Risale-i Nur · Oʻzbekcha

Masnavi-i Nuriya

Kitobni ochish ↗

indeks

Risola-i Nur Kulliyotidan

MASNAVI-I NURIYA

Muallifi

Badiuzzamon Said Nursiy

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

I'TIZOR

Risola-i Nur Kulliyotidan "Al-Masnaviyy-ul Arabiy" bilan muanvan buyuk Ustozning jahon-baho juda qiymatli shu asarini ham Allohning avnu inoyati bilan Arabchadan Turkchaga o’girishga muvaffaq bo’lish bilan o’zimni baxtiyor sanayman. Faqat, aslidagi ulviyat, quvvat va jazolatni tarjimada muhofaza qilolmadim. Ha, u javhar-baho haqiqatlarga zarf bo’ladigan na bir harf topa oldim va na bir lafz. Tarjima lisoni ham, fikrim kabi noqis va qisqa bo’lganidan, u azim iymoniy va ulug’vor Qur'oniy haqiqatlarga zo’rg’a bunday tor va qisqa bir qiyofani tadorik eta oldim. Na haqning va na haqiqatning xotiri qolgan. Fabrika-i dimog’iyamning buzuqligidan bu qadarini ham muallifi muhtaram Badiuzzamonning ma'naviy yordamlari bilan yoza oldim.

Ha, bir tovuq o’zining uchishi bilan lochinning yoki burgutning uchishlarini taqlid va tarjima qilolmaydi. Bu haqiqatdan asliga uyg’un va loyiq bir tarjima emas. (Juda qisqa bir maol, ba'zan esa tashlab o’tilgan, tarjima qilolmagan.) Ko’p yerlarda yolg’iz maolini oldim. Ba'zi yerlarda ham tashlab o’tdim. Faqat aslidagi haqoiqni avlodi vatanga ko’rsatgan kichik bir oynadir...

Risola-i Nur muallifining nasaban ukasi

va o’n besh yil undan dars olgan

Abdulmajid Nursiy

* * *

RISOLA-I NURNING BIR NAVI ARABCHA MASNAVI-I SHARIFI HUKMIDA BO’LGAN BU MAJMUANING MUQADDIMASI "BESH NUQTA"DIR.

BIRINCHI NUQTA:

Qirq-ellik yil avval Eski Said, ziyoda ulumi aqliya va falsafiyada harakat qilgani uchun, haqiqat-ul haqoiqqa qarshi ahli tariqat va ahli haqiqat kabi bir maslak qidirdi. Aksar ahli tariqat kabi yolg’iz qalban harakatga qanoat qilolmadi. Chunki aqli, fikri hikmati falsafiya bilan bir daraja yarali edi; tadoviy lozimdi. So’ngra ham qalban, ham aqlan haqiqatga ketgan ba'zi buyuk ahli haqiqatning orqasidan ketishni istadi. Qaradi, ularning har birining o’zga jozibador bir xususiyati bor. Qaysisining orqasidan ergashishga tahayyurda qoldi. Imom Rabboniy ham unga g’aybiy bir tarzda "Tavhidi qibla et!" degan; ya'ni "Yolg’iz bir ustozning orqasidan ket!" U juda ham yarali Eski Saidning qalbiga keldiki:

"Ustozi haqiqiy Qur'ondir. Tavhidi qibla bu ustoz bilan bo’ladi", deya yolg’iz u ustozi qudsiyning irshodi bilan ham qalbi, ham ruhi g’oyat g’arib bir tarzda sulukni boshladilar. Nafsi ammorasi ham shukuk va shubahoti bilan uni ma'naviy va ilmiy mujohadaga majbur etdi. Ko’zi yopiq holda emas; bakli Imom G’azzoliy (R.A.), Mavlono Jaloliddin (R.A.) va Imom Rabboniy (R.A.) kabi qalb, ruh, aql ko’zlari ochiq holda, ahli istig’roq aql ko’zini yopgan yerlarda, u maqomlarda ko’zi ochiq tarzda kezgan. Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, Qur'onning darsi bilan, irshodi bilan haqiqatga bir yo’l topgan, kirgan. Hatto

وَ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّهُ وَاحِدٌ

haqiqatiga mazhar bo’lganini Yangi Saidning Risola-i Nuri bilan ko’rsatgan.

IKKINCHI NUQTA:

Mavlono Jaloliddin (R.A.) va Imom Rabboniy (R.A.) va Imom G’azzoliy (R.A.) kabi, aql va qalb ittifoqi bilan ketgani uchun, hamma narsadan avval qalb va ruhning yaralarini tadoviy va nafsning avhomdan qutulishini ta'minga harakat qilib, lillahilhamd Eski Said Yangi Saidga inqilob etgan. Asli Forscha, so’ngra Turkcha bo’lgan Masnavi-i Sharif kabi u ham Arabcha bir navi Masnaviy hukmida Qatra, Hubob, Habba, Zuhra, Zarra, Shamma, Shu'la, Lam'alar, Rashhalar, Lasiyyamalar va boshqa darslari va Turkchada u vaqt Nuqta va Lamaatni g’oyat qisqa bir suratda yozgan; fursat topganda esa nashr etgan. Yarim asrga yaqin u maslakni Risola-i Nur suratida, faqat dohiliy nafs va shayton bilan mujodalaga badal, xorijda muhtoj mutahayyirlarga va zalolatda ketgan ahli falsafaga qarshi Risola-i Nur keng va kulliy Masnaviylar hukmiga o’tdi.

UCHINCHI NUQTA:

U Yangi Saidning munozarasi bilan, nafs va shaytonning tom mag’lub qilinishi va jim qilinishi kabi, Risola-i Nur ham yaralangan tolibi haqiqatni qisqa bir zamonda tadoviy etgani kabi, ahli ilhod va zalolatni ham tom ilzom va isqot etadi. Demak, bu Arabcha Masnaviy Majmuasi Risola-i Nurning bir navi urug’i va ko’chatzori hukmidadir. Bu Majmuaning yolg’iz dohiliy nafs va shayton bilan mujodalasi nafsi ammoraning va shaytoni jinniy va insiyning shubahotidan tamomi bilan qutqaradi. Va u ma'lumot esa, mashhudot hukmida va ilmalyaqiyn esa, aynalyaqiyn darajasida bir itminon va bir qanoat beradi.

TO’RTINCHI NUQTA:

Eski Said ilmi hikmat va ilmi haqiqatning juda chuqur masalalari bilan mashg’ul bo’lishi va buyuk ulamolar bilan chuqur masalalar ustida munozarasi va madrasaning yuksak darslarini o’qigan eski talabalarining fahmlashi darajasiga ko’ra yozishi va Eski Saidning ham taraqqiyoti fikriya va qalbiyasida yolg’iz o’zi tushunadigan bir suratda, g’oyat qisqa jumlalar bilan va g’oyat muxtasar bir ifoda bilan uzun haqiqatlarga qisqa kalimalar bilan ishoratlar navidan u majmuani yozgani uchun, bir qismini eng mudaqqiq olimlar ham zo’rg’a tushuna oladi. Agar to’liq izoh bo’lsa edi, Risola-i Nurning muhim bir vazifasini qilar edi. Demak, u ko’chatzor Masnaviy turuqi xafiya kabi anfusiy va dohiliy tomonda ishlagan; qalb va ruh ichida yo’l ochishga muvaffaq bo’lgan. Bo’stoni bo’lgan Risola-i Nur ham anfusiy, ham aksar tomondan turuqi jahriya kabi ofoqiy va xorijiy doiraga qarab ma'rifatullohga keng va har yerda yo’l ochgan. Xuddi Muso Alayhissalomning hassasi kabi, qayerga urgan bo’lsa, suv chiqargan...

Ham, Risola-i Nur hukamo va ulamoning maslagida ketmasdan, Qur'onning bir i'jozi ma'naviysi bilan, hamma narsada bir deraza-i ma'rifat ochgan; bir yillik ishni bir soatda xuddi qilgandek, Qur'onga maxsus bir sirni anglaganki, bu dahshatli zamonda hadsiz ahli inodning hujumlariga qarshi mag’lub bo’lmasdan g’alaba qilgan.

BESHINCHI NUQTA:

Eski Saidning Yangi Saidga inqilob etishi zamonida, yuzlab ilmlar bilan aloqador minglab haqiqatlar, boshqa-boshqa bittadan risolaga mavzu bo’ladigan qiymatda ekan, u Said ta'lif etarkan, masalalarning boshida "I'lam, I'lam, I'lam "lar bilan, har bir haqiqati-ki, bir risola bo’ladigan darajada ahamiyatli ekan- bir necha qatorda, ba'zan bir sahifada, ba'zan bir-ikki qatorda zikr qiladilar. Go’yo har bir "I'lam" bir risolaning kalit so’zidir.

Ham "I'lam"lar bir-biriga qaramasdan muxtalif ilmlarning va haqiqatlarning mundarijalari hukmida yozilganidan, u majmuani o’qiganlar bu nuqtalarni nazarga olib e'tiroz bildirmasinlar.

SAID NURSIY

* * *

LAM'ALAR

(Turkcha Risola-i Nurning Yigirma Ikkinchi So’zi bilan ayni maoldadir)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَللّٰهُ خَالِقُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ وَك۪يلٌ ٭ لَهُ مَقَال۪يدُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ ٭ فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ ٭ مَا مِنْ دَٓابَّةٍ اِلَّا هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا

Ey sabablar doirasidan zuhur etgan ishlarni, hodisalarni sabablarga isnod etgan g’ofil, johil! Mol sohibi deb o’ylaganing sabablar, mol sohibi emaslar. Asl mol sohibi, ularning orqasida ish qilgan qudrati azaliyadir. Ular faqat u qudratdan kelgan haqiqiy ta'sirlarni e'lon va nashq qilish bilan muvazzafdirlar. Demak, sabablar doirasi hukumatning qalam doirasi hukmidadirki, yuqoridan kelgan amrlarning tablig’oti u doiradan qilinadi. Chunki izzat va azamat pardani iqtizo etadi; tavhid va jalol esa shirkatni rad qiladi, ta'sirni sabablarga bermaydi.

Ha, Sultoni Azaliyning ma'murlari bor, ammo ijrootchilari emaski, saltanat va Rububiyatida sherik bo’lsinlar. Faqat u ma'murlarning vazifasi dallollik bo’lib, qudratning ijrootini e'lon qiladilar. Yoki u ma'murlar nazir mushohidlarki, avomiri takviniyalariga itoat va inqiyodlari bilan iste'dodlariga ko’ra bir navi ibodat qilgan bo’ladilar. Demak, sabablar faqat va faqat qudratning izzatini, Rububiyatning hashmatini izhor uchun vaz' etilgan bir qator vositalardir. Bo’lmasa, qudratning ojizlik va ehtiyoji uchun muovanat qilgan yordamchilar emas. Bashar sultonlarining ma'murlari esa; sultonlarning ehtiyoj va ojizliklarini ketkazish uchun ta'yinlariga zarurat hosil bo’lgan yordamchi va sheriklaridir. Shunga binoan, Allohning ma'murlari bilan insonning ma'murlari orasida munosabat yo’q. Yolg’iz g’ofil va johil bo’lganlar hodisalardagi va vuqu'otdagi hikmatlarni, go’zalliklarni ko’rolmaganlaridan, Janobi Haqdan shakvo va shikoyatlarni boshlaydilar. Xullas, u shakvo va shikoyatlarning nishonini almashtirish uchun sabablar joriy etilgan. Chunki qusur ulardan chiqadi, ularning qobiliyatsizligidan kelib chiqadi. Bu sirga bir misoli latif suratida bir tamsili ma'naviy rivoyat qilinadiki:

Hazrat Azroil Alayhissalom Janobi Haqqa deganki:

-Qabzi arvoh vazifasida sening iboding mendan shakvo qiladilar. Mendan ranjiydilar.

Janobi Haq lisoni hikmat bilan unga deganki:

-Sen bilan ibodimning o’rtasida musibatlar, xastaliklar pardasini qo’yaman. Toki shakvolari ularga ketib sendan ranjimasinlar.

Ha, qandayki xastaliklar pardadir, ajalda tavahhum etilgan yomonliklarga marji'dirlar. Va qabzi arvohda haqiqiy o’laroq hikmat va go’zallik, Hazrat Azroil Alayhissalomning vazifasiga mutaalliqdir. Shunga o’xshab, Hazrat Azroil Alayhissalom ham bir pardadir. Qabzi arvohda zohiran marhamatsiz ko’ringan va rahmatning kamoliga munosib tushmagan ba'zi holotga marji' bo’lish uchun u ma'muriyatga bir nazir va qudrati Ilohiyaga bir pardadir.

Ha, izzat va azamat istarki, sabablar pardadori dasti qudrat bo’lsin aqlning nazarida; tavhid va jalol istarki, sabablar qo’llarini tortsinlar ta'siri haqiqiydan...

* * *

TANBEH

Birodar! Tavhid ikki xil bo’ladi:

Biri omiyona tavhiddirki: "Allohning sherigi yo’q va bu koinot Uning mulkidir", deydi. Bu qism tavhid sohiblarining fikran g’aflat va zalolatga tushishlari xavfi bor.

Ikkinchisi haqiqiy tavhiddirki: "Alloh birdir, mulk Uniki, vujud Uniki, hamma narsa Unikidir", deyishadi; ular loyatazalzal bir e'tiqodga sohibdirlar. Bu qism tavhid sohiblari, hamma narsaning ustida Janobi Haqning sikkasini ko’rishadi va hamma narsaning jabhasida bo’lgan muhrini, tamg’asini o’qishadi. Va bu soyada huzuriy bir tavhid malakasi moliki bo’ladilarki, zalolat va avhomning hujumidan qutuladilar.

Qur'oni Hakimdan istifoda etganimiz ikkinchi qism tavhidning bir necha martabalarini bir necha lam'a zimnida izoh qilamiz:

BIRINCHI LAM'A:

Qaranglar! Har bir masnu'ning yuzida shunday bir sikka borki, faqatgina hamma narsani yaratgan Xoliqqa maxsusdir. Va har bir maxluqning jabhasida shunday bir xotam urilganki, hamma narsani qilgan Sone'dan ma'ada hech kimda u xotam bo’lmaydi. Va qudrat nashr qilgan maktublardan har bir maktubning oxirida taqlidi mumkin bo’lmagan shunday bir turra bordirki, faqat Sultoni Azal va Abadga xosdir. U kabi sikkalardan yolg’iz hayot ustida porlagan sikka-i i'jozga qarangki; hayot bilan bir narsadan juda ko’p narsalar vujudga keladi, ijod qilinadi. Va juda ko’p narsalar ham bir narsa-i vohidga amri Rabboniy bilan inqilob etadilar. Masalan: Suv bir narsa-i vohid ekan, juda ko’p a'zolarga, jihozlarga Allohning izni bilan mansha' bo’ladi, ijod qilinadi. Va me'daga kirgan juda ko’p muxtalif ovqatlar va mevalardan Xoliqi Taolo birgina jismni ijod qiladi, birgina jismni vujudga keltiradi.

Xullas, qalb, aql, shuur sohibi bo’lgan bir odam bu jihatni o’ylasa, anglaydiki, bir narsadan ko’p narsalarni ijod qilib chiqarish va ko’p narsalarni bir narsaga tahvil etish, faqat hamma narsani yaratgan va hamma narsani qilgan Sone'ga maxsus bir sikkadir.

IKKINCHI LAM'A:

Behisob xotamlardan jonli maxluqotga joriy etilgan hayot xotamiga qaranglar! Ha, jonli bir maxluq, jome'iyati e'tibori bilan, koinotga kichik bir misoldir, shajara-i olamga go’zal va totli bir mevadir, kavn va vujudga bir nuvadirki, Janobi Haq u nuvada juda ko’p olamlarning namunalarini joylashtirgan. Xuddi u zihayot g’oyat hakimona muayyan nizomlar bilan butun vujudlardan sog’ilgan bir qatra yoki bir nuqtadir. Bu e'tibor bilan bir zihayotni yaratish, butun koinotni yadi tasarrufiga olgan Janobi Haqdan ma'ada hech bir narsaga isnod qilinolmaydi.

Ha, aqli buzilmagan kishi, taammuli natijasida anglaydiki: Masalan, asalarini juda ko’p narsalarga mundarija qilgan va kitobi koinotning aksar masoilini insonning mohiyatida yozgan va anjir nuvasida anjir daraxtining dasturini joylashtirgan va insonning qalbini minglarcha olamlarga o’rnak va deraza qilgan va basharning quvva-i hofizasida tarixi hayotini taalluqoti bilan barobar yozgan, faqat va faqat hamma narsani yaratgan Xoliq bo’lishi mumkin. Va bunday bir tasarruf, yolg’iz va yolg’iz Robbul Olaminga maxsus bir xotamdir.

UCHINCHI LAM'A:

Janobi Haqning jonli maxluqotga bosgan hayot xotamining g’ayri mutanohiy naqsh va holatlaridan bir namunani ko’rsatamiz. Shundayki:

Qandayki suvning qatralaridan, shishaning parchalaridan to sayyor yulduzlarga qadar shaffof yoki shaffof kabi hamma narsada shamsning jilvalaridan shamsga maxsus bir turra, bir jilva bo’ladi. Shuning kabi, Shamsi Azaliyning ham butun jonli maxluqotda "ihyo va nafhi hayot" jihati bilan bir tajalli-i ahadiyati bo’lib, butun sabablar iqtidor va ixtiyor sohibi bo’lganlari faraz qilinsa ham, u sikkaning na mislini va na taqlidini, na munfaridan va na mujtami'an yaratishdan ojizdirlar.

Bunga binoan, shaffof narsalarda ko’ringan u timsollar shamsning timsoli bo’lib, shamsdan u shaffof narsalarga in'ikos etganiga hukm qilinmagan taqdirda, u behisob qatralarda va zarralarda (har birida) haqiqiy bir shamsning moddasi bilan mavjud bo’lganiga hukm qilish lozim bo’ladi.

Shuning kabi, Shamsi Azaliyning shualar manzilasida bo’lgan tajalli-i asmosining nuqta-i markaziyasi bo’lgan hayot, Shamsi Azaliyga isnod qilinmagan taqdirda, bir chivindan, bir guldan tortib har bir zihayotda nihoyatsiz bir qudrat, muhit bir ilm, mutlaq bir iroda kabi Vojib-ul Vujuddan ma'ada hech bir narsada vujudi mumkin bo’lmagan boshqa sifatlarning mavjud bo’lishiga johilona, ahmoqona, kulgili bir botil hukm lozim bo’ladi. Va ayni zamonda, shu botil hukm bilan har bir zarraga va har bir sababga bir uluhiyati mutlaqani isnod etish bilan behisob sheriklarni isbot qilish majburiyati hosil bo’ladi.

Shu bilan barobar, danak bo’ladigan bir habba yoki bir urug’dagi g’arib, ajib, muntazam vaziyatga qarangki; u habba, danagi bo’ladigan jimsning butun ajzosi bilan munosabatdor bo’lgani kabi, navi bilan, ya'ni abno-i jinsi bilan ham va butun mavjudot bilan ham munosabatlari bor. Va ularga qarshi munosabatlari nisbatida vazifalari bor. Agar u danakcha habbaning Qodiri Mutlaqdan nisbati kesilib o’z nafsiga isnod etilsa, ya'ni o’zidan-o’zi bo’lgan deyilsa, har bir danakda hamma narsani ko’radigan bir ko’zning va hamma narsani qamragan bir ilmning bo’lishini e'tiqod etish lozim bo’ladi. Bu esa, sobiq tamsilda har bir shaffof zarrada haqiqiy bir shamsning vujudini iddi'o etish kabi kulgili bir ahmoqlikdir.

TO’RTINCHI LAM'A:

Bir kitob qo’l yozmada yozilsa, yolg’iz bir odamga va bir qalamga ehtiyoj bo’ladi. Lekin bosmaxonada chop qilinsa, qalam ishini bajaradigan juda ko’p temir qalamlar lozim bo’ladi. Va u temir harflarni yasash uchun ustalar va asbob-uskunalar va murattiblar kabi ko’p narsalarga ehtiyoj bo’ladi. Shuning kabi, shu kitobi koinotda yozilgan qatorlar, kalimalar va harflarning bir Vohidi Ahadning qalami qudrati bilan yozilgani jihatga hukm qilgan odam, juda yengil va oson va ma'qul bir yo’lga suluk etgan bo’ladi. Faqat, u yozuvlarni, u harflarni tabiatga va sabablarga isnod etgan kimsalar, imtino' va maholning eng suubatli va chiqilmas bir yo’liga zahob etgan bo’ladilar. Chunki bu yo’lga zahob etganlar uchun birgina zihayotning chop va nashr qilinishi uchun aksar koinotning chop qilinishiga lozim bo’lgan tajhizot lozim. Bu esa, vahming qabul qilolmagan bir xurofotdir.

Va shuningdek, tuproqning, suvning, havoning har bir juzida nabotot adadicha ma'naviy yashirin bosmaxonalar lozimki, mohiyatlari va jihozlari mutaxolif behisob meva va gullarning tashkilotini qila olsinlar. Va yoxud, u nabototni shu qadar ziynat va intizomlari bilan barobar ko’kartirish uchun, u uch unsurning har bir juzida barcha daraxtlarning, mevalarning va gullarning xossalarini, jihozlarini va mezonlarini bilib qila oladigan bir qudrat, bir ilm lozim. Chunki bu uch unsurning har bir juzi har bir nabotning tashkiliga mador va mansha' bo’la oladi. Ha, bir gultuvakdagi tuproq, jihozlari va shakllari va boshqa sifatlari muxolif bo’lgan har qanday nabotning urug’ini ko’kartirishga qobiliyati bor. Shunga binoan, ikkinchi yo’lga zahob etganlarga ko’ra, u kichik gultuvak ichida behisob yashirin uskuna va fabrikalarning vujudi lozim bo’ladiki, xurofotchilar ham bundan uyaladilar.

BESHINCHI LAM'A:

Bir kitobda yozilgan bir harf yolg’iz bir jihat bilan o’zini ko’rsatadi va o’ziga dalolat qiladi. Faqat u harf kotibiga ko’p jihatlar bilan dalolat qiladi va naqqoshini ta'riflaydi.

Shuning kabi, kitobi koinotda mujassam tarzda yozilgan har bir kalima o’z miqdoricha o’zini ko’rsatsada, juda ko’p jihatlardan munfaridan va mujtami'an Sone'ini ko’rsatadi, asmosini izhor etadi. Va o’z avsofi bilan, ashkali bilan, naqshlari bilan go’yo Sone'ini madh uchun yozilgan bir qasidadir. Bunga binoan, mashhur Habannaqa kabi ahmoqlashgan bir odam ham Sone'-i Zuljalolning inkoriga ketmasligi kerak.

OLTINCHI LAM'A:

Janobi Haq butun juz va juz'iylarda sikka-i maxsusasini va butun kull va kulliylarda xos xotamini joylashtirgani kabi, aqtori samovot va arzni xotami vohidiyat bilan va majmu-i koinotni sikka-i ahadiyat bilan muhrlagan. Mazkur sikka va xotamlardan, masalan

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

oyati ishorat qilgan ihyo va nafhi ruh holatidagi xotami Ilohiyga qarangki, juda ko’p g’arib-g’arib hashrlarni, ajib-ajib nashrlarni ko’rasizlar!

Ha, xususan arzning ihyosida, har yil uch yuz mingdan ortiq soha-i vujudga keltirilgan maxluqotning navlarida hashr va nashrlar bor. Ammo, bilinmaydigan bir hikmatga binoan, shu hashr va nashrlarning aksarida i'oda etilgan amsol oralaridagi misliyat shu qadar ayniyatga yaqindirki, deyarli tirilgan avvalgining na ayni va na g’ayridir deb bo’ladi. Nima bo’lganda ham, misliyat, ayniyat mavzu'i bahs emas. Qanday bo’lsa bo’lsin, u hashr-nashrlar basharning suhulati hashriga dalolat qilganlari kabi, basharning hashriga bittadan misol va bittadan o’rnak bo’la oladilar.

Xullas, bir-biriga muxolif nihoyat darajada aralash bo’lgan u anvo'i kasirani kamoli imtiyoz bilan ihyo etish va xatosiz, xaltsiz, g’alatsiz mumtozona i'oda etish nihoyatsiz bir qudratga va muhit bir ilmga sohib bo’lgan Zoti Zuljalolning xotami xos va sikka-i maxsusasidir.

Va shuningdek, sathi arz sahifasida qusursiz, nuqsonsiz, sahvsiz kamoli intizom bilan uch yuz mingdan ortiq risolalarni yozish, shunday bir Zotning sikka-i maxsusasidirki, hamma narsaning ich yuzi, hamma narsaning kaliti uning qo’lidadir. Va hech bir narsa uning tavajjuhini boshqasidan o’girib o’ziga hasr etolmaydi.

Xulosa: Sathi arzda olti oy mobaynida, basharning hashrini tamsil etgan u behisob hashr va nashrlarda ko’ringan Rububiyatning u tasarrufi azimida juda yuksak, muazzam va inja naqshli bir xotami bor. Maxluqotning ijodida ko’ringan shu intizomlar, suhulatlar, tezliklar, imtiyozlar hammasi u xotamning yog’dusidan vujudga keladilar. Ha, har bahor mavsumida juda hakimona, basirona, karimona faoliyatlar boshlanadi va horiquloda san'atlar yaratiladi. Va butun bu amaliyot mukammal tezlikda, suhulat bilan muntazaman jarayon etayotgani ko’rinadi.

Xullas, bu horiquloda faoliyatlar shunday bir Zotning xotamidirki, hech bir makonda bo’lmagani holda, har makonda ilm va qudrati bilan hozir va nazirdir.

YETTINCHI LAM'A:

Qaranglar! Aqtori samovot va arz sahifalari ustida xotami Ahadiyat ko’ringani kabi, koinotning hay'ati majmuasining ulkan sahifasi ustida ham juda yaqqol bir suratda xotami tavhid ko’rinmoqda.

Ha, bu olam juda muhtasham bir saroy yoki muntazam bir fabrika yoki mukammal bir shahardir. Bu fabrika-i koinotning ajzosi, afrodi va anvo'i, asbob-uskunalari orasida hakimona bir muorafa va tanishish va do’stona bir mukolama va suhbatlashish va juda karimona bir muovanat va yordamlashish borki, mukammal tezlik bilan juda uzun masofalardan bir-birining ovozini eshitadigan va ehtiyojini ko’radigandek darhol yordamiga yetishadi, ehtiyojini daf qiladi.

Ha, samodagi ajrom va yulduzlarning bir-biriga va arzga bergan ziyo va haroratni, xususan arzga qilgan boshqa yordamlarini ko’ryapsiz. Va shuningdek, bulut bilan arz orasida jarayon etgan suv oldi-berdisiga qarangki, arz suvni bug’ shaklida bulutga beradi, bulut ham o’z fabrikalarida lozim bo’lgan amaliyotni qilgandan so’ngra muz, qor, yomg’ir shaklida i'oda qiladi. Xuddi u jomid jirmlar lisoni hollari bilan simsiz telegraf kabi bir-biri bilan gapiradi va yakdigariga arzi ehtiyoj qiladilar. Xususan, butun u ajrom go’yo qo’lini qo’liga bergandek, kamoli jiddiyat bilan zavil hayotga lozim bo’lgan narsalarni ta'minlash xizmatida sa'y etyaptilar va bir Mudabbirning amriga bog’lanib bir g’oyaga tavajjuh etyaptilar.

Ha, shu taovun qonuniga ittiboan, shams, qamar, kecha va kunduz, yoz va qish taraflaridan qilingan yordamlar soyasida, shu hayvonlarning arzoqini yetishtirgan nabotot izni Ilohiy bilan vujudga keladi. Hayvonot ham amri Rabboniy bilan basharning ehtiyojotini qondiradi. Asalari bilan ipak qurtining insonlarga qilgan yordamlari bu da'voni isbot qiladi.

Ha, bu kabi ashyo-i jomidaning yakdigariga qilgan shu yordamlari, juda oshkora bir dalil bo’lib, ular karim bir Mudabbirning xizmatchisi va ishchisi bo’lib, uning amri bilan, izni bilan ishlaydilar.

SAKKIZINCHI LAM'A:

G’ido o’laroq maxluqotga, xususan hayvonotga taqsim qilingan rizqlarga diqqat lozimki, bu rizq vaqti muayyanida yetishadi, vaqti ehtiyojda yuboriladi. Va daraja-i ehtiyoj nisbatida qilingan yuborilishda buyuk bir intizom bor. Xullas, bu umumiy rizq haqida ko’ringan keng va muntazam rahmat va inoyatlar, faqatgina hamma narsaning murabbiysi va hamma narsaning mudabbiri va hamma narsa yadi tasxirida bo’lgan bir zotning xotami xossi bo’lishi mumkin.

TO’QQIZINCHI LAM'A:

Qaranglar! Olami arz va butun juz'iyot ustida xotami Ahadiyat bo’lgani kabi, tarqoq navlar va muhit unsurlar ustida ham aynan u xotami Ahadiyat mavjud.

Ha, bir dalaga urug’ ekilishidan anglashiladiki, u dala urug’ sohibining mulkidir. Va u urug’ ham u dala sohibining molidir. Ya'ni, u bunga, bu ham unga shahodat qiladilar.

Shuning kabi, koinotdagi masnu'ot urug’ kabidir. Olam va anosir ham dala kabidir. Har ikki tarafning lisoni hollari bilan qilgan shahodatlariga ko’ra, masnu'ot bilan olami anosir, ya'ni urug’ bilan dala va muhit bilan muhat, (doimo) bir Sone'-i Vohidning yadi tasarrufidadir. Demak, adno bir maxluqqa qilingan tasarrufi haqiqiy va zaif bir mavjudga qilingan tavjihi Rububiyat, olam va anosir qabza-i tasarrufida bo’lgan Zotga maxsus bo’lgani kabi, har qaysi unsurning ham tadvir va tadbiri, butun hayvonot va nabototni qabza-i Rububiyatida tutib tarbiya qilgan aynan u Zotga maxsusdir. Xullas, xotami tavhid deganimiz budir. Agar bir narsaga tamalluk etishga niyating bo’lsa, maydonga chiq, o’zingni tajriba qil, qara nima deyaptilar! Eng juz'iy bir fard, "Faqat navimni yaratgan meni yarata oladi", deydi. Chunki afrod orasida misliyat bor. Va arzning har tarafida tarqoq bir suratda bo’lgan eng kichik bir nav, "Meni yarata olgan faqat arzni yaratgandir", deyapti.

Arzga qara nima deyapti? Samo bilan oralarida oldi-berdisi bo’lgani uchun, "Meni yarata olgan, faqat majmu-i koinotni yaratgan Zotdir", deyapti. Chunki oralarida tasonud bor.

O’NINCHI LAM'A:

Birodar! Hayot va ihyo va zavil hayot bilan har bir juz va juz'iya va har bir kull va kulliya va koinotning hay'ati majmuasiga urilgan tavhid xotamlaridan bir qism misollari mazkur bayonotdan anglashildi. Hozir tingla! Anvo' va kulliyot ustiga joylashtirilgan vahdoniyat sikkalaridan bir donani zikr qilamiz. Shundayki:

Birgina samara bilan samarador shajaraning yaratilishlaridagi suubat va suhulat birdir. Chunki ikkisi ham bir markazga qaraydi, bir qonunga bog’liq, tarbiya va holatlari bir. Ma'lumki, markazning ittihodi, qonunning vahdati, tarbiyaning vahdoniyati soyasida qiyinchilik, mashaqqat, masraf kamayadi va shunday bir osonlik hosil bo’ladiki, juda ko’p samaralari bo’lgan bir daraxt yadi vohidga, birgina samaraning qilinishi ham ayadi kasiraga tavdi' etilgan zamon, har ikki tarafning yasalishlari suhulat jihatidan bir bo’ladi. Va oralarida yaratilish jihatidan farq yo’q. Ko’p odamlar tarafidan qilingan bir samaraning tarbiyasi uchun lozim bo’lgan jihozlar va asbob-uskunalar va boshqalar, bir odam tarafidan qilingan samarador shajaraning tarbiya va qilinishi uchun ham aynan shu qadar malzama lozimdir. Yolg’iz holat jihatidan farq bo’lishi mumkin. Masalan:

Bir qo’shin askarga qilingan kiyim tadoriki uchun qancha asbob-uskuna lozim bo’lsa; bir askarning kiyimi uchun ham shu qadar asbob-uskunalar lozimdir. Va shuningdek, bir kitobning ming nusxasi bilan bir nusxasining ujrati bosmaxona uchun birdir. Ba'zan esa birgina nusxaning chop qilinishi ko’proq bir ujratga tobe bo’ladi. Bunga qiyosan, bir bosmaxonani tashlab ko’p bosmaxonalarga murojaat qilinsa, bir necha marta ortiq ujratlarning berilishi lozim bo’ladi. Ha, kasrat vahdatga isnod qilinmagan taqdirda, vahdatni kasratga isnod etish majburiyati hosil bo’ladi. Demak, tarqoq bir navning ijodidagi suhulati horiqo vahdat va tavhid sirriga bog’liq.

O’N BIRINCHI LAM'A:

Birodar! Bir navning afrodi orasidagi tavofuq va bir jinsning anvo'i orasida a'zo-i asosiyada bo’lgan mushobahat, sikkaning ittihodiga, qalamning vahdatiga dalolat qilganidan anglashiladiki, butun mutavoqif va mutashabehlar, ya'ni bir-biriga o’xshagan ko’p narsalar bir Zoti Vohidning asari san'atidir.

Shuning kabi, insho va ijodlarda ko’ringan shu suhulati mutlaqa, butun mavjudotning bir Sone'-i Vohidning asari bo’lganini vujub darajasida istilzom etadi. Aks holda, suubat, mashaqqat shunday bir daraja-i imtino' va maholiyatga chiqadiki, u jins va navlarning adamdan vujudga chiqishlariga bir to’siq qo’yilgan bo’ladi. Shunga binoan, Janobi Haqning zotida sherigi bo’lmagani kabi -chunki intizom buziladi, olam fasodga ketadi- fe'lida ham sherigi yo’qdir. Chunki suubat, mashaqqat sababli olamning adamdan chiqmasligiga sabab bo’ladi.

O’N IKKINCHI LAM'A:

Birodar! Hayot, xoliqning ahadiyatiga burhon bo’lgani kabi, mavt ham davom va baqosiga bir dalildir. Ha, qandayki oqqan daryolarning, to’lqinlangan dengizlarning pufakchalari va yer yuzida bo’lgan boshqa shaffof narsalar, shamsning ziyo va timsollarini ko’rsatish bilan shamsning vujudiga shahodat qilganlari kabi; u pufakcha kabi shaffoflar o’lib, so’ngandan so’ngra o’rinlariga mutasalsilan kelib o’tgan o’xshashlari, yana shamsning ziyo va timsollarini ko’rsatganlaridan, shamsning davom va baqosiga va butun u shuoot, jalavot va timsollarning bir Shamsi Vohidning asari bo’lganlariga shahodat qiladilar. Xullas, u shaffoflar vujudlari bilan shamsning vujudiga va adamlari va o’limlari bilan ham shamsning davom va baqosiga dalolat qiladilar.

Shuning kabi, mavjudot vujudlari bilan "Vojib-ul Vujudning vujubi vujudiga va o’lim va zavoli bilan, tajaddudiy bir tasalsul bilan yerlariga kelgan amsoli Sone'ning azaliy va abadiy vohidiyatiga shahodat qiladilar.

Ha, layl va nahorning ixtilofi, fusuli arbaaning tahavvuli va unsurlarning tabadduli hangomida yuzaga chiqqan shu go’zal mavjudot va bu latif masnu'otda davom bilan jarayon qilgan mubodala va davru taslim muomalasi qat'iy bir shahodat bilan, sarmadiy, oliy, doim-ut tajalliy bir Sohibi Jamolning vujudiga va baqosiga va vahdatiga shahodat qilgan qat'iy bir burhondir.

Va shuningdek, yillik inqiloblarda musabbabot bilan sabablarning birlikda o’lim va zavoli va keyinchalik ikkovining yana birlikda i'odalari, sabablarning ham musabbabot kabi ojiz masnu' va maxluqlardan bo’lganiga dalolat qilgani kabi; bu masnu'ot va mavjudotning bir Zoti Vohidning mutajaddid bir san'ati bo’lganiga ham shahodat qiladi.

O’N UCHINCHI LAM'A:

Birodar! Zarralardan to sayyoralarga qadar va naqshlardan shamslarga borgunga qadar hamma narsa zotida, haqiqatida sobit bo’lgan "ojizlik va faqirlik"ning lisoni holi bilan Sone'ning vujubi vujudini e'lon qiladi.

Va shuningdek, ojizligi bilan barobar, nizomi umumiyning buzilmasligi uchun, hamil bo’lgan ajib va muhim vazifalar jihati bilan Sone'ning vahdatiga dalolat qiladi. Shunga binoan, Sone'ning vojib va vohid bo’lganiga hamma narsada ikki shohid bo’lgani kabi, Xoliqning Ahad va Samad bo’lganiga ham har bir zihayotda ikki oyat bor.

{(*) Ixtor: Koinotning ajzosidan har bir juzning ellik besh lison bilan Vohidi Ahad va Vojib-ul Vujudni e'lon qilayotganligini Qur'onning fayzidan fahmlab, ijmolan "Qatra" nomli asarimda bayon qilganman. Orzu qilgan unga murojaat qilsin.}

O’N TO’RTINCHI LAM'A:

Birodar! Mavjudot Janobi Haqning vujubi vujud va vahdatiga shahodat qilgani kabi, jaloliy, jamoliy, kamoliy bo’lgan butun sifotiga ham dalolat qilish bilan Xoliqning zotida nuqson va qusur bo’lmaganini va shuunotida, sifotida va asmosida va af'olida ham nuqson va qusur bo’lmaganini e'lon qiladi.

Zero, asarning kamoli bilmushohada fe'lning kamoliga, fe'lning kamoli bilbedaho ismning kamoliga, ismning kamoli bizzarura sifatning kamoliga, sifatning kamoli hadsi yaqiyn bilan shuunotning kamoliga dalolat qiladi. Sha'nning kamoli esa, haqqalyaqiyn bir surat bilan Zotning kamolini ko’rsatadi.

Shunga binoan, bir qasrning va bir saroyning nuqush va tazyinotidagi mukammaliyat, sone' va muhandis qilgan naqshlar ustida va tazyinot ostida ko’ringan af'olning mukammaliyatiga dalolat qiladi.

Af'olning mukammaliyati ham, Sone' taqqan ism va laqablarning mukammaliyatini ko’rsatadi. Asmoning mukammaliyati, sifatning mukammaliyatiga dalolat qiladi. Sifatning mukammaliyati, shuunotning mukammaliyatini tasrih etadi. Shuunotning mukammaliyati ham u naqqoshning mukammaliyati zotiga dalolat qiladi.

Shuning kabi, koinotda ko’ringan osorning kamoli, hadsiy bir mushohada bilan af'olning mukammaliyatiga, af'olning kamoli ham foilning kamoli asmosiga, asmoning kamoli sifotning kamoliga, sifotning kamoli shuunoti zotiyaning kamoliga, shuunotning kamoli Zoti Zuljalolning kamoliga dalolat qiladi.

* * *

RASHHALAR

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

TANBEH

Xoliqi Olamni bizga ta'rif va e'lon qilgan dalillar va burhonlar layu'add va layuhsadir. U dalillarning eng kattalari uchta:

Birinchisi:

Ba'zi oyatlarini ko’rganing, eshitganing shu "kitobi kabiri koinot"dir.

Ikkinchisi:

Bu kitobning oyat-ul kubrosi va devoni nubuvvatning xotami va kunuzi maxfiyaning kaliti bo’lgan Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir.

Uchinchisi:

Kitobi olamning tafsiri va maxluqotga qarshi Allohning hujjati bo’lgan Qur'ondir.

Hozir, bir necha rashha zimnida ikkinchi burhonni ta'rifdan so’ngra so’zlarini tinglaymiz.

BIRINCHI RASHHA:

Birodar! Xoliqimizni ta'rif etgan, juda buyuk bir shaxsiyati ma'naviyaga molik, burhoni notiq deganimiz "Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam kim?" deya so’ralgan savolga javoban deymizki:

Hazrat Muhammad (S.A.V.) shunday bir zotdirki, azamati ma'naviyasi sababli sathi arz u zotning Masjidi Aqsosidir. Makka-i Mukarrama uning mehrobi, Madina-i Munavvara uning minbari fazli kamolidir. Jamoati mo’'mininga eng oxirgi va eng oliy imom va navi basharning xatibi sharihidir; saodat dasturlarini bayon qiladi. Va butun anbiyoning raisidir; ularni tazkiya va tasdiq qiladi. Chunki dini butun dinlarning asoslarini jamlagan. Va butun avliyoning rahbaridir. Shamsi risolati bilan ularni tarbiya va tanvir etadi.

U zot (S.A.V.) shunday bir qutb va nuqta-i markaziya bo’lib, uning halqa-i zikrida bo’lgan butun anbiyoyu axyor, abroru sodiqiyn uning kelishiga muttafiq va kalomi nutqi bilan notiqdirlar. Va shunday bir shajara-i nuroniyadirki, tomir va ildizlari, anbiyoning asosoti samoviyasidir. Shox va shodalari, avliyoning ma'orifi ilhomiyasidir.

Bu e'tibor bilan, har qaysi bir da'voni iddi'o etgan bo’lsa, butun anbiyo mo’'jizalariga istinodan va butun avliyo karomatlariga mustanidan unga shahodat qilishgan. Ha, butun da'volarining tasdiqlarini ish'or etgan, butun komillarning xotam va muhrlari bordir. Azjumla:

U zotning (S.A.V.) da'volaridan biri "Tavhid"dir. Bu da'voni tasrih va ifoda etgan لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ kalima-i muborakasidir. U zotning halqa-i din va zikriga kirgan butun o’tgan va keladigan insonlar u kalima-i muqaddasani rukni iymon va virdi zabon qilganlar. Demak, u da'voning haq va haqiqat ekaniga qanoat va itminon va iz'onlari hosil bo’lganki, zamon va makonni shomil bir tarzda, u kalima-i muboraka mashrablari, maslaklari, an'analari muxtalif, mutabayin insonlarning og’izlarida Mavlaviylar kabi samoviy davaron va javalon etadi.

Shunga binoan, g’ayri mutanohiy shohidlarning tasdiqi bilan haq va haqqoniyati tahaqquq etgan bir da'voga, hech bir vahmning haddi yo’qki, unga dasti e'toroziy uzata olsin!

IKKINCHI RASHHA:

Birodar! Tavhidni isbot va navi basharni irshod etgan u nuroniy burhon; biri o’ngida, boshqasi chapida, biri mutavotir, boshqasi majma'i alayh bo’lgan nubuvvat va valoyat bilan mujahhazdir. Va ayni zamonda, irhosot deyilgan qobl-an nubuvvat o’zidan zuhur etgan horiqo hollarning rumuzoti bilan va kutubi samoviyaning bashoroti bilan va havatif deyilgan -g’aybdan berilgan- tabshiroti mutaaddida bilan musaddaqdir.

Va shuningdek, u burhoni nuroniydan zuhur etgan inshiqoqi Qamar, barmoqlaridan otilib chiqqan suvlar, daraxtlarning uning da'vatiga ijobatlari, duosining aqobinda yomg’irning nuzuli, juda oz bir ovqatdan ko’plarning yeb to’yishlari va bo’ri, jayron, tuya, tosh va boshqalarning gapirishlari kabi mo’'jizalarining dalolat va shahodati bilan tasdiq etilgan bir zotdir (S.A.V.).

Va shuningdek, dunyo va oxirat saodatlarini ta'minga kafil va kifoya bo’lgan shariati, nubuvvatini tasdiq va isbotga kifoyadir. O’tgan darslarda shamsi shariatidan ba'zi shualarni ko’rdik. Tatvili kalomni mujib takrorlari lozim emas.

UCHINCHI RASHHA:

Birodar! U zot (S.A.V.), daloili afkoriya deyilgan xorijiy dalillar bilan musaddaq bo’lgani kabi, daloili anfusiya deyilgan zotida va nafsida sobit dalil va ishoratlar bilan ham musaddaqdir. Chunki U zot shams kabidir; zotini zoti bilan nurlantirib ko’rsatadi. Masalan: Butun axloqi hamidaning eng yuksagi u zotda ijtimo' etganiga butun olam shahodat qiladi. Va shuningdek, eng nazih xulqlarni va axloqlarni va eng yuksak xislatlarni jamlagan bir shaxsiyati ma'naviya sohibi bo’lganiga ijmo' bor. Va shuningdek, u zotning eng yuksak darajada bo’lgan zuhd va taqvo va ubudiyati shahodatlari bilan molik bo’lgan quvvati iymoniya bilan musaddaqdir. Va shuningdek, siyari Nabaviyaning shahodati bilan daraja-i vusuqi va kamoli jiddiyat va matonati va butun ishlarida va harakotida quvvati amniyati, haqqa mutamassik va haqiqatga solik bo’lganini tasdiq etgan qat'iy dalillardir. Ha, yaproqlarning yashilligi, gullarning tarovat va go’zalligi va samaralarning yangiligi; daraxtning jonli, hayotli, hayy bo’lganiga sodiq shohiddirlar.

TO’RTINCHI RASHHA:

Birodar! Tuli zamon va bu'di makonning muhakamoti aqliyada ta'siri ko’p. Shu bilan barobar,

لَيْسَ الْخَبَرُ كَالْعَيَانِ

dasturiga ittiboan, shu zamon va muhitning xayolotidan chiqib tayyi zamon va makon bilan, xayolan Jazirat-ul Arabga boraylik va Madina-i Munavvarada nuroniy va yuksak minbari saodatiga chiqqan, navi basharga xitoban irshodot qilayotgan u zoti mualloni bizzot ko’rib, so’zlarini tinglashimiz lozim.

Xullas, xayolan u yerga bordik. Qara, horiqo bir suratda husni surat bilan husni siyratni jam etgan u Murshidi Umumiy, u Xatibi Qudsiy javohir to’la bir kitobi mo’'jiz-ul bayonni qo’liga olib, butun insonlarga mala-i a'lodan nozil bo’lgan bir xutba-i azaliyani o’qiyapti. Va butun Bani Odamni va jinlarni va mavjudotni tinglatyapti. Ha, juda buyuk bir amrdan xabar beryapti. Xilqati olamning ajib muammosini ochyapti. Koinotning sirri hikmatiga doir tilsimni ochyapti. Falsafa va fanni hikmatning navi basharga "Siz kimsizlar? Qayerdan kelyapsizlar? Qayerga ketyapsizlar? deya irod etgan, aqllarni ojizlik va hayratda qoldirgan uch savolga javob beryapti.

BESHINCHI RASHHA:

Birodar! Shu zoti nuroniy (S.A.V.), murshidi iymoniy Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, qara qanday nashr etgan haqiqatining nuri bilan, haqning ziyosi bilan navi basharning kechasini kunduzga, qishini bahorga aylantirib, olamda qilgan inqilobi bilan olamning shaklini almashtirib nuroniy bir shaklga solgan. Ha, u zotning nuroniy go’zalligi bilan koinotga qaralmasa, koinot bir motami umumiy ichida ko’rinar edi. Butun mavjudot bir-biriga qarshi ajnabiy va dushman holida bo’lardi. Jamodot bittadan janoza suratini ko’rsatardi. Hayvon va insonlar, aytam kabi zavol va firoqning qo’rquvidan dod-faryodni boshlashardi. Va koinotga, harakoti bilan, tanavvu'i bilan va tag’ayyuroti bilan, nuqushi bilan tasodifga bog’liq bir o’yinchoq nazari bilan qaralardi. Xususan, insonlar hayvonlardan yanada past, zalil va haqir bo’lishar edi.

Xullas, U Zot talqin etgan iymon nazari bilan koinotga qaralmagan taqdirda, koinot bunday qo’rqinch, zulumotli bir shaklda ko’rinardi. Faqat u murshidi komilning ko’zi bilan va iymon ko’zoynagi bilan qaralsa; har taraf nurli, ziyodor, jonli, hayotli, sevimli, sevgili bir vaziyatda arzi diydor etadi.

Ha, koinot iymon nuri bilan motami umumiy yeri bo’lishdan chiqib masjidi zikr va shukr bo’lgan. Bir-biriga dushman deb o’ylangan mavjudot bir-biriga ahbob va qardosh bo’lishgan. Janoza va o’lik shaklini ko’rsatgan jamodot, unsiyatli bittadan hayotdor va lisoni holi bilan Xoliqining oyotini notiq bittadan musahhar ma'muri shakliga kiradilar. Yig’lagan, mutashakkiy va aytam qiyofasida ko’ringan inson, ibodatida zokir, Xoliqiga shokir sifatini oladi. Va koinotning harakot, tanavvu'ot, tag’ayyurot va nuqushi abasiyatdan qutuladi. Rabboniy maktublar, oyoti takviniyaga sahifalar, asmo-i Ilohiyaga oynalar suratiga inqilob etadilar.

Xulosa: iymon nuri bilan olam shunday taraqqiy etadiki: "Hikmati Samadoniya Kitobi" nomini oladi. Va inson, zalil va faqir va ojiz hayvonlarning qatoridan chiqadi; zaifligining quvvati bilan, ojizligining qudrati bilan, ubudiyatining shavkati bilan, qalbining shuasi bilan, aqlining hashmati iymoniyasi bilan xilofat va hokimiyatning cho’qqisiga yuksalgan. Hatto ojizlik, faqirlik, ehtiyoj va aql uning sukuti sabablari ekan, su'ud va yuksalishiga sabab bo’ladilar. Zulmatli, zim-ziyo bir mozori akbar suratida ko’ringan zamoni moziy, anbiyo va avliyoning ziyosi bilan ziyodor va nuroniy bo’lib ko’rinishni boshlaydi. Zim-ziyo kecha shaklida bo’lgan istiqbol, Qur'onning ziyosi bilan tanavvur etadi. Jannatning bo’stonlari shakliga kiradi. Bunga binoan, U zoti nuroniy bo’lmasa edi, koinot ham, inson ham, hamma narsa ham adam hukmida qolar, na qiymati bo’lar va na ahamiyati qolardi.

Shunga binoan, bu qadar g’arib, ajib, go’zal koinot uchun bunday ta'rifot va tashrifotchi bir murshidi horiqo lozim. "Agar bu zot (S.A.V.) bo’lmasa edi, koinot ham bo’lmasdi." maolida,

لَوْلَاكَ لَوْلَاكَ لَمَا خَلَقْتُ الْاَفْلَاكَ

bo’lgan hadisi qudsiy shu haqiqatni tanvir etadi.

OLTINCHI RASHHA:

Birodar! U xutba-i azaliyani o’qigan zot, koinotning kamolotini kashf etgan jonli bir quyoshdir. Saodati abadiyani ixbor va tabshir etadi. Nihoyatsiz rahmatni kashf etgan, e'lon qiladi. Saltanati rububiyatning mahosinining dalloli va asmo-i Ilohiyaning yashirin dafinalarining kashshofidir.

Ha! U Zot (S.A.V.) vazifasi e'tibori bilan, haqning burhoni, haqiqatning ziyosi, hidoyatning quyoshi, saodatning vasilasidir. Shaxsiyat va huviyat jihati bilan, muhabbati Rahmoniyaning misoli, rahmati Rabboniyaning timsoli, haqiqati insoniyaning sharafi, shajara-i xilqatning eng qiymatdor va qimmatli bahodor bir samarasidir. Tablig’ etgan dini ham horiqo bir tezlik bilan sharq va g’arbni ihota etgan, navi basharning beshdan biri qabul qilgan. Ajabo, bunday bir zotning da'volarida nafs va shaytonning munoqasha va e'tirozlariga bir imkon bormi?

YETTINCHI RASHHA:

Birodar! U zotni harakatga keltirib u inqiloblarni o’ziga qildirgan faqat bir quvva-i qudsiyadir. Ha, xususan Jazirat-ul Arabda qilgan inqilob va ijrootiga qara!..

U sahrolarda, u cho’llarda odatlarini muhofazada juda mutaassib va asabiyatlarida favquloda qaysar va qasovati qalb va marhamatsizlikda mislsiz va hatto tiriklayin qizlarini tuproqqa ko’mib o’ldirarkan, mutaassir ham bo’lmagan juda ko’p vahshiy qavmlar istiqomat qilardilar. U zoti nuroniy qisqa bir zamonda u qavmlarning axloqi sayyialarini olib tashlab, axloqi hasana bilan tabdil ettirdi. Hatto u zoti murshidning (S.A.V.) talqin etgan iymon nuri soyasida, u vahshiy insonlar inson olamida insonlarga muallim bo’ldilar. Va madaniyat dunyosida madaniylarga ustoz bo’ldilar. U zotning (S.A.V.) shu qadar keng va azim saltanati yolg’iz zohiriy bir saltanat emas. Yanada keng va yanada chuqur yerda saltanati botiniyasi borki, butun qalblarni va aqllarni o’ziga jazb va jalb etgan. Va butun ruhlarni va nafslarni tasxir etganki, qalblarga mahbub, aqllarga muallim va tanvir etuvchi va nafslarga murabbiy va ruhlarga sulton bo’lgan va bo’lyapti.

SAKKIZINCHI RASHHA:

Birodar! Bilasanki, sigaret kabi kichik bir odatni, bir narsani ishqibozidan raf' etish juda qiyin. Hatto buyuk bir hokim, buyuk bir azm bilan kichik bir qavmda i'tiyod etilgan bir axloqni olib tashlashda katta mushkulotga uchraydi. Holbuki bu zoti nuroniy juda ko’p odatlarni juda ham asabiy, qaysar qavmlardan juz'iy bir quvvat bilan, qisqa bir zamonda olib tashlab, o’rnini yuksak, nazih axloq va odatlar bilan to’ldirgan.

Ha, Hazrat Umar Ibn-ul Xattob (Roziyallohu ta'ala anh)ning Islomiyatdan oldin va keyingi hollari bu masalaga go’zal bir misoldir. Shuning kabi, ijrooti asosiyasidan minglarcha horiqolar bor. U zotning u zamondagi ijrootiga horiqo deymiz. Ajabo, bu zamonning yuzlarcha faylasuflari u zamonda u vahshat-obod jaziraga ketib, juda uzun zamonlarda u vahshiylarni isloh uchun harakat qilsalar, u zoti murshid bir yilda muvaffaq bo’lgan qadar, ular ellik yilda muvaffaq bo’la oladilarmi? Xosho!..

TO’QQIZINCHI RASHHA:

Birodar! Aqli boshida bo’lgan bir odam munozarali da'volarda yolg’on gapirolmaydi. Chunki keyinchalik yolg’oni ayon bo’lib uyalib qolishidan qo’rqadi. Va shuningdek, bir inson yolg’on gapirgan taqdirida parvosiz, e'tiborsiz bir tarzda gapirolmaydi. Va shuningdek, erkin, hayajonli gapirishga kirisholmaydi. Hatto oddiy bir masala, kichik bir jamoat ichida, kichik bir vazifada bo’lgan kichik bir shaxs bo’lsin.

Ajabo, buyuk bir vazifa bilan vazifador, juda buyuk bir masalada, juda buyuk bir sharaf va haysiyat sohibi, juda buyuk bir jamoat ichida, juda shadid xasmlarning qarshisida iddi'o etgan bir da'voda yolg’on va xilofi haqiqat gapira oladimi?

Xullas, u zoti nuroniy o’qigan u xutba-i azaliyasini shunday bir tarz bilan o’qiyapti; na taraddudi bor, na hijobi, na qo’rquvi bor, na taassuri... Ham samimiy bir safo-i qalb bilan, xolis bir jiddiyat bilan, xasmlarining jahllarini chiqarib aqllarini tazyif, nafslarini tahqir etib, izzatlarini sindiryapti. Ajabo, bunday bir da'voda, bunday bir maqomda, bunday bir shaxsdan zarra misqol bir hiylaning bu masalaga qo’shilishiga imkon bormi? Xosho,

اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى

Ha, haq hiylaga muhtoj emas, haqni aytishda hiyla va ig’fol ehtimoli yo’q. Haqiqatni ko’rgan bir nazar xalqni ig’fol etmaydi, xilofi haqiqat gapirmaydi, xayol bilan haqiqatni tamyiz etadi; oralarida iltibos bo’lolmaydi.

O’NINCHI RASHHA:

Birodar! U zoti murshid navi basharni qo’rqitish uchun juda mudhish haqiqatlardan bahs etyapti. Va insonlarni tabshir uchun, qalblarni jazb va aqllarni jalb etgan masalalardan xabar beryapti.

Xoy! Haqoiq va g’aroibni kashf uchun insonlarda shunday bir shavq, shunday bir maroq bordirki, g’arib bir haqiqatni kashf yo’lida jonlarini, mollarini fido qilyaptilar. Bu Zot (S.A.V.) kashf va ixbor etgan haqoiqqa nima uchun ahamiyat bermayaptilar? Holbuki butun anbiyo va avliyo va siddiqiyn kabi ahli shuhud va asxobi ixtisos, bil-ittifoq u zotni tasdiq etgan va etyaptilar.

Bu zot (S.A.V.) shunday bir sultonning shuunidan bahs etyaptiki, qamar Uning mulkida bir chivin kabidir. Ajib horiqolardan bahs etgani kabi, juda mudhish portlash va inqiloblardan ham xabar beryapti. Qarang! U xutba-i azaliyada

اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ٭ اِذَا السَّمَٓاءُ انْفَطَرَتْ ٭ اِذَا زُلْزِلَتِ الْاَرْضُ زِلْزَالَهَا

kabi tilovat qilgan oyatlariga diqqat qiling!

Va bashar uchun shunday bir istiqboldan xabar beyaptiki, dunyoviy istiqbol unga nisbatan bir qatra hukmidadir. Va shunday bir saodatdan xushxabar beryaptiki, dunyo saodatlari unga nazaran tushlar kabi bo’ladi. Ha, bu koinotning pardasi ostida juda ajoyib narsalar bor, bizlarni kutyaptilar. Biz ham ularga intizor etyapmiz. Shunga binoan, u ajoyibni ko’rib bizga vaziyatlarini hikoya qilish uchun horiquloda bir inson lozimki, u horiqo g’aroibni ko’rsin va ko’rgani kabi bizga ham gapirib bersin.

Va shuningdek, u zot Xoliqimiz bizdan talab qilgan narsalaridan bahs qilyapti va ko’p haqiqatlardan, masalalardan xabar beryaptiki, ulardan qutulish yo’qdir. Fayo ajabo! Aksar nos nima uchun bunday haq narsalardan ko’z yumayaptilar, haqiqatlardan quloq berkityaptilar?.

O’N BIRINCHI RASHHA:

Birodar! Shu minbari oliyda Xutba-i Azaliyani o’qiyotgan va shaxsiyati ma'naviyasi bilan bizlarga mashhud va yuksak shuunoti bilan olamda mashhur bo’lgan Zoti Nuroniy (S.A.V.), vahdoniyati Ilohiyaga bir burhoni sodiqi notiq va tavhidning haqiqat bo’lganiga bir dalili haq va saodati abadiyaning ham vujudga kelishiga qat'iy bir dalil va zohir bir burhondir.

Va shuningdek, u zot insonlarni hidoyatga da'vat qilish bilan saodati abadiyaning (husuliga sabab bo’lgani kabi), vusuliga ham sababdir.

Va shuningdek, u zot duosi bilan, ubudiyati bilan u saodatning vujudiga va ijodiga vasiladir. Ha, qara! U zot navi basharga imomdir. Masjidi yolg’iz Jazirat-ul Arab emas, kura-i arzdir. Jamoati ham yolg’iz u zamonning insonlari emas. Balki Odam zamonidan qiyomatga qadar har bir asrning xalqi bir saf bo’lib, butun asrlar saflari uning orqasida, uning duosiga "Omin" deyaptilar.

Xususan, u zot, u jamoati uzmoda umum zavil hayotni shomil juda shadid bir ehtiyoji azim uchun duo qiladi. Va uning duosiga yolg’iz u jamoat emas, balki arz va samo va butun mavjudot "Omin" deydi. Ya'ni, "Yo Robbana! Uning duosini qabul qil. Biz ham u duoni qilyapmiz. Biz ham u talab qilganni talab qilyapmiz."

Xususan, u jamoati uzmo oldida qildirgan namozida shunday bir tazarru va tazallul bilan, shunday bir ishtiyoq bilan, shunday bir huzun bilan niyoz va duo qiladiki, koinot ham hayajonga keladi; U Zotning duosiga ishtirok etadi. Ha, shunday bir maqsad uchun niyoz etadiki, agar u maqsad hosil bo’lmasa, yolg’iz maxluqot emas, olam ham qiymatsiz bo’ladi, asfali sofiliynga tushadi. Chunki u zotning matlubi bilan mavjudot yuksak kamolotga erishadi. Ajabo, u zot u matlubni kimdan istayapti? Ha, shunday bir zotdan talab qiladiki, eng yashirin va eng kichik bir hayvonning juz'iy bir ehtiyoji uchun lisoni holi bilan qilgan duosini eshitadi, qabul qiladi, ehtiyojini qondiradi.

Va shuningdek, eng adno bir umidni, eng adno bir g’oya uchun eng adno bir zihayotda ko’radi va uni unga yetishtirish bilan ikrom va marhamat qiladi. Bu duolarning natijasida qilingan tarbiya va tadbirlar shunday bir intizom bilan jarayon etadiki, u tarbiyalarning faqat bir Sami' va Basir, bir Alim va Hakimdan bo’lganiga shubha qoldirmaydi.

Ajabo, u zot, u minbarda arshga mutavajjihan qo’llarini ko’ratib qilgan duosi bilan nima istayaptiki, butun maxluqot "Omin" deyapti?

Ha, u zot Janobi Haqning rizosini va Jannatda muloqot va ru'yati bilan saodati abadiyani istayapti. Bu istanilgan narsalarning ijodiga rahmat, hikmat, adolat kabi behisob sabablar bo’lmagan taqdirda, u zoti nuroniyning bir duosi va tazarru' bilan niyoz etishi, Jannatning ijodiga va i'tosiga kifoyadir. Shunga binoan, u zotning risolati, imtihon va ubudiyat uchun shu dunyoning qurilishiga sabab bo’lgani kabi, u zotning ubudiyatida qilgan duosi, mukofot va mujozot uchun dori oxiratning ijodiga sabab bo’ladi.

Ha, bu yuksak intizom va keng rahmat va go’zal san'at va qusursiz jamol bilan zulm va xunuklik orasida zidlik bor. Ijtimo'lari mumkin emas.

Ha, adno bir ovozni, adno bir kishidan, oddiy bir ish uchun eshitib qabul qilish bilan; eng yuksak bir savtni, eng buyuk bir ish uchun eshitib qabul qilmaslik, o’xshovsiz bir qubh va xunuklik va bir qusurdir. Bu esa mumkin emas. Chunki husni zotiy qubhi zotiyga inqilob etadi. Inqilobi haqoiq esa maholdir.

O’N IKKINCHI RASHHA:

Birodar! U xatibi murshiddan ko’rganing, eshitganing kifoyadir. Chunki ahvolini tamomi bilan ihota etish mumkin emasdir. Unday bo’lsa, undan so’ngra kelgan asrlarning u zotdan olgan fayzlariga diqqat etish maqsadida orqaga qaytaylik. Qara, birodar! Butun bu asrlar u Asri Saodatning quyoshidan Abu Hanifa, Shofe'iy, Abu Yazid, Junayd Bog’dodiy, Abdulqodir Jiyloniy, Imom G’azzoliy, Muhyiddin Arabiy, Abu Hasan Shozaliy, Shohi Naqshband, Imom Rabboniy (Roziyallohu anhum ajma'iyn) kabi minglarcha nuroniy ziyodor yulduzlar ayrilib, olami basharni tanvir etganlar.

Mashhudotimizning tafsilotini boshqa vaqtga ta'xir etib mo’'jizot sohibi u zoti nuroniy Alayhissalotu Vassalamga bir salotu salom keltiraylik.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى هٰذَا الذَّاتِ النُّورَانِىِّ الَّذ۪ى اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْقُرْاٰنُ الْحَك۪يمُ مِنَ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ مِنَ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ اَعْن۪ى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ بِعَدَدِ حَسَنَاتِ اُمَّتِه۪ عَلٰى مَنْ بَشَّرَ بِرِسَالَتِهِ التَّوْرٰيةُ وَ الْاِنْج۪يلُ وَ الزَّبُورُ وَ بَشَّرَ بِنُبُوَّتِهِ الْاِرْهَاصَاتُ وَ هَوَاتِفُ الْجِنِّ وَ اَوْلِيَاءُ الْاِنْسِ وَ كَوَاهِنُ الْبَشَرِ وَانْشَقَّ بِاِشَارَتِهِ الْقَمَرُ سَيِّدِنَا وَ مَوْلَانَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ الْفِ سَلَامٍ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ اُمَّتِه۪ عَلٰى مَنْ جَائَتْ لِدَعْوَتِهِ الشَّجَرُ وَ نَزَلَ سُرْعَةً بِدُعَائِهِ الْمَطَرُ وَ اَظَلَّتْهُ الْغَمَامَةُ مِنَ الْحَرِّ وَ شَبِعَ مِنْ صَاعٍ مِنْ طَعَامِه۪ مِئَاتٌ مِنَ الْبَشَرِ وَ نَبَعَ الْمَاءُ مِنْ بَيْنِ اَصَابِعِه۪ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ كَالْكَوْثَرِ وَ سَبَّحَ ف۪ى كَفَّيْهِ الْحَصَاةُ وَ الْمَدَرُ وَ اَنْطَقَ اللّٰهُ لَهُ الضَّبَّ وَ الظَّبْىَ وَ الذِّئْبَ وَ الْجِذْعَ وَ الذِّرَاعَ وَ الْجَمَلَ وَ الْجَبَلَ وَ الْحَجَرَ وَ الشَّجَرَ صَاحِبُ الْمِعْرَاجِ وَ مَا زَاغَ الْبَصَرُ سَيِّدِنَا وَ مَوْلَانَا وَ شَف۪يعِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ بِعَدَدِ كُلِّ الْحُرُوفِ الْمُتَشَكِّلَةِ فِى الْكَلِمَاتِ الْمُتَمَثِّلَةِ بِاِذْنِ الرَّحْمٰنِ ف۪ى مَرَايَا تَمَوُّجَاتِ الْهَوَاءِ عِنْدَ قِرَائَةِ كُلِّ كَلِمَةٍ مِنَ الْقُرْاٰنِ مِنْ كُلِّ قَارِءٍ مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى اٰخِرِ الزَّمَانِ وَ اغْفِرْلَنَا وَارْحَمْنَا يَا اِلٰهَنَا بِكُلِّ صَلَاةٍ مِنْهَا اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ

Birodar! Risolati Ahmadiyani isbot qilgan dalillar juda buyuk bir yakun tashkil qiladi. O’n To’qqizinchi So’z nomli risolamda u dalillardan bir qismi zikr qilingandir. U zot izhor etgan mingga yaqin mo’'jizalari bilan Yigirma Beshinchi So’z nomli asarimda tafsil etilgan qirq vajhi i'jozga yetgan Qur'on, risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) shahodat qilgani kabi, bu koinot ham oyoti bilan u zotning nubuvvatiga dalolat qiladi. Ha, koinotda yozilgan behisob oyatlar Zoti Ahadning vahdoniyatiga shahodat qilganlari kabi, risolati Ahmadiyaga ham (S.A.V.) dalolat va shahodat qiladilar.

Azjumla: Koinotda ko’ringan husni san'at ham risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) dalolat va shahodat qilgan qat'iy bir dalildir. Zero, shu ziynatli masnu'otning jamoli husni san'at va ziynatni izhor etadi. San'at va suratning go’zalligi, Sone'da go’zallashtirish va ziynatlantirish istagi mavjud bo’lganiga dalolat qiladi. Go’zallashtirish va ziynatlantirish sifatlari, Sone'ning san'atiga bo’lgan muhabbatiga dalolat qiladi. Bu muhabbat esa, masnu'otning eng akmali inson bo’lganiga dalildir. Chunki u muhabbatning mazhar va madori insondir. Inson ham masnu'otning eng jome' va eng g’aribi bo’lganidan, shajara-i xilqatga bir samara-i shuuriyadir. Inson bir samara kabi bo’lish jihati bilan koinotning ajzosi orasida eng jome' va baid bir juzdir. Inson zishuur va jome' bo’lish jihati bilan, nazari a'mm, shuuri kulliy bo’ladi. Nazari a'mm bo’lganidan, shajara-i xilqatni tamomi bilan ko’radi; shuuri ham kulliy bo’lganidan, Sone'ning maqosidini biladi. Shunday ekan, inson Sone'ning muxotobi xossidir.

Ha, a'mm va shumulli bo’lgan nazar va shuurini Sone'ning ibodatiga va muhabbatiga sarf va san'atini istehson, taqdir va tashhiriga tavjih va ne'matlarining shukriga iste'mol qilgan bir fard, bergan ne'matlariga qarshi shukr istagan va yaratgan maxluqotini ibodatga, shukrga da'vat qilgan Sone'ning xos muxotob va habibidir.

Ey insonlar! Zikr qilingan ahvol va shuunot bilan muttasif bo’lgan Hazrat Muhammadning (S.A.V.) Sone'ning u fardi farid deganimiz muxotobi xossi bo’lmasligiga imkon bormi? Va tarixingiz ko’rsatgan navi bashardan eng buyuk insonlar orasida bu maqomga yanada loyiq boshqa bir shaxs bormi?

Ey ko’zlari sog’lom va qalblari ko’r bo’lmagan insonlar! Qarang, inson olamida ikki doira va ikki lavha bordir:

Birinchi doira: Rububiyat doirasidir.

Ikkinchi doira: Ubudiyat doirasidir.

Birinchi lavha: Husni san'atdir.

Ikkinchi lavha esa: Tafakkur va istehsondir.

Bu ikki doira bilan ikki lavha orasidagi munosabatga qarangki: Ubudiyat doirasi butun quvvati bilan rububiyat doirasi hisobiga ishlayapti. Tafakkur, tashakkur, istehson lavhasi ham butun ishoratlari bilan husni san'at va ne'mat lavhasiga qarayapti. Bu haqiqatni ko’zing bilan ko’rgandan so’ngra, rububiyat va ubudiyat doiralarining raislari orasida eng buyuk bir munosabatning bo’lmasligiga fikringcha imkon bormi? Va Sone'ning maqosidiga kamoli ixlos bilan xizmat qilgan ubudiyat raisining Sone' bilan azim bir munosabati va qoviy bir intisobi va u intisob bilan har ikki doira raislari orasida bir muorafa va mukolama va oldi-berdining bo’lmasligiga ehtimol bormi? Shunday ekan, bilbedaho tahaqquq etdiki; ubudiyat raisi rububiyatning xos mahbub va maqbulidir.

Ey inson! Bu bezalgan masnu'otni anvo'i mahosin bilan tazyin etgan va butun zihayotlarning zavqlariga, ishtahalariga ko’ra bu qadar ne'matlarni in'om etgan Sone'ning eng komil, eng jamil va ibodatiga kamoli ishtiyoq bilan tavajjuh etgan va Sone'ning mahosini san'atiga taqdir va istehsonoti bilan arsh va farshni tarobga, sevinishga keltirgan va Sone'ning ehsonotiga qilgan tashakkuroti bilan va takbiroti bilan barr va bahrni jazbaga keltirgan shu go’zal maxluq va masnu'iga iltifot ko’rsatib so’zini nazari e'tiborga olmasligi va tashakkurotiga muqobala etmasligi va tavajjuh etib o’zi bilan gapirlashmasligi va iqtidoriga ko’ra butun maxluqotga bir imom va murshid qilmaslik imkoni bormi?

* * *

LASIYYAMALAR

[O’ninchi So’zning bir jihatdan asosi va Yigirma Sakkizinchi So’zning Arabcha ikkinchi maqomidir.]

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

Koinotning butun zarroti mujtami'an va munfaridan lisoni ajz va faqr bilan vujubi vujud va vahdatiga shahodat qilishgan Sone'-i Hakimga hamdlar, sanolar, shukrlar bo’lsin. Va koinotning tilsimini ochib, oyotini kashf va bayon etgan Rasuli bilan olu asxobiga va boshqa anbiyo va mursalin ixvoniga va ibodi solihinga salotu salomlar bo’lsin...

Birodar! Tabiat va sabablar ba'zi insonlarga shukr eshigini yopib, shirk va kufr eshigini ochgan. Holbuki, shikrning asosi behisob maholotdan qurilganidan xabarlari yo’q. U maholotdan bir donani bayon qilayki, shirkning naqadar yomon ekanini ko’r ko’zlari bilan ko’rishsin. Shundayki:

Shirk sohibi, jaholat sarxushligini tark va ilm ko’zi bilan kufriga qaragan vaqt, u kufrni iymon va iz'on eta olish uchun, bir zarra-i vohidaga bir tonna og’irlikda bir yuk yuklashga va har zarrada behisob bosmaxonalarni ijod qilib tabiat va sabablarning qo’liga berishga va butun masnu'otdagi butun san'at nozikliklarini tabiatga dars berishga muztar va majbur bo’ladi. Zero havo unsuridan (masalan) har bir zarra butun nabotlar, gullar, samaralar ustida qo’nib vujudlarida vazifasini bajarish salohiyatidadir. Agar bu zarralar qilgan vazifalarida ma'mur bo’lib Janobi Haqning amr va irodasiga tobe ekanliklari kofirona inkor qilinsa, u zarra har qaysi bir vujudga kirganda, u vujudning butun jihozotini, holati bilan tashakkulini bilishi lozim bo’ladi. Bu ma'lumotning u zarrada bo’lishini faqat u kofir e'tiqod qilishi mumkin.

Shu bilan barobar, bir samara bir shajaraning bir misoli musag’g’aridir. Va u samaradagi urug’ u shajaraning daftari a'molidir. U daraxtning tarixi hayoti u urug’da yozilgan. Bu e'tibor bilan, bir samara shajaraning tamomiga, balki u shajaraning naviga, balki kura-i arzga nazirdir. Shunday ekan, bir samaraning san'atidagi azamati ma'naviyasi, arzning kattaligi nisbatidadir. U zarrani, san'at jihatidan ichiga olgan u azamati ma'naviya bilan bino qilgan, arzni haml va bino qilishdan ojiz bo’lmaydi. Ajabo, u kofir munkir qalbida bunday bir kufrni tashish bilan, aql va zakovat iddi'osida bo’lishi qadar bir ahmoqlik bormi?

Birodar! Har bir narsa uchun ikki surat va shakl bor:

Biri: Moddiya bo’lib, xuddi bir ko’ylak kabi, hamma narsaning vujudiga ko’ra qadarning taqdiri bilan bichilgan shu ko’ringan suratlar.

Boshqasi: Maqulaki, bir narsa yashagan bir umrda mururi zamon bilan almashtirgan muxtalif moddiy suratlarning ijtimo'idan tasavvur qilingan bir surati vahmiya.

Bir otashning tezlik bilan tadviridan hosil bo’lgan doira-i vahmiya kabi, hamma narsaning tarixi hayotini bildirgan va qadarga mador bo’lgan va muqaddaroti ashyo deyilgan shu ikkinchi surat, maquladir. Surati moddiya e'tibori bilan hamma narsaning bir nihoyati, bir g’oyasi bo’lgani kabi, surati ma'naviya e'tibori bilan ham bir nihoyati va yashirin ba'zi hikmatlar uchun bir g’oyasi ham bor. Shunga binoan, hamma narsaning surati moddiyasida qudrati Rabboniy ustadır, qadar muhandisdir. Surati ma'naviyasida esa, qadar mistardir, ya'ni, tashakkulotning chiziqlarini chizadi, qudrat masdardir, ya'ni u chiziqlar ustida qilingan tashakkulot qudratdan sudur etadi.

Ey kofir! Buni eshitgandan so’ng yaxshilab o’yla! Bir zarraga bir tikuvchilik san'atini o’rgatishga qudrating bormi? O’zingga Xoliq ittihoz etganing tabiat va sabablar, hamma narsaning muxtalif va mutanavvi' suratlarini bichib tikishiga qudratlari bormi?

Qara, ey ko’zdan mahrum kofir! Shajara-i xilqatning samarasi va quvvat va ixtiyor jihatidan sabablardan ustun bo’lgan inson, tikuvchilikning butun qobiliyatlarini, ma'lumotlarini jamlab tikanli bir shajaraning a'zolariga uyg’un bir ko’ylakni tikolmaydi. Holbuki, Sone'-i Hakim hamma narsaning o’sishi zamonida juda muntazam, jadid va yangi-yangi ko’ylaklarni va yashil-yashil hullalarni mukammal tezlik va suhulat bilan yasaydi, kiydiradi. Fasubhanalloh!...

Ha munazzahdir, hamma narsaning vujudi amriga bog’liq bo’lgan Alloh munazzahdir.

Hamma narsaning ich yuzi qo’lida bo’lgan Sone' munazzahdir. Butun maxluqotga marji' bo’lgan Sone' munazzahdir.

Birodar! Har bir mavjudning ustida Sone'-i Ahad va Samadning bir sikkasi, bir xotami bo’lib, u mavjud Sone'-i Ahad va Samadning mulki va asari san'ati bo’lganiga shahodat qiladilar. Ha, g’ayri mutanohiy Ahadiyat sikkalaridan va Samadoniyat xotamlaridan, yolg’iz bahor mavsumida sahifa-i arzga zarb etilgan sikkaga qaraki; shu zikr qilinadigan mutasalsil fikralar, jumlalar u sikkani quyosh kabi ko’rsatadilar va izhor qiladilar.

Ha, sahifa-i arzda juda g’arib, hokimona bir ijod ko’rinadi. Bu ko’ringan ijod ko’rsatgan quvvat va faoliyatni ko’rishni istasang, quyidagi fikralarga diqqat qil!

1- U ijod fe'li juda azim va keng bir saxovati mutlaqadan keladi.

2- Bir suhulati mutlaqa bilan bir quvvati mutlaqadan chiqadi.

3- Mutlaq bir intizom bilan sur'ati mutlaqada vujudga keladi.

4- Mavzun va mezonli bo’lib, bir vus'ati mutlaqada turadi.

5- Go’zal bir asari san'at bo’lish bilan barobar, mutlaq bir arzonlikda ko’rinadi.

6- Taalluq etgan narsalari juda chalkash bo’lish bilan barobar, buyuk bir imtiyozi mutlaq va adami iltibos bilan qilinadi.

7- Mahalli taalluqi g’ayri mutanohiy bo’lish bilan barobar, asarlarida xunuklik ko’rinmaydi, ahsan shaklda hosil bo’ladi.

8- Afrod va anvo' orasida bu'di mutlaq bilan barobar, tafavvuqi mutlaq bor.

Birodar! Bu fikralarning har biri bir o’zi ham u sikkani izhor qilishga kifoyadir. Qarang, eng horiqo bir saxovat bilan eng horiqo bir husni san'at, muhit bir qudratning xossasidir. Va intizom bilan barobar horiqo bir suhulat hech bir narsadan ojiz bo’lmagan muhit bir ilm sohibiga maxsusdir. O’lchangandek g’oyat mezonli bo’lish bilan barobar, mo’'jizona bir mutlaq tezlik, hamma narsani amriga va qudratiga tasxir etgan zotga maxsusdir. Navlarning juda tarqoq bo’lishidan, juda keng bir tasarruf bilan horiqo bir husni san'at ilm va qudrati bilan hamma narsaning yonida bo’lgan zotga xosdir. Kasrat va mabzuliyat bilan barobar har fardning san'at e'tibori bilan qiymatli bo’lishi, so’ngsiz bir boylik bilan g’ayri mutanohiy xazinalarga molik bo’lgan zotga maxsusdir. Afrodning ziyodasi bilan aralash bo’lishi bilan barobar iltibossiz va favquloda imtiyoz va tashaxxuslarga mazhar bo’lishlari, hamma narsani ko’rgan va hamma narsaga shohid va har bir fe'li o’zini boshqa bir fe'ldan man qilmagan zotga maxsusdir.

Va shuningdek, arzda tarqoq bo’lgan afrod orasidagi uzoqlik bilan barobar surat, vujud, tashkilot jihatlaridan oralarida hosil bo’lgan tavofuq, kura-i arz yadi tasarrufida, ilmida, hukmida, hikmatida bo’lgan zotga maxsusdir.

Va shuningdek, navning kasrati afrodi bilan barobar har fardning horiquloda bir husni xilqatga molik bo’lishi, Qodiri Mutlaqqa xos bo’lib, oz-ko’p, kichik va katta hamma narsa unga nisbatan birdir.

O’tgan bo’limlarning har birisida, hamma narsaning yolg’iz bir Sone'ning sun'i va san'ati bo’lganiga dalolat qilgan boshqa bir oyat yana bor. Ha, saxovat bilan quvva-i iqtisodiya orasida va tezlik bilan mezonli bo’lish orasida va arzonlik bilan qiymatli bo’lish orasida va chalkash bo’lish bilan mumtoz bo’lish orasida zidlik bor. Bu zidlarni bir fe'lida jam etish, faqat qudrati hadsiz bir Sone'-i Qodirga maxsusdir.

Xulosa: Har bir bo’lim, bir o’zi xotami ahadiyatni izhorga kifoya bo’lgan taqdirda, bo’limlarning to’plami juda zohir bir tariqi avlo bilan xotami ahadiyatni ko’rsatadi. Xullas, bu izohdan,

وَلَئِنْ سَاَلْتَهُمْ مَنْ خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ لَيَقُولُنَّ اللّٰهُ

oyati karimasining sirri zohir bo’ldi. Ya'ni, u inodli munkirga "Xoliqi Samovot va Arz kimdir?" deya so’ralgan vaqt chor-nochor "Allohdir" deydi.

Birodar! Uluhiyat, risolat, oxirat, koinot orasida haqiqatdan talozum bordir. Ya'ni, bulardan birisining vujud va subuti, boshqasining ham vujud va subutini istilzom etadi. Birisiga iymon, boshqasiga ham iymonni ijob ettiradi. Ha, masalan, har bir kalimasi bir kitobni va har bir harfi bir satrni ichida tutgan bir kitobning kotibsiz vujudi mumkin emas. Koinot kitobi ham Naqqoshi Azaliyning vujubi vujudiga bog’liq. Sarxush bo’lmaganlar faqat Naqqoshi Azaliyga iymon keltirish bilan kitobi koinotga shohid bo’la oladilar.

Va shuningdek, juda ko’p san'at horiqolariga va naqsh va ziynatlarning g’aroibiga mushtamil bo’lgan bir binoning baniy va sone'siz vujudi mumkin bo’lmagani kabi, bu olamning vujudi ham Sone'ning vujudiga tobedir. Zalolat sarxushligi bilan sarxush bo’lmaganlar uni busiz tasdiq qilolmaydilar.

Va shuningdek, dengiz va daryolarning yuzida, shamsning aksini ko’rsatgan pufakchalardagi quyoshning yog’dusi, shamsning vujudini inkor qilish bilan mumkin bo’lmagani kabi, aqli buzuq bo’lmaganlar uchun, kamoli intizom bilan tahavvul va tajaddud etgan shu koinotning shuhudi, Baniy va Sone'ning vujubi vujudini tasdiq bilan bo’lishi mumkin. Chunki shu muhtasham koinotni, mashiat va hikmati bilan ta'sis va qazo va qadarning dasturlari bilan tafsil va adolatining qonunlari bilan tanzim va inoyat va rahmatining nomuslari bilan tazyin va asmo va sifotining jilvalari bilan tanvir etgan faqat va faqat Baniy va Sone'dir. Ha, Xoliqi Vohid qabul qilinmagan taqdirda, koinotning zarrot va murakkaboti adadicha so’ngsiz ilohlarning qabuliga majburiyat hosil bo’ladi. Va ayni zamonda, har bir ilohning shu koinotni yaratishga qodir bo’lishi lozim. Chunki zihayotning har bir juz'iysi zavil hayotning kulliga (ya'ni, umumiga) bir mundarijadir. Juz'iyni yaratgan kulliyni ham yaratishga qodir bo’lishi kerak...

Va shuningdek, ziyosiz quyoshning vujudi mumkin bo’lmagani kabi, uluhiyat ham tazohursiz bo’lolmaydi. Tazohuri esa, irsoli rusul bilan bo’ladi. Va shuningdek, haddi kamolga yetgan eng yuksak bir jamolning bilinishi, ko’rinishi, ko’rsatilishi uchun rasullarning ta'rifi lozim.

Va shuningdek, kamoli jamolga yetgan kamoli husni san'at, rasullarning dalolati bilan bo’ladi.

Va shuningdek, rububiyati omma ubudiyati kulliya istaydi. Bu ham zuljanohayn rasullarning vahdati Ilohiyani xalqqa e'lon qilishlari bilan mumkin bo’ladi.

Va shuningdek, bir husn sohibining istagi bo’lmasa va bir oyna bo’lmasa va ta'rif qiluvchi bir shaxs tavassut etmasa, uning husnining ko’rinishi, ko’rsatilishi mumkin emas. Bu ham faqat rasullar vositasi bilan bo’ladi. Chunki rasul, ubudiyati bilan Xoliqning husniga oynadir; risolati jihati bilan ham xalqqa izhor va e'lon qiladi.

Va shuningdek, bir zotning javohir bilan, ziqiymat ashyo bilan to’la xazinalarini ochib xalqqa ko’rsatish va arz etish bilan u zotning qudratini, boyligini, saltanatini e'lon qilish uchun faqat u zotning muso'adasi bilan va irodasi bilan amr va ta'yin etilgan bir ma'mur lozimdir. Xullas, u ma'mur rasuldir.

Birodar! Bu sifatlarga sohib, bu vazifalarni eng mukammal qila oladigan Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdan boshqa olamda bir shaxs yo’qdir. Eng jome', eng komil, eng fozil u zotdir. Tamoman tashhir, tablig’, ta'rif, tavsif, izhor, e'lon qilgan u zotdir.

Aziz birodar! "Iymoni Billoh" bilan "Oxirat iymoni" orasidagi talozumga keldik. Tayyor bo’l, tingla!

Bir sulton itoat etganlarga mukofot va isyon etganlarga ham mujozot etmasa, saltanati inhidomga yuz tutadi. Va shuningdek, bir sultonning o’ng tomonida lutf va marhamat va chap tomonida qahr va tarbiya lozimdir. Mukofot, marhamatning iqtizosidir. Tarbiya ham mujozotni istaydi. Mukofot va mujozot manzillari oxiratdir.

Va shuningdek, yuksak bir hikmat va adolat sohibi bo’lgan bir sulton saltanatining shonini qusurdan saqlash uchun, o’ziga iltijo etganlarni taltif va hokimiyatining hashmatini ko’rsatish uchun millatining huquqini muhofaza qiladi. Bu jihatlarning muhim bir qismi oxiratda bo’ladi.

Va shuningdek, labolab to’la xazinalarga molik va saxovati mutlaqaga sohib bo’lgan bir sulton uchun umumiy va doimiy bir dori ziyofat lozim. Va boshqa-boshqa ehtiyoj sohiblarining davom va baqolarini istaydi. Bu ham faqat oxiatda bo’ladi.

Va shuningdek, bir jamol sohibi, doimo husn va jamolini ko’rish va ko’rsatishni istaydi. Bu esa, oxiratning vujudini istaydi. Chunki doimiy bir jamol zoil va muvaqqat bir mushtoqqa rozi bo’lmaydi. Uning ham davomini istaydi. Bu ham oxiratni istaydi.

Va shuningdek, yordam istaganlarga yordam va duo qilganlarga javob berish xususida, juda rahimona bir shafqat sohibi bo’lgan bir sulton-ki, adno bir maxluqning adno bir istagini darhol qiladi, beradi- albatta butun maxluqotning eng buyuk bir ehtiyojini kamoli suhulat bilan qiladi. Bunday umumiy va eng muhim bir ehtiyoj faqat oxiratdir.

Va shuningdek, ijrootidan, faoliyatidan anglashilgan juda horiqo bir hashamat ichida bir saltanati bor ekan, millatining ijtimo'lari uchun yolg’iz tor bir musofirxona qilingan; doimiy tarzda millatni isti'ob etolmaydi, doimo to’ladi-bo’shaladi. Va bir imtihon maydoni bor; har vaqt almashadi, tabaddul etadi. Va sultonning ba'zi osori san'atiga va ehsonotiga ba'zi namunalar ko’rsatish uchun majlislari bor; vaqti-vaqti bilan tahavvul etadi.

