta deb qarasang, kattalashadi. Kichik deb bilsang, kichrayadi. Qo’rqsang og’irlashadi, xasta qiladi. Xavfsiramasang, yengillashadi, mahfiyligicha qoladi. Mohiyatini bilmasang, davom etadi, o’rnashib qoladi. Mohiyatini bilsang, uni tanisang, ketadi. Shunday ekan, bu musibatli vasvasaning ko’plab qismining eng ko’p uchraydigan "Besh jihat"ini bayon qilaman. Balki senga va menga shifo bo’lar. Chunki vasvasa shunday narsaki, bilmaslik uni chaqiradi, ilm uni haydaydi. Tanimasang keladi, tanisang ketadi.

Birinchi Jihat - Birinchi Yara

Shayton avvalo qalbga shubhani otadi. Agar qalb qabul qilmasa, shubhadan yomon tasavvurga aylanadi. Hayolda yomon tasavvurga o’xshash ba'zi iflos xotiralarni va beadab xunuk holatlarni tasvirlaydi. Qalbni "Eyvoh," dediradi. Tushkunlikka tushiradi.

Vasvasali odam o’z qalbini Rabbiga nisbatan beadablik qilayotganini o’ylaydi. Mudhish havotir va hayajon his qila boshlaydi. Bundan qutulish uchun huzurdan qochadi, g’aflatga sho’ng’ishni istaydi. Bu yaraning malhami quyidagicha:

Qaragin ey bechora vasvasali odam! Xavotir olma. Chunki hayolingga kelgan narsa yomon tasavvur emas, hayoldir. Kufrni xayol qilish kufr bo’lmagani kabi, yomon narsani xayol qilish ham yomonlik emasdir. Chunki mantiq ilmida xayol qilish hukm hisoblanmaydi. Yomon so’z esa hukm. Shu bilan birga xunuk so’zlar sening qalb so’zlaring emas. Chunki qalbing undan iztirob va afsus-nadomat chekmoqda. Balki qalbga yaqin bo’lgan lumma-i shaytoniyadan kelayotir. Vasvasaning zarari tasavvuriy zarardir. Ya'ni, uni zararli deb tasavvur qilish orqali qalban iztirob chekiladi. Chunki boshqarilmas xayolni haqiqat deb vahimaga tushadi. Hamda shaytonning ishini o’z qalbidan deb biladi. Shaytonning so’zini qalbdan chuqdi deb o’ylaydi. Zararli deb anglaydi, zarar ko’radi. Zotan shayton ham shunday bo’lishini istaydi.

Ikkinchi Jihat

Ma'nolar qalbdan chiqqan vaqt, hayolga suratlari bo’lmagan holda kiradi. U yerda surat kiyadi. Hayol esa, xar doim bir sabab ostida xar hil suratlarni chizib turadi. Hayotida ahamiyat bergan narsalarning suratlarini saqlab qo’yadi. Qaysi ma'no o’tsa, yo unga kiydiradi, yo iladi, yo bulg’aydi, yo parda qilib yopadi. Agar ma'nolar toza va pok bo’lib, suratlar iflos va razil bo’lsa, kiydirmaydi, faqat tegib turishi mumkin. Vasvasali odam tegishni kiyish bilan chalkashtiradi. "Eyvoh!" deydi, "Qalbim bunchalik buzilibdi. Bu yaramas, bu pastkash nafs meni barbod qiladi." Shayton uning shu hissidan ko’p foydalanadi. Bu yaraning malhami quyidagicha:

Tingla ey bechora! Ma'lumki, namozingdagi pokizalik odobining sababchisi bo’lgan zohiriy tozalikka qorning ichidagi najosat ta'sir qilmaydi va buzmaydi. Shuning kabi, muqaddas ma'nolarning iflos suratlarga qo’shilishi zarar qilmaydi. Masalan, sen Ilohiy oyatlarni tafakkur qilmoqdasan. Birdan bir illat, yo bir ishtaha, yo bavl kabi bir qo’rqituvchi narsa sening hissingga shuddat bilan kelib tegdi. Albatta xayoling bu illatni bartaraf qilish va hojatni ushatish uchun kerakli ishlarga nazar soladi, qaraydi, ularga munosib iflos suratlarni tasvirlaydi. Kelgan ma'nolar ularning oralaridan o’tib boradi. O’tayotganlarga na yomonligi bor, na iflos qiladi, na zarari va na xatari bor. Birgina xatar borki, u ham bo’lsa, butun diqqat-e'tiborni u bilan band qilish va uni zararli deb o’ylashdir.

Uchinchi Jihat quyidagicha:

Narsalar orasida ba'zi yashirin munosabatlar bo’ladi. Hatto sen kutmagan narsalar ichida munosabat iplari bo’ladi. Yo aynan o’zida bo’ladi yoki xayoling mashg’ul bo’lgan sohaga ko’ra iplarni to’qiydi, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Bu munosabat tufayli, ba'zan bir muqaddas narsani ko’rish bir iflos narsani eslatadi. Bayon fanida aytilganidek "Tashqarida bir-biridan uzoqlik sababi bo’lgan ziddiyat, hayolda yaqinlikning sababidir." Ya'ni, ikki bir-biriga zid narsaning suratlarini jamlovchi vosita xayoliy munosabatdir. Bu munosabatlar orqali kelgan xotira, "bir fikrning boshqa fikrlarni bardavom chaqirishi" deb ataladi. Masalan, sen namozda, munojotda, Ka'ba qarshisida, huzuri Ilohiyda turib, oyatlarni tafakkur qilayotgan bir holingda, hayol seni olib, eng uzoq sharmandali moloya’ni narsalarga yetaklaydi. Agar hayoling bunday parishonxotirlikka mubtalo bo’lsa, aslo tashvish chekma. Balki o’zingga kelgan vaqtingdayoq qayt. Zaif munosabat sening diqqating orqali kuchga tyo’lmasligi uchun "Eh, qandayin kamchilik qildim!" deb uni tekshirish bilan mashg’ul bo’lib qolma. Chunki ta'sirlangan sari, ahamiyat berganing sari zaif xayoling malaka holiga kela boshlaydi. Xayoliy illatga aylanadi. Qo’rqma, qalbiy illat emas. Bu hildagi xotiralar ko’pincha beixtiyor keladi. Ayniqsa hissiyotli asabiy odamlarda ko’p uchraydi. Shayton bu hil vasvasa ma'danini ko’p ishlatadi. Bu yaraning malhami quyidagicha:

Fikrlarni jamlovchi narsa ko’pincha beixtiyor keladi. Unda mas'uliyat yo’q. Ham tado'iyda yaqin kelish bor, tegish va aralashib ketish yo’q. Shuning uchun fikrlarning kayfiyatlari bir-biriga kirib ketmaydi, bir-biriga zarar bermaydi. Masalan, shayton ila ilhom farishtasi qalb atrofida bir-biriga yaqin joylashgani hamda fojirlar va abrorlarning bir-biriga qarindoshligi va bir maskanda turishlari zarar bermaydi. Shuning kabi, tado'iyi afkor tufayli sen istamagan iflos xayollar kelib, pok fikrlarning ichiga kirsa, zarar bermaydi. Magar qasdan bo’lsa va zarar deb o’ylab u bilan ko’p mashg’ul bo’lsa, zarar beradi. Ham ba'zan qalb charchaydi. Fikr o’zini ovuntirmoq uchun to’g’ri kelgan bir narsa bilan mashg’ul bo’ladi. Shayton fursat topadi. Iflos narsalarni oldiga yoyadi, u tomon suradi.

To’rtinchi Jihat:Amalning eng yaxshisini izlashdan kelib chiqqan vasvasa bo’lib, taqvo deb o’ylab gazablangan sari holat og’irlashib boraveradi. Hatto shunday bir darajaga keladiki, odam amalning eng yaxshisini izlayotib, haromga yo’liqadi. Ba'zan bir sunnatni izlash bir vojibni tark ettiradi. "Ajabo, amalim to’g’ri bo’ldimikin?" deydi, yana qayta qiladi. Bu hol davom etadi. Qattiq tushkunlikka tushadi. Shayton bu holidan foydalanib uni yaralaydi. Bu yaraning ikki malhami bor.

Birinchi Malham:Bunday vasvasalar mo’'tazila ahliga loyiqdur. Chunki ular: "Shariat buyurgan va qaytargan ishlar va narsalar o’z aslida, oxirat nuqtai nazarida yo husni bor, shu sabab unga binoan buyurilgan, yoki xunuk, shuning uchun undan qaytarilgan. Demak, oxirat va haqiqat nuqtai nazarida bo’lgan husn va xunuklik narsalarning o’zidadir. Ilohiy amr va nahiy esa unga tobedir", deyishadi. Bu mazhabga ko’ra, inson qilgan xar bir amalida shunday vasvasa keladi: "Ajabo, amalim haqiqatan go’zal suratda qilinganmikin?"

Ammo haq mazhab bo’lgan Ahli Sunnat val Jamoat aytadiki: "Janobi haq bir narsaga buyuradi, so’ng go’zal bo’ladi. Qaytaradi, so’ng xunuk bo’ladi." Demak amr bilan go’zallik, qaytarish orqali xunuklik yuzaga chiqadi. Husn va xunuklik mukallaf odamning xabardorligiga qaraydi va unga ko’ra qaror topadi. Husn va qabohat o’tkinchi va dunyoga tegishli emas, balki oxiratga tegishli tarafidadir. Masalan namoz o’qiding yoki tahorat olding. Chunki haqiqatda namozingni va tahoratingni buzadigan bir sabab yuz bergan. Lekin seni undan hech xabaring yo’q. Namozing va tahorating ham to’g’ridir, ham go’zal. Mo’'tazila: "Haqiqatda xunuk va buzilgan. Lekin sendan qabul qilinadi. Chunki noma'lum bo’lgan, bilmading va uzring bor." deydi. Shunday ekan, Ahli Sunnat mazhabiga ko’ra, shariatning zohiriga muvofiq qilgan amalingda: "Ajabo to’g’ri bo’lganmikin?" deb vasvasaga tushma. "Qabul bo’lganmikin?" degin. G’ururlanma, g’ururga kirma.

Ikkinchi Malham:Dinda qiyinchilik yo’q. لَا حَرَجَ فِى الدِّينِ Modomiki to’rt mazhab haq. Modomiki istig’forga undovchi o’z kamchiligini anglash, g’ururga olib boruvchi amalini go’zal ko’rishlikdan ko’ra (ayniqsa bunday vasvasali odam uchun) afzaldir. Ya'ni, vasvasali odam, amalini go’zal ko’rib g’ururga tushgandan ko’ra, amalini qusurli ko’rib istig’for keltirishi yanada a'lodir. Modomiki bunday ekan, sen vasvasani ot, shaytonga ayt: "Bu hol bir qiyinchilikdir. Haqiqiy holatdan xabardor bo’lish qiyin. Dindagi yengillikka ters. اَلدِّينُ يُسْرٌ لَا حَرَجَ فِى الدِّينِ asosiga ziddir. Albatta amalim haq mazhablarning biriga muvofiq keladi. U menga kifoya. Yana men loaqal ojizligimni e'tirof etib, ibodatni loyig’idek ado qila olmaganim uchun, istig’for va tavba-tazarru bilan Allohning marhamati doirasiga kirib, kamchiligimni afv etilishi, qusurli amalimni qabul qilinishi uchun yolvorib niyoz qilishimga sababdir."

Beshinchi Jihat:Iymoniy masalalarida shubha tarzida kelgan vasvasadir. Bechora vasvasali odam, ba'zan hayolni aqlga ishi bilan chalkashtirib qo’yadi. Ya'ni, hayolga kelgan shubhani aqlga kirgan shubha deb vahima qilib, e'tiqodiga putur yetdi deb o’ylaydi. Ba'zan tasavvuriy shubhani iymonga zarar beruvchi shak deb gumon qiladi. Ba'zan tasavvur qilgan shubhani aql tasdiqlagan shubha deb o’ylaydi. Ba'zan bir kufr ishni o’ylahsni kufr keltirdim deb gumon qiladi. Ya'ni, zalolatning sabablarini o’ylash suratida, tafakkurning jo’sh urishini, tadqiqotini va betarafona muhokamasini iymonga xilof deb o’ylaydi. Nihoyat shaytoniy vasvasalarning belgisi bo’lgan gumonlardan hurkib: "Eyvoh! Qalbim buzilibdi, e'tiqodimga putur yetibdi," deydi. Bu holatlar ko’pincha ixtiyorsiz ravishda bo’lgani uchun va uni o’zining juz'iy ixtiyori bilan isloh qila olmagani uchun tushkunlikka tushadi. Bu yaraning malhami quyidagicha:

Kufrni xayolga keltirish kufr bo’lmaydi. Shuning kabi kufr deb gumon qilish ham kufr emas. Zalolatni tasavvur qilish zalolat bo’lmagani kabi, zalolatni tafakkur qilish ham zalolat emas. Chunki xayolga keltirish ham, gumon qilish ham, tasavvur qilish ham, tafakkur qilish ham aql bilan tasdiqlash va qalban ishonishdan ayridir, boshqadir. Ular bir daraja erkin. Juz'iy ixtiyorga ko’pincha quloq solmaydi. Ular ko’pincha diniy majburiyat ostiga kirmaydi.

Tasdiq va ishonch esa unday emas. Bir mezonga tobedir. Hayol, vahima, tasavvur, tafakkur kabi xislatlar tasdiq va ishonch bo’lmagani kabi, shubha va ikkilanish deb ham hisoblanmaydi. Biroq, agar keraksiz takror qila-qila o’rnashib qolsa, undan haqiqiy bir shubha paydo bo’lishi mumkin.

Yana betarafona muhokama deyilgan yoki insof uchun narigi tomonni qo’llab quvvatlayversa, shunday bir holga keladiki, beixtiyor qarshi tomonni ma'qullaydigan bo’lib qoladi. Unga vojib bo’lgan haqni tasrafdorlik hissi sinadi. O’zi esa tahlikaga tushadi. Zehnida raqib va yo shaytonning bekorchi vakili bo’ladigan vaziyat o’rnashib qoladi.

Bu hildagi vasvasaning eng ahamiyatli tomoni quyidagicha: Vasvasali odam zotiy imkon bilan zehniy imkonni bir-biriga chalkashtirib qo’yadi. Ya'ni, bir narsani mohiyatida mumkin deb bilsa, u narsani zehnan ham mumkin va aqlan shak-shubhali deb tasavvur qiladi. Xolbuki, Kalom Ilmida "mohiyatida mumkin bo’lgan narsa ilmiy tasdiqqa zid emas va zehniy zaruratga ziddiyati yo’q" qoidasi bor. Masalan, hozirgi daqiqada Qora dengizning qurib ketishi mohiyatida mumkindir va mohiyatan mumkinligi tufayli uning ehtimoli bor. Xolbuki, uning qat'iyan joyida ekanini tasdiqlaymiz, shubhasiz bilamiz. Imkoniy ehtimol va u zotiy imkon bizga shak bermaydi, bir shubha tug’dirmaydi, qat'iy ishonchimizni buzmaydi. Masalan, quyoshning mohiyatida bugun botmasligi va ertaga chiqmasligi mumkin. Lekin bu imkon ishonchimizga zarari yo’q, shubha tug’dirmaydi. Xuddi shuning kabi masalan iymon haqiqatlaridan bo’lgan, dunyo hayotining yo’q bo’lishiga va oxirat hayotining chiqishiga zotiy imkon jihatida kelgan tasavvurlar iymoniy yaqin-qat'iyatga zarar bermaydi. Hamda لَا عِبْرَةَ لِلْاِحْتِمَالِ الْغَيْرِ النَّاشِئِ عَنْ دَلِيلٍ ya'ni: "Biron dalildan kelib chiqmagan bir ehtimolning umuman ahamiyati yo’q", deyilgan mashhur qoida ham usuli din, ham usuli fiqhning aniq qoidasidan hisoblanadi.

Agar: "Mo’'minlarga bunchalik zararli va siquvchi vasvasa qaysi hikmatga binoan boshimizga balo bo’lgan?" desang.

Javob: Haddan oshmaslik hamda g’olib kelmaslik sharti bilan, vasvasaning asli hushyor bo’lishga sababchi, izlanishga chorlovchi, jiddiyatga vositadir. Loqaydlikni ketkazadi, beparvolikni daf qiladi. Shuning uchun Hakimi Mutlaq vasvasani - bu imtihon yerida, bu musobaqa maydonida bizga tashviq qamchisi sifatida shaytonning qo’liga bergan. Insonning boshiga uradi. Shoyad ko’proq ranjitsa, Hakiymi Rahiymga shikoyat qilmog’imiz va "A'uzu billahi minash shaytonir rojiym" demog’imiz lozim.

* * *

YIGIRMA IKKINCHI SO’Z

[Ikki maqomdir]

Birinchi Maqom

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَيَضْرِبُ اللّٰهُ الْاَمْثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ ٭ وَ تِلْكَ الْاَمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

Bir kuni bir hovuzda ikki odam cho’milayotgan edi. Favquloda bir ta'sir ostida behush bo’ldi. Ko’zlarini ochgan payt ko’rishdiki, ajib bir olamga olib kelinishibdi. Shunday bir olamki, kamoli intizomidan mamlakat hukmida, balki bir shahar hukmida, balki bir saroy hukmidadir. Kamoli hayratlaridan atroflariga qarashdi. Bir jihatdan qaralsa, azim bir olam ko’rinadi. Bir jihatdan qaralsa, muntazam bir mamlakat. Bir jihatdan qaralsa, mukammal bir shahar. Boshqa bir jihatdan qaralsa, ichiga o’ta muhtasham olamni olgan bir saroy ekanini ko’rishdi. Bu ajoyib olamda aylanib sayr qilishdi.

Bir qism maxluqotning bir tarzda gapirayotganini ko’rishdi. Lekin ularning tillarini bilishmaydi. Faqat ishoratlaridan muhim ishlar qilayotgani va ahamiyatli vazifalar bajarayotgani anglashilyapti.

Biri do’stiga: "Bu ajib olamning albatta bir mudabbiri va bu muntazam mamlakatning bir moliki, bu mukammal shaharning bir sohibi, shu san’atli saroyning bir ustasi bor. Biz harakat qilishimiz kerak, uni tanishimiz kerak. Chunki bizni bu yerga keltirgan u ekani anglashilyapti. Uni tanimasak, kim bizga madad beradi? Tilini bilmagan va ular bizni tinglamagan bu ojiz maxluqlardan nima kutishimiz mumkin? Ulkan olamni bir mamlakat suratida, shahar tarzida, saroy shaklida qurgan va boshdan oyoq g’aroyib narsalar bilan to’ldirgan va turli tuman bezaklar bilan ziynatlagan va ibratli mo’'jizalar bilan bezagan zot, albatta bizdan va bu yerga kelganlardan istagan narsasi bor. Uni tanishimiz kerak. Nima istaganini ham bilishimiz kerak" dedi.

Narigi odam: "Sen aytgan zot bo’lishi va bu butun olamni bir o’zi boshqarishiga ishonmayman", dedi. Do’sti javoban: "Uni tanimasak, loqayd qolsak, umuman manfaati yo’q, zarari esa juda katta. Agar tanishga harakat qilsak, mashaqqati juda yengil, manfaati bo’lsa juda azim. Shuning uchun uni tanimay loqayd qolish hech kori aql emas." dedi. U bebosh: "Men butun tinchli, halovatimni uni o’ylamaslikda ko’raman. Bunga o’xshagan aqlimga sig’magan narsalar bilan ovora bo’lmayman. Bu ishlarning barchasi tasodifiy va aralash-quralash ishlar, o’zidan-o’zi bo’lyapti, menga nima kerak." dedi. Aqlli do’sti unga: "Sening bu qaysarliging meni ham, balki ko’plarni ham baloga tiqadi. Bir adabsiz sababli, ba'zan bir mamlakat xarob bo’ladi." dedi. Bebosh esa: "Yo bu ulkan mamlakatning yagona sohibi, yagona bir yaratuvchisi borligini menga qat'iyan isbot qil yoki ishimga aralashma." dedi. Do’sti javoban: "Modomiki qaysarliging devonalik darajasiga chiqqan ekan, o’jarliging bilan bizni va balki yurtni bir qahrga giriftor qilasan.

Senga quyidagi o’n ikki burhon bilan ko’rsataman: Bir saroy kabi bu olamning, bir shahar kabi shu yurtning yagona ustasi bor va u usta, hamma narsani bir o’zi boshqaradi. Hech bir jihatdan kamchiligi yo’q. Bizga ko’rinmagan u usta, biz va hamma narsani ko’radi va so’zlarini eshitadi. Butun ishlari mo’'jiza va g’aroyib. Biz ko’rgan barcha narsalar va tillarini bilmagan maxluqlar uning xodimidir."

Birinchi Burhon

Kel, atrofga qara, hamma narsaga e'tibor ber! Barcha ishlar ichida yashirin bir qo’l ishlayapti. Chunki qara, bir dirhamchalik {(Hoshiya1) Daraxtlarni boshida ko’targan urug’larga ishorat.} kuchi yo’q urug’dek kichik narsa minglab botmon yukni ko’taryapti. Zarracha shuuri yo’q {(Hoshiya2) O’z o’zidan yuksalmagan va mevalarning og’irligiga dosh bermagan uzum novdalari kabi nozanin nabototning boshqa daraxtlarga latif qo’llar otib o’ralishlariga va ularga osilishiga ishoratdir.} narsa o’ta hakimona ishlar qilyapti. Demak, bular o’z-o’zidan ishlamayapti. Ularni ishlatgan yashirin bir qudrat sohibi bor. Agar bir o’zi bo’lsa, biz boshdan-oyoq ko’rgan mamlakatda xar bir ish mo’'jiza, hamma narsa mo’'jizali g’aroyib bo’lishi kerak bo’ladi. Bu esa bir safsatadir.

Ikkinchi Burhon

Kel, butun bu vodiylarni, maydonlarni, manzillarni bezatgan narsalarga e'tibor ber. Xar birida yashirin zotdan xabar bergan ishlar bor. Huddi xar biri muxr, tamg’a kabi g’aybiy zotdan xabar beradilar. Ko’z o’ngingda bir dirham paxtadan {(Hoshiya3) Danakka ishorat. Masalan, zarra kabi bir afyun urug’ni, dirham kabi zardoli danagi, qovun urug’i, matodan ham go’zalroq qilib to’qilgan barglar, matodan ham oq va sariq gullar, shirinlikdan ham shirinroq va kabob va konserva qutilaridan yaxshiroq, lazizroq, shirinroq mevalarni xazina-i rahmatdan keltiradilar, bizga taqdim qiladilar.} nima qilayotganini ko’r. Qara, necha to’p mato, gazlama va gulli mato chiqdi. Qara, undan qanchalab shirinliklar, aylana shirin kaboblar qilinyapti. Biz kabi minglab odam kiyishiga, yeyishiga kifoya qiladi. Hamda temir, tuproq, suv, ko’mir, mis, kumush va oltinni g’aybiy hovuchiga oldi, bir go’sht bo’lagiga {(Hoshiya4) Unsurlardan jismi hayvoniyni yaratish va nutfadan zihayotni ijod qilishga ishoratdir.} aylantirganiga qara, ko’r. Mana ey aqlsiz odam! Bu ishlar shunday bir zotga maxsuski butun mamlakat barcha qismlari bilan uning mo’'jizali quvvati ostida turibdi, xar istagiga bo’yin egyapti.

Uchinchi Burhon

Kel, ushbu harakatlanuvchi antiqa {(Hoshiya5) Hayvonlarga va insonlarga ishoratdir. Chunki hayvon shu olamning kichik mundarijasi va inson mojiyati koinotning kichik misoli bo’lgani uchun olamda bor narsalarning namunasi insonda bor.} san'at asarlariga qara! Xar biri xuddiki ulkan saroyning bir kichik nusxasi shaklida yasalgan. Saroyda nima bo’lsa, kichkina harakatlanuvchi uskunalarda mavjud. Saroyning ustasidan boshqa birov kelib, bu ajib saroyni kichik uskunaga joylashtirishi mumkinmi hech?! Bir qutichalik uskuna butun olamni ichiga olib, tasodifiy yoki ichida abas bir ish bo’lishi mumkinmi hech?! Demak, ko’z ko’rgan naqadar antiqa uskunalar bo’lsa, yashirin zotning tamg’asi hisoblanadi. Balki dallollari, e'lonnomalaridir. Hol tili bilan: "Biz butun olamimizni, bizni yaratgan va oson ijod qilgani kabi, oson yarata oladigan zotning san'atimiz", deyapti.

To’rtinchi Burhon

Ey qaysar do’stim! Kel, senga yanada ajoyibrog’ini ko’rsataman. Qara, bu mamlakatda butun ishlar, narsalar o’zgardi, o’zgaryapti, bir holatda qolmayapti. Biz ko’rgan qattiq jismlar, hissiz qutilar xuddi xar bir narsa butun ashyoga hukm qiladigan mutlaq hokim qiyofasiga kirdi. Oldimizdagi ushbu uskunaga qara {(Hoshiya6) Uskuna, mevador daraxtlarga ishorat. Chunki yuzlab dastgohlarni, fabrikalarni ingichkagina shoxlarida ko’targanday hayrat beradigan yaproqlarni, gullarni, mevalarni to’qiydi, bezaydi, pishiradi, bizlarga uzatadi. Xolbuki qarag’ay va archa kabi muhtasham daraxtlar dastgohini quruq toshga qo’ygan, ishlab turibdi.} go’yo buyruq beryapti. Uning bezaklari va ishlashiga kerakli narsalar va moddalar tezlik bilan uzoq joydan kelyapti. Qara shuursiz jism {(Hoshiya7) Urug’larga, danaklarga, chivinlarning tuxumchalariga ishoratdir. Masalan bir chivin qayrag’ochning bargida tuxumini qoldiradi. Shunda ulkan qayrag’och yaproqlarini tuxumlarga bir ona qorni, beshik, asal kabi ozuqaga to’la omborga aylantiradi. Xuddi mevasiz daraxt, bu ko’rinishda tirik mevalar beradi.} go’yo bir ishorat beradi, eng katta jismni o’ziga xizmatkor qiladi, o’z ishlarida ishlatadi.

Boshqa narsalarni bularga qiyos qil. Xuddi xar bir narsa bu olamdagi barcha xilqatlarni bo’sundiradi. Agar o’sha yashirin zotni qabul qilmasang, butun bu mamlakatdagi toshida, tuprog’ida, hayvonida, insonga o’xshash maxluqlarda u zotning butun hunarlarini, san'atlarini, kamolotlarini ularga bitta-bittalab berasan. Mana, aqlingga sig’dira olmagan birgina mo’'jizali zotning o’rniga u kabi milliardlab mo’'jizali, bir-biriga zid, bir-biriga o’xshash, bir-biri ichida bo’lishishi, intizom buzilmasligi, oraliqni chalkashtirmasligi mumkinmi?! Chunki bu ulkan mamlakatda ikki qo’l ishlasa, chalkashtiradi. Chunki bir qishloqda ikki mudir, bir shaharda ikki hokim, bir mamlakatda ikki podshoh bo’lsa, chalkashtiradi. Sanoqsiz hokimi mutlaq birga bo’lishi mumkinmi?!

Beshinchi Burhon

Ey vasavasali do’stim! Kel, bu azim saroyning naqshlariga diqqat qil va butun bu shaharning ziynatlariga qara va butun bu mamlakatning tanzimotini ko’r va butun bu olamning san'atlarini tafakkur qil! Xullas qara: Agar nihoyatsiz mo’'jizalari va hunarlari bo’lgan yashirin bir zotning qalami ishlamasa, bu naqshlari boshqa shuursiz sabablarga, ko’r tasodifga, kar tabiatga berilsa, u vaqt yo bu mamlakatning xar bir toshi, xar bir o’ti shunday mo’'jiznamo naqqosh, shunday bir horiquloda kotib bo’lishi lozim bo’ladiki, bir harfda ming kitobni yoza olsin, bir naqshda millionlab san'atni joylashtira olsin. Chunki qara bu

toshlardagi naqshga, {(Hoshiya8) Shajara-i xilqatning mevasi bo’lgan insonga va o’z daraxtining dasturini va mundarijasini tashigan mevaga ishoratdir. Zero qalami qudrat olamning kitobi kabirida nima yozgan bo’lsa, ijmolini mohiyati insoniyada yozgandir. Qalami qadar tog’ kabi bir daraxtda nima yozgan bo’lsa, tirnoq kabi mevasida ham joylashtirgandir.} xar birisida butun saroyning naqshlari bor, butun shaharning tanzimot qonunlari bor, butun mamlakatning tashkilot dasturlari bor. Demak, bu naqshlarni qilish butun mamlakatni qilish qadar horiqodir. Shunday ekan, xar bir naqsh, xar bir san'at u yashirin zotning bir e'lonnomasidir, bir xotamidir.

Modomiki bir harf kotibini ko’rsatmasligi mumkin emas. San'atli bir naqsh naqqoshini bildirmasligi mumkin emas. Qanday bo’ladiki: Bir harfda ulkan bir kitobni yozgan, bir naqshda ming naqshni naqsh etgan naqqosh o’z kitobi bilan va naqshi bilan bilinmasin?

Oltinchi Burhon

Kel, bu keng vodiyga chiqamiz. {(Hoshiya9) Bahor va yoz mavsumida zaminning yuziga ishoratdir. Zero yuz minglab muxtalif maxluqotning toifalari bir-biri ichida barobar ijod qilinadi, ro’yi zaminda yoziladi. Xatosiz, qusursiz, kamoli intizom bilan almashtiriladi. Minglab dasturxoni Rahmon ochiladi, teriladi, yangi yangi keladi. xar bir daraxt bittadan vositachi savdogar, xar bir bo’ston bittadan qozon hukmiga o’tadi.} Vodiy ichida yuksak tog’ bor. Butun atrofni ko’rish uchun uning ustiga chiqamiz. O’zimiz bilan hamma narsani yaqinlashtiradigan go’zal durbinlarni ham olamiz. Chunki bu ajib mamlakatda ajib ishlar bo’lyapti. Xar soatda hech aqlimizga kelmagan ishlar bo’lyapti. Mana, qara! Tog’lar, vodiylar va shaharlar birdan o’zgaryapti. Yana qanday o’zgaryapti. Bir-biri ichida millionlab ishlar o’ta intizomli suratda o’zgaryapti. Xuddi millionlab turdagi matolar bir-biri ichida birgalikda to’qilayotganday juda ajib o’zgarishlar bo’lyapti. Qara, biz do’st tutgan va tanigan gulli-mulli narsalar yo’qoldi. Ularning o’rniga va mohiyati ularga o’xshash, lekin suratlari boshqalari keldi. Xuddiki vodiy va tog’lar sahifadek ichida yuz minglab turdagi kitoblar yozilyapti. Xatosiz, nuqsonsiz yozilyapti. Bu ishlar o’zidan-o’zi bo’lishi yuz daraja imkonsiz. Ha, ushbu o’ta san'atli, diqqatli ishlar o’zidan-o’zi bo’lishining ming daraja imkoni yo’q. O’zidan ko’ra ko’proq san'atkorlarini ko’rsatadi. Ularni yaratayotgan shunday mo’'jizali zotki, unga hech qanday ish unga og’ir emas. Unga ming kitob yozish bir harfchalik oson. Shu bilan birga hamma tomonga qara. Shunday hikmat bilan hamma narsani joy-joyiga qo’yapti va karam bilan hammaga loyiq lutf qilyapti. Ehsonparvarlik bilan umumiy pardalar va eshiklar ochyaptiki, hammaning istagini beryapti. Yana shunday saxovat bilan dasturxonlar tayyorlayaptiki, bu mamlakatning barcha odamlari, hayvonlariga, xar bir toifasiga xos va loyiq, balki xar bir kishiga maxsus ismi va rasmi bilan ne'mat patnisi berilyapti.

Dunyoda biz ko’rganimiz ishlar ichida tasodifiy ishlar qilinishi yoki abas va foydasiz bo’lishi yoki ko’p qo’llar aralashishi yoki ustasi hamma narsaga qodir bo’lmasligi yoki hamma narsa unga bo’ysunmasligidek imkonsiz narsa bormi?! Mana ey do’stim! Hadding bo’lsa, bunga qarshi bir bahona top!

Yettinchi Burhon

Ey do’stim, kel! Bu kichik narsalarni qoldirib, saroy shaklidagi bu ajib olam ashyolarining bir-biriga bo’lgan munosabatiga e'tibor beramiz. Mana, qara. Bu olamda shu daraja intizom bilan umumiy ishlar qilinyapti va umumiy o’zgarishlar bo’lyaptiki, xuddi butun bu saroydagi mavjud toshlar, tuproqlar, daraxtlar, xar bir narsa yaratuvchi kabi butun olamning umumiy intizomiga rioya qilib, unga muvofiq harakat qilyapti. Bir-biridan juda uzoq narsalar bir-biriga yordam beryapti. Qara. G’aybdan ajib guruh {(Hoshiya1) Barcha hayvonlarning ozuqalarini tashigan nabotot va daraxt guruhlari.} chiqib kelyapti. Markablari daraxtlarga, nabotlarga, tog’larga o’xshaydi. Boshida rizqlar patnisi tashiyapti.

Bu tarafda kutayotgan turli hayvonotning yemishlarini keltiryapti. Hamda ularga ushbu gumbazda azim elektr chirog’i {(Hoshiya2) Katta elektr chirog’i, Quyoshga ishorat.} nur bergani kabi, butun taomlarini chiroyli pishiryapti. Pishiriladigan taomlar g’aybiy qo’l tomonidan iplarga taqilib {(Hoshiya3) Ip va ipga taqilgan taom esa, daraxtning ingichka shoxlari va shirin mevalaridir.} unga berilyapti. Bu tarafga ham qara: Bu bechora zaif, ojiz, kuchsiz hayvonchalar. Ularning boshida yumshoq ozuqaga to’la ikki haltacha {(Hoshiya4) Ikki haltacha esa, volidalarning ko’kraklariga ishoratdir.} taqilgan ikki chashma kabi. Kuchsiz maxluq uni og’ziga yopishtirishi kifoya.

Natija: Bu olamning butun ashyosi, bir-biriga qarayotganday bir-biriga yordam berishadi. Bir-birini ko’rayotganday, qo’lni qo’lga beradi. Bir-birining ishini to’ldirish uchun, yelkama yelka turishadi. Belni belga berib birga ishlashadi. Hamma narsani bunga qiyos qil, sanagan bilan tugamaydi.

Demak, butun bu holatlar ikki karra ikki to’rt aniqligida qat'iy ko’rsatadiki, ushbu ajib saroyning ustasiga, ya'ni bu g’arib olamning sohibiga hamma narsa bo’ysungan. Hamma narsa unga ishlaydi. Hamma narsa unga bir buyuruqqa bo’ysungan askar hukmidadir. Hamma narsa uning quvvati bilan aylanadi. Hamma narsa uning amri bilan harakat qiladi. Hamma narsa uning hikmati bilan tartibga solinadi. Hamma narsa uning karami bilan bir-biriga yordam beradi. Hamma narsa uning marhamati bilan boshqa narsaga yordam beradi, ya'ni yordam berdiriladi. Ey do’stim! Hadding bo’lsa, bunga qarshi bir so’z ayt!

Sakkizinchi Burhon

Kel, ey nafsim kabi o’zini aqlli deb o’ylagan aqlsiz do’stim! Ushbu muhtasham saroyning egasini tanishni istamayapsan! Xolbuki hamma narsa uni ko’rsatyapti, unga ishorat qilyapti, unga guvohlik qilyapti. Bu narsalarning hammasining guvohligini yolg’on deyapsan! Shunday ekan, bu saroyni ham inkor qil va "Olam yo’q, mamlakat yo’q" degin va o’zingni ham inkor qil, o’rtadan chiq. Yo’qsa esingni yig’, meni tingla! Qara: Ushbu saroy ichida va mamlakatni qoplagan bir hildagi unsurlar, ma'danlar bor. {(Hoshiya5) Unsurlar, ma'danlar esa juda ko’p muntazam vazifalari bo’lgan va izni Rabboniy bilan xar muhtojning imdodiga yugurgan va amri Ilohiy bilan xar bir yerga kirgan, madad bergan va hayotning lavozimotini yetishtirgan va zihayotni emizgan va masnu'oti Ilohiyaning nasjiga, naqshiga mansha' va muvallid va beshik bo’lgan havo, suv, ziyo, tuproq unsurlariga ishoratdir.} Mamlakatdan chiqqan hamma narsa u moddalardan qilingandek. Demak, u moddalar kimning mulki bo’lsa, undan qilingan barcha narsalar ham unikidir. Ekinzor kimniki bo’lsa, mahsulot ham unikidir. Dengiz kimniki bo’lsa, ichidagilar ham unikidir.

Qara, ushbu to’qilgan narsalar, o’rilgan naqshinkor matolar bitta gazlamadan qilinyapti. U moddani keltirgan, tayyorlagnb va ip holiga keltirgan, albatta ochiq oydin birdir. Chunki bu ish sherikni qabul qilmaydi. Shunday ekan, barcha to’qilgan san'atli narsalar unga maxsus. Yana qara, to’qilgan, qilingan narsalarning xar bir jinsi mamlakatning hamma tomonida mavjud. Ular butun sinfi bilan shunday tarqalganki, bir joyda bir-biri ichida, bir tarzda, bir onda qilinyapti, to’qilyapti. Demak, bitta zotning ishidir, bir amr bilan harakat qiladi. Yo’qsa bir onda, bir tarzda, bir vaziyatda, bir yig’inda birlashish va mos kelishi imkonsiz. Shunday ekan, bu san'atli narsalarning xar biri yashirin zotning e'lonnomasi bo’lib uni ko’rsatadi. Go’yo xar bir gulli mato, xar bir san'atli uskuna, xar bir shirin luqma u mo’'jizaviy zotning tamg’alari, muxrlari, nishonlari, belgisi bo’lib, holat tili bilan xar biri: "Men kimning san'ati bo’lsam, joylashgan sandiqlarim va do’konlarim ham uning mulkidir", deydi. Xar bir naqsh: "Meni kim to’qigan bo’lsa, joylashgan to’pim ham uning to’qimasidir" deydi. Xar bir shirin luqma: "Meni kim qilayotgan, pishirayotgan bo’lsa, joylashgan qozonim ham unikidir", deydi. Xar bir uskuna: "Meni kim qilgan bo’lsa, mamlakatda tarqalgan sinfimni ham u qilyapti va mamlakatning hamma tarafida bizni u yetishtirgan. Demak, u mamlakatning ham molikidir. Shunday ekan, butun mamlakatga, bu saroyga molik kim bo’lsa, bizga u molik bo’ladi", deydi. Masalan, davlatga tegishli bitta askar kamari yoxud bir tugmaga ega bo’lish, ularga haqiqiy molik bo’lishi uchun ularni yasagan butun zavodlarga ega bo’lishi kerak. Yo’qsa vaysaqi yaramasdan "davlat moli" deb, qo’lidan olinib, jazolanadi.

Natija: Bu mamlakatning unsurlari mamlakatni qoplagan moddalardan iiborat ekan, ularning egasi ham butun mamlakatga ega bir zot bo’ladi. Shuning kabi, butun mamlakatga tarqalgan san'at asarlari bir-biriga o’xshagani va bir tamg’ani ko’rsatgani uchun, butun mamlakatda tarqalgan asarlar hamma narsaga hukm qilgan bitta zotning san'atlari ekanini ko’rsatadi.

Mana ey do’stim! Bu mamlakatda, ya'ni ushbu muhtasham saroyda birlik alomati bor, bir yagonalik tamg’si bor. Chunki bir qism ashyolar, bitta bo’lsada qamrovi bor. Bir qanchasi ko’p bo’lib (faqat bir-biriga o’xshagan va hamma tomonda bo’lgani uchun) yagona sinf bo’lib ko’rinyapti. Yagonalik esa bir yakka zotni ko’rsatadi. Demak ustasi ham, egasi ham, sohibi ham, san’atkori ham bir bo’lishi kerak bo’ladi. Shu bilan birga, shunga diqqat qilginki, bir g’ayb pardasidan qalin ip chiqyapti. {(Hoshiya6) Qalingina bir ip mevador daraxtga; minglab iplar esa shoxlariga va iplar boshidagi olmos, nishon, ehson, hadyalar esa, gullarning aqsomiga va mevalarning anvo'iga ishoratdir.} So’ngra undan minglab iplar uzangan. Xar bir ipning uchiga olmoslar, nishonlar, ehsonlar va hadyalar taqilganiga qara. Hammaga ma’lum hadyalar beryapti. Ajabo, g’arib bir g’ayb pardasidan bunday ajib ehsonlarni, hadyalarni bu maxluqlarga uzatgan zotni tanimaslik, unga tashakkur bildirmaslik naqadar telbalarcha harakat ekanini bilasanmi. Chunki uni tanimasang, majburan: "Bu iplarning uchidagi olmoslarni, boshqa hadyalarni o’zlari qilyapti, beryapti", deysan. Xar bir ipni podshoh deyish kerak bo’ladi. Xolbuki u iplarni ko’z o’ngimizda bir g’aybiy qo’l o’sha hadyalarni yasab taqyapti. Demak, bu saroyda hamma narsa o’zidan ko’ra ko’proq mo’'jizali zotni ko’rsatadi. Uni tanimasang hamma narsani inkor qilib, hayvondan yuz daraja tubanlashasan.

To’qqizinchi Burhon

Ey muhokamasiz do’stim, kel! Bu saroyning sohibini tanimaysan va tanishni ham istamayapsan. Chunki aqlingga sig’dira olmayapsan. Uning ajib san'atlarini va holatlarini aqlga sig’dira olmaganing uchun inkor qilyapsan. Xolbuki asl aqlga sig’masligi, asl qiyinchilik, haqiqiy og’irlik va dahshatli qiyinchiliklar uni tanimaslikdadir.

Agar uni tanisak, butun saroy, olam bir narsa kabi oson bo’ladi, yengillashadi, arzonlik va mo’llikka sabab bo’ladi. Tanimasak va u bo’lmasa, hamma narsa saroydek san'atli bo’lgani uchun xar bir narsa butun saroychalik qiyinlashadi. U vaqt na arzonlik va na mo’llik qoladi. Ko’rgan narsalarimizning bittasi nafaqat qo’limizga, balki hech kimning qo’liga o’tmas edi. Sen faqat shu ipga ilingan shirin konserva qutisiga qara. {(Hoshiya7) Konserva quttisi qudrat konservalari bo’lgan qovun, tarvuz, anor, sut qutisi esa kokos kabi rahmat hadyalariga ishorat.} Agar uning yashirin mo’'jizali oshxonasidan chiqmaganida, hozir qirq tiyinga olgan narsamizni yuz liraga ham ola olmas edik.

Aqlga sig’dira olmaslik, qiyinchilik, og’rlik, halokat balki imkonsizlik uni tanimaslikdadir. Chunki bir daraxtga bir ildizdan, bir qonun bilan, bir markazdan hayot beriladi. Minglab mevalarning yuzaga kelishi meva kabi oson bo’ladi. Agar daraxtning mevalari turli markazlarga va ildizlarga, bir biridan boshqa qonunga bog’lansa, xar bir meva butun daraxtchalik qiyin bo’ladi. Butun qo’shinni jihozlash bir markaz, bir qonun, bir zavoddan chiqsa miqdor jihatidan bir askarning jiholanishichalik osonlashadi. Agar xar bir askarning jihozlanishi turli joylarda qilinsa, olinsa xar bir askarning jihozlanishi uchun butun qo’shinning jihozlanihiga kerakli zavodlar kerak bo’ladi.

Aynan bu ikki misol kabi: Ushbu intizomli saroyda, bu mukammal shahar va taraqqiy topgan yurtda, shu muhtasham olamda butun ashyolarning ijod qilinishi bir zotga nisbat berilsa, shunchalik oson bo’ladi, shu qadar yengillik paydo qiladiki biz ko’rgan cheksiz arzonlik, mo’llik va saxovatga sabab bo’ladi. Yo’qsa hamma narsa shu qadar qimmat, shu qadar qiyin bo’ladiki, dunyo berilsa hatto bitta narsani ham qo’lga kiritib bo’lmaydi.

O’ninchi Burhon

Kel, ey bir oz insofga kelgan do’stim! Biz o’n besh kundan beri {(Hoshiya1) O’n besh kun ibodatga mukallaf bo’ladigan o’n besh yoshga ishorat.} bu yerdamiz. Agar bu olamning nizomlarini bilmasak, podshohini tanimasak, jazoga loyiq bo’lamiz. Uzrimiz qolmadi. Chunki o’n besh kundan beri (go’yo bizga muhlat berilgandek) hech kimning biz bilan ishi bo’lmayapti. Albatta biz egasiz emasmiz. Bu daraja nozik san'atli, me'zonli, latofatli, ibratli san’at asarlari ichida hayvon kabi aylanib ularni buza olmaymiz, bizga buzdirmaydilar. Bu mamlakatning hashamatli egasining albatta jazosi ham dahshatli bo’ladi.

U zot naqadar qudratli, hashamatli zot ekanini quyidagicha tushun: Bu ulkan olamni bir saroy kabi tartibga solyapti, charxpalak kabi aylantiryapti. Katta mamlakatni bir uydek, hech bir narsani chetda qoldirmasdan boshqaryapti. Qara, vaqti-vaqti bilan bir idishni to’ldirib bo’shatgandek bu saroyni, ushbu mamlakatni, shu shaharni mukammal intizom bilan to’ldirib, kamoli hikmat bilan bo’shatyapti. Bir dasturxonni olib yozgandek, ulkan mamlakatni bir g’aybiy qo’l boshdan oyoq turli-tuman dasturxonlarni {(Hoshiya2) Dasturxonlar, yozda zamin yuziga ishorat bo’lib, rahmat oshxonasidan chiqqan yuzlab yangi-yangi va turli tuman Rahmoniy dasturxonlar to’shaladi, almashadi. Xar bir bog’ bir qozon, xar bir daraxt vositachi savdogardir.} olib, yozib turli tuman ovqatlarni navbat bilan olib kelib yediryapti. Uni yig’ib boshqasini keltiradi, buni ko’rib, qattiq hashamat ichida cheksiz saxovatli bir karam borligini aqling bo’lsa tushunasan.

Hamda barcha narsalar g’aybiy zotning saltanatiga, birligiga shahodat qilgani kabi birin ketin guruh-guruh kelib o’tgan, haqiqiy parda, parda orqasidan ochilib yopilgan o’zgarishlar, boshqa narsaga aylanishlar u zotning bardavomligiga, boqiyligiga guvohlik qiladi. Chunki zavol topgan ashyo bilan birga sabablari ham yo’qoladi. Ularning orqasidan, ular kabi narsalar takroranadi. Demak, san’at asarlari ularniki emas, balki zavol topmas bir zotning asarlari ekan. Daryoning pufakchalari ketib orqasidan kelgan pufakchalar ketganlar kabi porlaganidan anglashiladiki ularni porlatgan, doimiy va yuksak nur sohibidir. Shuning kabi: Bu ishlarning qisqa vaqtda o’zgarishi, orqaidan kelgan narsalarning o’sha rangga kirishi ko’rsatadiki bitta zavolsiz doimiy zotning jilvalari, naqshlari, oynalari, san'atlaridir.

O’n Birinchi Burhon

Kel, do’stim! Endi senga o’tgan o’n burhon quvvatida yana bir qat'iy burhon ko’rsataman. Kel, bir kemaga minib {(Hoshiya3) Kema - tarixga, jazira esa Asri Saodatga ishorat. Shu asrning zulmatli sohilida, "mim"siz madaniyat kiydirgan libosni yechib, davr dengiziga tushib, tarix va siyrat kemasiga minib, Asri Saodat jazirasiga va Jazirat-ul Arab maydoniga chiqib, Faxri Olamni (S.A.V.) ish boshida ziyorat qilish orqali u zot shu qadar porloq tavhid burhoni bo’lib, zaminni boshdan oyoq va zamonning o’tgan va kelajak ikki tomonini nurlantirgan, kufr va zalolat zulmatini tarqatganini bilamiz.} uzoqda bir jazira bor, u yerga boramiz. Chunki bu tilsimli olamning kalitlari u yerda. Yana hamma u jaziraga qarayapti, u yerdan bir narsalar kutyapti, u yerdan amr olyapti. Qara, ketyapmiz. Jaziraga chiqdik. Qara, juda katta majlis bor. Yurtning butun kattalari bu yerda to’plangan. Muhim marosim ko’rinyapti. Yaxshilab e'tibor ber. Bu katta majlisning raisi bor. Kel, yaqinroq boramiz. Raisni tanishimiz kerak.

Qara, naqadar porloq va mingdan {(Hoshiya4) Ming nishon esa, ahli tahqiq mingga yetganini aniqlagan mo’'jizoti Ahmadiyadir (S.A.V.).} ko’proq nishonlari bor. Naqadar quvvatli gapiryapti. Naqadar shirin suhbat quryapti. O’n besh kun mobaynida, u kishining gapilarini men biroz o’rgandim. Sen ham mendan o’rgan. U zot shu mamlakatning mo’'jizaviy sultonini gapiryapti. "Shonli sulton meni sizlarga yubordi", deyapti. Shunday g’aroyib narsalar ko’rsatyaptiki u kishi podshohning maxsus xodimi ekaniga shubha qoldirmayapti.

E'tibor ber, bu zotning aytgan gapini nafaqat shu jaziradagi maxluqlar tinglayapti, balki g’aroyib suratda butun mamlakatga eshittiryapti. Chunki uzoq joylargaqcha hamma bu yerdagi nutqini eshitishga harakat qilyapti. Nafaqat insonlar tinglayapti, balki hayvonlar ham, hatto qara, tog’lar ham u zot keltirgan amrlarni tinglab, joyiidan qimirlayapti. Daraxtlar ishorat qilgan yerga boryapti. Qayerda istasa, suv chiqaryapti. Hatto barmog’ini obi kavsar ko’kragidek obi hayot ichiryapti.

U zotning ishorati bilan bu saroyning oliy qubbasidagi muhim chiroq, {(Hoshiya5) Muhim chiroq oy bo’lib, u zotning ishorati bilan ikki bo’lakka bo’lingan. Ya'ni: Mavlono Jomiyning aytgandik: "Umuman yozuv yozmagan ummiy zot barmoq qalami bilan samo sahifasida bir alif yozdi. Bir qirqni ikki ellik qildi". Ya'ni, yorilishdan avval qirq bo’lgan mimga o’xshagan, yorilganidan keyin ikki hilol bo’ldi, ellikdan iborat ikki nunga o’xshadi.} bir ekan, ikkita bo’lyapti. Demak, bu mamlakat butun mavjudoti bilan u zotning xodimligini tan oladi. U kishini "g’aybiy mo’jizaviy zotning eng xos va to’g’ri tarjimoni, saltanatining dalloli, tilsimining kashf qiluvchisi va anrlarini yetkazadigan ihsonchli elchisi" ekanini biladiganday, u zotni tinglab itoat qilyapti. U zotninig xar bir aytgan so’zini atrofidagi butun aqli joyida bo’lgan kishilar: "Ha, ha to’g’ri" deyyapti, tasdiqlayapti.

Balki shu mamlakatda tog’lar, daraxtlar, butun mamlakatlarni yoritgan katta nur chirog’i {(Hoshiya6) Katta nur chirog’i Quyosh bo’lib, yerning sharqdan aylanib kelishi, Quyoshning yangidan ko’rinishi, quchog’ida Payg’ambarning (S.A.V.) yotishi bilan asr namozini o’qimagan Imom Ali (R.A.) u mo’'jizaga binoan asr namozini vaqtida o’qiganlar.} u zotning ishorat va amrlariga bosh egib, "Ha, albatta, xar bir so’zing to’g’ri" deydilar.

Mana ey tentak do’stim! Podshohning xos xazinasiga maxsus ming nishonga ega nuroniy, muhtasham va juda jiddiy zotning bor kuchi bilan yurtning butun raislari tasdiqlab gapirgan Mo’'jizali Zotdan, zikr qilgan vasflaridan va tablig’ qilgan amrlarida hech qanday xilof va hiyla bo’lishi mumkinmi?! Agar haqiqatga xilof mumkin bo’lsa, bu saroyni, chiroqlarni, jamoatni ham borlig’ini ham haqiqatlarini yolg’onga chiqarish kerak bo’ladi. Agar hadding bo’lsa, bunga qarshi e'tiroz barmog’ingni uzatib ko’r, barmog’ing burhon quvvatidan sinib, ko’zingga suqilishini ko’rasan.

O’n Ikkinchi Burhon

Kel, ey bir oz aqli joyiga kelgan birodar! Yana bir butun o’n bir burhon quvvatidagi burhon ko’rsataman. Mana, qara. Yuqoridan tushgan va hamma unga hayratidan yoki hurmatidan kamoli diqqat bilan qaragan bu nuroniy farmonga {(Hoshiya7) Nuroniy farmon Qur'on va uning ustidagi tamg’a esa i'joziga ishorat.} qara. Uning yonida ming nishonli zot turib, farmonning ma’nosini barchaga bayon qilyapti. Bu farmonning uslublari shunday bir tarzda porlayaptiki, hammaning tahsin qiluvchi nazarini jalb etyapti va shunday jiddiy, ahamiyatli masalalarni zikr qilyaptiki, hamma quloq solishga majbur bo’lyapti. Chunki butun mamlakatni boshargan, bu saroyni qurgan va bu ajoyibni izhor qilgan zotning faoliyatlarini, harakatlarini, amrlarini, vasflarini alohida-alohida bayon qilyapti. U farmonning umumiy hay'atida buyuk tam’ga bo’lgani kabi, xar bir satrida, xar bir jumlasida taqlid qilinmaydigan bir tamg’a kabi, ifoda qilgan ma'nolar, haqiqatlar, amrlar, hikmatlar ustida ham u zotga maxsus ma'naviy muxrlar unga xos ekanini ko’rsatyapti.

Natija: U Buyuk Farmon quyosh kabi u Zoti A'zamni ko’rsatadi, ko’r bo’lmagan kimsa ko’radi.

Mana ey do’stim! Aqling joyiga kelgan bo’lsa, bunchasu qadar kifoya... Agar biror gaping bo’lsa, hozir ayt.

Qaysar odam javoban: "Sening bu burhonlaringga faqat Alhamdulilloh, ishondim, deyman. Quyosh kabi porloq va kundek oydin bir tarzda ishondimki: Bu yurtning yolg’iz bir Moliki Zulkamoli, shu olamning yakka Sohibi Zuljaloli, bu saroyning yagona Sone'i Zuljamoli borligini qabul qildim. Alloh sendan rozi bo’lsin, meni eski qaysarligimdan va telbaligimdan qutqarding. Keltirgan burhonlaringning xar biri bu haqiqatni ko’rsatishga yetarli edi. Faqat xar bir burhon borgan sari yanada ravnaqdor, yanada shirin, yanada xush, yanada nuroniy, yanada go’zal ma'rifat tabaqalarini, tanimoq pardalari, muhabbat derazalari ochilgani uchun kutdim, tingladim", dedi.

Tavhidning azim haqiqati va "Amantu Billah" iymoniga ishorat qilgan misoliy hikoya tugadi. Rahmon Fazli, Qur'on fayzi, iymon nuri soyasida haqiqiy tavhidning quyoshidan misoliy hikoyadagi o’n ikki burhon o’n ikki yog’du va bir muqaddimani ko’rsatamiz.

وَ مِنَ اللّٰهِ التَّوْف۪يقُ وَ الْهِدَايَةُ

* * *

Yigirma Ikkinchi So’zning Ikkinchi Maqomi

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَللّٰهُ خَالِقُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ وَك۪يلٌ ٭ لَهُ مَقَال۪يدُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ ٭ فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُٓ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ ٭ مَا مِنْ دَٓابَّةٍ اِلَّا هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا اِنَّ رَبّ۪ى عَلٰى صِرَاطٍ مُسْتَق۪يمٍ

Muqaddima

Iymon ruknlarining eng katta rukni bo’lgan "iymoni billoh"ga doir "Qatra Risolasi"da mavjudotning xar biri ellik besh til bilan Janobi Haqning borligining vojibligiga va vahdoniyati-yagonaligiga dalolat va shahodat qilishlarini qisqacha bayon qilganmiz. Yana "Nuqta Risolasi"da Janobi Haqning kerakli dalillari va vahdoniyatining xar biri ming burhon quvvatida to’rt umumiy burhonni zikr qilganmiz. O’n ikkita arabiy risolalarimda Janobi Haqning borligining vojibligini va vahdoniyatini ko’rsatgan yuzlab qat'iy burhonlarni aytib o’tganimiz uchun ular bilan kifoyalanib, chuqur tadqiqotga kirishmaymiz. Faqat ushbu Yigirma Ikkinchi So’zda Risolatu-n Nurda qisqacha yozilgan o’n ikki yog’duimni "iymoni billoh" quyoshidan ko’rsatishga harakat qilamiz.

BIRINCHI YOG’DU:

Tavhid ikki qismga bo’linadi. Masalan: Bir bozor va shaharga katta odamning turli mollari kelsa, ikki hilda unga tegishli ekani bilinadi. Biri qisqacha, omilar uchun: "Buncha ko’p molga egalikka undan boshqa hech kimning haddi yetmaydi". Lekin omi bir odamning nazoratida ko’p qiyinchilik bo’lishi mumkin. Kichik bo’laklarga ko’p odamlar ega bo’lishi mumkin. Ikkinchi hili shuki, xar bir mol ustida yozuvni o’qiydi, xar bir to’p ustida tamg’ani taniydi, xar bir e'lon ustida muhrini tanib "Hamma narsa u zotniki", deydi. Bu shaklda xar bir narsa u zotni ma'nan ko’rsatadi.

Aynan shuning kabi: Tavhid ham ikki hildir:

Biri: Omi va zohiriy tavhid bo’lib, "Janobi Haq bir, sherigi, o’xshashi yo’q, bu koinot unikidir".

Ikkinchisi: Haqiqiy tavhid bo’lib, hamma narsa ustida qudrat tamg’asini, rububiyati muxrini va qalamining naqshini ko’rb, hamma narsadan to’g’ridan to’g’ri uning nuriga qaragan deraza ochib uning birligiga, hamma narsa uning qudrat qo’lidan chiqqaniga, uluhiyatida, rububiyatida va mulkida hech bir shaklda hech qanday sherigi va yordamchisi yo’qligiga ko’z bilan ko’rishga yaqin aniqlikda tasdiqlab iymon keltirishdir. Bu orqali bir nav’ doimiy huzurni qo’lga kiritishdir. Biz ham bu So’zda o’sha xolis va oliy haqiqiy tavhidni ko’rsatadigan shu’lalarni zikr qilamiz.

Birinchi hikmat ichida eslatma:Ey sababparast g’ofil! Sabablar bir pardadir. Chunki buni izzat va azamat taqozo qiladi. Ish qiluvchi Samadoniy qudratdir. Chunki buni tavhid va jalol va istiqlolni iqtizo qiladi. Azaliy Sultonning xodimlari rububiyat saltanatining ijrochilari emas. Balki u saltanatning dallollari va rububiyatning tomoshabin nazoratchilaridir. Xodimlar, u vositalar qudratning izzatini, rububiyatning hashamatini izhor qilish, yomon va xunuk ishlar bilan qudratning munosabati ko’rinmasligi uchun mavjud. Ojiz, faqir bo’lgan insoniy sulton kabi, ojiz va ehtiyoj uchun xodimlarini sherik qilib olmagan.

Demak, aqlning zohiriy nazarida qudratning izzati muhofaza qilinishi uchn sabablar qo’yilgan. Oynaning ikki tomoni kabi, hamma narsaning "mulk"-tashqi jihati bo’lib oynaning mulavvan orqa tomoniga o’xshaydi. Turli rang va holatlarga kirishi mumkin. Keyingisi "malakut"-ichki jihati bo’lib, oynaning old yuziga o’xshaydi.

Mulk va zohiran qaraganda Samadoniy qudratning izzatiga va kamoliga zid holatlar bor. Sabablar u holatlarga ham manba, ham sabab bo’lishi uchun joriy qilingan. Lekin malakut va haqiqat tomonida hamma narsa shaffof, go’zaldir. Qudratning shaxsan munosabatiga munosibdir, izzatiga zid emas. Shuning uchun sabablar faqatgina zohiriydir. Malakutiyat va haqiqatda haqiqiy ta'siri yo’q.

Zohiriy sabablarning boshqa bir hikmati shuki: Odili Mutlaqdan haqsiz shikoyat va botil e'tiroz qilmasligi uchun shikoyat va e'tirozlarga nishon bo’lishi uchun sabablar joriy qilingan. Chunki kamchilik ulardan chiqadi, ularning qobiliyatsizligidan kelib chiqadi. Bu sirga latif bir misoli bilan ma'naviy misol rivoyat qilinadi: Hazrat Azroil Alayhissalom Janobi Haqqa: "Qabzi arvoh vazifasida sening iboding mendan shikoyat qiladilar, mendan ranjiydilar", degan. Janobi Haq hikmat tili bilan unga: "Sen bilan qullarim o’rtasida musibatlar, xastaliklar pardasini qo’yaman", degan. Qara, xastaliklar parda bo’lib, ajalda tasavvur etilgan yomonliklarga manbadir.

Ruhlarni olishda haqiqiy hikmat va go’zallik Azroil Alayhissalomning vazifasiga ta’alluqlidir. Shuning kabi, Hazrat Azroil ham bir pardadir. Ruhlarni qabz qilishda zohiran marhamatsiz bo’lib ko’ringan va rahmatning kamoliga munosib bo’lmagan ba'zi holatlarga manba bo’lishi uchun xodimlikka nazoratchi va Ilohiya qudratga pardadir. Aql nazariga sabablar qudrat qo’li oldida parda bo’lishini izzat va azamat taqozo qiladi. Tavhid va jalol esa haqiqiy ta’sirda qo’lini tortishini iqtizo qiladi.

IKKINCHI YOG’DU:

Shu koinot bo’stoniga, zamin bog’iga, samoning yulduzlar bilan porlatilgan go’zal yuziga e'tibor ber! Bir Sone'-i Zuljalolning, Fotiri Zuljamolning to’shalgan va sochilgan san’at asarlarining xar biri ustida Xoliqi Kulli Shayga maxsus tamg’asi, xar bir maxluqi ustida Sone'-i Kulli Shayga xos muxri va qudrat qalamining nashr qilingan sahifalari kecha va kunduz, yoz va bahorda yozilgan mavjudot tabaqalari ustida, taqlid qilib bo’lmaydigan porloq muxri bor.

Endi tamg’alar, muxrlar, nishonlardan namuna sifatida bir nechtasini aytib o’tamiz. Masalan: Hisobsiz tamg’alaridan, hayot ustiga qo’ygan ko’p tamg’alaridan quyidagisiga qara: "Bir narsadan hamma narsani yaratadi, ham hamma narsadan bir narsani yaratadi". Chunki: Nutfa suvidan va ichiladigan oddiy suvdan hisobsiz hayvoniy a'zo va jihozlarni yaratadi. Demak, bir narsani hamma narsa qilish, albatta bir Qodiri Mutlaqning ishidir. Yeyiladigan sanoqsiz taomlardan, (esa hayvoniy bo’lsin, nabotiy bo’lsin) turli moddalarni xos bir jismga kamoli intizom bilan aylantirgan va undan maxsus jild to’qigan va undan oddiy a’zolarni yaratgan, albatta bir Qodiri Kulli Shaydir va Alimi Mutlaqdir.

