MUHOKAMOT
Muallifi
Badiuzzamon Said Nursiy
Mariz bir asrning, xasta bir unsurning, a'lil bir a'zoning retsepti
va yoxud
Sayqal-ul Islomiyat
va yoxud
Badiuzzamonning Muhokamoti
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
Jumla tahiyyot, ul Hokimi Azal va Hakimi Azaliy va Rahmoni Lamyazaliyga alyoqdirki: Bizni Islomiyat bilan sarfaroz va shariati g’arra bilan siroti mustaqimga hidoyat etibdi.
Shunday bir shariatki: Aql va naql, dast ba-dast ittifoq qilib bu shariatning haqoiqining haqqoniyatini tasdiq etishgan.
Shunday haqoiqki: Ildizlari haqiqat zaminida rusux bilan barobar, shox va shodalari kamolotning ko’klariga yuksalib intishor etib...
Shunday furuotki: Mevalari saodati dorayndir. Va bizni Qur'oni Mo’'jiz bilan irshod aylamish.
Shunday kitobki: Qoidalari bilan xilqati olamning kitobidan dasti qadar va qalami hikmat bilan maktub va joriy bo’lgan qavonini a'miqa-i daqiqa-i Ilohiyani izhor etgani uchun, ahkomi odilonasi bilan navi basharning nizom va muvozanat va taraqqiysiga kafili mutlaq va ustozi kull bo’lgandir.
Salavoti beniyoha ul Sarvari Koinot va Faxri Olamga hadya bo’lsinki: Olam anvo' va ajnosi bilan uning risolatiga shahodat va mo’'jizalariga dalolat va xazina-i g’aybdan keltirgan mato'i oliyga dallollik qilyapti.
Go’yo olamga tashrif etganidan har bir nav o’z lisoni maxsusi bilan olqishlagani kabi; Sultoni Azal, zamin va osmonning avtorini intoq etib har bir tor boshqa lison bilan mo’'jizotining nag’amotini inshod etish bilan, u sadoyi shirin bu qubba-i minoda ilalabad tanin-andoz etgan.
Go’yo osmon, o’z me'roj va malak va qamarning alsina-i samoviyasi bilan risolatini tabrik va zamin o’z hajar va shajar va hayvonning tillari bilan mo’'jizalariga sanoxon va javvi fazo o’z jin va bulutlarining ishoroti bilan nubuvvatiga bashorat va soyabon va zamoni moziy anbiyo va kutub va kohinlarning rumuz va talvihoti bilan u shamsi haqiqatning fajri sodiqini ko’rsatib xushxabarchi va zamoni hol, ya'ni asri saodat lisoni holi bilan tabiati Arabdagi inqilobi azimning va badaviyati sirfdan madaniyati mahzaning daf'atan tavalludini shohid ko’rsatib nubuvvatini isbot va zamoni mustaqbal o’z vuqu'ot va fununining atvori mudaqqiqonasi bilan uning mavkibi iqbolini istiqbol va lisoni hakimona bilan irshodotiga tashakkur; navi bashar o’z muhaqqiqlari bilan, baxusus xatibi balig’iki, shams kabi o’ziga o’zi burhon bo’lgan Muhammadning (S.A.V.) lisoni fasihonasi bilan haqdan kelganini e'lon va Zoti Zuljalol o’z Qur'onining lisoni balig’onasi bilan u Nabiyyi Ummiyning farmoni risolatini qiroat etishyapti va risolatiga shohidlar bo’lyaptilar.
Bayt:
جُمْلَه ش۪يرَانِ جِهَانْ بَسْتَهِٔ ا۪ينْ سِلْسِلَه اَنْد
رُوبَه اَزْ ح۪يلَه چِه سَانْ بِگُسَلَدْ ا۪ينْ سِلْسِلَه رَا
{[*]: Tarjimasi: Jahonning butun arslonlari bog’langan zanjirni hiylakor tulkining uzishiga imkon bormi?}
***
Ammo ba'd: Shu faqir, g’arib Nursiyki, "Bid'atuz zamon" laqabi bilan musammo bo’lishga loyiq ekan, xabari bo’lmasdan "Badiuzzamon" bilan mashhur bo’lgan bechora; tadanniyi millatdan yuragi ezilgandek faryodu fig’on etib voh, voh, voh, afsuslar bo’lsin deydiki: Islomiyatning mag’iz va lubbini tark etib po’chog’iga va zohiriga vaqfi nazar etdik va aldandik. Va sui fahm va sui adab bilan Islomiyatning haqqini va mustahaq bo’lgan hurmatni ifo etolmadik. Nihoyat u ham bizdan nafrat etib avhom va xayolotning bulutlari bilan o’ralib tasattur ayladi.
Hamda haqqi bor. Zero biz Isroiliyotni Islom usuliga va hikoyotni aqoidiga va majozotni haqoiqiga aralashtirib qiymatini qadrlay olmadik. U ham jazo sifatida bizni dunyoda ta'dib uchun zillat va safolat ichida qoldirdi. Bizni qutqaradigan narsa yana uning marhamatidir.
Shunday ekan ey ixvoni muslimiyn! Kelinglar, unga tarziya beramiz. Qo’lni qo’lga berib dasti sadoqatni uzatamiz, bay'at etamiz. Uning habl-ul matiniga yopishamiz.
Hamda bila-parvo e'lon qilaman: Meni o’tgan asrlarning afkoriga qarshi muborazaga jo’shish va shijoatga keltirgan va yuzlab yillardan beri savq-ul jaysh bilan quvvat topgan xayolot va avhomning mudofaasiga g’ayratga keltirgan e'tiqodim va yaqiynimdirki:
Haq nashvu namo topadi, agar chandon tuproqqa ko’milsa... Va tarafdor va multazimlari muzaffar bo’ladilar, agar chandon zamon va zaminning marhamatsizligidan oz va zaif bo’lsalar...
Hamda shunga e'tiqod qilamanki: Istiqbolga hukm suradigan va har qit'ada hokimi mutlaq bo’ladigan faqat haqiqati Islomiyatdir. Ha, saodat-saroyi istiqbolda taxt-nishin haqoiq va ma'orif yolg’iz Islomiyat bo’ladi. Uni fath etadigan yolg’iz udir, alomatlar ko’rinyapti...
Zero moziy qit'asida, vahshat-obod sahrolarida xamya-nishin taassub va taqlid va yoxud jahliston o’lkasida manzil-nishin muzaxrafot va istibdod bo’lganlarga, shariati g’arraning g’alaba-i mutlaq va istilo-i tommiga to’siq va mone bo’lgan sakkiz amr uch haqiqat bilan chil-parchin bo’lgan va bo’lishyapti.
U mone'lar esa: Ajnabiylarda taqlid va jaholat va taassub va qissislarning rayosati.
Va bizdagi mone esa istibdodi mutanavvi' va axloqsizlik va mushavvashiyati ahvol va a'tolatni intoj etgan ya'sdirki, shamsi Islomiyatning kusufga yuz tutishiga sabab bo’lganlar.
Sakkizinchi va eng birinchi mone' va balo budir: Biz bilan ajnabiylar, ba'zi zavohiri Islomiyat va ba'zi masoili funun o’rtasida xayoli botil (!) bilan tavahhum aylaganimiz musodamot va munoqozotdir.
Ofarin ma'orifning himmati fayyozonasiga va fununning himmati mardonasigaki; mayli taharriyi haqiqat va muhabbati insoniyat va mayli insof bo’lgan haqoiqni tajhiz etib u monelarga yuborib chil-parchin qilgan va qilyapti.
Ha, eng katta sabab: Bizni dunyo rohatidan va ajnabiylarni oxirat saodatidan mahrum qilgan, shamsi Islomiyatni munkasif ettirgan, sui tafahhum bilan tavahhumi musodamat va muxolafatdir.
Fayo lil-ajab! Qul xo’jayiniga va xizmatkor raisiga va valad padariga qanday dushman va muoriz bo’lishi mumkin? Holbuki Islomiyat fununning sayyidi va murshidi va ulumi haqiqiyaning rais va padaridir.
Faqat, vo asafo, bu sui tafahhum va shu tavahhumi botil hozirga qadar hukmini ijro qilib vasvasasi bilan ya'sni ilqo etib, bobi madaniyat va ma'orifni Kurdlar va o’xshashlariga yoptirdi. Chunki ba'zi zavohiri diniyani fununning ba'zi masoiliga muoriz taxayyul etib qo’rqdilar. Azjumla: Kuraviyati arzki, fununning eng birinchi darajasi bo’lgan jo’g’rofiyaning eng birinchi pog’onasidir. Oldinda keladigan olti masalaga munofiy o’ylaganlaridan, bu badihiy masalada mukobara etishdan chekinmadilar.
Ey mening shu kitobimga im'oni nazar bilan nazar etgan zot! Ma'luming bo’lsin, bu kitob bilan men shu xizmatni xohlayman:
Islomiyatda bo’lgan tariqi mustaqimni ko’rsatish bilan ahli tafrit bo’lgan a'dayi dinning tashkikotini rad va yuzlariga urish bilan birga; tariqi mustaqimning narigi tomonini va sodiqi ahmoq unvoniga loyiq bo’lgan ahli ifrot va zohirparastlarning tavahhumlarini tard va aslsizligini ko’rsatish va asl rahbari haqiqat va olami Islomiyatning iqbol va istiqboliga yo’l ochgan va siroti mustaqimda kamoli umidi zafar bilan harakat qilgan muhaqqiqiyni Islom va oqil siddiqlarga yordam berish va quvvat berishdir.
Alhosil:Maqsadim, u olmos qilichga sayqal berishdir.
Agar so’rasang:Sening bu xavotiring va ulumi muta'arifa hukmidagi narsalarga burhon keltirishning nima keragi bor? Zero talohuqi afkor va tajorubning kashfiyoti bilan maydoni badohatga kelgan masoilga burhon keltirish, ma'lumni i'lam deganidir.
Javoban deyman:Ma'ataassuf men bilan shu zamonning qit'asida ishtirok etgan jumlasi; agar chandon suratan o’n uchinchi asrning avlodlaridir, lekin fikr va taraqqiy etish jihati bilan quruni vustoning yodigorlaridirlar. Go’yo muasirlarimiz, uchinchi asrning nihoyatidan o’n uchinchi asrga qadar o’tgan asrlarning mundarijasi yoki anmuzaji va yoxud malaz bir qavmdirlar. Hatto bu zamonning ko’p badihiyoti ular tomonidan mavhumot sanaladi.
***
Muqaddima
Bu kitob uch maqola bilan uch kitob ustiga murattabdir.
Birinchi Maqola, unsuri haqiqatning yoki ba'zi muqaddimot va masoil bilan Islomiyatga sayqal berishning bayonidadir.
Ikkinchi Maqola, unsuri balog’atni kashf qiladi.
Uchinchisi, unsuri aqida bilan ajviba-i Yaponiya bayonidadir.
Kitoblar esa Qur'onda ishorat qilingan ilm-us samo va ilm-ul arz va ilm-ul basharni tahqiq qilgan bir navi tafsirdir.
* * *
BIRINCHI MAQOLA
Maqsadga uruj etish uchun muqaddimalardan istimdod etish, ahli tahqiqning dasturlaridandir. Shunday ekan, biz ham o’n ikki pog’onali bir zinapoya qilamiz.
Birinchi Muqaddima
Taqarrur etgan usuldandir: Aql va naql ta'aruz etgan vaqtda, aql asl e'tibor va naql ta'vil qilinadi. Faqat u aql aql bo’lishi kerak.
Hamda tahaqquq etgan: Qur'onning har bir tarafida intishor etgan maqosidi asosiya va anosiri asliya to’rtdir. Ular ham: Isboti Sone'-i Vohid va nubuvvat va hashri jismoniy va adolatdir.
Ya'ni, hikmat tarafidan koinotga irod etilgan savollarga shunday: "Ey koinot!. Qayerdan va kimning amri bilan kelyapsiz? Sultoningiz kim? Dalil va xatibingiz kim? Nima qilasiz? Va qayerga ketasiz?" qat'iy javob beradigan yolg’iz Qur'ondir. Shunday ekan, Qur'onda maqosiddan boshqa bo’lgan koinot bahsi istitrodiydir. Toki san'atning intizomi bilan Sone'-i Zuljalolga istidlol yo’li ko’rsatilsin.
Ha, intizom ko’rinadi va kamoli vuzuh bilan o’zini ko’rsatadi. Sone'ning vujud va qasd va irodasiga qat'iyan shahodat qilgan intizomi san'at, koinotning har jihatida boshini ko’tarib har tarafidan lama'an etgan husni xilqatni nazari hikmatga ko’rsatadi. Go’yo har bir masnu' bittadan lison bo’lib, Sone'ning hikmatini tasbeh etadi. Va har bir nav barmog’ini ko’ratib shahodat va ishorat qiladi.
Modomiki maqsad shu ekan va modomiki koinotning kitobidan intizomga bo’lgan rumuz va ishorotini ta'allum etamiz. Va modomiki natija bir chiqar ekan; tashakkuloti koinot nafs-ul amrda qanday bo’lsa bo’lsin, bizga bizzot taalluq etmaydi.
Faqat u majlisi oliyi Qur'oniyga kirgan koinotning har fardito’rt vazifabilan muvazzafdir:
Birinchisi:Intizom va ittifoq bilan Sultoni azalning saltanatini e'lon...
Ikkinchisi:Har biri bittadan fanni haqiqiyning mavzu va muntahobi bo’lganlaridan, Islomiyat fununi haqiqiyaning zubdasi bo’lganini izhor...
Uchinchisi:Har biri bittadan navning namunasi bo’lganlaridan, xilqatda joriy bo’lgan qavonin va navomisi Ilohiyaga Islomiyatni tatbiq va mutobiq bo’lganini isbot.. toki u navomisi fitriyaning yordami bilan Islomiyat nashvu namo topsin. Ha, bu xosiyat bilan dini mubini Islom; boshqa havo va havas ichida muallaq va madadsiz, ba'zan yorug’lik va ba'zan zulmat bergan va tez tag’ayyurga yuz tutgan dinlardan mumtoz va sarfarozdir.
To’rtinchisi:Har biri bittadan haqiqatning namunasi bo’lganlaridan, afkorni haqoiq jihatiga tavjih va tashviq va tanbeh etishdir. Azjumla: Qur'onda qasam bilan tamayyuz etgan ajromi ulviya va sufliyani tafakkurdan g’aflat etganlarni doimo iqoz etadilar. Ha, qasamoti Qur'oniya navmi g’aflatda sho’ng’iganlarga qor-ul a'sodir.
Hozir tahaqquq etgan shudir. Shunday ekan, shak va shubha qilmaslik lozimki, mo’'jiz va eng yuksak daraja-i balog’atda bo’lgan Qur'oni Murshid, asolibi Arabga eng muvofig’i va tariqi istidlolning eng mustaqim va eng vazihi va eng qisqasini ixtiyor etadi. Demak, hissiyoti ommani tafhim va irshod uchun bir daraja ehtirom etadi. Demak, dalil bo’lgan intizomi koinotni shunday bir vajh bilan zikr qiladiki, ular tomonidan ma'ruf va aqllariga ma'nus bo’lsin... Bo’lmasa dalil mudda'odan yanada xofiy bo’ladi. Bu esa tariqi irshodga va maslagi balog’atga va mazhabi i'jozga muxolifdir.
Masalan, agar Qur'on desaydi: Yo ayyuhan-nas!.. Fazoda uchgan majzub va musofir va mutaharrik bo’lgan kura-i zaminga va oqishi bilan barobar mustaqarrida istiqror etgan shamsga va ajromi ulviyani bir-biri bilan bog’lagan joziba-i umumiyaga va fazo-i g’ayri mutanohiyda shox va shodalari muntashir bo’lgan shajara-i xilqatdan, anosiri kasiradan bo’lgan munosaboti kimyoviyaga nazar va tadabbur qilinglar, toki Sone'-i olamning azamatini tasavvur qilasiz.
Va yoxud shu qadar kichikligi bilan barobar, bir olami hayvonoti xurdabiniyani isti'ob etgan bir qatra suvni, aqlning xurdabini bilan tomosha qiling, toki Sone'-i koinot hamma narsaga qodir ekanini tasdiq qilasiz.
Ajabo, shu holda dalil mudda'odan yanada xofiy va yanada muhtoji izoh bo’lmasmidi? Hamda ularning fikricha muzlim narsa bilan haqiqatni tanvir etish va yoxud ularning badohati hislariga qarshi mug’olata-i nafs kabi bir amri g’ayri ma'qula taklif bo’lmasmidi? Holbuki i'jozi Qur'on juda yuksak va juda munazzah bo’lib, uning sof va porloq etagiga ixloli ifhom bo’lgan g’ubor qo’na olsin.
Shu bilan birga, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon oyoti bayyinotning talofifida maqsadi haqiqiyga talvih va ishorat qilgani kabi, ba'zi zavohiri oyotni -kinoyada bo’lgani kabi- maqsadga manor etgan.
Hamda usuli muqarraradan: Sidq va kizb yoxud tasdiq va takzib; kinoyot va o’xshashlarida, fanni bayonda "ma'ani-i ula" deb ta'bir qilingan surati ma'noga roji' emas. Faqat "ma'ni-i sanaviy" bilan ta'bir qilingan maqsad va g’oyaga tavajjuh etadilar. Masalan: "Falonchaning qilichining bandi uzun" deyilsa; qilichi bo’lmasa ham, faqat bo’yi uzun bo’lsa, hukm to’g’ri, yolg’on bo’lmaydi.
Hamda kalomda bir kalima istioraga qorina-i majoz ekan, xuddi shuning kabi, kalima-i vohid hukmida bo’lgan Kalomullohning bir qism oyoti boshqa ixvonining haqiqat va javharlariga qorina va rahnamo va qo’shnilarining qalblaridagi sirlarga dalil va tarjimon bo’ladilar.
Alhosil: Bu haqiqatni peshi nazarga keltirolmagan va oyatlarni muvozana va to’g’ri muhokama qilolmagan, mashhur Bektoshi kabi, namozning tarkida ta'allul yo’lida: "Qur'on deydi:
لَا تَقْرَبُوا الصَّلٰوةَ
Davomiga ham hofiz emasman", degan. Nazari haqiqatga qarshi masxara bo’ladi.
* * *
Ikkinchi Muqaddima
Moziyda nazariy bo’lgan bir narsa mustaqbalda badihiy bo’lishi mumkin.
Shunday tahaqquq etgandir: Olamda mayl-ul istikmol bor.
{(*): Bizning bir Kurd aytgan:
Har zarrada tamoyul ayondir takomulga
Har naslda fuyuzi huvaydonamo bilan
Bir nuqta-i kamolga shitob uzra koinot,
Ul nuqtaga tavajjuh bilan yuksalar hayot.
Kahriyyot}
U bilan xilqati olam qonuni takomulga tobedir. Inson esa olamning samarot va ajzosidan bo’lgani uchun, unda ham mayl-ul istikmoldan bir mayl-ut taraqqiy mavjud. Bu mayl esa talohuqi afkordan istimdod bilan nashvu namo topadi. Talohuqi afkor esa takammuli mabadiy bilan inbisot etadi. Takammuli mabadiy esa fununi akvonning tuxumlarini sulbi xilqatdan zamonning tarbiyagardasi bir zaminga ilqo bilan talqih etadi. U tuxumlar esa tadrijiy tajribalar bilan o’sadi va nashvu namo topadi.
Shunga binoan: Bu zamonda badihiya va ulumi odiya qatoriga kirgan juda ko’p masoil bor, zamoni moziyda g’oyat nazariy va xofiy va burhonga muhtoj edilar.
Zero ko’ryapmiz: Hozir jo’g’rofiya va astronomiya va kimyo va tatbiqoti handasiyadan ko’p masoil bo’lib, mabadiy va vasoitning takammuli bilan va talohuqi afkorning kashfiyoti bilan, bu zamonning bolalariga ham majhul qolishmagan. Balki o’yinchoq kabi ular bilan o’ynaydilar. Holbuki Ibn Sino va unga o’xshaganlar uchun nazariy va xofiy qolishgan.
Holbuki hikmatning bir padari hukmida bo’lgan Ibn Sino, shiddati zako va quvvati fikr va kamoli hikmat va vus'ati qoriha nuqtasida bu zamonning yuzlab hukamosi bilan muvozana qilinsa, tarajjuh etib og’ir keladi. Nuqsoniyat Ibn Sinoda emas, chunki u ibni zamondir. Uni noqis qoldirgan, zamonning nuqsoniyati edi.
Ajabo, badihiy emasmi, Kolumbi Zifununning sababi ishtihori bo’lgan Yangi Dunyoning kashfi, farazan bu zamonga qadar qolgan bo’lsa edi; kapitanlar orasida qiymati bo’lmagan bir qayiq sohibi ham Yangi Dunyoni eski dunyoga qo’shni qilishga muqtadir bo’lardi. Avvalgi kashshofning tabohhuri fikriga va maholiki iqtihomiga badal, bir kichik safina bilan bir kompas kifoya qilardi.
Faqat, shu bilan barobar, hozir keladigan bir haqiqatni nazari diqqatga olish lozim. Shundayki:Masoil ikki qismdir:
Biridatalohuqi afkor ta'sir qiladi. Balki unga mutavaqqifdir. Qandayki, moddiyotda katta bir toshni ko’tarish uchun taovun lozim.
Qismi digaridaasos e'tibori bilan talohuq va taovun ta'sirsizdir. Ming ham, bir ham birdir. Qandayki tashqarida bir jarlik ustidan hatlash va yoxud bir tor yerdan o’tishda kull va kulli vohid birdir. Taovun foyda bermaydi.
Bu qiyosga binoan, fununning bir qismi, katta toshning ko’tarilishi kabi taovunga muhtojdir. Bularning aksari ulumi moddiyadandir.
Boshqa bir qismi ikkinchi misolga o’xshaydi. Takammuli daf'iy yoxud daf'iy kabi bo’ladi. Bu esa ko’pchiligi ma'naviyat yoki ulumi Ilohiyadandir. Lekin agar chandon talohuqi afkor bu qismi soniyning mohiyatini tag’yir va takmil va tazyid etolmasa ham, burhonlarning maslaklariga vuzuh va zuhur va quvvat beradi.
Hamda nazari diqqatga olish lozimki: Kim bir narsada ko’p tavag’g’ul etsa, ko’pincha boshqasida g’obiylashishiga sababiyat beradi. Bu sirga binoan: Moddiyotda tavag’g’ul etgan, ma'naviyatda g’obiylashadi va sathiy bo’ladi. Bu nuqtaga nazaran, moddiyotda mahorati bo’lganning ma'naviyatda hukmi hujjat bo’lishiga sabab bo’lmagani kabi, ko’pincha so’zi ham shoyoni istimo' emas.
Ha, bir xasta; tibni handasaga qiyos qilib, tabibning o’rniga muhandisga murojaat qilib ko’rsatgan dorini iste'mol qilsa; aqrabosiga ta'ziya bildirishga da'vat va o’zi uchun qabristoni fanoning kasalxonasiga naqli makon etish uchun bir hujjatni istash deganidir.
Shuning kabi, haqoiqi mahza va mujarradoti sirfadan bo’lgan ma'naviyatda moddiyunning hukmlariga murojaat va fikrlari bilan istishora etish, xuddi latifa-i Rabboniya deyilgan qalbning to’xtab qolishini va javhari nuroniy bo’lgan aqlning sakarotini e'lon etish deganidir.
Ha, hamma narsani moddiyotda qidirganlarning aqllari ko’zlaridadir. Ko’z esa ma'naviyatni ko’rolmaydi...
* * *
Uchinchi Muqaddima
Isroiliyotning bir toifasi va hikmati Yunoniyaning bir qismi doira-i Islomiyatga duxul etishlari bilan, din bezagida ko’rinib, afkorni ixtilolga berdilar. Shundayki:
U aslzoda qavmi Arab, zamoni johiliyatda bir ummati ummiya edi. Qachonki ichlaridan haq tajalliy etib iste'dodi hissiyotlari uyg’onib maydonda yo’l ochgan dini mubinni ko’rganlaridan, umum rag’abot va mayllarni yolg’iz dinning ma'rifatiga inhisor ayladilar. Faqat koinotga bo’lgan nazarlari tashrihoti hikamiya nazari bilan emas, balki istitrodan yolg’iz istidlol uchun edi. Ularning u hassos zavqi tabiiylariga ilhom etgan, yolg’iz ularning fitratlariga munosib bo’lgan keng va ulviy muhitlarni; va sof va musta'id bo’lgan fitrati asliyalarni ta'lim va tarbiya etgan yolg’iz Qur'on edi.
So’ngra qavmi Arab boshqa aqvomni bal' etgani kabi, milali sairaning ma'lumotlari ham musulmon bo’lishni boshlaganidan, muharrafa bo’lgan Isroiliyot esa Vahb, Ka'b kabi ulamo-i ahli kitobning Islomiyatlari jihati bilan Arablarning xazoini xayolotiga bir majra va manfaz topib, u afkori sofiyaga qo’shildilar. Keyin ehtirom ham ko’rdilar. Zero ulamo-i ahli kitobdan Islomiyatga kelganlar, Islomiyat sharafi bilan g’oyat jalolat va takammul etganlaridan, ma'lumoti muzaxrafa-i sobiqalari maqbula va musallama kabi bo’ldilar, rad qilinmadi. Chunki Islomiyatning usuliga musodim bo’lmaganidan, hikoyot kabi rivoyat qilinar ekan, ahamiyatsizligi uchun tanqidsiz tinglanar edilar. Faqat hayfa! So’ngra haq o’laroq qabul qilindilar, ko’p shubah va shukukotga sababiyat berdilar.
Hamda qachonki shu Isroiliyot, Kitob va Sunnatning ba'zi imootlariga marji' va ba'zi mafohimlariga bir munosabat bilan ma'haz bo’lishlari mumkin edi. Faqat oyot va hadisning ma'nolari emas. Balki farazan to’g’ri bo’lsalar edi, masadaq va afrodidan bo’lishlari mumkin bo’lganidan; sui ixtiyorlari bilan boshqa bir ma'hazni topmagan yoki atfi nazar etmagan zohirparastlar, ba'zi oyot va ahodisni u hikoyoti Isroiliyaga tatbiq etib tafsir qilishdi.
Holbuki Qur'onni tafsir qiladigan, yana Qur'on va hadisi sahihdir. Bo’lmasa ahkomi mansux bo’lgani kabi, qissalari ham muharrafa bo’lgan Injil va Tavrot emas. Ha, masadaq bilan ma'no boshqadir. Holbuki masadaq bo’lishga mumkin bo’lgan narsa ma'no o’rniga iqoma etildi. Ham ko’p imkonot vuqu'otga aralashtirildi.
Hamda qachon hikmati Yunoniyani musulmon qilish uchun Ma'munning asrida tarjima qilindi. Faqat juda ko’p asotir va xurofotning manbaidan chiqqan u hikmat, bir daraja mutaaffina bo’lganidan, sofiya bo’lgan afkori Arabning ichlariga tadohul etganidan, bir daraja afkorlarni chalkashtirgani kabi, tahqiqdan taqlidga bir yo’l ochdi.
Hamda obi hayot bo’lgan Islomiyatdan qoriha-i fitriyalari bilan istinbot etishga iste'dodli ekan, u hikmatning talammuziga tanazzul etdilar. Ha, qandayki ixtiloti a'jam bilan kalomi Mudoriyning malakasi fasodga yuz tutish bilan, muhaqqiqiyni ulamo u malakani muhofaza qilish uchun ulumi Arabiyaning qavoidini tadvin etdilar. Xuddi shuning kabi, shu hikmat va Isroiliyot ham doira-i Islomiyatga duxullari bilan barobar, ba'zi naqqodi muhaqqiqiyni Islom tamyiz va tasfiyalariga tashabbus etdilar. Faqat hayfa!. tamomi bilan muvaffaq bo’lolmadilar.
Ish shu holatda ham qolmadi. Chunki tafsiri Qur'onga sarfi himmat etilgan vaqt, ba'zi ahli zohir Qur'onning naqliyotini ba'zi Isroiliyotga tatbiq va bir qism aqliyotini ham hikmati mazburaga tavfiq etdilar. Chunki ko’rdilarki, Qur'on ma'qul va manqulga mushtamildir. Hadis ham shunday... So’ngra Kitob va Sunnnatning ba'zi naqliyoti sodiqalari bilan va ba'zi muharraf Isroiliyotning o’rtasida bir mutobaqat va munosabat istinbot etdilar.
Hamda haqiqiy aqliyotlari bilan mavhum va mumavvah bo’lgan shu hikmat orasida bir mushobahat va muvofaqat tavahhum qilganlaridan, shu mutobaqat va mushobahatni Kitob va Sunnatning ma'nolariga tafsir va maqsadlariga bayon deb hukm qildilar.
Kallo.. summa kallo!. Zero Kitobi Mo’'jiz-ul Bayonning misdaqi i'jozidir. Mufassiri ajzosidir. Ma'nosi ichidadir. Sadafida durrdir, madar emasdir. Farazan bu mutobaqatni izhor etishdan maqsad, u shohidi sodiqning tazkiyasi uchun bo’lsa ham, yana abasdir. Zero Qur'oni Mubin unga maqolidi inqiyodni taslim etgan aql va naqlning tazkiyalaridan juda yuksak va g’aniydir. Chunki u ularni tazkiya etmasa; shahodatlari masmu' bo’lolmaydi.
Ha, Surayyoni saroda emas, samoda qidirish kerak. Qur'onning ma'onisini ham asdafida qidir. Bo’lmasa, aralash-quralash bo’lgan cho’ntagingda qidirma, topolmaysan. Topsang ham, sikka-i balog’at bo’lmaganidan, Qur'on qabul qilmaydi.
Zero muqarrardir: Asl ma'no shuki: Alfaz uni simaxda bo’shatgani kabi, zehnga nufuz etib vijdon ham tasharrub etish bilan, azahiri afkorni fayzyob etgan narsadir. Bo’lmasa boshqa narsaning kasrati tavag’g’ulidan sening xayolingga tadoxul etgan ba'zi ehtimolot.. va yoxud hikmatning abotilidan va hikoyotning asotiridan sirqat etib cho’ntakda to’ldirib so’ngra oyot va ahodisning talofifida yashirish, chiqarish, qo’lda tutish, chaqirishki: "Budir ma'no, keling, oling", degan vaqting oladigan javobing shudir: Hoy! Xullas, sening ma'nong yo’q. Sikkasi taqliddir, naqqodi haqiqat rad qiladi. Sultoni i'joz ham uni zarb etganni tard etadi. Sen oyat va hadisning nizomlariga ta'arruz etganingdan, oyat shikoyat etib hokimi balog’at sening xulyangni sening xayolingda hibs etadi. Va mushtari-i haqiqat ham sening bu matoingni olmaydi. Zero: "Oyatning ma'nosi durrdir. Bu esa madardir. Hadisning mafhumi muhaj, bu hamajdir", deydi.
Tanvir uchun bir zarbulmasal:
Kurdlarning amsoli adabiyasidandir: Bir odamning ismi Alo ekan. Asal o’g’rilardi. Unga deyildi: "O’g’riliging ma'lum bo’ladi." U ham aldash uchun bir bo’sh asalari uyasida begona arilarni to’ldirib asalni boshqa yerdan o’g’irlar, arixonada saqlar edi. Birov so’rasa: "Bu asal muhandisi bo’lgan arilarimning san'atidir", der edi.
So’ngra arilari bilan gapirgan vaqti mushtarak bir lison bilan
فِظْ فِظْ ژِوَه هِنْگِف۪ينْ ژِمِنْ
derdi. Ya'ni "Tanin sizdan, asal mendan..."
Ey tashahhiy va havas bilan ta'vil etuvchi janob! Bu tashbeh bilan tasalli etma. Zero bu tashbeh tamsildir. Sening ma'nong asal emas, zahardir. U alfaz arilar emas, balki qalb va vijdonga arvohi haqoiqni vahiy etgan u kitobi komilning kalimoti maloika kabidirlar. Hadis, ma'dani hayot va mulhimi haqiqatdir.
Alhosil:
Ifrot kabi tafrit ham muzirdir, balki yanada ziyoda. Faqat ifrot tafritga sabab bo’lganidan ko’proq qabohatlidir. Ha, ifrot bilan musomahaning eshigi ochildi. Chirigan narsalar u haqoiqi oliyaga qo’shilganidan; ahli tafrit bilan insofsiz bo’lgan ahli tanqid, g’oyat haqsizlik bo’lib shu chirigan narsalarning yuzlab mislicha bo’lgan haqoiqi oliya ichida ko’rganlaridan qo’rqdilar, nafrat etdilar. Xosho.. bulg’angan va qiymatsiz deb o’yladilar. Ajabo, dafinaga xorijdan kirgan eskirgan pul bo’lsa va yoxud bir bo’stonda boshqa yerdan tushgan chirigan va achchiq bir olma ko’rinsa, haq va insofmiki; umum dafinani soxta va umum olmalarni achchiq deb o’ylab voz kechish bilan qoralansin?
XOTIMA
Bu muqaddimadan maqsadim, afkori umumiya bir tafsiri Qur'on istaydi. Ha, har zamonning bir hukmi bor. Zamon ham bir mufassirdir. Ahvol va vuqu'ot esa bir kashshofdir. Afkori ommaga ustozlik qiladigan yana afkori omma-i ilmiyadir. Bu sirga binoan va istinodan xohlaymanki: Mufassiri azim bo’lgan zamonning taxti rayosatida, har biri bir fanda mutaxassis muhaqqiqiyni ulamodan muntahob bir majlisi mab'usani ilmiya tashkili bilan mashvarat bilan bir tafsirni ta'lif qilish bilan, boshqa tafosirdagi munqasim bo’lgan mahosin va kamolotni muhazzaba va muzahhaba o’laroq jam qilishlari kerak. Ha, mashrutiyatdir, hamma narsada mashvarat hukmfarmodir. Afkori umumiya ham diydabondir. Ijmo'-i ummatning hujjiyati bunga hujjatdir.
* * *
To’rtinchi Muqaddima
Shuxrat, insonning moli bo’lmagan narsani ham insonga mol qiladi.
Shundayki: Basharning sajiyalaridandir, g’arib yoki qiymatli bir narsani aslzoda ko’rsatish uchun u qiymatli narsalarning jinsi bilan mushtahir bo’lgan zotga nisbat va isnod etishdir. Ya'ni, so’zlari rivoj topish yoki takzib etilmaslik va yoxud boshqa ag’raz uchun zolimona va istibdodkorona, bir millatning natoiji afkorini yoki mahosini atvorini bir shaxsda ko’rib undan biladilar. Holbuki u odamning shonidandir, u hadya-i mustabidonani rad qilsin...
Zero go’zal bir sifat yoki ulviy bir san'at bilan mashhur bo’lgan bir odam, husni suriyning movarosini ko’rish shonida bo’lgan nazari san'atparvaronasiga haqsiz bo’lib unga isnod qilingan ish arz etilib ko’rsatiladigan bo’lsa, "Sening dasti xattingdir" deyiladigan bo’lsa; u ish san'atning tanosub va muvozanasidan nashiy bo’lgan go’zalligini ixlol etgani uchun, rad qilinib i'roz va tabarri etadi. "Xosho va kallo!" deydi.
Bu sajiyaga bino bilan mashhur qoidaga -"Bir narsa sobit bo’lsa, lavozimi bilan sobit bo’ladi."- istinodan, insonlar u shaxsi mashhurda taxayyulotlariga bir nizom berdirish uchun muztardirlarki, ko’p quvvat va azamat va zakovat kabi lavozimi horiqulodani isnod etsinlar, toki u shaxsning jumla mansubotiga marji'iyati mumkin bo’la olsin. U holda u odam bir u'juba o’laroq zehnlarida tajassum etadi.
Agar istasang, xayoloti Ajamona ichida yetishtirilgan Rustami Zalning timsoli ma'naviysiga boq, ko’r, ne u'jubadir! Zero shijoat bilan mushtahir bo’lganidan va hech Eronliklar tazyiqotidan qutulolmagan istibdod sirri bilan va shuxrat quvvati bilan Eronliklarning mafoxirini g’asb va g’orat etib kattalashtirildi. Xayollarda kattalashib shishdi. Yolg’on yolg’onga muqaddima bo’lgani uchun, shu horiquloda shijoat horiquloda bir umr va dahshatli bir qomat va ularning lavozim va tavabi'lari bo’lgan ko’p ishlarni to’plab ichida u xayoli hail na'ra urib "Men nav'un munxasirun fish-shaxsman" deydi. G’ulyoboniy kabi xurofotni orqasiga taqib tillarda doston bo’ladi. O’xshashiga ham sabab bo’ladi.
Ey haqiqatni ochiq-oydin ko’rishni istagan zot! Bu muqaddimaga diqqat qil, zero xurofotning eshigi bu yerdan ochiladi. Va bobi tahqiq ham shu bilan to’siladi. Hamda qissadan hissa va mayl-ut taraqqiy bilan mutaqaddimiynning asoslari ustiga bino va salaflarning mavrusotida tasarruf va ziyodaga jasorat bu sho’ristonda mahv bo’ladi. Agar istasang, mashhur Mullo Nasriddin Afandiga: "Bu g’arib so’zlar hammasi senikimi?" deb so’rasang, albatta senga deydi: "Bu so’zlar jildlab kitob bo’ladi. Anchagina umr istaydi. Zero butun so’zlarim navodirdan emas. Men muallimman, ularning zakotini bersalar ham, roziman va kofiydir. Ortig’ini istamayman. Zero zarofatimni tabiiylikdan chiqarib tasannuga aylantiradi." Qara, bu ildizdan xurofot va mavzu'ot o’sadi va tanabbut etadi va to’g’ri narsaning quvvatini tugatadi.
XOTIMA
Ehsoni Ilohiydan ortiq ehson, ehson emasdir. Bir dona-i haqiqat bir xirmon xayolotga murajjahdir. Ehsoni Ilohiy bilan tavsifda qanoat etish farzdir. Jamiyatga dohil bo’lgan, jamiyatning nizomini ixlol etmasligi kerak. Bir narsaning sharafi naslida emas, zotidadir. Bir narsaning aslini ko’rsatgan narsa, samarasidir. Birovning moliga boshqa mol, hatto qiymatli bo’lsa ham, qo’shilsa molini qiymatsiz qilgani kabi, hajz etishiga ham sabab bo’ladi.
Hozir bu nuqtalarga istinodan deymanki: Targ’ib yoki tarhib uchun avomparastona tarvij va tashviq bilan ba'zi ahodisi mavzu'ani Ibn Abbos kabi zotlarga isnod etish buyuk bir jaholatdir. Ha, haq mustag’niydir. Haqiqat esa boydir. Tanviri qulubga ziyolari kifoyadir. Mufassiri Qur'on bo’lgan ahodisi sahiha bizga kifoya qiladi. Va mantiqning mezoni bilan tortilgan tavorihi sahihaga qanoat qilamiz.
* * *
Beshinchi Muqaddima
Majoz ilmning qo’lidan jaholatning qo’liga o’tsa, haqiqatga inqilob etadi, xurofotga eshik ochadi.
Shundayki:
Majozot va tashbehot ne vaqt jaholatning yasari muzlimonasi ilmning yamini nuroniysidan qochirib g’asb etsa va yoxud majoz bilan tashbeh bir uzun umr sursalar, haqiqatga inqilob etib tarovat va zulolidan xoli bo’lib, sharob ekan sarob va nozanin va hasna ekan, a'juza-i shamta va kampir bo’ladi.
Ha, majoz shaffofiyati bilan shu'la-i haqiqat undan talammu' etadi. Faqat haqiqatga inqilobi bilan kasif bo’lib, haqiqati asliyani munkasif etadi. Lekin bu tahavvul bir qonuni fitriydir. Bunga shohid istasang, lug’atning tajaddud va tag’ayyurotining va ishtirok va tarodufning sirlariga murojaat qil.
Yaxshi quloq solsang, eshitasanki: Salafning yoqtirib qolgan ko’p kalimoti yoki hikoyoti yoki xayoloti yoki ma'ani, keksa va ziynatsiz bo’lganlaridan, xalafning havasi shabobanalariga tavofuq etmaganlaridan, mayli tajaddudga va fikri ijodga va jur'ati tag’yirga sabab bo’lganlar. Bu qoida lug’atda bo’lgani kabi, xayolot va ma'ani va hikoyotda ham jarayon etadi. Shunday ekan, hamma narsaga zohirga ko’ra hukm qilmaslik kerak.
Muhaqqiqning sha'ni; g’avvos bo’lish, zamonning ta'sirotidan tajarrud etish, moziyning a'moqiga kirish, mantiqning tarozisi bilan tortish, hamma narsaning manbaini topishdir.
Bu haqiqatga meni muttali' etgan, bir vaqt sabovatimda oy tutildi. Volidamdan so’radim. Dediki: "Ilon Oyni yutgan." Dedim: "Nima uchun hali ham ko’rinyapti?" Dediki: "Osmonning iloni nim-shaffofdir."
Xullas qara: Qanday tashbeh haqiqat bo’lib xayluliyati bilan haqiqati holni munxasif etgan. Zero maili qamar, mintiqot-ul buruj bilan ra's va zanabda taqotu' etganlaridan, u ikki doira-i mavhumadan ikki qavsni, ilonning murodifi bo’lgan "tinnin" bilan ahli hay'at bir tashbehga binoan tasmiya ayladilar. Zotan oy ra's yoki zanabga va quyosh ham narigisiga kelsa, arzning xayluliyati bilan inxisof sodir bo’ladi.
Ey mening shu mushavvash so’zlarimdan zerikmagan zot! Bu muqaddimaga ham diqqat qil. Bir xurdabin bilan qara. Zero bu asl ustida juda ko’p xurofot va xilofot tavallud etadilar. Mantiqni va balog’atni rahbar etish kerak.
XOTIMA
Ma'no-i haqiqiyning bir sikkasi bo’lishi kerak. U sikkani tashhis etgan, maqosidi shariatning muvozanasidan hosil bo’lgan husni mujarraddir. Majozning javozi esa, balog’atning sharoiti taxtida bo’lishi kerak. Bo’lmasa majozni haqiqat va haqiqatni majoz surati bilan ko’rish, ko’rsatish; jaholatning istibdodiga quvvat berishdir. Ha, hamma narsani zohirga haml ettira-ettira nihoyat Zohiriyyun maslaki muta'assifasini tavlid etish shonida bo’lgan mayl-ut tafrit qay darajada muzir bo’lsa; xuddi shuning kabi hamma narsaga majoz nazari bilan qarata-qarata oxiri Botiniyyunning mazhabi botilasini intoj etish sha'nida bo’lgan hubbu ifrot ham ko’p daraja yanada muzirdir.