Bu vaziyat, bu tor manzil va maydon va mashhardan so’ngra doimiy bir manzil, sobit saroylar, ochiq xazinalar bo’lib va sokinlari sobit va doimiy qolishlariga bilbedaho dalolat qiladi.

Va shuningdek, diqqat sohibi bir sultonki, millatining butun a'mollarini, af'ollarini, xizmatlarini, hojatlarini tamomiyla yozadi va yozdiradi va mulkida jarayon qilgan har bir hodisa va har bir voqeaning tasvirlarini, rasmlarini olib tasbit va hifz etsa, albatta bu vaziyat bir muhosabaning, bir muhokamaning, bir mukofot va mujozotning sodir bo’lishiga qat'iy bir surada dalolat qiladi.

Va shuningdek, mukofot va mujozot haqida takror bilan juda ko’p va'dalari va tahdidlari bo’lsa va u va'du va'id etilgan narsalar qudratiga og’ir kelmasa va u narsalar raiyati uchun juda ahamiyatli bo’lsa, albatta so’z bergan narsalarida xilof bo’lmaydi. Chunki xulf-ul va'd, qudratning izzatiga ziddir.

Va shuningdek, haddi tavoturga yetgan muxbirlarning ittifoq va ijmo'lariga ko’ra, u muhtasham va azim saltanatning madori va javalongohi faqat oxirat mamlakatidir. Bu kichik manzillar, maydonlar u azamatga doimiy bir makon bo’lolmaydi. Chunki bu kabi zoil, mutabaddil narsalar u mustaqar saltanatga maqarr bo’lolmaydi.

Ha, u sulton shu kichik manzilda va maydonda ko’p narsalarni, ijtimo'larni, iftiroqlarni ko’rsatadi. Faqat, bizzot maqsad u narsalar emasdir. Faqat oxiratning maydoni akbarida sodir bo’ladigan hollarning, amrlarning namunalarini ko’rsatishdir. Chunki u mahshari azimda qilinadigan muomalalar bu kichkina namunalarga ko’ra jarayon qiladi. Demak, bu manzilda ko’rsatilgan foniy, zoil hollar u olamda boqiy va doimiy samaralar beradi.

Ha, u sultonning shu foniy manzillarda va qo’rqinch maydonlarda ko’rsatgan hikmati, inoyati, adolati, rahmati va shafqatidan ustun bir darajaning tasavvuri imkon xorijidir. Albatta, bu qadar yuksak va keng horiqo san'atlar doimiy makonlarni, sobit maskanlarni va zavolsiz sokinlarni istaydilarki, u buyuk hikmat va adolatning haqiqatlariga mazhar bo’lsinlar. Aks holda shu ko’ringan hikmat, inoyat, marhamatning inkori lozim bo’ladi. Va ayni zamonda, bu qadar hikmatidan va inoyatidan zuhur etgan fe'llar sohibining -xosho- zolim, g’addor, safih bo’lganiga zahob etiladi. Bu esa, inqilobi haqoiqni istilzom etadi.

Va shuningdek, shu muvaqqat manzillarning saltanati doimaga maqarr bo’ladigan bir shaklga kirishiga juda ko’p dalillar, burhonlar bor. Shu bilan barobar, bu olamni ijod qilib narigi olamni ijod qilmaslik va bu koinotni vujudga keltirib narigi koinotni keltirmaslik, bu dunyoni yaratib narigi dunyoni yaratmaslik imkoni yo’qdir. Chunki rububiyatning saltanati mukofot va mujozotni istaydi. Va shuningdek, Sone'-i Olamning hamma narsani ichiga olgan va hamma narsani istilo va isti'ob etgan bir rahmati vase'asi bor. Volidalarning, hatto bir jihatda nabototning avlodiga bo’lgan shafqatlari va kichik, zaif bolalarining suhulati rizqlari, u rahmat daryosidan bir qatradir. U bahri rahmatning azamati bilan, shu foniy dunyoda, bu qisqa umrda, shu daqar zahmat va balolar bilan aralash, zoil va g’ayri sobit bo’lgan shu ne'matlar; va abadiy baqoni istagan insonlar orasida munosabat yo’q. Va ayni zamonda, i'oda etilmaslik tarzidagi zavol, ne'matni niqmatga, shafqatni zahmatga, muhabbatni musibatga va lazzatni alamga va rahmatni ziddiga aylantiradi.

Va shuningdek, olamda ko’ringan tasarrufotdan anglashiladiki, Sone'-i Olamning juda yuksak, jalolli, izzatli bir haysiyati bordirki, ubudiyat bilan Sone'ga ta'zim etmaganlarning yoki istihfof etganlarning ta'diblarini ta'xir va imhol etsa ham, ihmol etmaydi.

Va shuningdek, u sultonning amrlarini, nahiylarini qiymatsiz ko’rib iymon bilan imtisol etmaganlar va ibodat bilan o’zlarini sevdirmaganlar va shukron bilan hurmatda bo’lmaganlar uchun rububiyatning abadiy qarorgohida albatta bir dori mukofot va mujozot bo’ladi.

Va shuningdek, butun maxluqotda ko’ringan husni san'atlar, intizomlar va ihtimomlardan va hamma narsada ta'qib qilinayotgan g’oya va foydalardan anglashiladiki; koinot taxti tasarrufida bo’lgan Sone'-i Zuljalolda juda buyuk bir hikmati omma borki, itoat bilan iltijo etganlarning buyuk taltif va in'omlarga mazhar bo’lishlari u hikmati ommaning iqtizosidandir.

Va shuningdek, ko’rinyaptiki, hamma narsa loyiq joyiga vaz' etilyapti. Va har haq haq sohibiga berilyapti. Va har ehtiyoj sohibining hojati istagani kabi qilinadi. Va har istaganlarning matlublari -xususan iste'dod lisoni bilan yoki ehtiyoji fitriy lisoni bilan yoki izdiror va zarurat lisoni bilan bo’lsin- javoblantirilyapti. Bunday asarlari ko’ringan bir adolatga bir mahkama-i kubro lozimdirki, Rububiyatning hokimiyati bilan huquqi ibod muhofaza qilinsin. Chunki foniy bo’lgan shu dunyo manzili u buyuk adolati haqiqiyaga mazhar bo’lolmaydi. Shunday ekan, u buyuk Sultoni Odil uchun bir jannati boqiya, bir jahannami doima lozim.

Va shuningdek, ko’rinyaptiki, bu olamning sohibi -qilgan shu qadar fe'llarning dalolati bilan- horiqo bir saxovatga sohib bo’lgani kabi, nur va ziyo bilan to’la quyoshlar va meva va samaralar bilan homila ashjar va daraxtlar misoli juda ko’p xazinalari bor. Shunga bianoan, bu abadiy saxovat, tuganmas sarvat abadiy bir ziyofatgohni istaydi va davom bilan muhtojlarning ham davomi vujudini iqtizo etadi. Zero nihoyat bir saxovat, horiqo bir karam doimo xalqqa ehson va in'om etishni iqtizo etadi. Bu esa, ehson va in'omlarga minnatdor va muhtoj bo’lganlarning davomi vujudlarini istaydi.

Va shuningdek, shu mo’'jizali va hikmatli af'oli karimonaning tazohurotidan anglashiladiki, Sone'-i Foilning juda yashirin kamoloti bor. Va doimo u kamolotni anzori olamga taqdim va tashhir etishni istaydi. Chunki doimiy bir kamol doimiy bir tazohur bilan taqdir etuvchilarning davomi vujudlarini iqtizo etadi. Chunki adami mutlaqqa nomzod bo’lgan inson, kamolotga qiymat bermaydi va istehson va taqdirga badal istisqol va tahqir etadi.

Va shuningdek, bu go’zal, muzayyan, munavvar masnu'otning Sone'i uchun mujarrad ma'naviy bir jamol bor. Va Uning u maxfiy husn va jamol uchun juda ko’p mahosin va latoifi bo’lib, qisqa aqllarimiz bilan idrok qilolmaymiz. Azjumla, u jamolning kasif oynalaridan biri sathi arzdir. Bu sathi arz har asrda, har mavsumda, har vaqtda doimo tajalliy etayotgan u jilvalarning soyalarini tashhir, tavsif, e'lon va izhor etadi.

Va shuningdek, haqoiqi sobitadanki, yuksak bir jamol sohibi bizzot o’z ko’zi bilan va bilvosita boshqasining ko’zi bilan jamolini va jamolining nozikliklarini ko’rishni istaydi. Shunga binoan, jamol sarmadiy va doim bo’lsa, har holda uning nozikliklarini ko’rsatgan oynalarning ham abadiy va doimiy bo’lishi zaruriydir. Chunki boqiy bir husn foniy bir mushtoqqa rozi bo’lolmadi. Va zoil va foniy bir oshiqning abadiy va boqiy bo’lgan mahbubiga muhabbati adovatga aylanadi. Ha, inson qo’li yoki fahmi yetishmagan go’zal bir narsani, o’ziga tasalli berish uchun taqbih etadi. Bu e'tibor bilan, bu olam Sone'ni istilzom etgani kabi, Sone' ham olami oxiratni istilzom etadi.

Va shuningdek, bu olamning Sone'ida juda rahimona bir shafqat bor. Zero ko’ryapmizki: Bu olamda yordam istagan bir musibatzadaga mukammal tezlik bilan yordam qilinyapti. Dargohi izzatga iltijo etgan qutulyapti. So’ragan saillarning istaklari berilyapti. Eng oddiy bir zihayotning ovozi eshitilyapti va hojati qabul qilinyapti. Xullas, bunday bir shafqat sohibi, navi basharning eng buyuk, eng lozim, eng zaruriy, shadid bir hojati haqida, butun insonlar nomiga qilgan duosida istagan Jannatni va saodati abadiyani va ba'su ba'dal mavtni qiladi. Xususan, u raisi muhtaramning shu umumiy duosiga, butun zavil hayot, butun maxluqot "Omin! Omin!" deyaptilar.

Qara, u zot shunday bir maqsad, shunday bir g’oya uchun saodat istab duo qilyaptiki, insonni va butun maxluqotni asfali sofiliyn bo’lgan fano-i mutlaqqa sukutdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, abasiyatdan a'loyi illiyin bo’lgan qiymatga, baqoga, ulviy vazifaga, maktuboti samadoniya bo’lish darajasiga chiqaryapti. Qara, ham shunday yuksak bir fizori istimdodkorona bilan istayapti va shunday totli bir niyozi istirhomkorona bilan yolvoryaptiki, go’yo butun mavjudotga, samovotga, arshga eshittirib, vajdga keltirib, duosiga "Omin! Allohumma omin!" dedirtiryapti.

Ajabo, butun bani Odamni orqasiga olib, shu arz ustida turib, arshi a'zamga mutavajjihan qo’l ko’ratib, navi basharning xulosa-i ubudiyatini jome' haqiqati ubudiyati Ahmadiya (S.A.V.) ichida duo qilgan shu sharafi navi inson va faridi kavnu zamon bo’lgan Faxri Koinot nima istayapti, tinglaylik. Qara, o’ziga va ummatiga saodati abadiya istayapti, baqo istayapti, Jannat istayapti. Ham mavjudot oynalarida jamollarini ko’rsatgan butun asmo-i qudsiya-i Ilohiya bilan barobar istayapti; u asmodan shafoat talab qilyapti, ko’ryapsan.

Agar oxiratning hisobsiz talab qilgan sabablari, daloili vujudi bo’lmasa edi, yolg’iz shu zotning bir duosi, bahorimizning ijodi qadar Xoliqi Rahimning qudratiga yengil kelgan shu Jannatning binosiga sababiyat berardi. Demak, qandayki u zotning risolati shu dori imtihonning ochilishiga sababiyat berdi,

لَوْلَاكَ لَوْلَاكَ لَمَا خَلَقْتُ الْاَفْلَاكَ

sirriga mazhar bo’ldi, shuningdek, ubudiyati ham narigi dori saodatning ochilishiga sababiyat berdi.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى ذٰلِكَ الْحَب۪يبِ الَّذ۪ى هُوَ سَيِّدُ الْكَوْنَيْنِ وَ فَخْرُ الْعَالَمَيْنِ وَ حَيَاتُ الدَّارَيْنِ وَ وَس۪يلَةُ السَّعَادَتَيْنِ وَ ذُو الْجَنَاحَيْنِ وَ رَسُولُ الثَّقَلَيْنِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ وَ عَلٰى اِخْوَانِه۪ مِنَ النَّبِيّ۪ينَ وَ الْمُرْسَل۪ينَ اٰم۪ينَ

Va shuningdek, bu olamning boshlanishi va jarayonlarida va butun maxluqotni bir maqsadga yo’llashda va samoviy, sufliy butun ajromning bir qudratga bog’liq va musahhar bo’lishida juda buyuk bir saltanat asari ko’rinadi. Va bundan anglashiladiki, bu mavjudotda tasarruf etgan Sone'ning azim rububiyatida horiqo bir saltanati bor. Holbuki bu dunyo manzili tahavvulotga, zavolga ma'ruzdir. Xuddi musofirlar uchun qilingan bir karvonsaroydirki, doimo to’lib bo’shaladi. Na o’zining sobit bir shakli bor va na ichida o’tirganlarning bir barqarorligi bor. Va Sone'-i Olamning g’arib va ajib san'atlarining namunalarini tashhir va e'lon uchun tahavvuldan xoli qolmagan bir mashhardir. Bu e'tibor bilan u karvonsaroyda va u mashharda ijtimo' etgan insonlar sobit qoladigan emaslar. Chunki maskanlari sobit emas.

Xullas, bu hol va shu vaziyat, bu foniy manzildan so’ngra u sarmadiy saltanatga qarorgoh bo’lish uchun, sobit, boqiy, abadiy, sarmadiy saodatlarning, jannatlarning va saroylarning bo’lishiga qat'iy bir dalolat bilan shahodat qiladi. Chunki foniy boqiyga maqom va mador bo’lolmaydi. Ha, bir malikning kelib-ketgan musofirlari uchun yo’lda qurgan shu manzilga va u manzilda o’tirgan musofirlarga qaralgan vaqt ko’rilyaptiki, millionlab lira bilan qurilgan u manzil juda oz bir vaqt uchundir. Va undagi ziynatlar, qiymatli narsalar faqat surat va o’rnaklardir. Va musofirlar u nafis taom va ovqatlarning yolg’iz ta'mini ko’rib, qorinlarini to’ydiradigan darajada yemaydilar. Va har bir musofir xususiy uskunasi bilan u manzildagi ziynatlarning rasmlarini oladi. Va malikning ham yashirin ma'murlari ularning butun harakot, af'ol va muomalalarini yozyaptilar. Va u malik har mavsumda millionlab u ziynatlarni, u go’zal narsalarni yangi keladigan musofirlar uchun taxrib va tajdid etyapti. Va hokazo, juda ko’p g’arib va ajib narsalar ko’rinyapti. Xullas, bu vaziyat ko’rstadiki, u muvaqqat manzil sohibining juda yuksak qiymatli manzillari, doiralari va abadiy, sarmadiy saroylari bor. Bu kichik manzilda ko’ringan narsalar, hollar musofirlarni abadiy manzillardagi yuksak narsalarga tashviq uchun ko’rsatilgan namunalardir.

Shuning kabi, bu dunyo manzilining va ichida o’tirgan insonlarning ahvoliga diqqat qilinsa, anglashiladiki: Bu dunyo abadiy qolish uchun yaratilgan bir manzil emas. Faqat Janobi Haqning abadiy va sarmadiy bo’lgan "Dorus-salom" manziliga da'vat qilingan maxluqotning ijtimo'lari uchun bir karvonsaroy va bir kutish mehmonxonasidir. Bu dunyo manzilida ko’ringan laziz narsalar, lazzat va zavq uchun emas. Chunki visollarining lazzati firoqlarining alamiga muqobil kelmaydi. Shu bilan barobar, u lazzatlardan hech kim tom ma'noda murodiga noil bo’lolmaydi. Yo u lazzatlarning umrlari qisqa bo’ladi yoki insonning umri qisqa bo’lganidan, murodiga yetisholmaydi. Faqat, u lazzatlar va u nafis narsalar ibrat va shukrga yo’llash uchundir. Chunki ular Janobi Haqning ahli iymon uchun jannatlarda ihzor etgan haqiqiy ne'matlarga namunalardir. Va u muzayyan masnu'oti foniya, fano va adam uchun emas. Faqat, ularning suratlari va misollari, ma'nolari, natijalari olinadi; olami baqoda ahli baqo uchun abadiy manzaralarning qilinishiga mador bo’ladilar. Yoxud abadiy olamda Sone'-i Abadiy istagan shakllariga soladi. Chunki u masnu'ot baqo uchun. Ularning u zohiriy o’lim va fanolari; vazifalaridan tarhisdir, i'dom emas. Ha, ularning o’limlari fano bo’lsa ham, yolg’iz bir jihatdan fanoga ketadi, ko’p jihatlardan boqiy qoladi. Masalan, Qudrati Azaliya yaratgan shu gul chechagiga qara! Ha, qanday bir kalima og’izdan chiqar-chiqmas zohiran fanoga ketsa ham, Allohning izni bilan quloqlarda, qog’ozlarda, kitoblarda millionlab timsollari qolgani kabi, aqllarda ham aqllar adadicha ma'nolari qoladi. Shuning kabi, u gul qisqa bir zamonda vazifasi tamom bo’lar-bo’lmas so’ladi, o’lib ketadi. Ammo uni ko’rgan butun insonlarning quvva-i hofizalarida va xalafi bilan homila bo’lgan urug’lariga suratlari, ma'nolari boqiydir. Demak, u gulning urug’i bo’lsin, quvva-i hofizalar bo’lsin, u gul chechagining suratini, ziynatini, manzilini hifz uchun xuddi bittadan rasm va baqosi uchun bittadan manzildir.

Ey birodar! Inson ham bebosh, sarsari, sohibsiz bir hayvon emas. Faqat uning ham butun harakot va af'oli yozilyapti, tasbit etilyapti va a'molining natijalari hifz qilinyaptiki, muhosaba-i kubroda unga ko’ra daraja olsin. Xulosa, har kuz mavsumida qilingan taxribot, kelasi bahor mavsumlarida keladigan yangi musofirlar uchun yer tayorlash va bir navi tarhis va izndir.

Va shuningdek, bu olamda tasarruf etgan Sone'ning shunday bir kitobi mubini borki, na kichik va na katta, u kitobda yozilib hifz etilmagan hech bir narsa yo’q. U kitobning moddalaridan olamda ko’ringan yolg’iz nizom va mezon moddalariga qara! Ha, ko’ryapmizki, har qaysi muvazzaf bo’lgan bir narsa, vazifasidan tarhis etilish bilan doira-i vujuddan chiqsa, Fotiri Hakim uning ko’p suratlarini "Lavhi Mahfuz"larda tasbit etadi. Va tarixi hayotini urug’ida va natijasida naqsh qiladi va juda ko’p g’aybiy oynalarda ibqo etadi.

Masalan: Bir shajara, mevasi bilan homila bo’lgani kabi, danagi ham meva bilan homiladir. Demak, daraxtning tuzilishida samarasi mavjud bo’lgani kabi, danagida ham samara mavjud. Va shuningdek, vujuddan chiqqan juda ko’p narsalar insonning quvva-i hofizasida mavjud qoladi.

Xullas, bu misollardan, hifz va hofiziyat qonuni qay daraja ihotali bo’lgani anglashildi. Ha, bu mavjudotning sohibi juda katta bir ihtimom bilan mulkida jarayon etgan hamma narsani taxti hifz va muhofazasiga olgan. Va hokimiyatining muhofazasi uchun so’ngsiz bir diqqati bor. Va rububiyatida tom bir intizom va saltanat borki, adno bir hodisani, oddiy bir xizmatni yozadi va yozdiradi. Xullas, bu daraja ihotali, ihtimomli bir hifz qonuni, albatta olami oxiratda qilinadigan bir devoni muhosabatga qaraydi. Shu muhofaza qonuni, butun ashyoda joriy bo’lgani kabi, maxluqotning eng ashrafi bo’lgan insonni ham qamragan. Chunki inson Janobi Haqning rububiyatiga oid shuunot va ahvoliga shohiddir. Va maxluqotning jamoatlari ichida Allohning birligiga dalloldir. Va mavjudotning tasbehotiga mushohid va xilofati kubro bilan takrim va tashrif etilgandir. Inson bu ikromga, bu sharafga noil bo’lgani holda, o’zini bebosh va g’ayri mas'ul deb o’ylamasin. Uning ham devoni muhosabatda juda aralash hisoblari bordir. Undan qutulgandan so’ng, mustahaq bo’lgan yeriga boradi.

Ha, qudrati azaliyaga nisbat bilan, o’limdan so’ng hashrning kelishi, kuzdan so’ng bahorning kelishi kabidir. Ha, nabotot kabi, insonning ham bir kuzi, bir da bahori bor. Ha, o’tgan zamonda sodir bo’lgan mo’'jizoti qudrat, Sone'ning butun imkonoti istiqboliyaga qodir bo’lganiga qat'iy shohid va burhondirlar.

Va shuningdek, bu olamning moliki, o’z qudratiga juda oson va juda ahvan va ibodiga favquloda muhim va juda shadid-ul ehtiyoj bo’lgan hashrning takror ba takror va'dasida bo’lgan. Ma'lumdirki, va'dadan qaytish qudratning izzatiga, rububiyatning marhamatiga ziddir. Zero va'daning xilofini qilish, johillikning yoki ojizlikning alomatidir. Bu esa Qodiri Mutlaq, Hakimi Mutlaq bo’lgan zotga maholdir.

Shu bilan barobar, insonlarning hashri nabototning hashri kabidir. Buni ko’rgan uni qanday inkor qiladi? Hashrning ijodiga bo’lgan va'dasi esa, butun anbiyoning tavoturi bilan va buyuk insonlarning ijmo'i bilan sobit bo’lgani kabi, Qur'oni Karimning lisoni bilan ham sobitdir. Azjumla:

اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ لَيَجْمَعَنَّكُمْ اِلٰى يَوْمِ الْقِيَامَةِ لَا رَيْبَ ف۪يهِ وَ مَنْ اَصْدَقُ مِنَ اللّٰهِ حَد۪يثًا

oyati karimasi buyuk bir shiddat va quvvat bilan hashrning ijodiga so’z beradi. Faqat, ba'zi insonlar juda nonko’rki; butun mavjudot sidqiga va haq bo’lganiga dalolat qilgan u Malik-ul Mulkning so’zlarini tasdiq etmaydi, o’z safsatasiga va ahmoqligiga e'timod etadi.

Va shuningdek, bu olamda juda hashamatli bir rububiyat osori bilan dabdabali bir saltanatning shualari ko’rinyapti. Ha, ko’ryapmizki: Ulkan arz -sakanasi bilan barobar- xonaki, zalil, mute' bir hayvon kabi u rububiyatning amri ostida parvarish qilinyapti. Kuzda o’lishi, bahorda tirilishi va bir Mavlaviy kabi raqs va harakati va boshqa butun ishlari u amrga tobe bo’lgani kabi, shamsning ham sayyoroti bilan tanzim va tasxiri va boshqa vaziyatlari u amrga bog’liq. Holbuki, azamatli shu rububiyati sarmadiya va bu saltanati abadiya shunday zaif, zoil, muvaqqat poydevorlar va asoslar ustiga bino qilinolmaydi. Va bu mutabaddil, baloli, g’amli, foniy dunyo ustida qoim bo’lolmaydi. Faqat, bu dunyo u azamatli rububiyatning juda azim va keng doirasi ichida insonlarni tajriba va imtihon, qudratning mo’'jizalarini tashhir va e'lon uchun qurilgan muvaqqat bir manzil bo’lib; taxrib etilib juda muazzam, keng, abadiy va boqiy bir olamga juz bo’lish uchun tabdil etiladi. Shunga binoan, bu tabaddulot ma'razi bo’lgan olamning Sone'i uchun boshqa tag’ayyursiz, sobit bir olamning vujudi zaruriydir.

Shu bilan barobar, zohirdan haqiqatga o’tgan arvohi nayyira asxobi va qulubi munavvara aqtobi va uquli nuroniya arbobi va qurbi huzuri Ilohiyda dohil bo’lganlar, u Zoti Zuljalolning mute'lar uchun bir dori mukofot va osiylar uchun bir dori mujozot ihzor etganini va juda metin va'dalar bilan shadid tahdidlari bo’lganini qat'iy ixbor etadilar. Ma'lumki, va'dalarni ado etmaslik bir zulldir. Xoliqi Olam zull va zillatlardan munazzahdir. Va ayni zamonda, u haqiqatni ixbor etgan ahli haqiqat va anbiyo va avliyo va asfiyo jamoatlariga koinot butun oyoti bilan, kalimoti bilan zohir o’laroq ixborlarini tayid va taqviya etadi. Ey inson! Bu xabardan yanada to’g’ri bir xabar va bu so’zdan yanada to’g’ri bir so’z bormi?

Va shuningdek, bu olamning mutasarrifi, tor va muvaqqat shu arz maydonida olami oxiratning ulkan maydonining ko’p misollarini, namunalarini har vaqt ko’rsatadi.

Azjumla: Bahor mavsumida arzning sathida qilingan nabotiy hashrlarga diqqat qilish lozim. Ha, olti kun mobaynida u aralash nabototning urug’laridan o’lgan, chirigan, yo’qolgan jasadlarni g’olatsiz, xaltsiz kama fis-sobiq insho va i'oda etish bilan, arz maydonida nabotiy hashrlarni qilgan qudrat, samovot va arzni olti kunda yaratishidan ojiz emas. Va u qudratga nazaran ko’z ishorati qadar oson bo’lgan hashri insoniyni qilmaslik imkoni bormi? Ha, hashri nabotiyda kalimalari, yozuvlari tamoman o’chib ketgan uch yuz ming qadar sahifalarni, birlikda, bila-xalt va bila-g’olat qisqa bir zamonda eski yozuvlarini i'oda etgan bir qudratga, birgina sahifadan iborat bo’lgan hashri insoniy og’ir keladimi? Xosho! Xullas, u qudrat sohibi, lisoni Qur'on bilan amr qilgan

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

oyati karimasi bu masalaning haqiqat ekaniga sarohat bilan shahodat qiladi.

Ey aziz birodar! Janobi Haqning shu tasarrufotidan va shuunotidan anglashildiki, arz maydonida qilingan nabotiy hashrlar va nashrlar va boshqa ijtimo' va iftiroqlar maqsudi bizzot emasdir. Chunki narigi olamning maydoni kabirida qilingan u ulkan va muhim ihtifollar bilan qisqa bir zamonda qilingan shu juz'iy g’ayri sobit bu samaralar orasida munosabat yo’q. Faqat bu juz'iy samaralar, bir qator misol va namunalar bo’lib, bularning surat va natijalariga u majma'-i kabirda muomalalar tatbiq va ijro etilsin. Demak, bu foniy narsalarning suratlari u olamda boqiy samaralarni meva beradi.

Va shuningdek, ko’ryapmizki: Sone'-i Sarmadiy, Sultoni Abadiy shu inhidomga mayyol manzillarda va zavolga mahkum maydonlarda shunday bir hikmati bahiraning va bir inoyati zohiraning va bir adolati oliyaning va bir marhamati jome'aning osorini izhor etyaptiki, qalbi zanglamagan, ko’zi ko’r bo’lmagan bir inson, aynalyaqiyn bilan anglaydiki, u hikmatdan yanada akmal bir hikmat bo’lolmaydi. Va u osori ko’ringan inoyatdan yanada ajmal bir inoyat mumkin emas. Va u amoroti ko’ringan adolatdan yanada ajall bir adolat yo’qdir. Va u samaroti ko’ringan marhamatdan yanada ashmal bir marhamat tasavvur qilinolmaydi. Shunday ekan, u sultonning mamlakatida doimiy makonlar, sobit maskanlar, doimiy va muqim sokinlar bo’lmasa, shu ko’ringan hikmat, inoyat, marhamat va adolatning qalb va fikr sohiblari tomonidan inkorlari lozim bo’ladi. Va ayni zamonda u af'oli hakimona sohibining, -xosho- safih, zolim bo’lishini istilzom etadi. Bu esa haqiqatni ziddiga aylantirgan bir maholdir.

Ey so’zlarimni tinglagan birodar! Hashrning vujudiga va vuqu'iga doir dalillarning shu zikr qilingan qismga, alomatlarga munxasir deb o’ylama. Qur'oni Karim ko’rsatgan g’ayri mutanohiy alomatlardan istixroj etilgan haqiqat shudirki: Xoliqimiz shu muvaqqat dunyo mashharlarida doimiy bo’lgan rububiyatining sobit qarorgohiga bizlarni naql qiladi. Va bu sayyol mamlakatni sarmadiy bir mamlakatga tabdil etadi. Va yana o’ylamaginki, hashr va oxiratni iqtizo etgan, asmo-i husnadan yolg’iz "Hakim, Karim, Rahim, Odil, Hofiz" ismlaridir. Balki koinotning tadbiri bilan aloqador bo’lgan har bir ism oxirat va hashrni iqtizo etadi.

Xulosa:

Hashr masalasi shunday bir haqiqatdirki, jaloli bilan, jamoli bilan, asmosi bilan Xoliqi Zishon, butun kutubi samoviya bilan anbiyo va avliyo va asfiyoning ijmo'larini tazammun etgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon va Faxri Koinot Hazrat Muhammad (S.A.V.) -akmal-ul xalq va ashraf-ul inson- hashrning kelishiga ittifoq bilan hukm qilganlari kabi, shu koinot ham, butun oyoti bilan va kalimoti bilan hashrning vujud va ijodiga shahodat qiladi. Hatto har bir juzning, juz'iy bo’lsin, kulliy bo’lsin, juz bo’lsin, kull bo’lsin, ikki vajhi bor. Bir vajh bilan Xoliqqa qaraydi, vahdoniyatga dalolat qiladi. Boshqa vajh bilan ham oxiratga nazirdirki, hashrning, oxiratning vujudlarini istaydi.

Masalan: Bir inson o’z vujudi bilan, husni san'ati bilan Sone'ning vujubi vujudiga va vahdatiga dalolat qilgani kabi; amol va iste'dodlari abadga qadar uzangani holda, juda tezlik bilan o’lim va zavoli, oxiratning vujudiga dalolat qiladi. Butun mavjudotda ko’ringan intizomi hikmat, tazyini inoyat, taltifi rahmat, tavzini adolat, Sone'-i Hakimning vujud va vahdatiga shohid bo’lganlari kabi, oxiratning va saodati abadiyaning ham ijod va vujudlariga dalolat qiladilar.

اَللّٰهُمَّ اجْعَلْنَا مِنْ اَهْلِ السَّعَادَةِ وَاحْشُرْنَا ف۪ى زُمْرَةِ السُّعَدَاءِ وَ اَدْخِلْنَا الْجَنَّةَ مَعَ السُّعَدَاءِ بِشَفَاعَةِ نَبِيِّكَ الْمُخْتَارِ فَصَلِّ وَسَلِّمْ عَلَيْهِ وَعَلٰى اٰلِه۪ كَمَا يَل۪يقُ بِرَحْمَتِكَ وَ بِحُرْمَتِه۪ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ

* * *

QATRA

(Tavhid Dengizidan)

IFODA-I MAROM

Ma'lumki, inson hasbal qadar ko’p yo’llarga suluk etadi. Va u yo’lda ko’p musibat va dushmanlarga uchraydi. Ba'zan qutulsa ham, ba'zan cho’kadi. Men ham qadari Ilohiyning yo’llashi bilan juda ajib bir yo’lga kirgandim. Va juda ko’p balolarga va dushmanlarga uchradim. Faqat, ajz va faqrimni vasila qilib Robbimga iltijo etdim. Inoyati azaliya meni Qur'onga taslim qilib Qur'onni menga muallim qildi. Xullas, Qur'ondan olgan darslarim soyasida u balolardan xalos bo’lganim kabi, nafs va shayton bilan qilgan muhorabalarimdan ham muzaffaran qutuldim. Butun ahli zalolatning vakili bo’lgan nafs va shayton bilan ilk musodama

سُبْحَانَ اللّٰهِ وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ وَ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اللّٰهُ اَكْبَرُ وَ لَا حَوْلَ وَ لَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ

kalimalarida sodir bo’ldi. Bu kalimalarning qal'alarida tahassun etib u dushmanlar bilan munoqashalarga kirishdim. Har bir kalimada o’ttiz daf'a maydon jangi sodir bo’ldi. Bu risolada yozilgan har bir kalima, har bir qayd qozongan bir muzaffariyatimga ishoratdir.

Bu risolada yozilgan haqiqatlar zidlariga bir imkoni vahmiy qolmaydigan darajada yozilgan. Uzun bir haqiqatga (dalili bilan barobar) bir qayd yoki bir sifat bilan ishorat qilinadi.

Ixtor:

Bu zamonning jarayoni men kabi ko’pchilikni vahmiy tahlikalarga otgan. Inshaalloh, bu asar Allohning izni bilan ularni qutqaradi degan umiddaman.

* * *

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ وَ الصَّلَاةُ عَلٰى نَبِيِّه۪

(Bu risola to’rt Bob bilan bir Xotima va bir Muqaddimadan tuzilgan.)

MUQADDIMA

Qirq yil umrimda, o’ttiz yil tahsilimda yolg’iz to’rt kalima bilan to’rt kalom o’rgandim. Tafsilan bayon qilinadi. Bu yerda yolg’iz ijmolan ishorat qilinadi.

Kalimalardan maqsad: Ma'no-i harfiy, ma'no-i ismiy, niyat, nazardir. Shundayki:

Janobi Haqning mosivosiga (ya'ni, koinotga) ma'no-i harfiy bilan va Uning hisobiga qarash lozim. Ma'no-i ismiy bilan va sabablar hisobiga qarash xato.

Ha, hamma narsaning ikki jihati bordir. Bir jihati Haqqa qaraydi. Boshqa jihati xalqqa qaraydi. Xalqqa qaragan jihat Haqqa qaragan jihatga to’rli bir parda yoki shaffof bir shisha parchasi kabi, ostida Haqqa qaragan jihati isnodni ko’rsatadigan bir parda kabi bo’lishi kerak. Shunga binoan, ne'matga qaralgan zamon Mun'im, san'atga qaralgan zamon Sone', sabablarga nazar etilgan vaqt Muassiri Haqiqiy zehnga va fikrga kelishi kerak.

Va shuningdek, nazar bilan niyat mohiyati ashyoni tag’yir etadi. Gunohni savobga, savobni gunohga o’zgartiradi. Ha, niyat oddiy bir harakatni ibodatga aylantiradi. Va xo’jako’rsinlik uchun qilingan bir ibodatni gunohga o’zgartiradi. Moddiyotga sabablar hisobi bilan qaralsa, jaholatdir. Alloh hisobi bilan bo’lsa, ma'rifati Ilohiyadir.

Birinchi Kalom:

اِنّ۪ى لَسْتُ مَالِك۪ى

Men o’zimga molik emasman. Faqat molikim koinotning molikidir. Faqat o’zimga molik nazari bilan qaraymanki, Moliki Haqiqiyning sifotini va sifatlarning bir daraja mohiyatini va hududini bilay. Ha, mavhum, mutanohiy hududim bilan Moliki Haqiqiyning sifatlarining bir jihatdan g’ayri mutanohiy hududini bildim.

Ikkichi Kalom:

اَلْمَوْتُ حَقٌّ

O’lim haqdir. Ha, bu hayot va bu badan shu azim dunyoga ustun bo’ladigan qobiliyatda emas. Zero ular temir va toshdan emas. Faqat go’sht, qon va suyak kabi mutaxolif narsalardan tarakkub etgan. Qisqa bir zamonda tavofuqlari, ijtimo'lari bo’lsa ham, iftiroqlari va tarqalishlari har vaqt malhuzdir.

Uchinchi Kalom:

رَبّ۪ى وَاحِدٌ

Robbim birdir. Ha, hammaning butun saodatlari, bir Robbi Rahimga bo’lgan taslimiyatga bog’liq. Aks holda juda ko’p Roblarga muhtoj bo’ladi. Chunki inson jome'iyati e'tibori bilan butun ashyoga ehtiyoji va aloqasi bor. Va hamma narsaga qarshi (his qilib yoki qilmasdan) taassuri, alamlari bordir. Bu esa tom jahannam kabi bir holatdir. Faqat arbob tavahhum etilgan sabablar yadi qudratiga bir parda bo’lgan Robbi Vohidga taslimiyat, firdavsiy bir vaziyatdir.

To’rtinchi Kalom:

اَنَا bilan ta'bir etilgan menlik, ya'ni o’ziga bir vujud, bir qiymat berishdirki; bu ana, Janobi Haqning sifotini, shuunotini bilish uchun bir markaz va bir vohidi qiyosiydir.

* * *

BIRINCHI BOB

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

bayonidandir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى سَيِّدِ الْمُرْسَل۪ينَ مُحَمَّدٍ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

Allohdan boshqa haq bir Allohning mavjud emasligini qalban tasdiq va lisonan iqror etganimga, butun ko’rgan va ko’ringan ashyoni shohid ko’rsataman.

Shunday bir Allohki, vujubi vujudiga va Vohid, Ahad, Fard, Samad bo’lganiga Hazrat Muhammad (S.A.V.) bir shohidi sodiq va bir burhoni notiqdir.

Shunday Muhammad (S.A.V.) ki, ijmo' va tasdiqlariga mazhar bo’lish bilan, anbiyo va mursalinga siyodat unvonini; va ittifoq va tahqiqlarini olish bilan, imom-ul avliyo val ulamo laqabini olgan. Va shunday Muhammad (S.A.V.) ki, oyoti bahira, mo’'jizoti qat'iya va sajaya-i samiya va axloqi oliya sohibi bo’lish bilan mahbiti vahyi Ilohiy bo’lgan. Va shunday bir Muhammad (S.A.V.) ki, olami g’ayb va malakutni sayr va ziyorat etish bilan, arvohni mushohada va maloika bilan musohaba, jin va insonlarga irshod vazifasini olgandir. Va shunday bir Muhammad (S.A.V.)dirki, shaxsiyati ma'naviyasi bilan koinotning kamoliga bir mundarija bo’lish bilan, butun saodatlarning va madaniyatlarning dasturlarini ichiga olgan bir shariatga sohibdir. Va shunday bir Muhammad (S.A.V.)dirki, olami shahodatda ekan, g’aybiyotdan xabar beradigan bir bashir va nazir bo’lib, butun quvvati bilan, kamoli jiddiyat bilan va vusuq bilan, itminon bilan yuksak bir iymon bilan navi basharga qarshi "Tavhid Dini"ni لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ bilan e'lon va i'lam etadi.

Va shuningdek, shunday bir Allohki, vujub va vujudiga, jalol va jamoliga, Vohidi Ahad bo’lganiga shahodat qilganlardan birisi ham "Furqoni Hakim"dir.

Va shunday bir Furqoni Hakimdirki, butun anbiyo kitoblarining tasdiqlariga mazhardir. Va shunday bir Furqoni Hakimdirki, butun aqllar va qalblar, hukmlarini qabul va tasdiqqa ijmo' etganlari va jihoti sittasidan nur-afshon bir kitobdir.

Va shunday bir Furqoni Hakimdirki, mazhari vahiy bo’lgan rasullar deganlaridek, mahzi vahiydir. Ahli kashf va ilhom aytganlaridek, ayni hidoyatdir. Ma'dani iymon va majma'-i haqoiqdir. Hukmlari daloili aqliya bilan muayyad va fitrati salimaning shahodati bilan musaddaqdir. Lison-ul g’ayb bo’lib, olami shahodatda navi basharni

فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

bilan tavhidga amr va da'vat etadi.

Shunday bir Allohki, vujubi vujud va vahdatiga, shu kitobi kabir deyilgan olam, butun yozuvlari va fasllari bilan, sahifalari bilan, satrlari bilan, jumlalari bilan, harflari bilan shahodat qilgani kabi; shu insoni kabir deyilgan koinot ham, butun a'zosi bilan, javorihi bilan, hujayroti bilan, zarroti bilan, avsofi bilan, ahvoli bilan dalolat qiladi.

Ya'ni, bu koinot ixtivo etgan butun anvo'i bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ va u olamlarning arkoni bilan لَا خَالِقَ اِلَّا هُوَ va u arkonning a'zosi bilan لَا صَانِعَ اِلَّا هُوَ va u a'zoning ajzosi bilan لَا مُدَبِّرَ اِلَّا هُوَ va u ajzoning juz'iyoti bilan لَا مُرَبِّىَ اِلَّا هُوَ va u juz'iyotning hujayroti bilan لَا مُتَصَرِّفَ اِلَّا هُوَ va u hujayrotning zarroti bilan لَا خَالِقَ اِلَّا هُوَ va u zarrotning dalasi bo’lgan efiri bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ deb; butun anvo'i bilan, arkoni bilan, a'zosi bilan, ajzosi bilan, hujayroti bilan, zarroti bilan, efiri bilan (ellik besh lison bilan) vujubi vujud va vahdatiga shahodat va dalolat qiladi. Shu lisonlarning tafsili keladi. Hozir ijmol bilan zikr qilaman. Shundayki:

Koinot tarkiblaridagi intizom, jarayoni ahvoldagi nizom, suratlardagi g’arobat, naqshlaridagi ziynat, yuksak hikmatlar, ashyodagi muxolafat va mumosalat, jomidotdagi muovanat, bir-biridan uzoq bo’lgan narsalardagi tasonud, hikmati omma, inoyati tomma, rahmati vase'a, rizqi a'mm, hayotlar, tasarruf, tahvil, tag’yir, tanzim, imkon, hudus, ehtiyoj, za'f, mavt, johillik, ibodat, tasbehot, da'avat va hokazo juda ko’p sifatlar lisonlari bilan Xoliqi Qadimi Qodirning vujub va vujudiga va avsofi kamoliyasiga shahodat qilganlari kabi; asmo-i husnani tilovat qilib, Janobi Haqqa tasbeh va Qur'oni Hakimni tafsir va Rasuli Akramning (S.A.V.) ixborotini tasdiq qiladilar.

O’tgan lisonlarning tafsiliga o’tamiz. Shundayki:

Koinotda ko’ringan tanzimot, nizomot, muvozanot qabza-i tasarrufida bir mezon va nizom bo’lgan Xoliqning vujubi vujudiga dalolat qilish bilan

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

jumlasini o’qiydi.

Va shuningdek, koinotda intizom va ittirod hukmfarmodir. Bu ikki sifat, mutasarrifning vahdatiga va bir bo’lganiga shahodat qilish bilan

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

haqiqatini e'lon qiladi.

Va shuningdek, samovot sahifasini quyosh va yulduzlar bilan yozgan qudrat bilan, asalari bilan chumolining sahifalarini hujayrot va zarrot bilan yozgan qudrat bir bo’lganidan

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

bilan (masalaning e'loni bilan) Xoliqning bir bo’lganiga dalolat va shahodat qiladi.

Va shuningdek, masalan bulut bilan arz kabi jomid va mutaxolif narsalarda tajovub va muovanat, ya'ni bir-birining hojatiga javob berish va sayyorot kabi shamsdan juda uzoq bo’lgan yulduzlarning shamsga yoki bir-biriga tasonud etishlari, butun ashyoning bir Mudabbirning idorasida bo’lganiga shahodat qilib

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

bilan e'lon qiladi.

Va shuningdek, samovotning yulduzlar kabi osori muntazamadagi mushobahat va arzning bir-biriga o’xshagan gullarida, hayvonotidagi munosabat, Xoliqning bir bo’lganiga dalolat bilan shahodatini

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

bilan e'lon qiladi.

Va shuningdek, har bir zihayot ko’p ism va sifatlarning tajalliysiga mazhardir. Masalan, bir zihayot vujudga kelganida Bari ismining jilvasiga, tashakkulida Musavvir sifatining jilvasiga, ozuqlangan zamon Razzoq ismining jilvasiga; xastalikdan shifo topganida, Shofiy ismining tajalliysiga va hokazo ta'sirda mutasonid, osorda mutaxolif ko’p sifat va ismlarga mazhardir. Bu sifatlarning va ismlarning maqsadlari bir bo’lganidan, albatta musammolari ham bir bo’ladi. Xullas, har bir zihayot shu mazhariyat bilan Xoliqning bir bo’lganiga doir bo’lgan shahodatini

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

bilan e'lon qiladi.

Va shuningdek, manzuma-i shamsiya bilan asalarining ko’zlari orasidagi irtibot va holat jihatidan bir-biri bilan munosabatlari, ikkisining bir Naqqoshning naqshi bo’lganiga bo’lgan dalolatlarini

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

bilan i'lam etadilar.

Va shuningdek, zarrot orasidagi jozibaning quyosh va yulduzlar orasida bo’lgan jozibaga qardosh bo’lishi, har ikki qismning ham bir qalami vohidning yozuvi bo’lganini

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

bilan izhor etadilar.

Va shuningdek, tarkib va murakkabotda ko’ringan intizom, u murakkabotdagi har zarraning loyiq mavze'iga qo’yilishi bilan hosil bo’lgandir. Shunga binoan, u zarralarni, oralaridagi munosabatlar buzilmaslik sharti bilan, loyiq mavqelariga qo’yib bilish, faqat butun u murakkabotni yarata oladigan bir qudrat sohibiga xosdir. Xullas, zarrotdagi intizom va shu vaziyatning lisoni bilan Allohu Akbar deb

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

ni o’qiydi.

Va shuningdek, bir navdan bir fardning, butun afroddan imtiyozini ta'min qiladigan tashaxxus va taayyunining qalami qudrat bilan yozilishi, butun navi basharning, masalan afrodining nazari qudratda mashhud va malhuz bo’lganini istilzom etadi. Chunki bir fard, alomati fariqasi jihati bilan butun afrodga muxolif bo’ladi. Agar butun afrod hozir bo’lmasa, taayyunlarida, alomotlarida muxolafatning bo’lmasligi ehtimoli bor. Bu ehtimol esa botildir. Shunday ekan, bir fardning Xoliqi, bir navning Xoliqi bo’ladi.

Va shuningdek, bir navga Xoliq bo’la olish, jinsga ham Xoliq bo’la olishga mutavaqqifdir. Eng nihoyat ish

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

da nihoyat topadi.

Va shuningdek, xilqat va yaratilishning Vojib-ul Vujudga isnod etilishini, nazarlari juda qisqa bo’lganlar, baid, g’arib, qiyin bo’lganini tavahhum etish bilan inkoriga zahob etadilar. Holbuki, sabablarga isnod etilsa, ular tavahhum etgan bu'd, g’arobat, qiyinchilik qavat-qavat muzaaf bo’lib haqiqatga inqilob etadi. Chunki vojibga ko’proq oson bo’ladi. Masalan, bir odamdan bir necha narsaning suduri, bir necha odamdan bir narsaning suduridan ko’proq ahvandir. Masalan, asalarining xilqati, qudrati Ilohiyaga isnod etilmasa, nihoyatsiz mushkulot bo’ladi.

Shu bilan barobar, vohidning kasratga bergan vaziyat va foydani, kasrat ko’p mashaqqatlardan so’ngra bera oladi. Masalan, bir qo’mondonning juda ko’p askarlarga bergan intizom vaziyatini, u askarlarga berilsa, suhulat bilan qilolmaydilar. Demak, Xoliqi Vohidga qilingan isnodda, zohiran bu'd va g’arobat bo’lsa ham, sabablar va kasratga qilingan isnodda muzaaf o’laroq mutasalsil mahollar bor. Shundayki:

Har bir zarrada Vojib-ul Vujudning sifatlarini faraz qilish lozim bo’ladi. Chunki naqshdagi kamol, san'atdagi husn u sifatlarni istaydi. Ham shirkatni qabul qilmagan vujub haqida, g’ayri mutanohiy sheriklarning farazi lozimdir. Ham har bir zarraning, butun zarralarga ham hokimi mutlaq, ham mahkumi mutlaq bo’lishi lozim bo’ladi. Chunki nizom va intizom shunday istaydi. Ham har bir zarrada ihotali bir shuur, tom bir ilm lozim. Chunki zarralar orasida tasonud va muvozana bor. Bu tasonud va muvozana esa ilm bilan bo’ladi.

Xullas, ashyoni sabablarga isnod etishda bu qadar mahollar bor. Ammo, sohibi haqiqiy bo’lgan Vojib-ul Vujudga isnod etilgan vaqt, u zarralar shunday bir vaziyatga kiradilarki, shamsning jilvalariga, timsollariga, lam'alariga mazhar bo’lgan suv qatralari kabi; qudrati azaliyaning nuroniy tajalliysiga, jilvalariga, lam'alariga u zarralar ham mazhar bo’lib, sohibi qudratning izni bilan, g’ayri mutanohiy bo’lgan ilm va irodasi bilan, u zarralarda tashakkulot va tarkibot qilinadi. Shunga binoan, qudrati azaliyaning bir lam'asi qudratning xosiyatiga molik bo’lganidan, sabablarning minglab lam'asidan va sabablarning sultonidan ko’proq ta'sirlidir. Chunki bunda tajazzi va inqisom bor, qudrati azaliyada esa yo’q.

Va shuningdek, qiyinchilik va ovora bo’lish ham yo’q. Chunki qudrat Sone'ning zotiga zotiydir, a'roziy emasdir. Ajz qudratiga taxallul etolmaydi. Qudratning bir lam'asiga zarralar, shamslar mutasoviydir. Katta narsa kichik narsadan og’ir va zahmatli emas. Va shuningdek, hayot, vujud, nur kabi narsalarning zohir va botinlari shaffof bo’lganidan, ijodlari zamonida, sabablar vositalari ostida qudratning tararrufi ko’rinadi. Ha, hayotning vaziyatlariga va darajalariga diqqat qilinsa, qudratning tasarrufi ko’rinadi.

Masalan: Bir shingil uzumning yaratilishi uchun inja, jomid bir shox va bir shisha parchasida shamsning timsolini tarsim uchun kichik bir tuynukdan ziyoning o’tishi va bir uyni tanvir uchun bir gugurt tavassut etadi. Va bu kabi oddiy sabablar ostida qilingan u azim va g’arib ishlarda qudratning tasarrufi kunduz kabi ko’rinishi oshkoradir.

Va shuningdek, ashyoning sabablarga isnodidagi istib'oddan va istig’robdan hosil bo’lgan inkordan nash'at etgan zalolatlardan hosil bo’lgan iztirobot, butun aqllarni, ruhlarni Vojib-ul Vujudga firor va iltijo etishga majbur qiladi. Chunki faqat Uning qudrati bilan, irodasi bilan har mushkul hal bo’ladi va yopiq eshiklar ochiladi. Va Uning zikri bilan qalblar mutmain bo’ladilar. Shunga binoan, najot va xalos faqat Allohga iltijo bilan bo’ladi.

فَفِرُّٓوا اِلَى اللّٰهِ ٭ اَلَا بِذِكْرِ اللّٰهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ

Xullas, koinot shu haqiqatning lisoni bilan

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

ni aytadi.

Va shuningdek, zohiriy sabablar juda oddiy, mahdud, faqir, jomid, shuursiz, irodasiz va qonunlar qismi ham e'tiboriy, mavhum narsalardir. Musabbabotda bo’lgan horiqo naqshlar, ziynatlar, g’arib va ajib san'atlarning u kabi qiymatsiz sabablar bilan qat'iyan munosabatlari yo’q. Shunga binoan, masalan badanning hujayrotidagi nizomli, intizomli tashakkulotni non yeyishiga; va quvva-i hofizada yozilgan g’ayri mahdud muntazam naqshlarni quloqdagi va boshdagi buklamlarga; va gapirishda, tafakkurda harflarning tashakkulotiga va suvari zehniyaning husuliga lison va zehnning harakatlari kabi sabablarga isnodlari ahmoqchasiga bir hukmdir. Faqat u kabi musabbabot g’ayri mutanohiy bir qudrat bilan bir ilm va bir irodani iqtizo etadilar. Bu haqiqatga binoan sobitdirki, kavn va vujudda muassiri haqiqiy, faqat qudrati g’ayri mutanohiy bir Xoliqi Qodirdir. Sabablar esa bahonalardir, vasoit ham pardadirlar.

Hislar va xosiyatlar ham qudratning tajalliyotiga va lam'alariga ism va unvondirlar.

Ham qonunlar va navomis deyilgan narsalar, faqat ilm bilan iroda va amrning anvo'ga bo’lgan tajalliylarining ismlaridir. Ha, qonun amrdandir, nomus irodadandir. Xullas, koinot musabbabotning lisoni bilan

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

bilan Xoliqi Haqiqiyni e'lon qiladi.

Va shuningdek, koinot sahifasida juda katta bir diqqat va ihtimom bilan horiqo bir tarzda yozilgan naqshlar, munfaridan va mujtamian, g’ayri mutanohiy bir qudratni iqtizo etganlaridan, koinot ham bir Vojib-ul Vujud, bir Xoliqi Qodirning vujudiga bizzarura dalolat qiladiki, u Xoliqning ta'siri qudratiga nihoyat bo’lmaganidan, sheriklardan bilbedaho mustag’niydir, sherikka ehtiyoji yo’q.

Shu bilan barobar, sherik haddi zotida mumtani'dir. Bir fardining vujudi mumkin emasdir. Chunki qudrati komilaning ta'siri g’ayri mutanohiydir. Sherik bo’lgan taqdirda, qudratning ta'siri mahdud bo’ladi. Mutanohiy bo’lmagani holda, mutanohiy bo’ladi, inqito'ga duchor bo’ladi. Bu esa, bir necha jihatdan maholdir. Shunday ekan, istiqlol va infirod, uluhiyat uchun zotiy xossalardir.

Shu bilan barobar, sherikka bir yer, bir maqom, bir imkoni zotiy yo’qdir. Va sherikning vujudi haqida na bir dalil va na bir dalildan nash'at etgan bir ehtimol va na bir alomat va koinotning hech bir jihatida sherikka bir mavze' yo’q. Aksincha qaysi narsaga, qaysi jihatga qaralsa, tavhid sikkasi ko’rinadi. Demak, muassiri haqiqiy faqat va faqat Allohdir.

Ha, inson koinotning eng ashrafi va sabablar ichida ixtiyori eng keng bo’lgani holda, af'oli ixtiyoriysi ichida yeyish va ichish kabi eng oddiy bir fe'lida, yuz juzidan faqat bir juzi insonga oid bo’lishi mumkin. Sabablarning sultoni bo’lgan inson bunday qo’li bog’liq, ta'sirsiz bo’lsa, narigi jonsiz sabablar qanday noo’rin ish qilishi mumkin?

Xullas, koinot shu haqiqatdan taboruz etgan vujud va vahdat lisoni bilan

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

ni tilovat qiladi.

Va shuningdek, koinotning butun ajzo va zarrotiga tajalliy etgan asmo-i Ilohiya orasidagi tasonud, ya'ni bir-biriga tayanib tajalliy etgan bir tamozujlari, ya'ni alvoni sab'a kabi bir-biri bilan mamzuj bo’lib ashyoni jilvalantirgan asarlari bir bo’lgani kabi, musammolarining ham vohid, ahad bo’lganiga shahodat qiladi. Va bu shahodat lisoni bilan, koinot

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

deb e'lon qiladi.

Va shuningdek, koinotning -kulliy va juz'iy- ixtivo etgan butun ajzosini istilo etgan bir hikmati omma ko’rinadi. Va bu hikmati omma qasd, shuur, iroda, ixtiyor sifatlarini tazammun etadi. Bu sifatlar bir Hakimi Mutlaqning vujubi vujudiga dalolat qiladi. Chunki koinot maf'ul va munfaildir. Maf'ul foilsiz bo’lmagani kabi, maf'ulning jomid bir juzi ham foil bo’lolmaydi.

Va shuningdek, koinot sahifasida bir inoyati tomma porlaydi. Bu inoyat tazammun etgan hikmat, lutf, tahsin sifatlari bilan bir Xoliqi Karimning vujubi vujudiga dalolat qiladi. Chunki in'om va ehson mun'im va muhsinsiz bo’lolmaydi.

Va shuningdek, koinotni mushtamiloti bilan barobar ichiga olgan juda keng bir marhamat ko’rinadi. Bu marhamat rahmat, hikmat, inoyat, in'om kabi ko’p sifatlarni tazammun etadi. Bu sifatlar bir Rahmoni Rahimning vujubi vujudiga shahodat qiladi. Chunki sifat mavsufsiz bo’lolmaydi.

Va shuningdek, zavil hayot va jonli maxluqotga tavzi' etilgan bir rizqi a'mm bordir. Va bu rizq sifati o’tgan sifatlarni istilzom etish bilan bir Razzoqi Rahimning vujudiga dalolat qiladi. Chunki fe'l foilsiz bo’lolmaydi.

Va shuningdek, butun koinotda intishor etgan bir hayot bor. Bu hayot sifati ham o’tgan sifatlarni iqtizo etish bilan bir Hayyi Qayyum, bir Muhyi va Mumit Xoliqning vujubi vujudiga dalolat qiladi. Birodar! Alvoni sab'a kabi mamzuj bo’lgan shu besh haqiqat koinotga bir Rob, Qodir, Alim, Hakim, Qadim, Rahim, Rahmon, Razzoq, Hayyi Qayyum zaruriy bo’lganiga bilbedaho dalolat va shahodat qiladi. Va koinot bu shahodatlarini

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

bilan e'lon qiladi.

Va shuningdek, koinot yuzida husni zotiyni ko’rsatgan bir husni aroziy va bir jamoli mujarradni ko’rsatgan bir jamoli hazin va mahbubi haqiqiyga ishorat qilgan bir ishqi sodiq va butun asrorni jazb etgan bir haqiqati jozibaga ishorat qilgan bir jazba va bir injizob bordir. Bu haqiqatlar koinotga bir Robbi Vojib-ul Vujud lozim va zaruriy bo’lganiga shahodat qilganlarini koinot

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

bilan ta'lim va i'lam etadi.

Va shuningdek, butun anvo'ning juz'iyotida bir tasarruf bor. Bu tasarruf foydali ish va g’oyalar uchundir. Va nabotot va hayvonotda bir tabaddul va tahavvul bor. Bu ham juda ko’p manfaatlar uchundir. Kura-i arzda kecha va kunduz jihati bilan bir tag’yir bor. Bu ham ulkan-ulkan g’oyalar uchundir. Koinotda hukmfarmo bo’lgan nizom va intizom bilan barobar, faoliyat xususida alvoni sab'a kabi taboruz etgan shu haqiqatlar, bilbedaho bir mutasarrifi hakim, qodir, foili muxtor kabi butun avsofi kamoliya bilan muttasif bir Xoliqning vujubi vujudiga qilgan dalolatni koinot

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

bilan tablig’ etadi.

Va shuningdek, koinot ixtivo etgan butun anvo' va ajzo va zarrotni istilo etgan hudus, bir muhdis va bir mujidni iqtizo etadi.

Va shuningdek, koinot butun ajzosi bilan barobar g’ayri mutanohiy ashkal va vaziyatlarga qobiliyati, ehtimoli, imkoni bor ekan, bu shakli hozirga kirishi, albatta bir Xoliqi Vojib-ul Vujudning ixtiyor, iroda va tarjihi bilan bo’lgan.

Va shuningdek, buyuk bir faqru ehtiyojda bo’lgan koinotning anvo' va ajzosida lozim bo’lgan ishlarini, hojatlarini avqoti munosibda

مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ

ifo va is'af etish, bir Razzoqi Karimning vujubi vujudiga dalolat qiladi.

Va shuningdek, koinot umumiy va xususiy, moddiy va ma'naviy juda ulkan ehtiyojlar ichidadir. Kerak bo’lsa vujudiga va kerak bo’lsa baqosiga lozim narsalarni, ishlarni qilishdan ojizdir. Bu kabi matlublarining shuuri bo’lmasdan ado etilishi, albatta Rahmoni Rahim va Vojib-ul Vujud bir Sone'-i Hakim tarafidandir.

Va shuningdek, kavn va vujudda imkon, kasrat, infiol martabalari bor. Imkon martabasi vujub martabasiga qaraydi va uni istilzom etadi. Kasrat martabasi vahdat martabasiga nazirdir, uni iqtizo etadi. Infiol martabasi faoliyat martabasiga mutavaqqifdir. Bu martabalar orasidagi istilzom, bizzarura vojib, vohid, fa'ol bir Xoliqni iqtizo va istilzom etadi.

Va shuningdek, qaraymizki, koinotda har qaysi narsa, haddi kamolga vosil bo’lmasdan harakat qilishdan to’xtamaydi. Kamoliga vosil bo’lgan vaqti harakatni tark qilib sukunda o’tiradi. Bundan anglashiladiki, vujud kamolni istaydi, kamol ham subutni iqtizo etadi. Shunday ekan, vujudning vujudi kamol bilandir. Kamolning kamoli ham davom bilan bo’ladi. Shunday ekan, bir Vojibi Sarmadiy, Komili Mutlaq borki, mumkinotning butun kamoloti Uning nuri kamolining jilvalariga bittadan soyadir. Shunday ekan, Janobi Haq zotida, sifatida, af'olida komili mutlaqdir.

Va shuningdek, hamma narsaning botini zohiridan yanada latif, yanada shaffofdir. Bu esa, Sone'ning u narsadan xorij va ba'id bo’lmasligiga dalolat qiladi. U narsaning boshqa ashyo bilan nizom va muvozanasining Sone'i tarafidan ta'min qilingan jihati bilan ham, Sone'ning u narsada dohil bo’lmasligini iqtizo etadi. Shunday ekan, bir masnu'ning zotiga qaralsa, Sone'ning ilm va hikmati ko’rinadi. G’ayrisi bilan birlikda qaralsa, Sone'ning favqal-kull bir sam' va basarga molik bo’lgani ko’rinadi. Bu haqiqatdan anglashildiki: Sone'-i Olam olamda dohil bo’lmagani kabi, olamdan xorij ham emas. Ilmi va qudrati bilan hamma narsaning ichida bo’lgani kabi, hamma narsaning ustidadir. Bir narsani ko’rgani kabi, butun ashyoni ham barobar ko’radi.

Bu haqiqatlar, kamalak ranglari kabi ma'jun, bir qator nuroniy oyatlardir. Koinot butun avsofi kamoli bilan muttasif bir Xoliqning vujubi vujud va vahdatiga dalolat qiladi. Ha, koinot u Xoliqning nurining soyasi, asmosining tajalliyoti, af'olining osoridir.

Birodar! Koinotning shu o’tgan haqiqatlarning lisoni bilan aytgan

اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

daloili bilan

لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ

ni isbot qiladi.

Va shuningdek,

فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

haqiqati

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ

ni istilzom etadi.

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ

ham iymonning besh ruknini tazammun etgani kabi, sifati rububiyatga ham mazhar va mir'atdir. Bu sirga binoandirki,

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ

iymonning mezon va tarozisida

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

bilan qarin va muvoziy bo’lgan. Nubuvvat, sifati rububiyatga nazir va mazhar bo’lganidan, umumiy bir jome'iyatga molikdir. Valoyat esa, xususiy va juz'iydir. Oralaridagi nisbat

رَبُّ الْعَالَم۪ينَ

bilan

رَبّ۪ى

orasidagi nisbat kabidirki, birisida izofa umumiy, nargisida xususiydir. Yoki arzdan arshga bo’lgan me'roj bilan sajdadagi me'roj orasida yoki arsh bilan qalb orasidagi nisbat kabidir.

Birodar! Shu yuksak bo’lgan matlubga zikr qilganimiz burhonlar, matlubni ihota etgan bir doiradir. Matlub bo’lgan vujubi vujud va vahdat u doiraning markazidadir. Doirani tashkil qilgan burhonlarning har biri barmog’ini uzatib, matlubning haq va sodiq ekaniga imzo qo’yadilar. U burhonlardan zaif bo’lganlarning oralarida tasonud bor. Ya'ni, bir-birini tayid va taqviya qilish bilan, zaif burhonlarning za'fiyati zoil bo’ladi. Zoil bo’lmasa ham, e'tibordan tushmaydi. E'tibordan tushsa ham, doiraning buzilishiga sabab bo’lmaydi. Faqat doira kichrayadi.

Shu bilan barobar, burhonlarning hay'ati majmuasiga tarattub etgan matlubning quvvat va vuzuhini har farddan istash va har fardda qidirish, aqlning xastaligiga, zehnning juz'iyatiga ishorat bo’lib, matlubni rad va inkor uchun bir zamin tashkil qiladi. Shunga binoan, bir burhonga qaralgan zamon, za'fiyat sababli vahmlar o’rtaga chiqsa, narigi burhonlardan sizilgan quvvat bilan o’rtada za'fiyat qolmaydi, vahmlar ham tarqaladi.

Shu bilan barobar, ba'zi burhonlar suvga o’xshaydi, bir qismi ham havoga o’xshaydi, bir qismi ham ziyo kabidir. Shunga binoan, bu kabi burhonlarni g’oyat latif va diqqatli inja bir fikr bilan qidirib tutish kerakki, to’kilmasin, so’nmasin, uchmasin!..

* * *

TAQRIZ

(Fozili muhtaram Majlisi Masofih va Tadqiqi Muallafoti Shar'iya Raisi Oliysi Shayx Safvat Afandi Hazratlarining taqrizidir.)

Janobi Haqqa hamd va o’ziga Qur'on nozil bo’lgan Payg’ambarimizga va dinning binosini tahkim va tamhid etgan olu asxobiga salotu salom bo’lsin!

Tavhid Dengizidan Bir Qatra nomli risola ko’zimga tajalliy etdi. U dengiz bilan bu qatra orasida bir farq ko’rolmadim. Chunki u qatra haqiqatdan u dengizdan keladi va u dengizga to’kiladi. Tavhid dengizidan hovuch bilan suv ichayotgan va Islomiyat ko’kragidan sut emayotgan qardoshimiz bo’lgan alloma Badiuzzamon Said Nursiyning sa'yi sababli Janobi Haqqa hadsiz shukrlar bo’lsin!

Al-faqir, turobi aqdam-ul ulamo

SAFVAT

(Rahmatullohi Alayh)

* * *

XOTIMA

(Shu xotima to’rt xil xastaliklarni bayon qiladi. Va tadoviy choralarini ko’rsatadi.)

Birinchi Xastalik: "Ya's"dir.

Birodar! Amalga va toatga muvaffaq bo’lolmagan azobdan qo’rqadi, ya'sga tushadi. Bunday bir ma'yusning ko’ziga diniy masalalarga zid adno va zaif bir alomat ulkan bir burhon bo’lib ko’rinadi. Bunday bir necha alomatni qo’lga kiritar-kiritmas, boshqa alomatlarning saiqasi bilan e'loni isyon etib Islom doirasidan chiqadi, shaytonning qo’shiniga iltihoq etadi. Shunga binoan, a'molga muvaffaq bo’lolmaganlar, ya'sga tushmaslik uchun shu oyatga murojaat etsin:

قُلْ يَا عِبَادِىَ الَّذ۪ينَ اَسْرَفُوا عَلٰٓى اَنْفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللّٰهِ اِنَّ اللّٰهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَم۪يعًا اِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّح۪يمُ

Ikkinchi Xastalik: "U'jb"dir.

Birodar! Ya'sga tushgan odam, azobdan qutulish uchun, istinod qiladigan bir nuqtani qidirishni boshlaydi. Qaraydiki, bir miqdor hasanot va kamoloti bor, darrov u kamolotiga bel bog’laydi. Ishonib deydiki: "Bu kamolot beni qutraqadi, yetadi" deya bir daraja tinchlanadi. Holbuki, a'molga ishonish, u'jbdir. Insonni zalolatga otadi. Chunki inson qozongan kamolot va qilgan yaxshiliklarida haqqi yo’q; mulki emas, ularga ishonolmaydi.

Ham insonning vujudi va jasadi ham uniki emas. Chunki o’zining asari san'ati emas. U vujudni yo’lda topgan, laqita o’laroq tamalluk ham etgan emas. Qiymati bo’lmagan narsalardan bo’lgani uchun, yerga otilgan-u, inson olgan emas. Faqat u vujud ichiga olgan g’arib san'at, ajib naqshlarning shahodati bilan, bir Sone'-i Hakimning dasti qudratidan chiqqan qiymatli bir xonadon bo’lib, inson u xonadonda omonatan o’tiradi. U vujudda qilingan minglarcha tasarrufotdan faqat bir donasigina insonga oiddir.

Va shuningdek, sabablar ichida eng ashraf, eng quvvatli bir ixtiyor sohibi inson ekan, af'oli ixtiyoriya nomi bilan o’ziga mol deb o’ylagan af'olning yeyish, ichish kabi eng oddiy bir fe'lning hosil bo’lishida yuz juzidan faqat bir juzi insonga oiddir.

Va shuningdek, insonning qo’lidagi ixtiyor juda tordir. Tuyg’ularining eng kengi xayol bo’lgani holda, u xayol aql va aqlning samaralarini ihota etolmaydi. Bularni, bu qadar ulkan ekan, qanday doira-i ixtiyoringga idhol etib, ular bilan iftixor etyapsan?

Va shuningdek, shuuriy bo’lmasdan, sening foydangga va senga qarshi ko’p fe'llar jarayon qilyapti. U fe'llar shuuriy bo’lganlari holda, shuuring taalluq etmaganidan sobit bo’ladiki, u fe'llarning foili bir Sone'-i Zishuurdir. Na sen foilsan va na sening sabablaring... Shunga binoan, malikiyat da'vosidan voz kech. O’zingni mahosin va kamolotga masdar deb o’ylama. Va qat'iyan bilki, sendan senga yolg’iz nuqson va qusur bor. Chunki sui ixtiyoring bilan, senga berilgan kamolotni ham tag’yir etyapsan. Sening xonadoning hukmida bo’lgan jasading ham omonatdir. Mahosining faqat mavhubadir; sayyioting maksubadir. Shunga binoan,

لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَلَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ

degin.

Uchinchi Xastalik: "G’urur"dir.

Ha, g’urur bilan inson moddiy va ma'naviy kamolot va mahosindan mahrum qoladi. Agar g’urur saiqasi bilan boshqalarning kamolotiga tanazzul etmasdan, o’z kamolotini kifoya va yuksak ko’rsa, u inson noqisdir. Bunday insonlar, ma'lumot va kashfiyotlarini yanada yuksak ko’rish bilan, aslafi i'zomning irshodot va kashfiyotlaridan mahrum qoladilar. Va avhomga ma'ruz qolib butun-butun chiziqdan chiqadilar. Holbuki, aslafi i'zom qirq kunda qilgan bir kashfiyotlarini bular qirq yilda topolmaydilar.

To’rtinchi Xastalik: "Sui zon"dir.

Ha, inson husni zonga ma'murdir. Inson hammani o’zidan ustun bilishi kerak. O’zida bo’lgan sui axloqni sui zon saiqasi bilan boshqalarga tashmil etmasin. Va boshqalarning ba'zi harakotini, hikmatini bilmaganidan, taqbih etmasin. Shunga binoan, aslafi i'zomning hikmatini bilmaganimiz ba'zi hollarini yoqtirmaslik, sui zondir. Sui zon esa, moddiy va ma'naviy ijtimoiyotni buzadi.

Birodar! Taxt-al arz qilgan xayoliy bir sayohatimda ko’rgan ba'zi haqiqatlarni zikr qilaman:

Birinchi Haqiqat:

Birodar! Moliki Haqiqiydan g’aflat, nafsning fir'avnligiga sabab bo’ladi. Ha, taxti tasarrufida bo’lgan butun ashyoning Moliki Haqiqiysini unutgan, o’zini o’ziga molik deb o’ylab, hokimiyat tavahhumida bo’ladi. Va boshqalarni ham, xususan sabablarni o’ziga qiyos bilan, hokim va molik daftariga qayd qiladi. Va bu vasila bilan, Allohning mulkini, molini o’zlariga taqsim qilib, ahkomi Ilohiyaga qarshi muoraza va muborazani boshlaydi.

Holbuki, Janobi Haq tarafidan insonlarga berilgan menlik va hurriyat uluhiyat sifatlarini fahm qilish uchun bir vohidi qiyosiy vazifasini bajaradi. Afsuski, sui ixtiyor bilan hokimiyat va istiqloliyatga vosita qilib tom bir fir'avn bo’ladi.

Birodar! Bu inja haqiqat, tom vuzuh va zuhuri bilan menga shunday ko’rindiki: G’aflat suvi bilan tanabbut etgan menlik, Xoliqning sifatalarini fahmlash uchun bir vohidi qiyosdir. Chunki insonlar ko’rmagan narsalarini qiyos va tamsillar bilan biladilar. Masalan: Bir odam Janobi Haqning qudratini anglash uchun bir taqsimot qiladi: "Bu yerdan bu yergacha mening qudratimda, bundan u tomoni Uning qudratidadir" deya vahmiy bir chiziq chizish bilan masalani anglaydi. So’ng mavhum xatni buzadi, hammasini unga taslim qiladi. Chunki nafs nafsiga molik bo’lmagani kabi, jismiga ham molik emas. Jismi faqat ajib bir uskuna-i Ilohiyadir. Qazo va qadar qalami bilan qudrati azaliya (bir jilvachasi) u uskunada ishlaydi. Shunga binoan, inson u fir'avnlik da'vosidan voz kechish bilan, mulkni molikiga taslim etsin, omonatga xiyonat qilmasin! Agar xiyonat bilan bir zarrani nafsiga isnod etsa, Allohning mulkini jonsiz sabablarga taqsim qilgan bo’ladi.

Ikkinchi Haqiqat:

Ey nafsi ammora, qat'iyan bilki, sening xususiy, ammo juda keng bir dunyong borki; amol, umid, taalluqot, ehtiyojot ustida bino qilingan. Eng katta poydevori va yagona ustuni, sening vujuding va sening hayotingdir. Holbuki u ustunning qurti bor. U poydevor ham chirik. Xulosa, asosdan fosid va zaifdir. Doimo xarob bo’lishga tayyordir.

Ha, bu jism abadiy emas, temirdan emas, toshdan emas.. faqat go’sht va suyakdan iborat bir narsadir. Oniy o’laroq sening boshingga yiqiladi, ostida qolasan. Qara, zamoni moziy sen kabi o’tganlarga keng bir qabr bo’lgani kabi, istiqbol zamoni ham keng bir mozoriston bo’ladi. Bugun sen ikki qabrning orasidasan; buyog’ini o’zing bilasan!...

Birodar! Bilgan, ko’rgan dunyoimiz bir ekan, insonlar adadicha dunyolarni ichiga olgan. Chunki har insonning tom ma'noda xayoliy bir dunyosi bor. Faqat, o’lgan payti dunyosi yiqiladi, qiyomati qo’padi.

Uchinchi Haqiqat:

Shu ko’rgan dunyoingni, butun lazoizi bilan, safohatlari bilan, safolari bilan juda og’ir va katta bir yuk ekanini ko’rdim. Ruhi fosid, qalbi xasta bo’lganlardan boshqa hech kim u og’ir yukning ostiga kirolmaydi. Chunki butun koinot bilan aloqador bo’lgandan ko’ra va hamma narsaning minnatiga kirishdan ko’ra va butun sabablar va vositalarga qo’l ochib arzi ehtiyoj qilishdan ko’ra, bir Robbi Vohid, Sami' va Basirga iltijo qilish osonroq va foydaliroq emasmi?

To’rtinchi Haqiqat:

Ey nafs. {(*)(Muallifi muhtaram o’z nafsiga tasrihan, boshqalarga ham ta'rizan aytyapti.)} Koinotning uzoq cho’llariga ketib Sone'ning isbotiga dalillar to’plashga ehtiyoj yo’q. Bir kulbacha hukmida bo’lgan ichida o’tirgan jisming qafasiga qara! Sening u kulbangning devorlariga osilgan ijod silsilalaridan, xilqatning mo’'jizalaridan va horiqo san'atlaridan, kulbadan xorijga uzatilgan ehtiyoj qo’llaridan va derazalaridan yuksalgan "Oh!, Voh!" va nolonlar lisoni holi bilan istanilgan yordamlaridan anglashiladiki, u kulbani mushtamiloti bilan barobar yaratgan Xoliqing u ohu nolonlarni eshitadi, shafqat va marhamatga keladi, hojot va amoling nima bo’lsa, taxti taahhudga oladi. Zero chivinning boshidagi u kichik-kichik hujayrotning nidolariga "Labbayk" degan u Sone'-i Sami' va Basirning sening duolaringni eshitmasligi va u duolarga musbat javoblar bermasligi imkon va ehtimoli bormi?

Shunga binoan, ey bu kichik hujayralardan tarkib topgan va "ana" bilan ta'bir etilgan hujayra-i kubro! U kulbachaning kichikligi bilan barobar, to’la bo’lgan horiqo ijodlarini ko’r, iymonga kel! Va: Yo Ilohi! Yo Robbi! Yo Xoliqi! Yo Musavviri! Yo Moliki va yo Man Lahul-Mulku val-Hamd! Sening mulking va omonating va vadi'ang bo’lgan shu kulbachada musofirman, molik emasman." de; u botil tamalluk da'vosidan voz kech! Chunki u tamalluk da'vosi insonni juda aliym alamlarga ma'ruz qoldiradi.

{(**) (Mutarjimning bir i'tizori) Masnavi-i Nuriyaning Arabcha asl nusxasida bo’lgan va yeri bu joy bo’lgan Subhanalloh, Alhamdulilloh va Allohu Akbarga doir juda qiymatli va ahamiyatli bir qismi, uslubini va fasohatini muhofaza qilolmaslik va avrod maqomida o’qib bo’ladigan u haqiqatlarni Turkchaga o’girish bilan, qiymati asliyasini xalaldor etish andishasi bilan tarjima qilmadim. Qorilardan uzr so’rayman, rahmat va xayr duolarini kutaman.

Mutarjim ABDULMAJID}

Nukta

Birodar! Iymon butun ashyo orasida haqiqiy bir uxuvvatni, irtibotni, ittisolni va ittihod robitalarini ta'sis etadi.

Kufr esa, burudat kabi, butun ashyoni bir-biridan alohida ko’rsatadi va bir-biriga ajnabiy nazari bilan qaratadi. Shuning uchundirki, mo’'minning ruhida adovat, kin, vahshat yo’q. Eng katta bir dushmani bilan bir navi qardoshligi bor. Kofirning ruhida hirs, adovat bo’lgani kabi, nafsini iltizom va nafsiga e'timodi bor. Bu sirga binoandirki, dunyo hayotida ba'zan g’alaba kofirlarda bo’ladi. Va shuningdek, kofir dunyoda hasanotining mukofotini (filjumla) ko’radi. Mo’'min esa, sayyiotining jazosini ko’radi.

Shuning uchun, dunyo kofirga jannat (ya'ni, oxiratga nisbatan), mo’'minga jahannamdir (ya'ni, saodati abadiyasiga nisbatan). Bo’lmasa, dunyoda ham mo’'min yuz daraja ziyoda mas'uddir, deyilgan.

Va shuningdek, iymon insonni abadiyatga, Jannatga loyiq bir javharga aylantiradi. Kufr esa ruhni, qalbni so’ndiradi, zulmatlar ichida qoldiradi. Chunki iymon qobiqning ichidagi mag’zni ko’rsatadi. Kufr esa, mag’z bilan qobiqni tafriq etmaydi. Qobiqni aynan mag’z deb biladi va insonni javharlik darajasidan ko’mir darajasiga tushiradi.

Nuqta

Birodar! Qalb bilan ruhning xastaligi nisbatida falsafa ilmlariga mayl va muhabbat ziyoda bo’ladi. U xastalik marazi ham, ulumi aqliyaga tavag’g’ul etish nisbatidadir. Demak, ma'naviy xastaliklar insonlarni aqliy ilmlarga tashviq qiladi va yo’naltiradi. Va aqliyot bilan ishtig’ol etgan, amrozi qalbiyaga mubtalo bo’ladi.

Va shuningdek, dunyoning ikki yuzini ko’rdim:

Bir yuzi: Oz-ko’p zohiriy bir unsiyat, bir go’zalligi bo’lsa ham, botini va ichi doimiy bir vahshat bilan to’ladir.

Ikkinchi yuzi: Filjumla zohiran vahshatli bo’lsa ham, botinan doimiy bir unsiyat bilan to’ladir. Qur'oni Azimushshon nazarlarni oxirat bilan muttasil bo’lgan ikkinchi vajhga tavjih etadi. Birinchi vajh esa oxiratning ziddi bo’lib adam bilan muttasildir.

Va shuningdek, mumkinotning ham ikki vajhi bor:

Birisi: Anoniyat bilan vujuddir. Bu esa, adamga ketadi va adamga aylanadi.

Ikkinchisi: Anoniyatning tarki bilan adamdir. Bu esa Vojib-ul Vujudga qaraydigan bir vujud qozonadi. Shunga binoan, vujud istasang, mun'adim bo’lki, vujudni topgin!..

Nukta

(Muqaddimada zikr qilingan to’rt kalimadan niyat haqidadir.)

Birodar! Bu niyat masalasi mening qirq yillik umrimning bir maxsulidir. Ha, niyat shunday bir xususiyatga molikdirki, odatlarni, harakatlarni ibodatga o’girgan juda ajib bir eliksir va bir moyadir.

Va shuningdek, niyat o’lik va mayyit bo’lgan holatlarni ihyo etgan va jonli, hayotdor ibodatlarga aylantirgan bir ruhdir.

Va shuningdek, niyatda shunday bir xususiyat borki; sayyiotni hasanotga va hasanotni sayyiotga tahvil etadi. Demak, niyat bir ruhdir. U ruhning ruhi ham ixlosdir. Shunday ekan, najot, xalos faqat ixlos bilandir. Xullas, bu xususiyatga binoandirki; oz bir zamonda ko’p amallar hosil bo’ladi. Bunga binoan; oz bir umrda Jannat butun lazoiz va mahosini bilan qozoniladi. Va niyat bilan inson doimiy bir shokir bo’ladi, shukr savobini qozonadi.

Va shuningdek, dunyodagi lazzat va ne'matlarga ikki jihat bilan qaraladi:

Bir jihatdan, u ne'matlarning bir mun'im tarafidan berilgani o’ylanadi. Va nazar, u lazzatdan in'om etganga qaytadi; uni o’ylaydi. Mun'imni o’ylash lazzati, ne'matni o’ylashdan ko’proq lazizdir.

Ikkinchi jihat, ne'matni ko’rar-ko’rmas nazarini unga hasr etib, u ne'matni g’animat deb o’ylab, minnatsiz yeydi. Holbuki birinchi jihatda lazzat, zavol bilan zoil bo’lsa ham, ruhi boqiydir. Chunki Mun'imni o’ylaydi. Mun'im esa marhamatlidir, doimo bu ne'matlarni menga beradi deya umidvor bo’ladi. Ikkinchi jihatda, ne'matning zavoli o’lim emaski, ruhi qolsin. Ruhi ham so’nadi, faqat tutuni qoladi. Musibatlarning esa; zavolidan so’ng tutunlari so’nadi, nurlari qoladi. Lazzatlarning zavolidan so’ng qolgan tutunlari, gunohlardir.

Birodar! Dunyo va oxiratdagi lazzat va ne'matlarga, iymon bilan qaralsa, bularda bir harakati davriya ko’riladiki; o’xshashlar bir-birini ta'qib qiladi. Biri ketadi, o’rniga uning misli keladi. Bu soyada u ne'matlarning mohiyati so’nmaydi. Faqat tashaxxusoti juz'iyada firoq va iftiroqlari bordir. Shuning uchun; lazoizi iymoniya, firoq va iftiroq bilan mutaassir va mukaddar bo’lmaydi. Faqat ikkinchi jihatda, har bir lazzatning zavoli bor. Va u zavol haddi zotida alam bo’lgani kabi, uni o’ylash ham alamdir. Chunki bu ikkinchi jihatda, harakat davriya emasdir, mustaqimdir. Lazzat abadiy bir o’lim bilan mahkum bo’ladi...

Nuqta

Birodar! Sabablar va vasoitni inson quchog’iga olib yopishsa, zillat va haqirlikka sabab bo’ladi. Masalan: Kalb butun hayvonlar ichida bir necha sifati hasana bilan muttasifdir va u sifatlar bilan ishtihor etgan. Hatto sadoqat va vafodorligi zarbulmasal bo’lgan. Bu go’zal axloqiga binoan, insonlar orasida o’ziga muborak bir hayvon nazari bilan qaralishga loyiq ekan, afsuski insonlar orasida muborakiyat emas, najis-ul ayn deb sanaladi.

Tovuq, sigir, mushuk kabi boshqa hayvonlarda, insonlarning ularga qilgan ehsonlariga qarshi shukron hissi bo’lmagani holda, insonlar tomonidan aziz va muborak deb sanaladilar. Buning sabablari, kalbda hirs marazi ortiq bo’lganidan, zohiriy sabablarga shunday bir daraja ihtimom bilan yopishadiki, Mun'imi Haqiqiydan batamom g’aflatiga sabab bo’ladi. Shunga binoan, vositani muassir deb bilib, Muassiri Haqiqiydan qilgan g’aflatiga jazo o’laroq najis hukmini olgandirki, tohir bo’lsin. Chunki hukmlar, hadlar gunohlarni avf etadi. Va baynan-nos tahqir zarbasini g’aflatga kafforat o’laroq yegan.

Narigi hayvonlar esa, vositalarni bilmaydilar va sabablarga u qadar qiymat bermaydilar. Masalan: Mushuk senga erkalanadi, tazarru etadi, sendan ehsonni olgunga qadar. Ehsonni olgandan keyin shunday bir vaziyat oladiki, xuddi orangizda muorafa bo’lmagan va o’zlarida senga qarshi shukron hissi ham yo’q. Faqat Mun'imi Haqiqiyga shukron hislari bor. Chunki fitratlari Sone'ni biladi va lisoni hollari bilan ibodatlarini qiladilar. Shuur bo’lsin-bo’lmasin...

Ha, mushukning "mir-mir"lari "Yo Rahim! Yo Rahim! Yo Rahim"dir.

Nukta

Yana ko’rdimki: Agar hamma narsa Janobi Haqqa isnod etilmasa, bir oni vohidda g’ayri mutanohiy ilohlarning isboti lozim bo’ladi. Va butun zarroti koinotdan ham ko’proq bo’lgan shu ilohlarning har biri, butun ilohlarga ham zid, ham misl bo’lishi lozim bo’ladi. Va ayni zamonda, har biri butun koinotga qo’lini uzatgan tasarrufotda bo’lgandek vaziyat olishi lozim bo’ladi. Masalan: Asalarining bir fardini yaratgan bir qudratning hukmi butun koinotga joriy va nafiz bo’lishi lozim. Zero, u asalari koinotning unsurlariga namunadir, ajzosini koinotdan oladi. Holbuki vujud sohasida mahal va maqom, yolg’iz va yolg’iz Vojib-ul Ahadga maxsusdir. Agar ashyo o’z nafslariga isnod etilsa, har bir zarraga bir uluhiyat lozimdir. Masalan: Ayasofyaning baniysi inkor qilingan taqdirda, har bir toshi bir Me'mor Sinon bo’lishi lozim bo’ladi. Shunday ekan, koinotning Sone'ga bo’lgan dalolati, o’z nafsiga bo’lgan dalolatidan yanada vazih, yanada zohir, yanada avlodir.

Shunday ekan, koinotning inkori mumkin bo’lsa ham, Sone'ning inkori mumkin emas...

Nuqta

G’aflatdan nash'at etgan zalolat juda g’arib va ajibdir. Muqoranatni illiyatga aylantiradi. Ikki narsa orasida bir muqoranat bo’lsa, ya'ni doimo barobar vujudga kelsalar, birisining narigisiga illat ko’rsatilishi u zalolatning sha'nidandir. Holbuki davomli muqoranat illiyatga dalil bo’lolmaydi.

Nukta

Birodar! نَعْبُدُ dagi "nun" ifoda qilgan jamlash va jamoat, fikri va qalbi uyg’oq bo’lgan musolliyning nazarida sathi arzni bir masjid shakliga keltiradi. Va butun mo’'minlardan tashkil topgan, sharqdan g’arbga qadar tizilgan saflarni ichiga olgan u jamoati kubro ichida namoz o’qiganini ixtor ettiradi.

