Risale-i Nur · Oʻzbekcha

Sikka-i Tasdiqi Gʼaybiy

Kitobni ochish ↗

indeks

Risola-i Nur Kulliyotidan

Sikka-i Tasdiqi G’aybiy

Muallifi

Badiuzzamon Said Nursiy

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Bu Sikka-i G’aybiyani mahram tutardik. Faqat xos qardoshlarimga maxsus edi. Men vafot qilgandan keyin nashr qilinsin degandim. Faqat zobita keldi, adliya hisobiga uni yashirgan yerimizdan chiqardilar. Ikki yil qo’llarida qoldi. Uch mahkama tadqiqidan so’ng qaytarib berildi. Bizga muxolif g’oyat nomahramlar ham barobar o’qidilar. Bizga juda begona insonlar ko’rdilar. Bu ikki dafadir Isparta adliyasining qo’liga boshqa risolalar bilan barobar kirgan, hech bir e'tiroz qilinmasdan qaytarib berilgan.

Modomiki umumning nazariga istamaganimiz holda ko’rsatilgan va modomiki Risola-i Nurning ahamiyatini isbot qilib shogirdlarini shavqqa keltirmoqda, quvva-i ma'naviyalarini ziyodalashtirmoqda; albatta Madrasat-uz-Zahro peshvolarining nashriga qaror berishlariga ishtirok qilaman.

SAID

RISOLA-I NURDAN PORLOQ PARCHALAR VA BIR QISM GO’ZAL MAKTUBLAR

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

LAYLA-I QADRDA ESLATILGAN MUHIM BIR MASALA

Avvalo:Layla-i Qadrda qalbga kelgan juda uzun va keng bir haqiqatga juda qisqacha bir ishora qilamiz. Shundayki:

Nav'-i bashar, bu oxirgi jahon urushining eng shiddatli zulm va istibdod bilan va marhamatsiz buzg’unchiliklar bilan va bir dushman sababli yuzlar ma'sumni parishon qilishi bilan va mag’lublarning dahshatli umidsizliklari bilan va g’oliblarning dahshatli xavotir va hokimiyatlarini muhofaza va ulkan buzg’unchiliklarini ta'mir qilolmasliklaridan kelgan dahshatli vijdon azoblari bilan va dunyo hayotining butun-butun foniy va vaqtinchalik bo’lishi va madaniyat fantaziyalarining aldatuvchi va uxlatuvchi bo’lishi umumga ko’rinishi bilan va fitrati bashariyadagi yuksak iste'dodlarning, mohiyati insoniyasining umumiy bir suratda dahshatli yaralanishi bilan va abad-parast hissiyoti boqiya va fitriy ishqi insoniyaning hayajon ichida uyg’onishi bilan va g’aflat va zalolatning, eng qattiq, kar bo’lgan tabiatning Qur'onning olmos qilichi ostida parchalanishi bilan va g’aflat va zalolatning eng bo’g’uvchi, aldatuvchi eng keng pardasi bo’lgan siyosatning ro’yi zaminda juda xunuk, juda g’addorona haqiqiy surati ko’rinishi bilan, albatta va albatta, hech bir shubha yo’qki, Shimolda, G’arbda, Amerikada alomatlari ko’ringaniga binoan,

nav'-i basharning ma'shuqi majoziysi bo’lgan hayoti dunyoviya bunday xunuk va o’tkinchi bo’lishidan, fitratan basharning haqiqiy sevgan va qidirgan hayoti boqiyani bor quvvati bilan qidiradi va albatta hech shubha yo’qki, bir ming uch yuz oltmish yilda har asrda uch yuz ellik million shogirdi bo’lgan va har hukmiga va da'vosiga millionlab ahli haqiqat tasdiq bilan imzo qo’ygan va har daqiqada millionlab hofizlarning qalbida qudsiyat bilan bo’lib lisonlari bilan basharga dars bergan va hech bir kitobda o’xshashi bo’lmagan bir tarzda bashar uchun hayoti boqiyani va saodati abadiyani xushxabar berib umum basharning yaralarini davolagan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning shiddatli, quvvatli va takrorli minglab oyatlari bilan, balki ochiq tarzda va ishora navidan o’n minglab dafa da'vo qilib, xabar berib, tebranmas qat'iy dalillar bilan, shubha keltirmas hadsiz hujjatlar bilan hayoti boqiyani qat'iyat bilan xushxabar va saodati abadiyani dars berishi, albatta nav'-i bashar butun-butun aqlini yo’qotmasa va moddiy va ma'naviy bir qiyomat boshlariga kelmasa; Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Angliyaning Qur'onning qabuliga harakat qilgan mashhur xatiblari va dini haqni qidirgan Amerikaning juda ahamiyatli jamiyati kabi ro’yi zaminning qit'alari va hukumatlari, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonni qidiradilar va haqiqatlarini tushungandan so’ng butun ruhu jonlari bilan yopishib oladilar. Chunki bu haqiqat nuqtasida qat'iyyan Qur'onning misli yo’qdir va bo’lolmaydi va hech bir narsa bu mo’'jiza-i akbarning joyini ololmaydi!

Ikkinchidan:Modomiki Risola-i Nur u mo’'jiza-i kubroning qo’lida bir olmos qilich hukmida xizmatini ko’rsatgan va eng qaysar dushmanlarni taslim bo’lishga majbur qilgan; ham qalbni, ham ruhni, hatto hissiyotni to’liq nurlantiradigan va dorilarini beradigan bir tarzda xazina-i Qur'oniyaning da'vatchiligini qilgan va undan boshqa manba va marji'i bo’lmagan bir mo’'jiza-i ma'naviyasi bo’lgan Risola-i Nur u vazifani qilmoqda va unga qarshi dahshatli tashviqotlarga va g’oyat qaysar zindiqlarga to’liq g’alaba qozongan va zalolatning eng qattiq va quvvatli qal'asi bo’lgan tabiatni, "Tabiat risolasi" bilan parcha-parcha qilgan va g’aflatning eng qalin va bo’g’uvchi va keng doira-i ofoqida va fanning eng keng pardalarida "Aso-yi Muso"dagi Mevaning Oltinchi Masalasi va Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi va Sakkizinchi Hujjatlari bilan g’oyat porloq bir tarzda g’aflatni tarqatib nuri tavhidni ko’rsatgan; albatta bizlarga lozim va millatga juda lozimdirki, hozir rasman izn berilgan din ta'limi uchun xususiy darsxonalar ochilishiga va izn berilishiga binoan, Nur Shogirdlari mumkin bo’lgancha har yerda kichkina "Darsxona-i Nuriya" ochishlari lozimdir. Garchi har kim o’z-o’ziga bir daraja istifoda qiladi, faqat hamma har bir masalasini to’liq anglamaydi. Ham iymon haqiqatlarining izohi bo’lgani uchun, ham ilm, {(Hoshiya) Shoyat biri biladi, o’rganishga muhtoj bo’lmasa, ibodatga muhtoj yoki ma'rifatga mushtoq yoki huzur istaydi. Shuning uchun hammaga kerakli bir darsdir.} ham ma'rifat, ham ibodatdir. Eski madrasalarda besh-o’n yilga muqobil, inshaalloh Nur Madrasalari besh-o’n haftada ayni natijani ta'min qiladi va yigirma yildir qilmoqda. Va ham, hukumat va millat va vatan, ham hayoti dunyoviyasiga va siyosiyasiga va uxroviyasiga juda ko’p foydasi bo’lgan bu Qur'on yog’dulariga va e'lonchisi bo’lgan Risola-i Nurga hujum qilish emas, batamom tashviq va nashriga harakat qilishlari juda lozimdirki, o’tgan dahshatli gunohlarga kafforat va keladigan mudhish balolarga va anarxistlikka bir to’siq bo’la olsin.

Uchinchidan:Bu Ramazoni sharifda Qur'onni zavq va shavq bilan o’qishga mening ko’p ehtiyojim bor edi. Holbuki alamli xastalik, moddiy - ma'naviy zahmatlar, charchoqlik va tashvishlarning ta'siri bilan qayg’urdim. Birdan Xusravning shirin qalami bilan mo’'jizotli yozilgan mo’'jizotli juzlar va Hofiz Ali va Tohiriyga juda ko’p savob qozontirgan porloq va karomatli "Hizb-ul Akbari Qur'oniya"ni bir-biri orqasidan o’qishni boshlarkan, shunday bir zavq va shavq berdiki, barcha o’sha charchoqliklarni hechga tushirdi. Hech bir vasvasaga yo’l qo’ymasdan, juda porloq bir suratda darsi Qur'oniyani ulardan tinglarkan, butun ruhu jonim bilan orzu qildim va qasd va azm qildimki, mumkin bo’lgan darajada ayni "Hizb-ul Akbari Qur'oniya" kabi fotoapparat bilan mo’'jizotli Qur'onimizni chop qilamiz, inshaalloh...

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, Siddiq Qardoshlarim.

Avvalo:Nurning favqulodda xos shogirdlari, "Sikka-i G’aybiya" ichidagilari bilan, o’sha avliyo-i mashhuradan, qirq kunda bir marta non yeb qirq kun yemagan Usmoni Xolidiyning ochiq xabari va farzandlariga vasiyati bilan va Ispartaning mashhur ahli qalb olimlaridan Topal Shukruning zohir xabar berishi bilan juda ahamiyatli bir haqiqatni da'vo etib, faqat ikki chalkashish ichida bu bechora, ahammiyatsiz qardoshlari Saidga ming daraja ziyoda hissa berganlar. O’n yildan beri qanoatlarini to’g’rilashga uringanim holda, u bahodir qardoshlar qanoatlarida haddan oshmoqdalar. Ha, ular O’n Sakkizinchi Maktubdagi ikki ahli qalb cho’ponning mojarosi kabi, haq bir haqiqatni ko’rganlar, faqat ta'birga muhtojdir. U haqiqat ham shudir:

Ummat kutgan, oxirzamonda keladigan zotninguch vazifasidan eng muhimi va eng buyugi va eng qiymatdori bo’lganiymoni tahqiqiyni nashr va ahli iymonni zalolatdan qutqarish jihati bilan, u eng ahamiyatli vazifani aynan butunlay Risola-i Nurda ko’rganlar. Imomi Ali va G’avsi A'zam va Usmoni Xolidiy kabi zotlar, bu nuqta uchundirki, o’sha keladigan zotning maqomini Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysida kashfan ko’rgandek ishora qilganlar. Ba'zan esa o’sha shaxsi ma'naviyni bir xodimiga berganlar, u xodimga iltifot bilan qaraganlar. Bu haqiqatdan tushunilyaptiki; so’ngra keladigan o’sha moborak zot, Risola-i Nurni bir dasturi sifatida nashr va tatbiq qiladi.U zotning ikkinchi vazifasi,Shariatni ijro va tatbiq qilishdir. Birinchi vazifa, moddiy quvvat bilan emas, balki quvvatli e'tiqod va ixlos va sadoqat bilan bo’lgani holda, bu ikkinchi vazifa, g’oyat buyuk moddiy quvvat va hokimiyat lozimki, u ikkinchi vazifa tatbiq qilinib bo’lsin. U zotninguchinchi vazifasi, Islomiyat Xalifaligini Islom Ittifog’iga bino qilib, Isaviy ruhoniylari bilan birlashib, Dini Islomga xizmat qilishdir. Bu vazifa juda buyuk bir saltanat va quvvat va millionlab fidokorlar bilan tatbiq qilinishi mumkin. Birinchi vazifa o’sha ikki vazifadan uch-to’rt daraja yanada ziyoda qiymatdordir, faqat o’sha ikkinchi, uchinchi vazifalar juda porloq va juda keng bir doirada va dabdabali bir tarzda bo’lganidan, umumning va avomning nazarida yanada ahammiyatli ko’rinadilar. Xullas u xos Nurchilar va bir qismi avliyo bo’lgan o’sha qardoshlarimizning ta'birga va ta'vilga muhtoj fikrlarini o’rtaga tashlash, ahli dunyoni va ahli siyosatni xavotirga soladi va solgan.. hujumlariga vasila bo’ladi. Chunki birinchi vazifaning haqiqatini va qiymatini ko’ra olmaydilar, narigi jihatlarga yuklaydilar.

Qardoshlarimning ikkinchi chalkashishi:Foniy va chiritib bo’ladigan bir shaxsiyatni, ba'zi jihatlar bilan birinchi vazifada peshdorlik qilgan Nur Shogirdlarining shaxsi ma'naviysini tamsil etgan o’sha ojiz qardoshiga bermoqdalar. Holbuki bu ikki chalkashish ham Risola-i Nurning haqiqiy ixlosiga va hech bir narsaga, hatto ma'naviy va uxroviy maqomlarga ham vosita bo’lmasligiga bir jihatda zarar bergani kabi, ahli siyosatni ham vahimaga solib Risola-i Nurning nashriga zarar keladi. Bu zamon shaxsi ma'naviy zamoni bo’lgani uchun, bunday buyuk va boqiy haqiqatlar foniy va ojiz va tubanlasha oladigan shaxsiyatlarga bino qilinmaydi!

Xulosa:O’sha keladigan zotning ismi berilsa, uch vazifasi birdan xotirga keladi, xato bo’ladi. Ham hech bir narsaga vosita bo’lmagan Nurdaki ixlos ziyon ko’radi, avom mo’minlar nazarida haqiqatlarning quvvati bir daraja nuqsonlashadi, burhondagi yaqiyniyat ham qazoya-yi maqbuladagi ustun qanoatga aylanadi, ortiq qaysar zalolatga va o’jar zindiqoga to’liq g’alabasi qarorsiz ahli iymonda ko’rinmaslikni boshlaydi; ahli siyosat vahimalarni va bir qism domlalar e'tirozni boshlaydi. Shuning uchun, Nurlarga u ismni berish munosib ko’rilmaydi. Balki mujaddiddir, uning peshdoridir deb bo’ladi.

Umum qardoshlarimizga minglab salom.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, Siddiq, Tebranmas, Sabotkor, Fidokor, Vafodor Qardoshlarim!

Bilasizki, Anqara tadqiq hay'ati Risola-i Nurga oid karomatlarni va ishorati g’aybiyalarni inkor qilolmaganlar, faqat xato o’laroq u karomatlarda hissador deb o’ylab e'tiroz qilib: "Bunday narsalar kitobda yozilmasligi kerak edi, karomat izhor qilinmaydi" degan yengil bir tanqidga muqobil, mudofaalarimda ularga javoban degandimki: Ular menga oid emas va u karomatlarga sohib bo’lish mening haddim emas; balki, Qur'onning mo’'jiza-i ma'naviyasining tomchilari va yog’dularidirki, haqiqiy bir tafsiri bo’lgan Risola-i Nurda karomatlar shaklini olib shogirdlarining quvva-i ma'naviyalarini quvvatlantirish uchun ikromoti Ilohiya navidandir. Ikrom esa, izhori bir shukrdir, joizdir, ham maqbuldir. Hozir ahamiyatli bir sababga binoan, bu javobni bir parcha izoh qilaman. Va nima uchun izhor qilyapman va nima uchun bu nuqtada bu qadar ustida to’xtalyapman va nima uchun bir necha oydir bu mavzuda juda ildamlayapman, aksar maktublar o’sha karomatga qarayapti? deb savol so’raldi.

Javob:Risola-i Nurning xizmati iymoniyada bu zamonda minglab buzg’unchilarga muqobil yuz minglab ta'mirotchi lozim kelarkan, ham men bilan loaqal yuzlab kotib va yordamchi bo’lishiga ehtiyoj bor ekan, chekinish va munosabatdor bo’lmaslik emas, balki millat va ahli idora taqdir bilan va tashviq bilan yordam va munosabatdor bo’lishi zaruriy ekan va u xizmati iymoniya hayoti boqiyaga qaragani uchun, hayoti foniyaning tashvishlaridan va foydalaridan ustun qo’yish ahli iymonga vojib ekan, o’zimni misol olib deymanki: Meni hamma narsadan va munosabat qurishdan va yordamchilardan man qilish bilan barobar, bizga qarshi bo’lganlar bor quvvatlari bilan birodarlarimning quvva-i ma'naviyalarini sindirish va mendan va Risola-i Nurdan sovutish va men kabi keksa, xasta, zaif, g’arib, kimsasiz bir bechoraga minglab odam qiladigan vazifani boshiga yuklash va bu yakka qoldirilish va tazyiqlarda -moddiy bir xastalik navidan- insonlar bilan munosabatdor bo’lish va ko’rishishdan chekinishga majbur bo’lish, ham shu daraja ta'sirli bir tarzda xalqlarni qo’rqitish bilan quvva-i ma'naviyani sindirish jihatlari bilan va sabablari bilan ixtiyorim xorijida va barcha o’sha monelarga qarshi Risola-i Nur shogirdlarining quvva-i ma'naviyalarini quvvatlantirishga mador ikromoti Ilohiyani bayon qilib Risola-i Nur atrofida ma'naviy bir tahshidot qildirish va Risola-i Nur, mustaqil ravishda, bir o’zi, boshqalarga muhtoj bo’lmasdan bir qo’shin qadar quvvatli bo’lganini ko’rsatish hikmati bilan, bu tur narsalar menga yozdirilgan. Bo’lmasa, Alloh saqlasin, o’zimizni sotish va yoqtirtirish va maqtanish va obro’talablik qilish esa, Risola-i Nurning ahamiyatli bir asosi bo’lgan ixlos sirrini buzishdir. Inshaalloh, Risola-i Nur mustaqil ravishda ham o’zini mudofaa qilgani, ham qiymatini tom ko’rsatgani kabi, bizni ham ma'nan mudofaa qilib qusurlarimizni afv ettirishga vasila bo’ladi.

Umum qardoshlarimning va opa-singillarimning, ayniqsa duolari maqbul muborak ma'sumlar toifasi va muhtaram keksalar jamoatidan har birlariga minglab salom va duo qilib Ramazoni Shariflarini tabriklaymiz, duolarini so’rab qolamiz.

Xasta Qardoshingiz

Said Nursiy

***

RISOLA-I NURNING MAQBULIYATIGA IMZO BOSGAN VA G’AYBIY ISHORATLAR BILAN UNDAN XABAR BERGAN SAKKIZ PARCHADAN BIRINCHI PARCHA

Ayni masalaga bu birinchi risolada yigirma to’qqiz ishora bor. Boshqa parchalar bilan barobar mingga yaqin ishoralar, ramzlar, imolar, alomatlar ayni masalaga, ayni da'voga ittifoq bilan qarashlari, yaqqollik darajasidadir. Masala birligi jihati bilan, u alomatlar bir-biriga quvvat beradi, qo’llab-quvvatlaydi. U sakkiztadan uchtasi, Imomi Alining (R.A.) uch karomati g’aybiyasi bilan Risola-in Nurdan xabar bergan. Bu sakkiz parchani Anqara tadqiq hay'ati tadqiq etgan, e'tiroz qilmaganlar. Faqat deganlar: "Bu yozilmasligi kerak edi. Karomat sohibi karomatini yozolmaydi." Men ham ularga javob berdimki: "Bu mening emas, Risola-i Nurning karomatidir. Risola-in Nur esa, Qur'onning moli va tafsiridir." dedim. Ular jim bo’ldilar. Demak qabul qildilar. Garchi bu tur ikromlar yozilmasaydi, yanada munosib bo’lardi. Faqat bu qadar hadsiz muorizlar va juda quvvatli va ko’plab dushmanlar qarshisida oz va zaif bo’lgan bizlarga, quvva-i ma'naviya va g’aybiy yordam va jasoratlantirish va sabot va matonat berish uchun majburiyati qat'iyya bo’ldi, men ham yozdim. Mening menligimga bir obro’talablik berib tubanlashishimga sabab bo’lsa ham, ahamiyati yo’q. Bu xizmatga, ya'ni ahli iymonni zalolati mutlaqadan qutqarishga, kerak bo’lsa, dunyoviy hayot kabi, uxroviy hayotimni ham fido qilishni bir saodat deb bilaman. Minglab do’stlarim va qardoshlarimning Jannatga kirishlari uchun, Jahannamni qabul qilaman.

Said Nursiy

***

ISHOROTI QUR'ONIYA VA UCH KAROMATI ALAVIYA VA KAROMATI G’AVSIYA HAQIDA BIR TANBEH VA ESLATMA

Bu g’oyat mahram risolalar allanechuk qaysar bir nomahramning qo’liga bu risolalardan birisi o’tgan, g’oyat sathiy va o’jarlik nazari bilan bir-ikki joyiga haqsiz bir e'tiroz bilan ahamiyatli bir hodisaga sababiyat berganidan, bu majmua Risala-i Nurning xos talabalariga, balki xoslarning xosiga maxsus bo’lgani holda va mening vafotimdan so’ng tarqalishiga ruxsat bo’lishi bilan barobar, hozir mazkur hodisa sababi bilan harkasga emas, balki ahli insof va Risola-i Nur bilan aloqador va talabalaridan bo’lganlarga va xoslardan bir necha shogirdning uyg’un ko’rishi bilan ko’rsatilishi mumkin fikri bilan yozdik. Hozir esa, ikki yil ikki mahkama tadqiqdan so’ng bizga qaytarib berilishidan nashriga majbur bo’ldik.

Ikkinchi Nuqta:Bu risola boshdan oxirigacha birgina natijaga qaraydi, mingga yaqin alomatlar bilan, Risola-i Nurning maqbuliyatiga bir imzo bosilganini isbot qiladi. Bunday birgina da'voga bu daraja ko’plab va boshqa-boshqa jihatlarda minglab alomatlar va imolar uni ko’rsatishi, ilmalyaqiyn emas, balki aynalyaqiyn, balki haqqalyaqiyn darajasida u da'voni isbot qiladi.

Uchinchi Nuqta: Bu risolani mutolaa qilgan zotlar, juda chuqur xususan jifriy hisob-kitob bilan mashg’ul bo’lishlarining keragi yo’q; bir qismi tushunilmasa ham, zarari yo’q. Ham umumuni o’qish ham lozim emas. Ham karomati G’avsiyaning oxirida Shomli Hofiz Tavfiqning parchasidan boshlab oxirga qadar mutolaadan so’ng va boshdagi muqaddimani o’qigandan so’ng, {(Hoshiya) Kitobning 1-chi va 7-chi qismlarini o’qigandan so’ng.} istagan parchasini o’qisin.

Said Nursiy

***

SHOMLI HOFIZ TAVFIQNING PARCHASI

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Muqaddima:Ma'lum bo’lsinki: "Zubdat-ur-Rasoil Umdat-ul Vasoil" nomli qutb-ul orifiyn Ziyovuddin Mavlono Shayx Xolid (Quddisa sirruhu)ning maktubot va risola-i sharifalaridan olingan muqaddas nasihatlarning tarjimasiga doir bir risolani o’n uch yil muqaddam Bursada Domla Hasan Afandidan olgandim, bir sabab bilan mutolaasiga muvaffaq bo’lolmagandim. Bu kunlarda kitoblarimning ichida bir narsa qidirarkan, qo’limga o’tdi. Dedim: "Bu Hazrat Mavlono Xolid ustozimning hamshahridir. Ham Imom Rabboniydan keyin Tariqi Naqshiyning eng ahamiyatli qahramonidir, ham Tariqi Xolidiya-i Naqshiyaning piridir." Risolani mutolaa qilarkan, Hazrat Mavlononing tarjima-i holida shu parchani ko’rdim: Asxobi Kutubi Sittadan Imom Hokim "Mustadrak"ida va Abu Dovud "Kitobi Sunan"ida, Bayhaqiy "Shuabi Iymon"da rivoyat qilganlari:

اِنَّ اللَّهَ يَبْعَثُ لِهَذِهِ اْلاُمَّةِ عَلَى رَاْسِ كُلِّ مِاَةِ سَنَةٍ مَنْ يُجَدِّدُ لَهَا دِينَهَا

Ya'ni: "Har yuz yilda Janobi Haq bir mujaddidi din yuboradi." Hadisi Sharifiga mazhar va masadaq va muzhiri tom bo’lgan Mavlono Ashshahir, Qutb-ul Orifiyn, G’avs-ul Vosiliyn, Vorisi Muhammadiy, Komil-ut Tariqat-ul Oliyyati Val-mujaddidiyyati Xolidi Zuljanohayn (quddisa sirruhu) oxirigacha...

So’ngra tarixcha-i hayotida ko’rdimki, tavalludi bir ming bir yuz to’qson uch tarixidadir. So’ngra ko’rdimki, bir ming ikki yuz yigirma to’rt tarixida saltanati Hindning poytaxti bo’lgan Jahonobodga kirgan. Tariqi Naqshiy silsilasiga kirib mujaddidlikni boshlagan. So’ngra bir ming ikki yuz o’ttiz sakkizda ahli siyosatning nazari diqqatini jalb qilib, vatanini tark qilib diyori Shomga hijrat bilan ketgan. Ham ichida ko’rdimki: Hazrat Mavlononing (Q.S.) nasli Hazrat Usmon Bin Affon Roziyallohu Anhga mansub. So’ngra ko’rdimki; tarjima-i holida iste'dodi fitriy va qobiliyati horiqo bilan yigirma yoshga yetmasdan avval asrning bilingan olimlaridan va alloma-i vaqt bo’lgan, Sulaymoniya tumanida ilm dars berish bilan mashg’ul bo’lgan. So’ngra ustozimning tarixcha-i hayotini o’yladim. Qaradim, to’rt muhim nuqtada tavofuq qilmoqdalar:

Birinchisi:Hazrat Mavlono bir ming bir yuz do’qson uchda dunyoga kelgan. Ustozim esa arabiy bir ming ikki yuz to’qson uchda, tom Mavlono Xolidning yuz yili tugagandan keyin dunyoga kelgan.

Ikkinchisi:Hazrat Mavlononing (Q.S.) tajdidi din mujohadasiga boshlang’ichi va muqaddimasi: Hindistoning poytaxtiga bir ming ikki yuz yigirma to’rtda kirgan. Ustoz esa, aynan yuz yil so’ngra bir ming uch yuz yigirma to’rtda Usmoniylar saltanatining poytaxtiga kirgan, mujohada-i ma'naviyasi uchun tayyorlangan.

Uchinchisi:Ahli siyosat Hazrat Mavlononing favqulodda shuhratidan vahimaga tushib diyori Shomga naql ettirilishi bir ming ikki yuz o’ttiz sakkizda sodir bo’lgan. Ustoz esa, aynan yuz yil so’ngra bir ming uch yuz o’ttiz sakkizda Anqaraga ketib, ular bilan kelisholmasdan, ularni rad qilib, ranjib takror Vanga ketib bir tog’da yakka yasharkan, bir ming uch yuz o’ttiz sakkiz yilidan keyin Shayx Said hodisasining bo’lishi munosabati bilan ahli siyosatning vahmiga tegilgan, undan qo’rqib Burdur va Isparta, Kastamonu, Afyon viloyatlarida sakkiz yildan, yigirma besh yil surgun yashagan.

To’rtinchisi:Hazrat Mavlono yoshi yigirmaga yetmasdan avval alloma-i zamon hukmida fuhuli ulamoning ustida ko’ringan, dars o’qitgan. Ustoz esa, tarixcha-i hayotini ko’rganlarga va bilganlarga ma'lumki: O’n to’rt yoshida shahodatnoma olib zamonning eng buyuk olimlariga qarshi muorazaga kirishgan. O’n to’rt yoshda ekan, shahodatnoma olishga yaqin talabalarga dars bergan. Ham Hazrat Mavlono naslan Usmonli bo’lgani va Sunnati Saniyaga bor quvvati bilan harakat qilgani kabi, Ustozim Qur'oni Hakimga xizmat nuqtasida, mashrab jihatidan Hazrat Usmoni Zinnuraynning orqasida ketib Hazrat Mavlono (Q.S.) kabi, Risola-i Nur parchalari bilan bor quvvati bilan Sunnati Saniyani tiriltirishga harakat qildi.

Xullas, bu to’rt nuqtadagi tavofuqlar, tom yuz yil oraliq bilan, Risola-i Nurning dinni quvvatlantirish xususidagi ta'sirlari, Hazrat Mavlononing (Q.S.) Tariqi Naqshiya vositasi bilan xizmati kabi azim ko’rinmoqda. {(Hoshiya) Hazrat Mavlono (Q.S.) millionlab ergashuvchilarining ittifog’i bilan mujaddiddir va boshdagi Hadisi Sharifning bir masadaqidir. Va modomiki to’liq yuz yil so’ngra to’rt muhim jihat bilan tavofuq bilan barobar Risola-i Nur ayni vazifani qilmoqda. Demak nassi Hadis bilan Risola-i Nur parchalari dinni quvvatlantirish va yangilash vazifasini bajarmoqdalar.} Ustozim o’ziga oid madhu-sanoni qabul qilmaydi, faqat Risola-i Nur Qur'onga oid bo’lib madhu-sano Qur'onning sirlariga oiddir. Faqatgina Ustozim bilan Hazrat Mavlononing bir nechta farqi bor.

Birinchisi:Hazrat Mavlono zuljanohayndir. Ya'ni, ham Qodiriy, ham Naqshiy tariqat sohibi ekan, Naqshiylik Tariqati unda yanada g’olibdir. Ustozim, aksincha, Qodiriy mashrabi va Shozaliy maslagi unda yanada ziyoda hukm qiladi. Men Ustozimdan eshitdimki: "Hazrat Mavlono (Q.S.) Hindistondan Tariqi Naqshiyni ketirgan vaqt, Bog’dot doirasi, Shohi Geyloniyning (Q.S.) ba'dalmamot, hayotda bo’lgani kabi tasarrufida edi. Hazrat Mavlononing (Q.S.) ma'nan tasarrufi joyi qabul ko’rolmadi. Shohi Naqshband bilan (Q.S.) Imom Rabboniyning (Q.S.) ruhoniyotlari Bog’dodga kelib, Shohi Geyloniyning ziyoratiga ketib iltimos qilganlarki: Mavlono Xolid (Q.S.) sening avlodingdir, qabul qil. Shohi Geyloniy (Q.S.) ularning iltimosini qabul qilib, Mavlono Xolidni qabul qilgan. Undan so’ng birdan Mavlono Xolid (Q.S.) porlagan. Bu voqea ahli kashfga ko’ra sodir bo’lgan va ko’rilgandir. U hodisa-i ruhoniyani o’sha payt avliyolarning bir qismi mushohada etgan, ba'zilar ham tush bilan ko’rganlar." (Ustozimning so’zi bu yerda tugadi.)

Ikkinchi Farq:Shudirki: Ustozim o’z shaxsiyatini manbalikdan chetlatadi, yolg’iz Risola-i Nurni manba qilib ko’rsatadi. Hazrat Mavlononing (Q.S.) shaxsiyati esa qutb-ul irshod, marji-ul xos va-l a'm bo’lgan.

Uchinchi Farq:Hazrat Mavlono (Q.S.) Zul'ajnihadir. Faqat zamonning taqozosi bilan, Sunnati Saniyaga ko’p quvvat berish bilan barobar -ilmi tariqatni asos tutish jihati bilan- tariqatni yanada ziyoda tutgan, u nuqtada sarfi himmat qilgan. Ustozim esa, shu dahshatli zamonning taqozosi bilan, ilmi haqiqatni va haqoiqi iymoniya jihatini lozim bilib, tariqatga uchinchi darajada qaraganlar.

Xulosa:Boshdagi Hadisi Sharifning "Har yuz yil boshida dinni tajdid qiladigan bir mujaddid yuboradi" va'da-i Ilohiysiga binoan, Hazrat Mavlono Xolid, aksar ahli haqiqatga ko’ra, bir ming ikki yuz yilining, ya'ni o’n ikkinchi asrning mujaddididir. Modomiki tom yuz yil so’ngra, aynan to’rt jihatda tavofuq qilib Risola-i Nur parchalari ayni vazifani qilganlar, qanoat beradiki, nassi Hadis bilan Risola-i Nur tajdidi din xususida bir mujaddid hukmidadir. Mening Ustozim doimo deydiki: "Men bir askarman, faqat marshal vazifasini bajaryapman. Ya'ni: Qiymat menda emas, balki Qur'oni Hakimning fayzidan tomchilagan Risola-i Nur parchalari ma'naviy marshallik vazifasini bajarmoqdalar." Ustozimning jahllarini chiqarmaslik uchun shaxsini sano qilmayman.

Shomli Hofiz Tavfiq

***

RA'FAT BEY VA XUSRAV VA RUSHDU KABI RISOLA-I NUR SHOGIRDLARINING RISOLA-I NUR BARAKASIGA ISHORA QILGAN, TOPGAN, LATIF TAVOFUQLARI

Risola-i Nurning Ispartaga qay daraja rahmat bo’lganiga dalolat qilgan ajib tavofuqlar, Risola-i Nur sazovor bo’lgan inoyatlarning kulliyatidan muhim bir fardi ham shuki:

Isparta Viloyati sakkiz yildan beri Risola-i Nurning muallifini siynasida saqlagandi va Barla kabi shirin bir nohiyasida Janobi Haqning lutf va karami bilan muhofaza qilgandi. Bu muddat mobaynida asta-asta tarqalgan Risola-i Nurdan minglab odam Ispartada iymonlarini quvvatlantirdilar. Ayniqsa yoshlar juda ko’p foydalandi va fayz oldi. Ustozimizning Barla kabi latif va shirin bir joydagi mashaqqatli va juda ayanchli va eng qattiq qalblarni yig’latgan ishkanjali asorati tugaganda, Risola-i Nurning muallifi bo’lgan Ustozimizning nazari Janobi Haqning inoyati bilan Ispartaga yuzlandi. Vahimaga tushgan ba'zi zolim ahli dunyoning tashabbuskorona zohiriy harakatlari bir oddiy sabab bo’lib, Ustozimiz Ispartaga keltirildi. Faqat Ustozimiz tashrif qilgan zamon yoz mavsumining eng issiq zamoni edi. Yomg’irlar to’xtagan, Ispartani sug’organ suvlar kamaygan, ahamiyatli bir qismining manbai to’xtagan, daraxtlar sarg’ayishni, o’tlar qurishni, gullar burishishni boshlagandi.

Risola-i Nur eng ko’p tarqalgan joy Isparta viloyati bo’lgani uchun, Risola-i Nur haqidagi inoyati Rabboniyani juda yaqindan tomosha qilgan Risola-i Nurning shogirdlari bo’lgan bizlar, ajib bir voqeaga yana shohid bo’ldik. Bu hodisa esa, Risola-i Nur muallifining Ispartaga tashrifidan keyin, bir asr ichida bir yoki ikki marta sodir bo’lgan bu yoz mavsumidagi yomg’ir juda ko’p yog’di. Juda hayratomuz bir suratda yog’gan bu yomg’ir Ispartaning har tarafini tamoman suvlagan, nabototga qaytadan hayot baxsh qilingan, bog’lar, bag’chalar boshqa bir latofat kasb etgan; aksarisi deyarli ziroat bilan mashg’ul bo’lgan xalqning yuzlari Risola-i Nur noil bo’lgan inoyatdan va barakasidan bo’lgan bu yomg’irdan foydalanib kulgan, ruhlari yayaragandi. Janobi Haq kamoli rahmati bilan, bu yoz mavsumining bu shiddatli va haroratli vaziyatini, bahorning eng latofatli, eng shirin va eng xush vaziyatiga almashtirdi. Go’yo Risola-i Nur bir yuz o’n to’qqiz parchasi bilan muallifi bo’lgan Ustozimizni bir tarafdan go’zal qarshilamoq va mahzun bo’lgan qalbiga tasalli bermoq va g’amli ruhini xushnud etmoq va boshqa tarafdan ham sakkiz yildan beri yashagan Barlasini unuttirmoq va u muhtasham chinor daraxtini va do’stlarini va aloqador bo’lgan narsalardan kelgan firoq huznini xotirlatmaslik uchun, Janobi Haqdan bir yuz o’n to’qqiz risolaning qo’li bilan bir yuz o’n to’qqiz ming kalimalari tili bilan duo qildi va yomg’ir istadi. Janobi Haq shunday barakali bir yomg’ir ehson etdiki, bir misli to’qson uch tarixida yog’ganini keksalarimizdan eshitamizki, bu tarix ustozimizning tug’ilish tarixiga tasodif qilish bilan barobar, bu umumiy hodisa-i rahmat bo’lgan juda ko’p yomg’ir xususiy bir suratda Risola-i Nurga qaraganiga bir dalili ham shudirki:

Risola-i Nurning nashriga vosita bo’lgan Ustozimiz kelgan kun Ispartani g’oyat issiq va yomg’irsizlikdan chang-to’zon ichida ko’rgan, Barla kabi bir yaylovdan kelib bunday bir yerda bardoh berolmayman, deb qayg’urayotgan edi. Uchinchi va to’rtinchi kuni bog’larni qisman kezgan vaqti, sabzavot va o’t va gullarning suvsizlikdan burushganlarini ko’rib, g’oyat xafa holda suv istayotgan, yomg’ir talab qilayotgan edi. Birodarimiz bo’lgan Bekir Beydan tegirmoqnlarni aylantirgan suvni ko’rsatib "Ispartaning suvi bu qadarmi?" deb so’ragan edi. Bekir Bey javob berdi: "Go’ljukning suvi qurilgan, kelmayapti.

Ispartaning to’rtdan birini sug’organ bu suvdan boshqa yo’qdir" dedi. Ustozimizning, Ispartada ko’p talabalari bo’lganidan, ruhan yomg’irning kelishini istar edi. O’sha kuni shunday bir yomg’ir keldiki, ellik yildan beri Isparta bunday hodisani ko’rmagan. U yomg’ir to’qson to’qqiz foiz manfaat bergan. Bundan anglashilmoqdaki, u tavofuq tasodufiy emas. Bu rahmat, Ispartaga rahmat bo’lgan Risola-i Nurga qaraydi. Lillahilhamd, bu karami Ilohiy natijasi o’laroq Ustozimiz, "Menga Barlani unuttirdi, unutolmaydiganim bir narsa bo’lsa, u ham har yerda bo’lgani kabi, Barlada bo’lgan haqiqiy do’st va talabalarimdir." deydi.

Mustafo, Lutfi, Rushdu, Xusrav,

Bekir Bey, Ra'fat (R.H.)

***

RISOLA-I NUR BARAKASIGA OID YOMG’IR HODISASINI QUVVATLANTIRGAN MUHOJIR HOFIZ AHMAD, SULAYMON, MUSTAFO CHOVUSH VA BEKIR BEY VA SHAM'INING (R.H.) BIR IFODASI

[Ispartadagi qardoshlarining ifodasidagi da'voni isbot qilgan quvvatli ikki dalilni ko’rsatadi.]

Ra'fat Bey va Xusrav kabi qardoshlarimizning hayratomuz bir suratda yog’gan umumiy yomg’ir ichida, Risola-i Nur barakasiga xususiy qaraganiga qanoatimiz keladi. Chunki ko’zimiz bilan yomg’ir hodisasining xususiy bir shaklda xizmati Qur'on va Risola-i Nurga qaraganini ikki surat bilan ko’rdik.

Birinchi Surat:Risola-i Nurning vosita-i nashri bo’lgan ustozimizning masjidi yopildi. Risola-i Nurni yozadigan xorijdagi talabalarining yoniga kelishlari man qilingan hangomda qurg’oqchilik boshlandi. Yomg’irga shiddatli ehtiyoj bo’ldi. So’ngra yomg’ir boshlandi, har tarafda yog’di, faqat Karaja Ahmad Sultondan e'tiboran bir doira ichida qolgan Barla mintaqasiga yomg’ir kelmadi. Ustozimiz bundan juda xafa bo’lib duo qilardi. So’ngra dediki: "Qur'onning xizmatiga to’siq qo’yildi, bu qishloqdagi masjidimiz yopildi, bunda bir koyish asari borki, yomg’ir kelmapayti. Unday bo’lsa modomiki Qur'onning koyishi bor, Yosin Surasini shafoatchi qilib, Qur'onning fayzini va barakasini istaymiz." Ustozimiz Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga dediki: "Sen qirq bir Yosini Sharif o’qi." Muhojir Hofiz Ahmad Afandi (R.H.) bir qamishga o’qidi. U qamishni suvga qo’ydilar. Hali yomg’ir alomati ko’rinmaskan, asr namozi vaqtida, ustozimiz doimo ishongan bir xotirasiga binoan Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga (R.H.) aytdiki: "Yosinlar tilsimni ochdi, yomg’ir keladi." Ayni tunda avval yog’magan Barla doirasi ichiga shunday yog’diki, ustozimizning xonasining ostidagi Cho’pon Ahmadning bog’idagi devor yomg’irdan yiqildi. Holbuki Karaja Ahmad Sultonning orqasida va dengiz bo’yida baliq ovlash bilan mashg’ul bo’lgan Sham'i bilan birodarlari bir tomchi yomg’ir ko’rmadilar. Xullas bu hodisa qat'iyyan dalolat qiladiki, u yomg’ir xizmati Qur'on bilan munosabatdordir. U umumiy rahmat ichida bir xususiyat bor. Sura-i Yosin kalit va shafoatchi bo’ldi va yomg’ir yetarli miqdorda yog’di.

Ikkinchi Surat:Qurg’oqchilik zamonida yigirma-o’ttiz kun ichida yomg’ir Barlaga yog’magan ekan, Yokushboshi chashmasi qilingan bir zamonda manbaiga yaqin, Ustozimiz va biz, ya'ni Sulaymon, Mustafo Chovush, Ahmad Chovush, Abbos Mahmud... falon barobar jamoat bilan namoz o’qidik. Tasbehotdan keyin duo uchun qo’limizni ko’tardik. Ustozimiz yomg’ir duosi qildi, Qur'onni shafoatchi qildi. Birdan u quyosh ostida har birimizning qo’limizga yetti-sakkiz tomchi yomg’ir tushdi. Qo’limizni tushhurdik, yomg’ir to’xtadi. Jumlamiz bu holga hayratlandik. O’sha vaqtga qadar yigirma-o’ttiz kundir yomg’ir kelmagan edi, faqat o’sha yomg’ir duosi onida duo qilgan har qo’lga yetti-sakkiz tomchi tushishi ko’rsatadiki, bunda bir sir bor. Ustozimiz dediki, "Bu bir ishorati Ilohiyadir. Janobi Haq ma'nan deydiki, men duoni qabul qilaman, faqat hozir yomg’ir bermayman." Demak so’ngra Sura-i Yosin shafoat qiladi va haqiqatdan shunday bo’lgan.

Xulosa:Ispartadagi qardoshlarimizning umumiy rahmat ichidagi Risola-i Nurning barakasiga doir da'vo qilgan xususiyatlarni shu ikki quvvatli dalil bilan tasdiq qilamiz.

Sham'i, Mustafo Chovush, Bekir Bey,

Muhojir Hofiz Ahmad, Sulaymon (R.H)

***

SADOQATDA MASHHUR BO’LGAN BARLALI SULAYMONNING VAZIFA-I SADOQATINI BATAMOM QILGAN ISPARTA SULAYMONI RUSHDUNING BIR BAYONI

Aziz Ustozim!

Qardoshlarimning Yigirma Yettinchi Maktubga kirgan bayonlarini, o’z fikrimga va hissiyotimga muvofiq topganimdan, ular bu nuqtai nazardan o’z bayonlarimdir deb boshqa ifoda yozishga ehtiyoj ko’rmadim. Faqat bu oxirgi vaqtlarda Risola-i Nurning karomatiga aloqador bo’lgan ba'zi hodisalar men bilan ham munosabatdor bo’lib vujudga kelganidan, undan bir eslatma hukmida ediki, ular munosabati bilan mening ham bir xususiy bayonim qardoshlarimning xususiy bayonlari ichiga kirsin deb u hodisalardan ba'zi latif tavofuqlarni va ba'zi sodiq tushlarni va bir nechta hodisani yozyapman.

Bu tushlar bir-biriga yaqin va bir necha kun mobaynida ko’rilgan va Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom ichida bo’lganlari jihati bilan, sodiq tushdir. Chunki, Hadischa sobitdirki, Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom ko’rilgan tushda shayton o’sha tushga qo’shilolmaydi. Bu sodiq tushdan har biri, garchi tushdir, dalil va hujjat bo’lolmas, faqat har birining ayni ma'noda ittifoqlari bir xushxabar beradi va Risola-i Nurning maqbuliyatiga va Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomning doira-i rizosida bo’lganiga bizlarga qanoat beradi. Jumladan:

Birinchisi:Risola-i Nur shogirdlaridan Rizo ko’radi: Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom masjidda Hazrat Abu Bakr-is Siddiq Roziyallohu Anhga amr qiladilar: "Chiq, xutba o’qi." Abu Bakr-is Siddiq yugurib minbarning eng yuqori zinapoyasiga qadar chiqadi, xutba o’qiydi. Xutba ichida jamoatga deydiki: "Bu aytgan haqiqatlarimning izohlari "Yigirma To’qqizinchi So’z" dadir.."

Ikkinchisi:Risola-i Nurning shogirdlaridan Usmon Nuri deydiki: Tushimda, Shamoili Sharifga muvofiq, g’oyat nuroniy bir suratda Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomni o’tirgan yerga suyangan bir vaziyatda ko’rdim. Bu onda bir sado keldiki, Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomning bir yordamchisi kelmoqda. Eshiklar birdaniga o’z-o’zidan ochildi. Risola-i Nur noshirlarining Ustozi bo’lgan zot ichkariga kirdi. Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom ustozimizga shafqatkorona bir iltifot ko’rsatib, suyanib o’tirgan vaziyatdan turdilar. Men ham yig’lab uyg’ondim.

Uchinchisi:Risola-i Nur shogirdlariga uyini ayirgan Shukru Afandidir. Tushda unga deydilarki: "Sening o’sha uyingga Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom kelganlar." U ham yugurib borip, Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomni juda nuroniy va sururli bir holda topib ziyorat qilgan.

To’rtinchisi:Risola-i Nur shogirdlaridan Nazmidir. Tushida unga deydilarki: "Risola-i Nur shogirdlari iymonsiz o’lmaydilar, qabrga iymon bilan kiradilar."

Bu tushlar Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom bilan munosabatdor bo’lish jihati bilan, o’sha tushlar zamonida "Mo’'jizoti Ahmadiya Risolasi" munosabati bilan latif va kichik bir- ikki tavofuqning latifliklarini zikr qilaman. Shundayki:

Risola-i Nur parchalaridan bir necha jihat bilan karomati ko’rilgan Mo’'jizoti Ahmadiyaga doir O’n To’qqizinchi Maktubning tahriri zamonida, yetti mo’'jizoti Ahmadiyaga (A.S.V.) mazhar yetti bolaning bahsiga kelgan vaqtda Meliha ismli yetti yoshli qizim, kutilmagan bir vaqtda xonamdan chiqib Ustozim o’tirgan uyga keldi, o’sha yetti bola bahsini ma'sumona bolalardek tinglashni boshladi. Choy ichishni juda yaxshi ko’rgani holda, o’ziga berildi, bolalarning bahsi tugagunga qadar ichmadi.

U soatdan o’n daqiqa avval, ham O’n To’qqizinchi Maktub, ham "Me'roj Risolasi" alohida-alohida tahrir etilayotgan edi. O’n To’qqizinchi Maktubning bir yuz ellik sahifasi ichida birgina sahifada quruq ustunning yig’lashidan bahs bor. "Me'roj Risolasi"da olti yuz satrdan birgina satr undan bahs etadi. Farqli tarzlarda, farqli vaqtda, farqli odamlar, farqli kitoblarda birdan birgina so’zni aytganlarini men eshitdim. U ham, quruq ustunning yig’lashi edi. Har biri ikki kishidan iborat ikki qism tahrirchilar, ayni kalima ustidadirlar, o’sha kalimani aytayotgan edilar. Men hayrat bilan dedim: "Ikki taraf ham bir kalimani aytyapsiz." So’ngra qaradik. Me'rojning tahriri ayni kalimaga kelgani kabi, O’n To’qqizinchi Maktubning tahriri ham ayni kalima ustidadir. Biz hozir bo’lganlar shubhamiz qolmadiki, yetti yoshli Melihaning yetti bola bahsiga tavofug’i va bu ikki qism tahrirchilarning ayni kalimada ittifoqlari, o’sha Mo’'jizoti Ahmadiya bahsining bir karomatining bir shu'lasidir.

Yana Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomning maktubi bilan munosabatdor uchinchi bir tavofuq: Milasdan kelgan va u yerga yuborilgan kitoblarning ro’yxatini bir sababga binoan yashirish lozim kelgandi. Ustozim bu ro’yxatni yashirish uchun menga berganini bilar ekan. Bir kun o’sha ro’yxat kerak bo’lishini o’ylab, mendan so’ramoqchi edi. Faqat so’ramagan edi. O’sha kecha turadi, u ro’yxatni joynamozining yonida ko’radi, hayratlanadi. Bu yashiringan yerdan chiqib, qanday bu yerda bo’lsin? Ertalab mendan so’raydi. "Men keltirmadim, xabarim yo’q" dedim. Zotan tun yoniga chiqmagandim. Bunda bir ma'no bor. Biz o’yladik, ayni kun Milasdan ro’yxatga ko’ra kitob istashga bir haq qozonish uchun, Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomning, Misr azizi Mukavkisga yozgan maktubi, eski Misrliklarga oid kitoblar ichida bo’lib Istanbulga yuborilgan. Bu maktubning fotoapparat bilan olingan aynining bir surati, o’sha kechaning kunduzida bizga keldi, u tundagi ro’yxat hodisasiga tavofuq etdi. Bunda shubhamiz qolmadiki, yashiringan o’sha ro’yxatning o’z-o’zidan u yerda bo’lishi, bu maktubi Nabaviyaning kelishiga bir istiqbol va bir ishora edi.

Xullas u kunlarda Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom tushda Risola-i Nur bilan munosabatdor ko’rilishi va maktub ham ayni vaqtda kelishi, o’sha kunlarda ta'lif qilingan xastalarga oid yigirma besh davo-yi ma'naviyani bayon qilgan "Yigirma Beshinchi Yog’du" va iqtisodga oid "O’n To’qqizinchi Yog’du" va ularning ketidan keksalarga oid yigirma olti umidni bayon qilgan "Yigirma Oltinchi Yog’du"ning ta'lif zamonlariga tavofuq etishi shubha qoldirmaydiki: Bu uch risola Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomning maqbuliyatiga sazovor bo’lgan.

Yana Risola-i Nur bilan munosabati namoyon bo’lgan hodisalardan birisi ham shuki, Risola-i Nurning Ispartaga barakaga sabab bo’lganini ko’p alomatlar bilan ko’rdik va ko’ryapmiz. Jumladan:

Shukru Afandi ham o’z uyini, ham marhum qardoshi Nuri Afandining uyini Risola-i Nurning dars va ta'lifiga bergan bir zamonda uning shahardagi uyi bilan yonma-yon ulkan bir gilam binosi yondi. Butun o’sha ulkan bino yongani holda, Shukru Afandining uyiga o’tmadi, hatto yongan gilam binosining ichidagilardan bo’lib, gilam binosi bilan Shukru Afandining xonasiga yonma-yon bo’lgan taxta ham yonmadi. Bu vaziyatni ko’rgan harkas hayrat ichida qoldi. Faqat Risola-i Nur bilan aloqalari bo’lganlarning shubhalari qolmadiki; Shukru Afandi Risola-i Nurning ta'lifiga bu ikki uyni bergani uchun, uning barakasi bilan hayratomuz bir suratda ham o’z xonasi, ham marhum qardoshining xonasi o’sha mudhish yong’indan xalos bo’ldi.

Ham Risola-i Nur yozda qandayki ko’p yomg’ir va rahmatga sabab bo’lgani dalillar bilan bayon qilinib G’avsi Geyloniyning (Q.S.) karomatiga doir risolada qayd qilingan hodisa Risola-i Nurning bir karomati bo’lgani kabi; bu yilgi qishda Risola-i Nurning faoliyat markazi Barladan Ispartaning bog’lariga naql qilingan edi. Bog’larda sovuq va bo’ron shahardan juda shiddatli bo’lardi. Bu shiddatli qishda Risola-i Nurning darsi tark bo’lmaslik va noshiri ham bardosh qila olishi uchun, bir asari rahmat bo’lib bu yilning qishi g’oyat mo’'tadil o’tdi. Ha, hamma biladiki, hozirga qadar bunday mo’'tadil va ba'zi kunlari yozga o’xshash tarzda bir qish bu yaqin zamonlarda ko’rilmagandi. Xullas bugun yangi mart o’n ikkisi, eski fevral yigirma yettisi. Sitta-i Savr deyilgan bo’ronli olti mashhur kunning uchinchi kuni bo’lgan bu kun navro’z kuni kabi ochiq, go’zal. Qandayki Risola-i Nurning barakasi sababli rahmati Ilohiya yoz o’rtasida bir bahor keltirganini qanoat beradigan alomatlar bilan ko’rgandik; xuddi shuning kabi bu qish o’rtasida Risola-i Nurning barakasi sababli bir kuz mavsumi bo’lishiga bir vasila bo’lganiga qanoat etdik.

Ham Risola-i Nur Parchalaridan "Iqtisod Risolasi"ning ta'lifiga juda yaqin bir zamonda, Ustozimning tirikchiligidagi iqtisodi ifrot darajasiga kirgandi. Men va Xusrav va yana boshqa birodarlarimiz barchamiz bilamizki: Ustozimiz xasta bo’lmagani holda, butun Ramazonda yegan ovqatini hisobladik, birgina baton non, yarim o’qqa suzma, bir yuz ellik dirham guruch edi. Biz taxmin qildikki, yigirma to’rt soatda uch xurmo donasi qadar ozuqa bilan zahmatsiz idora qildi. Otiqqa ishtahasi bo’lmagani uchun, yemas edi. Bu hol Ramazondan so’ng unga yozdiriladigan bo’lgan "Iqtisod Risolasi"ning barakasiga va moborakiyatiga va karomatiga bir ishora edi.

Va yana Risola-i Nurning dinni quvvatlantirish haqida xizmatiga ishora qilgan bir boshqa hodisa shuki: Ispartaning nufuzli bir olimining taxminan o’ttiz-qirq yil avval yozgan istiqbolga doir qasidasining parchalari Risola-i Nurga tom tavofuq qiladi va Risola-i Nurni ko’rsatadi. Shundayki:

Alloh rahmat qilsin va qabri purnur bo’lsin, Topal Shukru Afandi ismli ahli qalb va Ispartaning bir madori faxri bo’lgan zotning karomatkorona bu yerda mashhur bir she'rini ko’rdim, keltirib birodarlarimga ko’rsatdim. Dedim: Bu zot bu zalolatli zamonimizdan bahs qilgani kabi, bir bandi ham jahon urushidan bahs qilayotgandek ko’rinadi. Chunki bu she'rida deydi:

"Ofarin falakkaki, urdi quturni quturga"

Ya'ni, butun dunyo kofirlarini bir-biriga hujum dildirdi. Va ikki satr so’ngra yana deydi:

"Asr bozori ichra butun oldi-berdi, kufru zalol

Xaridor qolmadi, din tushdi arzondan arzonga."

Ya'ni u asrning bozorida oldi-berdi dinsizlik qo’lida bo’ladi, dinsizlik hukm qiladi, din g’oyat arzon tushadi va Islomning shiori yashirinadi. So’ngra deydi:

"Shukriy yo bilmasman asrori g’aybdan ammo;

Yo oldin, yo orqa, taxmin etaman uch o’ttizga."

O’zi tafsir qiladi. Ya'ni, o’ttiz uchga shiddatli qofiyasini ko’zlash uchun, o’ttiz uch o’rniga "uch o’ttiz" degan. Ham jahon urushiga ishora qilgan bayoni bilan, "dinsizlik dasturlari, qonunlari o’sha asr bozorida hukm qilgan..." bayonining o’rtasida shunday deydi:

Erish ey avni shariat {(Hoshiya1) Shariat jifr bilan to’qqiz yuz sakson (980) bo’ladi. Risolat-un Nur ham النُّور dagi lomi asliy lom bo’lsa, jifr bilan to’qqiz yuz yetmish sakkiz (978) bo’lib, ikki farq bilan tavofuq qiladi.} erish ey muhyiddin!

Alami riyshi {(Hoshiya2) Rish: Jarohat, yara degani.} jafo siynadan erishdi mag’zga."

Hozir mening qanoatim kelyaptiki, bu zot o’ttiz uch yilidan so’ngra Risola-i Nurni Ispartaning yordamiga chaqiradi. "Ey avni Shariat! Ey Muhyiddin, yetish!" deydi. Ya'ni, vafotidan taxminan o’ttiz uch yil so’ngra Shariatga va dinning shiorlariga, Ispartaga yetishadigan bir nurni chaqiradi. Janobi Haq duosini qabul qilganki, vafotidan o’ttiz-qirq yil so’ng Risola-i Nur o’sha vazifani qilgan.

Talabangiz va Xizmatkoringiz

Sulaymon Rushdu

RISOLA-I NURNING MUSODARA HODISASI MUNOSABATI BILAN ISPARTA SULAYMONI RUSHDUNING, AVVALGI BAYONIGA ZAYL O’LAROQ YOZGAN BIR BAYONI

Risola-i Nur shogirdlarining markazi bo’lgan Shukru Afandining uyining qo’shnisi sakson yoshli muhtaram Alil Usmon Chovush ismli bir zot Risola-i Nur noshirlariga hujum zamonidan bir kun so’ngra tushida ko’radiki: Quyosh bilan Qamar barobar bo’lib uyning ichiga kirib porlamoqdalar.

Boshqa bir tushda Gilamchi Mustafo Afandining nevarasi Bekir yana ranjituvchi hodisadan bir-ikki kun so’ngra ko’radiki: Quyosh qibla tarafidan chiqmoqda. Nurlari ichida quyosh yuzida Risola-i Nur noshirining surati aks etib, aynan quyoshning kursisida ko’rinadi.

Ham dindor bir ayol, yana hodisadan so’ngra ko’radiki: Samovotdan muborak qog’ozlar yog’moqda. So’raydilar: "Bu nima?" Tushda deganlar: "Risola-i Nurning sahifalari." Ya'ni, ta'bir jihatidan Risola-i Nur, Qur'onning tafsiri bo’lgani jihat bilan, vahyi samoviy bo’lgan Qur'onning samoviy va ilhomiy bir tafsiridir. Ham yomg’ir kabi, insonlarga ko’plab rahmatdir.

Hodisaning bo’lishidan avval, Risola-i Nur shogirdlarining har biri bir jasadning a'zolari kabi, bir jihatda o’sha jasadga kelgan ta'sirli bir illatni barcha a'zoning his qilishi navidan, bu hodisani Risola-i Nurning to’rt shogirdi bo’lishidan bir-ikki kun avval shunday ko’rdilar: Uchovi, ya'ni Mahmud Zuhdu, Halil Ruhi, Mahmud Niyozi Risola-i Nur noshirlarining ustozini vafot qilgan ko’radilarki, vafot esa ta'bircha Risola-i Nurning to’xtashini xabar beradi. To’rtinchisi: Fozil Bey ko’radiki: -Hodisadan bir kun avval - Javonda kitoblarni titkilaydi, ba'zi kitoblarni tushiradi. Ustoz menga hiddat qiladi, men ham deyman: "Ra'fat tushirdi." Birdan xonani polislar to’ldiradilar, hamma narsani oladilar.

Ham bundan yetti yarim oy avval Risola-i Nur noshirlariga kelgan ayanchli politsiya idorasiga chaqirish masalasida Risola-i Nurning shogirdlarining to’rttasi (ayni hodisani bir-ikkitasi, ya'ni Rushdu bilan Lutfi aynan ko’radilar, ikkalasi ham oz bir ta'bir bilan) ayni hodisani ko’rishlari va bu dafagi hodisani, yana to’rt dona shogirdlar aynan ko’rishi ko’rsatadiki, Risola-i Nur shogirdlari bir jasadning a'zolari kabidirlarki, Risola-i Nurga kelgan hodisani bir jasadning a'zolari kabi his qiladilar.

Ham Risola-i Nur shogirdlaridan Bekirga o’sha musibat kunidan bir kun avval biri degan: "Ustozing seni chaqirmoqda!" Bir oldindan sezish hissi bilan ikkinchi kun Ustozining boshiga kelgan va rahmati Ilohiya bilan yengil o’tgan mudhish musibatni, dushmanlarning rejalari darajasida buyuk, og’ir his qilgan tarzida, yig’lab g’oyat qo’rqoqlik va hayajon bilan yugurib keldi. U hayajon va yig’lashiga hech sababi zohiriy yo’q ekan, yana hayajonini, yig’lashini to’xtatolmayotgan edi. Demak, Risola-i Nurga kelgan musibat shogirdlarini karomatkorona ogohlantirayotgan edi.

Ham musibatning o’sha kunida ustozimiz aylanishdan qaytarkan, Xusrav va Mahmudning xabari bilan, birdaniga sababsiz ahli dunyoga qarshi shiddatni boshlagan. Yigirma besh yil avval Devoni Harbi Urfiyda o’zining qatl qarorini kutarkan, sababsiz, qalbsiz, unvonli ikki odam, mahbus bo’lgan kamerasiga tahqirlash uchun kelgan paytlari g’oyat ajib bir suratda aytgan u holga maxsus mashhur bir haqoratni uch marta zolim va g’arazkor ahli dunyoga qarshi sarf qiladi. "Mendan nima istaysizlar!" deb baqirib takror qiladi. So’ngra jim bo’ladi. Ayni daqiqada zobita, uyni bosish uchun yetti-sakkiz politsiya uyning atrofiga kirgan paytlariga tavofuq qiladi.

Madori Ibrat Bir Hodisa:Risola-i Nur noshirlarining bosimi sababli amirlarining yonida e'tibor qozonish niyati bilan Risola-i Nur noshirlariga yopishganlarning aksi maqsadi bilan ta'zir yeganlarining yuz hodisasidan bir hodisasi shuki:

Sababsiz, yolg’iz ba'zi g’arazkorlarning istagi uchun Risola-i Nur noshirlariga bir bahona taqib mahkamalarda parishon qilish va balki mahv qilish uchun suratan o’zini do’st ko’rsatib g’oyat xoinona bir riyokorlik bilan doiramizga kirib olib, bir qator yolg’onlar bilan amirlarini aldab Risola-i Nur noshirlariga mudhish zarba kelishiga vasila bo’lgan bir odam, e'tibor va maqom qozonish emas, aksincha shunday bir ta'zir yediki, dunyoda qolgancha vijdoni bo’lsa vijdon azobini chektiradi. Ham u oson vazifasidan qiyin bir vazifaga almashtirdilar va hamda unga yolg’onchi nazari bilan qaradilar. Va yana nafrati ommani qozondi. Va yana tintuv hodisasidan ikki kun so’ngra bir keksa odamni xonasidan chiqarib yo’lda keltirarkan, u keksa zot birdaniga vafot qilib, moddiy va ma'naviy ma'suliyatga ham ma'ruz qolgan.

Ha, Risola-i Nurga hujum qilganlar o’sha vaqt kafanini bo’yniga olishi va razolatga burkanishi kerak va ma'naviy jahannamga dunyoda kirishni hisobga olishi kerak.

Ham u musibat hodisasidan ikki kun avval Risola-i Nur shogirdlaridan bo’lmagan va hech biz bilan zehnan mashg’ul bo’lmagan birisi tushda ko’radiki: Ispartaning ostidagi dashtda ko’p o’rmonlar mavjud. Kuchli bir sel kelmoqda, bu o’rmonning ko’p daraxtlarini yiqitmoqda. Birdaniga bir zilzila-i arz bo’ladi, Risola-i Nur noshiri, ko’ylagi bilan haybatli bir suratda yer yorilib chiqadi. {(Hoshiya) Demak bu o’tgan yilgi zilzila, ya'ni Izmir zilzilasi Risola-i Nurning tirilishiga va maydonga chiqishiga bir alomat va o’sha tushni ta'bir qiladi. Ha, o’sha zilziladan avval Risola-i Nur dafn qilingan kabi g’oyat yashirin parda ostida tarqalayotgan edi. Zilzila boshlagandan keyin eski ko’z qamashtiradigan ko’ylagi bilan maydonga chiqdi.} U ham qo’rquvidan uyg’onadi. Ikki kun o’tib Risola-i Nurni to’xtatish va ma'nan tuproqqa dafn qilish niyati bilan kurra-i arzni titratadigan darajada bir xato bilan Risola-i Nurning parchalarini zararli varaqalar navidan qidirib, to’plab hukumat markaziga, Ichki Ishlar Vazirligigacha yuboradi. Hech bir tashkilot qonun jihatidan javobgarlikka tortish va mas'uliyatni lozim qilgan bir narsa Risola-i Nurda topolmaganidan, u ma'naviy zilzila ichida o’ldirdik, dafn qildik deb o’ylaganlari Risola-i Nur tirilip, yer yorilib maydonga chiqqani kabi, yana o’sha tush ishora qiladiki, bir zilzila-i azima va bir sel ichida Risola-i Nur bu vatan va millatga bir xaloskor, bir qutqaruvchi suratida musibatzadalarning yordamiga yetishadi.

Risola-i Nur shogirdlaridan

(Yildirim) Sulaymon Rushdu

***

YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING LOHIQASIDAN OLINGAN MUHIM PARCHALAR

Birinchi masala:Birinchi Shu'lada bir-ikki oyatning ishorasida, Risola-i Nurning sodiq talabalari iymon bilan qabrga kirishlarini va ahli Jannat bo’lishlarini, muqaddas bir xushxabar va quvvatli bir bashorat bo’lgani ko’rsatilgan. Faqat bu juda buyuk masalaga va juda qiymatdor ishoralarga to’liq quvvat beradigan bir dalil istaydi deb kutardim. Ko’pdan beri muntazir edim. Lillahilhamd, ikki alomat birdan qalbimga keldi.

Birinchi Alomat:Iymoni tahqiqiy ilmalyaqiyndan haqqalyaqiynga yaqinlashgan sari ortiq olib tashlanmasligiga ahli kashf va tahqiq hukm qilganlar. Deganlarki: "O’lim talvasasi vaqtida shayton vasvasasi bilan faqatgina aqlga shubhalar berib ikkilanishga keltira oladi. Bu navi iymoni tahqiqiy esa, yolg’iz aqlda turmaydi, balki ham qalbga, ham ruhga, ham sirga, ham shunday latifalarga o’tadi, ildiz tashlaydiki; shaytonning qo’li u yerlarga yetisholmaydi, undaylarning iymoni zavoldan muhofazalangan qoladi.

Bu iymoni tahqiqiyga qovushishga vasila bo’lganbir yo’lni, valoyati komila bilan, kashf va shuhud bilan haqiqatga yetishishdir. Bu yo’l xoslarning xossiga maxsusdir, iymoni shuhudiydir.

Ikkinchi yo’l, iymoni bilg’ayb jihatinda sirri vahyning fayzi bilan burhoniy va Qur'oniy bir tarzda aql va qalbning birlashishi bilan haqqalyaqiyn darajasida bir quvvat bilan zarurat va yaqqollik darajasiga kelgan bir ilmalyaqiyn bilan iymon haqiqatlarini tasdiq qilishdir. Bu ikkinchi yo’l, Risola-i Nurning asosi, moyasi, poydevori, ruhi, haqiqati bo’lganini xos talabalari ko’rmoqdalar. Boshqalari ham insof bilan qarasalar, Risola-i Nurning iymon haqiqatlariga muxolif bo’lgan yo’llarni g’ayri mumkin va mahol va imkonsizlik darajasida ko’rsatganini ko’radilar.

Ikkinchi Alomat:Risola-i Nurning sodiq shogirdlarining go’zal yakunlariga va iymoni komil qozonishlariga shu daraja ko’plab va maqbul va samimiy duolar bo’lmoqdaki, u duolarning ichida hech biri qabul bo’lmasligiga aql imkon berolmaydi. Jumladan, Risola-i Nurning bir xodimi va birgina shogirdi yigirma to’rt soatda loaqal Risola-i Nur talabalarining go’zal yakunlari va saodati abadiyaga sazovor bo’lishlari uchun, yuz marta Risola-i Nur talabalariga qilgan duolari ichida hech bo’lmasa yigirma-o’ttiz marta iymonlarining salomatligi va xususiy go’zal yakunlari va iymon bilan qabrga kirishlari uchun ayni duoni eng ziyoda qabulga sabab bo’lgan sharoit ichida qiladi.

Ham Risola-i Nur talabalari, bu zamonda har jihatdan ziyoda hujumga ma'ruz iymon xususida bir-biriga iymonning salomatligi haqidagi samimiy, ma'sum lisonlari bilan duolarining yakuni shunday bir quvvatdadirki, rahmat va hikmat uning raddiga ruxsat bermaydi. Farazan majmui e'tibori bilan rad qilinsa ham, bittagina ularning ichida qabul qilinsa, yana har biri iymonning salomatligi bilan qabrga kirishiga kifoya bo’ladi. Chunki har bir duo umumga qaraydi.

Said Nursiy

***

(Risola-i Nurning karomatining bu atrofda ko’ringan ko’p tomchilaridan bir-ikki hodisa bayon qilaman.)

Birinchisi:Xatib Mahmud (Rahmatullohi Alayh) ismli haqiqiy keksa bir talaba Keksalar Risolasini yozayotgan edi. Nihoyat O’n Birinchi Umidning oxirlarida va marhum Abdurrahmoning vafotining aynan qarshisida qalami "La ilaha illa hu" yozib va lisoni ham "La ilaha illalloh" deb go’zal xotimaning muhri bilan sahifa-i hayotini muhrlab, Risolat-in Nur talabalarining iymon bilan qabrga kirishlariga doir bo’lgan ishoriy bashorati Qur'oniyaga vafoti bilan imzo qo’ygan. (Rahmatullohi Alayhi Rahmatan Vasi'a.)

Ikkinchisi:Sizning ta'lifingiz bo’lgan Mundarijaning tahririda bir kotib nuqson qoldirgan bir sahifani Tahsinga yozgin dedim. U ham yozishni boshladi. Qop-qora siyohdan va toza qalam bilan birdan, yozganingiz ikkinchi jild mundarijasining maqbuliyatiga hujjat o’laroq u qora siyoh go’zal bir qizil suratini oldi. Yarim sahifa qadar biz bu g’arib hodisaga taajjub qilib qararkan, u siyoh qop-qoraga aylandi. Sahifaning qolgan yarmi, ayni qalam ayni siyohdon to’liq qora yozildi. Bir payt Barlada bog’lardagi uyda Shomli Hofiz va Mas'ud, Sulaymonning mushohadasi bilan ayni hodisani boshqa shaklda ko’rdik. Shundayki:

Men yaxshi ko’rmaganim uchun qora siyohni qisman to’kdim. Birdan qolgani juda ham yoqtirganim go’zal bir qizilga o’zgardi, Risola-i Nur kotiblarini shavqlantirdi, ko’zimizga silsila-i karomatning bir uchini va izini ko’rsatdi.

Said Nursiy

***

[Bu kunlarda ma'naviy bir suhbatda bir savol va javobni tingladim. Sizga qisqa bir xulosasini bayon qilay.]

Biri dedi:Risola-i Nurning iymon va tavhid uchun ulkan ustida to’xtalishlari va kulliy jihozlanishlari borgancha ko’paymoqda va eng qaysar bir dinsizni jim qilish uchun yuzdan biri kifoya ekan, nima uchun bu daraja qizg’inlik bilan yana yangi ustida to’xtalishlar qilmoqda?

Unga javoban dedilar:Risola-i Nur yolg’iz bir juz'iy buzg’unchilikni va bir kichik xonani ta'mir qilmayapti; balki kulliy bir buzg’unchilikni va Islomiyatni ichiga olgan va tog’lar kattaligida toshlari bo’lgan bir qamrovli qal'ani ta'mir qilmoqda. Va yolg’iz xususiy bir qalbni va xos bir vijdonni islohga harakat qilmayapti; balki ming yildan beri tayyorlangan va yig’ilgan buzg’unchi vositalar bilan dahshatli yaralangan qalbi umumiyni va xalq tushunchasini va umumning va ayniqsa avomi mo’minlarning suyanchiqlari bo’lgan Islomiy asoslarning va jarayonlarning va shiorlarning sinishi bilan buzilishga yuz tutgan vijdoni umumiyni, Qur'onning i'jozi bilan va keng yaralarini Qur'onning va iymonning dorilari bilan davolashga harakat qilmoqda.

Albatta bunday kulliy va dahshatli buzg’unchilikka va raxnalarga va yaralarga haqqalyaqiyn darajasida va tog’lar quvvatida hujjatlar, jihozlar va ming tiryoq xususiyatida sinalgan dorilar va hadsiz davolar bo’lishi kerakki; bu zamonda Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysidan chiqqan Risola-i Nur, u vazifani qilish bilan barobar, iymonning hadsiz martabalarida taraqqiyot va inkishoflarga sababdir deb uzun bir suhbat jarayon qildi. Men ham tamoman eshitdim, hadsiz shukr qildim.

Bu hodisa munosabati bilan, yana bu kunlarda xotirimga kelgan bir voqeani bayon qilaman:

Men namoz tasbehotining oxirida o’ttiz uch dafa kalima-i tavhidni zikr qilarkan, birdan qalbimga keldiki: Hadisi Sharifda "Ba'zan bir soat tafakkur bir yil ibodat hukmiga o’tadi." Risolat-un Nurda o’sha soat bor, harakat qil o’sha soatni top, eslatildi. G’oyo ixtiyorsiz bir suratda Qur'onning Oyat-ul Kubrosining ikki tafsiri bo’lgan ikki Oyat-ul Kubro risolalaridan xulosalangan tafakkuriy bir so’zlashish to’liq bir soat davom qildi. Qaradim, sizga yuborganim "Oyat-ul Kubro Risolasi"ning birinchi maqomining xulosasidan tanlangan go’zal bir sirrini xulosa bilan Yigirma To’qqizinchi Arabcha Yog’dudan chiqarilgan nurli, shirin ifodalardan tarkib topmoqda. Men kamoli lazzat bilan har kun tafakkur bilan o’qishni boshladim. Bir necha kun so’ngra xotirimga keldiki: Modomiki Risola-i Nur bu zamonning bir murshididir; talabalariga bir virdi akbar bo’la oladi deb qalamga oldim; va barcha risolalarning xususiy manbalari, ma'danlari bo’lgan mingdan ziyoda Qur'on oyatlarini o’z Qur'onimda oldinroq ishoralar qo’yib bir Hizbi A'zami Qur'oniy qilishni niyat qildim; hozir bu "Hizbi A'zam" va bu "Virdi Akbar" Risola-i Nur mansublariga, ba'zi muborak ayyomlarda o’qilishi uchun, bir zamon sizga ham yuborilishiga haqqingiz bor. Inshaalloh bir zamon so’ngra sizga yuboriladi, ba'zi kalimalarini tarjima va bir qism qaydlarimni tushuntirish uchun vaqt topsam, g’oyat qisqa hoshiya kabi bir narsa yozaman.

Umum qardoshlarimga va xizmati Qur'oniyadagi barcha birodarlarimga hasrat va ishtiyoq bilan minglab salom...

Said Nursiy

***

AMIN VA TAHSIN VA HILMINING BIR BAYONI.

YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING BAYONLARI ICHIGA KIRISHGA MUNOSIB KO’RILDI

Bu kunlarda ziyoda bir sezgirlik bilan risolalarga qaralganidan, inoyatning himoyasi ham bir navi sezgirlik bilan ikromini ko’rsatdi. G’oyat juz'iy bir namunasi shuki: Risola-i Nur shogirdlariga tirikchilik jihatida bir ikromi Ilohiy va kichik, faqat hayratga loyiq va g’oyat latif bir tavofuq voqelikdir. Risolat-un Nur xizmatining shubhasiz bir karomatidir. Ha, Risola-i Nurning bir silsila-i karomatining manbai bo’lgan tavofuq, bu hodisalarda o’sha jinsdan olti adad tavofuqlarning ittifog’i esa, tasodif ehtimolini ildizi bilan kesadi deb hukm qildik. Shundayki :

Bir necha kundan beri ustozimizning ziyoratiga bormaganimizdan qardoshim Amin bilan barobar ustozimizning ziyoratiga bordik. Asr vaqti barobar namoz o’qigandan keyin bizga amr qildiki: "Sizga ovqat yediraman, bu yerda ulushingiz bor." Takror-batakror: "Yemasangiz menga to’qqiz zarar bo’ladi, chunki yeydiganingiz evaziga Janobi Haq yuboradi," dedi. Ovqat yeyishdan uzrimizni aytgan bo’lsak ham amr qildi: "Rizqingizni yeng, menga keladi." Amrlarini yerda qoldirmaslik uchun lutf qilgan sariyog’ va qovoq shirinligini non bilan yeyishni boshladik. Hali dasturxonda ekan umid qilinmagan bir vaqtda va bir tarzda va ayni miqdorda bir odam keldi, qo’lida yeganimiz qadar yangi uzilgan non ayni yeganimiz miqdorda -yong’oq qadar- sariyog’ va boshqa qo’lida bizga berilganning tom bir misli qovoq shirinligi o’laroq eshikni ochdi. Ortiq taajjub qilinadigan hech bir jihatda tasodifga yer qolmasdan Risolat-un Nur shogirdlarining rizqidagi barakati Rabboniyani ko’zimiz bilan ko’rdik. Ustozimiz amr qildi: "Ehson o’n misli bo’ladi. Holbuki bu ikrom tamoman mislidir. Demak ulush jihati g’alaba qildi. Ulush ta'mini esa mezon bilan bo’ladi." So’ngra ayni oqshomda sadaqa jihati ham hukmini ko’rsatdi. Biz ko’rdikki: Non o’n misli, sariyog’ shirinligi u ham o’n misli va qovoq shirinligi ko’p sevmagani uchun qovoq, tuzlangan baqlajon o’n misli kutilganga xilof Risolat-un Nurdan Ikkinchi Shu'laning bir hafta mutolaasiga muqobil bir ma'naviy haq o’laroq keldi. Ko’zimiz bilan ko’rdik. Demak qovoq shirinligining shirinligi sariyog’ning un halvosiga kirdi, o’zi tuzlamada qoldi.

Risoala-i Nur shogirdlarining chiroyli xizmatiga shoshilinch mukofot ko’rganlari kabi, xizmatda qusur qilganlar ham ta'zir yeganlarini, Ispartada bo’lani kabi, bu yerda ham ko’zimiz bilan ko’rdik. Juda ko’p voqealaridan besh-oltitasini bayon qilamiz.

Birinchisi:Men, ya'ni Tahsin bir kun yangi ochganimiz do’kon ishlari bilan menga amr qilingan vazifa-i Nuriyani tanballik qilib qilolmadim. Ayni vaqtda shafqatli bir ta'zir yedim. Do’konda o’tirganda birisi menga keldi, almashtirish uchun omonat o’laroq yuz lira berdi. Bu pulning sohibiga Alloh uchun bir xizmat qilish niyatida almashtirishga moliya tashkilotiga bordim. Bu pulni sanarkan, oralaridan bir soxta lira chiqdi. Bu sababli so’roqqa, savol va javob va so’roqlanishga ma'ruz qolganim kabi, uyimizni ham tintuv qilish lozim bo’ldi. Meni mahkamaga berdilar. Faqat tarbiya va shafqat ta'ziri bo’lish jihati bilan, yana Risolat-un Nur karomatini ko’rsatdi, zararsiz xalos bo’ldik.

Ikkinchisi:Ustozimizga va Risolat-un Nurga to’rt-besh yil xizmat qilgan va o’qittirgan va haqiqatdan tarafdor bo’lgan bir zot qo’lida dinga oid bir gazeta bilan keldi. Risola-i Nurning maslagiga muxolif bir jarayonning sohiblariga tarafdorona bir holat ko’rsatgan payti, Ustozimning joni juda siqildi. Bir-ikki kun so’ngra shiddatli, faqat shafqatli bir ta'zir yedi. Bir doktor unga dediki: "Agar amaliyot qildirmasang, yuz foiz o’lim bor." U ham majburan amaliyot qildirdi. Faqat shafqat jihati yordamga yetishib, tez xalos bo’ldi.

Uchinchisi:Bir amaldor Risolat-un Nurni kamoli ishtiyoq bilan o’qirdi. Ham Ustoz bilan ko’rishishga va to’liq dars olishga harakat qilardi. Birdan bir komisar tarafidan u vahimaga solindi. U ham ko’rishishni va o’qishni tashlab boshqa shaharga borarkan, birdan sababsiz bir tarzda bir oyog’i sindi, bir oy chekdi. Yana shafqat yor bo’ldiki, hozir takror o’qishni shavq bilan boshladi.

To’rtinchisi:Ahamiyatli bir zot Risolat-un Nurni kamoli taqdir bilan o’qir-yozardi. Birdan sabotsizlik ko’rsatdi. Shafqatsiz bir ta'zir yedi. G’oyat maftun bo’lgan rafiqasi vafot etishi va ikki o’g’li ham boshqa yerga ketishi bilan achinadigan bir holga kirdi.

Beshinchisi:To’rt yildir Ustozning bozor ichida xizmatiga qaragan bir zot birdan sadoqatini tashlab maslagini o’zgartirdi. Birdan shafqatsiz bir ta'zir yedi, bir yildir hali chekmoqda.

Oltinchisi:Bir domlaga oid bir hodisadir. Balki halol qilmaydi, biz ham uni ko’rmaymiz. Ta'ziri hozircha qoldi.

Bu hodisalar navidan ham ko’p bor, ham Risola-i Nurga nisbatan qusurga binoan ta'zir bo’lganidan, qat'iyyan shubhamiz qolmadi.

Risola-i Nur Shogirdlaridan

Amin, Tahsin, Hilmi

Ha, tasdiq qilaman

Said Nursiy

Ham Risola-in-Nurning osonlik bilan tarqalishining bir karomatini, bu maktubni yozgan paytimizda va ovqatdagi karomat daqiqasida ko’zimiz bilan ko’rdik. Shundayki:

Ahamiyatli yetti-sakkiz risola va Ishoroti Qur'oniya Shu'lasini muhim bir maktub bilan barobar, bir to’rvada ahamiyatli bir qardoshimizga bir shaharga yuborgandik. Haydovchi u paketni tushirgandi. Bunday bir zamonda bunday asarlar munofiqlar, josuslar xabar olmasdan, ishonchli bir qo’l bilan besh kun so’ngra qo’limizga o’tdi. Qanoatimiz keldiki, bir inoyat bizni himoya qilyapti.

Ham Risola-in-Nur haqida inoyati Rabboniyaning latif bir himoyasi shudirki: Qorong’u bir vaziyatda, qo’rqitgan bir zamonda josuslarning va qidiruv bo’limi xodimlarining josusliklari Ustozimizning manzilini o’rashi daqiqasida bir sichqon ustozimizning bir paypog’ini oldi. Qancha qidirmasak, hech bir yerda topolmadik. U sichqonning uyasini ko’rdik, paypoq u yerga kirishi mumkin emas. Ikki kun so’ngra ko’rdikki, u hayvon o’sha paypoqni keltirgan, shunday yergaki, yashiringan, ichidagilari unutilgan mahram maktublarning va varaqalarning shundoq yonida qoldirilgan. Holbuki ikki marta u yerga qaragandik, ko’rolmagandik. Ham u paypoqni u yerga keltirish, mo’riga chiqib yuqoridan bo’ladi. G’oyat ayyor va zakovatli odam faqat u ishni qiladi. Hech bir jihatda tasodif ehtimoli qolmaganidan, ustozimiz dedi: "Bu maktublarni u yerdan olib tashlaymiz." Biz ularga qaradik, garchi siyosat bilan aloqalari yo’q, faqat vahimachi josuslarga, bizga qarshi chumolini fil qilishga ahamiyatli bir vasila bo’lardi. Biz ham ularni, ham yana bahonaga sabab bo’la olgan boshqa narsalarni olib qo’ydik. U hayajonimizdan josuslar xabar olib angladilarki, tayyorlandik. Hali hujum qilmasdan faqat ikkinchi kun Amin, qo’lida bir to’rva bilan manzilga kirdi. Shundoq orqasidan politsiya komisari yashirincha his qildirmasdan kirdi. Aminning qo’lida kitoblar o’rnida qatiqni ko’rdi, holatini o’zgartirdi.

Xulosa:Risolat-un Nurning tarqalishiga qarshi kelgan dushman va josuslarga muqobil bitta sichqon chiqdi, rejalarini chil-parchin qildi.

Ha Tavfiq, Ha Ahmad, Ha Tahsin Hilmi, Ha Fayzi, Ha Said Nursiy

***

Aziz Qardoshlarim!

Siz bilan juda ko’p aloqador va ko’rishishga juda mushtoqman va vaziyatingizni bu sovuq qishda xavotirlanyapman, xayolan siz bilan ko’risharkan, bir-ikki nuqta hotirga keldi, bayon qilaman.

Birinchisi:O’n To’qqizinchi So’zning oxirida Qur'ondagi takrorning aksar hikmatlari Risola-in Nurda ham jaroyon qiladi. Ayniqsa ikkinchi hikmati aynan bor. U hikmat shuki: Hamma Qur'onga muhtoj, faqat hamma har vaqt butun Qur'onni o’qish qo’lidan kelmaydi, faqat bir sura ko’pincha qo’lidan keladi. Shuning uchun eng muhim Qur'ondagi maqsadlar aksar uzun suralarga kirgizilib har bir sura bir Qur'on hukmiga o’tgan. Demak hech kimni mahrum qilmaslik uchun, Hashr va Tavhid va Qissa-i Muso (A.S.) kabi ba'zi maqsadlar takror qilingan. Aynan bu ahamiyatli hikmat uchundirki, ba'zan xabarim bo’lmasdan, ixtiyorim va rizom bo’lmagani holda, nozik iymon haqiqatlari va quvvatli hujjatlar ko’plab risolalarda takror qilingan. Men juda hayrat qilardim: Nima uchun bular menga unuttirilgan, takror yozdirilgan? So’ngra qat'iy bir suratda bildimki: Hamma bu zamonda Risola-i Nurga muhtoj, faqat umumini qo’lga kiritiolmaydi. Kiritsa ham to’liq o’qiy olmaydi. Faqat kichik bir Risola-in Nur hukmiga o’tgan bir risola-i jome'ani qo’lga kiritishi mumkin va aksar vaqtlarda muhtoj bo’lgan masalalarni undan o’qiy oladi. Va ozuqa kabi, har zamon ehtiyoj takrorlangani kabi, u ham mutolaasini takror qiladi.