Ha, o’lim va hayotning Xoliqi ushbu dunyo dastgohida hikmati bilan hayotni amri bilan paydo bo’lgan qonuni bilan boshqaradiki, u qonunni tatbiq va ijro qilish, butun koinotni tasarrufi ostida tutgan bir zotga maxsusdir.

Xullas, agar aqling so’nmagan, qalbing ko’r bo’lmagan bo’lsa, bir narsani mukammal osonlik va intizom bilan hamma narsa qilgan, hamma narsani mukammal mezon va intizomda san'ati bilan bitta narsa qilgan, hamma narsaning Sone'iga xos va Xoliqi Kulli Shayga maxsus bir tamg’a ekanini tushunasan. Masalan g’aroyib ishlar qilgan zot bir dirham paxtadan yuz to’p mato va ipak yoki gazlama kabi turli tuman gazmollarni to’qish bilan birga undan holva, paxlava kabi ko’p taomlarni ham qilyapti.

So’ng, u zot temir va toshni, asal va yog’ni, suv va tuproqni hovuchiga oladi, go’zal oltinga aylantiradi. Sen albatta qat'iyan hukm qilasanki, u zot o’ziga xos bir sanoatga ega, yer yuzidagi butun unsurlar uning amriga hozir va butun tuproqdagi ma’danlar uning hukmiga tobe'dir. Hayotdagi qudrat va hikmat tajalliylari bu misoldan ming daraja yanada xayratga soluvchidir.

Mana, hayot ustidagi ko’p tamg’alardan birgina tamg’a...

UCHINCHI YOG’DU:

Ushbu oqib ketayotgan koinotda, sayyor mavjudotda harakat qilgan hayot egalariga qara! Butun hayot egalaridan xar bir jonlining ustida Hayyi Qayyum qo’ygan ko’p muxrlar borligini ko’rasan. Ulardan biri shuki: Hayot egalari, masalan inson xuddi koinotning kichik misoli, yaratilish daraxtining samarasi, olamning bir urug’i kabi, olamdagi sinflarning aksar namunalarini jamlagan. Go’yo tirik mavjudotlar o’ta hassos mezonlar bilan butun koinotdan sizilgan tomchidek. Demak, mavjudotni yaratish va unga Rob bo’lish uchun butun koinotni tasarrufi ostida tutish lozim bo’ladi.

Agar aqling vahimada cho’kmagan bo’lsa,

bir qudrat kalimasini, masalan "asalari"ni aksar ashyoga bir nav’ kichik mundarija qilish,

bir sahifada, masalan "inson"da koinot kitobining aksar masalalarini yozish,

bir nuqtada, masalan kichkina "anjir urug’i"da ulkan anjir daraxtining dasturini joylashtirish,

bir harfda, masalan "inson qalbi"da katta olamining sahifalarida tajalliy etgan va qamragan butun asmoning belgilarini ko’rsatish,

bir yasmiq donasidek joy egallagan "inson xotirasi"da bir kutubxonadek yozuv yozdirish,

butun koinot hodisalarining mufassal mundarijasini u a’zochada joylashtirish, albatta va albatta Xoliqi KulliShayga xos va bu koinotning Robbi Zuljaloliga maxsus muxr ekanini tushunasan.

Mana, tirik mavjudotlar ustidagi juda ko’p Rabboniy muxrlardan birgina muxr bunday nurini ko’rsatsa va uning oyatlarini o’qitsa, birdan butun u xotamlarga qaray olsang, ko’ra olsang: سُبْحَانَ مَنِ اخْتَفٰى بِشِدَّةِ ظُهُورِه۪ demaysanmi ajabo?!

TO’RTINCHI YOG’DU:

Samovot dengizida suzgan va zaminning yuzida sochilgan rang-barang mavjudotga va turli-tuman maxluqotga e'tibor ber! Xar birining ustida Shamsi Azaliyning taqlid qabul qilmaydigan muxrlari borligini ko’rasan. Hayotda tamg’alari, mavjudotda muxrlari borligini, bir-ikkitasini ko’rdik. Tiriltirish ustida ham shunday muxrlari bor. Misol - chuqur ma'nolarni tushunishga yaqinlashtirgani uchun, bu haqiqatni bir misol orqali ko’rsatamiz.

Quyosh sayyoralardan tortib tomchilarga qadar, shishaning kichik bo’laklarigacha va qorning porloq zarrachalariga qadar Quyoshning misoli va in'ikosining bir tamg’asi, Quyoshga maxsus nuroniy belgisi ko’rinadi. Sanoqsiz narsalarda ko’ringan quyoshchalarini Quyoshning in'ikosi va aksining tajalliyi ekanini qabul qilmasang, xar bir tomchi va ziyo ta’siri ostida xar bir shisha bo’lagida, nur tushganda xar bir shaffof zarrachada tabiiy, haqiqiy Quyoshning vujudini asli deb qabul qilishdek o’ta devonalik bilan nihoyatsiz bir ahmoqlikka tushishing kerak bo’ladi.

Shuning kabi, Shamsi Azaliyning nuroniy tajalliylaridan "ihyo", ya'ni "hayot berish" xar bir tirik mavjudot ustida shunday tamg’asi borki farazan butun sabablar to’plansa va yaratuvchiga aylansa ham o’sha turrani taqlid qila olmaydi. Chunki xar biri qudrat mo’'jizasi bo’lgan mavjudotning xar biri Shamsi Azaliyning shu’lalari bo’lgan Asmosi yig’ilgan nuqtasi suratidadir.

Agar mavjudot ustidagi san'atning ajib naqshi, hikmatining hayratli nazmi va ahadiyat sirining tajalliyi Zoti Ahadi Samadga nisbat berilmasa xar bir mavjudotda, hatto bir chivinda, gul ichida nihoyatsiz yaratuvchi qudrat yashirin ekani, hamma narsani qamragan ilm borligini koinotni boshqaradigan mutlaq irodani mavjudliginmi, balki ularning ichida Vojib-ul Vujudga maxsus boqiy sifatlar mavjudligini qabul qilish, gulning, chivinning xar bir zarrasiga bir ilohlik berishdek zalolatning eng ablahiga, xurofotning eng ahmoq darajasiga tushish kerak bo’ladi.

Chunki u narsaning zarralariga, xususan danak bo’lsa, shunday holat berilganki zarra o’zining hayot egasiga bog’liq, uning nizomiga ko’ra vaziyat oladi. Balki mavjudotning butun sinfiga qarayotgandek, u sinf naslining davom etishi uchun hamma joyga ekish va sinfining bayrog’ini o’rnatish uchun qanotchalarga ega bo’lishi kerak bo’ladi. Balki u aloqador va muhtoj bo’lgan butun mavjudot bilan rizqqa tegishli muomala va munosabatlarini davom ettiradigan holga kiradi. Xullas, agar u zarra bir Qodiri Mutlaqning xodimi bo’lmasa va Qodiri Mutlaqdan aloqasi uzilsa unga hamma narsani ko’radigan ko’z, hamma narsani qamragan shuur berish kerak bo’ladi.

Natija: Tomchilar va shishaning zarrachalaridagi quyoshchalar va turli-tuman ranglar Quyoshning aksi va in'ikosining tajalliyidan deb ko’rilmasa, bir Quyosh o’rniga sanoqsiz quyoshlarni qabul qilish kerak bo’ladi. Aslo bo’lishining imkoni yo’q xurofotni qabul qilishni taqozo qiladi. Aynan shuning kabi, agar hamma narsa Qodiri Mutlaqdan deb bilinmasa, bir Alloh o’rniga sanoqsiz, balki koinot zarralari sanog’icha ilohlarni qabul qilish kabi, yuz daraja bir-biriga zid imkonsizlikni bor deb qabul qilishdek telba safsatasiga tushish kerak bo’ladi.

Xulosa: Shamsi Azaliyning nuri vahdoniyatiga va mavjudligining vojibligiga xar bir zarradan uch deraza ochiladi.

Birinchi Deraza:Xar bir zarra bir askardek xar bir xarbiy qismda, ya'ni bo’linmasida, rotasida, batal'onida, polkida, diviziyasida, armiyasida xar biriga bog’liq bo’ladi. O’sha aloqaga ko’ra vazifasi va vazifaga ko’ra nizomi doirasida harakati bo’lgani kabi...

Yana masalan: Ko’z qorachig’ingdagi jonsiz zarracha ko’zingda, boshingda, vujudingda va ko’payiosh tuyg’usi, hujraning tortish kuchi, immunitet, shakl berish kuchi kabi qon aylanishiga, his va harakatga xizmat qilgan vena, arteriya va boshqa nervlarda, sening sinfingda, va hokazo aloqalari, vazifalari borligini, ochiq oydin shaklda Qodiri Azaliyning san’at asari, vazifa yuklangan xodimi va tadbiri ostida ekanini ko’rar ko’zga ko’rsatadi.

Ikkinchi Deraza:Havodagi xar bir zarra xar bir gulni, xar bir mevani ziyorat qiladi. Xar bir gulga, xar bir mevaga kirib ishlay oladi. Agar hamma narsani ko’radigan va biladigan bir Qodiri Mutlaqning amrga itoat qilgan xodimi bo’lmasa, bebosh zarra butun mevalarning, gullarning jihozotlarini, yasalishini va turli tuman san'atlarini va ularga kiydirilgan suratlarning tikuvchiligini va san’atining butun mukammalligini qamragan kamchiliksiz tikuvchiligini bilishi kerak bo’ladi.

Bu zarra quyosh kabi tavhid nurining shu’lasini ko’rsatadi. Ziyoni havoga, suvni tuproqqa qiyosla. Zotan ashyolarning asl asosi to’rt moddadan iborat: Hozirgi fan tilida vodorod, kislorod, uglerod, azot unsurlari avvalgi unsurlarning qismlari hisoblanadi.

Uchinchi Deraza:Zarralardan tashkil topgan bir qism tuproq xar bir gulli va mevali o’simliklarning unib o’sishiga manba bo’ladigan kosani zarrachalarga to’ldirsang, butun dunyodagi xar tur gul va mevali nabototning danakchalari, danakchalar hayvonotning nutfalari kabi turli tuman narsalar emas, nutfalar bir suvdan iborat. Shu kabi danaklar uglerod, azot, vodorod, kisloroddan tashkil topgan. Ularning mohiyati bir-biriga o’xshagan, holati bir-biridan boshqa, yolg’iz qadar qalami bilan faqat ma'nan aslining dasturi o’rnatilgan. Danaklarni navbat bilan kosaga qo’ysak, xar biri g’aroyib jihozlari bilan, shakl va holatlari bilan chiqishini, sodir bo’lgandek ishonasan.

Agar zarralar xar bir narsaning xar bir hol va vaziyatini bilgan va xamma narsaga loyiq vujudni va vujudga kerakli narsalarni berishga qodir va qudratiga nisbatan hamma narsa kamoli osonlik bilan bo’ysungan bir zotning xodimi va amriga tayyor xizmatchisi bo’lmasa, tuproqning xar bir zarrasida yo butun gulli va mevadorlarning sanog’icha ma'naviy fabrikalar va matbaalar bo’lishi kerak bo’ladi, jihoz va shakllari bir-biridan uzoq va bir-biridan farq qiluvchi turli mavjudotga manba bo’lishi yoki ularni tashkil qilishga asos bo’lishi uchun butun mavjudotni qamragan ilm va ularni to’liq yaratishga qodir bo’ladigan qudrat berish lozim bo’ladi.

Demak, Janobi Haqdan nisbat uzilsa, tuproqning zarralari adadicha ilohlar qabul qilinishi kerak bo’ladi. Bu esa ming imkonsizlik ichida imkonsiz xurofotdir. Agar xodim bo’lsa juda osonlashadi. Buyuk sultonning oddiy askari podshohning nomi bilan va uning kuchi bilan bir yurtni ko’chira olgani, ikki dengizni birlashtira olgani, bir shohni asir qila olgani kabi, azal va abad Sultonining amri bilan, bir chivin bir Namrudni yerga yiqitadi, bir chumoli bir Fir'avnning saroyini xarob qiladi, yer bilan yakson qiladi. Bir anjir urug’iga anjir daraxti yuklanadi.

Yana xar bir zarrada San’atkorning birligi va borligining ikki ishonchli guvohi bor. Biri - xar bir zarra mutlaq ojizligi bilan birga juda katta va ko’p vazifalarni bajaradi va jonsizligi bilan birga umumiy shuuri bordek umumiy nizomga ko’ra tartib bilan harakat qiladi. Demak, xar bir zarra ojizlik tili bilan Qodiri Mutlaqning borliginin vojibligiga va dunyo nizomiga rioya qilish orqali vahdatiga shahodat qiladi.

كَمَا اَنَّ ف۪ى كُلِّ ذَرَّةٍ شَاهِدَانِ عَلٰى اَنَّهُ وَاجِبٌ وَاحِدٌ كَذٰلِكَ ف۪ى كُلِّ حَىٍّ لَهُ اٰيَتَانِ عَلٰى اَنَّهُ اَحَدٌ صَمَدٌ

Ha, xar bir hayot sihibida bir Ahadiyat tamg’asi, keyingisi Samadiyat muxri mavjud. Chunki bir jonli maxluq o’z oynasida aksar koinotda jilvalari ko’ringan Asmoni butunlay ko’rsatadi. Xuddi bir yig’ilish nuqtasi hisoblangan Hayyi Qayyumning ismi a'zamining tajalliyini ko’rsatadi. Demak, Alloh zotining yakkaligini, Muhyi-hayot beruvchi pardasi ostida bir jihatda soyasini ko’rsatganidan, ahadiyat tamg’asiga ega.

Jonlilar bu koinotning kichik misoli va yaratilish daraxtining mevasi hisoblangani uchun, koinot qadar ehtiyojlarini birdan kichkina doira-i hayotiga oson yetkazish Samadiyat muxrini ko’rsatadi. Ya'ni, "bu holat uning shunday bir Robbi borki hamma narsa o’rniga e'tibor berishi va butun ashyoning o’rnini borasidgan nazari borligini ko’rsatadi. Butun ashyo uning bir aloqasining o’rnini ola olmaydi".

نَعَمْ يَكْف۪ى لِكُلِّ شَىْءٍ شَىْءٌ عَنْ كُلِّ شَىْءٍ وَ لَا يَكْف۪ى عَنْهُ كُلُّ شَىْءٍ وَ لَوْ لِشَىْءٍ وَاحِدٍ

Bu hol Uning Robbi hech narsaga muhtoj bo’lmagani kabi, xazinasidan hech bir narsa kamaymasligini va qudratiga ham hech bir narsa og’ir emasligini ko’rsatadi. Mana, Samadiyatning soyasini ko’rsatgan bir nav’ muxri...

Demak, xar bir jonli mavjudotda Ahadiyat tamg’asi, Samadiyat muxri bor. Xar bir jonli hayot tili bilan قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ اَللّٰهُ الصَّمَدُ ni o’qiydi. Bu ikki tamg’adan boshqa bir nechta muhim deraza bor. Boshqa joyda aytib o’tilgani uchun, bu yerda qisqa qilindi.

Modomiki koinotning xar bir zarrasi Vojib-ul Vujudning vahdoniyatiga uch deraza, ikki tuynukni, hayot esa birdan ikki eshikni ochadi, zarradan quyoshgacha mavjudot tabaqalari Zoti Zuljalolning ma'rifat nurlarini qanday suratda tarqatganini qiyos qil.

Mana, ma'rifatullohda ma'naviy taraqqiyotning darajalari va huzurning martabalarini bundan angla va qiyosla.

BESHINCHI YOG’DU:

Bir yozma kitob va maktubning yozilishiga bir qalam kifoya. Agar bosma va chop qilingan bo’lsa, nashr qilinib vujudga kelishi uchun uning harflari sanog’icha qalamlar, ya'ni temir harflar kerak bo’ladi. Agar aksariyat joyda kitobning ba'zi harflari nozik hat bilan yozilgan bo’lsa (Yosin surasi, Yosin lafzida yozilgani kabi) nashr qilinishi uchun o’sha bitta harfga butun kichik temir harflar kerak bo’ladi. Aynan shuning kabi, ushbu koinot kitobini Samadoniy qudrat qalamining yozuvi va Zoti Ahadiyatning maktubi desang, vojiblik darajasida oson va shart bo’ladigan darajada mantiqiy yo’lda yurasan.

Agar tabiatga va sabablarga isnod qilsang, imkonsiz darajada og’ir va bir biriga zid darajada qiyin va hech bir tasavvur sig’dirmagan xurofotli bir yo’lda bo’lasan. Tabiat uchun xar bir tuproqda, xar bir qatra suvda, xar bir havo bo’lagida hisobsiz gulli, mevali san’at asarlarining tashkil topishiga sabab bo’ladigan milliardlab ma'dan matbaalari va sanoqsiz ma'naviy fabrikalar bo’lishi kerak. Yoki san’at asarlariga haqiqiy manba bo’lishi uchun ularda hamma narsani qamragan ilm, xar bir ishga qodir kuchi borligini qabul qilish kerak bo’ladi. Chunki tuproq, suv va havoning xar bir bo’lagi aksar nabototga manba’ hisoblanadi. Xolbuki xar bir o’zimlik (mevali bo’lsin, gulli bo’lsin) tashkil topishi shu qadar intizomli, shu qadar o’lchovli, bir-biridan shu qadar tanlangan, holat jihatidan bir-biridan shu qadar farqli, xar biriga yolg’iz unga maxsus alohida ma'naviy zavod yoki alohida matbaalar kerak bo’ladi. Demak, tabiat namunalikdan manba darajasiga chiqsa, xar bir ashyoda butun narsalarning uskunalarini saqlashga majbur bo’ladi.

Tabiatparastlik fikrining asosi shunday bir xurofotki, xurofotchilar ham undan uyaladi. O’zini aqlli deb o’ylagan zalolatdagi kimsalarning cheksiz safsatali aqlsizlik tomonida turganini ko’r, ibrat ol!

Natija: Kitobning xar bir harfi o’zini bir harf qadar ko’rsatadi. O’z vujudiga bitta surat orqali dalolat qiladi. O’z kotibini o’n kalima bilan ta'riflaydi va ko’p jihatlar bilan ko’rsatadi. Masalan: "Kotibimning husni xati bor: Qalami qizil, shunday bunday", deydi. Aynan shuning kabi: Ushbu katta olam kitobining xar bir harfi o’zini - jussasi qadar dalolat qiladi va o’z surati qadar ko’rsatadi. Lekin Naqqoshi Azaliyning Asmosini qasida qadar ta'riflaydi va holatlari sanog’icha ishorat barmoqlari bilan ko’rsatadi, ism sohibiga shahodat qiladi. Demak, ham o’zi va butun koinotni inkor qilgan safsatachi kabi bir ahmoq yana Sone'i Zuljalolning inkor qilmasligi kerak!

OLTINCHI YOG’DU:

Xoliqi Zuljalol maxluqotining xar bir maxluqning boshida va san’atli mavjudotining xar bir a’zosining ustida ahadiyatining tamg’a qo’ygan. (O’tgan yog’dularda bir qanchasini ko’rding.) Shuning kabi xar bir maxluqning ustida ko’p ahadiyat tamg’asi, xar bir sinf ustida ko’p sonli vohidiyat muxri, olam majmu'i ustida o’ta porloq suratda turli vahdat muxrlarini qo’ygan. Demak, bahorda yer yuzi sahifasida juda ko’p tamg’a, muxr va nishonlar qo’yilgan. Quyida ulardan bir tamg’a va bir muxrni ko’rsatamiz:

Naqqoshi Azaliy zamin yuzida yoz va bahorda kamida uch yuz ming nabotot va hayvonot turlarini nihoyatsiz qorishish, chalkashlik ichida aniq tanlab, ayirib, o’ta intizom va ajratish orqali yangidan tiriltirib va tarqatishi bahor kabi zohir va ochiq, porloq tavhid tamg’asidir. Bahorda o’lgan yerning qayta tiriltirishida uch yuz ming hashr namunalarini mukammal intizom bilan ijod qilish va yer sahifasida bir-biri ichida uch yuz ming turdagi sinflarning xato kamchiliksiz, aralashtirmasdan, nuqsonsiz, o’ta o’lchivli, tartibli, o’ta intizom bilan va mukammal yozish, albatta nihoyatsiz qudratga, bepoyon ilmga va koinotni boshqaradigan irodaga molik Zoti Zuljalolning, Qodiri Zulkamolning va Hakimi Zuljamolning maxsus tamg’asi ekanini zarra miqdor shuuri bor inson idrok qilishi kerak bo’ladi. Qur'oni Hakim farmon qiladiki:

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Darhaqiqat, zaminni tiriltirishida uch yuz ming hashrning namunalarini bir necha kun mobaynida qilgan, ko’rsatgan Yaratuvchi Qudratga, insonning hashri albatta undan ham oson bo’ladi. Masalan: Gelinjik Tog’i va Subhon Tog’ini bir ishorat bilan ko’targan mo’'jiza ko’rsatgan zotga "Ushbu soyda yo’limizni to’sgan ulkan toshni oilb tashlay olasanmi", deyiladimi? Shuning kabi: Osmon, tog’ va yerni olti kunda ijod qilgan va ularni vaqt-bavaqt to’ldirib bo’shatgan bir Qodiri Hakimga, Karimi Rahimga aqlga sig’dira olmasdan "Abad tarafidan tayyorlanib to’shalgan, o’z ziyofatiga olib boradigan yo’limizni to’sib turgan shu tuproq tabaqasini ustimizdan olib tashlay olasanmi? Yerni tekislab bizni undan o’tkaza olasanmi?" deyish mumkinmi?!

Zamin yuzida yozda tavhid tamg’asini ko’rding. Endi qaragin! Zamin yuzidagi ushbu bahordagi azim tasarruvlar ustida o’ta basirona va hakimona vohidiyat muxri o’ta oshkor ko’rinyapti. Chunki shu ijroot mutlaq kenglikda va shu kenglik bilan birga mutlaq tezlikda va tezlik bilan birga mutlaq saxovati ko’ringan mutlaq intizomi, kamoli husni san'at va mukammal yaratishi shunday muxrki tuganmas unga ilm va nihoyatsiz qudrat sohibi unga ega bo’lishi mumkin.

Darhaqiqat, butun yer yuzida mutlaq kenglik ichida ijod, tasarruf va faoliyat borligini ko’ryapmiz. Bu kenglikda mutlaq tezlik bilan ishlanyapti. Tezlik kenglik bilan birga maxluqlarni ko’paytirishda mutlaq saxovat ko’rinyapti. Bu saxovat, kenglik va tezlik bilan birga mutlaq yengillik kuzatilyapti. Saxovat, yengillik, tezlik va kenglik bilan birga xar bir turda, xar bir maxluqda ko’ringan mutlaq intizom, o’ta mumtoz husni san'at va o’ta qorishiqlik ichida mukammal tanlov, o’ta mo’llik ichida o’ta qiymatli asarlar va o’ta keng doirada to’liq uyg’unlik va o’ta osonlik ichida juda san'atli asarlarni ijod qilish, bir onda, hamma joyda, bir tarzda, xar maxluqda g’aroyib san'at, mo’'jizali faoliyat ko’rsatish, albatta va albatta shunday bir zotning muxriki, hech qayerda ko’rinmasada hamma joyda hozir nozirdir. Hech narsa undan yashirinmagani kabi, hech narsa unga og’ir emas. Zarralar bilan yulduzlar uning qudratiga nisbatan teng.

Masalan, men Rahimi Zuljamolning karam bog’idan, mo’'jizalarining shingillaridan bir donasini ko’rgan ikki barmoq qalinligida uzumda osilib turgan shingillarni sanadim. Bir yuz ellik besh chiqdi. Bir shingilning donalarini sanadim. Bir yuz yigirmatacha bo’ldi. O’yladim, "Agar bu osma novda asalli suv chashmasi bo’lsa, doim suv bersa, bu haroratda yuzlab rahmatning sharbat haltachalarini emizgan shingillarga zo’rg’a kifoya qiladi. Xolbuki, ba'zan undagi namlik juda kam bo’ladi. Xullas bu ishni qilgan zot hamma narsaga qodir bo’lishi lozim.

سُبْحَانَ مَنْ تَحَيَّرَ ف۪ى صُنْعِهِ الْعُقُولُ

YETTINCHI YOG’DU:

Yer sahifasida Zoti Ahadi Samadning muxrlarini bir oz e'tibor bersang ko’rasan. Boshingni ko’tar, ko’zingni och, ushbu katta koinot kitobiga bir qara. Umum koinotning kattaligi nisbatida vahdat muxri ochiq ravshan o’qilyapti. Chunki mavjudot bir fabrikaning, qasrning, intizomli shaharning bo’lim va maxluqlari kabi belni belga berib, bir-biriga yordam qo’lini uzatib, bir-birining ehtiyoj istagiga "Labbay! Bosh ustiga", deyapti. Qo’lni qo’lga berib, intizom bilan ishlashyapti. Boshni boshga berib, jonlilarga xizmat qilyapti. Yelkama-yelka turib, bir maqsad sari Mudabbiri Hakimga itoat qilyapti.

Quyosh va Oydan, kecha va kunduzdan, qish va yozdan to nabototning muhtoj va och hayvonlarga yordam berish va hayvonlarning zaif, sharafli insonlarga yordam berish, hatto ozuqa moddalarining latif, zaif bolalarning va mevalarga yordam berish, taom zarralarining hujayralari badanda yordam berishidagi joriy bo’lkgan "o’zaro yordam" daasturi bilan harakatlanishi ko’r bo’lmagan kimsaga, juda karim yagona Murabbiyning quvvati bilan, o’ta hakim yakka Mudabbirning amri bilan harakat qilayotganini ko’rsatadi.

Demak, koinotda joriy bo’lgan bu ko’maklashish, yuordamlashish, ehtiyoga javob berish, qo’lni qo’lga berish, o’zaro bo’yin egish, o’zaro intizom yagona Mudabbirning tartibi bilan b oshqarilganiga va yakka Murabbiyning tadbiri bilan yo’naltirilganigas qat'iyan shahodat qilib, ashyolardagi ovhiq ravshan san'atdagi umumiy hikmat ichidagi to’liq inoyat, inoyat ichida porlagan keng rahmat, rahmat ustida to’shalgan va rizqqa muhtoj xar bir jonli borliqning ehtiyojiga loyiq tarzda oziqlantirish uchun sochilgan arzoq, umumiy oziqlantirish shunday porloq tavhid muxri bo’lib, aqli to’liq so’nmagan kishi anglaydi va batamom ko’r bo’lmagan kimsa ko’radi. Ha, qasd va shuur va irodani ko’rsatgan hikmat pardasi hikmat umum koinotni qoplagan, shu hikmat pardasi ustida lutf, bezash, tahsin va ehsonni ko’rsatgan inoyat pardasi to’shalgan, ziynatlangan inoyat pardasi ustida o’zini sevdirish va tanitish, in'om va ikrom qilish yog’dularini ko’rsatgan rahmat koinotni ichiga olgan, umumiy nurli rahmat pardasi ustiga to’shalgan marhamat, ehson va ikromni, kamoli shafqat, husni tarbiyani va rububiyat lutfini ko’rsatgan umumiy rizq dasturxon tizilgan.

Darhaqiqat, mavjudotga, zarralardan quyoshlargacha, yakka maxluq bo’lsin, sinflar bo’lsin, kichik bo’lsin, katta bo’lsin, samaralar va maqsadlar bilan, foydalar va manfaatlar bilan naqshli hikmat matosidan muhtasham ko’ylak kiydirilgan, hikmatli surat ko’ylagi ustida lutf va ehson gullarini bezagan bir inoyat kiyimi hamma narsaning qomatiga ko’ra bichilgan, ziynatli inoyat kiyimi ustiga o’zini sevdirish, ikrom, shafqat va in'om yog’dulari bilan nurli rahmat nishonlari taqilgan, nurli va bezalgan nishonlarni ehson qilish bilan birgan, zamin yuzida butun jonlilarning toifalariga kifoya qiladigan, butun ehtiyojlariga yetarli umumiy rizq dasturxon to’shalgan.

Demak, bu ish quyoshdek oshkora, nihoyatsiz Hakim, Karim, Rahim, Razzoq bir Zoti Zuljamolga ishorat qilib ko’rsatadi.

Shundaymi? Hamma narsa rizqqa muhtojmi?

Ha, bir maxluq rizqqa va hayotini davom ettirishga muhtoj bo’lgani kabi, butun olam mavjudoti, xususan jonli bo’lsa, kulliy bo’lsin, juz'iy bo’lsin, kull bo’lsin, juz bo’lsin vujudida, bardavomligida, hayotida va hayotini davom ettirishda moddatan va ma'nan ko’p kerakli narsalari bor, ko’p shart bo’lgan narsalari bor. O’zi yo’qsil va shunday narsalarga ehtiyojlari borki, u narsaning qo’li yetmaydi. U narsaning kuchi eng kichik istagiga yetmasada, butun istak va moddiy-ma’naviy rizqlari qo’liga مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ kutmagan joydan kamoli intizom bilan, munosib vaqtida va loyiq tarzda kamoli hikmat bilan berilyapti.

Demak, bu faqirlik va maxluqotning ehtiyoji va bu holatda yordam va g’aybiy yordam, Quyosh kabi bir Murabbiyi Hakimi Zuljalolni, Mudabbiri Rahimi Zuljamolni ko’rsatmaydimi ajabo?!

SAKKIZINCHI YOG’DU:

Dalada ekilgan bir turdagi danak, sohibining tasarrufida ekaniga dalolat qiladi. Danakning dala tasaruf qiluvchisining tasarrufida ekanini ko’rsatadi. Shuning kabi, unsurlar deyilgan maxluqot dalasi, yagonalik va soddalik bilan birga, umumiyligi va qamrovi, maxluqot deyilgan rahmat samaralari, qudrat mo’jizalari, hikmatining kamoloti bo’lgan nabotot va hayvonot, misli va o’xshashi bilan birga ko’p joylarda tarqalgani, xar tomonda joylashishi bitta Mo’jizaviy Sone'ning tasarrufi ostida ekanini bildiradi. Go’yo xar bir gul, xar bir meva, xar bir hayvon San’atkorning tamg’alari, muxrlari, nishonlari ekanini ko’rsatadi. Qayerda bo’lmasin, holatining tili bilan xar biri: "Men kimning tamg’asi bo’lsam, bu yer ham uning maxluqidir. Men kimning muxri bo’lsam, bu makon ham uning maktubidir. Men kimning nishoni bo’lsam, bu vatanim ham uning asaridir", deydi.

Demak, eng kichik maxluqqa rab bo’lish, butun unsurlarni tasarrufi ostida tutgan zotga maxsus va eng oddiy hayvonni tadbir qilish va boshqarish butun hayvonotni, nabototni, mavjudotni rububiyati ostida tarbiya qilganga xos ekanini ko’r bo’lmagan kimsa ko’radi.

Ha, xar bir maxluq boshqa maxluqlarga o’xshashi va misli tili bilan "Kim butun sinfimga ega bo’lsa, menga molik bo’la oladi, bo’lmasa yo’q." deydi. Xar tur boshqa sinflar bilan birga yer yuzida tarqalgani tili bilan: "Kim butun sathi Arzga molik bo’lsa, menga molik bo’la oladi; bo’lmasa yo’q", deydi. Yer boshqa sayyoralar bilan quyosh bilan bo’glanishi va samovot bilan birdamligi tili bilan: "Kim butun koinotga ega bo’lsa, o’sha zot menga molik u bo’la oladi, bo’lmasa yo’q", deydi. Farazan shuuri bor bir olmaga bir odam: "Sen mening san'atimsan" desa, olma holatining tili bilan unga "Jim bo’l!" deydi. "Agar yer yuzida butun olmalarni yaratishga qodir bo’la olsang, balki yer yuzida tarqlgan butun sinfimiz bo’lgan butun mevali daraxtlarga, balki kemasi bilan rahmat xazinasidan kelgan butun Rahmoniy hadyalarni tasarruf qila olsang, menga rablikni da'vo qil", deydi va u ahmoqning og’ziga bir tarsaki tushiradi.

TO’QQIZINCHI YOG’DU:

Bo’lakda yakka maxluqda, butunda, jamiyatda, butun olamda, hayotda, tirik mavjudotda, qayta tiriltirishda mavjud tamg’a, muxr, nishonlarning ba'zilariga ishorat qildik. Endi navlardagi hisobsiz tamg’alardan bittasiga ishorat qilamiz.

Mevali daraxtning hisobsiz samaralari yakka tarbiya, yagona qonun bilan bir markazdan boshqarilgani uchun qiyinchilik, mashaqqat va xarajati shu qadar oson paydo qiladiki, ko’pchilik bilan tarbiya qilingan bitta mevaga teng keladi. Demak, ko’plik va markazlarning bir nechta bo’lishi xar bir meva uchun, miqdor jihatidan butun daraxt qadar qiyinchilik, xarajat va jihozlar bo’lishini taqozo qiladi. Oradagi farq faqat holat jihatida. Bir askarga kerakli ko’p jihozlarni yasash uchun qo’shinga kerak bo’lgan butun zavodlar sanog’icha zavod lozim.

Demak, ish birlikdan ko’plikka o’tsa, askarlar sanog’icha (miqdor jihatida) qiyinchilik ko’payadi. Demak, xar bir sinfda ko’zga ko’ringan favqulotda osonlik, albatta birlikdan, tavhiddan kelgan qulaylik va yengillikning belgisidir.

Natija: Bir sinfning butun turlari, bir turning butun mansublarining asosiy a’zolari bir hilligi va bir-biriga o’xshashi yagona Sone'ning san’at asari ekanini isbotlaydi. Chunki buni yagona qalam va tamg’alarning birligi taqozo qiladi. Shunga o’xshab: Kuzatilgan mutlaq osonlik va qiyinchilikning yo’qligi bir Sone'i Vohidning asarlari ekanini vojiblik darajasida vujub darajasida keltirib chiqaradi. Yo’qsa imkonsiz darajasiga chiqqan qiyinchilik o’sha sinfni y’oqlik va u turni hechlikka olib boradi.

Xullas kalom: Janobi Haqqa isnod qilinsa, butun ashyolar bir narsadek oson bo’ladi. Agar sabablardan deb tasavvur qilinsa, xar bir narsa butun ashyolar qadar qiyin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, koinotda kuzatilgan favqulotda arzonlik va ko’z o’ngingizdagi sanoqsiz mo’llik yakkalik tamg’asini quyoshdek ko’rsatadi. Agar o’ta mo’llik bilan oldimizga kelgan mevalar Vohidi Ahadning moli bo’lmasa, butun dunyoni bersak ham, bitta anorni yeya olmas edik.

O’NINCHI YOG’DU:

Jamol tajalliysini ko’rsatgan hayot, bir ahadiyat burhoni, balki bir tur vahdat tajalliyi ekan, jalol tajalliyini izhor qilgan o’lim ham bir vohidiyat burhonidir. Masalan وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Quyosh oldida porlagan va oqqan katta daryoning pufakchalari va zamin yuzining nurli shaffof narsalari Quyoshning aksini va ziyosini ko’rsatishi Quyoshga guvohlik qilgani kabi, tomchilar va shaffof narsalar botishi, ketishi bilan birga o’zi bilan yangi kelgan tomchi toifalari va shaffof narsalar qabilalari ustida yana Quyoshning jilvalari hashamat bilan davom etishi, ziyosining tajalliyi va nuqsonsiz davomiyligi so’nib yongan, almashib yangilangan, kelib porlagan misoliy quyoshchalar, ziyolar va nurlar bir boqiy, doimiy, oliy, tajalliysi zavol topmas yagona Quyoshning jilvalari ekaniga qat'iyan guvohlik beradi.

Demak, porlagan tomchilar, ko’rinishi va kelishi orqali Quyoshning borligini ko’rsatgani kabi, botishi, zavol topishi bilan Quyoshning boqiyligi, bardavomligi, va birligini ko’rsatadi. Aynan shuning kabi, ushbu kelib ketayotgan mavjudot vujudi va hayoti bilan Vojibul Vujudning borligining vojibligi va ahadiyatiga shahodat qilgani kabi, zavol topishi, o’limi bilan Vojibul Vujudning azaliyatiga, doimiyligi va ahadiyatiga shahodat qiladi.

Kecha kunduz, qish va yoz, asrlar va davrlarning almashishi orqali botish va yo’qolish ichida almashgan va yangilangan go’zal borliqlar, latif mavjudoti, albatta bir oliy, doimiy va tajalliysi bardavom bo’lgan jamol Sohibining borligi, boqiyligi va vahdatini ko’rsatganidek, maxluqot qiymatsiz zohiriy sabablari bilan birga zavol topib o’lishi, sabablarning hechligi va parda bo’lganini ko’rsatadi. Bu holat shu san'at asarlari, naqshlar, jilvalar butun Asmosi muqaddas va go’zal bir Zoti Jamili Zuljalolning yangilangan san'atlari, o’zgargan naqshlari, harakatlangan oynalari, bir-biri orqasidan kelgan tamg’alari, hikmat bilan almashgan muxrlari ekanini qat'iyan isbotlaydi.

Natija: Bu buyuk koinot kitobi, Alloh mavjudligining vojibligi va yagonaligiga doir koinot qonunlari bizga dars bergani kabi, Zoti Zuljalolning butun kamoliy, jamoliy va jaloliy vasflariga ham guvohlik qiladi. Va kamchiliksiz va nuqsonsiz mukammal zotini isbotlaydi. Chunki,

bir san’at asarida mukammallik, uning manbai va boshlang’ichi bo’lgan amalning kamoliga dalolat qiladi.

Fe'lning kamoli esa, ismning kamoliga,

ismning kamoli sifatning kamoliga,

sifatning kamoli zotida bo’lgan iste'dod va qobiliyatning kamoliga,

iste'dod va qobiliyatning mukammalligi u zotiy xususiyatlarning kamoliga sezgi bilan, zarurat bilan va ochiq ravshan dalolat qiladi.

Masalan: Kamchiliksiz bir qasrning mukammal naqshlari, bezaklari, orqasida bir usta ishining mukammalligini ko’rsatadi. O’sha ishlarning mukammalligi ishni qilgan ustaning rutbalarini ko’rsatgan unvonlarini va ismlarining mukammalligini ko’rsatadi. Asmo va unvonlarining mukammalligi ustaning san'atiga doir sifatlarining mukammalligini ko’rsatadi. San'at va sifatlarining mukammalligi u san'at sohibining shuuni zotiya deb nomlangan o’zining qobiliyat va iste'dodining mukammalligini ko’rsatadi. Iqtidor va qobiliyatning mukammalligi ustaning zotining mohiyati mukammalligini ko’rsatgani kabi, ushbu kam-ko’stsiz هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ sirriga sazovor bo’lgan ushbu olamda ko’ringan san’at asarlari, bu intizomli koinot mavjudotidagi san'at esa, ochiq oydin kuch va iqtidor sohibi bo’lgan Yaratuvchining mukammal ishlariga dalolat qiladi.

Mukammal ishlari esa, Foili Zuljalolning kamoli asmosiga ochiq ravshan dalolat qiladi. Asmosining mukammalligi, go’zal egasining sifatining mukammalligiga zarurat bilan dalolat va shahodat qiladi. Sifatining kamoli esa, Mavsufi Zulkamolning zotiy xusuiyatlarining mukammalligiga aniq dalolat va shahodat qiladi. Zotiy xususiyatlarining mukammalligi esa, xususiyat sohibining kamoli zotiga haqqalyaqiyn dalolat qiladi. Butun koinotdagi kamolot turlari uning kamoliga nisbatan so’niq zaif soya suratida Zoti Zulkamolning mukammalligining dalillari, jalolining ramzlari va jamolining ishoratlari ekanini ko’rsatadi.

QUYOSHLAR QUVVATIDAGI O’N BIRINCHI YOG’DU:

O’n To’qqizinchi So’zda ta'riflangan, koinot kitobining eng katta dalili, Buyuk Qur'ondagi ismi a'zami va koinot daraxtining urug’i va eng munavvar mevasi, olam saroyining quyoshi, Islom olamining nurli to’lin oyi, Allohning rububiyati saltanatining dalloli, koinot tilsimining hikmatli kashf qiluvchisi bo’lgan Sayyidimiz Muhammadul Amin Alayhissalotu Vassalam - butun anbiyolarni soyasi ostiga olgan risolat qanoti, butun Olami Islomni himoyasiga olgan Islomiyat qanotlari bilan haqiqatning tabaqalarida uchgan va butun anbiyo va mursalinni, butun avliyo va siddiqiynni, butun asfiyo va muhaqqiqiynni orqasiga olib bor kuchi bilan vahdoniyatni ko’rsatib, ahadiyat arshiga yo’l ochib ko’rsatgan iymoni billoh va isbotlagan Allohning vahdoniyatini hech qanday tasavvur va shubhaning yopishga va parda bo’lishga haddi bormi?!

Modomiki O’n To’qqizinchi So’z va O’n To’qqizinchi Maktubda bu qat’iy burhonning ma’rifat obi hayotidan o’n to’rt Rashha va o’n to’qqiz Ishoratlar bilan mo’'jizali zotning mo’'jizalari turlari bilan birga, bir daraja qisqa ta'rif va bayon qilgan ekanmiz, bu yerda ular kifoyalanib, vahdoniyatning qat’iy burhonga guvohlik qilgan va sidqiga shahodat qilgan asoslariga ishorat suratida bir salovoti sharifa bilan bitiramiz.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى مَنْ دَلَّ عَلٰى وُجوُبِ وُجُودِكَ وَ وَحْدَانِيَّتِكَ وَ شَهِدَ عَلٰى جَلَالِكَ وَ جَمَالِكَ وَ كَمَالِكَ الشَّاهِدُ الصَّادِقُ الْمُصَدَّقُ وَ الْبُرْهَانُ النَّاطِقُ الْمُحَقَّقُ سَيِّدُ الْاَنْبِيَاءِ وَ الْمُرْسَل۪ينَ الْحَامِلُ سِرَّ اِجْمَاعِهِمْ وَ تَصْد۪يقِهِمْ وَ مُعْجِزَاتِهِمْ وَ اِمَامُ الْاَوْلِيَاءِ وَ الصِّدّ۪يق۪ينَ الْحَاو۪ى سِرَّ اِتِّفَاقِهِمْ وَ تَحْق۪يقِهِمْ وَ كَرَامَاتِهِمْ ذُو الْمُعْجِزَاتِ الْبَاهِرَةِ وَ الْخَوَارِقِ الظَّاهِرَةِ وَ الدَّلَائِلِ الْقَاطِعَةِ الْمُحَقَّقَةِ الْمُصَدَّقَةِ لَهُ ذُو الْخِصَالِ الْغَالِيَةِ ف۪ى ذَاتِه۪ وَ الْاَخْلَاقِ الْعَالِيَةِ ف۪ى وَظ۪يفَتِه۪ وَ السَّجَايَا السَّامِيَةِ ف۪ى شَر۪يعَتِهِ الْمُكَمَّلَةِ الْمُنَزَّهَةِ لَهُ عَنِ الْخِلَافِ مَهْبِطُ الْوَحْىِ الرَّبَّانِىِّ بِاِجْمَاعِ الْمُنْزِلِ

وَ الْمُنْزَلِ وَ الْمُنْزَلِ عَلَيْهِ سَيَّارُ عَالَمِ الْغَيْبِ وَ الْمَلَكُوتِ مُشَاهِدُ الْاَرْوَاحِ وَ مُصَاحِبُ الْمَلٰئِكَةِ اَنْمُوذَجُ كَمَالِ الْكَائِنَاتِ شَخْصًا وَ نَوْعًا وَ جِنْسًا (اَنْوَرُ ثَمَرَاتِ شَجَرَةِ الْخِلْقَةِ) سِرَاجُ الْحَقِّ بُرْهَانُ الْحَق۪يقَةِ تِمْثَالُ الرَّحْمَةِ مِثَالُ الْمَحَبَّةِ كَشَّافُ طِلْسِمِ الْكَائِنَاتِ دَلَّالُ سَلْطَنَةِ الرُّبُوبِيَّةِ الْمُرْمِزُ بِعُلْوِيَّةِ شَخْصِيَّتِهِ الْمَعْنَوِيَّةِ اِلٰى اَنَّهُ نُصْبُ عَيْنِ فَاطِرِ الْعَالَمِ ف۪ى خَلْقِ الْكَائِنَاتِ ذُو الشَّر۪يعَةِ الَّت۪ى هِىَ بِوُسْعَةِ دَسَات۪يرِهَا وَ قُوَّتِهَا تُش۪يرُ اِلٰى اَنَّهَا نِظَامُ نَاظِمِ الْكَوْنِ وَ وَضْعُ خَالِقِ الْكَائِنَاتِ نَعَمْ اِنَّ نَاظِمَ الْكَائِنَاتِ بِهٰذَا النِّظَامِ الْاَتَمِّ الْاَكْمَلِ هُوَ نَاظِمُ هٰذَا الدّ۪ينِ بِهٰذَا النِّظَامِ الْاَحْسَنِ الْاَجْمَلِ سَيِّدُنَا نَحْنُ مَعَاشِرَ بَن۪ى اٰدَمَ وَ مُهْد۪ينَا اِلَى الْا۪يمَانِ نَحْنُ مَعَاشِرَ الْمُؤْمِن۪ينَ مُحَمَّدٍ بْنِ عَبْدِ اللّٰهِ بْنِ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ عَلَيْهِ اَفْضَلُ الصَّلَوَاتِ وَ اَتَمُّ التَّسْل۪يمَاتِ مَا دَامَتِ الْاَرْضُ وَ السَّمٰوَاتُ فَاِنَّ ذٰلِكَ الشَّاهِدَ الصَّادِقَ الْمُصَدَّقَ يَشْهَدُ عَلٰى رُؤُسِ الْاَشْهَادِ مُنَادِيًا وَ مُعَلِّمًا لِاَجْيَالِ الْبَشَرِ خَلْفَ الْاَعْصَارِ وَ الْاَقْطَارِ نِدَاءً عُلْوِيًّا بِجَم۪يعِ قُوَّتِه۪ وَ بِغَايَةِ جِدِّيَّتِه۪ وَ بِنِهَايَةِ وُثُوقِه۪ وَ بِقُوَّةِ اِطْمِئْنَانِه۪ وَ بِكَمَالِ ا۪يمَانِه۪ بِاَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ

QUYOSHLAR QUVVATIDAGI O’N IKKINCHI YOG’DU:

Ushbu Yigirma Ikkinchi So’zning O’n Ikkinchi Yog’dusi shunday haqiqatlar dengiziki,

butun yigirma ikki So’z, uning yigirma ikki tomchisi shunday nurlar manbaiki,

yigirma ikki So’z u quyoshning yigirma ikki yog’dusi bo’la oladi.

Ha, yigirma ikki adad So’zlarning xar biri Qur'on osmonida porlagan birgina oyat yulduzining bir yog’dusi,

Furqon dengizidan oqqan bir oyatning irmog’ining bir tomchisi,

hazina bo’lgan a'zam Kitobullohning xar biri bir javohir sandiqchasi bo’lgan oyatlarining bitta oyatining bir marvarididir.

Xullas, O’n To’qqizinchi So’zning O’n To’rtinchi Rashhasida bir oz ta'rif etilgan u Kalomulloh Ismi A'zamdan, Arshi A'zamdan, rububiyatning tajalliyi a'zamidan nuzul etib, azalni abadga bog’laydigan, yerni arshga bog’laydigan kenglik va ulug’lik ichida butun kuchi va oyatlarining butun qat'iyati bilan takror takror لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ deydi, butun koinotni guvoh qiladi va shahodat ettiradi. لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ بَرَابَرْ م۪يزَنَدْ عَالَمْ

Darhaqiqat, Qur'onga toza qalb ko’zi bilan qarasang, ichiga olti jihati porlashini, shaffofligini, hech qanday zulmat, hech bir zalolat, hech qanday shak va shubha, hech bir hiyla kirishga va ma’sumlik doirasiga kirishga joy topa olmaydi. Chunki,

Ustida i'joz tamg’asi,

Ostida burhon va dalil,

Orqasida tayanch nuqtasi, Rabboniy vahiy,

Oldida ikki dunyo saodati,

O’ngida aqlni gapirtirib tasdiqlashini ta'minlash,

chapida vijdonni guvoh qilib taslim bo’lishini aniqlash,

ichi ochiq ravshan sof Rahmoniy hidoyat,

usti ochiq oydin xolis iymon nurlari,

mevalari aynalyaqiyn insoniy kamoloti bilan ziynatlangan asfiyo,

muhaqqiqin avliyolar va siddiqiyn bo’lgan u g’ayb lisonining bag’riga qulog’ingni qo’yib tinglasang o’ta chuqur,

jonga juda yaqin do’st,

ishonchli,

o’ta jiddiy, ulug’ va burhon bilan jihozlangan samoviy sado eshitasan.

Shunday bir qat'iyat bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ deydi va takrorlaydi. Uni haqqalyaqiyn darajasida aytganini aynalyaqiyn kabi bir ilmalyaqiynni senga ifodalaydi va fayz beradi.

Natija: Bittadan quyosh bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan Furqoni Ahkom, biri shahodat olamining tili bo’lib ming mo’'jizalari ichida butun anbiyo va asfiyoning tasdig’I bilan Islomiyat va risolat barmoqlari bilan ishorat qilib butun kuchi bilan ko’rsatgan haqiqatni...

Ikkinchisi: Olami g’aybning tili bo’lib, qirq tomondan i'joz ichida koinotga o’rnatilgan qonunlar tasdiqlagan haqqoniyat va hidoyat barmoqlari bilan ishorat qilib butun jiddiyat bilan ko’rsatgan ayni haqiqatni... o’sha haqiqat quyoshdan ham oshkor, kunduzdan ham zohir bo’lmaydimi ajabo?!

Ey zalolatga qorishgan qaysar odamcha! {(Hoshiya) Bu murojaat Qur'on xitobini yo’qotishga uringanga qaratilgan.} Boshingdagi tilla qo’ng’izdan ham so’niq chiroq bilan bu quyoshlarga qanday qilib qarshi chiqasan? Ulardan behojat bo’la olasan? Uflash bilan ularni so’ndirishga urinasan? Tuf! Inkorchi aqlingga tuf! Ikki g’ayb va shahodat tili butun olamlarning Robbi, koinotning sohibi nomidan va Unga aytgan so’zlarni, da'volarni inkor qilasan? Ey bechora va chivindan ham ojiz, qadrsiz! Sen kim bo’libsanki, koinotning Sohibi Zuljalolini yolg’onga chiqarishga urinyapsan?

* * *

Xotima

Ey aqli xushyor, qalbi uyg’oq do’stim! Agar bu Yigirma Ikkinchi So’zning boshidan shu yergacha tushungan bo’lsang, O’n Ikki Yog’duni birdan qo’lingga ol. Minglab elektr quvvatidagi haqiqat chirog’i deb, Arshi A'zamdan uzanib kelgan Qur'on oyatlarini mahkam tut. Tavfiq burog’iga min, haqiqat samovotiga yuksal, ma'rifatulloh arshiga chiq...

اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ وَحْدَكَ لَا شَر۪يكَ لَكَ

de.

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

deb, butun koinot mavjudotining boshi ustida va buyuk olam masjidida vahdoniyatni e'lon qil...

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا رَبَّنَا وَلَا تَحْمِلْ عَلَيْنَٓا اِصْرًا كَمَا حَمَلْتَهُ عَلَى الَّذ۪ينَ مِنْ قَبْلِنَا رَبَّنَا وَلَا تُحَمِّلْنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِه۪ وَاعْفُ عَنَّا وَاغْفِرْلَنَا وَارْحَمْنَا اَنْتَ مَوْلٰينَا فَانْصُرْنَا عَلَى الْقَوْمِ الْكَافِر۪ينَ ٭

رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ ٭ رَبَّنَٓا اِنَّكَ جَامِعُ النَّاسِ لِيَوْمٍ لَا رَيْبَ ف۪يهِ اِنَّ اللّٰهَ لَا يُخْلِفُ الْم۪يعَادَ ٭

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ وَارْحَمْنَا وَ ارْحَمْ اُمَّتَهُ بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ

وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

YIGIRMA UCHINCHI SO’Z

Bu so’z ikki bo’limdan iborat

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

لَقَدْ خَلَقْنَا الْاِنْسَانَ فِى اَحْسَنِ تَقْوِيمٍ ثُمَّ رَدَدْنَاهُ اَسْفَلَ سَافِلِينَ اِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ

Birinchi Bo’lim

Bu qismda iymonning minglarcha yaxshiliklaridan faqat beshtasini "Besh nuqta" ichida bayon etamiz.

Birinchi nuqta:Inson iymon nuri bilan eng yuksak darajaga, a'loyi illiyinga chiqadi - Jannatga loyiq bir qiymat oladi. Va kufr zulmati bilan eng tuban darajaga - asfali sofiliynga tushadi, Jahannam ahlidan bo’ladigan bir vaziyatga kiradi. Chunki iymon - insonni barcha narsani san'at bilan yaratgan buyuklik sohibi Sone'i Zuljaloliga, Allohga bog’laydi.

Iymon bir bog’lanishdir. Iymon orqali insonda ko’ringan Allohning san'ati va ismlarning naqshlari aks etadi. Uning qiymati shu bilan o’lchanadi. Kufr esa bog’lanishni kesadi. Natijada Rabboniy san'at ko’rinmay qoladi. Qiymati esa faqatgina moddiy tomoni bilangina o’lchanadi. Moddiy jihat esa foniy, o’tkinchi va vaqtinchalik hayvoniy hayotdan iborat bo’lgani uchun qiymati yo’q hisobidadir.

Bu sirni bir misol orqali bayon qilamiz. Masalan, insonlarning san'at asarlari ichida moddaning qiymati bilan qo’l san'atning qiymati turlicha bo’ladi. Ba'zan ikkalasining qiymati teng, ba'zan moddaning qiymati ko’proq bo’ladi. Ba'zan besh tiyinlik temirdagi qo’l san'ati besh so’mga baholanadi. Ayni chog’da, ba'zan antiqa bo’lgan san'at asari bir millionlik qiymatni olsada, moddasi besh tiyinga ham arzimaydi. Shunday antiqa bir san'atni osori atiqalar bozoriga olib borilsa va dong’i ketgan eski hunarmand ustaga bog’lab mashhur qilinsa, bir millionlik narxga sotiladi. Agar o’sha mol temir tersak bozoriga olib borilsa, besh tiyinlik temir narxida olinishi mumkin.

Inson ham, Janobi Haq - Allohning shunday antiqa bir san'at asaridir. Va qudratining eng nozik va nozanin mo’'jizasi bo’lib, insonni butun ismlarining jilvasiga sazovor va naqshlarini ko’rsatishga vosita va koinotning kichik namunasi suratida yaratgan.

Agar uning ichiga iymon nuri kirsa, sirtidagi butun ma'nodor naqshlar o’sha nur orqali o’qiladi. U mo’'min o’sha naqshlarni ongli tarzda o’qiydi va u bog’lanish orqali boshqalarga ham o’qitadi. Ya'ni, "Yaratuvchi - Sone'i Zuljalolning san'at asariman, maxluqiman, rahmat va karamiga sazovorman", kabi ma'nolar bilan insondagi Rabboniy san'at namoyon bo’ladi.

Demak, Yaratuvchiga bog’lanishdan iborat bo’lgan iymon insondagi butun san'at asarlarini ko’rsatadi. Insonning qiymati ushbu Rabboniy san'atga ko’ra belgilanadi. Bu esa insonni behojat bo’lgan Allohga oyna bo’lishi orqali amalga oshadi. Shunday qilib ahamiyatsiz inson butun mavjudot orasida Allohga suhbatdosh va Rabbisining Jannatga loyiq bir mehmoniga aylanadi.

Allohga bog’lanishni uzadigan kufr insonning ichiga kirganda esa, ma'noli ilohiy ismlarning naqshlari ko’rinmaydi, o’qilmay qoladi. Chunki, Yaratuvchi unutilsa, Unga yuzlangan ma'naviy jihatlar ham tushunarsiz bo’lib qoladi. Go’yo hamma narsa aksiga aylanadi. Ma'noli oliy san'at va naqshlarning ko’pchiligi yashirinadi. Qolgan ko’z bilan ko’ringan qismi esa tuban sabablar, tabiat va tasodiflardan deb bilinadi, o’ta past darajaga yushadi. Xar biri porloq olmos kabi bo’lgan Ilohiy san'atlar xira shishaga aylanib, ahamiyati faqat hayvoniy jismgagina tegishli bo’lib qoladi. Jismning mohiyati va natijasi esa, aytib o’tganimizdek, qisqa bir umrda hayvonotning eng ojizi, eng muhtoji va eng qayg’ulisi sifatida faqat cheklangan bir hayot kechirishdan iborat bo’lib qoladi. So’ng buzilib chirib ketadi. Demak kufr insoniy mohiyatni yo’qqa chiqarib, olmosni ko’mirga aylantiradi.

Ikkinchi nuqta:Iymon, insonni yoritgan shunday nurki, ustida bitilgan barcha Samadoniy maktublarini o’qitadi. Shuningdek, koinotni ham yoritadi. O’tmish va kelajakni zulmatdan qutqaradi. Bu sirni bir voqe'ada

اَللّهُ وَلِىُّ الَّذِينَ آمَنُوا يُخْرِجُهُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ

oyati karimasining bir siriga tegishli misol bilan bayon qilamiz:

Bir xayoliy voqeada bir-biriga qaragan ikki yuksak tog’ni ko’rdim. Ularning o’rtasida dahshatli bir ko’prik qurilgan. Ko’prikning ostida juda chuqur bir jarlik bor. Men ko’prikning ustidaman. Xar tarafi qorong’ulik, zimiston zulmat dunyoni qoplagan edi.

O’ng tarafimga qaradim - cheksiz zulmat ichida katta mozorni ko’rdim ya'ni, xayol etdim. Chap tarafimga qaradim - daxshatli zulmat to’lqinlari ichida ulkan to’fonlar, tashvishlar, baloyu ofatlar tayyorlab qo’yilganini ko’rganday bo’ldim. Ko’prikning tagiga qaradim - o’ta chuqur bir jarlik ko’ryapman deb o’yladim. Bu mudhish zulmatga qarshi xira yonadigan cho’ntak chirog’im bor edi. Undan foydalandim. Yarim-yorti yorug’ida qaradim. Shunda juda mudhish holat ko’rindi. Hattoki, yonimdagi ko’prikning boshida va atrofida shunday qo’rqinchli ajdarholar, arslonlar, yirtqichlar ko’rindiki, "koshki shu chirog’im bo’lmasa edi, bu daxshatlarni ko’rmasaydim", dedim. U chiroqni qay tarafga bursam, shunday dahshatlar ko’rdim. "Ey voh! Bu chiroq boshimga balo bo’ldi", dedim.

Unga jahl qildim. Va uni yerga urdim, sindirdim. U singan zahoti, go’yo dunyoni yoritgan ulkan elektr chirog’ining tugmasiga tegib ketgandek bo’ldim, birdan zulmat tarqaldi. Xar taraf chiroqning nuriga to’ldi. Hamma narsaning haqiqatini ko’rsatdi. Qarasam, ko’rgan ko’prigim juda tartibli, tekislikdagi bir keng yo’l ekan. O’ng tarafimda ko’rgan katta mozor esa, boshdan-oxirigacha go’zal, yashil bog’chalar bilan, nuroniy insonlarning boshchiligida ibodat, xizmat, suhbat va zikr majlislari ekanini ko’rdim. Chap tarafimdagi to’fonli, tashvishli deb o’ylagan cho’qqilar, tepaliklar esa ziynatli, sevimli, jozibador tog’larning orqasida azim bir ziyofatgoh, go’zal bir saylgoh, yuksak sayrgoh ekanini hayolan ko’rdim. Daxshatli yirtqichlar, ajdarholar deb o’ylagan maxluqlar esa barakali tuya, ho’kiz, qo’y, echki kabi uy hayvonlari ekanini ko’rdim. "Alhamdulillahi a'la nuri iyman" deb

اَللّهُ وَلِىُّ الَّذِينَ آمَنُوا يُخْرِجُهُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ

oyati karimasini o’qidim, bu voqeadan o’zimga keldim.

Ikki tog’ esa hayotning boshlanishi va nihoyasi, ya'ni bu dunyo va qabr (barzoh) olamidir. Ko’prik esa hayot yo’lidir. O’ng taraf o’tmish zamon. Chap taraf esa kelajakdir. Cho’ntak chirog’i esa xudbin va bilganiga suyangan va samoviy vahiyni tinglamagan insonning "MEN"ligidir. Yirtqichlar deb o’ylagan hayvonlar olam hodisalari va ajib maxluqlaridir. "MEN"ligiga ishongan, g’aflat zulmatiga tushgan, zalolat qorong’usiga mubtalo bo’lgan odam bu voqeadagi avvalgi holimga o’xshaydi.

Cho’ntak chirog’i hisoblangan nuqsonli va zalolatli ma'lumot orqali o’tmishni katta mozor suratida va yo’qlikka mahkum zulmat ichida ko’rmoqda. Kelajakni esa o’ta to’fonli va tasodifga bog’liq daxshatli joy qilib ko’rsatadi. Xar biri hikmatli va mehribon - Hakiymi Rahiymning bo’ysungan xodimlari hisoblangan hodisalar va mavjudotni zararkunanda yirtqichlar qilib ko’rsatadi.

وَالَّذِينَ كَفَرُوا اَوْلِيَاؤُهُمُ الطَّاغُوتُ يُخْرِجُونَهُمْ مِنَ النُّورِ اِلَى الظُّلُمَاتِ

oyatining ayanchli ta'rifiga duchor qiladi.

Agar Ilohiy hidoyatga yetishsa, qalbiga iymon kirsa, nafsning fir'avnligi sinsa, Allohning kitobini tinglasa, bu voqeadagi ikkinchi holatimga o’xshaydi. O’shanda koinot birdan kunduz rangini oladi, Ilohiy nur bilan to’ladi. Olam

اَللّهُ نُورُ السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ

oyatini o’qiydi.

O’tgan zamon ulkan bir mozor sifatida emas, balki xar bir asrni bir Nabiyning yoki Avliyoning boshqaruvi ostidagi qullik vazifasini bajo keltirgan, hayot vazifalarini tugatib musaffo ruhlardan tashkil topgan jamoatlarning "Allohu Akbar" deb oliy maqomlarga uchishlarini, istiqbol tarafiga o’tishlarini qalb ko’zi bilan ko’radi. Chap tarafiga nazar tashlab, iymon nuri bilan bu yerdan turib barzoh va oxirat olamiga tegishli tog’lardek ba'zi katta o’zgarishlarning orqasida Jannat bog’laridagi baxtiyorlik saroylarida tashkil etilgan Rahmoniy ziyofatni ko’radi. Va to’fon, zilzila, vabo kabi hodisalarning xar birini bo’ysungan xodim deb biladi. Bahor to’foni va yomg’ir kabi hodisalarni ko’rinishidan qalbga ozor berguvchi, ma'nan juda latif hikmatlarga to’la deb tafakkur qiladi. Hatto o’limni abadiy hayotning muqaddimasi va qabrni abadiy saodat eshigi deb ishonadi. Yana boshqa jihatlarini o’zing qiyosla. Haqiqatni keltirilgan misollarga tatbiq qil...