Va shuningdek, لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ bo’lgan kalima-i zikriyani bir inson virdi zabon qilgan zamon, zamonni bir halqa-i zikr taxayyul qilish bilan u halqaning o’ng tarafi bo’lgan moziy jihatida anbiyoning, chap tarafi bo’lgan istiqbol jihatida ham avliyoning o’tirib jamoat bilan zikr qilgan va o’zi ham u jamoati uzmo ichida bo’lib, shu qubba-i minoni to’ldirgan yuksak Ilohiy va totli sadolariga ishtirok etganini taxayyul etsin. Quvva-i xayoliyasi yanada keskin bo’lganlar ham koinot masjidida butun masnu'ot tashkil qilgan halqa-i zikrlariga kirsin, shu fazoni shovqinlantirgan u sadolarni tinglasin.

Nuqta

Janobi Haqning mosivosiga qilingan muhabbat ikki xil bo’ladi. Birisi, yuqoridan pastga nozil bo’ladi. Boshqasi, pastdan yuqoriga chiqadi. Shundayki:

Bir inson eng avval muhabbatini Allohga bersa, uning muhabbati sababli Alloh sevgan hamma narsani sevadi va maxluqotga taqsim qilgan muhabbati Allohga bo’lgan muhabbatini tanqis emas, tazyid etadi.

Ikkinchi qism esa, eng avval sabablarni sevadi va bu muhabbatini Allohni sevishga vasila qiladi. Bu qism muhabbat birikilishini muhofaza qilolmaydi, tarqaladi. Va ba'zan quvvatli bir sabablarga uchraydi. Uning muhabbatini ma'no-i ismiy bilan tamoman jazb etadi, halokatga sabab bo’ladi. Shoyat Allohga vosil bo’lsa ham, vusuli noqis bo’ladi...

Nukta

وَمَا مِنْ دَٓابَّةٍ فِى الْاَرْضِ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ رِزْقُهَا

oyati karimasi bilan, rizq taahhud ostiga olingandir. Faqat, rizq deganimiz ikki qismdir: Haqiqiy rizq, majoziy rizq. Ya'ni, zaruriy bor, g’ayri zaruriy bor.

Oyat bilan taahhud ostiga olingan, zaruriy qismidir. Ha, hayotni asraydigan darajada g’ido beriladi. Jism va badanning semizligi va za'fiyati, rizqning ko’p va oz bo’lganiga qaramaydi. Dengizning baliqlari bilan quruqlikning baqlajonlari shohiddir. Majoziy bo’lgan rizq esa, oyatning taahhudi ostida emas. Faqat sa'y va kasbga bog’liqdir.

Nuqta

Birodar! Ma'sum bir insonga yoki hayvonlarga kelgan falokatlarda, musibatlarda bashar fahmi anglamagan ba'zi sabablar va hikmatlar bor. Yolg’iz mashiati Ilohiyaning dasturlarini ichiga olgan shariati fitriya ahkomi aqlning vujudiga tobe bo’lmay, aqliy bo’lmagan bir narsaga tatbiq etilmasin. U shariatning hikmatlari qalb, his, iste'dodga qaraydi. Bulardan hosil bo’lgan fe'llarga u shariatning hukmlari tatbiq bilan tajziya etiladi. Masalan: Bir bola qo’liga olgan bir qushni yoki bir chivinni o’ldirsa, shariati fitriyaning ahkomidan bo’lgan hissi shafqatga muxolafat qilgan bo’ladi. Xullas, bu muxolafat sababli, yiqilib boshi yorilsa, mustahaq bo’ladi. Chunki bu musibat u muxolafatga jazodir. Yoki urg’ochi bir yo’lbars, o’z avlodlariga bo’lgan shiddati shafqat va himoyani nazarga olmasdan, bechora jayronning bolachasini parcha-parcha qilib bolalariga rizq qiladi. So’ng bir ovchi tarafidan o’ldiriladi. Xullas, hissi shafqat va himoyaga muxolafat etganidan, jayronga qilgan ayni musibatga ma'ruz qoladi.

Ixtor: Yo’lbars kabi hayvonlarning halol rizqlari, o’lik hayvonlardir. Sog’ hayvonlarni o’ldirib rizq qilish, shariati fitriya jihatidan haromdir.

* * *

I'TIZOR

Birodar! Bu risola, Qur'onning ba'zi oyotini shuhudiy bir tarzda bayon qilgan bir navi tafsirdir. Va ichiga olgan masoil, Furqoni Hakimning jannatlaridan uzilgan bir qator gul va chechaklaridir. Faqat iborasidagi qiyinlashtirish va ijozdan tavahhush etib, mutolaasidan voz kechma... Mutolaasiga takror bilan davom qilinsa, ma'luf va ma'nus bir shakl oladi. Shuning kabi, nafsning tamarrudidan ham qo’rqma. Chunki mening nafsi ammoram bu risolaning satvatiga chiday olmasdan inqiyodga majbur bo’lgani kabi, shaytonim ham اَيْنَ الْمَفَرُّ deya baqirdi. Sizning nafs va shaytonlaringiz mening nafs va shaytonimdan yanada osiy, yanada tog’iy, yanada shaqiy emaslar.

Shuning kabi, Birinchi Bobda tavhidning bayoni uchun zikr qilingan dalillarda voqe' bo’lgan takrorlarni foydasiz deb o’ylama. Xususiy maqomlarda, ehtiyojga binoan zikr qilinganlar. Ha, xatti harbda handaqda o’tirib mudofaa qilgan bir askar, atrofida bo’lgan bo’sh handaqlarga ketmasdan, bo’lgan handaqi ichida boshqa bir derazani ochishi, albatta bir ehtiyojga binoandir.

Shuning kabi, bu risolalarning iboralaridagi qiyinlashtirish va ig’loqning, xursandchilik uchun ixtiyorimdan chiqqan deb o’ylama. Chunki bu risola, dahshatli bir zamonda, nafsimning hujumiga qarshi qilingan oniy va irtijoliy bir munoqashadir. Kalimalari u mudhish mujodala asnosida zehnimning qo’liga o’tgan tikanli kalimalardir. U otash bilan nurning qo’shilishlari hangomida boshim aylanishni boshlardi. Goh yerda, goh ko’kda, goh minoraning tubida, goh minoraning sharafasida o’zimni ko’rardim. Chunki ta'qib qilgan yo’lim, aql bilan qalb orasida yangi ochilgan barzohiy bir yo’ldir. Aqldan qalbga, qalbdan aqlga tushib chiqishdan bezor bo’lgandim. Shuning uchun, bir nur topganim zamon, hamon ustiga bir kalima qoldirardim. Faqat u nurlarning ustiga qoldirgan kalima toshlari dalolat uchun emasdi. Faqat yo’qolmaslik uchun bittadan nishon va bittadan alomat sifatida qoldirardim. So’ng qaradimki, u zulmatlar ichida menga yordam bergan u nurlar Qur'on quyoshidan ilhom etilgan misboh va qandillar edi.

اَللّٰهُمَّ اجْعَلِ الْقُرْاٰنَ نُورًا لِعُقُولِنَا وَ قُلُوبِنَا وَ اَرْوَاحِنَا وَ مُرْشِدًا لِاَنْفُسِنَا اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ

* * *

QATRANING ZAYLI

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

Ramz

Birodar! Vaqtning avvalida, Ka'bani xayolan nazarga olish bilan namoz o’qish manbuddirki, bir-biriga kirgan doiralar kabi, Baytning atrofida tashakkul etgan saflarni ko’rish bilan, yaqin saflar Baytni ihota etganlari kabi, eng uzoq saflarning ham olami Islomni ihota etganini xayol bilan ko’rsin. Va u saflarga kirish bilan, u jamoati uzmoga dohil bo’lsinki, u jamoatning ijmo' va tavoturi uning namozda aytgan har da'vosiga va har bir so’ziga bir hujjat va bir burhon bo’lsin.

Masalan: Namoz o’qigan odam اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ deganda, xuddi u jamoati uzmoni tashkil qilgan barcha mo’'minlar "Ha, to’g’ri aytding" deya uning u so’zini tasdiq qiladilar. Va bu tasdiqlar hujum qilgan avhom va vasvasalarga qarshi ma'naviy bir qalqon vazifasini bajaradi. Va ayni zamonda, butun hislari, latifalari, tuyg’ulari u namozdan zavq va hissalarini oladilar. Yolg’iz musolliyning Ka'baga bo’lgan shu xayoliy nazari qasdiy emas, taba'i bir shuurdan iborat bo’lishi kerak.

Ixtor:

Sathi Arz masjidini mutaxolif va muntazam harakoti bilan tazyin etgan u jamoati uzmoning, satrlarni eslatgan saflarining u go’zal manzarasi muhofaza qilinish maqsadida, olami misol sahifasida qalami qadar bilan, Ilohiy bir fotoapparat bilan tarsim va takrim etilayotganligi ehtimol va imkondan xoli emas.

Ramz

Birodar! Vasvasa va avhom zulmatlari ichida yurarkan, Rasuli Akramning (S.A.V.) sunnatlari bittadan yulduz, bittadan chiroq vazifasini bajarganini ko’rdim. Har bir sunnat yoki bir haddi shar'iy zulmatli zalolat yo’llarida quyosh kabi porlaydi. U yo’llarda inson, zarra-misqol u sunnatlardan inhirof va u'dul etsa; shaytonlarga mal'ab, avhomga markab, ahval va qo’rquvlarga ma'raz va tog’lar qadar og’ir yuklarga matiyya bo’ladi.

Va shuningdek, u sunnatlarni, xuddi samodan tadalli va tanazzul etgan iplar kabi ko’rdimki, ularga tamassuk etgan yuksaladi, saodatlarga noil bo’ladi. Muxolafat etib, aqlga tayanganlar esa, uzun bir minora bilan samoga chiqish hamaqotida bo’lgan Fir'avn kabi bir fir'avn bo’ladi...

Ramz

Birodar! Nafsda shunday dahshatli bir nuqta va ochilmas bir uqda borki, zidlarni bir-biridan tavlid etadi. Va uning zarariga bo’lgan har bir narsani foydasiga deb o’ylaydi. Masalan, quyoshning qo’li senga yetishadi, ziyosi bilan boshingni erkalaydi. Faqat sening qo’ling unga yetisholmaydi va sen xohlagandek harakat qilmaydi. Demak, shamsning senga qarshi ikki jihati bor: Biri qurb, boshqasi bu'd. Agar sening undan ba'id bo’lgan jihating bilan "U menga ta'sir qilolmaydi" va uning senga qorib bo’lgan jihati bilan "Unga ta'sir qila olaman" desang, johilligingni e'lon qilgan bo’lasan.

Shuning kabi, Xoliq bilan nafs orasida ham bir qurb va bu'd bordir. Qurb Xoliqnikidir, bu'd nafsnikidir. Agar nafs uzoqligi jihati bilan anoniyat bilan Xoliqqa qarab, "Menga ta'sir qilolmaydi" deya bir axmoqlikda bo’lsa, zalolatga tushadi. Va shuningdek, nafs mukofotni ko’rgan zamon "Koshki men ham shunday qilsaydim, bunday bo’laydim" deydi. Mujozotning shiddatini ham ko’rgan vaqti, ta'ami va inkor bilan o’ziga tasalli beradi.

Ey ahmoq nuqta-i sevda! Xoliqning af'oli senga nazir emas. Faqat Unga qaraydi. Koinotni sening handasang bo’yicha yaratgan emasdir. Va seni xilqati olamda shohid qilmagan. Imom Rabboniyning (R.A.) degani kabi: "Malikning atiyyalarini faqat matiyyalari tashiy oladi."

Ramz

Birodar! Xususan muztar bo’lganlarning duolarining buyuk bir ta'siri bordir. Ba'zan u kabi duolarning hurmati uchun, eng katta bir narsa eng kichik bir narsaga musahhar va mute' bo’ladi. Ha, siniq bir taxta parchasi ustidagi faqir va qalbi siniq bir ma'sumning duosi hurmati uchun, dengizning bo’roni, shiddati, hiddati tushishni boshlaydi. Demak, duolarga javob bergan Zot, butun maxluqotga hokimdir. Unday bo’lsa, butun maxluqotga ham Xoliqdir.

Ramz

Qardoshlarim! Nafsning eng muhim bir xastaligi ham shudirki; kullni juzda, kattani kichikda ko’rishni istaydi. Ko’rolmagan taqdirida rad va inkor qiladi. Masalan: Kichik bir pufakchada quyoshning tamomi bilan tajalliyotini istaydi. Buni ko’ra olmagani uchun, u pufakchadagi jilvaning quyoshdan bo’lganini inkor qiladi. Holbuki shamsning vahdati tajalliyotining ham vahdatini istilzom etmaydi.

Va shuningdek, dalolat qilish tazammun etishni iqtizo etmaydi. Masalan: Pufakchadagi quyoshning jilvasi quyoshning vujudiga dalolat qiladi, faqat quyoshni tazammun etolmaydi, ya'ni ichiga ololmaydi. Va shuningdek, bir narsani bir narsa bilan tavsif etganning u narsa bilan muttasif bo’lishi lozim bo’lmaydi. Masalan, shaffof bir zarra shamsni tavsif etadi, faqat shams bo’lolmaydi. Asalari Sone'-i Hakimni vasflantiradi, ammo Sone' bo’lolmaydi...

Ramz

Birodar! Kufr yo’lida yurish, muzlar ustida yurishdan zahmatliroq va tahlikaliroqdir. Iymon yo’li esa, suvda, havoda, ziyoda yurish va suzish kabi juda oson va zahmatsizdir. Masalan: Bir inson, tanasining jihoti sittasini quyoshga tutishni istagan zamon, yo bir Mavlaviy kabi aylanib tanasining har tarafini quyosh qarshisiga keltiradi yoki quyoshni u masofa-i ba'idadan jalb bilan tanasining atrofida aylantiradi. Birinchi imkoniyat, tavhidning osonligiga misoldir. Ikkinchisi ham, kufrning zahmatlariga misoldir.

Savol: Shirk bu qadar zahmatli bo’lgani holda, nima uchun kofirlar qabul qiladilar?

Javob: Qasddan va bizzot hech kim kufrni qabul qilmaydi. Yolg’iz shirk havo-i nafslariga yopishadi. Ular ham ichiga tushadi; mulavvas, iflos bo’ladilar. Undan chiqishi mushkullashadi. Iymon esa, qasddan va bizzot ta'qib va qabul qilinish bilan qalbning ichiga qo’yiladi.

Ramz

Birodar! Bir kalima-i vohidaning eshitilishida, bir odam, ming odam, birdir. Yaratilish xususida ham -Qudrati Azaliyaga nisbatan- bir bo’lsin, ming bo’lsin, birdir. Nav bilan fard orasida farq yo’q.

Ramz

Birodar! Butun zamonlarda, butun insonlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini ta'min uchun nozil bo’lgan Qur'onning horiquloda sohib bo’lgan jome'iyati va vus'ati bilan barobar, tabaqoti basharning hissiyotiga qilgan muro'ati va erkalashlari, xususan eng katta tabaqani tashkil qilgan avomi nosning fahmini erkalab, tavjihi xitob asnosida qilgan tanazzuloti, Qur'onning kamoli balog’atiga dalil va bahir bir burhon bo’lgani holda, xasta bo’lgan nafslarning zalolatiga sabab bo’lgan. Chunki zamonlarning ehtiyojlari mutaxolifdir. Insonlar fikr, his, zakovat, ahmoqlik jihatidan bir emas. Qur'on murshiddir, irshod umumiy bo’ladi. Shuning uchun, Qur'onning ifodalari zamonlarning ehtiyojlariga, maqomlarning iqtizosiga, muxotoblarning vaziyatlariga ko’ra boshqa-boshqadir. Haqiqati hol bu markazda ekan, eng yuksak, eng go’zal ifoda turlarini Qur'onning har bir ifodasida qidirish xato bo’lgani kabi; muxotobning hissiga, fahmiga uyg’un bo’lgan bir uslubning mezon va mirsodi bilan mutakallimga qaragan albatta zalolatga tushadi.

Ramz

Birodar! Dunyoning uch vajhi bordir:

Birisi: Oxiratga qaraydi. Chunki uning ekinzoridir.

Ikkinchisi: Asmo-i husnaga qaraydi. Chunki ularning maktab va dastgohlaridir.

Uchinchisi: Qasddan va bizzot o’z-o’ziga qaraydi. Bu vajh bilan insonlarning havasotiga, xohishlariga va bu foniy hayotning takolifiga mador bo’ladi. Nuri iymon bilan dunyoning avvalgi ikki vajhiga qarash, ma'naviy bir jannat kabi bo’ladi. Uchinchi vajh esa, dunyoning fano yuzidirki, zotiy va ahamiyatli bir qiymati yo’q...

Ramz

Birodar! Insonning vujudi, badani, amvoli miriyadan bir askarning qo’lida bo’lgan bir hayvon kabidir. U askar u hayvonni oziqlantirishga va xizmatiga mukallaf bo’lgani kabi, inson ham u vujudni oziqlantirishga mukallafdir.

Aziz qardoshlarim! Bu yerda menga bu so’zni ayttirgan, nafsim bilan bo’lgan bir munoqashamdir. Shundayki:

Mahosini bilan mag’rur bo’lgan nafsimga dedimki:

-Sen bir narsaga molik emassan, nedir bu g’ururing?

Dediki:

-Modomiki molik emasman, men ham xizmatini qilmayman.

Dedimki:

-Hoy, bu chivinga qara! G’oyat kichkina zarif qo’llari bilan qanotlarini, ko’zlarini artadi, supuradi. Hamma ishini qiladi. Sen ham loaqal u qadar vujudingga xizmat qilishing kerak, deya iqno' etdim.

Taqdis etamiz u zotniki, bu chivinga nazofatni ilhoman o’rgatadi, menga ham ustoz qiladi. Men ham u bilan nafsimni iqno' va ilzom etaman.

Ramz

Insonni zalolatlarga sudragan jihatlardan biri ham shuki: Ismi Zohir bilan ismi Botinning hukmlari boshqa-boshqa bo’ladi; bularni bir-biriga aralashtirib marji'larini yo’qotish yoqimsizdir.

Shuning kabi, qudratning lavozimi bilan hikmatning lavozimi bir emas. Birisiga oid lavozimotni boshqasidan talab qilish xato.

Va shuningdek, sabablar doirasining iqtizosi bilan e'tiqod va tavhid doirasining iqtizosi bir emas. Uni bundan istamaslik kerak.

Va shuningdek, qudratning taalluqoti boshqa, vujudning jilvalari yoki boshqa sifatning tajalliyoti boshqadir. Bir-biri bilan iltibos etmaslik kerak. Masalan: Dunyoda vujuding tadrijiydir. Barzohiy oynalarda oniy va daf'iydir. Chunki ijod bilan tajalliy orasida farq bor.

Ramz

Birodar! Islomiyat butun insonlarga bir nur, bir rahmatdir. Kofirlar ham uning rahmatidan istifoda qilishgan. Chunki Islomiyatning talqinoti bilan kufri mutlaq, inkori mutlaq shak va taraddudga inqilob etgan. U talqinotning kofirlarda ham qilgan in'ikosi va ta'siroti soyasida, kofirlarning hayoti abadiya haqida umidlari bor. Bu soyada, dunyo lazzatlari va saodati ularning fikricha tamomi bilan zaharlanmaydi. U lazzatlar batamom alamlarga inqilob etmaydi. Yolg’iz taraddudlari bor. Taraddud esa, har ikki tarafga qaratadi. Tuyaqush kabi, tom ma'noda na qush bo’ladi va na tuya. O’rtada qolib har ikki tarafning zahmatidan qutuladi.

Ramz

Birodar! Nafs tanballik saiqasi bilan vazifa-i ubudiyatini tark etganidan, tasattur etishni istaydi. Ya'ni, uni ko’radigan bir raqibning ko’zi ostida bo’lishini istamaydi. Shuning uchun bir Xoliqning, bir Molikning bo’lmasligini tamanniy etadi. So’ngra mulohaza etadi. So’ngra tasavvur etadi. Nihoyat, adamini, yo’q bo’lganini e'tiqod qilish bilan dindan chiqadi. Holbuki, qozongan u hurriyatlari, adami mas'uliyatlari ostida qanday zaharlar, ilonlar, aliym alamlar bo’lganini bilgan bo’lsa, darhol tavba bilan vazifasiga qaytadi.

Ramz

Birodar! Har bir insonning bir nuqta-i istinodi bo’lganiga nazaran, istinod nuqtalarining tafovutiga ko’ra insonlarning qila oladigan ishlari ham tafovut etadi. Masalan: Buyuk bir sultonga istinodi bo’lgan bir askar, bir shoh qilolmagan bir ishni qiladi. Chunki nuqta-i istinodi shohdan buyuk. Ha, qudrati azaliya tarafidan ma'mur etilgan bau'da, ya'ni pashshaning Namrudga bo’lgan g’alabasi; va bir urug’ning

فَالِقُ الْحَبِّ وَ النَّوٰى

tarafidan berilgan izn va quvvatga binoan ulkan bir daraxtning jihozotini, malzamasini tazammun etishi, ya'ni ichiga olishi bu haqiqatni tanvir etgan bittadan haqiqatdir.

Ramz

Birodar! "Qatra" nomli asarimda Qur'ondan ilhoman ta'qib etganim yo’l bilan ahli nazar va falsafa ta'qib etgan yo’l orasidagi farq shu:

Qur'ondan tavri qalbga ilhom etilgan Asoyi Muso kabi, ma'naviy bir hassa ehson etilgan. Bu hassa bilan kitobi koinotning har qaysi bir zarrasiga urilsa, darhol ma-i hayot chiqadi. Chunki muassir faqat asarda ko’rinishi mumkin.

Ma'naviy lift hukmida bo’lgan muroqabalar bilan ma-i hayotni topish juda mushkuldir.

Vasoitga luzum ko’rsatgan ahli nazar esa, atrofi olamni arshga qadar kezishlari lozim. Va u uzun masofada hujum qilgan vasvasalarga, vahmlarga, shaytonlarga mag’lub bo’lib yo’ldan chiqmaslik uchun, juda ko’p burhonlar, alomatlar, nishonlar lozimdirki, yo’lni adashtirmasinlar.

Qur'on esa, bizga asoyi Muso kabi bir haqiqat berganki; qayerda bo’lsam, hatto tosh ustida bo’lsam ham, hassani uraman, ma-i hayot jo’sh uradi. Olamning xorijiga ketib uzun safarlarga va suv quvurlarining sinmasligi va parchalanmasligi uchun muhofazaga muhtoj bo’lmayman. Ha,

وَ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّهُ وَاحِدٌ

bayti bilan bu haqiqat haqiqati bilan taboruz etadi.

{(*) Ixtor: Qur'onning dalolati bilan topgan yo’limda ketish istagan uchun va unga u yo’lni go’zal tarzda ta'rif qilish uchun "Risola-i Nur Kulliyoti" go’zal bir ta'rifchidir...}

Ramz

Birodar! Nafsning vujudida bir ko’rlik bordir. U ko’rlik vujudida zarra-misqol qolgancha haqiqat quyoshining ko’rinishiga mone bir hijob bo’ladi. Ha, mushohadam bilan sobitki; qat'iy, yaqiyniy burhonlar bilan dalillar to’la bo’lgan ulkan bir qal'ada, kichik bir toshda bir za'fiyat ko’rinsa, u ko’r bo’lgur nafs u qal'ani tamoman inkor qiladi. Ostini ustiga o’giradi. Xullas, nafsning jaholati, hamaqoti bu kabi insofsizcha taxribotdan anglashiladi.

Ramz

Ey inson! Sening vujudingning sohasida qilingan fe'llar va ishlardan sening yadi ixtiyoringda bo’lgan, faqat mingdan bir nisbatidadir. Boqiy qolgan Malik-ul Mulkka oiddir. Shunga binoan, o’z quvvatingga ko’ra yuk ol. Bo’lmasa ostida ezilasan. Qil qadar bir shuur bilan ulkan toshlarni ko’tarish tashabbusida bo’lma. Molikingning izni bo’lmasdan Uning mulkiga qo’l uzatma. Shunga binoan, g’aflat bilan, o’z hisobingga bir ish qilganing zamon, haddingni tajovuz etma. Agar Moliking hisobiga bo’lsa, istagan narsangni ol va qil. Faqat izn va mashiat va amri doirasida bo’lish sharti bilan. Izn va mashiatini ham shariatidan o’rganasan.

Ramz

Ey shon va sharafni, nom va shuhratni istagan odam! Kel, u darsni mendan ol. Shuhrat ayni riyodir va qalbni o’ldirgan zaharli bir asaldir. Va insonni insonlarga abd va qul qiladi. U balo va musibatga tushsang

اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

de, u balodan qutul...

* * *

HUBOB

(Qur'oni Hakimning ummonidan)

خُدَاىِ پُرْ كَرَمْ خُودْ مُلْكِ خُودْ رَا م۪ى خَرَدْ اَزْ تُو بَرَاىِ تُو نِگَهْ دَارَدْ بَهَاىِ ب۪ى گِرَانْ دَادَه

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

I'lam ey zikr qilgan va namoz o’qigan qardosh!

اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

va مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ va اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ kabi muborak kalimalar bilan e'lon etgan bir hukming va iddi'o etgan bir da'vong va ishhod etgan bir e'tiqoding lisoningdan chiqar-chiqmas, millionlab mo’'minlarning tasdiq va shahodatlariga iqtiron etadi.

Va shuningdek, Islomiyatning haq va haqiqat bo’lganiga va hukmlarining to’g’ri va sodiq bo’lganlariga dalolat etgan butun dalillar, shohidlar, burhonlar sening u da'vongning va e'tiqodingning haq bo’lganiga dalolat qiladilar.

Va shuningdek, aytgan u muborak va muqaddas kalomlaringga juda buyuk yumunlar, fayzlar va barakoti Ilohiya tarattub etadi.

Va shuningdek, jumhuri mo’'miniyn va muvahhidinning u kalimoti muborakadan qalban zavq qilganlari ma-i hayotni va sharobi jannatni sen ham u muqaddas mashrabalardan ichasan...

I'lam!

Qavoidi usuliyadanki: Bir masala haqida isbot qilganning so’zi inkor qilganning so’zidan murajjahdir. Chunki isbot qilganning yordamchilari bor, so’zida quvvat bo’ladi. Inkor qilganning yordamchisi bo’lmaganidan bir o’zi qoladi, so’zida quvvat yo’q. Hatto ming odam bir narsani inkor qilsa, bir odam kabidir. Ming odam ham isbot qilsa, isbot qilganlarning har biri ming bo’ladi. Chunki hammasi bir narsaga qaraydilar. Va bir nuqtaga ishorat qilganlaridan bir-birini taqviya etadilar. Inkor qilganlarda bir-birini taqviya etish yo’q, har biri tanho qoladi.

Masalan: Mingta derazadan bitta yulduzni ko’rib isbot qilgan mingta odamning har biri boshqasiga yordamchi bo’ladi, so’zini taqviya etadi. Chunki u mingta odam, barmoq bilan ishorat qilayotganday, u narsani isbot qiladilar. Inkor qilganlar unday emas. Chunki inkor uchun sabab lozim. Sabablar ham boshqa-boshqa bo’ladi. Masalan: Biri "Ko’zimda za'fiyat bor, ko’rolmadim", narigisi "Uyimizda deraza yo’q", narigisi "Sovuqdan boshimni ko’tarib qarolmadim" deydi. Va hokazo... Har biri inkoriga, mudda'osiga boshqa bir sabab ko’rsatganidan, o’zicha yulduzning bo’lmasligi, nafs-ul amrda ham yulduzning bo’lmasligiga dalolat qilmaydiki, bir-biriga yordamchi bo’lsin.

Shunga binoan, bir masala-i iymoniyaning inkori haqida ahli zalolatning ittifoqlari xabari vohid hukmidadir, ta'siri yo’qdir. Ammo ahli hidoyatning masoili iymoniyada bo’lgan so’zlari, har biri boshqasiga yordamchidir, taqviya etadi...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

(=Ey aziz qardoshim, bilki) Bir kull qaysi narsaga muhtoj bo’lsa, juzi ham u narsaga muhtojdir. Masalan: Bir shajaraning vujudga kelishi uchun nima lozim bo’lsa, bir samaraning vujudiga ham lozimdir. Shunday ekan, samaraning Xoliqi, shajaraning ham Xoliqi u bo’ladi. Hatto arzning va shajara-i xilqatning ham Xoliqi, U Xoliq bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ikki tarafi bir-biridan g’oyat uzoq bir masala borki, har bir tarafi bir urug’ kabi unib chiqqan; daraxt bo’lgan, shox-shoda solgan. Bunday bir masala sababli, shukuk va avhomning qo’nmasligi lozim. Chunki bir urug’ boshqa bir urug’ bilan, urug’ bo’lib tuproq ostida qolgan muddatcha iltibos etilishi mumkin. Ammo daraxt bo’lgandan, meva bergandan so’ng shak qilsang, butun mevalar senga qarshi shahodat qiladilar. Agar bu boshqa bir urug’ deya tavahhum etsang, u daraxtning butun mevalari seni takzib etadilar. Olma daraxtiga inqilob etgan bir urug’ni hanzala daraxtining urug’i deb faraz qilish senga muyassar bo’lmaydi. Faqat tavahhum bilan yoki butun olmalarning hanzalaga tabdil etilgan bo’lishi bilan mumkindirki, bu ham maholdir.

Shunga binoan, nubuvvat shunday bir urug’dirki: Islomiyat daraxti butun samaroti bilan, chehcaklari bilan u urug’dan chiqqandir. Qur'on ham, sayyor yulduzlarni ismar etgan shams kabi, Islomiyatning o’n bir ruknini intoj etgan. Ajabo, bu jahon-baho samaralarga qarab ko’rgandan so’ng, urug’ida shubha va taraddud yeri qoladimi? Xosho...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tovus qushi kabi juda chiroyli bir qush tuxumdan chiqadi, takomul etadi, samolarda tarayonni boshlaydi. Ofoqi olamda shuhrat qozongandan so’ng, yerda qolgan tuxumining po’chog’i ichida u qushning go’zalligini, kamolotini, taraqqiyotini qidirib topishni istagan odamning ahmoq ekaniga shubha yo’q. Shunga binoan, tarixlar naql etgan Payg’ambarimizning (S.A.V.) bidoyati hayotiga moddiy, sathiy, suriy bir nazar bilan qaragan bir odam shaxsiyati ma'naviyasini idrok qilolmaydi va daraja-i qiymatiga vosil bo’lolmaydi. Faqat bidoyati hayotiga va lavozimi bashariyatiga va ahvoli zohiriyasiga nozik bir po’st, nozik bir qobiq nazari bilan qarashi kerakki, u po’st ichidan ikki olamning quyoshi va tubo kabi shajara-i Muhammadiya (S.A.V.) chiqqan. Va fayzi Ilohiy bilan sug’orilgan va fazli Rabboniy bilan takomul etgan. Shunga binoan, Nabiyyi Zishonning (S.A.V.) mabda-i hayotiga oid ahvoli suriyasidan zaif bir narsa eshitilgan zamon ustida to’xtamaslik kerak; darhol boshini ko’tarib atrofi olamga nashr etgan nurlarga qarash kerak.

Shu bilan barobar, mabda-i hayotiga shak va shubha bilan qaragan odam har holda masdar bilan mazhar, manba bilan ma'kas, zotiy bilan tajalliy oralarini farq qilolmaydi. Va bu sababli shubhaga tushadi. Ha, Nabiyyi Zishon (S.A.V.) tajalliyoti Ilohiyaga mazhar va ma'kasdir; masdar va manba emas. Chunki u zot yolg’iz obiddir va ibodat jihatidan hammadan oldindadir. Demak, bu qadar ko’ringan taraqqiyot, kamolot uning zotiy moli emas. Faqat xorijdan berilgan Rahmoni Rahimning tajalliylaridir. Avvalroq bayon qilingani kabi, hech bir narsa bir zarraga ham ma'no-i ismiy bilan masdar bo’lolmaydi. Ammo bir zarra ma'no-i harfiy bilan samoning yulduzlariga mazhar bo’ladi. Yolg’iz g’aflat bilan u zarraning masdar bo’lish mulohazasi bilan qaralganidan, san'ati Ilohiyani tog’utiy bir tabiatga mol qiladilar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Duolar, tavhid va ibodatning asroriga namunadir. Tavhid va ibodatda lozim bo’lgani kabi, duo qilgan kishi ham, "Qalbida kezgan orzu va istaklarini Janobi Haq eshitadi" deb Qodir bo’lganiga e'tiqod qilishi kerak. Bu e'tiqod, Allohning hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir bo’lganini istilzom etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu olamni ziyolantirgan shamsning bir chivinning ko’ziga tajalliy bilan kirib ishiqlantirishi mumkin. Va otashdan bir uchqunnning ko’ziga kirib tanvir etishi imkon xorijidir. Chunki ko’zni portlatadi.

Shuning kabi, bir zarra Shamsi Azaliyning tajalliysiga mazhar bo’ladi. Faqat Muassiri Haqiqiyga zarf bo’lolmaydi...

I'lam ey mag’rur, mutakabbir, mutamarrid nafs!

Sen shunday bir za'fiyat, ojizlik, faqirlik, miskinlik kabi hollarga mahalsanki, jigaringga yopishgan va ko’p marta kattalashtirgandan so’ng zo’rg’a ko’rib bo’ladigan bir mikrobga muqovamat etolmaysan; seni yerga og’diradi, o’ldiradi...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Xardala bilan ta'bir etilgan, bir tariq habbasi hukmida bo’lgan quvva-i hofiza ihota etgan maydonda sayr-tomoshalar qilinarkan, shu qadar katta bir sahroga inqilob etadiki, kezish bilan tugamaydigan bir shakl oladi. Ajabo, u xardalaning ichidagi maydonni tugatolmagan, u xardalaning doirasini qay suratda tugatadi? Aqlning nazarida xardalaning vaziyati bunday ekan, aql kezgan doira qanday? Aqli ham dunyoni yutadi. Fasubhanalloh! Janobi Haq xardalani aql uchun dunyo va dunyoni ham aql uchun bir xardala kabi qilgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonlarning eng katta zulmlaridan biri ham shuki: Katta bir jamoatning masa'iysiga tarattub etgan hasanotni intoj etgan samarotni bir shaxsga isnod va unga mol etadilar. Bu zulmda bir shirki xafiy bor. Chunki bir jamoatning juzi ixtiyoriysi bilan kasb etgan maxsulotlarini bir shaxsga atf etish, u shaxsning ijod darajasida horiquloda bir qudratga molik ekaniga dalolat qiladi. Hatto eski Yunonlarning va Vasaniylarning ilohalari bunday zolimona tasavvuroti shaytoniyaning maxsulidir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Zikr qilgan odamning fayzi Ilohiyni jalb qilgan muxtalif latifalari bor. Bir qismi qalb va aqlning shuuriga bog’liq. Bir qismi esa shuursiz, ya'ni shuurlarga tobe emas.

مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُ

hosil bo’ladi. Shunga binoan, g’aflat bilan qilingan zikrlar ham fayzdan xoli emas.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haq insonni juda ajib bir tarkibda yaratgan. Kasrat ichida vahdati, tarkib ichida basotati, jamoat ichida fardiyati bor. Ixtivo etgan a'zo, tuyg’ular va latifalarning har biri uchun mustaqil lazzatlar, alamlar bo’lgani kabi; oralarida ko’rilgan taovun va imdod tezligidan anglashilganidan, har biri birodarlarining lazzat, alam va taassurotidan ham hissa oladilar. Bu xilqat soyasida, inson agar ubudiyat yo’lida ketsa; butun lazzat, ne'mat, kamolot navlarining bir qismlariga mazhar bo’lishga shoyondir. Va shuningdek, agar anoniyat yo’lini ta'qib qilsa, turli-tuman alam va azoblarga ham mahal bo’lishga mustahaqdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Kalima-i Tavhidni takror bilan zikrida davom qilish, qalbni juda ko’p narsalar bilan bog’lagan bog’larni, iplarni sindirish uchundir. Va nafs sig’inadigan darajada sanam ittihoz etgan mahbublardan yuzini o’girishdir. Shu bilan barobar, zokir bo’lgan zotda bo’lgan his va latifalarning boshqa-boshqa tavhidlari bo’lganiga ishorat bo’lgani kabi; ularning ham ularga munosib sheriklari bilan bo’lgan aloqalarini kesish uchundir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning bir qarindoshiga (masalan) o’qigan bir Fotiha-i Sharifadan hosil bo’lgan savobda istifoda etishda bir bilan ming musoviydir. Qandayki og’izdan chiqqan bir lafzning eshtilishida bir jamoat bilan bir fard bir bo’ladi. Chunki latif narsalar matbaa kabidir. Bosilgan bir kalimadan ming kalima chiqadi.

Va shuningdek, nuroniy narsalarda vahdat bilan barobar takassur bo’lganiga, ya'ni bir nuroniy narsada ming savob borligiga bir ishoratdir...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nabiyyi Zishonning (S.A.V.) Maqomi Mahmudi Ilohiy bir moida va Rabboniy bir dasturxon hukmidadir. Ha, tavzi' etilgan lutflar, fayzlar, ne'matlar u dasturxondan oqadi. Rasuli Zishonga (S.A.V.) o’qilgan salovoti sharifa, u dasturxonga qilingan da'vatga ijobatdir.

Va shuningdek, salovoti sharifani keltirgan odam Zoti Payg’ambariyni (S.A.V.) bir sifat bilan tavsif etgan zamon, u sifatning qayerga taalluq etganini o’ylasinki, takror ba takror salovot keltirishga mushavviqi bo’lsin.

I'lam ey din olimi!

{(*) Ahamiyatlidir.}

Ujratim oz, ilmimga rag’bat yo’q, deya mahzun bo’lma. Chunki mukofoti dunyoviya ehtiyojga qaraydi, qiymati zotiyaga qaramaydi. Maziyati zotiya esa mukofoti uxroviyaga nazirdir.

Shunday ekan, zotiy bo’lgan maziyatingni mukofoti uxroviyaga saqla, bir necha tiyinlik dunyo moliga sotma.

I'lam ey xitobati umumiya sifati bilan gazeta lisoni bilan bayonot qilgan muharrir!

Sen, o’z nafsingni past ko’rsatishga va nadomat etib qusurlaringni e'lon qilishga haqqing bor. Faqat shao'iri Islomiyaga zid va muxolif bo’lgan harzalar bilan Islomiyatni qoralashga qat'iyan haqqing yo’q.

Seni kim tavkil etgandir? Fatvoni qayerdan olyapsan? Qaysi haqqa binoan millat nomidan, ummat hisobidan Islomiyat haqida safsatalarni sochib, zalolatingni nashr va e'lon qilyapsan? Millatni, ummatni o’zing kabi zoll deb o’ylama. Zalolatingni kimga sotyapsan? Bu yer Islomiyat mamlakatidir, Yahudiy mamlakati emas.

Jumhuri mo’'miniyn qabul qilmagan narsaning gazetada e'lon qilinishi, millatni zalolatga da'vatdir, huquqi ummatga tajovuzdir. Bir odamning huquqiga tajovuzga javozi qonuniy bo’lmagani holda, ulkan bir millatning, balki olami Islomning huquqiga qaysi jasoratga binoan tajovuz etyapsan? Og’zingni yop!..

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Kofirlarning musulmonlarga va ahli Qur'onga dushman bo’lishlari kufrning iqtizosidandir. Chunki kufr iymonga ziddir. Shu bilan barobar, Qur'on kofirlarni va abo va ajdodlarini i'domi abadiy bilan mahkum etgan.

Shunga binoan, musulmonlar bilan ulfat va muhabbatlari mumkin bo’lmagan kofirlarga muhabbat behuda ketadi. Ularning muhabbati bilan hisoblashilmaydi. Ulardan madad kutib bo’lmaydi. Faqat

حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ

deya Janobi Haqqa iltijo qilish lozim.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Kofirlarning madaniyati bilan mo’'minlarning madaniyati orasidagi farq:

Birinchisi, madaniyat libosini kiygan qo’rqinch bir vahshatdir. Zohiri porlaydi, botini ham yoqadi. Tashi ziynat, ichi iflos; surati manus, siyrati ma'kus bir shaytondir...

Ikkinchisi, botini nur, zohiri rahmat; ichi muhabbat, tashi uxuvvat, surati muovanat, siyrati shafqat, jozibador bir malakdir.

Ha, mo’'min bo’lgan kishi, iymon va tavhid iqtizosi bilan, koinotga bir madhi uxuvvat nazari bilan qaragani kabi; butun maxluqotni, xususan insonlarni, xususan Musulmonlarni bir-biri bilan bog’lagan ip ham, faqat uxuvvatdir. Chunki iymon butun mo’'minlarni bir otaning janohi shafqati ostida yashagan qardoshlar kabi qardosh deb sanaydi.

Kufr esa, shunday bir burudatdirki, qardoshlarni ham qardoshlikdan chiqaradi. Va butun ashyoda bir navi ajnabiylik tuxumini ekadi. Va hamma narsani hamma narsaga dushman qiladi.

Ha, hamiyati milliyalarida bir uxuvvat bo’lsa ham, muvaqqatdir. Va azaliy, abadiy iftiroq va firoq bilan muttasil va mahduddir. Ammo kofirlarning madaniyatida ko’ringan mahosin va yuksak taraqqiyoti sanoyi', (bular) tamoman madaniyati Islomiyadan, Qur'onning irshodotidan, adyoni samoviyadan in'ikos va iqtibos etilgani "Lamaat" bilan "Sunuhot" nomli asarlarimda istanilgani kabi izoh va isbot qilingandir...

رَاجِعْهُمَا تَرٰى اَمْرًا عَظ۪يمًا غَفَلَ عَنْهُ النَّاسُ

I'lam!

Masoili diniyadan bo’lganijtihodeshigi ochiqdir. Faqat, shu zamonda u yerga kirishgaolti monebor...

Birinchisi:Qandayki qishda bo’ronlar shiddatli bo’lgan bir vaqtda, tor tuynuklar ham berkitiladi; yangi eshiklar ochish hech bir jihat bilan kori aql emas. Ham qanday qilib katta bir selning hujumida ta'mir uchun devorlarda tuynuklar ochish g’arq bo’lishga vasiladir. Shunga o’xshab: Shu munkarot zamonida va odoti ajanibning istilosi onida va bid'atlarning kasrati vaqtida va zalolatning taxriboti hangomida, ijtihod nomi bilan qasri Islomiyatdan yangi eshiklar ochib devorlarida muxarriblarning kirishiga vasila bo’ladigan tuynuklar ochish, Islomiyatga jinoyatdir...

Ikkinchisi:Dinning zaruriyotiki, ijtihod ularga kirolmaydi. Chunki qat'iy va muayyandirlar. Ham u zaruriyot qut va g’ido hukmidadirlar; shu zamonda tarkka duchor bo’lyaptilar va tazalzuldadirlar. Va butun himmat va g’ayratni ularning iqomasiga va ihyosiga sarf qilish lozim kelarkan, Islomiyatning nazariyot qismida va salafning ijtihodoti sofiyona va xolisonasi bilan butun zamonlarning hojotiga tor kelmagan afkorlari bo’lgani holda, ularni tashlab, qattiq havas bilan yangi ijtihodlar qilish; bid'atkorona bir xiyonatdir.

Uchinchisi:Hamma davr insonlari fikricha, qiymatli sanalib afkorni jalb qilgan jozibador bir mol marg’ubdir. Masalan: Bu zamonda eng rag’batli, eng iftixorli narsa, siyosat bilan ishtig’ol va dunyo hayotini ta'min qilishdir. Salafi solihin asrida va u zamon bozorida eng marg’ub mol, Xoliqi Samovot va Arzning marziyotlarini va bizdan orzularini kalomidan istinbot etish va nuri nubuvvat va Qur'on bilan yopilmaydigan darajada ochilgan oxirat olamidagi saodati abadiyani qozontirish va vasoilini qo’lga kiritish edi. Bu e'tibor bilan, u zamonlarda butun fikrlar, qalblar, ruhlar marziyoti Ilohiyani bilish va o’rganishga mutavajjih edi. Shuning uchun, iste'dod va iqtidori bo’lganlar u zamonlarda sodir bo’lgan butun ahvol va vuqu'ot va muhovarotdan dars olish bilan, ijtihodlarga zamin tashkil qilgan yuksak iste'dodlar vujudga kelardi.

Hozir esa, fikr va qalblarning tashattuti, inoyat va himmatlarning za'fiyati, insonlarning siyosat va falsafaga ibtilo va rag’batlari yuzidan, butun iste'dodlar fununi hozira va hayoti dunyoviyaga mutavajjihdir. Ahkomi diniyaga sarf qilinadigan mustaqim bir ijtihod yo’q.

To’rtinchisi:Ijtihod eshigidan Islomiyatga kirib masoilini kengaytirishga mayl etgan odamning maqsadi, zaruriyotga imtisol bilan taqvo va kamolga mazhariyat bo’lsa, go’zaldir. Ammo zaruriyotni tark va hayoti dunyoviyani hayoti uxroviyaga tarjih etgan odam bo’lsa, uning ijtihodga mayli, mayl-ut taxribdir. Taklifdan chiqib qochish uchun bir yo’l topishdir.

Beshinchisi:Har narsaning, har hukmning vujudga kelishi bir illatga binoan bo’lgani kabi, bir foydaga ham tobedir. Faqat foyda illat emas. Faqat tarjih etuvchi bir hikmatdir. Bu zamonning afkori, bizzot saodati dunyoga mutavajjihdir. Shariatning nazari esa, bizzot saodati uxroviyaga mutavajjih bo’lib, albatta dunyoga ham nazirdir. Chunki dunyo oxiratga vasiladir.

Umumiy bir balo bo’lgan va insonlar unga mubtalo bo’lgan ko’p ishlar borki, zaruriyotdan bo’lgan. U kabi ishlar sui ixtiyor bilan g’ayri mashru' mayllardan tug’ilganlaridan, mahzurotni iboha etgan zaruriyotdan emas. Va ruxsat va muso'ada-i shar'iyaning shumuliga dohil bo’lolmaydilar. Masalan: Bir odam sui ixtiyori bilan harom bir tarzda o’zini sarxush etsa, sarxushlik holida qilgan tasarrufotida uzrli bo’lolmaydi. Bu zamonda bu kabi ijtihodlar, samoviy emas, faqat arziy ijtihodlardir.

Bu kabi ijtihodlar bilan Xoliqi Samovot va Arzning hukmlarida qilingan tasarrufot marduddir.

Masalan: Ba'zi g’ofillar xutbaning Turkcha o’qilishini istehson etadilarki, xalqning xususan siyosiy ahvoldan xabarlari bo’lsin. Holbuki bu kabi ahvoli siyosiya yolg’ondan, hiyladan, shaytoniy fikrlardan xoli emas. Xutba maqomi esa, ahkomi Ilohiyaning tablig’i uchun ittihoz etilgan bir maqomdir.

Savol:Avomi nos Arabchadan xabardor emas, tushunolmaydi?

Javob:Avomi nos zaruriyot va musallamoti diniyaga muhtojdir. Va xutba maqomi ham bu kabi hukmlarning tablig’i uchundir. Bu hukmlar kisva-i Arabiya ichida tafsilan bo’lmasa ham, ijmolan avomi nosga ma'lum va ma'rufdir. Shu bilan barobar, lisoni Arabda bo’lgan shahomat, yuksaklik, maziyat, satvat boshqa lisonlarda yo’q...

I'lam ey g’aflatli, kar va ko’r bo’lib, zulmatlar ichida sabablarga ibodat qilgan ahmoqlar!

Janobi Haqning vujubi vujud va vahdatiga, koinotning murakkaboti va zarrotining ellik besh vajh bilan qilgan shahodatlarining bir vajhini yozaman. Shundayki:

Ashyoning ijodi, yo nafslariga yoki sabablarga bo’lgan isnodi, hayrat va istig’robni mujibdir. Bu ham rad va inkorni ijob etadi. Bu ham zalolatlarni intoj etadi. Bu esa iztiroboti ruhiya va tashavvushoti aqliyaga sabab bo’ladi. Bu ham ruhlarni va aqllarni qochirish bilan Vojib-ul Vujudga iltijo qilishga majbur qiladi. Zero har mushkulot Uning qudrati bilan hal bo’ladi. Va ochilmas tugunlar Uning irodasi bilan ochiladi. Va qalblar Uning zikri bilan mutmain bo’ladi. Bu haqiqatni shunday bir muvozana bilan izoh qilaman. Shundayki:

Mavjudotning foili -ya'ni ashyoni vujudga keltirgan- yo vojib va vohiddir va yoxud mumkin va kasirdir. Foil vojib va vohid bo’lgan taqdirda, na qiyinchilik bor, na g’arobat bor. Bo’lsa ham, vahmiy bo’ladi. Sabablarga isnod etilgan taqdirda, qiyinchilik va g’arobat vahmlikdan chiqadi; qat'iy va haqiqiy bir shaklda tahaqquq etadi. Chunki qusur va za'fiyatdan xoli bo’lmagan ko’plab sabablardan hech bir sabab bir musabbabni yelkasida ko’tarolmaydi. Va bir narsaning ijodida g’ayri mutanohiy sabablarning ishtiroki lozim. Masalan: Asalari hamma narsa bilan aloqador bo’lganidan, agar ijodi sabablarga isnod qilinsa, samovot va arzning ishtiroklari lozim.

Shu bilan barobar, kasratning vohiddan suduri, vohidning kasratdan suduri qadar zahmat emas, yanada osondir. Masalan: Bir qo’mondon afrodi kasiraga bergan intizomni va qildirgan ishlarni, u afrodi kasira bir o’zlari katta bir mushkulotdan so’ng qila oladilar.

Shu bilan barobar, ijodning sabablarga isnodida layu'add qiyinchilik, g’arobat bo’lish bilan barobar, juda ko’p maholotga zamin tashkil etadi.

1- Har bir zarrada Vojib-ul Vujudning sifatlarining farazi lozim.

2- Uluhiyatda g’ayri mutanohiy sheriklarning ishtiroki lozim bo’ladi.

3- Har bir zarraning ham hokim, ham mahkum bo’lishi lozim bo’ladi. Qubbali binolarda bir-biriga tayanish bilan yiqilishdan qutulgan toshlar kabi.

4- Shuur, iroda va qudrat kabi sifatlarning har zarrada bo’lishi lozim bo’ladi. Chunki husni san'at bu sifatlarni iqtizo etadi. Shu haqiqatni izoh uchun bir necha misol aytamiz:

Birinchisi:Shams shaffofiyat sirriga binoan, shishalarning zarralarida, arzning dengizlarida, samoning sayyoralarida musovot uzra tajalliy etadi.

Ikkinchisi:Muqobala sirriga binoan, markazdagi bir chiroqning doirani tashkil qilgan oynalarga nisbati in'ikosi birdir.

Uchinchisi:Nurdan yoki nuroniy bir narsadan tanavvur etish va ziyo olishda, bir bilan ming birdir. Nuroniyning iqtizosi shundaydir.

To’rtinchisi:Muvozana sirriga binoan, hassos bir tarozining ikki pallasida ikki yong’oq va yoxud ikki quyosh bo’lsa; qaysi pallasiga bir narsa ilova qilinsa, u past tushadi; narigisi havoga ko’tariladi.

Beshinchisi:Ulkan bir safina bilan g’oyat kichik bir safinani yo’naltirish va tahrik xususida farq yo’q. -Kapitan; istar bir bola bo’lsin, istar katta bo’lsin- chunki intizom bor.

Oltinchisi:Hayvoni notiq kabi bir mohiyati mujarradaning kichik va katta afrodiga nisbati birdir.

Xulosa:Qolil bilan kasir, kichik bilan katta orasida bir narsa-i vohidga isnodlarida tafovut bo’lmagani, imkon doirasida bo’lgan shu misollar bilan tavazzuh etdi. Shunga binoan, ashyoda bo’lgan intizom, muvozana, avomiri takviniyaga qarshi imtisol, itoat, qudrati azaliyaning nuroniyati, ashyoning ich yuzining shaffofiyati kabi sirlar sababli; bir chivin bilan arzning ihyosi, bir daraxt bilan samovotning ijodi, bir zarra bilan quyoshning yaratilishi Vojib-ul Vujudga nisbat bilan mutasoviydir. Ha, musovot va adami tafovuti ko’z bilan ko’rinadi. Qara! Mohiyati majhul, mo’'jizoti bilan ma'lum bo’lgan qudrati azaliyaning, xususan samarot va sabzavotdagi naqshlari, san'atlari sabablarga havola qilinsa, sabablar ostida eziladi.

Alhosil:Hayotiy, vujudiy, nuroniy narsalarning ijodida uch nuqta bor:

Birinchi Nuqta: Qudratning umuri xasisa bilan zohiran mubosharati ko’rinmasligi uchun parda bo’lish maqsadida sabablar o’rnatilgan.

Ikkinchi Nuqta:Hayot, vujud va nurning, tashqi tomonlari kabi ichlari ham shaffof bo’lganidan, kasif pardalar hukmida bo’lgan sabablar o’rnatilmagan. Yolg’iz juda inja, nozik pardalarni eslatgan vositalar bo’lsa ham, ostida dasti qudrat ko’rinadi.

Uchinchi Nuqta:Qudrati azaliyaning ta'sirida, tasni'ida qiyinchilik yo’q. Ha, bir anjir urug’idan ulkan bir anjir daraxtini va inja bir band bilan ulkan bir qovunni bog’lab chiqargan qudratga hech bir narsa og’ir kelmaydi. Shunday mo’'jizoti bilan ma'lum bo’lgan qudrat sohibining vujudi, zuhuri; koinotning vujudidan, zuhuridan yanada zohirdir. Chunki har bir masnu' o’z nafsiga bir necha vajh bilan aynan dalolat qiladi. Faqat Sone'iga ham aynan, ham aqlan ko’p vajhlar bilan dalolatlari bor. Va qaysi bir masnu'ning vujudi sabablardan istanilsa, butun sabablar to’planib bir-biriga yordamlari bo’lsa ham, u masnu'ning o’xshashini qilolmaydilar...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning aql va fikr maydoni shunday bir vus'atdadirki, ihotasi mumkin emasdir; va shu qadar torki, ignaga mahal bo’lolmaydi. Ha, ba'zan zarra ichida aylanadi, qatra ichida suzadi, bir nuqtada hibs bo’ladi. Ba'zan esa, olamni bir tarvuz kabi qo’liga oladi va koinotni musofir qilib keltiradi, aql xonasida musofir qiladi. Ba'zan esa shu qadar haddini tajovuz etadi, yuksakka chiqadiki; Vojib-ul Vujudni ko’rishga harakat qiladi. Ba'zan esa kichrayadi, zarraga o’xshaydi. Ba'zan esa samovot qadar o’sadi. Ba'zan esa bir qatraga kiradi. Ba'zan esa fitrat va xilqatni ichiga oladi...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haq insonga bergan ne'matlari, istar ofoqiy bo’lsin, istar anfusiy bo’lsin, ba'zi sharoit ostida insonga kelib vusul topadi. Masalan: Ziyo, havo, g’ido, savt va sado kabi ne'matlardan insonning istifoda eta olishi faqat ko’z, quloq, og’iz, burun kabi vositalarning ochilishi bilan bo’ladi. Bu vositalar Allohning yaratishi va ijodi bilan bo’ladi. Insonning qo’li, kasb va ixtiyorida yolg’iz u vositalarni ochishdir.

Shunga binoan, u ne'matlarni yo’lda topgan kabi sohibsiz, hisobsiz bo’lganini o’ylamasin. Faqat Mun'imi Haqiqiyning qasdi bilan keladi, inson ham ixtiyori bilan oladi. So’ngra ehtiyojga ko’ra in'om etganning irodasi bilan badanida intishor etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Har qaysi bir narsaning intihosi va oxiri intizom va go’zallik jihatidan avvalidan past bo’lmagani kabi; zohiri va surati ham san'at va hikmat jihatidan botinidan go’zal emas. Shunday ekan, ashyoning ich yuzlarini va nihoyatlarini sohibsiz o’ylab, tasodiflarga havola qilma. Chechak bilan, chechakdan chiqqan samaradagi asari san'at va hikmat; urug’ bilan, urug’dan chiqqan kurtakning asari san'at va naqshidan past emas. Shunga binoan, Sone'-i Zuljalol ham avvaldir, ham oxir, ham zohirdir, ham botin...

وَ هُوَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'onning i'jozi tahrifiga bir to’siqdir. Ha, modomiki Qur'on mo’'jizadir, bashar uning taqlidini qilolmaydi. Oyatlari boshqa kalomlar bilan tabdil etilish bilan tahrif va tag’yiri mumkin emas. Chunki mufassir, muallif, mutarjim muharraf uslublarini, qiyofalarini oyotning qiyofasi bilan iltibos ettirolmaydilar. Oyatlarda i'joz tamg’asi bordir. U tamg’aning ostida bo’lmagan kalomlar oyat deb sanalmaydi. Shunday ekan, i'joz tahrif va tag’yirni qabul etmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Karim ne'matlarni, oyatlarni, dalillarni ta'dad etarkan

فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

oyati jalilasi takror bilan zikr qilinganidan, shunday bir dalolat bordirki: Jin va insning eng ko’p isyonlarini, eng shadid tug’yonlarini, eng azim kufronlarini tavlid etgan shunday bir vaziyatlarki; ne'mat ichida in'omni ko’rmaydilar. In'omni ko’rmaganlaridan Mun'imi Haqiqiydan g’aflatda qolishadi. Mun'imdan g’aflatlari saiqasi bilan u ne'matlarni sabablarga yoki tasodifga isnod etib, Allohdan u ne'matlarning kelganini takzib etadilar. Shunga binoan, har bir ne'matning bidoyatida mo’'min kishi Basmalani o’qisin. Va u ne'matning Allohdan bo’lganini qasd qilish bilan, o’zi faqat Allohning ismi bilan, Allohning hisobiga olganini bilib, Allohga minnatdorchilik bilan muqobalada bo’lsin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson qalban va fikran haqoiqi Ilohiyaga qarab o’ylagan vaqtida, xususan namoz va ibodat asnosida, xoh shayton tarafidan, xoh nafsi tarafidan juda yomon, iflos va xunuk vasvasalar, xotiralar, chivinlar kabi qalbga, aqlga hujum qiladilar. Bu kabi havoiy, vahmiy va xunuk narsalarni daf qilish bilan ovora bo’lgan odam u vasvasalarga mag’lub bo’ladi. Lekin ularni mag’lub qilib qochirish chorasi, mudofaani tark qilib ular bilan ovora bo’lmaslikdir. Ha, arilar bilan ovora bo’lgan sari ular huvumlarini orttiradilar. Ular bilan ishi bo’lmagan taqdirda, insonni tark qiladilar, ketadilar. Hamda u kabi vasvasalarning na haqoiqi Ilohiyaga va na sening qalbingga bir mazarroti yo’q. Ha, iflos bir manzilning tuynuklaridan samoning quyosh va yulduzlariga, jannatning gul va chechaklariga qaralsa, u tuynuklardagi ifloslik na qaraganga va na qaralganga yuqmaydi. Va yomon bir ta'sir etmaydi.

{(Hoshiya) U xunuk so’zlar sening qalbingning so’zlari emas. Chunki sening qalbing undan mutaassir va mutaassifdir. Balki qalbga yaqin bo’lgan lumma-i shaytoniydan kelyapti. Masalan: Sen namozda, Ka'ba qarshisida, huzuri Ilohiyda oyotni tafakkurda bo’lgan bir holingda, shu tadoi-i afkor seni tutib eng uzoq moloyoniyoti razilaga chorlaydi. Masalan: Oynaning ichidagi ilonning timsoli tishlamaydi. Otashning misoli yoqmaydi. Va najosatning ko’rinishi oynani talvis etmaydi.}

I'lam Ayyuhas-Said!

Nedir bu g’urur va nedir bu g’aflat? Nedir bu hashmat, nedir bu istig’no, nedir bu azamat? Qo’lingdagi ixtiyor bir qil qadardir va iqtidoring bir zarra qadardir. Va hayoting so’ndi, faqat bir shu'la qoldi. Umring o’tdi, shuuring so’ndi, bir lam'a qoldi. Shuhrating ketdi, faqat bir on qoldi...

Zamoning o’tdi, qabrdan boshqa makoning bormi? Bechora! Ajzingga va faqringga bir had bormi? Umidlaring nihoyatsizdir, ajaling yaqindir. Ha, bunday ajz va faqring bilan iqtidor va ixtiyordan xoli bir insonning holi nima bo’ladi? Xazoini rahmat sohibi Xoliqi Rahmon-ur Rahimga bunday bir ajz bilan e'timod qilish lozim. Udir hammaga nuqta-i istinod. Udir har zaifga jihati istimdod...

هٰذِهِ الْمُنَاجَاةُ تَخَطَّرَتْ فِى الْقَلْبِ هٰكَذَا بِالْبَيَانِ الْفَارِس۪ى

يَارَبْ بَشَشْ جِهَتْ نَظَرْ م۪يكَرْدَمْ دَرْدِ خُودْرَا دَرْمَانْ نَم۪ى د۪يدَمْ

دَرْ رَاسْتْ م۪ى د۪يدَمْ كِه د۪ى رُوزْ مَزَارِ پَدَرِ مَنَسْتْ

وَ دَرْ چَپْ د۪يدَمْ كِه فَرْدَا قَبْرِ مَنَسْتْ

وَ ا۪يمْرُوزْ تَابُوتِ جِسْمِ پُرْ اِضْطِرَابِ مَنَسْتْ

بَرْسَرِ عُمْرْ جَنَازَهٔ‌ِ مَنْ ا۪يسْتَادَه اَسْتْ

دَرْ قَدَمْ اٰبِ خَاكِ خِلْقَتِ مَنْ وَ خَاكِسْتَرِ عِظَامِ مَنَسْتْ

چُونْ دَرْ پَسْ م۪ينِگَرَمْ ب۪ينَمْ ا۪ينْ دُنْيَاءِ ب۪ى بُنْيَادْ ه۪يچْ دَرْ ه۪يچَسْتْ

وَ دَرْ پ۪يشْ اَنْدَازَهٔ‌ِ نَظَرْ م۪يكُنَمْ دَرِ قَبِرْ كُشَادَه اَسْتْ

وَ رَاهِ اَبَدْ بَدُورِ دِرَازْ بَد۪يدَارَسْتْ

مَرَا جُزْ جُزْءِ اِخْتِيَار۪ى چ۪يز۪ى ن۪يسْتْ دَرْ دَسْتْ

كِه اُو جُزْءْ هَمْ عَاجِزْ هَمْ كُوتَاهُ و هَمْ كَمْ عَيَارَسْتْ

نَه دَرْ مَاض۪ى مَجَالِ حُلُولْ نَه دَرْ مُسْتَقْبَلْ مَدَارِ نُفُوذْ اَسْتْ

مَيْدَانِ اُو ا۪ينْ زَمَانِ حَال و يَكْ اٰنِ سَيَّالَسْتْ

بَا ا۪ينْ هَمَه فَقْرْهَا وَ ضَعْفْهَا قَلَمِ قُدْرَتِ تُو اٰشِكَارَه نُوِشْتَه اَسْتْ

دَرْ فِطْرَتِ مَا مَيْلِ اَبَدْ وَ اَمَلِ سَرْمَدْ

بَلْكِه هَرْ چِه هَسْتْ ، هَسْتْ

دَائِرَهٔ‌ِ اِحْتِيَاجْ مَانَنْدِ دَائِرَهٔ‌ِ مَدِّ نَظَرْ بُزُرْگ۪ى دَارَسْتْ

خَيَالْ كُدَامْ رَسَدْ اِحْتِيَاجْ ن۪يزْ رَسَدْ

دَرْ دَسْتْ هَرْچِه ن۪يسْتْ دَرْ اِحْتِيَاجْ هَسْتْ

دَائِرَهٔ‌ِ اِقْتِدَارْ هَمْچُو دَائِرَهٔ‌ِ دَسْتِ كُوتَاهْ كُوتَاهَسْتْ

پَسْ فَقْرُ و حَاجَاتِ مَا بَقَدْرِ جِهَانَسْتْ

وَ سَرْمَايَهٔ‌ِ مَا هَمْ چُو جُزْءِ لَايَتَجَزَّا اَسْتْ

ا۪ينْ جُزْءْ كُدَامْ وَ ا۪ينْ كَائِنَاتِ حَاجَاتْ كُدَامَسْتْ

پَسْ دَرْ رَاهِ تُو اَزْ ا۪ينْ جُزْءْ ن۪يزْ بَازْ م۪ى گُذَشْتَنْ چَارَهٔ‌ِ مَنْ اَسْتْ

تَا عِنَايَتِ تُو دَسْتْگ۪يرِ مَنْ شَوَدْ رَحْمَتِ ب۪ى نِهَايَتِ تُو پَنَاهِ مَنْ اَسْتْ

اٰنْ كَسْ كِه بَحْرِ ب۪ى نِهَايَتِ رَحْمَتْ يَافْتْ اَسْتْ

تَكْيَه نَه كُنَدْ بَرْ ا۪ينْ جُزْءِ اِخْتِيَار۪ى كِه يَكْ قَطْرَه سَرَابَسْتْ

يَا رَبْ ا۪ينْ زِنْدِگَان۪ى هَمْ چُو خَابَسْتْ

و۪ينْ عُمْرِ ب۪ى بُنْيَادْ هَمْ چُو بَادَسْتْ

اِنْسَانْ بَزَوَالْ دُنْيَا بَفَنَا اَسْتْ اٰمَالْ ب۪ى بَقَا اٰلَامْ بَبَقَا اَسْتْ

بِيَا اَىْ نَفْسِ نَافَرْجَامْ وُجُودِ فَان۪ى خُودْرَا فَدَا كُنْ

خَالِقِ خُودْرَا كِه ا۪ينْ هَسْت۪ى وَد۪يعَه هَسْتْ

وَ مُلْكِ اُو وَ اُو دَادَه فَنَا كُنْ تَا بَقَا يَابَدْ

اَزْ اٰنْ سِرّ۪ى كِه ، نَفْىِ نَفْىْ اِثْبَاتْ اَسْتْ

خُدَاىِ پُرْكَرَمْ خُودْ مُلْكِ خُودْرَا م۪ى خَرَدْ اَزْ تُو

بَهَاىِ ب۪ى گِرَانْ دَادَه بَرَاىِ تُو نِگَاهْ دَارَسْتْ

{(Hoshiya) Bu Forscha munojot, qisqaligiga qaramasdan juda uzun haqiqatlarni ichga oladi. Anqarada o’ttiz besh yil avval chop etilgan vaqt, Afg’on Elchisi Sulton Ahmad juda ham yoqtirgan va Afg’on Shohiga bir adad bu munojotdan hadya yuborgan. Turkcha tarjimasi "Keksalar Risolasi"da va "O’n Yettinchi So’z"da bo’lganidan, tarjima qilinmadi.}

* * *

(Bu qism muallifning o’z Turkchasidir)

BIR MING UCH YUZ O’TTIZ TO’QQIZ TRIXIDA, MAJLISI MAB'USANGA XITOBAN YOZGAN BIR XUTBAMNING SURATIDIR

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اِنَّ الصَّلٰوةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِن۪ينَ كِتَابًا مَوْقُوتًا

Ey mujohidini Islom! Ey ahli hallu a'qd! Bu faqirning bir masalada kirish so’zini, bir necha nasihatini tinglashingizni iltimos qilaman.

Avvalo:

Shu muzaffariyatdagi horiquloda ne'mati Ilohiya bir shukron istaydiki, davom etsin, ziyoda bo’lsin. Bo’lmasa, ne'mat shukrni ko’rmasa, ketadi. Modomiki Qur'onni, Allohning tavfiqi bilan dushmanning hujumidan qutqardingiz; Qur'onning eng sarih va eng qat'iy amri bo’lgan "Salot" kabi faroizni imtisol etishingiz lozimdir. Toki uning fayzi shunday horiqo suratida ustingizda tavoli va davom etsin.

Soniyan:

Olami Islomni masrur etdingiz, muhabbat va tavajjuhini qozondingiz. Lekin u tavajjuh va muhabbatning idomasi, shao'iri Islomiyani iltizom bilan bo’ladi. Zero, Musulmonlar Islomiyat hisobiga sizni sevadilar.

Solisan:

Bu olamda avliyoulloh hukmida bo’lgan g’oziy va shuhadolarga qo’mondonlik qildingiz. Qur'onning avomiri qat'iyasiga imtisol etish bilan, narigi olamda ham u nuroniy guruhga rafiq bo’lishga harakat qilish, siz kabi himmatlilarning sha'nidir. Bo’lmasa, bu yerda qo’mondon ekan, u yerda bir askardan istimdodi nur etishga muztar qolasiz. Bu dunyo-i daniyya, shon va sharafi bilan unday bir mato emaski, siz kabi insonlarni ishba' etsin, tatmin etsin va maqsudi bizzot bo’lsin.

Robian:

Bu millati Islomning jamoatlari -garchi bir jamoat namozsiz qolsa, fosiq bo’lsa ham, yana- boshliqlarini mutadayyin ko’rishni istaydi. Hatto umum Kurdistonda umum ma'murlarga doir eng avval so’ragan savollari bu ekan: "Ajabo, namoz o’qiydimi?" derlar. Namoz o’qisa mutlaq amniyat etadilar; o’qimasa, naqadar muqtadir bo’lsa, nazarlarida muttahamdir. Bir zamon, Bayt-ush Shabob qabilalarida isyon bor edi. Men bordim, so’radim: "Sabab nima?" Dedilarki: "Raisimiz namoz o’qimasdi, raqi ichardi. Bunday dinsizlarga qanday itoat qilamiz?" Bu so’zni aytganlar ham namozsiz, hamda qaroqchi edilar.

Homisan:

Anbiyoning aksari sharqda va hukamoning ag’labi g’arbda kelishi qadari azaliyning bir

Ramz

idirki, sharqni oyoqqa ko’taradigan din va qalbdir, aql va falsafa emas. Sharqni intibohga keltirdingiz, fitratiga muvofiq bir jarayon berdingiz. Bo’lmasa, sa'yingiz yo behuda ketadi yoki muvaqqat, sathiy qoladi...

Sodisan:

Xasmingiz va Islomiyat dushmani bo’lgan ovrupaliklar dindagi loqaydligingizdan juda ko’p istifoda etdilar va etyaptilar. Hatto deya olamanki, xasmingiz qadar Islomga zarar bergan, dinda ihmolingizdan istifoda etgan insonlardir. Islom dinining foydasi va millatning salomatligi nomiga, bu ihmolni a'molga tabdil etishingiz kerak. Ko’rilmayaptimiki, Ittihodchilar shu qadar horiqo azmu sabot va fidokorliklari bilan, hatto Islomning shu intibohiga ham bir sabab bo’lganlari holda, bir daraja dinda laubalilik vaziyatini ko’rsatganlari uchun, dohildagi millatdan nafrat va tazyif ko’rdilar. Xorijdagi Musulmonlar dindagi ihmollarini ko’rmaganlari uchun, hurmatni berdilar.

Sabian:

Olami kufr, butun vositalari bilan, madaniyati bilan, falsafasi bilan, fununi bilan, missionerlari bilan olami Islomga hujum va moddatan uzun zamondan beri g’alaba qilgani holda, -olami Islomga- dinan g’alaba qilolmadi. Va dohiliy butun firoqi zolla-i Islomiya ham, bittadan kammiya-i qolila-i muzirra suratida mahkum qolgani; va Islomiyat matonatini va salobatini sunnat va jamoat bilan muhofaza qilgan bir zamonda, laubaliyona, Ovrupa madaniyati habisa qismidan sizilgan bir jarayoni bid'atkorona siynasida joy ololmaydi. Demak, olami Islom ichida muhim va inqilobvoriy bir ish qilish, Islomiyatning dasotiriga inqiyod bilan bo’lishi mumkin, boshqa bo’lolmaydi. Ham bo’lmagan, bo’lgan bo’lsa ham tez o’lib so’ngan...

Saminan:

Za'fi dinga sabab bo’lgan Ovrupa madaniyati safihonasi yirtilishga yuz tutgan bir zamonda va madaniyati Qur'onning zuhurga yaqin kelgan bir onda, loqaydona va ihmolkorona musbat bir ish qilinmaydi. Manfiy tarzda, taxribkorona ish esa, bu qadar raxnalarga ma'ruz qolgan Islom zotan muhtoj emas.

Tasi'an:

Sizning bu "Isqiqlol Urushi"dagi muzaffariyatingizni va oliy xizmatingizni taqdir etgan va sizni jonu dildan sevgan, jumhuri mo’'miniyndir. Va ayniqsa tabaqa-i avomdirki, sog’lom musulmonlardir. Sizni jiddiy sevadi va sizni qo’llaydi va sizga minnatdordir va fidokorligingizni taqdir etadilar. Va, intibohga kelgan eng katta va mudhish bir quvvatni sizga taqdim qiladilar. Siz ham, avomiri Qur'oniyaga imtisol bilan ularga ittisol va istinod etishingiz Islom dini foydasi nomiga zaruriydir. Bo’lmasa, Islomiyatdan tajarrud etgan badbaxt, milliyatsiz Ovrupa maftuni frank muqallidlarini avomi muslimiynga tarjih etish, Islom dini foydasiga zid bo’lganidan, olami Islom nazarini boshqa tarafga aylantiradi va boshqasidan istimdod etadi...

Ashiran:

Bir yo’lda to’qqiz ehtimoli halokat, bitta ehtimoli najot bo’lsa; hayotidan voz kechgan, majnun bir jasur lozimki, u yo’lga suluk etsin. Hozir, yigirma to’rt soatdan bir soatni olgan farz namoz kabi zaruriyoti diniyada yuzdan to’'son to’qqiz ehtimoli najot bor. Yolg’iz, g’aflat va tanballik jihati bilan, bir ehtimol zarari dunyoviy bo’lishi mumkin. Holbuki faroizning tarkida to’qson to’qqiz ehtimoli zarar bor. Yolg’iz g’aflat va zalolatga istinod, bitta ehtimoli najot bo’lishi mumkin. Ajabo, dinga va dunyoga zarar bo’lgan ihmol va faroizning tarkiga nima bahona topilishi mumkin? Hamiyat qanday muso'ada etadi?

Xususan bu guruhi mujohidin va bu yuksak majlisning af'oli taqlid qilinadi. Qusurlarini millat yo taqlid yoki tanqid qiladi; ikkisi ham zarardir. Demak, ularda huququlloh huquqi ibodni ham tazammun etadi. Sirri tavotur va ijmo'ni tazammun etgan hadsiz ixborotni va daloilni tinglamagan va safsata-i nafs va vasvasa-i shaytondan kelgan bir vahmni qabul qilgan odamlar bilan haqiqiy va jiddiy ish qilinmaydi.

Shu inqilobi azimning poydevorlari sog’lom bo’lishi kerak. Shu majlisi oliyning shaxsiyati ma'naviyasi, sohib bo’lgan quvvat jihati bilan ma'no-i saltanatni bo’yniga olgan. Agar shao'iri Islomiyani bizzot imtisol etish va ettirish bilan ma'no-i xilofatni ham vakolatan bo’yniga olmasa, hayot uchun to’rt narsaga muhtoj faqat an'ana-i mustamirra bilan kunda loaqal besh marta dinga muhtoj bo’lgan shu fitrati buzilmagan va lahviyoti madaniya bilan ehtiyojoti ruhiyasini unutmagan bu millatning hojoti diniyasini Majlis tatmin etmasa, majburan ma'no-i xilofatni, tamoman qabul qilganingiz ismga va lafzga beradi. U ma'noni idoma etish uchun quvvatni ham beradi. Holbuki majlis qo’lida bo’lmagan va majlis tariqi bilan bo’lmagan bunday bir quvvat, inshiqoqi a'soga sababiyat beradi. Inshiqoqi a'so esa

وَ اعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللّٰهِ جَم۪يعًا

oyatiga ziddir. Zamon jamoat zamonidir. Jamoatning ruhi bo’lgan shaxsi ma'naviy chidamliroq va tanfizi ahkomi shar'iyaga ziyodaroq muqtadirdir. Xalifa-i shaxsiy faqat unga istinod bilan vazoifni bo’yniga olishi mumkin. Jamoatning ruhi bo’lgan shaxsi ma'naviy agar mustaqim bo’lsa, ziyoda porloq va komil bo’ladi. Agar yomon bo’lsa, juda ham yomon bo’ladi. Fardning yaxshiligi ham, yomonligi ham mahduddir. Jamoatniki esa g’ayri mahduddir. Xorijga qarshi qozongan yaxshiligingizni, dohildagi yomonlik bilan buzmanglar. Bilasizki, abadiy dushmanlaringiz va zidlaringiz va xasmlaringiz Islomning shao'irini taxrib etyaptilar. Shunday ekan, zaruriy vazifangiz, shao'irni ihyo va muhofaza etishdir. Bo’lmasa shuursiz bo’lib shuurli dushmanga yordamdir. Shao'irda tahovun, za'fi milliyatni ko’rsatadi. Za'f esa dushmanni tavqif etmaydi, tashji' etadi...

حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ نِعْمَ الْمَوْلٰى وَنِعْمَ النَّص۪يرُ

* * *

I'lam Ayyuhal-Aziz!

(Ey aziz qardoshim, bilki!)

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Haqoiqi iymoniyani isbot uchun irod etilgan burhon va dalillarni tadqiq etarkan, shu ulkan natijani bu zaif, nahif dalil intoj etolmaydi deya tanqidotda bo’lma. Zero za'fiyati bilan ittihom etganing u dalilning o’ngida va chapida bo’lgan taqviya quvvatlari va qit'alari juda ko’pdir. Ha, Islomiyatning sidqiga dalolat qilgan shohidlardan, shahidlardan, burhonlardan, dalillardan, alomatlardan har birisi, u mudofaa maydonida birodarini himoya qilish bilan salomatlik hujjatini imzolab sog’lom bo’lganini tasdiq qiladi. U ham, uning ilm va xabariga ahli vuquf bo’ladi. Chunki haqoiqi iymoniyada maqsad subutdir, inkor emas. Sobit bo’lgan bir narsani ko’rsatganlarning biri, ming kabidir. Zero subutda ko’rsatganlarning ko’rsatish tarzlari bir-biriga uyg’un va muvofiq bo’lganidan, har birisi narigilarni tazkiya va tasdiq etgan bo’ladi. Inkor jihatidan, inkor qilganlarning shahodatlarida tavofuq yo’qdir. Inkorlariga mutaxolif sabablar ko’rsatadilar. Shuning uchun, shahodatlari bir-birining sihatiga dalil bo’lolmaydi. Chunki tavofuq yo’q.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ba'zan bir narsaga shiddatli muhabbat, u narsaning inkoriga sabab bo’ladi. Va shuningdek, shiddati xavf va g’oyat azamat va aqlning ihotasizligi ham inkorga sabab bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hanzalaning urug’ida hanzala daraxti mundamij va dohil bo’lgani kabi, Jahannamning ham kufr va zalolat danagida mustatir bo’lganini shuhudiy bir yaqiyn bilan mushohada etdim. Va shuningdek, qandayki xurmoning urug’i xurmo daraxtiga homiladir. Aynan shuning kabi, iymon habbasida ham Jannatning mavjud bo’lganini hadsi qat'iy bilan ko’rdim. Chunki u urug’larning daraxtlarga tahavvul va inqiloblari g’arib bo’lmagani kabi, kufr va zalolat ma'nosi ham ta'zib etuvchi bir Jahannamni, iymon va hidoyat ham bir Jannatni intoj etishida istib'od yo’q.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Danak bo’ladigan bir habbaning qalbi, ya'ni ichi teshilgan zamon, albatta unib chiqib nashvu namo topolmaydi; o’lib ketadi. Shuning kabi, ana bilan ta'bir etilgan anoniyatning qalbi, Alloh Alloh zikrining shua va harorati bilan yonib teshilsa, o’sib g’aflat bilan fir'avnlasholmaydi. Va Xoliqi Samovot va Arzga isyon etolmaydi. U zikri Ilohiy soyasida ana mahv bo’ladi.

Xullas, Naqshbandiylar zikr xususida o’zlashtirgan zikri xofiylari soyasida qalbning fathi bilan, ana va anoniyat mikrobini o’ldirishga va shaytonning amrbari bo’lgan nafsi ammoraning boshini yorishga muvaffaq bo’lishgan. Shuning kabi, Qodiriylar ham zikri jahriy soyasida tabiat tog’utlarini toru mor etishgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Olamda hamma narsaning yuzida hikmat asarlari ko’ringani kabi, eng uzoq, eng keng, eng inja kasratning tabaqalari ustida ham hikmat, ihtimom asarlari ko’rilyapti. Ha, kasrat va takassurning muntahosi va natijasi bo’lgan insonning sahifa-i vajhida, jabhasida, jildida, qo’llarining ichlarida qalami qadar bilan juda ko’p chiziqlar, xatlar, naqshlar, nishonlar yozilgan. Ma'lumdirki, insonning shu sahifalarida yozilgan u kalimalar, harflar, nuqtalar, harakalar, ruhi insoniyda bo’lgan ma'nolarga, ma'naviyatlarga dalolat qilganlari kabi, fitratida qadar tarafidan yozilgan maktublarga ham ishoratlari bor. Birodar, insonning o’tgan sahifalariga qadar yozgan hoshiya tasodif va ittifoqning duxuliga bir tuynuk qoldirmagan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu dunyo hayotiga muhabbat bilan mubtalo bo’lgan ba'zi insonlar, u hayotning vujudga kelishidan maqsad va g’oya, yolg’iz u hayotga xizmat va u hayotning baqosi bo’lib, boshqa bir foydasi bo’lmaganini, ya'ni Fotiri Hakim zavil hayotda va javhari insoniyatda omonat o’laroq qoldirgan butun jihozoti ajiba va tajhizoti horiqoning, sari-uz zavol bo’lgan shu hayotning hifzi bilan baqosi uchun berilganini o’ylaydilar. Holbuki qoziya unday bo’lgan taqdirda, koinotdagi g’ayri mutanohiy nizomlarning shahodatlari bilan, sathi olamda ko’ringan hikmat, inoyat, intizom, adami abasiyatga bo’lgan dalil va burhonlarning, ma'kusa o’laroq abasiyatga, isrofga, intizomsizlikka, adami hikmatga dalil va burhon bo’lishlari lozim bo’ladi.

Birodar! Shu dunyoviy hayotning foydalari juda ko’pdir. U foydalardan, hayot sohibiga -tasarruf va xizmati nisbatida- bir hissa ayrilgandan so’ng boshqa qolgan g’oyalar, samaralar Fotiri Hakimga roji'dir. Ha, inson va insonning hayoti asmo-i Ilohiyaning tajalliyotiga bir ekinzordir. Va Jannatda rahmati Ilohiyaning anvo'ining jilvalariga mazhardir. Va hayoti uxroviyaning horiqo va g’ayri mutanohiy samaralari uchun bir ko’chatzor yoki bir urug’dir.

Demak, inson bir safina kapitani kabidir. Safinaning g’ayri mahdud foydalaridan, kapitanning aloqa va xizmati nisbatida o’ziga beriladi. Boshqa qolgan qismi sultonga roji'dir. Inson ham, safina-i vujudi bilan aloqasi darajasida u vujudning hayotdor samarotidan hissasini oladi. Mutaboqiysi, Sultoni Azaliyga oiddir...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Dunyoning lazzatlari, zavqlari va ziynatlari, Xoliqimizni, Molikimizni va Mavlomizni bilmagan taqdirimizda, jannat bo’lsa ham, jahannamdir. Ha, shunday ko’rdim, ham shunday zavq qildim. Xususan, shafqatning otashini so’ndiradigan, ma'rifatullohdan boshqa bir narsa bormidir? Ha, ma'rifatulloh bo’lgandan so’ng, dunyo lazzatlariga ishtaha bo’lmagani kabi, Jannatga ham ishtiyoq orqada qoladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Dunyoda jarayon etgan va vujudga kelgan har bir narsaning ikki vajhi bor. Biri oxiratga qaraydiki, nafs-ul amrda eng sobit, eng og’ir bu vajhdir. Ikkinchisi dunyoga, nafsiga va zararli istaklarga qaraydi. Bu vajh, qiymatsizlik, hiffat va zavoldan shunday bir mavqedadirki, qalbning taassuriga, taallumiga, iztirobiga, tushunchalariga bois bo’ladigan bir qiymatda emas.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonlarning shunday ablahlari borki, shaffof bir zarrada shamsning timsolini yoki bir gulning rangida shamsning tajalliysini ko’rsa; shamsning u timsol va tajalliysidan haqiqiy shamsning butun lavozimotini, hatto olamga markaz bo’lishini va sayyorotga bo’lgan jazbini talab qilib istaydilar. Shu bilan barobar, u zarrada yoki u gulda ko’rgan timsol va tajalliyning bir kamchilik sababli yo’qolganlari zamon, basar va basiratining ko’rligi sababli haqiqiy shamsning inkoriga zahob etadilar.

Va shuningdek, u ablahlar tajalliy bilan hosil bo’lgan vujudi zilliyni vujudi haqiqiy va asliydan farq qilolmaydilar, bir-biri bilan iltibos etadilar. Shuning uchun, bir narsada shamsning timsolini, soyasini ko’rganlari zamon, shamsning haroratini, ziyosini va boshqa xususiyotini ham istashni boshlaydilar.

Va shuningdek, u ablahlar chivin, hashorot va boshqa kichik va xasis narsalarga qararkan, ularda juda yuksak bir asari san'at va hikmat ko’rish bilan, deydilar: "Sone' bularga haddan ortiq ahamiyat bergan. Bir chivinning qanday qiymati bo’lishi mumkinki, bu qadar masraflarga, qiyinchiliklarga mahal bo’lsin?"

Birodar! Bu kabi ablahlarni iqno' va qiyinlashtirishlarini daf qilish uchun, to’rt narsaning bilinishi lozimdir.

Birinchisi: Janobi Haqning rububiyatining kamoli bilan aloqador bo’lgan hamma narsa Uni tavsif etadi. Faqat u narsaning, rububiyatiga mazhar bo’lish munosabati bilan, kamolining ham mahalli tajalliysi bo’ladi. Faqat, u kamol bilan muttasif bo’lolmaydi.

Ikkinchisi: Hamma narsadan Janobi Haqning nuriga bir eshik ochiladi. Bu eshiklardan bittasining yopilishi, g’ayri mutanohiy boshqa eshiklarning ham yopilishini istilzom etmaydi. Faqat, hammasi bir kalit bilan ochilishi mumkin.

Uchinchisi: Ilmi muhitdan in'ikos etgan qadar, hamma narsada asmo-i nuriyadan bir hissa tarsim etgan.

To’rtinchisi:

اِنَّمَٓا اَمْرُهُٓ اِذَٓا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

Bu oyatlarning sarohatiga ko’ra, hamma narsaning vujudi "Kun" amri bilan bog’liq bo’lgani kabi; butun ashyoning ijod va keyinchalik ihyolari, bir nafsi vohidaning ijod va ihyosi kabidir. Demak, ijod Janobi Haqqa isnod etilsa, bu qadar yengil va oson bo’ladi. Ammo sabablarga yoki ashyoning o’zlariga isnod etilgan zamon, butun uqaloning va ablahlarning hukmlaridan nash'at etgan maholotni qabul qilishlari lozim bo’ladi...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon haqiqatlarni zarbulmasallar bilan bayon qiladi. Chunki doira-i uluhiyatga oid haqoiqi mujarrada doira-i mumkinotda faqat misollar bilan tamassul va tavazzuh etadi. Mumkin va miskin bo’lgan inson ham, doira-i imkonda misollarga qarab, ustun bo’lgan doira-i vujubning shuunotini, ahvolini o’ylaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hamma narsaning ichiga malakut, tashiga ham mulk deyiladi. Bu e'tibor bilan, inson bilan qalb bir-biriga ham zarf, ham mazruf bo’ladi. Chunki inson mulk jihati bilan qalbga zarf bo’ladi. Malakut jihati bilan ham mazruf bo’ladi.

Bu qoida arsh bilan kavn haqida ham tatbiq etiladi. Shundayki: Arsh; Zohir, Botin, Avval, Oxir ismlarining qorishma va aralashmasidir. Bu qorishmada dohil bo’lgan Ismi Zohir e'tibori bilan arsh, mulk; kavn, malakut bo’ladi. Ismi Botin e'tibori bilan arsh, malakut; kavn, mulk bo’ladi. Demak, arshga ismi Zohir nazari bilan qaralsa; o’zi zarf, kavn ham mazruf bo’ladi. Ismi Botin ko’zi bilan qaralsa; o’zi mazruf, kavn zarf bo’ladi. Va shuningdek, ismi Avval e'tibori bilan

وَكَانَ عَرْشُهُ عَلَى الْمَٓاءِ

oyati ishorat qilgan kavnning bidoyatini ichiga oladi. Va ismi Oxir e'tibori bilan

سَقْفُ الْجَنَّةِ عَرْشُ الرَّحْمٰنِ

hadisi sharifi imo etgan kavnning nihoyatini ichiga oladi.

