Risola-i Nur Kulliyotidan
MAKTUBOT
Muallifi
Badiuzzamon Said Nursiy
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَ بِه۪ نَسْتَع۪ينُ
BIRINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
To’rt savolning muxtasar javobidir
Birinchi Savol:Hazrat Hizr Alayhissalom hayotdami? Hayotda bo’lsa, nima uchun ba'zi muhim olimlar hayotini qabul qilishmaydi?
Aljavob:Hayotda, faqat hayot martabalari beshta. U kishi ikkinchi martabadadir. Shu sababdan ba'zi olimlar hayotda ekaniga shubha qilganlar.
Birinchi Tabaqa-i Hayot:Bizning hayotimiz bo’lib, ko’p qaydlar bilan muqayyaddir.
Ikkinchi Tabaqa-i Hayot:Hazrat Hizr va Ilyos Alayhimassalomning hayotlari bo’lib, bir daraja erkindir. Ya'ni, bir vaqtda juda ko’p yerlarda bo’la oladilar. Biz kabi bashariyat lavozimoti bilan doimiy muqayyad emaslar. Ba'zan istagan vaqtlarida biz kabi yeydilar, ichadilar; faqat biz kabi majbur emas. Tavotur darajasida ahli shuhud va kashf bo’lgan avliyoning Hazrat Hizr bilan mojarolari bu tabaqa-i hayotni tanvir va isbot qiladi. Hatto maqomoti valoyatda bir maqom borki,"Maqomi Hizr"ta'bir etiladi. U maqomga kelgan valiy Hizrdan dars oladi va Hizr bilan ko’rishadi. Faqat ba'zan u maqom sohibi yanglish o’laroq ayni Hizr deb qabul qilinadi.
Uchinchi Tabaqa-i Hayot:Hazrat Idris va Iso Alayhimassalomning tabaqa-i hayotlaridirki, bashariyat lavozimotidan tajarrud bilan, malak hayoti kabi bir hayotga kirib, nuroniy bir latofat kasb etadi. Go’yo badani misoliy latofatida va jasadi najmiy nuroniyatida bo’lgan jismi dunyoviylari bilan samovotda bo’ladilar. Oxirzamonda Hazrat Iso Alayhissalom keladi, Shariati Muhammadiya (S.A.V.) bilan amal qiladi maolidagi hadisning sirri shuki: Oxirzamonda falsafa-i tabiiya bergan jarayoni kufriya va inkori uluhiyatga qarshi Isaviylik dini tasaffi etib va xurofotdan tajarrud etib Islomiyatga inqilob qiladigan bir vaqtda, qandayki Isaviylik shaxsi ma'naviysi vahyi samoviy qilichi bilan u mudhish dinsizlikning shaxsi ma'naviysini o’ldiradi; shunga o’xshab Hazrat Iso Alayhissalom, Isaviylik shaxsi ma'naviysini tamsil etib, dinsizlikning shaxsi ma'naviysini tamsil etgan Dajjolni o’ldiradi... ya'ni inkori uluhiyat fikrini o’ldiradi.
To’rtinchi Tabaqa-i Hayot:Shuhado hayotidir. Nassi Qur'on bilan shuhadoning ahli quburdan ustun bir tabaqa-i hayotlari bor. Ha, shuhado, hayoti dunyoviyalarini tariqi haqda fido qilganlari uchun, Janobi Haq kamoli karamidan ularga hayoti dunyoviyaga o’xshash, faqat g’amsiz, zahmatsiz bir hayotni Olami Barzohda ularga ehson qiladi. Ular o’zlarini o’lgan deb bilmaydilar.. yolg’iz o’zlarini yanada yaxshi bir olamga ketgan deb biladilar.. kamoli saodat bilan mutalazziz bo’ladilar.. o’limdagi firoq achchig’ini his qilmaydilar. Ahli quburning garchi ruhlari boqiydir, faqat o’zlarini o’lgan deb biladilar. Barzohda olgan lazzat va saodatlari shuhadoning lazzatiga yetmaydi. Qandayki ikki odam bir ro’yoda Jannat kabi bir go’zal saroyga kiradilar. Biri ro’yoda bo’lganini biladi. Olgan zavq va lazzati juda nuqsonlidir. "Men uyg’onsam shu lazzat qochadi" deb o’ylaydi. Boshqasi ro’yoda bo’lganini bilmaydi. Haqiqiy lazzat bilan haqiqiy saodatga mazhar bo’ladi.
Xullas, Olami Barzohdagi amvot va shuhadoning hayoti barzohiyadan istifodalari shu kabi farqlidir. Hadsiz vuqu'ot bilan va rivoyot bilan shuhadoning bu tarzi hayotga mazhariyatlari va o’zlarini sog’ deb bilishlari sobit va qat'iydir. Hatto Sayyid-ush shuhado bo’lgan Hazrat Hamza Roziyallohu Anh, mukarrar vuqu'ot bilan o’ziga iltijo qilgan odamlarni muhofaza qilishi va dunyoviy ishlarini qilishi va qildirishi kabi ko’p vuqu'ot bilan bu tabaqa-i hayot tanvir va isbot qilingan. Hatto -men o’zim- Ubayd ismli bir jiyanim va talabam bor edi. Mening yonimda va mening o’rnimga shahid bo’lgandan so’ng, uch oylik masofada asoratdalik chog’imda, mahalli dafnini bilmaganim holda, menimcha bir ro’yoyi sodiqada, taxt-al Arz bir manzil suratidagi qabriga kiribman. Uni shuhado tabaqa-i hayotida ko’rdim. U meni o’lgan deb bilar ekan. Men uchun ko’p yig’laganini aytdi. O’zini hayot deb bilar, faqat Rusning istilosidan chekingani uchun, yer ostida o’ziga go’zal bir manzil taxlagan. Xullas bu juz'iy ro’yo, ba'zi sharoit va amorot bilan, o’tgan haqiqatga menga shuhud darajasida bir qanoat berdi.
Beshinchi Tabaqa-i Hayot:Ahli quburning hayoti ruhoniylaridir. Ha, mavt; tabdili makondir, itloqi ruhdir, vazifadan tarhisdir. I'dom va adam va fano emasdir. Hadsiz vuqu'ot bilan arvohi avliyoning tamassullari va ahli kashfga tazohurlari va boshqa ahli quburning yaqazotan va manaman bizlar bilan munosabatlari va voqelikka mutobiq bo’lib bizlarga ixborotlari kabi ko’p daloil u tabaqa-i hayotni tanvir va isbot qiladi. Zotan baqo-i ruhga doir "Yigirma To’qqizinchi So’z" bu tabaqa-i hayotni daloili qat'iya bilan isbot qilgan.
Ikkinchi Savol:Furqoni Hakimda
اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَ لِيَبْلُوَكُمْ اَيُّكُمْ اَحْسَنُ عَمَلًا
kabi oyatlarda "Mavt ham, hayot kabi maxluqdir, ham bir ne'matdir." deya ifhom etiladi. Holbuki zohiran mavt; inhiloldir, adamdir, tafassuxdir, hayotning so’nishidir, hodim-ul lazzatdir... qanday qilib maxluq va ne'mat bo’lishi mumkin?
Aljavob:"Birinchi Savol"ning javobining oxirida aytilgani kabi: Mavt, vazifa-i hayotdan bir tarhisdir, bir paydosdir, bir tabdili makondir, bir tahvili vujuddir, hayoti boqiyaga bir da'vatdir, bir mabdadir, bir hayoti boqiyaning muqaddimasidir. Qandayki hayotning dunyoga kelishi bir xalq va taqdir bilandir; xuddi shuning kabi, dunyodan ketishi ham bir xalq va taqdir bilan, bir hikmat va tadbir bilandir. Chunki eng oddiy tabaqa-i hayot bo’lgan hayoti nabotiyaning mavti, hayotdan yanada muntazam bir asari san'at bo’lganini ko’rsatadi. Mevalarning, urug’larning, danaklarning mavti; tafassux bilan chirish va parchalanishdek ko’ringani bilan, g’oyat muntazam bir muomala-i kimyoviya va mezonli bir imtizojoti unsuriya va hikmatli bir tashakkuloti zarraviyadan iborat bo’lgan bir qorishtirish bo’lib, ko’rinmagan intizomli va hikmatli o’limi niholning hayoti bilan tazohur etadi. Demak, danakning mavti, niholning mabda-i hayotidir; balki ayni hayoti hukmida bo’lgani uchun, o’lim ham hayot qadar maxluq va muntazamdir.
Ham zihayot mevalarning yoxud hayvonlarning me'da-i insoniyada o’limlari, hayoti insoniyaga chiqishlariga mansha' bo’lganidan; "u mavt ularning hayotidanda muntazam va maxluq" deyiladi.
Eng adno tabaqa-i hayot bo’lgan hayoti nabotiyaning mavti bunday maxluq, hikmatli va intizomli bo’lsa, tabaqa-i hayotning eng ulviysi bo’lgan hayoti insoniyaning boshiga kelgan mavt, albatta yer ostiga kirgan bir urug’ning havo olamida bir daraxt bo’lishi kabi, yer ostiga kirgan bir inson ham, Olami Barzohda, albatta bir hayoti boqiya niholini beradi.
Ammo, mavt ne'mat bo’lganining jihati esa, ko’p vujuhidan to’rt vajhiga ishorat qilamiz.
Birinchisi:Og’irlashib qolgan vazifa-i hayotdan va takolifi hayotiyadan ozod qilib, yuzdan to’qson to’qqiz ahbobiga qovushish uchun, Olami Barzohda bir visol eshigi bo’lganidan, eng buyuk bir ne'matdir.
Ikkinchisi:Tor, mashaqqatli, tashvishli, zilzilali dunyo zindonidan chiqarib; vus'atli, sururli, iztirobsiz, boqiy bir hayotga mazhariyat bilan.. Mahbubi Boqiyning doira-i rahmatiga kirishdir.
Uchinchisi:Keksalik kabi sharoiti hayotiyani og’irlashtirgan bir qancha sabablar borki; mavtni, hayotdan juda ustun bir ne'mat sifatida ko’rsatadi. Masalan: Senga iztirob bergan juda keksaygan padar va volidang bilan barobar, bobongning bobolari, safolati hollari bilan sening oldingda hozir bo’lsaydilar; hayot naqadar nikmat, mavt naqadar ne'mat bo’lganini bilarding. Ham masalan: Go’zal chechaklarning oshiqlari bo’lgan go’zal chivinlarning qishning shadoidi ichida hayotlari naqadar zahmat va o’limlari naqadar rahmat bo’lgani anglashiladi.
To’rtinchisi:Navm qandayki bir rohat, bir rahmat, bir istirohatdir; xususan musibatzadalar, yaradorlar, xastalar uchun.. xuddi shuningdek: Navmning akasi bo’lgan mavt ham, musibatzadalarga va o’zini o’zi o’ldirishga chorlovchi balolar bilan mubtalo bo’lganlar uchun ayni ne'mat va rahmatdir. Ammo ahli zalolat uchun mutaaddid So’zlarda qat'iy isbot qilingani kabi; mavt ham hayot kabi nikmat ichida nikmat, azob ichida azobdir. U bahsdan xorijdir.
Uchinchi Savol:Jahannam qayerda?
Aljavob:
قُلْ اِنَّمَا الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ ٭ لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
Jahannamning joyi, ba'zi rivoyot bilan "Taxt-al Arz" deyilgandir. Boshqa yerlarda bayon qilganimiz kabi: Kura-i Arz, harakati sanaviyasi bilan kelajakda majma'-i hashr bo’ladigan bir maydonning atrofida bir doira chizyapti. Jahannam esa, Arzning o’sha madori sanaviysi ostida deganidir. Ko’rinmasligi va his qilinmasliklari, pardali va nursiz otash bo’lgani uchundir. Kura-i Arz sayohat qilayotgan masofa-i azimada juda ko’p maxluqot borki, nursiz bo’lganlari uchun, ko’rinmaydilar. Qamar, nuri chekingan sari vujudini yo’qotgani kabi, nursiz ko’p kuralar, maxluqlar ko’z o’ngimizda ekan, ko’rolmaymiz.
Jahannam ikkitadir: Biri sug’ro, biri kubrodir. Kelajakda sug’ro kubroga inqilob etishi va danagi hukmida bo’lgani kabi, kelajakda undan bir manzil bo’ladi. Jahannami Sug’ro yerning ostida, ya'ni markazidadir. Kuraning osti, markazidir. Ilmi Tabaqot-ul Arzdan ma'lumdirki: Ko’pincha har o’ttiz uch metr hafriyatda bir daraja-i harorat tazoyud etadi. Demak, markazga qadar nisfi qutri Arz, olti mingdan ortiq kilometr bo’lganidan, ikki yuz ming daraja-i haroratni jome', ya'ni ikki yuz dafa otashi dunyoviydan shadid va rivoyati hadisga muvofiq bir otash mavjud. Shu Jahannami Sug’ro Jahannami Kubroga oid ko’p vazoifni dunyoda va Olami Barzohda bajargan va ahodislar bilan ishorat qilingan. Olami Oxiratda, Kura-i Arz qandayki sakanasini madori sanaviysidagi maydoni hashrga to’kadi; shuning kabi ichidagi Jahannami Sug’roni ham Jahannami Kubroga amri Ilohiy bilan taslim etadi. Ahli Itizolning ba'zi imomlari "Jahannam keyinchalik xalq etiladi" deyishlari, holi hozirda tamomi bilan inbisot etmaganidan va sakanalariga to’liq munosib bir tarzda inkishof etmaganidan, g’olatdir va g’abovatdir. Ham parda-i g’ayb ichidagi olami oxiratga oid manzillarni dunyoviy ko’zimiz bilan ko’rish va ko’rsatish uchun, yo koinotni kichraytirib ikki viloyat darajasiga keltirishimiz lozim, yoxud ko’zimizni kattalashtirib yulduzlardek ko’zlarimiz bo’lishi kerakki, joylarini ko’rib aniqlab olaylik. وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ oxirat olamiga oid manzillar bu dunyoviy ko’zimiz bilan ko’rilmaydi. Faqat ba'zi rivoyotning ishoroti bilan, oxiratdagi Jahannam bu dunyomiz bilan munosabatdor. Yozning shiddati haroratiga مِنْ فَيْحِ جَهَنَّمَ deyilgan. Demak, bu dunyoviy kichkina va xira aql ko’zi bilan u ulkan Jahannam ko’rilmaydi. Faqat ismi Hakimning nuri bilan qaray olamiz. Shundayki:
Arzning madori sanaviysi ostida bo’lgan Jahannami Kubro, yerning markazidagi Jahannami Sug’roni go’yo tavkil etib, ba'zi vazoifini qildirgan. Qodiri Zuljalolning mulki juda kengdir. Hikmati Ilohiya qayerni ko’rsatgan bo’lsa, Jahannami Kubro o’sha yerga joylashadi. Ha, bir Qodiri Zuljalol va amri كُنْ فَيَكُونُ ga molik bir Hakimi Zulkamol, ko’z o’ngimizda kamoli hikmat va intizom bilan Qamarni Arzga bog’lagan; azamati qudrat va intizom bilan Arzni Quyoshga rabt etgan va Quyoshni sayyoroti bilan barobar Arzning sur'ati sanaviyasiga yaqin bir sur'at bilan va hashmati rububiyat bilan, bir ehtimolga ko’ra Shams-ush Shumus tarafiga bir harakat bergan va elektr chiroqlari floti kabi yulduzlarni saltanati rububiyatiga nuroniy shohidlar qilgan; u bilan saltanati rububiyatini va azamati qudratini ko’rsatgan bir Zoti Zuljalolning kamoli hikmatidan va azamati qudratidan va saltanati rububiyatidan uzoq emaski, Jahannami Kubroni elektr chiroqlari fabrikasining qozoni hukmiga keltirib oxiratga qaragan samoning yulduzlarini u bilan ish'ol etsin; harorat va quvvat bersin. Ya'ni, olami nur bo’lgan Jannatdan yulduzlarga nur berib, Jahannamdan nor va harorat yuborsin. Ayni holda u Jahannamning bir qismini ahli azobga maskan va mahbas qilsin. Ham bir Fotiri Hakimki, tog’dek ulkan bir daraxtni tirnoqdek bir danakda saqlaydi. Albatta, u Zoti Zuljalolning qudrat va hikmatidan uzoq emasdki; Kura-i Arzning qalbidagi Jahannami Sug’ro danagida Jahannami Kubroni saqlasin.
Alhosil:Jannat va Jahannam, shajara-i xilqatdan abad tarafiga uzangan bir shoxning ikki mevasidir. Mevaning joyi esa, shoxning muntahosidadir. Ham shu silsila-i koinotning ikki natijasidir. Natijalarning mahallari, silsilaning ikki tarafidadir. Sufliysi, saqili pastki tarafda; nuroniysi, ulviysi yuqori tarafidadir. Ham shu sayli shuunotning va mahsuloti ma'naviya-i arziyaning ikki mahzanidir. Mahzanning makoni esa, mahsulotning naviga ko’ra, yomoni ostida, yaxshisi ustidadir. Ham abadga qarshi jarayon etgan va mavj urgan mavjudoti sayyolaning ikki hovuzidir. Hovuzning o’rni esa, oqim to’xtagan va tajammu' etgan yerdadir. Ya'ni, xobisoti va muzaxrafoti asfalda, toyyiboti va sofiyoti a'lodadir. Ham lutf va qahrning, rahmat va azamatning ikki tajalliygohidir. Tajalliygohning joyi esa, har yerda bo’lishi mumkin. Rahmoni Zuljamol va Qahhori Zuljalol qayerda istasa tajalliygohini ochadi.
Ammo Jannat va Jahannamning vujudlari esa, O’ninchi va Yigirma Sakkizinchi va Yigirma To’qqizinchi So’zlarda g’oyat qat'iy bir suratda isbot qilingan. Shu yerda yolg’iz bu qadar aytamizki: Mevaning vujudi shox qadar va natijaning silsila qadar va mahzanning mahsulot qadar va hovuzning irmoq qadar va tajalliygohning rahmat va qahrning vujudlari qadar qat'iy va yaqiyndir.
To’rtinchi Savol:Mahbublarga bo’lgan ishqi majoziy ishqi haqiqiyqa inqilob etgani kabi, ajabo, aksar insonlarda bo’lgan dunyoga qarshi bo’lgan ishqi majoziy bir ishqi haqiqiyga inqilob etishi mumkinmi?
Aljavob:Ha. Dunyoning foniy yuziga qaragan ishqi majoziy, agar u oshiq, u yuzning ustidagi zavol va fano xunukligini ko’rib undan yuzini o’girsa, boqiy bir mahbub izlasa, dunyoning juda go’zal va oyna-i asmo-i Ilohiya va mazraa-i oxirat bo’lgan ikki boshqa yuziga qarashga muvaffaq bo’lsa, u g’ayri mashru' majoziy ishq o’sha vaqt ishqi haqiqiyga inqilobga yuz tutadi. Faqat, o’zining zoil va hayoti bilan bog’liq qarorsiz dunyosini xorijiy dunyo bilan iltibos etmaslik sharti bilan. Agar ahli zalolat va g’aflat kabi o’zini unutib, ofoqqa sho’ng’ib, umumiy dunyoni xususiy dunyosi deb o’ylab unga oshiq bo’lsa, tabiat botqog’iga tushib botadi. Magarki, horiqo bo’lib, bir dasti inoyat uni qutqarmasa. Shu haqiqatni tanvir uchun bu misolga qara. Masalan:
Shu go’zal ziynatli xonaning to’rt devorida to’rtovimizga oid to’rt andom oynasi bo’lsa, beshta xona bo’ladi. Bittasi haqiqiy va umumiy, to’rtasi misoliy va xususiy... Har birimiz o’z oynamiz vositasi bilan xususiy xonamizning shaklini, ko’rinishini, rangini o’zgartira olamiz. Qizil bo’yoq bilan bo’yasak, qizil; yashil bilan bo’yasak, yashil ko’rsatadi. Va hokazo... oynada tasarruf bilan ko’p vaziyatlar bera olamiz; xunuklashtirib, go’zallashtirib ko’p shakllarga sola olamiz. Faqat xorijiy va umumiy xonada esa osonlikcha tasarruf etolmaymiz va uni tag’yir etolmaymiz. Xususiy xona bilan umumiy xona haqiqatda bir-birining ayni ekan, ahkomda boshqadir. Sen bir barmoq bilan xonangni xarob qila olasan, haqiqiy honaning esa bir toshini ham qimirlatolmaysan.
Xullas, dunyo ziynatli bir manzildir. Har birimizning hayoti, bir andom oynasidir. Shu dunyodan har birimizda bittadan dunyo bor, bittadan olamimiz bor. Faqat ustuni, markazi, eshigi hayotimizdir. Balki u xususiy dunyomiz va olamimiz bir sahifadir. Hayotimiz bir qalam.. u bilan sahifa-i a'molimizga o’tadigan ko’p narsalar yoziladi. Agar dunyomizni sevgan bo’lsak, keyin ko’rdikki: Dunyomiz hayotimiz ustida bino qilingani uchun, hayotimiz kabi zoil, foniy, qarorsizdir, his qilib bildik. Unga oid muhabbatimiz, u xususiy dunyomiz oyna bo’lgan va tamsil etgan go’zal nuqushi asmo-i Ilohiyaga aylanadi; undan jilva-i asmoga intiqol etadi. Ham u xususiy dunyomiz oxirat va Jannatning muvaqqat bir ko’chatzori bo’lganini idrok etib, unga qarshi shadid hirs va talab va muhabbat kabi hissiyotimizni uning natijasi va samarasi va niholi bo’lgan uxroviy fovoidiga o’girsak, o’sha majoziy ishq haqiqiy ishqqa inqilob etadi. Bo’lmasa
نَسُوا اللّٰهَ فَاَنْسٰيهُمْ اَنْفُسَهُمْ اُولٰٓئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ
sirriga mazhar bo’lib, nafsini unutib, hayotning zavolini o’ylamasdan, xususiy, qarorsiz dunyosini ayni umumiy dunyo kabi sobit bilib, o’zini loyamut faraz qilib dunyoga tiqilsa, shadid hissiyot bilan unga yopishsa, unga botib ketadi. U muhabbat u uchun hadsiz balo va azobdir. Chunki u muhabbatdan yetimona bir shafqat, ma'yusona bir riqqat tavallud etadi. Butun zihayotlarga achinadi; hatto go’zal va zavolga ma'ruz butun maxluqotga bir riqqat va bir firqat his qiladi; qo’lidan hech narsa kelmaydi, ya'si mutlaq ichida alam chekadi. Faqat g’aflatdan qutulgan avvalgi odam u shadid shafqatning alamiga qarshi ulviy bir tiryoq topadiki; u achingan butun zihayotlarning mavt va zavolida bir Zoti Boqiyning boqiy asmosining doimiy jilvalarini tamsil etgan oyna-i arvohlarni boqiy ko’radi; shafqati bir sururga inqilob etadi. Ham zavol va fanoga ma'ruz butun go’zal maxluqotning orqasida bir jamoli munazzah va husni muqaddasni ihsos etgan bir naqsh va tahsin va san'at va tazyin va ehson va tanviri doimiyni ko’radi. U zavol va fanoni tazyidi husn va tajdidi lazzat va tashhiri san'at uchun bir yangilab turish shaklida ko’rib, lazzatini va shavqini va hayratini ziyodalashtiradi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
IKKINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(U mazkur va ma'lum talabasining hadyasiga qarshi javobdan bir parcha.)
Solisan: Menga bir hadya yubording. G’oyat ahamiyatli bir qoidamni buzishni istaysan. Men demaymanki "Ukam va jiyanim bo’lgan Abdulmajid va Abdurrahmondan qabul qilmaganim kabi sendan ham qabul qilmayman." Chunki sen ulardan ancha oldin va ruhimga yanada yaqin bo’lganingdan, harkasning hadyasi rad qilinsa, seniki bir marta istisno bo’lib rad qilinmaydi. Faqat shu munosabat bilan u qoidamning sirrini aytaman:
Eski Said minnat olmasdi. Minnat ostiga kirishdan ko’ra o’limni tarjih etardi. Ko’p zahmat va mashaqqat chekkani holda, qoidasini buzmadi. Eski Saidning sening bu bechora qardoshingga irsiyatdan qolgan shu xislati esa, tazahhud va sun'iy bir istig’no emas, balki to’rt-besh jiddiy sabablarga istinod etadi.
Birinchisi:Ahli zalolat ahli ilmni; ilmni vosita-i jar qilish bilan ittihom etadilar. "Ilmni va dinni o’zlariga madori maishat qiladilar" deb insofsiz tarzda ularga hujum qiladilar. Bularni fe'lan takzib lozimdir.
Ikkinchisi:Nashri haq uchun Anbiyoga ittibo etish bilan mukallafmiz. Qur'oni Hakimda, haqni nashr qilganlar:
اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ ٭ اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ
deb insonlardan istig’no ko’rsatganlar. Sura-i Yosinda
اِتَّبِعُوا مَنْ لَا يَسْئَلُكُمْ اَجْرًا وَهُمْ مُهْتَدُونَ
jumlasi masalamiz haqida juda ma'nodordir...
Uchinchisi:Birinchi So’zda bayon qilingani kabi: Alloh nomi bilan berish, Alloh nomi bilan olish lozimdir. Holbuki ko’pincha yo bergan g’ofildir; o’z nomidan beradi, zimniy bir minnat qiladi. Yo olgan g’ofildir; Mun'imi Haqiqiyga oid shukrni, sanoni zohiriy sabablarga beradi, xato qiladi.
To’rtinchisi:Tavakkal, qanoat va iqtisod shunday bir xazina va bir sarvatdirki, hech bir narsa bilan almashtirilmaydi. Insonlardan axzi mol etib u tuganmas xazina va dafinalarni yopishni istamayman. Razzoqi Zuljalolga yuz minglab shukr qilamanki, kichikligimdan beri meni minnat va zillat ostiga kirishga majbur qilmagan. Uning karamiga tayanib, boqiyya-i umrimni ham u qoida bilan o’tkazishini rahmatidan niyoz etaman.
Beshinchisi:Bir-ikki yildir, ko’p alomatlar va tajribalar bilan qat'iy qanoat hosil qildimki; xalqlarning molini, xususan boylarning va ma'murlarning hadyalarini olishga ma'zun emasman. Ba'zilari menga ziyon beradi... balki tegdirilmaydi, yedirilmaydi. Ba'zan menga zararli shaklga aylanadi. Demak bu g’ayrning molini olmaslikka ma'nan bir amr va olishdan bir ta'qiqdir. Ham menda bir tavahhush bor; har kimni har doim qabul qilolmayman. Xalqning hadyasini qabul qilish, ularni yuz-xotir qilib, istamagan vaqtimda ularni qabul qilishga to’g’ri keladi.. bu ham menga yoqmaydi. Ham tasannu' va tamalluqdan meni qutqargan bir parcha qotgan non yeyish va yuz yeri yamoqli bir libos kiyish menga ko’proq xush keladi. G’ayrning eng a'lo paxlavasini yeyish, eng murasso' libosini kiyish va ularni yuz-xotir qilishga majbur bo’lish, menga noxush keladi.
Oltinchisi:Va istig’no sababining eng muhimi; mazhabimizga binoan eng mo’'tabar bo’lgan Ibn Hajar deydilarki: "Salohat niyati bilan senga berilgan bir narsani, solih bo’lmasang, qabul qilish haromdir."
Xullas, bu zamonning insonlari hirs va tama' tufayli kichik hadyasini juda qimmatga sotishadi. Men kabi gunohkor bir bechorani, solih yoki valiy deb tasavvur qilib, bitta non berishadi. Agar, xosho, men o’zimni solih deb bilsam, u alomati g’ururdir, salohatning adamiga dalildir. Agar o’zimni solih deb bilmasam, u molni qabul qilish joiz bo’lmaydi. Ham oxiratga mutavajjih a'molga muqobil sadaqa va hadyani olish, oxiratning boqiy mevalarini dunyoda, foniy suratda yeyish deganidir.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
UCHINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Ma'lum talabasiga yuborilgan maktubning bir parchasi.)
Xomisan:Bir maktubingda, bu yerdagi hissiyotimga hissador bo’lish orzusida ekaningni yozgan eding. Mana, mingdan birini eshit.
Bir kecha, yuz tabaqalik irtifo'da, bir qatron daraxtining ustidagi supada, samoning yulduzlar bilan porlatilgan go’zal yuziga qaradim; Qur'oni Hakimning فَلَٓا اُقْسِمُ بِالْخُنَّسِ ٭ اَلْجَوَارِ الْكُنَّسِ qasamida ulviy bir nuri i'joz va porloq bir sirri balog’at ko’rdim. Ha, sayyor yulduzlarga va istitor va intishorlariga ishorat qilgan shu oyat, g’oyat oliy bir naqshi san'at va oliy bir lavha-i ibrat nazari tomoshaga ko’rsatadi. Ha, shu sayyoralar qo’mondonlari bo’lgan quyoshning doirasidan chiqadilar, sobit yulduzlar doirasiga kirib, samoda yangi-yangi naqshlarni va san'atlarni ko’rsatadilar. Ba'zan o’zlari kabi porloq bir yulduz bilan yelkama-yelka turib, go’zal bir vaziyat ko’rsatadilar. Ba'zan kichik yulduzlar ichiga kirib, bir qo’mondon suratini ko’rsatadilar. Ayniqsa bu mavsumda, kun botgandan so’ngra, ufqda Zuhro yulduzi va subhdan avval boshqa porloq bir birodari, g’oyat shirin va go’zal bir vaziyat ko’rsatadilar. So’ngra, vazifa-i taftishiyalarini va naqshi san'atda makiklik xizmatini bajarganlaridan so’ng, yana qaytib sultonlari bo’lgan quyoshning shashaali doirasiga kirib yashirinadilar. Hozir shu "Xunnas, Kunnas" deb ataluvchi sayyoralar bilan shu zaminimizni koinot fazosida bittadan kema, bittadan tayyora suratida kamoli intizom bilan aylantirgan va sayru-sayohat ettirgan Zotning hashmati rububiyatini va shashaa-i saltanati uluhiyatini quyosh kabi porloqligi bilan ko’rsatadilar. Boq bir saltanatning hashmatigaki, kemalari va tayyoralari ichida shundaylari borki, ming marta kura-i arz qadar kattalikda va bir soniyada sakkiz soatlik masofani bosib o’tadigan sur'atdadir.
Xullas, bunday bir sultonga ubudiyat va iymon bilan intisob etish va bu dunyoda Unga musofir bo’lish naqadar oliy bir saodat, qay daraja buyuk bir sharaf ekanini qiyos qil.
So’ngra Qamarga qaradim.
وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتّٰى عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَد۪يمِ
oyatining g’oyat porloq bir nuri i'jozni ifoda qilganini ko’rdim. Ha, Qamarning taqdir va tadviri va tadbir va tanviri va zaminga va Quyoshga nisbatan g’oyat daqiq bir hisob bilan vaziyatlari shu qadar hayrat-fazo, shu daraja horiqodirki, uni o’shanday tanzim etgan va taqdir etgan bir Qodirga hech narsa og’ir kelmaydi. "Uni o’shanday qilgan hamma narsani qila oladi" fikrini, tomosha qilgan har bir zishuurga dars beradi. Ham shunday bir tarzda Quyoshni ta'qib qiladiki; bir soniya qadar yo’lini chalkashtirmaydi, zarra qadar vazifasidan ortda qolmaydi. Diqqat bilan qaraganga: سُبْحَانَ مَنْ تَحَيَّرَ ف۪ى صُنْعِهِ الْعُقُولُ dediradi. Xususan May oyining oxirida bo’lganidek, ba'zi vaqtlarda ingichka hilol shaklida Surayyo manziliga kirgan vaqt, xurmo daraxtining egilgan oq bir shoxi suratini va Surayyo bir shingil suratini ko’rsatganidan, yashil samo pardasi orqasida, xayolga ulkan bir nuroniy daraxtning vujudini taxayyul ettiradi. Go’yo o’sha daraxtdan bir shoxining o’tkir uchi u pardani teshgan, bir shingili bilan birga boshini chiqargan, Surayyo va Hilol va boshqa yulduzlar ham o’sha g’aybiy daraxtning mevalari ekanini xayolga talqin etadi. Xullas كَالْعُرْجُونِ الْقَد۪يمِ tashbehining latofatini, balog’atini ko’r.
So’ngra
هُوَ الَّذ۪ى جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ ذَلُولًا فَامْشُوا ف۪ى مَنَاكِبِهَا
oyati xotirimga keldi: zamin musahhar bir safina, bir markub ekaniga ishorat qiladi. U ishoratdan o’zimni fazo-i koinotda sur'at bilan sayohat qilgan juda ulkan bir kemaning yuksak bir mavqe'ida ko’rdim. Ot va kema kabi bir markubga minilgan vaqtda qiroati sunnat bo’lgan
سُبْحَانَ الَّذ۪ى سَخَّرَ لَنَا هٰذَا وَمَا كُنَّا لَهُ مُقْرِن۪ينَ
oyatini o’qidim.
Ham ko’rdimki: Kura-i Arz shu harakat bilan, kino lavhalarini ko’rsatuvchi bir uskuna vaziyatini oldi; butun samovotni harakatga keltirdi, butun yulduzlarga muhtasham bir qo’shin kabi qo’mondonlikni boshladi. Shundayin shirin va yuksak manzaralarni ko’rsatdiki, ahli fikrni mast va hayron qiladi. "Fasubhanalloh!" dedim; naqadar oz bir masraf bilan naqadar ko’p va buyuk va g’arib va ajib, oliy va g’oliy ishlar qilinyapti. Bu nuqtadan ikki nukta-i iymoniya xotirga keldi:
Birinchisi:Bir necha kun avval bir musofirim menga savol berdi. U shubhali savolning asosi shudir: Jannat va Jahannam juda ham uzoqdir. Boringki, ahli Jannat lutfi Ilohiy bilan chaqmoq va buroq kabi uchib hashrdan o’tadilar, Jannatga ketadilar. Lekin ahli Jahannam og’ir jismlari va ulkan va og’ir gunohlarning yuklari ostida qanday boradilar? Qaysi vosita bilan?
Xotirga kelgan javob shu: Masalan Amerikada barcha millatlar umumiy bir kongressga da'vat qilinsa, har bir millat katta kemasiga minadi, u yerga boradi. Xuddi shuning kabi: Bahri muhiti koinotda, bir yilda yigirma besh ming yillik uzun masofada sayohat qilishga odatlangan Kura-i Arz; aholisini olib borib mahshar maydoniga bo’shatadi. Ham har o’ttiz uch metrda bir daraja-i harorat tazoyud etish dalolati bilan, markazi Arzda bo’lgan Jahannam otashining hadisda bayon qilingan daraja-i haroratiga muvofiq ikki yuz ming daraja-i haroratni tashigan va hadisning rivoyatiga ko’ra, dunyoda va barzohda katta Jahannamning ba'zi vazifalarini bajargan otashini Jahannamga to’kadi; so’ngra amri Ilohiy bilan yanada go’zal va boqiy bir suratga tabaddul etadi; oxirat olamidan bir manzili bo’ladi.
Xotirga kelgan ikkinchi nukta:Sone'-i Qodir, Fotiri Hakim, Vohidi Ahad kamoli qudratini va jamoli hikmatini va dalili vahdatini ko’rsatish uchun, juda oz narsa bilan ko’p ishlarni qilish; juda kichik bir narsa bilan juda ulkan vazifalarni qildirishni odat qilgan. Ba'zi So’zlarda aytgan edim: Agar butun ashyo bitta zotga isnod etilsa, vujub darajasida bir suhulat, bir osonlik paydo qiladi. Agar ashyo mutaaddid sone'larga, sabablarga isnod etilsa; imtino' darajasida bir suubat, bir mushkulot o’rtaga chiqadi. Chunki bir zobit kabi yoki usta kabi bitta zot, kasratli afrodga va kasratli toshlarga bir fe'l bilan, bir harakat bilan va suhulat bilan bir vaziyat berib, bir natija hosil qiladiki, agar u vaziyatni olishi va u natijani istihsol etishi, u qo’shindagi afrodga va u ustunsiz qubbadagi toshlarga havola qilinsa; juda ko’p fe'llar bilan, juda ko’p mushkulot bilan, juda ko’p chalkashliklar bilan zo’rg’a qilinishi mumkin.
Xullas shu koinotdagi raqs va davaron, sayru javalon va tomosha-i tasbehfashon va fusuli arba'a va kecha-kunduzdagi sayaron kabi af'ol, agar vahdatga berilsa; bitta zot, bitta amr bilan, bitta kurani tahrik bilan mavsumlarning o’zgarishidagi ajoyibi san'ati va kecha-kunduzning davaronidagi g’aroyibi hikmati va yulduzlarning va Shams va Qamarning suriy harakatlarida shirin tomosha lavhalarini ko’rsatish kabi u oliy vaziyatlarni va g’oliy natijalarni istihsol etadi. Chunki umum mavjudot qo’shini Unikidir. Istasa, Arz kabi bir askarni butun yulduzlarga qo’mondon qilib tayinlaydi; ulkan Quyoshni, aholisiga isituvchi va yorituvchi bir chiroq va alvohi nuqushi qudrat bo’lgan fusuli arba'ani ham bir makik va sahoifi kitobati hikmat bo’lgan kecha-kunduzni ham bir yoy qiladi. Har bir kuni uchun o’zgacha bir shaklda bir Qamarni ko’rsatib, avqotning hisobi uchun taqvimchilik qildiradi.. Va yulduzlarning o’zlariga, raqsga tayyorlangan va jazbadan raqsga tushgan maloikaning qo’llarida bezalgan va shirin, porloq nozanin misbohlar suratini berish kabi, Arzga oid ko’p hikmatlarini ko’rsatadi. Agar bu vaziyatlar, umum mavjudotga hukmi va nizomi va qonuni va tadbiri mutavajjih bo’lgan bir zotdan istanilmasa, u vaqt umum quyoshlar, yulduzlar haqiqiy harakat bilan va hadsiz bir sur'at bilan hadsiz masofani har kun bosib o’tishlari lozim bo’ladi.
Xullas, vahdatda nihoyatsiz suhulat va kasratda nihoyatsiz suubat bo’lganidan; ahli san'at va tijorat kasratga bir vahdat beradi, toki suhulat va osonlik bo’lsin, ya'ni shirkatlar tashkil etadilar.
Alhosil:Zalolat yo’lida nihoyatsiz mushkulot bor, hidoyat va vahdat yo’lida nihoyatsiz suhulat bor.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
TO’RTINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
سَلَامُ اللّٰهِ وَ رَحْمَتُهُ وَ بَرَكَاتُهُ عَلَيْكُمْ وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمْ لَاسِيَّمَا الخ
Aziz qardoshlarim!
Men hozir Qarag’ay Tog’ida, yuksak bir tepalikda, ulkan bir qarag’ay daraxtining tepasida bir supada o’tiribman. Insonlardan tavahhush va vuhushga unsiyat etdim. Insonlar bilan suhbat orzu qilgan vaqtim, xayolan sizlarni yonimda tasavvur qilib, bir suhbat qilaman, sizlar bilan mutasalli bo’laman. Bir mone bo’lmasa, bir-ikki oy bu yerda yolg’iz qolish orzusidaman. Barlaga qaytsam, orzuyingiz bilan sizdan ziyoda mushtoq bo’lganim shifahiy bir musohaba chorasini izlab ko’ramiz. Hozir bu qarag’ay daraxtida xotirga kelgan ikki-uch xotirani yozyapman.
Birinchisi:Bir oz mahram bir sirdir; faqat sendan sir saqlanmaydi. Shundayki:
Ahli haqiqatning bir qismi qandayki Ismi Vadudga mazhardirlar va a'zamiy bir martabada u ismning jilvalari bilan, mavjudotning derazalari bilan Vojib-ul Vujudga qaraydilar.. shuning kabi: shu hech-andar hech qardoshingizga, yolg’iz xizmati Qur'onda istihdomi hangomida va u xazina-i benihoyaning dalloli bo’lgan bir vaqtda, Ismi Rahim va Ismi Hakim mazhariyatiga mador bir vaziyat berilgan. Butun So’zlar o’sha mazhariyatning jilvalaridir. Inshaalloh u So’zlar
وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَث۪يرًا
sirriga mazhardirlar.
Ikkinchisi:Tariqi Naqshiy haqida aytilganki: "Dar tariqi Naqshibandiy lozim omad chor tark; tarki dunyo, tarki uqbo, tarki hasti, tarki tark" bo’lgan fikra-i ra'no birdan xotirga keldi. U xotira bilan barobar birdan shu fikra tulu' etdi:
"Dar tariqi ajz-mandiy lozim omad chor chiz: faqri mutlaq, ajzi mutlaq, shukri mutlaq, shavqi mutlaq ey aziz!"
So’ngra sen yozgan: "Boq kitobi koinotning safha-i ranginina, ila oxir.." bo’lgan rangli va boy she'r xotiramga keldi. U she'r bilan samoning yuzidagi yulduzlarga qaradim. "Koshki shoir bo’lsaydim, buni takmil etsaydim" dedim. Holbuki she'r va nazmga iste'dodim yo’q ekan, yana boshladim, faqat nazm va she'r qilolmadim; xotirga qanday kelgan bo’lsa, shunday yozdim. Sen mening vorisimsan, istasang nazmga sol, tanzim et. Xullas, birdan xotirga kelgan shu:
Tingla-da yulduzlarni, shu xutba-i shiriniga
Noma-i nurini hikmat, boq ne taqrir aylamish.
Birgalikda nutqqa kelmish, haq lisoni bilan derlar:
Bir Qodiri Zuljalolning muhtasham hokimiyatiga
Bittadan burhoni nur-afshonmiz vujubi Sone'ga
Ham vahdatga, ham qudratga shohidlarmiz biz.
Shu zamin yuzini porlatgan
Nozanin mo’'jizoti chun malak sayroniga.
Bu samoning Arzga boqqan, Jannatga diqqat qilgan
Minglab mudaqqiq ko’zlarmiz biz.
{(Hoshiya) Ya'ni Jannat chechaklarining ko’chatzor va ekinzori bo’lgan zaminning yuzida hadsiz mo’'jizoti qudrat tashhir etilganidan, samovot olamidagi maloikalar u mo’'jizotni va u horiqolarni tomosha qilganlari kabi; ajromi samoviyaning ko’zlari hukmida bo’lgan yulduzlar ham, go’yo maloikalar kabi, zamin yuzidagi nozanin masnu'otni ko’rishlari bilan Jannat olamiga qaraydilar va u muvaqqat horiqolarni boqiy bir suratda Jannatda ham tomosha qilayotgandek, bir zaminga, bir Jannatga qaraydilar. Ya'ni u ikki olamga nazoratlari bor deganidir.}
Tubo-i xilqatdan samovot qismiga, butun Kahkashon shoxlariga
Bir Jamili Zuljalolning dasti hikmati bilan toqilgan minglab go’zal mevalarmiz biz.
Shu samovot ahliga bittadan masjidi sayyor, bittadan xona-i davvor, bittadan ulviy oshiyona,
Bittadan misbohi navvor, bittadan kema-i jabbor, bittadan tayyoramiz biz.
Bir Qodiri Zulkamolning, bir Hakimi Zuljalolning bittadan mo’'jiza-i qudrat, bittadan horiqo-i san'ati Xoliqona,
Bittadan nodira-i hikmat, bittadan dohiya-i xilqat, bittadan nur olamimiz biz.
Bunday yuz ming til bilan yuz ming burhon ko’rsatamiz, eshittiramiz inson bo’lgan insonga.
Ko’r bo’lsin dinsiz ko’zi, ko’rmas bo’ldi yuzimizni. Ham eshitmas so’zimizni. Haq so’ylagan oyatlarmiz biz.
Sikkamiz bir, turramiz bir, Robbimizga musahharmiz, musabbihmiz, zikr qilamiz obidona
Kahkashonning halqa-i kubrosiga mansub bittadan majzublarmiz biz.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
BESHINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Silsila-i naqshiyning qahramoni va quyoshi bo’lgan Imom Rabboniy (r.a.) Maktubotida aytganki: "Haqoiqi iymoniyadan bir masalaning inkishofini minglab azvoq va mavojid va karomotga tarjih etaman".
Ham: "Butun tariqlarning nuqta-i muntahosi, haqoiqi iymoniyaning vuzuh va inkishofidir", degan.
Va yana: "Valoyat uch qismdir: Biri valoyati sug’ro-ki, mashhur valoyatdir. Biri valoyati vusto, biri valoyati kubrodir. Valoyati kubro: varosati nubuvvat yo’li bilan, tasavvuf barzohiga kirmasdan, to’g’ridan-to’g’ri haqiqatga yo’l ochishdir", deganlar.
Yana: "Tariqi naqshiyda ikki qanot bilan suluk etiladi", deganlar. Ya'ni: Haqoiqi iymoniyaga sog’lom bir suratda e'tiqod qilish va faroizi diniyaga imtisol etish bilan bo’ladi. Bu ikki janohda qusur bo’lsa, u yo’ldan borilmaydi". Shunday ekan, tariqi Naqshiyning uch pardasi bor:
Birisi va eng birinchisi va eng buyugi: To’g’ridan to’g’ri haqoiqi iymoniyaga xizmat bo’lib, Imom Rabboniy (r.a.) ham oxir umrida unda suluk etganlar.
Ikkinchisi: Faroizi diniyaga va sunnati saniyaga tariqat pardasi ostida xizmatdir.
Uchinchisi: Tasavvuf yo’li bilan amrozi qalbiyaning izolasiga urinish, qalb oyog’i bilan suluk etishdir. Birinchisi farz, ikkinchisi vojib, uchinchisi sunnat hukmidadir.
Modomiki haqiqat shu ekan; men taxmin qilamanki: Agar Shayx Abdulqodir Jiyloniy (r.a.) va Shohi Naqshband (r.a.) va Imom Rabboniy (r.a.) kabi zotlar bu zamonda bo’lsaydilar, butun himmatlarinihaqoiqi iymoniyaning vaaqoidi Islomiyaning taqviyasiga sarf qilardilar. Chunki saodati abadiyaning madori shulardir. Ularda qusur etilsa, shaqovati abadiyaga sababiyat beradi. Iymonsiz Jannatga kirib bo’lmaydi, lekin tasavvufsiz Jannatga kirgan juda ko’pdir. Nonsiz inson yashay olmaydi, lekin mevasiz yashashi mumkin. Tasavvuf mevadir, haqoiqi Islomiya g’idodir. Ilgarilari qirq kundan tortib to qirq yilga qadar bir sayri suluk bilan ba'zi haqoiqi iymoniyaga zo’rg’a chiqish mumkin edi. Hozir esa Janobi Haqning rahmati bilan, qirq daqiqada o’sha haqoiqqa chiqiladigan yo’l topilgan bo’lsa; u yo’lga qarshi loqayd qolish, albatta kori aql bo’lmaydi...
Xullas o’ttiz uch adad So’zlar bunday Qur'oniy yo’lni ochganini, diqqat bilan o’qiganlar hukm qilyaptilar. Modomiki haqiqat shu ekan; asrori Qur'oniyaga oid yozilgan So’zlar bu zamonning yaralariga eng munosib bir dori, bir malham va zulumotning tahojumotiga ma'ruz hay'ati Islomiyaga eng foydali bir nur va zalolat vodiylarida adashganlar uchun eng to’g’ri rahbar ekanligi e'tiqodidaman. Bilasizki: Agar zalolat jaholatdan kelsa, izolasi osondir. Ammo zalolat fandan va ilmdan kelsa, izolasi mushkuldir. Eski zamonda ikkinchi qism mingtadan bitta bo’lardi. Ulardan faqat mingtadan bittasi irshod bilan isloh bo’lishi mumkin edi. Chunki undaylar o’zlariga bino qo’yadilar; bilmaydilar, lekin o’zlarini bilaman deb o’ylaydilar. 'Janobi Haq shu zamonda i'jozi Qur'onning ma'naviy lamaatidan bo’lgan ma'lum So’zlarga shu zalolat zindiqosiga bir tiryoq xususiyatini bergan', degan fikrdaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
OLTINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
سَلَامُ اللّٰهِ وَ رَحْمَتُهُ وَ بَرَكَاتُهُ عَلَيْكُمَا وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمَا مَادَامَ الْمَلَوَانِ وَ تَعَاقَبَ الْعَصْرَانِ وَ مَادَارَ الْقَمَرَانِ وَ اسْتَقْبَلَ الْفَرْقَدَانِ
G’ayratli qardoshlarim, hamiyatli birodarlarim va dunyo deyilgan diyori g’urbatda madori tasallilarim!
Modomiki Janobi Haq sizlarni fikrimga ehson etgan ma'nolarga hissador qilgan ekan; albatta hissiyotimga ham hissador bo’lish haqqingizdir. Sizlarni ziyoda mutaassir etmaslik uchun, g’urbatimdagi firqatimning ziyoda aliym qismini tashlab o’tib, bir qismini sizlarga hikoya qilaman. Shundayki:
Shu ikki-uch oydir juda yolg’iz qoldim. Ba'zan o’n besh-yigirma kunda bir marta musofir yonimda bo’ladi. Boshqa vaqtlarda yolg’izman. Ham yigirma kunga yaqindir, tog’da yashovchilar yaqin atrofimda yo’q, tarqab ketishgan.
Xullas tun vaqti, shu g’aribona tog’larda; sas-sadosiz, yolg’iz daraxtlarning hazinona hamhamalari ichida o’zimni bir-biri ichida besh muxtalif rangli g’urbatlarda ko’rdim.
Birinchisi:Keksalik sirri bilan, deyarli aksariyati mutlaqa bilan, aqron va ahbobim va aqoribimdan yolg’iz va g’arib qoldim. Ular meni tashlab olami barzohga ketganlaridan nash'at etgan hazin bir g’urbatni his qildim. Xullas shu g’urbat ichida boshqa bir doira-i g’urbat ochildi. U ham o’tgan bahor kabi, aloqador bo’lganim aksar mavjudot meni tashlab ketganlaridan hosil bo’lgan firqatli bir g’urbatni his qildim. Va shu g’urbat ichida bir doira-i g’urbat yana ochildiki, vatanimdan va aqoribimdan ayrilib, yolg’iz qolganimdan tavallud etgan firqatli bir g’urbatni his etdim. Va shu g’urbat ichida, tunning va tog’larning g’aribona vaziyati menga riqqatli bir g’urbatni yana his ettirdi. Va shu g’urbatdan, shu foniy musofirxonadan abad-ul abad tarafiga harakatga tayyor bo’lgan ruhimni favquloda bir g’urbatda ko’rdim. Birdan Fasubhanalloh dedim; bu g’urbatlarga va zulmatlarga qanday chidash mumkin deb o’yladim. Qalbim faryod bilan dedi:
Yo Rab! G’aribam, bekasam, zaifam, notuvonam, aliylam, ojizam, ixtiyoram.
Beixtiyoram, al-omon guyam, avf juyam, madad xoham zidargohat Ilohiy!
Birdan nuri iymon, fayzi Qur'on, lutfi Rahmon imdodimga yetishdilar. O’sha beshta zulmatli g’urbatlarni beshta nuroniy unsiyat doiralariga aylantirdilar. Lisonim: حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ dedi. Qalbim: فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ oyatini o’qidi. Aqlim ham iztirobdan va dahshatdan faryod etgan nafsimga xitoban dedi:
Tashla bechora faryodni, balodan qil tavakkal. Zero faryod; balo andar, xato-andar, balodir bil.
Balo berganni topgan bo’lsang agar; safo-andar, vafo-andar, ato-andar balodir bil.
Modomiki bunday, tashla shakvoni shukr qil, chun balobil, dama quvonchidan kular umum gul-mul.
Gar topmasang, butun dunyo jafo-andar, fano-andar, habo-andar balodir bil.
Jahon to’la balo boshingda bor ekan, nega baqirasan kichik bir balodan, kel tavakkal qil.
Tavakkal bilan balo yuziga kul, toki u ham kulsin; u kulgan sari kichrayar, etar tabaddul.
Ham ustozlarimizdan Mavlono Jaloliddin nafsiga degani kabi dedim:
اُو گُفْتْ اَلَسْتُ و تُو گُفْت۪ى بَلٰى شُكْرِ بَلٰى چ۪يسْتْ كَش۪يدَنْ بَلَا ٭
سِرِّ بَلَا چ۪يسْتْ كِه يَعْن۪ى مَنَمْ حَلْقَه زَنِ دَرْگَهِ فَقْر و فَنَا
Shunda nafsim ham: "Ha, ha... ajz va tavakkal bilan, faqr va iltijo bilan nur eshigi ochiladi, zulmatlar tarqaladi. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْاِسْلَامِ " dedi. Mashhur Hikami Atoiyaning shu fikrasi:
مَاذَا وَجَدَ مَنْ فَقَدَهُ ٭ وَ مَاذَا فَقَدَ مَنْ وَجَدَهُ
Ya'ni: "Janobi Haqni topgan nimani yo’qotadi? Va Uni yo’qotgan, nimani qozonadi?
"Uni topgan hamma narsani topadi; Uni topmagan hech narsa topmaydi, topsa ham boshiga balo topadi", ma'nosining qay daraja oliy bir haqiqat ekanini ko’rdim va طُوبٰى لِلْغُرَبَاءِ hadisining sirrini angladim, shukr qildim.
Mana qardoshlarim, zulmatli bu g’urbatlar, garchi nuri iymon bilan nurlandilar; faqat yana menda bir daraja hukmlarini ijro etdilar va shunday bir tushunchani berdilar: "Modomiki men g’aribman va g’urbatdaman va g’urbatga ketaman; ajabo shu musofirxonadagi vazifam tugadimikan? Toki sizlarni va So’zlarni tavkil etsam va batamom aloqamni uzsam." degan fikr ko’nglimga keldi. Shuning uchun sizdan so’ragandimki: "Ajabo, yozilgan So’zlar kifoyami yoki nuqsoni bormi? Ya'ni: Vazifam tugaganmikan? Toki rohati qalb bilan o’zimni nurli, haqiqiy bir g’urbatga otib, dunyoni unutib, Mavlono Jaloliddin degani kabi
دَان۪ى سَمَاعِ چِه بُوَدْ ب۪ى خُودْ شُدَنْ زِهَسْت۪ى
اَنْدَرْ فَنَاىِ مُطْلَقْ ذَوْقِ بَقَا چَش۪يدَنْ
deb, ulviy bir g’urbatni qidira olamanmi?" deya sizni o’sha savollar bilan bezovta qilgandim.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
YETTINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz qardoshlarim!
Menga aytishi maqsadida Shomli Hofizga ikki narsa degan ekansiz:
Birinchisi:"Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning Zaynab bilan tazavvujini; eski zamon munofiqlari kabi, yangi zamonning ahli zalolati ham madori tanqid deb biladilar, nafsoniy, shahvoniy deb o’ylaydilar", deyapsiz.
Aljavob:Yuz ming marta xosho va kallo! U domoni mualloga shunday past shubahotning qo’li yetolmaydi. Ha, o’n besh yoshdan qirq yoshga qadar, harorati g’ariziyaning g’alayoni hangomida va havasoti nafsoniyaning iltihobi zamonida, do’st va dushmanning ittifoqi bilan kamoli iffat va tamomi ismat bilan Xadicha-i Kubro (R.A.) kabi keksa ayol bilan iktifo va qanoat qilgan bir zotning qirq yoshdan keyin, ya'ni harorati g’ariziya tavaqqufi hangomida va havasoti nafsoniyaning sukunati zamonida kasrati izdivoj va tazavvujoti, bizzarura va bilbedaho nafsoniy bo’lmaganini va boshqa ahamiyatli hikmatlarga mustanid bo’lganini, zarra qadar insofi bo’lgan odamga isbot qiladigan bir hujjatdir.
U hikmatlardan birisi shuki: Zoti Risolatning aqvoli kabi, af'ol va ahvoli va atvor va harakoti ham manabi'i din va shariatdir va ahkomning ma'hazlaridir. Shiqqi zohiriysiga Sahobalar hamala bo’lganlari kabi, xususiy doirasida maxfiy ahvolotidan tazohur etgan asrori din va ahkomi shariatning hamalalari va roviylari ham, Azvoji Tohirotdir va bilfe'l u vazifani ado qilganlar. Asror va ahkomi dinning deyarli yarmi ulardan keladi. Demak, bu azim vazifaga bir qancha va mashrab jihatidan muxtalif Azvoji Tohirot lozim.
Kelaylik Hazrat Zaynabning tazavvujiga:Yigirma Beshinchi So’zning Birinchi Shu'lasining Uchinchi Shuasining misollaridan bo’lgan:
مَا كَانَ مُحَمَّدٌ اَبَٓا اَحَدٍ مِنْ رِجَالِكُمْ وَلٰكِنْ رَسُولَ اللّٰهِ وَ خَاتَمَ النَّبِيّ۪نَ
oyatiga doir shunday yozilganki: Insonlarning tabaqotiga ko’ra birgina oyat mutaaddid vujuhlar bilan, har bir tabaqaning fahmiga ko’ra bir ma'no ifoda qiladi. Bir tabaqaning shu oyatdan hissa-i fahmi shuki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori yoki "o’g’lim" xitobiga mazhar bo’lgan Zayd (R.A.), rivoyati sahiha bilan e'tirofiga binoan, izzatli zavjasini o’ziga ma'nan kufuv ko’rmagani uchun tatliq etgan. Ya'ni: Hazrat Zaynab boshqa yuksak bir axloqda yaratilgan va bir Payg’ambarga zavja bo’ladigan fitratda bo’lganini Zayd farosat bilan his qilgan va o’zini unga zavj bo’ladigan fitratda o’ziga kufuv ko’rmaganidan, ma'naviy kelishmovchilikka sababiyat bergani uchun, tatliq etgan. Allohning amri bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam olganlar; ya'ni زَوَّجْنَاكَهَا ning ishorati bilan, u nikoh bir aqdi samoviy ekaniga dalolati bilan, horiquloda va urf va muomaloti zohiriyadan ustun, yolg’iz qadarning hukmi bilanki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u hukmi qadarga inqiyod ko’rsatgan va majbur bo’lgan. Nafs orzusi bilan emas. Shu qadar hukmining ham ahamiyatli bir hukmi shar'iy va muhim bir hikmati ommani va shumulli bir umumiy foydani tazammun etgan
لِكَىْ لَا يَكُونَ عَلَى الْمُؤْمِن۪ينَ حَرَجٌ ف۪ٓى اَزْوَاجِ اَدْعِيَٓائِهِمْ
oyati karimasining ishorati bilan: Kattalarning kichiklarga "o’g’lim" deyishlari, zihor masalalari kabi, ya'ni ayoliga "onam kabisan" desa, harom bo’lmaydiki, ahkom u bilan o’zgarsin. Ham kattalarning raiyatlariga va payg’ambarlarning ummatlariga padarona nazar va xitoblari, vazifa-i risolat e'tibori bilandir; shaxsiyati insoniya jihati bilan emaski, ulardan zavja olish uyg’un bo’lmasin?
Ikkinchi bir tabaqaning hissa-i fahmi shuki: Bir buyuk amir raiyatiga padarona bir shafqat bilan qaraydi. Agar u amir zohiriy va botiniy bir podshohi ruhoniy bo’lsa; marhamati, padarning yuz chandon shafqatidan oshgani uchun, raiyatining afrodi, uning haqiqiy avlodi kabi, unga padar nazari bilan qaraydilar. Padar nazari esa, zavj nazariga inqilob etmaganidan va qiz nazari ham zavja nazariga osonlikcha o’zgarmaganidan, afkori ommada, Payg’ambar mo’'minlarning qizlarini olishi bu sirga uyg’un kelmagani uchun, Qur'on o’sha vahmni daf qilish maqsadi bilan deydi: "Payg’ambar rahmati Ilohiya hisobi bilan sizga shafqat ko’rsatadi, padarona muomala qiladi va risolat nomidan siz uning avlodi kabisiz. Faqat shaxsiyati insoniya e'tibori bilan padaringiz emaski, sizdan zavja olishi munosib bo’lmasin? Va sizlarga "o’g’lim" desa, ahkomi shariat e'tibori bilan siz uning avlodi bo’lib qolmaysiz!.."
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
SAKKIZINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ismlari بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ga kirganlarining va har bir muborak narsaning boshida zikr qilinishlarining ko’p hikmatlari bor. Ularning bayonini boshqa vaqtga qoldirib, hozircha o’zimning bir hissimni aytaman:
Qardoshim, men اَلرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ismlarini shunday bir nuri a'zam tarzida ko’ryapmanki, butun koinotni ihota etgan va har ruhning butun hojoti abadiyasini qondiradigan va hadsiz dushmanlaridan amin etadigan, nurli va quvvatli ko’rinyaptilar. Bu ikki nuri a'zam bo’lgan ismlarga yetishish uchun topgan eng muhim vasilam;faqrbilanshukr, ajzbilanshafqatdir. Ya'ni: Ubudiyat va iftiqordir. Bu masala munosabati bilan xotirga kelgan va muhaqqiqiynga, hatto bir ustozim bo’lgan Imom Rabboniyga muxolif o’laroq aytaman: Hazrat Yoqub Alayhissalomning Yusuf Alayhissalomga qarshi shadid va porloq hissiyoti, muhabbat va ishq emas; balki shafqatdir. Chunki shafqat, ishq va muhabbatdan ko’ra g’oyat keskin va porloq va ulviy va nazihdir va maqomi nubuvvatga loyiqdir. Faqat muhabbat va ishq majoziy mahbublarga va maxluqlarga qarshi daraja-i shiddatda bo’lsa, u maqomi mualloyi nubuvvatga loyiq bo’lmaydi. Demak, Qur'oni Hakimning porloq i'jozi bilan, porloq suratda ko’rsatgan va ismi Rahimning vusuliga vasila bo’lgan hissiyoti Yoqubiya, yuksak bir daraja-i shafqatdir. Ismi Vadudga vasila-i vusul bo’lgan ishq esa; Zulayhoning Yusuf Alayhissalomga qarshi bo’lgan muhabbat masalasidadir. Demak, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon Hazrat Yoqub Alayhissalomning hissiyotini qay daraja Zulayhoning hissiyotidan yuksak ko’rsatgan bo’lsa; shafqat ham shu daraja ishqdan yanada yuksak ko’rinadi. Ustozim Imom Rabboniy ishqi majoziyni maqomi nubuvvatga u qadar munosib ko’rmagani uchun aytganlar: "Mahosini Yusufiya mahosini uxroviya navidan bo’lgani uchun, unga muhabbat esa majoziy muhabbatlar navidan emaski, qusur bo’lsin". Men esa: "Ey Ustoz! U takallufli bir ta'vildir; haqiqat esa: U muhabbat emas, balki yuz marta muhabbatdan yanada porloq, yanada keng, yanada yuksak bir martaba-i shafqatdir", deyman. Ha, shafqat butun anvo'i bilan latif va nazihdir. Ishq va muhabbat esa, ko’p anvo'iga tanazzul etilmaydi.
Ham shafqat juda kengdir. Bir zot, shafqat etgan avlodi munosabati bilan butun bolalarga, hatto ziruhlarga shafqatini ihota etadi va Rahim ismining ihotasiga bir navi oynadorlik ko’rsatadi. Holbuki ishq mahbubiga hasri nazar qilib, hamma narsani mahbubiga fido etadi; yoxud mahbubini i'lo va sano etish uchun boshqalarini tanzil va ma'nan zamm etadi va hurmatlarini sindiradi. Masalan, bir kishi: "Quyosh mahbubimning husnini ko’rib uyaladi, ko’rmaslik uchun bulut pardasini boshiga tortadi", degan. Ey oshiq afandi! Nima haqqing borki, sakkiz ismi a'zamning bir sahifa-i nuroniysi bo’lgan Quyoshni bu shaklda uyaltiryapsan?
Ham shafqat xolisdir, muqobala istamaydi; Sof va beg’arazdir. Hatto eng oddiy martabada bo’lgan hayvonotning bolalariga qarshi fidokorona beg’araz shafqatlari bunga dalildir. Holbuki ishq ujrat istaydi va muqobala talab qiladi. Ishqning yig’ilari bir navi talabdir, bir ujrat istashdir.
Demak, suvari Qur'oniyaning eng porlog’i bo’lgan Sura-i Yusufning eng porloq nuri bo’lgan Hazrat Yoqubning (A.S.) shafqati, ismi Rahmon va Rahimni ko’rsatadi va shafqat yo’li, rahmat yo’li ekanini bildiradi va u alami shafqatga davo sifatida
فَاللّٰهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ
dediradi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
TO’QQIZINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Yana o’sha xolis talabasiga yuborgan maktubning bir parchasidir.)
Soniyan:Nashri anvori Qur'oniyadagi muvaffaqiyating va g’ayrating va shavqing, bir ikromi Ilohiydir, balki bir karomati Qur'oniyadir, bir inoyati Rabboniyadir. Sizni tabriklayman. Karomat va ikrom va inoyatning bahsi kelgani munosabati bilan, karomat va ikromning bir farqini aytaman. Shundayki:
Karomatning izhori, zarurat bo’lmaganda, zarardir. Ikromning izhori esa, bir tahdisi ne'matdir. Agar karomat bilan musharraf bo’lgan bir shaxs, bilib turib horiqo bir ishga mazhar bo’lsa, u holda agar nafsi ammorasi boqiy bo’lsa, o’ziga ishonish va nafsiga va kashfiga e'timod etish va g’ururga tushish jihatidan istidroj bo’lishi mumkin. Agar bilmasdan horiqo bir ishga mazhar bo’lsa, masalan birovning qalbida bir savol bor, intoqi bilhaq navidan unga muvofiq bir javob beradi; so’ngra anglaydi. Anglagandan so’ng o’z nafsiga emas, balki o’z Robbiga e'timodi ziyodalashadi va "Meni mendan ziyoda tarbiya qilgan bir hofizim bordir." deydi, tavakkalini ziyodalashtiradi. Bu qism, xatarsiz bir karomatdir; ixfosiga mukallaf emas, faqat faxr uchun qasddan izhor qilishga urinmasligi kerak. Chunki unda zohiran insonning kasbining bir madxali bo’lganidan, nafsiga nisbat etishi mumkin. Ammo ikrom esa; u karomatning salomatli bo’lgan ikkinchi navidanda salomatli, menimcha yanada oliydir. Izhori, tahdisi ne'matdir. Kasbning madxali yo’q, nafsi uni o’ziga isnod etmaydi.
Xullas qardoshim; ham sening haqqingda, ham mening haqqimda, xususan Qur'on haqqidagi xizmatimizda eskidan beri ko’rganim va yozganim ehsonoti Ilohiya bir ikromdir; izhori, tahdisi ne'matdir. Shuning uchun senga qarshi tahdisi ne'mat navidan ikkimizning xizmatimizga oid muvaffaqiyotni yozyapman. Bilardimki, senda faxr emas, shukr hissini tahrik etadi.
Solisan:Ko’ryapmanki: Shu dunyo hayotida eng baxtiyor o’shaki: Dunyoni bir musofirxona-i askariy talaqqiy etsin va shunday ham iz'on etsin va shunga ko’ra harakat qilsin. Va u talaqqiy bilan, eng buyuk martaba bo’lgan martaba-i rizoni tezda qo’lga kiritishi mumkin. Sinadigan shisha bahosiga, doimiy bir olmosning narxini bermaydi; istiqomat va lazzat bilan hayotini o’tkazadi. Ha, dunyoga oid ishlar, sinishga mahkum shishalar hukmidadir; boqiy umuri uxroviya esa, g’oyat mustahkam olmoslar qiymatidadir. Insonning fitratidagi shiddatli maroq va haroratli muhabbat va dahshatli hirs va inodli talab va hokazo shadid hissiyotlar, umuri uxroviyani qozonish uchun berilgan. U hissiyotni shiddatli suratda foniy umuri dunyoviyaga tavjih etish, foniy va sinuvchi shishalarga, boqiy olmos narxlarini berish deganidir. Shu munosabat bilan bir nuqta xotirga kelgan, aytaman. Shundayki:
Ishq, shiddatli bir muhabbatdir; foniy mahbublarga mutavajjih bo’lgan vaqti yo u ishq o’z sohibini doimiy bir azob va alamda qoldiradi yoki u majoziy mahbub u shiddatli muhabbatning qiymatiga arzimagani uchun, boqiy bir mahbubni izlatadi; ishqi majoziy ishqi haqiqiyga inqilob etadi.
Xullas, insonda minglab hissiyot bor. Har birining ishq kabi ikkita martabasi bor. Biri majoziy, biri haqiqiy. Masalan: Andisha-i istiqbol hissi hammada bor; shiddatli bir suratda andisha qilganda ko’radiki, u andisha etgan istiqbolga yetishish uchun qo’lida hujjat yo’q. Ham rizq jihatidan bir taahhud ostida va qisqa bir istiqbol, u shiddatli andishaga arzimaydi. Undan yuzini o’girib, qabrdan keyingi haqiqiy va uzun va g’ofillar uchun taahhud ostiga olinmagan bir istiqbolga tavajjuh etadi. Ham molga va johga qarshi shiddatli bir hirs ko’rsatadi... qaraydiki: Muvaqqatan uning nazoratiga berilgan u foniy mol va ofatli shuhrat va tahlikali va riyoga mador bo’lgan joh u shiddatli hirsga arzimaydi. Undan haqiqiy joh bo’lgan marotibi ma'naviyaga va darajoti qurbiyaga va zodi oxiratga va haqiqiy mol bo’lgan a'moli solihaga tavajjuh etadi. Yomon xislat bo’lgan hirsi majoziy esa, oliy bir xislat bo’lgan hirsi haqiqiyga inqilob etadi.
Ham masalan: Shiddatli bir inod bilan; ahamiyatsiz, zoil, foniy ishlarga qarshi hissiyotini sarflaydi. Qaraydiki, bir daqiqa inodga arzimagan bir narsaga bir yil inod etyapti. Ham zararli, zaharli bir narsaga inod nomiga sabot etadi. Qaraydiki, bu quvvatli his bunday narsalar uchun berilmagan. Uni ularga sarf qilish, hikmat va haqiqatga munofiydir. U shiddatli inodni u keraksiz umuri zoilaga bermasdan, oliy va boqiy bo’lgan haqoiqi iymoniyaga va asosoti Islomiyaga va xidamoti uxroviyaga sarf qiladi. U xislati razila bo’lgan inodi majoziy, go’zal va oliy bir xislat bo’lgan haqiqiy inodga, -ya'ni haqda shiddatli sabotga- inqilob etadi.
Xullas shu uch misol kabi; insonlar insonga berilgan jihozoti ma'naviyani, agar nafs va dunyo hisobiga iste'mol qilsa va dunyoda abadiy qoladiganday g’ofilona ish tutsa, axloqi razilaga va isrofot va abasiyatga sabab bo’ladi. Agar yengillarini dunyo ishlariga va shiddatlilarini vazoifi uxroviyaga va ma'naviyaga sarf etsa, axloqi hamidiyaga mansha', hikmat va haqiqatga muvofiq o’laroq saodati doraynga mador bo’ladi.
Xullas taxmin qilamanki, nasihlarning nasihatlari shu zamonda ta'sirsiz qolganining bir sababi shuki: Axloqsiz insonlarga: "Hasad qilma! Hirs ko’rsatma! Adovat qilma! Inod qilma! Dunyoni sevma!" deydilar. Ya'ni, fitratingni o’zgartir kabi zohiran ularga ko’ra malayutoq bir taklif qiladilar. Agar: "Bularning yuzlarini xayrli narsalarga qaratinglar, majralarini o’zgartiringlar" deyishsa, ham nasihat ta'sir qiladi, ham doira-i ixtiyorlarida bir amri taklif bo’ladi.
Robian:Ulamo-i Islom o’rtasida "Islom" va "iymon"ning farqlari ko’p madori bahs bo’lgan. Bir qismi "ikkalasi ham bir", boshqa qismi "ikkalasi bir emas, faqat biri birisiz bo’lmaydi" deyishgan va bu kabi ko’p muxtalif fikrlar bayon qilishgan. Men shunday bir farq angladimki:
Islomiyat, iltizomdir; iymon, iz'ondir.Ta'biri digar bilan: Islomiyat, haqqa tarafdorlik va taslim va inqiyoddir; iymon esa, haqni qabul va tasdiqdir. O’tmishda ba'zi dinsizlarni ko’rdimki: Ahkomi Qur'oniyaga shiddatli tarafdorlik ko’rsatardi. Demak u dinsiz, bir jihatda, haqning iltizomi bilan Islomiyatga mazhar edi; "dinsiz bir musulmon" deyilardi. So’ngra ba'zi mo’'minlarni ko’rdimki; ahkomi Qur'oniyaga tarafdorlik ko’rsatmaydi, iltizom etmaydi.. "g’ayri muslim bir mo’'min" ta'biriga mazhar bo’ladi.
Ajabo, Islomiyatsiz iymon madori najot bo’lishi mumkinmi?
Aljavob: Iymonsiz Islomiyat sababi najot bo’lmagani kabi; Islomiyatsiz iymon ham madori najot bo’lolmaydi. Falillahilhamdu valminnatu, Qur'onning i'jozi ma'naviysining fayzi bilan Risola-i Nur mezonlari, dini Islomning va haqoiqi Qur'oniyaning mevalarini va natijalarini shunday bir tarzda ko’rsatganki; dinsiz ham ularni anglasa, tarafdor bo’lmasligi mumkin emas. Ham iymon va Islomning dalil va burhonlarini shu daraja quvvatli ko’rsatganki; g’ayri muslim ham anglasa, har holda tasdiq qiladi. G’ayri muslim bo’lib qolgan holida ham, iymon keltiradi. Ha, So’zlar Tubo-i Jannatning mevalari kabi totli va go’zal bo’lgan iymon va Islomiyatning mevalarini va saodati doraynning mahosini kabi yoqimli va shirin shunday natijalarini ko’rsatganki, ko’rganlarga va taniganlarga nihoyatsiz bir tarafdorlik va iltizom va taslim hissini beradi. Va silsila-i mavjudot kabi quvvatli va zarrot kabi kasratli iymon va Islomning burhonlarini ko’rsatganki, nihoyatsiz bir iz'on va quvvati iymon beradi. Hatto ba'zan Avrodi Shohi Naqshbandiyda shahodat keltirgan vaqtim,
عَلٰى ذٰلِكَ نَحْيٰى وَ عَلَيْهِ نَمُوتُ وَ عَلَيْهِ نُبْعَثُ غَدًا
deganimda, nihoyatsiz bir tarafdorlik his qilaman. Agar butun dunyo menga berilsa, bir haqiqati iymoniyani fido qila olmayman. Bir haqiqatning bir daqiqa aksini faraz qilish, menga g’oyat aliym keladi. Butun dunyo meniki bo’lsa, birgina haqoiqi iymoniyaning vujud topishi uchun ikkilanmay berishga, nafsim itoat qiladi.
وَ اٰمَنَّا بِمَا اَرْسَلْتَ مِنْ رَسُولٍ وَ اٰمَنَّا بِمَا اَنْزَلْتَ مِنْ كِتَابٍ وَ صَدَّقْنَا
degan vaqtim nihoyatsiz bir quvvati iymon his qilaman. Haqoiqi Iymoniyaning har bittasining aksini aqlan mahol deb hisoblayman, ahli zalolatni nihoyatsiz ablah va devona deb bilaman.
Sening volidayningga ko’plab salom va arzi hurmat qilaman. Ular ham menga duo qilsinlar. Sen mening qardoshim bo’lganing uchun, ular ham mening padar va volidam hukmidadirlar. Ham qishlog’ingizga, xususan sendan So’zlarni eshitganlarning barchasiga salom yo’llayman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
O’NINCHI MAKTUB
(Ikki savolning javobidir)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Birinchisi:O’ttizinchi So’zning Ikkinchi Maqsadining tahavvuloti zarrot ta'rifiga doir bo’lgan uzun jumlasining hoshiyasidir.
Qur'oni Hakimda "Imomi Mubin" va "Kitobi Mubin" mukarrar yerlarda zikr qilingan. Ahli tafsir, "Ikkisi birdir"; bir qismi, "Boshqa-boshqa" deyishgan. Haqiqatlariga doir bayonotlari muxtalifdir. Xulosa: "Ilmi Ilohiyning unvonlaridir" deyishgan. Faqat Qur'onning fayzi bilan shunday qanoat hosil qilganmanki: "Imomi Mubin", ilm va amri Ilohiyning bir naviga bir unvondirki; olami shahodatdan ziyoda olami g’aybga qaraydi. Ya'ni, zamoni holdan ziyoda, moziy va mustaqbalga nazar etadi. Ya'ni, hamma narsaning vujudi zohiriysidan ziyoda asliga, nasliga va ildizlariga va urug’lariga qaraydi. Qadari Ilohiyning bir daftaridir. Shu daftarning vujudi, Yigirma Oltinchi So’zda, ham O’ninchi So’zning hoshiyasida isbot etilgan.
Ha, shu "Imomi Mubin", bir navi ilm va amri Ilohiyning bir unvonidir. Ya'ni, ashyoning mabodiylari va ildizlari va asllari, kamoli intizom bilan ashyoning vujudlarini g’oyat san'atkorona intoj etishi jihati bilan, albatta dasotiri ilmi Ilohiyning bir daftari bilan tanzim etilganini ko’rsatadilar va ashyoning natijalari, nasllari, urug’lari; kelajakda keladigan mavjudotning dasturlarini, mundarijalarini tazammun etganlaridan, albatta avomiri Ilohiyaning bir kichik majmuasi ekanini bildiradilar. Masalan: Bir danak butun daraxtning tashkilotini tanzim etadigan dasturlarni va mundarijalarni va u mundarija va dasturlarni tayin etgan u avomiri takviniyaning kichkina bir mujassami hukmida deyish mumkin.
Alhosil:Modomiki "Imomi Mubin" moziy va mustaqbalning va olami g’aybning atrofida shox solgan shajara-i xilqatning bir dasturi, bir mundarijasi hukmidadir. Shu ma'nodagi "Imomi Mubin" qadari Ilohiyning bir daftari, bir majmua-i dasotiridir. U dasotirning imlosi bilan va hukmi bilan zarrot vujudi ashyodagi xidamotiga va harakotiga yo’naltiriladi.
Ammo "Kitobi Mubin" esa, olami g’aybdan ziyoda, olami shahodatga qaraydi. Ya'ni, moziy va mustaqbaldan ziyoda, zamoni hozirga nazar soladi va ilm va amrdan ziyoda, qudrat va iroda-i Ilohiyaning bir unvoni, bir daftari, bir kitobidir. "Imomi Mubin", qadar daftari bo’lsa; "Kitobi Mubin", qudrat daftaridir. Ya'ni: Hamma narsaning vujudida, mohiyatida va sifot va shuunotida kamoli san'at va intizomlari ko’rsatadiki; bir qudrati komilaning dasotiri bilan va bir iroda-i nafizaning qavonini bilan vujud kiydiriladi. Suratlari tayin, tashxis etilib; bittadan miqdori muayyan, bittadan shakli maxsus beriladi. Demak u qudrat va irodaning, kulliy va umumiy bir majmua-i qavonini, bir daftari akbari bordirki; har bir narsaning xususiy vujudlari va maxsus suratlari unga ko’ra bichiladi, tikiladi, kiydiriladi. Xullas shu daftarning vujudi "Imomi Mubin" kabi, qadar va juzi ixtiyoriy masoilida isbot qilingan. Ahli g’aflat va zalolat va falsafaning ahmoqligini ko’rki: Qudrati Fotiraning u Lavhi Mahfuzini va hikmat va iroda-i Rabboniyaning u basirona kitobining ashyodagi jilvasini, aksini, misolini his etgan; xosho "Tabiat" nomi bilan tasmiya etgan, qiymatini tushirgan. Xullas "Imomi Mubin"ning imlosi bilan, ya'ni qadarning hukmi bilan va dasturi bilan qudrati Ilohiya ijodi ashyoda har biri bittadan oyat bo’lgan silsila-i mavjudotni, "Lavhi mahv-isbot" deyilgan zamonning sahifa-i misoliyasida yozadi, ijod qiladi, zarrotni tahrik etadi.
Demak harakoti zarrot o’sha kitobatdan, o’sha istinsohdan; mavjudot olami g’aybdan olami shahodatga va ilmdan qudratga o’tishlarida bir ihtizozdir, bir harakotdir. Ammo "Lavhi mahv-isbot" esa, sobit va doim bo’lgan Lavhi Mahfuzi A'zamning doira-i mumkinotda, ya'ni mavt va hayotga, vujud va fanoga doimo mazhar bo’lgan ashyoda mutabaddil bir daftari va yozib o’chiradigan bir taxtasi bo’lib, o’sha haqiqati zamondir. Ha, hamma narsaning bir haqiqati bo’lgani kabi, zamon deyilgan, koinotda jarayon etgan bir nahri azimning haqiqati ham "Lavhi Mahv-Isbot"dagi kitobati qudratning sahifasi va murakkabi hukmidadir.
لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
Ikkinchi Savol:Maydoni Hashr qayerda?
Aljavob:وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ Xoliqi Hakimning hamma narsada ko’rsatgan hikmati oliyasi, hatto birgina kichik bir narsaga juda ulkan hikmatlarni taqishi bilan tasrih darajasida ishorat qiladiki: Kura-i Arz daydilarcha, bodi havo azim bir doirani chizmaydi. Balki muhim narsa atrofida aylanadi va maydoni akbarning doira-i muhitasini chizadi, ko’rsatadi va bir mashhari azimning atrofida kezib, mahsuloti ma'naviyasini unga o’tkazadiki, kelajakdagi mashharda, anzori nos o’ngida ko’rsatiladi. Demak yigirma besh ming yilga yaqin bir doira-i muhitaning ichida, rivoyatga binoan Shomi Sharif qit'asi bir danak hukmida bo’lib, u doirani to’ldiradigan bir maydoni hashr bast etiladi. Kura-i Arzning butun ma'naviy mahsuloti, hozircha parda-i g’ayb ostida bo’lgan u maydonning daftarlariga va alvohlariga yuborilyapti va kelajakda maydon ochilgan vaqt, sakanasini ham yana o’sha maydonga to’kadi; u ma'naviy mahsulotlari ham g’oibdan shahodatga o’tadi. Ha, Kura-i Arz bir dala, bir chashma, bir miqyos hukmida bo’lib, u maydoni akbarni to’ldiradigan darajada mahsulot bergan va uni isti'ob etadigan maxluqot undan oqqan va uni imlo etadigan masnu'ot undan chiqqan. Demak, Kura-i Arz bir danak va maydoni hashr, ichidagilari bilan birga bir daraxt, bir boshoq va bir mahzandir. Ha, qandayki nuroniy bir nuqta, sur'ati harakati bilan nuroniy bir chiziq bo’ladi yoki bir doira bo’ladi. Xuddi shuningdek: Kura-i Arz sur'atli, hikmatli harakati bilan bir doira-i vujudning tamassuliga va u doira-i vujud mahsuloti bilan barobar, bir maydoni hashri akbarning tashakkuliga madordir.