Uchinchi nuqta:Iymon ham nurdir, ham quvvatdir. Ha, haqiqiy iymonni qo’lga kiritgan inson butun koinotga bas kela oladi va iymonning quvvatiga ko’ra hodisalarning tazyiqlaridan xalos bo’ladi. "Tavakkaltu alalloh - Allohga tavakkal" deb, hayot kemasida to’liq ishonch bilan hodisalarning tog’lardek to’lqinlari ichida sayr etadi. Butun og’irliklarini cheksiz qudrat sohibi bo’lgan Qodiyri Mutlaqning qudrat qo’liga topshirib, dunyoda rohatda yashab o’tadi, qabrda dam oladi. So’ng abadiy saodat sari Jannatga uchadi. Aks holda, tavakkal qilmasa, dunyoning og’irliklari uchishga emas, balki asfali sofiliynga tortadi.Demak, iymon tavhidni, tavhid taslim-itoatni, taslim tavakkalni taqozo qiladi, tavakkal ikki dunyo saodatiga erishtiradi.Biroq, yanglish tushunma.

Tavakkal - sabablarni {(*): Tavakkal xususidagi hadislarga ishora. Xususan Payg’ambarimiz s.a.v.ning bir sahobaga otni jilovini bog’lab keyin tavakkal qilishni tavsiya qilganlar. Tarjimon.} butunlay rad qilish degani emas, balki sabablarni Allohning qudrat qo’lining pardasi deb, ularga rioya qilib, sabablarini bajarishni hol-harakat duosi deb qabul qilib natijani faqat Janobi Haqdan so’rash va Undan deb bilish va Unga minnatdor bo’lishdan iboratdir.

Tavakkal qilgan va qilmagan odamning misoli ushbu hikoyada aytiladi :

Bir kuni ikki odam ham bellariga, ham boshlariga og’ir yuk yuklab, katta kemaga chipta olib chiqishdi. Biri kirar kirmas yukini kemaga qo’yib, ustiga o’tirib atrofni tomosha qila boshladi. Narigisi ham ahmoq, ham mag’rur bo’lgani uchun yukini yerga qo’ymadi. Unga: "Og’ir yukingni kemaga qo’yib, dam olmaysanmi?" deyilsa, u: "Yo’q, qo’ymayman. Yo’qotib qo’yishim mumkin. Men kuchliman. Molimni orqamda va boshimda ko’tarib tura olaman", deb javob berdi. Yana unga: "Sultonning biz va sizni ko’tarib turgan bu ishonchli kemasi kuchliroq. Bizdan ham yaxshiroq muhofaza qiladi. Aks holda boshing aylanib, yuking bilan birga dengizga qulaysan. Borgan sari kuchdan ham qolasan. Bukilgan beling, aqlsiz boshing tobora og’irlashadigan yuklarga toqat qila olmaydi. Kema boshlig’i ham, agar seni bu holda ko’rsa, yo devona deb seni quvib yuboradi, yo xoin, kemamizni ayblyapti, bizni kalaka qilyapti, hibsga olinsin, deb buyruq beradi. Hammaga masxara ham bo’lasan. Chunki e'tibor berib qarab turganlar nazarida zaiflik nishonasi bo’lgan manmanliging bilan, ojizligingni ko’rsatgan g’ururing bilan, riyoni va xorlikni ko’rsatgan mug’ombirliging bilan xalqqa kulgi bo’lding. Hamma sening ustingdan kulyapti", deyilganidan so’ng u bechoraning aqli joyiga keldi. Yukini yerga qo’yib, ustiga o’tirdi. "Oh... Alloh sendan rozi bo’lsin. Zahmatdan, qamoqdan, masxaralikdan qutuldim", dedi.

Ey tavakkalsiz inson! Sen ham bu odam kabi aqlingni yig’, butun koinotga tilanchilik qilishdan, xar bir hodisa oldida titrashdan, maqtanchoqlikdan, masxara bo’lishdan, oxirat azobidan va dunyoviy tazyiqlar iskanjasidan qutulishing uchun tavakkal qil.

To’rtinchi nuqta:Iymon insonni inson qiladi. Balki insonni sulton etadi. Shunday ekan, insonning asl vazifasi iymon keltirish va duo qilishdir. Kufr esa insonni o’ta ojiz jonivor hayvon qiladi.

Bu masalaning minglab dalillari bor. Hayvon va insonning dunyoga kelishidagi farqlari bu masalaga yaqqol dalildir. Va qat'iy isbotdir. Ha, odamzot iymon bilan inson bo’ladi. Inson bilan hayvonning dunyoga kelishidagi farqlari, buni ko’rsatadi. Chunki hayvon xuddi boshqa olamda yetishtirilgandek, iste'dodiga ko’ra mukammal tug’iladi, ya'ni, yuboriladi. Yo ikki soatda, yo ikki kunda yoki ikki oyda butun hayotiy sharoitini o’zlashtiradi. Koinot bilan bo’lgan munosabatini va hayotining qonunlarini o’rganadi, tajribaga ega bo’ladi.

Insonning yigirma yilda erishgan hayotiy tajribasini va mustaqil faoliyatini chumchuq yoki ari yigirma kunda o’rganadi, ya'ni unga ilhom bilan bildiriladi. Demak, hayvonning asl vazifasi o’rganish bilan rivojlanish emas, ilm ma'rifatli bo’lib taraqqiy etish ham emas, ojizligini ko’rsatib yordam so’rash, duo qilish ham emas. Aksincha uning vazifasi iste'dodiga yarasha ishlash, amal qilishdir. Bu ularning amaliy ibodati hisoblanadi.

Inson esa bu dunyoga hamma narsani o’rganishga muhtoj va hayot qonunlariga nisbatan savodsiz holda keladi. Hatto yigirma yilda ham hayot sharoitini mukammal o’rganolmaydi. Balki umrining oxirigacha o’rganishga muhtojdir. U g’oyat ojiz va zaif holatda dunyoga yuborilib, bir-ikki yilda zo’rg’a oyoqqa turadi. O’n besh yilda zo’rg’a foyda va zararni ajratishni boshlaydi. Jamiyat hayotning yordami bilan uning manfaatlaridan foydalanib, zararlardan saqlanadi. Demak, insonning haqiqiy vazifasi ta'lim olib, komillikka erishishdir. Duo bilan ibodat qilishdir. Ya'ni: "Kimning marhamati bilan bunday hikmatli tarzda boshqarilyapman? Kimning ehsoni orqali mehr shafqat bilan tarbiya qilinmoqdaman? Qanday Zotning lutfi bilan izzat ikrom bilan to’ydirilmoqdaman va ta'minlanyapman?" deb bilish va mingdan biriga ham qo’li yetmagan ehtiyojlarini Qoziyul Hojatga - hojatbaror zotga ojizlik va faqirlik tili bilan yolvorish va so’rab duo qilishdir. Ya'ni, ojizlik va faqirlik qanotlari bilan bandalikning oliy martabalariga uchishdan iboratdir.

Demak, inson bu dunyoga ilm olib duo qilish orqali komillikka erishish uchun kelgan. Hamma narsaning mohiyati va iste'dodi ilmga bog’liq va barcha haqiqiy ilmlarning asosi, koni, nuri va ruhi ma'rifatulloh - Allohni tanishdir. Uning poydevori esa Allohga iymondir.

Insonning asl fitriy vazifasi iymondan so’ng duodir. Negaki inson nihoyatsiz ojizligi bilan cheksiz baloyu musibatlarga duchor, had-hisobi yo’q dushmanlarning hujumiga mubtalo va cheksiz faqirligi bilan birga nihoyatsiz ehtiyojlarga giriftor va tuganmas istaklarga muhtojdir. Duo esa ibodatning asosidir. Masalan yosh bola qo’li yetmagan narsani olish yoki istagan narsasiga yetish uchun yo yig’laydi yoki so’raydi. Ya'ni yo harakati bilan, yoki gapirib ojizlik tili bilan duo qiladi. Maqsadiga yetadi.

Shuning kabi, inson ham butun jonzotlar olami ichida nozik, nozanin, nozdor bir yosh bola hukmidadir. U Rahmonur Rahiymning dargohiga yo zaiflik, ojizligi bilan yig’lash yoki faqirlik, ehtiyoji bilan duo qilishi kerak. Shu tariqa orzulari ushalsin yoki unga bo’ysundirilganining shukrini ado etsin. Yo’qsa, pashshadan dodu faryod qilgan ahmoq va yaramas bola kabi: "Men o’z kuchim bilan bo’ysundirilishi mumkin bo’lmagan va undan ming daraja kuchli bo’lgan ajib narsalarni, fikr va tadbirim bilan o’zimga bosh egdiryapman", deb nonko’rlik qilish, insoniyatning asl fitratiga ziddir. Qolaversa o’zini shiddatli azobga loyiq qiladi.

Beshinchi nuqta:Iymon duoni zarur vosita sifatida taqozo qiladi. Insonning tabiati ham duo qilishni qattiq istaydi. Janobi Haq: "Duoingiz bo’lmasa, nima ahamiyatingiz bor?" ma'nosidagi oyatda

قُلْ مَا يَعْبَؤُا بِكُمْ رَبِّى لَوْلَا دُعَاؤُكُمْ

deb buyuryapti. Yana اُدْعُونِى اَسْتَجِبْ لَكُمْ deya amr qilmoqda.

Agar: "Ko’p marotaba duo qilyapmiz, qabul bo’lmayapti. Xolbuki, oyat hammaga tegishli, har bir duoga javob bor deyapti" deb so’rasang.

Javob: Duoga javob berish boshqa, qabul qilish boshqa. Xar bir duo uchun javob berish bor, lekin qabul qilish va so’ralgan tilakni berish Janobi Haqning hikmatiga tobe'.

Masalan: Hasta bir bola: "Do’xtir! Menga qarang", desa, do’xtir: "Labbay", "Nima xohlaysan?" deb javob beradi. Bola: "Menga mana bu dorini bering" deydi. Do’xtir esa, yo o’sha dorini, yoki uning foydasini ko’zlab, undan ham yaxshirog’ini beradi, yoki unga zarar bo’lishini bilib, bermaydi.

Janobi Haq - mutlaq hikmatli zot bo’lgani uchun, xar dam hozir, ko’rib turuvchi bo’lgani uchun qulining duosiga javob beradi. Qo’rquv va kimsasizlik dahshatini, borligi va javobi bilan do’stlikka aylantiradi. Ammo insonning hoyu havasining istagini emas, balki Rabboniy hikmatning taqozosi bilan yo so’raganini beradi yoki yanada a'losini beradi yoki umuman bermaydi.

Duo bir qullik hamdir. Qullikning mahsuli esa oxiratga oid. Dunyoviy istaklar, duo va ibodatning vaqtlaridir. Lekin duoning asosiy maqsadi emas. Masalan, yomg’ir namozi va duosi bir ibodatdir. Yomg’irsizlik esa shu ibodatning vaqtidir. Yo’qsa, u ibodat va duo yomg’irni yog’dirish uchun emas. Agar faqat o’sha niyatda bo’lsa u duo va ibodat xolis hisoblanmaydi. Va qabulga loyiq bo’lmaydi. Quyoshning botishi shom namozining vaqti bo’lgani kabi, Quyosh va Oyning tutilishi - kusuf va xusuf namozlari deb atalgan ikki maxsus ibodatning vaqtlaridir. Ya'ni, Allohning nurli oyatlari bo’lgan kecha va kunduzning pardalanishi bir Ilohiy azamatning e'loniga sabab bo’ladi. Janobi Haq qullarini o’sha vaqtlarda ibodatning bir turiga chaqiradi. {(*): Bu yerda xusuf va kusuf namozlarinig vaqtlariga ishora qilinyapti.} Aksincha bu namozlar (tutilishi va qanchagacha davom etishi astronomik hisob kitoblarda aniqlangan) Oy va Quyoshning ochilishi uchun emas.

Xuddi shuningdek yomg’irsizlik ham yomg’ir namozining vaqtidir. Va baloyu musibatlarning kelishi va zararli narsalarning hujumi ba'zi duolarning maxsus vaqtlari bo’lib, inson o’sha vaqtlarda ojizligini anglaydi, duo va yolvorish bilan Qodiyri Mutlaqning dargohiga iltijo qiladi. Agar qayta qayta duo qilinsa ham baloyu musibatlar ketmasa, "Duo qabul bo’lmadi", demaslik kerak. Balki: "Duoning vaqti hali o’tmadi", deyish kerak. Agar Janobi Haq fazlu karami bilan baloni ketkazsa, nur ustiga a'lo nur, u vaqt duo vaqti bitadi, o’tgan bo’ladi.

Demak,duo qullikning bir siridir.{(*): Duo ibodatdir, lekin sirli bir ibodat. Ya'ni duoning ichida juda ko’plab sirlar yashiringan.}Qullik esa, xolis Alloh uchun bo’lishi kerak. Bunda inson ojizligini izhor etib, Robbiga duo bilan iltijo qilishi, Allohning ishlariga aralashmasligi, tadbirni Unga havola qilishi, hikmatiga suyanishi, rahmatini ayblamasligi kerak bo’ladi.

Ha, chindan ham Qur'on oyatlari bayon qilganidek butun koinotdagi xar bir mavjudotning o’ziga xos tasbehlari va xususiy ibodatlari va xos sajdalari, Allohning dargohiga boradigan duolardir. Bu duolarning birinchisi: iste'dod tili bilan qilinadi. Xar bir o’simlik iste'dod tili bilan tuganmas fayz va to’kinlik sohibi bo’lgan Fayyozi Mutlaqdan bir surat talab etib duo qiladi va Allohning ism va sifatlarini o’zlarida ko’rsatishni so’rashadi.

Duoning ikkinchi turi: tabiiy ehtiyoj tili bilan qilingan duodir. Bu butun jonzotlarning hojatlari uchun tabiiy ehtiyojlarining tili orqali so’ngsiz ehson sohibi Javvodi Mutlaqdan hayotlarini davom ettirish uchun rizq so’rab duo qilishlaridir.

Duoning uchinchi turi: noilojlik tili bilan qilingan duo bo’lib, chorasiz qolgan xar bir tirik jon qat'iy bir iltijo bilan qilgan duosidir. Unda bir yashirin Homiyiga iltijo qiladi, balki Rabbi Rahiymiga yuzlanadi. Bu uch turdagi duo to’siq bo’lmasa doimo qabul qilinadi.

Duoning to’rtinchi turi, eng mashxuridir. Bu bizning duomizdir. Bu ham ikki xil. Birinchisi harakat va holat bilan, ikkinchisi qalbiy va til bilan. Masalan, sabablarga rioya qilish harakat duosidir. Sabablarning yig’indisi, natijani chiqarish uchun emas, balki holat tili bilan uni Janobi Haqdan so’rash uchun rozilik vaziyatini olishlikdir. Hatto yer haydash rahmat xazinasining eshigini qoqishdir. Bu turdagi harakat duosi Javvodi Mutlaqning ism va sifatiga yuzlangani uchun, aksariyat hollarda qabul qilinishga loyiq bo’ladi.

Ikkinchi qism - til bilan, qalb bilan duo qilishdir. Qo’li yetmagan ba'zi narsalarni so’rashlikdir. Buning eng muhim jihati, eng go’zal g’oyasi, eng shirin mevasi shuki,duo qilgan odam qalbining tubidagi istaklarini eshitadigan, hamma narsaga qurbi yetadigan, har bir orzusini ro’yobga chiqara oladigan, ojizligiga marhamat qiladigan, faqirligiga madad beradigan bir Zot borligini anglaydi.

Xullas, ey ojiz inson va ey faqir banda! Duo kabi rahmat xazinasining kaliti va tuganmas bir quvvatning manbai bo’lgan vositani qo’ldan chiqarma. Unga yopish, insoniyatning eng yuksak darajasiga ko’taril. Bir sulton kabi butun koinotning duolarini o’z duoing ichiga ol. Ularning nomidan bir umumiy ibodat qilayotgan vakil {(*): Barcha mavjudotning ibodatlarini o’z shaxsida ko’rsatgan banda. Umumkoinotning ibodatlarini o’zida mujassam qilgan qul.Tarjimon.} bo’lib اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deb ayt. Koinotning go’zal bir namunasi, surati, shaklu shamoili bo’l!

* * *

Ikkinchi Bo’lim

Insonning soadat va badbaxtligiga sabab bo’lgan besh hikmatdan iboratdir

Inson - ahsani taqvimda ya'ni eng go’zal shaklu shamoyilda yaratilgani va unga o’ta keng iste'dod berilgani uchun do’zaxning eng tubidan jannatning eng yuksak darajasigacha chiqa oladi. Yerdan osmongacha, zarradan quyoshgacha tizilgan maqomlarga, martabalarga, darajalarga, chiqa oladigan va tubanliklarga tushib ketadigan imtihon maydoniga qo’yilgan.

Uning oldida nihoyatsiz tubanlashish va eng yuksakkacha taraqqiy etadigan ikki yo’l bor. U Allohning qudrat mo’'jizasi va olamning yaratilish g’oyasi va ajoyib san'at asari qilinib, bu dunyoga yuborilgan. Xullas, insonning shu hayratomuz taraqqiyoti va dahshatli inqirozining mohiyatini "Besh sir"da bayon qilamiz.

Birinchi hikmat:Inson koinotdagi barcha narsaga muhtoj va ular bilan aloqadordir. Ehtiyojlari olamning xar tarafiga tarqalgan, orzulari abadiylikkacha uzangan. Bir gulni istagani kabi ulkan bir bahorni ham xohlaydi. Bir bog’ni orzu qilgani kabi, abadiy Jannatni ham orzu etadi. Bir do’stini ko’rishga mushtoq bo’lgani kabi, cheksiz go’zallik sohibi bo’lgan Jamiyli Zuljalolni ham ko’rishga ishtiyoqmand. Boshqa joyda yashaydigan sevimli insonini ko’rgani borish uchun o’sha uyning eshigini ochishga muhtoj bo’lgani kabi, qabr olamiga ko’chib ketgan yuzdan to’qson to’qqiz do’stu yoronlarini ziyorat qilishga ham muhtoj. Hamda abadiy ayriliqdan qutulish uchun ulkan dunyoning eshigini bekitib, mahshargohning eshigini ochadigan, dunyoni buzib o’rniga oxiratni qurib qo’yadigan bir mutlaq qudrat egasining dargohiga iltijo qilishga ham muhtojdir.

Bu holatda insonga hamma narsaning tizgini qo’lida, xar narsaning xazinasi yonida bo’lgan, xar narsani yaqinidan ko’rib turuvchi, hamma joyda hozir, makondan xoli, ojizlikdan pok, kamchilikdan toza, nuqsondan ozoda birQodiyri Zuljalol,birRahiymi Zuljamol,birHakiymi Zulkamolginahaqiqiy ma'bud bo’la oladi. Chunki, faqat nihoyatsiz qudrat va bepoyon ilm sohibigina insonlarning cheksiz hojatlarini ravo qila oladi. Shunday ekan, faqatgina U ma'budiyatga loyiqdir.

Demak, ey inson! Agar yolg’iz Unga qul bo’lsang, mavqe'ing butun maxluqotning ustiga chiqadi. Agar U zotga qul bo’lishdan bosh tortsang, ojiz maxluqotga pastkash bir qul bo’lasan. Agar "menliging"ga va kuchingga ishonib, Allohga tavakkal va duo qilmay qo’ysang, kibrlanib iddao qilishni boshlasang, yaxshilik va ijod jihatida ari va chumolidan ham past, o’rgimchak va chivindan ham zaif darajaga tushasan. Yomonlik va buzishda tog’dan ham og’ir, vabodan ham zararli holga kelasan.

Ha, ey inson! Senda ikki jihat bor: Birinchisi ijod va qurish, biror narsani vujudga keltirish, yaxshilik qilish, ijobiy harakat qilish va intilish jihatlaridir. Ikkinchisi esa, buzish, yo’q qilish, yomonlik qilish, inkor qilish, harakatsizlik jihatlaridir.

Agar birinchi jihatni nazarga olsang, unda sen ari va chumchuqdan past, chivin va o’rgimchakdan ham zaifroqsan.

Ikkinchi jihatdan esa tog’u toshlardan va yeru osmonlardan o’zasan. Negaki ular o’zlarini olib qochgan va ojizliklarini izhor qilgan yukni ko’tarasan. Ulardan ham kengroq va kattaroq doiraga ega bo’lasan.

Chunki sen yaxshilik va biror narsani barpo qilayotganingda faqatgina imkoning doirasida, kuch va quvvating yetadigan darajada yaxshiliklarni barpo qila olasan. Agar yomonlik va buzish bilan shug’ullansang, yomonliging haddidan oshadi va xarob qilishing tarqaladi.

Masalan: Kufr bir yomonlikdir, buzishdir, tasdiqlamaslikdir. Shu birgina gunoh o’z ichiga butun koinotni haqorat qilishni, Allohning barcha ismlarini kamsitishni va butun insoniyatni yerga urishni oladi. Negaki xar bir mavjudotning oliy martabasi, ahamiyatli vazifasi bor. Chunki ular olamlarni tarbiya qilib turgan zotning xabarlari, bitilgan maktublari va u Zotning pokligini ko’rsatgan oynalari va xizmatchi xodimlaridir. Kufr esa ularni bu vazifalardan, xizmatlardan va oliy martabalaridan tushirib, ma'nosizlik va tasodifan paydo bo’ldi degan xurofotgacha tubanlashtirib, zavol topish va ayriliq zarbalari bilan tez buzilib ketadigan o’tkinchi moddalarga va ahamiyatsizlik, qiymatsizlik, hechlik martabasiga tushiradi. Shu bilan birga butun koinotda va mavjudotda naqshlari va jilvalari va jamollari ko’ringan Allohning ismlarini inkor qilib kamsitadi.

Allohning barcha muqaddas ismlarining jilvalarini go’zal ravishda e'lon qilgan hikmatli she'riy qasidasi va boqiy daraxtning tuzilishini o’z ichida jamlagan urug’ kabi ilohiy qudratning yaqqol mo’'jizasi, ulkan va buyuk omonat mas'uliyatini olgan vaqti - yer, osmon, tog’lardan ustun bo’lgan va farishtalarning darajasidan ham o’tgan, yer yuzining xalifasi martabasiga chiqqan insonni eng past xayvondan ham pastga tushirib, yanada zaif, ojiz, faqir darajasiga tushiradi. Va ma'nosiz, aralash-quralash, tez buziladigan bir oddiy yozuv taxtasiga aylantirib qo’yadi.

Xulosa:Insonni yomonlikka boshlaydigan nafsi ammora buzg’unchilik va yomonlik qilishda chek chegarasi yo’q jinoyat qila oladi, lekin ijod-qurishda va yaxshilik qilishda quvvati juda oz, kichikdir. Masalan, bir uyni bir kunda buza oladi, yuz kunda qurolmaydi. Agar "menligi"ni tashlab, yaxshilik va bunyod qilishda Allohdan yordam so’rasa, yomonlik va buzg’unchilikdan va nafsga bo’ysunishdan voz kechsa, tavba qilib Unga to’lig’icha qul bo’lsa,

يُبَدِّلُ اللّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ

oyatining siriga sazovor bo’ladi. Uning cheksiz yomonlik qobiliyatlari, cheksiz yaxshilik qobiliyatlariga aylanadi. Ahsani taqvim - eng go’zal suratda yaratilgan darajasiga yetadi, a'loi illiyin - eng oliy darajaga chiqadi.

Xullas, ey g’aflatda yurgan inson! Allohning fazl va karamiga qara! Insonning yaxshilik va yomonliklarini yozuvchi farishtalar bir gunohingni ming deb yozish, bir savobni bitta qilib yozish yoki umuman yozmaslik adolatdan bo’ladi. Lekin ular bir gunohni bitta qilib yozadi, bir savobni o’n, ba'zan yetmish, ba'zan yetti yuz, ba'zan yetti ming qilib yozadi. Bu sirga binoan, daxshatli Jahannamga kirish gunohlar uchun jazo ekanini, ayni adolat ekanini bil! Lekin jannatga kirish esa faqatgina Allohning fazlidandir.

Ikkinchi hikmat:Insonda ikki tomon bor: Biri "menlik" jihatidan dunyoviy hayotga tegishli. Ikkinchisi qullik jihatidan oxiratga qaraydi. Birinchi jihatdan bechora bir maxluq bo’lib, bir soch tolasichalik erk, ixtiyor degan boyligi bor. Iqtidori juda oz narsaga yetadigan, hayoti puflansa o’chadigan sham misoli, umri chaqmoq singari tez o’tadigan, jismi esa tez chirib ketadigan kichik bir borliqdir. Shu holida butun olamdagi xilma xil maxluqotlarning son sanoqsiz a’zolari ichida nozik, zaif bir vakil hisoblanadi.

Ikkinchi jihatdan esa, ayniqsa ibodat qilishga sabab bo’lgan ojizligi va faqirligi jihatidagi tutgan o’rni nihoyatda kattadir. Uning juda katta ahamiyati bor. Chunki hamma narsani hikmat bilan qiladigan Fotiri Hakiym insonning ma'naviy mohiyatida cheksiz ojizlik va hadsiz faqirlikni joylashtirgan. Nega deganda, qudrati va boyligi nihoyasiz bo’lgan Zotni hamisha ko’rsatib turadigan oyna bo’lishi uchun.

Ha, inson bir uruqqa o’xshaydi. U uruqqa Allohning qudratidan muhim ma'naviy jihozlar berilib, uning hayoti qiymatli, taqdirdan o’lchangan nozik dasturlar joylashtirilgan. Maqsad, tuproq ostida ko’karib, tor olamdan, keng olamga chiqib, Yaratuvchi Xoliqidan iste'dod tili bir daraxt bo’lishni so’rab, o’ziga munosib kamol topsin. Agar u urug’ ma'naviy jihozlarni suiste'mol qilsa, ya'ni tuproq ostidagi zararli moddalar bilan oziqlansa, u yerda, qisqa muddatda chirib ketadi. Agar فَالِقُ الْحَبِّ وَالنَّوَى oyatining yaratilish qonunlariga bo’ysunib, ma'naviy jihozlarini chiroyli tarzda ishlatsa, u yerdan chiqib, mevali daraxt bo’ladi. Kichkina urug’ligi va ma'naviy ruhi buyuk bir daraxt degan katta haqiqatga aylanadi.

Aynan shuning kabi, insonning mohiyatiga kuchli ma'naviy jihozlar va o’lchangan nozik dasturlar omonat qilib berilgan. Agar inson shu tor yer yuzida, dunyoviy hayot tuprog’i ostida o’sha ma'naviy jihozlarini nafsning havaslariga sarf etsa, aynigan urug’ kabi bir kichik lazzat uchun qisqa bir umrda, tor bir yerda va siqilgan bir holda chirib buzilib, ma'naviy javobgarligini baxtiqaro ruhiga yuklab, bu dunyodan ko’chib ketadi.

Agar u iste'dod urug’ini Islomiyat suvi bilan, iymon nuri bilan, ibodat tuprog’ida tarbiyalab, Qur'onning buyruqlariga bo’ysunib, ma'naviy jihozlarini haqiqiy maqsadlarga yo’naltirsa, albatta qabr va oxiratda o’sib chiqib, Jannatda cheksiz ne'matlarga sabab bo’ladi. Shu tariqa boqiy daraxtning qiymatdor bir urug’i va bu koinot daraxtining muborak va munavvar bir mevasi bo’ladi.

Haqiqiy taraqqiyot insonga berilgan qalb, sir, ruh, aql, hatto xayol va boshqa his-tuyg’ularni abadiy hayotga yo’naltirishdir. Ularning har birini o’z maxsus ibodati bilan mashg’ul qildirishdir. Zalolatda yurganlar dunyoviy hayotga sho’ng’ib, kayfu safoning hatto eng tubanini totishni taraqqiy deb hisoblashadi. Va bu yo’lda inson butun hissiyotlari, qalb va aqlini nafsiga qul qilib bersa, u hisoblagan taraqqiy emas, tanazzul bo’ladi.

Bu haqiqatni bir tushda ko’rdim:

Men katta bir shaharga kiribman. Qarasam, u shaharda katta saroylar bor ekan. Ba'zi saroylarning eshigiga boqdim, g’oyat shodiyona, qiziq teatr kabi diqqat e'tiborni jalb qilyapti. Odamni o’ziga tortadigan jozibadorligi bor edi. E'tibor bersam, saroyning xo’jayini ostonaga kelib, it bilan o’ynyapti. Ayollar begonalar bilan shirin suhbatlar quryapti. Kap katta qizlar yosh bolalarni o’ynini uyushtiryapti. Darvozabon esa ularga qo’mondonlik qilayotgandak holatda. Shunda men, ulkan saroyning ichkarisi bo’m-bo’sh, kerakli vazifalar bajarilmay qolganini, axloqlari tubanlashgani bois ostonada bu suratni olishganini tushundim.

U yerdan ketib, yana bir katta saroyga duch keldim. Eshik tagida yotgan vafodor it, og’ir bosiq bir darvozabon va osoyishtalik hukmronligini ko’rdim. Qiziqishim uyg’ondi. Nima uchun narigi unday, bu bunday, dedim. Ichkariga kirdim. Qarasam, ichkarida shodiyona. Uyning xar bir qavatida saroydagilar o’zlarining turli tuman muhim vazifalari bilan mashg’ul.

Birinchi qavatdagi odamlar saroyni boshqarayapti. Ust qavatdagi xonada qizlar, bolalar dars olishmoqda. Keyingi qavatda ayollar nozik kashtalarga, go’zal naqshlar solish bilan mashg’ul. Eng yuqorida xo’jayin xalqning osoyishtaligini ta'minlash uchun podshoh bilan gaplashyapti, o’zini kamoloti va taraqqiyoti uchun zarur ishlar bilan band ekanini ko’rdim. Men ularga ko’rinmaganim uchun "Mumkin emas" demadilar, bemalol yura oldim. So’ngra chiqib qaradim. Shaharning har tarafida shu kabi ikki turdagi saroylar bor edi. So’rasam, "Tashi shodiyona, ichkarisi bo’sh saroylar kofirlarning kattalari va zalolat ahllariga qarashli. Boshqalari esa nomusli musulmon olimlariniki", deyishdi. So’ng bir chetda bir saroyga duch keldim. Ustida "Said" ismini ko’rdim. Qiziqib, qattiqroq diqqat qildim. Ustida suratimni ko’rayotgandek bo’ldim. Kamoli taajjubdan baqirib, aqlim joyiga keldi, uyg’ondim.

Endi senga bu tushimning ta'birini aytaman. Alloh xayrli qilsin.

Shahar - ijtimoiy hayot va insoniyatning madaniyat shahridir. Saroylarning xar biri bir insondir. Saroy ahli esa insondagi ko’z, quloq, qalb, sir, ruh, aql kabi tuyg’ular, nafsu havo, xohish va jahl kabi xissiyotlardir. Hamma insonda xar bir hissiyotning o’ziga xos ibodatlari bor. Xilma hil lazzatlari, azoblari bor. Nafs va havo, xohish va jahl bir darvozabon va it hisoblanadi. Hissiyotlarni nafs va havoga bo’yinsundirib, asl vazifalarini unuttirish, albatta tanazzul hisoblanadi, taraqqiy emas. Boshqa jihatlarni sen ta'bir qil.

Uchinchi xikmat:Inson harakat va amallar nuqtai nazaridan zaif bir hayvon, ojiz maxluqdir. Uning tasarrufi qo’lini uzatsa yetadigan darajadadir. Hatto insonga bo’ysundirilgan uy hayvonlari ham insonning zaifligi va ojizligi va tanballigidan oz bir hissa olgan. Yovvoyi turdoshlariga qiyos qilinsa, katta farq ko’rinadi (echki va yovvoyi echki, ho’kiz bilan yovvoyi ho’kiz kabi). Lekin inson harakati, duosi va so’ragan narsalaring berilishi jihatidan dunyo mehmonxonasida aziz bir yo’lchidir. Va shunday bir nihoyatsiz rahmat xazinalarini unga ochgan karamli, saxiy Zotning mehmonidir. U zot insonga o’zining ko’plab ajoyib maxluqlarini va xodimlarini bo’ysundirib qo’ygan. Va u mehmonning ko’rib, aylanib, foydalanishi uchun katta bir doira ochgan. U doiraning kengligi - ko’z ko’rgan va xayol yetgan yerga qadar keng va uzun.

Agar inson "menligi"ga tayanib dunyoviy hayotni asosiy maqsad qilib tirikchilik dardida va vaqtinchalik ba'zi lazzatlar uchun ishlasa, g’oyat tor doira ichida qolib ketadi. Unga berilgan barcha moddiy-ma'naviy jihozlar va asboblar va tuyg’ular undan shikoyat qilib, maxshargohga uning ziyoniga guvohlik beradi. Va da'vogar bo’lishadi. Agar inson o’zini mehmon deb bilib, uni mehmon qilgan Zoti Kariymning izni doirasida umrini o’tkazsa, abadiy hayotni qozonishga harakat qiladi, dam olishga chiqib, istirohat etadi. Natijada eng yuksak daraja bo’lgan a'loyi illiyinga etadi. Hamda insonga berilgan butun jihozlar va asboblar undan mamnun bo’lib, oxiratda uning foydasiga guvohlik beradi.

Insonning barcha ajib jihozlari faqat bu dunyo uchun berilmagan, balki juda ahamiyatli boqiy hayot uchun berilgan. Chunki insonni hayvonga solishtirsak, u ma'naviy qurollar borasida juda boydir. Hayvondan ming marta ortiq. Lazzatlanish va hayot kechirishida yuz daraja pastda. Chunki olgan xar lazzatida bir azob izi bor. O’tmishdan qolgan alamlar va kelajakdan kelgan qo’rquvlar uni qiynaydi. Olayotgan lazzatning tugab qolish alami uning zavqlarini to’xtatadi. Lekin hayvon unday emas. Alamsiz lazzat, g’am-g’ussasiz zavq oladi. Na o’tgan zamonning alamlari uni xafa qiladi na kelajak qo’rquvlari uni qo’rqitadi. Rohatda yashaydi, yotadi, Xoliqiga shukr qiladi.

Demak,ahsani taqvimsuratida yaratilgan, sarmoya jihatidan yuz daraja hayvondan yuksak bo’lgani inson, dunyoviy hayotga butun fikri bilan sho’ng’isa, chumchuqdan ham yuz marta pastga tushadi. Boshqa joyda bir misol bilan bu haqiqatni bayon etgan edim. Munosabat keldi, yana o’sha misolni takrolayman.

Bir odam bir xizmatkoriga o’n oltin berib, "Maxsus bir gazlamadan bir dona ko’ylak tiktir", deydi. Ikkinchisiga ming oltin berib, ba'zi narsalar yozilgan bir maktubni uning cho’ntagiga solib, bir bozorga yuboradi. Avvalgi xizmatkor o’n oltin bilan oliy gazlamadan mukammal bir ko’ylak oladi. Ikkinchi xizmatkor devonalik qilib, avvalgi xizmatkorga qarab, cho’ntagiga solib qo’yilgan hisob maktubini o’qimasdan bir do’konchiga ming oltin berib, bir dona ko’ylak berishini so’raydi, insofsiz do’konchi ham chirigan gazlamadan bir dona ko’ylak beradi. Bu badbaxt xizmatkor xo’jayinining huzuriga keladi. Va qattiq bir jazo ko’rib, dahshatli azob chekdi. Xullas, aqli bor odam biladiki, ikkinchi xizmatkorga ming oltin bir dona ko’ylak olish uchun emas, balki muhim bir tijorat uchun berilgan.

Aynan shuning kabi, insondagi ma'naviy jihozlar va insoniy tuyg’ularning har biri hayvonnikidan yuz marta ko’p. Masalan, insonning go’zallikni ko’radigan ko’zi, taomlarning ta'mlarini ajratadigan ta'm bilish hissi va haqiqatni ajratadigan aqli, komillikka intilib etadigan qalbi va boshqa jihozlari qayoqdayu, hayvonning juda oddiy qobiliyati qayoqda?! Hayvon bir yoqlama (maxsus ravishda u hayvonda xususiy bir jihoz) rivojlangan bo’ladi. Biroq u rivojlanish uning o’zigagina tegishli bo’ladi.

Insonning jihozlar jihatidan boyligining siri, aql va fikrini ishlatib hislar, tuyg’ularni rivojlantirgan, kengaytirgan. Va ehtiyojlarining ko’pligi tufayli unda turli-tuman hissiyot paydo bo’lgan. Hissiyotlari rang-baranglashgan. Tabiatiga barcha hislar o’rnatilgani sababidan juda ko’p maqsadlar, orzularga manbadir. Uning fitriy vazifalari juda ko’p bo’lgani uchun hissiyotlari haddan ziyod kengaygan. Va barcha turdagi ibodatlarni qila oladigan tabiatda yaratilgan. Va unga komillik urug’larini ichida jamlagan iste'dod berilgan. Demak, buncha boy jihozlar va ko’p sarmoyalar, albatta shu vaqtinchalik dunyoviy hayot uchun berilmagan.Insonning asl vazifasi:

oxiratni qozonish uchun sa'y harakat qilish,

Allohga ojizlik va faqirlik va kamchiliklarini ibodat bilan e'lon qilish,

mavjudotning tasbehotini yuqoridan mulohaza qilib tasdiqlash,

ne'matlar ichida Rahmoniy madadni ko’rib shukr qilish,

har bir yaratilgan narsadagi Rabboniy qudrat mo’'jizalarini ibrat nazari ila tafakkur qilishdan iborat.

Ey dunyoparast, dunyoviy hayotga oshiq vaahsani taqvimsiridan g’aflatda qolgan inson! Bu dunyoning mohiyati nimadan iboratligini ko’rib, meni boshqa insonga aylantirgan shu misoliy voqeani tingla:

Ko’rdimki, men bir yo’lovchiman. Uzoq bir yo’lga ketyapman. Ya'ni yuborilyapman. Xo’jayinim men uchun ajratgan oltmish oltindan, bo’lib-bo’lib pul bergan edi. Men u puldan sarflab, kayfu safo qiladigan bir karvonsaroyga keldim. U karvonsaroyda bir kechada o’n oltinni qimor-simorga, kayfu safoga va shuhratparastlik uchun sarfladim. Ertalab qo’limda hech qanday pul qolmadi. Bir tijorat qilolmadim. Boradigan joyimga kerakli narsalarni ham ololmadim. U puldan menga faqat alamlar, gunohlar va kayfu safolardan kelgan yara-chaqalar, g’am-g’ussalar qolgan edi. Birdan bu mahzun holimda bir odam paydo bo’ldi. Menga: "Butun sarmoyangni zoye ketkazding, jazoga loyiq bo’lding. Boradigan joyingga ham kasod bo’lib, qo’ling bo’sh ketasan. Aqling bo’lsa, tavba eshigi ochiq. Bundan keyin qolgan o’n besh oltindan xar safar qo’lingga berilganda yarmini ehtiyot qilib asrab qo’y. Faqat, boradigan joyingda kerak bo’ladigan ba'zi narsalarni ol", dedi. Qarasam, nafsim rozi bo’lmayapti. "Uchdan birini" dedi. Unga ham nafsim itoat etmadi. So’ngra to’rtdan birini dedi. Qarasam, nafsim mubtalo bo’lgan odatini tark etmayapti. U odam jahl bilan yuzini o’girib ketdi.

Birdan holat o’zgardi. Qarasam, men tunel ichidan pastga qulab tushayotgandek tezlik bilan ketayotgan bir poezd ichidaman. Shoshib qoldim. Ammo, nachoraki, umuman qochishning iloji yo’q edi. G’aroyib tarzda u poyezdning ikki tarafida juda jozibador chechaklar, shirin mevalar ko’rinib turardi. Men tajribasi oz, aqlsizlar kabi ularga qo’limni uzatdim. U gullarni uzishga va mevalarni olish uchun harakat qildim. Ular tikanli bo’lgani uchun qo’l uzatganda qo’limga kirib, qonatar edi. Poyezd yurgan sari ortda qolarkan, qo’limni tilib qonatib, menga juda qimmatga tushayotgan edi. Birdan poyezdning bir xizmatchisi kelib: "Besh tiyin ber, senga u chechak va mevalardan istaganingcha olib beraman. Aks holda, qo’lingning tilinishi oqibatida yuz tiyin zarar ko’rasan. Ham jazosi bor, ruxsatsiz uzolmaysan", dedi.

Siqilib, qachon tunel bitarkan deb boshimni chiqarib oldinga qaradim. Qarasam, tunel eshigi o’rnida juda ko’p tuynuklar ko’rinmoqda. U uzun poyezddan u tuynuklarga odamlar otilmoqda. Ro’paramda bir tuynuk ko’rdim. Ikki tarafida ikki mozor toshi qo’yilgan. Diqqat e'tibor bilan qaradim. U mozor toshida katta harflar bilan "Said" ismi yozilganini ko’rdim. Taassuf va hayratimdan "Ey voh" deb yubordim. Birdan u karvonsaroy eshigida menga nasihat qilgan zotning ovozini eshitdim. U "Es hushingni yig’dingmi?", dedi. Men:" Ha, yig’dim, faqat quvvat qolmadi, chora yo’q", dedim. U "Tavba qil, tavakkal et", dedi. "Qildim!", dedim.

O’zimga keldim... Eski Said o’rniga Yangi Saidga o’zgarganimni ko’rdim.

U xayoliy voqeani Alloh xayrli qilsin. Bir-ikki qismini men ta'bir qilaman, boshqa jihatlarni sen o’zing ta'bir et.

Safar - ruhlar olamidan, rahmi modardan, yoshlikdan, keksalikdan, qabrdan, barzohdan, hashr maydonidan, sirot ko’prigidan o’tgan abadiylikka qarab ketgan bir safardir. Oltmish oltin esa oltmish yillik umr bo’lib, bu voqeani ko’rgan vaqtimda o’zimni qirq besh yoshda taxmin qilgan edim. Hujjatim yo’q, faqat qolgan o’n beshidan yarmini oxiratga sarf qilish uchun Qur'oni Hakimning xolis bir talabasi meni irshod etdi. Karvonsaroy esa men uchun Istanbul emish.

Poyezd esa vaqtdir. Xar bir yil bir vagondir. Tunel esa dunyoviy hayotdir. Tikanli gullar va mevalar esa halol bo’lmagan lazzatlardir va harom qilingan nafsoniy o’yin-kulgilar bo’lib, ularni totganda tugashini o’ylab alam chekish qalbni qonatadi. Ayrilganda pora pora qiladi. Ham jazo chektiradi. Poyezd xizmatchisi: "Besh tiyin ber, ulardan istaganingcha beraman", degan edi. Uning ta'biri shuki: Insonning halol mehnati bilan shar'iy doirada olgan zavqlar, lazzatlari rohatlanish uchun kifoyadir. Haromga kirishga ehtiyoj qoldirmaydi. Boshqa jihatlarni o’zing ta'bir qil.

To’rtinchi hikmat:Inson shu koinot ichida juda nozik va bir erka bolaga o’xshaydi. Zaifligida buyuk bir quvvat va ojizligida buyuk bir kuch bor. Chunki zaiflikning quvvati va ojizlikning qudrati bilan shu mavjudot unga bo’ysungan. Agar inson o’zining zaifligini anglab so’z bilan, hol bilan, harakat bilan duo qilsa va ojizligini bilib, madad tilasa, boshqalarning unga tobe' qilinganini shukrini ado qilish bilan birga, orzusiga yetadi va maqsadlari unga tobe' bo’ladiki, o’z iqtidori bilan uning yuzdan biriga ham muvaffaq bo’lolmaydi. Faqat ba'zan hol tili duosi bilan hosil bo’lgan bir istagini yanglish holda o’z iqtidoridan deb biladi. Masalan: Tovuq bolasining zaifligidagi quvvat, tovuqni arslonga tashlattiradi. Yangi tug’ilgan arslon bolasi vahshiy va och arslonni o’ziga bo’ysundirib, uni och qoldirib, o’zi to’q bo’ladi. Mana diqqat qilish kerak bo’lgan, zaiflikdagi bir quvvat va tomosha qilishga munosib bir rahmat jilvasi.

Erka bola yig’lashi orqali yo so’rab, yo mahzun holi bilan istaklariga shunday yetadi va kuchlilar unga tobe' bo’ladiki, u istaklarini mingdan biriga ming marta kuchli bo’lgan taqdirda ham yetisha olmaydi. Demak, zaiflik va ojizlik o’zlariga nisbatan shafqat va himoyalashni harakatga keltirgani uchun kichik barmog’i bilan qahramonlarni o’ziga bo’ysundiradi. Endi, shunday bir bola, o’sha shafqatni inkor etib va u himoyani ayblab, ahmoqona bir g’urur bilan: "Men bularni o’z kuchim bilan bo’yinsundiryapman", desa, albatta, bir tarsaki yeydi.

Inson ham Xoliqining rahmatini inkor qiladigan va hikmatini ayblaydigan tarzda ne'matlariga noshukrlik qilib Qorun kabi اِنَّمَا اُوتِيتُهُ عَلَى عِلْمٍ ya'ni: "Men o’z ilmim bilan, o’z iqtidorim bilan erishdim", deb aytsa, albatta o’zini azobga loyiq qiladi.

Demak, ushbu ko’rinib turgan insoniyat sultonligi va bashariyat taraqqiyoti va madaniyat kamoloti chaqirish bilan, g’alaba bilan, kurash bilan emas, balki uning zaifligi uchun itoat ettirilgan, ojizligi uchun ko’mak qilingan, faqirligi uchun ehson etilgan, ilmsizligi uchun ilhom qilingan, ehtiyoji uchun ikrom etilgan. Sultonlikning sababi quvvat va ilmiy iqtidor emas, balki Rabboniy shafqat va marhamat, Ilohiy rahmat va hikmat bo’lib, narsalar unga itoat ettirilgan.Ko’zi yo’q chayon va oyoqsiz bir ilon kabi hasharotga mag’lub bo’lgan insonga kichik bir qurtdan ipakni kiydirgan va zaxarli ari orqali asal yedirgan narsa uning iqtidori emas, balki zaifligining samarasi bo’lgan Rabboniy bo’ysundiruv va Rahmoniy ikromdir.

Ey inson! Modomiki bu haqiqat ekan, g’ururni va xudbinlikni tashla. Allohning dargohida ojizliging va zaifligingni madad tili bilan, faqirliging va hojatingni tazarru’ va duo tili bilan e'lon qil va banda ekaningni ko’rsat. Va حَسْبُنَا اللّهُ وَنِعْمَ الْوَكِيلُ deb yuksal.

"Men hech kimman, bu koinot bir Hakiymi Mutlaq tarafidan men uchun qasddan bo’ysundirilishi uchun, mendan umumiy shukr talab qilish uchun qanday ahamiyatim bor?" dema.

Chunki sen, garchi nafsing va surating e'tibori bilan hech kim emassan. Lekin vazifa va martaba nuqtasida sen bu hashamatli koinotning diqqatli bir tomoshabini, shu hikmatli mavjudotning ma'noli gapiruvchi tili va bu olam kitobining idrokli o’quvchisi va tasbeh qilayotgan maxluqotning hayratli nazoratchisi va ibodat qilgan bu san’at asarlarining hurmatli bir ustaboshisi hisoblanasan.

Ha, ey inson! Sen o’simlikka o’xshash jisming va hayvoniy nafsing e'tibori bilan kichik bir bo’lak, past bir parcha, faqir bir maxluq, zaif bir hayvonsanki, butun dahshatli o’tkinchi mavjudotning to’lqinlari ichida chayqalib ketyapsan. Faqat Allohning muhabbatining ziyosini ichiga olgan iymonning nuri bilan nurli Islom tarbiyasi bilan kamolga yetib insoniyat jihatida qulliging ichida bir sultonsan va alohidaliging ichida bir kattasan, kichikliging ichida bir olamsan va pastliging ichida maqoming shunday buyuk va nazorating doirasi keng nazoratchisanki, "Mening Rabbi Rahiymim dunyoni menga bir uy qildi. Oy va quyoshni uyimga chiroq va bahorni bir dasta gul va yozni bir ne'mat dasturxoni va hayvonotni menga xizmatkor qildi. Va nabototni u xonamning ziynatli lavozimoti qilgan!" deya olasan.

Xullas kalom:Agar sen nafs va shaytonni tinglasang, eng tuban daraja - asfali sofiliynga tushasan. Agar Allohni va Qur'onni tinglasang, eng oliy martaba a'loyi illiyyinga chiqib, Koinotning go’zal bir namunasi, surati, shaklu shamoili bo’lasan.

Beshinchi hikmat:Inson, bu dunyoga bir xodim va mehmon qilib yuborilib, unga juda muhim iste'dod berilgan. Iste'dodlarga ko’ra muhim vazifalar berilgan. Insonni u maqsadga va u vazifalarni bajarishi uchun juda qiziqtirgan va qattiq qo’rqitilgan. Boshqa joyda aytganimizdek insonning vazifasi va qiladigan ibodatining asoslarini xulosalaymiz. Toki"ahsani taqvim"siri anglashilsin.

Xullas, inson bu dunyoga kelgandan keyin ikki turdagi ibodati bor: Biri - yashirin turdagi ibodati, tafakkuri. Ikkinchi turi - ibodatga bel bog’lab, yolvorish bilan, munojot qilishi.

Birinchi jihat shuki:Olam mamlakatida ko’ringan, Allohning mukammal tarbiyasiga bo’ysunib, tasdiqlab, qabul qilib va komilligiga va go’zalligiga lol qolib, kuzatishdir.

So’ng, Allohning Ilohiy muqaddas ismlarining naqshlaridan chizilgan san'atlarni bir-birining ibrat nazarlariga ko’rsatib dallollik va e'lon qilishdir.

So’ng, xar biri bittadan yashirin ma'naviy xazina bo’lgan Rabboniy ismlarning javharlarini aql tarozusi bilan tortib, qalb bilan taqdirlab qiymat berishdir.

So’ng qudrat qalamining maktublari bo’lgan mavjudot sahifalarini, Yer va Osmon varaqlarini mutolaa qilib hayratlanib tafakkur qilishdir.

So’ng, mavjudotdagi bezak va nozik san'atlarni yoqtirib tomosha qilib, ularning cheksiz go’zal Ustasining ilmini yaxshi ko’rib, ularning U zotning huzuriga chiqishga va iltifotiga erishishga urinishdir.

Ikkinchi jihat, ibodatga bel bog’lab, yolvorish bilan, munojot qilish bo’lib,san'atdan San'atkorga o’tib, bir buyuk Usta o’z mo’'jiviy san'atlari bilan o’zini tanittirish va bildirishni xohlayotganini ko’radi. U javoban iymon bilan, ma'rifat bilan javob beradi.

So’ng: Bir Rabbi Rahiymning rahmatining go’zal mevalari bilan o’zini sevdirshni xohlayotganini ko’radi, sezadi, biladi. U javoban faqatgina Uni sevish bilan, yolg’iz unga qullik qilish bilan o’zini Unga sevdiradi.

So’ng: Bir Karamli zot moddiy va ma'naviy shirin ne'matlari bilan uni parvarish qilayotganini ko’radi. U javoban harakati, holati, so’zi bilan, hatto qo’lidan kelsa butun vujudi bilan, a'zolari bilan shukr va hamdu sano etadi.

So’ng: Shu mavjudotning oynalarida buyuklik va mukammaligini va jalol va jamolini ko’rsatib diqqat e'tiborni o’ziga tortayotgan Jamili Jalilni ko’radi. U javoban"Allohu Akbar, Subhanalloh",deb, xokisorlik va muhabbat bilan sajda qiladi.

So’ng: Cheksiz bir saxovat ichida nihoyatsiz boyligini, xazinalarini ko’rsatayotgan G’aniyi Mutlaqni ko’rdi. U javoban ta'zim va hamdu sano aytib, o’zining faqirligi bilan so’raydi, istaydi.

So’ng: Yer yuzini bir ko’rgazma qilgan, butun antiqa san'atlarini u yerda namoyish qilayotgan Fotiri Zuljalolni ko’rdi. U javoban lol qolib"Mashaalloh"deydi, tan berib"Barakalloh"deydi, hayratlanib"Subhanalloh"deydi, ulug’lab"Allohu Akbar"deydi.

So’ng: Ko’radiki Yakkayu yagona zot shu koinot saroyida taqlid qilinmas muhrlari bilan, O’ziga maxsus tamg’alari bilan, unga oid nishonlari bilan, xos farmonlari bilan butun mavjudotga O’zinig birligini bildirgan Vahdat tamg’asini qo’ymoqda va tavhidning oyatini naqsh etmoqda va olam ufqlarining har tarafida Birligining bayrog’ini tikmoqda va tarbiyachi Zotligini e'lon etmoqda. Buni ko’rgan inson unga qarata tasdiq bilan, iymon bilan, tavhid bilan, zakovat bilan, shahodat bilan, ibodat bilan javob beryapti.

Inson bu turdagi ibodat va tafakkurlar bilan haqiqiy inson bo’ladi. Ahsoni taqvimda ekanini ko’rsatadi. Iymonning quvvati va barakoti bilanomonatgaloyiq, {(*): Axzob surasi, 72 oyati nazarda tutilgan. Tarjimon.} Yer yuzidagi barcha mavjudotning omonatga loyiq sultoni bo’ladi.

Ey ahsani taqvimda yaratilgan va erku ixtiyorini suiste'mol qilib asfali sofiliynga yo’l olgan g’ofil inson! Meni tingla. Men ham sen kabi yoshlik sarxushligi bilan g’aflat ichida dunyoni yaxshi va go’zal ko’rib, yoshlik mastligidan keksalik tongida uyg’ongan vaqtim, moddiy dunyoning yuzini naqadar xunuk ekanini ko’rganimni va oxiratga qaragan haqiqiy yuzi naqadar go’zal ekanini O’n Yettinchi So’zning Ikkinchi Maqomidagi ikki haqiqat lavhalarida yozganman, o’shanga qara, sen ham ko’r.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

رَبِّ اشْرَحْ لِى صَدْرِى وَيَسِّرْ لِى اَمْرِى وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِى يَفْقَهُوا قَوْلِى

اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى الذَّاتِ الْمُحَمَّدِيَّةِ اللَّطِيفَةِ الْاَحَدِيَّةِ شَمْسِ سَمَاءِ الْاَسْرَارِ وَ مَظْهَرِ الْاَنْوَارِ وَ مَرْكَزِ مَدَارِ الْجَلَالِ وَ قُطْبِ فَلَكِ الْجَمَالِ اَللّهُمَّ بِسِرِّهِ لَدَيْكَ وَ بِسَيْرِهِ اِلَيْكَ آمِنْ خَوْفِى وَ اَقِلْ عُثْرَتِى وَ اَذْهِبْ حُزْنِى وَ حِرْصِى وَ كُنْ لِى وَ خُذْنِى اِلَيْكَ مِنِّى وَ ارْزُقْنِى الْفَنَاءَ عَنِّى وَ لَا تَجْعَلْنِى مَفْتُونًا بِنَفْسِى مَحْجُوبًا بِحِسِّى وَاكْشِفْ لِى عَنْ كُلِّ سِرٍّ مَكْتُومٍ يَا حَىُّ يَا قَيُّومُ يَا حَىُّ يَا قَيُّومُ يَا حَىُّ يَا قَيُّومُ وَ ارْحَمْنِى وَارْحَمْ رُفَقَائِى وَ ارْحَمْ اَهْلِ الْاِيمَانِ وَ الْقُرْآنِ آمِينَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ وَ يَا اَكْرَمَ الْاَكْرَمِينَ

وَ آخِرُ دَعْوَيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

YIGIRMA TO’RTINCHI SO’Z

Bu So’z "Besh Shox"dan iborat. To’rtinchi shoxga e'tibor ber. Beshinchi Shoxni mahkam tut chiq. Mevalarini uzib ol.

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اَللّهُ لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ لَهُ الْاَسْمَاءُ الْحُسْنَى

Shu oyati jalilaning nuroniy daraxtining ko’p haqiqatlaridan bir haqiqatining besh shoxiga ishora qilamiz.

BIRINCHI SHOX:

Bir sultonning o’z hukumatining doiralarida turli unvonlari va xalq tabaqalarida boshqa-boshqa nom va vasflari, saltanatining martabalarida farqli ism va ishoratlari bor. Masalan: Adliya doirasida "adolatli sud’ya", boshqaruv idoralarida "sulton", harbiy idorada "bosh qo’mondon", ilmiy doirada "xalifa"... Bunga qiyosan boshqa ism va unvonlarini bilsang, bir podshoh saltanatining doiralarida va hukumat tabaqasi martabalarida ming ism va unvonga sohib bo’lishi mumkinligini anglaysan. O’sha hokim go’yo xar bir doirada ma'naviy shaxsiyati orqali telefoni bilan mavjud va hozirdir, mavjud va biladi. Xar bir tabaqada qonuni bilan, nizomi bilan, vakili bilan bilinadi, kuzatadi, ko’rinadi, ko’radi. Xar bir martabada parda orqasida hukmi bilan, ilmi bilan, kuchi bilan tasarruf qiladi, basirdir, boshqaradi, qaraydi. Xuddi shuning kabi:

Azal Abad Sultoni bo’lgan Rabbul Olamiyn uchun:

rububiyatining martabalarida turli tuman, lekin bir-biriga yuzlangan holat va nomlari,

uluhiyatining doiralarida turli tuman, lekin bir-biri ichida ko’rinadigan ism va nishonlari,

hashamatli ijrootida turli tuman, lekin bir-biriga o’xshash akslari va jilvalari,

qudratining tasarrufotida turli tuman, lekin bir-birini his ettiradigan unvonlari bor.

sifatlarining tajalliylarida turli tuman, lekin bir-birini ko’rsatadigan muqaddas zuhuroti bor.

ishlarining jilvalarida turli tuman, lekin bir-birini mukammallashtiradigan hikmatli tasarrufoti bor.

rang-barang san'atida va turli san’at asarlarida turli tuman, lekin bir-birini tomosha qiladigan hashamatli rububiyati bordir.

Shu bilan birga koinotning har bir olamida, har bir toifasida Asmoi Husnadan bir ismning unvoni tajalliy etadi. U ism u doirada hokimdir. Boshqa ismlar u yerda unga tobe'dirlar, balki uning ichida bo’ladi. Maxluqotning xar bir tabaqasida oz va ko’p, kichik va katta, xos va umumiy xos bir tajalliy, xos rububiyat, xos ism bilan jilvasi bor. Ya'ni, ismning hamma narsani qamragan va umumiy bo’lsada bir narsaga shunday bir maqsad va ahamiyat bilan yuzlanadiki, go’yo u ism yolg’iz u narsaga xosdir.

Shu bilan barobar Xoliqi Zuljalol hamma narsaga yaqin bo’lgani holda, yetmish mingga yaqin nuroniy pardalari bor. Masalan senda tajalliy etgan Xoliq ismining maxluqlaridagi kichik martabasidan, to butun koinotning Xoliqi bo’lgan martaba-i kubro va unvoni a'zamgacha ko’p pardalar borligini qiyos qil. Demak butun koinotni orqada qoldirmoq sharti bilan maxluqlarining eshigidan Xoliq ismining eng oxirgi nuqtasiga yetishasan, sifatlar doirasiga yaqinlashasan.

Modomiki pardalarning bir-biriga tomosha qiladigan derazalari bor va ismlar bir-biri ichida ko’rinadi, faoliyatlar bir-biriga yuzlangan, akslar bir-birining ichiga kiradi, unvonlar bir-birini eslatadi, zuhurot bir-biriga o’xshaydi, tasarruflar bir-biriga yordam berib to’ldiradi, rububiyatning turli tarbiyalari bir-biriga yordam berib ko’maklashar ekan, albatta Janobi Haqni bir ism bilan, bir unvon bilan, bir rububiyat bilan va hokazo, tanisa, boshqa unvonlarni, rububiyatlarni, faoliyatlarni ichida inkor qilmasligini taqozo qiladi. Balki har bir ismning jilvasidan boshqa ismlarga yo’l olmasa zarar qiladi. Masalan: Qodiyr va Xoliq ismining izini ko’rsa, Aliym ismini ko’rmasa, g’aflat va tabiat zalolatiga tushadi. Balki uning nazari doimo qarshisida هُوَ هُوَ اللّهُ ni o’qishini, ko’rishini, qulog’i hamma narsada قُلْ هُوَ اللّهُ اَحَدٌ tinglashini, eshitishini, tili لَا اِلهَ اِلَّا هُو بَرَابَرْ مِيزَنَدْ عَالَمْ deyishini, e'lon qilishini keltirib chiqaradi. Demak, Qur'oni Mubiyn اَللّهُ لَا اِلهَ اِلَّا هُوَ لَهُ الْاَسْمَاءُ الْحُسْنَى farmoni bilan zikr qilgan haqiqatlarimizga ishora qiladi.

Agar bu yuksak haqiqatlarni yaqindan tomosha qilishni xohlasang, bor, to’fonli dengizdan, zilzilali zamindan so’ra. "Nima deyapsiz?" degin. Albatta "Yo Jaliyl, Yo Jaliyl, Yo Aziz, Yo Jabbor" deganlarini eshitasan. So’ng dengiz ichida va zamin yuzida marhamat va shafqat bilan tarbiya etilgan kichik hayvonlardan va bolalardan so’ra, "Nima deyapsiz?" degin. Albatta, "Yo Jamiyl, Yo Jamiyl, Yo Rahiym, Yo Rahiym" deydi.

{(Izoh) Hatto bir kun mushuklarga qaradim. Ovqatlarini yedilar, o’ynadilar, yotdilar. Xotiramga: "Bu vazifasiz jonivorchalarga nima uchun muborak deyiladi?" degan fikr keldi. So’ng kechasi yotish uchun cho’zildim. Qarasam, mushuklardan biri keldi, yostig’imga tayandi, og’zini qulog’imga keltirdi. Tushunarli qilib, "Yo Rahiym, Yo Rahiym, Yo Rahiym, Yo Rahiym " deb go’yo xotiramga kelgan e'tiroz va haqoratni toifasi nomidan rad qilib, yuzimga urdi. Aqlimga, "Ajabo, bu zikr faqat bu mushukka maxsusmi? Yo’qsa umumiy toifasi zikr qiladimi? Eshitish faqat men kabi haqsiz e'tirozchiga maxsusmi? Yo’qsa hamma ham diqqat qilsa bir daraja eshita oladimi?" degan savol keldi. Ertalab boshqa mushuklarni tingladim. Garchi u kabi ochiq bo’lmasada, turli darajada ayni zikrni takror etmoqdalar. Boshida hir-hirlari orqasida "Yo Rahiym" bilinadi. Bora-bora hir-hirlari, mir-mirlari ayni "Yo Rahiym" bo’ladi. Maxrajsiz, yaqqol hazin zikr bo’ladi. Og’zini yopib, go’zal shaklda "Yo Rahiym"ni qaytaradi. Yonimga kelgan qardoshlarga aytib berdim qildim. Ular ham e'tibor berishdi, "Bir daraja eshityapmiz" deyishdi. So’ng qalbimga, "Ajabo bu ismning xos qilinish sababi nima? Nima uchun inson she'vasi bilan zikr qiladi, hayvon tili bilan qilmaydi?" degan savol keldi. Qalbimga, bu hayvonlar bola kabi juda nozli, nozik va insonga bir do’st bo’lgani uchun, ko’p shafqat va marhamatga muhtojdir. Erkalangan vaqti ta’biga o’tirgan iltifotlarni ko’rgan vaqti ne'matga hamd sifatida it harakatlarinng tersiga sabablarni tashlab yolg’iz o’z Xoliqi Rahiymining rahmatini o’z olamida e'lon qiladi. Uyqu g’aflatida bo’lgan insonlarni ogohlantirib, "Yo Rahiym" nidosi bilan kimdan madad kelishini va kimdan rahmat kutilishini sababparastlarga eslatishadi.}

Samoni tingla, "Yo Jaliyli Zuljamol" deyayotganini eshit. Yerga quloq sol, "Yo Jamiyli Zuljalol" deyapti. Hayvonlarga diqqat qil, "Yo Rahmon, Yo Razzoq" demoqdalar. Bahordan so’ra, "Yo Hannon, Yo Rahmon, Yo Rahiym, Yo Kariym, Yo Latif, Yo Atuf, Yo Musavvir, Yo Munavvir, Yo Muhsin, Yo Muzayyin" kabi ko’p ismlarni zikr qilayotganini eshitasan.