Haddi avsatni ko’rsatadigan, ifrot va tafritni sindiradigan yolg’iz falsafa-i shariat bilan balog’at va mantiq bilan hikmatdir. Ha, hikmat deyman, chunki xayri kasirdir. Sharri bordir; faqat juz'iydir. Usuli musallamadandirki: Sharri juz'iy uchun xayri kasirni tazammun etgan amrni tark etish, sharri kasirni qilish deganidir. Ahvan-ush sharni ixtiyor alzamdir. Ha, eski hikmatning xayri oz, xurofoti ko’p, azhan iste'dodsiz, afkor taqlid bilan muqayyad, jaholat avomda hukmfarmo bo’lganlaridan, salaf bir daraja hikmatdan nahiy etdilar. Faqat hozirgi hikmat unga nisbatan moddiy jihatida xayri ko’p, yolg’oni oz; afkor ham hur, ma'rifat hukmfarmodir. Zotan har zamonning bir hukmi bo’lishi kerak.
* * *
Oltinchi Muqaddima
Masalan, tafsirda mazkur bo’lgan har bir mavzu, tafsirdan bo’lishi shart emas. Ilm ilmga quvvat beradi. Tahakkum etmaslik shartdir.
Shunday musallamotdandirki: Handasa kabi bir san'atda mohir bo’lgan zot, tib kabi boshqa san'atda omi va tufayliy va daxil bo’lishi mumkin.
Va qavoidi usuliyadandirki: Faqih bo’lmagan, hatto usul-ul fiqhda mujtahid bo’lsa, ijmo'-i fuqahoda mo’'tabar emas. Zero u ularga nisbatan omidir.
Hamda haqoiqi tarixiyadanki: Bir shaxs ko’p fanlarda malaka sohibi va mutaxassis bo’lolmaydi. Faqat farid bir odam to’rt yoki besh fanlarda mutaxassis bo’lishi mumkin. Hammasiga qo’l otish, hammasini tark etish deganidir. Bir fanda malaka, u fanning surati haqiqiyasidir. U bilan tamassul etish kerak. Zero bir fanda mutaxassis va ma'lumoti sairasini mutammima va madad beruvchi qilmasa ma'lumoti parishonidan bir surati ajiba tamassul etadi.
Tanvir uchun bir latifa-i faraziyadir:
Qandayki boshqa olamdan bu kuraga kelgan tasvirchi bir naqqosh faraz qilinsa; holbuki na insonni va na insondan boshqasining to’liq suratini ko’rmagan. Balki har birisidan ba'zi a'zosini ko’rish bilan insonning tasviri yoki ko’rgan ashyosining umumidan bir suratni tasvir etishni istasa; masalan, insondan ko’rgan bir qo’l, bir oyoq, bir ko’z, bir quloq, yarim yuz va burun va a'moma kabi narsalarning tarkibi bilan bir insonning timsoli; yoxud nazariga uchragan otning dumi, tuyaning bo’ynini, insonning yuzini arslonning boshi bir hayvonning suratini qilsa; qandayki imtizojsizlik bilan qobili hayot bo’lmagani uchun, sharoiti hayot bunday u'jubalarga muso'id emas deydilar va naqqoshni muttaham etadilar.
Hozir bu qoida fanlarda aynan jarayon etadi. Chorasi shu: Bir fanni asos tutib boshqa ma'lumotini avzan {(*): Kurdchadir.} va zanav kabi qilishdir.
Hamda odoti mustamirradandirki; kitobi vohidda ulumi kasira tazohum etadi. Zero ulum bir-birini intoj va bir-birining qo’lini tutish bilan taonuk va tajovub etganlaridan, shu darajada ishtibok hosil bo’ladiki; bir fanda ta'lif qilingan bir kitobda u fanning masoili u kitobning muhtaviyotiga nisbati faqat zakoti chiqishi mumkin.
Bu sirdan g’aflat sababli; bir shariat yoki bir tafsir kitobida istitrodan darj etilgan bir masalani ko’rgan bir zohirparast yoki mug’olatachi bir odam aytadiki: "Shariat va tafsir shunday" deydi. Agar do’st bo’lsa, aytadi: "Buni qabul qilmagan musulmon emas." Agar dushman bo’lsa, u bahona bilan aytadi: "Shariat yoki tafsir (xosho) xato."
Ey ifrot va tafrit sohiblari! Tafsir va shariat boshqadir, tafsir va shariatda ta'lif qilingan kitob yana boshqadir. Zero kitob yanada kengdir. U do’konda javhardan boshqa qiymatsiz narsalar ham bo’ladi. Agar buni tushungan bo’lsang, haysa baysadan qutulasan.
Diqqat qil, qandayki bir uyning lavozimi mutanavvi'asi yolg’iz bir san'atkordan olinmaydi, balki har bir hojatda u san'atda mutaxassis bo’lganga murojaat qilish kerak. Xuddi shuning kabi, saodat-saroyi kamolotda u qonunga tatbiqi harakat etish kerakdir. Ajabo, ko’rilmayaptimiki, birining soati sinsa, tikuvchiga "soatimni tik" desa, yuhadan boshqa javob bormi?
Ishorat:
Bu muqaddimaning ussul asosi shuki: Sone'-i Zuljalolning xilqati olamda joriy va taqsim-ul a'mol qoidasidan oqqan qonuni takammul va taraqqiyda mundamij bo’lgan rizo va ishoratining imtisoli farz ekan, itoat tugatilmagandir.
Shunday: Qoida-i taqsim-ul a'molni muqtaziy bo’lgan hikmati Ilohiyaning dasti inoyati bilan basharning mohiyatida ekkan iste'dodot va muyulot bilan shariati xilqatning farz-ul kifoyasi hukmida bo’lgan funun va sanoyi'ning adosiga bir amri ma'naviy bergan ekan, suiste'molimiz bilan u iste'doddan tavallud etgan maylga quvvat va madad beruvchi bo’lgan shavqni bu hirsi kozib va shu ra'si riyo bo’lgan mayl-ut tafavvuq bilan zoye etib so’ndirdik.
Albatta isyon etgan, jahannamga mustahaq bo’ladi. Biz ham bu xilqat deyilgan shariati fitriyaning avomiriga imtisol etolmaganimizdan, jahannami jahl bilan muazzab bo’ldik. Bu azobdan bizni qitqaradigan, taqsim-ul a'mol qonuni bilan amal qilishdir. Zero salaflarimiz taqsim-ul a'molning amali bilan jinoni ulumga dohil bo’lganlar.
XOTIMA
Bir g’ayri muslim yolg’iz masjidga kirish bilan musulmon bo’lishiga kifoya bo’lmagani kabi; tafsirning yoki shariatning kitoblariga hikmat yoki jo’g’rofiya yoki tarix kabi bir fanning masalasi kirishi bilan tafsir yoki shariat bo’lolmaydi. Hamda bir mufassir yoki faqih mutaxassis bo’lish sharti bilan, hukmi yolg’iz nafsi shariat va tafsirda hujjatdir. Bo’lmasa tufayliy bo’lib iznsiz tafsir, shariat kitoblariga kirgan amrlarda hujjat emasdir. Zero ularda tufayliy bo’lishi mumkin. Naqilga i'tob yo’qdir.
Ha, bir fanda so’zi hujjat bo’lganning boshqa fanlarda naql yoki da'vo jihati bilan hukmini hujjat tutish, taqsim-ul mahosin va tafriq-ul maso'iy bo’lgan qonuni Ilohiysiga vajhi rizo ko’rsatmaslik deganidir.
Hamda mantiqcha musallamdirki: Hukm, mavzu' bilan mahmulning yolg’iz vajhun-ma bilan tasavvurlarini iqtizo etadi. Va ularning tashrihoti sairasi esa u fandan emasdir. Boshqa fanning masoilidan bo’lishi kerak.
Hamda muqarrardirki; a'mm xosga dalolati salosaning hech biri bilan dalolat etmaydi. Masalan, Tafsiri Bayzaviyda بَيْنَ الصَّدَفَيْنِ bo’lgan oyatida Armaniston va Ozarbayjon Tog’larining mobaynida bo’lgan ta'viliga nazari qat'iy bilan qarash, eng katta mantiqsizlikdir. Chunki asos naqldir. Hamda ta'yini Qur'onning madluli emas. Tafsirdan sanalmaydi. Zero u ta'vil, oyatning bir qaydining boshqa fanga istinodan bir tashrihidir. Shunga binoan, u mufassiri jalilning tafsirdagi malaka-i rasixasiga bunday zaif nuqtalarni bahona qilish, shubhalarni iros etish, insofsizlikdir. Xullas, asl haqoiqi tafsir va shariat maydondadir. Yulduzlar kabi porlayapti. U haqoiqdagi vuzuh va quvvatdir, men kabi bir ojizga jasorat beryapti.
Men ham da'vo qilaman: Tafsirning va shariatning naqadar haqoiqi asosiyasi bo’lsa, bitta-bittalab nazari tadqiqga keltirilsa, ko’riladiki haqiqatdan chiqib, hikmat bilan tortilib haq o’laroq haqqa munsarifdir. Naqadar shubhali nuqtalar bo’lsa, hammasi jarbazali zehnlardan chiqib so’ngra esa ularga qo’shilgan. Kimning asli haqiqatlariga bir shubhasi bo’lsa; mana maydon, o’zini izhor etsin!
* * *
Yettinchi Muqaddima
Mubolag’a ixtilolchidir. Shundayki:
Basharning sajiyalaridandir, talazzuz etgan narsasida mayl-ut tazayyud va vasf etgan narsasida mayl-ul mujozafa va hikoya etgan narsasida mayl-ul mubolag’a bilan xayolni haqiqatga aralashtirishdir. Bu sajiya-i sayyia bilan yaxshilik qilish, yomonlik qilish deganidir. Bilmagani holda tazyididan nuqson, islohidan fasod, madhidan zamm, tahsinidan qubh tavallud etadi. Zero muvozanat va tanosubdan nashiy bo’lgan husnni مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُ ixlol etadi.
Qandayki bir dorini istehson etib izdiyod etish, davoni da'ga inqilob etishdir. Xuddi shuning kabi, hech bir vaqt haq unga muhtoj bo’lmagan mubolag’ali targ’ib va tarhib bilan g’iybatni qatlga musoviy yoki oyoqda bavl etishni zino darajasida ko’rsatish yoki bir dirhamni tasadduq etishni hajga muqobil tutish kabi muvozanasiz so’zlar, qatl va zinoni taxfif va hajning qiymatini tanzil etadilar.
Bu sirga binoan, voiz ham hakim, ham muhokamali bo’lishi kerak. Ha, muvozanasiz voizlar ko’p haqoiqi nayyira-i diniyaning xusufiga sabab bo’lganlar.
Masalan: Inshiqoqi qamar bo’lgan mo’'jiza-i mutavotira-i bahiriya, mayl-ul mujozafa bilan arzga nuzul bilan payg’ambarning cho’ntagiga kirib chiqqan ilova, u quyosh-misol mo’'jizani Suha yulduzi kabi maxfiy va qamar-misol bo’lgan burhoni nubuvvatni munxasif etgani kabi, munkirlarining bahonalariga eshiklar ochdi.
Hosili kalom:Har muhibbi dinga va oshiqi haqiqatga lozimdir: Hamma narsaning qiymatiga qanoat etish va mujozafa va tajovuz etmaslikdir. Zero mujozafa qudratga iftirodir va "Doira-i imkonda yanada ahsan yo’qdir" so’zini Imom G’azzoliyga ayttirgan, xilqatdagi kamol va husnga adami qanoat va istixfof deganidir.
Ey muxotob afandi! Ba'zan burhonning xizmatini tamsil ham bajaradi. Shunday ekan qara, qandayki olmos, oltin, kumush, qo’rg’oshin, temir va hokazo... har birining bittadan qiymat va xosiyati maxsusasi bor va mutaxolifdir. Xuddi shuningdek, dinning maqosidi, qiymat va adillacha mutafovitdir. Birining yeri xayol bo’lsa, boshqasiniki vijdondir. Beriki, sirning sirridandir.
Ha, tijoratda bir fals yoki o’n tanga o’rnida bir olmos yoki bir oltinni bersa qanday safohatiga hukm va tasarrufdan hajz etiladi. Aksi qoziya bilan bo’lsa, juda o’rnida yuha eshitadi. Va tujjor bo’lishga badal, hayyol bir masxara bo’lgani kabi.
Shuningdek, haqoiqi diniyani tamyiz etmagan va har biriga mustahaq bo’lgan haq va e'tiborni bermagan va har hukmda shariatning sikkasini tanimagan, hatto u fabrika-i muazzamadagi ajzolar, har biri o’qi ustida harakatiga sakta bergan g’ayri mumayyizlar, har biri bir ajamiy odamga o’xshaydiki, g’oyat muntazam va ulkan bir uskuna ichida kichik va latif bir charxni ko’radiki, harakat va vaziyatda katta charxlarga nazari sathiysicha munosib ko’rinmaganidan, uskuna fanida bahrasizligi bilan barobar g’ururi nafs, nazari sathiysini ig’fol bilan aldab, isloh niyati bilan vaz'i muntazamadan tag’yirga tashabbus etib bilmagani holda fabrikani harju-marj etadi, boshini yeydi...
Alhosil:Shariatning har bir hukmida Shari'ning bir sikka-i e'tibori bor. U sikkani o’qish lozim. Sikkaning qiymatidan boshqa u hukm hamma narsadan mustag’niydir. Hamda lafz-pardozona va mubolag’a-jo’yona va ifrot-parvaronalarning tazyin va tasarruflaridan ming daraja mustag’niydir.
Diqqat qilinsinki, bunday mujoziflar nasihat qilgan vaqtlari nazari haqiqatda qay daraja xunuk bo’ladilar. Azjumla: Bulardan biri bir majma'-i azimda muskirotdan tanfir yo’lida zajri shar'iy bilan qanoat qilmasdan shunday bir gap aytganki, yozishdan men uyaldim. Yozgandan keyin o’chirdim. Ey pastkash! Bu so’zlaring bilan shariatga adovat etyapsan. Farazan sodiq bo’lsang, sodiqi ahmoq bo’lasan. Sen aduvvud dindanda zararaliroqsan.
XOTIMA
Ey xorijdan va uzoqdan Islomiyatni tanqid qilishga uringan insofsizlar! Aldanmanglar, muhokama qiling, nazari sathiy bilan kifoyalanmanglar. Zero shu sizning bahonalaringizga sabab bo’lganlar, lisoni shariatda ulamo-i su bilan musammodirlar. Ularning muvozanasizlik, zohirparastliklaridan nash'at etgan hijobning movarosiga qarang. Ko’rasizki, har bir haqiqati Islomiya, najmi munir kabi burhoni nayyirdir. Naqshi azal va abad ustida ko’rinadi. Ha, kalomi azaliydan kelgan, abadga ketadi.
Faqat asafo! Hubbu nafs va tarafdori nafs va ajz va anoniyatdan nash'at etgan tabarri-i nafs bilan o’z qabohatini boshqasiga tashlaydi. Shunday xatoga muhtamal bo’lgan so’zini yoki xato bo’lishi mumkin bo’lgan fe'lini, bir buyuk zotga va yoxud mo’'tabar bir kitobga, hatto ba'zan dinga, ko’p dafa hadisga, eng nihoyat qadarga isnod etish bilan, o’zini tabarri etishni istaydi. Xosho summa xosho... Nurdan zulmat kelmaydi. O’z oynasida ko’ringan yulduzlarni satr etsa ham, samodagi yulduzlarni satr etolmaydi. Faqat o’zi ko’rolmaydi.
Ey mo’'tariz og’a! Yig’lashni istagan bola kabi yoki intiqom istagan kinador dushman kabi bahona-mahona qidirish bilan xilofi shariat bilan vujudga kelgan ahvolni va sui tafahhumdan nash'at etgan shubahotni sanad tutish, Islomiyatga dog’ keltirish juda buyuk insofsizlikdir. Zero bir muslimning har bir sifati Islomiyatdan nash'at etishi lozim kelmaydi.
* * *
Sakkizinchi Muqaddima
Tamhid:
Shu kelgan uzun muqaddimadan zerikma. Zero nihoyati nihoyat darajada muhimdir. Hamda bu muqaddima, har kamolni mahv etgan ya'sni o’ldiradi. Va har bir saodatning moyasi bo’lgan umidni hayotlantiradi. Va moziy boshqalarga va istiqbol bizga bo’lishiga bashorat beradi. Taqsimga rozimiz.
Mana mavzusi: Abno-i moziy bilan abnoyi mustaqbalni muvozana etishdir. Hamda makotibi oliyada alif va be o’qilmaydi. Mohiyati ilm bir bo’lsa ham, surati tadrisi boshqadir. Ha, moziy deyilgan maktabi hissiyot bilan istiqbol deyilgan madrasa-i afkor bir tarzda emasdir.
Avvalo: Abno-i moziydan murodim, musulmonlardan boshqa o’ninchi asrdan avval bo’lgan quruni vusto va uladir. Ammo millati Islom, uch yuz yilga qadar mumtoz va sarfaroz va besh yuz yilga qadar filjumla mazhari kamoldir. Beshinchi asrdan o’n ikkinchi asrga qadar men moziy bilan ta'bir etaman, undan keyin mustaqbal deyman.
Bundan so’ngra ma'lumki:Insonda mudabbiri g’olib yo aql, yoki basardir.Boshqa ta'bir bilan yo afkor, yoki hissiyotdir. Va yoxud yo haqdir, yoki quvvatdir. Va yoxud yo hikmat, yoki hukumatdir. Va yoxud yo muyuloti qalbiyadir, yoki tamayuloti aqliyadir. Va yoxud yo havo, yoki hudadir.
Bunga binoan ko’yapmizki: Abno-i moziyning bir daraja sof bo’lgan axloq va xolis bo’lgan hissiyotlari g’alaba qozonib g’ayri munavvar bo’lgan afkorlarini istihdom etib shaxsiyat va ixtilofot yoyildi. Faqat abno-i mustaqbalning bir daraja munavvar bo’lgan afkorlari havas va shahvat bilan muzlim bo’lgan hissiyotlariga g’alaba qilib amriga musahhar qilganidan, huquqi umumiyaning hukmfarmo bo’lishi muhaqqaq bo’ldi. Insoniyat bir daraja tajalliy etdi.
Bashorat beradiki: Asl insoniyati kubro bo’lgan Islomiyat samo-i mustaqbalda va Osiyoning jinoni ustida bulutsiz quyosh kabi partav-afshon bo’ladi.
Qachonki moziy daralarida hukmfarmo bo’lgan g’araz va xusumat va mayl-ut tafavvuqni tavlid etgan hissiyot va muyulot va quvvat edi. U zamonning ahlini irshod uchun iqnoiyoti xitobiya kofiy edi. Zero hissiyotni erkalagan va muyulotga ta'sir ettirgan, mudda'oni muzayyana va sha'sha'alantirmoq va yoxud haila yoki quvva-i balog’at bilan xayolga ma'nus qilish burhonning o’rnini tutar edi. Faqat bizni ularga qiyos etish, harakati rij'iyya bilan u zamonning burchaklariga tiqish deganidir. Har bir zamonning bir hukmi bor. Biz dalil istaymiz, tasviri mudda'o bilan aldanmaymiz.
Qachonki hol sahrosida istiqbol tog’lariga doimo yomg’ir bergan haqoiqi hikmatning ma'dani tabaxxuroti afkor va aql va haq va hikmat bo’lganlaridan va yangi tavalludni boshlagan mayli taharri-i haqiqat va ishqi haq va manfaati umumiyani manfaati shaxsiyaga tarjih va mayli insoniyatkoronani intoj etgan barohini qat'iyadan boshqa isboti mudda'o bir narsa bilan bo’lmaydi...Biz ahli holmiz, nomzodi istiqbolmiz. Tasvir va tazyini mudda'o zehnimizni ishba' etmaydi. Burhon istaymiz.
Endi biroz ikki sulton hukmida bo’lgan moziy va istiqbolning hasanot va sayyiotlarini zikr qilaylik.
Moziy o’lkasida ko’pincha hukmfarmo, quvvat va havo va tabiat va muyulot va hissiyot bo’lganidan sayyiotidan biri, har bir masalada -garchi filjumla bo’lsin- istibdod va tahakkum bor edi.
Hamda maslaki g’ayrga xusumatga, o’z maslagiga iltizom va muhabbatdan yanada ziyoda ihtimom bo’lar edi.
Hamda bir shaxsga xusumatning, boshqasining muhabbati suratida tazohuri edi.
Hamda kashfi haqiqatga mone bo’lgan iltizom va taassub va tarafdorlikning mudohalalari edi.
Hosili kalom:Muyulot muxtalifa bo’lganlaridan, tarafdorlik hissi hamma narsaga qo’l urish bilan, ixtilofot bilan ixtilol chiqarilganidan, haqiqat esa qochib yashirinar edi.
Hamda istibdodi hissiyotning sayyialaridanki: Masolik va mazohibni iqoma etadigan, ko’pincha taassub yoki tadlili g’ayr yoki safsata edi. Holbuki uchovi ham nazari shariatda mazmum va uxuvvati Islomiyaga va nisbati hamjinsiyaga va taovuni fitriyga munofiydir. Hatto shu daraja bo’ladiki, bulardan biri taassub va safsatasini tark qilib nosning ijmo' va tavoturini tasdiq etgani kabi, birdan mazhab va maslagini tabdil etishga muztar qoladi. Holbuki taassub o’rnida haq va safsata o’rnida burhon va tadlili g’ayr o’rnida tavfiq va tatbiq va istishora etsa, dunyo birlashsa, haq bo’lgan mazhab va maslagini bir oz tabdil etolmaydi. Qandayki zamoni saodatda va salafi solihin zamonlarida hukmfarmo haq va burhon va aql va mashvarat bo’lganlaridan, shukuk va shubahotning hukmlari bo’lmas edi.
Shuning kabi ko’ryapmizki: Fanning himmati bilan zamoni holda filjumla, inshaalloh istiqbolda bitamomihi hukmfarmo quvvatga badal haq va safsataga badal burhon va tab'ga badal aql va havoga badal huda va taassubga badal matonat va g’arazga badal hamiyat va muyuloti nafsoniyaga badal tamoyuloti uqul va hissiyotga badal afkor bo’ladi. Qorni avval va soniy va solisdagi kabi va beshinchi qornga qadar filjumla bo’lgani kabi. Beshinchi asrdan hozirga qadar quvvat haqni mag’lub qilgan edi.
Saltanati afkorning ijroyi hasanasidandirki: Haqoiqi Islomiyatning quyoshi avhom va xayolot bulutlaridan qutulgan, har yerni tanvirni boshlagan. Hatto dinsizlik botqoqligida taaffun etgan odamlar ham u ziyo bilan istifodani boshlashgan.
Hamda mashvarati afkorning mahosinidanki: Maqosid va masolik burhoni qat'iy ustiga taassus va har kamolga mumidd bo’lgan haqqi sobit bilan haqoiqni rabt etishidir. Buning natijasi; botil haq suratini kiyish bilan afkorni aldamaydi.
Ey ixvoni muslimiyn!.. Hol lisoni hol bilan bizga bashorat beradiki: Sirri
قَدْ جَٓاءَ الْحَقُّ وَ زَهَقَ الْبَاطِلُ
bo’ynini ko’ratgan, qo’l bilan istiqbolga ishorat qilib yuksak ovoz bilan e'lon qiladiki: Dahrga va tabayi'i basharga domoni qiyomatga qadar hokim bo’ladigan, yolg’iz olami kavnda adolati azaliyaning tajalliy va timsoli bo’lgan haqiqati Islomiyatki, asl insoniyati kubro deyilgan narsa udir.
Insoniyati sug’ro deyilgan mahosini madaniyat uning muqaddimasidir. Ko’rilmayaptimiki: Talohuqdan nash'at etgan tanavvuri afkor bilan tuproqqa o’xshagan avhom va xayoloti haqoiqi Islomiyaning yelkasi ustidan yengillashtirgandir. Bu hol ko’rsatadiki: Nujumi samoyi hidoyat bo’lgan u haqoiq tamoman inkishof va tala'lu va lam'a-nisar bo’ladi.
عَلٰى رَغْمِ اُنُوفِ الْاَعْدَاءِ
Agar istasang istiqbol ichiga kir, qara! Haqiqatlarning maydonida hikmatning taxti nazorat va muroqabasida taslis ichida tavhidni qidirganlar, safsata etib asl tavhidi mahz va e'tiqodi komil va aqli salim qabul etgan aqida-i haq bilan mujahhaz va sayfi burhon bilan mutaqallid bo’lganlar bilan muboraza va muhoraba etsa; qanday qilib birdan mag’lub va munhazim bo’ladi.
Qur'onning uslubi hakimonasiga qasam ichamanki: Nasoroni va ularga o’xshaganlarni havolantirib zalolat daralariga otgan, yolg’iz aqlni azl va burhonni tard va ruhbonni taqlid etishdir. Hamda Islomiyatni doimo tajalliy va inbisoti afkor nisbatida haqoiqni inkishof ettirgan, yolg’iz Islomiyatning haqiqat ustida taassus va burhon bilan taqalludi va aql bilan mashvarati va taxti haqiqat ustida bo’lishi va azaldan abadga mutasalsil hikmatining dasotiriga mutobaqat va muhakatidir. Ajabo, ko’rilmaydi: Oyotning aksar favotih va xavotimida navi basharni vijdonga havola va aqlning istishorasiga haml ettiradi. Deydi: اَفَلَا يَنْظُرُونَ va فَانْظُرُوا va اَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ va اَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ va تَفَكَّرُوا va مَا يَشْعُرُونَ va يَعْقِلُونَ va مَا يَعْقِلُونَ va يَعْلَمُونَ va فَاعْتَبِرُوا يَا اُولِى الْاَلْبَابِ
Men ham deyman:
فَاعْتَبِرُوا يَٓا اُولِى الْاَبْصَارِ
XOTIMA
فَاعْتَبِرُوا يَا اُولِى الْاَلْبَابِ
Zohirdan u'bur eting! Haqiqat sizni kutyapti. Faqat ko’rgan vaqtingiz ranjitmang. Asahh va lozim...
* * *
To’qqizinchi Muqaddima
Uquli salima yonida muhaqqaqdirki:Xilqatda xayr asl, shar esa taba'idir. Xayr kulliy, shar juz'iydir.Shunday ko’rinadiki:
Olamning har bir turiga doir bir fan tashakkul etgan va etyapti. Fan esa qavoidi kulliyadan iboratdir. Kulliyati qoida esa u turda bo’lgan husni intizomiga kashshofdir. Demak, jami' funun, husni intizomga bittadan shohidi sodiqdir. Ha, kulliyat intizomga dalildir. Zero bir narsada intizom bo’lmasa, hukm kulliyati bilan jarayon etolmaydi. Ko’p istisnooti bilan parishon bo’ladi.
Bu shohidlarni tazkiya etgan, nazari hikmat bilan istiqro-i tomdir. Faqat ba'zan intizom ko’rilmaydi. Chunki doirasi ufqi nazardan yanada keng, tamoman tasavvur va ihota qilinmagani uchun, nizomning tasviri bemisoli o’zini ko’rsatolmaydi.
Shunga binoan, umum fununning shahodatlari bilan va nazari hikmatdan nash'at etgan istiqro-i tomning tasdiqi bilan sobitdirki: Xilqati olamda maqsudi bizzot va g’olibi mutlaq, yolg’iz husn va xayr va haq va kamoldir. Ammo shar va qubh va botil esa taba'iya va mag’luba va mag’muradirlar. Agar garchi savlat etsalar ham, muvaqqatdir.
Hamda sobitdirki:Akrami xalq, bani Odamdir.Iste'dodi va san'ati bunga shohiddir. Hamda bani Odamning eng ashrafi, ahli haq va haqiqat bo’lgan haqiqiy Musulmonlardir. Haqoiqi Islomiyat bunga shahodat qilgani kabi, istiqbolning vuqu'oti ham tasdiq qiladi.
Hamda sobitdirki:Akmali kull, Muhammaddir (alayhissalotu vassalam).Mo’'jizoti va axloqi komilasi shahodat qilgani kabi, muhaqqiqiyni navi bashar ham tasdiq etadilar. Hatto a'dasi ham tan oladi va olishga majburdirlar.
Qachonki bu bunday, shu shunday va u undaydir. Ajabo, navi bashar shaqovati bilan u fununlarning shahodatini jarh va istiqro-i tomni naqz va ibtol va mashiati Ilohiyasining qarshisida tamarrud, taannudga muqtadir bo’ladimi? Kallo, muqtadir bo’lmaydi va bo’lolmaydi. Odil va Hakimi Mutlaqning Rahmon va Rahim ismi bilan qasam ichaman:Navi bashar, shar va qubh va botilni zahmatsiz, ya'ni bisalamatil amr bilan hazm qilolmaydi. Hamda hikmati Ilohiya muso'ada etmaydi.
Ha, huquqi umumiya-i koinotga jinoyat qilgan avf etilmaydi, rohi adam berilmaydi. Ha, minglab yil sharning g’alabasi yolg’iz bu dunyoda eng aqal ming yil mag’lubiyati mutlaqa bilan natija beradi. Olami uxroda xayr sharni i'domi abadiy bilan mahkum etadi.
Bo’lmasa olamning muntazama va mukallama va avomiri Ilohiyaga mute'a bo’lgan boshqa anvo' va ajnos; bu parishon va shaqovatchi bo’lgan navi basharni o’zlari ichida qabul qilmasdan, huquqi vujuddan isqot va zulmatxona-i adamga nafiy va vazifa-i xilqatdan tard etib, iqtizo va arzi hol etadilar.
Bu esa butun iste'dodoti bashariyani va olamda saltanat surish va oxiratda saodati abadiyaga mazhar bo’lish uchun mujahhaz etilgan qobiliyati va muyuloti abas va behuda bo’lishni istilzom etadi. Abas esa istiqro-i tomga munaqiz bo’lgani kabi, Sone'-i Hakimning hikmatiga ham muoriz va Nabiyyi Sodiqning hukmiga ham muxolifdir.
Ha, istiqbol bu da'volarning bir qismini tasfiya etadi. Faqat to’lib tasfiyasi esa oxiratda ko’riladi.
Shunday: Shaxslarni inobatga olmasak, nav'iy va umumiy husn va haqning maydoni g’alabasi istiqboldir. Biz o’lsak, millatimiz boqiydir. Qirq yil bilan rozi emasmiz. Eng aqal ming yil g’alabani istaymiz. Lekin ham shaxsiy, ham umumiy, ham juz'iy, ham kulliy bo’lgan husn, haq va xayr va kamolning maydoni g’alabasi va mahkama-i kubrosi; va basharni, boshqa ixvoni bo’lgan koinoti muntazama kabi tanzim va iste'dodi bilan mutanosib tajziya va mukofot bergan, yolg’iz dori oxiratdir. Zero unda haq va adolati mahza tajalliy etadi. Ha, bu tor dunyo basharning javharida mundamij bo’lgan iste'dodoti g’ayri mahduda va abad uchun maxluq bo’lgan muyulot va orzularining unib chiqishiga muso'id emas. Parvarish qilish va tarbiya uchun boshqa olamga yuboriladi.
Insonning javhari buyukdir, mohiyati oliyadir, jinoyati ham azimdir. Intizomi ham muhimdir, boshqa koinotga o’xshamaydi; intizomsiz bo’lolmaydi. Ha, abadga nomzod bo’lgan buyukdir; muhmal qololmaydi, abas bo’lolmaydi. Fano-i mutlaq bilan mahkum bo’lolmaydi. Adami sirfga qocholmaydi. Jahannam og’zini, jannat ham og’ushi nozandoronasini ochib kutyaptilar.
XOTIMA
Islomning va Osiyoning istiqboli uzoqdan g’oyat porloq ko’rinadi. Chunki Osiyoning hokimi avval va oxiri bo’lgan Islomiyatning g’alabasi uchun to’rt-besh muqovamatsuz quvvatlar ittifoq va ittihod etyaptilar.
Birinchi Quvvat:Maorif va madaniyat bilan mujahhaz bo’lgan Islomiyatning quvvati haqiqiyasidir.
Ikkinchisi:Takammuli mabadiy va vasoit bilan mujahhaz bo’lgan ehtiyoji shadiddir.
Uchinchisi:Osiyoni g’oyat safolatda, boshqa yerlarni nihoyat rafohatda ko’rishdan nash'at etgan tanabbuhi tom va tayaqquzi komil bilan mujahhaz bo’lgan hasad va raqobat va kini muzmardir.
To’rtinchisi:Ahli tavhidning dasturi bo’lgan tavhidi kalima va zaminning xususiyati bo’lgan i'tidol va ta'dili mizoj va zamonning ziyosi bo’lgan tanavvuri azhan va madaniyatning qonuni bo’lgan talohuqi afkor va badaviyatning lozimi bo’lgan salomati fitrat va zaruratning samarasi bo’lgan yengillik va jur'ati tashabbus bilan mujahhaz bo’lgan iste'dodi fitriydir.
Beshinchisi:Bu zamonda moddatan taraqqiyga mutavaqqif bo’lgan i'loyi kalimatulloh, Islomiyatning amri bilan va zamonning iljooti bilan va faqri shadidning ijbori bilan va orzularni o’ldirgan ya'sning o’lishi bilan hayot topgan umid bilan mujahhaz bo’lgan orzuyi madaniyat va mayli tajadduddir.
Va bu quvvatlarga yordam berish uchun ajonib ichiga ixtilol bergan va madaniyatlarni keksaytirgan, masavi-i madaniyatning mahosiniga g’alabasidir va sa'yning safohatga adami kifoyatidir.
Buning ikki sababi bordir:
Birinchisi:Din va fazilatni dasturi madaniyat qilmaslikdan nash'at etgan muso'ada-i safohat va muvofaqati shahvati nafsdir.
Ikkinchisi:Hubbush shahavot va diyonatsizlikning natijasi bo’lgan marhamatsizlikdan nash'at etgan maishatdagi mudhish musovotsizlikdir.
Ha, shu diyonatsizlik Ovrupa madaniyatining asl mohiyatini shunday chalkashtirganki, natijada firoqi fasodiya va ixtiloliyani tavlid etgan. Farazan hablul matini Islomiya va saddi Zulqarnayn kabi shariati g’arraning haqiqatiga iltijo va tahassun etilmasa, bu firoqi fasodiya ularning olami madaniyatlarini chil-parchin qiladi. Qandayki hozirdan tahdid etyapti.
Ajabo, haqiqati Islomiyaning minglab masoilidan yolg’iz zakot masalasi dasturi madaniyat va muovanat bo’lsa, bu baloga va ilonning uyasi bo’lgan maishatdagi mudhish musovotsizlikka davo-i shofiy bo’lmaydimi? Ha, eng mukammal va buzilmas bir davo bo’ladi.
Agar deyilsa:Hozirga qadar Ovrupani g’olib ettirgan sabab, bundan so’ngra nima uchun g’olib qilmasin?
Javob:Bu kitobning muqaddimasini mutolaa et. So’ngra shunga ham diqqat et. Sababi taraqqiysi, hamma narsani kech olish va kech qo’yib yuborish va matonat sha'nida bo’lgan burudati mamlakat va makon va maskanning torligi va yashovchilarning kasratidan nash'at etgan fikri ma'rifat va orzuyi san'at va dengiz va ma'dan va boshqa vasoitning muso'adasi bilan hosil bo’lgan taovun va talohuq edi. Faqat hozir takammuli vasoiti naqliya bilan olam bir shahri vohid hukmiga o’tgani kabi, matbuot va telegraf kabi vasoiti muxobara va mudovala bilan ahli dunyo bir majlisning ahli hukmidadir.
Valhosil: Ularning yuklari og’ir, bizniki yengil bo’lganidan, yetishib o’tamiz. Agar tavfiq rafiq bo’lsa...
XOTIMANING XOTIMASI
Osiyoning baxtini, Islomiyatning toleini ochadigan yolg’iz mashrutiyat va hurriyatdir. Faqat shariati g’arraning tarbiyasida qolish sharti bilan...
Tanbeh:
Mahosini madaniyat deyilgan ishlar, shariatning boshqa shaklga o’girilgan bittadan masalasidir.
* * *
O’ninchi Muqaddima
Bir kalomda, har fahmga kelgan narsalarda mutakallim muoxaza etilmaydi. Zero masuqi lahul kalomdan boshqa mafhumlar iroda bilan daruhda etadi. Iroda etmasa, i'tob etilmaydi. Faqat g’oya va maqsadga mutlaqo zamindir.
Fanni bayonda muqarrardir: Sidq va kizb mutakallimning qasd va g’oyasining orqasida ketadilar. Demak, maqsud va misoqi kalomda bo’lgan muoxaza va tanqid mutakallimga oiddir. Faqat kalomning mustatba'oti ta'bir qilingan talvihot va talmihotida va suvari ma'oniy va tarzi ifoda va ma'oniyi ula ta'bir qilingan vasoil va uslub g’oyasida bo’lgan gunoh va muoxaza, mutakallimning zimmatida emas, balki urf va odatga va qabuli umumiyga oiddir. Zero tafhim uchun qabuli umumiy va urf ehtirom qilinadi.
Hamda agar hikoya bo’lsa, xalal va xato maxkiyyun anhga oiddir.
Ha, mutakallim suvar va mustatba'otda muoxaza etilmaydi. Zero ularga qo’l urish, samarotini olish uchun emas. Balki yanada yuqori maqosidning shoxlariga chiqish uchundir.
Agar istasang, kinoiy narsalarga diqqat qil. Masalan "Falonchaning qilichining bandi uzun" va "Kuli ko’p" deyilgan vaqt, u odam uzun va saxiydir... Kul va qilichi umuman bo’lmasa ham, kalom sodiqdir.
Agar istasang, misol va musuli faraziyaga diqqat qil. Ko’rasan: Ishtihordan nash'at etgan qiymat va quvvat bilan mudovala-i afkor va aqllar orasida saforatga musta'id bo’ladilar. Hatto Masnaviy sohibi va Sa'di-i Sheroziy kabi eng to’g’ri muallif va eng muhaqqiq hakim, u musuli faraziyani istihdom va iste'mol etganlaridan, mushahhat ko’rmaganlar.
Agar bu sir senga ko’ringan va yorishgan bo’lsa: Shamingni undan yondir, qissot va hikoyotning burchaklariga ket. Zero juzda joriy bo’lgan, ba'zan kullda ham joriy bo’lishi mumkin.
Tanbeh:
Uchinchi Maqolada mushkulot va mutashabehoti Qur'oniyaga doir bir qoida keladi. Iqtizoyi maqom bilan hozircha bir nabzasini zikr qilamiz.
Shunday: Qachonki Kitobi Hakimdan maqsudi ahamm, aksariyatni tashkil qilgan jumhurning irshodi edi. Chunki xoslar avomning maslagidan istifoda eta oladi. Faqat avom esa xoslarga xitob qilingan kalomni haqqi bilan fahm etolmaydilar. Holbuki ko’pchilik esa, aksari avom va avom esa ma'lufot va mutaxayyolotidan tajarrud etib haqiqati mahza va mujarradoti sirfani yalang’och holda ko’rolmaydilar. Faqat ko’rishlarni ta'min qiladigan yolg’iz zehnlarining ta'nisi uchun ma'luf bo’lgan ziyy va libos bilan mujarradot arzi adnom etishdir. Toki mujarradotni suvari xayoliya orqasida tomosha qilish bilan ko’rib tanisin. Shunday ekan, haqiqati mahza ma'luflarini kiyadi. Faqat suratga hasri nazar etmaslik kerak.
Bu sirga binoan: Asolibi Arabda uquli basharga bo’lgan tanazzuloti Ilohiya ta'bir qilingan muro'ati afhom va mumashati azhon Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonda jarayon etdi.
Azjumla:
فَاسْتَوٰى عَلَى الْعَرْشِ
va
يَدُ اللّٰهِ فَوْقَ اَيْد۪يهِمْ
va
جَٓاءَ رَبُّكَ
va amsoli... Hamda
تَغْرُبُ (الشَّمْسُ) ف۪ى عَيْنٍ حَمِئَةٍ
va ashbahi... Hamda
وَ الشَّمْسُ تَجْر۪ى لِمُسْتَقَرٍّ
va nazoiri bu uslubga bittadan majradir.
ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ف۪يهِ
XOTIMA
Sa'b bo’lgan bir kalomning ig’loq va ishkali, yo lafz va uslubning parishonligidan nash'at etadi -bu qism Qur'oni Vazih-ul Bayonga yaqinlashmagandir- yoki ma'noning daqiq, chuqur yoki qiymatdor yoki g’ayri ma'luf, g’ayri mabzulligidan go’yo fahmga qarshi nozlanish va shavqni orttirish uchun o’zini ko’rsatmaslikni va qiymat va ahamiyat berishni istaydi; mushkuloti Qur'oniya bu qismdandir.
Tanbeh:
Hadisi sharifda vorid bo’lgani kabi, har oyatning bittadan zohir va botin va har zohir va botinning bittadan hadd va muttala'i va har hadd va muttala'ning ko’p shujun va g’usuni bor.
Ulumi Islomiya bunga shohiddir.
Bu marotibning har birining bittadan darajasi, bittadan qiymati, bittadan maqomi bor; tamyiz lozim.
Ammo tazohum yo’q. Faqat ishtibok ishtibohni intoj etadi. Qandayki sabablar doirasi aqoid doirasiga aralashtirilsa; yo tavakkal nomi bilan bir batolat yoki muro'ati asbob nomi bilan bir I'tizolni intoj etadi. Xuddi shuning kabi, davoir va marotib tafriq qilinmasa, shunday natijalarni beradi.
* * *
O’n Birinchi Muqaddima
Kalomi vohidda ahkomi mutaaddida bo’lishi mumkin. Bir sadaf ko’p javohirni tazammun etishi mumkin.
Zavil-albob tomonidan muqarrardir: Qoziya-i vohida mutaaddid qozoyoni tazammun etadi. U qoziyalarning har biri boshqa bittadan ma'dandan chiqqani kabi, boshqa-boshqa samara ham beradi. Birini boshqasidan farqlamagan, haqdan begona qoladi.
Masalan, hadisda deyilgan:
اَنَا وَ السَّاعَةُ كَهٰذَيْنِ
Ya'ni: Men va qiyomat bu ikki barmoq kabimiz. Mobaynimizda tavassut etadigan payg’ambar yo’q. Yoki hadisning murodi nima bo’lsa, haqdir. Hozir bu hadis uch qoziyani o’z ichiga olgan:
Birinchisi:Bu kalom payg’ambarning kalomidir. Bu qoziya esa tavoturning -agar bo’lsa- natijasidir.