قُلْ اِنَّمَا الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
O’N BIRINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Bu maktub muhim bir dori bo’lib, to’rt oyatning xazinasidan to’rt kichik javhariga ishorat qiladi.)
Aziz qardoshim!
Shu to’rt muxtalif masalani muxtalif vaqtlarda Qur'oni Hakim nafsimga dars bergan. Orzu qilgan qardoshlarim ham bundan bir dars yoki bir hissa olishlari uchun yozdim. Mabhas e'tibori bilan boshqa-boshqa to’rt oyati karimaning xazina-i haqoiqidan bittadan kichik javhar namuna sifatida ko’rsatilgan. Bu to’rt mabhasdan har bir mabhasning o’zga bir surati, o’zga bir foydasi bor.
Birinchi Mabhas:
اِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَع۪يفًا
Ey sui vasvasadan ma'yus nafsim! Tadoiyi xayolot, taxatturi faraziyat, bir navi irtisomi g’ayri ixtiyoriydir. Irtisom esa, agar xayrdan va nuroniyatdan bo’lsa, haqiqatning hukmi bir daraja suratiga va misoliga o’tadi. Quyoshning ziyosi va harorati, oynadagi misoliga o’tgani kabi... Agar shardan va kasifdan bo’lsa, aslning hukmi va xossasi suratiga o’tmaydi va timsoliga siroyat etmaydi. Masalan najis va murdor bir narsaning oynadagi surati na najisdir, na murdordir. Va ilonning timsoli chaqmaydi.
Shu sirga binoan, tasavvuri kufr, kufr emas; taxayyuli shatm, shatm emas. Xususan ixtiyorsiz bo’lsa va faraziy bir taxattur bo’lsa, butunlay zararsizdir. Ham ahli haq bo’lgan Ahli Sunnat va Jamoatning mazhabida bir narsaning shar'an xunukligi, iflosligi; nahyi Ilohiy sababi bilandir. Modomiki ixtiyorsiz va rizosiz bir taxatturi faraziy, bir tadoiyi xayoliydir; nahiy unga taalluq etmaydi. U ham naqadar xunuk va iflos bir narsaning surati bo’lsa ham, xunuk va iflos bo’lmaydi..
Ikkinchi Masala:Barla Yaylovi, Tepalichada qarag’ay, qatron, qora terakning bir mevasi bo’lib, So’zlar majmuasida yozilgani uchun, bu yerga kiritilmadi.
Uchinchi Masala:Bu ikki masala Yigirma Beshinchi So’zning i'jozi Qur'onga qarshi madaniyatning ojizligini ko’rsatgan misollaridan bir qismidir. Qur'onga muxolif bo’lgan huquqi madaniyatning naqadar haqsiz ekanini isbot qilgan minglab misollaridan ikki misol:
فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْاُنْثَيَيْنِ
bo’lgan hukmi Qur'oniy mahzi adolat bo’lgani kabi, ayni marhamatdir. Ha, adolatdir. Chunki aksariyati mutlaqa e'tibori bilan, bir erkak bir ayolni oladi, nafaqasini taahhud etadi. Bir ayol esa, bir erga boradi, nafaqasini unga yuklaydi; irsiyatdagi nuqsonni talofiy etadi. Ham marhamatdir, chunki u zaifa qiz padaridan shafqatga va aka-ukasidan marhamatga juda muhtojdir. Hukmi Qur'onga ko’ra u qiz padaridan andishasiz shafqat ko’radi. Padari unga, "Mening sarvatimning yarmini odamlarning va begonalarning qo’llariga o’tishiga sabab bo’ladigan zararli bir bola" nazari bilan andisha etib qaramaydi. U shafqatga andisha va hiddat qo’shilmaydi. Ham aka-ukasidan raqobatsiz, hasadsiz bir marhamat va himoya ko’radi. Aka-ukasi unga, "xonadonimizning yarmini buzadigan va molimizning muhim bir qismini odamlarning qo’liga beradigan bir raqib" nazari bilan qaramaydi; u marhamatga va himoyaga kin, ig’biror qo’shmaydi. Shu holda u fitratan nozik, nozanin va xilqatan zaifa va nahifa qiz, suratan oz bir narsa yo’qotadi; faqat unga badal aqoribning shafqatidan, marhamatidan tuganmas bir sarvat qozonadi. Aksincha, rahmati Haqdan ziyoda unga marhamat qilamiz deya haqqidan ortiq unga haq berish, unga marhamat emas, shadid bir zulmdir. Balki, zamoni johiliyatda g’ayrati vahshiyonaga binoan qizlarini tiriklayin dafn etish kabi g’addorona bir zulmni eslatadigan bu zamonning hirsi vahshiyonasi marhamatsiz bir shano'at yo’l ochish ehtimoli bor. Shuning kabi butun ahkomi Qur'oniya وَمَا اَرْسَلْنَاكَ اِلَّا رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ farmonini tasdiq qiladilar.
To’rtinchi Masala:فَلِاُمِّهِ السُّدُسُ Xullas, mimsiz madaniyat qanday qilib qiz haqida, haqqidan ortiq haq berganidan bunday bir haqsizlikka sabab bo’ladi.. shunga o’xshab: Volida haqida haqqini kesish bilan yanada dahshatli haqsizlik qiladi. Ha, rahmati Rabboniyaning eng hurmatli, eng halovatli, eng latif va eng shirin bir jilvasi bo’lgan shafqati volida, haqoiqi koinot ichida eng muhtaram, eng mukarram bir haqiqatdir. Va volida eng karim, eng rahim shunday fidokor bir do’stdirki; u shafqat saiqasi bilan bir volida, butun dunyosini va hayotini va rohatini valadi uchun fido qiladi. Hatto volidalikning eng oddiy va eng adno darajasida bo’lgan qo’rqoq tovuq, o’sha shafqatning kichkina bir lam'asi bilan jo’jasini mudofaa uchun itga otiladi, arslonga tashlanadi.
Xullas bunday muhtaram va muazzaz bir haqiqatni o’zida mujassam qilgan bir volidani valadining molidan mahrum qilish, u muhtaram haqiqatga qarshi naqadar dahshatli bir haqsizlik, qay daraja vahshatli bir hurmatsizlik, qandayin jinoyatkorona haqorat va arshi rahmatni titratgan bir kufroni ne'mat va hayoti ijtimoiya-i bashariyaning g’oyat porloq va foydali bir tiryoqiga zahar qo’shish ekanini, insoniyat-parvarlik iddi'o qilgan inson jonivorlari tushunmasalar, albatta haqiqiy insonlar tushunadi. Qur'oni Hakimning فَلِاُمِّهِ السُّدُسُ hukmini ayni haq va mahzi adolat ekanini biladilar.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
O’N IKKINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ عَلٰى رُفَقَائِكُمْ
Aziz qardoshlarim!
O’sha kecha mendan so’ragandingiz, men javobini bermagandim. Chunki masoili iymoniyaning munoqasha suratida bahsi joiz emas. Siz munoqasha suratida bahs qilgandingiz. Hozircha munoqashangizning asosi bo’lgan uch savolingizga g’oyat muxtasar bir javob yozaman. Tafsilini dorixonachi afandi nomlarini yozgan So’zlarda topasizlar. Yolg’iz, qadar va juzi ixtiyoriyga oid Yigirma Oltinchi So’z xotiramga kelmagandi, sizga aytmagandim, uni ham ko’ringlar, lekin ro’znomaga o’xshab o’qimanglar. Dorixonachi afandining u So’zlarni mutolaa etishini havola qilganimning sirri shuki: U xildagi masalalardagi shubhalar, arkoni iymoniyaning zaifligidan kelib chiqadi. U So’zlar esa, arkoni iymoniyani butunlay isbot qiladilar.
BIRINCHI SAVOLINGIZ:Hazrat Odamning (A.S.) Jannatdan ixroji va bir qism bani odamning Jahannamga idxoli qanday hikmatga mabnidir?
Aljavob:Hikmati,tavzifdir. Shunday bir vazifa bilan ma'mur qilinib yuborilganki; butun taraqqiyoti ma'naviya-i bashariyaning va butun iste'dodoti bashariyaning inkishof va inbisotlari va mohiyati insoniyaning butun asmo-i Ilohiyaga bir oyna-i jome'a bo’lishi,u vazifaning natoijidandir. Agar Hazrat Odam Jannatda qolsaydi; malak kabi maqomi sobit qolardi, iste'dodoti bashariya inkishof etmasdi. Holbuki yaknasoq maqom sohibi bo’lgan maloikalar ko’p, unday tarzdagi ubudiyat uchun insonga ehtiyoj yo’q. Balki hikmati Ilohiya nihoyatsiz maqomotni bosib o’tadigan insonning iste'dodiga muvofiq bir dori taklifni iqtizo etgani uchun, maloikalarning aksi bo’lib, muqtazo-i fitratlari bo’lgan ma'lum gunoh bilan Jannatdan ixroj etildi. Demak, Hazrat Odamning Jannatdan ixroji, ayni hikmat va mahzi rahmat bo’lgani kabi; kufforning ham Jahannamga idxollari, haq va adolatdir.
O’ninchi So’zning Uchinchi Ishoratida aytilgani kabi: Garchi kofir oz bir umrda bir gunoh qilgan bo’lsada, u gunoh ichida nihoyatsiz bir jinoyat bor. Chunki kufr, butun koinotni tahqir, qiymatlarini tanzil etish va butun masnu'otning vahdoniyatga shahodatlarini takzib va mavjudot oynalarida jilvalari ko’ringan asmo-i Ilohiyani tazyifdir. Shuning uchun, mavjudotning haqqini kofirdan olish uchun, mavjudotning sultoni bo’lgan Qahhori Zuljalolning kofirlarni abadiy Jahannamga otishi, ayni haq va adolatdir. Chunki nihoyatsiz jinoyat, nihoyatsiz azobni istaydi.
IKKINCHI SAVOLINGIZ:Shaytonlar nima uchun xalq va ijod qilingan? Janobi Haq shaytonni va sharlarni xalq etgan, buning hikmati nima? Sharning xalqi shar, qobihning xalqi qobihdir?
Aljavob:Xosho!.. Xalqi shar, shar emas, balki kasbi shar, shardir. Chunki xalq va ijod butun natoijga qaraydi; kasb, xususiy bir mubosharat bo’lgani uchun, xususiy natoijga qaraydi. Masalan: Yomg’ir kelishining minglab natijalari bor, barchasi go’zal. Sui ixtiyori bilan ba'zilar yomg’irdan zarar ko’rsa, "Yomg’irning ijodi rahmat emas" deyolmaydi; "Yomg’irning xalqi shar" deya hukm qilolmaydi. Balki sui ixtiyori bilan va kasbi bilan o’zi haqida shar bo’ldi. Ham olovning xalqida ko’p foydalar bor; barchasi ham xayrdir. Faqat ba'zilar sui kasbi bilan, suiste'moli bilan otashdan zarar ko’rsa, "Olovning xalqi shar" deyolmaydi. Chunki olov yolg’iz uni yoqish uchun yaratilmagan; balki u o’zining sui ixtiyori bilan ovqatini pishirgan olovga qo’lini tiqdi va u xizmatkorini o’ziga dushman qildi.
Alhosil: Xayri kasir uchun sharri qolil qabul qilinadi. Agar sharri qolil bo’lmasligi uchun xayri kasirni intoj etgan bir shar tark etilsa; unda sharri kasir irtikob etilgan bo’ladi. Masalan: Jihodga askar yuborishda, albatta, ba'zi juz'iy va moddiy va badaniy zarar va shar bo’ladi. Faqat u jihodda xayri kasir borki, Islom kufforning istilosidan qutuladi. Agar o’sha sharri qolil uchun jihod tark etilsa, unda xayri kasir ketgandan so’ng, sharri kasir keladi. U ayni zulmdir. Ham masalan: Gangrena bo’lgan va kesilishi lozim bo’lgan bir barmoqning kesilishi xayr, yaxshidir; holbuki zohiran bir shardir. Barmoq kesilmasa, qo’l kesiladi; sharri kasir bo’ladi.
Demak, koinotdagi sharlarning, zararlarning, balliyalarning va shaytonlarning va muzirlarning xalq va ijodlari, shar va xunuk emas; chunki ko’p natoiji muhimma uchun yaratilgan. Masalan: Maloikalarga shaytonlar musallat bo’lmaganlari uchun, taraqqiyotlari yo’q; maqomlari sobit, tabaddul etmaydi. Shuningdek, hayvonotning ham, shaytonlar musallat bo’lmaganlari uchun, martabalari sobit, noqisdir. Olami insoniyatda esa marotibi taraqqiyot va tadanniyot nihoyatsizdir. Namrudlardan, fir'avnlardan tortib, to siddiqiyni avliyo va anbiyoga qadar g’oyat uzun bir masofa-i taraqqiy bor.
Xullas, ko’mir kabi arvohi safilani olmos kabi arvohi oliyadan tamyiz va tafriq uchun, shaytonlarning xilqati bilan va sirri taklif va ba'si anbiyo bilan, bir maydoni imtihon va tajriba va jihod va musobaqa ochilgan. Agar mujohada va musobaqa bo’lmasaydi, ma'dani insoniyatdagi olmos va ko’mir hukmida bo’lgan iste'dodlar barobar qolardi. A'loyi Illiyindagi Abu Bakri Siddiqning ruhi Asfali Sofiliyndagi Abu Jahlning ruhi bilan bir saviyada qolgan bo’lardi. Demak, shayotin va sharlarning yaratilishi, buyuk va kulliy natijaga qaragani uchun, ijodlari shar emas, xunuk emas; balki suiste'molotdan va kasb deyilgan mubosharati xususiyadan kelgan sharlar, xunukliklar kasbi insonga oid; ijodi Ilohiyga oid emas.
Agar savol bersangiz: Bi'sati anbiyo bilan barobar shaytonlarning vujudidan aksariyat insonlar kofir bo’lyapti, kufrga kiryapti, zarar ko’ryapti. "Al-hukmu lil-aksar" qoidasiga ko’ra, aksar undan shar ko’rsa, u vaqt xalqi shar shardir, hatto bi'sati anbiyo ham rahmat emas deyilishi mumkin?
Aljavob: Sonning sifatga nisbatan ahamiyati yo’q. Asl aksariyat sifatga qaraydi. Masalan: Yuzta xurmo danagi bo’lsa, tuproq ostiga ko’milib suv berilmasa va muomala-i kimyoviya ko’rmasa va bir mujohada-i hayotiyaga mazhar bo’lmasa, yuz tanga qiymatidagi yuzta danak bo’ladi. Ammo suv berilgan va mujohada-i hayotiyaga ma'ruz qolgan vaqt, sui mizoji tufayli saksontasi chirisa, yigirmatasi mevador yigirmata xurmo daraxti bo’lsa, "Suv berish shar bo’ldi, aksariyatini chiritdi", deya olasanmi? Albatta deyolmaysan. Chunki u yigirmata yigirma ming hukmiga o’tdi. Saksontani yo’qotgan, yigirma mingni qozongan zarar qilmaydi, shar bo’lmaydi. Ham masalan: Tovus qushining yuz dona tuxumi bo’lsa, tuxum e'tibori bilan besh yuz kurush turadi. Faqat o’sha yuzta tuxum ustiga tovus o’tqizilsa, saksontasi aynisa; yigirmatasi yigirmata tovus qushi bo’lsa, "Ko’p zarar bo’ldi, bu muomala shar bo’ldi, bu tovusning tuxumning ustiga o’tirishi yomon bo’ldi" deyish mumkinmi? Yo’q, unday emas, balki xayrdir. Chunki u tovus millati va u tuxum toifasi to’rt yuz kurush bahosida bo’lgan saksonta tuxumni yo’qotib, sakson lira qiymatida bo’lgan yigirmata tovus qushi qozondi.
Xullas, navi bashar bi'sati anbiyo bilan, sirri taklif bilan, mujohada bilan, shaytonlar bilan muhoraba bilan qozongan yuz minglab anbiyo va millionlab avliyo va milliardlab asfiyo kabi olami insoniyatning quyoshlari, oylari va yulduzlari muqobilida; son jihatdan kasratli, sifat jihatidan ahamiyatsiz hayvonoti muzirra navidan bo’lgan kufforni va munofiqlarni yo’qotdi.
UCHINCHI SAVOLINGIZ:Janobi Haq musibatlarni beradi, balolarni musallat etadi. Xususan ma'sumlarga, hatto hayvonlarga bu zulm emasmi?
Aljavob: Xosho! Mulk Unikidir. Mulkida istagani kabi tasarruf qiladi. Ajabo: San'atkor bir zot bir ujrat muqobilida seni bir model qilib g’oyat san'atkorona tikkan murasso' bir libosni senga kiydiradi, hunarini, mahoratini ko’rsatish uchun qisqartiradi, uzatadi, bichsa, kesadi.. seni o’tirg’izadi, turg’izadi. Sen unga: "Meni go’zallashtirgan ko’ylakni xunuklashtirding; menga o’tirg’izib turg’izish bilan zahmat berding" deya olasanmi? Albatta deyolmaysan. Desang, devonalik qilgan bo’lasan. Aynan shuning kabi: Sone'-i Zuljalol ko’z, quloq, lison kabi tuyg’ular bilan murasso' g’oyat san'atkorona bir vujudni senga kiydirgan. Mutanavvi' asmosining naqshlarini ko’rsatish uchun seni xasta qiladi, mubtalo qiladi, och qo’yadi, to’q qiladi, suvsiz qoldiradi.. bu kabi ahvolda aylantiradi. Mohiyati hayotiyani quvvatlantirish va jilva-i asmosini ko’rsatish uchun seni shunday ko’p holatlarda kezdiradi. Agar sen: "Meni mina uchun bu masoibga mubtalo etyapsan?" desang, tamsilda ishorat qilingani kabi, yuzta hikmat sening og’zingni yopadi. Zotan sukun va sukunat, atolat, yaknasoqlik, tavaqquf; bir navi adamdir, zarardir. Harakat va tabaddul; vujuddir, xayrdir. Hayot harakot bilan kamolotini topadi; baliyyot vositasi bilan taraqqiy qiladi. Hayot jilva-i asmo bilan muxtalif harakotga mazhar bo’ladi, tasaffi etadi, quvvat topadi, inkishof etadi, inbisot etadi, o’z muqaddarotini yozishida mutaharrik bir qalam bo’ladi, vazifasini ado etadi, ujrati uxroviyaga kasbi istihqoq etadi.
Xullas, munoqashangizning ichidagi uch savolingizning muxtasar javoblari bu qadar. Izohlari o’ttiz uch adad "So’zlar"dadir.
Aziz qardoshim, sen bu maktubni dorixonachiga va munoqashani eshitganlardan munosib deb bilganlaringga o’qib ber. Mening nomimdan ham yangi bir talabam bo’lgan dorixonachiga salom ayt, deginki:
"Mazkur masoil kabi daqiq masoili iymoniyani mezonsiz mujodala suratida jamoat ichida bahs qilish joiz emas. Mezonsiz mujodala bo’lganidan, tiryoq ekan, zahar bo’ladi. Gapirganlarga, eshitganlarga zarardir. Balki bunday masoili iymoniyaning i'tidoli dam bilan, insof bilan, bir mudovala-i afkor suratida bahsi joiz". Va aytginki: "Agar sening qalbingga bu navi masoilda shubhalar kelsa va So’zlardan ham javobini topmasang, xususiy shaklda menga yozarsiz..." Ham dorixonachiga aytginki: Marhum padari haqida ko’rgan ro’yo borasida qalbimga shunday bir ma'no keldiki: Marhum padari do’xtir bo’lgani uchun, juda solih va muborak, balki valiy insonlarga foydasi tekkan va undan mamnun bo’lgan va manfaat ko’rgan u muboraklarning arvohlari uning vafoti chog’ida qushlar suratida eng yaqin aqrabosi bo’lgan o’g’liga ko’ringanlar, uning ruhiga shafoatkorona bir xush omadi navidan bir istiqbol etganlari qalbimga keldi. O’sha kecha bu yerda barobar bo’lgan barcha do’stlarga salom yo’llayman va duo qilaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
O’N UCHINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهُدٰى وَالْمَلَامُ عَلٰى مَنِ اتَّبَعَ الْهَوٰى
Aziz qardoshlarim!
Holimni va istirohatimni va vasiqa uchun adami murojaatimni va holi olam siyosatiga qarshi loqaydligimni juda ko’p so’rayapsizlar. Shu savollaringiz ko’p takarrur etganidan, ham ma'nan ham mendan so’ralganidan; shu uch savolga Yangi Said emas, balki Eski Said lisoni bilan javob berishga majbur bo’ldim.
Birinchi Savolingiz:Istirohating qanday? Hol-ahvoling qanday?
Aljavob: Janobi Arhamurrohiminga yuz ming shukr qilamanki; ahli dunyo menga qilgan anvo'i zulmni anvo'i rahmatga aylantirdi:
Siyosatni tark va dunyodan tajarrud etib bir tog’ning g’orida oxiratni o’ylash bilan mashg’ul ekanman, ahli dunyo zulman meni u yerdan chiqarib surgun qildi. Xoliqi Rahim va Hakim u surgunni menga bir rahmatga aylantirdi. Amniyatsiz va ixlosni buzadigan sabablarga ma'ruz u tog’dagi inzivoni; amniyatli, ixlosli Barla Tog’laridagi xilvatga aylantirdi. Rossiyada asoratdaligimda, niyat qildim va niyoz etdimki, umrimning oxirida bir g’orga chekinay. Arhamurrohimin menga Barlani o’sha g’orga aylantirdi, g’orning foydasini berdi. Mashaqqatli g’or zahmatini zaif vujudimga yuklamadi. Yolg’iz Barlada ikki-uch odamda bir vahhomlik bor edi. O’sha vahhomlik sababi bilan menga aziyat berildi. Hatto o’sha do’stlarim, go’yo istirohatimni o’ylashgandi. Holbuki, o’sha vahhomlik sababli ham qalbimga, ham Qur'onning xizmatiga zarar berishdi. Ham ahli dunyo barcha surgunlarga vasiqa bergani va qotillarni qamoqdan chiqarib avf etganlari holda, menga zulm qilib berishmadi. Mening Robbi Rahimim meni Qur'onning xizmatida ziyoda istihdom etish va So’zlar nomi bilan anvori Qur'oniyani menga ko’proq yozdirish uchun tashvishsiz holda meni shu g’urbatda qoldirib, bir buyuk marhamatga aylantirdi. Ham ahli dunyo, dunyolariga aralasha oladigan barcha nufuzli va quvvatli ruasolarni va shayxlarni tumanlarda va shaharlarda qoldirib, aqrabolari bilan birga hamma bilan ko’rishishga izn berganlari holda, meni zulman tajrid etdi, bir qishloqqa yubordi. Hech aqrabo va hamshaharlarimni, -bir-ikkitasi mustasno- yonimga kelishiga izn berishmadi. Mening Xoliqi Rahimim o’sha tajridni men uchun azim bir rahmatga aylantirdi. Zehnimni sof holda, g’illu g’ishdan xoli Qur'oni Hakimning fayzini olishiga vasila qildi. Ham ahli dunyo bidoyatda, ikki yil mobaynida ikkita oddiy maktub yozganimni ko’p ko’rdi. Hatto hozir ham, o’n yoki yigirma kunda yoki bir oyda bir-ikki musofirning yolg’iz oxirat uchun yonimga kelishini xush ko’rmadilar, menga zulm qildilar. Mening Robbi Rahimim va Xoliqi Hakimim u zulmni men uchun marhamatga aylantirdiki, to’qson yillik ma'naviy bir umrni qozontiradigan shu shuhuri salosada meni bir xilvati marg’ubaga va bir uzlati maqbulaga qo’yishga aylantirdi.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى كُلِّ حَالٍ
Xullas hol va istirohatim shunday...
Ikkinchi Savolingiz:Nima uchun vasiqa olish uchun murojaat etmayapsan?
Aljavob: Bu masalada men qadarning mahkumiman, ahli dunyoning mahkumi emasman. Qadarga murojaat qilaman. Qachon izn bersa, rizqimni bu yerdan qachon kessa, o’sha vaqt ketaman. Bu ma'noning haqiqati shuki: Boshga kelgan bir ishda ikki sabab bor; biri zohiriy, boshqasi haqiqiy. Ahli dunyo zohiriy bir sabab bo’ldi, meni bu yerga keltirdi. Qadari Ilohiy esa, sababi haqiqiydir; meni bu inzivoga mahkum qildi. Sababi zohiriy zulm qildi; sababi haqiqiy adolat qildi. Zohiriysi shunday o’yladi: "Shu odam ortig’i bilan ilmga va dinga xizmat qiladi, balki dunyomizga aralashadi" degan ehtimol bilan meni surgun qilib, uch jihatdan qatmarli bir zulm qildi. Qadari Ilohiy esa men uchun ko’rdiki, haqqi bilan va ixlos bilan ilmga va dinga xizmat qilolmayapman; meni bu surgunga mahkum etdi. Ularning bu qatmarli zulmini muzaaf bir rahmatga aylantirdi. Modomiki, surgunimda qadar hokimdir va u qadar odildir; unga murojaat qilaman. Zohiriy sabab esa, zotan bahona navidan bir narsalari bor. Demak, ularga murojaat qilish ma'nosizdir. Agar ularning qo’lida bir haq yoki quvvatli bir vosita bo’lganda edi, ularga murojaat qilsa bo’lardi.
Boshlarini yesin, dunyolarini tamoman tashlaganim va oyoqlariga o’ralashsin, siyosatlarini butunlay tark qilganim holda; o’ylagan bahonalari, avhomlari, albatta aslsiz bo’lganidan, ularga murojaat qilish bilan o’sha avhomlarga bir haqiqat berishni istamayman. Agar uchlari ajnabiy qo’lida bo’lgan dunyo siyosatiga qo’shilish uchun bir ishtaham bo’lsaydi; sakkiz yil emas, balki sakkiz soatga ham qolmay tarashshuh etardi, o’zini ko’rsatardi. Holbuki sakkiz yildir, bironta ro’znoma o’qishga xohishim bo’lmadi va o’qimadim. To’rt yildir, bu yerda taxti nazoratdaman; hech bir tarashshuh ko’rinmadi. Demak Qur'oni Hakim xizmatining barcha siyosatlardan ustun bir ulviyati borki, ko’pchiligi yolg’onchilikdan iborat bo’lgan dunyo siyosatiga tanazzulga yo’l qo’ymaydi.
Adami murojaatimning ikkinchi sababi shuki: Haqsizlikni haq deb hisoblagan odamlarga qarshi haq da'vo etish, haqqa bir navi haqsizlikdir. Bu navdagi haqsizlikni irtikob etishni istamayman.
Uchinchi Savolingiz:Dunyoning siyosatiga qarshi nima uchun bu qadar loqaydsan? Bu qadar sofahati olamga qarshi hech parvo qilmayapsan? Bu sofahatni yoqtiryapsanmi? Yoxud qo’rqayapsanmi, sukut saqlayapsan?
Aljavob: Qur'oni Hakimning xizmati meni shiddatli bir suratda siyosat olamidan man qildi. Hatto uni o’ylashni ham menga unuttirdi. Bo’lmasa, butun sarguzashti hayotim shohidki, haq deb bilgan maslagimda yurishda qo’rquv qo’limni tutib man qilolmagan va qilolmaydi. Ham nima uchun qo’rquvim bo’lsin? Dunyo bilan ajalimdan boshqa bir aloqam yo’q. O’ylaydigan bola-chaqam yo’q. O’ylaydigan mol-dunyoim yo’q. Sharafini o’ylaydigan xonadonim yo’q. Riyokor bir shuhrati kozibadan iborat bo’lgan shon va sharafi dunyoviyani muhofazaga emas, sindirishga yordam berganga rahmat... Qoldi ajalim. U Xoliqi Zuljalolning qo’lida. Kimning haddi borki, vaqti kelmay unga qo’l tekkiza olsin. Zotan izzatli mavtni, zillatli hayotga tarjih etganlardanmiz. Eski Said kabi bir kishi shunday degan:
وَ نَحْنُ اُنَاسٌ لَا تَوَسُّطَ بَيْنَنَا ٭ لَنَا الصَّدْرُ دُونَ الْعَالَم۪ينَ اَوِ الْقَبْرُ
Balki xizmati Qur'on meni hayoti ijtimoiya-i siyosiya-i bashariyani o’ylashdan man qiladi. Shundayki: Hayoti bashariya bir yo’lovchilikdir. Shu zamonda, Qur'onning nuri bilan ko’rdimki, u yo’l bir botqoqlikka kirdi. Mulavvas va ufunatli bir balchiq ichida qofila-i bashar yiqilib-turib ketyapti. Bir qismi salomatli bir yo’lda ketyapti. Bir qismi mumkin qadar balchiqdan, botqoqlikdan qutulish uchun ba'zi vositalarni topgan. Bir qismi aksari o’sha ufunatli, iflos, balchiqli botqoqlik ichida qorong’ilikda ketyapti. Yuztadan yigirmatasi sarxushlik sababli o’sha iflos balchiqni mushku ambar deb o’ylab, yuz-ko’ziga surtyapti... yiqilib-turib ketyapti, oxiri botib qolyapti. Yuztadan saksoni esa, botqoqlik ekanini anglaydi, ufunatli, iflos ekanini his qiladi... lekin mutahayyirdirlar, salomatli yo’lni ko’rolmayaptilar.
Xullas, bularga qarshi ikki chora bor:
Birisi: To’qmoq bilan o’sha sarxush yigirmatasini o’ziga keltirish.
Ikkinchisi: Bir nur ko’rsatish bilan mutahayyirlarga salomatli yo’lni iroa etish.
Men ko’ryapmanki; yigirmataga qarshi saksonta odam qo’liga to’qmoq olgan. Holbuki u bechora va mutahayyir saksontaga qarshi loyiq shaklda nur ko’rsatilmayapti. Ko’rsatilsa ham; bir qo’lida ham tayoq, ham nur bo’lgani uchun amniyatsiz bo’lyapti. Mutahayyir odam, "Ajabo, nur bilan meni jalb qilib, to’qmoq bilan urmoqchimikin?" deb talosh etadi. Hamda ba'zan moneliklar bilan to’qmoq singan vaqt, nur ham uchadi yoki so’nadi.
Xullas o’sha botqoqlik, g’aflatkorona va zalolat-pesha safihona hayoti ijtimoiya-i bashariyadir. U sarxushlar, zalolat bilan talazzuz etgan mutamarridlardir. U mutahayyir bo’lganlar, zalolatdan nafrat qilganlar, faqat chiqolmayaptilar; qutulishni istaydilar, yo’l topolmayaptilar.. mutahayyir insonlardir. U to’qmoqlar esa, siyosat jarayonlaridir. U nurlar esa, haqoiqi Qur'oniyadir. Nurga qarshi kurashilmaydi, unga qarshi adovat qilinmaydi. Yolg’iz shaytoni rojimdan boshqa undan nafratlangan yo’q. Xullas, men ham nuri Qur'onni qo’lda tutish uchun "A'uzu billahi minashshaytoni va-s siyosa" deya, siyosat to’qmog’ini tashlab, ikki qo’lim bilan nurga yopishdim. Ko’rdimki: Siyosat jarayonlarida muvofiqda ham, muxolifda ham u nurlarning oshiqlari bor. Barcha siyosat jarayonlaridan va tarafkashliklardan juda ustun va ularning g’arazkorona o’y-fikrlaridan mubarro va sof maqomda berilgan darsi Qur'on va ko’rsatilgan anvori Qur'oniyadan hech bir taraf va hech bir qism chekinmasligi va ittihom etmasligi kerak. Magar, dinsizlikni va zindiqoni siyosat deb o’ylab, unga tarafkashlik qilgan inson suratidagi shaytonlardan yoki bashar qiyofasidagi hayvonlardan bo’lmasa...
Alhamdulilloh, siyosatdan tajarrud sababi bilan, Qur'onning olmos kabi haqiqatlarini siyosiy tashviqot ittihomi ostida shisha parchalarining qiymatiga tushirmadim. Balki borgan sari u olmoslar qiymatlarini har toifaning nazarida porloq bir tarzda ziyodalashtiryaptilar.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
O’N TO’RTINCHI MAKTUB
Ta'lif etilmagan.
O’N BESHINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Aziz qardoshim!
Sening birinchi savoling: Sahobalar nazari valoyat bilan mufsidlarni nima uchun kashf etolmadilar? Va bu holat Xulafo-i Roshidindan uchtasining shahid bo’lishini natija berdi. Holbuki kichik Sahobalarga buyuk valiylardan ham buyuk deyiladi?
Aljavob:Bunda ikki maqom bor.
BIRINCHI MAQOM:
Daqiq bir sirri valoyatning bayoni bilan savol hal qilinadi. Shundayki:
Sahobalarning valoyati, valoyati kubro deyilgan, varosati nubuvvatdan kelgan, barzoh tariqiga kirmasdan, to’g’ridan-to’g’ri zohirdan haqiqatga o’tib, aqrobiyati Ilohiyaning inkishofiga qaragan bir valoyat bo’lib, u valoyat yo’li g’oyat qisqa bo’lgani holda, g’oyat yuksakdir. Horiqolari oz, lekin maziyati ko’p. Kashf va karomat u yerda oz ko’rinadi. Avliyoning karomatlari esa, aksariyati ixtiyoriy emas. Kutmagan joyidan, ikromi Ilohiy sifatida horiqo undan zuhur etadi. Bu kashf va karomatlarning aksariyati, sayri suluk zamonida, tariqat barzohidan o’tgan vaqtlarida, oddiy bashariyatdan bir daraja tajarrud etganlaridan, xilofi odat holotga mazhar bo’ladilar. Sahobalar esa, suhbati nubuvvatning in'ikosi bilan va injizobi bilan va iksiri bilan tariqatdagi sayri suluk doira-i azimini bosib o’tishga majbur emaslar. Bir qadamda va bir suhbatda zohirdan haqiqatga o’ta oladilar. Masalan: O’tgan tungi Layla-i Qadrga ulashish uchun ikki yo’l bor:
Biri: Bir yil kezib, aylanib, nihoyat o’sha tunga kelishdir. Bu qurbiyatni qozonish uchun bir yil masofani bosib o’tish lozim bo’ladi. Bu esa, ahli sulukning maslagi bo’lib, ahli tariqatning ko’pchiligi bu bilan boradi.
Ikkinchisi: Zamonda muqayyad bo’lgan jismi moddiy g’ilofidan ayrilib, tajarrud bilan ruhan yuksalib, kecha tungi Layla-i Qadrni indingi kun Layla-i Iyd bilan barobar bugungi kabi hozir ko’rishdir. Chunki ruh zamon bilan muqayyad emas. Hissiyoti insoniya ruh darajasiga chiqqan vaqt, hozirgi zamon kengayadi. Boshqalarga nisbatan moziy va mustaqbal bo’lgan vaqtlar unga nisbatan hozir hukmida bo’ladi.
Xullas bu tamsilga ko’ra, kecha tungi Layla-i Qadrga o’tish uchun, martaba-i ruhga chiqib, moziyni hozir darajasida ko’rishdir. Shu sirri g’amizning asosi, aqrobiyati Ilohiyaning inkishofidir. Masalan: Quyosh bizga yaqindir; chunki ziyosi, harorati va misoli oynamizda va qo’limizdadir. Lekin biz undan uzoqmiz. Agar biz nuroniyat nuqtasida uning aqrobiyatini his qilsak, oynamizdagi misoliy bo’lgan timsoliga munosabatimizni anglasak, u vosita bilan uni tanisak; ziyosi, harorati, hay'ati nimaligini bilsak, uning aqrobiyati bizga inkishof etadi va yaqinimizda uni tanib munosabatdor bo’lamiz. Agar biz bu'diyatimiz nuqtai nazaridan unga yaqinlashishni va tanishni istasak, juda ko’p sayri fikriyga va suluki aqliyga majbur bo’lamiz; qavonini fanniya bilan fikran samovotga chiqib, samodagi quyoshni tasavvur qilib, so’ngra mohiyatidagi ziyo va haroratni va ziyosidagi alvoni sab'ani juda chuqur tadqiqoti fanniya bilan anglagandan so’ngra, birinchi odamning o’z oynasida oz bir tafakkur bilan qo’lga kiritgan qurbiyati ma'naviyani zo’rg’a qo’lga kiritishimiz mumkin.
Xullas shu tamsil kabi, nubuvvat va varosati nubuvvatdagi valoyat, sirri aqrobiyatning inkishofiga qaraydi. Valoyati saira esa, aksariyati qurbiyat asosi uzra boradi. Bir qancha marotibda sayri sulukka majbur bo’ladi.
IKKINCHI MAQOM:
O’sha hodisotga sababiyat bergan va fasodni boshlagan bir nechta Yahudiydan iborat emaski, ularni kashf etish bilan fasodning oldi olinsin. Chunki juda ko’p muxtalif millatlarning Islomiyatga kirishlari bilan bir-biriga zid va muxolif ko’p jarayonlar va afkor qorishib ketdi. Xususan ba'zilarning g’ururi milliylari Hazrat Umarning (R.A.) zarbalari bilan dahshatli yaralanganidan, sajiyatan intiqom olishga fursat kutardilar. Chunki ularning ham eski dini inkor qilingan, ham madori sharafi bo’lgan eski hukumati va saltanati taxrib etilgan. Intiqomini, bilib yoki bilmasdan, hokimiyati Islomiyadan olishga hissan tarafdor bir surat olgan. Shuning uchun, Yahudiy kabi ziyrak va dassos bir qism munofiqlar o’sha holati ijtimoiyadan istifoda etdilar deyilgan. Demak, u hodisotning oldini olish, o’sha vaqtdagi hayoti ijtimoiyani va muxtalif afkorni isloh qilish bilan bo’lar edi. Bo’lmasa bir-ikki mufsidning kashf qilinishi bilan bo’lmasdi.
Agar deyilsa: Hazrat Umar (R.A.) minbar ustida, bir oylik masofada bo’lgan Sariya ismli bir qo’mondoniga يَا سَارِيَةُ اَلْجَبَلَ اَلْجَبَلَ deb, Sariyaga eshittirib, savq-ul jaysh nuqtasidan zafariga sababiyat bergan karomatkorona idorasi qay daraja keskin nazarli ekanini ko’rsatgani holda, nima uchun yonidagi qotili Feruzni u keskin nazari valoyat bilan ko’rmadi?
Aljavob: Hazrat Yoqub Alayhissalom bergan javobi bilan javob beramiz.
{(Hoshiya)
زِ مِصْرَشْ بُوىِ پ۪يرَاهَنْ شِن۪يد۪ى
چِرَا دَرْ چَاهِ كَنْعَانَشْ نَد۪يد۪ى
بَگُفْتْ اَحْوَالِ مَا بَرْقِ جِهَانَسْتْ
دَم۪ى پَيْدَا وُ د۪يگَرْ دَمْ نِهَانَسْتْ
گَه۪ى بَرْ طَارُمِ اَعْلٰى نِش۪ينَمْ
گَه۪ى بَرْ پُشْتِ پَاىِ خُودْ نَب۪ينَمْ
}
Ya'ni: Hazrat Yoqubdan so’ralganki: "Nima uchun Misrdan kelgan ko’ylagining hidini sezding-da, yaqiningda bo’lgan Kan'on Qudug’idagi Yusufni ko’rmading?" Javoban deganki: "Bizning holimiz chaqmoq kabidir; ba'zan ko’rinadi, ba'zan yashirinadi. Ba'zi vaqtlar bo’ladiki, eng yuksak mavqeda o’tirib, har tarafni ko’rgandek bo’lamiz. Ba'zi vaqtlar esa oyog’imizning ustini ko’rolmaymiz".
Alhosil: Inson har qancha foili muxtor bo’lmasin, وَمَا تَشَٓاؤُنَ اِلَّٓا اَنْ يَشَٓاءَ اللّٰهُ sirriga ko’ra, mashiati Ilohiya asosdir va qadar hokimdir. Mashiati Ilohiya mashiati insoniyani qaytaradi. اِذَا جَاءَ الْقَدَرُ عُمِىَ الْبَصَرُ hukmini ijro etadi. Qadar gapirsa; iqtidori bashar so’ylamas, ixtiyori juz'iy jim bo’ladi.
Ikkinchi savolingizning maoli:Hazrat Ali (R.A.) zamonida boshlangan muhorabalarning mohiyati nima? Muhoriblarga va u harbda o’lgan va o’ldirganlarga qanday nom berishimiz mumkin?
Aljavob: Jamal Voqeasi deyilgan Hazrat Ali bilan Hazrat Talha va Hazrat Zubayr va Oisha-i Siddiqa (Roziyallohu Ta'olo anhum ajma'iyn) orasida bo’lgan muhoraba; adolati mahza bilan adolati izofiyaning mujodalasidir. Shundayki:
Hazrat Ali adolati mahzani asos tutib, Shayxayn zamonidagi kabi, o’sha asos uzra borish uchun ijtihod qilgan. Muorizlari esa: Shayxayn zamonidagi safvati Islomiya adolati mahzaga muso'id edi, lekin mururi zamon bilan Islomiyatlari zaif muxtalif aqvom hayoti ijtimoiya-i Islomiyaga kirganlari uchun, adolati mahzaning tatbiqoti juda mushkul bo’lganidan, "ahvan-ush sharni ixtiyor" deyilgan adolati nisbiya asosi uzra ijtihod qildilar. Munoqasha-i ijtihodiya siyosatga kirgani uchun, muhorabani intoj etgan. Modomiki xolis lilloh uchun va Islomiyatning manfaati uchun ijtihod qilingan va ijtihoddan muhoraba tavallud etgan; albatta ham qotil, ham maqtul ikkisi ham ahli Jannatdir, ikkisi ham ahli savobdir deya olamiz. Har qancha Hazrat Alining ijtihodi musiyb va muqobilidagilarniki xato bo’lsa ham, yana azobga mustahaq emaslar. Chunki ijtihod qilgan haqni topsa, ikki savob bor. Topmasa, bir navi ibodat bo’lgan ijtihod savobi sifatida bitta savob oladi. Xatosidan ma'zurdir. Bizda g’oyat mashhur va so’zi hujjat bir zoti muhaqqiq Kurdcha:
ژ۪ى شَرِّ صَحَابَانْ مَكَه قَالُ و ق۪يلْ لَوْرَا جَنَّت۪ينَه قَاتِلُ و هَمْ قَت۪يلْ
Ya'ni: "Sahobalarning muhorabasidan qiylu qol etma. Chunki ham qotil va ham maqtul, ikkisi ham ahli Jannatdir", degan.
Adolati mahza bilan adolati izofiyaning izohi shuki: مَنْ قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ اَوْ فَسَادٍ فِى الْاَرْضِ فَكَاَنَّمَا قَتَلَ النَّاسَ جَم۪يعًا oyatining ma'no-i ishoriysi bilan: Bir ma'sumning haqqi, butun xalq uchun bo’lsa ham, poymol qilinmaydi. Bir kishi ham, umumning salomati uchun, fido qilinmaydi. Janobi Haqning nazari marhamatida haq haqdir, kichigiga kattasiga qaralmaydi. Kichik katta uchun poymol qilinmaydi.Bir jamoatning salomati uchun, bir kishining rizosi bo’lmasdan, hayoti va haqqi fido qilinmaydi.Hamiyat nomidan rizosi bilan bo’lsa, u boshqa masaladir.
Adolati izofiya esa: Kullning salomati uchun juzni fido qiladi. Jamoat uchun, kishining haqqini nazarga olmaydi. Ahvan-ush shar deya bir navi adolati izofiyani qilishga urinadi. Faqat adolati mahza qobili tatbiq esa, adolati izofiyaga ketilmaydi; ketilsa, zulmdir.
Xullas, Imom Ali roziyallohu anhu adolati mahzani Shayxayn zamonidagi kabi qobili tatbiqdir deb, xilofati Islomiyani o’sha asos ustida bino qildi. Muqobillari va muorizlari esa, "Qobili tatbiq emas, ko’p mushkuloti bor" deb adolati izofiya uzra ijtihod qilishgan. Tarix ko’rsatgan boshqa sabablar esa, haqiqiy sabab emas, bahonalardir.
Agar: "Xilofati Islomiya nuqtasida Imom Alining favquloda iqtidori, horiquloda zakovati va yuksak layoqati bilan birga salaflariga nisbatan muvaffaqiyatsizligining sababi nima?", desang.
Aljavob: U muborak zot, siyosat va saltanatdan ziyoda yanada muhim boshqa vazifalarga loyiq edi. Agar tom muvaffaqiyati siyosiya va to’liq saltanat bo’lsa edi, "Shohi Valoyat" unvoni ma'nodorini haqiqiy ma'noda qozonolmasdi. Holbuki zohiriy va siyosiy xilofatdan juda ko’p ustun ma'naviy bir saltanat qozondi va Ustozi Kull hukmiga o’tdi; hatto qiyomatga qadar saltanati ma'naviysi boqiy qoldi.
Ammo Hazrat Imom Alining Voqea-i Siffinda Hazrat Muoviyaning tarafdorlari bilan muhorabasi esa, xilofat va saltanatning muhorabasidir. Ya'ni: Hazrat Imom Ali ahkomi dinni va haqoiqi Islomiyani va oxiratni asos tutib, saltanatning bir qism qonunlarini va siyosatning marhamatsiz muqtaziyotlarini ularga fido qildi. Hazrat Muoviya va tarafdorlari esa; hayoti ijtimoiya-i Islomiyani saltanat siyosatlari bilan taqviya etish uchun azimatni tashlab, ruxsatni iltizom etdi, siyosat olamida o’zini majbur deb o’ylab, ruxsatni tarjih etdi, xatoga tushdi.
Ammo Hazrat Hasan va Husanning Umaviylarga qarshi mujodalalari esa, din bilan milliyat muhorabasi edi. Ya'ni: Umaviylar Davlati Islomiyani Arab milliyati ustiga istinod ettirib robita-i Islomiyatni robita-i milliyatdan ortda qoldirganlaridan, ikki jihatdan zarar berishdi:
Biri: Milali sairani ranjida etib tavhish etdilar.
Ikkinchisi: Unsuriyat va milliyat asoslari, adolatni va haqni ta'qib etmaganidan zulm qiladi. Adolat uzra ketmaydi. Chunki unsuriyat-parvar bir hokim millatdoshini tarjih etadi, adolat qilolmaydi.
اَلْاِسْلَامِيَّةُ جَبَّتِ الْعَصَبِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةَ لَا فَرْقَ بَيْنَ عَبْدٍ حَبَشِىٍّ وَسَيِّدٍ قُرَيْشِىٍّ اِذَا اَسْلَمَا
farmoni qat'iysi bilan: Robita-i diniya o’rniga robita-i milliya iqoma etilmaydi; etilsa, adolat qilinmaydi, haqqoniyat ketadi.
Xullas, Hazrat Husan robita-i diniyani asos tutib, muhiq o’laroq ularga qarshi mujodala etgan, oxiri maqomi shahodatni ihroz etgan.
Agar: "Bu qadar haqli va haqiqatli bo’lgani holda, nima uchun muvaffaq bo’lmadi? Ham nima uchun qadari Ilohiy va rahmati Ilohiya ularning faji' bir oqibatga yo’liqishiga muso'ada etgan?", deyilsa.
Aljavob: Hazrat Husanning yaqin tarafdorlari emas, faqat jamoatiga iltihoq etgan boshqa millatlarda, yaralangan g’ururi milliyalari jihati bilan, Arab millatiga qarshi bir fikri intiqom bo’lishi Hazrat Husan va tarafdorlarining sof va porloq maslaklariga zarar berib, mag’lubiyatlariga sabab bo’lgan.
Ammo qadar nuqtai nazarida faji' oqibatning hikmati: Hasan va Husan va ularning xonadonlari va nasllari ma'naviy bir saltanatga nomzod edilar. Dunyo saltanati bilan ma'naviy saltanatning jam bo’lishi g’oyat mushkuldir. Shuning uchun ularni dunyodan ranjitdi, dunyoning xunuk yuzini ko’rsatdi. Toki qalban dunyoga qarshi aloqalari qolmasin. Ularning qo’llari muvaqqat va suriy bir saltanatdan chekildi; faqat porloq va doimiy bir saltanati ma'naviyaga tayin etildilar; oddiy valiylar o’rniga avliyo aqtoblariga marji' bo’ldilar.
Uchinchi savolingiz:"U muborak zotlarning boshiga tushgan u faji' g’addorona muomalaning hikmati nima?", deyapsiz.
Aljavob: Sobiqan bayon etganimiz kabi, Hazrat Husanning muorizlari bo’lgan Umaviylar saltanatida marhamatsiz g’adrga sababiyat beradigan uch asos bor edi:
Birisi: Marhamatsiz siyosatning bir dasturi bo’lgan: "Hukumatning salomati va osoyishning davomi uchun ashxas fido qilinadi".
Ikkinchisi: Ularning saltanati unsuriyat va milliyatga istinod etgani uchun, milliyatning g’addorona bir dasturi bo’lgan: "Millatning salomati uchun hamma narsa fido qilinadi".
Uchinchisi: Umaviylarning Hoshimiylarga qarshi an'anasidagi raqobat hissi, Yazid kabi ba'zilarda bo’lgani uchun, shafqatsiz bir g’adrga qobiliyat ko’rsatgan edi.
To’rtinchi bir sabab Hazrat Husanning tarafdorlarida bor ediki; Umaviylarning Arab milliyatini asos qilib, boshqa millatlarning afrodini "mamolik" ta'bir etib, qul nazari bilan qarashlari va g’ururi milliyalarini sindirishlari tufayli, milali saira Hazrat Husanning jamoatiga intiqomkorona va mushavvash bir niyat bilan iltihoq etganlaridan, Umaviylarning asabiyati milliyalariga qattiq tekkan, g’oyat g’addorona va marhamatsiz tarzda mashhur fojiaga sababiyat bergan.
Mazkur to’rt sabab zohiriydir. Qadar nuqtasidan qaralgan vaqt; Hazrat Husan va aqrabosiga o’sha fojia sababli hosil bo’lgan natoiji uxroviya va saltanati ruhoniya va taraqqiyoti ma'naviya shunchalik qiymatliki, u fojia tufayli chekkan zahmatlari g’oyat yengil va arzonga tushadi. Masalan bir askar bir soat qiynoq ostida shahid qilinsa; shunday bir martabaga erishadiki, boshqa odam o’n yil urinsa, zo’rg’a u martabaga erishishi mumkin. Agar u askar shahid bo’lgandan so’ng undan so’rab bo’lsa, "Oz bir narsa bilan juda ko’p narsa qozondim" deydi.
To’rtinchi savolingizning maoli:Oxirzamonda Hazrat Iso Alayhissalom Dajjolni o’ldirgandan so’ng, insonlarning aksariyati dini haqqa kiradilar. Holbuki rivoyatlarda kelganki: Yer yuzida Alloh, Alloh deganlar bor ekan qiyomat bo’lmaydi". Bunday umumiyat bilan iymonga kelgandan so’ng qanday qilib umumiyat bilan kufrga ketadilar?
Aljavob: Hadisi sahihda rivoyat qilingan: "Hazrat Iso Alayhissalomning kelishini va shariati Islomiya bilan amal qilishini, Dajjolni o’ldirishini" iymoni zaif bo’lganlar istib'od etadilar. Uning haqiqati izoh etilsa, hech istib'od yeri qolmaydi. Shundayki:
U hadis hamda Sufyon va Mahdiy haqidagi hadislar ifoda qilgan ma'nolari shuki: Oxirzamonda dinsizlikning ikki jarayoni quvvat topadi:
Birisi: Nifoq pardasi ostida, risolati Ahmadiyani (S.A.V.) inkor etadigan Sufyon ismli mudhish bir shaxs ahli nifoqqa bosh bo’ladi, shariati Islomiyaning taxribiga urinadi. Unga qarshi Oli Bayti Nabaviyning silsila-i nuroniysiga bog’langan, ahli valoyat va ahli kamolga bosh bo’ladigan Oli Baytdan Muhammad Mahdiy ismli bir zoti nuroniy o’sha Sufyonning shaxsi ma'naviysi bo’lgan jarayoni munofiqonani o’ldirib yo’qotadi.
Ikkinchi jarayon esa: Tabiiyyun, moddiyun falsafasidan tavallud etgan bir jarayoni Namrudona, oxirzamonda falsafa-i moddiya vositasi bilan tobora intishor etib, quvvat topib, uluhiyatni inkor qiladigan darajaga keladi. Qandayki bir podshohni tanimagan va qo’shindagi zobiton va afrod uning askarlari ekanini qabul qilmagan vahshiy odam harkasga, har askarga bir navi podshohlik va bir tarz hokimiyat beradi. Xuddi shuning kabi: Allohni inkor etgan u jarayon afrodlari, bittadan kichik Namrud hukmida nafslariga bittadan rububiyat beradi. Va ularning boshiga o’tgan eng kattalari ispirtizma va gipnozning hodisoti navidan mudhish horiqolarga mazhar bo’lgan Dajjol esa; yanada ilgarilab, jabborona suriy hukumatini bir navi rububiyat tasavvur etib, uluhiyatini e'lon qiladi. Bir chivinga mag’lub bo’lgan va bir chivinning qanotini ham ijod qilolmagan ojiz bir insonning uluhiyat da'vo qilishi, qay daraja ahmoqona bir masxaralik ekani ma'lum.
Shunday bir paytda, u jarayon juda quvvatli ko’ringan bir zamonda, Hazrat Iso Alayhissalomning shaxsi ma'naviysidan tarkib topgan haqiqiy Isaviylik dini zuhur etadi, ya'ni rahmati Ilohiyaning samosidan nuzul etadi; holi hozir Xristianlik dini o’sha haqiqat tomon tasaffi etadi, xurofotdan va tahrifotdan ayriladi, haqoiqi Islomiya bilan birlashadi; ma'nan Xristianlik bir navi Islomiyatga inqilob etadi. Va Qur'onga iqtido etadi, u Isaviylik shaxsi ma'naviysi ergashgan va Islomiyat ergashilgan maqomida qoladi; dini haq bu iltihoq natijasida azim bir quvvat topadi. Dinsizlik jarayoniga qarshi alohida-alohida ekan mag’lub bo’lgan Isaviylik va Islomiyat ittihod natijasida dinsizlik jarayoni ustidan g’alaba qozonib, yo’q qilish iste'dodida ekan; olami samovotda jismi bashariysi bilan shaxsi Iso Alayhissalom, u dini haq jarayonining boshiga o’tishini bir Muxbiri Sodiq bir Qodiri Kulli Shayning va'dasiga istinod etib xabar bergan. Modomiki xabar bergan, haqdir; modomiki Qodiri Kulli Shay va'da bergan, albatta qiladi. Ha, har vaqt samovotdan maloikalarni yerga yuborgan va ba'zi vaqtlarda inson suratiga vaz' etgan (Hazrat Jabroilning "Dihya" suratiga kirishi kabi) va ruhoniylarni olami arvohdan yuborib bashar suratiga tamassul ettirgan, hatto o’lgan avliyolarning ko’plarining arvohlarini jasadi misoliy bilan dunyoga yuborgan bir Hakimi Zuljalol, Hazrat Iso Alayhissalomni, Iso diniga oid eng muhim bir husni xotimasi uchun, nafaqat samo-i dunyoda jasadi bilan va hayotda bo’lgan Hazrat Iso, balki olami oxiratning eng uzoq burchagiga ketgan va haqiqatdan o’lgan bo’lsa ham; shunday bir natija-i azima uchun unga qaytadan jasad kiydirib dunyoga yuborish, u Hakimning hikmatidan uzoq emas... balki uning hikmati shunday iqtizo etgani uchun va'da qilgan va va'da qilgani uchun albatta yuboradi.
Hazrat Iso kelgan vaqti harkas uning haqiqiy Iso ekanini bilishi lozim emas. Unga yaqin bo’lgan va xos kishilar nuri iymon bilan uni taniydi. Yo’qsa badohat darajasida harkas uni tanimaydi.
Savol:Rivoyatlarda kelganki: "Dajjolning bir yolg’onchi Jannati bor; o’ziga tobe bo’lganlarni unga kiritadi. Ham yolg’onchi bir Jahannami bor; tobe bo’lmaganlarni unga tashlaydi. Hatto o’z markabining ham bir qulog’ini Jannat kabi, bir qulog’ini Jahannam kabi qilgan bo’ladi. Azamati badaniyasi bu qadardir, shu qadardir..." degan ta'riflar bor?
Aljavob: Dajjolning shaxsi suriysi inson kabidir. Mag’rur, fir'avnlashgan, Allohni unutganidan; suriy, jabborona hokimiyatiga uluhiyat nomini bergan shaytoni ahmoqdir va bir insoni dassosdir. Lekin shaxsi ma'naviysi bo’lgan dinsizlik jarayoni azimi juda ulkandir. Rivoyatlarda Dajjolga oid tavsifoti mudhisha unga ishorat qiladi. Bir vaqtlar Yaponiya bosh qo’mondonining rasmi, bir oyog’i Bahri Muhitda, ikkinchi oyog’i o’n kunlik masofadagi Port Artur Qal'asida tasvir qilingan edi. O’sha kichik Yapon Qo’mondonining bu suratdagi tasviri bilan, qo’shinining shaxsi ma'naviysi ko’rsatilgan edi.
Ammo Dajjolning yolg’onchi Jannati, madaniyatning jozibador lahviyoti va fantaziyalaridir. Markabi esa, poyezd kabi bir vosita bo’lib, bir boshida olov o’chog’i mavjud bo’lib, o’ziga tobe bo’lmaganlarni ba'zan olovga tiqadi. U markabning bir qulog’i, ya'ni boshqa boshi Jannat kabi tafrish etilgan, tobe bo’lganlarni u yerda o’tqazadi. Zotan safih va g’addor madaniyatning muhim bir markabi bo’lgan poyezd, ahli safohat va dunyo uchun yolg’onchi bir Jannat keltiradi. Bechora ahli diyonat va ahli Islom uchun madaniyat qo’lida Jahannam zaboniysi kabi tahlika keltiradi, asorat va safolat ostiga otadi.
Xullas, Isaviylikning dini haqiqiysi zuhur bilan va Islomiyatga inqilob etishi bilan, garchi olamda aksariyati mutlaqaga nurini nashr etadi. Faqat yana qiyomat bo’lishiga yaqin takror bir dinsizlik jarayoni zuhur etadi, g’alaba qiladi va "Al hukmu lil-aksar" qoidasiga ko’ra, yer yuzida "Alloh, Alloh" deydigan qolmaydi, ya'ni ahamiyatli bir jamoat Kura-i Arzda muhim bir mavqega ega bo’ladigan bir suratda "Alloh, Alloh" deyilmaydi deganidir. Aksincha, aqolliyatda qolgan yoxud mag’lub bo’lgan ahli haq qiyomatga qadar qoladi; yolg’iz qiyomat bo’ladigan onda, qiyomatning dahshatlarini ko’rmaslik uchun, bir asari rahmat sifatida, ahli iymonning ruhlari avvalroq qabz etiladi, qiyomat kofirlarning boshiga keladi.
Beshinchi savolingizning maoli:Qiyomatning hodisotidan arvohi boqiya mutaassir bo’ladilarmi?
Aljavob:Darajotlariga ko’ra mutaassir bo’ladilar. Maloikalarning tajalliyoti qahriyada o’zlariga ko’ra mutaassir bo’lganlari kabi mutaassir bo’ladilar. Qandayki bir inson issiq bir yerda ekan, tashqarida qor va bo’ron ichida titraganlarni ko’rsa, aql va vijdon e'tibori bilan mutaassir bo’ladi. Shunga o’xshab: Zishuur bo’lgan arvohi boqiya, koinot bilan aloqador bo’lganlari uchun, koinotning hodisoti azimasidan darajalariga ko’ra mutaassir bo’lishlarini; ahli azob alamkorona, ahli saodat esa hayratkorona, istig’robkorona, balki bir jihatda istibshorkorona taassurotlari bo’lishini ishoroti Qur'oniya ko’rsatadi. Zero Qur'oni Hakim har doim qiyomatning ajoyibini tahdid suratida zikr etadi. "Ko’rasizlar..." deydi. Holbuki jismi insoniy bilan uni ko’radiganlar, qiyomatga yetganlardir. Demak, qabrda jasadlari chirigan arvohlarning ham tahdidi Qur'oniyadan hissalari bor.
Oltinchi savolingizning maoli:
كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ
Bu oyatning oxiratga, Jannatga, Jahannamga va ahllariga shumuli bormi, yo’qmi?
Aljavob: Shu masala juda ko’p ahli tahqiq va ahli kashf va ahli valoyatning madori bahsi bo’lgan. Bu masalada so’z ularnikidir. Hamda shu oyatning juda ham kengligi va ko’p marotibi bor. Ahli tahqiqning qismi aksari aytishganki: Olami baqoga shumuli yo’q. Boshqa qismi esa: Oniy o’laroq ular ham oz bir zamonda, bir navi halokatga mazhar bo’ladilar. Shunchalik oz vaqtda bo’ladiki, fanoga borib kelganlarini his qilishmaydi. Ammo ba'zi mufrit fikrli ahli kashf hukm qilgan fano-i mutlaq esa, haqiqat emas. Chunki Zoti Aqdasi Ilohiy modomiki sarmadiy va doimiydir; albatta sifati va asmosi ham sarmadiy va doimiydirlar. Modomiki sifoti va asmosi doimiy va sarmadiydirlar; albatta ularning oynalari va jilvalari va naqshlari va mazharlari bo’lgan olami baqodagi boqiyot va ahli baqo fano-i mutlaqqa bizzarura ketolmaydi.
Qur'oni Hakimning fayzidan hozircha ikki nuqta xotirga keldi, ijmolan yozamiz.
Birinchisi: Janobi Haq shunday bir Qodiri Mutlaq bo’lib; adam va vujud qudratiga va irodasiga nisbatan ikki manzil kabi, g’oyat oson bir suratda u yerga yuboradi va keltiradi. Istasa bir kunda, istasa bir onda u yerdan qaytaradi. Ham adami mutlaq zotan yo’q, chunki bir ilmi muhit bor. Ham doira-i ilmi Ilohiyning xoriji yo’qki, biror narsa unga otilsin. Doira-i ilm ichida bo’lgan adam esa, adami xorijiydir va vujudi ilmiyga parda bo’lgan bir unvondir. Hatto bu mavjudoti ilmiyaga ba'zi ahli tahqiq "o'yoni sobita" deb ta'bir etishgan. Shunday ekan, fanoga ketish, muvaqqatan xorijiy libosini yechib, vujudi ma'naviyga va ilmiyga kirishdir. Ya'ni, halik va foniy bo’lganlar vujudi xorijiyni tashlab, mohiyatlari bir vujudi ma'naviy kiyadi, doira-i qudratdan chiqib doira-i ilmga kiradi.
Ikkinchisi: Ko’p So’zlarda izoh etganimiz kabi: Hamma narsa ma'no-i ismiy bilan va o’ziga qaragan vajhda hechdir. O’z zotida mustaqil va bizotihi sobit bir vujudi yo’q. Va yolg’iz o’zi qolganda qoim bir haqiqati yo’q. Faqat Janobi Haqqa qaragan vajhda esa, ya'ni ma'no-i harfiy bilan bo’lsa, hech emas. Chunki unda jilvasi ko’ringan asmo-i boqiya bor. Ma'dum emas; chunki sarmadiy bir vujudning soyasini tashiydi. Haqiqati bor, sobit, ham yuksakdir. Chunki mazhar bo’lgan boqiy bir ismning sobit bir navi soyasidir. Ham كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ insonning qo’lini mosivodan kesish uchun bir qilich bo’lib; u ham Janobi Haqning hisobiga bo’lmagan foniy dunyoda foniy narsalarga bo’lgan aloqalarni kesish uchun, hukmi dunyodagi foniyotga qaraydi. Demak, Alloh hisobiga bo’lsa, ma'no-i harfiy bilan, livajhilloh bo’lsa; mosivoga kirmaydiki كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ qilichi bilan boshi kesilsin.
Alhosil: Agar Alloh uchun bo’lsa, Allohni topsa; g’ayr qolmaydiki, boshi kesilsin. Agar Allohni topmasa va uning hisobidan qaramasa, hamma narsa g’ayrdir. Toki Uni topishi uchun كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ qilichini iste'mol qilishi, pardani yirtishi kerak!..
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
O’N OLTINCHI MAKTUB
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلَّذ۪ينَ قَالَ لَهُمُ النَّاسُ اِنَّ النَّاسَ قَدْ جَمَعُوا لَكُمْ فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ ا۪يمَانًا وَ قَالُوا حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ
Shu maktub فَقُولَا لَهُ قَوْلًا لَيِّنًا sirriga mazhar bo’lgan, shiddatli yozilmagan.
Ko’plar tarafidan sarihan va ma'nan kelgan bir savolga javobdir.
(Shu javobni berish men uchun xush emas, orzu qilmayman. Hamma narsamni Janobi Haqning tavakkaliga bog’lagandim. Lekin meni o’z holimga va olamimga tinch qo’yishmagani va yuzimni dunyoga qaratganlari uchun, Yangi Said emas, bilmajburiya Eski Said lisoni bilan, shaxsim uchun emas, balki do’stlarimni va So’zlarimni ahli dunyoning avhom va aziyatidan qutqarish uchun; haqiqati holni ham do’stlarimga, ham ahli dunyoga va ahli hukmga bayon qilish uchun "Besh Nuqta"ni bayon qilaman.)
BIRINCHI NUQTA:"Nima uchun siyosatdan chekinding? Hech yaqinlashmayapsan?", deyildi.
Aljavob: To’qqiz-o’n yil avvalgi Eski Said bir miqdor siyosatga kirdi. Balki siyosat vositasi bilan dinga va ilmga xizmat qilaman deb behuda charchadi.. va ko’rdiki; u yo’l mashkuk va mushkulotli va menga nisbatan fuzuliyona, ham eng luzumli xizmatga mone va xatarli bir yo’ldir. Ko’pi yolg’onchilik va bilmasdan ajnabiy qo’lida vosita bo’lish ehtimoli bor. Ham siyosatga kirgan yo muvofiq bo’ladi, yoki muxolif bo’ladi. Agar muvofiq bo’lsa; modomiki ma'mur va mab'us emasman, u holda siyosatchilik men uchun fuzuliy va moloyani bir narsadir. Menga ehtiyoj yo’qki, behuda aralashsam. Agar muxolif siyosatga kirsam, yo fikr bilan yoki quvvat bilan qo’shilaman. Agar fikr bilan bo’lsa, menga ehtiyoj yo’q. Chunki masoil tavazzuh etgan, har kim men kabi biladi. Behuda valdirash ma'nosizdir. Agar quvvat bilan va amal bilan muxolafat etsam, husuli mashkuk bir maqsad uchun minglab gunohga kirish ehtimoli bor. Bir kishini deb ko’pchilik baloga yo’liqadi. Ham o’n ehtimoldan bir-ikki ehtimolga binoan gunohlarga kirishni, ma'sumlarni gunohga tushirishni vijdonim qabul qilmaydi deb Eski Said sigaret bilan barobar ro’znomalarni va siyosatni va suhbati dunyoviya-i siyosiyani tark qildi. Bunga qat'iy shohid, o’sha vaqtdan beri sakkiz yildir na bir ro’znoma o’qidim va na tingladim. O’qiganimni va tinglaganimni bilgan birov bo’lsa, chiqsin, aytsin. Holbuki, Eski Said sakkiz yil avval kunda balki sakkizta ro’znoma o’qirdi. Ham besh yildir, butun diqqat bilan mening holim nazorat qilinyapti. Siyosatvoriy bir tarashshuh ko’rgan bo’lsa, aytsin. Holbuki men kabi asabiy va اِنَّمَا الْح۪يلَةُ ف۪ى تَرْكِ الْحِيَلِ dasturi bilan, eng katta hiylani hiylasizlikda topgan parvosiz, aloqasiz insonning sakkiz yil emas, bir fikri sakkiz kun yashirin qolmaydi. Siyosatga ishtahasi va orzusi bo’lsa edi; tadqiqotga, taharriyotga luzum qoldirmasdan, zambarak o’qidek sado bergan bo’lardi.
IKKINCHI NUQTA:Yangi Said nima uchun bu qadar shiddat bilan siyosatdan tajannub etadi?
Aljavob: Milliardlab yillardan ziyoda bo’lgan hayoti abadiya uchun harakat qilishni va uni qozonishni; mashkuk bir-ikki yil hayoti dunyoviyaga luzumsiz, fuzuliy bir suratda qo’shilish bilan fido qilmaslik uchun.. ham eng muhim, eng luzumli, eng sof va eng haqiqatli xizmati iymon va Qur'on uchun shiddat bilan siyosatdan qochadi. Chunki deydi: "Men qariyapman, bundan keyin necha yil yashashimni bilmayman. Shunday ekan, men uchun eng muhim ish, hayoti abadiya uchun harakat qilish lozim. Hayoti abadiyani qozonishda eng birinchi vosita va saodati abadiyaning kaliti, iymondir; uning uchun harakat qilish lozim bo’ladi. Faqat ilm e'tibori bilan insonlarga ham bir manfaat yetkazish uchun shar'an xizmatga mukallaf bo’lganimdan, xizmat qilishni istayman. Lekin u xizmat yo hayoti ijtimoiya va dunyoviyaga oid bo’ladi; u esa qo’limdan kelmaydi. Ham bo’ronli bir zamonda sog’lom xizmat qilinmaydi. Shuning uchun u jihatni tashlab, eng muhim, eng kerakli, eng salomatli - iymonga xizmat jihatini tarjih etdim. O’z nafsim uchun qozongan haqoiqi iymoniyani va nafsimda tajriba qilgan ma'naviy dorilarimni boshqa insonlarning qo’liga o’tishi uchun eshikni ochiq qoldiryapman. Balki Janobi Haq bu xizmatni qabul qiladi va eski gunohlarimga kafforat qiladi. Bu xizmatga qarshi shaytoni rojimdan boshqa hech kimning, -mo’'min bo’lsin, kofir bo’lsin, siddiq bo’lsin, zindiq bo’lsin- qarshi chiqishga haqqi yo’q. Chunki iymonsizlik boshqa narsalarga o’xshamaydi. Zulmda, fisqda, kaboirda bittadan manhus lazzati shaytoniya bo’lishi mumkin. Lekin iymonsizlikda hech bir jihati lazzat yo’q. Alam ichida alamdir, zulmat ichida zulmatdir, azob ichida azobdir.
Bunday hadsiz bir hayoti abadiya uchun harakat qilishni va iymon kabi qudsiy bir nurga xizmatni tashlash, keksalik zamonida luzumsiz tahlikali siyosat o’yinchoqlariga otilish; mendek aloqasiz va yolg’iz va eski gunohlariga kafforat izlashga majbur bir odamda naqadar xilofi aqldir, naqadar xilofi hikmatdir, qay daraja bir devonalikdir, buni devonalar ham anglay oladi.
Ammo Qur'on va iymonning xizmati nima uchun meni man qiladi desang, men ham aytamanki: Haqoiqi iymoniya va Qur'oniya bittadan olmos hukmida ekan, siyosat bilan oluda bo’lsaydim; qo’limdagi olmoslar ig’fol etilishi mumkin bo’lgan avom tarafidan, "Ajabo, tarafdor qozonish uchun bir tashviqoti siyosat emasmi?" deb o’ylaydilar. U olmoslarga oddiy shishalar nazari bilan qarashlari mumkin. Shunday ekan men o’sha siyosatga qo’l urish bilan, o’sha olmoslarga zulm qilaman va qiymatlarini tanzil etish hukmiga o’tadi. Mana ey ahli dunyo! Nima uchun men bilan ovora bo’lyapsiz? Meni o’z holimga qo’ymayapsiz?
Agar: "Shayxlar ba'zan ishimizga qo’shiladilar. Seni ham ba'zan shayx deydilar", desangiz.
Aytamanki: Afandilar! Men shayx emasman, men domlaman. Bunga dalil: To’rt yildir, bu yerdaman; bir odamga tariqat darsi bersaydim, shubhaga haqqingiz bo’lardi. Balki yonimga kelgan hammaga aytganman: Iymon lozim, Islomiyat lozim; tariqat zamoni emas.
Agar: "Seni Saidi Kurdiy deydilar. Balki senda unsuriyat-parvarlik fikri bor; u bizga to’g’ri kelmaydi", desangiz.
Aytamanki: Hoy afandilar! Eski Said va Yangi Saidning yozganlari maydonda. Shohid ko’rsatamanki: Men اَلْاِسْلَامِيَّةُ جَبَّتِ الْعَصَبِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةَ farmoni qat'iysi bilan, eski zamondan beri manfiy milliyat va unsuriyat-parvarlikka, Ovrupaning bir navi frank illati bo’lganidan, bir zahri qotil nazari bilan qaraganman. Va Ovrupa o’sha frank illatini Islom ichiga otgan; toki bo’linish chiqsin, parchalasin, yutishga tayyor bo’lsin deb o’ylaydi. O’sha frank illatini eskidan beri davolashga uringanimni, talabalarim va men bilan aloqador bo’lganlar biladilar. Modomiki shunday ekan, afandilar!. Har bir hodisani bahona qilib, menga aziyat berishga sabab nima, ajabo? Sharqda bir askar xato qilsa, g’arbda bir askarga askarlik munosabati bilan zahmat va jazo berish.. yoki Istanbulda bir asnafning jinoyati bilan, Bog’dodda bir do’kondorni, asnaflik munosabati bilan mahkum qilish navidan, har hodisa-i dunyoviyada menga aziyat berish qaysi usulga muvofiq? Qaysi vijdon hukm qiladi? Qaysi maslahat iqtizo etadi?
UCHINCHI NUQTA:Holimni, istirohatimni o’ylagan va har musibatga qarshi sabr bilan sukutimni istig’rob etgan do’stlarimning shunday bir savollari bor: "Kelgan zahmatlarga, aziyatlarga qanday tahammul etyapsan? Holbuki, avvallari juda hiddatli va izzatli eding, adno bir tahqirga tahammul etolmasding?"
Aljavob: Ikkita kichik hodisani va hikoyani tinglanlar, javobini olinglar:
Birinchi hikoya: Ikki yil avval men haqqimda bir mudir sababsiz, orqamdan tazyifkorona, haqoratli so’zlar aytgan edi. Keyinroq menga aytdilar. Bir soat qadar Eski Said hissi bilan mutaassir bo’ldim. So’ngra Janobi Haqning rahmati bilan shunday bir haqiqat qalbga keldi, siqilishni izola etib, u odamni menga kechirtirdi. U haqiqat shuki:
Nafsimga dedim: Agar uning tahqiri va bayon etgan qusurlari shaxsimga va nafsimga oid bo’lsa; Alloh undan rozi bo’lsinki, nafsimning ayblarini aytdi. Agar to’g’ri aytgan bo’lsa, nafsimning tarbiyasiga yo’llaydi va g’ururdan meni qutqarishga yordam bo’ladi. Agar yolg’on aytgan bo’lsa, meni riyodan va riyoning asosi bo’lgan shuhrati kozibadan qutqarishga yordam bo’ladi. Ha, men nafsim bilan musolaha etmaganman. Chunki tarbiya qilmaganman. Mening bo’ynimda yoki qo’ynimda bir chayon borligini birov aytsa yoki ko’rsatsa; undan ranjish emas, mamnun bo’lish lozim bo’ladi. Agar u odamning tahqiroti mening iymonga va Qur'onga xizmatkorlik sifatimga oid bo’lsa, u menga oid emas. U odamni meni istihdom etgan Sohibi Qur'onga havola qilaman. U Azizdir, Hakimdir. Agar yolg’iz meni so’kish, tahqir etish, badnom qilish navidan bo’lsa; u ham menga oid emas. Men surgun va asir va g’arib va qo’lim bog’liq, haysiyatimni o’z qo’lim bilan to’g’rilashga urinishim, mening ishim emas. Balki musofir bo’lganim va meni nazorat qilgan shu qishloqqa, so’ng tumanga, so’ng viloyatga hukm qilganlarga oiddir. Bir insonning qo’lidagi asirini haqorat qilish, sohibiga oid; u mudofaa qiladi. Modomiki haqiqat shunday ekan, qalbim istirohat etdi.
وَاُفَوِّضُ اَمْر۪ٓى اِلَى اللّٰهِ اِنَّ اللّٰهَ بَص۪يرٌ بِالْعِبَادِ
dedim. U voqeani bo’lmagandek hisobladim, unutdim. Faqat ma'ataassuf so’ngra anglashildiki, Qur'on uni kechirmabdi...
Ikkinchi hikoya: Shu yil eshitdimki, bir hodisa bo’lgan. O’sha hodisa bo’lgandan so’ng yolg’iz ijmolan bo’lganini eshitganim holda, o’sha voqea bilan jiddiy aloqam bordek bir muomala ko’rdim. Zotan muxobara etmasdim, etsam ham, juda nodir o’laroq, bir masala-i iymoniyani bir do’stimga yozdim. Hatto to’rt yilda ukamga bitta maktub yozdim. Va ixtilotdan ham men o’zimni man qildim, hamda ahli dunyo meni man qildi. Yolg’iz bir-ikki ahbob bilan, haftada bir marta ko’risha oldim. Qishloqqa kelgan musofirlar esa; oyda bir-ikkitasi, ba'zan bir-ikki daqiqa bir oxirat masalasiga doir men bilan ko’rishardi. Bu g’urbat holimda; g’arib, yolg’iz, kimsasiz, nafaqa uchun ishlashga men kabilarga muvofiq bo’lmagan bir qishloqda har narsadan, harkasdan man etildim. Hatto to’rt yil avval xarob bo’lgan bir masjidni ta'mir ettirdim. Mamlakatimda imomlik va voizlik vasiqam qo’limda bo’lganidan, o’sha jome'da to’rt yildan beri (Alloh qabul qilsin) imomlik qilganim holda, shu muborak o’tgan Ramazonda masjidga borolmadim. Ba'zan yolg’iz namozimni o’qidim. Jamoat bilan o’qilgan namozning yigirma besh savobidan va xayridan mahrum qoldim.
Xullas boshimga kelgan bu ikki hodisaga qarshi, aynan ikki yil avval o’sha ma'murning menga qarshi muomalasiga ko’rsatgan sabr va tahammulni ko’rsatdim. Inshaalloh davom ettiraman. Shundayam o’ylayman va deymanki: Agar ahli dunyo tarafidan boshimga kelgan shu aziyat, shu mashaqqat, shu tazyiq; aybli va qusurli nafsim uchun bo’lsa, ularni kechirdim. Balki nafsim shu bilan islohi hol etadi; ham unga kafforat-uz zunub bo’ladi. Dunyo musofirxonasining safosini ko’p ko’rdim, ozgina jafosini ko’rsam, yana shukr qilaman. Agar iymonga va Qur'onga xizmatkorligim jihatidan ahli dunyo menga tazyiq o’tkazayotgan bo’lsa, uning mudofaasi menga oid emas, uni Azizi Jabborga havola etaman. Agar aslsiz va riyoga sabab va ixlosni sindiruvchi shuhrati kozibani sindirish uchun tavajjuhi ommani haqqimda buzish murod bo’lsa, ularga rahmat. Chunki tavajjuhi ommaga mazhar bo’lish va xalqning nazarida shuhrat qozonish men kabi odamlarga zarar deb hisoblayman. Men bilan aloqador bo’lganlar meni biladilarki; shaxsimga qarshi hurmat istamayman, balki nafratlanaman. Hatto qiymatli muhim bir do’stimni, ortiq hurmati uchun balki ellik marta koyiganman. Agar meni badnom qilish va afkori ommadan tushirish, isqot ettirishdan murodlari, men tarjimonlik qilgan haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga oid bo’lsa, behuda. Zero Qur'on yulduzlariga parda tortib bo’lmaydi. Ko’zini yumgan yolg’iz o’zi ko’rmaydi, boshqasiga tun qilolmaydi.
TO’RTINCHI NUQTA:Avhomli bir necha savolning javobi:
Birinchisi:Ahli dunyo menga deydi: "Nima bilan yashayapsan? Ishlamay qanday kun ko’ryapsan? Mamlakatimizda tanballik qilib o’tirganlarni va boshqalarning sa'yi bilan kun kechirganlarni istamaymiz".
Aljavob: Men iqtisod va baraka bilan yashayapman. Razzoqimdan boshqa hech kimning minnatini olmayman va olmaslikka ham qaror berganman. Ha, kunini yuz tanga, balki qirq tanga bilan o’tkazgan bir odam boshqa odamning minnatiga qolmaydi. Shu masalani izoh qilishni hech orzu qilmas edim. Balki bir g’ururni va bir anoniyatni ihsos etar degan niyatda, bayon qilish menga juda noxushdir. Lekin modomiki ahli dunyo avhomli bir suratda so’rayaptilar, men ham deymanki: Yoshligimdan beri odamlarning molini qabul qilmaslik -hatto zakot ham bo’lsa- ham maoshni qabul qilmaslik- yolg’iz bir-ikki yil Dor-ul Hikmat-ul Islomiyada do’stlarimning ijbori bilan qabul qilishga majbur bo’ldim va u pulni ham ma'nan millatga i'oda etdik- ham maishati dunyoviya uchun minnat ostiga kirmaslik, umrim bo’yicha dasturi hayotimdir. Ahli mamlakatim va boshqa yerlarda meni taniganlar buni biladilar. Bu besh yilgi surgunimda ko’p do’stlar menga hadyalarini qabul ettirish uchun ko’p urindilar, qabul qilmadim. "Shunday ekan qanday kun kechiryapsan?" deyilsa, aytamanki: Baraka va ikromi Ilohiy bilan yashayapman. Nafsim garchi har haqoratga, har ihonatga mustahaq bo’lsa ham; faqat Qur'on xizmatining karomati bo’lib, arzoq xususida ikromi Ilohiy bo’lgan barakaga mazhar bo’lyapman. وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ sirri bilan, Janobi Haqning menga bergan ehsonotni yod etib, bir shukri ma'naviy navidan bir nechta namunasini aytaman. Bir shukri ma'naviy bo’lish bilan barobar, qo’rqamanki, bir riyo va g’ururni ihsos etib u muborak baraka kesilib qolmasin. Chunki muftaxirona yashirin barakani izhor qilish, kesilib qolishiga sabab bo’ladi. Faqat nachora, aytishga majbur bo’ldim.
Mana birinchisi: Shu olti oydir o’ttiz oltita nondan iborat bir kilo bug’doy menga kifoya qildi. Yana bor, tugamagan. Qanchagacha yetadi, {(Hoshiya) Bir yil davom qildi.} bilmayman.
Ikkinchisi: Shu muborak Ramazonda yolg’iz ikki xonadondan menga taom chiqdi, ikkisi ham meni xasta qildi. Angladimki, o’zgalarning taomini yeyishdan mamnu'man. Mutaboqiysi, butun Ramazonda mening idoramga qaragan muborak bir xonadonning va sodiq bir do’stim bo’lgan Abdulloh Chovushning ixbori va shahodati bilan; uchta non, bir qiyya (kilo degani) guruch menga kifoya qildi. Hatto u guruch o’n besh kun Ramazondan keyin tugadi.