Inson bo’lgan bir insondan so’ra. Boq qanday butun asmoyi husnani o’qimoqda va yuzida yozilgan. Sen ham diqqat etsang o’qiy olasan. Go’yo koinot azim bir musiqa-i zikriyadir. Eng kichik ohang eng baland ohanglarga qo’shilmoq bilan hashamatli bir latofat bermoqda. Va hakozo qiyos et. Faqat garchi inson butun ismlarga mazhardir, faqat koinotning turli-tuman bo’lishini va maloikalarning har xil ibodatini keltirib chiqargan ismlarning har xilligi insonlarning ham bir daraja turli xil bo’lishiga sabab bo’lgandir. Anbiyolarning boshqa-boshqa shariatlari, avliyolarning boshqa-boshqa tariqatlari, asfiyolarning turli-tuman mashrablari shu sirdan kelib chiqqandir. Masalan Iso Alayhissalom boshqa ismlar bilan barobar Qodiyr ismi unda yanada g’olibdir. Ishq ahlida Vadud ismi va tafakkur ahlida Hakiym ismi yanada ziyoda hokimdir.

Xullas, qanday agar bir odam ham muallim, ham zobit, ham adliya kotibi, ham mulkiya nazoratchisi bo’lsa, uning har bir doirada bittadan nisbati, bittadan vazifasi, bittadan xizmati, bittadan maoshi, bittadan mas'uliyati, bittadan taraqqiyoti va muvaffaqiyatsizligiga sabab bittadan dushman va raqiblari bo’ladi. Va podshohga qarshi ko’p unvonlar bilan ko’rinadi va ko’rar. Va ko’p lisonlar bilan undan madad istar. Va amirining ko’p unvonlariga murojaat etar. Va dushmanlarning yomonligidan qutulmoq uchun yordamini ko’p suratlar bilan talab etar. Xuddi shuning kabi ko’p ismlarga mazhar va ko’p vazifalar bilan vazifador va ko’p dushmanlarga mubtalo bo’lgan inson munojotida, istiozasida ko’p ismlarni zikr etar. Qandayki inson navining madori faxri va so’zsiz eng haqiqiy komil inson bo’lgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam Javshan-ul Kabir nomli munojotida ming bir ismi bilan duo qiladi, olovdan panoh so’raydi. Ushbu sirga binoan

قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ مَلِكِ النَّاسِ اِلهِ النَّاسِ مِنْ شَرِّ الْوَسْوَاسِ الْخَنَّاسِ

surasi uch unvon bilan istiozani amr qiladi va بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ da uch ismi bilan yordam istashni ko’rsatadi.

IKKINCHI SHOX:

Ko’p sirlarning kalitini ichiga olgan ikki sirni bayon qiladi.

Birinchi Sir:"Avliyolar nima uchun iymon asoslarida ittifoq etganlari holda, qalb ko’zi bilan ko’rgan narsalarida, kashflarida ko’p xilof qilishadi. Shuhud darajasidagi kashflari ba'zan voqe'likka zid va haqiqatga muxolif chiqadi? Nima uchun fikr va nazar ahli xar biri qat'iy burhon bilan haq qabul qilgan fikrlarida haqiqatni bir-biriga zid suratda ko’radi va ko’rsatadilar. Bir haqiqat nima uchun ko’p ranglarga kiradi?"

Ikkinchi Sir:"O’tgan Payg’ambarlar nima uchun jismoniy hashr kabi bir qism iymon asoslarini bir daraja qisqacha qoldirganlar, Qur'on kabi tafsilot bermaganlar? Ummatlaridan bir qismi keyinchalik qisqac qolgan asosni inkor qilishgacha borib yetishgan? Nima uchun haqiqiy orif bo’lgan avliyolarning bir qanchasi faqat tavhidda oldinga ketgan. Hatto haqqalyaqiyn darajasiga qadar borishsada, bir qancha iymon asoslari ularning tutgan yo’llarida juda oz va qisqac suratda ko’rinadi. Shuning uchun, ularga ergashganlar kelajakda iymon asosiga lozim bo’lgan ahamiyatni bermagan. Hatto ba'zilari adashgan.

Modomiki haqiqiy kamol, iymon asoslarining barchasining inkishofi orqali erishilar ekan nima uchun haqiqat ahli ba'zisida juda ilgari va bir qismida juda orqada qolishgan. Xolbuki butun Ismlarning eng buyuk martabalariga sazovor bo’lgan zot, butun anbiyolarning sarvari bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam va butun muqaddas kitoblarning raisi anvari bo’lgan Qur'oni Hakim butun iymon asoslarini ochiq suratda juda jiddiy ifodada va qasddan tafsil etgan?"

Chunki haqiqatda, asl to’liq kamol shunday. Bu sirning hikmati shuki:

Inson butun Ismlarga sazovor va butun kamolotga iste'dodlidir. Lekin iqtidori oz, ixtiyori kichik, iste'dodi xar hil, orzulari turli bo’lgani holda minglab pardalar, barzohlar ichida haqiqatni qidiradi. Shuning uchun haqiqatni kashf qilish va haqni ko’rishida o’rtaga to’siqlar tushadi. Ba'zilar undan o’ta olmaydi.

Qobiliyatlar turlicha bo’ladi. Ba'zilarning qobiliyati ba'zi iymon asoslarini taraqqiy ettirishga manba bo’lmaydi. Asmoi Husna jilvalarining ranglari sazovor bo’lgan kishiga ko’ra turlanadi, boshqa-boshqa bo’ladi. Ba'zi zotlar bir ismning to’liq jilvasiga sabab bo’la olmaydi.

Kulliyat, juz'iyat, zilliyat va asliyat e'tibori bilan ismlarning jilvasi turlicha surat oladi. Ba'zan iste'dod juz'iyatdan o’ta olmaydi va soyadan chiqa olmaydi. Iste'dodga ko’ra ba'zan bir ism g’olib bo’ladi, faqat o’z hukmini ijro qiladi. U iste'dodda uning boshqaruvi hukumron bo’ladi.

Bu chuqur sirga va keng hikmatga sirli, keng va haqiqat bilan bir daraja qorishiq misol bilan ba'zi ishoralar qilamiz. Masalan: Zahro ismli naqshli bir gul, oyga oshiq tirik tomchi, quyoshga yuzlangan sof sizmani faraz qilamiz. Xar birining bir idroki, kamoli bor. Kamolga ishtiyoqi bor. Bu uch narsada ko’p haqiqatlarga ishora qilish bilan birga, nafs, aql va qalbning suluklariga ishora qiladi. Bu uch tabaqa haqiqat ahliga misol.

{(Izoh) Har tabaqada ham uch toifa bor. Tamsildagi uch misol har tabaqadagi u uch toifaga, balki to’qqiz toifaga boqar. Bo’lmasa uch tabaqaga emas.}

Birinchisi:Fikr ahli, avliyolar, payg’ambarlarning ishoralaridir.

Ikkinchisi:Jismoniy jihozlar bilan kamoliga harakat qilib haqiqatga ketganlarni, nafsning poklab va aqlni qo’llab harakat qilib haqiqatga borganlarni va qalbni poklab, iymon va taslimiyat bilan haqiqatga ketganlarning misollaridir.

Uchinchisi:Anoniyat-menlikni tashlamagan, qilgan ishlariga sho’ng’igan va faqat dalil bilan haqiqatga brogan, ilm va hikmat bilan, aql va ma'rifat bilan haqiqatni qidirgan, iymon va Qur'on bilan, faqr va qullik bilan haqiqatga tez borgfan turli iste'doddagi uch toifaning qarama qarshiligining hikmatlariga ishora qilgan misollardir.

Bu uch tabaqaning taraqqiy etishidagi sirni va keng hikmatni "Zuhra", "Qatra", "Rashxa" nomli misol bilan bir daraja ko’rsatamiz. Masalan: Quyoshning o’z Xoliqining izni va amri bilan uch turdagi tajalliysi, aksi va fayz berishi bor: Biri gullarga, keyingisi Oy va sayyoralarga, uchinchisi shisha va suv kabi shaffof narsalarga bergan turli akslardir.

Birinchisi uchga bo’linadi:

Biri:Kulliy va umumiy tajalliy va aks bo’lib, butun gullarga birdan fayz berishi.

Ikkinchisi:Xos tajalliy bo’lib, xar bir turga ko’ra xususiy aksi bor.

Keyingisi:Kichik tajalliy bo’lib, xar bir gulning shaxsiyatiga ko’ra fayz berishidir. Bu misolimiz o’sha so’zga asosan, gullarning bezangan ranglari Quyoshning ziyosidagi yetti rangning aks etishdagi o’zgarishidan kelib chiqadi. Bu so’zga ko’ra gullar ham Quyoshning bir tur oynalaridir.

Ikkinchisi:Quyoshning oy va sayyoralarga Fotiri Hakiymning izni bilan bergan nur va fayzdir. Bu kulliy, keng fayz va nurdan so’ng oy, ziyoning soyasi hisoblangan nurni Quyoshdan kulliy suratda istifoda qiladi, so’ng xususiy tarzda dengizlar, havo, shaffof tuproqqa, juz'iy suratda dengizning pufakchalariga va shaffof tuproqqa va havoning zarralari foyda va fayz berishidir.

Uchinchisi:Quyoshning Allohning amri bilan fazoni va dengizlarning yuzlarini oyna qilib sof, umumiy va soyasiz aksi bor. So’ng quyosh dengizning pufakchalari, suvning tomchilari, havoning sizishlari va qor shishachalarining xar biriga juz'iy aksni, kichik timsolini beradi.

Quyoshning har bir gulga va oyga nisbatan xar bir tomchi, xar bir sizma mazkur uch jihatda ikki yo’l bilan yuzlanadi va fayz beradi:

Birinchi yo’l:O’zi to’g’ridan-to’g’ri to’siqsiz, hijobsiz. Bu yo’l nubuvvatning yo’lini ko’rsatadi.

Ikkinchi yo’l:To’siqlar vositalik qiladi. Oyna va sazovor bo’lgan narsalarning qobiliyatlari quyoshning jilvalariga rang beradi. Bu yo’l valiylik yo’lini ko’rsatadi.

"Zuahra", "Qatra", "Rashha"larning xar biri avvalgi yo’lda: "Men umum olam quyoshining bir oynasiman", deyishi mumkin. Lekin ikkinchi yo’lda unday deya olmaydi. Balki "Men o’z quyoshimning oynasiman yoki sinfimga tajalliy etgan quyoshning oynasiman" deydi. Chunki Quyoshni shunday taniydi. Butun olamga qaraydighan quyoshni ko’ra olmaydi.

Xolbuki o’sha shaxsning, sinfining yoki jinsining quyoshi unga tor dahliz ichida chegaralangan qayd ostida ko’rinadi. Shuning uchun qaydsiz, cheklovsiz, mutlaq quyoshning izlarini chegaralangan quyosh deb bo’lmaydi. Butun yer yuzini isitish, oydinlatish, barcha nabotot, hayvonotning hayotlarini harakatlantirish, sayyoralarni atrofida aylantirish kabi hashamatli ishlarni qalb ko’zi bilan ko’rib tor qayd va chegaralangan dahliz ichida ko’rgan quyoshdan deya olmaydi. Balki u ajoyib ishlarni, agar biz idrokli deb faraz qilgan uch narsa, qayd ostida ko’rgan quyoshniki desa ham, faqatgina aqliy va iymoniy tarzda va chegaralangan, ayni mutlaq bo’lganini bir taslimiyat orqali aytishi mumkin. Lekin u, inson kabi biz aqlli deb faraz qilgan "Zuhra", "Qatra", "Rashxa"larni bu ishlarni, ya'ni juda katta ishlarni quyoshdab deb bilishi aqliydir, tajriba orqali xulosa qilinmagan. Balki ba'zan iymoniy hukmlari koinotda kuzatilgan narsalarga to’qnashadi. Ishonish juda qiyin bo’ladi.

Demak, haqiqatga tor kelgan va ba'zi burchaklarida haqiqatning a'zolari ko’ringan va haqiqatga qo’shilgan ushbu misol ichiga uchovimiz ham kirishimiz kerak. Uchalamiz ham o’zimizni "Zuhra", "Qatra", "Rashha" deb faraz qilamiz. Chunki biz ularda faraz qilgan idrok etarli kelmayapti. Aqlimizni ham ularga qo’shishimiz kerak. Ya'ni ular moddiy quyoshlaridan qanday fayz olsalar, biz ham ma'naviy quyoshimizdan shunday olishimizni tushunishimiz kerak.

Ey dunyoni unutmagan va moddiylik bilan mashg’ul bo’lgan va nafsi qattiqlashgan birodar! Sen "Zuhra" bo’l. "Zuhra" guli quyoshning tarqalgan ziyodan rang oladi. U bir rang ichida quyoshning timsolini aralashtirib ziynatli surat kiyadi. Sening iste'doding ham unga o’xshaydi. Sabablarga sho’ng’igan Eski Said kabi maktabli faylasuf esa oyga oshiq bo’lgan "Qatra" bo’lsinki, unga oy quyoshdan olgan ziyoning soyasini beradi va ko’z qorachig’iga nur berar. U ham o’sha nur bilan porlaydi. Lekin "Qatra" o’sha nur orqali faqat oyni ko’radi. Quyoshni ko’ra olmaydi, balki iymoni bilan ko’rishi mumkin.

Hamma narsani to’g’ridan-to’g’ri Janobi Haqdan bilgan, sabablarni parda qabul qilgan faqir odam ham "Rashxa" bo’lsin. Shunday bir " Rashxa"ki, tayanib "Zuhra" kabi o’ziga ishonishi uchun faqir, hech narsasi yo’q. U orqali ko’rinishi uchn hech qanday rangi yo’q. Yuzlanish uchn boshqa narsalarni ham tanimaydi. Xolis samimiyligi bor, to’g’ridan-to’g’ri quyoshning timsolini ko’z qorachig’ida saqlaydi. Modomiki biz ushbu uch narsa o’rnida bo’ldik. O’zimizga qarashimiz kerak. Nimamiz bor? Nima qilamiz?

Bir Zoti Kariym ehsoni bilan bizni ko’p ziynat beryapti, nurlantiryapti va tarbiya qilayotganini ko’ryapmiz. Inson esa ehson qilganga mahliyo bo’ladi. Mahliyo bo’lishga loyiq bo’lgan zotga yaqinlashishni istaydi va ko’rishni xohlaydi. Shunday ekan, xar birimiz iste'dodimizga ko’ra o’sha muhabbat jozibasi bilan yo’l olamiz.

Ey zahro guliga o’xshagan! Sen ketyapsan. Lekin gul bo’lib bor. Mana ketding. Taraqqiy eta-eta, qamrovli martabaga kelding. Go’yo butun gullarning o’rniga o’tding. Xolbuki zahro xira bir oynadir. Unda ziyodagi yetti rang tarqaladi va sinar. Quyoshning aksini yashiradi. Sen sevgan quyoshning yuzini ko’rishga muvaffaq bo’la olmaysan. Chunki cheklangan ranglar, xususiyatlar tarqatadi, parda tortadi, ko’rsatmaydi. Sen shu holda suratlarning, to’siqlarning o’rtaga tushishi orqali paydo bo’lgan ayriliqdan qutula olmaysan. Lekin bir shart bilan qutulishing mumkin, sen o’z nafsing muhabbatiga sho’ng’igan boshingni ko’tarasan va nafsing yaxshiliklari bilan lazzatlangan va faxrlangan nazaringni tortasan, osmondagi quyoshning yuziga otasan. Pastga egilgan rizqni jalb qilish uchun tuproqqa qaragan yuzingni yuqoridagi quyoshga qaratasan. Chunki sen uning oynasisan. Vazifang oynalik qilish. Bilsang, bilmasang rahmat xazinasi eshigi bo’lgan tuproq tarafidan sening rizqing keladi.

Bir gul quyoshning kichkina bir oynasidir. Shu katta quyosh ham samo dengizida Shamsi Azaliyning "Nur" ismidan tajalliy etgan bir yog’duning tomchi misol bir oynasidir. Ey insoniy qalb! Sen quyoshning oynasi bo’lganingni bu orqali bil. Bu shartni qilgandan so’ng kamol topasan. Lekin quyoshni haqiqatda qanday bo’lsa, shunday ko’ra olmaysan. Haqiqatni ochiq tushuna olmaysan. Balki sifatlaringning ranglari unga rang beradi va qattiq durbining bir surat kiydiradi. Chegaralangan qobiliyating qayd ostiga oladi.

Endi sen ham, ey tomchi ichiga kirgan hikmatli faylasuf! Fikringning tomchisining durbini bilan, falsafangning narvoni bilan oygacha taraqqiy etding, unga kirding. Uning qattiq, qorong’uligini ko’r. Na ziyosi bor, na hayoti. Sening harakating behuda, ilming foydasiz ketdi. Sen umidsizligingning zulmatidan, kimsasizliging qo’rquvidan, habis-yomon ruhlarning bezovta qilishlaridan va qo’rquv dahshatidan, tabiat kechasini tark qilib haqiqat quyoshiga yo’nalsang, bu kecha nurlari kunduz quyoshi nurlarining soyalari ekaniga hech shubhasiz ishonsang qutulasan.

Bu shartni qilgandan so’ng kamol topasan. Faqir va qorong’u oy o’rniga xashamatli quyoshni topasan. Lekin sen ham boshqa do’sting kabi quyoshni sof ko’ra olmaysan. Balki aqling va falsafang do’stlik va odat qilgan pardalari orqasida, ilm va hikmatning to’qigan to’siqlari ostida va qobiliyating bergan rang ichida ko’rasan.

Rashxa misol uchinchi do’stingiz ham faqirdir, ham rangsizdir. Quyoshning harorati bilan tez bug’lanadi, anoniyatini tashlaydi, bug’ga minadi, havoga chiqadi. Ichidagi nursiz modda ishq otashi bilan olovlanadi, ziyo bilan nurga aylanadi. Ziyoning jilvalaridan kelgan shu'laga yopishadi, yaqinlashadi.

Ey Rashha misol! Modomiki quyoshga to’g’ridan-to’g’ri oyna bo’layotgan ekansan qaysi martabada bo’lsang bo’l, quyoshga aynalyaqiyn bir tarzda sof qaratilgan bir tuynuk, bir deraza topasan. Quyoshning ham ajoyib ishlarini undan deb bilishda qiyinchilik ko’rmaysan. Unga loyiq hashamatli vasflarini ikkilanmasdan bilasan. Uning saltanatining buyuk ishlarini undan deb bilishda hech narsa qo’lingdan tutib undan voz kechira olmaydi. Na to’siqlarnig torligi, na qobiliyatlarning chegaralangani, na oynalarning kichikligi seni adashtirmaydi. Haqiqatga zid yo’naltirmaydi. Chunki sen sof, xolis, to’g’ridan-to’g’ri unga qaraganing uchun sazovor bo’lgan narsalarda ko’ringan va oynalarda kuzatilgan narsa quyosh emas, balki bir turdagi jilvalaridir, bir tur rangli akslaridir. Akslar uning unvonlari bo’lsada, butun hashamati ishlarini ko’rsata olmaydi.

Ushbu haqiqat bilan aralash misolda uch turli tuman yo’l bilan kamolga boriladi. Va u kamolotlarning fazilatlari va ko’rish darajasining tafsilotida ular turlicha bo’ladi. Lekin natijada va haqqa ishonib itoat qilish va haqiqatni tasdiqlashda ittifoq qilishadi. Tun odami umuman quyoshni ko’rmagani, faqat oyning oynasida bir soyasini ko’rgani uchun quyoshga tegishli hashamatli ziyoni, buyuk jozibani aqliga sig’dira olmaydi. Balki ko’rganlarga taslim bo’lib taqlid qiladi. Xuddi shuning kabi, Varosati Ahmadiya (S.A.V.) bilan Qodiyr va Muhyi kabi ismlarning eng buyuk martabasiga yetishmagan kimsa hashri a'zamni va qiyomati kubroni taqlidan qabul qiladi, "Aqliy masala emas" deydi. Chunki hashr va qiyomatning haqiqati, ismi a'zamning va ba'zi ismlarning eng buyuk darajasiga sazovor. Kimning nazari u yerga chiqmasa, taqlidga majbur. Kimning fikri u yerga yetsa, hashr va qiyomatni kecha-kunduz, qish va bahor darajasida osonlik bilan ko’radi, qalban ishonib qabul qiladi.

Ushbu sirga binoan, Qur'on hashr va qiyomatni eng ulug’ martabada, eng komil tafsilot bilan zikr qiladi va ismi a'zamga sazovor bo’lgan Payg’ambarimiz Alayhissalotu Vassalam dars beradi. Eski payg’ambarlar esa irshod hikmatining taqozosi bilan bir daraja sodda va ibtidoiy holda bo’lgan ummatlariga hashrni eng a'zam darajada, eng keng tafsilot bilan dars bermaganlar. Ushbu sirdan, bir qism avliyolar ba'zi iymon asoslarini eng buyuk martabasida ko’rmagan yoki ko’ra olmagan. Shuning uchun, ma'rifatullohda turlicha oriflar darajasi bor. Bular kabi ko’p sirlar bu haqiqatdan yuzagha chiqadi.

Bu tamsil ham bir daraja haqiqatni his ettirganidan, ham haqiqat juda keng va juda chuqur bo’lgani uchun biz ham misol bilan kifoyalanamiz. Haddimiz va toqatimizdan yuqori bo’lgan sirlarga kirishmaymiz.

UCHINCHI SHOX:

Qiyomat alomatlaridan va oxirzamon voqealaridan va ba'zi amallarning fazilat va savoblaridan bahs etgan hadisi shariflar chiroyli tushunilmagani bois aqllariga ishongan bir qism ilm ahli ularning bir qanchasini zaif yoki mavzu' degan. Iymoni zaif va menligi kuchli qismi esa inkor qilishgacha borishgan. Hozir tafsilga kirishmaymiz. Faqat "O’n Ikki Asosni" bayon qilamiz.

Birinchi Asos:

Yigirmanchi So’zning oxiridagi savol va javobda izoh etgan masalamizdir. Qisqasi quyidagicha, din imtihondir, bir tajribadir. Oliy ruhlarni yomon ruhlardan ajratadi. Shunday ekan oldinda barchaga ko’z bilan ko’riladigan voqealarni shunday tarzda aytadiki na batamom majhul qoladi, na barcha istar-istamas tasdiqlashga majbur bo’lishi uchun yaqqol ko’rinadi. Aqlga eshikni ochadi, ixtiyorni qo’lidan olmaydi. Agar bir Qiyomat alomati ochiq ravshan ko’rinsa, hamma tasdiqlashga majbur bo’lsa, ko’mir kabi iste'dod olmosdek iste'dod bilan ayni saviyada qoladi. Taklif siri va imtihon natijasi zoye bo’ladi. Shuning uchun Mahdiy va Sufyon masalalari kabi ko’p masalalarda ko’p ixtilof chiqqan. Rivoyatlar ham xar hildir, bir-biriga zid hukmlar bo’lgan.

Ikkinchi Asos:

Islomiy masalalarning tabaqalari bor. Biri qat'iy burhon istasa, boshqasi kuchli ishonch bilan kifoyalanadi. Keyingisi faqat misol sifatida qabul qilinadi, uni rad qilmaslik kerak. Shunday ekan, iymon asoslaridan bo’lmagan far'iy masalalar yoki davr hodisalarining xar birida aniq ishonch bilan qat'iy burhon istalmaydi. Balki rad qilmaslik va taslimiyat bilan tegmaslik kerak.

Uchinchi Asos:

Sahobalar davrida Bani Isroil va Nasroniy ulamolaridan ko’pi Islomiyatga kirgan. Eski ma'lumotlari ham ular bilan birga musulmon bo’lgan. Avvalgi ba'zi haqiqatga zid ma'lumotlari Islomiyatning moli deb o’ylangan.

To’rtinchi Asos:

Hadisi Sharif roviylarining ba'zi so’zlari yoki o’zlari tanlagan ma’noni hadisning matnidan deb o’ylangan. Inson xatodan xoli bo’lmagani uchun ba'zi haqiqatga zid chiqarilgan yashirin ma'nolarni yoki so’zlarni hadis deb o’ylab zaifligiga hukm etilgan.

Beshinchi Asos:

اِنَّ فِى اُمَّتِى مُحَدَّثُونَ ya'ni مُلْهَمُونَ siriga asosan ba'zi kashf ahli va avliyolardan bo’lgan Alloh ilhomga sazovor qilgan muhaddislar ilhom qilingan ba'zi ma'nolarni hadis deb o’ylangan. Xolbuki avliyolar ilhomi (ba'zi kamchiliklar bilan) xato bo’lishi mumkin. Bu turda bir qism haqiqatga zid chiqishi mumkin.

Oltinchi Asos:

Insonlar orasida mashhur bo’lgan ba'zi hikoyalar mavjudki, zarbul masalga aylangan. Haqiqiy ma'nosiga e'tibor berilmaydi. Qaysi maqsad uchun yo’naltirilganiga qaraladi. Insonlar orasida tanilgan ba'zi qissa va hikoyalarni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam irshod maqsadida misol va kinoya turidan aytganlar. Bhu nav’ masalalarning haqiqiy ma'nosida kamchilik bo’lsa, u insonlarning urf-odatilariga oiddir va ma’lum va omma ishonchiga oid.

Yettinchi Asos:

Juda ko’p tashbeh va misollar mavjudki, davr o’tishi bilan yoki ilmning qo’lidan jahlning qo’liga o’tishi orqali moddiy haqiqat deb qabul qilingan. Xatoga qilgan. Masalan: "Ho’kiz" va "Baliq" ismli, misol olamida savr va hut timsolida quruqlik va dengiz hayvonlari nozirlaridan Allohning ikki farishtasi xuddiki katta ho’kiz va jismoniy baliq deb tasavvir qilish natijasida hadisga e'tiroz bildirilgan.

Yana masalan, bir kuni Nabiyimiz huzurlarida bir baland ovoz eshitiladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Bu ovoz yetmish yildan beri yumalab, endi Jahannamning tubiga tushgan toshning ovozi" dedilar. Bu hadisni eshitgan, haqiqatga yetmagan kimsa inkor qiladi. Bu hodisadan yigirma daqiqa o’tib, bir kishi kelib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga: "Mashhur munofiq yigirma daqiqa avval o’ldi", degani qat'iyan sobit. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam yetmish yoshga kirgan munofiq Jahannamning bir toshi bo’lib butun umri qulashdan, asfali sofiliynga kufrga tushishdan iborat ekanini o’ta balog’atli suratda bayon etganlar. Janobi Haq vafot daqiqasi ovozni eshittirib, bunga ishora qilgan.

Sakkizinchi Asos:

Janobi Hakiymi Mutlaq ushbu sinov diyori va imtihon maydonida juda muhim narsalarni ko’p narsalar ichida yashirgan. Yashirishiga ko’p hikmatlar, ko’p foydalar bog’liq. Masalan: Qadr kechasini butun ramazonga, duo ijobati soatini Juma kuniga, maqbul valiysini insonlar ichiga, ajalni umr ichida va qiyomatning vaqtini dunyo umri ichiga yashirgan. Chunki insonning ajali aniq bo’lsa, yarim umrigacha mutlaq g’aflatda, yarmidan so’ng doryog’ochiga qadam-baqadam borgandek dahshat beradi.

Xolbuki oxirat va dunyo muvozanatini muhofaza qilish va xar doim xavfu umid orasida bo’lishning foydasi, xar daqiqa ham o’lish ham yashash mumkin ekanini taqozo qiladi. Demak noaniq tarzdagi yigirma yillik noaniq umr, ming yil muayyan umrdan ustundir.

Qiyomat ham katta insoni bo’lgan dunyoning ajalidir. Agar vaqti aniq qilinganida, butun ilk va o’rta asrlar mutlaq g’aflatga sho’ng’ir va keyingi asrlar daxshatda qolar edi. Inson shaxsiy hayoti bilan uyi va qishlog’ini hayoti bilan aloqador bo’lganidek ijtimoiy va sinf hayoti bilan yer kurrasi va dunyoning yashashi bilan ham aloqadordir. Qur'on اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ deydi. "Qiyomat yaqin" deb farmon qiladi. Ming yil o’tgandan keyin ham kelmasligi, yaqinligiga halal bermaydi. Chunki qiyomat dunyoning ajalidir. Dunyoning umriga nisbatan ming yoki ikki ming yil bir yilga nisbat berilsa bir-ikki kun yoki bir-ikki daqiqa kabi. Qiyomat soati - umriga nisbat berilib uzoq deyish uchun faqat insoniyatning ajali emas. Shuning uchunki, Hakiymi Mutlaq qiyomatni beshta g’ayb sifatida ilmida saqlaydi. Bu yashirin saqlash siridan xar bir asr, hatto haqiqatni ko’rgan asr hisoblangan Saodat Asri ham doim qiyomatdan qo’rqqan. Hatto ba'zilari, "Shartlari ana-ana chiqdi" deyishgan.

Xullas, bu haqiqatni bilmagan insofsiz insonlar: "Nima uchun oxiratning tafsilotini dars olgan uyg’oq qalbli, keskin nazarli Sahobalarning fikrlari ming yil haqiqatdan uzoq bo’lgandek dunyoviy istiqbolda ming to’rt yuz yil keyin keladigan haqiqatni asrlariga yaqin deb o’ylaganlar?" deyishadi.

Javob:Chunki Sahobalar payg’ambarlik suhbatining fayzidan hammadan ko’ra ko’proq oxirat yurtini tushunib, dunyoning fanosini bilib, qiyomatning yashirin soatidagi Ilohiy hikmatni anglab, shaxsiy ajal kabi dunyoning ajaliga ham doim muntazir bo’lishgan, oxiratlari uchun jiddiy harakat qilganlar.

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam "Qiyomatni kutinglar, intizor bo’linglar" takrorlashi bu hikmatdan kelib chiqqan Nabaviy irshoddir. Yo’qsa haqiqatdan uzoq bo’lishi uchun muayyan voqe'likka doir vahiyning hukmi bilan emas. Illat boshqa, hikmat boshqadir.

Xullas, Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning bu turdagi so’zlari yashirin saqlash hikmatidan kelib chiqadi. Ushbu sirga asosan Mahdiy, Sufyon kabi oxirzamonda keladigan shaxslarni ancha avval, hatto Tobe'inlar zamonida ham kutiashgan, yetishish umidida bo’lganlar. Hatto ba'zi avliyolar "Ular o’tgan" degan. Vaqti mavhum qolishini, qiyomat kabi Ilohiy hikmat taqozo qiladi. Chunki xar davr, xar bir asr ma'naviy quvvatning quvvatlanishiga sabab bo’ladigan va umidsizlikdan qutqaradigan "Mahdiy" ma'nosiga muhtojdir. Bu ma'noda xar asrning hissasi bo’lishi lozim. Xar asr g’aflat ichida yomonliklarga ergashmaslik va loqaydlik bilan nafsning tizginini qo’yib yubormaslik uchun munofiqlikk bosh bo’ladigan daxshatli shaxslardan saqlanish va qo’rqish kerak. Agar tayin etilganida umumiy irshod foydasi zoye bo’lar edi.

Mahdiy kabi shaxslar haqidagi rivoyatlarning ixtiloflari sababi va siri shuki, hadislarni sharh qilganlar hadis matnlarini sharh va istinbotlariga tatbiq qilganlar. Masalan: Saltanat markazi o’shanda Shomda yoki Madinada bo’lgani uchun Mahdiy yoki Sufyon hodisalarini saltanat markazi atrofida bo’lgan Basra, Kufa, Shom kabi yerlarda chiqishini tasavvur qilib sharhlaganlar. Hamda ularning ma'naviy shaxsiga yoki vakil bo’lgan jamoatiga oid buyuk asarlarni shaxsida deb oylab, shunday tafsir etganlarki, g’aroyib shaxslar chiqqan vaqti butun xalq ularni taniydigandek shakl berishgan. Xolbuki, bu dunyo tajriba maydoni degan edik. Aqlga eshik ochiladi, lekin ixtiyori qo’lidan olinmaydi. Shunday ekan shaxslar, hatto daxshatli Dajjol ham chiqqan vaqti ko’pchilik, hatto o’zi ham boshida Dajjol ekanini bilmaydi. Balki oxirzamon shaxslarini iymon nuri bilan tanish mumkin.

Qiyomat alomatidan bo’lgan Dajjol haqida hadisi sharifda "Birinchi kuni bir yil, ikkinchi kuni bir oy, uchinchi kuni bir hafta, to’rtinchi kuni boshqa kunlar kabidir. Chiqqan vaqti dunyo eshitadi. Qirq kunda dunyoni aylanadi", deb rivoyat qilinadi. Insofsiz odamlar bu rivoyatni imkonsiz degan. (Hudo saqlasin) bu rivoyatni inkor va bekor qilishgacha borib yetishgan. Xolbuki وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّهِ haqiqati quyidagicha:

Kufr olamining eng qattig’i bo’lgan shimolda tabiatparastlarning kufriy fikridan sizilgan katta bir jarayonning boshiga keladigan va uluhiyatni inkor qiladigan shaxsning shimol tomondan chiqishiga ishora qilishda va unda bir hikmat ramzi bor. Shimoliy qutbga yaqin doirada butun yil bir kecha bir kunduzdir. Olti oyi kecha, olti oyi kunduzdir. "Dajjolning bir kuni bir yil". O’sha doira yaqinida chiqishiga ishoradir. "Ikkinchi kuni bir oydir", deyishdan murod, shimoldan bu tarafga kelganda ba'zan yozning bir oyida quyosh botmaydi. Bu esa Dajjol shimoldan chiqib madaniyat olami tarafiga tajovuz qilishiga ishoradir. Kunni Dajjolga tayantirish orqali bu ma’noga ishora qiladi. Yana bu tomonga kelinsa bir haftasida quyosh botmaydi. Yana kela-kela chiqish va botish o’rtasida uch soat farq qiladi. Men Russiyada asirlikda ekan shunday yerda bo’ldim. Bizga yaqin bir hafta quyosh botmaydigan yer bor edi. Aylanish uchun u yerga borishar edi. "Dajjolning chiqqan payti butun dunyo eshitadi" masalasini telegraf va radio hal qilgan. Qirq kunda aylanishini esa markabi bo’lgan poyezd va tayyora hal qilgandir. Eskidan bu ikki qaydni imkonsiz deb bilgan din dushmanlari hozir oddiy qabul qilishyapti!

Qiyomat alomatidan bo’lgan Yajuj Majuj va Saddga doir bir risolada bir daraja tafsilotli yozganim sabab, unga havola qilib bu erda faqat ilova qilamiz: Eskidan Manchjur, Mo’g’il unvoni bilan bashariyat jamoatlarini zeru-zabar qilgan toifalar va Chin devorining qurilishiga sabab bo’lganlar qiyomatga yaqin yana anarxistlik kabi fikr bilan bashariyat madaniyatini zeru-zabar qilishlari rivoyatlarda mavjud. Ba'zi din dushmanlari: "Buncha daxshatli ishlarni qilgan va qiladigan toifalar qayerda?" deyishgan.

Javob:Chigirtka kabi ofat bir mavsumda juda ko’p miqdorda bo’ladi. Mavsum o’zgarganda mamlakatni fasodga uchratgan ko’p sonli toifalarning haqiqatlari ba’zi oz sonli maxluqlarda saqlanadi. Vaqti kelishi bilan o’sha juda ko’p sonli buzg’unchilik Allohning amri bilan oz sonli maxluqlardan boshlanadi. Go’yo ularning milliy shaxsi noziklashadi, uzilmaydi. Yana mavsumi kelishi bilan paydo bo’ladi.

Aynan shuning kabi, bir davrda dunyoni ostin-ustun qilgan toifalar Allohning izni bilan mavsumi kelgan payti bashariyat madaniyatini ostin-ustun qiladi. Lekin ularni harakatga keltirganlar boshqa suratda yuzaga chiqadi.

لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّهُ

To’qqizinchi Asos:

Iymoniy masalalarning bir qismining natijalari chegaralangan va tor olamga tegishli. Boshqa bir qismi keng va mutlaq oxirat olamiga tegishli. Amallarning fazilat va savobiga doir hadisi shariflarning bir qismi targ’ib va qo’rqitishga munosib ta'sir qilishi uchun balog’atli uslubda kelgani uchun, e'tiborsiz kimsalar ularni mubolag’ali deb o’ylagan. Xolbuki barchasi ayni haq va to’liq haqiqat bo’lgani uchun ichida aldash va mubolag’a yo’q. Jumladan, insofsizlarning aqlini eng ko’p band qilgan uchbu hadis:

لَوْ وُزِنَتِ الدُّنْيَا عِنْدَ اللّهِ جَنَاحَ بَعُوضَةٍ مَا شَرِبَ الْكَافِرُ مِنْهَا جُرْعَةَ مَاءٍ

(av kama qol) ma'noyi sharifi: "Duyoning Janobi Haqning nazdida chivin qanotichalik qiymati bo’lganida, kofirlar bir qultum suv ham ichmas edi".

Haqiqati quyidagicha: عِنْدَ اللّهِ ta'biri, baqo olamidan demakdir. Modomiki baqo olamidagi bir chivin qanotichalik nur abadiy ekan, yer yuzini to’ldiradigan vaqtinchalik nurdan ham ko’pdir. Demak katta dunyoni bir chivin qanoti qiyoslash emas, balki harkimning qisqacha umriga joylashgan xususiy dunyosini baqo olamidan bir chivin qanoti qadar doimiy Ilohiy fayzga va Ilohiy ehsonga taqqoslashga kelmagani demakdir.

Dunyoning ikki yuzi, balki uch yuzi bor. Biri, Janobi Haqning ismlarining oynalaridir. Keyingisi oxiratga yuzlangan, oxirat ekinzoridir. Uchinchisi fanoga, yo’qlikka qaraydi. Biz bilgan dunyo - Alloh rozi bo’lmagan zalolat ahlining dunyosidir.

Demak asmoyi husnaning oynalari, Samadoniy maktublar va oxiratning ekinzori bo’lgan katta dunyo emas, balki oxiratga zid va butun xatolarning asosi, balolarning manbai bo’lgan dunyoparastlarning dunyosining oxirat olamida iymon ahliga berilgan bir abadiy zarrasiga yeta olmasligiga ishoradir.

Ushbu eng to’g’ri va jiddiy haqiqat qayerda, insofsiz dindan chiqqanlarning chiqargan ma'no qayerda? Insofsiz dindan dushmanlari juda mubolag’a, qattiq yolg’on degan tasavvuri qayerda?

Yana masalan: Insofsiz dinsizlar mubolag’a deb o’ylagan hatto imkonsiz mubolag’a va yolg’on deb o’ylagan narsalaridan biri amallarning savobiga doir va ba'zi suralarning fazilatlari haqida kelgan rivoyatlardir. Masalan: "Fotihaning Qur'on qadar savobi bor". "Ixlos surasi Qur'onning uchdan biridir", "Iza Zulzilatil arzu surasi chorak Qur’onga teng", "Qul ya ayyuhal kafirun chorak Qur’on", "Yosin surasi o’n Qur'onga teng" ekaniga rivoyat bordir. Insofsiz va diqqatsiz kimsalar: "Bu imkonsiz. Chunki Qur'on ichida Yosindan boshqa fazilatli suralar ham bor. Shuning uchun ma'nosiz", deyishgan.

Javob:Uning haqiqati quyidagicha: Qur'oni Hakimning xar bir harfining bir savobi bor, bir hasanadir. Allohning fazlidan u harflarning savobi ko’karadi, ba'zan o’n, ba'zan yetmish, ba'zan yetti yuz (Oyat-ul Kursi harflari kabi), ba'zan bir ming besh yuz (Surayi Ixlosning harflari kabi), ba'zan o’n mingga chiqadi (Baroat kechasi o’qilgan oyatlar va maqbul vaqtlarga to’gri kelganlar kabi) ba'zan esa o’ttiz ming (masalan ko’knori urug’ining ko’pligi kabi, Layla-i Qadrda o’qilgan oyatlar kabi). Kecha ming oyga teng kelishining ishorasi bilan bir harfining u kechada o’ttiz ming savobi bo’lishi anglashiladi. Demak, Qur'oni Hakim savobni ko’paytirishi bilan birga albatta muvozana qilinmaydi va kelmaydi ham. Balki asl savob bilan ba'zi suralar muvozana qilinishi mumkin.

Masalan: Makajo’xori ekinzori faraz qilaylik, unga ming dona ekilgan. Ba'zi tuxumlari yettita boshoq bergan faraz etsak, xar bir boshoqda yuztadan dona bo’lsa, bir urug’ butun ekinzorning uchdan ikkisiga teng keladi. Masalan: Biri esa o’n boshoq bergan, har birida ikki yuztadan dona bergan, shunda bir urug’ asl ekinzordagi urug’larning ikki barobari qadar bo’ladi. Va hokazo qiyos qil.

Hozir Qur'oni Hakimni nuroniy, muqaddas samoviy bir ekinzor tasavvur qilamiz. Xar bir harfi asl savobi bilan bittadan urug’ hukmidadir. Ularning boshoqlari hisobga olinmaydi. Yosin, Ixlos, Fotiha, Qul ya ayyuhal kafirun, Iza zulzilatil-arzu kabi boshqa fazilatlariga doir rivoyat etilgan sura va oyatlar bilan taqqoslanishi mumkin.

Masalan: Qur'oni Hakimning uch yuz ming olti yuz yigirmata harfi bor. Ixlos surasi bismilloh bilan birga oltmish to’qqiz. Uch marta oltmish to’qqiz ikki yuz yettita harf bo’ladi. Demak Ixlos surasining xar bir harfining hasanalari bir yarim mingga yaqin. Yosin surasining harflari hisoblansa, Qur'oni Hakimning butun harflariga nisbat etilsa va o’n marta ortiq bo’lishi nazarga olinsa shunday bir natija chiqadiki: Yosini Sharifning xar bir harfining taqriban besh yuzga yaqin savobi bor. Ya'ni o’shancha hasana sanalishi mumkin. Bunga qiyosan boshqalarini ham tatbiq qilsang, naqadar latif, go’zal, to’g’ri va yolg’oni yo’q haqiqat ekanini tushunasan.

O’ninchi Asos:

Aksar maxluqot toifalarida bo’lgani kabi basharning fe'l va amallarida ba'zi g’aroyib kimsalar chiqadi. Agar ular yaxshilikda ilgarilagan bo’lsa, u sinflarning iftixor sababidir, tersi esa badbaxtliklari sababidir. Yashirinadi ham. Xuddiki ma'naviy shaxslar, maqsad o’rniga o’tadi. Boshqa kishilarning xar biri u bo’lishga harakat qiladi va u bo’lishi ehtimoli bor. Demak mukammal g’aroyib kishi mutlaq, noaniq bo’lsada hamma joyda bo’lishi mumkin. Shu mavhum bo’lgani uchun mantiqan mumkin bo’lgan umumiyligiga hukm qilish mumkin. Ya'ni, xar bir amal shunday bir natija berishi mumkin. Masalan, "Kim ikki rakat namozni falon vaqtda o’qisa, bir haj savobichalik bo’ladi", deyilgan. Demak, ikki rakat namoz ba'zi vaqtlarda bir hajga teng kelishi haqiqatdir. Xar ikki rakat namozda bu ma'no umumiy ma’noda mumkindir.

Demak, shu turdagi rivoyatlar, amalda sodir bo’lgan doimiy va qamrovli emas. Chunki modomiki qabulning shartlari bor, kulliyat va doimiylikdan chiqar ekan. Balki yo amalda vaqtinchalik, mutlaq yoki ehtimol bo’lgan, qamrovli ekan. Demak bu tur hadislardagi qamrov imkon e'tibori bilan.

Masalan: "G’iybat qatlga teng". Demak g’iybatda shunday kishi mavjudki, qotil kabi bir o’ldiruvchi zahardan yanada zararli. Masalan: "Go’zal so’z bir qulni ozod qilish kabi azim sadaqaning o’rniga o’tadi". Targ’ib va tashviq uchun noaniq mukammal kishi mutlaq suratda hamma yerda bo’lishining imkonini amalda ko’rsatish orqali xayrga shavqni orttirish va shar-yomonlikdan nafrat qilishga yo’naltirishdab iborat.

Bu olamning tarozisi bilan abadiy olamning narsalari tortilmaydi. Bu yerning eng kattasi u yerning eng kichigiga teng kela olmaydi. Amallarning savobi o’sha olamga yuzlangani uchun dunyoviy nazarimiz unga tor keladi. Aqlimizga sig’dira olmaymiz. Masalan:

مَنْ قَرَاَ هذَا اُعْطِىَ لَهُ مِثْلُ ثَوَابِ مُوسَى وَ هَارُونَ

ya'ni:

اَلْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ السَّموَاتِ وَ رَبِّ الْاَرَضِينَ رَبِّ الْعَالَمِينَ، وَلَهُ الْكِبْرِيَاءُ فِى السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ وَ هُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

اَلْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ السَّموَاتِ وَ رَبِّ الْاَرَضِينَ رَبِّ الْعَالَمِينَ، وَلَهُ الْعَظَمَةُ فِى السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ وَ هُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ ٭ وَلَهُ الْمُلْكُ رَبُّ السَّموَاتِ وَ هُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

Insofsiz va diqqatsizlarning e'tiborini juda ko’r tortgan shu kabi rivoyatlardir. Ularning haqiqati quyidagicha:

Dunyoda tor nazarimiz bilan, kalta fikrimiz bilan Muso va Xorun Alayhissalomlarning savoblarini qay daraja tasavvur etamiz, bilamiz. Abadiyat olamida Rahiymi Mutlaq abadiy saodatda cheksiz ehtiyoj ichidagi quliga bitta virdga teng beradigan savob haqiqati, ikki zotning savoblariga faqat ilmimiz doirasidagi va biz tahmin qilgan savoblariga teng bo’lishi mumkin.

Masalan: Badaviy, vahshiy odam hech qachon podshohni ko’rmagan. Saltanat hashamatini bilmaydi. Bir qishloqda og’ani qanday tasavvur qilsa chegaralangan fikri bilan podshohni undan kattaroq bir og’a deb biladi. Hatto bizda sodda-til bir toifa bor, eski vaqtlar: "Podshoh o’z o’chog’i oldida, qozonining boshida pishirgan yovg’on sho’rvasi yonida nima qilsa, bizning og’amiz uni biladi"m deyishar edi. Demak ular podshohni shunchalik tor vaziyatda va oddiy suratda tasavvur qilishar edi. O’z yovg’on sho’rvasini o’zi pishiradi, xuddiki bir yuz boshi hashamatida faraz qilishar edi. Hozir birov ulardan biriga: "Sen bugun men uchun bu ishni qilsang, senga bilgan podshohingning hashamatichalik hashamatlik beraman. Ya'ni yuz boshinikidek daraja beraman", desa u so’z haqiqatdir. Chunki uning tor fikri doirasiga kirgan podshohning hashamati faqat yuz boshinichalik shavkatdir.

Demak, dunyo nazari bilan tor fikrimiz orqali oxiratga yuzlangan savob haqiqatlarini badaviy odamchalik ham o’ylay olmaymiz. Hazrati Muso (A.S.) va Xorunning (A.S.) biz bilmagan haqiqiy savoblari tenglashtirilmaydi, (chunki tashbeh qoidasiga ko’ra bilinmagan narsani ma'lum narsaga qiyos qilinadi) balki qiyoslangan, bizga ma'lum bo’lgan va biz taxminim qilgan savoblari bilan bir mo’'min qulning bir zikri evaziga biz bilmagan haqiqiy savobidir.

Dengiz yuzi bilan tomchining ko’z qorachig’i quyoshning to’liq aksini olishda ikkisi ham teng. Farq sifatdadir. Hazrati Muso (A.S.) va Xorunning (A.S.) dengiz misol ruhlarining oynasiga aks etgan savobning mohiyati, bir tomchi hisoblangan mo’'min qulning bir oyatdan olgan savobining mohiyatidadir. Mohiyatiga ko’ra, miqdorga ko’ra bir-biriga teng. Sifat esa qobiliyatga tobe'. Ba'zan bir so’z, bitta tasbeh oltmish yil xizmat bilan ham ochilmagan saodat xazinasini ochadi.

Demak ba'zi holatlar, bitta oyat bir Qur'onchalik foyda beradi. Ismi a'zamga sazovor bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bir oyatdan olgan Ilohiy fayz, balki bir payg’ambarning olgan barcha fayzichalik bo’lishi mumkin. Varosati Ahmadiya bilan ismi a'zam soyasiga sazovor bo’gan mo’'min o’z qobiliyati miqdoricha bir Nabiyning fayzi qadar savob oladi deyilsa haqiqatga xilof bo’lmaydi.

Hamda savob va fazilatning manbai nur olamidadir. U olamdagi bir dunyo bir zarraga sig’ishi mumkin. Bir zarrachalik shishada samovot yulduzlari bilan birga ko’ringani kabi, xolis niyat bilan shaffofiyat paydo qilgan zikrda yoki oyatda samovot kabi nuroniy savob va fazilat joylashishi mumkin.

Xullas kalom:Ey insofsiz, e'tiborsiz va iymoni zaif, falsafasi quvvatli, xudbin, tanqidchi odam! Ushbu "O’n Asos"ni nazarga ol. So’ng haqiqatga zid va qat'iyligiga ters ko’rgan bir rivoyatni bahona qilib hadisi shariflar va natijada Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ismat-gunohdan pokligi martabasiga zarar beradigan e'tiroz barmog’ingni uzatma! Chunki avvalo u "O’n Asos"ning o’n doirasi seni inkordan voz kechiradi. "Haqiqiy nuqson bo’lsa bizga oiddir" derlar, hadisga oid emas. "Agar haqiqiy bo’lmasa, sening xato tushunishigga oiddir", deyiladi. Demak, inkor va rad qilish uchun ushbu "O’n Asos"ni yolg’onga chiqarish va yo’q qilish kerak bo’ladi. Endi insofing bo’lsa bu "O’n Usul"ni mukammal e'tibor bilan tushungandan so’ng, aqlning haqiqatga zid ko’rgan bir hadisni inkor qilma! "Yo bir sharhi, yo bir ta'vili, yo bir ta'biri bordir" de, teginma.

O’n Birinchi Asos:

Qur'oni Hakimning mutashobih oyatlari ta'vilga muhtoj yoki mutlaq taslim bo’lishni taqozo qiladi. Hadislarning ham Qur'onning mutashabehoti kabi mushkullari bor. Ba'zan juda diqqatli tafsirga va ta'bir kerak bo’ladi. O’tgan misollardan kifoyalanishingiz mumkin.

Xushyor odam yotgan odamning tushini ta'bir qilgani kabi, ba'zan uyqudagi odam yonida uyg’oqlarning gaplarini eshitadi, lekin o’z uyqu olamiga tatbiq qilib boshqa tarzda ma'no beradi, ta'bir qiladi. Xuddi shuning kabi: Ey g’aflat va falsafa uyqusi ichida uxlatilgan insofsiz odam! مَا زَاغَ الْبَصَرُ وَمَا طَغَى va تَنَامُ عَيْنِى وَلَا يَنَامُ قَلْبِى sirrining hukmiga sazovor va haqiqiy xushyor, uyg’oq zotning ko’rganini sen o’z tushingda inkor qilish emas, ta'bir et. Uyquning haqiqatida ba’zan tushda bir odamni chivin tishlasa, mudhish urushda yara oldim deb o’ylaydi. Undan so’ralsa, "Haqiqatdan men yaralandim. Menga o’q, miltiq otildi." deydi. Yonida o’tirganlar uning uyqusidagi iztirobiga kuladi. Demak, bu uyquga aralashgan g’aflat nazari va falsafa fikri, albatta nubuvvat haqiqatlariga o’lchov bo’la olmaydi.

O’n Ikkinchi Asos:

Nubuvvat nazari, tavhid va iymon - vahdatga, oxiratga, uluhiyatga tegishli bo’lgani uchun, haqiqatlarni unga ko’ra ko’radi. Falsafa va hikmat bilan shig’ullanganlarning nazari ko’plikka, sabablarga, tabiatga qaragani uchun, unga asoslanib ko’radi. Nuqtai nazar bir-biridan juda uzoq.

Falsafa bilan shug’ullanganlarning eng katta bir maqsadi, Usuli Din ulamosi va Kalom Ilmi olimlarining maqsadi ichida ko’rinmaydigan darajada kichik va ahamiyatsizdir.

Shuning uchun, mavjudot mohiyatining tafsiloti va nozik holarida hikmat ahli ancha oldinlagan. Lekin ular haqiqiy hikmat bo’lgan Ilohiy va uxroviy oliy ilmlarda shu qadar orqadaki, eng oddiy mo’'mindan ham ancha pastdadir. Bu sirni tushunmaganlar Islom haqqiatli olimlarini faylasuflarga nisbatan orqada deb o’ylashadi. Xolbuki ularning aqli ko’ziga tushgan, ko’plikda bug’ilgan. Varosati nubuvvat bilan muqaddas oliy maqsadlarga yetganlarga tenglashishga ularning nima haddi bor?!

Bir narsa ikki nazar bilan qaralganda ikki farqli haqiqatni ko’rsatadi. Ikkisi ham haqiqat bo’lishi mumkin. Fanning hech bir qat'iy haqiqati Qur'onning muqaddas haqiqatlariga e'tiroz bildira olmaydi. Fanning qisqa qo’li uning pok va yuksak etagiga erisha olmaydi. Namuna sifatida bir misol keltiramiz:

Masalan, Yer Kurrasi hikmat ahli nazaridan boqilsa haqiqati quyidagicha:

Quyosh atrofida o’rtacha kattalikda bir sayyora kabi sanoqsiz yulduzlar aylanar. Yulduzlarga nisbatan kichik bir maxluq... lekin Qur'on ahli nazari bilan qaralganda, O’n Beshinchi So’zda izohlangani kabi, haqiqati quyidagicha:

Olamning mevasi bo’lgan inson:

eng qamrovli, eng tengsiz,

eng ojiz, eng aziz, eng zaif, eng latif qudrat mo’'jizasi bo’lgani uchun,

beshik va maskani bo’lganYER YUZIsamoga nisbatan moddatan kichikligi va haqorati bilan birga ma'nan va san'at jihatidan butun koinotning qalbi, markazi,

butun san'at mo’'jizalarining namoyishgohi, ko’rgazmasi,

butun Asmosining tajalliylariga sazovor, jamlangan nuqtasi,

nihoyatsiz Rabboniy faoliyatning to’plangan joyi, aks etgan yeri,

cheksiz Ilohiy yaratuvchilikning, xususan nabotot va hayvonotning ko’p sonli kichik turlaridan juda unumdor ijodning orbitasi, bozori,

juda keng oxirat olamlaridagi san’at asarlarining kichik miqyosdagi namuna yeri,

abadiy to’qimalarning tez ishlagan uskunasi,

sarmadiy-doimiy manzaralarning tez almashgan taqlid qiladigan joyi,

doimiy jannat bog’larining urug’chalarining tezlik bilan nish urgan tor va vaqtinchalik ekinzori,

va tarbiya oladigan joyidir.

Demak, yerning bunday ma'naviy azamatidan va san'at jihatidan ahamiyatidan Qur'oni Hakim samovotga nisbatan katta bir daraxtning kichik mevasi hisoblangan yerni butun samovotga nisbatan kichkina qalbni katta qolipga nisbatan teng tutmoqda. Uni bir pallaga, butun samovotni bir pallaga qo’ymoqda, takror-takror رَبُّ السَّموَاتِ وَ الْاَرْضِ demoqda.

Boshqa masalalarni bunga qiyos qil va tushun: Falsafaning ruhsiz, so’niq haqiqatlari Qur'onning porloq, ruhli haqiqatlari bilan to’qnasha olmaydi. Nuqta-i nazar turli tuman bo’lgani uchun ayri ayri ko’rinadi.

TO’RTINCHI SHOX:

اَلَمْ تَرَ اَنَّ اللّهَ يَسْجُدُ لَهُ مَنْ فِى السَّموَاتِ وَمَنْ فِى الْاَرْضِ وَالشَّمْسُ وَالْقَمَرُ وَالنُّجُومُ وَالْجِبَالُ وَالشَّجَرُ وَالدَّوَابُّ وَكَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ وَكَثِيرٌ حَقَّ عَلَيْهِ الْعَذَابُ وَمَنْ يُهِنِ اللّهُ فَمَا لَهُ مِنْ مُكْرِمٍ اِنَّ اللّهَ يَفْعَلُ مَا يَشَاءُ

Quyida bu buyuk va keng oyatning xazinasidan faqat bir javharini ko’rsatamiz:

Qur'oni Hakim bildiradiki: Arshdan yerga, yulduzlardan chivinlarga, farishtalardan baliqlarga, sayyoralardan zarralarga qadar hamma narsa Janobi Haqqa sajda va ibodat qiladi, hamd va tasbeh aytadi. Lekin ular sazovor bo’lgan Asmoga va qobiliyatlariga ko’ra boshqa-boshqa, turli-tuman ibodat qilishadi. Biz ularning ibodatlarining turliligining bir nav’ini bir misol bilan bayon qilamiz. Masalan: وَ لِلّهِ الْمَثَلُ الْاَعْلَى Buyuk bir Malik-ul Mulk katta bir shaharni yoki muhtasham bir saroyni qurgan vaqti, u zot to’rt turdagi ishchini ishlatadi va qo’llanadi:

Birinchi nav’:Uning xizmatchi va qullaridir. Bu nav’ning na maoshi bor na xizmat haqqi bor. Balki ular sayyidlarining amri bilan ishlagani xar amalda o’ta latif zavq va xush shavq olishadi. Sayyidlarini madh va vasf qilib nima desa, ularning zavqini va shavqini ko’paytiradi. Ular muqaddas sayyidlariga bog’liqliklarini buyuk sharaf deb bilib u bilan qanoat qiladi. Hamma ishlarga sayyiddining nomi bilan, Unning uchun, Uning nazari bilan qaraganlari uchun ma'naviy lazzat olishadi. Xizmat haqqi, martabaga va maoshga muhtoj emas.

Ikkinchi qism,ba'zi omi xizmatkorlar. Ular nima uchun ishlayotganini bilishmaydi. Balki Moliki Ziyshon ularni qo’llanadi, o’z fikri va ilmi bilan ishlatadi. Ularga loyiq kichik xizmat haqqi ham beradi. U xizmatkorlar qilgan amallarida qanchalab umumiy maqsadlar, oliy foydalar bog’langanini bilishmaydi. Hatto ba'zilari, amallarining faqat o’zlariga oid va xizmat haqqi va maoshidan boshqa maqsadi yo’q deb o’ylaydi.

Uchinchi qism:Molikul Mulkning bir qism hayvonlari bor. Ularni shahar, saroy binosida ba'zi ishlarda ishlatadi. Ularga faqat bir yem beradi. Ularning iste'dodlariga muvofiq ishlarda ishlashlari ularga lazzat beradi. Chunki qobiliyat, iste'dod harakat va amal suratiga kirsa, kengayib nafas oladi, lazzat beradi. Bu sirdan, ular butun faoliyatlarida lazzat olishadi. Bu turdagi xizmatkorlarining xizmat haqqi va maoshlari faqat yem va mazkur ma'naviy lazzatdan iborat. U bilan qanoatlanishadi.

To’rtinchi qism:Shunday ishchilardirki, nima qilayotganini, nima uchun ishlayotganini, kim uchun ishlayotganini, boshqa ishchilar nima uchun ishlayatogani va Molikul Mulkning maqsadi nimaligi, nima uchun ishlatayotganini bilishadi. Bu turdagi ishchilar boshqa ishchilarga rais va nazorat qilishadi. Ularning darajalar va martabalariga ko’ra daraja-daraja maoshlari bor.

Aynan shuning kabi, Osmonlar va Yerning Moliki Zuljaloli, dunyo va oxiratning Boniyi Zuljamoli bo’lgan Rabbul Olamiyn (ehtiyoj uchun emas, chunki hamma narsaning Xoliqi udir) balki izzati, azamati va rububiyatning xususiyatlari kabi ba'zi hikmatlar uchun koinot saroyida sabablar doirasi ichida ham farishtalarni ham hayvonlarni ham jonsiz borliqlar va nabototni ham insonlarni ishlatmoqda. O’ziga ibodat qildiryapti. Bu to’rt sinfni turli ubudiyat vazifasi bilan mukallaf qilgan.

Birinchi Qism:Misoldagi xizmatchilarga o’rnak farishtalardir. Farishtalarda jiddu jahd bilan taraqqiy etish yo’q. Balki har birining o’zgarmas maqomi, muayyan martabasi bor. Ularning qiladigan ishi ichida maxsus lazzat bor. Ibodatlari ichida darajalariga ko’ra fayz olishadi. Demak u xizmatkorlarning mukofoti xizmatining ichida. Inson suv, havo, ziyo va ozuqa bilan ozuqalanib lazzatlanganidek farishtalar ham zikr, tasbeh, hamd, ibodat, ma'rifat va muhabbatning nurlari bilan ozuqalanib lazzatlanadi. Chunki ular nurdan yaratilgani uchun ozuqlanishlariga nur kifoya qiladi. Hatto nurga yaqin bo’lgan go’zal hidlar ham ularning jihatda ozuqasi hisoblanib, undan xushlanadilar. Ha, yaxshi ruhlar yaxshi hidlarni sevadi.

Farishtalar, Ma'budlarining amri bilan ishlagan ishlarida, U uchun ishlagan vazifalarida, Uning nomi bilan qilgan xizmatlarida, Uning nazari bilan qilgan nazoratlarida, Uning bog’liqligi bilan erishgan sharaflarida, Uning mulk va malakutini mutoala qilib olgan rohati, Uning jamol va jalol tajalliylarini ko’rib qozongan ne'mat olishlarida shunday buyuk saodat borki, bashar aqli buni anglamaydi, malak bo’lmagan bila olmaydi.