Demak, Arsh shunday bir qorishmaki, shu to’rt ismdan olgan hissalar bilan kavn va vujudning o’ngini, chapini, ustini va ostini ihota etgan bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ajz, nidoning ma'danidir. Ehtiyoj, duoning manbaidir.

Fayo Robbi, Ya Xoliqi, Ya Maliki! Seni chaqirishda hujjatim hojatimdir. Senga qilgan duolarimda u'ddatim faqotimdir. Vasilam fiqdani hiyla va faqrimdir. Xazinam ajzimdir. Ra's-ul molim, umidlarimdir. Shafi'im, Habibing (Alayhissalotu Vassalam) va rahmatingdir. Avf ayla, mag’firat ayla va marhamat ayla yo Alloh yo Rahmon yo Rahim! Omin!

* * *

ZAYL-UL HUBOB

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

Shunday bir Allohga hamd, madhu sanolar qilamizki, shu olami kabir uning ijodidir. Va inson deyilgan shu kichik olam ham uning ibdo'idir. Biri inshosi, boshqasi binosidir. Biri san'ati, boshqasi sibg’asidir. Biri naqshi, boshqasi ziynatidir. Biri rahmati, boshqasi ne'matidir. Biri qudrati, boshqasi hikmatidir. Biri azamati, boshqasi rububiyatidir. Biri maxluqi, boshqasi masnu'idir. Biri mulki, boshqasi mamlukidir. Biri masjidi, boshqasi abdidir. Ha, butun bu narsalar, ajzosi bilan barobar Allohning mulki va moli bo’lgani, i'jozvoriy sikka va muhrlari bilan sobitdir...

اَللّٰهُمَّ يَا قَيُّومَ الْاَرْضِ وَ السَّمَاءِ اِنَّا نُشْهِدُكَ وَ نُشْهِدُ جَم۪يعَ مَصْنُوعَاتِكَ وَ جَم۪يعَ خَلْقِكَ بِاَنَّكَ اَنْتَ اللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ وَحْدَكَ لَا شَر۪يكَ لَكَ وَ نَسْتَغْفِرُكَ وَ نَتُوبُ اِلَيْكَ وَ نَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُكَ وَ رَسُولُكَ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَيْهِ كَمَا يُنَاسِبُ حُرْمَتَهُ وَ كَمَا يَل۪يقُ بِرَحْمَتِكَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Har kim o’zini Allohga mol etsa, butun ashyo uning lahida bo’ladi. Va kim Allohga mol bo’lmasa, butun ashyo uning alayhida bo’ladi. Allohga mol bo’lish esa, butun ashyoni tark va hamma narsaning undan ekanini va unga ruju' etishini bilish bilan bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haq senga in'om etgan vujud bilan vujudga lozim bo’lgan narsalar, tamlik surati bilan emas. Ya'ni, sening mulking va moling bo’lib istaganing kabi tasarruf qilish uchun berilmagan. Faqat bu kabi ne'matlarda, Allohning rizosiga muvofiq tasarruf etilishi mumkin.

Ha, bir musofir uy sohibining izniga va rizosiga muvofiq bo’lmaydigan darajada, ovqatlarda va boshqa narsalarda isrof qilolmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ko’zlari kusuf tutgan ba'zi odamlar, ko’z o’ngida sodir bo’lgan g’ayri mahdud xususiy hashru nashrlarni ko’r ko’zlari bilan ko’rganlari holda, qiyomati kubroni va hashri umumiyani qanday istig’rob etadilar? Ajabo, chechak ochib, samara bergan daraxtlarda har yil ijod etilgan mevalarning hashru nashrlarini ko’rgandan so’ng hashri umumiyni istib'od etgani uyalmaydimi? Agar ular shuhudiy bir yaqiyn bilan hashri umumiyni ko’rishni istasalar, -aqllarini ham barobar olish sharti bilan- yoz mavsumida kura-i arz bo’stoniga kirishsin. Ajabo, daraxt shoxlaridan tebrangan u totli, asalli, nazif, latif qudrat mo’'jizalari u maxluqoti latifa, avvalgisining, ya'ni o’lib ketgan samarotning ayni yoki misli emasmi?

Agar insonlarda bo’lgani kabi, u mevalarda ham vahdati ruhiya bo’lsa edi, o’tgan va kelgan yangi mevalar bir-birining ayni bo’lmasmidi? Faqat ruhlari bo’lmagani uchun oralarida ayniyatga yaqin shunday bir misliyat borki, na aynidir va na g’ayr holatni ko’rsatadi. Ajabo, samarotdagi bu vaziyatni ko’rgan hashrni istib'od etishi mumkinmi?

Va shuningdek, ma'naviy lift bilan lozim bo’lgan arzoq va g’idolarini daraxtning yuksak shoxlariga chiqarish bilan, tabassumlari bilan arzi diydor etgan tut va zardoli kabi mevalarni quruq va jomid bir daraxtdan ixroj va ijod qilish bilan u quruq daraxtni ajib bir vaziyatga va hayotdor antiqa bir shaklga qo’ygan qudrati azaliyaga hashri umumiy og’ir keladimi? Xosho! Bu latif, nozik masnu'otni u quruq daraxtlardan ixroj etgan qudratga hech bir narsa og’ir kelmaydi. Bu badihiy bir masaladir. Faqat ko’zlari ko’r bo’lganlar ko’rolmaydilar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning har bir surasi butun Qur'onning mundarijotini ijmolan ixtivo etgani kabi, boshqa suralarda zikr qilingan maqosid va muhim qissalarni ham tazammun etgan. Bundagi hikmat, Qur'onni tamoman o’qishga vaqt muso'id bo’lmagan yoki faqat bir qismini yoki bir surasini o’qiy olgan insonlar, Qur'onning hammasini o’qishdan hosil bo’lgan savobdan mahrum qolmasligidir.

Ha, mukallafiyn orasida bo’lgan ummiylar faqat bir surani o’qiy oladilar. I'jozi Qur'on ularni ham to’liq savob qozonishdan mahrum etmaslik uchun, bu nukta-i i'joziyani ta'qib qilib, bir surani to’liq Qur'on hukmiga keltirgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Moddiyotdan bo’lmagan, xususan mohiyatlari mutabayin bo’lgan bir ko’plikda tasarruf etgan bir zotning, u ko’plikning har birisi bilan bizzot mubosharat va muolajasi lozim emas.

Ha, askar nafaroti orasida bir qo’mondonning tasarrufoti, tanzimoti, faqat amr va irodasi bilan hosil bo’ladi. Agar u qo’mondonlik vazifalari va ishlari nafarotga havola qilinsa, har bir nafarning bizzot mubosharat va xizmati bilan yoki har bir nafarning bir qo’mondonga aylanishi bilan vujud topadi.

Shunga binoan, Janobi Haqning maxluqotidagi tasarrufi, yolg’iz bir amr va iroda bilan bo’ladi. Bizzot mubosharati yo’q. Shamsning koinotni tanvir etgani kabi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

{(*) Ahamiyatli.}

Inson, yashash vaziyati jihatidan, bir tog’dan uzilib sel ichiga tushgan yoki yuksak bir imoratdan yiqilib dumalagan bir shaxs kabidir.

Ha, hayot imorati yiqiladi. Umr tayyorasi chaqmoq kabi o’tadi. Zamon ham sel charxpalaklarini tezlik bilan ishlattiradi. Arz safinasi ham, tezlik bilan ketarkan تَمُرُّ مَرَّ السَّحَابِ oyatini o’qiydi. Safina-i arz tezlik bilan yurarkan, dunyoning g’ayri mashru' lazzatlariga uzatilgan qo’llarga zaharli tikanlarning botishi mulohaza qilinsin. Shunga binoan, u zaharli dunyo o’qlariga qarab qo’l uzatma. Firoqning alami talaqiy lazzatidan og’irdir.

Ey nafsi ammoram! Senga tobe emasman. Sen istagan narsangga ibodat qil va istagan narsangning orqasidan ket; men faqat va faqat meni yaratib, shams va qamar va arzni menga musahhar etgan Fotiri Hakimi Zuljalolga abd bo’laman.

Va shuningdek, qadar muhitida uchgan tayyora-i umrga yoki hayot tog’lari orasida ochilgan uxdud va tunellardan chaqmoq kabi o’tgan zamonning poyezdiga mindirib, abad-ul abad mamlakatining bandargohi hukmida bo’lgan qabr tunelining eshigiga yo’llagan Xoliqi Rahmon-ur Rahimdan madad istayman.

Va shuningdek, hech bir narsani duolarimga, istig’osalarimga va niyozlarimga g’oya ittihoz etmayman. Faqat kura-i arzni harakatga keltirgan falak charxlarini to’xtatishga va shams va qamarning birlashtirilishi bilan zamonning harakatini taskin ettirishga va vujudning cho’qqilaridan yumalab kelgan shu dunyoni sokin qilishga qodir bo’lgan qudrati nihoyatsiz Robbi Zuljalolga duolarimni, niyozlarimni bayon va taqdim qilaman. Chunki hamma narsa bilan aloqador amol va maqosidim bordir.

Va shuningdek, qalbimga voqe' bo’lgan eng inja, eng yashirin xotiralarni eshitgani va qalbimning muyul va umidlarimni tatmin etgani kabi; aql va xayolim ham tamanniy etgan saodati abadiyani berishga qodir bo’lgan Zoti Aqdasdan ma'ada hech kimga ibodat qilmayman. Ha, dunyoni oxiratga aylantirish bilan qiyomatni yuzaga keltirgan qudrat muqtadirdir, ojiz emas. Bir zarra u qudratning nazarida yashirina olmaydi. Shams, kattaligiga ishonib u qudratning qo’lidan qutulolmaydi. Ha, uning ma'rifati bilan alamlar lazzatlarga inqilob etadi.

Ha, Uning ma'rifati bo’lmasa, ulum avhomga tahavvul etadi. Hikmatlar illat va balolarga tabaddul etadi. Vujud adamga inqilob etadi. Hayot o’limga va nurlar zulmatlarga va lazoiz gunohlarga tahavvul etadi. Ha, Uning ma'rifati bo’lmasa, insonning ahbobi va mol va mulki insonga a'da va dushman bo’ladilar. Baqo balo bo’ladi, kamol habo bo’ladi, umr havo bo’ladi. Hayot azob bo’ladi, aql i'qob bo’ladi. Amol alomga inqilob etadi.

Ha, Allohga abd va xizmatkor bo’lganga hamma narsa xizmatkor bo’ladi. Bu ham, hamma narsa Allohning mulk va moli ekaniga iymon va iz'on bilan bo’ladi.

Ha, qudrat insonni ko’p doiralar bilan aloqador bir vaziyatda yaratgan. Eng kichik va eng haqir bir doirada insonning qo’li yetisha oladigan qadar insonga bir ixtiyor, bir iqtidor bergan. Farshdan arshga, azaldan abadga qadar eng keng doiralarda insonning vazifasi, yolg’iz duodir.

Ha,

قُلْ مَا يَعْبَؤُا بِكُمْ رَبّ۪ى لَوْلَا دُعَٓاؤُكُمْ

oyati karimasi bu haqiqatni tanvir va isbotga kifoyadir. Shunday ekan, bolaning qo’li yetisha olmagan bir narsani padar va volidasidan istagani kabi; abd ham, ajz va faqri bilan Robbiga iltijo qiladi va Xoliqidan istaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ashyoda ko’ringan nav'iy va fardiy vahdatlar Sone'dagi sirri vahdatdan nash'at etgan. Chunki quvvat tarqalmaydi. Bir qismiga ko’p, bir qismiga oz sarf qilinish bilan qudratda quvvatning tajazzi va inqisomi bo’lmaydi. Ha, vahdat bo’lmasa edi, qudrat qilgan sarfiyotda tafovut bo’lsa edi, masnu'otda ham tafovut va intizomsizlik bo’lardi. Demak, qudratning vahdat bilan barobar masnu'otga qilgan tasarrufi, shamsning tanviri kabi, bir shamsi vohid, juz va kullni bila-tafovut hamma narsani ziyolantirgani kabi, tajalliysi bilan ham hamma narsaning yonida mavjuddir. Shunga binoan, mumkinot doirasi afrodidan tavzif etilgan miskin, jomid, mayyit va ismi Nurga mazhar Shamsda sirri vahdat soyasida bu qadar intizomli tasarruf bo’lsa; Shamsi Azaliy, Sultoni Abadiy, Qayyumi Sarmadiy, Vojib-ul Vujud, Vohidi Ahadning masnu'otga tasarrufi qanday bo’ladi?

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sone'ning vahdatiga eng sodiq shohidlardan birinchisi: Juz'iy va kulliy ashyolarda ko’ringan vahdatlardir. Chunki har qaysi bir narsa zarradan olamga qadar vahdat bilan muttasif va aloqadordir. Shunday ekan, Sone'da ham vahdat bor. Shunday ekan, Sone' ahaddir.

Ikkinchisi: Hamma narsada qobiliyatining layoqatiga ko’ra bir kamoli ittiqon bor. Eng oddiy, kichik nabotiy va hayvoniy bir narsada ko’r ko’zlar ham ko’rgan shunday bir antiqa asari san'atlar bordirki, insonlarni hayratda qoldiradi.

Uchunchisi: Hamma narsaning ijod va inshosidagi suhulatdir. Ko’z bilan ko’ringan san'atdagi suhulat isbotga, dalilga muhtoj emas.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Kura-i arz do’konidan ma'kulot va mashrubot va libos va boshqa ehtiyojlaringizni ta'min qilyapsiz. Bepul olgan bu mollaringizni Ilohiy xazinadan olmasdan bir-bir sabablarga qildiradigan bo’lsangiz, ajabo bir anor donasini naqadar zamonlarda qo’lga kirgizib, naqadar qimmat olasiz? Chunki u anor butun ashyo bilan aloqadordir. Oz bir zamonda, oz bir qiymat bilan vujudga kelishi imkon xorijidir. Va ayni zamonda undagi ziynat, intizom, san'at, royiha, tot va hid kabi latif narsalardan tushuniladiki, u anor donasi shunday bir Sone'ning masnu'idirki, ijodida qiyinchilik va mubosharat yo’q.

Masalan, shunday bo’lgani holda, hashorotlarning zavq va tuyg’ularini tatmin uchun har bir nuqtasida minglab i'joz nuktalari bo’lgan u kura-i arz do’konidagi ashyoning Sone'i yo shuursiz, hissiz, irodasiz, ilmsiz, ixtiyorsiz, kamolsizki, bu qadar mo’l-ko’l ziqiymat antiqa ashyoni bepul tarqatadi. Bu botil ehtimol isbotga muhtoj bo’lmagan badihiy bir haqiqatdir. Yoki u xazina sohibi u xazinani oxiratga ketish uchun kelib muvaqqatan qolgan insonlarga Ilohiy va Rahmoniy bir dasturxon qilib yaratgan. U xazina-i g’aybda ashyoning ijodi "Kun" amri bilan bog’liqdir.

Va butun ashyoning malakutiyatlari markaz kabi Hakim, Qodir, Murid, Alim bir Vojib-ul Vujudning yadi qudratidadir.

Shu bilan barobar, u Ilohiy dasturxondagi ashyo yolg’iz inson va hayvonlarning lazzat va zavqlarining tatmini uchun emas. Har bir fardi mustahlikda zavil hayotga oid juz'iy foydalardan boshqa asmo-i Ilohiyaning tajalliyotiga va faoliyatdagi asror va shuunotiga oid g’ayri mutanohiy hikmatlar, g’oyalar bor. Shunday ekan, bu ziyofati omma va bu fayzi a'mmning bir ko’r quvvatdan nash'at etishi va bu ashyoning samaroti sel kabi oqib ittifoqi va tasodifning qo’liga havolasi maholdir. Chunki u ashyoning intizomli hakimona tashaxxusoti va shuurkorona muhkam xususiyoti ko’r tasodif va ittifoqni rad qiladi. Shuning kabi: U dasturxoni rahmatdagi arzonlik va osonlik va ko’plik u ashyoning bir Javvodi Mutlaqdan, bir Hakimi Mutlaqdan, bir Qodiri Mutlaqdan kelganini ko’rsatgan shohidlardir.

I'lam ey sabablarga mubtalo inson!

Bilki, sababning yaratilishi va sababiyatining taqdiri va musabbabning vujudiga lozim bo’lgan narsalar bilan tajhizi, qudratiga nisbat bilan zarralar va shamslar musoviy bo’lgan Zotning "Kun" amri bilan musabbabni yaratishidan ancha oson, ancha akmal, ancha a'lo emas.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Dunyoda ko’rilgan, xususan nabotiy va hayvoniy hayotlarda mushohada etilgan adamlar, i'domlar tabaddul va tajaddudi amsoldan iboratdir. Iymonli bo’lgan kishilarga ko’ra zavol va firoqning azobi emas, o’rinlariga kelgan o’xshashlari bilan visolning lazzati hosil bo’ladi.

Shunday ekan, iymonga kelginki, alamdan amin bo’lasan. Qadarga taslim bo’lki, salomatda qolasan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

A'sobiyati johiliya, bir-biriga tasonud etib yordam bergan g’aflat, zalolat, riyo va zulmatdan hosil bo’lgan bir ma'jundir. Shuning uchun milliyatchilar, milliyatni ma'bud ittihoz etadilar. Hamiyati Islomiya esa, nuri iymondan in'ikos etib mavj urgan bir ziyodir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ahli ilhod bilan va xususan Ovrupa muqallidlari bilan munozara bilan ishtig’ol etganlar katta bir tahlikaga ma'ruzdirlar. Chunki nafslari tazkiyasiz va amniyatsiz bo’lishi ehtimoli bilan tadrijan xasmlariga mag’lub bo’ladiki, betarafona muhokama deyilgan munsifona munozarada nafsi ammoraga amniyat etib bo’lmaydi. Chunki insofli bir munozir, xayoliy bir munozara sohasida, ora-sira xasmining libosini kiyadi, unga bir da'vo vakili bo’lib uning lahida mudofaa qiladi. Bu vaziyatning takrori bilan, aqlida bir tanqid dog’ining hosil bo’lishidan, zarar beradi. Lekin niyati xolis bo’lsa va quvvatiga ishonsa, zarari yo’qdir. Bunday vaziyatga tushgan bir odamning chora-i najoti, tazarru va istig’fordir. Bu surat bilan u dog’ni izola etishi mumkin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bu kura-i arz mehmonxonasi insonlarning mulk va moli emasdir. Faqat insonlar, ishchi kabi u mehmonxonaning turli-tuman ishlarida va tazyinotida ishlaydilar. Agar kura-i arzning xorijidan begona birisi kelib mehmonxonaning bir mo’'jiza va horiqo bo’lganiga va insonlarning ham ojiz, faqir, muhtoj bo’lganlariga diqqat qilsa, bu insonlar bu binoga sohib va sone' bo’ladigan bir iqtidorda emas, faqat bunday horiqo bir masnu'ning sone'i ham mo’'jiznamo bo’lganiga qat'iyat bilan hukm qiladi. Va bu insonlar, u Sultoni Azaliyning maqosidi uchun ishlagan ishchilardir. Bu ishchilar, olgan ujratlaridan ma'ada bu binodan bir narsaga molik va sohib bo’lmaganlariga takroran hukm qiladi. Va shuningdek, u chechaklar zavil hayotga qarshi ko’rsatgan tavaddudlariga va tahabbublariga va tabassumlariga diqqat qilgan anglaydiki: Bir Hakimi Karim tarafidan mehmonlariga xizmat bilan muvazzaf bir qator hadoya va bahoyadirki, Sone' bilan masnu' orasida bir vasila-i tao'ruf va tahabbub bo’lsin.

Ayyuhan-nafs!Sen har bir asarda muassirning azamatini ko’rishni istaysan; faqat, xorijiy bo’lgan ma'nolarni zehniy ma'nolarda qidiryapsan. Asmo-i husnaning har birida butun asmoning shuootini ko’rishni istaysan. Har bir latifaning zavqi bilan butun latoifning zavqlarini zavq etishni istaysan. Har bir hissa tobe bo’lgan ishlarni va hojatlarni ifo etarkan, butun hislaringning ishlarini barobar qilishni istaysan. Shu sababli avhomga ma'ruz qolasan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir ne'matning umumiy va hammaga shomil bo’lishi, qiymatining ozligiga va ahamiyatsizligiga dalolat qilmaydi. Va u ne'matning bir qasd va irodadan kelmasligiga alomat bo’lolmaydi. Masalan: Ko’z ne'matining butun hayvonlarda bo’lishi, sening ko’zga bo’lgan shiddati ehtiyojingni taxfif etmagani kabi, ko’zning qiymatini tanqis etishga ham sabab bo’lolmaydi. Va shuningdek, xususiy va birgina ne'matning tasodifi mumkin bo’lsa ham, umumiy bir ne'mat har holda bir mun'imning asari qasd va irodasidir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Har bir zihayotning hayotida g’ayri mutanohiy g’oyalar bor. Bu g’oyalardan zihayotga oid faqat mingdan birdir. Boshqa g’oyalari g’ayri mutanohiy molikiyati nisbatida hayotni ijod qilgan zotga oiddir. Shunday ekan, katta bir maxluqning kichik bir maxluqqa takabbur etishga haqqi yo’q. Va haqiqatga nazaran abasiyat ham yo’q. Chunki bir hayotning butun foydalari, bir zihayotga oid emaski, abas bo’lsin. Ha, sathi arzda har yil qilingan ziyofati omma-i Ilohiya navi basharga xalifa bo’lish munosabati bilan bir ikromdir. Bo’lmasa hammasi uning istifodasi uchun emas.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insoning zehniga ba'zan shunday bir vasvasa keladi, deydi: "Sen ham oddiy va hashorot kabi bir hayvonsan. Hayvonlardan ortiq nima qiymating bor? Hamda samovot va arzni yadi qudratiga olgan Xoliqi Zuljalolga qarshi nima maziyating va qanday bir xizmating borki, sen bilan mashg’ul bo’lsin? Bu vasvasaga qarshi shunday bir haqiqatni o’ylash lozim:

1- Inson g’ayri mutanohiy ajz va faqri bilan barobar Janobi Haqqa iymoni bilan, qudrat va g’ino va izzatiga mazhar bo’lgan. Xullas, bu mazhariyat sababli inson, hayvoniyatdan taraqqiy etib xalifa-i zamin bo’lgandir.

2- Janobi Haq ihota-i qudrat va azamati bilan insonning duosini eshitadi, hojotini ko’radi. Va samovot va arzning tadbiri u insonni ham o’ylashga mone emas.

Savol: Janobi Haqning juz'iyot va xasis ishlar bilan ishtig’oli azamatiga ziddir?

Aljavob: U ishtig’ol azamatiga zid emas. Aksincha, adami ishtig’oli azamati rububiyatiga bir noqisadir. Masalan: Shamsning ziyosidan ba'zi narsalarning mahrum va xorij qolishi, shamsga bir noqisa bo’ladi. Shu bilan barobar, butun shaffof narsalarda ko’ringan shamsning timsollarining har biri, "Shams menikidir. Shams yonimdadir. Shams mendadir." deya oladi. Va zarralar bilan shams orasida muzohama yo’q. Butun maxluqot -xususan insonlarda fardiy bo’lsin, nav'iy bo’lsin, sharif bo’lsin, xasis bo’lsin- ilm, iroda, qudrat e'tibori bilan Janobi Haqning tajalliysiga mazhardir. Har bir narsa, har bir inson, "Alloh yonimdadir" deya oladi. Xususan insonning za'fi, faqri, ajzi nisbatida Janobi Haqning qurbiyati va har bir narsaning Janobi Haq bilan munosabati bo’lish bilan barobar, u ham munosabatdordir. Va g’ayri mutanohiy ajz va faqri bo’lgan inson, g’ayri mutanohiy qudrat va g’ino va azamati bo’lgan Janobi Haq bilan munosabati naqadar latifdir.

Taqdis etamiz u zotniki, eng buyuk lutfni eng buyuk azamatga, eng yuksak shafqatni eng yuksak jabarutga idhol etgani kabi, nihoyatsiz qurbni nihoyatsiz bu'd bilan jam qilib, zarralar bilan shamslar orasida uxuvvatni ta'sis etgandir. Bir-biriga zid bo’lgan bu narsalarni jam qilish bilan daraja-i azamatini bir daraja ko’rsatgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Iymonga oid ma'lumotlardan so’ng eng lozim va eng muhim a'moli solihadir. Solih amal esa, moddiy va ma'naviy huquqi ibodga tajovuz etmaslik bilan, huququllohni ham bihaqqin ifo etishdan iboratdir. Ajnabiylardan olingan moddiy ma'lumotlar, san'at va taraqqiyotga oid bo’lsa, lozimdir. Safohatga doir bo’lsa, muzirdir.

اَللّٰهُمَّ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اِرْحَمْ اُمَّةَ مُحَمَّدٍ عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ وَ نَوِّرْ قُلُوبَ اُمَّةِ مُحَمَّدٍ عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ بِنُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ وَ نَوِّرْ بُرْهَانَ الْقُرْاٰنِ وَ عَظِّمْ شَر۪يعَةَ الْاِسْلَامِ اٰم۪ينَ

* * *

HABBA

(Jannati Qur'oniyaning samarotidan bir samara ixtivo etgan)

حَبَّه م۪ى گُويَدْ

مَنْ شَاخِ دِرَخْتَمْ پُرْ اَزْ مَيْوَهٔ‌ِ تَوْح۪يدْ يَكْ شَبْنَمَمْ اَزْ يَمْ پُرْ اَزْ لُؤْلُؤِ تَمْج۪يدْ

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى د۪ينِ الْاِسْلَامِ وَ كَمَالِ الْا۪يمَانِ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى مُحَمَّدٍ الَّذ۪ى هُوَ مَرْكَزُ دَائِرَةِ الْاِسْلَامِ وَ مَنْبَعُ اَنْوَارِ الْا۪يمَانِ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ مَا دَامَ الْمَلَوَانِ وَمَا دَارَ الْقَمَرَانِ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu ko’rganing katta olamga katta bir kitob nazari bilan qaralsa, Nuri Muhammadiy (S.A.V.) u kitob kotibining qalamining siyohidir. Agar u olami kabir bir shajara deb taxayyul etilsa, Nuri Muhammadiy ham urug’i, ham samarasi bo’ladi. Agar dunyo mujassam bir zihayot deb faraz qilinsa, u nur uning ruhi bo’ladi. Agar katta bir inson deb tasavvur qilinsa, u nur uning aqli bo’ladi. Agar juda go’zal ko’z qamashtiradigan bir jannat bo’stoni deb taxayyul etilsa, Nuri Muhammadiy uning andalibi bo’ladi. Agar juda katta bir saroy deb faraz qilinsa, Nuri Muhammadiy u Sultoni Azaliyning maqarri saltanat va hashmati va tajalliyoti jamoliyasi bilan osori san'atini ichiga olgan u yuksak saroyga nazir va munadiy va tashrifotchi bo’ladi. Butun insonlarni da'vat qiladi. U saroyda bo’lgan butun antiqa san'atlarni, horiqolarni va mo’'jizalarni ta'rif qiladi. Xalqni u saroy sohibiga, sone'iga iymon keltirish maqsadida jozibador, hayrat-afzo da'vat qiladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Xilqat shajarasining samarasi insondir. Ma'lumdirki, samara butun ajzoning eng akmali va ildizdan eng uzog’i bo’lgani uchun, butun ajzoning xususiyatlarini, maziyatlarini ichiga olgan. Va shuningdek, xilqati olamning illa-i g’oya hukmida bo’lgan urug’i yana insondir.

So’ngra, u shajaraning samarasi bo’lgan insondan bir donasini shajara-i Islomiyatga urug’ ittihoz etgan. Demak, u urug’ olami Islomiyatning ham baniysidir, ham asosidir, ham quyoshidir. Faqat u urug’ning urug’i qalbdir. Qalbning ehtiyojot soiqasi bilan olamning anvo'i bilan, ajzosi bilan juda ko’p aloqalari bor. Asmo-i husnaning butun nurlariga ehtiyojlari bor. Dunyoni to’ldiradigan darajada qalbning ham umidlari, hamda dushmanlari bordir. Faqat, G’aniyyi Mutlaq va Hofizi Haqiqiy bilan itminon etishi mumkin.

Va shuningdek, u qalbning shunday bir qobiliyati bordirki, bir xarita yoki bir mundarija kabi, butun olamni tamsil etadi. Va Vohidi Ahaddan boshqa markazida bir narsani qabul qilmaydi. Abadiy, sarmadiy bir baqodan ma'ada bir narsaga rozi bo’lmaydi.

Insonning urug’i bo’lgan qalb, ubudiyat va ixlos ostida Islomiyat bilan isqo etilish bilan iymon bilan intibohga kelsa, nuroniy, misoliy olami amrdan kelgan amr bilan shunday bir shajara-i nuroniy bo’lib ko’karadiki; uning jismoniy olamiga ruh bo’ladi. Agar o’sha qalb urug’i bunday bir tarbiya ko’rmasa, quruq bir urug’ holida qolib, nurga inqilob etguncha otash bilan yonishi lozim.

Va shuningdek, u habba-i qalb uchun juda ko’p xizmatchi borki, u xodimlar qalbning hayoti bilan hayot topib inbisot etsalar, ulkan koinot ular uchun tanazzuh va sayrongoh bo’ladi. Hatto qalbning xodimlaridan bo’lgan xayol -masalan- eng zaif, eng qiymatsiz ekan, hibsda va zindonda bo’lgan sohibini butun dunyoda kezdiradi, sevintiradi. Va sharqda namoz o’qiganning boshini Hajar-ul Asvadning ostiga qo’ydiradi. Va shahodatlarini Hajar-ul Asvadga muhofaza uchun tavdi' ettiradi.

Modomiki bani Odam koinotning samarasidir. Qandayki, bir xirmonda boshoqlar yanchiladi; tasfiya natijasida samaralar istibqo va iddixor etiladi. Shunga binoan, hashr maydoni ham bir xirmondir. Koinotning boshoq va samarasi bo’lgan bani Odamni intizor etyapti.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu ko’ringan umumiy olamda har insonning xususiy bir olami bor. Bu xususiy olamlar umumiy olamning aynidir. Yolg’iz umumiy olamning markazi shamsdir. Xususiy olamlarning markazi esa shaxsdir. Har xususiy olamning kalitlari u olamning sohibida bo’lib, latoifi bilan bog’liqdir. U shaxsiy olamlarning safvati, husni va qubhi, ziyosi va zulmati, markazlari bo’lgan ashxasga tobedir. Ha, oynada irtisom etgan bir bog’ harakat, tag’ayyur va boshqa ahvolida oynaga tobe bo’lgani kabi, har shaxsning olami ham markazi bo’lgan u shaxsga tobedir. Soya va misol kabi.

Shunga binoan, jismingning kichikligiga qarab gunohlaringni kichik deb o’ylama. Chunki qalbning qasovatidan bir zarra sening shaxsiy olamingning butun yulduzlarini kusuf ettiradi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

O’ttiz yildan beri ikki tog’ut bilan mujodalam bor. Biri insondadir, boshqasi olamda. Biri "Ana"dir, boshqasi "Tabiat"dir. Birinchi tog’utni g’ayri qasdiy, soyavoriy bir oyna kabi ko’rdim. Faqat u tog’utni qasddan yoki bizzot nazari ahamiyatga olganlar, Namrud va Fir'avn bo’ladilar.

Ikkinchi tog’ut esa, uni Ilohiy bir san'at, Rahmoniy bir sibg’at, ya'ni naqshli bir bo’yoq shaklida ko’rdim. Faqat g’aflat nazari bilan qaralsa, tabiat deb o’ylanadi va moddiyunlarcha bir iloh bo’ladi. Shu bilan barobar, u tabiat deb o’ylangan narsa, Ilohiy bir san'atdir. Janobi Haqqa hamd va shukrlar bo’lsinki, Qur'onning fayzi bilan, mazkur mujodalam har ikki tog’utning o’limi bilan va har ikki sanamning sinishi bilan natijalandi.

Ha, Nuqta, Qatra, Zarra, Shamma, Habba, Hubob nomli Risolalarimda isbot va izoh qilingani kabi; mavhum bo’lgan tabiat pardasi parchalanib ostida shariati fitriya-i Ilohiya va san'ati shuuriya-i Rahmoniya quyosh kabi o’rtaga chiqqan. Va shuningdek, fir'avnlikka dalolat qilgan "Ana"dan Sone'-i Zuljalolga roji' bo’lgan "Huva" taboruz etdi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Dunyoda senga oid ko’p amrlar bor. Ammo na mohiyatlaridan va na oqibatlaridan xabaring bo’lmaydi. Biri, jasaddir. Ha, jasading yosh ekan latif, zarif va go’zal gul chechagiga o’xshasa ham, keksaligingda quruq va uvushib qolgan qish chechagiga o’xshaydi va tahavvul etadi.

Biri ham, hayot va hayvoniyatdir. Buning ham oxiri o’lim va zavoldir.

Biri ham insoniyatdir. Bu esa, zavol va baqo orasida mutaraddiddir. Doimi Boqiyning zikri bilan muhofazasi lozim.

Biri ham umr va yashashdir. Buning ham hududi ta'yin etilgan. Na oldinga va na da orqaga bir qadam tashlanmaydi. Buning uchun alam chekma, mahzun bo’lma. Tahammulidan ojiz, toqatidan xorij bo’lganing tuli amal yukini ustingga yuklama!

Biri ham, vujuddir. Vujud zotan sening mulking emas. Uning moliki faqat Malik-ul Mulkdir. Va sendan yanada ziyoda sening vujudingga shafqatlidir. Shunga binoan, Maliki Haqiqiyning doira-i amridan xorij u vujudga qo’shilgan vaqting zarar bergan bo’lasan. (Umidsizlikni keltirib chiqargan hirs kabi.)

Biri ham balo va musibatlardir. Bular zoildir, davomlari yo’q. Zavollari o’ylansa, zidlari zehnga keladi, lazzat beradi.

Biri ham, sen bu yerda musofirsan va bu yerdan ham boshqa bir yerga ketasan. Musofir bo’lgan kishi o’zi bilan barobar keltirolmagan bir narsaga qalbini bog’lamaydi. Bu manzildan ayrilganing kabi, bu shahardan ham chiqasan. Va shuningdek, bu foniy dunyodan ham chiqasan. Shunday ekan, aziz bo’lib chiqishga harakat qil. Vujudingni Mujidingga fiqo et. Muqobilida katta bir narx olasan. Chunki fido etmaganing taqdirda, yo bodi havo zoil bo’ladi, ketadi; yoki Uning moli bo’lganidan yana Unga ruju' etadi.

Agar vujudingga e'timod etsang, adamga tushasan. Chunki faqat vujudning tarki bilan vujud topilishi mimkin. Va shuningdek, vujudingga qiymat berish fikrida bo’lsang, u vujuddan sening qo’lingda faqat bir nuqta qolishi mumkin. Butun vujuding jihati arbaasi bilan adamlar ichida qoladi. Ammo, u nuqtani ham qo’ldan chiqarsang, vujuding tom ma'nosi bilan nurlar ichida qoladi.

Biri ham dunyoning lazzatlaridir. Bu esa, qismatga bog’liqdir. Talabida zahmatga tushadi. Va tez qo’ldan ketishi e'tibori bilan aqli boshida bo’lgan ularni qalbiga olib qiymat bermaydi.

Dunyoning oqibati nima bo’lsa bo’lsin, lazoizni tark qilish avlodir. Chunki oqibating yo saodatdir, saodat esa shu foniy lazoizning tarki bilan bo’ladi. Yoki shaqovatdir. O’lim va i'dom intizorida bo’lgan bir odam, dorning tazyin va bezatilishidan zavq va lazzat olishi mumkinmi? Dunyosining oqibatini kufr saiqasi bilan adami mutlaq bo’lganini tavahhum etgan odam uchun ham, tarki lazoiz avlodir. Chunki u lazoizning zavoli bilan sodir bo’lgan xususiy va muqayyad adamlardan adami mutlaqning aliym alamlari har daqiqada his qilinadi. Bu kabi lazzatlar u alamlarga g’alaba etolmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

O’tloqning hududidan o’tgan qo’y podasini qaytarish uchun cho’pon otgan toshlarga musab bo’lgan bir qo’y, lisoni holi bilan: "Biz cho’ponning amri ostidamiz. U bizdan ko’proq foydamizni o’ylaydi. Modomiki uning rizosi yo’qdir, qaytaylik." deya o’zi qaytadi, poda ham qaytadi.

Ey nafs! Sen u qo’ydan ortiq osiy va zoll emassan. Qadardan senga otilgan bir musibat toshiga ma'ruz qolgan vaqting,

اِنَّا لِلّٰهِ وَ اِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

ayt va Marji-i Haqiqiyga qayt, iymonga kel, mukaddar bo’lma. U seni sendan ko’proq o’ylaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qalbning umuri dunyoviya bilan qasddan mashg’ul bo’lish uchun yaratilmagani shunday tarzda izoh qilinishi mumkin:

Ko’ryapmizki, qalb qaysi bir narsaga qo’l uzatsa, butun quvvati bilan, shiddati bilan u narsaga bog’lanadi. Katta bir ihtimom bilan qo’liga oladi, quchoqlaydi. Va abadiy bir davom bilan u bilan barobar qolishni istaydi. Va u haqida tom ma'nosi bilan fano bo’ladi. Va eng katta va eng davomli narsalarning orqasidadir, talabidadir. Holbuki umuri dunyoviyadan har qaysi bir amr bo’lsa, qalbning istak va amoliga nazaran bir qil qadardir. Demak, qalb abad-ul abadga mutavajjih ochilgan bir derazadir. Bu foniy dunyoga rozi emas.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'on samodan nozil bo’lgandir. Va Uning nuzuli bilan samoviy bir moida va bir dasturxoni Ilohiya ham nozil bo’lgan. Bu dasturxon tabaqoti basharning ishtaha va istifodalariga ko’ra ayrilgan safhalarni ichiga olgan. U dasturxonning sathida, yuzida bo’lgan ilk safha tabaqa-i avomga oiddir. Masalan:

اَنَّ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَاهُمَا

oyati karimasi basharning birinchi tabaqasiga shu ma'noni ifhom va ifoda etadi:

Samovot ayoz, bulutsiz, yomg’irni yog’diradigan bir qobiliyatda bo’lmagani kabi, arz ham qup-quruq, nabototni yetishtiradigan bir shaklda emasdir. So’ngra ikkisining ham yopishqoqliklarini izola va fatq etdik. Birisidan suvlar tushishni, boshqasidan nabotot chiqishni boshladi. Mazkur oyat ifoda etgan shu ma'noga dalolat etgan

وَ جَعَلْنَا مِنَ الْمَٓاءِ كُلَّ شَىْءٍ حَىٍّ

oyati karimasidir. Chunki hayvoniy va nabotiy bo’lgan hayotlarni muhofaza qilgan g’idolar faqat arz va samoning izdivojidan tavallud etishi mumkin.

Mazkur oyatning tabaqa-i avomga oid safhasining orqasida shunday bir safha ham bordirki: Nuri Muhammadiyadan (S.A.V.) yaratilgan modda-i a'jiniyadan, sayyorot bilan shamsning u nurning ma'jun va xamiridan infisol ettirilishiga ishoratdir. Bu safhani dalolati bilan tayid etgan

اَوَّلُ مَا خَلَقَ اللّٰهُ نُور۪ى

bo’lgan hadisi sharifidir.

Ikkinchi misol:

اَفَعَي۪ينَا بِالْخَلْقِ الْاَوَّلِ بَلْ هُمْ ف۪ى لَبْسٍ مِنْ خَلْقٍ جَد۪يدٍ

bo’lgan oyati karimaning tabaqa-i avomga oid safhasida shu ma'no bor.

"Ular yanada ajib bo’lgan birinchi yaratilishlarini shahodat bilan iqror etganlari holda, yanada ahvan, yanada oson ikkinchi yaratilishlarini uzoq ko’radilar." Shu safhaning orqasida hashr va nashrning juda oson bo’lganini tanvir etgan buyuk bir burhon bor.

Ey hashr va nashrni inkor etgan ahmoq! Umringda necha marta jismingni tabdil etasan. Nahor va oqshom ko’ylagingni almashtirganing kabi, har yili bir dafa tamomi bilan jismingni tabdil va tajdid etasan, xabaring bormi? Balki har yili, har kuni jismingdan bir qism narsalar o’ladi, o’rniga o’xshashi keladi. Buni hech mulohaza qilolmaysan. Chunki boshing bo’shdir. Agar mulohaza qila olsayding, har vaqt olamda minglarcha namunalari sodir bo’lgan hashr va nashrni inkor etmasding. Shifokorga bor, boshingni davolatgin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nafsning balohat va hamaqotiga qaraki, bir Robbi Muxtori Hakim tarafidan tarbiya etilganini va u Robbi Hakimning mamluk va masnu'i bo’lganini bilganiga va bu tamalluk va tarbiyaning butun afrod, anvo', ajnosda joriy bo’lish bilan masalaning bir qoida-i kulliya shaklini olganiga va bu fayzning shumulli bo’lish bilan bir navi ijmo' va fe'liy bir tasdiqqa mazhar bo’lganiga nazaran qonun va dastur shaklida bo’lgan hodisaga va kasbi kulliyat etgan qoidaga qarab qanoat va itminon etishi lozim ekan, butun ofoqni jilvalantirgan tajalliyoti asmoni -o’zi ham u jilvalarda hissador bo’lgani holda- vosita-i tasattur va alomati ihmol deb sanaydi. Go’yo u nafsdan ustun uning butun ahvolini nazorat etgan hech kim yo’q. Va o’zini, qilgan fe'llarida fe'l ichida mustatir "Hu" kabi ko’radi. Tajalliyotning kengligini imtino'ga, kattaligini adamga haml etish bilan shaytonni ham qilgan mug’olatadan uyaltiradi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nafs doimo iztiroblar, zahmatlar ichida avhomdan qutulib tavakkalga yaqinlashmaydi. Hukmi Qadarga rozi bo’lmaydi. Holbuki shamsning tulu' va g’urubi muqaddar bo’lgani kabi, insonning ham bu dunyoda tulu' va g’urubi va boshqa muqaddaroti, qalami qadar bilan jabhasida yozilgandir. Istasa boshini toshga ursinki, u yozuvlarni o’chirsin; faqat boshi yoriladi, yozuvlarga bir narsa bo’lmaydi!

Va ayniqsa muhaqqaq bilsinki: Samovot va Arzning xorijiga qochib qutulolmagan inson, Xoliqi Kulli Shayning rububiyatiga muhabbat bilan rizo-doda bo’lishi kerak.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir narsaning sone'i, u narsaning ichida bo’lsa, oralarida tom bir munosabat lozim. Va masnu'otning adadicha sone'larning ko’payishi lozim. Bu esa mahol. Shunday ekan, sone' masnu' ichida bo’lolmaydi. Masalan: Matbaa bilan taksir etilgan bir kitob, yana bir odamning qalami bilan yoziladi. U kitobning naqshlari, harflari; o’zidan unib chiqmaydi. Kotib ham u kitobat san'ati ichida emas. Va mutlaqo, intizomdan chiqadi. Shunday ekan, masnu'ning naqshlari o’zidan emas. Faqat, qudrat qalami bilan qadarning taqdiri ustida yoziladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Aqlning juda g’arib bir holi bordir. Shunday bir yadi tula sohibidirki, ba'zan koinotni ihota etish bilan quchog’iga oladi. Ba'zan doira-i imkondan chiqadi, eng yuksak doiralarga mudohalaga harakat qiladi. Ba'zan esa bir qatra suvda bo’g’iladi, bir zarra ichida yo’q bo’ladi, bir qilda yo’qoladi. Shu bilan barobar, qaysi narsada fano bo’lsa va yo’qolsa, butun borlig’i u narsaga munxasir bo’lganini biladi. Va qaysi bir nuqtaga kirsa, butun olamni birgalikda etish istagidadir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Agar dunyoning yoki vujudning mulkiyati, zilliyati senda bo’lsa taahhud, tahaffuz, qo’rquv qiyinchiliklari bilan ne'matlardan lazzat ololmaysan, doimo notinch bo’lasan. Chunki nuqsonlarni tadorik, mavjudlarni yo’q bo’lishdan muhofaza bilan doimo avhom, qorquvlar, mashaqqatlarga mahal bo’lasan. Holbuki u ne'matlar Mun'imi Karimning taahhudi ostidadir. Sening ishing uning dasturxoni ehsonidan yeb-ichish bilan shukr qilishdir. Shukrda bir zahmat yo’q. Aksincha ne'matning lazzatini orttiradi. Chunki shukr, ne'matda in'omni ko’rish deganidir. In'omni ko’rish, ne'matning zavolidan hosil bo’lgan alamni daf qiladi. Zero ne'mat zoil bo’lganidan, Mun'imi Haqiqiy uning o’rnini bo’sh qoldirmaydi, misli bilan to’ldiradi va tajaddudidan lazzat olasan.

Ha,

وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

bo’lgan oyati karima, hamdning ayni lazzat bo’lganiga dalolat qiladi. Chunki hamd, in'om shajarasini ne'mat samarasida ko’rsatadi. Va bu vasila bilan zavoli ne'matning tasavvuridan hosil bo’lgan alam zoil bo’ladi. Chunki shajarada ko’p samara bor, biri ketsa, boshqasi o’rniga keladi. Demak hamd, ayni lazzatdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ofoqiy ma'lumot, ya'ni xorijdan, uzoqlardan olingan ma'lumot, avhom va vasvasalardan bo’sh bo’lolmaydi. Ammo bizzot vijdoniy bir shuurga mahal bo’lgan anfusiy va dohiliy ma'lumot esa, avhom va ehtimollardan tozadir. Shunga binoan, markazdan muhitga, dohildan xorijga qarash lozim.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Kura-i arzni bir qishloq shakliga solgan shu madaniyati safiha bilan g’aflat pardasi juda qalinlashgan. Ta'dili buyuk bir himmatga muhtojdir. Va shuningdek, bashariyat ruhidan dunyoga nazir juda ko’p tuynuklar ochgan. Bularning yopilishi faqat Allohning lutfiga mazhar bo’lganlarga muyassar bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir zarra, ulkan shamsni tajalliy bilan, ya'ni in'ikos e'tibori bilan isti'ob etadi, ichiga oladi. Faqat kichkina ikki zarrani bizzot, ya'ni hajmlari e'tibori bilan ichiga ololmaydi. Shunga binoan, yomg’irning shamsning timsoliga ma'kas bo’lgan qatralari kabi, koinotning zarrot va murakkaboti, ilm va irodaga mustanid qudrati nuroniya-i azaliyaning -tajalliy va in'ikos e'tibori bilan- lam'alariga mazhar bo’la oladilar. Faqat ko’zning ichidagi bir hujayra zarrasi, "a'sob, avrida, sharoyin"da ta'sirlari ko’ringan bir qudrat, shuur va irodaga manba bo’lolmaydi. Bu ajib san'at, muntazam naqsh, inja hikmatning iqtizosiga ko’ra koinotning har bir zarrasi, har bir murakkaboti uluhiyatga maxsus muhit va mutlaq sifatlarga manba va masdar bo’lishi lozim bo’ladi. Yoki u sifatlar bilan muttasif Shamsi Azaliyning tajalliyot lam'alariga ma'kas bo’lishlari lozim.

Birinchi imkonda koinotning zarroti adadicha maholot bordir. Shunga binoan, har bir zarra u ulkan yukning tahammulidan ojiz bo’lganini iqror bilan "Mujid, Xoliq, Rob, Malik, Qayyum faqat Allohdir" deya shahodatini e'lon qiladi. Va shuningdek, har bir zarra, har bir murakkabot muxtalif lison va dalolatlari bilan shu baytni tarannum etadilar:

عِبَارَاتُنَا شَتّٰى وَ حُسْنُكَ وَاحِدٌ وَ كُلٌّ اِلٰى ذَاكَ الْجَمَالِ يُش۪يرُ

Ha, har bir harf o’z vujudiga bir vajh bilan dalolat qiladi. Ammo kotibining, sone'ining vujudiga ko’p vajhlar bilan dalolat qiladi. Ha...

تَاَمَّلْ سُطُورَ الْكَائِنَاتِ فَاِنَّهَا ٭ مِنَ الْمَلَاِ الْاَعْلٰى اِلَيْكَ رَسَائِلُ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shisha, suv, havo, olami misol, ruh, aql, xayol, zamon va boshqalar kabi, tajalli-i timsol akslarga mahal va mazhar bo’lgan ko’p narsalar bor. Moddiyoti kasifaning timsollari ham munfasil, ham o’lik hukmidadirlar. Chunki asllariga g’ayr bo’lganlari kabi, asllarining xususiyatlaridan ham mahrumdirlar. Nuroniylarning timsollari esa, asllari bilan muttasil va asllarining xususiyatlariga molik va asllariga g’ayr emas. Shunga binoan, Janobi Haq shamsning haroratini hayot, ziyosini shuur, ziyodagi ranglarni tuyg’u kabi qilgan bo’lsa edi, sening qo’lingdagi oynada tamassul etgan shamsning timsoli sen bilan gaplashar edi. Chunki u, timsolida yeratli darajada harorati, ziyosi, ranglari bo’lardi. Harorati bilan hayot topardi. Ziyosi bilan shuurli bo’lardi. Ranglari bilan ham tuyg’uli bo’lardi. Bunday bo’lgandan so’ng, sen bilan gaplasha olardi. Shu sirga binoan, Rasuli Akram (S.A.V.) o’ziga o’qilgan butun salovoti sharifaga bir onda voqif bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Subhanalloh va Alhamdulilloh jumlalari Janobi Haqni Jalol va Jamol sifatlari bilan zimnan tavsif etadilar. "Jalol" sifatini tazammun etgan "Subhanalloh", abdning va maxluqning Allohdan baid ekaniga nazirdir.

Jamol sifatini ichiga olgan "Alhamdulilloh", Janobi Haqning rahmati bilan abdga va maxluqotga qorib ekaniga ishoratdir. Masalan, biri qurb, boshqasi bu'd bo’lib bizga nazir shamsning ikki jihati bor. Qurb jihati bilan harorat va ziyoni beradi. Bu'd jihati bilan insonlarning mazarrotlaridan tohir va sof qoladi. Bu e'tibor bilan, inson shamsga qarshi yolg’iz qobil bo’lishi mumkin, foil va muassir bo’lolmaydi.

Shuning kabi -bila tashbeh- Janobi Haq rahmati bilan bizga qorib bo’lish jihati bilan unga hamd etamiz. Biz undan uzoq bo’lganimiz jihat bilan Uni tasbeh etamiz. Shunga binoan, rahmati bilan qurbiga qararkan, hamd et. Undan baid bo’lganingga qararkan, tasbeh et. Faqat har ikki maqomni aralashtirma va har ikki nazarni birlashtirmaginki, haq va istiqomat multabis bo’lmasin. Lekin iltibos va mazj bo’lmagan taqdirida, har ikki maqomni va har ikki nazarni ham tabdil, ham birlashtira olasan. Ha, "Subhanallohi va bihamdihi" har ikki maqomni jamlagan bir jumladir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

To’rt narsa uchun dunyoni kasban emas, qalban tark qilish lozimdir:

1- Dunyoning umri qisqa bo’lib, tezlik bilan zavol va g’urubga ketadi. Zavolning alami bilan visolning lazzati zavol topadi.

2- Dunyoning lazoizi zaharli asalga o’xshaydi. Lazzati nisbatida alami ham bor.

3- Seni intizor etayotgan va sening ham tezlik bilan unga to’g’ri ketayotganing "qabr", dunyoning ziynatli, lazzatli narsalarini hadya sifatida qabul qilmaydi. Chunki dunyo ahli nazarida go’zal deb sanalgan narsa u yerda xunukdir.

4- Dushmanlar va hasharoti muzirra orasida bir soat turish bilan do’st va buyuklar majlisida yillarcha turish orasidagi muvozana, qabr bilan dunyo orasidagi ayni muvozanadir. Shu bilan barobar, Janobi Haq ham bir soatlik lazzatni tark qilishga da'vat etyaptiki, yillarcha do’stlaring bilan barobar rohatlanasan. Shunday ekan, tutilgan va kishanli tarzda yuborilmasdan avval, Allohning da'vatiga ijobat et.

Fasubhanalloh, Janobi Haqning insonlarga fazlu karami shu qadar buyukdirki, insonga vadi'a o’laroq bergan molini, ulkan bir samani bilan insondan sotib oladi, ibqo va himoya qiladi. Agar inson u molni tamalluk etib Allohga sotmasa, katta bir baloga tushadi. Chunki u molni zimmasiga olgan bo’ladi. Holbuki, qudrati taahhudga kifoya kelmaydi. Chunki orqasiga olsa, balki sinadi; qo’li bilan tutsa, qochadi, tutilmaydi. Eng nihoyat majjonan fano bo’lib ketadi, yolg’iz gunohlari meros qoladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tunga o’xshagan yoshligim zamonida ko’zlarim uxlagan edi, faqat keksalik tongi bilan uyg’ondim, maolida bo’lgan:

وَ عَيْن۪ى قَدْ نَامَتْ بِلَيْلِ شَب۪يبَت۪ى ٭ وَ لَمْ تَنْتَبِهْ اِلَّا بِصُبْحِ مَش۪يبِ

she'rning shumuliga dohilman. Chunki yoshligimda eng yuksak bir intiboh cho’qqisiga chiqqanman deb o’ylar edim. Hozir tushunyapmanki, u intiboh intiboh emas ekan. Faqat uyquning eng chuqur qudug’ida bo’lishdan iborat ekan. Shunga binoan, madaniylarning iftixor bilan og’iz ko’pirtirganlari tanavvuri intibohlari, mening yoshlik zamonimdagi intiboh toifasidan bo’lsa kerak.

Ularning misoli, tushida go’yo uyg’onib, tushini xalqqa hikoya qilgan naim masalidir. Holbuki tushida uning u intibohi, uyquning yengil pardasidan chuqur va qalin bir pardaga intiqol etganiga ishoratdir. Bunday bir naim o’lik kabidir. Yarim uyquda bo’lgan insonlarni qanday iqoz etishi mumkin?

Ey uyquda ekan o’zlarini uyg’oq deb o’ylaganlar! Umuri diniyada musomaha yoki tashabbuh bilan madaniylarga yaqinlashmang. Chunki oramizdagi dara juda chuqurdir. To’ldirib xatti muvosalani ta'min etolmaysiz. Yo siz ham ularga iltihoq etasiz yoki zalolatga tushib bo’g’ilasiz.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ma'siyatning mohiyatida, xususan davom etsa, kufr danagi bor. Chunki u ma'siyatga davom etgan, unga ulfat paydo etadi. So’ng unga oshiq va mubtalo bo’ladi. Tarkiga imkon topolmaydigan darajaga keladi. So’ng u ma'siyatining i'qobga mujib bo’lmaganini tamanniyni boshlaydi. Bu hol shu tariqa davom etgan sari, kufr danagi ko’karishni boshlaydi. Eng oxiri, kerak bo’lsa i'qobni va kerak bo’lsa dor-ul i'qobni inkorga sabab bo’ladi.

Va shuningdek, ma'siyatga tarattub etgan xijolat sababli, u ma'siyatning ma'siyat emasligini da'vo etish bilan, u ma'siyatga muttali' bo’lgan malaklarni ham inkor etadi. Hatto shiddati xijolatdan yavmi hisobning kelmasligini tamanniy etadi.

Shoyat yavmi hisobni inkor qilgan adno bir shubhani topsa, u shubhani ulkan bir burhon deb sanaydi. Eng nihoyat nadomat etib tark qilmaganlarning qalbi kusufga tutiladi, mahv bo’lib ketadi. -Al'iyazu billah-

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning i'joz va balog’atiga doir Lamaat nomli asarimda izoh etilgan ba'zi lam'alarni tingla:

1- Qur'onning o’qilishida yuksak bir salosat borki, lisonlarga og’ir kelmaydi.

2- Buyuk bir salomat borki, lafzan va ma'nan xatodan salimdir.

3- Oyatlar orasida buyuk bir tasonud borki, kargir binolar kabi, oyatlari bir-biriga tayanib bunya-i Qur'oniyani tebranishdan viqoya etadi.

4- Buyuk bir tanosub, tajovub, taovun borki; oyatlari bir-biriga ajnabiy bo’lmagani kabi, bir-birining vuzuhiga yordam, istizohiga javob beradi.

5- Parcha-parcha, boshqa-boshqa zamonlarda nozil bo’lgani holda, shiddati tanosubdan xuddi bir dafada nozil bo’lgandek.

6- Nozil bo’lish sabablari boshqa-boshqa va mutabayin bo’lgani holda, shiddati tasonuddan xuddi sabab birdek.

7- Mukarrar mutafovit savollarga javob bo’lgani holda, shiddati imtizoj va ittihoddan xuddi savol birdek.

8- Mutaaddid, mutag’ayir hodisotga bayon bo’lgani holda, kamoli intizomidan xuddi hodisa birdek va bir hodisaga javobdek.

9- "Tanazzuloti Ilohiya" bilan ta'bir etilgan muxotoblarning fahmlariga yaqin va munosib uslublar ustida nozil bo’lgandek.

10- Butun zamon va makonlarda kelib o’tgan insonlarga tavjihi kalom etgani holda, suhulati bayon sababli xuddi muxotob birdek.

11- Irshodning g’oyalariga isol uchun takrorlari tahqiq va taqrirni ifoda etadi. Shu bilan barobar, takrorlari zarar bermaydi. I'odasi, zavqni izola etmaydi. Takarrur etgan sari, misk kabi hid chiqaradi.

12- Qur'on qalblarga quvvat va g’idodir. Ruhlarga shifodir. G’idoning takrori quvvatni orttiradi. Takror qilish bilan yanada ma'luf va ma'nus bo’lganidan, lazzati ortadi.

13- Inson moddiy hayotida; har on havoga, har vaqt suvga, har zamon va har kun g’idoga, har hafta ziyoga muhtojdir. Bularning takarruri aslida takarrur bo’lmasdan, ehtiyojlarning takarruri uchundir. Shuning kabi, inson hayoti ruhiyasi jihati bilan Qur'onda zikr qilingan butun navlarga muhtojdir. Ba'zi navlarga har onda muhtojdir. "Huvalloh" kabi. Chunki ruh bu bilan nafas oladi. Ba'zi navlarga har vaqt, ba'zilariga har zamon muhtojdir. Xullas, hayoti qalbiyaning ehtiyojlariga binoan Qur'on takrorlar qiladi. Masalan: "Bismilloh", havo-i nasimiy kabi qalbni va ruhni tatmin etganidan, kasrati ehtiyojga binoan, Qur'onda ko’p takror etilgan.

14- Qissa-i Muso kabi ba'zi hodisoti juz'iyaning takrori, u hodisaning katta bir dasturni tazammun etganiga ishoratdir.

Xulosa: Qur'on ham zikrdir, ham fikrdir, ham hikmatdir, ham ilmdir, ham haqiqatdir, ham shariatdir, ham sadrlarga shifo, mo’'minlarga huda va rahmatdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Fitrati insoniyaning g’arib bir holi, g’aflat zamonida latoif bilan hislarning hukmlarini iltibos bilan bir-biriga o’xshatadi, tafriq etolmaydi. Masalan: Qo’l bilan ko’zni bir-birga o’xshatib xizmatlarini va vazifalarini tafriq etolmagan bir majnun, balandlikda ko’zi bilan ko’rgan bir narsani olish uchun qo’lini uzatadi. Qo’l ko’zning qo’shnisi bo’lish munosabati bilan, u qilgan ishni, qo’l ham qila oladi deb o’ylaydi.

Shuning kabi, insoni g’ofil, o’z shaxsiga oid adno, juz'iy bir tanzimdan ojiz bo’lgani holda, g’ururi bilan, xayoli bilan Janobi Haqning af'oliga tahakkum bilan qo’l uzatadi.

Yana insonning fitratida ajib bir hol: Insonning afrodi orasida jisman va suratan tafovut bo’lsa ham, juda oz. Ammo ma'nan va ruhan oralarida zarra bilan shams orasidagi tafovut qadar bir tafovut bor. Faqat boshqa hayvonot unday emas. Masalan baliq bilan qush, qiymati ruhiya jihatidan bir-biriga juda yaqindirlar. Eng kichigi eng kattasi kabidir. Chunki insonning quvva-i ruhiyasi tahdid etilmagan. Anoniyat bilan shu qadar past tushadiki, zarraga musoviy bo’ladi. Ubudiyat bilan ham shu qadar yuksakka chiqadiki, ikki jahonning quyoshi bo’ladi. -Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam kabi.-

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ashyoda asos baqodir, adam emas. Hatto adamga ketgan deb o’ylaganimiz kalimot, alfaz, tasavvurot kabi sari-uz zavol bo’lgan ba'zi narsalar ham adamga ketmaydi. Faqat suratlarini va vaziyatlarini o’zgartirib zavoldan masun qolib ba'zi yerlarda tahassun bilan adami mutlaqqa ketmaydilar. Fan deganlari hikmati jadida bu sirga voqif bo’lgan bo’lsa ham, vuzuhi bilan voqif bo’lolmagan. Va ayni zamonda "Olamda adami mutlaq yo’q. Faqat tarakkub va inhilol bor" deya ifrot va xato qilgan. Chunki olamda Janobi Haqning sun'i bilan tarkib bor. Allohning izni bilan tahlil bor. Allohning amri bilan ijod va i'dom bor.

يَفْعَلُ اللّٰهُ مَا يَشَٓاءُ ٭ وَ يَحْكُمُ مَا يُر۪يدُ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qabr, olami oxiratga ochilgan bir eshikdir. Orqa tomoni rahmatdir, old tomoni esa azobdir. Butun do’st va sevgililar u eshikning orqa tomonida turishibdi. Sening ham ularga iltihoq zamoning kelmadimi? Va ularga borib ularni ziyorat qilishga ishtiyoqing yo’qmi? Ha, vaqt yaqinlashdi. Dunyo chiqindisidan tozalanish uchun bir g’usl lozimdir. Bo’lmasa ular istiqzor bilan iqroh etadilar.

Agar Imom Rabboniy Ahmad Faruqiy bugun Hindistonda hayotdordir deya ziyoratiga bir da'vat bo’lsa, butun zahmatlarga va tahlikalarga sabr qilib ziyoratiga boraman. Shunga binoan, Injilda "Ahmad", Tavrotda "Axyad", Qur'onda "Muhammad" ismi bilan musammo, ikki jahonning quyoshi, qabrning orqa tarafida millionlab Faruqi Ahmadlar bilan muhat bo’lib sokindir. Ularning ziyoratlariga borish uchun nimaga shoshilmayapmiz? Orqada qolish xatodir.

Shu asosotga diqqat lozim:

1- Allohga abd bo’lganga hamma narsa musahhardir. Bo’lmaganga hamma narsa dushmandir.

2- Hamma narsa qadar bilan taqdir etilgan. Qismatingga rozi bo’lki, rohatlanasan.

3- Mulk Allohnikidir. Senda omonat o’laroq turibti. U omonatni ibqo etib sen uchun muhofaza qiladi. Senda qolsa, majjonan zoil bo’lib ketadi.

4- Davom qilmagan bir narsada lazzat yo’qdir. Sen zoilsan. Dunyo ham zoildir. Xalqning dunyosi ham zoildir. Koinotning shu shakli hoziri ham zoildir. Bular soniya va daqiqa va soat va kun kabi bir-birini ta'qib qilib zavolga ketyaptilar.

5- Oxiratda seni qutqaradigan bir asaring bo’lmagan taqdirda, foniy dunyoda qoldirgan asarlaringga ham qiymat berma.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

"Subhanalloh", "Alhamdulilloh", "Allohu Akbar" bu uch muqaddas jumlaning foydalarini va mahalli iste'mollarini tingla:

1- Qalbida hayot bo’lgan bir inson koinotga, olamga qararkan, idrokidan ojiz, xususan shu bo’shliqda qilingan Ilohiy manyovrlarni ko’rish bilan haytarlar ichida qoladi. Xullas, bu kabi hayrat va dahshatangiz vaziyatlarni faqat "Subhanalloh" jumlasidan jo’shib chiqqan ma-i zulolni ichish bilan u hayrat otashi so’nadi.

2- Ayni u inson, ko’rgan laziz ne'matlardan his qilgan zavqlarni izhor qilish bilan, "Hamd" unvoni ostida in'omni ne'matda va mun'imni in'omda ko’rish bilan idoma-i ne'mat va tazyidi lazzat talabida bo’lib, "Alhamdulilloh" jumlasi bilan ne'matlar dafinasini topgan odam kabi nafas oladi.

3- Ayni u inson, maxluqoti ajiba va harakoti g’aribadan aqli tortolmagan va zehni ichiga ololmagan narsalarni ko’rgan zamon, "Allohu Akbar" deyish bilan rohatlanadi. Ya'ni, Xoliqi yanada azim va yanada buyukdir. Ularning yaratilish va tadbirlari o’ziga og’ir emas.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson sayyioti bilan Allohga zarar bergan bo’lmaydi. Faqat nafsiga zarar qiladi. Masalan: Xorijda, voqe'da va haqiqatda Allohning sherigi yo’qdirki, uning hizbiga kirish bilan Janobi Haqning mulkiga va osoriga mudohala eta olsin. Faqat, sherikni zehnida o’ylaydi, bo’sh boshida yerlashtiradi. Chunki xorijda sherikning yeri yo’qdir. U holda u boshsiz, o’z qo’li bilan o’zining uyini yiqitadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Allohga tavakkal qilganga Alloh kifoyadir. Alloh komili mutlaq bo’lganidan, lizotihi mahbubdir. Alloh mujid, vojib-ul vujud bo’lganidan, qurbiyatida vujud nurlari, bu'diyatida adam zulmatlari bor. Alloh malja va manjadir. Koinotdan ranjigan, dunyo ziynatidan hazar qilgan, vujudidan bezor bo’lgan ruhlarga malja va manja udir. Alloh boqiydir, olamning baqosi faqat uning baqosi bilandir. Alloh molikdir, sendagi mulkingni sen uchun saqlash uchun oladi. Alloh g’aniyyi mug’niydir, hamma narsaning kaliti undadir. Bir inson Allohga xolis bir abd bo’lsa, Allohning mulki bo’lgan koinot uning mulki kabi bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Aqli boshida bo’lgan inson na dunyo umuridan qozonganiga masrur va na yo’qotgan narsasiga mahzun bo’ladi. Zero dunyo turmayapti, ketyapti. Inson ham barobar ketyapti. Sen ham yo’lovchisan. Qara, keksalik shafag’i quloqlaring ustida tulu' etgan. Boshingning yarmidan ortig’i oq kafanga o’ralgan. Vujudingda tavattun etishga niyat qilgan xastaliklar, o’limning kashf guruhidirlar. Shu bilan barobar, abadiy umring qarshingdadir. U umri boqiyda ko’radigan rohat va lazzating faqat bu foniy umrda sa'y va harakatlaringga bog’liqdir. Sening u umri boqiydan hech xabaring yo’q. O’lim sakaroti uyg’otmasdan avval uyg’on!

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqqa ma'lum va ma'ruf unvoni bilan qaraydigan bo’lsang, majhul va mankur bo’ladi. Chunki bu ma'lumiyat, urfiy bir ulfat, taqlidiy bir sama'dir. Haqiqatni i'lam etadigan bir ifoda ham emasdir. Shu bilan barobar, u unvon bilan fahmga kelgan ma'no, sifoti mutlaqani barobar tarzda olib zehnga ilqo etolmaydi. Faqat Zoti Aqdasni mulohaza uchun bir navi unvondir. Ammo Janobi Haqqa mavjudi majhul unvon bilan qaralsa, ma'rufiyat shualari bir daraja taboruz etadi. Va koinotda tajalliy etgan sifoti mutlaqa-i muhita bilan bu mavsufning u unvondan tulu' etishi og’ir kelmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Asmo-i husnaning har birisi boshqalarini ijmolan tazammun etadi. (Ziyoning alvoni sab'ani tazammun etgani kabi). Va shuningdek, har biri boshqalariga dalil bo’lgani kabi, ularning har birisiga ham natija bo’ladi. Demak, asmo-i husna mir'at va oyna kabi bir-birini ko’rsatadi. Shunga binoan, natijalari barobar mazkur qiyoslar kabi yoki dalillari barobar natijalar kabi o’qilishi mumkin.

* * *

TAZARRU VA NIYOZ

اِلٰه۪ى لَازِمٌ عَلَىَّ اَنْ لَا اُبَالِىَ وَ لَوْ فَاتَ مِنّ۪ى حَيَاةُ الدَّارَيْنِ وَ عَادَتْنِى الْكَائِنَاتُ بِتَمَامِهَا اِذْ اَنْتَ رَبّ۪ى وَ خَالِق۪ى وَ اِلٰه۪ى اِذْ اَنَا مَخْلُوقُكَ وَ مَصْنُوعُكَ ل۪ى جِهَةُ تَعَلُّقٍ وَ اِنْتِسَابٍ مَعَ قَطْعِ نِهَايَةِ عِصْيَان۪ى وَ غَايَةِ بُعْد۪ى لِسَائِرِ رَوَابِطِ الْكَرَامَةِ فَاَتَضَرَّعُ بِلِسَانِ مَخْلُوقِيَّت۪ى يَا خَالِق۪ى ٠ يَا رَبّ۪ى يَا رَازِق۪ى يَا مَالِك۪ى يَا مُصَوِّر۪ى ٠ يَا اِلٰه۪ى اَسْئَلُكَ بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى وَ بِاِسْمِكَ الْاَعْظَمِ وَ بِفُرْقَانِكَ الْحَك۪يمِ وَ بِحَب۪يبِكَ الْاَكْرَمِ وَ بِكَلَامِكَ الْقَد۪يمِ وَ بِعَرْشِكَ الْاَعْظَمِ وَ بِاَلْفِ اَلْفِ قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ اِرْحَمْن۪ى يَا اَللّٰهُ يَا رَحْمٰنُ يَا حَنَّانُ يَا مَنَّانُ يَا دَيَّانُ اِغْفِرْل۪ى يَا غَفَّارُ يَا سَتَّارُ يَا تَوَّابُ يَا وَهَّابُ اُعْفُ عَنّ۪ى يَا وَدُودُ يَا رَؤُفُ يَا عَفُوُّ يَا غَفُورُ ٠ اُلْطُفْ ب۪ى يَا لَط۪يفُ يَا خَب۪يرُ يَا سَم۪يعُ يَا بَص۪يرُ وَ تَجَاوَزْ عَنّ۪ى يَا حَل۪يمُ يَا عَل۪يمُ يَا كَر۪يمُ يَا رَح۪يمُ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ يَا رَبِّ يَا صَمَدُ يَا هَاد۪ى جُدْ عَلَىَّ بِفَضْلِكَ يَا بَد۪يعُ يَا بَاق۪ى يَا عَدْلُ يَا هُوَ اَحْىِ قَلْب۪ى وَ قَبْر۪ى بِنُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ يَا نُورُ يَا حَقُّ يَا حَىُّ يَا قَيُّومُ يَا مَالِكَ الْمُلْكِ يَا ذَا الْجَلَالِ وَ الْاِكْرَامِ يَا اَوَّلُ يَا اٰخِرُ يَا ظَاهِرُ يَا بَاطِنُ يَا قَوِىُّ يَا قَادِرُ يَا مَوْلَاىَ يَا غَافِرُ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اَسْئَلُكَ بِاِسْمِكَ الْاَعْظَمِ فِى الْقُرْاٰنِ وَ بِمُحَمَّدٍ عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ اَلَّذ۪ى هُوَ سِرُّكَ الْاَعْظَمُ ف۪ى كِتَابِ الْعَالَمِ اَنْ تَفْتَحَ مِنْ هٰذِهِ الْاَسْمَاءِ الْحُسْنٰى كُوَاةً مُف۪يضَةً اَنْوَارَ الْاِسْمِ الْاَعْظَمِ اِلٰى قَلْب۪ى ف۪ى قَالِب۪ى وَ اِلٰى رُوح۪ى ف۪ى قَبْر۪ى فَتَص۪يرَ هٰذِهِ الصَّح۪يفَةُ كَسَقْفِ قَبْر۪ى وَ هٰذِهِ الْاَسْمَاءُ كَكُوَاتٍ تُف۪يضُ اَشِعَّةَ شَمْسِ الْحَق۪يقَةِ اِلٰى رُوح۪ى اِلٰه۪ى اَتَمَنّٰى اَنْ يَكُونَ ل۪ى لِسَانٌ اَبَدِىٌّ يُنَاد۪ى بِهٰذِهِ الْاَسْمَاءِ اِلٰى قِيَامِ السَّاعَةِ فَاَقْبَلْ هٰذِهِ النُّقُوشَ الْبَاقِيَةَ بَعْد۪ى نَائِبًا عَنْ لِسَانِىَ الزَّائِلِ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَاةً تُنْج۪ينَا بِهَا مِنْ جَم۪يعِ الْاَهْوَالِ وَ الْاٰفَاتِ وَ تَقْض۪ى لَنَا بِهَا جَم۪يعَ الْحَاجَاتِ وَ تُطَهِّرُنَا بِهَا مِنْ جَم۪يعِ السَّيِّئَاتِ وَ تَغْفِرُ لَنَا بِهَا جَم۪يعَ الذُّنُوبِ وَ الْخَط۪يئَاتِ يَا اَللّٰهُ يَا مُج۪يبَ الدَّعَوَاتِ اِجْعَلْ ل۪ى ف۪ى مُدَّةِ حَيَات۪ى وَ بَعْدَ مَمَات۪ى ف۪ى كُلِّ اٰنٍ اَضْعَافَ اَضْعَافِ ذٰلِكَ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ سَلَامٍ مَضْرُوب۪ينَ ف۪ى مِثْلِ ذٰلِكَ وَ اَمْثَالِ اَمْثَالِ ذٰلِكَ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ اَصْحَابِه۪ وَ اَنْصَارِه۪ وَ اَتْبَاعِه۪ وَاجْعَلْ كُلَّ صَلَاةٍ مِنْ كُلِّ ذٰلِكَ تَز۪يدُ عَلٰى اَنْفَاسِىَ الْعَاصِيَةِ ف۪ى مُدَّةِ عُمْر۪ى وَ اغْفِرْل۪ى وَ ارْحَمْن۪ى بِكُلِّ صَلَاةٍ مِنْهَا بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ

* * *

ZAYL-UL HABBA

Birodar! Shu mushavvash asarlarim bilan katta bir narsaning atrofini qazyapman. Ammo bilmayman kashf eta oldimmi? Va yoxud so’ngra inkishof etadi. Va yoxud oxirida zuhur etadi. Kashfiga yo’l ochib ko’rsatyapman.

لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ

حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ نِعْمَ الْمَوْلٰى وَ نِعْمَ النَّص۪يرُ

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نِعْمَةِ الْا۪يمَانِ وَالْاِسْلَامِ بِعَدَدِ قَطَرَاتِ الْاَمْطَارِ وَاَمْوَاجِ الْبِحَارِ وَثَمَرَاتِ الْاَشْجَارِ وَنُقُوشِ الْاَزْهَارِ وَنَغَمَاتِ الْاَطْيَارِ وَلَمَعَاتِ الْاَنْوَارِ وَالشُّكْرُ لَهُ عَلٰى كُلِّ مِنْ نِعَمِه۪ فِى الْاَطْوَارِ بِعَدَدِ كُلِّ نِعَمِه۪ فِى الْاَدْوَارِ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى سَيِّدِ الْاَبْرَارِ وَالْاَخْيَارِ مُحَمَّدٍ الْمُخْتَارِ وَعَلٰى اٰلِهِ الْاَطْهَارِ وَاَصْحَابِه۪ نُجُومِ الْهِدَايَةِ ذَوِى الْاَنْوَارِ مَادَامَ الَّيْلُ وَالنَّهَارُ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Musofir bo’lgan bir kishi safarida ko’p yerlarga, manzillarga kirib o’tadi. Kirib o’tgan har yerning odatlari va shartlari boshqa-boshqa bo’ladi.

Shuning kabi Allohning yo’lida suluk etgan zot ko’p maqomlarga, martabalarga, hollarga, pardalarga to’qnashadiki, bularning ham har biri uchun o’ziga maxsus shartlar va vaziyatlar bor. Bu shartlarni va pardalarni, bir-biriga xalt etib chalkashtirgan, chalg’iydi va xato harakat etadi. Masalan: Bir og’ilxonada otning kishnashini eshitgan odam, yuksak bir saroyda andalibning tarannumini, go’zal sadosini eshitadi. Agar u tarannum bilan otning kishnashini farqlamay andalibdan kishnashni talab etsa, o’z nafsi bilan mug’olata etgan bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Dunyo hayotini go’zallashtirgan sabablardan biri, dunyo oynasida tamassul bilan porlagan hidoyat nurlari va buyuk insonlarning sevgili va sevimli timsollaridir. Ha, mustaqbal moziyning oynasidir. Moziy barzohga, ya'ni narigi olamga intiqol va inqilob etganidan suratini va shaklini va dunyosini istiqbol oynasiga, tarixga, insonlarning zehnlariga vadi'a etadi. Ularga bo’lgan ma'naviy va xayoliy muhabbatlari bilan dunyo muhabbati totli bo’ladi. Masalan: Birodarlarining va qarindoshlarining timsollarini va rasmlarini ichiga olgan katta bir oynani yo’lida topgan bir odam, sharq tomonga ketgan odamlarning mamlakatlariga ketib ularga iltihoq etish uchun harakat qilmasdan, u oynaning ichidagi timsollar bilan ovora bo’ladi, muhabbat etadi. Xullas, bu odam g’aflatdan uyg’ongan zamon: "Eyvoh, nima qilyapman! Bular sharob emas, sarobdir. Bular bilan ovora bo’lish a'zb emas, azobdir." deydi, birodarlariga yetishish uchun sharq safariga tadorikotda bo’lishni boshlaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning haq va haqiqat ekaniga eng sodiq dalillar:

1- Tavhidning butun iqtizolarini va lozimlarini martabalari bilan muhofaza etishidir.

2- Asmo-i husnaning tanosub va iqtizosiga ko’ra haqoiqi oliya-i Ilohiyadagi muvozanaga muro'at etishidir.

3- Rububiyat va uluhiyatga oid shuunotni kamoli muvozana bilan jamlashidir.

Qur'onning bu xususiyati basharning asarlarida bo’lmagani kabi, malakut jihatiga o’tgan avliyo va boshqa buyuklarning natoiji fikrlarida ham bo’lmagandir. Va ashyoning botinida sho’ng’igan Ishrokiyyun va olami g’aybga nufuz etgan Ruhoniyyun ham Qur'onning bu xususiyatini topolmaganlar. Zero ularning nazarlari muqayyad bo’lganidan, haqiqati mutlaqani ihota etolmaydi. Bular faqat haqiqatning bir tarafini topadi va ifrot-tafrit bilan tasarrufni boshlaydilar. Shuning uchun tanosubni buzib, muvozanani ixlol etadilar.

Masalan: Anvo'-i javohirni ichiga olgan ziynatli va qiymatli bir dafinani kashf etish uchun bir necha odam dengizning tubiga sho’ng’iydilar. Dengizning tubida tadqiqot qilarkan, birisining qo’liga uzunchoq bir parcha olmos o’tadi. Dafinaning mushtamilotini tamoman bu kabi olmoslardan iborat ekaniga hukm qiladi. So’ng birodarlaridan boshqa xil javharning bahsini eshitganida ular topgan javohirning o’zi topgan olmosning naqshlari bo’lganlarini taxayyul etadi. Boshqasi kuraviy bir yoqutni topadi. Narigi birodari ham boshqa bir turini topadi. Va hokazo, har biri dafinaning asos mushtamiloti o’zi topgan turdan iborat ekanini va birodarlari topgan xillar ham dafinaning zavoid va tafarruotidan bo’lganini e'tiqod qiladi. Masala bu shaklga kirish bilan muvozana yo’qoladi va tanosub zoil bo’ladi. So’ng masalaning haqiqatini kashf va izoh uchun ta'vilot va takallufotni boshlaydilar. Hatto dafinaning inkoriga ham zahob etgan bo’ladi.

Ha, sunnati saniya bilan muvozana qilinishdan avval, hamon mashhudotiga e'timod etgan Ishrokiyyun bilan mutasavvifaning asarlarini taammul etgan zotlar shu aytganimni to’g’ri deb biladilar. Ikkilanmasdan qabul qiladilar.

Birodar! Qur'on ham u dafinani kashf etish uchun u dengizga sho’ng’igan. Faqat Qur'onning ko’zi ochiq bo’lganidan, dafinani tamomi bilan ihota bilan ko’rgan. Va haqiqatga uyg’un bir tarzda tanosub va muvozanaga rioya qilib kamoli intizom va ittirod bilan haqiqatni izhor etgan.

Birodar! Navi basharda anvo'an zalolatga tushgan firqalarning sababi zalolatlari, imomlarining qusuridir. Ha, imomlari botindan bahs etgan bo’lsalar ham, mashhudotlariga e'timod va iktifo etib asnoyi tariqdan qaytishgan. Va

حَفَظْتَ شَيْئًا وَ غَابَتْ عَنْكَ اَشْيَاءُ

qovliga masadaq bo’lganlar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haq seni adamdan vujudga va vujudning juda ko’p ashkal va vaziyatlaridan eng yuksagi bo’lgan muslim sifati bilan inson suratiga keltirgan. Mabda-i harakating bilan oxirgi olgan surating orasida mutaaddid vaziyatlarning, manzillarning va atvor va ahvolning har biri senga oid ne'matlar daftariga qayd qilingan. Bu e'tibor bilan, sen o’tkazgan zamon tasmasiga olmos kabi ne'matlar tizilgan, tom bir bo’yin taqinchog’i yoki ne'matlarning anvo'iga bir mundarija shaklini beradi.

Shunga binoan, o’tkazgan vujudning har manzilida va vaziyatida, atvorida, ahvolida: "Qanday bu ne'matga vosil bo’lding? Nima bilan mustahaq bo’lding? Va shukrida bo’ldingmi?" deya so’roqqa tortilasan. Chunki voqe' bo’lgan hollar so’roqqa tobedir. Ammo imkonda qolib voqe' bo’lmagan narsalar so’roqqa tobe emas. O’tkazgan ahvoling, vuqu'ot. Kelasi ahvoling adamdir. Vujud mas'uldir, adam esa mas'ul emas. Shunday ekan, moziyda shukrini ado qilmaganing ne'matlarning shukrini qazo qilish lozim.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonni havolantirib bosh bilan falokatga otgan shunday bir hol bor:

Istihqoq nazarga olinmasdan, Haqning taqdiri haqida tafrit yoki ifrot qilinadi. Va quvvatiga, qiymatiga qaralmasdan kichik yoki katta bir yuk ostiga olingandek g’ayri insoniy hollar insonni insoniyatdan tushiradi, yo zulmga yoki kizbga yo’llaydi.

Masalan: Bir bo’linma askarning mumassili bo’lgan bir nafar, butun askarlik ishlarini bilish yoki bir qatra suvdagi timsolidan shamsning azamatini ko’rsatish talabida bo’lish, eng past insofsizlikdir. Chunki vasf bilan ittisof orasida farq bor. Masalan: Qatradagi timsol shamsning avsofini ko’rsatadi. Ammo u avsof bilan muttasif bo’lolmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Vujud navida tazohum yo’q. Ya'ni, juda ko’p olamlar, hollar, vujud sahnasida ijtimo' etishadi, birlashadi. Masalan: Tun vaqti devorlari shishadan bo’lgan va elektr yongan bir xonaga kirgan vaqting, olami misolga bir deraza hukmida bo’lgan shishalarda juda ko’p manzillarni, xonalarni ko’rasan.

Soniyan: Xonada o’tirarkan, kamoli suhulat bilan u misoliy xonalarda har xil tabdil, tag’yir, tasarruf eta olasan.

Solisan: Xonadagi elektr, o’z misollarining eng uzog’iga eng yaqindir. Chunki u misoliy misollarning qayyumi udir.

Robian: Bu moddiy vujudning bir habbasi, bir parchasi u misoliy vujudning bir olamini ichiga olishi mumkin. Bu to’rt hukm Vojib bilan olami mumkinot orasida ham joriydir. Chunki mumkinotning vujudi, Vojibning nuridan bir soya bo’lish jihati bilan vahmiy bir martabadadir. Vojibning amri bilan vujudi xorijiyaga kiradi. Sobit va mustaqar qoladi. Demak, mumkinotning vujudi bizzot haqiqiy bir vujudi xorijiy bo’lmagani kabi, vahmiy yoki zoil bir zill ham emas. Faqat, Vojib-ul Vujudning ijodi bilan bir vujuddir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bu go’zal olamning bir moliki bo’lmasligi mahol bo’lgani kabi, o’zini insonlarga bildirib ta'rif etmasligi ham maholdir. Chunki inson molikning kamolotiga dalolat etgan olamning husnini ko’radi; va o’ziga beshik o’laroq yaratilgan kura-i arzda istagani kabi tasarruf etgan bir xalifadir. Hatto samo-i dunyoda ham aqli bilan ishlaydi va kichikligi bilan, za'fiyati bilan barobar horiqo tasarrufoti ajibasi bilan ashrafi maxluqot unvonini olgan. Va qo’lida juzi ixtiyoriy borligidan butun sabablar ichida eng keng bir salohiyat sohibidir. Shunga binoan, Moliki Haqiqiyning rusul vositasi bilan bunday yuksak, faqat g’ofil abdlariga o’zini bildirib ta'rif etishi zaruriydirki, u Molikning avomiriga va marziyotiga voqif bo’lsinlar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning vahm, faraz, xayol tuyg’ulariga borgunga qadar butun xossalari oxir-oqibat ruju' etib bil-ittifoq Haqqa iltijo etganlarini va botilga hech bir ehtimol va imkonning qolmaganini va koinotning faqat va faqat Qur'on izoh etgan shaklda ekanini ko’rdim.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Olami ziyo, olami harorat, olami havo, olami qahrabo, olami elektr, olami jazb, olami efir, olami misol, olami barzoh kabi olamlar orasida muzohama va yer torligi yo’q. Bu olamlar, hammasi ham ixtilolsiz, musodamasiz kichik bir yerda ijtimo' etadilar.

Shuning kabi, juda keng g’aybiy olamlarning ham bu kichik arzda ijtimo'lari mumkindir. Darhaqiqat, havo, suv insonning yurishiga, shisha ziyoning o’tishiga, shuaning rentgen vositasi bilan kasif jismlarga ham nufuziga va aql nuriga, malak ruhiga, temirning ichiga haroratning oqishiga, elektrning jarayoniga bir mone yo’q.

Shuning kabi, bu kasif olamda ruhoniylarni davarondan, jinniylarni javalondan, shaytonlarni jarayondan, malaklarni sayarondan man qiladigan bir mone yo’q.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ko’z, chiroq, shams kabi nur va nuroniy narsalarda juz'iy-kulliy, juz-kull, bir-ming musoviydir. Ha, shamsga qara! Uning timsollari bilan sayyorot, dengizlar va hovuzlar, qatra, pufakchalar kabi butun shaffof narsalar kamoli suhulat bilan tamassul etishadi.