Uchinchisi: Tog’da, uch oy menga va musofirlarimga bir qiyya sariyog’, -har kun non bilan yeyish sharti bilan- kifoya qildi. Hatto Sulaymon ismli muborak bir musofirim bor edi. Mening nonim ham va uning noni ham tugayotgan edi. Chorshanba kuni edi; aytdim: Bor, non olib kel. Har tarafimizda ikki soatlik masofada hech kim yo’q ediki, u yerdan non olinsin. "Juma kechasi sening yoningda bu tog’da birga duo qilishni orzu qilaman" dedi. Men aytdimki: "Tavakkalna alalloh, qol." So’ngra hech aloqasi bo’lmagan va bir bahona ham yo’q ekan, ikkimiz yura-yura bir tog’ning tepasiga chiqdik. Qumg’onda ozgina suv bor edi. Ozgina shakar bilan choyimiz bor edi. Aytdimki: "Qardoshim, ozgina choy damla". U ishga kirishdi, men ham chuqur bir daraga qaragan bir qatron daraxtining ostida o’tirdim. Mutaassifona shunday o’yladim: "Mog’orlagan bir bo’lak nonimiz bor; bu oqshom zo’rg’a ikkimizga yetadi. Ikki kun nima qilamiz va bu sofdil odamga nima deyman?" - deya o’ylayotgan edim, birdaniga boshim aylanib ketgandek, yuqoriga qaradim; ko’rdimki: Qatron daraxtining ustida, shoxlari ichida katta bir non bizga qarab turibti. Dedim: "Sulaymon, xushxabar! Janobi Haq bizga rizq berdi". U nonni oldik; ko’rdikki, qushlar va hayvonoti vahshiya hech biri tegmagan. Yigirma-o’ttiz kundir hech kim u tepaga chiqmagandi. U non ikkimizga ikki kunga kifoya qildi. Biz yeb tugatish arafasida ekan, to’rt yildan beri sodiq bir siddiqim bo’lgan mustaqim Sulaymon pastdan non bilan keldi.
To’rtinchisi: Shu ustimdagi chakmonni, yetti yil avval eski holda olgandim. Besh yildir ko’ylak, ich kiyim, oyoq kiyim, paypoq uchun to’rt yarim lira sarfladim. Barakati iqtisod va rahmati Ilohiya menga kifoya bo’ldi.
Shu namunalar kabi ko’p narsalar bor va barakati Ilohiyaning ko’p jihatlari bor. Bu qishloq xalqi ko’pini bilishadi. Lekin aslo bularni faxr uchun zikr qilyapti deb o’ylamanglar, balki majbur bo’ldim. Ham men uchun yaxshilikka bir sabab bo’lgan deb o’ylamanglar. Bu barakalar yo yonimga kelgan xolis do’stlarimga ehsondir yoki xizmati Qur'oniyaga bir ikromdir yoki iqtisodning barakali bir manfaatidir va yoxud "Yo Rahim, Yo Rahim" deb zikr qilgan va yonimda bo’lgan to’rt mushukning rizqlari bo’lib, baraka suratida keladi, men ham undan istifoda qilaman. Ha, hazin mir-mirlarini diqqat bilan tinglasang, "Yo Rahim, Yo Rahim" deganlarini anglaysan. Mushuk bahsi keldi, tovuqni esga soldi. Bir tovug’im bor. Shu qishda tuxum uskunasi kabi juda oz oraliq bilan har kun rahmat xazinasidan menga bir tuxum keltirardi. Ham bir kuni ikkita tuxum keltirdi, men ham hayratda qoldim. Do’stlarimdan so’radim: "Shunaqasi ham bo’ladimi?" dedim. Dedilar: "Balki bir ehsoni Ilohiydir". Ham shu tovuqning yozda ochgan kichik bir jo’jasi bor edi. Ramazoni Sharifning boshida tuxumga kirdi. Qirq kun davom etdi. Ham kichik, ham qishda, ham Ramazonda, bu muborak holi bir ikromi Rabboniy ekaniga na mening va na menga xizmat qilganlarning shubhalari qolmadi. Ham onasi to’xtashi bilan, u boshladi.. meni tuxumsiz qoldirmadi.
Ikkinchi vahmli savol:Ahli dunyo deydilarki: Senga dunyomizga aralashmasligingga qanday ishonaylik? Seni erkin qo’ysak, balki dunyomizga aralashasan. Ham ayyorlik qilmayotganingni qanday bilamiz? O’zingni tariki dunyo ko’rsatib, xalqning molini zohiran olmaydigan, yashirincha oladigan bir ayyor bo’lmaganingni qanday bilamiz?
Aljavob: Yigirma yil avvalgi Devoni Harbi Urfiyda va Hurriyatdan avvalroq zamonda ko’plarga ma'lum hol va vaziyatim va "Ikki Maktabi Musibatning Shahodatnomasi" nomli o’sha zamon Devoni Harbdagi mudofaotim qat'iy ko’rsatadiki, ayyorlik tugul, balki adno bir hiylaga tanazzul etmagan bir tarzda hayot kechirganman. Agar hiyla bo’lsaydi, bu besh yil mobaynida sizlarga tamalluqorona bir murojaat qilingan bo’lardi. Hiylali odam o’zini sevdiradi, tortinmaydi; ig’fol va doimo aldashga urinadi. Holbuki menga qarshi eng muhim hujumlarga va tanqidlarga muqobil tazallulga tanazzul etmadim. "Tavakkaltu Alalloh" deya ahli dunyoga orqamni o’girdim. Hamda oxiratni bilgan va dunyoning haqiqatini kashf etgan odam; aqli bo’lsa pushaymon bo’lmaydi, takror dunyoga kirib ovora bo’lmaydi. Ellik yildan so’ng aloqasiz, yolg’iz bir odam; hayoti abadiyasini dunyoning bir-ikki yil safsatalariga, nayranglariga fido qilmaydi.. fido qilsa ayyor bo’lmaydi, balki ablah bir devona bo’ladi. Ablah bir devonaning qo’lidan nima keladiki, u bilan ovora bo’linsin. Ammo zohiran toriki dunyo, botinan tolibi dunyo shubhasi esa,
وَمَٓا اُبَرِّئُ نَفْس۪ٓى اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّٓوءِ
sirriga ko’ra, "Men nafsimni tabria etmayman, nafsim har qanday yomonlikni istaydi. Lekin bu foniy dunyoda, shu muvaqqat musofirxonada, keksalik zamonida, qisqa bir umrda, oz bir lazzat uchun; abadiy, doimiy hayotini va saodati abadiyasini barbod qilish; ahli aqlning ishi emas. Ahli aqlning va zishuurning ishi bo’lmaganidan, nafsi ammoram istar-istamas aqlga tobe bo’lgan.
Uchinchi vahmli savol:Ahli dunyo aytishadi: Sen bizni xush ko’rasanmi? Yoqtirasanmi? Agar xush ko’rsang, nima uchun bizdan ranjib qo’shilmaysan? Agar yoqtirmasang, bizga muorizsan; biz muorizlarimizni ezamiz?
Aljavob:Men sizni emas, balki dunyongizni sevsaydim, dunyodan chekinmasdim. Sizni ham, dunyongizni ham yoqtirmayman. Lekin aralashmayman. Chunki men boshqa maqsaddaman; boshqa nuqtalar mening qalbimni to’ldirgan, boshqa narsalarni o’ylashga qalbimda o’rin qoldirmagan. Sizning vazifangiz qo’lga qarashdir, qalbga qarash emas! Chunki idorangizni, osoyishingizni istaysiz. Qo’l aralashmagan vaqt, hech loyiq bo’lmaganingiz holda, "qalb ham bizni sevsin" deyishga nima haqqingiz bor... Qalbga aralashasiz Ha, men bu qish ichida bahorni tamanniy va orzu qilaman; lekin iroda qilolmayman, keltirishga tashabbus qilolmayman. Shunga o’xshab: Holi olamning salohini tamanniy etaman, duo qilaman va ahli dunyoning islohini orzu qilaman; lekin iroda qilolmayman, chunki qo’limdan kelmaydi. Bilfe'l tashabbus qilolmayman; chunki na vazifamdir, va na iqtidorim bor.
To’rtinchi shubhali savol:Ahli dunyo deydilarki: Shunchalar balolar ko’rdikki, hech kimga ishonchimiz qolmadi. Fursat sening qo’lingga o’tsa, orzu qilganingdek aralashmasligingga qanday ishonaylik?
Aljavob:Avvalgi nuqtalar sizga ishonch berish bilan birga.. mamlakatimda, talaba va aqrabom ichida, meni tinglaganlar orasida, hayajonli hodisalar ichida dunyongizga aralashmaganim holda; diyori g’urbatda va yolg’iz, bir o’zi, g’arib, zaif, ojiz, bor quvvati bilan oxiratga mutavajjih, ixtilotdan, muxobaradan uzilgan, iymon va oxirat munosabati bilan uzoqdagi yolg’iz ba'zi ahli oxiratni do’st deb topgan va boshqa harkasga begona va harkas ham unga begona nazari bilan qaragan inson; samarasiz tahlikali dunyongizga aralashsa, muzaaf bir devona bo’lishi kerak.
BESHINCHI NUQTA:Beshta kichik masalaga doirdir:
Birinchisi:Ahli dunyo menga deydilarki: Bizning usuli madaniyatimizni, tarzi hayotimizni va surati talabbusimizni nima uchun sen o’zingga tatbiq qilmayapsan? Demak bizga muorizsan?
Aytamanki:Janoblar! Qaysi haq bilan menga usuli madaniyatingizni taklif qilyapsiz? Holbuki siz meni huquqi madaniyatdan isqot etganingiz kabi, haqsiz holda besh yil bir qishloqda muxobaradan va ixtilotdan mamnu' tarzda istiqomat qildirdingiz. Har surgunni shaharlarda do’st va aqrabosi bilan barobar qoldirdingiz va so’ngra vasiqa berganingiz holda, sababsiz meni tajrid etib, bir-ikki dona mustasno, hech bir hamshaharim bilan ko’rishtirmadingiz. Demak, meni afrodi millatdan va raiyatdan hisoblamaysiz. Qanday qilib qonuni madaniyatingizning menga tatbiqini taklif qilyapsiz? Dunyoni menga zindon qildingiz. Zindonda bo’lgan bir odamga bunday narsalar taklif qilinmaydi. Siz menga dunyo eshigini berkitdingiz; men esam oxirat eshigini qoqdim; rahmati Ilohiya ochdi. Oxirat eshigida bo’lgan bir odamga dunyoning chalkash usul va odoti unga qanday taklif qilinadi? Qachon meni erkin qo’yib, mamlakatimga qaytarib, huquqimni bersangiz, o’shanda usulingizning tatbiqini istashingiz mumkin.
Ikkinchi Masala:Ahli dunyo deydilarki: Bizga ahkomi diniyani va haqoiqi Islomiyani ta'lim beradigan rasmiy bir doiramiz bor. Sen qaysi vakolat bilan nashriyoti diniyani qilyapsan? Modomiki sen surgunga mahkumsan, bu ishlarga aralashishga haqqing yo’q.
Aljavob:Haq va haqiqat inhisor ostiga olinmaydi! Iymon va Qur'on qanday qilib inhisor ostiga olinishi mumkin? Siz dunyongizning usulini, qonunini inhisor ostiga olishingiz mumkin. Lekin haqoiqi iymoniya va asosoti Qur'oniya rasmiy bir shaklda va ujrat muqobilida dunyo muomaloti suratiga solinmaydi; balki bir mavhiba-i Ilohiya bo’lgan u asror, xolis bir niyat bilan va dunyodan va huzuzoti nafsoniyadan tajarrud etish bilan u fayzlar kelishi mumkin. Hamda sizning o’sha rasmiy doirangiz, mamlakatda ekan meni voiz deb qabul qildi, tayinladi. Men u voizlikni qabul qildim, lekin maoshini olmadim. Qo’limda vasiqam bor. Voizlik, imomlik vasiqasi bilan har yerda ishlay olaman; chunki mening surgunim haqsiz bo’lgan. Ham modomiki surgunlar qaytarildi, endi eski vasiqalarimning hukmi davom qiladi.
Soniyan:Yozganim haqoiqi iymoniyani to’g’ridan-to’g’ri nafsimga xitob qilganman. Hammani da'vat qilmayman. Balki ruhlari muhtoj va qalblari yarali bo’lganlar o’sha adviya-i Qur'oniyani izlab topyaptilar. Yolg’iz madori maishatim uchun, yangi huruf chiqmasdan avval, hashrga doir bir risolamni chop ettirdim. Buni ham, menga qarshi insofsiz eski hokim u risolani tadqiq qilib, tanqid qiladigan tomonini topolmagani uchun teginolmadi.
Uchinchi Masala:Mening ba'zi do’stlarim, ahli dunyo menga shubha bilan qaraganlari uchun, ahli dunyoga xush ko’rinish uchun; mendan zohiran tabarri etadilar, balki tanqid qiladilar. Holbuki, ayyor ahli dunyo ularning tabarrisini va menga qarshi ijtinoblarini, ahli dunyoga sadoqatga emas, balki bir navi riyoga, vijdonsizlikka haml etib, do’stlarimga qarshi yomon nazar bilan qaraydilar.
Men aytamanki: Ey oxirat do’stlarim! Mening Qur'onga xizmatkorligimdan tabarri etib qochmanglar. Chunki inshaalloh mendan sizga zarar kelmaydi. Agar farazan musibat kelsa yoki menga zulm qilinsa, siz mendan tabarri bilan qutulolmaysiz.. u hol bilan, musibatga va ta'zirga yanada ziyoda istihqoq kasb etasiz. Nega avhomga tushyapsiz?
To’rtinchi Masala:Shu surgun zamonimda ko’ryapmanki: Xudfurush va siyosat botqog’iga tushgan ba'zi insonlar menga tarafkashona, raqibona bir nazar bilan qarayaptilar. Go’yo men ham ular kabi dunyo jarayonlari bilan aloqadorman.
Hoy afandilar! Men iymonning jarayonidaman. Qarshimda iymonsizlik jarayoni bor. Boshqa jarayonlar bilan aloqam yo’q. U odamlardan ujrat muqobilida ishlayotganlar, balki o’zini bir daraja ma'zur ko’radi. Faqat ujratsiz, hamiyat nomidan menga qarshi tarafkashona, raqibona vaziyat olish va hujum qilish va aziyat berish; g’oyat yomon bir xatodir. Chunki sobiqan isbot qilingani kabi, siyosati dunyo bilan hech aloqador emasman; yolg’iz butun vaqtimni va hayotimni, haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga hasr va vaqf qilganman. Modomiki shunday ekan, menga aziyat bergan, raqibona hujum qilgan odam bilsinki; u muomalasi zindiqo va iymonsizlik nomidan iymonga hujum qilish hukmiga o’tadi.
Beshinchi Masala:Dunyo modomiki foniydir. Ham modomiki umr qisqadir. Ham modomiki g’oyat luzumli vazifalar ko’pdir. Ham modomiki hayoti abadiya bu yerda qozoniladi. Ham modomiki dunyo sohibsiz emas. Ham modomiki shu musofirxona-i dunyoning g’oyat Hakim va Karim bir Mudabbiri bor. Ham modomiki na yaxshilik va na yomonlik jazosiz qolmaydi. Ham modomiki لَا يُكَلِّفُ اللّٰهُ نَفْسًا اِلَّا وُسْعَهَا sirricha taklifi malayutoq yo’qdir. Ham modomiki zararsiz yo’l zararli yo’ldan murajjahdir. Ham modomiki dunyoviy do’stlar va rutbalar qabr eshigiga qadardir.
Albatta, eng baxtiyor ulkim: Dunyo uchun oxiratni unutmasin, oxiratini dunyoga fido qilmasin, hayoti abadiyasini hayoti dunyoviya uchun buzmasin, moloyani narsalar bilan umrini zoye qilmasin; o’zini musofir deb bilib, musofirxona sohibining amrlariga ko’ra harakat qilsin; salomat bilan qabr eshigini ochib, saodati abadiyaga kirsin.
{(Hoshiya) Bu "modomiki"lar uchun; shaxsimga qarshi bo’lgan zulmlarga, aziyatlarga parvo qilmayman va ahamiyat bermayman. "Tashvishlanishga arzimaydi" deyman va dunyoga aralashmayman.}
O’N OLTINCHI MAKTUBNING ZAYLI
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Ahli dunyo sababsiz, men kabi ojiz, g’arib bir odamdan tavahhum etib, minglab odam quvvatida taxayyul etib, menga ko’p to’siqlar qo’yishgan. Barlaning bir mahallasi bo’lgan Badrada va Barlaning bir tog’ida bir-ikki kecha qolishimga muso'ada etishmadi. Eshitdimki: "Said ellik ming askar quvvatidadir, shuning uchun erkin qo’ymayapmiz", aytishyapti.
Men ham aytaman: Ey badbaxt ahli dunyo! Butun quvvatingiz bilan dunyo uchun ishlaganingiz holda, nima uchun dunyoning ishini ham bilmaysiz? Devona kabi hukm qilyapsiz. Agar qo’rquvingiz shaxsimdan bo’lsa; ellik ming askar emas, balki bir askar ellik marta mendan ziyoda ishlar qila oladi. Ya'ni, uyimning eshigida turib, menga "chiqmaysan" deya oladi.
Agar qo’rquvingiz maslagimdan va Qur'onga oid dallolligimdan va quvva-i ma'naviya-i iymoniyadan bo’lsa;, ellik ming askar emas, yanglishdingiz! Maslak e'tibori bilan ellik million quvvatidaman, xabaringiz bo’lsin! Chunki Qur'oni Hakimning quvvati bilan sizning dinsizlaringiz dohil bo’lgani holda, butun Ovrupani maydonga chaqiraman. Butun nashr etgan anvori iymoniya bilan ularning fununi musbata va tabiat deb atayotgan muhkam qal'alarini chil-parchin qilganman. Ularning eng buyuk dinsiz faylasuflarini hayvondan past tushirganman. Dinsizlaringiz ham ichida bo’lgan butun Ovrupa to’plansa, Allohning tavfiqi bilan meni u maslagimning bir masalasidan orqa qaytarolmaydilar; inshaalloh mag’lub qilolmaydilar!..
Modomiki shunday ekan, men sizning dunyongizga aralashmayapgan, siz ham mening oxiratimga aralashmang! Aralashsangiz ham behudadir.
Taqdiri Xudo quvvati bazu bilan aylanmas
Bir sham'aki, Mavlo yoqsa, puflamoq bilan so’nmas.
Men haqimda, mustasno bir suratda, haddan ortiq ahli dunyo tavahhum etib, go’yo qo’rqadilar. Menda bo’lmagan va bo’lsa ham, siyosiy bir qusur tashkil qilmagan va ittihomga mador bo’lmagan shayxlik, buyuklik, oliynasablik, qabila sohibi, nufuzli, atba'i ko’p, hamshaharlari bilan ko’rishish, dunyo ahvoli bilan aloqador bo’lish, hatto siyosatga kirish, hatto muxolif bo’lish kabi menda bo’lmagan ishlarni taxayyul qilib avhomga tushganlar. Hatto hibsda va xorijdagi, ya'ni o’zlaricha qobili avf bo’lmaganlarning ham avflarini muzokara qilgan vaqtlarida, meni go’yo hamma narsadan man etdilar. Fano va foniy bir odamning, go’zal va boqiy shunday bir so’zi bor:
Zulmning zambaragi, to’pi, qal'asi bo’lsa;
Haqning bukilmas qo’li, chekinmas yuzi bor.
Men ham deyman:
Ahli dunyoning hukmi, shavkati, quvvati bo’lsa;
Qur'onning fayzi bilan, xodimida ham:
Adashmas ilmi, o’chmas so’zi bor;
Yanglishmas qalbi, so’nmas nuri bor.
Ko’p do’stlar bilan barobar, menga nazorat qilgan bir qo’mondon mukarraran savol berdilar: Nima uchun vasiqa uchun murojaat qilmayapsan? Ariza bermayapsan?
Aljavob: Besh-olti sabab uchun murojaat qilmayapman va qilolmayman:
Birinchisi: Men ahli dunyoning dunyosiga aralashmadimki, ularning mahkumi bo’lsam, ularga murojaat etsam. Men qadari Ilohiyning mahkumiman va unga nisbatan qusurim bor, unga murojaat qilaman.
Ikkinchisi: Bu dunyo tez tabaddul etadigan bir musofirxona ekaniga yaqiynan iymon keltirib bildim. Shuning uchun, haqiqiy vatan emas, har yer birdir. Modomiki vatanimda boqiy qolmayman; behuda u tomon talpinish, u yerga borish bir narsaga yaramaydi. Modomiki har yer musofirxonadir; agar musofirxona sohibining rahmati yor bo’lsa, harkim yordir, har yer yaraydi. Agar yor bo’lmasa, har yer qalbga tordir, harkim dushmandir.
Uchinchisi: Murojaat qonun doirasida bo’ladi. Holbuki shu olti yildir menga qarshi muomala, o’zboshimchalik bilan va qonundan tashqaridir. Surgunlar qonuni bilan menga muomala qilinmadi. Huquqi madaniyatdan va balki huquqi dunyoviyadan isqot etilgan bir tarzda menga qaradilar. Bu qonundan tashqari muomala qilganlarga qonun nomidan murojaat ma'nosiz bo’ladi.
To’rttinchisi: Shu yil bu yerning mudiri mening nomimdan Barlaning bir mahallasi hukmida bo’lgan Badra Qishlog’ida tabdili havo uchun bir necha kun qolishga doir murojaat qildi; muso'ada etmadilar. Bunday ahamiyatsiz bir ehtiyojimga rad javobi berganlarga qanday murojaat qilinadi? Murojaat qilinsa, zillat ichida foydasiz bir tazallul bo’ladi.
Beshinchisi: Haqsizlikni haq iddi'o qilganlarga qarshi haq da'vo qilish va ularga murojaat qilish; bir haqsizlikdir, haqqa qarshi bir hurmatsizlikdir. Men bu haqsizlikni va haqqa qarshi hurmatsizlikni irtikob etishni istamayman, vassalom.
Oltinchi Sabab: Menga qarshi ahli dunyo bergan aziyatlari siyosat uchun emas; chunki ular ham biladilarki, siyosatga aralashmayman, siyosatdan qochaman. Balki bilib yoki bilmasdan zindiqo hisobiga, mening dinga marbutiyatimdan meni ta'zib etyaptilar. Shunday ekan, ularga murojaat qilish, dindan pushaymonlik ko’rsatish va maslagi zindiqoning boshini silash deganidir. Ham men ularga murojaat va daxolat etgan sari; odil bo’lgan qadari Ilohiy, meni ularning zolim qo’li bilan ta'zib etadi. Chunki ular diyonatga marbutiyatimdan meni ezyaptilar. Qadar esa, mening diyonatda va ixlosda nuqsoniyatim bor; ora-sira ahli dunyoga riyokorliklarim sababli meni ezyapti. Shunday ekan, hozircha shu aziyatdan qutulish yo’q. Agar ahli dunyoga murojaat qilsam, qadar deydi: "Ey riyokor! Bu murojaatning jazosini tort!" Agar murojaat qilmasam, ahli dunyo deydi: "Bizni tanimayapsan, aziyatda qol!"
Yettinchi Sabab: Ma'lumki, bir ma'murning vazifasi, hay'ati ijtimoiyaga muzir ashxasga yo’l bermaslik va nafi'larga yordam berishdir. Holbuki meni nazorati ostiga olgan ma'mur, qabr eshigida turgan, musofir bir keksa odamga "La ilaha illalloh"dagiiymonning latif bir zavqini izoh qilayotgan vaqtim, - bir jurmi mashhud holida meni ushlash kabi- ko’pdan beri yonimga kelmagani holda, u vaqt go’yo bir qabohat qilayotganimdek, yonimga keldi. Ixlos bilan tinglayotgan u bechorani ham mahrum qoldirdi; meni ham hiddatga keltirdi. Holbuki bu yerda ba'zi odamlar bor edi; u bularga ahamiyat bermasdi. So’ngra adabsizliklar qilib va qishloqdagi hayoti ijtimoiyaga zahar beradigan suratda bo’lgan vaqtlari, ularga iltifot ko’rsatishni va taqdirlashni boshladi. Ham ma'lumdirki: Zindonda yuzta jinoyati bo’lgan bir odam, nazoratga ma'mur zobit bo’lsin, askar bo’lsin, har doim ular bilan ko’risha oladi. Holbuki bir yildirki, ham boshliq, ham nazoratga ma'mur hukumati milliya jihatidan ikki muhim zot necha bor xonamning oldidan o’tganlari holda, qat'iyan va aslo na men bilan ko’rishdilar va na holimni so’radilar. Men avval o’yladimki, adovatlaridan yaqinlashmaydilar. So’ngra tahaqquq etdiki, avhomlaridan... Go’yo men ularni yeb qo’yadigandek, qochayoptilar. Xullas shu odamlar kabi xodimlari va ma'murlari bo’lgan hukumatni, hukumat deya marji' deb tanib murojaat etish, kori aql emas, behuda bir zillatdir. Eski Said bo’lganda edi, Antara kabi degan bo’lardi:
مَاءُ الْحَيَاةِ بِذِلَّةٍ كَجَهَنَّمَ ٭ وَ جَهَنَّمُ بِالْعِزِّ فَخْرُ مَنْزِل۪ى
Eski Said yo’q; Yangi Said esa, ahli dunyo bilan gaplashishni ma'nosiz deb biladi. Dunyolari boshlarini yesin! Nima qilsalar qilsinlar! Mahkama-i Kubroda ular bilan muhokama bo’lamiz deydi, sukut saqlaydi.
Adami murojaatimning sabablaridan sakkizinchisi: "G’ayri mashru' bir muhabbatning natijasi, marhamatsiz bir adovatdir" qoidasiga ko’ra, odil bo’lgan qadari Ilohiy, loyiq bo’lmaganlari holda mayl etganim shu ahli dunyoning zolim qo’li bilan meni ta'zib etyapti. Men ham bu azobga mustahaqman deb sukut saqlayapman. Chunki Harbi Umumiyda Ko’ngillilar Polkining Qo’mondoni sifatida ikki yil xizmat qildim, jang qildim. Qo’shin Qo’mondoni va Anvar Poshsho taqdiroti ostida qiymatli talabalarimni, do’stlarimni fido etdim. Yaralanib asir tushdim. Asoratdan qaytgandan so’ng Xutuvoti Sitta kabi asarlarim bilan o’zimni tahlikaga otib, Inglizlarning Istanbulga tasalluti ostida, Inglizlarning boshlariga urdim. Meni iskanjali va sababsiz asorat ostiga olganlarga yordam qilgandim. Mana ular ham menga o’sha yordam qarshiligini bu tarzda beryaptilar. Uch yil Rossiyada asoratda chekkan zahmat va aziyatni bu yerda bu do’stlarim menga uch oyda chektirdilar. Holbuki Ruslar menga Kurd Ko’ngillilar Qo’mondoni suratida, Kazaklarni va asirlarni o’ldirgan g’addor odam nazari bilan menga qaraganlari holda, meni darsdan man etmadilar. O’rtoqlarim bo’lgan to’qson asir zobitlarning qismi aksarisiga dars berardim. Bir marta Rus Qo’mondoni keldi, tingladi. Turkcha bilmagani uchun siyosiy dars deb o’yladi; bir gal meni man qildi, so’ngra yana izn berdi. Ham ayni kazarmada bir xonani masjid qildik. Men imomlik qilardim. Hech mudohala etmadilar, ixtilotdan man etmadilar, meni muxobaradan to’xtatmadilar. Holbuki bu do’stlarim go’yo vatandoshlarim va dindoshlarim va ularning manfaati iymoniyalari uchun mashg’ul bo’lgan odamlarim, hech bir sababsiz, siyosatdan va dunyodan aloqamni uzganimni bilganlari holda.. uch yil emas, balki meni olti yil mashaqqatli bir asorat ostiga oldilar; ixtilotdan man etdilar. Vasiqam bo’lgani holda, darsdan, hatto xonamda xususiy darsimni ham man qildilar; muxobaraga to’siq qo’ydilar. Hatto vasiqam bo’lgani holda, o’zim ta'mirlagan va to’rt yil imomlik qilgan masjidimdan meni man etdilar. Hozir esa jamoat savobidan meni mahrum qilish uchun, -doimiy jamoatim va oxirat qardoshlarim- maxsus uch odamga ham imomlik qilishimni qabul etmayaptilar.
Ham istamaganim holda, birov meni yaxshi desa, menga nazorat qilgan ma'mur hasad qilib g’azablanyapti; nufuzini sindiray deya vijdonsizlarcha tadbirlar qilyapti; boshliqlaridan iltifot ko’rish uchun meni ta'jiz etyapti.
Shunday vaziyatda bir odam Janobi Haqdan boshqa kimga murojaat qiladi? Hokimning o’zi mudda'i bo’lsa, albatta unga shikoyat qilinmaydi. Kel sen ayt bu holga nima deymiz? Sen nima desang de.. men deymanki: Bu do’stlarim ichida ko’p munofiqlar bor. Munofiq kofirdan ashaddir. Shuning uchun, kofir Rusning menga chektirmaganini chektiryaptilar.
Hoy badbaxtlar! Men sizga nima qildim va nima qilyapman? Iymoningizni qutulishi va saodati abadiyangiz uchun xizmat qilyapman! Demak, xizmatim xolis, lilloh uchun bo’lmabdi-ki, aks-ul amal bo’lyapti. Siz unga muqobil, har fursatda menga ozor beryapsiz. Albatta Mahkama-i Kubroda siz bilan ko’rishamiz.
حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ نِعْمَ الْمَوْلٰى وَنِعْمَ النَّص۪يرُ
deyman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
O’N YETTINCHI MAKTUB
(Yigirma Beshinchi Lam'aning zayli)
(Bola Ta'ziyanomasi)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Aziz oxirat qardoshim Hofiz Xolid Afandi!
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَبَشِّرِ الصَّابِر۪ينَ الَّذ۪ينَ اِذَٓا اَصَابَتْهُمْ مُص۪يبَةٌ قَالُٓوا اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ
Qardoshim, bolangning vafoti meni mutaassir etdi. Faqat اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ qazoga rizo, qadarga taslim Islomiyatning bir shioridir. Janobi Haq sizlarga sabri jamil bersin. Marhumni ham, sizga zohira-i oxirat va shafoatchi qilsin. Sizga va siz kabi muttaqiy mo’'minlarga buyuk bir xushxabar va haqiqiy bir tasalli ko’rsatadigan "Besh Nuqta"ni bayon qilamiz:
Birinchi Nuqta:Qur'oni Hakimdagi وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ ning sirri va maoli shuki: Mo’'minlarning qoblal bulug’ vafot etgan avlodlari, Jannatda abadiy, sevimli, Jannatga loyiq bir suratda doimiy bola bo’lib qolishlarini.. va Jannatga ketgan padar va volidalarining quchoqlarida abadiy madori sururlari bo’lishlarini.. va bolani suyish va avlodni erkalash kabi eng latif bir zavqni abavayniga ta'minga mador bo’lishlarini.. va har bir lazzatli narsaning Jannatda mavjudligini.. "Jannat tanosul joyi bo’lmagani uchun, avlod suyish va erkalatish bo’lmagani"ni aytganlarning hukmlari haqiqat bo’lmaganini.. ham dunyoda o’n yillik qisqa bir zamonda taallumot bilan aralash avlod suyishiga va erkalatishiga badal sof, alamsiz millionlab yil abadiy avlod suyish va erkalatishni qozonish, ahli iymonning eng buyuk bir madori saodati ekanini shu oyati karima وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ jumlasi bilan ishorat qiladi va xushxabar beradi.
Ikkinchi Nuqta:Bir vaqt bir zot zindonda bo’ladi. Sevimli bir bolasi yoniga yuboriladi. U bechora mahbus ham o’zining alamini chekar, ham valadining istirohatini ta'min etolmagani uchun, uning zahmati bilan mutaallim bo’lardi. So’ngra marhamatkor hokim unga bir odam yuboradi, deydiki: "Shu bola garchi sening avlodingdir, faqat mening raiyatim va millatimdir. Uni men olaman, go’zal bir saroyda parvarish qildiraman". U odam yig’laydi, zorlanadi. "Mening madori tasallim bo’lgan avlodimni bermayman" deydi. Unga o’rtoqlari aytadilarki: "Sening taassuroting ma'nosizdir. Agar sen bolaga achinayotgan bo’lsang, bola shu mulavvas, badbo’y, mashaqqatli zindonga badal; farohli, saodatli bir saroyga ketadi. Agar sen nafsing uchun mutaassir bo’layotgan bo’lsang, manfaatingni qidirayotgan bo’lsang; bola bu yerda qolsa, muvaqqatan shubhali bir manfaating bilan birga, bolaning mashaqqatlaridan ko’p mashaqqat va alam chekish bor. Agar u yerga ketsa, senga ming manfaati bor. Chunki podshohning marhamatini jalb etishga sabab bo’ladi, senga shafoatchi hukmiga o’tadi. Podshoh uni sen bilan ko’rishtirishni orzu qiladi. Albatta ko’rishish uchun uni zindonga yubormaydi, balki seni zindondan chiqarib u saroyga chaqiradi, bola bilan ko’rishtiradi. Faqat shart shuki, podshohga amniyating va itoating bo’lsa..."
Mana shu tamsil kabi, aziz qardoshim, sen kabi mo’'minlarning avlodi vafot etgan vaqtlarida shunday fikrlash lozim: Shu valad ma'sumdir, uning Xoliqi esa Rahim va Karimdir. Mening noqis tarbiya va shafqatimga badal, g’oyat komil bo’lgan inoyat va rahmatiga oldi. Dunyoning alamli, musibatli, mashaqqatli zindonidan chiqarib, Jannat-ul Firdavsiga yubordi. U bola qanday baxtli! Shu dunyoda qolsa edi, kim bilsin, qanday shaklga kirardi? Shuning uchun men unga achinmayman, baxtiyor deb bilaman. O’zimning manfaatimga kelsak, o’zimga ham achinmayman, aliym mutaassir bo’lmayman. Chunki dunyoda qolganida, o’n yillik muvaqqat alam aralash bir avlod muhabbatini ta'min etardi. Agar solih bo’lsaydi, dunyo ishiga muqtadir bo’lsaydi, balki menga yordam berardi. Faqat vafoti bilan, abadiy Jannatda o’n million yil menga avlod muhabbatiga mador va saodati abadiyaga vasila bir shafoatchi hukmiga o’tadi. Albatta va albatta mashkuk, muajjal bir manfaatni yo’qotgan, muhaqqaq va muejjel ming manfaatni qozongan; aliym taassurot ko’rsatmaydi; ma'yusona faryod qilmaydi.
Uchinchi Nuqta:Vafot qilgan bola bir Xoliqi Rahimning maxluqi, mamluki, abdi va butun hay'ati bilan uning masnu'i va unga oid bo’lib abavaynining bir do’sti ediki; mavaqqatan abavaynining nazoratiga berilgan. Padar va volidani unga xizmatkor qilgan. Abavaynining xizmatlariga muqobil, muajjal bir ujrat sifatida lazzatli bir shafqat bergan. Hozir mingdan to’qqiz yuz to’qson to’qqiz hissa sohibi bo’lgan U Xoliqi Rahim, muqtazo-i rahmat va hikmat sifatida u bolani sening qo’lingdan olsa, xizmatiga xotima bersa; suriy bir hissa bilan, haqiqiy ming hissa sohibiga qarshi shikoyatni eslatuvchi tarzda ma'yusona huzun va faryod qilish ahli iymonga yarashmaydi, balki ahli g’aflat va zalolatga yarashadi.
To’rtinchi Nuqta:Agar dunyo abadiy bo’lsaydi, inson ichida abadiy qolsaydi va firoq abadiy bo’lsaydi; aliymona taassurot va ma'yusona taallumotning ma'nosi bo’lardi. Modomiki dunyo bir musofirxona ekan; vafot qilgan bola qayerga ketgan bo’lsa, siz ham, biz ham o’sha yerga boramiz. Hamda bu vafot unga maxsus emas, umumiy bir yo’ldir. Va modomiki mufaroqat ham abadiy emas; kelajakda ham barzohda, ham Jannatda ko’rishiladi. اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ deyish lozim.. U berdi, U oldi, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى كُلِّ حَالٍ sabr bilan shukr qilish lozim.
Beshinchi Nuqta:Rahmati Ilohiyaning eng latif, eng go’zal, eng xush, eng shirin jilvalaridan bo’lgan shafqat; bir iksiri nuroniydir. Ishqdan ham keskindir. Tez Janobi Haqqa vusulga vasila bo’ladi. Qanday qilib ishqi majoziy va ishqi dunyoviy juda ko’p mushkulot bilan ishqi haqiqiyga inqilob etadi, Janobi Haqni topadi. Shunga o’xshab shafqat -faqat mushkulotsiz- yanada qisqa, yanada sof bir tarzda qalbni Janobi Haqqa rabt etadi. Ota bo’lsin, ona bo’lsin, valadini butun dunyochalik sevadilar. Valadi qo’lidan olingan vaqt, agar baxtiyor bo’lsa, haqiqiy ahli iymon bo’lsa; dunyodan yuzni o’giradi, Mun'imi Haqiqiyni topadi. Deydiki: "Dunyo modomiki foniydir, arzimaydi aloqa-i qalbga...". Valadi qayerga ketgan bo’lsa, o’sha yerga qarshi aloqa paydo qiladi, buyuk ma'naviy bir hol qozonadi.
Ahli g’aflat va zalolat, shu besh haqiqatdagi saodat va xushxabardan mahrumdirlar. Ularning holi naqadar aliym ekanini shu bilan qiyos qilingki: Bir keksa xonim juda ham sevgan sevimli yolg’iz bolasini sakarotda ko’rib, dunyoda tavahhumi abadiyat hukmi bilan g’aflat yoki zalolat natijasida; mavtni adam va firoqi abadiy deb tasavvur qilganidan, yumshoq to’shagiga badal qabrning tuprog’ini o’ylab, g’aflat yoki zalolat jihati bilan, Arhamurrohiminning Jannati rahmatini, firdavsi ne'matini o’ylamaganidan, naqadar ma'yusona bir huzun va alam chekkanini qiyoslab ko’rishing mumkin. Faqat vasila-i saodati dorayn bo’lgan iymon va Islomiyat mo’'minga aytadiki: Sakarotda bo’lgan bolaning Xoliqi Rahimi uni bu foniy dunyodan chiqarib, Jannatiga kirgizadi. Ham senga shafoatchi, ham abadiy bir avlod qiladi. Mufaroqat muvaqqatdir, qayg’urma; اَلْحُكْمُ لِلّٰهِ ٭ اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ de, sabr qil.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
O’N SAKKIZINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Bu maktub uch masala-i muhimmadir.)
BIRINCHI MASALA-I MUHIMMA:"Futuhoti Makkiya" sohibi Muhyiddin Arab (Q.S.) va "Insoni Komil" deyilgan mashhur bir kitobning sohibi Sayyid Abdulkarim (Q.S.) kabi avliyo-i mashhura; kura-i arzning tabaqoti sab'asidan va Qof Tog’i orqasidagi Arzi Bayzodan va Futuhotda Mashmashiya deyilgan ajoyiblardan bahs etadilar; "ko’rdik" deydilar. Ajabo, ularning aytganlari to’g’rimi? To’g’ri bo’lsa; holbuki, bu joylarning yerda joylari yo’q. Ham Jo’g’rofiya va fan ularning bu gaplarini qabul qilmaydi. Agar to’g’ri bo’lmasa, bular qanday valiy bo’lishlari mumkin? Bunday xilofi voqe' va xilofi haq aytgan qanday qilib ahli haqiqat bo’la oladi?
Aljavob: Ular ahli haq va haqiqatdir; ham ahli valoyat va shuhuddirlar. Ko’rganlarini to’g’ri ko’rganlar, faqat ihotasiz bo’lgan holati shuhudda va ro’yo kabi ru'yatlarini ta'birda bergan hukmlarida haqlari bo’lmagani uchun, qisman yanglishdir. Ro’yodagi odam o’z ro’yosini ta'bir qila olmagani kabi, u qism ahli kashf va shuhud ham ru'yatlarini, o’sha holda ekan, o’zlari ta'bir qila olmaydilar. Ularni ta'bir qiladigan, "asfiyo" deyilgan varosati nubuvvat muhaqqiqlaridir. Albatta u qism ahli shuhud ham, asfiyo maqomiga chiqqan vaqtlarida, Kitob va Sunnatning irshodi bilan yanglishlarini anglaydilar, tasxix etadilar; etishgan ham.
Bu haqiqatni izohlaydigan hikoya-i tamsiliyani tingla. Shundayki:
Bir zamon ahli qalb ikki cho’pon bor ekan. O’zlarining yog’och kosalariga sut sog’ib yonlariga qo’ydilar. Qamish ta'bir etganlari naylarini o’sha sut kosasi ustiga qo’yishdi. Birisi "uyqum keldi" deb yotdi. Uyquda bir muddat qoldi. Narigisi sherigiga diqqat qildi, ko’rdiki; chivindek narsa, uxlagan sherigining burnidan chiqib sut kosasiga qaradi va so’ngra qamish ichiga kirdi, narigi uchidan chiqib ketdi, bir buta ostidagi teshikka kirib ko’zdan g’oyib bo’ldi. Ma'lum vaqt o’tgach, yana o’sha narsa qaytdi, yana qamish ichidan o’tdi, yotgan kishining burniga kirdi; va u uyg’ondi. Aytdiki: "Ey birodar! Ajib bir ro’yo ko’rdim". U: "Alloh xayrli qilsin, nima ekan?", dedi. Aytdiki: "Sutdan bir dengiz ko’rdim. Ustida ajib bir ko’prik uzangandi. U ko’prikning usti yopiq, derazali edi. Men u ko’prikdan o’tdim. Bir changalzor ko’rdimki, tepalari tikanli edi. Uning ostida bir g’or ko’rdim, ichiga kirdim, oltin to’la bir xazina ko’rdim. Ajabo, ta'biri nima ekan?"
Uyg’oq birodari unga: "Sen ko’rgan sut dengizi, shu yog’och kosadir. U ko’prik esa, shu qamishmizdir. U tepasi uchli changalzor esa, shu kiyikpanja butasidir. U g’or esa, shu kichik teshikdir. Belkurakni keltir, senga xazinani ham ko’rsataman." Belkurakni keltirdi. U kiyikpanjaning ostini qazdilar, ikkovini ham dunyoda mas'ud qiladigan oltinlarni topdilar.
Xullas, yotgan odamning ko’rgani to’g’ridir, to’g’ri ko’rgan, lekin ro’yoda ekan ihotasiz bo’lgani uchun, ta'bir qilishga haqqi bo’lmagani uchun, olami moddiy bilan olami ma'naviyni bir-biridan farqlamaganidan, hukmi qisman yanglish bo’lib, "Men haqiqiy moddiy bir dengiz ko’rdim." deydi. Lekin uyg’oq odam olami misol bilan olam moddiyni farq qilgani uchun, ta'bir qilishga haqqi bor: "Ko’rganing to’g’ri, faqat haqiqiy dengiz emas; balki shu sut kosamiz sening xayolingga dengiz kabi ko’ringan, qamish esa ko’prik kabi bo’lgan va hokazo..." Demak, bundan chiqdi; olami moddiy bilan olami ruhoniyni bir-biridan farq qilish lozim bo’ladi. Bir-biriga aralashtirilsa, hukmlari yanglish bo’ladi. Masalan: Sening tor bir xonang bor; ichiga to’rt devorini qoplaydigan to’rtta katta oyna qo’yilgan. Sen ichiga kirgan vaqting, u tor xonani bir maydon qadar keng ko’rasan. Agar "Xonamni keng bir maydondek ko’ryapman" desang, to’g’ri aytgan bo’lasan. Agar "Xonam bir maydon qadar keng" deb hukm qilsang, yanglishgan bo’lasan. Chunki olami misolni olami haqiqiy bilan chalkashtirasan.
Xullas, Kura-i Arzning tabaqoti sab'asiga doir ba'zi ahli kashfning, Kitob va Sunnatning mezoni bilan tortmasdan bayon qilgan tasviroti, yolg’iz jo’g’rofiya nuqtai nazaridagi moddiy tuzilishdan iborat emas. Masalan, aytishganki: "Bir tabaqa-i Arz jin va ifritlarnikidir. Minglab yillik kengligi bor." Holbuki bir-ikki yilda aylanib chiqiladigan kuramizda u ajib tabaqalar joylasholmaydi. Faqat olami ma'no va olami misolda va olami barzoh va arvohda, kuramizni bir qarag’ayning danagi hukmida faraz qilsak, undan tamassul va tashakkul etgan misoliy shajarasi u danakka nisbatan ulkan qarag’ay daraxtichalik bo’lgani uchun, bir qism ahli shuhud, sayri ruhoniylarida Arzning tabaqalaridan ba'zilarini olami misolda juda keng tarzda ko’radilar; minglab yillik masofa egallaganini ko’radilar. Ko’rganlari to’g’ri; faqat olami misol suratan olami moddiyga o’xshagani uchun, ikki olamni mamzuj ko’radilar, shunday ta'bir qiladilar. Olami sahvaga qaytganlarida, mezonsiz bo’lgani uchun, mashhudotlarini aynan yozganlaridan, xilofi haqiqat deb qabul qilinadi. Qandayki, kichik bir oynada ulkan bir saroy bilan ulkan bir bog’ning vujudi misoliyalari unda joylashadi. Shunga o’xshab, olami moddiyning bir yillik masofasida minglab yillar vus'atida bo’lgan vujudi misoliy va haqoiqi ma'naviya joylashadi.
XOTIMA:Shu masaladan anglashiladiki: Daraja-i shuhud daraja-i iymoni bilg’aybdan ancha pastdir. Ya'ni: Yolg’iz shuhudiga istinod etgan bir qism ahli valoyatning ihotasiz kashfiyoti, varosati nubuvvat ahli bo’lgan asfiyo va muhaqqiqiynning shuhudga emas, Qur'onga va vahiyga, g’aybiy, faqat sof, ihotali, to’g’ri haqoiqi iymoniyalariga doir ahkomlariga yetmaydi. Demak, butun ahvol va kashfiyotning va azvoq va mushohadotning mezoni: Kitob va Sunnatdir. Va o’lchovlari, Kitob va Sunnatning dasotiri qudsiyalari va asfiyo-i muhaqqiqiynning qavonini hadsiyalaridir.
IKKINCHI MASALA-I MUHIMMA:Savol: Vahdat-ul Vujud masalasi ko’plar tarafidan eng yuksak maqom deb bilinadi. Holbuki valoyati kubroda bo’lgan boshda Xulafo-i Arba'a va Sahobalar hamda boshda Xamsa-i Oli Aba va Aimma-i Ahli Bayt hamda boshda Aimma-i Arba'a va mujtahidiyn va tobe'iyndan bu xildagi vahdat-ul vujud mashrabi sarihan ko’rilmagan. Ajabo, ulardan keyin chiqqanlar yanada taraqqiy qilishganmi, yanada mukammal bir jadda-i kubro topishganmi?
Aljavob: Xosho! Shamsi Risolatning eng yaqin yulduzlari va eng qorib varosalari bo’lgan asfiyodan ilgarilab ketish hech kimning haddi emas! Balki jadda-i kubro ularnikidir.
Vahdat-ul Vujud esa, bir mashrab va bir hol va bir noqis martabadir. Lekin zavqli, nash'ali bo’lgani uchun, sayri sulukda u martabaga kirgan vaqtlari, ko’plar chiqishni istamaydilar, u yerda qoladilar; eng muntaho martaba deb o’ylaydilar.
Xullas bu mashrab sohibi, agar moddiyotdan va vasoitdan tajarrud etgan va asbob pardasini yirtgan bir ruh bo’lsa, istig’roqkorona bir shuhudga mazhar bo’lsa, vahdat-ul vujuddan emas, balki vahdat-ush shuhuddan nash'at etan, ilmiy emas, holiy bir vahdat-ul vujud uning uchun bir kamol, bir maqom ta'min eta oladi. Hatto Alloh hisobiga koinotni inkor qilish darajasiga borishi mumkin. Agar sabablar ichiga sho’ng’igan bo’lsa, moddiyotga mutavag’g’il bo’lsa, vahdat-ul vujud deyishi, koinot hisobiga Allohni inkor qilishgacha boradi.
Ha, jadda-i kubro, sahoba va tobe'iyn va asfiyoning jaddasidir. حَقَائِقُ الْاَشْيَاءِ ثَابِتَةٌ jumlasi ularning qoida-i kulliyalaridir. Va Janobi Haqning لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ ning mazmuniga ko’ra, hech narsa bilan mushobahati yo’q. Tahayyuz va tajazzidan munazzahdir. Mavjudot bilan aloqasi, xoliqiyatdir. Ahli vahdat-ul vujudning aytganlaridek; mavjudot avhom va xayolot emas. Ko’ringan ashyo ham Janobi Haqning osoridir. "Hamast" emas, "Hama Azust"dir. Ya'ni, hamma narsa U emas, balki hamma narsa Undandir. Chunki hodisot ayni Qadim bo’lolmaydi. Shu masalani ikki tamsil bilan fahmga taqrib etamiz:
Birinchisi:Masalan, bir podshoh bor. U podshohning hokimi odil ismi bilan bir adliya doirasi, u ismning jilvasini ko’rsatadi. Bir ismi xalifadir. Bir mashixat va bir ilmiya doirasi u ismning mazharidir. Yana Qo’mondoni A'zam ismi bor. U ism bilan davoiri askariyada faoliyat ko’rsatadi. Qo’shin u ismning mazharidir. Hozir birov chiqib: "U podshoh faqat hokimi odildir; davoiri adliyadan boshqa doira yo’q" desa, u vaqt bilmajburiya, adliya ma'murlari ichida, haqiqiy emas, e'tiboriy bir suratda, mashixat doirasidagi ulamoning avsofini va ahvolini ularga tatbiq etib, zilliy va xayoliy tarzda, haqiqiy adliya ichida taba'i va zilliy bir mashixat doirasi tasavvur qilinadi. Ham doira-i askariyaga oid ahvol va muomalotini yana faraziy bir tarzda, u ma'muriyni adliya ichida ko’rib, g’ayri haqiqiy bir doira-i askariya tarzida qaraladi va hokazo... Mana shu holda, podshohning haqiqiy ismi va haqiqiy hokimiyati, hokimi odil ismidir va adliyadagi hokimiyatdir. Xalifa, qo’mondoni a'zam, sulton kabi ismlari haqiqiy emas, e'tiboriydirlar. Holbuki podshohlik mohiyati va saltanat haqiqati butun ismlarni haqiqiy holda iqtizo etadi. Haqiqiy ismlar esa, haqiqiy doiralarni istaydi va iqtizo etadi. Xullas, saltanati uluhiyat Rahmon, Razzoq, Vahhob, Xalloq, Faol, Karim, Rahim kabi juda ko’p asmo-i muqaddasani haqiqiy holda iqtizo qiladi. U haqiqiy asmo haqiqiy oynalarni iqtizo etadi. Hozir ahli vahdat-ul vujud modomiki لَا مَوْجُودَ اِلَّا هُوَ deydi, haqoiqi ashyoni xayol darajasiga tushiradi. Janobi Haqning Vojib-ul Vujud va Mavjud va Vohid va Ahad ismlarining haqiqiy jilvalari va doiralari bor. Balki oynalari, doiralari haqiqiy bo’lmasa, xayoliy, adamiy bo’lsa ham, ularga zarar qilmaydi. Balki vujudi haqiqiyning oynasida vujud rangi bo’lmasa, yanada ziyoda sof va porloq bo’ladi. Faqat Rahmon, Razzoq, Qahhor, Jabbor, Xalloq kabi ismlari esa, tajalliylari haqiqiy bo’lmaydi, e'tiboriy bo’ladi. Holbuki u asmolar Mavjud ismi kabi haqiqatdir, soya bo’lolmaydilar; asliydirlar, taba'i bo’lolmaydilar.
Xullas sahoba va asfiyo-i mujtahidiyn va aimma-i Ahli Bayt حَقَائِقُ الْاَشْيَاءِ ثَابِتَةٌ deyishgan, Janobi Haqning butun asmosi bilan haqiqiy bir suratda tajalliyoti bor. Butun ashyoning Uning ijodi bilan bir vujudi ariziysi bor. Va u vujud garchi Vojib-ul Vujudning vujudiga nisbatan g’oyat zaif va qarorsiz bir zill, bir soyadir; xayol, vahm emasdir. Janobi Haq Xalloq ismi bilan vujud beradi va u vujudni idoma etadi.
Ikkinchi Tamsil:Masalan, shu manzilning to’rt devorida to’rt dona andom oynasi bo’lsa, har bir oyna ichida har naqadar u manzil qolgan uchta oyna bilan barobar irtisom etadi... faqat har bir oyna o’zining hay'atiga va rangiga ko’ra ashyoni o’z ichida ixtivo etadi; o’ziga maxsus misoliy bir manzil hukmidadir. Deylik, hozir ikki odam u manzilga kirsa, biri bitta oynaga qaraydi, deydiki: "Hamma narsa buning ichida". Boshqa oynalarni va oynalarning ichlaridagi suratlar haqida eshitganda, masmu'otni o’sha bitta oynadagi ikki daraja soya bo’lgan, haqiqati kichraygan, tag’ayyur etgan u oynaning kichik bir burchagida tatbiq etadi. Ham deydi: "Men shunday ko’ryapman, shunday ekan, haqiqat bundaydir". Boshqa odam unga deydiki: "Ha, sen ko’ryapsan.. ko’rganing haqdir; faqat voqe'da va nafs-ul amrda haqiqatning haqiqiy surati unday emas. Sen diqqat qilgan oyna kabi yana boshqa oynalar bor; ko’rganing qadar kichkina, soyaning soyasi emaslar".
Xullas, asmo-i Ilohiyaning har biri boshqa-boshqa bittadan oyna istaydi. Ham masalan: Rahmon, Razzoq haqiqatli, asl bo’lganlari uchun, o’zlariga loyiq, rizqqa va marhamatga muhtoj mavjudotni istaydi. Rahmon qanday qilib haqiqiy dunyoda rizqqa muhtoj haqiqatli ziruhlarini istasa; Rahim ham shunday haqiqiy bir Jannatni istaydi. Agar yolg’iz Mavjud va Vojib-ul Vujud va Vohidi Ahad ismlari haqiqiy tutilib, qolgan ismlar ularning ichiga soya bo’lish e'tibori bilan olinsa, u asmoga qarshi bir haqsizlik hukmiga o’tadi.
Xullas shu sirdan: Jadda-i Kubro, albatta valoyati kubro sohiblari bo’lgan sahoba va asfiyo va tobe'iyn va aimma-i Ahli Bayt va aimma-i mujtahidiyn jaddasi bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri Qur'onning birinchi tabaqa shogirdlaridir.
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
UCHINCHI MASALA:
Hikmat va aql bilan hal qilib bo’lmagan bir masala-i muhimma.
كُلَّ يَوْمٍ هُوَ ف۪ى شَاْنٍ ٭ فَعَّالٌ لِمَا يُر۪يدُ
Savol: Koinotdagi mutamodiyan hayrat-angiz faoliyatning sirri va hikmati nima? Nima uchun shu to’xtamaganlar to’xtamaydilar, doimo aylanib yangilanadilar?
Aljavob: Bu hikmatning izohi ming sahifa istaydi. Shunday ekan izohini qo’yib, g’oyat muxtasar bir ijmolini ikki sahifaga sig’diramiz.
Qandayki bir shaxs bir vazifa-i fitriyani va yoxud vazifa-i ijtimoiyani bajarsa va u vazifa uchun jondan ishlasa; albatta unga diqqat qilgan anglaydiki, u vazifani unga qildirgan ikki narsadir:
Biri: Vazifaga tarattub etgan maslahatlar, samaralar, foydalar bo’lib, unga "illa-i g’oiya" deyiladi.
Ikkinchisi: Bir muhabbat, bir ishtiyoq, bir lazzat borki: Qizg’in holda u vazifani qildiradiki, unga "da'i va muqtaziy" deb ta'bir etiladi. Masalan: Taom yeyish, ishtahadan kelgan bir lazzat, bir ishtiyoq bo’lib, uni yeyishga chorlaydi. Keyin, yeyishning natijasi, vujudni oziqlantirishdir; hayotni idoma etishdir. Xuddi shuning kabi: وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى koinotdagi dahshatangiz va hayratnamo hadsiz faoliyat ikki qism asmo-i Ilohiyaga istinod etib ikki hikmati vase'a uchun bo’lib, har bir hikmati ham nihoyatsizdir:
Birinchisi: Janobi Haqning asmo-i husnasining hadd-hisobsiz anvo'i tajalliyoti bor. Maxluqotning tanavvu'lari u tajalliyotning tanavvu'idan kelib chiqadi. U asmo esa, doimiy suratda tazohur istaydilar. Ya'ni, naqshlarini ko’rsatishni istaydilar. Ya'ni, naqshlarining oynalarida jilva-i jamollarini ko’rish va ko’rsatishni istaydilar. Ya'ni, koinot kitobini va mavjudot maktubotini on ba on yangilab turishni istaydilar. Ya'ni, yangi-yangi ma'nodor yozish va har bir maktubni Zoti Muqaddas va Musammo-i Aqdas bilan barobar, butun zishuurlarning nazari mutolaasiga ko’rsatish va o’qittirishni iqtizo etadilar.
Ikkinchi sabab va hikmat: Qandayki, maxluqotdagi faoliyat bir ishtaha, bir ishtiyoq, bir lazzatdan keladi. Va hatto har bir faoliyatda qat'iyan lazzat bor; balki har bir faoliyat, bir navi lazzatdir. Shunga o’xshab, Vojib-ul Vujudga loyiq bir tarzda va istig’no-i zotiysiga va g’ino-i mutlaqiga muvofiq bir suratda va kamoli mutlaqiga munosib bir shaklda hadsiz bir shafqati muqaddasa va hadsiz bir muhabbati muqaddasa bor. Va u shafqati muqaddasa va u muhabbati muqaddasadan kelgan hadsiz bir shavqi muqaddas bor. Va u shavqi muqaddasdan kelgan hadsiz bir sururi muqaddas bor. Va u sururi muqaddasdan kelgan -ta'bir joiz bo’lsa- hadsiz bir lazzati muqaddasa bor. Ham u lazzati muqaddasadan kelgan hadsiz tarahhumdan, maxluqotning faoliyati qudrat ichida va iste'dodlari quvvadan fe'lga chiqishidan va takammul etishidan nash'at etgan mamnuniyatlaridan va kamollaridan kelgan va Zoti Rahmoni Rahimga oid -ta'bir joiz bo’lsa- hadsiz mamnuniyati muqaddasa va hadsiz iftixori muqaddas borki, hadsiz bir suratda, hadsiz bir faoliyatni iqtizo etadi.
Mana shu hikmati daqiqani falsafa va fan va hikmat bilmagani uchun, shuursiz tabiatni va ko’r tasodifni va jomid sabablarni; bu g’oyat darajada olimona, hakimona, basirona faoliyat bilan chalkashtirgan, zalolat zulumotiga tushib nuri haqiqatni topa olmagan.
قُلِ اللّٰهُ ثُمَّ ذَرْهُمْ ف۪ى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ
رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى كَاشِفِ طِلْسِمِ كَائِنَاتِكَ بِعَدَدِ ذَرَّاتِ الْمَوْجُودَاتِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ مَا دَامَ الْاَرْضُ وَ السَّمٰوَاتُ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
O’N TO’QQIZINCHI MAKTUB
Bu risola uch yuzdan ortiq mo’'jizotni bayon qiladi. Risolati Ahmadiyaning (S.A.V.) mo’'jizasini bayon qilgani kabi, o’zi ham u mo’'jizaning bir karomatidir. Uch-to’rt nav bilan horiqo bo’lgan:
Birinchisi:Naql va rivoyat bo’lish bilan barobar, yuz sahifadan ortiq bo’lgani holda, kitoblarga murojaat etilmasdan, yoddan, tog’, bog’ chetlarida, uch-to’rt kun mobaynida, har kuni ikki-uch soat ishlash sharti bilan, jami o’n ikki soatda ta'lif etilishi, horiqo bir voqeadir.
Ikkinchisi:Bu risola, uzunligi bilan barobar na yozilishi zeriktiradi va na o’qilishi shirinligini yo’qotadi. Tanbal ahli qalamni shunday bir shavq va g’ayratga keltirdiki; bu mashaqqatli va zerikarli zamonda, bu atrofda bir yil mobaynida yetmish adadga yaqin nusxalar yozilgani, u mo’'jiza-i Risolatning bir karomati bo’lganini, muttali' bo’lganlarga qanoat berdi.
Uchinchisi:Ajamiy va tavofuqdan xabari yo’q va bizga ham hali tavofuq tazohur etmasdan avval uning va boshqa sakkiz mustansixning bir-birini ko’rmasdan yozgan nusxalarida; Lafzi Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) kalimasi butun risolada va Lafzi Qur'on beshinchi parchasida shunday bir tarzda tavofuq etishlari ko’rindiki, zarra miqdor insofi bor odam tasodif demaydi. Kim ko’rgan bo’lsa, qat'iy hukm qiladiki; bu bir sirri g’aybiydir, mo’'jiza-i Ahmadiyaning (S.A.V.) bir karomatidir.
Shu risolaning boshidagi asoslar juda muhimdir. Ham shu risoladagi ahodis, deyarli barchasi aimma-i hadis nazdida maqbul va sahih bo’lish bilan barobar, eng qat'iy hodisoti risolatni bayon qiladilar. U risolaning maziyatlarini aytish lozim bo’lsa; u risola qadar bir asar yozish lozim kelganidan, mushtoq bo’lganlarni uni bir karra o’qishiga havola qilamiz...
Said Nursiy
IXTOR:Shu risolada ko’p ahodisi sharifa naql etganman. Yonimda kutubi hadisiya mavjud emas. Yozgan hadislarimning lafzida xato bo’lsa; yo tasxix etilsin, yoxud "hadisi bilma'no"dir deyilsin. Chunki qovli rojih shuki: "Naqli hadisi bilma'no joizdir". Ya'ni: Hadisning faqat ma'nosini olib, lafzini o’zi zikr etadi. Modomiki shundaydir; lafzida xato bo’lsa, hadisi bilma'no nazari bilan qaralsin.
MO’'JIZOTI AHMADIYA (S.A.V.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَد۪ينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدّ۪ينِ كُلِّه۪ وَ كَفٰى بِاللّٰهِ شَه۪يدًا ٭ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ اِلٰى اٰخِرِ
(Risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir O’n To’qqizinchi So’z bilan O’ttiz Birinchi So’z nubuvvati Muhammadiyani (S.A.V.) daloili qat'iya bilan isbot etganlaridan, isbot jihatini ularga havola qilib, yolg’iz ularga bir tatimma sifatida o’n to’qqiz nuktali ishoratlar bilan u buyuk haqiqatning ba'zi lam'alarini ko’rsatamiz:)
BIRINCHI NUKTALI ISHORAT:
Shu koinotning sohib va mutasarrifi albatta bilib qiladi va hikmat bilan tasarruf etadi va har tarafni ko’rib turib tadvir etadi va hamma narsani bilgan, ko’rgan holda tarbiya qiladi va hamma narsada ko’ringan hikmatlarni, g’oyalarni, foydalarni iroda qilib tadvir etadi. Modomiki qilgan biladi; albatta bilgan gapiradi. Modomiki gaplashar ekan, albatta zishuur va zifikr va gapirishni biladiganlar bilan gaplashadi. Modomiki zifikr bilan gaplashar ekan, albatta zishuur ichida eng jam'iyatli va shuuri kulliy bo’lgan inson navi bilan gaplashadi. Modomiki inson navi bilan gaplashar ekan, albatta insonlar ichida qobili xitob va mukammal inson bo’lganlar bilan gaplashadi. Modomiki eng mukammal va iste'dodi eng yuksak va axloqi ulviy va navi basharga muqtado bo’ladiganlar bilan gaplashar ekan; albatta do’st va dushmanning ittifog’i bilan, eng yuksak iste'dodda va eng oliy axloqda va navi basharning xumsi unga iqtido qilgan va nisfi Arz uning hukmi ma'naviysi ostiga kirgan va istiqbol u keltirgan nurning ziyosi bilan bir ming uch yuz yil yorishgan va basharning nuroniy qismi va ahli iymoni, mutamodiyan kunda besh marta u bilan tajdidi bay'at etib, unga duo-i rahmat va saodat etib, unga madh va muhabbat etgan Muhammad Alayhissalotu Vassalam bilan gaplashadi va gaplashgan va Rasul qiladi va qilgan va boshqa navi basharga rahbar qiladi va qilgandir.
IKKINCHI NUKTALI ISHORAT:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam iddi'oyi nubuvvat etgan. Qur'oni Azimushshon kabi bir farmonni ko’rsatgan va ahli tahqiqning yonida mingga yaqin mo’'jizoti bahirani ko’rsatgan. U mo’'jizot, hay'ati majmuasi bilan, da'vo-i nubuvvatning vuqu'i qadar vujudlari qat'iydir. Qur'oni Hakimning ko’p yerlarida eng muannid kofirlardan naql etilgan sehr isnod etishlari ko’rsatadiki; u muannid kofirlar ham mo’'jizotning vujudlarini va vuqu'larini inkor qilolmaydilar. Yolg’iz o’zlarini aldash yoki atba'larini ishontirish uchun, -xosho- sehr deyishgan.
Darhaqiqat, mo’'jizoti Ahmadiyaning (SA.V.) yuz tavotur quvvatida bir qat'iyati bor. Mo’'jiza esa; Xoliqi Koinot tarafidan uning da'vosiga bir tasdiqdir, "Sodaqta" hukmiga o’tadi. Qandayki sen bir podshohning majlisida va doira-i nazarida: "Podshoh meni falon ishga ma'mur etgan" desang, sendan u da'voga bir dalil istanilsa; podshoh "Ha" desa, seni tasdiq qilgan bo’ladi. Shunga o’xshab, odatini va vaziyatini sening iltimosing bilan almashtirsa; "Ha" so’zidan yanada qat'iy, yanada quvvatli sening da'vongni tasdiq qilgan bo’ladi. Shunga o’xshab, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam da'vo qilganki: "Men shu koinot Xoliqining mab'usiman. Dalilim shuki: Mustamir odatini mening duo va iltimosim bilan almashtiradi. Mana barmoqlarimga qaranglar, besh jo’mrakli bir chashma kabi oqittiryapti. Qamarga qaranglar, bir barmog’imning ishorati bilan ikki parcha qilyapti. Shu daraxtga qaranglar; meni tasdiqlash uchun yonimga kelyapti, shahodat keltiryapti. Shu bir parcha taomga qaranglar; ikki-uch odamga zo’rg’a kifoya qilgani holda, mana ikki yuz-uch yuz odamni to’ydiryapti". Va hokazo.. yuzlab mo’'jizotni shu shaklda ko’rsatgan.
Hozir, shu zotning daloili sidqi va barohini nubuvvati yolg’iz mo’'jizotiga munxasir emas. Balki ahli diqqat uchun, deyarli umum harakoti va af'oli, ahvol va aqvoli, axloq va atvori, siyrat va surati sidqini va jiddiyatini isbot etadi. Hatto mashhur ulamo-i Bani Isroiliyadan Abdulloh Ibn Salom kabi juda ko’p zotlar yolg’iz u Zoti Akram Alayhissalotu Vassalamning siymosini ko’rish bilan: "Bu siymoda yolg’on yo’q, shu yuzda hiyla bo’lmaydi!" deb iymonga kelishgan.
Garchi muhaqqiqiyni ulamo daloili nubuvvatni va mo’'jizotni mingga yaqin deganlar; lekin minglab, balki yuz minglab daloili nubuvvat bor. Va yuz minglab yo’l bilan yuz minglab muxtalif fikrli odamlar u zotning nubuvvatini tasdiq etishgan. Yolg’iz Qur'oni Hakimda qirq vajhi i'jozdan boshqa, nubuvvati Ahmadiyaning (S.A.V.) ming burhonini ko’rsatadi.
Ham modomiki navi basharda nubuvvat bor. Va yuz minglab zot nubuvvat da'vo qilib mo’'jiza ko’rsatganlar, kelib o’tganlar. Albatta umumdan yuksak bir qat'iyat bilan, nubuvvati Ahmadiya (S.A.V.) sobitdir. Chunki Iso Alayhissalom va Muso Alayhissalom kabi umum rasullarga nabiy dedirgan va risolatiga mador bo’lgan daloil va avsof va vaziyatlar va ummatlariga qarshi muomalalar; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamda yanada akmal, yanada jome' bir suratda mavjuddir. Modomiki hukmi nubuvvatning illati va sababi, Zoti Ahmadiyda (S.AV.) yanada mukammal mavjuddir. Albatta hukmi nubuvvat umum anbiyodan yanada vazih bir qat'iyat bilan u kishida sobitdir.
UCHINCHI NUKTALI ISHORAT:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning mo’'jizoti juda mutanavvi'dir. Risolati umumiy bo’lgani uchun, deyarli aksar anvo'i koinotdan bittadan mo’'jizaga mazhardir. Go’yo qandayki bir podshohi zishonning bir yovari akrami mutanavvi' hadyalar bilan muxtalif aqvomning majma'i bo’lgan bir shaharga kelgan vaqti, har toifa uning istiqboliga bir mumassil yuboradi; o’z toifasi lisoni bilan unga "xush omadi" etadi, uni olqishlaydi. Shunga o’xshab: Sultoni Azal va Abadning eng buyuk yovari bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam olamga tashrif qilib, kura-i arzning aholisi bo’lgan navi basharga mab'us bo’lib kelgani va umum koinotning Xoliqi tarafidan umum koinotning haqoiqiga aloqador bo’lgan anvori haqiqat va hadoyayi ma'naviya keltirgan payti; toshdan, suvdan, daraxtdan, hayvondan, insondan to Oydan, Quyoshdan, yulduzlarga qadar har bir toifa, o’z lisoni maxsusi bilan va qo’llarida bittadan mo’'jizasini ko’tarish bilan u kishining nubuvvatini olqishlashgan va xush omadi deyishgan.
Hozir u mo’'jizotning umumini bahs etish uchun, jildlar bilan yozuv yozish lozim bo’ladi. Muhaqqiqiyni asfiyo daloili nubuvvatning tafsilotiga doir ko’p jild kitoblar yozishgan. Biz yolg’iz ijmoliy ishoratlar navidan u mo’'jizotning qat'iy va ma'naviy mutavotir hisoblangan kulliy anvo'iga ishorat qilamiz.
Xullas, nubuvvati Ahmadiyaning (S.A.V.) daloili, avvalo ikki qismdir:
Birisi:"Irhosot" deyilgan nubuvvatdan avval va valodati vaqtida zuhur etgan horiquloda hollardir.
Ikkinchi qism:Boshqa daloili nubuvvatdir. Ikkinchi qism ham ikki qismdir. Biri: Nubuvvatdan so’ngra, nubuvvatini tasdiqlab sodir bo’lgan horiqolardir. Ikkinchisi: Asri Saodatida mazhar bo’lgan horiqolaridir. Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir: Biri: Zotida, siyratida, suratida, axloqida, kamolida zohir bo’lgan daloili nubuvvatdir. Ikkinchisi ofoqiy, xorijiy narsalarda mazhar bo’lgan mo’'jizotidir. Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir: Biri: Ma'naviy va Qur'oniydir. Boshqasi: Moddiy va akvoniydir. Shu ikkinchi qism ham ikki qismdir. Biri: Da'vo-i nubuvvat vaqtida, ahli kufrning inodini sindirish yoxud ahli iymonning quvvati iymonini ziyodalashtirish uchun zuhurga kelgan horiquloda mo’'jizotdir. Shaqqi Qamar va barmoqlaridan suvning oqishi va oz taom bilan ko’plarni to’ydirishi va hayvon va daraxt va toshning gapirishi kabi yigirma nav va har bir navi ma'naviy tavotur darajasida va har bir navning esa ko’p mukarrar afrodi bor. Ikkinchi qism: Istiqboldan xabar bergan hodisalar bo’lib; Janobi Haqning ta'limi bilan u kishi ham xabar berganlar, xabar berganlari kabi to’g’ri chiqqan. Xullas, biz ham shu oxirgi qismdan boshlab ijmoliy bir mundarija ko’rsatamiz.
{(Hoshiya) Ma'ataassuf niyat qilganimdek yozolmadim. Ixtiyorsiz qalbga qanday kelgan bo’lsa; shunday yozildi. Shu taqsimotdagi tartibga tamomi bilan muro'at etolmadim.}
TO’RTINCHI NUKTALI ISHORAT:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Allam-ul G’uyubning ta'limi bilan xabar bergan g’aybiy ishlarning haddi hisobi yoq. I'jozi Qur'onga doir Yigirma Beshinchi So’zda anvo'iga ishorat va bir daraja izoh va isbot etganimizdan, o’tgan zamonga doir va anbiyo-i sobiqaga doir va haqoiqi Ilohiyaga va haqoiqi kavniyaga va haqoiqi uxroviyaga doir ixboroti g’aybiyalarini Yigirma Beshinchi So’zga havola etib, hozircha bahs etmaymiz. Yolg’iz, o’zlaridan so’ng Sahoba va Oli Baytning boshiga kelgan va ummatning kelajakda mazhar bo’ladigan hodisotga doir juda ko’p ixboroti sodiqa-i g’aybiyasi qismidan juz'iy bir nechta misoliga ishorat qilamiz. Va shu haqiqat tamomi bilan tushunilishi uchun, olti asosni muqaddima sifatida bayon qilamiz:
Birinchi Asos:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning garchi har holi va har vaziyati sidqiga va nubuvvatiga shohid bo’lishi mumkin; lekin har holi, har vaziyati horiquloda bo’lishi shart emas. Chunki Janobi Haq u kishini bashar suratida yuborgan, toki insonlarning ahvoli ijtimoiyalarida va dunyoviy, uxroviy saodatlarini qozontiradigan a'mol va harakotlarida rahbar bo’lsin va imom bo’lsin va har biri bittadan mo’'jizoti qudrati Ilohiya bo’lgan odiyot ichidagi horiquloda san'ati Rabboniyani va tasarrufi qudrati Ilohiyani ko’rsatsin. Agar af'olida bashariyatdan chiqib horiquloda bo’lsaydi, bizzot imom bo’lolmasdi; af'oli bilan, ahvoli bilan, atvori bilan dars berolmasdi. Faqat yolg’iz nubuvvatini muannidlarga qarshi isbot qilish uchun horiquloda ishlarga mazhar bo’lar va ehtiyoj vaqtida ora-sira mo’'jizotni ko’rsatardi. Lekin sirri taklif bo’lgan imtihon va tajriba muqtazosi bilan, albatta badohat darajasida va istar-istamas tasdiqqa majbur qoladigan darajada mo’'jiza bo’lmasdi. Chunki sirri imtihon va hikmati taklif iqtizo etadiki, aqlga eshik ochilsin va aqlning ixtiyori qo’lidan olinmasin. Agar g’oyat badihiy bir suratda bo’lsa, u vaqt aqlning ixtiyori qolmasdi. Abu Jahl ham, Abu Bakr kabi tasdiq qilardi. Imtihon va taklifning foydasi qolmasdi. Ko’mir bilan olmos bir saviyada qolardi.
Joyi hayratdirki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning mubolag’asiz minglab vajhda minglab xil insonlar birgina mo’'jizasi bilan yoki bir dalili nubuvvat bilan yoki bir kalomi bilan yoki yuzini ko’rishi bilan va hokazo bittadan alomati bilan iymon keltirganlari holda, butun bu minglab boshqa-boshqa insonlarni va mudaqqiq mutafakkirlarni iymonga keltirgan butun u minglab daloili nubuvvati, naqli sahih bilan va osori qat'iyya bilan hozirgi badbaxt bir qism insonlarga kifoya qilmayotgandek, zalolatga kiryaptilar.
Ikkinchi Asos:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ham bashardir, bashariyat e'tibori bilan bashar kabi muomala qiladilar; ham rasuldir, risolat e'tibori bilan Janobi Haqning tarjimoni, elchisidir. Risolati vahiyga istinod etadi. Vahiy ikki qismdir:
Biri:"Vahyi sarihiy" bo’lib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unda yolg’iz bir tarjimon, muballig’dir, mudohalasi yo’q. Qur'on va ba'zi ahodisi qudsiya kabi...
Ikkinchi Qism:"Vahyi zimniy"dir. Shu qismning mujmal va xulosasi vahiyga va ilhomga istinod etadi, tafsiloti va tasviroti Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid. U vahiydan kelgan mujmal hodisani tafsil va tasvirda Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam ba'zan yana ilhomga, yo vahiyga istinod etib bayon etadilar yoxud o’z farosatlari bilan bayon etadilar. Va o’z ijtihodi bilan qilgan tafsilot va tasvirotni yo vazifa-i risolat nuqtasida ulviy quvva-i qudsiya bilan bayon qiladilar yoxud urf va odat va afkori omma saviyasiga ko’ra, bashariyati nuqtasida bayon etadilar.
Har hadisda butun tafsilotiga vahyi mahz nuqtasi bilan qaralmaydi. Bashariyatning muqtazosi bo’lgan afkor va muomalotida risolatning ulviy osori qidirilmaydi. Modomiki ba'zi hodisalar mujmal shaklda mutlaq bir suratda u kishiga vahiy bo’lib keladi, u kishi ham o’z farosatlari bilan va taorufi umumiy jihati bilan tasvir qiladilar. Shu tasvirdagi mutashabehotga va mushkulotga ba'zan tafsir lozim bo’ladi, hatto ta'bir lozim bo’ladi. Chunki ba'zi haqiqatlar borki, tamsil bilan fahmga taqrib etiladi. Misol, bir vaqt huzuri Nabaviyda baland bir shovqin eshitildi. Aytdilarki: "Shu shovqin yetmish yil dumalab, Jahannamning tubiga hozir tushgan bir toshning shovqinidir". Bir soat so’ngra xabar keldi: "Yetmish yoshga kirgan mashhur bir munofiq o’lib, Jahannamga ketdi". Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam balig’ bir tamsil bilan bayon etgan hodisaning ta'vilini ko’rsatdi.
Uchinchi Asos:Naql qilingan xabarlar agar tavotur suratida bo’lsa, qat'iydir. Tavotur ikki qismdir. {(Hoshiya) Shu risolada "tavotur" lafzi Turkcha "shayi'a" ma'nosidagi tavotur emas, balki yaqiynni ifoda qilgan, yolg’on ehtimoli bo’lmagan quvvatli ixbordir.} Biri "sarih tavotur", biri "ma'naviy tavotur"dir. Ma'naviy tavotur ham ikki qismdir: Biri sukutiydir. Ya'ni, sukut bilan qabul ko’rsatilgan. Masalan: Bir jamoat ichida bir odam u jamoatning nazari ostida bir hodisani xabar bersa, jamoat uni takzib etmasa, sukut bilan muqobala etsa, qabul qilgan kabi bo’ladi. Xususan xabar bergan hodisasida jamoat u bilan aloqador bo’lsa, ham tanqidga muhayyo va xatoni qabul qilmaydigan va yolg’onni juda yomon ko’radigan jamoat bo’lsa, albatta uning sukuti, u hodisaning vuqu'iga quvvatli dalolat qiladi. Ikkinchi qism tavoturi ma'naviy shuki: Bir hodisaning vuqu'iga, masalan "Bir qiyya taom ikki yuz odamni to’ydirgan" deyilsa; faqat uni xabar berganlar boshqa-boshqa suratda xabar beradi. Biri bir tarzda, biri boshqa bir suratda, boshqasi boshqa bir shaklda bayon qiladi.. lekin umum, ayni hodisaning vuqu'iga muttafiqdirlar. Xullas, mutlaq hodisaning vuqu'i; mutavotiri bil-ma'nodir, qat'iydir. Ixtilofi surat esa, zarar bermaydi. Ham ba'zan; xabari vohid ba'zi sharoit dohilida tavotur kabi qat'iyatni ifoda qiladi. Ham ba'zan; xabari vohid xorijiy alomatlar bilan qat'iyatni ifoda qiladi. Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan bizga naql qilingan mo’'jizoti va daloili nubuvvati, qismi a'zami tavotur bilan kelgan; yo sarihiy, yo ma'naviy, yo sukutiy. Va bir qismi garchi xabari vohid bilan kelgan. Lekin shunday sharoit dohilida, naqqodi muhaddisning nazarida qabulga shoyon bo’lgandan so’ng, tavotur kabi qat'iyatni ifoda etish lozim bo’ladi. Ha, muhaddisiynning muhaqqiqiynidan "Al-Hofiz" deb ta'bir etilgan zotlar, loaqal yuz ming hadisni hifziga olgan minglab muhaqqiq muhaddislar, ham ellik yil bomdod namozini xufton tahorati bilan o’qigan muttaqi muhaddislar va boshda Buxoriy va Muslim bo’lib Kutubi Sitta-i Hadisiya sohiblari bo’lgan ilmi hadis dohiylari, allomalari tasxix va qabul qilishgan xabari vohid, tavotur qat'iyatidan orqada qolmaydi. Ha, fanni hadisning muhaqqiqlari, naqqodlari shu daraja hadis bilan xususiyat paydo qilganlarki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning tarzi ifodalariga va uslubi oliylariga va surati ifodalariga unsiyat bilan malaka kasb etishganki; yuz hadis ichida bir mavzu'ni ko’rsa, "Mavzu'dir" deydi. "Bu hadis bo’lmaydi va Payg’ambarning so’zi emasdir" deydi, rad qiladi. Sarrof kabi hadisning gavharini taniydi, boshqa so’zni unga iltibos etolmaydi. Faqat Ibn Javziy kabi ba'zi muhaqqiqlar tanqidda ifrot etib, ba'zi ahodisi sahihaga ham mavzu' deganlar. Faqat har mavzu' narsaning ma'nosi xato degani emas; balki "Bu so’z hadis emas" deganidir.
Savol:An'anali {[1] Bu yerda an'ana ma'nosida emas: Bir xabarning yoki bir hadisi sharifning "an filon, an filon" deb roviylarni bildirish shaklida kelgan naql. (tarjimon izohi)} sanadning foydasi nimaki; luzumsiz yerda, ma'lum bir voqeada "an filon, an filon, an filon" deydilar?
Aljavob:Foydasi ko’p. Azjumla, bir foydasi shuki: An'ana bilan ko’rsatiladiki, an'anada dohil bo’lgan mavsuq va hujjatli va sodiq ahli hadisning bir navi ijmo'ini iroa etadi va u sanadda dohil bo’lgan ahli tahqiqning bir navi ittifoqini ko’rsatadi. Go’yo u sanadda, u an'anada dohil bo’lgan har bir imom, har bir alloma; hadisning hukmini imzo etadi, to’g’riligiga doir muhrini bosadi.
Savol:Nima uchun hodisoti i'joziya boshqa zaruriy ahkomi shar'iya kabi tavotur suratida, juda ko’p tariqlar bilan, juda ahamiyatli naql etilmagan?