Farishtalarning bir qismi obiddir, boshqa bir qismining qulligi amaldadir. Yer yuzi farishtalarining ishchi qismi jihatda inson kabi. Ta'bir joiz bo’lsa, bir jihatda cho’ponlik qiladi. Bir turi esa dehqonchilik qiladi. Ya'ni ro’yi zamin umumiy ekinzordir. Ichidagi butun hayvonot toifalariga Xoliqi Zuljalolning amri bilan, izni bilan, hisobi bilan, kuch va quvvati bilan tayinlangan farishta nazorat qiladi. Undan ham kichik xar bir sinf hayvonotga maxsus bir nav’ cho’ponlik qiladigan muakkal farishta bor. Ro’yi zamin ekinzordir, unda butun nabotot ekiladi. Hammasini Janobi Haqning nomi bilan, quvvati bilan nazorat qiladigan muakkal farishta bor. Undan ham pastroq maxsus bir toifaga nazorat qilib Janobi Haqqa ibodat va tasbeh qiladigan farishtalar bor. Razzoqiyat arshini tashuvchilaridan bo’lgan Hazrati Mikoil Alayhissalom ularning eng katta nazoratchisidir.

Farishtalarning cho’pon va dehqonlar darajasidagilaring insonlarga o’xshashligi yo’q. Chunki ularning nazoratlari faqat Janobi Haq ichun va Uning nomi bilan, quvvati va amri bilan bo’ladi. Balki nazorati faqat rububiyat tajalliylarini, biriktirilgan sinfida ko’rish, qudrat va rahmatning jilvalarini u turda mutolaa qilish va Ilohiy amrlarni u nav’ga ilhom qilish va u turning ixtiyoriy ishlarini tartibga solishdan iborat. Va xususan zaminning ekinzoridagi nabototlarga nazoratlari ularning ma'naviy tasbehotlarini farishta tili bilan misol qilish va ularning hayotlari bilan Fotiri Zuljalolga qarshi taqdim etgan ma'naviy tahiyyotlarini malak lisoni bilan e'lon qilmoq, ularga berilgan jihozlarni go’zal iste'mol qilish va ba'zi maqsadlarga qaratish va bir nav’ tartibga solishdan iborat.

Farishtalarning bu xizmatlari juz'iy ixtiyorlari bilan bir nav’ kasbdir. Balki bir turdagi qullik va ibodatdir. Haqiqiy tasarruflari yo’q. Chunki hamma narsada Xoliqi Kulli Shayga xos bir muxr bor. Boshqalar ijodga qo’lini aralashtira olmaydi. Demak, farishtalarning bu turdagi amallari ularning ibodati hisoblanadi. Inson kabi odatlari emas.

Va bu koinot saroyidaikkinchi qism- ishchi hayvonlardir. Hayvonlar ham ishtaha sohibi bir nafs va kichik ixtiyori bo’lgani uchun amallari xolisan Alloh uchun bo’lmaydi. Bir daraja nafslariga ham hissa chiqaradi. Shuning uchun Malikul Mulki Zuljaloli val Ikrom kariym bo’lgani ularning nafslariga bir hissa berish uchun amallari evaziga ularga maosh ehson qiladi. Masalan: Mashhur bulbul {(Izoh) Bulbul shoirona gapirgani uchun bu mavzuimiz bir oz shoirona bo’ldi. Lekin xayol emas, haqiqatdir.} gulning ishqi bilan tanilgan bu hayvonchani Fotiri Hakiym ishlatadi. Besh maqsad uchun iste'mol qiladi:

Birinchisi:Hayvonlar qabilalari nomidan nabotot toifalariga nisbatan qattiq munosabatni e'lon qilish vazifasi yuklangan.

Ikkinchisi:Rahmonning rizqqa muhtoj musofirlari hisoblangan hayvonot tarafidan Rabboniy xatib bo’lib, Razzoqi Kariym tomonidan yuborilgan hadyalarni olqishlash va sevinchni e'lon qilish ishi berilgan.

Uchinchisi:O’sha turdan bo’lgan maxluqlarga yordam berishga yuborilgan nabototga go’zal kutib olishni barchaning oldida izhor qilish.

To’rtinchisi:Hayvon turlarining nabototga ishq darajasiga yetgan qattiq ehtiyojining nabototning chiroyli yuziga nisbatan muborak boshlari ustida bayon qilish.

Beshinchisi:Malik-ul Mulki Zuljaloli Val-jamoli Val-ikromning marhamat dargohiga eng latif bir tasbehni eng nozik shavq ichida gul kabi eng latif yuzga taqdim qilishdan iborat.

Ushbu besh maqsadlar kabi boshqa ma'nolar ham bor. Bu ma'nolar va shu maqsadlar bulbulning Haq Subhonahu va Taolo uchun qilgan amalining g’oyasidir. Bulbul o’z tili bilan gapiradi. Biz bu ma'nolarni uning hazin so’zlaridan anglaymiz, farishtalar va ruhoniy borliqlarning tushungani kabi... O’zi o’z ohanglarining ma'nosini tamoman bilmasada, tushunishimizga zarari yo’q. "Tinglagan gapirgandan yaxshiroq tushunadi" so’zi mashxur. Ham bulbul tafsiloti bilan bilmasligi bu g’oyalarning yo’qligiga dalolat qilmaydi. Loaqal, soat kabi senga vaqtlarni bildiradi, o’zi nima qilayotganini bilmaydi. Bilmasligi sening bilishingga zarar qilmaydi.

Bulbulning tabassum qilgan va kulgan go’zal gul chechaklarini ko’rib, olgan zavqi ular bilan suhbatlashish, gaplashish va dardlarini to’kish orqali olgan lazzat uning oz maoshidir. Demak uning hazin ohanglari hayvoniy og’riq chekmoqdan kelgan shikoyatlar emas, balki Rahmoniy ehsondan kelgan tashakkurlardir.

Bulbulga asal arini, erkak turni, o’rgimchak va chumolini, ya'ni ari va nasl qoldirish vositasi bo’lgan erkak hayvon, o’rgimchak, chumoli, hasharotlar va kichik hayvonlarning bulbullarini qiyosla. Ularning xar birining amallarini bulbulniki kabi ko’p maqsadlari bor. Ular uchun ham oz maosh hisoblangan maxsus lazzat, xizmatining ichida joylashtirilgan. O’sha zavq bilan Rabboniy san'atdagi muhim maqsadlarga xizmat qilishadi. Bir Sultonning kemasida askar rulni boshqarib oz maosh olgani kabi, Alloh xizmatida bo’lgan bu hayvonlarning kichik maoshlari bor.

Bulbul mavzuiga bir qo’shimcha:Bu e'lon va dallollik va tasbehotning ohanglari bilan kuy kuylash bulbulga maxsus deb o’ylama. Balki ko’pchilik turlarning xar bir sinfining bulbul misoli bir sinfi bor. O’sha turning eng latif hissiyotini eng nozik tasbeh bilan eng latif sayrashi orqali ko’rsatadigan latif vakili yoki vakillari bo’ladi. Xususan chivin va hasharotlarning bulbullari ham ko’pdir, ham turli-tuman bo’lib, ular butun qulog’i bor hayvonlarning eng kichik hayvondan eng kattasigacha ularning boshida tasbehlarini go’zal sayrashlari orqali ularga eshittirib ularni lazzatlantirishadi. Ulardan bir qismi tun mavjudotlaridir. Ular kechada sukutga sho’ng’igan va sukunatga kirgan butun kichik hayvonlarning qasidaxon do’stlari kechaning sukunatida va mavjudotning sukutida shirin so’zli nutqxonlaridir.

Hilvat majlisidagi xufyona zikr doirasida qutblar bo’lib, xar biri uni tinglaydi, o’z qalblari bilan Fotiri Zuljalollariga bir nav’ zikr va tasbeh aytadilar. Boshqa bir qismi kunduz yashaydiganlar. Kunduzi daraxtlar minbarida, butun jonzotlarning boshida, yoz va bahor mavsumlarida yuksak ovozlari bilan, latif ohanglar ila navoli tasbehot orqali Rahmonir Rahimning rahmatini e'lon qilishadi. Go’yo jahriy zikr halqasining raisi kabi eshitganlarning jazavalarini harakatga keltirishadi. Eshitganlarning xar biri maxsus tili va xususiy ovozi bilan Fotiri Zuljalolining zikrini boshlashadi. Demak, xar bir nav’ mavjudotning, hatto yulduzlarning ham zikrboshi va nur sochar bulbuli bor. Lekin butun bulbullarning eng afzali, eng ashrafi, eng munavvari, eng yaqqoli, eng azimi, eng karimi va ovozi eng yuksak, eng porloq vafsli va eng mukammal zikr qiluvchisi, eng umumiy sukr qiluvchisi, mohiyati eng mukammali, surati eng go’zali, koinot bo’stonida, yer va samovotning butun mavjudotini latif kuylari bilan, shirin ohanglari bilan, yuksak tasbehoti bilan jo’shtirgan va jazavaga keltirgan, insoniyatning shon sharafli andalibi va bani Odamning Qur'on sohibi bulbuli - Muhammadi Arabiydir.

عَلَيْهِ وَ عَلَى آلِهِ وَ اَمْثَالِهِ اَفْضَلُ الصَّلَاةِ وَ اَجْمَلُ التَّسْلِيمَاتِ

Natija:Koinot saroyida xizmat qilgan hayvonlar mukammal itoat bilan koinotda o’rnatilgan qonunlarga amal qilib, fitratlaridagi g’oyalarni go’zal jihatda va Janobi Haqning nomi bilan izhor qilib hayot vazifalarini tengsiz tarzda Janobi Haqning quvvati bilan ishlab, qilgan tasbeh va ibodatlari ularning hadya va tahiyyotlari bo’lib, Fotiri Zuljalol va Hayot ehson qilgan Zotning dargohiga taqdim etishadi.

Uchinchi qism ishchilar:Nabotot va jonsiz borliqlar. Ularning kichik ixtiyorlari bo’lmagani uchun maoshlari yo’q. Amallarini xolisan Alloh uchun va Janobi Haqning irodasi, ismi, hisobiga, havl va qudrati bilan bajarishadi. Lekin nabototning ishlaridan ularning urchish va ko’payish vazifasida, mevalarning tarbiyasida bir tur lazzatlanishadi. Umuman azob chekmaydilar. Hayvon erkin bo’lgani uchun lazzat bilan birga azobi ham bor. Jonsiz narsalar va nabototning amallarida ixtiyor bo’lmagani uchun, samaralari ixtiyor sohibi hayvonlarning amallardan mukammalroq bo’ladi. Ixtiyor sohiblarining ichida ari va unga o’xshaganlar kabi vahiy va ilhom bilan nurlanganlarning amallari juz'iy ixtiyoriga ishonganlarning amallaridan mukammalroq bo’ladi.

Yer yuzi ekinzorida nabototning xar bir toifasi hol lisoni va iste'dod tili bilan Fotiri Hakiymdan: "Yo Rabbana! Bizga quvvat ber. Yer yuzining xar bir tarafida toifamizning bayrog’ini o’rnatib rububiyatingning saltanatini tilimiz bilan e'lon qilaylik. Ro’yi zamin masjidining xar bir burchagida senga ibodat qilish uchun bizga tavfiq ber. Yer yuzi namoyish joyining xar tomonida Asmoyi Husnangning naqshlarini, sening tengsiz va antiqa san'atlaringni o’z tilimiz bilan ko’rsatish uchun bizga bir rivoj va sayohatga iqtidor ber" deb istaydilar, duo qiladilar. Fotiri Hakiym ularning ma'naviy duolarini qabul qilib, bir toifaning urug’lariga qildan qanotchalar beradi, xar tarafga uchib ketadi. Toifalari nomidan Allohning ismlarini o’qitishadi (aksar tikanli nabotot va bir qism sariq gullarning urug’lari kabi).

Bir qismiga esa insonga kerakli yoki ta’biga o’tiradigan go’zal ta'm beradi. Insonni unga xizmatkor qilib xar tomonga ekadi. Ba'zi toifalarning esa, hazm bo’lmaydigan qattiq suyak ustida hayvonlar yutadigan bir ta'm beradi. Hayvonlar uni ko’p joylarga tarqatadi. Ba'zilarga changalchalarni beradi, xar tekkan narsaga yopishadi. Boshqa joylarga borib toifasining bayrog’ini o’rnatadi, Sone'i Zuljalolning antiqa san'atini namoyon qiladilar. Bir qanchasiga esa yovvoyi bodring deyilgan nabotot kabi sochma miltiq kabi quvvat beradi. Vaqti kelganda uning bodringchaga o’xshagan mevasi tushadi, sochmalar kabi bir necha metrgacha urug’larini otadi, ekadi. Fotiri Zuljalolning zikr va tasbehini ko’p tillar bilan aytishga harakat qiladi va hokazo qiyos et...

Fotiri Hakiym va Qodiyri Aliym mukammal intizom bilan hamma narsani go’zal yaratgan, go’zal jihozlagan. Go’zal maqsadlar sari yo’naltirgan, go’zal vazifalar yuklagan, go’zal tasbehot ayttimoqda, go’zal ibodat ettiryapti. Ey inson! Inson bo’lsang, ushbu go’zal ishlarga tabiatni, tasodifni, g’oyasizlikni, zalolatni aralashtirma, xunuklashtirma, chirkin qilma, xunuk bo’lma.

To’rtinchi qism:Insondir. Koinot saroyida bir nav’ xizmatchi hisoblangan insonlar ham farishtalarga o’xshaydi, ham hayvonotga o’xshaydi. Farishtalarga umumiy qullikda, qamrovli nazoratda, keng ma'rifatda, rububiyatning dalloligida o’xshaydi. Balki inson yanada qamrovliroq. Lekin insonning yomonlik qiladigan va ishtahali nafsi bo’lgani uchun, farishtalarning aksiga juda muhim taraqqiyot va tubanlikka sazovor. Inson amalida nafsi uchun lazzat va o’zi uchun hissa qidirgani uchun hayvonga o’xshaydi. Shunday ekan insonning ikki maoshi bor: Biri, kichik, hayvoniy, naqd maosh. Ikkinchisi, malakiydir, kulliydir, keyinga qoldirilgandir. Insonning vazifasi bilan maoshi, taraqqiyot va tubanlashishi o’tgan yigirma uch adad So’zlarda qisman aytildi. Xususan O’n Birinchi va Yigirma Uchinchi So’zda ko’proq bayon etilgan. Shuning bois bu yerda qisqa qilib, eshikni yopamiz. Arhamurrohiymdan bizga rahmat eshiklarini ochishini va bu So’zni tugatishga tavfiqini rafiq aylashini niyoz qilib, kanchilik va xatomizning avfini talab bilan tamomlaymiz.

BESHINCHI SHOX:

Beshinchi shoxning "Besh Meva"si bor.

Birinchi Meva:

Ey nafsning orzu istaklarga mubtalo nafsim, ey dunyoparast do’stim! Muhabbat koinot borligining sababidir. Koinotning robitasi hamdir. Ham koinot nuri, ham hayotidir. Inson koinotning eng qamrovli mevasi bo’lgani uchun koinotni qamraydigan muhabbat, u mevaning urug’i bo’lgan qalbiga qo’yilgan. U bunday cheksiz muhabbatga loyiq bo’ladigan nihoyatsiz kamol sohibi bo’lishi mumkin.

Ey nafs va ey do’stim! Insonning fitratiga xavfga va muhabbatga vosita bo’ladigan ikki jihoz o’rnatilgan. Aniqki muhabbat va xavf yo xalqqa yoki Xoliqqa qaraydi. Odamlardan xavf azob beruvchi musibatdir. Ularga muhabbat esa baloli musibatdir. Chunki sen marhamatsiz yoki yolvorishingni qabul qilmaydigan kimsalardan qo’rqasan. Demak xavf azob beruvchi balodir. Muhabbatga kelsak, sevgan narsang yo seni tanimaydi, Allohga topshirdik demasdan ketadi (yoshliging va moling kabi) yoki muhabbating uchun seni tahqirlaydi.

Majoziy ishqlarda yuzdan to’qson to’qqizi ma'shuqidan shikoyat qilayotganini ko’rmayapsanmi?! Chunki Samad oynasi bo’lgan qalbning ichi bilan sanamga o’xshagan dunyoviy mahbublarga mahliyo bo’lish mahbublar nazdida xunuk b o’lib, sovuq qaraladi, rad qiladi. Chunki tabiat fitriy va loyiq bo’lmagan narsani rad qiladi, tashlaydi. (Shahvoniy sevgilar mavzuimizdan xorij).

Demak sevgan narsalaring yo seni tanimaydi, yo seni tahqirlaydi yoki senga do’stlik qilmaydi. Sening istaging aksiga yuz burib ketadi. Modomiki shunday ekan bu xavf va muhabbatni shunday zotga yo’naltirginki, sening xavfing lazzatli kamtarlik bo’lsin. Muhabbating xor bo’lmagan saodatga aylansin.

Xoliqi Zuljalolingdan qo’rqish, Uning rahmatining shafqatiga yo’l topib iltijo qilish demakdir. Xavf bir qamchidir, Uning rahmatining quchog’iga haydaydi. Ma'lumki, bir ona, masalan bir bolani qo’rqitib siynasiga tortadi. O’sha qo’rquv u bolaga o’ta lazzatlidir. Chunki shafqat siynasiga tortadi. Xolbuki, butun volidalarning shafqati Alloh rahmatining yog’dusidir. Demak Allohdan qo’rqishda azim lazzat bor. Modomiki Allohdan qo’rqish shunday lazzati bo’lsa, Allohga muhabbatda naqadar cheksiz lazzat borligi ma'lum bo’ladi. Allohdan qo’rqqan odam boshqalarning g’aflatli, baloli xavfidan qutuladi. Alloh hisobiga bo’lgani uchun maxluqotni sevishi ham firoqli, azobli bo’lmaydi.

Inson avvalo nafsini sevar. So’ng yaqinlarini, so’ng millatini, so’ng jonli maxluqlarni, so’ng koinotni, dunyoni sevadi. Bu doiralarning xar biriga aloqadordir. Ularning lazzatlari bilan lazzat oladi, azoblari bilan azob chekishi mumkin. Xolbuki ushbu ostin-ustun olamda va shamol esishida hech narsa o’z joyida qolmagani uchun bechora inson qalbi xar doim yaralanadi. Qo’liga kelgan narsalar ketib qo’llarini tiladi, balki qo’poradi. Doimo iztirobda qoladi, yoki g’aflat bilan sarxush bo’ladi. Modomiki shunday ekan, ey nafs! Aqling bo’lsa, butun u muhabbatlarni to’pla, haqiqiy sohibiga ber, bu balolardan qutul. Cheksiz muhabbatlar nihoyatsiz kamol va jamol Sohibiga maxsusdir. Qachon haqiqiy sohibiga qaratsang butun ashyolarni uning nomi bilan va uning oynasi jihatida iztirobsiz sevishing mumkin. Demak, muhabbat to’g’ridan to’g’ri koinotga sarf etilmasligi kerak. Yo’qsa eng laziz bir ne'mat bo’lsada eng azob beruvchi jazo bo’ladi.

Yana boshqa va eng muhimi tomoni quyidagicha, ey nafs! Sen muhabbatingni o’z nafsingga sarflayapsan. O’z nafsingni o’zingga ma'bud va mahbub qilmoqdasan. Hamma narsani nafsingga fido qilyapsan, xuddiki bir nav’ rab deb tasavvur qilyapsan.

Xolbuki, muhabbatning sababi yo kamoldir, chunki kamol seviladi, yo manfaat yoki lazzatdir va yoki yaxshilik yo bular kabi sabab uchun muhabbat ko’rsatiladi. Endi, ey nafs! Bir qancha So’zlarda - asl mohiyating kamchilik, nuqson, faqirlik, ojizlikdan iboratligini, qorong’ulikning darajasi nisbatida nur porlashini, ziddiyat hisobida sen ular bilan Fotiri Zuljalolning kamol, jamol, qudrat va rahmatiga oynadorlik qilayotganingni qat'iy isbotlaganmiz.

Demak, ey nafs! Nafsingga muhabbat emas, balki adovat qilishing yo achinishing yoki ishonch hosil qilgandan so’ng shavqat qilishing kerak. Agar nafsingni sevsang (chunki nafsing lazzat va manfaatning manbaidir, sen ham lazzat va manfaatning zavqiga maftunsan) zarra hukmida bo’lgan lazzat va nafsiy manfaatni cheksiz lazzat va manfaatlardan ustun qo’yma. Tilla qo’ng’iz kabi bo’lma. Chunki u butun do’stlari va sevgan narsalarni qorong’ulikning qo’rquviga g’arq qiladi, nafsida bir yog’ducha bilan qanoat qiladi. Chunki nafsiy lazzat va manfaating bilan birga barcha aloqador bo’lgan, sen butun manfaatlari bilan foydalangan, saodatlari bilan bahtiyor bo’lgan mavjudotlarning, butun koinotning manfaatlari, ne'matlari, iltifotiga tobe' bo’lgan Mahbubi Azaliyni sevmoqliging lozim. Shunda ham o’zingning, ham ularning butun saodatlari bilan lazzat olasan. Mutlaq Kamolning muhabbatidan olgan nihoyatsiz lazzat ham olasan.

Zotan senda o’z nafsingga shiddatli muhabbating aslida Uning zotiga yuzlangan muhabbat hisoblanadi. Sen suiiste'mol qilib o’zingga sarf qilyapsan. Shunday ekan nafsingdagi menlikni yirt, "Huva"ni ko’rsat va koinotga tarqalgan butun muhabbatlaring Uning Asmo va Sifatlari uchun berilgan muhabbatdir. Sen suiiste'mol qilgansan, jazosini ham chekyapsan. Chunki o’rnida sarf qilinmagan man’ qilingan muhabbatning jazosi marhamatsiz musibatdir. Rahmonir Rahiym ismi bilan, huriylar bilan bezalgan Jannat kabi butun orzularingni qamragan bir maskanni jismoniy havaslaringga tayyorlagan va boshqa ismlari bilan ruhing, qalbing, sirring, aqling va boshqa latifa-hislaringning orzulariga yetkazadigan abadiy ehsonlarini Jannatda senga muhayyo qilgan. Xar bir ismida ko’p ma'naviy ehson va karam xazinasi bo’lgan Mahbubi Azaliyning, albatta bir zarra muhabbati koinotga teng. Koinot uning juz'iy muhabbatining tajalliyiga teng kela olmaydi. Shunday ekan Mahbubi Azaliyning o’z Habibiga ayttirgan ushbu azaliy farmonni tingla, ergash:

اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّهَ فَاتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ اللّهُ

Ikkinchi Meva:

Ey nafs! Qullik kelajakda beriladigan mukofotning boshlang’ichi emas, balki sobiq ne'matlarning natijasidir. Biz haqqimizni olganmiz! Unga ko’ra ustimizga xizmat va qullik vazifasi yuklangan. Chunki ey nafs! To’liq xayr bo’lgan vujudni senga kiydirgan Xoliqi Zuljalol senga ishtahali me'da berib Razzoq ismi bilan butun taomlarni ne'mat dasturxoni ichida oldingga qo’ygan.

So’ng senga hassos hayot bergan. Hayot esa me'da kabi rizqqa muhtoj. Ko’z, quloq kabi butun tuyg’ularing qo’llar kabi ro’yi zamin qadar keng ne'mat dasturxoni ularning oldiga yozgan.

So’ng senga ko’p ma'naviy rizq va ne'matlar istagan insoniyatni bergani uchun, mulk va malakut olami kabi keng bir ne'mat dasturxoni insoniyat me'dasining oldiga va aqlning qo’li yetadigan nisbatda ochgandir.

So’ng senga nihoyatsiz ne'matlarni istagan, cheksiz rahmatning mevalari bilan ozuqlangan, buyuk insoniyat hisoblangan Islomiyat va iymonni bergan. Shuning uchun senga ehtimol doirasi bilan birga Asmoyi Husna va Muqaddas Sifatlarining doirasiga olgan ne'mat dasturxonini, saodatni va lazzatni oshgan.

So’ng senga iymonning bir nuri bo’lgan muhabbatni berib cheksiz ne'mat dasturxonini, saodat va lazzatni ehson qilgandir. Ya'ni, jismoniyating e'tibori bilan sen kichik, zaif, ojiz, xor, chegaralangan, cheklov ostidagi bir bo’laksan. Uning ehsoni bilan kichik bir bo’lakdan butun va nuroniy umumga aylanding. Chunki senga hayotni berish orqali bo’laklikdan bir jihatda butunlikka, insonlikni berish orqali haqiqiy kulliyatga, Islomiyatni berish bilan yuksak va nuroniy kulliyatga, ma'rifat va muhabbatni berish orqali meng nurga chiqargan.

Xullas, ey nafs! Sen bu haqni olgansan. Qullik kabi lazzatli, ne'matli, rohatli, yengil xizmatga mukallaf-yuklangansan. Lekin bunga ham tanballik qilyapsan. Agar chala-chulpa qilsangda, go’yo eski haqlar yetmayotgandek, juda katta narsalarni bosim qilib xohlayapsan. "Nima uchun duoim qabul bo’lmadi" deb, nozlanmoqdasan. Sening noz emas, niyoz-duo qilishing kerak. Janobi Haq Jannatni va abadiy saodatni o’z fazl va karami bilan ehson qiladi. Sen doim rahmat va karamiga iltijo qil. Unga ishon va ushbu farmonni tingla:

قُلْ بِفَضْلِ اللّهِ وَبِرَحْمَتِهِ فَبِذلِكَ فَلْيَفْرَحُوا هُوَ خَيْرٌ مِمَّا يَجْمَعُونَ

Agar:"Bu kulliy cheksiz ne'matlarga cheklangan va kichik shukrim bilan qanday javob berishim mumkin?" desang.

Javob:Kulliy niyat bilan, hadsiz e'tiqod bilan. Masalan: Bir odam besh tiyinlik hadya bilan bir podshohning huzuriga kirib, qabul ko’rgan odamlardan xar biri millionlarga teng hadyalar kelgani, u yerda qator turganini ko’radi. Qalbiga, "Mening hadyam hechdir, nima qilay?" degan fikr keladi. Shunda "Ey sayyidim! Butun ushbu qiymatli hadyalarni o’z nomimdan senga taqdim qilaman. Chunki sen ularga loyiqsan. Agar iqtidorim bo’lganida, senga bularning bir mislini hadya qilar edim", deydi.

Umuman ehtiyoji bo’lmagan va xalqining sadoqat va hurmatlari darajasiga ishorat sifatida hadyalarini qabul qilgan podshoh, bechoraning katta, umumiy niyatini, orzusini, go’zal va yuksak e'tiqod layoqatini eng buyuk hadya kabi qabul qiladi. Aynan shuning kabi: Ojiz bir qul namozida "Attahiyyatu lillah" deydi, ya'ni: Butun maxluqot o’z hayotlari bilan senga taqdim qilgan qullik hadyalarini, men o’z hisobimdan, umumini senga taqdim qilaman. Agar qo’limdan kelganida, senga ular qadar tahiyyalar taqdim etar edim. Sen ularga ham yanada ortig’iga ham loyiqsan", deydi. Bu niyat va e'tiqod juda keng kulliy shukrdir.

Nabototning danaklari va urug’lari ularning niyatlaridir. Masalan: Qovun qalbida urug’lar suratida "Ey Xoliqim! Sening Asmoyi Husnangning naqshlarini yerning bir qancha joylarida e'lon qilishni istardim", deb ming niyat qiladi. Janobi Haq keladigan narsalarning qanday kelishlarini bilgani uchun ularning niyatlarini amaliy ibodat sofatida qabul qiladi. "Mo’'minning niyati amalidan xayrlidir", hadisi bu sirga ishora qiladi.

سُبْحَانَكَ وَ بِحَمْدِكَ عَدَدَ خَلْقِكَ وَ رِضَاءَ نَفْسِكَ وَ زِنَةِ عَرْشِكَ وَ مِدَادِ كَلِمَاتِكَ وَ نُسَبِّحُكَ بِجَمِيعِ تَسْبِيحَاتِ اَنْبِيَائِكَ وَ اَوْلِيَائِكَ وَ مَلئِكَتِكَ

kabi sanoqsiz tasbeh qilishning hikmati bu sirdan tushuniladi.

Masalan, bir zobit butun askarlarining butun xizmatlarini o’z nomidan podshohga taqdim etadi. Xuddi shuning kabi: Maxluqotga zobitlik qilgan, hayvonot va nabototga qo’mondonlik qilgan, Yer mavjudotiga xalifalik qilishga iste'dodli bo’lgan va o’z xususiy olamida o’zini harkasga vakil deb o’ylagan

inson, اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deydi. Butun xalqning ibodatlarini va yordam istashlarini o’z nomidan Ma'budi Zuljalolga taqdim etadi. Yana

سُبْحَانَكَ بِجَمِيعِ تَسْبِيحَاتِ جَمِيعِ مَخْلُوقَاتِكَ وَ بِاَلْسِنَةِ جَمِيعِ مَصْنُوعَاتِكَ

deydi. Butun mavjudotni o’z hisobidan gapirtiradi.

اَللّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ بِعَدَدِ ذَرَّاتِ الْكَائِنَاتِ وَ مُرَكَّبَاتِهَا

deydi. Hamma narsa nomidan salavot keltiradi. Chunki hamma narsa Nuri Ahmadiy (S.A.V.) bilan aloqadordir. Xullas tasbehotda, salavotlarda hadsiz adadlarning hikmatini angla.

Uchinchi Meva:

Ey nafs! Qisqa umrda cheksiz uxroviy amal istasang, xar bir umr daqiqangni bir umrchalik foydali qilishni xohlasang, odatingni ibodatga va g’aflatingni huzurga aylantirishni sevsang, Sunnati Saniyaga ergashgin. Chunki bir shar'iy muomalaga amal qilgan payting bir nav’ huzur beradi. Bir tur ibodat bo’ladi. Ko’p uxroviy mevalar beradi.

Masalan: Bir narsani sotib olding. Shar'iy berdim va oldim ifodalarini tatbiq qilgan daqiqangda oddiy oldi-berding ibodatga aylanadi. Shar'iy hukmni eslash bir vahiyni o’ylashga olib boradi. U esa Shariat Sohibini eslab, Allohga yo’naltiradi. U esa huzur berar. Demak Sunnati Saniyaga amal qilinganda bu foniy umrning boqiy mevalar beradi va bir abadiy hayotga asos bo’ladigan foydalar qo’lga kiritiladi.

فَآمِنُوا بِاللّهِ وَرَسُولِهِ النَّبِىِّ الْاُمِّىِّ الَّذِى يُؤْمِنُ بِاللّهِ وَكَلِمَاتِهِ وَاتَّبِعُوهُ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ

farmonini tingla. Shariat va Sunnati Saniyaning hukmlari ichida jilvalari yoyilgan Asmoyi Husnaning xar bir ismining tajalliysining fayziga butunlay sazovor bo’lishga harakat qil.

To’rtinchi Meva:

Ey nafs! Dunyo ahliga, xususan kayf-safoga berilganlarga, xususan inkor qiluvchilarga qarab sohta ziynat va aldovchi xarom lazzatlariga aldanib taqlid qilma. Chunki sen ularni taqlid qilsang ham, ular kabi bo’la olmaysan. Juda tubanlashasan. Hayvon ham bo’la olmaysan. Chunki boshingdagi aql mash'um asbob bo’ladi. Boshingni doim savalaydi. Masalan, bir saroy bo’lsa, katta doirasida katta bir elektr chirog’i mavjud. Undan bo’laklarga ajralgan va bog’langan oz-oz elektrlar kichik manzillarga taqsimlangan. Birov shu katta elektr chirog’ining tugmasini burab yorug’olikni o’chirsa, butun manzillar zimiston qorong’ulik ichiga qoladi va qo’rquvga tushadi. Boshqa saroyning xar manzilida katta elektr chirog’iga bog’lanmagan kichik elektr chiroqlari mavjud. Saroy sohibi katta elektr chirog’ining tugmasini burab o’chirsa ham boshqa manzillarda chiroq bo’ladi. U orqali ishini qiladi, o’g’rilar foydalana olmaydi.

Ey nafsim! Birinchi saroy bir musulmondir. Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam, uning qalbida katta elektr chirog’idir. Agar uni unutsa, Alloh saqlasin, qalbidan uni chiqarsa, boshqa hech bir payg’ambarni qabul qilmaydi. Balki ruhida hech qanday kamolotga joy qolmaydi. Hatto Rabbini ham tanimaydi. Mohiyatidagi butun manzillar va latifalar zimistonda qoladi, qalbida daxshatli buzg’unchilik va qo’rquv paydo bo’ladi. Ajabo, daxshatli buzg’unchilik va qo’rquavga nimani qo’lga kiritib do’stlik qila olasan? Qaysi manfaatni topib buzg’unchilik zararini ta'mirlay olasan?

Ajnabiylar ikkinchi saroyga o’xshaydi, Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning nurini qalbidan chiqarsa ham, o’zlaricha ba'zi nurlar qoladi yoki qoladi deb o’ylaydi. Ularning ma'naviy axloqiy kamolotiga asos bo’ladigan bir jihatda imomlari Hazrati Muso va Iso Alayhimassalomga va Xoliqlariga bir tur e'tiqodlari qoladi.

Ey nafsi ammora! Agar, "Men, ajnabiy emas, hayvon bo’lishni istayman", desang. Senga necha marta aytgan edim: "Hayvon kabi ham bo’la olmaysan. Chunki boshingda aql bo’lgani uchun, u o’tgan davr azoblari va kelajak qo’rquvlarining ta'ziri bilan yuzingga, ko’zingga, boshingga urib kaltaklaydi. Bir lazzat ichiga ming azob qo’shadi. Hayvon esa azob chekmay go’zal lazzat oladi, zavqlanadi. Shunday ekan, avvalo aqlingni chiqarib ot, so’ng hayvon bo’l. كَالْاَنْعَامِ بَلْ هُمْ اَضَلُّ adab ta’zirini ye."

Beshinchi Meva:

Ey nafs! Takror batakror aytganimiz kabi, inson yaratilish daraxtining mevasi hisoblanadi. Meva kabi eng uzoq, eng qamrovli, umumga qaraydi, hammaning birlik jihatini saqlaydigan qalb urug’iga ega, yuzi ko’plikka, fanoga, dunyoga qaragan maxluqdir. Qullik esa uning yuzini fanodan baqoga, xalqdan Haqqa, ko’plikdan birlik-vahdatga, oxirdan boshlang’ichga qaratgan ulashtiruvchi ip, yoki boshlang’ich va tugash o’rtasidagi qovushish nuqtasidir.

Urug’ bo’ladigan qiymatli idrokli meva, daraxt ostidagi ruh sohiblariga qarasa, go’zalligiga ishonsa, o’zini ularning qo’liga tashlasa yoki g’aflat bosib tushsa, ularning qo’liga tushadi, bo’linadi, oddiy meva kabi zoye ketadi. Agar u tayanch nuqtasini topsa, ichidagi urug’, butun daraxtning birlik tarafini tutib, daraxtning saqlanishi va haqiqati davom etishiga vosita bo’lishini o’ylasa, bir meva ichida bitta urug’ doimiy, boqiy umr ichida umumiy haqiqatga sazovor bo’ladi.

Xuddi shuning kabi: Inson, agar ko’plikka sho’ng’ib koinot ichida bo’g’ilib dunyoning muhabbatidan o’zini yo’qotib, foniy narsalarning tabassumlariga aldansa, ularning quchoqlariga kirsa, albatta cheksiz zarar ko’radi. Ham hech ham foniy ham yo’qlikka tushadi. Ma'nan o’zini ham qatl qiladi.

Agar Qur'on tilidan qalb qulog’i bilan iymon darslarini eshitib boshini ko’tarsa, yakkalik-vahdatga yo’nalgan bo’lsa, qullikning me'roji bilan kamolot arshiga chiqadi. Boqiy insonga aylanadi.

Ey nafsim! Modomiki bu haqiqat ekan va modomiki Ibrohim (A.S.) kabi لَا اُحِبُّ الْآفِلِينَ degin va yuzingni Mahbubi Boqiyga o’gir, men kabi shunday yig’la:

(Bu yerdagi Forsiy baytlar O’n Yettinchi So’zning ikkinchi maqomida bo’lgani uchun bu yerga kiritilmadi.)

Yigirma Beshinchi So’z

Qur'on Mo’'jizalari Risolasi

Qo’lda Qur'on kabi bir boqiy mo’'jiza mavjud,

Boshqa burhon qidirish aqlimga ko’plik qiladi.

Qo’lda Qur'on kabi haqiqat burhoni bo’lsa,

Munkirlarni mot qilishga ko’nglimga og’irlik keladimi?

ESLATMA

(Bu So’zning boshida besh shu'lani yozishni niyat qildik. Lekin Birinchi Shu'laning oxirida eski harflar bilan nashr qilishga o’ta tez yozishga majbur bo’ldik. Hatto ba'zi kunlar yigirma-o’ttiz sahifani ikki-uch soatda yozar edik. Shuning uchun uch shu'lani qisqacha, xulosa shaklida yozib ikki shu'lani hozircha tark etdik. Menga oid kamchiliklar, nuqsonlar, qiyinlashtirish va xatolarga insof va afv nazari bilan qarashlarini qardoshlarimizdan kutamiz.)

Ushbu Qur'on Mo’'jizalari Risolasidagi aksar oyatlarning xar biri yo dinsizlar tomonidan tanqidga sabab bo’lgan yoki fan mutaxassislari tarafidan e'tirozga uchragan. Yoki jin va insiy shaytonlarning vasvasa va shubhalariga uchragan oyatlardir. Ushbu "Yigirma Beshinchi So’z" u oyatlarning haqiqatlarini va hikmatlrini bayon qilganki, dinsizlar va bilim mutaxassislari kamchilik deb o’ylagan tomonlar i'jozning yog’dulari va Qur'onning mukammal balog’atining asoslari bo’lgan ilmiy qoidalari bilan isbot etilgan. Mavzuni bulg’amaslik va buzmaslik uchun ularning shubhalari aytilmasdan, qat'iy javob berilgan.

وَ الشَّمْسُ تَجْرِى ٭ وَ الْجِبَالَ اَوْتَادًا

kabi. Faqat Yigirmanchi So’zning Birinchi Maqomida uch-to’rt oyatlarda shubhalar aytilgan. Bu Qur'on Mo’'jizalari Risolasi g’oyat muxtasar va tez yozilgan bo’lsada, balog’at ilmi va arab tili ilmlari nuqtasida olimlarni hayratda qoldiradigan darajada olimona, chuqur va quvvatli tarzda bayon qilingan. Garchi hamma mavzuini e'tibor berib o’qiganlar to’liq tushunmasada, foyda olmasada, bu bog’da hammaning ahamiyatli hissasi bor. Juda shoshilinch va chalkash sahroitda ta'lif etilgani uchun ifoda va iborasida kamchilik bo’lishi bilan birga ilm nuqtasida juda ahamiyatli masalalarning haqiqatini bayon qilgan.

Said Nursiy

* * *

Mo’'jizoti Qur'oniya Risolasi

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هذَا اْلقُرْآنِ لَا يَاْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا

Mo’'jizalar xazinasi va Hz.Muhammadning (S.A.V.) eng buyuk mo’'jizasi bo’lgan Qur'oni Hakiymi Mo’'jizul Bayonning hadsiz i'jozining qirqqa yaqin jihatlariga arabiy risolalarimda va arabiy Risola-i Nurda va "Ishoratu-l I'joz" nomli tafsirimda va o’tgan yigirma to’rt So’zlarda ishoralar qilganmiz. Hozir ulardan faqat besh jihatini bir daraja bayon qilamiz va boshqa jihatlarni ichiga qisqacha kiritib, bir muqaddima bilan uning ta'rif va mohiyatiga ishora qilamiz.

Muqaddima uch qismdan iborat.

Birinchi qism:Qur'on nima? Ta'rifi qanday?

Javob:(O’n To’qqizinchi So’zda bayon etilgani va boshqa so’zlarda isbotlangani kabi)

Qur'on -

bu koinot buyuk kitobining azaliy tarjimasi,

koinotda o’rnatilgan qonunlarni o’qigan turli-tuman dalillarning abadiy tarjimoni,

g’ayb va shahodat olami kitobining mufassiri,

yer va osmonda yashirin Alloh ismlarining ma'naviy xazinalarining kashf qiluvchisi,

hodisalar satrlari ostida yashirin haqiqatlarning kaliti,

shahodat olamida g’ayb olamining lisoni,

ushbu shahodat olami pardasi orqasidagi g’ayb olamidan kelgan abadiy Rahmoniy iltifotlar va azaliy Subhoniy xitobning xazinasi,

Islomiyat ma'naviy olamining quyoshi, poydevori, andozasi,

oxirat olamlarining muqaddas xaritasi,

Allohning zoti, sifatlari, ismlari va ishlarini sharhlagan so’zi, ochiq tafsiri, qat'iy burhoni, porloq tarjimoni,

insoniyat olamining murabbiyi,

insoniyati kubro bo’lgan Islomiyatning suv va ziyosi,

bashariyatning haqiqiy hikmati,

insoniyatni saodatga yo’naltirgan haqiqiy murshidi va hidoyatga boshlovchisi,

insonga esa shariat kitobi, ham duo kitobi, ham hikmat kitobi, ham qullik kitobi, ham amr va da'vat kitobi, ham zikr kitobi, ham fikr kitobi, ham butun insoniyatning butun ma'naviy ehtiyojlariga manba’ bo’ladigan ko’p kitoblarni ichiga olgan yagona, qamrovli muqaddas kitobdir.

butun avliyo, siddiqiyn, oriflar va haqiqatlarni tadqiq qilib, dalillari bilan biladigan olimlarning turli yo’llari va ayri-ayri yo’llarining xar biridagi yo’nalishning lazzatlariga loyiq va mashrabni oydinlatadigan, xar bir yo’lning maqsadiga muvofiq va uni tasvirlaydigan risolalarni ko’rsatgan muqaddas kutubxona bo’lgan Samoviy Kitobdir.

Ikkinchi qism va ta'rifning davomi:Qur'on -

arshi a'zamdan, ismi a'zamdan, har ismning eng buyuk martabasidan kelgani uchun,

(O’n Ikkinchi So’zda bayon va isbot etilgani kabi) Qur'on butun olamlarning Rabbi bo’lgan Allohning kalomidir.

Ham butun mavjudotning Ilohi unvoni bilan Allohning farmonidir.

Ham butun Samovot va Arzning Xoliqi nomidan bir xitobdir.

Ham mutlaq rububiyat jihatida suhbatdir.

Ham umumiy Subhoniy saltanat tomonidan azaliy xutbadir.

Ham hamma narsani qamragan keng rahmat nuqta-i nazaridan Rabboniy iltifotlar daftaridir.

Ham uluhiyat hashamatining azamati e'tibori bilan boshlanishida ba'zan kalit so’z bo’lgan bir xabarlashish majmuasidir.

Ham Ismi A'zamning qmrovidan nozil bo’lgan Arshi A'zamning qamragan butun maydoniga yuzlangan va boshqargan hikmat yoygan Muqaddas Kitobdir.

Bu sirga asosan Qur'onga "Kalomulloh" unvoni kamoli loyiqlik bilan berilgan va doim beriladi. Boshqa anbiyolarning kitob va sahifalarning darajasi Qur'ondan so’ng keladi. Boshqa nihoyatsiz Ilohiy Kalomlarning esa bir qismi xos bir e'tibor bilan, juz'iy bir unvon bilan, xususiy bir tajalliy ila, juz'iy ism bilan, xos rububiyat ila, maxsus saltanat va xususiy rahmat orqali yuzaga chiqqan ilhomlar suratidagi suhbatdir. Farishtalar, insoniyat va hayvonotning ilhomlari umumiy va xususiyligi e'tibori bilan juda farqlidir.

Uchinchi Qism:Qur'on -

asrlari xar hil butun anbiyolarning kitoblarini,

yo’nalishi farqli bo’lgan butun avliyolarning risolalarini,

yo’llari turlicha butun asfiyolarning asarlarini qisqacha o’z ichiga olgan,

olti tomoni porloq,

gumon va shubhalarning zulmatidan musaffo, tayanch nuqtasi ochiq ravshan samoviy vahiy va azaliy kalom,

nishoni va maqsadi shubhasiz abadiy saodat,

ichi shaksiz xolis hidoyat,

usti albatta iymon nurlari,

osti bilish aniqligida dalil va burhon,

o’ng tomoni tajriba bilan qalb va vijdon taslimi,

chap tomoni ko’rish aniqligida aql va idrok taslimi,

mevasi sezish aniqligida Rahmon rahmati va Jannat yurtlari,

maqomi va qiymati tog’ri sezgi orqali farishtalar, inson va jinlar qabul qilgan Samoviy kitobdir.

Qur'onning ta'rifiga doir uch qismdagi sifatlarning xar biri boshqa joylarda qat'iy isbotlangan yoki isbot qilinadi. Da'vomiz yolg’iz emas, xar biri qat'iy burhon bilan isbotlangan.

* * *

BIRINCHI YOG’DU:

Bu shu'laning uch shuasi bor.

BIRINCHI SHU’LA:

Qur’onning i'joz darajasidagi balog’atidir.

Balog’at - nazmning ravonligi, matonatining go’zalligidan, uslublarining tengsizligi, g’arib va mustahsanligidan, bayonining hashamati, ustunligi va pokligidan, ma'nolarining quvvat va haqqoniyatidan, lafzining fasohatidan, osonlikdan tavallud etgan g’aroyib balog’at bo’lib, bani Odamning eng dohiy adiblarini, eng g’aroyib xatiblarini, eng chuqur ilmli olimlarini gap orqali kurashga chaqirib bir ming uch yuz yildan beri maydonga chaqirmoqda.

Ularning hislariga shiddat bilan tegmoqda. Kurashga chaqirganiga qaramay, kibr va g’ururlaridan boshini samovotga urgan dohiylar og’iz ocha olmasdan butunlay xorlik bilan bo’yin egdi.

Endi balog’atidagi i'joz jihatiga ikki tarzda ishora qilamiz:

Birinchi tarz: I'jozi bor va mavjud. Chunki Jaziratul Arab aholisi u asrda aksariyati ummiy-savodsiz edi. Ummiyliklari uchun faxrlanadigan narsalarini, tarixiy voqealarini va axloq go’zalligiga yordam beradigan zarbul masallarini yozish o’rniga she'r va balog’at qaydi orqali muhofaza etishar edi. Ma'noli kalom, she'r va balog’at jozibasi bilan avvalgilardan kelajak nasllarga xotirada qolib ketar edi.

Bu fitriy ehtiyoj natijasida u qavmning ma'naviy tijorat bozorlarida juda rivojlangan narsa fasohat va balog’at edi. Hatto bir qabilaning balog’atli adibi eng buyuk milliy qahramoni kabi edi. U bilan qattiq faxrlanishar edi.

Islomiyatdan so’ng olamni zakovati bilan boshqargan aqlli qavm eng rivojlangan va faxrlanish sabalari va qattiq ehtiyoji bo’lgan balog’atda dunyodagi boshqa xalqlardan ancha oldinda va eng yuksak martabada edilar. Balog’at shu qadar qiymatli ediki, bir adibning bir so’zi uchun ikki qavm katta urush qilar va bir gapi bilan yarashar edilar. Hatto ularning ichida "Muallaqoti Sab'a" nomli yetti adibning yetti qasidasini oltin bilan Ka'baning devorlariga yozishgan, u bilan faxrlanar edilar.

Shunday davrda, balog’at eng rivojlangan onda Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon nozil bo’ldi. Muso Alayhissalom davrida sehr va Iso Alayhissalom zamonida tib rivojda edi. Mo’'jizalarning muhimi o’sha turdan keldi. O’sha payt Qur’o arab balog’at ustalarini eng qisqa surasiga javob berishga chaqirdi:

وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا عَلٰى عَبْدِنَا فَاْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِه۪

farmoni bilan ularga qarshi chiqadi. Yana "Iymon keltirmasangiz mal'unsiz. Jahannamga kirasiz", deydi. Tuyg’ulariga shiddat bilan uradi. G’ururlarini dahshatli suratda sindiradi. Kibrli aqllarini yer bilan bir qiladi. Ularni boshida abadiy qatl orqali, so’ng Jahannamda abadiy qatl bilan birga dunyoviy qatlga ham mahkum qiladi. "Yo so’z bilan kurashing yoki jon va molingiz halokatda", deydi.

Agar so’z bilan kurash mumkin bo’lganida, bir-ikki satr orqali qarshi chiqib da'vosini yo’q qilish, rohat bir chora bor ekan, eng tahlikali, eng mushkul harb yo’li tanlashi mumkinmidi hech?! Ha, u zakovatli qavm, siyosiy millat, bir vaqtlar olamni siyosat bilan boshqarib, eng qisqa, tinch va yengil yo’lni tark etishi mumkinmi?! Eng tahlikali va butun molu jonini baloga qo’yadigan uzun yo’lni ixtiyor qilishini qabul qilish mumkinmi?! Chunki bir adib bir qancha harflar bilan so’z bilan kurasha olganida, Qur'on, qilgan da'vosidan voz kechar edi. Ular ham moddiy va ma'naviy halokatdan qutular edilar. Lekin urush kabi daxshatli, uzun yo’lni tanladilar. Demak, so’z bilan kurash mumkin emas edi, imkoni yo’q edi. Shuning uchun qilich bilan urushishga majbur bo’ldilar.

Qur'onni o’xshatish, taqlidini qilish uchun o’ta shiddatli ikki sabab bor edi. Biri dushmanning kurashish xirsi. Keyingisi do’stlarining taqlid qilishga shavqi. Bu ikki shiddatli sabab ostida millionlab arabiy kitoblar yozilgan. Lekin hech biri unga o’xshamaydi. Olim bo’lsin, omi bo’lsin xar kim unga va ularni o’qisa qat'iyan "Qur'on bularga o’xshamaydi. Hech biri uni o’xshata olmaydi", deydi. Demak, yo Qur'on hammasidan pastda, bu esa butun do’st va dushmanlarning ittifoqi bilan botildir, imkoni yo’q yoki Qur'on yozilgan barcha kitoblardan ustundir.

Agar:Hech kim so’z bilan kurashga tashabbus qilmadi? Maydonga chiqishga hech kim o’ziga ishona olmadi? Bir-birlarining yordami ham foyda bermadimi? Buni qanday bilamiz? desang.

Javob:Agar so’z bilan kurash mumkin bo’lganida, xar holda qat'iy tashabbus qilinar edi. Chunki izzat va nomus masalasi, jon va mol tahlikasi bor edi. Agar tashabbus qilinganida, xar holda juda ko’p qat'iy tarafdorlar topilar edi. Chunki haqqa dushman va qaysar doim ko’p edi. Agar tarafdor topganida, xar holda mashxur bo’lar edi. Chunki kichik bir urush insonlarning hayratini jalb qilib dostonlarda mashxur bo’ladi. Shunday ajib urush va hodisalar yashirin qolmaydi.

Islomiyatga qarshi eng xunuk va eng yomon narsalargacha naql qilinadi, mashhur bo’ladi. Xolbuki muorazaga doir Musaylimai kazzobning bir-ikki ifodasidan boshqa xabar naql qilinmagan. Musaylimada ham garchi balog’at bo’lsada, hadsiz husnu jamolga sohib bo’lgan Qur'onning bayoniga nisbat etilgani uchun uning so’zlari telbalik suratida tarixlarda qolgan. Qur'onning balog’atidagi i'joz qat'iyan ikki karra ikki to’rt darajasida mavjudki, jarayon shunday davom etgan.

Ikkinchi Surat:

Balog’atidagi Qur'on i'jozining hikmatini Besh Nuqtada bayon qilamiz.

Birinchi Nuqta:Qur'onning nazmida g’aroyib ravonlik bor. U nazmdagi ravonlik va matonatga kelsak "Ishoratul I'joz" nomli asar boshdan oxirigacha nazmiy ravonlikni bayon qilgan. Soatning soniya, daqiqa, soat belgilari va bir-birining nizomini to’ldirgan narsa nima bo’lsa, Qur'oni Hakimning xar bir jumladasigi, qismlaridagi nazm, so’zlaridagi nizom va jumlalarining bir-biriga munosabatidagi intizomni "Ishorat-ul I'joz"da oxirigacha bayon etilgan. Kim istasa uni o’qishi va bu nazmdagi g’aroyib ravonlikni ko’rishi mumkin. Bir jumlaning bo’limlaridagi nazmni ko’rsatish uchun faqat bir-ikki misol, zikr etamiz.

Masalan:

وَلَئِنْ مَسَّتْهُمْ نَفْحَةٌ مِنْ عَذَابِ رَبِّكَ

Bu jumlada azobni dahshatli qilib ko’rsatish uchun hatto eng ozining shiddatli ta'sirini ifodalab ko’rsatadi. Demak, kamaytirishni ifodalagan jumlaning barcha bo’limlari ham bu kamaytirishga qarab unga quvvat beradi. لَئِنْ lafzi shubhalantirushdir. Shak ozlikka qaraydi. مَسَّ lafzi ozgina tegish. Yana ozlikni ifoda qiladi. نَفْحَةٌ lafzi, moddasi hidcha bo’lib ozlikni ifodalaganidek, siyg’asi birga dalolat qiladi. Masdari marra sarf ilmining ta'biri bilan birgina demakdir, ozlikni ifodalaydi. نَفْحَةٌ dagi tanvini tankiriy kamaytirish uchun bo’lib, shu qadar kichikki, bilinilmaydi demakdir. مِنْ lafzi bo’lish uchun, bir parcha demakdir. Ozlikni ifodalaydi. عَذَابِ lafzi kuchli qiynoq, shiddatli azobga nisbatan yengil jazo bo’lib, ozlikka ishora qiladi. رَبِّكَ lafzi Qahhor, Jabbor, Muntaqim o’rniga yana shafqatni his ettirib, ozlikka ishora qiladi. Demak, "Agar bu qadar ozlikdagi bir bo’lak azob shunchalik ta'sirli bo’lsa, Allohning shiddatli azobi naqadar dahshatli bo’lishini qiyoslang", deb ifoda qiladi. Bu jumlada kichik qismlar bir-biriga qarab yordam beradi. Umumiy maqsadni xar biri o’z tili bilan quvvatlaydi. Bu misol bir daraja lafz va maqsadga yuzlangan.

Ikkinchi misol:وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ Bu jumlaning qismlari sadaqaning qabul qilinish shartlarining beshtasiga ishora qiladi.

Birinchi shart:Sadaqani muhtoj bo’lmaydigan darajada sadaqa berish bo’lib, shartni وَمِمَّا lafzidagi مِنْ bo’lish bilan ifodalaydi.

Ikkinchi shart:Alidan olib Valiga berish emas, balki o’z molidan berish. Bu shartni زَقْنَاهُمْ lafzi ifoda etadi. "Sizga rizq bo’lgan narsalardan bering" deyapti.

Uchinchi shart:Minnat qilmaslik. Bu shartga رَزَقْنَا dagi نَا lafzi ishora qiladi. Ya'ni "Men sizga rizqni beryapman. Mening molimdan mening qulimga berishda minnat yo’q." deyapti.

To’rtinchi shart:Tirikchiligiga sarflaydigan odamga berish. Bo’lmasa kayf-safoga sarf qiladiganlarga berilgan sadaqa maqbul bo’lmaydi. Bu shartga يُنْفِقُونَ lafzi ishora qiladi.

Beshinchi shart:Alloh uchun berish bo’lib, uni رَزَقْنَاهُمْ ifoda qilmoqda. Ya'ni "Mol menikidir, mening nomim bilan berishingiz kerak" deyapti. Bu shartlar bilan barobar kengaytirish ham bor. Ya'ni: Sadaqa mol bilan bo’lgani kabi, ilm bilan ham bo’ladi, so’z bilan, amal bilan, nasihat bilan ham bo’ladi. Bu qismlarga مِمَّا lafzidagi مَا umumiyati bilan ishora qiladi. Bu jumla shaxsan o’zi ishora qiladi. Chunki mutlaqdir, umumni ifoda qiladi.

Demak, sadaqani ifodalagan bu qisqacha jumlada besh shart bilan birga keng doirasini aqlga ehson qiladi. Shakli bilan his ettiradi. Bo’lakda esa juda ko’p nazmlar bor. So’zlarning ham bir-biriga aynan, keng, nazmiy doirasi bor.

Kalomlarning ham, masalan: قُلْ هُوَ اللهُ أَحَدٌ da olti jumla bor. Uchi musbat, uchi manfiy. Olti tavhid martabasini isbotlash bilan birga shirkning olti turini rad qiladi. Xar bir jumlasi boshqa jumlalarga ham dalil bo’ladi, ham natija bo’ladi. Chunki xar bir jumlaning ikki ma'nosi bor. Bir ma'no bilan natija bo’ladi, bir ma'no bilan esa dalil bo’ladi. Demak Ixlos Surasida o’ttiz Ixlos Surasi qadar muntazam, bir-birini isbotlaydigan dalillardan tashkil topgan suralar bor. Masalan:

قُلْ هُوَ اللهُ: لِاَنَّهُ اَحَدٌ، لِاَنَّهُ صَمَدٌ، لِاَنَّهُ لَمْ يَلِدْ، لِاَنَّهُ لَمْ يُولَدْ،

لِاَنَّهُ لَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ

Yana:

وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ: لِاَنَّهُ لَمْ يُولَدْ، لِاَنَّهُ لَمْ يَلِدْ، لِاَنَّهُ صَمَدٌ،

لِاَنَّهُ اَحَدٌ، لِاَنَّهُ هُوَ اللهُ

Yana:

هُوَ اللهُ فَهُوَ اَحَدٌ، فَهُوَ صَمَدٌ، فَاِذاً لَمْ يَلِدْ، فَاِذاً لَمْ يُولَدْ،

فَاِذًا لَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ

Yana sen bunga ko’ra qiyos et...

Masalan: الٓمٓ ٭ ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ فِيهِ هُدًى لِلْمُتَّقِينَ Bu to’rt jumlaning xar birining ikki ma'nosi bor. Bir ma'no bilan keyingi jumlalarga dalildir. Boshqa ma'no bilan ularga natijadir. O’n olti munosabat aloqalaridan bir i'joziy nazmiy naqsh hosil bo’ladi. "Ishoratul I'joz"da shunday bir tarzda bayon qilinganki, bir i'joziy nazmiy naqshni tashkil qiladi. O’n Uchinchi So’zda bayon etilgani kabi, go’yo aksar Qur'on oyatlarining xar biri aksariyat oyatlarning xar biriga qaraydi bir ko’zi va yuzlangan yuzi bo’lib, ularga munosabatning ma'naviy iplarini uzatadi. Bittadan i'joz naqshini to’qiydi. Xullas, "Ishoratul I'joz" boshdan oxirigacha ushbu nazmiy ravonlikni sharh etgan.

Ikkinchi Nuqta:

Ma'nosidagi g’aroyib balog’at. O’n Uchinchi So’zda bayon qilingan ushbu misolga qara: Masalan:

سَبَّحَ لِلّهِ مَا فِى السَّموَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

oyatidagi ma'naviy balog’at lazzatini olishni istasang, o’zingni Qur'on Nuridan avval johiliyat asrida, badaviylik cho’lida faraz qil. Hamma narsa johillik va g’aflat zulmati ostida tabiatning o’tmas va qattiq pardasiga o’ralgan onda Qur'onning samoviy lisonidan

سَبَّحَ للهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

yoki

تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ

kabi oyatlarni eshit, qara! O’lgan yoki yotgan olamdagi mavjudot سَبَّحَ , تُسَبِّحُ sadosi bilan eshitganlarning zehnida tirilishi, xushyor bo’lishi, turib zikr qilishi, qorong’u osmonda o’lik olov bo’lagi bo’lgan yulduzlar va yerda abgor maxluqlar تُسَبِّحُ hayqirig’i va nuri bilan eshitganlarning nazarida ko’k yuzi kabi bir og’iz, butun yulduzlar hikmatli so’zlar va haqiqatlarni ko’rsatgan nur bo’ladi. Yer kurrasi bosh, quruqlik va dengiz tillar, butun hayvonot va nabotot o’zini Allohni tasbeh qiluvchi so’zlar suratida ko’rsatadi. Masalan: O’n Beshinchi So’zda isbotlangan bu misolga qara:

يَامَعْشَرَ الْجِنِّ وَالْاِنْسِ اِنِ اسْتَطَعْتُمْ اَنْ تَنْفُذُوا مِنْ اَقْطَارِ السَّمٰواَتِ وَالْاَرْضِ فَانْفُذُوا لَا تَنْفُذُونَ اِلَّا بِسُلْطَانٍ ٭ فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّباَنِ ٭ يُرْسَلُ عَلَيْكُمَا شُوَاظٌ مِنْ نَارٍ وَنُحَاسٌ فَلَا تَنْتَصِرَانِ ٭ فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّباَنِ ٭ وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَآءَ الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْناَهَا رُجُومًا لِلشَّياَطِينِ

oyatlarini tingla, nima deyotganiga qara.

"Ey ojizlik va kichikligi ichida mag’rur, qaysar, zaiflik va faqirligi ichra sarkash va o’jar inson va jinlar! Amrlarimga itoat qilmasangiz, qani qo’lingizdan kelsa mulkimning hududidan chiqing! Yulduzlar, oylar, quyoshlar, buyrug’iga muntazir askarlari kabi amrlariga itoat qiladigan Sultonning amrlariga qarshi chiqishga qanday jasorat qilasiz. Tug’yoningiz bilan shunday azamatli mute' askarlari bo’lgan Hakiymi Zuljalolga qarshi qarshi chiqyapsiz. Farazan shaytonlaringiz chiday olsalar, ularni tog’ kabi zambarak o’qlari bilan toshbo’ron qilinadi.

Askarlaridan shundaylari borki, siz kabi kichik ojiz maxluqlar emas, balki farazan tog’ va yer kattaligidagi kofir dushman bo’lganingizda ham, yer va tog’ kattaligidagi yulduzlarni, olovli temirlarni sizga otadigan, sizni pachag’lab tashlaydigan Maliki Zuljalolning mamlakatida inkoringiz bilan isyon qilyapsiz. Agar kerak bo’lsa yerni yuzingizga uradigan, zambarak o’qlari kabi to’plar misoli yuzlduzlarni ustingizga Allohning izni bilan yog’diradigan maxluqlar bo’glangan qonunni buzmoqdasiz.

Yana boshqa oyatlarning ma'nolaridagi quvvat, balog’at va ifodasining yuksakligini bularga qiyosla.

Uchinchi Nuqta:

Uslubidagi g’aroyib go’zallikdir. Ha, Qur'onning uslublari ham g’arib, ham tenggi yo’q, ham ajib, ham ishontiruvchidir. Hech narsani, hech bir kishini taqlid qilmagan, hech kim ham uni taqlid qila olmaydi. Qanday kelgan bo’lsa, u uslublar tarovatini, yoshligini, g’aribligini doimo muhofaza etgan va etmoqda. Jumladan, bir qancha suralarning boshida kalit so’z kabi الٓمٓ، الٓرٰ، طٰهٰ، يٰسٓ، حٰمٓ عٓسٓقٓ kabi muqattatot harflaridagi tenggi yo’q uslubi besh-olti i'joz shu'lalarini ichiga olganini "Ishorat-ul I'joz"da yozganmiz.