Shuning kabi, Shamsi Azaliy shu koinot kitobida butun boblarni, bo’limlarni, satrlarni, jumlalarni, harflarni daf'atan qiyinchiliksiz yozadi. Va ba'su ba'dal mavtda ham ayni bu suhulat bor. "Xilqatingiz va ba'singiz, bir nafsning xilqat va ba'si kabidir." deya Qur'oni Karim emr etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hamma narsani tahrik etgan zarroti mutaharrikaning, muayyan hadlariga qadar harakat qilgandan so’ng tavaqquf va to’xtashlariga diqqat qilgan odam anglaydiki: Hamma narsaning hududida doimo harakatda bo’lgan zarrotni to’xtatib, qaytargan bir hudud posboni bor. U zarrotni toshishdan man qiladi. U posbon esa, muhit bir ilmning tajalliysidirki, u tajalliy qadarga, qadar esa miqdorga, miqdor esa qolipga tahavvul etadi. Demak, hamma narsaning ichidagi zarrotga bir qolipdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'onning oyatlari bir-birini tafsir qilgani kabi, bu kitobi olamning ham bir qismi boshqa bir qismini izoh qiladi. Masalan: Moddiyot olami Janobi Haqning anvori ne'matini jazb etish uchun haqiqiy bir ehtiyoj bilan shamsga muhtoj bo’lgani kabi, olami ma'naviyat ham rahmati Ilohiyaning ziyolarini olish uchun shamsi nubuvvatga muhtojdir. Shunga binoan, Rasuli Akramning (S.A.V.) nubuvvati, shamsning qat'iyat va vuzuhi darajasida qat'iy va vazihdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Zihayotning vujudiga tarattub etgan samaralar, yolg’iz o’ziga, manfaatiga, baqosiga, kamoliga maxsus emas. Faqat u samaralardan bir hissa o’ziga oiddir. Qolgan qismi a'zami Xoliqqa roji'dir. Zihayotga oid uzun bir zamon so’ng hosil bo’ladi. Xoliqqa roji' qism esa, bir onda hosil bo’ladi. Masalan: U zihayot, asmo-i husnaning tajalliyotiga mazhariyat bilan Xoliqni, avsofi kamoliya bilan tavsif va lisoni holi bilan hamd etgan bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning bir fardi, ihota-i fikriyasi bilan, aqli bilan, qalbining vus'ati bilan bir navi kulliyat kasb etadi. Va shuningdek, insonning bir fardi, xilofat xususida olamning ajzosi bilan shuur jihatidan aloqador bo’lganidan nabotiy bo’lsin, hayvoniy bo’lsin juda ko’p navlarda tasarruf sohibi bo’lganidan, nav kabidir. Va bu e'tibor bilan, insonning bir fardi navlar qatoriga o’tadi. Shunga binoan, kerak bo’lsa hayvonotning, kerak bo’lsa samarotning navlarida sodir bo’lgan mukarrar qiyomatlar, qurt-qumursqa va hashorotda vujudga kelgan yillik hashr va nashrlar insonning ham har bir fardida joriydir.

Xulosa: Qur'onning oyatlari bilan abnoyi bashar uchun katta qiyomatning kelishiga qat'iy dalolatlar bo’lgani kabi, kitobi olamning oyoti takviniyasi bilan ham qiyomati kubroga juda qat'iy dalolatlar va ishoratlar bor.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Karim o’qilarkan, istimo'ida bo’lgan vaqting muxtalif shakllarda tinglay olasan:

1- Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, nubuvvat kursisiga chiqib navi basharga xitoban Qur'onning oyatlarini tablig’ etarkan, qiroatini qalban va xayolan tinglash uchun qulog’ingni u zamonga yubor. U fami muborakidan chiqayotgandek tinglagan bo’lasan.

2- Yoki Jabroil (A.S.) Hazrat Muhammadga (S.A.V.) tablig’ etarkan, har ikki Hazratning orasida qilingan tablig’-taballug’ vaziyatini tinglayotgandek bo’l.

3- Yoki Qobi Qavsayn maqomida, yetmish ming parda orqasida Mutakallimi Azaliyning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga bo’lgan takallumini tinglayotgandek xayoliy bir vaziyatga kir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sening shuur va ilmingning senga taalluqi, ahvol va lavozimoti ehtiyojoting nisbatidadir. Chunki sabab bilan musabbab, quvvat bilan amal orasida munosabat lozim. Ortiqcha, nuqson bo’lmasligi kerak. Sening senga bo’lgan shuur va ilmingning nisbati, Xoliqning senga bo’lgan nazar va ilmiga nisbat bilan bir qil kabidir. Shunga binoan, juda juz'iy bo’lgan ilm va shuuring bilan, Shamsi Azaliyning ilm va nazariga muqobala etish bilan kunduz o’rtasida quyoshning ostida, quyoshning ziyosi bilan muborazaga chiqqan tillaqo’ng’iz kabi bo’lma!

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqning af'oli bir-biriga munosib, osori bir-biriga mushabih, asmosi bir-biriga oyna va ma'kas, sifati bir-biriga mutadohil, shuunoti mamzuj bo’lsa ham, har birisi uchun xususiy bir vaziyat, bir hol borki, maqsudi bizzot u xususiy vaziyatdir. Boshqa vaziyatlar esa taba'idirlar. Shunga binoan, masalan Xoliqning osoridan jamodotga qaragan vaqting, azamat va qudratni niyatingga maqsad qil. Boshqa ismlarning tajalliyotini tab'an o’yla. Hayvonotga qararkan, marhamat niyati bilan qara. Boshqa tajalliyotga taba'i bir nazar bilan qara.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Karim butun insonlarga rahmatdir. Chunki har bir insonning shu haqiqiy olamdan o’ziga maxsus xayoliy bir olami bo’lgani kabi, hamma o’z mashrabiga ko’ra Qur'ondan fahm va iqtibos etgan (hofizasida) o’ziga xos bir Qur'on borki, uning ruhini tarbiya, qalbini tadoviy etadi.

Va shuningdek, Qur'oni Karimning bir maziyati shudirki: Butun ulamo va ahli mashrab kabi hamma hidoyati uchun, shifosi uchun mutaaddid suralardan boshqa-boshqa oyatlarni axz etishi mumkin. Chunki bir oyatning boshqa oyoti Qur'oniya bilan juda inja munosabatlari, ittisol jihatlari bor. Oralarida vahshat yo’q. Bu e'tibor bilan, mutaaddid suralardan olingan oyatlar kichik bir Qur'on hukmida bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ

jumla-i muqaddasasi, insonning zarra vaziyatidan insoni mo’'min suratiga kelgunga qadar jomidiyat, nabotiyat, hayvoniyat, insoniyat kabi o’tkazgan atvor va ahvoliga nazirdir. Shu manzillarda insonning latoifi juda ko’p alam va umidlarga ma'ruzdir. Shu bilan barobar, havl va quvvatning mutaalliqlari zikr qilinmasdan mutlaq qoldirilgan. Shunga binoan, bu jumla tasalli-baxsh bo’lib, shumuli dohilida bo’lgan maqomlarga ko’rsa tafsir qilinadi. Masalan:

1-

لَا حَوْلَ عَنِ الْعَدَمِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى الْوُجُودِ

Adamdan chiqib vujudga kelish.

2-

لَا حَوْلَ عَنِ الزَّوَالِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى الْبَقَاءِ

Zavolga ketmasdan baqoda qolish.

3-

لَا حَوْلَ عَنِ الْمَضَرَّةِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى النَّفْعِ

Mazarrotni daf', manfaatni jalb.

4-

لَا حَوْلَ عَنِ الْمَصَائِبِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى الْمَطَالِبِ

Musibatdan uzoq bo’lib, matlubga noil bo’lish.

5-

لَا حَوْلَ عَنِ الْمَعَاصِى وَ لَا قُوَّةَ عَلَى الْعِبَادَةِ

Ma'asiyga tushmaslik, ibodatda davom etish.

6-

لَا حَوْلَ عَنِ النِّقَمِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى النِّعْمَةِ

Azobga ma'ruz qolmaslik, ne'matga mazhar bo’lish.

7-

لَا حَوْلَ عَنِ الظّلْمَةِ وَ لَا قُوَّةَ عَلَى النُّورِ

Zulmatga tushmaslik, nur bilan tanavvur etish.

Va hokazo har bir maqomda insonning latoifiga ko’ra taqyid va tafsir etilishi mumkin.

* * *

ZAYL-UZ ZAYL

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ba'zi insonlarning og’zida miqdor jihatidan oz, sifat jihatidan juda katta uch kalima kezyapti:

Birinchisi: Hamma narsa o’zidan-o’zi tashakkul etgan.

Ikkinchisi: Mujid va muassir sabablardir.

Uchinchisi: Tabiat iqtizo etdi.

Bu uch kalimotning juda ko’p maholotga zarf bo’lganlari haqida qilingan bayonotni tingla:

Inson mavjuddir. Bu mavjud inson, birinchi kalimaga nazaran ham sone'dir, ham masnu'.

Ikkinchi kalimaga ko’ra, sabablarning ta'siri bilan vujudga kelgan.

Uchinchi kalimaga nazaran, mavhum tabiatning asaridir.

To’rtinchi jihat esa, haq va haqiqat istilzom etgani kabi, Allohning masnu'idir.

Avvalgi kalimaning g’ayri mahsur maholoti:

1- U kalimaning iqtizosiga ko’ra, insonni tashkil etgan zarralardan har birisida ham insonning ichini, ham koinotni ko’radigan, biladigan bir ko’z, bir ilm va boshqa sifati lozimaning bo’lishi lozim.

2- Insonning badanida zarrotdan tashakkul etgan mutaxolif murakkabot adadicha -matbaalarda hurufotni tartib etish uchun ishlatilgan qoliplar kabi- qoliplar lozimdir.

3- Kargir kamarlarning toshlari kabi, har bir zarraning birodarlariga ham hokim, ham mahkum bo’lishi lozim bo’ladi. Va shuningdek, har biri boshqalarga ham zid, ham misl, ham mutlaq, ham muqayyad bo’lishi lozim.

Ikkinchi kalimaning maholoti:

1- Insonning ma'hazi, ya'ni insonni tashkil etgan moddalar dorixonalarda bo’lgan og’izlari muhrlangan, boshqa-boshqa, turli-tuman mutabayin dorilar kabi moddalardir. Hech kimning qo’li tegmasdan ehtiyoj nisbatida kamoli intizom va muvozana bilan u dorilarning shishalardan o’z-o’zidan chiqib hayotiy bir ma'jun vaziyatiga kelishi mumkin bo’lsa, insonning ham sone'siz sabablar va mavoddi jomidadan suduri mumkindir deb bo’ladi.

2- Bir narsaning kamoli intizom bilan g’ayri mahdud, ko’r, kar, jomid, shuursiz sabablardan sudurining maholiyati nisbatida sone'siz insonning ham u moddalardan qilinishi maholdir. Shu bilan barobar, moddiy sabablarning yolg’iz zohirga taalluqi bor. Botindagi latif, inja, g’arib naqshlarga, san'atlarga nufuzi yo’q.

3- U kalimaning iqtizosiga ko’ra, kamoli ittifoq va intizom bilan ehtiyojot nisbatida g’ayri mahsur sabablarning bir juzda, bir hujayrada ijtimo'lari lozim bo’ladi. Bu ijtimo', olamning ajzo va arkonining azamati bilan barobar sening qo’lingning ichiga kirib ijtimo' etadi deganidir.

Chunki insoning ustasi sabablar bo’lgan taqdirda, olamning butun ajzo va arkoni inson bilan aloqador bo’lganiga nazaran, insonning yaratilishida omil va usta bo’lishlari lozim bo’ladi. Bir usta qilgan narsasining ichida bo’lgandan so’ng qiladi. U holda, insonning bir hujayrasida olamning ajzosi ijtimo' etishi mumkin. Bu shunday bir maholdirki, mahollarning eng mumtani'idir.

Uchinchi kalimaning mahol va butlani esa:

Ha, tabiatning ikki jihati bor. Biri zohiri bo’lib, ahli g’aflat va zalolat tomonidan haqiqat deb o’ylangan. Boshqasi botinidirki, san'ati Ilohiya va sibg’a-i Rahmoniyadir. Tabiatga ilovatan iddi'o etilgan quvvat esa, Xoliqi Hakimi Alimning jilva-i qudratidir. Ahli g’aflat sone' o’laroq talaqqiy etgan tabiatga, janoh deb o’ylagan ko’r tasodif va ittifoq esa, zalolatdan nash'at etgan izdiror natijasida shaytonlar ixtiro' etgan safsatalardir. Chunki mutaaddid asarlarimda qat'iy bir suratda isbot qilingani kabi, horiqolarning horiqosi bo’lgan shu san'at, faqat va faqat butun avsofi kamoliya bilan muttasif bir Xobiri Basirning yadi qudratidan chiqmagan bo’lsa, koinotga kiydirilgan bu ko’ylak kasif, jomid, muqayyad, miskin, mumkinning qo’li bilan yaratilganmi? Bo’lmasa olamlarga kiydirilgan shu go’zal tashakkullarni, naqshlarni bau'da yoki toshbaqa yaratganmi? Xosho, summa xosho!...

Ha, insonda, hamma narsada Sone'-i Azaliyning masnu'i bo’lganlariga mavjudotning adadicha shohidlar bor. Masalan:

1- Koinotdir. Ha, koinot ixtivo etgan butun zarrot va murakkabotning har biri ellik besh lison bilan shahodat qiladi.

2- Qur'ondir. Ha, Qur'on butun anbiyo, avliyo va muvahhidinning kitoblari bilan, sahifa-i kavn va vujudda yaratilgan ijodiy va takviniy oyatlar Xoliqning xalloqiyatiga odil shohidlardir.

3- Maxluqotning raisi va rasuli, butun anbiyo, avliyo, maloika bilan birlikda hamma narsaning sone'i Alloh bo’lganiga e'loni shahodat qiladilar.

4- Ins va jin toifalari anvo'an ehtiyojoti fitriyasi bilan shohiddirlar.

5- Uluhiyat va Xalloqiyatning Allohga maxsus va munxasir bo’lganiga Alloh ham shahodat qiladi.

Birodar! San'atning, vujuhi salosa-i mazkura ustiga mumkina yoki haqning istilzom etganiga nazaran Vojibga bo’lgan isnodi masalasi; samarador bir daraxt masalasi kabidir. Shundayki: Daraxtning u samaralari yo vahdatga isnod etiladi. Ya'ni nashvu namo qonuni bilan daraxtning ildizidan, ildiz ham urug’dan, urug’ ham avomiri takviniyani tamassuldan, avomiri takviniya ham "Kun" amridan, "Kun" amri ham Vohidi Vojibdan sodir bo’lgan.

U vaqt, o’sha daraxt butun ajzosi bilan, yaproqlari bilan, shoxlari bilan, samaralari bilan yaratilish osonligida bir samara-i vohida hukmida bo’ladi. Chunki vahdatga nisbatan kichik bir samara daraxti bilan juda katta va ko’p samarali bir daraxt orasida farq yo’q. Bu adami farq, vahdatda suhulat bilan yusr, kasratda suubat bilan u'srning bo’lganidan nash'at etgan.

Agar kasratga isnod etilsa, har bir samara, har bir chechak, har bir yaproq, har bir shox; batamom daraxtining vujudga kelishiga lozim bo’lgan butun vositalar, jihozlar, sabablar va boshqalarga ehtiyoj ko’rsatadi. Chunki kull juzda dohil. Unga nima lozim bo’lsa, bunga ham lozim. Masala bu ikki imkoniyatdan xorij emas. Biri vojib, boshqasi mumtani'dir.

Xulosa: Bir hujayraning vujudga kelishi o’ziga isnod etilsa, koinotni qamragan sifatlar o’zida bo’lishi lozim. Sabablarga isnod etilsa, olamdagi butun sabablarning u hujayrada ijtimo'lari lozim bo’ladi. Holbuki chivinning ikki qo’li sig’magan bir hujayra ikki ilohning tasarrufiga mahal bo’lishi mumkinmi? Xosho!..

Shu bilan barobar, hujayradan tut, olamga qadar har bir narsaning bir navi vahdati bor. Shunday ekan, Sone' ham vohid bo’ladi. Chunki vohid faqat vohiddan sudur etadi. Va shuningdek, bir habba shamsni ziyosi bilan, rangi bilan (tajalliy surati bilan) ichiga olishi mumkin. Faqat masdariyat e'tibori bilan, bir habba ikki habbani ichiga olib ularga masdar bo’lolmaydi. Va shuningdek, vujudi xorijiy vujudi misoliydan ko’proq sobit, ko’proq muhkamdir. Vujudi xorijiydan bir nuqta vujudi misoliydan bir tog’ni ichiga olishi mumkin. Shuning kabi, vujudi vujubiy; ko’proq qoviy, ko’proq rasix, ko’proq sobitdir. Balki da vujudi haqiqiy, vujudi xorijiy undan iborat.

Shunga binoan, ilmi muhiti azaliyda tamassul etgan imkoniy vujudlar, vujudi vujubiyning tajalliyoti nuriyalariga oyna va ma'kasdirlar. Shunday ekan, ilmi azaliy imkoniy vujudlarga oyna bo’lgani kabi, imkoniy vujudlar ham vujudi vujubiyga oynadir. So’ngra u imkoniy vujudlar ilmi azaliydan vujudi xorijiyga intiqol etgan bo’lsalar ham, vujudi haqiqiy martabasiga vosil bo’lmaganlar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Kavn va vujud maydonida turib, ahvoli olamga diqqat qilgan odam, hadsiy bir tezlik bilan anglaydiki: Ta'sir va foiliyat; latif, nuroniy, mujarrad bo’lgan narsalarning sha'ni bo’lgani kabi; infiol, qobiliyat, taassur ham moddiy, kasif, jismoniy narsalarning xossasidir. Ha, misol o’laroq samodagi nur bilan yerdagi shu ulkan tog’ga qara. U nur samoda ekan, ziyosi bilan yerda ish qiladi, faoliyatdadir. U tog’ esa, azamati bilan barobar, faoliyatsiz joyida turadi. Na bir ta'siri bor va na bir fe'li bor.

Va shuningdek, ashyo orasida sodir bo’lgan fe'llardan anglashiladiki, qaysi bir narsa latif, nuroniy bo’lsa, sabab va foil bo’lishga kasbi layoqat etadi. Kasofati nisbatida ham infiol va musabbabiyat martabasiga yaqinlashadi. Bundan anglashiladiki, zohiriy sabablarning Xoliqi bilan musabbabotning mujidi, faqat va faqat Nur-ul Anvor, Sone'-i Azaliydir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tafakkur g’aflatni izola etadi. Diqqat, taammul; avhom zulumotini tarqatadi. Lekin nafsingda, botiningda, xususiy ahvolingda tafakkur etganing zamon juda chuqur tafsilot bilan tadqiqot qil. Faqat ofoqiy, xorijiy, umumiy ahvolotga taammul etgan vaqting sathiy, ijmoliy o’yla, tafsilotga o’tma. Chunki ijmolda, fazlakada bo’lgan qiymat va go’zallik tafsilotida yo’qdir. Hamda ofoqiy tafakkur tubsiz dengizga o’xshaydi, sohili yo’q. Ichiga sho’ngima, cho’kasan.

Birodar! Nafsiy tafakkurda tafsilotli, ofoqiy tafakkurda esa ijmoliy qilsang, vahdatga taqarrub etasan. Aksini qilgan taqdiringda, kasrat fikringni tarqatadi, avhom seni havolantiradi. Anoniyating qalinlashadi, g’aflating quvvat topadi, tabiatga aylanadi. Xullas, zalolatga isol etgan kasrat yo’li budir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson naqadar johil va g’ofildir. Naqadar yo’lini adashtirgan, nafsiga zarar beradi. To’qqiz vajh bilan manfaati muhaqqaq, yolg’iz bir vajh bilan zarari mavhum bo’lgan buyuk bir xayri azimni tark, zalolatni irtikob etadi. Ha, sofistaiyning bir shubhasi uchun, minglarcha manfaat dalillari bo’lgan hidoyatni tark qiladi.

Holbuki inson juda vahhom, ehtiyotli bo’lganiga nazaran, dunyoviy bir ishda o’ndan bir zarar ehtimoli bo’lsa, ijtinob etadi. Oxirat ishi bo’lsa, o’ndan to’qqiz zarar ehtimoli bo’lgani holda, ijtinob etmaydi. Mana, johillik bu qadar bo’ladi!

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ruhi insoniy g’ayri mutanohiy ehtiyojlarga giriftor, g’ayri mutanohiy alamlarga mahaldir. G’ayri mahsur lazzatlarga ishtahalidir. G’ayri mahdud amolni tashiydi. Hatto qalbning zalolati bilan barobar ruhdan jo’sh urgan shafqat g’ayri mutanohiy alamlarni tazammun etadi. Shunga binoan, "Men kimman? Qanday qiymatim borki, men uchun qiyomat qo’psin, mezon joriy qilinsin, hisob-kitob qilinsin?" deyishga haqqing yo’q.

Ey kamoli g’urur bilan zalolat minbarida o’tirgan! Hayotingga mag’rur bo’lma. Zero u hayot bir mug’olata bilan qoimdir. Shundayki: U minbarda o’tirgan zall, zavol va fanoning dahshatini o’ylab qo’rqqan vaqt saodati abadiya ehtimoliga qochadi, takolifi diniyaning tarkida ham oxiratning bo’lmasligi ehtimoliga qochadi. Bu mag’lata bilan har ikki alamdan qutuladi. Lekin, qisqa bir zamonda tugun ochiladi, haqiqat o’rtaga chiqadi. Na birinchi ehtimol alamini izola etadi va na ikkinchi ehtimol yukini taxfif etadi.

Va shuningdek, "Musibat taammum etganida, alam yengil bo’ladi. Men ham o’xshashim kabiman." deya yana yuk ostidan qochadi. Faqat, musibat a'mm bo’lganidan, alami muzaaf bo’ladi, qat-qat ziyoda bo’ladi. Chunki o’zi kabi qarindoshi, do’stlari ham u musibatga dohildir. Chunki insonning ruhi abno-i jinsi bilan aloqadordir. Qanchalik umumiy bo’lsa, shuncha alami ko’p bo’ladi.

Ey shak jabhasida, g’aflat soyasida istirohatga chekilgan bechora! G’aflat salqinligida, shak ichida zavq olgan lazzatingni lazzat deb sanama! U zaharli asaldir. Oz bir zamon so’ngra jahannamiy bir azobga inqilob etadi. Agar aloming lazoizga, noring nurga inqilob etishi umidida bo’lsang, avqoti hamsada ruku va sujud changagi bilan g’ururning xartumini buk, siq, boshini yor, iymonni to’ldir. So’ngra oyotga tafakkur bilan toatga davom aylaginki, shak va g’aflat pardalari yirtilsin. Bu zalolot achchiqligidan, najotning halovati tavazzuh bilan munojot lazzati o’rtaga chiqsin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ubudiyatda faqat taslimiyat bor. Tajriba, imtihon yo’q. Chunki sayyid, xo’jayin abdini, xizmatkorini tajriba va imtihon qilishi mumkin. Faqat, abd sayyidini imtihon qilish salohiyatida emas. Va shuningdek, inson Robbini, Xoliqini tajriba qilolmaydi.

* * *

ZUHRA

{(*) (Bu Zuhra Risolasi Masnavi-i Arabiyning juda muhim bir risolasidir. Har naqadar tarjima qilishga harakat qilgan bo’lsam ham, muallifining bir vaqtlar Nur Shogirdlarining rijokorona isrorlari bilan qilgan tarjimani aynan kiritishni yanada munosib ko’rdim. Risola-i Nurning O’n Yettinchi Lam'asi nomini olgan bu risola bilan Arabcha Zuhra orasida bir ijmol-tafsil va taqdim-ta'xir farqi bor.)

Mutarjim ABDULMAJID}

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

MUQADDIMA

Bu risolaning ta'lifidan o’n ikki yil avval {(Hoshiya) O’n ikki yil avval deyilgan tarix; Hijriy 1340, Milodiy 1921 yillaridir. Noshir} inoyati Rabboniya bilan ma'rifati Ilohiyada bir harakati fikriya va bir sayohati qalbiya va bir inkishofoti ruhiyada tazohur etgan ba'zi lama'ati tavhidiyani Arabchada Mulohazalar suratida "Zuhra", "Shu'la", "Habba", "Shamma", "Zarra", "Qatra" kabi risolalarda qayd etgandim. Uzun bir haqiqatning yolg’iz uchini ko’rsatish va porloq bir nurning yolg’iz bir shuasini iroa etish tarzida yozilganidan, yolg’iz o’zim uchun bittadan xotira va bittadan ixtor shaklida bo’lganidan, boshqalarning istifodasi mahdud qolgan edi. Xususan, eng mumtoz va eng xos qardoshlarimning qismi a'zami Arabcha o’qimaganlar. Bularning isrori va ilhohi bilan u Mulohazalarning, u Lam'alarning qisman izohli va qisman qisqa bir maolini Turkcha o’laroq yozishga majbur bo’ldim. Shu Mulohazalar va Arabcha risolalar Yangi Saidning eng avval haqiqat ilmidan bir daraja shuhud suratida ko’rgani uchun tag’yir etilmasdan maollari yozildi. Shuning uchun, ba'zi jumlalar boshqa So’zlarda ham zikr qilinish bilan barobar, bu yerda ham zikr qilinadi; va bir qismi g’oyat mujmal bo’lish bilan barobar, izoh qilinmaydi, toki latofati asliyasini yo’qotmasin.

Said Nursiy

BIRINCHI MULOHAZA:

O’z nafsimga xitoban degandim: Ey g’ofil Said! Bilki: Shu olamning fanosidan so’ng senga rafoqat etmagan va dunyoning xarob bo’lishi bilan sendan mufaroqat etgan narsaga qalbingni bog’lash senga loyiq emas. Xususan sening asringning inqirozi bilan seni tark etib orqa o’girgan va xususan barzoh safarida hamrohlik qilmagan va xususan seni qabr eshigiga qadar tashyi' etmagan, xususan bir-ikki yil mobaynida abadiy firoq bilan sendan ayrilib gunohini sening bo’yningga taqqan, xususan senga xilof ravishda hosil bo’lish onida seni tark etgan foniy narsalar bilan qalbingni bog’lash kori aql emas. Agar aqling bo’lsa; uxroviy inqilobotingda, barzohiy atvoringda va dunyoviy inqilobotning musodamoti ostida ezilgan, buzilgan va abadiy safarda senga hamrohlikka muqtadir bo’lmagan ishlarni tashla, ahamiyat berma, ularning zavolidan qayg’urma. Sen o’z mohiyatingga qaraginki: Sening latifalaring ichida shunday bir latifa borki, abaddan va abadiy zotdan boshqasiga rozi bo’lolmaydi. Undan boshqasiga tavajjuh etolmaydi, mosivosiga tanazzul etmaydi. Butun dunyoni unga bersang, u fitriy ehtiyojni tatmin etolmaydi. U narsa esa, sening tuyg’ularingning va latifalaringning sultonidir. Fotiri Hakimning amriga mute' bo’lgan u sultoningga itoat qil, qutul!..

IKKINCHI MULOHAZA:

Haqiqatdor bir tushda ko’rdimki, insonlarga derdim: "Ey inson! Qur'onning dasotiridandirki, Janobi Haqning mosivosidan hech bir narsani unga taabbud etadigan bir darajada o’zingdan ulug’ deb o’ylama. Ham sen o’zingni hech bir narsadan takabbur qiladigan darajada katta tutma. Chunki maxluqot ma'budiyatdan uzoqlik nuqtasida musoviy bo’lganlari kabi, maxluqiyat nisbatida ham birdirlar."

UCHINCHI MULOHAZA:

Ey g’ofil Said! Bilki: G’olati his navidan g’oyat muvaqqat dunyoni loyamut va doimiy ko’ryapsan. Atrofingga va dunyoga qaragan vaqting, bir daraja sobit va mustamir ko’rganingdan, foniy nafsingni ham u nazar bilan sobit deb o’ylaganingdan, yolg’iz qiyomatning kelishidan dahshatga tushyapsan. Go’yo qiyomatning kelishiga qadar yashaydiganday, yolg’iz undan qo’rqyapsan. Esingni yig’! Sen va xususiy dunyoing doimiy zavol va fano zarbasiga duchorsiz. Sening bu g’olati hissing va mag’latang shu misolga o’xshaydiki:

Bir odam qo’lidagi oynani bir xona yoki bir shaharga yoki bir bog’ga qaratsa; misoliy bir xona, bir shahar, bir bog’ u oynada ko’rinadi. Adno bir harakat va kichik bir tag’ayyur oynaning boshiga kelsa, u xayoliy xona va shahar va bog’da ostin-ustunlik va chalkashlik bo’ladi. Xorijdagi haqiqiy xona, shahar va bog’ning davom va baqosi senga foyda bermaydi. Chunki sening qo’lingdagi oynadagi xona va senga oid shahar va bog’ yolg’iz oyna senga bergan miqyos va mezon bilandir. Sening hayoting va umring, oynadir. Sening dunyoingning ustuni va oynasi va markazi, sening umring va hayotingdir. Har daqiqada u xona va shahar va bog’ing o’lishi mumkin va xarob bo’lishi muhtamal bo’lganidan, har daqiqa sening boshingga yiqiladigan va sening qiyomating keladigan bir vaziyatdadir. Modomiki shunday ekan; sen bu hayotingga va dunyoingga tortolmaydigan va ko’tarolmaydigan yuklarni yuklama!..

TO’RTINCHI MULOHAZA:

Bilki: Ko’pincha Fotiri Hakimning odatidir, ahamiyatli va qiymatli narsalarni ayni bilan i'oda etadi. Ya'ni, aksar ashyoning misli bilan yangilanishi, mavsumlarning tabaddulida, asrlarning o’zgarishida qiymatli, ahamiyatli narsalarni ayni bilan i'oda etadi. Yavmiy va yillik va asriy hashrlarning umumida shu qoida-i odatulloh ko’pincha muttarid ko’rinadi. Xullas, bu sobit qoidaga binoan deymiz: Modomiki fununning ittifoqi bilan va ulumning shahodatiga ko’ra, xilqat shajarasining eng mukammal mevasi insondir. Va maxluqot ichida eng ahamiyatlisi insondir. Va mavjudot ichida eng qiymatlisi insondir. Va insonning bir fardi boshqa hayvonotning bir turi hukmidadir. Albatta, qat'iy bir hads bilan hukm qilinadiki, hashr va nashri akbarda basharning har bir fardi ayni bilan, jismi bilan, ismi bilan, rasmi bilan i'oda etiladi.

BESHINCHI MULOHAZA:

Shu mulohazada Ovrupa fununi va madaniyati, Eski Saidning fikrida bir daraja yerlashgani uchun, Yangi Said harakoti fikriyada sayr etgan zamon, Ovrupaning funun va madaniyati u sayohati qalbiyada amrozi qalbiyaga inqilob etib ziyoda mushkulotga mador bo’lganidan, bilmajburiya Yangi Said zehnini silkitib, muzaxraf falsafani va safih madaniyatni otishni istarkan, o’z ruhida Ovrupa foydasiga shahodat qilgan hissiyoti nafsoniyani jim qilish uchun, Ovrupaning shaxsi ma'naviysi bilan bir jihatdan g’oyat qisqa, bir jihatdan uzun quyidagi muhovaraga majbur bo’lgan.

Xato tushunilmasin, Ovrupa ikkidir.

Biri: Isaviylikning dini haqiqiyidan va Islomiyatdan olgan fayz bilan hayoti ijtimoiya-i bashariyaga nafi' sanoatlarni va adolat va haqqoniyatga xizmat qilgan fununlarni ta'qib etgan Ovrupaga xitob qilmayapman. Balki falsafa-i tabiiyaning zulmati bilan, madaniyatning sayyiotini mahosin deb o’ylab, basharni safohatga va zalolatga yetaklagan buzilgan ikkinchi Ovrupaga xitob qilyapman. Shundayki:

U vaqt o’sha sayohati ruhiyada mahosini madaniyat va fununi nafi'adan boshqa moloyani va muzir falsafani va muzir va safih madaniyatni qo’lida tutgan Ovrupaning shaxsi ma'naviysiga qarshi degandim:

Bil, ey ikkinchi Ovrupa! Sen o’ng qo’ling bilan saqim va zalolatli bir falsafani va chap qo’ling bilan safih va muzir bir madaniyatni tutib da'vo qilyapsanki, basharning saodati bu ikkisi bilandir. Sening bu ikki qo’ling sinsin va shu ikki iflos hadyang sening boshingni yesin.

Ey kufr va kufronni tarqatib nashr etgan badbaxt ruh! Ajabo, ham ruhida, ham vijdonida, ham aqlida, ham qalbida dahshatli musibatlar bilan musibatzada bo’lgan va azobga tushgan bir odamning jismi bilan zohiriy bir suratda aldovchi bir ziynat va sarvat ichida bo’lsa, saodati mumkin bo’ladimi? Uni mas'ud deyish mumkinmi? Ajabo, ko’rmayapsanmiki, bir odamning juz'iy bir ishdan ma'yus bo’lishi va vahmiy bir orzudan umidi kesilishi va ahamiyatsiz bir ishdan inkisori xayolga duchor bo’lishi sababi bilan totli xayollar unga achchiqlashadi, shirin vaziyatlar unga azob beradi, dunyo unga tor bo’ladi, zindon bo’ladi. Holbuki sening shaamating bilan qalbining eng chuqur burchaklarida va ruhining asosigacha zalolat zarbasini yegan va u zalolat jihati bilan butun orzulari inqito'ga duchor bo’lgan va butun alamlari undan nash'at etgan bir bechora insonga qaysi saodatni ta'min etyapsan? Ajabo, jismi zoil, yolg’onchi bir jannatda bo’lgan va qalbi, ruhi jahannamda azob chekkan bir insonni mas'ud deb bo’ladimi? Xullas, sen bechora basharni shunday yomon yo’lga boshlading, yolg’onchi bir jannat ichida jahannamiy bir azob chektiryapsan.

Ey navi basharning nafsi ammorasi! Bu tamsilga qara, basharni qayerga boshlaganingni bil. Masalan, bizning oldimizda ikki yo’l bor. Biridan ketyapmiz. Ko’ryapmizki, har qadam boshida bechora, ojiz bir odam bor. Zolimlar hujum qilib molini, ashyosini tortib olib kulbasini xarob qilyaptilar, ba'zan esa yaralayaptilar. Shunday bir tarzdaki, achinadigan holiga osmon yig’laydi. Qayerga qaralmasin, hol shunday davom etyapti. U yo’lda eshitilgan ovozlar, zolimlarning shovqinlari, mazlumlarning yig’lashlaridan, umumiy bir motam yo’lni qoplayapti. Inson insoniyat jihati bilan g’ayrning alami bilan mutaallim bo’lganidan, hadsiz bir alamga giriftor bo’ladi. Holbuki vijdon bu daraja taallumga tahammul etolmaganidan, u yo’lda ketgan ikki narsadan biriga majbur bo’ladi. Yo insoniyatdan tajarrud etib nihoyatsiz vahshatni iltizom etib, shunday bir qalbni tashiydiki, o’z salomati bilan barobar umumning halokati uni mutaassir etmasin va yoxud qalb va aqlning muqtazosini bekor qilsin.

Ey safohat va zalolatda buzilgan va Isaviy dinidan uzoqlashgan Ovrupa! Dajjol kabi bitta ko’zni tashigan ko’r dahoing bilan ruhi basharga bu jahannamiy holatni hadya etding. So’ngra angladingki: Bu shunday bedavo bir illat bo’lib, insonni a'loyi illiyindan asfali sofiliynga otadi. Hayvonotning eng badbaxt darajasiga tushiradi. Bu illatga qarshi topgan chorang, muvaqqatan ibtoli his ishini bajargan jozibador o’yinchoqlaring va uxlatadigan havasot va fantaziyalaringdir. Sening bu chorang sening boshingni yesin va yeydi! Xullas, basharga ochgan yo’ling va bergan saodating bu misolga o’xshaydi.

Ikkinchi yo’lki:Qur'oni Hakim hidoyati bilan basharga hadya etgan. Shundayki: Ko’ryapmizki, u yo’lning har manzilida, har makonida, har shahrida bir Sultoni Odilning mustaqim askarlari har tarafda bor, kezyaptilar. Ora-sira u Sultonning amri bilan u askarlarning bir qismini tarhis etyaptilar. Qurollarini, otlarini va miriy lavozimotlarini olyaptilar, ularga izn tazkarasini beryaptilar. U tarhis etilgan nafarlar, garchi ko’nikib qolgan ot va qurollarning olib qo’yilayotganidan zohiran mahzun bo’lyaptilar. Faqat haqiqat nuqtasida tarhis bilan mufarrah bo’lib, Sultonning ziyoratiga va podshohning poytaxtiga qaytish va podshohni ziyorat qilish jihatidan g’oyat mamnun bo’lyaptilar. Ba'zan tarhis ma'murlari ajamiy bir nafarga duch keladilar. Nafar ularni tanimaydi. "Qurolingni topshir", deydilar. Nafar deydi: "Men podshohning askariman, uning xizmatidaman; so’ngra uning yoniga boraman. Siz kimsizlar? Agar uning izn va rizosi bilan kelgan bo’lsangiz, qabul qilaman, amrini ko’rsating, bo’lmasa keting, mendan uzoqlashing. Men bir o’zim qolsam, sizlar minglab bo’lsangiz ham, yana siz bilan jang qilaman. O’z nafsim uchun emas, chunki nafsim o’zimniki emas, mening sultonimnikidir. Balki mendagi nafsim va qurolim molikimning omonatidir. Omonatni muhofaza va Sultonimning haysiyatini himoya va izzatini viqoya uchun sizga bosh egmayman!"

Xullas, u ikkinchi yo’ldagi madori surur va saodat bo’lgan minglab ahvoldan bu hol bir namunadir. Qolgan ahvolni sen qiyos qil. Butun u ikkinchi yo’lning safarida tavalludot nomli sevinch va xursandchilik bilan bir tahshidot va savqiyoti askariya bor va vafiyot nomli surur va musiqa bilan tarhisoti askariya ko’rinyapti. Xullas, Qur'oni Hakim basharga bu yo’lni hadya etgan. Bu hadyani kim to’liq qabul qilsa, ikki jahonning saodatiga ketgan bu ikkinchi yo’ldan ketadi. Na bo’lgan narsadan mahzun va na bo’ladigan narsadan xavf etadi.

Ey ikkinchi buzuq Ovrupa! Sening chirik va asossiz asoslaringning bir qismi shularki: "Eng katta malakdan eng kichik samakka qadar har bir zihayot o’z nafsiga molikdir va o’z zoti uchun ishlaydi va o’z lazzati uchun tirishadi. Uning bir haqqi hayoti bor. G’oya-i himmati va hadafi maqsadi, yashash va baqosini ta'min etishdir." deysan. Va Xoliqi Karimning karam dasturlaridan va arkoni koinotda kamoli itoat bilan imtisol etilgan dasturi taovun bilan nabotot hayvonotning imdodiga va hayvonot insonlarning yordamiga yugurishidan tazohur etgan u umumiy qonunning rahimona, karimona jilvalarini kurash deb o’ylab, "Hayot bir kurashdir" deya ahmoqona hukm qilgansan. Ajabo, u dasturi taovunning jilvasidan bo’lgan zarroti taomiyaning kamoli shavq bilan badan hujayralarining ozuqlantirilishi uchun yugurishlari qanaqa kurash? Qanaqa jang qilish bo’lsin? Balki u imdod va u yugurish Karim bir Robning amri bilan bir taovundir. Yana chirik bir asosing: "Hamma narsa o’z nafsiga molikdir" deysan. Hech bir narsa o’z nafsiga molik bo’lmaganiga qat'iy bir dalil shudirki: Sabablarning ichida eng ashrafi va ixtiyor nuqtasida eng keng irodalisi, insondir. Holbuki, insonning o’ylash, gapirish va yeyish kabi eng zohir af'oli ixtiyoriyasidan yuz juzidan uning dasti ixtiyoriga berilgan va doira-i iqtidoriga kirgan, yolg’iz mashkuk bitta juzdir. Bunday eng zohir fe'lning yuz juzidan bir juziga molik bo’lmagan qanday qilib o’ziga molik deyiladi? Bunday eng ashraf va ixtiyori eng keng, bu daraja haqiqiy tasarrufdan va tamallukdan qo’li bog’langan bo’lsa, "Boshqa hayvonot va jamodot o’ziga molikdir" degan hayvondan yanada ziyoda hayvon va jamodotdan yanada ziyoda jomid va shuursiz bo’lganini isbot qiladi.

Seni bu xatoga otib bu jarlikka tushirgan, bir ko’zli dahoingdir. Ya'ni, horiqo, manhus zakovatingdir. U ko’r dahoing bilan hamma narsaning Xoliqi bo’lgan Robbingni unutding, mavhum bir tabiatga isnod etding, osorini sabablarga berding, u Xoliqning molini botil ma'bud bo’lgan tog’utlarga taqsimlading. Shu nuqtada va u dahoing nazarida har zihayot, har bir inson bir o’zi hadsiz a'daga qarshi muqovamat etish va nihoyatsiz hojotning tahsiliga tirishishi lozim bo’ladi. Va zarra kabi bir iqtidor, inja qil kabi bir ixtiyor, zoil lam'a kabi bir shuur, tez so’nuvchi shu'la kabi bir hayot, tez o’tuvchi daqiqa kabi bir umr bilan, u hadsiz a'daga va hojotga qarshi dosh berishga majbur bo’ladi. Holbuki, u bechora zihayotning sarmoyasi minglab matlublaridan bittasiga kifoya qilmaydi. Musibatga giriftor bo’lgan vaqt; kar, ko’r sabablardan boshqa dardiga darmon kutmaydi.

وَمَا دُعَٓاءُ الْكَافِر۪ينَ اِلَّا ف۪ى ضَلَالٍ

sirriga mazhar bo’ladi.

Sening qorong’i dahoing navi basharning kunduzini kechaga aylantirgan. Yolg’iz u mashaqqatli, zulmli va zulmatli kechaga ko’niktirish uchun yolg’onchi, muvaqqat chiroqlar bilan tanvir etding. U chiroqlar surur bilan basharning yuziga tabassum qilmaydi. Balki basharning yig’lanadigan achchiq hollaridagi ablahona kulishiga u nurlar mustahziyona kulib masxara qiladi. Har bir zihayot sening shogirdlaring nazarida zolimlarning hujumiga ma'ruz, miskin bittadan musibatzadalardir. Dunyo bir motamxona-i umumiyadir. Dunyodagi sadolar o’limlardan, alamlardan kelgan dod-faryodlardir. Sendan to’liq dars olgan shogirding bir fir'avn bo’ladi. Faqat eng xasis narsaga ibodat qilgan va manfaat ko’rgan har narsasini o’ziga Rob deb qabul qilguvchi bir fir'avni zalildir. Ham sening shogirding mutamarriddir. Faqat bir lazzati uchun eng past zillatni qabul qilgan miskin bir mutamarriddir. Xasis bir manfaat uchun shaytonning oyog’ini o’padigan darajada pastkashlik ko’rsatadi! Ham jabbordir, faqat qalbida bir nuqta-i istinod topolmagani uchun, zotida g’oyat ojiz bir jabbori xudfurushdir. U shogirdning g’oya-i himmati, havasoti nafsoniyani tatmin va hamiyat va fidokorlik pardasi ostida o’z manfaati nafsini qidirgan va hirs va g’ururini taskin qilishga harakat qilgan bir dassosdir. Nafsidan boshqa jiddiy o’laroq hech bir narsani sevmaydi. Hamma narsani nafsiga fido qiladi. Ammo Qur'onning xolis va chinakkam shogirdi esa, bir abddir. Faqat a'zami maxluqotga qarshi ham ubudiyatga tanazzul etmaydi va Jannat kabi eng buyuk va a'zam bir manfaatni g’oya-i ubudiyat qilmaydigan bir abdi azizdir. Ham halim-salimdir. Faqat Fotiri Zuljalolidan boshqasiga, izni va amri bo’lmasdan, tazallulga tanazzul etmaydigan bir halimi oliyhimmatdir. Ham faqirdir, lekin uning Moliki Karimi unga kelajakda iddixor etgan mukofot bilan bir faqiri mustag’niydir. Ham zaifdir, faqat qudrati nihoyatsiz bo’lgan Sayyidining quvvatiga istinod etgan bir zaifi qoviydirki, Qur'on haqiqiy bir shogirdiga jannati abadiyani ham g’oya-i maqsad qildirmagani holda; hech bu zoil, foniy dunyoni unga g’oya-i maqsad qiladimi? Xullas, ikki shogirdning himmatlarining qay daraja bir-biridan farqli bo’lganini angla!

Ham falsafa-i saqimaning shogirdlari bilan Qur'oni Hakimning tilmizlarining hamiyatkorlik va fidokorliklarini bu bilan muvozana qilishingiz mumkin. Shundayki:

Falsafaning shogirdi o’z nafsi uchun qardoshidan qochadi, unga qarshi da'vo ochadi. Qur'onning shogirdi esa, samovot va arzdagi umum solih ibodni o’ziga qardosh deya qabul qilib, g’oyat samimiy bir suratda ularga duo qiladi va saodatlari bilan mas'ud bo’ladi va ruhida shadid bir aloqani ularga qarshi his qiladi. Ham eng katta narsa bo’lgan Arsh va Shamsni musahhar bittadan ma'mur va o’zi kabi bir abd, bir maxluq deb qabul qiladi.

Ham ikki shogirdning ulviyat va inbisoti ruhlarini bundan qiyos qilki: Qur'on o’z shogirdlarining ruhiga shunday bir inbisot va ulviyat beradiki; to’qson to’qqiz donali tasbehga badal to’qson to’qqiz Asmo-i Ilohiyaning jilvalarini ko’rsatgan to’qson to’qqiz olamlarning zarrotini bittadan tasbeh donalari o’laroq shogirdlarining qo’llariga beradi, "Avrodlaringizni bu bilan o’qinglar" deydi. Xullas, Qur'onning tilmizlaridan Shohi Jiyloniy, Rufaiy, Shozaliy (R.A.) kabi shogirdlari virdlarini o’qiganlari vaqt tingla, qara! Qo’llarida silsila-i zarrotni, qatarot adadlarini, maxluqotning adadi anfasini tutishgan, u bilan avrodlarini o’qishyapti. Janobi Haqni zikr va tasbeh qilishyapti. Xullas, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning mo’'jizona tarbiyasiga qaraginki: Qanday adno bir qayg’u bilan va kichik bir g’am bilan boshi aylanib esini yo’qotgan va kichik bir mikrobga mag’lub bo’lgan bu kichik inson tarbiya-i Qur'oniya bilan naqadar ta'oliy etadi. Va qay daraja latoifini inbisot etadiki: Ulkan dunyo mavjudotini virdiga tasbeh bo’lishda kalta ko’radi. Jannatni zikr va virdiga g’oya bo’lishga oz deb ko’rgani holda, o’z nafsini Janobi Haqning adno bir maxluqining ustida katta tutmaydi. Nihoyat izzat ichida nihoyat tavozuni jamlaydi. Falsafa shogirdlarining bunga nisbatan qay daraja past va tuban ekanini qiyoslashing mumkin.

Xullas, falsafa-i saqima-i Ovrupaiyadan yak-chashm bo’lgan dahosi xato ko’rgan haqiqatlarni, ikki jahonga qaragan, g’ayb-oshino porloq ikki ko’zi bilan ikki olamga nazar solgan, bashar uchun ikki saodatga ikki qo’li bilan ishorat qilgan hudo-i Qur'oniy deydiki: "Ey inson! Sening qo’lingda bo’lgan nafs va moling sening mulking emas, balki senga omonatdir. U omonatning moliki hamma narsaga qodir, hamma narsani biladigan bir Rahimi Karimdir. U sening yoningdagi mulkini sendan sotib olishni istaydi. Toki sen uchun muhofaza qilsin, zoye bo’lmasin. Kelajakda senga muhim bir haq beradi. Sen muvazzaf va ma'mur bir askarsan. Uning nomi bilan ishla va hisobi bilan amal qil. Udirki, muhtoj bo’lgan narsalaringni senga rizq qilib yuboradi va sening toqating yetmaydigan narsalardan seni muhofaza qiladi. Sening shu hayotingning g’oyasi, natijasi; u Molikning asmosiga va shuunotiga bir mazhariyatdir. Senga bir musibat kelgan vaqt, de.

اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Ya'ni: "Men molikimning xizmatidaman. Ey musibat! Agar uning izn va rizosi bilan kelgan bo’lsang, marhabo, xush kelding. Chunki albatta bir vaqt unga qaytamiz va uning huzuriga ketamiz va unga mushtoqmiz. Modomiki, har holda bir zamon bizni hayotning takolifidan ozod qiladi. Mayli, ey musibat! U tarhis va u ozod etish sening qo’ling bilan bo’lsin, roziman. Agar mening omonat muhofazasida va vazifaparvarligimni tajriba suratida senga amr va iroda etgan, faqat senga taslim bo’lishimga izn va rizosi bo’lmasa; men toqatim yetguncha, amin bo’lmaganga, Molikimning omonatini taslim qilmayman", deydi.

Xullas, mingdan bir namuna bo’lgan, daho-i falsafiy va hudo-i Qur'oniy bergan darslarning darajalariga qara. Ha, ikki tarafning haqiqati holi sobiqan bayon qilingan tarz bilan ketadi. Faqat hidoyat va zalolatda insonlarning darajalari mutafovitdir. G’aflatning martabalari muxtalifdir. Hamma har martabada bu haqiqatni tamomila his qilolmaydi. Chunki g’aflat hisni yo’q qiladi. Va bu zamonda shunday bir darajada ibtoli his qilganki, bu aliym alamning og’rig’ini ahli madaniyat his qilmayaptilar. Faqat hassosiyati ilmiyaning tazoyudi bilan va har kuni o’ttiz ming janozani ko’rsatgan mavtning iqozoti bilan u g’aflat pardasi parchalanadi. Ajnabiylarning tog’utlari bilan va fununi tabiiyalari bilan zalolatga tushganlarga va ularni ko’r-ko’rona taqlid qilib ittibo etganlarga minglab la'nat va taassuflar!

Ey bu vatan yoshlari! Faranglarni taqlid qilishga intilmang! Nahot, Ovrupaning sizga qilgan hadsiz zulm va adovatlaridan so’ngra, qaysi aql bilan ularning safohat va botil afkorlariga ergashib ishonyapsiz? Yo’q! Yo’q! Safihona taqlid qilganlar ittibo emas, balki shuursiz holda ularning safiga iltihoq etib, o’zingizni va qardoshlaringizni i'dom etyapsiz. Ogoh bo’linglarki, siz axloqsizlarcha ittibo etgan sari hamiyat da'vosida yolg’onchilik qilyapsiz!.. Chunki shu suratda ittiboingiz, vatanparligizga qarshi bir istixfofdir va millatga bir istehzodir!..

هَدٰينَا اللّٰهُ وَ اِيَّاكُمْ اِلَى الصِّرَاطِ الْمُسْتَق۪يمِ

OLTINCHI MULOHAZA:

Ey kofirlarning ko’pliklaridan va ularning ba'zi haqoiqi iymoniyaning inkoridagi ittifoqlaridan xavotirga tushgan va e'tiqodini buzgan bechora inson! Bilki: Qiymat va ahamiyat kammiyatda va adad ko’pligida emas. Chunki inson agar inson bo’lmasa, shayton bir hayvonga inqilob etadi. Inson ba'zi faranglar va farang-mashrablar kabi ehtirosoti hayvoniyada taraqqiy etgan sari, yanada shiddatli bir hayvoniyat martabasini egallaydi. Sen ko’ryapsanki; hayvonotning kammiyat va adad e'tibori bilan hadsiz bir ko’pligi bor ekan, unga nisbatan inson g’oyat oz ekan, umum anvo-i hayvonot ustidan sulton va xalifa va hokimdir. Xullas, muzir kofirlar va kofirlarning yo’lida yurgan safihlar Janobi Haqning hayvonotidan bir navi xabis bo’lib, Fotiri Hakim ularni dunyoning imorati uchun yaratgan. Mo’'min ibodiga bergan ne'matlarining darajalarini bildirish uchun, ularni bir vohidi qiyosiy qilib, oqibatda mustahaq bo’lgan Jahannamlariga taslim etadi.

Xullas, kufforning va ahli zalolatning bir haqiqati iymoniyani inkor va rad qilishlarida quvvat yo’q. Chunki rad qilish sirri bilan, ittifoqlari quvvatsizdir. Mingta rad qiluvchi bitta hukmidadir. Masalan: Butun Istanbul aholisi Ramazonning boshida oyni ko’rmagani uchun rad qilsa, ikki shohidning isboti bilan u jammi g’ofirning rad va ittifoqi sukut etadi. Modomiki kufrning va zalolatning mohiyati raddir va inkordir, johillikdir va adamddir, kufforning kasrat bilan ittifoqi ahamiyatsizdir. Ahli haqning haq va sobit va subuti isbot qilingan masoili iymoniyada shuhudga istinod etgan ikki mo’'minning hukmi, hadsiz ahli zalolatning ittifoqidan rojih bo’ladi, g’alaba qozonadi. Bu haqiqatning sirri shudirki: Rad qilganlarning da'volari suratan bir ekan, mutaaddiddir; bir-biri bilan ittihod etolmaydiki, quvvatlansin. Isbot qiluvchilarning da'volari ittihod etadi, bir-biridan quvvat oladi. Chunki ko’kdagi hiloli Ramazonni ko’rmagan deydiki: "Mening nazarimda oy yo’qdir; mening yonimda ko’rinmayapti". Boshqasi ham, "Nazarimda yo’q", deydi. Yana boshqasi ham shunday deydi. Har biri o’z nazarida "yo’q" deydi. Har birining nazarlari boshqa-boshqa va nazarga parda bo’lgan sabablar ham boshqa-boshqa bo’la olgani uchun, da'volari ham boshqa-boshqa bo’ladi; bir-biriga quvvat berolmaydi. Faqat isbot qilganlar demaydilarki: "Mening nazarimda va ko’zimda hilol bor". Balki "Nafs-ul amrda, ko’k yuzida hilol bor, ko’rinyapti", deydi. Ko’rganlar hammasi ayni da'voni va "nafs-ul amrda bor" deydi. Demak, barcha da'volar birdir. Rad qiluvchilarning nazarlari boshqa-boshqa bo’lganidan, da'volari ham boshqa-boshqa bo’ladi. Nafs-ul amrga hukm qilolmaydilar. Chunki nafs-ul amrda inkor isbot etilmaydi. Chunki ihota lozim.

وَالْعَدَمُ الْمُطْلَقُ لَا يُثْبَتُ اِلَّا بِمُشْكِلَاتٍ عَظ۪يمَةٍ

bir qoida-i usuldir. Ha, bir narsani dunyoda bor desang, yolg’iz u narsani ko’rsatish kifoya bo’ladi. Agar yo’q deb inkor qilsang, butun dunyoni elakdan o’tkazib ko’rsatish lozim bo’ladi, toki u inkor isbot qilinsin.

Xullas, bu sirga binoan; ahli kufrning bir haqiqatni inkor etishi esa, bir masalani hal qilish va yoxud tor bir tuynukdan o’tish va yoxud bir xandakdan sakrashga o’xshaydiki; ming ham, bir ham birdir. Chunki bir-biriga yordamchi bo’lolmaydi. Faqat isbot qilganlar nafs-ul amrda haqiqati holga qaraganlari uchun mudda'olari ittihod etadi. Quvvatlari bir-biriga yordam beradi. Katta bir toshning ko’tarilishiga o’xshaydiki, naqadar ko’p qo’llar yopishsa, yanada ziyoda ko’tarilishi osonlashadi va bir-biridan quvvat oladi.

YETTINCHI MULOHAZA:

Ey musulmonlarni dunyoga shiddat bilan tashviq etgan va san'at va taraqqiyoti ajnabiyaga jabr bilan yetaklagan badbaxt hamiyat-furush! Diqqat qil, bu millatning ba'zilarining din bilan bog’langan robitalari uzilmasin! Agar bunday ahmoqona, ko’r-ko’rona tayoqlarning ostida ba'zilarning dindan robitalari uzilsa, u vaqt hayoti ijtimoiyada bir sammi qotil hukmida u dinsizlar zarar yetkazadilar. Chunki murtadning vijdoni tamoman buzilganidan, hayoti ijtimoiyaga zahar bo’ladi. Shuning uchun, ilmi usulda "Murtadning haqqi hayoti yo’q. Kofir agar zimmiy bo’lsa yoki musolaha etsa, haqqi hayoti bor" degan usuli shariatning bir dasturi bor. Hamda mazhabi Hanafiyda ahli zimmadan bo’lgan bir kofirning shahodati maqbuldir. Faqat fosiq mardud-ush shahodatdir, chunki xoindir.

Ey badbaxt fosiq odam! Fosiqlarning kasratiga qarab aldanma va "Aksariyatning fikri menikidek" dema! Chunki fosiq odam fisqni istab va bizzot talab qilib kirmagan; balki ichiga tushib qolgan, chiqolmaydi. Hech bir fosiq yo’qki, solih bo’lishni tamanniy etmasin va amirini va raisini mutadayyin ko’rishini istamasin. Magaramki, al'iyazu billah, irtidod bilan vijdoni tafassuh etib, ilon kabi zaharlashdan lazzatlanadigan bo’lmasa bas.

Ey devona bosh va buzuq qalb! O’ylaysanki, "Musulmonlar dunyoni sevmaydilar va yoxud o’ylamaydilarki, faqri holga tushganlar va iqozga muhtojlar; toki dunyodan hissalarini unutmasinlar". O’ying yanglishdir, taxmining xatodir. Balki hirs shiddatlangan, shuning uchun faqri holga tushyaptilar. Chunki mo’'minda hirs, sababi xasoratdir va safolatdir.

اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ

zarbulmasal hukmiga o’tgan. Ha, insonni dunyoga chaqirgan va yo’naltirgan sabablar ko’p. Avvalo nafs va havosi va ehtiyoj va havassi va tuyg’ulari va shaytoni va dunyoning suriy totliligi va sen kabi yomon do’stlari kabi ko’p da'ilari bor. Holbuki boqiy bo’lgan oxiratga va uzun hayoti abadiyaga da'vat qilgan ozdir. Agar senda zarra miqdor bu bechora millatga qarshi hamiyat bo’lsa va uluvvi himmatdan og’iz ko’pirtirishing yolg’on bo’lmasa, hayoti boqiyaga yordam bergan ozlarga imdod etish lozim bo’ladi. Bo’lmasa, u oz da'ilarning ovozini o’chirib, ko’plarga yordam bersang, shaytonga o’rtoq bo’lasan.

Nahot bu millatning faqri holi, dindan kelgan bir zuhd va tarki dunyodan kelgan bir tanballikdan nash'at etadi, deb o’ylaysan. Bu fikring xatodir. Chin va Hinddagi Majusiy va Barohima va Afrikadagi zanjilar kabi, Ovrupaning mustamlakasi bo’lgan millatlar bizdan ham faqirligini ko’rmayapsanmi. Hamzaruriy ozuqadan boshqa musulmonlarning qo’lida qoldirilmayotganini ko’rmayapsanmi. Yo Ovrupa kofir zolimlari yoki Osiyo munofiqlari dasisalari bilan yo o’g’irlayapti yoki g’asb etyapti.

Sizning jabran bunday ahli iymonni mimsiz madaniyatga yetaklashdan maqsadingiz, agar mamlakatda osoyish va amniyatni ta'min va osonlik bilan idora qilish bo’lsa, qat'iyan bilingki; xato qilyapsiz, yanglish yo’lga boshlayapsiz. Chunki e'tiqodi zaiflashgan, axloqi buzilgan yuz fosiqning idorasi va ular ichida osoyish ta'mini, minglab ahli salohatning idorasidanda mushkuldir.

Xullas, bu asoslarga binoan, ahli Islom dunyoga va hirsga yo’llanishga va tashviq qilinishga muhtoj emasdirlar. Taraqqiyot va osoyishlar bu bilan ta'min qilinmaydi. Balki maso'iylarining tanzimiga va mobaynlaridagi amniyatning ta'sisiga va taovun dasturining tasxiliga muhtojdirlar. Bu ehtiyoj ham, dinning avomiri qudsiyasi bilan va taqvo va salobati diniya bilan bo’ladi.

SAKKIZINCHI MULOHAZA:

Ey sa'y va amaldagi lazzat va saodatni bilmagan tanbal inson! Bilki:

Janobi Haq kamoli karamidan, xizmatning mukofotini xizmat ichida darj etgan. Amalning ujratini nafsi amal ichida qo’ygan. Xullas, bu sir uchun, mavjudot, hatto bir nuqtai nazarga ko’ra jomidot ham avomiri takviniya deb ataluvchi xususiy vazifalarida kamoli shavq bilan va o’ziga xos lazzat bilan avomiri Rabboniyaga imtisol etadilar. Aridan, chivindan, tovuqdan tortib; to Shams va Qamarga qadar hamma narsa kamoli lazzat bilan vazifasini qilyaptilar. Demak, xizmatlarida bir lazzat borki, aqllari bo’lmaganidan, oqibatni va natijalarni o’ylamasdan, mukammal vazifalarini ifo etyaptilar.

Agar desang: Zihayotda lazzat bor, jamodotda qanday shavq va lazzat bo’lishi mumkin?

Aljavob: Jamodot o’z hisoblari uchun emas, ularda tajalliy etgan asmo-i Ilohiya hisobiga bir sharaf, bir maqom, bir kamol, bir go’zallik, bir intizom istaydilar, izlaydilar. O’sha vazifa-i fitriyalarining imtisolida Nur-ul Anvorning ismlariga bittadan ma'kas, bittadan oyna hukmiga o’tganidan tanavvur etadi, taraqqiy etadi.

Masalan: Qandayki bir qatra suv, bir zarracha shisha parchasi zotida ziyosiz, ahamiyatsiz ekan, sof qalbi bilan Quyoshga yuzini o’girsa, u vaqt u ahamiyatsiz, ziyosiz qatra va shisha parchasi Quyoshning bir navi arshi bo’lib sening yuzingga ham tabassum qiladi.

Xullas, bu misol kabi, zarrot va mavjudot jamoli mutlaq va kamoli mutlaq sohibi bo’lgan Zoti Zuljalolning ismlariga vazifaparvarlik jihatidan oyna bo’lishlari bilan, o’sha qatra va zarracha shisha kabi g’oyat past bir darajadan g’oyat yuksak bir daraja-i zuhurga va tanavvurga chiqadilar. Modomiki vazifa jihatidan g’oyat nuroniy va yuksak bir maqom oladilar; lazzat mumkin va qobil bo’lsa, ya'ni hayoti a'mmadan hissador bo’lsalar, g’oyat lazzat bilan u vazifalarni bajaradilar, deyish mumkin.

Vazifada lazzat bo’lganiga eng zohir bir dalil, sen o’z a'zo va tuyg’ularingning xizmatlariga qara. Har biri baqo-i shaxsiy va baqo-i nav'iy uchun qilgan xizmatlarida boshqa-boshqa lazzatlari bor. Nafsi xizmat ularga bir talazzuz hukmiga o’tadi. Hatto xizmatni tark qilish u a'zoning bir navi azobidir.

Ham eng zohir bir dalil ham, xo’roz yoki ona tovuq kabi hayvonotning vazifalarida ko’rsatgan fidokorona va mardona vaziyatlariki, xo’roz och bo’lgani holda, tovuqlarni nafsiga tarjih etib, topgan rizqiga ularni chaqiradi; yemaydi, ularga yediradi. Va bir shavq va iftixor va talazzuz bilan u vazifani bajargani ko’rinadi. Demak, u xizmatda yeyishdan ortiq bir lazzat oladi.

Ham jajji bolalariga cho’ponlik qilgan tovuq ham bolalarining xotiri uchun ruhini fido qiladi, itga tashlanadi. O’zi och qolib ularni to’ydiradi. Demak, u xizmatdan shunday bir lazzat oladiki; ochlik dardidan va o’lish alamidan tarajjuh etadi, ziyoda bo’ladi. Hayvoniy volidalar bolalarini, kichik ekan vazifalari bo’lgani uchun lazzat bilan himoya qilishga harakat qiladilar. Ulg’aygandan so’ng vazifa tugaydi, lazzati ham ketadi. Bolasini cho’qib, og’zidan donini oladi. Yolg’iz inson navidagi volidalarning vazifalari bir daraja davom qiladi. Chunki insonlarda za'f-u ajz e'tibori bilan, doimo bir navi bolalik bor, har vaqt shafqatga muhtojlar. Xullas, umum hayvonotning xo’roz kabi cho’ponlik qilgan erkaklariga va tovuq kabi volidalariga qara, anglaginki; bular o’zlari uchun va o’z nomlaridan, o’z kamollari uchun u vazifani bajarmaydilar. Chunki hayotini, vazifada lozim bo’lsa, fido qiladilar. Balki vazifalarni, ularni o’sha vazifa bilan tavzif etgan va u vazifa ichida rahmati bilan bir lazzat darj etgan Mun'imi Karimning hisobi bo’yicha va Fotiri Zuljalolning nomidan bajaradilar.

Ham, nafsi xizmatda ujrat bo’lganiga bir dalil ham shudirki: Nabotot va ashjar bir shavq va lazzatni ihsos etgan bir holat bilan Fotiri Zuljalolning amrlariga imtisol etadilar. Chunki taratgan xushbo’y hidlari va mushtariylarning nazarlarini jalb qiladigan ziynatlar bilan bezanishlari va novdalari va mevalari uchun chirib ketgunga qadar o’zlarini fido etishlari ahli diqqatga ko’rsatadiki: Ularning amri Ilohiyning imtisolidan shunday bir lazzatlari borki, o’z nafsini mahv etib chiritadi.

Qara, boshida ko’plab sut konservalarini tashigan Hindiston yong’og’i va anjir kabi mevali daraxtlar rahmat xazinasidan lisoni hol bilan sut kabi eng go’zal bir g’idoni istaydi, oladi, mevalariga yediradi; o’zi esa balchiq yeydi. Anor daraxti sof bir sharobni xazina-i rahmatdan olib mevasiga yediradi; o’zi balchiqli va loyqa suvga qanoat qiladi.

Hatto hububotda ham unib chiqish vazifasida zohir bir ishtiyoq ko’rinadi. Qandayki tor bir yerda hibs qilingan bir zot bir bo’stonga, keng bir yerga chiqishni mushtoqona istaydi. Xuddi shuningdek: Hububotda unib chiqish vazifasida shunday sururli bir vaziyat, bir ishtiyoq ko’rinadi. Xullas, "Sunnatulloh" deb atalgan, koinotda jarayon etgan bu sirli uzun dasturdandirki: Ishsiz, tanbal, istirohat bilan yashagan va rohat to’shagida yotganlar, aksariyat bilan sa'y etgan, ishlaganlardan ko’ra ko’proq zahmat va mashaqqat chekadi. Chunki doimo ishsizlar umridan shikoyat qiladi; vaqtichog’lik bilan tez o’tishini istaydi. Sa'y etgan va ishlagan esa; shokirdir, hamd etadi, umrning o’tishini istamaydi.

اَلْمُسْتَر۪يحُ الْعَاطِلُ شَاكٍ مِنْ عُمْرِه۪ وَ السَّاعِى الْعَامِلُ شَاكِرٌ

kulliy dasturdir. Ham u sir bilan: "Rohat zahmatda, zahmat rohatdadir" jumlasi zarbulmasal bo’lgandir. Ha, jamodotga diqqat bilan nazar qilinsa: Bilquvva yolg’iz iste'dod va qobiliyat jihatidan noqis qolib inkishof etmaganlarning, g’oyat bir ijtihod va sa'y bilan inbisot etib bilquvvadan bilfe'l suratiga o’tishida mazkur sunnati Ilohiya dasturi bilan bir holat ko’rinadi. Va u holat ishorat qiladiki: U vazifa-i fitriyada bir shavq va u masalada bir lazzat bor. Agar u jomidning umumiy hayotdan hissasi bo’lsa, shavq o’ziniki bo’ladi; bo’lmasa u jomidni tamsil etgan, nazorat qilgan narsaga oiddir. Hatto bu sirga binoan deyish mumkin: Latif, nozik suv injimod amrini olgan vaqt shunday shiddatli bir shavq bilan u amrga imtisol etadiki, temirni shaqq etadi, parchalaydi. Demak, burudat va taht-as sifr sovuqning lisoni bilan og’zi berk temir idishdagi suvga "Kengay!" amri Rabboniysini tablig’ida, shiddati shavq bilan idishini parchalaydi, temirni buzadi, o’zi muz bo’ladi. Va hokazo.. hamma narsani bunga qiyos qilginki, quyoshlarning davaronidan va sayru-sayohatlaridan tortib, to zarralarning mavlaviy kabi davr etishlariga va aylanishlariga va tebranishlariga qadar koinotdagi butun sa'yu harakat qonuni qadari Ilohiy ustida jarayon qiladi. Va dasti qudrati Ilohiydan sudur etgan va iroda va amr va ilmni tazammun etgan amri takviniy bilan zuhur etadi.

Hatto har bir zarra, har bir mavjud, har bir zihayot bir nafar askarga o’xshaydiki; qo’shinda muxtalif doiralarda u nafarning boshqa-boshqa nisbatlari, vazifalari bo’lgani kabi; har bir zarra, har bir zihayot ham shundaydir. Masalan: Sening ko’zingda bir zarra ko’zning hujayrasida va ko’zda va a'sobi vajhiyada va badanning sharoyin deb atalgan tomirlarida bittadan nisbati va u nisbatga ko’ra bittadan vazifasi va u vazifaga ko’ra bittadan foydasi bor. Va hokazo, hamma narsani unga qiyos qil. Bunga binoan har bir narsa bir Qodiri Azaliyning vujubi vujudiga ikki jihat bilan shahodat qiladi.

Biri: Toqatidan minglab daraja ustun vazifalarni bajarishdagi ajzi mutlaq lisoni bilan u Qodirning vujudiga shahodat qiladi.

Ikkinchisi: Har bir narsa nizomi olamni tashkil qilgan dasturlarga va muvozana-i mavjudotni idoma etgan qonunlarga tatbiqi harakat qilish bilan u Alimi Qodirga shahodat qiladi.

Chunki zarra kabi bir jomid, ari kabi kichik bir hayvon Kitobi Mubinning muhim va nozik masalalari bo’lgan nizom va mezonni bilmaydi. Jomid bir zarra, ari kabi kichik bir hayvon qayoqda? Samovot tabaqalarini bir daftar sahifasi kabi ochib, berkitib to’plagan Zoti Zuljalolning qo’lidagi Kitobi Mubinning muhim, nozik masalalarini o’qish qayoqda? Agar sen telbalik qilib; zarrada u kitobning nozik hurufotini o’qiy oladigan bir ko’z bo’lganini tavahhum etsang; u vaqt u zarraning shahodatini rad qilishga urinishing mumkin. Ha, Fotiri Hakim Kitobi Mubinning dasturlarini g’oyat go’zal bir suratda va muxtasar bir tarzda va xos bir lazzatda va maxsus bir ehtiyojda ijmol etib darj etadi. Hamma narsa shunday xos bir lazzat va maxsus bir ehtiyoj bilan amal qilsa, u Kitobi Mubinning dasturlarini bilmasdan imtisol etadi. Masalan: Xartumli pashsha dunyoga kelgan daqiqada uyidan chiqadi; to’xtamasdan insonning yuziga hujum qiladi, uzun hassasi bilan urib, obi hayotni jo’shtiradi, ichadi. Hujumdan qochishda arkoni harb kabi mahorat ko’rsatadi. Ajabo, bu kichik, tajribasiz, endigina dunyoga kelgan maxluqqa bu san'atni va bu fanni harbni va suv chiqarish san'atini kim o’rgatgan va u qayerdan o’rgangan? Men, ya'ni bu bechora Said e'tirof etamanki: Agar men u xartumli pashshaning o’rnida bo’lsaydim; bu san'atni, bu karru-far harbini va suv chiqarish xizmatini juda uzun darslar va juda mutaaddid tajribalar bilan zo’rg’a o’rgangan bo’lardim.

Xullas, ilhomga mazhar bo’lgan ari, o’rgimchak va uyasini paypoqqa o’xshatib to’qigan bulbul kabi hayvonotni bu pashshaga qiyos qil. Hatto nabototni ham aynan hayvonotga qiyoslashing mumkin. Ha, Javvodi Mutlaq (Jalla Jaloluhu) har fardi zihayotning qo’liga lazzat midadi bilan va ehtiyoj murakkabi bilan yozilgan bir xatni bergan. U bilan avomiri takviniyaning dasturini va xizmatlarining mundarijasini tavdi' etgan. Qara u Hakimi Zuljalol; qandayam Kitobi Mubinning dasturlaridan ari vazifasiga oid miqdorini bir xatda yozgan, arining boshidagi sandiqchaga qo’ygan. U sandiqchaning kaliti ham, vazifaparvar ariga xos bir lazzatdir. U bilan sandiqchani ochadi, dasturini o’qiydi, amrni anglaydi, harakat qiladi.

وَ اَوْحٰى رَبُّكَ اِلَى النَّحْلِ

oyatining sirrini izhor etadi.

Xullas, agar bu Sakkizinchi Mulohazani eshitgan va to’liq anglagan bo’lsang, bir hadsi iymoniy bilan

وَسِعَتْ رَحْمَتُهُ كُلَّ شَىْءٍ

ning bir sirrini,

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

ning bir haqiqatini,

اِنَّمَٓا اَمْرُهُٓ اِذَٓا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ

ning bir dasturini,

فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

ning bir nuktasini anglab yetasan.

TO’QQIZINCHI MULOHAZA:

Bilki: navi basharda nubuvvat, bashardagi xayr va kamolotning fazlakasi va asosidir. Dini Haq, saodatning mundarijasidir. Iymon, bir husni munazzah va mujarraddir. Modomiki shu olamda porloq bir husn, keng va yuksak bir fayz, zohir bir haq, yuksak bir kamol ko’rinyapti. Bilbedaho haq va haqiqat, nubuvvat ichida va nabiylar qo’lidadir. Zalolat, shar va xasorat; uning muxolifidadir.

Mahosini ubudiyatning mingtasidan yolg’iz shunga qaraginki: Nabiy Alayhissalotu vassalam, ubudiyat jihati bilan muvahhidinning qalblarini hayit va juma va jamoat namozlarida ittihod ettiradi va tillarini bir kalimada jamlaydi. Shunday bir suratdaki: Shu inson Ma'budi Azaliyning azamati xitobiga hadsiz qalblardan va tillardan chiqqan ovozlar, duolar, zikrlar bilan muqobala etadi. U ovozlar, duolar, zikrlar bir-biriga tasonud etib va bir-biriga yordam berib, ittifoq qilib shunday keng bir suratda Ma'budi Azaliyning uluhiyatiga qarshi bir ubudiyat ko’rsatadiki; go’yo kura-i arz o’zi u zikrni aytadi, u duoni qiladi va aqtori bilan namoz o’qiydi va atrofi bilan samovotdan ustun izzat va azamat bilan nozil bo’lgan

اَق۪يمُوا الصَّلٰوةَ

amriga kura-i arz imtisol etadi. Bu sirri ittihod bilan koinot ichida bir zarra kabi zaif, kichik bir maxluq bo’lgan shu inson, ubudiyatning azamati jihati bilan Xoliqi Arz va Samovotning mahbub bir abdi va Arzning xalifasi, sultoni va hayvonotning raisi va xilqati koinotning natijasi va g’oyasi bo’ladi. Ha, agar namozlarning orqasida, xususan bayram namozlarida, bir onda "Allohu Akbar" degan yuzlab million insonlarning ovozlari olami g’aybda ittihod etganlari kabi, olami shahodatda ham bir-biri bilan ittihod etib ijtimo' etsa, kura-i arz tamomi bilan ulkan bir inson bo’lib, azamatiga nisbatan yuksak bir sado bilan aytgan "Allohu Akbar"ga musoviy kelganidan, u muvahhidinning ittihodi bilan bir onda "Allohu Akbar" deyishlari, kura-i arzning katta bir "Allohu Akbar"i hukmiga o’tadi. Go’yo bayram namozlarida olami Islomning zikr va tasbehi bilan zamin zilzila-i kubroga mazhar bo’lib, aqtor va atrofi bilan "Allohu Akbar" deb, qiblasi bo’lgan Ka'ba-i Mukarramaning samimiy qalbi bilan niyat qilib, Makka og’zi bilan, Jabali Arafa tili bilan "Allohu Akbar" deb, u birgina kalima atrofi Arzdagi umum mo’'minlarning g’or-misol og’izlaridagi havoda tamassul etadi. Birgina "Allohu Akbar" kalimasining aks-sadosi bilan hadsiz "Allohu Akbar" vuqu' topgani kabi, u maqbul zikr va takbir samovotni ham jaranglatib barzoh olamlariga ham mavj urib sado beradi. Xullas, Arzni bunday o’ziga sajid va obid va ibodiga masjid va maxluqlariga beshik va o’ziga musabbih va mukabbir etgan Zoti Zuljalolga yerning zarroti adadicha hamd va tasbeh va takbir aytib va mavjudoti adadicha hamd aytamizki; bizga bu nav ubudiyatni dars bergan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamiga ummat aylagan.

O’NINCHI MULOHAZA:

Bil ey g’ofil, mushavvash Said! Janobi Haqning nuri ma'rifatiga yetishish va qarash va oyot va shohidlarning oynalarida jilvalarini ko’rish va barohin va dalillar tuynuklari bilan tomosha qilish iqtizo etadiki; sening ustingdan o’tgan, qalbingga kelgan va aqlingga ko’ringan har bir nurni tanqid barmoqlari bilan tekshirma va taraddud qo’li bilan tanqid qilma. Senga yorishgan bir nurni tutish uchun qo’lingni uzatma; balki g’aflat sabablaridan tajarrud et, ularga mutavajjih bo’l, to’xta. Chunki men mushohada etdimki: Ma'rifatullohning shohidlari, burhonlari uch xildir:

Bir qismi:Suv kabidir; ko’rinadi, his qilinadi, lekin barmoqlar bilan tutilmaydi. Bu qismda xayolotdan tajarrud etish, kulliyat bilan unga sho’ng’ish kerak. Tanqid barmoqlari bilan tajassus qilinmaydi; qilinsa oqadi, qochadi. U obi hayot barmoqni makon ittihoz etmaydi.

Ikkinchi qism:Havo kabidir; his qilinadi, faqat na ko’rinadi, na tutiladi. Unga qarshi sen yuzing, og’zing, ruhing bilan u rahmat shabadasiga qarshi tavajjuh et, o’zingni muqobil tut, tanqid qo’lini uzatma, tutolmaysan. Ruhing bilan tanaffus et. Taraddud qo’li bilan qarasang, tanqid bilan qo’l uzatsang, u ketib qoladi; sening qo’lingni maskan ittihoz etmaydi, unga rozi bo’lmaydi.

Uchinchi qism esa:Nur kabidir; ko’rinadi, faqat na his qilinadi, na tutiladi. Shunday ekan, qalbingning ko’zi bilan, ruhingning nazari bilan o’zingni unga muqobil tut va ko’zingni unga tavjih et, kut; balki o’z-o’zidan keladi. Chunki nur; qo’l bilan tutilmaydi, barmoqlar bilan ushlanmaydi, balki u nur faqat basirat nuri bilan ushlanadi. Agar haris va moddiy qo’lingni uzatsang va moddiy mezonlar bilan tortsang, so’nmasa ham yashirinadi. Chunki unday nur moddiyda hibsga rozi bo’lmagani kabi, qaydga ham kirolmaydi, kasifni o’ziga molik va sayyid deb qabul qilmaydi.

O’N BIRINCHI MULOHAZA:

Bilki: Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ifodasida ko’p shafqat va marhamat bor. Chunki muxotoblarning aksariyati, jumhuri avomdir. Ularning zehnlari soddadir. Nazarlari ham daqiq narsalarni ko’rmaganidan, ularning basotati afkorini erkalash uchun takror bilan samovot va arzning yuzlarida yozilgan oyatlarni takrorlaydi. U katta harflarni osonlik bilan o’qittiradi. Masalan: Samovot va arzning xilqati va samodan yomg’irning yog’dirilishi va arzning tirilishi kabi bilbedaho o’qilgan va ko’ringan oyatlarni dars beradi. U hurufi kabira ichida kichik harflar bilan yozilgan inja oyotga nazarni kamdan-kam o’giradi, toki zahmat chekmasinlar. Ham uslubi Qur'oniyda shunday bir jazolat va salosat va fitriylik borki: Go’yo Qur'on bir hofizdir; qudrat qalami bilan koinot sahifalarida yozilgan oyotni o’qiydi. Go’yo Qur'on koinot kitobining qiroatidir va nizomotining tilovatidir va Naqqoshi Azaliysining shuunotini o’qiydi va fe'llarini yozadi. Bu jazolati bayoniyani ko’rishni istasang, hushyor va mudaqqiq bir qalb bilan Sura-i Amma va

قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ

oyatlari kabi farmonlarni tingla!..

O’N IKKINCHI MULOHAZA:

Ey bu Mulohazalarni tinglayotgan do’stlarim! Bilib qo’yingki; men xilofi odat tarzida, yashirish lozim bo’lgan Robbimga qarshi qalbimning tazarru va niyoz va munojotini ba'zan yozganimning sababi; o’lim tilimni jim qilgan zamonlarda, tilimga badal kitobimning so’ylashining qabulini rahmati Ilohiyadan rijo etishdir. Ha, qisqa bir umrda, hadsiz gunohlarimga kafforat bo’ladigan muvaqqat lisonimning tavba va nadomatlari kifoya qilmaydi. Sobit va bir daraja doimiy bo’lgan kitobning lisoni u ishga ziyodaroq yaraydi. Xullas, o’n uch yil {(Hoshiya) Bu risolaning ta'lifidan o’n uch yil avval.} avval, g’avg’oli bir firtina-i ruhiya natijasida Eski Saidning kulishlari Yangi Saidning yig’lashlariga inqilob etadigan hangomda; yoshlikning g’aflat uyqusidan keksalik tongi bilan uyg’ongan bir onimda, shu munojot va niyoz Arabcha yozilgan. Bir qismining Turkcha maoli shudirki:

Ey Robbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim! Mening sui ixtiyorim bilan umrim va yoshligim zoye bo’lib ketdi. Va u umr va yoshlikning mevalaridan qo’limda qolgan, alam beruvchi gunohlar, zillat beruvchi alamlar, zalolat beruvchi vasvasalar qolgan. Va bu og’ir yuk va kasalmand qalb va xijolatli yuzim bilan qabrga yaqinlashyapman. Bilmushohada ko’ra-ko’ra, g’oyat tezlik bilan o’ngga va chapga qayrilmasdan, ixtiyorsiz bir tarzda vafot etgan ahbob va aqron va aqoribim kabi qabr eshigiga yaqinlashyapman. U qabr bu dori foniydan firoqi abadiy bilan abad-ul abad yo’lida qurilgan, ochilgan avvalgi manzil va birinchi eshikdir. Va bu bog’langanim va maftun bo’lganim shu dori dunyo ham qat'iy bir yaqiyn bilan angladimki; halikdir, ketadi va foniydir, o’ladi. Va bilmushohada ichidagi mavjudot ham, bir-biri orqasidan qofila-qofila ko’chib ketadi, yo’qoladi. Xususan, men kabi nafsi ammorasi borlarga shu dunyo juda g’addordir, makkordir. Bir lazzat bersa, ming alam beradi, chektiradi. Bir uzum yedirsa, yuz tarsaki uradi.

Ey Robbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim!

كُلُّ اٰتٍ قَر۪يبٌ

sirri bilan men hozirdan ko’ryapmanki: Yaqin bir zamonda men kafanimni kiydim, tobutimga mindim, do’stlarim bilan vidolashdim. Qabrimga tavajjuh etib ketarkan, sening dargohi rahmatingda janozamning lisoni holi bilan, ruhimning lisoni qoli bilan baqirib deyman: "Al-omon, al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning xijolatidan qutqar!" Mana, qabrimning boshiga yetib keldim, bo’ynimga kafanimni ilib, qabrimning boshida uzangan jismimning ustida to’xtadim. Boshimni dargohi rahmatingga ko’tarib, bor quvvatim bilan faryod qilib nido qilyapman: "Al-omon al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning og’ir yuklaridan xalos ayla!"

Mana, qabrimga kirdim, kafanimga o’randim. Tashyi'chilar meni tashlab ketdilar. Sening avfu rahmatingga intizor etaman. Va bilmushohada ko’rdimki: Sendan boshqa malja va manja yo’q. Gunohlarning xunuk yuzidan va ma'siyatning vahshiy shaklidan va u makonning torligidan bor quvvatim bilan nido etib deyman: Al-omon, al-omon! Yo Rahmon! Yo Hannon! Yo Mannon! Yo Dayyon! Meni xunuk gunohlarimning hamrohligidan qutqar, yerimni kengaytir. Ilohim! Sening rahmating maljaimdir va Rahmatan lil Olamin bo’lgan Habibing sening rahmatingga yetishish uchun vasilamdir. Sendan shikoyat emas, balki nafsimni va holimni senga shikoyat qilaman. Ey Xoliqi Karimim va ey Robbi Rahimim! Sening Said ismli maxluqing va masnu'ing va abding ham osiy, ham ojiz, ham g’ofil, ham johil, ham a'lil, ham zalil, ham musiy, ham musinn, ham shaqiy, ham sayyididan qochgan bir qul bo’lgani holda, qirq yildan so’ng nadomat etib sening dargohingga qaytishni istaydi. Sening rahmatingga iltijo qiladi. Hadsiz gunoh va xatiotlarini e'tirof etadi. Avhom va turli-tuman illatlar bilan mubtalo bo’lgan. Senga tazarru va niyoz etadi. Agar kamoli rahmating bilan uni qabul qilsang, mag’firat aylab rahmat etsang; zotan u sening shoningdir. Chunki Arhamurrohiminsan. Agar qabul qilmasang, sening eshigingdan boshqa qaysi eshikka boraygin? Qaysi eshik bor? Sendan boshqa Rob yo’qki, dargohiga borilsin. Sendan boshqa haq Ma'bud yo’qki, unga iltijo qilinsin!

لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ وَحْدَكَ لَا شَر۪يكَ لَكَ اٰخِرُ الْكَلَامِ فِى الدُّنْيَا وَ اَوَّلُ الْكَلَامِ فِى الْاٰخِرَةِ وَ فِى الْقَبْرِ اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ صَلَّى اللّٰهُ تَعَالٰى عَلَيْهِ وَ سَلَّمَ

O’N UCHINCHI MULOHAZA:

Madori iltibos bo’lgan besh masaladir.

Birinchisi:Tariqi haqda xizmat qilgan va mujohada qilganlar yolg’iz o’z vazifalarini o’ylashlari lozim ekan, Janobi Haqqa oid vazifani o’ylab, harakotini unga bino qilib xatoga tushadilar. "Adab-ud Din vad Dunyo" Risolasida keladiki: Bir zamon shayton Hazrat Iso Alayhissalomga e'tiroz bildirib aytadiki: "Modomiki ajal va hamma narsa qadari Ilohiy bilan ekan; sen o’zingni bu tepalikdan ot, qara qanday o’lasan". Hazrat Iso Alayhissalom deganki:

اِنَّ لِلّٰهِ اَنْ يَخْتَبِرَ عَبْدَهُ وَ لَيْسَ لِلْعَبْدِ اَنْ يَخْتَبِرَ رَبَّهُ

Ya'ni: "Janobi Haq abdini tajriba qiladi va deydiki: "Sen bunday qilsang, senga bunday qilaman, seni ko’raychi, qila olasanmi?", deya tajriba qiladi. Lekin abdning haqqi yo’q va haddi emaski, Janobi Haqni tajriba qilsin va desin: "Men bunday ish qilsam, sen bunday ish qilasanmi?" deya tajribavoriy bir suratda Janobi Haqning rububiyatiga qarshi imtihon tarzi sui adabdir, ubudiyatga munofiydir."

Modomiki haqiqat bu ekan, inson o’z vazifasini bajarib, Janobi Haqning vazifasiga aralashmasligi kerak.

Mashhurki: Bir zamon Islom qahramonlaridan va Chingizning qo’shinini mutaaddid dafa mag’lub qilgan Jaloliddin Xorazmshoh jangga borarkan, vuzarosi va atba'i unga deganlar: "Sen muzaffar bo’lasan, Janobi Haq seni g’olib qiladi". U degan: "Men Allohning amri bilan, jihod yo’lida harakat qilishga vazifadorman, Janobi Haqning vazifasiga qo’shilmayman; muzaffar qilish yoki mag’lub qilish uning vazifasidir". Xullas, u zot bu sirri taslimiyatni tushunganidan, horiqo bir suratda ko’p marta muzaffar bo’lgan.