Aljavob:Chunki aksar ahkomi shar'iyaga aksar insonlar, aksar vaqtlarda muhtojdir. Farzi ayn kabi, u ahkomning har shaxsga aloqasi bor. Ammo mo’'jizot esa; harkasning har bir mo’'jizaga ehtiyoji yo’q. Agar ehtiyoj bo’lsa ham, bir marta eshitish kifoya qiladi. Xuddi farzi kifoya kabi, bir qism insonlar ularni bilsa, yetadi.
Xullas shuning uchundirki; ba'zan bo’lar, bir mo’'jizaning vujudi va tahaqquqi bir hukmning vujudidan o’n daraja yanada qat'iy bo’lgani holda, uning roviysi bir-ikkita bo’ladi; hukmning roviysi o’n-yigirmata bo’ladi.
To’rtinchi Asos:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning istiqboldan xabar bergan ba'zi hodisalari juz'iy bittadan hodisa emas; balki takarrur etgan bittadan hodisa-i kulliyani juz'iy bir suratda xabar beradi. Holbuki u hodisaning mutaaddid vajhlari bor. Har safar bir vajhini bayon qiladilar. So’ngra roviyi hadis u vajhlarni birlashtiradi, xilofi voqe' kabi ko’rinadi. Masalan: Hazrat Mahdiyga doir muxtalif rivoyatlar bor. Tafsilot va tasvirot boshqa-boshqadir. Holbuki Yigirma To’rtinchi So’zning bir shoxida isbot qilingani kabi; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, vahiyga istinodan, har bir asrda quvva-i ma'naviya-i ahli iymonni muhofaza etish uchun, ham dahshatli hodisalarda umidsizlikka tushmaslik uchun, ham olami Islomiyatning bir silsila-i nuroniyasi bo’lgan Oli Baytiga ahli iymonni ma'naviy rabt etish uchun, Mahdiyni xabar berganlar. Oxirzamonda kelgan Mahdiy kabi, har bir asrda Oli Baytdan bir navi Mahdiy, balki Mahdiylar bo’lgan. Hatto Oli Baytdan ma'dud bo’lgan Abbosiya Xulafosidan Buyuk Mahdiyning ko’p avsofini jome' bir Mahdiy chiqqan.
Xullas, Buyuk Mahdiydan avval kelgan o’xshashlari, namunalari bo’lgan Xulafo-i Mahdiyyin va Aqtobi Mahdiyyinning avsoflari asl Mahdiyning avsofiga qo’shilgan va undan rivoyatlar ixtilofga tushgan.
Beshinchi Asos:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ sirriga ko’ra, o’zidan-o’zi g’aybni bilmasdilar; balki Janobi Haq u kishiga bildirardi, va u kishi bildirardilar. Janobi Haq ham Hakimdir, ham Rahimdir. Hikmat va rahmati esa, umuri g’aybiyadan ko’pining satrini iqtizo etadi, mubham qolishini istaydi. Chunki shu dunyoda inson yoqtirmagan narsalar ko’proq. Vuqu'idan avval ularni bilishi aliymdir.
Shu sir uchun: O’lim va ajal mubham qoldirilgan va insonning boshiga keladigan musibatlar ham, parda-i g’aybda qolgan. Xullas, hikmati Rabboniya va rahmati Ilohiya bunday iqtizo etgani uchun, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ummatlariga juda hassos marhamatlarini ranjida etmaslik va ol va asxoblariga shadid shafqatlarini ortiqcha og’ritmaslik uchun, vafoti Nabaviydan so’ngra, ol va asxoblarining va ummatlarining boshlariga kelgan mudhish hodisotni umumiy va tafsiloti bilan ko’rsatmaslik
{(Hoshiya) Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamga, Oysha-i Siddiqaga qarshi qattiq muhabbat va shafqatlarini ranjida etmaslik uchun, Voqea-i Jamal hodisasida u bo’lishi qat'iy ko’rsatilmanligiga dalil esa, Azvoji Tohirotga "Qaysingiz u voqeada bo’lishingizni koshki bilsaydim?" deganlar, so’ngra yengil bir suratda, Hazrati Aliga (R.A.): "Sen bilan Oysha orangizda bir hodisa bo’lsa: فَارْفَقْ وَ بَلِّغْهَا مَاْمَنَهَا deganlar.}
muqtazo-i hikmat va rahmatdir. Faqat yana ba'zi hikmatlar uchun muhim hodisotni, -faqat dahshatli bir suratda emas- u kishiga ta'lim bergan. U zot ham ixbor etganlar. Ham go’zal hodisalarni qisman mujmal, qisman tafsil bilan bildirgan. U kishi ham xabar berganlar. U kishining xabarlarini ham eng yuksak bir daraja-i taqvoda va adlda va sidqda g’ayrat qilgan va
وَمَنْ كَذَبَ عَلَىَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّاْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ
hadisidagi taxdiddan shiddat bilan qo’rqqan va
فَمَنْ اَظْلَمُ مِمَّنْ كَذَبَ عَلَى اللّٰهِ
oyatidagi shiddatli tahdiddan shiddat bilan qochgan muhaddisiyni komiliyn bizga sahih bir suratda u xabarlarni naql etishgan.
Oltinchi Asos:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ahvol va avsofi Siyar va Tarix surati bilan bayon etilgan. Faqat u avsof va ahvoli g’olibi bashariyatiga qaraydi. Holbuki u Zoti Muborakning shaxsi ma'naviyi va mohiyati qudsiyasi shu daraja yuksak va nuroniydirki; Siyar va Tarixda bayon qilingan avsof u bolo qomatga uyg’un kelmaydi, u yuksak qiymatga muvofiq tushmaydi. Chunki اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirriga ko’ra: Har kun, hatto hozir ham, butun ummatining ibodatlari qadar bir azim ibodat sahifa-i kamolotiga ilova bo’lyapti. Nihoyatsiz rahmati Ilohiyaga, nihoyatsiz bir suratda, nihoyatsiz bir iste'dod bilan mazhar bo’lgani kabi, har kun hadsiz ummatining hadsiz duosiga mazhar bo’ladilar. Va shu koinotning natijasi va eng mukammal mevasi va Xoliqi Koinotning tarjimoni va sevgilisi bo’lgan u Zoti Muborakning tamomi mohiyati va haqiqati kamoloti, Siyar va Tarixga o’tgan bashariy ahvol va atvorga sig’maydi. Masalan: Hazrat Jabroil va Mikoil, ikki muhofiz yovar hukmida G’azva-i Badrda yonlarida bo’lgan bir Zoti Muborak; bozor ichida, badaviy bir arab bilan ot mubaya'asida munaza'a etish, birgina shohid bo’lgan Huzayfani shohid ko’rsatish bilan ko’ringan atvori ichida sig’maydi.
Xullas, xato ketmaslik uchun; har vaqt mohiyati bashariyati e'tibori bilan eshitilgan avsofi odiya ichida boshini ko’tarib, haqiqiy mohiyatiga va martaba-i risolatda turgan nuroniy shaxsiyati ma'naviysiga qarash lozim. Bo’lmasa, yo hurmatsizlik qiladi yoki shubhaga tushadi. Bu sirning izohi uchun shu tamsilni tingla:
Masalan bir xurmo urug’i bor. U xurmo urug’i tuproq ostiga qo’yilib, unib ulkan mevador bir daraxt bo’ldi. Ham tobora kengayadi, o’sadi. Yoki tovus qushining bir tuxumi bor edi. U tuxumga harorat berildi, bir tovus jo’jasi chiqdi. So’ngra to’liq mukammal, har tarafi qudratdan yozilgan va zarrin bir tovus qushi bo’ldi. Ham bora-bora o’sadi va go’zallashadi. Endi u urug’ va u tuxumga oid sifatlar, hollar bor. Ichida nozik moddalar bor. Ham undan hosil bo’lgan daraxt va qushning ham, u urug’ va tuxumning oddiy kichik holat va vaziyatlariga nisbatan buyuk oliy sifatlari va holatlari bor. Endi u urug’ va u tuxumning avsofini daraxt va qushning avsofi bilan rabt etib bahs etishda lozim bo’ladiki; har doim aqli bashar boshini urug’dan daraxtga ko’tarib qarasin va tuxumdan qushga ko’zini tavjih etib diqqat qilsin. Toki eshitgan avsofni uning aqli qabul qila olsin. Agar "Bir dirham urug’dan ming botmon xurmo oldim" va "Shu tuxum javvi osmonda qushlarning sultonidir" desa, takzib va inkorga kiradi.
Xullas shuning kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bashariyati; o’sha urug’ga, tuxumga o’xshaydi. Va vazifa-i risolat bilan porlagan mohiyati esa, Shajara-i Tubo kabi va Jannatning tayri xumoyuni kabidir. Ham doimo takammuldadir. Shuning uchun bozor ichida bir badaviy bilan nizo qilgan zotni o’ylagan payti; Rafrafga minib, Jabroilni orqada qoldirib, Qobi Qavsaynga yugurib ketgan Zoti Nuroniysiga xayol ko’zini ko’tarib qarash lozim bo’ladi. Bo’lmasa yo hurmatsizlik qiladi yoki nafsi ammorasi ishonmaydi.
BESHINCHI NUKTALI ISHORAT:
Umuri g’aybiyaga doir hadislarning bir qancha misolini zikr etamiz:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, naqli sahih bilan va mutavotir bir darajada bizga vosil bo’lganki; minbar ustida, jamoati Sahoba ichida farmon etganlarki:
اِبْن۪ى حَسَنٌ هٰذَا سَيِّدٌ سَيُصْلِحُ اللّٰهُ بِه۪ بَيْنَ فِئَتَيْنِ عَظ۪يمَتَيْنِ
Xullas qirq yil so’ngra Islomning eng buyuk ikki qo’shini qarshi-qarshiga kelgan payti, Hazrat Hasan Roziyallohu Anh Hazrat Muoviya (R.A.) bilan musolaha etib, jaddi amjadining mo’'jiza-i g’aybiyasini tasdiq etgan.
Ikkinchisi:Naqli sahih bilan Hazrat Aliga deganlar:
سَتُقَاتِلُ النَّاكِث۪ينَ وَالْقَاسِط۪ينَ وَالْمَارِق۪ينَ
Ham Voqea-i Jamal, Voqea-i Siffin, Voqea-i Xavorij hodisalarini xabar berganlar.
Ham Hazrat Ali (R.A.) Hazrat Zubayr bilan quchoqlashgan bir paytda: "Bu senga qarshi muhoraba etadi, faqat haqsizdir", dedilar.
Ham Azvoji Tohirotlariga aytganlar: "Ichingizda birisi muhim bir fitnaning boshiga o’tadi va atrofida ko’plar qatl etiladi". وَتَنْبَحُ عَلَيْهَا كِلَابُ الْحَوْئَبِ
Demak, bu sahih, qat'iy hadislar; o’ttiz yildan so’ng Hazrat Alining Hazrat Oysha va Zubayr va Talhaga qarshi Voqea-i Jamalda.. va Muoviyaga qarshi Siffinda.. va Xavorijga qarshi Haravrada va Nahruvanda muhorabasi, u ixbori g’aybiyning bir tasdig’i fe'liysidir.
Ham Hazrat Aliga: "Soqolingni boshingning qoniga botiradigan bir odam"ni ixbor etganlar. Hazrat Ali u odamni tanigan; u Abdurraxmon Ibn Muljam-ul Xorijiydir.
Ham Xorijiylarning ichida Zussadya deyilgan bir odamni, g’arib bir nishon bilan alomat tarzida xabar berganlarki; Xavorijlarning maqtullari ichida u odam bo’lgan; Hazrat Ali uni haqqoniyatiga hujjat ko’rsatgan. Ham mo’'jiza-i Nabaviyani e'lon qilgan.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam; Ummu Salamaning, yana boshqalarning rivoyati sahihi bilan xabar berganlarki: Hazrat Husan Taff, ya'ni Karbaloda qatl qilinadi. Ellik yildan so’ng ayni voqea-i jigarso’z sodir bo’lib, u ixbori g’aybiyni tasdiq etgan.
Ham mukarraran ixbor etganlarki: "Mening Oli Baytim mendan keyin يَلْقَوْنَ قَتْلًا وَ تَشْر۪يدًا ya'ni; qatlga va baloga va surgunga ma'ruz qoladilar". Va bir daraja izoh etganlar, ayni aytganlaridek chiqqan.
Shu maqomda bir muhim savol bor; aytiladiki: "Hazrati Ali shu daraja xilofatga layoqati bo’lgani va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga qarobati va horiquloda jasorat va ilmi bilan barobar, nima uchun xilofatda taqaddum ettirilmadi va nima uchun uning xilofati zamonida Islom ko’p chalkashlikka mazhar bo’ldi?.."
Aljavob: Oli Baytdan bir qutbi a'zam aytganki: "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Alining (R.A.) xilofatini orzu qilganlar, lekin g’aybdan u kishiga bildirilgan: Murodi Ilohiy boshqadir. U kishi ham orzularini tashlab, murodi Ilohiyga tobe bo’lganlar". Murodi Ilohiyning hikmatlaridan biri shu bo’lishi kerak:
Vafoti Nabaviydan so’ng eng ziyoda ittifoq va ittihod etishga muhtoj bo’lgan Sahobalar; agar Hazrati Ali boshqaruvga o’tsaydi, Hazrat Alining xilofati zamonida zuhurga kelgan hodisotning shahodati bilan va Hazrat Alining mumashatsiz, parvosiz, zohidona, qahramonona, mustag’niyona holati va shuxratgiri olam shijoati e'tibori bilan, ko’p zotlarda va qabilalarda raqobat tomirini harakatga keltirib, tafriqqa sabab bo’lishning kuchli ehtimoli bor edi. Ham Hazrat Ali xilofatining taaxxur etishining bir sirri ham shuki: G’oyat muxtalif aqvomning bir-biriga qo’shilishi bilan, Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning xabar berganlaridek, so’ngra inkishof etgan yetmish uch firqa afkorining asoslarini tashigan u aqvom ichida, fitna-angiz hodisotning zuhuri zamonida, Hazrat Ali kabi horiquloda bir jasorat va farosat sohibi, Hoshimiy va Oli Bayt kabi quvvatli, hurmatli bir quvvat lozim ediki, tayana olsin. Ha, tayandi... Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xabar berganlari kabi: "Men Qur'onning tanzili uchun harb etdim, sen ham ta'vili uchun harb etasan!"Agar Hazrat Ali bo’lmasaydi, dunyo saltanati muluki Umaviyani butun-butun yo’ldan chiqarishi muhtamal edi. Holbuki qarshilarida Hazrat Ali va Oli Baytni ko’rganlari uchun, ularga qarshi muvozanaga kelish va ahli Islom nazarida mavqelarini muhofaza qilish uchun istar-istamas Umaviya Davlati raislarining umumi, o’zlari bo’lmasa ham, har holda tashviq va tasviblari bilan atba'lari va tarafdorlari butun quvvatlari bilan haqoiqi Islomiyani va haqoiqi iymoniyani va ahkomi Qur'oniyani muhofazaga va nashrga harakat qildilar. Yuz minglab mujtahidiyni muhaqqiqiyn va muhaddisiyni komiliyn va avliyolar va asfiyolar yetishtirdilar. Agar qarshilarida Oli Baytning g’oyat quvvatli valoyat va diyonat va kamoloti bo’lmasaydi, Abbosiylarning va Umaviylarning oxirlaridagi kabi, tamomila yo’ldan chiqishlari qoviyyan muhtamal edi.
Agar:Nima uchun xilofati Islomiya Oli Bayti Nabaviyda taqarrur etmadi? Holbuki eng ziyoda loyiq va mustahaq ular edi?", deyilsa.
Aljavob:Saltanati dunyoviya aldatuvchidir. Oli Bayt esa, haqoiqi Islomiyani va ahkomi Qur'oniyani muhofazaga ma'mur edilar. Xilofat va saltanatga o’tgan, yo Nabiy kabi ma'sum bo’lishi kerak, yoxud Xulafo-i Roshidin va Umar Ibn Abdulazizi Umaviy va Mahdiyi Abbosiy kabi horiquloda bir zuhdi qalbi bo’lishi kerakki, aldanmasin. Holbuki Misrda Oli Bayt nomiga tashkil topgan Davlati Fotimiya Xilofati va Afrikada Muvahhidiyn Hukumati va Eronda Safaviylar Davlati ko’rsatadiki; saltanati dunyoviya Oli Baytga yaramaydi, vazifa-i asliyasi bo’lgan hifzi dinni va xizmati Islomiyatni ularga unuttiradi. Holbuki saltanatni tark etganlari zamon, porloq va yuksak bir suratda Islomiyatga va Qur'onga xizmat qilganlar.
Qara! Hazrat Hasanning naslidan kelgan aqtoblar, xususan Aqtobi Arbaa va xususan G’avsi A'zam bo’lgan Shayx Abdulqodir Jiyloniy va Hazrat Husanning naslidan kelgan imomlar, xususan Zaynalobidin va Ja'fari Sodiqlar, har biri bittadan ma'naviy mahdiy hukmiga o’tgan, ma'naviy zulmni va zulumotni tarqatib, anvori Qur'oniyani va haqoiqi iymoniyani nashr etganlar. Jaddi amjadlarining bittadan vorisi bo’lganliklarini ko’rsatganlar.
Agar deyilsa:Muborak Islomiyat va nuroniy Asri Saodatning boshiga kelgan u dahshatli qonli fitnaning hikmati va vajhi rahmati nima? Chunki ular qahrga loyiq emas edilar?
Aljavob:Qandayki bahorda dahshatli yomg’irli bir bo’ron har toifa-i nabototning, danaklarning, daraxtlarning iste'dodlarini tahrik etadi, inkishof ettiradi; har biri o’ziga maxsus gul ochadi; fitriy bittadan vazifa boshiga o’tadi. Shunga o’xshab: Sahoba va Tobe'iynning boshiga kelgan fitna ham, urug’lar hukmidagi muxtalif boshqa-boshqa iste'dodlarni tahrik etib qamchiladi; "Islomiyat tahlikadadir, yong’in bor!" deya har toifani qo’rqitdi, Islomiyatning hifziga yugurtirdi. Har biri o’z iste'dodiga ko’ra jami'a-i Islomiyatning kasratli va muxtalif vazifalaridan bir vazifani yelkasiga oldi, kamoli jiddiyat bilan xizmat qildi. Bir qismi hadislarning muhofazasiga, bir qismi shariatning muhofazasiga, bir qismi haqoiqi iymoniyaning muhofazasiga, bir qismi Qur'onning muhofazasiga harakat qildi va hokazo.. Har bir toifa bir xizmatga kirdi. Vazoifi Islomiyatda qizg’in bir suratda sa'y etishdi. Muxtalif ranglarda ko’p gullar ochildi. Juda keng bo’lgan olami Islomiyatning aqtoriga, u bo’ron bilan urug’lar otildi, yarim yerni gulistonga o’girdi. Faqat ma'ataassuf u gullar va guliston ichida ahli bid'at firqalarining tikanlari ham chiqdi.
Go’yo dasti qudrat jalol bilan u asrni silkitdi, shiddat bilan tahrik etib aylantirdi, ahli himmatni g’ayratga keltirib elektrlantirdi. U harakatdan kelgan bir quvva-i anilmarkaziya bilan juda ko’p munavvar mujtahidlarni va nuroniy muhaddislarni, qudsiy hofizlarni, asfiyolarni, aqtoblarni olami Islomning atrofiga uchirdi, hijrat ettirdi. Sharqdan g’arbga qadar ahli Islomni hayajonga keltirib, Qur'onning xazinalaridan istifoda uchun ko’zlarini ochirdi... Endi mavzuga kelamiz.
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning umuri g’aybiyadan xabar bergani kabi to’g’ri sodir bo’lgan ishlar minglab, juda ko’pdir. Biz yolg’iz juz'iy bir nechta misoliga ishorat qilamiz:
Xullas boshda Buxoriy va Muslim, sahihligi bilan mashhur Kutubi Sitta-i Hadisiya sohiblari biz bayon qiladigan xabarlarning ko’pida muttafiq va u xabarlarning ko’pi ma'nan mutavotir va bir qismi ham, ahli tahqiq ularning to’g’riligiga ittifoq etishi bilan, mutavotir kabi qat'iy deyish mumkin.
Xullas -naqli sahihi qat'iy bilan- asxobiga: "Siz umum dushmanlaringiz ustidan g’alaba qilasiz; ham Fathi Makka, ham Fathi Haybar, ham Fathi Shom, ham Fathi Iroq, ham Fathi Eron, ham Fathi Bayt-ul Maqdisga muvaffaq bo’lasiz. Ham o’sha zamonning eng buyuk davlatlari bo’lgan Eron va Rum podshohlarining xazinalarini o’rtangizda taqsim qilasiz!..", deganlar. Xabar berganlar, "Taxminim shunday yoki o’ylayman" demaganlar. Balki ko’rayotgandek qat'iy ixbor etganlar, xabar berganlari kabi chiqqan. Holbuki xabar bergan vaqt, hijratga majbur bo’lganlar. Sahobalari oz, Madina atrofi va butun dunyo dushman edi.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- ko’p marta farmon etganlar:
عَلَيْكُمْ بِس۪يرَةِ الَّذَيْنِ مِنْ بَعْد۪ى اَب۪ى بَكْرٍ وَ عُمَرَ
deb, Abu Bakr va Umar u zotdan keyinga qoladilar, ham xalifa bo’ladilar, ham mukammal bir suratda va rizo-i Ilohiy va marzi-i Nabaviy doirasida harakat qiladilar. Ham Abu Bakr oz qoladi, Umar ko’p qoladi va juda ko’p futuhot qiladi.
Ham:
زُوِيَتْ لِىَ الْاَرْضُ فَاُر۪يتُ مَشَارِقَهَا وَمَغَارِبَهَا وَسَيَبْلُغُ مُلْكُ اُمَّت۪ى مَا زُوِىَ ل۪ى مِنْهَا
"Sharqdan g’arbga qadar mening ummatimning qo’liga o’tadi. Hech bir ummat uncha mulk zabt etmagan", deganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- G’azo-i Badrdan avval:
هٰذَا مَصْرَعُ اَب۪ى جَهْلٍ، هٰذَا مَصْرَعُ عُتْبَةَ، هٰذَا مَصْرَعُ اُمَيَّةَ، هٰذَا مَصْرَعُ فُلَانٍ وَ فُلَانٍ
deb, mushrik Quraysh raislarining har biri qayerda qatl etilishini ko’rsatganlar va : "Men o’z qo’lim bilan Ubay Ibn Xalafni o’ldiraman", deganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- bir oy uzoq masofada Shom atrofida, Mut'a nomli mavqedagi g’azva-i mashhurada muhoraba etgan sahobalarini ko’rayotganday:
اَخَذَ الرَّايَةَ زَيْدٌ فَاُص۪يبَ، ثُمَّ اَخَذَهَا اِبْنُ رَوَاحَةَ فَاُص۪يبَ، ثُمَّ اَخَذَهَا جَعْفَرُ فَاُص۪يبَ، ثُمَّ اَخَذَهَا سَيْفٌ مِنْ سُيُوفِ اللّٰهِ
deb, bitta-bitta hodisotni asxobiga xabar berganlar. Ikki-uch hafta so’ngra Ya'la Ibn Munabbih maydoni harbdan kelib; hali gapirmasdan Muxbiri Sodiq (S.A.V.) harbning tafsilotini bayon etdilar. Ya'la qasam ichdi: "Aytganingiz kabi aynan shunday bo’ldi".
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:
اِنَّ الْخِلَافَةَ بَعْد۪ى ثَلَاثُونَ سَنَةً ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَضُوضًا وَاِنَّ هٰذَا الْاَمْرَ بَدَاَ نُبُوَّةً وَرَحْمَةً ثُمَّ يَكُونُ رَحْمَةً وَخِلَافَةً ثُمَّ يَكُونُ مُلْكًا عَضُوضًا ثُمَّ يَكُونُ عُتُوًّا وَ جَبَرُوتًا
deb, Hazrat Hasanning olti oy xilofati bilan; Chihori Yori Guzinning (Xulafo-i Roshidinning) zamoni xilofatlarini va ulardan so’ngra saltanat shakliga kirishini, so’ngra u saltanatdan jabarut va fasodi ummat bo’lishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:
يُقْتَلُ عُثْمَانُ وَهُوَ يَقْرَاُ الْمُصْحَفَ وَاِنَّ اللّٰهَ عَسٰى اَنْ يُلْبِسَهُ قَم۪يصًا وَاِنَّهُمْ يُر۪يدُونَ خَلْعَهُ
deb, Hazrat Usmon xalifa bo’lishini va xal'i istanilishini va mazlum bo’lib Qur'on o’qirkan qatl etilishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- hajamat etib muborak qonlarini Abdulloh Ibn Zubayr tabarrukan sharbat kabi ichgan payti:
وَيْلٌ لِلنَّاسِ مِنْكَ وَ وَيْلٌ لَكَ مِنَ النَّاسِ
deb, horiqo bir shijoat bilan ummatning boshiga o’tishini va mudhish hujumlarga ma'ruz qolishlarini va insonlar u tufayli dahshatli hodisalarga giriftor bo’lishlarini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan. Abdulloh Ibn Zubayr, Umaviylar zamonida xilofatni Makkada e'lon qilib qahramonona ko’p musodama etgan; nihoyat Hajjoji Zolim katta bir qo’shin bilan ustiga hujum qilib, shiddatli musodamadan so’ng u qahramoni oliyshon shahid etilgan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Umaviylar Davlatining zuhurini va ularning podshohlarining ko’pchiligi zolim bo’lishini va ichlarida Yazid va Valid bo’lishini va Hazrat Muoviya ummatning boshiga o’tishini, وَاِذَا مَلَكْتَ فَاَسْجِحْ farmoni bilan, rifq va adolatni tavsiya etganlar. Va Umaviylardan so’ngra
يَخْرُجُ وَلَدُ الْعَبَّاسِ بِالرَّايَاتِ السُّودِ وَ يَمْلِكُونَ اَضْعَافَ مَا مَلَكُوا
deb, Davlati Abbosiyaning zuhurini va uzun muddat davom etishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-: وَيْلٌ لِلْعَرَبِ مِنْ شَرٍّ قَدِ اقْتَرَبَ deb, Chingiz va Xulaguning dahshatli fitnalarini va Arab Davlati Abbosiyasini mahv etishlarini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Sa'd Ibn Abu Vaqqos g’oyat og’ir xasta ekan, unga:
لَعَلَّكَ تُخَلَّفُ حَتّٰى يَنْتَفِعَ بِكَ اَقْوَامٌ وَيَسْتَضِرَّ بِكَ اٰخَرُونَ
deb, kelajakda buyuk bir qo’mondon bo’lishini, ko’p futuhot qilishini, ko’p millatlar va qavmlar undan manfaat ko’rib, ya'ni musulmon bo’lib va ko’plar zarar ko’rishini, ya'ni davlatlari uning qo’li bilan xarob bo’lishini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan. Hazrati Sa'd qo’shini Islom boshqaruviga o’tdi, Davlati Eroniyani chil-parchin etdi; ko’p qavmlarning doira-i Islomga va hidoyatga kirishlariga sabab bo’ldi.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- iymonga kelgan Habash Moliki Najoshiy, Hijratning yettinchi yilida vafot etgan kuni asxobiga xabar berganlar, hatto janoza namozini o’qiganlar. Bir hafta so’ngra xabar keldiki, ayni kunda vafot etgan ekan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Chihori Yori Guzin bilan barobar Uhud yoki Hiro Tog’ining boshida ekanlar, tog’ titradi, qimirladi. Tog’ga farmon etdilarki:
اُثْبُتْ فَاِنَّمَا عَلَيْكَ نَبِىٌّ وَ صِدّ۪يقٌ وَ شَه۪يدٌ
deb, Hazrati Umar va Usmon va Alining shahid bo’lishlarini xabar berganlar. Xabar berganlari kabi chiqqan.
Endi ey badbaxt, qalbsiz, bechora odam! Muhammadi Arabiy aqlli bir odam edi deya u Shamsi Haqiqatga qarshi ko’zini yumgan bechora inson! O’n besh anvo'i kulliya-i mo’'jizotidan birgina nav bo’lgan umuri g’aybiyadan o’n besh va balki yuz qismidan bir qismini eshitding. Ma'naviy tavotur darajasida qat'iy bir qismini eshitding. Shu ixbori g’ayb qismining yuzdan birisini aql ko’zi bilan ko’rgan bir zotga "dohiyi a'zam" deyiladiki, farosati bilan istiqbolni kashf etadi. Shunga binoan, sen kabi mayli dohiy desak; yuz dohiyi a'zam darajasida bir daho-i qudsiyani o’zida jamlagan odam xato ko’radimi? Xato xabar berishga tanazzul etadimi? Bunday yuz daraja daho-i a'zam sohibining saodati doraynga doir so’zlarini tinglamaslik, albatta yuz daraja devonalikning alomatidir.
OLTINCHI NUKTALI ISHORAT:
-Naqli sahihi qat'iy bilan- Hazrat Fotimaga (R.A.) farmon etganlarki:
اَنْتِ اَوَّلُ اَهْلِ بَيْت۪ى لُحُوقًا ب۪ى
deb, "Oli Baytimdan harkasdan avval vafot etib, menga iltihoq etasan" deb aytganlar. Olti oy so’ngra xabar berganlari kabi aynan zuhur etgan.
Ham Abu Zarga:
سَتُخْرَجُ مِنْ هُنَا وَتَع۪يشُ وَحْدَكَ وَتَمُوتُ وَحْدَكَ
deb, Madinadan surgun qilinib, yolg’iz hayot o’tkazib, yolg’iz bir sahroda vafot etishini xabar berganlar. Yigirma yildan so’ng xabar berganlari kabi chiqqan.
Ham Anas Ibn Molikning ammasi bo’lgan Ummu Haramning xonasida uyqudan turganlar, tabassum etib:
رَاَيْتُ اُمَّت۪ى يَغْزُونَ فِى الْبَحْرِ كَالْمُلُوكِ عَلَى الْاَسِرَّةِ
deganlar. Ummu Haram: "Duo qiling, men ham ular bilan barobar bo’lay", deb iltimos qilgan. Javoban: "Barobar bo’lasan", deganlar. Qirq yil o’tib, zavji bo’lgan Uboda Ibn Somit hamrohligida Qibrisning fathiga borgan; Qibrisda vafot etib, qabri ziyoratgoh bo’lgan. Xabar berganlari kabi aynan zuhur etgan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- farmon etganlarki: يَخْرُجُ مِنْ ثَق۪يفَ كَذَّابٌ وَ مُب۪يرٌ ya'ni: "Saqif Qabilasidan biri da'vo-i nubuvvat etadi; va biri, xunxo’r zolim chiqadi." deb, nubuvvat da'vo etgan mashhur Muxtorni va yuz ming odamni o’ldirgan Hajjoji Zolimni xabar berganlar.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-
سَتُفْتَحُ الْقُسْطَنْط۪ينِيَّةُ فَنِعْمَ الْاَم۪يرُ اَم۪يرُهَا وَنِعْمَ الْجَيْشُ جَيْشُهَا
deb, Istanbulning Musulmonlar qo’li bilan fath qilinishini va Hazrat Sulton Mahmud Fotihning yuksak martaba sohibi bo’lgani xabarini berganlar. Xabar berganlari kabi zuhur etgan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:
اِنَّ الدّ۪ينَ لَوْ كَانَ مَنُوطًا بِالثُّرَيَّا لَنَالَهُ رِجَالٌ مِنْ اَبْنَاءِ فَارِسَ
deb, boshda Abu Hanifa, Eronning mislsiz bir suratda yetishtirgan ulamo va avliyosiga ishorat qiladilar, xabar beradilar.
Ham: عَالِمُ قُرَيْشٍ يَمْلَءُ طِبَاقَ الْاَرْضِ عِلْمًا deb, Imom Shofe'iyga ishorat etib xabar beradilar.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:
سَتَفْتَرِقُ اُمَّت۪ى ثَلَاثًا وَسَبْع۪ينَ فِرْقَةً اَلنَّاجِيَةُ وَاحِدَةٌ مِنْهَا.
ق۪يلَ : مَنْهُمْ؟ قَالَ : مَا اَنَا عَلَيْهِ وَ اَصْحَاب۪ى
deb, ummatlari yetmish uch firqaga inqisom etishini va ichida firqa-i nojiya-i komila Ahli Sunnat va Jamoat ekanini xabar beradilar.
Ham: اَلْقَدَرِيَّةُ مَجُوسُ هٰذِهِ الْاُمَّةِ deb, ko’p sho’'balarga inqisom etgan va qadarni inkor etgan Qadariya toifasini xabar berganlar. Yana ko’p sho’'balarga inqisom etgan Rofiziylarni ham xabar berganlar.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Imom Aliga (R.A.) aytganlar: Sendan Hazrati Iso (A.S.) kabi ikki qism inson halokatga ketadi. Birisi ifroti muhabbat; boshqasi ifroti adovat bilan. Hazrat Isoga Nasroniy muhabbatidan haddi mashru'dan tajovuz qilib xosho "Ibnulloh" dedilar. Yahudiy adovatidan tajovuz etdilar, nubuvvatini va kamolini inkor etdilar. Sen haqqingda ham bir qism, haddi mashru'dan tajovuz etadi, muhabbatidan halokatga ketadi. لَهُمْ نَبْزٌ يُقَالُ لَهُمُ الرَّافِضِيَّةُ deganlar. Bir qismi, senga adovatda ko’p oldin ketadilar, ular ham Xavorijdir va Umaviylarning mufrit bir qism tarafdorlari bo’lib, ularga Nasiba deyiladi.
Agar:"Oli Baytga muhabbatni Qur'on amr qiladi. Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam ko’p tashviq etganlar. O’sha muhabbat Shialar uchun balki bir uzr tashkil qilar. Chunki ahli muhabbat bir daraja ahli sakrdir. Nima uchun Shialar, xususan Rofiziylar u muhabbatdan istifoda etmaydilar; balki ishorati Nabaviya bilan u farti muhabbatga mahkum?", desang.
Aljavob:Muhabbat ikki qismdir. Biri: Ma'no-i harfiy ila; ya'ni: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hisobiga, Janobi Haq nomiga Hazrat Ali bilan Hasan va Husan va Oli Baytni sevishdir. Bu muhabbat Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muhabbatini ziyodalashtiradi. Janobi Haqning muhabbatiga vasila bo’ladi. Bu muhabbat mashru'dir, ifroti zarar bermaydi, tajovuz etmaydi, boshqalarning zammini va adovatini iqtizo etmaydi.
Ikkinchisi:Ma'no-i ismiy ila muhabbat. Ya'ni bizzot ularni sevadi. Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamni o’ylamasdan Hazrat Alining qahramonliklarini va kamolini va Hazrat Hasan va Husanning yuksak fazilatlarini o’ylab sevadi. Hatto Allohni bilmasa ham, Payg’ambarni tanimasa ham, yana ularni sevadi. Bu sevish, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muhabbatiga va Janobi Haqning muhabbatiga sababiyat bermaydi; ham ifrot bo’lsa, boshqalarning zammini va adovatini iqtizo etadi.
Xullas, ishorati Nabaviya bilan, Hazrat Ali haqida ziyoda muhabbatlaridan, Hazrat Abu Bakr Siddiq bilan Hazrat Umardan tabarri etganlaridan, xasoratga tushganlar. Va u manfiy muhabbat, sababi xasoratdir.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-:
اِذَا مَشَوُا الْمُطَيْطَاءَ وَخَدَمَتْهُمْ بَنَاتُ فَارِسَ وَالرُّومِ، رَدَّ اللّٰهُ بَاْسَهُمْ بَيْنَهُمْ وَ سَلَّطَ شِرَارَهُمْ عَلٰى خِيَارِهِمْ
deb, "Qachon sizga Fors va Rum qizlari xizmat qilsa, u vaqt balongiz, fitnangiz ichingizga kiradi, harbingiz dohiliy bo’ladi; sharirlaringiz boshqaruvga o’tib, xayrlilar va yaxshilaringizga hujum qiladilar!" deb xabar berganlar. O’ttiz yil so’ngra ayni xabar berganlari kabi bo’lgan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan-: وَتُفْتَحُ خَيْبَرُ عَلٰى يَدَىْ عَلِىٍّ deb, "Haybar Qal'asining fathi Alining qo’li bilan bo’ladi". Kutilgandan ortiq ikkinchi kun bir mo’'jiza-i Nabaviya bo’lib Haybar Qal'asining eshigini Hazrat Ali sug’urib qalqon kabi iste'mol etib, fathga muvaffaq bo’lgandan so’ng eshikni yerga otgan; sakkizta kuchli odam u eshikni yerdan ko’tarolmagan; bir rivoyatda qirqta odam ko’tarolmagan.
Ham:
لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتّٰى تَقْتَتِلَ فِئَتَانِ دَعْوَاهُمَا وَاحِدَةٌ
deya, Siffinda Hazrat Ali bilan Muoviyaning harbini xabar berganlar.
Ham: اِنَّ عَمَّارًا تَقْتُلُهُ الْفِئَةُ الْبَاغِيَةُ deya, "Bog’iy bir toifa Ammorni qatl qiladi". So’ngra Siffin Harbida qatl etildi. Hazrat Ali uni Muoviyaning tarafdorlari bog’iy bo’lganliklariga hujjat qilib ko’rsatdi. Faqat Muoviya ta'vil etdi. Amr Ibn-al Os dedi: "Bog’iy yolg’iz uning qotillaridir, umumimiz emasmiz".
Ham: اِنَّ الْفِتَنَ لَا تَظْهَرُ مَا دَامَ عُمَرُ حَيًّا deya, "Hazrat Umar sog’ ekan, ichingizda fitnalar zuhur etmaydi!" xabar berganlar, shunday ham bo’lgan.
Ham Sahl Ibn Amr hali iymonga kelmasdan asir bo’lgan. Hazrat Umar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga deganki: "Ruxsat bering, men buning tishlarini sug’urib olaman. Chunki u fasohati bilan kuffori Qurayshni biz bilan urushishga tashviq etar edi". Rasuli Akram Alayhissolatu Vassalam: وَعَسٰى اَنْ يَقُومَ مَقَامًا يَسُرُّكَ يَا عُمَرُdeya, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning vafotlari hangomida bo’lgan dahshat-angiz va sabrso’z hodisada, Hazrat Abu Bakr-is Siddiq qandayki Madina-i Munavvarada kamoli matonat bilan hammaga tasalli berib muhim bir xutba bilan sahobalarni taskin etgan.. aynan shuning kabi: Sahl o’sha hangomda, Makka-i Mukarramada ayni Abu Bakr-is Siddiq kabi sahobaga taskin va tasalli berib, ma'lum fasohati bilan Abu Bakr-is Siddiqning ayni xutbasining maolida bir nutq so’zlagan. Hatto ikki xutbaning kalimalari bir biriga o’xshaydi.
Ham Suroqaga:
كَيْفَ بِكَ اِذَا اُلْبِسْتَ سُوَارَىْ كِسْرٰى
deya, "Kisroning ikki bilaguzugini kiyasan! Hazrat Umar zamonida Kisro mahv etildi, ziynatlari va shohona bilaguzuklari keldi; Hazrat Umar Suraqoga kiydirdi. Dedi:
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى سَلَبَهُمَا كِسْرٰى وَاَلْبَسَهُمَا سُرَاقَةَ
ixbori Nabaviyni tasdiq ettirdi.
Ham:
اِذَا ذَهَبَ كِسْرٰى فَلَا كِسْرٰى بَعْدَهُ
deya, "Kisro-i Fors ketgandan so’ng, ortiq kisro chiqmaydi!" xabar berganlar, ham shunday bo’lgan.
Ham Kisro elchisiga: "Hozir Kisroning o’g’li Shirvayx Parviz Kisroni o’ldirdi", deganlar. U elchi tahqiq etgan, ayni vaqtda shunday bo’lgan; u ham musulmon bo’lgan. Ba'zi ahodisda u elchining oti Firuzdir.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- Hatib Ibn Balta'o yashirin Qurayshga yuborgan maktubini xabar berganlar. Hazrat Ali bilan Miqdodni yuborganlar. "Falon mavqeda bir shaxsda shunday bir maktub bor. Olinglar, keltiringlar!" Bordilar, ayni yerdan ayni maktubni keltirdilar. Hatibni chaqirishdi. "Nima uchun qilding?" deganda; u uzr so’ragan, uzrini qabul qilganlar.
Ham -naqli sahih bilan- Utba Ibn Abu Lahab haqida farmon etganlarki: يَاْكُلُهُ كَلْبُ اللّٰهِ deya, Utbaning oqibati fojiasini xabar berganlar. So’ngra Yaman tarafiga borarkan, bir arslon kelib uni yeb tashlagan. Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning ham badduolarini, ham xabarlarini tasdiq etgan.
Ham -naqli sahih bilan- Fathi Makka vaqtida, Hazrat Biloli Habashiy Ka'ba tomiga chiqib azon o’qiganlar. Ruaso-i Qurayshdan Abu Sufyon, Attob Ibn Asid va Horis Ibn Hishom o’tirib gaplashishgan. Attob: "Padarim Asid baxtiyor ediki, bu kunni ko’rmadi", dedi. Horis dediki: "Muhammad bu qora qarg’adan boshqa odam topmadimiki, muazzin qilsin?" Hazrat Biloli Habashiyni tazyif etdi. Abu Sufyon dedi: "Men qo’rqaman, hech narsa demayman; hech kim bo’lmasa ham, shu Bathaning toshlari unga xabar beradi, va u biladi". Haqiqatdan bir oz o’tib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ularga uchradilar, so’zma-so’z gapirganlarini aytib berdilar. U vaqt Attob bilan Horis shahodat keltirdilar, musulmon bo’ldilar.
Xullas, ey bechora mulhid! Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamni tanimagan qalbsiz odam! Qara, Qurayshning ikki muannid kattalari birgina ixbori g’aybiy bilan iymonga keldilar. Qalbing naqadar buzilganki, ma'naviy tavotur bilan bu ixbori g’aybiy kabi minglab mo’'jizotni eshityapsan, yana qanoati tommang kelmayapti!.. Nima bo’lganda ham, mavzuga qaytamiz.
Ham -naqli sahih bilan- G’azva-i Badrda, Hazrat Abbos sahobalarning qo’liga asir tushgan vaqtda, fidya-i najot istanilgan. U ham degan: "Pulim yo’q". Hazrat Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlar: "Zavjaning Ummu Fazl yonida bu qadar pulni falon joyga qo’ygansan". Hazrat Abbos tasdiq etib, "Ikkimizdan boshqa hech kim bilmagan bir sir edi". U vaqt kamoli iymonni qozonib musulmon bo’lgan.
Ham -naqli sahihi qat'iy bilan- muzir bir sehrgar bo’lgan Labidi Yahudiy Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni ranjitish uchun ajib va muassir bir sehr qilgan. Bir taroqqa sochlarni o’ragan, ustida sehr qilgan, bir quduqqa otgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Aliga va sahobalarga farmon etganlar: "Boringlar, falon quduqda bu tur sehr alomatlarini topib keltiringlar!" Borganlar, aynan shunday topib keltirganlar. Har bir ipi ochilishi bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ham xastaligidan yengillik topishgan.
Ham -naqli sahih bilan- Abu Hurayra va Huzayfa kabi muhim zotlar bo’lgan bir hay'atda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:
ضِرْسُ اَحَدِكُمْ فِى النَّارِ اَعْظَمُ مِنْ اُحُدٍ
deya, bir kishining irtidodi bilan mudhish oqibatini xabar berishgan. Abu Hurayra: "U hay'atdan men bir odam bilan ikkimiz qoldik; men qo’rqdim. So’ngra o’sha odam Yamoma Harbida Musaylima tarafida bo’lib, murtad o’laroq qatl etildi", degan. Ixbori Nabaviyning haqiqati chiqqan.
Ham -naqli sahih bilan- Umayr va Safvon musulmon bo’lmasdan avval, muhim bir molga muqobil Payg’ambarning (S.A.V.) qatliga qaror berib; Umayr Payg’ambarning (S.A.V.) qatlini niyat qilib Madinaga kelgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Umayrni ko’rib, yonlariga chaqib: "Savfon bilan kelishuvingiz shunday!" dedilar. Qo’llarini Umayrning ko’ksiga qo’ydilar, Umayr "Ha" dedi, musulmon bo’ldi.
Yana bular kabi juda ko’p sahih ixboroti g’aybiya vuqu' topgan. Mashhur Kutubi Sitta-i Sahiha-i Hadisiyada zikr qilingan va sanadlari bilan bayon qilingan. Bu risolada bayon qilingan voqealarning aksari tavoturi ma'naviy hukmida qat'iy, yaqiyniydirlar. Boshda Buxoriy va Muslim, Qur'ondan so’ng eng sahih kitob bo’lganini ahli tahqiq qabul etgan. Va boshqa Sahihi Termiziy, Nasaiy va Abu Dovud va Musnadi Hakim va Musnadi Ahmad Ibn Hanbal va Daloili Bayhaqiy kabi kitoblarda an'anasi bilan bayon etilgan.
Endi ey mulhidi behush! "Muhammadi Arabiy (S.A.V.) aqlli bir odam edi" deb o’tma. Chunki shu umuri g’aybiyaga doir ixboroti sodiqa-i Ahmadiya (S.A.V.) ikki qismdan xoli emas; yo deysanki: U Zoti Qudsiyda shunday keskin bir nazar va keng bir daho borki, moziy va mustaqbalni va umum dunyoni ko’radi, biladi va atrofi olamni va sharq va g’arbni tomosha qiladigan bir ko’zi va o’tmish va kelajak butun zamonlarni kashf etadigan bir dahosi bor. Bu hol esa basharda bo’lolmaydi; agar bo’lsa, Xoliqi Olam tarafidan berilgan bir horiqo, bir mavhiba bo’ladi. Bu esa, bir o’zi bir mo’'jiza-i a'zamdir. Yoxud ishonishing kerakki: U Zoti Muborak shunday bir Zotning ma'muri va shogirdidirki, hamma narsa uning nazarida va tasarrufidadir va butun anvo'i koinot va butun zamonlar uning taxti amridadir. Daftari Kabirida hamma narsa yozilgan bo’lib; istagan payti talabasiga bildiradi va ko’rsatadi. Demak Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam Ustozi Azaliysidan dars oladi, shunday dars beradi...
Ham -naqli sahih bilan- Hazrat Xolidni, harb uchun Dumatul Jandal Raisi bo’lgan Ukaydirga yuborgan vaqt:اِنَّكَ تَجِدُهُ يَص۪يدُ الْبَقَرَ deya, baqari vahshiy ovida bo’lishini, urushsiz asir etilishini xabar berganlar. Hazrat Xolid borib, aynan shunday ko’rgan, asir qilib keltirgan.
Ham -naqli sahih bilan- Quraysh Bani Hoshimiyga qarshi yozgan va Ka'baning shiftiga osgan sahifalari haqida: "Qurtlar yozuvlaringizni yedi, yolg’iz sahifadagi Asmo-i Ilohiyaga tegilmagan!" deb xabar berganlar. So’ngra borib sahifaga qaraganda, aynan shunday bo’lganini ko’rishgan.
Ham -naqli sahih bilan- "Bayt-ul Maqdisning fathida buyuk bir vabo chiqadi" farmon etgan edilar. Hazrat Umar zamonida Bayt-ul Maqsid fath qilindi. Va shunday bir vabo chiqdiki, uch kunda yetmish ming vafiyot bo’ldi.
Ham -naqli sahih bilan- u zamonda vujudi bo’lmagan Basra va Bog’dodning vujudga kelishlarini va Bog’dodga dunyo xazinalarining kirishini va Turklar va Bahri Hazar atrofidagi millatlar bilan Arablar muhoraba qilishlarini va so’ngra ularning aksariyati Islomiyatga kirishini; Arablarga Arablar ichida hokim bo’lishlarini xabar berganlar:
Aytganlarki:
يُوشِكُ اَنْ يَكْثُرَ ف۪يكُمُ الْعَجَمُ يَاْكُلُونَ فَيْئَكُمْ وَيَضْرِبُونَ رِقَابَكُمْ
Ham: هَلَاكُ اُمَّت۪ى عَلٰى يَدِ اُغَيْلِمَةٍ مِنْ قُرَيْشٍ deya, Umaviylarning Yazid va Valid kabi sharir raislarining fasodini xabar berganlar.
Ham Yamoma kabi bir qism yerlarda irtidod sodir bo’lishini xabar berganlar.
Ham G’azva-i Mashhura-i Handakda:
اِنَّ قُرَيْشًا وَالْاَحْزَابَ لَا يَغْزُون۪ى اَبَدًا وَاَنَا اَغْزُوهُمْ
deya, "Bundan keyin ular menga emas, balki men ularga hujum qilaman!" deb xabar berganlar, aytganlaridek chiqqan.
Ham -naqli sahih bilan- vafotlaridan bir-ikki oy avval:
اِنَّ عَبْدًا خُيِّرَ فَاخْتَارَ مَا عِنْدَ اللّٰهِ
deya vafotlarini xabar berganlar.
Ham Zayd Ibn Suvahan haqida: يَسْبِقُ عُضْوٌ مِنْهُ اِلَى الْجَنَّةِ Zayddan avval bir a'zosi shahid etilishini xabar berganlar. Bir zamon o’tib, Nihavand Harbida bir qo’li kesilgan. Demak eng avval u qo’l shahid bo’lib, ma'nan Jannatga ketgan.
Xullas, butun bahs etganimiz umuri g’aybiya o’n qism anvo'i mo’'jizotidan birgina navdir. U navning o’n qismidan bir qismini aytmadik. Hozir bu qism bilan barobar i'jozi Qur'onga doir Yigirma Beshinchi So’zda, g’oyat keng ixbori g’ayb navining to’rt navini ijmolan bayon etganmiz. Xullas, bu yerdagi nav bilan barobar, Qur'onning lisoni bilan g’aybdan xabar berilgan u to’rt katta navni barobar o’yla. Ko’rki: Naqadar qat'iy, shubhasiz, porloq, quvvatli, qoviy bir burhoni risolat bo’lib; butun-butun qalbi, aqli buzilmagan odam albatta iymon keltiradiki: Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam Xoliqi Kulli Shay va Allam-ul G’uyub bo’lgan bir Zoti Zuljalolning rasulidir va undan xabar oladi.
YETTINCHI NUKTALI ISHORAT:
Mo’'jizoti Nabaviyaning barakati taom xususida bo’lgan qismidan bir qancha qat'iy va ma'nan mutavotir misoliga ishorat qilamiz. Bahsdan avval bir muqaddimaning zikri munosib bo’ladi.
Muqaddima:Keladigan barakali mo’'jizot misollari, har biri mutaaddid tariq bilan, hatto ba'zilari o’n olti tariq bilan sahih bir suratda naql etilgan. Aksari, bir jamoati kasira huzurida sodir bo’lgan; u jamoat ichida mo’'tabar va sodiq insonlar ulardan bahs etib naql etishgan. Masalan: "Sa' deyilgan to’rt hovuch taomdan yetmish odam yegan, to’ygan"i naql qilinmoqda. U yetmish odam uning so’zini eshitib, takzib etmagan. Demak, sukut bilan tasdiq etishgan. Holbuki u asri sidq va haqiqatda va u haqparast va jiddiy va to’g’ri bo’lgan sahobalar, zarra miqdor yolg’onni ko’rsa, rad va takzib etishgan. Holbuki bahs etadiganimiz voqealarni ko’plar rivoyat qilgan va boshqalar ham sukut bilan tasdiq etishgan. Demak, har bir hodisa ma'nan mutavotir kabi qat'iydir. Ham sahobalar, Qur'onning va oyatlarning hifzidan so’ng eng ziyoda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning af'ol va aqvolining muhofazasiga, xususan ahkomga va mo’'jizotga doir ahvoliga butun kuchlari bilan harakat qilganlarini va to’g’riliklariga juda ham diqqat qilganlarini Tarix va Siyar shahodat etadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid eng kichik bir harakatni, bir siyratni, bir holni ihmol etmaganlar. Va etmaganlariga va qayd etganliklariga kutubi ahodisiya shahodat etadi. Ham Asri Saodatda, mo’'jizotni va madori ahkom ahodisni kitobat bilan ko’plar qayd qilib yozishgan. Xususan Abadila-i Sab'a kitobat bilan qayd qilishgan. Xususan Tarjimon-ul Qur'on bo’lgan Abdulloh Ibn Abbos va Abdulloh Ibn Amr Ibn-al Os, xususan o’ttiz-qirq yil so’ng, Tobe'iynning minglab muhaqqiqlari ahodisni va mo’'jizotni yozuv bilan qayd etishdi. Yana undan so’ng, boshda to’rt imomi mujtahid va minglab muhaqqiq muhaddislar naql etdilar; yozuv bilan muhofaza etdilar. Yana Hijratdan ikki yuz yil so’ng boshda Buxoriy, Muslim, Kutubi Sitta-i Maqbula vazifa-i hifzni bo’yinlariga oldilar. Ibn Javziy kabi minglab shiddatli munaqqidlar chiqib; ba'zi mulhidlarning yoki fikrsiz yoki hifzsiz yoki nodonlar chalkashtirgan mavzu' ahodisni tafriq etdilar, ko’rsatdilar. So’ngra ahli kashfning tasdig’i bilan; yetmish marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tamassul etib, yaqazo holida u Zotning suhbati bilan musharraf bo’lgan Jaloliddin Suyutiy kabi allomalar va muhaqqiqlar, ahodisi sahihaning olmoslarini boshqa so’zlardan va mavzu'otdan tafriq etishgan. Xullas, bahs etilgan hodisalar, mo’'jizalar qo’ldan qo’lga -quvvatli, amin, mutaaddid va ko’p, balki hadsiz qo’llardan- sog’lom holda bizga kelgan. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Shunga binoan; "Bu vaqtgacha uzun masofadan kelgan bu zamondan to u zamonga qadar bu hodisalarni chalkashmagani va sofligini qanday bilamiz", degan xayol kelmasligi kerak.
Barakaga doir mo’'jizoti qat'iyaning birinchi misoli:Boshda Buxoriy va Muslim, Kutubi Sitta-i Sahiha muttafiqan xabar beradilarki; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Hazrat Zaynab bilan tazavvujlari valiymasida, Hazrat Anasning volidasi Ummu Sulaym bir-ikki hovuch xurmoni yog’ bilan qovurib, bir idishga qo’yib Hazrat Anas bilan Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamga yubordi. Anasga: "Falon, falonni chaqir. Yana kimni uchratsang, da'vat et", deganlar. Anas kimni uchratgan bo’lsa, chaqirdi. Uch yuztacha sahoba kelib, Suffa va Hujra-i Saodatni to’ldirdilar. تَحَلَّقُوا عَشَرَةً عَشَرَةً Ya'ni: "O’nta-o’nta halqa bo’ling!" , dedilar. So’ngra muborak qo’llarini u oz taom ustiga qo’ydilar, duo qildilar, marhamat qiling dedilar. Uch yuz odam yedi, to’yib turishdi. Anasga: "Ko’tar!" deb buyurganlarida Anas: "Bilmadim, taom idishini qo’ygan vaqtim ko’p edimi, yo’qsa olgan vaqtimmi, farqlay olmadim", degan.
Ikkinchi Misol:Mehmondori Nabaviy Abu Ayyub-al Ansoriy xonasiga tashrifi Nabaviy hangomida Abu Ayyub deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam va Abu Bakr Siddiqqa kifoya qiladigan ikki kishilik ovqat qildim. Unga: اُدْعُ ثَلَاث۪ينَ مِنْ اَشْرَافِ الْاَنْصَارِ, dedilar. O’ttiz odam keldilar, yedilar. So’ngra: اُدْعُ سِتّ۪ينَ , dedilar. Oltmishta yana da'vat etdim; keldilar, yedilar. So’ngra: اُدْعُ سَبْع۪ينَ , dedilar. Yetmishta yana da'vat etdim; keldilar, yedilar. Idishlarda ovqat yana qoldi. Butun kelganlar u mo’'jiza qarshisida Islomiyatga kirib, bay'at etdilar. U ikki kishilik taomdan bir yuz saksonta odam yedilar.
Uchinchi Misol:Hazrat Umar Ibn-al Xattob va Abu Hurayra va Salama Ibn-al Akva' va Abu Amrat-al Ansoriy kabi, mutaaddid tariqlar bilan deydilarki: Bir g’azvada qo’shin och qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga murojaat etdilar. U zot: "Xurjunlaringizda qolgan boqiyya-i arzoqni to’planglar!" dedilar. Hamma kam-kam biroz xurmo keltirdi. Eng ko’p keltirgan to’rt hovuch keltira oldi. Bir sholchaga qo’ydilar. Salama deydiki: "Yig’ilgan narsalarni taxmin qildim, zo’rg’a o’tirgan bir echki qadar chiqar edi". So’ngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam baraka uchun duo qilib: "Harkas idishini keltirsin!" dedilar. Yugurib kelishdi. U qo’shin ichida hech bir idish qolmadi, hammasini to’ldirdilar. Ham ortib qoldi. Sahobadan bir roviy: "U barakaning davomidan angladim; agar ahli Arz kelsaydi, ularga ham kifoya qilardi", degan.
To’rtinchi Misol:Boshda Buxoriy va Muslim, Kutubi Sahiha bayon etadilarki: Abdurrahmon Ibn Abu Bakr Siddiq deydi: Biz bir yuz o’ttiz sahoba, bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan barobar edik. To’rt hovuch miqdori bo’lgan bir sa' non uchun xamir qorildi. Bir echki ham kesildi, pishirildi; yolg’iz jigar va buyraklari kabob qilindi. Qasam ichaman, u kabobdan bir yuz o’ttiz sahobadan har biriga bir bo’lakdan kesib berdilar. So’ngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam pishgan go’shtni ikkita kosaga qo’ydilar. Biz umumimiz to’ygunga qadar yedik, ortib qoldi. Men ortganini tuyaga yukladim.
Beshinchi Misol:Kutubi Sahiha qat'iyat bilan bayon etishadiki: G’azva-i G’arra-i Ahzobda, mashhur Yavm-ul Handaqda, Hazrat Jobir-al Ansoriy qasam bilan e'lon qiladi: O’sha kuni to’rt hovuch bo’lgan bir sa' arpa nonidan, bir yillik bir echki ulog’idan mingta odam yedi va o’shanday qoldi. Hazrat Jobir deydiki: "O’sha kuni ovqat uyimda pishirildi; mingta odamning hammasi sa'dan, uloqdan yedilar, ketdilar. Ammo hali qozonimiz to’la qaynayotgan, hali xamirimizdan non pishirilayotgandi. Xamirga, qozonga muborak og’izlarining suvini qo’yib, baraka uchun duo qilgan edilar.
Xullas, shu mo’'jiza-i barakani mingta zotning huzurida, ularni unga aloqador ko’rsatib Hazrat Jobir qasam bilan e'lon qilyapti. Demak shu hodisani, mingta odam rivoyat qilgan kabi qat'iy deyish mumkin.
Oltinchi Misol:-Naqli sahih bilan- xodimi Nabaviy Hazrat Anasning amakisi mashhur Abu Talha deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam; yetmish-sakson odamni, Anas qo’ltig’i ostida keltirgan oz arpa nonidan to’q bo’lishga qadar yedirdilar. "U oz nonlarni bo’lak-bo’lak qilinglar!" amr etdilar va baraka uchun duo qildilar. Manzil tor bo’lganidan, o’nta-o’nta kelib yedilar, to’yib chiqib ketdilar.
Yettinchi Misol:-Naqli sahihi qat'iy bilan- Shifo-i Sharif va Muslim kabi kutubi sahiha bayon qiladilarki: Hazrat Jobir-al Ansoriy deydi: Bir zot Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan bola-chaqasi uchun taom istadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam yarim qop arpa berdilar. Uzoq vaqt u odam bola-chaqasi bilan va musofirlari bilan o’sha arpadan yedilar. Qaraydilar, tugamayapdi. Qancha qolganini anglash uchun o’lchadilar. So’ngra barakasi ham ko’tarildi, kamayishni boshladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga keldi, voqeani bayon etdi. Unga javoban:
لَوْ لَمْ تَكِلْهُ لَاَكَلْتُمْ مِنْهُ وَ لَقَامَ بِكُمْ
Ya'ni: "Agar kilo bilan tekshirmasaydingiz, hayotingiz davomida sizga yetardi", dedilar.
Sakkizinchi Misol:Termiziy va Nasaiy va Bayhaqiy va Shifo-i Sharif kabi kutubi sahiha bayon etadilarki: Hazrat Samurata-bni Jundub aytadi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga bir kosa go’sht keldi. Tongdan oqshomga qadar to’da-to’da odamlar keldilar, yedilar.
Xullas, muqaddimada bayon qilgan sirimizga binoan; shu voqea-i baraka, yolg’iz Samuraning rivoyati emas, balki Samura u ovqatni yegan jamoatlarning mumassili kabi, ular nomidan va tasdiqlariga binoan e'lon qiladi.
To’qqizinchi Misol:Shifo-i Sharif sohibi va mashhur Ibn Abiy Shayba va Tabaroniy kabi mavsuq va sahih muhaqqiqlar rivoyati bilan, Hazrat Abu Hurayra deydi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam menga amr qildilar: "Masjidi Sharifning suffasini maskan qilib olgan yuzdan ziyoda fuqaro-i muhojiriynni da'vat qil!" Men ularni qidirdim, to’pladim. Umumimizga bir likop taom qo’yildi. Biz istaganimiz qadar yedik, turdik. U kosa qo’yilgan vaqti qanday bo’lsa, yana to’laligicha qoldi; yolg’iz barmoqlarning izi taomda ko’rinyotgan edi.
Hazrat Abu Hurayra, umum komiliyni Ahli Suffa tasdig’iga istinodan, ular nomidan xabar beradi. Demak, ma'nan umum Ahli Suffa rivoyat qilgan kabi qat'iy. Ham hech mumkinmiki, u xabar haq va to’g’ri bo’lmasa, sodiq va komil zotlar sukut etib, takzib etmasinlar.
O’ninchi Misol:-Naqli sahihi qat'iy bilan- Hazrat Imom Ali deydi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Bani Abdulmuttalibni jamladilar. Ular qirq odam edilar. Ulardan ba'zilari bir tuya bolasini yerdi va to’rt qiyya sut ichardi. Holbuki hammalariga bir hovuch ovqat qildilar; hammalari yeb to’ydilar. Ovqat avvalgidek qoldi. So’ngra uch-to’rt odamga zo’rg’a kifoya qiladigan yog’och idish ichida sut keltirdilar. Hammalari ichdilar, to’ydilar. Ichilmagan kabi avvalgidek qoldi.
Mana, Hazrat Alining shijoati va sadoqati qat'iyatida bir mo’'jiza-i baraka!..
O’n Birinchi Misol:-Naqli sahih bilan- Hazrat Ali va Fotima-uz Zahro valiymasida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Biloli Habashiyga amr etdilar: "To’rt-besh hovuch un non qilinsin va bir tuya bolasi kesilsin". Hazrat Bilol deydi: Men taomni keltirdim, muborak qo’llarini ustiga tekkizdilar; so’ngra to’da-to’da sahobalar keldilar, yedilar, ketdilar. U ovqatdan ortib qolgan miqdorga yana baraka uchun duo qildilar, butun Azvoji Tohirotga har biriga bir kosadan yuborildi. "Ham yesinlar, ham yonlariga kelganlarga yedirsinlar", dedilar.
Ha, bunday muborak bir izdivojda, albatta shunday bir baraka lozim va vuqu'i qat'iydir!..
O’n Ikkinchi Misol:Hazrat Imom Jafari Sodiq, padarlari Imom Muhammad-ul Bakirdan, u padari Imom Zaynalobidindan, u Imom Alidan naql etadiki: Fotima-uz Zahro yolg’iz ikkoviga kifoya qiladigan bir ovqat pishirdi. So’ngra Hz.Alini yubordi; toki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kelsinlar, barobar yesinlar. Tashrif etdilar va buyurdilar: O’sha ovqatdan har bir azvojlariga bir kosadan yuborildi. So’ngra o’zlariga, Aliga, Fotima va avlodlariga bir kosadan ayrilgandan so’ng, Hazrat Fotima aytadilar: "Qozonimizni ochdik, to’lib toshayotgan edi. Mashiati Ilohiya bilan, ancha payt u ovqatdan yedik".
Ajabo, nima uchun bu nuroniy, yuksak silsila-i rivoyatdan kelgan shu mo’'jiza-i barakaga ko’zing bilan ko’rganday ishonmaysan? Bunga qarshi shayton ham bahona topolmaydi.
O’n Uchinchi Misol:Abu Dovud va Ahmad Ibn Hanbal va Imom Bayhaqiy kabi saduq imomlar, Dukayn-ul Ahmasiy Ibn Said-ul Muzaniydan, ham olti qardosh bilan barobar suhbatga musharraf va sahobalardan bo’lgan No’'mon Ibn Muqorrin-ul Ahmasiyy-ul Munaziydan, Jarirdan naql qilib, mutaaddid tariqlar bilan Hazrat Umar Ibn-al Xattobdan naql qiladilarki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Umarga amr etdilar: "Ahmasiy Qabilasidan kelgan to’rt yuz otliqqa yo’lchilik uchun zodu zaxira ber!" Hazrat Umar dedi: "Yo Rasululloh! Mavjud zaxira bir necha sa'dir. Jami narsalar bir tuya bolasi qadardir". "Bor, ber!" dedilar. U borib, yarim qop xurmodan to’rt yuz suvoriyga yetadigan darajada zodu zaxira berdi. Va dedi: "Hech kamaymagandek eski holida qoldi".
Xullas, shu mo’'jiza-i baraka to’rt yuz odam bilan va xususan Hazrat Umar bilan munosabatdor bir suratda sodir bo’lgan. Rivoyatlarning orqasida ular bor. Ularning sukuti, tasdiqdir. Ikki-uch xabari vohid deb ahamiyatsiz deb qarama! Bunday hodisalar xabari vohid bo’lsa ham, tavoturi ma'naviy hukmida qanoat beradi.
O’n To’rtinchi Misol:Boshda Buxoriy va Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki: Hazrat Jobirning otasi vafot etdi; qarzi ko’p, ziyoda madyun. Qarz sohiblari esa, Yahudiylar. Jobir otasining asl molini g’uromaga berdi, qabul qilmadilar. Holbuki bog’idagi mevalari bir necha yilda ham qarziga kifoya qilmasdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Bog’ning mevalarini uzinglar, xirmon qilinglar!" dedilar. Shunday qilishdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xirmon ichida aylanib, duo qildilar. So’ngra Jobir xirmondan otasining butun g’uromasi qarzlarini bergandan so’ng, xirmonda yana bir yilllik bog’dan kelgan mahsulot qadar qoldi. Bir rivoyatda, butun g’uromaga berganichalik qoldi. U hodisadan qarz sohiblari bo’lgan Yahudiylar juda ham taajjublanib hayratda qoldilar.
Xullas, shu mo’'jiza-i bahira-i baraka, yolg’iz Hazrat Jobir kabi bir qancha roviylarning xabari emas, balki ma'naviy tavotur hukmida, u hodisa bilan munosabatdor, haddi tavotur darajasida ko’p odamlarni tamsil etib rivoyat qilishgan.
O’n Beshinchi Misol:Boshda Termiziy va Imom Bayhaqiy kabi muhaqqiqlar Hazrat Abu Hurayradan naqli sahih bilan xabar beradilarki: Abu Hurayra aytadi: Bir g’azvada -boshqa bir rivoyatda G’azva-i Tabukda- qo’shin och qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: هَلْ مِن شَيْءٍ؟ "Biron narsa bormi?" deb amr qildilar. Men: "Xurjunda bir oz xurmo bor." dedim. (Bir rivoyatda, o’n besh dona bo’lgan.) "Keltir!" dedilar. Keltirdim. Muborak qo’llarini tiqdilar, bir hovuch chiqardilar, bir idishga soldilar, baraka uchun duo qildilar. So’ngra o’nta o’ntadan askarlarni chaqirdilar, hammalari yeyishdi. So’ngra:
خُذْ مَا جِئْتَ بِهِ وَاقْبِضْ عَلَيْهِ وَلَا تَكُبَّهُ
dedilar. Men oldim, qo’limni u xurjunga tiqdim. Boshda keltirganimchalik qo’limda qoldi. So’ngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hayotliklarida, Abu Bakr va Umar va Usmonlarning hayotliklarida o’sha xurmolardan yedim. Boshqa bir tariqda rivoyat etilganki: O’sha xurmolardan necha yuk fisabililloh sarf etdim. So’ngra Hazrat Usmonning qatlida o’sha xurmo idishi bilan nahb va go’rat etildi, ketdi.
Mana, Xoja-i Koinot bo’lgan Faxri Olam Alayhissalotu Vassalamning qudsiy madrasasi va takyasi bo’lgan Suffaning ko’p yillik muhim bir talabasi va muridi va quvva-i hofizasining oshishi uchun duo-i Nabaviyaga mazhar bo’lgan Hazrat Abu Hurayra, G’azva-i Tabuk kabi bir majma'-i nosda vuqu'ini xabar bergan shu mo’'jiza-i baraka; ma'nan bir qo’shin so’zi qadar qat'iy va quvvatli bo’lishi kerak.
O’n Oltinchi Misol:Boshda Buxoriy, kutubi sahiha -naqli qat'iy bilan- bayon etadilarki: Hazrat Abu Hurayra och qolib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning orqalaridan ketib, manzili saodatga bordi. Qarasalar bir qadah sut, u yerga hadya sifatida keltirilgan ekan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amr etdilarki: "Ahli Suffani chaqir!" Men qalbimdan dedimki: "Bu sutning hammasini men icha olaman. Men yanada ziyoda muhtojman". Faqat amri Nabaviy uchun ularni to’pladim, keltirdim. Yuzdan ortiq edilar. "Ularga ichir!" dedilar. Men ham u qadahdagi sutni birma-bir berdim. Har biri to’ygunga qadar ichdi, boshqasiga berdim. Bu shaklda birma-bir ichirib, butun Ahli Suffa u sof sutdan ichdilar. So’ngra:
بَقِىَ اَنَا وَاَنْتَ فَاشْرَبْ
dedilar. Men ichdim. "Ichgancha, ich!" derdilar; oxiri: "Sizni haq bilan irsol etgan Zoti Zuljalolga qasam ichaman, yer qolmadiki, ichsam", dedim. So’ngra o’zlari oldilar. Bismilloh deb hamd etib qolganini ichdilar. Yuz ming ofiyat bo’lsin.
Xullas, shu sof, xolis, sut kabi latif, shubhasiz mo’'jiza-i bahira-i baraka besh yuz ming hadisni hifziga olgan Hazrat Buxoriy boshda bo’lib, Kutubi Sitta-i Sahiha bilan naqllari, ko’z bilan ko’rish qadar qat'iy bo’lish bilan barobar, Madrasa-i Qudsiya-i Ahmadiya (S.A.V.) bo’lgan Suffaning nomdor, sodiq, hofiz bir shogirdi bo’lgan Abu Hurayraning, umum Ahli Suffani ma'nan ishhod etib, xuddi umumini tamsil etib shu ixborni tavotur darajasida qat'iy deb qabul qilmaganning yo qalbi buzuq yoki aqli yo’q. Ajabo, Hazrat Abu Hurayra kabi sodiq va butun hayotini hadisga va dinga vaqf etgan,
وَمَنْ كَذَبَ عَلَىَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّاْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ
hadisini eshitgan va naql etgan odam; hech mumkinmiki, hifzidagi ahodisi Nabaviyaning qiymatini va to’g’riligini shubhaga tushirib, Ahli Suffaning takzibiga nishon qiladigan muxolif bir so’z va aslsiz bir hodisa so’ylasin? Xosho...
Ey Robbim! Shu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning barakasi hurmati, o’zing bizga ehson etgan moddiy va ma'naviy rizqimizga baraka ehson et!..
Bir Nukta-i Muhimma:Ma'lumki; zaif narsalar ijtimo' etgan sari quvvatlashadi. Mayin iplar o’ralsa, quvvatli arqon bo’ladi. Quvvatli arqonlar o’ralsa, hech kim uzolmaydi. O’n besh anvo'i mo’'jizotdan yolg’iz baraka qismidagi mo’'jizotni va u qismning o’n besh qismidan faqat bir qismini, o’n besh misol bilan ko’rsatdik. Har bir misol, bir o’zi nubuvvatni isbot etadigan darajada quvvatli edi. Farzi mahol bo’lib, bularning bir qismini quvvatsiz deb hisoblasak ham, quvvatsiz deyolmaymiz. Chunki qoviy bilan ittifoq etgan qoviylashadi.
Ham shu o’n besh misolning ijmo'i; qat'iy shubhasiz bir tavoturi ma'naviy bilan, quvvatli bir mo’'jiza-i kubroni ko’rsatadi. Hozir shu majmu'dagi mo’'jiza-i kubro, baraka mo’'jizalaridan zikr etilmagan o’n to’rt qismi oxarga mazj etilsa; quvvatli arqonlarni o’rab, uzilishi mumkin bo’lmagan bir mo’'jiza-i akbar ichida ko’rinadi. So’ngra shu mo’'jiza-i akbarni boshqa o’n to’rt nav mo’'jizotning majmuiga ilova et, qara: Qay daraja quvvatli, tebranmas, qat'iy bir burhoni nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) ko’rsatadi. Xullas, nubuvvati Ahmadiyaning (S.A.V.) ustuni shu majmu'dan tashkil topgan tog’ kabi quvvatli bir ustundir. Endi juz'iyotda va misollarda, sui fahmdan kelgan shubhalar bilan o’sha metin saqfi mualloni sabotsiz va qobili sukut ko’rish qay daraja aqlsizlik ekanini anglading. Ha, barakaga doir mo’'jizalar ko’rsatadiki: Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam umumga rizq bergan va rizqlarni xalq etgan bir Zoti Rahim va Karimning sevgili ma'muridir, juda hurmatli bir abdi bo’lib; rizqning anvo'ida, xilofi odat bo’lib, u kishiga hechdan va butunlay g’aybdan ziyofatlar yuboradi. Ma'lumki: Jazirat-ul Arab suvi va ziroati oz bir yerdir. Shuning uchun aholisi, xususan bidoyati Islomdagi sahobalar ziyqi maishatga ma'ruz edilar. Ham suvsizlikka ko’p marta giriftor bo’lardilar. Xullas, shu hikmatga binoan, mo’'jizoti bahira-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning muhimlari taom va suv xususida tazohur etgan. Bu horiqolar da'vo-i nubuvvatga dalil va mo’'jiza bo’lishdan ziyoda, ehtiyojga binoan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga bir ikromi Ilohiy, bir ehsoni Rabboniy, bir ziyofati Rahmoniya hukmidadir. Chunki u mo’'jizotni ko’rganlar nubuvvatni tasdiq etgan. Lekin mo’'jiza zuhur etgan sari, iymon ziyodalashadi, "nurun ala nur" bo’ladi.
SAKKIZINCHI ISHORAT:
Suv xususida tazohur etgan bir qism mo’'jizotni bayon qiladi.
Muqaddima:Ma'lumki, jamoatlar ichida sodir bo’lgan hodisalar ahadiy bir suratda naql etilsa, takzib etilmagan vaqt, to’g’riligini ko’rsatadi. Chunki insonning fitratida yolg’onga yolg’on deyishga jibilliy bir mayl bor. Xususan har qavmdan ziyoda yolg’onga qarshi sukut etmaydigan sahobalar bo’lsa.. xususan hodisalar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga taalluq etsa va ayniqsa naql etgan mashohiri sahobadan bo’lsa; albatta u xabari vohid sohibi o’sha hodisani ko’rgan jamoatni tamsil etayotgandek rivoyat qiladi. Holbuki hozir biz bahs etadigan mo’'jizoti maiyani, har bir misolni ko’p tariqlar bilan, ko’p sahobalarning qo’llaridan, minglab Tobe'iynning muhaqqiqlari qo’l uzatib olganlar; sog’lom holda ikkinchi asr mujtahidlarining qo’llariga berganlar. Ular ham, kamoli jiddiyat va hurmat bilan qo’l uzatib, qabul qilib, orqalaridagi asrning muhaqqiqlarining qo’llariga berganlar. Har tabaqa, minglab quvvatli qo’llardan o’tib, kelib-kelib asrimizgacha kelgan. Ham Asri Saodatda yozilgan Kutubi Ahadisiya sog’lom ravishda o’tkazilib, Buxoriy va Muslim kabi ilmi hadisning dohiy imomlarining qo’liga o’tgan. Ular ham kamoli tahqiq bilan marotibini tafriq etib, to’g’riligi shubha tug’dirmaganlarini jamlab bizga dars berishgan, taqdim etishgan. جَزَاهُمُ اللّٰهُ خَيْرًا كَث۪يرًا
Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muborak barmoqlaridan suvning oqishi va juda ko’p odamga ichirishi mutavotirdir. Shunday bir jamoat naql etganki, yolg’onga ittifoqlari maholdir. Shu mo’'jiza g’oyat qat'iydir. Ham uch marta, uch majma'-i azimda takarrur etgan. Boshda Buxoriy, Muslim, Imom Molik, Imom Shuayb, Imom Qatoda kabi juda ko’p ahli sahih bir jamoat, sahobalardan, boshda xodimi Nabaviy Hazrat Anas, Hazrat Jobir, Hazrat Ibn Mas'ud kabi mashohiri sahobaning bir jamoatidan, barmoqlaridan suvning kasrat bilan oqishi va qo’shinga ichirishi naqli sahihi qat'iy bilan bayon etilgan. Bu navi mo’'jiza-i maiyaning, juda ko’p misollaridan to’qqizta misolni bayon qilamiz.
Birinchi Misol:Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha Hazrat Anasdan naqli sahih bilan xabar beradilarki: Hazrat Anas aytadi: Zavra nomli joyda uch yuz kishi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga edik. Asr namozi uchun tahorat olishni amr etdilar. Suv topilmadi. Bir oz bo’lsada suv so’radilar, keltirdik. Muborak qo’llarini ichiga botirdilar. Ko’rdikki, barmoqlaridan chashma kabi suv oqyapti. So’ngra butun ma'iyatlaridagi uch yuz odam keldilar, umumi tahorat olib ichdilar. Bu misolni Hazrat Anas, uch yuz kishini tamsil etib xabar beryapti. Mumkinmiki, u uch yuz kishi shu xabarga ma'nan ishtirok etmasinlar; ham ishtirok etmaganlari holda, takzib etmasinlar.
Ikkinchi Misol:Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki: Hazrat Jobir Ibn Abdulloh-al Ansoriy bayon qiladi: Biz bir ming besh yuz kishi G’azva-i Hudaybiyada chanqadik. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qirba deyilgan teridan bir idish suvdan tahorat oldilar, so’ngra qo’llarini ichiga tiqdilar. Ko’rdimki, barmoqlaridan chashma kabi suv oqyapti. Bir ming besh yuz kishi ichib, idishlarini o’sha qirbadan to’ldirishdi. Salim Ibn Abul Ja'd Jobirdan: "Necha kishi edingiz?", deb so’raganda Jobir aytadiki: "Yuz ming kishi ham bo’lsaydi, yana kifoya qilardi. Lekin biz o’n besh yuz (ya'ni bir ming besh yuz) edik". Shu mo’'jiza-i bahiraning roviylari ma'nan bir ming besh yuz qadardir. Chunki fitrati bashariyada yolg’onga yolg’on deyish bir mayli orzusi bor. Sahobalar esa sidq va to’g’rilik uchun, jon va mol va padar va volidalarini va qavm va qabilalarini fido etib, sidq va haq uchun fidoiy bo’lganlari holda; "Mendan bilib turib yolg’on bir narsa xabar bergan Jahannam otashidan o’rnini hozirlasin!" ma'nosidagi hadisi sharifning tahdidiga qarshi, yolg’onga muqobil sukut etishlari mumkin emas. Modomiki sukut etgan ekanlar; u xabarni qabul etganlar, ma'nan ishtirok etib tasdiq etadilar deganidir.
Uchinchi Misol:G’azva-i Buvatda, yana Buxoriy, Muslim boshda, kutubi sahiha bayon qiladilarki: Hazrat Jobir dediki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: نَادِ بِالْوُضُوءِ "Tahorat olish uchun nido qil" dedilar. "Suv yo’q" deyildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam dedilar: "Bir oz suv toping". Juda oz suv keltirdik. So’ngra o’sha oz suv ustiga qo’llarini qo’yib bir narsalar o’qidilar. Bilmadim nima edi. So’ngra: رِدْنَا بِجَفْنَةِ الرَّكْبِ Ya'ni, karvonning katta suv idishini (tog’ora) keltir, dedilar. Menga keltirildi, men ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qarshilariga qo’ydim. U kishi qo’llarini ichiga qo’ydilar, barmoqlarini ochdilar. Men ham u oz suvni muborak qo’llari ustiga to’kar edim. Ko’rdimki, muborak barmoqlaridan juda ko’p suv oqdi; so’ngra suv idishi to’ldi. Suvga muhtoj bo’lganlarni chaqirdim; hammalari keldilar, o’sha suvdan tahorat olib ichdilar. Men dedim: "Boshqa hech kim qolmadi". Qo’llarini ko’tardilar, u jafna (ya'ni tog’ora) lim-lim to’la qoldi.
Xullas, shu mo’'jiza-i bahira-i Ahmadiya (S.A.V.) ma'nan mutavotirdir. Chunki Hazrat Jobir o’sha ishda boshda bo’lgani uchun, birinchi so’z uning haqqidir. U umumning nomiga e'lon qilyapti. Chunki u vaqt xizmat qilgan u zot edi; e'lon boshda uning haqqidir. Ibn Mas'ud ham aynan rivoyatida deydiki: Men ko’rdimki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning barmoqlaridan chashma kabi suv oqyapti. Ajabo, mashohiri siddiqiyni sahobadan bo’lgan Anas, Jobir, Ibn Mas'ud kabi bir jamoat desaki: "Men ko’rdim". Ko’rmasligi mumkinmi? Hozir shu uch misolni birlashtir, naqadar quvvatli bir mo’'jiza-i bahira bo’lganini ko’r va shu uch tariq birlashsa, haqiqiy tavotur hukmida barmoqlaridan suv oqishini qat'iy isbot qiladi. Hazrat Muso Alayhissalomning toshdan o’n ikki yerda chashma kabi suv oqitishlari, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning o’n barmoqlaridan o’n jo’mrak suvning oqishining darajasiga chiqolmaydi. Chunki toshdan suv oqishi mumkin, odiyot ichida o’xshashi topiladi. Faqat go’sht va suyakdan obi kavsar kabi suvning to’lib oqishining naziri odiyot ichida yo’q.