Jumladan: Suralarning boshida zikr etilgan harflarning bilingan qismlari - jahriy o’qiladigan harflar, yashirib o’qiladigan harflar, sukun bilan o’qiladigan harflar, jazm bilan o’qiladigan harflar, zalaqo haarflari, qalqala kabi ko’p qismlarning xar bir qismidan yarmini olgan. Bo’linmaydigan yerngil harflarning yarmidan ko’prog’i, qalin o’qiladigan harflarning yarmidan kamrog’i butun qismlarini ikkiga bo’lgan. Ushbu aralash va bir-biri ichidagi qismlar va ikki yuz ehtimol ichida qarorsiz, faqat yashirin va fikran bilinmaydigan bitta yo’l orqali hammasini ayirish mumkin bo’lsada, u yo’lda, keng masofada gap gapirish bashar fikrining ishi bo’la olmaydi. Tasodif hech aralasha olmaydi.

Demak, bir Ilohiy kalit so’z bo’lgan suralarning boshidagi harflar bu kabi yana besh-olti i'joz shu'lalarini ko’rsatib, harflar sirlari ilmi olimlari bilan avliyolarning haqiqatlarni dalillari bilan birgan olimlar muqattatotdan ko’p sirlar chiqarganlar va shunday haqiqatlar topganlarki, ularning nazdida muqattatotning bir o’zi o’ta porloq mo’'jiza hisoblanadi. Ularning sirlariga ahl bo’lmaganimiz va barchaning ko’zi ko’radigan darajada isbot qila olmaganimiz uchun u eshikni ochmaymiz. "Ishorat-ul I'joz"da bularga doir bayon qilingan besh-olti i'joz shu'lalariga havola qilib qanoat qilamiz.

Endi Qur'onning uslublariga sura e'tibori bilan, maqsad e'tibori bilan, oyatlar, kalom va so’z e'tibori bilan ishoralar qilamiz. Masalan:

Amma Surasiga diqqat qilinsa badi' uslub bilan oxiratni, hashrni, Jannat va Jahannamning vaziyatlarini ko’rsatadiki, dunyodagi Allohning faoliyatlar, Rabboniy asarlarni uxroviy holatlarga bir-bir qarab isbotlab qalbni ishontiradi. Bu suradagi uslubning izohi uzun bo’lgani uchun faqat bir-ikki nuqtasiga ishora qilamiz:

Suraning boshida Qiyomat kunini isbotlash uchun: "Sizga zaminni go’zal to’shalgan beshik, tog’larni uyingiz va hayotingizga boylik yashirilgan tirgak, xazinali ustun, sizni bir-birini sevadigan, do’stlik qiladigan juft, kechani istiroxat bilan uxlashingizga yoping’ich, kunduzni turikchilik maydoni, Quyoshni nur sochadigan, isitadigan chiroq, bulutlarni obi hayot chashmasi qilib suvni oqizdim. Oddiy bir suvdan butun rizqlaringizni tashigan barcha gulli, mevali turli narsalarni oson va qisqa vaqtda ijod qilamiz. Shunday ekan, yavmul fasl (yaxshilardan yomonlarning ajraladigan) qiyomat sizni kutmoqda. U kunni keltirish bizga og’ir emas".

Bundan keyin qiyomatda tog’larning tarqalishi, samovotning maydalanishi, Jahannamning tayyorlanishi va Jannat ahliga bog’ va bo’ston berishini yashirin suratda isbot qilishga ishora qiladi. Ma'nan "Modomiki ko’z o’ngimizda, bu ishlarni tog’ va zaminda qilar ekan, oxiratda ham ularga o’xshash ishlarni qiladi", deydi. Demak suraning boshidagi "tog’" qiyomatdagi tog’larning holatiga qaraydi. Bog’ esa oxirda va oxiratdagi bog’chaga va bog’ga yuzlangan. Boshqa nuqtalarni bunga qiyos qil, naqadar go’zal va oliy uslubi borligini ko’r. Masalan:

قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِى الْمُلْكَ مَنْ تَشَآءُ وَتَنْزِعُ الْمُلْكَ مِمَّنْ تَشَآءُ

oyatning to’lig’i oliy uslubda bashar farzandidagi Allohning ishlarilarini, kecha va kunduzning aylanishidagi Ilohiy tajalliylarni, yil mavsumlaridagi Rabboniy tasarruflarni, yer yuzida hayot-mamot, hashr va dunyodagi borliqlarning yangidan tiriltirilib tarqatilishdagi Rabboniy ijrootlarni shunday yuksak uslub bilan bayon qiladiki, e'tibor berganlarning aqllarini zabt etadi. Porloq va yuksak, keng uslubi bir oz diqqat orqali ko’ringani uchun, hozircha u xazinani ochmaymiz.

Masalan:

اِذاَ السَّمَآءُ انْشَقَّتْ ٭ وَاَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ ٭ وَاِذاَ الْاَرْضُ مُدَّتْ ٭ وَاَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ ٭ وَاَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ

Osmon va zaminning Janobi Haqning amriga bo’yin egish darajasi va itoatlarini shunday oliy bir uslub bilan bayon qiladiki:

Katta bir qo’mondon urushga, o’quv amaliyoti, askarlikka olish qismlari kabi urushga kerak ishlar uchun ikki doirani tashkil qilgan. U urush, o’sha muomala ishi bitgandan so’ng ikki doirani boshqa ishlarda ishlatish va o’zgartirib iste'mol qilish uchun katta qo’mondon ikki doiraga yuzlanadi. U doiralarning xar biri xodimlarining tili bilan yoki nutqqa kelib o’z tili bilan: "Ey qo’mondonim! Biroz muhlat bering, eski ishlarning mayda-chudalarini, axlatlarini tozalab tashqari chiqaray, so’ng tashrif qiling. Mana, otib amringizga tayyor turibmiz. Marhamat, nima qilsangiz qiling. Amringizga muntazirmiz. Sening qilgan ishlaring butun haq, go’zal, foydadir", deydi.

Xuddi shuning kabi, samovot va yer ikki taklif doirasi, tajriba va imtihon uchun ochilgan. Muddat bitgandan so’ng osmonlar va yer taklif doirasiga oid ashyolarni Allohning amri bilan bartaraf qiladi. "Yo Rabbana! Marhamat, nima uchun bizni ishlatsang ishlat. Haqqimiz senga oiddir. Xar bir qilgan ishing haq", deyishadi. Jumlalaridagi uslubning hashamatiga qara, e'tibor ber.

Yana masalan:

يَا اَرْضُ ابْلَعِى مَاءَ كِ وَيَا سَمَاءُ اَقْلِعِى وَغِيضَ الْمَاءُ وَقُضِىَ الْاَمْرُ وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ وَقِيلَ بُعْدًا لِلْقَوْمِ الظَّالِمِينَ

Bu oyatning balog’atining dengizidan bir tomchiga ishora qilib bir uslubini bir misol oynasida ko’rsatamiz. Bir urushda qo’mondon g’alabadan so’ng o’q otgan qo’shiniga "Otishni to’xtat!" va hujum qilgan boshqa bir qo’shiniga "To’xta!" deb buyruq beradi. O’sha onda otish to’xtaydi, hujum to’xtaydi. "Ish tugadi, istilo qildik. Bayrog’imiz dushmanning markazlarida yuksak qal'alarining boshiga o’rnatildi. Asfali sofiliynga ketgan adabsiz zolimlar jazosini topdi", deydi.

Aynan shuning kabi, Podshohi Bemisol Nuh (A.S.) qavmini yo’q qilish uchun samovot va yerga buyruq bergan. Vazisini qilgandan so’ng: "Ey yer! Suvingni yut. Ey samo! To’xta, ishing bitdi", deydi. Suv chekildi. Tog’ boshida Allohning xodimi chodir vazifasini bajargan kemasi qurildi. Zolimlar jazolarini topdi.

Bu uslubning yuksakligiga qara. "Zamin va osmon ikki mute' askar kabi buyruqqa bo’sunadi, itoat etadi", deydi. Bu uslub ishora qiladiki, insonning isyonidan koinot g’azablanadi. Samovot va yerning jahli chiqadi va shu ishora bilan: "Yer va osmon ikki mute' askar kabi amrlariga muntazir zotga isyon qilinmaydi, qilinmasligi kerak", deydi. Daxshatli ta'qiqni ifoda etadi.

To’fon kabi bir umumiy hodisani butun natijalari bilan, haqiqatlari bilan bir nechta jumlada ijozli, i'jozli, jamolli, qisqa tarzda bayon qialdi. Dengizning boshqa tomchilarini bu tomchiga qiyos qil.

Kalimalarning derazalari bilan ko’rsatgan uslubga qara. Masalan:

وَالْقَمَرَ قَدَّرْناَهُ مَناَزِلَ حَتّٰى عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَديِمِ

dagi كَالْعُرْجُونِ الْقَديِمِ so’ziga qara. Naqadar latif bir uslubni ko’rsatadi. Oyning bir manzili borki, surayyo yulduzlarining doirasidir. Oyni hilol vaqtida xurmoning eskirgan oq shoxiga o’xshatadi. Bu o’xshatish orqali samoning yashil pardasi orqasida go’yo bir daraxt mavjudki oq, o’tkir, nuroniy bir shoxi pardani yirtib boshini chiqargan. Surayyo o’sha shoxning bir shingili kabi, boshqa yulduzlar u yashirin xilqat daraxtining nurli mevasi bo’lib eshitgan odamning hayoliy ko’ziga ko’rsatib, yashash vositalarining eng muhimi xurmo daraxti bo’lgan sahroda yashovchilarning nazarida naqadar munosib, go’zal, latif, yuksak bir uslubni ifodalaganini zavqing bo’lsa tushunasan.

Masalan: O’n To’qqizinchi So’zning oxirida isbotlangani kabi,

وَالشَّمْسُ تَجْرِى لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا

dagi تَجْرِى kalimasi shunday yuksak bir uslubga deraza ochar. تَجْرِى lafzi bilan, ya'ni "Quyosh aylanadi" ta'biri bilan qish va yoz, kecha va kunduzning aylanishidagi Alloh muntazam qudratining tasarruflarini eslatib, Sone'ning azamatini anglatadi va e'tiborni mavsumlarning sahifalarida qudrat qalami yozgan Samadoniy maktublarga qaratadi. Xoliqi Zuljalolning hikmatini bildiradi.

وَجَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًا Ya'ni, chiroq ta'biri bilan shunday bir uslubga deraza ochadi. Bu olam bir saroy va ichidagi narsalar inson va jonzotlarga tayyorlangan ziynatlar, taomlar va kerakli narsalar ekani, quyosh esa buyurqqa bo’ysunadigan nur sochuvchi ekanini eslatadi. Sone'ning hashamatini va Xoliqning ehsonini anglatib tavhidga bir dalil ko’rsatadi. Mushriklarning eng muhim, eng porloq ma'bud deb o’ylagan quyoshlari, buyurqqa bo’ysunadigan bir chiroq, jonsiz bir maxluqdir. Demak "siroj" ta'birida Xoliqning rububiyatining buyukligidagi rahmatini eslatadi. Rahmatning kengligidagi ehsonini bildiradi. Bu orqali saltanatining hashamatidagi karamini his ettiradi. Bu orqali vahdoniyatni tushuntiradi va ma'nan: "O’lik, buyurqqa bo’ysunadigan chiroq hech bir jihatdan ibodatga loyiq emas", deydi.

تَجْرِى jarayoni ta'birida kecha-kunduzning, qish va yozning aylanishlaridagi ajib muntazam tasarruflarni eslatadi va bu orqali rububiyatida yagona Sone' qudratining azamatini bildiradi. Demak, quyosh va oy mavzularidan basharning fikrini kecha va kunduz, qish va yoz sahifalariga qaratadi va ularda yozilgan hodisalarning satrlariga e'tiborni jalb qiladi. Qur'on quyosh quyosh bo’lgani uchun gapirmaydi. Balki uni nurlantirgan zot uchun gapiradi. Quyoshning insonga keraksiz mohiyatini aytmaydi. Balki Quyoshning vazifasini, Rabboniy san'atning intizomiga zambarak va Rabboniy xilqatning nizomiga markaz, Naqqoshi Azaliyning kecha-kunduz iplari bilan to’qigan narsalaridagi Rabboniy san'atning tartibiga to’qima uskuna vazifasini bajaryapti.

Boshqa Qur'on so’zlarini bularga qiyos qil. Xuddi oddiy, odatlangan so’z bo’lib, latif ma'nolarning xazinalariga kalit vazifasini bajarmoqda.

Ko’plab Qur'on uslublarining o’tgan tarzlarda yuksak va porloq bo’lgani uchun, ba'zan bir badaviy arab bitta kalomga maftun bo’lgan. Musulmon bo’lmasada sajda qilgan. Bir badaviy فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ kalomini eshitgan oni sajda qilgan. Unga "Musulmon bo’ldingmi?" deyishganda, "Yo’q, men bu kalomning balog’atiga sajda qildim", degan.

To’rtinchi Nuqta:

Lafzidagi g’aroyib fasohatidir. Qur'on ma'nan bayon uslubi jihatidan favqulodda balog’atli bo’lgani kabi, lafzida o’ta ravon fasohati bor. Fasohatning qat'iy borligiga zeriktirmasligi dalildir. Fasohatning hikmatiga bayon va ma'no fanining dohiy olimlarining guvohligi yaqqol dalildir. Minglab marta takrorlansa zeriktirmaydi, balki lazzat beradi. Kichik oddiy bir bolaning xotirasiga og’irlik qilmaydi, yodlay oladi. Juda dardman, oz so’zdan aziyat ko’rgan quloqqa noxush emas, xush keladi. Sakarotdago odamning aqliga sharbat bo’ladi. Qur'onning xush ovozi uning qulog’i va aqlida, aynan og’zida va aqlida zamzam suvi kabi shirin keladi. Zeriktirmasligining hikmat siri quyidagicha: Qur'on qalblarga qut va ozuqa, aqllarga quvvat va boylikdir, ruhga suv va ziyo, nafslarga davo va shifo bo’lgani uchun zeriktirmaydi. Xar kun non yeymiz, zerikmaymiz. Lekin eng go’zal mevani xar kun yesak, zeriktiradi. Demak, Qur'on haq va haqiqat, sidq va hidoyat, g’aroyib bir fasohat bo’lgani uchun, zeriktirmaydi, doimo yoshligini muhofaza qilgani kabi tarovatini, halovatini ham muhofaza etadi. Hatto Qurayshiy raislaridan mudaqqiq bir balig’ mushriklar tomonidan Qur'onni tinglash uchun borgan. Tinglagan, qaytib kelganida: "Bu kalomning shunday halovati va tarovati borki, bashar kalomiga o’xshamaydi. Men shoirlarni, kohinlarni bilaman. Bu, ularning hech bir so’ziga o’xshamaydi. Ko’pi bilan tobelarimizni aldash uchun sehr deyishimiz kerak", degan. Demak, Qur'oni Hakimning eng qaysar dushmanlari ham fasohatidan hayratda qolgan.

Qur'oni Hakimning oyatlarida, kalomlarida, jumlalarida fasohatning sabablarini izohlasak juda uzun bo’ladi. Shuning uchun gapni qisqartirib, faqat namuna sifatida bir oyatdagi hijo harflari tuzilishidagi ravonlik va lafziy fasohatni va undan porlagan i'joz shu'lasini ko’rsatamiz.

ثُمَّ اَنْزَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ بَعْدِ الْغَمِّ اَمَنَةً نُعَاسًا يَغْشَى طَائِفَةً مِنْكُمْ

to’liq oyatda barcha hijo harflari mavjud. Siquvchi, og’ir butun harflarning bo’limlari birga bo’lsada ravonligini buzmagan. Balki tarovat va farqli torlardan uyg’un, bir-biriga tayangan fasohat ohangini qo’shganini ko’r. Bu i'joz shu'lasiga e'tibor ber, hijo harflaridan "ye" bilan "alif" eng yengil va bir-biri bilan almashgani uchun ikki qardosh kabi xar birisi yigirma bir karra takrorlangan. "Mim" bilan "nun" {(Izoh1) Tanvin ham nundir.} bir-birining qardoshi va bir-birining o’rniga o’tgani uchun xar biri o’ttiz uch martadan zikr qilingan. ص، س، ش mahrajda, sifatda, ovozda qardosh bo’lgani uchun xar biri uch marta, ع، غ qardosh bo’lsada yengilroq ع olti marta, غ og’irligi uchun yarmicha, uch marta zikr etilgandir. ط، ظ، ذ، ز mahrajda, sifatda, ovozda qardosh bo’lgani uchun xar biri ikki martadan, "lom" va "alif" bilan birga ikkisi لا suratida birlashgan. "Alif" لا suratida hissasi "lom"ning yarmidir. Shuning uchun "lom" qirq ikki marta, "alif" uning yarmicha yigirma bir marta zikr etilgan. "Hamza" "he" bilan mahrajda qardosh bo’lgani uchun hamza {(Izoh2) Hamza o’qiladigan va o’qilmaydigan yigirma beshdir. Hamzanig harakatsiz qardoshi alifdan uch daraja yuqori. Chunki haraka uchdir.} o’n uch, "he" yanada bir daraja yengilroq bo’lgani uchun o’n to’rt marta, ق، ف، ك qardosh bo’lgani uchun ق ning bir nuqtasi ortiq bo’lgani uchun ق o’n, ف to’qqiz, ك to’qqiz, ب to’qqiz, ت o’n ikki, "ta"ning darajasi uch bo’lgani uchun o’n ikki marta zikr etilgan. ر "lom"ning qardoshidir. Lekin abjad hisobida ر ikki yuz, "lom" o’ttiz bo’ladi. Olti daraja yuqori chiqqani uchun olti daraja past tushgan. ر ning talaffuzi takrorlanganidan og’ir bo’lib faqat olti marta zikr etilgan. خ، ح، ث، ض og’irligi va ba'zi munosabati uchun bir martadan zikr etilgan. "Vov" "he"dan va "hamza"dan yengilroq va "ye" va "alif"dan og’irroq bo’lgani uchun o’n yetti marta, og’ir hamzadan to’rt daraja yuqori, yengil alifdan to’rt daraja past zikr etilgan.

Xullas, bu harflarni zikr qilishda ushbu g’aroyib intizomli joylashish va yashirin munosabat orqali, go’zal tartib, hassos va nozik nazm va uyg’unlik bilan ikki karra ikki to’rt aniqligida ko’rsatadiki, buni qilish bashar fikrining haddi emas. Tasodif esa unga aralashishi imkonsiz. Demak, bu harflarning joylashivuidagi ajib intizom va g’arib nizom ravonlik va lafziy fasohatga sabab bo’lgani kabi, yana ko’p yashirin hikmatlari bo’lishi mumkin. Modomiki harflarida bunday intizom qo’yilgan ekan, albatta so’zlarida, jumlalarida, ma'nolarida sirli bir intizom, nurli uyg’unlik o’rnatilganki, ko’z ko’rsa "Mashaalloh", aql tushunsa "Barakalloh" deydi.

Beshinchi Nuqta:

Bayonidagi hashamat. Ya'ni, ustunlik, matonat va haybatdir. Nazmida kuchli ravon ifoda, lafzida fasohat, ma'nosida balog’at mavjud, uslubida o’xshahi yo’q ekan, bayonida ham yuksak usutnlik bor. Ha, targ’ib va qo’rqitish, madh va yomonlash, isbot va irshod, ishontirish va anglatish kabi so’zning barcha qismlarida va xitob tabaqalarida Qur'on bayonlari eng yuksak martabadadir.

Masalan: Targ’ib va tashviq maqomiga hadsiz misollaridan, masalan

هَلْ اَتٰى عَلَى الْاِنْسَانِ surasidagi bayonoti, {(Izoh1) Bayon uslubi suraning ma'nosining libosini kiygan.} obi kavsar kabi xush, salsabil chashmasi kabi ravon oqar, jannat mevalari kabi shirin, huriy libosi kabi go’zaldir.

Qo’rqitish va tahdid maqomida juda ko’p misollaridan masalan: هَلْ اَتٰيكَ حَدِيثُ الْغاَشِيَةِ surasining boshida Qur'onning bayonlari zalolat ahlining qulog’iga qaynagan qalay kabi, miyasiga yoqqan olov kabi, tiliga yongan zaqqum kabi, yuziga tashlangan jahannam kabi, me'dasiga achchiq, tikanli daraxt kabi ta'sir qiladi. Bir zotning tahdidini ko’rsatgan Jahannam kabi bir azob xodimi jahlidan va g’azabidan maydalanib ketishi va تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ deyishi, dedirishi u zotning qo’rqitishi qay daraja dahshatli ekanini ko’rsatadi.

Madh maqomining minglab misollaridan boshida "Alhamdulillah" besh surada Qur'on bayonlari quyoshdek porloq, {(Izoh2) Shu ta'birlarda u suralardagi baxslarga ishora bor.} yulduzdek ziynatli, samovot va zamin kabi hashamatli, farishtalar kabi sevimli, dunyoda bolalarga rahmat kabi shafqatli, oxiratda Jannat kabi go’zaldir.

Yomonlash va ta'qiqlash maqomida minglab misollaridan masalan:

اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا

oyatida yomonlashni olti daraja yomonlaydi. G’iybatdan shiddat bilan olti daraja man’ qiladi. Ma'lumki, oyatning boshidagi hamza so’rash (ajabo) ma'nosida. Bu so’rash ma'nosi suvdek oyatning butun so’zlariga kiradi. Birinchi hamza orqali: (Ajabo) savol javob joyi bo’lgan aqlingiz yo’qmi, bu daraja xunuk narsani tushunmayapti, deydi. Ikkinchisi: يُحِبُّ lafzi bilan: Ajabo, sevish, nafratlanish joyi bo’lgan qalbingiz buzilganmi, eng nafrat etiladigan bir ishni sevayapti, deydi. Uchinchisi: اَحَدُكُمْ so’zi orqali: Jamoatdan hayotini olgan ijtimoiy va madaniy hayotingiz nima bo’lganki, hayotingizni zaharlagan bir amalni qabul qilyapti, deydi. To’rtinchisi: اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ kalomi bilan: Insonligingizga nima bo’lganki, jonvorlarcha do’stingizni tish bilan maydalayapsiz, deydi. Beshinchisi: اَخِيهِ kalimasi bilan: Hech sinfiy shafqatingiz, hech siylai rahmingiz yo’qmiki, ko’p jihatlarda bilan do’stingiz bo’lgan bir mazlumning ma'naviy shaxsini insofsizcha tishlayapsiz, deydi. Hech aqlingiz yo’qmiki, o’z a'zoingizni o’z tishingiz bilan telba kabi kabi tishlayapsiz, deydi. Oltinchisi: مَيْتًا kalomi bilan: Vijdoningiz qayerda? Fitratingiz buzilganmi. Eng muhtaram do’stining go’shtini yeyish kabi eng nafratli ish qilinyapti, deydi. Demak yomonlash va g’iybat aqlan, qalban, insoniyat jihatidan, vijdonan, tabiatan, shajara va milliyatan yomondir. Endi qara! Bu oyat ijoz bilan olti martaba ayblashni yomonlab, gunohdan mo’jizali tartibda olti daraja man’ qiladi.

Isbot maqomida minglab misollaridan masalan:

فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

oyatida hashrni isbot qilib, aqlga sig’dirmaslikni ketkizish uchun shunday tarzda bayon qiladiki, undan ustun isbot bo’la olmaydi.

O’ninchi So’zning To’qqizinchi Haqiqatida va Yigirma Ikkinchi So’zning Oltinchi Yog’dusida isbot va izohlangani kabi, bashar e'tiboriga xar bahorda yer yuzining tiriltirilishi misolida uch yuz ming tarzda hashrning namunalarini o’ta chalkash va bir-biriga aralashgani holda qattiq intizomli va ajratilganini ko’rsatadi. Ularni bu shaklda qilgan zotga hashr va qiyomat og’ir emas deydi.

Zamin sahifasida yuz minglab sinflarni birgalikda bir-biri ichida qudrat qalami bilan xatosiz, kamchiliksiz yozish bitta Vohidi Ahadning muhri bo’lgani uchun bu oyat orqali vahdoniyatni quyoshdek isbotlash bilan birga, qiyomat va hashrni quyoshning chiqishi va botishi kabi oson va qat'iy ko’rsatadi. كَيْفَ lafzidagi holat nuqtasida shu haqiqatni ko’rsatgani kabi, ko’p suralarda batafsil zikr qiladi.

Masalan: قٓ ٭ وَالْقُرْاٰنِ الْمَجيِدِ surasida porloq, go’zal, shirin va yuksak bir bayon bilan hashrni isbotlaydiki, bahorning kelishi kabi qat'iy suratda ishontiradi. Xullas, kofirlarning chirigan suyaklarning tirilishini inkor etib "Bu ajibdir, bo’lishi mumkin emas", deyishlariga javoban

اَفَلَمْ يَنْظُرُوا اِلَى السَّمَاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَ زَيَّنَّاهَا وَمَا لَهَا مِنْ فُرُوجٍ

oyatning to’lig’i كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ ga qadar farmon etganiga qara. Bayoni suvdek oquvchi, yulduzlar kabi porlaydi. Qalbga xurmo kabi ham lazzat ham zavq beradi ham rizq bo’ladi.

Isbot maqomining eng latif misollaridan:

يس وَالْقُرْآنِ الْحَكِيمِ اِنَّكَ لَمِنَ الْمُرْسَلِينَ

deydi. Ya'ni, "Hikmatli Qur'onga qasam ichaman. Sen Rasullardansan". Bu qasam, risolatning hujjati shu daraja aniq va haqki, haqqoniyatda ta'zim va hurmat maqomiga chiqqanki, u bilan qasam ichilayotganiga ishora qiladi. Bu ishora orqali, "Sen rasulsan. Chunki qo’lingda Qur'on bor. Qur'on esa haqdir va Haqning kalomidir. Chunki ichida haqiqiy hikmat, ustida i'joz muhri bor", deydi.

Yana isbot maqomining ijozli va i'jozli misollaridan:

قَالَ مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ وَهِىَ رَمِيمٌ ٭ قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىٓ اَنْشَأَهَآ اَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ

Ya'ni inson: "Chirigan suyaklarni kim tiriltiradi?" deydi. Sen: "Kim ularni ilk marta insho qilib hayot bergan bo’lsa, u tiriltiradi", deydi.

O’ninchi So’zning To’qqizinchi Haqiqatining uchinchi misolida tasvir etilagani kabi, bir kishi bir kunda ko’z o’ngingda katta bir qo’shinni yangidan tashkil etganini ko’rib birov, "Shu kishi askarlari istirohatga tarqalgan qo’shinni bir burg’u bilan to’playdi. Lashkar nizomi ostiga keltiradi" desa, sen ey inson "Ishonmayman"desang, naqadar telbalarcha inkor ekanini bilasan.

Aynan shuning kabi hechdan, yangidan qo’shinga o’xshagan butun hayvonot va boshqa jonzotlarning batal'on kabi jasadlarini mukammal intizom bilan, hikmat me'zoni bilan u badanlarning zarralari va latif tuyg’ularini "Kun Fayakun" amri bilan qayd qilib joylashtirgan va xar asrda, hatto xar bahorda yer yuzida yuz minglab qo’shin kabi jonlilar sinflarini, toifalarini ijod qilgan bir Zoti Qodiyri Aliym "batal'on kabi bir jasadning nizomi ostiga kirib bir-biri bilan tanishgan asos zarralarini va asliy jihozlarni bir hayqirish orqali Isrofil Surining burg’usi bilan qanday to’play oladi?" deb aqliga sig’dira olmasdan so’rashi o’rinlimi? So’ralsa, ablahcha telbalik bo’ladi.

Irshod maqomida Qur'on bayonlari shu daraja ta'sirli, nozik va shu daraja do’st va shafqatliki, shavq bilan ruhni, zavq bilan qalbni, qiziqish bilan aqlni va yosh bilan ko’zni to’ldiradi. Minglab misollaridan faqat:

ثُمَّ قَسَتْ قُلوُبُكُمْ مِنْ بَعْدِ ذٰلِكَ فَهِىَ كَالْحِجَارَةِ اَوْ اَشَدُّ قَسْوَةً

to’liq oyati Yigirmanchi So’zning Birinchi Maqomida uchinchi oyat qismida isbot va izoh etilgani kabi bani Isroilga, "Muso Alayhissalomning hassasidek bir mo’'jizasiga qattiq tosh o’n ikki ko’zidan chashma kabi yosh oqitganiga qaramay, sizga nima bo’lganki, Muso Alayhissalomning butun mo’'jizalariga qarshi loqayd qolib ko’zingiz quruq, yoshsiz, qalbingiz qattiq, olovsiz turibdi?" deydi. U so’zda bu irshodiy ma'no izoh etilgani uchun u yerga havola etib shu yerda tugataman.

Narigi tomonni mot qilish maqomida minglab misollaridan faqat ushbu ikki misolga qara. Birinchi misol:

وَاِنْ كُنْتُمْ فِى رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا عَلَى عَبْدِنَا فَاْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِهِ وَادْعُوا شُهَدَاءَكُمْ مِنْ دُونِ اللّهِ اِنْ كُنتُمْ صَادِقِينَ

Ya'ni: "Agar bir shubhangiz bo’lsa, sizga yordam beradigan, guvohlik qiladigan barcha kattalaringiz va tarafdorlaringizni chaqiring. Bitta surasiga nazira keltiring", deydi. "Ishorat-ul I'joz"da izohlangan va isbot etilagani uchun bu yerda faqat xulosasiga ishora qilamiz.

Qur'oni Mo’'jizu-l Bayon: "Ey inson va jinlar! Agar Qur'on Allohning kalomi ekaniga shubhangiz bo’lsa, bir bashar kalomi deb o’ylasangiz, qani, mana maydon, keling! Unga Muhammadu-l Amin degan zotingiz kabi o’qish yozishni bilmaydigan, qiroat va kitobat ko’rmagan bir ummiydan Qur'on kabi bir kitob keltiring, qo’ying. Agar qila olmasangiz, ummiy bo’lmasin, eng mashhur bir adib, olim bo’lsin. Buni ham qila olmasangiz, bitta bo’lmasin, butun balog’at mutaxassislaringiz, xatiblaringiz, balki o’tgan barcha balog’atchilarning go’zal asarlarini, keladigan butun adiblarning yordamini va ilohlaringizning himmatlarini birgalikda oling. Butun quvvatingiz bilan harakat qilinglar Qur'onga bir nazira qiling. Buni ham qila olmasangiz, taqlid qilib bo’lmaydigan Qur'on haqiqatlari va ko’p ma'naviy mo’'jizalaridan qat'iy nazar, faqat nazmidagi balog’atiga nazira sifatida bir asar yozing" deydi.

فَاْتوُا بِعَشْرِ سُوَرٍ مِثْلِهِ مُفْتَرَياَتٍ g’alabasi bilan: "Qani, sizdan ma'noning to’g’ri bo’lishini istamayman. Tuhmat, yolg’onlar va botil hikoyalar bo’lsin. Buni ham qila olmayotirsiz. Qani butun Qur'onchalik bo’lmasin, faqat بِعَشْرِ سُوَرٍ o’n surasiga nazira keltiring. Buni ham qila olmayapsiz. Bitta surasiga nazira keltiring. Bu ham ko’p. Qisqa bir surasiga bir nazira ko’rsating. Buni ham qilmasangiz va qila olmasangiz. Bu qadar muhtoj bo’lib, chunki e'tibor va nomusingiz, izzatingiz va diningiz, hamiyat va sharafingiz, jon va molingiz, dunyo va oxiratingiz bunga nazira keltirsa qutuladi. Yo’qsa dunyoda haysiyatsiz, nomussiz, dinsiz, sharafsiz, xorlik ichida, jon va molingiz halokatda mavh bo’lib va oxiratda

فَاتَّقُوا النَّارَ الَّتِى وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ

ishorasi orqali jahannamda abadiy qamoqqa mahkum bo’lasiz. Sanamlaringiz bilan birga olovga o’tinlik qilasiz. Modomiki ojizligingizni sakkiz martaba tushungan ekansiz. Albatta Qur'on sakkiz marta mo’'jiza ekanini bilishingiz kerak. Yo iymonga keling yoki jim turing, Jahannamga keting!" deydi. Xullas, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning dalil bilan mot qilish maqomidagi mag’lub qilishiga qara va:

لَيْسَ بَعْدَ بَيَانِ الْقُرْاٰنِ بَياَنٌ deign.

Ha, Qur'onning bayonidan so’ng bayon bo’la olmaydi va hojat qolmaydi.

Ikkinchi Misol:

فَذَكِّرْ فَمَآ اَنْتَ بِنِعْمَتِ رَبِّكَ بِكَاهِنٍ وَلَا مَجْنُونٍ ٭ أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ ٭ قُلْ تَرَبَّصُوا فَاِنِّى مَعَكُمْ مِنَ الْمُتَرَبِّصِينَ ٭ أَمْ تَاْمُرُهُمْ اَحْلَامُهُمْ بِهٰذَا اَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ ٭ اَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُ بَلْ لَا يُؤْمِنُونَ ٭ فَلْيَاْتوُا بِحَدِيثٍ مِثْلِهِ اِنْ كَانُوا صَادِقِينَ ٭ اَمْ خُلِقُوا مِنْ غَيْرِ شَىْءٍ اَمْ هُمُ الْخَالِقُونَ ٭ اَمْ خَلَقُوا السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ بَلْ لَايوُقِنُونَ ٭ اَمْ عِنْدَهُمْ خَزَآئِنُ رَبِّكَ اَمْ هُمُ الْمُصَيْطِرُونَ ٭ اَمْ لَهُمْ سُلَّمٌ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُمْ بِسُلْطَانٍ مُبِينٍ ٭ اَمْ لَهُ الْبَنَاتُ وَلَكُمُ الْبَنُونَ ٭ اَمْ تَسْئَلُهُمْ اَجْرًا فَهُمْ مِنْ مَغْرَمٍ مُثْقَلُونَ ٭ اَمْ عِنْدَهُمُ الْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبوُنَ ٭ اَمْ يُرِيدُونَ كَيْداً فَالَّذِينَ كَفَرُوا هُمُ الْمَكِيدُونَ ٭ اَمْ لَهُمْ اِلٰهٌ غَيْرُ اللهِ سُبْحَانَ اللهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ

Bu oyatning minglab haqiqatlaridan faqat tushuntirish bayoniga misol uchun haqiqatini izohlaymiz. اَمْ ، اَمْ lafzi bilan o’n besh tabaqa taajjubli inkor savoli bilan zalolat ahlining butun bo’laklarini mot qiladi va shubhalarning barcha asoslarini yopadi. Zalolat ahli uchun ichiga kirib saqlanadigan shaytoniy tuynuk qoldirmay, yopyapti. Ostiga kirib yashirinadigan zalolat pardasi qoldirmay, yirtadi. Ilonlaridan hech bir ilonni qoldirmay, boshini ezadi. Xar bir bo’lakda bir toifaning kufriy fikr xuloslarini yo qisqa ta'bir bilan yo’q qiladi yoki ochiq botil bo’lgani uchun sukut bilan ochiq botilga havola qiladi yoki boshqa oyatlarda tafsilotli rad etilgani uchun bu yerda qisqacha ishora qiladi. Masalan: Birinchi ifoda

وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ وَمَا يَنْبَغِى لَهُ

oyatiga ishora qiladi. O’n beshinchi ifoda esa

لَوْ كَانَ فِيهِمَآ اٰلِهَةٌ اِلَّا اللهُ لَفَسَدَتَا

oyatiga ramzi bor.

Boshqa ifodalarni bunga qiyosla. Boshda, "Allohning hukmlarini yetkaz. Sen kohin emassan. Chunki kohinning so’zlari chalkash va taxminiydir. Seniki haq va aniq. Majnun emassan, dushmaning ham aqlingning kamoliga guvohlik qiladi.

أَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ

Ayo, muhokamasiz omi kofirlar kabi senga shoir deydilarmi ajabo?! Sening halokatingni kutishyaptimi?! Sen, "Kutinglar. Men ham kutyapman", degin. Porloq buyuk haqiqatlaring she'rning hayollaridan pok va ziynatlariga ehtiyoji yo’q.

أَمْ تَاْمُرُهُمْ اَحْلَامُهُمْ بِهٰذَا Yoki aqllariga ishongan aqlsiz faylasuflar kabi, "aqlimiz bizga yetadi", deb senga ergashishdan chekinadilarmi ajabo?! Aql esa senga ergashishni amr qiladi. Chunki barcha gaplaring aqlga uyg’un. Lekin aqlning bir o’zi unga yeta olmaydi.

اَمْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ Yoki inkorlariga sabab osiy zolimlar kabi Haqqa bosh egmasliklarimi! Xolbuki jabbor zolimlarning raislari bo’lgan Fir'avnlarning, Namrudlarning oqibatlari ma'lum.

اَمْ يَقُولُونَ تَقَوَّلَهُ بَلْ لَا يُؤْمِنُونَ Va yoki, yolg’onchi, vijdonsiz munofiqlar kabi "Qur'on sening so’zlaring" deb senga tuhmat qilishyaptimi?! Xolbuki, hozirgacha senga Muhammadul Amin deb ichlarida seni eng to’g’ri so’zli bilar edilar. Demak ularning iymon keltirish niyati yo’q. Yo’qsa Qur'onning basharning asarlari ichida bir o’xshashini topishsin.

اَم خُلِقُوا مِنْ غَيْرِ شَىْءٍ Va yoki koinotni foydasiz va maqsadsiz yaratilganini e'tiqod qilgan abas bilan shug’ullangan faylasuflar kabi o’zlarini qarovsiz, egasiz, hikmatsiz, maqsadsiz, vazifasiz, Xoliqsiz deb o’ylaydilarmi?! Ajabo, ko’zlari ko’r bo’lganlar koinot boshdan oxirigacha hikmatlar bilan bezalgan va maqsadlar bilan meva berishi va mavjudot zarralardan quyoshlargacha vazifalar bilan mashg’ul ekani va Ilohiy amrlarga bo’ysunganini ko’rishmaydimi?!

اَمْ هُمُ الْخَالِقُونَ Va yoxud Fir'avnlashgan moddaparastlar kabi "O’z-o’zidan bo’lyapti. O’z-o’zini ozuqlantiryapti. O’ziga kerakli hamma narsani yaratmoqda", deb fikr yuritib, iymondan, qullikdan qilmayapti. Demak o’zlarini bittadan Xoliq deb o’ylayapti. Xolbuki bir narsaning Xoliqi xar bir narsaning Xoliqi bo’lishi kerak bo’ladi. Demak kibr va g’ururlari ularni o’ta ahmoqlashtirganki, bir chivinga, mikrobga mutlaq mag’lub ojizni, bir Qodiyri Mutlaq deb o’ylayapti.

Modomiki aqldan, insoniyatdan bu daraja uzoqlashgan ekan, hayvondan, balki jonsizlardan ham tubandir. Shunday ekan, ularning inkoridan xafa bo’lma. Bularni bir nav’ zararli hayvon va chirkin moddalar qatoriga qo’sh. Qarama, ahamiyat berma.

اَمْ خَلَقُوا السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ بَلْ لَايوُقِنُونَ

yoki, Xoliqni inkor qilgan fikrsiz, ahmoq munkir kabi Allohni inkor qilgani uchun, Qur'onni tinglamayaptimi?! Shunday bo’lsa, samovot va yerning vujudlarini inkor qilishsin yoki "Biz ijod qildik" deyishsin. Aqlning tarozisidan batamom chiqib, telbalik ahmoqligiga kirishsin. Chunki osmonda yulduzlar, zaminda gullar qadar tavhid burhonlari ko’rinyapti, o’qilyapti. Demak ishonish va haqni tan olishqa niyatlari yo’q. "Bir harf kotibsiz bo’lmaydi" qoidasini bilib ham, bir harfida bir kitob yozilgan ushbu koinot kitobini, qanday qilib kotibsiz deb o’ylashyapti.

اَمْ عِنْدَهُمْ خَزَائِنُ رَبِّكَ yoki, Janobi Haqning ixtiyorini inkor qilgan bir qancha zalolatdagi faylasuflar kabi va Brahmanlar kabi payg’ambarlik asosini inkor qilishyaptimi? Senga iymon keltirishmayapti. Demak, butun mavjudotda kuzatilgan, ixtiyor va irodani ko’rsatgan butun hikmat ko’rinishi, maqsad, intizom, foyda, rahmat va inoyat belgilarini va butun anbiyolarning barcha mo’'jizalarini inkor qilishsin yoki "Maxluqotga berilgan ehsonlarning xazinalari huzurimizda va qo’limizda" deyishsin. Xitob qila omasligini ko’rsatsinlar. Sen ularning inkoridan xafa bo’lma. Allohning aqlsiz hayvonlari ko’p, degin.

اَمْ هُمُ الْمُصَيْطِرُونَ yoki, aqlni hokim qilgan hakimlar kabi, Mo’'tazila kabi o’zlarini Xoliqning ishlariga nazoratchi va taftishchi deb o’ylab Xoliqi Zuljalolni javobgar qilishni istayaptilarmi? Qat'iyan umidsiz bo’lma. Unday xudbinlarning inkorlaridan hech narsa chiqmaydi. Sen ularga e'tibor berma.

اَمْ لَهُمْ سُلَّمٌ يَسْتَمِعُونَ فِيهِ فَلْيَأْتِ مُسْتَمِعُهُمْ بِسُلْطَانٍ مُبِينٍ

yoki, jin va shaytonlarga ergashib kohinlar, sehrgarlar kabi g’ayb olamiga boshqa yo’l topilgan deb o’ylaydilarmi? Shunday bo’lsa, shaytonlariga yopilgan samovotga chiqiladigan narvonlari bor deb o’ylab, sening samoviy xabarlaringni yolg’onga chiqarishyaptimi? Unday yolg’onchilarning inkorlari yo’q hisobida.

اَمْ لَهُ الْبَنَاتُ وَلَكُمُ الْبَنُونَ

yoki, o’n aql va sinflarning rabbi nomi bilan sheriklari borligini e'tiqod qilgan mushrik falsafa kabi, yulduzlar va farishtalarga bir nav’ ilohlik nisbat bergan yuduzparastlar kabi Janobi Haqqa farzand nisbat qilgan dinsiz va zalolatdagilar kabi Zoti Ahad va Samadning borligining vojibligiga, vahdat-yakkaligiga, samadiyatiga, mutlaq behojatligiga zid bo’lgan farzand nisbat berish va farishtalarning qulligiga, ma’sumligiga va jinsiyatiga zid bo’lgan ayol jinsiga nisbat qiladilarmi?! O’zlariga shafoatchi deb o’ylab, senga tobe bo’lishmaydimi?!

Inson kabi imkon dohilidagi, foniy, sinfining davom etishiga muhtoj, jismoniy va parchalanadigan, ko’payishga iste'dodli va ojiz, dunyoparast, yordamchi vorisga ishtiyoqmand maxluqlar uchun ko’payish va yordamlashish vositasi, hayot va baqo robitasi bo’lgan nasl yetishtirish, albatta va qat’iyyan borligi vojib va doim, baqosi azaliy va abadiy bo’lgan Zot jismoniyatdan ozoda va yuksak, mohiyati bo’linish va ko’payishdan munazzah-pok va mubarro-uzoq, qudrati ojizlikdan muqaddas va tengsiz Zoti Zuljalolga avlod nisbat qilish, ham u ojiz, imkon dohilida bo’lgan, miskin insonlar ham yoqtirmaganlari va mag’rur izzatiga munosib ko’rmaganlari bir navi avlod ya'ni hadsiz qizlarni nisbat etmoq shunday bir safsatadir va shunday bir devonalik xazayonidirki, u fikrda bo’lgan hariflarning yolg’onlari, inkorlari hechdir. Ularga e'tibor berma. Xar bir ahmoqning safsatasiga, xar devonaning telbaligiga quloq solinmaydi.

اَمْ تَسْئَلُهُمْ اَجْرًا فَهُمْ مِنْ مَغْرَمٍ مُثْقَلُونَ

yoki, xirsga, baxillikka o’rgangan osiy, zolim dunyoparastlar kabi sening takliflaringni og’ir ko’rib, sendan qochyaptilarmi?! Sen mukofotingni, haqqingni yolg’iz Allohdan istayotganingni, ularga Janobi Haq tomonidan berilganini bilishmaydimi?! U mollardan ham baraka ham faqirlarning hasad va badduolaridan qutulish uchun yo o’ndan yoki qirqdan birini o’z faqirlariga berishni og’irmiki, zakot amrini og’ir ko’rib Islomiyatdan chekinishyapti?! Ularning yolg’onlari ahamiyatsiz bo’lishi bilan birga, ular javob emas ta'zirga loyiq.

اَمْ عِنْدَهُمُ الْغَيْبُ فَهُمْ يَكْتُبوُنَ yoki, g’aybni bilishni da'vo qilgan Buddistlar kabi va g’aybiy ishlarga doir taxminlarini aniq deb o’ylagan aqlfurushlar kabi sening g’aybiy xabarlaringni yoqtirmayotilarmi?! G’aybiy kitoblari bormiki, sening g’aybiy kitobingni qabul qilishmayapti. Shunday bo’lsa, vahiyga sazovor bo’lgan rasullardan boshqa hech kimga ochilmagan va o’zicha unga kirishga hech kimning haddi bo’lmagan g’ayb olamini qo’lga kiritgan, ochiq deb o’ylab undan ma'lumot olib yozyapmiz deb o’ylayaptilarmi?! Haddidan hadsiz tajovuz etgan mag’rur xudbinlarning yolg’onga chiqarishi seni umidsiz qilmasin. Chunki yaqinda sening haqiqatlaring ularning xayollarini ostin-ustun qiladi.

اَمْ يُرِيدُونَ كَيْداً فَالَّذِينَ كَفَرُوا هُمُ الْمَكِيدُونَ

yoki, fitrati buzilgan, vijdoni chirigan yolg’onchi munofiqlar, ayyor dinsizlar kabi qo’lga kirita olmagan hidoyatdan odamlarni aldab qaytarib, hiyla qilib uzoqlshtirishni istaydilarmi?! Senga qarshi goh kohin, goh majnun, goh sehrgar deb, o’zlari ishonmasada boshqalarini ishontirishni xohlashyaptimi?! Hiylaboz yolg’onchilarni inson hisoblab hiylalalridan, inkorlaridan xafa bo’lib umidsiz bo’lma. Balki yanada ko’proq g’ayrat qil. Chunki ular o’z nafslariga hiyla qiladi, o’zlariga zarar qiladi, yomonlikda muvaffaqiyati vaqtincha va muhlat berish va Allohning bir makridir.

اَمْ لَهُمْ اِلٰهٌ غَيْرُ اللهِ سُبْحَانَ اللهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ

yoki yaxshilik yaratuvchisi va yomonlik yaratuvchisi degan ikki turdagi iloh deb tasavvur qilgan Majusiylar kabi va boshqa-boshqa sabablarga bir nav’ Iloh degan va ularni o’zlariga tayanch nuqtasi xayol qilgan sababparstlar, sanamparastlar kabi boshqa ilohlarga tayanib senga qarshi chiqishyaptimi? Sendan ehtiyoj sezmayapyilarmi?!

Demak لَوْ كَانَ فِيهِمَآ اٰلِهَةٌ اِلَّا اللهُ لَفَسَدَتَا hukmiga binoan, butun koinotda kundek ko’ringan eng mukammal intizomni, eng mukammal tartibni ko’r bo’lib ko’rmayotirlar. Xolbuki bir qishloqda ikki rais, bir shaharda ikki hokim, bir yurtda ikki podshoh bo’lsa, intizom chil

parchin, tartib ostin-ustun bo’ladi. Chunki chivin qanotidan samovot qandillarigacha shu daraja nozik intizom o’rnatilganki, chivin qanotichalik shirkka yer qolmagan. Modomiki ular bu daraja aql va hikmatga zid, tuyg’ular va yaqqol haqiqatlarga zid harakat qilayotgan ekan, ularning yolg’onga chiqarishi seni da'vatdan voz kechirmasin.

Xullas, haqiqatlar silsilasi bo’lgan shu oyatlarning yuzlab javharlaridan faqat dalil bilan isbotlash va mot qilishga doir bayonga doir bitta javharini qisqacha bayon qildik. Agar iqtidorim bo’lganida, bir nechta javharlarini yana ko’rsatganimda sen "Bu oyatlar bir o’zi bir mo’'jiza", der eding.

Ammo ifhom va ta'limdagi Qur'on bayonlari shu qadar g’aroyib, shu daraja latofatli va ravonki, uning bayonidan eng oddiy bir omi, eng chuqur haqiqatni oson tushunadi. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon ko’p chuqur haqiqatlarni hammaning qarashiga yumshoq, ommaning hissini ranjida qilmaydigan, avom fikrini bezovta qilib charchatmaydigan suratda oddiy va zohiran aytmoqda, dars bermoqda. Bir bola bilan gaplashilsa, bolalarcha ta'birlar ishlatgani kabi: تَنَزُّلَاتٌ اِلٰهِيَّةٌ اِلٰى عُقُولِ الْبَشَرِ deyilgan gapiruvchi uslubida so’zi bilan tinglovchining darajasiga tushib gaplashgan Qur'onning uslublari eng chuqur ilmli olimlarning fikrlari bilan yeta olmagan chuqur Ilohiy haqiqatlar va Rabboniy sirlarni mutashabih oyatlar suratida bir qism tashbehlar va misollar bilan eng ummiy omiga anglatadi. Masalan: اَلرَّحْمنُ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوَى misol bilan Allohning rububiyatini saltanat misolida, olamning tadbirida rububiyat martabasini Sultonning saltanat taxtida turib hukumatni boshqargani kabi bir misolda ko’rsatmoqda.

Qur'on bu koinot Xoliqi Zuljalolining kalomi bo’lib, rububiyatining eng buyuk martabasidan chiqib, umum martabalar ustiga kelib, bu martabalarga chiqqanlarni irshod qilib, yetmish ming pardalardan o’tib, pardalarga qarab nurlantirib, fahm va zakovat jihatidan ming turdagi tabaqa tinglovchilarga fayzini tarqatib, nurini yoyib qobiliyat jihatidan turli asrlar, davrlar ustida yashagan va ma'nolarini o’rtaga to’kin yoyib, mukammal yoshligi, yangiligidan zarra qadar zoye qilmasdan g’oyat tarovati, juda latofatini saqlab juda yengil tarzda, imkonsiz darajada oson suratda xar bir omi tushunadigan dars bergani kabi, ayni darsda, ayni so’zlar bilan tushunishi farqli va juda ko’p darajalari bir-biridan uzoq tabaqalarga ham dars berib qanoatlantirgan, to’ydirgan mo’'jizali kitobning qaysi tomoniga qaralsa, albatta bir i'joz shu'lasini ko’rish mumkin.

Natija:"Alhamdulillah" kabi Qur'oniy lafz o’qilgan payti tog’ning qulog’i bo’lgan g’orni to’ldirgani kabi, ayni lafz chivinning kichkina quloqchasiga ham to’liq joylashadi. Aynan shuning kabi: Qur'onning ma'nolari tog’ kabi aqllarni to’ydirganidek, chivin kabi kichkina sodda aqllarga ham ayni so’zlar bilan ta'lim beradi, qondirar. Zero Qur'on butun insonlar jinlarning butun tabaqalarini iymonga da'vat qiladi.

Barchasiga iymon ilmlarini ta'lim beradi, isbotlaydi. Shunday ekan, avomning eng ummiyi xoslarning eng xosiga yelkama-yelka, tizzama-tizza turib, birgalikda Qur'oniy darsni tinglab foydalanishadi. Demak Qur'oni Karim shunday Samoviy dasturxonki, minglab tabaqalarda bo’lgan fikrlar, aqllar, qalblar va ruhlar undan ozuqalarini topmoqda, ishtahalarini ochgan narsalarni olmoqda. Istaklari berilyapti.

Hatto juda ko’p eshiklari yopiq qolib kelajakda keladiganlarga qoldirilgan. Bu maqomga misol istasang, butun Qur'on boshdan oxirigacha bu maqomning misollaridir. Ha, butun mujtahidlar, siddiqlar, Islom faylasuflari, haqqiaqatni dalillari bilan biladigan allomalar, fiqh ilmi ulamolari, kalom mutaxassislari, orif avliyolar, oshiq qutblar, mudaqqiq olimlar va avom musulmonlar kabi Qur'onning talabalari, darsini tinglaganlar bir ovozdan: "Darsimizni go’zal ravishda tushunyapmiz", deyishyapti. Demak, boshqa maqomlar kabi tushuntirish va ta'lim berish maqomida ham Qur'onning i'joz yog’dulari porlamoqda.

IKKINCHI SHU’LA:

Qur'onning g’aroyib qamrovidir. Bu shu’laning besh yog’dusi bor.

Birinchi Yog’du:

Lafzidagi qaamrovi. Albatta avvalgi So’zlar va bu So’zda zikr qilingan oyatlarning qamrovi yaqqol ko’rinmoqda. Ha

لِكُلِّ اٰيَةٍ ظَهْرٌ وَبَطْنٌ وَحَدٌّ وَمُطَّلَعٌ ٭ وَلِكُلٍّ شُجُونٌ وَغُصُونٌ وَفُنُونٌ

hadisi ishora qilgani kabi, Qur'on lafzlari shunday bir tarzda qo’yilganki, xar bir kalomning, hatto xar bir so’zning, hatto xar bir harfning, hatto ba'zan bir sukutning ham ko’p jihatlari bor. Xar bir tinglovchi hissasini ayri ayri eshikdan beradi.

Masalan: وَالْجِبَالَ اَوْتاَداً ya'ni, "Tog’larni zaminingizga qoziq va tirgak qildim", degan kalomi.

Omining bu kalomdan oladigan hissasi: Zohiran yerga qoqilgan qoziqlar kabi ko’ringan tog’larni ko’radi, ulardagi manfaat va ne'matlarini o’ylaydi, Xoliqiga shukr qiladi.

Shoirning bu kalomdan hissasi: Zamin bir poydevor va samo qubbasi ustida qo’yilgan yashil va elektr chiroqlari bilan bezalgan bir muhtasham chodir, ufqni doira suratida va samoning etaklari boshida ko’ringan tog’larni chodirning qoziqlari misolida faraz qiladi. Sone'i Zuljaloliga hayrat bilan mahliyo bo’ladi.

Chodirda yashovchi adibning bu kalomdan oladigan nasibasi: Zamin yuzini cho’l va sahro, tog’larning silsilalarini juda ko’p va farqli badaviy chodirlariga o’xshatadi. Go’yo tuproq tabaqasi yuksak tirgaklar ustida to’shalgan. Tirgaklarning o’tkir uchlari tuproq pardasini yuqoriga ko’targan, bir-biriga yuzlangan juda ko’p turdagi maxluqotning maskani sifatida tasavvur qiladi. U buyuk, azamatli maxluqlarni yer yuzida chodirlar kabi osonlik qurgan va qo’ygan Fotiri Zuljaloliga hayrat sajdasi qiladi.

Jo’g’rofiyachi adibning u kalomdan hissasi: Yer kurrasi havo yoki efir okeanida suzgan kema va tog’larni u kemaning ustida joylashtirgan muvozanatini saqlash uchun qoqilgan qoziqlar va tirgaklar shaklida tafakkur qiladi. Katta yer kurrasini tartibli kema kabi yaratib, bizni ichiga qo’yib, olamatrofida aylantirgan Qodiyri Zulkamolga سُبْحَانَكَ مَا اَعْظَمَ شَانَكَ deydi.

Madaniyat va ijtimoiy sohadagi mutaxassis hakimining bu kalomdan hissasi: Zaminni uy, uning tirgagi hayvonlar hayoti, hayvonlar hayotining tirgagi bo’lgan hayot shartlari hisoblangan suv, havo va tuproqdir. Suv, havo va tuproqning tirgagi va qozig’i tog’lar hisoblanadi. Chunki tog’lar suvning xazinasi, havoning tarog’i (zararli gazlarni cho’ktirib, havoni tozalaydigan) va homiyi (botqoqlik va dengiz istilosidan muhofaza qiladi) bo’lib, inson hayotiga kerakli boshqa narsalarning xazinasi sifatida tushunadi. Katta tog’larni bu orqali hayotimiz uyi bo’lgan zaminga tirgak qilgan va tirikchiligimizga xazinador tayinlagan Sone'i Zuljaloli val Ikromga kamoli ta'zim bilan hamdu sano qiladi.

Fizika mutaxassis bo’lgan faylasufining bu kalomdan hissasi shuki: Yer kurrasining qornida ba'zi o’zgarishlar va to’planishlar natijasida hosil bo’lgan zilzila va silkinishlarni tog’larning chiqishi orqali tinchlangani, asosi, o’qida barqaror turishi va zilzila chalqanganda aylanish doirasidan chiqmasligiga sabab bo’lgan tog’larning chiqishi ekani, zaminning jahli va g’azabi tog’larning tuynuklaridan nafas olib, tinchlanganini fahmlaydi, tamoman iymonga keladi. "Al hikmatu lillah" deydi.

Masalan

اَنَّ السَّموَاتِ وَالْاَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَاهُمَا

dagi رَتْقًا kalimasi falsafa tadqiqoti bilan kirlanmagan olimga quyidagicha anglatadi: Samo porloq, bulutsiz, zamin esa quruq va hayotsiz, tavalludga qobiliyatsiz holda bo’lgan vaqti, osmonni yomg’ir bilan, zaminni o’simliklar bilan egallab bir nav’ uylanish va ko’payish suratida butun jonlilarni suvdan yaratish shunday bir Qodiyri Zuljalolning ishiki, ro’yi zamin uning kichik bir bo’stoni va samoning yuz pardasi bo’lgan bulutlar uning bog’ida dastmol deb anglaydir, qudratining azamatiga sajda qiladi.

Haqiqatlarni izlanib dalillari bilanm bilgan hakimga u kalima shunday ma'no beradi: Yaratilishning boshida samo va arz shaklsiz yig’in, manfaatsiz ho’l xamir, bolasiz, maxluqotsiz yig’ilgan moddalardan iborat bo’lgan vaqti, Fotiri Hakiym ularni ochib, yoyib go’zal shakl va manfaatli surat, ziynatli va ko’p maxluqotga manba qilganini anglaydi. Hikmatining kengligiga hayron bo’ladi.

Yangi davrning faylasuflariga bu kalima shunday ma'no beradiki: Quyosh sistemasini tashkil qilgan yer kurramiz, boshqa sayyoralar, boshlang’inchda Quyosh bilan birlashgan bo’lib, ochilmagan xamir shaklida bo’lgan vaqti, Qodiyri Qayyum uni ochib, sayyoralarni bir-bir joylariga joylashtirib, Quyoshni joyida qoldirib, zaminimizni bu yerga keltirib, zaminga tuproq yoyib, samodan yomg’ir yog’dirib, Quyoshdan ziyo sochtirib dunyoni jonlantirib bizlarni ichiga qo’yganini anglab, kallasini tabiat botqoqligidan chiqaradi va "Amantu billahil Vahid-il Ahad" deydi.

Masalan: وَالشَّمْسُ تَجْرِى لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا dagi "Lom" ham o’z ma'nosini, ham "fi" ma'nosini, ham "bilan" ma'nosini ifodalaydi. لِمُسْتَقَرٍّ ning "Lom"ini avom "bilan" ma'nosida ko’rib tushunadiki, sizga nisbatan nur taratuvchi, isituvchi, harakatlanadigan chiroq bo’lgan Quyosh, albatta bir kun sayri bitadi, qaror joyiga yetadi, sizga foydasi tegmaydigan bir surat oladi, deb tushunadi. U ham Xoliqi Zuljalolning quyoshga bog’lagan buyuk ne'matlarni tushunib "Subhanalloh, Alhamdulillah" deydi.

Olimga ham "Lom"ni "bilan" ma'nosida ko’rsatadi. Lekin u Rabboniy to’qimalarning bir mokkisi bo’lgan kecha-kunduz sahifalarida yozilgan Samadoniy maktublarning siyohi, nur siyohdoni suratida tasavvur qilib, quyoshning ko’rinishdagi aylanishi, alomat bo’lgan va ishora qilgan olamning intizomini tushunib, Sone'i Hakiymning san'atiga "Mashaalloh", hikmatiga "Barakalloh" deb sajda qiladi.

Astronom bir faylasufga "lom"ni "fi" ma'nosida shunday anglatadi: Quyosh o’z markazida va o’qi ustida zambarak kabi aylanib, tizimini Allohning amri bilan tartiblab harakatlantiradi. Eng katta soatni yaratib tartibga slogan tartiblagan Sone'i Zuljaloliga kamoli hayrat va tahsin bilan "Al azamatu lillah val qudratu lillah" deydi, falsafani uloqtiradi, Qur'on hikmatiga kiradi.

Diqqatli hakimga "lom"ni ham maqsad ma'nosida, ham ravish ma'nosida keltirib anglatadiki: "Sone'i Hakiym ishlariga zohiriy sabablarni parda qilgani uchun, umumiy tortishish qonuni nomli Allohning bir qonuni bilan sopqon toshlari kabi sayyoralarni quyoshga bog’lagan va sayyoralarni tortish kuchi bilan farqli, lekin intizom bilan harakat qildirib, hikmati doirasida aylantiradi va tortishish kuchini yuzaga keltirish uchun Quyoshning o’z markazida harakatini zohiriy bir sabab etgan. Demak لِمُسْتَقَرٍّ ma'nosi: فِى مُسْتَقَرٍّ لَهَا لِاِسْتِقْرَارِ مَنْظُومَتِهَا ya'ni, o’z qarorgohi ichida tizimining barqaror turishi va nizomi uchun harakatlanadi. Chunki harakat haroratni, harorat quvvatni, quvvat tortishish kuchini zohiran vujudga keltirib, Allohning tartibi, Rabboniy qonundir. Demak, hakim shunday hikmatni Qur'onning bir harfidan fahmlagan payti, "Alhamdulillah. Haq hikmat Qur'onda, falsafani besh tiyinga olmayman", deydi.

Shoirona fikr va qalb sohibi "lom" va istiqror-joylashishdan shunday ma'no chiqaradi: "Quyosh nuroniy bir daraxtdir. Sayyoralar uning harakatlanuvchi mevalari... Daraxtlarning aksiga, mevalari tushmasligi uchun quyosh silkinadi. Agar silkinmasa, tushib tarqalib ketadi". Yana shuni o’ylaydi: "Quyosh majzub bir zikrboshidir. Zikr halqasining markazida jazavali zikr aytadi va ayttiradi". Bir risolada shu ma'noga doir shunday degan edim:

"Ha, quyosh bir mevalidir, sayyor emishlari tushmasligi uchun silkinadi.

Agar to’xtab, sukunat aylasa, tortishish qochar, fazoda yig’lar intizomli majzublari".