Ikkinchi Nuqta:"Oyat-ul Kubro"dan chiqqan "Virdi Akbar" nomli Arabiy risolachaning oxirida "Risola-i Munojotning boshidagi oyatning tafsiri deb Arabcha qismlari ilova qilinsa, barobar o’qilsa, yaxshi bo’ladi. Biz ham nusxamizga yozdik.

Uchinchisi:Aziz qardoshlarim! Ko’p marotaba qalbimga kelar edi: Nima uchun Imomi Ali Roziyallohu Anh Risolat-un Nurga va ayniqsa Oyat-ul Kubro Risolasiga ziyoda ahamiyat bergan deb sirrini kutardim. Lillahilhamd, o’sha sir eslatildi. Inkishof etgan o’sha sirga hozircha yolg’iz qisqa bir ishora qilaman. Shundayki:

Risolat-un Nurning mumtoz bir xususiyati, iymonning eng oxirgi va eng kulliy tayanch nuqtasini quvvatli va qat'iy bayon bo’lgani sababli va bu xususiyat Oyat-ul Kubro Risolasida favqulodda porloq ko’rinadi. Bu ajib asrda kufr va iymon kurashi eng oxirgi tayanch nuqtasiga yoyilib unga tayantiradi.

Masalan: Qandayki g’oyat ulkan bir jangda va ikki tarafning barcha quvvatlari to’plangan bir qatorda ikki harbiy qism urushmoqdalar; dushman tarafi eng ulkan qo’shinining buzg’unchilik jihozlarini o’z harbiy qismiga yordam va quvva-i ma'naviyasini favqulodda quvvatlantirish uchun har vositani iste'mol qilib, ahli iymon harbiy qo’shinining quvva-i ma'naviyasini buzish va a'zolarining tasonudini sindirish uchun har vasilani ishlatadi, ahamiyatli bir suyanchiqni o’ziga mayl ettirib ehtiyot quvvatini tarqatadi, musulmon harbiy qismining har bir askariga qarshi jamiyat va komitetchilik ruhi bilan hamjihat bir jamoat yuboradi; butun-butun quvva-i ma'naviyasini mahv etishga uringan bir hangomda Hizr kabi biri chiqadi, deydi: "Ma'yus bo’lma! Sening shunday tebranmas bir nuqta-i tayanching va shunday mag’lub bo’lmas muhtasham qo’shinlaring, tuganmas ehtiyot quvvatlaring borki; dunyo to’plansa, qarshisiga chiqolmaydi, koinotni tarqatolmagan uni tarqatolmaydi. Hozircha mag’lubiyatning sababi, bir jamoatga va bir shaxsi ma'naviyga qarshi bir askarni yuborishingizdir. Harakat qilki, har bir askaring, tayanch nuqtalari bo’lgan doiralardan ma'nan foydalangan quvvatli quvva-i ma'naviya bilan bir shaxsi ma'naviy va bir jamiyat hukmiga o’tsin!" dedi va tom qanoat berdi. Aynan shuning kabi, ahli iymonga hujum qilgan ahli zalolat, bu asr jamoat zamoni bo’lish jihati bilan, jamiyat va komitetchilik tomizg’isi bilan bir shaxsi ma'naviy va iflos bir ruh bo’lgan. Musulmon olamidagi vijdoni umumiy va qalbi kulliyni buzmoqda va avomning taqlidiy bo’lgan e'tiqodlarini himoya qilgan Islomiy parda-i oliyani yirtmoqda va hayoti iymoniyani yashatgan an'ana bilan kelgan meros bo’lgan hislarni yondirmoqda. Har bir musulmon bir o’zi bu dahshatli yong’indan qutulishga ma'yus holda harakat qilarkan, Risola-in Nur (Risolat-un Nur) Hizr kabi yordamga yetishdi. Koinotni qamragan oxirgi qo’shinini {(Hoshiya) Koinotni tarqatolmagan bir quvvat u qo’shinni buzolmaydi!} ko’rsatib, va undan qarshi turib bo’lmaydigan moddiy va ma'naviy yordam keltirish xizmatida horiqo bir itoatkor askari o’laroq "Oyat-ul Kubro Risolasi"ni Imomi Ali Roziyallohu Anh kashfan ko’rgan, ahamiyat bilan ko’rsatgan. Tamsildagi boshqa nuqtalarni tatbiq qilinglar, toki u sirning bir xulosasi ko’rinsin.

Said Nursiy

***

AMIN VA FAYZINING BIR BAYONI

[Risolat-un Nurga Oid To’rt-Besh Karomatdan Bahs Qiladi.]

Xizmati Qur'oniyada bizdan o’zgan sodiq va xolis, metin va vafoli qardoshlarimizdan muborak Xusrav va Rushdu kabi zotlar, Risolat-un Nurning xodimlariga va vazifalarining maqbuliyatiga bir alomat bo’lgan ehson qilingan baraka haqida ko’plab bayonlar yozganlar. Biz ham bu qardoshlarimizning bayonlari kabi bu yaqin zamonda barobar ko’ringan ko’rganimiz ba'zi hodisalarni qayd qilamiz. Ham namuna uchun yolg’iz bir qismini bayon qilamiz.

Birinchisi:Bu yaqinda Ustozimiz bilan barobar qirga chiqqandik. Choy qilinishini, ham ikkitadan choy, uchtadan shakar bilan ichilishini amr qildilar. Hammamiz uchtadan shakar bilan ikkitadan choy ichdik. Faqat Amin qardoshimiz bir shakar o’ziga kam bo’lib ichgan. Oqshomga yaqin Risolat-un Nurning tarqalish manbai bo’lgan Ustozimizning xonasiga keldik. Amin shakar qutisiga sarf qilingan shakarlarni qo’yishni istagan, faqat qutti sakkiz shakardan ortiq olmagan. Amin "Fasubhanalloh" deydi. O’n yetti shakar o’rniga qutti sakkiz shakar bilan to’lsin, deb taajjub etdik. Bu voqea bizga shuhud darajasida qanoat berdiki, shu sirri baraka Risola-in Nur xodimlariga bir inoyati Ilohiya va bir iltifoti Rabboniyadir.

Ikinchisi:Yana ayni kuni men, ya'ni Mahmud Fayzi oldinroq yozib Ustozga qaytarganim "Hujumoti Sitta Risolasi"ni menga berish uchun yashirgan joyidan qidirarkan, favqulodda bir suratda topilmaydi. Birdan o’sha onda odatlarining xilofiga bo’lib hech sodir bo’lmagan bir tarzda bir hodisa bo’lishi bilan, ko’zoynaklarini qo’yib zinapoyaga yuzlanadilar. Ayni vaqtda Risola-i Nurning tarqalishiga va xizmatiga zarar berish niyati bilan josus bir odamning zinapoyaga to’g’ri zohiran ziyorat maqsadi bilan kelgani ko’riladi. Ustozimizning xavotirlangan bo’lganini his qiladi. Ham Ustozimiz uning nazarini narigi hodisa-i badaniyaga o’giradi, unga deydiki: "Ko’ryapsan, men uzrliman, ziyoratni boshqa vaqtga qoldir!" U ham qaytadi, ketadi. Ham Hujumoti Sitta, ham Mahmud Fayzi, ham boshqa ishlarimiz o’sha josuslikdan qutuldi.

Ha, "Hujumoti Sitta" yashiringan muayyan joyidan favqulodda bir suratda yo’qolishi ahamiyatli bir hodisaning oldini oldi. Ustozda paydo bo’lgan bu xilofi odat holat va o’sha risolaning joyida bo’lmasligi, qat'iyyan tasodifga berilmaydi. Bir hafta o’tib o’sha risolani kutilmagan bir joyda topdik. Ustozimizning amri bilan Amin qardoshimga ahamiyatli bir suratda o’qidim. Ustozimiz izohlar berardilar. O’sha vaqtga qadar unday muhim va ta'sirli dars olmagandik. Demak, bu ikki muhim sirga binoan, risola o’zini ko’rsatmadi. Bu hodisa Risola-i Nurning sodiq va ixlosli shogirdlari doimo bir hifzi inoyat va himoya ostida bo’lganliklariga shunbha qoldirmaydi.

Uchinchisi:Yana bir voqea-i baraka: Ustozimizning bir o’qqa (ya'ni kilo) pishlog’i bor edi. Aksar kunlarda o’sha pishloqdan yoqtirgani uchun, bir-ikki dafa yer edi va bizga ham berar edi. Ham ovqatsiz bo’lgan aksar vaqtlarida undan yegani holda, olti oy qadar davom qilganini va hali ham yuz dirham qadar o’sha pishloqdan borligini ko’rib yaqiynan tasdiq qilamiz. Faqat bu hodisa-i barakaning eshittirilishidan so’ng, oldin ko’rinmagan tubi ko’rinishni boshladi, kamligini ko’rsatdi. Ha, baraka xususida hayratga loyiq bir hodisadir. Ham, yarim kilo sariyog’, aksar kunlarda ortiqcha sarf qilingani holda, ellik kunga yaqin davomi bilan angladikki, shubhasiz baraka ichiga kirgan.

Ham yana ayni Ramazon Bayramida Ustozning rizosi bo’lmagani holda Tahsin va men, ya'ni Amin bir kilo qadar mayin shakar keltirgandik. Aksar qatiq va sut va shirin qovoqqa va boshqa narsalarga ba'zan yigirma - o’ttiz dirhamdan ortiq qo’shganlari holda, besh oy davom qildi. Hali ham o’sha shakardan yuz dirham qadar qolishi, albatta baraka sababi bilandir.

Ham bu atrofdagi shogirdlar, hamma, juz'iy - kulliy his qilgan va e'tirof qiladilarki: Risolat-un Nur bilan mashg’ul bo’lgan paytimiz ham rizqimizda baraka va yengillik, ham qalbimizda bir sevinch va rohat zohiran his qilamiz. Jumladan: Men o’zim, ya'ni Amin e'tirof qilamanki: Risolat-un Nur doirasiga kirmasdan avval yil davomida ishlardim. Risolat-un Nur doirasiga kirgandan keyin, besh yildan beri uch-to’rt oy qadar ishlaganim holda, avvalgidan yanada huzurli va yanada xursand bir holda yashashim, yuz foiz Risolat-un Nurning xizmatining barakasi bilan bo’lganiga hech shubham yo’q. {(Hoshiya) Ha, bor quvvatim bilan tasdiq qilamanki, Amin qardoshimiz mamlakatimizga kelgan payti doimo faol bir suratda har oy ishlardi. Hozir esa, Risolat-un Nurning doirasiga kirgandan so’ng, uch-to’rt oydan ortiq ishlaganini ko’rmaymiz. Fayzi}

Ham, jumladan Ustozimiz deydiki: "Mening ham qat'iy qanoatim ko’p tajribalar bilan kelganki, men Risolat-un Nurning tahriri bilan mashg’ul bo’lgan paytim, juda zohir bir tarzda ham rizqimda baraka, ham yengillik ko’rardim. Qachon ishlamasam, u holni ko’rolmasdim."

Ham ustozimiz deydi va biz ham tasdiq qilamizki: "Men oxirgi paytlarda angladim: Hozirga qadar ham men, ham do’stlarim bir haqiqatning suratini boshqa shaklda ko’rganmiz. Shundayki:

Qamoqxonada birgina non, sakkiz va ba'zan o’n kun menga kifoya kelgani kabi, bu yerda ham aynan o’sha tarzda yashardim. Ham men, ham qardoshlarim buni mening oz yeyishim va ishtahsizligimga berayotgan edik. Holbuki ko’p alomatlar bilan qat'iyyan angladikki, u ajib hol baraka natijalari ekan. Bir necha dafa sakkiz kunda menga kifoya kelgan bir nonni, ayni ishtaha bilan ishlamaganimdan barakaga sazovor bo’lmagan paytim ikki kunda, ba'zan bir yarim kunda tugatardim. Demak bu o’n olti va o’n yetti yildan beri mening mukammal belgilangan ozuqam, Risolat-un Nurning xizmatidan kelgan bir baraka edi. Ha, bizga ham aynalyaqiyn darajasida qanoat kelganki, bu ko’p sonli baraka hodisalari, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysining bir shu'lasidir. Ma'nan deydi: "Ey Qur'on shogirdlari! Sizni vazifa-i muqaddasangizdan aksariyat bilan orqa qoldirgan, tirikchilik g’amidir. U esa Qur'onning fayzi bilan baraka navidan sizlarga berilmoqda, vazifangizni qiling."

اَللَّهُمَّ بِحَقِّ اِسْمِكَ الْاَعْظَمِ وَبِحُرْمَةِ رَسُولِكَ اْلاَكْرَمِ يَسِّرْلَنَا خِدْمَةَ الْقُرْاَنِ بِنَشْرِ رِسَالَةِ النُّورِ بِالدَّوَامِ بَيْنَ اْلاَنَامِ فِى عَالَمِ اْلاِسْلاَمِ اَمِينَ اَمِينَ اَمِينَ

Ham baraka hodisalarining ayni zamonida Risolat-un Nurning bir karomati o’laroq bir shogirdining minglar lira qiymatida uyining, unga juda yaqin dahshatli bir yong’indan umid qilinmagan bir suratda Risolat-un Nurning barakasi bilan qutulishi va Risolat-un Nurning tarjimoniga oxirat jihatidan ko’p aloqadorlik ko’rsatgan bir xonim, o’sha dahshatli yong’inda uyining uchinchi qavatida bo’lgan olmos va javohirlar va oltinlarini qutqarish uchun yugurib chiqqan vaqti otash har tarafini o’ragan, olmos va javohirlarini qutqarolmagani kabi, o’zini ham butun-butun qat'iy tahlikada ko’rgan vaqtda, Risola-in Nur tarjimoni o’sha otashdan talabasi uyining qutulishini shiddatli duo qilarkan, o’sha bechora xonim xotiriga kelgan, "Ajabo, o’sha yong’inda u oxiratli singlim bo’lmasin?" deb uni ham Risolat-un Nurni shafoatchi qilib duo qilgan. "Ey Robbim, unga marhamat ayla!" niyoz qilgan. Ayni zamonda u xonim derazani sindirgan, o’zini ikki qavat balandlikdan hovliga tashlagan, favqulodda bir suratda na shikastlangan, na bir joyi singan. Ham, mis va temirni eritgan o’sha dahshatli va shiddatli yong’indan butun uy yongandan so’ng barcha javohirlarini va oltinini, hech biri zoye bo’lmasdan, bir un uni muhofaza qilgan, topgan, olgan. Risolat-un Nurning barakasidan ham jonini, ham molini qutqargan.

Ham mazkur hodisalarning ayni zamonida sodir bo’lishi munosabati bilan Risolat-un Nurning karomatkorona ikki ta'zirini yegan ayni onda vazifa jihatidan ahamiyatli ikki tajovuzkor va azob beruvchi ikki odamning tajovuz va azob berish onida birisining boshiga, boshqasining jigariga urishi {(Hoshiya) Ha, o’sha tajovuzkorlardan birisi omonlik so’radi, o’limdan qutuldi. Boshqasi bir yil azob chekdi, ham o’ldi.} bizda hech bir shubha qoldirmadiki, xizmati Qur'oniyadagi inoyati Rabboniyaning bir muhofaza va himoya tarsakisidir, "Ortiq to’xtang, yetar! Ta'zirga haqdor bo’ldingiz!" deb ma'nan aytishidir.

Risolat-un Nur Shogirdlaridan

Amin va Fayzi

***

MAHMUD FAYZI YEGAN SHAFQAT TA'ZIRI

Ha, ustozim menga "Mo’'jizoti Ahmadiyani qardoshim Xusrav tarzida yoz" der edi. Men, ya'ni Fayzi bir oz tanballik qildim. Birdan yigirma sakkizliklar bilan harbiy xizmatga istanildim. Yana ustozim: "Bor, Mo’'jizoti Ahmadiyani (A.S.V.) yoz. Seni hozir bermayman", dedi. So’ngra boshladim. U amr bir hafta orqa qoldi. Takror bir nuqson bilan allanechuk Mo’'jizoti Ahmadiyaning (A.S.V.) yozilishi nuqsonlashdi. Takror harbiy xizmatga chaqirildim. Ustozim: "Bor, yoz" dedilar. Men borib kamoli jiddiyat va sadoqat bilan Mo’'jizoti Ahmadiyani (A.S.V.) yozishni boshladim. Kutilmaganda ikkinchi dafa amr orqa qoldi. Takror bir uzrga binoan Mo’'jizoti Ahmadiyani (A.S.V.) yozolmadim. Ustozim dedilar: "Modomiki Mo’'jizoti Ahmadiyani (A.S.V.) yozishda tanballik qilding, hozir sening vazifang, Risolat-un Nur hisobiga askarlikdadir." Birdan amr kelib, bir shafqat ta'ziri yeyib vazifamga yuborildim. Janobi Haqqa shukrlar bo’lsin, mumkin bo’lgancha Risolat-un Nur bilan mashg’ul bo’ldim va mashg’ul qildirildim. Ustozim bizga aytganlari kabi, olti-yetti oy so’ngra bo’shatilib suyukli Ustozimga, Risolat-un Nurning qudsiy vazifasiga qovushdim. Inshaalloh bu aybim afv bo’lgan. Ham Risolat-un Nurda, ham xizmati Qur'oniyada bizlardan o’zib ketgan Xusrav, Rushdu, Hofiz Ali, Xulusiy, Sabri kabi xolis Qur'on shogirdlarini va qiymatdor qardoshlarimni shafoatchi qilib, o’sha qusurimning afvini butun ruhim bilan Qur'ondan va ustozimdan iltimos qilaman. Men e'tirof qilamanki, tanballigimning jazosi bo’lib kutilmagan tarzda bir shafqat ta'ziri yedim.

Risola-i Nurning tanbal bir shogirdi, faqat olmos qalamli qardoshlarining g’ayrat va faoliyati bilan faxrlangan

Mahmud Fayzi

***

RISOLA-I NUR SHOGIRDLARIDAN MAHMUD FAYZI VA O’XSHASHLARIGA XITOBAN BAYON QILINGAN BIR HAQIQAT

Qardoshim Fayzi, modomiki sen Isparta Viloyatidagi qahramonlarga o’xshashni istayapsan, batamom ular kabi bo’lishing kerak. Eskishahar Qamoqxonasida, Alloh rahmat qilsin, nufuzli bir shayxi murshid va jozibador bir Naqshiy avliyosidan bir zot, to’rt oy doimiy ravishda Risolat-un Nurning ellik-oltmish shogirdlari ichida va jalbkorona ularning ichlarida suhbat qilgani holda, faqat birgina shogirdni vaqtinchalik o’ziga torta oldi. Qolgani u jozibador shayxga nisbatan behojat qoldilar. Risolat-un Nurning yuksak qiymatdor xizmati iymoniyasi ularga kifoya o’laroq qanoat berar edi. U shogirdlarning g’oyat keskin qalb basirati shunday bir haqiqatni anglaganki:

Risolat-un Nurga xizmat qilgan, iymonini qutqaradi. Tariqat va shayxlik esa, valiylik martabalarini qozontiradi. Bir odamning iymonini qutqarish, o’n mo’minni valiylik darajasiga chiqarishdan yanada muhim va yanada savoblidir. Chunki iymon, saodati abadiyani qozontirgani uchun, bir mo’minga kurra-i arz qadar bir saltanati boqiyani ta'min qiladi. Valiylik esa, mo’minning Jannatini kengaytiradi, porlattiradi. Bir odamni sulton qilish, o’n askarni poshsho qilishdan qancha yuksak bo’lsa; bir odamning iymonini qutqarish, o’n odamni valiy qilishdan yanada savoblidir.

Xullas bu nozik sirni sening Ispartali qardoshlaring bir qismining aqllari ko’rmasa ham, umumining keskin qalblari ko’rganki, men kabi bechora, gunohkor bir odamning do’stligini avliyolardan, -balki agar bo’lsaydi mujtahidlardan- ham ustun qo’ydilar.

Bu haqiqatga binoan, bu shaharga bir qutb, bir G’avsi A'zam kelsa, desa: "Seni o’n kunda valiylik darajasiga chiqaraman." Sen, Risola-i Nurni qo’yib uning yoniga ketsang, Isparta qahramonlariga o’rtoq bo’lolmaysan. Lillahilhamd, bu zamonda Sunnati Saniya doirasida kamoli iymonni qozongan Risola-i Nur shogirdlari avliyolarning, murshidlarning nazari diqqatini jalb qiladigan vaziyatni olganidan, har zamonda bo’lgan haqiqiy murshidlar, har holda bu zamonda Risolat-un Nur shogirdlariga xaridor bo’ladilar. Birisini qo’lga kiritsalar, yigirmata murid qadar qiymat beradilar. Ham zavqli va jozibador valiylik tomchilari qarshisida Risolat-un Nurning xizmatidagi mashaqqat, mujohada, qiyinchilik bo’lganidan, Fayziga xitoban bayon qilingan bu haqiqat qalamga olindi.

Said Nursiy

***

XUSRAVNING BIR BAYONI

Aziz Ustozim!

Yuksak va jiddiy irshodlaringiz bilan qadam tashlashni eng buyuk bir maqsad deb bilgan talabalaringiz, oxirgi paytlarda tashakkurga loyiq bir vaziyatga kirdilar. Xulusi-i soniy besh-o’n birodarlari bilan, Hofiz Ali atrofidagi yigirma-yigirma beshta birodarlari bilan, muboraklar o’ttiz-o’ttiz besh rafiqlari bilan va ayniqsa Hoji Hofiz Qishlog’ida Ahmadlar va Mahmudlarning juda xolis g’ayratlari bilan umumiyat e'tibori bilan ham hech mobolag’asiz ming qalam bilan, balki yanada ortiq, eng orqada qolgan Ispartada esa qahramon Rushduning va risolalarni o’ziga tamoman yozgan Mahmud Zuhduning va Kichik Alining va Usmon Nuri kabi faol talabalarning g’ayrat va himmatlari bilan o’ttiz bilan qirq orasida, hatto bir jihatda mumtozlik qozongan Mahmud Zuhduning Kichik Hofiz Ali kabi ham Risolat-un Nurni yozib, ham o’z uyida bir yuz ellik qadar bolani erkin tarzda uch oydan beri o’qitishi bilan va atrofida boshqa qishloqlarda bo’lgan o’n besh-yigirmatadan birodarlari bilan talabalaringiz, Qur'oniy xizmatlarida qizg’in bir suratda g’ayrat qilmoqdalar. Muboraklarning yozganlari kabi, to’rtta qishloqda to’rt oy mobaynida alifbo o’qimagan qirq-ellik odam Risolat-un Nurni mukammal yozishga muvaffaq bo’lishlari, horiqo bir karomati Risolat-un Nur bo’lganiga qanoatimiz keldi.

Risola-i Nur shogirdlaridan

Xusrav

***

XULUSIY BEYNING BIR BAYONI

Aziz Ustozim!

O’n To’qqizinchi Maktubni bir majlisda va bir juma kechasi o’qimoq niyati bilan o’zim bilan olgandim. Shiddatli yomg’irli bir kecha edi. O’sha majlisda o’qish uchun qo’limni cho’ntakimga qo’ydim, u muborak asar joyida bo’lmaganini hayrat bilan ko’rdim. Asarni qo’ygan cho’ntagim yirtiq va teshik bo’lmagani kabi, men ham boshqa hech bir yerda to’xtamaganimga ko’ra, bu holga hayrat qilmaslik mumkinmi? O’sha tunni uyqusiz o’tkazdim, xafa bo’ldim. Hazrati G’avsdan bu muborak asarni istadim. Lillahilhamd, ertasi kuni bu asarni tinglash bilan namozni boshlagan bir muallim vositasi bilan topildi. Seldek yog’gan yomg’ir ostida va loy ichida bu muborak asar bo’lsa ham, ortiq o’qilmaydigan darajada bo’lishini taxmin qilasiz, shundaymi? Shoyoni hayrat va joyi diqqat va madori ibratdirki, eng kichik bir dog’ ham bo’lmagan. Hofizi Haqiqiy u muborak asarni unga ma'nan va haqiqatdan bog’liq bo’lganlar kabi muhofaza qilgan. Hofiz va Alim va Hakim ismlarining zohir bir tajalliysi shu tariqa porlagan bo’ldi.

Xulusiy

***

Mahram bo’lgan sirri "Inna A'toyna"da jifr bilan istixrojim, aynan "Munozorot Risolasi" da "Bir nur chiqadi, ko’ramiz" deb g’aybiy xushxabarlardagi kabi, ilhomiy va haq bir haqiqatni fikrim bilan tatbiqotimda bir qusur bor edi. U qusur meni bir zamon o’ylantirar edi. "Munozorot" va "Sunuhot" kabi risolalardagi xushxabari Nuriyani Risola-i Nur hal qildi. Doira-i siyosiya o’rniga yuksak bir doira-i Nuriya bilan o’sha qusurni ketkazgani kabi, mahram sirri Inna A'toynada, "O’n ikki, o’n uch yil so’ngra Islomiyatga zarba urganlarning boshlariga shunday mudhish bir portlash bo’ladiki, qiyomatga qadar unutilmaydi" ma'nosidagi istixroji jifriy juda keng bir doirada bo’lgani holda, nur sirrining aksiga bo’lib, tor bir doirada va xususiy bir hukumatda tatbiq qilish surati bilan fikrim o’sha keng doirani qamray olmasdan u haqiqatning suratini o’zgartirgan. Holbuki o’sha istixroj ko’rsatgan ayni tarixda u rejimning ta'sischisi va boshi dunyodan ko’chdi, zarbasini yedi. Va o’sha yili parda ostida, bilinmagan va kurra-i arzning aksarisini va nav'-i basharning ulkan qismini istibdodi ostiga olgan bir mudhish jarayonning tuguni va tugmasi va ma'nan boshi va eng mudhish bo’lgan o’sha ko’chib ketgan odam ta'zir yegan ayni zamonda, hali yil tugamasdan u mudhish jarayonning barcha rahbarlari va tarafdorlari shunday samoviy va mudhish ta'zirlarga va shiddatli to’fonli musibatlarga tutilishni boshladilarki, qoyomatga qadar azobini tortadilar va tortmoqdalar; va Islomiyatga va samoviy dinlarga qilgan jinoyatlarining jazosini juda keng bir doirada ko’rdilar va ko’rmoqdalar. Mimsiz madaniyatning bu qaytarishi va qusishi bilan dunyoni ifloslantirganlari uchun, ayni istixroj ko’rsatgan tarixda u madaniyatning boshiga shunday samoviy ta'zir tushdiki, eng qorong’u vahshatdan yanada past tushirdi.

Xulosa:Sirri Inna A'toynada, juda keng bir doira tor bir doirada tatbiq qilingan. Nur xushxabari esa tor va ma'naviy, faqat yuksak bir doira keng va moddiy bir doira suratida tasvir qilingan. Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamanki, bu ikki qusurimni يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ sirriga sazovor ayladi.

Said Nursiy

***

XUSRAVNING BIR IFODASI

Juda Qiymatli va Juda Suyukli Ustozim Afandim!

Hazrati Iso Alayhissalom bilan Dajjol haqidagi mutashabeh hadislardan bir hadisning uch jihat bilan haqiqiy ta'vilini bayon va izoh qilgan Mahmud Fayzi va Amin qardoshlarimizning muborak bayonlarini Sabri qardoshim yuborgan, bugun oldim, o’qidim. Bu Hadisi Sharifning ma'nosiga va haqiqiy ta'villariga shunchalar muhtoj ekanmanki; issiq qum sahrolarida yillardan beri chanqaganlarga obi hayot uzatgandek ruh va qalbim yangi bir hayot topdi, juda chuqur nafas oldim, barcha latifalarim sevinch bilan to’ldi, zohiriy jasadimdan ma'naviq qalbimga qadar tarqaldi. Sevgili Ustozimiz talabalarini, va Kastamonulik qardoshlarimiz ham bizlarni lutflari bilan to’ydirganlaridan, Janobi Haqqa hadsiz shukr qildim. Boshda suyukli Ustozim, Risolat-un Nurning karomatiga va bu ifodaning fayziga qaragan uch ikrom bilan qarshilashdik.

Birinchisi:Maktubini birlikda taqdim qilganim Sabri qardoshimiz, bu oliy ifoda qo’liga vosil bo’ladigan onda, bir boshqa qardoshiga hodisalardan bahs qilarkan, bu ifodaning ichidagilarini anglatishi...

Ikkinchisi:Bu haqir talabangiz Xusrav ham bu ifodaning ulashishidan bir kun avval Ra'fat Bey bilan gaplasharkan, degandim. "Aziz Ra'fat! Biz Hazrati Iso Alayhissalomning tushishiga intizor qilyapmiz. Bu payg’ambari oliyshon din foydasiga harakat qilgan jarayonning boshlariga tushsa kerak; va u millat ham musulmon bo’ladi. Suyukli ustozimizning oxirgi maktublaridan bunday tushunyapman. Bu xususda umidim kuchli. Inshaalloh shunday ham bo’ladi" degandim.

Uchinchisi:Otabeyli qardoshlarimning suyukli ustozimga yozgan maktublari-ki, uni ham bu oqshom oldim, o’qidim, juda ajib ko’rdim. U qardoshlarim ham Usmon Xolidiy bahs qilgan mujaddidi din va u sharafga Janobi Haq noil etgan zotni ham suyukli Ustozimiz bo’lgan Risolat-un Nur bo’lganidan bahs qilmoqdalar. U maktubni ham birlikda taqdim qildim.

Ha muhtaram ustozim, bu kunlarda Risolat-un Nurning favqulodda faoliyati ichida ko’p karomatlarini mushohada qilyapmiz. Hatto shunday deya olamanki: Har bir talabangiz bir o’zi, bittadan, balki da ko’p karra bunday ikromga va bunday in'omga mazhardirlar.

Milasli Mahmud Afandi, "Bir qishloqda ming qalam bilan Nurga yopishgan qardoshlarimizning qishlog’idagi faoliyatni biroz mubolag’ali ko’rganlar. Men uni tekshirish uchun keldim" dedi. Risolat-un Nurning bir karomati ediki, bu qishloqning qiymatli, faol bir talabasi Duradgor Ahmad yonimda edi. Men dedim: Haqiqatdan men bu qishloqqa bormadim, qardoshlarimdan so’rayapman, ular ham der edi: "Ayol-erkak, bola-chaqa Risolat-un Nurni yozgan ming qalam bor." So’ngra Duradgor Ahmad dediki: "Bizning qishlog’imiz uch yuz ellik xonadon. Ikki domla, bir hoji, uchta odamdan boshqa barcha uylarimizga Risolat-un Nur kirgan. Ayollari, qiz bolalarigacha yozmoqdalar. Hatto ummiylardan -qirq yoshdan yuqori- yozuv yozgan o’n qadar qardoshimiz bor" javobida bo’ldi. Milasli Mahmud Afandi bu faoliyatga hayron bo’ldi.

Talabangiz

Xusrav

***

RISOLA-I NURNING BESH TALABASINING BIR IFODASI

Ispartaning sof ilm manbalaridan bir zot-ki, Tariqati Oliya-i Naqshiya raislaridan va bir ming ikki yuz to’qson ikki (1292) yoki bir ming ikki yuz to’qson uch (1293) orasida dori baqoga tashrif qilgan Beshkazalizoda Usmon Xolidiy Hazratlari, maslagi ilmiya va amaliyasi bilan aloqadorona kashfiyot va hodisalarini bir hujjati qat'iya kabi vorislariga vasiyat va xushxabarlarining o’zginasini ana shunday meros aylagan. Hatto Ustozi muhtaramimizning tavalludiga to’ppa-to’g’ri bo’lib mazkur tarixda "Iymonni qutqargan bir mujaddid chiqadi, u ham bu yil tavallud qilgan" degan. Bundan tashqari to’rt farzandidan birisining u zot bilan sharaf qozonishini va ko’rishishini qo’shgan. Bu bayonoti haqiqiya ana shunday jarayon etgan:

Bir ming uch yuz yigirma yetti rumiy sanasi Otaboyda sunnat va hifz jamiyatlaridan birida ismi yuqorida o’tgan Usmon Xolidiy Hazratlarining farzandlaridan oxirgisi Ahmad Afandi marhumdan, "Mujaddid, mujaddid deyapsiz, qayerda va kim?" So’ralgan savolga javoban: "Ha, hozir mavjud va o’ttiz besh yoshlarida." degan.

Ikkinchidan:Ispartaning Yanicha Mahallasidan va qardoshlarimizdan Nuri tarafidan marhum nomi o’tgan Ahmad Afandidan "Padaringiz, mening farzandlarimdan birisi o’sha mujaddid bilan suhbatlashadi va qo’l berib salomlashadi, degan, qanday qilib?" deb so’ralgan. Javoban Ahmad Afandi marhumning "Ha, to’g’ri. Men u bilan ko’rishdim" javobida bo’lishi, ushbu kashfiyot va bayonotga mador bo’lgan. Yuqorida ismlari o’tgan Usmon Xolidiy Hazratlarining mustasno tasbehot va tahmidotining biri وَ اَنْ لَيْسَ لِلْاِنْسَانِ اِلاَّ مَا سَعَى oyati karimasining fazlu tavfiqiga sig’inib Ispartaning janubida, tog’da Sidra nom mavqeda chilla muborak kunlarini qutlash va faqat tasbehot bilan mashg’ul bo’lishga niyat bilan qirq kunlik ozuqaga ayirgan, har bir kun uchun ellik dirham miqdorida bir bazlama nonidan qirq dona bo’lgan bir tahsisotni bir-ikki kunda yeydilar va qirq kunda ortiq ovqat yemasdan u maxsus joyda vaqtlarini o’tkazadilar va tasbehotda bo’ladilar. Tugatganlarida, orqa qaytganlarida muborak lablari bir-biriga yopishadi, pichoq bilan takror ochadilar. Biroz ilgarida shu asri hozir uchragan va uchraydigan kuchli kutilgan va o’ylangan safohat va tanbalikka qaramasdan shayxlik dasturini cheklash va faqat ma'naviy xastalik shifokorligini unutmasdan va e'tiborsiz ham qoldirmasdan shahodati qat'iyyasini ko’rsatib sahifa-i hayotini bir ming ikki yuz to’qson ikkida (1292) imzolagan.

Vanda ta'sisiga boshlangan Madrasa-i Zahroning qoldirilishi, "Doktor xastaga juda lozim" ma'nosi bilan, o’n to’qqiz ming oltin ajratilgan pul va orqasida Sulton Rashod, bu yog’ida ikki yuz deputatdan bir yuz oltmishdan ortiqning fikran qo’shilishi bir yuz ellik ming banknotni qabul qilganlari holda, moddiy jihatdan amalga oshirib bo’lmadi. Har holda Hakimi Mutlaq, Qodiri Mutlaq yanada ahsan suratini tilaganki, u Sultoni Azaliyning lutfi bilan, moddiyotga minnat qilmasdan, Haza min fazli robbi, Alhamdulilloh, Ispartada Risola-i Nurning ta'lifiga manba bo’lishi va ma'naviy Madrasat-uz Zahro hukmiga o’tishi, bepoyon qusurlarimizning balki da to’silishiga inshaalloh vasila bo’lishini Janobi Arhamurrohimiyndan tilab, ushbu dastgohi ma'naviyni quvvatlantirib Usmon Xolidiyning qiymatdor va ma'nodor sodiq va mashhur xabarlarining mo’ljali va bahs qilingan kishi kundan yanada oshkora bir holda zuhur etgandir.

Shu ketma-ket musbat voqealar biz ojiz xizmatchilarga vazifa-i asliymizda alohida nazari diqqatni jalb qilganiga xabardor bo’lgandan so’ng, ming hamdu sano bilan huzuri Ustozga bitta-bittadan vujudi ma'naviyimiz bilan ko’rinamiz va muborak qo’llarini o’pamiz. Ayni g’oyaga yordamga yugurgan va ayni dastgohning aloqadorlari bo’lgan Kichik Xusrav va Fayzi, Nazif, Amin, Tahsin, Tavfiq, Hilmi kabi qardoshlarimizga arz qilamiz.

Risola-i Nur Shogirdlaridan

Hasan, Usmon, Tohiriy, Abdulloh, Xulusi-i Soniy Sabri

Aziz Qardoshlarim!

Bu kunlarda Tafsirning va O’ninchi So’zning tavofuqlariga qaradim. O’z-o’zimga dedimki: "Bu ziyoda tafsilot isrofdir; ahamiyatli masalalar ko’p, vaqt zoye bo’lmasin." Birdan eslatildiki: "U tavofuq ostida juda ahamiyatli masalalar bor. Ham modomiki tavofuqda bir inoyati xossa va bir iltifoti Rahmoniy Risolat-un Nurga nisbatan namoyon bo’lgan; u iltifotga qarshi hissi shukron va mamnuniyat va mutashakkirona sevinch qanchalar ifrotkorona ham bo’lsa, isrof bo’lmaydi." Bu eslatma xulosasini ikki jihat bilan izoh qilaman.

Birinchisi:Har narsada, -qanchalar juz'iy bo’lsa ham- bir qasd va irodaning jilvasi bo’lishidir. (Tasodif haqiqiy bo’lib bo’lmasligidir.) Ha, kasratning eng tarqoq va eng ziyoda tasodifga berilgan, kalimalardagi harflarning vaziyatlaridir. Xususan kotiblikda modomiki hech munosabati bo’lmagan va ixtiyori bashar qo’shilmagan harflarning vaziyatlarida bir uyg’unlik, bir nizom mavjud; albatta bir iroda-i g’aybiy ostida vaziyatlar berilmoqda. Hech bir narsa, doira-i ilm va qudratidan xorij bo’lmagani kabi, doira-i iroda va istakdan ham xorij emasdirki, bunday juz'iy va tarqoq narsalarda ham bir uyg’unlik ko’zlanmoqda va tartiblanmoqda. Va u tartiblash ichida iroda-i omma jilvasidan inoyati xossa suratida Risolat-un Nurga bir imtiyoz navidan xususiy bir e'tibor berilgan. Men bu chuqur masalani to’liq ko’rish uchun "Ishorot-ul I'joz"ning tavofuqotiga diqqat qildim va qat'iy bir qanoat bilan o’sha sirni bildim va his qildim.

Ikkinchisi:Qandayki juda muborak va qudsiy buyuk bir zot, g’oyat faqir va muhtoj bir odamga umid qilinmagan bir tarzida iltifotkorona bir idishda ba'zi qog’ozlarga o’ralgan bir hadya ehson qilsa, albatta u bechora odam u juda buyuk zotga nisbatan hadyasining minglab mislidan ortiq tashakkur qilishni istaydi. Va ming o’sha hadya qadar qiymatli bo’lgan o’sha hadya bilan ko’rsatilgan iltifotga qarshi qanchalar tashakkurda isrof va ifrot ham qilsa, maqbuldir. Va u juda muborak zotning hadyasiga o’ragan qog’ozlarni ham tabarruk deb shakar kabi yesa, hatto o’sha hadya ichidagi yong’oqlarning po’stloqlarini ham tabarruk deb non kabi yesa, boshiga qo’ysa, isrof bo’lmagani kabi, Risolat-un Nur yuzida iroda-i ommada inoyati xossa iltifoti tavofuq g’ilofi bilan ehson qilingan. Albatta tavofuqqa doir tafsillar, tasvirlar fe'liy tashakkurlarning bir navidir, va sevinchning va minnatdorlikning hayajonli bir jilvalaridir. Ha, bunday bir zotning iltifotini ko’rsatgan moddiy qirq tiyin ehsoniga qarshi, qirq ming lira qiymatidagi iltifotiga qarshi qanchalar tashakkur aylasa, isrof emas.

Said Nursiy

***

Aziz Siddiq Qardoshlarim!

Sizning favqulodda sadoqat va oliy himmatingizdan taralgan bir hafta avvalgi maktubingizga nisbatan husni zonningizni bir daraja rad qilgan mening javobimning hikmati shudirki:

Bu zamonda shunday favqulodda hokim jarayonlar borki, hamma narsani o’z hisobiga olgani uchun, farazan haqiqiy kutilgan o’sha zot ham bu zamonda kelsa, xatti-harakatlarini o’sha jarayonlarga tobe qilmaslik uchun siyosat olamidagi vaziyatdan farog’at qiladi va maqsadini o’zgartiradi deb taxmin qilaman.

Ham uch masala bor: Biri hayot, biri shariat, biri iymon. Haqiqat nuqtasida eng muhimi va eng a'zami, iymon masalasidir. Faqat hozir umumning nazarida va holi olam majburlashida eng muhim masala, hayot va shariat ko’ringanidan, u zot hozir bo’lsa ham, uch masalani birdan umum ro’yi zaminda vaziyatlarini o’zgartirish nav'-i bashardagi joriy bo’lgan odatullohga muvofiq kelmaganidan, har holda eng a'zam masalani asos qilib, narigi masalalarni asos qilmaydi, toki iymon xizmati pokligini umumning nazarida buzmasin va avomning tez aldana olinadigan aqllariga u xizmat boshqa maqsadlarga vosita bo’lmagani namoyo bo’lsin.

Hamda, yigirma yildan beri buzg’unchi eng shiddatli zulm ostida shu daraja axloq buzilgan, shu daraja matonat va sadoqat yo’qolganki; o’ndan, balki yigirmadan biriga ishonilmaydi. Bu ajib holatlarga qarshi juda favqulodda sabot va matonat va hamiyati Islomiya lozim. Bo’lmasa natijasiz qoladi, zarar beradi.

Demak eng xolis va eng salomatli va eng muhim va eng muvaffaqiyatli xizmat, Risolat-un Nur shogirdlari ishlayotgan doira ichidagi muqaddas xizmatdir.

Nima bo’lganda ham, hozircha bu masalaga bu qadar yetar.

Said Nursiy

***

XUSRAVNING MAKTUBIDAN BIR PARCHA

Ha ustozim, ko’zimiz bilan ko’ryapmizki: Ahli tariqat bid'atlarga bardosh qilolmaganlar; ham kirganlar ichidan chiqolmayaptilar, ham ta'qibchilari o’ndan bir-ikkiga tushgan. Ham ular ham e'tirof qilyaptilarki, zavqlaridan, jazb etuvchi go’zalliklaridan qo’llarida ko’p narsalari qolmagan. Janobi Haqning yolg’iz bir ehsoni o’laroq Risolat-un Nurning porloq, nuroniy yuzini mushohada qilyapmizki, aks qilgan nuroniy yog’dulari barcha ehtiyojimizga kifoya va yetarli kelmoqda, hammani hayratda qoldirmoqda. Ham ahli bid'atni bosh egdirmoqda. Undaylarning lisonlaridan nadomat va afsusni ifoda qilgan "Bilmagandik!" kalimalari to’kilmoqda.

Atrofimizda, Risolat-un Nurga qarshi jozibador va juda oliy haqiqatlaridan boshqa ahli bid'at lisonlari jim bo’lgan. Go’yo qorong’u girdoblarga kirganlar, gapiryaptilar. Gapirsalar ham ta'sirlari qolmagan. Jozibador va i'jozkor lisoni bilan faqat Risolat-un Nur gapirmoqda. Bid'at va zalolat zulmatlariga qarshi faqat uning talabalari, quvvati iymon bilan po’latdan bir qal'a kabi turibdilar. Ham shunday favqulodda fathlar qilmoqda va shunday horiquloda bir suratda Qur'onning amr va ta'qiqlariga tutintirmoqdaki, juda ko’p mushohadalarimizdan faqat bittasini ming qalamli qardoshimiz aytyaptilarki... Sukut.

Xusrav

***

KOTIB USMONNING TUSHIGA OID BIR BAYONI

Sha'boni Sharifning o’n beshinchisi shanba Layla-i Baroat kechasi tushimda ulkan, tiniq, kichik bir dengiz bo’lgan bir ko’l sohilida Ingliz yoxud Olmon bilan biz, ya'ni Turk hukumati jang qilayotgan ekanmiz. Jang asnosida samodan qora bir narsa ko’rinishni boshladi. "Ajabo, bu samodan tushgan nima?" deb hammamizning nazari diqqatimizni jalb qildi. Yaqinlashgan sari bir inson va so’ngra usti ehromli, yuzi bir parcha bug’doy rang, boshi oq va katta ro’mol bilan o’ralgan bir ayol shaklini olib, ko’lning o’rtasida hamon tushadigan payt darhol u yerga bir marmardan minbar qilinib minbarning ustiga tushdi. So’ngra, zoti oliyingizdan kelgan barcha maktublarni o’qishni boshladi. Har ikki tarafda sukunat hosil bo’ldi. O’qigan maktublarini hamma jon qulog’i bilan tingladi. So’ngra oxirida "Ha, Hazrat Qur'oni Azimushshonning shar'iy hukmlari bilan amal qilsangiz, xalos bo’lasizlar. Agar Qur'oni Azimushshonning shar'iy hukmlariga rioya qilmasangiz, hammangiz mahv va barbod bo’lasizlar" deb aytdi. So’ngra uyimga keldim. Bizning Ra'fat Bey bilan Rushdu Afandi bizning uyga keldilar, bandangizga dedilar: "Bu sirni sen fosh qildingmi? Bu maktublar minbar ustida o’qildi?" Bandangiz ham javoban: "Yo’q qardoshlarim, bu sirni siz anglamadingizmi? Bu kelgan zot samodan kelmoqda, bu maktublarni u yerdan keltirmoqda. Men kim bo’lamanki, u hodisalarni u yerga chiqaray?" deb ularga aytdim. So’ngra bularga bir hadya ikrom qilay deb qaradim, uyimizning tuynugida to’rtta holva ko’rdim. Bittasini biriga, boshqasini narigisiga va ikki donasini ham o’zim yedim. Og’zim shirin bo’lib uyg’ondim.

Inshaalloh Layla-i Baroat hurmati va duongiz barakasi bilan haqqimizda muborakdir, iltimos ta'birini kutmoqdamiz.

Talabangiz

Kotib Usmon

***

QORATOG’NING BIR MEVASI

Aziz Qardoshlarim!

Bu dafa maktub o’rniga bu mevani yuboryapmiz.

Bir oyatning ishoriy ma'nosining butunligidan bittasi, hurriyatdan bu onga qadardir...

Noyabr o’ttizinchi kun 1358 da Qoratog’ teppasiga chiqayotgan edim. "Insonlarning, xususan musulmonlarning bu ketma-ket bo’lgan halokatlari va zararlari qaysi vaqtdan boshlandi, qaysi vaqtga qadar..." hotirga keldi. Birdan har mushkulimni hal qilgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon Sura-i Val-Asrni qarshmga chiqardi. "Qara" dedi, qaradim; har asrga xitob qilgani kabi, bu asrimizga ham yanada ziyoda qaragan وَ الْعَصْرِ اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَفِى خُسْرٍ oyatidagi اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَفِى خُسْرٍ maqomi jifriysi bir ming uch yuz yigirma to’rt (1324) bo’lib, hurriyat inqilobi bilan boshlangan saltanatning o’zgarishi va Bolqon va Italiya janglari va Birinchi Jahon Urushi mag’lubiyatlari va bitimlari va Islomiy shiorlarning buzilishlari va bu mamlakatning zilzilalari va yong’inlari va Ikkinchi Jahon Urushining zamin yuzida to’fonlari kabi samoviy va aroziy musibatlar bilan inson zarari bilan اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَفِى خُسْرٍ oyatining bu asrga ham bir haqiqati, moddiy jihatdan boshqa tarixi bilan ko’rsatilib bir lam'a-i i'jozini ko’rsatadi.

اِلاَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ esa, maqomi jifriysi, oxirdagi ت , ه sanaladi, shadda sanaladi, bir ming uch yuz ellik sakkiz (1358) bo’lgan bu yilning va kelgusi yilning ayni tarixini ko’rsatish bilan u zararlardan, xususan ma'naviy zararlardan xalos bo’lishning chora-i yagonasi iymon va solih amallar bo’lgani kabi va zid ma'nosi bilan u zararning ham sababi yagonasi kufr va kufron, shukrsizlik, ya'ni iymonsizlik, fisq va safohat bo’lganini ko’rsatdi. Sura-i وَ الْعَصْر ning azamat va muqaddasligini va qisqaligi bilan barobar g’oyat keng va uzun haqiqatlarning xazinasi bo’lganini tasdiq qilib, Janobi Haqqa shukr qildik.

Ha, olami Islom bu asrning zarari bo’lgan bu dahshatli Ikkinchi Jahon Urushidan xalos bo’lishining sababi, Qur'ondan kelgan iymon va solih amallar bo’lgani kabi, faqirlarga kelgan achchiq ochlik va qahatchilikning sababi, ro’zaning shirin ochligini chekmaganlari; va boylarga kelgan zararlar va yo’qotishlarning sababi ham, zakot o’rniga chayqovchilik qilishlaridir. Va Anadoluning bir maydoni jang bo’lmasligining sababi اِلاَّ الَّذِينَ آمَنُوا kalima-i muqaddasasining haqiqatini favqulodda bir suratda yuz ming insonlarning qalblariga tahqiqiy bir tarzda dars bergan Risola-in Nur bo’lganini, juda ko’p alomatlar bilan va shogirdlaridan minglar ahli haqiqat va diqqatning qanoatlari isbot qiladi. Jumladan alomatlardan biri; Risola-i Nurga aziyat bergan yoxud xizmatidan chekingan juda ko’p odamlarning ta'zir yeyishlari kabi, bu yil bu mamlakatning atrofida umumiy bir tarzda Risola-i Nurning tarqalishiga to’siqlar qo’yib hozirgi bir navi turg’unlik davri berish xatosi bilan hozirgi umumiy zahmatning bir sababi bo’lganini ko’rsatishidir.

***

Sura-i Val Asrning Tog’ Mevasi Nomli Nuktasiga Bir Hoshiya

اَلصَّالِحَاتِ dagi ت , oxirdagi "ta"lar ko’pincha vaqfga to’g’ri kelishi bilan jifr jihatidan ه sanala oladi. Bu nuqtada اِلاَّ barobardir, bu zamonimizni ko’rsatadi (1358). Va talaffuz jihatidan ه o’qilmaganidan ت qolib biladi. Bu nuqtadan, shaddalar sanalmasa va اِلاَّ barobar emas, ikki yuzdan ortiq yilga qadar iymon va amali solih bilan barobar ulkan bir toifa azim zararga qarshi mujohadasini davom qilishiga ishora qilib Fotihaning oxirida صِرَاطَ الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ ko’rsatgan zamonga, ham

لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّتِى ظَاهِرِينَ عَلَى الْحَقِّ حَتَّى يَاْتِىَ اللَّهُ بِاَمْرِهِ

birinchi jumla bir ming besh yuz (1500) maqomi bilan oxirzamonda bir toifa-i mujohidaning oxirgi zamonlariga va ikkinchi jumla, bir ming besh yuz olti (1506) maqomi bilan g’olibona mujohadaning tarixiga va uchinchi jumla bir ming besh yuz qirq besh (1545) maqomi bilan juda oz bir farq bilan ham Fotihaning, ham Val-Asri surasining ikkinchi jumlasining g’aybiy ishoralariga ishora qilib tavofuq qiladi. Demak bu Hadisi Sharifning uch jumlasidan har biri bir ming besh yuz (1500) tarixiga va mujohadaning qancha davom qilishiga doir ishoralariga aynan bu اَلَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ bir ming besh yuz oltmish bir (1561) maqomi bilan, ham وَتَوَاصَوْا بِالْحَقِّ وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ bir ming besh yuz oltmish (1560) maqomi bilan ishtirok qilib, o’sha ulkan toifaning mujohadalari qancha davom qilishini ma'noyi ishoriy va jifriy bilan ko’rsatadilar va Fotiha va Hadis ko’rsatgan tarixga, maqomi abjadlari bilan yaqinlashib farqli bir daraja tavofuq qiladilar va ma'nolari bilan ham to’liq uyg’un kelib porloq bir g’aybiy mo’'jizalik yog’dusini ko’rsatadilar.

***

TO’SATDAN QALBGA KELGAN BIR NUKTA-I I'JOZIYA

Qur'onga oid eng juz'iy eng kichik bir nuktaning ham qiymati buyuk bo’lganidan, Qur'on ishoralarining bu zamonimizga tavofuq qilgan kichik bir shu'lasi, bugun sura-i Val-Asri nukta-i i'joziyasi munosabati bilan Sura-i Fildan, ma'noyi ishoriy tabaqasidan tavofuq dasturiga tayanib bir nuktasini bayon qilishim eslatildi. Shundayki:

Sura-i اَلَمْ تَرَ كَيْفَ mashhur va tarixiy kichik bir hodisani bayon qilish bilan kelgan va har asrda namunalari bo’lgan u kabi va unga o’xshagan hodisalarni eslatish va ishora tabaqasidan har bir tabaqaga ko’ra bir ma'noni ifoda qilish, umum asrlarda umum nav'-i bashar bilan gapirgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning balog’atining zarurati bo’lishidan, bu muqaddas sura bu asrimizga ham qarayapti, dars beryapti, yomonlarni kaltaklayapti. Ma'noyi ishoriy tabaqasida bu asrning eng buyuk hodisasini xabar berish bilan barobar, dunyoni har jihat bilan dindan ustun qo’ymoq va zalolatda ketishning jazosi o’laroq jifr va abjad hisobi bilan uchta jumlasi ayni hodisaning zamoniga muvofiq kelib ishora qiladi.

Birinchi Jumlasi:Ka'ba-i Muazzamaga hujum qilgan Abraha askarlarining boshlariga abobil tayyoralari bilan samoviy bombalar yog’dirishini ifoda qilgan تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ jumla-i muqaddasasi bir ming uch yuz ellik to’qqiz (1359) bo’lib, dunyoni dindan ustun qo’ygan va nav'-i basharni yo’ldan chiqargan madaniyatchilarning boshlariga samoviy bombalar va toshlar yog’dirishiga tavofuq bilan ishora qiladi.

Ikkinchi Jumlasi:اَلَمْ يَجْعَلْ كَيْدَهُمْ فِى تَضْلِيلٍ kalima-i muqaddasasi, eski zamon hodisasidagi Ka'baning nurini so’ndirish uchun hiylalar bilan hujum qilganlarning o’zlari yo’qlik, zulmatlar, zalolatda teskari natija bilan ularga qarshi qaytishi bilan ta'zir yeganlari kabi, bu asrning aynan hiylalar bilan, dasisalar bilan samoviy dinlar ka'basini, qiblagohini zalolat hisobiga buzishga uringan jabbor, mag’rur ahli zalolatning tazlil va izlollariga samoviy bombalar ta'ziri bilan jazolanishiga, ayni tarixni فِى تَضْلِيلٍ kalima-i muqaddasasi bir ming uch yuz oltmish (1360) maqomi jifriysi bilan tavofuq qilib ishora qiladi.

Uchinchisi:اَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِاَصْحَابِ الْفِيلِ jumla-i muqaddasasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga xitoban: "Sening muborak vataning va qiblagohing bo’lgan Makka-i Mukarramani va Ka'ba-i Muazzamani hayratomuz bir suratda dushmanlardan qutqarishini va o’sha dushmanlari qanday ta'zir yeganlarini ko’rmayapsanmi?" deb ochiq ma'nosi bilan ifoda qilgani kabi, bu asrga ham xitob qilgan u jumla-i muqaddasa ma'noyi ishoriysi bilan deydiki: "Sening dining va Islomiyating va Qur'oning va ahli haq va haqiqatning jabbor dushmanlari bo’lgan dunyoparast va dunyoning manfaati uchun muqaddas narsalarni toptagan o’sha asxobi dunyoga sening Robbing qanday ta'zirlar bilan jazolarini berganini ko’rmayapsanmi? Ko’r, qara!" deb ma'noyi ishoriysi bilan, bu jumla aynan maqomi jifriysi bilan batamom bir ming uch yuz ellik to’qqiz (1359) tarixi bilan aynan samoviy ofatlar navidan samoviy ta'zirlar bilan Islomiyatga xoinlik jazosi bo’lib, deb ma'noyi ishoriy ifoda qiladi. Faqat "Asxob-il Fil" o’rniga "Asxob-id Dunyo" keladi. "Fil" ketadi, "Dunyo" keladi.

{(Hoshiya) Bu "fil" lafzi ketishining sirri, eski zamonda dahshatli Fili Mahmudiy azamatiga, haybatiga tayanganlar, hujum qilganlar. Hozir esa, dunyo sarvatiga va moliga va u sarvat bilan havoda va dengizda flotlar tashkil qilib o’sha fil kabi flotlar bilan nav'-i basharni asorat ostiga olgan va Ovrupa madaniyatchilari madaniyatning go’zalliklari bilan, yaxshiliklari bilan, manfaatlari bilan emas, balki madaniyatning yomonliklari bilan va safohati bilan va dinsizligi bilan uch yuz ellik million musulmonlarning har tarafda hokimiyatlarini yiqitib istibdodiga itoat qilgan va bu musibati samoviyaga sababiyat bergan. Va dunyoparast g’addor zolimlarga zulmlariga jazo bo’lib ta'zirlar kelishini hamda faqir va ma'sumlar va mazlumlarga, foniy mollarini va hayotlarini oxiratlariga aylantirish va qiymatdor qilish va dunyodagi gunohlariga kafforat-uz zunub qilishga Qadari Ilohiyga fatvo berdilar. Hozir yetti yildir, dunyo-parastlarning bu musibatda vaziyatlarini va holatlarini va jahon urushi sahifalarini qat'iyyan bilolmayman. Faqat ikki yil avvalgi vaziyatlari, bu sura-i muqaddasaning ma'noyi ishoriy tabaqasidan kelgan ta'zirlar, batamom ularning boshlariga tushmoqdalar va suraning bir ma'noyi ishoriysini to’liq tafsir qilmoqda.}

Tahlil:تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ : Ikki ت sakkiz yuz. Ikki ر to’rt yuz. Ikki م , bir ب , bir ح , bir ى yuz. Tanvin vaqf bo’lmaganidan ن dir, ellik. Bir ه , bir ج , bir (madda Alif) to’qqiz. Hammasi bir ming uch yuz ellik to’qqiz (1359).

فِى تَضْلِيلٍ : ض sakkiz yuz. ف sakson. ت to’rt yuz. Ikki ى yigirma. Ikki ل oltmish. Tanvin vaqfga to’g’ri kelgan, sanalmaydi. Jami bir ming uch yuz oltmish (1360).

اَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِاَصْحَابِ الْفِيلِ : Ikki "re" , bir "te" sakkiz yuz. Ikki "fe" , ikki ك ikki yuz. Ikki ل , bir م yuz. Bir ع , bir ص bir yuz oltmish. To’rt ب uch alif, bir ى , bir ح yigirma to’qqiz. الْفِيلِ o’rniga kelgan الدُّنْيَا dagi ikki د , bir alif to’qqiz. Bir ن ellik. Bir ى o’n. Bir alif, bir. Buning jami bir ming uch yuz ellik to’qqiz (1359), agar o’qilmagan alif sanalmasa, bir ming uch yuz ellik sakkiz (1358) bo’ladi. Ham arabiy, ham rumiy tarixi bilan bu samoviy ta'zirlarningn boshqa-boshqa turlarining zamonlariga tavofuq bilan ishora qiladi.

{(Hoshiya1) Ha, bu ta'zirdan purshar bashar shirkdan shukrga kirmasa va Qur'ondan uzr so’ramasa, maloika qo’llari bilan ham samoviy toshlar boshlariga yog’ishini bu sura bir ma'noyi ishoriy bilan qo’rqityapti. Qardoshingiz Said Nursiy}

***

KICHIK XUSRAV FAYZINING BIR ISTIXROJI

O’ttiz uchinchi oyatdan Hofiz Alining istixrojining bir zayli va ilovasidir.

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Sura-i Zumarda اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لِلْاِسْلاَمِ فَهُوَ عَلَى نُورٍ مِنْ رَبِّهِ oyati azimaning ochiq ma'nosidan tashqari bir ma'noyi ishoriy tabaqasining kulliyatiga kirgan bir fardi Risola-i Nur va tarjimoni bo’lganiga quvvatli bir dalil topdim. اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لِلْاِسْلاَمِ فَهُوَ jumlasi

hisobi jifriy va abjadiy va riyoziy bilan bir ming uch yuz yigirma to’qqiz (1329) yoki sakkiz (1328) bo’ladi. Demak مَنْ kulliyatida va فَهُوَ ishorasiga kirgan va diqqatli qarashga sabab bir fardi, qalb huzuri nuri bilan boshqa bir holatga kirib eski aziyatdan xalos bo’lib nuroniy bir maslakka kirgan bir shaxs, Birinchi va Ikkinchi Jahon Urushining kelishga tayyorlanishlari bo’lgan o’sha dahshatli tarixga va o’sha fardning vaziyatiga ramzan qaraydi.

فَهُوَ عَلَى نُورٍ مِنْ رَبِّهِ dagi نُورٍ مِنْ رَبِّهِ kalimasi Risola-i Nur ismiga va ma'nosiga ham jifri, ham surati, ham ma'nosi tavofuq qilgani kabi, اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لِلْاِسْلاَمِ فَهُوَ jumlasining ham maqomi jifriysi ko’rsatgan tarixda Risola-i Nur tarjimoni bo’lgan Ustozimning

{(Hoshiya) Bu sharhi sadr bilan munosabatdor bir tavofuqdir. Ustozimdan angladim, yigirma besh yildir doimo va eng muhim duosi

اَللّٰهُمَّ اشْرَحْ صَدْر۪ى لِلْا۪يمَانِ وَ الْاِسْلَامِ

munojoti bo’lgan.}

-tahqiqotim bilan- aynan vaziyatiga tavofuq qilmoqda. Chunki, o’sha zamonda Jahon Urushining boshlanishlarida ustozim eski odatini va boshqa falsafiy ilmlarni va oliy آلِيَه (sarf, nahv, mantiq kabi) va o'liy عَالِيَه (tafsir, hadis, fiqh kabi) ilmlarni qo’yib to’liq bir qalb huzuri bilan Risola-i Nurning fotihasi va birinchi martabasi bo’lgan "Ishorot-ul I'joz Tafsiri"ni boshlaydi. Bor himmatini, fikrlarini Qur'onga sarf qilishni boshlaganiga tavofug’i kuchli bir alomatdirki, bu asrda o’sha kulliy ma'noyi ishoriyda diqqatli qarashga sabab bir fardi, Risola-i Nurning tarjimoni va shogirdlarining shaxsi ma'naviysini tamsil qilgan mumassilidir.

Ha, modomiki Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon har asrda har kishiga xitob qiladi, va hamma narsani ichiga olgan ilm va hamma narsani qamragan iroda bilan hamma narsaga qaray oladi; va modomiki ulamo-i Islomning ittifog’i bilan oyatlarning ochiq ma'nosidan tashqari ishoriy va ramziy va yashirin ko’plab tabaqalarda ma'nolari bor va modomiki يَا اَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا kabi xitoblarda har asr kabi bu asrdagi ahli iymon, Asri Saodatdagi mo’minlar kabi kirgan; va modomiki Islomiyat nuqtasida bu asr g’oyat ahamiyatli va dahshatlidir

va Qur'on va Hadis g’aybiy xabar bilan ahli iymonni uning fitnasidan saqlanish uchun shiddatli xabar bergan; va modomiki hisobi jifriy va abjadiy va riyoziy eskidan beri mustahkam bir dasturdir va kuchli bir alomat bo’lishi mumkin; va modomiki Risola-i Nur va tarjimoni va shogirdlari, iymon va Qur'on xizmatida porloq va ta'sirli vazifalari g’oyat ahamiyat kasb etgan; va modomiki bu buyuk oyat hisobi jifr bilan bu asrda va ikki jahon urushiga qaraydi, birinchi jahon urushining boshlanishiga va Risola-i Nurning chiqishiga tavofuq etganini ma'nan ham ko’rsatadi; albatta mazkur haqiqatlarga va quvvatli alomatlarga binoan, ikkilanmasdan hukm qilamizki: Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi va tarjimoni bu oyati azimaning ma'noyi ishoriy tabaqasining kulliyatiga kirgan va diqqat bilan qaraladigan bir fardidir, va bu oyat unga ishora qiladi va ma'noyi ramziy bilan undan xabar beradi va gaybiy xabar navidan bir mo’'jizalik yog’dusini ko’rsatadi deb bo’ladi.

Tahlil:Bir ش ikki ر yetti yuz. ف م ن ل ikki yuz. ص د ه ا yuz. س م yuz. Ismi Jalol اَللَّهُ oltmish yetti. Ikki ل oltmish. فَهُوَ to’qson bir. لِلاِسْلاَمِ dagi ikki yoki uch alif, ikki yoki uch. ح sakkiz. نُورٍ مِنْ رَبِّهِ, "Risola-i Nur" Har ikkalasida نُور bor. "Risola" da ر , رَبِّهِ 'dagi ر'ga muqobildir. Agar نُورٍ dagi tanvin sanalsa, النُّور da ham shaddali ن sanaladi, yana ittifoq qiladilar. نُورٍ dan boshqa مِنْ به to’qson yetti bo’lib, Risola-i Nurda qolgan ه ل س ikki Alif ham to’qson yetti bo’lib, to’liq tavofuq qiladi. Turkcha talaffuzda Risola-i Nur hamza bilan o’qilishi zarar bermaydi.

Sura-i Moidaning o’n to’rtinchi oyati

قَدْ جَاءَكُمْ مِنَ اللَّهِ نُورٌ وَ كِتَابٌ مُبِينٌ يَهْدِى بِهِ اللَّهُ

Sura-i Nisoning oxirida

يَا اَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَكُمْ بُرْهَانٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَاَنْزَلْنَا اِلَيْكُمْ نُورًا مُبِينًا

oyati kabi, Risola-i Nur ma'no va jifr jihati bilan, ma'noyi ishoriy fardlaridan bo’lganiga kuchli bir alomat topdim. Ikkinchi oyat bo’lgan Sura-i Nisoning oyati, Birinchi Shu'la bo’lgan "Ishoroti Qur'oniya"da Ustozim ishorasini bayon qilgan. Birinchi oyat bo’lgan Sura-i Moidaning o’n beshinchi oyati ham buning ishorasini quvvatlantiradi, hamda اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ oyatining ishorasini tasdiq qiladi. Ha, bu asrda ma'noyi ishoriy tabaqasidan aynan shu oyatning muqaddas ma'nosiga bir fard Risola-i Nur bo’lganiga kim insof bilan qarasa, tasdiq qiladi; Risola-i Nur bir fardi bo’lganiga ma'naviy munosabat kuchlidir. Modomiki bu oyatning maqomi jifriysi bir ming uch yuz oltmish oltidir (1366). Agar maddalar, o’qilmagan hamzalar sanalmasa, oltmish ikkidir (1362); va modomiki Risola-i Nur Qur'oni Mubin nurini va hidoyatini tarqatgan bir kitobi mubindir; va modomiki zohiran undan yanada yaxshi u vazifani og’ir sharoit ostida qilganlarni ko’rmayapmiz; va modomiki oyatlar boshqa kalomlar kabi juz'iy bir ma'noga maxsus bo’lib qololmaydi; va modomiki yashirin va ishoriy dalolat bilan qoidaga ko’ra kalomning ma'nosiga kiradi; va modomiki Najmiddini Kubro va Muhyiddini Arab kabi ko’p ahli valoyat ma'noyi zohiriydan tashqari botiniy va ishoriy ma'nolar bilan aksar oyatlarni tafsir qilganlar. Hatto tafsirlarida Muso (A.S.) va Fir'avndan murod, qalb va nafsdir deganlari holda, ummat ularga e'tiroz bildirmagan, buyuk ulamodan ko’plari ularni tasdiq qilganlar. Albatta oyatning yashirin dalolati bilan Risola-i Nurga quvvatli alomatlar bilan ishorasi qat'iydir, shubha qilinmasligi kerak.

Tahlil:قَدْ جَاءَكُمْ bir yuz oltmish to’qqiz, مِنَ اللَّهِ bir yuz ellik yetti. نُورٌ tanvin bilan barobar uch yuz olti, va وَ كِتَابٌ مُبِينٌ olti yuz o’ttiz bir يَهْدِى بِهِ اللَّهُ bir yuz uch; jami bir ming uch yuz oltmish olti (1361). Agar maddalar, o’qilmagan hamzalar sanalmasa, bu yilgi muharram tarixiga, ya'ni bir ming uch yuz oltmish ikkiga (1362) to’liq tavofuq qiladi. Agar مُبِينٌ dagi tanvinda vaqf qilinsa, bir ming uch yuz o’n oltidirki (1316), ham Risola-i Nurning muqaddimalariga, ham tanvin bilan takomillashishiga va Birinchi Shu'lada bayon qilingani kabi, ko’p oyatlarning ahamiyat bilan ko’rsatgan ayni mashhur tarixga tavofuq qiladi.

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Men, sening ijtihodingda xato bor deganlarga va isbot qilganlarga tashakkur qilib ruhu jon bilan minnatdorman. Faqat hozirga qadar o’sha ijtihodimni batamom qanoat bilan to’liq tasdiq qilganlar, minglab ahli iymon va ulardan ko’plari ahli ilm tasdiq qilganlari va men ham dahshatli bir zamonda muqaddas bir tasalliga muhtoj bo’lgan bir hangomda yolg’iz ahli iymonning iymonini Risola-i Nur bilan muhofaza niyati xolisasi bilan va Najmiddini Kubro, Muhyiddini Arab kabi minglab ahli ishorot kabi jifriy va riyoziy hisobi bilan bayon qilingan bir xushxabari ishoriya-i Qur'oniyani o’ziga kelgan to’liq bir qanoat bilan, ham mahram saqlanish sharti bilan bayon qilganim va u ijtihodimda eng qaysar dinsizlarga ham isbot qilishga tayyorman, deganim holda, meni g’iybat qilish, dunyoda bunga qaysi mazhab bilan fatvo berib bo’ladi, qaysi fatvoni topmoqdalar?! Men hamma narsadan voz kechaman, faqat adolati Ilohiyaning huzurida bu dahshatli g’iybatga qarshi haqqimni halol qilmayman! Titrasin!.. Barcha sayyidlarning bobosi bo’lgan Faxri Olam Alayhissalotu Vassalomning Sunnati Saniyasini muhofaza uchun hayotini va hamma narsasini fido qilgan bir mazlumning shikoyati, albatta javobsiz qolmaydi!

Faqat bir shart bilan halol qila olamanki: Bu Ramazoni Sharifda menga va xolis qardoshlarimga bergan qayg’u va iztirobni, haqparastlik tomiri bilan, buyuklarga loyiq oliyjanoblik bilan, anoniyati taassubkoronasini haqiqatga va insofga fido qilib ta'mirga harakat qilishidir; mushfiq va insofli bir domla holati bilan, qusurimiz bo’lsa, bizga lutfkorona eslatma va tanbeh qilishdir. Janobi Haq Sattor-ul-Uyubdir, hasanot sayyiotga muqobil kelsa, afv etadi. Iymon xizmatida yuz minglar insonning iymonini tahqiqiy qilish hasanasiga qarshi men kabi bir bechoraning husni niyat bilan quvvatli alomatlar bilan inoyati Ilohiyadan tasavvur qilgani bir xushxabari Qur'oniyaning tushunilishida bir xato, balki yuz xato bo’lsa ham, o’sha hasanotga qarshi kelolmaydi, ayblarni berkitish pardasini yirtolmaydi!... Nima bo’lganda ham.

Bu masala faqat shaxsimga aloqador bo’lsaydi, men haqiqatdan nafsi ammoramni to’liq sindirish uchun unga minnatdor bo’lardim. Maslagimiz, bu zamonda haqqa xizmat, butun-butun tarki anoniyat bilan bo’la olishiga qat'iy qanoatimiz bo’lgani kabi, yigirma yildir nafsi ammoram istar-istamaz u maslakka itoatga majbur bo’lgan. Risola-i Nur va muqaddimalari bunga bir hujjati qat'iyadir. Faqat g’araz va qaysarlik va bir navi maslak mutaassibligini his qildirgan va yashirin sirlarni eshittirish suratida kelgan e'tiroz va ayblarga qarshi Eski Said (R.A.) lisoni bilan deyman: Mana maydon! Eng mutaassib ulamodan va eng buyuk valiydan ol, to eng dinsiz faylasuflarga va mudaqqiq hukamolarga Risola-i Nurdagi da'volarni isbot qilishga tayyorman va hamda isbot qilganmanki, mening mahvimga va qatl qilinishimga davomli ravishda harakat qilgan zindiq faylasuflar va dinsizlar u da'volarni rad qilolmaydilar va qilolmaganlar!

Ham butun hayotimda dalilsiz da'volarni zikr qilmaganimni, siz kabi eski va yangi birodarlarim biladilar. Ayniqsa, Qur'oni Mo’jiz-ul Bayondan olganim bir quvvat bilan Ovrupa faylasuflarini Risola-i Nur maydonga chaqiryapti. Risola-i Nur bu zamonda diqqatli qarashga sabab bir hodisa-i Qur'oniya bo’lganidan, bir-ikki ishora emas, balki men bilan barobar Risola-i Nur shogirdlari tarafidan istixroj qilingan besh risolada yozilgan ishoralar, bir jihatda mingga yaqinlashmoqda. Mingta mayin sochlar ham to’plansa, mustahkam bir ip bo’lgani kabi, sarohatga yaqin bir dalolat bo’ladi. Masala birligi jihati bilan u ishoralar bir-biriga quvvat beradi. Ba'zi ishoralarni zaif ko’rish bilan uni inkor qilish, insofga, haqparastlikka muvofiq bo’lolmaydi. Inkor qilgan uzrli bo’lolmaydi. Xususan, keraksiz va zararli va haddan oshgan bir g’iybat bo’lsa, bu zamonda ahli ilm o’rtasida ahli haqiqatni yig’latadigan bir ranjituvchi hodisadir.

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Qardoshlarim!

Qur'onning birgina oyatining birgina ishorasi g’aybiy xabar navidan bir lam'a-i i'joziyani tavofuq surati bilan ko’rsatganini ma'naviy bir eslatma bilan ko’rdim.

اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا Bu oyati karimaning maqomi jifriysi -shadda va tanvin sanalmasa- bir ming uch yuz ellik bir (1351), مَيْتًا ning asli مَيِّتًا bo’lishidan, bir ming uch yuz oltmish bir (1361) bo’lib, bu tarixda azim ishlardan bir dahshatli g’iybatni, shu oyatning ma'noyi ishoriy kulliyatiga kirgizadi. Va azim ishlardan bunday ajib bir g’iybat, ayni tarixda, ayni yilda sodir bo’ldi. Shundayki:

O’n sakkiz yil (hozir yigirmadan o’tdi) muddatida Sunnati Saniyani muhofaza uchun boshiga shapka qo’ymaganidan va o’n sakkiz yildir yakka qamoq hukmida odamlar bilan ko’rishishdan man va yolg’iz bir xonada hayotini o’tkazishga majbur qilingan va xususiy ibodatgohida Azoni Muhammadiyni (A.S.V.) o’qib "Allohu Akbar" deganidan va "La ilaha illalloh" haqiqatini quyosh kabi ko’rsatganidan, yuzta birodarlari bilan qamalgan bir odam, yuzlab alomat va ishoralarga tayanib, inoyati Ilohiyadan kelganidan qat'iy bir qanoati bilan Qur'on ishoralaridan bir xushxabarni ham o’ziga, ham musibatzada birodarlariga tasalli niyati bilan bayon qilgani uchun, g’iybat va yomon ta'birlar bilan eshittirmoq va uning darslari bilan iymonlarini qutqargan ma'sum shogirdlarini undan nafrat ettirib shubhalar bermoq, go’yo atrofda inkorga sabab bir narsa yo’q va hech bir harom ishlarni va jinoyatni ko’rmayotgandek faqat u bechoraning mavhum bir xatosini sakkiz yilda sakson mudaqqiqlarning nazarida yashiringan va sathiy va qaysarona nazariga ko’ra bir ijtihodiy xatosini ko’rish o’yi bilan yomonlamoq, albatta bu asrda, bu mamlakatda, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning qasddan ishorasiga sabab bo’la oladigan azim bir hodisadir. Menimcha Qur'onning qandayki har sura va ba'zan bir oyat va ba'zan bir kalimasi bir mo’'jiza bo’ladi. Xuddi shuning kabi, bu oyatning birgina ishorasi, g’aybiy xabar navidan bir lam'a-i i'joziyadir. Bu oyatning bu ishorasi bu asrda Risola-i Nur shogirdlari haqidagi g’iybatga qaraganiga uch alomat bor:

Birinchisi:"Birinchi Shu'la" bo’lgan "Ishoroti Qur'oniya" Risolasida Risola-i Nurga va tarjimoniga ishora qilgan beshinchi oyat bo’lgan

اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَاَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِى بِهِ فِى النَّاسِ

g’oyat quvvatli alomatlar bilan مَيْتًا kalima-i muqaddasasi, jifr va abjad hisobi bilan va uch ma'no jihati bilan Said-un Nursiyga tavofuq qilishidir.

Ikkinchi Alomat:اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ oxiriga qadar oyatining maqomi jifriysi va riyoziysi bir ming uch yuz oltmish bir (1361) bo’lishidir. Ayni tarixda o’sha ajib hodisa bo’ldi.

Uchinchi Alomat:O’sha muhtaram keksa zotni unutish, balki shaxsimga qarshi kamsitishlarini keksaligiga va ko’p jihatlar bilan oramizdagi uxuvvatga hurmatan halol qilishga qaror berganim va biz xizmatkor bo’lanimiz Qur'onga havola qilib qo’yganim hangomda, birdan ixtiyorim xorijida besh jihat bilan yomonlashni yomonlagan, mo’'jizona g’iybatdan olti jihat bilan man qilgan اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا oyati qarshimda o’zini ko’rsatib tamassul ayladi. Ma'nan menga "qara" dedi. Men ham qaradim, birdan tasbehot ichida ko’rdimki; bir ming uch yuz ellik birdan (1351) to bir ming uch yuz oltmish bir (1361) tarixini ko’rsatdi. Holimizga qaradim. Parda ostida ellik birdan to oltmish birga qadar, Risola-i Nur madad kutgan Istanbul atrofida bir navi hujum bo’lgan va oltmish birda birdan portlashidir.

Tahlil:ت to’rt yuz, خ olti yuz = ming. م م ى ى yuz, ل ل ك ك yuz, uchinchi ن ى م yuz, ح ح ح ب د o’ttiz, to’rtinchi ى o’n, besh ه bir alif bilan barobar o’n, oxirdagi tanvin vaqfan alif bo’lgani uchun, jami bir ming uch yuz ellik bir. {(Hoshiya) Bu oyat bizni shiddat bilan g’iybatdan man qilganidan, bu hodisani unutishimiz kerak, madori g’iybat qilmasligimiz kerak. Inshaalloh ortiq takrorlanmaydi.} مَيْتًا asli shaddali yo bo’lganidan, "bir ming uch yuz oltmish bir" bo’ladi.

Said Nursiy

***

بِاسْمِهِ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Bu ojiz qardoshingiz, ham o’sha e'tiroz qilgan u eski do’st zotga, ham ahli diqqatga va sizlarga bayon qilamanki: Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning fayzi bilan yangi Said (R.A.) iymon haqiqatlariga doir shu daraja mantiq va haqiqat jihatidan burhonlar zikr qiladiki; boshqa musulmon ulamosi, balki eng qaysar Ovrupa faylasuflarini ham taslimga majbur qiladi va qilmoqda. Ammo Risola-i Nurning qiymat va ahamiyatiga ishoriy va ramziy bir tarzda "Hazrati Ali" (R.A.) va "G’avsi A'zam"ning (R.A.) xabarlari navidan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon ham bu zamonda bir mo’'jiza-i ma'naviyasi bo’lgan Risola-i Nurga nazari diqqatni jalb qilishiga "Ma'noyi ishoriy" tabaqasidan ramz va imolari, i'jozining sha'nidandir va u lisoni g’aybning balog’ati mo’'jizakoronasining taqozosidir.

Ha, Eskishahar Qamoqxonasida dahshatli bir zamonda va qudsiy bir tasalliga juda ham muhtoj bo’lganimiz hangomda, ma'naviy bir eslatma bilan: "Risola-i Nurning maqbuliyatiga eski avliyolardan shohid keltriyapsan. Holbuki وَلاَ رَطْبٍ وَلاَ يَابِسٍ اِلاَّ فِى كِتَابٍ مُبِينٍ sirri bilan, eng ziyoda bu masalada so’z sohibi Qur'ondir. Ajabo, Risola-i Nurni Qur'on qabul qiladimi? Unga qaysi nazar bilan qarayapti?" deyildi. U ajib savol qarshisida bo’ldim. Men ham Qur'ondan madad so’radim. Birdan o’ttiz uch oyatning ochiq ma'nosining tafsilotlari navidagi tabaqalardan "ma'noyi ishoriy" tabaqasidan va u ma'noyi ishoriy kulliyatiga kirgan bir fardi Risola-i Nur bo’lganini va kirishiga va ajralib turishiga bittadan quvvatli alomat bo’lishini bir soat mobaynida his qildim; va bir qismini bir daraja izohli va bir qismini qisqacha ko’rdim. Qanoatimga hech bir shak va shubha va vahim va vasvasa qolmadi; va men ham, ahli iymonning iymonini Risola-i Nur bilan quvvatlantirish niyati bilan o’sha qat'iy qanoatimni yozdim va xos qardoshlarimga mahram saqlanish sharti bilan berdim.

Va u risolada biz demaymizki: "Oyatning ochiq ma'nosi ana bu." Toki domlalar "Bir qarash lozim" demasin. Ham demaganmizki: "Ma'noyi ishoriyning kulliyati bu." Balki deyapmizki: Ochiq ma'noning ostida ko’plab tabaqalar bor. Bir tabaqasi ham ma'noyi ishoriy va ramziydir. Va u ma'noyi ishoriy ham bir kulliydir, har asrda juz'iyotlari bor. Va Risola-i Nur ham bu asrda u ma'noyi ishoriy tabaqasining kulliyatida bir farddir. Va u fardning qasddan diqqatli qarashga sabab bo’lganiga va ahamiyatli bir vazifa qilishiga eskidan beri ulamo orasida bir dasturi jifriy va riyoziy bilan alomatlar, balki hujjatlar ko’rsatilgan ekan, Qur'onning oyatiga yoki ochiq bayoniga ziyon yetkazish emas, balki i'joz va balog’atiga xizmat qiladi.

Bu navi g’aybiy ishoralarga e'tiroz qilinmaydi. Ahli haqiqatning nihoyatsiz Qur'on ishoralaridan son-sanoqsiz istixrojlarini inkor qilolmagan buni ham inkor qilmasligi kerak va qilolmas. Ammo men kabi ahamiyatsiz bir odamning qo’lida bunday ahamiyatli bir asarning chiqishini g’arib va aqldan uzoq ko’rib bunday e'tiroz qilgan zot, agar bug’doy donasi qadar qarag’ay urug’idan tog’ kabi qarag’ay daraxtini xalq qilish azamat va qudrati Ilohiyaga dalil bo’lganini o’ylasa, albatta biz kabi ajzi mutlaq va faqri mutlaqda bunday juda shiddatli ehtiyoj zamonida bunday bir asarning chiqishini "Alloh rahmatining kengligiga dalildir", deyishga majbur bo’ladi. Men sizni va e'tirozchilarni Risola-i Nurning sharaf va obro’yi bilan ishontiramanki, bu ishoralar va avliyoning imoli xabarlari, ramzlari meni doimo shukrga va hamdga va qusurlarimdan istig’forga chorlagan. Hech bir vaqtda hech bir daqiqa nafsi ammoramga faxr va g’ururga sabab bo’ladigan bir anoniyat va menlik bermaganini, sizga bu yigirma yil hayotimning ko’zingiz o’ngidagi alomatlari bilan isbot qilaman.

Ha, bu haqiqat bilan barobar inson qusurdan, unutishdan xoli emas. Mening o’zim bilmagan ko’p qusurlarim bor. Balki da fikrim qo’shilgan, risolalarda ba'zi xatolar bo’lgan. Faqat Qur'onning qudsiy harflarining o’rniga basharning tarjimasini joylashtirish pardasi ostida, nuqson harflar bilan, yangi xat ostida vayronkorona ahli zalolatning buzuq ta'villari, oyatlarning ochiq bayonlariga ziyon yetkazishlariga qaramayotgandek, bechora mazlum bir odamning qardoshlarining iymonini quvvatlantirish uchun bir nukta-i i'joziyani bayon qilgani uchun, xizmati iymoniyasiga sustlik beradigan darajada e'tiroz, albatta nafaqat ahli haqiqat zotlar, balki zarra miqdor insofi bo’lgan, e'tiroz qilolmaydi.

Bunga ham qo’shimcha tarzda bayon qilaman: Bu zamonda g’oyat quvvatli va haqiqatli millionlab fidokorlari bo’lgan mashrablar, maslaklar, tariqatlar bu dahshatli zalolat hujumiga qarshi zohiran mag’lubiyatga tushganlari holda, men kabi yarim omi va kimsasiz va doimo kuzatuv ostida, politsiya bo’limi qarshisida va mudhish ko’plab jihatlar bilan menga qarshi tashviqotlar va hammani mendan nafratlantirmoq vaziyatida bo’lgan bir odam, u maslaklardan yanada oldin, yanada quvvatli tayangan Risola-i Nurga sohib emas; va u asar uning hunari bo’lolmas, ular bilan iftixor qilolmas. Balki to’g’ridan-to’g’riga Qur'oni Hakimning bu zamonda bir navi mo’'jiza-i ma'naviyasi bo’lib, rahmati Ilohiya tarafidan ehson qilingandir. U odam minglab do’stlari bilan barobar u hadya-i Qur'niyaga qo’l otganlar. Nima bo’lganda ham, birinchi tarjimonlik vazifasi unga tushgan. Uning fikri va ilmi va zakovatining asari bo’lmaganiga dalil, Risola-i Nurda shunday parchalar borki, ba'zisi olti soatda, ba'zisi ikki soatda, ba'zisi bir soatda, ba'zisi o’n daqiqada yozilgan risolalar bor. Men qasam bilan ishontiramanki, Eski Saidning (R.A.) {(K.Hoshiya) Ba'zi kotiblar bu bechora Said haqida (R.A.) kalimasini bir duo niyati bilan yozganlar. Men o’chirishni istadim, xotirimga keldiki, "Alloh rozi bo’lsin" ma'nosida bir duodir, tegilma. Men ham o’chirmadim.} quvva-i hofizasi ham barobar bo’lish sharti bilan, o’sha o’n daqiqa ishni o’n soatda fikrim bilan qilolmayman. O’sha bir soatlik risolani ikki kun iste'dodim bilan, zehnim bilan qilolmayman. Va o’sha bir kunda olti soatlik risola bo’lgan "O’ttizinchi So’z"ni na men va na da eng mudaqqiq, dindor faylasuflar olti kunda u tahqiqotni qilolmaydilar va hokazo... Demak biz, qashshoq bo’lganimiz holda, g’oyat boy bir javohirlar do’konining e'lonchisi va bir xizmatchisi bo’lganmiz. Janobi Haq fazl va karami bilan shu xizmatda xolisona, muxlisona bizni va umum Risola-i Nur talabalarini doim va muvaffaq aylasin, omin, bihurmati Sayyid-il-Mursalin...