Ha, insonning qo’lidagi juzi ixtiyoriy bilan qilgan af'ollarida Janobi Haqqa oid natoijni o’ylamaslik kerak. Masalan: Odamlarning Risola-i Nurga iltihoqlari qardoshlarimizdan bir qism zotlarning shavqlarini ziyodalashtiradi, g’ayratga keltiradi. Tinglamagan vaqtlari, zaiflarning quvva-i ma'naviyalari sinadi, shavqlari bir daraja so’nadi. Holbuki Ustozi Mutlaq, Muqtado-i Kull, Rahbari Akmal bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam

وَمَا عَلَى الرَّسُولِ اِلَّا الْبَلَاغُ

bo’lgan farmoni Ilohiyni o’zlariga rahbari mutlaq qilib, insonlarning chekingani va tinglamagani sari yanada ziyoda sa'yu g’ayrat va jiddiyat bilan tablig’ etganlar. Chunki

اِنَّكَ لَا تَهْد۪ى مَنْ اَحْبَبْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ يَهْد۪ى مَنْ يَشَٓاءُ

sirri bilan anglaganlarki: Insonlarni tinglattirish va hidoyat berish, Janobi Haqning vazifasidir. Janobi Haqning vazifasiga aralashmas edilar.

Shunday ekan; mana ey qardoshlarim! Siz ham sizga oid bo’lmagan vazifaga harakotingizni bino qilish bilan aralashmang va Xoliqingizga qarshi tajriba vaziyatini olmang!

Ikkinchi Masala:Ubudiyat, amri Ilohiyga va rizo-i Ilohiyga qaraydi. Ubudiyatning da'isi amri Ilohiy va natijasi rizo-i Haqdir. Samaroti va favoidi uxroviyadir. Faqat illa-i g’oya bo’lmaslik, ham qasddan istanilmaslik sharti bilan, dunyoga oid foydalar va o’z-o’zidan tarattub etgan va istanilmasdan berilgan samaralar ubudiyatga munofiy bo’lmaydi. Balki zaiflar uchun mushavviq va murajjih hukmiga o’tadilar. Agar dunyoga oid foydalar va manfaatlar; u ubudiyatga, u virdga yoki u zikrga illat yoki illatning bir juzi bo’lsa; u ubudiyatni qisman yo’q qiladi. Balki u xosiyatli virdni befoyda qilib qo’yadi, natija bermaydi. Mana bu sirni anglamaganlar, masalan yuz xosiyati va foydasi bo’lgan Avrodi Qudsiya-i Shohi Naqshbandiyni yoki ming xosiyati bo’lgan Javshan-ul Kabirni u foydalarning ba'zilarini maqsudi bizzot niyat qilib o’qiydilar. U foydalarni ko’rolmaydilar va ko’rmaydilar va ko’rishga ham haqlari yo’q. Chunki u foydalar u avrodlarning illati bo’lolmaydi va undan ular qasddan va bizzot istanilmaydi. Chunki ular fazliy bir suratda u xolis virdga talabsiz tarattub etadi. Ularni niyat qilsa, ixlosi bir daraja buziladi. Balki ubudiyatdan chiqadi va qiymatdan tushadi. Yolg’iz shu qadarki; bunday xosiyatli avrodni o’qish uchun zaif insonlar bir mushavviq va murajjihga muhtojdirlar. U foydalarni o’ylab, shavqqa kelib; avrodni yolg’iz rizo-i Ilohiy uchun, oxirat uchun o’qisa, zarar bermaydi. Hamda maqbuldir. Bu hikmat anglashilmagani uchun; ko’pchilik aqtobdan va salafi solihindan marvi bo’lgan foydalarni ko’rmaganlaridan shubhaga tushadi, hatto inkor ham qiladi.

Uchinchi Masala:

طُوبٰى لِمَنْ عَرَفَ حَدَّهُ وَلَمْ يَتَجَاوَزْ طَوْرَهُ

Ya'ni, "Qanday baxtli u odamki, o’zini bilib haddidan oshmaydi". Qandayki, bir zarra shishadan, bir qatra suvdan, bir hovuzdan, dengizdan, qamardan sayyoralarga qadar quyoshning jilvalari bor. Har birisi qobiliyatiga ko’ra quyoshning aksini, misolini tutadi va haddini biladi. Bir qatra suv o’z qobiliyatiga ko’ra "Quyoshning bir aksi menda bor" deydi. Faqat "Men ham dengiz kabi bir oynaman" deyolmaydi. Xuddi shuning kabi: Asmo-i Ilohiyaning jilvasining tanavvu'iga ko’ra, maqomoti avliyoda shunday marotib bor. Asmo-i Ilohiyaning har birisining bir quyosh kabi qalbdan Arshga qadar jilvalari bor. Qalb ham bir Arshdir, faqat "Men ham Arsh kabiman" deyolmaydi. Xullas, ubudiyatning asosi bo’lgan ajz va faqr va qusur va nuqsonini bilish va niyoz bilan dargohi uluhiyatga qarshi sajda qilishga badal, noz va faxr suratida ketganlar; zarradek qalbini Arshga musoviy tutadi. Qatra kabi maqomini dengiz kabi avliyoning maqomoti bilan iltibos etadi. O’zini u buyuk maqomotga loyiq qilish va u maqomda o’zini muhofaza qilish uchun tasannu'otga, takallufotga, ma'nosiz xudfurushlikka va bir qancha mushkulotga tushadi.

Alhosil: Hadisda voridki:

هَلَكَ النَّاسُ اِلَّا الْعَالِمُونَ وَهَلَكَ الْعَالِمُونَ اِلَّا الْعَامِلُونَ وَهَلَكَ الْعَامِلُونَ اِلَّا الْمُخْلِصُونَ وَالْمُخْلِصُونَ عَلٰى خَطَرٍ عَظ۪يمٍ

Ya'ni: Madori najot va xalos, yolg’iz ixlosdir. Ixlosni qozonish juda muhimdir. Bir zarra ixlosli amal botmonlab xolis bo’lmagan amallarga murajjahdir. Ixlosni qozontirgan harakotining sababi, yolg’iz bir amri Ilohiy va natijasi rizo-i Ilohiy ekanini o’ylashi kerak va vazifa-i Ilohiyaga qo’shilmasligi kerak. Hamma narsada bir ixlos bor. Hatto muhabbatning ham ixlos bilan bir zarrasi botmonlab rasmiy va ujratli muhabbatga tarajjuh etadi. Xullas, bir zot bu ixlosli muhabbatni bunday ta'bir etgan:

وَ مَا اَنَا بِالْبَاغ۪ى عَلَى الْحُبِّ رِشْوَةً ضَع۪يفٌ هَوًى يُبْغٰى عَلَيْهِ ثَوَابٌ

Ya'ni: "Men muhabbat evaziga bir rushvat, bir ujrat, bir muqobala, bir mukofot istamayman. Chunki muqobilida bir mukofot, bir savob istanilgan muhabbat zaifdir, davomsizdir." Hatto xolis muhabbat fitrati insoniyada va umum volidalarda darj etilgan. Xullas, bu xolis muhabbatga to’liq ma'noda volidalarning shafqatlari mazhardir. Volidalar u sirri shafqat bilan, avlodlariga qarshi muhabbatlariga bir mukofot, bir rushvat istamaganlariga va talab qilmaganlariga dalil: ruhini, balki saodati uxroviyasini ham ular uchun fido qilishlaridir. Tovuqning butun sarmoyasi o’z hayoti ekan, bolasini itning og’zidan qutqarish uchun -Husravning mushohadasi bilan- boshini itga uzdiradi.

To’rtinchi Masala:Zohiriy sabablar qo’li bilan kelgan ne'matlarni u sabablar nomidan olmaslik kerak. Agar u sabab ixtiyor sohibi bo’lmasa -masalan, hayvon va daraxt kabi- ne'matni Janobi Haq nomidan to’g’ridan-to’g’ri beradi. Modomiki u lisoni hol bilan Bismilloh deydi, senga beradi. Sen ham Alloh nomidan Bismilloh de, ol. Agar u sabab ixtiyor sohibi bo’lsa; u Bismilloh deyishi kerak, so’ngra undan ol, bo’lmasa olma. Chunki

وَلَا تَاْكُلُوا مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّٰهِ عَلَيْهِ

oyatining ma'no-i sarihidan boshqa bir ma'no-i ishoriysi shudirki: "Mun'imi Haqiqiyni xotirga keltirmagan va uning nomi bilan berilmagan ne'matni yemangiz!" deganidir. U holda ham bergan Bismilloh deyishi lozim, ham olgan Bismilloh deyishi lozim. Agar u Bismilloh demasa, faqat sen ham olishga muhtoj bo’lsang; sen Bismilloh de, uning boshi ustida rahmati Ilohiyaning qo’lini ko’r, shukr bilan o’p, undan ol. Ya'ni, ne'matdan in'omga qara, in'omdan Mun'imi Haqiqiyni o’yla. Shunday o’ylash bir shukrdir. So’ngra u zohiriy vositaga istasang duo qil. Chunki u ne'mat uning qo’li bilan sizga yuborildi.

Zohiriy sabablarni parastish etganlarni aldagan; ikki narsaning barobar kelishi yoki bo’lishiki, "iqtiron" ta'bir qilinadi, bir-biriga illat deb o’ylashlaridir.

Hamda bir narsaning adami, bir ne'matning ma'dum bo’lishiga illat bo’lganidan, tavahhum etadiki: U narsaning vujudi ham u ne'matning vujudiga illatdir. Shukrini, minnatdorligini u narsaga beradi, xatoga yo’liqadi. Chunki bir ne'matning vujudi, u ne'matning umum muqaddamotiga va sharoitiga tarattub etadi. Holbuki u ne'matning adami, birgina shartning adami bilan bo’ladi. Masalan: Bir bog’ni sug’oradigan odam ariqning og’zini ochmasa, u bog’ning qurishiga va u ne'matlarning adamiga sabab va illat bo’ladi. Faqat u bog’ning ne'matlarining vujudi, u odamning xizmatidan boshqa yuzlab sharoitning vujudiga tavaqquf bilan barobar, illati haqiqiy bo’lgan qudrat va iroda-i Rabboniya bilan vujudga keladi. Xullas, bu mag’lataning naqadar xatosi zohir bo’lganini angla va sababparastlarning naqadar xato qilganlarini bil!

Ha, iqtiron boshqadir, illat boshqadir. Bir ne'mat senga keladi; faqat bir insonning senga qarshi ehson niyati u ne'matga muqorin bo’lgan; faqat illat bo’lmagan. Illat, rahmati Ilohiyadir. Ha, u odam ehson qilishni niyat qilmasaydi, u ne'mat senga kelmas edi. Ne'matning adamiga illat bo’lardi. Faqat mazkur qoidaga binoan; u mayli ehson u ne'matga illat bo’lolmaydi. Faqat yuzlab sharoitning bir sharti bo’la oladi. Masalan: Risola-i Nurning shogirdlari ichida Janobi Haqning ne'matlariga mazhar ba'zi zotlar (Xusrav, Ra'fat kabi) iqtironni illat bilan iltibos etishgan, Ustoziga ortiqcha minnatdorchilik bildirishgan. Holbuki, Janobi Haq ularga darsi Qur'oniyda bergan ne'mati istifoda bilan, Ustozlariga ehson etgan ne'mati ifodani barobar qilgan, muqoranat bergan. Ular deydilarki: "Agar Ustozimiz bu yerga kelmasaydi, biz bu darsni ololmasdik. Unday bo’lsa, uning ifodasi, istifodamizga illatdir". Men ham deyman: "Ey qardoshlarim! Janobi Haqning menga ham, sizlarga ham bergan ne'mati barobar kelgan, ikki ne'matning illati ham rahmati Ilohiyadir. Men ham siz kabi iqtironni illat bilan iltibos etib, bir vaqt Risola-i Nurning sizlar kabi olmos qalamli yuzlab shogirdlariga ko’p minnatdorlik his qilardim. Va der edimki: Bular bo’lmasa edi, men kabi yarim ummiy bir bechora qanday xizmat qilardi? So’ngra angladimki, sizlarga qalam vositasi bilan bo’lgan qudsiy ne'matdan so’ngra, menga ham bu xizmatda muvaffaqiyat ehson etgan. Bir-biriga iqtiron etgan, bir-birining illati bo’lolmaydi. Men sizga tashakkur emas, balki sizni tabriklayman. Siz ham menga minnatdorlikka badal, duo va tabrik qilinglar".

Bu to’rtinchi masalada g’aflatning qanday darajalari borligi anglashiladi.

Beshinchi Masala:Qandayki bir jamoatning moli bir odamga berilsa zulm bo’ladi. Yoki jamoatga oid vaqflarni bir odam zabt etsa, zulm qiladi. Xuddi shuningdek: Jamoatning sa'ylari bilan hosil bo’lgan bir natijani yoki jamoatning hasanotlari bilan tarattub etgan bir sharafni, bir fazilatni u jamoatning raisiga yoki ustoziga berish; ham jamoatga, hamda u ustoz yoki raisga zulmdir. Chunki anoniyatni erkalaydi, g’ururga boshlaydi. Darvozabon ekan, o’zini podshoh deb tasavvur qildiradi. O’z nafsiga ham zulm qiladi. Balki bir navi shirki xofiyga yo’l ochadi. Ha, bir qal'ani fath etgan bir qo’shinning g’animatini va muzaffariyat va sharafini mingboshisi ololmaydi. Ha, ustoz va murshid masdar va manba deb o’ylanmasligi kerak. Balki mazhar va ma'kas ekanini bilish lozim. Masalan: Harorat va ziyo senga bir oyna vositasi bilan keladi. Sen Quyoshga qarshi minnatdor bo’lishga badal, oynani masdar deb o’ylab, Quyoshni unutib, unga minnatdor bo’lishing devonalikdir. Ha, oyna muhofaza qilinishi kerak, chunki mazhardir. Xullas, murshidning ruhi va qalbi bir oynadir. Janobi Haqdan kelgan fayzga ma'kas bo’ladi, muridiga aks etilishiga ham vasila bo’ladi. Vasilalikdan ortiq fayz nuqtasida maqom berilmasligi lozim. Hatto ba'zan bo’ladiki, masdar deb o’ylangan bir ustoz, na mazhardir, na masdardir. Balki muridining safvati ixlosi bilan va quvvati irtiboti bilan va unga hasri nazar bilan u murid boshqa yo’lda olgan fuyuzotni ustozining mir'ati ruhidan kelgan deb ko’radi. Qandayki ba'zi odamlar gipnoz vositasi bilan bir shishaga diqqat qila-qila olami misolga qarshi xayolida bir deraza ochiladi. U oynada ko’p g’aroibni mushohada etadi. Holbuki oynada emas, balki oynaga bo’lgan diqqati nazar vositasi bilan bir oynaning xorijida xayoliga bir deraza ochilganini ko’radi. Shuning uchun, ba'zan noqis bir shayxning xolis muridi shayxidan yanada ziyoda komil bo’lishi mumkin va qaytib kelib, shayxini irshod etadi va shayxining shayxi bo’ladi.

O’N TO’RTINCHI MULOHAZA:

Tavhidga doir to’rt kichik

Ramz

dir.

Birinchi Ramz:

Ey sababparast inson! Ajabo, g’arib javharlardan yasalgan bir ajib qasrni ko’rsangki, qurilyapti. Uning binosida sarf etilgan javharlarning bir qismi yolg’iz Chinda mavjud. Boshqa qismi Andalusda, bir qismi Yamanda, bir qismi Sibirdan boshqa joyda topilmaydi. Binoning qurilish zamonida ayni kunning o’zida sharq, shimol, g’arb, janubdan u javharli toshlar osonlik bilan jalb bo’lib qurilganini ko’rsang; hech shubhang qoladimiki, u qasrni qurgan usta, butun kura-i arzga hukm qilgan bir hokimi mo’'jizakordir.

Xullas, har bir hayvon shunday bir qasri Ilohiydir. Xususan, inson o’sha qasrlarning eng go’zali va u saroylarning eng ajibidir. Va bu inson deb ataluvchi saroyning javharlari; bir qismi olami arvohdan, bir qismi olami misoldan va Lavhi Mahfuzdan va boshqa bir qismi ham havo olamidan, nur olamidan, anosir olamidan kelgani kabi; hojoti abadga uzangan, orzulari samovot va arzning aqtorida intishor etgan, robitalari, aloqalari dunyo va oxirat advorida tarqalgan bir saroyi ajib va bir qasri g’aribdir.

Xullas, ey o’zini inson deb o’ylagan inson! Modomiki mohiyating shunday ekan; seni yaratgan faqat u zot bo’lishi mumkinki: Dunyo va oxirat bittadan manzil, arz va samo bittadan sahifa, azal va abad kecha va ertangi kun hukmida bo’lib tasarruf qilgan bir zot bo’lishi mumkin. Shunday ekan, insonning ma'budi va maljai va xaloskori u bo’lishi mumkinki; arz va samoga hukm qiladi, dunyo va uqbo tizginlariga molikdir.

Ikkinchi Ramz:

Ba'zi ablahlar borki, quyoshni tanimaganlari uchun, bir oynada quyoshni ko’rsa, oynani sevishni boshlaydi. Shadid bir his bilan uni muhofaza qilishga urinadi. Toki ichidagi quyoshi yo’qolmasin. Qachonki u ablah quyosh oynaning o’lishi bilan o’lmasligini va sinishi bilan fano topmasligini tushunib yetsa, butun muhabbatini ko’kdagi quyoshga qaratadi. U vaqt anglaydiki, oynada ko’ringan quyosh oynaga tobe emas, baqosi unga mutavaqqif emas. Balki quyosh u oynani o’shanday tutadi va uning porlashiga va nuriga madad beradi. Quyoshning baqosi u bilan emas, balki oynaning hayotdor porlashining baqosi quyoshning jilvasiga tobedir.

Ey inson! Sening qalbing va huviyat va mohiyating, bir oynadir. Sening fitratingda va qalbingda bo’lgan shadid bir muhabbati baqo u oyna uchun emas va u qalbing va mohiyating uchun emas, balki u oynada iste'dodga ko’ra jilvasi bo’lgan Boqiyi Zuljalolning jilvasiga qarshi muhabbating bo’lib, balohat tufayli u muhabbatning yuzi boshqa tarafga qaytgan. Modomiki shunday ekan "Yo Boqiy Antal Boqiy" de. Ya'ni, modomiki Sen borsan va Boqiysan; fano va adam nima xohlasa bizga qilsin, ahamiyati yo’q!..

Uchinchi Ramz:

Ey inson! Fotiri Hakim sening mohiyatingga qo’ygan eng g’arib bir holat shudirki: Ba'zan dunyoga sig’may qolasan. Zindonda bo’g’ilayotgan odam kabi "uf, uf," deya dunyodan yanada keng bir yer istaganing holda, bir zarracha bir ish, bir xotira, bir daqiqa ichiga kirib joylashib olasan. Ulkan dunyoga joylashmagan qalb va fikring u zarrachada joylashadi. Eng shiddatli hissiyoting bilan u daqiqacha, u xotirachada kezib yurasan.

Ham sening mohiyatingga shunday ma'naviy jihozot va latifalar berganki; ba'zilari dunyoni yutsa, to’ymaydi. Ba'zilari bir zarrani o’zida joylashtirolmaydi. Bosh bir botmon toshni ko’targani holda, ko’z bir sochni ko’tarolmagani kabi, u latifa bir soch qadar siqlatga, ya'ni g’aflat va zalolatdan kelgan kichik bir holatga chiday olmaydi. Hatto ba'zan so’nadi va o’ladi. Modomiki shunday ekan; ehtiyot bo’l, diqqat bilan bos, botishdan qo’rq. Bir luqma, bir kalima, bir urug’, bir lam'a, bir ishoratda, bir o’pishda botma! Dunyoni yutgan butun latoiflaringni unda botirma. Chunki juda kichik narsalar bor, juda kattalarni bir jihatda yutadi. Qandayki, kichik bir shisha parchasida ko’k yulduzlari bilan barobar ichiga kirib g’arq bo’ladi. Mosh kabi kichik quvva-i hofizangda, sening sahifa-i a'molingning aksariyati va sahoifi umringning ag’labi ichiga kirgani kabi; ko’p juz'iy kichik narsalar bor, shunday katta ashyoni bir jihatda yutadi, isti'ob etadi.

To’rtinchi Ramz:

Ey dunyoparast inson! Juda keng deb tasavvur qilgan sening dunyoing, tor bir qabr hukmidadir. Faqat u tor qabr kabi manzilning devorlari shishadan bo’lgani uchun, bir-biri ichida in'ikos etib, ko’z ko’ra olgan darajada kengayadi. Qabr kabi tor ekan, bir shahar qadar keng ko’rinadi. Chunki u dunyoning o’ng devori bo’lgan o’tgan zamon va chap devori bo’lgan kelasi zamon, ikkisi ma'dum va g’ayri mavjud bo’lganlari holda, bir-biri ichida in'ikos etib g’oyat qisqa va tor bo’lgan hozirgi zamonning qanotlarini ochadilar. Haqiqat xayolga aralashadi, ma'dum bir dunyoni mavjud deb o’ylaysan. Qandayki bir chiziq tez harakatlanishi bilan bir sath kabi keng ko’rinarkan, haqiqati vujudi inja bir chiziq bo’lgani kabi, sening ham dunyoing haqiqatdan tor, faqat sening g’aflat va vahm va xayoling bilan devorlari juda kengaygan. U tor dunyoda bir musibatning tahriki bilan qimirlab ketsang, boshingni juda uzoq deb o’ylagan devorga urasan. Boshingdagi xayolni uchiradi, uyqungni qochiradi. U vaqt ko’rasanki: U keng dunyoing; qabrdan yanada tor, ko’prikdan yanada muso'adasiz. Sening zamoning va umring chaqmoqdan yanada tez o’tadi; hayoting soydan yanada tezroq oqadi.

Modomiki dunyo hayoti va jismoniy yashash va hayvoniy hayot bundaydir; hayvoniyatdan chiq, jismoniyatni tashla, qalb va ruhning daraja-i hayotiga kir. Tavahhum etgan keng dunyoingdan yanada keng bir doira-i hayot, bir olami nur topasan. Xullas, olamning kaliti ma'rifatulloh va vahdoniyat sirlarini ifoda qilgan "La ilaha Illalloh" kalima-i qudsiyasi bilan qalbni gapirtirish, ruhni ishlattirishdir.

O’N BESHINCHI MULOHAZA:

Uch Masaladir.

Birinchi Masala:Ismi Hofizning tajalli-i atammiga ishorat qilgan

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ ٭ وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ

oyatidir. Qur'oni Hakimning bu haqiqatiga dalil istasang, Kitobi Mubinning mistari ustida yozilgan shu koinot kitobining sahifalariga qarasang, Ismi Hofizning jilva-i a'zamini va bu oyati karimaning bir haqiqati kubrosining nazirasini ko’p jihatlar bilan ko’ra olasan. Azjumla: Daraxt, gul va o’tlarning muxtalif urug’laridan bir hovuch ol. U muxtalif va bir-biriga muxolif urug’larning jinslari bir-biridan boshqa, navlari bir-biridan boshqa bo’lgan gul va daraxt va o’tlarning sandiqchalari hukmida bo’lgan u hovuchni qorong’ida va qorong’i va oddiy va jomid bir tuproq ichida dafn et, sep. So’ngra mezonsiz va ashyoni farq qilmagan va qayerga yuzini bursang, u yerga ketadigan oddiy suv bilan sug’or. So’ngra, sanaviy hashrning maydoni bo’lgan bahor mavsumida kel, qara! Isrofil-voriy malagi ra'd; bahorda nafhi sur navidan yomg’irga baqirishi, yer ostida dafn etilgan urug’larga nafhi ruh bilan xushxabar berishi zamoniga diqqat qilki, u nihoyat daraja chalkash va chalkashgan va bir-biriga o’xshagan u urug’chalar ismi Hofizning tajalliysi ostida kamoli imtisol bilan xatosiz o’laroq Fotiri Hakimdan kelgan avomiri takviniyaga imtisol etadilar. Va shunday tavfiqi harakat qiladilarki; ularning u harakatlarida bir shuur, bir basirat, bir qasd, bir iroda, bir ilm, bir kamol, bir hikmat porlagani ko’rinadi. Chunki ko’ryapsanki, u bir-biriga o’xshagan urug’chalar bir-biridan tamoyuz etib ayriladi. Masalan, bu urug’cha bir anjir daraxti bo’ldi. Fotiri Hakimning ne'matlarini boshlarimiz ustida nashr qilishni boshladi. Ulashyapti, shoxlarining qo’llari bilan bizlarga uzatyapti. Xullas, unga suratan o’xshagan bu ikki urug’cha esa, kun oshig’i nomli gul bilan kamalak rang binafsha kabi gullar berdi. Bizlar uchun bezandi. Yuzimizga kulyapti, o’zlarini bizga sevdiryaptilar. Yana bu yerdagi bir qism urug’chalar bu go’zal mevalarni berdi va nihol va daraxt bo’ldilar. Go’zal mazasi va hidi va shakllari bilan ishtahamizni ochib, o’z nafslariga bizning nafslarimizni da'vat etyaptilar va o’zlarini mushtariylariga fido qilyaptilar. Toki nabotiy hayot martabasidan hayvoniy hayot martabasiga taraqqiy qilsinlar. Va hokazo.. qiyos qil. Shunday bir suratda u urug’chalar inkishof etdilarki, u bir hovuch muxtalif daraxtlar va mutanavvi' gullar bilan to’la bir bog’ hukmiga o’tdi. Ichida hech bir g’alat, qusur yo’q.

فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ

sirrini ko’rsatadi. Har bir urug’ ismi Hofizning jilvasi bilan va ehsoni bilan unga padarining va aslining molidan bergan irsiyatni; iltibossiz, nuqsonsiz muhofaza qilib ko’rsatadi. Xullas, bu hadsiz horiqo muhofazani qilgan Zoti Hofiz, qiyomat va hashrda hofiziyatning tajalli-i akbarini ko’rsatishiga qat'iy bir ishoratdir. Ha, bu ahamiyatsiz, zoil, foniy holatlarda bu daraja qusursiz, g’alatsiz hofiziyat jilvasi bir hujjati qat'iyadirki; abadiy ta'siri va azim ahamiyatli bo’lgan omonati kubro hamalasi va arzning xalifasi bo’lgan insonlarning af'ol, osor va aqvollari va hasanot va sayyiotlari kamoli diqqat bilan muhofaza qilinib muhosabasi ko’riladi. Nahot, inson bebosh qolaman deb o’ylaydimi? Xosho!.. Balki inson abadga mab'usdir va saodati abadiyaga va shaqovati doimaga nomzoddir. Kichik-katta, oz-ko’p har amalidan muhosaba ko’radi. Yo taltif yoki ta'zir yeydi. Xullas, hofiziyatning jilva-i kubrosiga va mazkur oyatning haqiqatiga shohidlarning haddu-hisobi yo’q. Bu masalada ko’rsatgan shohidimiz; dengizdan bir qatra, tog’dan bir zarradir.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

ZARRA

(Hidoyati Qur'oniyaning Shuasidan)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqqa nazir va unga vosil bo’lgan yo’llar, eshiklar; olamning tabaqalari, sahifalari, murakkaboti nisbatida bir yakun tashkil etmoqdadir. Oddiy bir yo’l yopilgan zamon, butun yo’llar yopilgan deb tavahhum etish, jaholatning eng katta bir shohididir. Bu odamning masali, g’oyat katta askariy bir qarorgohni ichiga olgan katta bir shaharda, qarorgohning bayrog’ini ko’rmaganidan, sultonning va askarlikka oid butun narsalarning inkorini yoki ta'vilini boshlagan odamning masali kabidir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hamma narsaning botini zohiridan yanada oliy, yanada komil, yanada latif, yanada go’zal, yanada muzayyan bo’lgani kabi; hayot jihatidan yanada qoviy, shuur jihatidan yanada to’liqdir. Va zohirda ko’ringan hayot, shuur, kamol va boshqalar faqat botindan zohirga sizilgan zaif bir tarashshuhdir. Bo’lmasa botin, jomid, mayyit bo’lib, ilm va hayotni tashqariga bergan zahobga ehtimol yo’qdir.

Ha, qorning (me'dang) uyingdan; jilding ko’ylagingdan va quvva-i hofizang sening kitobingdan naqsh va intizom jihatidan yanada yuksak va yanada g’aribdir. Shunga binoan, olami malakut olami shahodatdan, olami g’ayb dunyo va oxiratdan yanada oliy va yanada yuksakdir. Afsuski, nafsi ammora havo-i nafs bilan qaragani uchun, zohirni hayotli, unsiyatli bir parda kabi, mayyit va zulmatli va vahshatli deb o’ylagan botin ustiga to’shalganini ko’radi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sening yuzing, vajhing shu qadar kichilkigi bilan barobar, o’tgan va keladigan butun insonlarning adadicha o’zini ulardan ayirgan va ta'rif etgan nishon va alomatlarni ichiga olgani kabi, yuzingni tashkil etgan asos va arkonida ham butun insonlar ittifoqdadir. Butun insonlarda biri tavofuq, boshqasi taxoluf bo’lib, ikki jihat bor. Taxoluf jihati Sone'ning muxtor bo’lganiga, tavofuq jihati esa Sone'ning Vohidi Ahad bo’lganiga dalolat etadilar. Bu ikki jihatning bir Qosidning qasdi bilan, bir Muxtorning ixtiyori bilan, bir Muridning irodasi bilan, bir Alimning ilmi bilan bo’lmaganini o’ylash, maholotning eng ajibidir. Fasubhanalloh! Yuzning u kichik sahifasida qanday g’ayri mutanohiy nishonlar darj etilgandirki, ko’z bilan o’qiladi-yu, nazar bilan, ya'ni aql bilan ko’rinmaydi.

Inson navida shu taxoluf bilan barobar bug’doy, uzum, ari, chumoli navlaridagi tavofuq, ko’r tasodifning ishi emasligi quyosh kabi oshkoradir. Modomiki kasratning bunday uzoq, inja, keng ahvol va atvorida ham tasodifning mudohalasiga imkon yo’q. Va tasodifning qo’lidan mahfuzdir. Va faqat bir Hakimning qasdi va bir Muxtorning ixtiyori va Sami', Basir bir Muridning irodasining doira-i tasarrufidadir.

"Tasodif, shirk va tabiat"dan tashakkul etgan fasod bo’limining olami Islomdan nafiy va ixrojiga, Risola-i Nur tomonidan berilgan qaror ijro etilgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shayton ilqo etgan vasvasalardan biri:

"Hoy, shu qo’y yoki sigir, agar Qodir va Alimi Azaliyning naqshi, mulki bo’lgan bo’lsa edi; bu qadar miskin bechora bo’lmasdilar. Agar botinlarida, ichlarida Alim, Qodir, Murid bir Sone'ning qalami ishlagan bo’lsaydi, bu qadar johil, yetim, miskin bo’lmasdilar." degan va jinniy shaytonlarga ustoz bo’lgan ey shaytoni insiy! Janobi Haq hamma narsaga loyig’ini beradi va g’oyaga ko’ra beradi. Agar a'tosi, in'omi bu qoidadan xorij bo’lsa edi, sening eshagingning qulog’i sendan va sening ustozlaringdan yanada aqlli, yanada alim bo’lishi lozim bo’lardi. Va sening barmog’ing ichida sening shuur va iqtidoringdan yanada ko’p bir shuur, bir iqtidor yaratardi. Demak, hamma narsaning bir haddi bor. U narsa o’sha had bilan muqayyaddir.

Qadar hamma narsaga bir miqdor va u miqdorga ko’ra bir qolip bergan. Fayyozi Mutlaqdan olgan fayziga bo’lgan qobiliyati u qolipga ko’radir. Ma'lumki, dohildan xorijga sizilgan juzi ixtiyoriy mezoni bilan, ehtiyoj darajasi bilan, qobiliyatning muso'adasi bilan hokimiyati asmoning nizom va taqobuli bilan fayz olinishi mumkin. Shu bilan barobar, shamsning azamatini bir pufakchada qidirish, aqlli bo’lgan insonning ishi emas.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson, hikmat bilan yaratilgan bir masnu'dir. Va Sone'ning g’oyat hakim ekaniga, qilgan vuzuhi dalolati bilan xuddi mujassam bir hikmati naqqoshadir. Tajassud etgan bir ilmi muxtordir. Injimod etgan bir qudrati basira bo’lgani kabi, shunday bir fe'lning maxsulidirki, iste'dodi iroda qilgan narsani o’ziga beradi. Shunday bir in'om va ehsonning kasifidirki, butun hojotiga voqifdir. Shunday bir qadarning tarsim etgan bir suratidirki, tuzilishiga lozim va munosib narsalarni biladi. Bu ma'lumot bilan hamma narsaning moliki bo’lgan Malikidan qanday tag’oful etadi; va butun jinoyatlarini bilgan, hojotini ko’rgan, dod-faryodlarini eshitgan Sami', Basir, Alim, Mujib bo’lib ustida bir Roqibning bo’lmasligi qanday tavahhum etilishi mumkin?

Ey nafsi ammora! Nima uchun o’zingni xorij tavahhum etyapsan? Agar avomirga imtisol doirasidan chiqsang, yo hammaning oyog’ini o’padigandek muro'at va ehtirom etishga majbur bo’lasan. Yoki ahamiyat bermasdan "Zolimi Alalkull" bo’lasan. Bu yuk og’irdir, tashiy olmaysan. Eng yaxshisi, ajnabiy bo’lgan shirkni tark bilan mulkullohning doirasiga kirginki, rohatlanasan. Aks holda, safinaga minib yukini orqasiga olgan ablah odam kabi bo’lasan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir insonni yaratgan Xoliqning, olamni mushtamiloti bilan barobar yaratishida bir bu'd, bir g’arobat yo’q. Zero bir insonning yaratilishi, ichida bo’lgan ashyoning yaratilishidan iborat bo’lgani kabi, olamning ham yaratilishi mushtamilotining yaratilishidan iboratdir. Va shuningdek, inson olamga bir anmuzaj va kichik bir mundarijadir. Chunki qovunning xoliqi, urug’ining xoliqidan boshqasi bo’lishi mumtani'dir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sening iqtidoring qisqa, baqoing oz, hayoting mahdud, umringning kunlari ma'dud va hamma narsang foniydir. Shunday ekan, shu qisqa, foniy umringni foniy narsalarga sarf etmaginki, foniy bo’lmasin. Boqiy narsalarga sarf etginki, boqiy qolsin.

Ha, yashagan umringda dunyoda ko’radigan istifodang faqat yuz yil bo’ladi. Bu yuz yil umringni yuz dona xurmo urug’i deb faraz qilaylik. Bu urug’lar isqo etilib muhofaza qilinsa, ila-mashaalloh samara beradigan yuz dona daraxt bo’ladi. Aks holda otashga otib yoqishdan boshqa bir istifodani ta'min etmaydi. Shuning kabi, sening u yuz yillik umring ham shariat suvi bilan isqo va oxiratga sarf qilinsa, olami baqoda ilalabad samaralaridan istifoda qilasan. Shunga binoan, samarador yuz dona xurmo daraxtini tark va yuz dona urug’lariga qanoat bilan aldansa, u odam Xutomaga (jahannamga) hatob bo’lishga loyiqdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Avhom, shubahot, zalolatning mansha' va maxzanlaridan biri: Nafs o’zini qadar va sifoti Ilohiyaning tajalliyot doirasidan xorij deb o’ylaydi. So’ngra tajalliyotga mazhar bo’lganlardan birisining mavqeyida o’zini faraz qiladi. Unda fano bo’ladi. So’ngra boshlaydi ba'zi ta'villar bilan u narsani ham Allohning mulkidan, tasarrufidan chiqartiradi. O’zi kirgan shirki xofiyga kiritadi. Va shirki xofiydan olgan ba'zi hollarni u ma'sumga ham aks ettiradi.

Xulosa: Nafsi ammora, tuyaqush kabi zarariga bo’lgan narsani foydasiga deb o’ylaydi. Yoki sofistaiy kabi munoqasha etganlaridirki, vakillari bir-birini rad qiladi. Ta'aruz, tasaqut navidan: "Hech birisi haq emas" deya hukm qiladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

G’ofil nafs oxiratni dunyo bilan yonma-yon va dunyo bilan bog’liq bir manzil deb o’ylaydi. Bu e'tibor bilan, nafsning qo’lida ikki qurol bor. Dunyoning zavol va fanosining alamidan qutulish uchun oxiratni o’ylash bilan umidvor bo’ladi. Oxirat uchun lozim bo’lgan a'mol zahmatiga kelganda, g’aflat yoki tag’oful bilan undan ham o’zini qutqaradi. O’lganlarning hayotda emasliklarini o’ylamaydi. Faqat safarga ketganlar kabi, ko’rinmayotgan bo’lsalar ham, hayotdalar, deya o’ylaydi. Va o’limga unchalik ahamiyat bermaydi. Ba'zi dunyoviy ishlarini abadiylashtirish uchun shunday bir dasisasi ham borki: "Matlublarimning dunyoda samaralari bo’lmasa ham, asoslari oxirat bilan muttasil va oxiratda foydalari bor" deya mutasalli bo’ladi. Masalan: Ilm kabi, "Dunyoda manfaati bo’lmasa ham, oxiratda foydasi bor" deya yaxshi jihatni ko’rsatish bilan, yomon jihatni ostida yuttiradi.

Xulosa: Nafs tuyaqush kabidir. Shayton sofistaiy, havo esa Bektoshidir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Narsalarning yaratilishi haqida "mujiba-i kulliya" sodiq bo’lmagan taqdirda "saliba-i kulliya" sodiq bo’ladi. Ya'ni, yo butun ashyoning xoliqi Allohdir yoki Alloh hech bir narsaning xoliqi emas. Chunki ashyoning orasida muntazam tasonud bilan ijod va yaratish, tajazzini qabul etmas bir kulldir, baziyat yo’qdir. Yo mujiba-i kulliya bo’ladi yoki saliba-i kulliya bo’ladi. Boshqa ehtimol yo’q. Hamma narsada illatning adamini tavahhum etgan vahmning vahi hukmida bir qiymat yo’q. Shunga binoan, adno bir narsada Xoliqiyat asari ko’ringan zamon, butun ashyoda tahaqquq etadi.

Va shuningdek, Xoliq yo birdir yoki g’ayri mutanohiydir, avsat yo’q. Zero Sone' vohidi haqiqiy bo’lmasa, kasiri haqiqiy bo’ladi. Kasiri haqiqiy esa, g’ayri mutanohiydir.

Shu bilan barobar, nurni nashr etganning nursiz, ijod etganning vujudsiz, ijob ettirganning vujubsiz bo’lishi maholdir.

Va shuningdek, ilm sifatini ehson etganning ilmsiz, shuurni ehson etganning shuursiz, ixtiyorni berganning ixtiyorsiz, irodani berganning irodasiz, komil narsalarning sone'i g’ayri komil bo’lganini talaqqiy etish maholdir.

Va shuningdek, ayni tarsim, basarni tasvir va nazarni tanvir etganning basarsiz ekanini o’ylash, faqat basar va basiratdan mahrum bo’lgan odamning ishidir. Shu bilan barobar, masnu'dagi kamolot, tamoman Sone'dagi kamoldan oqqan bir fayzdir. Faqat qushlardan yolg’iz chivinni ko’rgan, tanigan bir mikrob, burgutni ko’rgan vaqti "Bu qush emas." deydi. Chunki chivindagi narsalar unda yo’q.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nafsi notiqaning eng yuksak matlubi davom va baqodir. Hatto vahmiy bir davom bilan o’zini aldamasa, hech bir lazzat ololmaydi. Shunday ekan, ey davomni istagan nafs! Doimiy bir Zotning zikrida davom aylaginki, davom etasan. Undan nur olginki, so’nmaysan. Uning javhariga sadaf va zarf bo’lginki, qiymatli bo’lasan. Uning nasimi zikriga badan bo’lginki, hayotdor bo’lasan. Asmo-i Ilohiyadan birisining nurli arqoniga tamassuk etki, adam daryosiga tushmaysan.

Ey nafs! Seni tutib yiqilishdan muhofaza etgan Zoti Qayyumga tayan. Sening mavjudiyatingning to’qqiz yuz to’qson to’qqiz parchasi Uning zimmasidadir. Sening qo’lingda yolg’iz bir parcha qoladi. Eng yaxshisi u parchani ham Uning xazinasiga otginki, rohatlanasan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sen o’z vujudingni yaratishga qodir emassan. Va qo’ling uni ijod etishdan qasirdir. Boshqalar ham u ishdan ojiz va qasirdirlar. Istasang, tarjiba qil, ko’raylik. Shajara-i kalimot deyilgan bir lisonni yoki muxobarot va azvoq markazi o’laroq bir og’izni yarat. Albatta, yaratolmaysan.

Shunday ekan, Allohga shirk keltirma!

اِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظ۪يمٌ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu ko’ringan olam, Ilohiy bir do’kon va bir mahzandir. Ichida anvo'an turli-tuman mansujot gazlamalar, ma'kulot ovqatlar, mashrubot sharbatlar bor. Bir qismi kasif, bir qismi latif, bir qismi zoil, bir qismi doimiy, bir qismi qattiq bir o’zak, bir qismi mayi' va hokazo har xil mavjud. Lekin bir qismi ijodiy bir nasjdir. Bir qismi ham tajalliyotga bir naqshdir. Falosifaning dalolaticha, ijod bilan naqsh birdir. Va u do’kon sohibi ham mujibi bizzotdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Anoniyatdan nash'at etgan shirki xofiy qattiqlashgan zamon, sabablar shirkiga inqilob etadi. Bu ham davom etsa, kufrga tahavvul etadi. Bu ham davom etsa, ta'tilga, ya'ni haqsizlikka injiror etadi. Al'iyazu billah!..

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning xilqatidan maqsad, maxfiy xazina-i Ilohiyani kashf bilan ko’rsatish va Qodiri Azaliyga bir burhon, bir dalil, bir ma'kasi nuroniy bo’lish bilan jamoli azaliyning tajalliysi uchun shaffof bir mir'at, bir oyna bo’lishdir. Haqiqatdan, samovot, arz va jibal hamldan ojiz qolgan omonatni inson haml etish jihati bilan jilolangan, jilvalangan bir shaklga kirgandir. Chunki u omonatning mazmunlaridan biri ham insonning sifoti Ilohiyani fahm etish uchun bir vohidi qiyosiy vazifasini bajarishdir. Insonning xilqatidan maqsad bu kabi narsalar bo’lgani holda, qismi aksariysi parda bo’lishadi, to’siq bo’lishadi. Vazifasi fath va ochish ekan, yopadi, bog’laydi. Ziyo va nurni nashr ekan, so’ndiradi. Allohni tavhid etish o’rniga shirk keltiradi. Va shuningdek, nuri iymon bilan Allohga qarab mulkni unga taslim qilish bilan -e'tiqodan- mukallaf ekan, "Ana" rasadi bilan xalqqa qarab Allohning mulkini ularga taqsim etadi. Haqiqatdan

اِنَّ الْاِنْسَانَ لَظَلُومٌ جَهُولٌ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ey nafs! Agar taqvo va amali solih bilan Xoliqingni rozi qilgan bo’lsang, xalqning rizosini tahsilga luzum yo’q; u kifoyadir. Agar xalq ham Allohning hisobiga rizo va muhabbat ko’rsatsalar, yaxshi. Agar ularniki dunyo hisobiga bo’lsa, qiymati yo’q. Chunki ular ham sen kabi ojiz qullardir. Shu bilan barobar, ikkinchi shiqni ta'qib etishda shirki xofiy bo’lgani kabi, tahsili ham mumkin emas. Ha, bir maqsad uchun sultonga murojaat qilgan odam, sultonni irzo etgan bo’lsa, u ish bajariladi. Etmagan bo’lsa, xalqning iltimosi bilan ko’p zahmat bo’ladi. Shunday bo’lish bilan barobar, yana sultonning izni lozim. Izni ham rizosiga mutavaqqifdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Vojib-ul Vujud zotida, mohiyatida mumkinga o’xshamagani kabi, af'olida ham o’xshamaydi. Chunki Vojib-ul Vujudning qudratiga nisbatan yaqin-uzoq, oz-ko’p, kichik-katta, fard-nav, juz-kull oralarida farq yo’q. Va shuningdek, uning fe'lida bizzot mubosharat yo’q. Faqat mumkinning qudrati bu daraja emas. Shuning uchun, nafs Vojib-ul Vujudning af'olini fe'llariga o’xshatolmaydi. Haqiqatini fahmlashda aql mutahayyir qoladi. Fe'lni foilsiz deb o’ylaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Arslon kabi hayvonlarning tish va panjalariga qaralsa, g’ajish va parchalash uchun yaratilganliklari tushuniladi. Va qovunning, masalan, latofatiga diqqat qilinsa, yeyish uchun yaratilgani his qilinadi. Shuning kabi, insonning ham iste'dodiga qaralsa, vazifa-i fitriyasining ubudiyat ekani anglashilgani kabi; ruhoniy ulviyatiga va abadiyatga bo’lgan daraja-i ishtiyoqiga ham diqqat qilinsa, eng avval inson bu olamdan yanada latif bir olamda ruhan yaratilgan-u, tajhizot olish uchun muvaqqatan bu olamga yuborilganligi anglashiladi.

Va shuningdek, inson xilqat samarasi bo’lganidan anglashiladiki: Insonlardan bir urug’ borki, Janobi Haq shajara-i xilqatni u urug’dan o’stirgandir. U urug’ ham faqat va faqat butun ahli kamolning va balki navi basharning nisfining ittifoqi bilan afzal-ul xalq, sayyid-ul anom Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qora va oq naqshlar bilan naqshli bir salla bilan kura-i arzning boshini o’ragan samovot va arzning nozim va xoliqi bo’lgan Allohning Uluhiyatiga loyiqmiki, olamning ba'zi safahotini miskin bir mumkinga tavdi' va tafviz etsin. Arshning sohibidan ma'ada, arshning ostidagi narsalarga bizzot tasarruf etgan imkon doirasida biron kishi bormi! Kallo. Chunki u qudrat qisqa va qasir emas, muhit bir qudrat bo’lganidan, ochiq bir yer, bir tuynuk qolmaydiki, g’ayr mudohala etsin. Shu bilan barobar, jabarutiyat va istiqloliyatning izzati va o’zini sevdirish va tanittirish muhabbati, g’ayrga muso'ada etmaydiki, orada ibodullohning anzorini o’ziga jalb etgan ismiy bir vosita bo’lsin. Shu bilan barobar, kull bilan juzda, nav bilan fardda qilingan tasarrufot, bir-birining ichida mutadohil va yakdigariga mutasonid bo’lganidan, u tasarruflarni boshqa-boshqa foillarga berish mumkin emas. Masalan: Olamning nizom, intizom va tasarrufida arzning tadbiri dohildir. Arzning tadbirida insonning ham tadbiri dohildir. Va ayni zamonda bu tasarrufot qilinarkan, boshqa navlarning ham shuunotiga qaraladi. Va hujayroti badaniya bilan zarrot ham yaratilyapti. Va hokazo, butun bu tasarrufot butun safahotga ayni qudrat bilan qilinadi. Qandayki shamsning nuridan qatra va pufakchalarga borgunga qadar hech bir narsa xorij qolmaydi. Butun ashyo u nur bilan tanavvur etadi.

Shuning kabi, butun tasarrufot qudrati azaliyaga oiddir. Boshqa bir narsaning mudohalasi yo’q. Kuradan zarraga borgunga qadar u qudratning tasarrufidan xorij emas.

Xulosa: Arining miyasini, mikrobning ko’zini tanzim etgan zot, sening af'ol va a'molingni e'tiborsiz, o’z holicha, hisobsiz, kitobsiz qoldirmasdan "Imomi Mubin"da yozadi. Unga ko’ra muhosabang bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Har bir masnu'da, har bir zarrada ko’ringan tasarrufi mutlaq, qudrati muhita va hikmati basiraning dalolat va shahodatlari bilan sobitki, butun ashyoning Sone'i vohiddir, sherigi yo’q. Na qudratida inqisom bor, na iqtidor va ixtiyorida tajazzi bor. Shunga binoan, Sone' faqat Vojib-ul Vujud bo’ladiki, qadarning mezoni bilan yurgan qudratiga bir nihoyat yo’q.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Chivin, o’rgimchak, burga kabi kichik hayvonlar fil, qo’tos, tuya kabi katta hayvonlardan yanada aqlli, xilqat jihatidan yanada chiroyli, san'at jihatidan yanada mukammal bo’lganlari holda, bularning umri qisqa, ularniki uzun, bularning zohiran manfaatlari yo’q, ularniki bor. Xullas, bu hol, xilqati ashyoda Sone'ning qiyinchiligi bo’lmaganiga va hamma narsaning vujudga kelishi faqat "Kun" amri bilan bo’lganiga bahir bir burhondir.

يَفْعَلُ اللّٰهُ مَا يَشَٓاءُ ٭ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

وَ اللّٰهُ مِنْ وَرَٓائِهِمْ مُح۪يطٌ

Ha, Alloh ilmi, irodasi, qudrati va boshqa sifati bilan muhitdir. Doira-i ihotasidan xorij bir narsa yo’qdir. Faqat inson juz'iy va qisqa zehni bilan Allohning azamatiga va shamsning atrofida sayyorotni tadvir etganiga qararkan, masalan ari kabi kichik hayvonlar bilan ishtig’ol etishini uzoq ko’radi. Chunki Vojib-ul Vujudni mumkinga qiyos etadi. Holbuki bu qiyosga ko’ra kichik hayvonlarga katta bir zulm bo’ladi. Chunki ular ham

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

qoziyasiga ko’ra Xoliqlarini tasbeh etish bilan, Allohdan ma'ada hech kimni Rob deb tanimaydilar. Shunga binoan, kattaning kichikka takabbur etishga haqqi yo’q.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Umumiy in'om bilan inoyati shaxsiya orasida munafat yo’q. Masalan: Bir ziyofatga qilingan umumiy bir da'vat ostida shaxslar ham da'vat qilingan bo’ladi. Ya'ni, bu ziyofat umumiyligidan, da'vat umumiyatda qoladi, shaxslar nazarga olinmaydi, deyilmaydi. Shunga binoan, Allohning ne'matlari vaqf moli yoki daryo suvi kabi umumiy bo’lib, in'omida shaxslar qasd qilinmagan emas. Faqat u umumiyatda xususiyat ham maqsuddir. Shunga binoan, ashxas u umumiy in'omda qasd qilinmaganlaridan, u ne'matlarga qarshi shukr qilishga mukallaf emasliklariga zahob etish xatodir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ertaga seni zillat va razolatlarga ma'ruz qoldirish bilan tark qiladigan dunyoning safohatini bugun kamoli izzat va sharaf bilan tark qilsang, juda aziz va yuksak bo’lasan. Chunki u seni tark qilishdan avval sen uni tark qilsang, xayrini olib, sharridan qutulasan. Faqat vaziyat ma'kusa bo’lsa, qoziya ham ma'kusa bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Fisq balchig’i bilan mulavvas bo’lgan madaniyat, insonlarni ham u balchiq bilan talvis etadi. Azjumla: Riyoni shon va sharaf bilan iltibos etgan. Insonlarni ham u qabih axloqqa boshlaydi. Haqiqatdan, insonlar u riyoga shunday o’rganishganki, shaxslarga qilganlari kabi, millatlarga, hatto unsurlarga ham qiladilar. Gazetalarni u riyoga dallol, tarixlarni ham olqishchi qilganlar. Shu tufayli shaxsiy hayotlar "hamiyati johiliya" unvoni ostida unsuriy hayotlarga fido qilinmoqda.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) isbot qilgan dalillardan biri ham tavhiddir. Ha, marotibi bilan tavhid bayrog’ini koinotning eng ustki tepasi ustiga o’rnatgan va anzori olamga qarshi maqomlari bilan barobar tavhidga dallollik etgan va anbiyo mujmal qoldirgan haqoiqni tafsiloti bilan bayon etgan va izohlagan faqat va faqat Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Shunga binoan, tavhidning haqiqat va quvvati nisbatida nubuvvati Ahmadiya (S.A.V.) haq va haqiqatdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sathi olamda barpo qilingan shu sirgayi Ilohiyda tashhir etilgan tazyinotga, kamolotga, go’zal manzaralarga va rububiyatning hashmati bilan uluhiyatning azamatiga bir mushohid, bir mutanazzih, bir mutahayyir, bir mutafakkir lozimki, u go’zalliklarni ko’rsin; u manzaralar orasida tanazzuh etsin; u horiqo naqshlarga, ziynatlarga tafakkur bilan hayron bo’lsin. So’ngra u ko’rgazmadan Sone'ining jaloliga, Molikining iqtidor va kamolotiga intiqol bilan Uning azamatiga sajda-i hayrat etsin. Bu vazifani ifo etadigan insondir. Chunki inson garchi johil, zulmatli bir narsadir, ammo shunday bir iste'dodi borki, olamga bir anmuzaj va bir namuna bo’lishga layoqati bor. Ham u insonda shunday bir omonat vadi'a qoldirilganki, u bilan yashirin dafinani topadi, ochadi. Ham u insondagi quvvatlar tahdid etilmasdan mutlaq qoldirilgan. Bunga binoan, kulliy bir navi shuur sohibi bo’ladiki, Sultoni Azaliyning azamat va hashmatining dabdabasini idrok etadi.

Ha, ma'shuqning husni oshiqning nazarini istilzom etgani kabi, Naqqoshi Azaliyning rububiyati ham insonning nazarini iqtizo etadiki, hayrat va tafakkur bilan taqdir va tahsinlarda bo’lsin.

Ha, gul va chehaklarning yuzlarini go’zallashtirgan zot, qanday qilib u go’zal yuzlarga arilardan, bulbullardan istehson oshiqlarini ijod etmasin. Va go’zallarning go’zal yuzlarida go’zallikni yaratgan, albatta u go’zallikka mushtoqlarni ham yaratadi.

Shuning kabi, bu olamni shuncha ziynatlar bilan, naqshlar bilan tazyin etgan Malik-ul Mulk, albatta va albatta u horiqo, antiqa, mo’'jiza manzaralarni, ziynatlarni tomoshabinlardan, mushohidlardan, oshiq va mushtoqlardan, orif dallollardan bo’sh qoldirmaydi. Xullas, jome'iyati sababli insoni komil olamlarning yaratilishiga illa-i g’oya bo’lgani kabi, xalqi koinotga(koinotning yaratilishiga ham samara va natija bo’lgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ashyo orasidagi tavofuq, Sone'ning Vohid, Ahad ekaniga dalolat etgani kabi, oralarida bo’lgan muntazam taxoluf ham Sone'ning Muxtor va Hakim bo’lganiga shahodat qiladi. Masalan: Hayvonlarning, xususan insonlarning asos a'zolaridagi tavofuq, xususan juft a'zolardagi tamasul, Xoliqning vahdatiga burhon bo’lgani kabi, holatlar va shakllardagi taxoluf ham Xoliqning ixtiyor va hikmatiga dalolat qiladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Maxluqotning eng zolimi insondir. Inson, o’z nafsiga bo’lgan shiddati muhabbat sababli o’ziga xizmati va manfaati bo’lgan narsalarni ham sevadi, ham qiymat beradi. Samarasidan istifoda ko’rgan narsalariga abd va qul bo’ladi. Aks holda na sevadi va na qiymat beradi. Va shuningdek, hayotning ijodida illa-i g’oyaning yolg’iz hayot bo’lganini biladi. Janobi Haq ijod etgan "hayy"larda maqsad ittihoz etgan minglarcha hikmatlaridan xabari yo’q. Ajabo, imkon va ehtimoldan xorijmiki, olamda ko’ringan shu ashyo-i horiqo yanada g’arib, yanada horiqo va yanada mo’'jiza malakutiy, barzohiy, misoliy narsalarga ba'zi namuna va ba'zi asoslar bo’lmasin?

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haq koinotni tashkil etgan zarrotni shariati fitriyasiga musahhar va mute' va avomiri takviniyasiga ham munqad va mumassil qilgan. Bir ari "Kun" amriga imtisolan matlub bir shaklga kirgani kabi, har bir hayvon ham ayni amrga imtisolan iroda etilgan vaziyatlarga kiradi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shams, qamar, yulduz, arz kabi ajromni qabzasida tutgan qudrat u ajromni shunday bir suhulat bilan tanzim etganki, tarqalgan tasbeh donalarini ipga tizgan odam kabi, na bir ajz ko’rgan va na boshqasining yordamiga ehtiyoj bo’lgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir qatra suv bir dengiz suvi bilan muttahiddir. Chunki ikkisi ham suvdir. Daryo suvi bilan ham muttahiddir. Chunki ikkisining ham mansha'lari samodir. Va shuningdek, bir kichik baliq kit balig’i bilan muttahiddir. Chunki unvonlari bir. Shuning kabi, asmo-i Ilohiyadan bir hujayraga yoki bir mikrobga tajalliy etgan bir ism koinotni ihota etgan ism bilan muttahiddir. Chunki musammolari bir. Masalan: Butun koinotga taalluq va tajalliy etgan Alim ismi bilan bir zarraga taalluq etgan Xoliq ismi musammoda muttahiddir. Xurmo daraxtiga taalluq etgan Musavvir ismi bilan ham, samarasiga taalluq va tajalliy etgan Munshi ismi musammoda muttahiddir. Zotan eng katta narsaga tajalliy etgan ism bilan eng kichik bir narsaga tajalliy etmasligi maholdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Mumkin unvoni ostidagi ashyoning vujudida tag’ayyur bor. Ya'ni vaziyatlari, hollari o’zgaradi. Shunga binoan, mumkin bo’lgan bir narsaning doimo bir holda tavaqquf va sukut etish bilan atolatda qolishi, u narsaning ahvol va holatlari uchun bir navi adamdir. Chunki u narsaning istiqbol hollari adamda qoladi, yo’l topib vujudga kelolmaydi. Adam esa katta bir alam va bir sharri mahzdir. Shunga binoan, faoliyatda lazzat bo’lgani kabi, ahvol va shuunotda ham bir tabaddul bo’lib, bu tahavvul va tabadduldan nash'at etgan taassurot, taallumot, bir jihatdan xunuk bo’lsa ham, bir necha jihatdan ham go’zaldir. Ha, bir narsaning shakllarida sodir bo’lgan davr va taslim vaqtida ketganlar mutaassir, kelganlar ham mamnun bo’lishadi. Va bu soyada hayot tasaffi etadi, tozalanadi. Vujud ham tajaddud etadi.

* * *

SHAMMA

(Hidoyati Qur'oniyaning Nasimidan)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ عَلٰى رَحْمَتِه۪ عَلَى الْعَالَم۪ينَ بِرِسَالَةِ سَيِّدِ الْمُرْسَل۪ينَ مُحَمَّدٍ

صَلَّى اللّٰهُ عَلَيْهِ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu olam, ko’ringan va ko’rinmagan butun tabaqot va anvo'i bilan "La ilaha Illa Hu" deya tavhidni e'lon qiladi. Chunki oralaridagi tasonud shuni iqtizo qiladi. Va u tabaqot bilan anvo' butun arkoni bilan "La Robba Illa Hu" deya e'loni shahodat qiladi. Chunki oralaridagi mushobahat shuni istaydi. Va u arkon butun a'zosi bilan "La Malika Illa Hu" deya shahodatlarini e'lon qiladilar. Chunki oralaridagi tamasul shuni iqtizo qiladi. Va u a'zo butun ajzosi bilan "La Mudabbira Illa Hu" deya shahodat qiladi. Chunki oralarida taovun va tadoxul bor. Va u ajzo butun juz'iyoti bilan "La Murabbiya Illa Hu" deya o’z shahodatini e'lon qiladi. Chunki oralaridagi tavofuq, qalamning bir bo’lganiga dalolat qiladi. U juz'iyot butun hujayroti bilan "La Mutasarrifa Fil-Haqiqati Illa Hu" deya shahodat qiladi. Va u hujayrot butun zarroti bilan "La Nazima Illa Hu" deya e'loni shahodat qiladi. Chunki javohiri fard orasidagi xaytning bir bo’lgani shuni iqtizo etadi. Va u zarrot butun efiri bilan "La ilaha Illa Hu" javharasi bilan e'loni tavhid etadi. Chunki efirning basotati, sukuni, intizom bilan amri Xoliqqa sur'ati imtisoli shuni iqtizo etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hech bir insonning Janobi Haqqa qarshi haqqi e'tirozi yo’q va shakvo va shikoyatga ham haddi yo’q. Chunki shikoyat qilgan fardning istaklarining ziddini iqtizo etgan nizomi olamda minglarcha hikmat bor. U fardni irzo etishda u ming hikmatning ig’dabi bor. Bir fardni rozi etish uchun ming hikmat fido qilinmaydi.

وَ لَوِ اتَّبَعَ الْحَقُّ اَهْوَٓاءَهُمْ لَفَسَدَتِ السَّمٰوَاتُ وَ الْاَرْضُ

Agar har fardning istagiga ko’ra harakat qilinsa, dunyoning nizom va intizomi fasodga uchraydi.

Ey mutashakkiy! Sen kimsan? Nimaga binoan e'tiroz qilyapsan? Juz'iy istagingni kulliyoti koinotga muxandis qilyapsanmi? Hidlangan zavqingni ne'matlarning darajalariga miqyos va mezon qilyapsanmi? Qayerdan bilasan, o’ylagan ne'mating niqmat bo’lmasin. Sening qanday qiymating borki, chivinning qanotiga muvoziy bo’lmagan istagingni tatmin va taskin uchun falak charxlari bilan harakatdan taskin etilsin!..

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Jasadning bir a'zosidagi bir hujayrada qilingan tasarruf, eng avval jasadni tasavvur etishga mutavaqqifdir. Chunki kullning naqshlari bilan, ahvoli bilan juzning ko’p aloqa va munosabatlari bor. Shunday ekan, juzda tasarruf, Xoliqi Kullning amri ostidadir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qurt-qumusqa, baliq kabi kichik hayvonlarning tuxumlarini, hasharotlar va nabototning urug’larini, juda buyuk bir rahmat bilan, bir lutf bilan, bir hikmat bilan hifz etgan Sone'-i Hakimning hofiziyatiga loyiqmiki, oxiratda samara bergan daraxtlarga chekirdak bo’ladigan a'molingizni hifz etmasin, ihmol etsin? Holbuki sen homili omonat, xalifa-i arzsan.

Ha, har bir zihayotda bo’lgan hifz-ul hayot hissi, vujudning abadiy bir baqoga Ismi Hayy, Hofiz, Boqiyning tajalliysi bilan injiror etishiga dalolat qiladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir anjir danagini holdan holga hifz etgan, davrdan davrga himoya qilgan, inhiloldan viqoya etgan va u danakda anjir daraxtining tashkilotiga lozim bo’lgan asoslarni kamoli ihtimom bilan muhofaza qilgan, albatta va albatta, xalifa-i arz unvonini olgan navi basharning a'molini ihmol etmaydi, hifz etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Lafzlarning tabadduli bilan ma'no tabaddul etmaydi, boqiy qoladi. Qobiq parchalanadi, mag’iz boqiy va sog’lom qoladi. Libosi yirtiladi, jasadi sog’lom, boqiy qoladi. Jasad o’lib tarqalsa ham, ruh boqiy qoladi. Jism keksaysa ham, anoniyat yosh qoladi. Ko’plik, jamoat tarqaladi, ammo vohidi fard boqiy qoladi. Kasrat buziladi, vahdat boqiydir. Modda sinadi, nur boqiydir. Shunga binoan, umrning bidoyatidan oxiriga qadar davom etgan ma'no, ko’p jasadlarni tabaddul va holdan holga intiqol va davrdan davrga dumalagani holda vahdatini, baqosini muhofaza qilgani kabi, o’lim xandag’ini ham hatlab saliman abad yo’liga davom etadi

Shu bilan barobar, har vaqt "Fanoga tayyor bo’l" amrini intizor etgan zoil va baqosiz moddiyotda, shu hifz va muhofaza dasturi baqo bilan juda ham munosabatdor bo’lgan ruh va ma'noda ham joriydir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Uluhiyatning azamati, izzati, istiqloliyati, hamma narsaning, -kichik bo’lsin, katta bo’lsin, yuksak bo’lsin, past bo’lsin- taxti tasarrufida bo’lishini istaydi. Sening xissating yoki qiymatsizliging uning tasarrufidan xorij qolishingga sabab bo’lolmaydi. Chunki sening undan bu'ding bo’lsa ham, uning sendan bu'di yo’q. Yoki sening bir sifatingning qiymatsizligi vujudingning qiymatsizligini istilzom etmaydi. Yoki mulk jihatining mulavvas bo’lishi, malakut jihatining ham mulavvas bo’lishini iqtizo etmaydi. Va shuningdek, Xoliqning azamati, xunuk narsalarning tasarrufidan chiqishini istilzom etmaydi. Aksincha, azamati haqiqiya, ijod xususida infirodni, tasarruf jihati bilan ham ihotani iqtizo etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Moddiy narsa, kasofati naqadar ortiq bo’lsa, u nisbatda inja va yashirin narsalarni ko’rolmaydi va ularni idrokdan qasirdir. Faqat nur va nuroniy narsalar, naqadar nuroniyatda taraqqiy etsa, o’sha nisbatda inja va yashirin narsalarga nufuzi tom va keskin bo’ladi. Va shuningdek, naqadar latif bo’lsa, shu darajada moddiyotning ichini kashf etadi (rentgen shuasi kabi). Mumkinotda masala bu markazda bo’lsa; Vojib, Vohid bo’lgan Nur-ul Anvor qay daraja

نَافِذُ الْخَفَايَا عَالِمٌ بِالْاَسْرَارِ

bo’lishi bir daraja anglashildi. Shunday ekan, azamati tom ma'noda ihota, nufuz, shumulni iqtizo va istilzom etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Aksariyati mutlaqani tashkil etgan avomi nosning fahmlari Qur'onda shu qadar muro'at etilganki, bir necha darajani, bir necha jihatni ixtivo etgan bir masalada avomning fahmlariga eng ma'nus, eng qorib jihatni va nazarlariga eng vazih, eng zohir darajani aytadi. Chunki shunday bo’lmasa, dalilning natijadan xofiy bo’lishi lozim bo’ladi. Qur'onning koinotdan qilgan bahsi, Xoliqning sifatlarini isbot va izoh uchundir. Shunga binoan, naqadar jumhurning fahmiga yaqin bo’lsa, irshodga yanada loyiq va yanada muvofiq bo’ladi. Masalan: Xoliqning tasarrufotiga dalolat etgan oyatlardan eng zohir, eng oshkora bo’lgan tabaqani

وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ

oyati bilan zikr qilgan. Holbuki bu tabaqaning orqasida vujuhning taayyunot, tashaxxusot tabaqasi bor. Avvalgi tabaqaning fahmi ikkinchi tabaqaning fahmidan ancha yaqin. Va shuningdek, eng oshkora darajani

اِنَّ ف۪ى خَلْقِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافِ اللَّيْلِ وَالنَّهَارِ

oyati bilan zikr qilgan. Bu darajaning orqasida arzning shams atrofida amr va iroda-i Ilohiy qonuni bilan tahrik va tadviri darajasi ham bor. Lekin bu daraja avvalgi darajadan bir daraja maxfiy bo’lganidan, tark qilingan.

Va shuningdek,

وَ جَعَلْنَا الْجِبَالَ اَوْتَادًا

jumlasi bilan eng oson o’qiladigan sahifani ko’rsatgan. Holbuki, bu sahifaning orqasida "Ustun va qoziqlar bilan tahlikadan muhofaza qilingan bir safina kabi, arz ham ichida sodir bo’lgan harju-marj sababli parchalanish tahlikasidan himoyalash uchun tog’lar bilan qoziqlangandir" sahifasi ham bordir. Faqat bu sahifa, avomi nos tomonidan u qadar oson o’qiladigan bo’lmaganidan, tark qilingan. Va bu sahifaning ostida ham shunday bir hoshiya bor:

Hayotni asrab ta'minlash uchun tog’lar arzga ustun qilingan. Chunki tog’lar suvlarning mahzanidir. Havoning tarog’idir, tasfiya etadi. Tuproqning homiysidir, dengizning istilosidan viqoya etadi. Zotan hayotning ustunlari bu unsurlardir.

Shu sirga binoan, shariat tomonidan hilolning tulu' va g’urubi nazarga olingandir. Bu esa oylarni, kunlarni hisob qilishdan avom tomonidan ancha osondir. Va yana shu sirga binoan, azhani avomda tasbit va taqrir uchun Qur'onda takrorlar sodir bo’lgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Oyatlar bahs qilgan haqiqatlar she'rlar bahs etgan xayolotdan juda keng va juda yuksakdir. Bu e'tibor bilan she'rdan sanalmagan. Hamda, oyatlar sohibining shuunot va af'olidan bahs etadi. She'r esa, fuzuliy o’laroq g’ayrdan bahs etadi. Hamda filjumla oddiy narsalardan bahsi horiqulodadir. She'rning horiqulodalardan bahsi, aksariyat tasdig’i bilan oddiydir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Xoliqning vahdatini ko’rsatgan oynalar va dalillarini o’qitgan sahifalarining juda ko’p turlari bo’lgani kabi, markazlari bir va bir-birining ichiga dohil bo’lganlar. Shunga binoan, bir oynada ko’rinsa yoki bir sahifada o’qilsa, hammasida ham ko’rinadi va o’qiladi. Ammo birida ko’rinmasligi, hammasida ko’rinmasligini istilzom etmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir kalimani yozgan uning harfini yozgandan g’ayrisi, bir sahifani yozgan satrni yozgandan g’ayrisi, kitobni yozgan sahifani yozgandan g’ayrisi bo’lishi mumkin bo’lmagani kabi; chumolini yaratgan jinsi hayvonni yaratgandan g’ayrisi, hayvonni yaratgan arzni yaratgandan g’ayrisi, arzni yaratgan Robbul Olamindan g’ayrisi bo’lishi maholdir.

Rububiyati ommaning ishoratlaridanki, koinot kitobida shunday katta harflar borki, u harflarning bir qismida bir kalima yozilgan. Bir qismida bir kalom, bir qismida bir kitob yozilgan. Masalan: U kitobda bahr, shajar, arz bittadan harf maqomidalar. Birinchi harfda samak kalimasi, ikkinchisida shajar kalomi, uchinchisida hayvon kitobi yozilgan. Hatto, Yosin suratida to’liq Yosin Surasi yozilgani kabi, ba'zi masnu'otda, bir kalima bo’lgan ismida, urug’ida u masnu'ning surasi va kitobi yozilgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Yulduzlar, shamslar orasida mumosalat bo’lgani kabi filjumla musovot ham bor. Shunga binoan, ulardan biri boshqalarga Rob bo’lolmaydi. Va ulardan biriga Rob bo’lgan, hammasiga ham Rob bo’ladi. Va shuningdek, hamma narsaga ham Rob bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning bir fardida bir jamoati mukallafin mavjud. Ha, har bir a'zo bir narsa uchun yaratilgan. U a'zosi o’sha narsada ishlatilish bilan mukallafdir. Masalan, har bir tuyg’u uchun bir ibodat bor. Uning xilofida ishlatilishi zalolatdir. Masalan, bosh bilan qilingan sajda Alloh uchun bo’lsa ibodatdir, g’ayrisi uchun zalolatdir. Shuning kabi, shuaroning xayolan qilgan hayrat va muhabbat sajdalari zalolatdir. Xayol u bilan fosiq bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonlarni fikran zalolatga otgan sabablardan biri; ulfatni ilm talaqqiy etishlaridir. Ya'ni, ma'luflari bo’lgan narsalarni o’zlaricha ma'lum deb biladilar. Hatto ulfat sababli oddiyotga taammul etib ahamiyat bermaydilar. Holbuki ulfatlari sababli ma'lum deb o’ylagan oddiy narsalari, bittadan horiqo va bittadan mo’'jiza-i qudrat bo’lganlari holda, ulfat saiqasi bilan ularni taammulga, diqqatga olmaydilar; toki ulardan ustun bo’lgan tajalliyoti sayyolaga im'oni nazar eta olsinlar. Bularning masali, dengiz chetida turib, dengizning ichidagi hayvonotga va boshqa g’arib holotiga qaramasdan, yolg’iz shamol bilan hosil bo’lgan to’lqinlarga va shamsning shuootidan paydo bo’lgan yog’dusiga diqqat qilish bilan Malik-ul Bihar bo’lgan Allohning azamatiga dalil keltirgan odamning masali kabidir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonlarning arzga oid ma'lumot va musallamoti badihiyatlari ulfatga mabnidir. Ulfat esa, jahli murakkab ustiga to’shalgan bir pardadir. Haqiqatga qaralsa, o’ylagan ilmlari, jaholatdir. Bu sirga binoanki, Qur'on oyatlari bilan insonlarning nazarini ma'lufotlari bo’lgan narsalarga o’giradi. Oyatlar, najmlar kabi, ulfat pardasini teshib otadi. Insonning qulog’idan tutadi, boshini egdiradi. U ulfatning ostidagi havoriq-ul odot mo’'jizalarni u oddiyot ichida ko’rsatadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Oralarida munosabat, muomala, hatto mukolama bo’lgan ikki narsaning bir-biriga mushabih yoki musoviy bo’lishini istilzom etmaydi. Masalan: Yomg’irning bir qatrasi yoki samaraning bir chechagining, -kichikligi bilan barobar- shams bilan munosabati va muomalasi bor.

Shunga binoan, ey inson! Sening kichikliging seni Xalloqi Olamning nazari inoyatidan satr etadigan bir sabab bo’lolmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Dengizlarda sodir bo’lgan maddu jazr kabi, avliyo orasida ham basti zamon,

{(Hoshiya) Basti zamon sirri bilan ko’p yillar hukmida bo’lgan bir necha daqiqalik zamoni Me'roj bu haqiqatning vujudini isbot qiladi va bilfe'l vuqu'ini ko’rsatadi. Me'rojning bir necha soat muddatining minglab yillar hukmida vus'ati va ihotasi va uzunligi bor. Chunki Me'roj yo’li bilan baqo olamiga kirdi. Baqo olamining bir necha daqiqasi bu dunyoning minglab yilini tazammun etgan. Ham bu haqiqatga binoan, ba'zi avliyo bir daqiqada bir kunlik ishni qilgan. Ba'zilari bir soatda bir yillik vazifasini qilgan. Ba'zilari bir daqiqada bir xatma-i Qur'oniya qilganlari kabi, Risola-i Nurning ta'lifida ham bu basti zamon haqiqati ko’p marta sodir bo’lgan. Azjumla:

O’n To’qqizinchi Maktub bir yuz ellik sahifadir. Uch yuzdan ortiq mo’'jizotni kitoblarga murojaat qilinmasdan yoddan tog’, bog’ yonlarida to’rt kun mobaynida har kun uch soatdan mashg’ul bo’lish bilan majmui o’n ikki soatda ta'lif etilishi.. Ramazon Risolasi qirq daqiqada ta'lif etilishi.. Yigirma Sakkizinchi So’z yigirma daqiqada ta'lif etilishi.. basti zamonning bo’lishini isbot qilgan.

قَالَ قَٓائِلٌ مِنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ قَالُوا لَبِثْنَا يَوْمًا اَوْ بَعْضَ يَوْمٍ

oyati tayyi zamonni ko’rsatgani kabi

وَاِنَّ يَوْمًا عِنْدَ رَبِّكَ كَاَلْفِ سَنَةٍ مِمَّا تَعُدُّونَ

oyati ham basti zamonni ko’rsatadi.}

tayyi makon masalasi shuhrat topgan. Azjumla, Kitobi Yavaqitning rivoyatiga ko’ra, Imom Sha'roniy bir kunda ikki yarim dafa ulkan Futuhoti Makkiya nomli katta majmuani mutolaa etgan ekan. Bu kabi vuqu'ot istig’rob bilan inkor qilinmasin. Zero bu kabi g’arib masalalarni tasdiqqa yaqinlashtirgan misollar juda ko’p. Masalan, tushda bir soat mobaynida bir yilning o’tganini va juda ko’p ishlar qilinganini ko’rasan. Agar u soatda u ishlarga badal Qur'on o’qigan bo’lsayding, bir necha xatm qilgan bo’larding. Bu holat avliyo uchun holati yaqozoda inkishof etadi. Zamon inbisot etadi. Masalan, ruhning doirasiga yaqinlashadi. Ruh zotan zamon bilan muqayyad emas. Ruhi jismoniyatiga g’olib bo’lgan avliyoning ishlari, fe'llari ruh tezligi mezoni bilan jarayon etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir burhon bilan qo’lga kiritilgan natija-i tavhidni ba'zi insonlar isti'zom bilan tor zehnlariga sig’dirolmaydilar yoki buzuq xayollari tahammul etolmaydi. Bu holga qarshi u qat'iy, sahih burhonni rad qilish uchun "Bu natijani, bu qadar azamati bilan shu burhon (uni) intoj etolmaydi." deya bahonalar bilan qabul qilmaydi. U miskin bilmaydimiki, natijaning qayyumi iymondir. Burhon, faqat uni ko’rish uchun bir tuynukdir yoki bir supurgi kabi u natijaga qo’ngan vahmlarni supuradi. Shu bilan barobar, burhon bir emas, ming emasdir. Zarroti olam adadicha burhonlar bor.

Fasubhanalloh! Mulk bilan malakut orasidagi hijob naqadar inja, oralaridagi masofa naqadar kattadir. Dunyo bilan oxirat orasidagi yo’l naqadar qisqa va naqadar uzundir. Ilm bilan jaholat orasidagi hijob naqadar latif va naqadar qalindir. Iymon bilan kufr orasidagi barzoh naqadar shaffof va naqadar kasifdir. Ibodat bilan ma'siyat orasidagi masofa naqadar qisqadir. Holbuki oralari Jannat bilan Norning oralari qadardir. Hayot naqadar qisqa, orzu naqadar uzundir. Ha, hozirgi zamon bilan moziy orasida shunday inja bir parda borki, ruhning moziy jihatiga o’tishiga mone emasdir. Jasadga nisbatan bitmas-tuganmas bir masofadir.

Shuning kabi, mulk bilan malakut, dunyo bilan oxirat orasida ahli qalb uchun shaffof, ahli havo uchun kasif inja bir parda bor. Shuning kabi, kecha bilan kunduz orasida latif bir parda borki, ko’zning yopilishi bilan kecha bo’lib, ochilishi bilan kunduz bo’lgani kabi; nafsning olami ma'naviyatga ko’zi yopilsa, abadiy bir kecha ichida qoladi; ko’zi ma'naviyatga ochilsa, nahori inkishof etadi.

Shuning kabi, Allohning hisobiga koinotga qaragan odam nimani mushohada etsa, ilmdir. Agar g’aflat bilan sabablar hisobiga qarasa, ilm deb o’ylagan narsasi ham jaholat bo’ladi.

Shuning kabi, iymon va tavhid bilan qaragan, olamni nurli ko’radi, bo’lmasa olamni zulumot ichida ko’radi.

Shuning kabi, af'oli bashar uchun ikki jihat bordir. Agar niyat bilan Allohning hisobiga bo’lsa, tajalliyotga ma'kas, shaffof, porloq bo’ladi. Agar Alloh hisobiga bo’lmasa, zulmatli bir manzarani ko’rsatgan bo’ladi.

Shuning kabi, hayotning ham ikki vajhi bor. Biri qora, dunyoga qaraydi. Boshqasi shaffof, oxiratga nazirdir. Nafs qora vajhning ostiga kiradi. Shaffof vajhga tarattub etgan saodati abadiyani istaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Koinotning miftahi, kaliti insonning qo’lidadir. Olamning eshiklari ochiq bo’lsa ham, ma'nan yopiqdir. Janobi Haq butun u eshiklarni va kanzi maxfiyni ochgan "Ana" nomli bir miftahni insonning qo’liga bergan. Faqat, ana ham eshigi yopiq bir jumboqdir. Uning eshigi ochilsa, koinotning ham eshiklari ochiladi.

Ha, Janobi Haq insonga bir menlik, bir navi hurriyat berganki, Janobi Haqning rububiyatiga oid avsofni bilish uchun mavhum, faraziy bir vohidi qiyosiy qilsin.

Mohiyati basharda juda inja bir ip, insonning vujudida shuurli bir qil, shaxsning kitobida bir alif qiymatida va miqdorida bo’lgan "Ana"ning ikki vajhi bor. Biri xayrga qaraydi. Bu vajh bilan yolg’iz qobili fayzdir, foil emas. Boshqa vajhi esa sharga qaraydi. Bu vajh bilan o’zini foil deb biladi.

Ananing mohiyati mavhumadir, rububiyati xayoliydir. Vujudi bir narsaga hamil bo’lolmaydi. Faqat mezon-ul harorat kabi, Vojib-ul Vujudning rububiyatiga oid sifoti mutlaqa-i muhitani bilish uchun bir mezon vazifasini bajaradi.

Agar inson menligiga mezon nazari bilan qarasa, koinotdan zehniga oqib kelgan ofoqiy ma'lumotni o’z ma'lumoti bilan, tasarrufot va sifoti Ilohiyani ham o’z sifoti bilan tasdiq etadi. Yana marji'iga i'oda etadi. Va bu soyada قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّٰيهَا dagi مَنْ shumuliga dohil bo’lib bihaqqin omonatni ifo etgan bo’ladi. Faqat o’ziga mustaqil nazari bilan qarash bilan o’zini molik e'tiqod etsa قَدْ خَابَ مَنْ دَسّٰيهَا ning shumuliga dohil bo’lish bilan omonatga xiyonat qilgan bo’ladi. Zero samovot va arzning, hamlidan qo’rqib imtino' etgan jihatlari "ana"ning bu jihatidir. Chunki zalolatlar, shirklar, sharlar bu jihatdan tug’iladilar. Agar vaqtida u "ana"ning shiddatli bir tarbiya bilan boshi yorilmasa, o’sadi, insonning vujudini yutadi.

Agar millatning ham anoniyati inzimom etsa, Sone'ning amriga qarshi muborazaga chiqadi. Tom ma'noda bir shayton bo’ladi. So’ngra xalqni ham o’ziga qiyos qiladi, sabablarni ham u qiyosga dohil etadi, katta bir shirkka tushadi. -Al'iyazu billah...-

Muhim bir Masala:"Ana"ning ikki vajhi bor. Bir vajhini nubuvvat olgan. Bir vajhini ham falsafa olgan.

Birinchi vajh ubudiyati mahzaga mansha'dir. Mohiyati harfiya bo’lib, mustaqil emas. Vujudi taba'i bo’lib, asliy emas. Molikiyati vahmiy bo’lib, haqiqiy emas. Vazifasi Xoliqning sifatini fahmlash uchun bir mezon va bir miqyos bo’lishdir. Anbiyo (Alayhimussalom) anoniyatning bu vajhiga qarash bilan, mulkni tamoman Allohga taslim qilib na mulkida, na rububiyatida, na uluhiyatida sherigi yo’qligiga hukm qilishgan. Ananing bu vajhidan Janobi Haq shajara-i tubo-i ubudiyatni o’stirib shox va shodalari koinot bo’stonida anbiyo, avliyo, siddiqiyn kabi muborak samaralarni bergan.

Ikkinchi vajhni olgan falsafa, ananing vujudini asliy va o’zini mustaqil va moliki haqiqiy ekanini zu'm etishgan. Vazifasi ham yolg’iz hubbi zoti bilan takammuli hayotdir. Ananing bu qora yuzidan anvo'an shirklar, zalolatlar chiqqan. Azjumla: Quvva-i bahimiya shoxida sanamlar vujudga kelgan. Quvva-i g’azabiya g’usnidan fir'avnlar, namrudlar chiqqan. Quvva-i aqliyadan dahriyyun, moddiyun, falosifa chiqib, Vojib-ul Vujudga bir maxluqi vohidni beradi. Qolgan mulkini g’ayrga taqsim etishadi.

Xulosa: Ana haddi zotida bir havo, bir bug’ kabi ekan, berilgan ahamiyatga ko’ra mayi' holiga keladi. So’ng ulfat bilan qalinlashadi. So’ng g’aflat va isyon bilan shunday qalinlashadiki, sohibini yutadi. Xalqni, sabablarni ham o’ziga qiyos etib Xoliqning avomiriga muborazani boshlaydi. Kichik olamda, ya'ni insonda ana, katta insonda, ya'ni koinotda tabiatga o’xshaydi. Ikkisi ham tog’utlardandir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Xayrot va hasanotning hayoti niyat bilandir. Fasodi ham u'jb, riyo va xo’jako’rsinlik bilan. Va fitriy tarzda vijdonda shuur bilan bizzot his qilingan vijdoniyatning asosi, ikkinchi bir shuur va niyat bilan inqito' topadi.

Qandayki amallarning hayoti niyat bilan. Shuning kabi, niyat bir jihatdan fitriy ahvolning o’limidir. Masalan: Tavozuga niyat uni ifsod etadi, takabburga niyat uni izola etadi, farohga niyat uni uchiradi, g’am va qayg’uga niyat uni taxfif etadi. Va hokazo qiyos qil.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Koinot bir shajaradir. Anosir uning shoxlaridir. Nabotot yaproqlaridir. Hayvonot uning chechaklaridir. Insonlar uning samaralaridir. Bu samaralardan eng ziyodor, nurli, ahsan, akram, ashraf, altaf Sayyid-ul Anbiyo Val Mursalin, Imom-ul Muttaqin, Habibi Robb-ul Olamin Hazrat Muhammaddir.