Yana masalan اُولٰٓئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ da bir sukut bor, bir umumiylashtirish bor. Xar kim istagan narsasini ichida topishi uchun nimaga zafar qozonishlarini tayinlamagan. Uzun bo’lishi uchun so’zni oz gapiradi. Chunki bir qism tinglovchilarning maqsadi olovdan qutulishdir. Bir qismi faqat Jannatni o’ylaydi. Bir qismi oxirat saodatini orzu qiladi. Bir qism faqat Allohning roziligini umid qiladi. Bir qismi Alloh jamolini ko’rishni nishon deb biladi va hokazo. Bu kabi juda ko’p joylarda umumiy bo’lishi uchun Qur'on so’zni mutlaq qoldiradi. Ko’p ma’nolarni ifodalashi uchun o’rtadan oladi. Hammaning hissasi bo’lishi uchun qisqa qoldiradi. Masalan اَلْمُفْلِحُونَ deydi. Nimaga xursand bo’lishlarini tayinlamaydi. Go’yo sukut orqali: "Ey musulmonlar! Sizga hushxabar. Ey taqvodor! Sen Jahannamdan omon qolasan. Ey solih! Sen Jannatga salomatlik bilan kirasan. Ey orif! Sen Allohning roziligiga noil bo’lasan. Ey oshiq! Sen Allohning jamoliga sazovor bo’lasan." va hokazo.

Qur'on lafzning qamrovi bilan kalom, so’z, harflar va sukutlarning xar birining minglab misollaridan faqat namuna sifatida bittadan misol keltirdik. Oyatlarni va qissalarni bularga qiyos qiling.

Masalan: فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللهُ وَاسْتَغْفِرْ لِذَنْبِكَ oyatining shu qadar jihatlari va shu daraja martabalari borki, butun valiylarning tabaqalari butun suluklarida va martabalarda bu oyatga ehtiyoj tuyib, undan o’z martabasiga loyiq ma'naviy ozuqa, yangi ma'no olishgan. Chunki "Alloh" barcha Asmopni o’zida to’plagan Ism bo’lgani uchun unda Asmoyi Husna adadicha tavhidlar mavjud.

اَىْ لَا رَزَّاقَ اِلَّا هُوَ ٭ لَا خَالِقَ اِلَّا هُوَ ٭ لَا رَحْمٰنَ اِلَّا هُوَ

va hokazo.

Yana masalan: Qur'oniy qissalardan Muso Alayhissalom qissasining xuddi Muso Alayhissalom hassasi kabi minglab foydalari bor. U qissada ham Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamni taskin va tasalli berish ham kofirlarni tahdid qilish ham munofiqlarni yomonlash ham Yahudiylarga tanqid qilish kabi ko’p maqsadlari, juda ko’p jihatlari bor. Shuning uchun suralarda takrorlangan. Hamma joyda butun maqsadlarni ifodalab, faqat bittasi asl maqsad bo’ladi, boshqalari unga tobe qoladi.

Agar:"Qur'on o’tgan misollardagi butun ma'nolarni iroda qilgan va ishora qilayotganini qanday bilamiz?" desang.

Javob:Modomiki Qur'on azaliy bir xutba, farqli, tabaqa-tabaqa bo’lib asrlar ustida va orqasida turib tizilgan butun bani Odamga xitob qilayotgan, dars berayotgan ekan, albatta farqli dunyoqarashlarga ko’ra ko’p ma'nolarni iroda qiladigan va irodasiga alomatlarni tayin qiladi.

"Ishoratu-l I'joz"da bu yerdagi ma'nolar kabi Qur'on kalimalarining ko’p ma'nolarini Sarf va Nahv ilmining qoidalari bilan, Bayon ilmi va Ma'no fanining dasturlari bilan, Balog’at fanining qonunlari bilan isbotlangan. Shu bilan birga arab tili ilmlariga ko’ra sahih, usuli din - aqoid ilmiga ko’ra haq bo’lish sharti bilan, Ma'no fani asosida qabul qilingan, Bayon ilmiga asosan munosib va balog’at ilmiga ko’ra butun mustahsan jihatlar va ma'nolar, ijtihod, tafsir, usuli din - aqoid va usuli fiqh ahlining ijmo'i bilan va ixtiloflarining shahodati bilan Qur'onning ma'nolaridandir.

U ma'nolarga darajalariga ko’ra ishoralar qo’ygan. Yo lafziy yoki ma'noga oid. Ma'noga oidi yo siyoq yoki kalom siboqidan yoki boshqa oyatdan alomatlar ma'noga ishora qiladi. Bir qismi yigirma, o’ttiz, qirq, oltmish, hatto sakson jild bo’lib haqiqatlarni izlangan va dalillari bilan biladigan ulamolar tomonidan yozilgan yuz minglab tafsirlar Qur'onning qamrovi va lafzining g’aroyibligiga qat'iy ochiq dalil bo’ladi. Nima bo’lganda ham... Biz bu so’zda xar bir ma'noga dalolat qilgan ishorani qonuni bilan, qoidasi bilan ko’rsatadigan so’z juda uzayadi. Shuning uchun gapni qisqartirib, qisman "Ishorat-ul I'joz"ga havola qilamiz.

Ikkinchi Yog’du:

Ma'nosidagi g’aroyib qamrov. Ha, Qur'on butun mujtahidlarning manbalarini, butun oriflarning lazzat turlarini, butun qovushganlarning yo’nalishlarini, butun komillarning yo’llarini, butun haqiqatlarni izlangan va dalillari bilan biladigan ulamolarning mazhablarini, ma'nosining xazinasidan ehson qilish bilan birga, doim ularga rahbar va taraqqiy etishlarida xar vaqt murshid bo’lib, tuganmas xazinasidan ularning yo’llariga nurlar sochganini hammalari tasdiqlaydi va muttafiqan alayhdir.

Uchinchi Yog’du:

Ilmidagi g’aroyib qamrovidir. Qur'on shariatning xar hil va ko’p ilmlarini, haqiqatning turli-tuman va ko’p sonli ilmlarini, tariqatning farqli va hadsiz ilmlarini o’z ilmining dengizidan oqizgani kabi, imkon olamining haqiqiy hikmatini, hech o’zgarmaydigan, borligi shart va vasflarining ziddi tasavvur qilinmaydigan Ilohlik doirasining haqiqiy ilmlarini, oxirat doirasining nozik masalalarini o’zioning dengizidan muntazam ravishda va ko’p oqizyapti. Bu yog’duga misol keltirilsa, bir jild yozmoq kerak bo’ladi. Shunday eklan, faqat namuna sifatida yigirma besh adad So’zlarni ko’rsatamiz. Yigirma besh adad So’zlarning barchasi to’g’ri haqiqatlari Qur'onning ilm dengizidan faqat yigirma besh tomchidir. Ularda kamchilik bo’lsa, mening nuqsonli fahmimga oid.

To’rtinchi Yog’du:

Mavzularidagi g’aroyib qamrovdir. Inson va insonning vazifasi koinot va koinot Xoliqining, yer va osmonlarning, dunyo va oxiratning, o’tmish va kelajakning, azal va abadning umumiy bahslarini jamlash bilan birga nutfadan yaratishdan qabrga kirishgacha, yeyish, yotish odobidan qazo va qadar mavzularigacha, olti kunda olamni yaratilishidan وَالْمُرْسَلَاتِ، وَالذَّارِيَاتِ qasamlari bilan ishora qilingan shamollarning esishidagi vazifalarigacha,

وَمَا تَشَآؤُنَ اِلَّا اَنْ يَشَآءَ اللهُ ٭ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ

ishorasi bilan insonning qalbiga va irodasiga aralashishdan

وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَمِينِهِ

ya'ni, butun samovotni bir qabzasida tutishigacha,

وَجَعَلْناَ فِيهَا جَنَّاتٍ مِنْ نَخِيلٍ وَاَعْنَابٍ

zaminning gul, uzum va xurmosidan

اِذَا زُلْزِلَتِ الْاَرْضُ زِلْزَالَهَا

orqali ifodalangan ajib haqiqatga qadar va osmonning

ثُمَّ اسْتَوَىٓ اِلَى السَّمَآءِ وَهِىَ دُخَانٌ

holatidagi vaziyatidan tutun bilan yorilishiga va yulduzlarning tushib cheksiz fazoda tarqalishigacha, dunyoning imtihon uchun ochilishidan yopilishiga qadar, oxiratning birinchi manzili bo’lgan qabrdan, so’ng barzohdan, hashrdan, ko’prikdan Jannatga, abadiy saodatgacha, o’tgan zamonning hodisalaridan, Hazrati Odam jasadining yaratilishidan, ikki o’g’lining urushidan To’fongacha, Fir'avn qavmining g’arqigacha, aksar payg’ambarlarning muhim hodisalarigacha اَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ ishora qilgan azaliy hodisadan

وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ ٭ اِلٰى رَبِّهَا نَاظِرَةٌ

oyati ifoda etgan abadiy voqealarga qadar barcha asosiy va muhim mavzularni shunday tarzda bayon qiladiki, u bayon butun koinotni bir saroy kabi boshqargan, dunyo va oxiratni ikki uy kabi ochib yopgan, zaminni bir bog’cha, osmonni chiroqlar bilan bezatilgan tom kabi tasarruf etgan, moziy va istiqbolni bir kecha va kunduz kabi kishi e'tiboriga tayyor ikki sahifa qilib tomosha qilgan, azal va abad, kecha va bugun kabi hodisalar silsilasining ikki tarafi birlashgan, bog’liqlik paydo qilgan suratda hozirgi vaqt kabi ularga qaragan bir Zoti Zuljalolga yarashadigan bayon tarzidir. Bir usta qurgan va boshqargan ikki uydan bahs yuritadi. Dasturi va ishlarining ro’yxat va mundarijasini tuzadi.

Qur'on ham bu koinotni yaratgan, boshqargan, ishlarining ro’yxati va mundarijasini (ta'bir joiz bo’lsa) dasturini yozgan, ko’rsatgan bir Zotning bayoniga yarashadigan tarzdadir. Hech bir jihatda soxtakorlik va sun'iy harakat belgisi ko’rinmaydi. Hech qanday taqlid dog’i yoki boshqasi uchun o’zini uning o’rnida faraz qilib gaplashgandek hiylaning alomati bo’lmagani kabi butun jiddiyati bilan, butun pokligi bilan, butun samimiyligi bilan sof, nurli, porloq bayoni kunduzning ziyosi "Quyoshdan keldim" deganidek, Qur'on ham, "Men Olam Xoliqining bayoniman va kalomiman", deydi.

Bu dunyoni antiqa san'atlar bilan bezagan, lazzatli ne'matlar bilan to’ldirgan, san'at bilan, ne'mat bilan oziqlantirib san'atining g’aroyibotlari bilan shu daraja qiymatli ne'matlarini dunyo yuziga sochgan, navbat bilan tartiblagan va zamin yuzida yoygan, go’zal tizgan dunyoni taqdir va tahsin sadolari bilan, hamd va tashakkur ohanglari bilan to’ldirgan, zaminni bir zikrxona, masjid, Allohning san'atlarining bir tomoshagohiga aylantirgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon bir Sone', bir Mun'imdan boshqa kimga yarashadi va kimning kalomi bo’lishi mumkin? Undan boshqa kim unga sohib bo’la oladi? Undan boshqa kimning so’zi bo’lishi mumkin? Dunyoni nurlantirgan ziyo Quyoshdan boshqa nimaga yarashadi? Koinot tilsimini kashf qilib olamni nurlantirgan Qur'on bayoni Shamsi Azaliydan boshqa kimning nuri bo’ladi? Unga nazira keltirishga, taqlid qilishga kimning haddi sig’adi?!

Ha, bu dunyoni san'atlari bilan ziynatlagan bir San'atkor, san'atini tahsin etgan inson bilan gaplashmasligi imkonsiz. Modomiki qilar va bilar ekan, albatta gapiradi. Modomiki gapirar ekan, albatta gapirishiga Qur'on yarashadi. Bir gulni tartiblashidan loqayd qolmagan bir Moliku-l Mulk butun mulkida jaranglagan kalomga qanday qilib loqayd qoladi?! Boshqaga berib qo’yib qiymatini yo’qqa chiqaradimi?!

Beshinchi Yog’du:

Qur'onning uslub va ijozidagi g’aroyib qamrovidir. Bunda "Besh Nur" bor.

Birinchi Nur:

Qur'on uslubining ajib bir qamrovi borki, bitta sura, buyuk Qur'on dengizini ichiga oladi. Bitta oyat, suraning xazinasini ichiga oladi. Ko’pchilik oyatlarning xar biri kichik suralar, ko’pchilik suralarning xar biri kichik Qur'ondir.

Bu mo’jizali ijozning buyuk irshod lutfi va go’zal bir osonlashtirishdir. Chunki hamma xar doim Qur'onga muhtoj bo’ladi, lekin yo ahmoqligidan yoki boshqa sabablarga binoan xar vaqt butun Qur'onni o’qimaydi. O’qishga vaqt va fursat topa olmagan odamlar Qur'ondan mahrum qolmasligi uchun xar bir sura kichik Qur'onlat o’rniga, hatto xar bir uzun oyat qisqa suralar maqomiga o’tar. Hatto Qur'on Fotihada, Fotiha Bismillohda joylashganiga kashf ahli ittifoq qilgan. Bu haqiqatga burhon esa tahqiq ahlining ijmo'idir.

Ikkinchi Nur:

Qur'on oyatlari amr va ta'qiq, va'd va va'id, targ’ib va qo’rqitish, uzoqlashtirish va irshod, qissalar va hikoyalar, Ilohiy maorif va hukmlar, qonunlar va koinot ilmlari, shaxsiy, ijtimoiy, qalbiy, ma'naviy va uxroviy hayot shartlari kabi barcha kalom tabaqalari, haqiqiy ilmlar va inson ehtiyojlariga dalolat qilib, ishorasi orqali qamragani bilan birga, خُذْ مَا شِئْتَ لِمَا شِئْتَ ya'ni, "Istagan hamma narsang uchun Qur'ondan nima istasang ol", ifoda etgan ma'no shu daraja to’g’riligi bilan qabul qilinganki, haqiqat ahli o’rtasida zarbul masal holiga kelgan. Qur'on oyatlarida shunday qamrov borki, xar dardga davo, xar ehtiyojga ozuqa bo’ladi. Ha, shunday bo’lishi hem kerak. Chunki bardavom taraqqiy etib martabalarni oshib o’tgan butun kamol ahli tabaqalarining mutlaq rahbari, albatta bu xususiyatlarga sohib bo’lishi shart.

Uchinchi Nur:

Qur'onning mo’jizali ijozidir. Goho, uzun bir silsilaning ikki tarafini silsilani go’zal ravishda ko’rsatib zikr qiladi. Gohida, bir kalimaning ichiga ochiq oydin, ishora navidan, ramz bilan, imo orqali bir da'voning ko’p burhonlarini joylashtiradi. Masalan:

وَمِنْ اٰيَاتِهِ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَاَلْوَانِكُمْ

da oyatlar va vahdoniyat dalillarining silsilasini tashkil qilgan koinot yaratilish silsilasining boshlang’ich va intihosini zikr qilib ikkinchi silsilani ko’rsatadi, birinchi silsilani o’qitadi.

Bir Sone'i Hakiymga shahodat qilgan olam sahifalalarining birinchi darajasi samovot va arz yaratilishlarining ilk holidir. So’ng osmonlarni yulduzlar bilan bezash orqali zaminni jonzotlar bilan jonlantirishi, so’ng Quyosh va Oyning itoat ettirishi orqali mavsumlarning almashishi, so’ng kecha va kunduzning bir birining o’rniga kelishi va aylanishi ichidagi ishlar silsilasi. Yana bora-bora ko’plik eng ko’p yoyilgan yerda siymolar va ovozlarning xususiyatiga, imtiyoziga va shaxslanishlarigacha... Modomiki intizomdan eng uzoq va tasodif aralashgan odamlarning siymolaridagi shaxslarga ajratilishida hayratga soladigan hikmatli intizom bo’lsa, ustida o’ta san'atkor hakimning qalami ishlagani ko’rsatilsa, albatta intizomlari zohiriy boshqa sahifalar o’z-o’zidan anglashiladi, naqqoshini ko’rsatadi. Yana modomiki katta samovot va yer yaratilishlarining ilk holida san'at va hikmat belgilari kuzatilayotgan ekan, albatta koinot saroyining binosida poydevor bo’lib osmonlar va zaminni hikmat bilan qo’ygan Sone'ning boshqa qismlarida san'at asari, hikmat naqshi ochiq oydin ko’rinadi. Bu oyat yashirinni izhor qiladi, ochiq narsani yashirib juda go’zal bir ijoz qo’ygan. Haqiqatdan:

فَسُبْحَانَ اللهِ حِينَ تُمْسُونَ

dan

وَلَهُ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ

gacha olti marta وَمِنْ اٰيَاتِهِ، وَمِنْ اٰيَاتِهِ bilan boshlangan burhonlar silsilasi javohirlar silsilasi, nur silsilasi, i'joz silsilasi, ijoz silsilasidir. Qalb, bu xazinalarda yashirin olmoslarni ko’rsatishni istaydi. Lekin nima qilay, maqom ko’tarmaydi. Boshqa vaqtga qoldirib, u eshikni hozir ochmayman.

Yana masalan:

فَاَرْسِلُونِ ٭ يُوسُفُ اَيُّهَاالصِّدِّيقُ فَاَرْسِلُونِ

kalomi bilan يُوسُفُ so’zi o’rtasida quyidagilar bor:

اِلٰى يُوسُفَ لِاَسْتَعْبَرَ مِنْهُ الرُّؤْيَا فَاَرْسَلُوهُ فَذَهَبَ اِلَى السِّجْنِ وَقَالَ يُوسُفُ

Demak besh jumlani bir jumlada to’plab ijoz-qisqa gap bilan ko’p ma’nolarni tishintirsada ochiq ravshanligini buzmagan, tushunishni qiyinlashtirmagan.

Yana masalan:

اَلَّذِى جَعَلَ لَكُمْ مِنَ الشَّجَرِ الْاَخْضَرِ نَارًا

osiy inson, "Chirigan suyaklarni kim tiriltiradi" deya qarshi chiqqandek inkoriga qarshi Qur'on, "Ilk boshda kim yaratgan bo’lsa, u tiriltiradi. Yaratgan zot esa xar bir narsani xar holatida biladi. Sizga yashil daraxtdan olov chiqargan zot chirigan suyakka hayot bera oladi ham", deydi. Bu kalom tiriltirish da'vosiga ko’pgina jihatlardan qaraydi, isbot etadi.

Avvalo, shu kalomi orqali insonga qilingan ehsonlar silsilasini boshlaydi, harakatlantiradi, yodga soladi. Boshqa oyatlarda izoh etgani uchun qisqa keltiradi, aqlga havola qiladi. Ya'ni, sizga daraxtdan mevani, olovni, o’tdan rizqlar va tuhumlarni, tuproqdan urug’larni va nabototni bergani kabi, zaminni sizga xush (ichiga xar bir ozuqangiz qo’yilgan) bir beshik, olamni go’zal va ichida barcha kerakli narsalaringiz bo’lgan saroy qilgan Zotdan qochib o’z-o’zingiz qolib, yo’qlikka ketib yashinish mumkin emas. Vazifasiz qolib qabrga kirib uyg’ontilmaslik sharti bilan bemalol yota olmaysiz. So’ng u da'voning bir daliliga ishora qiladi: اَلشَّجَرِ الْاَخْضَرِ نَارًا kalimasi orqali ramzan: "Ey hashrni inkor qilgan odam! Daraxtlarga qara! Qishda o’lgan suyaklar kabi bahorda hadsiz daraxtlarni tiriltirgan, yashillik bergan, hatto xar bir daraxtda yaproq, gul va mevalar ko’rinishida uch hashrning namunasini ko’rsatgan Zotga inkor bilan aqlga qig’dira olmay, qudratiga qarshi chiqilmaydi", deydi. So’ng bir dalilga yana ishora qilib, "Sizga daraxt kabi nursiz, dag’al, qorong’u bir moddadan olov kabi latif, yengil, nuroniy moddani chiqargan zotdan, o’tin kabi suyaklarga olov kabi hayot, nurdek idrok berishini qanday qilib aqlingizga sig’dira olmaysiz?" So’ng yana bir dalilni ko’rsatib, "Badaviylar uchun gugurt o’rniga olov chiqargan mashhur daraxtning yashil holida ikki shoxi bir-biriga surilgan vaqti olovni yaratgan, namligi bilan yashil, harorati bilan quruqlashgan ikki zid tabiatni jamlab, uni bunga asos qilib, xar bir narsa, hatto asosiy unsurlar va asos yaratilishlar uning amriga qaraydi, uning quvvati bilan harakat qiladi, hech biri o’z-o’zidan tabiati bilan harakat qilmaganini ko’rsatgan zotdan, tuproqdan qilingan, so’ng yana tuproqqa qaytgan insonni yana tuproqdan chiqarishi aqlga sig’adi. Isyon bilan unga qarshi chiqilmaydi. So’ng Hazrati Muso Alayhissalomning mashhur daraxtini eslaydi. Hz.Muhammad Alayhissalotu Vassalamning da'vosi Muso Alayhissalomning ham da'vosidir. Payg’ambarlarning ittifoqiga yashirin imo qilib, bu kalimaning ijoziga yana bir latofat qo’shadi.

To’rtinchi Nur:

Qur'onning ijozi shu daraja qamrovli va g’aroyibki, e'tibor berilsa, ba'zan bir dengizni bir idishda ko’rsatayotganday juda keng, juda uzun va kulliy dasturlarni, umumiy qonunlarni sodda va avom dunyoqarashiga marhamat sifatida sodda tarzda, xususiy hodisa orqali ko’rsatadi. Minglab misollaridan faqat ikki misoliga ishora qilamiz.

Birinchi Misol:Yigirmanchi So’zning Birinchi Maqomida uch oyat tafsilotli bayon qilingan. Hz.Odamning shaxsiga ismlarni ta'lim berish unvoni bilan insonga ilhom qilingan butun ilmlar va fanlarning ta'lim berilganini ifodalaydi. Odamga maloikalarning sajda qilishi va shaytonning sajda qilmasligi hodisasi orqali inson sinfiga baliqdan farishtagacha aksar mavjudot bo’ysungani kabi, ilondan shaytonga qadar zararli maxluqotning esa unga itoat qilmasdan dushmanlik qilganini ifoda etadi.

Muso (A.S.) qavmi bir sigirni so’yish orqali Misr sigirparastligidan olingan va "Sigir" voqe'asida ta'sirini ko’rsatgan sigirparastlik mafkurasini Muso Alayhissalomning pichog’i bilan so’yilganini ifoda qiladi. Toshdan suv chiqishi, daryo oqishi va atrofga tarqalishi jarayoni orqali tuproq tabaqasi ostidagi tosh tabaqasi suv tomirlariga xazinadorlik va tuproqqa onalik qilganini ifoda qiladi.

Ikkinchi Misol:Qur'onda ko’p takrorlangan Muso Alayhisalom qissasining jumlalari va bo’limlarining xar bir jumlasi, hatto xar bir bo’lagi bir umumiy dasturning uchi bo’lib ko’rsatilgan va o’sha dasturni ifoda etadi. Masalan, يَا هَامَانُ ابْنِ لِى صَرْحًا Fir'avn vaziriga amr qiladi: "Menga yuksak bir minora qur, samovot holatini kuzatib tomosha qilaman. Uning holatlaridan Musoning (A.S.) da'vo qilganidek samoda tasarruf qilgan bir Iloh bormikin, qani?" Mana صَرْحًا so’zi bilan bu juz'iy hodisa orqali tog’siz cho’ldagi tog’larni orzulagan, Xoliqni tanimagani uchun tabiatparast bo’lib rablik da'vo qilgan, jabarut asarlarini ko’rsatish orqali nomini davom ettirgan, shuhratparast bo’lib tog’misol mashxur ehromlarni qurdirgan, sehr va ruhning ko’chishiga ishonib, o’liklarini mumiya qilib, tog’dek mozorlarda saqlagan Misr fir'avnlarining an'anasida hukm surgan ajib bir dasturni ifoda qiladi. Masalan:

فَالْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ G’arq bo’lgan Fir'avnga: "Bugun sening g’arq bo’lgan jasadingga najot beraman" degan unvon orqali umum Fir'avnlarning ruh ko’chish tushunchasiga binoan janozalarini mumiyalash orqali moziydan olib istiqboldagi kelajak nasllarning tomoshagohiga jo’natib o’lgan, ibratli hayot dasturlarini ifodalash bilan birga, ushbu oxirgi asrda g’arq bo’lgan Fir'avnning jasadi deb kashf qilingan bir jasad, g’arq bo’lgan dengizidan sohilga chiqarib trashlanishini, davr dengizidan asrlarning mavjlari ustida bu asr sohiliga chiqarilishini, mo’'jizali g’aybiy ishorani, i'joz shu'lasini va bu so’z mo’'jiza ekanini ifodalaydi.

Ham masalan:

يُذَبِّحُونَ اَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ

Bani Isroil o’g’illarining o’ldirilib, xotin va qizlarini hayotda qoldirish, bir Fir'avn davrida qilingan voqe'a unvoni orqali Yahudiy millatining aksar yurtlarda xar asrda uchragan ko’p qatliomlarini, xotin va qizlarning xarom kayf safo hayotida o’ynagan rollarini ifoda qiladi.

وَلَتَجِدَنَّهُمْ اَحْرَصَ النَّاسِ عَلٰى حَيٰوةٍ ٭ وَتَرَى كَثِيرًا مِنْهُمْ يُسَارِعُونَ فِى الْاِثْمِ وَالْعُدْوَانِ وَاَكْلِهِمُ السُّحْتَ لَبِئْسَ مَا كَانُوا يَعْمَلُونَ ٭ وَيَسْعَوْنَ فِى الْاَرْضِ فَسَادًا وَاللهُ لَا يُحِبُّ الْمُفْسِدِينَ٭ وَقَضَيْنَآ اِلٰى بَنِٓى اِسْرَآئِيلَ فِى الْكِتَابِ لَتُفْسِدُنَّ فِى الْاَرْضِ مَرَّتَيْنِ ٭ وَلَاتَعْثَوْا فِى الْاَرْضِ مُفْسِدِينَ

Yahudiylarga yuzlangan bu ikki Qur'oniy hukm bu millatning insonning ijtimoiy hayotida hiylakorlik qilib aylantirgan ikki mudhish umumiy dasturni ichiga olabi. Bashariyat ijtimoiy hayotini titratgan va ish va ish kuchini sarmoya bilan urushtirib faqirlarni boylarga dushman qilgan, haddan ortiq sudxo’rlik qilib banklarni tashkil qilishga sabab bo’lgan, hiyla va makr bilan mol jamlagan millat bo’lgani kabi, mahrum qolganlar va doimo zulm ko’rgan hukumatlardan va g’oliblardan qasos olish uchun xar qanday fasod komitetlariga qo’shilgan va xar qanday isyonga qo’shilganlar yana bu millat bo’lganini ifoda etadi.

Masalan: فَتَمَنَّوُا الْمَوْتَ "Agar to’g’ri bo’lsangiz, o’limni istang. Xolbuki hech istamaysiz". Majlisi nabaviyda kichik bir jamoatning kichik hodisa unvonida inson millatlari ichida yashash xirsi va o’limdan qo’rqishda eng mashhur bo’lgan Yahudiy millatining qiyomatgacha holat tili o’limni istamasligini va hayot xirsini tashlamasliklarini ifoda etadi.

Masalan: وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ الذِّلَّةُ وَالْمَسْكَنَةُ unvoni bilan bu millatning kelajakdagi taqdirini umumiy suratda ifodalaydi. Ularning axloqida va taqdirida joylashgan bunday mudhish dastur uchun, Qur'on ularga qarshi juda shiddatli muomala qilmoqda. Daxshatli adablantirish ta'zirini bermoqda. Bu misollardan Muso Alayhissalom qissasi va Bani Isroilning boshqa juzlarini va boshqa qissalarini ushbu qissaga qiyosla. Endi ushbu To’rtinchi Nurdagi mo’jizani ijoz shu'lasi kabi Qur'onning oddiy kalimalarining va juz'iy qismlarining orqasida juda ko’p i'joz yog’dulari bordir. Donoga ishora kifoya.

Beshinchi Nur:

Qur'onning maqsadlari, masalalari, ma'nolari, uslublari, latifalar va go’zalliklarning barchasini g’aroyib tarzda o’z ichiga olgan. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning suralariga, oyatlariga va xususan suralarning boshlanishi, oyatlarning boshlang’ich va to’xtash joylariga e'tibor berilsa, balog’atlarning butun turlarini, kalom fazilatlarining butun qismlarini, yuksak uslublarning butun sinflarini, axloq go’zalliklarining butun a’zolarini, koinot ilmlarining butun xulosalarini, Ilohiy maorifning butun mundarijalarini, shaxsiy va ijtimoiy hayotning barcha foydali dasturlarini va koinot yuksak hikmatining hamma nuroniy qonunlarini jamlash bilan birga hech qanday chalkashlik asari kuzatilmaydi.

Darhaqiqat, buncha turli tomonlarni bir yerda to’plab tortishuv, chalkashlik chiqmasligi faqatgina qahrli i'joz nizomining ishi bo’ladi. Butun qamrov ichida intizom bilan birga o’tgan yigirma to’rt adad So’zda izoh va isbot etilgani kabi, bilmay turib o’zini biladigan deb hisoblash manbai bo’lgan ko’nikish pardalarini keskin bayonoti bilan yirtish, odat pardalari ostida yashiringan g’aroyib ishlarni chiqarib ko’rsatish, zalolatning manbai bo’lgan tabiat tog’utini burhonning olmos qilichi bilan maydalash, g’aflat uyqusining qalin tabaqalarini chaqmoq misol na'ralari bilan tarqatish, bashariyat falsafasi va inson hikmatini ojiz qoldirgan koinotning mushkul tilsimini va olam yaratilishining ajib muammosini fath va kashf etish, albatta haqiqatni ko’rgan, g’aybni bilgan, hidoyat bergan, haqni ko’rsatgan Qur'on kabi mo’'jiza ko’rsatganning g’aroyib ishlaridir.

Qur'onning oyatlariga insof bilan e'tibor berilsa, boshqa kitoblar kabi bir-ikki maqsadga yo’nalgan tadrijiy fikr silsilasiga o’xshamaydi. Balki, daf’atan va oniy holati bor. Qalbga qo’yiladigan rivoji bor. Birga kelgan xar bir toifasi mustaqil bo’lib, uzoq joydan va o’ta jiddiy va ahamiyatli bir urushning bir-bir, qisqa-qisqa suratda kelganining belgisi bor. Koinot Xoliqidan boshqa kim bu daraja koinot va koinot yaratuvchisi bilan jiddiy aloqador urush qila oladi?! Haddidan cheksiz daraja oshib Xoliqi Zuljalolni o’z ixtiyori bilan gapirtirishga, koinotni to’g’ri gapirtirishga kimning haddi sig’adi.

Qur'onda koinot Sone'ining juda jiddiy, haqiqiy, yuksak, haq xitobi va gapirtirishi ko’rinmoqda. Taqlid qilgan bo’lish ehtimolini imo qiladigan hech qanday belgi yo’q. U gapiradi va gapirtiradi. Farazan Musaylima kabi haddidan hadsiz daraja oshib taqlid qilishi, izzat va azamat sohibi bo’lgan Xoliqi Zuljalolini o’z aqlidan gapirtirsa, koinotni u bilan gaplashtirsa, albatta minglab taqlid belgilari va minglab soxtakorlik alomatlari topiladi. Chunki eng past holida eng yuksak holatga kirganlarning xar bir harakati taqlidchi ekanini ko’rsatadi. Bu haqiqatni qasam bilan e'lon qilgan

وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى ٭ مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمْ وَمَا غَوٰى ٭ وَمَا يَنْطِقُ عَنِ الْهَوٰى ٭ اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى

ga qara, diqqat qil...

UCHINCHI SHU’LA:

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning g’aybiy xabarlari va xar asrda yoshligini muhofaza qilishi va insonlarning xar tabaqasiga muvofiq kelish i'jozidir. Bu Shu’laning "Uch Jilva"si bor.

Birinchi Jilva:

G’aybiy xabarlaridir. Bu jilvaning "Uch Shavqi" bor.

Birinchi Shavq:

Moziyga oid g’aybiy xabarlaridir. Qur'oni Hakim ittifoq bilan ummiy va ishonchli Zotning tilidan Hz. Odam zamonidan Asri Saodatgacha anbiyolarning muhim holatlarini, ahamiyatli voqealarini shunday bir tarzda zikr qiladiki, Tavrot va Injil kabi kitoblarning tasdig’i ostida o’ta quvvat va jiddiyat bilan xabar beradi. O’tmishdagi eski Muqaddas Kitoblarning ittifoq qilgan nuqtalarida uyg’unlik qilgan. Ixtilof qilgan mavzularini to’g’rilab voqe'aning aslini tushuntiradi. Demak, Qur'onning g’aybni ko’rgan nazari moziy ahvolini o’tmishdagi eski Muqaddas Kitoblarning barchasidan ustun ko’radiki, ittifoq qilgan masalalarda tasdiqlab ularni to’g’riligiga guvohlik beradi. Ixtilof qilgan masalalarda to’g’rilab ularga to’g’rilovchi bo’ladi.

Qur'onning voqealari va moziy holatlariga doir xabarlar aql bilan xabar beriladigan aqliy ish emas. Balki samoga bog’liq naqldir. Naql esa oqish va yozishni biladiganlarga maxsus. Do’st va dushmanning ittifoqi bilan oqishni, yozishni bilmaydigan, ishonchliligi bilan tanilgan, ummiy laqabi bilan vasflangan zotga nozil bo’ladi. U zot moziy holatlarini shunday suratda xabar beradilarki, huddi ko’rayotganday gapirganlar. Chunki uzun hodisaning hayot manbai va ruhini oladi. Maqsadiga muqaddima qiladi. Demak Qur'ondagi natijalar, xulosalar ko’rsatadiki, ularni bilgdirgan butun o’tmishni barcha holatlari bilan ko’radi. Chunki bir zotning bir fanda yoki bir ishda mutaxassis ekani, xulosa bilan, ishining natijasi bilan, shaxslarning mahorat va malakalarini ko’rsatgani kabi, Qur'onda zikr etilgan voqealarning xulosalari va ruhlari ko’rsatadiki, ularni so’zlagan zot butun voqealarni qamraagan, ko’ryapti, (ta'bir joiz bo’lsa) favqulodda mahorat bilan xabar bermoqda.

Ikkinchi Shavq:

Kelajakka oid g’aybiy xabarlari. Bu turdagi xabarlarning ko’p turlari bor. Birinchi qismi xususiydir. U kashf ahli va avliyolarga maxsus. Masalan: Muhyiddini Arab (Q.S.) الٓمٓ ٭ غُلِبَتِ الرُّومُ surasida juda ko’p g’aybiy xabarlarni topgan. Imomi Rabboniy suralarning boshidagi muqattatot harflari orqali ko’p g’aybiy ishlarning ishoralarini va xabarlarini ko’rgan va hokazo. Botin ulamolari uchun Qur'on boshdan oxirigacha g’aybiy xabarlar navidandir. Biz esa umumga oid qismiga ishora qilamiz. Buning ham juda ko’p tabaqalari bor. Biz faqat bir tabaqadan bahs yuritamiz. Qur'oni Hakim Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga qarata aytilgan:

{(Izoh) G’aybdan xabar bergan oyatlar juda ko’p tafsirlarda izoh etilgani va eski harf bilan nashr qilinish niyati, muallifini shoshirish xatosi sababli bu yerda izohsiz va qiymatli xazinalar yopiq qoldi.}

فَاصْبِرْ اِنَّ وَعْدَ اللهِ حَقٌ لَتَدْخُلُنَّ الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ اِنْ شَآءَ اللهُ اٰمِنِينَ مُحَلِّقِينَ رُؤُسَكُمْ وَمُقَصِّرِينَ لَا تَخَافُونَ... هُوَ الَّذِى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدىَ وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَهُمْ مِنْ بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبوُنَ فِى بِضْعِ سِنِينَ للهِ الْاَمْرُ فَسَتُبْصِرُ وَيُبْصِرُونَ بِأَيِّكُمُ الْمَفْتُونُ اَمْ يَقُولُونَ شَاعِرٌ نَتَرَبَّصُ بِهِ رَيْبَ الْمَنُونِ قُلْ تَرَبَّصُوا فَاِنِّى مَعَكُمْ مِنَ الْمُتَرَبِّصِينَ وَاللهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ فَاِنْ لَمْ تَفْعَلُوا وَلَنْ تَفْعَلُوا وَلَنْ يَتَمَنَّوْهُ اَبَداً سَنُرِيهِمْ اٰيَاتِنَا فِى الْاٰفَاقِ وَفِىٓ اَنْفُسِهِمْ حَتّٰى يَتَبَيَّنَ لَهُمْ اَنَّهُ الْحَقُّ قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلٰى اَنْ يَاْتوُا بِمِثْلِ هٰذَا الْقُرْاٰنِ لَا يَاْتوُنَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيراً

يَاْتِى اللهُ بِقَوْمٍ يُحِبُّهُمْ وَيُحِبُّونَهُ اَذِلَّةٍ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ اَعِزَّةٍ عَلَى الْكَافِرِينَ يُجَاهِدُونَ فِى سَبِيلِ اللهِ وَلَا يَخَافُونَ لَوْمَةَ لَٓائِمٍ وَقُلِ الْحَمْدُ للهِ سَيُرِيكُمْ اٰياَتِهِ فَتَعْرِفُونَهَا قُلْ هُوَ الرَّحْمٰنُ اٰمَنَّا بِهِ وَعَلَيْهِ تَوَكَّلْنَا فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ هُوَ فِى ضَلَالٍ مُبِينٍ وَعَدَ اللهُ الَّذِينَ اٰمَنوُا مِنْكُمْ وَعَمِلوُا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِى الْاَرْضِ كَماَ اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِيَنهُمُ الَّذِى ارْتَضٰى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ اَمْناً

ko’p oyatlar ifodalagan g’aybiy xabarlar bo’lib, aytilganidek to’g’ri chiqqan. Juda ko’p e'tiroz va tanqidlarga uchragan va eng kichik bir xatosi tufayli da'vosini yo’qotadigan bir Zotning tilidan ikkilanmay, mukammal jiddiyat va ishonch bilan, kuchli ishonchni his ettirgan g’aybiy xabar u Zot Azaliy Ustozidan dars olhandan so’ngra so’zlayotganini qat'iyan ko’rsatadi.

Uchinchi Shavq:

Ilohiy haqiqatlarga va yaratilishga bog’liq haqiqatlarga va oxiratga oid ishlarga doir g’aybiy xabarlaridir. Ha, Qur'onning Ilohiy haqiqatlarga doir bayonlari va koinot tilsimini fath etib, olam yaratilishining muammosini ochgan, yaratilishga oid bayonlari g’aybiy xabarlarning eng muhimidir. Chunki g’aybiy haqiqatlarni cheksiz zalolat yo’llari ichida istiqomatda yurib toppish, inson aqlining ishi emas va bo’la olmaydi. Basharning eng dohiy olimlari bu masalalarning eng kichigiga ham aqli yeta olmagani ma'lum.

Qur'on ko’rsatgan Ilohiy haqiqatlar va yaratilishga oid haqiqatlarni bayon qilgandan so’ng, qalb farog’ati va nafsni poklagandan so’ng, ruhning taraqqiyoti va aqlni mukammallashtirgandan so’ng inson aqli "Sadaqta" deb haqiqatlarni qabul qiladi. Qur'onga "Barakalloh" der. Bu bo’limni qisman O’n Birinchi So’zda izoh va isboti bor. Takrorlashga hojat yo’q. Ammo uxroviy va barzohiy holatlar, garchi inson aqli bir o’zi yeta olmaydi, ko’ra olmaydi. Lekin Qur'on ko’rsatgan yo’llari bilan ularni ko’rish darajasida isbotlaydi. O’ninchi So’zda Qur'onning bu g’aybiy xabarlari qay daraja to’g’ri va haqligi izoh va isbot etilgan. Unga murojat qil.

Ikkinchi Jilva:

Qur'onning yoshligidir. Xar asrda yangidan nozil bo’lgandek yangiligini, yoshligini muhofaza qiladi. Qur'on azaliy bir xutba bo’lib, barcha asrlardagi insonlarning hamma tabaqalariga birdan xitob etgani uchun doimiy yosh qolishi lozim. Shunday ko’rilgan va ko’rinmoqda. Hatto tushuncha jihatidan farqli va iste'dod jihatidan bir-biriga zid bo’lgan asrlarda xar bir asrga ko’ra go’yo o’sha asrga xos yuzlangan, qaratadi va dars beradi. Insonning ish va qonunlari bashar kabi qariydi, almashadi, o’zgartiriladi. Lekin Qur'onning hukm va qonunlari shu qadar sobit va sog’lomlki, asrlar o’tishi orqali yanada ko’proq quvvatini ko’rsatmoqda. O’ziga qattiq ishongan va Qur'onning so’zlariga qarshi qulog’ini yopgan hozirgi asr va bu asrning ahli kitob insonlari Qur'onning يَآ اَهْلَ الْكِتَابِ ٭ يَآ اَهْلَ الْكِتَابِ degan irshod qilgan xitobiga shu qadar muhtojki, go’yo u xitob to’g’ridan-to’g’ri bu asrga qaratilgan va يَآ اَهْلَ الْكِتَابِ lafzi "Ya ahlal maktab" ma'nosini ham o’z ichiga oladi. Butun shiddati bilan, tamoman yangiligi bilan, to’liq yoshligi bilan

يَآ اَهْلَ الْكِتَابِ تَعَالَوْا اِلٰى كَلِمَةٍ سَوَآءٍ بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمْ

hayqirig’ini dunyoning hamma tomoniga yoymoqda.

Masalan: Shaxslar, jamoatlar qarama qarshi shiqishdan ojiz qolgan Qur'onga qarshi butun bashariyatning va balki jinlarning ham fikrlarining natijasi bo’lgan zamonaviy madaniyat Qur'onga qarshi dushmanga aylangan. Qur'on i'joziga qarshi sehrlari bilan qarshi chiqyaptilar. Hozir bu mudhish yangi dushmanga qarshi Qur'onning i'jozini

قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ

oyatining da'vosini isbotlash uchun madaniyatning kurash suratida joriy qilgan asoslari va dasturlarini Qur'on asoslari bilan solishtiramiz.

Birinchi darajada:

Birinchi So’zdan Yigirma Beshinchi So’zgacha taqqoslash va mezonlar, bu So’zlarning haqiqatlari va boshidagi oyatlar ikki karra iki to’rt aniqligida madaniyatga qarshi Qur'onning i'jozi va g’alabasini isbotlaydi.

Ikkinchi darajada:

O’n Ikkinchi So’zda isbot etilgani kabi, bir qancha dasturlarini xulosalash. Demak, zamonaviy madaniyat falsafasi bilan insonning ijtimoiy hayotida tayanch nuqtasini "kuch" deb biladi. Nishonni "manfaat" bilar. Hayot dasturini "kurash" deb qabul qiladi. Jamoatlarning aloqasini "irqchilik va manfiy milliyat" deb biladi. G’oyasi - nafsning istaklarini qondirish va inson ehtiyojini ko’paytirish uchun ba'zi "xarom o’yin kulgular"dir. Xolbuki: Kuch - tajovuz qiladi. Manfaat - xar qanday istakni qo’lga kirita olmagani uchun urushsh qiladi. Kurash dasturining ishi to’qnashishdan iborat. Irqchilik - boshqalarni bo’ysundirish bilan ozuqlangani uchun tajovuz hisoblanadi. Demak, madaniyatning bu dasturlari butun yaxshiligi bilan birga insonning faqat yigirma foiziga bir jihatda yuzaki baht-saodat berib saksonini tashvishga, faqirlikka solgan.

Ammo Qur'onning hikmatining, tayanch nuqtasi kuch o’rniga "haq" deydi. Maqsadda manfaat o’rniga "fazilat va Allohning roziligi"ni qabul qilgan. Hayot kurashdan iborat dasturi o’rniga "yordamlashish dasturini" asos olgan. Jamoatlarning aloqalarida irqchilik va millatchilik o’rniga "din, sinf va vatan robitasini" qabul qiladi. Maqsadi "nafsoniy kayf safoning xarom tajovuzlariga to’siq qo’yib ruhni taraqqiy ettirishga tashviq qiladi, oliy hislarni qondiradi va insonni insoniyat kamolotiga chorlab inson qilish"dan iborat. Haqning ishi ittifoqdir. Fazilat - bir-biriga tayanish. Yordamlashish - bir-biriga madad berish. Din qardoshlikka, birlashihsga chaqiradi. Nafsi ammorani jilovlash, ruhni kamolotga chiqarish bilan erkin qoldirishning natijasi - ikki dunyo saodatidir. Demak, zamonaviy madaniyat Islomdan oldingi haq dinlardan, boxusus Qur'onning irshodlaridan olgan yaxshilik bilan birga, haqiqatda Qur'onga qarshi mag’lub bo’lgan.

Uchinchi daraja:

Minglab masalalaridan faqat namuna sifatida uch-to’rt masalani ko’rsatamiz. Qur'onning dasturlari, qonunlari azaldan kelgan, abadga ketadi. Madaniyatning qonunlari kabi keksayib o’limga mahkum emas. Doimo yosh, quvvatlidir. Masalan: Madaniyatning butun xayriya jamiyatlari bilan, butun zolim tartib-qoidalari bilan, butun axloqiy tarbiya joylari bilan Qur'oni Hakimning ikki masalasiga qarshi chiqa olmasdan mag’lub bo’lgan. Masalan:

وَاَقِيمُوا الصَّلٰوةَ وَاٰتُوا الزَّكٰوةَ وَاَحَلَّ اللهُ الْبَيْعَ وَحَرَّمَ الرِّبوٰا

Qur'onning ushbu i'jozli g’alabasini quyida bir muqaddima bilan bayon qilamiz.

"Ishorat-ul I'joz"da isbot etilgani kabi butun bashariyat ixtilollarining ma'dani bir so’z bo’lgani kabi butun yomon axloqlarning manbai ham bir kalimadir.

Birinchi kalima:"Men to’q bo’lay, boshqasi ochlikdan o’lsa, menga nima".

Ikkinchi kalima:"Sen ishla, men yeyman".

Bashariyat ijtimoiy hayotida xos va avom, ya'ni boylar va faqirlar muvozati bo’lsa osoyishta yashaydi. Muvozanatning asosi quyidagicha:

Xoslar tabaqasi marhamat va shafqat qilishi, pastdagilar esa hurmat va itoat etishidir. Hozir birinchi kalima xoslar tabaqasini zulmga, axloqsizlikka, marhamatsizlikka yo’naltirgan. Ikkinchi kalima avomni kinga, hasadga, dushmanlikka yo’llab, insoniyat osoyishtaligini bir necha asrdan beri ketkazgan. Shuning kabi bu asrda g’ayrat, sarmoya bilan kurashishning natijasida hammaga ma'lum bo’lgan Ovrupa katta hodisalari maydonga keldi.

Demak, madaniyat butun xayriya jamiyatlari, axloqiy maktablari va qattiq tartib-qoidalari bilan insoniyatning bu ikki tabaqasini kelishtira olmagani kabi, insonning ijtimoiy hayotining ikki mudhish yarasini davolay olmadi. Qur'on "zakotning shart bo’lishi" orqqali birinchi kalimani ildizi bilan sug’urib tashlaydi, davolaydi. Ikkinchi kalimaning asosini "sudxo’rlikning harom bo’lishi" orqali sug’urib tashlab, davolaydi. Ha, Qur'on oyatlari dunyo eshigida turib sudxo’rlikka mumkin emas deydi. "Urush eshigini yopish uchun bank eshigini yoping" deb insonlarga farmon qiladi. Shogirdlariga "Kirmanglar", deb amr qiladi.

Ikkinchi Asos:Madaniyat ko’p xotinlikni qabul qilmaydi. Qur'onning bu hukmini o’ziga, hikmatga zid va inson manfaatiga ters deb qabul qiladi. Agar uylanishdagi hikmat faqat jinsiy munosabat bo’lsa, ko’payish bilaks bo’lishi kerak. Lekin butun hayvonotning guvohligi va uylangan nabototning tasdig’i bilan aniqlanganki, uylanishning hikmat va maqsadi nasl yetishtirishdir. Jinsiy munosabat lazzati esa u vazifani bajartirish uchun rahmat tarafidan berilgan kichik bir haqdir. Modomiki hikmatan, haqiqatan uylanish nasl uchun ekan, sinfning davom etishi uchun ekan, albatta, bir yilda faqat bir marta tug’ishga qobiliyatli, oyning faqat yarmida homilador bo’lish mumkin bo’lgan, ellik yoshda umidsizlikka tushgan bir xotin aksar vaqtda yuz yilgacha urug’lanishga qobiliyatli bir erkakka yetarli bo’lmagani uchun, madaniyat juda ko’p fohishaxonalarni qabul qilishga majbur.

Uchinchi Asos:Muhokamasiz madaniyat, Qur'on xotinga uchdan bir bergani uchun oyatni tanqid qiladi. Lekin ijtimoiy hayotda aksar hukmlar ko’pchilik manfaatini ko’zlagani uchun, aksariyat fikricha bir xotin o’zini himoya qiladigan erkakni topadi. Erkak esa unga yuk bo’ladigan va nafaqasini qoldiradigan ayol bilan birga yashashga majbur bo’ladi. Xullas, bu suratda ayol otasidan merosning yarmini olsa, eri qolganini ta'minlaydi. Erkak otasidan ikki bo’lak olsa, birini ayolining boshqaruviga beradi, singlisiga teng keladi. Qur'onning adolati buni taqozo qiladi, hukm qilgan.

{(Izoh1) Mahkamaga qarshi va uni mot qilgan Shikoyat Arizasining mudofaasidan bir bo’lim. Bu joyga izoh bo’lgan.

Adliyaning mahkamasiga quyidagilarni aytaman: Bir ming uch yuz ellik yil ichida va xar asrda uch yuz ellik million insonlarning ijtimoiy hayotida eng muqaddas va haqiqatli Ilohiy dasturni uch yuz ellik ming tafsirning tasdiqlariga va ittifoqlariga tayangan holda, bir ming uch yuz ellik yil mobaynida o’tgan ajdodlarimizning e'tiqodlariga iqtido qilib tafsir qilgan odamni mahkum etgan haqsiz bir qarorni, albatta ro’yi zaminda adolat bo’lsa rad qiladi va bu hukmni bekor etishi kerak!"}

To’rtinchi Asos:Qur'on sanamparastlikni shiddat bilan man’ qilgani kabi, uning bir nav’ taqlidi bo’lgan suratparastlikni ham man’ qiladi. Madaniyat esa suratlarni o’z taraqqiyotidan sanab Qur'onga qarshi chiqishni istagan. Xolbuki soyali soyasiz suratlar yo tosh holiga kelgan zulm yo jasad holiga kirgan bir riyodir yoki jismlashgan ehtiros bo’lib, insonni zulmga, riyoga va havasni qamchilab orzu istaklarga tashviq qiladi.

Qur'on marhamat orqali ayollarning hurmatini saqlash uchun, sharmandali havaslarning oyog’i ostida shafqat ma'danlari xor bo’lmasligi uchun hayo pardasini taqishini amr qiladi. Yana havaslar vositalari, ahamiyatsiz molga aylanmasligi ham bor. {(Izoh2) Ayollar tasattur-yopinishi haqida O’ttiz Birinchi Maktubning Yigirma To’rtinchi Yog’dusi o’ta qat'iy suratda isbotlaganki: Tasattur ayollar uchun fitriydir. Tasatturni olib tashlash fitratga ziddir.} Madaniyat esa xotinlarni inlaridan chiqarib, pardalarini yirtib, insonni ham boshdan chiqargandir. Xolbuki oila hayoti ayol-erkak o’rtasida o’zaro hurmat va muhabbat bilan davom etadi. Ochiq-sochiqlik esa samimiy hurmat va muhabbatni yo’q qilib oilaviy hayotni zaxarlagan. Xususan surat-parastlik axloqni yomon silkitgani va ruhning tubanlashishiga sabab bo’lganini quyidagicha tushunish mumkin:

Marhuma va rahmatga muhtoj bir go’zal ayol mayyitiga shahvat va nafsoniy nazar bilan qarash axloqni qanchalik xarob qilgani kabi, o’lgan ayollarning suratlariga yoki sog’ xotinlarning kichik oligi hisoblangan suratlariga havas bilan qarash insonning oliy hislarini chuqur silkitadi, buzadi.

Bu uch misol kabi minglab Qur'on masalalarining xar biri bashariyat saodatini dunyoda ta'minlashga xizmat qilish bilan birga abadiy hayotiga ham xizmat qiladi. Boshqa masalalarni mazkur masalalarga qiyos qil.

Zamonaviy madaniyat, Qur'onning bashariyatning ijtimoiy hayotiga oid dasturlariga mag’lub bo’lib, Qur'onning ma'naviy i'joziga qarshi haqiqat nuqtasida qashshoqlikka tushadi. Xuddi shuning kabi, yigirma besh adad So’zda madaniyatning ruhi bo’lgan Ovrupa falsafasi va bashariyat hikmatini, Qur'onning hikmati bilan mezonlar orqali ikki taqqoslanganda falsafa hikmati ojiz va Qur'on hikmatining mo’'jiza ekani qat'iyan isbotlangan. O’n Birinchi va O’n Ikkinchi So’zlarda falsafa hikmatining ojizligi, qashshoqligi va Qur'on hikmatining i'jozi va boyligi isbotlangan, murojaat qilishing mumkin.

Zamonaviy madaniyat hikmati Qur'onning ilmiy va amaliy i'joziga qarshi mag’lub bo’layotgani kabi madaniyatning adabiyot va balog’ati ham Qur'onning odob va balog’atiga qarshi nisbati quyidagicha:

Yetim bolaning zulmatli huzun bilan umidsiz yig’lashi, tuban sarxush aroqxo’rning yig’i sadosiga (ashula demak) o’xshagan yuksak oshiqning vaqtinchalik bir ayriliqdan ishtiyoq bilan, umidli huzun ichidagi g’inosi (ashulasi), zafar yoki urushga va yuksak fidokorliklarga chaqirish uchun tashviq bilan vatan qasidalariga nisbati kabidir. Chunki odob va balog’at ta'siri uslub qandayligiga ko’ra yo huzun beradi, yo sevinch beradi. Huzun ikki qismdan iborat: Yo do’sti yo’qligidan, ya'ni ahbobsizlikdan, sohibsizlikdan kelgan qorong’u huzun bo’lib, zalolat aralash, tabiatparast, g’aflat ichidagi madaniyat adabiyoti bergan huzndir.

Ikkinchi huzun do’stlardan ayrilishdan keladi, ya'ni dostlar bor, firog’ida ishtiyoqli huzun beradi. Demak, huzun Qur'onning hidoyat beruvchi, nurafshon bergan huznidir. Sevinch ham ikki qismdan iborat: Biri nafsni havaslarga tashviq qiladi. U esa teatrchi, kinochi, romanchi madaniyat adabiyotining ishidir.

Ikkinchi sevinch nafsni lol qilib, ruhni, qalbni, aqlni, sirni yuksaklarga, asl vatanlariga, abadiy joyiga, uxroviy do’stlariga yetish uchun latif va odobli, ma'sum tashviq bo’lib, Jannat va abadiy saodat, insonni ru'yati jamolullohga chorlagan va shavqqa keltirgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning bergan sevinchidir.

قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلٰٓى اَنْ يَأْتوُا بِمِثْلِ هٰذَا الْقُرْاٰنِ لَا يَأْتوُنَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيراً

oyati ifodalagan etgan azim ma'no va buyuk haqiqat kaltafahm kimsalar va e'tiborsiz odamlar mubolag’ali balog’at uchun imkonsiz surat deb o’ylashadi. Aslo! Mubolag’a emas, imkonsiz surat emas, ayni haqiqat bo’lgan balog’at, mumkin va mavjud bir suratdadir.

Uning bir jihati quyidagicha ya'ni, Qur'ondan sizib chiqmagan va Qur'onga tegishli bo’lmagan inson va jinlarning barcha go’zal so’zlari to’plansa ham Qur'onni o’xshatolmas demakdir. Yeta olmagan ham, ko’rsatilmaydi ham.

Ikkinchi jihati quyidagicha: Jin va insonlar, hatto shaytonlar fikrlarining natijasi va ishlarining yakuniy natijasi hisoblangan madaniyat, falsafa hikmati va ajnabiy adabiyot Qur'onning ahkom va hikmat va balog’atiga qarshi ojiz darajasida demakdir. Buning namunasini ko’rsatdik.

Uchinchi Jilva:

Qur'oni Hakim xar asrdagi basharning xar bir tabaqasiga go’yo to’g’ridan-to’g’ri xususiy yuzlangandek, xitob qilyapti. Butun bani Odamga butun tabaqalari bilan eng yuksak va eng nozik ilm bo’lgan iymonga va eng keng va nuroniy fan hisoblangan ma'rifatullohga, eng ahamiyatli va turli-tuman maorif bo’lgan Islom hukmlariga da'vat qilgan, dars bergan Qur'on bo’lsa, xar bir sinfga, xar toifaga muvofiq dars bermog’i kerak. Xolbuki dars bir, turli tuman emas. Shunday ekan, ayni darsda tabaqalar bo’lishi lozim. Darajaga ko’ra xar biri Qur'onning pardalaridan bir pardadan dars hissasini oladi. Bu haqiqatning ko’p namunalarini zikr etganmiz. Ularga murojaat etilishi mumkin. Faqat bu yerda bir-ikki juz’ining va faqat bir-ikki tabaqasining tushunish hissasiga ishora qilamiz:

Masalan:

لَمْ يَلِدْ وَلَمْ يُولَدْ ٭ وَلَمْ يَكُنْ لَهُ كُفُوًا اَحَدٌ

ko’p sonli tabaqadan iborat avomning bundan tushunish hissasi quyidagicha:

"Janobi Haq otadan, va o’g’ildan, do’stlardan va zavjadan munazzahdir". Yanada o’rtaroq tabaqa undan "Iso Alayhissalomning, farishtalarning, tavallud topadigan narsalarning uluhiyatini inkor qilish"ni tushunadi. Chunki imkonsiz narsani inkor qilish zohiran foydasiz bo’lgani uchun balog’atda foydaga sabab bo’ladigan bir hukm asosi murod bo’ladi.

Xullas, jismoniyatga maxsus o’g’il va otani rad qilishdan murod esa, o’g’li, otasi va tengi bo’lganlarning ilohligini rad qilish va ma'bud bo’lishga loyiq emasligini ko’rsatishdan iborat. Shu sirga asosan, Ixlos Surasi xarkimga va xar doim foyda beradi.

Yana bir oz yuqoriroq tabaqaning tushunish hissasi: "Janobi Haq mavjudotga tug’ish va tavalludni his ettiradigan butun aloqalardan munazzahdir. Sherikdan, yordamchidan va o’rtoqdan mubarro-yuksakdir. Balki mavjudotga nisbati Yaratishdir. "Kun fayakun amri" bilan azaliy irodasi orqali, ixtiyori bilan ijod qiladi. Majburiy, chorasiz va g’ayri ixtiyoriy bo’ladigan kabi mukammalikka zid xar qanday aloqadan munazzah-pokdir".

Yanada yuksak tabaqaning tushunish hissasi quyidagicha: Janobi Haq azaliydir, abadiydir, avval va oxirdir. Hech bir jihatda na zotida, na sifatida, na ishlarida naziri, tengi, o’xshashi, misli, misoli, o’rnagi yo’q! Yolg’iz ishlari, faoliyatlarida tashbehni ifoda etgan masal bor: وَ للهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Bu tabaqalarga oriflar tabaqasi, ishq ahli tabaqasi, siddiqlar tabaqasi kabi turli tuman his sohiblarini qiyos qilishing mumkin.

Ikkinchi misol:Masalan,

مَا كَانَ مُحَمَّدٌ اَبَآ اَحَدٍ مِنْ رِجَالِكُمْ

Birinchi tabaqaning bundan tushunish hissasi quyidagicha: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori yoki "Valadim" degan xitobiga sazovor bo’lgan Zayd (r.a.) izzatli zavjasini o’ziga teng topmagani uchun taloq qilgan. Allohning amri bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam olgan. Oyat: "Payg’ambar sizga bolam desa, risolat jihati bilan aytadi. Shaxsiyat e'tibori bilan otangiz emas. Shuning uchun olgan xotinlari unga munosib bo’ladi", deydi.

Ikkinchi tabaqaning tushunish hissasi shuki: Bir buyuk amir xalqiga otalarcha shafqat bilan qaraydi. Agar o’sha amir zohir va botin Ruhoniy Podshohi bo’lsa, marhamati otaning yuz marta shafqatidan yuksak bo’lgani uchun xalq uning haqiqiy farzandi kabi unga ota nazari bilan qaraydi. Ota nazari juft nazariga aylanmagani uchun, qiz nazari ham zavja nazariga oson almashmagani bois, xalqning tasavvurida Payg’ambar (S.A.V.) mo’'minlarning qizlarini olishi bu sirga uyg’un kelmagani uchun Qur'on: "Payg’ambar (S.A.V.) Allohning marhamati nazari bilan sizga shafqat qiladi, otalarcha muomala qiladi. Risolat nomidan siz uning avlodi kabisiz. Lekin insonlik shaxsiyati e'tibori bilan otangiz emaski, sizdan xotin olishi munosib bo’lmasa", deydi.

Uchinchi qism quyidagicha tushunadi: Payg’ambarga (SA.V.) bog’lanib uning kamolotiga tayanib uning otalarcha shafqatiga ishonib kamchilik va gunoh qilmasligingiz kerak demakdir. Ha, ko’plar borki, kattalari va murshidlariga ishonib tanballik qiladi. Hatto ba'zan "Namozimiz o’qilgan", deyishadi (bir qism Alaviylar kabi).

To’rtinchi Nuqta:Bir tabaqa bu oyatdan quyidagi g’aybiy ishorani tushunadi: Payg’ambarning (S.A.V.) erkak bolalari balog’atga yetmasdan, erkak nasli bir hikmatga binoan qolmadi. Faqat "erkaklar" ta'birining ifodasi orqali, xotinlarning otasi ekaniga ishora qilgani bois, nasli ayollardan davom etadi. Falillahilhamd, Hazrati Fotimaning muborak nasli Hasan va Husayn kabi ikki nuroniy silsilaning munavvari to’linoyi, Nubuvvat quyishining ma'naviy va moddiy naslini davom ettirmoqda.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلَيْهِ وَعَلٰٓى اٰلِهِ

(Birinchi Shu'la uch Nur bilan xotima topdi.)

IKKINCHI SHU'LA:

Ikiknchi Shu'laning "Uch Nur"i bor.