To’rtinchi Misol:Boshda Imom Molik Muvatto' kitobi mo’'tabarida Muoz Ibn Jabal kabi mashohiri sahobadan xabar beradi: Hazrat Muoz Ibn Jabal aytdi: G’azva-i Tabukda bir chashmaga duch keldik, mayin ip qalinligida zo’rg’a oqayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amr qildilarki: "Bir oz suv to’planglar". Kaftlarida bir oz to’pladilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u bilan qo’llarini, yuzlarini yuvdilar; suvni chashmaga quydik. Birdan chashmaning teshigi ochilib, juda ko’p oqdi; butun qo’shinga kifoya qildi. Hatto roviy Imom Ibn Isxoq aytadi: Momaqaldiroq kabi, tuproq ostida o’sha chashmaning suvi shovqin chiqarib oqdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Hazrat Muozga:
يُوشِكُ يَا مُعَاذُ اِنْ طَالَتْ بِكَ حَيَاةٌ اَنْ تَرٰى مَا هٰهُنَا قَدْ مُلِئَ جِنَانًا
Ya'ni: Bu asari mo’'jiza bo’lgan muborak suv davom etib, bu yerlarni bog’ga aylantiradi; umring bo’lsa ko’rasan, dedilar. Va shunday bo’ldi.
Beshinchi Misol:Boshda Buxoriy Hazrat Barodan va Muslim Hazrat Salamata-bni Akva'dan va boshqa kutubi sahiha boshqa roviylardan muttafiqan xabar beradilarki: G’azva-i Hudaybiyada bir quduqqa duch keldik. Biz to’rt yuz kishi edik. U quduqning suvi ellik kishiga zo’rg’a yetardi. Biz suvni tortdik, ichida hech narsa qoldirmadik. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam keldilar, quduqning boshiga o’tirib, bir paqir suv so’radilar; keltirdik. Paqirning ichiga muborak og’izlarining suvini soldilar va duo qildilar, so’ngra u paqirni quduqqa to’kdilar. Birdan quduq jo’shdi va qaynadi; og’ziga qadar to’ldi. Butun qo’shin, o’zlari va hayvonoti to’ygungacha ichishdi, idishlarini ham to’ldirishdi.
Oltinchi Misol:Yana Muslim va Ibn Jariri Tabariy kabi hadisning dohiy imomlari boshda, kutubi sahiha naqli sahih bilan mashhur Abu Qatodadan xabar beradilarki: Abu Qatoda aytadi: Mut'a g’azva-i mashhurasida, raislari shahid bo’lgani uchun yordamga ketayotgan edik. Menda bir qirba bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam menga:
اِحْفَظْ عَلَىَّ م۪يضَئَتَكَ فَسَيَكُونُ لَهَا نَبَاٌ عَظ۪يمٌ
Ya'ni: "Qirbangni saqla, uning katta ishi bor", dedilar. So’ngra suvsizlik boshlandi. Yetmish ikki kishi edik, -Tabariyning naqliga ko’ra, uch yuz edik- suvsiz qoldik. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Qirbangni keltir", dedilar. Men keltirdim. U kishi oldilar va og’zini og’izlariga keltirib, ichiga nafas etdilar yo etmadilar bilmayman; so’ngra yetmish ikki kishi keldi, ichishdi, idishlarini to’ldirishdi. So’ngra men oldim, berganimdek qolgan edi.
Xullas, shu mo’'jiza-i bahira-i Ahmadiyani (S.A.V.) ko’r,
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ بِعَدَدِ قَطَرَاتِ الْمَاءِ
de.
Yettinchi Misol:Boshda Buxoriy va Muslim bo’lib kutubi sahiha, Hazrat Imron Ibn Husandan xabar beradilarki: Imron aytadi: Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan barobar suvsiz qoldik. Menga va Aliga aytdilarki: "Falon mavqeda bir ayol ikki qirba suvni markabga yuklab ketyapti; olib bu yerga keltiring". Men va Ali birga bordik, ayni yerda ayolni suv yuki bilan topdik, keltirdik. So’ngra amr etdilar: "Bir idishga bir oz suv bo’shatinglar". Bo’shatdik. Baraka uchun duo qildilar. So’ngra yana suvni o’sha markabdagi qirbaga quydik. "Hamma kelsin, idishini to’ldirsin", dedilar. Butun karvon keldi, idishlarini to’ldirdilar, ichdilar. So’ngra: "Ayolga bir narsalar to’planglar", dedilar. Ayolning etagini to’ldirdilar. Imron deydiki: Men taxayyul etdimki, tobora ikki qirba to’lyapti, yanada ziyodalashyapti. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u ayolga:
اِذْهَب۪ى فَاِنَّا لَمْ نَاْخُذْ مِنْ مَائِكِ شَيْئًا وَلٰكِنَّ اللّٰهَ سَقٰينَا
Ya'ni: Sening suvingdan olmadik, balki Janobi Haq bizga xazinasidan suv ichirdi, dedilar.
Sakkizinchi Misol:Boshda mashhur Ibn Hazm Sahihida, roviylar Hazrat Umardan naql qiladilarki: G’azva-i Tabukda suvsiz qoldik. Hatto ba'zilar tuyasini kesar, suvsizlikdan ichini siqar, ichar edi. Abu Bakr Siddiq Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga duo qilish uchun iltimos qildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qo’llarini ko’tardilar; hali qo’llarini tushurmasdan bulut to’plandi; yomg’ir shunday yog’diki, idishlarimizni to’ldirdik. So’ngra suv chekindi, qo’shinimizga maxsus hududimizdan tashqarida chiqmadi. Demak, bu tasodif ichiga qo’shilmagan, faqatgina bir mo’'jiza-i Ahmadiyadir (S.A.V.).
To’qqizinchi Misol:Mashhur Abdulloh Ibn Amr Ibn al Osning nevarasi va to’rt imomning unga e'timod qilib va undan taxriji hadis etganlari Amr Ibn Shuaybdan naqli sahih bilan xabar beradilar: Nubuvvatdan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amakilari Abu Tolib bilan tuyaga minib Arafa atrofida Zulmajoz nomli joyga kelganlarida Abu Tolib: "Men chanqadim", degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tushib yerga oyoqlarini urganlar, suv chiqqan. Abu Tolib ichgan. Muhaqqiqiyndan birisi aytganki: Bu hodisa nubuvvatdan avval bo’lgani uchun, irhosot navidan bo’lish bilan barobar, ming yil o’tib ayni yerda Arafot chashmasi chiqishi, o’sha hodisaga binoan bir karomati Ahmadiya (S.A.V.) deyilishi mumkin.
Xullas, shu to’qqiz misollar kabi, to’qson misol bo’lmasa ham, balki to’qson suratda rivoyatlar; mo’'jizoti maiyani xabar bergan. Boshdagi yetti misol ma'naviy tavotur kabi qat'iy va quvvatlidir. Oxirdagi ikki misol, garchi u daraja tariqlari quvvatli va mutaaddid ham, roviylari ko’p ham emas. Lekin sakkizinchi misolda Hazrat Umardan rivoyat qilingan mo’'jiza-i sahabiyani tayid va taqviya etgan ikkinchi bir mo’'jiza-i sahabiya; boshda Imom Bayhaqiy va Hokim, kutubi sahiha, Hazrat Umardan xabar beradiki: Hazrat Umar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan yomg’ir duosini iltimos qildi. Chunki qo’shin suvga muhtoj edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qo’llarini ko’tardilar, birdan bulut to’plandi, yomg’ir keldi. Qo’shinning ehtiyoji qadar suv berdi, ketdi. Xuddi yolg’iz qo’shinga suv berish uchun ma'mur edi. Keldi, ehtiyojga ko’ra berdi, ketdi. Shu hodisa, qandayki sakkizinchi misolni tayid va qat'iy isbot qiladi; shuning kabi: Shu hodisada, mashhur allomalardan va tasxixda juda mushkulpisand, hatto ko’p sahihlarga mavzu' deb qabul qilmagan Ibn Javziy kabi bir muhaqqiq deydiki: Shu hodisa G’azva-i Mashhura-i Badrda sodir bo’lgan.
وَيُنَزِّلُ عَلَيْكُمْ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً لِيُطَهِّرَكُمْ بِه۪
oyati karimasi u hodisani bayon etib, ifoda qiladi. Modomiki oyat u hodisani ko’rsatar ekan; uning qat'iyatida shubha qolmaydi. Ham duo-i Nabaviy bilan, birdan va sur'at bilan va hali qo’llarini tushirmasdan yomg’irning kelishi ko’p takarrur etganining o’zi, mo’'jiza-i mutavotiradir. Ba'zan masjidda, minbar ustida qo’llarini ko’targanlar, hali tushirmasdan yoqqani; tavotur bilan naql etilgan.
TO’QQIZINCHI ISHORAT:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning anvo'i mo’'jizotidan birisi, daraxtlarning insonlar kabi amrlarini tinglashlari va o’rnidan turib yonlariga kelganki; shu mo’'jiza-i shajariya, muborak barmoqlaridan suvning oqishi kabi, ma'nan mutavotirdir. Mutaaddid suratlari bor va ko’p tariqlar bilan kelgan. Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning amri uchun; daraxt o’rnidan chiqib yonlariga kelishi, sarihan mutavotir deb bo’ladi. Chunki mashohiri siddiqiyni sahobadan Hazrat Ali, Hazrat Ibn Abbos, Hazrat Ibn Mas'ud, Hazrat Ibn Umar, Hazrat Ya'la Ibn Murra, Hazrat Jobir, Hazrat Anas Ibn Molik, Hazrat Burayda, Hazrat Usoma Bin Zayd va Hazrat Gaylan Ibn Salama kabi sahobalar; har biri qat'iyat bilan, ayni mo’'jiza-i shajariyani xabar bergan. Tobe'iynning yuzlab imomlari, mazkur sahobalardan har bir sahobadan boshqa bir tariq bilan u mo’'jiza-i shajariyani naql etishgan. Go’yo muzaaf tavotur suratida bizga naql etganlar. Xullas, shu mo’'jiza-i shajara hech bir shubha qabul etmaydigan bir tavoturi ma'naviyi qat'iy hukmidadir.
Hozir u mo’'jiza-i kubroning, takarrur etgani holda, bir necha sahih suratlarini bir necha misol bilan bayon qilamiz:
Birinchi Misol:Boshda Imom Mojja va Dorimiy va Imom Bayhaqiy naqli sahih bilan Hazrat Anas Ibn Molikdan va Hazrat Alidan va Bazzoz va Imom Bayhaqiy Hazrat Umardan xabar beradilarki: Uch sahoba aytishganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kufforning takzibidan mutaassir bo’lib mahzun edilar.
يَا رَبِّ اَرِن۪ى اٰيَةً لَا اُبَال۪ى مَنْ كَذَّبَن۪ى بَعْدَهَا
dedilar. Anasning rivoyatida, Hazrat Jabroil hozir edi. Vodiy chetida bir daraxt bor edi. Hazrat Jabroilning i'lami bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u daraxtni chaqirdilar; yonlarigacha keldi. So’ngra ket dedilar. Takror ketdi, o’rnida joylashdi.
Ikkinchi Misol:Alloma-i Mag’rib Qozi Iyoz Shifo-i Sharifda ulviy bir sanad bilan, to’g’ri va sog’lom bir an'ana bilan, Hazrat Abdulloh Ibn Umardan xabar beradi: Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga bir badaviy keldi. اَيْنَ تُر۪يدُ؟ Qayerga ketyapsan?" dedilar. Badaviy: "Ahlimga". هَلْ لَكَ اِلٰى خَيْرٍ مِنْ ذٰلِكَ؟ "Undan yanada yaxshi bir xayr istamaysanmi?" dedilar. Badaviy: "Nima?"
اَنْ تَشْهَدَ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ وَاَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ
dedilar. Badaviy: "Bu shahodatga shohid nima?" هٰذِهِ الشَّجَرَةُ السَّمُرَةُ ya’ni "Vodiy chetidagi daraxt shohid bo’ladi", dedilar. Ibn Umar aytadi: U daraxt o’rnidan silkinib chiqdi, yerni yordi; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonigacha keldi. Uch marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u daraxtni istishhod etdilar. Daraxt ham sidqlariga shahodat etdi. Amr etdilar, yana o’rniga borib joylashdi.
Hazrat Burayda Ibn Hasib-ul Aslamiy tariqida, naqli sahih bilan Burayda dediki: Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida ekan, bir safarda bir a'robiy keldi. Bir oyat, ya'ni bir mo’'jiza istadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: قُلْ لِتِلْكَ الشَّجَرَةِ رَسُولُ اللّٰهِ يَدْعُوكِ dedilar. Bir daraxtga ishorat qildilar; daraxt o’ngga va chapga mayl etib ildizlarini yerdan chiqarib, huzuri Nabaviyga keldi. اَلسَّلَامُ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ dedi. So’ngra a'robiy: "Yana joyiga borsin", dedi. Amr qildilar, o’rniga bordi. A'robiy dedi: "Izn bering, sizga sajda qilay". "Hech kimga izn yo’q", dedilar. "Unday bo’lsa, sizing qo’lizni oyog’izni o’paman", dedi. Izn berdilar.
Uchinchi Misol:Boshda Sahihi Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki, Hz.Jobir: Biz bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga edik. Qazo-i hojat uchun bir yer qidirdilar. Yopiq bir yer yo’q edi. So’ngra ikki daraxt yoniga bordilar. Bir daraxtning shoxini tutib tortdilar. Daraxt itoat qilib birga bordi, boshqa daraxtning yoniga keltirdilar. Itoatkor tuyaning egarini ushlab tortganda kelgani kabi, ikki daraxtni o’sha tarzda yon-yonga keltirdilar. So’ngra dedilar: اِلْتَئِمَا عَلَىَّ بِاِذْنِ اللّٰهِ Ya'ni: "Ustimga birlashinglar" dedilar. Ikkovi birlashib sattora bo’ldilar. Orqalarida qazo-i hojat qilgandan so’ng ularga amr qildilar, joylariga bordilar. Ikkinchi bir rivoyatda, yana Hazrat Jobir deydiki: Menga amr qildiki:
يَا جَابِرُ قُلْ لِهٰذِهِ الشَّجَرَةِ يَقُولُ لَكِ رَسُولُ اللّٰهِ: اِلْحَق۪ى بِصَاحِبَتِكِ حَتّٰى اَجْلِسَ خَلْفَكُمَا
Ya'ni: "U daraxtlarga ayt: Rasulullohning hojati uchun birlashinglar". Men shunday dedim, ular birlashdilar. So’ngra men kutar ekanman, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam keldilar. Boshlari bilan o’ngga chapga ishorat qildilar, u ikki daraxt joylariga bordilar.
To’rtinchi Misol:Naqli sahih bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning jasur qo’mondonlaridan va xizmatkorlaridan bo’lgan Usoma Bin Zayd deydiki: Bir safarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga edik. Qazo-i hojat uchun xoli, sattorali bir yer yo’q edi. Farmon etdilarki: هَلْ تَرٰى مِنْ نَخْلٍ اَوْ حِجَارَةٍ "Ha, bor" dedim. Amr etdilar va:
اِنْطَلِقْ وَقُلْ لَهُنَّ اِنَّ رَسُولَ اللّٰهِ يَاْمُرُكُنَّ اَنْ تَاْت۪ينَ لِمَخْرَجِ رَسُولِ اللّٰهِ وَقُلْ لِلْحِجَارَةِ مِثْلَ ذٰلِكَ
Ya'ni daraxtlarga aytginki: "Rasulullohning hojati uchun birlashinglar" va toshlarga ham ayt: "Devor kabi to’planinglar". Men bordim, aytdim. Qasam ichamanki, daraxtlar birlashdi va toshlar devor bo’ldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hojatidan so’ng yana amr etdilar: قُلْ لَهُنَّ يَفْتَرِقْنَ Mening nafsim qabza-i qudratida bo’lgan Zoti Zuljalolga qasam ichaman, daraxtlar va toshlar ayrilib joylariga bordilar. Hazrat Jobir va Usoma bayon qilgan bu ikki hodisani, aynan Ya'lo Ibn Murra va Gaylan Ibn Salamat-as Saqafiy va Hazrat Ibn Mas'ud, G’azva-i Hunaynda aynan xabar beradilar.
Beshinchi Misol:Imom Ibn Furaq, kamoli ijtihod va fazlidan kinoya sifatida Shofe'iyi Soniy unvonini olgan alloma-i asr qat'iy xabar beradiki: G’azva-i Toifda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kechasi ot ustida ketarkan uyqulari kelayotgan edi. O’sha holda, bir sidra daraxtiga to’g’ri kelib qoldilar. Daraxt u kishiga yo’l berib, otlariga urilmaslik uchun, ikkiga yorildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam markab bilan ichidan o’tdilar. Bizning davrimizgacha u daraxt, ikki oyoq ustida, o’sha muhtaram vaziyatda qoldi.
Oltinchi Misol:Hazrat Ya'lo tariqida -naqli sahih bilan- xabar beradiki: Bir safarda Talha yoki Samura deyilgan bir daraxt keldi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning atrofida tavof qilayotgandek aylandi. So’ngra yana o’rniga bordi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: اِنَّهَا اِسْتَاْذَنَتْ اَنْ تُسَلِّمَ عَلَىَّ Ya'ni: U daraxt Janobi Haqdan istadiki, menga salom bersin, dedilar.
Yettinchi Misol:Muhaddislar naqli sahih bilan Ibn Mas'uddan bayon etadilarki: Ibn Mas'ud: Batni Naxl deyilgan nomli mavqeda, Nusaybin ajinnilari ihtido uchun Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga kelgan vaqtlari, bir daraxt u ajinnilarning kelganlarini xabar berdi. Ham Imom Mujohid u hadisda Ibn Mas'uddan naql qiladiki: U jinlar bir dalil istadilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir daraxtga amr qildilar; joyidan chiqib keldi, so’ngra yana joyiga bordi. Xullas jin toifasiga birgina mo’'jiza kifoya qildi. Ajabo, bu mo’'jiza kabi ming mo’'jizot eshitgan bir inson iymon keltirmasa, jinlarning يَقُولُ سَف۪يهُنَا عَلَى اللّٰهِ شَطَطًا ta'bir etganlari shaytonlardan yanada shayton bo’lmaydimi?
Sakkizinchi Misol:Sahihi Termiziy naqli sahih bilan Hazrat Ibn Abbosdan xabar beradilarki: Ibn Abbos: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir a'robiyga farmon etdilar:
اَرَاَيْتَ اِنْ دَعَوْتُ هٰذَا الْعِذْقَ مِنْ هٰذِهِ النَّخْلَةِ اَتَشْهَدُ اَنّ۪ى رَسُولُ اللّٰهِ؟
"Men bu daraxtning shu shoxini chaqirsam, yonimga kelsa, iymon keltirasanmi?" U "Ha" dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam chaqirdilar. U urjun daraxtining boshidan uzilib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga hatladi, keldi. So’ngra amr qildilar, yana joyiga bordi.
Xullas, bu sakkiz misol kabi ko’p misollar bor; ko’p tariqlar bilan naql etilgan. Ma'lumki; yetti- sakkiz ip to’plansa, quvvatli bir arqon bo’ladi. Shunga binoan shu eng mashhur siddiqiyni sahobadan bunday mutaaddid tariqlar bilan ixbor etilgan shu mo’'jiza-i shajariya, albatta tavoturi ma'naviy quvvatidadir; balki tavoturi haqiqiydir. Zotan Sahobadan so’ngra Tobe'iynning qo’liga o’tgan vaqt, tavotur suratini oladi. Xususan Buxoriy, Muslim, Ibn Hibbon, Termiziy kabi kutubi sahiha zamoni sahobaga qadar o’sha yo’lni shu qadar sog’lom qilganlar va tutganlarki, masalan Buxoriyda ko’rish, ayni sahobadan eshitish kabidir.
Ajabo, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga daraxtlar, -misollarda ko’ringani kabi- u kishini tanib, risolatlarini tasdiq etib, u kishiga salom berib ziyorat qilib, amrlarini tinglab itoat qilgani holda, o’zini inson degan bir qism jomid, aqlsiz maxluqlar; u zotni tanimasa, iymon keltirmasa, quruq daraxtdanda adno, o’tin parchasi kabi ahamiyatsiz, qiymatsiz bo’lib olovga loyiq bo’lmaydimi?
O’NINCHI ISHORAT:
Shu mo’'jiza-i shajariyani ziyoda taqviya etgan mutavotir bir suratda naql etilgan, hanin-ul jiz' mo’'jizasidir. Ha, Masjidi Sharifi Nabaviyda quruq xodaning katta bir jamoat ichida, muvaqqatan firoqi Ahmadiydan (S.A.V.) yig’lashi; biz bayon etgan mo’'jiza-i shajariyaning misollarini ham tayid etadi, ham quvvat beradi. Chunki u ham daraxtdir, jinsi bir. Faqat shuning shaxsi mutavotirdir, boshqa qismlar har birining navi mutavotirdir. Juz'iyotlari, misollari ko’pi sarih tavotur darajasiga chiqmaydi. Ha, Masjidi Sharifda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xutba o’qiyotganlarida xurmo daraxtidan bo’lgan quruq xodaga tayanar edilar. So’ngra minbari sharif qilingan vaqt, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam minbarga chiqib xutbani boshladilar. O’qirkan, xoda tuya kabi nola qilib yig’ladi; butun jamoat eshitdi. Oxiri Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning yoniga kelib qo’llarini ustiga qo’ydilar. U bilan gaplashib, tasalli berdilar; shunda u yig’idan to’xtadi. Shu mo’'jiza-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam juda ko’p tariqlar bilan, tavotur darajasida naql etilgan.
Ha, hanin-ul jiz' mo’'jizasi juda muntashir va mashhur va haqiqiy mutavotirdir. Sahobalarning bir jamoati oliysidan, o’n besh tariq bilan kelib, Tobe'iynning yuzlab imomlari u mo’'jizani, tariqlar bilan orqadagi asrlarga xabar berganlar. Sahobalarning u jamoatidan ulamo-i sahoba nomdorlari va rivoyati hadisning raislaridan Hazrat Anas Ibn Molik (xodimi Nabaviy), Hazrat Jobir Ibn Abdulloh-al Ansoriy (xodimi Nabaviy), Hazrat Abdulloh Ibn Umar, Hazrati Abdulloh Ibn Abbos, Hazrati Sahl Ibn Sa'd, Hazrat Abu Said-al Xudriy, Hazrat Ubayy Ibn-al Ka'b, Hazrat Burayda, Hazrat Umm-ul Mo’'miniyn Ummu Salama kabi mashohiri ulamo-i sahoba va rivoyati hadisning ruasolari kabi, har biri bir tariqning boshida, ayni mo’'jizani ummatga xabar berganlar. Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha; keyingi asrlarga u mutavotir mo’'jiza-i kubroni tariqlari bilan xabar berishgan.
Xullas, Hazrat Jobir tariqida deydiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xutba o’qirkan, Masjidi Sharifda جِذْعُ النَّخْلِdeyilgan quruq xodaga tayanib o’qirdilar. Minbari sharif yasalgandan so’ng, minbarga o’tgan vaqtlari; xoda chiday olmasdan, homila tuya kabi ovoz berib ingrab yig’ladi. Hazrat Anas tariqida deydiki: Qo’tos kabi yig’ladi, masjidni larzaga keltirdi. Sahl Ibn Sa'd tariqida deydi: Ham uning yig’lashi ustiga odamlar yig’lashni boshladi. Hazrat Ubayy Ibn-al Ka'b tariqida deydi: Shunday yig’ladiki, yorilib ketdi. Boshqa bir tariqda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: اِنَّ هٰذَا بَكٰى لِمَا فَقَدَ مِنَ الذِّكْرِ Ya'ni: " Yig’lashi uning joyida o’qilgan zikr va xutbadagi zikri Ilohiyning iftiroqidandir", dedilar. Boshqa bir tariqda:
لَوْ لَمْ اَلْتَزِمْهُ لَمْ يَزَلْ هٰكَذَا اِلٰى يَوْمِ الْقِيَامَةِ تَحَزُّنًا عَلٰى رَسُولِ اللّٰهِ
Ya'ni: "Men uni quchoqlab tasalli bermasaydim, Rasulullohning iftiroqidan qiyomatga qadar shunday yig’lashi davom etardi", dedilar. Hazrat Burayda tariqida deydiki: Jiz' yig’lagandan so’ng Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qo’llarini ustiga qo’yib farmon etdilar:
اِنْ شِئْتَ اَرُدُّكَ اِلَى الْحَائِطِ الَّذ۪ى كُنْتَ ف۪يهِ تَنْبُتُ لَكَ عُرُوقُكَ وَيَكْمُلُ خَلْقُكَ وَيُجَدَّدُ خُوصُكَ وَثَمَرُكَ وَاِنْ شِئْتَ اَغْرِسُكَ فِى الْجَنَّةِ يَاْكُلُ اَوْلِيَاءُ اللّٰهِ مِنْ ثَمَرِكَ
So’ngra u jiz'ni tinglashdi, jiz' aytdi, orqadagi odamlar ham eshitdi:
اِغْرِسْن۪ى فِى الْجَنَّةِ يَاْكُلُ مِنّ۪ى اَوْلِيَاءُ اللّٰهِ ف۪ى مَكَانٍ لَا يَبْلٰى
Ya'ni: "Meni jannatda ekginki; mevalarimdan Janobi Haqning sevgili qullari yesin. Ham bir makonki, u yerda baqo topib, chirish yo’q". Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: قَدْ فَعَلْتُ dedilar. So’ngra: اِخْتَارَ دَارَ الْبَقَاءِ عَلٰى دَارِ الْفَنَاءِ dedilar.
Ilmi Kalomning buyuk imomlaridan mashhur Abu Isxoq Isfaroniy naql etadi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xodaning yoniga bormadilar; balki xoda u kishining amri bilan yonlariga keldi. So’ngra amr etdilar, o’rniga qaytdi. Hazrat Ubayy Ibn Ka'b aytadi: Shu hodisa-i horiqodan so’ngra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Xoda minbarning ostiga qo’yilsin", deb amr etdilar. Masjidi sharifning ta'miri uchun hadm etilgunga qadar minbarning ostiga qo’yildi. O’sha vaqt Hazrat Ubayy Ibn Ka'b yoniga oldi, chirigunga qadar muhofaza etildi.
Mashhur Hasan Basriy shu hodisa-i mo’'jizani shogirdlariga dars bergan vaqt yig’lardi va derdiki: "Daraxt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga mayl va ishtiyoq ko’rsatyapti.. sizlar yanada ko’proq ishtiyoqqa, maylga mustahaqsiz". Biz ham aytamizki: Ha, ham u kishiga ishtiyoq va mayl va muhabbat, u kishining Sunnati Saniyalariga va Shariati G’arrolariga ittibo bilan bo’ladi.
Bir Nukta-i Muhimma:Agar: Nima uchun G’azva-i Handaqda to’rt hovuch taom bilan mingta odamni to’ydirish bo’lgan mo’'jiza-i taomiya va muborak barmoqlaridan oqqan suv bilan bir ming besh yuz kishiga suvni to’ydirgunga qadar ichirgan mo’'jiza-i maiya, nima uchun shu hanini jiz' mo’'jizasi kabi dabdaba bilan ko’p kasratli tariqlar bilan naql etilmagan? Holbuki u ikkisi bundan yanada ziyoda bir jamoatda sodir bo’lgan..., deyilsa.
Aljavob:Zuhur etgan mo’'jizalar ikki qism. Bir qismi nubuvvatni tasdiq ettirish uchun, Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam qo’llarida izhor etiladi. Hanini jiz' shu navdandirki, yolg’iz nubuvvatning tasdig’i uchun bir hujjat sifatida sodir bo’lib; mo’'minlarning iymonini ziyodalashtirish va munofiqlarni ixlosga va iymonga chorlash va kufforni iymonga keltirish uchun zohir bo’lgan. Shuning uchun avom va xoslar harkas uni ko’rdi, uning nashriga ko’p ihtimom etildi. Shu mo’'jiza-i taomiya va mo’'jiza-i maiya esa, mo’'jizadan ziyoda bir karomatdir, balki karomatdan ziyoda bir ikromdir, balki ikromdan ziyoda ehtiyojga binoan bir ziyofati Rahmoniyadir. Shuning uchun garchi da'vo-i nubuvvatga dalil va mo’'jizadir; lekin asl maqsad: Qo’shin och qolgan; bir danakdan ming botmon xurmoni xalq etgani kabi, Janobi Haq xazina-i g’aybdan bir sa' taomdan ming odamga ziyofat beradi. Ham suvsiz qolgan mujohid bir qo’shinga qo’mondoni a'zamning barmoqlaridan obi kavsar kabi suv oqittirib ichiradi. Xullas, shu sir uchun, mo’'jiza-i taomiya va mo’'jiza-i maiyaning har bir misoli hanini jiz' darajasiga chiqmaydi. Faqat u ikki mo’'jizaning jinslari va navlari kulliyat e'tibori bilan, hanini jiz' kabi mutavotir va kasratlidir. Ham taomning barakasini va barmoqlaridan suvning oqishini harkim ko’rolmaydi, faqat belgilarini ko’radi. Xodaning yig’lashini esa hamma eshitgan. Shuning uchun juda ko’p tarqaldi.
Agar:"Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning har hol va harakatlarini kamoli ihtimom bilan sahobalar muhofaza qilib naql etganlar. Bunday mo’'jizoti azima nima uchun o’n-yigirma tariq bilan keladi? Yuz tariq bilan kelishi kerak edi. Ham nima uchun Hazrat Anas, Jobir, Abu Hurayradan ko’p keladi; Hazrat Abu Bakr va Umar oz rivoyat qiladi?", deyilsa.
Aljavob:Birinchi shiqning javobi: To’rtinchi Ishoratning Uchinchi Asosida o’tgan. Ikkinchi shiqning javobi esa: Qandayki inson bir doriga muhtoj bo’lsa, bir tabibga boradi; loyiha uchun muhandisga boradi, muhandisdan naql etadi; masala-i shar'iya muftiydan so’raladi va hk... Shunga o’xshab, sahobalar ichida ahodisi Nabaviyani kelasi asrlarga dars berish uchun ulamo-i sahobadan bir qismlari bu ishga ma'nan muvazzaf edilar. Butun quvvatlari bilan unda g’ayrat ko’rsatar edilar. Ha, Hazrat Abu Hurayra butun hayotini hadisning hifziga bag’ishlagan; Hazrat Umar siyosat olami bilan va xilofati kubro bilan mashg’ul bo’lgan. Shuning uchun, ahodisni ummatga dars berish uchun, Abu Hurayra va Anas va Jobir kabi zotlarga e'timod etib; shu sababli rivoyatni kam qilgan. Ham modomiki siddiq, saduq, sodiq va musaddaq bir sahobaning mashhur bir nomdori, bir tariq bilan bir hodisani xabar bersa; yetar deyiladi, boshqasining naqliga ehtiyoj ham qolmaydi. Shuning uchun ba'zi muhim hodisalar ikki-uch tariq bilan keladi.
O’N BIRINCHI ISHORAT:
O’ninchi Ishorat - shajar toifasidagi mo’'jiza-i Nabaviyani ko’rsatdi. O’n Birinchi Ishorat ham, jamodotda tosh va tog’ toifasining mo’'jiza-i Nabaviyani ko’rsatganiga ishorat qiladi. Biz ham o’sha kasratli misollaridan yetti-sakkizta misolni zikr qilamiz:
Birinchi Misol:Alloma-i Mag’rib Hazrat Qozi Iyoz Shifo-i Sharifida ulviy bir sanad bilan va Buxoriy sohibi kabi muhim imomlardan naqli sahih bilan xabar beradilarki: Xodimi Nabaviy Hazrat Ibn Mas'ud aytadiki: "Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida taom yerkan, taomning tasbehlarini eshitar edik".
Ikkinchi Misol:Naqli sahih bilan, Anas va Abu Zarrdan kutubi sahiha xabar beradilarki: Hazrat Anas (xodimi Nabaviy) aytganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida edik. Kaftlariga kichik toshlarni oldilar, ular muborak qo’llarida tasbeh aytishni boshladilar. So’ngra Abu Bakr Siddiqning qo’liga qo’ydilar, yana tasbeh aytishdi. Abu Zarri Gifforiy tariqida aytadiki: So’ngra Hazrat Umarning qo’liga qo’ydilar, yana tasbeh aytishdi. So’ngra olib yerga qo’ydilar, jim bo’lishdi. So’ngra yana oldilar, Hazrat Usmonning qo’liga qo’ydilar, yana tasbehni boshlashdi. So’ngra Hazrat Anas va Abu Zarr deydilarki: "Qo’llarimizga qo’ydilar, jim bo’lishdi".
Uchinchi Misol:Hazrat Ali va Hazrat Jobir va Hazrat Oysha-i Siddiqadan naqli sahih bilan sobitki: Tog’, tosh Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga "Assalamu alayka yo Rasululloh" derdilar. Hazrat Alining tariqida deydiki: Bidoyati nubuvvatda navahi-i Makkada, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan birga yurganimizda, daraxt va toshga uchragan vaqtimiz, "Assalamu alayka yo Rasululloh" derdilar. Hazrat Jobir tariqida aytadiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tosh va daraxtga yaqin kelgan vaqtlarida, u kishiga sajda qilardilar; ya'ni inqiyod etib, "Assalamu alayka yo Rasululloh" derdilar. Jobirning bir rivoyatida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: اِنّ۪ى لَاَعْرِفُ حَجَرًا كَانَ يُسَلِّمُ عَلَىَّ , dedilar. Ba'zilari aytishganki: U Hajar-ul Asvadga ishoratdir. Hazrat Oyshaning tariqida aytilganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etdilar:
لَمَّا اسْتَقْبَلَن۪ى جَبْرَائ۪يلُ بِالرِّسَالَةِ جَعَلْتُ لَا اَمُرُّ بِحَجَرٍ وَلَا شَجَرٍ اِلَّا قَالَ اَلسَّلَامُ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ
To’rtinchi Misol:Naqli sahih bilan Hazrat Abbosdan xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abbosni va to’rt o’g’lini (Abdulloh, Ubaydulloh, Fazl, Qusam) birga, muloat deyilgan bir parda ostiga olib, ustlariga yopdilar.
يَا رَبِّ هٰذَا عَمّ۪ى وَصِنْوُ اَب۪ى وَ هٰؤُلَاءِ بَنُوهُ فَاسْتُرْهُمْ مِنَ النَّارِ كَسَتْر۪ى اِيَّاهُمْ بِمُلَائَت۪ى
deb duo qildilar. Birdan uyning tomi va eshigi va devorlari "Omin, Omin" deb duoga ishtirok etishdi.
Beshinchi Misol:Boshda Buxoriy, Ibn Hibbon, Dovud, Termiziy kabi kutubi sahiha muttafiqan Hazrat Anasdan, Abu Hurayradan, Usmoni Zinnuroyndan, Ashara-i Mubashsharadan Said Ibn Zayddan xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq, Umar-ul Faruq va Usmoni Zinnurayn bilan Uhud Tog’ining boshiga chiqishdi. Jabali Uhud yo ularning mahobatlaridan yoki o’z surur va sevinchidan larzaga keldi, qimirladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:
اُثْبُتْ يَا اُحُدُ فَاِنَّمَا عَلَيْكَ نَبِىٌّ وَ صِدّ۪يقٌ وَ شَه۪يدَانِ
dedilar.
Bu hadis Hazrat Umar va Usmonlarning shahid bo’lishlariga ixbori g’aybiydir. Shu misolning tatimmasi sifatida naql etilganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Makkadan hijrat etib, kufforlar ta'qibga chiqqan vaqtlari, Sabir nomli toqqa chiqdilar. Sabir dedi: "Yo Rasululloh, mendan tushing! Qo’rqaman, mening ustimda sizni o’ldrishsa, Alloh meni ta'zib etadi. Shuning uchun qo’rqaman". Jabali Hiro chaqirdi: يَا رَسُولَ اللّٰهِ اِلَىَّ "Menga keling!" Mana shu sir uchun, ahli qalb Sabir tog’ida xavf va Hiro g’orida amniyatni his qiladilar. Bu misoldan tushuniladiki: Ulkan tog’lar bittadan mustaqil abddir, musabbihdir va vazifadordirlar. Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamni taniydilar va sevadilar; sohibsiz emaslar.
Oltinchi Misol:Naqli sahih bilan Abdulloh Ibn Umardan xabar beradilarki, degan: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam minbarda xutba o’qirkan
وَمَا قَدَرُوا اللّٰهَ حَقَّ قَدْرِه۪ وَالْاَرْضُ جَم۪يعًا قَبْضَتُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَم۪ينِه۪
oyatini o’qidilar. Va:
اِنَّ الْجَبَّارَ يُعَظِّمُ نَفْسَهُ وَيَقُولُ اَنَا الْجَبَّارُ اَنَا الْجَبَّارُ اَنَا الْكَب۪يرُ الْمُتَعَالُ
degan vaqtlari, minbar shunday tebrandi va shunday larzaga keldi va titradiki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni yiqitadigan darajada silkinganiga qo’rqdik.
Yettinchi Misol:Naqli sahih bilan, Habr-ul Umma va Tarjimon-ul Qur'on bo’lgan Hazrat Ibn Abbos va xodimi Nabaviy va ulamo-i azima-i sahobadan bo’lgan Ibn Mas'uddan xabar beradilar: Fathi Makka kunida, Ka'ba va atrofida, toshda qo’rg’oshin bilan mixlangan uch yuz oltmishta sanam bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qo’llarida yoyga o’xshash bir tayoq bilan sanamlarga bir-bir ishorat qilib
جَاءَ الْحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ اِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقًا
deb, qaysisiga ishorat qilsalar, yerga tushdi. Sanamning yuziga ishorat qilgan bo’lsalar, orqasiga tushar; orqasiga ishorat qilgan bo’lsalar, yuzi bilan tushar va hokazo.. sanamlar yerga dumaladilar.
Sakkizinchi Misol:Mashhur Buhayro-i Rohibning mashhur qissasi: Nubuvvatdan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam amakisi Abu Tolib va bir qism Qurayshiy bilan birga Shom tarafiga tijoratga ketadilar. Buhayro-i Rohibning Cherkovi yoniga kelgan vaqtlari o’tirdilar. Insonlar bilan ixtilot etmagan munzaviy Buhayro-i Rohib birdan chiqib keldi. Qofila ichida Muhammad-ul Aminni (S.A.V) ko’rdi. Qofilaga: "Shu Sayyid-ul Olamindir va payg’ambar bo’ladi", dedi. Qurayshiylar dedilar: "Qayerdan bilasan?" Muborak rohib dediki: Siz kelayotganingizda ko’rdimki, havoda ustingizda bir parcha bulut bor edi. Siz o’tirganingizda, shu Muhammad-ul Amin (S.A.V.) tarafiga bulut mayl etdi, soya qildi. Ham ko’rdimki: Tosh, daraxt unga sajda qilgan kabi bir vaziyat ko’rdim. Bu esa, nabiylarga qilinadi.
Bu sakkiz misol kabi, balki sakson misol bor. Bu sakkiz misol birlashtirilsa, shunday uzilmas bir zanjir bo’ladiki, hech bir shubha uni uzolmaydi va qimirlatolmaydi. Bu turdagi mo’'jiza umumiyati e'tibori bilan, ya'ni jamodotning da'vo-i nubuvvatga dalil sifatida gapirishlari, ma'naviy tavotur hukmida yaqiynni va qat'iyatni ifoda qiladi. Har bir misol majmu'ning quvvatidan o’z quvvatidan ham ortiq bir quvvat oladi. Ha, zaif bir ustun quvvatli ustunlar bilan yonma-yon kelgan vaqti mustahkamlashadi. Zaif, quvvatsiz bir odam askar bo’lib qo’shinga kirsa; shunday quvvat topadiki, ming kishiga qarshi chiqadi.
O’N IKKINCHI ISHORAT:
O’n birinchi Ishorat bilan aloqador bo’lgan uch misol, faqat g’oyat muhim misollardir.
Birinchi misol:
وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ رَمٰى
nassi qat'iysi bilan va ahli tahqiq umum mufassirlarning tahqiqi bilan va umum ahli hadisning ixbori bilan, G’azva-i Badrda, shu oyat xabar beradiki; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir hovuch tuproq bilan kichik toshlarni oldilar, kuffor qo’shinining yuziga otdilar, شَاهَتِ الْوُجُوهُ dedilar. شَاهَتِ الْوُجُوهُ kalimasi bir kalom ekan, ularning har birining qulog’iga kirishi kabi; u bir hovuch tuproq ham har bir kofirning ko’ziga kirdi. Har biri o’z ko’zi bilan mashg’ul bo’lib, hujumda ekan birdan qochishdi.
Ham G’azva-i Hunaynda, boshda Imom Muslim bo’lib ahli hadis xabar beradilarki: G’azva-i Hunaynda -Badr kabi- kuffor shiddat bilan hujum qilarkan, yana bir hovuch tuproq otib, شَاهَتِ الْوُجُوهُ deb, har birining qulog’iga bir شَاهَتِ الْوُجُوهُ kalimasi kirgani kabi; biiznilloh, har birining yuziga bir hovuch tuproq sepildi. Ko’zlari bilan mashg’ul bo’lib qochishdi. Xullas, Badr va Hunayndagi horiqo bo’lgan shu hodisa oddiy sabablar va bashar qudrati dohilida bo’lmaganidan, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon
وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ رَمٰى
farmon etadi. Ya'ni "U hodisa qudrati bashar xorijidadir. Quvva-i bashariya bilan emas; balki favquloda bir suratda, qudrati Ilohiya bilan bo’lgan".
Ikkinchi Misol:Boshda Buxoriy, Muslim, kutubi sahiha xabar beradilarki: G’azva-i Haybarda bir Yahudiy xotin bir echkini biryon qilib pishirgan, g’oyat ta'sirli zahar bilan zaharlab, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga yuborgan. Sahobalar yeyishni boshlaganida, birdan farmon etdilar:
اِرْفَعُوا اَيْدِيَكُمْ اِنَّهَا اَخْبَرَتْن۪ى اَنَّهَا مَسْمُومَةٌ
Ya'ni, pishirilgan echki menga deydiki: "Men zaharliman" deya xabar beryapti. Hamma qo’lini tortdi. Lekin shiddatli zaharning ta'siridan Bishr Ibn-al Barro, olgan birgina luqmasidan vafot etdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u Zaynab ismli xotinni chaqirdilar. "Nima uchun bunday qilding?" dedilar. U manhusa: "Agar payg’ambar bo’lsang, senga zarar bermaydi; agar podshoh bo’lsang, insonlarni sendan qutqarish uchun qildim", dedi. Ba'zi rivoyatda uni o’ldirtirmaganlar, ba'zi tariqda o’ldirtirganlar. Ahli tahqiq aytganki: O’zlari o’ldirtirmaganlar; faqat Bishrning varosasiga berilgan, ular o’ldirganlar. Bu voqea-i ajibadagi vajhi i'jozni ko’rsatadigan ikki-uch nuqtani tingla:
Birinchisi:Bir rivoyatda borki, u echkining qo’li xabar bergan vaqti, ba'zi sahobalar ham eshitishgan.
Ikkinchisi:Ham bir rivoyatda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xabar bergandan so’ng: "Bismilloh denglar, undan so’ngra yenglar. Zahar ortiq ta'sir qilmaydi", dedilar. Shu rivoyatni garchi Ibn Hajar Asqaloniy qabul qilmagan bo’lsada, boshqalar qabul qilishgan.
Uchinchisi:Ham dassos Yahudiylar Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga va muqarrabiyni Sahobaga birdan zarba urish istaganlari holda, birdan g’oyibdan xabar berilgan kabi, hodisaning inkishofi va dasisalarining natijasiz qolishi va u ixbor ifoda etgan voqea to’g’ri chiqishi va hech bir vaqt sahobalari nazarida mutaxolif bir xabari ko’rilmagan Zoti Ahmadiyaning "Echkining qo’li menga aytyapti" deyishlari; hammaning qulog’i bilan u echkidan u so’zni eshitadigan darajada qanoati qat'iyalari bo’lgan.
Uchinchi Misol:Hazrat Muso Alayhissalomning "yadi bayzo" va "hasso" mo’'jizasiga nazira sifatida, uch hodisada mo’'jiza-i Ahmadiya:
Birinchisi:Hazrat Imom Ahmad Ibn Hanbal Abu Said-al Xudriydan taxrij va tasxix etadilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Qatoda Ibn No’'monga qorong’i, yomg’irli bir kechada bir tayoq beradilar va farmon etadilar: "Senga chiroq kabi o’nlab arshin har tarafda yorug’lik beradi. Uyingga borganingda, bir qora shaxs soya ko’rasan. U shaytondir. Uni xonangdan chiqar, hayda". Qatoda tayoqni olib ketdi. O’sha tayoq Yadi bayzo kabi yorug’lik berdi. Uyiga boradi; u qora shaxsni ko’radi, haydaydi.
Ikkinchisi:Bir manba-i g’aroyib G’azva-i Kubro-i Badrda, Ukkosha Ibn-al Mihsan-al Asadiyning mushriklar bilan urusharkan qilichi sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasslam unga qilichiga muqobil qalin bir tayoq berib, "Bu bilan harb et", dedilar. Birdan tayoq, biiznilloh uzun, oq bir qilich bo’ldi. U bilan harb etdi. Hayoti davomida, to Yamoma Harbida shahid bo’lgungacha bo’ynida tashidi. Shu hodisa qat'iydir. Chunki Ukkosha butun hayotida u bilan iftixor etgan va u qilich "Al-A'vn" nomi bilan mashhur bo’lgan. Xullas, Hazrat Ukkoshaning iftixori va qilichning A'vn nomi bilan qilichlardan ustun bo’lib ishtihori, shu hodisaning ikki hujjatidir.
Uchinchisi:Ibn Abd-al Barr kabi bir alloma-i asr va ahli tahqiqning buyuklaridan naql va tasxix etadilarki: G’azva-i Uhudda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ammavachchasi bo’lgan Abdulloh Ibn Jahsh harb etarkan qilichi sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga bir tayoq berdilar. U tayoq uning qo’lida bir qilich bo’ldi. U bilan harb etdi. U asari mo’'jiza bo’lgan qilich boqiy qoldi. Mashhur Ibn Sayyid-an Nas siyarida xabar beradiki: Bir vaqt o’tib, Abdulloh u qilichni Bug’oyi Turkiy ismli bir odamga ikki yuz liraga sotdi. Xullas, bu ikki qilich asoyi Muso kabi bittadan mo’'jizadir. Faqat asoyi Musoning vafoti Musodan so’ngra vajhi i'jozi qolmadi. Faqat shular boqiy qoldilar.
O’N UCHINCHI ISHORAT:
Mo’'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning ham mutavotir, ham misollari juda ko’p bir navi ham; xastalar va yaralilar nafasi muboragi bilan shifo topishlaridir. Shu nav mo’'jiza-i Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalam) navi e'tibori bilan ma'naviy mutavotirdir. Juz'iyotlari, bir qismi ham ma'naviy mutavotir hukmidadir. Boshqa qismi ahadiy bo’lsa ham, ilmi hadisning mudaqqiq imomlari tasxix va taxrij etganlari uchun, qanoati ilmiya beradi. Biz ham juda ko’p misollaridan bir nechta misolini zikr qilamiz:
Birinchi Misol:Alloma-i Mag’rib Qozi-i Iyoz Shifo-i Sharifida, ulviy bir an'ana bilan va mutaaddid tariqlar bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xodimi va bir qo’mondoni va Hazrat Umar zamonida qo’shini Islomning bosh qo’mondoni va Eronning fotihi va Ashara-i Mubashsharadan bo’lgan Hazrat Sa'd Ibn Abu Vaqqos aytadi:
G’azva-i Uhudda men Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida edim. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam o’sha kuni kamonlari singunicha kufforga o’q otdilar. So’ngra menga o’qlarni berar, "Ot!" der edilar. Naslsiz, ya'ni o’qning uchishiga yordam beradigan qanotlari bo’lmagan o’qlarni berardilar. Va menga "Ot!" deb amr qilardilar. Men ham otardim. Qanotli o’qlar kabi uchardi, kufforning jasadida yerlashardi. U holda ekan, Qatoda Ibn No’'monning ko’ziga bir o’q tegib, ko’zini chiqarib, ko’zining hadaqasi yuzining ustiga tushdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam muborak, shifoli qo’llari bilan uning ko’zini olib, eski uyasiga joylashtirib, ikki ko’zidan eng go’zali bo’lib, hech bir narsa bo’lmagandek shifo topdi. Shu voqea juda ishtihor etgan. Hatto Qatodaning bir nevarasi Umar Ibn Abdulazizning yoniga kelgan vaqti, o’zini shunday ta'rif etgan: "Men shunday bir zotning nevarasimanki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning chiqqan ko’zini joyiga qo’yib, birdan shifo topgan. Eng go’zal ko’z u bo’lgan" deya, nazm suratida
{(Hoshiya)
اَنَا ابْنُ الَّذ۪ى سَالَتْ عَلَى الْخَدِّ عَيْنُهُ ٭ فَرُدَّتْ بِكَفِّ الْمُصْطَفٰى اَحْسَنَ الرَّدِّ
فَعَادَتْ كَمَا كَانَتْ لِاَوَّلِ اَمْرِهَا ٭ فَيَا حُسْنَ مَا عَيْنٍ وَيَا حُسْنَ مَا رَدٍّ
}
Hazrat Umarga aytgan, u bilan o’zini tanittirgan. Ham naqli sahih bilan xabar berilganki: Mashhur Abu Qatodaning, Yavmi Ziqorod deyilgan g’azvada bir o’q muborak yuziga isobat etgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam muborak qo’llari bilan masx etganlar. Abu Qatoda aytadiki: "Qat'iyan va aslo og’rig’ini ham, jarohatini ham ko’rmadim".
Ikkinchi Misol:Buxoriy va Muslim, kutubi sahiha xabar beradilar: G’azva-i Haybarda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Aliyi Haydariyni bayroqdor qilib tayin etganlari holda, Hz.Alining ko’zlari xastalikdan juda og’riyotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tiryoq kabi tupuklarini ko’ziga surtgan daqiqada, shifo topib hech bir og’riq qolmadi. Ertalab Haybar Qal'asining juda og’ir temir eshigini sug’urib, qo’lida qalqon kabi tutib, Qal'a-i Haybarni fath etdi. O’sha voqeada, Salama Ibn Akva'ning oyog’iga qilich urilib, yorilgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga dam solganlarida, birdan oyog’i shifo topdi.
Uchinchi Misol:Boshda Nasaiy, arbobi Siyar, Usmon Ibn Xunayfdan xabar beradilar: Hz.Usmon aytadiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga bir ko’r kelib, "Mening ko’zlarimning ochilishi uchun duo qiling", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga farmon etdilar:
فَانْطَلِقْ وَتَوَضَّاْ ثُمَّ صَلِّ رَكْعَتَيْنِ وَقُلِ اللّٰهُمَّ اِنّ۪ى اَسْئَلُكَ وَاَتَوَجَّهُ اِلَيْكَ بِنَبِىِّ مُحَمَّدٍ نَبِىِّ الرَّحْمَةِ يَا مُحَمَّدُ اِنّ۪ى اَتَوَجَّهُ بِكَ اِلٰى رَبِّكَ اَنْ يَكْشِفَ عَنْ بَصَر۪ى اَللّٰهُمَّ شَفِّعْهُ فِىَّ
U borib shunday qilib keldi. Ko’zi ochilgan va yaxshi ko’rayotganini ko’rdik.
To’rtinchi Misol:Buyuk bir imom Ibn Vahb xabar beradi: G’azva-i Badrning o’n to’rt shahididan biri Mu'avviz Ibn Afra' Abu Jahl bilan urusharkan, Abu Jahli La'yin u qahramonning bir qo’lini kesadi. U narigi qo’li bilan qo’lini olib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning qo’lini yana joyiga yopishtirib, tupuklarini unga surtdilar; birdan shifo topdi. Yana harb etdi, shahid bo’lgunga qadar harb etdi. Imom Jalil Ibn Vahb ham xabar beradiki: U g’azvada Hudayb Ibn Yasafning yelkasiga bir qilich urilganida, bir qismi ayrilgan kabi dahshatli bir yara ochilgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning qo’lini yelkasiga qo’llari bilan yopishtirganlar, dam solganlarida, shifo topdi. Xullas, shu ikki voqea, garchi ahadiydir va xabari vohiddir; faqat Ibn Vahb kabi bir imom tasxix etsa, G’azva-i Badr kabi bir manba-i mo’'jizot bo’lgan bir g’azvada bo’lsa, ham bu ikki voqeani eslatadigan ko’p misollar bo’lsa; albatta shu ikki voqea qat'iy va voqe'dir deb bo’ladi.
Xullas, ahodisi sahiha bilan subut topgan balki ming misol borki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muborak qo’llari unga shifo bo’lgan.
BU PARCHA OLTIN VA OLMOS BILAN YOZILSA LAYOQATI BOR
Ha, sobiqan bahsi o’tgan: Kaftlarida kichik toshlarning zikr va tasbeh aytishi; وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ sirri ila ayni kaftlarida kichkina tosh va tuproq dushmanga to’p va o’q hukmida ularni inhizomga chorlashi; وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ nassi bilan ayni kaftlarining barmog’i bilan Qamarni ikki parcha qilishi; va ayni qo’l, chashma kabi o’n barmog’idan suvning oqishi va bir qo’shinga ichirishi; va ayni qo’l xastalarga va yaralilarga shifo bo’lishi, albatta u muborak qo’l naqadar horiqo bir mo’'jiza-i qudrati Ilohiya ekanini ko’rsatadi. Go’yo ahbob ichida u qo’lning kafti kichik bir zikrxona-i Subhoniy bo’lib, kichkina toshlar ham ichiga kirsa, zikr va tasbeh qiladilar. Va a'daga qarshi kichkina bir aslahaxona-i Rabboniydirki, ichiga tosh va tuproq kirsa, o’q va bomba bo’ladi. Va yaralilar va xastalarga qarshi bir ajzoxona-i Rahmoniy bo’lib, qaysi dardga tegsa darmon bo’ladi. Va jalol bilan turgan vaqti, Qamarni parchalab Qobi Qavsayn shaklini oladi; va jamol bilan qaytgan vaqti, obi kavsar oqitgan o’n jo’mrakli bir chashma-i rahmat hukmiga kiradi. Ajabo, bunday bir zotning bitta qo’llari bunday ajib mo’'jizotga mazhar va mador bo’lsa; u zot Xoliqi Koinot nazdida naqadar maqbul ekanlari va da'vosida naqadar sodiq bo’lganlari va u qo’l bilan bay'at etganlar naqadar baxtiyor ekanlari badohat darajasida anglashilmasmi?..
Savol:Deyiladiki: Sen ko’p narsalarga mutavotir deysan, holbuki biz ularning ko’pini endi eshityapmiz. Mutavotir bir narsa bunday yashirin qolmaydi?
Aljavob:Ulamo-i Shariat yonida ko’p mutavotir va badihiy narsalar borki, ulardan bo’lmaganga ko’ra majhuldir. Ahli hadis yonida ham ko’p mutavotir bor, boshqalarning yonida ahadiy ham bo’lmaydi va hokazo... Har fanning ahli ixtisosi, u fanga ko’ra badihiyoti, nazariyoti bayon etiladi. Umum xalq esa, u fanning ahli ixtisosiga e'timod etadi, taslim bo’ladi yoki ichiga kiradi, ko’radi. Hozir xabar berganimiz haqiqiy mutavotir yoki ma'naviy mutavotir yoki tavotur hukmida qat'iyatni ifoda etgan voqealar, ham ahli hadis, ham ahli shariat, ham ahli Usul-ud din, ham aksar tabaqoti ulamodan hukmini shunday ko’rsatgan. G’aflatda bo’lgan avom yoki ko’zini yumgan nodonlar bilmasalar, qabohat ularga oiddir.
Beshinchi Misol:Imom Bag’aviy taxriji va tasxixi bilan xabar beradiki: Ali ibn-al Hakamning G’azva-i Handakda kufforning zarbasi bilan oyog’i sindi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam masx etdilar. O’sha on shunday shifo topdiki, otidan tushmadi.
Oltinchi Misol:Boshda Imom Bayhaqiy, ahli hadis xabar beradilarki: Imom Ali g’oyat xasta edi. Og’riqdan o’ziga o’zi duo qilib ingrayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kelib, اَللّٰهُمَّ اشْفِه۪ dedilar. Va oyoqlari bilan Hazrat Aliga tegib, "Tur!" dedilar. Birdan shifo topdi. Imom Ali aytadiki: "O’shandan so’ngra u xastalikni hech ko’rmadim".
Yettinchi Misol:Shurahbil-al Juhfiyning mashhur qissasi: Kaftida go’shtdan bir o’sma bor edi, qilichni va otning tizginini tutolmas edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kaftidagi o’smani masx etdilar va muborak qo’llari bilan siqdilar. U o’smadan hech bir asar qolmadi.
Sakkizinchi Misol:Olti bolaning har biri boshqa-boshqa bittadan mo’'jizoti Ahmadiyaga mazhar bo’ldi.
Birinchisi:Ibn Abu Shayba (muhaqqiqi komil va muhaddisi mashhur) xabar beradiki: Bir xotin bir bolani Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yoniga keltirdi. U bolada bir balo bor edi, gapirmas edi, esi past edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir suv bilan g’arg’ara qildilar, qo’llarini yuvdilar. U suvni xotinga berdi, bolaga ichirsin farmon etdilar. Bola u suvni ichgandan so’ng, xastaligidan va balosidan hech bir asar qolmadi. Shunday bir aql va kamol sohibi bo’ldiki, uqalo-i nosdan ham o’zib ketdi.
Ikkinchisi:Naqli sahih bilan, Hazrat Ibn Abbos aytadi: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga majnun bir bola keltirildi. Muborak qo’llarini uning ko’ksiga qo’ydilar; birdan bola qusdi. Ichidan kichik bodring qadar qora bir narsa chiqdi, bola shifo topib ketdi.
Uchinchisi:Imom Bayhaqiy va Nasaiy naqli sahih bilan xabar beradilarki: Muhammad Ibn Hatib ismli bir bolaning qo’liga qaynagan qozon to’kilgan, butun qo’lini yoqqan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam masx etib tupuklarini surtdilar, o’sha on shifo topdi.
To’rtinchisi:O’sgan, faqat tili chiqmagan katta bir bola Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yoniga keldi. Bolaga farmon etganlar: "Men kimman?" Hech gapirmagan tilsiz bola, اَنْتَ رَسُولُ اللّٰهِ deb takallumni boshlagan.
Beshinchi bola:Olami yaqazoda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan mukarrar suratda musharraf bo’lgan Jaloliddin Suyutiy va asrning imomi taxrij va tasxix bilan Muborak-ul Yamoma ismi bilan mashhur bir zotni, hali endi dunyoga kelgan vaqti, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yoniga keltirganlar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga mutavajjih bo’lganlar. Bola takallumni boshlagan, اَشْهَدُ اَنَّكَ رَسُولُ اللّٰهِ degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam "Barakalloh" deganlar. Bola undan so’ngra katta bo’lgungacha ortiq gapirmagan. U bola bu mo’'jiza-i Ahmadiyaga va "Barakalloh" duo-i Nabaviysiga mazhar bo’lganidan, "Muborak-ul Yamoma" ismi bilan shuhrat topgan.
Oltinchi bola:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam namoz o’qirkanlar, jizzaki bir bola namozini kesib o’tganidan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam اَللّٰهُمَّ اقْطَعْ اَثَرَهُ dedilar. Undan so’ng bola ortiq yurmagan, shunday qolgan, jizzakiligining jazosini topgan.
Yettinchi bola:Bola tabiatida hayosiz bir xotin, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ovqat yerkan, luqma istagan, berganlar. Degan: "Yo’q, sening og’zingdagini istayman". Uni ham berganlar. U g’oyat hayosiz xotin u luqmani yegandan so’ng eng hayoli xotin va Madina xotinlaridan ustun bir hayo sohibi bo’ldi.
Shu sakkiz misol kabi, sakson emas, balki sakkiz yuz misollari bor. Ko’pi kutubi Siyar va ahodisda bayon etilgandir. Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning muborak qo’llari Hakimi Luqmonning bir dorixonasi kabi va tupuklari Hazrat Hizrning obi hayot chashmasi kabi va nafaslari Hazrat Iso Alayhissalomning nafasi kabi madad-ras va shifo-rason bo’lsa va navi bashar ko’p musibat va balolarga giriftor bo’lsa; albatta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga hadsiz murojaatlar bo’lgan. Xastalar, bolalar, majnunlar juda kasratli kelganlar, hammasi shifo topib ketganlar. Hatto qirq marta haj qilgan va qirq yil bomdod namozini xuftonning tahorati bilan o’qigan, Tobe'iynning azim imomlaridan va ko’p sahobalar bilan ko’rishgan, Tous deyilgan Abu Abdurrahmon-al Yamaniy qat'iyan xabar beradi va hukm qiladi va deganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga naqadar majnun kelgan bo’lsa, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ko’ksiga qo’llarini qo’ygan bo’lsalar, qat'iyan shifo topgan; shifo topmagan qolmagan.
Xullas, Asri Saodatga yetishgan bunday bir imom, bunday qat'iy va kulliy hukm qilgan bo’lsa; albatta unga kelgan hech bir xasta qolmaganki, shifo topmagan bo’lsin. Modomiki shifo topgan, albatta murojaatlar minglab bo’ladi.
O’N TO’RTINCHI ISHORAT:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning anvo'i mo’'jizotidan bir navi azimi, duolari bilan zohir bo’lgan horiqolardir. Ha, shu nav qat'iy va haqiqiy mutavotirdir. Juz'iyot va misollari shu qadar ko’pki, hisoblanmaydi. Misollarning ko’plari borki, ular ham mutavotir darajasiga chiqqan. Balki tavoturga yaqin mashhur bo’lganlar. Bir qismini shunday imomlar naql etganki, mashhur mutavotir kabi, qat'iyatni ifoda etadi. Biz bu juda ko’p misollaridan, tavoturga yaqin va mashhur darajasida muntashir ba'zi misollarni namuna sifatida va har misolida bir qancha juz'iyotini zikr qilamiz:
Birinchi Misol:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yomg’ir duolari, tavotur darajasida va ko’p marta takrorlanib, doimo tezlik bilan qabul bo’lishi, boshda Imom Buxoriy va Imom Muslim, aimma-i hadis naql etganlar. Hatto ba'zan minbari sharif ustida, yomg’ir duosi uchun qo’llarini ko’tarib, tushirmasdan yog’gan. Sobiqan zikr qilganimiz kabi, bir-ikki marta qo’shin suvsiz qolgan vaqti bulut kelardi, yomg’ir berardi. Hatto nubuvvatdan avval, jaddi Nabiy Abdulmuttalib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kichiklik zamonlarida muborak yuzlari bilan yomg’ir duosiga borardi. U kishining yuzi hurmati uchun kelardiki; u hodisa Abdulmuttalibning bir she'ri bilan ishtihor topgan. Ham vafoti Nabaviydan so’ngra, Hazrat Umar Hazrat Abbosni vasila qilib degan: "Ey Robbim! Bu sening habibingning amakisidir. Uning yuzi hurmati uchun yomg’ir ber". Yomg’ir kelgan.
Ham Imom Buxoriy va Muslim xabar beradilarki: Yomg’ir uchun duo talab etildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam duo qildilar. Yomg’ir shunday keldiki, majbur bo’ldilar: "Iltimos, duo qiling, to’xtasin". Duo qildilar, birdan to’xtadi.
Ikkinchi Misol:Tavoturga yaqin mashhurdirki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, sahoba va iymonga kelganlar hali qirqqa vosil bo’lmasdan va yashirin ibodat qilayotgan ekan duo qildilar:
اَللّٰهُمَّ اَعِزَّ الْاِسْلَامَ بِعُمَرِ ابْنِ الْخَطَّابِ اَوْ بِعَمْرِ ابْنِ الْهِشَامِ
Bir-ikki kun so’ngra Hazrat Umar Ibn-al Xattob iymonga keldi va Islomiyatni e'lon va i'zoz etishga vasila bo’ldi. "Faruq" unvoni oliysini oldi.
Uchinchi Misol:Ba'zi sahoba-i guzinga boshqa-boshqa maqsadlar uchun duo qilganlar. Duolari shunday porloq bir suratda qabul bo’lganki, u karomati duoiya mo’'jiza darajasiga chiqqan. Azjumla, boshda Buxoriy va Muslim xabar beradilarki: Ibn Abbosga shunday duo qilganlar:
اَللّٰهُمَّ فَقِّهْهُ فِى الدّ۪ينِ وَعَلِّمْهُ التَّاْو۪يلَ
Duolari shunday maqbul bo’lganki; Ibn Abbos, Tarjimon-ul Qur'on unvoni zishonini va Habr-ul Umma, ya'ni alloma-i ummat rutba-i oliysini qozongan. Hatto ko’p yosh ekan, Hazrat Umar uni ulamo va qudamo-i sahoba majlislariga etardi.
Ham boshda Imom Buxoriy, ahli kutubi sahiha xabar beradilarki: Anasning volidasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga niyoz etganki: "Sizning xodimingiz bo’lgan Anasning avlod va moli haqida baraka uchun duo qiling". U kishi ham duo qilganlar:
اَللّٰهُمَّ اَكْثِرْ مَالَهُ وَوَلَدَهُ وَبَارِكْ لَهُ ف۪يمَا اَعْطَيْتَهُ
deganlar. Hazrat Anas oxir umrida qasam bilan e'lon qiladiki: "Men o’z qo’lim bilan yuz avlodimni dafn etganman. Mening molim va sarvatim e'tibori bilan ham, hech birisi men kabi mas'ud yashamagan. Mening molimni ko’ryapsizki, juda ko’p. Bular butun duo-i Nabaviyaning barakasidandir".
Ham boshda Imom Bayhaqiy, ahli hadis xabar berishadiki: Ashara-i Mubashsharadan Abdurrahmon Bin Avfga Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kasrati mol va baraka uchun duo qilganlar. U duoning barakasi bilan shu qadar sarvat qozondiki, bir marta yetti yuzta tuyani yuklari bilan birga "fiysabililloh" sadaqa qildi. Xullas, duo-i Nabaviyaning barakasiga qaranglar, "Barakalloh" denglar.
Boshda {[1] So’nra boshqa hadis imomlari o’z kitoblarida naql qilganlar (tarjimon izohi).} Imom Buxoriy bo’lib, roviylar naql qiladilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Urva Ibn Abu Ja'daga tijoratda foyda va daromad uchun baraka bilan duo qilganlar. Urva deydiki: Men ba'zan Kufa bozorida turardim, bir kunda qirq ming foyda topardim, so’ngra uyimga qaytardim. Imom Buxoriy aytadi: "Qo’liga tuproqni olsa ham, undan foyda topardi".
Ham Abdulloh Ibn Jafarga kasrati mol va baraka uchun duo qilganlar. Hazrat Abdulloh Ibn Jafar shu daraja sarvat qo’lga kiritganki, u asrda shuhratgir bo’lgan. U baraka-i duo-i Nabaviy bilan hosil bo’lgan sarvati qadar saxovat bilan ham ishtihor etgan. Bu navdan ko’p misollar bor. Namuna uchun to’rt misol bilan kifoyalanamiz.
Boshda Imom Termiziy xabar beradi: Sa'd Ibn Abu Vaqqos uchun Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam duo qilganlar: اَللّٰهُمَّ اَجِبْ دَعْوَتَهُ degan. Sa'dning duosining qabuli uchun duo qilganlar. U asrda Sa'dning badduosidan harkas qo’rqardi. Duosining qabuli bilan shuhrat topdi.
Mashhur Abu Qatodaga farmon etganlar:
اَفْلَحَ اللّٰهُ وَجْهَكَ اَللّٰهُمَّ بَارِكْ لَهُ ف۪ى شَعْرِه۪ وَ بَشَرِه۪
deya yosh qolishi uchun duo qilganlar. Abu Qatoda yetmish yoshida vafot qilgan vaqti o’n besh yoshli bir yigit kabi bo’lgani naqli sahih bilan shuhrat topgan.
Ham mashhur shoir Nabiganing qissa-i mashhurasidirki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonida bir she'rini o’qigan. Shu fikra:
بَلَغْنَا السَّمَاءَ مَجْدُنَا وَسَنَائُنَا ٭ وَ اِنَّا نُر۪يدُ فَوْقَ ذٰلِكَ مَظْهَرًا
Ya'ni: "Sharafimiz ko’kka chiqdi, biz yana ustiga chiqishni istaymiz!" Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam mulotafa suratida farmon etdilar: اِلٰى اَيْنَ يَا اَبَا لَيْلَا؟ Dedi: اِلَى الْجَنَّةِ يَا رَسُولَ اللّٰهِ Ya'ni: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam latifa o’laroq dedilar: "Ko’kdan boshqa qaysi tarafga istaysan, she'ringda u yerni niyat etyapsan?" Nabig’a dedi: "Ko’klardan ustun Jannatga ketishni istaymiz". So’ngra bir ma'noli she'rini yana o’qidi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam duo qildilar: لَا يَفْضُضِ اللّٰهُ فَاكَ Ya'ni, "Sening og’zing buzilmasin". Xullas, u duo-i Nabaviyning barakasi bilan, u Nabig’a bir yuz yigirma yoshida bir tishi kamaymadi. Hatto ba'zan bir tishi tushgan payti, o’rniga bitta yana kelardi.
Ham naqli sahih bilan Imom Ali uchun duo qilganlar: اَللّٰهُمَّ اكْفِهِ الْحَرَّ وَالْقَرَّ Ya'ni: "Ey Robbim! Sovuq va issiqning zahmatini unga ko’rsatma". Xullas shu duo barakasi bilan Imom Ali qishda yoz libosini kiyardi, yozda qish libosini kiyardi. Derdiki: U duoning barakasi bilan hech bir sovuq va issiqning zahmatini chekmayman.
Ham Hazrat Fotima uchun duo qilganlar: اَللّٰهُمَّ لَا تُجِعْهَا Ya'ni: "Ochlik alamini unga berma". Hazrat Fotima deydiki: "U duodan so’ngra ochlik alamini ko’rmadim".
Ham Tufayl Ibn Amr borib qavmiga ko’rsatish uchun Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan bir mo’'jiza istadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, اَللّٰهُمَّ نَوِّرْ لَهُ deganlar. Ikki ko’zi o’rtasida bir nur zuhur etgan. So’ngra tayog’i uchiga o’tgan. Shuning bilan "Zinnur" deya mashhur bo’lgan. Xullas, bu voqealar ahodisi mashhuradandirki, qat'iyat paydo qilganlar.
Ham Abu Hurayra Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga "Xotiram zaiflashyapti", deb shikoyat etdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir ro’molcha shaklida bir narsa ochdilar. So’ngra muborak hovuchlari bilan g’oibdan bir narsa olayotganday, hovuchlarini u yerga bo’shatdilar. Ikki-uch marta shunday qilib Abu Hurayraga: "Endi ro’molchani to’pla", dedilar. U ham to’pladi. Bu sirri ma'naviyi duo-i Nabaviy bilan Abu Hurayra: "Undan so’ngra hech bir narsa unutmadim", deb qasam ichdi. Xullas bu voqealar ahodisi mashhuradandir.
To’rtinchi Misol:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning badduolariga mazhar bo’lgan bir nechta voqeani bayon qilamiz:
Birinchisi:Parviz deyilgan Fors podishohi noma-i Nabaviyani yirtganining Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga xabari keldi. Shunda badduo qildilar: اَللّٰهُمَّ مَزِّقْهُ "Ey Robbim! Maktubimni qanday parchalagan bo’lsa, sen ham uni va uning mulkini parcha-parcha qil". Shu badduoning ta'siri bilan; u Kisro Parvizning o’g’li Shirvayh xanjar bilan uni tilka-pora qildi. Sa'd Ibn Abu Vaqqos ham saltanatini parcha-parcha qildi. Sosoniya Davlatining hech bir yerda shavkati qolmadi. Faqat Kaysar va boshqa maliklar noma-i Nabaviyaga hurmat ko’rsatganlari uchun, mahv bo’lmadilar.
Ikkinchisi:Tavoturga yaqin mashhurdir va oyoti Qur'oniya ishorat etadiki: Bidoyati Islomda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Masjid-ul Haramda namoz o’qirkanlar; ruaso-i Quraysh to’plandilar, u kishiga qarshi g’oyat bad bir muomala qildilar. U kishi ham o’sha vaqt ularga badduo qildilar. Ibn Mas'ud deydiki: Qasam ichaman, u bad muomalani qilgan va u kishining badduolariga mazhar bo’lganlarning G’azva-i Badrda bir-bir o’liklarini ko’rdim.
Uchinchisi:Mudoriya deyilgan Arablarning katta qabilasi Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamni takzib etganlari uchun, ularga qaht bilan badduo qildilar. Yomg’ir to’xtadi, qahtu g’ola boshlandi. So’ngra Mudoriya qavmidan bo’lgan Qabila-i Quraysh Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga iltimos qildilar. Duo qildilar, yomg’ir keldi, qahtlik tugadi. Bu voqea tavotur darajasida mashhurdir.
Beshinchi Misol:Xususiy odamlarga badduolarining dahshatli qabulidir. Buning ko’p misollari bor. Qat'iy uch misolni namuna o’laroq bayon qilamiz:
Birinchisi:Utba Ibn Abu Lahab haqida shunday badduo qildilar: اَللّٰهُمَّ سَلِّطْ عَلَيْهِ كَلْبًا مِنْ كِلَابِكَ Ya'ni: "Ey Robbim! Unga bir itingni yo’liqtir". So’ngra Utba safarda borarkan, bir arslon kelib, qofila ichida uni qidirib topgan, yeb tashlagan. Shu voqea mashhurdir. Aimma-i hadis naql va tasxix etganlar.
Ikkinchisi:Muhallim Ibn Jusamad, Amir Ibn Azbatni g’adr bilan qatl etgan edi. Holbuki Amirni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam jihod va harb uchun qo’mondon qilib, bir askarlar bo’linmasi bilan yuborgan edilar. Muhallim ham u bilan birga edi. Bu g’adrning xabari Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga yetishgan vaqti hiddat bilan اَللّٰهُمَّ لَا تَغْفِرْ لِمُحَلِّمِ deya badduo qilganlar. Yetti kun so’ngra u Muhallim o’ldi. Qabrga qo’ydilar, qabr chiqarib tashladi. Necha marta qo’ygan bo’lishsa, yer qabul qilmadi. So’ngra, ikki tosh o’rtasida mustahkam bir devor qilishga majbur bo’ldilar, o’sha suratda yer ostida satr etilgan.
Uchinchisi:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bir odam chap qo’li bilan ovqat yeyayotganini ko’rdilar. Farmon etdilar: كُلْ بِيَم۪ينِكَ "O’ng qo’ling bilan yegin", deganlar. U odam degan: لَا اَسْتَط۪يعُ "O’ng qo’lim bilan qilolmayman". Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam deganlar: لَا اسْتَطَعْتَ deya badduo qildilar. "Ko’tarolmaysan". O’shandan so’ngra u odam o’ng qo’lini hech ko’tarolmadi.
Oltinchi Misol:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning duolari, ham tegilishlaridan zuhur etgan juda ko’p horiqolaridan, qat'iyat kasb etgan bir qancha hodisani zikr qilamiz:
Birinchisi:Hazrat Xolid Ibn Validga (Sayfullohga) bir necha sochini berib, nusrati uchun duo qilganlar. Hazrat Xolid u sochlarni kulohida hifz etgan. Xullas, u soch va duoning barakasi hurmati, qaysi bir harbga kirgan bo’lsa, mutlaqo muzaffar chiqqan.
Ikkinchisi:Salmon Forsiy, oldin Yahudiylarning abdi bo’lgan. Uning sayyidlari uni ozod qilish uchun ko’p narsalar so’rashdi. "Uch yuz xurmo ko’chatini ekib meva bergandan so’ng, qirq o’qqa oltin berish bilan ozod etilasan", dedilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga keldi, bayoni hol etdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam o’z qo’llari bilan Madina atrofida uch yuz ko’chatni ekdilar. Yolg’iz bir donasini boshqasi ekdi. U yil mobaynida Rasuli Akram Alayhissalotu Vasssalam ekkan butun nihollar meva berdi. Yolg’iz birini boshqasi ekkan edi, o’sha bitta meva bermadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uni chiqarib qaytadan ekdilar. U ham meva berdi. Ham tovuq tuxumi qadar bir oltinga, og’izlarining tupugini surtib, duo qildilar, Salmonga berib: "Bor, Yahudiylarga ber", dedilar. Salmon Forsiy borib u oltindan qirq o’qqani ularga berdi; u tovuq tuxumi qadar bo’lgan oltin yana eskisi kabi qoldi. Xullas, shu voqea Hazrat Sulaymoni Pokning sarguzashti hayotining eng muhim bir hodisa-i mo’'jizakoronasidir. Mo’'tabar va mavsuq imomlar xabar berganlar.
Uchinchisi:Ummu Molik ismli bir sahobiya "u'kka" deyilgan kichik bir yog’ tulumidan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga yog’ hadya qilardi. Bir marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga duo qilib u'kkani berdilar, unga: "Uni bo’shatib siqmanglar", dedilar. Ummu Molik u'kkani olgan. Qachon bolalari yog’ istasalar, baraka-i duo-i Nabaviy bilan u'kkada yog’ topardilar. Ancha zamon davom etdi. So’ngra siqdilar, baraka tugadi.
Yettinchi Misol:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning duolari bilan va tegilishlari bilan suvlarning shirinlashishi va go’zal hid berishining ko’p hodisalari bor. Ikki-uch donani namuna o’laroq bayon etamiz:
Birinchisi:Imom Bayhaqiy boshda, ahli hadis xabar beradilarki: Biri Qubo deyilgan quduqning suvi ba'zan qurir edi. Ya'ni tugardi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tahorat suvini ichiga quyib duo qilganlaridan so’ng, kasrat bilan davom etdi, ortiq hech qurimadi.
Ikkinchisi:Boshda Abu Nuaym Daloili Nubuvvatda, ahli hadis xabar beradilarki: Anasning uyidagi quduqqa, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tupuklarini ichiga otib duo qilganlar, Madina-i Munavvarada eng shirin suv o’sha bo’lgan.
Uchinchisi:Ibn Mojja xabar beradi: Ma-i Zamzamdan bir paqir suv Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga keltirdilar. Bir oz og’izlariga oldilar, paqirga bo’shatdilar. Paqir mushk kabi royiha berdi.
To’rtinchisi:Imom Ahmad Ibn Hanbal xabar beradiki: Bir quduqdan bir paqir suv chiqardilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ichiga og’izlarining suvini oqitib quduqqa bo’shatganlaridan so’ng, mushk kabi hid berishni boshladi.
Beshinchisi:Rijolullohdan va Imom Muslim va ulamo-i Mag’ribning mo’'tamadi va maqbuli bo’lgan Hammad Ibn Salama xabar beradiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam teridan bir tulukka suv to’ldirib og’ziga dam solib duo qildilar. Bog’ladilar, bir qism sahobaga berdilar. "Og’zini ochmanglar! Yolg’iz tahorat olgan vaqtingiz ochinglar", deganlar. Borganlar, tahorat olish vaqtida og’zini ochishgan. Ko’radilarki, xolis bir sut, og’zida ham qaymoq yog’. Xullas, bu besh juzni; ba'zilari mashhur, ba'zisini esa muhim imomlar naql etadilar. Ular va bu yerda naql qilinmaganlar bilan hammasi; ma'naviy tavotur kabi bir mo’'jiza-i mutlaqaning tahaqquqini ko’rsatadilar.
Sakkizinchi Misol:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning masx va duolari bilan sutsiz va qisr echkilarning muborak qo’llarining tegilishi bilan va duolari bilan sutli, ham ko’p sutli bo’lishlari misollari va juz'iyotlari ko’p. Biz yolg’iz mashhur va qat'iy ikki-uch misolni namuna sifatida zikr qilamiz:
Birinchisi:Ahli Siyarning butun mo’'tabar kitoblari xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan barobar hijrat qilarkan, Atikat Bint-il Huzaiya deyilgan Ummu Ma'bad xonasiga keldilar. U yerda g’oyat zaif, sutsiz, qisr bir echki bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Ummu Ma'badga farmon etdilar: "Buning suti yo’qmi?". Ummu Ma'dab: "Buning vujudida qon yo’q, qayerdan sut beradi?", degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam borib u echkining beliga qo’llarini surtganlar, yelinini ham masx etdilar, duo qildilar. So’ngra: "Idish keltiringlar, sog’inglar!", dedilar. Sog’dilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan ichgandan so’ng, u xona xalqi ham to’ygunga qadar ichganlar. U echki quvvatlangan, ana shunday muborak qolgan.
Ikkinchisi:Shoti Ibn Mas'udning mashhur qissasi: Ibn Mas'ud musulmon bo’lmasdan avval birovlarning cho’poni edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan bilan, Ibn Mas'udning echkilari bilan bo’lgan joyga bordilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Ibn Mas'uddan sut so’radilar. U: "Echkilar meniki emas, boshqasining moli", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam: "Menga qisr, sutsiz bir echki keltir", dedilar. U ikki yildir taka ko’rmagan bir echki keltirdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qo’llari bilan uning yelinini masx etib duo qildilar. So’ngra sog’ishdi, xolis bir sut olib ichishdi. Ibn Mas'ud bu mo’'jizani ko’rgandan so’ngra iymon keltirdi.
Uchinchisi:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning murdi'asi, ya'ni enagasi bo’lgan Halima-i Sa'diyaning echkilarining qissa-i mashhurasi bo’lib; u qabilada bir daraja qahtlik bor edi. Hayvonot zaif va sutsiz va to’ygunicha yemasdilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u yerga, enagalarining yoniga yuborilgan payti, u kishining barakasi bilan Halima-i Sa'diyaning echkilari oqshom vaqti boshqalarining aksiga, to’q va yelinlari to’la bo’lib kelardi. Xullas, buning kabi Siyar kitoblarida yana boshqa juz'iyotlari bor; lekin bu namunalar asl maqsadga kifoyadir.
To’qqizinchi Misol:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ba'zi zotlarning boshini va yuzini muborak qo’llari bilan masx etib duo qilgandan so’ng, zohir bo’lgan horiqolarning ko’p juz'iyotidan mashhur bo’lgan bir nechtasini namuna sifatida bayon qilamiz:
Birinchisi:Umar Ibn Sa'dning boshiga qo’llarini surtib duo qilganlar. Sakson yoshida u odam o’sha duoning barakasi bilan o’lgan vaqti boshida oq yo’q edi.
Ikkinchisi:Qays Ibn Zaydning boshiga qo’llarini qo’yib, masx etib duo qilganlar. U duoning barakasi bilan yuz yoshga kirgan vaqti, masxning ta'siri bilan butun boshi oq, yolg’iz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qo’llarini qo’ygan yeri qop-qora bo’lib qolgan edi.
Uchinchisi:Abdurrahmon Ibn Zayd Ibn-al Hattob ham kichik, ham xunuk edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qo’llari bilan boshini masx etib duo qilganlar. U duoning barakasi bilan; qomati eng bolo qomat va surati eng go’zal bir suratga kirgan.