Ikkinchisi:Kalomning ma'noyi murodi haq va sodiqdir. Bu qoziya esa mo’'jizalardan tavallud etgan burhonning natijasidir.
Bu ikkisida ittifoq etish kerak. Faqat birinchisini inkor qilgan; mukabir, kozib bo’ladi. Ikkinchisini inkor qilgan odam zalolatga ketadi, zulmatga tushadi.
Uchinchi qoziya:Bu kalomda murod budir. Va bu sadafda bo’lgan javhar budir, men ko’rsatyapman. Bu qoziya esa tashahhiy bilan emas, ijtihodning natijasidir. Zotan mujtahid bo’lgan boshqa mujtahidning taqlidiga mukallaf emas. Bu uchinchi qoziyada ixtilofot favaron etadi. Qiylu qol bunga shohiddir. Buni inkor etgan odam agar ijtihod bilan bo’lsa, na mukabirdir va na kufrga ketadi. Zero a'mm bir xosning intifosi bilan muntafiy emas.
Shunga binoan, har uyga o’z eshigi bilan kirish lozim. Zero har uyning bir eshigi bor. Va har qulfning bir kaliti bor...
XOTIMA
Bu uch qoziya hadisda jarayoni kabi oyatda ham jarayon etadi. Zero umumiydir. Faqat qoziya-i ulada bir farqi daqiq bor. Va bundan boshqa, bir kalomda ko’p ahkomi zimniya bo’ladi. Faqat xususiydir. Har biri boshqa bir asos, boshqa bir samarasi bo’lishi mumkin.
Tanbeh:
Iltizomi xilof va taassubi barid va mayl-ut tafavvuq va hissi tarafdorlik va vahmini bir asosga irjo' bilan o’ziga uzrli ko’rsatish, orzusiga muvofiq bo’lgan zaif narsalarni qoviy ko’rish va g’ayrning tanqisi bilan o’z kamolini ko’rsatish va g’ayrni takzib yoki tazlil etish bilan o’zining sidq va istiqomatini e'lon qilish kabi safil va sufliy ishlarning mansha'i bo’lgan hubbu nafs bilan bunday maqomlarda mug’olata etib ko’p bahonalar topishi mumkin.
وَ اِلَى اللّٰهِ الْمُشْتَكٰى
* * *
O’n Ikkinchi Muqaddima
Mag’zni topmagan, po’choq bilan mashg’ul bo’ladi. Haqiqatni tanimagan, xayolotga tushadi. Siroti mustaqimni ko’rolmagan, ifrot va tafritga tushadi. Muvozanasiz va mezonsiz bo’lgan ko’p aldanadi, aldaydi.
Zohirparastlarni aldagan sabab: Qissaning hissa bilan munosabati va muqaddimaning maqsud bilan zehnda muqoranati, vujudi xorijiyda bo’lgan muqoranat bilan iltibos etilishidir. Bu nuqtaga diqqat et, keyin muhtoj bo’lasan.
Hamda ixtilolotni tavlid etgan, ixtilofotni iqo' etgan, xurofotni ijod etgan, mubolag’otni intoj etgan sabablarning biri va balki eng birinchisi, xilqatda bo’lgan husn va azamat va ulviyatga adami qanoatdir. Xosho zavqi fosidasi bilan istixfofi nizom etishdir.
Holbuki aql va hikmat nazarlarida har biri qudratning eng bahir mo’'jizalaridan bo’lgan haqoiqi olamda bo’lgan husni intizom va kamol va ulviyat shu daraja dasti hikmat bilan naqsh bo’lganki: Butun xayolparastlarning va mubolag’achilarning xayollaridan o’tgan horiquloda husn va kamolga nisbat qilinsa, u horiquloda xayollar g’oyat oddiy va u odatulloh g’oyat horiquloda bir husn va hashmat ko’rsatadi.
Faqat jahli murakkabning singlisi va nazari sathiyning onasi bo’lgan ulfat, mubolag’achilarning ko’zlarini yopgan. Bunday ko’zlarni ochish uchundir: Ma'luf bo’lgan ofoq va anfusda diqqati nazarga Kitobi Hakim amr qiladi.
Ha, ko’zlarni ochgan yolg’iz nujumi Qur'oniyadir. Shunday nujumi saqibadirlarki: Johillikning zulmini va nazari sathiyning zulumotini daf etganlari kabi; oyoti bayyinot yadi bayzo bilan ulfat va sathiyatning hijoblarini va zohirparastlikning pardasini parcha-parcha qilib, uqulni ofoq va anfusning haqoiqiga tavjih etib irshod etganlar.
Hamda mayl-ul mubolag’ani tavlid etgan, basharning o’z maylini quvvadan fe'lga chiqarishiga mayaloni fitriyasidir. Zero mayllardan birisi, hayrat beradigan ajib narsalarni ko’rishga va ko’rsatishga va tajaddudga va ijodga bo’lgan maylidir.
Bunga binoan, qachon bashar nazari sathiy bilan koinot idishlarida ulfat qopqog’i ostida bo’lgan g’ido-i ruhoniyni zavq etolmaganidan, idishni va qopqoqni yalash bilan zerikish va qanoatsizlik va horiqulodaga mayl va xayolotga ishtihadan boshqa natija bermaganidan, mayli horiquloda bilan yo tajaddud yoki tarvij uchun mayl-ul mubolag’a tavallud etadi.
U mubolag’a esa tog’ teppasida bir qor to’pi kabi dumalab xayolning yuksak cho’qqisidan lisonga qadar yumalasa, so’ngra lisondan lisonga dumalab borarkan, o’z haqiqatining ko’p parchalarini tarqatish bilan barobar, har lisondan mayl-ul mubolag’a bilan ko’p xayolotni o’ziga to’playdi, ko’chki kabi kattalashadi. Hatto qalbda emas, balki quloqda, balki xayolda ham joylasholmaydi.
So’ngra bir nazari haq keladi, uni tajrid etish bilan yalang’och qilib tobelarni tarqatib asliga irjo' etadi. "Haq keladi, botil o’ladi" sirri ham zohir bo’ladi.
Azjumla:
Shu kunlarda bir hikoya bunga misol bo’lishi mumkin: Faxr bo’lmasin, zamoni sabovatimdan beri ussul asosi maslagim; ifrot va tafrit bilan haqoiqi Islomiyatga surtilgan dog’larni tozalamoq va u olmos kabi haqiqatlariga sayqal berish edi. Bu maslagimga tarixi hayotim juda ko’p vuqu'oti bilan shahodat qiladi. Shu bilan birga, shu kunlarda kuraviyati arz kabi badihiy bir masalani zikr qildim. U masalaga munosabatdor bo’lgan masoili diniyani tatbiq va tavfiq etib dushmanlarning e'tirozotini va muhibbi dinning vasvasalarini daf qildim. Qandayki masoilda mufassalan keladi.
So’ngra g’ulyoboniy kabi xayolotga o’rgangan zohirparastlarning miyalari qabul etmaydigandek ko’rindilar. Faqat asl sabab boshqa g’oya bo’lishi kerak. Go’yo ko’z yumish bilan kunni tun yoki puflash bilan quyoshni so’ndirishga ehtimol berish kabi bir harakati majnunonada edilar. Go’yo ularning fikricha kuraviyati arzga hukm qilgan, dinda ko’p masoilga muxolafat etadi. Uni bahona qilib ulkan bir iftiro qildilar.
O’sha darajada qolmadi. Vasvasali zehnlari, iftironing kattalashishiga muso'id bir zamin topganlaridan, iftironi shu daraja kattalashtirishdiki, ahli diyonatning haqiqatdan jigarlarini dog’dor va ahli hamiyatni gardi taraqqiyotidan ma'yus etdilar.
Lekin bu hol ulkan bir darsdir. Meni iqoz etdiki: Johil do’st dushman qadar zarar berishi mumkin. Shunday ekan, hozirgacha yolg’iz dushmanning tarafiga qarab qo’ldagi olmos qilich bilan ularning tafritlarini sindirardim; lekin hozir majburman: Unday do’stlarning tarbiyalari uchun ularning avomparastona va ifrotkorona xayolotlariga u qilichni bir daraja tekkizaman.
Agar garchi bunday shaxsiy narsalarning bunday mabohisotda zikrlari lozim emas. Lekin shaxsiyatda qolmadi. Madrasalarning hayotlariga taalluq etadigan bir masala-i umumiy hukmiga o’tdi. U zohirparastlar amin bo’lsinlarki, sa'ylari behudadir. Hozirga qadar bunday avomparastona safsatalar bilan bizni johil qoldirdilar. Bundan keyin bizni johil qoldirish bilan jaholatimizdan istifoda etishni isyatdilar. Mumkin emas va bo’lolmaydi, madrasalar tiriladi vassalom...
Hamda zohiriyyunning afkorini chalkashtirgan va xayolotini intizomdan chiqargan, sidqi anbiyoning daloili yolg’iz horiqulodalarda munxasir bo’lganlarini e'tiqod etishlaridir. Hamda Payg’ambarimizning hamma holi yoki aksariyati horiqo bo’lishiga e'tibor qilishlaridir. Bu esa vujud muso'ada etmagani uchun mutaxayyolotlari intizom topolmaydi. Holbuki bunday e'tiqod; sirri hikmati Ilohiyadan va xilqati olamda joriy bo’lgan qavonini Ilohiyaga payg’ambarlarning taslim va ittibolaridan g’aflat, juda ulkan bir g’aflatning natijasidir.
Ha, Payg’ambarimizning har bir hol va harakati, sidqiga dalolat va haqqa tamassukiga shahodat qilish bilan barobar, Payga’mbar ham odatullohga ittibo va inqiyod etadi... Maqola-i Solisada bu sirga tanbeh etiladi.
Hamda horiqulodaning izhori, tasdiqi nubuvvat uchundir. Tasdiq esa, zohir bo’lgan mo’'jizoti bilan, akmali vajh bilan hosil bo’lishi mumkin. Agar ehtiyojdan ortiq horiqo bo’lsa, yo abasdir yoki sirri taklifga munofiydir. Zero taklif, nazariy bo’lgan narsada bir imtihondir. Badihiyot yoki badohatga yaqin bo’lgan narsalarda adno a'lo bilan musoviy bo’lishi mumkin. Va yoxud jarayoni hikmatning sirriga taslim va itoatga muxolifdir. Holbuki payg’ambarlar harkasdan ziyoda ubudiyat va taslimga mukallafdirlar.
Ey shu parishon so’zlarimga nazar etgan tolibi haq!.. Sening mohiyatingda ekilgan muyulot shu O’n Ikki Muqaddimada sukuni bilan barobar jarayon etgan shamsi haqiqatning ziyosi bilan nashvu namo topib gullar ochadi...
XOTIMA
Sayyid bo’lmagan "sayyidman" va sayyid bo’lgan "sayyid emasman" degan, ikkisi ham gunohkor va duxul bilan xuruj harom bo’lganlari kabi.. hadis va Qur'onda ham ziyoda yoki nuqson etish mamnu'dir. Faqat ziyoda etish, nizomni buzgani va vahmga eshik ochgani uchun zararliroqdir. Nuqsonga johillik bir daraja uzrli bo’ladi. Faqat ziyoda etish, ilm bilan bo’ladi. Olim bo’lgan ma'ruz emasdir. Shuning kabi, dindan bir narsani fasl yoki bo’lmaganni vasl etish, ikkisi ham joiz emasdir. Balki hikoyotning mislari va Isroiliyotning muzaxrafoti va tashbehotning mumavvahati olmosi aqidaga, javhari shariatga, durari ahkomga idxol etish; qiymatini yanada ziyoda tanzil va mutaharri-i haqiqat bo’lgan mushtariyini yanada ziyoda tanfir va pushaymon qiladi.
XOTIMANING XOTIMASI
Bir odam musta'id va qobil bo’lgan narsasini tark va ahil bo’lmagan narsaga tashabbus etishi, shariati xilqatga buyuk bir itoatsizlikdir. Zero shoni shuki; iste'dodi san'atda intishor va tadoxul va san'atning maqoyisiga ehtirom va muhabbat va navomisiga tamassul va imtisol.. alhosil, fano fis-san'at bo’lishdir.
Vazifa-i xilqat bu ekan, bu qonunga rioya qilmaslik bilan san'atning surati loyiqasini tag’yir etadi va navomisini ranjitadi. Va asl musta'id bo’lgan san'atga bo’lgan mayli bilan, tashabbus etgan g’ayri tabiiy san'atning suratini xunuk qiladi. Zero bilquvva bo’lgan mayl va bilfe'l bo’lgan san'atning imtizojsizligi uchun bir chalkashlik bo’ladi.
Bu sirga binoan juda ko’p odam mayl-ul og’alik va mayl-ul amiriyat va mayl-ut tafavvuq bilan mutahakkim yashashni istaganidan, ilmning shonida bo’lgan tashviq va irshod va nasihat va lutfni tark etib, o’z istibdod va tafavvuqiga vasila-i jabr va ta'nif etadi. Ilmga xizmatga badal, ilmni istihdom etadi. Bunga binoan, vazoif ahil bo’lmaganning qo’llariga o’tdi. Xususan madoris bu bilan indirosga yuz tutdi.
Bunga chora-i yagona: Doira-i vohidaning hukmida bo’lgan mudarrislarni, dor-ul funun kabi ko’p davoirga tabdil va tartib etishdir. Toki harkas savqi insoniysi bilan haqqiga ketish bilan, hikmati azaliyaning amri ma'naviysini mayli fitriysi bilan imtisol etib qoida-i taqsim-ul a'molga tatbiq etilsin.
Tanbeh:
Ulumi madorisning tadanniysiga va majrayi tabiiydan yuz burishiga bir sababi muhim shu: Ulumi aliya اٰلِيَه maqsudi bizzot qatoriga o’tganidan, ulumi oliya عَالِيَه muhmal qolgani kabi, libosi ma'no hukmida bo’lgan ibora-i Arabiyaning tugatilishi azhonni zabt etib, asl maqsud bo’lgan ilm esa taba'i qolish bilan barobar, iboralari bir daraja mabzul bo’lgan va silsila-i tahsilga rasman o’tgan kitoblar; avqot, afkorni o’ziga hasr etib, xorijga chiqishiga yo’l bermasliklaridir.
***
Ey birodari vijdon! O’ylayman: Hozir shu muqaddimot ustiga tarattub etadigan kutubi salosani, qanday mohiyatda bo’lganlarini ko’rishni istaysan, faqat biroz sabr qil. Hozircha senga bir mavzu aytamanki: U kutubning bir zamini ijmoliyini, ta'biri digar bilan kichik bir fotosuratini yoki ijmoliy bir xaritasini tashkil etadi. Hamda u kutubda sakkiz-to’qqiz masalani shoshilib senga taqdim etaman. Uchinchi Maqoladan so’ng, agar mashiati Ilohiya taalluq etsa, va tavfiqi Rabboniy rafiq bo’lsa, tafsilotini zikr qilish fikridaman. Xullas, mavzu va zamin shu:
Qur'on ko’rsatgan vasoili bilan, to’g’ri hikmatning quvvati bilan, bir sayri ruhoniy o’laroq samovotning ulumlariga chiqaman. Toki u yerdan tomosha qilib ko’ramizki: Kura-i arz shar yoki to’p yoki pildiroq yoki sopqon toshi kabi Sone'-i Hakim dasti qudrat bilan aylantirib otyapti. Toki parcha-parcha qilib yanada yaxshisiga tabdil etishini nazari hikmat bilan ko’ramiz.
So’ngra esa samovotdan osilib javvdan o’tamiz. Tadrijan, beshigimiz bo’lgan va basharning yotib, istirohat qilishi uchun Xoliqi Rahmon, sathini to’shab muhayyo va mumahhad etgan kura-i arzga tushamiz.
So’ngra esa bashar, bolaligidan chiqqani kabi, beshigini tashlab xarob qilish bilan basharni saodat-saroyi abadiyaga yuborilishini nazari diqqat bilan tomosha qilamiz.
Buni to’liq tomosha etganimizdan so’ng, zamon va makon bilan muqayyad bo’lmagan sayri ruhoniy bilan zamoni moziy qit'asiga kirib abno-i jinsimiz bo’lgan abno-i moziy bilan sayyola-i barqiya-i tarixiya bilan muxobara etamiz. U mag’ribi ixtifoning burchagida sodir bo’lgan hodisotni o’rganib, undan fikr uchun bir poyezd qilamiz.
So’ngra qaytib kelish sharti bilan abno-i jinsimizni ziyorat va istiqbol uchun saodatning fajri sodiqini uzoqdan ko’rish va ko’rsatish bilan mashriqi istiqbolga mutavajjih bo’lib taraqqiy poyezdiga va tavfiq deyilgan safina-i sa'yga minib, qo’llarimizdagi burhonning misbohi bilan u bidoyati qorong’i ko’ringan, lekin orqasi g’oyat porloq bo’lgan zamonga dohil bo’lamiz. Toki abno-i mustaqbal bilan musofaha etib saodatlarini tabriklaymiz...
Xullas, bu kichik fotosuratda shunday bir chiroyli rasm mundamijdirki, kelajakda tahrir bilan senga ko’rinadi. Hozir bu zaminda kutubi mazburaning shajaralari tanabbut va maqoloti salosaning jadovili bilan sug’oriladi.
Ey birodar! Sening qo’lingni tutib xazina-i haqoiqqa etishdan avval, va'da berganim bir necha masala bilan shoshib basari basiratingizga g’ishavat va parda bo’lgan xayolotni daf qilaman. Unday xayolot, g’ulyoboniy kabi qo’llari bilan sening ko’zingni yulib oladi, ko’ksingga uradi, seni taxvif etadi. Aytaylik, ko’rsatsa ham nurni nor, durrni madarr qilib ko’rsatadi. U xayolotdan saqlan! Sening vasvasalaringning eng katta mansha'i, kuraviyatga taalluq etgan bir necha masaladir. Azjumla: Savr va Hut va Qof Tog’i va Saddi Zulqarnayn va jibalning avtadiyatlari
va yer ostida jahannamning yerini tayin etish va دَحٰيهَا va سُطِحَتْ va اَلشَّمْسُ تَجْر۪ى لِمُسْتَقَرٍّ va
يُنَزِّلُ مِنَ السَّمَٓاءِ مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ
kabi masoildir. Haqiqatlarini bayon qilaman; toki din dushmanlarining ko’zlari yumilsin va do’stlarining ko’zlari ham ochilsin. Xullas boshlayman:
* * *
Birinchi Masala
Sening munsif bo’lgan zehningga ma'lumki: Kuraviyati arz va yerning dumaloqligiga; muhaqqiqiyni Islom -ittifoqi sukutiy bilan bo’lsa ham- ittifoq etganlar.
Agar shubhang bo’lsa "Maqosid" va "Mavoqif"ga bor, maqsadga vuquf va ittilo' paydo qilasan va ko’rasan: Sa'd va Sayyid to’p kabi kurani qo’llarida ushlashgan, har tarafini tomosha qilyaptilar.
Agar u eshik senga ochilmagan bo’lsa; "Mafotih-ul G’ayb" bo’lgan Imom Roziyning keng tafsiriga kir va seriri tadrisda u dohiy imomning halqa-i darsida o’tir, darsini tingla.
Agar u bilan mutmain bo’lmagan bo’lsang; arzni kuraviyat idishiga sig’dira olmagan bo’lsang; Ibrohim Haqqining orqasidan ket, Hujjat-ul Islom bo’lgan Imom G’azzoliyning yoniga bor, fatvo ista... Deki: "Kuraviyatda mushahhat bormi?" Albatta deydi: "Qabul qilmasang, mushahhat bor." Zero o’z zamonidan shunday bir fatvo bergan: "Kim kuraviyati arz kabi burhoni qat'iy bilan sobit bo’lgan bir masalani, dinni himoya bahonasi bilan inkor va rad etsa; dinga jinoyati azim qilgan bo’ladi. Zero bu, sadoqat emas, xiyonatdir."
Agar ummiy bo’lib, fatvoni o’qiy olmasang, bizning hamasrimiz va fikran birodarimiz bo’lgan Husayn Jisriyning so’zini tingla!.. Zero baland ovoz bilan munkiri kuraviyatni tahdid etgani kabi, haqiqat quvvati bilan parvosiz bo’lib deydi: "Kim dinga istinod bilan himoya yo’lida mudavvariyati arzni inkor qiladigan bo’lsa, sodiqi ahmoqdir, aduvvi shadiddan ham ko’proq zarar bergan bo’ladi."
Agar bu baland ovoz bilan sening uxlab qolgan fikri haqiqating uyqudan turmagan bo’lsa va ko’zing ham ochilmagan bo’lsa, Ibn Humam va Faxr-ul Islom kabi zotlarning qo’llarini tut, Imom Shofe'iyga bor, istifta et, deki:
"Shariatda bor: Bir vaqtda besh vaqtning namozi o’qiladi. Hamda bir qavm bor, xufton namozlarining vaqti ba'zi vaqtda yo’q. Hamda bir qavm bor, quyosh kunlab g’urub va tunlab tulu' etmaydi, u yerdagilar qanday ro’za tutadilar?"
Hamda istifsor etki: "Shartning ta'rifi shar'iysi bo’lgan boshqa arkonga muqorin bo’lgan narsadir. Qanday qilib namozda shart bo’lgan istiqboli qiblaga inqilob etadi. Holbuki yolg’iz qiyom va yarim qu'udda muqoranat bor?"
Amin bo’l, Imom Shofe'iy masala-i ulani sharqdan va g’arbdan o’tgan doiraning mudavvariyati bilan tasvir etadi. Ikkinchi va uchinchi masalani ham janubdan shimolga mumtad bo’lgan doiraning muqavvasiyati bilan tatbiq etadi. Burhoni aqliy kabi javob beradi.
Hamda qibla masalasida deydi: "Qibla va Ka'ba shunday bir amudi nuroniydirki; samovotni arshga qadar taqqan va nazm etib kura-i arzning tabaqotini farshga qadar teshib koinotning muntazam bir amudi nuroniysi bo’lgandir. Agar g’ito va parda kashf qilinsa, xatti shokuli bilan sening ko’zingning shuasi, namozning har bir harakatida ayni qibla bilan yuzlanadi va musofaha etadi."
Ey birodar! Agar sen men o’ylagan odamlardan bo’lsang, ajib xulyalarning olami xayoldan boshqa bir yer topolmaganidan, qiymati yo’q, toki qalbga kira olsin. Sen ham ishonmayapsan, nafsingni ishontirolmayapsan, lekin adashgansan. Agar u xayolotga ochiq va haqiqatga yopiq bo’lgan qalbingizda juda ko’p marta mutaxayyilangizdan da kichik bo’lgan kura-i arz joylashmasa, tavsi'i zehn uchun nazarning ufqini kengaytir. Bir majlis hukmida kun ko’rgan arzning yashovchilarini ko’r, so’ra. Zero uy sohibi uyini biladi. Ularning hammasi mushohada va tavotur bilan bir lison bilan senga aytishadi: "Hoy! Bizning beshigimiz va fazo-i olamda poyezdimiz bo’lgan kuramiz unchalik devona emas. Ajromi ulviyada joriy bo’lgan qoida va qonuni Ilohiydan shuzuz va sarkashlik etmaydi." Hamda daloili mujassama-i musattaha o’laroq xaritalarni ibroz etadi.
Ishorat:
Nizomi xilqati olam deyilgan shariati fitriya-i Ilohiya; mavlaviy kabi jazbaga tushib majzub va musofir bo’lgan kura-i arzga, quyoshga iqtido etgan safbasta yulduzlarning safida turib itoat etishini farz va vojib qilgandir. Zero, zamin samo bilan barobar اَتَيْنَا طَٓائِع۪ينَ deganlar. Toat esa jamoat bilan yanada afzal va yanada ahsandir.
Alhosil:
Sone'-i olam arzni istagani kabi va hikmati iqtizo etgani kabi yaratgandir. Sizning -ey ahli xayol!- tashahhiy bilan istaganingiz kabi yaratmagan, aqllaringizni koinotga muhandis qilmagan.
Tanbeh:
Za'fi aqidaga va yoxud sofistaiy mazhabida bo’lgan maylga; va yoxud hali olmagan, yangi mushtariy bo’lishiga ishorat qilgan ishlarning biri ham "Bu haqiqat dinga munofiydir" bo’lgan kalima-i hamqodir. Zero burhoni qat'iy bilan sobit bo’lgan bir narsani haq va haqiqat bo’lgan dinga muxolif bo’lganiga ehtimol bergan va munafatidan xavf etgan odam xoli emas; yo aqlida bir sofistaiy yashiringan, chalkashtiryapti va yoxud qalbini teshib bir muvasvis saqlangan, ixtilol etyapti va yoxud qaytadan dinga mushtariy bo’lgan, tanqid bilan olishni istayapti.
* * *
Ikkinchi Masala
Pushida bo’lmasin, Savr va Hutning qissa-i mashhurasi Islomiyatning daxil va tufayliysidir. Roviysi bilan barobar musulmon bo’lgan. Istasang Muqaddima-i Solisaga ket, ko’rasan; qaysi eshikdan doira-i Islomiyatga dohil bo’lgan. Ammo Ibn Abbosga bo’lgan nisbatning ittisoli esa, To’rtinchi Muqaddimaning oynasiga qara, u ilhoqning sirrini ko’rasan. Bundan so’ngra marvidir: "Arz savr va hut ustidadir." Hadis sifatida rivoyat qilinadi.
Avvalo:Taslim etmaymizki, hadisdir. Zero Isroiliyotning nishoni bor.
Soniyan:Hadis bo’lsa ham, za'fi ittisol uchun yolg’iz taxminni ifoda qilgan ahaddandir. Aqidaga dohil bo’lmaydi, zero yaqiyn shartdir.
Solisan:Mutavotir va qat'iyyul-matin bo’lsa ham, qat'iyyud-dalolat emasdir. Agar istasang, Beshinchi Muqaddimaga murojaat bilan, O’n Birinchi Muqaddima bilan mushovara et! Xayolot zohirparastlarni qanday havolantirganini ko’rasan.
Bu hadisni mahamili sahihadan o’girishgan. Xullas, vujuhi sahiha uchdir:
Qandayki Savr va Nasir va Inson va boshqasi bilan musammo bo’lgan hamala-i arsh, maloikadir. Bu Savr va Hut ham shunday ikki maloikadir. Bo’lmasa arshi a'zamni maloikaga; kurani, kura kabi himmatga muhtoj bo’lgan bir ho’kizga tahmil etish, nizomi olamga munofiydir.
Hamda lisoni shariatda eshitiladi: Har bir turga maxsus va u turga munosib bir malaki muakkal bor. Bu munosabatga binoan, u malak u turning ismi bilan musammo, balki olami maloikada uning surati bilan mutamassil bo’ladi. Hadis o’laroq eshitiladi: "Har oqshom quyosh arshga boradi, sajda qiladi. Ruxsat oladi, so’ngra keladi." Ha, shamsga muakkal bo’lgan malak; ismi Shams, misoli ham shamsdir. O’sha ketadi, keladi.
Hamda hukamo-i Ilohiyyun nazdida har bir tur uchun hayy va notiq va afrodga imdod beruvchi va mustamiddi bir mohiyati mujarrada bor. Lisoni shariatda malak-ul jibal va malak-ul bihar va malak-ul amtar kabi ismlar bilan ta'bir qilinadi. Faqat ta'siri haqiqiylari yo’qdir. Muassiri haqiqiy yolg’iz Zoti Aqdasdir.
اِذْ لَا مُؤَثِّرَ فِى الْكَوْنِ اِلَّا اللّٰهُ
Zohiriy sabablarning qo’yilishidagi hikmat esa: Izhori izzat va saltanat ta'bir qilingan, dasti qudrat pardasiz sabablar doirasiga mun'atif bo’lgan nazarga qarshi, zohiran qiymatsiz ishlar bilan mubosharat va mulobasati ko’rilmayapti. Faqat doira-i aqida deyilgan haq va malakutiyatda hamma narsa ulviydir. Dasti qudratning pardasiz mubosharati izzatga munosibdir.
ذٰلِكَ تَقْد۪يرُ الْعَز۪يزِ الْعَل۪يمِ
Ikkinchi mahmil:
Savr, obodonchilik va ziroati arzning eng katta vositasi bo’lgan ho’kizdir. Hut esa, ahli savohilning, balki juda ko’p navi basharning madori maishati bo’lgan baliqdir.
Qandayki biri so’rasa: "Davlat nima ustidadir?" Javob beriladi: "Qilich bilan qalam ustidadir." Va yoxud "Madaniyat nima bilan qoim?" "Ma'rifat va san'at va tijorat bilan" deb javob beriladi. Va yoxud "Navi bashar nima ustida baqo topadi?" Javob esa: "Ilm va amal ustida baqo topadi." Shuning kabi, vallohu a'lam Faxri koinot bunga binoan javob bergan.
Shunday so’ragan zot -Ikkinchi Muqaddimaning sirri bilan- bunday haqoiqqa zehni iste'dod kasb etmaganidan, vazifasi bo’lmagan bir narsadan so’ragani kabi, Payg’ambarimiz ham asl lozim bo’lgan shunday javob berdilarki: "Yer savr ustidadir."
Zero yerning obodonligi navi bashar bilandir. Navi bashardan bo’lgan ahli quroning manba-i hayotlari ziroat bilandir. Ziroat esa ho’kizning yelkasi ustida va zimmatidadir. Qismi digari bo’lgan ahli savohilning a'zami maishatlari, balki ahli madaniyatning katta bir ma'dani tijoratlari baliqning javfida va hutning ustidadir.
كُلُّ الصَّيْدِ ف۪ى جَوْفِ الْفَرَا
masalasiga masadaqdir. Bu latif bir javobdir. Mizah ham bo’lsa haqdir. Zero mizah etsa ham yolg’iz haqni aytadi.
Deylikki, sail xilqat xususiyatidan so’rasa; fanni bayonda bo’lgan
تَلَقِّى السَّامِعُ بِغَيْرِ الْمُتَرَقَّبِ
qoidasining uslubi hakimonasi bilan lozim va istagan javobini beradi. Bo’lmasa xasta bo’lgan sail, ishtaha-i kozibi bilan istagan javobini bermaydi.
Va
يَسْئَلُونَكَ عَنِ الْاَهِلَّةِ قُلْ هِىَ مَوَاق۪يتُ لِلنَّاسِ
bu haqiqatga bir baro'at-ul istihloldir.
Uchinchi Mahmil:
Savr va Hut, arzning mahraki sanaviysida muqaddar bo’lgan ikki burjdir. U burjlar agar garchi faraziy va mavhumadirlar. Asl ajromni nazm va rabt bilan yuklangan olamda joriy va lafzan va istilohan joziba-i umumiya bilan musammo bo’lgan odatullohning qonuni u burjlarda tamarkuz va tahassul etganidan, "Arz burjlar ustidadir" bo’lgan ta'biri hakimona joizdir. Bu mahmil hikmati jadida nuqtai nazaridandir. Zero hikmati a'tiqa burjlarni samoda, hikmati jadida esa madori arzda ekanini faraz qilganlar. Bu ta'vil yangi hikmatning nazarida buyuk bir qiymatni tazammun etadi.
Hamda marvidir: Savol taaddud etgan. Bir marta "Hut ustida." Demak bir oydan so’ngra "Savr ustida" deyilgan. Ya'ni fazo-i g’ayri mahdudaning har tarafida muntashir bo’lgan mazbur qonunning xuyut va eshi'alarining nuqta-i mihroqiyasi bo’lgan Hut Burjida tamarkuz etganidan, kura-i arz Dalv Burjidan yugurib Hutdagi tadalli etgan qonunni tutib shajara-i xilqatning bir shoxi bilan samara kabi osildi va yoxud qush kabi qo’ndi. So’ngra tayyor bo’lgan yer, uyasini Burji Savr ustida qilgan deganidir.
Buni bilgandan keyin insof bilan diqqat qil! Beshinchi Muqaddimaning sirri bilan ahli xayolning ixtiro-kardasi bo’lgan qissa-i ajiba-i mashhurada ajabo hikmati azaliyaga isnodi abasiyat va san'ati Ilohiyada isboti isrof va burhoni Sone' bo’lgan nizomi badi'ni ixlol etishdan boshqa nima bilan ta'vil qilinadi? Nafrin, hazaron nafrin, jaholatning yuziga...
* * *
Uchinchi Masala
Qof Tog’idir.
Ishorat:
Ma'lumdir, bir narsaning mohiyatining xususiyatini bilish boshqadir, u narsaning vujudini tasdiq etish batamom boshqadir. Bu ikki nuqtani tamyiz etish lozim. Zero ko’p narsalarning asl vujudi yaqiyn ekan, vahm unda tasarruf etib imkondan imtino' darajasigacha chiqaradi. Istasang Yettinchi Muqaddimadan so’ra, senga "na'am" javobini beradi. Hamda ko’p narsalarning matnlari qat'iy ekan, dalolatlarida zunun tazohum etgan. Balki "Murod nima?" degan savolining javobida afhom mutahayyir bo’lishgan. Istasang O’n Birinchi Muqaddimaning sadafini och. Bu javharni topasan.
Tanbeh:
Qachonki bu bundaydir. "Qof"ga ishorat qilgan qat'iyyul-matinlardan yolg’iz
قٓ وَ الْقُرْاٰنِ الْمَج۪يدِ
dir. Holbuki joizdir; "Qof" "Sod" kabi bo’lsin. Dunyoning sharqida emas, balki og’izning g’arbidadir. Shu ehtimol bilan dalil yaqiyniyatdan tushadi. Hamda qat'iyyud-dalolat bundan boshqa bo’lmaganining bir dalili; Shariating mujtahidlaridan bo’lgan Karrafining لَا اَصْلَ لَهُ deyishidir. Lekin Ibn Abbosga isnod etilgan mashhur xususiyati, To’rtinchi Muqaddimaga qara. Vajhi nisbati senga tamassul etadi. Holbuki Ibn Abbosning har aytgan so’zi, hadis bo’lishi lozim kelmagani kabi, har naql qilgan narsasi ham uning maqbuli bo’lishi lozim kelmaydi. Zero Ibn Abbos yoshligida Isroiliyotga, ba'zi haqoiqning tazohuri uchun hikoyat tariqi bilan bir daraja atfi nazar qilgan.
Agar: "Muhaqqiqiyni so’fiya "Qof"ga doir juda ko’p tasvirotda bo’lganlar", desang.
Bunga javoban deyman: "Mashhur bo’lgan olami misol ularning javalongohidir. Biz ko’ylagimizni yechganimiz kabi, ular ham jasadlarini chiqarib sayri ruhoniy bilan ma'razgohi ajoyibni tomosha qiladilar. "Qof" esa u olamda ular ta'rif qilganlari kabi mutamassildir. Bir parcha oynada, samovot va nujum tamassul etganlari kabi, bu olami shahodatda garchi kichik narsalar ham bo’lsa -urug’ kabi- olami misolda tajassumi ma'oniyning ta'siri bilan bir katta daraxt bo’ladi. Bu ikki olamning ahkomlari bir-biri bilan chalkashtirilmaydi. Muhyiddin Arabiyning mag’zi kalomiga muttali' bo’lgan buni tasdiq etadi.
Ammo avomning yoxud avom kabi odamlarning mobaynlarida mushtahir bo’lgan xususiyati: "Qof" yerni qamragandir va mutaaddiddir.. har ikkisining o’rtasida besh yuz yil bor.. va cho’qqisi samoning yelkasiga tegadi.. ila oxirihi xayolotihim... Buni, qanday qiymatda bo’lganini bilishni istasang, bor Uchinchi Muqaddimadan fonaringni yoq; so’ngra kel, bu zulumotga kir. Balki obi hayot bo’lgan balog’atini ko’rasan.
Agar bizning bu masalada bo’lgan e'tiqodimizni anglashni istasang; bilki men "Qof"ning vujudiga jazm etaman; faqat xususiyatni esa havola qilaman. Agar bir hadisi sahih va mutavotir xususiyatning bayonida sobit bo’lsa, iymon keltiramanki, murodi Nabiy sodiq va to’g’ri va haqdir. Faqat murodi Nabaviy ustida... Bo’lmasa nosning mutaxayyollari ustida emas. Zero ba'zan fahm qilingan narsa, murodning g’ayrisidir. Bu masalada ma'lumimiz budir:
Qof Tog’i, aksar sharqni ihota etgan va eski zamonda badaviy va madaniylarning oralarida fasil bo’lgan va a'zami jibali dunyo bo’lgan Chamularning onasi bo’lgan Himolay silsilasidir. Bu silsilaning irqidan jibali dunyoning aksarisi tasho'ub etgani aytiladi. Bu hol shunday ko’rsatadiki: "Qof"ning dunyoga mashhur bo’lgan ihotaning fikr va xayoli asli tasho'ubdan nash'at etgan bo’lishi kerak.
Va soniyan: Olami shahodatga surati bilan va olami g’aybga ma'nosi bilan mushabih va ikkalasining mobaynida bir barzoh bo’lgan olami misol u muammoni hal qiladi. Kim istasa, kashfi sodiq derazasi bilan yoki ro’yoyi sodiq tuynugi bilan yoki shaffof narsalar durbini bilan va hech bo’lmasa xayolning varo-i pardasi bilan u olamga bir daraja tomoshabin bo’lishi mumkin. Bu olami misolning vujudiga va unda ma'onining tajassum etishlariga juda ko’p daloil bor. Shunga binoan, bu kurada bo’lgan "Qof" u olamda zul-ajoyib bo’lgan "Qof"ning urug’i bo’lishi mumkin.
Hamda Sone'ning mulki kengdir. Bu safil kuraga munxasir emas. Fazo esa g’oyat vase', Allohning dunyosi g’oyat azim bo’lganidan zul-ajoyib bo’lgan "Qof"ni isti'ob etishi mumkin. Faqat ayyomi Ilohiya bilan besh yuz yil bizning kuradan uzoq bo’lish bilan barobar mavji makfuf bo’lgan samoga bog’lanish, imkoni aqliydan xorij emas. Zero "Qof" samo kabi shaffof va g’ayri mar'iy bo’lishi joizdir.
Va robian: Nima uchun joiz bo’lmasinki "Qof" doira-i ufqdan tajalliy etgan silsila-i a'zamdan iborat... Qanday ufqning ismi ham "Qof"ga ma'haz bo’lishi mumkin. Zero davoiri mutadohila kabi qayerga qaralsa, silsilalardan bir doira ko’riladi. Bora-bora nazar qoladi, xayolga taslim etadi. Nihoyat xayol salosili jibaldan bir doira-i muhitni taxayyul etadiki, samoning atrofigacha yetib boradi. Kuraviyat sirri bilan, besh yuz yil uzoq bo’lsa ham, yana muttasil ko’rinadi.
* * *
To’rtinchi Masala
Saddi Zulqarnayndir.
Qanday bildingki: Bir narsaning vujudini bilish, u narsaning xususiyat va mohiyatini bilishdan farq qiladi. Hamda bir qoziya ko’p ahkomni tazammun etadi. U ahkomning ba'zisi zaruriy va ba'zisi esa nazariy va "muxtalafun fiyha"dir.
Hamda ma'lumki: Muta'annid va muqallid bir sail, imtihon jihati bilan, bir kitobda ko’rgan bir masalasini, bir daraja muharraf bo’lsa ham, bir odamdan so’rasa.. toki g’aybda bo’lgan ma'lumiga javob bersa, u javob ikki jihat bilan to’g’ri bo’ladi: Yo to’g’ridan-to’g’ri javob bersa va yoxud saili muta'annidning ma'lumiga yo bizzot yoki ta'vil bilan javobi muvofiq beradi. Ikkisi ham to’g’ri.
Demak, bir javob ham voqe'ni rozi qiladi, zero haqdir. Ham sailni iqno' etadi; zero murod bo’lmasa ham, ma'lumiga tatbiq etadi. Ham maqomning hurmatini ham ranjitmaydi; zero javobda uqda-i hayotiyani yerlashtiradiki: Maqosidi kalom undan istimdodi hayot etadi.
Xullas, javobi Qur'on ham shundaydir. Bundan so’ngra zaruriy va g’ayri zaruriyni tafriq etamiz. Xullas, javobi Qur'oniyda mafhum bo’lgan zaruriy hukmlarki; inkorni qabul qilmaydi:
Zulqarnayn "muayyad min indilloh" bir shaxsdir. Uning irshod va tartibi bilan ikki tog’ orasida bir sad bino etilgan, zolimlarning va badaviylarning daf'i fasodlari uchun... Va Ya'juj Ma'juj ikki mufsid qabilalardir. Amri Ilohiy kelgan vaqt, sad xarob bo’ladi. Ila oxirihi. Bu qiyos bilan unga Qur'on dalolat qilgan hukmlar, Qur'onning zaruriyotidandir. Hatto bir harfning inkori mumkin emas.
Faqat u mavzu'ot va mahmulotning xususiyatlarining tashrihotlari va mohiyatlarining hududi esa; Qur'on ularga qat'iyyud-dalolat emas. Balki "A'mm xosga dalolati salosadan hech qaysisi bilan dalolat etmaydi" qoidasi bilan va mantiqda bayon qilingani kabi, "Bir hukm, mavzu' va mahmulning vajhun-ma bilan tasavvur etish, kifoya bo’lgani"ning dasturi bilan sobitki, Qur'on ularga dalolat qilmaydi, faqat qabul qilishi mumkin.
Demak, u tashrihot ahkomi nazariyadandir. Boshqa daloilga muhavvaldir. Ijtihodning mazannasidir. Unda ta'vil uchun majol bor. Muhaqqiqiynning ixtilofoti nazariyligiga dalildir.
Lekin afsuslar bo’lsin! Javobning savolga, har jihat bilan luzumi mutabaqotning taxayyuli bilan, savoldagi xalalga ahamiyat bermasdan, javobning zaruriy va nazariy bo’lgan hukmlarini birdan ma'hazi saildan va manbiti savoldan xushachin bo’lib, olib mufassir bo’ldilar. Yo’q, balki muavvil, yo’q balki masadaqni ma'no o’rniga ma'no ko’rsatdilar. Yo’q, balki masadaqi bo’lish joiz va bir daraja mumkin bo’lgan narsani madlul va mafhum o’laroq ta'vil etdilar.