Birinchi Nur:

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning hay'ati majmuasida xolis bir salosat, oliy bir salomat, metin bir tasonud, mahkam bir tanosub, jumlalari va shakllari mobaynida kuchli bir taovun, va oyatlar va maqsadlari mobaynida yuksak bir tajovub bo’lganini Bayon Ilmi va Ma'no Fani va Bayon Fanining Zamaxshariy, Sakkokiy, Abdulqoxiri Jurjoniy kabi minglab dohiy imomlarning shahodati bilan sobit bo’lgani holda, u tajovub va taovun va tasonudni va salosat va salomatni sindiradigan, buzadigan sakkiz-to’qqiz muhim sabablar bor ekan, u sabablar buzishga emas, balki salosatiga, salomatiga, tasonudiga quvvat bergandir. Yolg’iz, u sabablar bir daraja hukmini ijro etib, boshlarini nizom va salosat pardasidan chiqarganlar. Faqat qandayki bir maromli, tekis bir daraxtning gavdasidan bir qism chiqintilar, uchchalar chiqar. Lekin daraxtning uyg’unligini buzmoq uchun chiqmaydilar. Balki, u daraxtning ziynatli takammuliga va jamoliga mador bo’lgan mevani bermoq uchun chiqadilar. Aynan shuning kabi, shu sabablar ham Qur'on nazmining salosatiga qiymatdor ma'nolarni ifoda uchun uchli boshlarini chiqaradilar. Xullas, u Qur'oni Mubin yigirma yilda hojatlarning mavqe'lari e'tibori bilan bo’lak-bo’lak bo’lib, tarqoq parcha-parcha nozil bo’lgani holda, shunday bir to’liq bir uyg’unligi bordirki, go’yo bir martada nozil bo’lgan kabi bir munosabat ko’rsatadi.

Ham u Qur'on yigirma yilda ham muxtalif, bir-biridan farqli nozil bo’lish sabablariga ko’ra kelgani holda, tasonudning kamolini shunday ko’rsatadiki, go’yo bir sababi vohid bilan nozil bo’lgandir. Ham u Qur'on bir-biridan farqli va takrorli savollarning javobi bo’lib kelgani holda, nihoyat uyg’unlik va ittihodni ko’rsatadi. Go’yo bir savoli vohidning javobidir. Ham Qur'on bir-biriga zid bo’lgan ko’pgina hodisalarning hukmlarini bayon uchun kelgani holda, shunday bir mukammal intizomni ko’rsatadiki, go’yo bir hodisa-i vohidning bayonidir. Ham Qur'on bir-biriga muxolif, turli-tuman holatda hadsiz muxotoblarning faxmlariga munosib uslublarda tanazzuloti kalomiya bilan nozil bo’lgani holda, shunday bir go’zal o’xshashlik va go’zal bir salosat ko’rsatadiki, go’yo holat birdir, bir tushunish darajasidir, suv kabi oqadigan bir salosat ko’rsatadi. Ham u Qur'on bir-biridan uzoq bo’lgan ko’pgina muxotoblarning sinflariga yuzlangan mutakallim bo’lgani holda, shunday bayonining bir yengilligi, nizomining bir jazolati, anglatishdagi bir tushunarlilik borki, go’yo muxotobi bir sinfdir. Hatto har bir sinf o’ylarki, shaxsan muxotob yolg’iz o’zidir. Ham Qur'on bir-biridan farqli daraja-daraja oldinlagan irshodiy ba'zi g’oyalarga yetishtirmoq va hidoyat etmoq uchun nozil bo’lgani holda, shunday bir mukammal istiqomat, shunday bir muvozanat diqqati, shunday bir intizom go’zalligi bordirki, go’yo maqsad birdir. Xullas, bu sabablar qorishiqlikning sababi ekan, Qur'on bayonining i'jozida, salosat va uyg’unligida ishlattirilgandirlar. Ha, qalbi xastaliksiz, aqli mustaqim, vijdoni marazsiz, zavqi salim har odam Qur'onning bayonida go’zal bir salosat, ra'no bir tanosub, xush bir ohang, tengsiz bir fasohat ko’rar. Ham ko’rishida salim bir ko’zi bo’lgan ko’radiki, Qur'onda shunday bir ko’z bordirki, u ko’z butun koinotni zohir va botini bilan yaqqol, ko’z o’ngida bir sahifa kabi ko’rar, istagani kabi aylantirar, istagani bir tarzda u sahifaning ma'nolarini aytar. Shu Birinchi Nurning haqiqatini misollar bilan ochiqlasak, bir nechta jildli kitob lozim. Unday bo’lsa, boshqa arabcha risolamda va "Ishorat-ul I'joz"da va shu yigirma besh adad So’zlarda shu haqiqatning isbotiga doir bo’lgan izohlar bilan qanoat qilib misol sifatida Qur'onning tamomini birdan ko’rsataman.

Ikkinchi Nuri:

Qur'oni Hakimning oyatlarining xotimalarida ko’rsatgan xulosalar va asmoyi husna jihatidagi tengsiz uslubida bo’lgan mo’'jizaviy ustunligiga doir.

ESLATMA: Ushbu Ikkinchi Nurda ko’p oyatlar keladi. Ular faqat Ikkinchi Nurning misollari emas, balki o’tgan masalalar va shu’lalarning misollari ham bo’ladi. Ularni loyig’idek izohlansa juda uzun bo’ladi. Hozircha soddalashtirishga va qisqartirishga majburman. Shuning uchun o’ta muxtasar tarzda i'jozning buyuk sirining misollaridan bo’lgan oyatlarga ishora qilib, tafsilotini boshqa vaqtga qoldirdik.

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon oyatlarning xotimalarida ko’pincha ba'zi xulosalarni zikr etadi. Bu xulosalar yo asmoyi husnani yoki ma'nolarini ichiga oladi yoki tafakkurga yo’naltirish uchun aqlga havola qiladi va yoki Qur'onning maqsadlaridan umumiy qoidani ichiga oladi. Oyatni ta'kid va quvvatlash uchun xulosalar qiladi. Bu xulosalarda Qur'onning yuksak hikmatidan ba'zi ishoralar va Alloh hidoyatining obi hayotidan ba'zi qatralar, Qur'on i'jozining chaqmoqlaridan ba'zi uchqunlar bor. Bu yerda juda ko’p ishoralardan faqat o’ntasini qisqacha zikr qilamiz. Juda ko’p misollaridan bittadan misol va xar bir misolning juda ko’p haqiqatlarining xar birida bir haqiqatning qisqacha ma'nosiga ishora qilamiz. Ushbu o’n ishoraning ko’p aksar oyatlarda to’plangan holda haqiqiy i'joz naqshini tashkil qiladi. Misol sifatida keltirgan oyatlarimizning ko’pi aksar ishoralarga misoldir. Biz xar oyatdan bir ishora ko’rsatamiz xolos. Misol keltiradigan oyatlarimizdan eski So’zlarda bahsi yuritilganlarning faqat ma'nosiga yengil ishora qilamiz.

Ifoda Go’zalligidagi Birinchi Ustunlik:Qur'oni Hakim i'jozkor bayonlari bilan Sone'i Zuljalolning ishlari va asarlarini e'tiborga havola qiladi, namoyon qiladi. So’ng asarlar va ishlarida asmoyi Ilohiyni chiqaradi. Yoki hashr va tavhid kabi Qur'onning asl maqsadlarini isbotlaydi. Birinchi ma'noning misollaridan masalan:

هُوَ الَّذِى خَلَقَ لَكُمْ مَا فِى الْاَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ اسْتَوٰٓى اِلَى السَّمَآءِ فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Ikkinchi qismning misollaridan masalan:

اَلَمْ نَجْعَلِ الْاَرْضَ مِهَاداً ٭ وَالْجِباَلَ اَوْتاَداً ٭ وَخَلَقْنَاكُمْ اَزْوَاجاً

oyatning to’lig’icha...

اِنَّ يَوْمَ الْفَصْلِ كَانَ مِيقَاتًا

gacha...

Birinchi oyatda asarlarni namoyon qilib bir natijaning, muhim istakning muqaddimalari kabi, ilm va qudratga maqsad va nizomlari bilan guvohli qilgan eng azim asarlarni go’zal shaklda aytadi. Aliym ismini chiqaradi. Ikkinchi oyatda Birinchi Shu'laning Birinchi Yog’dusining Uchinchi Nuqtasida bir daraja izohlangani kabi Janobi Haqning buyuk ishlarini, azim asarlarini zikr etib, oxiri qiyomat kunida bo’ladigan hashrni natija sifatida zikr qilmoqda.

Ikkinchi Balog’at Hikmati:Qur'on inson nazariga Ilohiy san'atlarning to’qimalarini ochadi, ko’rsatadi. So’ng xulosada ularni Ismlar ichida chiqaradi yoki aqlga havola qiladi. Birinchining misollaridan masalan:

قُلْ مَنْ يَرْزُقُكُمْ مِنَ السَّمَآءِ وَالْاَرْضِ اَمَّنْ يَمْلِكُ السَّمْعَ وَالْاَبْصَارَ وَمَنْ يُخْرِجُ الْحَىَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَىِّ وَمَنْ يُدَّبِّرُ الْاَمْرَ فَسَيَقُولُونَ اللهُفَقُلَ اَفَلَا تَتَّقُونَ ٭ فَذٰلِكُمُ اللهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ

Xullas boshda: "Osmon va zaminni rizqimizga ikki xazina kabi muhayyo qilib u yerdan yomg’irni, bu yerdan ekinlarni chiqargan kim? Biror kishi Allohdan boshqa katta samo va zaminni ikki mute xazinadorga aylantira oladimi? Shunday ekan, shukr unga oiddir", deydi.

Ikkinchi ifodada aytadiki: "Sizning a'zolaringiz ichida eng qiymatlisi ko’z va quloqlaringizning sohibi kim? Qaysi joy va do’kondan oldingiz? Bu latif qiymatli ko’z va quloqni beradigan zot faqat Rabbingizdir. Sizni ijod qilib tarbiya qilgan U bo’lib, bularni sizga bergan. Shunday ekan yolg’iz Rab udir, Ma'bud ham u bo’ladi".

Uchinchi ifodada: "O’lgan yerni tiriltirib, yuz minglab o’lgan toifalarni kim tiriltirgan? Bu ishni Haqdan boshqa va butun koinotning Xoliqidan boshqa kim qila oladi? Albatta u qiladi. U tiriltiradi. Modomiki Xaqdir, huquqni zoye qilmaydi. Sizni bir buyuk mahkamaga yuboradi. Yerni tiriltirgani kabi, sizni ham ihyo etadi", deydi.

To’rtinchi ifodada: "Bu azim koinotni saroy, shahar kabi mukammal intizom bilan boshqarib tadbir qilgan Allohdan boshqa kim bo’la oladi? Modomiki Allohdan boshqa hech kim olmas ekan, katta koinotni butun jismlari bilan o’ta oson boshqargan qudrat shu daraja nuqsonsiz, so’ngsiz bo’lib, hech qanday sherikka, ishtirokka, ko’mak va yordamga ehtiyoji bo’l,aydi. Katta koinotni boshqargan Zot kichik maxluqlarni boshqa qo’llarga qoldirmaydi.

Demak, istar-istamas "Alloh" deysiz", deydi. Xullas, birinchi va to’rtinchi ifoda "Alloh" deydi, ikkinchi ifoda "Rab" deydi, uchinchi ifoda "Al-Haq" deydi. فَذٰلِكُمُ اللهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ naqadar mo’'jizali ekanini anglab yet. Demak, Janobi Haqning azim tasarruflarini, qudratining muhim to’qimalarini zikr etadi. So’ng azim asarlarning, to’qimalarning dastgohi فَذٰلِكُمُ اللهُ رَبُّكُمُ الْحَقُّ deydi. Ya'ni "Haq", "Rab" va "Alloh" ismlarini zikr qilib azim tasarruflarning manbaini ko’rsatadi.

Ikkinchining misollaridan:

اِنَّ فِى خَلْقِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافِ الَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّتِى تَجْرِى فِى الْبَحْرِ بِمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَآ اَنْزَلَ اللهُ مِنَ السَّمَآءِ مِنْ مَآءٍ فَاَحْياَ بِهِ الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِنْ كُلِّ دَابَّةٍ وَتَصْرِيفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَآءِ وَالْاَرْضِ لَاٰياَتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ

Janobi Haqning mukammal qudratini, rububiyatining azamatini ko’rsatgan,

vahdoniyatiga shahodat qilgan samovot va yerning yaratilishidagi uluhiyat saltanatining tajalliysi,

kecha-kunduzning almashishidagi rububiyat tajalliysi,

inson ijtimoiy hayotiga eng katta vosita hisoblangan kemani dengizda itoat ettirgan rahmat tajalliysi,

o’lgan zaminga samodan obi hayotni yuborib zaminni yuz ming toifalari bilan tiriltirib ajoyib bir mahshar suratiga keltirishdagi qudrat azamatining tajalliysi,

zaminda sanoqsiz turdagi hayvonlarni oddiy tuproqdan yaratishdagi rahmat va qudrat tajalliysi,

shamollarni o’simliklar va hayvonlarning nafas olish va changlanishlariga xizmat va azim vazifalar yuklagan,

tadbir va nafas olishga uyg’un holatga keltirish uchun harakatlantirish va idorasidagi rahmat va hikmat tajalliysi,

zamin va osmon o’rtasida rahmat vositasi bo’lgan bulutlarni ajoyib mahshar kabi muallaq holda to’plab tarqatish, bir qo’shin kabi istirohat ettirib vazifasini bajarishga chaqirish kabi,

bo’ysundirishidagi rububiyat tajalliysi kabi san'at to’qimalarini sanab o’tgandan so’ng aqlni ularning haqiqatlariga va tafsilotiga chorlab tafakkur ettirish uchun لَاٰياَتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ deydi. Bu orqali idrokni uyg’otish uchun aqlga havola qiladi.

Ifoda Go’zalligidagi Uchinchi Ustunlik:Ba'zan Qur'on Janobi Haqning ishlarini tafsilotli aytadi. So’ng bir xotima bilan qisqartiradi. Tafsiloti bilan bildiradi, qisqalik orqali to’xtatadi, bog’laydi. Masalan:

وَكَذٰلِكَ يَجْتَبِيكَ رَبُّكَ وَيُعَلِّمُكَ مِنْ تَأْوِيلِ الْاَحَادِيثِ وَيُتِمُّ نِعْمَتَهُ عَلَيْكَ وَعَلٰٓى اٰلِ يَعْقُوبَ كَمَآ اَتَمَّهَا عَلٰٓى اَبَوَيْكَ مِنْ قَبْلُ اِبْرَاهِيمَ وَاِسْحٰقَ اِنَّ رَبَّكَ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

Hazrati Yusuf va ajdodiga berilgan ne'matlarni bu oyat orqali ishora qiladi. "Sizni butun insonlar ichida payg’ambarlik maqomi bilan yuksaltgan, butun payg’ambarlar silsilasini silsilangizga bog’lab, silsilangizni bashariyat ichida butun silsilaning sardori qildi. Honadoningizni Ilohiy ilmlar va Rabboniy hikmatlarning ta'lim va hidoyat hujrasi suratiga keltirdi. Sizda ilm va hikmat bilan dunyoning saodatli saltanatini, oxiratning abadiy saodati bilan birlashtirdi. Seni ilm va hikmat bilan Misrga ham aziz rais, ham oliy nabiy, ham hakim murshid qildi", deb Allohning ne'matini zikr qiladi, sanab chiqib, ilm va hikmat bilan uni, ota-bobolarini tanlanganlardan qilganini zikr etmoqda. So’ng "Sening Rabbing Aliym va Hakimdir" deydi. "Uning rububiyati va hikmati, seni va ota bobolaringni Aliym, Hakim ismiga sazovor qilishini taqozo qiladi". Ne'matlarni izohlab xotima bilan xulosalaydi.

Yana masalan:

قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ تُؤْتِى الْمُلْكَ مَنْ تَشَآءُ

oyati Janobi Haqning insoniyat ijtimoiy hayotidagi tasarruflarini shunday ko’rsatadiki, izzat va xorlik, faqirlik va boylik to’g’ridan-to’g’ri Janobi Haqning istagiga va irodasiga bog’liq. Demak ko’p tabaqalarining eng tarqoq tasarruflariga qadar Allohning istak va taqdiri bilan amalga oshadi. Tasodif aralasha olmaydi. Bu hukmni bergandan so’ng insoniyat hayotida eng muhim ish uning rizqidir. Bu oyat basharning rizqini to’g’ridan-to’g’ri Razzoqi Haqiqiyning Rahmat xazinasidan yuborganini bir-ikki muqaddima bilan isbotlaydi. "Rizqingiz yerning hayotiga bog’liq. Yerning tirilishi esa bahorga qaraydi. Bahor esa quyosh va oyni itoat ettirgan, kecha va kunduzni aylantirgan zotning qo’lidadir. Shunday ekan bir olmani insonga haqiqiy rizq qilib, butun yer yuzini barcha mevalar bilan to’ldirgan Zot bera oladi. Unga haqiqiy Razzoq bo’ladi", deydi. So’ng:

وَتَرْزُقُ مَنْ تَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ

deydi. Bu jumlada u tafsilotli ishlarni qisqartiradi va isbotlaydi. Ya'ni "Sizga hisobsiz rizq bergan u bo’lib, bu ishlarni u qiladi".

To’rtinchi Balog’at Hikmati:Qur'on goho Allohning maxluqotini bir tartib bilan zikr qiladi so’ng maxluqot ichida nizom, mezon borligini va uning samaralarini ko’rsatib go’yo shaffofiyat, porloqlik beradi. So’ng oyna misol tartibidan Allohning ismlarining jilvasini ko’rsatadi. Go’yo sanalgan maxluqot so’z, bu Ismlar uning ma'nolari yoki mevalarning urug’lari yoxud xulosalaridir. Masalan:

وَلَقَدْخَلَقْنَا الْاِنْسَانَ مِنْ سُلَالَةٍ مِنْ طِينٍ ثُمَّ جَعَلْناَهُ نُطْفَةً فِى قَرَارٍ مَكِينٍ ٭ ثُمَّ خَلَقْنَا النُّطْفَةَ عَلَقَةً فَخَلَقْنَا الْعَلَقَةَ مُضْغَةً فَخَلَقْنَا الْمُضْغَةَ عِظَامًا فَكَسَوْنَا الْعِظَامَ لَحْمًا ثُمَّ اَنْشَأْناَهُ خَلْقًا اٰخَرَ فَتَبَارَكَ اللهُ اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ

Qur'on inson yaratilishining ajib, g’arib, tengsiz, intizomli, o’lchovli holatlarini oyna-misol bir tarzda zikr qilib tartiblaganki,

فَتَبَارَكَ اللهُ اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ

ichida o’z-o’ziga ko’rinmoqda va o’zini ayttirmoqda. Hatto vahiyning bir kotibi bu oyatni yozar ekan, hali bu kalima kelmasdan avval aytgandir. "Ajabo, menga ham vahiy keldimi" degan o’yda qolgan. Xolbuki avvalgi kalomning mukammal nizomi, shaffofligi va uyg’unligi o’zini kelmasdan ko’rsatgan.

Yana masalan:

اِنَّ رَبَّكُمُ اللهُ الَّذِى خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ فِى سِتَّةِ اَيَّامٍ ثُمَّ اسْتَوٰى عَلَى الْعَرْشِ يُغْشِى الَّيْلَ النَّهَارَ يَطْلُبُهُ حَثِيثًا وَالشَّمْسَ وَالْقَمَرَ وَالنُّجُومَ مُسَخَّرَاتٍ بِاَمْرِهِ اَلَا لَهُ الْخَلْقُ وَالْاَمْرُ، تَبَارَكَ اللهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ

Qur'on shu oyatda Alloh qudratining azamati va rububiyat saltanatini Quyosh, Oy va yulduzlar uning amrbardor askarlari kabi amriga tayyor, kecha va kunduzni ikki oq va qora ip yoki bir-birining orqasida aylantirgan ikki tasma kabi rububiyat oyatlarini koinot sahifalarida yozgan va rububiyat arshida turgan bir Qodiyri Zuljalolni ko’rsatadi. Kim eshitsa "Barakalloh, Mashaalloh, Fatabarakallohu Robbul Alamin" deyishni istaydi. Demak تَبَارَكَ اللهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ avvalgi oyatning xulosasi, urug’i, mevasi va obi hayoti o’rniga o’tadi.

Ifoda Go’zalligigdagi Beshinchi Ustunlik:Qur'on ba'zan o’zgaradigan va turli kayfiyatga sabab bo’ladigan kichik moddiy narsalarni zikr qialdi. Ularni o’zgarmas asos haqiqatlar suratiga aylantirish uchun o’zgarmas, nuroniy, kulliy ismlar bilan qisqartiradi, bog’laydi. Yoki tafakkurga va ibratga tashviq qiladigan xulosa bilan xotima qiladi. Birinchi ma'noning misollaridan masalan:

وَعَلَّمَ اٰدَمَ الْاَسْمَآءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلٰٓئِكَةِ فَقَالَ اَنْبِؤُنِى بِاَسْمَآءِ هٰٓؤُلَاءِ اِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ ٭ قَالوُا سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

Bu oyat avvalo: "Hazrati Odamning xalifalik masalasida farishtalardan ustunligiga sabab uning ilmi ekani"ni kichik hodisa orqali zikr qiladi. So’ng maloikalarning Hazrati Odamga ilm nuqtasida mag’lub bo’lganini aytadi. Keyin bu ikki voqe'ani ikki umuiy ism bilan xulosalaydi. Ya'ni, اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ "Sen Aliym va Hakim bo’lganing uchun Odamga ta'lim berding, bizga g’olib bo’ldi. Hakim bo’lganing uchun bizga iste'dodimizga ko’ra beryapsan. Uning iste'dodiga ko’ra ustun qilding", deydi.

Ikkinchi ma'noning misollaridan masalan:

وَاِنَّ لَكُمْ فِى الْاَنْعَامِ لَعِبْرَةً نُسْقِيكُمْ مِمَّا فِى بُطُونِهِ مِنْ بَيْنِ فَرْثٍ وَدَمٍ لَبَنًا

خَالِصًا سَآئِغًا لِلشَّارِبِينَ

oyatning to’lig’i.

فِيهِ شِفَاءٌ لِلنَّاسِ اِنَّ فِى ذٰلِكَ لَاٰيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

Bu oyatlar Janobi Haqning qo’y, echki, sigir, tuya kabi maxluqlarini insonlarga xolis, sof, laziz bir sut chashmasi, uzum va xurmo kabi san'atli asarlarni esa insonlarga latif, laziz, shirin ne'mat tuvaklari va qozonlari, ari kabi kichik mo’'jiza qudratini shifoli, shirin va go’zal sharbatchi qilganini ko’rsatgandan so’ng tafakkurga, ibratga, boshqa narsalarga ham qiyoslashga tashviq uchun

اِنَّ فِى ذٰلِكَ لَاٰيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

der, xotima beradi.

Oltinchi Balog’at Hikmati:Goho oyat rububiyat hukmlarini keng ko’plikka yoyadi, so’ng birlik jihatida vahdat robitasi bilan birlashtiradi yoki kulliy qoida ichiga joylashtiradi. Masalan:

وَسِعَ كُرْسِيُّهُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ وَلَا يَؤُدُهُ حِفْظُهُمَا وَهُوَ الْعَلِىُّ الْعَظِيمُ

Oyatul Kursiyda o’n jumla bilan o’n tavhid tabaqasini turli ranglarda isbotlab مَنْ ذاَ الَّذِى يَشْفَعُ عِنْدَهُ اِلَّا بِاِذْنِهِ jumlasi orqali o’ta keskin shiddat bilan shirkni va boshqaning aralashuvini kesib otadi. Bu oyat Ismi A'zamga sazovor bo’lgani uchun, Ilohiy haqiqatlarga oid ma'nolari a'zamiy darajadadir. Rububiyat tasarrufini a'zamiyat darajasida ko’rsatmoqda. Butun samovot va yerga birdan yuzlangan uluhiyat tadbirini eng a'zamiy darajada butunini qamragan hofiziyatni zikr qilgandan so’ng vahdat robitasi va birlik jihati a'zamiy tajalliylarning manbalarini وَهُوَ الْعَلِىُّ الْعَظِيمُ bilan xulosa qiladi.

Yana masalan:

اَللهُ الَّذِى خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَآءِ مَآءً فَاَخْرَجَ بِهِ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْفُلْكَ لِتَجْرِىَ فِى الْبَحْرِ بِاَمْرِهِ وَسَخَّرَ لَكُمُ الْاَنْهَارَ ٭ وَسَخَّرَ لَكُمُ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ دَآئِبَيْنِ وَسَخَّرَ لَكُمُ الَّيْلَ وَالنَّهَارَ

وَاٰتيٰكُمْ مِنْ كُلِّ مَاسَاَلْتُمُوهُ وَاِنْ تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللهِ لَا تُحْصُوهَا

Bu oyatlar avvalo:

Janobi Haqning insonga ushbu katta koinotni saroy kabi yaratib,

osmondan zaminga obi hayotni yuborib,

insonlarga rizqni yetishtirish uchun zamin va osmonni ikki xizmatkor qilgani kabi,

boshqa taraflaridagi xar qanday mevalaridan xar bir odamga foydalanish imkoni berish,

insonlarga harakatlarining samaralarini almashtirib xar qanday tirikchilik vositasini ta'minlash uchun kemani insonga bo’ysundirgan.

Ya'ni dengizga, shamolga, daraxtga shunday vaziyat berganki, shamol qamchi, kema ot, dengiz uning oyog’i ostida cho’l kabi turadi.

Insonlarni kema vositasida zaminga munosabatdor qilish bilan birga irmoqlarni, katta daryolarni insonning fitriy toshish vositalari qilib itoat ettirish,

Quyosh bilan Oyni sayr ettirib mavsumlarni va ularda almashgan Mun'imi Haqiqiyning rang barang ne'matlarini berish uchun ikki bo’ysungan xizmatkor qilish,

buyuk jovonni aylantirish uchun ikki rulchi qilib yaratgan.

Kecha va kunduzni insonga bo’ysundirgan, ya'ni kechani istirohat uchun uyquga yopinchiq, kunduzni tirikchiliklariga tijorat joyi qilib itoat ettirgan.

Xullas, Allohning ne'matlarini sanab o’tgandan so’ng, insonga berilgan ne'matlarning naqadar keng doirasi berilganini ko’rsatib, u doirada qay daraja hadsiz ne'matlarga to’laligini

وَاٰتيٰكُمْ مِنْ كُلِّ مَاسَاَلْتُمُوهُ وَاِنْ تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللهِ لَا تُحْصُوهَا

xulosasi bilan ko’rsatadi. Iste'dod va tabiiy ehtiyoj tili bilan inson nima istagan bo’lsa, hammasi berilgan. Insonga berilgan Allohning ne'matlari sanash bilan bitmaydi, tugamaydi. Modomiki insonning ne'mat dasturxoni osmonlar va yer bo’lsa va u dasturxondagi ne'matlardan bir qismi quyosh, oy, kecha, kunduz kabi narsalar bo’lsa, albatta insonga yuzlangan ne'matlar haddu hisobga kelmaydi.

Yettinchi Balog’at Siri:Goho oyat zohiriy sababni, ijodning qobiliyatidan ajratish va uzoq ko’rsatlashtirish, sabab faqat zohiriy parda ekani anglashilishi uchun natijaning maqsadlarini, samaralarini ko’rsatadi. Chunki o’ta hikmatli maqsadlar va muhim samaralarni iroda qilish o’ta Aliym, Hakim zotning ishi bo’lishi kerak. Sababi esa idroksiz, jonsizdir. Samara va maqsadlarni aytish orqali oyat, sabablar zohiran va vujudda natijalar bilan bog’langan va bitishgan ko’rinadi deydi. Lekin haqiqatda orasida uzoq bir masofa bor. Sababdan natijaning ijodigacha shu daraja uzoqlik borki, eng katta sababning qo’li eng oddiy bir natijani ijod qilishga yeta olmaydi.

Xullas, sabab va natija orasidagi uzun masofada Allohning ismlari yulduzlar kabi ko’rinadi. Chiqish joyi o’sha ma'naviy masofadir. Zohiran tog’larning ufq doirasida samoning etaklari bitishgan va tekkan bo’ladi. Xolbuki tog’ning ufq doirasidan samoning etagigacha barcha yulduzlarning chiqish joyi va boshqa narsalarning maskanlari bo’lgan katta masofa bo’lgani kabi, sabablar bilan natija o’rtasida shunday ma'naviy bir masofa borki, iymonning durbini bilan, Qur'onning nuri bilan ko’rinadi. Masalan:

فَلْيَنْظُرِ الْاِنْسَانُ اِلٰى طَعَامِهِ ٭ اَنَّا صَبَبْنَا الْمَآءَ صَبًّا ٭ ثُمَّ شَقَقْنَا الْاَرْضَ شَقًّا ٭ فَاَنْبَتْنَا فِيهَا حَبًّا ٭ وَعِنَبًا وَقَضْبًا ٭ وَزَيْتُونًا وَنَخْلًا ٭ وَحَدَآئِقَ غُلْبًا ٭ وَفَاكِهَةً وَاَبّاً ٭ مَتَاعًا لَكُمْ وَ لِاَنْعَامِكُمْ

Bu oyati karima Allohning qudrat mo’'jizalarini hikmat tartibi bilan zikr qilib sabalarni natijaga bog’lab eng oxirda مَتَاعًا لَكُمْ lafzi bilan maqsadni ko’rsatadi. U bir-biriga bog’liq sabablar va natijalar ichida uni ko’rgan va kuzatgan yashirin tasarruf qiluvchi borligini va sabalar uning pardasi ekanini isbotlaydi. مَتَاعًا لَكُمْ وَ لِاَنْعَامِكُمْ ta'biri bilan butun sabablarni ijod qobiliyatidan ajratadi. Ma'nan: "Siz va hayvonlaringizga rizqni yetkazish uchun suv samodan kelyapti. Suvda sizga va hayvonlaringizga achinib, shafqat qilib, rizq yetkazish qobiliyati bo’lmagani uchuin suv kelmaydi, yuboriladi demakdir.

Tuproq nabototi bilan ochilib, rizqingiz u yerdan kelmoqda. Hissiz, idroksiz tuproq rizqingizni o’ylab shafqat qilish qobiliyatidan juda uzoq bo’lgani uchun, o’z-o’zidan ochilmaydi, bir zot u eshikni ochmoqda, ne'matlarni qo’lingizga beryapti. O’tlar daraxtlar esa rizqingizni o’ylab sizga marhamat qilib mevalarni, donlarni yetishtirishdan juda uzoqda bo’lgani uchun, oyat ularning bir Hakiymi Rahiymning parda orqasidan uzatgan iplar va arqonlari ekani, ne'matlarini ularga taqqanini, jonzotlarga uzatayotganini ko’rsatadi. Bu bayonlardan Rahiym, Razzoq, Mun'im, Kariym kabi ko’p ismlarning chiqish joylari ko’rinmoqda. Yana masalan:

اَلَمْ تَرَ اَنَّ اللهَ يُزْجِى سَحَابًا ثُمَّ يُؤَلِّفُ بَيْنَهُ ثُمَّ يَجْعَلُهُ رُكاَمًا فَتَرَى الْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَالِهِ وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَآءِ مِنْ جِبَالٍ فِيهَا مِنْ بَرَدٍ فَيُصِيبُ بِهِ مَنْ يَشَآءُ وَيَصْرِفُهُ عَنْ مَنْ يَشَآءُ يَكَادُ سَنَا بَرْقِهِ يَذْهَبُ بِالْاَبْصَارِ

يُقَلِّبُ اللهُ الَّيْلَ وَالنَّهَارَ اِنَّ فِى ذٰلِكَ لَعِبْرَةً لِاُولِى الْاَبْصَارِ ٭ وَاللهُ خَلَقَ كُلَّ دَآبَّةٍ مِنْ مَآءٍ فَمِنْهُمْ مَنْ يَمْشِى عَلٰى بَطْنِهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَمْشِى عَلٰى رِجْلَيْنِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَمْشِى عَلٰٓى اَرْبَعٍ يَخْلُقُ اللهُ مَا يَشَآءُ اِنَّ اللهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

oyati rububiyat mo’'jizalarining eng muhimlaridan va rahmat xazinasining eng ajib pardasi bo’lgan bulutlarni tashkil topishida yomg’ir yog’dirishdagi ajib tasarruflarni bayon qilar ekan, go’yo bulut parchalari havo tabaqasida tarqalib yashiringan vaqt, dam olishga chiqqan askarlarning bir sur ovozi bilan to’plangani kabi Allohning amri bilan to’planadi, bulut tashkil qiladi.

So’ng kichik-kichik toifalar bir qo’shin tashkil qilgandek, bo’lak-bo’lak bulutlarni birlashtirib, butun jonzotlarga bulut bo’laklaridan (qiyomatda sayyor tog’lar kattaligida, shaklida, namlik va oqlik jihatida qor va do’l sifatidagi) obi hayotni yuboryapti. Faqat bu jo’natishda bir iroda, bir qasd mavjud. Ehtiyojga ko’ra kelyapti, demak yuborilmoqda. Osmon porloq, sof, hech narsa yo’q ekan ajoyib mahshari kabi tog’dek bo’laklar o’z-o’zidan to’planmas ekan, jonzotlarni tanigan bir zot, jo’natayotgani aniq. Bu ma'naviy masofada Qodiyr, Aliym, Mutasarrif, Mudabbir, Murabbiy, Mug’is, Muhyi kabi ismlarning chiqish joyi ko’rinmoqda.

Ifoda Go’zalligining Sakkizinchi Ustunligi:Qur'on goho Janobi Haqning oxiratda g’aroyib ishlarini qalbga qabul ettirish uchun tayyorgarlik uchun, zehnni tasdiqqa muhayyo qilishga bir tayyorlaash suratida dunyodagi ajoyib ishlarini zikr qiladi yoki kelejak va Allohning ajoyib uxroviy ishlarini shunday bir suratda zikr etarki, biz uning ko’p o’xshashlari bilan bilamiz. Masalan:

اَوَلَمْ يَرَ الْاِنْسَانُ اَنَّاخَلَقْناَهُ مِنْ نُطْفَةٍ فَاِذَا هُوَخَصِيمٌ مُبِينٌ

suraning to’liq holicha. Bu mavzuda hashr masalasida Qur'oni Hakim hashrni isbotlash uchun yetti-sakkiz suratda, turli tarzda isbotlaydi. Avvalo ilk yaratilishni e'tiborga taqdim qiladi. "Nutfadan alaqqa, alaqdan mudg’aga, mudg’adan inson yaratilishigacha vujudga kelishingizni ko’ryapsiz. Qanday qilib, o’limdan keyingi tirilishni inkor qilyapsiz. Bu o’shaning o’xshashi, balki undan ham oson". Janobi Haq insonga qilgan buyuk ehsonlarni

اَلَّذِى جَعَلَ لَكُمْ مِنَ الشَّجَرِ الْاَخْضَرِ نَارًا

kalimasi bilan ishora qilib "Sizga ne'mat bergan zot sizni qarovsiz-egasiz qoldirmaydiki, qabrga kirib turmasdan yotsangiz", deydi. Yana ramzan: "O’lgan daraxtlarning tirilib yashillanishini ko’ryapsiz. O’tin kabi suyaklarning hayot topishini qiyos qila olmasdan aqlga sig’dira olmayapsiz. Samovot va yerni yaratgan Zot samovot va yerning mevasi bo’lgan insonning hayot va o’limidan ojiz qoladimi?! Katta daraxtni boshqargan, daraxtning mevasiga ahamiyat bermasdan boshqaning qo’liga berib qo’yadimi?! Butun daraxtning natijasini tark etish orqali, butun jihozlari bilan hikmat bilan shimilgan yaratilish shajarasini foydasiz va behuda qiladi deb o’ylaysizmi?!" deydi. "Hashrda sizni tiriltiradigan zot shunday zotki, butun koinot amriga tayyor askar hukmidadir. "Kun fayakun" amriga to’liq itoat bilan bosh egadi. Bir bahorni yaratish Unga bir gulchalik osondir. Butun hayvonotni ijod qilish qudratiga chivinni ijod qilish qadar oson bo’lgan Zotdir. Bu zotga مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ deb qudratiga qarshi Uni ojiz deb, qarshi chiqilmaydi. So’ng فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ta'biri bilan: Hamma narsaning tizgini qo’lida, hamma narsaning kaliti yonida, kecha va kunduzni, qish va yozni kitob sahifalari kabi oson aylantiradigan. Dunyo va oxiratni ikki manzil kabi buni yopadigan, uni ochadigan bir Qodiyri Zuljaloldir", deydi. Modomiki shunday ekan, butun dalillarning natijasi sifatida وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ Ya'ni: "Sizni qabrdan tiriltirib, hashrga keltirib, kibriyo huzurida hisob-kitob qiladi", deydi. Bu oyatlar zehnni hashrni qabul qilishga muhayyo, qalbni tayyor qiladi. Chunki unga o’xshagan namunalarini dunyoviy ishlar orqali ham ko’rsatdi.

Gohihda esa, uxroviy ishlarini aqlga sig’dira olmay inkorga joy qolmasligi uchun, dunyodagi mislini bildiradi. Masalan: اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ toliq holida va اِذَا السَّمَاءُ انْفَطَرَتْ oyatning to’lig’i va اِذَا السَّمَآءُ انْشَقَّتْ

Xullas, bu suralarda qiyomat va hashrdagi azim inqiloblarni, rububiyat tasarruflarini shunday tarzda zikr qiladiki, inson ularning o’xshashlarini dunyoda, masalan kuzda, bahorda ko’rgani uchun, qalbga dahshat berib aqlga sig’magan inqiloblarni oson qabul qiladi. Bu uch suraning qisqacha ma'nosiga ishora qilsak juda ham uzun bo’ladi. Shuning uchun bir kalimani namuna sifatida ko’rsatamiz. Masalan: اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ kalimasi, hashrda hammaning butun amallari bir sahifa ichida yozilgan holda nashr etilishini korsatadi. Bu masala o’z-o’zidan juda ajoyib bo’lganidan aql unga yo’l topa olmaydi. Lekin suraning ishora qilganidek bahoriy hashrda boshqa nuqtalarning o’xshashi bo’lgani kabi, bu sahifalarning nashrining nazirasi juda zohir. Chunki xar bir mevador daraxt yoki gulli bir o’tning ham amallari bor, ishlari bor, vazifalari bor, Allohning ismlarini qay shaklda ko’rsatib tasbehot aytgan bo’lsa shunday qulligi bor. Demak, uning butun amallari hayot tarixlari bilan birga barcha urug’larida, danakachalarida yozilib boshqa bahorda, boshqa zaminda chiqadi. Ko’rsatgan shakl va surat tili bilan o’ta ochiq suratda otalari va ajdodlarining amallarini zikr qilgani kabi shox, shoda, yaproq, gul va mevalari bilan amallar sahifalarini nashr qiladi.

Ko’z o’ngimizda Hakimona, Hafiyzona, Mudabbirona, Murabbiyona, Latifona ishni qilgan Zot, اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ deydi. Boshqa nuqtalarni bunga qiyosla, Kuching yetsa xulosa qil. Senga yordam bo’lishi uchun shuni ham aytamiz.

اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ

Bu kalom "Takvir" lafzi bilan, ya'ni o’ramoq va to’plamoq ma'nosi bilan porloq tamsilga ishora qilgani kabi, unga o’xshaganlarni ham imo qiladi.

Birinchisi:Ha, Janobi Haq yo’qlik, efir va samo pardalarini ochib, Quyosh kabi dunyoni nurlantirib, rahmat xazinasidan olmos misol bir chiroqni chiqarib dunyoga ko’rsatdi. Dunyo yopilgandan so’ng u olmosni pardalariga o’rab oladi.

Ikkinchi:Yoki ziyo molini nashr qilish va zaminning boshiga ziyoni zulmatga navbat bilan o’rash vazifasi yuklangan bir xodim bo’lganini va xar kecha unga molini to’platib yashirgani kabi, gohida bulut pardasi bilan kamroq oldi-berdi qiladi, goho Oy uning yuziga parda bo’ladi, muomalasini bir daraja tortadi, molini va muomalalar daftarlarini to’plagani kabi, albatta o’sha xodim bir kuni ishdan chiqadi. Hatto hech qanday vazifadan bo’shash sababi bo’lmasa ham, hozircha kichik, lekin kattalashishga yuz tutgan yuzidagi ikki dog’i kattalashib, Quyosh Yerning boshiga Allohning izni bilan o’ragan ziyoni Allohning amri bilan qaytib oladi, quyoshning boshiga o’rab, "Qani, Yerda ishing qolmadi", deydi. "Jahannamga bor, senga ibodat qilib sen kabi amrga bo’ysungan xodimni sadoqatsizlik bilan haqoratlaganlarni yoq", deydi. اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ farmonini qora dog’li yuzi bilan yuzma yuz o’qiydi.

To’qqizinchi Balog’at Hikmati:Qur'oni Hakim gohida ba'zi kichik maqsadlarni zikr qiladi. So’ng u orqali e'tiborni umumiy maqomlarga qaratish uchun kichik maqsadni umumiy qoida hukmida bo’lgan Asmoyi Husna bilan bildirib joylashtiradi, izlanib to’griligini isbotlaydi. Masalan:

قَدْ سَمِعَ اللهُ قَوْلَ الَّتِى تُجَادِلُكَ فِى زَوْجِهَا وَتَشْتَكِىٓ اِلَى اللهِ وَاللهُ يَسْمَعُ تَحَاوُرَكُمَآ اِنَّ اللهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ

Xullas, Qur'on: "Janobi Haq Sami'i Mutlaqdir, hamma narsani eshitadi. Hatto eng kichik mojaro bo’lgan va juftidan shikoyat qilgan ayolning kurashini Haq ismi bilan eshitadi. Rahmatning eng latif jilvasiga sazovor va shafqatning eng fidokor haqiqatiga ma'dan bo’lgan ayolning haqli bo’lib juftidan da'vosini va Janobi Haqqa shikoyatini katta ishlar suratida Rahiym ismi orqali ahamiyat bilan eshitadi. Haq ismi bilan jiddiy ravishda qaraydi", deydi. Bu juz'iy maqsadni umumiylashtirish uchun maxluqotning eng kichik hodisasini eshitgan, ko’rgan, koinotning imkon doirasidan xorij bo’lgan zot, albatta hamma narsani eshitadigan, hamma narsani ko’radigan zot bo’lishi lozim bo’ladi. Koinotga Rab bo’lgan Zot, koinot ichida kichik mazlum maxluqlarning dardlarini ko’rishi, faryodlarini eshitishi kerak bo’ladi. Dardlarini ko’rmagan, faryodlarini eshitmagan zot "Rab" bo’la olmaydi. Shunday ekanاِنَّ اللهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ jumlasi bilan ikki buyuk haqiqatni joylashtiradi.

Yana masalan:

سُبْحَانَ الَّذِىٓ اَسْرٰى بِعَبْدِهِ لَيْلًا مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ اِلَى الْمَسْجِدِ الْاَقْصَا الَّذِى بَارَكْنَا حَوْلَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ اٰياَتِنَآ اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ

Qur'on Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning me'rojining boshlanishi bo’lgan Masjidi Haromdan Masjidi Aqsoga bo’lgan sayrini zikr qilgandan so’ng اِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ deydi. اِنَّهُ dagi olmosh yo Janobi Haqqadir yoki Payg’ambargadir. Payg’ambarga ko’ra bo’lsa, shunday bo’ladiki: "Bu juz'iy sayohatda umumiy bir sayr, kulliy yuksalish borki, Sidratul Muntahogacha, Qobi Qavsaynga qadar Ismlarning kulliy martabalarida ko’ziga, qulog’iga tazohur etgan Rabboniy oyatlarni va Ilohiy san'at ajoyibotlarini eshitgan, ko’rgan", deydi. Kichik, juz'iy sayohatni kulliy va ajoyib narsalar yig’ilgan joyga, sayohatning kaliti sifatida ko’rsatadi.

Agar olmosh Janobi Haqqa oid bo’lsa, "Bir qulini sayohat orqali huzuriga chaqirib vazifa yuklash uchun Masjidi Haromdam anbiyolar to’plangan Masjidi Aqsoga yuborib, anbiyolar bilan ko’rishtirib, butun anbiyolarning usuli dinlariga mutlaq voris ekanini ko’rsatgandan so’ng, Qobi Qavsayngacha mulku malakutida aylantirdi". Garchi u zot bir qul bo’lib, kichik me'rojda sayohat qilsada, bu qul bilan birga butun koinotga taalluqli omonat bor. Koinotning rangini o’zgartiradigan nur u zot bilan birgadir. Yana abadiy saodatning eshigini ochadigan kalit u zotda bo’lgani uchun Janobi Haq o’z zotini, omonat, nur, kalitning jahonshumul hikmatlarini ko’rsatish uchun butun ashyoni eshitadigan va ko’radigan sifati bilan vasflaydi.

Yana masalan:

اَلْحَمْدُ للهِ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ جَاعِلِ الْمَلٰٓئِكَةِ رُسُلًا اُولِىٓ اَجْنِحَةٍ مَثْنىَ وَثُلٰثَ وَرُبَاعَ يَزيِدُ فِى الْخَلْقِ مَا يَشَآءُ اِنَّ اللهَ عَلٰى كُلِّ شَئٍْ قَدِيرٌ

Bu surada "Samovot va arzning Fotiri Zuljaloli samovot va arzni bezab kamolot asarlarini ko’rsatish orqali hadsiz tomoshabinlarini Fotiriga sanoqsiz madhu sanolar ayttiryapti. Va hadsiz ne'matlar bilan bezatilganki, samo va zamin barcha ne'matlarning va ne'mat olganlarning tili bilan Fotiri Rahmonini cheksiz maqtashadi va hamd aytishadi", degandan so’ng, Yerning shaharlari va yurtlari ichida Fotirning bergan jihozlar va qanotlari bilan sayru sayohat qilgan insonlar, hayvonlar va qushlar kabi samoviy saroylar bo’lgan yulduzlar va yuksak vatani bo’lgan burjlarda aylanish va uchish uchun aholisi bo’lgan malaklariga qanot bergan Zoti Zuljalol, albatta hamma narsaga qodir bo’lishi kerak bo’ladi. Chivinga bir mevadan boshqa mevaga, bir kichik qushga bir daraxtdan bir daraxtga uchish qanotini bergan Zot, Zuhrodan Mushtariyga, Mushtariydan Zuholga uchadigan qanotlarni beradi.

Farishtalar zamin yashovchilari kabi kichik emas, muayyan makon ularni chegaralamaydi. Bir vaqtda to’rt yoki yanada ko’proq yulduzlarda bo’lganiga ishora qilgan مَثْنٰى وَثُلٰثَ وَرُبَاعَ kalimalari bilan izohlaydi. Demak, shu juz'iy hodisa "Maloikalarni qanotlar bilan jihozlash" ta'biri bilan o’ta kulliy va umumiy qudrat azamatining dastgohiga ishora qilib, اِنَّ اللهَ عَلٰى كُلِّ شَئٍْ قَدِيرٌ xotimasi bilan dalillarni izlanib aniqlaydi.

O’ninchi Balog’at Nuktasi:Gohida oyat insonning isyon qilganini zikr qiladi, qattiq tahdid bilan man’ qiladi. So’ng tahdid shiddati ya'sga va umidsiz bo’lmasligi uchun rahmatiga ishora qilgan bir qancha ismlar bilan xotima qialdi, tasalli beradi. Masalan:

قُلْ لَوْ كَانَ مَعَهُ اٰلِهَةٌ كَمَا يَقُولُونَ اِذًا لَابْتَغَوْا اِلٰى ذِى الْعَرْشِ سَبِيلًا ٭ سُبْحَانَهُ وَتَعَالٰى عَمَّا يَقُولُونَ عُلُوّاً كَبِيرًا ٭ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْفِيهِنَّ وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ وَلٰكِنْ لَاتَفْقَهُونَ تَسْبِيحَهُمْ اِنَّهُ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا

Bu oyat aytadiki: "Ayt: Agar aytganingiz kabi mulkida sheridi bo’lganida, albatta rububiyat arshiga qo’l uzatib aralashish belgisi ko’rinadigan darajada intizomsizlik bo’lar edi. Xolbuki yetti tabaqa samovotdan mikroskopik jonzotlargacha xar bir maxluq umumiy bo’lsin bo’lak bo’lsin, kichik bo’lsin katta bo’lsin sazovor bo’lgan butun ismlarining jilva va naqshlarining tili bilan Asmoyi Husnaning Musammoi Zuljaloliga tasbeh aytib, sherik va nazirdan tanzih etmoqdalar.

Osmon quyoshlar, yulduzlar deyilgan nurafshon kalimalari bilan, hikmat va intizomi bilan uni taqdis etadi, vahdatiga shahodat qiladi. Havo tabaqasi ham bulutlar, chaqmoq, momaqaldiroq va tomchilarning so’zlari orqali uni tasbeh, taqdis va vahdoniyatiga shahodat qiladi.

Xuddi shuning kabi, zamin hayvonot, nabotot va mavjudot deyilgan tirik kalimalari bilan Xoliqi Zuljalolini tasbeh aytishi va tavhid-yakkalash bilan birga, xar bir daraxtni yaproq, gul va mevalarning so’zlari bilan yana tasbeh aytib birligiga shahodat qiladi. Xuddi shuning kabi eng kichik maxluq, eng juz'iy san'atli asar kichikligi va juz'iy bo’lishi bilan birga undagi naqshlar va xususiyati ishorasi bilan Allohning juda ko’p kulliy ismlarni ko’rsatish orqali Musammoi Zuljalolga tasbeh aytib vahdoniyatiga shahodat qiladi.

Demak, butun koinot birdan, bir til bilan, birgalikda Xoliqi Zuljaloliga tasbeh aytadi, vahdoniyatiga shahodat qilib, vazifasiga asoslangan qullik vazifasini mukammal itoat bilan baajaradi. Koinotning xulosasi, natijasi, nozli xalifasi va nozanin bir mevasi bo’lgan inson ularning aksiga, ziddiga keltirgan kufr va shirklarining naqadar xunukligini, qay daraja jazoga loyiq ekanini ifodalab batamom umidsizlikka tushirmaslik uchun ham bu kabi nihoyatsiz jinoyatga, hadsiz xunuk isyonga Qaxxori Zuljalol yo’l qo’yib, koinotni uning boshiga xarob etmaganining hikmatini ko’rsatish uchun اِنَّهُ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا deydi. Bu xotima orqali muhlat berilganining hikmatini ko’rsatib, umid eshigini ochiq qoldiradi.

Ushbu o’n i'joz ishoralaridan oyatlarning xotimalaridagi xulosalarda ko’p hidoyat tomchilari bilan birga ko’p i'joz yog’dulari borligini, balog’at olimlarinign eng buyuk dohiylari ushbu tenggi yo’q uslublarga mukammal hayrat va tahsinlaridan barmoqlarini, lablarini tishlaganini "Ma haza kalamu bashar", deganini angla. اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى oyatiga haqqalyaqiyn iymon keltirishgan. Demak ba'zi oyatlarda aytilgan barcha ishoralar bilan birga mavzuimizga kirmagan boshqa ko’p ustun tomonlarni ham ichiga oladiki, ularning to’plamidagi i'joz naqshini ko’r ham ko’radi.

Ikkinchi Shu'laning Uchinchi Nuri quyidagicha:

Qur'on boshqa kalomlar bilan qiyos qilinmaydi. Chunki kalomning tabaqalari yuksaklik, quvvat va go’zalligi jihatidan to’rt manbai bor: Biri so’zlovchi, biri tinglovchi, biri maqsad, biri maqomdir. Adiblarning xato qilib faqat maqom ko’rsatganidek emas. Shunday ekan so’zda "Kim aytgan? Kimga aytgan? Nima uchun aytgan? Qay maqomda aytgan?" bo’lsa qara. Faqat so’zga qarab turma. Modomiki kalom kuchini, husnini bu to’rt manbadan oladi.

Qur'onning manbalariga e'tibor berilsa balog’at darajasi, yuksakligi va go’zalligi anglashiladi. Modomiki kalom so’zlovchiga qarar ekan, agar kalom amr va ta'qiq bo’lsa, so’zlovchining darajasiga ko’ra iroda va qudratni ham ichiga oladi. Demak so’z qarshilik ko’rmaydi, moddiy elektr kabi ta'sir qiladi, kalomning yuksaklik va quvvati o’sha nisbatda ko’rinadi. Masalan:

يَآ اَرْضُ ابْلَعِى مَآءَكِ وَيَاسَمَآءُ اَقْلِعِى

ya'ni "Ey yer! Vazifang tugadi, suvingni yut. Ey samo! Hojat qolmadi, yomg’irni to’xtat".

Masalan:

فَقَالَ لَهَا وَلِلْاَرْضِ ائْتِيَا طَوْعًا اَوْ كَرْهًا قَالَتَآ اَتَيْنَا طَآئِعِينَ

ya'ni "Ey yer! Ey samo! Istar-istamas keling, hikmat va qudratimga rom bo’ling. Yo’qlikdan chiqib, vujudda san'atim tomosha joyiga keling", dedi. Ular: "Biz kamoli itoat bilan kelyapmiz. Bizga ko’rsatgan xar qanday vazifani sening quvvating bilan bajaramiz" deydi.

Quvvat va irodani ichiga olgan ushbu haqiqiy va nufuzli amrlarning kuch va yuksakligiga qara. So’ng insonlarning

اُسْكُنِى يَآ اَرْضُ وَانْشَقِّى يَاسَمَآءُ وَقوُمِى اَيَّتُهَا الْقِيَامَةُ

kabi jonsiz narsalarga amr shaklida bo’lmag’ur gap gapirishi ikki amr bilan qiyos qilinishi mumkinmi hech?!

Ha, istakdan kelib chiqqan orzular va bu orzulardan chiqqan keraksiz amrlar qayerda, amirlik haqiqati bilan vasflangan amirning ish ustidagi amrining haqiqati qayerda?! Ha, amri ta’sirli buyuk amirning mute' va katta qo’shniga "Qadam tashla" amri qayerda? Bu amr oddiy askardan eshitilganda, ikki amr suratan bir hil, lekin o’rtada ma'nan bir askar bilan bir qo’shin qo’mondonichalik farq bor.

Masalan:

اِنَّمَآ اَمْرُهُ اِذَآ اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ

Yana: وَاِذْ قُلْنَا لِلْمَلٰٓئِكَةِ اسْجُدُوا لِاٰدَمَ

Bu ikki oyatda ikki amrning quvvat va yuksakligiga qara, so’ng insonning amrlar turidagi kalomiga boq. Tilla qo’ng’izning quyoshga nisbati kabi bo’lmaydilarmi ajabo?! Haqiqiy malikning ish ustidagi tasviri, haqiqiy san'atkorning ishlagan vaqti san'atiga doir qilgan bayonlarini, haqiqiy bir mo’'minning ehson qilayotib bayon qilgan ehsonlari, ya'ni gap bilan amalni birlashtirish, o’z ishini ham ko’zga, ham quloqqa tasvirlash uchun, "Qarang! Buni qildim, shunday qilyapman. Buni shuning uchun qildim. Bu bunday bo’ladi, shuning uchun buni bunday qilyapman", deydi. Masalan:

اَفَلَمْ يَنْظُرُوٓا اِلَى السَّمَآءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَزَيَّنَّاهَا وَمَالَهَا مِنْ فُرُوجٍ ٭ وَالْاَرْضَ مَدَدْناَهَا وَاَلْقَيْناَ فِيهَا رَوَاسِىَ وَاَنْبَتْنَا فِيهَا مِنْ كُلِّ زَوْجٍ بَهِيجٍ ٭ تَبْصِرَةً وَذِكْرٰى لِكُلِّ عَبْدٍ مُنِيبٍ ٭ وَنَزَّلْناَ مِنَ السَّمَآءِ مَآءً مُبَارَكًا فَاَنْبَتْنَا بِهِ جَنَّاتٍ وَحَبَّ الْحَصِيدِ ٭ وَالنَّخْلَ بَاسِقَاتٍ لَهَا طَلْعٌ نَضِيدٌ ٭ رِزْقًا لِلْعِبَادِ وَاَحْيَيْناَ بِهِ بَلْدَةً مَيْتًا كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ

Qur'onning samosida

bu Suraning burjida porlagan yulduz misol Jannat mevalari kabi tasvirlarni,

bu ishlarning ichidagi balog’at intizomi bilan,

hashrning ko’p tabaqa dalillarini zikr qilish natijasida hashrni كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ ta'biri bilan isbotlash,

suraning boshida hashrni inkor etganlarni mot qilish qayerdayu, insonlarning ularga biro z tegishli bo’lgan kichik ishini gapirishi qayerda?!

Taqlid suratida gul rasmlari haqiqiy, hayotdor gullarga nisbati darajasida bo’la olmaydi. اَفَلَمْ يَنْظُرُوا dan كَذٰلِكَ الْخُرُوجُ gacha ma'nosini chiroyli gapirsak juda uzun bo’ladi. Faqat bir ishora qilib o’tamiz:

Suraning boshida kofirlar hashrni inkor etgani uchun Qur'on ularni hashrning qabuliga majburlash uchun shunday muqaddima qiladi: "Ustingizdagi samoni biz qanday kayfiyatda, naqadar muntazam, muhtasham suratda bino etganmizga qaramaysizmi?! Yulduzlar bilan, Oy va Quyosh bilan bezaganimizni, hech qanday kamchilik va nuqsoniyat qoldirmaganimizni ko’rmayapsizmi?! Zaminni sizga qanday sifatda yoyganmizni, naqadar hikmat bilan to’shaganmizni ko’rmayapsizmi?! Yerga tog’larni joylashtirganimizni, dengizning istilosidan muhofaza qilganimizni ko’rmayapsizmi?! Yerda qanchalab xar bir sinfdan go’zal, rang-barang juft ko’katlarni, nabototni yaratganimizni, uning xar tomonini go’zal narsalar bilan go’zallashtirganimizni ko’rmayapsizmi?! Osmondan barakali suvni qanday sifatda yuborayotganimizni, o’sha suv bilan bog’ va bo’stonlarni, ekinlarni, yuksak laziz mevali xurmo kabi daraxtlarni yaratib u orqali bandalarimga rizqni yuborayotganimni, yetkazayotganimni ko’rmayapsizmi?! Suv bilan o’lgan yurtni tiriltirayotganimni, minglab dunyoviy qayta tirilishlarni ijod qilayotganimni ko’rmayapsizmi?! Bu nabototni qudratim bilan o’lgan yurtdan chiqarayotgan bo’lsam, sizning hashrdagi chiqishingiz ham shunday. Qiyomatda yer o’ladi, siz sog’ salomat bo’lib chiqasiz".

Bu oyatning hashrni isbotlashda bayonining ravonligi (mingdan biriga zo’rg’a ishora qila oldik) qayerda, insonlarning bir da'vo uchun aytgan so’zlari qayerda?!

Bu risolaning boshidan bu yergacha tekshirish uchun betaraf muhokama suratida Qur'onning i'jozini qaysar dushmanga qabul ettirish uchun Qur'onning ko’p huquqini yashirin qoldirdik. Shunday qilmaganimizda u quyoshni mumlar qatoriga keltirib taqqoslagan bo’lar edik. Tekshirish vazifasini tugatib, porloq suratda i'jozini isbotladi. Endi esa tekshirish uchun emas, haqiqatga bir-ikki so’z bilan Qur'onning taqqoslanmas haqiqiy maqomiga ishora qilamiz:

Boshqa kalomlarning Qur'onning oyatlariga nisbati - yilduzlar bilan ularning shishalarda ko’ringan kichkina akslari nisbati kabidir. Xar biri sobit haqiqatlarni tasvir etgan, ko’rsatgan Qur'onning so’zlari qayerdayu, inson fikri va tuyg’ularining oynachalarida so’zlari bilan rasmini chizgan ma'nolar qayerda?!

Ha, hidoyat nurlarini ilhom qilgan, quyosh va oyning Xoliqi Zuljalolining kalomi bo’lgan Qur'onning farishta misol jonli so’zlari qayerdayu, basharning havaslarini uyg’otish uchun sehrli nafslari bilan, uydirmalari bilan tishlaydigan so’zlari qayerda?! Ha, tishlaydigan hasharot va qurtlarning muborak farishta va nuroniy ruhoniylarga nisbati qanday bo’lsa, inson so’zlari Qur'onning so’zlariga nisbatidadir. Bu haqiqatlarni Yigirma Beshinchi So’z bilan birga o’tgan Yigirma To’rt adad So’zlar isbotlagan. Da'voimiz yolg’iz emas, uning burhoni esa aytilgan natijadir.

Xar biri hidoyat javharlarining sadaflari, iymon haqiqatlarining manbalari, Islom asoslarining ma'danlari, to’g’ridan to’g’ri Arshur Rahmondan kelgan, koinot tashqarisidan va xorijidan insonga tushgan, ilm, qudrat va irodani ichiga olgan, azaliy xitob hisoblangan Qur'onning lafzlari qayerdayu, insonning nafsiga qul, havaslariga tobe', ma'nosiz, hoy-havaslariga mahliyo bo’lgan lafzlari qayerda?!

Qur'on - tubo daraxti hisoblanib Islom olamini butun ma'naviyati bilan, shiorlari va kamoloti bilan, dastur va hukmlari bilan yaproqlar suratida nashr qilib asfiyo va avliyolarini gullar o’rnida daraxtning obi hayoti bilan toza, go’zal ko’rsatib, butun kamoloti, koinotga oid va Ilohiy haqiqatlarni samara berib, mevalaridagi ko’p urug’lari amaliy uslub, dastur qilib, mevador daraxt o’rnida bir-biriga bog’langan haqiqatlarni ko’rsatgan Qur'on qayerdayu, insonning biz bilgan kalomi qayerda?! Yer qayerdayu, surayyo yulduz tizimi qayerda?!

Bir ming uch yuz ellik yildan beri Qur'oni Hakimning butun haqiqatlarini koinot bozorida ochib namoyon qilyapti. Xar kim, xar millat, xar mamlakat uning javharlaridan, haqiqatlaridan olgan va olmoqda. Xolbuki na ulfat, na to’kinlik, na vaqt o’tishi, na katta o’zgarishlar uning qiymatli haqiqatlariga, uning go’zal uslublariga halal bergan, keksaytirgan, quritgan, qiymatdan tushirgan, husnini so’ndirgan. Shuning o’zi bir mo’'jizadir.

Hozir birov chiqib, Qur'onning keltirgan haqiqatlardan bir qismiga o’zboshimcha bolalarcha tartibga solsa, Qur'onning ba'zi oyatlariga qarshi chiqish uchun nisbat qilsa, "Qur'onga yaqin so’z aytdim" desa, ahmoqona gap bo’ladi. Masalan bir usta toshlari turlicha javharlardan muhtasham saroyni qurgan va u toshlarning tuzilishida butun saroyning oliy naqshlariga qaragan mezonli naqshlar bilan bezagan. Aqli oliy naqshlarga yetmaydigan, saroyning butun javhar va ziynatlaridan bebahra, oddiy uylarning ustasi u saroyga kirib uning san'atini, qiymatdor toshlardagi yuksak naqshlarni buzib bolalarcha o’zboshimchalik qilib oddiy bir uyning holatiga ko’ra bir tartib, surat beradi. Bolalarning e'tiboriga chiroyli ko’rinadigan ba'zi munchoqlarni taqib, "Qaranglar! Saroyning ustasidan ham ko’proq mahoratim, boyligim va qiymatli ziynatlarim bor" desa, telbalarcha gapirgan soxtakor ishining nisbatiga o’xshaydi.

UCHINCHI SHU'LA:

Uch ziyosi bor.

So’zlar ·

Kitobni ochish ↗