To’rtinchisi:A'iz Ibn Amrning G’azva-i Hunaynda yuzi yaralanganida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qo’llari bilan yuzidagi qonni artganlar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qo’llarining tekkan joyi porloq bir nur berganki, muhaddislar كَغُرَّةِ الْفَرَسِdeb ta'bir qilganlar. Ya'ni, doru otning peshonasidagi oq kabi, tekkan joyi porlardi.
Beshinchisi:Qatoda Ibn Salmonning yuziga qo’llarini surtib duo qilganlar. Qatodaning yuzi oyna kabi porlashni boshlagan.
Oltinchisi:Umm-ul Mo’'miniyn Ummu Salamaning qizi va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning o’gay qizi Zaynabga, kichikligida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam uning yuziga tahorat suvini otib taltif etganlar. U suv tekkandan so’ng, Zaynabning husn va jamoli ajib surat olgan, badi'-ul jamol bo’lgan.
Xullas, bu juz'iyotlar kabi yana ko’p misollar bor. Ularning ko’pini aimma-i hadis naql etganlar. Bu juz'iyotning har birini, xabari vohid va zaif faraz etsak ham, yana majmui ma'naviy bir tavotur hukmida, mutlaq bir mo’'jiza-i Ahmadiyani ko’rsatadi. Chunki bir hodisa, boshqa-boshqa va ko’p suratlar bilan naql etilsa, asl hodisaning vuqu'i qat'iy bo’ladi. Suratlarning har biri zaif ham bo’lsa, yana asl hodisani isbot qiladi. Masalan:
Bir kuni bir shovqin eshitildi. Ba'zilar aytishdiki, falon uy xarob bo’ldi; boshqasi, boshqa uy xarob bo’ldi dedi; yana boshqasi, boshqa bir uyni aytdi va hokazo... Har bir rivoyat, xabari vohid ham, zaif ham, xilofi voqe' ham bo’lishi mumkin. Lekin asl voqea: Bir uy xarob bo’lgan, u qat'iy, unda hamma muttafiq. Holbuki biz bahs etgan shu olti juz'iyot; ham sahih, ham ba'zilari shuhrat darajasiga chiqqan. Farazan bularning har birini zaif deb hisoblasak, tamsilda mutlaq bir xona xarob bo’lishi kabi, yana juz'iyotning majmu'ida, mutlaq bir mo’'jiza-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning vujudini qat'iyan ko’rsatadi.
Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning mo’'jizoti bahirasi, har bir navda qat'iy mavjuddir. Juz'iyoti ham, u kulliy va mutlaq mo’'jizaning suratlari yoxud namunalaridir. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qandayki qo’llari, barmoqlari, tupuklari, nafaslari, so’zlari, ya'ni duolari ko’p mo’'jizotning mabdai bo’ladi. Aynan shuning kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshqa latoifi va tuyg’ulari va jihozoti ko’p horiqolarga madordir. Kutubi Siyar va Tarix u horiqolarni bayon etganlar; siyrat va surat va tuyg’ularida ko’p daloili nubuvvat borligini ko’rsatgan.
O’N BESHINCHI ISHORAT:
Qandayki toshlar, daraxtlar, Qamar, Quyosh uni tanib; bittadan mo’'jizasini ko’rsatish bilan nubuvvatini tasdiq etadilar. Shunga o’xshab: Hayvonot toifasi, o’liklar toifasi, jinlar toifasi, maloikalar toifasi u Zoti Muborakni taniydilar va nubuvvatini tasdiq etib; taniganliklarini, har bir toifasi, ba'zi mo’'jizotini ko’rsatish bilan bildiradilar va nubuvvatining tasdig’ini e'lon etadilar. Shu O’n Beshinchi Ishoratning uch sho’'basi bor:
Birinchi Sho’'basi:
Hayvonot jinsi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni taniydilar va mo’'jizotini ham izhor etadilar. Shu sho’'baning ko’p misollari bor. Bu yerda biz faqat mashhur va ma'naviy tavotur darajasida qat'iy yoki muhaqqiqiyni aimmaning maqbuli bo’lgan yoki ummat talaqqi-i bilqabul etgan bir qism hodisalarni namuna sifatida zikr qilamiz:
Birinchi Hodisa:Ma'naviy tavotur darajasida bir shuhrat bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr-is Siddiq bilan, kufforning ta'qibidan qutulish uchun tahassun etganlari G’ori Hironing og’zida, ikki soqchi kabi ikki kabutar kelib turishlari va o’rgimchak ham pardador kabi, horiqo bir tarzda, qalin bir to’r bilan g’or og’zini to’sishidir. Hatto ruaso-i Qurayshdan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qo’llari bilan G’azva-i Badrda o’ldirilgan Ubay Ibn Xalaf g’orga qaragan. Do’stlari deganlar: "G’orga kiraylik". U degan: "Qanday kiramiz? Bu yerda bir to’r ko’ryapmanki, Hazrat Muhammad tavallud etmasdan bu to’r qilingan kabidir. Bu yerda ikki kabutar turibdi, odam bo’lsa, bu yerda turadimi?" Xullas, bu kabi muborak kabutar toifasi Fathi Makkada ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshlari ustida soya qilganlarini Imom Jalil Ibn Vahb naql etadi. Ham naqli sahih bilan Hazrat Oysha-i Siddiqa xabar beradi: Uyimizda kabutar kabi, Dojin deyilgan bir qush bor edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hozir bo’lganlarida hech tipirchilamasdi, sukut saqlab turardi. Qachonki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam chiqsalar, u qush harakatni boshlardi; borardi kelardi, hech turmasdi. Demak, u qush Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tinglardi, huzurlarida tamkin bilan sukut saqlardi.
Ikkinchi Hodisa:Besh-olti tariq bilan ma'naviy bir tavotur hukmini olgan bo’ri hodisasi; bu qissa-i ajiba ko’p tariqlar bilan mashhur sahobalardan naql etilgan. Azjumla: Abu Said-al Xudriy va Salama Ibn-al Akva' va Ibn Abu Vahb va Abu Hurayra va bir voqea sohibi cho’pon (Uhbon) kabi mutaaddid tariqlar bilan xabar beradilarki: Bir bo’ri echkilardan birini ushlaganida, cho’pon bo’rining qo’lidan qutqardi. Bo’ri: "Allohdan qo’rqmading, mening rizqimni qo’limdan olding", deydi. Cho’pon: "Ajoyib, bo’ri ham gapiradimi?", deydi. Bo’ri unga: "Ajib sening holinggaki, orqa tarafda bir zot borki; sizni Jannatga da'vat etyapti, payg’ambardir, uni tanimayapsizlar!", deydi. Butun tariqlar bo’rining gapirishida muttafiq bo’lish bilan barobar, quvvatli bir tariq bo’lgan Abu Hurayra ixborida deydiki: Cho’pon bo’riga: "Men boraman; lekin mening echkilarimga kim qaraydi?", deydi. Bo’ri: "Men qarayman", deydi. Cho’pon ham cho’ponlikni bo’riga topshirib kelgan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni ko’rib, iymon keltirib, qaytib ketgan. Bo’rini cho’ponlik qilayotganini ko’rgan. Zoyi'ot yo’q. Bir echki so’yib unga bergan, chunki unga ustozlik qilgan. Bir tariqda: Ruaso-i Qurayshdan Abu Sufyon bilan Safvon bir bo’ri bir kiyikni ta'qib etayotganini ko’rishadi, kiyik Harami Sharifga kiradi. Bo’ri qaytadi, so’ngra taajjub etadilar. Bo’ri gapirib, risolati Ahmadiyani xabar bergan. Abu Sufyon Safvanga: "Bu hodisani hech kimga aytmaylik, Makka bo’shalib ularga iltihoq etishidan qo’rqaman", deydi. Alhosil, bo’ri qissasi qat'iy va ma'naviy mutavotir kabi qanoat beradi.
Uchinchi Hodisa:Besh-olti tariq bilan muhim sahobalardan naql etilgan jamal hodisasidirki: Azjumla: Abu Hurayra va Sa'laba Ibn Molik va Jobir Ibn Abdulloh va Abdulloh Ibn Jafar va Abdulloh Ibn Abu Avfa kabi mutaaddid tariqlar va u tariqlarning boshidagi sahobalar muttafiqan xabar beradilarki: Tuya kelib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga tahiyya-i ikrom navidan sajda qilib gapirgan. Va bir necha tariqda xabar beriladi: U tuya bir bog’da g’azablangan holda, vahshiyona; yoniga hech kimni qo’ymasdan hujum qilayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kirdilar; tuya keldi, ikroman sajda qildi, yonlarida cho’kdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam no’xta taqdilar. Tuya Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga dedi: "Meni ko’p mashaqqatli narsalarda ishlatishdi, endi esa meni so’yishni istashyapti. Shuning uchun g’azablandim". Tuya sohibiga: "Shundaymi?", dedilar. "Ha", deyishdi.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning A'dbo ismli tuyalari vafoti Nabaviydan so’ng qayg’udan na yedi, na ichdi, oxiri o’ldi. Ham u tuya Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan muhim bir qissani gapirganini, Abu Isxoq Asfaroniy kabi ba'zi muhim imomlar xabar berganlar. Ham naqli sahih bilan; Jobir Ibn Abdullohning bir safarda tuyasi juda charchagan edi, ortiq yurolmayotgan edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u tuyani yengilgina bir turtib qo’ydilar. U tuya u iltifoti Ahmadiydan shu qadar bir epchillik, bir sevinchlik paydo qildiki; ortiq sur'atidan tizginini ushlab bo’lmas, yo’lda yetishib bo’lmasdi. Buni Hazrat Jobir xabar beradi.
To’rtinchi Hodisa:Boshda Imom Buxoriy, aimma-i hadis xabar beradilar: Bir marta kechasi, Madina-i Munavvaraning xorijida, dushman hujum etyapti degan muhim bir hodisa tarqaldi. So’ngra jasur suvoriylar chiqib bordilar. Yo’lda qarasalar, bir zot kelyapti. Qarasalar, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam. "Hech kim yo’q", dedilar. Mashhur Abu Talhaning otiga minib, shijoati qudsiyasi muqtazosidan, harkasdan avval borib, tahqiq etib qaytgan edilar. Abu Talhaga: وَجَدْتُ فَرَسَكَ بَحْرًا Ya'ni: "Sening oting silkinmas, g’oyat tez ekan", dedilar. Holbuki Abu Talhaning oti qotuf ta'bir etilgan yurmaydigan qismdan edi. O’sha kechadan so’ng hech bir ot poygada unga yetolmasdi. Ham naqli sahih bilan; bir marta Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam safarda namoz o’qiyotganlarida otlariga: "To’xta", dedilar. U to’xtadi. Namoz tugagancha hech qayerini qimirlatmadi.
Beshinchi Hodisa:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori Safina, Yaman Hokimi Muoz Ibn Jabalning yoniga borish uchun, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan amr olib ketgan. Yo’lda bir arslon uchraydi. Safina unga: "Men Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning xizmatkoriman", deydi. Arslon ovoz chiqarib ketib qolgan. Tegmagan. Boshqa bir tariqda xabar beradiladiki: Safina qaytayotgan vaqti yo’lini yo’qotgan, bir arslonga uchragan; arslon unga tegmay, yo’lni ham ko’rsatgan.
Ham Hazrat Umardan xabar beradilar: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga bir badaviy keldi. Qo’lida arabcha "dabb" deyilgan bir kaltakesak, ya'ni kalar bor edi. "Agar bu hayvon senga shahodat keltirsa, men senga iymon keltiraman; bo’lmasa iymon keltirmayman", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam undan so’radilar; u kaltakesak fasih bir til bilan risolatiga shahodat keltirdi.
Ham Umm-ul Mo’'miniyn Ummu Salama xabar beradiki: Bir ohu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan gaplashgan va risolatiga shahodat keltirgan. Xullas, bu kabi ko’p misollar bor. Hamda qat'iy shuhrat topgan bir qancha namunani ko’rsatdik. Va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tanimaganga va itoat etmagan odamga aytamizki:
Ey inson! Ibrat olinglar... Bo’ri, arslon; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tanib, itoat qiladi. Sizlar hayvondan, bo’ridanda past darajaga tushmaslikka urinishingiz lozim.
Ikkinchi Sho’'ba:
O’lganlar, jinlar va maloikalarning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni tanishlaridir. Buning ham ko’p hodisalari bor. Namuna uchun, shuhrat topgan va mavsuq imomlar xabar bergan bir qancha namunani, avvalo o’lganlardan ko’rsatamiz. Jin va maloika, mutavotirdir.. ularning misollari bir emas, mingdir. O’lganrning gapirishi misollaridan:
Birinchisi:Ulamo-i zohir va botinning, Tobe'iyn zamonida eng buyuk raisi va Imom Alining muhim va sodiq shogirdi bo’lgan Hasan Basriy xabar beradiki: Bir odam Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga kelib yig’lab zorlandi. "Mening kichik bir qizim bor edi, shu yaqin darada o’ldi, u yerga tashladim", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga achindilar. Unga: "Kel, u yerga boramiz", dedilar. Bordilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u o’lgan qizni: "Ey faloncha!" deb chaqirdilar. Birdan u o’lgan qiz. "Labbayka va sa'dayka", dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam famon etdilar: "Takror padar va volidangning yoniga kelishni orzu qilasanmi?" U: "Yo’q, men ulardan ham xayrlisini topdim", dedi.
Ikkinchisi:Imom Bayhaqiy va Imom Ibn A'diyy kabi ba'zi muhim imomlar, Hazrat Anas Ibn Molikdan xabar beradilarki: Anas degan: Bir keksa xotinning bitta o’g’li bor edi, kutilmaganda vafot etdi. U soliha xotin juda mutaassir bo’lib: "Ey Robbim! Sening rizong uchun, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bay'atlari va xizmatlari uchun hijrat qilib bu yerga keldim. Mening hayotimda istirohatimni ta'min etadigan birgina bolachamni, u Rasuling hurmati bag’ishla", dedi. Anas: "U o’lgan odam turdi, biz bilan ovqat yedi", dedi.
Shu hodisa-i ajibaga ishorat va ifoda etgan, Imom Busayriyning Qasida-i Burdasidagi shu fikrasidir:
لَوْ نَاسَبَتْ قَدْرَهُ اٰيَاتُهُ عِظَمًا ٭ اَحْيَى اسْمُهُ ح۪ينَ يُدْعٰى دَارِسَ الرِّمَمِ
Ya'ni: "Agar alomatlari, u kishining qadrlariga muvofiq darajasida azamatini va maqbuliyatini ko’rsatsa edi; yangi o’lganlar emas, balki u kishining ismlari bilan chirigan suyaklar ham ihyo etilishi mumkin edi".
Uchinchi Hodisa:Boshda Imom Bayhaqiy kabi roviylar, Abdulloh Ibn Ubaydulloh-al Ansoriydan xabar beradilar: Abdulloh aytadi: Sabit Ibn Qays Ibn Shammos Yamoma Harbida shahid bo’lgan va qabrga qo’ygan vaqtimiz men o’sha yerda edim. Qabrga qo’yilarkan, birdan undan bir ovoz keldi:
مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ وَاَبُو بَكْرٍ الصِّدّ۪يقُ وَعُمَرُ الشَّه۪يدُ وَعُثْمَانُ الْبَرُّ الرَّح۪يمُ
dedi. So’ngra ochdik, qaradik; o’lik, jonsiz. Ana o’sha vaqt hali Hazrat Umar xilofatga o’tmasdan, shahodatini xabar berdi.
To’rtinchi Hodisa:Imom Tabaroniy va Abu Nuaym Daloili Nubuvvatda No’'mon Ibn Bashirdan xabar beradilarki: Zayd Ibn Xorija bozor ichida birdan yiqilib vafot etdi. Uyga keltirdik. Shom va xufton orasida atrofida xotinlar yig’larkan birdan اَنْصِتُوا اَنْصِتُوا "Jim bo’linglar!" dedi. So’ngra fasih bir lison bilan:
مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ اَلسَّلَامُ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ
deb bir miqdor gapirdi. So’ngra qarasak, jonsiz vafot etgan ekan.
Jonsiz o’liklar u kishining risolatini tasdiq qilsa-yu; joni borlar tasdiq qilmasa; albatta u jinoyatchi jonlilar jonsizlardanda jonsiz va o’liklardanda o’likdirlar.
Ammo maloikalarning, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga xizmatlari va ko’rinishlari va jinlarning u kishiga iymon va itoati, mutavotirdir. Nassi Qur'on va ko’p oyot bilan musorrahdir. G’azva-i Badrda besh ming maloika, -nassi Qur'on bilan- oldinda, sahobalar kabi u kishiga xizmat qilib, askar bo’lganlar. Hatto o’sha malaklar, maloikalar ichida Asxobi Badr kabi sharaf qozonganlar. Bu masalada ikki jihat bor:
Biri:Jin va maloikaning toifalari, hayvon va insonning toifalari kabi, vujudlari qat'iy va biz bilan munosabatdor bo’lgani, Yigirma To’qqizinchi So’zda ikki karra ikki to’rt bo’lish darajasida qat'iyat bilan isbot qilganmiz. Ularning isbotini o’sha So’zga havola qilamiz.
Ikkinchi jihat:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sharaflari bilan, asari mo’'jizalari bo’lib, afrodi ummati ularni ko’rishi va gaplashishidir. Boshda Buxoriy va Imom Muslim, aimma-i hadis muttafiqan xabar beradilar: Bir marta malak, ya'ni Hazrat Jabroil oq libosli bir inson suratida keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam sahobalar ichida o’tirar ekanlar, yonlariga borib:
مَا الْاِسْلَامُ وَمَا الْا۪يمَانُ وَمَا الْاِحْسَانُ
Ya'ni: "Iymon, Islom, ehson nima? Ta'rif et", deydi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ta'rif etdilar. U yerdagi jamoati sahoba ham dars olgan, hamda u zotni yaxshi ko’rishgan. U zot musofir kabi ko’rinarkan, ustida alomati safar asari hech yo’q edi. Turdi, birdan g’oyib bo’ldi. U vaqt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlarki: "Sizga dars berish uchun Jabroil shunday qildi". Ham xabari sahih bilan va xabari qat'iy bilan va ma'naviy tavotur darajasida, aimma-i hadis xabar beradilarki: "Hazrat Jabroilni ko’p marta, husn va jamol sohibi bo’lgan Dihya suratida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida sahobalar ko’rar edilar. Azjumla, Hazrat Umar va Ibn Abbos va Usoma Ibn Zayd va Haris va Oysha-i Siddiqa va Ummu Salama, qat'iyan sobitdirki, bular qat'iyan xabar beradilarki: Biz Hazrat Jabroilni Dihya suratida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida ko’p ko’ramiz. Ajabo, hech mumkinmidirki, bu zotlar ko’rmasdan ko’ramiz desinlar?
Ham naqli sahihi qat'iy bilan, Ashara-i Mubashsharadan, Eron fotihi Sa'd Ibn Abu Vaqqos xabar beradiki: "G’azva-i Uhudda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ikki taraflarida, ikki oq libosli, soqchi kabi muhofiz suratida ko’rdik. Anglashildiki, ikkisi ham malak, Hazrat Jabroil bilan Mikoil ekanini angladik". Ajabo, shunday bir qahramoni Islom ko’rdik desa, ko’rmasligi mumkinmi?
Ham Abu Sufyon Ibn Horis Ibn Abdulmuttalib (amizzada-i Nabaviy) naqli sahih bilan xabar beradi: "G’azva-i Badrda, osmon bilan yer orasida, oq libosli otli zotlarni ko’rdik".
Ham Hazrat Hamza Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan iltimos qildi: "Men Jabroilni ko’rishni istayman". Ka'bada unga ko’rsatdilar. Chiday olmadi, behush bo’ldi, yerga yiqildi. Bu tur maloikalarni ko’rish vuqu'oti ko’p. Butun bu vuqu'ot, bir navi mo’'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamni ko’rsatadi va dalolat etadiki; u kishining misbohi nubuvvatlariga maloikalar ham parvonadirlar.
Jinlar bilan ko’rishish va ko’rish, sahobalar emas, balki avomi ummat ham ko’plari bilan ko’rishishlari ko’p sodir bo’ladi. Faqat eng qat'iy, eng sahih xabar bilan aimma-i hadis bizga aytadilarki: Ibn Mas'ud "Batni Naxlda ajinnilarning ihtidosi kechasida, ajinnilarni ko’rdim va Sudan qabilasidan Zutt deyilgan uzun bo’yli toifaga o’xshatdim, ularga o’xshardilar".
Ham mashhur va hadis imomlari taxrij va qabul qilgan Hazrat Xolid Ibn Valid voqeasi: Uzza deyilgan sanamni taxrib etgan vaqtlari, qora xotin shaklida, u sanam ichidan bir jinniya chiqdi. Hazrat Xolid bir qilich bilan u jinniyani ikki burda qildi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam o’sha hodisa uchun aytdilarki: "Uzza sanami ichida unga ibodat qilinardi, endi unga ibodat qilinmaydi".
Ham Hazrat Umardan mashhur bir xabar: "Biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida ekan, keksa ko’rinishda, qo’lida bir hasso, "Homa" ismli bir jin keldi, iymon keltirdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga qisqa suralardan bir nechta surani dars berdilar. Darsini oldi, ketdi. Bu oxirgi hodisaga, garchi ba'zi hadis imomlari e'tiroz bildirishgan; lekin muhim imomlar to’g’riligiga hukm qilishgan. Nima bo’lganda ham, bu navda uzun aytishga ehtiyoj yo’q, misollari ko’p.
Ham deymizki:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nurlari bilan, tarbiyalari bilan va u kishining orqasidan ketgan minglab Shayx Jiyloniy kabi aqtoblar, asfiyolar maloikalar va jinlar bilan ko’rishib gaplashganlar, bu hodisa yuz tavotur darajasida va juda kasratdadir. Ha, ummati Muhammadning maloika va jinlar bilan aloqalari va takallumlari, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning tarbiya va irshodi i'jozkoronasining bir asaridir.
Uchinchi Sho’'ba:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning hifzlari va ismatlari, bir mo’'jiza-i bahiradir. وَاللّٰهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati karimasining haqiqati bahirasi, ko’p mo’'jizotni ko’rsatadi. Ha, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam chiqqan vaqtlari, yolg’iz bir toifaga, bir qavmga, bir qism ahli siyosat yoki bir dinga emas; balki umum podshohlarga va umum ahli dinga bir o’zlari qarshi chiqdilar. Holbuki u kishining amakilari eng katta dushman va qavm va qabilalari dushman ekan; yigirma uch yil soqchisiz, takallufsiz, muhofazasiz va juda ko’p marta suiqasdga uchragan bo’lsalarda, kamoli saodat bilan, rohat to’shagida vafot etib, Mala-i A'loga chiqishlariga qadar hifz va ismatlari, وَاللّٰهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati naqadar quvvatli bir haqiqatni ifoda etganini va naqadar metin bir nuqta-i istinod bo’lganini quyosh kabi ko’rsatadi. Biz yolg’iz namuna uchun, qat'iyat kasb etgan bir nechta hodisani zikr qilamiz:
Birinchi Hodisa:Ahli siyar va hadis, muttafiqan xabar beradilarki: Quraysh qabilasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni o’ldirtirish uchun qat'iy ittifoq qilishdi. Hatto inson suratiga kirgan bir shaytonning tadbiri bilan, Quraysh ichiga fitna tushmaslik uchun, har bir qabiladan loaqal bir odam ichida bo’lib, ikki yuzga yaqin, Abu Jahl va Abu Lahabning taxti hukmida bo’lib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vasalamning xona-i saodatlariga hujum qildilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlarida Hazrat Ali bor edilar. Unga: "Sen bu kecha mening yotog’imda yot", dedilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kutdilar, Quraysh kelib butun xonaning atrofini o’rashdi. Shu payt u kishi chiqib, bir parcha tuproq olib ularning boshlariga otdilar. Hech biri u kishini ko’rmadi, ularning ichlaridan chiqib ketdilar. G’ori Hiroda ikki kabutar va bir o’rgimchak butun Qurayshga qarshi u kishiga soqchi bo’lib muhofaza qildilar.
Ikkinchi Hodisa:Voqi'oti qat'iyadanki, g’ordan chiqib Madina tarafiga ketgan vaqtlarida, Quraysh ruasosi muhim mol muqobilida, Suroqa ismli g’oyat jasur bir odamni yubordilar, toki ta'qib qilib, ularni o’ldirishga urinsin. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakr Siddiq bilan birga g’ordan chiqib ketarkanlar ko’rdilarki, Suroqa kelyapti. Abu Bakr Siddiq xavotirlandi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam g’orda aytganlaridek لَا تَحْزَنْ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا dedilar. Suroqaga bir qaradilar, Suroqaning otining oyoqlari yerga kirib qoldi. Takror qutuldi, yana ta'qib etdi. Takror otining oyoqlari kirib qolgan yerdan tutun kabi bir narsa chiqishni boshladi. Shunda tushundiki: Na uning, na boshqalarning qo’lidan u zotga tegish kelmaydi. "Al-Omon!" dedi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qo’yib yubordilar. Faqat "Bor, shunday qilginki, boshqasi kelmasin!", dedilar.
Bu hodisa munosabati bilan shuni ham bayon qilamizki: Sahih suratda xabar beradilar: Bir cho’pon ularni ko’rgandan keyin Qurayshga xabar berish uchun Makkaga borgan. Makkaga kirgan vaqti, nima uchun kelganini unutgan. Qancha harakat qilmasin, esiga keltirolmagan. Majbur bo’lib qaytgan. So’ngra anglaganki, unga unuttirilgan.
Uchinchi Hodisa:G’azva-i G’atafon va Anmarda mutaaddid tariqlar bilan aimma-i hadis xabar beradilar: Gavras ismli jasur bir qabila raisi, hech kim ko’rmasdan aynan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshi ustiga kelib, qo’lida yalang’och qilich bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga: "Kim seni mendan qutqaradi?" dedi. U zot "Alloh!" dedilar. So’ngra duo qildilar: اَللّٰهُمَّ اكْفِن۪يهِ بِمَا شِئْتَ Birdan u Gavras, ikki yelkasi o’rtasida g’oibdan bir zarba yeb, qo’lidan qilich tushdi va yerga yumaladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qilichni qo’llariga olib, "Endi seni kim qutqaradi?" deb, so’ngra avf etdilar. U odam o’zinikilarga bordi. O’sha juda jur'atkor, jasur odamga hamma hayratda qoldi. "Senga nima bo’ldi, nima uchun hech narsa qilolmading?" deyishdi. U: "Hodisa shunday bo’ldi. Men hozir insonlarning eng yaxshisining yonidan kelyapman", dedi.
Shu hodisa kabi, G’azva-i Badrda bir munofiq Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni bir g’aflat vaqtida hech kim ko’rmagan payt, orqalaridan qilich ko’tarib urmoqchi bo’lgan vaqt, birdan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qaradilar. U titrab, qilich qo’lidan yerga tushdi.
To’rtinchi Hodisa:Ma'naviy tavoturga yaqin darajada shuxrat topgan va aksar ahli tafsirning
اِنَّا جَعَلْنَا ف۪ٓى اَعْنَاقِهِمْ اَغْلَالًا فَهِىَ اِلَى الْاَذْقَانِ فَهُمْ مُقْمَحُونَ ٭ وَجَعَلْنَا مِنْ بَيْنِ اَيْد۪يهِمْ سَدًّا وَمِنْ خَلْفِهِمْ سَدًّا فَاَغْشَيْنَاهُمْ فَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ
oyatining sababi nuzuli va ahli tafsir allomalari va ahli hadis imomlari xabar beradilarki: Abu Jahl qasam ichib dedi: "Men sajdada Muhammadni ko’rsam, bu tosh bilan uni uraman". Katta bir tosh olib bordi. Sajdada ko’rgan vaqti ko’tarib urmoqchi bo’lganda, qo’llari yuqorida qoldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam namozlarini tugatgandan so’ng turganlar, Abu Jahlning qo’li keyin bo’shagan. U esa; yo Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning iznlari bilan yoxud ehtiyoj qolmagani uchun bo’shadi.
Yana Abu Jahl qabilasidan -bir tariqda- Valid Ibn Mug’ira, yana Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni urish uchun katta bir toshni olib sajdadaliklarida urishga borgan edi; ko’zi yopildi. Masjidi Haramda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni topolmay, qaytib keldi. Uni yuborganlarni ham ko’rmayotgan edi, yolg’iz ovozlarini eshitayotgan edi. Oxiri Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam namozlarini tugatganidan so’ng, ehtiyoj qolmagani uchun ko’zi ochildi.
Ham naqli sahih bilan Abu Bakr Siddiqdan xabar beradiki: Sura-i تَبَّتْ يَدَٓا اَب۪ى لَهَبٍ nozil bo’lgandan so’ng, Abu Lahabning xotini "Hammalat-al Hatob" deyilgan Ummu Jamil bir tosh olib, Masjidi Haramga keldi. Abu Bakr bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u yerda o’tirgan edilar. Ko’zi Abu Bakr Siddiqni ko’rib, "Ey Abu Bakr! Sening do’sting qayerda? Men eshitdimki, meni masxara qilibdi. Ko’rsam, bu toshni og’ziga uraman", dedi. Yonida ekan, Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamni ko’rmadi. Albatta hifzi Ilohiyda bo’lgan bir Sultoni Lavlakni bunday bir Jahannam o’tinchisi uning huzuriga kirib ko’rolmaydi. Qanday haddi sig’sin!..
Beshinchi Hodisa:Xabari sahih bilan xabar beriladiki: Amr Ibn Tufayl va Arbad Ibn Qays ikkisi ittifoq qilib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga borishdi. Amr: "Men uni mashg’ul qilaman, sen uni urasan!", dedi. So’ngra ko’rdiki, hech narsa qilmayapti. Ketgandan keyin do’stiga: "Nima uchun urmading?", dedi. U: "Qanday uraman, qancha niyat qilsam ham, qaraganimda, ikkovimizning oramizdan sen o’tyapsan. Seni qanday uraman?", dedi.
Oltinchi Hodisa:Naqli sahih bilan xabar beriladiki: G’azva-i Uhudda yoki Hunaynda Shayba Ibn Usmon-al Hajabiy, -Hazrat Hamza uning ham amakisini, ham otasini o’ldirgandi- qasosini olish uchun yashirincha keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning orqalaridan qilichini yalang’ochlab ko’tardi. Birdan qilich qo’lidan tushdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga qaradilar, qo’llarini ko’ksiga qo’ydilar. Shayba deydiki: "O’sha onda dunyoda men uchun u kishidanda sevimli odam yo’q edi". Iymonga keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etdilar: "Qani bor, harb et!" Shayba: "Men borib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam yonlarida harb etdim. Agar o’shanda padarim uchrasaydi, o’ldirardim", dedi.
Ham Fathi Makka kuni Fadola nomli odam Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yonlariga o’ldirish niyatida keldi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam unga qarab tabassum qilib, "Nafsing bilan nimani gaplashding?" dedilar va Fadola uchun talabi mag’firat etdilar. Fadola iymonga kelib: "U vaqt undan yanada ziyoda dunyoda sevgilim bo’lmasdi", dedi.
Yettinchi Hodisa:-Naqli sahih bilan- Yahudiylar suiqasd niyati bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam o’tirgan joyga ustlaridan katta bir tosh otadigan onda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hifzi Ilohiy bilan turdilar; u suiqasd ham natijasiz qoldi.
Bu yetti misol kabi ko’p hodisalar bor. Boshda Imom Buxoriy va Imom Muslim va aimma-i hadis, Hazrat Oyshadan naql qiladilarki: وَاللّٰهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ oyati nozil bo’lgandan so’ng, ora-sira Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni muhofaza qilgan zotlarga farmon etdilar:
يَا اَيُّهَا النَّاسُ انْصَرِفُوا فَقَدْ عَصَمَن۪ى رَبّ۪ى عَزَّ وَجَلَّ
Ya'ni: "Soqchilikka luzum yo’q, mening Robbim meni hifz etyapti".
Xullas, bu risola ham boshdan bu yerga qadar ko’rsatadiki: Shu koinotning har navi, har olami; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni taniydi, aloqadordir. Har bir koinotning navida uning mo’'jizoti ko’rinyapti. Demak, u Zoti Ahmadiya (S.A.V.) Janobi Haqning -faqat koinotning Xoliqi e'tibori bilan va butun maxluqotning Robbi unvoni bilan- ma'muridir va rasulidir. Ha, qandayki bir podshohning buyuk va mufattish bir ma'murini har bir doirasi biladi va taniydi; qaysi doiraga kirsa, u bilan munosabatdor bo’ladi. Chunki umumning podshohi nomidan bir ma'muriyati bor. Agar masalan yolg’iz adliya mufattishi bo’lsa, u vaqt adliya doirasi bilan munosabatdor bo’ladi. Boshqa doiralar uni uncha tanimaydi. Va askariya mufattishi bo’lsa, mulkiya doirasi uni bilmaydi. Shuning kabi, anglashiladiki; butun davoiri saltanati Ilohiyada, malakdan to chivinga va o’rgimchakkacha har bir toifa u zotni taniydi, biladi yoki bildiriladi. Demak, Xotam-ul Anbiyo va Rasuli Robb-ul Olamindirlar. Va umum anbiyolardan ustun risolatining shumuli bor.
O’N OLTINCHI ISHORAT:
Irhosot deyilgan; bi'sati nubuvvatdan avval faqat nubuvvat bilan aloqador vujudga kelgan horiqolar ham, daloili nubuvvatdir. Bu ham uch qismdir:
BIRINCHI QISM:
Nassi Qur'on bilan; Tavrot, Injil, Zabur va Suhufi Anbiyoning, nubuvvati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamga doir bergan xabarlaridir. Ha, modomiki u kitoblar samoviy ekan va modomiki u kitob sohiblari anbiyo ekan; albatta va har holda ularning dinlarini nasx etgan va koinotning shaklini o’zgartirgan va yerning yarmini keltirgan nuri bilan yoritgan bir zotdan bahs etishlari zaruriy va qat'iydir. Ha, kichik hodisalarni xabar bergan u kitoblar, navi basharning eng buyuk hodisasi bo’lgan hodisa-i Muhammadiya Alayhissalotu Vasalamni xabar bermasliklari mumkinmi? Modomiki bilbedaho xabar bergan ekanlar, har holda yo takzib etadilar, toki dinlarini taxribdan va kitoblarini nasxdan qutqarsinlar.. yoki tasdiq etadilar, toki u haqiqatli zot bilan dinlari xurofotdan va tahrifotdan qutulsin. Holbuki do’st va dushmanning ittifog’i bilan, takzib alomati hech bir kitobda yo’q. Shunday ekan, tasdiq bor. Modomiki mutlaq bir suratda tasdiq bor va modomiki shu tasdiqning vujudini iqtizo etgan qat'iy bir illat va asosli bir sabab bor ekan; biz ham o’sha tasdiqning vujudiga dalolat qilgan uch hujjati qat'iya bilan isbot qilamiz:
Birinchi Hujjat:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Qur'onning lisoni bilan ularga deydiki: "Kitoblaringizda mening tasdig’im va avsofim bor! Men bayon qilgan narsalarda kitoblaringiz meni tasdiq qiladi".
قُلْ فَاْتُوا بِالتَّوْرٰيةِ فَاتْلُوهَٓا اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ ٭ قُلْ تَعَالَوْا نَدْعُ اَبْنَٓاءَنَا وَاَبْنَٓاءَكُمْ وَنِسَٓاءَنَا وَنِسَٓاءَكُمْ وَاَنْفُسَنَا وَاَنْفُسَكُمْ ثُمَّ نَبْتَهِلْ فَنَجْعَلْ لَعْنَةَ اللّٰهِ عَلَى الْكَاذِب۪ينَ
kabi oyatlar bilan ularni maydonga chaqiradilar. "Tavrotingizni keltiring, o’qing va keling; biz bola- chaqamizni olib Janobi Haqning dargohiga qo’l ochib, yolg’onchilarga qarshi la'nat bilan duo qilamiz!" deb mutamodiyan ularning boshiga urganlari holda, hech bir Yahudiy olim yoki Nasroniy rohib u kishining bir xatolarini ko’rsatolmadi. Agar ko’rsatsaydi, juda ko’p kasratda bo’lgan va juda ham qaysar va hasadli bo’lgan kofirlar va munofiq Yahudiylar va butun olami kufr har tarafda e'lon qilardilar. Ham: "Yo xatoimni toping yoki siz bilan mahv bo’lgungacha jihod qilaman!", deganlar. Holbuki bular harbni va parishoniyatni va hijratni ixtiyor etishdi. Demak, xatolarini topolmadilar. Bir xato topilsaydi, ular qutular edilar.
Ikkinchi Hujjat:Tavrot, Injil va Zaburning iboralari; Qur'on kabi i'jozlari bo’lmagani uchun, ham mutamodiyan tarjima ustiga tarjima bo’lgani uchun, ichiga juda ko’p begona kalimalar qo’shildi. Ham mufassirlarning so’zlari va xato ta'villari ularning oyatlari bilan iltibos etildi; ham ba'zi nodonlarning va ba'zi ahli g’arazning tahrifoti ham ilova etildi. Shu suratda u kitoblarda tahrifot, tag’yirot ko’paydi. Hatto Shayx Rahmatulloh Hindiy (alloma-i mashhur) kutubi sobiqaning minglab yerda tahrifotini rohiblariga va Yahudiy va Nasoro ulamosiga isbot qilib, isqot etgan. Bu qadar tahrifot bilan birga, bu zamonda ham mashhur Husayn Jisriy (Rahmatullohi Alayh) u kitoblardan bir yuz o’n to’rt dalil nubuvvati Ahmadiyaga doir chiqargan. "Risola-i Hamidiya"da yozgan. U risolani Manastrlik Marhum Ismoil Haqqi tarjima qilgan. Kim orzu qilsa, unga murojaat qiladi, ko’radi.
Ham juda ko’p Yahudiy ulamosi va Nasoro ulamosi iqror bo’lishgan va e'tirof etishganki: "Kitoblarimizda Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning avsofi yozilgan". Ha, g’ayri muslim bo’lib boshda mashhur Rum Maliklaridan Hiraql e'tirof etgan: "Ha, Iso Alayhissalom Muhammad Alayhissalotu Vassalamdan xabar beradi", degan.
Rum Maliki Muqavqis nomli Misr hukmdori va ulamo-i Yahudning eng mashhurlaridan Ibn Suriya va Ibn Axtob va uning qardoshi Ka'b Bin Asad va Zubayr Bin Batiya kabi mashhur ulamo va raislar, g’ayri muslim qolganlari holda iqror bo’lishgan: "Ha, kitoblarimizda uning avsofi bor, undan bahs etadilar".
Yahudning mashhur ulamosidan va Nasoroning mashhur rohiblaridan, kutubi sobiqada avsofi Muhammadiyani (S.A.V.) ko’rgandan so’ngra qaysarlikni tark etib iymonga kelganlar, avsofini Tavrot va Injilda ko’rsatishgan va boshqa Yahudiy va Nasroniy ulamosini u bilan ilzom etishgan. Azjumla, mashhur Abdulloh Ibn Salom va Vahb Ibn Munabbih va Abu Yosir va Shomul (ki bu zot Maliki Yaman Tubbo' zamonida edi. Tubbo' qanday g’iyoban va bi'satdan avval iymon keltirgan, Shomul ham shunday.) va Sa'yaning ikki o’g’li bo’lgan Asid va Sa'laba -Ibn Hayban deyilgan bir orifi billoh bi'satdan avval Bani Nadr Qabilasiga musofir bo’lgan.
قَر۪يبٌ ظُهُورُ نَبِىٍّ هٰذَا دَارُ هِجْرَتِه۪
degan va u yerda vafot etgan. So’ngra u qabila Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bilan harb etgan paytlari, Asid va Sa'laba maydonga chiqib, o’sha qabilaga baqirdilar:
وَاللّٰهِ هُوَ الَّذ۪ى عَهَدَ اِلَيْكُمْ ف۪يهِ ابْنُ هَيْبَانْ
Ya'ni: "Ibn Hayban xabar bergan zot budir, u kishi bilan harb etmanglar!" Faqat ularni tinglamadilar, balolarini topdilar.
Ulamo-i Yahuddan Ibn Bunyamin va Muhayriq va Ka'b-ul Axbor kabi ko’p ulamo-i Yahud, avsofi Nabaviyani kitoblarida ko’rganlaridan, iymonga kelishdi; boshqa iymonga kelmaganlarni ham ilzom etishdi.
Ulamo-i Nasorodan bahsi o’tgan mashhur Buhayro-i Rohib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Shom tarafiga amakilari bilan ketgan vaqtlari o’n ikki yoshda edilar. Buhayro-i Rohib u kishining hurmatlari uchun Qurayshiylarni da'vat etdi. Qarasa, karvonga soya qilgan bir parcha bulut hali ham karvon o’rnida soya qilyapti. "Demak qidirgan odamim u yerda qolgan!" So’ngra odam yuborib, u kishini ham keltirtirgan. Abu Tolibga: "Sen qayt, Makkaga bor! Yahudiylar hasuddir; bu kishining avsofi Tavrotda mazkurdir; xiyonat qilishadi", degan.
Nastur-ul Habasha va Habash Raisi Najoshiy, avsofi Muhammadiyani (S.A.V.) kitoblarida ko’rganlari uchun, barobar iymon keltirishdi.
Ham Dag’otir ismli mashhur Nasroniy olimi; avsofini ko’rib, iymon keltirgan; Rumliklar ichida e'lon qilganida shahid qilingan.
Ham Nasroniy ruasosidan Horis Ibn Abu Shumar-il G’osaniy va Shomning buyuk diniy raislari va maliklari, ya'ni Sohibi Ilya va Hiraql va Ibn Natur va Jorud kabi mashhur zotlar, kitoblarida avsofini ko’rishgan va iymon keltirganlar. Yolg’iz Hiraql dunyo saltanati uchun iymonini izhor etmagan.
Ham bular kabi Salmon-ul Forsiy avval nasroniy edi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning avsofini ko’rgandan so’ngra u kishini qidirayotgan edi.
Ham Tamim ismli muhim bir olim, ham mashhur Habash Raisi Najoshiy, ham Habash nasorosi, ham Najron poplari; hammasi muttafiqan xabar berishadiki: "Biz avsofi Nabaviyani kitoblarimizda ko’rdik, shuning uchun iymonga keldik".
Uchinchi Hujjat:Namuna sifatida Tavrot, Injil, Zaburning Payg’ambarimiz Alayhissalotu Vassalamga oid oyatlarining bir nechta namunasini ko’rsatamiz:
Birinchisi:Zaburda shunday bir oyat bor:
اَللّٰهُمَّ ابْعَثْ لَنَا مُق۪يمَ السُّنَّةِ بَعْدَ الْفَتْرَةِ
"Muqiym-us Sunna" esa, ismi Ahmadiydir.
Injilning oyati:
قَالَ الْمَس۪يحُ اِنّ۪ى ذَاهِبٌ اِلٰى اَب۪ى وَ اَب۪يكُمْ لِيَبْعَثَ لَكُمُ الْفَارَقْل۪يطَا
Ya'ni: "Men ketyapman, toki sizga Faraqlit kelsin!" Ya'ni, Ahmad kelsin.
Injilning ikkinchi bir oyati:
اِنّ۪ى اَطْلُبُ مِنْ رَبّ۪ى فَارَقْل۪يطًا يَكُونُ مَعَكُمْ اِلَى الْاَبَدِ
Ya'ni: "Men Robbimdan; haqni botildan ayirgan bir payg’ambarni istaymanki, abadga qadar siz bilan birga bo’lsin." Faraqlit, اَلْفَارِقُ بَيْنَ الْحَقِّ وَ الْبَاطِلِ ma'nosida Payg’ambarning u kitoblardagi ismidir.
Tavrotning oyati:
اِنَّ اللّٰهَ قَالَ لِاِبْرَاه۪يمَ اِنَّ هَاجَرَ تَلِدُ وَيَكُونُ مِنْ وَلَدِهَا مَنْ يَدُهُ فَوْقَ الْجَم۪يعِ وَيَدُ الْجَم۪يعِ مَبْسُوطَةٌ اِلَيْهِ بِالْخُشُوعِ
Ya'ni: "Hazrat Ismoilning volidasi bo’lgan Hojar, avlod sohibasi bo’ladi va uning avlodidan shunday odam chiqadiki, u valadning qo’li umumdan baland bo’ladi va umumning qo’li xushu' va itoat bilan unga ochiladi".
Tavrotning ikkinchi bir oyati:
وَقَالَ يَا مُوسٰى اِنّ۪ى مُق۪يمٌ لَهُمْ نَبِيًّا مِنْ بَن۪ى اِخْوَتِهِمْ مِثْلَكَ وَاُجْر۪ى قَوْل۪ى ف۪ى فَمِه۪ وَالرَّجُلُ الَّذ۪ى لَايَقْبَلُ قَوْلَ النَّبِىِّ الَّذ۪ى يَتَكَلَّمُ بِاِسْم۪ى فَاَنَا اَنْتَقِمُ مِنْهُ
Ya'ni: "Bani Isroilning qardoshlari bo’lgan Bani Ismoildan sen kabi birini yuboraman. Men so’zimni uning tiliga qo’yaman, mening vahyim bilan so’zlaydi. Uni qabul qilmaganga azob beraman".
Tavrotning uchinchi bir oyati:
قَالَ مُوسٰى رَبِّ اِنّ۪ى اَجِدُ فِى التَّوْرٰيةِ اُمَّةً هُمْ خَيْرُ اُمَّةٍ اُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ يَاْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَيَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَيُؤْمِنُونَ بِاللّٰهِ فَاجْعَلْهُمْ اُمَّت۪ى قَالَ تِلْكَ اُمَّةُ مُحَمَّدٍ
Ixtor: Muhammad ismi u kitoblarda "Mushaffax" va "Al-Munhamanna" va "Himyata" kabi Suryoniy ismlar suratida "Muhammad" ma'nosidagi Ibroniy ismlari bilan kelgan. Bo’lmasa sarih Muhammad ismi oz bor edi. Sarih miqdorini ham hasud Yahudiylar tahrif etganlar.
Zaburning oyati:
يَا دَاوُدُ يَاْت۪ى بَعْدَكَ نَبِىٌّ يُسَمّٰى اَحْمَدَ وَمُحَمَّدًا صَادِقًا سَيِّدًا اُمَّتُهُ مَرْحُومَةٌ
Ham Abadila-i Sab'adan va kutubi sobiqada ko’p tadqiqot qilgan Abdulloh Ibn Amr Ibn-al Os va mashhur ulamo-i Yahuddan eng avval Islomga kelgan Abdulloh Ibn Salom va mashhur Ka'b-ul Axbor deyilgan Bani Isroilning allomalaridan; u zamonda hali ko’p tahrifotga uchramagan Tavrotda aynan shu keladigan oyatni e'lon qilib ko’rsatganlar. Oyatning bir parchasi shuki: Hz. Muso bilan xitobdan so’ngra keladigan payg’ambarga xitoban shunday deydi:
يَا اَيُّهَا النَّبِىُّ اِنَّا اَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَمُبَشِّرًا وَنَذ۪يرًا وَحِرْزًا لِلْاُمِّيّ۪ينَ اَنْتَ عَبْد۪ى سَمَّيْتُكَ الْمُتَوَكِّلَ لَيْسَ بِفَظٍّ وَلَا غَل۪يظٍ وَلَا صَخَّابٍ فِى الْاَسْوَاقِ وَلَا يَدْفَعُ بِالسَّيِّئَةِ السَّيِّئَةَ بَلْ يَعْفُو وَيَغْفِرُ وَلَنْ يَقْبِضَهُ اللّٰهُ حَتّٰى يُق۪يمَ بِهِ الْمِلَّةَ الْعَوْجَاءَ بِاَنْ يَقُولُوا لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ
Tavrotning bir oyati yana:
مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ مَوْلِدُهُ بِمَكَّةَ وَهِجْرَتُهُ بِطَيْبَةَ وَمُلْكُهُ بِالشَّامِ وَاُمَّتُهُ الْحَمَّادُونَ
Xullas, shu oyatda "Muhammad" lafzi, Muhammad ma'nosida Suryoniy bir ism bilan kelgan.
Tavrotning boshqa bir oyati yana:
اَنْتَ عَبْد۪ى وَرَسُول۪ى سَمَّيْتُكَ الْمُتَوَكِّلَ
Shu oyatda Bani Isxoqning qardoshlari bo’lgan Bani Ismoildan va Hazrat Musodan so’ngra kelgan payg’ambarga xitob qiladi.
Tavrotning boshqa bir oyati yana:
عَبْدِىَ الْمُخْتَارُ لَيْسَ بِفَظٍّ وَلَا غَل۪يظٍ
Xullas, "Muxtor"ning ma'nosi; "Mustafo"dir, ham ismi Nabaviydir. Injilda Isodan so’ngra kelgan va Injilning bir qancha oyatida "Olam Raisi" unvoni bilan xushxabar berilgan Nabiyning ta'rifiga doir: مَعَهُ قَض۪يبٌ مِنْ حَد۪يدٍ يُقَاتِلُ بِه۪ وَاُمَّتُهُ كَذٰلِكَ Xullas, shu oyat ko’rsatadiki: "Sohib-us sayf va jihodga ma'mur bir payg’ambar keladi". Qozibi Hadid, qilich deganidir. Ham ummati ham u kabi sohib-us sayf, ya'ni jihodga ma'mur bo’lishini, Sura-i Fathning oxirida
وَ مَثَلُهُمْ فِى الْاِنْج۪يلِ كَزَرْعٍ اَخْرَجَ شَطْاَهُ فَاٰزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوٰى عَلٰى سُوقِه۪ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغ۪يظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ
oyati Injilning shu oyati kabi, boshqa oyatlariga ishorat qilib, Muhammad Alayhissalotu Vassalam sohib-us sayf va jihodga ma'mur bo’lganini Injil bilan barobar e'lon qiladi.
Tavrotning Beshinchi Kitobining O’ttiz Uchinchi Bobida shu oyat bor: "Haq Taolo Turi Sinodan iqbol etib bizga Soirdan tulu' etdi va Faran Tog’larida zohir bo’ldi".
Xullas, shu oyat qandayki "Turi Sinoda iqboli Haq" fikrasi bilan nubuvvati Musaviyani va Shom Tog’laridan iborat bo’lgan "Soirdan tulu'i Haq" fikrasi bilan nubuvvati Isoviyani ixbor etadi. Shunga o’xshab bil-ittifoq Hijoz Tog’laridan iborat bo’lgan Faran Tog’laridan zuhuri Haq fikrasi bilan, bizzarura risolati Ahmadiyani(S.A.V.) xabar beradi. Ham Sura-i Fathning oxirida ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ hukmini tasdiqan, Tavrotda Faran Tog’laridan zuhur etgan payg’ambarning sahobalari haqida shu oyat bor: "Qudsiylarning bayroqlari barobaridadir va uning o’ngidadir". "Qudsiylar" nomi bilan tavsif etadi. Ya'ni: "Uning sahobalari qudsiy, solih avliyolardir".
Ash'iya Payg’ambarning kitobida, Qirq ikkinchi Bobida shu oyat bor: "Haq Subhanahu oxir zamonda o’zining istifogarda va barguzida qulini ba's etadi va unga Ruh-ul Amin Hazrat Jabroilni yo’llab, dini Ilohiysini unga ta'lim beradi. Va u ham Ruh-ul Aminning ta'lim tarzi bilan insonlarga ta'lim beradi va insonlar orasida haq bilan hukm qiladi. U bir nurdir, xalqni zulumotdan chiqaradi. Robbing menga qoblal vuqu' bildirgan narsani men ham sizga bildiryapman".
Bu oyat g’oyat sarih bir suratda Oxirzamon Payg’ambari Muhammad Alayhissalotu Vassalamning avsofini bayon etyapti.
Mishail nomi bilan musammo Mixail Payg’ambarning kitobining To’rtinchi Bobida shu oyat bor: "Oxirzamonda bir ummati marhuma qoim bo’lib, u yerda Haqqa ibodat qilish uchun muborak tog’ni ixtiyor qiladilar. U yerda har iqlimdan bir qancha xalq to’planib, Robbi Vohidga ibodat qiladilar. Unga shirk keltirmaydilar".
Xullas, shu oyat zohir bir suratda dunyoning eng muborak tog’i bo’lgan Jabali Arafot va u yerda har iqlimdan kelgan hojilarning takbir va ibodatlarini va ummati marhuma nomi bilan shuhratshior bo’lgan ummati Muhammadiyani ta'rif qiladi.
Zaburda Yetmish Ikkinchi Bobida shu oyat bor:
"Bahrdan bahrga molik va nahrlardan, Arzning maqta' va muntahosiga qadar molik bo’ladi.. va unga Yaman va Jazoir Muluki hadyalar olib borishadi.. va podshohlar unga sajda va inqiyod etishadi.. va har vaqt unga salot va har kun o’ziga baraka bilan duo qilinadi.. va anvori Madinadan munavvir bo’ladi.. va zikri abad-ul abad davom etadi.. uning ismi shamsning vujudidan avval mavjud. Uning nomi quyosh turguncha muntashir bo’ladi..."
Bu oyat o’ta oshkor bir tarzda Faxri Olam Alayhissalotu Vassalamni tavsif etadi. Ajabo, Hazrat Dovud Alayhissalomdan so’ngra Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa qaysi nabiy kelganki; sharqdan g’arbga qadar dinini nashr etgan va mulukni jizyaga bog’lagan va podshohlarni o’ziga sajda qilar kabi bir inqiyod ostiga olgan va har kun navi basharning xumsining salavot va duolarini o’ziga qozongan va anvori Madinadan porlagan kim bor? Kim ko’rsatilishi mumkin?
Ham Turkcha Yuhanna Injilining O’n To’rtinchi Bob va o’ttizinchi oyati shudir: "Ortiq siz bilan ko’p so’zlashmayman, zero bu olamning raisi kelyapti. Va menda uning nasnasi aslo yo’qdir!" Xullas "Olamning Raisi" ta'biri, "Faxri Olam" deganidir. Faxri Olam unvoni esa, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning eng mashhur unvonidir.
Yana Injili Yuhanna, O’n Oltinchi Bob va yettinchi oyati shudir: "Ammo men sizga haqni aytyapman. Mening ketishim sizga foydalidir. Zero men ketmagunimcha, sizga tasalli beruvchi kelmaydi". Mana qarang! Raisi Olam va insonlarga haqiqiy tasalli bergan, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim bo’ladi? Ha, Faxri Olam udir va foniy insonlarni i'domi abadiydan qutqarib tasalli bergan ham u bo’ladi.
Ham Injili Yuhanna, O’n Oltinchi Bob, sakkizinchi oyati: "U kelganda; dunyoni gunohga doir, salohga doir va hukmga doir ilzom qiladi". Dunyoning fasodini salohga aylantirgan va gunohlardan va shirkdan qutqargan va siyosat va hokimiyati dunyoni tabdil etgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim kelgan?
Ham Injili Yuhanna, O’n Oltinchi Bob, o’n birinchi oyat: "Zero bu olamning raisining kelishining hukmi kelgan". "Olamning Raisi" {(Hoshiya) Ha, u Zot shunday bir rais va sultondirki; bir ming uch yuz ellik yilda va aksar asrlardan har bir asrda loaqal uch yuz ellik million tobelari va raiyati bor. Kamoli taslim va inqiyod bilan, avomiriga itoat qiladilar, har kun unga salom berish bilan tajdidi bay'at etadilar.} albatta Sayyid-ul Bashar bo’lgan Ahmadi Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir.
Ham Injili Yuhanna, O’n Oltinchi Bob va o’n uchinchi oyat: "Ammo u Haq ruhi kelgan payti sizni biljumla haqiqatga irshod etadi. Zero o’zidan gapirmaydi. Biljumla eshitganini aytib, keladigan nasnalardan sizga xabar beradi". Bu oyat sarihdir. Ajabo, umum insonlarni birdan haqiqatga da'vat qilgan va har xabarini vahiydan bergan va Jabroildan eshitganini gapirgan va qiyomat va oxiratdan tafsilan xabar bergan, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kimdir va kim bo’lishi mumkin?
Ham Kutubi Anbiyoda, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Muhammad, Ahmad, Muxtor ma'nosida Suryoniy va Ibroniy ismlari bor. Deylik, Hazrat Shuaybning suhufida ismi, Muhammad ma'nosida "Mushaffax"dir.
Ham Tavrotda yana Muhammad ma'nosida "Munhamenna", ham Nabiyy-ul Haram ma'nosida "Himyata". Zaburda "Al-Muxtor" ismi bilan musammodir. Yana Tavrotda "Al-Xotam-ul Xotam". Ham Tavrotda va Zaburda "Muqim-us Sunna". Ham Suhufi Ibrohim va Tavrotda "Mazmaz"dir. Ham Tavrotda "Axyad"dir.
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:
اِسْم۪ى فِى الْقُرْاٰنِ مُحَمَّدٌ وَ فِى الْاِنْج۪يلِ اَحْمَدُ وَ فِى التَّوْرٰيةِ اَحْيَدُ
dedilar.
Ham Injilda Asmo-i Nabaviydan "Sohib-ul Kadibi val Herave", ya'ni "qilich va hassa sohibi". Ha, sohib-us sayf anbiyolar ichida eng buyugi; ummati bilan jihodga ma'mur, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdir. Yana Injilda "Sohib-ut Toj"dir. Ha, "Sohib-ut Toj" unvoni Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga maxsusdir. Toj a'moma, ya'ni salla deganidir. Eski zamonda millatlar ichida millatcha umumiyat e'tibori bilan salla va agel o’ragan, Qavmi Arabdir. Injilda "Sohib-ut Toj" qat'iy bo’lib "Rasuli Akram" (Alayhissalotu Vassalam) deganidir.
Ham Injilda "Al-Baraqlit" yoxud "Al-Faroqlit"ki, Injil tafsirlarida "Haq va botilni bir-biridan tafriq etgan haqparast" ma'nosi berilganki; so’ngra keladigan insonlarni haqqa chorlaydigan zotning ismidir.
Injilning bir yerida, Iso Alayhissalom degan: "Men ketaman; toki dunyoning raisi kelsin". Ajabo, Hazrat Iso Alayhissalomdan so’ngra dunyoning raisi bo’ladigan va haq va botilni farq va tamyiz etib Hazrat Iso Alayhissalomning o’rnida insonlarni irshod etadigan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim kelgan? Demak, Hazrat Iso Alayhissalom ummatiga doimo xushxabar beradi va aytadiki: Biri keladi, menga ehtiyoj qolmaydi. Men uning bir muqaddimasiman va xushxabarchisiman. Shu oyati karima:
وَاِذْ قَالَ ع۪يسَى ابْنُ مَرْيَمَ يَا بَن۪ٓى اِسْرَٓائ۪يلَ اِنّ۪ى رَسُولُ اللّٰهِ اِلَيْكُمْ مُصَدِّقًا لِمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ التَّوْرٰيةِ وَمُبَشِّرًا بِرَسُولٍ يَاْت۪ى مِنْ بَعْدِى اسْمُهُٓ اَحْمَدُ
{(Hoshiya1) اُمَّتُهُ الْحَمَّادُونَ Sayyohi mashhur Avliyo Chalabiy; Hazrat Sham'uni Safoning maqbarasida, ohu terisida yozilgan Injili Sharifda shu oyatni o’qigan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam haqida nozil bo’lgan oyat: ايتون Bir o’g’lon, ازربيون ya'ni: Ibrohim naslidan bo’lgay, پروفتون Payq’ambar bo’lgay, لوغسلين yolq’onchi bo’lmagay, بنت uning افزولات mavlidi Makka bo’lgay, كه كالوشير solihlik bilan kelgan bo’lgay, تونومنين uning muborak nomi مواميت (Bu "Mavomit" kalimasi "Mamad"dan va "Mamad" ham "Muhammad" dan tahrif etilgan) Ahmad Muhammad bo’lgay. اسفدوس Unga ergashganlar, تاكرديس bu jahon sohibi bo’larlar. بيست بيث ham, ul jahon sohibi bo’lgay.}
Ha, Injilda Hazrat Iso Alayhissalom ko’p marotaba ummatiga xushxabar beradi. Insonlarning eng muhim bir raisi kelishini va u zotni ham ba'zi ismlar bilan yod etadi. U ismlar, albatta Suryoniy va Ibroniydirlar. Ahli tahqiq ko’rganlar. U ismlar, "Ahmad, Muhammad, Fariq-un Bayn-al Haqqi Val Batil" ma'nosidadirlar. Demak, Iso Alayhissalom ko’p marta Ahmad Alayhissalotu Vassalamdan bashorat beradi.
Savol:Agar desang: "Nima uchun Hazrat Iso Alayhissalom har nabiydan ziyoda xushxabar beradi? Boshqalar yolg’iz xabar beradilar, xushxabar surati oz".
Aljavob:Chunki Ahmad Alayhissalotu Vassalam Iso Alayhissalomni Yahudiylarning mudhish takzibidan va mudhish iftirolaridan va dinini mudhish tahrifotdan qutqarish bilan barobar.. Iso Alayhissalomni tanimagan Bani Isroilning suubatli shariatiga muqobil, suhulatli va jome' va ahkom jihatidan shariati Isoviyaning nuqsonini ikmol etadigan bir shariati oliyaga sohibdir. Mana shuning uchun ko’p marta, "Olamning Raisi kelyapti!" deya xushxabar beradi.
Xullas, Tavrot, Injil, Zaburda va boshqa suhufi anbiyoda juda ahamiyat bilan oxirda keladigan bir payg’ambardan bahslar bor, ko’p oyatlar bor. Qandayki bir qism namunalarini ko’rsatdik. Ham ko’p nomlar bilan u kitoblarda mazkurdir. Ajabo, butun bu Kutubi Anbiyoda bu qadar ahamiyat bilan, mukarrar oyatlarda bahs etganlari Oxirzamon Payg’ambari Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdan boshqa kim bo’lishi mumkin?
Ikkinchi qism
irhosotdan va daloili nubuvvatdan maqsad shuki: Bi'sati Ahmadiyadan avval, zamoni fatratda kohinlar, ham u zamonning bir daraja avliyo va orifi billoh bo’lgan bir qism insonlari; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kelishlarini xabar berganlar va ixborlarini ham nashr etganlar, she'rlari bilan kelgusi asrlarga qoldirganlar. Ular ko’p; biz, ahli siyar va tarix naql va qabul qilgan mashhur va muntashir bo’lgan bir qismini zikr qilamiz. Azjumla: Yaman podshohlaridan Tubba' ismli bir malik, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning avsofini eski kitoblarda ko’rgan, iymon keltirgan. Shunday bir she'rini e'lon qilgan:
شَهِدْتُ عَلٰى اَحْمَدَ اَنَّهُ رَسُولٌ مِنَ اللّٰهِ بَارِى النَّسَمِ
فَلَوْ مُدَّ عُمْر۪ى اِلٰى عُمْرِه۪ لَكُنْتُ وَز۪يرًا لَهُ وَابْنَ عَمٍّ
Ya'ni: "Men Ahmadning (S.A.V.) risolatini tasdiq qilaman. Men uning zamoniga yetishsaydim, unga vazir va amakivachcha bo’lardim." (Ya'ni, Ali kabi unga fidoiy bir xodim bo’lardim.)
Ikkinchisi:Mashhur Quss Ibn Saida-ki, qavmi Arabning eng mashhur va muhim xatibi va muvahhid bir zoti rushanzamirdir. Xullas, shu zot ham bi'sati Nabaviydan avval risolati Ahmadiyani shu she'r bilan e'lon qiladi:
اَرْسَلَ ف۪ينَا اَحْمَدَ خَيْرَ نَبِىٍّ قَدْ بُعِثَ ٭ صَلّٰى عَلَيْهِ اللّٰهُ مَا عَجَّ لَهُ رَكْبٌ وَ حُثَّ
Uchinchisi:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodidan bo’lgan Ka'b Ibn Luayy, nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) ilhom asari o’laroq shunday e'lon qilgan:
عَلٰى غَفْلَةٍ يَاْتِى النَّبِىُّ مُحَمَّدٌ فَيُخْبِرُ اَخْبَارًا صَدُوقًا خَب۪يرُهَا
Ya'ni: "Kutilmaganda Muhammad-un Nabiy keladi, to’g’ri xabarlarni beradi".
To’rtinchisi:Yaman podshohlaridan Sayf Ibn Ziyazan kutubi sobiqada Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning avsofini ko’rgan; iymon keltirgan, mushtoq bo’lgandi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasslamning bobosi Abdulmuttalib Yamanga qofila-i Quraysh bilan borgan payti, Sayf Ibn Ziyazan ularni chaqirgan. Ularga:
اِذَا وُلِدَ بِتِهَامَةَ وَلَدٌ بَيْنَ كَتْفَيْهِ شَامَةٌ كَانَتْ لَهُ الْاِمَامَةُ وَاِنَّكَ يَا عَبْدَ الْمُطَّلِبِ لَجَدُّهُ
Ya'ni: "Hijozda bir bola dunyoga keladi. Uning ikki yelkasi orasida xotam kabi bir nishon bor. Mana o’sha bola umum insonlarga imom bo’ladi!" degan. So’ngra yashirincha Abdulmuttalibni chaqirgan, "U bolaning bobosi ham sensan" deya karomatkorona, bi'satdan avval xabar bergan.
Beshinchisi:Varaqa Ibn Navfal (Xadicha-i Kubroning amakivachchalaridan) bidoyati vahiyda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam xavotirlangan. Xadicha-i Kubro u hodisani mashhur Varaqa Ibn Navfalga aytib bergan. Varaqa: "Uni menga yubor", degan. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Varaqaning yoniga borib, mabda'-i vahiydagi vaziyatni aytib berdilar. Varaqa:
بَشِّرْ يَا مُحَمَّدُ اِنّ۪ى اَشْهَدُ اَنَّكَ اَنْتَ النَّبِىُّ الْمُنْتَظَرُ وَبَشَّرَ بِكَ ع۪يسٰى
Ya'ni: "Xavotirlanma, u holat vahiydir. Senga xushxabar! Intizor etilgan Nabiy sensan! Iso sen bilan xushxabar bergan", degan.
Oltinchisi:Asqolan-ul Himyariy ismli orifi billoh, bi'satdan avval Qurayshiylarni ko’rgan vaqti so’rar edi, "Ichingizda da'vo-i nubuvvat qilgan bormi?" "Yo’q" der edilar. So’ngra bi'sat vaqtida yana so’ragan. "Ha" deganlar, "Biri da'vo-i nubuvvat qilyapti." Degan: "Mana, olam uni kutyapti".
Yettinchisi:Nasoro ulamo-i banomidan Ibn-al A'la bi'satdan va Payg’ambarni ko’rmasdan avval xabar bergan. So’ngra kelgan. Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamni ko’rib:
وَالَّذ۪ى بَعَثَكَ بِالْحَقِّ لَقَدْ وَجَدْتُ صِفَتَكَ فِى الْاِنْج۪يلِ وَبَشَّرَ بِكَ ابْنُ الْبَتُولِ
Ya'ni: "Men sizning sifatlarizni Injilda ko’rdim, iymon keltirdim. Ibn Maryam Injilda sizning kelishingni xushxabar bergan".
Sakkizinchisi:Bahsi o’tgan Habash podshohi Najoshiy:
لَيْتَ ل۪ى خِدْمَتَهُ بَدَلًا عَنْ هٰذِهِ السَّلْطَنَةِ
Ya'ni: "Koshki shu saltanatga badal Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning xizmatkori bo’lsaydim. U xizmatkorlik saltanatdan ancha yuksakdir", degan.
Hozir ilhomi Rabboniy bilan g’oibdan xabar bergan bu oriflardan so’ngra; g’oibdan ruh va jin vositasi bilan xabar bergan kohinlar, juda sarih bir suratda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kelishlarini va nubuvvatlarini xabar berganlar. Ular ko’pdir; biz ulardan mashhurlarni va ma'naviy tavotur hukmiga o’tgan va aksar tarix va siyarda naql etilgan bir qanchasini zikr qilamiz. Ularning uzun qissalarini va so’zlarini siyar kitoblariga havola qilib, yolg’iz ijmolan bahs etamiz.
Birinchisi:Shiqq ismli bir ko’zli, bir qo’lli, bir oyoqli mashhur kohin. Go’yo yarim inson... O’sha kohin, ma'naviy tavotur darajasida qat'iy bir suratda tarixlarga o’tgan; risolati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning xabarini mukarraran bergan.
Ikkinchisi:Mashhur Shom kohini Satih bo’lib; suyaksiz, go’yo a'zosiz bir vujud, yuzi ko’ksi ichida bir ajuba-i xilqat va ko’p ham yashagan bir kohindir. G’oibdan bergan to’g’ri xabarlari o’sha zamon insonlar ichida shuhrat topgan. Hatto Kisro (ya'ni Fors podshohi) ko’rgan ajib ro’yosini va valodati Ahmadiya (S.A.V.) zamonida saroyning o’n to’rt sharafasining tushishining sirrini Satihdan so’rash uchun, Muyzan deyilgan olim elchisini yuborgan. Satih degan: "O’n to’rt zot sizlarda hokimiyat suradi, so’ngra saltanatingiz mahv bo’ladi. Ham birisi keladi, bir din izhor etadi. Mana o’sha sizning din va davlatingizni yo’qotadi!" ma’nosida Kisroga xabar yuborgan. Xullas, o’sha Satih sarih bir suratda oxirzamon payg’ambarining kelishini xabar bergan.
Ham kohinlardan Savad Ibn Qorib-ad Davsiy va Hunafir va Af'asiya Najron va Jizl Ibn Jizl-il Kindiy va Ibn Xalasat-ad Davsiy va Fotima Binti No’'moni Najjariya kabi mashhur kohinlar, siyar va tarix kitoblarida tafsilan bayon qilgan jihatlariga binoan; oxirzamon payg’ambarining kelishini, u payg’ambar ham Muhammad Alayhissalotu Vassalam ekanlarini xabar berganlar.
Ham Hazrat Usmonning aqrabosidan Sa'd Ibn Binti Kurayz kohinlik vositasi bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nubuvvatini g’oibdan xabar olgan. Bidoyati Islomiyatda Hazrat Usmoni Zinnuraynga: "Sen bor, iymon keltir", degan. Usmon bidoyatda kelgan, iymon keltirgan. Mana u Sa'd o’sha voqeani bunday bir she'r bilan aytadi:
هَدَى اللّٰهُ عُثْمَانًا بِقَوْل۪ى اِلَى الَّت۪ى بِهَا رُشْدُهُ وَ اللّٰهُ يَهْد۪ى اِلَى الْحَقِّ
Ham kohinlar kabi; "hatif" deyilgan, shaxsi ko’rinmagan va ovozi eshitilgan jinlar, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kelishlarini mukarraran xabar berganlar. Azjumla:
Zayyob Ibn-ul Harisga hatifi jinniy shunday baqirgan, uning va boshqasining musulmon bo’lishiga sabab bo’lgan:
يَا ذَيَابُ يَا ذَيَابُ اِسْمَعِ الْعَجَبَ الْعُجَابَ
بُعِثَ مُحَمَّدٌ بِالْكِتَابِ يَدْعُو بِمَكَّةَ فَلَا يُجَابُ
Yana bir hatifi jinniy Samia Ibn Qarrot-il G’otofaniyga bunday baqirgan, ba'zilarini iymonga keltirgan:
جَاءَ الْحَقُّ فَسَطَعَ وَ دُمِّرَ بَاطِلٌ فَانْقَمَعَ
Bu hatiflarning bashoratlari va xabar berishlari juda mashhur va ko’pdir.
Ham kohinlar, hatiflar xabar bergan ekanlar; shunga o’xshab sanamlar ham va sanamlarga kesilgan qurbonlar ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatini xabar berganlar. Azjumla: Qissa-i mashhuradandirki: Mozan Qabilasining sanami baqirib degan:
هٰذَا النَّبِىُّ الْمُرْسَلُ جَاءَ بِالْحَقِّ الْمُنْزَلِ
deb risolati Ahmadiyani (S.A.V.) xabar bergan. Ham Abbos Ibn Mirdasning Islom diniga kirishining sababi bo’lgan mashhur voqea shuki: Dimor nomli bir sanami bor ekan, u sanam bir kun shunday bir ovoz bergan:
اَوْدٰى ضِمَارُ وَكَانَ يُعْبَدُ مُدَّةً قَبْلَ الْبَيَانِ مِنَ النَّبِىِّ مُحَمَّدٍ
Ya'ni: "Muhammad kelmasdan avval menga ibodat qilinardi, endi Muhammadning bayoni kelgan; ortiq u zalolat bo’lolmaydi".
Hazrat Umar Islomiyatdan avval sanamga kesilgan bir qurbondan bunday eshitgan:
يَا اٰلَ الذَّب۪يحِ اَمْرٌ نَج۪يحٌ رَجُلٌ فَص۪يحٌ يَقُولُ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ
Xullas, bu namunalar kabi ko’p voqealar bor, mavsuq kitoblar qabul qilib naql etishgan.
Qandayki kohinlar, orifi billohlar, hatiflar, hatto sanamlar va qurbonlar, risolati Ahmadiyani (S.A.V.) xabar bergan ekanlar; har bir hodisa ham bir qism insonlarning iymoniga sabab bo’lgan. Shunga o’xshab, ba'zi toshlar ustida va qabrlarda va qabrlarning mozor toshlarida xatti qadim bilan مُحَمَّدٌ مُصْلِحٌ اَم۪ينٌkabi iboralar bo’lgan; ular bilan bir qism insonlar iymonga kelganlar. Ha, xatti qadim bilan ba'zi toshlarda bo’lgan مُحَمَّدٌ مُصْلِحٌ اَم۪ينٌ Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan iborat. Chunki undan avval, zamoniga juda yaqin yolg’iz yettita Muhammad ismi bor, boshqa yo’q. U yettita odamning hech bir jihat bilan "Muslihi Amin" ta'biriga layoqatlari yo’q.
Uchinchi qism
irhosotdan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning valodati hangomida vujudga kelgan horiqolar va hodisalardir. U hodisalar, u kishining valodati bilan aloqador bir suratda vujudga kelgan.
Ham bi'satdan avval ba'zi hodisalar borki, to’g’ridan-to’g’ri bittadan mo’'jizalaridir. Bular ko’p. Namuna o’laroq, mashhur bo’lgan va aimma-i hadis qabul qilgan va to’g’riliklari tahaqquq etgan bir nechta namunani zikr qilamiz:
Birinchisi:Valodati Nabaviy kechasida ham onalari, ham onalarining yonida bo’lgan Usmon Ibn-al Osning onasi, ham Abdurrahmon Ibn Avfning onasi ko’rgan azim bir nur bo’lib; uchovlari ham deganlar: "Valodati onida biz shunday bir nur ko’rdikki; u nur mashriq va mag’ribni bizga oydinlattirdi".
Ikkinchisi:O’sha kecha Ka'badagi sanamlarning ko’pi yiqilib tushgan.
Uchinchisi:Mashhur Kisroning ayvoni (ya'ni saroyi mashhurasi) o’sha kecha qimirlab inshiqoq etishi va o’n to’rt sharafasining tushishidir.
To’rtinchisi:Savaning taqdis etilgan kichik dengizining o’sha kecha yerga botishi va Istaxr-Obodda ming yillik doimo ish'ol etilgan, yongan va so’nmagan, Majusiylarning ma'bud deb ittihoz etgan otashning, valodat kechasi so’nishi. Xullas, shu uch-to’rt hodisa ishoratdirki: U yangi dunyoga kelgan zot; otashparastlikni yo’qotadilar, Fors saltanatining saroyini parchalaydilar, izni Ilohiy bilan bo’lmagan narsalarning taqdisini man etadilar.
Beshinchisi:Garchi valodat kechasi emas, valodatga juda yaqin qolganda, u hodisalar ham irhosoti Ahmadiya bo’lib (S.A.V.), Sura-i اَلَمْ تَرَ كَيْفَ da nassi qat'iy bilan bayon qilingan "Voqea-i Fil"ki; Ka'bani taxrib etish uchun, Abraha ismli Habash Maliki kelib, Fili Mahmudiy nomli ulkan bir filni oldga surib kelgan. Makkaga yaqin bo’lgan vaqt fil yurmagan. Chora topolmasdan qaytganlar. Abobil qushlari ularni mag’lub etgan va parishon etgan, qochganlar. Bu qissa-i ajiba tarix kitoblarida tafsilan mashhurdir. Xullas, shu hodisa Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning daloili nubuvvatidandir. Chunki valodatga juda yaqin bir zamonda, qiblasi va mavlidi va sevgili vatani bo’lgan Ka'ba-i Mukarrama, g’aybiy va horiqo bir suratda Abrahaning taxribidan qutulgan.
Oltinchisi:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kichikliklarida Halima-i Sa'diyaning yonida ekan, Halima va zavjining shahodatlari bilan; quyoshdan iztirob chekmasliklari uchun, ko’p marta ustlarida bir bulut parchasining u kishiga soya qilganini ko’rganlar va odamlarga aytganlar va u voqea to’g’rilik bilan shuhrat topgan.
Ham Shom tarafida o’n ikki yoshda ekan ketgan vaqti, Buhayro-i Rohibning shahodati bilan, bir parcha bulut Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshlariga soya qilganini ko’rgan va ko’rsatgan.
Ham yana bi'satdan avval Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, bir marta Xadicha-i Kubroning Maysara ismli xizmatkori bilan tijoratdan kelgan payti, Xadicha-i Kubro Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning boshlarida ikki malakning bulut tarzida soya qilganlarini ko’rgan. O’z xizmatkori bo’lgan Maysaraga aytgan. Maysara ham Xadicha-i Kubroga: "Butun safarimizda men shunday ko’rayotgan edim", degan.
Yettinchisi:Naqli sahih bilan sobitdirki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, bi'satdan avval bir daraxtning ostida o’tirdilar; u yer quruq edi, birdan yashillandi. Daraxtning shoxlari u kishining boshi ustiga egilib soya qilgan.
Sakkizinchisi:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kichik ekan, Abu Tolibning uyida qolardilar. Abu Tolib, bola-chaqasi bilan u kishi bilan barobar yesalar, qorinlari to’yardi. Qachon u zot ovqatda bo’lmasalar, to’ymasdilar. Shu hodisa ham mashhurdir, ham qat'iydir.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kichikliklarida u kishiga qaragan va xizmat qilgan Ummu Ayman: "Hech bir vaqt Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ochlik va suvsizlikdan shikoyat qilmadilar, na kichikligida va na kattaligida", degan.
To’qqizinchisi:Murdi'asi bo’lgan Halima-i Sa'diyaning molida va echkilarining sutida, qabilasining xilofiga bo’lib ko’p barakasi va ziyoda bo’lishidir. Bu voqea ham mashhurdir, ham qat'iydir.
Ham chivin u kishini ta'jiz etmasdi, u kishining jasadi muboragiga va liboslariga qo’nmasdi. Qandayki nasllaridan bo’lgan Sayyid Abdulqodir Jiyloniy (Q.S.) ham, jaddidan u holni irsiyat olgan edi; chivin unga ham qo’nmasdi.
O’ninchisi:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam dunyoga kelgandan so’ng, boxusus valodat kechalarida, yulduzlar tushishining ko’payishidirki; shu hodisani O’n Beshinchi So’zda qat'iyan burhonlari bilan isbot qilganimizga binoan; shu yulduzlarning sukuti; shayotiyn va jinlarning g’aybiy xabarlardan kesilishiga alomat va ishoratdir. Modomiki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam vahiy bilan dunyoga chiqqan ekanlar; albatta chala-chulpa va yolg’onlar bilan qorishiq, kohinlarning va g’oibdan xabar berganlarning va jinlarning ixborotiga to’siq qo’yish lozimki, vahiyga bir shubha iyros etmasinlar va vahiyga o’xshamasin. Ha, bi'satdan avval kohinlik ko’p edi. Qur'on nozil bo’lgandan so’ng ularga nuqta qo’ydi. Hatto ko’p kohinlar iymonga keldilar. Chunki ortiq jinlar toifasidan bo’lgan muxbirlarini topolmadilar. Demak, Qur'on nuqta qo’ygandi. Xullas, eski zamon kohinlari kabi, hozir ham madyumlar suratida yana bir navi kohinlik Ovrupada ispirtizmachilarning ichlarida paydo bo’ldi. Nima bo’lganda ham...
Alhosil:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nubuvvatlaridan avval nubuvvatlarini tasdiq ettirgan va etgan juda ko’p voqealar, juda ko’p zotlar zohir bo’lgan. Ha, dunyoga ma'nan rais bo’ladigan
{(Hoshiya) Ha, Sultoni LAVLAKA LAVLAK shunday bir raiski: Bir ming uch yuz ellik yildir saltanati davom etyapti. Birinchi asrdan so’ngra har bir asrda loaqal uch yuz ellik million taba'asi va raiyati bor. Kura-i Arzning yarmini bayrog’i ostiga olgan va taba'asi, kamoli taslimiyat bilan u kishiga har kun salotu-salom bilan bay'at etib amrlariga itoat qiladi.}
va dunyoning ma'naviy shaklini o’zgartiradigan va dunyoni oxiratga mazraa qiladigan va dunyoning maxluqotining qiymatlarini e'lon qiladigan va jin va insga saodati abadiyaga yo’l ko’rsatadigan va foniy jin va insni i'domi abadiydan qutqaradigan va dunyoning hikmati xilqatini va tilsimi mug’loqini va muammosini ochadigan va Xoliqi Koinotning maqosidini biladigan va bildiradigan va u Xoliqni tanib umumga tanittiradigan bir zot; albatta u hali kelmasdan hamma narsa, har nav, har toifa uning kelishini sevadi va kutadi va husni istiqbol etadi va olqishlaydi va Xoliqi tarafidan bildirilsa, u ham bildiradi. Qandayki sobiq ishoratlarda va misollarda ko’rdikki; har bir navi maxluqot, u kishini husni istiqbol etadiganday mo’'jizotini ko’rsatadilar, mo’'jiza lisoni bilan nubuvvatlarini tasdiq qiladilar.