Said Nursiy

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Juda aziz, juda siddiq va sodiq qardoshlarim va Risola-i Nur jihatida ishonchli va xolis vorislarim!

Juda ma'nodor va quvvatli bir tavofuq va shogirdlarning sadoqatlariga dalil, bir zohir karomati Nuriyani bayon qilishimga bir eslatma oldim. Shundayki:

Men vasiyatnomamni yozganim ayni zamonda yashirin munofiqlar men ishongan xizmatchilarimni xavfsizlik xodimlari tarafidan yonimga kelishdan man qilganlari ayni vaqtda fursat topib tanimaganim birisi bilan sobiq to’qqiz dafadan yanada ta'sirli bir zaharni menga yuttirdilar. Ham ayni zamonda Tunuslik va olim qardoshlarimizdan va bu yerga qadar o’tgan yili meni ko’rish uchun kelib ko’rishmasdan ketgan domla Hashmat Yozgatdan bu yerga yozyaptiki: "Said vafot qilgan. Risola-i Nurning bir yuz o’ttiz risolasi muhofaza qilinsin, kelajakda nashr qilamiz." Ham ayni zamonda Halil lbrohimning, vafotim haqida bir g’amgin marsiya hukmidagi porloq maktubi shogirdlarni yig’lattirdi. Ham bu zamonga juda ham yaqin Xusravning o’z odatiga muxolif, mening vafotimga doir bir-ikki maktubida ikki-uch kun umr kabi ta'birlar bilan ajalimga ishoralari bir parcha meni xafa qildi. "Ajabo, men ketyapmanmi?" deb ranjidim.

Ham ayni bu hangomlarda, eng ziyoda hayoti dunyoviyadagi vazifamni o’ylab, "Vafotimdan so’ng shogirdlar bu dahshatli zamonda mening badalimga ham u vazifani qiladilarmi?" deb juda ham qiziqarkan, birdan Denizli, Milas, Isparta, Inebolu umidimdan yuz daraja ustun shunday sohib chiqib va lozim bilib u vazifaga yugurib, boshqalarni ham va muallim va olimlarni yugurtirdilarki, meni hayrat-hayrat ichida qoldirdilar.

Xulosa:Bu besh jihatdagi tavofuq, zohir bir karomati Nuriyadir.

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Qardoshlarim, xavotirlanmang! Javshan va Avrodi Bahaiya bu dafa ham o’sha dahshatli zaharning tahlikasiga g’alaba qildi, tahlika davri o’tdi, faqat xastalik davom qilmoqda.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom va salomatliklari uchun duo qilib, shubhasiz maqbul bo’lgan duolarini istayman va Ineboluda va atrofida ham ko’p xonimlarning, ham jajji bolalarining Risola-i Nurni yozishga muvaffaqiyat qozonishlarini va Qur'on darsini ko’p ma'sumlarning olishini butun ruhu jonimiz bilan tabrik qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy

BIRINCHI SHU'LA

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

وَبِهِ نَسْتَعِينُ

[Ikki ajib savolga qarshi birdan xotirga kelgan g’arib javob.]

Birinchi Savol:Deyildiki: "Fotiha va Yosin va xatmi Qur'oniy kabi o’qilgan virdlar, muqaddas narsalar ba'zan hadsiz o’lgan va sog’ insonlarga bag’ishlanadi. Holbuki bunday juz'iy birgina hadya bir onda hadsiz zotlarga yetishishi va har biriga bir xil hadya tushishi, aql o’lchovining xorijidadir".

Javob:Fotiri Hakim qandayki havo unsurini kalimalarning chaqmoq kabi yoyilishlariga va ko’payishlariga bir ekinzor va bir vosita qilgan va radio vositasi bilan bir minorada o’qilgan azoni Muhammadiyni (A.S.V.) barcha yerlarda va barcha insonlarga ayni onda yetishtirishi kabi.. Aynan shuningdek, o’qilgan bir Fotiha ham, (masalan) umum ahli iymonninig o’lganlariga ayni onda yetishtirish uchun hadsiz qudrat va nihoyasiz hikmati bilan ma'naviy olamda, ma'naviy havoda ko’p ma'naviy elektrlarni, ma'naviy radiolarni yoygan, sochgan; fitriy simsiz telefonlarda xizmat qildiradi, ishlattiradi. Ham qandayki bir chiroq yonsa, qarshisidagi minglab oynaga (har biriga) to’liq bir chiroq kiradi. Aynan shuning kabi, bir Yosini Sharif o’qilsa, millionlab ruhlarga hadya qilinsa, har biriga to’liq bir Yosini Sharif tushadi.

Ikkinchi Savol:Shiddat bilan va amirona deyildiki: "Sen Risola-i Nurning maqbuliyatiga doir Hazrati Ali (R.A.) va G’avsi A'zam (R.A.) kabi zotlarning qasidalaridan shohidlar ko’rsatmoqdasan. Holbuki asl so’z sohibi Qur'ondir. Risola-i Nur Qur'onning haqiqiy bir tafsiri va haqiqatining bir tarjimoni va masalalarining burhonidir. Qur'on esa, boshqa kalomlar kabi po’choqli, suyakli va shuuri xususiy va juz'iy emasdir. Balki Qur'on barcha ishoralari bilan va parchalari bilan ayni shuurdir, po’choqsizdir; foydasiz, keraksiz moddalari yo’q. Olami g’aybning tarjimonidir. So’zlar haqida so’z uniki, ko’raylikchi u nima demoqda?"

Javob:Risola-i Nur to’g’ridan-to’g’ri Qur'onning yaqqol bir burhoni va quvvatli bir tafsiri va porloq bir lam'a-i i'jozi ma'naviysi va u dengizning bir qatrasi va u quyoshning bir shu'lasi va u ma'dani ilmi haqiqatdan ilhomlangan va fayzidan kelgan bir tarjima-i ma'naviyasi bo’lganidan, uning qiymatini va ahamiyatini bayon qilmoq Qur'onning sharafiga va hisobiga va sanosiga o’tganidan, albatta Risola-i Nurning ustun vasfini bayon qilishini haq taqozo qiladi va haqiqat istaydi, Qur'on ruxsat beradi. Men kabi bir tarjimonning hissasi yolg’iz shukrdir. Hech bir jihat bilan faxrga, maqtanishga, g’ururga haqqi yo’qdir va bo’lolmaydi. Keladigan oyatlarning ishorasiga bu nuqtai nazar bilan qarash kerak. Bo’lmasa meni xudbinlik bilan ayblaganlarga haqqimni halol qilmayman. Bu juda ahamiyatli savolga qarshi ikki-uch soat mobaynida birdan Qur'onning mashhur oyatlaridan "So’zlar" adadicha o’ttiz uch oyatning ham ma'nosi bilan, ham jifr bilan Risola-i Nurga ishoralari uzoqdan-uzoqqa qisqacha ko’rildi. Boshqa-boshqa tarzlarda o’ttiz uch oyat ittifoqan Risola-i Nurni ramzlari bilan ko’rsatgani xayol-mayol ko’rildi.

ESLATMA:Eng avval yigirma to’rtinchi oyatning boshida zikr qilingan eslatmaga diqqat qilish lozim. U eslatmaning joyi boshda edi. Faqat u yerda xotirga keldi, u yerga kirdi.

IKKINCHI BIR ESLATMA:Tavofuq bilan ishoralar agar munosabati ma'naviyaga tayanmasa, ahamiyati ozdir. Agar munosabati ma'naviyasi quvvatli bo’lsa, bu uning bir fardi, bir masadaqi hukmida bo’lsa va mustasno bir layoqati bo’lsa, u vaqt tavofuq ahamiyatlidir. Va u kalomdan buning irodasiga bir alomat bo’ladi. Va undan u fardning xususiy bir suratda kirganiga yo ramz, yo ishora, yo dalolat hukmida uni ko’rsatadi. Xullas, keladigan Qur'on oyatlarining Risola-i Nurga ishoralari va tavofuqlari aksariyat bilan quvvatli bir munosabati ma'naviyaga tayanadilar.. Ha, bu keladigan mashhur oyatlar ittifoq bilan o’n uchinchi asrning oxiriga va o’n to’rtinchi asrning avvaliga jifr jihatidan qaramoqdalar va Qur'on va iymon hisobiga bir haqiqatga ishora qilmoqdalar. Va tasalliga sabab bir "Nur"dan xabar bermoqdalar. Va u zamonning zalolat fitnasidan kelgan shubhalarni yo’qotadigan Qur'oniy bir burhonni xushxabar bermoqdalar.

Va u ishoralarga va ramzlarga to’liq sazovor va u vazifalarni haqqi bilan qiladigan Risola-i Nur kabi bir tafsiri Qur'oniy bo’ladi. Holbuki Risola-i Nur bu mazkur nuqtada oldin bo’lgani, uni o’qiganlarcha shubhasiz bo’lishi bilan dalolat qiladiki, u oyatlar ayniqsa Risola-i Nurga qarab unga ishora qiladilar.

BIRINCHISI:Nur Surasidan Nur oyatidirki, Risola-i Nurning Resail-in Nur va Risola-in Nur va Risolat-un Nur nomlari bilan nomlanishi sababining o’n olti sababidan bir sababi bo’lganidan, birinchi bo’lib uni bayon qilish kerak. Bu nur oyati:

اَللهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكٰوةٍ فِيهَا مِصْباَحٌ اَلْمِصْباَحُ فِى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لاَشَرْقِيَّةٍ وَلاَغَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِىٓءُ وَلَوْلَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلٰى نُورٍ يَهْدِى اللهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَآءُ وَيَضْرِبُ اللهُ اْلاَمْثَالَ لِلنَّاسِ وَاللهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Shu Nur oyatining ma'no jihatidan ko’p tabaqalari va ko’p jihatlari bor. Va o’sha tabaqalardan va jihatlardan ishoriy va ramziy bir jihati ma'no va jifr jihatidan nurli bir tafsiri bo’lgan Risola-in Nur va Risolat-un Nurga to’rt-besh jumlasi bilan o’n jihatdan qaraydi. Va o’sha tabaqalardan va o’sha jihatlardan bir tabaqa va bir parda ham mo’'jizona elektrdan xabar beradi.

Risola-i Nurga qaraganBirinchi Jumlasi:مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكٰوةٍ فِيهَا مِصْباَحٌ dir. Ya'ni: Nuri Ilohiyning yoki Nuri Qur'oniyning yoki Nuri Muhammadiyning (A.S.V.) misoli shu مِشْكٰوةٍ فِيهَا مِصْباَحٌ dir. Jifriy maqomi to’qqiz yuz to’qson sakkiz (998) bo’lib, aynan Risolat-un Nur, -"shaddali nun" ikki nun sanalmoq jihati bilan- batamom tavofuq bilan unga ishora qiladi.

Ikkinchi jumlasi:اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ dir. Yigirma Sakkizinchi Yog’duda tafsilan bayon qilingani kabi, Imomi Ali (R.A.) Jaljalutiya Qasidasida yaqqollik darajasida Risola-in Nurga qarab va unga ishora qilib degan: اَقِدْ كَوْكَبِى بِاْلاِسْمِ نُورًا Men taxmin qilamanki, Imomi Alining (R.A.) bu ishorasi bu jumla-i Nuriyaning ramzidan ilhomlangan. Bu oyatdagi jumlaning maqomi besh yuz qirq olti (546) bo’lib, Risola-i Nurning adadi bo’lgan besh yuz qirq sakkizga (548) g’oyat juz'iy va sirli ikki farq bilan tavofuq nuqtasidan ishora qilgani kabi, ramziy bir ma'nosi bilan to’liq qaraydi.

Uchinchi Jumlasi:مِنْ شَجَرَةٍ dir. Agar مِنْ شَجَرَةٍ dagi ة vaqflarda kabi هـ sanalsa, besh yuz to’qson sakkiz (598) bo’lib, tamoman Resail-in Nur va Risola-in Nur adadi bo’lgan besh yuz to’qson sakkizga (598) tavofuq bilan barobar مِنْ فُرْقَانٍ حَكِيمٍ ning adadiga yana sirli birgina farq bilan tavofuqi ramziy bilan, ham Resail-in Nurni fardlariga qo’shadi, ham yana Risola-in Nurning Furqoni Hakimning muborak daraxti bo’lganini ko’rsatadi. Agar مِنْ شَجَرَةٍ dagi ة , ت qolsa, u vaqt jifriy maqomi to’qqiz yuz to’qson uch (993) bo’ladi, tavofuqqa zarar bermagan juz'iy va sirli besh farq bilan Risolat-un Nur adadi bo’lgan to’qqiz yuz to’qson sakkizga (998) tavofuq bilan ma'nosining ham uyg’unligiga binoan, unga ishora qiladi.

To’rtinchi Jumlasi:نُورٌ عَلٰى نُورٍ يَهْدِى اللهُ لِنُورِهِ dirki, to’qqiz yuz to’qson to’qqiz (999) bo’lib, sirli bitta farq bilan Risolat-un Nur adadi bo’lgan to’qqiz yuz to’qson sakkizga (998) tavofuq bilan ma'nosining quvvatli munosabatiga binoan ishora darajasida ramz qiladi.

Beshinchi Jumlasi:مَنْ يَشَاءُ jumlasi g’oyat juz'iy bir farq bilan Risolat-un Nur muallifining ismi bilan mashhur bir laqabiga tavofuq bilan ma'nosi qaragani kabi qaraydi. Agar يَشَاءُ dagi muqaddar olmosh izhor qilinsa مَنْ يَشَآئُهُ bo’ladi. Batamom tavofuq qiladi. Bu oyat qandayki Risola-in Nurga ismi bilan qaraydi, xuddi shuning kabi, ta'lif va takomillashish tarixiga batamom tavofuq bilan ramzan qaraydi.

كَمِشْكٰوةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ فِى زُجَاجَةٍ jumlasi كَمِشْكٰوةٍ dagi tanvin vaqf o’rni bo’lmaganidan nun sanalmoq va فِى زُجَاجَةٍ vaqf o’rni bo’lganidan ة , هـ bo’lish jihati bilan bir ming uch yuz qirq to’qqiz (1349) bo’lib, Resail-in Nurning eng nuroniy juzlarining ta'lifi hangomi va takomillashish zamoni bo’lgan bir ming uch yuz qirq to’qqiz (1349) tarixiga batamom tavofuq bilan ishora qiladi.

Ham اَلْمِصْباَحُ فِى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ jumlasi bir ming uch yuz qirq besh (1345) bo’lib, Resail-in Nurning tarqalishi va mashhur bo’lishi va porlashi tarixiga aynan tavofuq qiladi. Chunki shaddali ر ikki ر , shaddali ن ikki ن , shaddali ز asli e'tibori bilan bir ل , bir ز va birinchi زُجَاجَةٍ vaqf jihati bilan هـ , ikkinchi vaqf bo’lmaganidan ت sanaladi. Agar shaddali ز ikki ز sanalsa, u vaqt bir ming uch yuz yigirma ikki (1322) bo’ladiki, yana Risola-in Nur muallifi muqaddamoti Nuriyani boshlagan ayni tarixiga aynan tavofuq qiladi.

Ham مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ jumlasi; birinchi ت , ikkinchi ت esa vaqf yeri bo’lganidan هـ bo’lmoq va شَجَرَةٍ dagi tanvin ن sanalmoq jihati bilan bir ming uch yuz o’n bir (1311) bo’ladiki, u tarixda Resail-in Nur muallifi Risolat-un Nurning muborak muqaddas daraxti bo’lgan Qur'onning zinapoyalari bo’lgan Arabiy ilmlarni dars berishni boshlagan ayni tarixga aynan tavofuq qilib ramzan qaraydi. Xullas, bu qadar ma'nodor va ko’pgina Qur'oniy tavofuqlarning ittifog’i yolg’iz bir alomat, bir ishora emas, balki quvvatli bir dalolatdir. Balki elektr bilan barobar Resail-in Nurga munosabati ma'naviyasi bilan ochiq shaklda ifoda qilmoqdir. Bu oyatning munosabati ma'naviyasining latofatlaridan bir latofati shuki; g’aybdan xabar navidan mo’'jizona ham elektrga, ham Risola-in Nurga ishora qilgani kabi, ikkalasining chiqishlariga va chiqish zamonlaridan keyingi takomillashish zamonlariga va odatga xilof vaziyatlarini juda go’zal ko’rsatadi.

Masalan, زَيْتُونَةٍ لاَشَرْقِيَّةٍ وَلاَغَرْبِيَّةٍ jumlasi deydi: "Qandayki elektrning qiymatdor moli sharqdan ham, g’arbdan ham jalb qilingan bir mol emas. Balki yuqorida, javvi havoda rahmat xazinasidan, samovot tarafidan tushmoqda. Har yerning molidir. Boshqa yerdan qidirishga ehtiyoj yo’q" deydi. Xuddi shuning kabi, ma'naviy bir elektr bo’lgan Resail-in Nur ham sharqning ma'lumotidan, ilmlaridan va g’arbning falsafa va fanlaridan ham kelgan bir mol va ulardan iqtibos qilingan bir nur emas. Balki samoviy bo’lgan Qur'onning, sharq va g’arbdan baland yuksak martaba-i arshiysidan iqtibos etilgandir.

Ham masalan يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِىءُ وَلَوْلَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ jumlasi ma'no-i ramziy bilan deydiki: "O’n uchinchi va o’n to’rtinchi asrda samoviy chiroqlar otashsiz yonadilar, otash tegilmasdan porlaydilar. Uning zamoni yaqin, ya'ni bir ming ikki yuz sakson (1280) tarixiga yaqindir. Xullas, bu jumla bilan qandayki elektrning xilofi odat xususiyatini va kelishini ramzan bayon qiladi. Aynan shuning kabi: Ma'naviy bir elektr bo’lgan Resail-in Nur ham g’oyat yuksak va chuqur bir ilm bo’lgani holda, tahsil qiyinchiliklariga va dars qilishga va boshqa ustozlardan ta'lim olishga va mudarrislarning og’zidan iqtibos bo’lishga muhtoj bo’lmasdan, harkas darajasiga ko’ra u oliy ilmlarni mashaqqat otashiga ehtiyoj qolmasdan anglay oladi, mustaqil ravishda istifoda qiladi, muhaqqiq bir olim bo’la oladi. Ham ishora qiladiki: Resail-in Nur muallifi ham otashsiz yonadi, tahsil uchun qiyinchilik va dars mashaqqatiga muhtoj bo’lmasdan mustaqil ravishda nurlanadi, olim bo’ladi. Ha, bu jumlaning bu mo’'jizona uch ishorasi elektr va Resail-in Nur haqida haq bo’lgani kabi, muallif haqida ham ayni haqiqatdir. Tarixcha-i hayotini o’qiganlar va hamshaharlari biladilarki, "Izhor" kitobidan keyingi madrasa usuli bo’yicha o’n besh yil dars olish bilan o’qiladigan kitoblarni Resail-in Nur muallifi yolg’iz uch oyda tahsil olgan. Ham qandayki bu jumlaning ma'naviy munosabat jihatida quvvatli va latofatli ishorasi bor; xuddi shuning kabi jifriy va abjadiy tavofug’i bilan ham elektrning chiqish zamonining yaqinligini, ham Resail-in Nurning maydonga chiqishi, hamda muallifining tug’ilishini ramzan xabar beradi. Bir mo’'jizalik yog’dusini yana ko’rsatadi.

Shundayki يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِىءُ ning maqomi bir ming ikki yuz yetmish to’qqiz (1279) bo’lib, وَلَوْلَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ qismi esa, ikki tanvin ikki "nun" sanalmoq jihati bilan bir ming ikki yuz sakson to’rt (1284) bo’lib, ham elektrning umumiylashishining yaqinligini, ham Resail-in Nurning yaqinligini, ham o’n to’rt yil so’ngra muallifining tug’ilishini يَكَادُ muqaddas kalimasi bilan ma'nan ishora qilgani kabi, jifr bilan ham aynan xuddi o’sha tarixga tavofuq bilan ishora qiladi. Ma'lumdirki, zaif va mayin iplar birlashgan sari mustahkam bo’ladi, uzilmas bir yo’g’on arqon bo’ladi. Bu sirga binoan, bu oyatning bu ishoralari bir-biriga quvvat beradi, qo’llab-quvvatlaydi. Tavofuq to’liq bo’lmasa ham, to’liq hukmida bo’ladi va ishorasi dalolat darajasiga chiqadi.

TANBEH:Men bu Nur oyatining ishoralarini elektr va Resail-in Nurning xotiri uchun bayon qilmadim. Balki bu oyatning i'jozi ma'naviysining bir sho’basidan bir yog’dusini ko’rsatishni istadim.

Xulosa:Bu muqaddas oyat ochiq ma'nosi bilan Nuri Ilohiy va Nuri Qur'oniy va Nuri Muhammadiyni (A.S.V.) dars bergani kabi, ma'no-i ishoriysi bilan ham har asrga qaragani kabi, o’n uchinchi asrning oxiriga va o’n to’rtinchi asrning avvaliga ham qaraydi va diqqat bilan qaratadi. Va bu ikki asrning oxir va avvalarida eng ziyoda nazarga urilgan va eng ziyoda munosabati ma'naviyasi bo’lgan va bu oyatning umum jumlalarining muvofiqliklarini va uyg’unliklarini eng ziyoda qozongan elektr bilan Resail-in Nur bo’lganidan to’g’ridan-to’g’riga ma'no-i ramziy bilan qaraydi deb menga qanoati qat'iya berganidan, chekinmasdan qanoatimni yozdim. Xato qilgan bo’lsam, Arhamurrohimiyndan rahmati bilan afv qilishini niyoz qilaman. Resail-in Nurning bu oyatning iltifotiga layoqatini anglamoq istagan zotlar qaysi risolaga diqqat bilan qarasalar, tushunadilar. Hech bo’lmasa Eskishahar qamoqxonasining bir mevasi bo’lgan O’ttizinchi Yog’du nomli olti asmo-i Ilohiyaga doir olti nukta risolasiga, hech bo’lmasa u Yog’dudan "Ismi Hay va Qayyum"ga doir Beshinchi va Oltinchi Nuktalarga diqqat bilan qarasa, albatta tasdiq qiladi.

RESAIL-IN NURGA ISHORA QILGAN IKKINCHI OYAT:

فَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ oyati mashhurasidirki, شَيَّبَتْنِى سُورَةُ هُودٍ hadisining kelishiga sabab bo’lgan. اِسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ ning ishorasi Sakkizinchi Yog’duda batafsil bayon qilingani kabi, Sura-i Hudda فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَسَعِيدٌ (oxirigacha) oyatining ikki quvvatli ishora bergan sahifasining muqobilidagi g’oyat mashhur bir oyatidir. Jifriy maqomi bir ming uch yuz uch (1303) bo’lib, ham Sura-i Sho’'roning ikkinchi sahifasida وَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ esa, bir ming uch yuz to’qqiz (1309) bo’lib, u tarixda barcha muxotoblari ichida bittasiga, xususan Qur'on hisobiga iltifot qilib istiqomat bilan amr qiladiki; birinchi tarix esa, Resail-in Nur muallifining Risola-i Nurni natija bergan ilmlarning tahsilini boshlagan tarixdir. Va ikkinchi oyatning tarixi esa, u muallifning hayratomuz bir suratda juda oz bir zamonda ilm jihatidan takomillashishi, tahsildan dars berishga boshlagani va uch oyda va bir qish ichida o’n besh yilda madrasada o’qilgan yuz kitobdan ziyoda o’qigani va u zamonning u muhitda eng mashhur ulamolarining yonida o’sha uch oyning maxsuli bo’lgan o’n besh yilning maxsuli qadar natija bergani ko’p takrorli imtihonlar bilan {(Hoshiya) Bu maqtov bayonotlari Saidga oid emasdir. Balki Qur'onning bir shogirdini, bir xodimini Said (R.A.) lisoni bilan va holi bilan ta'rif qiladi. Toki xizmatiga ishonilsin.} va qaysi ilmdan bo’lsa bo’lsin, so’ralgan har savolga to’g’ri javob berish bilan isbot qilgan ayni tarixga aynan tavofuq bilan ramzan Risola-i Nurning istiqomatiga bir ishoradir.

UCHINCHI OYATI MASHHURA:

وَالَّذِينَ جَاهَدُوا فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا oyati quvvatli munosabati ma'naviyasi bilan barobar jifr jihatidan bir ming uch yuz qirq to’rt (1344) bo’ladiki, u tarixda Risola-i Nurning shogirdlari kabi bu oyatning ma'nosiga yanada ziyoda sazovor bo’lganlar zohiran ko’rilmaydi. Demak bu oyat ma'nosining ko’plab tabaqalaridan ishoriy bir tabaqadan va ramziy bir pardadan

Qur'onning porloq bir tafsiri bo’lgan Risola-i Nurga qaraydi va eng avval nozil bo’lgan Sura-i Alaqda اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَيَطْغٰى oyati kabi ma'nosi bilan va jifriy maqomi bilan ifoda qiladiki; bir ming uch yuz qirq to’rtda (1344) nav'-i inson ichida fir'avinona o’xshovsiz bir tug’yon, bir inkor chiqadi. وَالَّذِينَ جَاهَدُوا فِينَا oyati esa, u tug’yonga qarshi mujohada qilganlarni madh qiladi. Ha, jahon urushi natijalaridan ham olami insoniyat, ham olami Islomiyat ko’p zarar ko’rdilar. Nav'-i insonning, xususan Ovrupaning mag’rur va jabborlari, ayniqsa bittasi quvvat va boylikka va pulga tayanib fir'avinona bir tug’yonga kirganlaridan, u xususiy insonlar nav'-i basharni mas'ul qiladi deb inson umumiy ismi bilan ta'bir qilingan. Agar لَنَهْدِيَنَّهُمْ dagi shaddali "nun" bir "nun"sanalsa, bir ming ikki yuz to’qson to’rt (1294) bo’ladiki, Risolat-un Nur muallifining hayotining boshlanishidir va tug’ilish tarixining birinchi yilidir. Agar shaddali "lom" ikki "lom" va "nun" bir sanalsa, u vaqt bir ming uch yuz yigirma to’rtda (1324) hurriyatning e'loni hangomida mujohada-i ma'naviya bilan namoyon bo’lgan Risola-i Nur muallifining ko’rinishi tarixidir.

TO’RTINCHI OYATI MASHHURA:

وَلَقَدْ اٰتَيْنَاكَ سَبْعًا مِنَ الْمَثَانِى oyatidir. Shu jumla Qur'oni Azimushshonni va Fotiha Surasini musanno sanosi bilan ifoda qilgani kabi, Qur'onning musanno vasfiga loyiq bir burhoni va olti iymon ruknlari bilan barobar haqiqati Islomiyat bo’lgan yetti asosni, Qur'onning sab'a-i mashhurasini porloq bir suratda isbot qilgan va "Sab'al Masaniy" nuriga mazhar bir oynasi bo’lgan Risola-i Nurga jifr jihatidan ham ishora qiladi. Chunki اٰتَيْنَاكَ سَبْعًا مِنَ الْمَثَانِى abjadiy maqomi bir ming uch yuz o’ttiz besh (1335) adadi bilan Risola-in Nurning Fotihasi bo’lgan Ishorot-ul I'joz tafsirining Fotiha Surasi bilan Al-Baqara Surasining boshiga oid qismni chop qilish bilan yoyilish tarixi bo’lgan bir ming uch yuz o’ttiz besh (1335) yoki oltiga (1336) tavofuq bilan ramziy bir pardadan unga qaraganiga bir alomatdir.

BESHINCHI OYAT:

اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَاَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِى بِهِ فِى النَّاسِ dir. Bu oyatning ramzi latifdir. Chunki ham quvvatli munosabati ma'naviya bilan, ham jifr bilan ko’plab fardlari ichida xususiy bir suratda Risale-in Nur va muallifiga qarayapti. Shundayki: مَيْتًا kalimasi tanvin "nun" sanalmoq jihati bilan besh yuz (500) bo’lib, "Said-un Nursiy" adadi bo’lgan besh yuzga (500) tavofuq bilan ishora qiladiki, "Said-un Nursiy ham mayyit hukmida edi. Risolat-un Nur bilan ihyo etildi, u bilan hayot topdi". Ha, اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَاَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا dagi ikki tanvin "nun"dirlar. Bir ming uch yuz o’ttiz to’rt (1334) bo’ladiki, o’sha ayni zamonda (Arabiy sana bilan) Said jahon urushida moddiy va dahshatli bir mavtdan ham hayratomuz bir tarzda qutulishi va falsafa va g’aflatdan kelgan ma'naviy va shiddatli bir o’limdan najot topishi va Qur'onning obi hayoti bilan yangi bir hayotga kirishi sanasidir. Bu ma'naviy tavofuq va jifriy uyg’unlik dalolat darajasida bir ishoradir. Ham فَاَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِى بِهِ فِى النَّاسِ da tanvin "nun" va shaddali "nun" ikki "nun" va بِهِ da talaffuz qilingan ى sanalmoq jihati bilan, bir ming ikki yuz to’qson to’rt (1294) bo’ladiki, tug’ilishining va hayotining birinchi yilidir. Demak, bu jumla bilan hayoti moddiyasiga, avvalgi jumla bilan ham hayoti ma'naviyasiga ishora qiladi.

Xulosa:Bu oyat bir qancha va ko’p tabaqalaridan, bir ishoriy tabaqadan ham Risolat-un Nurga, ham muallifiga, ham bu o’n to’rtinchi asrning ibtidosiga, ham ibtidosidagi Risolat-un Nurning boshlanishiga ramz bilan, balki ishorat bilan, balki dalolat bilan qaraydi.

اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا

OYATINING ILOVASI

اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَاَحْيَيْناَهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِى بِهِ فِى النَّاسِ كَمَنْ مَثَلُهُ فِى الظُّلُمَاتِ لَيْسَ بِخَارِجٍ مِنْهَا

oyatining quvvatli ishorasini ham quvvatlantirgan, ham latofatlantirgan uch munosabat birdan Ramazonda qalbimga keldi. Qat'iy bir qanoat berdiki, مَيِّتْ kalimasiga tom munosib Saiddir. Bu oyat Risola-i Nur tajimoni bo’lgan Saidni "mayyit" unvoni bilan ko’rsatishining bir hikmati budirki: Mavtning muammosini va tilsimini Risola-i Nur bilan u ochgan, u dahshatli yuzning ostida ahli iymonga ko’p unsiyatli, sururli, nurli bir haqiqat kashf qilib isbot qilgan. Va mavt-olud hayoti foniyada bo’g’ilgan ahli ilhodga qarshi boqiyona hayot-olud vaqtinchalik bir mavti zohiriy bilan g’olibona qarshilik qiladi.

كَمَنْ مَثَلُهُ فِى الظُّلُمَاتِ sirriga mazhar bo’lgan ahli ilhod, dinga zid nafsoniy orzularining halol qilinishi bilan bezashiga muqobil, Risola-i Nur mavtni o’sha aldatuvchi, foniy hayotga qarshi chiqarib lazzat va ziynatini chil-parchin qiladi. Va deydi va isbot qiladiki: "Mavt ahli zalolat uchun abadiy qatldir va o’sha dahshatli doridan qutqargan va mavtni muborak bir ozodlik guvohnomasiga aylantirgan yolg’iz Qur'on va iymondir. Xullas buning uchundirki, bu mavtning muazzam haqiqati Risola-i Nurda g’oyat muhim va keng bir mavqe olgan. Hatto aksar hujumida mavtni qo’lida tutib ahli zalolatning boshiga uradi, aqlini boshiga keltirishga urinadi.

Ikkinchisi:Ahli tariqatning va ayniqsa Naqshiylarning to’rt asosidan biri va eng ta'sirlisi bo’lgan robita-i mavt Eski Saidni Yangi Saidga (R.A.) o’girgan va doimo harakati fikriyada Yangi Saidga yo’ldosh bo’lgan. Boshda Keksalar Risolasi bo’lib, risolalarda o’sha robita kashfiyotni ko’rsata-ko’rsata ahli iymon haqida mavtning nuroniy va hayotdor va go’zal haqiqatini ko’rib ko’rsatdi.

Uchinchisi:Bu oyat jifr va abjad hisobi bilan har tarafda Saidga hujum qilgan uch tur mavtning yaqinlashish zamonini va tarixini aynan ko’rsatib tavofuq qiladi. Demak, oyatdagi مَيِّتْ kalimasining fardlaridan diqqat bilan qaraladigan bir fardi va jifr jihatidan uning ismi مَيِّتْ adadiga to’liq tavofuq bilan xususiy ishoraga mazhar bir masadaq "Said-un Nursiy"dir.

[Sabrining sadoqatining bir karomati]

Men namozdan so’ng bu ilovani yozarkan, Siddiq Sulaymonning o’g’li Amin Sabrining اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا oyatiga doir parchani olganini va Ramazonning fayzidan uning izohi kabi nurlar istaganini ko’rdim. Nima yozganimni Aminga ko’rsatdim, hayrat bilan dedi: "Bu ham Sabrining, ham Risola-i Nurning bir karomatidir". Bu oyatdagi sirli muvozana-i Qur'oniyani o’ylarkan, Sura-i Huddagi فَاَمَّا الَّذِينَ شَقُوا parchasiga qarshi وَاَمَّا الَّذِينَ سُعِدُوا فَفِى الْجَنَّةِ dagi muvozana xotirga keldi va bildirdiki: Qandayki bu ikkinchi oyat va birinchi parcha Risola-i Nurning maslagiga, shogirdlariga aynan ma'nan va jifr jihatidan qaraydi. Xuddi shuning kabi:

فَاَمَّا الَّذِينَ شَقُوا فَفِى النَّارِ لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَشَهِيقٌ oyati ham Risola-i Nurning e'tirozchilariga va dushmanlariga va ularning jarayonlarining boshlanishiga va faoliyat davriga va yakuniga jifr bilan, tavofuq bilan ishora qiladi. Shundayki:

يُرِيدُونَ اَنْ يُطْفِؤُا نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ kabi oyatlarning bahsida Birinchi Shu'lada yetti-sakkiz oyatlarning ahamiyat bilan ko’rsatgan bir ming uch yuz o’n olti va yetti (1316-1317) tarixiki, Qur'onga qarshi bo’lgan suiqasdning boshlanishidir. فَاَمَّا الَّذِينَ شَقُوا jifr jihatidan ayni tarixni ko’rsatadi. Agar shaddali "mim" ikki "mim" sanalsa, bir ming uch yuz ellik yetti (1357), agar shaddali "lom" ikki "lom" sanalsa, bir ming uch yuz qirq yetti (1347) ki, bu asrning zolimona faoliyat tarixidir.

Har ikki shaddali ikkitadan sanalsa, bir ming uch yuz sakson yetti (1387) ki لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللهُ dahshatli bir jarayonning tugashi tarixi bo’lish ehtimoli bor. فَفِى النَّارِ لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَشَهِيقٌ esa bir ming uch yuz oltmish bir (1361), agar فَفِى النَّارِ dagi o’qilmagan "ye" sanalmasa, bir ming uch yuz ellik bir (1351) tarixini; agar shaddali "nun" asl e'tibori bilan bir "lom", bir "nun" sanalsa, yana bir ming uch yuz o’ttiz bir (1331) tarixini va jahon urushi ofatining dodu-faryod ichidagi yong’inini ko’rsatib, Jahannam otashida eshak kabi hangragan ahli shaqovatning azobini xabar berib, ahli iymonni fitnalarga tushirgan qaroqchilarning ham dunyoda, ham oxiratda jazolariga ishora qiladi. Aynan shuning kabi, bu asrga ham zohiran qaragan, sirli bo’lgan Sura-i وَالسَّمَآءِ ذَاتِ الْبُرُوجِ dan shu oyatning

اِنَّ الَّذِينَ فَتَنُوا الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ الْحَرِيقِ

ifodasi kabi ham Istanbulning ikki buyuk yong’inini, ham jahon urushining dahshatli yong’inini Jahannam azobi kabi u fitnaning bir jazosidir deb ishora qiladi.

Xulosa:Bu oyat har asrga qaragani kabi, bu asrga yanada ziyoda nazari diqqatni jalb qilish uchun jifr jihatidan bu asrning uch-to’rt davrining tarixlariga va hodisalariga ishora va ma'nosining surati bilan va tarzi ifodasi bilan ikki jarayonning xususiyatlariga va vaziyatlariga imo qiladi. Sabrining maktubi yo’lda ekan va kelmasdan avval u maktubning ma'naviy ta'siri bilan bu oyatni va اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا oyatlari bilan barobar o’ylarkan, xotirimga keldi. Risola-i Nur bu daraja quvvatli ishorati Qur'oniyaga va shogirdlari bu qadar qiymatli bashorati Furqoniyaga va aqtoblarning iltifotiga mazhariyatning sirri va hikmati, musibatning azamati va dahshatidirki, hech bir asar sazovor bo’lmagan bir muqaddas taqdir va tahsin olgan. Demak, ahamiyat uning favqulodda buyukligidan emas, balki musibatning favqulodda dahshatiga va buzg’unchiligiga qarshi mujohadasi juz'iy va oz bo’lgani holda, g’oyat buyuk shunday bir ahamiyat kasb etganki, bu oyatda ishora va bashorati Qur'oniyada ifoda qiladiki, Risola-i Nur doirasi ichiga kirganlar tahlikada bo’lgan iymonlarini qutqarmoqdalar va iymon bilan qabrga kirmoqdalar va Jannatga ketadilar deb xushxabar bermoqdalar. Ha, ba'zi vaqt bo’ladiki, bir askar qilgan xizmati uchun bir marshaldan yuqoriga chiqadi, minglab daraja qiymat oladi.

Eslatma:O’tgan va keladigan oyatlarning ishoralari yolg’iz tavofuq bilan emas, balki har bir oyatning kulliy ma'nosidagi juda ko’p fardlaridan bir juz'iy fardi Risola-i Nur bo’lganiga imoan, munosabati ma'naviyaga ko’ra jifriy va abjadiy bir tavofuq bilan u munosabatni quvvatlantirib va unga binoan xususiy unga qaraydi deganidir.

OLTINCHI OYAT:Sura-i Hadidda وَيَجْعَلْ لَكُمْ نُورًا تَمْشُونَ بِهِ Ya'ni: "Qorong’uliklar ichida sizga bir nur ehson qilamanki, u nur bilan to’g’ri yo’lni topib unda ketinglar". Lillahilhamd Risola-i Nur bu muqaddas va kulliy ma'nosining porloq bir fardi bo’lgani kabi, نُورًا dagi tanvin "nun" sanalmoq jihati bilan, bir ming uch yuz o’n sakkiz (1318) adadi bilan Resail-in Nur muallifini dars berishdan ta'lif vazifasiga va mujohidona sayohatni boshlagan zamonining besh yil avvalgi zamoniga va ko’p oyatlarning ishora qilganlari bir ming uch yuz o’n olti (1316) tarixidagi muhim bir inqilobi fikriydan ikki yil keyingi zamonga tavofuq qiladiki; u zamon Risola-i Nurga tayyorgarlik boshlagan ayni tarixdir. Xullas, shu nurli oyat ham ma'no jihatidan, ham jifr jihatidan tavofug’i esa, barcha jihatlari ayni shuur bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonda albatta noxosdan va tasodifiy bo’lolmaydi.

YETTINCHI OYAT:وَيُحِقُّ اللهُ الْحَقَّ بِكَلِمَاتِهِ shu oyati mashhuraning kulliy ma'nosining bu zamonda zohir bir masadaqi Risolat-un Nur bo’lgani kabi, Lafzullohdagi shaddali "lom" bir "lom" va بِكَلِمَاتِهِ dagi o’qiladigan "ye" sanalmoq sharti bilan, to’qqiz yuz to’qson sakkiz (998) adadi bilan Risolat-un Nurning to’qqiz yuz to’qson sakkiz (998) adadiga aynan tavofuq bilan munosabati ma'naviyaga binoan, ramzan unga qaraydi. Va bu ramzni latiflashtirgan va quvvat bergan munosabatlarning biri shudirki: Risolat-un Nurning parchalari So’zlar nomi bilan mashhur bo’lganlar. So’zlar esa Arabcha "kalimot"dir va u kalimot bilan Qur'onning haqiqatlarini shu daraja haqning o’zginasi va haqiqatning aynisi bo’lganini isbot qilganki, bu zamonning dinsiz faylasuflarini to’liq jim qilmoqda.

SAKKIZINCHI OYAT: قُلْ اِنَّنِى هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ dir. Shu oyati mashhura kulliy ma'nosining bu asrda muvofiq va munosib bir fardi Risolat-un Nur bo’lgani kabi, jifr bilan صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ kalimasi صِرَاطٍ dagi tanvin "nun" sanalmoq jihati bilan, Risolat-un Nur adadi bo’lgan to’qqiz yuz to’qson sakkizga (998) yana ikki sirli {(Hoshiya) Ya'ni martabasiga ishora uchun ikki farq bor. Risola-i Nur vahiy emas, ilhom va istixrojdir.} farq bilan qaragani kabi, هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ jumlasining maqomi abjadiysi bilan bir ming uch yuz o’n olti (1316) bo’lib, Risola-i Nur muallifining dars berishi bilan Risola-i Nurga tayyorgarlikda bo’lgan eng qizg’in tarixi bo’lgan bir ming uch yuz o’n olti (1316) adadiga aynan tavofuq qiladi.

TO’QQIZINCHI OYAT:Ham "Al-Baqara" surasida, ham "Luqmon" surasida

فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقٰى jumlasidir. Ya'ni: "Allohga iymon keltirgan hech uzilmaydigan bir zanjiri nuroniyga yopishadi, qattiq tutinadi". Risola-i Nur esa, iymoni billohning Qur'oniy burhonlaridan bu zamonda eng nuroniysi va eng quvvatlisi bo’lgani namoyon bo’lganidan, bu بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقٰى kulliyatida xususiy kirganini tasdiqlab, maqomi jifriysi bir ming uch yuz qirq yetti (1347) bo’lib, Risolat-un Nur tarqalishining favqulodda porlashi tarixiga batamom tavofuq bilan qaraydi. Va bu o’n to’rtinchi asrda Qur'onning i'jozi ma'naviysidan vujudga kelgan bir mustahkam arqon va zulmatlardan nurga chiqaradigan bir vasila-i nuroniya Risola-i Nur bo’lganini ramzan bildiradi.

O’NINCHI OYAT:يُؤْتِى الْحِكْمَةَ مَنْ يَشَآءُ

O’N BIRINCHI OYAT:وَيُعَلِّمُهُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ وَيُزَكِّيهِمْ

O’N IKKINCHI OYAT:وَيُزَكِّيكُمْ وَيُعَلِّمُكُمُ الْكِتَابَ وَالْحِكْمَةَ oyatlaridir. Qisqacha ma'nolari deydiki: "Qur'on muqaddas hikmatni sizga bildiradi. Sizni ma'naviy kirlardan tozalaydi". Bu uch oyatning kulliy va umumiy ma'nolarida Risola-i Nur qasdiy bir suratda kirganiga ikki quvvatli alomat bor.

Biri shuki:Risola-in Nurning mustasno bir xususiyati ismi Hakam va ismi Hakimga sazovor bo’lib barcha sahifalarida, bahslarida nizom va intizomi koinotning oynasida ismi Hakam va Hakimning jilvalari bo’lgan muqaddas hikmatni va Qur'oniy hikmatlarni dars beradi. Mavzusi va natijasi, hikmati Qur'oniyadir.

Ikkinchi Alomat:Birinchi oyat bir ming uch yuz yigirma ikki (1322) bo’lib, maqomi abjadiy bilan Risola-in Nur muallifining to’g’ridan-to’g’ri oliy (اٰلِيَه) ilmlardan (sarf, nahv, mantiq kabi) boshini ko’tarib hikmati Qur'oniyaga yuzlanib, xodim-ul Qur'on vaziyatini olgan tarixdirki, bir yil o’tib Istanbulga ketgan, ma'naviy mujohadasini boshlagan.

Ikkinchi oyat esa:Maqomi jifriysi bir ming uch yuz ikki (1302) bo’lib, Risola-i Nur muallifi Qur'on darsini olgan tarixiga aynan tavofuq bilan ramzan Qur'onning ochiq bir burhoni bo’lgan Resail-in Nurga qaraydi.

Uchinchi oyat esa:Bir ming uch yuz o’ttiz sakkiz (1338) bo’lganidan, hikmati Qur'oniyani Ovrupa faylasuflariga porloq bir suratda ko’rsata olgan va ko’rsatgan Risola-in Nur muallifi "Dor-ul Hikmat-ul Islomiya"da hikmati Qur'oniyani mudofaa qilish bilan, hatto Inglizning bosh popi so’ragan va olti yuz kalima bilan javob istagan olti savoliga olti kalima bilan javob berish bilan barobar inzivoga kirib bor g’ayrati bilan Qur'onning ilhomlaridan Risola-i Nurning masalalarini iqtibos qilishni boshlagan ayni tarixga batamom tavofuq bilan ramzan qaraydi.

O’N UCHINCHI OYAT:Al-Imronda وَمَا يَعْلَمُ تَاْوِيلَهُ اِلاَّ اللهُ وَالرَّاسِخُونَ فِى الْعِلْمِ

O’N TO’RTINCHI OYAT:Sura-i Nisoda لٰكِنِ الرَّاسِخُونَ فِى الْعِلْمِ مِنْهُمْ Bu ikki oyat bu asrga ham xususiy qaraydilar.

Birinchisining ma'nosi ko’rsatadiki: Ahli zalolat Qur'ondagi mutashabeh oyatlarni xato ta'villar bilan buzishga va shubhalarni ko’paytirishga uringan bir zamonda, ilmda chuqur bo’lgan bir toifa o’sha Qur'ondagi mutashabeh oyatlarning haqiqiy ta'villarini bayon qilib va iymon keltirib u shubhalarni yo’qotadi. Bu kulliy ma'noning har asrda masadaqlari va juz'iyotlari bor. Jahon urushi vositasi bilan, ming yildan beri Qur'onga qarshi birlashgan Ovrupa e'tirozlari va shubhalari olami Islom ichida yo’l topib yoyildilar. U shubhalarning bir qismi fan shaklini kiydi, o’rtaga chiqdi. Bu shubhalarni va e'tirozlarni bu zamonda daf qilgan boshda Risola-in Nur va shogirdlari ko’ringanidan, bu oyat bu asrga ham qaraganidan, Risola-in Nur va shogirdlariga ramzan qarsh bilan barobar, ulamo-i mutaoxirinning mazhabiga ko’ra اِلاَّ اللهُ da vaqf qilinmaydi. U holda maqomi jifriysi aynan اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَيَطْغٰى ning maqomi kabi bir ming uch yuz qirq to’rt (1344) bo’lib, Risola-in Nur va shogirdlarining maydoni mujohada-i ma'naviyaga tashlanishlari tarixiga batamom tavofuq bilan ularni ham bu oyatning harami muqaddasasining ichiga oladi. Ham hashrning eng quvvatli va porloq bir burhoni bo’lgan O’ninchi So’zning atrofga yoyilishi tarixiga va Qur'onning qirq jihat bilan mo’'jiza bo’lganini bayon qilgan Yigirma Beshinchi So’zning shuhrat topishi hangomiga, ham اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَيَطْغٰى adadiga batamom tavofuq bilan qaraydi. Agar mazhabi salaf kabi اِلاَّ اللهُ da vaqf bo’lsa, u holda اَلرَّاسِخُونَ dagi shaddali ر ikki ر sanalsa, bir ming uch yuz oltmish (1360) ortiqchasi bilan bo’lib, Risolat-un Nur shogirdlarining bundan o’n besh-yigirma yil keyingi chuqur va muhaqqiqona bo’lgan ilmlariga va iymonlariga ramzan qaragani kabi, shaddali ر asl e'tibori bilan bir ل , bir ر sanalsa, bir ming ikki yuz o’n ikki (1212) bo’lib, bundan bir yarim asr avval Mavlono Xolid Zuljanohaynning Hindistondan keltirgan porloq bir ilmi haqiqatni chuqur egallash bilan o’sha zamonda yoyilgan botil ta'villarni va shubhalarni tarqatib, yuz yilda ellik milliondan ziyoda insonlarni doira-i irshodiga olgan va nurlantirgan zamonining tarixiga batamom tavofuq bilan qaraydi.

Ikkinchi oyat bo’lgan اَلرَّاسِخُونَ فِى الْعِلْمِ مِنْهُمْ shaddali ر asliga nazaran bir ل , bir ر sanalmoq jihati bilan, maqomi abjadiysi bir ming uch yuz qirq to’rt (1344) bo’lish bilan har asrga qaragani kabi, bu asrga ham xususiy ramzan qaraydi. Va ilmi haqiqatda mustahkam va chuqur harakat qilgan va quvvatli iymon keltirgan bir toifaga ishora qiladi. Va ko’p oyatlarning ahamiyat bilan ko’rsatgan bu bir ming uch yuz qirq to’rtda (1344) Risolat-un Nur va shogirdlaridan yanada ziyoda bu vazifani mushkul sharoit ichida sabotkorona qilgan zohirda ko’rilmaydi. Demak bu oyat ularni ham doira-i haramiga xususiy kirgizadi.

O’N BESHINCHI OYAT:يَآ اَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَكُمْ بُرْهَانٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَاَنْزَلْنَا اِلَيْكُمْ نُورًا مُبِينًا Shu oyat bu zamonga ham xitob qiladi. Chunki tamom -مُبِينًا xorij qolsa- bir ming uch yuz oltmish (1360) ortiqchasi bilan bo’ladi. Agar قَدْ جَآءَكُمْ dan so’ngraki bo’lsa بُرْهَانٌ va نُورًا kalimalaridagi tanvinlar "nun" sanalsa, bir ming uch yuz o’n (1310) bo’ladi. Demak, bu asrga ham xitob qiladi. Ham قَدْ جَآءَكُمْ بُرْهَانٌ jumlasi yolg’iz to’rt farq bilan Furqon adadiga tavofuq bilan ochiqcha qaragani kabi, u muqaddas burhoni Ilohiyning bu zamonda porloq va quvvatli bir burhoni bo’lgan Resail-in Nurga ham ikkinchi jumlasi bo’lgan اَنْزَلْنَا اِلَيْكُمْ نُورًا مُبِينًا adadi, ikki tanvin vaqfda ikki "alif" sanalmoq jihati bilan, besh yuz to’qson sakkiz (598) bo’lib, aynan batatmom Resail-in Nurga va Risola-in Nur adadiga tavofuq bilan u samoviy burhoni muqaddasning yerda bir burhoni Resail-in Nur bo’lganini ramzan xabar beradi.

ESLATMA:So’zlarning uch ismi bo’lgan Risola-in Nur yoki Resail-in Nur yoki Risolat-un Nurdagi shaddali "nun" ikki "nun"sanalishi, jifrda umumiy bir qoidadir. Shaddali harf ba'zan bir, ba'zan ikki sanalishi mumkin.

O’N OLTINCHI OYAT:لِلَّذِينَ اٰمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ dir. Shu shifoli oyat ko’p zamondir mening dardlarimning shifosi va dorisi bo’lgani kabi, dorixona-i kubro-i Ilohiya bo’lgan Qur'oni Hakimning tiryoqiy dorilaridan, Risola-in Nur parchalarining idishlaridan olib balki ming ma'naviy dardlarimga ming muqaddas shifoni topdim va Resail-in Nur shogirdlari ham topdilar. Va fandan va falsafaning botqoqligidan chiqqan va davolanishi juda mushkul bo’lgan va zindiqo xastaligiga mubtalo bo’lganlardan ko’plari u bilan shifo topdilar.

Xullas, har dardga shifo bo’lgan Qur'on dorilarining bu zamonda bir qism idishlari hukmida bo’lgan Resail-in Nur ham bu shifodor oyatning diqqat bilan qarashga sabab bo’lganiga quvvatli bir alomat shudirki: Bu oyatning maqomi jifriysi bo’lgan bir ming uch yuz qirq olti (1346) adadi Resail-in Nurning bir ming uch yuz qirq oltida (1346) shifodorona atrofga tarqalishining tarixiga va Mo’'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom nomli bo’lgan Risola-i horiqoning zamoni ta'lifiga aynan tavofug’idir. Shu tavofuq ham munosabati ma'naviyani quvvatlantiradi va u bilan quvvat qozonadi, ham ramzdan ishora darajasiga chiqaradi.

O’N YETTINCHI OYAT:فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللهُ لآَ إِلٰهَ اِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ dagi

قُلْ حَسْبِىَ اللهُ لآَ إِلٰهَ اِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ ning maqomi jifriysi shaddali "lom"lar bittadan "lom" va shaddali "qof" bir "qof" sanalmoq jihati bilan, bir ming uch yuz yigirma to’qqiz (1329) bo’lib, Jahon Urushining boshlanishi zamonida Resail-in Nurning boshlanishi bo’lgan Ishorat-ul I'joz tafsirining tarixi ta'lifiga aynan tavofuq bilan barobar, shaddali "qof" ikki "qof" sanalmoq jihati bilan, bir ming uch yuz qirq to’qqiz (1349) bo’lib, jahon urushi bergan larzalar zamonida Resail-in Nurning "Hasbiyallohu" deb ahli dunyodan hech bir yerda himoya ko’rmasdan, balki hujumga nishon bo’lish bilan barobar chekinmasdan bir o’zlari qiyinchiliklar ichida Qur'onning nurlarini nashr qilganlari ayni tarixga aynan tavofug’i esa, har jihati bilan ayni shuur bo’lgan oyatlarda albatta tasodifiy bo’lolmaydi. Balki bu kabi oyatlar eng mushkul zamon bo’lgan bu asrga ham xususiy qaraydilar va u oyatlarni o’zlariga rahbar deb qabul qilgan bir qism shogirdlariga xususiy iltifot qilib iltifotlari bilan jasorat beradilar.

Bu oyat sobiq oyatlar kabi munosabati ma'naviyasi garchi zohiran ko’rinmaydi; faqat bir jihat bilan Resail-in Nur bilan bir navi munosabati bor. Shundayki: O’n uch yildir {(Hoshiya) Ta'lif tarixiga ko’radir.} bu oyat Risolat-un Nur muallifining va so’ngra xos shogirdlarining shomdan so’ngra bir virdi xususiylaridir. Ham bu oyatning ma'nosiga bu zamonda to’liq sazovor va harkas ulardan chekinishidan sustlik qilmasdan "Hasbiyallohu" deb tavakkal qilib ulkan qiyinchiliklar ichida iymon nurlarini va Qur'on sirlarini nashr qilgan, ahli iymonni umidsizlikdan qutqargan boshda Risolat-un Nur va shogirdlaridir.

O’N SAKKIZINCHI OYAT:اِنَّ حِزْبَ اللهِ هُمُ الْغَالِبُونَ dir. Bu oyat ma'nosi bilan hizbullohning zohiriy mag’lubiyatidan kelgan umidsizlikni ketkazish uchun muqaddas bir tasalli beradi va hizbulloh bo’lgan hizbi Qur'oniyning haqiqatda va oqibatda g’alabasini xabar beradi. Va bu asrda hizbi Qur'oniyning hadsiz a'zolaridan Resail-in Nur shogirdlari namoyon bo’lganlaridan, bu oyatning kulliy ma'nosida xususiy kirishlariga bir alomat bo’lib maqomi jifriysi bo’lgan bir ming uch yuz ellik (1350) adadi bilan Resail-in Nur shogirdlarining zohiriy mag’lubiyatlari va bir yil so’ngra mahbusliklari ichida ma'naviy g’alabalari va matonatlari va haqlarida qilingan mudhish yo’qotish rejasini natijasiz qoldirgan ixloslari va quvva-i ma'naviyalari namoyon bo’lishining rumiy tarixi bo’lgan bir ming uch yuz ellik (1350) va ellik bir (1351) va ellik ikki (1352) adadiga aynan tavofug’i albatta shafqatkorona, tasallidorona bir ramzi Qur'oniydir.

O’N TO’QQIZINCHI OYAT:

وَالَّذِينَ اٰمَنُوا مَعَهُ نُورُهُمْ يَسْعٰى بَيْنَ اَيْدِيهِمْ وَبِاَيْمَانِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا اَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا وَاغْفِرْ لَنَا

Shu oyatning umum ma'nosidagi tabaqalaridan bir tabaqa-i ishoriyasi bu asrga ham qaraydi. Chunki يَقُولُونَ رَبَّنَا اَتْمِمْ لَنَا نُورَنَا ham ma'no jihatidan quvvatli munosabati bor... Ham jifr jihatidan bir ming uch yuz yigirma olti (1326) bo’lib, u tarixdagi hurriyat inqilobidan kelib chiqqan to’fonlarning hangomida hamma narsani larzaga solgan u to’fonlarning va urushlarning zulmatlaridan qutulish uchun nur qidirgan mo’minlar ichida, Resail-in Nur shogirdlari oz bir zamon so’ngra namoyon bo’lganlaridan, bu oyatning ko’plab fardlaridan bu asrda bir masadaqi ular bo’lganiga bir alomatdir. وَاغْفِرْ لَنَا jumlasi bir ming uch yuz oltmishga (1360) qaraydi. Demak, bundan besh-olti yil so’ngra istig’for davridir. Resail-in Nur shogirdlari u zamonda istig’for darsini berishiga ramzan bir imodir.

YIGIRMANCHI OYAT:وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْاٰنِ مَاهُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ Shu oyati azima ochiqcha asri saodatda nuzuli Qur'onga qaragani kabi, boshqa asrlarga ham ma'no-i ishoriysi bilan qaraydi. Va Qur'onning samosidan ilhomiy bir suratda kelgan shifodor nurlarga ishora qiladi. Xullas, to’g’ridan-to’g’riga qalblarning tabibi bo’lgan Qur'oni Hakimning fayzidan va ziyosidan iqtibos bo’lgan Risolat-un Nur, mening ko’p tajribalarim bilan, umum ma'naviy dardlarimga shifo bo’lgani kabi, Resail-in Nur shogirdlari ham tajribalari bilan meni tasdiq qiladilar. Demak, Resail-in Nur bu oyatning bir ma'no-i ishoriysida kiradi. Va bu kirganiga bir alomat bo’lib مَاهُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ ning maqomi jifriysi bir ming uch yuz o’ttiz to’qqiz (1339) bo’lib, ayni tarixda Qur'ondan ilhom bo’lgan Resail-in Nur bu asrning ma'naviy va mudhish xastaliklariga shifo bo’lish bilan namoyon bo’lishni boshlashidan, bu oyat unga xususiy ramz qilganiga menga qanoat bermoqda. Men o’z qanoatimni yozdim, qanoatga e'tiroz qilinmaydi.

YIGIRMA BIRINCHI OYAT YOKI OYATLAR:

قُلْ اِنَّنِى هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ

وَهَدٰيهُ اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ

Sakkiz-to’qqiz oyatlarda "Siroti Mustaqim"ga nazarni o’girmoqdalar. Va bu to’g’ri, istiqomatli yo’lni topish uchun doimo Qur'onning nuridan har asrda u asrning zulmatlarini tarqatadigan va istiqomat yo’lini oydinlatadigan Qur'ondan kelgan nurlar bo’lish bilan va bu dahshatli va to’fonli asrda o’sha to’g’ri yo’lni adashtirmaydigan bir suratda ko’rsatgan boshda hozircha Risolat-un Nur ko’ringanidan, ham bu "Siroti mustaqim" kalimasining maqomi jifriysi -tanvin "nun" sanalmoq jihati bilan- ming (1000) bo’ladi. Madda bo’lmasa, to’qqiz yuz to’qson to’qqiz (999) bo’lib, yolg’iz bir yoki ikki farq bilan {(Hoshiya) Ya'ni: Risolat-in Nurning martabasi ikkinchi va uchinchida bo’lganiga ishoradir. Vahiy emas va bo’lolmaydi. Balki ilhom va istixrojdir.} Risolat-un Nur adadi bo’lgan to’qqiz yuz to’qson sakkizga (998) tavofuq bilan, sakkiz-to’qqiz oyatlarda "Siroti mustaqim" kalimalari bu mazkur ikki oyat kabi Risolat-un Nurni Siroti mustaqimning fardlariga xususiy ichiga olib ramzan unga qaratadi va istiqomatiga ishora qiladi. Agar صِرَاطٍ dagi tanvin sanalmasa, اَلنُّورِ dagi shaddali "nun" bir "nun" sanaladi, yana tavofuq qiladi. Ham qandayki bu oyat Risola-in Nurga ismi bilan qaraydi, xuddi shuning kabi uning tayyorgarliklar zamoniga ham qaraydi. Chunki هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ ning maqomi jifriysi bir ming uch yuz o’n olti (1316) bo’lib, Risolat-un Nur muallifining ixtiyorsiz bo’lib Risola-i Nurga tayyorgarlikda bo’lgan va barcha ma'lumotini Qur'onning tushunilishiga zinapoyalar qilgan eng qizg’in tarixi bo’lgan bir ming uch yuz o’n olti (1316) adadiga aynan tavofug’i albatta avvalgi ishorani quvvatlantirib va u bilan quvvat topib Risolat-un Nurni doira-i haramiga ramzan, balki ishoratan kiritadi...

Joyi diqqat va ahammiyatli bir tavofuqdirki: Risolat-un Nur muallifi bir ming uch yuz o’n olti (1316) yillarida muhim bir inqilobi fikriy o’tkazdi. Shundayki:

O’sha tarixga qadar har xil ilmlarni yolg’iz ilm bilan nurlanish uchun qiziqar edi, o’qirdi, o’qitar edi. Faqat birdan u tarixda marhum voliy Tohir Poshsho vositasi bilan Ovrupaning Qur'onga qarshi mudhish bir suiqasdlari borligini bildi. Hatto bir gazetada Inglizning bir mustamlakalar noziri degan:

"Bu Qur'on Musulmonlar qo’lida bor ekan, biz ularga haqiqiy hokim bo’lolmaymiz. Buni yo’qotishga harakat qilishimiz kerak" deganini eshitdi, g’ayratga keldi. Birdan maqomi jifriysi bir ming uch yuz o’n olti (1316) bo’lgan فَاَعْرِضْ عَنْهُمْ farmonini ma'nan tinglab bir inqilobi fikriy bilan qiziqishini almashtirdi. Barcha bilgan turli xil ilmlarini Qur'onning tushunilishiga va haqiqatlarining isbotiga zinapoyalar qilib maqsadini va g’oya-i ilmiyasini va natija-i hayotini yolg’iz Qur'on bildi. Va Qur'onning i'jozi ma'naviysi unga rahbar va murshid va ustoz bo’ldi. Faqat afsuski u yoshlik zamonida ko’p aldatuvchi illatlar sababli bilfe'l u vazifaning boshiga o’tmadi. Bir zamon otib jahon urushining shovqin-suroni bilan uyg’ondi. U sobit fikr jonlandi, bilquvvadan bilfe'lga chiqishni boshladi.

Xullas, ham unga, ham Risolat-un Nurga ko’p aloqasi bo’lgan bu bir ming uch yuz o’n olti (1316) tarixiga ko’p oyatlar ittifoq bilan qaraydilar. Masalan: Qandayki هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ oyati batamom tavofuq bilan ishora qiladi. Aynan shuning kabi: Bir oyati mashhura bo’lgan اِنَّ رَبِّى عَلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ maqomi jifriysi, shaddali "nun" bir "nun" sanalsa va tanvin sanalmasa, bir ming uch yuz o’n olti (1316) bo’lib aynan batamom o’sha tarixga ishora qiladi. Ham qandayki yetti-sakkiz suralarda kelgan oyatlar va u oyatlarda kelgan "Siroti mustaqim" jumlalari Risolat-un Nur ismiga tavofuq bilan barobar, bu mazkur ikki oyat kabi bir qismi Risolat-un Nur ta'lifining tarixini ham ko’rsatadi. Aynan shuning kabi: Yetti adad suralarning boshlarida yetti marta تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ jumla-i muqaddasasi maqomi jifriy bo’lgan bir ming uch yuz o’n olti yoki yetti (1316-1317) bo’lib aynan batamom o’sha bir ming uch yuz o’n olti (1316) tarixiga tavofuq bilan ishora qilgani kabi, طٰسٓ تِلْكَ اٰيَاتُ الْقُرْاٰنِ oyati ham aynan bir ming uch yuz o’n olti (1316) bo’lib, o’sha bir ming uch yuz o’n olti (1316) tarixiga tavofuq bilan ishora qiladi. Go’yo qandayki asri saodatda Qur'ondagi iymon haqiqatlariga alomatlar, dalillar va u Kitobi Mubinning da'volariga burhonlarni va hujjatlarni ko’zlarga ham ko’rsatmoq ma'nosida takror bilan تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ تِلْكَ اٰيَاتُ الْقُرْاٰنِ farmonlari

bilan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon e'lonlar qiladi. Xuddi shuning kabi, bu dahshatli asrda ham bir ma'no-i ishoriysi bilan u Furqon oyatlarining burhonlari va haqqoniyatining alomatlari va haqiqatlarining hujjatlari va haq Kalomulloh bo’lganiga dalillari bo’lgan Resail-in Nurga ma'no-i ishoriysi bilan alomat va burhon va nishon va dalil ma'nosi bilan oyatlarning oyatlari deb takror bilan تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ farmon qilib nazari diqqatni Qur'on hisobiga bu asrga va bu asrdagi Resail-in Nurga o’giradi deb e'tiqod qilaman. Ha, har bir jihat bilan ayni shuur bo’lgan Qur'on oyatlarining bunday yigirma jihat bilan va yigirma barmoq bilan ayni narsaga ittifoqan ishoralari yaqqol ifodalash darajasida menga qanoat bermoqda. Mening qanoatimga ishtirok qilmagan bu ittifoqqa nima deydi? Va nima deb biladi? Qaysi quvvat bu ittifoqni buzadi? Resail-in Nur bu asrga kelgan Qur'on ishoralariga xususiy qarashga sabab bo’lganiga kimning shubhasi bo’lsa, Qur'onning qirq jihat bilan mo’'jizasini isbot qilgan Mo’'jizoti Qur'oniya nomli Yigirma Beshinchi So’z va Yigirmanchi So’zning ikkinchi maqomiga va hashrga doir O’ninchi So’z va Yigirma To’qqizinchi So’zlarga qarasin, shubhasi ketmasa, kelsin, barmog’ini ko’zimga tiqsin.

YIGIRMA IKKINCHI OYAT VA OYATLAR:Ham Yunus, ham Yusuf, ham Ra'd, ham Hijr, ham Shuaro, ham Qasos, ham Luqmon Suralarining boshlarida bo’lgan تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ e'loni muqaddasidir. Yigirma birinchi oyatning xotimasida buning munosabati ma'naviyasi bir daraja bayon qilingan. Jifriysi esa, bu oyatda uch "te" bir ming ikki yuz (1200) bo’ladi va ikki "kof", ikki "lom" yuz (100) bo’ladi; jami bir ming uch yuz (1300). Bir "ye", bir "be", to’rt yoki besh "alif", jami bir ming uch yuz o’n olti yoki o’n yetti (1316-1317) bo’lib, Resail-in Nur muallifi bir inqilobi fikriy bilan turli xil ilmlarni Qur'onning haqiqatlariga chiqish uchun zinapoyalar qilgan bir tarixga batamom tavofuqi ma'naviy munosabatining quvvatiga tayangan holda deymiz:

U tavofuq ramz qiladiki: Bu asrda Resail-in Nur deyilgan o’ttiz uch adad So’z va o’ttiz uch adad Maktub va o’ttiz bir adad Yog’dular bu zamonda Kitobi Mubindagi oyatlarning oyatlaridir. Ya'ni, haqiqatlarining alomatlaridir va haq va haqiqat bo’lganining burhonlaridir. Va u oyatlardagi iymon haqiqatlarining g’oyat quvvatli hujjatlaridir. Va تِلْكَ kalima-i muqaddasasining ishorati hissiyasi bilan ko’zlarga ham ko’rinadigan darajada zohir bo’lganini ifoda qilgan bunday ishoraga loyiq dalillaridir deb ramzan Resail-in Nurni bir ishoriy ma'nosining kulliy doirasiga xususiy va diqqat bilan qarashga sabab bir fardi bo’lib kiritadi.

Xulosa:Qandayki bu oyatda bo’lgan ishoriy ma'no yetti surada yetti ishora hukmida bo’lib dalolat, balki yaqqollik darajasiga chiqadi. Aynan shuning kabi: صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ dagi ramz ham yetti-sakkiz suralarda bo’lmoq bilan, yetti-sakkiz ramz hukmida bo’lib, u ramzni ishora, balki dalolat, balki yaqqollik darajasiga chiqaradi.

ESLATMA:Qiyinchiliksiz bo’lib birdan xotirga kelgan ishora qayd qilindi. Zahmatga kirmaslik uchun ishorali o’ttiz uch oyatning ko’p ishoralari qayd qilinmadi.

YIGIRMA UCHINCHI OYAT:عَسٰى رَبُّـنَا اَنْ يُبْدِ لَنَا خَيْرًا Shu oyat har asrga qaragani kabi, bu asrga ham qaraydi va bu asrda qo’rqinch bir tush kabi musibatlarga tushgan va Rabbi Rahimidan uni xayrga o’zgartirishini yolvorganlar ichida Resail-in Nur shogirdlariga xususiy ramz qilganiga bir alomati shuki: Bu oyatning maqomi jifriysi bo’lgan bir ming uch yuz qirq beshda (1345) ahamiyatli risolalar ta'lif bilan barobar, favqulodda hodisalar sodir bo’lishni tayyorlandilar.. va u Resail-in Nurning yoyilish markazi bo’lgan Barla qishlog’ida ko’p aziyat muallifiga berildi. Va xususiy kichik masjidiga hujum qilingan payt Resail-in Nur shogirdlari quvvatli bir istak bilan dargohi Ilohiyaga iltijo qilib "Ey Rabbim! Bu mudhish tushni xayrga aylantir" deb yolvordilar. Hammaning umidsizligiga muqobil juda quvvatli bir umid va istak bilan musulmonlarning ma'naviy kuchlarini quvvatlantirdilar. Bu oyatning birdan qiyinchiliksiz xotirga kelgani bu qadardir. Bo’lmasa sirlari ko’p. Zahmat bo’lmasin deb tugatdim.

YIGIRMA TO’RTINCHI OYAT VA OYATLAR:Ham Sura-i Zumar, ham Sura-i Josiya, ham Sura-i Ahqofning boshlarida bo’lgan تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ buyuk oyatlaridir. Shu oyatlar ham yigirma ikkinchidagi oyatlar kabi Risolat-un Nurning ismiga va zotiga, ham ta'lif va yoyilishiga bir ma'no-i ramziy bilan qaraydilar.

IZOHDAN AVVAL MUHIM BIR ESLATMA

(Kerakli to’rt-besh nuqta bayon qilinadi.)

Birinchi Nuqta:Hadisda kelgani kabi, "Har bir oyatning ma'no martabalarida bir zohiri, bir botini, bir haddi, bir muttala'i bor. Bu to’rt tabaqadan har birisining (hadisda "shujun va g’usun" ta'bir etilgan) furu'oti, ishoralari, shox va shodalari bor" ma'nosidagi hadisning hukmi bilan, Qur'on haqida nozil bo’lgan bu oyati muqaddasa far'iy bir tabaqadan va bir ma'no-i ishoriysi bilan ham Qur'on bilan munosabati juda quvvatli bir tafsiriga qarash, sha'niga bir nuqsonlik emas. Balki u lison-il g’aybdagi i'jozi ma'naviysining taqozosidir.

Ikkinchi Nuqta:Bir tabaqaning ma'no-i ishoriysining kulliyatidagi fardlarining bu asrda namoyon bo’lgan va munosabati juda quvvatli bir fardi Risolat-un Nur bo’lganini, uni o’qigan harkas tasdiq qiladi. Ha, men Risolat-un Nurning xos shogirdlarini shohid ko’rsatib deyman:

Risolat-un Nur boshqa yozilgan asarlar kabi ilm va fanlardan va boshqa kitoblardan olinmagan. Qur'ondan boshqa manbai yo’q, Qur'ondan boshqa ustozi yo’q, Qur'ondan boshqa marji'i yo’q. Ta'lif bo’lgan vaqti hech bir kitob muallifining yonida yo’q edi. To’g’ridan to’g’ri Qur'onning fayzidan ilhom qilingan va samo-i Qur'oniydan va oyatlarining nujumidan, yulduzlaridan tushmoqda, nuzul etmoqda.

Uchinchi Nuqta:Resail-in Nur boshdan oyoq ismi Hakim va Rahimning mazhari bo’lganidan, bu uch oyatning oxirlari ismi Hakim bilan va keladigan yigirma beshinchi ham Rahmon va Rahim bilan bog’lashlari munosabati ma'naviyani haqiqatdan quvvatlantiradi. Xullas, bu quvvatli munosabati ma'naviyaga binoan deymizki: تَنْزِيلُ الْكِتَابِ jumlasining ochiq bir ma'nosi asri saodatda vahiy surati bilan Kitobi Mubinning nozil bo’lishi bo’lgani kabi.. ma'no-i ishoriysi bilan ham har asrda u Kitobi Mubinning martaba-i arshiyasidan va mo’'jiza-i ma'naviyasidan fayz va ilhom tariqi bilan uning yashirin haqiqatlari va haqiqatlarining burhonlari tushadi, nozil bo’ladi deb shu asrda bir shogirdini va bir yog’dusini himoya qanotiga va haram doirasiga bir xususiy iltifot bilan oladi.

To’rtinchi Nuqta:Xullas, bu risolada mazkur o’ttiz uch oyati mashhuraning ittifoq bilan, zahmatsiz, ma'no va jifr jihatidan Resail-in Nurning boshiga ishora qilishlari va boshda Oyat-in Nur o’n barmoq bilan unga ishora qilishi va eskidan beri olimlar orasida va adiblar mobaynida mashhur bir dastur va haqiqatli istixrojlar sababi va hatto xususiy tarixlarda va mozor toshlarida adiblar iste'mol qilgan mashhur bir qonuni ilmiy bilandir. Agar u qonunga soxtakorlik qo’shilmasa, ishorati g’aybiya bo’lishi mumkin. Agar sun'iy va qasdiy qilinsa, yolg’iz bir latofat, bir zarofat, bir jazolat bo’ladi.

Ha, adiblar xususiy va shaxsiy tarixlarda uning taqlidini qilish bilan kalomlarini go’zallashtirganliklari, ham jifr ilmining eng asosli bir qoidasi va muhim bir kaliti bo’lgan maqomi abjadiy bilan ishora esa: Har jihat bilan ayni shuur va nafsi ilm va mahzi iroda va tasodifiy hollari bo’lmagan va keraksiz moddalari bo’lmagan Qur'onning shuncha mashhur oytalari ijmo' bilan va ittifoq bilan Risola-in Nurga ishora va tavofuqlari yaqqollik darajasida uning maqbuliyatiga bir shahodatdir. Va haq bo’lganiga bir imzodir va shogirdlariga bir bashoratdir.

Beshinchi Nuqta:Bu hisobi abjadiy maqbul va umumiy bir dasturi ilmiy va bir qonuni adabiy bo’lganiga dalillar juda ko’p. Bu yerda yolg’iz to’rt-besh donasini namuna uchun bayon qilamiz:

Birinchisi:Bir vaqt Bani Isroil olimlaridan bir qismi huzuri Payg’ambariyda suralarning boshlaridagi الٓمٓ - كٓهٰيٰعٓصٓ kabi muqatto'a harflarini eshitgan paytlari, hisobi jifriy bilan dedilar: "Ey Muhammad! Sening ummatingning muddati kam". Ularga muqobil dedi: "Kam emas". Boshqa suralarning boshlaridagi muqatta'otni o’qidi va marhamat qildi: "Hali bor". Ular jim bo’ldilar...

Ikkinchisi:Hazrati Ali Roziyallohu Anhning eng mashhur Qasida-i Jaljalutiyasi boshdan oxiriga qadar bir navi hisobi abjadiy va jifr bilan ta'lif etilgan va shunday holda matbaalarda chop qilingan.

Uchinchisi:Jafari Sodiq Roziyallohu Anh va Muhyiddini Arabiy (R.A.) kabi g’aybiy sirlar bilan mashg’ul bo’lgan zotlar va harflardagi sirlar ilmi bilan shug’ullanganlar bu hisobi abjadiyni g’aybiy bir dastur va bir kalit deb qabul qilganlar.

To’rtinchisi:Yuksak adiblar bu hisobni adabiy bir qonuni latofat sifatida qabul qilib, eski zamondan beri uni iste'mol qilganlar. Hatto latofatning xotiri uchun, irodiy va sun'iy va taqlidiy bo’lmaslik lozim kelarkan, sun'iy va qasdiy bir suratda u g’aybiy kalitlarning taqlidini qiladilar.

Beshinchisi:Riyoziy ilmlar olimlarining munosabati adadiya ichida eng latif dasturlari va avom tomonidan hayratomuz ko’ringan qonunlari, bu hisobi tavofuqiyning jinsidandirlar. Hatto fitrati ashyoda Fotiri Hakim bu tavofuqi hisobiyni bir dasturi nizom va bir qonuni vahdat va insijom va bir madori tanosub va ittifoq sababi va bir nomusi husn va tizilish qilgan. Masalan: Qandayki ikki qo’lning va ikki oyoqning barmoqlari, tomirlari, suyaklari, hatto hujayralari, teri ustidagi teshikchalari hisob jihatidan bir-biriga tavofuq qiladilar. Xuddi shuning kabi: Bu daraxt bu bahorda va o’tgan bahordagi gul, yaproq, meva jihatidan tavofuq qilgani kabi, bu bahorda ham oz bir farq bilan o’tgan bahorga tavofuq va kelgusi bahorlari ham moziy bahorlariga ixtiyor va iroda-i Ilohiyani ko’rsatgan sirli va oz farq bilan uyg’unliklari, Sone'-i Hakimi Zuljamolning vahdatini ko’rsatgan quvvatli bir shohidi vahdoniyatdir.

Xullas, modomiki bu tavofuqi jifriy va abjadiy bir qonuni ilmiy va bir dasturi riyoziy va bir nomusi fitriy va bir usuli adabiy va bir kaliti g’aybiy bo’ladi. Albatta, ilmlar manbai va sirlar ma'dani va fitratning takviniy oytalarining tarjimoni va adabiyotning eng buyuk mo’'jizasi va lison-ul g’ayb bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon u qonuni tavofuqiyni ishoralarida ishlattirishi, istimol qilishi, i'jozining taqozosidir.

Eslatma tugadi, hozir mavzuga kelamiz.

Sura-i Zumar, Josiya, Ahqofning boshlaridagi تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ bo’lgan oyatlar sobiq eslatmaning ikkinchi nuqtasida, munosabati ma'naviyasi bayon qilinganidan, bu yerda yolg’iz jifriy ramzini bayon qilamiz.

Shundayki: Ikki "te" sakkiz yuz (800), ikki "nun" yuz (100), ikki "mim" sakson (80), ikki "kof" qirq (40), uch "ze" yigirma bir (21), uch "ye" o’ttiz (30), bir "be", bir "ha" o’n (10), "Lafzulloh" oltmish yetti (67), bir "a'yn" yetmish (70), to’rt "lom", to’rt "alif" bir yuz yigirma to’rt (124) bo’lib hammasi bir ming uch yuz qirq ikki (1342) bo’lib, bu asrning shu tarixiga nazari diqqatni jalb qilish bilan barobar, Qur'onning tanzili bilan ko’p aloqador bir Nurga ishora qiladi. Va o’sha tarixdan oz o’tib Mo’'jizoti Ahmadiya (A.S.V.) Risolasi va Yigirmanchi va Yigirma To’rtinchi Maktublar kabi Risolat-un Nurning eng nuroniy juzlari tarqalish maydoniga chiqishlari va Qur'onning qirq jihat bilan i'jozini isbot qilgan Mo’'jizoti Qur'oniya Risolasi bilan hashrga doir O’ninchi So’zning ikkalasining qirq ikkida (42) tarqalishlari va qirq oltida (46) favqulodda mashhur bo’lishlari ayni tarixda bo’lishi bir quvvatli alomatdirki, bu oyatning unga xususiy bir iltifoti bor. Ham qandayki bu oyatlar ta'lif va tarqalishiga ishora qiladilar, xuddi shuning kabi; yolg’iz تَنْزِيلُ الْكِتَابِ kalimasi Risolat-un Nurning ismiga -shaddali "nun" bir "nun" sanalmoq jihati bilan- g’oyat juz'iy bir farq bilan tavofuq qilib ramzan qaraydi, o’ziga qabul qiladi. Chunki تَنْزِيلُ الْكِتَابِ kalimasi to’qqiz yuz ellik bir (951) bo’lib Risolat-un Nurning maqomi bo’lgan to’qqiz yuz qirq sakkizga (948) sirli uch farq bilan tavofuq nuqtasidan qaraydi.

Birdan xotirga keldiki: Bu uch farqning sirri esa Risolat-un Nurning martabasi uchinchida bo’lishidir. Ya'ni, vahiy emas va bo’lolmaydi. Ham umumiyat bilan ham ilhom emas, balki aksariyat bilan Qur'onning fayzi bilan va madadi bilan qalbga kelgan sunuhot va Qur'onning istixrojlaridir. Joyi diqqatdirki, birinchi حٰمٓ bo’lgan Sura-i Mo’minda تَنْزِيلُ الْكِتَابِ مِنَ اللهِ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ maqomi jifriysi ba'zi muhim oyatlar kabi bir ming uch yuz yetmishga (1370) qaraydi. Ajabo, o’n besh-yigirma yil so’ngra boshqa bir nuri Qur'on chiqadimi.. yoxud Resail-in Nurning bir favqulodda inkishofi bilan bir futuhoti bo’ladimi, bilmaganimdan u eshikni ocholmayman.

YIGIRMA BESHINCHI OYAT:حٰمٓ - تَنْزِيلٌ مِنَ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ oyati muqaddasasidir. Bu oyatning ma'no-i ishoriysi, Resail-in Nur bilan munosabati juda quvvatlidir. Bir jihati shudirki, Risolat-un Nurning va shogirdlarining maslagi to’rt asos ustida ketadi.

Birinchisi tafakkurdir, Hakim ismiga qaraydi.

Biri ham shafqatdir, hadsiz bo’lgan faqirligini his qilishdirki, Rahmon va Rahim ismlariga qaraydi. Ham shu oyat qandayki Resail-in Nurning ta'lif va takammul tarixiga tavofuq bilan ishora qiladi... xuddi shuning kabi تَنْزِيلٌ kalimasi bilan -vaqf joyi bo’lmaganidan tanvin "nun" sanalmoq jihati bilan- maqomi besh yuz qirq yetti (547) bo’lib So’zlarning ikkinchi va uchinchi ismi bo’lgan Resail-in Nur va Risola-i Nurning adadi bo’lgan besh yuz qirq sakkiz yoki qirq to’qqizga (548-549) shaddali "nun" bir "nun" sanalmoq jihati bilan juda juz'iy va sirli bir yoki ikki farq bilan tavofuq qilib, ramzan unga qaraydi, doirasiga oladi.

Ham حٰمٓ - تَنْزِيلٌ مِنَ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning maqomi jifriysi, bir jihat bilan, ya'ni tanvin "nun" sanalsa va shaddali ikki "ro" dagi lomi asliy hisoblansa حَامِيمْ ,حٰمٓ talaffuzda bo’lgani kabi bo’lsa, bir ming uch yuz ellik to’rt yoki besh (1354-1355) bo’ladi. Va boshqa bir jihatda, ya'ni tanvin sanalmasa bir ming uch yuz to’rt (1304) bo’ladi; uchinchi jihatda, ya'ni talaffuzda bo’lmagan ikki "lom" hisobga kirmasa, bir ming ikki yuz to’qson to’rt (1294) bo’ladi. Birinchi jihatda batamom Resail-in Nurning ta'lif jihatidan bir daraja takammuli va favqulodda ahamiyat kasb qilishi va to’fonlarga duchor bo’lishi va shogirdlari muqaddas bir tasalliga muhtoj bo’lgan Arabiy tarixi bilan shu: Bir ming uch yuz ellik besh (1355) va ellik to’rt (1354) tarixiga, ham o’ttiz bir adad Yog’dulardan iborat bo’lgan "O’ttiz Birinchi Maktub"ning ta'lif zamoniga, ham u maktubning "O’ttiz Birinchi Yog’du"sining chiqishi vaqtiga va u yog’dudan Birinchi Shu'laning ta'lifiga va u shu'laning yigirma to’qqiz maqomida o’ttiz uch adad oyatlarning Risola-i Nurga ishoralari istixroj qilingan hangomiga va yigirma beshinchi oyatning Risola-i Nurga imolari yozilgan shu zamonga, shu daqiqaga, shu holga batamom tavofug’i esa, Qur'onning i'jozi ma'naviysiga yarashadi. G’oyat latif va xushxabarli bir tavofuqdir. Ikkinchi jihatda, ya'ni bir ming uch yuz to’rt (1304) maqomi bilan Risola-i Nurning tarjimoni Risola-i Nurning zinapoyalari bo’lgan ilmlarning poydevorlarini boshlagani va futuhoti Nuriyani boshlagani va ilmiy hayotning boshlanishida

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ o’qigan zamoniga batamom tavofuq bilan ishora qiladi, orqasini surtadi, "Qani ket, salomat bilan dars qil" ramzan deydi. Uchinchi jihatda, ya'ni bir ming ikki yuz to’qson uch yoki to’rt (1293-1294) bo’lgan maqomi jifriysi bilan u tarjimonning dunyodagi hayotining boshlanishining ibtidosiga aynan tavofuq sirri bilan imo qiladiki, uning hayoti juda dahshatli qiyinchiliklarni va to’fonlarni ko’rmoq va chekmoq bilan barobar, doimo Rahmon va Rahim ismlarining noili bo’lib, rahmat bilan muhofaza va shafqat bilan tarbiya qilinishini ramzan mun'imona xabar beradi. Bu surat bilan Qur'onning ma'naviy i'jozidan g’aybiy xabar navining bir shu'lasini ko’rsatadi.