Holbuki Uchinchi Muqaddimaning sirri bilan, zohirparastlar qabul qilib va muhaqqiqiyn ham hikoyot kabi ahamiyatsiz bo’lganidan tanqidsiz shu ta'vilni tingladilar. U tashrihotni, muharraf bo’lgan Tavrot va Injilda bo’lgani kabi qabul qilsa, aqida-i Ahli Sunnat va Jamoatda bo’lgan ma'sumiyati anbiyoga muxolafat bo’ladi. Qissa-i Lut va Dovud alayhimussalom bunga ikki shohiddir.
Qachonki xususiyat jihatidan ijtihod va ta'vilning majoli bo’lsa.
Men ham bitavfiqilloh deyman: E'tiqodi jazm Xudo va Payg’ambarimizning murodlariga qat'iyan vojibdir; zero zaruriyoti diniyadandir. Faqat murod qaysi biri, muxtalafun fiyhdir:
Zulqarnayn, Iskandar demayman; zero ism qoldirmaydi. Ba'zi mufassir malik "lomning kasrali bo’lishi bilan", ba'zilar malak "lomning fathali bo’lishi bilan", ba'zilar nabiy, ba'zilar valiy, ila oxir aytishgan. Har holda Zulqarnayn "muayyad min indilloh" va sadning qurilishida murshid bir shaxsdir.
Ammo sad esa: Ba'zi mufassir saddi Chin va ba'zi mufassir boshqa yerda tog’lashgan va ba'zi mufassir saddi maxfiydir, inqilob va ahvoli olam satr qilgan. Va ba'zilar va ba'zilar.. aytishgan, aytishgan... Har holda mufsidlarning daf'i sharlari uchun bir radmi azim va jasim bir devordir.
Ammo Ya'juj Ma'juj, ba'zi mufassir "Valadi Yofasdan ikki qabila" va ba'zi boshqalar "Mo’g’il va Manchur" va ba'zilar "aqvomi sharqiya-i shimoliy" va ba'zilar "Bani Odamdan bir jamiyati azima, dunyo va madaniyatni ostin-ustun qilgan bir toifa" va ba'zilar ham "Maxluqi Ilohiydan yerning zahrida va yoxud botnida odamiy yoki g’ayri odamiy bir maxluq bo’lib qiyomatga, bunday navi basharning ostin-ustun bo’lishiga sabab bo’ladi." Ba'zilar va ba'zilar va ba'zilar deganlarini dedilar...
Nuqta-i qat'iya va jihati ittifoqi budir: Ya'juj va Ma'juj, ahli g’orat va fasod va ahli xadorat va madaniyatga ajali qazo hukmida ikki toifa-i maxluqullohdir.
Ammo xarobiyati sad; ba'zilar "qiyomatda" va ba'zilar "qiyomatga yaqin" va ba'zilar "alomati bo’lish sharti bilan uzoqdir" va ba'zilar "xarob bo’lgan, faqat dakk bo’lmagan", deyishgan. "Qiyla"lar ko’p.
Har holda nuqta-i ittifoq; sadning inhidomi, yerning soqoliga bir oq tushish va o’g’li bo’lgan navi bashar ham keksayishiga bir alomatdir.
Agar bu muzokarotni muvozana va muhokama etgan bo’lsang, joizdir, tajviz etasan: Saddi Qur'on, saddi Chindirki: Ko’p farsohlar bilan uzun va ajoyibi sab'a-i mashhuradan bir "muayyad min indilloh"ning irshodi bilan bino qilingan, u zamonning ahli madaniyatini ahli badaviyatning sharlaridan qo’riqlagan. Ha, u vahshiylardan Xun qabilasi Ovrupani ostin-ustun qilgani kabi, ulardan Mo’g’il toifasi ham Osiyoni chil-parchin qilgan.
So’ngra sadning xarobiyati qiyomatga alomat bo’ladi. Xususan dakk, undan boshqadir. Payg’ambar: "Ashroti soatdanman. Men va qiyomat bu ikki barmoq kabimiz", desa, nima uchun istig’rob bo’lsinki, xarobiyati sad zamoni saodatdan so’ngra alomati qiyomat bo’lsin... Hamda sadning inhidomi umri arzga nisbatan yer yuzida keksalikdan bir burushishlikdir. Balki tamomi nahorga nisbatan vaqti isfiror kabidir. Minglab yil fasil bo’lsa ham...
Shuning kabi, Ya'juj va Ma'jujning ixtilollari, navi basharning shayxuxatidan kelgan bir humma va sitmasi hukmidadir.
Bundan so’ngra O’n Ikkinchi Muqaddimaning fotihasida bir ta'vili oxar senga fathi bob etadi. Shunday: Qur'on hisasi uchun qissalarni zikr qilgani kabi, u'qadi hayotiya hukmida va maqosidi Qur'oniyadan bir maqsadiga munosib nuqtalarni intihob va robti maqsadga ittisol ettiradi. Xorijda va husulda bir-birining nori yoki nuri bir-biri bilan ko’rinmagan bo’lsa ham, zehnida va uslubda taonuk va musohabat eta oladilar.
Qachonki qissa hissa uchun bo’lganda, senga nima kerak tashrihoti.. qanday bo’lsa bo’lsin senga taalluq etolmaydi. O’z hissangni ol, ket. Hamda O’ninchi Muqaddimadan iztizhor et. Ko’rasan: Majoz majozga eshik ochadi ..
تَغْرُبُ (الشَّمْسُ) ف۪ى عَيْنٍ حَمِئَةٍ
zohirparastlarni tashqariga quvadi.
Ma'lum bo’lsinki: Asolibi Arabda tajalliy etgan hujjatullohning miftahi, yolg’iz istiora va majoz ustiga muassas va asli i'joz bo’lgan balog’atdir. Bo’lmasa shuxrat sababi bilan yolg’onchi hads bilan laqita bo’lgan va rizolari bo’lmagani holda asdafi oyotda saqlangan munchoqlar emas. Istasang, O’ninchi Muqaddimaning Xotimasini istishmom bilan zavq et. Zero xitomi miskdir va ichida asaldir.
Hamda joizdirki: Majhulul-kayfiyat bo’lgan sad boshqa yerda o’zga alomoti qiyomat kabi mastur va qiyomatga qadar boqiy va ba'zi inqiloboti bilan majhul qolib, qiyomatda xarob bo’ladi.
Ishorat:
Ma'lumdir: Maskan yashovchilaridan ko’proq yashaydi. Qal'a, ahli tahassundanda umri uzundir. Sukun va tahassun, vujudining illatidir, baqo va davomi uchun emasdir. Baqo va davomi uchun bo’lsa ham, istimror va adami huluvni iqtizo etmaydi. Bir narsadagi asosiy g’oyaning davomi, balki tarattubi u narsaning davomining zaruriyotidan emas. Juda ko’p binolar sukna yoki tahassun uchun qilingan ekan, havi va xoli bo’lib, o’rtada muallaq qoladi. Bu sirning adami tafahhumidan, tavahhumlarga yo’l ochgan.
Tanbeh:
Shu tafsildan maqsad; tafsirni ta'vildan, qat'iyni zonniydan, vujudni xususiyatdan, hukmni atrofning tashrihotlaridan, ma'noni masadaqdan, vuqu'ni imkondan tamyiz va tafriq bilan bir yo’l ochishdir.
* * *
Beshinchi Masala
Mashhurki: "Jahannam yer ostidadir". Faqat biz Ahli Sunnat va Jamoat qat'an va yaqiynan o’rnini tayin etolmaymiz. Lekin zohir bo’lgan tahtiyatdir va yer ostida bo’lishidir. Bunga binoan deyman:
Shajara-i Tubo kabi bo’lgan xilqati olamning boshqa nujumlari kabi bizning kuramiz ham bir samarasidir. Samaraning osti u daraxtning umum ag’sani ostiga shomil bo’ladi. Bunga binoan Jahamman yer ostida u shoxlar ichidadir. Qayerda bo’lsa, yeri bordir. Tahtiyatning masofasi uzun va ittisolni iqtizo etmaydi. Hikmati jadidaning nuqtai nazarida, otash aksar koinotga mustavliydir. Bu hol orqa tarafida ko’rsatadiki: Bu otashning asl va asosi va navi bashar bilan barobar abadga ketgan va yo’lda rafoqat etgan Jahannam bir kun pardani yirtadi, hozir bo’ling deydi, o’rtaga chiqadi. Bu nuqtada diqqat istayman...
Soniyan:Kuraning tahti va osti markazi va dohiliysidir. Bu nuqtaga binoan, kura-i arz shajara-i zaqqumi Jahannamning urug’iga homiladir. Bir kuni tug’adi. Balki fazoda tayaron etgan arz shunday bir narsaga homilador bo’ladiki, u homilada Jahannam tamomi bilan bo’lmasa.. boshi yoki boshqa bir a'zosi matviy o’laroq tazammun etganki; yavmi qiyomatda darakot va a'zoyi sairasi bilan birlashadi, devi ajibi jahannam ahli isyonga hujum qiladi.
Hoy!. O’zing Jahannamga ketmasang, hisob va handasa seni u yerga qadar etishi mumkin. Har o’ttiz uch metrda taqriban bir daraja-i harorat tazoyud qilganidan, markazga qadar ikki yuz ming darajaga yaqin haqoqat mavjud bo’ladi. Bu nori markaziyaning bizning ko’pincha ming darajaga yetgan otashimiz bilan nisbati ikki yuz marta bo’lgani kabi, mashhur hadisdagi: "Jahannam otashi otashimizdan ikki yuz daf'a ko’proq shadiddir" bo’lgan nisbatning aynini isbot qiladi.
Hamda Jahannamning bir qismi zamharirdir. Zamharir esa burudati bilan yondiradi. Hikmati Tabiiyada sobitdirki: Otash bir darajaga keladiki, suvni muz qiladi. Haroratni daf'atan bal' etgani uchun, burudat bilan ihroq etadi. Demak, umum marotibni ixtivo etgan otashning bir qismi ham zamharirdir.
Tanbeh:
Ma'lum bo’lsinki: Abadga nomzod bo’lgan olami uxroviy fano bilan mahkum bo’lgan bu olamning maqoyisi bilan masaha va muomala qilinmaydi. Muntazir bo’l, Uchinchi Maqolaning oxirida oxirat bir daraja senga arzi diydor etadi.
Ishorat:
Umum funun ko’rsatgan intizomning shahodati bilan va hikmatning istiqro-i tommining irshodi bilan va javhari insoniyatning ramzi bilan va bashar orzularining tanohiysizligining imosi bilan, yavm va yil kabi ko’p anvo'da bo’lgan bittadan navi qiyomati muqarraraning talmihi bilan va adami abasiyatning dalolati bilan va hikmati azaliyaning talvihi bilan va rahmati bepoyoni Ilohiyaning ishorati bilan va Nabiyyi Sodiqning lisoni tasrihi bilan va Qur'oni Mo’'jizning hidoyati bilan, Jannat-abad bo’lgan saodati uxroviyadan nazari aqlning tomoshasi uchun sakkiz eshik, ikki deraza ochiladi.
* * *
Oltinchi Masala
Muhaqqaqdirki: Tanzilning xossa-i jozibadori, i'jozdir. I'joz esa balog’atning yuksak tabaqasidan tavallud etadi. Balog’at esa xasois va mazoya, xususan istiora va majoz ustiga qurilgan. Kim istiora va majoz durbini bilan tomosha qilmasa, mazoyasini ko’rolmaydi. Zero azhoni nosning ta'nisi uchun asolibi Arabda yanabi'i ulumni isola etgan Tanzilning ichida tanazzuloti Ilohiya ta'bir qilingan muro'ati afhom va ehtiromi hissiyot va mumashati azhon bordir.
Qachonki bu bundaydir, ahli tafsirga lozimdir: Qur'onning haqqini baxsh etsin va qiymatini nuqson etmasin. Va balog’atning tasdiq va sikkasi bo’lmagan bir narsa bilan Qur'onni ta'vil etmasinlar. Zero har haqiqatdan yanada zohir va yanada vazih tahaqquq etganki; Qur'onning ma'nolari haq bo’lganlari kabi, tarzi ifoda va surati ma'nosi ham balig’ona va ulviydir. Juz'iyotni u ma'danga irjo' va tafarruotni u manbaga ilhoq etmagan, Qur'onning haqni ado qilishida mutaffifindan bo’ladi. Bir-ikki misol ko’rsatamiz. Zero nazarni jalb qiladi.
Birinchi Misol:
وَ جَعَلْنَا الْجِبَالَ اَوْتَادًا
(Allohu a'lamu bimurodihi) Joizdir, ishorat qilingan majoz bunday bir tasavvurni imo etadiki: Safina kabi bo’lgan kura bahri muhiti havoiyning ichida taxt-al bahr bir kemasi va ummon kabi fazoda qoziq yoki temir kabi tog’lari bilan irsa va ta'mid etib havo bilan ishtibok etganidan, muvozanati muhofaza qilingan. Demak, tog’lar u kemaning temiq va qoziqlari hukmidadirlar.
Soniyan:Inqiloboti dohiliyadan ihtizozot u tog’lar bilan iskat qilinadilar. Zero tog’lar yerning masamoti hukmidadir. Dohiliy bir hayajon bo’lgan vaqt, arz tog’lar bilan tanaffus etganidan, g’azabi va hiddati sukunat topadi. Demak, arzning sukun va sukunati tog’lar bilandir.
Solisan:Imorati arzning ustuni, bashardir. Hayoti basharning ustuni ham, manobi'i hayot bo’lgan ma va turob va havoning istifodaga loyiq surati bilan muhofazalaridir. Holbuki shu uch sharoiti hayotning kafili ham, tog’lardir. Zero tog’ va jibal maxozini ma bo’lgani kabi, jazbi rutubat xususiyati bilan havoga mashshata bo’ladi. Harorat va burudatni ta'dil etgani kabi, havoga maxlut bo’lgan muzir gazlarning tarassubiga va havoning tasfiyasiga sabab bo’lgani kabi, tuproqqa ham tarahhum etadi. Balchiq va botqoqlik va dengizning tasallutidan muhofaza qiladi.
Robian:Balog’at jihatidan vajhi munosabat va mushobahat budir: Deylikki, bir odam xayol shari bilan kuradan yuksak yerga uchsa, tog’larning silsilalariga qarasa, ajabo tabaqa-i turobiyani ustunlar ustiga sochib tashlangan badaviy xaymalar kabi taxayyul qilsa va munfarid tog’lari ham bir ustun ustida qurilgan bir chodirga o’xshatilsa, ajabo tabiati xayolga muxolafat bo’ladimi?
Deylikki, sen u silsilalarni mustaqil tog’lar bilan barobar sathi arzga vaziyatning xususiyatini bir badaviy Arabning qarshisida tasvir tarzida taxayyul va taxyil etsang: Bu silsilalar A'rabi Badaviyaning xaymalari kabi arz sahrosida qurilgan va taraf-taraf chodirlar taxallul etgan desang... Arablarning xayoliy uslublaridan uzoq bo’lmaydi...
Hamda agar vahm bilan bu qasri mushayyadi olamdan tajarrud etib uzoqdan hikmat durbini bilan mahdi bashar bo’lgan yerni va saqfi marfu' bo’lgan samoni tomosha etsang.. so’ngra silsila-i jibalda tamassul va atrofi samoga tekkan doira-i ufq bilan mahdud bo’lgan samoni, bir fustat kabi yerning ustiga vaz' va jibal avtadi bilan rabt etilgan bir chodir qubbasini taxayyul va tavahhum etsang, seni muttaham etisholmaydi. Sakkizinchi Masalaning Tanbehida bir-ikki misol yana keladi.
* * *
Yettinchi Masala
Qur'onda zikr qilingan: دَحٰيهَا va سُطِحَتْ va فُرِّشَتْ va
تَغْرُبُ (الشَّمْسُ) ف۪ى عَيْنٍ حَمِئَةٍ
va shularga o’xshash ba'zi ahli zohir tag’liti azhan uchun ular bilan tamassuk etishadi. Lekin mudofaaga biz muhtoj emasmiz.
Zero mufassiriyni i'zom oyotning zamairidagi saroirlarni izhor etishgan. Bizga hojat qoldirishmagan, faqat bir darsi ibrat berishgan va sarmashq yozishgan.
وَلٰكِنْ بَكَوْا قَبْل۪ى فَهَيَّجُوا لِىَ الْبُكَاءَ ٭ وَ هَيْهَاتَ ذُو رَحْمٍ يَرُقُّ لِبُكَائ۪ى
Ma'lumki: Ma'lum narsani i'lam, xususan mushahad bo’lsa, abasdir. Demak, ichida bir nuqta-i g’arobat lozim, toki uni abasiyatdan chiqarsin.
Agar deyilsa: Qarang qanday qilib arz kuraviyati bilan birga musattaha va sizga mahd bo’lgan, dengizning tasallutidan qutulgan. Va yoxud qanday shams, istiqror bilan barobar tanzimi maishatingiz uchun jarayon etadi. Va yoxud qanday minglab yillik uzoqlikdagi shams, ayni hamiada g’urub etadi. Ma'oni-i oyot kinoyatdan sarohatga chiqqan bo’ladi...
Ha, shu g’arobat nuqtalari, balog’at nuktalaridir.
* * *
Sakkizinchi Masala
Ishorat:
Ahli zohirni haysa baysa vartalariga otgan narsalardan biri, balki eng birinchisi: Imkonotni vuqu'otga aralashtirish va iltibos etishdir. Masalan: "Shunday ekan, Qudrati Ilohiyada mumkindir. Ham uqulimizcha azamatiga yanada ziyoda dalolat qiladi. Shunday ekan, bu voqe' bo’lishi kerak", desang. Hayhot!
Ey miskinlar! Qayerda aqlingiz koinotga muhandis bo’lishga layoqat ko’rsatgan? Bu juz'iy aqlingiz bilan husni kulliyni ihota etolmaysizlar. Ha, bir ziro' qadar bir burun oltindan bo’lsa, yolg’iz unga diqqat qilinsa, go’zal ko’rgan bo’ladi.
Hamda ularni hayratda qoldirgan tavahhumlaridirki: Imkoni zotiy, yaqiyni ilmiyga munofiydir. U holda yaqiyniya bo’lgan ulumi odiyada taraddud etganlaridan, "la adri"larga yaqinlashadilar. Hatto uyalishmaydi; maslaklari taqozo qiladi; Van Dengizi, Subhon Tog’i kabi badihiy narsalarda taraddud etilsin. Zero ularning maslagida mumkin: Van Dengizi dushab va Subhon Tog’i ham shakar bilan o’ralgan asalga inqilob etsin. Va yoxud u ikkisi ba'zi do’stlarimiz kabi kuraviyatdan rozi bo’lmasdan safarga ketganlaridan, oyoqlari qoqinib ummoni adamga ketishlari muhtamaldir. Shunday ekan, dengiz va Subhon, eski hollari bilan boqiyliklarini tasdiq etmasligi kerak.
Ala! Ey mantiqsiz miskin! Qayerdasiz? Qarang. Mantiqda muqarrardir, mahsusotdagi vahmiyot, badihiyotdandir. Agar bu badohatni inkor qilsangiz, sizga nasihatga badal ta'ziya bildiraman. Zero ulumi odiya sizcha o’lgan va safsata ham hayot topgan darajadadir.
To’rtinchi balo-ki, ahli zohirni chalkashtiradi. Imkoni vahmiyni imkoni aqliy bilan iltibos etishganidir. Holbuki imkoni vahmiy, asossiz bo’lgan irqi taqliddan tavallud bilan safsatani tavlid etganidan, dalilsiz o’laroq har biri badihiyotda bir"balki",bir"ehtimol",bir"shak"gayo’l ochadi.
Bu imkoni vahmiy, ko’pincha muhokamasizlikdan, qalbning za'afi asabidan va aqlning asab xastaligidan va mavzu' va mahmulning adami tasavvuridan kelib chiqadi.
Holbuki imkoni aqliy esa: Vojib va mumtani' bo’lmagan bir moddada, vujud va adamga bir dalili qat'iyya dast-ras bo’lmagan bir amrda taraddud etishdir. Agar dalildan nash'at etgan bo’lsa, maqbuldir. Bo’lmasa, mo’'tabar emas.
Bu imkoni vahmiyning ahkomidanki: Ba'zi vahhomlar deyishadi: Muhtamaldir, burhonning ko’rsatgani kabi bo’lmasin. Zero, aql har bir narsani dark etolmaydi. Aqlimiz ham bunga ehtimol beradi". Ha, yo’q balki ehtimol bergan vahmingizdir. Aqlning sha'ni burhonga asoslanishdir. Ha, aql har bir narsani tortolmaydi, lekin bunday moddiyotni va eng kichik xodimi bo’lgan basarning qabzasidan qutulmagan bir amrni tortadi. Agar tortmasa, biz ham u masalada bola kabi mukallaf emasmiz.
Tanbeh:
Men zohirparast va nazari sathiy sohibi ta'biri bilan aytgan va tavbix va ta'nif bilan tashhir etganim muxotobi zehniyam; ag’labi holda ahli tafrit bo’lgan va jamoli Islomni ko’rmagan va nazari sathiy bilan uzoqdan Islomiyatga qaragan xasmi dindir. Faqat, ba'zan ahli ifrot, yaxshilik deb yomonlik qiluvchilar, dinning johil do’stlaridir.
Beshinchi Balo: Ahli tafrit va ifrot bo’lgan bechoralarning qo’llarini tutib zulumotga otgan birisi ham; har majozning har yerida taharri-i haqiqat etishidir. Ha, majozda bir dona-i haqiqat bo’lishi lozimki, majoz undan nashvu namo topib unib chiqsin. Va yoxud haqiqat, yorug’lik bergan pilikdir; majoz esa ziyosini tazyid etgan shishasidir. Ha, muhabbat qalbda va aql miyadadir; qo’lda va oyoqda qidirish abasdir.
Oltinchi Balo: Nazarni tams etgan va balog’atni satr etgan, zohirga bo’lgan qasri nazardir. Demak, naqadar aqlda haqiqat mumkin bo’lsa, majozga tajovuz etmaslar. Majozga ketilsa ham, maoli tutiladi. Bu sirga binoan: Oyat va hadisning tafsir yoki tarjimasi, ulardagi husn va balog’atni ko’rsatolmaydi. Go’yo ularning fikricha qorina-i majoz, aqlan haqiqatning imtino'idir. Holbuki qorina-i mone'a aqliy bo’lgani kabi, hissiy va oddiy va maqomiy.. yana boshqa ko’p narsalar bilan ham bo’lishi mumkin. Agar istasang, Jannat-ul Firdavs kabi Daloil-ul I'jozning ikki yuz yigirma birinchi eshigidan kir. Ko’rasan: Buyuk Abdulqohir g’oyat hiddatli bo’lib bunday muta'assiflarni yoniga tortgan, tavbix va takdir etyapti.
Yettinchi Balo: Muarrafni munakkar etgan odam: Haraka kabi bir a'razni, zotiya va ayniyaga hasr etganidan, "g’ayri man huva lah" bo’lgan vasfi joriyni inkor qilish lozim kelganidan, shamsi haqiqat tarzi jarayonidan chiqarilgandir. Ajabo, bundaylar Arablarning uslublariga hech qaramaganlaridan, deyishadi: Tog’lar bizga uchradi. So’ngra bizdan ayrildi. Boshqa bir tog’ boshini chiqardi. So’ngra bordi, bizdan mufaroqat ayladi. Dengiz ham quyoshni yutdi.. va hokazo...
"Miftahi Sakkokiy"da bayon qilingani kabi; juda ko’p yerlarda san'ati bayoniyadan bo’lgan qalbi xayolni asrori bayoniya uchun iste'mol qilyaptilar. Bu esa davaron sirri bilan mag’lata-i vahmiya ustiga muassas bir latofati bayoniyadir. Hozir sarmashq holda ikki misoli muhimmani bayon qilaman. Toki u minval ustida ishlagin. Shunday:
وَ يُنَزِّلُ مِنَ السَّمَٓاءِ مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ ٭ وَ الشَّمْسُ تَجْر۪ى لِمُسْتَقَرٍّ
Shu ikki oyat g’oyat shoyoni diqqatdir. Zero zohirga jumud, balog’atning haqqini juhud deganidir. Zero birinchi oyatda bo’lgan istiora-i badi'a shu daraja haroratliki; muz kabi jumudni eritadi. Va bulut kabi zohir pardasini chaqmoq kabi yirtadi. Ikkinchi oyatda balog’at shu qadar mustaqar va muhkam va porloqki, sayri uchun quyoshni to’xtatadi.
Avvalgi oyat
قَوَار۪يرَ مِنْ فِضَّةٍ
nazirasidir. U ham uning kabi bir istiora-i badi'ani tazammun etgan. Shundayki:
Jannatning idishlari shisha bo’lmagani kabi, kumush ham emas. Balki shishaning kumushga bo’lgan muboyanati bir istiora-i badi'aning qorinasidir. Demak, shisha shaffofiyati bilan, fidda ham oz va porloqlik e'tibori bilan, go’yo jannatning qadahlarini tasvir etish uchun ikki namunadirlarki, Sone'-i Rahmon bu olamga yuborgan. Toki nafs va mollari bilan Jannatga mushtariy bo’lganlarning rag’batlarini tahyij va ishtihalarini ochsin.
Aynan shuning kabi,
مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ
bir istiora-i badi'a undan taqarrur etadi. U istioraning zamini esa, zamin va osmon mobaynida hukmi xayol bilan tasavvur qilingan musabaqot va raqobatning taxayyuli ustiga muassasdir. Mazraasi shundayki; zamin qor va barad bilan tazammul yoki ta'ammum etgan tog’lari bilan va rang-barang basotini bilan bezalgani kabi, go’yo unga raqobatan va inodan osmon ham jibal va basotinni eslatgan rang-baranglik bilan tashakkul etgan va tog’larga naziralar qilish uchun parcha-parcha tarqalgan bulutlari bilan o’ralib jilvagar bo’ladi. U tog’ kabi parcha-parcha bulutlar; safinalar va yoxud tog’lar va yoxud tuyalar va yoxud bo’ston va daralar deyilsa, tashbehda xato bo’lmaydi. U javvdagi sayyoralarning cho’poni momaqaldiroqdir. Qamchi kabi, chaqmog’ini boshlari ustida qimirlatib kezdiradi. U musahhar sabihalar esa, u bahri muhiti havoiyda sayru jarayon etish bilan, mahsharga tasodif etgan tog’larni eslatadilar. Go’yo samo, suv bug’larining zarrotini momaqaldiroq bilan qurol boshiga da'vat qilgani kabi.. "Bezovtalanmang!" amri bilan hamma yerga boradi, yashirinadi.
Ha, ko’p marta bulut tog’ning libosini kiygani kabi, haykali bilan tashakkul etish bilan barobar barad va qorning oq rangi bilan talavvun va rutubat va burudati bilan takayyuf etadi. Shunday ekan, bulut va tog’ qo’shni, do’stdirlar. Bir-biriga lavozimotini a'riya berishga majburdirlar. Bu uxuvvat va mubodalatni Qur'onning ko’p yerlari ko’rsatadi. Zero ba'zan uni, uning libosida va narigini bunisining suratida bizga ko’rsatadi. Hamda Tanzilning juda ko’p manozilida tog’ va bulut bir-birining qo’lini tutib musofaha etishgan. Kitobi olamning bir sahifasi bo’lgan zaminda mua'naqa va musofahalari shohiddir. Zero ummoni havoda iskala hukmida bo’lgan tog’ teppasida langar-andoz ekanlarini ko’ramiz.
Ikkinchi oyat:
وَ الشَّمْسُ تَجْر۪ى لِمُسْتَقَرٍّ
Ha تَجْر۪ى bir uslubga ishorat qilgani kabi, لِمُسْتَقَرٍّ ham bir haqiqatni talvih etadi. Demak joizdirki تَجْر۪ى lafzi bilan shunday bir uslubga ishorat bo’lsin.
Shunday: Shams, temiri oltindan qilingan muhazzab, muzahhab, zirhli bir safina kabi, efirdan bo’lgan va mavji makfuf ta'bir qilingan ummoni samoda sayohat qilib suzadi. Agar garchi mustaqarrida langar-andozdir. Lekin u bahri samoda u "zahabi zaib" jarayon etadi. Faqat u jarayon a'roziy va taba'i va tafhim uchun muro'at va ehtirom qilingan nazari hissiyladir. Faqat haqiqiy ikki jarayoni bor. Bo’lmasa ham bo’ladi. Zero maqsad, bayoni intizomdir. Asolibi Arabda bo’lgani kabi, taba'i bo’lsa yoki zotiy bo’lsa, nizomning nuqtai nazarida birdir.
Soniyan: Shams mustaqarrida, o’qi ustida mutaharrik bo’lganidan, u erigan oltin kabi ajzolari ham jarayon etadi. Bu haraka-i haqiqiya avvalgi haraka-i majoziyaning donasidir, balki zambaragidir.
Solisan: Shamsning mustaqarri deyilgan taxti ravoni bilan va sayyorot deyilgan asokiri sayyorasi bilan ko’chib sahroyi olamda sayru safari, muqtazo-i hikmat ko’rinadi. Zero qudrati Ilohiya hamma narsani hayy va mutaharrik qilgan va sukuni mutlaq bilan hech bir narsani mahkum etmagan. Mavtning birodari va adamning amakivachchasi bo’lgan atolati mutlaq bilan, rahmat tashlab qo’ymaganki, qayd qilinsin. Shunday ekan, Shams ham hurdir. Qonuni Ilohiyga itoat etish sharti bilan, erkindir, keza oladi. Faqat boshqasining hurriyatini buzmasligi kerak va shartdir. Ha, shams, amri Ilohiyga tamassul etgan va har bir harakatini mashiati Ilohiyaga tatbiq etgan bir cho’l poshshosidir. Ha, jarayon haqiqiy va zotiy bo’lgani kabi, a'roziy va hissiy ham bo’lishi mumkin. Qandayki haqiqiydir, shuning kabi majoziydir. Bu majozning manori تَجْر۪ى dir. Uslubning uqda-i hayotiyasiga talvih etgan lafz لِمُسْتَقَرٍّ dir.
Alhosil:
Maqsadi Ilohiysi nizom va itizomni ko’rsatishdir. Nizom esa shams kabi porlayapti.
كُلِ الْعَسَلْ وَلَا تَسَلْ
qoidasiga binoan, nizomni intoj etgan harakati shams va yoxud davaroni arz, qaysisi bo’lsa bo’lsin, aql maqsadni ixlol etmagani uchun, sababi asliyning taxarrisiga majbur emasmiz. Masalan قَالَ ning alifi bilan xiffat hosil bo’ladi. Asli nima bo’lsa bo’lsin, vovga badal qof ham bo’lsa, farq qilmaydi. Yana alif, alif va xafifdir.
Ishorat:
Bu tasvirot bilan barobar hissi zohirga istinodan; zohir, mutaassibona bir jumudi baridni ko’rsatish, qandayki balog’atning harorat va latofatiga munofiydir. Xuddi shuningdek: Dalili Sone' bo’lgan nizomi olamning asosi bo’lgan hikmatullohning shohidi bo’lgan istehsoni aqliya jarih va muxolifdir.
Masalan: Subhon Tog’iga ko’p farsoh bilan uzoq bir masofadan mutavajjih bo’lsang va istasangki: Subhon sening jihoti arba'angga muqobil kelsa va yoxud har jihatga muqobil bo’lib ko’rgansan, bu tabdil va tabaddulga lozim bo’lgan rohat bir sababi bo’lgan necha harakati vaz'iya bilan bir necha qadam otish kabi eng qisqa yo’lni tark va Subhon Tog’i kabi dahshatli bir jirmi azimni seni hayratda qoldiradigan bir doira-i azimani bosib o’tishini taxayyul yoki taklif etish kabi bir g’oyat uzun yo’lni va isrof va abasiyatga ajib bir misolni nizomi olamga asos tutish, menimcha nizomga jinoyat qilishdir.
Hozir insof bilan nazari haqiqat bilan bu taassubi baridaga qara: Qanday istiqro-i tomning shahodati bilan sobit bo’lgan bir haqiqati bahiraga muoraza etyapti. U haqiqat esa shu: Xilqatda isrof va abas yo’q. Va hikmati azaliya qisqa va mustaqim yo’lni tark qilmaydi. Uzun va muta'assif yo’lni ixtiyor etmaydi. Shunday ekan; ajabo istiqro-i tomning majozga qorina bo’lishidan qanday mone tasavvur qilinadi va nima uchun joiz bo’lmasin?
Tanbeh:
Agar istasang, Muqaddimotga kir. Birinchi Muqaddimani sug’ro va Uchinchi Muqaddimani kubro qil. Senga natija beradi: Ahli zohirning zehnlarini chalkashtirgan, falsafa-i Yunoniyaga injizoblaridir. Hatto u falsafaga fahmi oyatda bir asosi musallama nazari bilan qaraydilar.
Hatto o’gli o’lgan bir kampirni kuldiradigan darajada bir misol shuki: Ba'zilar unday bir zotning kalomidagi fulusi falsafani, javhari haqiqatdan tamyiz etmaydigan darajadan juda ko’p darajada oliy bo’lgan u zoti naqqod Kurdcha deganki:
عَنَاصِرْ چِهَارِنْ ژِوَانِنْ مَلَكْ
Holbuki: Bu so’z bilan hukamoning mazhabi bo’lgan: "Maloika-i Kirom moddadan mujarraddirlar" rad yo’lida tasrih etadiki: "Maloika-i Kirom anosirdan maxluq ajsomi nuroniyadirlar". Ular fahm etganlarki: Anosir to’rt bo’lganlari, Islomiyatdandir.
Ajabo! To’rtligi va unsuriyati va basotati, hukamo istilohotidan va muzaxraf bo’lgan ulumi tabiiyaning asoslaridandir. Usuli Islomiyaga hech taalluqli joylari yo’qdir, balki zohir mushahadot bilan hukm qilingan bir qoziyadir.
Ha, dinga aloqasi bo’lgan hamma narsa, dindan bo’lishi shart emas. Va Islomiyat bilan imtizoj etgan har bir modda, Islomiyatning anosiridan ekanini qabul qilish, unsuri Islomiyatning xosiyatini bilmaslik deganidir. Zero Kitob va Sunnat va ijmo' va qiyos bo’lgan anosiri arbaa-i Islomiya bunday moddalarni tarkib va tavlid etmaydi.
Alhosil:
Unsuriyat va basotat va arba'iyat, falsafaning botqoqligidandir, shariatning ma'dani sofiysidan emas. Lekin falsafaning xatosi, salaflarimizning lisonlariga kirganidan, bir mahmili sahih topgan. Zero salaf, "to’rt" deyishlaridan murod, zohiran to’rtdir. Va yoxud haqiqatdan ajsomi uzviyani tashkil qilgan muvallidul ma va muvallidul humuza va azot va uglerod yana to’rtta.
Agar hur-fikir bo’lsang, bu falsafaning sharriga qara: Qanday azhonni asorat bilan safolatga otgan. Ofarin hurriyatparvar hikmati jadidaning himmatigaki, u mustabid hikmati Yunoniyani to’rt devor bilan chil-parchin qilgan. Demak muhaqqaq bo’ldiki:
Oyotning daloili i'jozining miftahi va asrori balog’atning kashshofi, yolg’iz balog’ati Arabiyaning ma'danidandir. Bo’lmasa falsafa-i Yunoniyaning dastgohidan emas.
***
Ey birodar!Qachonki kashfi asror qiziqishi bizni shu maqomga qadar keltirdi. Biz ham seni barobar tortdik. Seni ta'jiz etdik. Ham sening juda charchaganingni ham bilamiz. Hozir Unsur-ul Balog’at va i'jozning miftahi bo’lgan Ikkinchi Maqolaning ichida seni kezdirishni istayman. Aslo u maqolaning ig’loqi uslubi va ichida jilvagar bo’lgan masoilning ko’ylaklarining parishoniyati seni tomoshasidan mutanaffir etmasin. Zero ig’loq etgan, ma'nosidagi diqqat va qiymatdir. Va parishon etgan va ziynati zohiriyadan mustag’niy etgan, ma'nosidagi jamoli zotiyasidir.
Ha, nozlangan va istig’no ko’rsatgan nozaninlarning mahrlari diqqatdir. Va manzillari ham qalbning suvaydosidir. Ularga kiydirgan ko’ylagim zamonning uslubiga muxolifdir. Zero Kurd maktabi deyilgan yuksak tog’larda o’sganimdan, alaturka tikuvchiligiga o’rganolmadim. Hamda shaxsning uslubi bayoni, shaxsning timsoli shaxsiyatidir. Men esa ko’rganingiz yoki eshitganingiz kabi hal qilinishi mushkul bir muammoman...
تَمَّ تَمَّ
* * *
Unsur-ul Balog’at
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلطَّيِّبَاتُ لِلّٰهِ وَ الصَّلَوَاتُ عَلٰى نَبِيِّه۪
Ikkinchi Maqola
Balog’atning ruhiga taalluq etgan bir necha masalaning bayonidadir.
Birinchi Masala
Tarix lisoni taassuf bilan bizga dars beradiki: Saltanati Arabning jozibasi bilan, ajam Arablarga muxtalit bo’lganlaridan; Kalomi Mudoriyning malakasi deyilgan balog’ati Qur'oniyaning ma'danini mushavvash etganlari kabi, shuningdek ajamlarning va ajamiylarning balog’ati Arabiyaning san'atiga kirganlaridan, fikrning majrayi tabiiysi bo’lgan nazmi ma'oniydan zavqi balog’atni nazmi lafzga o’girishgan:
Afkor va hissiyotning majrayi tabiiysi, nazmi ma'oniydir. Nazmi ma'oniy esa, mantiq bilan mushayyaddir. Mantiqning uslubi esa, mutasalsil bo’lgan haqoiqqa mutavajjihdir. Haqoiqqa kirgan fikrlar esa, qarshisida bo’lgan daqoiqi mohiyotda nafizdirlar. Daqoiqi mohiyot esa, olamning nizomi akmaliga mumidd va mustamiddirlar. Nizomi akmalda har bir husnning manbai bo’lgan husni mujarrad mundamijdir. Husni mujarrad esa mazoya va latoif deyilgan balog’at chechaklarining bo’stonidir. Chechaklarning bo’stoni, jinoni xilqatda jilvagar bo’lgan azharga parastish etgan va shoir deyilgan bulbullarning nag’amotidir. Bulbullarning nag’amotiga ohangi ruhoniy bergan esa, nazmi ma'oniydir.
Hol shunday ekan, Arabdan bo’lmagan daxil va tufayliy va ajamiylar, balog’ati Arabiyada udabo qatoriga o’tishga uringanlaridan, ish izidan chiqdi. Zero bir millatning mizoji, u millatning hissiyotining mansha'i bo’lgani kabi, lisoni milliysi ham hissiyotining ma'kasidir. Millatning amzijalari muxtalif bo’lgani kabi, lisonlaridagi iste'dodi balog’at ham mutafovitdir. Lasiyyama Arabiy lisoni kabi nahviy bir lison bo’lsa...
Bu sirga binoan jarayoni afkorga majra va balog’at chechaklariga chamangoh bo’lishga ko’p daraja noqis va qisqa va quruq va qir'av bo’lgan nazmi lafz; majrayi tabiiysi bo’lgan nazmi ma'noga muqobala etib balog’atni mushavvash etgandir.
Zero ajamiylar sui ixtiyor yoki savqi ehtiyoj bilan lafzning tartib va tahsiniga va ma'oni-i lug’aviyaning tahsiliga yanada ziyoda muhtoj bo’lganlaridan va alfaz majra bo’lish jihati bilan yanada oson va yanada zohir va nazari sathiyga yanada munis va havom kabi avomning nazarlarini yanada jozibador va avomparastona namoyishlarga yanada musta'id bir zamin bo’lganidan, alfazga yanada ziyoda sarfi himmat etganlar. Ya'ni, naqadar bir masofa bosib o’tsa, qarshilariga juda musha'sha' sahrolar o’zlarini ko’rsatish shonida bo’lgan tartibi ma'oniyda bo’lgan tag’alg’uldan zehnlarini o’girib alfaz orqasidan yugurib yuradilar.
Ma'oniyning tasavvurlaridan keyin alfazning orqasiga ketish bilan fikrlarni chalkashtirgandir. Bora-bora alfaz ma'noga g’alaba qilish bilan istihdom etib; lafz ma'noga xizmat qilish bo’lgan qoziya-i tabiiya aksiga o’girilganidan, tabiati balog’atdan bunday lafzparast mutasalliflarning san'atiga qadar; yo’q balki tasannulariga uzun bir masofa kirgan.
Agar istasang, Haririy kabi bir dohiya-i adabning Maqomotiga kir, ko’r! U dohiya-i adab qanday hubbi lafzga mag’lub bo’lib, lafzparastlik havasi u qiymatdor adabiga dog’ tushirgani kabi, lafzparastlarga ham basti uzr etgan va namuna-i imtisol bo’lgan. Shuning uchun u ulkan Abdulqohir bu xastalikni tadoviy etish uchun "Daloili I'joz" va "Asror-ul Balog’at"ning bir sulusini uning dorilaridan to’ldirgan. Ha, lafzparastlik bir xastalikdir, faqat bilinmaski, xastalikdir...
Tanbeh:
Lafzparastlik qanday bir xastalik bo’lsa... xuddi shuningdek; suratparastlik va uslubparastlik va tashbehparastlik va xayolparastlik va qofiyaparastlik hozir filjumla, kelajakda ifrot bilan tom bir xastalik va ma'noni o’ziga fiqo qiladigan darajada bir maraz bo’ladi. Hatto bir nukta-i zarofat uchun yoki qofiyaning xotiri uchun ko’p adiblar adabda adabsizlik qilishni hozirdan boshlaganlar.
Ha, lafzga ziynat berilishi kerak, faqat tabiati ma'no istash sharti bilan va surati ma'noga hashmat berish kerak, faqat maolning ruxsatini olish sharti bilan va uslubga ravshanlik berilishi kerak, faqat maqsudning iste'dodi muso'id bo’lish sharti bilan va tashbehga ravnaq berish kerak, faqat matlubning munosabatini hisobga olish va rizosini tahsil etish sharti bilan va xayolga javalon va dabdaba berish kerak, faqat haqiqatni ranjitmaslik va og’ir kelmaslik va haqiqatga misol bo’lish va haqiqatdan istimdod etish sharti bilan kerakdir.