O’N YETTINCHI ISHORAT:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Qur'ondan keyin eng buyuk mo’'jizalari, o’z zotlaridir. Ya'ni, u kishida ijtimo' etgan axloqi oliya bo’lib, har bir xislatda eng yuksak tabaqada bo’lganlariga do’st va dushman ittifoq etadi. Hatto shijoat qahramoni Hazrat Ali mukarraran der edi: "Harb dahshatlangan vaqt, biz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning orqalariga qochib tahassun etardik". Va hokazo... Butun axloqi hamidada eng yuksak va yetishilmaydigan darajaga molik edilar. Shu mo’'jiza-i akbarni Alloma-i Mag’rib Qozi Iyozning Shifo-i Sharifiga havola qilamiz. Darhaqiqat, u zot u mo’'jiza-i axloqi hamidani juda go’zal bayon etib, isbot etgan. Ham juda buyuk va do’st va dushman bilan musaddaq bir mo’'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) shariati kubrosi bo’lib, na misli kelgan va na keladi. Shu mo’'jiza-i a'zamning bir daraja bayonini, butun yozgan o’ttiz uch So’z va o’ttiz uch Maktubga va o’ttiz bir Lam'alarimizga va o’n uch Shuaga havola qilamiz.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning mutavotir va qat'iy bir mo’'jiza-i kubrosi, shaqqi Qamardir. Ha, shu inshiqoqi Qamar; ko’p tariqlar bilan mutavotir suratda, Ibn Mas'ud, Ibn Abbos, Ibn Umar, Imom Ali, Anas, Huzayfa kabi juda ko’p a'ozimi sahobadan mutaaddid tariqlar bilan xabar berilish bilan birga, nassi Qur'on bilan اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ oyati u mo’'jiza-i kubroni olamga e'lon qilgan. O’sha vaqtning qaysar Quraysh mushriklari shu oyat bergan xabarga qarshi inkor bilan muqobala etmagan, balki yolg’iz "sehrdir" deyishgan. Demak, kofirlarning fikricha ham Qamarning inshiqoqi qat'iydir. Shu mo’'jiza-i kubroni shaqqi Qamarga doir yozganimiz O’ttiz Birinchi So’zga zayl bo’lgan Shaqqi Qamar Risolasiga havola qilamiz.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, qandayki Arz aholisiga inshiqoqi Qamar mo’'jizasini ko’rsatganlar; shunga o’xshab Samovot aholisiga Me'roj mo’'jiza-i akbarini ko’rsatganlar. Me'roj deyilgan shu mo’'jiza-i a'zamni O’ttiz Birinchi So’z bo’lgan Me'roj Risolasiga havola qilamiz. Chunki u risola, bu mo’'jiza-i kubroni naqadar nuroniy va oliy va to’g’ri ekanini qat'iy burhonlar bilan, hatto mulhidlarga ham qarshi isbot qilgan. Yolg’iz mo’'jiza-i Me'rojning muqaddimasi bo’lgan Bayt-ul Maqdis sayohati va ertalab Quraysh qavmi u kishidan Bayt-ul Maqdisning ta'rifotini so’raganlarida hosil bo’lgan bir mo’'jizani bahs etamiz. Shundayki:
Me'roj kechasining tongida Me'rojini Qurayshga xabar berdilar. Quraysh takzib etdi. "Agar Bayt-ul Maqdisga borgan bo’lsang, Bayt-ul Maqdisning eshiklarini va devorlarini va ahvolini bizga ta'rif et!", dedilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam:
فَكَرَبْتُ كَرْبًا لَمْ اَكْرُبْ مِثْلَهُ قَطُّ فَجَلَّى اللّٰهُ ل۪ى بَيْتَ الْمَقْدِسِ وَكَشَفَ الْحُجُبَ بَيْن۪ى وَبَيْنَهُ حَتّٰى رَاَيْتُهُ فَنَعَتُّهُ وَ اَنَا اَنْظُرُ اِلَيْهِ
Ya'ni: "Ularning takziblaridan va savollaridan juda ham siqildim. Hatto unday bir siqilish hech tortmagandim. Birdan Janobi Haq Bayt-ul Maqdisni menga ko’rsatdi; men ham Bayt-ul Maqdisga qarab bir-bir hamma narsani ta'rif etdim", deganlar. O’sha payt Quraysh ko’rdiki, Bayt-ul Maqdisni to’g’ri va aynan xabar beryapti.
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Qurayshga: "Yo’lda ketayotganimda, sizning bir qofilangizni ko’rdim, qofilangiz ertaga falon vaqtda keladi", dedilar. So’ngra o’sha payt qofilaga muntazir bo’lishdi. Qofila bir soat kechikdi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ixbori to’g’ri chiqishi uchun, ahli tahqiqning tasdig’i bilan, Quyosh bir soat tavaqquf etgan. Ya'ni Arz u kishining so’zlarini to’g’ri chiqarish uchun vazifasini, sayohatini bir soat ta'til etgan va u ta'tilni Quyoshning sukunati bilan ko’rsatgan. Demak, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning birgina so’zlarining tasdig’i uchun ulkan Arz vazifasini tark etadi, ulkan Quyosh shohid bo’ladi. Bunday bir zotni tasdiq etmagan va amrlariga quloq solmagan qay daraja badbaxt bo’lganini va u kishini tasdiq etib amrlariga سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا deganlarning naqadar baxtiyor bo’lganlarini angla, "Alhamdulillahi a'lal iyman val Islam" de.
O’N SAKKIZINCHI ISHORAT:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning eng buyuk va abadiy va yuzlab daloili nubuvvatni jome' va qirq vajh bilan i'jozi isbot etilgan bir mo’'jizalari ham, Qur'oni Hakimdir. Xullas, shu mo’'jiza-i akbarning bayoniga doir Yigirma Beshinchi So’z taqriban bir yuz ellik sahifada, qirq vajhi i'jozini ijmolan bayon va isbot etgan. Shunday ekan, shu mahzani mo’'jizot bo’lgan mo’'jiza-i a'zamni u So’zga havola qilib, yolg’iz ikki-uch nuktani bayon qilamiz:
BIRINCHI NUKTA:
Agar: "I'jozi Qur'on balog’atdadir. Holbuki umum tabaqotning haqlari borki, i'jozida hissalari bo’lsin. Holbuki balog’atdagi i'jozni mingdan faqat bir muhaqqiq olim tushuna oladi?", deyilsa.
Aljavob:Qur'oni Hakimning har tabaqaga qarshi bir navi i'jozi bor. Va bir tarzda i'jozining vujudini ihsos etadi. Masalan: Ahli balog’at va fasohat tabaqasiga qarshi, horiquloda balog’atdagi i'jozini ko’rsatadi. Va ahli she'r va xitobat tabaqasiga qarshi; g’arib, go’zal, yuksak uslubi badi'ning i'jozini ko’rsatadi. U uslub hammaga yoqqani holda, hech kim taqlid etolmaydi. Mururi zamon u uslubni keksaytirmaydi, doimo yosh va yangidir. Bunday muntazam bir nasr va mansur bir nazm; ham oliy, ham shirindir. Ham kohinlar va g’oibdan xabar berganlar tabaqasiga qarshi horiquloda ixboroti g’aybiyadagi i'jozini ko’rsatadi. Va ahli tarix va hodisoti olam ulamosi tabaqasiga qarshi, Qur'ondagi ixborot va hodisoti umami salifa va ahvol va voqi'oti istiqboliya va barzohiya va uxroviyadagi i'jozini ko’rsatadi. Va ijtimoiyoti bashariya ulamosi va ahli siyosat tabaqasiga qarshi, Qur'onning dasotiri qudsiyasidagi i'jozini ko’rsatadi. Ha, u Qur'ondan chiqqan shariati kubro u sirri i'jozni ko’rsatadi. Ham ma'orifi Ilohiya va haqoiqi kavniyada tavag’g’ul etgan tabaqaga qarshi, Qur'ondagi haqoiqi qudsiya-i Ilohiyadagi i'jozni ko’rsatadi yoki i'jozning vujudini ihsos etadi. Va ahli tariqat va valoyatga qarshi Qur'on bir dengiz kabi doimo tamavvujda bo’lgan oyotining asroridagi i'jozini ko’rsatadi va hokazo... Qirq tabaqadan har tabaqaga qarshi bir deraza ochadi, i'jozini ko’rsatadi. Hatto yolg’iz qulog’i bo’lgan va bir daraja ma'no fahm etgan avom tabaqasiga qarshi, Qur'onning o’qilishi bilan boshqa kitoblarga o’xshamaganini quloq sohibi tasdiq etadi. Va u omi: "Yo bu Qur'on butun tinglaganimiz kitoblarning pastidadir. Bu esa, hech bir dushman ham deyolmaydi va ham yuz daraja maholdir. Unday bo’lsa, butun eshitilgan kitoblardan ustundir. Shunday ekan, mo’'jizadir", deydi. Xullas, bu quloqli omi fahm etgan i'jozni unga yordam uchun bir daraja izoh qilamiz. Shundayki:
Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon maydonga chiqqan vaqti butun olamni maydonga chaqirdi va insonlarda ikki shiddatli his uyg’otdi:
Birisi:Do’stlarida hissi taqlidni; ya'ni sevgili Qur'onning uslubiga qarshi o’xshashlik orzusi va u kabi gapirish hissi...
Ikkinchisi:Dushmanlarda bir hissi tanqid va muoraza; ya'ni Qur'on uslubiga muqobala etish bilan da'vo-i i'jozni sindirish hissi...
Xullas, bu ikki hissi shadid bilan millionlab Arabcha kitoblar yozilganlar, maydondadir. Endi butun bu kitoblarning eng balig’lari, eng fasihlari Qur'on bilan barobar o’qilgan vaqt, har kim tinglasa, qat'iyan deydiki; Qur'on bularning hech birisiga o’xshamaydi. Demak, Qur'on umum bu kitoblarning darajasida emas. Shunday ekan har holda, yo Qur'on umumining ostida bo’ladi; u esa yuz daraja mahol bo’lish bilan birga, hech kim, hatto shayton bo’lsa ham, aytolmaydi.
{(Hoshiya) Yigirma Oltinchi Maktubning ahamiyatli Birinchi Mabhasi shu jumlaning hoshiyasi va izohidir.}
Shunday ekan, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon yozilgan umum kitoblardan ustundir. Hatto ma'noni ham fahm etmagan johil omi tabaqaga qarshi ham Qur'oni Hakim, zeriktirmaslik surati bilan i'jozini ko’rsatadi. Ha, u omi, johil odam deydiki: "Eng go’zal, eng mashhur bir baytni ikki-uch marta eshitsam, menga zerikish beradi. Qur'on esa hech zeriktirmaydi, tinglash menga tobora yoqadi. Shunday ekan, bu inson so’zi emasdir".
Ham hifzga harakat qilgan bolalarning tabaqasiga qarshi, Qur'oni Hakim nozik, zaif, sodda va bir sahifa kitobni hifzida tutolmagan u bolalarning kichik boshlarida katta Qur'on va ko’p yerlarida iltibos va mushavvashiyatga sababiyat bergan bir-biriga o’xshagan oyatlarning va jumlalarning tashobuhi bilan barobar; kamoli suhulat bilan, osonlik bilan u bolalarning hofizalarida joylashishi suratida, i'jozini ularga ham ko’rsatadi.
Hatto oz so’zdan va shovqindan mutaassir bo’lgan xastalarga va sakarotda bo’lganlarga Qur'onning zamzamasi va sadosi; zamzam suvi kabi ularga xush va shirin kelish jihati bilan, bir navi i'jozini ularga ham ihsos etadi.
Alhosil:Qirq muxtalif tabaqotga va boshqa-boshqa insonlarga, qirq vajh bilan Qur'oni Hakim i'jozini ko’rsatadi yoki i'jozning vujudini ihsos etadi. Hech kimni mahrum qoldirmaydi. Hatto yolg’iz ko’zi bo’lgan
{(Hoshiya1) Yolg’iz ko’zi bo’lgan; quloqsiz, qalbsiz tabaqasiga qarshi vajhi i'jozi bu yerda g’oyat mujmal va muxtasar va noqis qolgan. Faqat bu vajhi i'jozni Yigirma To’qqizinchi va O’ttizinchi Maktublarda (O’ttizinchi Maktub juda porloq tasavvur va niyat qilingan edi; faqat o’rnini boshqasiga, Ishorot-ul I'jozga berdi. O’zi maydonga chiqmadi.) g’oyat porloq va nuroniy va zohir va bahir ko’rsatilgan, hatto ko’rlar ham ko’ra oladi. U vajhi i'jozni ko’rsatadigan bir Qur'on yozdirdik. Inshaalloh chop etiladi, harkas ham u go’zal vajhni ko’radi.}
quloqsiz, qalbsiz, ilmsiz tabaqasiga qarshi ham Qur'onning bir navi alomati i'jozi bor:
Hofiz Usmon xati bilan va bosmasi bilan bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning yozilgan kalimalari bir-biriga qaraydi. Masalan: Sura-i Kahfda وَثَامِنُهُمْ كَلْبُهُمْ kalimasi ostida yaproqlar teshilsa; Sura-i Fotirdagi قِطْم۪يرٍ kalimasi, oz bir inhirof bilan ko’rinadi va u kalbning ismi ham tushuniladi. Va Sura-i Yosinda ikki marta مُحْضَرُونَ bir-biri ustiga; Vassafotdagi مُحْضَر۪ينَ va مُحْضَرُونَ ham bir-biriga, ham ularga qaraydi; biri teshilsa, boshqalari oz bir inhirof bilan ko’rinadi. Masalan: Sura-i Sabaning oxirida, Sura-i Fotirning avvalidagi ikki مَثْنٰى bir-biriga qaraydi. Butun Qur'onda yolg’iz uch مَثْنٰى dan ikkisi bir-biriga qarashlari tasodifiy bo’lolmaydi. Va bularning o’xshashi juda ko’p. Hatto bir kalima, besh-olti yerda yaproqlar orqasida, oz bir inhirof bilan bir-biriga qaraydilar. Va Qur'onning bir-biriga qaragan ikki sahifasida, men bir-biriga qaragan jumlalari qizil qalam bilan yozilgan Qur'onni ko’rdim. "Shu vaziyat ham bir navi mo’'jizaning alomatidir", u vaqt dedim. Keyinchalik qaradimki: Qur'onning mutaaddid yaproqlar orqasida bir-biriga qaraydigan ko’p jumlalari borki, ma'nodor bir suratda bir-biriga qaraydi. Xullas, tartibi Qur'on irshodi Nabaviy bilan, muntashir va matbu' Qur'onlar ham ilhomi Ilohiy bilan bo’lganidan; Qur'oni Hakimning naqshida va u xatida bir navi alomati i'joz ishorati bor. Chunki u vaziyat na tasodifning ishi va na fikri basharning tafakkuridir. Faqat ba'zi inhirof borki, u ham nashrning nuqsoni bo’lib to’liq muntazam bo’lsaydi, kalimalar to’liq bir-biri ustiga tushar edi.
Ham Qur'onning Madinada nozil bo’lgan mutavassit va uzun suralarining har bir sahifasida "Lafzulloh" juda badi' bir tarzda takror qilingan. Ko’pincha yo besh, yo olti, yo yetti, yo sakkiz, yo to’qqiz, yo o’n bir adad takror bilan barobar bir yaproqning ikki yuzida va qarshi-qarshiga kelgan sahifada go’zal va ma'nodor bir munosabati adadiya ko’rsatadi.
{(Hoshiya1) Ham ahli zikr va munojotga qarshi, Qur'onning ziynatli va qofiyali lafzi va fasohatli, san'atli uslubi va nazarni o’ziga o’giradigan balog’atning mazoyasi ko’p bo’lish bilan barobar; ulviy jiddiyatni va Ilohiy huzurni va jam'iyati xotirni beradi, ixlol etmaydi. Holbuki u tur mazoya-i fasohat va san'ati lafziya va nazm va qofiya; jiddiyatni ixlol etadi, zarofatni ishmom etadi, huzurni buzadi, nazarni tarqatadi. Hatto munojotning eng latifi va eng jiddiysi va eng ulviy nazmli va Misrning qahtu g’olasining sababi raf'i bo’lgan Imom Shofe'iyning mashhur bir munojotini ko’p marta o’qir edim; ko’rdimki: Nazmli, qofiyali bo’lgani uchun munojotning ulviy jiddiyatini ixlol etadi. Sakkiz-to’qqiz yildab beri vird qilganman. Haqiqiy jiddiyatni undagi qofiya va nazm bilan birlashtirolmadim. Undan angladimki: Qur'onning xos, fitriy, mumtoz bo’lgan qofiyalarida nazm va mazoyasida bir navi i'jozi borki; haqiqiy jiddiyatni va to’liq huzurni muhofaza qiladi, ixlol etmaydi. Xullas, ahli munojot va zikr bu navi i'jozni aqlan fahm etmasa ham, qalban his etadi.
(Hoshiya2) Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ma'naviy bir sirri i'jozi shudirki: Qur'on ismi a'zamga mazhar bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning juda buyuk va juda porloq daraja-i iymonlarini ifoda etadi.
Ham muqaddas bir xarita kabi olami oxiratning va olami rububiyatning yuksak haqiqatlarini bayon etgan, g’oyat buyuk va keng va oliy haq dinning martaba-i ulviyasini fitriy bir tarzda ifoda qiladi, dars beradi.
Ham Xoliqi Koinotning umum mavjudotning Robbi jihatidan, hadsiz izzat va hashmati bilan xitobini ifoda qiladi. Albatta bu suratdagi ifoda-i Furqonga va bu tarzdagi bayoni Qur'onga qarshi,
قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ الْاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلٰٓى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هٰذَا الْقُرْاٰنِ لَا يَاْتُونَ بِمِثْلِه۪
sirri bilan butun uquli bashariya ittihod etsa, bitta aql bo’lsa ham qarshisiga chiqolmaydi, muoraza etolmaydi. اَيْنَ الثَّرَا مِنَ الثُّرَيَّا Chunki shu uch asos nuqtai nazarida, qat'iyan qobili taqlid emas va tanzir etilmaydi!..
(Hoshiya3) Qur'oni Hakimning umum sahifalari oxirida oyat tugaydi. Go’zal bir qofiya bilan oxiri xitom topadi. Buning sirri shuki: Eng katta oyat bo’lgan Mudoyana oyati sahifalar uchun, Sura-i Ixlos va Kavsar satrlar uchun bir vohidi qiyosiy qabul qilinganidan, Qur'oni Hakimning bu go’zal maziyati va i'joz alomati ko’riladi.
(Hoshoya4) Bu maqomning bu mabhasida q’oyat ahamiyatli va hashmatli va buyuk va Risola-i Nurning muvaffaqiyati nuqtasida g’oyat ziynatli va sevimli va mushavviq karomatning, juda oz va juz'iy vaziyat va qisqacha namunalariga va kichkina alomatlariga, shoshma-shosharlik balosi bilan iktifo etilgan. Holbuki, u buyuk haqiqat va u sevimli karomat esa, tavofuq nomi bilan besh-olti navlari bilan Risola-i Nurning bir silsila-i karomatini va Qur'onning ko’zga ko’ringan bir navi i'jozining lamaatini va rumuzoti g’aybiyaning bir manba-i ishorotini tashkil etadi. Keyinchalik, Qur'onda "Lafzulloh"ning tavofuqidan chiqqan bir lam'a-i i'jozni ko’rsatgan zarhal bilan bir Qur'on yozdirildi. Ham Rumuzoti Samoniya nomli sakkiz kichik risolalar, hurufoti Qur'oniyaning tavofuqidan chiqqan munosabati latifa va ishoroti g’aybiyalarining bayonida ta'lif etildi. Ham Risola-i Nurni tavofuq sirri bilan tasdiq va taqdir va tahsin etgan Karomati G’avsiya va uch Karomati Alaviya va Ishoroti Qur'oniya nomli besh adad risolalar yozildi. Demak, Mo’'jizoti Ahmadiyaning ta'lifida u buyuk haqiqat ijmolan his etilgan; lekin ma'ataassuf muallif yolg’iz bir tirnog’ini ko’rib ko’rsatgan, ortiq orqasiga qaramasdan yugurib ketgan.}
IKKINCHI NUKTA:
Hazrat Muso Alayhissalom zamonida sehr rivojlanganidan, muhim mo’'jizoti unga o’xshash bir tarzda kelgani; va Hazrat Iso Alayhissalomning zamonida ilmi tib rivojda bo’lganidan, mo’'jizotining aksari o’sha turdan kelgani kabi, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ham zamonida Jazirat-ul Arabda eng ko’p to’rt narsa rivojlangan edi:
Birinchisi:Balog’at va fasohat.
Ikkinchisi:She'r va xitobat.
Uchinchisi:Kohinlik va g’oibdan xabar berish.
To’rtinchisi:Hodisoti moziyani va voqeoti kavniyani bilish.
Demak, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon kelgan payti, bu to’rt navi ma'lumot sohiblarini maydonga chaqirdi:
Boshda ahli balog’atni birdan tiz cho’ktirdi. Ular hayrat bilan Qur'onni tingladilar.
Ikkinchisi ahli she'r va xitobat, ya'ni muntazam nutq o’qigan va go’zal she'r aytganlarga shunday bir hayrat berdiki, barmoqlarini tishlattirdi. Oltin bilan yozilgan eng go’zal she'rlarini va Ka'ba devorlariga madori iftixor uchun osilgan mashhur "Muallaqoti Sab'a"larini tushirtirdi, qiymatini qoldirmadi.
Ham g’oibdan xabar bergan kohinlarni va sahirlarni jim qildi. G’aybiy xabarlarini ularga unuttirdi. Jinniylarini tard ettirdi. Kohinlikka nuqta qo’ydirdi.
Ham ummati salifaning vaqoyeiga va hodisoti olamning ahvoliga voqif bo’lganlarni xurofotdan va yolg’ondan qutqarib, haqiqiy hodisoti moziyani va nurli vaqoye-i olamni ularga dars berdi.
Xullas, bu to’rt tabaqa Qur'onga qarshi kamoli hayrat va hurmat bilan uning qarshisiga tiz cho’kib shogird bo’ldilar. Hech biri hech vaqt birgina sura bilan muorazaga kirisholmadi.
Agar deyilsa:Hech kim muoraza etolmagani va muoraza mumkin emasligini qanday bilamiz?
Aljavob:Agar muoraza mumkin bo’lsaydi, har holda tashabbus etilardi. Chunki muorazaga ehtiyoj shadid edi. Zero dinlari, mollari, jonlari, oilalari tahlikaga tushgan. Muoraza etilsaydi, qutular edilar. Agar muoraza mumkin bo’lsaydi, har holda muoraza etardilar. Agar muoraza etilsaydi, muoraza tarafdorlari kofirlar, munofiqlar ko’p, ham juda ko’p bo’lganidan muorazaga tarafdor chiqib, iltizom etib, hammaga nashr etar edilar. -Islomiyatga qarshi hamma narsani nashr etganlaridek.- Agar nashr etsaydilar va muoraza bo’lsaydi; har holda tarixlarga, kitoblarga dabdabali suratda kirar edi. Mana maydonda butun tarixlar, kitoblar; hech birida Musaylima-i Kazzobning bir qancha fikrasidan boshqa hech nima yo’q. Holbuki Qur'on Hakim yigirma uch yil mutamodiyan jahllarni chiqaradigan va o’jarlikni qo’zg’atadigan tarzda maydonga chaqirdi. Va aytardiki:
"Qur'onning, Muhammad-ul Amin kabi bir ummiydan nazirini qiling va ko’rsating. Mayli, buni qilolmayapsiz. U zot ummiy bo’lmasin, g’oyat olim va kotib bo’lsin. Mayli, buni ham keltirolmayapsiz; bitta zot bo’lmasin, butun olimlaringiz, balig’laringiz to’plansin, bir-biriga yordam bersin.. hatto ishongan olihalaringiz sizga yordam bersin. Mayli, bular bilan ham qilolmaysiz; avval yozilgan balig’ asarlardan ham istifoda etib, hatto kelajakdagilarni ham yordamga chaqirib, Qur'onning nazirini ko’rsatinglar, qilinglar. Mayli, buni ham qilolmayapsiz; Qur'onning majmuiga bo’lmasin-u, yolg’iz o’n surasining nazirini keltiringlar. Mayli, o’n surasiga muqobil haqiqiy to’g’ri bir nazira keltirolmayapsiz; mayli, hikoyalardan, aslsiz qissalardan birlashtiring. Yolg’iz nazmiga va balog’atiga nazira bo’lsin, keltiringlar. Mayli, buni ham qilolmayapsiz; birgina surasining o’xshashini keltiringlar. Mayli, sura uzun bo’lmasin, qisqa bir sura bo’lsin, nazirini keltiringlar. Bo’lmasa din, jon, mol, bola-chaqalaringiz; dunyoda ham, oxiratda ham tahlikaga tushadi!"
Xullas, sakkiz tabaqada, ilzom suratida, Qur'oni Hakim yigirma uch yilda emas, balki bir ming uch yuz yil butun ins va jinga qarshi maydonga chaqirgan va chaqiryapti. Holbuki avvalgi zamonda kofirlar jon, mol va bola-chaqasini tahlikaga solib eng dahshatli yo’l bo’lgan harb yo’lini ixtiyor etib, eng oson va eng qisqa bo’lgan muoraza yo’lini tark etdilar. Demak, muoraza yo’li mumkin emas edi.
Xullas, hech bir oqil, xususan u zamonda Jazirat-ul Arabdagi odamlar, xususan Qurayshiylar kabi zakovatli odamlar; birgina adiblari, Qur'onning birgina surasiga nazira qilib Qur'onning hujumidan qutulishini ta'min etib, qisqa va oson yo’lni tark etib jon, mol, bola-chqalarini tahlikaga solib eng mushkulotli yo’lga suluk etadimi?
Alhosil:Mashhur Johizning aytgani kabi: "Muoraza-i bilhuruf mumkin bo’lmadi, muhoraba-i bissuyufga majbur bo’ldilar..."
Agar:Ba'zi muhaqqiq ulamo aytganlarki: "Qur'onning bir surasiga emas; birgina oyatiga, hatto birgina jumlasiga, hatto birgina kalimasiga muoraza etilmaydi va etilmagan". Bu so’zlar mubolag’a ko’rinyapti va aql qabul qilmaydi. Chunki basharning so’zlarida Qur'on jumlalariga o’xshagan ko’p jumlalar bor. Bu so’zning sirri hikmati nima?
Aljavob:I'jozi Qur'onda ikki mazhab bor. Mazhabi aksar va rojih shuki, Qur'ondagi latoifi balog’at va mazoya-i ma'oniy qudrati bashardan yuksakdir.
Ikkinchi marjuh mazhab:Qur'onning bir surasiga muoraza, qudrati bashar dohilidadir. Faqat Janobi Haq, Mo’'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) sifatida man etgan. Bir odam oyoqqa tura oladi, lekin asari mo’'jiza ko’rinishida bir Nabiy: "Turolmaysan!" desa va u turolmasa, mo’'jiza bo’ladi. Bu mazhabi marjuha, Sarfa Mazhabi deyiladi. Ya'ni, Janobi Haq Qur'onning bir surasiga muqobala etolmasliklari uchun jin va insni man etgan. Agar man etmasaydi, jin va ins bir surasiga muqobala etardi. Bu mazhabga ko’ra, "Bir kalimasiga ham muoraza etilmaydi", degan ulamoning so’zlari haqiqatdir. Chunki modomiki Janobi Haq, i'joz uchun ularni man etgan; muorazaga og’izlarini ocholmaydilar. Og’izlarini ochsalar ham; izni Ilohiy bo’lmasa, kalimani chiqarolmaydilar. Ammo mazhabi rojih va aksar mazhabi avvalga ko’ra, u ulamo bayon etgan fikrning nozik jihati borki: Qur'oni Hakimning jumlalari, kalimalari bir-biriga qaraydi. Ba'zan bir kalima o’nta yerga qaraydi; unda o’n nukta-i balog’at, o’n munosabat bo’ladi. Ishorot-ul I'joz nomli tafsirda, Fotihaning ba'zi jumlalari ichida va الٓمٓ ٭ ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ف۪يهِ jumlalari ichida shu nuktalardan ba'zi namunalarni ko’rsatganmiz. Masalan: Qandayki munaqqash bir saroyda, mutaaddid, muxtalif naqshlarning tuguni hukmida bir toshni, butun naqshlarga qaraydigan bir yerda joylashtirish; butun u devorni naqshlari bilan bilishga mutavaqqifdir. Ham qandayki insonning boshidagi ko’z qorachig’ini joyida joylashtirish, butun jasadning munosabatini va vazoifi ajibasini va ko’zning u vazoifga qarshi vaziyatini bilish bilan bo’ladi. Shunga o’xshab: Ahli haqiqatning taraqqiy etgan qismi, Qur'onning kalimotida juda ko’p munosabotni va boshqa oyatlardagi jumlalarga qaragan vujuhlarini, aloqalarini ko’rsatishgan. Xususan ulamo-i ilmi huruf juda taraqqiy etib, bir harfi Qur'onda, bir sahifa qadar asrorni, o’sha soha olimlariga bayon etib isbot qilganlar. Ham modomiki Xoliqi Kulli Shayning kalomi ekan; har bir kalimasi, qalb va urug’ hukmiga o’tishi mumkin. (Atrofida, asrordan mutashakkil bir jasadi ma'naviya qalb va bir shajara-i ma'naviya urug’ hukmiga o’ta oladi.) Xullas, insonning so’zlarida Qur'onning kalimalari kabi kalimalar, balki jumlalar, oyatlar bo’lishi mumkin. Faqat Qur'onda, ko’p munosabot e'tiborga olingan bir tarz bilan joylashtirilgan joyda; bir ilmi muhit lozimki, joy-joyiga joylashsin.
UCHINCHI NUKTA:
Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning xulosat-ul xulosa bir ijmoli mohiyati uchun bir payt Arabcha ibora bilan bir tafakkuri haqiqiyni, Janobi Haq mening qalbimga ehson etgandi. Hozir aynan o’sha tafakkurni Arabcha yozamiz, so’ngra ma'nosini bayon etamiz:
سُبْحَانَ مَنْ شَهِدَ عَلٰى وَحْدَانِيَّتِه۪ وَصَرَّحَ بِاَوْصَافِ جَمَالِه۪ وَجَلَالِه۪ وَكَمَالِه۪ اَلْقُرْاٰنُ الْحَك۪يمُ الْمُنَوَّرُ جِهَاتُهُ السِّتُّ اَلْحَاو۪ى لِسِرِّ اِجْمَاعِ كُلِّ كُتُبِ الْاَنْبِيَاءِ وَالْاَوْلِيَاءِ وَالْمُوَحِّد۪ينَ الْمُخْتَلِف۪ينَ فِى الْاَعْصَارِ وَالْمَشَارِبِ وَالْمَسَالِكِ الْمُتَّفِق۪ينَ بِقُلُوبِهِمْ وَعُقُولِهِمْ عَلٰى تَصْد۪يقِ اَسَاسَاتِ الْقُرْاٰنِ وَكُلِّيَّاتِ اَحْكَامِه۪ عَلٰى وَجْهِ الْاِجْمَالِ وَهُوَ مَحْضُ الْوَحْىِ بِاِجْمَاعِ الْمُنْزِلِ وَالْمُنْزَلِ وَالْمُنْزَلِ عَلَيْهِ وَعَيْنُ الْهِدَايَةِ بِالْبَدَاهَةِ وَمَعْدَنُ اَنْوَارِ الْا۪يمَانِ بِالضَّرُورَةِ وَمَجْمَعُ الْحَقَائِقِ بِالْيَق۪ينِ وَمُوصِلٌ اِلَى السَّعَادَةِ بِالْعَيَانِ وَذُو الْاَثْمَارِ الْكَامِل۪ينَ بِالْمُشَاهَدَةِ وَمَقْبُولُ الْمَلَكِ وَالْاِنْسِ وَالْجَانِّ بِالْحَدْسِ الصَّادِقِ مِنْ تَفَار۪يقِ الْاَمَارَاتِ وَالْمُؤَيَّدُ بِالدَّلَائِلِ الْعَقْلِيَّةِ بِاِتِّفَاقِ الْعُقَلَاءِ الْكَامِل۪ينَ وَالْمُصَدَّقُ مِنْ جِهَةِ الْفِطْرَةِ السَّل۪يمَةِ بِشَهَادَةِ اِطْمِئْنَانِ الْوِجْدَانِ وَالْمُعْجِزَةُ الْاَبَدِيَّةُ الْبَاق۪ى وَجْهُ اِعْجَازِه۪ عَلٰى مَرِّ الزَّمَانِ بِالْمُشَاهَدَةِ وَالْمُنْبَسِطُ دَائِرَةُ اِرْشَادِه۪ مِنَ الْمَلَاِ الْاَعْلٰى اِلٰى مَكْتَبِ الصِّبْيَانِ يَسْتَف۪يدُ مِنْ عَيْنِ دَرْسٍ اَلْمَلٰئِكَةُ مَعَ الصَّبِيّ۪ينَ وَ كَذَا هُوَ ذُو الْبَصَرِ الْمُطْلَقِ يَرَى الْاَشْيَاءَ بِكَمَالِ الْوُضُوحِ وَالظُّهُورِ وَيُح۪يطُ بِهَا وَيُقَلِّبُ الْعَالَمَ ف۪ى يَدِه۪ وَيُعَرِّفُهُ لَنَا كَمَا يُقَلِّبُ صَانِعُ السَّاعَةِ السَّاعَةَ ف۪ى كَفِّه۪ وَيُعَرِّفُهَا لِلنَّاسِ فَهٰذَا الْقُرْاٰنُ الْعَظ۪يمُ الشَّانِ هُوَ الَّذ۪ى يَقُولُ مُكَرَّرًا اَللّٰهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ
Bu tafakkuri Arabiyning tarjimasi va ma'nosi shuki, ya'ni: Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning olti jihati porloq va nurlidir. Avhom va shubahot ichiga kirolmaydi. Chunki orqasi Arshga tayanadi; bu jihatda nuri vahiy bor. Qarshisida va hadafida saodati dorayn bor. Abadga, oxiratga qo’l uzatgan; Jannat va saodat nuri bor. Ustida sikka-i i'joz porlaydi. Ostida burhon va dalil ustunlari bor. Ichi xolis hidoyat. O’ngi اَفَلَا يَعْقِلُونَ lar bilan uqulni istintoq bilan "Sodaqta" ayttiradi. Chapida; qalblarga azvoqi ruhoniy berish bilan, vijdonlarni istishhod etib "Barakalloh" ayttirgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonga qaysi burchakdan, qaysi jihatdan avhom va shubahotning o’g’rilari kira oladi?
Ha, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon asrlari, mashrablari, maslaklari muxtalif bo’lgan anbiyoning, avliyoning, muvahhidiynning kitoblarining sirri ijmo'ini jome'dir. Ya'ni, butun ahli qalb va aql, Qur'oni Hakimning mujmal ahkomini va asosotini tasdiq etadigan suratda, u asosotni kitoblarida zikr qilib qabul qilishgan. Demak ular Qur'on shajara-i samoviysining ildizlari hukmidadir. Ham Qur'oni Hakim vahiyga istinod etadi va o’zi vahiydir. Chunki Qur'onni nozil qilgan Zoti Zuljalol, mo’'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) bilan, Qur'on vahiy ekanini ko’rsatadi, isbot qiladi. Va nozil bo’lgan Qur'on ham, ustidagi i'joz bilan ko’rsatadiki, Arshdan kelyapti. Va munzali alayh bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bidoyati vahiydagi xavotirlari va nuzuli vahiy vaqtidagi vaziyati behushlari va harkasdan ziyoda Qur'onga qarshi ixlos va hurmati ko’rsatadiki: Vahiy bo’lib azaldan kelyapti, u kishiga musofir bo’lyapti.
Ham u Qur'on bilbedaho mahzi hidoyatdir. Chunki uning muxolifi, bilmushohada kufrning zalolatidir. Ham bizzarura Qur'on anvori iymoniyaning ma'danidir. Albatta anvori iymoniyaning aksi, zulumotdir. Ko’p So’zlarda buni qat'iy isbot qilganmiz.
Ham Qur'on bilyaqiyn haqoiqning majma'idir. Xayolot va xurofot ichiga kirolmaydi. Tashkil etgan haqiqatli olami Islomiyat, izhor etgan asosli shariat va ko’rsatgan oliy kamolotining shahodati bilan, olami g’aybga oid bo’lgan bahslarida ham, olami shahodatdagi bahslari kabi, ayni haqiqat ekanini va ichida xilof yo’qligini isbot qiladi.
Ham Qur'on bil'oyon va shubhasiz, saodati doraynga isol etadi, basharni unga yo’llaydi. Kimning shubhasi bo’lsa, bir marta Qur'onni o’qisin va tinglasin; nima derkan? Qur'on bergan mevalar; ham mukammaldir, ham hayotdordir. Shunday ekan, Qur'on daraxtining ildizi haqiqatdadir, hayotdordir. Chunki mevaning hayoti, daraxtning hayotiga dalolat etadi. Mana qara; har asrda naqadar asfiyo va avliyo kabi mukammal va komil zihayot va zinur mevalar bergan.
Ham hadsiz mutafarriq alomatlardan nash'at etgan bir hads va qanoat bilan, Qur'on ham ins, ham jin, ham malakning maqbuli va marg’ubi bo’lib; o’qilgan vaqti ular ishtiyoq bilan parvona kabi atrofiga to’planadilar.
Ham Qur'on vahiy bo’lish bilan barobar, daloili aqliya bilan tayid va tahkim etilgan. Ha, komil uqaloning ittifoqi bunga shohiddir. Boshda ulamo-i Ilmi Kalomning allomalari va Ibn Sino, Ibn Rushd kabi falsafaning dohiylari muttafiqan asosoti Qur'oniyani usullari bilan, dalillari bilan isbot qilishgan. Ham Qur'on, fitrati salima jihati bilan musaddaqdir. Agar bir nuqsonlik va bir maraz bo’lmasa; har bir fitrati salima uni tasdiq qiladi. Chunki itminoni vijdon va istirohati qalb, uning anvori bilan bo’ladi. Demak, fitrati salima, vijdonning itminoni shahodati bilan, uni tasdiq qiladi. Ha, fitrat, lisoni holi bilan Qur'onga: "Fitratimizning kamoli sensiz bo’lolmaydi!", deydi. Shu haqiqatni ko’p yerlarda isbot qilganmiz.
Ham Qur'on bilmushohada va bilbedaho, abadiy va doimiy bir mo’'jizadir. Har vaqt i'jozini ko’rsatadi. Boshqa mo’'jizot kabi so’nmaydi, vaqti tugamaydi, abadiydir.
Ham Qur'onning martaba-i irshodida shunday bir kenglik borki; birgina darsida Hazrat Jabroil (A.S.), bir tifli navrasida bilan yelkama-yelka u darsni tinglar, hissalarini oladilar. Va Ibn Sino kabi eng dohiy faylasuf eng omi bir ahli qiroat bilan tizzama-tizza ayni darsni o’qiydilar, darslarini oladilar. Hatto ba'zan; u omi odam, quvvat va safvati iymon jihati bilan Ibn Sinodan ham ko’proq istifoda etadi.
Ham Qur'onning ichida shunday bir ko’z borki; butun koinotni ko’radi, ihota etadi va bir kitobning sahifalari kabi koinotni ko’z o’ngida tutadi, tabaqotini va olamlarini bayon etadi. Bir soatning san'atkori qanday soatini aylantiradi, ochadi, ko’rsatadi, ta'rif etadi. Qur'on ham, qo’lida koinotni tutib, shunday qilyapti. Xullas, shunday bir Qur'oni Azimushshonki, فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydi, vahdoniyatni e'lon qiladi.
اَللّٰهُمَّ اجْعَلِ الْقُرْاٰنَ لَنَا فِى الدُّنْيَا قَر۪ينًا وَ فِى الْقَبْرِ مُونِسًا وَ فِى الْقِيَامَةِ شَف۪يعًا وَ عَلَى الصِّرَاطِ نُورًا وَ مِنَ النَّارِ سِتْرًا وَ حِجَابًا وَ فِى الْجَنَّةِ رَف۪يقًا وَ اِلَى الْخَيْرَاتِ كُلِّهَا دَل۪يلًا وَ اِمَامًا
اَللّٰهُمَّ نَوِّرْ قُلُوبَنَا وَ قُبُورَنَا بِنُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ وَ نَوِّرْ بُرْهَانَ الْقُرْاٰنِ بِحَقِّ وَ بِحُرْمَةِ مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْقُرْاٰنُ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِهِ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ مِنَ الرَّحْمٰنِ الْحَنَّانِ اٰم۪ينَ
O’N TO’QQIZINCHI NUKTALI ISHORAT:
Sobiq ishoratlarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Janobi Haqning rasuli bo’lgani g’oyat qat'iy va shubhasiz bir suratda isbot qilindi. Xullas, risolati minglab daloili qat'iya bilan sobit bo’lgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam, vahdoniyati Ilohiyaning va saodati abadiyaning eng porloq bir dalili va eng qat'iy bir burhonidir. Biz bu ishoratda; u mushriq, porloq dalilga va notiqi sodiq burhonga, xulosat-ul xulosa bir ijmol bilan kichik bir ta'rif qilamiz. Chunki modomiki u kishi dalildirlar va natijasi ma'rifati Ilohiyadir; albatta dalilni tanish va vajhi dalolatini bilish lozim. Shunday ekan, biz ham g’oyat muxtasar bir xulosa bilan, vajhi dalolatini va to’g’riligini bayon qilamiz:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, koinotning mavjudoti kabi, Xoliqi Koinotning vujudiga va vahdatiga o’z zoti dalolat qilgani kabi; u kishi o’z dalolati zotiyasini, butun mavjudotning dalolati bilan barobar, lisoni bilan e'lon qilganlar. Modomiki dalil ekan; biz u dalilning hujjat va istiqomatiga va sidq va haqqoniyatiga, o’n besh asosda ishorat qilamiz:
Birinchi Asos:Ham zoti bilan, ham lisoni bilan, ham dalolati holi bilan, ham gapirishi bilan koinotning Sone'iga dalolat qilgan bu dalil; ham haqiqati koinotcha musaddaq, ham sodiqdir. Chunki butun mavjudotning vahdoniyatga dalolatlari, albatta vahdoniyatni aytgan zotni tasdiq hukmidadir. Demak, aytgan da'vosi ham umum koinot jihatidan musaddaqdir. Ham bayon etgan narsasi kamoli mutlaq bo’lgan vahdoniyati Ilohiya va xayri mutlaq bo’lgan saodati abadiya, butun haqoiqi olamning husn va kamoliga muvofiq va mutobiq bo’lganidan; da'vosida albatta sodiqdir. Demak, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, vahdoniyati Ilohiyaga va saodati abadiyaga bir burhoni notiqi sodiq va musaddaqdir.
Ikkinchi Asos:Ham u dalili sodiq va musaddaq, modomiki umum anbiyodan ustun minglab mo’'jizot va nasx etilmagan bir shariat va umum jin va insga shomil bir da'vat sohibi bo’lganidan, albatta umum anbiyoning raisidir. Shunday ekan, umum anbiyoning mo’'jizotlarining sirrini va ittifoqlarini jome'dir. Demak, butun anbiyoning quvvati ijmo'i va mo’'jizotlarining shahodati, u kishining sidq va haqqoniyatiga bir nuqta-i istinod tashkil etadi. Ham u kishining tarbiyalari va irshodlari va nuri shariatlari bilan kamol topgan butun avliyo va asfiyoning sultoni va ustozidirlar. Shunday ekan, ularning sirri karomatlarini va ijmo'korona tasdiqlarini va tahqiqlarining quvvatini jome'dir. Chunki ular ustozlari ochgan va eshikni ochiq qoldirgan yo’lda borganlar, haqiqatni topganlar. Shunday ekan, ularning butun karomatlari va tahqiqotlari va ijmo'lari, muqaddas ustozlarining sidq va haqqoniyati uchun nuqta-i istinod ta'min qiladi. Ham u burhoni vahdoniyat, sobiq ishoratlarda ko’rilgani kabi; shu qadar qat'iy, yaqiyniy va bahir mo’'jizalari va horiqo irhosotlari va shubhasiz daloili nubuvvati bor va u zotni shunday bir tasdiq qiladiki, koinot to’plansa, ularning tasdiqini bekor qilolmaydi!
Uchinchi Asos:Ham u mo’'jizoti bahira sohibi bo’lgan vahdoniyat dalloli va saodati abadiya xushxabarchisi, o’z zoti muborakida axloqi oliya va vazifa-i risolatida sajaya-i samiya va tablig’ qilgan shariat va dinida shunday xasoili g’oliya borki; eng shadid dushman ham uni tasdiq qiladi, inkorga majol topolmaydi. Modomiki zotida va vazifasida va dinida eng yuksak va go’zal axloqi va eng ulviy va mukammal sajiyalari va eng qiymatdor va maqbul xislatlari mavjud; albatta u zot mavjudotdagi kamolotning va axloqi oliyaning misoli va mumassili va timsoli va ustozidir. Shunday ekan, zotida va vazifasida va dinida kamolot bo’lsa; haqqoniyatiga va sidqiga shu qadar quvvatli bir nuqta-i istinoddirki, hech bir jihatda tebranmaydi.
To’rtinchi Asos:Ham ma'dani kamolot va muallimi axloqi oliya bo’lgan u dalloli vahdoniyat va saodat, o’zidan-o’zi gapirmaydi; balki gapirtiriladi. Ha, Xoliqi Koinot tarafidan gapirtiriladi. Ustozi Azaliysidan dars oladi, so’ngra dars beradi. Chunki sobiq ishoratlarda qisman bayon etilgan minglab daloili nubuvvat bilan; Xoliqi Koinot butun u mo’'jizotni uning qo’lida xalq etish bilan ko’rsatdiki; u uning hisobiga gapiradi, uning kalomini tablig’ etadi. Ham unga kelgan Qur'on esa ichida, tashqarisida qirq vajhi i'joz bilan ko’rsatadiki, u Janobi Haqning tarjimonidir. Ham u kishi o’z zotida butun ixlosi bilan va taqvosi va jiddiyati bilan va omonati va boshqa butun ahvol va atvori bilan ko’rsatadiki; u zot o’z nomidan, o’z fikri bilan gapirmaydi.. balki Xoliqi nomidan gapiradi. Ham uni tinglagan butun ahli haqiqat, kashf va tahqiq bilan tasdiq qilganlar va ilmalyaqiyn iymon keltirishganki; o’zidan-o’zi gapirmaydi, balki Xoliqi Koinot uni gapirtiradi, dars beradi, u bilan dars berdiradi. Shunday ekan, u kishining sidq va haqqoniyati bu to’rt g’oyat quvvatli asoslarning ijmo'iga istinod etadi.
Beshinchi Asos:Ham Tarjimoni Kalomi Azaliy arvohlarni ko’radi, maloikalar bilan suhbat qiladi, jin va insni ham irshod etadi. Nafaqat ins va jin olami, balki olami arvoh va olami maloikadan ustun dars oladi. Va movarosida munosabati bor va ittilo'i bor. Sobiq mo’'jizoti va tavotur bilan qat'iy mojaro-i hayoti bu haqiqatni isbot etgan. Shunday ekan, kohinlar va boshqa g’oibdan xabar berganlar kabi, uning xabarlariga nafaqat jin, nafaqat arvoh, nafaqat maloika, balki Jabroildan boshqa Maloika-i Muqorrabiyn ham qo’shilolmaydi. Hatto aksar avqotda uning do’sti bo’lgan Hazrat Jabroilni ham ba'zan orqada qoldiradi.
Oltinchi Asos:Ham u malak, jin va basharning sayyidi bo’lgan zot, shu koinot daraxtining eng munavvar va mukammal mevasi va rahmati Ilohiyaning timsoli va muhabbati Rabboniyaning misoli va Haqning eng munavvar burhoni va haqiqatning eng porloq siroji va tilsimi koinotning miftahi va muammo-i xilqatning kashshofi va hikmati olamning sharihi va saltanati Ilohiyaning dalloli va mahosini san'ati Rabboniyaning vassofi va jome'iyati iste'dod jihati bilan u zot, mavjudotdagi kamolotning eng mukammal anmuzajidir. Shunday ekan, u zotning shu avsofi va shaxsiyati ma'naviyasi ishorat etadi, balki ko’rsatadiki; u zot koinotning illati g’oiyasidir. Ya'ni u zotga shu koinotning Xoliqi qaragan, koinotni xalq etgan. Agar uni ijod etmasaydi, koinotni ham ijod etmasdi deb bo’ladi. Ha, jin va insga keltirgani haqoiqi Qur'oniya va anvori iymoniya va zotida ko’ringan axloqi oliya va kamoloti samiya shu haqiqatga shohidi qat'iydir.
Yettinchi Asos:Ham u burhoni Haq va siroji haqiqat shunday bir din va shariat ko’rsatganki; ikki jahonning saodatini ta'min etadigan dasotirni jome'dir. Va jome' bo’lish bilan birga, koinotning haqoiqini va vazoifini va Xoliqi Koinotning asmosini va sifotini kamoli haqqoniyat bilan bayon etgan. Xullas, u Islomiyat va shariat shunday bir tarzda qamragan va mukammaldir va shunday bir suratda koinotni o’zi bilan barobar ta'rif etadiki, uning mohiyatiga diqqat qilgan albatta anglaydiki; u din bu go’zal koinotni qilgan zotning u koinotni o’zi bilan barobar ta'rif etadigan bir bayonnomasi va ta'rifasidir. Qandayki bir saroyning ustasi, u saroyga munosib bir ta'rifa qiladi. O’zini vasflari bilan ko’rsatish uchun, bir ta'rifa qalamga oladi; shunga o’xshab: din va shariati Muhammadiyada (S.A.V.) shunday bir ihota, bir ulviyat, bir haqqoniyat ko’rinadiki; koinotni xalq va tadbir etganning qalamidan chiqqanini ko’rsatadi. Va u koinotni go’zal ravishda tanzim etgan kim bo’lsa, bu dinni go’zal ravishda tanzim etgan ham udir. Ha, u nizomi akmal, albatta bu nazmi ajmalni istaydi.
Sakkizinchi Asos:Xullas, mazkur sifatlar bilan muttasif va har jihat bilan tebranmas quvvatli istinod nuqtalariga tayangan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam, olami shahodatga mutavajjih bo’lib, olami g’ayb nomidan, jin va insning boshlari ustida e'lon qilib; istiqbolda keladigan asrlar orqasida turgan aqvomga va millatlarga xitob etib shunday bir nido etadiki; umum jin va insga, umum yerlarga, umum asrlarga eshittiradi. Ha, eshityapmiz!..
To’qqizinchi Asos:Ham shunday yuksak, quvvatli xitob etadiki; butun asrlar uni tinglaydi. Ha, aks sadosini har bir asr eshitadi.
O’ninchi Asos:Ham u zotning gidishotida ko’rinadiki; ko’radi, shunday xabar beradi. Chunki eng tahlikali vaqtlarda kamoli matonat bilan ikkilanmasdan, xavotirsiz aytadi. Ba'zan bo’ladi, bir o’zi dunyoga qarshi turadi.
O’n Birinchi Asos:Ham butun quvvati bilan shunday quvvatli da'vat etib chaqiradiki: Yarim yerni va navi basharning beshdan birini ovoziga qarshi "Labbayk" dedirdi, سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا ayttirdi.
O’n Ikkinchi Asos:Ham shunday bir jiddiyat bilan da'vat va shunday asosli bir suratda tarbiya qiladiki; dasturlarini asrlarning jabhasida va aqtorning toshlarida naqsh etadi va dahrlarning yuzlarida poydor qiladi.
O’n Uchinchi Asos:Ham tablig’ etgan ahkomning sog’lomligiga shunday bir vusuq va ishonish bilan aytadi va da'vat etadiki; dunyo to’plansa, uni bir hukmidan orqa qaytarib pushaymon qilolmaydi. Bunga shohid, butun tarixi hayoti va siyari saniyasidir.
O’n To’rtinchi Asos:Ham shunday bir itminon bilan, bir e'timod bilan da'vat qiladi, tablig’ etadiki; hech kimdan minnat olmas, hech bir mushkulotga qarshi taloshsiz, ikkilanmasdan, kamoli samimiyat bilan va safvat bilan va hammadan avval o’zi amal qilib qabul etib, keltirgan ahkomini e'lon qiladi. Bunga shohid bo’lsa; barcha tomonidan, do’st va dushman tomonidan ma'lum bo’lgan mashhur zuhdi va istig’nosi va dunyoning foniy muzayyanotiga adami tanazzulidir.
O’n Beshinchi Asos:Ham keltirgan diniga hammadan ziyoda itoati va Xoliqiga qarshi barchadan ziyoda ubudiyati va manhiyotga qarshi harkasdan ziyoda taqvosi qat'iyan ko’rsatadiki: U Sultoni Azal va Abadning muballig’idir, elchisidir va u Ma'budi Bilhaqning eng xolis abdidir va Kalomi Azaliyning tarjimonidir.
Shu o’n besh adad asoslarning natijasi shuki: Mazkur avsof bilan muttasif shu zot; butun quvvati bilan, butun hayotida mukarraran va mutamodiyan فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydi, vahdoniyatni e'lon qiladi.
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ عَدَدَ حَسَنَاتِ اُمَّتِه۪
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
Bir Ikromi Ilohiy va Bir Asari Inoyati Rabboniya
وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ mazmuniga masadaq bo’lish umidi bilan deymiz: Shu risolaning ta'lifida Janobi Haqning bir asari inoyatini va rahmatini zikr qilaman. Toki bu risolani o’qiganlar ahamiyat bilan qarasinlar.
Bu risolaning ta'lifi qalbimda umuman yo’q edi. Chunki risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir O’ttiz Birinchi va O’n To’qqizinchi So’zlar yozilgan edi. Birdaniga bu risolani yozish uchun mujbir bir xotira qalbga keldi. Ham quvva-i hofizam, musibatlar natijasi o’laroq so’ngan edi. Ham mashrabimda, yozgan asarlarimda, naql surati bilan ("qola-qiyla" surati bilan) ketmagan edim. Ham yonimda kutubi hadisiya va siyar kitoblari yo’qdir. Shu bilan birga, "Tavakkaltu Alalloh" deb boshladim. Shunday bir muvaffaqiyat bo’ldiki, Eski Saidning quvva-i hofizasidan ziyoda hofizam yordam berdi. Har ikki-uch soatda, sur'at bilan o’ttiz-qirq sahifa yozildi. Bir soatda o’n besh sahifa yozilardi. Aksar Buxoriy, Muslim, Bayhaqiy, Termiziy, Shifo-i Sharif, Abu Nuaym, Tabariy kabi kitoblardan naql etiladi. Holbuki bu naqlda xato bo’lsa -hadis bo’lgani uchun- gunoh bo’lishi lozim bo’lganidan, qalbim titrar edi. Faqat anglashildiki, inoyat bor va shu risolaga ehtiyoj bor. Inshaalloh sahih bir suratda yozilgandir. Shoyat ba'zi alfazi hadisiyada yoki roviylarning ismida bir xato bo’lsa, tasxix etilib musomaha nazari bilan qarashlarini ixvonlarimdan iltimos qilaman.
Said Nursiy
Ha, biz musvaddani yozar edik, Ustozimiz ham aytar edi. Yonida hech qanday kitob yo’q edi; hech murojaat etmas edi. Birdaniga g’oyat sur'atli aytar edi, biz ham yozar edik. Ikki-uch soatda o’ttiz-qirq, yanada ortiq sahifa yozar edik. Bizning ham qanoatimiz keldiki: Bu muvaffaqiyat mo’'jizoti Nabaviyaning bir karomatidir.
Doimiy xizmatkorlari: Abdulloh Chavush
Xizmatkori va musvadda kotibi: Sulaymon Sami
Musvadda kotibi va oxirat qardoshi: Hofiz Xolid
Musvadda va tabyiz kotibi: Hofiz Tavfiq
Mo’'jizoti Ahmadiyaning Birinchi Zayli
(O’n To’qqizinchi So’z, risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) va zayli Shaqqi Qamar Mo’'jizasiga doir bo’lganidan; maqom munosabati bilan bu yerga olingandir.)
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
"O’n to’rt Rashahot"ni tazammun etgan O’n To’rtinchi Lam'aning
BIRINCHI RASHHASI:Robbimizni bizga ta'rif etgan uch buyuk, kulliy muarrif bor.
Birisi: Shu kitobi koinot bo’lib, bir nabza shahodatini o’n uch lam'a bilan Nur Risolasidan O’n Uchinchi Darsdan eshitdik.
Birisi: Shu kitobi kabirning oyati kubrosi bo’lgan Xotam-ul Anbiyo Alayhissolatu Vassalamdir.
Birisi ham Qur'oni Azimushshondir.
Demak shu ikkinchi burhoni notiqiy bo’lgan Xotam-ul Anbiyo Alayhissolatu Vassalamni tanishimiz, tinglashimiz lozim.
Ha, u burhonning shaxsi ma'naviysiga qara: Sathi Arz bir masjid, Makka bir mehrob, Madina bir minbar... U burhoni bahir bo’lgan Payg’ambarimiz Alayhissolatu Vassalam butun ahli iymonga imom, butun insonlarga xatib, butun anbiyoga rais, butun avliyoga sayyid, butun anbiyo va avliyodan tarkib topgan bir halqa-i zikrning sarzokiri... butun anbiyo hayotdor ildizlari, butun avliyo tarovatdor samaralari bo’lgan bir shajara-i nuroniyadirki; har bir da'vosini, mo’'jizotlariga istinod etgan butun anbiyo va karomatlariga e'timod etgan butun avliyo tasdiq etib imzo qo’ymoqdalar. Zero u لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deydi, da'vo qiladi. Butun o’ng va chap, ya'ni moziy va mustaqbal taraflarida saf tortgan u nuroniy zokirlar ayni kalimani takror qilib, ijmo' etib ma'nan "Sodaqta va bil haqqi nataqta" deydilar. Qaysi vahmning haddi borki, bunday hisobsiz imzolar bilan tayid etilgan bir muddaoga tumshuq suqsin.
IKKINCHI RASHHA:U nuroniy burhoni tavhid, ikki janohning ijmo' va tavoturi bilan tayid etilgani kabi, Tavrot va Injil kabi Kutubi Samoviyaning {(Hoshiya) Husayn Jisriy "Risola-i Hamidiya"sida bir yuz o’n to’rt ishorotni u kitoblardan chiqargan. Tahrifdan keyin bu qadar topilsa, albatta undan avval ko’p tasrihot bo’lgan.} yuzlab ishoroti va irhosotning minglab rumuzoti va hatiflarning mashhur bashoroti va kohinlarning mutavotir shahodoti va Shaqqi Qamar kabi minglab mo’'jizotining daloloti va shariatning haqqoniyati bilan tayid va tasdiq etganlari kabi; zotida g’oyat kamoldagi axloqi hamidasi va vazifasida nihoyat husnidagi sajoya-i g’oliyasi va kamoli amniyati va quvvati iymonini va g’oyat itminonini va nihoyat vusuqini ko’rsatgan favquloda taqvosi, favquloda ubudiyati, favquloda jiddiyati, favquloda matonati; da'vosida nihoyat darajada sodiq ekanini quyosh kabi oshkora ko’rsatadi.
UCHINCHI RASHHA:Agar xohlasang kel, Asri Saodatga, Jazirat-ul Arabga boramiz. Xayolan, uni vazifa boshida ko’rib ziyorat qilamiz. Mana qara: Husni siyrat va jamoli surat bilan mumtoz bir zotni ko’ryapmizki: Qo’lida mo’'jiznamo bir kitob, lisonida haqoiq-oshino bir xitob, butun bani Odamga, balki jin va insga va malakka, balki butun mavjudotga xutba-i azaliyani tablig’ etyapti. Sirri xilqati olam bo’lgan muammo-i ajibasini hal va sharh etib va sirri koinot bo’lgan tilsimi mug’loqini fath va kashf etib, butun mavjudotdan so’ralgan, butun uqulni hayrat ichra mashg’ul qilgan uch mushkul va mudhish savoli azim bo’lgan "Kimsan", "Qayerdan kelyapsan?", "Qayerga ketyapsan?" savollariga muqni', maqbul javob beryapti.
TO’RTINCHI RASHHA:Qara! Shunday bir ziyo-i haqiqat nashr etadiki: Agar uning nuroniy doira-i haqiqati irshodidan xorij bir suratda koinotga qarasang, albatta koinotning shaklini bir motamxona-i umumiy hukmida va mavjudotni bir-biriga ajnabiy, balki dushman va jomidotni dahshatli janozalar va butun zavil hayotni zavol va firoq ta'ziri bilan yig’lagan yetimlar hukmida ko’rasan. Endi qara: U nashr etgan nur bilan motamxona-i umumiy, shavqu jazba ichida bir zikrxonaga inqilob etdi. U ajnabiy, dushman mavjudot bittadan do’st va qardosh shakliga kirdi. U jomidoti mayyita-i samita bittadan munis ma'mur, bittadan musahhar xizmatkor vaziyatini oldi va u yig’loqi va shikoyat qiluvchi hech kimi bo’lmagan yetimlar, bittadan tasbeh ichida zokir yoki vazifa paydosidan shokir suratiga kirdi.
BESHINCHI RASHHA:Ham u nur bilan; koinotdagi harakot, tanavvu'ot, tabaddulot, tag’ayyurot; ma'nosizlikdan va abasiyatdan va tasodif o’yinchoqligidan chiqib bittadan maktuboti Rabboniya, bittadan sahifa-i oyoti takviniya, bittadan maroya-i asmo-i Ilohiya va olam ham bir kitobi hikmati Samadoniya martabasiga chiqdilar. Ham insonni butun hayvonotning maduniga tushirgan hadsiz za'f va ajzi, faqr va ehtiyojoti va butun hayvonlardan yanada badbaxt qiladigan, vosita-i naqli huzun va alam va g’am bo’lgan aqli, u nur bilan nurlangan vaqti, inson butun hayvonot, butun maxluqot ustiga chiqadi. U nurlangan ajz, faqr aql bilan, niyoz bilan nozanin bir sulton va fizor bilan nozdor bir xalifa-i zamin bo’ladi. Demak, u nur bo’lmasa, koinot ham, inson ham, hatto hamma narsa ham hechga tushadi. Ha, albatta bunday badi' bir koinotda bunday bir zot lozimdir. Bo’lmasa koinot va aflak bo’lmasligi kerak.
OLTINCHI RASHHA:Xullas u zot, bir saodati abadiyaning muxbiri, xushxabarchisi, rahmati benihoyaning koshifi va e'lonchisi va saltanati Rububiyatning mahosinining dalloli, tomoshabini va kunuzi asmo-i Ilohiyaning kashshofi, ko’rsatuvchisi bo’lganidan; bunday qarasang- ya'ni ubudiyati jihati bilan- uni bir misoli muhabbat, bir timsoli rahmat, bir sharafi insoniyat, eng nuroniy bir samara-i shajara-i xilqat ko’rasan. Unday qarasang, -ya'ni risolati jihati bilan- bir burhoni Haq, bir siroji haqiqat, bir shamsi hidoyat, bir vasila-i saodat ekanini ko’rasan. Qara: Qanday barqi xatif kabi uning nuri, shardan g’arbni tutdi va nisfi arz va xumsi bashar, uning hadya-i hidoyatini qabul qilib, hirzi jon etdi. Bizning nafs va shaytonimizga nima bo’lyaptiki: Bunday bir zotning butun da'volarining asosi bo’lgan "La Ilaha Illalloh"ni butun marotibi bilan barobar qabul qilmasin?
YETTINCHI RASHHA:Qara: Shu jazira-i vase'ada vahshiy va odatlariga mutaassib va qaysar muxtalif aqvomni, qanchalab tez odot va axloqi sayyia-i vahshiyonalarini daf'atan qal' va raf' etib, butun axloqi hasana bilan tajhiz etib butun olamga muallim va madaniy umamga ustoz ayladi. Qara! Zohiriy bir tasallut emas, balki aqllarni, ruhlarni, qalblarni, nafslarni fath va tasxir etdi. Mahbubi qulub, muallimi uqul, murabbiyi nufus, sultoni arvoh bo’ldi.
SAKKIZINCHI RASHHA:Bilasanki: Tamaki kabi bir kichik odatni, kichik bir qavmda katta bir hukmdor, katta bir himmat bilan doimiyga zo’rg’a yo’qota oladi. Holbuki qara, bu zot, katta va ko’p odatlarni; ham qaysar, mutaassib katta qavmlardan, zohiriy kichik bir quvvat bilan, kichik bir himmat bilan, oz bir zamonda raf' etib, o’rniga shunday sajaya-i oliyani, qon va tomirlariga qo’shilgan darajada sobit bo’lib vaz' va tasbit etyapti. Bu kabi yana juda ko’p horiqo ijroot qilyapti. Xullas, Asri Saodatni ko’rmaganlarga Jazirat-ul Arabni ko’zlariga tiqamiz. Mayli, yuzlab faylasuflarni olsinlar, u yerga borsinlar, yuz yil ishlasinlar. Ajabo, u zotning, o’sha davrga nisbatan bir yilda qilgan ishining yuzdan birini qila oladilarmi?
TO’QQIZINCHI RASHHA:Bilasanki: Kichik bir odam, kichik bir haysiyat bilan, kichik bir jamoatda, kichik bir masalada, munozarali bir da'voda uyalmay, parvosiz; kichik, faqat xijolatli bir yolg’onni; dushmanlari yonida hiylasini his qildirmaydigan darajada taassur va talosh ko’rsatmasdan ayta olmaydi. Endi bu zotga qara; juda buyuk vazifada, juda buyuk bir vazifador, juda buyuk bir haysiyat bilan, juda buyuk bir amniyatga muhtoj holda, juda katta bir jamoatda, juda buyuk xusumat qarshisida, juda buyuk masalalarda, juda buyuk da'voda, juda buyuk erkinlik bilan, bila-parvo, bila-taraddud, bila-hijob, taloshsiz, samimiy bir safvat bilan, buyuk bir jiddiyat bilan, xasmlarining jonlariga tegadigan shadid, ulviy bir suratda aytgan so’zlarida hech xilof bo’lishi mumkinmi? Hech hiyla aralashishi mumkinmi? Kallo! اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى Ha, haq aldamaydi, haqiqatbin aldanmaydi. Haq bo’lgan maslagi hiyladan mustag’niydir; haqiqatbinning ko’ziga xayolning qanday haddi borki, haqiqat ko’rinsin, aldasin?
O’NINCHI RASHHA:Qara: Naqadar maroq-avar, naqadar jozibador, naqadar luzumli, naqadar dahshatli haqoiqni ko’rsatadi va masoilni isbot etadi.
Bilasanki, eng ziyoda insonni tahrik etgan maroqdir. Hatto agar senga: "Yarim umringni, yarim molingni bersang; Qamardan va Mushtariydan biri keladi, Qamarda va Mushtariyda nima bor nima yo’q, ahvolini senga xabar beradi. Ham to’g’ri shaklda istiqbolingni va boshingga nima kelishini to’g’ri xabar beradi", desa. Maroqing bo’lsa, berasan. Holbuki bu zot shunday bir Sultonning axborini so’ylayaptiki: Mamlakatida Qamar bir chivin kabi bir parvona atrofida aylanadi. U Arz bo’lgan u parvona esa, bir chiroq atrofida parvoz etadi va u Quyosh bo’lgan chiroq esa, u Sultonning minglab manzillaridan bir musofirxonasida minglab misbohlar ichida bir chirog’idir. Ham shunday ajoyib bir olamdan haqiqatdan bahs etyapti va shunday bir inqilobdan xabar beryaptiki: Minglab Kura-i Arz bomba bo’lib portlasalar, u qadar ajib bo’lmaydi. Qara! Uning lisonida
اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ٭ اِذَا السَّمَٓاءُ انْفَطَرَتْ ٭ اَلْقَارِعَةُ
kabi suralarni eshit... Ham shunday bir istiqboldan tog’ri xabar beryaptiki: Shu dunyoviy istiqbol unga nisbatan bir qatra sarob hukmidadir. Ham shunday bir saodatdan juda jiddiy xabar beryaptiki: Butun saodati dunyoviya unga nisbatan, bir barqi zoilning bir shamsi sarmadga nisbati kabidir.
O’N BIRINCHI RASHHA:Bunday ajib va muammo-olud shu koinotning parda-i zohiriyasi ostida albatta va albatta bunday ajoyib narsalar bizni kutyapti. Bunday ajoyibni xabar beradigan, bunday horiqo va favquloda mo’'jiznamo zot lozim. Ham bu zotning gidishotidan ko’rinyaptiki: U ko’rgan va ko’ryapti va ko’rganini aytyapti. Ham "Bizni ne'matlari bilan parvarish qilgan Samovot va Arzning Ilohi bizdan nima istaydi, marziyoti nima?" bizga juda to’g’ri shaklda dars beryapti. Ham bular kabi yana juda ko’p maroq-avar, luzumli haqoiqni dars bergan bu zotga qarshi hamma narsani tashlab unga yugurish, uni tinglash lozim kelarkan; aksar insonlarga nima bo’lganki kar bo’lib, ko’r bo’lganlar, balki telba bo’lishganki; haqni ko’rmayaptirlar, bu haqiqatni eshitmayaptirlar, anglamayaptirlar?
O’N IKKINCHI RASHHA:Xullas bu zot, shu mavjudot Xoliqining vahdoniyatiga haqqoniyati darajasida haq bir burhoni notiq, bir dalili sodiq bo’lgani kabi; hashrning va saodati abadiyaning ham bir burhoni qat'iyi, dalili sati'idir. Qandayki u zot; hidoyati bilan saodati abadiyaning sababi husuli va vasila-i vusuli ekan. Shunga o’xshab, duosi bilan, niyozi bilan u saodatning sababi vujudi va vasila-i ijodidir. Hashr masalasida o’tgan shu sirni, maqom munosabati bilan takror qilamiz:
Mana qara! U zot shunday bir saloti kubroda duo qilyaptiki: Go’yo shu jazira, balki Arz uning azamatli namozi bilan namoz o’qiyapti, niyoz etyapti. Boq, ham shunday bir jamoati uzmoda niyoz etyaptiki: Go’yo bani Odamning zamoni Odamdan asrimizga, qiyomatga qadar butun nuroniy, komil insonlar unga tobe bo’lish bilan iqtido qilib duosiga omin deyaptilar. Ham boq, shunday bir hojati omma uchun duo qilyaptiki; nafaqat ahli Arz, balki ahli samovot, balki butun mavjudot niyoziga:"Ha, Yo Robbano ber. Biz ham istaymiz",deb ishtirok qilyaptilar. Ham shunday faqirona, shunday hazinona, shunday mahbubona, shunday mushtoqona, shunday tazarrukorona niyoz etyaptiki; butun koinotni yig’latyapti. Duosiga ishtirok ettiryapti. Boq! Ham shunday bir maqsad, shunday bir g’oya uchun duo qilyaptiki: Insonni va olamni, balki butun maxluqotni; asfali sofiliyndan, sukutdan, qiymatsizlikdan, foydasizlikdan, a'loyi illiyinga, ya'ni qiymatga, baqoga, ulviy vazifaga chiqaryapti. Qara! Ham shunday yuksak bir fizori istimdotkorona va shunday totli bir niyozi istirhomkorona bilan istayapti, yolvoryaptiki: go’yo butun mavjudotga va samovotga va Arshga eshittirib, vajdga keltirib duosiga "Omin, Allohumma omin" dediryapti. Ko’rgin! Ham shunday Sami', Karim bir Qodirdan, shunday Basir, Rahim bir Alimdan hojatini istayaptiki; bilmushohada eng yashirin zihayotning eng yashirin bir hojatini, niyozini ko’radi, eshitadi, qabul qiladi, marhamat qiladi. Chunki istaganini,- garchi lisoni hol bilan bo’lsa ham- beradi va shunday bir surati hakimona, basirona, rahimonada beradiki, shubha qoldirmaydi; Bu tarbiya va tadbir shunday bir Sami' va Basir va shunday bir Karim va Rahimga xosdir.
O’N UCHINCHI RASHHA:Ajabo, butun afozili bani Odamni orqasiga olib, Arz ustida turib, Arshi A'zamga mutavajjihan qo’l ko’tarib duo qilayotgan shu sharafi navi inson va faridi kavnu zamon va bihaqqin faxri koinot nima istayapti? Boq, tingla: Saodati abadiya istayapti, baqo istayapti, liqo istayapti, Jannat istayapti. Ham maroya-i mavjudotda ahkomini va jamollarini ko’rsatgan butun asmo-i qudsiya-i Ilohiya bilan birga istayapti. Hatto agar rahmat, inoyat, hikmat, adolat kabi hisobsiz u matlubning asbobi mujibasi bo’lmasa edi, bu zotning birgina duosi, bahorimizning ijodi qadar qudratiga yengil bo’lgan shu Jannatning binosiga sababiyat berar edi. Ha, qandayki uning risolati shu dori imtihonning ochilishiga sababiyat berdi. Shunga o’xshab, uning ubudiyati ham narigi yerning ochilishiga sababdir. Ajabo, ahli aql va tahqiqqa: لَيْسَ فِى الْاِمْكَانِ اَبْدَعُ مِمَّا كَانَ dedirgan shu mashhud intizomi faiq, shu rahmat ichida qusursiz husni san'at va mislsiz jamoli rububiyat; hech bunday bir xunuklikni, bunday marhamatsizlikni, bunday bir intizomsizlikni qabul qiladimi: Eng juz'iy, eng ahamiyatsiz orzularni, ovozlarni ahamiyat bilan eshitib bajo keltirsin; eng ahamiyatli, eng luzumli orzularni ahamiyatsiz ko’rib eshitmasin, anglamasin, qilmasin? Xosho va kallo! Yuz ming marta xosho! Bunday bir jamol bunday bir chirkinlikni qabul qilmaydi, chirkin bo’lmaydi.
Ey xayoliy birodarim! Hozircha kifoya, orqaga qaytishimiz kerak. Agar yuz yil shu zamonda, shu jazirada qolsak ham, yana u zotning g’aroyibi ijrootini va ajoibi vazoifini, yuzdan birisini tamoman ihota etib tomoshasiga to’ymaymiz.
Endi kel! Ustidan o’tib keladiganimiz har asrga bir-bir nazar solamiz. Qara, har bir asr u Shamsi Hidoyatdan olgan fayzlari bilan chechak ochishgan! Abu Hanifa, Shofe'iy, Boyazidi Bistomiy, Shohi Jiyloniy, Shohi Naqshband, Imom G’azzoliy, Imom Rabboniy kabi millionlab munavvar mevalar beryapti. Mashhudotimizning tafsilotini boshqa vaqtga ta'liq etib u mo’'jiznamo va hidoyat-adoga bir qism qat'iy mo’'jizotiga ishorat etgan bir salovot keltirishimiz lozim:
عَلٰى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْفُرْقَانُ الْحَك۪يمُ مِنَ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ مِنَ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ بِعَدَدِ حَسَنَاتِ اُمَّتِه۪ عَلٰى مَنْ بَشَّرَ بِرِسَالَتِهِ التَّوْرٰيةُ وَ الْاِنْج۪يلُ وَ الزَّبُورُ ٠ وَ بَشَّرَ بِنُبُوَّتِهِ الْاِرْهَاصَاتُ وَ هَوَاتِفُ الْجِنِّ وَ اَوْلِيَاءُ الْاِنْسِ وَ كَوَاهِنُ الْبَشَرِ ٠ وَ انْشَقَّ بِاِشَارَتِهِ الْقَمَرُ ٠ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ سَلَامٍ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ اُمَّتِه۪ ٠ عَلٰى مَنْ جَائَتْ لِدَعْوَتِهِ الشَّجَرُ وَ نَزَلَ سُرْعَةً بِدُعَائِهِ الْمَطَرُ وَ اَظَلَّتْهُ الْغَمَامَةُ مِنَ الْحَرِّ ٠ وَ شَبَعَ مِنْ صَاعٍ مِنْ طَعَامِه۪ مِأٰتٌ مِنَ الْبَشَرِ وَ نَبَعَ الْمَاءُ مِنْ بَيْنِ اَصَابِعِه۪ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ كَالْكَوْثَرِ وَ اَنْطَقَ اللّٰهُ لَهُ الضَّبَّ وَ الظَّبْىَ وَ الْجِذْعَ وَ الذِّرَاعَ وَ الْجَمَلَ وَ الْجَبَلَ وَ الْحَجَرَ وَ الْمَدَرَ صَاحِبِ الْمِعْرَاجِ وَ مَازَاغَ الْبَصَرُ ٠ سَيِّدِنَا وَ شَف۪يعِنَا مُحَمَّدٍ اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ سَلَامٍ بِعَدَدِ كُلِّ الْحُرُوفِ الْمُتَشَكِّلَةِ فِى الْكَلِمَاتِ الْمُتَمَثِّلَةِ بِاِذْنِ الرَّحْمٰنِ ف۪ى مَرَايَا تَمَوُّجَاتِ الْهَوَاءِ عِنْدَ قِرَائَةِ كُلِّ كَلِمَةٍ مِنَ الْقُرْاٰنِ مِنْ كُلِّ قَارِءٍ مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى اٰخِرِ الزَّمَانِ وَ اغْفِرْلَنَا وَ ارْحَمْنَا يَا اِلٰهَنَا بِكُلِّ صَلَاةٍ مِنْهَا اٰم۪ينَ
(Shu'aoti Ma'rifat-un Nabiy nomidagi Turkcha risolada va O’n To’qqizinchi Maktubda va shu So’zda ijmolan ishorat etganimiz daloili nubuvvati Ahmadiyani (S.A.V.) bayon etgan edim. Ham unda Qur'oni Hakimning vujuhi i'jozi ijmolan zikr etilgan. Yana "Lamaat" nomida Turkcha bir risolada va Yigirma Beshinchi So’zda Qur'onning qirq vajh bilan mo’'jiza ekanini ijmolan bayon va qirq vujuhi i'joziga ishorat etganman. U qirq vajhda, birgina nazmda bo’lgan balog’atni "Ishorot-ul I'joz" nomidagi bir tafsiri Arabiyda qirq sahifa ichida yozganman. Agar ehtiyojing bo’lsa, shu uch kitobga murojaat qilishing mumkin.)
O’N TO’RTINCHI RASHHA:Mahzani mo’'jizot va mo’'jiza-i kubro bo’lgan Qur'oni Hakim; nubuvvati Ahmadiya (S.A.V) bilan vahdoniyati Ilohiyani shu darajada qat'iy isbot etadiki, boshqa burhonga hojat qoldirmaydi. Biz ham uning ta'rifiga va madori tanqid bo’lgan bir-ikki lam'a-i i'joziga ishorat qilamiz.
Xullas, Robbimizni bizga ta'rif etgan Qur'oni Hakim; shu kitobi kabiri koinotning bir tarjima-i azaliyasi... Shu sahoifi arz va samoda mustamir kunuzi asmo-i Ilohiyaning kashshofi... Shu suturi hodisotning ostida muzmar haqoiqning miftahi... Shu olami shahodat pardasi orqasidagi olami g’ayb jihatidan kelgan iltifototi Rahmoniya va xitoboti azaliyaning xazinasi... Shu olami ma'naviya-i Islomiyaning quyoshi, asosi, handasasi, avolimi uxroviyaning xaritasi... Zot va sifot va shuuni Ilohiyaning qovli sharihi, tafsiri vazihi, burhoni notiqi, tarjimoni sati'i... Shu olami insoniyatning murabbiysi, hikmati haqiqiysi, murshid va hadiysi... Ham bir kitobi hikmat va shariat, ham bir kitobi duo va ubudiyat, ham bir kitobi amr va da'vat, ham bir kitobi zikr va ma'rifat kabi; basharning butun hojoti ma'naviysiga qarshi bittadan kitob va butun muxtalif ahli masolik va mashorib bo’lgan avliyo va siddiqiynning, asfiyo va muhaqqiqiynning (har birining) mashrablariga loyiq bittadan risola ibroz etgan bir "Kutubxona-i Muqaddasa"dir.
Sababi qusur tavahhum etilgan takrorotidagi lam'a-i i'jozga boqki: Qur'on ham bir kitobi zikr, ham bir kitobi duo, ham bir kitobi da'vat bo’lganidan, ichida takror mustahsandir, balki alzamdir va ablag’dir. Ahli qusurning o’ylagani kabi emas... Zero zikrning sha'ni takror bilan tanvirdir; duoning sha'ni, tardod bilan taqrirdir; amr va da'vatning sha'ni, takror bilan ta'kiddir. Ham harkas har vaqt butun Qur'onni o’qishga muqtadir bo’lolmaydi. Faqat bir suraga g’oliban muqtadir bo’ladi. Shuning uchun eng muhim maqosidi Qur'oniya aksar uzun suralarda darj etilib har bir sura bir kichik Qur'on hukmiga o’tgan. Demak, hech kimni mahrum qilmaslik uchun, Tavhid va Hashr va Qissa-i Muso kabi ba'zi maqsadlar takror etilgan. Ham jismoniy ehtiyoj kabi, ma'naviy hojot ham muxtalifdir. Ba'zisiga inson har nafas muhtoj bo’ladi. (Jismga havo, ruhga Hu kabi). Ba'zisiga har soat (Bismilloh kabi) va hokazo... Demak, takrori oyat, takarruri ehtiyojdan kelib chiqqan. U ehtiyojga ishorat qilib va uyg’otib tashviq etish, ham ishtiyoqni va ishtahani tahrik etish uchun takror qiladi. Ham Qur'on muassisdir. Bir dini mubinning asosotidir va shu olami Islomiyatning poydevorlaridir va hayoti ijtimoiya-i bashariyani o’zgartirib, muxtalif tabaqotning mukarrar savollariga javobdir. Muassisga, tasbit etish uchun takror lozimdir. Ta'kid uchun tardod lozimdir. Tayid uchun taqrir, tahqiq, takrir lozimdir. Ham shunday masoili azima va haqoiqi daqiqadan bahs etadiki; umumning qalblarida yerlashtirish uchun ko’p marta muxtalif suratlarda takror lozimdir. Shu bilan birga suratan takrordir. Faqat ma'nan har bir oyatning ko’p ma'nolari, ko’p foydalari, ko’p vujuh va tabaqoti bor. Har bir maqomda boshqa bir ma'no va foyda va maqsadlar uchun zikr qilinadi.
Ham Qur'onning masoili kavniyaning ba'zisida ibhom va ijmoli esa, irshodiy bir lam'a-i i'jozdir. Ahli ilhod tavahhum etganlari kabi madori tanqid bo’lolmaydi va sababi qusur emas.
Agar aytsang: "Ajabo, nima uchun Qur'oni Hakim falsafa mavjudotdan bahs etgani kabi bahs etmaydi. Ba'zi masoilni mujmal qoldiradi, ba'zisini nazari umumiyni erkalaydigan, hissi ommani ranjida etmaydigan, fikri avomni ta'jiz etib charchatmaydigan bir surati basitona-i zohironada aytadi?"
Javoban deymizki: Falsafa haqiqat yo’lini adashtirgan, shuning uchun... Ham o’tgan darslardan va So’zlardan albatta anglagansanki: Qur'oni Hakim shu koinotdan bahs etadi, toki zot va sifot va asmo-i Ilohiyani bildirsin. Ya'ni, bu kitobi koinotning ma'oniysini tushuntirsin, toki Xoliqini tanittirsin. Demak mavjudotga o’zlari uchun emas, balki mujidlari uchun qaraydi. Ham umumga xitob etadi. Ilmi Hikmat esa mavjudotga mavjudot uchun qaraydi, ham xususan ahli fanga xitob qiladi. Modomiki Qur'oni Hakim mavjudotni dalil qilyapti, burhon qilayotgan ekan, dalil zohiriy bo’lishi, nazari umumga tez tushunilishi kerak. Ham modomiki Qur'oni Murshid, butun tabaqoti basharga xitob qiladi. Kasratli tabaqa esa, tabaqa-i avomdir. Albatta irshod istaydiki: Luzumsiz narsalarni ibhom bilan ijmol etsin va daqiq narsalarni tamsil bilan taqrib etsin va mag’latalarga tushirmaslik uchun zohiriy nazarlarida badihiy bo’lgan narsalarni luzumsiz, balki zararli bir suratda tag’yir etmaslikdir.