YIGIRMA OLTINCHI OYAT:Sura-i Hudda فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَسَعِيدٌ oyatining ikki satr so’ngra kelgan وَاَمَّا الَّذِينَ سُعِدُوا فَفِى الْجَنَّةِ oyatidir. Shu oyatning shaddali "mim" va shaddali "lom" va shaddali "nun" ikkitadan sanalmoq va الْجَنَّةِ dagi "te" vaqfda bo’lganidan "he" bo’lish jihati bilan maqomi jifriysi bir ming uch yuz ellik ikki (1352) bo’lish bilan batamom Resail-in Nur shogirdlarining eng umidsiz va musibatli zamonlari bo’lgan bir ming uch yuz ellik ikki (1352) tarixiga batamom tavofuq bilan o’sha achinadigan hollarida muqaddas va samoviy bir tasalli, bir bashoratdir. Va oyatning munosabati ma'naviysi bir-ikki risolada, ya'ni Karomati Alaviyada va G’avsiyada bayon qilingandir.

وَاَمَّا الَّذِينَ سُعِدُوا dagi سُعِدُوا kalimasi فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَسَعِيدٌ dagi سَعِيدٌ kalimasiga Qur'on sahifasida batamom teng va muqobil kelishi, bu tavofuqqa bir latofat yana qo’shadi. Bu oyatning kulliy va juda keng ma'no-i muqaddasasining juz'iyotidan Risola-i Nur shogirdlari kabi tasalliga juda muhtoj bir juz'iysi bu asrda bir ming uch yuz ellik ikkida (1352) bo’lganiga batamom tavofuq bilan ishora qilib boshiga ishora qiladi. Agar فَفِى الْجَنَّةِ kalimasida vaqf qilinmasa va خَالِدِينَ kalimasi

bilan bog’lansa, u vaqt "te" "he" bo’lmaydi. Faqat yanada latif tasalli beruvchi bir tavofuq bo’ladi. Chunki وَاَمَّا الَّذِينَ سُعِدُوا sintaksis qoidasiga ko’ra egadir. فَفِى الْجَنَّةِ خَالِدِينَ uning kesimidir. Bu kesim esa, maqomi jifriysi bo’lgan bir ming uch yuz qirq to’qqiz (1349) adadi bilan, bir ming uch yuz qirq to’qqiz (1349) tarixidan bashorat bilan ramzan xabar beradi. Va u tarixda bo’lgan Qur'on xizmatkorlaridan bir toifaning asxobi Jannat va ahli saodat bo’lganini ma'no-i ishoriysi bilan va tavofuqi jifriy bilan xabar beradi va bu tarixda Risola-i Nur shogirdlari Qur'on hisobiga favqulodda xizmatlari va nurlanishlari va juda muhim risolalarning ta'liflari va boshlariga kelgan hozirchalik musibatning, dushmanlari tarafidan tayyorlanishlari namoyon bo’lganidan, albatta bu tarixga yuzlangan va ishoriy, tasalli beruvchi bir bashorati Qur'oniya eng avval ularga qaraganini ko’rsatadi. Ha, فَفِى الْجَنَّةِ خَالِدِينَ da shaddali "nun" bir "nun" sanalmoq jihati bilan ت to’rt yuz (400), خ olti yuz (600), ming (1000) bo’ladi. Ikki ن yuz (100), bir ى , ikki ف , bir ل ikki yuz (200); boshqa ل o’ttiz (30), ikkinchi ى o’n (10), ikki "alif" ikki (2), bir ج uch (3), bir د to’rt (4), qirq to’qqiz (49) bo’ladiki; jami bir ming uch yuz qirq to’qqiz (1349) bo’ladi. Bu xushxabari Qur'oniyaning mingdan bir jihatining bizga tegilishi, ming xazinadan ziyoda qiymatdordir. Bu xushxabarning bir xushxabarchisi bir yil avval ko’rilgan bir sodiq tushdir. Shundayki: Ispartada boshimizga kelgan bu hodisadan bir oy avval bir zotga tushda (unga) aytiladiki:

"RISOLA-IN NUR SHOGIRDLARI IYMON BILAN QABRGA KIRADILAR, IYMONSIZ VAFOT QILMAYDILAR".

Biz o’sha vaqt u tushga juda ham sevindik. Demak, u xushxabar bu xushxabari Qur'oniyaning bir xushxabarchisi ekan. {(Hoshiya) Dunyo saltanatidan yanada ziyoda qiymatdor bir xushxabari Qur'oniya, bir bashorati samoviya bu sahifada bor.}

YIGIRMA YETTINCHI OYAT:Sura-i Safda

يُرِيدُونَ لِيُطْفِؤُا نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

dir. Bu oyatdagi نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللهُ مُتِمُّ نُورِهِ jumlasining maqomi jifriysi, bir ming uch yuz o’n olti yoki yettidir (1316-1317). Va bu tarix esa; sobiqan yigirma birinchi oyatning xotimasida zikr qilingan inqilobi fikriy mavzusida; Ovrupaning bir mustamlakalar noziri Qur'onning nurini so’ndirishga urinishi tarixiga va Resail-in Nur muallifi ham unga qarshi u inqilobi fikriy soyasida u nurni porlatishga urinishi ayni tarixga, ham yetti surada yetti marta تِلْكَ اٰيَاتُ الْكِتَابِ ayni tarixga, ham طٰسٓ تِلْكَ اٰيَاتُ الْقُرْاٰنِ ham ayni tarixga, ham هَدٰينِى رَبِّى اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ ham ayni tarixga, ham اِنَّ رَبِّى عَلٰى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ ham shaddali "nun" bir "nun" sanalmoq va tanvin sanalmaslik jihati bilan ayni tarixga, ham فَاَعْرِضْ عَنْهُمْ farmoni ham ayni tarixga, ham نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللهُ مُتِمُّ نُورِهِ ham ayni tarixga ittifoq bilan uyg’unliklari albatta ramzdan, ishoradan, dalolatdan ziyoda bir yaqqollikdirki; Risola-i Nur u Nuri Ilohiyning bir yog’dusi bo’lishini va dushmanlari tarafidan kelgan shubhalar zulmatlarini tarqatishini ma'no-i ishoriysi bilan xushxabar beradi. Ham bu jifriy va ko’plab va ma'nodor tavofuqlar esa, quvvatli bir munosabati ma'naviyaga tayanadilar.

Ha, Resail-in Nurning bir yuz yigirma to’qqiz risolalari bir yuz yigirma to’qqiz elektr chiroqlarining shishalari kabi Qur'on nuri a'zamidan uzangan simlarning boshlariga taqilib u nurni yoyganlari maydonda. Risola-i Nurning yarim ismi ikki marta bu jumla-i oyatda bo’lishi bilan u munosabatni juda latofanlantiradi.

YIGIRMA SAKKIZINCHI OYAT:Sura-i Tavbada:

يُرِيدُونَ اَنْ يُطْفِؤُا نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَيَاْبَى اللهُ إِلاَّ اَنْ يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

oyatidagi نُورَ اللهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَيَاْبَى اللهُ إِلاَّ اَنْ يُتِمَّ نُورَهُ jumlasi quvvatli va latofatli munosabati ma'naviyasi bilan barobar shaddali "lomlar" bittadan "lom"va shaddali "mim" asl kalimadan bo’lganidan ikki "mim" sanalmoq jihati bilan bir ming uch yuz yigirma to’rt (1324) bo’lib, Ovrupa zolimlari davlati Islomiyaning nurini so’ndirmoq niyati bilan mudhish bir suiqasd rejasi qilganlari va unga qarshi Turkiya hamiyatparvarlari hurriyatni yigirma to’rtda (1324) e'loni bilan u rejani natijasiz qoldirishga uringanlari holda, afsuski olti-yetti yil o’tib jahon urushi natijasida yana o’sha suiqasd niyati bilan Savr Kelishuvida Qur'onning zarariga g’oyat og’ir sharoit bilan kofirona fikrlarini yana ijro qilmoq bo’lgan rejalarini natijasiz qoldirish uchun Turk milliyatparvarlari jumhuriyatni e'lon bilan muqobalaga uringan tarix bo’lgan bir ming uch yuz yigirma to’rtda (1324), to o’ttiz to’rtda (1334), to ellik to’rtda (1354) aynan tavofuq bilan, o’sha qirg’inbarot ichida Qur'onning nurini muhofazaga uringanlar ichida Resail-in Nur muallifi yigirma to’rtda (1324) va Resail-in Nurning muqaddimalari o’ttiz to’rtda (1334) va Resail-in Nurning nuroniy juzlari va fidokor shogirdlari ellik to’rtda (1354) qarshilik qilishga urinishlari ko’zga uriladi. Hatto vaziyatning haqiqatini bilmagan bir qism siyosatchilarni xavotirga chorladilar va bu so’ndirish suiqasdiga qarshi nurlantirish vazifasini to’liq bajarganliklaridan bu oyatning ma'no-i ishoriysi jihatidan diqqatli qarashga sabab bo’lganliklariga quvvatli bir alomatdir. Hozir musulmonlar ichida Nuri Qur'onga muxolif holatlarning aksarisi o’sha suiqasdlarning va Savr Kelishuvi kabi g’addorona kelishuvlarning qo’rqinchli natijalaridir. Agar shaddali "mim" ham shaddali "lomlar" kabi bir sanalsa, u vaqt bir ming ikki yuz sakson to’rt (1284) bo’ladi. U tarixda Ovrupa kofirlari davlati Islomiyaning nurini so’ndirishga niyat qilib o’n yil so’ngra Ruslarni harakatlantirib Rusning to’qson uch (1293) badbaxt urushi bilan olami Islomning porloq nuriga vaqtinchalik bir bulut parda qildilar. Faqat bunda Resail-in Nur shogirdlari o’rnida Mavlono Xolidning (Q.S.) shogirdlari u bulut zulmatlarini tarqatganliklaridan bu oyat bu jihatda ularning boshlariga ramzan ishora qiladi. Hozir xotirga keldiki, agar shaddali "lamlar" va "mim" ikkitadan sanalsa, bundan bir asr so’ngra zulmatlarni tarqatadigan zotlar esa, Hazrati Mahdiyning shogirdlari bo’lishi mumkin. Nima bo’lganda ham... Bu nurli oyatning ko’p nuroniy nuktalari bor. اَلْقَطْرَةُ تَدُلُّ عَلَى الْبَحْرِ sirri bilan tugatdik.

YIGIRMA TO’QQIZINCHI OYAT:Sura-i Ibrohimning boshida

الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ اِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلٰى النُّورِ بِاِذْنِ رَبِّهِمْ اِلٰى صِرَاطِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ

oyatidir. Shu oyatning to’rt-besh jumlasida to’rt-besh imo bor. Majmui bir ishora hukmiga o’tadi.

Birinchisi:اَلْعَزِيزِ الْحَمِيدِ jumlasi ifoda qiladiki, "Kitobi Mubin vositasi bilan, o’n to’rtinchi asrdagi zulmatlardan, insonlar biiznilloh Qur'ondan kelgan bir nurga chiqadilar". Bu ma'no va xususan nur lafzi, Resail-in Nurga uyg’un bo’lgani kabi, maqomi jifriysi shaddali "nun" ikki "nun" bo’lib, bir ming uch yuz o’ttiz sakkiz yoki to’qqiz (1338-1339) bo’lib, jahon urushi zulmatlarida ta'lif qilingan Resail-in Nurning fotihasi bo’lgan Ishorot-ul I'joz Tafsiri o’sha zulmatlar ichidagi chiqishi tarixiga batamom tavofug’i va oyatdagi Nur kalimasi Risola-i Nurdagi Nur lafziga imo bilan qaraydi.

Ikkinchisi:مِنَ الظُّلُمَاتِ jumlasi avvalgi jumladagi Nurni ta'rif qilib deydi: U Nur Janobi Haqning Izzat va Mahmudiyatini ko’rsatgan yo’ldir. Bu jumlaning maqomi abjadiysi besh yuz qirq sakkiz yoki ellik (548-550) bo’lib Resail-in Nurning shaddali "nun" bir "nun" sanalsa, adadi bo’lgan besh yuz qirq sakkizga batamom tavofuq qiladi. Agar o’qilmagan ikki "alif" sanalsa, martabasiga ishora qilgan ikki farq bilan yana batamom tavofuq qiladi. Bu imoni quvvatlantirgan, ham latofatlantirgan bir munosabat bor. Shundayki:

Olami Islom uchun eng dahshatli asr oltinchi asr bilan Xulagu fitnasi va o’n uchinchi asrning oxiri va o’n to’rtinchi asr bilan jahon urushi fitnalari va natijalari bo’lgani munosabati bilan bu jumla maqomi abjadiy bilan oltinchi asrga va avvalgi jumla kabi الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ kalimalari bilan bu asrga, Sulton Abdulaziz va Sulton Abdulhamid davrlariga imo qiladi.

Ham sobiq oyatlarda esa, Resail-in Nurning ikkinchi ismiga tavofuq bilan ishora qilgan barcha o’sha oyatlar dahshatli asr bo’lgan Xulagu va Chingiz asriga ham imo qiladilar. Hatto u oyatlarning ham u asrga, ham bu asrga imolari uchundirki, Hazrati Ali (R.A.) Arjuzasida va G’avsi A'zam (R.A.) Qasidasida Resail-in Nurga karomatkorona ishora qilganlari vaqt, ham u asrga, ham shu asrga qarab g’azab bilan ishora qilganlar.

Uchinchisi:مِنَ الظُّلُمَاتِ kalimasidagi الظُّلُمَاتِ ning adadi bir ming uch yuz yetmish ikki (1372) bo’lib bu asrning zulmlari, zulmatlari qachongacha davom qilishini, o’sha zulmatlarning ichida bir Nur doimo nurlantirishga urinishiga imo bilan Risola-i Nurning nurlantirishiga ramzan qaraydi.

To’rtinchisi:لِتُخْرِجَ النَّاسَ jumlasi deydiki: "Bir ming uch yuz qirq beshda (1345) Qur'ondan kelgan bir Nur bilan insonlar qorong’uliklardan yorug’liklarga chiqariladi". Bu ma'no esa bir ming uch yuz qirq beshda (1345) favqulodda nurlantirishni boshlagan Resail-in Nurga batamom jifr jihatidan, ham ma'no jihatidan muvofiq va uyg’un bo’lish bilan Risola-i Nurning maqbuliyatiga imo, balki ramz qiladi.

Beshinchisi:الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ اِلَيْكَ dagi اِلَيْكَ kalimasi Qur'onga xos qaragani uchun xorij qolishidan, الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ jumlasining maqomi Risolat-un Nurning birinchi ismiga batamom tavofuq qilishi Risolat-un Nurning, Kitobi Munzalning tom bir tafsiri va ma'nosi bo’lganini va undan begona bo’lmaganini ramzan ifoda qiladi. Chunki الٓرَ uch yuz sakson ikki (382), كِتَابٌ to’rt yuz yigirma uch (423), اَنْزَلْنَاهُ bir yuz qirq to’rt (144), jami to’qqiz yuz qirq to’qqiz (949); agar tanvin "nun" sanalsa, to’qqiz yuz to’qson to’qqiz (999) bo’lib Risolat-un Nurning -agar shaddali "nun" bir "nun" sanalsa- adadi bo’lgan to’qqiz yuz qirq sakkizga (948), agar shaddali "nun" ikki "nun" bo’lsa, to’qqiz yuz to’qson sakkizga (998) sirli (ya'ni vahiy bo’lmaganini ifoda qilish uchun) bitta farq bilan tavofuq qilib unga imo qiladi.

Xulosa:Bu birgina oyatda mazkur besh jumlaning munosabati ma'naviyani ko’zlab besh adad imolari bir quvvatli ishora, balki bir dalolat hukmiga o’ta olish qanoati menga buni yozdirdi. Xato qilgan bo’lsam, Kitobi Mubinni shafoatchi qilib Arhamurrohimiyndan qusurimning afvini niyoz aylayman.

سُبْحَانَكَ لاَعِلْمَ لَنَآ اِلاَّ مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

***

YIGIRMA TO’QQIZINCHI OYATNING SAHVIGA DOIR TAFSILOT

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kichik bir sahvdan quvvatli bir ishorati g’aybiya ko’rdim. Undan bildimki, u sahv bu uchun ekan.

Shundayki: Birinchi Shu'la bo’lgan Ishoroti Qur'oniyaning yigirma to’qqizinchi oyati Sura-i Ibrohimning boshida,

الٓرٰ كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ اِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النَّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلٰى النُّورِ بِاِذْنِ رَبِّهِمْ

ichida اِلٰى النُّورِ بِاِذْنِ رَبِّهِمْ jumlasiga maqomi jifriysi xato ravishda bir ming uch yuz o’ttiz to’rt (1334) bo’lib Risola-i Nurning fotihasi bo’lgan Ishorot-ul I'joz Tafsirining chiqishi va nashri tarixiga tavofuq bilan qaraydi deyilgan. Holbuki talaffuz qilinadigan harflarining maqomi bir ming uch yuz o’ttiz to’qqiz (1339) bo’lib, u tafsirning favqulodda mashhur bo’lishi va Dor-ul Hikmat tarafidan aksar muftiylarga yuborilgan nusxalar, ko’plab va moddiy va ma'naviy inqiloblarning larzalaridan saqlash nuqtasida -ko’p alomatlar va muftiylarning e'tirofi bilan- bittadan qal'a va aksar muftiylarning qo’llarida bittadan olmos qilich hukmiga o’tishlari tarixiga tavofuq bilan taqdirkorona qaraydi. O’qilmagan ikki "alif" sanalsa, bir ming uch yuz qirq bir (1341) bo’lib, Risola-i Nur chiqishi boshlanishiga batamom tavofuq bilan qaraydi.

Bu kichik xato shunday bir ma'noni birdan quvvatli eslatdiki, o’sha sura-i Ibrohimning (A.S.) boshidagi oyatning Risola-i Nurga ramzan qaragan yolg’iz uning to’rt jumlasi emas, balki u birinchi sahifa oxiriga qadar munosabati ma'naviya jihatida bir ma'no-i ramziy bilan -bir qancha fardlari ichida- Risola-i Nurga yashirin bir xususiyat bilan imo qiladi, ramzan qaraydi. Men hozircha u haqiqati ramziyani bayon qilolmayman. Yolg’iz qisqa bir ishora qilinadi. Ha, Risola-i Nurning asosi va mashrabi tafakkur va shafqat bo’lishi jihati bilan, Hazrat Ibrohimning (A.S.) xususiy mashrabi bo’lgan tafakkur va shafqat nuqtasida to’liq tavofuq qilmoq sirri bilan shu surada yanada ziyoda Risola-i Nurni quchog’iga oladi. Boshdagi oyat; to’rt jumla bilan eng qorong’u bir asrning qop-qorong’uligi ichida, zulmat-zulmat ichida insonlarni nurga chiqargan va Qur'ondan chiqqan bir nurga ishora qilgani kabi, eng qorong’ulik ichida bo’lgan va Risola-i Nurning jarayoniga muxolif ketganlarni ta'riflaydi.

UCHINCHI OYAT:

اَلَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ الْحَيٰوةَ الدُّنْيَا عَلَى اْلاٰخِرَةِ وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا اُولٰئِكَ فِى ضَلاَلٍ بَعِيدٍ

Bu ham uch jumlasi bilan ba'zi ma'naviy munosabat va mafhum uyg’unlik jihatida va ham Risola-i Nurning maslagiga, ham dinsizlarning maslagiga imo tarzida qaraydi. Va birinchi jumlasi bilan deydiki: "U badbaxtlar ba'zi ahli iymonning (iymonlari barobar bo’lgani holda) va bir qism ahli ilmning (oxiratni to’liq bilganlari holda) ularga qo’shilish dalolati bilan, bilib turib va sevib turib hayoti dunyoviyani dinga va oxiratga, ya'ni olmosni tanigani va topgani holda, besh tiyinlik shishani undan ustun qo’yish kabi; hayotdagi safohatni diniy hissiyotdan qaysarona ustun tutib dinsizlik bilan faxrlanadilar". Bu jumlaning bu asrga bir xususiyati bor. Chunki hech bir asr bunday bir tarzni ko’rsatmagan. Boshqa asrlarda u ahli zalolat oxiratni bilmaydi va inkor qiladi. Olmosning olmosligini bilmaydi, dunyoni ustun tutadi. Va ikkinchi jumlasi bo’lgan وَيَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللهِ bilan deydiki: "U badbaxtlarning zalolati muhabbati hayotdan va qaysarlikdan kelib chiqqani uchun o’z hollari bilan turmaydilar, tajovuz qiladilar. Bilganlari va u bilan ajdodlari bog’liq bo’lgan dinga adovatkorona, manbalarini quritmoq va asoslarini buzmoq va eshiklarini va yo’llarini yopishni istaydilar". Va uchinchi jumlasi bo’lgan وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا bilan deydiki: "Ularning zalolati fandan, falsafadan kelgani uchun, ajib bir g’urur va g’arib bir fir'avnlik va dahshatli bir anoniyat ularga berib nafslarini shunday shishirganki, koinotni idora qilgan Ilohiy qonunlarning shu'lalarini va inson olamida u haqiqatlarning dasturlarini tuban havaslariga va nafsoniy orzulariga uyg’un ko’rmaganliklaridan (aslo! aslo!) egri, xato, nuqson topishni istaydilar". Xullas, bu oyat uch jumlasi bilan ma'nan bu asrda ajib bir toifa-i zalolatga to’liq tavofuqi ma'naviy bilan ma'no-i ishoriysi bilan ko’p fardlari ichida xususiy qaragani kabi, tavofuqi jifriysi bilan ham boshlariga ishora qiladi.

Ha, avvalgi jumla bo’lgan اَلَّذِينَ يَسْتَحِبُّونَ ning maqomi bir ming uch yuz yigirma yetti (1327); agar shaddali "lom" va "be" ikki martadan sanalsa, Arabiy tarixi bilan bir ming uch yuz ellik to’qqiz (1359) bo’lib, u tug’yonli toifaning tajovuzkor zamonini ko’rsatib to’liq tavofuq bilan qaraydi. وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا ning maqomi, tanvin "nun" bo’lish jihati bilan, bir ming ikki yuz to’qqiz (1209) bo’lib, shariati Islomiyaga suiqasd bo’lib ajnabiy qonunlarini adliyaga tiqmoq fikri va tashabbusi tarixiga batamom tavofuq bilan qaraydi. Va bu alomatlar kabi ko’p imolar bilan boshdagi oyat quvvatli ishora qilgan Risola-i Nurning muorizlariga zohir bir suratda qaragani kabi, zid ma'noning dalolati bilan ham Risola-i Nurga to’liq qaraydi. Hatto to’rtinchi oyatda Risola-i Nurning Turkcha bo’lishini tahsin etadi va beshinchida Arabcha va Turkchani to’liq bilmagan va murshidlari va olimlari parishon bo’lgan Sharqiy viloyatlarda Risola-i Nur yordamlariga va har toifadan ziyoda boshlariga kelgan hodisalar va oyatda بِاَيَّامِ اللهِ ta'bir etilgan ayanchli voqealarni xotirlariga keltirmoq bilan tanbeh va irshod etishlariga bir ma'no-i ishoriy va ramziy bilan amr qiladi. Bu oxirgi ahamiyatli ishorani bayon etishimga hozircha izn bo’lmaganidan, yolg’iz har birining bitta ramzi g’oyat qisqa bayon qilinadi. Shundayki:

TO’RTINCHI OYATNING:

وَمَا اَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ اِلاَّ بِلِسَانِ قَوْمِهِ لِيُبَيِّنَ لَهُمْ

jumlasi jifriy maqomi bilan va boshdagi oyatning ishoralari alomatlari bilan, risolat va nubuvvatning har asrda vorislik nuqtasida noiblari, vakillari bo’lmoq qoidasi bilan, bir ma'no-i ramziy jihatida vorislik vazifasini qilgan Risola-i Nurni fardlari ichiga xususiy bir iltifot bilan kirgizib, lisoni Qur'on bo’lgan Arabcha bo’lmasdan Turkcha bo’lishini taqdirlaydi. Ha, buning maqomi رَسُولٍ dagi tanvin "nun" sanalmoq va shaddali "lom" ikki sanalsa va shaddali "ye" bir sanalsa, bir ming uch yuz ellik sakkiz (1358), har ikkisi bittadan sanalsa, bir ming uch yuz yigirma sakkiz (1328); shaddalilar ikki sanalsa, tanvin sanalmasa, bir ming uch yuz o’n sakkiz (1318); ham tanvin, ham shaddalilar sanalsa, bir ming uch yuz oltmish sakkiz (1368) bo’lib, Risola-i Nurning besh davriga va besh vaziyatiga ramzan va imoan qaraydi.

BESHINCHI OYATDA:

اَنْ اَخْرِجْ قَوْمَكَ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلٰى النُّورِ وَذَكِّرْهُمْ بِاَيَّامِ اللهِ

اِلٰى النُّورِ وَذَكِّرْهُمْ بِاَيَّامِ اللهِ jumlasida maqomi jifriysi, shaddalilar bittadan sanalmoq jihatida bir ming uch yuz ellik bir (1351) bo’lib, Risola-i Nurning hozircha bayoniga ruxsatim bo’lmagan ahamiyatli vazifasining va bu Qur'on amrlariga rioya qilishning tarixiga batamom jifriy tavofuq va ma'naviy uyg’unlik alomati bilan va qissadan hissa olmoq mavhum munosabat ramzi bilan Risola-i Nurga imo tarzida qaraydi. Yana yoziladigan ko’p g’aybiy ishoralar bor, faqat ruxsat berilmadi, hozircha qoldi.

***

SAKKIZINCHI SHU'LA

(Uchinchi Bir Karomati Alaviya)

Bir Maqsad Ifodasi

[Ma'lum bo’lsinki, men Risola-i Nurning qiymatini va ahamiyatini bayon qilish bilan Qur'onning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini e'lon qilish va iymon zaifligiga tushganlarni ularga da'vat qilish va ularning quvvatlarini va haqqoniyatlarini ko’rsatishni istayman. Bo’lmasa, aslo! O’zimni va hech bir jihat bilan yoqtirmagan nafsi ammoramni yoqtirtirish va madh qilish emas. Ham Risola-i Nur zohiran mening asarim bo’lish e'tibori bilan sano etmayman. Balki yolg’iz Qur'onning bir tafsiri va Qur'ondan ilhomlangan bir tarjimoni haqiqiysi va iymonning hujjatlari va e'lonchisi bo’lish e'tibori bilan ustun vasflarini bayon qilmoqdaman. Hatto bir qism risolalarni ixtiyorim xorijida yozganim kabi, Risola-i Nurning ahamiyatini zikr qilishda ixtiyorsiz hukmidaman. Imomi Ali (Roziyallohu Anh) Oyat-ul Kubro nomini bergan "Yettinchi Shu'la" risolasini yozishda ko’p zahmat chekkanimga bir oldindan berilgan mukofot va bir maqbuliyat alomati va bir tashviq sababi bo’lib bu karomati Jaljalutiya inoyati Ilohiya tarafidan berilganiga shubham qolmagan. Tahdisi ne'mat navidan buni "Sakkizinchi Shu'la" sifatida yozdim. Bo’lmasa hashrga doir muhim bir oyatning mo’'jizali bo’lgan burhonlarini yozar edim.]

***

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

[Imomi Alining (Roziyallohu Anh) Risola-i Nurga doir uchinchi bir karomati.]

Ha, O’n Sakkizinchi va Yigirma Sakkizinchi Yog’dularda izoh va isbot qilingan ikki zohir karomatini dastaklab va quvvatlantirib Qasida-i Jaljalutiyasida Sirojunnurdan yaqollik darajasida xabar bergani kabi, yana o’sha Qasidada Sirojunnurning eng nomdor risolalariga ishora qiladi, go’yo olqishlaydi; va sakkiz adad ramz bilan mashhur bir qism risolalarini ko’rsatadi.

BIRINCHISI:Risola-i Nurni ochiq shaklda bildirgan تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرًّا بَيَانَةً parchasidan so’ngra Suryoniy lisoni bilan asmoyi husnadan madad va Qur'oniy suralar bilan bir munojot qiladi. Batamom o’ttiz uch suralar bilan shunday g’arib va ma'nodor bir tarzda zikr qiladiki; bir qism sirlarni va g’aybiy xabarlarni ham bildirmoq istagani anglashiladi. Men mashaqqatli bir zamonda Imomi Alining (Roziyallohu Anh) Oyat-ul Kubro nomini bergan "Yettinchi Shu'la"ni tugatganim ayni vaqtda -e'tiqodimga ko’ra menga tez bir mukofot va bir haq sifatida- kechasi davomida Jaljalutiyani o’qidim. Birdan bir g’aybiy eslatma kabi qalbimga deyildi: Imomi Ali Roziyallohu Anh Risola-i Nur bilan juda ham mashg’ul. Majmuidan xabar bergani kabi, qiymatdor risolalariga ham ishora darajasida ramz qilib imo qiladi. Agar ochiq bir suratda g’aybdan xabar berish (juda zararli bo’lganidan, hikmatga zid bo’lgani jihat bilan) hikmati Ilohiya tarafidan man bo’lmasa edi, ochiq shaklda bildirar edi. Masalan, suralarni sanab o’tarkan, yigirma beshinchiga kelgani vaqt deydiki:

بِحَقِّ تَبَارَكَ ثُمَّ نُونٍ وَسَآئِلٍ - وَبِسُورَةِ التَّهْمِيزِ وَالشَّمْسُ كُوِّرَتْ

وَبِالذَّارِيَاتِ ذَرْوًا وَالنَّجْمِ اِذَا هَوَى - وَبِاِقْتَرَبَتْ لِىَ اْلاُمُورُ تَقَرَّبَتْ

وَبِسُوَرِ الْقُرْاٰنِ حِزْبًا وَاٰيَةً - عَدَدَ مَاقَرَأَ الْقَارِى وَمَا قَدْ تَنَزَّلَتْ

فَاَسْئَلُكَ يَا مَوْلاَىَ بِفَضْلِكَ الَّذِى - عَلٰى كُلِّ مَا اَنْزَلْتَ كُتْبًا تَفَضَّلَتْ

Xullas, bu ifodalarda Eskishahar Og’ir Jazo Mahkamasini hayratda qoldirgan va ustida ko’z bilan ko’ringan bir karomati bilan va qiyomat va hashrni isbot qilgan horiqo hujjatlari bilan mashhur bo’lgan "Yigirma To’qqizinchi So’z"ga Hazrat Imomi Ali (Roziyallohu Anh), zikr va sanab chiqqan suralarning yigirma to’qqizinchi martabasida وَالشَّمْسُ كُوِّرَتْ bilan unga ishora qiladi. Chunki qiyomat bo’lishidan g’oyat dahshatli xabar bergan اِذاَ الشَّمْسُ كُوِّرَتْ surasiga to’liq uyg’un bir suratda o’sha Yigirma To’qqizinchi So’z qiyomatning va olam xarob bo’lishining va dunyo o’limining va oxirat hayotining va o’liklarni tiriltirishning qat'iy hujjatlarini bayon qilarkan, bu suraning dahshatli tasvirini zikr qilishi; ham ma'noda, ham yigirma to’qqizinchi martabada uyg’unliklari u ishorani isbot qiladi.

Ham zarralarning o’zgarishida bo’g’ilgan moddiyunlarni jim qilgan va zarralarning o’zgarishi va harakatlarini, vazifa va intizomlarini o’xshovsiz bir tarzda isbot qilgan O’ttizinchi So’z nomli Zarralar Risolasiga Hazrat Imomi Ali (Roziyallohu Anh), o’ttizinchi martabada وَبِالذَّارِيَاتِ ذَرْوًا qasami bilan unga ishora qiladi. Ha, bu ishorada lafzan va suratan Sura-i وَالذَّارِيَاتِ ذَرْوًا va Risola-i Zarrot bir-biriga o’xshashlik bilan barobar ma'no jihati bilan ham munosabat bor. Chunki Sura-i وَالذَّارِيَاتِ ning boshida tasodifiy va intizomsiz deb o’ylangan havoning to’lqinlanishi g’oyat hikmatli va vazifador bo’lib rububiyatning takviniy amrlarini atrofga yetishtiradi deb ifoda qilgani kabi, Risola-i Zarrot ham moddiyunlar tarafidan tasodifiy va intizomsiz deb o’ylangan zarralar harakati ham g’oyat hikmatli va u zarralar muntazam vazifalar bilan vazifador bo’lganliklarini g’oyat quvvatli va qat'iy burhonlar bilan isbot qiladi.

Ham Me'roji Muhammadiy Alayhissalotu Vassalomni aqliy dalillar bilan g’oyat ma'qul va qat'iy bir suratda isbot qilgan va "O’ttiz Birinchi So’z" nomida va martabasida bo’lgan Risola-i Me'rojga Hazrat Imomi Ali (R.A.) o’ttiz birinchi martabada Me'roji Ahmadiy (A.S.V.) va Qobi Qavsayndagi mushohada va muqolamani ochiq bir suratda boshlagan Sura-i وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى ning boshida bo’lgan وَالنَّجْمِ اِذَا هَوٰى jumlasi bilan yaqqollikka yaqin bir tarzda o’sha risolaga ishora qiladi va Sura-i وَالطُّورِ ni qoldirib, وَالذَّارِيَاتِ dan keyin وَالنَّجْمِ surasini zikr qilishi bu ishorani quvvatlantiradi.

Ham Shaqqi Qamar mo’'jizasini munkirlarga qarshi quvvatli dalillar bilan isbot qilgan Me'roj Risolasining zayli bo’lgan Shaqqi Qamar Risolasi nomli o’ttiz birinchi martabaning oxirida u risolaga Hazrat Imomi Ali (R.A.) Shaqqi Qamarni nassi sarih bilan zikr qilgan Sura-i اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَانْشَقَّ الْقَمَرُ dan iqtibos etib o’ttiz birinchi martabaning oxirida zikr qilingan وَبِاِقْتَرَبَتْ لِىَ اْلاُمُورُ تَقَرَّبَتْ ifodasi bilan sarohatga yaqin ishora qiladi.

Ma'lumdirki: Risola-i Nur boshda o’ttiz uch adad So’zlardir va So’zlar nomi bilan yod qilinadi. Faqat O’ttiz Uchinchi So’z mustaqil emas, balki o’ttiz uch adad Maktubotdan iborat. Va Maktubot nomi bilan zikr qilinadi. So’ngra O’ttiz Birinchi Maktub ham mustaqil emas, balki o’ttiz bir adad Yog’dulardan tashkil topgan. Va Yog’dular nomi bilan mashhurdir. So’ngra O’ttiz Birinchi Yog’du ham mustaqil bo’lmagan, u ham inshaalloh o’ttiz bir adad Shu'lalardan tarkib topadi. Al-Oyat-ul Kubro yettinchi va bu risola Sakkizinchi Shu'lalardir. Demak, So’zlarning xotimasi O’ttiz Ikkinchi So’z. Ham Risola-i Nurning yulduzlari ichida bir Quyosh hukmida shogirdlari tomonidan qabul qilingan O’ttiz Ikkinchi So’z nomli Uch Qismli hayratomuz va jome' risola va So’zlarning bir jihatda xotimasi va jam'iyatli natijasi bo’lgan u risolaga Hazrat Imomi Ali (R.A.) uning favqulodda ahamiyatini va jome'iyatini ko’rsatish uchun Qur'onning ko’p suralari bilan birdan O’ttiz Ikkinchi martabada وَبِسُوَرِ الْقُرْاٰنِ حِزْبًا وَاٰيَةً qasami bilan O’ttiz Ikkinchi Martabada bo’lgan u jome' risolaga ishora qiladi. Risola-i Nurning O’ttiz Uchinchi So’zi esa, bundan avval bayon qilganimiz kabi, o’ttiz uch adad maktublardan iborat va Maktubot nomli o’ttiz uch kitob va yuzdan ziyoda risolalardir.

Xullas, Hazrat Imomi Ali (R.A.) O’ttiz Uchinchi Martabada va qasamida O’ttiz Uchinchi So’zning parchalari bo’lgan o’sha bir yuz o’nta kitob va Maktubotga birdan ishora qilish uchun bir yuz o’nta samoviy sahifalar nomli bir yuz o’n muxtasar kitoblar va o’sha buyuk muqaddas kitoblardan madad istash ma'nosida bo’lgan shu:

فَاَسْئَلُكَ يَا مَوْلاَىَ بِفَضْلِكَ الَّذِى - عَلٰى كُلِّ مَااَنْزَلْتَ كُتْبًا تَفَضَّلَتْ

kalomi bilan ishora qiladi. Ma'lumdirki: Ilmi balog’atda va fanni bayonda uzoq va yashirin ma'nolarga dalolat qilish uchun karina ta'bir qilganlari alomatlardan va munosabatlardan birisi bo’lsa, uzoq bir ma'no va yashirin va ishoriy bo’lgan bir mafhum karinaning quvvatiga ko’ra ochiq va zohir ma'nosi kabi qabul qilinadi. Xullas, bu qoidaga binoan, bu ishoriy ma'nolarning har birisiga ko’pgina karinalar, alomatlar bo’lgani kabi boshqa do’stlari ham unga karinalar bo’ladi. Risola-i Nurning majmuidan xabar bergan ochiq parchalar ham har birisiga quvvatli bir karinadir.

IKKINCHI RAMZ:Qur'onning Al-Oyat-ul Kubrosi bo’lgan

تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَاْلاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ وَاِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

ning haqiqati kubrosini va tafsiri akbarini ko’rsatgan va ramazoni sharifning ilhomiy bir hadyasi bo’lgan "Yettinchi Shu'la" risolasiga Hazrat Imomi Ali (R.A.) Maktubotga ishoradan so’ngra "Yog’dular"ga ishora ichida Shu'lalarga qarab

وَبِاْلاٰيَةِ الْكُبْرٰى اَمِنِّى مِنَ الْفَجَتْ

{(Hoshiya) Imomi Ali bu parcha bilan ishora qiladiki, Oyat-ul Kubro risolasi sababli shogirdlari bir musibatga tushadilar va uning karomati va barakasi bilan amniyatga va salomatga chiqadilar. Ha, bu karomati Alaviya batamom chiqdiki, o’sha risola uchun qamoqqa tushib va uning quvvatli haqiqatlari bilan qutuldilar.} deb ilmi balog’atda "mustatbaot-ut tarokib" va "maoriz-ul kalom" deyilgan ma'no-i zohiriyning tobeligi bilan va pardasining orqasi bilan ko’plab karinalarning quvvatiga ko’ra ishora qiladi.

Va u ajib va yuksak va tavhidning hujjat-ul kubrosi; va Al-Oyat-ul Kubroning bir alomati kubrosi va bir tafsiri a'zami bo’lgan risolaga "Oyat-ul Kubro" nomini beradi. Va u nom bilan ham manbai bo’lgan Oyat-ul Kubroning azamatini, ham bu "Yettinchi Shu'la" bo’lgan vahdoniyatning va tavhidning burhoni a'zamining favqulodda quvvatini e'lon qiladi, xabar beradi. Hazrat Imomi Alining (R.A.) bu buyuk iltifotiga, bu risolaning layoqatiga kimningdir bir shubhasi bo’lsa, kelsin, bir marta o’sha risolani o’qisin. Agar ha, loyiqdir demasa, menga tuf desin. Ha, Qur'onga qarshi ming yildan beri intiqomona tayyorlangan dinsizlarning e'tirozlarini va kofir faylasuflarning yig’ilib hozir yo’l topib tarqalgan shubhalarini va Qur'onning dahshatli zarbalaridan intiqom ilinjida bo’lgan o’jar Yahudiylarning va mag’rur bir qism Nasroniylarning hujumlarini daf qilib qarshilik qilgan va har asrda Qur'onning juda ko’p qahramonlari va ma'naviy qal'alari bor edi. Hozir ehtiyoj bir-ikkidan yuzga chiqqan. Va mudofaachilar yuzdan ikki-uchga tushgan. Ham iymon haqiqatlarini ilmi kalomdan va madrasadan o’rganish ko’p vaqtga muhtoj bo’lganidan, bu zamonda u eshik ham yopildi. Ham tez, ham hamma tushunadigan bir tarzda eng chuqur haqiqatlarni ta'lim bergan Risola-i Nur, albatta Imomi Ali Roziyallohu Anhning bu iltifotiga loyiqdir. Ham Imomi Ali (R.A.) o’ninchi sanash martabasida o’ninchi sura bo’lib va qiyomat va baroat kechasiga qaragan وَبِسُورَةِ الدُّخَانِ فِيهَا سِرًّا قَدْ اُحْكِمَتْ deb ma'no-i ishoriysi bilan "O’ninchi So’z" nomli va martabasida bo’lgan Hashr Risolasiga ishora bilan barobar u risolaning favqulodda ahamiyatini va g’oyat sog’lom bo’lganini va u zamonning tumanli qorong’uliklarini ketkazgan bir baroat kechasining bir qandili hukmida bo’lganiga va hashr va qiyomatning bir alomati bo’lgan tutun, ham baroat kechasining sanaviy bo’lib hikmatli ishlarni ayirish va taqsimlash nuqtalari bilan va boshqa karinalar bilan imoan va ramzan xabar beradi. Ha, O’ninchi So’z juda ahamiyatli bir baloni daf qildi. Hurriyati afkor erkinligi va jahon urushi larzasi vaqtida hashrni inkor qilgan munofiqlar fursat topib ko’p yerlarda zaharli fikrlarini izhor qilishni boshlaganlari bir zamonda "O’ninchi So’z" chiqdi va chop qilindi. Ming nusxasi atrofga yoyildi. Uni ko’rgan harkas kamoli ishtiyoq va qiziqish bilan o’qidi. Zindiqlarning kofirona fikrlarini to’liq sindirdi va ularni jim qildi. Imomi Ali Roziyallohu Anhning bu taqdiriga layoqatini isbot qildi. Kimning shubhasi bo’lsa kelsin, uni diqqat bilan o’qisin, hashrning qanchalar quvvatli bir burhoni bo’lganini ko’rsin.

Ham Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anh o’n to’qqizinchi sura bo’lib Surat-un Nurni

بِسِرِّ حَوَامِيمِ الْكِتَابِ جَمِيعِهَا - عَلَيْكَ بِفَضْلِ النُّورِ يَانُورُ اُقْسِمَتْ

parchasi bilan zikr qilib juda muxtasar bo’lgan O’n To’qqizinchi So’zga va juda mukammal bo’lgan "O’n To’qqizinchi Maktub"ga ishora uchun nur lafzini takror qilish bilan maktublarning martabasi, ya'ni "O’n To’rtinchi Maktub" nuqson qolishiga imo qilib Sura-i Nurni o’n beshinchida yana zikr qilishi bilan g’oyat latif va mudaqqiqona xabar beradi. Va u ikki risolalarni Risola-i Nurning buyuk nurlari bo’lganliklarini bildiradi. Ha, risolati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalomga doir bo’lgan "O’n To’qqizinchi So’z" ham uch jihat bilan karomatli va hayratomuz bo’lgan "O’n To’qqizinchi Maktub" haqiqatdan Risola-i Nurning eng porloq bittadan nuridirlar. Va Oisha-i Siddiqa Roziyallohu Anhaning oqlanishi munosabati bilan oyati Nurning مَثَلُ نُورِهِ kalimasidagi olmosh uch jihatdan birisi bilan Muhammad Alayhissalotu Vassalomga taalluqli bo’lish jihati bilan Sura-i Nur Zoti Muhammadiya Alayhissalotu Vassalom bilan ziyoda aloqador bo’lganidan, u sura bilan risolati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalomni isbot qilgan o’sha ikki risolaga ikki nur lafzi bilan, balki uch nur kalimalari bilan yana aynan risolati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomni isbot qilgan "Me'roj Risolasi"ga ham ishora qilgan. Men e'tirof qilamanki: O’n To’rtinchi Maktub nuqson qolganini unutgandim. Hazrat Imomi Ali (R.A.) ayni surani ikki marta takror qilishi bilan esladim va ishoralaridagi diqqatiga hayron bo’ldim. Faqat u takror yolg’iz "O’n To’qqizinchi So’z va Maktub" uchun sanaladi; undan keyingilarga nisbatan sanalmaydi.

UCHINCHI RAMZ:"Yigirma Sakkizinchi Yog’du"da izoh va isbot qilingan

تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرّاً بَيَانَةً - تُقَادُ سِرَاجُ السُّرْجِ سِرّاً تَنَوَّرَتْ

بِنُورِ جَلاَلٍ بَازِخٍ وَشَرَنْطَخٍ - بِقُدُّوسِ بَرْكُوتٍ بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ

parchalari bilan Risola-i Nurning uch ahamiyatli vaziyatini xabar beradi. Bu parchalarning sarohatga yaqin bir suratda ham jifr, ham ma'no jihati bilan Risola-i Nurga ishorasini "O’n Sakkizinchi Yog’du"da izohiga binoan, bu yerda esa u yerda zikr qilinmagan va Imomi Ali Roziyallohu Anhning nazari diqqatini jalb qilgan yolg’iz uch sirri bayon qilinadi.

Birinchisi:Musulmonlar ichida, dallollar qo’lida e'lon suratida kezdirishga loyiq bo’lgan Risola-i Nur, afsuski g’oyat yashirin parda ostida tarqalish va yashirinishga majbur bo’lishiga ishora qilib Imomi Ali Roziyallohu Anh ikki marta سِرّاً بَيَانَةً va سِرًّا تَنَوَّرَتْ kalimalari bilan سِرّاً ya'ni faqat yashirin tarqala oladi. Taajjubona xabar beradi.

Ikkinchisi:Risola-i Nur Ismi A'zam jilvasi bilan va Ismi Rahim va Hakimning tajalliysi bilan namoyon bo’lganidan, imtiyozli xossasi "Allohu Akbar"dan iqtibos qilib jalol va kibriyo, "Bismillahirrohmanirrohiym"dan fayzlanib marhamat va shafqat, وَهُوَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ dan foydalanib hikmat va intizomning asoslari uzra ketadi. Uning ruhi va hayoti ulardir. Boshqa mashrablardagi ishq o’rniga Risola-i Nurning mashrabida mushtoqona shafqatdir va marhamatkorona muhabbatdir.

Qandayki Hazrat Imomi Ali (R.A.) ochiq bir suratda Sirojunnurning ta'lif tarixini va takommillashish zamonini va mashhur ismini تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchasi bilan xabar bergan. Xuddi shuning kabi بِنُورِ جَلاَلٍ بَازِخٍ وَشَرَنْطَخٍ oxirigacha.. parchasi bilan ham Sirojunnurning asoslaridan xabar beradi. Chunki جَلاَلٍ بَازِخٍ izzat, azamat va jalol va kibriyodir. شَرَنْطَخٍ Suryoniycha Rauf va بَرْكُوتٍ Rahimdir. Demak, Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anh Sirojunnurni ta'rif qilmoqda. Hayotini va nurini kibriyo va azamat va marhamat va rahimiyatdan olmoqda deb tanlangan xususiyatini bayon qiladi.

Uchinchisi:Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anh bu parchada بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ jumlasi bilan deydiki: Bir ming uch yuz ellik to’rtda (1354) Siroj-un Nur (ya'ni, Risola-i Nurning nuri) bilan zalolatning tajovuz qilgan olovi inshaalloh so’nadi. Ya'ni, diniy fitna otashini yo buzg’unchilikdan voz kechiradi, yoki oldingi tajovuzlarini sindiradi. Agar hijriy tarixi bo’lsa, bundan ikki yil avval dinni dunyodan ayirmoq fursatidan foydalanish bilan dinning va Qur'onning zarariga bo’lib ilgarilagan dahshatli rejalarning tajovuzlari to’xtashi, albatta qarshilarida kuchli bir to’siqning bo’lganidandir. O’sha to’siq esa, bu zamonda ko’p tarqalgan Risola-i Nurning keskin hujjatlari va kuchli burhonlari bo’lgani ko’p alomatlar bilan his qilinmoqda. Va bu ikkinchi ehtimoldagi ishorati Alaviya ham uni quvvatlantiradi.

{(Hoshiya) Hamda اِنَّا اَعْطَيْنَا ning sirri qisman amalga oshgan. Chunki Sufyoniyatning to’rt rahnamosidan eng kuchlisi va dahshatlisi butun-butun chekindi. Qabr ostida azob chekmoqda. Va eng kattasi ham aloqasi amalda chekingan. Mason komitetining mahkumi va vositasi bo’lib azobi bilan mashg’ul. Yolg’iz uning soyasi hukm qilmoqda. Yana tajovuz qilmaslik bilan barobar, qisman chekinmoqda. Qolgan ikki shaxs esa, qo’llaridan kelsa, ta'mirga urinadilar.}

Ha, jifrga ko’ra بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ : خ olti yuz (600), ت to’rt yuz (400), ر ikki yuz (200), shaddali ن yuz (100), م qirq (40), د va uch ا yetti (7), بِهِ dagi ب ikki (2) , ه besh (5), jami bir ming uch yuz ellik to’rt (1354) bo’ladi. Lillahilhamd, Siroj-un Nurning Al-Oyat-ul Kubrosi kabi ko’p risolalari bor. Har biri kuchli bittadan chiroq hukmida siroti mustaqimni ko’rsatib Imomi Ali Roziyallohu Anhning xabarini tasdiq qiladilar.

Bu uchinchi sirning muosabati bilan aynan بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ kabi bir ming uch yuz ellik to’rt (1354) tarixiga jifriy maqomi bilan qaragan va Saidning (R.A.) ikki mashhur laqabiga ramzan va isman imo qilgan va "o’zingni muhofaza qil" amrini bergan va u tarixda harkasdan ziyoda bir qancha tahlikalarga ma'ruz bo’lishini talvih qilgan "Arjuza"ning oxirlaridagi

فَاسْئَلْ لِمَوْلاَكَ الْعَظِيمِ الشَّانِ - يَا مُدْرِكًا لِذَلِكَ الزَّمَانِ

بِاَنْ يَقِيكَ شَرَّ تِلْكَ الْفِتْنَةِ - وَشَرَّ كُلِّ كُرْبَةٍ وَمِحْنَةٍ

parchasi bilan deydi: "Ey Said-al Kurdiy! Bir ming uch yuz ellik to’rt (1354) tarixiga yetishsang, Mavloyi Azimingdan u zamonning va u asrning fitna va sharrlaridan muhofazani ista va yolvor". Ha, O’n Sakkizinchi Yog’duda Birinchi Karomati Alaviyaning izohida, Qasida-i Arjuziyaning Risola-i Nur va muallifiga doir g’aybiy ishoralari bayon qilingan. Imsi a'zam va sakina ta'bir qilgani asmo-i sitta-i mashhura bilan doimo mashg’ul bo’lgan bir shogirdi bilan gapirgani va tasalli bergani va ko’p alomatlar va ishoralar bilan o’sha shogird Said bo’lgani isbot qilingan. Va u yerda o’sha shogirdiga degan:

اَحْرُفُ عُجْمٍ سُطِّرَتْ تَسْطِيرًا بِتَّ بِهَا اْلاَمِيرُ وَالْفَقِيرَا

Ya'ni, ajnabiy harflari bir ming uch yuz qirq sakkizda (1348) umumiylashtiriladi, bola-chaqa, amirlar va faqirlar majburlash suratida tungi darslar bilan o’rganishga harakat qiladilar.

Ha, سُطِّرَتْ تَسْطِيرًا jumlasi batamom; ikki ت sakkiz yuz (800), ikki س bir yuz yigirma (120), ikki ر to’rt yuz (400), ikki ط o’n sakkiz (18), bir ى o’n (10), jami bir ming uch yuz qirq sakkizdir (1348). Ayni tarixda Lotincha harflariga tungi darslari bilan jabran dars qildirildi. So’ngra Imomi Ali (R.A.) Sakina bilan mashg’ul bo’lgan Saidga qaraydi, gapiradi. Davomida يَا مُدْرِكًا لِذَلِكَ الزَّمَانِ deydi. Ikki-uch yerda quvvatli ishora bilan Said ismini bergan shogirdiga xitoban "O’zingni Sakina bilan duo qilib muhofazaga harakat qil". Yo-i nidoiydan so’ngra ko’pgina ishoralar va alomatlar bilan Said bor. Demak يَاسَعِيدُ مُدْرِكًا لِذَلِكَ الزَّمَانِ bo’ladi. Bu parcha qandayki مُدْرِكًا kalimasi bilan "Al-Kurdiy" laqabiga ham lafz, ham jifr jihatidan qaraydi. Chunki mimsiz دَرْكًا "Kurd" qalbidir. {(1) Ya'ni teskaridan o’qilgan.} "Mim" esa "lom" va "ye"ga to’liq muvofiqdir. Shuning kabi, boshqa bir ismi bo’lgan Badiuzzamon taxallusiga ham "az-zamon" kalimasi bilan imo qilish bilan barobar, bir ming uch yuz ellik to’rt (1354) yoki bir ming uch yuz ellik besh (1355) jifriy maqomi bilan Saidning holatining haqiqatini va odatga xilof vaziyatini hamda muhofaza va qo’riqlash uchun ko’plab duosini va xilvat va yolg’izligini batamom ta'bir va ifoda qilganidan, yaqollikka yaqin bir suratda barmog’ini uning boshiga o’sha qasidada tasalli uchun bosadi. Bu yerda ham بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ sirriga mazhar bo’lgan Risola-i Nurni olqishlaydi.

Ma'lum bo’lsinki, Jaljalutiyaning asosi va ruhi bo’lgan

اَلْقَسَمُ الْجَامِعُ وَالدَّعْوَةُ الشَّرِيفَةُ وَاْلاِسْمُ اْلاَعْظَمُ

Imomi Ali Roziyallohu Anhning eng muhim va eng mudaqqiq uvaysiy bir shogirdi va Islomiyatning eng mashhur va porloq bir hujjati bo’lgan Imom G’azzoliy (R.A.) Hujjat-ul Islom deydiki: "Ular vahiy bilan Payg’ambarga (A.S.V.) nozil bo’lgan vaqt Imomi Aliga (R.A.) "Yoz" deb amr qildi. U ham yozdi. So’ngra nazm etdi". Imom G’azzoliy (R.A.) deydi:

اِنَّ هٰذِهِ الدَّعْوَةَ الشَّرِيفَةَ وَالْوَفْقَ الْعَظِيمَ وَالْقَسَمَ الْجَامِعَ وَاْلاِسْمَ اْلاَعْظَمَ وَالسِّرَّ الْمَكْنُونَ الْمُعَظَّمَ بِلاَ شَكٍّ كَنْزٌ مِنْ كُنُوزِ الدُّنْيَا وَاْلاٰخِرَةِ

Imom G’azzoliy Imom Nuriddindan dars olib bu Jaljalutiyaning ham Suryoniy kalimalarini, ham qiymatini va xususiyatini sharh qilgan.

To’rtinchi Ramz:Imomi Ali (R.A.) Siroj-un Nurdan xabar bergandan keyin yana o’ttiz uch va bir jihatdan o’ttiz ikki adad Suryoniycha ismlarni sanab o’tarkan, Risola-i Nurning eng quvvatli, eng qiymatdor bo’lgan Mo’'jizoti Qur'oniya Risolasiga va O’ttiz Ikkinchi So’zga quvvatli ishora qilgani kabi, boshqa risolalarga ham ramzan yoki imoan yoki talvihan qaraydi. Ha, Hazrat Imomi Ali (R.A.) Risola-i Nurga qarab Suryoniy ismlarni kirgizib deydi:

تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرًّا بَيَانَةً * تُقَادُ سِرَاجُ السُّرْجِ سِرًّا تَنَوَّرَتْ

بِنُورِ جَلاَلٍ بَازِخٍ وَ شَرَنْطَخٍ * بِقُدُّوسِ بَرْكُوتٍ بِهِ النَّارُ اُخْمِدَتْ

بِيَاهٍ وَيَا يُوهٍ نَمُوهٍ اَصَالِيًا * بِطَمْطَامٍ مِهْرَاشٍ لِنَارِ الْعِدَاسَمَتْ

بِهَالٍ اَهِيلٍ شَلْعٍ شَلْعُوبٍ شَالِعٍ * طَهِىٍّ طَهُوبٍ طَيْطَهُوبٍ طَيَطَّهَتْ

اَنُوخٍ بِيَمْلُوخٍ وَ اَبْرُوخٍ اُقْسِمَتْ * بِتَمْلِيخِ آيَاتٍ شَمُوخٍ تَشَمَّخَتْ

{(Hoshiya) Hashrga doir mashhur Yigirma To’qqizinchi So’zga, keyin Me'roj va zayli Shaqqi Qamarga qaraydi.}

اَبَازِيخَ بَيْذُوخٍ وَ ذَيْمُوخٍ بَعْدَهَا * خَمَارُوخٍ يَشْرُوخٍ

بِشَرْخٍ تَشَمَّخَتْ * بِبَلْخٍ وَ سِمْيَانٍ وَ بَازُوخٍ بَعْدَهَا

بِذَيْمُوخٍ اَشْمُوخٍ بِهِ الْكَوْنُ عُمِّرَتْ * بِشَلْمَخَتٍ اِقْبَلْ دُعَائِى

deb duo bilan xatm qiladi. Hazrat Imomi Ali (R.A.) boshda yaqqollik bilan xabar bergan Risola-i Nurni Siroj-un Nur va Siroj-us Surj nomi bilan Birinchi Martabada oshkora uni ko’rsatib sanab o’tarkan, Yigirma Beshga kelgan vaqtda بِتَمْلِيخٍ اٰيَاتٍ شَمُوخٍ تَشَمَّخَتْ deydi. Qur'on oyatlarining i'jozlarini bayon va Qur'onning qirq jihat bilan mo’'jiza bo’lganini yetti adad kulliy jihatlarda isbot qilgan Risola-i Nurning eng mashhur va porloq risolasi bo’lgan Yigirma Beshinchi So’z nomli Mo’'jizoti Qur'oniya Risolasiga ishora qiladi. Chunki boshda Siroj-un Nurning birinchi martabada sanalishi, ham بِتَمْلِيخِ اٰيَاتٍ parchasida

اٰيَاتٍ kalimasining bo’lishi, ham yigirma beshinchi martabada zikr qilishi, quvvatli bir ishoradirki: Juda ko’p oyatlarni zikr qilib i'jozlarni va sirlarni bayon qilgan Yigirma Beshinchi So’zga ma'no-i majoziy bilan qaraydi. Va suralarning sanalishida ham yana yigirma beshinchi martabada iborani almashtirib boshdan boshlayotganday بِحَقِّ تَبَارَكَ deb Risola-i Nurning eng muborak va barakali bo’lgan Yigirma Beshinchi So’zning ahamiyatini ko’rsatadi. So’ngra yigirma olti va yettida اَبَاذِيخَ بَيْذُوخٍ وَذَيْمُوخٍ بَعْدَهَا deydi. So’ngra o’ttiz va o’ttiz birinchida بِبَلْخٍ وَسِمْيَانٍ وَبَازُوخٍ بَعْدَهَا deb yana iborani o’zgartirib بَعْدَهَا kalimasini zikr qiladi. G’oyat zohir va quvvatli bir ishora bilan ijtihodga doir Yigirma Yettinchi So’zning sahobalar haqidagi juda muhim va qiymatdor zaylini va Me'rojga doir O’ttiz Birinchi So’zning Shaqqi Qamarga doir va unga juda ko’p ehtiyoj bo’lgan ahamiyatli zaylini بَعْدَهَا kalimasi bilan ko’rsatayotganday, quvvatli ishora qiladi. Men e'tirof qilamanki; men bu zayllarni unutgandim. Imomi Alining (R.A.) bu eslatmasi bilan esladim. Shaqqi Qamarni yuqorida yozdim. Hozir bu onda sahobalar haqidagi zaylni xotirladim. Xullas, modomiki balog’at ilmi va bayon fanida birgina ishora bilan majoziy bir ma'no murod bo’la oladi va birgina munosabat bilan bir ma'noga ishora bo’lsa, o’sha ma'no bir ma'no-i ishoriy bo’lib qabul qilinadi. Albatta, zohir va ko’p ishoralar va alomatlarni inobatga olmasak, faqat bu ikki yerda to’liq zayllar bo’lgan ayni maqomda va zayl ma'nosida bo’lgan بَعْدَهَا kalimasini takror suratida ifodani almashtirib aytishi, to’liq bir alomatdirki, Hazrat Imomi Ali (R.A.) ma'no-i haqiqiysidan boshqa bir ma'no-i ma'joziy va ishoriyni ham ifoda qilishni istaydi.

So’ngra yigirma to’qqizinchi martabada, haybatli bir tarzda

خَمَارُوخِ يَشْرُوخٍ بِشَرْخٍ تَشَمَّخَتْ

deydi. Yigirma beshda o’tgan va sirlarni bilish ma'nosida bo’lgan تَشَمَّخَتْ kalimasini takror bilan sobiqan bayon qilganimiz g’aroyib Yigirma To’qqizinchi So’zga quvvatli bir alomat bilan ishora qiladi. So’ngra o’ttiz ikkinchi martabada suralarni sanab chiqilishda ahamiyat bilan ishora qilgan qamrovli risola bo’lgan O’ttiz Ikkinchi So’zga yana nazari diqqatni kuchli jalb qilish uchun ذَيْمُوخٍ اَشْمُوخٍ بِهِ الْكَوْنُ عُمِّرَتْ va bir nusxada بِهِ الْكَوْنُ عُطِّرَتْ ya'ni Ismi Adl va Ismi Hakamning tajalliysi bilan va adolat va mezoni bilan va intizom va hikmati bilan dunyo ta'mir qilinadi. Buzilishdan qutuladi. Ikkinchi nusxa bilan o’sha ikki ismning xushbo’y isi bilan va juda xush hidlari bilan dunyo go’zal hidlar oladi. Attor do’koni kabi xushbo’y is beradi.

Xullas, Ismi Adl va Ismi Hakamning porloq bir oynalari va bir tafsirlari hukmida bo’lgan O’ttiz Ikkinchi So’zga ishora qiladi va ma'no-i majoziy suratida ifoda qiladi. ذَيْمُوخٍ kalimasining takrori bilan So’zlar o’ttiz uch ekan, bir martabasi maktublardan iborat bo’lganiga va O’ttiz Ikkinchi So’z oxirgi martabasi bo’lganiga imo qiladi. Men Suryoniy kalimalarining ma'nolarini tamomi bilan bilolmaganimdan va Imom G’azzoliy (R.A.) ham tamomi bilan izoh qilmaganidan, Hazrat Imomi Alining (R.A.) o’sha kalimalar bilan boshqa risolalarga ishoralarini hozircha qoldiraman.

Beshinchi Ramz:Modomiki Jaljalutiya vahiy bilan Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomga nozil bo’lgan. Va Allam-ul G’uyubning ilmi bilan ma'no ifoda qiladi. Ham modomiki Jaljalutiya اَقِدْ كَوْكَبِى va تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchalarida ma'no-i majoziy bilan o’sha qasidaning haqiqatini isbot qilgan Risola-i Nurga ochiqchasiga va uning o’n uch ahamiyatli risolalariga ishoratan xabar berish bilan barobar,

فَيَا حاَمِلَ اْلاِسْمِ الَّذِى جَلَّ قَدْرُهُ da ham o’sha qasidaning bir asosi bo’lgan اَ لاِسْمُ الْمُعَظَّمْ bilan ko’p mashg’ul va madad istagan Risola-i Nur muallifiga va buning o’n uchta ahamiyatli hayot hodisalariga imo, ramz, ishora navidan majoziy ma'no bilan xabar beradi. Ham modomiki majoziy ma'no bilan va ishoriy ma'noning murod bo’lishiga bir zaif ishora va bir yashirin alomat va birgina munosabat yetarli bo’ladi. Ham modomiki Risola-i Nur va risolalariga va muallifi va ahvoliga bo’lgan ishoralar bir-biriga ishora bo’ladi. Balki masalaning birligi e'tibori bilan barcha ishoralar alomatlari bilan barobar har birisiga quvvatli bir ishora va kuchli bir alomat hukmidadir. Albatta deya olamizki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) qandayki boshda

بَدَئْتُ بِبِسْمِ اللهِ رُوحِى بِهِ اهْتَدَتْ اِلٰى كَشْفِ اَسْرَارٍ بِبَاطِنِهِ انْطَوَتْ

ya'ni, "Sirlar xazinasi bo’lgan Bismillahirrohmanirrohiym bilan boshladim. Ruhim u bilan o’sha xazinani kashf qildi" deb boshqa ishoralarning alomati bilan bir ma'no-i ishoriy va bir madluli majoziy suratida Risola-i Nurning Bismillohi hukmida va fotihasi va basmalasi va Bismillohdagi buyuk sirning haqiqatini bayon qilgan va qisqa va g’oyat quvvatli Birinchi So’z nomli bo’lgan Bismilloh Risolasiga imo, balki ramz, balki ishora qiladi. Aynan shuning kabi: Boshqa ishoralarning alomat va munosabati bilan va Qur'on harflarining sirlaridan bahs qilgan va Rumuzoti Samoniya nomli bo’lgan sakkiz kichik risolalarning mohiyatlarini eslatadigan bir tarzda, iborani almashtirib harflarning sirlari bilan madad istashni boshlashi, latif alomati bilan muazzam duo va munojot va jome' qasami istimdodiyning oxirlarida va So’zlarga va Maktublarga ishoradan keyin بِوَاحِ الْوَحَا بِالْفَتْحِ وَالنَّصْرِ اَسْرَعَتْ parchasi bilan Yigirma To’qqizinchi Maktubning

bir qism Qur'on harflarining sirlarini bayon qilgan Rumuzoti Samoniya nomli sakkiz kichik risolalarning eng muhimlari va fathi Makka va fathi Shom va fathi Quddus va fathi Istanbul kabi ko’p Islomiy fathlardan g’aybiy xabar bergan اِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ وَ الْفَتْحُ surasining sirlarini bayon bilan, Islomiy fathlarning pahlavoni bo’lgan Hazrat Imomi Alning (R.A.) nazari diqqatini jalb qilgan Fath va Nasr Risolasiga.. ham Sura-i Fathning eng muhim va eng oxirgi oyatning besh jihat bilan i'jozini bayon va isbot bilan qahramoni Islom Hazrat Imomi Alining (R.A.) nazari diqqatini jalb qilgan g’oyat qiymatli bo’lgan Oyati Fath Risolasi nomli kichik bir risolaga imo, balki ishora qiladi degan e'tiqoddaman. Bunday e'tiqodga ishtirok qilinmasa ham, e'tiroz qilinmasligi kerak.

Oltinchi Ramz:Modomiki Hazrat Imomi Ali (R.A.) ustozi qudsiysidan olgan darsiga binoan, Qur'onga aloqador bo’lgan kelajakdagi hodisalardan xabar beradi. Va "mendan so’rang" deb ko’pgina va to’g’ri xabarlarni berib bir shohi valoyat bo’lganini unday karomatlar bilan isbot qilgan. Va modomiki bu asrda Ovrupa dinsizlari va ahli zalolat munofiqlari dahshatli bir suratda Qur'onga hujumi hangomida Risola-i Nur o’sha zalolat seliga qarshilik ko’rsatib, Qur'onning tilsimlarini kashf qilib, haqiqatini muhofaza qilmoqda. Va modomiki

اَقِدْ كَوْكَبِى بِاْلاِسْمِ نُورًا وَ بَهْجَةً * مَدَى الدَّهْرِ وَاْلاَيَّامِ يَا نُورُ جَلْجَلَتْ

parchasi bilan Yigirma Sakkizinchi Yog’duda isbot qilingani kabi, yaqqollikka yaqin bir suratda Risola-i Nurga ishora qilish bilan barobar, Sura-i Nurdagi oyati Nurning Risola-i Nurga ishorasiga ishora qiladi. Va modomiki اَقِدْ كَوْكَبِى بِاْلاِسْمِ نُورًا ma'no va jifr jihatidan batamom Risola-i Nurga tavofuq qiladi. Albatta ayta olamizki: Bu parchaning davomida:

بِآجٍ اَهُوجٍ جَلْمَهُوجٍ جَلاَلَةٍ * جَلِيلٍ جَلْجَلَيُّوتٍ جَمَاهٍ تَمَهْرَجَتْ

بِتَعْدَادِ اَبْرُومٍ وَ سِمْرَازِ اَبْرَمٍ * وَ بَهْرَةِ تِبْرِيزٍ وَ اُمٍّ تَبَرَّكَتْ

parchasi bilan Risola-i Nurning boshlanishda O’n Ikki So’z nomli mashhur bo’lgan va tarqalgan o’n ikki kichik risolalariga اَقِدْ كَوْكَبِى alomati bilan, bu parchadagi o’n ikki Suryoniy kalimalar ularga bittadan ishoradir. Garchi qo’limda bo’lgan Jaljalutiya nusxasi eng to’g’ri va eng ishonchlidir. Imom G’azzoliy (R.A.) kabi ko’p imomlar Jaljalutiyani sharh qilganlar. Faqat bu Suryoniy kalimalarning ma'nosini to’liq bilmaganimdan va nusxalarda farqlilik bo’lganidan, har birisining ishora va munosabat jihatini hozircha bilmaganim uchun, qoldirmoqdaman.

Xulosa:Hazrat Imomi Ali (R.A.) bir marta اَقِدْ كَوْكَبِى parchasi bilan oxirzamonda Risola-i Nurni duo bilan Allohdan yolvorib so’raydi, istaydi va boshlanishda o’n ikki risoladan iborat bo’lganidan, faqat o’n ikki risolasiga ishora qiladi. Ikkinchi martada تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchasi bilan yanada ochiq bir suratda Risola-i Nurni madhu sano bilan ko’rsatib takomillashishiga ishora qilib, barcha So’zlarni va Maktublarni va Yog’dularni ramzan xabar beradi. Ham O’n Ikki So’z nomi bilan ko’p tarqalgan o’sha kichkina risolalar bu parchadagi kalimalar kabi bir-biriga isman va suratan o’xshaganlari kabi, Badi' ma'nosida bo’lgan Jaljalutiya kalimasiga uyg’un bo’lib har biri g’oyat badi' bir tarzda, go’zal bir tamsil bilan, katta va chuqur bir haqiqati Qur'oniyani tafsir va isbot qiladi.

Agar bir qaysar tarafidan deyilsaki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) bu barcha majoziy ma'nolarni iroda qilmagan?

Biz ham deymizki: Farazan Hazrat Imomi Ali (R.A.) iroda qilmasa, faqat kalom dalolat qiladi. Va alomatlarning quvvati bilan ishoriy va yashirin dalolat bilan ma'nolarni ichiga kiritadi. Ham modomiki u majoziy ma'nolar va ishoriy mafhumlar haqdir, to’g’ridir va haqiqatga uyg’undir; va bu iltifotga loyiqdirlar va alomatlari quvvatlidir. Albatta Hazrat Imomi Alining (R.A.) bunday barcha ishoriy ma'nolarni iroda qiladigan kulliy bir e'tibori farazan bo’lmasa -Jaljalutiya vahiy bo’lish jihati bilan- haqiqiy sohibi Hazrat Imomi Alining (R.A.) ustozi bo’lgan Payg’ambari Ziyshonning (A.S.V.) kulliy tavajjuhi va Ustozining Ustozi Zuljalolining qamrovli ilmi ularga qaraydi. Iroda doirasiga oladi. Bu xususda mening xususiy va qat'iy va yaqiyn darajasidagi qanoatimning bir sababi shudirki: Ulkan qiyinchiliklar ichida Al-Oyat-ul Kubroning buyuk tafsiri bo’lgan Yettinchi Shu'lani yozishda ko’p zahmat chekkanimdan, bir qudsiy tasalli va tashviqqa haqiqatdan juda muhtoj edim. Hozirga qadar takror-takror tajribalar bilan bu kabi holatlarimda inoyati Ilohiya yordamimga yetishayotgan edi. Risolani tugatganim ayni vaqtda, hech xotirimga kelmagani holda, birdan bu karomati Alaviyaning chiqishi menda hech bir shubha qoldirmadiki: Bu ham mening yordamimga kelgan boshqa inoyati Ilohiya kabi Rabbi Rahiymning bir inoyatidir. Inoyat esa aldatmaydi, haqiqatsiz bo’lmaydi.

Yettinchi Ramz:Hazrat Imomi Ali (R.A.) qandayki

وَ بِاْلآيَةِ الْكُبْرَى اَمِنِّى مِنَ الْفَجَتْ * وَ بِحَقِّ فَقَجٍ مَعَ مَخْمَةٍ يَا اِلَهَنَا

وَ بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنَى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ * حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَ تَشَامَخَتْ

وَ اسْمُ عَصَا مُوسَى بِهِ الظُّلْمَتُ انْجَلَتْ

deb birinchi parchasi bilan Yettinchi Shu'laga ishora qilgan. Xuddi shuning kabi, ayni parcha bilan oliy bir tafakkurnoma va tavhidga doir yuksak bir ma'rifatnoma nomli bo’lgan Yigirma To’qqizinchi Arabcha Yog’duga ham ishora qiladi. Ikkinchi parchasi bilan Ismi A'zam va Sakina deyilgan Mashhur Olti Ismning haqiqatlarini g’oyat oliy bir tarzda bayon va isbot qilgan va Yigirma To’qqizinchi Yog’duni ta'qib qilgan O’ttizinchi Yog’du nomli olti nukta-i asmo risolasiga وَبِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ jumlasi bilan ishora qilganidan so’ng davomida risola-i asmoni ta'qib qilgan O’ttiz Birinchi Yog’duning Birinchi Shu'lasi bo’lib, o’ttiz uch oyati Qur'oniyaning Risola-i Nurga ishorasini qayd qilib, jifriy hisob munosabati bilan boshdan oyoq harflar ilmi risolasi kabi ko’ringan va bir mo’'jiza-i Qur'oniya hukmida bo’lgan risolaga حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَتَشَامَخَتْ kalimasi bilan ishora qilib,

darhol orqasidan وَاسْمُ عَصَا مُوسىَ بِهِ الظُّلْمَتُ انْجَلَتْ kalomi bilan ham harflar risolasini ta'qib qilgan va Al-Oyat-ul Kubrodan va boshqa Resail-i Nuriyadan tarkib topgan va Asoyi Muso nomini olgan va asoyi Muso kabi, zalolatning va shirkning sehrlarini yo’q qilgan Risola-i Nurning hozircha eng so’ng va oxirgi risolasiga Asoyi Muso nomini berib ishora bilan barobar, ma'naviy qorong’uliklarni tarqatishini xushxabar beradi. Ha, وَبِاْلاٰيَتِ الْكُبْرَى kalimasi bilan Yettinchi Shu'laga ishorasi kuchli alomatlar bilan isbot qilingani kabi, ayni kalima boshqa bir ma'no bilan darhaqiqat Risola-i Nurning Oyat-ul Kubrosi hukmida va aksar risolalarning ruhlarini jamlagan va Arabcha bo’lgan Yigirma To’qqizinchi Yog’duga bu kalom, "mustatbaot-ut tarokib" qoidasi bilan unga qaraydi, fardlariga kiritadi. Unday bo’lsa: Hazrat Imomi Ali (R.A.) ham bu parchadan unga qarab ishora qiladi deb bilamiz. Ham boshqa ishoralarning alomati bilan, ham Maktubotdan so’ngra Yog’dularga, boshqa bir tarzi ibora bilan imo qilib, Yog’dularning eng porlog’ining ta'lifi dahshatli bir zamonda va qamoq va qatldan qutulmoq va amin va xalos bo’lmoq uchun ma'no-i majoziy va mafhumi ishoriy bilan Hazrati Ali (R.A.) o’z lisonini buyuk tahlikalarda bo’lgan muallifning hisobiga iste'mol qilib; وَبِاْلاٰيَتِ الْكُبْرٰى اَمِنِّى مِنَ الْفَجَتْ ya'ni "Ey Robbim! Meni qutqar, amon va aminlik ber" deb duo qilishi bilan, batamom Eskishahar qamoqxonasida qatl va uzun qamoq tahlikasi ichida ta'lif qilingan Yigirma To’qqizinchi Yog’duning va sohibining vaziyatiga tavofuq alomati bilan, kalom yashirin va ishoriy dalolat qilganidan deya olamizki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) ham bundan unga ishora qiladi. Ham O’ttizinchi Yog’du nomli va olti nukta bo’lgan risola-i asmoga qarab بِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى deb, boshqa ishoralarning alomati bilan, ham Yigirma To’qqizinchi Yog’duga ta'qib alomati bilan, ham ikkisining ismda va asmo lafzida tavofuq alomati bilan, ham tarqoq holga va mashaqqatli bir g’urbatga va parishoniyatga tushgan muallifi uning ta'lifi barakasi bilan tasalli va bardosh topishiga va ma'no-i majoziy jihatidan Hazrat Imomi Alining (R.A.) lisoni bilan o’ziga duo bo’lgan

وَبِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ ya'ni ismi a'zam bo’lgan o’sha asmo risolasining barakasi bilan "Meni tarqoqlikdan, parishoniyatdan hifz ayla, ey Robbim" ma'nosi batamom o’sha risola va sohibining vaziyatiga tavofuq alomati bilan kalom majoziy dalolat; va Imomi Ali (R.A.) esa g’aybiy ishora qiladi deb bilamiz.

Ham modomiki Jaljalutiyaning asli vahiydir. Va sirlidir. Va kelasi zamonga qaraydi; va g’aybiy istiqboldagi ishlardan xabar beradi. Va modomiki Qur'on e'tibori bilan bu asr dahshatlidir va Qur'on hisobi bilan Risola-i Nur bu qorong’u asrda ahamiyatli bir hodisadir. Va modomiki yaqqollik darajasida ko’p ishora va alomatlar bilan Risola-i Nur Jaljalutiyaning ichiga kirgan, eng muhim yerida joylashgan. Va modomiki Risola-i Nur va parchalari bu mavqega loyiqdirlar va Hazrat Imomi Alining (R.A.) nazari taqdiriga va tahsiniga va ulardan xabar berishiga layoqatlari va qiymatlari bor. Va modomiki Hazrat Imomi Ali (R.A.) Siroj-un Nurdan ochiq bir suratda xabar bergandan so’ng ikkinchi darajada pardali bir tarzda So’zlardan, so’ngra Maktublardan, so’ngra Yog’dulardan risolalardagi kabi ayni tartib, ayni maqom, ayni raqam taxtida, quvvatli alomatlarning chorlashi bilan kalom dalolat va Hazrat Imomi Alining (R.A.) ishora qilganini isbot qilgan. Va modomiki boshda

بَدَئْتُ بِبِسْمِ اللهِ رُوحِى بِهِ اهْتَدَتْ اِلٰى كَشْفِ اَسْرَارٍ بِبَاطِنِهِ انْطَوَتْ

risolalarning boshi va Birinchi So’z bo’lgan Bismilloh Risolasiga qaragani kabi, muazzam jome' qasamning oxirida risolalarning oxirgi qismlari bo’lgan oxirgi Yog’dularga va Shualarga, xususan bir Oyat-ul Kubro-i tavhid bo’lgan Yigirma To’qqizinchi Yog’du-i horiqa-i Arabiya va Risola-i Asmo-i Sitta va Risola-i Ishorati Hurufi Qur'oniya va ayniqsa hozircha eng oxirgi Shu'la va Asoyi Muso kabi; zalolatlarning barcha ma'naviy sehrlarini yo’q qila oladigan bir mohiyatda bo’lgan va bir ma'noda

Oyat-ul Kubro nomini olgan risola-i horiqoga qarayotganday bir tarzi ifoda ko’rinadi. Va modomiki birgina masalada bo’lgan alomatlar va ishoralar, masalaning birligi e'tibori bilan, alomatlar bir-biriga quvvat beradigan zaif bir munosabat bilan bir tomchi ham manbasiga qo’shiladi. Albatta bu yetti adad asoslarga tayangan holda deymiz: Hazrat Imomi Ali (R.A.) qandayki: Mashhur So’zlarga tartiblari bilan ishora qilgan va Maktubotdan bir qismiga va Yog’dulardan eng muhimlariga tartib bilan qaragan. Xuddi shuning kabi: وَبِاَسْمَآئِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْنِى مِنَ الشَّتَتْ jumlasi bilan O’ttizinchi Yog’duga, ya'ni mustaqil Yog’dulardan eng oxirgi bo’lgan Asmo-i Sitta Risolasiga tahsinlab qaraydi. Va حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَتَشَامَخَتْ kalomi bilan ham O’ttizinchi Yog’duni ta'qib etgan Ishoroti Hurufi Qur'oniya Risolasini taqdirlab, ishora bilan tasdiqlaydi. وَاسْمُ عَصَا مُوسىَ بِهِ الظُّلْمَتُ انْجَلَتْ kalmasi bilan ham hozircha eng oxirgi risola va tavhid va iymonning qo’lida Asoyi Muso kabi horiqoli eng kuchli burhon bo’lgan majmua risolasini sanokorona ramzan ko’rsatayotganday bir tarzi ifodadan parvosizcha hukm qilamizki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) ham Risola-i Nurdan, ham ko’p ahamiyatli risolalaridan ma'no-i haqiqiy va majoziy bilan ishoriy va ramziy va imoiy va talvihiy bir suratda xabar beradi. Kimning shubhasi bo’lsa, ishora qilingan risolalarga bir karra diqqat bilan qarasin. Insofi bo’lsa, shubhasi qolmaydi deb o’ylayman.

Bu yerdagi ma'no-i ishoriy va madluli majoziylarga alomatlarning eng go’zali va latifi ayni tartibni muhofaza bilan berilgan ismlarning munosabatidir. Masalan, yigirma to’qqiz, o’ttiz va o’ttiz bir va o’ttiz ikki sanab chiqish martabasida Yigirma To’qqiz va O’ttiz va O’ttiz Bir va O’ttiz Ikkinchi So’zlarga g’oyat munosib ismlar bilan boshda So’zlarning boshi bo’lgan Birinchi So’zga, ayni Basmala sirri bilan va oxirda hozircha risolalarning oxiriga, mohiyatini ko’rsatadigan loyiq bittadan ism berib ishora qilishi garchi yashirin bo’lsa ham.. faqat juda go’zal va latofatlidir. Men e'tirof qilamanki: Bunday maqbul bir asarning mazhari bo’lish, hech bir jihat bilan u maqomga layoqatim yo’q. Ammo kichik, ahammiyatsiz bir urug’dan ulkan tog’ kabi bir daraxtni xalq etmoq, qudrati Ilohiyaning sha'nidandir va odatidir va azamatiga dalildir. Men qasam bilan ishontiramanki: Risola-i Nurni sanodan maqsadim, Qur'onning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini quvvatlantirish va isbot va nashrdir.

Xoliqi Rahimimga yuz minglab shukr bo’lsinki: O’zimni o’zimga yoqtirtirtirmagan. Nafsimning ayblarini va nuqsonlarini menga ko’rsatgan. Va u nafsi ammorani boshqalarga yoqtirtirish orzusi qolmagan. Qabr eshigida kutgan bir odam orqasidagi foniy dunyoga riyokorona qarashi achinadigan bir ahmoqlik va dahshatli bir zarardir. Xullas, bu holati ruhiya bilan faqat iymon haqiqatlarining tarjimoni bo’lgan Risola-i Nurning to’g’ri va haq bo’lganiga latif bir munosabat aytaman. Jumladan:

Jaljalutiya Suryoniycha badi' degani. Va badi' ma'nosidadir. Iboralari badi' bo’lgan Risola-i Nur Jaljalutiyada muhim bir joy olib aksar yerlarida tomchilari ko’ringanidan, Qasidaning nomi unga qarayotganday berilgan. Ham hozir anglayapmanki: Eskidan beri mening layoqatim bo’lmagani holda, menga berilgan Badiuzzamon laqabi meniki emas edi. Balki Risola-i Nurning ma'naviy bir ismi edi. Zohir bir tarjimoniga qarzga va omonat sifatida taqilgan. Hozir o’sha omonat ism haqiqiy sohibiga qaytarib berilgan. Demak, Suryoniycha badi' ma'nosida va qasidada takrorlanishiga binoan qasidaga berilgan Jaljalutiya ismi ishoriy bir tarzda bid'at zamonida chiqqan Badi'ulbayon va Badiuzzamon bo’lgan Risola-i Nurning ham ibora, ham ma'no, ham ism nuqtalari bilan badi'ligiga munosabatdorligini his ettirishiga va bu ism bir parcha unga ham qarashiga va bu ismning nomlanishida Risola-i Nur ko’p yer ishg’ol qilgani uchun haq qozongan bo’lganini taxmin qilaman. رَبَّنَآ لاَ تُؤَاخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَأْنَا

Sakkizinchi Ramz:Bu ramzning bayonidan avval eng muhim ikki savolga javob yoziladi.

Birinchi Savol:Barcha qiymatdor kitoblar ichida Risola-i Nur Qur'onning ishorasiga va iltifotiga va Hazrat Imomi Alining (R.A.) taqdir va tahsiniga va G’avsi A'zamning e'tibor va xushxabariga xususiy mazhariyatining sababi nima? U ikki zotning karomat bilan Risola-i Nurga buncha qiymat va ahamiyat berishining hikmati nima?