* * *
Ikkinchi Masala
Kalomning hayotlanishi va nashvu namosi; ma'nolarning tajassumi bilan va jamodotga nafhi ruh etish bilan bir mukolama va mubohasani ichlariga otishdir:
Davaron bilan ta'bir qilingan, vujudda va adamda ikki narsaning muqoranati bilan biri narigisiga illat va ma'haz va mansha' deb o’ylangan e'tiqodi urfiy ustiga muassas bo’lgan mag’lata-i vahmiya ustiga mabni bo’lgan quvva-i xayoldan nash'at etgan sehri bayoni bilan sehrboz kabi jamodotni hayotlantiradi, bir-biri bilan gaplashtiradi. Ichlariga yo adovatni yoki muhabbatni otadi. Hamda ma'nolarni tajassum ettiradi, hayot beradi, ichida harorati g’ariziyani darj etadi.
Agar istasang, shovqinli manzil itloqiga shoyista bo’lgan bu baytga kir:
يُنَاج۪ينِىَ الْاِخْلَافُ مِنْ تَحْتِ مَطْلِه۪ ٭ وَ تَخْتَصِمُ الْاٰمَالُ وَ الْيَاْسُ ف۪ى صَدْر۪ى
Ya'ni "Mumatola-i haq pardasi ostida xulf-ul va'd men bilan gaplashadi. Deydi: Aldanma!.. Shuning uchun ko’ksimda umidlarim ya's bilan urushishni boshladilar, u mutazalzil xona bo’lgan sadrimni xarob qiladilar."
Ko’rasan qanday shoiri sahir orzu va ya'sni tajsim etish bilan hayotlantirib nammom bo’lgan ixlafning fitnasi bilan bir muhoraba va muxosamani tamsil ayladi. Go’yo sinematograf kabi bu bayt sening aqlingga tushdek ko’rinadi. Ha, bu sehri bayonni bir navi tanvim etadi.
Va yoxud yerning yomg’ir bilan mu'ashaqa va shikoyatini tingla! Xullas:
تَشَكَّى الْاَرْضُ غَيْبَتَهُ اِلَيْهِ ٭ وَ تَرْشَفُ مَائَهُ رَشْفَ الرُّضَابِ
Ya'ni, yomg’irning kech kelishini unga tashakki etadi. Mahbubning og’iz suvi kabi suvini emadi.
Ajabo, yerni Majnun, sahabni Layli holatlarida bu she'r senga taxyil etmaydimi?
Tanbeh:
Bu she'rni go’zal ko’rsatgan, ichidagi xayolning haqiqatga bir daraja mushobahatidir. Zero yomg’ir kechiksa, so’ngra kelsa tuproq viz-viz kabi ovoz chiqarib suvini tortadi. Bu holni ko’rgan, kechligiga va shiddati ehtiyojiga intiqol etganidan, mashhur davaronning sirri bilan va tavahhumning tasarrufoti bilan bir mu'ashaqa va mukolama suratiga ifrog’ etadi.
Ishorat:
Har bir xayolda bu chizno’k kabi bir dona-i haqiqat bo’lishi shart.
* * *
Uchinchi Masala
Kalomning albisa-i faxirasi va yoxud jamoli va surati, uslub bilandir. Ya'ni, qolibi kalom bilandir:
Yo diqqati nazar yoki tavag’g’ul yoki mubosharat yoki san'atning talaqquhi bilan xayolda tavallud etgan tamoyulotning xususiyatidan tashakkul etgan suratlardan tarakkub etgan istiora-i tamsiliyaning parchalari talohuq etganlaridan tanavvur va tasharrub va tashakkul etgan uslub, kalomning qolibi bo’lgani kabi, jamolning ma'dani va hulali faxiraning dastgohidir.
Go’yo aqlning karnaychisi deyilishga shoyon bo’lgan iroda ovoz chiqarish bilan, qalbning qorong’i burchaklarida yotgan ma'nolar yalang’och, yalang oyoq, boshi ochiq bo’lib chiqqanlaridan mahalli suvar bo’lgan xayolga kiradilar. U xazinat-ul xayolda topgan suratlarini kiyadilar. Kamida bir ro’molni o’raydi yoki bir kovushni kiyadi, loaqal bir nishon bilan chiqadi. Hech bo’lmasa bir tugun bilan yoki bir kalima bilan o’zining qayerda tarbiya ko’rganini ko’rsatadi.
Agar bir kalomning -faqat tabiatdan chiqqan bir kalomning- uslubida im'oni nazar etsang, o’z san'ati ichida ishlagan mutakallimni u oyna-misol uslubning ichida ko’rasan. Hatto nafsini nafasidan va ovozidan, mohiyatini nafsidan puflashidan tavahhum va mizoj va san'atini kalomi bilan mumtazij taxayyul etsang, Xayolliyun mazhabida mu'atab bo’lmaysan.
Agar taraddud bilan sening xayoling xastaligi bo’lsa, Qasida-i Bur'iyyadan bo’lgan
وَاسْتَفْرِغِ الدَّمْعَ مِنْ عَيْنٍ قَدِ اْمَتَلَاتْ ٭ مِنَ الْمَحَارِمِ وَالْزَمْ حِمْيَةَ النَّدَمِ
bo’lgan ruhiy hastaliklar shifohonasiga ket, ko’r! Shunda Hakimi Busayri, istifrog’ bilan va nadomatning parhezi bilan senga resept yozadi.
Agar ishtahangning ochilishi bilan uslub deyilgan haqiqatning shishasidagi zuloli ma'no qanday o’ziga muvofiq va qanday imtizoj etshini tomosha qilish va u zulolni ichishga ishtahang bo’lsa, mayxonaga ket va ayt: "Ey mayxonachi, kalomi balig’ nedir?"
Albatta uning san'ati uni shunday gapirtiradi: Kalomi balig’, ilm deyilgan xumchalarda pishirilgan va hikmat deyilgan ulkan ko’zalarda turgan va fahm deyilgan suzgich bilan sizilgan obi hayot kabi bir ma'noni, zurafo deyilgan saqiylar aylantirib afkor ichadi; asrorda tamashshi etish bilan hissiyotni ihtizozga keltirgan kalomdir.
Agar bunday sarxushlarning so’zlarini yoqtirmasang, suvning muhandisi bo’lgan Hudhudi Sulaymonning Saba'dan keltirgan naba' va xabarni tingla! Qanday inzoli Qur'on va ibdo'i samovot va arz etgan Zuljalolning tavsifini qilgan. Hudhud deydi: "Bir qavmga uchradim. Zamin va osmondan maxfiyatni chiqargan Allohga sajda qilmaydilar." Qara, avsofi kamoliya ichida, Hudhudning handasasiga talvih etgan vasfi mazburni yolg’iz ixtiyor ayladi.
Ishorat:
Uslubdan murodim, kalomning qolibidir va suratidir. Boshqalar boshqacha aytishadi. Va balog’at jihatidan foydasi, qissotning tafariqini va parishon bo’lgan parchalarini iltihom va birlashtirishdir. Toki "Bir narsa sobit bo’lsa lavozimi bilan sobitdir" qoidasining sirri bilan, bir juzni tahrik etish bilan qissotning kulli ihtizozga keltiriladi. Go’yo mutakallim uslubning bir burchagini muxotobga ko’rsatsa, muxotob o’z-o’ziga garchi bir daraja qorong’i bo’lsa ham, tamomini ko’ra oladi.
Qara, qayerda bo’lsa bo’lsin, "muboraza" lafzi deraza kabi maydoni harbni, ichida harb bo’lib senga ko’rsatadi. Ha, ko’p bunday kalimalar bor. Xayolning sinematografi deyilsa bo’ladi.
Tanbeh:
Uslub marotibi juda mutafovitdir. Ba'zan shu qadar latif va raqiqdirki, nasimi sahardanda ohista esadi. Ba'zan shu qadar yashirin bo’ladiki, bu zamonning harbining diplomatlarining dasoisi harbiyalaridan ko’proq masturdir. Bir diplomatning quvva-i shammasi lozim, toki istishmom eta olsin.
Azjumla: يٰسٓ surasida مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ وَ هِىَ رَم۪يمٌ sheva-i ifodadan Zamaxshariy مَنْ يَبْرُزُ اِلَى الْمَيْدَانِ uslubini istishmom etgan. Ha, inson isyon bilan Xoliqning amriga qarshi ma'nan mudofaa va muboraza etadi.
* * *
To’rtinchi Masala
Kalomning quvvat va qudrati esa, kalomning quyudoti bir-biriga javob berish va kafiyati bir-biriga muovanat etish bilan butunlay chumoli qadaricha asl g’oyaga ishorat va har biri barmog’ini maqsad ustiga qoldirish bilan
عِبَارَاتُنَا شَتّٰى وَ حُسْنُكَ وَاحِدٌ وَ كُلٌّ اِلٰى ذَاكَ الْجَمَالِ يُش۪يرُ
dasturiga timsol bo’lishdir. Demak, quyudot zanav kabi va yoxud soylar kabi.. maqsad esa o’rtalaridan istimdod etuvchi bir hovuz kabi bo’lishi kerak.
Alhosil:
Zehnning to’ri ustida tarsim etilgan va nazari aql bilan olingan g’oyaning surati, mushavvash bo’lmasligi uchun tajovub va taovun va istimdod lozimdir.
Ishorat:
Bu nuqtadan intizom nash'at etishi bilan tanosub tavallud etib husn va jamol porlaydi.
Agar istasang, Robbi Izzatning kalomiga taammul et.
Azjumla: Zarrasi ulkan bir tosh qadar katta bo’lgan azobdan taxvif va insonni, qolaq va tahammulsiz ekanini ko’rsatish uchun savq etilgan
وَلَئِنْ مَسَّتْهُمْ نَفْحَةٌ مِنْ عَذَابِ رَبِّكَ
bo’lgan oyatga qara. Qandayki "narsani ziddidan in'ikos ettirish" bo’lgan qoida-i bayoniyaga binoan, tehvil va taxvif uchun azobning bir parchasining daraja-i ta'sirini ko’rsatishni istaganidan, qillat bo’lgan asosi maqsadga, kalomning har tarafi qo’lini u yerga uzatib quvvat beradi.
Shunday: اِنْ lafzidagi tashkik bilan taxfif va مَسَّتْ dagi yolg’iz tegilish va نَفْحَةٌ moddasida va siyg’asida va tankiridagi taqlil va tahqir..
va مِنْ dagi tab'iz va nakalga badal عَذَابِ zikridagi tahvin va رَبِّكَ dagi imo-i rahmat, hammasi taqlilni ko’rsatish bilan azobni nihoyat darajada ta'zim va tehvil etadi.
Zero ozi bunday bo’lsa, ko’pidan Alloh saqlasin.
Tanbeh:
Bu senga sarmashqdir. Yoza olsang, mashq qil. Zero butun oyoti Qur'oniya bu intizom va tanosub va husnga mazhardirlar. Faqat maqosid ba'zan mutadohilan mutasalsildir. Har birining tavobi'i narigisi bilan muqorin bo’ladi, faqat muxtalit bo’lmaydi. Diqqat qilish kerak. Zero nazari sathiy bunday yerlarda ko’p xalt etadi.
* * *
Beshinchi Masala
Kalomning sarvat va vus'ati esa -qanday qilib surati tarkib nafsi maqsadni ko’rsatadi, shunga o’xshab- mustatba'otining talmihoti bilan va asolibning ishoroti bilan g’oyaning lavozim va tavobi'ini ko’rsatish va ihtizozga keltirishdir.
Zero talmih va ishorat sokin bo’lgan xayolotni ihtizozga va sokit bo’lgan javonibini gapirtirish bilan qalblarning eng uzoq burchaklaridagi istehsonni va olqishlashni tahyij etishga buyuk bir asosdir. Ha, talmih va ishorat esa yo’lning atrofini tomosha bilan tanazzuh etish uchun. Qasd va talab va tasarruf uchun emas. Demak, mutakallim unda mas'ul bo’lmaydi. Agar istasang, bu baytlarning ichlariga kir, bir daraja ko’rishga shoyon nuqtalar bor:
Xullas, chal bo’lgan otiga mingan, nozanin qarshisida yosharishni istagan keksa otaning soqolining ichiga qara, balog’atning ko’p kalitlarini topasan. Ol, eshiklarni och, xullas:
قَالَتْ كَبِرْتَ وَ شِبْتَ قُلْتُ لَهَا ٭ هٰذَا غُبَارُ وَقَايِعِ الدَّهْرِ
Ya'ni U: "Keksayding", dedi.: "Unday emas, balki masoibi dahrning shovqinidan oyoqlar ostidan chiqib soqolimga qo’ngan bir oq g’ubor", dedim.
Hamda:
وَلَا يُرَوِّعْكِ ا۪يمَاضُ الْقَت۪يرِ بِه۪ ٭ فَاِنَّ ذَاكَ ابْتِسَامُ الرَّاْىِ وَالْاَدَبِ
Ya'ni: Soqolimning oqarib porlashi seni qo’rqitmasin. Zero nuri mutajassim kabi miyadan erigan, soqoldan majra topib o’zini ko’rsatgan fikr va adabning tabassumidir.
Hamda:
وَعَيْنُكَ قَدْ نَامَتْ بِلَيْلِ شَب۪يبَةٍ ٭ فَلَمْ تَنْتَبِهْ اِلَّا بِصُبْحِ مَش۪يبٍ
Ya'ni: Tun kabi yoshlikda ko’zning navmi g’aflatga cho’mganidan, subh-misol bo’lgan soqolning oqi bilan uyg’ona oldi.
Hamda:
وَكَاَنَّمَا لَطَمَ الصَّبَاحُ جَب۪ينَهُ ٭ فَاقْتَصَّ مِنْهُ وَخَاضَ ف۪ى اَحْشَائِه۪
Ya'ni: Jiritni istab tong, otimning yuziga yadi bayzosi bilan bir tarsaki tushirdi. Otim ham qasdini olish uchun tayyor bo’lgan tongga erishdi, yerga urdi, ichida to’rt oyog’i bilan kezdi. Demak, otim chaldir.
Hamda:
كَاَنَّ قَلْب۪ى وُشَاحَاهَا اِذَا خَطَرَتْ ٭ وَقَلْبَهَا قُلْبُهَا فِى الصَّمْتِ وَالْخَرَسِ
Ya'ni: Qalbim ma'shuqimning kamari kabi harakat va hishhish etmoqda; uning qalbi esa uning bilaguzugi kabi sukun va sukutda. Demak, beli mayin, bilagi qalin bo’lgani kabi; qalbim mushtoq, uning qalbi mustag’niydir. Demak, husn va ishqni va istig’noni va ishtiyoqni bir tosh bilan urgan.
Hamda:
وَاَلْقٰى بِصَحْرَاءِ الْغَب۪يطِ بَعَاعَهُ ٭ نُزُولَ الْيَمَانِىِّ ذِى الْعِيَابِ الْمُحَمَّلِ
Ya'ni: Tojiri Yamaniy kabi yomg’irdan kelgan sel; yuklarini, asqollarini G’obit sahrosiga otdi. Qandayki bir tujjor oqshom vaqti bir qishloqqa kelsa, tunda qishloqliklar rang-barang ashyolarini sotib olsalar, tongda hamma bir rang bilan bezangan holida uyidan chiqadi. Hatto qishloqning cho’poni ham qizil bir ro’molni bog’laydi. Xuddi shuningdek, sel sahroga yukini otgani kabi, tijorati xofiyaga o’xshagan imtizojoti kimyoviya bilan chechaklarning nozaninlariga go’yo rang-barang ko’ylak olinadi, tikiladi. Hatto chechaklarning cho’poni itloqiga shoyon bo’lgan kafna {(*): Tikanli, yoqiladigan bir tog’ mahsulidir.} boshini qizartiradi.
Hamda:
غَارَ الْوَفَاءُ وَفَاضَ الْغَدْرُ وَانْفَرَجَتْ ٭ مَسَافَةُ الْخُلْفِ بَيْنَ الْقَوْلِ وَالْعَمَلِ
Ya'ni: "Vafo g’ovri in'idomga chekildi.. to’foni g’adr favaronni boshladi. Qovl va amal o’rtasida uzun bir masofa ochildi..."
Uzoqqa ketishni istamasang, bu maqolaning bir parcha maqobliga nazar et, bu masalaga namuna bo’lish uchun ko’p parchalarni topasan. Azjumla: "Oyotning daloili i'jozining miftahi va asrori balog’atining kashshofi yolg’iz balog’ati Arabiyadir. Falsafa-i Yunoniya emas."
Va yoxud maqola-i ulada bo’lgan masala-i ulaning xotimasidagi ishoratga qara. "Xilqat deyilgan shariati fitriya, majzub va musofir bo’lgan kura-i arzga farz etgan: Shamsga iqtido etgan yulduzlarning safida turish, shuzuz etmaslik... Zero zamin zavji bilan barobar اَتَيْنَا طَٓائِع۪ينَ degan. Toat esa jamoat bilan yanada ahsandir."
Hozir taammul et! Bu misollar qarshi va orqalaridan shunday maqomotni ko’rsatadiki, ketidan boshqa maqomot xayol-mayol kabi boshini chiqaradi.
* * *
Oltinchi Masala
Kalomning samaroti esa; tabaqoti muxtalifada, suvari mutaaddidada tashakkul etgan ma'oniydir.
Shunday: Kimyoga oshino bo’lganlarga ma'lum. Bir moddani, masalan oltin kabi bir unsurni istihsol etilgan vaqt, uskuna yoki fabrika bilan mutaaddid quvurlar bilan muxtalif tarassuboti bilan, mutanavvi' tashakkulot bilan tabaqoti mutafovitada o’tadi. Eng so’nggida undan bir qism tahassul etadi. Kalom deyilgan ma'oni-i mutafovitaning fotosurati bilan olingan muxtasar bir xaritaning isti'ob etgani kabi.
Mafohimi mutafovitaning surati tashakkuli shudirki, ta'siroti xorijiyadan qalbning bir qism ihtisosoti ihtizozga kelish bilan muyulot tavallud etadi. Undan havoiy ma'nolar bir daraja aqlning nazariga tegib, aqlni o’ziga mutavajjih etadi. So’ngra u buhor holidagi ma'no bir qismi takosuf etish bilan tamoyulot va tasavvurotning bir qismi muallaq qolib, bir qism ham taqattur etganidan, aql unga rag’bat ko’rsatadi. So’ngra mayi' holidagi qismdan bir qism tasallub va tahassul etganidan, aql uni kalom ichiga oladi. So’ngra u mutasallibdan bir rasmi maxsus bilan tamassul va tajalliy etganidan, aql uning qomatiga ko’ra bir kalomi maxsus bilan uni ko’rsatadi.
Demak, mutashaxxis bo’lgani, kalomning surati maxsusasi ichiga oladi. Va tasallub etmaganni fahvaning qo’liga beradi. Va tahassul etmaganni ishorat va kalomning xususiyatiga yuklaydi. Va taqattur etmaganni kalomning mustatba'otiga havola etadi. Va tabaxxur etmaganni uslubning ihtizozotiga va kalom bilan rafoqat etgan mutakallimning atvori bilan rabt etadi.
Xullas, bu silsilaning quvurlaridan ismning musammosi va fe'lning ma'nosi va harfning madluli va nazmning mazrufi va hay'atning mafhumi va kayfiyatning marmuzi va mustatba'otning musharunilayhlari va xitobni tashyi' etgan atvorning muharriklari, hamda "dallun bil-ibora"ning maqsudi va "dallun bil-ishorat"ning madluli va "dallun bil-fahva"ning mafhumi qiyosiysi va "dallun bil-iqtizo"ning ma'no-i zaruriysi va yana boshqa mafohim umuman bu silsilaning bittadan tabaqasidan in'iqod etadi va shu ma'dandan chiqadi.
Agar tomosha qilishni istasang, o’z vijdoningga qara, shu marotibni ko’rasan.
Shunday: Sening mahbubing ne zamon ko’zingizning derazasidan shua va barqi husnini vijdoningizga ilqo etsa, u ishq deyilgan nori muqoda birdan yondirishni boshlaganidan, hissiyot iltihobni boshlash bilan, amol va muyulot ham hayajonga kelib birdan u amollar ust qavatdagi xayolning tovonini teshadi. Imdod istaganlaridan, u xazinat-ul xayolda safbasta-i harakat va mahbubning mahosinini qo’llarida tutgan va yoxud uning mahosinini xotirga keltirish bilan tasvir etgan, boshqasining mahosini bilan ishba' etilgan xayolot esa u amolning yordamiga yuguradilar; barobar hujum qilib xayoldan lisonga qadar tushish bilan barobar ziloli visolga bo’lgan mayli orqalarida va firoqdan bo’lgan taallumni o’ngda va ta'zim va ta'dib va ishtiyoqni chapga va tarahhum va lutfni iqtizo qilgan mahbubning mahosinini qarshilariga va hadya o’laroq madihaning gardanini va sanoning durrlarini qo’llariga olish bilan barobar u
اَلنَّارُ الْمُوقَدَةُ عَلَى الْاَفْئِدَةِ
itloqiga shoyon u otashni so’ndirish uchun ziloli visolni jalb qilgan tavsifi bil-fazoil bilan arzi hojat etadilar.
Xullas qara, necha tabaqotda bilgan ma'nongdan boshqa naqadar ma'oniy boshlarini chiqarib ko’rinyapti. Agar qo’rqmasang Ibn Faridning yoki Abu Toyyibning ko’zlaridan mudhish bo’lgan vijdonlariga qara. Va vijdonning tarjimoni bo’lgan
غَرَسْتُ بِاللَّحْظِ وَرْدًا فَوْقَ وَجْنَتِهَا ٭ حَقٌّ لِطَرْف۪ى اَنْ يَجْنِىَ الَّذ۪ى غَرَسَا
Hamda
فَلِلْعَيْنِ وَالْاَحْشَاءِ اَوَّلَ هَلْ اَتٰى ٭ تَلَاعَائِدِىَ الْاٰس۪ى وَ ثَالِثَ تَبَّتِ
Hamda
صَدٌّ حَمَا ظَمَا۪ى لُمَاكَ لِمَاذَا ٭ وَ هَوَاكَ قَلْب۪ى صَارَ مِنْهُ جُذَاذًا
Hamda
حُشَاىَ عَلٰى جَمْرٍ ذَكِىٍّ مِنَ الْغَضَا ٭ وَ عَيْنَاىَ ف۪ى رَوْضٍ مِنَ الْحُسْنِ تَرْتَعُ
ko’r va tingla, garchi ko’zlari Jannatda tanazzuh etadi, faqat vijdonlaridagi Jahannam ta'zib etadi. Xuddi shuningdek, mahosiniga ishorat va istig’nosiga ramz va taallumi firoqqa imo va shavqqa tasrih va talabi visolga talvih va tarahhumini jalb qilgan husniga tansis etish bilan barobar, hissiyotini tahrik etgan hay'ati atvori bilan ko’p xayoloti raqiqani ko’rsatishgan.
Ishorat:
Qandayki bir hukumatning intizomida, har ma'murga iste'dodi nisbatida, vazifa darajasida, xizmat miqdoricha ujrat berish lozim. Xuddi shuningdek, bunday marotibi mutafovitadan ixtilot etgan ma'nolar esa g’arazi kulliy bo’lgan "masuqi lahul kalom"ning markaziga qurbiyat nisbatida va maqsudga xizmat darajasida har biriga inoyat va ihtimomda hissa va nasiblarini taqsimi odil bilan tafriq etish kerak. Toki u mu'odalat bilan intizom va u intizomdan tanosub va u tanosubdan husni vifoq va husni vifoqdan husni muosharat va u husni muosharatdan kalomning kamoliga bir mezon-ut ta'dil chiqa olsin.
Bo’lmasa vazifasi xizmatkorlik va tabiati bolalarcha bo’lganlar katta rutbaga kirish bilan takabbur etadi. Takabbur etish bilan tanosubini buzib muosharatni chalkashtiradi. Demak quyudoti kalomning iste'dodlarini nazarga olish kerak. Ha, hamma narsani iste'dodi nisbatida tarfi' etish lozim. Zero ko’rinyaptiki ko’z, burun kabi bir a'zo naqadar chiroyli bo’lsa, hatto oltindan bo’lsa, haddidan katta bo’lgani holda, suratni xunuklashtiradi.
Tanbeh:
Qandayki ba'zan eng kichik bir nafar bir xizmatga, masalan, dushman qo’shiniga kashfi razga ketadi, mushir ketolmaydi va yoxud bir kichik talaba qilgan ishni buyuk bir olim qilolmaydi. Chunki buyuk odam hamma narsada buyuk bo’lishi lozim kelmaydi. Hamma o’z san'atida buyukdir. Shuning kabi, u ma'oni-i matazohima ichida ba'zan bir kichik ma'no rayosat etadi. U qiymatdor bo’ladi. Zero uning vazifasi hozir keladigan bir vosita bilan ahamiyatlidir. Bunga ishorat qilgan va qiymatiga manor bo’lgan sarih hukm va lozimi qoribining adami salohiyatidirki, uning hurmati uchun irsoli lafz va savqi xitob etilsin va kalom ham xat tashuvchilik etsin.
Zero yo badihiy va ma'lumdir, ko’rinyapti va yoxud xafif va zaifdir, asl g’oyada ahamiyati yo’q. Va yoxud uni husni talaqqiy va qabul qiladigan va unga quloq soladigan muxotob yo’q. Va yoxud mutakallimning holiga muvofaqat va takallumga da'i bo’lgan orzuga xizmat qilolmaydi. Va yoxud muxotobning sha'n va haysiyatiga imtizoj, istimzoj etolmaydi. Va yoxud kalomning maqomida va mustatba'otning tavobi'ida ajnabiy ko’rinadi. Va yoxud g’arazning muhofazasiga va lavozimning tadorikiga musta'id emasdir. Demak, har bir maqomda bu sabablardan yolg’iz birining so’zi tinglanadi. Faqat hammalari ittihod etsalar, kalomni eng yuksak tabaqaga chiqaradilar.
XOTIMA
Ba'zi ma'oni-i muallaqa bordirki, bir shakli muayyanasi va bir vatani xususiyasi yo’q. Mufattish kabi har bir doiraga kiradi. Ba'zi o’ziga xususiy bir lafz taqadi. Bu muallaqotning bir qismi esa harfiya va havoiya kabidir. Boshqa kalima uni deruniga tortadi. Ba'zan bir jumlaga, balki bir qissaga nufuz etadi. Qachonki u jumlani ezdirsang, ruh kabi u ma'no taqattur etadi. Masalan, hasrat va ishtiyoq va tamadduh va taassuf ila oxir... kabi ma'nolardir...
* * *
Yettinchi Masala
Balog’atning uqda-i hayotiyasi, ta'biri digar bilan, bayonning falsafasi va yoxud she'rning hikmati esa, xorijiyotning navomisi va maqoyisini tamassul etishdir.
Shunday: Haqoiqi xorijiyadagi qonunlarni qiyosi tamsiliy jihati bilan va davaron tariqi bilan va vahmning tasarrufi bilan shoirona bo’lgan ma'naviyat va ahvolda joylashtirishdir. Demak, oyna kabi xorijdan in'ikos etgan haqiqatning shualarini tamassul etadi. Go’yo o’z san'ati xayoliyasi bilan va naqshi kalomiysi bilan xilqat va tabiatni taqlid va muhakat etadi.
Ha, kalomda haqiqat bo’lmasa ham, eng aqal shabih va nizomidan istimdod etish va uning donasi ustida unib chiqishi kerak. Faqat har donaning maxsus bir boshog’i bordir. Bir bug’doy bir daraxt qadar unib chiqmaydi. Falsafa-i bayon nazarga olinmasa; balog’at xurofot kabi, xayol g’ul kabi sami'ga hayratdan boshqa bir foyda bermaydi.
Ishorat:
Falsafa-i bayoniyaga mushabih, Nahvning ham bir falsafasi bordir. U falsafa esa vazi'ning hikmatini bayon qiladi. Kutubi Nahvda mazkur bo’lgan munosaboti mashhura ustiga muassasdir. Masalan, bir ma'mulga ikki a'mil dohil bo’lmaydi. Va "hal" lafzi fe'lni ko’rgani kabi sabr qilmaydi, visol istaydi. Ham foil quvvatlidir, qoviy bo’lgan zammani o’ziga g’asb etadi. "Masalan" xorij va koinotda joriy bo’lgan qonunlarning bittadan aksi misoliysidir.
Tanbeh:
Bu munosaboti Nahviya va Sarfiya bo’lgan hikmati vazi' esa falsafa-i bayon darajasida bo’lmasa ham, juda buyuk bir qiymati bor.
Azjumla: Istiqro bilan sobit bo’lgan ulumi naqliyani ulumi aqliyaning suratlariga o’giradi.
* * *
Sakkizinchi Masala
Ma'oni-i bayoniyaning emlashi va talqihi va ma'nolarning bajoyish va inqiloblari; kalimaning ma'no-i haqiqiysi, yo g’araz va yoxud ma'no-i muallaqadan birisini tasharrub va ichiga jazb etishdir. Zero ichiga kirgan vaqt sohib-ul bayt bo’lgan haqiqatga va asosga aylanadi. Va asl lafzning sohibi bo’lgan ma'no esa bir surati hayotiyaga aylanadi. Unga madad beradi. Va mustatba'otdan istimdod etadi. Shu sirdan kalima-i vohidaning ma'oni-i mutaaddidasi bo’ladi. Va bajoyish va talqihot bundan chiqadi. Bu nuqtadan g’aflat qilgan, buyuk bir balog’atni yo’qotadi.
Ishorat:
Bir narsa markab va minilgan bo’lsa, عَلٰى lafziga mustahaq bo’lgani kabi, zarf kabi ichiga olganidan, ف۪ى lafzini istaydi. تَجْر۪ى فِى الْبَحْرِ kabi. Hamda bir narsa vosita bo’lganidan, بَاء lafzini istaydi. سَعَدْتُ السَّطْحَ بِالسُّلَّمِ kabi. Va makon va markab bo’lganidan, ف۪ى va عَلٰى lafzlarini ham istaydi. Hamda g’oya bo’lganidan, اِلٰى va حَتّٰى lafzlarini istaydi. Illat va zarf bo’lganidan, لَامْ va ف۪ى lafzlarini ham istaydi.
وَ الشَّمْسُ تَجْر۪ى لِمُسْتَقَرٍّ
kabi. Mana sarmashq; sen ham qiyos qila olsang, qil!
Tanbeh:
Bu mutadohil ma'nolarning qaysisi yanada ziyoda sening g’arazingga teginadi va maqsadga sila-i rahm bor, ilgari sur va izhor et. Qolganlarini unga tashyi' etuvchi qildir. Bo’lmasa sening tarzi ifodang hashmat va ziynati bayoniyadan yalang’och bo’ladi.
* * *
To’qqizinchi Masala
Iroda-i juz'iyani va tasavvuri basitni ojiz qoldirgan kalomning yuksak tabaqasi shuki: Mutadohilan mutasalsil bo’lgan maqosidning taaddudi va mutanosilan murtabit bo’lgan matolibning tasalsuli va natija-i vohidani tavlid etgan asoslarning ijtimoi va har biri boshqa-boshqa samara bergan furu'-i kasiraning istinbotiga iste'dod yoki tazammuni bilandir. Shundayki:
Maqsad-ul maqosid bo’lgan eng uzoq va yuksak hadafi g’arazdan ayrilib kelayotgan maqsadlar bir-biriga murtabit va bir-birining nuqsoniyatini takmil va qo’shnilik haqqini ado etish bilan, kalomga vus'at va azamat beradi. Go’yo birini o’rnatish bilan narigi va digari va boshqasini va yana boshqasini o’rnatadi. Va o’ng va chapda va har jihatning nisbatini inobatga olish bilan birdan u maqosidni, kalomning qasri mushayyadasiga quradi. Go’yo ko’p aqllarni o’z aqliga muovanat etish uchun a'riyat istagan, istihdom etadi. Xuddi u majmu'i maqosidda har bir maqsad, tasoviri mutadohiladan mushtarak-un fih bir juzdir. Qanday qilib mutadohil tasvirlarda qora bir nuqtani bir rassom qo’ysa; u nuqta birining ko’zi, narigisining yuzining xoli, bunisining burnining teshigi, boshqasining og’zi bo’lgani kabi, kalomi oliyda ham shunday nuqtalar bordir.
Ikkinchi Nuqta:
Qiyosi murakkab va mutasha'ab sirri bilan, matolib tanosul etib tasalsul etishdir. Go’yo mutakallim u matolibning baqo va tanosulining bir tarixi tabiiysiga ishorat etadi.
Masalan, olam go’zaldir. Demak, sone'i hakimdir. Abas yaratmaydi, isrof etmaydi, iste'dodotni muhmal qoldirmaydi. Demak, intizomni doimo takmil etadi. Jigarshikaf va tahammulsiz va orzuni o’ldiruvchi, butun kamolotni chil-parchin qilgan hijroni abadiy bo’lgan adamni insonga musallat etmaydi. Demak, saodati abadiya bo’ladi.
Uchinchi Maqolaning ikkinchi shahodatining muqaddimasida nubuvvati mutlaqaning mabhasida insonning hayvondan uchinchi jihati farqi, bunga yaxshi bir misoldir.
Uchinchi Nuqta:
Natija-i vohidani tanatuj etgan usuli mutaaddidani jam' va zikr qilishdir. Zero har bir aslning yuksak natija bilan qasddan va bizzot irtiboti bo’lmasa, hech bo’lmasa bir daraja ihtizozga va inkishofga keltiradi. Go’yo usul deyilgan mazohir va oynalarning ixtilofi bilan va natija va mutajalliyning vahdati bilan maqsadning tajarrudiga va ulviyatiga va hayoti olam deyilgan davaroni umumiy tasmiya etilgan hayoti kulliya bilan yod etilgan haqiqati bilan kalomning quvva-i hayotiyasining ittisoliga ishoratdir. Uchinchi Maqolaning oxiridagi Uchinchi Maqsadda bo’lgan Birinchi Maqsad bunga bir daraja misoldir. Hamda Uchinchi Maqolada To’rtinchi Masala va Maslakdan bo’lgan ishorat va irshod va tanbeh va muhokama bunga misoldir.
فَانْظُرْ اِلٰى كَلَامِ الرَّحْمٰنِ الَّذ۪ى عَلَّمَ الْقُرْاٰنَ فَبِاَىِّ اٰيَاتِ رَبِّكَ لَا تَتَجَلّٰى هٰذِهِ الْحَق۪يقَةُ فَوَيْلٌ ح۪ينَئِذٍ لِلظَّاهِرِيّ۪ينَ الَّذ۪ينَ يَحْمِلُونَ مَا لَا يَفْهَمُونَ عَلَى التَّكْرَارِ
Ha, Robbi Izzatning kalomiga diqqat qilinsa, bu haqiqat har yerda nur kabi porlaydi. Ha, nur kabi burchaklarida va maqoti'larida ijtimo etib zuloli balog’at jo’sh uradi. Nafrin u zohirparastlarga bo’lsinki, bu haqiqatdan g’aflat etib, takrorga haml etadilar.
To’rtinchi Nuqta:
Kalomni shunday ifrog’ etish va iste'dod berishdirki: Juda ko’p furu'larning tuxumlarini mutazammin va juda ko’p ahkomga ma'haz va juda ko’p ma'oniyga va vujuhi muxtalifaga dalolat etishdir. Go’yo bu iste'dodni tazammun bilan kalomning quvva-i namiyasining quvvatiga talvih etadi va hosilotining kasratini ko’rsatadi. Xuddi u furu' va vujuhlarning mahshari bo’lgan masalada jamlaydi, toki mazoya va mahosinini muvozanat etib har bir far'ni bir g’arazga savq va har bir vajhni bir vazifaga ta'yin etadi.
فَانْظُرْ اِلٰى قِصَّةِ مُوسٰى فَاِنَّهَا اَجْدٰى مِنْ تَفَار۪يقِ الْعَصَا اَخَذَهَا الْقُرْاٰنُ بِيَدِهَا الْبَيْضَاءِ فَخَرَّتْ سَحَرَةُ الْبَيَانِ سَاجِد۪ينَ لِبَلَاغَتِه۪
Ha, qissa-i Muso mashhur zarbulmasaldagi tafariq-ul a'sodan ko’proq nafi'dir. Qandayki u hassa qanchalik bo’linsa ham, yana bir ishga yaraydi. Qissa-i Muso ham shundaydir. Bu xususiyatidan, Qur'on yadi bayzo-i mo’'jiz-ul bayoni bilan u qissani oldi. Va suvari mutaaddidada ko’rsatdi. Har bir jihatni husni iste'mol etdi. Fanni bayonning saharosi balog’atiga sajda bar zamini hayrat va muhabat etdilar.
Ey birodar! Bu masalada bo’lgan xayol-mayol balog’at bu asolib bilan senga shunday bir shajarani tarsim etadiki; ulkan u'ruqi mutashabika, uzun bo’g’imlari mutanasiqa va mutashabeh shoxlari muta'oniqa, meva va samaroti mutanavvi'a bo’lgan bir shajara-i haqiqat senga tasvir qiladi. Agar istasang, Oltinchi Masalani tomosha qil. Zero garchi mushavvash bo’lsa, bir daraja bu masalaning bir parchasiga misol bo’lishi mumkin.
Tanbeh va I'tizor:
Ey birodar! Bilamanki shu maqola senga g’oyat mug’laq ko’rinyapti. Lekin nachora, muqaddimaning sha'ni ijmol va ijozdir. Kutubi solisada senga tajalliy etadi.
* * *
O’ninchi Masala
Kalomning salosati esa bir daraja hissiyotdan tafraliq va ishtibok etmaslik va tabiatni taqlid va xorijga tamassul va masili g’arazda sadad va maqsad va mustaqarning tamayyuzidir.
Shundayki: Kalomda hissiyotda tugamasdan tepish, boshqasi bilan mazj etish, salosatini tag’yir etadi. Va nizomsiz ishtibokdan tavaqqiy va ma'oni-i mutasalsiladan tadarruj lozimdir.
Hamda san'ati xayoliyasi bilan tabiatga shogirdlik qilish kerak. Toki tabiatning qavonini uning san'atida in'ikos eta olsin.
Hamda tasavvurotini shunday xorijiyotga muhakiy va mushakil etish lozim. Deylikki, tasavvuroti miyadan qochib xorijda tajassum etsalar, xorij ularni istilhaq va nasablarini inkor etmasin va desin: "Ular meniki" va yoxud "Kaannahu" va yoxud "Mening valadimdir".
Hamda g’arazning masiylida va qasdning majrasida tafarruq etmaslik uchun sadad etish, chalachapa {(*): Bu kalmia Kurdchadir.} tamoyul etmaslikdir. Toki janiblar g’arazning quvvatini tasharrub etish bilan ahamiyatsiz qilmasin. Balki burchaklar, tazammun etganlari tarovat va latofati bilan zanav kabi g’arazga imdod va quvvat berishi kerak.
Hamda qasdning mustaqarri tamayyuz va ag’razning multaqosi taayyun etish, salosatning salomatiga lozimdir.
* * *
O’n Birinchi Masala
Bayonning salomat va sihati esa; hukmni lavozim va mabadiysi bilan va mudofaa vositalari bilan isbot etishdir:
Bir hukmning lavozimini ixlol etmaslik, tinchligini buzmaslik va nazarga olish va mabadiysidan istimdodi hayot etish uchun murojaat etish va hujum etgan avhomning e'tirozotiga muqobala etadigan savoli muqaddarga javob bo’lgan quyudoti bilan taqallud etish kerak.
Demak, kalom mevador bir daraxtdir. Jinoyat va ijtinodan himoya qilish uchun tikanlari va nayzalari tizilishgan.
Go’yo u kalom bir qancha munozorotning natijasi va juda ko’p muhakamotning zubdasi bo’lganidan, g’oyat ulviy bo’lib avhomning shayotini istiroqi sam' qilolmaydilar; egri nazar bilan qarolmaydilar. Go’yo mutakallim olti jihatini nazarga olib atrofiga bir sur tortgan. Ya'ni, mavzu' va yoxud mahmulni taqyid bilan.. va yoxud tavsif bilan.. va yoxud boshqa jihat bilan vahmning hujumiga muso'id nuqtalarda bittadan mudafi' muhayyo etib, boshdan oxirigacha muqaddar savollarga javob hukmida bo’lgan quyudoti bilan mujahhaz etishdir.
Agar bunga misol istasang, shu kitob bitamomihi bunga uzun bir misoldir. Lasiyyama Maqola-i Solisa eng porloq bir misoldir.
* * *
O’n Ikkinchi Masala
Kalomning salomat va randalanishi va i'tidoli mizoji esa, har qaydning istihqoq va iste'dodiga ko’ra inoyatni taqsim va xil'ati uslubni tavzi' va kiydirishdir. Hamda hikoyatda bo’lsa, mutakallim o’zini mahkiyyun anh o’rnida faraz qilishi kerak:
Agar boshqasining hissiyot va afkorining tasvirida bo’lsa, mahkiyyun anhga hulul etish va uning qalbida musofir bo’lish va lisoni bilan takallum etishi kerak.
Agar o’z molida tasarruf etsa, alomati qiymat bo’lgan e'tibor va ihtimomning taqsimida har qaydning istihqoq va iste'dod va rutbasini nazarga olish bilan taqsimida adolat va uslublarda iste'dodning qomatiga ko’ra kesishdir. Toki har bir maqsad uning munosibida bo’lgan uslubdan jilvagar bo’la olsin. Zero uslubning asoslari uchdir:
Birinchisi:Uslubi mujarraddir. Sayyid Sharifning va Nosiruddini Tusiyning sodda bo’lgan ma'rezi kalomlari kabi...
Ikkinchisi:Uslubi muzayyandir. Abdulqohirning "Daloil-ul I'joz" va "Asror-ul Balog’at"idagi musha'sha' va porloq kalomi kabi...
Uchinchisi:Uslubi oliydir. Sakkokiy va Zamaxshariy va Ibn Sinoning ba'zi muhtasham kalomlari kabi...
Va yoxud shu kitobning maolidagi Arabiyy-ul ibora, lasiyyama Maqola-i Solisadagi mushavvash, faqat muhkam parchalari kabi. Zero mavzu'ning ulviyati shu kitobni uslubi oliyga ifrog’ etgandir. Bo’lmasa san'atimning ta'siri juz'iydir.
Alhosil:
Agar Ilohiyot va usulning bahs va tasvirida bo’lsang, shiddat va quvvat va haybatni tazammun etgan uslubi oliydan ayrilmaslik kerak.
Agar xitobiyot va iqno'iyotda esang, ziynat va porloqlik va targ’ib va tarhibni tazammun etgan uslubi muzayyanni uddalay olsang, qo’ldan chiqarma. Faqat xo’jako’rsinlik va tasannu va avomparastona namoyish etmaslik kerak.