عَلَيْهِ اَفْضَلُ الصَّلَوَاتِ مَادَامَتِ الْاَرْضُ وَ السَّمٰوَاتُ

* * *

اِلٰه۪ى ٠ اَلذُّنُوبُ اَخْرَسَتْن۪ي ٠ وَ كَثْرَةُ الْمَعَاص۪ى اَخْجَلَتْن۪ى ٠ وَ شِدَّةُ الْغَفْلَةِ اَخْفَتَتْ صَوْت۪ى ٠ فَاَدُقُّ بَابَ رَحْمَتِكَ ٠ وَ اُنَاد۪ى ف۪ى بَابِ مَغْفِرَتِكَ بِصَوْتِ سَيِّد۪ى وَ سَنَدِى الشَّيْخِ عَبْدِ الْقَادِرِ الْگَيْلَان۪ى وَ نِدَائِهِ الْمَقْبُولِ الْمَاْنُوسِ عِنْدَ الْبَوَّابِ ٠ بِيَا مَنْ وَسِعَتْ رَحْمَتُهُ كُلَّ شَىْءٍ ٠ وَ يَا مَنْ بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ يَا مَنْ لَا يَضُرُّهُ شَىْءٌ ٠ وَ لَا يَنْفَعُهُ شَىْءٌ ٠ وَ لَايَغْلِبُهُ شَىْءٌ ٠ وَ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ شَىْءٌ ٠ وَ لَا يَؤُدُهُ شَىْءٌ ٠ وَ لَا يَسْتَع۪ينُ بِشَىْءٍ ٠ وَ لَا يُشْغِلُهُ شَىْءٌ عَنْ شَىْءٍ ٠ وَ لَا يُشْبِهُهُ شَىْءٌ ٠ وَ لَا يُعْجِزُهُ شَىْءٌ ٠ اِغْفِرْل۪ى كُلَّ شَىْءٍ حَتّٰى لَا تَسْئَلَن۪ى مِنْ شَىْءٍ ٠ يَا مَنْ هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَةِ كُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ بِيَدِه۪ مَقَال۪يدُ كُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ يَا مَنْ هُوَ الْاَوَّلُ قَبْلَ كُلِّ شَىْءٍ ٠ وَالْاٰخِرُ بَعْدَ كُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ الظَّاهِرُ فَوْقَ كُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ الْبَاطِنُ دُونَ كُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ الْقَاهِرُ فَوْقَ كُلِّ شَىْءٍ ٠ اِغْفِرْل۪ى كُلَّ شَىْءٍ اِنَّكَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ٠ وَ يَا عَل۪يمًا بِكُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ مُح۪يطًا بِكُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ بَص۪يرًا بِكُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ يَا شَه۪يدًا عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ رَق۪يبًا عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ لَط۪يفًا بِكُلِّ شَىْءٍ ٠ وَ خَب۪يرًا بِكُلِّ شَىْءٍ ٠ اِغْفِرْل۪ى كُلَّ شَىْءٍ مِنَ الذُّنُوبِ وَ الْخَط۪يئَاتِ حَتّٰى لَا تَسْئَلَن۪ى عَنْ شَىْءٍ ٠ اِنَّكَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ ٠ اَللّٰهُمَّ اِنّ۪ى اَعُوذُ بِعِزَّةِ جَلَالِكَ وَ بِجَلَالِ عِزَّتِكَ وَ بِقُدْرَةِ سُلْطَانِكَ وَ بِسُلْطَانِ قُدْرَتِكَ مِنَ الْقَط۪يعَةِ وَ الْاَهْوَاءِ الرَّدِّيَّةِ ٠ يَا جَارَ الْمُسْتَج۪ير۪ينَ اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّهَوَاتِ الشَّيْطَانِيَّةِ وَطَهِّرْن۪ى مِنَ الْقَاذُورَاتِ الْبَشَرِيَّةِ وَ صَفِّن۪ى بِحُبِّ نَبِيِّكَ مُحَمَّدٍ صَلَّى اللّٰهُ عَلَيْهِ وَ سَلَّمَ بِالْمُحَبَّةِ الصِّدّ۪يقِيَّةِ مِنْ صَدَإِ الْغَفْلَةِ وَ اَوْهَامِ الْجَهْلِ حَتّٰى تَفْنَى الْاَنَانِيَّةُ وَ يَبْقَى الْكُلُّ لِلّٰهِ وَ بِاللّٰهِ وَ اِلَى اللّٰهِ وَ مِنَ اللّٰهِ غَرْقًا بِنِعْمَةِ اللّٰهِ ف۪ى بَحْرِ مِنَّةِ اللّٰهِ مَنْصُور۪ينَ بِسَيْفِ اللّٰهِ مَحْظُوظ۪ينَ بِعِنَايَةِ اللّٰهِ مَحْفُوظ۪ينَ بِعِصْمَةِ اللّٰهِ عَنْ كُلِّ شَاغِلٍ يُشْغِلُ عَنِ اللّٰهِ ٠ فَيَا نُورَ الْاَنْوَارِ ٠ وَ يَا عَالِمَ الْاَسْرَارِ ٠ وَ يَا مُدَبِّرَ الَّيْلِ وَ النَّهَارِ ٠ يَا مَلِكُ ٠ يَا عَز۪يزُ ٠ يَا قَهَّارُ ٠ يَا رَح۪يمُ ٠ يَا وَدُودُ ٠ يَا غَفَّارُ ٠ يَا عَلَّامَ الْغُيُوبِ ٠ يَا مُقَلِّبَ الْقُلُوبِ وَ الْاَبْصَارِ ٠ يَا سَتَّارَ الْعُيُوبِ ٠ يَا غَفَّارَ الذُّنُوبِ ٠ اِغْفِرْل۪ى ذُنُوب۪ى ٠ وَارْحَمْ مَنْ ضَاقَتْ عَلَيْهِ الْاَسْبَابُ وَ غُلِّقَتْ دُونَهُ الْاَبْوَابُ وَ تَعَسَّرَ عَلَيْهِ سُلُوكُ طَر۪يقِ اَهْلِ الصَّوَابِ وَانْصَرَمَتْ اَيَّامُهُ وَ نَفْسُهُ رَاتِعَةٌ ف۪ى مَيَاد۪ينِ الْغَفْلَةِ وَ الْمَعْصِيَّةِ وَ دَنِىِّ الْاِكْتِسَابِ ٠ فَيَا مَنْ اِذَا دُعِىَ اَجَابَ وَ يَا سَر۪يعَ الْحِسَابِ ٠ وَ يَا كَر۪يمُ يَا وَهَّابُ اِرْحَمْ مَنْ عَظُمَ مَرَضُهُ وَ عَزَّ شِفَائُهُ وَ ضَعُفَتْ ح۪يلَتُهُ وَ قَوِىَ بَلَائُهُ وَ اَنْتَ مَلْجَئُهُ وَ رَجَائُهُ ٠ اِلٰه۪ى اِلَيْكَ اَرْفَعُ بَثّ۪ى وَ حُزْن۪ى وَ شِكَايَت۪ى ٠ اِلٰه۪ى حُجَّت۪ى حَاجَت۪ى وَ عُدَّت۪ى فَاقَت۪ى وَ انْقِطَاعُ ح۪يلَت۪ى ٠ اِلٰه۪ى قَطْرَةٌ مِنْ بِحَارِ جُودِكَ تُغْن۪ين۪ى وَ ذَرَّةٌ مِنْ تَيَّارِ عَفْوِكَ تَكْف۪ين۪ى يَا وَدُودُ يَا وَدُودُ يَا وَدُودُ يَا ذَا الْعَرْشِ الْمَج۪يدُ يَا مُبْدِئُ يَا مُع۪يدُ يَا فَعَّالًا لِمَا يُر۪يدُ اَسْئَلُكَ بِنُورِ وَجْهِكَ الَّذ۪ى مَلَأَ اَرْكَانَ عَرْشِكَ وَ بِقُدْرَتِكَ الَّت۪ى قَدَرْتَ بِهَا عَلٰى جَم۪يعِ خَلْقِكَ وَ بِرَحْمَتِكَ الَّت۪ى وَسِعَتْ كُلَّ شَىْءٍ لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ يَا مُغ۪يثُ اَغِثْن۪ى وَاغْفِرْ جَم۪يعَ ذُنُوب۪ى وَ سَقَطَاتِ لِسَان۪ى ف۪ى جَم۪يعِ عُمْر۪ى بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ

وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

* * *

O’NINCHI RISOLA

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاط۪ينِ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Shu oyati karimaning yuksak samosiga chiqib sirrini fahm etish uchun yetti pog’onali bir zinapoya quramiz.

Birinchi pog’ona:

Samovotning maloika bilan tasmiya etilgan munosib sokinlari bor. Chunki kura-i arzning samoga nisbatan kichikligi va qiymatsizligi bilan barobar zavil hayot bilan to’la bo’lishi, samovotning u muzayyan burjlari zavil idrok bilan to’la bo’lishini tasrih etadi. Va shuningdek, samovotning bu qadar ziynatlar bilan tazyin etilishi, har holda zavil idrokning taqdir va istehson bilan nazari hayratlarini jalb qilish uchundir. Chunki husni ziynat, oshiqlarning jalbi uchundir. Ovqat va taom ham och bo’lganlarga beriladi. Shu bilan barobar, ins va jin u vazifani qilishga kifoya emaslar. Lekin g’ayri mahdud u yerga munosib maloika va ruhoniylar u vazifani qila oladilar.

Ikkinchi pog’ona:

Arzning samovot bilan aloqasi, muomalasi bo’lib oralarida juda katta irtibot bor. Ha, arzga kelgan ziyo, harorat, baraka va boshqalar samovotdan keladi. Arzdan ham samoga duolar, ibodatlar, ruhlar ketadi. Demak, oralarida jarayon etgan tijoriy muomaladan anglashilyaptiki; arzning sokinlari uchun samoga chiqishga bir yo’l bo’lib, anbiyo, avliyo, arvoh jasadlaridan tajarrud bilan samovotga uruj etadilar.

Uchinchi pog’ona:

Samovotda davom bilan jarayon etgan sukun, sukut, nizom, intizom, ittiroddan his qilinganiga nazaran, samovot ahli arz sokinlari kabi emas. Ha, arzda bo’lgan nifoq, shiqoq, ixtilof, azdodning ijtimo'i, xayr va sharning ixtiloti kabi narsalar samovotda yo’q. Bu soyada samovotda nizom va intizomni buzadigan bir hol yo’q. Sokinlari berilgan amrlarga kamoli itoat bilan imtisol etadilar.

To’rtinchi pog’ona:

Janobi Haqning iqtizolari, hukmlari mutag’ayir ba'zi asmolari bor. Masalan: Badr kabi ba'zi g’azolarda Asxobi Kiromga yordam berish maqsadida kuffor bilan muhoraba etish uchun maloikaning samodan inzolini iqtizo etgan ismi, maloika bilan shayatin -ya'ni samoviy bo’lgan axyor bilan arziy ashror- orasida muhorabaning vuqu'ini istib'od emas, iqtizo etadi. Ha, Janobi Haq maloikaga bildirmasdan shaytonlarni daf yoki ihlak etishi mumkin. Faqat satvat va hashmatining iqtizosiga ko’ra, bu kabi mujozotning mustahaqlariga e'lon va tashhiri, azamatiga loyiqdir.

Beshinchi pog’ona:

Ruhoniylarning axyori samoda bo’lganlaridan, ashrori ham latofatlariga ishonib ularni taqlid qilib iltihoq etish istaganlarida, ahli samo, ularni sharoratlari uchun qabul qilmasdan daf qiladilar. Shu bilan barobar, bu kabi ma'naviy muborazalari olami shahodatga, xususan vazifasi shahodat va mushohada bo’lgan insonga e'lon va tashhiriga rajmi nujum alomat va nishon qilingan.

Oltinchi pog’ona:

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon navi basharni itoatga irshod, isyondan zajr va man qilish uchun ishlatgan uslubi oliysiga qara:

يَا مَعْشَرَ الْجِنِّ وَالْاِنْسِ اِنِ اسْتَطَعْتُمْ اَنْ تَنْفُذُوا مِنْ اَقْطَارِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ فَانْفُذُوا لَا تَنْفُذُونَ اِلَّا بِسُلْطَانٍ

Ya'ni: "Ey ins va jin jamoati! Mulkimdan xorij bir mamlakatga chiqib qutulish uchun samovot va arzning aqtoridan chiqishga quvvatingiz bo’lsa, chiqing. Ammo faqat bir sulton bilan chiqasiz."

Qur'oni Karim bu oyat bilan juda keng saltanati rububiyatga qarshi ins va jinning ajzlarini e'lon zimnida nido qiladi: "Ey insoni haqir, sag’ir, ojiz! Qanday qilib shaytonlarni rajm etgan maloika bilan najmlar, shamslar, qamarlar itoat etgan Sultoni Azalga isyon qilyapsan! Qanday ulkan yulduzlarni snaryad, o’q o’rnida ishlata olgan bir askarga sohib bo’lgan bir sultonga qarshi isyon etishga jasorat qilyapsan!"

Yettinchi pog’ona:

Yulduzlarning juda kichik afrodi bo’lgani kabi, juda kattalari ham bor. Samoning vajhini, yuzini ziyolantirgan hamma narsa yulduzdir. Bu navdan bir qismi samoga ziynat bo’lgan. Bir qismi ham shaytonlarni rajm etish uchun samoviy manjaniqlardir. Samoda qilingan bu rajm, samo kabi eng vase' doiralarda ham sodir bo’lgan muboraza hodisasini insonlarga ko’rsatish bilan insonlarning mute'larini osiylar bilan muborazaga tashviq bilan ko’niktirishdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonni hayvondan ayirgan narsalardan:

Biri, moziy va mustaqbal bilan aloqador bo’lishidir. Hayvon bu ikki zamonni haqiqiy ma'noda o’ylaydigan bir idrokka molik emas.

Ikkinchisi, kerak bo’lsa anfusiy, kerak bo’lsa ofoqiy, ya'ni dohiliy va xorijiy narsalarga taalluq etgan idroki kulliy va umumiydir.

Uchinchisi, inshootga lozim bo’lgan muqaddimalarni kashf va tartib etish. Masalan: Bir uyning qurilishi uchun lozim bo’lgan tosh, daraxt, sement kabi luzumli muqaddimalarni ihzor va tartib etish kabi.

Shunga binoan, insonning eng avval va eng katta vazifasi, tasbeh va tahmiddir. Avvalo moziy, hozirgi va istiqbol zamonlarida ko’rgan yoki ko’radigan ne'matlar lisoni bilan, so’ngra nafsida yoki xorijida ko’rgan in'omlar lisoni bilan, so’ngra maxluqot qilayotgan tasbehotni shahodat va mushohada lisoni bilan Sone'ni hamdu sano etishdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqning a'to, qazo va qadar nomli uch qonuni bordir. A'to qazo qonunini, qazo esa qadarni buzadi.

Masalan: Bir narsa haqida berilgan qaror, qadar deganidir. U qarorning ijrosi, qazo deganidir. U qarorning bekor qilinishi bilan hikmni qazodan muofat, a'to deganidir. Ha, yumshoq bir o’tning tomirlari qattiq toshni teshgani kabi, a'to ham qazo qonunining qat'iyatini teshadi. Qazo ham o’q kabi qadar qarorlarini teshadi. Demak, a'toning qazoga nisbati, qazoning qadarga nisbati kabidir. A'to qazo qonunining shumulidan ixrojdir. Qazo ham qadar qonunining kulliyatidan ixrojdir. Bu haqiqatga voqif bo’lgan orif:

"Ey Ilohim! Hasanotim sening a'toingdan. Sayyiotim ham sening qazoingdandir. Agar a'toing bo’lmasa edi, halok bo’lardim" deydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Asmo-i husnani tazammun etgan ba'zi fazlakalar bilan oyatlarga xotima berilishda qanday bir sir bor?

Ha, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon, ba'zan oyoti qudratni oyatlarda bast etadi. So’ngra ichidan asmoni chiqaradi. Ba'zan mansujot to’playdigandek ochib tarqatadi. So’ngra to’playdi, asmoda tayy etadi. Ba'zan esa af'olini tafsil etgandan so’ng ismlar bilan ijmol etadi. Ba'zan esa xalqning a'molini tahdidona gapiradi. So’ng rahmatga ishorat etgan ismlar bilan tasalli etadi. Ba'zan esa ba'zi maqosidi juz'iyani zikr qilgandan so’ng u maqosidni taqrir va isbot uchun burhon o’laroq qavoidi kulliya hukmida bo’lgan ismlarni zikr qiladi. Ba'zan esa moddiy juz'iyotni zikr qiladi. So’ng asmo-i kulliya bilan ijmol etadi va hokazo...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ajz ham ishq kabi Allohga isol etgan yo’llardan biridir. Ammo ajz yo’li ishqdan yanada qisqa va yanada salomatdir.

Ahli suluk tariqi xofada latoifi ashara ustida, tariqi jahrda nufusi sab'a ustida suluk etganlar. Bu faqir, ojiz esa to’rt xatvadan iborat; ham qisqa, ham sahl bir tariqni Qur'onning fayzidan istifoda etgan.

Birinchi xatva:

فَلَا تُزَكُّٓوا اَنْفُسَكُمْ

oyatidan,

Ikkinchi xatvani:

وَلَا تَكُونُوا كَالَّذ۪ينَ نَسُوا اللّٰهَ فَاَنْسٰيهُمْ اَنْفُسَهُمْ

oyatidan;

Uchinchi xatvani:

مَٓا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّٰهِ وَمَٓا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ

oyatidan;

To’rtinchi xatvani

كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ

oyatidan ahz etgan. Bularning izohi:

Birinchi Xatva:Ha, inson yaratilishida o’z nafsiga muhib o’laroq yaratilgan. Hatto bizzot nafsi qadar bir narsaga sevgisi yo’q. O’zini, faqat Ma'budga loyiq sanolar bilan madh etadi. Nafsini butun ayblardan, qusurlardan tanzih etish bilan, -haqli bo’lsin, haqsiz bo’lsin- kamoli shiddat bilan mudofaa etadi. Hatto Janobi Haqni hamd va sano uchun o’zida yaratilgan jihozotni o’z nafsiga hamdu sano uchun sarf qiladi va مَنِ اتَّخَذَ اِلٰهَهُ هَوٰيهُ dagi مَنْ shumuliga dohil bo’ladi. Bu martabada nafsning tazkiyasi, faqat adami tazkiyasi bilan bo’ladi.

Ikkinchi Xatva:Nafs xizmat zamonida orqaga qochadi. Ujrat vaqtida ilgari safga hujum qiladi. Bu martabada uning tazkiyasi, qilgan ishining aksini qilish bilan bo’ladi. Ya'ni, ishda, xizmatda oldinga yo’llash, ujrat tavzi'ida orqada qoldirilishi kerak.

Uchinchi Xatva:O’z nafsida, xaltasida qusur, nuqson, ajz, faqrdan ma'ada bir narsani qoldirmasligi kerak. Butun mahosin, yaxshiliklar Fotiri Hakim tarafidan in'om etilgan ne'matlar bo’lib, hamdni iqtizo etadi. Faxrni istilzom etmaganlarini e'tiqod va talaqqiy etish kerak. Bu martabada uning tazkiyasi; kamolining adami kamolida, qudratining ajzida, g’inosining faqrida bo’lganini bilishdan iboratdir.

To’rtinchi Xatva:O’zi istiqloliyat holida foniy, hodis, ma'dum bo’lganini va asmo-i Ilohiyaga oynadorlik qilgani holda shohid, mashhud, mavjud bo’lganini bilishdan iboratdir. Bu martabada uning tazkiyasi; vujudida adamini, adamida vujudini bilish bilan

لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ

ni o’ziga vird ittihoz etishdir.

Va shuningdek, Vahdat-ul Vujud ahli koinotni inkor qilish bilan i'dom etadilar. Vahdat-ush Shuhud xalqi esa, butun mavjudotni, -eshkak jazolilari kabi- nisyon zindonida abadiy hibsga mahkum etadilar.

Qur'on ifhom etgan tariq, koinotni, mavjudotni ham i'domdan, ham hibsdan qutqaradi. Asmo-i husnaga mazhariyat bilan oynadorlik qilish kabi vazifalarda istehdom etadi. Faqat koinotni istiqloliyatdan va o’z hisobiga ishlashdan azl etadi.

Va shuningdek, insonning vujudida bir nechta doira bor. Chunki ham nabotiydir, ham hayvoniydir, ham insoniydir, ham iymoniy. Tazkiya muomalasi ba'zan tabaqa-i iymoniyada bo’ladi. So’ngra tabaqa-i nabotiyaga tushadi. Ba'zan esa yigirma to’rt soat mobaynida har to’rt tabaqada muomala sodir bo’ladi. Insonni xato va g’olatga otgan, bu to’rt tabaqadagi farqqa rioya etmaslikdir.

خُلِقَ لَنَا مَا فِى الْاَرْضِ جَم۪يعًا

ga istinodan insoniyatning me'da-i hayvoniya va nabotiyaga munxasir bo’lganining fikri bilan g’olat etadi. So’ng butun g’oyalarning nafsiga oid bo’lganining hasri bilan g’olat etadi.

So’ng hamma narsaning qiymati manfaati nisbatida bo’lganining taqdiri bilan g’olat etadi. Hatto Zuhra yuldizini xushbo’y bir zuhraga muqobil olmaydi. Chunki o’ziga manfaati tegilmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ubudiyat, sabqot etgan ne'matning natijasi va uning narxidir. Kelgusidagi bir ne'matning mukofot muqaddimasi va vasilasi emas. Masalan: Insonning eng go’zal bir suratda yaratilishi, ubudiyatni iqtizo etgan sobiq bir ne'mat bo’lgani va so’ngra esa, iymonning i'tosi bilan o’zini senga ta'rif etishi, ubudiyatni iqtizo etgan sobiq ne'matlardir. Ha, qandayki me'daning i'tosi bilan butun mat'umot i'to etilgandek talaqqiy etiladi; hayotning i'tosi bilan ham, olami shahodat mushtamil bo’lgan ne'matlar bilan barobar i'to etilgan kabi talaqqiy etiladi.

Va shuningdek, nafsi insoniyning i'tosi bilan, bu me'da uchun mulk va malakut olamlari ne'matlar dasturxoni kabi qilingandir. Shuning kabi, iymonning i'tosi bilan, mazkur dasturxonlar bilan barobar, asmo-i husnada iddixor etilgan dafinalari ham dasturxon o’laroq berilgan bo’ladi. Bu kabi ujratlarni oldindan olgandan so’ng, davom bilan xizmatga mulozim bo’lish lozimdir. Xizmat va amaldan so’ng berilgan ne'matlar mahza uning fazlidandir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Anvo'ning afrodida, xususan hasharot va qurt-qumursqalar qismida ko’ringan favquloda ko’plikda mushohada etilgan horiquloda g’ayri mutanohiy bir judu saxovat bor. Kamoli ittiqon va intizom bilan butun anvo'da bo’lgan shu kasrati afrod, tajalliyoti Ilohiyaning g’ayri mutanohiy ekaniga va Janobi Haqning mohiyati hamma narsaga mubayin bo’lganiga va butun ashyo uning qudratiga nisbatan mutasoviy bo’lganiga sarohatan dalolat qiladi.

Ha, bu judi ijod Sone'ning vujubidandir. Navda jaloliydir, fardda jamoliydir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson qilgan san'atlarning suhulat va suubat darajalari, uning ilm va jaholati bilan o’lchanadi. Naqadar san'atlarda, xususan inja va latif jihozotda ilmi, mahorati ko’p bo’lsa, o’sha nisbatda oson bo’ladi. Jaholati nisbatida ham zahmat bo’ladi. Shunga binoan, ashyoning xilqatida mutlaq tezlik bilan mutlaq kenglik ichida ko’ringan mutlaq osonlik, Sone'ning ilmida chegara bo’lmaganiga hadsi qat'iy bilan dalolat qiladi.

وَمَٓا اَمْرُنَٓا اِلَّا وَاحِدَةٌ كَلَمْحٍ بِالْبَصَرِ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning fitratan molik bo’lgan jome'iyatning ajoyibidandirki: Sone'-i Hakim shu kichik jismda g’ayri mahdud anvo'i rahmatni o’lchash uchun g’ayri ma'dud mezonlar o’rnatgan. Va asmo-i husnaning g’ayri mutanohiy maxfiy dafinalarini fahm etish uchun g’ayri mahsur jihozlar va vositalar yaratgan. Masalan: Masmu'ot, mubsirot, ma'kulot olamlarini ihota etgan insondagi tuyg’ular Sone'ning sifoti mutlaqasini va keng shuunotini fahm etish uchundir.

Va shuningdek, xardaladan yanada kichik quvva-i hofizasida shunday bir latifa-i mudrika qoldirilganki, u xardala tazammun etgan keng olamda u latifa doimiy sayr va javalon etayotgan bo’lsa ham, sohiliga vosil bo’lolmaydi. Shu bilan barobar, ba'zan bu katta olam u latifaga shu qadar torlashadiki, olam u latifaning qornida bir zarra kabi bo’ladi. Va u latifani, butun sayohat maydonlari bilan, mutolaa qilgan kitoblari bilan u xardala ham yutadi, joyida o’tiradi, qorni ham og’rimaydi.

Xullas, insonning mutafovit martabalari bu sirdan anglashiladi.

Ha, ba'zi insonlar zarrada cho’kadilar. Ba'zisida esa dunyo cho’kadi. Ba'zilar esa, o’zlariga berilgan kalitlardan biri bilan kasratning eng keng olamini ochadi, faqat ichida cho’kadi. Sohili vahdat va tavhidga zo’rg’a vosil bo’ladi. Demak, insonning sayri ruhoniysida ko’p tabaqalar bor. Bir tabaqada, insonlarga huzuri tavhid juda osonlik bilan nasib va muyassar bo’ladi. Bir tabaqasini ham g’aflat va avhom shunday istilo qiladiki, kasrat ichida g’arq bo’lish bilan tom ma'nosi bilan tavhidni unutgan bo’ladi. Sukutni su'ud, tadanniyni taraqqiy, jahli murakkabni yaqiyn, uyquning oxirgi pardasini intiboh zon va tavahhum etgan bir qism madaniylar ikkinchi tabaqadagi insonlardandir. Ular haqoiqi iymoniyani dark etishda badaviylarning badaviylaridir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ismi Jalol ko’pincha navlarda, kulliyotda tajalliy etadi. Ismi Jamol esa mavjudotning juz'iyotiga tajalliy etadi. Bu e'tibor bilan, navlardagi judi mutlaq, jalolning tajalliysidir. Juz'iyotning naqshlari, ashxasning go’zalliklari, jamolning tajalliyotidandir.

Va shuningdek, jalol vohidiyatning tajalliysidan, jamol esa ahadiyatning tajalliysidan zohir bo’ladi. Ba'zan esa jamol jaloldan tajalliy etadi. Ha, jamolning ko’zida jalol naqadar jamildir, jalolning ko’zida ham jamol shu qadar jalildir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Basar masnu'otni ko’rib, basirat Sone'ni ko’rmasa, juda g’arib va juda xunuk bo’ladi. Chunki u holda Sone'ning ma'nan, qalban ko’rinmasligi, yo basiratning fiqdanidandir yoki qalb ko’zining ko’r bo’lishidandir yoki juda tor bo’lganidan masalani azamati bilan qamramaganidandir. Yoki bir hizlandir. Bo’lmasa Sone'ning inkori basarning shuhudini inkordan yanada ziyoda munkardir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir dalaga ekilgan bir urug’, ma'naviy bir qal'a va bir devordir. U dalani urug’ sohibiga mol etadi. Boshqasining tasarrufiga mone bo’ladi. Shuning kabi, kura-i arz dalasiga ekilgan nabotot, hayvonot urug’lari ma'naviy bir qal'a va bir to’siq bo’lib, shirkatni man qiladi; g’ayrni mudohaladan quvadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tabiatlari latif, inja va latif san'atlarga maftun ba'zi insonlar, xususan maxsus bog’larida juda go’zal handasavoriy bir shaklda shakllarni, ariqlarni, hovuzlarni, shodirvonlarni qildirish bilan bog’lariga juda muntazam bir manzara beradilar. Va u latofatning, u go’zallikning darajasini ko’rsatish uchun ba'zi xunuk qoya tosh, qo’pol, g’ayri muntazam -g’or va tog’ haykallari kabi- narsalarni ham ilova etadilarki, ularning xunukligi bilan, adami intizomi bilan bog’ning go’zalligi, latofati ko’proq porlasin. Chunki

اِنَّمَا الْاَشْيَاءُ تُعْرَفُ بِاَضْدَادِهَا

Ammo mudaqqiq bir kishi u azdodni jam etgan bog’ning manzarasiga qaragan zamon anglaydiki, u xunuk, qo’pol narsalar qasddan qilingandirki; go’zallik, intizom, latofat ortsin. Zero, go’zalning go’zalligini orttirgan, xunukning xunukligidir. Demak, bog’ning to’liq intizomini ikmol etgan, u xunukliklardir. Va u xunukliklarning adami intizomi nisbatida bog’ning intizomi ortadi.

Shuning kabi, dunyo bog’ida nizom va intizomning oxirgi tizimida bo’lgan maxluqot va masnu'ot orasida -hayvonlarda bo’lsin, nabototda bo’lsin, jamodotda bo’lsin- ba'zi xunuk, intizomdan xorij narsalar mavjud. Bularning xunukligi, intizomsizliklari, dunyo bog’ining go’zalligiga, intizomiga bir ziynat, bir bezak bo’lish uchun Sone'-i Hakim tarafidan qasddan qilingan bo’lganini, juda yuksak, keng, shoirona bir xayol bilan dunyoning u bog’ manzarasini nazar ostiga olgan odam ko’ra oladi.

Shu bilan barobar, u kabi narsalar qasdiy bo’lmasaydi, shakllarida hikmatli taxoluf bo’lmasdi. Ha, taxolufda qasd va ixtiyor bor. Har insonning butun insonlarga siymo jihatidan muxolafati bunga dalildir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonni fitratan butun hayvonlarga tafavvuq ettirgan jome'iyatining maziyatlaridan biri, zavil hayotning Vohib-ul Hayotga bo’lgan tahiyya va tasbehlarini fahm etishdir. Ya'ni, inson o’z kalomini fahm etgani kabi, iymon qulog’i bilan zavil hayotning ham, balki jamodotning ham butun tasbehlarini fahm etadi. Demak, hamma narsa kar odam kabi yolg’iz o’z kalomini anglaydi. Inson esa, butun mavjudotning lisonlari bilan takallum etganlari asmo-i husnaning dalillarini fahm etadi. Shunga binoan, hamma narsaning qiymati o’ziga ko’ra juz'iydir. Insonning qiymati esa kulliydir. Demak, bir inson, bir fard ekan, bir nav kabi bo’ladi.

وَاللّٰهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Zohir bilan botin orasida mushobahat bo’lsa ham, haqiqatga qaralsa, oralarida ulkan uzoqlik bordir.

Masalan: Omiyona bo’lgan tavhidi zohiriy, hech bir narsani Allohdan boshqasiga isnod etmaslikdan iboratdir. Bunday bir inkor, sahl va oddiydir. Ahli haqiqatning haqiqiy tavhidlari esa, hamma narsani Janobi Haqqa isnod etish bilan barobar, hamma narsaning ustida bo’lgan muhrini, sikkasini ko’rib o’qishdan iboratdir. Bu huzurni isbot, g’aflatni inkor qiladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hayoti dunyoviyaga qasddan va bizzot tavajjuh etib bog’langan kofirning, imholi i'qobida va aksincha taraqqiyoti moddiyada muvaffaqiyatidagi hikmat nima?

Ha, u kofir, o’z tarkibi bilan, sifati bilan Janobi Haq tomonidan navi basharga taqdir etilgan ne'matlarning tazohuriga -shuursiz- xizmat qiladi. Va go’zal masnu'oti Ilohiyaning mahosinini bila-shuur tanzim etadi. Va quvvadan fe'lga chiqarish bilan g’arobati san'ati Ilohiyaga nazarlarni jalb qiladi. Farqiga ham bormaydi, bundan nima foyda. Demak, u kofir soat kabi o’zi qilgan amaldan xabari yo’q. Ammo vaqtlarni bildirish kabi, navi basharga juda buyuk bir xizmati bor. Bu sirga binoan, dunyoda mukofotini ko’radi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tavfiqi Ilohiy rafiqi bo’lgan odam, tariqat barzohiga kirmasdan zohirdan haqiqatga o’ta oladi. Ha, Qur'ondan, haqiqati tariqatni -tariqatsiz- fayz surati bilan ko’rdim va bir parcha oldim. Va shuningdek, maqsudi bizzot bo’lgan ilmlarga ulumi aliyani o’qimasdan isol etuvchi bir yo’l topdim.

Sari-us sayr bo’lgan bu zamonning avlodiga, qisqa va salomat bir tariqni ehson etish, rahmati hakimaning shonidandir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonni g’aflatga tushurish bilan Allohga ubudiyatiga mone bo’lgan, juz'iy nazarini juz'iy narsalarga hasr etishdir. Ha, juz'iyot ichiga tushib juz'iylarga hasri nazar etgan, u juz'iy narsalarning sabablardan suduriga ehtimol berishi mumkin. Ammo boshini ko’tarib navga va umumga qaragan zamon, adno bir juz'iyning eng katta bir sababdan suduriga javoz berolmaydi. Masalan: Juz'iy rizqini ba'zi sabablarga isnod etishi mumkin. Faqat mansha-i rizq bo’lgan arzning, qish mavsumida qup-quruq, hosilsiz ekaniga, bahor mavsumida rizq bilan to’la bo’lganiga qaragan vaqt, arzni ihyo etish bilan butun zavil hayotning rizqlarini bergan Allohdan ma'ada o’z rizqini beradigan bir narsa bo’lmaganiga qanoati hosil bo’ladi. Va shuningdek, uyidagi kichik bir ishiqni yoki qalbida bo’lgan kichik bir nurni ba'zi sabablarga isnod etishing mumkin. Ammo, u ishiqning, shamsning ziyosi bilan, u nurning ham Manba-ul Anvorning nuri bilan muttasil bo’lganiga voqif bo’lgan vaqt anglaysanki; qalbingni nurlantirgan, qalbingni tanvir etgan faqatgina layl va nahorni bir-biriga almashtirgan Fotiri Hakimdir.

Va shuningdek, sening vujudingning zuhur va vuzuh jihatidan Xoliqning vujudiga nisbati, Xoliqning vujudiga dalolat qilganlarning nisbati kabidir. Chunki sen bir vajh bilan o’z vujudingga dalolat qilasan. Ammo Xoliqning vujudiga butun mavjudot, butun zarroti bilan dalolat qiladi. Shunday ekan, uning vujudi sening vujudingdan, olamning zarroti adadicha zuhur darajalari bordir.

Va shuningdek, seni nafsingni sevishga yo’llagan sabablar:

1- Butun lazzatlarning mahzani nafsdir;

2- Vujudning markazi va manfaatning ma'dani nafsdir;

3- Insonga eng qorib -yaqin- nafsdir, deysan. Juda yaxshi. Faqat u foniy lazzatlarga muqobil lazoizi boqiyani bergan Xoliqni yanada ziyoda ubudiyat bilan sevish lozim emasmi? Nafs vujudga markaz bo’lganidan, muhabbatga loyiq bo’lsa, u vujudni ijod etgan va u vujudning qayyumi bo’lgan Xoliq yanada ko’proq muhabbatga, ubudiyatga mustahaq bo’lmaydimi? Nafsing ma'dani manfaat va eng yaqin bo’lgani, sababi muhabbat bo’lsa, butun xayrlar, rizqlar qo’lida bo’lgan va u nafsni yaratgan Nafi', Boqiy va yanada qorib bo’lgan, yanada ziyoda muhabbatga loyiq emasmi? Shunga binoan, butun mavjudotga inqisom etgan muhabbatlarni jamlash va muhabbating bilan barobar mahbubi haqiqiy bo’lgan Fotiri Hakimga hadya etish lozim.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sening qarshingda juda qo’rqinchli ulkan masalalar borki, insonni ehtiyotga, ihtimomga majbur qiladi.

Birisi: O’lim bo’lib, insonni dunyodan va butun sevgililaridan ayirgan bir ayrilishdir.

Ikkinchisi: Dahshatli, qo’rqinchli abad mamlakatiga yo’lovchilikdir.

Uchinchisi: Umr oz, safar uzun, yo’l tadoriki yo’q, quvvat va qudrat yo’q, ajzi mutlaq kabi aliym alamlarga ma'ruz qolishdir. Shunday ekan, bu g’aflatu nisyon nima? Tuyaqush kabi boshini nisyon qumiga suqib, ko’zingga g’aflat ko’zoynagini taqasanki, Alloh seni ko’rmasin. Yoki sen Uni ko’rmagin. Qachongacha zoiloti foniyaga ihtimom va boqiyoti doimadan tag’oful etasan?

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqqa hamdlar, shukrlar bo’lsinki; masoili nahviyadan "ism" bilan "harf" orasidagi ma'naviy farq bilan juda muhim masalalarni menga o’rgatgan. Shundayki:

"Harf", g’ayrning ma'nosini izoh uchun bir vosita, bir xodim bo’lgani kabi; shu mavjudot ham, asmo-i husnaning tajalliyotini izhor, ifhom, izoh uchun bir qator Ilohiy maktublardirki, ichlarida yozilgan daloil, barohin, havoriq mo’'jiza-i qudratdir. Mavjudot bu vajh bilan nazarga olinishi; ilm, iymon, hikmatdir. Shoyad "ism" kabi mustaqil va maqsudi bizzot jihati bilan qaralsa, kufron va jahli murakkab bo’ladi.

Va shuningdek, masoili mantiqiyadan "kulliy" bilan "kull" orasidagi farq bilan rububiyatga doir ko’p masalalarni o’rganganman. Jamol bilan Ahadiyat كُلِّىٌّ ذُو جُزْئِيَّاتٍ shumuliga dohil. Jalol va Vohidiyat كُلٌّ ذُو اَجْزَاءٍ unvoniga dohil.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Dunyo olami oxiratga bir mundarija hukmidadir. Bu mundarijada olami oxiratning muhim masalalariga bo’lgan ishoratlardan biri, jismoniy rizqlardagi lazzatlardir. Bu foniy, razil, zalil dunyoda bu qadar ne'matlarni ihsos va ifoza etish uchun insonning vujudida yaratilgan tuyg’ular, hislar, jihozlar, a'zolar kabi asbob-uskunalaridan anglashiladiki, olami oxiratda ham

تَجْر۪ى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ

qasrlarning ostida, abadiyatga loyiq jismoniy ziyofatlar bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning xavf va muhabbati xalqqa tavajjuh etgan taqdirida, xavf bir balo, bir alam bo’ladi. Muhabbat bir musibat kabi bo’ladi. Zero u qo’rqqan odaming yo senga marhamat etmaydi yoki sening istirhomlaringni eshitmaydi. Muhabbat etgan shaxsing ham yo seni tanimaydi yoki muhabbatingga tanazzul etmaydi. Shunga binoan, xavfing bilan muhabbatingni dunyo va dunyo insonlaridan o’gir. Fotiri Hakimga tavjih etki, xavfing Uning marhamat quchog’iga -bolaning ona quchog’iga qochgani kabi- laziz bir tazallul bo’lsin. Muhabbating ham saodati abadiyaga vasila bo’lsin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sen shajara-i xilqatning yo bir samarasi yoki bir urug’isan. Jisming e'tibori bilan kichik, ojiz, zaif bir juzsan. Lekin Sone'-i Hakim lutfi bilan, latif san'ati bilan seni juz bo’lishdan kull bo’lishga chiqargan.

Ha, jismingga berilgan hayot soyasida, keng tuyg’ularing bilan olami shahodat ustida javalon etish bilan filjumla juz'iyat qaydidan qutulgansan. Va shuningdek, insoniyat i'tosi bilan bilquvva "kull" hukmidasan. Va shuningdek, iymon va Islomiyat ehsoni bilan bilquvva "kulliy" bo’lgansan. Va shuningdek, ma'rifat va muhabbatning in'omi bilan muhit bir nur bo’lgansan.

Shunga binoan, dunyoga va jismoniy lazoizga mayl etsang, ojiz, zalil bir juz'iy bo’lasan. Agar jihozotingni insoniyati kubro deyilgan Islomiyat hisobiga sarf etsang, bir kulliy va bir kull bo’lasan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bu qadar aliym firoq va ayriliqlarga ma'ruz qolish bilan chekkan alamlaringning sababi va qabohati sendadir. Chunki u muhabbatlarni g’ayr yerda sarf etyapsan. Agar u muhabbatlarni jamlab Vohidi Ahadga tavjih va Uning hisobi bilan, izni bilan sarf etsang, butun mahbublaring bilan barobar bir onda birlashib sevinchlarga, mamnuniyatlarga mazhar bo’lasan.

Ha, bir sultonga intisob etgan bir odam, u sultonning, hamma narsa bilan aloqador, har makonda hamma bilan muxobarasi, aloqasi zimnida, u odam ham bir jihatdan, bir daraja aloqador bo’lishi mumkin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Masalan: Qamarning ahvoliga yoki istiqbolning haqiqatiga doir i'to-i ma'lumot etgan odamga, butun mamolikingni unga fido qilishga tayyorsan. Ammo qamar doira-i mulkida bir ari hukmida bo’lgan Xoliqdan xabar keltirgan va azal, abadga, hayoti abadiyaga, haqoiqi asosiyaga, azim masalalarga doir ma'lumot i'to etgan va seni ma'naviy parishoniyatlardan, zalolatlardan qutqarib kasratdan vahdatga to’g’ri yo’l ko’rsatgan va hayoti abadiyaga iymon bilan ma-ul hayotni senga ichirish bilan firoq va ayrilish otashlaridan qutqargan; va Xoliqning marziyotini, matolibini ta'rif etgan va Sultoni Azal, Abadning muxobarasiga tarjimonlik qilgan Rasuli Rahmonni tinglashga va u Muxbiri Sodiqqa iymon bilan taslim bo’lishga mone bo’lgan nafsning havo va havasini tark qilmayapsan!..

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ko’ryapmizki: Sone'-i Hakim kamoli hikmati bilan juda oddiy narsalardan juda horiqo mo’'jiza-i mansujot qilyapti. Va shuningdek, abasiyat va isrofga yer qoldirmaslik uchun, bir fardni anvo'an vazifalar bilan tavzif etyapti. Hatto insonning boshida, inson muvazzaf bo’lgan vazifalarni qilish uchun har vazifaga ko’ra bittadan tirnoq qadar moddiy bir narsaning bo’lishi ijob etsaydi, bir bosh Jabali Tur kattaligida bo’lishi lozim bo’lardiki, asxobi vazoifga yer bo’lsin.

Va shuningdek, lison boshqa vazoifi bilan barobar arzoq xazinasiga va qudratning matbaxida pishirilgan butun taomlarga mufattishdir. Va butun taomlarning totlarini yaqiyn etgan, bilgan bir ahli vuqufdir.

Xullas, bu faoliyati hakimiyadan anglashilyaptiki; zamonning sayli bilan barobar kelib o’tgan ashyo-i sayyoladan va o’tgan kunlardan, sanalardan, asrlardan, layl va nahorning taqallubi bilan juda ko’p mansujoti g’aybiya va uxroviya qilinyapti. Ha, olamning mundarijasi hukmida bo’lgan inson fabrikasida to’qilgan mansujot u haqiqatni tanvir etadi. Shunday ekan, bu foniy dunyoda mavt, fano, davoiri g’aybiyada sof bir baqoga intiqol etib boqiy qoladi. Ha, rivoyatlarda borki; insonning umr daqiqalari insonga avdat etadilar. Yo g’aflat bilan muzlim o’laroq keladilar yoki hasanoti muzia bilan avdat etadilar."

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ko’ryapmizki: Sone'-i Hakimning, afrod va juz'iyotning tasvirida katta-katta tafannunlari bor. Ha, hayvonlarning juda katta va juda kichiklari bo’lgani kabi, qushlarda, baliqlarda, malaklarda va boshqa ajromda, olamlarda ham juda kichik va juda katta fardlari bordir. Janobi Haqning shu tafannunda ta'qib qilgan hikmati:

1- Tafakkur va irshod uchun bir lutf, bir tasxilotdir.

2- Qudrat maktublari o’qilib fahmlashda bir osonlikdir.

3- Qudratning kamolini izhor etishdir.

4- Jaloliy va jamoliy har ikki nav san'atni ibroz etishdir.

Shu bilan barobar, juda inja yozuvlarni hamma o’qiy olmaydi va juda katta narsalar ham nazari ihotaga olinolmaydi. Xullas, irshodni tasxil va ta'mim uchun bir qismini kichik harflar bilan, bir qismini ham katta harflar bilan yozish bilan irshodning iqtizosi ado etilgan.

Ammo shaytonning talabasi bo’lgan nafsi ammora, jismning kichikligini san'atning kichikligiga atf etish bilan, sabablardan sudurini tajviz etadi. Va juda katta jismlar ham hikmat bilan yaratilmagan iddi'osida bo’lib bir navi abasiyatga isnod etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Kerak bo’lsa judda, kerak bo’lsa rizqda ifrot darajasida to’kinlik bor. Bu esa, hikmatdan uzoq, abasiyatga yaqin ko’rinadi. Ha, agar yaratilgan narsa bir g’oya uchun yaratilayotgan bo’lsa, haqqing bor; ammo g’oyalar juda ko’p. Shunga binoan, bir g’oyaga nazaran abasiyat his qilinsa ham, g’oyalarning majmuiga nazaran ayni hikmat va ayni adolatdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning san'ati bilan Xoliqning san'ati orasidagi farq: Inson o’z san'atining orqasida ko’rinishi mumkin, ammo Xoliqning masnu'i orqasida yetmish ming parda bor. Faqat, Xoliqning butun masnu'oti daf'atan bir nazarda ko’rina olsa, qora pardalar o’rtadan ko’tariladi, nuroniylar qoladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hayvonotdan bo’lsin, nabototdan bo’lsin tavallud bilan tanosul shumuliga dohil bo’lgan har fard vajhi arzni istilo va tasallut etish niyatidadirki, arzni o’ziga va zurriyotiga xos va xolis bir masjid qilish bilan Fotiri Hakimning asmo-i husnasini izhor bilan Xoliqiga g’ayri mutanohiy bir ibodatda bo’lsin.

Ha, qushlarning, baliqlarning, chumolilarning tuxumlarida, ashjar va sabzavotning samarotida va u samarotning danaklaridagi ifrot darajasini topgan kasrat u vaziyatni tanvir etadi. Lekin olami shahodatning torligiga va mustaqbal ibodatlarning Allam-ul G’uyubning ilmida mavjud bo’lganiga binoan, niyatdan fe'lga hanuz chiqmagan ularning ibodatlari qabul qilingandir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Karim, ba'zan bir narsaning mutaaddid g’oyalaridan insonlarga oid bir g’oyani zikrga taxsis etadi. Bu ixtor uchun, inhisor uchun emas. Ya'ni, u narsaning g’oyalari zikr qilingan g’oyaga munxasir emas. Faqat u narsaning nizom va intizom va boshqa foydalariga insonning nazari diqqatini jalb qilish uchun insonlarga roji' u foydani zikr qiladi. Masalan:

وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ ٭ لِتَعْلَمُوا عَدَدَ السِّن۪ينَ وَالْحِسَابَ

oyati karima bilan zikr qilingan foyda, taqdiri qamarning minglab foydalaridan biridir. Bo’lmasa, taqdiri qamar bu foydaga munxasir emas. Ya'ni, qamar yolg’iz bu g’oya uchun emas. Bu g’oya uning g’oyalaridan biridir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqqa maxsus taqlidi mumkin bo’lmagan eng yaqqol tavhid sikka va muhrlaridan biri, g’ayri ma'dud muxtalif ashyoni oddiy bir narsadan yaratishdir. Ha, juda oddiy bo’lgan shu tuproqdan minglarcha anvo', muxtalif nabotot g’ayri mutanohiy bir qudrat bilan, bir ilm bilan, juda katta bir ittiqon, bir suhulat bilan yaratilyotgani tavhidning shunday bir burhonidirki; ham taqlidi, ham tanqidi imkon xorijidir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Hayoti insoniyaning vazoifidan biri ham o’z juz'iy sifatlarini, shuunotini Xoliqning kulliy sifatlarini, shuunotini fahm etish uchun bir miqyos qilishdir. Ammo, olami oxiratda hashrdagi shuunoti azimasini va qiyomatda amvotning ihyosi bilan ahvoli umumiyasini fahm etish uchun, faqat kuz mavsumining qiyomati bilan bahorlarning hashri, hashr va qiyomati kubroda Xoliqning shuunotiga miqyos bo’lishi mumkin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Musulmonlarni lahviyoti navmiya masobasida bo’lgan dunyo hayotiga da'vat qilish bilan, Janobi Haq halol qilgan toyyibot doirasidan harom qilgan xobisot mazbalasiga tashviq etgan odamning masali shunday bir sarxushga o’xshaydiki:

Parcha parcha qiladigan arslon bilan unsiyatli xonaki otni bir-biridan tafriq etolmaydi. Dor bilan gimnastika taxtasini bir-biridan ayirolmaydi. Qonli yarani qizil guldan tamyiz etolmagani holda, o’zini murshid deb bilib irshod va nasihatga o’tadi.

Asnoyi irshodda bir odamga uchraydi. Bechora odamning orqa tarafida qo’rqinchli bir arslon turgan. Qarshisida ham dor o’rnatilgani kabi, har ikki yonida ham dahshatli yaralar bor. U odamning qo’lida ikki dori bor. Va lisoni bilan qalbida ikki tilsim bor. Ularni iste'mol qilsa, shifoyob bo’ladi. Va u arslon otga inqilob etadi; buroq kabi ulovi bo’ladi. U dor ham; doimo tajaddud etayotgan ahvoli olamni, sayyol manzaralarni tomosha qilishga mador va vosita bo’ladi. Sarxush kimsa u bechoraga deydi: "Hoy nega u dorilarni, tilsimlarni saqlayapsan? Ularni ot, kayfingni sur."

U odam: "Yoq! Bu dorilar va tilsimlarning hifz va himoyasidaman. Ulardan olayotgan zavq, lazzat, quvonchlarim menga kifoya. Faqat u arslon kabi parcha-parcha qiladigan o’limni o’ldira olsang va dorni sindirish bilan qabr og’zini yopa olsang va hayotim ma'ruz qolgan fano va zavol yaralarini bir hayoti boqiyaga tabdil etish bilan tadoviy eta olsang, mayli, sen bilan barobar raqsga tushamiz. Bo’lmasa ko’z o’ngimdan daf bo’lib ket. Sen faqat o’zing kabi sarxushlarni ishontira olasan. Men sarxush emasman. Dunyoingizga, zavqingizga ehtiyojim yo’q. Chunki

حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ نِعْمَ الْمَوْلٰى وَنِعْمَ النَّص۪يرُ

menga yetar."

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Falsafa talabasi bilan madaniyat tilmizlari musulmonlarni ajnabiy odatlariga ittibo bilan shao'iri Islomiyani tark qilishga da'vat etganlarida, Qur'on Nurchilari shu tarzda mudofaa qilishdi: "Agar dunyodan zavol va o’limni va insondan ajz va faqrni olib tashlashga iqtidoringiz bo’lsa, mayli, dinni ham tark qiling, shao'irni ham olib tashlang. Bo’lmasa tilingizni kesing, gapirmang. Qarang, orqamizda panjalarini ochgan hujumga tayyor ajal arsloni tahdid etyapti. Agar iymon qulog’i bilan Qur'onning sadosini eshitadigan bo’lsang, u ajal arsloni bir buroq bo’ladi. Bizlarni rahmati Rahmonga ulashtiradi. Aks holda u ajal yirtqich bir hayvon kabi bizlarni parcha-parcha qiladi. Botil e'tiqodingiz kabi, abadiy bir firoq bilan jazolaydi. Va shuningdek, qarshimizda i'dom dorlari o’rnatilgan. Agar iymon, iqon bilan Qur'onning irshodini tinglasang, u dorlardan, safina-i Nuh kabi sohili salomatga, ya'ni olami oxiratga ulashtiruvchi bir safina qilinadi.

Va shuningdek, o’ng yonimizda faqr yarasi, chapda esa ajz, za'f jarihasi bor. Agar Qur'onning dorilari bilan tadoviy etsang, faqrimiz rahmati Rahmonning ziyofatiga shavqu ishtiyoqqa inqilob etadi. Ajz va za'fimiz ham Qodiri Mutlaqning dargohi izzatiga iltijo uchun bir da'vat tazkarasi kabi bo’ladi.

Va shuningdek, bizlar uzun bir safardamiz. Bu yerdan qabrga, qabrdan hashrga, hashrdan abad mamlakatiga ketish arafasidamiz. U yo’llarda zulumotni tarqatadigan bir nur va bir arzoq lozim. Ishongan aql va ilmimizdan umid yo’q. Faqat Qur'onning quyoshidan, Rahmonning xazinasidan tadorik etilishi mumkin. Agar bizlarni bu safardan qoldiradigan bir chorangiz bo’lsa, mayli. Bo’lmasa sukut eting, Qur'onni tinglaylik, qaraylik nimani amr qilyapti:

فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيٰوةُ الدُّنْيَا وَلَايَغُرَّنَّكُمْ بِاللّٰهِ الْغَرُورُ

Xulosa: Xushyor bo’lgan senga tobe bo’lmaydi. Faqat siyosat sharobi bilan yoki shuhrat hirsi bilan yoki riqqati jinsiya bilan yoki falsafaning zalolati bilan yoki madaniyatning safohati bilan sarxush bo’lganlar sening mashrab va maslagingga tobe bo’ladilar. Faqat insonning boshiga tushirilgan zarbalar va yuziga urilgan tarsakilar uning sarxushligini izola bilan xushiga keltiradi.

Va shuningdek, inson hayvon kabi yolg’iz zamoni hol bilan mubtalo va mashg’ul emas. Balki mustaqbalning qo’rquvi va moziyning huzun va g’ami bilan hozirgi zamon alamlariga ma'ruzdir. Faqat o’zini shaqiy, zoll, ahmoqlardan sanamagan odam Qur'onning shu bashoratini tinglasin:

اَلَٓا اِنَّ اَوْلِيَٓاءَ اللّٰهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ ٭ اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَكَانُوا يَتَّقُونَ ٭ لَهُمُ الْبُشْرٰى فِى الْحَيٰوةِ الدُّنْيَا وَفِى الْاٰخِرَةِ لَا تَبْد۪يلَ لِكَلِمَاتِ اللّٰهِ ذٰلِكَ هُوَ الْفَوْزُ الْعَظ۪يمُ

* * *

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَ التّ۪ينِ وَ الزَّيْتُونِ ٭ وَ طُورِ س۪ين۪ينَ

ila oxiri Sura...

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Har bir masnu'da tahaqquq etgan kamoli san'at, Sone'ning har makonda va har masnu'ning yonida ekaniga dalolat qilgani kabi; hech bir makonda va hech bir masnu'ning yonida emasligiga ham dalolat qiladi.

Va shuningdek, inson har bir narsaga muhtoj bo’lish jihati bilan hamma narsaning malakuti qo’lida va hamma narsaning xazinasi yonida bo’lgan Zoti Aqdasdan ma'ada hech kimga ibodat qilolmaydi.

Va shuningdek, inson vujud, ijod, xayr, af'ol jihati bilan juda kichik, noqis bo’lish bilan chumolidan, aridan adno, o’rgimchakdanda zaifdir. Faqat adam, taxrib, shar, infiol jihati bilan samovot, arz, jibaldanda kattadir. Masalan: Hasanot qilgan vaqti, habba habba qiladi. Sayyiot qilsa, qubba qubba qiladi. Ha, masalan kufr sayyiasi butun mavjudotni tahqir etadi, qiymatdan tushiradi.

Va shuningdek, insonning bir jihat bilan qil qadar bir ixtiyori, zarra qadar bir iqtidori, shua qadar bir hayoti, daqiqa qadar bir umri, juz'iy bir juz qadar mavjudiyati bo’lsa ham, boshqa jihatdan hadsiz bir ajz va faqri ham bor. Qodiri Mutlaq va G’aniyyi Mutlaqning tajalliyotiga keng bir ma'kas bo’ladi.

Va shuningdek, inson hayoti dunyoviya jihati bilan bir urug’ bo’lib, juda ulkan samara va nihollar berish uchun o’ziga tavdi' etilgan jihozotni, ba'zi moddalarni qo’lga kiritish uchun tovuq kabi tuproqlarni, go’nglarni, najaslarni titkilashga sarf etadi, foydasiz tafassuh etadi. Va hayoti ma'naviya jihati bilan umidlari abadga qadar uzangan bir shajara-i boqiyadir.

Va shuningdek, inson fe'l va sa'yi jihati bilan zaif bir hayvon bo’lib, doira-i sa'yi juda tordir. Infiol, istash, duo jihati bilan Rahmoni Rahimning aziz bir musofiridir. Doirasi xayol qadar kengdir.

Va shuningdek, inson hayoti hayvoniyadan olgan lazzati bir chumchuqning lazzati qadar emas. Chunki insonda huzun, g’am, qo’rquv bor, unda yo’q. Faqat jihozot, hissiyot, tuyg’ular, iste'dodlar e'tibori bilan hayvonlarning eng a'losidan ortiq lazzat oladi. Insonning shu vaziyatiga diqqat qilinsa, anglashiladiki: Bu qadar jihozot bu hayot uchun emas, balki bir hayoti boqiya uchun unga berilgan.

Va shuningdek, inson saltanati rububiyatning mahosiniga nazir va asmo-i qudsiyaning jilvalariga dallol va qalami qudrat bilan yozilgan maktuboti Ilohiyani mutolaa bilan mutafakkir bo’lish jihati bilan, ashrafi maxluqot va xalifa-i arz bo’lgan.

* * *

يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اَنْتُمُ الْفُقَرَٓاءُ اِلَى اللّٰهِ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insondagi qusur so’ngsiz bo’lgani kabi, ajz, faqr va ehtiyojiga ham chegara yo’q. Insonga tavdi' etilgan ochlik bilan ne'matlarning lazzatlari taboruz etgani kabi; insondagi qusur, kamoloti Subhoniya darajalariga bir mirsoddir. Insondagi faqr, g’ino-i rahmatning darajalariga bir miqyosdir. Insondagi ajz, qudrat va kibriyosiga bir mezondir. Insondagi tanavvu'i hojot, anvo'i niom va ehsonotiga bir zinapoyadir. Shunday ekan, fitratidan g’oya, ubudiyatdir. Ubudiyat esa, dargohi izzatiga qusurlarini "Astag’firulloh" va "Subhanalloh" bilan e'lon qilishdir.

* * *

اِنَّ الْاَبْرَارَ لَف۪ى نَع۪يمٍ ٭ وَاِنَّ الْفُجَّارَ لَف۪ى جَح۪يمٍ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Har bir inson uchun hayot safarida ikki yo’l bor. Bu ikki yo’lning uzun-qisqaligi birdir. Ammo birida ahli shuhud va ahli vuqufning shahodat va tasdiqlari bilan o’ndan to’qqiz manfaat ehtimoli bor. Ikkinchi yo’lda masala ma'kusadir. O’ndan to’qqiz zarar ehtimoli bor. Ikkinchi yo’l bilan borganning na quroli bor, na zahirasi. Tabiiyki, yo’lda juda ko’p qo’rquvlarga ma'ruz qolishi kabi, ehtiyojlarini daf qilish uchun ko’plarga minnat ostida qoladi. Ammo birinchi yo’lda suluk etganning ham quroli, ham arzoqi barobardir. Juda erkin boradi. Birinchi yo’l Qur'on yo’lidir, ikkinchi yo’l esa zalolat yo’lidir.

Ha, ahli shuhudning, ahli vuqufning tasdiq va shahodatlari bilan sobitki, iymon quvvati bilan yurgan amnu amon ichidadir. Va oxirida markazi hukumatga yetishganida, o’ndan to’qqizi ulkan mukofotlarga mazhar bo’ladilar. Faqat, zalolat zulumoti ichida yurganlar asnoyi safarda qo’rquvdan, ochlikdan hamma narsaga va harkasga tazallul etgandan so’ng, mahalli hukumatga vosil bo’lganida, o’ndan to’qqizi yo i'dom yoki abadiy hibsga mahkum bo’ladilar. Shunga binoan, aqli bo’lgan zararli bir narsani dunyoviy, adno bir hiffat uchun tarjih etmaydi.

Ahli shuhud deganimizdan maqsad, avliyoullohdir. Zero valoyat sohibi avom e'tiqod etgan narsalarni ko’z bilan mushohada etadi. Qur'on yo’li bilan ketganlarning qurol va zahiralari esa; Qodiri Mutlaqqa, G’aniyyi Karimga bo’lgan tavakkal ularni ta'min qiladi. Zero tavakkal istinod va istimdod nuqtalarini tazammun etadi. Bu nuqtalar ham kalima-i tavhidni istilzom etadi. Kalima-i tavhid ham namozni iqtizo etadi. Namoz ham ubudiyatning asos bir ruknidir. Ubudiyatni amr qilgan taklifdir. Mukallafiyatini ifo etganning, mukallafiyat muddaticha, mukallafiyati askariya kabi ovqatlari, liboslari va boshqa hayot lozimalari xazina-i Rahmondan beriladi. Mukallafiyati askariya ikki yarim yildir. Ammo mukallafiyati ubudiyat muddati umrdir.

* * *

وَمَا هٰذِهِ الْحَيٰوةُ الدُّنْيَٓا اِلَّا لَهْوٌ وَلَعِبٌ وَاِنَّ الدَّارَ الْاٰخِرَةَ لَهِىَ الْحَيَوَانُ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson bir yo’lovchidir. Bolalikdan yoshlikka, yoshlikdan keksalikka, keksalikdan qabrga, qabrdan hashrga, hashrdan abadga qadar yo’lovchiligi davom qiladi. Har ikki hayotning lavozimoti Malik-ul Mulk tarafidan berilgan. Faqat u lavozimotni, johilligi sababli tamoman bu hayoti foniyaga sarf qiladi. Holbuki, u lavozimotdan loaqal o’ndan birni dunyoviy hayotga, to’qqizni hayoti boqiyaga sarf etish kerak. Ajabo, bir necha mamlakatni kezish uchun hukumatdan yigirma to’rt lira xarjiroh olgan bir ma'mur, ilk dohil bo’lgan mamlakatida yigirma uch lirani sarf etsa, boshqa yerlarda nima qiladi? Hukumatga nima deb javob neradi? Shunday qilgan o’ziga aqlli deyishi mumkinmi? Shunga binoan, Janobi Haq har ikki hayot lavozimotini qo’lga kiritish uchun yigirma to’rt soatlik bir vaqt bergan. Ko’pini ozga, ozini ko’pga berish surati bilan, yigirma uch soat qisqa va foniy bo’lgan dunyo hayotiga, hech bo’lmasa bir soatni ham besh namozga va boqiy va so’ngsiz uxroviy hayotga sarf qilish lozimki, dunyoda poshsho, oxiratda gado bo’lmasin!

I'lam Ayyuhal-Aziz!

G’ofil bo’lgan inson o’z vazifasini tark qiladi, Allohning vazifasi bilan mashg’ul bo’ladi. Ha, inson g’aflat sababli iqtidori dohilida oson bo’lgan ubudiyat vazifasining tarki bilan, zaif qalbi bilan rububiyat vazifa-i saqilasining ostiga kiradi, ostida eziladi. Va ayni zamonda butun istirohatini yo’qotish bilan osiy, shaqiy, xoin odamlarning jamoasiga dohil bo’ladi.

Ha, inson bir askardir. Askarlik vazifasi boshqa, hukumatning vazifasi boshqadir. Askarlik vazifasi ta'lim, jihod kabi din va vatanni himoya qiladigan ishlardir. Hukumatning vazifasi esa, arzoqini, libosini, qurolini berishdir. Shunga binoan, arzoqini ta'min uchun askarlikka oid vazifasini tark qilib tijorat bilan -masalan- ishtig’ol etgan bir askar, shaqiy va xoin bo’ladi. Bu e'tibor bilan insonning Allohga qarshi ubudiyat, vazifasidir. Tarki kaboir, taqvosidir. Nafs va shayton bilan kurashishi, jihodidir.

Ammo kerak bo’lsa nafsiga, kerak bo’lsa avlod va taalluqotiga hayot malzamasini tadorik etish, Allohning vazifasidir. Ha, modomiki hayotni bergan udir. U hayotni asraydigan lavozimotni ham u beradi. Yolg’iz, hukumat askar uchun omborlarda jam qilgan arzoqni askarlarga tashittirgani, tozalattirgani, ta'lim berdirgani, pishirtirgani kabi, Janobi Haq ham hayot uchun lozim bo’lgan lavozimotni kura-i arz omborida yaratib jam qilgandan so’ng, u arzoqning to’planishini va boshqa ahvolini insonga qildiradiki, insonga bir mashg’uliyat, bir ermak bo’lsin va atolat, batolat azobidan qutulsin.

Ey inson! Rahmi modarda ekan, bola ekan, ixtiyor va iqtidordan mahrum bir vaziyatda ekan, seni juda laziz rizqlar bilan parvarish qilgan Alloh, sen hayotda qolgan mudatcha u rizqni beradi. Qarasangchi! Har bahor mavsumida sathi arzda yaratilgan anvo'i arzoqni kim yaratyapti va kimlar uchun yaratyapti? Sening o’gzingga keltirib solmaydiku! Hoy, ko’ngilxushliklarga, bog’larga ketib shoxlarda osilib turgan u kular yuzli laziz mevalarni uzib yeyish qiyinmi? Alloh insof bersin!

Xulosa: Allohni ittihom etish bilan ishingni tark qilib Allohning ishiga qo’shilmaginki, nonko’r osiylar daftariga qayd bo’lasan.

* * *

اُدْعُون۪ٓى اَسْتَجِبْ لَكُمْ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ba'zi duolar ijobatga iqtiron etmaydi, deya da'vo qilma. Chunki duo bir ibodatdir. Ibodatning samarasi oxiratda ko’rinadi. Dunyoviy maqsadlar esa, namoz vaqtlari kabi, duolar ibodati uchun bittadan vaqtlardir. Duolarning samarasi emaslar. Masalan: Shamsning tutilishi kusuf namoziga, yomg’irsizlik yomg’iz namoziga bittadan vaqtdir.

Va shuningdek, zolimlarning tasalluti va balolarning nuzuli ba'zi xususiy duolar vaqtidir. Bu vaqtlar davom etgunicha, u namozlar, u duolar qilinadi. Agar bu vaqtlarda dunyoviy maqsadlar hosil bo’lsa, zotan nurun ala nur. Bo’lmasa, ijobat duoga iqtiron etmadi deyolmaysan. Faqat, hanuz vaqt inqizo etmagan, duoni davom qilish lozim, deya olasan. Chunki u maqsadlar duolarning muqaddimasidir, natijasi emas. Janobi Haqning duolarning ijobatiga va'da qilishi esa, ijobat ayni qabul emas. Ya'ni, ijobat qabulni istilzom etmaydi. Duoga har holda javob beriladi. Javobsiz qoldirilmaydi. Matlubga bo’lgan is'af esa, Mujibning hikmatiga tobedir. Masalan: Shifokorni chaqirgan vaqting, har holda: "Nima istaysan" deya javob beradi. Faqat: "Bu oqvatni yoki bu dorini menga ber" degan vaqting, ba'zan beradi, ba'zan xastaligingga, mizojingga to’gri kelmagani uchun bermaydi.

Adami qabul sabablaridan biri ham, duoni ibodat qasdi bilan qilmasdan, matlubning tahsiliga taxsis etganidan, aks-ul amal bo’ladi. U duo ibodatida ixlos sinadi, maqbul bo’lmaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inqiloblar natijasida, har ikki taraf orasida juda keng daralar hosil bo’ladi. U daralar ustida har ikki olam bilan munosabatdor ko’priklar lozimdirki, har ikki olam orasida borib-kelish bo’lsin. Lekin u ko’priklarning inqilobot jinslariga ko’ra shakllari, mohiyatlari mutabayin; ismlari mutanavvi' bo’ladi. Masalan, uyqu olami yaqazo bilan olami misol orasida bir ko’prikdir. Barzoh, dunyo bilan oxirat orasida boshqa bir ko’prikdir. Va misol, olami jismoniy bilan olami ruhoniy orasida bir ko’prikdir. Bahor, qish bilan yoz orasida boshqa bir navi ko’prikdir. Qiyomatda esa, inqilob bir emas. Juda ko’p va buyuk inqiloblar bo’lishidan, ko’prigi ham juda g’arib, ajib bo’lishi lozim bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning ba'dal mavt Xoliqi Rahmon va Rahimga ruju'i haqida e'lonot qilgan shu

وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ٭ وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ ٭ وَ اِلَيْهِ مَاٰبِ

kabi oyatlarda buyuk bir bashorat va tasalli bo’lgani kabi, ahli isyonga ham buyuk tahdidlarga imo bor.

Ha, bu oyatlarning sarohatiga ko’ra: O’lim; zavol, firoq, adam eshigi va zulumot qudug’i bo’lmasdan; faqat Sultoni Azal va Abadning huzuriga kirish uchun bir madxaldir. Bu bashoratning ishorati bilan qalb adami mutlaq qo’rquvidan, alamidan qutuladi. Ha, kufr tazammun etgan jahannami ma'naviyaga qara!

اَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْد۪ى ب۪ى

Hadisi Qudsiysi sirricha, Janobi Haq kofirning zon va e'tiqodini doimiy bir azobi aliymga aylantiradi. So’ngra, iymon va yaqiyn bilan, Janobi Haqning liqosidan so’ngra, rizosidan so’ngra, ru'yatidan so’ngra mo’'minlar uchun hosil bo’lgan lazzatlarning darajalariga qara! Hatto jahannami jismoniy, orif bo’lgan mo’'min uchun, osiya kofirning jahannami ma'naviysiga nisbatan jannat kabidir.

Birodar! Olami baqoga dalolat qilgan barohindan ma'ada, orqasida saflar tashkil qilib duolariga bir og’izdan "Omin! Omin!" aytgan anbiyo, avliyo, siddiqiyn imomlari, Mahbubi Azaliyning Habibi Akrami Muhammad Alayhissalotu Vassalamning tazarruoti, duolari, olami baqoda insonning baqosiga juda buyuk burhon va kifoya bir vasiladir. Chunki; koinotni boshdan oyoq istilo qilgan shu husnlar, go’zalliklar, jamollar, kamollar; u Habibning tazarruotini eshitmaslik yoki qabul qilmaslik qadar xunuk, qobih, qusur, naqs sanaladigan bir narsaga muso'ada etadimi? Janobi Haq butun naqoisdan, xunuk narsalardan munazzah, mubarro emasmi? Albatta munazzahdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haq bergan ne'matlarni aytib e'lon va tahdisi ne'mat etish, ba'zan g’ururga va kibrga injiror etadi. Tavozu qasdi bilan ham u ne'matlarni yashirish yaxshi emasdir. Shunga binoan, ifrot va tafritdan qutulish uchun istiqomat mezoniga murojaat qilish kerak. Shundayki:

Har bir ne'matning ikki vajhi bor. Bir vajhi insonga oiddirki, insonni tazyin etadi, madori lazzati bo’ladi. Xalq ichida tamoyuzga sabab bo’ladi. Mujibi faxr bo’ladi, sarxush bo’ladi. Moliki Haqiqiyni unutadi. Eng oxiri kibr va g’urur qudug’iga tushiradi.

Ikkinchi vajhi esa, in'om qilganga qaraydiki, karamini izhor, daraja-i rahmatini e'lon, in'omini ifsho, asmosiga shahodat qiladi. Shunga binoan, tavozu faqat birinchi vajh bilan tavozu bo’lishi mumkin. Bo’lmasa kufronni tazammun etgan bo’ladi. Tahdisi ne'mat ham, ikkinchi vajh bilan ma'naviy bir shukr bo’lish bilan mamduh bo’ladi. Bo’lmasa kibr va g’ururni tazammun etganidan mazmumdir. Tavozu bilan tahdisi ne'matning shunday bir ijtimo'lari bor:

Bir odam hadya o’laroq bir palto birisiga beradi. Paltoni kiygan odamga boshqa bir odam "Naqadar go’zal bo’lding." deganida, "Go’zallik paltoniki." desa, tavozu bilan tahdisi ne'matni jam qilgan bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ujrat olingan zamon yoki mukofot tavzi' etilgan vaqt, raqobat, qizg’anchilik mikrobi o’ynashni boshlaydi. Faqat ish zamonida, xizmat vaqtida u mikrobning xabari bo’lmaydi. Hatto tanbal bo’lgan odam mehnatkashni sevadi. Zaif bo’lgan qoviyni taqdir va tahsin etadi. Faqat ishlashini istaydiki, ish yengil bo’lsin, zahmatdan qutulsin.

Dunyo ham umuri diniyaga va a'moli oxiratga ish va xizmat uchun qurilgan bir fabrika bo’lishi jihati bilan va u fabrika ichida ishlangan va qilingan ibodatlarning samarasi narigi olamda ko’ringaniga nazaran, ibodatlarda raqobat qilinmasligi kerak. Bo’lgan taqdirda ixlosi yo’qoladi. Va u raqobatni qilgan, xalqning taqdir va tahsinlari kabi dunyoviy bir mukofotni o’ylaydi. Bechora o’ylamaydiki, u tushuncha bilan amalini adami ixlos bilan yo’q qiladi. Chunki savob i'tosida va ujrat olganida, nosni Robbi Nosga sherik qiladi va xalqning nafratlariga nishon bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Karomat bilan istidroj ma'nan bir-biriga mubayindir. Zero karomat, mo’'jiza kabi Allohning fe'lidir. Va u karomat sohibi ham karomatning Allohdan bo’lganini biladi va Allohning o’ziga homiy va roqib bo’lganini ham biladi. Tavakkal va yaqiyni ham ziyodalashadi. Lekin ba'zan Allohning izni bilan karomatlariga shuuri bo’ladi, ba'zan bo’lmaydi. Avlo va aslami ham bu qismdir.

Istidroj esa, g’aflat ichida ekan, ashyoyi g’aybiyaning inkishofidan va g’arib fe'llarni izhor etishdan iboratdir. Faqat bu istidroj sohibi, nafsiga istinod va iqtidoriga isnod etish bilan anoniyati, g’ururi shunday ziyodalashadiki

اِنَّمَٓا اُوت۪يتُهُ عَلٰى عِلْمٍ

o’qishni boshlaydi. Lekin u inkishof, tasfiya-i nafs va tanavvuri qalb natijasi bo’lgan taqdirda, ahli istidroj bilan ahli karomat orasida tabaqa-i ulada farq yo’qdir. Tom ma'noda fanoga mazhar bo’lganlar esa, ularga ham Allohning izni bilan ashyoyi g’aybiya inkishof etadi. Va ular ham u ashyoni fano filloh bo’lgan hislari bilan ko’radilar. Buning istidrojdan farqi juda zohirdir. Zero zohirga chiqqan botinlarining nuroniyati muroilarning zulumoti bilan iltibos bo’lmaydi.

* * *

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tasbehot, ibodot g’ayri mahdud anvo'lari bilan hamma narsada bor. Faqat, hamma narsaning o’z tasbehot va ibodatini butun vajhlarini doimo bilib tushunilishi lozim emas. Chunki husul huzurni istilzom etmaydi. Tasbeh va ibodat qilganlar, yolg’iz qilgan amallarining maxsus bir tasbeh yoki sifati ma'lum bir ibodat bo’lganini bilsalar kifoya. Zotan Ma'budi Mutlaqning ilmi kifoyadir. Insondan ma'ada maxluqotda taklif bo’lmaganidan, ularga niyat lozim emas. Va shuningdek, amallarining sifatini bilish ham lozim emas.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insoni mo’'minning qiymati, ixtivo etgan san'ati oliya bilan asmo-i husnadan in'ikos etgan jilvalarning naqshlari nisbatidadir. Insoni kofirning qiymati esa, go’sht, suyakdan iborat foniy va saqit moddasining qiymati bilan o’lchanadi. Shuning kabi, bu olam ham, agar Qur'on ta'rif qilgani kabi ma'no-i harfiy bilan, ya'ni Janobi Haqning azamatiga bir vosita nazari bilan qaralsa, u nisbatda qiymatli bo’ladi. Agar falsafaning degani kabi, ma'no-i ismiy bilan, ya'ni hech bir foil, Xoliqqa bog’liq bo’lmasdan mustaqilli bizzot nazari bilan qaralsa, qiymati jomid, mutag’ayyir moddasida munxasir qoladi. Qur'ondan istifoda etilgan ilmning falsafa ilmidan qay daraja yuksak bo’lgani shu misol bilan taboruz etadi:

وَجَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًا

Bu hukmi Qur'oniy asmo-i husnaning jilvalariga qarash uchun bir deraza ochadi. Shundayki:

Ey inson! Bu shams, azamati bilan barobar sizga musahhardir. Maskanlaringizga nur beradi. Ovqatlaringizni harorati bilan pishiradi. Sizning shunday Azim, Rahim bir Molikingiz borki, bu shams uning bir chirog’i bo’lib, musofirxonasida sokin musofirlarini ziyolantiradi.

Falsafaning hikmati bo’yicha, shams ulkan bir otash bo’lib, joyida aylanadi. Arz bilan sayyorot undan uchgan parchalardir. Joziba bilan shamsga marbut qolib madorlarida harakat qiladilar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Insonning Janobi Haqdan hech bir haqni talab qilishga haqqi yo’q. Aksincha doimo unga shukr qilishga madyundir. Chunki mulk unikidir. Inson esa uning mamlukidir.

* * *

MO’'JIZA-I KUBRODAN BIR NECHA QATRANI TAZAMMUN ETGAN O’N TO’RTINCHI RASHHA

BIRINCHI QATRA:

Nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) isbot etgan dalillar na ta'dad va na tahdid etiladi. Ahli tahqiq va yuksak insonlar fikricha, bayonlari haqida qilingan tasniflar juda ko’p. Ajz va qusurim bilan "Shuoot" nomli asarimda u shamsning ba'zi shualari bayon qilingani kabi, "Lamaat" nomli ikkinchi bir asarimda Qur'onning i'joz darajalari qirqqa iblog’ etilgan. Va u vujuhi i'jozdan balog’ati nazmiyaga oid bir vajh ham "Ishorot-ul I'joz" nomli asarimda bayon qilingan. Ishtahasi borlarga u uch kitobni tavsiya qilaman.

IKKINCHI QATRA:

O’tgan darslardan anglashilgani kabi, Xoliqi arz va samovotning, navi basharning isloh va tarbiyasi uchun inzol etgan Qur'onining juda ko’p vazifa va maqomlari bor.

Ha, Qur'on koinotning bir tarjima-i azaliyasidir. Va koinot o’z lisonlari bilan o’qigan oyoti takviniyaning tarjimonidir. Va shu kitobi olamning tafsiri bo’lgani kabi; arz, samovot sahifalarida mustatir asmo-i husnaning dafinalarini kashshofdir. Va shu olami shahodatga olami g’aybdan bir lisondir. Va olami Islomning quyoshi bo’lgani kabi, olami oxiratning ham xaritasidir. Va Janobi Haqning zotiga, sifotiga, asmosiga, shuunotiga bir burhon va bir tarjimondir. Va shuningdek, navi basharning shariat kitobi, hikmat kitobi, duo kitobi, da'vat kitobi, ibodat kitobi, amr kitobi, zikr kitobi, fikr kitobi bo’lish bilan, zohiran bir kitob shaklida bo’lsa ham, ixtivo etgan funun va ulum jihati bilan minglarcha kitob hukmidadir.

UCHINCHI QATRA:

Takroroti Qur'oniyadagi i'jozning bir lam'asini bayon zimnida "Olti Nuqta"dan iboratdir.

Birinchi Nuqta:

Qur'on bir zikr kitobi, bir duo kitobi, bir da'vat kitobi bo’lganiga nazaran, suralarida vuqu' topgan takror, balog’at jihatidan ayni isobat va ayni hikmatdir. Chunki zikr va duodan maqsad savobdir va marhamati Ilohiyani jalb qilishdir. Ma'lumdirki, bu kabi xususlarda ortig’i bilan takror lozimki, o’sha nisbatda savob qozonilsin va marhamat jalb qilinsin. Hamda zikrning takrori qalbni tanvir etadi. Duoning takrori bir taqrirdir. Da'vat ham, takrori nisbatida ta'siri, ta'kidi bor.

Ikkinchi Nuqta:

Qur'on butun basharning tabaqotiga xitob va davo bo’lgani uchun, zakiy-g’obiy, toqiy-shaqiy, zohid-g’ayri zohid, butun inson tabaqalari shu xitobi Ilohiyaga mazhar va bu ajzaxona-i Rahmoniyadan dori olishga haqlari bor. Holbuki Qur'onni tamoman va doimo o’qish hammaga muyassar bo’lmaydi. Shuning uchun, luzumli bo’lgan maqsadlar, hujjatlar xususan uzun suralarda takror qilinganki, har bir sura deyarli bir kichik Qur'on hukmida bo’lsinki, hamma suhulat bilan istagan vaqti istagan surasini o’qish bilan to’liq Qur'onning savobini qozona olsin. Ha,

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا الْقُرْاٰنَ لِلذِّكْرِ

bo’lgan oyati karima bu haqiqatni isbot qiladi.

Uchinchi Nuqta:

Jismoniy ehtiyojlar vaqtlarning ixtiloflari bilan tabaddul etadi. Kamayadi va ko’payadi. Masalan: Havoga bo’lgan ehtiyoj har on bor. Suvga bo’lgan ehtiyoj me'daning harorati zamonlarida bo’ladi. G’idoga bo’lgan hojat har kuni bo’ladi. Ziyoga bo’lgan ehtiyoj, asosan haftada bir dafa lozim. Va hokazo...

Shuning kabi, ma'naviy ehtiyojlar ham vaqtlari muxtalif va mutafovitdir. Har on "Alloh" kalimasiga ehtiyoj bor. Har vaqt "Basmala"ga, har soat "La ilaha illalloh"ga ehtiyoj bor. Va hokazo...

Shunga binoan; oyatlarning, kalimalarning takrori ehtiyojlarning takroridan kelib chiqadi. Va shuningdek, u kabi hukmlarga bo’lgan ehtiyojning shiddatiga ishoratdir.

To’qtinchi Nuqta:

Bilasizki; Qur'on bu metin dini azimning asosotini va Islomiyatning arkonini ta'sis etgani kabi, ijtimooti bashariyani tabdil etgan bir kitobdir. Ma'lumdirki: Muassis bo’lgan zot joriy qilgan asoslarni go’zal tarzda joylashtirish uchun takrorlarga ko’p ehtiyoji bo’ladi. Ha, takror qilingan narsa sobit qoladi, taqarrur etadi, unutilmaydi.

Va shuningdek, Qur'on basharning muxtalif tabaqalaridan qoliy yoki holiy so’ralgan savollarga lozim bo’lgan javoblarni bergan umumiy bir murshidi mujibdir. Ma'lumki, savol takarrur etsa, javob ham takarrur etadi.

Beshinchi Nuqta:

Bilasizki, Qur'on juda buyuk masalalardan bahs qiladi. Va qalblarni iymon va tasdiqqa da'vat qiladi. Va juda inja haqiqatlardan bahs ochadi. Aqllarni; ma'rifatga, diqqatga tahrik etadi. Shunga binoan, u masoilning, u inja haqoiqning qalblarda, afkorda tasbit va taqriri uchun suvari muxtalifada turli-tuman uslublar bilan takrorga ehtoyoj bor.

Oltinchi Nuqta:

Bilasizki, har oyat uchun bir zohir bor, bir botin bor; bir had bor, bir muttola' bor. Va har bir qissa uchun ko’p vajhlar, hukmlar, foydalar, maqsadlar bor. Shunga binoan, muayyan bir oyat har yerda boshqa munosib bir vajh uchun, bir foyda uchun zikr qilinishi mumkin. Bu e'tibor bilan, zohiran takror ko’rinsa ham, haqiqatda takror emas.

TO’RTINCHI QATRA:

Qur'on falsafiy masoili kavniyaning bir qismida ihmol bilan, bir qismida ibhom bilan, narigi qismida ijmol bilan ishorat etgan daraja-i i'jozni "Olti Nukta" zimnida izoh qilamiz.

Birinchi Nukta:

S: Nima uchun Qur'on ham hikmat va falsafa kabi koinotdan bahs qilmaydi?

J: Falsafa haqiqatdan u'dul etgan, koinotga ma'no-i ismiy bilan qarab, koinotni koinot hisobiga istihdom etadi. Qur'on esa, Haqdan haq bilan nozil bo’lgan, haqiqatga boradi. Mavjudotga ma'no-i harfiy bilan qarab Xoliqining hisobiga istihdom etadi.

S: Ulviy va sufliy ajromning mohiyatlari, shakllari, harakatlari haqida fan bergan bayonot kabi bayon lozim ekan, mubham qoldirilgan?

J: Bu kabi masalalarda ko’proq ibhom muhimdir. Va ijmol ko’proq jamil va go’zaldir. Chunki Qur'on istidrodiy va taba'i bo’lib, Janobi Haqning zotiga, sifatiga istidlol uchun koinotdan bahs qiladi. Istidlolning birinchi sharti, dalilning natijadan yanada zohir va ma'lum bo’lishi lozim. Agar fanchilarning ishtahasi kabi "Shamsning sukuniga, arzning harakatiga qarash bilan Allohning azamatini anglangiz." desaydi, dalil mudda'odan yanada xofiy bo’lardi. Va insonlarning aksarisi, aksar zamonlarda fahm etolmaganlaridan, inkorga zahob etishar edi. Holbuki, irshod va hidoyat zamonlarida jumhurning daraja-i fahmlari nazarga olinib, unga ko’ra so’z so’ylash ijob etadi. Shu bilan barobar, aksariyatga qilingan muro'atdan, aqolliyatda qolganning mahrumiyati nash'at etmaydi. Chunki ular ham istifoda etadilar. Ammo masala ma'kusa bo’lsa, aksariyat mahrum qoladi, istifoda etolmaydi. Chunki fahmlari qisqadir.

Va soniyan: Balog’ati irshodiyaning sha'nidanki, avomning nazariga, ommaning hissiga, jumhurning fahmiga ko’ra harakat qilinsinki; nazarlarni tavahhush, fikrlarni qabuldan imtino' etmasin. Shunga binoan, jumhurga bo’lgan xitobning eng balig’i zohir, basit, sahl bo’lishidirki, ojiz bo’lishmasin. Muxtasar bo’lsinki, malul bo’lishmasin. Mujmal bo’lsinki, luzumli bo’lmagan tafsildan nafrat etishmasin.

Va solisan: Qur'on mavjudotning ahvolidan faqat Xoliqlari uchun bahs qiladi. Mavjudotning zotlariga oid emas. Bu e'tibor bilan, Qur'on e'tiboridan eng muhim, koinotning Xoliqqa nazir bo’lgan ahvolidir. Fan esa, Xoliqni ishga qo’shmaydi. Koinotning ahvolidan bizotiha bahs qiladi. Va shuningdek, Qur'on butun insonlarga xitob qiladi. Va aksariyatning fahmini muro'at qiladiki, tahqiqiy bir ma'rifat sohibi bo’lishsin. Fan esa, yolg’iz fanchilar bilan gaplashadi. Avomni nazarga olmaydi. Avom taqlidda qoladi. Bu e'tibor bilan, fanning tafsilotini ihmol yoki ibhom, ommaning foydasi va umumning manfaatiga nazaran, ayni isobat va ayni hikmatdir.

Va robian: Qur'on butun zamonlarni tanvir va butun insonlarni irshod etgan bir kitobdir. Bu e'tibor bilan irshodning balog’ati ijobiga ko’ra aksariyatni, nazarlarida badihiy bo’lgan masalalarga qarshi muqobalaga, mug’olataga iqo' va ijbor etmaslik lozim. Va ularning fikricha maxsus, mashhud, ma'ruf bo’lgan bir narsani luzumsiz yerda tag’yir etmaslik lozim. Va shuningdek, vazifa-i asliya jihatidan aksariyatga lozim bo’lmagan narsaning ihmol yoki ijmoli lozimdir. Masalan, shamsning zotidan, mohiyatidan bahs qilish emas. Faqat, olamni tanvir etish bilan, xilqatning nizom markazi va olamga o’q bo’lishi kabi horiqo narsalarni ixtivo etgan vazifasidan bahs etish bilan, Xoliqning azamati qudratini afkori ommaga ibroz etishdir.

Ikkinchi Nukta:

وَجَعَلْنَا الشَّمْسَ سِرَاجًا

S: Nima uchun shams "siroj" bilan tavsif etilgan. Holbuki ahli fan fikricha, shams arzga tobe emaski, unga siroj bo’lsin. Balki arz bilan sayyorot o’ziga tobe bo’lgan bir markazdir?

J: "Siroj" ta'biri shunday bir tasvirga ishoratdirki: Olam bir saroy kabidir. Mavjudoti u saroyning mushtamiloti, tazyinoti maqomida bo’lgani kabi, shams ham u saroy xalqini tanvir etgan Ilohiy bir shamchiroqdir. Va shuningdek, "siroj" ta'biri Janobi Haqning rububiyatidan tug’ilgan vus'ati rahmatiga va u rahmat ichida daraja-i in'om va ehsoniga bir ixtor va azamati saltanati ichida vahdoniyatiga bir e'lon bo’lib, mushriklar ma'bud ittihoz etgan ulkan shams, olam saroyida shamchiroq vazifasi bilan muvazzaf musahhar bir ma'mur va bir xizmatkordir. Ma'lumki, chiroq xizmatini bajargan jomid bir narsaning ibodatga, ya'ni ma'bud bo’lishga hech layoqati bormi?

Uchinchi Nukta:

Qur'on ta'qib etgan maqosidi asosiya va anosiri asliya: Ubudiyat bilan tavhid, risolat, hashr, adolat bo’lib to’rttadir. Boshqa bahs qilgan masalalari faqat bu maqsadlarga vasilalardir. Bu e'tibor bilan vasilalarda qilinadigan tafsilot ul bobdagi qavoidga muxolifdir. Chunki moloyani bilan ishtig’ol maqsadni ortda qoldiradi. Shuning uchun, ba'zi masoili kavniyada Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon ihmol yoki ibhom yoki ijmol etgan. Va shuningdek, Qur'onning muxotoblaridan qismi aksari avomdir. Avom sinfining haqoiqi Ilohiyaning inja va mushkul qismiga fahmlari qodir emas. Faqat tamsil va ijmollar bilan fahmlariga yaqinlashtirish lozim. Shuning uchun, Qur'on kasrat bilan tamsillarni zikr qiladi. Va istiqbolda kashf qilinadigan ba'zi masoilda ham ijmol qiladi.

To’rtinchi Nukta:

Bu Nukta mutarjim tarafidan tashlab o’tilgan.

Beshinchi Nukta:

Muallifi muhtarami tarafidan tashlab o’tilgan.

OLTINCHI QATRA:

Qur'on boshqa kalomlar bilan muqoyasa qilinmaydi. Oralarida munosabat yo’q. Ha, kalomning ulviyatiga, quvvatiga, husniga, jamoliga quvvat bergan mutakallim, muxotob, maqsad, maqom bo’lib to’rt narsadir. Adiblar o’ylaganlari kabi yolg’iz maqom emas. Demak, bir kalomning daraja-i quvvatini anglashni istagan vaqting; foiliga, muxotobiga, g’oyasiga, mavzusiga qara. Bularning darajalari nisbatida kalomning darajasi anglashiladi.