Javob:Ma'lumdirki: Ba'zi vaqtlar bo’ladi, bir daqiqa bir soat va balki bir kun, balki yillar qadar hamda bir soat bir yil, balki bir umr qadar natija beradi va ahamiyatli bo’ladi. Masalan: Bir daqiqada shahid bo’lgan bir odam valiylik qozonadi. Va sovuqning shiddatidan muzlamoq zamonida va dushman hujumining dahshatida bir soat soqchilik bir yil ibodat hukmiga o’ta oladi. Xullas, aynan shuning kabi; Risola-i Nurga berilgan ahamiyat ham zamonning ahamiyatidan, ham bu asrning shariati Muhammadiyaga (A.S.V.) va sha'ori-i Ahmadiyaga (A.S.V.) qilgan buzg’unchiligining dahshatidan, ham bu oxirzamonning fitnasidan eski zamondan beri butun ummat panoh so’rashi jihatidan, ham o’sha fitnalarning hujumidan mo’minlarning iymonlarini qutqarishi nuqtasidan Risola-i Nur shunday bir ahamiyat kasb etganki; Qur'on unga quvvatli ishora bilan iltifot etgan. Va Hazrat Imomi Ali (R.A.) uch karomat bilan unga bashorat bergan. Va G’avsi A'zam (R.A.) karomatkorona undan xabar berib tarjimonini jasoratlantirgan. Ha, bu asrning dahshatiga qarshi taqlidiy bo’lgan e'tiqodning tayanch qal'alari buzilgan va uzoqlashgan va pardalangan bo’lganidan, har mo’min bir o’zi zalolatning jamoat bilan hujumiga qarshilik ko’rsatadigan g’oyat kuchli bir iymoni tahqiqiy lozimdirki, dosh bersin. Risola-i Nur bu vazifani eng dahshatli bir zamonda va eng kerakli va nozik bir vaqtda, hamma tushunadigan bir tarzda, Qur'on va iymon haqiqatlarining eng chuqur va eng yashirinlarini g’oyat kuchli burhonlar bilan isbot qilib, u iymoni tahqiqiyni tashigan xolis va sodiq shogirdlari ham, bo’lganlari mahalla, qishloq va shaharlarda -xizmati iymoniya e'tibori bilan- go’yo bittadan yashirin qutb kabi, mo’minlarning ma'naviy bittadan tayanch nuqtasi bo’lib, bilinmaganlari va ko’rinmaganlari va ko’rishmaganlari holda, e'tiqodlarining ma'naviy quvvati jasur bittadan zobit kabi, ma'naviy quvvatni ahli iymonning qalblariga berib, mo’minlarga ma'nan bardosh va jasorat beradilar.

Ikkinchi Savol:Karomat izhor qilinmasa, yanada yaxshi bo’lgani holda, nima uchun sen e'lon qilasan?

Javob:Bu menga oid bir karomat emas. Balki Qur'onning i'jozi ma'naviysidan sizib chiqib xos bir tafsiridan karomat suratida bizlarga va ahli iymonga bir ikromi Rabboniy va in'omi Ilohiydir. Albatta Mo’'jiza-i Qur'oniya va uning yog’dulari izhor qilinadi. Va ne'mat esa, shukr niyati bilan e'lon qilish, bir tahdisi ne'matdir.

وَاَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ oyati izhoriga amr qiladi. Men uchun faxr va g’ururga sabab bo’ladigan bir layoqatim va haqqim bo’lmaganini qasam bilan e'tirof qilaman. Men urug’ kabi chiridim va quridim. Barcha qiymat va hayot va sharaf u urug’dan chiqqan Risola-i Nur daraxti va Qur'onning ma'naviy mo’'jizasiga o’tgan deb bilaman. Va shunday e'tiqod qilganimdan i'jozi Qur'oniy hisobiga izhor qilaman. Barcha qiymat bir mo’'jiza-i Qur'oniya bo’lgan Risola-i Nurdadir. Hatto eskidan beri tashiganim Badiuzzamon ismi uniki ekan.. yana unga qaytarib berildi. Risola-i Nur esa, Qur'onning moli va ma'nosidir. Bu ramzda xususiy qanoatimni quvvatlantirgan va o’zimga maxsus ko’p alomat va ishoralar bor. Ammo boshqalarga isbot qilolmaganimdan, yozolmayman. Faqat ikki-uchtasiga ishora qilishga munosabat kelgan.

Birinchisi:Men Jaljalutiyani o’qigan vaqtim, boshqa munojotlarga muxolif bo’lib o’zim shaxsan hissiyotim bilan munojot qilyapman deb his qilar edim. Va boshqasining lisoni bilan taqlidkorona bo’lmas edi. Men uchun g’oyat fitriy va dardlarimga aloqador va ruhiy tafakkurlarimga xush bir zamin bo’lar edi. Bir necha yil so’ngra karomatini va Risola-i Nur bilan munosabatini ko’rdim va angladimki: U holat bu munosabatdan kelib chiqqan.

Ikkinchisi:Hazrat Imomi Ali (R.A.) boshda:

رُوحِى بِهِ اهْتَدَتْ اِلَى كَشْفِ اَسْرَارٍ بِبَاطِنِهِ انْطَوَتْ

va o’rtalarida

وَاَمْنِحْنِى يَا ذَا الْجَلاَلِ كَرَامَةً * بِاَسْرَارِ عِلْمٍ يَا حَلِيمُ بِكَ انْجَلَتْ

va oxirda

مَقَالُ عَلِىٍّ وَ ابْنِ عَمِّ مُحَمَّدٍ * وَ سِرُّ عُلُومٍ لِلْخَلاَئِقِ جُمِّعَتْ

bir ilmlar xazinasi sifatida ko’rsatadi. Holbuki ko’rinishida faqat bir munojotdir. Hatto Imom Alining (R.A) haqiqat-fashon boshqa qasidalari va ilmiy boshqa munojotlari kabi, ilm sirlari bilan to’liq munosabati ko’rinmaydi. Mening xususiy qanoatim shuki: Jaljalutiya, modomiki Risola-i Nurni ichiga olgan va siynasiga bosib ma'naviy valad kabi qabul qilgan, albatta وَسِرُّ عُلُومٍ لِلْخَلاَئِقِ جُمِّعَتْ parchasi bilan o’z xazinasining bir qism olmoslarini oxirzamonda nashr qilgan Risola-i Nurni shohid ko’rsatib Jaljalutiyani bir xazina-i ulum va bir dafina-i ilmiyadir deb haqqi bilan madhu sano qila oladi.

Uchinchisi:Ma'lumdirki, ba'zan g’oyat kichik bir alomat ba'zi sharoit ichida g’oyat kuchli bir dalil hukmiga o’tadi. Yaqiyn darajasida qanoat beradi. Menga bunday qanoat bergan ko’p misollaridan faqat sobiq bayon qilganim bitta misol menga yetarli keladi. Shundayki:

Hazrat Imomi Ali (R.A.) تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ parchasi bilan Risola-i Nurni tarixi bilan va ismi bilan va mohiyati bilan va asoslari bilan va xizmati bilan va vazifasi bilan ko’rsatgandan keyin, Suryoniycha ismlarni sanab o’tib munojot qiladi. O’ttiz ikki yoki o’ttiz uch adad ismlarda ikki marta بَعْدَهَا kalimasini takror qiladi. Biri yigirma yettinchida وذَيْمُوخٍ بَعْدَهَا boshqasi o’ttiz birda وَبَازُوخٍ بَعْدَهَا deydi. Xullas, Risola-i Nurning So’zlari o’ttiz uch va bir jihatda o’ttiz ikki.. va Maktubot nomli risolalarning ham bir jihatda o’ttiz ikki va bir jihatda o’ttiz uch bo’lib bu munojot bilan uyg’un bo’lishi va faqat risola shaklida ikki adad zayllari bo’lishi va u zayllarning birisi Yigirma Yettinchi So’zning ahamiyatli zayli va boshqasi O’ttiz Birinchi So’zning qiymatdor zayli bo’lishi va u ikki Zayl risolasining mustaqil martaba va raqamlari bo’lmasligi va بَعْدَهَا kalimasi ham ayni yerda, ayni ma'noda tavofuq qilishi menga ikki karra ikki to’rt bo’lish darajasida qanoat beradiki: Hazrat Imomi Ali (R.A.) tobe bir ma'no bilan va ishoriy bir tushuncha bilan Risola-i Nurga, hatto zayllariga qarash uchun shunday qilgan. Hali ko’p alomatlar va bittadan So’zga ishora qilgan munosabatlar bor. Faqat yashirin va nozik bo’lganliklari uchun zikr qilinmadi.

{(Hoshiya) Masalan, Yigirma sakkizinchi martabada وَبِسُورَةِ التَّهْمِيزِkalimasi bilan Yigirma Sakkizinchi So’zning oxiri bo’lgan Jahannam masalasining juda kuchli bir burhoniga ishora qilib boshdagi Jannat masalasining faqat ikki-uch savol va javobga doir bahsi esa, boshqa yerda ishora qilgani uchun munosabat yashiringan. Ham masalan, Ikkinchi Martabada يٰسٓ kalimasi bilan, ham Ikkinchi So’zga, ham Ikkinchi Maktubga, ham Ikkinchi Yog’duga, ham Ikkinchi Shu'laga qaragani uchun, munosabat kengayganidan yashiringan.

Ham masalan: وَكَافٍ وَهَايَاءٍ وَعَيْنٍ وَصَادِهَا ya'ni كٓهَيَعٓصٓ beshinchi martabada bo’lishi, ham Beshinchi So’zga, ham Beshinchi Maktubga, ham Beshinchi Yog’duga va To’rtinchi Shu'la bo’lgan Oyati Hasbiya Risolasiga, ham Uchinchi Shu'la bo’lgan Munojotga qaragani jihat bilan munosabat kengaygan, yashiringan. Bunga boshqalari qiyos qilinsin...}

لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللَّهُ * وَاللَّهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ * اَستَغْفِرُ اللَّهَ مِنْ خَطَائِى وَخَطِيئَاتِى وَ مِنْ سَهْوِى وَغَلَطَاتِى وَالْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى نِعْمَةِ اْلاِيمَانِ وَ الْقُرْآنِ بِعَدَدِ حَاصِلِ ضَرْبِ حُرُوفِ رَسَائِلِ النُّورِ الْمَقْرُوئَةِ وَ الْمَكْتُوبَةِ وَ الْمُتَمَثِّلَةِ فِى الْهَوَاءِ فِى عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ حَيَاتِى فِى الدُّنْيَا وَ الْبَرْزَخِ وَ اْلآخِرَةِ

اَللَّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَ عَلَى آلِهِ وَ اَصْحَابِهِ بِعَدَدِهَا وَارْحَمْنَا وَ ارْحَمْ طَلَبَةَ رَسَائِلِ النُّورِ بِعَدَدِهَا آمِينَ وَ الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

***

O’TTIZ BIRINCHI MAKTUBNING O’N BIRINCHI YOG’DUSINING O’TTIZ BIR MASALASIDAN BIR MASALA

Birgina jumla bo’lgan qisqacha bir hadisning besh lam'a-i i'joziyasiga doir bir nuktadir. Bu yerga bir munosabat bilan kirgan. اَلْخِلاَفَةُ بَعْدِى ثَلَثُونَ سَنَةً Hadisi Sharifning g’aybiy xabar navidan tarixda tasdiqlangan besh lam'a-i i'joziyasi bor.

Birinchisi:Xulafoyi Roshidinning (ilk to’rt xalifaning) xalifaliklari bilan Hazrat Hasan Roziyallohu Anhning olti oylik xalifaligining muddati o’ttiz yil bo’lishini xabar beradi. Aynan chiqqan.

Ikkinchisi:O’ttiz yillik xalifalari bo’lgan Hazrati Abu Bakr Roziyallohu Anh, Hazrati Umar Roziyallohu Anh, Hazrati Usmon Roziyallohu Anh va Hazrati Ali Roziyallohu Anhning abjadiy va jifriy hisoblari ming uch yuz yigirma olti (1326) bo’ladiki, u tarixdan so’ng xalifalik sharoiti ortiq takrorlanmadi. Xilofati Oliya-i Usmoniya tugadi.

Uchinchisi:ثَلَثُونَ kalimasi, jifr hisobi bir ming sakson yetti (1087) bo’ladiki, tarixda Abbosiylar xalifaligining inqirozi bilan Usmoniylar xalifaligining takrorlanishiga qadar bo’lgan zamoni fatrat tashlab o’tilsa, bir ming sakson ortiqchasi bilan qoladi. Agar noqis xalifaliklar sanalsa ثَلَثُونَ سَنَةً dagi "sana" lafzi ilova bo’ladi. U holda bir ming ikki yuz ikki (1202) bo’ladiki, "Rumuzoti Samoniya-i Qur'oniya Risolalari"da ham اِنَّا فَتَحْنَالَكَ ham Fotiha, ham Sura-i Nasr, ham Sura-i Alaq kabi ko’p yerlarda aynan xalifalik bilan barobar Davlati Islomiyaning ham taraqqiy, ham g’olibiyat davri bo’lgan bir ming ikki yuz ikki (1202) tarixini ko’rsatadi. Ham noqis xalifalik bilan barobar butun Islom xalifaligi muddati bir ming ikki yuz ikkidirki (1202), batamom tavofuq bilan xabar beradi.

وَاِنِ اسْتَقَامَتْ اُمَّتِى فَلَهَا يَوْمٌ وَاِلاَّ فَنِصْفُ يَوْمٍ Hadisining mo’'jizona g’aybiy xabarini izoh qiladi. Ya'ni, bu Hadis qiyomatdan emas, balki g’olibona Islomiyatning hokimiyatidan xabar bergan "O’n Sakkizinchi Yog’du"da va boshqa yerda bu hadisning uch lam'a-i i'joziyasini bayon qilganidan, bu yerda tugatamiz.

To’rtinchisi:اِنَّ اَلْخِلاَفَةَ بَعْدِى oxirigacha... Shaddali اِنَّ bir yuz bir (101) اَلْخِلاَفَةَ bir ming bir yuz qirq bir (1141), بَعْدِى sakson olti bo’ladi. Jami: Arabchada bir ming uch yuz yigirma sakkiz (1328) bo’ladi va Rumiyda bir ming uch yuz yigirma oltidirki (1326), xulafoyi Roshidiynning ismlarini ikkinchi jihatda ko’rsatgan ayni tarixga va hurriyatning uchinchi yilidagi halifalik to’xtashining tarixiga batamom tavofug’i, albatta u lison-ul-g’ayb bo’lgan Zotning lisonida tasodifiy bo’lolmaydi; balki uni ham ko’rgan, unga ham ishora qilgan.

Beshinchisi:اِنَّ اَلْخِلاَفَةَ shaddali nun bir nun sanalsa, bir ming bir yuz to’qson ikki (1192) bo’ladiki, aynan ثَلَثُونَ سَنَةً jumlasi ko’rsatgani kabi, bir ming ikki yuz ikki tarixiga o’n farq bilan tom tavofuq qilib tom va noqis barcha xalifalik muddatini ko’rsatishi va yolg’iz "xalifalik" kalimasi bir ming bir yuz o’n bir (1111) bo’lib, tom xalifalikning muddatiga tom tavofuq bilan barobar o’sha muddatga ishora qiladi. ثَلَثُونَ kalimasining jifriy hisobi bo’lgan bir ming sakson yetti (1087) adadiga, yigirma to’rt kabi juz'iy bir farq bilan mos bo’lishi, albatta va har holda u Muxbiri G’aybiyning bir ishorati g’aybiyasi va bir navi mo’'jizoti g’aybiyasining bir lam'asidir.

Xullas bu qisqacha Hadisning jome'iyatiga boshqa javomi-ul-kalim bo’lgan Hadislar qiyos qilinsin...

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

O’N SAKKIZINCHI YOG’DU

Risola-i Nurdan xabar bergan Birinchi Karomati Alaviya Risolasidir. Taksir Yog’dular va Taksir Sikka-i Tasdiqi G’aybiy majmualarida nashr qilingan.

***

YIGIRMA SAKKIZINCHI YOG’DU

Risola-i Nurdan xabar bergan Ikkinchi Karomati Alaviya risolasidir. Hammasi taksir Yog’dular majmuasida, Karomati Alaviya qismi esa taksir Sikka-i Tasdiqi G’aybiy majmuasida nashr qilingan.

***

SAKKIZINCHI YOG’DU

G’avsi A'zamning Hizb-ul Qur'onga Doir Karomati G’aybiyasidir.

{(Hoshiya) Ustozimizning shaxsiga ochiqcha ishora qilgan bu kabi g’aybiy karomat va ishoralarning nashrini Ustozimiz Badiuzzamon Said Nursiy Hazratlari orzu qilmaydi. Faqat bizlar o’yladikki; bu kabi dalolat darajasida bo’lgan g’aybiy ishoralarning ahli iymon tomonidan bilinishiga bu zamonda qat'iy zarurat va ehtiyoj bor, bunga binoan nashr qilyapmiz.

Noshirlar}

Shu risola, ichidagi imzolar bilan ko’rsatilgani kabi, xizmati Qur'oniyadagi birodarlarimga ishtirokim bor. Bir qismi mening imzom bilan. Bir qismi ularning uyg’un ko’rishi va istixroji bilan va tasdiqlari bilan bo’lganidan, menga oid xizmatdan ortiq hissani ularning xotiri uchun sukut bilan qabul qildim. Bo’lmasa, bu risolaning boshida aytganim kabi, bunda unday bir hissa-i sharafga haqqim yo’q. O’n yil avval u qasida-i g’aybiyani ko’rganda menga ma'naviy bir eslatma kabi "Diqqat qil!" deb qalbimga kelar edi. O’sha xotirani ikki jihat bilan tinglamasdim:

Birinchisi:Men kabi umrining katta qismi shon va sharaf pardasi ostida mansabsevarlik zahari bilan zaharlanib o’lgani uchun, qaytadan bu surat bilan nafsi ammoraga boshqa bir sharaf eshigi ochishni istamaslik edi.

Ikkinchi Jihat:Bu qaysar zamonda, yaqqol da'volarni va zohiriy hujjatlarni qabul qilmaganlarga qarshi, bunday g’aybiy ishoralar navidan xudfurushona bir tarzda izhor qilish menga yoqmas edi.

Eng oxiri asoratimning sakkizinchi yilida, eng ishkanjali va eng mashaqqatli bir zamonda g’oyat kuchli bir tasalli va tashviqqa muhtoj bo’lganimizdan, menga eslatildiki: Buni tahdisi ne'mat va bir shukri ma'naviy navidan izhor qil. Ham qo’rqma, qanoat beradigan darajada kuchlidir. Bu izhorda eng muhim maqsadim, Qur'on sirlariga oid bo’lgan risolalarning maqbuliyatiga G’avsi A'zamning imzo qo’yishi navidan bo’lganidir. Ikkinchi maqsadim, o’sha qudsiy ustozimning karomatini izhor qilish bilan, karomati avliyoni inkor qilgan dinsizlarni jim qildirib, xizmati Qur'oniyaga sustlik beradigan ko’p sabablarga ma'ruz va ko’p monelarga nishon bo’lgan birodarlarimning ma'naviy kuchlarini quvvatlantirish va shavqlarini ziyodalashtirish va sustliklarini ketkazish edi.

Men uchun bir navi maqtanchoqlik navidan bo’lgani uchun jiddiy zarardir. Faqat o’sha zararimni, o’sha muqaddas ustozim va birodarlarimning xotiri uchun qabul qildim. Shu "Karomati G’avsiya Risolasi" asta-asta istixroj qilingani uchun, bir necha parcha va tatimmalarga bo’lindi. Borgancha bir-birini nurlantirgan va quvvatlantirgan sari yaqqollik paydo qiladi. Ishoratning ba'zisida zaiflik bo’lsa ham, boshqa birodarlarining ittifoqidan olgan quvvati o’sha zaiflikni ketkazadi.

***

HAYRATGA LOYIQ BIR TAFA'UL VA MUHIM BIR XABARI G’AYBIY

Sabri, Sulaymon, Bekir, G’olib va Tavfiqning bayonidir. Ham Husrav, Hofiz Ali va Ra'fat va Osimning va Kuleo’nudan Mustafolarning bayonidir.

Latif Va Xushxabarli Bir Tafa'ul: Ustoz, G’olib va Sulaymon Ummi Sinan devonida maslagimizga va So’zlarga doir tafa'ul qildilar, shu baytlar chiqdi. Qaradik, "So’zlar" lafzi, butun devonida faqat bu qofiyalarda ko’rinadi. Demak So’zlar, "haq so’z", ham "nur so’z" bo’ladi.

DEYMAN KI YORDAMCHIM ALLOH,

SHAFOATCHIM RASULULLOH.

KI BURHONIM KITOBULLOH,

BUDIR MENDAGI HAQ SO’Z.

SENING ESHIGINGDA QUL KO’PDIR,

HISOBI, HADDI HECH YO’QDIR,

VA LEKIN BIR YANA YO’QDIR,

SINONI UMMIY KABI NUR SO’Z.

***

MUHIM BIR XABARI G’AYBIY

[Shayx Geyloniyning -o’zidan sakkiz yuz yil so’ngra- g’aybni bilgan ko’zi bilan xabar bergan bir hodisa-i Qur'oniya.]

Qur'oni Mo’'jiz-ul-Bayonning xizmatidagi muqaddaslikka, karomatkorona sakkiz yuzdan ortiq yil avval "G’avsi A'zam" unvoni bilan haqiqiy ma'noda mashhur bo’lgan Qutbi A'zam Shayxi Geyloniy,

نَظَرْتُ بِعَيْنِ الْفِكْرِ فِى حَانِ حَضْرَتِى.. حَبِيبًا تَجَلَّى لِلْقُلُوبِ فَجَنَّتِ

parchasi bilan boshlangan qasidasining oxirida "Majmuat-ul Ahzob"ning birinchi jildining besh yuz oltmish ikkinchi sahifasida, besh satr bilan shu zamonda xizmati Qur'oniyadagi hay'atga va boshida bo’lgan ustozimizga besh jihat bilan qaraydi va ko’rsatadi. Mana o’sha besh satr shu:

تَوَسَّلْ بِنَا فِى كُلِّ هَوْلٍ وَشِدَّةٍ * اَغِيثُكَ فِى اْلاَشْيَاءِ دَهْرًا بِهِمَّتِى

اَنَا لِمُرِيدِى حَافِظًا مَا يَخَافُهُ * وَاَحْرُسُهُ فِى كُلِّ شَرٍّ وَ فِتْنَةٍ

مُرِيدِى اِذَا مَا كَانَ شَرْقًا وَ مَغْرِبًا * اَغِثْهُ اِذَا مَا سَارَ فِى اَىِّ بَلْدَةٍ

فَيَا مُنْشِدًا نَظْمِى فَقُلْهُ وَلاَ تَخَفْ * فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ

وَكُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ لِلَّهِ مُخْلِصًا * تَعِيشُ سَعِيدًا صَادِقًا بِمُحَبَّتِى

Beshinchi satrdan so’ngra kelgan qasidaning xotimasi:

وَ جَدِّى رَسُولُ اللَّهِ اَعْنِى مُحَمَّدًا * اَنَا عَبْدُ الْقَادِرِ دَامَ عِزِّى وَ رِفْعَتِى

Xullas avvalgi besh satrda, besh jihat bilan va besh tavofuq bilan hozir xizmati Qur'oniyaning boshida bo’lganni ko’rsatadi.

Birinchi Jihat:Oxirdagi satrda تَعِيشُ سَعِيدًا ismini ochiq ravishda xabar berish bilan barobar, tirikchilik xususida izzat va saodat bilan hayot o’tkazishini xabar beradi. Darhaqiqat, hojamiz, kichikligidan beri faqir holi bilan to’liq istig’no bilan barobar, tirikchilik xususida eng baxtli bir zotdir.

Ikkinchi Jihat:Ayni satrning boshida وَكُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ parchasi bilan o’sha muridiga deydiki: "Vaqtning Abdulqodiriysi bo’l." Bu قَادِرِى kalimalari, hisobi abjadiy bilan uch yuz yigirma besh (325) bo’ladi. Ustozimizning taxallusi "Nursiy" bo’lgani jihat bilan, "Nursiy"ning maqomi abjadiysi uch yuz yigirma olti (326) bo’ladi. Birgina farq bor. U bitta alifdir. Ming ma'nosida "elf"ga ramz qiladi. Demak bir ming uch yuz yigirma beshda (1325) Shayx Geyloniyga mansub bir zot, Shayx Geyloniy tarzida haqiqati Qur'oniyani mudofaa qilishga harakat qiladi. Haqiqatdan ustozimiz, bir ming uch yuz yigirma oltinchi (1326) yilda -Hurriyatning ikkinchi yili mujohada-i ma'naviyaga otilganlar.

Uchinchi Jihat:Uning ikki ismi bor: "Said", "Badiuzzamon." Bu ikki ismning yig’indisining maqomi abjadiysi "Az-zamon"dagi shadda sanalmasa uch yuz yigirma to’qqiz bo’ladi. Ikki د bir sanalsa, uch yuz yigirma besh (325), aynan كُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ dagi muxotob u bo’lishiga ishora qiladi, balki dalolat qiladi. Agar اَلزَّمَان dagi o’qilmagan alif-lom sanalsa, qoidaga ko’ra قَادِرِى ga ham bir alif-lom kirishi lozim bo’ladi. Chunki ta'rif uchun, muzafunilayh ketgandan keyin alif-lom lozim bo’ladi, u holda ham teng bo’ladilar.

To’rtinchi Jihat:Bu besh satrda Hazrati Shayx, istiqbolda bir muridiga kafolat beradi قُلْ وَلاَ تَخَفْ "Qo’rqma, so’zlaringni ayt" deydi. Sen sharq va g’arbga borasan; ko’p fitnalarga va yomonliklarga kirib, umumida oddiy sabablardan ustun bir tarz bilan qutulib himoyada qolasan. Ha, bu xizmati Qur'oniya ichidagi zot haqiqatdan asorat bilan sharqqa ketdi. Va yana ajib bir asorat bilan Osiyoning g’arbida o’n to’qqiz yil qoldi. Hazrati Shayxning degani kabi, ko’p shaharlarni kezdi. Mujohadasi So’zlar bilandir.

قُلْ وَلاَ تَخَفْ hukmi bilan, chekinmasdan Hazrati Shayxning degani kabi qilgan. Yigirma yil mobaynida yigirma fitna va azim tahlikalarga tushgani holda, bir hifzi g’aybiy bilan Hazrati Shayxning degani kabi, himoyada qolgan. Ham kutilgandan ortiq, bir g’urbat diyorida favqulodda inoyatga mazhariyati shu darajaga kelganki, bir risola faqat o’sha inoyatlarni sanab yozilgan. Hazrati G’avsning degani kabi, biz uning atrofida مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ parchasining ma'nosini ko’zimiz bilan ko’ryapmiz.

Beshinchi Jihat:Ustozimiz o’zi aytadiki: "Men sakkiz-to’qqiz yoshda ekan, butun nohiyamizda va atrofida aholi Naqshiy Tariqatida va u yerliklarcha mashhur G’avsi Hizon nomi bilan bir zotdan madad so’rarkan, men qarindoshlarimga va umum aholiga muxolif bo’lib "Ey G’avsi Geyloniy" der edim. Bolalik e'tibori bilan qo’limdan bir yong’oq kabi ahamiyatsiz bir narsa yo’qolsa, "Ey Shayx! Senga bir fotiha, sen mening bu narsamni topdir." Ajibdir va qasam ichamanki, ming marta bunday Hazrati Shayx himmat va duosi bilan yordamimga yetishgan. Shuning uchun butun hayotimda umumiy bo’lib fotiha va zikrlar qancha o’qigan bo’lsam, Zoti Risolatdan (A.S.V.) so’ngra Shayx Geyloniyga hadiya qilinar edi. Men uch-to’rt jihat bilan Naqshiy ekan, Qodiriy mashrabi va muhabbati menda ixtiyorsiz hukm qilardi. Faqat tariqat bilan mashg’ul bo’lishga ilmning mashg’uliyati mone bo’lar edi.

So’ngra bir inoyati Ilohiya yordamimga yetishib g’aflatni tarqatgan bir zamonda Hazrati Shayxning "Futuh-ul G’ayb" nomli kitobi go’zal tasodif bilan qo’limga o’tgan. Yigirma sakkizinchi Maktubda bayon qilingani kabi, Hazrati Shayxning himmat va irshodi bilan eski Said (R.A.) yangi Saidga o’zgargan. U Futuh-ul G’aybning tafa'ulida eng avval shu parcha chiqdi: اَنْتَ فِى دَارِ الْحِكْمَةِ فَاطْلُبْ طَبِيبًا يُدَاوِى قَلْبَكَ Ya'ni, "Ey bechora! Sen Dor-ul Hikmat-il Islomiyada bir a'zo bo’lish jihati bilan go’yo bir hakimsan, ahli Islomning ma'naviy xastaliklarini davolaysan. Holbuki, eng ziyoda xasta sensan. Sen avval o’zingga tabib qidir, shifo top; so’ngra boshqasini davolashga harakat qil." Xullas u payt, u tafa'ul sirri bilan, moddiy xastaligim kabi ma'naviy xastaligimni ham qat'iyyan angladim. U shayximga dedim: "Sen tabibim bo’l." Haqiqatdan u tabibim bo’ldi. Faqat juda shiddatli amaliyoti jarrohiya qildi. "Futuh-ul G’ayb" kitobida "Ey g’ulom!" ta'bir qilgan bir talabasiga juda mudhish amaliyoti jarrohiya qiladi. Men o’zimni o’sha g’ulom o’rniga qo’ydim. Faqat juda shiddatli xitob qilar edi. "Ayyuh-al munofiq" "ey dinini dunyoga sotgan riyokor" aytib-aytib yarmini zo’rg’a o’qib bildim. So’ngra u risolani tark qildim. Bir hafta qarolmadim. Faqat amaliyoti jarrohiyaning orqasidan bir lazzat keldi; ishtiyoq bilan u muborak asarni achchiq tiryoq kabi yoki sulfat kabi ichdim. Alhamdulilloh, ayblarimni angladim, yaralarimni his qildim, g’urur bir daraja sindi." Hojamizning so’zi tugadi.

Xullas hojamizning bu hayot mojarosi ko’rsatadiki, Hazrati Shayx yuzlangan va ahamiyat bilan bahs qilgan va istiqbolda keladigan muridi bu bo’lishi uchun kuchli bir ehtimoldir. Hazrat Shayxning vafotidan keyin hayotda bo’lganlari kabi, tasarrufi ahli valoyat tomonidan qabul qilingan uch avliyo-i azimaning eng a'zami o’sha Hazrat G’avsi Geyloniydir. Va degan:

اَفَلَتْ شُمُوسُ اْلاَوَّلِينَ وَ شَمْسُنَا * اَبَدًا عَلَى فَلَكِ الْعُلَى لاَ تَغْرُبُ

parchasi bilan o’limdan keyin duo va himmati bilan muridlarining orqasida va oldida bo’lishi bilan, bunday horiqo ajib karomat bilan mashhur bir zot, albatta bunday bir zamonda qiymatdor bir xizmati Qur'oniya bir muridining vositasi bilan bo’lishini uning ko’rishi va ko’rsatishi sha'nidandir. Shayx baxs qilgan ahamiyatli muridi va talabasi va himoyasi ostida bo’lgan shaxs, mingdan so’ngra, o’n to’rtinchi asrda kelishiga bir imodir.

Sulaymon, Sabri, Zakoiy, Osim, Ra'fat, Ali, Ahmad Xusrav, Mustafo Afandi (R.H.), Rushtu, Lutfu, Shomli Tavfiq, Ahmad G’olib (R.H.), Zuhdu, Bekir Bey, Lutfi (R.H.), Mustafo, Mustafo, Mas'ud, Mustafo Chovush (R.H.) Hofiz Ahmad (R.H.), Hoji Hofiz (R.H.), Mahmud Afandi (R.H.), Ali Rizo.

***

SHAYXI GEYLONIYNING BAYONI BILAN KAROMATKORONA BERGAN G’AYBIY XABARNING QO’SHIMCHASI.

اَنَا لِمُرِيدِى parchasida مُرِيدِى "Mullo Said" kalimasiga to’liq tavofuq qiladi. Yolg’iz bir alif farq bor. Alif esa, qoida-i Sarfga ko’ra "alfun" o’qiladi. Alfun esa, mingdir. Demak bir ming ikki yuz to’qson to’rtda (1294) dunyoga keladigan bir muridi, bu "muridiy" lafzida muroddir. Chunki لِمُرِيدِى da lom sanalsa, ikki yuz to’qson to’rt (294) bo’ladiki, birgina farq bilan Saidning tug’ilish tarixiga tavofuq qiladi. Asos arabcha sanalsa, farq yo’q. Lomsiz مُرِيدِى esa ikki yuz oltmish to’rt (264) bo’ladi. "Mullo Said" ham ikki yuz oltmish besh (265) bo’ladi. "Mullo"dagi alif mingga ishora bo’lgani uchun, ortda ikki yuz oltmish to’rt (264) qoladi.

Xulosa:Shu zamonda dalloli Qur'on va xodimi Furqon bo’lgan u odamning ikki ismi va ikki laqabi bor. "Alkurdiy" laqabi bilan "Mullo Said" ismi, اَنَا لِمُرِيدِى parchasida yaqqol ko’rinmoqda. "Nursiy" laqabi bilan Badiuzzamon Said ismi كُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ parchasida oshkora ko’rinmoqda. Hatto xizmati Qur'oniyada eng muhim bir birodari va xolis bir talabasi bo’lgan Xulusi Beyga لِلَّهِ مُخْلِصًا تَعِيشُ سَعِيدًا صَادِقًا بِمُحَبَّتِى parchasida ishora bo’lgani kabi, boshqa bir qism talabalariga ishoralar bor.

Risola-i Nur talabalari nomiga

Rushdu, Xusrav

***

SAID O’ZI AYTADI:

Hazrat Shayxi Geyloniy, xizmati Qur'oniyaga nazari diqqatni jalb qilmoq va u xizmati Qur'oniya oxirzamonda tog’ kabi buyuk bir hodisa bo’lganiga ishora uchun, karomatkorona shu xizmatda iste'dod va layoqatimdan juda ustun bo’lishi va fidokor, g’ayratli qardoshlarim bilan harakat qilganimizga fazilat nuqtasidan emas, balki avvalroq bo’lish nuqtasidan ismimni bir daraja ko’rsatishi meni ancha zamondir o’ylantirar edi. Ajabo, buning izhorida ma'naviy bir zarar menga keladi, bir g’urur, bir maqtanchoqlik keltiradi deb sakkiz-o’n yildir to’xtab qoldim. Bu kunlarda izhorga bir eslatma his qildim.

Ham qalbimga keldiki: Hazrati Shayx menga bir martaba bermadi. Balki Said ismli bir muridim muhim bir xizmatda bo’ladi, fitna va balolardan izni Ilohiy bilan va Shayxning duosi bilan va himmati bilan himoyada qoladi.

Ham uzoq yerda toshlar ko’rinmaydi, tog’lar ko’rinadi. Demak, sakkiz yuz yil masofada ko’ringan, xizmati Qur'oniyaning choqqisidir; bo’lmasa Said kabi chumolilar emas. Modomiki bu karomati G’avsiyani e'lon va izhoridan, Qur'on shogirdlarining va xizmatkorlarining shavqi ortmoqda, albatta orqalarida Shayxi Geyloniy kabi qahramonlar qahramoni bo’lgan zotlar himmat va duolari bilan va izni Ilohiy bilan himoya qilganlarini bilsalar, shavq va g’ayratlari yanada ortadi.

Xulosa:Buni qardoshlarimni ortiq shavqqa va ziyoda g’ayratga keltirish uchun izhor qildim. Agar qusur qilgan bo’lsam, Janobi Haq afv etsin.

اِنَّمَا اْلاَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ

............

فَيَا مُنْشِدًا نَظْمِى parchasida ham Hazrati Shayxning (R.A.) muxotobi, shubhasiz Badiuzzamon Mullo Saiddir (R.A.)

Xulosa:Shu ajib qasidasining oxiridagi shu besh baytda besh kalima, madori nazari Shayx va mahalli xitobi G’avsiydir. Va u besh kalima esa, لِمُرِيدِى وَ مُرِيدِى وَ مُنْشِدًا وَ قَادِرِى وَ سَعِيدًا lafzlaridir. Saidning ham ikki laqabi bo’lgan "Nursiy", "Alkurdiy"; ikki ismi "Mullo Said", "Badiuzzamon" bu besh kalimada mavjud. Hazrati G’avsning e'tibor va xitobi sababi bo’lgan shu besh kalimasida, oshkora bir suratda, mazkur ikki ism va taxallus, ilmi jifr qoidasida maqomi abjad bilan ko’rinishi shubha qoldirmaydiki, Hazrati Shayx qasidasining oxirida u bilan gapiradi, unga tasalli berib jasoratlantiradi. وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ sirri bilan muvaffaqiyatiga kafolat beradi.

لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللَّهُ * وَاللَّهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ

فَيَا مُنْشِدًا نَظْمِى parchasida نَظْمِى kalimasi, maqomi abjadiysi ming bo’lib; رِسَالَةُ النُّورِ ikki farq bilan, رَسَائِلُ كِتَابِ النُّورِ ning ikki madda sanalmasa va shadda ham lom sanalsa, maqomi abjadiysi yana mingdir. Demak فَيَا مُنْشِدًا نَظْمِى فَقُلْهُ وَلاَ تَخَفْ parchasining g’aybiy ma'nosi shuki: يَا مُوءَلِّفَ رِسَالَةِ النُّورِ جَاهِدْ بِهَا فَقُلْ وَلاَ تَخَفْ ya'ni "Qo’rqma, so’zlaringni ayt, nashriga harakat qil." وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللَّهِ

Ammo فَقُلْهُ وَلاَ تَخَفْ parchasida hayratga loyiq bir tavofuq borki: Ilmi Jifr qoidasi bilan maqomi abjadiysi bir ming uch yuz o’ttiz ikki (1332) bo’ladi. Shu holda يَا مُنْشِدًا نَظْمِى فَقُلْهُ وَلاَ تَخَفْ g’aybiy ma'nosi "Ey Risolat-un Nur va So’zlar sohibi! Menga qara. G’ofil harakat qilma! Bir ming uch yuz o’ttiz ikkida (1332) mujohadani boshla; So’zlarni qo’rqma yoz, ayt!" Haqiqatdan Said (R.A.) Hurriyatdan so’ngra oz bir zamonda mujohadasida to’xtagan bo’lsa, bir ming uch yuz o’ttiz ikkida (1332) Ishorot-ul I'jozni ta'lif bilan barobar Eski Saiddan chiqishni niyat qilib, yangi Said suratida bor quvvati bilan mujohada-i ma'naviyani boshlab, ikki-uch yil so’ngra esa Dor-ul Hikmati Islomiyada bir-ikki yil Hazrat G’avsi Geyloniyning shu vasiyatiga va amriga rioya qilib Qur'on nurlarini nashr etgan. Lillahilhamd, hozirga qadar davom qilmoqda.

Bu hayratga loyiq parchada joyi diqqat shu nuqta borki, Hazrati G’avs to’qridan-to’g’riga oltinchi asrdan shu asrimizga qaramoqda. U oltinchi asrning oxirlarida Xulagu falokati kabi fojiali, dahshatli mashhur fitnaning juda alamli va fojiali va qabrdagi o’liklarni yig’lattiradigan darajada dahshatli bir navi, shu o’n to’rtinchi asrda mavjud. Bu ikki asr bir-biriga tavofuq qiladiki, Hazrati Shayx undan bunga qaraydi.

Risola-i Nur Talabalari Nomiga

Ra'fat, Xusrav, Hofiz Ali, Sabri

***

SHU KAROMATI G’AVSIYA MUNOSABATI BILAN UCH NUQTA BAYON QILINADI

Birinchi Nuqta:Hazrati G’avsning qasidasining boshida bu besh satrdan avval ajib, juda g’arib, juda balig’, nozdorona tahdisi ne'mat suratida bir da'vo-i iftixorkorona ifoda qilgan ikki sahifalik qasidasidagi horiqo da'vosiga dalil bo’lib yaqqol bir karomatni go’yo mo’'jizaga yaqin bir horiqoni ko’rsatish lozim kelar edi. Xullas u aqllarni hayratda qoldirgan martabaga loyiq bo’lganini ko’rsatadigan bir karomat izhor qildiki; sakkiz yuz yillik masofada, Janobi Haqning izni bilan, bildirishi bilan zamonimizni tafsiloti bilan ko’rish tarzida, biz kabi ojiz, zaif talabalariga dars berib tashviq qiladi. Xullas, Hazrati G’avsning da'vosiga bu g’aybiy xabari eng yaqqol burhon bo’lgani kabi, Risola-i Nurning parchalarining haqqoniyat va ulviyatiga bir hujjati qat'iya hukmidadir. Ha, Hazrati Shayx bu qasidasi bilan So’zlarning haqqoniyatiga imzo qo’ymoqda.

Ikkinchi Nuqta:Ahli tariqat va haqiqat tomonidan muttafaqun alayh bir asos borki: Tariqi Haqda suluk etgan bir inson nafsi ammorasining anoniyatini va itoatsizligini sindirish uchun lozim bo’ladiki: Nazarini nafsidan ko’tarib shayxiga diqqatini qarata- qarata oxiri fano fish-shayx hukmiga keladi. "Men" degan vaqti, shayxining hissiyoti bilan gapiradi va hokazo.. fano firrasul, fano fillohga qadar ketadi. Masalan: Qandayki, g’oyat fidokor va sodiq bir xizmatkor, bir yordamchi, xo’jayinining hissiyoti bilan go’yo o’zi-o’zining xo’jayini va podishohi kabi gapiradi. "Men bunday istayman" deydi; ya'ni "Mening sayyidim, ustozim, sultonim bunday istaydi." Chunki o’zini unutgan, faqat uni o’ylaydi, "Bunday amr qiladi" deydi. Xuddi shuning kabi, G’avsi Geyloniy o’sha hayratomuz qasidasi ichiga olgan favqulodda zavqlar, Hazrati Shayxning Ahli Baytning sirri azimini meros olishi bilan, Oli Baytning shaxsi ma'naviysining maqomi nuqtasida va Zoti Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalom)ning vorisligi bilan Haqiqati Muhammadiyasida (A.S.V.) o’zini ko’rgani kabi, fanoyi mutlaq bilan Janobi Haqning tajalli-i zotiysiga mazhariyat nuqtasida, qasidasida o’sha so’zlarni aytgan. U kabi bo’lmagan va u maqomga yetishmagan, uni aytib bilmaydi. Aytsa, mas'uldir.

Hazrati Shayx, mutlaq vorislik nuqtasida, Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalom)ning oyog’i muboragini yelkasida ko’rgani uchun, o’z oyog’ini avliyoning yelkasiga o’sha sirdan qo’yadi. Qasidasida zohir ko’ringan, maqtanish va faxrlanish emas, balki tahdisi ne'mat va oliy bir shukrdir. Faqat bu qadar borki, muhibbiyat maqomi bo’lgan maqomi niyozdan mahbubiyat maqomi bo’lgan nozdorlik maqomiga chiqqan. Ya'ni, tariqi ajz va faqrdan mashrabi ishq va istig’roqqa kirgan. Va o’ziga bo’lgan ni'omi azima-i Ilohiyani yod etib, haqiqiy ma'noda iftixor qilib shukr qilgan.

Uchinchi Nuqta:Karomat, mo’'jiza kabi Janobi Haqning ishidir, hadyasidir, ehsonidir va ikromidir. Basharning ishi emasdir. U karomatga sazovor bo’lgan zot esa, ba'zan biladi, ba'zan bilmaydi -bo’lgandan keyin biladi-. Karomatga savozorligini bo’lishidan oldin bilgan va ikromi Ilohiyga ixtiyori bilan muvofiq harakat qilgan qism, agar anoniyatdan butun-butun qutulgan bo’lsa va Hazrati G’avs kabi muqaddaslik qozongan bo’lsa, Janobi Haqning izni bilan, u karomatning har tarafini bilib o’zi sohib chiqadi, biladi va bildiradi. Faqat bu bilan barobar, modomiki u karomat ikromdir; butun tafsiloti bilan karomat sohibiga ham ko’rinishi lozim emas. Bu sirga binoan; Hazrati Shayx; i'lami Rabboniy va izni Ilohiy bilan bu asrni ko’rgan va xizmati Qur'oniyaning atrofida bizlarni mushohada qilib nazari shafqati bilan qaragan. U besh satr, yolg’iz bir karomat va intoqi bilhaq va bir ikromi Ilohiy va varosati Nabaviya e'tibori bilan namoyon bo’lganidan, mo’'jizavoriy, qudrati bashardan ustun bir shakl olgan. Sun'iy, iroda-i shayx bilan bo’lmagan. Chunki intoqdir. Ruhi muqaddasasi his qilgan, ko’rgan. Iroda va ixtiyor yetisholmaydi. Aql esa ruhning harakatlarini qamray olmaydi. Lison, qanchalar aqlning tasavvurlari nozikliklarining tarjimasida ojiz bo’lsa, ixtiyor ham ruhning harakatlari nozikliklarini idrokida shu daraja ojizdir.

Hazrati G’avs shu daraja yuksak bir martabaga molik va shu daraja hayratomuz bir karomatga sazovordirki, kofirlarning bir qismi degan: "Biz Islomiyatni qabul qilolmaymiz. Faqat Abdulqodir Geyloniyni ham inkor qilolmaymiz." Ham avliyoni inkor qilgan Vahobiyning ifrotchi qismi ham Hazrati Shayxni inkor qilolmaydilar. Avliyo uning daraja-i haybatiga yetishmagani, barcha ahli tariqat tomonidan qabul qilingan.

Mana bunday quyosh kabi bir mo’'jiza-i Muhammadiya (Alayhissalotu Vassalom), yuksak va so’nmas bir bariqa-i Islomiyat bo’lgan bir zoti nuroniyning, g’aybni bilgan nazari bilan asrimizni ko’rib, bunday bir karomat izhori bilan tasalli berib jasoratlantirish sha'nidandir. Ajabo, hech mumkinmidirki, "Sulton-ul Avliyo" maqomini qo’lga kiritgan va hamiyati Islomiya bilan zamonidagi podshohlarni titratgan va quvva-i qudsiya bilan moziy va istiqbolni hozirdek izni Ilohiy bilan ko’rgan va mamotida ham hayotidagi kabi doimiy tasarrufi bo’lgani tasdiq qilingan bir qahramoni valoyat, bu asrimizga va bu asr ichidagi kamoli ajz va zaiflik bilan Qur'onning xizmatida bo’lgan va insofsiz dushmanlarning hujumiga ma'ruz va tasalli va kafolatlashga muhtoj bechora Qur'onning xodimlariga va talabalariga loqayd qolishi mumkinmi? Hech mumkinmidirki, biz bilan munosabatdor bo’lmasin? Sakkiz, to’qqiz, balki o’n besh quvvatli dalilni inobatga olmasdan, arzimas bir ishora kalomida bo’lsa, bizga qaraganiga dalolat qiladi; yashirin bir ishora qilsa, kifoyadir. Chunki, maqom taqozo qiladi, holning shartiga uyg’un va munosabat kuchlidir.

Ey men bilan barobar Hazrati Shayxning e'tibor va duosiga sazovor qardoshlarim! Shu ustozimiz bizni istiqbolda adam zulmatlari ichida o’ylab biz bilan mashg’ul bo’larkan, biz u moziyda mavjud va nur pardalari ichida ustozimizni va ustozimizning ustozi va bobosi bo’lgan Faxr-ul olamiyn Alayhissalotu Vassalom Afandimizning e'tiborlaridan g’aflat etishimiz, ularga tayanmasligimiz loyiqmi? Modomiki ular bizni o’ylaydilar. Biz ham bor quvvat va ruhimiz bilan ularga ishonib va amrlariga aniq itoat qilishimiz kerak.

Ahli dunyoning simsiz telegraf va telefonlari sharqdan g’arbga ketgani kabi, mana ahli haqiqatning ham moziydan, to’qqiz yuz yil masofa-i azimadan istiqbolga bunday ma'naviy telefonlari ishlay oladi va ma'naviy teleskoplari ko’ra oladi. Ma'lumdirki, zaif alomatlar yig’ilgan sari quvvat topadi, dalil hukmiga o’tadi. Mayingina iplar yig’ilgan sari uzilmas arqon bo’ladi. Kulliy umumiy qaydlar yig’ilgan sari xususiyat paydo qilib taayyun qiladi. Bu sirga binoan, Hazrati Shayxning bu besh satrida sakkiz-to’qqiz quvvatli ishoraning yig’ilishida hech shak va shubha qoldirmadiki: Hazrati Shayx hozirgi Qur'oni Hakimning shogirdlariga biiznilloh ustozlik qiladi; bihavlilloh shafqati ostida himoya qiladi.

Jam'-i qutbiyat va fardiyat va g’avsiyat

Ila uch ustun uzra turar.

Rayeti ulviyati Shayxi haqqoniydir xitobi Abdulqodir.

Ilhomi Xudo, kitobi Abdulqodir.

Boz-ul-ashhab fardi faridi davaron.

G’avsi A'zam Janobi Abdulqodir.

Said Nursiy

***

RISOLA-I NUR SHOGIRDLARINING BIR BAYONI

وَكُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ لِلَّهِ مُخْلِصًا * تَعِيشُ سَعِيدًا صَادِقًا بِمُحَبَّتِى

Ilmi jifr bilan ma'nosi:

"Ey Said! Sen zamonning Abdulqodiri bo’l, ixlosi tomni qozon, faqirliging bilan barobar tirikchiligingni o’ylama, odamlardan minnat olma, isming "Said" bo’lgani kabi, tirikchilikda ham baxtiyor bo’lasan! Muhabbatimda sodiq bo’lganidan va ixlosga harakat qilganidan, Xulusiy kabi muxlis talabalar va yordamchilar va Sulaymon, Bekir kabi sodiq xizmatkorlar va Sabri kabi tom taqdir etuvchi va haqiqiy mushtoq talabalar sizga berilgan." Ha, Lillahilhamd, G’avsning yaqqollik darajasida xabar bergan holi sodir bo’lgan. G’avsi A'zam, "Said" ismi bilan nomlagan muridining tarixcha-i hayotida eng muhim nuqtalarni bayon qilish bilan barobar, Ilmi Jifr sirlari bilan sakkiz-to’qqiz jihatda Saidning boshiga ishora qiladi. Baytlarning ma'no-i zohiriysi bilan jifriy ma'nolari bir-biriga juda yaqin bo’lish bilan to’qqiz jihatdagi ishoralar bir-birini quvvatlaganidan yaqqollik darajasiga chiqqan.

اَنَا لِمُرِيدِى حَافِظًا مَا يَخَافُهُ * وَاَحْرُسُهُ فِى كُلِّ شَرٍّ وَ فِتْنَةٍ

Ilmi Jifr bilan Ma'nosi:

"O’n to’rtinchi asrda "Al-Kurdiy" taxallusi bilan yod etilgan Mullo Said mening muridimdir. U fitna va balo asrining har yomonlik va fitnasidan Allohning izni bilan va kuch va qudrati bilan uning muhofiziman."

Ha, Hurriyatdan yigirma-o’ttiz yil keyinga qadar, yigirma buyuk fitna ichida favqulodda bir suratda G’avsning o’sha muridi himoyada qolgan. Qo’rqqan yomonligi va tahlikalardan bir g’aybiy himoya bilan xalos bo’lgan.

مُرِيدِى اِذَا مَا كَانَ شَرْقًا وَ مَغْرِبًا * اَغِثْهُ اِذَا مَا سَارَ فِى اَىِّ بَلْدَةٍ

Ilmi Jifr bilan Ma'nosi:

"U G’avsning muridi bo’lgan Said-ul Kurdiy, Rossiyada asorat bilan Osiyoning shimoliy sharqida va ahli bid'atning qo’li bilan Osiyoning g’arbiga surgun qilinib qolgani miqdorcha va Sibir taraflaridan qochib favqulodda ko’p mamlakatlarni sayru-sayohat qilishga majbur bo’lgan payti, Allohning izni bilan, havl va quvvati Rabboniy bilan unga yordam berganman va madad so’raganiga yetishganman." Ha, Hazrati G’avsning muridi unvoni bilan iroda qilgani Said (R.A.), uch yil asorat bilan Osiyoning shimoliy sharqida tahlikalar ichida himoyalangan qolib, uch-to’rt oylik masofani qochish surati bilan bosib o’tib, ko’p shaharlarni kezib, G’avsning degani kabi, himoyada qolgan.

فَيَا مُنْشِدًا نَظْمِى فَقُلْهُ وَلاَ تَخَفْ * فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ

Ilmi jifr bilan ma'nosi:

Badiuzzamon Mullo Said nomi bilan yod qilingan va muntazam virdlarini o’qigan muridiga deydiki: "Mening nazmimni, ya'ni maslak va mashrabimni va mujohadalarimni ko’rsatgan maqolalarimni ayt; ya'ni nazmimdan murod, sening risolalaring va So’zlaring va Maktubotingdir. فَقُلْهُ وَ لاَ تَخَفْ Bir ming uch yuz o’ttiz ikkida (1332) u So’zlar bilan mujohadani boshla. Sen inoyati Ilohiyaning himoyasidasan."

Ha, مُنْشِدًا Ilmi Jifr bilan "Mullo Said"ni ko’rsatgani kabi نَظْمِى , ظ bilan Risolat-un Nurni ko’rsatadi. Va مِى bilan ham Maktubotni, ham كَلِمَاتُ سَعِيدِ الْكُرْدِى ko’rsatadi. "Kalimot" So’zlar deganidir.

فَقُلْهُ وَ لاَ تَخَفْ bir ming uch yuz o’ttiz ikkini (1332) ko’rsatadi. U tarix jihodining boshlanishidir. U tarixda "Ishorot-ul I'joz Tafsiri"ning nashri bilan mujohadani boshlagan.

***

KAROMATI G’AYBIYA-I G’AVSIYANING ISHORALARINI TASDIQLAGAN UCH RAMZ

Birinchi Ramz:اَنَا لِمُرِيدِى حَافِظًا Ilmi Jifr e'tibori bilan, maqomi abjadiy hisobi bilan, bir ming uch yuz o’ttiz oltini (1336) ko’rsatadi. Demak Hazrati G’avs, "Bu tarixda istiqbolda keladigan muridini amri Ilohiy bilan muhofaza qiladi" deydi. Ha, bu bechora Said ham deydi: Nav'-i bashara kelgan eng buyuk bir musibat Jahon Urushi hangomida, ko’p tahlikalarga ma'ruz qoldim. Hazrati G’avs ko’rsatgan arabcha tarixda yoki oz avval hayratomuz bir suratda qutuldim. Hatto bir dafa, bir daqiqada uch o’q o’ldiradigan yerga muqobil menga tekkani holda ta'sir qilmadilar. Bitlisning istilosida bir miqdor talabalarim bilan Rus askarlarining bir bo’linmasi ichiga tushdik. Bizni o’radilar, har tarafda o’q yog’di. To’rt donasi mustasno, barcha birodarlarim shahid bo’lgandan so’ng, bo’linmaning to’rt qatorini yordik; yana ularning ichida bir yerga kirdik. Ular ustimizda, atrofimizda ovozimizni, o’ksirganimizni eshitganlari holda, bizni ko’rmas edilar. O’ttiz soat o’sha holda loy ichida, men yarali ekan hifzi Ilohiy bilan istirohati qalb ichida muhofaza qilindim.

Bu kabi ko’plab tahlikalarda Hazrati G’avs ko’rsatgan tarixi arabiy e'tibori bilan, haqiqatdan bir hifzi Ilohiy ichida bo’lganimni his qilardim. Demak, Janobi Haq o’sha qudsiy ustozimni bir qo’riqlovchi malaklar kabi menga qo’riqchi qilgan.

Mana bu اَنَا لِمُرِيدِى حَافِظًا parchasi bu faqirning ahamiyatli sarguzashtlariga ishora qilgani kabi, bu faqirning atrofida xizmati Qur'oniya ishida to’plangan birodarlarimdan to’qqizta talabasini حَافِظْ ismi bilan ishora qiladi. وَاَحْرُسُهُ فِى كُلِّ شَرٍّ وَ فِتْنَةٍ parchasida ikki hukm bor. Biri yomonlikdan, boshqasi fitnadan. Demak, ikkinchisi اَحْرُسُهُ فِى كُلِّ فِتْنَةٍ va bu jumla كُلِّ dagi shadda sanalmasa, bir ming uch yuz qirq to’rt (1344) bo’ladi. Ha, bu tarixdan hozirga qadar ko’p ahamiyatli fitnadan bir himoya-i g’aybiy bilan mahfuz qolganimni تَحْدِيثًا لِلنِّعْمَةِ e'lon qilaman.

Ikkinchi Ramz:

مُرِيدِى اِذَا مَا كَانَ شَرْقًا وَ مَغْرِبًا * اَغِثْهُ اِذَا مَا سَارَ فِى اَىِّ بَلْدَةٍ

parchasida bahs qilgan va gapirgan muridi esa, sharqqa asoratdan ketgan tarixni ko’rsatgani kabi, g’arbga surgun bo’lgan tarixni ham ko’rsatadi. Shundayki:

Shu parchaning haqiqiy ta'biri اِذَا مَا كَانَ مُرِيدِى اَسِيرًا فِى شَرْقٍ bo’ladi. Demak asirlik zamoni مَا كَانَ مُرِيدِى اَسِيرًا فِى شَرْقٍ da chiqadi. Va bir ming uch yuz o’ttiz yetti (1337) bo’ladi. Xullas bu faqir o’sha tarixi arabiyda Rus asoratida, "Bir o’zim Petrograddan bir oy shimoliy sharq tarafidan qochib, ko’p turli tahlikalar bor ekan, Ruscha bilmaganim holda, bir muhofaza-i g’aybiya ostida juda ko’p o’lkalarni sayru-sayohat qildim. Varshava, Avstriya yo’li bilan Istanbulga kelib uzun bir doira-i arzda sayohat qildim. Hazrati G’avsning degani kabi, u sharqdagi asirlik va u ko’plab o’lkalarni kezish ichida izni Ilohiy bilan yordam istashimga madad ko’rar edim." Demak, izni Ilohiy bilan Hazrati G’avs malak kabi bu vazifani duosi bilan qilgan.

Ammo مَا كَانَ مَغْرِبًا qaydi tarixi arabiy bo’lib bir ming uch yuz ellik bir (1351) mashhur Rumiy tarixi bilan ikki yil farq bor. Xullas -Hazrati G’avsning degani kabi- bu faqir, tarixi arabiy bilan bir ming uch yuz ellik birda (1351), Islom shiorlari ichida ahamiyatli o’zgarishlar zamonida bor quvvatim bilan shiorlarning muhofazasiga xizmat bilan vazifador bo’lganim holda, u ma'naviy ostin-ustunliklardagi to’fonlar bizga zarar bermadi.

Ham مَغْرِبًا kalimasi, oxirdagi tanvin bilan barobar bir ming ikki yuz to’qson ikki (1292) bo’ladiki, bu faqirning dunyoga kelishidan bir yil avval; va yoxud ona qornidagi tarixga ishora bilan barobar كَانَ مَغْرِبًا bir ming uch yuz o’n to’rt (1314) bo’ladi. Bir ming uch yuz o’n to’rt (1314) yillarida bahs mavzusi bo’lgan muridi, ahamiyatli xatardan qutulishiga G’avs (R.A.) ishora qiladi, uning yordamiga yetishdim deydi. Hayotda bo’lgan eski talabalarim biladilarki, bir ming uch yuz o’n to’rt (1314), bir ming uch yuz o’n besh - o’n olti (1315-1316) yillarida, Van qal'asi-ki, ikki minora yuksakligida faqat tog’ kabi bir toshdan iboratdir, eskidan qolgan xona kabi bir g’or eshigiga borayotgan edik. Oyog’imdan poyafzallar sirpandi, ikki oyog’im birdan sirpandi. Tahlika yuz foiz... Boshqacha tayanch nuqtasi qolmagani holda, katta bir tayanchga bosgandek uch metrlik burilish bilan o’sha g’orning eshigiga otilganman. Ham men, ham barobarimdagi u yerda bo’lgan birodarlarim, ajal kelmagani uchun yolg’iz bir hifzi Ilohiy, hayratomuz bir yordami g’aybiy deb o’yladik.

Xullas, Hazrati G’avs modomiki bu qasidasida sarguzashti hayotimning muhim nuqtalariga ishora qiladi; albatta bu ajib va eng tahlikali bir sarguzashti hayotimga shu jumlasi bilan ishora qiladi de bo’ladi.

Xulosa:Hazrati G’avsning mazkur kalimalari, bu faqirning tarixi hayotimda o’tgan eng muhim nuqtalarni ma'nosi bilan ifoda qilganlari kabi; hisobi abjad maqomi bilan muhim nuqtalarning bo’lish tarixlariga tavofuqlari, albatta tasodufiy va tasodif ishi bo’lolmaydi. Boshqa ishoralarning qat'iyati quvvati tasodifni mahol darajasiga keltirgan. Modomiki bu besh satr qasidasi, bir karomatdir; karomat esa mo’'jiza kabi Janobi Haq tarafidandir, intoqi bilhaq nav'indandir, hali bayon qilmaganimiz ko’p sirlarni ichiga olgan, ixtiyori bashar yetisholmaydi.

...................

Said Nursiy

LATIF BIR TAFA'UL

Shayx Sa'diy Sheroziyning "Bo’ston"idan So’zlar haqida men, Hofiz Xolid, G’olib, Sulaymon niyat qilib ochdik, tafa'ul bu chiqdi:

نِگَرْ تَا گُلِسْتَان مَعْنَا شُگُفْت * بَرُو هِيچْ بُلْبُلْ چُنِينْ خُوشْ نَگُفْت

عَجَبْ گَرْ بِمِيرَدْ چُنِينْ بُلْبُلْ * كِه اَزْ اُسْتُخَوانَشْ نَرُويَدْ گُلِى

Ma'nosi:Ya'ni "Kel, boq, gullar bog’i shaklida haqiqat gullari ochilgan. Bunday haqiqat gulzorida hech bir bulbul bunday shirin, xush sayramagan. Qanday bo’ladiki, bunday bir bulbul o’lgandan so’ngra uning suyaklaridan gullar ochilmasin."

Bu ma'no maqsadimizga shunchalar yaqinki, ta'birga ehtiyoj yo’q. Faqat gulistonimiz; abadiy Qur'on Jannatidan, undan kelgan.

Mahmud, Tavfiq, G’olib, Sulaymon, Hofiz Xolid, Said (R.A.)

***

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

G’avs mashhur qasidasida -yaqqollik darajasida- bizlardan, ya'ni hizb-ul Qur'ondan xabar bergani kabi, yana bir necha yerda yana ishoriy bir tarzda xabar beradi. Jumladan, o’sha qasidaning orqasida "Majmuat-ul Ahzob"ning 563-chi sahifasida yana o’sha ma'lum murididan bahs qiladi va baytida deydiki:

فَمُرِيدِى اِذَا دَعَانِى بِشَرْقٍ اَوْ بِغَرْبٍ اَوْ غَارٍ فِى بَحْرِ طَامِى اَغِثْهُ

"G’arbda meni chaqirgan vaqt, uning yordamiga yetishaman." Ha, to’g’ridir. Arabcha tarix bilan bir ming uch yuz o’ttiz to’qqizda (1339) mudhish bir inqirozi ruhiy va dahshatli bir hayajoni

qalbiy va g’avg’oli bir tashavvushi fikriy o’tkazgan vaqtlarimda, juda shiddatli bir suratda Hazrati G’avsdan madad so’radim. Bir-ikki yerda bahs qilganim kabi, "Futuh-ul G’ayb" kitobi bilan va duo va himmati bilan yordamimga yetishdi va u inqirozni o’tkazib yubordim. Mana o’sha muridi esa, bechora Said-ul Kurdiy bo’lganini mashhur qasidasida qat'iy ko’rsatgani kabi, bu qasidada ham فَمُرِيدِى dan murod udir. Chunki دَعَانِى بِغَرْبٍ abjad hisobi bilan bir ming uch yuz o’ttiz to’qqiz (1339) bo’ladi. U payt mamlakatimga nisbatan g’arb sanalgan Istanbulda edim. دَعَانِى بِغَرْبٍ maqomi abjadiysi yordam so’rash paytimga tavofuq qiladi. Hisobda اِذَا lafzi kirmaydi. Chunki اِذَا zamonni ko’rsatadi, دَعَانِى بِغَرْبٍ jumlasi o’sha noaniq zamonni ta'yin qiladi.

Ham azjumla, "Majmuat-ul Ahzob"ning ikkinchi jildining 379-chi sahifasida Hazrati G’avsning "Vird-ul Isha" nomli munojotida shu parcha bor.

فَالْوَاصِلُ

{(Hoshiya) فَالْوَاصِلُ kalimasi- ko’plab bo’lish jihati bilan- So’zlari bilan salomatga yetkazuvchi deganidir.}

اِلَى سَاحِلِ السَّلاَمَةِ هُوَ السَّعِيدُ الْمُقَرَّبُ

{(Hoshiya1) الْمُقَرَّبُ shaddali "ro" bir sanalsa, ustozimizning taxallusi bo’lgan "Annursiy" kalimasining aynidir. Faqat bog’lash uchun "vov" bor. Tom tavofuq bilan yaqindan murod Nursli bo’lganini ko’rsatadi. الْمُقَرَّبُ da shaddali "ro" ikki sanalsa, "Badiuzzamon Nursi" shaddasiz "yo" bilan aynidir. Faqat ikki farq bor. Ikki hamza-i vasl sanalsa, batamom tavofuq bilan الْمُقَرَّبُ to’g’ridan-to’g’riga unga ishora qiladi.}

وَ ذُو الْهَلاَكِ هُوَ الشَّقِىُّ الْمُبَعَّدُ وَ الْمُعَذَّبُ

Xullas G’avsning shu parchasi, فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَ سَعِيدٌ oyatining bir navi tafsiridir. Shu kulliy oyatning bir qism fardlarini, oltinchi asr va o’n to’rtinchi asrda oyatning kulliyatiga kirgan bir qism maxsus fardlarni ko’rsatganiga ko’plab alomatlar bor. Oyatning kulliyatida {(Hoshiya) Oyatning kulliyatida saodat nuqtasida mazhariyatiga masadaq bo’lish uchun milliardlab darajadan faqat bir daraja murod bo’lganimizni anglasak, abadga qadar shukr qilsak, u ne'matlarning haqqini ado qilolmaymiz. Hazrati G’avsning ishorasidan anglashiladiki, u qamrovli oyatning dengizidan bir qatra qadar hissamiz bor.} tavofuq sirri bilan فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ kalimasida bu zamonning eng katta qaroqchilaridan uchtasiga jifr bo’yicha tavofuq qilishi, o’sha kulliy oyatda bular ham qasddan murod bo’lganlariga alomat, balki ishoradir. Xullas Hazrati G’avs bu oyatdagi bu alomatdan bu zamonga qaragan. Mazkur ifodasini kulliy oyatga bir navi xususiy tafsir qilib, qasidasida karomatkorona bahs qilgani fitna-i oxirzamon ichidagi shogirdlarini ko’rib, o’sha zamonning qaroqchilarining yomonligidan muhofaza qilingani va bu yerda munojotida ham o’sha qasidaning ma'nosiga qaraydi.

Shu ifoda-i G’avsiyada bir imo bor. Bu yerdagi "Said" lafzida, mashhur qasidasidagi تَعِيشُ سَعِيدًا kalimasiga yashirin bir ishora bo’lgani kabi; ذُو الْهَلاَكِ هُوَ الشَّقِىُّ الْمُبَعَّدُ ifodasi bilan o’zidan so’ngra sodir bo’lgan va Islomiy ilmlarni mahv etmoq niyati bilan kitobxonalarni Dijla va Firot daryosiga tashlagan Xulagu falokatini xabar berish bilan barobar; Xulagu kabi Islomiy ilmlarga parda tortgan qaroqchilarni ham, mazkur oyatga tayanib xabar beradi.

Ha, فَالْوَاصِلُ اِلَى سَاحِلِ السَّلاَمَةِ parchasi bilan Hizb-ul Qur'onga ishora qilgani kabi ذُو الْهَلاَكِ هُوَ الشَّقِىُّ الْمُبَعَّدُ وَ الْمُعَذَّبُ parchasi bilan Islomiy ilmlarni yo’qotish niyati bilan Xulagu va vazirlari kabi harakat qilgan ba'zi ma'lum insonlarning ismlari Ilmi Jifrga ko’ra ham mazkur oyatning ishorasiga tayanib tom tavofuq qiladi, ko’rsatadi.

Ma'lumdirki tavofuq, Ilmi jifrning kalitlaridan muhim bir kalitdir. Agar bitta tavofuq bo’lsa, dalolat deyilmaydi; faqat yashirin bir imo bo’ladi. Agar ikki jihat bilan ayni masalaga tavofuq kelsa, imodan ramz darajasiga chiqadi. Agar ikki-uch jihat bilan ayni masalaga kelsa, ishora bo’ladi. Agar so’zlarning ma'nolari harflar bilan qilingan ishoralarga munosib kelsa va ishora bilan bahs qilingan insonlarning ahvoli o’sha ma'noga uyg’un va muvofiq bo’lsa, u ishora u vaqt dalolat darajasiga chiqadi. Ahar olti-yetti jihat bilan tavofuq bilan barobar, kalimalarning ma'nolari harf bilan qilingan ishoralarga muvofiq kelsa va holning shartiga uyg’un ham bo’lsa, u dalolat o’sha vaqt yaqqollik darajasiga chiqadi. Xullas bu dasturga binoan, Shayxi Geyloniy o’sha mashhur qasidasida yaqqollik darajasida Hizb-ul Qur'ondan bahs qilgani kabi, وِرْدُ الْعِشَاءِ munojotida ham mazkur oyatga tayanib, Hizb-ul Qur'onning bir xodimini ochiqchasiga va birodarlarini ham ishora darajasida xabar beradi.

G’avsi A'zamning istiqboldan xabar bergani navidan, mashhur Shayx-ul islom Ahmadi Jomiy ham Imom Rabboniy (R.A.) bo’lgan Ahmadi Faruqiydan xabar bergani kabi, Jaloliddin Rumiy Naqshbandiylardan xabar bergan. Yana bu navdan ko’p avliyolar bo’lganga uyg’un xabar berganlar; faqat ularning bir qismi yaqqollikka yaqin xabar berganlar. Boshqa bir qismi xabarlari garchi bir daraja noaniq mutlaqdir, faqat bahs qilgan zotlari maqom sohibi va buyuk bo’lganlaridan, buyukliklari va taayyunlari jihati bilan o’sha noaniq g’aybiy xabarni loyiq bo’lib o’zlariga olganlar. Masalan Ahmadi Jomiy (Q.S.) deganki: "Har to’rt yuz yil boshida muhim bir Ahmad keladi. Ming tarixi boshidagi Ahmad eng muhimidir." Ya'ni u alfin mujaddididir. Mana bunday mutlaq bir suratda aytgani holda, Imom Rabboniyning (Q.S.) buyukligi va tashaxxusi osha xabari g’aybiyni qat'iyyan o’ziga olgan. Hazrat Mavlono Jaloliddini Rumiy ham (Q.S.) Naqshbandiydan noaniq bir suratda bahs qilgan; faqat Naqshiylarning buyukligi va yuksakligi va tashaxxuslari u xabarni ham loyiq bo’lib o’zlariga olganlar.

Xullas bu karomatkorona g’aybiy xabar navidan, G’avsi A'zam (Q.S.) ham Hizb-ul Qur'ondan ishoriy bir suratda xabar bergani kabi, Hizb-ul Qur'onning bir xodimi bo’lgan bu bechora Saidni (R.A.) ikki yerda ochiq tarzda xabar beradi. Noaniq va mutlaq qoldirmaganining sirri shuki: Bu bechora Said, maqom sohibi bo’lmagan ekan va buyuk emas ekan va mutlaq ta'biri tashxis qiladigan bir tashaxxus yo’q ekan, lutfi Ilohiy bilan buyuk bir maqomning xizmatida bo’lishidir. Go’yo bir askar ekan, marshallik maqomi xizmatida bo’lishidir. Xullas kichikligi va ahamiyatsizligi uchundirki, Hazrati G’avs, narigi avliyoga muxolif bo’lib, yolg’iz ishora bilan qolmasdan, yaqqollik darajasida barmog’ini uning boshiga bosadi.

Sarguzashti hayotimda o’tgan va ko’pchiligini yashirganim ko’p hayratomuz voqealar bor edi. O’zimni hech bir jihat bilan karomatga loyiq ko’rmaganim uchun, ularni ba'zan tasodifga, ba'zan esa boshqa sabablarga isnod etardim. Hozir qanoatim kelyaptiki, o’sha horiqolar G’avsi A'zamning bir silsila-i karomatini tashkil qiladilar. Demak uning duosi bilan, himmati bilan, unga karomatan va bizga ikrom navidan, bir navi inoyati Ilohiyaga sazovor bo’lganmiz.

Jumladan, men surgun bo’lib Istanbulga ketirilgan vaqtim bir zamon Diniy Qo’mita doirasida bo’lgan Dor-ul Hikmat-il Islomiyadagi xizmati Qur'oniyaga harakat qilganim uchun, o’sha aloqadorlik jihatida: "Diniy Qo’mita qay holdadir?" deb so’radim. Eyvoh! Shunday bir javob oldimki, ruhim, qalbim va fikrim titradilar va yig’ladilar. So’ragan odamim dediki: "Yuz yillar Shariat nurlarining sazovori bo’lgan o’sha qo’mita hozir katta qizlarning litseyi va o’yingohidir." Xullas o’sha vaqt shunday bir holati ruhiyaga giriftor bo’ldimki, dunyo boshimga yiqilgan kabi bo’ldi. Quvvatim yo’q, karomatim yo’q, kamoli ma'yusiyat bilan oh-voh deb dargohi Ilohiyaga yuzlandim. Va biz kabi qalblari yongan ko’p zotlarning otashin ohlari, mening ohimga qo’shildilar. Eslab bilmayapmanki, ajabo Shayxi Geyloniyning duosini va himmatini, duomizga yordam uchun istadimmi, istamadimmi? Bilmayman. Faqat har holda o’sha eskidan beri nurlar yeri bo’lgan bir yerni zulmatdan qutqarish uchun, biz kabilarning ohlarini otashlantirgan uning duosi va himmatidir. Xullas, o’sha kecha Diniy Qo’mita qisman yondi; hamma "ey voh" dedi. Men va men kabi yonganlar "Alhamdulilloh" dedik. O’ylaymanki, bu faqir millatga ikki yuz million zarar bergan adliya idorasidagi yong’inda bunday bir ma'no bor. Inshaalloh bu ham bir tanbeh va uyg’onishni beradi. Otash ba'zan suvdan ziyoda tozalik qiladi.

Haqiqatli bir Latifa:Sulton Sulaymoni Qonuniy ko’plab qirq chashma suvlarini Istanbulga keltirgan vaqti, Shayx-ul Islom Zanbilli Ali Afandi unga degan: "Shariatga xilof qonunlarni Ovrupadan keltirganing uchun, Istanbulni shunday kirlatdingki, o’sha keltirgan suvlarning hammasi ustidan oqib o’tsa, yuz yilda tozalay olmaydi."

Savol:G’avsi A'zam kabi buyuk valiylar ba'zi vaqtlarda moziy va istiqbolni hozir kabi mushohada qiladilar. Nima uchun moziyga oid jihatga yaqqollik suratida xabar beradilar-u, istiqboldan pinhon ramzlar bilan, yashirin ishoralar bilan bahs qiladilar?

Javob:لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللَّهُ oyati bilan,

عَالِمُ الْغَيْبِ فَلاَ يُظْهِرُ عَلَى غَيْبِهِ اَحَدًا * اِلاَّ مَنِ ارْتَضَى مِنْ رَسُولٍ

oyati ifoda qilganlari muqaddas ta'qiqqa qarshi ubudiyatkorona bir xushaxloqda bo’lish uchun, ochiq shaklda ifodalashdan ishora maslagiga kirganlar. Toki ishoralar bilan, ramz bilan anglashilsinki, ixtiyorsiz, niyatsiz bir suratda ta'limi Ilohiy bilan bo’lgan. Chunki istiqboliy bo’lgan g’aybiyot, niyat va ixtiyor bilan berilmagani kabi; niyat bilan ham aralashmoq, u ta'qiqqa qarshi itoatsizlikni his qildiradi.

***

HAZRATI G’AVSNING KAROMATI G’AYBIYASINI QUVVATLANTIRGAN BIR OYATNING ISHORALARIDAGI BIR NUKTA-I I'JOZIYA

Qur'ondan sizib chiqqan o’sha So’zlar va risolalar, Qur'oni Hakimning bir navi mustaqim tafsiri va iymon haqiqatlarining istiqomatli va quvvatli dalillari bo’lganidan; u risolalar va So’zlarga kelgan sharaf va taqdir va tahsin, Qur'onga va iymon haqiqatlariga oiddir. Modomiki shundaydir, qo’rqmasdan deymanki: وَلاَ رَطْبٍ وَلاَ يَابِسٍ اِلاَّ فِى كِتَابٍ مُبِينٍ sirri bilan, Qur'onda albatta bu istiqomatli tafsirining istiqomatiga ishora bor. Ha, bor. Qur'on u tafsiriga xususiy qaraydi. Chunki: Muhim oyatlardan Sura-i Huddagi {(Hoshiya) Hatto Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalom) marhamat qilganlarki: شَيَّبَتْنِى سُورَةُ هُودٍ ya'ni sura-i Huddagi فَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ oyati meni keksaytirdi. Chunki ahamiyati azimdir. To’liq istiqomatni amr qiladi.} فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَ سَعِيدٌ oyati bo’lgan sahifaning qarshisida

فَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ oyati, fa-yi atf xorij bo’lib اِسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ maqomi abjadiysi bir ming uch yuz ikkidir (1332). Demak اِستَقِمْ dagi maxsus amr ichida bo’lgan umumiy xitobning hadsiz mustaqim fardlari ichida, u bir ming uch yuz ikki (1302) tarixida bir fardning bir jihatda istiqomat amriga bo’ysunish bir xususiyat qozonadi. Demak, o’n to’rtinchi asrda Qur'ondan iqtibos qilib, istiqomatsiz xato yo’llar ichida siroti mustaqimni ko’rsatadigan asarlarni nashr qilgan bir odamni, o’sha hadsiz fardlar ichiga kiritadi.

Ham u istiqomatning bir xususiyati borki, tarixi bilan ishora qiladi. Holbuki, u asrda shaxsan istiqomatda mumtoz bir xususiyat kasb etmoq juda uzoqdir. Demak, shaxsiy istiqomat emas. Unday bo’lsa, u odamning tashabbusi bilan nashr qilingan Qur'on sirlari, o’sha asrda istiqomatda imtiyoz kasb qiladi. U odam shaxsan mustaqim bo’lmagani holda, mustaqimlar ichiga kirishi, u imtiyozga ramz qiladi. Modomiki haqiqat budir, men qat'iy bir suratda e'tirof qilamanki, hayotim istiqomatsiz ketgan, qalbim xastalikdan qutulmagan, u qudsiy amrga itoat qilishdan balki yuz daraja uzoqman. Faqat وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ sirri bilan u ne'matga bir shukr o’laroq deymanki: U bir ming uch yuz ikki (1302) tarixi esa, arabcha tarix e'tibori bilan bo’lsa, Qur'on o’qishni boshlaganim ayni tarixga tavofuq qiladi. Va, rumiy tarixi hisobi bilan, ilmga boshlaganim tarixga tavofuq qiladi. Unday bo’lsa, o’sha imo qilingan fard bo’la olamiz. Holbuki shaxsan butun hayoti xato va istiqomatsiz bo’lgan bir fardga istiqomat bilan imo qilinsa va mustaqim bo’lmagan ekan, mustaqimlar ichiga kiritilsa, albatta u fard sazovor bo’ladigan asarlarning istiqomatiga imodir. Va u asarlarning istiqomati, o’sha tarixda boshlab zalolat yo’llari va zulmatlar tariqlari ichida siroti mustaqimni ko’rsatadigan اِسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ amriga rioya qiladi deganidir. Ha, lillahilhamd Risola-i Nur parchalari Qur'onning bu mo’'jizona imo-i g’aybiysini amalda ko’rsatgan, maydondadir.

Shu oyatning yashirin imosini اِنَّ حِزْبَ اللَّهِ هُمُ الْغَالِبُونَ oyati quvvatlantiradi. Chunki اِنَّ dagi shaddali nun bir sanalsa, to’liq avvalgi oyatga tavofuq bilan, Hizb-ul Qur'onning faoliyatiga vosita bo’lgan bir xodimining Qur'on o’qishni boshlagan bir ming uch yuz ikki (1302) tarixiga, ikki farq bilan tavofuq qilish bilan barobar, shaddali nun ikki nun sanalsa, bir ming uch yuz ellik (1350) bo’ladiki, bu tarixda Qur'ondan iqtibos qilingan Risola-i Nur atrofida to’plangan, bor quvvatlari bilan Qur'onning xizmatlariga harakat qilgan Hizb-ul Qur'onning faoliyati va dalolat va zindiqoga ma'nan g’alaba qilganlari bir zamonga tavofug’i esa, istiqbolda tom g’alabalariga bir imo-i g’aybiydir.

***

Savol:Sen bu zamonning hodisalariga fitna-i oxirzamon deysan. Holbuki Hadisda kelganki: "Oxirzamonda Alloh, Alloh (J.J.) deyilmaydi; so’ngra qiyomat bo’ladi."

Javob: Birinchidan:Fitna-i oxirzamonning muddati uzun. Biz bir bo’limidamiz.

Ikkinchidan:Yerda Alloh, Alloh (J.J.) deyilmaydidan murod; Allohga iymon bo’lmaydi degani emas. {(Hoshiya1) Chunki hadisda borki, لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّتِى ظَاهِرِينَ عَلَى الْحَقِّ اِلَى قِيَامِ السَّاعَةِ Bu hadis boshqa hadisni chegaralaydi.} Balki Allohning nomini o’zgartiradilar deganidir. Qandayki yerda Alloh Alloh (J.J.) deyilmasa, qiyomati kubro bo’ladi. Bir mamlakatda ham Alloh, Alloh (J.J.) deyilmasa, bir navi qiyomat bo’lishiga ishoradir. {(Hoshiya2) Yetti yil avval yozilgan bu ishorati g’aybiya aynan sodir bo’ldi. Hamma ko’rdi. Ha, bu o’tgan zilzila qiyomatning zilzila-i kubrosidan xabar bergandek tebratdi. Faqat aqllari boshlariga kelmadi.}

تَوَسَّلْ بِنَا فِى كُلِّ هَوْلٍ وَشِدَّةٍ * اَغِيثُكَ فِى اْلاَشْيَاءِ دَهْرًا بِهِمَّتِى

Ilmi Jifr bilan ma'nosi: "Ey Said! Oxirzamonning fitnalariga yetishib tushgan payting, mening duo va himmatimni o’zingga vasila va shafoatchi qil. Inshaalloh, sening hamma narsangda va har ishingda uzun bir zamonda, ya'ni bolalik zamoningdan keksalik vaqtingdagi ishkanjali asoratiga qadar.. ya'ni, bir ming ikki yuz to’qson to’rtdan (1294) to bir ming uch yuz qirq besh(1345), balki oltmish to’rtga (1364), yanada ziyoda bir zamonga qadar Allohning izni bilan va quvvati bilan sening yordamingga yetishaman."

رَبَّنَا لاَ تُوءَاخِذْنَا اِنْ نَسِينَا اَوْ اَخْطَاْنَا

Said Nursiy

RISOLA-I NURDAN PORLOQ PARCHALAR VA BIR QISM GO’ZAL MAKTUBLAR

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Latif va ma'nodor va bashoratli ikki hodisani bayon qilaman:

Birinchisi: Noumid bir xotiradan xushxabarli bir eslatma:

Bu kunlarda xotirimga keldiki: Hayoti ijtimoiyaga kirgan, qaysi narsa bilan munosabatdor bo’lsa, aksariyat bilan gunohlarga ma'ruz qoladi. Har jihat bilan gunohlar bemalol insonni o’raydilar. Buncha gunohlarga qarshi insonlarning xususiy ibodatlari va taqvosi qanday qarshilik qila oladi? deb umidsiz holda o’yladim. Hayoti ijtimoiyadagi Risolat-un Nur talabalarining vaziyatlarini esladim. Risola-i Nur shogirdlari haqida, najotlari va ahli saodat bo’lganlariga doir quvvatli ishoroti Qur'oniyani va bashorati Alaviya va G’avsiyani o’yladim. Qalban dedimki: Har biri ming yerdan kelgan gunohlarga qarshi bir til bilan qanday muqobala etadi, g’alaba qiladi, najot topadi? deb hayratda qoldim. Bu hayratimga muqobil eslatildiki: Risaolat-un Nurning haqiqiy va sodiq shogirdlari oralaridagi dasturi asosiy bo’lgan oxiratga doir ishlarda sherikchilik qonuni bilan va samimiy va sodiq tasonud sirri bilan har bir xolis va haqiqiy shogird bir til bilan emas, balki qardoshlari adadicha tillari bilan ibodat qilib istig’for aytadi. Ming tarafdan hujum qilgan gunohlarga qarshi ming til bilan qarshilik ko’rsatadi. Ixlos va sodoqat va Sunnati Saniyaga ergashish va xizmat darajasiga ko’ra o’sha kulliy ubudiyatga sohib bo’ladi.

Bu buyuk qozonchni qo’ldan qochirmaslik kerak. Ba'zi maloikaning qirq ming til bilan zikr qilganlari kabi, xolis va haqiqiy taqvodor bir shogird ham qirq ming qardoshining tillari bilan ibodat qiladi, najotga haqdor bo’ladi, inshaalloh.