Agar muomalot va muhovarot va olat ilmlarida bo’lsang; vafo va ixtisor va salomat va salosat va tabiiylikni takafful etgan va soddaligi bilan jamoli zotiyani ko’rsatgan uslubi mujarradga iqtisor et.
Bu masalaning xotimasi:
Kalomning qanoat va istig’nosi va asabiyati esa, maqomning tashqarisida uslubni qidirmaslikdir.
Shundayki: Ma'noning qomatiga ko’ra bir uslubni kesishni istagan vaqting, dohili maqomda bo’lgan manbadan va mavzuning fabrikasidan hech bo’lmasa kalom tazammun etgan mavzuning yoki qissotning yoki san'atning lavozimining parcha-parchasidan va tavobi'ining bo’lak-bo’lagidan bir uslubni tikish, zarurat bo’lmasdan xorijga maddi nazar etmaslik, ta'bir xato bo’lmasa, xorijga boykot etish bilan albatta kalomning quvvati tazoyud etgani kabi, sarvatning tarqalmasligiga eng katta asosdir.
Demak, ma'no va maqom va san'at esa, kalomning dalolati vaz'iyasiga yordam bera oladi. Kalom, dalolati vaz'iya bilan ma'noni ko’rsatgani kabi, bu uslub o’z tabiati bilan ma'noga ishorat qiladi. Agar bir namuna istasang, To’qqizinchi Masaladagi Arabiy parchalariga qara. Xullas:
فَانْظُرْ اِلٰى كَلَامِ الرَّحْمٰنِ الَّذ۪ى عَلَّمَ الْقُرْاٰنَ فَبِاَىِّ اٰيَاتِ رَبِّكَ لَا تَتَجَلّٰى هٰذِهِ الْحَق۪يقَةُ فَوَيْلٌ ح۪ينَئِذٍ لِلظَّاهِرِيّ۪ينَ الَّذ۪ينَ يَحْمِلُونَ مَا لَا يَفْهَمُونَ عَلَى التَّكْرَارِ
فَاِنْ شِئْتَ فَانْظُرْ اِلٰى قِصَّةِ مُوسٰى فَاِنَّهَا اَجْدٰى مِنْ تَفَار۪يقِ الْعَصَا اَخَذَهَا الْقُرْاٰنُ بِالْيَدِ الْبَيْضَاءِ فَخَرَّتْ سَحَرَةُ الْبَيَانِ مَحَبَّةً وَحَيْرَةً سَاجِد۪ينَ لِبَلَاغَتِه۪
Agar istasang, ulumi aliyaning اٰلِيَه kitoblarining debochalariga qara. Agar garchi u debochalarda shu san'ati balog’at juda daqiq va latif bo’lmasa ham; faqat undagi baro'at-ul istihlol bu haqiqatga bir baro'at-ul istihloldir. Hamda shu kitobning debochasida mo’'jizotga ishorat yo’lida Payg’ambarimizning zotlari nubuvvatlariga mo’'jiza ko’rsatilgan. Hamda Uchinchi Maqolaning debochasida kalima-i shahodatning ikki jumlasi bir-biriga shohid ko’rsatilgan. Hamda Yettinchi Muqaddimada, inshiqoqi Qamarga yerga tushishni ilova qilganlarga aytilgan: Mo’'jizaning qamarini munxasif va shams kabi burhoni nubuvvatni Suha kabi maxfiy qolishiga sabab bo’ldingiz.
Bunga qiyosan, shu haqiqatga shu kitobda bir qancha namuna topa olasan. Zero bu kitobning maslagi, men kabi xorijga boykotdir. Hatto zarurat bo’lmasa, afkor va masoilda va misollarda va asolibda xorijga boykot qilishdir. Faqat tavofuqi xotir bo’lishi mumkin. Zero haqiqat bir. Qaysi eshik bilan kirsang, aynini ko’rasan.
XOTIMA
Aytilganga qara, aytganga qarama; aytilgandir... Faqat men deyman: Kim aytgan? Kimga aytgan? Qaysi maqomda aytgan? Nima uchun aytgan? Aytgan so’zi kabi diqqat qilish, balog’at nuqtai nazaridan lozim, balki alzamdir.
Ishorat:
Ma'lum bo’lsinki; fanni ma'oniy va bayonning mazoyasining balog’at jihatidan muhim bir sharti, qasddan va a'mdan g’arazning jihatiga amorot bilan ishorat va alomotning nasbi bilan qasd va a'mdini ko’rsatishdir. Zero unda tasodifning qiymati yo’q.
Fanni badi'ning va tazyinoti lafziyaning sharti esa, tasodif va adami qasddir. Va yoxud tasodifiy kabi tabiati ma'noga yaqin bo’lishdir.
* * *
Talvih:
Pushida bo’lmasinki, tabiatga va haqiqati xorijiyaga dalolat etgan va hukmi zihniyni qonuni xorijiy bilan rabt etgan; ta'bir joiz bo’lsa, pardani teshib ostidagi haqni ko’rsatgan vositalarning eng saqqobi اِنَّ -i tahqiqiyadir. Ha, shu اِنَّ ning shu xosiyatiga binoan, Qur'onda kasrat bilan iste'mol qilingan.
Tanbeh:
Ey birodar! Bu maqoladagi qavonini latifa shu parishon asolibdan tabarri va nafrat etishi seni tag’lit etmasin. Masalan: Agar bu qonunlar yaxshi bo’lsaydilar, ularni joriy qilganga yaxshi bir darsi balog’atni berar edilar. Hamda go’zal bir uslubni kiyar edilar. Holbuki ularni joriy qilgan ummiydir. Uslublari ham parishon, kabi bir vahmga zahib bo’lma.
Hoy! Bu vahmga ahamiyat berma. Zero bir fanda har bir ilm sohibi unda san'atkor bo’lishi lozim emas. Hamda ilal-markaziya bo’lgan quvva-i joziba, a'nil-markaziya bo’lgan quvva-i dafi'aga g’olibdir. Chunki quloqning miyaga qarobati va aql bilan sila-i rahmi bor. Holbuki ma'dani kalom bo’lgan qalb esa lisondan uzoq va ajnabiydir. Va hamda ko’p dafa lison qalbning tilini tamoman anglamaydi. Lasiyyama qalb ba'zan masalaning chuqur yerlaridan -quduq tubida kabi- bir g’ung’illasa, lison eshitolmaydi, qanday tarjimonlik qiladi?
Alhosil:
Fahm ifhomdan ko’proq asxaldir vassalom!..
I'tizor:
Ey shu tor va nozik va qorong’i bo’lgan yo’lda menga do’stlik qilgan sabrli va matonatli zot! O’ylaymanki bu Ikkinchi Maqolada yolg’iz hayrat bilan tomoshabin bo’lding, mustami' bo’lmading. Chunki anglamading. Haqqingiz bor. Zero masoil g’oyat chuqur va tomirlari uzun va ibora esa g’oyat muxtasar va mug’laq va Turkcham ham ancha nuqson va mushavvash va vaqtim ham tor.. men ham shoshqaloq.. sihatim muxtal.. boshim shamollagan. Shu chalkash zaminda faqat shunday bir varaqpora chiqishi mumkin.
وَالْعُذْرُ عِنْدَ كِرَامِ النَّاسِ مَقْبُولٌ
Ey birodar! "Unsuri Haqiqat"ni kubro kabi va "Unsuri Balog’at"ni sug’ro kabi mazj et. Elektr shuasi kabi bo’lgan hadsi sodiqni o’tkaz. Toki g’oyat haroratli va porloq ziyoli bo’lgan "Unsuri Aqida"ni natija berish uchun sening zehningga iste'dodot bera olsin.
Xullas "Unsuri Aqida"ni Uchinchi Maqolada qidiramiz.
Mana boshlayapman: "Nahu"... {(*): Kurdcha.}
* * *
Unsur-ul Aqida
Uchinchi Maqola
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ
Bu kalima-i oliya ussul asosi Islomiyat bo’lgani kabi, koinot ustida mavjlangan Islomiyatning eng nuroniy va eng ulviy bayrog’idir.
Ha, miysoqi azaliya bilan paymon va qasamimiz bo’lgan iymon bu manshuri muqaddasda yozilgan.
Ha, obi hayot hisoblangan Islomiyat esa bu kalimaning aynul hayotidan qaynab chiqadi.
Ha, abadga nomzod bo’lgan navi bashar ichida saodat-saroyi abadiyaga ta'yin va tabshir etilganning qo’llariga berilgan bir farmoni azaliydir.
Ha, qalb deyilgan avolimi g’aybga qaragan derazasida qurilgan latifa-i Rabboniyaning fotojihozi bilan olingan timsoli nuroniy bilan Sultoni Azalni e'lon qilgan xarita-i nuroniyasidir va tarjimoni balig’idir.
Ha, vijdonning asrorangiz nutqi balig’onasini jamiyati koinotga qarshi vakolatan inshod etgan xatibi fasihi va koinotga Hokimi Azalni e'lon qilgan iymonning muballig’i balig’i bo’lgan lisonning qo’lida bir manshuri loyazaliydir.
Ishorat:
Bu kalima-i shahodatning ikki kalomi bir-biriga shohidi sodiqdir va bir-birini tazkiya etadi.
Ha, uluhiyat nubuvvatga burhoni limmiydir.
Muhammad Alayhissalom Sone'-i Zuljalolga zoti bilan va lisoni bilan burhoni inniydir.
Tanbeh:
Haqoiqi aqoidi Islomiya, butun tafarruoti bilan kutubi Islomiyada mufassalan mubarhana va musorrahadir, ko’rinishi mumkin. Va ko’rilgan narsani ko’rsatish, zohirning xofasiga yoki muxotobning g’abovatiga ishorat va tajhil bo’lganidan, aqidaning yolg’iz uch-to’rt unsurini bayon qilaman. Boshqa haqoiqini fuhuli ulamoning kitoblariga havola qilaman. Zero menga hojat qoldirmaganlar.
MUQADDIMA
Ahli diqqatning ma'lumidirki: Maqosidi Qur'oniyaning fazlakasi to’rtdir: Sone'-i Vohidning isboti va nubuvvat va hashri jismoniy va adldir.
Birinchi Maqsad:Daloili Sone' bayonidadir.
Bir burhoni ham Muhammaddir (alayhissalom).
Sone'ning vujud va vahdati isbotga ehtiyojdan mustag’niydir.
Lasiyyama Musulmonlarga qarshi nihoyat darajada porloq va juda zohirdir.
Shunga binoan, xitobimni ajonibga, xususan Yaponiyaga tavjih ayladim. Zero ular bir vaqt ba'zi savollar so’ragandilar, men ham javob bergandim. Hozir ixtisor bilan yolg’iz bir-ikki savollariga mutaalliq u javobning bir qismini aytaman.
Ulardan bir savol:
مَا الدَّل۪يلُ الْوَاضِحُ عَلٰى وُجُودِ الْاِلٰهِ الَّذ۪ى تَدْعُونَنَا اِلَيْهِ وَالْخَلْقُ مِنْ اَىِّ شَىْءٍ اَمِنَ الْعَدَمِ اَوِ الْمَادَّةِ اَوْ ذَاتِه۪ اِلٰى اٰخِرِ سُؤَالَاتِهِمُ الْمُرَدَّدَةِ
Ya'ni: Vujudi Sone'ga dalili vazih nima?
Ishorat:
G’ayri mutanohiy bo’lgan ma'rifatulloh, bunday mahdud kalomga sig’maydi. Shunga binoan, kalomimdagi ig’loqning ma'zur tutilishi marjudir.
Tanbeh:
Barvajhi ati kalomdan maqsad, muhokama va muvozananing tariqini ko’rsatishdir. Toki majmuida haqiqat tajalliy etsin. Bo’lmasa zehnning juz'iyati sababi bilan, u majmu'ning har bir juzida natijaning tamomini taharriy etish, quvva-i vahimaning tasallut va taraddudi bilan haqiqatni avhom ichida satr etishdir.
MUQADDIMA
Haqiqatning kashfiga mone bo’lgan orzuyi xilof va iltizomi muxolif va tarafdori nafs jihati bilan aslsiz avhomini bir aslga irjo' etish bilan o’zini uzrli ko’rsatish va mushtariyning nazari kabi yolg’iz ma'oyibni ko’rish va bola tabiati kabi bahona-mahona qilish kabi ishlardan nafsini tajrid bilan shartimga muro'at eta olsang, huzuri qalb bilan tingla!
Birinchi Maqsad
Jami' zarroti koinot, bitta-bittalab zot va sifot va boshqa vujuh bilan g’ayri mahduda bo’lgan imkonot mobaynida mutaraddid ekan, bir jihatni ta'qib, hayratbaxsho masolihni intoj etish bilan Sone'ning vujubi vujudiga shahodat bilan, avolimi g’aybiyaning anmuzaji bo’lgan latifa-i Rabboniyadan e'loni Sone' qilgan e'tiqodning misbohini yoritadilar.
Ha, har bir zarra mustaqil ravishda Sone'ni e'lon qilgani kabi, tasoviri mutadohilaga o’xshagan murakkaboti mutashabiqa-i mutaso'ida-i koinotning har bir maqom va har bir nisbatida har bir zarra muvozana-i jarayoni umumiyni muhofaza va har nisbatda boshqa-boshqa masolihni intoj etganlaridan, Sone'ning qasd va hikmatini izhor va qiroat etganlari uchun, Sone'ning daloili zarrotdan qat-qat ziyodadir.
Agar desang: Nima uchun hamma aqli bilan ko’rmaydi?
Aljavob: Kamoli zuhuridan... Ha, shiddati zuhurdan ko’rinmaydigan darajaga kelganlar bor. Jirmi shams kabi.
تَاَمَّلْ سُطُورَ الْكَائِنَاتِ فَاِنَّهَا مِنَ الْمَلَاِ الْاَعْلٰى اِلَيْكَ رَسَائِلُ
Ya'ni: Ab'odi vase'a-i olamning sahifasida Naqqoshi Azaliy yozgan silsila-i hodisotning satrlariga hikmat nazari bilan qara va fikri haqiqat bilan yopish. Toki mala-i a'lodan kelgan salosili rasoil seni a'loyi illiyini yaqiynga chiqarsin.
Ishorat:
Qalbida nuqta-i istimdod, nuqta-i istinod bilan vijdoni bashar Sone'ni unutmaydi. Agar garchi aql ta'tili ashg’al etsa ham, vijdon etolmas. Ikki vazifa-i muhimma bilan mashg’uldir. Bular:
Vijdonga murojaat qilinsa, qalb badanning aqtoriga nashri hayot etgani kabi, qalb kabi qalbdagi uqda-i hayotiya bo’lgan ma'rifati Sone' ham; jasad kabi iste'dodoti g’ayri mahduda-i insoniya bilan mutanosib bo’lgan amol va muyuli mutashaibaga nashri hayot etadi; lazzatni ichiga otadi va qiymat beradi va bast va tamdid etadi. Mana nuqta-i istimdod...
Hamda shu bilan birga, janjal va muzohamatning maydoni bo’lgan dag’dag’a-i hayotga paydar-pay hujum ko’rsatgan olamning minglab musibat va mazohimlarga qarshi yagona nuqta-i istinod ma'rifati Sone'dir...
Ha, hamma narsani hikmat va intizom bilan qilgan Sone'-i Hakimga e'tiqod etmasa va a'lalamya tasodifga havola qilsa va u baliyyotga qarshi qo’lidagi qudratning adami kifoyatini o’ylasa; tavahhush va dahshat va talosh va xavfdan hosil bo’lgan bir holati jahannam-numun va jigarshikafda qolganidan; ashraf va ahsani maxluq bo’lgan inson, hamma narsadan yanada bechora bo’lganidan, nizomi komili koinotning haqiqatiga muxolif bo’ladi. Mana nuqta-i istinod... Ha, malja yolg’iz ma'rifati Sone'dir.
Demak, shu ikki nuqta bilan bu daraja nizomi olamda hukmfarmolik, haqiqati nafs-ul amriyaning xossa-i munxasirasi bo’lgani uchun, har vijdonda ikki deraza bo’lgan shu ikki nuqtadan vujudi Sone' tajalliy etadi. Aql ko’rmasa ham, fitrat ko’radi... Vijdon nazzordir, qalb derazasidir.
Tanbeh:
Arshi kamolot bo’lgan ma'rifati Sone'ning me'rojlarining yo’li to’rtta:
Birinchisi:Tasfiya va ishroqqa muassas bo’lgan muhaqqiqiyni so’fiyaning minhojidir.
Ikkinchisi:Imkon va hudusga mabni bo’lgan mutakallimiynning tariqidir.
Bu ikkiyo’l,filvoqe' Qur'ondan tasho'ub etganlar. Lekin fikri bashar boshqa suratga ifrog’ etgani uchun, ta'vil-uz zayl va mushkullashgan.
Uchinchisi:Hukamoning maslagidir. Uchovi ham ta'arruzi avhomdan masun emasdirlar...
To’rtinchisiki,Balog’ati Qur'oniyaning uluvvi rutbasini e'lon qilgan va istiqomat jihati bilan eng qisqasi va vuzuh jihati bilan basharning umumiga eng ashmali bo’lgan me'roji Qur'oniydir. Xullas, biz ham shuni ixtiyor etdik. Bu ham ikki xil:
Birinchisi:
"Dalili inoyat"bo’lib, manofi'i ashyoni ta'dad etgan butun oyoti Qur'oniya bu dalilga imo va shu burhonni tanzim etishadi. Bu dalilning zubdasi, koinotning nizomi akmalida rioyati masolih va hikamdir. Bu esa Sone'ning qasd va hikmatini isbot va tasodif vahmini o’rtadan olib tashlaydi.
Muqaddima:
Agar garchi har odam olamdagi rioyati masolih va intizomda istiqro-i tom etolmaydi va ihota etolmaydi. Faqat navi bashardagi talohuqi afkor soyasida, koinotning har bir naviga maxsus qavoidi kulliya-i muntazamadan iborat bo’lgan bir fan tashakkul etgan va etyapti.
Shu bilan birga, bir ishda intizom bo’lmasa, hukm kulliyati bilan jarayon etolmagani uchun, qoidaning kulliyati navning husni intizomiga dalildir. Demak, jami'-i fununi akvon qoidalarning kulliyatlariga binoan, istiqro-i tom bilan nizomi akmalni intoj etgan bittadan burhondirlar. Ha, fununi koinot bitamomiha mavjudotning silsilalaridagi halqalardan osilgan masolih va samaroti va inqiloboti ahvolning talofifida saqlangan hikam va favoidni ko’rsatish bilan, Sone'ning qasd va hikmatiga barmoq bilan shahodat va ishorat qilganlari kabi, shayotini avhomga qarshi bittadan najmi saqibdir.
Ishorat:
Jahli murakkabni intoj etgan, nazari sathiyni tavlid etgan ulfatdan tajridi nazar etsang va aqlga qarshi saddi turuq etgan avhomning oshiyoni bo’lgan mumarasati ilzomiyatdan nafsingni taxliya etsang; xurdabini bir hayvonning surati ostida bo’lgan uskuna-i daqiqa-i badi'a-i Ilohiyaning shuursiz, majra va mahraklari tahdid qilinmagan va imkonotida avlaviyat bo’lmagan asbobi basita-i jomida-i tabiiyadan husul-pariz va u dastgohning masnu'i bo’lganini o’z nafsini aldab mutmain va iqno' etolmaysan.
Magar har bir zarrada Aflotun qadar bir shuur va Galiley qadar bir hikmatni isbot qilgandan so’ng, zarroti saira bilan vositasiz muxobarani e'tiqod va tabiatdagi sabablarning ussul asosi hukmida bo’lgan juzi layatajazzadagi quvva-i joziba va quvva-i dafi'aning ijtimo'larining xartumi ustidagi maholiyatning tamg’asini yo’qota olsang...
Agar nafsing bu maholotga ehtimol bersa, seni insoniyat daftaridan o’chirtiradi. Faqat joizdirki: Har bir narsaning asosi deb o’ylaganlari jazb va daf' va harakat, odatullohning qonunlariga bittadan ism bo’lsin. Faqat qonun, qoidalikdan tabiiylikka va zehniylikdan xorijiylikka va e'tibordan haqiqatga va olatiyatdan muassiriyatga kelmaslik sharti bilan qabul qilamiz.
Tanbeh:
فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ
Nazaringni olamga kezdir. Qaysi joyida nuqsoniyatni ko’ra olasan? Kallo! Qarasa ko’rmaydi. Agar ko’r bo’lsa yoki qasri nazar xastaligi bilan mubtalo bo’lsa.
Istasang Qur'onga murojaat et. Dalili inoyatni vujuhi mumkinaning eng akmal vajhi bilan topasan. Zero Qur'on, koinotni tafakkurga amr bergani kabi, favoidni tazkor va ne'matlarni ta'dad etadi. Xullas, u oyot shu burhoni inoyatga mazohirdir. Ijmoli bu, ushla!
Tafsili esa: Agar mashiati Ilohiya taalluq etsa, oyoti ofoqiya va anfusiyani tafsir tariqida samo va bashar va arzning ilmlariga ma'qud bo’lgan kutubi salosada tafsir etiladi. U vaqt shu burhon tamomi surati bilan senga ko’rinadi.
* * *
Ikkinchi Dalili Qur'oniy:
"Dalili ixtiro'"dir.Buning xulosasi: Maxluqotning har naviga, har fardiga va u navga va u fardga murattab bo’lgan osori maxsusasini muntij va iste'dodi kamoliga munosib bir vujudning berilishidir. Zero hech bir navi mutasalsil azaliy emas.
"Imkon" qoldirmaydi.
Hamda bizzarura ba'zi narsalarning "hudus"i nazarning mushohadasi bilan va boshqalari ham aqlning hikmat nazari bilan ko’riladi.
Vahm va tanbeh:
Inqilobi haqiqat bo’lmaydi. Navi mutavassitning silsilasi davom etmaydi. Tahavvuli asnof, inqilobi haqoiqning g’ayrisidir.
Ishorat:
Har bir navning bir odami va bir katta padari bo’lgani uchun, silsilalardagi tanosuldan nash'at etgan vahmi botil u odamlarda, u avvalgi padarlarida tavahhum etilmaydi.
Ha, hikmat fanni tabaqat-ul arz va ilmi hayvonot va nabotot lisoni bilan ikki yuz mingdan ortiq anvo'ning odamlari hukmida bo’lgan mabda-i avvallarining har birining mustaqillan hudusiga shahodat qilgani kabi; mavhum va e'tiboriy bo’lgan qavonin va shuursiz bo’lgan tabiatdagi sabablar esa, bu qadar hayrat-fazo silsilalar va bu silsilalarni tashkil etgan va afrod deyilgan dahshatangiz hadsiz uskuna-i ajiba-i Ilohiyaning tasni' va ijodiga adami qobiliyatlari jihatidan har bir fard va har bir nav, mustaqillan Sone'-i Hakimning yadi qudratidan chiqqanini e'lon va izhor etadi. Ha, Sone'-i Zuljalol hamma narsaning jabhasida hudus va imkon tamg’asini qo’ygan.
Tanbeh:
Azaliyati modda va harakati zarrotdan tashakkuli anvo' kabi umuri botilaga ehtimol berish, faqat boshqa narsa bilan nafsini iqno' etish sadadida bo’lgani uchun, u ishlarning asosi fosidasini taba'i nazari bilan adami darkidan nash'at etadi. Ha, nafsini iqno' etish suratida mutavajjih bo’lsa, maholiyat va adami ma'quliyatiga hukm qiladi. Deylikki qabul qilsa ham, "tag’ofuli anis-Sone'’" sababli hosil bo’lgan izdiror bilan qabul qilishi mumkin.
Tanbeh:
Mukarram bo’lgan inson, insoniyatning javhari e'tibori bilan, doimo haqni sotib olishni istaydi va doimo haqiqatni qidiradi va doimo maqsadi saodatdir. Faqat botil va zolal esa, haqni qidirarkan, xabari bo’lmasdan qo’liga tushadi. Haqiqatning ma'danini qozarkan, ixtiyorsiz botil uning boshiga tushadi. Va yoxud haqiqatni topishdan muztar yoki tahsili haqdan xaib bo’lgan sari, asl fitrati va vijdoni va fikri; mahol va g’ayri ma'qul bilgan bir masalani, nazari sathiy va taba'i bilan qabuliga majbur bo’ladi.
Xullas, bu haqiqatni peshi nazarga ol!
Ko’rasanki: Butun nizomi olamdan asari g’aflat o’laroq tavahhum etishgan azaliyati modda va harakat va shu butun aqllarni hayratda qoldirgan naqsh va san'ati badi'ada taxayyul etishgan tasodifi amya va butun hikamning shahodotiga qaramasdan jonsiz sabablardan e'tiqod qilishgan ta'siri haqiqiy va nafslariga mug’olata etib vahmning -istimrorga istinodan- adashtirishi bilan tajassum va taxayyul etilgan tabiati mavhumani marji' qilish bilan tasalli etganlari; albatta fitratlari rad qiladi.
Faqat yolg’iz haqqa tavajjuh va haqiqatga qasd etganlari uchun shu avhomi botila da'vatsiz o’laroq yo’lning yonidan ta'arruz etganlari uchun, albatta hadafi g’araziga nazarini tikkan odam u avhomga taba'i va sathiy bir nazar bilan qaraydi. Shuning uchun muzaxraf bo’lgan ichiga nufuz etolmaydi. Faqat qachon rag’bat va qasd va sotib olish nazari bilan qarasa; olishga emas, balki iltifot etishga va qarashga tanazzul etmaydi!..
Ha, shu qadar xunuk bir narsani vijdon va aql mahol ko’radi. Qalb ham qabul etmaydi. Illo mushag’oba bilan safsata sotib har bir zarraga hukamoning aqllarini va hukkamning siyosatlarini berib, toki har bir zarra axovati bilan ittifoq va intizom masalasida mushovara va muxobara etishsin.
Ha, bu suratdagi maslakni inson emas, hayvon ham qabul qilmaydi. Faqat na chora, maslakning lozimi bayyini maslakdandir. Shu maslak esa, bu suratdan boshqa bir narsa bilan tasvir qilinmaydi. Ha, botilning sha'ni shunday: Qachon taba'i bir nazar bilan qaralsa, sihatiga bir ehtimol beriladi. Faqat im'oni nazar qilinsa, ehtimoli sihat bartaraf bo’ladi.
Ishorat:
Modda degan narsalari esa; surati mutag’ayyira, hamda harakati zoila-i hodisadan tajarrud etmaydi. Demak hudusi muhaqqaqdir.
Fayo ajabo!
Sone'-i Vojib-ul vujudning lozima-i zaruriya-i bayyinasi bo’lgan azaliyatni zehnlariga sig’dirolmagan qanday qilib har jihatdan azaliyatga munofiy bo’lgan moddaning azaliyatini zehnlariga sig’dira oladilar? Haqiqatdan joyi taajjubdir...
Ha, inson o’ylagan sari, jami' sifoti kamoliya bilan muttasif bo’lgan Sone'dan istig’rob va istinkor etganlari shu hayrat-afzo masnu'otni, tasodifi amyaya va harakati zarrotga isnod etganlari uchun, insonni insoniyatdan pushaymon qiladi.
Talvih:
Harakoti zarrotdan husuli da'vo qilingan quvvat va suratlar, a'roziyatlari jihati bilan anvo'dagi mubayanati javhariyani tashkil etolmaydi. A'roz javhar bo’lolmaydi. Demak, butun anvo'ning fasllari va umum a'rozning havassi mumayyizalari adami sirfdan muxtaro'dirlar. Tanosul, tasalsulda sharoiti odiya-i e'tiboriyadandir.
Mana dalili ixtiro'iyning ijmoli...
Agar ochiq tarzda mufassalan istasang, Qur'onning firdavsiga kir. Zero hech bir ratb va yabis yo’qdirki; u tanazzuhgohda yo chechak yoki g’uncha holida bo’lmasin. Agar ajal muso'id va mashiat taalluq va tavfiq rafiq bo’lsa, alfazi Qur'oniyaning asdafida shu burhonni tazyin etgan javharlari kelasi kutubda tafsil etiladi.
Vahm va Tanbeh:
Agar so’rasang: "Nedir shu tabiatki, doimo u bilan g’ung’illashadi? Nedir shu qavonin va quvaki, doimo ular bilan mutadamdimdirlar?"
Javob beramiz: Olami shahodat deyilgan, jasadi xilqatning anosir va a'zosining af'ollarini intizom va rabt ostiga olgan shariati fitriya-i Ilohiya bor. Xullas, shu shariati fitriyadirki, "tabiat" yoki "matbaa-i Ilohiya" bilan musammodir.
Ha tabiat, xilqati koinotda joriy bo’lgan qavonini e'tiboriyasining majmu' va muhassalasidan iboratdir. Xullas, ular quva degan narsalari, har biri bu shariatning bittadan hukmidir. Va qavonin degan narsalari, har biri bu shariatning bittadan masalasidir.
Faqat u shariatdagi ahkomning istimroriga istinodan... Hamda xayolni haqiqat suratida ko’rgan va ko’rsatgan nufus iste'dodlari bir zamini sho’ra muhayyo etishi bilan vahm va xayol tasallut etib tazyiq qilib shu tabiati havoiya tavazzu' va tajassum etib majvudi xorijiy va xayoldan misol suratiga kirgan. Ha, bu kabi vahmning ko’p hiylalari bor.
Ishorat:
Shu tabiat va quvayi umumiya tasmiya etganlari ishlar, qat'iyan aqlni iqno' etadigan va fikrga o’zini sevdiradigan va nazari haqiqat unga unsiyat etadigan hech bir muloyamat va munosabat yo’q ekan va shu koinotga illat va masdar bo’lishga qobiliyati mafqud ekan, mahza Sone'dan tag’oful va intizomning iljoidan tavallud etgan yolg’iz izdiror bilan, valah-rasoni uqul bo’lgan qudratning osorini shu matbaa-misol bo’lgan tabiatning san'atidan ko’rish, tabiatni mistar ekan masdar taxayyul etish; lozimi a'ammning vujudi bilan, malzumi axassning vujudini intojga harakat qilgan aqiym bir qiyosning natijasidir. Ha, shu qiyosi aqiym zalolat va hayrat vodiylariga ko’p yo’llarni ochgan.
Tanvir:
Af'oli ixtiyoriyaning nazzomi bo’lgan shariat va qonun shu qadar xarq va muxolafat bilan barobar, bir qancha juhhali vahshiya go’yo shariatni bir hokimi ruhoniy va nizomni bir sultoni ma'naviy tavahhum etib, bir ta'sirni taxayyul etadi.
Ha, bir harbiy qismning yoki askarning muttarid bo’lgan harakotini va yaknasoq bo’lgan atvorlarini va bir-biri bilan rabt etilgan ahvollarini mushohada etgan vahshiy bir odam, shu afrodi a'didani va yoxud hay'ati askariyani ma'naviy bir ip bilan marbut deb o’ylasa, ajabo g’arib ko’rinadimi?
Va yoxud bir badaviy yoki bir shairut-tab', nosni bir vaz'i hasanda ifrog’ etgan va mobaynlarini ta'lif etgan nizomni bir mavjudi ma'naviy va shariatni bir xalifa-i ruhoniy tamassul etsa, ko’p ko’rinadimi? Shunday ekan, koinotning ahvoliga taalluq etgan va tabiat tasmiya etilgan va tasdiqi anbiyo yoki takrimi avliyodan boshqa xarq etilmagan va mustamirra bo’lgan shu shariati fitriya-i Ilohiya avhomda tajassum etsin, nima uchun taajjub etilsin?
Vahm va Tanbeh:
Insonning zehni va lisoni va sam'i; juz'iy va ta'oqubiy bo’lganlari kabi, fikri va himmati ham juz'iydir. Va ta'oqub tariqi bilan yolg’iz bir narsaga taalluq etadi va mashg’ul bo’lib qoladi.
Hamda insonning qiymat va mohiyati, himmati nisbatidadir. Himmatning darajasi esa, maqsad va ishtig’ol etgan narsasining nisbatidadir.
Hamda inson tavajjuh va qasd qilgan narsasida, go’yo "fano fil-maqsad" bo’ladi. Demak shu nuqtaga binoan, xasis bir ish yoki juda juz'iy bir narsa buyuk bir odamga isnod qilinmaydi. Chunki tanazzul etmaydi. Va himmatini u kichik narsaga sig’dirolmaydi. Himmati og’ir, u narsa g’oyat xafif bo’lganidan, go’yo muvozanat buziladi.
Hamda inson qaysi narsani tomosha qilsa, albatta maqoyisini va asoslarini o’z nafsida qidiradi. Agar topmasa, atrofida va abno-i jinsida qidiradi. Hatto hech bir jihatdan mumkinotga o’xshamagan Vojib-ul Vujudni tafakkur etsa; yana quvva-i vahimasi shu vahmi sayyini dastur va durbin qilishni istaydi.
Holbuki, Sone'-i Zuljalol bu nuqtai nazarda tomosha qilinmaydi. Qudratiga inhisor yo’qdir. Ziyo-i shams kabi, qudrat va ilm va irodasi shomila va a'mmadir, munxasir bo’lmaydi, muvozana qilinmaydi. Eng katta narsaga taalluq etgani kabi, eng kichik va eng xasis narsaga ham taalluq etadi. Miqyosi azamati va mezoni kamoli majmu'i osoridir. Har bir juzi miqyos bo’lolmaydi.
Xullas, Vojib-ul Vujudni mumkinotga qiyos qilish, qiyosi ma'alfariqdir. Mazbur vahmi botil bilan muhokama etish, xatoyi mahzdir.
Xullas, shu xato-i beodobona va shu vahmi botilning natija-i sayyiasi bo’lib: Tabiiyyun, sabablarni muassiri haqiqiy ekanliklariga; va Mo’'tazila, hayvonlarni af'oli ixtiyoriyalariga xoliq bo’lganlariga; va hukamo, juz'iyotda ilmi Ilohiyning yo’qligiga; va Majusiylar, xalqi shar boshqasining asari bo’lganiga e'tiqod qilishdi. Go’yo ularning fikricha Sone' shu qadar azamati bilan barobar, qanday qilib umuri xasisaga va juz'iyaga tanazzul etib ishtig’ol etsin. Suf ularning aqllarigaki, shunday bir vahmi botilning hukmiga asir bo’lishdi.
Ey birodar! Shu vahm e'tiqod tariqi bilan bo’lmasa ham, vasvasa bilan ba'zan mo’'minlarga musallat bo’ladi.
Ishorat:
Agar desang: "Dalili ixtiro'iy i'to-i vujuddir. I'to-i vujud esa; i'domi mavjudning rafiqidir. Holbuki adami sirfdan vujudni va vujudi mahzdan adami sirfni aqlimiz tasavvur qilolmaydi."
Javoban deyman: Hoy!.. Sizning bu istis'obingiz va shu masalaning tasavvuridagi istig’robingiz, bir qiyosi xodi'ning natija-i vahimasidir. Zero ijod va ibdo'i Ilohiyni abdning san'at va kasbiga qiyos qilasiz. Holbuki abdning qo’lidan bir zarrani imota va yoxud ijod etish kelmaydi. Balki yolg’iz umuri e'tiboriya va tarkibiyada bir san'at va kasbi bor. Ha, bu qiyos aldatuvchidir, inson o’zini undan qutqarolmaydi.
Alhosil:
Inson koinotda mumkinotning unday bir quvvat va qudratini ko’rmaganki, ijodi sirf va i'domi mahz etsin. Holbuki hukmi aqliysi ham doimo ussul asosi, mushohadotdan nash'at etadi. Demak, osori Ilohiyaga mumkinot tarafidan qaraydi. Holbuki hayrat-afzo osori bilan musbat bo’lgan qudrati Sone'ning janibidan tomosha qilish kerak. Demak, ibodning va koinotning umuri e'tiboriyadan boshqa ta'siri bo’lmagan quvvat va qudratlarning jinsidan bo’lgan bir qudrati mavhuma ichida Sone'ni faraz qilib u nuqtadan shu masalani tomosha qiladi. Holbuki Vojib-ul Vujudning janibidan, qudrati tommasi nuqtai nazaridan bu masalani tomosha qilish kerak.
Ishorat:
Birining osori muhokama qilinsa, uning xossasini nazarga olish lozimdir.
Xullas, shu masalada olinmagan. Zero bu masalaga ajzi abdning orqasida qudrati mumkinotning tarafida qiyosi tamsiliyning pardasi ostida tomosha qiladi. Holbuki takvini olamda bir qismini moddasiz ibdo' va bir qismni ham moddadan insho bilan shu qadar hayrat-fazo osori mo’'jiza bilan qudrati komila-i Ilohiyani ko’rsatish bilan barobar undan sarfi nazar etish, g’oibni shohid suratida ko’rish bo’lgan qiyosi xodi' bilan va abno-i jinsini muhokama qilgani kabi; bir qoida-i mahduda bilan Vojib-ul Vujudga nazar etadilar. Hatto ko’p masalani aqli salim ma'qul ko’rgani holda, ular g’ayri ma'qul tavahhum etadilar.
Tanbeh:
Muxtara'otni inobatga olmasak ham; masnu'otning eng zohir va munavvar va "ziyo" deganlari nuri ayni olamning qavonini ajibasi va uning samarasi va misoli musag’g’ari bo’lgan nuri basarning navomisi badi'asi bilan munavvar va musavvar bo’lgan kamoli qudrati Ilohiyaning janibida muvozana nuqtai nazarida g’ayri ma'qul va uzoq tavahhum etilgan masoil tomosha qilinsa, ma'nus va ayni aqlning kipriklari o’rtasida ko’riladi.
Tanbeh:
Qandayki zaruriyotdan nazariyot istintoj etiladi. Shunga o’xshab, osori Sone'ning zaruriyoti maxfiyati san'atiga burhondir. Ikkisi barobar bu masalani isbot qiladi.
Talvih:
Ajabo, nizomi olamdagi san'atdan yanada daqiq, yanada ajib, yanada g’arib, jinsi qudrati mumkinotdan yanada uzoq aql tasavvur qila oladimi? Albatta qilolmaydi. Zero funun ko’rsatgan favoid va hikamlari bilan bizzarura Sone'ning qasd va san'at va hikmatiga shahodat qilganlaridan, uqulni qabul etishga muztar etishgan. Bo’lmasa bu badihiyotdan eng kichik bir haqiqatni, aql o’z-o’ziga qolsa edi, qabul etmasdi.
Ha, zamin va osmonni haml etgan va muallaqda tutgan va ajromi koinotni istihdom etgan va nizomida idxol bilan hech bir amriga isyon etilmagan Zoti Aqdasdan nima uchun istig’rob etilsinki; undan darajot bilan asxal va axaff bo’lganni haml etsin. Ha, bir tog’ni ko’targan, bir siyohdonni ko’tara olishidan taraddud etish, faqat safsata etish xolos.
Alhosil: Qanday Qur'onning ba'zisi ba'zisiga mufassirdir; shuning kabi, koinot kitobi ham ba'zi suturi orqalaridagi san'at va hikmatni tafsir qiladi.
Ishorat:
Agar desang:
Ba'zi mutasavvifning kalomidan ittisol va ittihod va hulul zohir bo’ladi. Va undan tavahhum etiladiki: Ba'zi moddiyunning maslagi bo’lgan vahdat-ul vujudga bir munosabat ko’rsatadi.
Aljavob:
Mutashabeh hukmida bo’lgan muhaqqiqiyni so’fiyaning shatohatiniki: Vujudi Aqdasga hasri nazar va istig’roq va mumkinotdan tajarrud jihati bilan matmahi nazar etganlari dalil ichida natijani ko’rish, ya'ni olamdan Sone'ni mushohada etish tariqi bilan ta'qib etgan maslaklari bo’lgan jadovili akvonda jarayoni tajalliyoti va malakutiyati ashyoda sarayoni fuyuzoti va maroyayi mavjudotga tajalli-i asmo va sifoti esa; ziqul alfaz sababi bilan uluhiyati sariya va hayoti sariya ta'bir etishgan haqoiqni boshqalar anglamadilar... Sui tafahhum bilan o’z iste'dodi sho’ralaridan zuhur etgan avhomi vahiyaga muhaqqiqiynning kalimot va shatohatini tatbiq etishdi.
Yuha ularning aqllariga! Surayyo darajasida bo’lgan muhaqqiqiynning afkori mujarradalari, saro darakasida bo’lgan muqallidini moddiyunning afkori safilasidan minglab daraja uzoqdir. Ha, shu ikki fikrni tatbiq qilishga urinish, shu zamoni taraqqiyda aqli basharning duchori sakta bo’lganini va varta-i mavtga tushganini izhor etish bo’lib; insoniyat mutaassifona nazar etib va iste'dodi tahqiq va taraqqiy lisoni bilan
كَلَّا وَاللّٰهِ اَيْنَ الثَّرٰى مِنَ الثُّرَيَّا وَ اَيْنَ الضِّيَاءُ السَّاطِعُ مِنَ الظُّلْمَةِ الطَّامِسَةِ
deyishga majbur bo’ladi.
Ishorat:
Shular ahli vahdat-ush shuhuddirlar. Faqat vahdat-ul vujud bilan majozan ta'bir qilinishi mumkin. Faqat haqiqatdan vahdat-ul vujud ba'zi hukamo-i qadimaning maslaki botilasidir.
Tanbeh:
Shu mutasavvifning rais va kabiri deganki: Ittisolni yoki ittihodni yoki hululni da'vo qilgan, ma'rifati Ilohiyadan hech bir narsa istishmom etmagan. Ha, mumkin Vojib bilan qanday ittisol yoki ittihod etadi? Kallo! Ha, mumkinning qanday qiymati borki, Vojib unda hulul etsin, xosho! Na'am, mumkinda fuyuzoti Ilohiyadan bir fayz tajalliy etadi.
Xullas, bularning maslagi narigining maslagiga munosabatdor va aloqador bo’lolmaydi. Zero moddiyunning maslagi moddiyotga hasri nazar va istig’roq etganlaridan, afkorlari fahmi uluhiyatdan tajarrud etib uzoqlashdilar. Shu daraja moddaga qiymat berishdiki; hamma narsani moddada ko’rish, hatto uluhiyatni unda mazj etish kabi bir maslaki muta'assifaga kirishgan. Faqat ahli vahdat-ush shuhud bo’lgan muhaqqiqiyni so’fiya shu daraja Vojibga hasri nazar etishganki, mumkinotning hech bir qiymati qolmagan. "Bir bordir" deyishadi...