Ha, masalan: U kalom amr yoki nahiy bo’lsa, iroda va qudratni tazammun etganidan darajasiga ko’ra tazo'uf etadi. Masalan: Qur'onning

يَٓا اَرْضُ ابْلَع۪ى مَٓاءَكِ وَيَا سَمَٓاءُ اَقْلِع۪ى

oyati bilan, samo va arzga bergan amr tazammun etgan yuksak va qat'iy iroda va qudrat bilan darhol samoiy sahab chekinadi, arz ham suvini yutadi. Va shuningdek, arz va samoga

اِئْتِيَا طَوْعًا اَوْ كَرْهًا

oyati bilan berilgan amrni itoat bilan qabul qilishlaridan, u amrdagi iroda va qudratning daraja-i quvvati va bilvosita kalomning daraja-i ulviyati taboruz etadi. Faqat, insonlarning jomidotga bergan amrlari, mutakallimlardagi iroda va qudratning za'fiyati nisbatida ruhsiz, xayoliy safsatalardan farqlari yo’q.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqning "A'lam, Akbar, Arham, Ahsan" kabi asmo va sifot va af'olida ishlatilgan ismi tafzil tavhidga naqs emas. Chunki maqsad, bizzot va haqiqiy bir mavsufni g’ayri haqiqiy yoki aqliy bir imkon bilan yoki vahmiy bir mavsuf bilan tafzil etishdir.

Va shuningdek, izzati Ilohiyaga ham munofiy emas. Chunki maqsad, sifat va ahvoli Ilohiya bilan maxluqotning sifat va af'oli orasida bir muvozana qilish emas. Ya'ni, ikkisini bir saviyada tutgandan so’ng, buni unga tafzil etish emas, sifati Ilohiyaga bir naqs bo’lsin.

Ha, masnu'otdagi kamolot, Janobi Haqning kamolidan in'ikos etgan bir soya ekaniga nazaran, masnu'ot sifoti Ilohiya bilan muvozana haqqiga molik emas.

* * *

SHU'LA

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Butun asmo-i husna ifoda etgan ma'nolar bilan butun sifoti kamoliyaga Lafza-i Jalol bo’lgan "Alloh" bil-iltizom dalolat etadi. Boshqa ismi xoslar yolg’iz musammolariga dalolat qiladi. Sifatlarga dalolatlari yo’q. Chunki sifatlar, musammolariga juz bo’lmagani kabi, oralarida luzumi bayyin ham yo’q. Bu e'tibor bilan na tazammunan va na iltizoman sifatlarga dalolatlari yo’q. Ammo Lafza-i Jalol bil-mutobaqot Zoti Aqdasga dalolat etadi. Zoti Aqdas bilan sifoti kamoliya orasida luzumi bayyin bo’lganidan, sifatlarga ham bil-iltizom dalolat etadi. Va shuningdek, uluhiyat unvoni sifoti kamoliyani istilzom etishi, ismi xos bo’lgan "Alloh"ning ham u sifatni istilzom etganini istilzom etadi. Va shuningdek, "Alloh" kalimasi ham inkordan so’ngra sifatlar bilan barobar o’ylanadi. Shunga binoan, "La ilaha illalloh" kalomi asmo-i husnaning adadicha kalomlarni tazammun etadi. Bu e'tibor bilan, shu kalima-i tavhid kalomi dalolat etgan sifatlar e'tibori bilan bir kalom ekan, ming kalom bo’ladi. "La Xoliqa illalloh", "La Fatira, La Roziqa, La Qayyuma illalloh" kabi... Shunga binoan, taraqqiy qilgan zokir bir zot bu kalomni aytarkan, ichidagi minglarcha kalomlarni ham aytgan bo’ladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Modomiki hamma narsaning Allohdan ekanini bilasan va unga iz'oning bor. Zararli-manfaatli hamma narsani tahsin va husni rizo bilan qabul qilish lozim bo’ladi. Bo’lmasa g’aflatga tushishga majbur bo’lasan. Shuning uchun zohiriy sabablar joriy qilingan va ko’zlarga ham g’aflat pardasi yopilgan. Koinot hodisalaridan insonning hoyu-havasiga muxolif bo’lgan qism muvofiq bo’lgan qismdan yanada ko’p bo’ladi. Agar havo sohibi bu zohiriy sabablarni ko’rib Musabbib-ul Asbobdan g’aflat etmasa, e'tirozlarini tamoman Allohga tavjih etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Duolar uch qismdir.

Birisi: Insonning lisoni bilan qilgan qovliy duolardir. Savt va sadoli hayvonotning, -masalan- och qolgan vaqti o’z xususiy lisonlari bilan chiqargan sadolari qovliy duolardandir.

Ikkinchi Qism: Nabotot, ashjarning xususan bahor mavsumida lisoni ehtiyoj bilan qilgan ehtiyojiy duolaridir.

Uchinchisi: Tahavvul, takammul sha'nida bo’lgan narsalarning lisoni iste'dod bilan his qilingan iste'dodiy duolaridir. Ha, hamma narsa Janobi Haqni tasbeh etgani kabi, lisoni bilan, ehtiyoji bilan, iste'dodi bilan ham Allohga duo qiladi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Urug’ daraxt bo’lmasdan avval, tuxum qush bo’lishdan avval, habba boshoq chiqarishdan avval minglarcha imkon va ehtimollar ichida va minglarcha surat va shakllarga kirish qobiliyatida ekan; u egri-bugri ehtimollar, yo’llar ichidan chekinib to’g’ri va mustaqim muntaj bir shaklga, bir vaziyatga yo’llanishlaridan anglashiladiki, u danaklar avval ham Allam-ul G’uyubning tarbiya, tadvir, tadbiri ostida ekanlar. Xuddi u danaklarning har birisi, qudrat kitoblaridan istinsoh etilgan kichik bir tazkaradir. Yoxud bir mundarijadir, ilmi azaliydan olingandir. Yoxud Qadar kitoblaridan yozilgan ba'zi dasturlardir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Mo’'min bo’lgan zot ma'no-i harfiy bilan, ya'ni g’ayrga bir xodim va bir vosita sifati bilan koinotga qaraydi. Kofir esa ma'no-i ismiy bilan, ya'ni mustaqil bir "Xo’jayin" nazari bilan olamga qaraydi. Bu e'tibor bilan, har bir masnu'da ikki jihat bordir. Bir jihati o’zining zot va sifatidan iboratdir. Boshqa jihati Sone'ga va asmo-i husnadan o’ziga bo’lgan tajalliyotga qaraydi.

Ikkinchi jihatning doirasi yanada keng va maol jihatidan yanada komildir. Zero, bir harf o’z zotiga bir harf miqdori -u ham bir vajh bilan- dalolat etadi. Kotibiga ko’p vajhlar bilan dalolat etadi. Va kotibini qaraganlarga ta'rif va tavsif etadi.

Shuning kabi, Qudrati Azaliy kitobidan bo’lgan bir masnu' o’z nafsiga o’z jirmi qadar va bir vajh bilan dalolat etadi. Ammo Naqqoshi Azaliyga juda ko’p vujuh bilan dalolat etadi. Va o’ziga tajalliy etgan asmodan uzun bir qasidani inshod etadi. Qavoidi muqarraradandirki: "Ma'no-i harfiy qasdiy hukmlarga mahkumu alayh bo’lolmaydi. Va u ma'no-i harfiyning injaliklariga tadqiqot qilib bo’lmaydi. Faqat ma'no-i ismiy sodiq, kozib har hukmga mahal bo’ladi." Bu sirga binoan, ma'no-i ismiy bilan koinotga qaragan falosifaning kitoblarida koinotga oid hukmlar, nafs-ul amrda o’rgimchakning nasjidan zaif bo’lsa ham, zohirga ko’ra yanada muhkam ko’rinadi.

Ahli kalom falsafiy masalalarda va ulumi kavniyaga ma'no-i harfiy bilan, istidlol uchun taba'i bir nazar bilan qaraydi. Hatto shamsning siroj bo’lishi, arzning beshik, jibalning avtad bo’lishi, ahli kalomning mudda'olarini isbotga kifoyadir. Hatto ahli kalomning ra'ylari, hissi umumiya va taorufi omma mutobiq bo’lgandan so’ngra, voqe'ga mutobiq bo’lmasa ham, ularning mudda'osiga zarar bermaydi va takzibga ham mustahaq bo’lmaydilar. Shuning uchun, ahli kalomning ra'ylari masoili falsafiyada adno va zaif ko’rinadi. Ammo masoili Ilohiyada temirdan yanada metindir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Janobi Haqning gunohkorlarni avf etishi fazldir, ta'zib etishi adldir. Ha, zaharni ichgan odam, odatullohga nazaran xastalikka, o’limga kasbi istihqoq etadi. So’ngra xasta bo’lsa, adldir. Chunki jazosini tortadi. Xasta bo’lmagan taqdirida, Allohning fazliga mazhar bo’ladi. Ma'siyat bilan azob orasida qoviy bir munosabat bor. Hatto ahli i'tizol, ma'siyat haqida, to’g’ri yo’ldan u'dul bilan ma'siyatni, sharni Allohga isnod etmaganlari kabi, ma'siyat ustiga ta'zibning ham vojib ekaniga zahob etganlar. Sharning azobni istilzom etgani, Rahmati Ilohiyaga munafiy emas. Chunki shar, nizomi olamning qonuniga muxolifdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Inson nisyondan olingani uchun, nisyonga mubtalodir. Nisyonning eng yomoni ham nafsning unutilishidir. Faqat xizmat, sa'y, tafakkur zamonlarida nafsning unutilishi, ya'ni nafsga bir ish berilmasligi zalolatdir. Xizmatlar qilingandan so’ng natijada, mukofot zamonlarida nafsning unutilishi kamoldir. Bu e'tibor bilan, ahli zolal bilan ahli kamol, nisyon va tazakkurda mutaakisdirlar. Ha, zoll bo’lgan kishi bir ish va bir ibodat taklifida boshini havoga ko’tarib fir'avnlashadi. Lekin, mukofotning, manfaatning tavzi'ida bir zarra ham tark qilmaydi. Ammo nafsini unutgan ahli kamol sa'y, tafakkur, suluk zamonlarida hamma narsadan avval nafsini ilgari suradi; lekin natijalarda, foydalarda, manfaatlarda nafsini unutish bilan eng orqaga tashlaydi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Mo’'minlar ibodatlarida, duolarida bir-biriga tayanib jamoat bilan o’qigan namoz va boshqa ibodatlarida buyuk bir sir borki; har bir fard o’z ibodatidan qozongan miqdordan juda ko’p savobni jamoatdan qozonadi. Va har bir fard boshqalarga duochi bo’ladi, shafoatchi bo’ladi, tazkiyachi bo’ladi, xususan Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamga... Va shuningdek, har bir fard birodarlarining saodatidan zavq oladi va Xoliqi koinotga ubudiyat etishga va saodati abadiyaga nomzod bo’ladi.

Xullas, mo’'minlar orasida, jamoatlar soyasida hosil bo’lgan shu ulviy ma'naviy taovun va bir-biriga yordamlashish bilan xilofatga haml, omonatga mazhar bo’lish bilan barobar maxluqot ichida mukarram unvonini olgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Bir narsadan uzoq bo’lgan kishi, yaqin bo’lgan odamchalik u narsani ko’rolmaydi. Naqadar zakiy bo’lsa bo’lsin, u narsaning ahvoli haqida ixtiloflari bo’lgan zamon yaqin bo’lganning so’zi ishonchlidir. Shunga binoan, Ovrupa faylasuflari moddiyotda shiddati tavag’g’ul sababli iymon, Islom va Qur'onning haqoiqidan juda uzoq masofalarda qolishgan. Ularning eng buyugi, yaqindan haqoiqi Islomiyaga vuqufi bo’lgan omi odam kabi ham emas. Men shunday ko’rdim, nafs-ul amr ham mening ko’rganimni tasdiq etadi. Shunga binoan, chaqmoq, bug’ kabi fanniy masalalarni kashf etgan faylasuflar, Haqning asrorini, Qur'on nurlarini ham kashf eta oladilar deyolmaysan. Zero uning aqli ko’zidadir. Ko’z esa, qalb va ruhning ko’rganlarini ko’rolmaydi. Chunki qalblarida jon qolmagan. G’aflat u qalblarni tabiat botqoqligida chiritgan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sam', basar, havo, suv kabi umumiy ne'matlar ko’proq ahamiyatli, ko’proq qiymatli bo’lganlariga nazaran, xususiy shaxsiy ne'matlardan qat-qat ko’proq shukrga istihqoq va layoqatlari bor.

Shunga binoan, unday umumiy ne'matlarga qarshi nonko’rlik qilib shukron etmaslik, eng katta kufroni ne'mat sanaladi. Demak haqiqati hol bu ekan, ba'zi insonlar shaxslariga oid xususiy ne'matlarga qarshi Allohga shukr qilsa ham, bu umumiy ne'matlar ularga shumuli yo’qdek fikrlariga ham kelmaydi. Holbuki eng katta ne'mat, a'mm va doimiy bo’lgan ne'matlardir. Umumiyat kamol va ahamiyatga dalil bo’lgani kabi, davom ham ulviyat va qiymatga dalolat etadi.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ba'zi oyatlarining takrorini iqtizo etgan hikmatlar, ba'zi azkor va duolarning ham takrorini iqtizo etadi. Zero Qur'on, haqiqat va shariat, hikmat va ma'rifat kitobi bo’lgani kabi; zikr, duo va da'vatning ham kitobidir. Duoda takror, zikrda tazkor, da'vatda ta'kid lozimdir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'onning yuksak maziyatlaridan biri ham shuki: Kasratga oid bahslardan so’ngra vahdat tazkiralarini yozadi. Tafsildan so’ngra ijmol qiladi. Juz'iyotning bahslaridan so’ngra rububiyati mutlaqaning dasturlarini, sifoti kamoliyaning nomuslarini fazlakalar bilan zikr qiladi. Bu kabi fazlakalarning, oyatlarning oxiridagi foydalari, oyatlarning o’rtalarida zikr qilingan muqaddimalarga natijalar hukmidadirlar. Yoki illat bo’ladilar; toki sami'ning zehni oyatlarda zikr qilingan juz'iyot bilan mashg’ul bo’lib uluhiyati mutlaqa martabasining azamatini unutmasinki, ubudiyati fikriyasiga xalal kelmasin.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Valiylarning himmatlari, imdodlari, ma'naviy fe'llari bilan fayz berishlari holiy yoki fe'liy bir duodir. Hadiy, Mug’is, Muin faqat Allohdir. Lekin insonda shunday bir latifa, shunday bir holat borki, u latifa lisoni bilan har nima so’ralsa, -hattoki fosiq bo’lsa ham- Janobi Haq u latifaga hurmatan u matlubni beradi. U latifa juda uzoqdan menga ko’ringan bo’lsa ham, tashhis etolmadim.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Ilm va yaqiyn shumuliga dohil bo’lgan ahvoli moziya bilan shak pardasi ostida qolgan ahvoli istiqboliya orasida shunday bir muqoyasa qil:

Silsila-i nasabing o’rtasida, bir boboning o’rnida o’zingni faraz qil, o’tir. So’ngra mavjudoti moziya qofilasiga dohil bo’lgan ajdoding bilan hanuz istiqbol rahmida qolib bir-birining orqasidan vujudga chiqqan avlod va ahfading orasida bir tafovut bormi? Yaxshilab qara! Avvalgi qism ilm va ittiqon bilan Sone'ning masnu'i bo’lgani kabi, ikkinchi qism ham aynan u Sone'ning masnu'i bo’ladi. Har ikki qism ham Sone'ning ilmi va mushohadasi ostidadir. Bu e'tibor bilan, ajdodning i'odatan ihyosi, avlodining ijodidan yanada g’arib emas. Balki yanada ahvandir. Xullas, bu muqoyasadan anglashildiki: Vuqu'oti moziya, Sone'ning butun imkonoti istiqboliyaga qodir ekaniga shahodat qilgan bir qator mo’'jizalardir.

Ha, koinot bo’stonida ko’ringan shu mavjudot va ajrom, Xoliqlarining hamma narsaga qodir va hamma narsaga alim ekaniga dalolat etgan horiqolardir.

Shuning kabi, nabotot va hayvonot, anvo'i bilan, afrodi bilan Sone'larining hamma narsaga qodir bo’lganiga shahodat qilgan san'at horiqolaridir. Ha, qudratiga nisbatan zarrot bilan shumus mutasoviy bo’lgani kabi, yaproqlarning nashri bilan basharning hashri ham birdir. Va shuningdek, daraxtlarning chirigan tarqalgan yaproqlarining i'odatan ihyosi orasida farq yo’q.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon buyuk o’lchovda takror etgan ihyo-i arz va tuproq unsuriga nazari diqqatni jalb qilganidan qalbimga shunday bir fayz tomchilaganki: Arz, olamning qalbi bo’lgani kabi, tuproq unsuri ham arzning qalbidir. Va tavozu, mahviyat kabi maqsudga isol etgan yo’llarning eng yaqini ham tuproqdir. Balki tuproq, eng yuksak samovotdan Xoliqi Samovotga yanada yaqin bir yo’ldir. Zero koinotda tajalli-i rububiyat va faoliyati qudratga va maqarri xilofatga va Hayy, Qayyum ismlarining jilvalariga eng uyg’un tuproqdir. Qandayki arshi rahmat suv ustidadir. Arshi hayot va ihyo esa tuproq ustidadir. Tuproq, tajalliyot va jilvalarga eng yuksak bir oynadir. Ha, kasif bir narsaning oynasi naqadar latif bo’lsa, o’sha nisbatda suratini vazih ko’rsatadi. Va nuroniy va latif bir narsaning ham oynasi naqadar kasif bo’lsa, o’sha nisbatda asmoning jilvalarini jiloli ko’rsatadi. Masalan, havo oynasida yolg’iz shamsning zaif bir ziyosi ko’rinadi. Suv oynasida shams ziyosi bilan ko’rinsa ham, alvoni sab'asi ko’rinmaydi. Faqat tuproq oynasi chechaklarining ranglari bilan shamsning ziyosidagi yetti rangni ham ko’rsatadi.

اَقْرَبُ مَا يَكُونُ الْعَبْدُ مِنْ رَبِّه۪ وَ هُوَ سَاجِدٌ

bo’lgan hadisi sharif bu sirga ishoratan shahodat qiladi. Shunday ekan birodar, tuproqdan va tuproqqa inqilob etishdan, qabrdan va qabrga kirib yotishdan tavahhush etma!

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Aqlim ishlar ekan, ba'zan qalbim bilan do’st bo’ladi. Qalb zavqi bilan topgan narsasini aqlga beradi. Aql barvajhi mu'tad burhon shaklida bir tamsil bilan ibroz etadi. Masalan: Fotiri Hakim koinotdan so’ngsiz uzoq bo’lganidek, so’ngsiz bir qurbiyati ham bordir. Ha, ilm va qudrati bilan botinlarning eng botinida bo’lgani kabi; favqlarning ham eng favqida turadi. Hech bir narsaga dohil bo’lmagani kabi, hech bir narsadan xorij ham emas. Ha, osori rahmatiga mazhar bo’lgan sathi arzda ma'muloti qudratga qaraginki, bir parcha bu sirga voqif bo’lasan. Masalan: Biri arzda boshqasi samoda yoki biri sharqda boshqasi g’arbda ikki narsani bir onda yaratgan Sone'ning u yaratilgan narsalarning orasidagi uzoqlik qadar uzoqligi lozimdir. Va shuningdek, hamma narsaning qayyumi bo’lishi jihat bilan ham, hamma narsaning nafsidan yanada ziyoda bir qurbiyati ham bor. Bu sir, doira-i vujub, tajarrud va itloq xasoisidandir. Va foili asliyning mohiyati bilan zilliy bo’lgan munfail orasidagi muboyanati lozimasidir. Masalan: Shams timsollariga qayyum bo’lgani uchun favqalhad ularga bir qurbiyati bor. Oynadagi zill va soya bilan samoda bo’lgan asl orasidagi masofa qadar ham bu'diyati bor.

* * *

SHU'LANING ZAYLI

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Butun koinotni ihota etgan bir nurdan hech bir narsa yashirinolmaydi. Va g’ayri mutanohiy bir doira-i qudratdan bir narsa xorij qololmaydi. Bo’lmasa, g’ayri mutanohiyning tanohiysi lozim bo’ladi. Va shuningdek, hikmati Ilohiya hamma narsaga qiymati nisbatida fayz beradi. Va hamma piyolasiga ko’ra dengizdan suv olishi mumkin. Va shuningdek, muqoddir bo’lgan Qodiri Hakimning kattaga bo’lgan tavajjuhi kichikka bo’lgan tavajjuhiga mone bo’lolmaydi. Va shuningdek, moddatan mujarrad zohir va botin bo’lgan muhit bir nazarga eng katta narsa eng kichik bir narsani yoki nav bir fardini yashira olmaydi. Va shuningdek, kichik bir narsa mazhar va mahal bo’lgan san'ati nisbatida kattalashadi. Va kichik narsalarning navlari katta bo’ladi. Va shuningdek, azamati mutlaqa shirkatni aslo qabul qilmaydi. Va shuningdek, favquloda bir suhulat bilan, horiqo bir tezlik bilan, mo’'jiz bir ittiqon va intizom bilan judi mutlaqdan oqqan osordan anglashiladiki; mikrob kabi eng kichik va yanada kichik havoiy, maiy, turobiy hayvonlar bo’sh deb o’ylangan olamning yerlarini to’ldirganlar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Nafsingga bo’lgan muhabbatni ijob ettirgan nafsning senga bo’lgan qurbiyati bor ekan, Xoliqingga muhabbating undan ham ko’p bo’lishi kerak. Chunki U senga nafsingdan ham qoribdir. Ha, sening fikring, ixtiyoring idrok etolmagan sendagi maxfiyat, Xoliqning nazari va ilmi ostidadir.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Olamda tasodif yo’qdir. Ha, xususan bahor mavsumida, kura-i arz bog’ida, butun daraxtlarning shoxlarida chechaklarning yaproqlarida, mazru'otning boshoqlarida hikmat bulbullari hikmat oyatlarini tanag’g’um bilan inshod etishgan iymon qulog’i bilan, basirat ko’zi bilan eshitilsa, tasodif shaytonlari ham qabul bilan hayron bo’ladilar.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Tavhid bilan butun ashyoni Vohidi Ahadga isnod etmaganing taqdirda, olamda bo’lgan butun afrod mazhar bo’lgan tajalliyoti Ilohiya adadicha ilohlarni qabul qilish majburiyatida bo’lasan. Ha, ko’zingni shamsdan yumgan va timsollari bilan irtibotingni kesgan vaqting, timsollariga ma'kas bo’lgan narsalarning adadicha haqiqiy shamslarning vujudini qabul qilishga majbur bo’lasan.

I'lam Ayyuhal-Aziz!

Sen ba'zi vajhlardan fanoga ketgan vaqting, Xoliqi Rahmoni Rahimning ilmida, mashhudida, ma'lumida boqiy qolishing, sening baqoing uchun kifoyadir.

Hoy, hamma narsani sohibi haqiqiysiga ber yoki unga isnod et. Uning ismi bilan olginki, rohatlanasan. Bo’lmasa, bu qadar ashyoni vujudga keltirib nizom va intizomlarini ta'min qiladigan o’shancha ilohlarni qabulga muztar qolasan.

* * *

NUQTA

مِنْ نُورِ مَعْرِفَةِ اللّٰهِ جَلَّ جَلَالُهُ

(Qirq besh yil avval ta'lif etilgan bir risolaning bir qismidir.)

IFODA-I MAROM

Bir bog’ga kirsam, yaxshisini intihob etaman. Uzishdan zahmat cheksam, sevinaman. Chirigini, pishmaganini ko’rsam "Xuz ma safa" deyman. Muxotoblarimni ham shunday bo’lishlarini orzu qilaman. Derlar:

- So’zlaring yaxshi tushunilmaydi?

Bilamanki, goh minora boshida, goh quduq tubida gapiraman. Nima qilay, zuhurot shunday. "Shuoot" va shu kitobda mutakallim ojiz qalbimdir. Muxotob osiy nafsimdir. Mustami' mutaharri-i haqiqat bir Yapondir. Tomosha qilgan buni anglashi kerak. G’oyat-ul g’oyat bo’lgan Ma'rifatullohning bir burhoni bo’lgan ma'rifat-un Nabiyni "Shuoot"da bir parcha bayon etdik. Shu risolada maqsudi bizzot bo’lgan tavhidning layuhad barohinidan yolg’iz to’rt muazzam burhoniga ishorat qilamiz. Ham nazari aqliyni hadsi qalbiy bilan birlashtirish uchun, maloika va hashrning bir qism daloiliga imo qilib iymonning olti ruknidan to’rtasidan bittadan lam'asini fahmi qasirim bilan ko’rsatishni istayman.

اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ وَ مَلٰئِكَتِه۪ وَ كُتُبِه۪ وَ رُسُلِه۪ وَ الْيَوْمِ الْاٰخِرِ وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِه۪ وَ شَرِّه۪ مِنَ اللّٰهِ تَعَالٰى وَ الْبَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ حَقٌّ اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ

Said Nursiy

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلٰى مُحَمَّدٍ خَاتَمِ النَّبِيّ۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ

maqsudimizdir, matlubimizdir.

G’ayri mutanohiy barohinidan to’rt burhoni kulliyni irod etamiz.

Birinchi Burhon:

Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Şu burhoni nayyirimiz Shuootda tanavvur etganidan, tanviri muddaomizda munavvar bir mir'atdir.

Ikkinchi Burhon:

Kitobi kabir va insoni akbar bo’lgan koinotdir.

Uchinchi Burhon:

Kitobi Mo’'jiz-ul Bayon, Kalomi Aqdasdir.

To’rtinchi Burhon:

Olami g’ayb va shahodatning nuqta-i iltisoqi va barzohi va ikki olamdan bir-biriga kelgan sayyorotning multaqosi vijdon deyilgan fitrati zishuurdir. Ha, fitrat va vijdon aqlga bir derazadir. Tavhidning shuasini nashr etadilar.

BIRINCHI BURHON:

Risolat va Islomiyat bilan mujahhaz bo’lgan "haqiqati Muhammadiya"dirki, risolat nuqtasida eng muazzam ijmo' va eng vase' tavotur sirrini ixtivo etgan majmu'i anbiyoning shahodatini tazammun etadi. Va Islomiyat jihati bilan vahiyga istinod etgan butun adyoni samoviyaning ruhini va tasdiqlarini tashiydi. Xullas, butun anbiyoning shahodati bilan va butun adyonning tasdiqi bilan va butun mo’'jizotining tayidi bilan musaddaq bo’lgan butun aqvoli bilan vujud va vahdati Sone'ni basharga ko’rsatadi. Demak, shu da'voda ittihod etgan butun afozili bashar nomiga u nurni ko’rsatadi. Ajabo, bu qadar tasdiqlarga mazhar, katta, chuqur, durbin, sof, keskin, haqoiq-oshino bir ko’z ko’rgan haqiqat, haqiqat bo’lmasligi hech ehtimoli bormi?

IKKINCHI BURHON:

Koinot kitobidir. Ha, shu kitobning butun hurufi va butun nuqtalari, afrodan va tarakkuban Zoti Zuljalolning vujud va vahdatini, alsina-i maxsusalari qiroat bilan

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

ni tilovat qilyaptilar.

Jamiki zarroti koinot bir-bir zot va sifat va boshqa vujuh bilan hadsiz imkonot mobaynida mutaraddid ekan; birdaniga bir jihatni ta'qib, muayyan bir sifat bilan ittisof, maxsus bir holat bilan takayyuf etib hayratbaxsho hikamni intoj etganidan, Sone'ning vujubi vujudiga shahodat bilan avolimi g’aybiyaning anmuzaji bo’lgan latifa-i Rabboniya ichida e'loni Sone' etgan misbohi iymonni nurlantiryaptilar. Ha, bir nafar, nafsida va bo’linmasida va rotada, batal'onda va qo’shinda bo’lgani kabi; har bir zarra ham, bir o’zi zot, sifat, holatidagi imkonot jihati bilan Sone'ni e'lon qilgani kabi, tasoviri mutadohilaga o’xshagan murakkaboti mutashabiqa-i mutaso'ida-i koinotning har bir maqomida va har bir nisbatida va har bir doirasida, har bir zarra, muvozana-i jarayoni umumiyni muhofaza; va har nisbatida va har bo’linmasida boshqa-boshqa vazifani ifo va hikmatni intoj etganlaridan, Sone'ning qasd va hikmatini izhor va vujud va vahdatining oyotini qiroat etganlari uchun, Sone'-i Zuljalolning barohini zarrotdan qat-qat ziyoda bo’ladi.

Demak

اَلطُّرُقُ اِلَى اللّٰهِ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ الْخَلَائِقِ

haqiqatdir, mubolag’a emas; balki noqisdir.

S: Nima uchun buni aqli bilan hamma ko’rolmaydi?

J: Kamoli zuhuridan va zidning adamidan.

تَاَمَّلْ سُطُورَ الْكَائِنَاتِ فَاِنَّهَا ٭ مِنَ الْمَلَاِ الْاَعْلٰى اِلَيْكَ رَسَائِلُ

Ya'ni: "Sahifa-i olamning ab'adi vase'asida Naqqoshi Azaliy yozgan silsila-i hodisotning satrlariga hikmat nazari bilan qara va fikri haqiqat bilan yopish. Toki mala-i a'lodan uzangan shu salosili rasoil seni a'loyi illiyini tavhidga chiqarsin." Shu kitobning hay'ati majmuasida shunday porloq bir nizom borki, nazzomi quyosh kabi ichida tajalliy etadi. Har kalimasi, har harfi bittadan mo’'jiza-i qudrat bo’lgan bu kitobi koinotning ta'lifida shunday bir i'joz borki, butun tabiatdagi sabablar, farzi mahol bo’lib muqtadir bittadan foili muxtor bo’lsalar, yana kamoli ajz bilan u i'jozga qarshi sajda qilib

سُبْحَانَكَ لَا قُدْرَةَ لَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ

deydilar.

Har bir kalimasi butun kalimoti bilan munosabatdordir. Va har harfi, xususan zihayot bir harfi butun jumlalarga qarshi mutavajjih bittadan yuzi, nazir bittadan ko’zi bor bo’lgan bu kitobning shunday bir muzaaf ishtiboki tasonudi nazmi borki, bir nuqtani joyida ijod etish uchun butun koinotni ijod qiladigan bir qudrati g’ayri mutanohiy lozim. Demak, pashshaning ko’zini yaratgan, quyoshni ham u yaratgan. Burganing me'dasini tanzim etgan, manzuma-i shamsiyani ham u tanzim etgan. Sunuhotning to’qqizinchi sahifasida

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

oyatining sirriga murojaat et. Yolg’iz shu kitobning kichik bir kalimasi bo’lgan asalarini ko’r. Qanday shahdi shahodat u mo’'jiza-i qudratning lisonidan oqyapti. Va yoxud shu kitobning bir nuqtasi bo’lgan xurdabini bir huvaynot-ki, ko’p dafa kattalashtirilgandan so’ng ko’rinadi. Diqqat qil! Qanday mo’'jiznamo, hayrat-fazo bir misoli musag’g’ari koinotdir. Sura-i Yosin surati lafzi Yosinda yozilgani kabi, jazolatli, mujiz bir nuqta-i jome'adir. Uni yozgan, butun koinotni ham u yozgan. Agar insof bilan diqqat qilsang, shu kichkina hayvonning va huvaynotning surati ostida bo’lgan uskuna-i daqiqa-i badi'a-i Ilohiyaning shuursiz, ko’r, majra va mahraklari tahdid qilinmagan va imkonotidan avlaviyat bo’lmagan tabiatdagi jonsiz oddiy sabablardan husulini, mahol andar mahol ko’rasan.

Agar har biz zarrada hukamo shuuri, attibo hikmati, hukkamning siyosati bo’lganini va har bir zarra ham boshqa zarrot bilan vositasiz muxobara etganini e'tiqod etsang, balki nafsingni ishontirib u maholni ham e'tiqod eta olasan. Holbuki, u zihayot uskunada shunday bir mo’'jiza-i qudrat, shunday bir horiqo-i hikmat borki, faqat butun koinotni, butun shuunotini ijod etgan, tanzim etgan bir Sone'ning sun'i bo’lishi mumkin. Bo’lmasa ko’r, oz, oddiy imkon taraddudi bilan oyoq tashlolmaydi. Asbobi tabiiydan bo’lolmaydi. Xususan, u tabiatdagi sabablarning ussul asosi hukmida bo’lgan juzi layatajazzadagi quvva-i joziba va quvva-i dafi'aning ijtimo'larining xartumi ustida bir maholiyat tamg’asi bor. Faqat joizki, har bir narsaning asosi deb o’ylaganlari jazb, daf', harakat, quva kabi ishlar odatullohning qonunlariga bittadan ism bo’lsin. Lekin qonun qoidalikdan tabiiylikka va zehniylikdan xorijiylikka va e'tiboriydan haqiqatga va vosita bo’lishdan ta'sir qilishga o’tmaslik sharti bilan qabul qilamiz.

S: Azaliyati modda va harakoti zarrotdan tashakkuli anvo' kabi botil ishlarga nima uchun ehtimol beriladi?

J: Yolg’iz boshqa narsa bilan nafsini iqno' etish maqsadida bo’lgani uchun, u ishlarning asosi fosidasini taba'i bir nazar bilan dark etmaganidan nash'at etadi. Agar nafsini iqno' etish suratida qasddan va bizzot unga mutavajjih bo’lsa, maholiyatiga va ma'qul bo’lmaganiga hukm qiladi. Deylikki, qabul qilsa ham, tag’ofuli anis-Sone' sababi bilan hosil bo’lgan izdiror bilan qabul qilinishi mumkin. Zalolat naqadar ajibdir. Zoti Zuljalolning lozimi zaruriysi bo’lgan azaliyatni va xossasi bo’lgan ijodni aqliga sig’dirolmagan, qanday qilib, g’ayri mutanohiy zarrotga va ojiz narsalarga beradi.

Ha, mashhurki: Hiloli i'ydga qarayotgan edilar. Hech kim bir narsa ko’rmadi. Keksa bir zot qasam ichdi: "Hilolni ko’rdim." Holbuki ko’rgan hiloli, kiprigining taqavvus etgan oq bir qili edi. Qil qayerda, qamar qayerda? Harakoti zarrot qayerda, sababi tashkili anvo' qayerda?

Inson fitratan mukarram bo’lganidan haqni qidiradi. Ba'zan botil qo’liga keladi. Haq deb o’ylab qo’ynida saqlaydi. Haqiqatni qazarkan ixtiyorsiz tarzda boshiga zalolat tushadi; haqiqat deb o’ylab uni boshiga kiydiradi.

S: Shu tabiat, qavonin, quva nimaki, ular bilan o’zlarini aldaydilar?

J: Tabiat, olami shahodat deyilgan jasadi xilqatning anosir va a'zosining af'olini intizom va rabt ostiga olgan bir shariati kubro-i Ilohiyadir. Xullas, bu shariati fitriya sunnatulloh va tabiat bilan musammodir. Xilqati koinotda joriy bo’lgan qavonini e'tiboriyasining majmu' va muhassolasidan iboratdir. Quva deyilgan narsa, har biri shu shariatning bittadan hukmidir. Va qavonin deyilgan narsa, har biri shu shariatning bittadan masalasidir. Faqat bu shariatdagi ahkomning yaknasoq istimroriga istinodan vahm, xayol tasallut bilan tazyiq o’tkazib, shu tabiati havoiya tavazzu' va tajassum etib mavjudi xorijiy va xayoldan haqiqat suratiga kirgan. Xayolni haqiqat suratida ko’rgan, ko’rsatgan nufusning iste'dodi sho’rasidan foili muassir vaziyatini ko’rsatgan. Holbuki ko’r, shuursiz tabiat, qat'iyan qalbni iqno' etadigan va fikrga o’zini sevdiradigan va nazari haqiqat unga unsiyat etadigan hech bir muloyamat va munosabat yo’q ekan va masdar bo’lishga qobiliyati mafqud ekan, yolg’iz nafyi Sone' farazidan chiqqan bir izdiror bilan valah-rasoni afkor bo’lgan qudrati azaliyaning osori bahirasining tabiatdan suduri taxayyul etilgan.

Holbuki tabiat misoli bir matbaadir, tabi' emas; naqshdir, naqqosh emas; qobildir, foil emas; mistardir, masdar emas; nizomdir, nozim emas; qonundir, qudrat emas; shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas. Masalan: Yigirma yoshli bir odam birdaniga dunyoga kelsa, xoli bir yerda muhtasham va sanoyi'i nafisaning osori bilan muzayyan bir saroyga kirsa, va qat'iyan xorijdan kelgan hech bir foilning asari emas deb faraz qilsa. So’ngra ichidagi ashyo-i muntazamaga sabab qidirarkan, tanzimining qavoninini jamlagan bir kitob topsa, uni ma'kasi shuur bo’lganidan, bir foil, bir illati izdiroriy deb qabul qiladi. Xullas, Sone'-i Zuljaloldan tag’oful sababi bilan bunday g’ayri ma'qul, g’ayri muloyim bir illati izdiroriy bo’lgan tabiat bilan o’zlarini aldashgan.

Shariati Ilohiya ikkidir:

Biri: Sifati kalomdan kelgan bir shariat bo’lib, basharning af'oli ixtiyoriyasini tanzim etadi.

Ikkinchisi: Sifati irodadan kelgan va avomiri takviniya tasmiya etilgan shariati fitriya bo’lib, butun koinotda joriy bo’lgan qavonini odatullohning muhassolasidan iboratdir. Avvalgi shariat qanday qavonini aqliyadan iboratdir; tabiat deyilgan ikkinchi shariat ham, majmu'i qavonini e'tiboyadan iboratdir. Sifati qudratning xossasi bo’lgan ta'sir va ijodga molik emasdir.

Sobiqan sirri tavhid bayonida degandik: Hamma narsa bir-biri bilan bog’liq. Bir narsa boshqa narsalarsiz qilinmaydi. Bir narsani yaratgan hamma narsani yaratgandir. Shunday ekan, bir narsani qilgan Vohid, Ahad, Fard, Samad bo’lishi zaruriydir.

Shu ahli zalolat ko’rsatgan tabiatdagi sabablar, ham mutaaddid, ham bir-biridan xabari yo’q; ham ko’r, ikki qo’lida ikki ko’r bo’lgan tasodufi a'mo va ittifoqiyati a'vroning qo’liga bergan.

قُلِ اللّٰهُ ثُمَّ ذَرْهُمْ ف۪ى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ

Alhosil: Ikkinchi burhonimiz bo’lgan kitobi kabiri koinotdagi nazm va nizom, intizom va ta'lifidagi i'joz quyosh kabi ko’rsatadiki; bir qudrati g’ayri mutanohiy, bir ilmi loyatanoha, bir iroda-i azaliyaning asarlaridir.

S: Nazm va nizomi tomma nima bilan sobit?

Aljavob: Navi basharning tuyg’ulari va josuslari hukmida bo’lgan fununi akvon istiqro-i tomma bilan u nizomni kashf etgan. Chunki; har bir navga doir bir fan yo tashakkul etgan yoki shuni qila oladi. Har bir fan, kulliyati qoida e'tibori bilan o’z navidagi nazm va intizomni ko’rsatadi. Zero, har bir fan qavoidi kulliya dasotiridan iborat. Demak, shaxsning nazari nizomni ihota etmasa, javosisi funun vositasi bilan ko’radiki, insoni akbar insoni asg’ar kabi muntazamdir. Har bir narsa hikmat ustida o’rnatilgan. Foydasiz abas yo’q. Shu

{(*) Dalolat jihatidan siymosi bir "Hu" lafziga o’xshaydiki, u "Hu"ning har bir juzi kichik "Hu"lardan, har bir kichik "Hu" ham kichkina "Hu"lardan tashakkul etgan.}

burhonimiz emas yolg’iz arkoni va a'zosi, balki butun hujayroti, balki butun zarroti bittadan lisoni zokiri tavhid bo’lib katta burhonning sadoyi balandiga ishtirok etib "La ilaha Illalloh" deya zikr qiladilar.

UCHINCHI BURHON:

Qur'oni Azimushshondir. Shu burhoni notiqning ovoziga qulog’ingni qo’ysang eshitasan: "Allohu La ilaha Illa Hu"ni takror qilyapti. Ham g’oyat mukammal samaroti bilan, mevador bir daraxtning manba-i hayoti bo’lgan jursuma bo’lmasa yoki ildizi buzilgan bo’lsa, samara bermaydi. Shu burhonimiz shoxlarida meva-i haq va haqiqat shu qadar ko’p va shu qadar to’g’riki, jursumasida bo’lgan masala-i tavhid, hech vahm qoldirmaydigan darajada quvvatli ekaniga shubha qoldirmaydi, to’g’ri bir haq va haqiqatni tazammun etadi. Ham shu burhonning olami shahodat tarafiga tadalli etgan ahkomga doir shoxi, butun sidq va haq va haqiqat bo’lgani kabi, bizzarura olami g’ayb tarafiga uzangan tavhidga va g’aybga doir g’usni a'zami (daraxt shoxi) yana sobit haqoiq bilan mevadordir.

Ham chuqur tarzda shu burhon tarsim etilsa anglashiladiki, uni ko’rsatgan zot, natijasi bo’lgan masala-i tavhidda shu qadar aminki, hech bir shaiba-i taraddud hech bir tarafida ihsos etilmaydi. Ham u natijani butun haqoiqqa asos deb sanab musallama va zaruriya bo’lganini butun quvvati bayoni bilan va isrori bilan unga kiydiradi. Va boshqa narsalarni unga irjo' etadi. Poydevor kabi u shadid quvvat sun'iy bo’lolmaydi. Hamda, ustidagi sikka-i i'joz har ixborini tasdiq etadi. Tazkiyadan mustag’niy qiladi.

Go’yo ixboroti binafsiha sobit umurlardandir. Ha, shu burhoni munavvarning olti jihati ham shaffofdir. Ustida i'joz; ostida mantiq va dalil; o’ngida aqlni istintoq; chapida vijdonni istishhod; qarshisida hadafida xayr va saodat; nuqta-i istinodi vahyi mahzdir. Vahmning qanday haddi borki, kira olsin.

Ma'rifati Sone' deyilgan kamolot arshiga uzangan me'rojlarning usuli to’rtdir.

Birinchisi: Tasfiya va ishroqqa muassas bo’lgan muhaqqiqiyni so’fiyaning minhojidir.

Ikkinchisi: Imkon va hudusga mabni mutakallimiynning tariqidir.

Bu ikki asl, garchi Qur'ondan tasho'ub etgan bolsada, lekin fikri bashar boshqa suratga ifrog’ etgani uchun uzunlashgan va mushkullashgan, avhomdan masun qolmaganlar.

Uchinchisi: Shubahot-olud hukamo maslagidir.

To’rtinchisi va eng birinchisi: Balog’ati Qur'oniyaning ulviy martabasini e'lon qilish bilan barobar, jazolat jihati bilan eng porlog’i va istiqomat jihati bilan eng qisqasi va vuzuh jihati bilan basharning umumiga eng ashmali bo’lgan me'roji Qur'oniydir. Ham u arshga chiqish uchun to’rt vasila bor: Ilhom, ta'lim, tasfiya, nazari fikriy.

Tariqi Qur'oniy ikki navdir:

Birinchisi: Dalili inoyat va go’yot bo’lib, manofi'i ashyoni ta'dad etgan butun oyoti Qur'oniya bu dalilni nasj va shu burhonni tanzim etadilar. Bu dalilning zubdasi, koinotning nizomi akmalida ittiqoni san'at va rioyati masolih va hikamdir. Bu esa Sone'ning qasd va hikmatini isbot va tasodif vahmini o’rtadan nafiy etadi. Zero ittiqon ixtiyorsiz bo’lmaydi. Ha, nizomning shohidlari bo’lgan butun fununi akvon, mavjudotning silsilalaridagi halqalardan osilgan masolih va samarotni va inqiloboti ahvolning qatmar va tugunlari ichida saqlangan hikam va favoidni ko’rsatish bilan, Sone'ning qasd va hikmatiga qat'iy shahodat qiladilar. Azjumla:

Fanni hayvonot, fanni nabotot, ikki yuz mingni mutajoviz anvo'ning katta padar va odamlari hukmida bo’lgan mabdalarining har birining hudusiga shahodat qilgani kabi; mavhum va e'tiboriy bo’lgan qavonin, ko’r va shuursiz bo’lgan tabiatdagi sabablar esa bu qadar hayrat-fazo silsilalar va bu silsilalarni tashkil etgan va afrod deyilgan dahshatangiz bittadan uskuna-i ajiba-i Ilohiyaning ijod va inshosiga adami qobiliyatlari jihati bilan har bir fard, har bir nav mustaqil holda Sone'-i Hakimning dasti qudratidan chiqqanlarini e'lon va izhor etishadi.

Qur'oni Karim

فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ

deydi. Qur'onda dalili inoyat vujuhi mumkinaning eng mukammal vajhi bilan mavjud. Qur'on koinotda tafakkurga amr bergani kabi, favoidni tazkor va ne'matlarni ta'dad etgan oyotning favosil va xotimalarida g’oliban aqlga havola va vijdon bilan mushovaraga yo’llash uchun

اَوَلَا يَعْلَمُونَ ، اَفَلَا يَعْقِلُونَ ، اَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ ، فَاعْتَبِرُوا

kabi, u burhoni inoyatni azhanda tasbit etadi.

Ikkinchi Dalili Qur'oniy: "Dalili Ixtiro'"dir. Xulosasi:

Maxluqotning har naviga, har fardiga va u navga va u fardga murattab bo’lgan osori maxsusasini muntij va iste'dodi kamoliga munosib bir vujudning berilishidir. Hech bir nav mutasalsili azaliy emas. Imkon qoldirmaydi. Inqilobi haqiqat bo’lmaydi. Mutavassit navning silsilasi davom etmaydi. Tahavvuli asnof inqilobi haqoiqning g’ayrisidir. Modda deyilgan narsa, surati mutag’ayyira, ham harakoti mutahavvila-i hodisadan tajarrud etmaganidan hudusi muhaqqaqdir. Quvvat va suratlar, a'roziyatlari jihati bilan anvo'dagi muboyanati javhariyani tashkil qilolmaydi. A'roz javhar bo’lolmaydi. Demak, anvo'ining fasilalari va umum a'rozining ajratuvchi xususiyatlari bizzarura adami sirfdan muxtaro'dirlar. Silsilada tanosul, sharoiti oddiya-i e'tiboriyadandir.

Ajabo! Vojib-ul Vujudning lozima-i zaruriya-i bayyinasi bo’lgan azaliyatni zehnlariga sig’dirolmagan, qanday qilib, har bir jihatdan azaliyatga munofiy bo’lgan moddaning azaliyatini zehnlariga sig’dira oladi? Ham dasti tasarrufi qudratga qarshi muqovamat etolmagan ulkan koinot, qanday qilib kichkina va nozik zarrotlarning (shunday dahshatli salobat topganki) qudrati azaliyaning yadi idomiga qarshi tayanadi. Ham qanday qilib, qudrati azaliyaning xossasi bo’lgan ibdo' va ijodi, hech bir munosabati ma'qula bo’lmasdan eng ojiz va eng bechora sabablarga isnod etiladi?

Xullas, Qur'oni Karim shu dalilni yaratish va ijoddan bahs etgan oyoti bilan azhanda tanzim etadi. Muassiri haqiqiy yolg’iz Allohdir. Ta'siri haqiqiy sabablarda yo’q. Sabablar izzat va azamati qudratning pardasidir. Toki, aqlning nazari zohiriysida dasti qudrat qiymatsiz ishlar bilan mubashir ko’rinmasin. Bir narsada ikki jihat bor: Biri mulk, oynaning mulavvan vajhi kabi. Azdod unga vorid bo’ladi. Xunuk bo’ladi, shar bo’ladi, haqir bo’ladi, azim bo’ladi... ila oxir. Sabablar bu jihatda bor. Izhori azamat va izzati qudrat shunday istaydi.

Ikkinchi jihat malakutiyat jihatidir. Oynaning shaffof vajhi kabi. Shu jihat hamma narsada go’zaldir. Shu jihatda sabablarning ta'siri yo’qdir. Vahdat shunday istaydi. Hatto hayot va ruh va nur va vujud, ikki vajhlari shaffof va go’zal bo’lganidan mulkan va malakutan vositasiz dasti qudratdan chiqadilar.

TO’RTINCHI BURHON:

Vijdoni bashar deyilgan fitrati zishuurdir. Shu burhonda to’rt nuktani nazari diqqatga ol:

Birinchisi: Fitrat yolg’on gapirmaydi. Masalan, bir urug’dagi mayaloni numuvv deydiki: " Unib chiqaman, meva beraman." To’g’ri aytadi. Masalan, tuxumda bir mayaloni hayot bor, deydi: "Jo’ja bo’laman." Biiznilloh bo’ladi. To’g’ri aytadi. Masalan, bir hovuch suv, injimod bilan mayaloni inbisoti deydi: "Ortiq yer egallayman." Metin temir uni yolg’onga chiqarolmaydi. So’zining to’g’riligi temirni parchalaydi. Xullas, bu mayalonlar, iroda-i Ilohiyadan kelgan avomiri takviniyaning tajalliylaridir, jilvalaridir.

Ikkinchisi: Basharning zohiriy va botiniy besh tuyg’usidan boshqa, olami g’aybga qarshi ochilgan juda ko’p derazalari bor. Juda ko’p g’ayri mashru' hislari bor. Hissi sami'a, basira, zoiqa bo’lgani kabi, bir hissi sodisa-i sodiqa bo’lgan saiqa bor. Ham bir hissi sabi'a-i bariqa bo’lgan shaiqa bor. U shavq va savq yolg’on aytmaydi, xato ketolmaydi.

Uchinchisi: Mavhum bir narsa haqiqati xorijiyaga mabda bo’lolmaydi. Fitrat va vijdonda nuqta-i istinod bilan nuqta-i istimdod, ikki haqiqati zaruriyadir. Xilqatning safvati va eng mukarrami bo’lgan ruhi bashar, u ikki nuqta bo’lmasa eng sufliy, eng barbod bir maxluq bo’ladi. Holbuki, koinotdagi hikmat va nizom va kamol bu ehtimolni rad qiladi.

To’rtinchisi: Aql ta'tili ashg’al etsa ham, nazarini ihmol etsa, vijdon Sone'ni unutolmaydi. O’z nafsini inkor etsa ham; uni ko’radi, uni o’ylaydi, unga mutavajjihdir. Hads-ki, chaqmoq kabi sur'ati intiqoldir, doimo uni tahrik etadi. Hadsning muzaafi bo’lgan ilhom uni doimo tanvir etadi. Mayalonning muzaafi bo’lgan orzu va uning muzaafi bo’lgan ishtiyoq va uning muzaafi bo’lgan ishqi Ilohiy uni doimo ma'rifati Zuljalolga yo’llaydi. Shu fitratdagi injizob va jazba bir haqiqati jozibadorning jazbi bilandir.

Bu nuktalarni bilgandan so’ng shu burhoni anfusiy bo’lgan vijdonga murojaat qil. Ko’rasanki, qalb badanning aqtoriga nashri hayot etgani kabi, qalbdagi uqda-i hayotiya bo’lgan ma'rifati Sone'ki, iste'dodoti g’ayri mahduda-i insoniya bilan mutanosib bo’lgan amol va muyuli mutashaibaga nashri hayot etadi. Lazzatni ichiga otadi va qiymat beradi va bast va tamdid etadi. Mana nuqta-i istimdod.

Va urush va muzohamatning maydoni bo’lgan dag’dag’a-i hayotga hujum ko’rsatgan olamning, minglarcha musibat va muzohamalariga qarshi yagona nuqta-i istinod yana ma'rifati Sone'dir.

Ha, hamma narsani hikmat va intizom bilan qilgan bir Sone'-i Hakimga e'tiqod etmasa va a'lalamya ko’r tasodiflarga havola etsa va u baliyyotga qarshi qo’lidagi qudratning adami kifoyatini o’ylasa, istar-istamas tavahhush, dahshat, xavotir, xavfdan tashkil topgan bir holati jahannam-numun va jigarshikafga tushadi. U esa ashraf va ahsani maxluqot bo’lgan ruhi insoniyatning hamma narsadan ziyoda parishon bo’lganini istilzom etadi. U esa, intizomi komili koinotdagi nizomi akmalga zid bo’ladi. Shu nuqta-i istimdod va nuqta-i istinod bilan bu daraja nizomi olamda hukmfarmolik, haqiqati nafs-ul amriyaning xossa-i munxasirasi bo’lgani uchun, har vijdonda ikki deraza bo’lgan shu ikki nuqtadan Sone'-i Zuljalol ma'rifatini qalbi basharga doimo tajalliy ettiradi. Aql ko’zini yumsa ham, vijdonning ko’zi doimo ochiqdir. Sone'-i Zuljalol bu to’rt burhoni azimning qat'iy shahodatlari bilan Vojib-ul Vujud, Azaliy, Vohid, Ahad, Fard, Samad, Alim, Qodir, Murid, Sami', Basir, Mutakallim, Hayy, Qayyum bo’lgani kabi, butun avsofi jaloliya va jamoliya bilan muttasifdir. Zero muqarrarki: Masnu'dagi fayzi kamol Sone'ning zilli tajalliysidan muqtabasdir. Demak, koinotda naqadar husni jamol, kamol bo’lsa, umumidan layuhad darajada yuksak tabaqada avsofi jamoliya va kamoliya bilan Sone'-i Zuljalol muttasifdir. Zero, ehson sarvatning, ijod vujudning, ijob vujubning, tahsin husnning, tanvir nurning far'i va dalili bo’lgani kabi; butun koinotdagi butun kamol va jamol Sone'-i Zuljalolning kamol va jamoliga bir zilli zalildir va burhonidir.

Hamda Sone'-i Zuljalol butun naqoisdan munazzahdir. Zero navoqis mohiyati moddiyotning iste'dodsizligidan nash'at etadi. Zoti Zuljalol moddiyotdan mujarraddir, munazzahdir. Ham koinotning mohiyoti mumkinasidan nash'at etgan avsof va lavozimotidan muqaddasdir.

لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ جَلَّ جَلَالُهُ سُبْحَانَ مَنِ اخْتَفٰى لِشِدَّةِ ظُهُورِه۪ سُبْحَانَ مَنِ اسْتَتَرَ لِعَدَمِ ضِدِّه۪ سُبْحَانَ مَنِ احْتَجَبَ بِالْاَسْبَابِ لِعِزَّتِه۪

Savol: Vahdat-ul vujud haqida fikring qanday?

Aljavob: Tavhidda istig’roqdir va nazarga sig’magan bir tavhidi zavqiydir. Asosan tavhidi rububiyat va tavhidi uluhiyatdan so’ng tavhidda zavqan shiddati istig’roq, vahdati qudrat ya'ni

لَا مُؤَثِّرَ فِى الْكَوْنِ اِلَّا اللّٰهُ

so’ng vahdati idora, so’ng vahdat-ush shuhud, so’ng vahdat-ul vujud, so’ng yolg’iz bir vujudni, so’ng yolg’iz bir mavjudni ko’rgungacha munjar bo’ladi. Muhaqqiqiyni So’fiyaning mutashabehot hukmida bo’lgan shatohati bilan istidlol etilmaydi. Sabablar doirasini yirtib chiqmagan va ta'siridan qutulmagan bir ruh, vahdat-ul vujuddan so’z ochsa, haddini tajovuz etadi. So’z ochganlar Vojib-ul Vujudga shu qadar hasri nazar etishganki, mumkinotdan tajarrud etib, yolg’iz bir vujudni, balki bir mavjudni ko’rishgan. Ha, dalil ichida natijani ko’rish, olamda Sone'ni mushohada etish, tariqi istig’roqkorona jihati bilan jadovili akvonda jarayoni tajalliyoti Ilohiyani va malakutiyati ashyoda sarayoni fuyuzotni va maroyayi mavjudotda tajalli-i asmo va sifotni, yolg’iz zavqan tushuniladigan bittadan haqiqat ekan, diqi alfaz sababi bilan uluhiyati sariya va hayoti sariya ta'bir etdilar. Ahli fikr u haqoiqi zavqiyani nazarning maqoyisiga tiqishtirganidan, ko’p avhomi botilaga mansha' bo’ldi. Moddaparvar hukamo va zaif-ul e'tiqod ahli nazarning vahdat-ul vujudi bilan avliyoning vahdat-ul vujudi tamoman bir-birining ziddidir. Besh jihatdan farq bor:

Birinchisi: Muhaqqiqiyni So’fiya Vojib-ul Vujudga shu qadar hasri nazar etgan va mustag’raq bo’lgan va ahamiyat berishganki, uning hisobiga koinotning vujudini inkor etganlar. Hukamo va zaif-ul e'tiqod bo’lganlar moddaga shu qadar hasri nazar etganlar va mustag’raq bo’lishganki, fahmi uluhiyatdan uzoqlashdilar. Va shu daraja moddaga qiymat berdilarki, hamma narsani moddada ko’rish, hatto uluhiyatni unda mazj etish, hatto koinot hisobiga uluhiyatdan istig’no etish darajasida tariqi muta'assifaga kirishgan.

Ikkinchisi: Muhaqqiqiyni so’fiyaning vahdati vujudi vahdat-ush shuhudni tazammun etadi. Ikkinchilarniki esa vahdat-ul mavjudni tazammun etadi.

Uchinchisi: Birinchilarning maslagi zavqiydir. Ikkinchilarniki esa nazariydir.

To’rtinchisi: Birinchilar avvalan va bizzot Haqqa, nazari taba'i o’laroq xalqqa qaraydilar. Ikkinchilar esa avvalan va bizzot xalqqa qarashadi.

Beshinchisi: Birinchilar Xudoparastdirlar. Ikkinchilar esa xudparastdirlar.

اَيْنَ الثَّرٰى مِنَ الثُّرَيَّا وَ اَيْنَ الضِّيَاءُ السَّاطِعُ مِنَ الظُّلْمَةِ الطَّامِسَةِ

* * *

TANVIR

Masalan: Kura-i arz rang-barang muxtalif va kichik-kichik shisha parchalaridan iborat deb faraz qilinsa, har biri boshqa xosiyat bilan lavniga va jirmiga va shakliga nisbat bilan shamsdan bir fayz oladi. Shu xayoliy fayz esa, na quyoshning zoti va na ayni ziyosidir. Hamda ziyoning tamosili va alvoni sab'asining tasoviri va quyoshning tajalliysi bo’lgan shu gunogun va rang-barang chechaklarning alvoni farazan lisonga kelsalar, har biri "Quyosh men kabidir" va yoxud "Quyosh menman" deydi.

اٰنْ خَيَالَات۪ى كِه دَامِ اَوْلِيَاسْتْ ٭ عَكْسِ مَهْرُويَانِ بُوسْتَانِ خُدَاسْتْ

Faqat ahli vahdat-ush shuhudning mashrabi, farq va saxvdir. Ahli vahdat-ul vujudning mashrabi mahv va sakrdir. Sof mashrab esa, mashrabi ahli farq va saxvdir.

تَفَكَّرُوا ف۪ى اٰلَاءِ اللّٰهِ وَ لَا تَفَكَّرُوا ف۪ى ذَاتِه۪ فَاِنَّكُمْ لَنْ تَقْدِرُوا

حَق۪يقَةُ الْمَرْءِ لَيْسَ الْمَرْءُ يُدْرِكُهَا فَكَيْفَ كَيْفِيَّةُ الْجَبَّارِ ذِى الْقِدَمِ ٭ هُوَ الَّذ۪ى اَبْدَعَ الْاَشْيَاءَ وَ اَنْشَاَهَا فَكَيْفَ يُدْرِكُهُ مُسْتَحْدَثُ النَّسَمِ

"NUQTA"ning ikkinchi qismi, hashr va maloika va baqo-i ruhga oid bo’lganidan va bu haqiqatlarni karomatli "Yigirma To’qqizinchi So’z" va "O’ninchi So’z" g’oyat porloq bir suratda izoh etganidan ularga havola qilinib bu yerga kirgizilmadi. Uchinchi qism esa, O’n To’rt Darsdan iborat "Nurning Ilk Eshigi" nomi bilan alohida nashr qilindi.

Said Nursiy

* * *

MUNDARAJOT HAQIDA

Bu muhim majmuaning jumla-i muqaddamotidan bo’lgan bir "I'lam"ham:

"Bu Risola, ba'zi oyoti Qur'oniyaning shuhudiy bir navi tafsiridir. Va undagi masalalar Qur'oni Hakimning bo’stonidan uzilgan chechaklardir. Bu risolaning iborasidagi ijmol va ijoz va fahmidagi zohiriy mushkulot senga tavahhush bermasin. Takror-takror mutolaa et, toki

لَهُ مُلْكُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ

va o’xshash bo’lgan takroroti Qur'oniyaning sirri senga ochilsin.

Ey qori! Bu majmuadagi tavhidning burhonlari va mazharlari bir-biriga ehtiyoj qoldirmaydi deb o’ylama. Chunki men har bir burhonga har bir maqomi maxsusda ehtiyoj his qildim. Harakoti jihodiyam meni shunday bir mavqega majbur qilar ediki, u mavqeda, u onda bir eshik ochishga majbur bo’lardim. Chunki u dahshatli onda boshqa ochiq eshiklarga qaytish muyassar bo’lmas edi. Ham u sayohati ajibada to’qnashgan nurlarimga dalolat etish uchun emas, balki xotirlash uchun ishoratlar qo’ydim. Ba'zan ulkan bir nurga bir ishorat qo’yardim... "Ila oxir" deya naqadar go’zal bir muqaddimani va bir xulosani -bu majmua- go’yo kalit so’z kabi bir kalitni qorilariga taqdim etadi.

* * *

Bu Masnavi-i Nuriyadagi risolalarning ismlari "Rashhalar, Qatra, Hubob, Habba" shaklida ketadi. Agar Qatra Risolasining oxirida marhum Shayx Safvat Afandining yozgani kabi, har bir risolaga bir taqriz yozilsa edi, u marhumning "Bu bir qatra emas, bir bahrdir" degani kabi biz ham derdik:

"U bir lam'a emas, bir shamsdir. U bir rashha emas, bir bahrdir. U bir zuhra emas, bir jinondir. U bir hubob emas, bir ummondir."

* * *

MUNDARIJA

MUQADDIMA

1- LAM'ALAR

Tavhidga doir bo’lib Risola-i Nurdagi Yigirma Ikkinchi So’zning asosi va bir jihatdan Arabchasidir. O’n To’rt Lam'a bilan tavhidning eng inja haqiqatlarini eng mufassal bir suratda

وَ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّهُ وَاحِدٌ

haqiqatiga mazhar qiladigan bir silsila-i daloil va shahodatni ibroz etgan juda qimmatbaho va havo, suv, non kabi hamma muhtoj bo’lgan bir risoladir.

Nurning Masnaviysining boshida kirgizilgan "Lasiyyamalar", "Lam'alar", "Rashhalar" nomli uch risola oxirdagi risolalar kabi mutafarriq masalalardan bahs qilmaydi. Bir xil mavzu ustida ketadi.

2 - RASHHALAR

Bu Rashhalar risolasi iymonning eng muhim uch arkonidan nubuvvatning haqiqatini va nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) g’oyat qat'iy va porloq burhonlar bilan isbot qiladi. Shams qanday ziyo bermasligi mumkin emas. Aynan shuning kabi: Uluhiyat ham risolatsiz mumkin bo’lmaganini isbot qiladi. Va nubuvvatning haqiqatini quyosh kabi ko’rsatadi. Koinotni mujassam bir Qur'oni kabir sifatida tamsil etib, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam uning oyat-ul kubrosi bo’lganini, ko’zida parda va qalbida zang bo’lmaganlarga iroa etadi.

Bu horiqo risola "O’n Bir Rashha"dir. O’n Birinchi Rashhada yigirma bir mo’'jizoti Ahmadiyaga (S.A.V.) ishorat etgan bir salovoti sharifani u Nabiyyi Zishon Alayhissalotu Vassalam Hazratlariga keltiradi.

O’n Birinchi Rashhadan so’ng uzun bir I'lamda nubuvvati Ahmadiyaga (S.A.V.) -boshqa bir tarzda- ko’rilmagan dalillarni ko’rsatadi.

Bu risolaning Turkchasi Risola-i Nurdagi O’n To’qqizinchi So’zdadir.

Masnaviyning boshidagi bu uch risola "Eski Said"ning asarlaridan bo’lmasdan, Ustozimizning ta'biri bilan, "Yangi Said"ning asarlaridir. Ustozimizning eski asarlaridan Risola-i Nurga kirganlar bo’lgani kabi; Risola-i Nurni ta'lifi zamonida yozgan Arabcha asarlari ham bu surat bilan Masnavi-i Arabiyaga idhol etilgan.

3- LASIYYAMALAR

Iymoni Hashrga doir bo’lgan bu risola Risola-i Nurdagi O’ninchi So’zning asosi bo’lib Barlada, Ustozimizning -bir bahor kunida- rahmati Ilohiyaning osorini bog’ va bo’stonlarda mushohadasidan va ixtiyorsiz bo’lib

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

oyati karimasini qirq dafaga yaqin o’qishidan so’ngra tulu' etgan g’oyat qimmatbaho va bu zamonda juda luzumli va inkori hashr mafkurasini ildizi bilan kesib Ibn Sino kabi ajib bir dohiy "Hashr bir masala-i naqliyadir, aql bu yo’lda ketolmaydi" degan hashrni eng sodda fahmga ham qabul ettirgan; va hashrning minglab namunalarini arz yuzida ko’rsatgan; va hashrni iqtizo etgan juda ko’p asmo-i Ilohiyadan tortib to mohiyati insoniyada ham hashrni isbot etgan bir risoladir.

Bir qoida-i hasananing tazohuri o’laroq, har risolaning boshida bo’lgani kabi, bu risolaning boshida ham Janobi Haqqa tahmidot va Nabiyyi Zishonga salotu salom bor. Iymoni Billoh, iymoni bin-nabiy, iymoni bil-hashr va shuhudi koinot mobaynida bir irtiboti tomma va talozumi qat'iyya bo’lganidan, bu risola qisqacha o’laroq "Tavhid va Risolat" haqiqatlaridan bahs qilib asos masala bo’lgan masala-i hashriyaga "Lasiyyama"lar bilan o’tgan. Risola-i Nurning Yigirma Sakkizinchi So’zining Ikkinchi Maqomi bo’lgan bu risola, yigirma yildir Ustozimizning qo’liga endi o’tgan.

4- QATRA

Bu Qatra risolasi bir muqaddima, bir xotima va to’rt bobdan iborat. Muqaddimada Ustozimiz qirq yil umrida ta'lif aylagan yilga nisbat bilan o’ttiz yillik ilm sayrida to’rt kalima bilan to’rt kalom tahsil etganini va bu to’rt kalimaning biri "Ma'no-i Harfiy", ikkinchisi "Ma'no-i Ismiy", uchinchisi "Niyat", to’rtinchisi "Nazar" bo’lganini.. to’rt kalom esa, biri "Men o’z-o’zimga molik emasman", ikkinchisi "Al-mavtu haqqun", uchinchisi "Rabbi vahidun", to’rtinchisi "Ananing bir nuqta-i sevda va bir vohidi qiyosiy" ekanini aytadi. Bu Risola

اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

haqiqatini, Birinchi Bob o’laroq, koinot arkonidan har bir rukn ellik besh kulliy va g’oyat zohir lison bilan isbot qiladi.

TAQRIZ

QATRANING XOTIMASI

Mutafarriq va qisqa, faqat juda luzumli va muhim haqiqatlardan bahs qiladi. Boshida "ya's, u'jb, g’urur, sui zon" kabi nafsning to’rt xastaligini; so’ngra to’rt haqiqatni va keyinchalik esa "Qatra"da zikr qilingan Birinchi Bobdagi "La ilaha illalloh" haqiqatini va davomi o’laroq Bobi Soniyda "Subhanalloh"; Bobi Solisda "Alhamdulilloh"; Bobi Robi'da "Allohu Akbar" martabalarini bayon etgandan so’ng, NUQTA va NUKTA sarlavxalari bilan mavzu e'tibori bilan bir-biridan farqli I'lamlar o’tadi.

QATRANING ZAYLI

"Ramz"lar va "I'lam"lar unvoni ostida, har biri bir risolaga mavzu bo’ladigan qiymatdagi haqiqatlardan iboratdir. Boshida salotu salomdan so’ngra birinchi "I'lam" namozning avvalgi vaqtiga rioya qilishning va xayolan Ka'baga mutavajjih bo’lishning fazilatini va avhom va vasvasa-i shaytoniyani qanday muzmahil etganini va musolliyning butun latoif va tuyg’ularining qanday fayzlanganini bayon etadi.

Bu o’tgan risolalar ayni zamonda arkoni iymoniyadan bahs qilish bilan ham iymon, ham ilm, ham ma'rifatulloh, ham zikr bo’lganidan; o’qilishi ham bir navi ibodatdir.

5- HUBOB

Biri Turkcha, boshqasi Arabcha ikki zayli bo’lgan bu juda muhim risola, Ustozimizning "Xutuvoti Sitta"ni nashri munosabati bilan taltif uchun Ankaraga chaqirilganida, Ankarada Islom qo’shinining Yunonga g’alabasidan nash'a olgan ahli iymonning quvvatli afkori ichiga g’oyat mudhish bir zindiqo fikri kirish va buzish va zaharlantirish uchun dassosona harakat qilganini ko’rgan hangomida ta'lif etgan ikki asaridan biridir.

Bu risolaning boshida bo’lgan salotu salom juda ahamiyatlidir. Bu Masnavi-i Nuriyaning favquloda bo’lgan va hech bir asarda uchralmagan bir xususiyati ham bir barmoqning harakati bilan bir nechta uskunani birdan ishlatish kabi g’oyat balog’atli bir bayon tarziga sohib bo’lishidir. Sobiqan zikr qilingani kabi, bu muazzam majmuada ham zikr, ham iymon, ham tafakkur, ham ilmni bir orada topish doim mumkin. Masalan: Salotu salomni yolg’iz zikr o’laroq kirgizmaydi. Ayni zamonda unda bir iymon inkishofi, ayni zamonda bir ilm, ayni zamonda mo’'mini musolliyni avhom va shubahotdan qutqargan haqiqatlarni sard etib, loaqal uch ma'no martabasini bayon etadi.

Bu horiqo risola muhim bir "I'lam"ida, madaniy mo’'min bilan madaniy kofirning surat va siyrat va zohir va botin farqlarini g’oyat balig’ bir tarzda bayon qiladi. Va natijada bu farqni ko’rlarga ham ko’rsatish uchun deydiki: "Agar istasang, xayoling bilan Nurshin qishlog’idagi Seydaning majlisiga bor, qara: U yerda fuqaro qiyofasida maliklar, podshohlar va inson ko’ylagida maloikalarni bir suhbati qudsiyada ko’rasan. So’ngra Parijga bor va eng katta uychalariga kir, ko’rasanki, chayonlar inson libosi kiyganlar va ifritlar odam suratini olganlar ila oxir" deb yana boshqa jihatdagi farqlarini "Lamaat" va "Sunuhot"ga havola qiladi.

Boshqa bir "I'lam"da, Risola-i Nurda Yigirma Yettinchi So’z nomini olgan Ijtihod Risolasini to’rt sahifada xulosa qiladi.

HUBOBNING BIRINCHI ZAYLI

Forscha bir munojot bilan boshlanadi. Bu munojotning Turkchasi Yettinchi Rijoda va O’n Yettinchi So’zning zaylida bor.

Ustozimiz hech Forscha tahsil etmagani holda, bu qadar mukammal Forscha bir lison bilan ta'lif etilganki, u zamondagi Afg’on Elchisi bu asarni taqdir hislari ichida Afg’onistonga yuborgan. Bu Forscha munojotning orqasida: "Ey Mujohidini Islom" sarlavhasi ostida Turkcha o’laroq mab'usanga o’n moddalik bir xitob bor. Bu xitobning ta'siri bilan Majlisi Mab'usanda kichik bir xona bo’lgan masjid katta bir zalga tabdil etilgan.

ZAYL-UL HUBOB

Hubobning Ikkinchi Zayli ham juda muhim haqiqatlarni ixtivo etmoqda.

6- HABBA

Ikki zayli bor. Bu risolaning birinchi "I'lam"i, haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) olamning ham sababi xilqati, ham urug’i, ham mevasi, ham natija-i xilqati olam bo’lganini g’oyat adibona bir uslub bilan bayon qiladi. Deydiki: Agar olamni bir kitobi kabir sifatida ko’rsang, kotib qalamining murakkabi Nuri Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Agar olamni bir shajara suratida ko’rsang, avvalo urug’i, so’ngra mevasi yana Nuri Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Agar olamni bir zihayot libosini kiyganini ko’rsang, Uning ruhi Nuri Muhammadiy Alayhissalotu Vassalamdir. Agar olamni bir guliston tarzida ko’rsang, uning andalibi zishoni yana Nuri Muhammadiy Alayhissalotu Vassalamdir."

Risolaning oxirida g’oyat go’zal bir tazarru va niyoz va istig’for bor.

ZAYL-UL HABBA

Habbaning Birinchi Zaylining oxirlarida,

حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ الْعَلِىِّ الْعَظ۪يمِ

martabalarining Yigirma To’qqizinchi Lam'a-i Arabiyaga nisbatan qisqa va g’oyat go’zal bayonlari mundarijdir.

ZAYL-UZ ZAYL

Habbaning ikkinchi zaylida g’oyat muhim bir risola bo’lgan ham Arabcha, ham Turkcha bo’lib kasrat bilan intishor etgan Asoyi Muso majmuasida Yigirma Uchinchi Lam'a nomli "Tabiat Risolasi"ning muxtasar qisqa Arabchasi ham bor.

Bu risola Anqarada ta'lif etilgan zamon bir matbaada chop qilingan. Insonlarning og’zidan chiqqan dahshatli uch kalimaning butlanini isbot qilib tabiat botqoqligida bo’g’ilganlarni qutqaradi.

7- ZUHRA

Uzun bir haqiqatning yolg’iz uchini ko’rsatish va porloq bir nurning yolg’iz bir shuasini iroa etish maqsadi bilan yozilgan bu juda muhim risola, g’oyat ahamiyatli haqiqatlarni ixtivo etganidan eng mumtoz Nur shogirdlarining tirishib so’ragan talablariga binoan -aksari Arabcha bilmagan shogirdlarning istifodalariga mador bo’lish uchun- qisman izohli, qisman qisqa bir maoli Ustozimiz tarafidan Turkchaga o’girilgan va O’n Yettinchi Lam'a nomi bilan O’n Besh Mulohaza o’laroq Rasola-i Nur Kulliyotining Lam'alar qismiga ilhoq etilgan.

Zuhra shunday bir haqiqat bilan boshlaydi: Dunyodagi har zihayot molikining ismi bilan, nomi bilan, hisobi bilan ishlagan muvazzaf bir askar kabidir. Kim o’zini o’ziga molik deb o’ylasa, u kishi halikdir.

So’ngra uzun va muhit bir salotu salomni muta'aqib har biri bir risolaning go’yo xulosasi va urug’i mohiyatidagi shumulli "I'lam"larga o’tadi. "I'lam"larning birisida, Qur'on tilmizi bilan falsafa tilmizini ijtimoiy va shaxsiy jihatlaridan muqoyasa etib falsafaning saqim va muzir qismining botil hukmlarini chiritadi. So’nggi "I'lam"i ham g’oyat go’zal va hazin bir munojotni ixtivo etyapti. Ko’proq ma'lumotni Turkcha Mulohazalar Risolasiga havola qilamiz.

Bu Masnavi-i Nuriyaning mundarijasida u qimmatbaho, horiqo risolalardagi yuzlab haqiqatlardan yolg’z bir-ikkitasini noqis fahmimiz bilan va qasir ifodamiz bilan ko’rsatishga harakat qildik. Bo’lmasa, ko’rsatgan misollarimiz u horiqo-i ilmu irfonning na eng jonli nuqtalari bo’lishi mumkin va na eng qiymatli javharlari bo’lishi mumkin. Balki u shamsning juz'iy bir shuasi va u bahrning kichik bir qatrasidir.

8- ZARRA

Shaytoning va ahli ilhodning ba'zi vasvasalarini tard etgan mutafarriq masalalardan bahs etgan horiqo va favquloda bir risola bo’lib, ikki qismdan iboratdir.

Iymon va axloqiyotni va vasvasalarning izolasini va insondagi tashaxxusoti vajhiyaning hikmatini bayon etgan I'lamlar bu risolaning mundarajotidandir. Bir I'lamida

وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ

oyatida zikr qilingan samovot va arzning xilqati va basharning lison va ranglarining ixtilofi Janobi Xoliqi Zuljalolning oyatlaridan bo’lganining haqiqatini g’oyat go’zal bir tarzda bayon qiladi. Deydiki:

"Butun basharning asosoti a'zoda ittifoqi, Sone'ning vahdatiga; tashaxxusoti vajhiyada tamoyuzi, Sone'ning muxtor va hakim ekaniga g’oyat bahir va zohir dalildir" deydi, isbot qiladi. Basharning bir-biridan tashaxxus jihatidan farqlarining hikmatini va boshqa maxluqotda bu tamoyuzning bir-bir bo’lmasdan, nav-nav bo’lishi hikmatning shunday iqtizo etganini izoh etadi.

Boshqa bir I'lamda, shaytoni insiy va jinniyning, baqaraning botinan g’oyat mukammal, zohiran miskin bo’lishi haqidagi bir vasvasasini tard etadi va deydiki: "Ey shaytoni jinniyga ustoz bo’lgan shaytoni insiy! Agar hamma narsa, hamma narsani g’oya miqdori bilan va loyiqi vajh bilan qilgan Qodiri Azaliyning san'ati bo’lmasa edi, sening eshagingning qulog’i sendan va sening ustozlaringdan yanada aqlli va yanada haziq bo’lishi lozim bo’lardi." deya insiy va jinniy shaytonlarning vasvasalari yuzlariga urilib; baqaraning, ya'ni inakning dohilining mutlaq bo’lganining va xorijining muqayyad bo’lishining hikmatini aqlan va ilman g’oyat muqni' bir suratda bayon etadi.

Axloqqa doir bir I'lamida deydiki: "Ey fosiq! Bilki, madaniyati safiha shunday mudhish bir riyoni ibroz etgan va maydonga chiqarganki, ahli madaniyatning undan qutulishi mumkin emas. Chunki ahli madaniyat riyoga shon va sharaf nomini bergan. Insonni shaxslarga qarshi riyokorlikka badal, unsurlarga va millatlarga va davlatlarga qarshi riyokorlikka tashviq etgan va tarixni ularga mushavviq va laganbardor va jaridalarni ham, ya'ni gazetalarni ham dallol qilgan. O’limni unuttirib (go’yo) unsurlari ichida bir hayotlari bor deya, zamoni johiliyatdagi g’addor zolimlarning dasisalari navidan bir dasisa bilan, basharni tasannu va riyokorlikka chorlagan." Naqadar o’qilsa, o’qilishga loyiq bo’lgan bu risola ham bir istig’for va Hazrat Mavlononing bir bayti bilan nihoyat topgan.

9- SHAMMA

Koinotning majmuidan to zarraga qadar mutanazilan har bir mavjudning juda ko’p asmo-i Ilohiyadan Alloh, Rob, Molik, Mudabbir, Murabbiy, Mutasarrif va Nazim ismlariga shahodat qilganlarini isbot etadi. Boshqa bir I'lamida, hech bir kishining Sone'-i Olamdan shikoyat haqqi bo’lmaganini ko’rsatadi. Boshqa bir I'lamida Qur'oni Hakimning ilk va aksar muxotobi bo’lgan jumhuri avomning fahmlarini qanday erkalaganini va ularning idroklariga qanday muro'at etganini uzun bir haqiqat bilan bayon etadi. Ham tayyi makon va basti zamon va ananing mohiyati va ikki vajhi kabi juda ham inja haqoiqni bayon etgan mutafarriq mavzulargan mutashakkil bir qimmatbaho risoladir.

Bu risola:

Madad ey qofila-salari rusul huz biyadi,

Sensan ey nuri karam jumlamizning mo’'tamadi

Intisobim sengadir mana tilimda sanadi:

La ilaha illalloh Muhammadun Rasululloh.

deya bir manzum qit'adan so’ng uzun va muhit bir istig’for va duoga o’tib tugaydi.

O’NINCHI RISOLA:

Boshqalariga nisbat bilan katta bo’lgan bu risolada So’zlardan ba'zilarining xulosalari bilan mutafarriq va muxtalif mavzulardan iborat I'lamlar bor.

Birinchi I'lamida

وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاط۪ينِ

oyati karimasining tafsirini, samovotga chiqish istagan shaytonlarning rajm etilishlarini Yetti Zinapoya bilan bayon qiladi.

Birinchi zinapoyasida: Samodagi sukunat va sukutga va intizomga ishorat bilan deydiki: "Samo ahli arz ahli kabi xayrlarning va sharlarning qo’shilishidan va zidlarning ijtimo'idan hosil bo’lgan munoqasha va ixtilofot va tazabzub ichida emas. Balki ular o’zlariga Xoliqlari tarafidan amr qilingan narsalarni kamoli itoat bilan qilgan mute'lardir."

Shaytonlarning rajm etilishlarini bayon va isbotdan so’ng boshqa bir I'lamda (Ustozimiz) Qur'ondan istifoda etgan to’rt tariqni to’rt xatva bilan g’oyat vajiz bir tarzda izoh etadi. Risola-i Nurning So’zlar qismida mufassal izohi bo’lgan bu I'lam juda muhimdir.

Boshqa bir I'lamida, ubudiyat muqaddima-i mukofoti lohiqa emas, natija-i ne'mati sobiqa bo’lganini bayondan so’ng juda haqiqatli va keng ma'nodagi I'lamlarga o’tib Nurning Ilk Eshigida va Kichik So’zlarda bir daraja maollari bo’lgan haqiqatlarning izohi bilan bu qimmatbaho va muhim risola tugaydi. Bu qimmatbaho risolaning mundarajotidan shams kabi nurli, qamar kabi porloq bir misoli shudir: Qur'oni Hakim koinotdagi insonga roji' va manfaatli bo’lgan ashyoni ixtor uchun zikr qiladi. Bo’lmasa Qur'oni Hakimning u bayonoti yolg’iz u foydasiga inhisor etmaydi. Chunki inson o’zi bilan aloqasi bo’lgan va foydasi tegilgan bir zarraga o’zi bilan aloqasi bo’lmagan bir shamsdan ziyoda ahamiyat beradi. Masalan:

وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ ٭ لِتَعْلَمُوا عَدَدَ السِّن۪ينَ وَالْحِسَابَ

Ya'ni, qamarning kura-i arz atrofida davrining Janobi Haq tarafidan taqdir etilishining juda ko’p hikmatlaridan bir hikmati ham basharning kunlarini, oylarini, yillarini hisob etishi, bilishidir. Bo’lmasa qamarning taqdiri, bizcha juda luzumli bo’lgan bu foydasiga inhisor etmaydi. Xoliqi Zuljalolning asmosiga oynadorlik etgan minglab hikmatlari yana bor.

Bu qimmatbaho risolaning oxirida, olti qatrada I'jozi Qur'onni xulosa etgan kichik, faqat o’sha nisbatda shumulli bir risola bor.

MO’'JIZA-I KUBRODAN BIR NECHA QATRANI TAZAMMUN ETGAN O’N TO’RTINCHI RASHHA

Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning risolatining haqqoniyatiga bir dalil ham Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayondir... Qur'oni Hakimning qirqqa yaqin vajhi i'jozi Lamaat va Ishorot-ul I'joz tafsirida bayon etilganidan, ularga havola etib Birinchi Qatra nihoyat topadi.

Ikkinchi Qatrada: Yigirma Beshinchi So’zda zikr qilingan "Qur'on Nedir?" ta'rifining qisqa bir Arabchasi bor.

Uchinchi Qatra: Olti Nuqtadir. Uchinchi Nuqtasida: Qandayki inson muxtalif hojoti jismoniyaga muxtalif vaqtlarda muhtojdir... Masalan: Havoga har on, haroratga, suvga har vaqt, g’idoga har kun, ziyoga har hafta muhtojdir. Xuddi shuning kabi, hojoti ma'naviya-i insoniya ham muxtalifdir. Bir qismiga har on muhtojdir. Lafzulloh kabi. Bir qismiga har vaqt muhtojdir. Bismilloh kabi. Bir qismiga har soat muhtojdir. "La ilaha Illalloh" kabi. Va hokazo qiyos qil.

To’rtinchi Qatra: Olti Nuktadir. Beshinchi Nuktasida ko’p oyati karima bo’lishidan; va u yer ham izoh maqomi bo’lmaganidan, Mo’'jizoti Qur'oniyaga havola qilinib, u nukta tashlab o’tilgan. Ba'zan bir harfi Qur'oniyda Qur'onning i'jozini isbot qilgan bu risola va do’stlari bo’lgan "Ishorot-ul I'joz" va "Mo’'jizoti Qur'oniya" risolalari Qur'oni Hakimning bittadan olmos qilichidir.

Oltinchi Qatra: Balog’ati Qur'oniyaning bir sirrini kashf etib; adiblarning "Unzur ila man qola" ya'ni "Kim aytgan" deyishlariga muqobil "Unzur ila man qola va liman qola va lima qola va fima qola" deb i'jozi Qur'oniyani porlattiradi. Bu Oltinchi Qatra balog’ati Qur'oniya uchun muhim bir kalitdir.

10- SHU'LA

Ikki sahifalik bir zayli bo’lgan kichik hajmda bir risoladir.

11-

NUQTA

Juda muxtasar bo’lgani uchun xulosa qilinmadi.

اَللّٰهُمَّ اخْتِمْ لَنَا بِالسَّعَادَةِ وَالشَّهَادَةِ وَالْكَرَامَةِ وَالْبُشْرٰى اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ

* * *

I'TIZOR

Mundarijasi tugagan Masnavi-i Nuriya hayotning hayoti va g’oyasi va eng yuksak haqiqat bo’lgan iymonni taqliddan tahqiqqa, tahqiqdan ilmalyaqiyn martabasiga, ilmalyaqiyn martabasidan aynalyaqiyn darajasiga va keyinchalik ham haqqalyaqiynga ulashtirgan muazzam va muhtasham va juda ko’p risolalarni tazammun etgan muhit va horiqo bir asardir.

Bu asarning haqiqiy qiymatini taboruz ettiradigan eng haqiqiy mundarijani yana uning aziz va muhtaram muallifi ustozimiz qila olardilar. Bizning juda qisqa anglashimiz va zaif idrokimiz va qasir fahmimiz va Arabchaga bo’lgan vuqufsizligimiz, ulamo-i mutabahhiriynning qatrasiga bahr deganlari bu benazir asarning mundarijasini qorilarga juda nuqsonli tarzda taqdim etishimizning omillari bo’lgan.

Muhtaram qori! Bu mundarijaga qarab, tilsimi koinotning kashshofi, haqoiqi ashyoning miftahi, hikmati xilqatning dalloli bo’lgan bu ma'naviy xazina hukmidagi majmuani ham u mezon bilan tortma. Chunki bizdagi ajz va nuqsonlik u majmuaning qiymati bilan mabsutan emas, ma'kusan mutanosibdir. Quyoshning bir zarra shisha parchasidagi timsoliga qarab, "Quyosh ham bu qadardir" dema. Chunki u zarra qobiliyati qadar u quyoshdan fayz oladi. Sen esa oynangning kattaligi nisbatida u ma'naviy shamsdan fayz olasan.

Ham bu majmuada bo’lgan yuzlab I'lamlardan yolg’iz juda oz bir qismining juda juz'iy bir ma'nosi yolg’iz ishorat uchun zikr qilingan. Bo’lmasa, har bir risola, hatto har bir I'lam uchun bu Masnaviy mundarijasining majmui qadar bir mundarija qilish lozim bo’lardi. Bunga ham na bizning iqtidori ilmiyamiz va na maqom va na zamon muso'id emas.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا

رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا بِاَحْسَنِ قَبُولٍ هٰذِهِ الْفِهْرِسْتَةَ النَّاقِصَةَ بِحُرْمَةِ سَيِّدِ الْمُرْسَل۪ينَ وَ اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ وَالْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

MUSTAFA GUL VA TOHIRIY MUTLU

* * *

68

Kitobni ochish ↗