Ikkinchisi:Eski zamonda o’n to’rt yoshimda ekan, ijozat olishning alomati bo’lgan ustoz tarafidan bir yaktak menga kiydirish vaziyatiga monelar bo’ldi. Yoshimning kichikligi bilan, mamlakatimizda katta domlalarga maxsus qiyofaga kirmoq yarashmaganini; ikkinchidan, u zamon buyuk olimlar menga qarshi ustozlik vaziyatini emas, yo raqib va yoxud taslimiyat darajasiga kirganlari uchun, menga bir yaktak kiydirmoq va ustozlik vaziyatini oladigan o’zlariga ishonganlar topilmadi va avliyo-i azimadan to’rt-besh zotning ham vafot qilishlari jihati bilan, ellik olti yildir ijozatning zohir alomati bo’lgan yaktakni kiymoq, bir ustozning qo’lini o’pmoq, ustozligini qabul qilmoq haqqimni bu kunlarda yuz yillik bir masofada Hazrat Mavlono Zuljanohayn Xolid Ziyovuddin o’z yaktagini juda g’arib bir tarzda menga kiydirmoq uchun yuborganini, ba'zi alomatlar bilan menga qanoat keldi. Men ham u muborak yuz yoshli {(Hoshiya) Risola-i Nur shogirdlaridan va oxiratli singlimizdan Osiyo nomli bir xonim qo’li bilan u muborak omonatni oldim.} yaktakni kiyayapman, Janobi Haqqa shukr qilyapman.

Said Nursiy

***

AMIN VA FAYZINING ISPARTADAGI QARDOSHLARIGA USTOZLARINING XASTALIGI HAQIDA BIR MAKTUBLARI

............

Ramazoni Sharifda besh kun savmi visol ichida ovqat sifatida nonsiz muhallabini uch va besh-olti qoshiq sovuq qatiq; uchinchi kecha, yarim qoshiq muhallabi va to’rtinchi kecha iftorda suvli ugradan besh qoshiq va besh qoshiq ham yana o’sha ugradan saharlikda va qatiq yana uch-to’rt qoshiq, beshinchi kecha, donasiz kabi g’oyat yengil ugra besh-olti qoshiq, saharlikda esa yana besh-olti qoshiq. Xullas, besh kunda guruch sho’rvasi suv sanalmaslik sharti bilan ugradan besh dirham qatiq suzilsa o’n dirham muhallabi suvsiz olti-yetti dirham, hammasi o’ttiz dirham ovqat bilan besh kun savmi visol faqat taroveh nuqson bo’lib boshqa vazifalarning qilinishi Risolat-un Nur shogirdlarini qamragan inoyatlarning horiqolaridan bir karomatini ko’rdik.

Ham ustozimizdan hech ko’rmaganimiz ikkimiz (ya'ni Fayzi, Amin) Barla-Isparta Sulaymonlari kabi juda ham chuqur xastalik hiddatlarini qo’zg’atmaslik uchun ehtiyot qilolmaganimizdan shiddatli hiddatini ko’rdik. Bu xastaligida yana asari rahmatdirki, hech xayol va xotirga kelmagan oxirgi o’n kunning g’oyat muhim kechalarida ustozimiz to’liq bajarolmagan vazifa o’rnida bu atrofda harbir shogird o’z xususiy sa'y-harakatidan tashqari bir soatni ustoz hisobiga Risolat-un Nurning shogirdlarining mujohada-i ma'naviyalariga ishtirok va ularni maqsad qilib ularning daftari a'moliga o’tishga ayni ustoz kabi ishlashni boshladilar. Hatto Ustozimiz der edi: "Ahamiyatsizligim bilan barobar, Isparta va atrofidagi qardoshlarimizning a'moli uxroviyasiga bir hayajonlantiradigan sabab hukmida mening qusurli ishlashim kifoya kelmayotgan edi." Demak, ustoz o’rniga uning bir necha soat ishlashiga badal juda ko’p soatlar ayni vazifani qilishni boshladilar. Janobi Haq rahmati bilan bu xastalik vasilasi bilan bir shaxsi ma'naviy va quvvatli bir mador bo’ladigan bu tadbirni ehson ayladi, juz'iyatdan kulliyatga chiqardi.

Ham bu xastalik nozikliklaridirki, ustozimizning hech ovozi chiqmas edi, gapirolmas edi. Hech kutilmaganda birdan iftor vaqtida bir doktor keldi, qo’lini tutdi. Ustozimiz dediki: "Men xastaligimni tekshirtirmayman, men hakimlarga muhtoj emasman, hakim Janobi Haqdir." Birdan jonlandi, ovozi chiqishni boshladi. Go’yo o’zi bir doktor shaklini oldi, doktor esa bir xasta hukmiga o’tdi. Doktorga ahamiyatli bir maktubni o’qidi, doktorning dardiga davo bo’ladigan bir dori bo’ldi. So’ngra to’p otildi. Doktorga dedi: "Bu yerda iftor qil!" Doktor dedi: "Bugun qusur qilganman, ro’za tutolmadim " deyishi bilan juda hayrat qilganimiz ustozimizning vaziyati ro’zani buzgan bir doktorning tib nuqtasida hakimona vaziyatini qabul qilmadiki, o’sha vaziyat unga berildi.

Ha, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysidan kelgan shifo duosi unday yuz ming doktorga muqobil keladi, deb biz ham tasdiq qildik. Ham bu xastalikning, Layla-i Qadrda Risolat-un Nur talabalari, xususan ma'sumlar qilganlari shifo duolari shunday bir darajada horiqo bir suratda ta'sirini ko’rsatdiki, ustozimizga sog’ holidan yanada yaxshi bir suratda bir vaziyat berildi. Layla-i Qadrga loyiq bir tarzda sa'y-harakatni boshladi. Risola-i Nur shogirdlaridan kelgan bu duo-i shifo hayratomuz bir mo’'jiza kabi bir karomat bo’lganini biz ko’zimiz bilan ko’rdik.

Risola-i Nur shogirdlaridan

Amin, Fayzi

Bizdan bir oy uzoqda bo’lgan Risolat-un Nur shogirdlari, ustozimizning xastaligining ayni zamonida xastaligining vaziyatini tushda aynan ko’rganlari kabi, Sabri va Hofiz Alining toifalari ham ayni vaqtda bu yerda, ya'ni Kastamonuda bo’lgani kabi, xasta bo’lgan ustozimizning hisobiga yanada muhim bir tarzda xizmat qilganlar. Shundayki:

Sabrining Maktubining Bir Parchasidir.

Ustozim afandim!

Kasalligingiz onida u yerdagi manba-i Nurning mujohidlari bir soat ma'naviy sa'ylarini xodimi Qur'on hisobiga qilganlari kabi, bu atrofda ham bu yilga maxsus ado qilingan diniy xizmatlar tahdisi ne'mat soyasida zikrga vasila bo’lgan faqirga bu yil Layla-i Qadrdan bir kun avval eslatildiki: "Bu yil Layla-i Qadrni ikki kecha qil." Bandalari ham jamoatga shunday aytdimki: "Ustozim (Sallamahullohu va afahu) ba'zi bu kabi muborak tunlarni ba'zi maqsadlarga binoan u layla-i muborakani ihyo uchun bir kecha avval, hatto zikr qilingan kechadan bir kecha so’ngra yana ihyoga sa'y qilar edilar. Biz ham u tarzga ergashib uning hisobiga Layla-i Qadrni ikki kecha qilamiz deb niyat va qaror qildik. Birinchi kechada Avrodi Bahaiyya va Tasbehot va Sakina va Daloili Xayrot va Javshan-ul Kabir kabi dars va virdlarimiz bilan mashg’ul bo’ldik. Ikkinchi kecha yana; ham nasihat... Demak ergashish jihati bilan ustozimiz hisobiga yuz jamoat bilan تَقَبَّلَ اللَّهُ xizmat qildirilganmiz. So’ngra Isparta, Otabey, Islomko’y, Kuleo’nu va boshqalar kabi joylarda ham boshqa vazifalardan tashqari har kun Qur'onning juzlarini taqsim surati bilan xatmi Qur'on, ustoz hisobiga butun Ramazonda va Oyat-ul Kursiy xatmlari yana... Shu holda, bu yilga maxsus qilingan taqdim qilingan ibodatlarning bir hikmati bor ekanki, bilmaganimiz holda Kastamonulik qardoshlarimiz kabi ustoz hisobiga ishlattirilganmiz. Bundan keyin Rabbim uzun umrlar ehson etsin, baxtli, abadiy shifo va davo va inoyatlar ehson qilsin, omin!

Talabangiz

Sabri

***

NAMOZ TASBEHOTINING FAZILATIGA OID ISPARTAGA YUBORILGAN BIR MAKTUB

Bu kunlarda nozik bir masala qalbimga keldi. Vaqtida qalamga ololmadim, vaqt o’tgandan keyin u ahamiyatli haqiqatga bir ishora qilamiz.

Qardoshlarimizdan birisining namoz tasbehotida tanballik qilishiga binoan dedim: Namozdan keyingi tasbehotlar, tariqati Muhammadiyadir (A.S.V.) va valoyati Ahmadiyaning (A.S.V.) bir avrodidir. U nuqtadan ahamiyati buyukdir. So’ngra, bu kalimaning haqiqati bunday inkishof etdi: Qandayki risolatga inqilob etgan valoyati Ahmadiya (A.S.V.) barcha valoyatlardan ustun. Xuddi shuning kabi, u valoyatning tariqati va u valoyati kubroning avrodi maxsusasi bo’lgan namozning orqasidagi tasbehot shu daraja boshqa tariqatlardan va avrodlardan ustundir. Bu sir ham shunday inkishof etdiki:

Qandayki zikr doirasida bir majlisda va yoxud xatma-i Naqshiyada bir masjidda bir-biri bilan aloqador hay'ati majmuada nuroniy bir vaziyat his qilinadi. Qalbi xushyor bir zot namozdan so’ng "Subhanalloh, Subhanalloh" deb tasbehni tortarkan, u doira-i zikrning raisi bo’lgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning doirasida, yuz million, tasbeh qo’lida tortganlarini ma'nan his qiladi. O’sha azamat va ulviyat bilan "Subhanalloh, Subhanalloh" deydi. So’ngra u sarzokirning amri ma'naviysi bilan unga ergashib "Alhamdulilloh, Alhamdulilloh" degan vaqti, u halqa-i zikrning va u juda keng doirasi bo’lgan xatma-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning doirasida yuz million muridlarning "Alhamdulilloh, Alhamdulilloh"laridan o’rtaga chiqqan azamatli bir hamdni o’ylab ichida "Alhamdulilloh" bilan ishtirok qiladi.

Va hokazo... "Allohu Akbar, Allohu Akbar" va duodan so’ng "La ilaha illalloh, La ilaha illalloh" o’ttiz uch marta u tariqati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning halqa-i zikrida va xatma-i kubrosida u sobiq ma'no bilan u tariqatdagi qardoshlarni nazarga olib, u halqaning sarzokiri bo’lgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomga yuzlanib

اَلْفُ اَلْفِ صَلاَةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلاَمٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ

deydi, deb angladim va his qildim va xayolan ko’rdim. Demak, tasbehoti salotiyaning katta ahamiyati bor.

Said Nursiy

***

Hofiz Alining bu dafagi maktubida juda muborak va yuksak duosi bizni eng chuqur ruhimizdan shod etib shukrga chorladi va har musibatzadaga va g’am va qayg’ularga tushganlarga ma'no-i ishoriysi bilan madad-ras va xaloskor va shifodor va madori surur bo’lgan اَلَمْ نَشْرَحْ لَكَ صَدْرَكَ va اِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا har musibatzadaga qaragani kabi, bu o’tgan xastalik jihati bilan bizga ham qaraganini yozadi. Ha, Hofiz Ali (R.H.) u nuqtani aynan ko’rgan. Men ham tasdiqan deymanki: Agar u xastalik yigirma daraja ziyodalashsaydi, bizlarga qozontirgan natijaga nisbatan yana arzon bo’lardi va rahmat bo’lardi. Faqat Hofiz Alining (R.H.) ustozi haqida mening haddimdan ko’p ortiq isnod qilgan ustun vasf va gunohsizlikni, uning begunoh lisoni bilan haqqimda madh o’laroq emas, balki bir navi duo o’laroq tasavvur qilamiz.

Ham Hofiz Alining, Sava kabi yerlar, qishloqlar va Isparta bir madrasa-i Nuriya hukmiga o’tishi va Risola-i Nurning sodiq shogirdlari hayratomuz tarzda kundan kunga yuksalishlari, nurlanishlari bizlarni, balki Anadoluni, balki olami Islomni shod va xurram qilgan bir haqiqatli xabar deb o’ylaymiz.

Oxirgi parchasida Muxbiri Sodiq xabar bergan ma'naviy fathlar qilmoq va zulmatlarni tarqatmoq zamon va zamini deyarli kelgan degan bayoniga butun ruhu jonimiz bilan rahmati Ilohiyadan niyoz va orzu qilamiz. Faqat biz Risolat-un Nur shogirdlari esa, vazifamiz xizmatdir, vazifa-i Ilohiyaga aralashmaslik va xizmatimizi Uning vazifasiga bino qilish bilan bir navi tajriba qilmaslik bo’lish bilan barobar.. songa emas, sifatga qarash; ham ko’pdan beri axloqan tubanlashishga va hayoti dunyoviyani har jihat bilan hayoti uxroviyadan ustun qo’ydirishga chorlagan dahshatli sabablar ostida Risolat-un Nurning hozirga qadar zafarlari va zindiqolarning va zalolatlarning hujumlarining sinishi va yuz minglab bechoralarning iymonlarini qutqarishi va har biri yuzga muqobil minglab haqiqiy mo’min talabalarni yetishtirishi, Muxbiri Sodiqning xabarini aynan tasdiq qilgan va voqealar isbot qilgan va qilmoqda va inshaalloh yana qiladi. Ham shunday ildiz otganki, inshaalloh hech bir quvvat Anadoluning bag’ridan uni chiqara olmaydi. Toki oxirzamonda, hayotning keng doirasida asl sohiblari, ya'ni Mahdiy va shogirdlari Janobi Haqning izni bilan keladilar, u doirani kengaytiradilar va u danaklar unib chiqadilar. Bizlar ham qabrimizda tomosha qilib, Allohga shukr qilamiz.

Said Nursiy

***

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Bu kunlarda Rumuzoti Samoniyaga oid ikki risolani ahamiyatli talabalarga bir yerga yubordim. Yo’l yopildi, ketmadi. U ikki risolani takror diqqat bilan mutolaa qildim. Fikran dedimki: "Bu zavqli va go’zal va qiziqarli shirin bir maqsadga ketgan bu tavofuqli yo’lda nima uchun yo’naltirilmasdan parda tushdi, boshqa yo’lda yo’naltirildik, ishlattirildik?" Birdan eslatildiki: U g’aybiy sirlarni ochadigan maslakdan yuz daraja yanada ahamiyatli va qiymatli va umumiy ehtiyojga mador va hamma bu zamonda unga shiddat bilan muhtoj va Islomiyatning poydevorlari bo’lgan iymon haqiqatlari xazinasiga xizmat qilishga va foydalanishga zarar kelar edi. Chunki u g’aybiy sirlar, zavqli va qiziqarli bo’lgani uchun, nazarni o’ziga tortar edi. Eng buyuk va eng yuksak maqsad bo’lgan iymon haqiqatlarini ikkinchi darajada qoldirar edi. Shuning uchun ediki, sura-i اِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ ramzida g’aybiy sirlar ko’rsatildi, birdan yopildi, parda tushdi. Ham bu sir uchun ediki, u yo’lda ishlattirilmadik; yolg’iz u maslaki tavofuqiyaning tomchilaridan Risola-i Nurning haqqoniyatiga bir imzo va jazolatiga bir ziynat va Qur'on harflarining intizomidan va vaziyatidan namoyon bo’lgan bir navi i'joz chiqdi, boshqa u yo’lda ishlattirilmadik.

Said Nursiy

***

TUSH HAQIDA ISPARTAGA YUBORILGAN BIR PARCHA

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Hadyangiz Kastamonuga gelishi onida tushda ko’rdimki: Bizlarga bir farmoni shohona ma'naviy tomondan kelmoqda, kamoli hurmat bilan qo’llarida ushlab bizga keltirmoqdalar. Biz qaradikki, u farmoni oliy Qur'oni Azimushshon bo’lib chiqdi. U holda bu ma'no qalbga keldi: Qur'on sababli Risolat-un Nurning shaxsi ma'naviysi va biz shogirdlari bir yuksalish va taraqqiy farmonini olami g’aybdan olamiz. Hozir ta'biri esa, u farmonni tamsil etgan ma'sumlarning qalami bilan ma'naviy tafsiri Qur'oniyni olganimizdir.

Bu tushning hozirgi ta'biri chiqmasdan bir-ikki soat avval, Fayzi bilan Amin ko’rsatgan ta'bir ham haqdir, ahamiyatlidir. Ham bu huzur va sevinch sababi bo’lgan hadya-i Nuriyani bir oldindan sezish hissi bilan mening ruhim to’liq his qilgan, aqlga xabar bermagan ediki, u kelmasdan ikki kun avval Fayzi va Aminning ifodasida bayon qilingan tushni ko’rganim tunning kunduzida ertalabdan oqshomgacha va ikkinchi kunida qisman hech ko’rmaganim bir tarzda bir sevinch, bir surur his qilib doimo bir bahona bilan sevinchimni izhor qilib o’ttiz-qirq dafa tabassum bilan kuldim. Ham men, ham Fayzi taajjub va hayrat qildik. O’ttiz kunda bir marta kulmagan, bir kunda o’ttiz marta kulishi bizlarni hayratda qoldirdi. Hozir anglashildiki, u surur, u sevinch mazkur ma'naviy farmonni tamsil etgan ma'sumlarning va omilarning qalamlarining yozuvlari, kelajak naslning hayotlari sahifalariga, olami Islomning sahifa-i muqaddarotiga va ahli iymonning istiqbolining daftarlariga nurlarni yoyishlarining va u ma'sumlarning xolis va sof amallari va xizmatlari bilan amallar sahifamizda hasanotlarini yozib qayd qilishining va Risola-i Nur shogirdlarining istiqbolining muqaddarotini saodatli davom qilishining xabarini bergan u hadyadan, va hali kelmasdan kelayotgan edi. Men u azim natijadan hissamga tushgan mingdan bir juzini ruhan his qilgan edimki, meni masrurona hayajonga keltirgan edi.

Ha, bunday yuzlab ma'sumlarning maqbul amallari va rad qilinmas duolari, boshqa qardoshlarimning daftarlariga o’tishi kabi, men kabi gunohkorning sahifa-i a'moliga ham kirishi, minglab surur va sevinch bera oladi. Bunday qorong’u bir zamonda, bu og’ir sharoit ostida bunday ma'sumona va qahramonona xizmat qilish uchun, biz ham u ma'sumlarni, ham u omilarni, ham ularning muallimlarini, ham padar va volidalarini, ham qishloqliklarini, ham Anadoluni, ham mamlakatlarini tabriklaymiz. U muborak ma'sumlarning va ummiylarning har birisiga bittadan xususiy tashakkur va tabriknoma yozish qo’limdan kelsaydi, yozar edim.

Said Nursiy

***

AMIN VA FAYZINING ISPARTALI QARDOSHLARIGA YUBORILGAN BIR BAYONI

Ispartada bo’lgan qardoshlarimizga

Latif bir tushning Qadarga oid bir masalani shuhud darajasida bizga qanoat bergani kabi, u latif tushning ikkinchi parchasi bizlarga ma'naviy bir xushxabar va bashorat bergani jihat bilan, siz qardoshlarimizga bayon qilamiz. Shundayki:

Ustozimiz tushda ko’radiki: Men (ya'ni Fayzi) bilan barobar kezishga chiqamiz. Ketarkan birdan ustozimizga aytamanki: "Bu yerda men ayiqning tasbehini to’playman." Ustozimiz ham qaraydiki, oq iplar kabi yurgan bir narsa ko’radi. Bu ajib kuldiradigan so’zimdan va ayiqqa tasbeh isnod etmoq vaziyatimdan juda qattiq kulib uyg’ongan. Uyg’ongandan keyin ham kulgan. Oqshomga qadar hech ko’rilmagan bir tarzda yigirma-o’ttiz marta u uyqudagi hodisani kulib men bilan hazillashdi. Munosabati bo’lmagan ba'zi narsalar bilan ta'bir qilishga harakat qilgan bo’lsak ham, munosabat tutmadi. So’ngra ayni ikkinchi kunning ayni soatida, menga o’xshagan bir do’st (ki tushda Ustozimga mening suratimda ko’ringan) Ustozimizning yoniga keldi, dediki: "Ayiqning yog’ini to’plaganlardan olib, muazzin va tasbeh qilgan bir odam tavsiyasi bilan muhim bir odamga har tong xastalik uchun yutishi haqida fikringiz qanday?" Ustozimiz ham tushda kulgani kabi aynan shunday kulgan, birdan tush xotiriga kelib bu ajib va ayni ayniga ta'birni kamoli taajjub va hayrat bilan qarshilab unga degan: "Aslo iste'mol qilmasin!"

"Yigirma Sakkizinchi Maktub"ning Birinchi Risolasining Oltinchi Nuktasida, sodiq tush, Qadari Ilohiy hamma narsani qamraganiga bir hujjati qat'iya hukmida ustozimizning minglab tajriba bilan ko’rgani kabi, aynan bu voqea ham bizlarga shuhud darajasida qat'iy isbot qildiki: "Hodisalar, vujudga kelmasdan avval muqaddardir, ma'lumdir, muayyandir, Qadari Ilohiyning mezonlari bilan keladi" deb bu rukni iymoniyga bizga g’oyat qat'iy bir namuna bo’ldi.

Ham tushning ikkinchi tabaqasida Ustozimiz deydiki: "Unga va Risola-i Nurning hay'atiga bir farmon kelmoqda." Birdan keldi. U muqaddas farmon Qur'on bo’lib chiqdi. Buning ta'biri ayni kunning ayni tajriba soatida Hizb-ul Akbari Qur'oniy, umid qilinmagan o’sha vaqtda Osiyo Xonimning xonasida ziynatlash uchun yuborilgan Hizb-ul Akbar yuz yillik go’zal bir g’ilof ichida, u g’ilofning ustida zar bilan podshohning muhim farmonlardagi muhri shohona ishlangan ko’rdik. Ustozimiz dediki: "Farmon keldi deb Qur'on chiqdi, hozir esa Qur'onning Hizb-ul Akbari keldi." Ustida farmon muhri bo’lganidan, Risola-in Nurning hay'atiga bashoratli va madori fayz va taraqqiy va bir farmoni Rabboniy hukmiga o’tishini Rahmati Ilohiyadan kutamiz. Ham bu ta'birdan oz so’ngra sizlarning qiymatdor hadyalaringizni oldikki, tushning to’liq ta'biri chiqdi. U yerda bo’lgan umum qardoshlarimizga salom, arzi hurmat qilamiz, duolaringizni istaymiz.

Risola-i Nur shogirdlaridan

Amin, Fayzi

***

ISPARTAGA YUBORILGAN BIR MAKTUB

Aziz, Siddiq qardoshlarim,

Namoz tasbehotining sirriga ko’ra, qandayki namozdan so’ngra tasbeh va zikr va tahlil bilan xatma-i muazzama-i Muhammadiya (A.S.V.) va zikr va tasbeh qilgan va ro’yi zamin qadar keng bir halqa-i tahmidoti Ahmadiya (A.S.V.) doirasiga tasavvuran va niyatan kirish, fayzlarga sabab bo’lgani kabi, biz ham Risolat-un Nurning keng doirasiga va halqa-i anvorida dars olgan va xizmat qilgan minglab ma'sum lisonlarning va muborak keksalarning duolariga va a'moli solihalariga hissador bo’lish va omin deyish hukmida bo’lgan makonni hatlab g’oyibona yelkama-yelka, tizzama-tizza bo’lish xayoli bilan va niyati bilan va tasavvuri bilan o’zimizni haddan ortiq baxtiyor deb bilamiz. Xususan oxir umrimda bunday qiymatdor ma'sum ma'naviy avlodlarni va yuzlab Abdurrahmonlarni topish men uchun dunyoda bir Jannat hayoti hukmiga o’tadi.

O’tgan Ramazoni Sharifda xastalik munosabati bilan har bir qardoshim mening hisobimga bir soat ishlashining buyuk bir natijasini aynalhaq va haqqalyaqiyn ko’rganimdan, bunday duolari rad qilinmas ma'sumlarning va muborak keksalarning va ustozlarining mening hisobimga bo’lgan duolari va ishlashlari mening Risola-i Nurga xizmatimning uxroviy bir natija-i boqiyasini dunyoda ko’rsatdi.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

***

RISOLA-I NURNING KICHIK VA MA'SUM SHOGIRDLARI

Risola-i Nurning kichik va ma'sum shogirdlaridan ellik-oltmish talaba yozgan nusxalari bizga ham yuborilgan, biz ham u parchalarni uch jild ichida jamladik, ham u ma'sum shogirdlarning ba'zilarini ismlari bilan qayd qildik. Masalan: Umar o’n besh yoshda, Bekir to’qqiz yoshda, Husan o’n bir yoshda, Hofiz Nabi o’n ikki yoshda, Mustafo o’n to’rt yoshda, Mustafo o’n uch yoshda, Ahmad Zeki o’n uch yoshda, Ali o’n ikki yoshda, Hofiz Ahmad o’n ikki yoshda... bu yoshda yana ko’p bolalar bor, uzun bo’lmasin deb yozilmadi.

Xullas bu ma'sum bolalarning Risolat-un Nurdan olgan darslari va yozganlarining bir qismini bizga yuborganlar, biz ham ularning ismlarini bir jadvalga kirgizdik. Bularning bu zamonda bu jiddiy dars qilishlari ko’rsatadiki: Risolat-un Nurda shunday ma'naviy bir zavq va jozibador bir nur borki; maktablardagi bolalarni o’qishga shavq bilan yo’llash uchun ijod qilganlari har navi ermak va tashviqlarga g’alaba qiladigan bir lazzat, bir surur, bir shavq Risolat-un Nur beradiki, bolalar bunday harakat qilyaptilar. Ham bu hol ko’rsatadiki: Risolat-un Nur ildiz otmoqda; inshaalloh ortiq hech bir narsa uni uzib bilmaydi, kelgusi nasllarda davom qiladi.

Aynan bu ma'sum kichik shogirdlar kabi, Risolat-un Nurning jozibador doirasiga kirgan omi keksalarning ham qirq-ellik yoshdan keyin Risolat-un Nurning xotiri uchun yozishni boshlab yozganlari qirq-ellik parchani ikki-uch majmua ichida kirgizdik. Bu omi keksalarning va qisman cho’pon va yigitlarning bu zamonda bu ajib sharoit ichida hamma narsaga badal Risola-i Nur bilan bu suratda mashg’ul bo’lishlari ko’rsatadiki: Bu zamonda Risolat-un Nurga nondan ziyoda ehtiyoj borki; xirmonchilar, dehqonlar, cho’ponlar, qishloq yigitlari, zaruriy ehtiyojlardan ziyoda Risola-in Nur bilan mashg’ul bo’lishlari, Risolat-un Nurning haqqoniyatini ko’rsatadilar.

Bu jildda kam, boshqa olti jildda ma'sumlarning va keksa omilarning yozuvlarining tahririda ko’p zahmat chekdim, vaqt ruxsat bermas edi. Xotirimga keldi va ma'nan deyildiki: Zerikma, bularning yozuvlari tez o’qilmaganidan, shoshqaloqlarni asta-asta o’qishga majbur qilganidan, Risola-i Nurning ozuqa va taom hukmidagi haqiqatlaridan ham aql, ham qalb, ham ruh, ham nafs, ham his hissalarini olib biladilar. Bo’lmasa, faqat aql juz'iy bir hissa oladi, narigilar ozuqasiz qolishlari mumkin. Risola-i Nur boshqa ilmlar va kitoblar kabi o’qilmasligi kerak. Chunki undagi iymoni tahqiqiy ilmlari boshqa ilmlarga va ma'rifatlarga o’xshamaydi, aqldan boshqa ko’p insoniy latifalarning ham qut va nurlaridir.

Xulosa:Ma'sumlarning va omi va keksalarning nuqsonli yozuvlarida ikki foyda bor:

Birinchisi:O’ylab va diqqat bilan o’qishga majbur qilishdir.

Ikkinchisi:U ma'sumona va xolisona samimiy va shirin tillaridan, darslaridan Risola-i Nurning shirin va chuqur masalalarini lazzatli bir hayrat bilan tinglash va dars olishdir.

Said Nursiy

***

ISPARTAGA YUBORILGAN BIR PARCHA

Risolat-un Nur o’z sodiq va sabotkor shogirdlariga qozontirgan juda buyuk foyda va qozonch va juda ham qiymatdor natijaga muqobil, haq o’laroq u shogirdlardan tom va xolis sadoqat va doimiy tebranmas sabot istaydi. Ha, Risolat-un Nur o’n besh yilda madrasada qozonilgan kuchli iymoni tahqiqiyni o’n besh haftada va ba'zilarga o’n besh kunda qozontirganiga yigirma yilda yigirma ming zot tajribalari bilan guvohlik qiladilar.

Ham "uxroviy ishlarda sherikchilik" dasturi bilan, har bir shogirdining har kuni minglab xolis lisonlari bilan qilingan maqbul duolari va minglab ahli salohatning qilgan a'moli solihaning misl savoblarini qozontirib har bir haqiqiy sodiq va sabotli shogirdlarini amal jihatidan minglab odam hukmiga keltirganini, karomatkorona va taqdirkorona Imomi Alining uch xabari va karomati g’aybiya-i G’avsi A'zamdaki tahsinkorona va tashviqkorona bashorati va Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning quvvatli ishora bilan u xolis shogirdlar ahli saodat va ahli Jannat bo’lishlarining xushxabarini juda qat'iy isbot qiladilar. Albatta bunday bir qozonch o’shanday bir haq istaydi. Modomiki haqiqat budir. Risola-i Nur doirasining yaqinida bo’lgan ahli ilm va ahli tariqat va so’fi mashrab zotlar uning jarayoniga kirish hamda ilm va tariqatdan kelgan sarmoyalari bilan unga quvvat berish va kengayishiga harakat qilish va shogirdlarini tashviq etish va bir muz parchasi bo’lgan anoniyatini to’liq bir hovuzni qozonish uchun u doiradagi obi hayot hovuziga tashlab eritish kerak va juda lozimdir. Bo’lmasa boshqa bir yo’l ochish bilan ham u zarar qiladi, ham bu mustaqim va metin Qur'on yo’liga bilmasdan zarar beradi, balki zindiqoga bilmasdan bir navi yordam hisobiga o’tadi.

Said Nursiy

***

LATIF BIR TAVOFUQQA ISHORA QILGAN BIR PARCHA

O’ttiz olti yaproqdan iborat va Imomi Alining favqulodda taqdiriga sazovor bo’lgan O’ttiz Ikkinchi So’zning o’zidan-o’zi kelgan besh ming yetti yuz o’n besh (5715) tavofug’i, Risolat-un Nurning bu atrofdagi g’oyat muhim bir talabasi bo’lgan Ahmad Nazifning nusxasida chiqqan. Demak u risolaning xatti haqiqiysiga to’g’ri kelganki, bu hayraomuz karomatni ko’rsatganlar.

Ham ikki Xusravni Risola-i Nur doirasiga va Bekir Sidqiga karomatini ko’rsatib iymonga keltirgan va tilsimi koinotning uchdan birini hal qilgan, o’n besh yaproqdan iborat bo’lgan O’ttizinchi So’ziga qahramon Nazifning nusxasida zahmatsiz uch ming sakkiz yuz o’ttiz besh (3835) tavofuqni... Biz ko’zimiz bilan bu karomati tavofuqiya-i Nuriyani ko’rdik. {(Hoshiya) Bu risolada aliflarning yig’indisi bir yuz qirq to’rt (144) chiqqan. Batamom Said bo’lib muallifining imzosini ko’rsatadi.}

Halil, Hilmi, Salohiddin, Amin, Fayzi

Said Nursiy

***

HOFIZ MUSTAFONING BIR BAYONI

Aziz Ustozim!

U jarayonning hujumi onida qishlog’imizda nohiya mudiri va yana zohiran muhim ma'murlar bo’lgani holda, so’z bilan ismlarimizni xabar berib tintuv qildirmoq istaganlari holda, Hazrat Asadulloh Ali Karramallohu Vajhahu va G’avsi A'zam kabi ko’p ma'naviy ustozlarimizning ma'naviy yordamlari bilan natijasiz qolib, hatto u ma'murlarni bizga qarshi emas, biz tomon ma'naviy zarbalari bilan aylantirdilar.

اَلْفُ اَلْفِ اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Maktubni mutolaa qildik. Ajibdirki, bizning qusurimizdan va arzimas ehtiyotsizligimizdan kelgan u ta'sirsiz jarayonni xabar berayotganini ko’rdik. Chunki: "Bir qism omi odamlar va bid'atlarga tobe bir qism ulamo-i zohir, haqiqatdan o’zlarining iflos va zalolat botqoqligidan ketgan yo’llarida birodarlik qilmagan va bir katta yo’lni topgan Risolat-un Nur shogirdlarini yomonlamoqda" deb sizdan kelgan u maktub xabar berayotgan edi. Haqiqatdan shunday bo’ldi. Maktubdan bir kun keyin xavotirga sabab ustimizda hech bir ta'sir qolmadi.

Talabangiz

Hofiz Mustafo

***

AMIN VA FAYZINING ISPARTADAGI QARDOSHLARIGA YOZGAN BIR IFODASI

Ha, Ispartada bo’lgan qardoshlarimizning xabar berganlari bu ahamiyatli hujum hodisasiga tashabbus bo’lgan zamonda xabarlashishimiz to’xtagani holda, doimo har vaqt ustozimiz ayni hujumga ma'ruz bo’lyapmiz kabi bizni (ya'ni Fayzi va Aminni) ogohlantirayotgan edi. "Diqqat qiling, to’rt tomondan bizga hujum bor. Temir kabi sabot ko’rsatinglar, hech narsa qila olmaydilar." Biz ham qarar edikki, bizda hech narsa yo’q, his qilmas edik. Ham u g’aybiy hodisani bartaraf qilish uchun uyg’un bir maktub bizga yozdirdi, sizga yuborildi.

Risola-i Nur shogirdlaridan

Amin, Fayzi

***

XULUSIY BEYNING BIR IFODASI

"Lohiqa"ning bu dafa yuborilgan qismini oldim. Lahulhamd muqaddas vazifada ishlattirilishimiz davom qilmoqda. Haqiqatdan inson sayyidining har xil xizmatlari orasida bunday nurli va nuroniy xizmatda ishlattirilganini his qilganda, zotan haqqini oldindan olgan bir qul bo’lganini ham nazari diqqatga olganda, barcha koinot zarralari qadar til bilan hamd etishni istaydi. Ya'ni, qalbida yongan Alhamdulilloh qandili hamma narsani musabbih va homid ko’rsatadi va go’zal bir niyat bilan u hamidlarning hamdini va musabbihlarning tasbehini va u shokirlarning shukrini barobar tarzda sayyidiga taqdimga bir ishtiyoq his qiladi. Nurli va muqaddas maktublaringiz bir-birini ta'qib qilgan sari, haqiqatdan tahqiqiy iymonning kamolga to’g’ri harakatlangani ko’rilmoqda. Bu ojiz qardoshingiz shubhasiz bir suratda iymon keltirdimki: Shariati G’arra-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning haqiqatlarini, ruhini tushunishning eng qisqa, eng xatarsiz, eng zavqli tariqi, Risola-in Nurga bog’lanish bilandir.

Ha, baxtiyor udir va unga deydilarki: Risolat-un Nurga bog’langan, barcha mo’minlarni o’ziga tom haqiqiy qardosh bilib bu zulmatli asrda iymoni tahqiqiy nuri bilan Jadda-i Kubroyi Ahmadiyani (A.S.V.) topadi. Nihoyatsiz shakllarga, chalkashliklarga qaramasdan, Bismilloh bilan ochilgan Risolat-un Nur eshigidan kirganda, go’dak ekan "Ummatim" degan Shafiyingni jiddiy sevish, ya'ni Sunnati Saniyasiga ergashish amalining oldindan mukofoti o’laroq topadi. Har amrni bajarar ekan, bu amrni Alloh tarafidan bu ummatga keltirganni; har ta'qiqni qilmaslikka majburlarkan, bu ta'qiqni tarafi Ilohiydan bu ummatga keltirganni o’ylab-o’ylab, darslarda o’tgani kabi, barcha umr daqiqalari ibodat bo’lishi mumkin. Va u Habibi Xudo, u Shafi-i Ro’zi Jazoni har ishida namuna qilmoq azmidan tug’ilgan muhabbat, u Habib bo’lgan olamga ko’chishni sevdiradigan holga keltirmoqda va ana shunday qilib مُوتُوا قَبْلَ اَنْ تَمُوتُوا sirri namoyon bo’lmoqda.

Tazakkuri mavt yoki robota-i mavt,

تَفَكُّرُ سَاعَةٍ خَيْرٌ مِنْ عِبَادَةِ سَنَةٍ

Xulosa:Nima qidirsak, faqat Risolat-un Nurda quyosh kabi ko’rinadi. Risolat-un Nur shogirdlari diqqat qilsalar, hali bu foniy olamda ekan, Livo-ul Hamdi Ahmadiy (Alayhissalotu Vassalom) ostida bo’lganlarini inoyati Haq bilan anglaydilar.

Ojizona tushuna olganim shu onda qalbimga kelgan haqiqatlarga tayanib deymanki: Bu zalolat va bid'atlarning va dinsizlikning o’lat va vabodan yanada ziyoda va yanada shiddatli yuqumli illatlariga qarshi Risolat-un Nur keltirgan va ta'lim bergan va tushuntirgan ko’p haqiqatlardan Sunnati Ahmadiyani (A.S.V.) mahkam ushlash darsini eng haqiqiy tarzda olgan, Risolat-un Nur shogirdlaridir. Ular bu mahkam ushlash va bog’lanishlarining, ikki karra ikki to’rt bo’lish qat'iyatida mazhar bo’lganlari inoyati Rabboniya guvohligi bilan, oldindan mukofotlarini ko’rmoqdalar. Ya'ni: Bu yerda sunnati bilan zalolat va bid'at va dinsizlik otashlaridan qutqargan mansub bo’lganimiz Shariatning muballig’i bu yerda xalos va qarshilik ko’rsatish bilan, oxir hayotimizda iymon bilan, hashri akbarda shafoati bilan inshaalloh abadiy sevintiradi deydilar, deb bilmoqdalar. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Modomiki bunday bo’lgan. U holda shubhasiz Risolat-un Nurning yoyilishidaki maqsad, shu zamonning insonlariga tahqiqiy iymonni dars berish, sarosimaga tushganlarini qutqarish, tadqiq qiluvchilarini quvvatlantirish va jasoratlantirish, zindiqo va ahli ilhodni jim va mot qilishdir. Ammo fitna otashlari ofat holini olgan bu zamonda, shisha bilan olmos barobar sotilgan bir bozorda bu muborak Nurlarni, ya'ni shonida اِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَ اِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ deyilgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning haqiqiy tafsirlari bo’lgan Risolat-un Nurning kamsitilishdan muhofaza uchun, ham سِرًّا تَنَوَّرَتْ nurlanish sirrini Rahim va Karim Robbimiz iroda va taqdir qilgan.

Risola-i Nur shogirdlaridan

Xulusiy

***

HALIL IBROHIMNING RISOLA-I NURGA XITOBAN YOZGAN BIR BAYONI

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى الرِّسَالَةِ النُّورِيَّةِ Shumusi Qur'onning navlaridan aks qilgan ajromi ulviya, sayyorot va savobiti kavkabiya va azhari muzayyana-i ravza-i safaiyya va haqoiq-oshino bilan to’la durri maknuna اَلْمُوءَيَّدُ بِالدَّلاَئِلِ الْعَقْلِيَّةِ وَ التَّسْلِيمِيَّةِ bo’lgan Risola-i Nuriya, asrori kitobulloh, olamni ziyolantirdi va inshaalloh doimiy ziyolantiradi. Va shunday bir shohasardirki, salafi solihiynning asarlarining oxirida kelish bilan hammasidan oldindadir. Shunday ko’p fayz borki, eng zulmatli qalblarni ham nuri iymon bilan nurlantiradi. Va shunday bir ma'rifati Ilohiyani aytar va bayon aylarki, ko’rlarga ham ko’rsatdi.

U mening ko’zimning nuri, qalbimning sururi, ko’nglimning bulbuli, ruhimning ozuqasi, latifalarimning injilosi, jonimning joni... Men uning har bir haqiqatiga ming jon bersam, inshaalloh bir jonga muqobil boqiyda ming jon olaman. U mening qabrda do’stim, barzohda rafiqim, va mezonda a'molim, Sirotda Buroqim, Jannatda yo’ldoshim...

Men uni qanday ta'rif qila olaman? Yigirma Sakkizinchi Maktubda aytilgan

وَ مَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَتِى * وَ لَكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَتِى بِمُحَمَّدٍ

ma'nosiga ko’ra men ham deyman:

وَ مَا مَدَحْتُ رِسَالَةَ النُّورِ بِمَقَالَتِى * وَ لَكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَتِى بِرِسَالَةِ النُّورِ

Ham qanday haddim borki, u manshuri Qur'ondan bahs qilay! Bo’lsa, bo’la olsa, bu faqir, undan istishfo اِسْتِشْفَاء va istishfo' اِسْتِشْفَاع va istifoza eta oladi. Shundayki: گَرْ نَه خَواهِى دَادْ نَه دَادِى خَواهْ qaidasiga ko’ra, rizoyi Barining O’zidan xushnud va rozi bo’lishini istaymiz. Va uning nuri bilan dunyoda butun olami Islomning nurlanishini istaymiz. Va talabalarining dunyoda bittadan arslon va oxiratda bittadan sulton bo’lishini va Livo-ul hamd bayrog’ining ostida, qarshisida Ustodimiz bilan, barcha talabalari bilan borishni istaymiz.

Xulosa:Istashni bilmaganim uchun moddiy va ma'naviy barcha rizq va ehtiyojlarimizning berilishini, Ustozimning istashini istaymiz. U yerda bo’lgan qardoshlarimizning, boshda uztozimiz bo’lib, hammalariga alohida-alohida salomlar bilan sihat va salomatlikda bardavom bo’lishini istaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Talabangiz

Halil Ibrohim

(Risola-i Nurning muhim peshdorlaridan bo’lgan va bu ayni haqiqat bo’lgan maktubini bizlarga yuborgan Halil Ibrohim qardoshimizning so’zlarini ojiz lisonim aytishga va ta'sirsiz qalamim yozishga iqtidorli bo’lmasa ham, har xususda bu muborak qardoshimizning fikriga butun ruhu jonim bilan ishtirok qilaman. Ham qalbimga qarar edim. Bu maktubni yozarkan, lisonimga tarjimon bo’lolmagan qalbim ham aynan bu madhga ma'nan ishtirok qilib barobar u qardoshim bilan aytgan kabi his qilib lazzatlanaman. Agar ayta olsaydim, men ham bunday aytardim.)

Fayzi

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz, Siddiq Qardoshlarim,

Bu yangi hujum hodisasidan xafa bo’lmanglar. Chunki, takror-takror tajribalar bilan, Risolat-un Nur inoyat ostidadir. Hech bir toifa hozirga qadar bunday ahamiyatli xizmatda bizlar qadar oz mashaqqat bilan qutulgan bo’lmagan. Ham o’tgan Ramazondagi xastaligim va Eskishahardagi musibatimiz kabi ko’p voqealar bilan zohiriy zahmatli, mashaqqatli holatlar ostida Risolat-un Nurning foydasiga oid inkishoflari va yanada ta'sirli fathlari ko’rilgan. Inshaalloh, bu zahmatli hodisa ham munofiqlarning aksi maqsadi bilan Risolat-un Nurning fathlarini boshqa yo’llarda osonlashtirishga vasila bo’ladi.

Beshinchi Shu'la qo’llariga o’tishi ahammiyatlidir. Faqat bunda bir hikmat bor. Balki ularga o’z maslaklarini bildirish va Jahannamga ketganning mohiyatini bilish uchun favqulodda va iqtidorimiz xorijida bir qazoyi Ilohiy deb Janobi Haqning hikmatiga va inoyatiga va himoyasiga ishonib xavotirlanmang.

Ham siz, ham ular bilsinlarki, sadaqa baloni daf qilgani kabi, Risolat-un Nur Anadoludan, xususan Isparta va Kastamonudan samoviy va aroziy ofatlarning daf va ko’tarilishiga vasiladir. Ha, Sabrining يَا اَرْضُ ابْلَعِى ... وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ oyatidan istixroj qilgan ma'no haq va muvofiqdir.

Ha, Risola-i Nur Safina-i Nuh kabi Anadoluni Judi Tog’i hukmiga keltirib, kurra-i arzning yong’inidan va to’fonidan qutilishiga sababdir. Chunki iymonning zaifligidan kelgan tug’yon ko’pincha musibati ommani jalb qilgani kabi, iymonni favqulodda quvvatlantirgan Risolat-un Nur u musibati ommani doirasining xorijiga qo’yishga rahmati Ilohiya tarafidan vasila bo’ldi. Bu ahli iymon, bu Anadolu xalqi Risolat-un Nurga kirmasalar ham, hujum qilmasinlar. Agar hujum qilsalar, yaqinda kutgan yong’inlar, to’fonlar, o’latlarning istilosiga duchor bo’lishlarini o’ylasinlar, aqllarini boshlariga olsinlar. Modomiki biz ularning dunyolariga qo’shilmayapmiz, ular ham bizning bu daraja oxiratimizga qo’shilishlari ularga falokat keltirish ehtimoli kuchlidir.

Xullas, bu sakkiz oydir, xususan bu hayajon bergan bu hodisalar bilan barobar, hozir yonimda bo’lgan Fayzi, Amin bilan va barcha do’stlar shohiddirki, bu sakkiz oy mobaynida bir marta ham na jahon urushini, na siyosatni so’ramaganman. Va xonamda eshitilgan radioni ham uch yildir tinglamadim. Holbuki mening minglab odam qadar dunyoga qarash munosabatim bor. Demak bizga hujum qilgan, to’g’ridan to’g’riga iymonga tajovuz qiladi. Ularni Janobi Haqqa havola qilamiz. Ham ahli siyosat bilan hech bir munosabatimiz bo’lmagani holda, qat'iy bilsinlarki: Bu mamlakatda, bu asrda bu millatni anarxistlikdan, inqiroz va tanazzuli mutlaqdan qutqaradigan yagona chora, Risolat-un Nurning asoslaridir.

Bu hodisada zahmat chekkan ma'sumlar va ustozlari bilsinlarki: Og’ir sharoit ostida bir saot soqchilik qilish, bir yil ibodat va bir soat haqiqiy tafakkuri iymoniy bir yil toat hukmiga o’tgani kabi, inshaalloh ularning mashaqqatlari ham shunday savobga mador bo’ladi. Ular ham xavotirlanib xafagarchilik bilan emas, sevinch va surur bilan qarshilashlari kerak. Faqat Hazrat Imomi Ali Roziyallohu Anhning ikki marta سِرًّا بَيَانَةً سِرًّا تَنَوَّرَتْ deyishiga binoan, biz har vaqt ehtiyotli bo’lishimiz va to’liq saqlanish vaziyatini muhofaza qilishga mukallafmiz. Risola-i Nurning mansublari, shuur va ixtiyorlari xorijida bir-biri bilan munosabatdor, bir-birining hodisalari bilan aloqador bo’lganiga bir dalil ham bu kunlarda bo’ldi. Shundayki:

U yerdagi hodisaning bo’lishidan bu kunga qadar, bu yerdagi har xil tabaqalardagi talabalarning vaziyatlari ahamiyatli bir hodisa sababli o’zgargandek chekinish va munofiqlarning nazarini o’zlariga va bizlarga jalb qilmaslik uchun turg’unlik davri o’tdi. Ham Nazif kabi bir qancha zotning tushlarining ta'birlari bilan, sizning hodisangiz bo’lganini angladik.

Umum qardoshlarimizga bir-bir, xususan musibatzadalarga salom va duo qilamiz. Janobi Haq ularni tez qutqarib, {(Hoshiya) Bu duo hayratomuz bir suratda qabul bo’ldi, juda tez xalos bo’ldilar.} vazifalarining boshlariga o’tkazsin, omin!

Qardoshingiz

Said Nursiy

***

RISOLA-I NURNING MUHIM BIR RUKNI BO’LGAN HOFIZ ALINING (R.H.) IFODASI

Aziz ustozim afandim!

"Bu ajib zamonning eng buyuk tahlikasi, Hadisi Sharif bilan sobit bo’lgan, oxirzamonda ko’p ahli safohat va g’aflat dunyodan iymonsiz chiqish yarasini Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon lisoni bilan, qabrga iymon bilan kirish dorisi bilan davolagan Risolat-un Nur shogirdlariga bir hujjati qat'iya baxsh qilgan Risolat-un Nurga xizmat, ajabo ojiz insonlarning juz'iy va fazli Ilohiy bilan xizmatlari qanday qarshilik ko’rsatadi; balki har ikki jihat bilan bir fazli Ilohiydir." bayon qilingandan keyin, qanday tunning zulmatida yongan bir nur va bir ziyo shavqning hol tili bilan barcha ruh sohiblarini, hatto eng kichik parvonalarni ham zulmatdan nurga chaqirib chiqargani kabi, Risolat-un Nur ham lisoni hol va qol bilan, shariat qilichi bilan ma'nan qatl qilinmagan va zulmatda bo’g’ilib o’lmagan ahli ilm va ahli tariqatni da'vat qilishi, uning Rahim ismiga mazhariyati sha'nidandir.

Ikki xotiradan birinchisi:Keksa xonimlar haqida va har zamonda nufuzini va qat'iy ta'sirini ko’rganimiz Hadisi Sharifning bayon qilinishi bizlarni va ko’p aloqador ayollarni sevintirdi. Janobi Haq sizdan abadan rozi bo’lsin, omin!

Ikkinchi Xotira:G’aflat sababi bilan yoki ko’zsiz, qo’l yordami bilan ba'zilarning olmos o’rniga shisha parchasi olgani kabi, saodati abadiya do’koni bo’lgan Risolat-un Nurdan saodati dunyoviya qidirishga kelganlarni ogohlantirish va irshod haqidagi bayonlaringiz kecha-kunduz kutgan umum Risolat-un Nur shogirdlarini masrur ayladi.

Talabaniz

Hofiz Ali (R.H.)

***

Mustafolar, Kichik Ali, Muborak va Munavvar Qardoshlar!

Maktubingiz Katta Alining maktubi kabi ajib bir haqiqatni bayon qiladi. U haqiqat Risolat-un Nur haqida haqdir. Faqat mening haddim emaski, u hududga kiray.

عُلَمَاءُ اُمَّتِى كَاَنْبِيَاءِ بَنِى اِسْرَائيِلَ marhamat qilganlar. G’avsi A'zam Shohi Geyloniy (Q.S.), Imom G’azzoliy (Q.S.), Imom Rabboniy (Q.S.) kabi ham shaxsan, ham vazifa jihatidan buyuk va horiqo zotlar bu Hadisni qiymatdor irshodlari bilan va asarlari bilan fe'lan tasdiq qilganlar. U zamonlar bir jihatda fardiyat zamoni bo’lganidan, hikmati Rabboniya ular kabi "farid"larni va muqaddas dohiylarni ummatning yordamiga yuborgan. Hozir esa ayni vazifaga, faqat mushkul va dahshatli sharoit ichida, bir shaxsi ma'naviy hukmida bo’lgan Risolat-un Nurni va sirri tasonud bilan bir fardi farid ma'nosida bo’lgan shogirdlarini bu jamoat zamonida u muhim vazifaga yugurtirgan. Bu sirga binoan, men kabi bir askarning, og’irlashgan marshallik maqomida faqat dumdorlik vazifasi bor.

Said Nursiy

***

Ha, bu asrning ahamiyatli va ma'naviy va ilmiy bir murshidi bo’lgan Risolat-un Nurning hay'ati majmuasi, boshqa shaxsiy buyuk murshidlar kabi o’ziga muvofiq va haqiqati ilmiyasiga munosib bir necha navda va ayniqsa iymon haqiqatlarining izhorida, yoyilishida azim karomatlari bo’lgani kabi; uch zohiriy karomati bo’lgan "Mo’'jizoti Ahmadiya" (A.S.V.), O’ninchi So’z, Yigirma To’qqizinchi So’z va "Oyat-ul Kubro" kabi ko’p risolalari ham, har biri o’ziga maxsus karomatlari bo’lganiga ko’p alomatlar va voqealar menga qat'iy qanoat bergan. Hatto sakarotda bo’lgan talabalariga, iymonini qutqarish uchun, murshid kabi yetishganiga ko’plab voqealar shubha qoldirmaydi. Ham bir soat tafakkur bir yil ibodati nafila hukmida, bir misol "Hizb-ul Akbar"dir deb mushohada etdim va qanoat keltirdim.

Bir savol-javob bo’lib yozganim bir parchani, sizga ham foydasi bo’ladi ehtimoli bilan bayon qilaman. Shundayki:

Avliyo devonlarini va ulamoning kitoblarini ko’p mutolaa qilgan bir qism zotlar tarafidan so’raldi: "Risola-in Nur bergan zavq va shavq va iymon va iz'on ulardan juda quvvatli bo’lishining sababi nima?"

Javob:Eski muborak zotlarning aksar devonlari va ulamoning bir qism risolalari iymonning va ma'rifatning natijalaridan va mevalaridan va fayzlaridan bahs qiladilar. Ularning zamonlarida iymonning asoslariga va ildizlariga hujum yo’q edi va iymonning ruknlari buzilmagan edi. Hozir esa ildizlariga va ruknlariga shiddatli va jamoatli bir suratda hujum bor. U devonlar va risolalarning ko’pchiligi xos mo’minlarga va fardlarga xitob qiladilar. Bu zamonning dahshatli hujumini daf qilolmayaptilar. Risala-i Nur esa, Qur'onning bir ma'naviy mo’'jizasi bo’lib iymonning asoslarini qutqarmoqda va mavjud va mustahkam iymondan foydalanish jihatiga emas, balki ko’p dalillar va porloq burhonlar bilan iymonning isbotiga va tahaqquqiga va muhofazasiga va shubhalardan qutqarishga xizmat qilganidan, hammaga bu zamonda non kabi, dori kabi keragi borligiga diqqat bilan qaraganlar hukm qilmoqdalar.

U devonlar deydilarki: "Vali bo’l, ko’r, maqomlarga chiq, qara. Nurlarni, fayzlarni ol." Risola-i Nur esa deydi: "Har kim bo’lsang bo’l, qara, ko’r. Faqat ko’zingni och, haqiqatni mushohada et, saodati abadiyaning kaliti bo’lgan iymoningni qutqar."

Ham Risolat-un Nur eng avval tarjimonining nafsini ishontirishga harakat qiladi, keyin boshqalarga qaraydi. Albatta nafsi ammorasini to’liq ishontirgan va vasvasasini to’liq yo’qotgan bir dars, g’oyat quvvatli va xolisdirki, bu zamonda jamoat shakliga kirgan dahshatli zalolatning bir shaxsi ma'naviysi qarshisida bir o’zi g’olibona kurashadi.

Ham Risolat-un Nur boshqa ulamoning asarlari kabi faqat aqlning oyog’i va nazari bilan dars bermaydi va avliyo kabi yolg’iz qalbning kashf va zavqi bilan harakat qilmaydi. Balki aqlning va qalbning birlashish va birikishi va ruh va boshqa latifalarning taovuni oyog’i bilan harakat qilib eng yuksak cho’qqiga uchadi, hujum qilgan falsafaning emas oyog’i, balki ko’zi yetisha olmagan yerlarga chiqadi, iymon haqiqatlarini ko’r ko’ziga ham ko’rsatadi.

Said Nursiy

***

MA'NAVIY BIR ESLATMA BILAN BIR-IKKI NOZIK MASALANI YOZYAPMAN

Birinchisi:O’tgan yil Ramazoni Sharifda Ahli Sunnatning qutulishi va najoti uchun qilingan juda ko’p duolarning hozircha oshkora qabullari ko’rinmasligiga xususiy ikki sabab eslatildi.

Birinchi Sabab:Bu asrning ajib xossasidandirki: Olmosni olmos deb bilgani holda, shishani undan ustun qo’yadi. Bu asrdagi ahli iymonning favqulodda soddaligi va dahshatli jinoyatchilarni oliyjanobona afv etishi va birgina yaxshilikni minglab yomonlikni qilgan va minglab ma'naviy va moddiy bandalar haqlarini mahv qilgan odamdan ko’rsa, unga bir navi tarafdor chiqishidir. Bu surat bilan juda kam bo’lgan ahli zalolat va tug’yon sofdil tarafdor bilan aksariyatni tashkil qilib, aksariyatning xatosi bilan hosil bo’lgan ommaviy musibatning davomiga va to’xtamasligiga, balki shiddatlanishiga qadari Ilohiyga fatvo beradilar, "Biz bunga haqdormiz" deydilar. Ha, olmosni bilgani holda, faqat zarurati qat'iyya suratida shishani undan ustun qo’yishga ruxsati shar'iyya bor. Bo’lmasa kichik bir ehtiyoj bilan yoki tama yoki yengil bir qo’rquv bilan tanlansa, ablahona bir johillik va zarardir. Ta'zirga haqdor bo’ladi. Ham oliyjanobona afv etish esa, faqat o’ziga qilingan jinoyatni afv etishi mumkin. O’z haqidan voz kechsa, haqqi bor. Bo’lmasa boshqalarning huquqini toptagan jinoyatchilarga afv etuvchi shaklda qarashga haqqi yo’q, zolimlarga sherik bo’ladi.

Ikkinchi Sabab:Izn bo’lmaganidan yozilmadi.

Ikkinchi Masala:Qardoshlarim! Eskishahar Qamoqxonasida oxirzamonning hodisalari haqida kelgan rivoyatlarning ta'villari muvofiq va to’g’ri chiqqanlari holda, ahli ilm va ahli iymon ularni bilmasliklarining va ko’rmasliklarining sirrini va hikmatini bayon qilish niyati bilan boshladim, bir-ikki sahifa yozdim, parda yopildi, orqa qoldi. Bu besh yilda besh-olti dafa ayni masalaga yuzlanib muvaffaq bo’lmas edim. Faqat u masalaning tafsilotlaridan menga oid bir masalani bayon qilish eslatildi. Shundayki:

Hurriyatning boshlanishida, Risolat-un Nurdan ko’p avval, quvvatli bir umid va e'tiqod bilan ahli iymonning umidsizliklarini ketkazish uchun "Istiqbolda bir yorug’lik bor, bir nur ko’ryapman" deb xushxabarlar berar edim. Hatto hurriyatdan avval talabalarimga xushxabar berardim. Tarixcha-i hayotimda Abdurrahmonning yozgani kabi, "Sunuhot" kabi risolalarda ham, "Men bir yorug’lik ko’ryapman" deb dahshatli hodisalarga qarshi u umid bilan bardosh berib qarshilik ko’rsatardim. Men ham hamma kabi, u yorug’likni siyosat olamida va hayoti ijtimoiya-i Islomiyada va juda keng bir doirada tasavvur qilar edim. Holbuki olamdagi hodisalar, ikki jahon urushi bilan meni u g’aybiy xabarda va xushxabarda bir daraja yolg’onlab umidimni sindirdi. Birdan bir g’aybiy eslatma bilan qat'iy qanoat beradigan bir suratda qalbimga keldiki: "Jiddiy bir aloqa bilan sening eskidan beri takror qilganing yorug’lik bor, bir nur ko’ramiz deb xushxabarlarning ta'vili va tafsiri va ta'biri siz haqqingizda, balki iymon jihati bilan olami Islom haqida ham ahamiyatli Risolat-un Nurdir. Bu bir yorug’likdirki, seni shiddatli aloqador qilgan edi. Va bu bir nurki, avvallari taxayyul va taxmining bilan keng doirada, balki siyosat olamida keladigan saodatli va dindor ravishdagi holatlarning va vaziyatlarning muqaddimasi va xushxabarchisi ekan, bu oldindan bo’lgan yorug’likni o’sha kelajakdagi saodat deb tasavvur qilib eski zamonda siyosat eshigi bilan uni qidirayotgan eding.

Ha, o’ttiz-qirq yil avval, bir oldindan sezish hissi bilan his qilding. Faqat qandayki qizil bir parda bilan qora bir yerga qaralsa, qorani qizil ko’radi, sen ham to’g’ri ko’rding, faqat xato tatbiq qilding, siyosat jozibasi seni aldatdi."

S.N.

***

AMIN BILAN FAYZINING USTOZLARINING G’ARIB VAZIYATIGA VA RISOLA-I NURNING AJIB AHAMIYATIGA DALOLAT QILGAN BIR SAVOLLARI VA USTOZLARINING ULARGA VA O’XSHASHLARIGA BERGAN JAVOBI

Savol:Olami Islomning muqaddaroti bilan jiddiy aloqador bo’lgan bu jahon urushining dahshatli zamonlarida ellik kun qadar, (hozir yetti yildan o’tdi, ayni hol davom qilmoqda. Ham na so’raydi va na qiziqadi.) Har kun xizmatingizda bo’lgan bizlardan bir marta ham so’ramadingiz. Ajabo, bu ulkan hodisadan yanada katta boshqa bir haqiqat hukm qilmoqdamiki, buni ahamiyatdan tushirmoqda. Yoxud u bilan mashg’ul bo’lishning bir zarari bormi?. deb Ustozimizdan so’radik. U ham:

Javob:Deydiki: Ha, bu jahon urushidan yanada katta bir haqiqat va yanada a'zam bir hodisa hukm qilgani uchun, shu jahon urushi unga nisbatan juda ahamiyatsiz bo’lyapti. Chunki bu jahon urushida ikki hukimat kurra-i arzning hokimiyati uchun murofaa va muhokama da'vosida bo’lishlari ichida ikki muazzam dinning kelishuv va sulh mahkamasiga yarashish da'vosi ochilib va dinsizlikning dahshatli jarayoni ham samoviy dinlar bilan ulkan urushi boshlangan hangomda, nav'-i basharning sotsialist tabaqasi bilan burjuaziyalar toifasining mahkama-i kubrolarida ochilgan da'volaridan juda muhim shunday bir da'vo ochilgan va shunday muazzam bir haqiqat o’rtaga chiqqanki, u da'voning bitta odamga tekkan miqdori bu jahon urushidan yanada kattadir. Xullas, u da'vo ham buki:

Shu zamonda har bir mo’min uchun, balki hamma uchun kurra-i arz qadar bir boqiy ekinzor va u ekinzor boshdan oyoq bog’lar va qasrlar bilan bezalgan abadiy bir mulk olmoq yoki u mulkni yo’qotmoq da'vosi ochilgan. Demak har bitta odamning boshiga shunday bir da'vo ochilganki; agar Ingliz, Olmon qadar sarvati va quvvati bo’lsa va aqli ham bo’lsa, faqat u da'voni qozonmoq uchun barchasini sarf qiladi. Albatta bu da'voni qozonmasdan avval boshqa narsalarga ahamiyat bergan, devonadir. Hatto u da'vo shu daraja tahlikaga tushganki, bir ahli kashfning mushohadasi bilan, bir yerda ajal qo’lidan vazifadan bo’shatilish hujjatini olgan qirq odamdan bir odam qozona olgan, o’ttiz to’qqizi yo’qotgan.

Mana bu ahamiyatli, azim da'voni qozontiradigan va yigirma yildan beri tajribalar bilan o’ntadan sakkiztasiga u da'voni qozontirgan bir da'vo vakili bo’lsa, albatta aqli boshida har odam u da'voni qozontirgan shunday bir da'vo vakilini vazifaga yo’llaydigan bir xizmatga har hodisadan ustun ahamiyat berishga mukallafdir. Xullas, u da'vo vakilining bu asrda birisi, balki birinchisi Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysidan sizilgan va chiqqan va tavallud etgan Risola-i Nur bo’lganini minglar u bilan o’sha da'voni qozonganlar shohid.

Darhaqiqat, bu kurra-i arzga vazifadorlik bilan yuborilgan har inson, bu yerda musofir va foniy bo’lgani va mohiyati bir hayoti boqiyaga yuzlangan bo’lgani qat'iyyan tahaqquq etgan. O’sha har inson bu zamonda hayoti abadiyasini qutqaradigan tayanch nuqtalari buzilganidan, bu dunyosini va ichida barcha aloqador ahbobini abadiy tark etmoq bilan barobar, bu dunyodan minglar daraja yanada mukammal bir boqiy mulkni ham yo’qotmoq yoki qozonmoq da'vosi boshiga ochilgan. Agar iymon hujjati bo’lmasa va baroti va hujjati bo’lgan e'tiqodni sog’lom bir suratda qo’lga kiritmasa, u da'voni yo’qotadi. Ajabo, bu yo’qotgan narsasining o’rnini qaysi narsa to’ldira oladi?

Xullas bu haqiqatga binoan, mening va qardoshlarimning har birimizning yuz daraja aqli va fikri ziyodalashsa, bu muazzam vazifa-i muqaddasaning xizmatiga zo’rg’a kifoya kela oladi. Boshqa masalalarga qarash bizga foydasiz va ma'nosiz bo’ladi. Faqat bu qadar borki, Risola-i Nur shogirdlarining bir qismi narigi da'volar ichida bo’lgani va keraksiz va sababsiz ba'zan bizga aqlsizlarning tajovuzlari va hujumlari zamonida zarurat darajasida, istamasdan vaqtinchalik qaraganmiz. Ham bu haqiqiy va juda buyuk da'voning xorijidagi da'volarga va bo’g’ishmalarga aloqadorona fikran va qalban qo’shilish zararlidir. Chunki bunday keng va siyosiy va hayajon bergan doiralarga diqqat qilgan va ular bilan mashg’ul bo’lgan bir odam, qisqa bir doira ichida vazifador bo’lgan ahamiyatli xizmatlaridan orqa qoladi yoki shavqi sinadi. Ham u keng va jozibador siyosat va bo’g’ishma doiralariga diqqat qilgan, ba'zan berilib ketadi; vazifasini qilolmagani kabi, salomati qalbini va husni niyatini va istiqomati fikrini va xizmatidagi ixlosni yo’qotmasa ham, o’sha ayblov ostida qolishi mumkin. Hatto mahkamada menga bu nuqtadan hujum qilgan paytlari dedim: "Quyosh kabi haqiqati iymoniya va Qur'oniya yerdagi vaqtinchalik yorug’liklarning jozibasiga tobe va vosita bo’lmagani kabi, u haqiqatni haqiqatdan tanigan kurra-i arzdagi hodisalarga emas, balki koinotga ham vosita qilolmaydi dedim, ularni jim qildirdim." Xullas, ustozimizning javobi tugadi, biz ham bor quvvatimiz bilan tasdiq qildik.

Risola-i Nur shogirdlaridan

Amin, Fayzi

***

[Bir maktubning parchasi. Bu maqom munosabatiga binoan yozildi.]

Aziz Siddiq Qardoshlarim!

Zinhor donyo jarayonlari, xususan siyosat jarayonlari va ayniqsa xorijga qaragan jarayonlar sizni bo’linishga otmasin, qarshingizda birlashgan zalolat firqalariga qarshi sizni parishon etmasin. "Alhubbu Filloh" "Valbug’zu Filloh" dasturi Rahmoniy o’rniga, Alloh saqlasin, "Alhubbu fissiyosati valbug’zu lissiyosati" dasturi shaytoniy hukm qilib, malak kabi bir haqiqat qardoshiga adovat va "al-xannos" kabi bir siyosatdagi birodariga muhabbat va tarafdorlik bilan zulmiga rizo ko’rsatib jinoyatiga ma'nan sherik qilmasin.

Ha, bu zamondagi siyosat qalblarni buzib asabiy ruhlarni azob ichida qoldiradi. Salomati qalb va istirohati ruh istagan odam, siyosatni tashlashi kerak. Ha, hozir kurra-i arzda hamma yo qalban, yo ruhan, yo aqlan, yo badanan kelgan musibatdan hissadorlikdan azob chekmoqda, parishondir. Ayniqsa ahli zalolat va ahli g’aflat marhamati umumiya-i Ilohiyadan va hikmati tomma-i Subhoniyadan xabarsiz bo’lganidan, nav'-i basharga jinsdoshiga achinish, aloqadorlik jihati bilan o’z alamidan tashqari nav'-i basharning hozirgi alamli va dahshatli alamlari bilan ham alamzada bo’lib azob chekmoqda. Chunki keraksiz va ma'nosiz bir suratda vazifa-i haqiqiyalarini va eng kerakli ishlarini tashlab ofoqiy va siyosiy bo’g’ishmalarga va koinotning hodisalarini qiziqish bilan tinglab qo’shilib ruhlarini tentak, aqllarini vaysaqi qilganlar. "Zararga rozi bo’lganga marhamat qilinmaydi" ma'nosida اَلرَّاضِى بِالضَّرَرِ لاَ يُنْظَرُ لَهُ qoida-i asosiyasi bilan, shafqat haqqini va marhamat layoqatini o’zlaridan olib tashlaganlar. Ularga achinilmaydi va shafqat qilinmaydi va keraksiz boshlariga balo keltirmoqdalar.

Men taxmin qilyapmanki, butun kurra-i arzning bu yong’inida va to’fonlarida salomati qalbini va istirohati ruhini muhofaza qilgan va qutqargan bu mamlakatda Risolat-un Nur doirasiga sadoqat bilan kirganlardir. Chunki ular Risolat-un Nurdan olgan iymoni tahqiqiy darslarining nuri bilan va ko’zi bilan hamma narsada rahmati Ilohiyaning izini, mohiyatini, yuzini ko’rib, hamma narsada kamoli hikmatini, jamoli adolatini mushohada qilganlaridan, kamoli taslimiyat va rizo bilan -Rububiyati Ilohiyaning ijrootidan bo’lgan musibatlarga qarshi- taslimiyat bilan kulib qarshilaydilar, rizo ko’rsatadilar va marhamati Ilohiyadan yanada oldin shafqat his qilmaydilarki, alam va azob cheksinlar. Xullas bu haqiqatga binoan, yolg’iz hayoti uxroviyaning emas, balki dunyodagi hayotning ham saodat va lazzatini istaganlar, hadsiz tajribalar bilan Risolat-un Nurning iymoniy va Qur'oniy darslarida topa oladi va topmoqdalar.

Said Nursiy

***

AHAMIYATLI BIR DOMLANING USTOZ HAQIDA ZIYODA HUSNI ZONINI TO’G’RILASH MUNOSABATI BILAN AMIN VA FAYZINING O’SHA DOMLAGA YUBORGAN BIR MAKTUBLARI

Aziz, Sodiq va Muhtaram Domla Hashmat Afandi.

Sizning mujaddid haqidagi maktubingizni hayrat bilan o’qidik, ustozimizga aytdik. Ustozimiz deydiki: "Ha, bu zamonda ham iymon va din, ham hayoti ijtimoiya va shariat, ham huquqi omma va siyosati Islomiya uchun g’oyat ahamiyatli bir mujaddid istaydi. Faqat eng ahamiyatlisi, iymon haqiqatlarini muhofaza nuqtasidagi tajdid, eng muqaddas va eng buyugidir. Shariat va hayoti ijtimoiya va siyosiya doiralari unga nisbatan ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi darajada qoladi. Rivoyati Hadisiyada tajdidi din haqindagi ziyoda ahamiyat esa, iymoniy haqiqatlardagi tajdid e'tibori bilandir. Faqat xalq tushunchasida va hayotparast insonlarning nazarida ko’rinishdan keng va hokimiyat nuqtasida jozibador bo’lgan hayoti ijtimoiya-i Islomiya va siyosati diniya jihatlari yanada ziyoda ahamiyatli ko’ringani uchun, u ko’zoynak bilan u nuqta-i nazardan qaraydilar, ma'no beradilar.

Ham bu uch vazifalar birdan bir shaxsda va yoxud bir jamoatda bu zamonda bo’lishi va mukammal bo’lishi va bir-birini rad qilmasligi juda uzoq, go’yo mumkin ko’rinmaydi, oxirzamonda Oli Bayti Nabaviyning jamoati nuroniyasini tamsil etgan Mahdiyda va jamoatidagi shaxsi ma'naviyda faqat yig’ila oladi. Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, bu asrda Risolat-un Nurning haqiqiy shogirdlarining shaxsi ma'naviysi iymon haqiqatlarini muhofazasida tajdid vazifasini qilgan. Yigirma yildan beri u vazifa-i muqaddasada ta'sirli va fotihona nashriyoti bilan g’oyat dahshatli va quvvatli zindiqo va zalolat hujumiga qarshi to’liq qarshilik qilib yuz minglab ahli iymonning uymonlarini qutqarganiga qirq ming odam guvohlik qiladi. Ammo men kabi ojiz va zaif bir bechoraning bunday minglab daraja haddimdan ortiq bir yukni ko’tarish tarzida bechora shaxsimni diqqat bilan qarashga sabab qilmaslik kerak" deydi va sizga salom aytadi. Biz ham zoti oliyingizga va u yerdagi Risolat-un Nur bilan aloqador bo’lganlarga salom aytamiz.

Risola-i Nur shogirdlaridan

Amin, Fayzi

***

USTOZIMIZNING AHAMIYATLI BIR MAKTUBI

G’oyat jiddiy bir eslatma bilan bir haqiqatni bayon qilishga ehtiyoj bor. Shundayki:

لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ الاَّ اللَّهُ sirri bilan ahli valoyat g’aybiy bo’lgan narsalarni, bildirilmasa, bilmaydilar. Eng buyuk bir vali ham dushmanining haqiqiy holini bilmaganlari uchun, haqsiz bo’lib urushganini Ashara-i Mubashsharaning mobaynidagi jang ko’rsatadi. Demak ikki vali, ikki ahli haqiqat bir-birini inkor qilish bilan maqomlaridan tushmaydilar. Agar butun-butun shariatning zohiriga muxolif va xato bir ijtihod bilan harakat qilmagan bo’lsa.

Bu sirga binoan, وَ الْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَ الْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ dagi oliyjanob dasturiga ergashib va omi mo’minlarning shayxlariga bo’lgan husni zonlarini sindirmaslik bilan iymonlarini buzmasdan muhofaza etmoq va Risola-i Nurning yetakchilarining haqsiz e'tirozlarga qarshi haqli, faqat zararli hiddatlaridan qutqarmoq ehtiyojiga binoan va ahli ilhodning ikki toifa-i ahli haqiqatning mobaynidagi xusumatdan istifoda qilib birining quroli bilan, e'tirozi bilan narigisini yaralab, narigining dalillari bilan bu yerdagini rad qilib ikkalasini ham yerga urmoq va rad qilishdan saqlanib Risola-in Nur shogirdlari; bu mazkur besh asosga binoan, qarshi chiqqanlarga hiddat va tahavvur bilan va misli bilan javob bermaslik, faqat o’zlarini muhofaza uchun kelishib e'tirozga sabab nuqtalarni izoh qilish va javob berish kerak. Chunki bu zamonda anoniyat juda ham ildamlab ketgan, hamma qomati miqdorida bir muz parchasi bo’lgan anoniyatini eritmaydi, sindirmaydi, o’zini uzrli deb biladi. Undan nizo chiqadi, ahli haq zarar qiladi, ahli zalolat foydalanadi.

Istanbulda ma'lum e'tiroz hodisasi imo qiladiki, kelajakda mashrabini juda ham yoqtirgan ba'zi zotlar va xudgam ba'zi so’fi-mashrab va nafsi ammorasini to’liq o’ldirmagan va mansabsevarlik tahlikasidan xalos bo’lmagan ba'zi ahli irshod va ahli haq, Risolat-un Nur va shogirdlariga qarshi o’z mashrablarini va maslaklarining rivojini va ergashuvchilarining chiroyli aloqalarini muhofaza niyati bilan e'tiroz qiladilar. Balki dahshatli qarshilik qilish ehtimoli bor. Bunday hodisalarning bo’lishida bizlarga sovuqqonlik va tebranmaslik va adovatga kirmaslik va o’sha e'tirozchi toifaning ham raisalarini rad qilmaslik kerak.

Fosh etmoq xotirimga kelmagan bir sirni fosh qilishga majbur bo’ldim. Shundayki:

Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi va u shaxsi ma'naviyni tamsil etgan xos shogirdlarining shaxsi ma'naviysi "farid" maqomiga mazhar bo’lganlari uchun, xususiy bir mamlakatning qutbi emas, balki aksariyati mutlaqa bilan Hijozda bo’lgan qutbi a'zamning tasarrufidan xorij bo’lgani va uning hukmi ostiga kirishga majbur emas. Har zamonda bo’lgan ikki "Imom" kabi, uni ya'ni qutbi a'zamni tanishga majbur bo’lmaydi. Men avvallari Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysini o’sha imomlardan birisi deb o’ylar edim. Hozir anglayapmanki, G’avsi A'zamda "qutbiyat" va "g’avsiyat" bilan barobar "fardiyat" ham bo’lganidan, oxirzamondagi shogirdlari bog’langan Risolat-un Nur o’sha fardiyat maqomga sazovordir. Yashirishga loyiq bo’lgan bu sirri azimga binoan, Makka-i Mukarramada ham farzi mahol bo’lib Risola-in Nurga qarshi bir e'tiroz qutbi a'zamdan ham kelsa, Risola-in Nur shogirdlari ikkilanmasdan u muborak qutbi a'zamning e'tirozini iltifot va salom suratida qabul qilib e'tiborini ham qozonish uchun e'tirozga sabab nuqtalarni o’sha buyuk ustozlariga qarshi izoh bilan qo’llarini o’pishdir.

Ha Qardoshlarim!

Bu zamonda shunday dahshatli jarayonlar va hayotni va jahonni izdan chiqaradigan hodisalar ichida, hadsiz bir matonat va sovuqqonlik va nihoyatsiz bir fidokorlik tashish kerek.

Ha, يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى اْلآخِرَةِ oyatining sirri ishoriysi bilan, oxiratni bilganlari va iymon keltirganlari holda, dunyoni oxiratga sevib turib ustun qo’ymoq va sinadigan shishani boqiy olmosga bilib turib rizo va sevinch bilan ustun qo’ymoq va oqibatni ko’rmagan ko’r hissiyotning hukmi bilan tayyor bir dirham zaharli lazzatni kelajakda bir botmon sof lazzatdan ustun qo’ymoq, bu zamonning dahshatli bir kasalligi, bir musibatidir. U musibat sirri bilan mo’minlar ham ba'zan ahli zalolatga tarafdor bo’lish kabi dahshatli xatoda bo’ladilar. Janobi Haq ahli iymonni va Risola-i Nur shogirdlarini bu musibatlarning yomonligidan muhofaza aylasin, omin!

Said Nursiy

***

Savol:"Ishoroti Qur'oniya Risolasida Fotihaning siroti mustaqim asxobi-ki الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ oyatining ta'rif aylagani toifa ichida, ham لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّتِى ... حَتَّى يَاْتِيَ اللَّهُ بِاَمْرِهِ oxirigacha Hadisining oxirzamonda ko’rsatgan mujohidlar ichida, ham Val Asri Surasining

اِلاَّ الَّذِينَ اَمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ bilan boshlangan uch jumlasida ma'noyi ishoriy bilan xususiy bir suratda kirgan bir fardning Risola-i Nur shogirdlari bo’lganiga sabab nima va maxsus qilish jihati nima?"

Javob:Sababi esa:

Risola-i Nur yuzga yaqin din tilsimlarini va Qur'onning haqiqatlari muammolarini hal va kashf qilganki, har bir tilsimning bilinmasligidan ko’p insonlar shubhalarga va shaklarga tushib, gumonlardan xalos bo’lmasdan ba'zan iymonini yo’qotar edi. Hozir barcha dinsizlar to’plansa, u tilsimlarning kashfidan keyin g’alaba qozonolmaydilar. Yigirma Sakkizinchi Maktubda "Yetti Inoyatlar"da bir qismiga ishora qilingan. Inshaalloh, bir zamon u tilsimlar mustaqil bir risolada jam qilinadi.

Said Nursiy

***

SALOHADDINNING BAYONIDAN BIR PARCHA

................................

Bir vaqt, Tosyadan Kastamonuga kelarkan, barobarimda Risola-i Nurning "Yog’du"lari va "Shu'la"lari bor edi. Hashrga doir bir mabhas o’qiyotgan edim. Yuk mashinasi tepaliklarga tirmashib chiqayotgan edi. Havoning va mashinaning harorati menga og’irlik va fikrimga ham "Bu Risola-i muazzam bir mo’'jiza-i Qur'oniyadir. Boshqa sohada mo’'jiza ko’rsata oladimi? Holbuki mo’'jiza anbiyolarga maxsus, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan so’ngra mo’'jiza ko’rsatilmaydi" mulohazasi asnosida yuk mashinasi mudhish zarbalar bilan uch bor dumalab yigirma besh-o’ttiz metr yerdan pastga yumaladi. Guvohlik keltiraman. Yaralimiman deb o’zimni tekshirdim, yuz ming shukr hech bir yaram yo’q. Qo’rqib turdim. Haydovchining boshi yorilgan, oh-voh chekmoqda. Atrofimni ko’rib chiqdim. Haydovchi tomonidagi shishalar chil-parchin bo’lgan. Mening tarafimdagi mayin shisha ham sinmagan. O’sha vaqtda buning buyuk bir karomat bo’lganini, mo’'jiza bo’lmaganini va boshqa bunday mojaroli narsalarni tafakkur qilmaslik uchun karomatkorona Risola-i Nurning bir ta'ziri bo’lgani tushundim.

Risola-i Nur shogirdlaridan

Salohaddin Chalabiy

***

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Risola-i Nurning haqqoniyatiga va ahamiyatiga doir bir imzoyi g’aybiy hukmida bu majmua ko’rsatgan qiymat Risola-in Nurda bo’lganini bu zamonning dahshatli to’fonlari isbot qiladi.

Ha qardoshlarim, Hazrat Iso Alayhissalom Injili Sharifda deganki:

"Men ketyapman, toki sizga tasallichi kelsin." Ya'ni Hazrat Ahmad Alayhissalotu Vassalom kelsin deyishi bilan, Qur'onning basharga g’oyat buyuk bir natijasi, bir g’oyasi, bir hadyasi, tasallidir. Ha, bu dahshatli koinotning to’fonlari va zavol buzg’unchiliklari va bu bo’shliq nihoyatsiz fazoda hamma narsa bilan aloqador bo’lgan inson uchun tasallini va madad so’rash nuqtalarini Qur'on beradi. Eng ziyoda u tasalliga muhtoj bu zamondir va eng ziyoda quvvatli bir suratda u tasallini isbot qilgan, ko’rsatgan Risola-i Nurdir. Chunki zulmatlar va vahmlarning manbai bo’lgan tabiatni u teshgan o’tgan, haqiqat nuriga kirgan. Yigirma To’qqizinchi va O’ttizinchi va O’n Oltinchi So’zlar kabi aksar parchalarida iymon haqiqatlarining yuzlab tilsimlarini kashf va izoh qilib aqlni inkordan, ikkilanishlardan qutqargan. Xullas bu haqiqat uchundirki, bu juda zeriktiruvchi zamonda, zeriktirmaydigan bir tarzda ko’p takror bilan aqli boshida bo’lganlarni Risola-i Nur bilan mashg’ul qiladi.

Ra'fat maktubida degan: "Qachon bir oraga kelsak, So’zlardan birisini ochib o’qiymiz, shirin-shirin istifoda qilib Ustozimiz bilan ko’rishamiz. Ham Risola-i Nurning eng yaqqol xususiyati, zeriktirmaslikdir. Yuz dafa o’qilsa, bir yuz birinchida yana zavq bilan o’qilishi mumkin." degan. To’g’ri aytgan.

Faqat Risola-i Nurning tarjimoni haqiqiy vazifasining xorijida dunyodagi istiqboliyotga kamdan-kam ora-sira qarashi, zohiriy bir chalkashlik beradi. Masalan: Bundan o’ttiz-qirq yil avval, "Bir nur keladi, bir nur olami ko’ramiz" degan va u ma'noni keng bir doirada va siyosatda tasavvur qilgan. Ham bundan o’n to’rt, o’n besh yil avval, "Dinsizlikni aylantirganlar mudhish samoviy ta'zirlar yeydilar" deb katta keng kurra-i arz doirasidagi hodisani tor bir mamlakatda va cheklangan insonlarda tasavvur qilgan. Holbuki istiqbol u ikki g’aybiy xabarni tasavvurdan juda yuksak tarzda tafsir va ta'bir ayladi. Eski Saidning "Bir nur olami ko’ramiz" deyishi, Risola-i Nurning doirasining ma'nosini his qilgan, keng bir doira-i siyosiya tasavvur qilgani kabi; sirri "Inna A'toyna"da "O’n uch, o’n to’rt yil so’ngra dinsizlikni, zindiqoni tarqatganlar mudhish ta'zirlar yeydilar" deb keng bir haqiqatni tor bir doirada tasavvur qilgan. Istiqbol u ikki haqiqatni ta'bir va tafsir ayladi. Boshda Isparta bo’lib, Risola-i Nur doirasi avvalgi haqiqatni juda porloq va go’zal bir suratda ko’rsatgani kabi, ikkinchi haqiqatni ham buzuq madaniyatning tug’yonini va moddiyunlik {(Hoshiya) Ha, moddiyunlik o’latining xastaligi nav'-i basharga bu dahshatli bezgakni va kurra-i arzga bu titrashni bergan.} o’latini singdirgan va idora qilgan arvohi habisaning boshlariga kelgan bu dahshatli samoviy ta'zirlar keng bir doirada sirri Inna A'toynaning haqiqatini batamom isbot qilgan.

Savol:Risola-i Nur qat'iy burhonlarga tayanib hukmlari batamom ta'vilsiz, ta'birsiz haqiqat chiqishi va faqat ishorati tavofuqiya va sunuhoti qalbiyaga ishongan bayonoti, bunday dunyoviy bo’lgan istiqbolga doir masalalarda nima uchun ta'birga va ta'vilga muhtoj bo’ladi? deb xotirimga keldi.