Al-insaf! Saro Surayyo qadar bir-biridan uzoqdir. Moddani jami' anvo' va ashkali bilan xalq etgan Xoliqi Zuljalolga qasam ichamanki: Dunyoda shu ikki maslakning munosabatini intoj etgan rayi ahmoqonadan yanada qobih va yanada xasis va yanada sohibining mizoji aqlining inhirofiga dalil bo’ladigan bir ray yo’qdir.
Tanvir:
Kura-i arz kichik, parcha-parcha va rang-barang va mutaxolif shisha parchalaridan faraz qilinsa, har biri boshqa xilda lavniga va jirmiga va shakliga nisbat bilan shamsdan bir fayz oladi. Shu xayoliy fayz esa na quyoshning zoti va na ayni ziyosidir. Hamda ziyoning tamosili va alvoni sab'asining tasoviri va quyoshning tajalliysi bo’lgan shu g’una-g’un va rang-barang chechaklaring alvoni deylikki lisonga kelsa, har biri "Quyosh men kabidir" va yoxud "Quyosh menman" deydilar.
اٰنْ خَيَالَات۪ى كِه دَامِ اَوْلِيَاسْت عَكْسِ مَهْرُويَانِ بُوسْتَانِ خُدَاسْت
Faqat ahli vahdat-ush shuhudning mashrabi mahv va sakrdir. Sof mashrab esa mashrabi ahli farq va sahvdir.
حَق۪يقَةُ الْمَرْءِ لَيْسَ الْمَرْءُ يُدْرِكُهَا فَكَيْفَ كَيْفِيَّةُ الْجَبَّارِ ذِى الْقِدَمِ
هُوَ الَّذ۪ى اَبْدَعَ الْاَشْيَاءَ وَ اَنْشَاَهَا فَكَيْفَ يُدْرِكُهُ مُسْتَحْدَثُ النَّسَمِ
* * *
Tanbeh:
Mana vujudi Sone'ning daloili ijmoliysi... Tafsili esa kutubi salosada keladi.
Agar desang: "Daloili tavhidning bu yerda hech bo’lmasa ijmoliy bayonini istayman."
Deymanki: Daloili tavhid shu qadar mushtahira va ko’pki; bu kitobda zikrdan mustag’niydirlar. Xullas
لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا
oyatining sadafida maknun bo’lgan burhonut tamonu' bu minhojga bir manori nayyirdir. Ha, istiqlol uluhiyatning xossa-i zotiyasidir va lozima-i zaruriyasidir.
Tanvir:
Koinotdagi tashobuhi osor va atrofi bir-biri bilan mua'naqa va qo’lni qo’lga berib, bir-biriga arzi intizom va bir-birining savoliga qarshi javobi sovab va bir-birining nidoyi ehtiyojiga labbayk javobini berish va bir nuqta-i vohidani tomosha qilish va bir mihvari nizom ustida davaron etish jihati bilan Sone'ning tavhidiga talvih, balki Hokimi Azalning vahdoniyatiga tasrih etadi. Ha, bir uskunaning sone'i va muxtari'i bir bo’ladi.
وَ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّهُ وَاحِدٌ
Kitobi olamning avroqidir ab'odi nomahdud
Suturi koinoti dahrdir osori noma'dud
Bosilmish dastgohi lavhi mahfuzi haqiqatda
Mujassam lafzi ma'nodordir olamda har mavjud.
Xoja Tahsinning noma'dud va nomahduddan murodi nisbiydir. Haqiqiy loyatanohiylik emas.
Ishorat:
Sone'-i Zuljalol naqadar avsofi kamoliya bo’lsa, ular bilan muttasifdir. Zero muqarrardirki: Masnu'da bo’lgan fayzi kamol, Sone'ning kamolidan iqtibos etilgan bir zilli zalildir. Demak, koinotda naqadar husn va jamol va kamol bo’lsa, umumidan layuhad darajada yuksak tabaqada avsofi jamoliya va kamoliya bilan Sone' muttasifdir. Ha, ehson sarvatning, ijod vujudning, ijob vujubning, tahsin husnning far'iyi va dalilidir.
Hamda Sone'-i Zuljalol jami' naqoisdan munazzahdir. Moddiyotning mohiyotining iste'dodsizligidan nash'at etgan naqoisdan mubarrodir. Koinotning mohiyoti mumkinasidan nash'at etgan avsof va lavozimotidan muqaddasdir.
لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ جَلَّ جَلَالُهُ
* * *
Ikkinchi Maqsad
MUQADDIMA
Agar desang: Debochada deganding: Kalima-i shahodatningn ikkinchi kalomi birinchisiga shohid va mashhuddir.
Aljavob:
Na'am, ha. Ma'rifatulloh deyilgan ka'ba-i kamolotga ketgan minhojlarning eng mustaqim va eng metini, Sohibi Madina-i Munavvara alayhissalom qurgan tariqi hadidi bayzosidirki; ruhi hidoyat hukmida bo’lgan Muhammad alayhissalom, avolimi g’aybning mishkat va zujajasi hukmida bo’lgan qalbining ma'kas va tarjimoni maqomida bo’lgan lisoni sodiqi barohini Sone'ning eng sodiq bir dalili zihayot va bir hujjati notiqa va bir burhoni fasihidir.
Darhaqiqat ham zoti, ham lisoni bittadan burhoni nayyirdir. Na'am, xilqat tarafidan Zoti Muhammad, burhoni bahirdir. Haqiqat janibidan lisoni, shohidi sodiqdir. Ha, Muhammad alayhissalom ham Sone'ga, ham nubuvvatga, ham hashrga, ham haqqa, ham haqiqatga bir hujjati qat'iyadir. Tafsili keladi.
Tanbeh:
Davr lozim kelmaydi. Zero sidqining daloili Sone'ning daloiliga tavaqquf etmaydi.
Tamhid:
Payg’ambarimiz (S.A.V.) Sone'ning bir burhonidir. Shunday ekan, shu burhonning isboti sidqini va intojini va suratan va moddatan sihatini isbot qilish kerak... Nahu:
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى مُحَمَّدٍ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِكَ
Amma ba'du:
Ey haqiqatning oshig’i!.. Agar vijdonimni mutolaa qilib haqiqatlarni rasad etishni istasang, qalb deganlari latifa-i Rabboniyaning zangi va zangori hukmida bo’lgan orzuyi xilof va iltizomi tarafi muxolif va uzrli bo’lish uchun o’z avhomiga bir haq berish va bir aslga irjo' etish va majmu'ining natijasini har bir farddan istashki, za'fiyati sababi bilan natijaning raddiga bir iste'dodi sayyia beriladi. {(*): Diqqat lozim.} Hamda bahonali bola tabiati, hamda mahonali dushman sajiyasi, hamda yolg’iz aybni ko’rish shonida bo’lgan mushtariy nazari kabi ishlardan u mir'atni tasqil va tasfiya et, muvozana va muqobala ayla. Aksar amorotning imtizojidan tazohur etgan haqiqatning shu'la-i javvolasini qorina-i munavvara et, toki aqaldagi avhomi muzlimani tanvir va daf qila olgin... Hamda munsifona va mudaqqiqona tingla, kalom tugamasdan e'tiroz etma. Oxirigacha bir jumla, bir hukmdir. Tugagandan so’ng bir vahming qolsa, ayt...
Tanbeh:
Shu burhonning sug’rosi, nubuvvati mutlaqadir. Kubrosi esa nubuvvati Muhammaddir (alayhissalotu vassalamdir). Xullas boshlaymiz:
Ishorat:
Sone'ning hikmati va af'olidagi adami abasiyat va koinotdagi eng xasis va eng qolil narsada nizomning muro'ati va adami ihmoli va navi basharning murshidga bo’lgan ehtiyoji zaruriysi, navi basharda vujudi nubuvvatni qat'iyan istilzom etadilar...
Agar desang:Bu ijmoldagi ma'noni tushunmadim, tafsil et...
Aytaman: Xullas tingla, ko’ryapsanki; moddiya va ma'naviya bo’lgan navi bashardagi nizomotning, hamda xosiyati aqlning quvvati bilan taxti tasarrufiga olingan ko’p anvo'ning ahvoliga berilgan intizomotning markazi va ma'dani hukmida bo’lgan nubuvvati mutlaqaning burhoni, insonning hayvoniyatdan uch nuqtada bo’lgan taraqqiysidir:
Birinchisi:"Fikrning avvali amalning oxiri, amalning avvali fikrning oxiri" bo’lgan qoidasidagi sirri ajibdir. Shunday:
Nuri nazar bilan ilali mutarattiba-i mutasalsilaning orasida bo’lgan tarattubni kashf etib umum kamoloti insoniyaning urug’i hukmida bo’lgan murakkaboti, basaitga tahlil va irjo' etish bilan hosil bo’lgan qobiliyati ilm va tarkib deganlari qavonini joriyani iste'mol etib san'ati bilan tabiatni muhakat bo’lgan qobiliyati san'atdan nazarining qusurini va avhomning muzohamati va savqi insoniyatning adami kifoyati jihati bilan bir murshidi nabiyga ehtiyoj ko’rsatadi; toki olamdagi nizomi akmalning muvozanasi muhofaza qilinsin.
Ikkinchisi:G’ayri mutanohiy bo’lgan basharning iste'dodi, g’ayri mahsur bo’lgan amol va muyuloti va g’ayri mazbut bo’lgan tasavvurot va afkori, g’ayri mahdud bo’lgan quvva-i shahaviya va g’azabiyasidir...
Ishorat:
Bir odamga millionlab yil umr bilan butun lazoizi dunyoviya va har jihatdan tasalluti tom berilgani holda.. iste'dodidagi loyatanohiylikning hukmicha bir "oh.. oh.. layta" aytadi. Go’yo u adami rizo bilan ramz va ishorat etadiki: Inson abadga nomzoddir va saodati abadiya uchun xalq etilgandir. Toki g’ayri mutanohiy bir zamonda, g’ayri mahdud va keng bir olamda g’ayri mahsur bo’lgan iste'dodotini bilfe'lga chiqara olsin.
Tanbeh:
Adami abasiyat va haqoiqi ashyoning subutiyatlari imo etadiki: Bu tor va mahsur va har bir lazzatida ko’p a'rozning muzohamati bilan chalkashlik va tahassuddan xoli bo’lmagan shu dunyo-i daniya ichida kamoloti insoniya yerlashmaydi. Balki keng va muzohamatsiz bir olam lozimdir. Toki inson haqqi bilan sunbullansin va ahvol va kamolotiga nizom berish bilan, nizomi olamga hamdasti vifoq bo’la olsin.
Tanbeh va Ishorat:
Istidrodiy tarzda hashrga imo qilindi. Oldinda zotan burhoni qat'iy bilan isbot qilinadi. Faqat bu yerda istagan nuqtam: Insondagi iste'dod abadga nazirdir. Agar istasang, insoniyatning javharini va notiqiyatning qiymatini va iste'dodning muqtazosini taammul va tadqiq et. So’ngra esa u javhari insoniyatning eng kichik va eng xasis xizmatkori bo’lgan xayolga qara, ko’r... Yoniga bor va ayt: "Ey xayol og’a! Bashorat senga! Dunyo va mafihaning saltanati millionlab yil umr bilan barobar senga beriladi, faqat oqibating fano va adam bilan qaytmaslikdir." Ajabo, xayol senga qanday muqobala etadi? Nahotki, istabshar va surur va yoxud talahhuf va tahassur bilan javob beradi?
Ajal, na'am, ha, javhari insoniyat a'moqi vijdonning tubida yig’i-sizi qilib baqiradi: "Eyvoh, afsuslar bo’lsin, saodati abadiyaning fiqdaniga!" deydi. Xayolga zajr va ta'nif etib: "Hoy! Bu dunyo-i foniya bilan rozi bo’lma!"
Mana ey birodar, qachonki bu saltanati foniya, sultoni insoniyatning eng haqir xizmatkori va yoxud shoiri va yoxud san'atkor va tasvirchisini ishba' va rozi qilolmasa, qanday qilib u xayol kabi ko’p xizmatkorlarning sohibi bo’lgan sultoni insoniyatni ishba' eta oladi? Kallo!.. Na'am.. uni ishba' etadigan yolg’iz hashri jismoniyning sadafida maknun bo’lgan saodati abadiyadir.
Uchinchisi:Insonning i'tidoli mizoji va latofati tab'i va ziynatga bo’lgan maylidir. Ya'ni: Insonning insoniyatga loyiq bir surati ta'ayyushga bo’lgan mayli fitriysidir.
Na'am, inson hayvon kabi yashamasligi kerak va yasholmas. Balki sharafi insoniyatga munosib bir kamol bilan yashashi kerak.
Shunga binoan, bashar maskan va malbas va makali, sanayi'i kasira bilan taltif etishiga muhtojdir. Bu san'atlarda yolg’iz qudratining adami kifoyatiga binoan, abno-i jinsi bilan imtizoj etish, u ham ishtirok etish.. u ham taovun etish.. u ham sa'yning samarotini mubodala etishini iqtizo etish bilan barobar, quvayi insoniyadagi inhimak va tajovuz sababi bilan adolatga ehtiyoj.. u ham har aqlning adolatga adami kifoyatiga binoan uni muhofaza qiladigan qavonini kulliyaning vaz'lariga ehtiyoj.. u ham ta'sirini muhofaza etish uchun ijro qiladigan bir muqonninga.. u muqonnin ham zohiran va botinan hokimiyatini muhofaza etish uchun moddatan va ma'nan tafavvuqqa.. hamda Sone'-i Olam tarafidan ba'zi ishlar bilan muxassas bo’lishi bilan bir imtiyoz va quvvati nisbatga, hamda avomiriga bo’lgan itoatni ta'min va ta'sis etgan azamati Sone'ning tasavvurini zehnlarda idoma etadigan bir muzakkira-i mukarrara bo’lgan ibodatga muhtojdir. U ibodat ham Sone'ning janibiga afkorni tavjih etadi. U tavajjuh esa inqiyodni ta'sis, u inqiyod ham nizomi akmalga isol etadi. U nizomi akmal ham sirri hikmatdan tavallud etadi. Sirri hikmat ham adam-ul abasiyatni va Sone'ning hikmati masnu'dagi taannuqni o’ziga shohid ko’rsatadi.
Xullas, agar insonning hayvondan shu jihoti salosa bilan bo’lgan tamoyuzini anglab yeta olgan bo’sang, bizzarura natija beradiki: Nubuvvati mutlaqa, navi basharda qutb, balki markaz va bir mihvardirki; ahvoli bashar uning ustida davaron etadi. Chunonchi:
Jihati ulada diqqat qil! Qara qanday savqul-insoniyat va mayli tabiiyning adami kifoyati va nazarning qusuri va tariqi aqldagi avhomning ixtiloti, qanday navi basharni ashaddi ehtiyoj bilan bir murshid va muallimga muhtoj qiladi. U murshid payg’ambardir.
Ikkinchi jihatda tadabbur et. Shunday: Insondagi loyatanohiylik va tabiatidagi mayl-ut tajovuz va quva va amolidagi adami tahdid va olamdagi mayl-ul istikmolning shoxi hukmida bo’lgan insondagi mayl-ut taraqqiyning samarasi hukmida bo’lgan qomati namiya-i iste'dodi insoniysiga intiboq etmagan; balki jomid va muvaqqat bo’lgan qonuni basharki: Tadrijan tajorub bilan hosil bo’lgan natoiji afkorning talohuqi bilan vujudga kelgan u qavonini bashar, shu samara-i iste'dod urug’larining tarbiya va imdodiga adami kifoyatining sababi bilan; moddatan va ma'nan ikki olamda saodati basharni ta'min qiladigan, hamda qomati iste'dodining o’sishi bilan tavassu' etadigan, zihayot va abadiya bir shariati Ilohiyaga ehtiyoj ko’rsatadi. Xullas, shariatni keltirgan payg’ambardir.
Agar desang:"Biz ko’ryapmizki, dinsizlarning yoki sahih bir dini bo’lmaganlarning ahvollari mu'addala va munazzamadir."
Aljavob:U adolat va intizom, ahli dinning iqozot va irshodoti bilandir. Va u adolat va fazilatning asoslari, anbiyoning ta'sislari bilandir. Demak, anbiyo asos va moddani vaz' etishgan. Ular ham u asos va fazilatni tutib unda qilganlarini qildilar.
Bundan boshqa, nizom va saodatlari muvaqqatdir. Bir jihatdan qoima va mustaqima bo’lsa, ko’p jihotdan maila va munhaniyadir. Ya'ni, naqadar suratan va moddatan va lafzan va ma'ashan muntazamadir; faqat siyratan va ma'naviyatan va ma'nan fosida va muxtalladir.
Ey birodar!.. Mana navbat uchinchi jihatga keldi. Yaxshi tafakkur et!
Shunday: Axloqdagi ifrot va tafrit esa, iste'dodotni ifsod etadi. Va shu ifsod esa abasiyatni intoj etadi. Va shu abasiyat esa koinotning eng kichik va eng ahamiyatsiz narsalarida masolih va hikamning rioyati bilan, olamda hukmfarmoligi badihiy bo’lgan hikmati Ilohiyaga munaqizdir.
Vahm va Tanbeh:
"Malaka-i ma'rifati huquq" deganlari, har yomonlikning moddatan zararini ihsos eta-eta va afkori umumiyani iqoz etish bilan hosil bo’lgan "malaka-i rioyati huquq" degan amrlarni shariati Ilohiya o’rniga dinsizlarning tasavvuri va shariatdan istig’nolari bir tavahhumi botildir.
Zero dunyo keksaydi. Bunday narsaning muqaddamoti ham zohir bo’lmadi. Aksincha mahosinning taraqqiysi bilan barobar masaviy ham taraqqiy etib, yanada dahshatli va aldaydigan shaklga kiryapti.
Ha, qandayki navomisi hikmat dasotiri hukumatdan mustag’niy emas. Shunga o’xshab, vijdonga hokim bo’lgan qavonini shariat va fazilatga ashaddi ehtiyoj bilan muhtojdir. Xullas, shunday mavhuma bo’lgan malaka-i ta'dili axloq, quva-i salosani hikmat va iffat va shijoatda muhofaza etishiga kifoya emasdir. Shunga binoan, inson bizzarura vijdon va tabiatlarga muassir va nafiz bo’lgan mezoni adolati Ilohiyani saqlaydigan bir nabiyga muhtojdir.
Ishorat:
Minglarcha anbiyo navi basharda nubuvvatni da'vo qilib, minglarcha mo’'jizoti bilan mudda'oni isbot qilganlar. Xullas, u anbiyoning jami' mo’'jizotlari lisoni vohid bilan nubuvvati mutlaqani e'lon qiladi. Bizning shu sug’romizga ham bir burhoni qat'iydir. Bunga tavoturi bil-ma'no yoki qanday ta'bir bilan aytsangiz ayting, metin bir dalildir.
Tanbeh:
Shu muhakamotning jihat-ul vahdati shudirki: Agar jami' funun qo’lga olinsa va fununlarning qavoidining kulliyatlari bilan kashf etganlari ittisoq va intizom tomosha qilinsa, hamda masolihi juz'iya-i mutafarriqaning moyasi va uqda-i hayotiyasi hukmida bo’lgan bir lazzati yoki bir muhabbati yoki bir amri oxari ichiga otilish bilan -akl va nikohdagi kabi- parishon bo’lgan ishlar va fe'llar u moya bilan irtibot va ittisol etganlarini, inoyati Ilohiya nuqtai nazarida nazari diqqatga olinsa; hamda hikmatning shahodati bilan sobit bo’lgan adami abasiyat va adami ihmoli nazarga olinsa, istiqro-i tom bilan natija beradiki:
Masolihi kulliyaning qutb va mihvari va ma'dani hayoti hukmida bo’lgan nubuvvat, navi basharda zaruriydir... Deylikki bo’lmasa, parishon bo’lgan navi bashar, go’yo muxtal bir olamdan shu muntazam olamga tushib jarayoni umumiyning ohangini ixlol etgani qabul qilinsa, biz insonlarning boshqa koinotga qarshi qanday yuzimiz qoladi?
Tanbeh:
Ey birodar! Agar burhoni Sone'ning sug’rosi sening sahifa-i zehningda intiqosh etgan bo’lsa, tayyor bo’l! Kubrosi bo’lgan nubuvvati Muhammadning bahsiga o’tamiz:
Ishorat va Irshod:
Kubro sodiqdir. Zero sahifa-i e'tibori olamda manqush bo’lgan osori anbiyoni mutolaa etsang va lisoni tarixda jarayon etgan ahvollarini tinglasang va haqiqatni, ya'ni jihat-ul vahdatni ta'siri zamon va makon bilan kirgan suratlaridan tajrid eta olsang, ko’rasanki:
Inoyati Ilohiyaning ziyosi bo’lgan mahosini mujarradaning shu'lasi bo’lgan huququlloh va huquqi ibodni; anbiyo dasturi harakat etganlarini va navi bashar tarafidan anbiyoga qarshi qabul qilish shakllari va umama qarshi surati muomalalari va tarki manafi'i shaxsiya va boshqa ishlarki, ularga nabiy dedirgan va nubuvvatga mador bo’lgan asoslar esa; avlodi basharning sinni takammul va kuhulatda bo’lgan ustozi va madrasa-i Jazirat-ul Arabda manba-i ulumi oliya va muallimi bo’lgan Zoti Muhammadda yanada akmal va yanada yaqqol mavjud.
Demak bo’ladiki: Istiqro-i tom bilan, xususan navi vohidda, lasiyyama intizomi muttarid ustida muassas bo’lgan qiyosi xofiyning i'onasi bilan va qiyosi avlaviyning tayidi bilan nubuvvati Muhammadni natija berish bilan barobar, tanqih-ul manot deyilgan xususiyotdan tajrid nuqtai nazardan jami' anbiyo lisoni mo’'jizotlari bilan vujudi Sone'ning bir burhoni bahirasi bo’lgan Muhammadning sidqiga shahodat qiladilar.
I'tizor:
Qisqa jumlalar bilan aytolmayman, mug’loqcha bo’ladi. Zero shu haqoiq har tarafga chuqur ildizlarini otganlaridan, malasa cho’ziladi. Surati masalani buzish va parcha-parcha etish va haqiqatni ranjitishni istamayman. Hamda haqiqatning atrofiga bir doirani chizishni istayman, toki haqiqat mahsur qolib qochmasin. Men tutmasam, boshqasi tutsin. Meni ma'zur ko’rsangiz, fabiha... Va illo hurriyat bor, tahakkum yo’qdir. Xohishingizga...
MUQADDIMA
Payg’ambarning dalili sidqi; har bir harakat, har bir holidir. Ha, har bir harakatida adami taraddud va mo’'tarizlarga adami iltifot va muorizlarga adami mubolot va muxolif bo’lganlardan adami taxavvufi, sidqini va jiddiyatini ko’rsatadi. Hamda avomirida haqiqatning ruhiga bo’lgan isobati, haqqiyatini ko’rsatadi.
Alhosil:
Taxavvuf va taraddud va talosh va mubolot kabi hiyla va adami vusuqni va itminonsizlikni imo etgan ishlardan mubarro ekan, bila-parvo va quvvati itminon bilan eng xatarli maqomlarda bo’lgan harakati va nihoyatda bo’lgan isobati va ikki olamda samara beradigan zihayot qoidalari harakoti bilan ta'sis etganiga binoan, har bir fe'l va har bir holining ikki tarafdan, ya'ni bidoyat va nihoyatdan jiddiyatni va sidqni nazari ahli diqqatga arzi diydor etadi. Boxusus majmu-i harakotining imtizojidan jiddiyat va haqqiyat shu'la-i javvola kabi va in'ikosotidan va muvazanotidan sidq va isobat, barqi lami' kabi tazohur va tajalliy etadi.
Ishorat:
Zamoni moziy va zamoni hol, ya'ni Asri Saodat va zamoni istiqbol tazammun etishgan barohini nubuvvat lisoni vohid bilan ma'dani axloqi oliya bo’lgan Zoti Muhammadda (alayhissalotu vassalam) da'iyi sidqi va dalloli nubuvvati bo’lgan burhoni zotining nidosiga javob va hamdasti vifoq bo’lib, nubuvvatini i'lo va e'lon etganlarini ko’r bo’lmaganlarga ko’rsatdilar. Shu holda, kitobi olamdan bo’lgan fasli zamonning sahifa-i salosasini mutolaa qilamiz. Hamda u kitobdan masala-i uzmo va munavvara bo’lgan Zoti Muhammadni (S.A.V.) tomosha va ziyorat qilamiz. Mudda'omiz bo’lgan burhonning kubrosini u zot bilan isbot qilamiz.
Bu nuqtaga binoan, masoliki nubuvvat to’rtta. Beshinchisi mashhur va masturdir.
BIRINCHI MASLAK
Ya'ni, masala-i oliya-i zotiyani tomosha qilishda to’rt nuktani bilish lozim:
Birinchisi:
لَيْسَ الْكَحَلُ كَالتَّكَحُّلِ
qoidasiga binoan, sun'iy va tasannu'iy narsa, naqadar mukammal bo’lsa ham, tabiiy o’rnini tutmaganidan, hay'atining falatati, muzaxrafiyatni imo etadi.
Ikkinchisi:Axloqi oliyaning, haqiqatning zamini bilan bo’lgan robita-i ittisoli jiddiyatdir. Va davaroni dam kabi hayotlarini idoma etgan va imtizojlaridan tavallud etgan haysiyatga quvvat bergan, hay'ati majmuasiga intizom bergan yolg’iz sidqdir. Ha, shu robita bo’lgan sidq va jiddiyat kesilgan onda, u axloqi oliya quriydi va behuda ketadi.
Uchinchisi:Umuri mutanosibada tamoyul va tajozub va mutazadda bo’lgan ashyolarda tanofur va tadofu' qoida-i mashhurasi, moddiyotda jarayon etgani kabi; ma'naviyat va axloqda ham jarayon etadi.
To’rtinchisi:
لِلْكُلِّ حُكْمٌ لَيْسَ لِكُلٍّ
Hozir kelaylik maqsadga:
Mana osor va siyar va tarixi hayoti... Hatto a'daning shahodatlari bilan, Zoti Payg’ambarda vujudi muhaqqaq bo’lgan axloqi oliyaning kasrat va ihota va tajammu' va imtizojidan tavallud etgan izzat va haysiyatdan nash'at etgan sharaf va viqor va izzati nafs bilan farishtalar, devlarning ixtilot va istiroqlaridan tanazzuhlari kabi sirri tazodga binoan, u axloqi oliya ham hiyla va kizbdan taraffu' va tanazzuh va tabarri etadilar. Hamda hayot va moyalari maqomida bo’lgan sidq va haqqiyatni tazammun etganlaridan, shu'la-i javvola kabi nubuvvatni a'laniyatga chiqaradi.
Tanbeh:
Ey birodar! Ko’ryapsanki: Bir odam yolg’iz shijoat bilan mashhur bo’lsa, u shuxrat unga bergan haysiyatni ixlol etmaslik uchun osonlik bilan yolg’onga tanazzul etmaydi. Qanday qilib, jami' axloqi oliya birdan tajammu' etganda...
Ha, majmu'da bir hukm bo’ladi, fardda bo’lmaydi.
Ishorat va Tanbeh:
Ko’ryapmiz: Bu zamonda sidq va kizbning oralari zo’rg’a bir barmoq qadar bordir. Bir bozorda ikkisi ham sotiladi. Faqat har bir zamonning bir hukmi bor. Hech bir zamonda asri saodat kabi sidq va kizb o’rtasidagi masofa ochilmagan.
Shundayki: Sidq, o’z husni haqiqiysini kamoli hashmat bilan izhor va u bilan tamassuk etgan Muhammadni (S.A.V.) a'loyi illiyini sharafga i'lo va olamda inqilobi azimni iqo' etganidan, sharqdan g’arbga qadar kizbdan bu'd darajasini ko’rsatish bilan qiymati oliyasini i'lo etish jihati bilan bozorini va mato'ini g’oyat nafiq va raij etgan. {(*): Hozirgi hurriyat kabi.}
Va kizb esa: Tashabbusoti azimani murdorlarning o’limtiklari kabi ruhsiz qoldirgani uchun, nihoyati qubhini izhor va u bilan tamassuk etgan Musaylima va unga o’xshashlarni asfali sofiliyni xissatga tushirgan jihati bilan, mato'i zahr-oludni va bozorni g’oyat mu'attal va kasod etgan. {(*): Manfur josuslik kabi.}
Xullas, ahli izzat va tafoxur bo’lgan qavmi Arabning tabiatlaridagi mayl-ul raij saiqasi bilan musobaqa qilib u kasid kizbni tark qilib va raij sidq bilan tajammul etib adolatlarini olamga qabul ettirishgan. Xullas, sahobalarning aqlan bo’lgan adolatlari bu sirdan nash'at etadi.
Irshod va Ishorat:
Tarix va siyar va osor nuqtai nazaridan diqqat qilinsa; Muhammad alayhissalotu vassalam to’rt yoshdan qirq yoshga qadar, lasiyyama sha'ni, axloqi va hiylani tashqariga otadigan harorati g’ariziyaning shiddati iltihobi zamonida, kamoli istiqomat bilan va kamoli matonat bilan va tamomi ittirodi ahvol bilan va musovot va muvozanati atvor bilan va nihoyati iffat bilan va hech bir holi masturiyatni muhofaza etmagan -lasiyyama shunday ahli inodga qarshi- bir hiylani imo qilmaslik bilan barobar yashagani nazarga olinsa, so’ngra istimrori axloqining zamoni bo’lgan qirq yoshdan so’ng u inqilobi azim nazarga olinsa; haqdan kelganini va haqiqat ekanini tasdiq etmasa, nafsini malomat etsin... Zero zehnida bir sofistaiy yashiringan bo’ladi.
Hamda eng xatarli maqomlarda -g’ordagi kabi- tariqi xalosi mafqud ekan va xayt-ul amal bihasabil a'da uzilarkan, g’oyat matonat va kamoli vusuq va nihoyati itminon bilan bo’lgan harakat va hol va vaziyati, nubuvvat va jiddiyatiga shohidi kofiydir va haq bilan tamassuk etganiga dalildir.
IKKINCHI MASLAK
Ya'ni: Sahifa-i ula, zamoni moziydir. Xullas, shu sahifada to’rt nuktani nazari diqqatga olish lozimdir:
Birinchisi:Bir fanda va yoxud qisosda, bir odam asoslarini va ruh va uqdalarini axz etib mudda'osini unga bino qilsa, u fanda hazaqot va mahoratini ko’rsatadi.
Ikkinchisi:Ey birodar! Agar tabiati basharga orif bo’lsang; kichik bir haysiyat bilan, kichik bir da'voda, kichik bir qavmda, kichik bir xilofning bemalol irtikob bo’lmaganiga nazar solsang; g’oyat buyuk bir haysiyat bilan, nihoyat jasim bir da'voda, behisob bir qavmda, hadsiz bir inodga qarshi, har jihatdan ummiyligi bilan barobar, hech bir jihat bilan aql mustaqil bo’lmagan masalalarda, tamoman erkinlik bilan bila-parvo va kamoli vusuq bilan a'la ruusil-ashhad zikr va naqldan quyosh kabi sidqning tulu' etishini ko’rasan.
Uchinchisi:Badaviylarga nisbat ko’p ulumi nazariya bordir; madaniylarga nisbatan lisoni odot va af'olning talqinoti bilan, ulumi muta'arifaning hukmlariga o’tganlar. Bu nuktaga binoan, badaviylarning hollarini muhokama etish uchun o’zini u badiyada faraz qilish kerak. Agar istasang, Ikkinchi Muqaddimaga murojaat et, zero shu nuktani izoh etgan.
To’rtinchisi:Bir ummiy ulamo orasida mutadovil bir fanda bayoni fikr etsa, ittifoq nuqtalarda muvofiq bo’lib va muxtalafun fiyha bo’lgan nuqtalarda muxolafat etib musahhihona bo’lgan aytishi, uning tafavvuqini va kasbiy bo’lmaganini isbot qiladi.
Shu nuktalarga binoan deymizki: Rasuli Akram alayhissalotu vassalam ma'lum bo’lgan ummiyati bilan barobar go’yo g’ayri muqayyad bo’lgan ruhi javvola bilan tayyi zamon etib, moziyning a'moqi xofasiga kirib, hozir va mushohid kabi anbiyo-i salifaning ahvollarini va asrorlarini tashrih etishi bilan; butun anzori olamga qarshi shunday bir da'vo-i azimadaki, butun azkiyo-i olamning nazarlarini diqqatga jalb qiladi, bila-parvo va nihoyat vusuq bilan mudda'osiga muqaddima sifatida u asror va ahvolning u'qadi hayotiyalari hukmida bo’lgan asoslarini zikr qilish bilan barobar, kutubi salifaning ittifoq nuqtalarida musoddiq va ixtilof nuqtalarida musahhih bo’lib qisos va ahvoli anbiyoni bizga hikoya etishi, sidq va nubuvvatini intoj etadi.
Taznib:
Jami' anbiyoning daloili nubuvvatlari, sidqi Muhammadga (S.A.V.) dalildir va jami' mo’'jizotlari, Muhammadning bir mo’'jiza-i ma'naviyasidir (alayhimussalom). Bunga diqqat qilsang, tushunasan.
Ishorat:
Ey birodar!.. Ba'zan qasam burhonning o’rnini tutadi. Chunki, burhonni tazammun etadi. Shunday ekan:
وَالَّذ۪ى قَصَّ عَلَيْهِ الْقِصَصَ لِلْحِصَصِ وَ سَيَّرَ رُوحَهُ ف۪ى اَعْمَاقِ الْمَاض۪ى وَ ف۪ى شَوَاهِقِ الْمُسْتَقْبَلِ فَكَشَفَ لَهُ الْاَسْرَارَ مِنْ زَوَايَا الْوَاقِعَاتِ اِنَّ نَظَرَهُ النَّقَّادَ اَدَقُّ مِنْ اَنْ يُدَلِّسَ عَلَيْهِ وَ مَسْلَكَهُ الْحَقَّ اَغْنٰى مِنْ اَنْ يُدَلِّسَ عَلَى النَّاسِ
Ha, na'am. Uning nuri nazariga xayol o’zini haqiqat sifatida ko’rsatolmaydi va haq bo’lgan maslagi talbisdan mustag’niydir.
UCHINCHI MASLAK
Ya'ni: Zamoni holning, ya'ni asri saodatning sahifasida to’rt nukta, bir nuqtani nazari diqqatga olish kerak:
Birinchisi:Kichik bir odatni kichik bir qavmda yoki zaif bir axloqni qolil bir toifada buyuk bir hokim buyuk bir himmat bilan osonlik bilan olib tashlolmaganini nazarga olsang; ajabo g’oyat ko’p, tamoman mustamirra, nihoyat darajada ma'luf va ko’p mutanavvi'a, tamoman rasixa bo’lgan odot va axloq, nihoyat kasir va ma'lufotiga g’oyat mutaassib va shadidush-shakima bo’lgan bir qavmning a'moqi arvohidan oz fidokorlik bilan, qisqa bir zamonda qol'u raf' etganini va u odoti sayyianing o’rniga boshqa odot va axloq ko’chatlarini o’tkazishi va daf'atan nihoyat darajada takammul etganlarini nazarga olsang va diqqat qilsang, horiquloda ekanini tasdiq etmasang; seni sofistaiy daftarida yozaman.
Ikkinchisi:Shaxsi ma'naviy hukmida bo’lgan bir davlatning numuvvi tabiiysi hukmida bo’lgan tashakkuli esa, mutamahhildir. Va davlati a'tiqaga g’alabasiki, unga inqiyod, tabiati soniya hukmiga kirgani uchun- tadrijiydir. Shunday ekan, moddatan va ma'nan hokim, hamda g’oyat jasim bir davlatni qisqa bir zamonda tashkili, hamda duvali rasihaga daf'iy kabi g’alaba qilishi; ma'naviyat va ahvolda joriy bo’lgan odotning bizzarura horiquloda ekanini ko’rmasang, ko’rlar daftarida yozilasan.
Uchinchisi:Tahakkumi zohiriy, qahr va jabr bilan mumkindir. Faqat afkorga g’alaba qilish, hamda arvohga tahabbub va tabayi'ga tasallut, hamda hokimiyatini vijdonlar ustida doimo muhofaza qilish; haqiqatning xossa-i fariqasidir. Bu xossani bilmasang, haqiqatdan begonasan.
To’rtinchisi:Targ’ib yoki tarhib hiylasi bilan faqat yolg’iz bir ta'siri sathiy qilib va aqlga qarshi saddi turuq etadi. Shu holda a'moqi qulubga nufuz va arroqi hissiyotni tahyij va shukuf-misol bo’lgan iste'dodotni inkishof ettirish va kamina va naima bo’lgan sajiyalarni iqoz va tanbeh va javhari insoniyatni favaronga keltirish va qiymati notiqiyatni izhor etish, shua-i haqiqatning xossasidir.
Ha, qasovati mujassamaning misoli mushaxxasi bo’lgan "va'di banot" kabi ishlardan qalblarini tasqil etishi va riqqati latofatning lam'asi bo’lgan hayvonotga marhamat, hatto chumoliga shafqat kabi ishlar bilan tazyin etishi; shunday bir inqilobi azimdir -xususan shunday aqvomi badaviydaki- hech bir qonuni tabiiyaga muvofiq bo’lmaganidan, horiquloda ekani musoddaq-karda-i arbobi basiratdir. Basirating bo’lsa, tasdiq qilasan.
Hozir Nuqtani tingla: Xullas tarixi olam shahodat qiladiki: Eng buyuk dohiy ulkim; bir yoki ikki hisning va sajiyaning va iste'dodning inkishofiga va iqoziga va favaronga keltirishga muvaffaq bo’lsin. Zero shunday bir hissi naim iqoz etilmasa, sa'y behuda ketadi va muvaqqat bo’ladi. Xullas, eng buyuk dohiy faqat bir yoki ikki hisning iqoziga muvaffaq bo’la olgan kishidir. Azjumla: Hissi hurriyat va hamiyat va muhabbat...
Bu nuqtaga binoan, Jazirat-ul Arab sahro-i vase'asida bo’lgan aqvomi badaviyda kamina va naima va mastura bo’lgan hissiyoti oliya-ki -minglarga yetishgan- birdan inkishof, birdan iqoz, birdan favaron va g’alayonga keltirish; shamsi haqiqatning, ziyo-i shu'lafashonning xossasidir. Bu nuqtani aqliga tiqmaganning, biz Jazirat-ul Arabni ko’ziga tiqamiz.
Mana Jazirat-ul Arab... O’n uch asr bashar taraqqiyotidan so’ng, eng mukammal faylasuflardan yuztasini yuborsin, yuz yil qadar ishlasin; ajabo bu zamonga nisbatan u zamonga nisbat qilganining yuzdan birini qila oladimi?
Ishorat:
Kim tavfiq istasa, odatulloh va xilqat va fitrat bilan oshinolik etishi va do’stlik qilishi kerak. Bo’lmasa fitrat tavfiqsizlik bilan bir javobi rad beradi. Jarayoni umumiy esa, muxolif harakatda bo’lganlarni adam-obod hecha-hechga otadi.
Xullas, bunga binoan tomosha qil.
Ko’rasanki: Xilqatda joriy bo’lgan qavonini a'miqa-i daqiqa-ki -xurdabini aql bilan ko’rilmaydi- haqoiqi shariat qay daraja muro'at va muorafat va munosabatda bo’lganlarki, u qavonini xilqatning muvozanasini muhofaza etgan.
Ha, shu a'sori tavilada shu musodamoti azima ichida haqoiqini muhofaza, balki yanada ziyoda inkishofga keltirganidan ko’rsatadiki; Rasuli Akram alayhissalomning maslagi, hech qachon mahv bo’lmagan haq ustida muassasdir.
Shu nukta va nuqtalarni bilgandan so’ng, keng va muhokamali va mudaqqiq bir zehn bilan tinglaki:
Muhammadi Hoshimiy alayhissalotu vassalam ummiyati va adami quvvati zohirasi va adami hokimiyati va adami mayli saltanat bilan barobar, g’oyat xatarli mavoqe'da kamoli vusuq bilan tashabbus etib afkorga g’alaba qilish bilan, arvohga tahabbub va tabayi'ga tasallut, g’oyat kasira va mustamirra va rasixa va ma'lufa bo’lgan odot va axloqi vahshiyonani asosi bilan hadm etib, ularning o’rniga axloqi oliyani g’oyat metin bir asos bilan lahm va damlariga aralashgandek ta'sis etish bilan barobar, zaviya-i vahshatda xomid خامد bo’lgan bir qavmdagi qasovati vahshiyani ixmod va hissiyoti daqiqani tahyij... Ha, hissiyoti oliyani iqoz va javhari insoniyatlarini izhor etish bilan barobar avji madaniyatga bir zamoni qasirda is'od etib, sharq va g’arbda joylashgan bir davlati jasimani bir zamoni qolilda tashkil etib otashi javvol kabi, balki nuri navvor kabi va yoxud asoyi Muso kabi boshqa davlatlarni bal' va imho darajasiga keltirganidan, basari basirati ko’r bo’lmaganlarga sidqini va nubuvvatini va haq bilan tamassukini ko’rsatgan. Xullas, agar sen ko’rmasang, seni insonlarning daftaridan o’chirtiradi.
TO’RTINCHI MASLAK
Sahifa-i mustaqbaldan, lasiyyama masala-i shariatdir. Xullas, to’rt nuktani nazari diqqatdan dur etmasliging kerak.
Birinchisi:Bir shaxs to’rt yoki besh fanda malaka sohibi va mutaxassis bo’lmaydi. Magar horiqo bo’lsa...
Ikkinchisi:Masala-i vohida ikki mutakallimdan sudur etadi. Birisi, mabda va muntahosi va siyoq va siboqqa muloyamatini va axovati bilan nisbatini va mavze'i munosibda iste'molini, ya'ni munbit bir zaminda sarfini nazarga olgani uchun, u fanda bo’lgan mahoratini va malakasini va ilmiga dalolat etgani holda; narigi mutakallim shu nuqtalarni ihmol etgani uchun, sathiyatiga va taqlidiyatiga dalolat qiladi. Holbuki kalom o’sha-o’sha kalomdir. Aqling buni farqlamasa ham, ruhing his qiladi.