Bunday bir javob eslatildiki:G’aybiy istiqboli dunyoviyda boshga kelgan hodisalarni bildirmaslikda Janobi Arhamurrohimiyning juda buyuk bir rahmati saqlangani va g’aybni yashirishda juda ahamiyatli bir hikmati bo’lgani jihati bilan, g’aybiy narsalarni xabar berishdan man qilib, faqat noaniq va muxtasar bir suratda yo ilhom yoki eslatma bilan bir alomatni vasila qilib kashfiyotda va sodiq tushda bir qism g’aybiy haqiqatlarini his qildiradi va u haqiqatlarning xususiy suratlari bo’lgandan keyin bilinadi.

Said Nursiy

***

RISOLA-I NUR SHOGIRDLARIDAN AMIN, HILMI, KOMIL VA FAYZINING BIR BAYONI

Risola-i Nurning tumanlarga, jamoatlarga barakaga sabab bo’lishi va unga zarar berganlarga ta'zir kelishi kabi, shaxslarga ham juda zohir bir suratda ham baraka va chiroyli tirikchilik (unga xizmat qilganlarga) va g’aybiy ta'zirlar (unga qarshi va zarar berayotganlarga) kelishi bu atrofda juda ko’p hodisalari bor. Biz o’zimizda, xizmat jarayonida juda yaqqol bir suratda chiroyli bir tirikchilik, bir inoyat ko’rganimiz kabi, Risola-i Nurning ilg’orlaridan bo’lgan Nazif qat'iy bir suratda xabar beradiki: Uch-to’rt odam dunyo sarvati deb Risola-in Nurga qarshi to’planib munofiqona bir tadbir qilganlari hangomda, uch kun so’ngra o’sha uch odamning uylari va do’konlari yonib minglab lira yo’qotish bilan ta'zir yedilar.

Ham bir makkor va josus odam Risolat-un Nur shogirdlariga qarshi harakat qilayotgan ediki, ularni qamoqqa tashlattirsin. Bir kun ochiqchasiga, "Men bir alomat topolmadimki, bularni qamoqqa tiqay. Agar bir alomat topsam, ularni qamoqqa tiqaman" deb e'lon qilgan vaqtdan ikki kun so’ngra bir ish qilib Risola-i Nur shogirdlari o’rniga u ikki yil qamoqqa kirdi.

Ham badbaxt qaysar bir odam shiddatli Risola-i Nurga qarshi, ham shogirdlarining bir peshqadamiga qarshi bo’lgan hangomda, bir-ikki kun so’ngra mayxonaga ketib ichib-ichib bo’kib o’sha yerda o’lgan.

Bu navda ko’p hodisalar bor. Demak, Risola-i Nur do’stlarga tiryoq bo’lgani kabi, dushmanlarga ham chaqmoq bo’ladi.

Ham G’avsi A'zamning ustozimiz haqida: فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ ifodasi bilan inoyat va osonlashtirishga doimo sazovor bo’lganiga va tavofuq Risola-i Nurning bir ma'dani bo’lganiga juda ko’p alomatlardan, bu bir-ikki kun mobaynida kichik va latif, faqat qat'iy qanoat bergan juz'iy hodisalarning tavofuqlarida ko’zimiz bilan ko’rganimiz inoyoti Rabboniyaning namunalaridan besh-oltitasini bayon qilamizki, ular bu ikki kun mobaynida barobar sodir bo’lgan.

Birinchisi:Kecha ustozimizga Risola-i Nurga oid uch xizmat lozim keldi... Hech kim yo’q, bizlar ham uzoqda. Zinapoyadan tushib, bir bolani topib bizlarga yuborish niyati bilan eshikni ochdi. Risola-i Nurning o’sha uch xizmatini qiladigan uchta shogirdi favqulodda bir tarzda o’sha daqiqada eshikka kelganlar.

Ikkinchisi:.................

Uchinchisi:Ustozimiz ayni bu kun Amin qardoshimizga dedi:

"Uch-to’rt oydir har hafta qishlog’idan bu yerga kelgan uy sohibasi kelmadi. To’rt oy bo’ldi, ijara pulini olmadi. Har holda xabar yuboring kelsin, ijara pulini olsin." degan ayni vaqtda, to’rt oydan beri kelmagan o’sha uy sohibasi eshikni taqillatdi keldi, besh oylik ijara pulini oldi.

Ustozimiz, bu hodisa-i inoyatdan mamnuniyati uchun, unga uzoq bir nohiyadan kelgan aylana hech ko’rmaganimiz va bu yerda bo’lmagan bir kichik nonni o’sha uy sohibasiga berdi. Ayni vaqtda yigirma daqiqa mobaynida bu yerda bo’lmagan o’sha ayni nondan besh misli ikki yil Risola-i Nurning bir kitobini olib mutolaasining ma'naviy haqqining mingdan bir haqqi bo’lib keldi. Va bir oz ashuro sho’rvasini ham yana o’sha uy sohibasiga berdi. Aynan o’sha ashuroning o’n misli qadar uch latif non yana ikki yil ikkita kitobning o’qilishiga mingdan bir haq bo’lib keldi, ko’zimiz bilan ko’rdik.

Ham bugun o’sha uy sohibasining yetti yildir ismini bilmagani uchun, ustozimiz undan "Isming nima" deb so’radi. "Xayriya", dedi.

Xayriya ismli bo’lish tafa'uli bilan ikki soat so’ngra Xayri ismli Risola-i Nurning bir shogirdi (Xabarimiz yo’q ekan, Istanbulga ketgan. Ham tijorat munosabati bilan ikki muhim shogirdlari ham borib kech qoldilar. Moddiy va ma'naviy to’fonlar munosabati bilan ustozimiz ham ularni, ham u yerdagi muhim bir shogirdi uchun juda xavotirlanayotgan edi) bugun u Xayri ikki soat o’sha Xayriyadan so’ngra eshikni ochdi, keldi. O’sha uch shogird haqidagi xavotirni yo’qotish bilan barobar, Ustozning to’rt oydan beri davom qilgan "tefarik" nomli bir mushki bugun tugagan, o’zimiz ko’rdik. Xayrining bir kichik shisha qo’lida, "Mana sizga tefarik keltirdim." dedi. Mana bu kichik latif tefarikdagi tavofuqqa barakalloh dedi.

Bu ikki kun mobaynida bu kichik namunalar kabi ustozimiz Mo’'jizoti Ahmadiyaning (A.S.V.) tahriri bilan mashg’ul bo’lgani uchun, ko’p namunalar ko’rgan. Modomiki ikki kun mobaynida bu qadar inoyatlarning jilvalarini ko’ryapmiz. Risola-i Nur doirasi ichida diqqat qilinsa, hamma o’zida xizmati darajasida bunday namunalarni ko’radi.

Risola-i Nur shogirdlaridan

Hilmi, Amin, Komil, Fayzi, Hofiz Ahmad

Ha, men ham tasdiq qilaman

Said Nursiy

***

Fayzi bilan Amin deydilar: Ustozimiz bo’lgan Risola-i Nurning muhim haqiqatlari ichida eng shirin bir mevasi tavofuq bo’lgani uchun, qardoshlarimizga yana bu ikki kun mobaynida kichik bir-ikki tavofuqni sizga bundan avvalgi tavofuqa hoshiya sifatida yozamiz.

Ha, qandayki kalimalarda va yozilgan kalimalarda tavofuq bir qasd, bir xususiy inoyatni ko’rsatadi. Ba'zan horiqo bo’lib karomat darajasiga chiqadi, ba'zan latif bir zariflik beradi. Aynan shuning kabi, Risola-i Nurga oid va Ustozimizga oid hodisalarda ham aynan qasdiy va inoyatkorona tavofug’i so’zlarda bo’lgani kabi, u ishlarda ham ko’ryapmiz.

Jumladan, sizga yozilgan, to’rt oy kelmagan uy sohibasi uchun Amin qardoshimizga dedi: "Xabar yubor." aytayotganida uning eshik qoqishi tavofuq qilgani kabi, ayni jumlani bir kun so’ngra ikki dafa o’qigan payt, Aminga degan kalimasi o’qilgan onida, pastdagi eshikni Amin ochdi, kelish vaqti bo’lmasdan keldi. Ikkinchi kun yana boshqa bir odamga o’qilgan vaqt, Aminga degan kalimasini o’qigan vaqt ayni onda yuqori eshikni Amin ochdi, kelish odatiga muxolif bo’lib keldi, kirdi. Bu ikki tovofuq uy sohibasining tavofug’iga tavofug’i ko’rsatadiki, eng juz'iy ishlarimiz ham tasodif emas, qasdiy tavofuqdir.

Ham to’rt oy avval bizga bir oz tarhana sho’rvasi keltirgan Risola-i Nur shogirdlaridan Fuadning Istanbulga ketib o’ttiz kun qoldirilishidan, kech qolishidan xavotirlanganimiz ayni kuni, uning tarhana sho’rvasi tugagan ayni kuni kelishi tavofuq qildi.

Ham ayni kuni bir oz sariyog’ (biz ham, ustozimiz ham buning barakasini his qilayotgan edik) tugagan daqiqada, uning miqdoriga tavofuq qilib o’ylashimizcha ayni yerdan, ayni miqdor, ayni zamonda kelgani kabi; ham bu yerlarda qishloqlarda kul ichida tayyorlangan non ustozimizga yoqqani uchun nahor - oqshom undan yeb va o’n besh kun davom qilgan -va tugagan ayni kuni- ayni nondan uning qarindoshlaridan birisi keltirdi, bu tavofuqning xotiri uchun orqa qaytarmadi, qabul qildi. Ko’zimiz bilan bu latif tavofuqdagi shirin inoyoti Ilohiyaning juz'iy jilvalarini ko’rdik va angladikki, ko’r tasodif ishimizga aralashmaydi. Ma'nodor tavofuq Risola-i Nurning kalimalarida va harflarida bo’lgani kabi, unga munosabatdor bo’lgan harakat va ishlarda ham ma'nodor tavofuqlar bor. Inoyatga munosabatdor bo’lgani uchun, eng juz'iy bir narsa ham bo’lsa, qiymati buyukdir. Bunday uzun yozish va ziyoda ahamiyat berish isrof bo’lmaydi. Chunki ma'nosi bo’lgan inoyat va iltifoti rahmat muroddir va u bahs ham ma'naviy bir shukrdir.

Risola-i Nur Shogirdlaridan

Amin, Fayzi

***

RISOLA-I NUR PARCHALARINI MAHKAMADAN OLIB, MENGA KELTIRIB TOPSHIRGAN HOFIZ MUSTAFOGA XITOB

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ رَسَائِلِ النُّورِ

Sen minglab xush kelding, meni abadiy minnatdor qilding. Va sodiq birodarlaring bilan Risola-i Nurning erkinligiga xizmatingiz shu daraja buyuk va qiymatlidir. Yolg’iz bizni va Risola-i Nur shogirdlarini emas, balki bu mamlakatni, balki olami Islomni ma'nan minnatdor qildingizki, ahli iymonning yordamiga yetishishga Risola-i Nurning yo’lini erkin ochdingiz. Men bir yildan beri seni ve sen bilan barobar Risola-i Nurning bu erkinligiga harakat qilganlarni Hofiz Ali va Xusrav kabi Risola-i Nurning qahramonlari bilan barobar ma'naviy qozonchlarimga va duolarimga sherik qilganman, ham davom qiladi. Bu yerga qadar yo’ldagi har bir daqiqa, bir kun xizmatda bo’lish kabi meni minnatdor aylading.

Hokimi odil nomini olgan ma'lum zotni va biz tomonda u bilan barobar ishlaganlarni, bu haqiqiy adolatga xizmatlari uchun, oxir umrimga qadar unutmayman. Olti-yetti oydir ularni ham aynan ma'naviy qozonchlarimga sherik qilaman. Menga qaytargan risolalarning bir qismini qardoshlarimga vajob beraman, barchasini yozsinlar, ularga hadya qilaman. Chunki ular Risola-i Nurning bundan keyingi xizmatiga to’liq hissadordirlar. Bu masalada men Denizli shahrini o’z qishlog’imga do’st qilib barcha o’tganlarini va ahli iymonning hayotda bo’lganlarini ham o’zim, ham Risola-i Nurning talabalari ma'naviy qozonchlarimizga hissador qilishga qaror qildik. Denizli qamoqxonasini ham bir imtihon madrasamiz deb qabul qilamiz va biz bilan aloqador ham Denizlida, ham qamog’ida umumiga va xususan va to’liq adolatini ko’rganimiz mahkama hay'atiga ko’p salom va duolar qilamiz.

Said Nursiy

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Beshinchi Nuqta:Risola-i Nur bu Anadolu mamlakatiga balolarning daf bo’lishiga ahamiyatli bir vasiladir. Sadaqa qanday baloni daf qilsa, uning tarqalishi va o’qilishi, kulliy bir sadaqa navidan samoviy va aroziy balolarnind daf bo’lishiga vasila bo’lgani ko’p alomatlar va ko’p hodisalar bilan ma'lum bo’lgan, hatto Qur'onning ishoralari bilan namoyon bo’lgan. Va yozilishini va tarqalishini man qilish zamonlarida to’rt marta zilzilalarning boshlanishi va tarqalishi bilan to’xtashlari va Anadoluda aksar yerlarda o’qilishi jahon urushining Anadoluga kirmasligiga bir vasila bo’lganini Sura-i Val Asr ishora qilgani holda, bu ikki oy qurg’oqchilik zamonida mahkamaning Risola-i Nurning oqlanishiga va vatanga manfaatli bo’lganiga doir qarorini Apellatsiya Sudi tasdiq qilib to’liq erkinlik bilan Risola-i Nurning tarqalishi va o’qilishini kutarkan, butun-butun aksiga bo’lib man qilinishi va mahkamadagi risolalar sohiblariga qaytarilgani holda, bizni ham o’sha jihatdan gapirishdan man qilishlari jihati bilan balolarning daf bo’lishiga vasila bo’lgan bu kulliy sadaqa-i ma'naviya baloga qarshi chiqolmadi, gunohimiz natijasi bo’lib qurg’oqchilik boshlandi.

Biz Risola-i Nur shogirdlari dunyoga ko’p ahamiyat bermaganimizdan, dunyoga faqat Risola-i Nur uchun qaraganimizdan, bu yomg’irsizlikda ham o’sha nuqtadan qaraymiz. Xullas Denizlida mahkamaga berilgan juz'iy bir qism Risola-i Nur, sohiblariga qaytarilishining ayni zamonida, bu yerda ham bir qism zotlar yozishni boshlashlari ayni vaqtida bu yomg’irsizlikda bir oz rahmat yog’di. Faqat Risola-i Nurning erkinligi juz'iy bo’lishidan, rahmat ham juz'iy qoldi. Inshaalloh yaqinda mening ham risolalarim qaytarib beriladi, to’liq erkin va tarqalishi kulliylashadi va rahmat ham to’liq bo’ladi. {(Hoshiya) Ham aynan shunday bo’ldi, biz ko’rdik.}

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ بِعَدَدِ قَطَرَاتِ الْمَطَرِ فِى لَيْلَةِ الرَّغَائِبِ

Aziz Qardoshlarim!

Sizga ikki xatni Layla-i Rag’oibdan olti soat avval yozdim. "Hizbi Nuriya" va Xusravning qog’ozi bilan qaytargandan keyin, qat'iyyan mening qanoatimda bir navi mo’'jiza-i Ahmadiya bo’lib, ikki oydan beri doimo qurg’oqchilik va yomg’irsizlik va har tarafda doimo namozlardan so’ng juda ko’p duolarning natijasiz qolgani va hamma umidsizlikdan tirikchilik dardi xavotiri bilan qalban yig’larkan, birdan Layla-i Rag’oib butun umrimda hech eshitmaganim va boshqalari ham eshitmagan, uch soatda yuz marta, balki ortiq takror bilan momoqaldiroq malagining bu yuksak va shiddatli tasbehoti bilan shunday rahmat yog’diki, eng qaysarga ham Layla-i Rag’oibning muqaddasligini va Hazrati Risolatning bir daraja bir jihatda olami shahodatga tashrifining umum koinot miqyosida va butun asrlarda nazari ahamiyatda va Rahmat-an lil olamiyn bo’lganini isbot qildi va koinot o’sha tunni olqishlamoqda deb ko’rsatdi.

Ajabo, duolarimizda Isparta bu mamlakat bilan barobar edi, bu yomg’irda hissasi bormi? qiziqyapman. Hozirga qadar ko’p alomatlar bilan Risola-i Nur bir vasila-i rahmat bo’lishidan, bu rahmat imo qiladiki, har holda fathlari parda ostida bor va balki erkinligiga bir ishoradir. {(Hoshiya1) So’ngra ayon bo’ldiki, ayni zamonda ham fathlari, ham erkinligi parda ostida amalga oshgan.} Ham bu yerda Yog’dular bergan ishtiyoq jihati bilan yozuvchilarning ko’payishi, inshaalloh bir navi maqbul duo hukmiga o’tdi.

Risola-i Nur Talabalari nomiga

Ha Mahmud, Ha Jaylon

Duongizga Muhtoj Qardoshingiz

Said Nursiy

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Layla-i Me'rojning aynan Layla-i Rag’oib kabi hech inkor qilinmas bir tarzda, bir navi mo’'jiza-i Ahmadiya kabi bir karomatini va koinot nazdida hurmatini ko’zimiz bilan ko’rdik. Shundayki:

Qandayki avval yozganimiz kabi, ikki oy qurg’oqchilik ichida bu yerda hech yomg’ir kelmaganini, go’yo Layla-i Rag’oibni kutayotgandek u muborak kechaning kelishi bilan o’xshovsiz bir shovqin bilan muqaddasligini bu yerda ko’rsatgani kabi; aynan shuningdek: O’sha kechadan beri bu yerga bir qatra yomg’ir tushmagani holda, yigirma kundan so’ng aynan Me'roj kechasida birdaniga shunday rahmat yog’diki, dinsizlarda shubha qoldirmadiki; sohib-ul Me'roj Rahmat-an lil olamiyn bo’lgani kabi, uning Me'roj kechasi ham bir vasila-i rahmatdir. Ham ahli iymonning iymonlarini quvvatlantirgani kabi, umidsizliklarini ham bir daraja ketkazdi.

Olamning holini bilmayman, faqat his qilyapmanki: Ahli iymon ham xorijiy bir necha tarafda tazyiqlar, ham ichki xavotirlar va qurg’oqchilikdan kelgan tirikchilik dardi va tayanch nuqtasini dunyoda topolmaslikdan ahamiyatli bir umidsizlikning ta'siri bilan, hatto ibodatga nisbatan bir sustlik kelgan edi. Birdan Me'roj kechasi, bu yerda karomati bilan Layla-i Rag’oibning karomatini quvvatlantirib, ahli iymonga bildirdiki: "Siz sohibsiz emassiz. Koinot qabzasida bo’lgan bir zotning, olamga rahmat qilib yuborgan bir suyanchig’ingiz bor." deb umidsizlik va xavotirlarini qisman ketkazdi.

Ham Risola-i Nurning bir silsila-i karomatini tashkil qilgan tavofuq, bu hodisada hech tasodifga havola qilinmas bir tarzda uch-to’rt tavofuq bilan, Layla-i Me'roj va Layla-i Rag’oib hurmatlarida Risola-i Nurning ham bir hissasi bor bo’lganini ko’rdik.

Birinchi Tavofuq:Ibtido va intiho-i taraqqyoti hayoti Ahmadiyaning unvonlari bo’lgan Layla-i Rag’oib va Layla-i Me'roj bu qurg’oqchilik zamonida ko’p sonli rahmatda tavofuqlaridir.

Ikkinchi Tavofuq:Bu kunlarda Xusravning tavofuqli yozgan "Me'roj Risolasi"ni bu yerda Risola-i Nur talabalari shavqqa kelib aynan tavofug’ini, hatto yetti "faqat, faqat, faqat" kalimalarining porloq tavofug’ini ko’rsatgan nusxalarni yozdilar, tugatdilar. Men ham tahrir qilardim, boshqalari ham o’qir edilar. Birdan Me'roj kechasi juda ko’p rahmati bilan kelishi, Risola-i Nurning yozilishi va Xusravning Me'roj Risolasi va tarqalishi ham bir vasila-i rahmat bo’lganini talabalariga bir qanoat berdi. Ikki-uch tavofuq yana bor. Bizga qat'iy qanoat bermoqdaki, tasodif ichida yo’q. To’g’ridan-to’g’ri bu qaysar zamonda Islomiy shiorlarning ahamiyatlarini ko’rsatishga bir ishoradir. Umum qardoshlarimga salom va Me'rojlarini tabriklayman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

Ha, Ustozimizni tasdiq qilamiz.

Mahmud, Mahmud, Usmon, Ibrohim, Jaylon, Xayri va bshq.

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Bir Savol:"Tavofuq bilan bu karomat qanday qat'iy sobit bo’ladi?" deb qardoshlarimizdan birining savoliga kichik bir javobdir.

Javob:Bir narsada tavofuq bo’lsa, kichik bir alomat bo’ladiki, unda bir qasd bor, to’g’ri kelgan bir tasodif emas. Va ayniqsa bir tovofuq bir necha jihatda bo’lsa, u alomat to’liq quvvat topadi. Va ayniqsa yuz ehtimol ichida ikki narsaga maxsus va u ikki narsa bir-biri bilan tom munosabatdor bo’lsa, u tavofuqdan kelgan ishora ochiq bir dalolat hukmiga o’tadiki, bir qasd va iroda bilan va bir maqsad uchun o’sha tavofuq bo’lgan, tasodifning ehtimoli yo’q.

Xullas, bu masala-i me'rojiya ham aynan bunday bo’ldi. To’qson to’qqiz kun ichida faqat Layla-i Rag’oib va Layla-i Me'rojga yomg’ir va rahmatning tavofug’i.. va o’sha ikki kecha va kunga maxsus bo’lishi, undan avval va undan keyin bo’lmasligi va shiddatli ehtiyojning aynan vaqtiga uyg’unligi.. va "Me'rojiya Risolasi"ning bu yerda ko’plar tarafidan shavq bilan qiroat va kitobat va nashriga to’g’ri kelishi.. va u ikki muborak kechaning bir-biri bilan bir necha jihatda tavofuq qilishi.. va mavsumi bo’lmagani holda, ajib shovqinlar bilan, so’nmaydigan moddiy - ma'naviy zamin shovqinlari bilan faryodlariga tahdidkorona va tasallidorona tavofuq qilishi.. va ahli iymonning umidsizligidan tasalli qidirishlariga va zalolatning hujumidan kelgan vasvasa va zaiflikka qarshi quvva-i ma'naviyaning quvvatlanishini istashlariga to’liq tavofug’i.. va bu kechalar kabi Islomiy shiorlarga qarshi hurmatsizlik qilganlarning xatolariga bir ta'zir o’laroq "Koinot bu kechalarga hurmat ko’rsatadi, nima uchun siz ko’rsatmayapsiz?" degan ma'noda ko’p miqdordagi rahmat bilan Islomiy shiorlarga qarshi hatto samovot va fazoyi olam hurmatlarini ko’rsatish bilan tavofuq qilishi... Zarra miqdor insofi bo’lgan biladiki, bu ishda xususiy bir qasd va iroda va ahli iymonga xususiy bir inoyat va marhamatdir, hech bir jihat bilan tasodif ehtimoli bo’lolmaydi. Demak haqiqati me'roj bir mo’'jiza-i Ahmadiya (A.S.V.) va karomati kubrosi bo’lgani.. va Me'roj zinapoyasi bilan ko’klarga chiqishi bilan Zoti Ahmadiyaning (A.S.V.) samovot ahliga ahamiyatini va qiymatini ko’rsatgani kabi, bu yilgi Me'roj ham zaminga va bu mamlakat aholisiga koinot nazdida hurmatini va qiymatini ko’rsatib bir karomat ko’rsatdi.

Duongizga muhtoj qardoshingiz

Said Nursiy

***

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Bizning qat'iyyan shak va shubhamiz qolmadiki: Bu xizmatimizning natijasi bo’lgan Risola-i Nurning erkinligini nafaqat faqat biz va bu Anadolu va olami Islom olqishlamoqda, taqdir etmoqda. Balki koinot ham mamnun bo’lib javvi samo va fazoyi olam olqishlamoqdaki, uch-to’rt oyda bir yomg’irga qattiq ehtiyoj bor ekan, kelmadi. Faqat Anqara topshirish qaroriga tavofuq qilgan Layla-i Rag’oibdagi o’xshovsiz va shovqinli rahmatning kelishi va Denizlida Mahkamaning amalda topshirishiga qaror berishi, yana Layla-i Me'rojda aynan Risola-i Nurning bir rahmat bo’lganiga ishora o’laroq Layla-i Rag’oibga tavofuq qilib juda ko’p momoqaldiroq malagining olqishlashi bilan va rahmatning Amirtog’da kelishi o’sha topshirish qaroriga tavofuq qilishi va bir hafta so’ngra, demak Denizlida vakillarimizning qo’li bilan olinishi hangomlarida, yana aynan Layla-i Me'rojga va Layla-i Rag’oibga tavofuq qilib aynan ular kabi Sha'boni Sharifning bir juma kechasida juda ko’p rahmat va yomg’irning bu mamlakatda kelishi ularga tavofuqlari bilan qat'iy qanoat beradiki, Risola-i Nurning musodarasiga va hibsiga to’rt zilzilalarning tavofug’i kurra-i arz tomonidan bir e'tiroz bo’lgani kabi, bu Amirtog’ mamlakatida to’rt oy mobaynida faqat uch juma kechasida-ki, biri Layla-i Rag’oib va biri Layla-i Me'roj, biri ham Sha'boni Muazzamning birinchi juma kechasida rahmatning juda ko’p kelishi va Risola-i Nurning ham erkinligining uch davriga batamom tavofuq qilishi, kurra-i havoiyaning bir tabrigi, bir xushxabaridir va Risola-i Nur ham ma'naviy bir rahmat, bir yomg’ir bo’lganiga quvvatli bir ishoradir.

Va eng latif bir alomat ham shuki: Kecha birdaniga bir sarcha qushi derazaga keldi, derazani urdi. Biz uchirish uchun ishora qildik, ketmadi. Majbur bo’ldik, dedim: "Derazani och, u nima deydi?" Kirdi, to’xtadi.. bu ertalabgacha. So’ng u xonani unga qoldirdik, yotoq xonamga keldim. Bu tongda chiqdim, eshikni ochdim. Yarim daqiqada qaytdim, qaradim, "quddus, quddus" zikrini qilgan bir qush xonamda ko’rdim, kulib dedim: "Bu musofir nima uchun keldi?" Batamom bir soat menga qaradi, uchmadi, qo’rqmadi. Men ham o’qiyotgan edim. Bir soat menga qaradi. Non tashladim, yemadi. Yana eshikni ochdim, chiqdim, yarim daqiqada keldim. U musofir ham yo’qoldi. So’ngra menga xizmat qilgan bola keldi, dediki: "Men bu kecha ko’rdimki, marhum Hofiz Alining (R.H.) qardoshi yonimizga kelgan." Men ham dedim: "Hofiz Ali va Xusrav kabi bir qardoshimiz bu yerga keladi." Ayni kunda ikki soat so’ngra bola keldi, dedi: "Hofiz Mustafo keldi. Ham Risola-i Nurning erkinligining xushxabarini, ham mahkamadagi kitoblarini ham qisman keltirdi. Ham sarcha qushining va mening tushimning, ham quddus qushining ta'birini isbot qildiki, tasodif bo’lmaganini ko’rsatdi. Ajabo, o’xshovsiz bir tarzda ham sarcha qushi ajib bir suratda, ham quddus qushi g’arib bir suratda kelib qarashi, so’ngra yo’qolishi va ma'sum bolaning tushi aynan chiqishi, ham Risola-i Nurning Hofiz Ali kabi bir zotning qo’li bilan bu yerga kelishining ayni zamoniga tavofug’i hech tasodif bo’lishi mumkinmi? Hech bir ehtimoli bormiki, bir bashorati g’aybiya bo’lmasin? {(Hoshiya) Ham bu qushlarning Risola-i Nur bilan aloqadorliklarini tasdiqlagan ko’p alomatlar bor. Jumladan, u qushlarning aloqadorligini ko’rsatgan maktub Milasga ketgan ayni vaqtda g’arib bir tarzda quddus qushi u maktubning ma'nosini vaziyati bilan tasdiqlagani kabi; ayni maktub Ineboluda kechasi o’qilarkan katta bir boyo’g’li horiqo bir tarzda derezaga kelib, qanoti bilan urib, to’xtab tinglashi. Ayni maktub Savada o’qilarkan bir dafa ikki chigirtka ustiga kelib, to’xtab natijaga qadar to’xtashlari. Bir dafa ham sarcha va bulbul qushlari ayni maktubning o’qilishida parvona kabi uchib aloqadorlik ko’rsatishlari va Ispartada Xusravning uyida ayni maktub o’qilarkan, bulbul qushi xilofi odat mehmonxonaga kelishi, aloqadorligini ko’rsatishi kabi ko’p alomatlar, bu karomati Nuriyani tasdiqlaydi.} Ha, bu masala kichik bir masala emas, koinot va hayvonot bilan ham aloqadordir.

Ha, Risola-in Nur erkinligidan men Risola-i Nurning bir shogirdi bo’lish e'tibori bilan o’z hissamga tushgan bu foyda va natijani minglab oltin lira qadar qozonchim bor deb qanoat qilaman. Boshqa yuz minglab Risola-i Nur shogirdlari va iymonni quvvatlantirishga muhtoj ahli iymonning foydalanishlari bunga qiyos qilinsin.

Ha, dinning va shariatning va Qur'onning yuzdan ziyoda tilsimlarini, muammolarini hal va kashf qilgan va eng qaysar dinsizlarni jim qilib mot qilgan va me'roj va hashri jismoniy kabi faqat aqldan juda uzoq deb o’ylangan Qur'on haqiqatlarini eng qaysar va eng o’jar faylasuflarga va zindiqlarga quyosh kabi isbot qilgan va ularning bir qismini iymonga keltirgan Risola-i Nur parchalari, albatta Kurra-i Arzni va kurra-i havoiyani o’zi bilan aloqador qiladi va bu asrni va istiqbolni oz’i bilan mashg’ul qiladigan bir haqiqati Qur'oniyadir va ahli iymon qo’lida bir olmos qilichdir.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Amirtog’da Qardoshingiz

Said Nursiy

***

RISOLA-I NURNING QAHRAMONI XUSRAV TARAFIDAN QALAMGA OLINGAN

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Risola-in Nurning karomatlaridandirki: Ustozimiz Roziyallohi Anhu ko’p dafa risolalarda: "Ey dinsizlar va ey zindiqlar! Risola-in Nurga hujum qilmanglar. Agar hujum qilsangiz, yaqinda sizni kutib turgan balolar sel kabi boshingizga yog’adi." deb o’n yildan beri ko’p karra aytar edilar. Bu xususda shohid bo’lganimiz falokatlardan:

Birinchisi:To’rt yil avval Erzinjanda va Izmir atrofida sodir bo’lgan zilzila bo’lgan. O’sha vaqtlar munofiqlar hiylalar bilan Isparta mintaqasida Sava va Kuleo’nu va atrofi qishloqlardagi Risola-i Nur talabalariga hujum qildilar. O’ttiz-qirq qadar Risola-i Nur talabalarini "Masjidga ketmayapsiz, do’ppi kiyapsiz, tariqat darsini beryapsiz." deb mahkamaga berildilar. Janobi Haq, Izmir atrofini va Azerilarni va atrofidagi xalqni dahshatlar ichida qoldirgan zilzilalar bilan Risola-i Nurning bir vasila-i daf'-i balo bo’lganini ko’rsatdi. Bu zilzilalardan bir hafta so’ng mahkamaga berilgan o’sha qardoshlarimizning hammasi oqlanib ozod bo’lgandilar.

Ikkinchisi:Yana vaqti-vaqti bilan Risola-i Nur talabalarining orqalarida yugurishni davom qilgan dinsizlar, xatti Qur'on bilan bola o’qitganlarini bahona qilib Ispartada vafot qilgan Mahmud Zuhtu (Rahmatullohi Alayh) bilan Sava Qishlog’idan Hofiz Mahmud (Rahmatullohi Alayh) ismli ikki Risola-in Nur talabasiga hujum qilganlar. Nur darsini o’qigan bolalarni, bu ikki qardoshimizning uylaridan olingan Risola-i Nur parchalari bilan birlikda mahkamaga berilgan. Marhum Mahmud Zuhtu jarimaga solinish bilan mahkum qilinish istanilgan. Natijada markazi Arbaa va Tokatda sodir bo’lgan ikkinchi bir qo’rqinchli zilzila bilan Janobi Haq Risola-in Nur bir vasila-i daf'-i balo bo’lish bilan shogirdlariga yordam berib, ustozlari bergan xabarning to’g’riligini tasdiq qilish uchun u qardoshimizni oqlagan va olingan barcha Risola-i Nur parchalarini o’zlariga qaytarib bergan.

Uchinchisi esa:Ichida bo’lganimiz Denizli Qamoqxonasidagi musibatning boshimizga kelishiga sabab bo’lgan o’sha munofiqlar; rumiy bir ming uch yuz ellik to’qqiz (1359) yilida takror boshda sevgili Ustozimiz bo’lgani holda, bizga va Risola-in Nurga hujum qildilar. Bir qismimizni Ispartadan to’pladilar, bir qismini Chivrildan Ispartaga keltirdilar, sevgili Ustozimnzni ham yolg’iz o’laroq Kastamonudan Ispartaga jalb qildilar. Yana boshqa viloyatlardan ham birodarlarimiz Ispartaga keltirilgan edi. Ahli g’arazning aldoviga berilgan Isparta adliyasi, Risola-in Nurning g’oyasi xoriijida bo’lgan jabhalarda, bizga ko’ra ma'nosi bo’lmagan ayblovlar ostida bizga aziyat berayotgan edi. Ayniqsa qiymatdor Ustozimizga yanada ko’p tazyiq o’tkazganlari vaqt, Ustozimizga kerakli-keraksiz bir qancha savollar bergan Isparta prokurorining: "Bu balolar deganing nima?" degan savoliga javoban: Ha degan, zindiqlar agar Risola-in Nurga va shogirdlariga hujum qilsalar, yaqinda kutgan balolarning zilzila surati bilan kelishini.. aytgandi.

Undan keyin bizni Denizliga yubordilar. Kastamonu, Istanbul, Anqara doxil bo’lib o’n viloyatdan adliyalarga jalb qilingan yuzdan ortiq Risola-i Nur talabalarining bir qismi qoldirilgan, yetmish kishidan iborat bo’lgan boshqa qismi ham Denizlida "Madrasa-i Yusufiya" nomini olgan qamoqda edi. Bizning barcha murojaatlarimizga quruq javob berilmoqda, sevgili Ustozimiz yanada ko’p tazyiq va mashaqqat ichida yashattirilmoqda, sassiq, zah, zulmatli, havosiz bir yerda butun-butun gapirishdan va aloqadan man qilinish surati bilan yakka qamoqda azob chektirilmoqda.

Mana bu vaqtlarda Denizli zindonining bu dahshatli iztiroblarini o’tkazayotgan edik. Allohdan boshqa hech bir suyanchiqlari bo’lmagan bu bechoralarning bir qismi Kastamonudan, boshqa bir qismi Ineboludan, boshqa bir qismi ham Istanbuldan hanuz kelmagan edilar. Shu vatanning har burchagida haq va haqiqat uchun qattiq harakat qilgan va sof qalblari bilan najotlari uchun Rabbi Rahimlariga iltijo qilgan juda ko’p ma'sumlarning osmonlarni teshib o’tgan va Arsh-ur Rahmonga tayangan ohlari behuda ketmadi. Allohu Zuljalol Hazratlari u muborak ustozimizning Ispartada aytgani kabi, ma'sumlarni Jannatga etgan, zolimlarni Jahannamga yumalatgan dahshatli bir boshqa zilzilani yubordi. Qarshisida Risola-in Nur mudofaa vaziyatida bo’lmasligidan ko’p uylar xarob bo’ldi, ko’p insonlar qoldiqlar ostida ezildi, ko’plari ko’cha o’rtalarida qoldi. Hanuz mamlakatlarining qamoqxonalarida bo’lgan qardoshlarimizdan Kastamonudan Mahmud Fayzi va Sodiq va Amin va Hilmi va Ineboludan Ahmad Nazif, Denizli Qamoqxonasiga yuborilganlarida shu ma'lumotni berdilar:

"Zilzila aynan kechqurun soat sakkizda boshlandi. Barcha birodarlar "La ilaha Illalloh" zikrida davom qilayotgan edik. Zilzila barcha shiddati bilan davom qilmoqda edi. O’sha vaqtda xotirimizga keldi: Risola-in Nurni ishq bilan va bir saiq bilan uch-besh dafa shafoatchi qilib Janobi Haqdan xalos istadik. Alhamdulilloh, darhol sokin bo’ldi.

Kastamonuda esa, o’sha kecha qal'adan uzilgan juda katta bir tosh pastga dumalab bir uyni ezgan, bir qancha uylarda yoriqlar, chiqiqliklar bo’lgan, bir necha uy cho’kkan, hukumat binosi yorilgan, yana bu kabi zararlar va yo’qotishlar bo’lgan. Faqat zilzila har kun bo’lish surati bilan bir muddat davom qilgan. Tosyada bir ming besh yuz uy xarob bo’lgan, o’lik va yarali miqdori juda ko’p ekan. Kargi va Usmonjik tamoman, Ladik va boshqa joylarda yo’qotish ko’p miqdorda ekan. Ineboluda bir minoraning teppasi egilgan, mayda-chuyda yoriqlar bo’lgan, zarar va yo’qotishlar bo’lmagan."

Ahmad Nazif, Amin, Sodiq, Mahmud Fayzi

Uchinchi bo’lgan bu zilziladan so’ng, yana Risola-in Nurga va talabalariga va muallifiga hujum qilgan ahli g’arazning so’ziga quloq solgan adliya, ayni tarzda bizni ezishda davom qilayotgan edi. Zindiqo tarafdorlari, muborak Ustozimizning xabarlari bo’lgan va Risola-i Nurning buyuk karomatlaridan bo’lib zilzilalar qo’li bilan kelgan balolarga ahamiyat berishni istamas edilar. Risola-in Nurning Ilohiy va Qur'oniy haqiqatlariga qarshi dushmanlik qilgan bu guruhning boshiga to’rtinchi ta'zir yana keldi.

G’arib tomoni shuki, biz fevralning uchinchi kuni mahkamaga chaqirilgan edik. Iztirob va alamlari ichida yuraklarimizni yig’latgan kasalmand holi bilan o’zidan so’ralgan savollarga javob berish uchun oltmish besh qadar talabasining qarshisida oyoqqa turgan muborak Ustozimizning javoblari orasida "O’sha zindiqlarning dunyolari boshlarini yesin va yeydi!" kalimalari takror-takror hakamlar hay'atining yuzlariga qarshi og’zidan to’kilar edi. Bir necha dafa mahkamaga ketib kelgandan so’ngra, 7 Fevral 1944 tarixli Istanbulda nashr qilingan "Hamshahri" nomli bir gazeta qo’limga o’tdi. Gazeta o’qishga va radio tinglashga havaskor bo’lmasligim bilan barobar, "yigirmanchi asrning madaniylarimiz!." deb bugungi taraqqiyoti bashariyani o’zlaridan bilgan, Allohni unutgan, oxiratga ishonmagan insonlarning boshlariga Janobi Haqning, matorli vositalar qo’li bilan qanday otashlar yog’dirganini, u inkorchilarning kechagi Jannat hayotlarining bugungi Jahannamiy holatlar ichida qanday o’tayotganini bilish va Risola-in Nurning barakasi bilan Anadoluni bu dahshatli otash yomg’iridan qanday muhofaza qilayotganini ko’rish va shukr qilish holatidan kelgan bir qiziqish bilan ba'zan bu kabi hodisalarni so’rar edim va tinglar edim.

Xullas bu gazetaning ham urush bo’g’ishmalariga oid rasmlariga qarar edim. Nazarimga urilgan ulkan yozuv bilan yozilgan bir ustunda, Anadoluning yigirma bir viloyatini tebratgan va fevralning birinchi kunining kechasida ertalabga yaqin hamma uyquda ekan sodir bo’lgan va juda ko’p yo’qotishlarga mol bo’lgan dahshatli bir zilzilani xabar berar edi. Darhol, fevralning uchinchisida mahkamada sevgili ustozimizning hakamlar hay'atiga "zindiqlarning dunyolari boshlarini yesin va yeydi" deb takror-takror aytgan so’zlarni xotirladim. "Eyvoh!" dedim, "Risola-i Nur isloh qiladi, buzmaydi, barpo etadi, xarob etmaydi; mas'ud etadi, parishon etmaydi" deb aytarkan, "Aksi bilan bizni va Risola-in Nurni ayblamoq, Xoliqqa yoqmaydi." dedim.

Xullas, markazi Gerede, Bolu va Duzja bo’lgan bu qonli zilzila Risola-in Nurning to’rtinchi bir karomati edi. Bu gazeta shu ma'lumotni beradi: Anqara, Bolu, Zonguldak, Chankiri va Izmit viloyatlarida ko’p yo’qotishlar bor ekan. Gerededa ikki ming uy yiqilgan, yiqilmagan uylar ham o’tirib bo’lmaydigan darajada xarob bo’lgan, mingdan ortiq o’lik bor ekan, qoldiq ostidan doimiy ravishda o’lik chiqarilayotgan ekan. Duzjada zarar ko’p ekan, o’lik va yaralilarning miqdori ma'lum emas ekan. Anqarada bir yuz uch o’lik va shuncha ham yarali bor ekan. Mingga yaqin uy yiqilgan. Debbag’xonada ikki uy cho’kkan, ba'zi qishloqlarda larzadan so’ng yong’inlar bo’lgan. Ilk larza juda kuchli bo’lgan, larzadan keyin yer ostidan bir to’da shovqinlar kelgan. Boludan va boshqa yerlarning qishloqlaridan bir hafta o’tgani holda, hanuz ma'lumot olib bo’lmayotgan ekan. Boshqa bir yerda ikki yuz uy yiqilgan, o’n bir o’lik bor ekan. Bolu bilan telegraf va telefon liniyalari kesilgan, zilzila mintaqasida shiddatli bir qor to’foni hukm surayotgan ekan. Izmitda zilzila bo’layotganda chaqmoqlar chaqqan, shahar bir necha soniya oydinlik ichida qolgan. Bir qancha yerlarda xalq qip-yalang’och ko’chalarga otilgan. Dunyoning barcha rasadxonalari bu buyuk Anadolu zilzilasini qayd etgan. Bir Ingliz rasadxonasi larzaning juda ham xarob qiluvchi bo’lganini bildirgan. Sinopda ayni kuni juda qo’rqinchli bir to’fon bo’lgan, momoqaldiroqlar va chaqmoqlar bilan borgancha shiddatini orttirgan.

Keyinroq boshqa bir gazetada tamomlovchi va hayrat beruvchi shu ma'lumotlarni ko’rdim: Zilziladan avval mushuklar, itlar uchtadan-beshtadan bo’lib to’planganlar, o’ylovli, mahzun kabi hayron-hayron bir-biriga qarab bir muddat barobar o’tirganlar, so’ngra tarqalganlar. Na zilzila bo’layotganda va na bo’lishdan avval va bo’lgandan so’ng ham bu hayvonlardan hech biri ko’rinmagan, tumanlardan uzoqlashib qirlarga ketganlar. Bir g’aribi ham shuki: Bu hayvonlar isyonimizdan hosil bo’lib boshimizga keladigan falokatlarni lisoni hollari bilan xabar berganlarini yozmoqdalar-u, biz anglamayapmiz deb taajjub etmoqdalar.

Xullas, Ustozimiz Badiuzzamon uzun yillardan beri: "Zindiqlar Risola-in Nurga tegilmasinlar va shogirlariga hujum qilmasinlar. Agar tegilsalar va hujum qilsalar, yaqindan kutgan falokatlar ularni yuz dafa pushaymon qiladi!" deb Risola-in Nur bilan xabar bergan yuzlab hodisalar ichida mana zilzila qo’li bilan to’g’riligini imzolab kelgan to’rt haqiqatli falokat yana.

Janobi Haq bizga va Risola-in Nurga hujum qilganlarning qalblariga iymon va boshlariga haqiqatni ko’radigan aql ehson etsin, bizni bu zindonlardan, ularni ham bu falokatlardan qutqarsin, omin!

Bandi

Xusrav

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Hozirga qadar yashirin munofiqlar Risola-i Nurga qonun bilan, adliya bilan va osoyish va idora nuqtasidan hukumatning ba'zi arboblarini aldab tajovuz qilar edilar. Biz musbat harakat qilganimiz uchun, majburiyat bo’lgan payt mudofaa vaziyatida edik. Hozir rejalari natijasiz qoldi. Aksincha tajovuzlari Risola-i Nurning doirasini kengaytirdi. Bu dafa yangi harflar bilan "Asoyi Muso"ni chop qilish niyatimiz, ixtiyorimiz bo’lmagani holda, tajovuz vaziyati Risola-i Nurga berilmoqda kabidir. Bu hodisaning ahamiyatli bir hikmati shu bo’lishi kerak:

Risola-i Nur bu muborak vatanning ma'naviy bir xaloskori bo’lish jihati bilan hozir ikki dahshatli ma'naviy baloni daf qilish uchun matbuot olami bilan ko’rinishni boshlash, dars berish zamoni keldi yoki keladi kabidir deb o’ylayman.

O’sha dahshatli balodan birisi: Xristiyan dinini mag’lub qilgan va anarxistlikni yetishtirgan shimolda chiqqan dahshatli dinsizlik jarayoni bu vatanni ma'naviy istilosiga qarshi Risola-in Nur, saddi Zulqarnayn kabi bir saddi Qur'oniy vazifasini bajara oladi va olami Islomning bu muborak vatanning aholisiga qarshi juda shiddatli e'tiroz va ayblovlarini ketkazish uchun matbuot lisoni bilan gapirish lozim kelgan deb qalbimga eslatildi.

Men dunyoning holini bilmayman. Faqat Ovrupada istilokorona hukm etgan va samoviy dinlarga tayanmagan dahshatli jarayonning istilosiga qarshi Risola-i Nur haqiqatlari bir qal'a bo’lgani kabi, olami Islomning va Osiyo qit'asining hozirgi vaziyatdagi e'tiroz va ayblovini ketkazish va avvalgi muhabbat va uxuvvatini qaytarishga vasila bo’lgan bir mo’'jiza-i Qur'oniyadir. Bu mamlakatning vatanparvar siyosatchilari tez aqlini boshiga olib Risola-i Nurni chop qilib rasman nashr qilishlari lozimdirki, bu ikki baloga qarshi qalqon bo’lsin. Ajabo, bu yigirma yil mobaynida iymoni tahqiqiyni juda kuchli bir suratda bu vatanda nashr etgan Risola-i Nur bo’lmasaydi, bu dahshatli asrda ajib inqilob va portlashlarda bu muborak vatan Qur'onini, iymonini dahshatli musibatlardan to’liq muhofaza qila olarmidi? Hima bo’lganda ham... Risola-i Nurga ortiq vatanga, idoraga zarari tegilish bahonasi bilan tajovuz qilinmaydi, ortiq hech kimni o’sha bahona bilan ishontirolmaydilar. Faqat rejani almashtirib, din pardasi ostida ba'zi sodda domlalarni yoki bid'at tarafdori yoki anoniyatli so’fi mashrablilarni ba'zi ayyorliklar bilan Risola-i Nurga qarshi ikki yil avval Istanbulda va Denizli atrofida bo’lgani kabi iste'mol qilish va Risola-i Nurga va shogirdlariga boshqa bir jabhada tajovuz qilishga munofiqlar tirishmoqdalar. Inshaalloh muvaffaq bo’lolmaydilar. Risola-i Nur shogirdlari to’liq ehtiyot bilan barobar, bir hujum bo’lgan vaqtda tortishmasinlar, ahamiyat bermasinlar. Aldangan ahli ilm va iymon bo’lsa, do’st bo’lsinlar, "Biz sizga qarshi chiqmayapmiz. Siz ham bizga qarshi chiqmanglar... Biz ahli iymon bilan qardoshmiz." deb bostirsinlar.

Ikkinchidan:Muboraklarning pahlavoni ham Abdurahmon, ham Lutfi, ham Katta Hofiz Ali ma'nolarini tashigan buyuk ruhli Kichik Ali qardoshimiz bir savol so’ramoqda. Holbuki u savolning javobi Risola-i Nurda yuz yerda bor."Risola-i Nurning iymon ruknlari haqida bu daraja ko’p ustida to’xtashlarining sababi nima? Bir omi mo’minning iymoni buyuk bir valining iymoni kabidir, deb eski domlalar bizga dars berganlar?" demoqda.

Javob:Boshda "Oyat-ul Kubro" iymon martabalari bahslarida va oxirga yaqin mujaddidi alfi soniy Imom Rabboniy bayoni va hukmi-ki: Barcha tariqatlarning muntahosi va eng buyuk maqsadlari, iymon haqiqatlarining inkishofidir. Va bir masala-i iymoniyaning qat'iyat bilan ochilishi, ming karomatlardan va kashfiyotlardan yanada yaxshidir." va Oyat-ul Kubroning eng oxirdagi va "Lohiqa"dan olingan u maktubning parchasi va tamomining bayonoti javob bo’lgani kabi, "Meva Risolasi"ning Qur'ondagi takrorlar haqida O’ninchi Masalasi, tavhid va iymon ruknlari haqida takrorli va ko’p sonli Qur'onning urg’u berishlarining hikmati, aynan tamomila uning haqiqiy tafsiri bo’lgan Risola-i Nurda jarayon etishi ham javobdir.

Ham iymonning tahqiqiy va taqlidiy va ijmoliy va tafsiliy va iymonning barcha hujumlarga va vasvasa va shubhalarga qarshi tayanib tebranmasligini bayon qilgan Risola-i Nur parchalarining izohlari, buyuk ruhli Kichik Alining maktubiga shunday bir javobdirki, bizga hech bir ehtiyoj qoldirmaydi.

Ikkinchi Jihat:Iymon faqat qisqacha va taqlidiy bir tasdiqqa xos emas. Bir urug’dan to ulkan xurmo daraxtiga qadar va qo’ldaki oynada ko’ringan misoliy quyoshdan to dengiz yuzidagi aksiga, to quyoshga qadar martabalari va inkishoflari bo’lgani kabi, iymonning shu daraja ko’p haqiqatlari borki, ming bir Asmo-i Ilohiya va boshqa arkoni iymoniyaning koinot haqiqatlari bilan aloqador ko’p haqiqatlari borki, "Barcha ilmlarning va ma'rifatlarning va kamoloti insoniyaning eng buyugi iymondir va iymoni tahqiqiydan kelgan tafsilli va burhonli ma'rifati muqaddasadir." deb ahli haqiqat ittifoq qilganlar.

Ha, iymoni taqlidiy tez shubhalarga mag’lub bo’ladi. Undan juda quvvatli va juda keng bo’lgan iymoni tahqiqiyda juda ko’p martabalar bor. U martabalardan ilmalyaqiyn martabasi ko’p burhonlarining quvvatlari bilan minglab shubhalarga qarshi tayanadi. Holbuki taqlidiy iymon bir shubhaga qarshi ba'zan mag’lub bo’ladi.

Ham iymoni tahqiqiyning bir martabasi ham aynalyaqiyn darajasidirki, juda ko’p martabalari bor, balki asmo-i Ilohiya adadicha ko’rinish darajalari bor, butun koinotni bir Qur'on kabi o’qiy oladigan darajasiga keladi.

Ham bir martabasi ham haqqalyaqiyndir. Uning ham ko’p martabalari bor. Bunday iymonli zotlarga shubhalar qo’shinlari hujum ham qilsa, hech narsa qila olmaydilar. Va ulamo-i ilmi kalomning minglab jild kitoblari, aqlga va mantiqqa tayanib ta'lif qilinib, faqat o’sha ma'rifati iymoniyaning burhonli va aqliy bir yo’lini ko’rsatganlar. Va ahli haqiqatning yuzlab kitoblari kashfga, zavqqa tayanib u ma'rifati iymoniyani yana boshqa bir jihatda izhor qilganlar. Faqat Qur'onning mo’'jizakor jadda-i kubrosi, ko’rsatgan haqoiqi iymoniya va ma'rifati qudsiya o’sha ulamo va avliyodan juda ham ustun bir quvvat va yuksaklikdadir. Xullas, Risola-i Nur bu jome' va kulliy va yuksak ma'rifat yo’lini tafsir qilib, ming yildan beri Qur'onga qarshi va Islomiyat va insoniyat zarariga va adam olamlari hisobiga buzg’unchi kulliy jarayonlarga qarshi Qur'on va iymon nomiga qarshilik qilmoqda, mudofaa qilmoqda. Albatta hadsiz ustida to’xtashlarga ehtiyoji borki, u hadsiz dushmanlarga qarshi tayanib ahli iymonning iymonini muhofazasiga Qur'on nuri bilan vasila bo’lsin. Hadisi Sharifda borki: Bir odam sen bilan iymonga kelishi, senga sahro to’la qizil qo’ylardan yanada xayrlidir. Ba'zan bir soat tafakkur bir yil ibodatdan yanada xayrli bo’ladi. Hatto Naqshiylarning yashirin zikrga bergan katta ahamiyati, bu navi tafakkurga yetishish uchundir. Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

***

[Risola-i Nurning xos shogirdlaridan va ahamiyatli eski muallimlardan va iymoni quvvatli bo’lgan buyuk muallimlarni tamsil etgan Hasan Fayzining Sikka-i Tasdiqi G’aybiydan olgan ilhom bilan Risola-i Nur haqida va u nurning manbai va asosi bo’lgan Nuri Muhammadiy (A.S.V.) va haqiqati Qur'on va sirri iymon ta'rifida bu qasidani yozgan:]

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

يُرِيدُونَ لِيُطْفِوءُا نُورَ اللَّهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

Ahmad yaratilgan u buyuk Nuri Ahaddan

Har zarrada nurdir, u azaldan ham abaddan.

Bir nur-ki udir ham ulug’, ham so’ngsiz

Ul Faxri jahon Hazrati Mahbubi Ilohiy.

Porlatdi jahonni bu go’zal Nuri Muhammad (A.S.V.)

Xalq bo’lmasa, bo’lmas edi bir zarra va bir fard.

Ul nuri uning, har yerni, har zarrani o’ragan

Boshdan oyoq har dam bu qalin zulmatni yorgan.

Bir nurki, udir sodda va ham tebranmas

Toza va pok jumladan ustun va mukammal.

Bir nurki, barcha zarrada u namoyon,

Bir nurki, berar qalblarga ham ishq bilan iymon.

Bir nurki, agar bo’lmasa ul nur ayniqsa bir on

Boshdan oyoq zulmatda qolar hamda bu akvon.

Bir nurki, emas unday muhat, ham yana mahsur..

Bir nurki, etar qalbni ham purnur, chashmni ham purnur.

Bir lam'adir undan, shu buyuk shams va qamarlar.

Faqat mana u nurdan bu ajoyib ulkan olam,

Xalq bo’ldi u nurdan yana Jannat ila Jahannam.

Shak yo’qki u nurdir o’qilgan Hazrati Qur'on...

Ul nuri azal ham sababi xilqati inson..

Har narsaga udir mabda' va asl va asos ham,

Undan ko’rinar navi bashar bunday mukarram.

Bir zarra emas, bahri muhit u bahri munirdan,

Ham qanday bashar hech qoladi hammasi ham birdan.

Shak yo’qki jahon, qatra-i nuridan u nurning,

Shak yo’qki bu jon, zarra-i nuridan u nurning.

So’nsin deb puflansa, u daryo kabi qaynar,

So’ndirishga ham kimda ajab zarra majol bor.

So’ndirishga uringandi asrlar to’la kuffor

Qahr ayladi hammasini ul Hazrati Qahhor.

Faqat so’ngan asrlar, yonmoqda so’nmasdan ul

Tarixdan so’rang, kimdir u nur, ham kim ekan manfur.

Peshanasida yongan Nuri Muhammad edi Halilning

Yetmasdi kuchi, qarashga har chashmi alilning.

Ko’rsaydi Rasulning u go’zal nurini, Namrud

Yoqmasdi u dam, norini ul kofiri matrud.

Bir chivin o’ldiradi u shohi jahonni, (!)

Otgandi Halilni otashga, chunki u joniy.

Bir parda ochib aytdi Haq yashirin kalomdan,

Ul otashga bahs ayladi ham bardu salomdan.

"Do’stim va Rasulim ulug’ Ibrohimni ey nor.

Ot odatingni, yoqma bugun, sen uni zinhor!"

Bir yashirin xitob keldi-da ul dam yana Haqdan

Bir abdi mukarram ham qutuldi pichoqdan

Ul nurdan uchun Yunusni hifz ayladi ul hut,

Ul nur ila qahr ayladi ham qavmini ul Lut.

Ul husni jamol ayladi olamlarni hayron

Qayerdan uni topgan, ajabo Yusufi Kan'on.

Hikmat nima, ul dardlarga sabr ayladi Ayyub,

Ham sirri nedir, Yusuf uchun yig’ladi Yoqub.

O’lganda tirilganda nimaga his qilmadi bir his,

Ul mashhur nabi, shonli shahid Hazrati Jarjis.

Hasrat ila nega yig’ladilar Odam va Havvo

Kimdan edi bu yillarcha surgan juda ulkan da'vo.

Ham oh, nega tark etilib Ravza-i Jannat,

Bir qolinadigan yer bo’ldi nega olami mihnat.

Nur shahri bo’lgan Turda u dam Hazrati Muso

Asrori kalom faqat yechilib topdi tajallo.

Bir parcha Zaburdan o’qisa Hazrati Dovud,

Boshlardi hamon xuddi buyuk mahshari mav'ud.

Bilmam-ki nega, shamol va suvlar faqat uni tinglar,

Bilmam-ki nega, faqat eshitgan oh! deya ingrar.

Maxluqni butun o’ziga itoat ettirdi Sulaymon,

Qayerdan edi bu quvvat, unga kimdan edi bu farmon.

Shamollar ila uchgan shonli buyuk taxti muqaddas

Asrori azaldan u ham eshitgan yana bir ovoz.

Ul qaysi ajib sirki, chiqar ko’klarga Iso,

Kimdir tortilgan chormixga, kimdir yana Yuda.

Nur derdi uchun taxtini tark ayladi Adham,

Bir boshqasining taxti bo’lar dardiga malham.

Ko’p shaxsi vali, nur ila ham etdi qanoat,

Ko’p shaxsi deni, nur ila ham topdi karomat.

Har hammasi ham parvonasi, oshig’i nurning,

Har hammasi muammo, kuchi yetmas bu shuurning.

Yorildi qamar, Faxri bashar, ul ulug’ Sarvar,

Har yerda va har onda uning nuri muzaffar.

Qur'on edi so’zi, nur edi yo’li, ummati baxtli,

Ummat bo’lganning qalbi butun nur ila to’ldi.

Chekmasdi g’am, ul so’zi gavhar, asli kavsar,

Ul sura-i Kavsar dedi a'dasiga "abtar!"

Ul Shamsi Azaldan qochgan ul quruq boshlar

G’ayya-i Jahannamda butun yoqqan otashlar.

Tugagandi nafas, chiqmadi ovoz bezor bo’ldi ham harkas

Ul nurga borib bosh egib faqat dedilar pas!

Idroki bo’lgan qofila ayrildi Qurayshdan..

Fayz olish uchun, chiqqan shonli quyoshdan.

Ul kavsari Ahmaddan ichib har biri tos-tos,

Bo’lgandi u kun xuddi porloq bittadan olmos.

Ul boshlarga toj, dardga darmon, murshidi olam,

Aylardi nazar bularga nuri bilan zamon-zamon..

Bular edi u dushmanni bo’g’gan bir guruh arslon,

Haq yo’lida, nur yo’lida bo’lgan ko’pi qurbon.

Bulardan u kun ahli nifoq barcha qochardi,

Mushrik esa, ul aqli uning qolmas uchardi.

Bulardi ul Payg’ambarning asxobi va oli...

Dunyoda va uqboda ham ham shonlari oliy.

Tavsif etadi bularni faqat shu tariqa Qur'on:

Sulh vaqti qo’y, urushda bo’kirgan bittadan arslon!

Doim yuzlari pok, so’zlari haq, yo’llari haq edi,

Ulovlari shamollar kabi Duldul edi, Buroq edi.

Bir jazba-i "Yo Hay!" ila sellar kabi oqdi,

Dushmanga borib har biri chaqmoq kabi chaqdi.

Bular edi u kun halqa-i tavhidni qurganlar,

Bular edi u kun boltalab kufrni sindirganlar.

Bular edi muborak ulug’ jamiyati sho’ro,

Bular edi u nurdan tizilgan halqa-i kubro.

Bular edi olgan Suriya, Iroq, o’lka-i Kisro,

Bular ila ziyodor u qorong’u ulkan sahro.

Bular edi bergan xasta, dardman ko’zlarga bir yorug’lik,

Bular edi u tarixga o’tgan shonli qahramon.

Har hammasi ham bir zarra-i nuri u Habibning,

Har on ko’rinar ko’zlarga undan qancha yuz ming.

Nur ostiga kirgan bo’lgan turli jamoat,

Ham topdi baqo, hamda butun ko’rdi adolat.

Darhol ochilib ko’k yuzi ham porladi ul nurdan kelgan Risola-in Nur

Xalloqi Rahim ayladi maxluqini masrur.

Zulmat tarqalib boshladi bir yap-yangi kunduz,

Bir sevinch his qilib jim bo’ldi biroz yig’lagan u ko’z.

Bir dam ham tushmaskan uning ohi tilidan,

Xalos bo’ldi, afsus dardli bashar dardning qo’lidan.

Ul yangi quyosh, o’lkaga sochgancha shu'lalar,

Faqat shod bo’ladi, shavq topadi qalbi siniqlar.

Har qalbga surur, har ko’zga nur to’ldi bugundan,

Bir xushxabar berar xuddi u bir shonli to’ydan,

Arz aylaylik ul ulug’ Allohga shukrlar,

Ko’tarilar bu qahr, jahl-u zalol, shirk va kufrlar.

Ul nuri xudo soldi ziyo, qalbga safo ham,

Ko’rsatdi baqo, ko’chdi fano, topdi vafo ham.

Chiqqandi shaqiy, keldi naqiy ko’rdi adovat,

Aylardi inkor, bo’ldi pinhon nuri hidoyat.

Jo’sh urdi Risola-i Nur, ufuqdan nuri Risolat

Ul nuri Risolat beradi aminlik-u adolat.

Allohga shukur, ketmoqda barcha qorong’ulik,

Allohga shukur, to’lmoqda faqat qalbga yengillik.

Allohga shukur, mana bugun parda ochildi,

Olamlarga ortiq yana bir sevinch sochildi.

Ortiq bu so’niq jonlarga jon ufladi jonon,

Ortiq bu ko’ngil dardiga ul ayladi darmon.

Bir fasli bahor boshladi yurtlarda bugundan,

Bir suhbati gul boshladi tillarda bugundan.

Mendan menga men ketish uchun Risola-i Nur deya chopdim,

Nur dardiga tushdim-da dengizlar kabi jo’shdim.

Bir zarracha bo’lsin topaygin der-da qidirarkan

Tushdim yana daryo kabi bir nurga bugun men.

Berdim unga men ko’nglimni boshdan oyoq ortiq.

Ma'shuqim udir hozir mening, men unga oshiq.

Ul nuri azal ham qoraygan qalblarga loyiq.

Ul nurdan olar fayzini ham jumla xaloyiq.

Qahr ayladi ul zulmatni Risola-i Nurga oqqanlar,

Nur qahriga yo’liqar, unga dushmanona boqqanlar.

Kufrning butun jamoasi hujum etsa ham ey nur!

Etmas seni uzoq, o’zi bo’lar balki da maqhur.

Sensan yana hozir, yana sensan bizga nozir

Ey nuri Rahim, ey abadiy bir jilva-i Qudrati Fotir!

Bir nash'a his qildirding iymon ila sirri azaldan

Bir xushxabar keltirding bizga ul mashhur go’zaldan.

Modomiki ichirding bizga ul obi hayotdan

Bir zarra qadar qolmadi xavf hozir mamotdan.

Hasrat yashadik nuringga yillarcha butun biz

Ma'sum va xasta, turli balo chekdi sababsiz.

Yillarcha oqqan, qon to’la ko’z yoshlari tinsin,

Zolim yerga botsin, u zulm bir yerga singsin.

Yillarcha, asrlarcha bu nuring yana yonsin,

Kimsasiz va yetim, tul va xasta hammasi ham qonsin.

Ey nur guli, nur chehrangni o’psam dudog’ingdan,

Qalb bog’chasining qalbiga eksam butog’ingdan.

Har dam hidlab ham u go’zal royihasidan

Chiqsam yana men olami foniy g’amidan

Nur gullarini ochsin, yana mushklar kabi tutsin,

Siynamda bu jon bulbuli tavhid bilan kuylasin.

Sensan bizga bir sevinch bergan ul guli xolis

Sensan bizga ham jumladan a'lo, yana muxlis

Ey Nur-i Risolatdan kelgan bir burhoni Qur'on!

Ey sirri Furqondan chiqqan hujjati iymon!

Sending bizga matlub yana sending bizga mav'ud

Soyangda bugun harkas bo’lar zinda va mas'ud.

Har on seni kutar va eslardi bu dunyo

Haq o’zini ko’rsatdi bugun bitdi u ro’yo.

Ming uch yuz yildir tuproqqa aylangan qancha milliard

Mo’min va muvahhid seni kutardi faqat ey yor!

Har hammasi ham sen tarafdan aytardi kalomni

Har hammasi ham har on senga aylardi salomni.

Nur chehrangni ochsang otib pardani yuzdan

So’ylar menga ruhim yana مَا ازْدَدْتُ يَقِينًا

Valloh, azaldan buni men ayladim yod:

Risola-in Nurdir valloh u so’ng mujaddidi akbar.

Yuzlarcha hujjat, ham qancha yuzlarcha ishorat,

Aylar bu muqaddas ulkan da'voga shahodat..

Eng boshda kelgan shohidi adl Hazrati Qur'on

Ko’rsatgan yaqqol tarzda o’ttiz uch yerda u burhon.

يَا مُدْرِكًا ning qalbiga ko’mgan Asadulloh

Ko’p sirki, bilganlar bo’ladi faqat senga ogoh

كُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ degan ul piri muazzam

Minglarcha vali ham yana qilgan bunga ming zam.

Mo’'jizdir u so’z, haqdir u mag’z ko’rmadi har ko’z,

Ortiq bu muammolarni kel sen bizga bir cho’z.

Oltinchi So’zing nomli barcha fe'l va sifatni,

Berdim ham poklandim unga ham zot va hayotni.

Qashshoq va faqir kutayotgandim hozir eshigingda

Tavhidga erishtir meni, kel boringni ber-da.

Men men deya yozgan bo’lsam ham sensan yana ul men,

Hechdan ne chiqar, ham menga menlik yana sendan.

Afv et meni ey afvi buyuk lutfi buyuk Risola-in Nur!

Bir dam ham ham aylama sendan meni yo Robbana mahjur!

Nur haqqi, Haq haqqi do’st haqqi ey nur!

Nuring ila va sirring ila bugun qil bizni masrur.

Ey Nuri Azaldan kelgan Nuri Muhammad (A.S.V.)

Ey sirri iymondan kelgan nuri muabbad!

Minglarcha yetimning eshitilgan ohini bir kes

Tebratar u buyuk arshni ham Valloh bu chiqqan ovoz.

Valloh jamilsan yetar ortiq bu jaloling!

Ko’rsat bizga ey Nuri Muhammad, bir kara jamolingni!

Dargohingni och, et bizga ehson yana ey nuri Risolat!

Biz dardli qulmiz, qil bizga darmon, yana ey nuri haqiqat!

Ammora bo’lgan nafsimizning amriga ergashdik.

Ber bizlarga sen nur ila iyqon yana ey Nuri Qur'on!

Hirs otashi so’nsin-da ko’ngil gulshanga aylansin,

Soch nuringni ham fayzingni har on, yana ey nuri iymon!

Sen nuri Badi', Nuri Rahimsan bizga lutf et,

Faqat istagimiz ishq ila iymon ey Nuri Ilohiy

Dining chekinib, dev kabi tashlanmoqda vahshat,

Rahmat bizni, g’arq etishga to’fon, yana ey Nuri Rahmoniy!

Purnurga bo’yansin butun ofoqi jahoning

Har yerda o’qilsin da bu Qur'on, yana ey Nuri Subhoniy!

Mahbubingga ergashdik, hammamiz ummati bo’ldik,

Yig’latma yetar, qil bizni xandon, yana Ey Nuri Rabboniy!

Ul Ravza-i Poki Ahmadiy (A.S.V.) ko’rsat bizga bir dam,

Ortiq bo’laylik faqat unga qurbon, yana Ey Nuri Samadoniy!

Islomga zafar ber, bizni qutqar, bizni kuldir,

Dushmanimizni et haq ila yakson yana ey Nuri Furqoniy!

Har diyori Islom ila, bo’lsin bu yashil yurt,

To hashrga qadar jannati jonon yana ey Nuri iymoniy!

Ul Faxri Jahon, oli aba haqqi uchun ham yo Rab!

Hifz et bizni ofot va balodan ey Nur-al Anvor, bihaqqi ismikan Nur!

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِه

Muborak Ustozim Afandim!

U buyuk va go’zal xos nurining bu faqir va bechora talabangizga bu vodiyda va bu shaklda bo’lgan ehson va ikromlarini aynan huzuri irfoningizga taqdim qilaman va bu vasila bilan muborak qo’llaringizni va domoni pokingizni yana bir bor o’pish sharafi bilan musharraf bo’laman, qabul qilinishini Hazratinizdan iltimos qilaman afandim.

Ojiz va Bechora Talabangiz Hasan Fayzi

رَحِمَهُ اللَّهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رَسَائِلِ الْمَكْتُوبَةِ وَ الْمَقْرُوئَةِ اَمِينَ

***

Yigirma Sakkizinchi Maktubdan Yettinchi Masala

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

قُلْ بِفَضْلِ اللَّهِ وَبِرَحْمَتِهِ فَبِذَلِكَ فَلْيَفْرَحُوا هُوَ خَيْرٌ مِمَّا يَجْمَعُونَ

Shu masala "Yetti Ishora"dir.

Avvalo tahdisi ne'mat suratida bir nechta sirri inoyatni izhor etgan "Yetti Sabab"ni bayon qilamiz:

Birinchi Sabab:Birinchi Jahon Urushidan avval va boshlarida, bir sodiq tushda ko’rdimki: Ararat Tog’i deyilgan mashhur Ag’ri Tog’ining ostidaman. Birdan u tog’ mudhish tarzda portladi. Tog’lar kabi parchalarni dunyoning har tarafiga tarqatdi. O’sha dahshat ichida qarasam, marhum volidam yonimda. Dedim: "Ona, qo’rqma! Janobi Haqning amridir; U Rahimdir va Hakimdir". Birdan u holatda ekan, qarasam muhim bir Zot menga amr qilib deyaptiki: "I'jozi Qur'onni bayon qil". Uyg’ondim, angladimki: Bir katta portlash bo’ladi. U portlash va inqilobdan so’ng Qur'on atrofidagi devorlar sinadi. To’g’ridan to’g’ri Qur'on o’zini o’zi mudofaa qiladi. Va Qur'onga hujum qilinadi. I'jozi Uning po’lat sovuti bo’ladi. Va shu i'jozning bir navini shu zamonda izhoriga, haddimdan ortiq bo’lib, men kabi bir odam nomzod bo’ladi. Va nomzod bo’lganimni angladim.

Modomiki I'jozi Qur'onni bir daraja bayon So’zlar bilan bo’ldi. Albatta u i'jozning hisobiga o’tgan va uning qatralari va barakalari navidan bo’lgan xizmatimizdagi inoyatlarni izhor qilish, i'jozga yordam va izhor qilish kerak.

Ikkinchi Sabab:Modomiki Qur'oni Hakim murshidimizdir, ustozimizdir, imomimizdir, har bir odobda rahbarimizdir; U o’zinio’zi madh etyapti. Biz ham Uning darsiga ergashib Uning tafsirini madh etamiz.

Ham modomiki yozilgan So’zlar uning bir navi tafsiridir va u risolalardagi haqiqatlar Qur'onning moli va haqiqatlaridir. Va modomiki Qur'oni Hakim aksar suralarda, xususan الٰرٓ larda, حٰمٓ larda o’zini o’zi kamoli hashmat bilan ko’rsatadi, kamolotini aytadi, loyiq bo’lgan madhni o’ziga o’zi qiladi. Albatta, So’zlarda aks etgan Qur'oni Hakimning lamaati i'joziyasidan va u xizmatning maqbuliyatiga alomat bo’lgan inoyoti Rabboniyaning izhoriga mukallafmiz. Chunki u ustozimiz shunday qiladi va shunday dars beradi.

Uchinchi Sabab:So’zlar haqida kamtarinlik suratida demayman. Balki bir haqiqatni bayon qilish uchun aytamanki: So’zlardagi haqiqatlar va kamolot meniki emas, Qur'onnikidir va Qur'ondan sizib chiqqandir. Hatto O’ninchi So’z yuzlab Qur'on oyatlaridan sizilgan ba'zi qatralardir. Boshqa risolalar ham hammasi shundaydir. Modomiki men shunday deb bilaman va modomiki men foniyman, ketaman. Albatta boqiy bo’ladigan narsa va bir asar men bilan bog’lanmasligi kerak va bog’lanilmasligi kerak. Va modomiki ahli zalolat va tug’yon ishlariga to’g’ri kelmagan bir asarni, asar sohibini chiritish bilan asarni chiritish odatlaridir. Albatta Samo-i Qur'onning yulduzlari bilan bog’langan risolalar men kabi ko’p e'tirozlarga va tanqidlarga sabab bo’la olgan va mahv bo’la olgan chirik bir tirgak bilan bog’lanmasligi kerak. Ham modomiki odamlar urfida bir asardagi ustun vasflar o’sha asarning masdari va manbai deb o’ylaganlari muallifining xatti-harakatlarida qidiriladi va bu urfga ko’ra u haqoiqi oliyani va u javohiri g’oliyani o’zim kabi bir qashshoqqa va ularning mingdan birini o’zida ko’rsatolmagan shaxsimga mol etish, haqiqatga qarshi buyuk bir haqsizlik bo’lgani uchun, risolalar o’z molim emas, Qur'onning moli bo’lib, Qur'onning ustun vasflarining qatralariga sazovor bo’lganlarini izhor qilishga majburman. Darhaqiqat, lazzatli uzum shingillarining xususiyatlari quruq cho’pchasida qidirilmaydi! Xullas, men ham shunday bir quruq cho’pcha hukmidaman.

To’rtinchi Sabab:Ba'zan kamtarinlik kufroni ne'matni keltirib chiqaradi, balki kufroni ne'mat bo’ladi. Ba'zan esa tahdisi ne'mat, iftixor bo’ladi. Ikkalasi ham zarardir. Buning chora-i yagonasi: Na kufroni ne'mat chiqsin, na iftixor bo’lsin. Ustun vasf va kamolotlarni e'tirof etib, faqat sohib chiqmasdan, Mun'imi Haqiqiyning asari in'omi o’laroq ko’rsatishdir. Masalan: Qandayki bezalgan va ziynatli bir ko’z qamashtiruvchi qimmat ko’ylakni biri senga kiydirsa va u bilan juda go’zallashsang, odamlar senga desaki: "Mashaalloh, juda ham go’zalsan, juda ham go’zallashding". Agar sen kamtarinlik qilib desangki: "Aslo!.. Men kimman, unday emas. Bu nima, qani go’zallik?" U payt kufroni ne'mat bo’ladi va ko’ylakni senga kiydirgan mohir san'atkorga nisbatan hurmatsizlik bo’ladi. Agar iftixor qilib desangki: "Ha, men juda go’zalman, men kabi go’zal qayerda bor, men kabi birini ko’rsatinglar..." U payt mag’rurona bir faxrdir.

Xullas, faxrdan, kufrondan qutulish uchun deyishi kerakki: "Ha, men go’zallashdim, faqat go’zallik libosnikidir va demakki libosni menga kiydirgannikidir, meniki emas."

Xuddi shuning kabi, men ham ovozim yetishsa, butun yer kurrasiga baqirib deymanki: So’zlar juda ham go’zaldirlar, haqiqatdirlar, faqat meniki emaslar. Qur'oni Karimning haqiqatlaridan porlagan shu'lalardir.

وَ مَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَت۪ى ٭ وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَت۪ى بِمُحَمَّدٍ

dasturi bilan deymanki:

وَ مَا مَدَحْتُ الْقُرْاٰنَ بِكَلِمَات۪ى ٭ وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ كَلِمَات۪ى بِالْقُرْاٰنِ

ya'ni: "Qur'on i'jozinining haqiqatlarini men go’zallashtirolmadim, go’zal ko’rsata olmadim. Balki Qur'onning go’zal haqiqatlari mening ta'birotlarimni ham go’zallashtirdi, ulviylashtirdi". Modomiki shunday ekan, Qur'on haqiqatlarining go’zalligi nomiga, So’zlar nomli oynalarining go’zalliklarini va u oynadorlikka bog’liq bo’lib o’rtaga chiqqan inoyoti Ilohiyani izhor etish, maqbul bir tahdisi ne'matdir.

Beshinchi Sabab:Ko’p zamon avval bir ahli valoyatdan eshitdimki, u zot eski valilarning g’aybiy ishoralaridan istixroj qilgan va qanoati kelganki: "Sharq tarafidan bir nur chiqadi, bid'atlar zulmatlarini tarqatadi". Men bunday bir nurning chiqishini ko’p kutdim va kutyapman. Faqat gullar bahorda keladi. Unday bo’lsa, o’sha muqaddas gullarga zamin tayyorlash lozim bo’ladi. Va angladikki, bu xizmatimiz bilan u nuroniy zotlarga zamin tayyorlayapmiz. Modomiki o’zimizga oid emas, albatta So’zlar nomli nurlarga oid bo’lgan inoyoti Ilohiyani bayon qilishda faxr va g’ururga sabab bo’lolmaydi. Balki hamd va shukrga sabab va tahdisi ne'mat bo’ladi.

Oltinchi Sabab:So’zlarning ta'lifi vositasi bilan Qur'oniy bo’lgan xizmatimizga oldindan bir mukofot va bir tashviq vositasi bo’lgan inoyoti Rabboniya, bir muvaffaqiyatdir. Muvaffaqiyat esa, izhor qilinadi. Muvaffaqiyatdan o’tsa, bo’lsa-bo’lsa bir ikromi Ilohiy bo’ladi. Ikromi ilohiy esa, izhori bir shukri ma'naviydir. Undan ham o’tsa, bo’lsa-bo’lsa hech ixtiyorimiz qo’shilmasdan bir karomati Qur'oniya bo’ladi. Biz mazhar bo’lganmiz. Bu nav ixtiyorsiz va xabarsiz kelgan bir karomatning izhori zararsizdir. Agar oddiy karomatdan yuqori chiqsa, u vaqt bo’lsa-bo’lsa, Qur'onning i'jozi ma'naviysining shu'lalari bo’ladi. Modomiki i'joz izhor qilinadi. Albatta i'jozga yordam berganning ham izhori i'joz hisobiga o’tadi, hech faxr va g’ururga sabab bo’lolmaydi. Balki hamd va shukronga sababdir.

Yettinchi Sabab:Nav'-i insonning sakson foizi ahli tahqiq emaski, haqiqatga nufuz etsin va haqiqatni haqiqat tanib qabul qilsin. Balki suratga, husni zonga binoan, maqbul va ishonchli insonlardan eshitgan masalalarni taqlid qilib qabul qiladilar. Hatto quvvatli bir haqiqatni zaif bir odamning qo’lida zaif ko’radi. Va qiymatsiz bir masalani qiymatli bir odamning qo’lida ko’rsa, qiymatli deb o’ylaydi. Xullas unga binoan, men kabi zaif va qiymatsiz bir bechoraning qo’lidagi iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarning qiymatini aksar insonlarning nuqtai nazarida tushirmaslik uchun, majbur bo’lganimdan e'lon qilamanki: Ixtiyorimiz va xabarimiz bo’lmasdan, birisi bizni ishlattirmoqda. Biz bilmasdan, bizni muhim ishlarda ishlattirmoqda. Dalilimiz ham shuki: Shuurimiz va ixtiyorimizdan xorij bir qism inoyatlarga va yengillashtirishlarga sazovor bo’lyapmiz. Shunday ekan, o’sha inoyatlarni baqirib e'lon qilishga majburmiz.

Xullas, o’tgan "Yetti Sabablar"ga binoan kulliy bir nechta inoyati Rabboniyaga ishora qilamiz.

Birinchi Ishora:Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Birinchi Nuktasida bayon etilgandirki, "tavofuqlar"dir. Jumladan: Mo’'jizoti Ahmadiya Maktubotida, Uchinchi Ishorasidan to O’n Sakkizinchi Ishorasiga qadar oltmish sahifa; xabarsiz, bilmasdan bir nusxa ko’chiruvchining nusxasida ikki sahifa mustasno bo’lib, qolgan barcha sahifalarda -kamoli muvozanat bilan- ikki yuzdan ziyoda "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom" kalimalari bir-biriga qarayaptilar. Kim insof bilan ikki sahifaga diqqat qilsa, tasodif bo’lmaganini tasdiq qiladi. Holbuki tasodif, nari borsa, bir sahifada ko’p bir xil kalimalar bo’lsa, yarim yarimga tavofuq bo’ladi. Faqat bir-ikki sahifada tamoman tavofuq qila oladi. U holda bunday barcha sahifalarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kalimasi; ikkita bo’lsin, uchta bo’lsin, to’rtta bo’lsin yoki yana ko’p bo’lsin, kamoli mezon bilan bir-birining yuziga qarasa; albatta tasodifiy bo’lishi mumkin emas. Ham sakkizta boshqa-boshqa nusxa ko’chiruvchi buzolmagan bir tavofuqot; quvvatli bir ishorati g’aybiya ichida bo’lganini ko’rsatadi. Qandayki ahli balog’atning kitoblarida balog’atning darajalari bo’lgani holda, Qur'oni Hakimdagi balog’at daraja-i i'jozga chiqqan. Hech kimning haddi emaski, unga yetishsin. Xuddi shuning kabi: Mo’'jizoti Ahmadiyaning bir oynasi bo’lgan O’n To’qqizinchi Maktub va Mo’'jizoti Qur'oniyaning bir tarjimoni bo’lgan Yigirma Beshinchi So’z va Qur'onning bir navi tafsiri bo’lgan Risola-i Nur parchalarida tavofuqot barcha kitoblardan ustun bir g’ariblik darajasini ko’rsatadi. Va shundan tushuniladiki: Mo’'jizoti Qur'oniya va Mo’'jizoti Ahmadiyaning bir navi karomatidirki, u oynalarda namoyon va aks etyapti.

Ikkinchi Ishora:Xizmati Qur'oniyaga oid inoyoti Rabboniyaning ikkinchisi shuki: Janobi Haq men kabi qalamsiz, yarim omi, o’zga yurtda, kimsasiz, odamlar bilan ko’rishishdan man qilingan bir tarzda quvvatli, jiddiy, samimiy, g’ayratli, fidokor va qalamlari bittadan olmos qilich bo’lgan qardoshlarni menga muovin qilib ehson qildi. Zaif va ojiz yelkamga juda og’ir kelgan vazifa-i Qur'oniyani o’sha kuchli yelkalarga mindirdi. Kamoli karamidan yukimni yengillashtirdi. U muborak jamoat esa, Xulusiyning ta'biri bilan, simsiz telegrafning qabul qiluvchilari hukmida va, Sabrining ta'biri bilan, nur fabrikasining elektrlarini yetishtirgan uskunalar hukmida boshqa-boshqa ustun vasflari va qiymatli har xil xususiyatlari bilan barobar, yana Sabrining ta'biri bilan, bir tavofuqoti g’aybiya navidan bo’lib, shavq va sa'yu g’ayrat va jiddiyatga bir-biriga o’xshash bir suratda Qur'onning sirlarini va iymonning nurlarini atrofga tarqatishlari va har yerga ham yetkazishlari va shu zamonda (ya'ni, harflar o’zgargan, matbaa yo’q, hamma iymon nurlariga muhtoj bo’lgan bir zamonda) va sustlik beradigan va shavqni sindiradigan ko’p sabablar bor ekan, bularning berilib, kamoli shavq va g’ayrat bilan xizmatlari, to’g’ridan-to’g’riga bir karomati Qur'oniya va zohir bir inoyati Ilohiyadir. Ha, valilikning karomati bo’lgani kabi, niyati xolisaning ham karomati bor. Samimiyatning ham karomati bor. Xususan Lilloh uchun bo’lgan bir uxuvvat doirasidagi qardoshlarning ichida haqiqiy, samimiy tasonudning ko’p karomatlari bo’lishi mumkin. Hatto shunday bir jamoatning shaxsi ma'naviysi bir valiyyi komil hukmiga o’ta oladi, inoyatlarga sazovor bo’ladi.

Xullas ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bir qal'ani fath etgan bir bo’linmaning serjantiga barcha sharafni va barcha g’animatni berish qanday bir zulm, bir xatodir. Xuddi shuning kabi, shaxsi ma'naviyingizning quvvati bilan va qalamlaringiz bilan hosil bo’lgan fathlardagi inoyatlarni men kabi bir bechoraga berolmaysizlar!.. Albatta bunday muborak bir jamoatda g’aybiy tavofuqlardan yanada ziyoda quvvatli bir g’aybiy ishora bor va men ko’ryapman. Faqat hammaga va umumga ko’rsatolmayman.

Uchinchi Ishora:Risola-i Nur parchalari barcha muhim iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarni hatto eng qaysarga qarshi ham porloq bir suratda isboti, juda quvvatli bir ishorati g’aybiya va bir inoyati Ilohiyadir. Chunki iymoniy va Qur'oniy haqiqatlar ichida shundaylari borki, eng buyuk bir dohiy deb o’ylangan Ibn Sino tushunishda ojizligini e'tirof qilgan, "Aql bunga yo’l topolmaydi!" degan. O’ninchi So’z Risolasi u zot dahosi bilan yetisholmagan haqiqatlarni omilarga ham, bolalarga ham bildiradi.

Ham masalan: Sirri Qadar va juz'i ixtiyoriyning hal qilinishi uchun, buyuk Sa'di Taftazoniy kabi bir alloma qirk-ellik sahifada -mashhur Muqaddimoti Isno Ashar nomi bilan Talvih nom kitobida- zo’rg’a hal etgan va faqatgina ilm sohiblariga bildirgan ayni masalalarni Qadarga doir Yigirma Oltinchi So’zda, Ikkinchi Mabhasning ikki sahifasida batamom, ham hammaga bildiradigan bir tarzda bayoni, asari inoyat bo’lmasa, nima?

Ham barcha aqllarni hayratda qoldirgan va hech bir falsafaning qo’li bilan kashf qilinmagan va olam yaratilishining sirri va koinot tilsimi deyilgan va Qur'oni Azimushshonning i'jozi bilan kashf etilgan u tilsimi mushkulkusho va u muammo-i hayratnamo Yigirma To’rtinchi Maktub va Yigirma To’qqizinchi So’zning oxiridagi ramzli nuktada va O’ttizinchi So’zning zarralar o’zgarishining olti adad hikmatida kashf etilgan. Koinotdagi faoliyati hayratnamoning tilsimini va koinot yaratilishining va oqibatining muammosini va zarralar o’zgarishidagi harakatlarning sirri hikmatini kashf va bayon etgandirlar, maydondadir, ko’rish mumkin.

Ham sirri Ahadiyat bilan sheriksiz Vahdati Rububiyatni, ham nihoyatsiz qurbiyati Ilohiya bilan nihoyatsiz bu'diyatimiz bo’lgan hayrat-angiz haqiqatlarni mukammal ochiqlik bilan O’n Oltinchi So’z va O’ttiz Ikkinchi So’z bayon qilganlari kabi, qudrati Ilohiyaga nisbatan zarralar va sayyoralar teng bo’lganini; va hashri a'zamda barcha ziyruhning tiriltirilish, bir nafsning tiriltirilishi qadar o’sha qudratga oson bo’lganini va shirkning koinot yaratilishida aralashuvi imkonsizlik darajasida aqldan uzoq ekanini mukammal ochiqlik bilan ko’rsatgan Yigirmanchi Maktubdagi وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ kalimasi bayonida va uch tamsilni ichiga olgan uning zayli shu azim sirri vahdatni kashf etgandir.

Ham Qur'on va iymon haqiqatlarida shunday bir kenglik borki, eng buyuk zako-i bashariy qamray olmagani holda; men kabi zehni chalkash, vaziyati parishon, murojaat qilinadigan kitob yo’q ekan, qiynalib va tez yozgan bir odamda, u haqiqatlarning mutlaq aksariyati tafsilotlari bilan chiqishi; to’g’ridanto’g’ri Qur'oni Hakimning i'jozi ma'naviysining asari va inoyati Rabboniyaning jilvasi va quvvatli bir ishorati g’aybiyadir.

To’rtinchi Ishora:Ellik-oltmishta risolalar - Hozir bir yuz o’ttizta - shunday bir tarzda ehson qilinganki, emas men kabi oz fikr yuritgan va zuhurotga tobe bo’lgan va tadqiqqa vaqt topolmagan bir insonning, balki buyuk zakolardan tashkil topgan bir ahli tadqiqning sa'yu g’ayrati bilan qilinmagan bir tarzda ta'liflari, to’g’ridanto’g’riga bir asari inoyat bo’lganini ko’rsatadi. Chunki barcha bu risolalarda barcha chuqur haqiqatlar tamsillar vositasi bilan eng omi va savodsiz bo’lganlarga qadar dars beriladi. Holbuki u haqiqatlarning ko’pini buyuk olimlar "Tushuntirib bo’lmaydi" deb, emas avomga, balki ilm sohiblariga ham bildirolmaydilar.

Xullas, eng uzoq haqiqatlarni eng yaqin bir tarzda, eng omi bir odamga dars beradigan darajada men kabi turkchasi oz, so’zlari qiyin tushuniladigan, ko’pi anglashilmaydigan va ba'zan qisqacha lo’nda yozganidan zohir haqiqatlarni ham qiyinlashtiradi deb eskidan beri shuhrat topgan va eski asarlari qisman o’sha yomon shuhratni tasdiq etgan bir shaxsning qo’lida bu hayratomuz yengillashtirishlar va bayon qilish osonligi, albatta shubhasiz bir asari inoyatdir va uning hunari bo’lolmaydi va Qur'oni Karimning i'jozi ma'naviysining bir jilvasidir va tamsiloti Qur'oniyaning bir tamassulidir va in'ikosidir.

Beshinchi Ishora:Risolalar umuman olganda juda ko’p tarqalgani holda, eng buyuk olimdan ol, to eng omi odamgacha va ahli qalb buyuk bir validan ol, to eng qaysar dinsiz bir faylasufgacha bo’lgan odamlar tabaqasi va toifalar u risolalarni ko’rganlari va o’qiganlari va bir qismi ta'zirlarini yeganlari holda, tanqid qilinmasligi; va har toifa darajasiga ko’ra foydalanishi, to’g’ridan-to’g’ri bir asari inoyati Rabboniya va bir karomati Qur'oniya bo’lgani kabi, ko’p tadqiqot va qidiruvlarning natijasi bilan hosil bo’lgan u tur risolalar, favqulodda bir tezlik bilan, ham idrokimni va fikrimni chalkashtirgan qiynoqli inqiboz vaqtlarida yozilishi ham, bir asari inoyat va bir ikromi Rabboniydir.

Ha, aksar qardoshlarim va yonimdagi umum birodarlarim va nusxa ko’chiruvchilar biladilarki; O’n To’qqizinchi Maktubning besh parchasi bir necha kun mobaynida, har kun ikki-uch soatda va jami o’n ikki soatda hech bir kitobga murojaat etilmasdan yozilishi.. hatto eng muhim parcha va u parchada lafzi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom kalimasida zohir bir xotami Nubuvvatni ko’rsatgan To’rtinchi juz; uch-to’rt soatda, tog’da, yomg’ir ostida yoddan yozilgan... va O’ttizinchi So’z kabi muhim va daqiq bir risola, olti soat ichida bir bog’da yozilgan. Va Yigirma Sakkizinchi So’z Sulaymonning bog’ida bir, uzog’i ikki soat ichida yozilishi kabi, aksar risolalar bunday bo’lishi.. va eskidan beri qiynalgan va munqabiz bo’lgan vaqtim, eng zohir haqiqatlarni ham bayon etolmaganimni, balki bilolmaganimni yaqin do’stlarim biladilar. Xususan, u aziyatga xastalik ham qo’shilsa; yanada ko’proq meni darsdan, ta'lifdan man qilish bilan barobar.. eng muhim So’zlar va risolalar eng aziyatli va xastalikli zamonimda, eng tez bir tarzda yozilishi; to’g’ridan-to’g’ri bir inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy va bir karomati Qur'oniya bo’lmasa, nima?

Ham qaysi kitob bo’lsa bo’lsin (bunday haqoiqi Ilohiyadan va iymoniyadan bahs etgan bo’lsa) - har holatda - bir qism masalalari bir qism insonlarga zarar beradi; va zarar berganlari uchun, har masala harkasga nashr etilmagan. Holbuki shu risolalar esa; hozirgacha hech kimda, -ko’plardan so’raganim holda- yomon ta'sir va zid ta'sir va zehnni mashg’ul qilish kabi bir zarar bermaganlari, to’g’ridan to’g’ri bir ishorati g’aybiya va bir inoyati Rabboniya ekani bizga ko’ra muhaqqaqdir.

Oltinchi Ishora:Hozir menga ko’ra qat'iyat paydo etganki, aksar hayotim ixtiyor va iqtidorimning, shuur va tadbirimning xorijida shunday bir tarzda o’tgan va shunday g’arib bir suratda unga jarayon berilgan; toki Qur'oni Hakimga xizmat qiladigan bu navi risolalarni natija bersin. Go’yo butun hayoti ilmiyam oldindan tayyorgarlikar hukmiga o’tgan. Va So’zlar bilan I'jozi Qur'onning izhori, uning natijasi bo’ladigan suratda bo’lgan. Hatto shu yetti yil surgunimda va g’urbatimda va sababsiz va orzuimning xilofiga hamma narsadan uzoqlashtirilishim va mashrabimga muxolif faqat bir qishloqda hayot o’tkazishim va eskidan beri o’rganib qolganim hayoti ijtimoiyaning ko’p aloqalaridan va qoidalaridan nafrat qilib tark etishim; to’g’ridanto’g’riga bu xizmati Qur'oniyani xolis, sof bir suratda qildirish uchun bu vaziyat berilganiga shubham qolmagan. Hatto ko’p marta menga berilgan aziyat va zulman menga qarshi bo’lgan tazyiqlar pardasi ostida, bir dasti inoyat tarafidan marhamatkorona Qur'onning sirlariga barcha fikrni jam ettirish va nazarni tarqatmaslik uchun qilingan degan qanoatdaman. Hatto avvallari mutolaaga juda mushtoq bo’lganim holda; butunlay boshqa kitoblarning mutolaasidan bir man, bir saqlanish ruhimga berilgan edi. Bunday g’urbatda tasalli va unsiyat sababi bo’lgan mutolaani menga tark ettirgan, - angladimki - to’g’ridanto’g’riga Qur'on oyatlarining ustozi mutlaq bo’lishlari uchundir.

Ham yozilgan asarlar, risolalar, - mutlaq aksariyati - xorijdan hech bir sabab kelmasdan, ruhimdan tavallud etgan bir hojatga binoan, oniy va daf'iy bo’lib ehson etilgan. So’ngra ba'zi do’stlarimga ko’rsatgan vaqtim deganlar: "Shu zamonning yaralariga davodir". Tarqalgandan so’ng aksar qardoshlarimdan angladimki, to’liq shu zamondagi ehtiyojga muvofiq va dardga loyiq dori hukmiga o’tyapti.

Xullas, ixtiyor va shuurimning doirasi xorijida, mazkur holatlar va sarguzashti hayotim va ilmlarning turlaridagi xilofi odat va ixtiyorsiz tadqiq qilib o’rganishlarim bunday bir natija-i muqaddasa bilan natijalanish uchun, quvvatli bir inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy bo’lganiga menda shubha qoldirmagan.

Yettinchi Ishora:Bu xizmatimiz zamonida, besh-olti yil mobaynida, mubolag’asiz yuz asari ikromi Ilohiy va inoyati Rabboniya va karomati Qur'oniyani ko’zimiz bilan ko’rdik. Bir qismiga O’n Oltinchi Maktubda ishora etdik; bir qismini Yigirma Oltinchi Maktubning To’rtinchi Mabhasining farqli masalalarida; bir qismini Yigirma Sakkizinchi Maktubning Uchinchi Masalasida bayon etdik. Mening yaqin birodarlarim buni biladilar. Doimiy birodarim Barlalik Sulaymon Afandi ko’plarini biladi. Xususan, So’zlarning va risolalarning nashrida va tahrirlarida va joylariga joylashtirishda hamda qoralama va oqlama nusxani yozishda kutilgandan ortiq karomatkorona osonlashtirishlarga mazhar bo’lyapmiz. Karomati Qur'oniya bo’lganiga shubhamiz qolmayapti. Buning misollari yuzlabdir.

Ham tirikchilik xususida shu qadar shafqat bilan oziqlanyapmizki; eng kichik bir orzu-i qalbimizni, bizni ishlattirgan sohibi inoyat qondirish uchun, kutilgandan ortiq bir suratda ehson etyapti. Va hokazo... Xullas, bu hol g’oyat quvvatli bir ishorati g’aybiyadirki, biz ishlattirilyapmiz. Ham rizo doirasida, ham inoyat ostida bizga xizmati Qur'oniya qildirilyapti.

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

اَللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلاَةً تَكُونُ لَكَ رِضَاءً وَ لِحَقِّهِ اَدَاءً وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ وَ سَلِّمْ تَسْلِيمًا كَثِيرًا آمِينَ

اللَّهُمَّ بِسِرِّ اسْمِكَ الاَْعْظَمِ اِجْعَلْ نَاشِرَ هَذِهِ الرِّسَالَةِ مَظْهَرِ عِنَايَتِكَ وَكَرَامَاتِ فُرْقَانِكَ اَمِينَ اَمِينَ اَمِينَ

MAHRAM BIR SAVOLGA JAVOB

Shu sirri inoyat ilgari mahram tarzda yozilgan, O’n To’rtinchi So’zning oxiriga qo’shilgan edi. Qandaydir bo’lib aksar nusxa ko’chiruvchilar unutib yozmagan edilar. Demak, munosib va loyiq joyi bu yer ekanki, yashirin qolgan.

Mendan so’rayapsan:"Nima uchun sening Qur'ondan yozgan So’zlaringda shunday bir quvvat, bir ta'sir borki, mufassirlarning va oriflarning so’zlarida kamdan-kam topiladi. Ba'zan bir satrda bir sahifa qadar quvvat bor, bir sahifada bir kitob qadar ta'sir mavjud?.."

Javob:Go’zal bir javobdir. Sharaf i'jozi Qur'onga oid bo’lganidan va menga oid bo’lmaganidan, qo’rqmasdan deyman: "Aksariyat e'tibori bilan shunday." Chunki:

Yozilgan So’zlar tasavvur emas, tasdiqdir; taslim emas, iymondir; ma'rifat emas, shahodatdir, shuhuddir; taqlid emas, tahqiqdir; iltizom emas, iz'ondir; tasavvuf emas, haqiqatdir; da'vo emas, da'vo ichida burhondir. Shu sirning hikmati budirki:

Eski zamonda iymon asoslari himoyalangan edi, taslim kuchli edi. Tafsilotlarda oriflarning ma'rifatlari dalilsiz ham bo’lsa, bayonotlari maqbul edi, kifoya edi. Faqat shu zamonda fandan kelgan zalolat qo’lini asoslarga va ruknlarga uzatganidan, har dardga loyiq davoni ehson etgan Hakimi Rahim bo’lgan Zoti Zuljalol, Qur'oni Karimning eng porloq mazhari i'jozidan bo’lgan tamsillaridan bir shu'lasini; ojizlik va zaifligimga, faqirlik va ehtiyojimga marhamatan xizmati Qur'onga oid yozuvlarimga ehson etdi. Falillahilhamd, sirri tamsil durbini bilan eng uzoq haqiqatlar g’oyat yaqin qilib ko’rsatildi. Ham sirri tamsil birlik jihati bilan eng tarqoq masalalar to’plattirildi. Ham sirri tamsil narvoni bilan eng yuksak haqiqatlarga osonlik bilan yetishtirildi. Ham sirri tamsil derazasi bilan; g’aybiy haqiqatlarga, Islomning asoslariga shuhudga yaqin bir yaqiyni iymoniy hosil bo’ldi. Aql bilan birga vahim va xayol, hatto nafs va havo taslimga majbur bo’lgani kabi, shayton ham yengilganini qabul qilib qurolini taslim qilishga majbur bo’ldi.

Xulosa:Yozuvlarimda naqadar go’zallik va ta'sir bo’lsa, faqat Qur'oniy tamsillarning yog’dularidandir. Mening hissam, faqat shiddatli ehtiyojim bilan talabdir va g’oyat ojizligim bilan yolvorib so’rashimdir. Dard menikidir, davo Qur'onnikidir.

Said Nursiy

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَه وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, Siddiq Qardoshlarim!

Avvalo, o’tgan muborak Layla-i Baroatingizni va kelayotgan Ramazoni Sharifingizni tabriklaymiz. Bu yil Baroat Kechasini Nurchilar haqida juda barakali va karomatli bo’lganiga bir alomatini hayrat bilan ko’rdik. Shundayki:

Men Baroat kechasidan oz avval "Asoyi Muso" tahriri bilan mashg’ul ekan, bir kabutar derazaga keldi, menga qaradi. Men dedim: "Xushxabar keltirdingmi?" Ichkariga kirdi. Go’yo avvaldan do’st ekandek hech qo’rqmadi, "Asoyi Muso" ustiga chiqdi, uch soat o’tirdi. Non, guruch berdim, yemadi. Oqshomgacha qoldi, so’ngra ketdi. Takror keldi. Ertalabgacha yonimda qoldi. Men uxlayotganda boshimga keldi, "Sog’ bo’ling" navidan boshimni siladi, so’ngra uchdi, ketdi. Ikkinchi kun men nadomat qilarkan yana keldi, bir kecha yana qoldi. Demak bu muborak qush ham Asoyi Musoni, ham Baroatimizni tabriklashni istadi.

Said Nursiy

***

بِاسْمِهِ سُبْحَانَ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Avvalo:Hozir to’liq ayon bo’ldiki, zilzila Risola-in Nur bilan aloqadordir. Xusravning mudofaatimda yozilgan to’rt zilzila masalasini tasdiq qilgan bu kechagi shiddatli to’rt dafa zilzila, menga va Nurlarga va bu mamlakatga qat'iy bir suiqasd asari bo’lib hukumat ichida xizmatchimga baqirib meni haqoratomuz kamsitib va so’kib "Bor unga ayt!" degan va hokimning majburiy buyrug’i bilan "Kasal ham bo’lsa, bu yerga keltiringlar!" deb posbonlarga va jandarmalarga amr bergan va Afyonning parda ostidagi katta amaldorga tayangan Amirtog’ zobitasi, ham Nur shogirdlarining shavqlariga, ham Nurlarning bu yerda yozilishiga, ham menga jiddiy aziyat berishi, ayni vaqtda bunday bu yerda ko’rilmagan bu shiddatli zilzilaning kelishi ko’rsatadiki; Risola-i Nur, balolarni daf qilish vasilasidir.. tark etilgan sari balo fursat topib keladi.

Said Nursiy

***

Zakoiyning bir manzumasi

Bu Nur asar, tafsiridir ul samoviy kitobning,

E'lon qilar haqiqatni, amri haqni bildirar.

Isyonlarga, zulmlarga ma'ruz bo’lgan jahonning

Bu asrda ko’z yoshini, nur sochib tindirar.

Bu asardir iztirobli ko’ngillarga tasalli,

Bu qarorsiz olamning har inqirozida nur sochar.

Bu asardir har zulmatda salomatlik rahbari,

Ahli iymon bu soyada bu asar bilan hur yashar.

Ma'sumlarga bir o’gitdir, yoshlarning ham rahbari,

Har mazlumga "Yig’lama" der, "kulasan ertaga sen!"

Tasallisi juda yuksak, ibratlidir darslari,

Beli bukik keksaga xushxabar berar tubdan.

Bu Nur asar, har olimning, har mo’minning sartoji,

Dardlilarning darmonidir, har munkirni ta'zirlar.

Shirklarning ham yo’qotuvchisi, ham har qayg’u dorisi,

Zindiq zolim yopishsa boshiga vulqon portlar.

Bu asardir insonlarni dahshatlardan uzoqlashtirgan,

Qudrat qo’li himoyachisi, hayratga solgan hukmi bor.

Qaysarlar taslim bo’lar, hukmiga mag’rur ekan,

Har sarsari faylasufni maftun qilgan nuri bor.

Ey kuch yetmas, dahshat bergan holatlardan yig’lagan,

Foniylarga aldanib ranjiganda baqirma.

Ey zoildan, ojizlardan madad kutib bog’langan,

Kir bu Nurning olamiga, foniylarni chaqirma.

Uyg’on ortiq, g’aflat sarxushligidan turma uyg’on,

Havasoting bir ajdarhodir qalbingni kemiradi.

Erta mas'ud bo’ladi yo’qlikda Haqni topgan,

Nurga ber umr sarmoyasin, erta senga beriladi,

Huzuringda uxroda ehtishomlar to’shaladi...

Risola-i Nurning Qusurli Xodimi

Zakoiy

***

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

وَمَا اَرْسَلْنَاكَ اِلاَّ رَحْمَةًّ لِلْعَالَمِينَ

[Oyatining varosati Ahmadiya (A.S.V.) jihatida ma'noyi ishoriy nuqtasida bu asrda u Rahmatan-lil olamiynning bir oynasi va haqiqati Qur'oniyaning bir haqiqiy tafsiri bo’lgan Risola-i Nur, u kulliy rahmatning bir jilvasi, bir namunasi bo’lishidan; haqiqati Muhammadiyaning (A.S.V.) bir qism vasflarini, ma'noyi majoziy bilan juz'iy bir vorisiga berib bo’ladi deb bu porloq qasidaga tegilmadim. Faqat haqiqati Ahmadiya (A.S.V.) bilan oynasining farqiga ishora bo’lib ba'zi kalimalar ilova etildi.]

Said Nursiy

Huzur topar bugun seningla olam

Ey bu asrda rahmati olam Risolat-un Nur.

Surur topar bugun seningla odam

Ey bir rahmati olam Risolat-un Nur!

Bu xasta ko’ngillar ko’pdan parishon,

Bo’lsa senda agar Luqmondan nishon,

Bir shifo ber, kel ey mahbubi ziyshon

Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Kelmaz-mi oxiri bu uzun hijoning,

O’tmas-mi g’ami bu motamli kechaning,

Zori ortdi, sabri bitdi qanchaning

Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Faxri olam arshdan bu yerga tushdi,

Shohi valoyat kelib duldulga mindi,

Zulfiqorga bugun ortiq "Nur" deyildi

Ey bu zamonda rahmati olam Risolat-un Nur!

Yo’limiz, bu Nurning bu nurli yo’li,

Boldik hammamiz U Nurning bir quli,

Nur yo’lida yurigan ham qanday baxtli

Ey namuna-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Nursning nur chiqqan nurli tog’ida,

Bulbul sayrar bog’chasida bog’ida,

Changi bo’lsak uning pok oyog’ida

Ey rahmati olam jilvasi Risolat-un Nur!

Dardlarga darmonsan, mahbubi jonsan,

Ham jome-ul Asmo val Qur'onsan

Hamda nuri Haqdan bizga ehsonsan

Ey bir rahmati olam Risolat-un Nur!

Bu olamda modda emas bir mag’zsan,

Har zarradan boqqan butun bir ko’zsan;

Koinotni hayron qilgan butun bir yuzsan

Ey misoli rahmati olam Risolat-un Nur!

Asli avvalisan asalning, shakarning,

Dengizisan jumla ilmning, hunarning,

Kelmadi, jahonga bunday asar o’xshashing

Ey mir'ati rahmati olam Risolat-un Nur!

Sen oylardan, quyoshlardan ustunsan,

Nihoyatsiz, oxiri kelmas butunsan,

Nur jamoling butun- butun ko’rinsin

Ey mazhari rahmati olam Risolat-un Nur!

Bo’yin bukib achchiq-achchiq ma'rardik,

Ko’z yoshini qonlar ila artardik,

Ko’rsak deya seni Haqdan tilardik

Ey bir tamsili rahmati olam Risolat-un Nur!

Chunki sensan, bu asrda Rahmat-an-lil olamiynning jilvasi

Chunki sensan hozir Shofe'-ul-Muznibiynning vorisi,

Ag’isna yo g’iyas-al mustag’isiyn bir duosi

Ey shu'la-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Shifo topsin hozir biroz yaramiz,

Rivoj topsin, o’tmaz bo’lgan pulimiz,

Soch nuringni, oqqa aylansin qoramiz

Ey ziyo-yi rahmati olam Risolat-un Nur!

Gunohimiz ila gulxan kabi purnirmiz,

Dard qo’lidan ham har kun zoru-zormiz,

Afv et bizni modomiki senga faqat yormiz

Ey nuri rahmati olam Risolat-un Nur!

Maylimiz yo’q yolg’onchi bir dunyoga,

Tugatdik biz bid'atlarni, riyoni,

Berilmaymiz unday quruq xayolga,

Ey bir haqiqati rahmati olam Risolat-un Nur!

Yo’q bizda jamiyat qurish xayoli,

Yo’q boshqa bir yo’lga ketish savdosi,

Bo’ldik faqat nurning dardli shaydosi

Ey dardlilarga rahmati olam Risolat-un Nur!

Yo’llarda qoldirdik o’tdik darveshni,

Otdik ko’ngillardan unday tashvishni,

Kifoya bu porlagan nurning quyoshi

Ey ma'kasi rahmati olam Risolat-un Nur!

O’tganmiz barcha madhlardan, sanodan,

Yuz o’girdik sarvatlardan, boylikdan,

Nur istaymiz o’tmasdan bu fanodan

Ey bu asrda rahmati olam Risolat-un Nur!

Nur qo’lidan ichaylik biz sharobni,

Aylantirganmiz shirinlikka azobni,

Bir mahbubning biz ham bo’ldik turobi

Ey bizga rahmati olam Risolat-un Nur!

Oshiqlarning arshga chiqqan faryodi,

Yig’latadi u pok ruhli ajdodni.

Alloh uchun ayla bizga yordamni

Ey muhtojlarga rahmati olam Risolat-un Nur!

Ko’klar soldi balo, yer berdi balo,

Tebratdi ofoqni bir achchiq faryod,

Rahmat et olamga ey Nuri Mavlo

Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Bir yonda sel bor, bir yonda qon oqar,

Bu balo otashi olamni yoqar,

Yig’lagan bu bashar faqat senga boqar

Ey namuna-i rahmati olam Risolat-un Nur!

O’raldi otashla bu ulkan dunyo,

Bir Jahannam kabi qaynadi daryo,

Yetish yordamga ey shohi avliyo!

Ey bu zamonda rahmati olam Risolat-un Nur!

Har yong’inni sening nuring so’ndirar,

Har bir yerni bir gulshanga sening nuring aylantirar,

Dajjolni ham bir kun kelar albatta o’ldirar

Ey nuri rahmati olam Risolat-un Nur!

Zindiqoga, kufrga qarshi tashlanding,

Ko’ngillardan g’amlarni ko’tarding,

Bizni nurning daryosiga sho’ng’itding

Ey bechoralarga rahmati olam Risolat-un Nur!

Ko’tarolmas senga aslo hech kim qo’l,

Bog’laymiz bizlar senga jondan bel,

Dunyolarga sensan umid va istak

Ey ziyoyi rahmati olam Risolat-un Nur!

Sen qo’shin qurmaysan erkak, askarla,

Urushmaysan unday to’pla, pichoqla..

Nuringla shu asrni tutib quchoqla

Ey hozir rahmati olam Risolat-un Nur!

Tugasin da bu qo’rqinch to’foni shadid,

Ochilsin yap-yangi bir davri mas'ud,

O’n sakkiz ming olam aylasin faqat iyd

Ey ahli Qur'onga rahmati olam Risolat-un Nur!

Kelmoqda shu qarshidan garchi bir zulmat,

Faqat sensan bugun atoyi rahmat...

Bo’g’asan uni nuringla albat

Ey bir rahmati olam Risolat-un Nur!

Qizil ajdar uyimizga kirmasin,

Zaharli qo’li yoqamizga yetmasin,

Qarshi turib nuring fursat bermasin

Ey sayfi rahmati olam Risolat-un Nur!

Qora tuman ustimizdan tarqalsin

Qizil olov so’nib olam uyg’onsin,

Bu zafaring hashrga qadar eslansin

Ey zulfiqori rahmati olam Risolat-un Nur!

U nasldandir qancha jonlar yoqqanlar,

U nasldandir uylar, ro’zg’orlar yiqqanlar,

U nasldandir senga kinla boqqanlar

Ey hujjati rahmati olam Risolat-un Nur!

Ma'sumlarning qonlarini icharlar,

Abu Jahlni, Namrudlarni o’zarlar,

O’limlardan o’limlanri tanlarlar

Ey hozir bir rahmati olam Risolat-un Nur!

Bir mikrob-ki jigarlarni tishlaydi,

Qonimizla o’zini to’ydiradi,

Toza yurtni kirlatib kirlatadi

Ey bir dorixona-i rahmati olam Risolat-un Nur!

G’oziylarning, fotihlarning qo’nog’i,

Sayyidlarning, sarvarlarning o’tovi,

Bu vatandir shahidlarning yotog’i

Ey jilva-i rahmati olam Risolat-un Nur!

U shahidning olaga aylangan kafani,

Mushklar ufurur gulga o’xshar badani

O’par Malaklar ham nurli no'shini,

Ey namuna-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Qur'on deydi o’lmagandir, tirikdir,

Har birisi Haqning arslon yigiti,

Maqbaralari yuraklarni titratar

Ey oyna-i rahmati olam Risolat-un Nur!

Hadyasan chunki asl millatga

Tushmaylik bir kun ham zillatga,

Etgin bizni shonli buyuk davlatga

Ey misoli rahmati olam Risolat-un Nur!

Aylaydilar nuring ila doim hamla,

Zafarlarla shonlar topar bu millat,

Sharqqa g’arbga ziyo solsin bu davlat

Ey bizlarga rahmati olam Risolat-un Nur!

Nurdan qanoting, ham mustahkam qo’ling bor,

Nurdan sening Haqqa ketgan yo’ling bor,

Qabul et bir kamtar Fayzi quling bor

Ey bu asrda rahmati olam Risolat-un Nur!

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Ustozim Afandim Hazratlari!

وَمَا اَرْسَلْنَاكَ اِلاَّ رَحْمَةًّ لِلْعَالَمِينَ

oyatining nurlaridan nurning soyasida olib bilganim bir zarrani bu shaklda yozdim va huzuri irfoningizga taqdim qildim. Qabulini iltimos qilaman. Salomlarimizni taqdim va muborak qo’llaringizni o’pamiz afandimiz.

Bechora talabangiz

Hasan Fayzi

رَحْمَةُاللَّهِ عَلَيْهِ اَبَدًا دَائِمًا

***

UNIVERSITETDAGI NUR SHOGIRDLARINING NUR HAQIQATINING FAN DOIRASIDA FAVQULODDA QIYMATINI TAQDIRLAGANLARIGA BIR NAMUNA

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Shu koinot samosining botmaydigan ma'naviy quyoshi bo’lgan Qur'oni Karim; shu mavjudot kitobi kabirining takviniy oyatlarini o’qittirish, mohiyatini ko’rsatish uchun shu'lalari hukmida bo’lgan nurlarini nashr etadi. Basharning aqllarini nurlantirish bilan siroti mustaqimni ko’rsatadi. Bashariyat olamida har fard, yaratilishidagi maqsadlarni va fitratidagi istaklarni va istiqomatidagi g’oyasini u hidoyat quyoshining nuri bilan ko’radi, anglaydi va biladi. U hidoyat nurining tajalliysiga sazovor bo’lganlar, qalb qobiliyati nisbatida unga oynadorlik qilib yaqinlik kasb etadi. Narsalar va hayotning mohiyati u nur bilan ko’rinib, faqat u nur bilan ko’riladi, anglashiladi va bilinadi. Shamsi Azaliyaning ma'naviy hidoyat nurlarini tamsil etgan Qur'oni Karim qalb ko’zi bilan haq va haqiqatni ko’rishni ta'minlaydi. Shuning uchun uning nuridan uzoqda qolganlar zulmatlarda qoladilar. Zero hamma narsa nur bilan ko’riladi, anglashiladi va bilinadi. Xullas, shu kitobi kabirning ma'naviy va doimiy quyoshi bo’lgan Qur'oni Karimning nuri tajalliysiga bu asrimizda "Nur" ismi bilan nomlangan Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi sazovor bo’lgan. U Nurlar-ki, zulmatlardan ayrilishni istamagan ko’r shapalak tabiatli, g’aflat uyqusi bilan kunduzini tun qilgan safohatparast, aqli ko’ziga tushgan, zulmatlarda qolib ko’zi ko’rmas bo’glanlarga va yo’lini adashtirganlarga qarshi proektor kabi nurlarini iymon haqiqatlariga qaratib siroti mustaqimni batamom ko’r bo’lmaganlarga ko’rsatadi. Nur to’qmog’ini ahli kufr va munkirlarning boshiga urib "Yo aqlingni boshingdan chiqar ot hayvon bo’l, yoxud aqlingni boshingga olib inson bo’l!" deydi.

Ilm bir navi nur bo’lganiga ko’ra, Risola-i Nurning ilmga bo’lgan eng chuqur voqifligini ko’rsatadigan bir-ikki daliliga qisqa ishora qilamiz.

Avvalo:Shuni eslashimiz darkorki: Risola-i Nur boshqa kitoblarni emas, balki faqat Qur'oni Karimni ustoz sifatida tanishi va unga xizmat qilishi e'tibori bilan, maqbuliyati haqida bizning bu mavzuda so’z aytishimizga hojat qoldirmaydi. Biz faqat ilm arbobi mobaynida Risola-i Nurning qiymatini ko’rsatish uchun qo’shimcha ravishda deymizki:

Risola-i Nur hozirga qadar hech bir ilm odami to’liq bir ochiqlik bilan isbot qilolmagan eng qiyin tushuniladigan masalalarni g’oyat oddiy bir shaklda, eng omi avom tabaqasidan tortib eng oliy xoslar tabaqasiga qadar harkasning iste'dodi nisbatida anglay oladigan tarzida, shubhasiz ishontiruvchi va yaqiyniy bir shaklda izoh va isbot qilishidir. Bu xususiyat deyarli hech bir ilm odamining asarida yo’qdir.

Ikkinchisi:Barcha Nur asarlari Qur'oni Karimning bir qism oyatlarining haqiqiy tafsiri bo’lib, uning ma'naviy i'jozining yog’dulari bo’lganini har xususda ko’rsatishidir.

Uchinchisi:Insonlarning eng chuqur ehtiyojlariga qat'iy dalil va burhonlar bilan ilmiy mohiyatda javob berishidir. Masalan: Vojib-ul-Vujudning borligi va oxirat va boshqa iymon ruknlarini bir zarraning lisoni hol va qol suratida tarjimonligini qilib isbot qilishi. Eng mashhur Islom faylasuflaridan Ibn Sino, Farobiy, Ibn Rushd bu maslaklarda butun mavjudotni dalil o’laroq ko’rsatganlari holda; Risola-i Nur u haqiqatlarni aynan bir zarra yoki bir urug’ lisoni bilan isbot qiladi. Agar Risola-i Nurning ilmiy qudratini hozir ularga ko’rsatish mumkin bo’lsaydi, ular hamon tiz cho’kib Risola-i Nurdan dars olar edilar.

To’rtinchisi:Risola-i Nur insonning yillarcha mashg’ul bo’lib qo’lga kirita olmagan ma'lumotlarni lo’nda xulosalar navidan qisqa bir zamonda ta'min qilishidir.

Beshinchisi:Risola-i Nur ilmning asos g’oyasi bo’lgan rizoyi Ilohiyni qo’lga kiritishga sabab bo’lishi va dunyo manfaatiga ilmni hech bir jihat bilan vosita qilmasdan to’liq ma'noda insoniyatga xizmat kabi eng yuksak vazifani tamsil etishidir.

Oltinchisi:Risola-i Nur quvvatli va muqaddas va iymoniy bir tafakkur samarasi bo’lib butun mavjudotning lisoni hol va qol suratida tarjimonligini qiladi. Ayni zamonda iymon haqiqatlarini ilmalyaqiyn va aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn darajalarida inkishof ettiradi.

Yettinchisi:Risola-i Nur barcha ilmlarni jamlagan bo’lishidir. Go’yo ilm iplari bilan to’qilgan ziynatli gazlama kabidir. Va hozirga qadar hech bir ilm arbobi tarafidan aytilmagan va har ilmga bo’lgan eng chuqur voqifligini ko’rsatgan vajizalar majmuasidir. Misol o’laroq bir nechtasini zikr qilib, umumi haqida bir fikr olishni istaganlarga Risola-i Nur dengiziga murojaat qilishini tavsiya qilamiz.

"Chivinning ko’zini yaratgan, quyoshni ham u yaratgandir."

"Bir kapalakning me'dasini tartibga solgan, Manzuma-i Shamsiyani ham u tartibga solgandir."

"Bir zarrani ijod etish uchun, butun koinotni ijod qiladigan so’ngsiz qudrat lozim. Zero shu kitobi kabiri koinotning har bir harfining, ayniqsa ziyhayot har bir harfining har bir jumlasiga yuzlangan bittadan yuzi va qaragan bittadan ko’zi bor."

"Tabiat misoli bir matbaadir, chop qilgan emas.. naqshdir, naqqosh emas.. mistardir, masdar emas.. nizomdir, nozim emas.. qonundir, qudrat emas.. shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas."

"Sobit, doim, fitriy qonunlar kabi ruh ham olami amrdan, sifati irodadan kelgan va qudrat unga vujudi hissiy kiydirgan.. bir sayyola-i latifani u gavharga sadaf qilgan..."

Va hokazo.. minglab vajizalar bor.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Universitet Nurchilari nomidan duongizga juda muhtoj

Mustafo Ramazono’g’li

***

Halil Ibrohimning Manzumasi

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Zarramizni farti shafqatinla shamsi anvoringga tushirding,

Johilligimizla anoniyatimizni diyori irfoningga tushirding.

Ma'dani misimizni pota-i Furqonga tushirding,

Afsuski, u potada zunnori inkorimizni tushirding.

Saroyi Ka'ba-i ulyoga erib tuli amalimizni tushirding,

Maqomi nuri tavhidga borib xobi xayolimizni tushirding.

Haromgohi Ilohiyda suvaydo hujrasiga yukimizni tushirding,

Hay'ati suratining ichidagi ma'noga ko’nglimizni tushirding.

To azal tongida vahdat ohangini eshitding,

Layliyi zamon Qays ila bir damda ko’rishding.

Do’st iqlimining lolasining bog’lariga erishding,

Vahdati soqi midodini سَقَيهُمْ kavsariga tushirding.

Bo’lmasayding ey Risola-i Nur bizga sen ehson;

Chohi mosivo, nafsi tog’utla yutar edi bizni hamon.

Zalolatdan o’tolmas, kufr menligida qolardik uryon,

Hamdan Lilloh qatramizni bahri anvoringga tushirding.

Sendagi asrori Haq سَوْفَ تَرَينِى ni so’ylasam,

Gul jihatidagi Lahut menini sharh va bayon aylasam.

Nur-i Xudo, mo’minga hadya, zalolatga sayfi hamta-mi desam;

Zulfiqor va Asoyi Muso ila munkirlarni girdobga tushirding.

Oshinoyi bazmi Haqdir Risola-i Nur talabalari;

Nuri Yazdon, Fayzi Qur'ondir jumlasining rahbari.

Bu ojiz notuvon ularning bir haqir kamtari,

Halil Ibrohimga "haqi dari oli aba" tom tushirding.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Duongizga juda muhtoj gunohkor Qardoshingiz

Haki dari Oli Aba

***

Huva Nuktasi

بِاسْمِهِ سُبْحَانَ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz va Siddiq Qardoshlarim!

[Qardoshlarim, لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللّهُ dagi هُوَ lafzida faqat moddiy jihatda bir fikriy va xayoliy sayohatda havo sahifasining mutolaasi bilan oniy bir suratda ko’ringan bir zarif tavhid nuktasida iymoniy maslakning hadsiz daraja oson va vujub darajasida yengil ekanini va shirk va zalolatning maslagida hadsiz darajada mushkul, imkonsiz minglab mahol bo’lganini ko’rdim. G’oyat qisqa bir ishora bilan o’sha keng va uzun nuktani bayon qilaman.]

Ha, qandayki bir hovuch tuproq yuzlab gullarga navbat bilan gultuvaklik qilgan idishida agar tabiatga, sabablarga havola etilsa, lozim bo’ladiki; yo o’sha idishda kichik miqyosda yuzlab, balki gullar adadicha ma'naviy uskunalar, fabrikalar bo’lsin va yoxud u parcha tuproqdagi har bir zarra barcha o’sha boshqa-boshqa gullarni har xil xususiyatlari bilan va hayotdor jihozlari bilan qilishlarini bilsin, go’yo bir iloh kabi hadsiz ilmi va nihoyatsiz iqtidori bo’lsin... Aynan shuning kabi: Amr va irodaning bir arshi bo’lgan havoning, shamolning har bir parchasi va bir nafas va tirnoq qadar bo’lgan هُوَ lafzidagi havoda, kichkina miqyosda butun dunyoda mavjud telefonlarning, telegraflarning, radiolarning va hadsiz va har xil so’zlashuvlarning markazlari, stantsiyalari, qabul qiluvchilari va uzatgichlari bo’lsin va o’sha hadsiz ishlarni baravariga va bir onda qila olsin. Va yoxud u هُوَ dagi havoning, balki unsuri havoning har bir parchasining har bir zarrasi barcha telefonchilar va boshqa-boshqa umum telegrafchilar va radio bilan gapirganlar qadar ma'naviy shaxsiyatlari va qobiliyatlari bo’lsin va ularning umum tillarini bilsin va ayni zamonda boshqa zarralarga ham bildirsin, tarqatsin. Chunki amalda o’sha vaziyat qisman ko’rinmoqda va havoning barcha qismlarida o’sha qobiliyat bor.

Xullas, ahli kufrning va tabiiyun va moddiyunlarning maslaklarida nafaqat bitta mahol, balki zarralar adadicha mahollar va imkonsizliklar va mushkulotlar ochiq-oydin ko’rinadi. Agar Sone'-i Zuljalolga berilsa, havo barcha zarralari bilan uning itoatkor askari bo’ladi. Birgina zarraning muntazam birgina vazifasi qadar osonlik bilan hadsiz kulliy vazifalarini Xoliqining izni bilan va quvvati bilan va Xoliqqa bog’lanish va tayanish bilan va Sone'ining jilva-i qudrati bilan bir onda yashin tezligida va هُوَ talaffuzi va havoning to’lqinlanishi osonligida qilinadi. Ya'ni, qalami qudratning hadsiz va hayratomuz va muntazam yozuvlariga bir sahifa bo’ladi va zarralari o’sha qalamning uchlari va zarralarning vazifalari esa qalami qadarning nuqtalari bo’ladi; birgina zarraning harakati darajasida oson ishlaydi.

Xullas, men لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللَّهُ dagi harakati fikriya bilan sayohatimda, havo olamini tomosha va o’sha unsurning sahifasini mutolaa qilarkan, bu qisqa haqiqatni tamoman yaqqol va batafsil aynalyaqiyn ko’rdim va هُوَ ning lafzida, havosida bunday porloq bir burhon, va bir lam'a-i vohidiyat bo’lgani kabi.. ma'nosida va ishorasida g’oyat nuroniy bir jilva-i ahadiyat va juda quvvatli bir hujjati tavhid va هُوَ olmoshining mutlaq va noaniq ishorasi qaysi zotga qaraydi ishorasiga ko’rinishga yordam bergan bir alomat u hujjatda borligi uchundirki; ham Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon, ham ahli zikr maqomi tavhidda bu qudsiy kalimani ko’p takrorlaydilar deya ilmalyaqiyn bilan bildim.

Ha, masalan: Bir nuqta oq qog’ozda ikki-uch nuqta qo’yilsa aralashishi va bir odam har xil ko’p vazifalarni barobar bajarishi bilan chalkashishi va bir kichik ziyhayotga ko’p yuklar yuklanishi bilan ostida ezilgani va bir til va bir quloqqa ayni onda ko’plab kalimalarning baravariga chiqishi va kirishi intizomini buzib qo’shilgani holda; aynalyaqiyn ko’rdimki, هُوَ ning kaliti bilan va kompasi bilan fikran sayohat qilganim havo unsurida, har bir parchasi, hatto har bir zarrasi ichiga har xil minglab nuqtalar, harflar, kalimalar qo’yilgani yoki qo’yib bo’lgani holda, qo’shilmaganini va intizomini buzmaganini; ham boshqa-boshqa juda ko’p vazifalar bajargani holda, hech chalkashmasdan qilinganini va u parchaga va zarraga juda ko’p og’ir yuklar yuklangani holda, hech zaiflik ko’rsatmasdan, orqada qolmasdan intizom bilan tashiganini; ham minglab boshqa-boshqa kalima, boshqa-boshqa tarzda, ma'noda o’sha kichginagina quloq va tillarga mukammal intizom bilan kelib chiqib, hech qo’shilmasdan, buzilmasdan o’sha kichkinagina quloqlarga kirib, o’sha g’oyat nozikkina tillardan chiqqani va o’sha har zarra va har parchacha bu ajib vazifalarini ado etish bilan birga mukammal erkinlik bilan jazbadorona hol tili bilan va mazkur haqiqatning shahodati va lisoni bilan لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللَّهُ deb kezadi va to’fonlarning va yashin va chaqmoq va momaqaldiroq kabi havoni to’qnashtiruvchi to’lqinlar ichida intizomini va vazifalarini hech buzmaydi va chalkashmaydi va bir ish boshqa bir ishga mone bo’lmaydi... men aynalyaqiyn mushohada etdim.

Demak, yo har bir zarra va har bir parcha havoda nihoyatsiz bir hikmat va nihoyatsiz bir ilmi, irodasi va nihoyatsiz bir quvvati, qudrati va barcha zarralarga hokimi mutlaq bir xossalari bo’lishi lozimdirki, bu ishlarga sabab bo’la olsin. Bu esa zarralar adadicha mahol va botildir. Hech bir shayton ham buni xotirga keltirolmaydi. Unday bo’lsa, bu sahifa-i havo haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn darajasida yaqqol Zoti Zuljalolning hadsiz cheksiz ilmi va hikmat bilan ishlatgan qalami qudrat va qadarning almashuvchi sahifasi va bir Lavhi Mahfuzning olami tag’ayyurda va o’zgaruvchan ishlarida bir lavhi mahv va isbot nomli yozib o’chiradigan taxtasi hukmidadir.

Xullas, havo unsurining birgina ovozlarni uzatishi vazifasida mazkur jilva-i vahdoniyati va mazkur ajoyibotni ko’rsatgani hamda zalolatning hadsiz maholligini izhor qilgani kabi, havo unsurining boshqa ahamiyatli vazifalaridan biri ham elektr, tortish, itarish, ziyo kabi boshqa latifalarning uzatishda chalkashmay intizomli tarzda ovozlar uzatilishidagi vazifani qilgani ayni zamonda, barcha nabotot va hayvonotga nafas olish va changlanish kabi hayotga zarur bo’lgan lozim narsalarni mukammal intizom bilan yetishtiradi, amr va iroda-i Ilohiyaning bir Arshi bo’lganini qat'iy bir suratda isbot qiladi va daydi tasodif va ko’r quvvat va kar tabiat va chalkash, nishonsiz sabablar va ojiz, jonsiz, johil moddalar bu havo sahifasining kitobatiga va vazifalariga aralashishi hech bir jihat bilan ehtimol va imkoni bo’lmaganini aynalyaqiyn darajasida isbot qilganiga qat'iy qanoat keltirdim va har bir zarra va har bir parcha lisoni hol bilan لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ va قُلْ هُوَ اللَّهُ deganlarini bildim va bu هُوَ kaliti bilan havoning moddiy jihatidagi bu ajoyibotni ko’rganim kabi, havo unsuri ham bir هُوَ o’laroq olami misol va olami ma'noga bir kalit bo’ldi.

Davomi hozircha yozdirilmadi. Umumga minglab salom.

Qardoshingiz

Said Nursiy

***

YIGIRMA TO’QQIZINCHI MAKTUBNING BESHINCHI RISOLASI BO’LGAN BESHINCHI QISMI

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

oyati pur-anvorining ko’p sirlarining nurlaridan bir nurini Ramazoni Sharifda, bir holati ruhoniyada his etdim, xayol-mayol ko’rdim. Shundayki:

Uvays Qaroniyning:

اِلٰه۪ى اَنْتَ رَبّ۪ى وَ اَنَا الْعَبْدُ ٭ وَ اَنْتَ الْخَالِقُ وَ اَنَا الْمَخْلُوقُ ٭ وَ اَنْتَ الرَّزَّاقُ وَ اَنَا الْمَرْزُوقُ ٭ الخ

munojoti mashhurasi navidan butun mavjudot, zavilhayot Janobi Haqqa ayni munojotni qilganlarini va o’n sakkiz ming olamning har birining yorug’ligi bittadan ismi Ilohiy ekanini menga qanoat beradigan qalb bilan bog’liq bir xayoliy voqeani ko’rdim. Shundayki:

Bir-biriga o’ralgan ko’p yaproqli bir gul g’unchasi kabi, shu olam minglab parda-parda ichida o’ralgan, bir-biri ostida saqlangan olamlarni bu olam ichida ko’rdim. Har bir parda ochilgan sari, boshqa bir olamni ko’rar edim. U olam esa, oyati Nurning orqasidagi

اَوْ كَظُلُمَاتٍ ف۪ى بَحْرٍ لُجِّىٍّ يَغْشٰيهُ مَوْجٌ مِنْ فَوْقِه۪ مَوْجٌ مِنْ فَوْقِه۪ سَحَابٌ ظُلُمَاتٌ بَعْضُهَا فَوْقَ بَعْضٍ اِذَٓا اَخْرَجَ يَدَهُ لَمْ يَكَدْ يَرٰيهَا وَمَنْ لَمْ يَجْعَلِ اللّٰهُ لَهُ نُورًا فَمَا لَهُ مِنْ نُورٍ

oyati tasvir etgani kabi; bir zulumot, bir vahshat, bir dahshat qorong’iligi ichida menga ko’rinar edi. Birdan bir ismi Ilohiyning jilvasi bir nuri azim kabi ko’rinib yoritayotgan edi. Qaysi parda aqlga qarshi ochilgan bo’lsa, xayolga qarshi boshqa bir olam faqat g’aflat bilan qorong’i bir olam ko’rinarkan, quyosh kabi bir ismi Ilohiy tajalliy etadi, boshdan oyoq u olamni nurlantiradi va hokazo... Bu sayri qalbiy va sayohati xayoliya ko’p davom etdi.

Jumladan: Rizqqa muhtoj hayvonot olamini ko’rgan vaqtim; hadsiz ehtiyojlar, shiddatli ochliklari bilan barobar zaiflik va ojizliklari u olamni menga juda qorong’i va g’amgin ko’rsatdi. Birdan "Rahmon" ismi "Razzoq" burjida, ya'ni ma'nosida bir shamsi tobon kabi chiqdi. U olamni boshdan oyoq rahmat ziyosi bilan yoritdi.

So’ngra u olami hayvonot ichida bolalar va chaqaloqlarning zaiflik va ojizlik va ehtiyoj ichida tipirchilashlari qayg’uli va harkasni achintiradigan bir qorong’ulik ichida boshqa bir olamni ko’rdim. Birdan "Rahim" ismi "Shafqat" burjida chiqdi. Shunchalar go’zal va shirin bir suratda u olamni yoritdiki, shikoyat va achinish va qayg’udan kelgan yosh tomchilarini sevinch va surur va shukrning lazzatidan kelgan tomchilarga aylantirdi.

So’ngra kino pardasi kabi bir parda yana ochildi. Olami insoniy menga ko’rindi. U olamni shunchalar zulmatli, shunchalar qorong’u, dahshatli ko’rdimki; dahshatimdan faryod etdim, "Eyvoh!" dedim. Chunki ko’rdimki: Insonlardagi abadga uzanib ketgan orzulari, istaklari va koinotni qamragan tasavvurlari va fikrlari va abadiy baqo va saodati abadiyani va Jannatni g’oyat jiddiy istagan himmatlari va iste'dodlari va hadsiz maqsadlarga va istaklarga yuzlangan faqirlik va ehtiyojlari hamda zaiflik va ojizliklari bilan barobar, hujumga ma'ruz qolganlari hadsiz musibat va dushmanlari bilan barobar; g’oyat qisqa bir umr, g’oyat sertashvish bir hayot, g’oyat parishon bir tirikchilik ichida qalbga eng alamli va eng mudhish holatlar bo’lgan doimiy zavol va firoq balosi ichida -ahli g’aflat uchun- abadiy zulmatlar eshigi suratida ko’ringan qabrga va mozoristonga qarayaptilar... Bitta-bitta va toifa-toifa o’sha zulmatlar qudug’iga tashlanyaptilar!.. Xullas, bu olamni bu zulmatlar ichida ko’rgan onimda, qalb va ruh va aqlim bilan birga barcha insoniy latifalarim, balki barcha vujudimning zarralari faryod qilib yig’lashga tayyor ekan.. birdan Janobi Haqning "Odil" ismi "Hakim" burjida, "Rahmon" ismi "Karim" burjida, "Rahim" ismi "G’ofur" burjida, ya'ni ma'nosida, "Bois" ismi "Voris" burjida, "Muhyi" ismi "Muhsin" burjida, "Rob" ismi "Molik" burjida ko’rindilar. U olami insoniy ichidagi ko’p olamlarni nurlantirdilar, yoritdilar va nuroniy oxirat olamidan derazalar ochib, u qorong’u inson dunyosiga nurlar sochdilar.

So’ngra bir muazzam parda yana ochildi. Olami Arz ko’rindi. Falsafaning qorong’u ilmiy qonunlari xayolga dahshatli bir olamni ko’rsatdi. Yetmish marta zambarak o’qidanda yanada tez bir harakat bilan yigirma besh ming yillik masofani bir yilda aylangan va har doim tarqalishga va parchalanishga qobiliyatli va ichi zilzilali, keksa va juda qari Kurra-i Arz ichida, olamning hadsiz fazosida sayohat etgan bechora nav'-i inson vaziyati menga vahshatli bir qorong’ulik ichida ko’rindi. Boshim aylandi, ko’zim qoraydi... Birdan Xoliqi Arz va Samovotning "Qodir", "Alim", "Rob", "Alloh" va رَبُّ السَّمَوَاتِ وَاْلاَرْضِ va مُسَخِّرُ الشَّمْسِ وَالْقَمَرِ ismlari rahmat, azamat, rububiyat burjida ko’rindi. U olamni shunday nurlantirdilarki; u holatda menga Kurra-i Arz g’oyat intizomli, bo’ysundirilgan, mukammal, xush, ishonchli bir sayohat kemasi.. sayr va rohat va tijorat uchun muhayyo etilgan bir shaklda ko’rdim.

Xulosa:Ming bir ismi Ilohiyning koinotga yuzlangan u ismlardan har biri bir olamni va u olam ichidagi olamlarni nurlantiradigan bir quyosh hukmida va sirri Ahadiyat jihati bilan, har bir ismning jilvasi ichida boshqa ismlarning jilvalari ham bir daraja ko’rinayotgan edi. So’ngra qalb har zulumot orqasida boshqa bir nurni ko’rgani uchun, sayohatga ishtahasi ochilayotgan edi.. xayolga minib samoga chiqishni istadi. Shunda g’oyat keng bir parda yana ochildi. Qalb samovot olamiga kirdi. Ko’rdimki:

U nuroniy tabassum etgan suratida ko’ringan yulduzlar; Kurra-i Arzdanda yanada katta va undan yanada tez bir suratda bir-biri ichida kezmoqdalar, aylanmoqdalar. Bir gradusning oltmishdan biriga yo’lini adashtirsa, boshqasi bilan to’qnashadi, shunday bir portlash bo’ladiki, koinotning o’ti yorilib olamni tarqatib yuboradi. Nur emas, otash sochadilar. Tabassum emas, vahshat bilan menga qaradilar. Hadsiz katta, keng, xoli, bo’sh, dahshat, hayrat zulmatlari ichida samovotni ko’rdim. Kelganimga ming pushaymon bo’ldim. Birdan رَبُّ السَّمَوَاتِ وَ اْلاَرْضِ رَبُّ الْمَلاَئِكَةِ وَ الرُّوحِ ning asmo-i husnasi,

وَ سَخَّرَ الشَّمْسَ وَ الْقَمَرَ ٭ وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَاءَ الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ

burjida jilvalari bilan ko’rindilar.

O’sha ma'no jihati bilan qorong’ulik ustiga cho’kkan yulduzlar, o’sha azim nurlardan bittadan yog’du olib, yulduzlar adadicha elektr chiroqlari yoqilgandek, o’sha olami samovot nurlandi. O’sha bo’sh, xoli deb o’ylangan samovot ham maloikalar bilan, ruhoniylar bilan to’ldi, jonlandi. Sultoni Azal va Abadning hadsiz qo’shinlaridan bir qo’shin hukmida harakat qilgan quyoshlar va yulduzlar, yuksak harakat qilayotgan tarzda, u Sultoni Zuljalolning hashamatini va dabdaba-i Rububiyatini ko’rsatayotgan kabi ko’rdim. Bor quvvatim bilan va mumkin bo’lsaydi, barcha zarralarim bilan va meni tinglasalar edi, barcha maxluqotning lisonlari bilan aytar edim. Ham umum ularning nomidan dedim:

اَللَّهُ نُورُ السَّمَوَاتِ وَاْلاَرْضِ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكَاةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ فِى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَب دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لاَ شَرْقِيَّةٍ وَلاَ غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلَى نُورٍ يَهْدِى اللَّهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَاءُ

oyatini o’qidim, qaytdim, tushdim, o’zimga keldim. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى نُورِ الاِْيمَانِ وَالْقُرْاَنِ dedim.

Said Nursiy

***

Na'budu Nuktasi

Bu ma'noni nurlantirish uchun o’z boshimdan o’tgan nurli bir holni va haqiqatli bir xayolni aytaman. Shundayki:

Bir vaqt اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ dagi nuni mutakallimi ma'alg’ayrni (birinchi shaxs, ko’plik) o’yladim; va mutakallimi vahda (birinchi shaxs, birlik) negizidan نَعْبُدُ negiziga o’tishning sababini qalbim qidirdi. Birdan namozdagi jamoatning fazilati va sirri o’sha nundan ochildi. Ko’rdimki: Namoz o’qiganim o’sha Boyazid Masjididagi jamoat bilan ishtirokimni va har biri mening bir navi shafoatchim hukmiga va qiroatimda izhor qilganim hukmlarga va da'volarga bittadan shohid va bittadan yordamchi ko’rdim. Nuqsonli ubudiyatimni o’sha jamoatning buyuk va juda ko’p ibodatlari ichida dargohi Ilohiyaga taqdimga jasorat keldi. Birdan bir parda yana ochildi.. ya'ni, Istanbulning barcha masjidlari tutashdilar. U shahar o’sha Boyazid Masjidi hukmiga o’tdi. Birdan ularning duolariga va tasdiqlariga ma'nan bir navi mazhariyat his qildim. Unda ham ro’yi zamin masjidida, Ka'ba-i Mukarrama atrofida doiraviy saflar ichida o’zimni ko’rdim. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبُّ الْعَالَمِينَ dedim. "Mening shuncha shafoatchilarim bor; men namozda aytgan har bir so’zimni aynan aytyaptilar, tasdiq qilyaptilar." Modomiki xayolan bu parda ochildi, Ka'ba-i Mukarrama mehrob hukmiga o’tdi; men bu fursatdan foydalanib o’sha saflarni guvoh qilib, tahiyyotda aytganim, اَشْهَدُ اَنْ لاَ اِلَهَ اِلاَّ اللَّهُ وَاَشهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ bo’lgan iymonning tarjimonini muborak Hojar-ul Asvadga taslim qilib amonat qoldiraman" derkan, birdan bir vaziyat yana ochildi. Ko’rdimki, men kirgan jamoat uch doiraga ayrildi:

Birinchi Doira:Ro’yi zaminda mo’minlar va muvahhidiyndagi jamoati uzmo...

Ikkinchi Doira:Qaradim, umum mavjudot bir saloti kubroda, bir tasbehoti uzmoda, har toifa o’ziga maxsus salotlar va tasbehoti bilan mashg’ul bir jamoat ichidaman. "Ashyoning vazifalari" tabir etilgan ko’ringan xizmatlar ularning ubudiyatlarining unvonlaridir. U holda "Allohu Akbar" deb hayratdan boshimni egdim, o’zimga qaradim:

Uchinchi bir doira ichida,hayratlantiruvchi, ko’rinishdan va sifat jihatidan kichik, haqiqatdan va vazifa jihatidan va son jihatidan katta bir kichik olamni ko’rdimki, vujudimning zarralaridan zohiriy tuyg’ularimga qadar toifa-toifa vazifa-i ubudiyat bilan va shukroniya bilan mashg’ul bir jamoat ko’rdim. Bu doirada qalbimdagi latifa-i Rabboniyam اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ o’sha jamoat nomidan aytmoqda. Qandayki avvalgi ikki jamoatda ham lisonim o’sha ikki ulkan jamoatni niyat qilib aytgan edi.

Xulosa:نَعْبُدُ Nuni shu uch jamoatga ishora qiladi. Xullas, bu holatda ekan, birdan Qur'oni Hakimning tarjimoni va muballig’i bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning - Madina-i Munavvara deyilgan ma'naviy minbarida- shaxsiyati ma'naviyasi, hashamati bilan aks etib, يَا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا رَبَّكُمْ xitobini, ma'nan harkas kabi men ham eshitib; o’sha uchta jamoatda harkas men kabi اِيَّاكَ نَعْبُدُ bilan javob bermoqda xayol qildim. اِذَا ثَبَتَ الشَّيْءُ ثَبَتَ بِلَوَازِمِهِ qoidasiga ko’ra, shunday bir haqiqat fikrga ko’rindiki:

Modomiki butun Olamlarning Robbi insonlarni muxotob sifatida qabul qilib umum mavjudot bilan gaplashadi.. va shu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom u xitobi izzatni nav'-i basharga, balki umum ziyruhga va ziyshuurga yetkazadi. Albatta, butun moziy va istiqbol hozirgi zamon hukmiga o’tdi.. butun nav'-i bashar bir majlisda, saflari har xil jamoat shaklida bo’lib u xitob o’sha surat bilan ularga qilinyapti. U vaqt har bir Qur'on oyatlari g’oyat hashamatli va keng bir maqomdan, g’oyat ko’p sonli va har xil va ahamiyatli muxotobidan, nihoyatsiz azamat va jalol sohibi Mutakallimi Azaliydan va maqomi mahbubiyati uzmo sohibi Tarjimoni Oliyshondan olgan bir quvvati ulviyat, jazolat va balog’at ichida.. porloq, ham juda porloq bir nuri i'jozni ichida ko’rdim. O’shanda emas umum Qur'on; yo bir sura va yoxud bir oyat, balki har bir kalimasi bittadan mo’'jiza hukimga o’tdi;

اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى نُورِ اْلاِيمَانِ وَالْقُرْاَنِ dedim. U ayni haqiqat bo’lgan xayoldan نَعْبُدُ Nuniga kirganim kabi chiqdim va angladimki: Qur'onning nafaqat oyatlari, kalimalari.. balki Nuni نَعْبُدُ kabi ba'zi harflari ham muhim haqiqatlarning nurli kalitlaridir.

Qalb va xayol u Nuni نَعْبُدُ dan chiqqandan so’ng, aql qarshilariga chiqdi, dedi:

-Men ham hissa istayman, siz kabi ucholmayman. Oyoqlarim dalildir, hujjatdir, ayni نَعْبُدُ va نَسْتَعِينُ da Ma'bud va Musta'on bo’lgan Xoliqqa ketgan yo’lni ko’rsatish lozimdirki, siz bilan kela olay".

U vaqt qalbga shunday keldiki: Ayt u hayratda qolgan aqlga: Qara koinotdagi butun mavjudotga!.. Ziyhayot bo’lsin, jonsiz bo’lsin, kamoli itoat va intizom bilan vazifa suratida ubudiyatlari bor. Bir qismi shuursiz, hissiz bo’lganlari holda g’oyat shuurkorona, intizomparvarona va ubudiyatkorona vazifa bajarmoqdalar. Demak, bir Ma'budi Bilhaq va bir Amiri Mutlaq borki, bularni ibodatga yo’naltirib ishlattirmoqda.

Ham qara, butun mavjudotga, xususan ziyhayot bo’lganlarga.. har birining g’oyat ko’p va g’oyat har xil ehtiyojlari bor va vujud va baqosiga lozim juda ko’p, har xil istaklari bor. Eng kichigiga qo’llari yetisholmaydi, qudratlari yetishmaydi. Holbuki o’sha hadsiz istaklari, kutmagan yeridan, vaqti munosibda, muntazam ravishda ularning qo’llariga berilmoqda va bilmushohada ko’rinmoqda.

Xullas, shu mavjudotning bu hadsiz faqirlik va ehtiyojlari va bu favqulodda g’aybiy yordamlar va Rahmoniy ko’maklar yaqqol tarzda ko’rsatadiki: Bir G’aniyyi Mutlaq, Karimi Mutlaq va Qodiri Mutlaq bo’lgan bir Himoyachi va Roziqlari borki; hamma narsa va har ziyhayot Undan yordam so’raydi, madad kutadi. Ma'nan وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deydi. U payt aql "Amanna va soddaqna" dedi.

Said Nursiy

***

RISOLA-I NUR NIMA, BADIUZZAMON KIM?

Har asr boshida hadisga ko’ra kelishi xushxabar berilgan dinning yuksak xodimlari din ishlarida mubtadi' emas, muttabi'dirlar. Ya'ni, o’zlaridan va yangidan bir narsa ijod qilmaydilar, yangi hukmlar keltirmaydilar. Asoslar va dinning hukmlariga va sunnati Muhammadiyaga (A.S.V.) aynan ergashish yo’li bilan dinni to’g’rilash va quvvatlantirish va dinning haqiqat va asliyatini izhor va unga aralashtirilish istanilgan uydurmalarni o’rtadan olib tashlash va bekor qilish va dinga bo’lgan tajovuzlarni rad va yo’q qilish va Rabboniy amrlarni o’rnatish va Alloh hukmlarining sharaflilik va ulug’ligini izhor va e'lon qiladilar. Faqat asosiy holatni buzmasdan va asl ruhga ziyon yetkazmasdan yangi izoh tarzlari bilan zamonning fahmiga uyg’un yangi ishontirish usullari bilan va yangi yo’naltirishlar va izohlar bilan vazifani ado qiladilar.

Bu Rabboniy xizmatkorlar ishlari bilan va amallari bilan ham xizmatkorliklarining tasdiqchisi bo’ladilar. Salobati iymoniyalarining va ixloslarining oynadorligini shaxsan ado qiladilar, martaba-i iymonlarini amalda izhor qiladilar. Va axloqi Muhammadiyaning (A.S.V.) to’liq boamali va mishvari Ahmadiyaning (A.S.V.) va hilya-i Nabaviyaning (A.S.V.) haqiqiy liboslanganlarini ko’rsatadilar. Xulosa: Amal va axloq jihatidan va sunnati Nabaviyaga (A.S.V.) ergashish va yopishish jihatidan ummati Muhammadga (A.S.V.) to’liq go’zal bir misol bo’ladilar va iqtido namunasini tashkil qiladilar. Bularning Kitobullohning tafsiri va diniy hukmlarning izohi va zamonning fahmiga va ilm martabasiga ko’ra yo’naltirish tarzi mavzusida yozgan asarlari o’z nafslarining va yuksak qobiliyatlarining mahsuli emas, o’z zakovat va irfonlarining natijasi emas.. Bular to’g’ridan-to’g’riga vahiy manbai bo’lgan Zoti Poki Risolatning ma'naviy ilhom va talqinlaridir. Jaljalutiya va Masnavi-i Sharif va Futuh-ul G’ayb va o’xshash asarlar hammasi bu navdandir. Bu muqaddas asarlarga u oliyshon zotlar faqat tarjimon hukmidadirlar. Bu muqaddas zotlarning u tanlangan asarlarning tartiblanishida va bayon tarzida bir hissalari bor. Ya'ni bu muqaddas zotlar o’sha ma'noning mazhari, mir'ati va aks yeri hukmidadirlar.

Risola-i Nur va Tarjimoniga Kelsak:Bu shoni yuksak asarda hozirga qadar o’xshashiga uchralmagan yuksak bir fayz va so’ngsiz bir kamol mavjud bo’lganidan va hech bir asar noil bo’lmagan bir shaklda mash'ala-i Ilohiya va shamsi hidoyat va nayyiri saodat bo’lgan Hazrati Qur'onning fayzlariga voris bo’lgani mashhud bo’lganidan, uning asosi nuri mahzi Qur'on bo’lgani va avliyoullohning asarlaridan ziyoda fayzi anvori Muhammadiyani (A.S.V.) tashigani va Zoti Poki Risolatning undagi hissa va aloqasi va tasarrufi muqaddasasi avliyoullohning asarlaridan ziyoda bo’lgani va uning sazovori va tarjimoni bo’lgan ma'naviy zotning sazovorligi va kamoloti esa o’sha nisbatda oliy va o’xshovsiz bo’lgani quyosh kabi oshkora bir haqiqatdir.

Ha, u zot hali bolalik holida ekan va hech tahsil ko’rmasdan zavohirni qutqarmoq uchun uch oylik tahsil muddati ichida ulumi avvalin va oxiringa va ladunniyat va haqoiqi ashyoga va asrori koinotga va hikmati Ilohiyaga voris qilinganki, hozirga qadar bunday yuksak mazhariyatga hech kim noil bo’lmagan.. bu horiqo-i ilmiyaning tengi aslo o’tmagan. Hech shubha qilinilmaski, tarjimoni Nur bu holi bilan boshdan oyoq iffati mujassama va shijoati horiqo va istig’no-i mutlaq tashkil etgan horiquloda matonati axloqiyasi bilan shaxsan bir mo’'jiza-i fitrat va jismlashgan bir inoyat va bir mavhiba-i mutlaqadir.

U horiqolar sohibi bo’lgan zot hali balog’at yoshiga yetmasdan tengsiz bir alloma holida butun ilm dunyosiga bas kelgan, munozara qilgan ilm arboblarini ilzom va isqot etgan, har qayerda bo’lsa bo’lsin, o’rtaga chiqqan barcha savollarga mutlaq bir to’g’rilik va aslo ikkilanmasdan javob bergan, o’n to’rt yoshidan e'tiboran ustozlik unvonini tashigan va doimo atrofiga fayzi ilm va nuri hikmat sochgan, izohlaridagi noziklik va chuqurlik va bayonlaridagi ulviyat va matonat va tafsirlaridagi chuqur farosat va basirat va nuri hikmat arbobi irfonni hayron qoldirgan va haqqi bilan "Badiuzzamon" unvoni jalilini baxsh ettirgandir. Oliy maziyatlari va ilmiy fazilatlari bilan ham dini Muhammadiyning yoyilishida va isbotida tom bir mukammallik holida ko’ringan bunday bir zot albatta Sayyid-ul Anbiyo Hazratlarining eng yuksak iltifotiga sazovor va eng oliy himoya va himmatiga noildir.

Va shubhasiz u Nabiyyi Aqdasning amr va farmoni bilan yurgan va tasarrufi bilan harakat qilgan va uning nurlari va haqiqatlariga voris va aks yeri bo’lgan bir zoti karim-us sifatdir.

Anvori Muhammadiyani va maorifi Ahmadiyani va fuyuzoti sham'-i Ilohiyni eng porloq bir shaklda porlatishi va Qur'oniy va hadisiy bo’lgan ishoroti riyoziyaning o’zida yakun topishi va xitoboti Nabaviyani ifoda etgan oyoti jalilaning riyoziy bayonlarining o’z ustida to’planishi dalolatlari bilan u zot xizmati iymoniya nuqtasida risolatning bir mir'at-i mujallosi va shajara-i risolatning bir so’ng meva-i munavvari va lisoni risolatning voris bo’lish nuqtasida so’ng dahani haqiqati va shamsi Ilohiyning xizmati iymoniya jihatida bir so’ng homili zisaodati bo’lganiga shubha yo’qdir.

Uchinchi Madrasa-i Yusufiyaning Al-hujjatuz-zahro va Zuhratun-nur bo’lgan birgina darsini tinglagan Nur Shogirdlari nomiga

Ahmad Fayzi, Ahmad Nazif, Salohiddin, Zubayr, Jaylon, Sungur, Tabanjali

Mening hissamni haddimdan yuz daraja ziyoda berishlari bilan barobar, bu imzo sohiblarining xotirlarini sindirishga jasorat etolmadim. Sukut saqlab u madhni Risola-i Nur shogirdlarining shaxsi ma'naviysi nomiga qabul qildim.

Said Nursiy

***

MUALLIFNING VASIYATNOMASI MUNOSABATI BILAN HALIL IBROHIMNING RISOLA-I NUR HAQIDA NUR SHOGIRDLARI NOMIGA YOZGAN BIR BAYONINING BIR PARCHASI

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Risola-i Nur nurdan bir arqondirki, koinot va koinotdagi mavjudotning tasbehotlari unda tizilgan. Risola-i Nur qabul qiluvchi va uzatuvchi bilan jihozlangan bir radio-i Qur'oniyadirki, uning sim va chiroqlari va oyna va batareyalari hukmidagi satrlari, kalimalari, harflari shunday intizomkorona va i'jozdorona kengaytirilganki, ertaga har bir ilm va fan odamlari hamda har mashrab va maslak sohiblari, ilm va iqtidorlari miqdorida olami g’ayb va olami shahodat va ruhoniyot olamidan va koinotdagi jarayon etgan har hodisalardan xabardor bo’lishi mumkin. Zero Risola-in Nur - manshuri Qur'ondir. Risola-in Nur - mo’minlarga hidoyat hadyalari, vasila-i saodat, mazhari shafoat va fayyozi Rahmondir. Risola-in Nur - koinotga bahorning fayzini bergan bir obi hayot va ayni rahmat va mahzi haqiqat va bir gulzori gulistondir. Risola-in Nur - lutfi Yazdon, kamoli iymon, ishoroti Qur'on va barakati ehsondir. Risola-in Nur - kofirga ziyon, munkirga to’qmoq, zalolatga dushmandir. Risola-i Nur - bir xazina-i maxfiy, bir sanduqcha-i javohir va manbai anvordir. Risola-in Nur - haqiqati Qur'on va me'roji iymondir. Risola-in Nur - toji avliyo, sulton-ul asar va zubdat-ul ma'oniy va atoyo-i Ilohiy va hadoyo-yi Subhoniydir. Risola-i Nur - bir bahri haqoiq va bir sirri daqoiq va kanz-ul maorif va bahr-ul makorimdir. Risola-i Nur - xastalarga shifoxana-i hikmat va mo-i zamzam, sog’larga maishati haqiqat va riyhi rayhon va mushki anbardir. Risola-i Nur - mav'idi Ahmadiy (A.S.V.) va muayyidi Haydariy (R.A.) va taovuni G’avsiy (Q.S.) va tavsiya-i G’azzoliy (Q.S.) va ixbori Faruqiydir (Q.S.).

Risola-in Nur - Shamsi Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning alvoni sab'asi, Risola-in Nurning manshuri haqiqatida tom tajalliy qilganidan.. ham bir kitobi shariat, ham bir kitobi duo, ham bir kitobi hikmat, ham bir kitobi ubudiyat, ham bir kitobi amr va da'vat, ham bir kitobi zikr, ham bir kitobi fikr, ham bir kitobi ladunniyat, ham bir kitobi tasavvuf, ham bir kitobi mantiq, ham bir kitobi ilm-ul kalom, ham bir kitobi ilmi Ilohiyot, ham bir kitobi tashviqi san'at, ham bir kitobi balog’at, ham bir kitobi isboti vahdoniyat va dushmanlarni bir kitobi ilzom va isqotdir.

Risola-i Nur parchalari, bir samo-i ma'naviyaning quyoshlari va oylari va yulduzlaridir. Qandayki zohiran sabablar pardasi bo’lgan quyoshdan, qamardan va yuzduzlardan butun koinot tanavvur va tazayyun va butun ashyo nashvu namo va hayot topadi. Xullas Risola-i Nur ham bu asrda butun olami bashariyatga hayoti abadiy va odamga komili inson va qalblarga nash'a-i iymon va aqllarga yaqiyni itmi'non va fikrlarga inkishof va nafslarga taslimi rizo va jon shu'lalarini Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayondan olib sochmoqdadir. U samo-i ma'naviyani ba'zan va zohiran hikmat sababli tashqi bir bulut to’dasi qoplaydi. U jalolli samodan shunday bir boroni fayz va rahmat tomchilaydiki, iste'dodlar danaklar, urug’lar, donlar kabi o’sha siquvchi va tor olamda garchi biroz iztirob chekadilar, faqat toki o’sha siqilishdan ustlaridagi po’stloqlari yoriladi va yirtiladi, u onda bulutlar ham ufuqlarga chekinib soqchi vaziyatida kutishi bir imtihoni Rabboniy va bir inkishofi fayzoniy va bir rahmati nuroniydirki, avvalgi bir don, bir urug’ qaytadan yangi bir hayotga otiladi. Ishtiyoq bilan va nash'a-i inkishof bilan mevador ulkan daraxt suratini oladi. Va يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ sirriga sazovor bo’ladilar.

Ha, yigirma yildir davom qilgan shu mavsumi shito inshaallohu taolo tugagan bo’lsin, dunyoga yangi bir fayzli bir fasli navbahor kelsin va olamning yuzi Nur bilan kulsin. Risola-in Nur Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning tasarrufi ostida bo’lgani uchun, unga uzangan va hujum qilishni istagan har qo’l sinadi va har bir til quriydi.

Halil Ibrohim

Madrasat-uz Zahroning ruknlari nomidan biz ham ishtirok qilamiz.

Usmon, Rushdu, Ra'fat, Xusrav, Said, Hilmi, Muhammad, Halil Ibrohim, Mahmud Nuri.

***

MADINA-I MUNAVVARADA BO’LGAN VA NURNING HAQIQATINI TO’LIQ ANGLAGAN VA ISLOMIYATGA XIZMAT QILGAN BIR OLIMNING MAKTUBI

Ko’ngillar fotihi juda muhtaram va mukarram Ustozimiz Hazratlari!

Muborak qo’llaringizdan o’pib, butun aziz va sadoqatli talabalaringiz bilan barobar sihat va salomatda doim bo’lishingizni Barigohi Kibriyodan niyoz aylayman.

Musulmonlar uchun eng buyuk bir bayram deb faqat vasflantirib bo’ladigan oqlanishingiz barcha Nurchilarni shod va xandon aylagani kabi, bandangizni ham dunyolar qadar mamnun va masrur aylagan. Qanday mamnun qilmasinki, sizning asarlaringiz bilan birlikda oqlanishingiz demak: Ruhning moddiyotga, nurning zulmatga, iymonning kufrga, haqning botilga, tavhidning shirkka va irfonning johillikka g’olib kelishi deganidir.

Yillardan beri qarshisiga tog’lar kabi to’siqlar, qo’rqinch jarliklar kabi monelar qo’yilgan Nur sharsharasi eng oxirida mo’'jizaviy bir shaklda barcha to’siqlarni yiqitgan, monelarni oshgan, nur bilan barcha zulmatlarni toru-mor aylagandir.

"Mo’'jizaviy horiqolar bilan chiqqan Ilohiy tajalliylarning vasfida qalamlar sinar, fikrlar gumburlar, ilhomlar yonar, kul bo’lar" der edilar. Haqiqatdan, bandangiz hozir bu mustasno zafarning qarshisida ayni ojizlikni butun borlig’im bilan his qilyapman. Zero tafakkur va ilhomimga nihoyasiz bir ufq ochilmoqda.. Jahon muhtasham bir Nur ibodatgohini eslatmoqda... Atrofimdagi har narsa, har yer chuqur vajd va istig’rok bilan behush bo’lgan bir holda... Har zarrada وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ sirri Subhoniysi tajalliy etmoqda...

Shunga binoan, bilmayman, bu mas'ud hodisani shonli bir zafar, shohona bir fath, Ilohiy bir qutulish, olamshumul bir bayram deya-mi vasflantiray? Zero, muqaddas da'vo yutgan bu Ilohiy zafar butun Islom va insoniyat dunyosidagi mujohidlarning azmlariga quvvat, ruhlariga jon, iymonlariga shavq va hayajon bergandir.

Ha, azm va iymonlari, ishq va niyatlari hanuz kamolga yetmagan bir qancha musulmonlar, afsuski achchiq bir umidsizlik ichida edilar. Bunday bir zafarning bo’lishini xayol va mahol ko’rar edilar. Faqat barcha fayz va nurini insoniyatni nurlantirish va irshod uchun Ilohiy bir quyosh holida Arshi A'zamning purnur ufqlaridan tushgan Qur'oni Karimdan olgan nur nashriyoti sokin ko’llarni eslatgan ko’ngillarni dengizlar kabi jo’shtirgan, mashaqqat va hijron yillarining umid va orzularga urgan mudhish zanjirlarni sindirgandir. U nur manbaidan jo’shib chiqqan u boshdan oxirigacha fayz va hikmatlar sochgan asarlar hislarning, fikrlarning va ayniqsa olovlar ichida yongan ruh va vijdonlarning azaliy va abadiy ehtiyojlariga javob bergani kabi, ularni orqama-orqa bo’g’uvchi qorong’uliklar muhitidan top-toza va juda porloq nur ufqlariga chiqargandir.

Yillarcha davom etgan uzun bir sukut, chuqur bir g’aflat va bo’g’uvchi bir zulmatdan so’ngra Ilohiy bir quyosh holida porlagan bu qudsiy zafar nur uchun yo’l qidirayotgan parishon bashariyatning yaqin bir kelajakda uyg’onishini xushxabar bermoqdadir. Chunki din ehtiyoji yolg’iz musulmonlarning emas, barcha insonlarning azaliy va abadiy ehtiyojidir.

Bugun badbaxt insoniyat din ne'matidan mahrum bo’lishning davomli hijron va falokatlarini bag’ri yonib chekmoqda. Bu achchiq inqirozning qo’rqinch natijasidirki, chorak asr mobaynida ikki katta urushga kirgan va uchinchisining ham eshigini qoqmoq jinniligini ko’rsatmoqda.

Ortiq barcha insonlarni qardosh qilib yam-yashil jannatlarning nurli ufqlaridan esgan farovonlik va saodat, huzur va osoyish shamoli bilan to’lqinlagan olamshumul bir bayroq ostida to’playdigan yagona quvvat, Islomdir. Zero bashariyatning bugungi holi, xuddi Islomdan avvalgi inson jamiyatlarining ayanchli holidir. Shuning uchun insoniyatni o’sha kungi abadiy falokatdan qutqargan Islom, bugun ham qutqara oladi...

Ha, millionlarning, milliardlarning qalbida asrlardan beri qonayotgan o’sha chuqur yarani o’raydigan yagona shafqatli qo’l, Islomdir. Har qanchalar ufqlarda zamon-zamon ba'zi uydirma yorug’liklar ko’rilayotgan bo’lsa ham.. istiqbol butun nur va fayzini quyoshlardan emas, shaxsan Robb-ul Olamiyndan olgan azaliy va abadiy "Yulduz"nikidir. O’sha yulduz dunyolar turgancha turadi va uni so’ndirmoq istaganlarni yerga uradi.

Jahon-qiymat Ustozim!

Ma'lumi fozilonalaridirki, oxirgi kunlarda muqaddas da'voga xizmat qilgan ba'zi nurlantirish va irshod harakatlari chiqqan, faqat afsuski hech biri "Risola-i Nur" kulliyoti qilgan muhim ishni qilolmagan va qo’lga kiritgan Ilohiy zafarni qozonolmagan. Zero bu yo’l Payg’ambarlarning, valilarning, oriflarning, solihlarning va ayniqsa jonini jononga seva-seva fido qilgan va sanog’i millionlarga sig’magan qahramon shahidlarning muqaddas yo’lidir. Ortiq bu qiyin yo’lda yurishni istaganlar har on qarshilariga qo’yiladigan mudhish monelarni doimo ko’z o’ngida tutishlari lozim. Ha, bu yo’lda yuradiganlarning sizdagi tebranish bilmagan iymon bilan, yuksak va Ilohiy irfon bilan va ayniqsa hayratomuz ixlos va farog’at bilan jihozlangan bo’lishlari kerakdir. Chunki bu muhim vodiyda Nur da'vosi ta'qib etgan tablig’, tanvir va irshod usuli boshqacha xususiyatlar tashimoqda. Ortiq insonning his va fikriga, ruh va vijdoniga boshqacha ufqlar ochadigan bu chuqur bahsni, duo qiling-da, mustaqil va batafsil bir asarda aziz din va ko’ngildoshlarimizga arz etmoq sharafiga noil bo’layim. Chunki bu nurli bahs shu qadar chuqur va shu daraja muhimki, bunday bir nechta sahifalik maktub va maqolalar bilan aslo ifoda qilib bo’lmaydi.

Iymon va Qur'on nuri bilan top-toza ko’nglini fath etganingiz yoshlar, Ilohiy zafaringizning eng porloq dalilini tashkil etgan eng muhim borliq va eng qiymatli gavhardir... "Nurdan Ovozlar"ning hamon har misrasida asl va shuurli ruhiga xitob etganim top-toza yoshlar mana bu haq va haqiqatning bag’ri yongan oshiq bo’lgan yoshlardir.

Nurli da'vo qozongan bu oxirgi zafar bergan vajd bilan to’la bir ilhom bilan yozganim shu manzumani {(*) "Ko’ngillar Fotihi Buyuk Ustozga" sarlavhali bo’lgan bu manzuma Maktubotning va Ixlos Risolasining oxiridadir.} taqdim etaman. Qabulini iltimos va iltijo qilaman.

Takror-takror qo’llaringizdan o’paman, qiymatli duolaringizni kutaman, juda muhtaram Ustozimiz Hazratlari.

Ma'naviy Avlodlaringizdan

Ali Ulviy

***

يَااَللَّهُ يَارَحْمَنُ يَارَحِيمُ يَافَرْدُ يَاحَىُّ يَاقَيُّومُ يَاحَكَمُ يَاعَدْلُ يَاقُدُّوسُ

Ismi A'zam haqqi va Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning hurmati va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning sharafi, bu majmuani bostirgan Risola-i Nur talabalarini Jannat-ul Firdavsda saodati abadiyaga mazhar ayla.. omin. Va xizmati iymoniya va Qur'oniyada doimo muvaffaq ayla.. omin. Va daftari hasanotlariga Sikka-i Tasdiqi G’aybiyning har bir harfiga muqobil ming hasana yozdir.. omin. Va nurlarning nashrida sabot va davom va ixlos ehson ayla.. omin.

Yo Arhamurrohimin! Umum Risola-i Nur shogirdlarini ikki jahonda baxtiyor ayla.. omin. Insiy va jinniy shaytonlarning yomonliklaridan muhofaza ayla.. omin. Va bu ojiz va bechora Saidning qusurlarini afv ayla.. omin.

Umum Nur Shogirdlari Nomiga

Said Nursiy

***

Kitobni ochish ↗