Uchinchisi:Ikkinchi Muqaddimada o’tgani kabi, bir-ikki asr avval horiqo deb sanalgan kashf bu zamongacha mastur qolsaydi, takammuli mabadiy jihati bilan bir bola ham kashf eta olishini nazarga ol. O’n uch asr orqaga ket, u zamonlarning ta'sirotidan o’zingni tajrid et, dahshatangiz bo’lgan Jazirat-ul Arabda o’tir, diqqat bilan tomosha qil, ko’rasanki:
Ummiy, tajribasiz, zamon va zamin yordam bermagan bitta odam; faqat zakovatga emas, balki g’oyat kasir tajorubning maxsuli bo’lgan fununning qavonini bilan shunday bir nizom va adolatni ta'sis etadiki: Iste'dodi basharning qomati, natoiji afkori tasharrubidan takabbur etsa, u shariat ham tavassu' etib abadga tavajjuh etadi. Kalomi Azaliydan kelganini e'lon qilish bilan barobar, ikki olamning saodatini ta'min qiladi. Insof qilsang, bu esa yolg’iz o’sha zamonning insonlarining emas, balki navi basharning toqati xorijida ko’rasan. Magar avhomi sayyia, sening shu tarafga mutavajjih bo’lgan fitratingning tarfini {(*): Diqqat qilish lozim.} chiritgan bo’lsa...
To’rtinchisi:O’ninchi Muqaddimada o’tgani kabi, hamda ikkinchi nuqta-i e'tirozning javobida ham kelishi kabi shudirki: Jumhurning iste'dodi afkori darajasida shariatning irshod etishidir. Shundayki:
Jumhurning omiligi uchun haqoiqi mujarradani; ma'luflari vosita bo’lmasdan adami talaqqiylari sababi bilan, mutashabehot va tashbehot va istiorot bilan tasvir etishidir. Hamda fununi akvonda jumhurning, hissi zohir sababi bilan xilofi voqe'ni zaruriy talaqqiy etish bilan barobar, mabodiy pog’onalari adami in'iqod va takammulidan, mag’latalarning vartalariga tushmaslik uchun shariat bunday masoilda ibhom etdi va mutlaq qoldirdi; lekin haqiqatni imodan xoli qoldirmadi.
Vahm va Tanbeh:
Rasuli Akramning har bir fe'l va har bir holida sidq lama'an etadi. Faqat har fe'li va har holi horiqo bo’lishi lozim emas. Zero izhori horiqo, tasdiqi mudda'o uchundir. Hojat bo’lmagan yoki munosib bo’lmagan vaqtda jarayoni umumiyaga mutaba'at bilan, qavonini odatullohga dastadodi taslim bo’ladi. Hamda shunday bo’lishi kerak.
Ey birodar!.. Shu Tanbeh, Birinchi Maslakning Muqaddimasining toifasidandir. Nisyonning xatosi bilan yo’lini adashtirish bilan joyini yo’qotib shu yerga kirgan. Yaxshilab shu nuktalarni tut. Xullas natijaga kiramiz:
Qara ey birodar!
Funun va ulumning zubda-i haqiqiyasi barohini aqliya ustida muassas bo’lgan diyonat va shariati Islomiya shunday fununlarni tazammun etgan.
Azjumla: Fanni tahzibi ruh va riyozat-ul qalb va tarbiyat-ul vijdon va tadbir-ul jasad va tadvir-ul manzil va siyosat-ul madaniya va nizomot-ul olam va fann-ul huquq va boshqalar... Kerakli ko’rilgan yerlarda tafsil va luzum bo’lmagan yoki azhonning yoki zamonning musta'id va muso'id bo’lmagan yerlarida bittadan fazlaka bilan qavoidi asosiyani vaz' etib tanmiya va tafri'ini uqulning mashvarat va istinbatotiga havola etgandirki; bu fununning majmu'iga emas, balki aqalliga o’n uch asr taraqqiydan so’ng eng madaniy joylarda eng horiqo zakovat bilan mavsuf bo’lganlar, toqati basharning xorijida -xususan u zamonda- bo’lganini tasdiqdan vijdoni munsifona seni man qilolmaydi.
Xullas fazilat shudirki; a'da unga shahodat qilsin.
Yangi Dunyoning eng mashhur faylasufi bo’lgan Karlayl Olmoniyaning mashhur bir hakimidan va rijali siyosiyasidan naqlan deydiki:
"U tadqiqotidan so’ng o’z-o’ziga savol berib degan: Islomiyat bunday bo’lsa, ajabo madaniyati hozira haqoiqi Islomiyat doirasida yashay oladimi?" O’zi o’ziga "Ha" bilan javob beradi. Hozirgi muhaqqiqlar u doira ichida yashayaptilar.
Avvalgi faylasuf ham deydiki: Haqoiqi Islomiyat chiqqanlari vaqt, otashi javvol kabi hatobning parchalariga o’xshagan boshqa afkor va adyonni bal' etdi. Hamda haqqi bordir. Zero boshqalarning safsatiyotidan bir narsa chiqmaydi, ila oxirihi...
Ha, o’n uch asrdan beri shu qadar dahshatli musodamotga qarshi haqoiqini muhofaza etgandir. Balki bu musodama, chalkashlik; haqiqati Islomiyatning yelkasi ustidan turobi xofani tarqiq va taxfif etadi. Na'am, vujud va holi olam bunga shohiddir. Maqola-i Uladagi muqaddimotni nazarga olish kerak.
Vahm va Tanbeh:
Agar desang: Har bir fanda yolg’iz bir fazlakani bilish bir odam uchun mumkindir.
Aljavob:Na'am, la! Zero unday bir fazlakaki: Husni isobat va mavqe'i munosibda va munbit bir zaminda iste'mol kabi, sobiqan mazkur boshqa nuqtalar bilan shisha kabi mavarosidan ittilo'i tom va malakani ko’rsatgan fazlakalar mumkin emas. Ha, kalomi vohid ikki mutakallimdan chiqsa; birining johilligiga va narigisining ilmiga ba'zi umuri marmuza-i g’ayri masmu'a bilan dalolat qiladi.
Ishorat va Irshod va Tanbeh:
Ey men bilan shu kitobning avvali manozilidan xayoli bilan sayru safar etgan birodari vijdon! Keng bir nazar bilan nazar et va muvozana et. O’z xayolingda muhokama etish uchun bir majlisi oliyni tashkil et. So’ngra esa "Muqaddimoti isna a'shar"dan muntaxobotini da'vat qil, hozir bo’lsinlar. So’ngra esa shu qoidalar bilan mushovara et! Xullas:
Bir shaxs ko’p fununda mutaxassis va malaka sohibi bo’lmaydi.
Hamda bir kalom ikki mutakallimdan mutafovitdir, boshqalashadi.
Va hamda funun, mururi zamon bilan talohuqi afkorning natijasidir.
Hamda mustaqbaldagi badihiy bir narsa, moziyda nazariy bo’lishi mumkin.
Hamda madaniylarning ma'lumi, badaviylarga majhul bo’lishi mumkin.
Hamda moziyni mustaqbalga qiyos qilish, bir qiyosi xodi'i mushabbitdir.
Hamda ahli vabar va badiyaning basotati esa ahli madar va madaniyatning hiyla va dasoisiga mutahammil emas. Ha, na'am; hiyla madaniyatning pardasi ostida tasattur eta oladi.
Hamda juda ko’p ulum, odot va ahvol va vuqu'otning talqinoti bilan tashakkul eta oladi.
Hamda basharning nuri nazari mustaqbalga nufuz etolmaydi. Mustaqbalga maxsus bo’lgan narsalarni ko’rolmaydi.
Hamda basharning qonuni uchun bir umri tabiiy bordir. Nafsi bashar kabi u ham inqito' etadi.
Hamda atrof-muhit, zamon va makonning nufusning ahvolida buyuk bir ta'siri bordir.
Hamda eski vaqtda horiquloda bo’lgan narsalar, hozir oddiy qatoriga o’ta oladi. Zero mabodiy takammul etishgan.
Hamda zakovat agar garchi horiqo bo’lsa ham, bir fanning takmiliga kifoya emas. Qanday ko’p fanlarda kifoyat etadi?
Mana ey birodar! Shu zotlar bilan mushovara et. So’ngra esa mufattishlik sifati bilan nafsingni tajrid et. Xayoloti muhitiya va avhomi zamoniyaning kiyimlarini yech, yalang’och bo’l. Bahri bikaroni zamoning bo’lgan shu asrning sohilidan ichiga kir. Toki asri saodat bo’lgan orolga chiq. Xullas, hamma narsadan avval sening nazaringga tushadigan va tajalliy etadigan shuki:
Vohid, yordamchisi yo’q, saltanati mafqud, bitta shaxs; umum olamga qarshi muboraza etadi. Va kura-i zamindan yanada katta bir haqiqatni yelkasiga olgan va butun navi basharning saodatiga takafful etgan bir shariatiki: U shariat, fununi haqiqiya va ulumi Ilohiyaning zubdasi bo’lib, iste'dodi basharning numuvvi darajasida tavassu' etib ikki olamda samara berib ahvoli basharni go’yo bir majlisi vohid, bir zamoni vohidning ahli kabi tanzim etgan shunday bir adolatni ta'sis etadi.
Agar u shariatning navomisidan so’rasangki: Qayerdan kelyapsiz? Va qayerga ketasiz? Senga shunday javob beradilarki: Biz kalomi azaliydan kelganmiz. Navi basharning salomati uchun abadning yo’lida rafoqat uchun abadga ketamiz. Bu dunyo-i foniyani bitirib, bizning suriy bo’lgan irtibotimiz uzilsa ham; doimo ma'naviyatimiz basharning rahbari va g’ido-i ruhoniysidir.
* * *
XOTIMA
Shubahot va shukukning uch manbari bordir.
Shunday: Agar maqsudi Shari'dan va afkorning iste'dodlari nisbatida bo’lgan irshoddan tajohul etib, butun avhomi sayyianing uyasi hukmida bo’lgan shunday bir mag’lata bilan e'tiroz etsangki, shariatning boshi bo’lgan Qur'onda uch nuqta bordir:
Birinchisi:Qur'onning mabih-il imtiyozi va vuzuhi ifoda ustida muassas bo’lgan balog’atga munofiydirki, vujudi mutashabehot va mushkulotdir.
Ikkinchisi:Shariatning maqsudi haqiqiysi bo’lgan irshod va ta'limga munofiydirki, fununi akvonda bir daraja ibhom va itloqotidir.
Uchinchisi:Tariqi Qur'on bo’lgan tahqiq va hidoyatga muxolifdir. Xullas, u ham ba'zi zavohirni dalili aqliyning xilofiga imola etib, xilofi voqe'ga ehtimolidir.
Ey birodar!.. Tavfiq Allohdandir. Men ham deymanki: Sababi nuqson ko’rsatganing shu uch nuqta tavahhum etganing kabi emas. Balki uchovi ham i'jozi Qur'onning eng sodiq shohidlaridir.
Xullas:
Birinchi nuqtaga javob:Zotan ikki dafa shu javobni zimnan ko’rgansan. Shundayki:
Insonlarning aksari jumhuri avomdir. Nazari Shari'da aqal aksarga tobedir. Zero avomga muvajjah bo’lgan xitobni xoslar fahm va istifoda etadilar. Aksincha bo’lsa, bo’lolmaydi. Xullas, jumhuri avom esa, ma'luf va mutaxayyolotidan tajarrud etib haqoiqi mujarrada va ma'quloti sirfani tomosha qilolmaydilar. Magar mutaxayyolotlarini durbin kabi tavsit etsalar... Faqat mutaxayyolotning suratlariga hasr va vaqfi nazar etish, jismiyat va jihat kabi mahol narsalarni istilzom etadi. Lekin nazar u suratlardan o’tib haqoiqni ko’radi. Masalan, koinotdagi tasarrufi Ilohiyni sultonning sariri saltanatida bo’lgan tasarrufining suratida tomosha qila oladilar.
اِنَّ اللّٰهَ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوٰى
kabi...
Xullas, hissiyoti jumhur shu markazda bo’lishgani uchun, albatta irshod va balog’at iqtizo etadiki: Ularning hissiyoti rioyat va ehtirom etilsin va afkorlari ham bir daraja mumashat va ehtirom etilsin. Xullas, rioyat va ehtirom; uquli basharga qarshi bo’lgan tanazzuloti Ilohiya bilan tasmiya qilinadi. Ha, u tanazzulot ta'nisi azhan uchundir. O’ninchi Muqaddimaga murojaat et.
Xullas shuning uchundirki: Haqoiqi mujarradani tomosha qilish uchun hissiyot va xayol-olud jumhurning nazarlarini erkalagan suvari mutashabihadan bittadan durbin vaz' etilgan. Xullas shu javobni tayid etgan ma'oni-i a'miqa yoki mutafarriqani bir surati sahl va basitada tasavvur yoki tasvir etish uchun insonlarning kalomida istioroti kasirani irod etadilar. Demak, mutashabehot ham istiorotning eng ag’maz bo’lgan qismidir. Zero eng xofiy haqoiqning suvari misoliyasidir. Demak, ishkal esa ma'noning diqqatidandir, lafzning ig’loqidan emas.
Ey mo’'tariz! Insof bilan nazar sol, fikri basharning, xususan avomning fikrlaridan eng uzoq bo’lgan haqoiqni shunday bir tariq bilan taqrib etish, ajabo tariqi balog’at bo’lgan muqtazo-i holning mutobaqatiga muvofiq va maqomning nisbatida kamoli vuzuh va ifodaga mutobiqdir; yoxud tavahhum etganing kabidir? Hakem sen bo’l...
Ikkinchi nuqtaga javob:Ikkinchi Muqaddimada mufassalan o’tgan. Olamda mayl-ul istikmolning shoxi bo’lgan insondagi mayl-ut taraqqiyning samaroti va tajorubi kasira bilan va natoiji afkorning talohuqi bilan tashakkul etgan va mardivani taraqqiyning zinapoyalari hukmida bo’lgan funun esa; mutarattiba va muta'avina va mutasalsiladirlar. Ha, mutaaxxirning in'iqodi, mutaqaddimning tashakkuliga vobastadir. Demak, muqaddam bo’lgan fan ulumi muta'arifaning darajasiga keladi; so’ngra mutaaxxiringa muqaddima bo’lishi mumkin.
Bu sirga binoan: Shu zamonda tamaxxuzi tajorub bilan sahtga chiqib va tavallud etgan bir fanning deylikki o’n asr avval bir odam tafhim va ta'limiga urinsa edi, mag’lata va safsataga tushirishdan boshqa bir narsa qilolmas edi.
Masalan, aytilsa: "Shamsning sukuni bilan arzning harakatini va bir qatra suvda bir million hayvonotning bo’lganliklarini tomosha qilingki, Sone'ning azamatini bilasiz."
Jumhuri avom esa; hissi zohir yoki g’olati hisning sababi bilan xiloflarini zaruriy bilganlari uchun yo takzib yoki nafslariga mug’olata yoki mahsus bo’lgan narsaga mukobara etishdan boshqa qo’llaridan bir narsa kelmasdi. Chalkashtirish esa; xususan o’ninchi asrga qadar, minhoji irshodga buyuk bir vartadir. Azjumla: Sathiyati arz va davaroni shams ular tomonidan badihiyoti hissiyadan sanalar edi.
Tanbeh:
Shu kabi masalalar, mustaqbaldagi nazariyotga qiyos qilinmaydi. Zero mustaqbalga oid bo’lgan narsalarga hissi zohir taalluq etmagani uchun, ikki jihati ham muhtamaldir. E'tiqod qilinishi mumkin. Imkon darajasidadir. Itminon mumkindir. Uning haqqi sarihi tasrih etishdir. Lekin qachonki hisning g’olati bizning "ma nahnu fih"imizni imkon darajasidan badohatga, ya'ni jahli murakkabga chiqardi. Uning nazari balog’atda hech inkor qilinmaydigan haqqi esa; ibhom va itloqdir. Toki azhon mushavvash bo’lmasinlar. Faqat haqiqatga talvih va ramz va imo etish kerak. Afkor uchun eshiklarni ochish, duxulga da'vat etish lozimdir. Qandayki shariati g’arra shunday qilgan.
Eshit ey birodar! Insofdanmi, taharri-i haqiqat bundaymiki: Sen irshodi mahz va ayni balog’at va hidoyatning mag’zi bo’lgan narsani, irshodga munofiy va mubayin tavahhum qilsang? Va balog’atcha ayni kamol bo’lgan narsani nuqson taxayyul etsang?
Ey ayyuhal-hoto! Ajabo, sening zehni saqimingda balog’at shumi, azhonni tag’lit va afkorni chalkashtirish va atrof-muhitning muso'adasizligi va zamonning adami i'dadidan azhon musta'id bo’lmaganlari uchun, uqulga tahmil etilmagan narsalarni taklif etishdir? Kallo!
كَلِّمِ النَّاسَ عَلٰى قَدَرِ عُقُولِهِمْ
bir dasturi hikmatdir. Istasang, muqaddamotga murojaat et... Xususan Birinchi Muqaddimani yaxshilab tafakkur qil!
Xullas, ba'zi zavohirni dalili aqliyning xilofiga ko’rsatish bo’lganUchinchi Nuqtaga javob:
Birinchi Muqaddimada tadabbur et, so’ng buni ham tinglaki; Shari'ning irshodi jumhurdan maqsudi asliysi: Isboti Sone'-i Vohid va nubuvvat va hashr va adolatda munxasirdir. Shunday ekan: Qur'ondagi zikri akvon, istidrodiy va istidlol uchundir. Jumhurning afhomiga ko’ra san'atda zohir bo’lgan nizomi badi' bilan nazzomi haqiqiy bo’lgan Sone'-i Zuljalolga istidlol etish uchundir. Holbuki san'atning asari va nizomi hamma narsadan tazohur etadi. Tashakkul xususiyati qanday bo’lsa bo’lsin, maqsadi asliyga taalluq etmaydi.
Tanbeh:
Muqarrardirki, dalil mudda'odan avval ma'lum bo’lishi kerak. Shuning uchun ba'zi nususning zavohiri, ittizohi dalil va isti'nasi afkor uchun jumhurning mu'taqadoti hissiyalariga imola etilgandir. Faqat dalolat etish uchun emasdir. Zero Qur'on, oyotining talofifida shunday amorot va qaroinni nasb etgandirki; u sadaflardagi javohirni va u zavohirdagi haqiqatlarni ahli tahqiqqa barmoq bilan ko’rsatadi va ishorat qiladi.
Ha, "Kalimatulloh" bo’lgan Kitobi Mubinning ba'zi oyoti ba'zisiga mufassirdir. Ya'ni, ba'zi oyoti axovatining mafiz-zamirlarini izhor etadi. Unday bo’lsa, ba'zilari boshqa bir qismga qorina bo’lishi mumkinki; ma'no-i zohiriy murod emas.
Vahm va Tanbeh:
Agar istidlolning maqomida deyilsa ediki: Elektrning ajoyibi va joziba-i umumiyaning g’aroibi va kura-i arzning yavmiya va sanaviya bo’lgan harakati va yetmishdan ziyoda bo’lgan anosirning imtizoji kimyoviyalarini va shamsning istiqrori bilan barobar ko’rinishda bo’lgan harakatini nazarga oling, toki Sone'ni bilasiz! Mana o’sha vaqt dalil bo’lgan san'at ma'rifati Sone' bo’lgan natijadan yanada xofiy va yanada g’omiz va qoida-i istidlolga munofiy bo’lganidan, ba'zi zavohiri afkorga ko’ra imola bo’lgandir. Bu esa yo mustatba'ut-tarokib qabilasidan yoki kinoiy navidan bo’lgani uchun, madori sidq va kizb bo’lmaydi. Masalan: قَالَ lafzidagi alif, alifdir. Asli vov bo’lsin, kof bo’lsin, nima bo’lsa bo’lsin, ta'sir qilmaydi.
Ey birodar! Insof qil... Ajabo shu uch nuqta-i e'tiroz jami' a'sorda jami' insonlarning irshodlari uchun inzol etilgan Qur'onning i'joziga eng zohir dalil emasmidir? Ha..
وَالَّذ۪ى عَلَّمَ الْقُرْاٰنَ الْمُعْجِزَ اِنَّ نَظَرَ الْبَش۪يرِ النَّذ۪يرِ وَ بَص۪يرَتَهُ النَّقَّادَةَ اَدَقُّ وَ اَجَلُّ وَ اَجْلٰى وَ اَنْفَذُ مِنْ اَنْ يَلْتَبِسَ اَوْ يَشْتَبِهَ عَلَيْهِ الْحَق۪يقَةُ بِالْخَيَالِ وَاِنَّ مَسْلَكَهُ الْحَقَّ اَغْنٰى وَ اَعْلٰى وَ اَنْزَهُ وَ اَرْفَعُ مِنْ اَنْ يُدَلِّسَ اَوْ يُغَالِطَ عَلَى النَّاسِ
{(*): Shu Arabiyy-ul ibora ikki mazhabi botilning raddiga ishoratdir.}
Na'am.. xayolning qanday haddi borki; nur-afshon bo’lgan nazariga qarshi o’zini haqiqat ko’rsata olsin. Ha, maslagi nafsi haq va mazhabi ayni sidqdir. Haq esa tadlis va tag’lit etishdan mustag’niydir.
BESHINCHI MASLAK
Ma'rufa va mashhura bo’lgan havoriqi zohira va mo’'jizoti maxsusadir. Siyar va tarixning kitoblari ular bilan mashhundir. Ulamoyi kirom (jazahumullohu hoyron) haqqi bilan tafsir va tadvin etishgan. Ma'lumning ta'limi lozim bo’lmagani uchun, biz tafsiliga kirmadik.
Ishorat:
Shu havoriqi zohiraning har bir fardi garchi mutavotir emasdir, mutlaqo jinslari, balki ko’p anvo'i qat'iyan va yaqiynan mutavotiri bilma'nodir. U havoriq bir necha turdan iboratdir. Xullas:
Bir turi:Irhosoti mutanavvi'adir. Go’yo u asr, Payg’ambardan (S.A.V.) istifoda va istifoza etib karomat sohibi bo’lganidan, qalbi hassosidan hissi qoblal vuqu'ga binoan irhosot bilan Faxri Olamning kelishini ixbor etgan.
Bir turi ham:G’aybdan bo’lgan ixboroti kasirasidir. Go’yo tayyor bo’lgan ruhi mujarradi, zamon va makoni muayyanning qaydlarini sindirgan va hududi moziya va mustaqbalani buzib o’tgan, har tarafini ko’rib bizga aytgan va ko’rsatgan.
Bir qismi ham:Tahaddi vaqtida izhor qilingan havoriqi hissiyadir. Mingga yaqin ta'dad etilgan. Demak, aytganimiz kabi, har bir fardi ahadiy ham bo’lsa, majmui mutavotiri bilma'nodir.
Birisi:Muborak bo’lgan barmoqlaridan suvning naba'onidir. Go’yo ma'dani saxovat bo’lgan yadi muborakasidan moya-i hayot bo’lgan suvning naba'oni bilan, manba-i hidoyat bo’lgan lisonidan moya-i arvoh bo’lgan ziloli hidoyatning oqib ketishini hissan tasvir etadi.
Biri:Takallumi shajar va hajar va hayvondir. Go’yo hidoyatidagi hayoti ma'naviya, jamodot va hayvonotga ham siroyat etib nutqqa keltirgandir.
Biri ham:Inshiqoqi qamardir. Go’yo qalbi samo hukmida bo’lgan Qamar, muborak bo’lgan qalbi bilan inshiqoqda bir munosabat paydo qilish uchun siyna-i sof va barroqini muborak barmoqning ishorati bilan ishtiyoqan shaqqu chok etgandir.
Tanbeh:
Inshiqoqi qamar mutavotiri bilma'nodir.
وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ
bo’lgan oyati karima bilan sobitdir. Zero, hatto Qur'onni inkor qilgan ham bu oyatning ma'nosiga qarshi chiqmagandir. Hamda ehtimol berishga shoyon bo’lmagan bir ta'vili zaifdan boshqa ta'vil va tahvil etilmagandir.
Vahm va Tanbeh:
Inshiqoq ham oniy, ham kechasi, ham vaqti g’aflat, ham shu zamon kabi osmonga adami tarassud, ham vujudi sahab, ham ixtilofi matoli' jihati bilan butun olamning ko’rishlari lozim bo’lmaydi va lozim emasdir. Hamda ham-matla' bo’lganlarda sobitdirki, ko’rilgandir.
Birisi va eng birinchisi va eng kubrosi bo’lgan Qur'oni Mubindir. Xullas sobiqan bir parchasiga imo qilingan yetti jihat bilan i'jozi mubarnahdir. Ila oxirihi... Boshqa mo’'jizotni kutubi mo’'tabaraga havola qilaman.
XOTIMA
Ey mening kalomimni mutolaa etgan zavot! Keng bir fikr bilan va mutayaqqiz bir nazar bilan va muvozanali bir basirat bilan majmu'i kalomimni, ya'ni masoliki hamsani hamma yerni qamragan bir doira yoki mustadir bir qal'a devori deb nazarga olinglar, Muhammad alayhissalotu vassalamning nubuvvatiga markaz kabi tomosha qilinglar. Va yoxud sultonning atrofiga halqa bo’lgan asokiri muta'avinaning nazari bilan qaranglar! Toki bir tarafdan hujum qilgan avhomni mutajaviba va muta'avina bo’lgan javonibi saira daf qila olsin.
Xullas shu holda Yaponlarning savoli bo’lgan {[*]: Mashaalloh, go’zal bir javob.}
مَا الدَّل۪يلُ الْوَاضِحُ عَلٰى وُجُودِ الْاِلٰهِ الَّذ۪ى تَدْعُونَنَا اِلَيْهِ
ga qarshi deyman: Mana Muhammad alayhissalotu vassalam... {[*]: Rusni mag’lub qilgan Yaponiyaning bosh qo’mondoni Mashihati Islomiyadan bu savolni so’ragan. Eski Said bu uchinchi maqom bilan javob bergan.}
Ishorat va Irshod va Tanbeh:
Ne vaqt koinot tarafidan, hukumati xilqat janibidan mustantiq va sail sifati bilan yuborilgan fanni hikmat, istiqbolga tavajjuh etgan navi basharning tole'alariga uchragan; birdan fanni hikmat shunday bir qator savollarni irod etganki:
"Ey inson avlodlari! Qayerdan kelyapsiz? Kimning amri bilan? Nima qilasiz? Qayerga ketasiz? Mabdaingiz qayerdan? Va muntahongiz qayergadir?"
U vaqt navi basharning xatib va murshid va raisi bo’lgan Muhammad alayhissalotu vassalam oyoqqa turib, hukumati xilqat janibidan kelgan fanni hikmatga shunday javob bergandirki:
"Ey mustantiq afandi! Biz ma'ashiri mavjudot, Sultoni azalning amri bilan, qudrati Ilohiyaning doirasidan ma'muriyat sifati bilan kelganmiz. Shu hulla-i vujudni bizga kiydirib va shu sarmoya-i saodat bo’lgan iste'dodotni bergan, jami'-i avsofi kamoliya bilan muttasif va Vojib-ul vujud bo’lgan Hokimi Azaldir. Biz ma'ashiri bashar ham hozir saodati abadiyaning sabablarini tadorik etish bilan mashg’ulmiz. So’ngra birdan abadga mutavajjihan shahristoni abad-ul obod bo’lgan hashri jismoniyga ketamiz.
Mana ey hikmat, valdirama va safsata sotma! Ko’rgan va eshitganing kabi ayt!"
* * *
Uchinchi Maqsad
Hashri jismoniydir.Ha, xilqat usiz bo’lmaydi va abasdir. Na'am, hashr haqdir va to’g’ridir. Burhonning eng vazihi, Muhammad alayhissalotu vassalamdir.
MUQADDIMA
Qur'oni Mubin hashri jismoniyni shu daraja izoh etganki, adno bir shubhani qoldirmagan. Xullas biz ham quvvatimizga ko’ra uning barohinini bir daraja tafsir uchun bir necha maqosid va mavoqifiga ishorat qilamiz.
BIRINCHI MAQSAD:
Ha, koinotdagi nizomi akmal, hamda xilqatdagi hikmati tomma, hamda olamdagi adami abasiyat, hamda fitratdagi adami isrof, hamda jami' funun bilan sobit bo’lgan istiqro-i tom, hamda yavm va yil kabi ko’p anvo'da bo’lgan bittadan navi qiyomati muqarrara, hamda iste'dodi basharning javhari, hamda insonning loyatanohiy bo’lgan amoli, hamda Sone'-i Hakimning rahmati, hamda Rasuli Sodiqning lisoni, hamda Qur'oni Mo’'jizning bayoni; hashri jismoniyga sodiq shohidlar va haq va haqiqiy burhonlardir.
Mavqif va Ishorat:
1- Ha, saodati abadiya bo’lmasa, nizom bir surati zaifa-i vahiyadan iborat qoladi. Jami' ma'naviyat va ravobit va nisab behuda ketadi. Demak nazzomi, saodati abadiyadir.
2- Ha, inoyati azaliyaning timsoli bo’lgan hikmati Ilohiya, koinotdagi rioyati masolih va hikam bilan mujahhaz bo’lganidan, saodati abadiyani e'lon qiladi. Zero saodati abadiya bo’lmasa, koinotda bilbedaho sobit bo’lgan hikam va favoidga qarshi mukobara etiladi.
3- Na'am, aql va hikmat va istiqroning shahodatlari bilan sobit bo’lgan xilqatdagi adami abasiyat; hashri jismoniydagi saodati abadiyaga ishorat, balki dalolat qiladi. Zero, adami sirf hamma narsani abas etadi.
4- Ha fitratda, azjumla olami sug’ro bo’lgan insonda, fanni manofi'-ul a'zoning shahodati bilan, sobit bo’lgan adami isrof ko’rsatadiki: Insonda bo’lgan iste'dodoti ma'naviya va amol va afkor va muyulotining adami isrofini isbot qiladi. U esa saodati abadiyaga nomzod bo’lganini e'lon qiladi.
5- Ha, shunday bo’lmasa, umuman quriydi, behuda ketadi. Fayo lil-ajab! Bir javhari jahonbahoning g’ilofiga nihoyat daraja diqqat va i'tino etilsa, hatto changning qo’nishidan muhofaza qilinsa, qanday va qay suratda u javhari yagonani sindirib mahv etadi? Kallo! Unga i'tino, uning xotirasi uchundir.
6- Ha, sobiqan bayon qilingani kabi, jami' funun bilan hosil bo’lgan istiqro-i tom bilan sobit bo’lgan intizomi komil, u intizomni ixloldan xalos aylagan va takammul va umri abadiyga mazhar etgan hashri jismoniyning sadafida bo’lgan saodati abadiyani bizzarura iqtizo etadi.
7- Ha, soatning soniya va daqiqa va soat va kunlarni sanagan charxlariga o’xshagan yavm va yil va umri bashar va davaroni dunyo; bir-biriga muqaddima bo’lib aylanadi, ishlaydi. Tundan so’ng nahorni, qishdan so’ng bahorni qilganlari kabi, mavtdan so’ng qiyomat ham u dastgohdan chiqishini xabar beradilar.
Ha, insonning har fardi bittadan nav kabidir. Zero nuri fikr uning amoliga shunday bir vus'at berganki; butun azmanni yutsa, to’ymaydi. Boshqa anvo'ning afrodlarining mohiyati, qiymati, nazari, kamoli, lazzati, alami esa juz'iy va shaxsiy va mahdud va mahsur va oniydir. Basharning esa ulviy, kulliy, sarmadiydir. Yavm va yilda bo’lgan ko’p navlarda bo’lgan bittadan nav qiyomati mukarrara-i naviya bilan insonda bir qiyomati shaxsiya-i umumiyaga ramz va ishorat, balki shahodat qiladi.
8- Na'am, basharning javharida g’ayri mahsur iste'dodotida mundamij bo’lgan g’ayri mahdud bo’lgan qobiliyotdan nash'at etgan muyulotdan hosil bo’lgan loyatanohiy amolidan tavallud etgan g’ayri mutanohiy afkor va tasavvuroti, mavaro-i hashri jismoniyda bo’lgan saodati abadiyaga qo’lini uzatgan va maddi nazar etib u tarafga mutavajjih bo’lgandir.
9- Na'am, Sone'-i Hakim va Rahmon-ur Rahimning rahmati esa; jami' ni'omni ne'mat qilgan va niqmatlikdan xalos qilgan va koinotni firoqi abadiydan hosil bo’lgan dod-faryodlardan xalos qilgan saodati abadiyani navi basharga beradi. Zero shu har bir ne'matning raisi bo’lgan saodati abadiyani bermasa, jami' ne'matlar niqmatga tahavvul etib, bizzarura va bilbedaho va umum koinotning shahodati bilan sobit bo’lgan rahmatni inkor etish lozim bo’ladi.
Mana ey birodar! Mutanavvi' bo’lgan ne'matlardan yolg’iz muhabbat va ishq va shafqatga diqqat qil. So’ngra esa firoqi abadiy va hijroni loyazaliyni nazarga ol. Qanday u muhabbat eng buyuk musibat bo’ladi! Demak hijroni abadiy muhabbatga qarshi chiqolmaydi. Xullas, saodati abadiya u firoqi abadiyaga shunday bir tarsaki tushiradiki, adam-obod hecha-hechga otadi.
10- Na'am, sobiq bo’lgan besh maslagi bilan sidq va haqqoniyati mubarhan bo’lgan Payg’ambarimizning lisoni, hashri jismoniyning dafinasidagi saodati abadiyaning kalitidir.
11- Na'am, yetti jihat bilan o’n uch asrda i'jozi musaddaq bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon hashri jismoniyning kashshofidir va fattohidir va basmala-kashidir.
IKKINCHI MAQSAD:
Qur'onda ishorat qilingan hashrga doir ikki dalilning bayonidadir. Xullas
نخو بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
***
Bu risolaning muallifi, Ustoz Badiuzzamon Hazratlari bu risolaning ta'lifidan o’ttiz yil so’ngra ta'lif qilgan Risola-i Nur Kulliyotidan "To’qqizinchi Shua"ning boshida deydiki:
Latif bir inoyati Rabboniyadirki: Bundan o’ttiz yil avval Eski Said, yozgan tafsiri muqaddimasi "Muhakamot" nomli asarning oxirida; "Ikkinchi maqsad: Qur'onda hashrga ishorat etuvchi ikki oyat tafsir va bayon qilinadi.
نَخُو بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
" deb to’xtagan. Boshqa yozolmagan. Xoliqi Rahimimga daloil va amoroti hashriya adadicha shukr va hamd bo’lsinki: O’ttiz yil o’tib tavfiq ehson ayladi.
* * *
Ukam Abdulmajidning Taqrizidir
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
أحمده تعالى حمدًا بلا حدّ، وأصلي على رسوله سيدنا محمد وعلى آله وصحبه سالكي الطريق الٔاسدّ
وبعد: فاعلم أنه من يَرُمْ أن يعرج الى سماء الحقائق، ويسم أن يسرح فكره فى رياض الدقائق، ويطلب ميزانًا لتمييز الكاذب عن الصادق، ومكنسة لتكنيس غبار الٔاوهام عن وجوه الشقائق، وجنة يروض فيها جياد الٔافكار، وجُنة يدافع بها نضال السقيمة من الٔاخيار، ومضمارًا يبارز فيه الٔابطال من الٔاجبار: فعليه يتدرس وتدريس هذا الكتاب.. لٔانه قد بني على أساسي تهديم الخطأ وتعمير الصواب، وأصلى تصقيل الاسلامية عن الوهميات التى بها تعاب، وتصفية العقائد عن الخرافات التى بها تشاب.. كيف لا، وقد أخرج تلك الحقائق الموؤدة في أخاديد الخبالات، وفض أفواه الٔاوهام عن مكنونات هاتيك النكات. فحل الٔاذهان، وأذهن الفحول، وسمح به ثاقب الٔافكار، وأفكر العقول وخاطر كل ما يوصف به فهو فوقه ولو بذل الواصف في أطرائه طوقه
و ان شككت فيما أقول فيه، انظر الى الفرائد الساقطة من فيه
ويحق أن يقال في تأليفه
بديع النسج والاسداء انشا ٭ من التعييب والتّغْيير حاشا
كتابًا باللٓالي قد توشا ٭ أناسي النصوص قد تحشّا
مرىٔ الصدق والحق المبين ٭ ويومي للكنوز تحت غين
ولذي الدين والٔاحباب زين ٭ كما للقالي والحساد شين
يمزق عن وجوه الحق مينا ٭ يعمّى لذوي الالحاد عينًا
محك للنحول من نقول ٭ وقيد للعقول من فحول
جدير بالتقلّد في نحور ٭ محافظة الحدود والثغور
خليق بالتقلد في العناق ٭ لضرب الفرق في رأس النفاق
على الطرف متى يُسطر سُطُر ٭ ه لا يعشاه طول الدهر عور
على القلب بان تكتب أحرى ٭ وأن تجعل مكان الحبر تبرًا
صغير الجرم تبرى المثال ٭ كمرقاةٍ الى أوج الكمال
كثير الرموز والمعنى دقيق ٭ وعن دركه ذو الطعن سحيق
هلال الشكّ معناه فحدد ٭ بكحل ضدّه العين فراود
و اني لا يكون ذا كذا كا ٭ ويختصم بكتفيه السماكا
وقد أنشاه رازيّ الٔاوان ٭ مجيد للبديع في الزمان
وذا العصر به يعلو وسام ٭ لذا التأليف تاريخ تمام
Yaqiynning koshifi, muftahi balog’atdir
Haqiqatga, manori ihtido udir
Haqning kashshofi, balog’atcha misolsizdir
Balog’at aroriga bir misbahi vajjahdir
Masoildan nima mushkul bo’lsa, unda zohirdir
Butun asdafi alfazda asrori balog’atdir
Haqning javhari oliysi bilan olmosi haqiqatdan
Shukukka qarshi qilingan bir sayfi qoti'dir
Muzahhab pog’onali shu samovoti kamolotga
Uruj etish uchun haqqi bilan bir nuroniy mirqatdir.
Abdulmajid
* * *
MUNDARIJA
Muqaddima
BIRINCHI MAQOLA (Unsuri haqiqatning va yoxud ba'zi muqaddimot va masoil bilan Islomiyatga sayqal berishning bayonidadir.)
Birinchi Muqaddima (Aql va naqlning ta'arruzi, Qur'onning maqosidi asosiyasi.)
Ikkinchi Muqaddima (Olamda mayl-ul istikmol, masoilning ikki qism bo’lishi, moddiyot-ma'naviyat farqi.)
Uchinchi Muqaddima (Isroiliyotning va hikmati Yunoniyaning afkori Islomiyatga qo’shilishi.)
To’rtinchi Muqaddima (Shuxrat insonning moli bo’lmagan narsani ham insonga mol etadi.)
Beshinchi Muqaddima (Majoz ilmning qo’lidan jaholat qo’liga tushsa, haqiqatga inqilob etadi.)
Oltinchi Muqaddima (Tafsirda mazkur bo’lgan har bir mavzu tafsirdan bo’lishi lozim bo’lmaydi.)
Yettinchi Muqaddima (Mubolag’a ixtilolchidir.)
Sakkizinchi Muqaddima (Abno-i moziy bilan abno-i mustaqbalni muvozana.)
To’qqizinchi Muqaddima (Xilqati olamda maqsudi bizzot va g’olibi mutlaq, yolg’iz husn va xayr va haq va kamoldir.)
O’ninchi Muqaddima (Bir kalomda, har fahmga kelgan narsalarda mutakallim muoxaza qilinmaydi.)
O’n Birinchi Muqaddima (Kalomi vohidda ahkomi mutaaddida bo’lishi mumkin.)
O’n Ikkinchi Muqaddima (Mag’zni topmagan po’choq bilan mashg’ul bo’ladi.)
Birinchi Masala (Arzning dumaloq bo’lishi.)
Ikkinchi Masala (Arzning ho’kiz va baliq ustida bo’lishi)
Uchinchi Masala (Qof Tog’i)
To’rtinchi Masala (Saddi Zulqarnayn, Ya'juj Ma'juj)
Beshinchi Masala (Jahannam yer ostidadir.)
Oltinchi Masala (Qur'onning balog’ati, xasois va mazoya, xususan istiora va majoz ustida muassasadir.)
Yettinchi Masala (Qur'onda zikr qilingan, faqat haqiqatga zid ko’ringan ba'zi ifodalarda buyuk bir nukta-i balog’at bor ekani haqida.)
Sakkizinchi Masala (Imkonotni vuqu'otga aralashtirmaslik, imkoni zotiy yaqiyni ilmiyga munofiy bo’lmagani, imkoni vahmiyni imkoni aqliy bilan iltibos etmaslik, majozning har yerida taharri-i haqiqat etmaslik kabi xususlar.)
IKKINCHI MAQOLA (Balog’atning ruhiga taalluq etgan bir necha masalaning bayonidadir.)
Birinchi Masala (A'jam, Arablarga muxtalit bo’lganlaridan; balog’ati Qur'oniyaning ma'danini mushavvash etganlari.)
Ikkinchi Masala (Kalomning hayotlanishi va nashvu namosi; ma'nolarning tajassumi bilan va jamodotga nafhi ruh etish bilan bir mukolama va mubohasani ichlariga otishdir.)
Uchinchi Masala (Kalomning albisa-i faxirasi va yoxud jamoli va surati, uslub bilandir.)
To’rtinchi Masala (Kalomning quvvat va qudratining manbai.)
Beshinchi Masala (Kalomning sarvat va vus'atining manbai.)
Oltinchi Masala (Kalomning samaroti; tabaqoti muxtalifada, suvari mutaaddidada tashakkul etgan ma'oniydir.)
Yettinchi Masala (Balog’atning uqda-i hayotiyasi, xorijiyotning navomisi va maqoyisini tamassul etishdir.)
Sakkizinchi Masala (Ma'oni-i bayoniyaning emlashi va talqihi va ma'nolarning bajoyish va inqiloblari.)
To’qqizinchi Masala (Iroda-i juz'iyani va tasavvuri basitni ojiz qoldirgan kalomning yuksak tabaqasi.)
O’ninchi Masala (Kalomning salosati.)
O’n Birinchi Masala (Bayonning salomat va sihati.)
O’n Ikkinchi Masala (Kalomning salomat va randalanishi va i'tidoli mizoji.)
UCHINCHI MAQOLA (Unsuri Aqida bilan ajviba-i Yaponiya bayonidadir.)
Birinchi Maqsad (Daloili Sone' bayonidadir.)
Ikkinchi Maqsad (Payg’ambarimiz (S.A.V.) ham Sone'ga, ham nubuvvatga, ham hashrga, ham haqqa, ham haqiqatga bir hujjati qat'iyadir.)
Uchinchi Maqsad (Hashri jismoniydir.)
Ukalari Abdulmajidning Taqrizi