Masalan Quyoshga deydi: "Aylanadigan bir siroj, bir chiroqdir". Zero, Quyoshdan Quyosh uchun, mohiyati uchun bahs etmaydi. Balki bir navi intizom zambaragi va nizom markazi bo’lganidan, intizom va nizom esa; Sone'ning oyna-i ma'rifati bo’lgani uchun bahs etadi. Ha, deydi: الشَّمْسُ تَجْر۪ى "Quyosh aylanadi". Bu aylanadi ta'biri bilan; qish yoz, kecha, kunduzning davaronidagi muntazam tasarrufoti qudratni ixtor bilan azamati Sone'ni ifhom etadi. Xullas, shu aylanish haqiqati nima bo’lsa bo’lsin, maqsud bo’lgan va ham mansuj, ham mashhud bo’lgan intizomga ta'sir etmaydi. Ham deydi: وَ جَعَلَ الشَّمْسَ سِرَاجًاShu siroj ta'biri bilan, olamni bir qasr suratida, ichida bo’lgan ashyo esa; insonga va zihayotga ihzor etilgan muzayyanot va mat'umot va lavozimot ekanini va Quyosh ham musahhar bir mumdor bo’lganini ixtor bilan rahmat va ehsoni Xoliqni ifhom etadi. Endi qara, shu tentak va vaysaqi falsafa nima deydi? Qara:
"Quyosh bir kitla-i azima-i mayia-i noriyadir. Undan otilib chiqqan sayyorotni atrofida aylantiradi, jasomati buncha, mohiyati bunday, shundaydir", deydi. Mudhish bir dahshatdan, mudhish bir hayratdan boshqa ruhga bir kamoli ilmiy bermaydi, bahsi Qur'on kabi qilmaydi. Bunga qiyosan, botinan qof, zohiran mutantan falsafiy masalalarning qanday qiymati bo’lganini anglaysan. Uning shashaa-i suriysiga aldanib, Qur'onning g’oyat mo’'jiznamo bayoniga qarshi hurmatsizlik qilma!...
IXTOR:Arabiy Risola-i Nurda O’n To’rtinchi Rashhaning Olti Qatrasi bor. Boxusus To’rtinchi Qatraning Olti Nuktasi bor. Qur'oni Hakimning qirq qadar anvo'i i'jozidan o’n beshtasini bayon etadi. Unga kifoyatan bu yerda ixtisor etdik. Istasang, unga murojaat qil, bir xazina-i mo’'jizot topasan.
اَللّٰهُمَّ اجْعَلِ الْقُرْاٰنَ شِفَاءً لَنَا مِنْ كُلِّ دَاءٍ وَ مُونِسًا لَنَا ف۪ى حَيَاتِنَا وَ بَعْدَ مَمَاتِنَا وَ فِى الدُّنْيَا قَر۪ينًا وَ فِى الْقَبْرِ مُونِسًا وَ فِى الْقِيَامَةِ شَف۪يعًا وَ عَلَى الصِّرَاطِ نُورًا وَ مِنَ النَّارِ سِتْرًا وَ حِجَابًا وَ فِى الْجَنَّةِ رَف۪يقًا وَ اِلَى الْخَيْرَاتِ كُلِّهَا دَل۪يلًا وَ اِمَامًا بِفَضْلِكَ وَ جُودِكَ وَ كَرَمِكَ وَ رَحْمَتِكَ يَا اَكْرَمَ الْاَكْرَم۪ينَ وَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اُنْزِلَ عَلَيْهِ الْفُرْقَانُ الْحَك۪يمُ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
Shaqqi Qamar Mo’'jizasiga Doirdir
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ ٭ وَاِنْ يَرَوْا اٰيَةً يُعْرِضُوا وَ يَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ
Qamar kabi porloq bir Mo’'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) bo’lgan inshiqoqi Qamarni, avhomi fosida bilan inhisofga yo’liqtirish istagan faylasuflar va ularning muhokamasiz muqollidlari deydilarki: "Agar inshiqoqi Qamar sodir bo’lsa edi, umum olamga ma'lum bo’lardi. Butun tarixi bashar naql etishi lozim bo’lar edi!"
Aljavob:Inshiqoqi Qamar; da'vo-i nubuvvatga dalil bo’lish uchun u da'voni eshitgan va inkor etgan hozir bir jamoatga, kechasi, vaqti g’aflatda oniy o’laroq ko’rsatilganidan; ham ixtilofi matoli' va tuman va bulutlar kabi ru'yatga mone sabablarning vujudi bilan birga, u zamonda madaniyat taammum etmaganidan va xususiy qolganidan va tarassudoti samoviya juda oz bo’lganidan; butun atrofi olamda ko’rilishi, umum tarixlarga o’tishi, albatga lozim emas. Shaqqi Qamar tufayli bu avhom bulutlarini tarqatadigan ko’p nuqtalardan hozircha besh nuqtani tingla.
BIRINCHI NUQTA:U zamon u zamindagi kufforning g’oyat shadid darajada qaysarliklari tarixan ma'lum va mashhur bo’lgani holda; Qur'oni Hakimning وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ deyishi bilan shu voqeani umum olamga ixbor etgani holda; Qur'onni inkor etgan u kuffordan hech bir kishi bu oyatning takzibiga, ya'ni, ixbor etgan shu voqeaning inkoriga og’iz ochmaganlar. Agar u zamonda u hodisa o’sha kufforcha qat'iy va voqe' bir hodisa bo’lmasa edi; shu so’zni sarrishta qilib, g’oyat dahshatli bir takzibga va Payg’ambarning ibtoli da'vosiga hujum ko’rsatar edilar. Holbuki, shu voqeaga doir siyar va tarix u voqea bilan munosabatdor kufforning adami vuqu'iga doir hech narsasini naql etmaganlar. Yolg’iz وَ يَقُولُوا سِحْرٌ مُسْتَمِرٌّ oyatining bayon etgani kabi, tarixan manqul bo’lgan shudirki: U hodisani ko’rgan kuffor, "Sehrdir" deganlar va "Bizga sehr ko’rsatdi. Agar boshqa taraflardagi karvon va qofilalar ko’rgan bo’lsalar, haqiqatdir. Bo’lmasa bizga sehr qilgan" deganlar. So’ngra ertalabdan Yaman va boshqa taraflardan kelgan qofilalar ixbor etishdiki: "Bunday bir hodisani ko’rdik". So’ngra kuffor, Faxri Olam (S.A.V.) haqida (xosho): "Yetimi Abu Tolibning sehri samoga ham ta'sir etdi" dedilar.
IKKINCHI NUQTA:Sa'di Taftazoniy kabi a'ozimi muhaqqiqiynning aksari deganlarki: Inshiqoqi Qamar; barmoqlaridan suv oqishi umum bir qo’shinga suv ichirishi, masjidda xutba o’qirkan suyangani quruq xodaning mufaroqati Ahmadiyadan (S.A.V.) yig’lashi umum jamoatning eshitishi kabi mutavotirdir. Ya'ni, tabaqadan-tabaqaga jamoati kasira naql etganki, kizbga ittifoqlari maholdir. Hale kabi mashhur dumli yulduzning ming yil avval chiqqani kabi mutavotirdir. Ko’rmaganimiz Sarandib Orolining vujudi kabi tavotur bilan vujudi qat'iydir, deyishgan. Xullas, bunday g’oyat qat'iy va shuhudiy masoilda tashkikoti vahmiya qilish, aqlsizlikdir. Yolg’iz mahol bo’lmasligi kifoyadir. Holbuki shaqqi Qamar, bir vulqon bilan inshiqoq etgan bir tog’ kabi mumkindir.
UCHINCHI NUQTA:Mo’'jiza da'vo-i nubuvvatning isboti uchun, munkirlarni iqno' etish uchundir, ijbor etish uchun emasdir. Shunday ekan, da'vo-i nubuvvatni eshitganlar uchun, iqno' etadigan bir darajada mo’'jiza ko’rsatish lozim. Boshqa taraflarga ko’rsatish yoxud ijbor darajasida bir badohat bilan izhor etish, Hakimi Zuljalolning hikmatiga munofiy bo’lgani kabi, sirri taklifga ham muxolifdir. Chunki "Aqlga eshik ochish, ixtiyorni qo’lidan olmaslik"ni sirri taklif iqtizo etadi. Agar Fotiri Hakim, inshiqoqi Qamarni, faylasuflarning havasotiga ko’ra, butun olamga ko’rsatish uchun bir-ikki soat shunday qoldirsa edi va basharning umum tarixlariga o’tsa edi, u vaqt boshqa hodisoti samoviya kabi yo da'vo-i nubuvvatga dalil bo’lmasdi va risolati Ahmadiyaga (S.A.V.) xususiyati qolmasdi yoxud badohat darajasida shunday bir mo’'jiza bo’lar ediki, aqlni ijbor etadi, aqlning ixtiyorini qo’lidan oladi, istar-istamas nubuvvatni tasdiq etadi. Abu Jahl kabi ko’mir ruhli, Abu Bakr Siddiq kabi olmos ruhli insonlar bir saviyada qolib, sirri taklif zoye bo’lardi. Xullas, shu sir uchun: Ham oniy, ham tun, ham vaqti g’aflat, ham ixtilofi matoli' va tuman va bulut kabi boshqa mavone'ni parda qilib, umum olamga ko’rsatilmadi yoxud tarixlarga o’tkazilmadi.
TO’RTINCHI NUQTA:Shu hodisa, tun vaqti harkas g’aflatda ekan oniy bir suratda sodir bo’lganidan atrofi olamda albatta ko’rilmaydi. Ba'zi afrodga ko’rinsa ham, ko’ziga ishonmaydi. Ishontirsa ham, albatta bunday muhim bir hodisa xabari vohid bilan tarixlarga boqiy bir sarmoya bo’lmaydi.
Ba'zi kitoblarda "Qamar ikki bo’lak bo’lgandan so’ng yerga tushgan" ilovasi esa, ahli tahqiq rad etishgan. "Shu mo’'jiza-i bahirani qiymatdan tushirish niyati bilan, balki bir munofiq ilhoq etgan", deyishgan.
Ham masalan u vaqt, jaholat tumani bilan muhat Angliya, Ispaniyada endi g’urub; Amerikada kunduz; Chinda, Yaponiyada tong bo’lgani kabi, boshqa yerlarda boshqa mone sabablarga binoan albatta ko’rilmaydi. Endi bu aqlsiz mo’'tarizga qara, deydiki: "Angliya, Chin, Yaponiya, Amerika kabi aqvomning tarixlari bundan bahs etmaydi. Shunday ekan, bu sodir bo’lmagan". Ming nafrin uningdek Ovrupa malaylarining boshiga!
BESHINCHI NUQTA:Inshiqoqi Qamar, o’zidan o’zi ba'zi sabablarga binoan sodir bo’lgan, tasodifiy, tabiiy bir hodisa emaski; oddiy va tabiiy qonunlarga tatbiq etilsin. Balki Shams va Qamarning Xoliqi Hakimi, Rasulining risolatini tasdiq va da'vosini tanvir uchun horiquloda bo’lib u hodisani iqo' etgandir. Sirri irshod va sirri taklif va hikmati risolatning iqtizosi bilan, hikmati rububiyat istagan insonlariga ilzomi hujjat uchun ko’rsatilgan. U sirri hikmatning iqtizo etmagan, istamagan va da'vo-i nubuvvatni hanuz eshitmagan aqtori zamindagi insonlarga ko’rsatmaslik uchun, tuman va bulut va ixtilofi matoli' jihati bilan; ba'zi mamlakatning qamari hali chiqmagani va ba'zilarning quyoshlari chiqqani va bir qismining tongi bo’lishi va bir qismining quyoshi endi g’urub etishi kabi, u hodisani ko’rishga mone juda ko’p sabablarga binoan ko’rsatilmagan. Agar umum ularga ham ko’rsatilsa edi, u holda yo ishorati Ahmadiyaning (S.A.V.) natijasi va mo’'jiza-i nubuvvat shaklida ko’rsatilganda edi; u vaqt risolati badohat darajasiga chiqardi. Harkas tasdiqqa majbur bo’lardi, aqlning ixtiyori qolmasdi. Iymon esa aqlning ixtiyori bilan bo’ladi. Sirr taklif zoye bo’lardi. Agar yolg’iz bir hodisa-i samoviya tarzida ko’rsatilsa edi; risolati Ahmadiya (S.A.V.) bilan munosabati uzilardi va u bilan xususiyati qolmasdi.
Alhosil:Shaqqi Qamarning imkonida shubha qolmadi, qat'iy isbot etildi. Hozir vuqu'iga dalolat etgan ko’p burhonlaridan oltitasiga {(Hoshiya) Ya'ni, olti dafa ijmo' suratida vuqu'iga doir olti hujjat bor. Bu maqom ko’p izohga loyiq ekan, ma'ataassuf qisqa qoldi.} ishorat qilamiz. Shundayki:
Ahli adolat bo’lgan sahobalarning vuqu'iga ijmo'i va ahli tahqiq umum mufassirlarningوَ انْشَقَّ الْقَمَرُ tafsirida uning vuju'iga ittifoqlari va ahli rivoyati sodiqa butun muhaddisiynning, juda ko’p sanadlar bilan va muxtalif tariqlar bilan vuqu'ini naql etishi va ahli kashf va ilhom butun avliyo va siddiqiynning shahodati va Ilmi Kalomning maslak jihatidan bir-biridan juda uzoq bo’lgan imomlarining va mutabahhir ulamoning tasdig’i va nassi qat'iy bilan zalolat ustida ijmo'lari voqe' bo’lmagan ummati Muhammadiyaning (S.A.V.) u voqeani talaqqi-i bilqabul etishi; quyosh kabi inshiqoqi Qamarni isbot etadi.
Alhosil: Bu yerga qadar tahqiq nomiga va xasmni ilzom hisobiga bo’ldi. Keyingi jumlalar, haqiqat nomiga va iymon hisobiga bo’ladi. Ha, tahqiq shunday dedi, haqiqat esa deydiki:
Samo-i risolatning qamari muniri bo’lgan Xotami Devoni Nubuvvat, mahbubiyat darajasiga chiqqan ubudiyatidagi valoyatning karomati uzmosi va mo’'jiza-i kubrosi bo’lgan Me'roj bilan, ya'ni bir jismi Arzni samovotda kezdirish bilan samovotning sakanasiga va olami ulviy ahliga rujhoniyati va mahbubiyati ko’rsatildi va valoyatini isbot etdi. Shunga o’xshab: Arzga bog’liq, samoga osilgan Qamarni, bir arzlikning ishorati bilan ikki parcha qilib arzning sakanasiga u arzlikning risolatiga shunday bir mo’'jiza ko’rsatildiki: Zoti Ahmadiya (S.A.V.) Qamarning ochilgan ikki nuroniy qanoti kabi; risolat va valoyat kabi ikki nuroniy qanoti bilan, ikki ziyodor janoh bilan avji kamolotga uchgan; Qobi Qavsayngacha chiqqan, ahli samovot, ham ahli arzga madori faxr bo’lgandir.
عَلَيْهِ وَعَلٰى اٰلِهِ الصَّلَاةُ وَالتَّسْل۪يمَاتُ مِلْاَ الْاَرْضِ وَالسَّمٰوَاتِ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
Mo’'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) Zaylining Bir Parchasidir
(Risolati Ahmadiya (S.A.V.) daloili haqida bo’lib, Me'roj Risolasining Uchinchi Asosining oxiridagi uch muhim mushkuldan birinchi mushkulga oid savolga muxtasar bir mundarija suratida berilgan javobdir.)
Savol: Shu Me'roji Azim nima uchun Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga maxsusdir?
Aljavob: Birinchi mushkulingiz: O’ttiz uch adad So’zlarda tafsilan hal qilingan. Bu yerda faqat Zoti Ahmadiyaning (S.A.V.) kamolotiga va daloili nubuvvatiga va u Me'roji a'zamga eng alyoq u bo’lganiga ijmoliy ishoratlar navida bir muxtasar mundarija ko’rsatamiz:
Avvalo:Tavrot, Injil, Zabur kabi Kutubi Muqaddasa, juda ko’p tahrifotga ma'ruz qolganlari holda, bu zamonda ham Husayn Jisriy kabi bir muhaqqiq nubuvvati Ahmadiyaga (S.A.V.) doir u kitoblardan bir yuz o’n to’rtta ishoriy bashoratlarni chiqarib "Risola-i Hamidiya"da ko’rsatgan.
Soniyan:Tarixda isbot qilinganki: Shiq va Satih kabi mashhur ikki kohinning nubuvvati Ahmadiyadan (S.A.V.) bir oz avval, nubuvvatiga va oxirzamon payg’ambari ekaniga bayonotlari kabi ko’p bashoratlar, sahih bir suratda tarixan naql etilgandir.
Solisan:Valodati Ahmadiya (S.A.V.) kechasida Ka'badagi sanamlarning sukuti bilan, Kisro-i Forsning saroyi mashhurasi bo’lgan Ayvoni inshiqoq etishi kabi, irhosot deyilgan yuzlab horiqolar tarixda mashhurdir.
Robian:Bir qo’shinga barmog’idan kelgan suvni ichirishi va masjidda bir jamoati azimaning huzurida, qurigan xodaning, minbarning naqli sababli mufaroqati Ahmadiyadan (S.A.V.) tuya kabi ingrab yig’lashi; وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ nassi bilan, Shaqqi Qamar kabi, muhaqqiqlarning tahqiqoti bilan mingga yetgan mo’'jizoti bilan sarfaroz bo’lganini tarix va siyar ko’rsatadi.
Xomisan:Do’st va dushmanning ittifog’i bilan, axloqi hasananing shaxsida eng yuksak darajada; va butun muomalotining shahodati bilan sajaya-i samiya, vazifasida va tablig’otida eng oliy darajada; va Dini Islomdagi mahosini axloqning shahodati bilan, shariatida eng oliy xisali hamida eng mukammal darajada bo’lganiga ahli insof va diqqat taraddud etmaydi.
Sodisan:O’ninchi So’zning Ikkinchi Ishoratida ishorat etilgani kabi: Uluhiyat, muqtazo-i hikmat bo’lib tazohur etishiga muqobil, eng a'zamiy bir darajada Zoti Ahmadiya (S.A.V.) dinidagi a'zamiy ubudiyat bilan eng porloq bir darajada ko’rsatgan. Ham Xoliqi Olamning nihoyat kamoldagi jamolini bir vosita bilan muqtazo-i hikmat va haqiqat bo’lib ko’rsatish istashiga muqobil; eng go’zal bir suratda ko’rsatuvchi va ta'rif etuvchi, bilbedaho yana u zotdir.
Ham Sone'i Olamning nihoyat jamolda bo’lgan kamoli san'ati ustiga anzori diqqatni jalb etish, tashhir etish istashiga muqobil; eng yuksak bir sado bilan dallollik qilgan, yana bilmushohada u zotdir.
Ham butun olamlarning Robbi, kasrat tabaqotida vahdoniyatni e'lon qilish istashiga muqobil, eng a'zamiy bir darajada butun marotibi tavhidni e'lon etgan yana bizzarura u zotdir.
Ham Sohibi Olamning nihoyat darajada osoridagi jamolning ishorati bilan, nihoyatsiz husni zotiysini va jamolining mahosinini va husnining latoifini oynalarda muqtazo-i haqiqat va hikmat o’laroq ko’rish va ko’rsatish istashiga muqobil; eng dabdabali bir suratda oynadorlik qilgan va ko’rsatgan va sevib, boshqasiga sevdirgan yana bilbedaho u zotdir.
Ham shu saroyi olamning Sone'i, g’oyat horiqo mo’'jzalar bilan va g’oyat qiymatli javohirlar bilan to’la xazina-i g’aybiyalarini izhor va tashhir etishni va ular bilan kamolotini ta'rif etish va bildirish istashiga muqobil, eng a'zamiy bir suratda tashhir etuvchi, tavsif etuvchi va ta'rif etuvchi yana bilbedaho u zotdir.
Ham shu koinotning Sone'i, shu koinotni anvo'i ajoyib va ziynatlar bilan bezash suratida qilishi va zishuur maxluqotini sayr va tanazzuh va ibrat va tafakkur uchun unga idxol etishi va muqtazo-i hikmat bo’lib ularga u osor va sanayi'ning ma'nolarini, qiymatlarini, ahli tomosha va tafakkurga bildirish istashiga muqobil; eng a'zamiy bir suratda jin va insga, balki ruhoniylarga va maloikalarga ham Qur'oni Hakim vositasi bilan rahbarlik qilgan, yana bilbedaho u zotdir.
Ham shu koinotning Hokimi Hakimi, shu koinotning tahavvulotidagi maqsad va g’oyani tazammun etgan tilsimi mug’loqini va mavjudotning "Qayerdan? Qayerga? Va nima ekanlari" bo’lgan shu uch savoli mushkulning muammosini bir elchi vositasida umum zishuurlarga ochtirish istashiga muqobil, eng vazih suratda va eng a'zamiy darajada haqoiqi Qur'oniya vositasi bilan u tilsimni ochgan va u muammoni hal qilgan, yana bilbedaho u zotdir.
Ham shu olamning Sone'-i Zuljaloli, butun go’zal masnu'oti bilan o’zini zishuurlarga tanitishi va qiymatli ne'matlar bilan o’zini ularga sevdirishi, bizzarura uning muqobilida zishuurlarga marziyoti va orzu-i Ilohiyalarini bir elchi vositasi bilan bildirishini istashiga muqobil, eng a'lo va akmal bir suratda, Qur'on vositasi bilan u marziyot va orzularni bayon etgan va keltirgan, yana bilbedaho u zotdir.
Ham Robbul Olamin, meva-i olam bo’lgan insonga, olamni ichiga oladigan bir vus'ati iste'dot berganidan va bir ubudiyati kulliyaga muhayyo etganidan va hissiyot jihatidan kasratga, dunyoga mubtalo bo’lganidan, bir rahbar vositasi bilan, yuzlarini kasratdan vahdatga, foniydan boqiyga o’girmoq istashiga muqobil; eng a'zam bir darajada, eng ablag’ bir suratda, Qur'on vositasi bilan eng ahsan bir tarzda rahbarlik qilgan va risolatning vazifasini eng akmal bir tarzda ifo etgan, yana bilbedaho u zotdir.
Xullas, mavjudotning eng ashrafi bo’lgan zihayot va zihayot ichida eng ashraf bo’lgan zishuur va zishuur ichida eng ashraf bo’lgan haqiqiy inson va haqiqiy inson ichida o’tgan vazoifni eng a'zamiy bir darajada, eng akmal bir suratda ifo etgan zot; albatta bir Me'roji A'zam bilan Qobi Qavsaynga chiqadigan, saodati abadiya eshigini qoqadigan, xazina-i rahmatni ochadigan, iymonning haqoiqi g’aybiyasini ko’radigan, yana u bo’ladi.
Sabian:Bilmushohada shu masnu'otda g’oyat go’zal tahsinot, nihoyat darajada bezalgan tazyinot bordir. Va bilbedaho shunday tahsinot va tazyinot, ularning Sone'ida g’oyat shiddatli bir iroda-i tahsin va qasdi tazyin bor bo’lganini ko’rsatadi. Va iroda-i tahsin va tazyin esa, bizzarura u Sone'da, san'atiga qarshi quvvatli bir rag’bat va qudsiy bir muhabbat bo’lganini ko’rsatadi. Va masnu'ot ichida eng jome' va latoifi san'atni birdan o’zida ko’rsatgan va bilgan va bildirgan va o’zini sevdirgan va boshqa masnu'otdagi go’zalliklarni "Mashaalloh" deb istehson etgan, bilbedaho u san'atparvar va san'atini juda sevgan Sone'ning nazarida eng ziyoda mahbub, u bo’ladi.
Xullas, masnu'otni porlatgan mazoya va mahosinga va mavjudotni yoritgan latoif va kamolotga qarshi, "Subhanalloh, Mashaalloh, Allohu Akbar" deb samovotni larzaga keltirgan va Qur'onning ohanglari bilan koinotni hayajonga soldirgan, istehson va taqdir bilan, tafakkur va tashhir bilan, zikr va tavhid bilan, barr va bahrni jazbaga keltirgan, yana bilmushohada u zotdir.
Xullas bunday bir zotki: اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirriga ko’ra butun ummati ishlagan hasanotining bir misli, kafa-i mezonida bo’lgan va umum ummatining salavoti uning ma'naviy kamolotiga imdod bergan va risolatida bajargan vazoifning natoijini va ma'naviy ujrati bilan barobar rahmat va muhabbati Ilohiyaning nihoyatsiz fayziga mazhar bo’lgan bir zot, albatta Me'roj zinapoyasi bilan Jannatga, Sidrat-ul Muntahoga, Arshga, Qobi Qavsaynga qadar ketish, ayni haq, nafsi haqiqat, mahzi hikmatdir.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
(Hoshiya): Eng muhim bir jarida-i Islomiyada, umum olami Islomga taalluq etgan va g’oyat ahamiyatli siyosatchilardan va hayoti ijtimoiya bilan ko’p aloqador bo’lgan umum huquqchilardan 1927 yilda Ovrupada to’plangan bir majlisda muhim ajnabiy faylasuflar, shariati Muhammadiyaga (S.A.V.) doir bu pastda yozilgan Arabcha fikraning aynisini o’z lisonlari bilan aytganlar. U Arabcha jarida naql etgan Arabcha ifodani aynan yozyapmiz va tarjimasini ham Arabcha ifodaning ostiga ilova etyapmiz. Nur Chashmasining oxirida yozilgan ajnabiy faylasuflardan qirq uch donasining bayonoti, bu ikki qahramon faylasufning bayonoti bilan qirq besh dona shohidi sodiq bo’ladi. اَلْفَضْلُ مَا شَهِدَتْ بِهِ الْاَعْدَاءُ "Fazilat shuki; dushmanlar ham uni tasdiq etsin".
Arabcha gazetaning bayonoti:
وَقَدْ اِعْتَرَفَ حَتّٰى عُلَمَاءُ الْغَرْبِ بِسُمُوِّ مَبَادِى الْاِسْلَامِ وَصَلَاحِهَا لِلْعَالَمِ قَالَ عَم۪يدُ كُلِّيَّةِ الْحُقُوقِ بِجَامِعَةِ فِيَنَا اَلْاُسْتَاذُ شَبُولْ ف۪ى مُؤْتَمَرِ الْحُقُوقِيّ۪ينَ الْمُنْعَقَدِ ف۪ى سَنَةِ (١٩٢٧) :
اِنَّ الْبَشَرِيَّةَ لَتَفْتَخِرُ بِاِنْتِسَابِ رَجُلٍ كَمُحَمَّدٍ (ع ص م) اِلَيْهَا اِذْ اِنَّهُ رَغْمَ اُمِّيَّتِه۪ اِسْتَطَاعَ قَبْلَ بِضْعَةِ عَشَرَ قَرْنًا اَنْ يَاْت۪ى بِتَشْر۪يعٍ سَنَكُونُ نَحْنُ الْاَوْرُوبَائِيّ۪ينَ اَسْعَدَ مَا نَكُونُ لَوْ وَصَلْنَا اِلٰى قِيْمَتِه۪ بَعْدَ اَلْفَىْ عَامٍ
وَ قَالَ بَرْنَارْد شَوْ : لَقَدْ كَانَ د۪ينُ مُحَمَّدٍ (ع ص م) مَوْضِعَ التَّقْد۪يرِ السَّام۪ى دَائِمًا لِمَا يَنْطَو۪ى عَلَيْهِ مِنْ حَيَوِيَّةٍ مُدْهِشَةٍ لِاَنَّهُ عَلٰى مَا يَلُوحُ ل۪ى هُوَ الدّ۪ينُ الْوَح۪يدُ الَّذ۪ى لَهُ مَلَكَةُ الْهَضْمِ لِاَطْوَارِ الْحَيَاةِ الْمُخْتَلِفَةِ وَالَّذ۪ى يَسْتَط۪يعُ لِذٰلِكَ اَنْ يَجْذِبَ اِلَيْهِ كُلَّ جَيْلٍ مِنَ النَّاسِ وَ اَرٰى وَاجِبًا اَنْ يُدْعٰى مُحَمَّدٌ (ع ص م) مُنْقِذَ الْاِنْسَانِيَّةِ وَ اَعْتَقِدُ اَنَّ رَجُلًا مِثْلَهُ اِذَا تَوَلّٰى زَعَامَةَ الْعَالَمِ الْحَد۪يثِ نَجَحَ ف۪ى حَلِّ مُشْكِلَاتِه۪ وَاَحَلَّ فِى الْعَالَمِ السَّلَامَةَ وَالسَّعَادَةَ (يَعْنِى الْمُسَالَمَةَ وَالصُّلْحَ الْعُمُومِىَّ) وَمَا اَشَدَّ حَاجَةَ الْعَالَمِ اَلْيَوْمَ اِلَيْهَا
Tarjimasining bir xulosasi:
Ha, g’arb ulamosi va faylasuflari e'tirof va iqror etishganki: "Islomiyatning qonunlari yuksak bir tarzda olamning islohiga kifoyadir".
Ham Kulliyat-ul Huquq Kongressining uyushmasida, butun huquqqiyun to’plangan u majlisda 1927 yilda uning raisi faylasuf ustoz Shebol: "Muhammadning (S.A.V.) bashariyatga intisobi bilan butun bashariyat muhaqqaq iftixor etadi. Chunki u zot ummiy bo’lishi bilan barobar, o’n uch asr avval shunday bir shariat keltirganki; biz Ovrupaliklar ikki ming yil so’ngra uning qiymatiga va haqiqatiga yetishsak, eng mas'ud, eng saodatli bo’lamiz", degan.
Ikkinchisi yoxud Nur Chashmasining oxiriga ilova etilganlar bilan qirq beshinchi bo’lgan Bernard Show degan: "Dini Muhammadiyning (S.A.V.) eng yuksak maqomi taqdirga chiqishining sababi: G’oyat ajib va sog’lom bir hayotni ta'min etishidir. Menga ochilgan shuki: U din bir, yakto, o’xshovsiz bir dini farid bo’lib, butun muxtalif boshqa-boshqa hayotning atvorlarini va turlarini hazm ettiradi. Ya'ni, isloh va istihola tarzida tasfiya va taraqqiy ettiradi. Ham Muhammadning (S.A.V.) dini shunday bir dinki, insonning boshqa-boshqa butun millatlarini o’ziga jalb eta oladi. Men ko’ryapman va e'tiqod etyapmanki: Basharga vojibdirki desin: "Muhammad (S.A.V.) insoniyatning xaloskoridir. Va xaloskorlik nomi, unga berilishi lozimdir".
Ham deydi: "Men e'tiqod etyapmanki: Muhammadning misli, ya'ni siyratida, tarzida bir odam hozirgi yangi olamga rais bo’lsa, hukm etsa; bu yangi olamning mushkulotini hal etib, bu yangi aralash-quralash olamda musolamati umumiya va saodati hayotning husuliga sabab bo’ladi. Ha, bu yangi olamning musolamat va saodati hayotiyaga naqadar shadid ehtiyoji bor bo’lganini harkas anglaydi!"
Oyat-ul Kubro Risolasining Risolati Ahmadiyadan bahs etgan
O’n Oltinchi Martabasi
(Maqom munosabati bilan bu yerga ilhoq etilgan.)
So’ngra u dunyo sayyohi o’z aqliga dediki: Modomiki bu koinotning mavjudoti bilan molikimni va xoliqimni qidiryapman. Albatta, hamma narsadan avval bu mavjudotning eng mashhuri va a'dasining tasdig’i bilan ham eng mukammali va eng buyuk qo’mondoni va eng nomdor hokimi va so’z jihatidan eng yuksagi va aql jihatidan eng porlog’i va o’n to’rt asrni fazilati bilan va Qur'oni bilan nurlantirgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni ziyorat qilish va qidirganimni undan so’rash uchun birgalikda Asri Saodatga borishimiz kerak deb, aqli bilan barobar u asrga kirdi. Ko’rdiki: U asr haqiqatdan u zot (S.A.V.) bilan saodati bashariya asri bo’lgan. Chunki eng badaviy va eng ummiy bir qavmni keltirgan nuri vositasi bilan qisqa bir zamonda dunyoga ustoz va hokim qilgan.
Va o’z aqliga dedi: Biz eng avval bu favquloda zotning (S.A.V.) bir daraja qiymatini va so’zining haqqoniyatini va ixborotining to’g’riligini bilishimiz kerak, so’ngra xoliqimizni undan so’rashimiz kerak deb taxarrini boshladi. Topgan hadsiz qat'iy dalillaridan bu yerda yolg’iz to’qqiz kulliyatiga bittadan qisqa ishorat qilinadi.
Birincisi:Bu zotda (S.A.V.), hatto dushmanlarining tasdig’i bilan, butun go’zal xulqlarning va axloqlarning bo’lishi va
وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ ٭ وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ رَمٰى
oyatlarining sarohati bilan: Bir barmog’ining ishorati bilan Qamar ikki parcha bolishi, va bir hovuchi bilan a'dasining qo’shiniga otgan oz bir tuproq umum u qo’shinning ko’zlariga kirishi bilan qochishlari va suvsiz qolgan o’z qo’shiniga besh barmog’idan kavsar kabi oqqan suvni kifoyat darajasida ichirishi kabi naqli qat'iy bilan va bir qismi tavotur bilan yuzlab mo’'jizotning u kishining qo’lida zohir bo’lishidir. Bu mo’'jizotdan uch yuzdan ziyoda bir qismi O’n To’qqizinchi Maktub bo’lgan Mo’'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) nomli horiqo va karomatli bir risolada qat'iy dalillari bilan barobar bayon qilinganidan, ularni unga havola qilib dediki: Bu qadar axloqi hasana va kamolot bilan barobar bu qadar mo’'jizoti bahirasi bo’lgan bir zot (S.A.V.) albatta eng to’g’ri so’zlidir. Axloqsizlarning ishi bo’lgan hiylaga, yolg’onga, xatoga tanazzul etishi mumkin emas.
Ikinchisi:Qo’lida bu koinot sohibining bir farmoni bo’lgani va u farmonni har asrda uch yuz milliondan ziyoda insonlar qabul va tasdiq qilishgani va u farmon bo’lgan Qur'oni Azimushshonning yetti vajh bilan horiqo bo’lishidir. Va bu Qur'onning qirq vajh bilan mo’'jiza bo’lgani va koinot xoliqining so’zi bo’lgani quvvatli dalillari bilan barobar, "Yigirma Beshinchi So’z va Mo’'jizoti Qur'oniya" nomlaridagi Risola-i Nurning bir quyoshi bo’lgan mashhur bir risolada batafsil bayon qilinishidan, uni unga havola qilib dedi: Bunday ayni haq va haqiqat bir farmonning tarjimoni va tablig’ etuvchisi bo’lgan zotda (S.A.V.) farmonga jinoyat va farmon sohibiga xiyonat hukmida bo’lgan yolg’on bo’lishi va topilishi mumkin emas!..
Uchinchisi:U zot (S.A.V.) shunday bir shariat va bir Islomiyat va bir ubudiyat va bir duo va bir da'vat va bir iymon bilan maydonga chiqqanki, ularning na misli bor va na bo’ladi. Va ulardan yanada mukammali na bo’lgan va na bo’ladi. Chunki ummiy bir zotda (S.A.V.) zuhur etgan u shariat o’n to’rt asrni va navi basharning beshdan birini odilona, haqqoniyat ustida va mudaqqiqona, hadsiz qonunlari bilan idora qilishi o’xshash qabul qilmaydi.
Ham ummiy bir zotning (S.A.V.) af'ol va aqvol va ahvolidan chiqqan Islomiyat har asrda uch yuz million insonning rahbari va marji'i va aqllarining muallimi va murshidi va qalblarining munavviri va musaffiysi va nafslarining murabbiysi va muzakkiysi va ruhlarining madori inkishofi va ma'dani taraqqiyoti bo’lishi jihati bilan misli bo’lolmaydi va bo’lolmagan.
Ham dinida bo’lgan butun ibodotning butun anvo'ida eng oldin bo’lishi va harkasdan ziyoda taqvoda bo’lishi va Allohdan qo’rqishi va favquloda doimiy mujahadot va dag’dag’alar ichida, aynan ubudiyatning eng nozik asroriga qadar rioya qilishi va hech kimni taqlid qilmasdan va tom ma'nosi bilan va mubtadiyona eng mukammal shaklda, ham ibtido va intihoni birlashtirishi; albatta misli ko’rilmaydi va ko’rilmagan.
Ham minglab duo va munojotlaridan Javshan-ul Kabir bilan, shunday bir ma'rifati Rabboniya bilan, shunday bir darajada Robbini tavsif etadiki, u zamondan beri kelgan ahli ma'rifat va ahli valoyat, talohuqi afkor bilan barobar, na u martaba-i ma'rifatga va na u daraja-i tavsifga yetisholmasliklari ko’rsatadiki, duoda ham uning misli yo’q! Risola-i Munojotning boshida Javshan-ul Kabirning to’qson to’qqiz fikrasidan bir fikrasining qisqacha bir ma'nosining bayon qilingan yeriga qaragan odam Javshanning ham misli yo’q deydi.
Ham tablig’i risolatda va insonlarni haqqa da'vatda shu daraja matonat va sabot va jasorat ko’rsatganki, katta davlatlar va katta dinlar, hatto qavm va qabilasi va amakisi u kishiga shiddatli adovat qilishgani holda, zarra miqdor bir asari taraddud, bir xavotirlanish, bir qo’rqoqlik ko’rsatmasligi va bir o’zi butun dunyoga qarshi chiqishi va boshga ham chiqarishi va Islomiyatni dunyoning boshiga o’tkazishi isbot qiladiki, tablig’ va da'vatda ham misli bo’lmagan va bo’lolmaydi.
Ham iymonda shunday favquloda bir quvvat va horiqo bir yaqiyn va mo’'jizona bir inkishof va jahonni nurlantirgan bir ulviy e'tiqod tashiganki, u zamonning hukmroni bo’lgan butun afkori va aqidalari va hukamoning hikmatlari va ruhoniy raislarning ilmlari unga muoriz va muxolif va munkir bo’lganlari holda, uning na yaqiyniga, na e'tiqodiga, na e'timodiga, na itminoniga hech bir shubha, hech bir taraddud, hech bir zaiflik, hech bir vasvasa bermasliklari va ma'naviyatda va marotibi iymoniyada taraqqiy etgan boshda sahobalar va butun ahli valoyat uning har doim martaba-i iymonidan fayz olishlari va uni eng yuksak darajada topishlari, bilbedaho ko’rsatadiki, iymoni ham benazirdir.
Shunday benazir bir shariat va mislsiz bir Islomiyat va horiqo bir ubudiyat va favquloda bir duo va jahonpisandona bir da'vat va mo’'jizona bir iymon sohibida, albatta hech bir jihat bilan yolg’on bo’lolmaydi va aldatmaydi deya angladi va aqli ham tasdiq qildi.
To’rtinchisi:Anbiyolarning (Alayhimussalom) ijmo'i, qandayki vujud va vahdoniyati Ilohiyaga g’oyat quvvatli bir dalil ekan, xuddi shuning kabi, u zotning (S.A.V.) to’g’riligiga va risolatiga g’oyat sog’lom bir shahodatdir. Chunki Anbiyo Alayhimussalomning to’g’riliklariga va payg’ambar bo’lishlariga mador bo’lgan naqadar qudsiy sifatlar va mo’'jizalar va vazifalar bo’lsa, u zotda (S.A.V.) eng oldinda bo’lgani tarixda musaddaqdir. Qandayki ular lisoni qol bilan Tavrot, Injil, Zabur va suhuflarida bu zotning (S.A.V.) kelishini xabar berib insonlarga bashorat berishganki, kutubi muqaddasaning u bashoratli ishorotidan yigirmadan ortiq va juda zohir bir qismi O’n To’qqizinchi Maktubda go’zal ravishda bayon va isbot qilingan. Shunga o’xshab, lisoni hollari bilan, ya'ni nubuvvatlari bilan va mo’'jizalari bilan o’z maslaklarida va vazifalarida eng oldinda va eng mukammal bo’lgan bu zotni tasdiq qilib, da'vosiga imzo bosadilar. Va lisoni qol va ijmo' bilan vahdoniyatga dalolat qilishgani kabi, lisoni hol bilan va ittifoq bilan ham bu zotning sodiqiyatiga shahodat qiladilar deya angladi.
Beshinchisi:Bu zotning dasturlari bilan va tarbiyasi va tobeiyati bilan va orqasidan ketishlari bilan haqqa, haqiqatga, kamolotga, karomatga, kashfiyotga, mushahadotga yetishgan minglarcha avliyo vahdoniyatga dalolat qilishgani kabi, ustozlari bo’lgan bu zotning sodiqiyatiga va risolatiga ijmo' va ittifoq bilan shahodat qiladilar. Va olami g’aybdan bergan xabarlarning bir qismini nuri valoyat bilan mushohada etishlari va umumini nuri iymon bilan yo ilmalyaqiyn yoki aynalyaqiyn yoki haqqalyaqiyn suratida e'tiqod va tasdiq qilishlari ustozlari bo’lgan bu zotning daraja-i haqqoniyat va sodiqiyatini quyosh kabi ko’rsatganini ko’rdi.
Oltinchisi:Bu zotning ummiyligi bilan birga keltirgan haqoiqi qudsiya va ixtiro qilgan ulumi oliya va kashf qilgan ma'rifati Ilohiyaning darsi va ta'limi bilan, martaba-i ilmiyada eng yuksak maqomga yetishgan millionlab asfiyo-i mudaqqiqiyn va siddiqiyni muhaqqiqiyn va dohiy hukamo-i mo’'miniyn bu zotning ussul asos da'vosi bo’lgan vahdoniyatni quvvatli burhonlari bilan bil-ittifoq isbot va tasdiq qilishgani kabi, bu muallimi akbarning va bu ustozi a'zamning haqqoniyatiga va so’zlarining haqiqat bo’lganiga ittifoq bilan shahodatlari kunduz kabi bir hujjati risolati va sodiqiyatidir. Masalan: Risola-i Nur yuz parchasi bilan bu zotning sadoqatining birgina burhonidir.
Yettinchisi:Ol va asxob nomli va navi basharning anbiyodan so’ngra farosat va diroyat va kamolot bilan eng mashhuri va eng muhtaram va nomdori va eng dindor va eng keskin nazarli toifa-i azimasi qattiq qiziqish bilan va g’oyat diqqat va nihoyat jiddiyat bilan bu zotning butun yashirin va oshkora hollarini va fikrlarini va vaziyatlarini taxarri va taftish va tadqiq qilishlari natijasida bu zotning dunyoda eng sodiq va eng yuksak va eng haqli va haqiqatli ekaniga ittifoq bilan va ijmo' bilan va o’zgarmas tasdiqlari va quvvatli iymonlari, quyoshning ziyosiga dalolat qilgan kundek ravshan dalil deya angladi.
Sakkizinchi:Bu koinot qandayki o’zini ijod va idora va tartib qilgan va tasvir va taqdir va tadbir bilan bir saroy kabi, bir kitob kabi, bir ko’rgazma kabi, bir tomoshagoh kabi tasarruf qilgan sone'iga va kotibiga va naqqoshiga dalolat qiladi. Shunga o’xshab, koinotning xilqatidagi maqosidi Ilohiyani biladigan va bildiradigan va tahavvulotidagi Rabboniy hikmatlarini ta'lim beradigan va vazifadorona harakotidagi natijalarni dars beradigan va mohiyatidagi qiymatini va ichidagi mavjudotning kamolotini e'lon qiladigan va u kitobi kabirning ma'nolarini ifoda qiladigan bir yuksak dallol, bir to’g’ri kashshof, bir muhaqqiq ustoz, bir sodiq muallim istagani va iqtizo etgani va har holda bo’lishiga dalolat qilgani jihati bilan, albatta bu vazifalarni hammadan ziyoda qilgan bu zotning haqqoniyatiga va bu koinot Xoliqining eng yuksak va sodiq bir ma'muri bo’lganiga shahodat qilganini bildi.
To’qqizinchisi:Modomiki bu san'atli va hikmatli masnu'oti bilan o’z hunarlarini va san'atkorligining kamolotini tashhir etish va bu bezalgan, ziynatli nihoyatsiz maxluqoti bilan o’zini tanittirish va sevdirish va bu lazzatli va qiymatli hisobsiz ne'matlari bilan o’ziga tashakkur va hamd ettirish va bu shafqatli va himoyali umumiy tarbiya va iosha bilan, hatto og’izlarning eng nozik zavqlarini va ishtahalarning har navini qoniqtiradigan bir suratda ihzor etilgan Rabboniy it'omlar va ziyofatlar bilan o’z rububiyatiga qarshi minnatdorona va mutashakkirona va parastishkorona ibodat ettirish va mavsumlarning tabdili va kecha va kunduzning tahvili va ixtilofi kabi azamatli va hashmatli tasarrufot va ijroot va dahshatli va hikmatli faoliyat va xalloqiyat bilan o’z uluhiyatini izhor qilib, u uluhiyatiga qarshi iymon va taslim va inqiyod va itoat ettirish va har doim yaxshilikni va yaxshilarni himoya, yomonlikni va yomonlarni izola va samoviy ta'zirlar bilan zolimlarni va yolg’onchilarni imho etish jihati bilan haqqoniyat va adolatini ko’rsatishni istagan parda orqasida biri bor. Albatta va har holda, u g’aybiy zotning yonida eng sevgili maxluqi va eng to’g’ri abdi va uning mazkur maqsadlariga to’liq xizmat qilib, xilqati koinotning tilsimini va muammosini hal va kashf qilgan va doimo Xoliqining nomidan harakat qilgan va undan istimdod etgan va muvaffaqiyat istagan va u tarafidan imdodga va tavfiqqa mazhar bo’lgan va Muhammadi Qurayshiy deyilgan bu zot bo’ladi. (S.A.V.)
Ham aqliga dedi: Modomiki bu mazkur to’qqiz haqiqatlar bu zotning sidqiga shahodat qilar ekan, albatta bu odam bani odamning madori sharafi va bu olamning madori iftixoridir. Va unga "Faxri Olam" va "Sharafi Bani Odam" deyilishi juda loyiqdir va uning qo’lida bo’lgan farmoni Rahmon Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning hashmati saltanati ma'naviyasining nisfi arzni istilosi va shaxsiy kamoloti va yuksak xislatlari ko’rsatadiki, bu olamda eng muhim zot udir, Xoliqimiz haqida eng muhim so’z unikidir.
Mana kel, qara! Bu horiqo zotning yuzlab zohir va bahir qat'iy mo’'jizalarining quvvatiga va dinidagi minglab oliy va asosli haqiqatlariga istinodan, butun da'volarining asosi va butun hayotining g’oyasi, Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga va sifotiga va asmosiga dalolat va shahodat va u Vojib-ul Vujudni isbot va e'lon va i'lam etishdir.
Demak, bu koinotning ma'naviy quyoshi va Xoliqimizning eng porloq bir burhoni bu Habibulloh deyilgan zot bo’lib, uning shahodatini qo’llagan va tasdiq va imzo bosgan aldanmaydigan va aldamaydigan uch buyuk ijmo' bor:
Birinchisi:"Agar parda-i g’ayb ochilsa, yaqiynim ziyodalashmaydi" degan Imom Ali (Roziyallohu Anh) va yerda ekan arshi a'zamni va Isrofilning azamati haykalini tomosha qilgan G’avsi A'zam (Q.S.) kabi keskin nazar va g’aybbin ko’zlari bo’lgan minglab aqtob va avliyo-i azimani jamlagan va Oli Muhammad nomi bilan shuhratshiori olam bo’lgan jamoati nuroniyaning ijmo' bilan tasdiqlaridir.
Ikkinchisi:Badaviy bir qavm va ummiy bir muhitda, hayoti ijtimoiyadan va afkori siyosiyadan xoli va kitobsiz va fatrat asrining qorong’iliklarida bo’lgan va juda oz bir zamonda eng madaniy va o’qimishli va hayoti ijtimoiyada va siyosiyada eng oldinda bo’gan millatlarga va hukumatlarga ustoz va rahbar va diplomat va hokimi odil bo’lib, sharqdan g’arbga qadar jahonpisandona idora qilgan va "Sahoba" nomi bilan dunyoda nomdor bo’lgan jamoati mashhuraning ittifoq bilan jon va mollarini, padar va qabilalarini fido qildirgan bir quvvatli iymon bilan tasdiqlaridir.
Uchinchisi:Har asrda minglarcha afrodi bo’lgan va har fanda dohiyona ilgarilagan va muxtalif maslaklarda mashg’ul bo’lgan va ummatidan yetishgan hadsiz muhaqqiq va mutabahhir ulamosining jamoati uzmosining tavofuq bilan va ilmalyaqiyn darajasida tasdiqlaridir.
Demak bu zotning vahdoniyatga shahodati shaxsiy va juz'iy emas, balki umumiy va kulliy va o’zgarmas va butun shaytonlar to’plansa, qarshisiga hech bir jihat bilan chiqolmaydigan shahodatdir deb hukm qildi.
Mana Asri Saodatda aqli bilan barobar sayohat qilgan dunyo musofiri va hayot yo’lovchisi u madrasa-i nuroniyadan olgan darsiga qisqa bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning o’n oltinchi martabasida:
لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ اَلْوَاحِدُ الْاَحَدُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ فَخْرُ الْعَالَمِ وَ شَرَفُ نَوْعِ بَن۪ى اٰدَمَ بِعَظَمَةِ سَلْطَنَةِ قُرْاٰنِه۪ وَ حَشْمَةِ وُسْعَةِ د۪ينِه۪ وَ كَثْرَةِ كَمَالَاتِه۪ وَ عُلْوِيَّةِ اَخْلَاقِه۪ حَتّٰى بِتَصْد۪يقِ اَعْدَائِه۪ وَ كَذَا شَهِدَ وَ بَرْهَنَ بِقُوَّةِ مِاٰتِ مُعْجِزَاتِهِ الظَّاهِرَةِ الْبَاهِرَةِ الْمُصَدِّقَةِ الْمُصَدَّقَةِ وَ بِقُوَّةِ اٰلَافِ حَقَائِقِ د۪ينِهِ السَّاطِعَةِ الْقَاطِعَةِ بِاِجْمَاعِ اٰلِه۪ ذَوِى الْاَنْوَارِ وَ بِاِتِّفَاقِ اَصْحَابِه۪ ذَوِى الْاَبْصَارِ وَ بِتَوَافُقِ مُحَقِّق۪ى اُمَّتِه۪ ذَوِى الْبَرَاه۪ينِ وَ الْبَصَائِرِ النَّوَّارَةِ
deyilgan.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
YIGIRMANCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ
(Bomdod va shom namozidan keyin takror qilinishida juda ham ko’p fazilat bo’lgan va bir rivoyati sahihada ismi a'zam martabasini tashigan bu jumla-i tavhidiyaning o’n bir kalimasi bor. Har bir kalimasida ham bittadan xushxabar va bashorat, ham bittadan martaba-i tavhidi rububiyat, ham bir ismi a'zam nuqtasida bir kibriyo-i vahdat va bir kamoli vahdoniyat bordir. Bu buyuk va ulviy haqiqatlarning izohini boshqa So’zlarga havola qilib, bir va'daga binoan, hozircha mujmal bir xulosa suratida; "Ikki Maqom", bir "Muqaddima" bilan unga bir mundarija yasaymiz.
Muqaddima
Qat'iyan bilginki: Xilqatning eng yuksak g’oyasi va fitratning eng ulkan natijasi iymoni Billohdir. Va insoniyatning eng oliy martabasi va bashariyatning eng buyuk maqomi, iymoni Billoh ichidagi ma'rifatullohdir. Jin va insning eng porloq saodati va eng totli ne'mati, ma'rifatulloh ichidagi muhabbatullohdir. Va ruhi bashar uchun eng xolis surur va qalbi inson uchun eng sof sevinch, muhabbatulloh ichidagi lazzati ruhoniyadir.
Ha, butun haqiqiy saodat va xolis surur va shirin ne'mat va sof lazzat, albatta ma'rifatulloh va muhabbatullohdadir. Ular usiz bo’lolmaydi. Janobi Haqni tanigan va sevgan nihoyatsiz saodatga, ne'matga, nurlarga, sirlarga yo bilquvva yoki bilfe'l mazhardir. Uni keragidek tanimagan, sevmagan nihoyatsiz shaqovatga, alamlarga va vahimalarga ma'nan va moddatan mubtalo bo’ladi.
Ha, shu parishon dunyoda, ovora navi bashar ichida, samarasiz bir hayotda; sohibsiz, homiysiz bir suratda; ojiz, miskin bir inson butun dunyoning sultoni bo’lsa ham, necha pulga arziydi? Shu ovora navi bashar ichida, bu parishon foniy dunyoda; insonsohibinitanimasa,molikinitopmasa, naqadar bechora sargardon bo’lishi hammaga ma’lum. Agar sohibini topsa, molikini tanisa, u vaqt rahmatiga iltijo qiladi, qudratiga istinod etadi. U vahshatgoh bo’lgan dunyo bir tanazzuhgohga aylanadi va bir tijoratgoh bo’ladi.
BIRINCHI MAQOM
Shu kalomi tavhidiyning o’n bir kalimasining har birida bittadan xushxabar bor. Va u xushxabarda bittadan shifo va u shifoda bittadan lazzati ma'naviya mavjud.
BIRINCHI KALIMA:لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ da shunday bir xushxabar borki: Hadsiz ehtiyojlarga mubtalo, nihoyatsiz dushmanlarning hujumiga nishon bo’lgan ruhi insoniy bu kalimada shunday bir nuqta-i istimdod topadiki, butun hojatlarini ta'minlaygan xazina-i rahmat eshigini unga ochadi va shunday nuqta-i istinodni topadiki, butun dushmanlarining sharridan amin qiladigan bir qudrati mutlaqaning sohibi bo’lgan o’z Ma'budini va Xoliqini bildiradi va tanitadi, sohibini ko’rsatadi, Moliki kim ekanini namoyon qiladi. Va shu bilan qalbni vahshati mutlaqadan va ruhni huzni aliymdan qutqarib, abadiy farohni, doimiy sururni ta'min qiladi.
IKKINCHI KALIMA:وَحْدَهُ Shu kalimada shifoli, saodatli bir xushxabar bor. Shundayki: Koinotning aksar anvo'i bilan aloqador va u aloqadorlik tufayli parishon va chalkashlik ichida bo’g’ilish darajasiga kelgan ruhi bashar va qalbi inson وَحْدَهُ kalimasida bir malja, bir xaloskor topadiki, uni butun chalkashlikdan, parishoniyatdan qutqaradi. Ya'ni, وَحْدَهُ ma'nan deydi: "Alloh birdir". Boshqa narsalarga murojaat qilib o’zingni charchatma, ularga tazallul etib minnat chekma, ularga tamalluq etib bo’yin egma, ularning orqasidan ergashib zahmat chekma, ulardan qo’rqib titrama. Chunki Sultoni Koinot birdir, hamma narsaning kaliti uning yonida, hamma narsaning tizgini uning qo’lidadir; hamma narsa uning amri bilan hal qilinadi. Uni topsang, har matlubingni topding; hadsiz minnatlardan, qo’rquvlardan qutulding.
UCHINCHI KALIMA:لَا شَر۪يكَ لَهُ Ya'ni: Qandayki uluhiyatida va saltanatida sherigi yo’qdir; "Alloh" birdir, mutaaddid bo’lolmaydi. Shuning kabi; Rububiyatida va ijrootida va ijodotida ham sherigi yo’qdir. Ba'zan sulton bir bo’ladi, saltanatida sherigi bo’lmaydi.. lekin ijrootida uning ma'murlari uning sherigi sanaladilar va uning huzuriga har kimning kirishiga mone bo’ladilar. "Bizga ham murojaat qil", deydilar. Lekin Azal, Abad Sultoni bo’lgan Janobi Haq, saltanatida sherigi bo’lmagani kabi, ijrooti rububiyatida ham muinlarga, sheriklarga muhtoj emas. Amr va irodasi, havl va quvvati bo’lmasa, hech bir narsa hech bir narsaga mudohala qilolmaydi. To’g’ridan-to’g’ri hamma unga murojaat qila oladi. Sherigi va muini bo’lmagani uchun, murojaatchi odamga "Mumkin emas, uning huzuriga kirolmaysan", deyilmaydi.
Bu kalima ruhi bashar uchun shunday xushxabar beradiki: Iymonni qo’lga kiritgan ruhi bashar monesiz, mudohalasiz, hailsiz, ta'qiqsiz, har holida, har orzusida, har onda, har yerda u azal va abad va xazoini rahmat moliki va dafoini saodat sohibi bo’lgan Jamili Zuljalol, Qodiri Zulkamolning huzuriga kirib, hojotini arz qila oladi. Va rahmatini topib, qudratiga istinod etib, kamoli faroh va sururni qozona oladi.
TO’RTINCHI KALIMA:لَهُ الْمُلْكُ Ya'ni: Mulk tamoman unikidir. Sen ham uning mulkisan, ham mamlukisan, ham mulkida ishlaysan. Bu kalima shunday shifoli xushxabar beradi va aytadiki: Ey inson! Sen o’zingni o’zingga molik deb hisoblama. Chunki sen o’zingni idora qilolmaysan, u yuk og’irdir. Bir o’zing muhofaza qilolmaysan, balolardan saqlanib, lavozimotini ta'min qilolmaysan. Shunday ekan, behuda iztirobga tushib azob chekma, mulk boshqasinikidir. U Molik ham Qodirdir, ham Rahimdir; qudratiga istinod et, rahmatini ittihom etma. G’am-g’ussani ot, davringni sur. Zahmatni ot, safoni top.
Ham deydiki: Sen ma'nan sevgan va aloqadar bo’lgan va parishoniyatidan mutaassir bo’lgan va isloh qilolmagan bu koinot bir Qodiri Rahimning mulkidir. Mulkni sohibiga taslim et, unga havola qil.. jafosini emas, safosini tot. U ham Hakimdir, ham Rahimdir. Mulkida istagani kabi tasarruf qiladi, aylantiradi. Dahshatga tushgan vaqting, Ibrohim Haqqi kabi: "Mavlo ko’raylik naylar, naylarsa go’zal aylar" de, derazalardan tomosha qil, ichlariga kirma.
BESHINCHI KALIMA:وَ لَهُ الْحَمْدُ Ya'ni: Hamd va sano, madh va minnat unga maxsusdir, unga loyiqdir. Demak, ne'matlar unikidir va uning xazinasidan chiqadi. Xazina esa doimiydir. Demak, bu kalima shunday xushxabar berib aytadiki: Ey inson! Ne'matning zavolidan alam chekma. Chunki rahmat xazinasi tuganmas. Va lazzatning zavolini o’ylab, alamdan faryod qilma. Chunki ne'mat mevasi bir rahmati benihoyaning samarasidir. Daraxti boqiy bo’lsa, mevasi ketsa ham, o’rniga keladigani bor. Ne'matning lazzati ichida o’sha lazzatdan yuz daraja ko’proq lazzatli bir iltifoti rahmatni hamd bilan o’ylab, lazzatni birdan yuz darajaga chiqara olasan. Qandayki bir podshohi zishon senga hadya qilgan bir olma lazzati ichida yuz, balki ming olmaning lazzatidan ustun iltifoti shohona lazzatini senga ihsos va ehson etadi. Shunga o’xshab, لَهُ الْحَمْدُ kalimasi bilan, ya'ni hamd va shukr bilan, ya'ni ne'matdan in'omni his qilish bilan, ya'ni Mun'imni tanish bilan va in'omini o’ylash bilan, ya'ni uning rahmatining iltifotini va shafqatining tavajjuhini va in'omining davomini o’ylash bilan; ne'matdan ming daraja lazizroq, ma'naviy lazzat eshigini senga ochadi.
OLTINCHI KALIMA:يُحْي۪ى Ya'ni: hayotni bergan udir. Va hayotni rizq bilan davom ettirgan ham udir. Va lavozimoti hayotni ham tayyorlagan yana udir. Va hayotning oliy g’oyalari unga oiddir va muhim natijalari unga qaraydi, yuzdan to’qson to’qqiz mevasi unikidir. Bu kalima shunday foniy va ojiz basharga nido qiladi, xushxabar beradi va deydi: Ey inson! Hayotning og’ir takliflarini yelkangga olib zahmat chekma. Hayotning fanosini o’ylab qayg’uga tushma. Yolg’iz dunyoviy ahamiyatsiz mevalarini ko’rib, dunyoga kelganingdan pushaymon bo’lma. Balki u vujud kemangdagi hayot uskunasi Hayyi Qayyumga oiddir. Masorif va lavozimotini u tadorik etadi. Va u hayotning juda kasratli g’oyalari va natijalari bor va unga oiddir. Sen u kemada bir rul boshqaruvchi askarsan. Vazifangni go’zal bajar, haqqingni ol, davringni sur. Hayot kemasi naqadar qiymatli ekanini va naqadar go’zal foydalar berganini va u safina sohibi bo’lgan zotning naqadar Karim va Rahim ekanini o’yla, masrur bo’l va shukr qil va anglaki: Vazifangni istiqomat bilan qilgan vaqting, u kema bergan butun natijalar bir jihatdan sening amallar daftaringga o’tadi, senga bir boqiy hayotni ta'minlaydi, seni abadiy sahklda tiriltiradi.
YETTINCHI KALIMA:وَ يُم۪يتُ Ya'ni: O’limni bergan udir. Ya'ni: Hayot vazifasidan tarhis etadi, foniy dunyodan joyingni tabdil etadi, xizmat qiyinchiligidan ozod qiladi. Ya'ni: Hayoti foniyadan seni hayoti boqiyaga oladi. Bu kalima shunday tarzda foniy jin va insga baqiradi, deydiki:
Sizlarga xushxabar! O’lim i'dom emas, hechlik emas, fano emas, inqiroz emas, so’nish emas, firoqi abadiy emas, yo’qlik emas, tasodif emas, foilsiz bir in'idom emas. Balki bir Foili Hakimi Rahim tarafidan bir tarhis, bir tabdili makondir. Saodati abadiya tarafiga, vatani asliylariga jo’natilishdir. Yuzdan to’qson to’qqiz ahbobning to’planadigan yeri bo’lgan barzoh olamiga bir visol eshigidir.
SAKKIZINCHI KALIMA:وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ Ya'ni: Butun koinotning mavjudotida ko’ringan va vasila-i muhabbat bo’lgan kamol va husn va ehsonning hadsiz darajada ustida bir jamol va kamol va ehsonning sohibi va butun mahbublarga badal birgina jilva-i jamoli kifoya bo’lgan bir Ma'budi Lamyazal, bir Mahbubi Loyazalning azaliy va abadiy bir hayoti doimasi borki; shaiba-i zavol va fanodan munazzah va avorizi naqs va qusurdan mubarrodir. Demak, bu kalima jin va insga va butun zishuurga va ahli muhabbat va ishqqa e'lon qiladiki: Sizlarga xushxabar! Mahbublaringizdan nihoyatsiz firoqlarning yaralarini davolab malham surtadigan bir Mahbubi Boqiyingiz bor. Modomiki u bor va Boqiy ekan, boshqalar nima bo’lsa bo’lsin, qayg’urma. Balki o’sha mahbublarda sababi muhabbatingiz bo’lgan husn va ehson, fazl va kamol u Mahbubi Boqiyning jilva-i jamoli boqiysidan ko’p pardalardan o’tgan, g’oyat zaif bir soyaning soyasidir. Ularning zavollari sizlarni ranjitmasin. Chunki ular bir navi oynalardir. Oynalarning o’zgarishi shashaa-i jamolning jilvasini yangilaydi, go’zallashtiradi. Modomiki u bor ekan, hamma narsa bor.
TO’QQIZINCHI KALIMA:بِيَدِهِ الْخَيْرُYa'ni: Har xayr uning qo’lidadir. Har bir qilgan yaxshiligingiz uning daftariga yoziladi. Har qilgan amali solihangiz huzurida qayd qilinadi. Bu kalima jin va insga nido qilib xushxabar beradi. Deydiki: Ey bechoralar! Qabristonga ko’chgan vaqtingiz, "Ey voh! Molimiz xarob bo’ldi, mehnatimiz behuda ketdi; bu go’zal va keng dunyodan ketib, tor tuproqqa kirdik", demanglar, faryod qilib ma'yus bo’lmanglar... Chunki sizning hamma narsangiz muhofaza qilinyapti. Har bir amalingiz yozilgan. Har bir xizmatingiz qayd qilingan. Xizmatingizning mukofotini beradigan va barcha xayr qo’lida va hamma xayrni qila oladigan bir Zoti Zuljalol sizni jalb qilib, yer ostida muvaqqatan saqlaydi. So’ngra huzuriga oldiradi. Qanday baxtlisizki, xizmatingizni va vazifangizni bitirdingiz. Zahmatingiz tugadi, rohatga va rahmatga ketyapsiz. Xizmat, mashaqqat tugadi; ujrat olishga ketyapsiz.
Ha, o’tgan bahorning daftari a'molining sahifalari va xizmatlarining sandiqchalari bo’lgan danaklarni, urug’larni muhofaza qilgan.. va ikkinchi bahorda g’oyat dabdabali, balki yuz daraja aslidan yanada barakali bir tarzda muhofaza qilgan, nashr qilgan Qodiri Zuljalol, albatta sizning ham natoiji hayotingizni shunday muhofaza qilyapti va xizmatingizga juda kasratli bir suratda mukofot beradi.
O’NINCHI KALIMA:
وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ
Ya'ni: U Vohiddir, Ahaddir, hamma narsaga qodirdir. Hech narsa unga og’ir kelmaydi. Bir bahorni yaratish bir gul qadar unga osondir. Jannatni yaratish bir bahor qadar unga yengildir. Har kuni, har yili, har asr yangidan-yangi ijod qilyotgan hadsiz masnu'oti nihoyatsiz qudratiga nihoyatsiz lisonlar bilan guvohlik qiladilar. Bu kalima shunday xushxabar beradi. Aytadiki: Ey inson! Qilgan xizmating, ado etgan ubudiyating behuda ketmaydi. Bir dori mukofot, bir mahalli saodat sen uchun ihzor etilgan. Sening bu foniy dunyoingga badal seni boqiy jannat kutadi. Ibodat qilganing va taniganing Xoliqi Zuljalolning va'dasiga iymon va e'timod et. Unga va'dasida xulf etish maholdir. Qudratida hech bir jihatdan nuqsoniyat yo’q. Ishlariga ajz mudohala etolmaydi. Sening kichik bog’ingni yaratgani kabi, Jannatni ham sen uchun yarata oladi va yaratgan va senga va'da bergan. Va va'da bergani uchun, albatta seni uning ichiga oladi.
Modomiki bilmushohada ko’ryapmiz: Har yili yer yuzida hayvonot va nabototning uch yuz mingdan ziyoda anvo'larini va millatlarini mukammal intizom va mezon bilan, mukammal tezlik va suhulat bilan hashr etib, nashr qiladi. Albatta bunday bir Qodiri Zuljalol va'dasini bajarishga muqtadirdir. Ham modomiki har yili shunday bir Qodiri Mutlaq hashrning va Jannatning namunalarini minglab tarzda ijod qiladi. Ham modomiki butun samoviy farmonlari bilan saodati abadiyani va'da qilib, Jannatni xushxabar beradi. Ham modomiki butun ijrooti va shuunoti haq va haqiqatdir va sidq va jiddiyatdir. Va modomiki asarlarining shahodati bilan butun kamolot uning nihoyatsiz kamoliga dalolat va guvohlik qiladi. Va hech bir jihatdan nuqson va qusur unda yo’qdir. Ham modomiki xulf-ul va'd va xilof va kizb va aldash eng xunuk xislat va nuqson va qusur ekan albatta va albatta u Qodiri Zuljalol, u Hakimi Zulkamol, u Rahimi Zuljamol va'dasini bajaradi; saodati abadiya eshigini ochadi, Odam otangizning vatani asliysi bo’lgan Jannatga sizlarni, ey ahli iymon, kirgizadi.
O’N BIRINCHI KALIMA:وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ Ya'ni: Tijorat va ma'muriyat uchun, muhim vazifalar bilan bu dori imtihon bo’lgan dunyoga yuborilgan insonlar tijoratlarini qilib, vazifalarini tugatib va xizmatlarini itmom etgandan keyin, yana ularni yuborgan Xoliqi Zuljaloliga qaytadilar va Mavloyi Karimlariga qovushadilar. Ya'ni, bu dori foniydan ketib dori boqiyda huzuri kibriyoga musharraf bo’ladilar. Ya'ni, sabablar tashvishlaridan va vositalarning qorong’i pardalaridan qutulib, Robbi Rahimlariga maqarri saltanati abadiysida pardasiz qovushadilar. To’g’ridan-to’g’ri hamma o’z Xoliqi va Ma'budi va Robbi va Sayyidi va Moliki kim ekanini biladi va topadi. Xullas, shu kalima butun xushxabarlar uzra shunday xushxabar beradi. Va deydiki:
Ey inson! Bilasanmi qayerga ketyapsan va qayerga yuborilyapsan? O’ttiz Ikkinchi So’zning oxirida aytilgani kabi: Dunyoning ming yillik mas'udona hayoti bir soatlik hayotiga muqobil kelmagan Jannat hayotining va o’sha Jannat hayotining ham ming yili bir soatlik ru'yati jamoliga muqobil kelmagan bir Jamili Zuljalolning doira-i rahmatiga va martaba-i huzuriga ketyapsan. Mubtalo va maftun va mushtoq bo’lganingiz majoziy mahbublarda va butun mavjudoti dunyoviyadagi husn va jamol uning jilva-i jamolining va husni asmosining bir nav soyasi va butun Jannat butun latoifi bilan bir jilva-i rahmati va butun ishtiyoqlar va muhabbatlar va injizoblar va jozibalar bir lam'a-i muhabbati bo’lgan bir Ma'budi Lamyazalning, bir Mahbubi Loyazalning doira-i huzuriga ketyapsiz va ziyofatgohi abadiysi bo’lgan Jannatga chaqirilyapsiz. Shunday ekan, qabr eshigiga yig’lab emas, kulib kiringlar.
Ham bu kalima shunday xushxabar berib aytadiki: Ey inson! Fanoga, adamga, hechlikka, zulumotga, nisyonga, chirishga, parchalanishga va kasratda bo’g’ilishga ketganingizni tavahhum etib o’ylamang! Siz fanoga emas, baqoga ketyapsiz. Adamga emas, vujudi doimiyga yuborilyapsiz. Zulumotga emas, olami nurga ketyapsiz. Sohib va Moliki Haqiqiyning tarafiga ketyapsiz va Sultoni Azaliyning poytaxtiga qaytyapsiz. Kasratda bo’g’ilishga emas, vahdat doirasida tanaffus qilasiz. Firoqqa emas, visolga mutavajjihsiz.
IKKINCHI MAQOM
(Ismi A'zam nuqtasida tavhidning isbotiga muxtasar bir ishoratdir.)
BIRINCHI KALIMA:
لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ da tavhidi uluhiyat va ma'budiyat bor. Bu martabaning g’oyat quvvatli bir burhoniga shunday ishorat qilamizki: Shu koinot yuzida, xususan zaminning sahifasida g’oyat muntazam bir faoliyat ko’rinyapti. Va g’oyat hikmatli bir xalloqiyat mushohada qilyapmiz. Va g’oyat intizomli bir fattohiyat, ya'ni hamma narsaga loyiq bir shakl ochish va surat berishni aynalyaqiyn ko’ryapmiz. Ham g’oyat shafqatli, karamli, rahmatli bir vahhobiyat va ehsonot ko’ryapmiz. Shunday ekan, bizzarura shu hol va shu vaziyat; Faol, Xalloq, Fattoh, Vahhob bir Zoti Zuljalolning vujubi vujudini va vahdatini isbot qiladi, balki ihsos etadi. Ha, mavjudotning mutamodiyan zavollari, yangilanishlari ko’rsatadiki, u mavjudot bir Sone'-i Qodirning qudsiy asmosining jilvalari va anvori asmoiyasining soyalari va af'olining asarlari va qalami qadar va qudratning naqshlari va sahifalari va jamoli kamolining oynalaridir. Bu haqiqati uzmoga va tavhidning martaba-i ulyosiga koinotning sohibi butun yuborgan muqaddas kitoblari va suhuflari bilan u tavhidni ko’rsatgani kabi; butun ahli haqiqat va komilini navi bashar tahqiqotlari bilan va kashfiyotlari bilan ayni martaba-i tavhidni ko’rsatadilar. Va koinot ham ojizligi va faqirligi bilan barobar, mazhar bo’lgan doimiy mo’'jizoti san'atning va havoriqi iqtidor, xazoini sarvatning shahodati bilan ayni martaba-i tavhidga ishorat qiladi. Demak, Shohidi Azaliy butun kutub va suhufi bilan va ahli shuhud butun tahqiqot va kushufi bilan va olami shahodat butun muntazam ahvol va hakimona shuunoti bilan martaba-i tavhidda bil-ijmo' ittifoq qilishadi.
Xullas, u Vohidi Ahadni qabul qilmagan yo nihoyatsiz ilohlarni qabul qiladi va yoki ahmoq Sofistaiy kabi ham o’zini, ham koinotning vujudini inkor qiladi.
IKKINCHI KALIMA:
وَحْدَهُ Bu kalima ochiqdan-ochiq bir martaba-i tavhidni ko’rsatadi. Shu martabani ham a'zamiy suratda isbot qilgan g’oyat quvvatli burhoniga shunday ishorat qilamizki:
Biz ko’zimizni ochib, koinot yuziga nazarimizni tashlaganimizda eng avval ko’zimizga tushgan narsa umumiy va mukammal bir nizomdir va qurshagan hassos mezon ekanini ko’ramiz. Hamma narsa daqiq nizom bilan, hassos mezon va o’lchov ichidadir. Yana biroz diqqati nazar qilgan sari, yangidan-yangi tanzim va tavziniyat ko’zimizga ko’rinadi. Ya'ni: Birisi intizom bilan bu nizomni almashtiradi va tarozi bilan u mezonni yangilaydi. Hamma narsa bir model bo’lib, juda kasratli muntazam va mavzun suratlar kiydiriladi. Yana ziyoda diqqat qilgan sari, u tanzim va tavzin ostida bir hikmat va adolat ko’rinadi. Har harakatda bir hikmat va maslahat ko’zlanadi, bir haq, bir foyda ta'qib qilinadi. Yanada ko’proq diqqat qilgan sari, g’oyat hakimona bir faoliyat ichida bir qudratning tazohuroti va hamma narsaning har sha'nini qamragan g’oyat keng bir ilmning jilvalari nazari shuurimizga tushadi. Demak, butun mavjudotdagi nizom va mezon barchaga umumiy bir tanzim va tavzinni va o’sha tanzim va tavzin umumiy bir hikmat va adolatni va u hikmat va adolat bir qudrat va ilmni ko’zimizga ko’rsatadi. Demak, bir Qodiri Kulli Shay va bir Alimi Kulli Shay shu pardalar orqasida aqlga ko’rinadi. Ham hamma narsaning avvaliga va oxiriga qaraymiz, xususan zihayot navida ko’ramizki: Boshlang’ichlari, asllari, ildizlari, ham mevalari va natijalari shunday tarzdadirki; go’yo danaklari, asllari; bittadan ta'rifa, bittadan dastur shaklida butun u mavjudotning jihozotini tazammun etadi. Va natijasida va mevasida yana butun u zihayotning ma'nosi sizilib unda tajammu' etadi, tarixcha-i hayotini unga qoldiradi. Go’yo uning asli bo’lgan urug’i dasotiri ijodiyasining majmuasidir. Va mevasi va samarasi esa, avomiri ijodiyasining mundarijasi hukmida ekanini ko’ramiz. So’ngra zihayotning zohiriga va botiniga qaraymiz. G’oyat darajada hikmatli bir qudratning tasarrufoti va nafiz bir irodaning tasviroti va tanzimoti ko’rinadi. Ya'ni, bir quvvat va qudrat ijod qiladi; bir amr va iroda surat kiydiradi.
Xullas, butun mavjudot bunday avvaliga diqqat qilgan sari bir ilmning ta'rifnomasi va oxiriga diqqat qilgan sari bir Sone'ning rejasi va bayonnomasi va zohiriga qaragan sari bir Foili Muxtorning va Muridning g’oyat san'atli va tanosubli bir hulla-i san'ati va botiniga qaragan sari bir Qodirning g’oyat muntazam bir uskunasini mushohada qilamiz.
Mana shu hol va shu vaziyat, bizzarura va bilbedaho e'lon qiladiki; hech bir narsa, hech bir zamon, hech bir makon bitta Sone'-i Zuljalolning qabza-i tasarrufidan xorij bo’lolmaydi. Har bir narsa va butun ashyo butun shuunoti bilan bir Qodiri Muridning qabza-i tasarrufida tadbir etiladi. Va bir Rahmoni Rahimning tanzimi bilan va lutfi bilan go’zallashtiriladi. Va bir Hannoni Mannonning tazyini bilan bezatiladi. Ha, boshida shuur va yuzida ko’zi bo’lganga bu koinot va shu mavjudotdagi nizom va mezon va tanzim va tavzin; birgina, yakto, Vohid, Ahad, Qodir, Murid, Alim, Hakim zotni vahdoniyat martabasida ko’rsatadi. Ha, hamma narsada bir birlik bor. Birlik esa birni ko’rsatadi. Masalan, dunyoning chirog’i bo’lgan Quyosh birdir; shunday ekan dunyoning moliki ham birdir. Masalan, zamin yuzidagi zihayotlarning xizmatchilari bo’lgan havo, otash, suv birdir; shunday ekan ularni istihdom etgan va bizlarga musahhar etgan ham birdir.
UCHINCHI KALIMA:
لَا شَر۪يكَ لَهُ Bu kalimani O’ttiz Ikkinchi So’zning Birinchi Maqomi g’oyat quvvatli va porloq bir suratda isbot qilgani uchun, unga havola qilamiz. Undan ustun bayon bo’lolmaydi, undan ortiqroq bayonga luzum yo’q va izoh qilinmaydi.
TO’RTINCHI KALIMA:
لَهُ الْمُلْكُ Ya'ni: Farshdan Arshga, sarodan surayyoga, zarrotdan sayyorotga, azaldan abadga qadar har bir mavjud, samovot va arz, dunyo va oxirat, hamma narsa uning mulkidir. Molikiyat martaba-i uzmosi tavhidi a'zam suratida unikidir. Shu martaba-i uzmo-i molikiyat va maqomi a'zami tavhidning bir hujjati kubrosi latif bir zamonda va latif bir xotirada Arabcha iborada shu ojizning xotiriga ilqo etildi. U latif xotiraning xotiri uchun ayni ibora-i Arabiyani qayd qilib, so’ngra ma'nosini yozamiz.
لَهُ الْمُلْكُ لِاَنَّ ذَاكَ الْعَالَمَ الْكَب۪يرَ كَهٰذَا الْعَالَمِ الصَّغ۪يرِ ٠ مَصْنُوعَا قُدْرَتِه۪ مَكْتُوبَا قَدَرِه۪ ٠ اِبْدَاعُهُ لِذَاكَ صَيَّرَهُ مَسْجِدًا ٠ ا۪يجَادُهُ لِهٰذَا صَيَّرَهُ سَاجِدًا اِنْشَاؤُهُ لِذَاكَ صَيَّرَ ذَاكَ مِلْكًا ٠ ا۪يجَادُهُ لِهٰذَا صَيَّرَهُ مَمْلُوكًا ٠ صَنْعَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تَظَاهَرَتْ كِتَابًا ٠ صِبْغَتُهُ ف۪ى هٰذَا تَزَاهَرَتْ خِطَابًا ٠ قُدْرَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تُظْهِرُ حِشْمَتَهُ ٠ رَحْمَتُهُ ف۪ى هٰذَا تُنَظِّمُ نِعْمَتَهُ ٠ حِشْمَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تَشْهَدُ هُوَ الْوَاحِدُ ٠ نِعْمَتُهُ ف۪ى هٰذَا تُعْلِنُ هُوَ الْاَحَدُ ٠ سِكَّتُهُ ف۪ى ذَاكَ فِى الْكُلِّ وَالْاَجْزَاءِ ٠ خَاتَمُهُ ف۪ى هٰذَا فِى الْجِسْمِ وَ الْاَعْضَاءِ
Birinchi Fikra:ذَاكَ الْعَالَمَ الْكَب۪يرَ الخ Ya'ni: Shu koinot deyilgan olami akbar va inson deyilgan uning misoli musag’g’ari bo’lgan olami asg’ar qudrat va qadar qalami bilan yozilgan ofoqiy va anfusiy vahdoniyat daloilini ko’rsatadilar. Ha, koinotdagi san'ati muntazamaning kichik miqyosda namunasi insonda bordir. U doira-i kubrodagi san'at Sone'-i Vohidga shahodat qilgani kabi, shu insondagi kichik miqyosda xurdabini san'at ham yana o’sha Sone'ga ishorat qiladi, vahdatini ko’rsatadi. Ham qandayki shu inson g’oyat ma'nodor bir maktubi Rabboniydir, muntazam bir qasida-i qadardir.. shuning kabi bu koinot ham ayni qalami qadar bilan, faqat katta miqyosda yozilgan muntazam bir qasida-i qadardir. Hech mumkinmiki; hadsiz alomati fariqa bilan butun insonlarga qaragan inson yuzidagi sikka-i vahdatga va butun mavjudotni yelkani yelkaga, qo’lni qo’lga, boshni boshga bergan koinot ustidagi xotami vahdoniyatga Vohidi Ahaddan boshqa narsaning mudohalasi bo’lsin?
Ikkinchi Fikra:اِبْدَاعُهُ لِذَاكَ الخ Ma'nosi shuki: Sone'-i Hakim olami akbarni shunday badi' bir suratda yaratib oyoti kibriyosini ustida naqsh etganki; koinotni bir masjidi kabir shakliga aylantirgan va insonni ham shunday bir tarzda ijod qilib, unga aql berib, u bilan u mo’'jizoti san'atiga va u badi' qudratiga qarshi sajda-i hayrat ettirib, unga oyoti kibriyoni o’qittirib, kamarbasta-i ubudiyat ettirib, u masjidi kabirda bir abdi sojid fitratida yaratgandir. Hech mumkinmidirki: Bu masjidi kabirning ichidagi sojidlarning, obidlarning ma'budi haqiqiylari u Sone'-i Vohidi Ahaddan boshqasi bo’la olsin?.
Uchinchi Fikra:اِنْشَائُهُ لِذَاكَ الخ Ma'nosi shuki: U Malik-ul Mulki Zuljalol olami akbarni, xususan Kura-i Arz yuzini shunday suratda insho etib yaratganki; bir-biri ichida hadsiz doiralar bo’lib, har bir doira bir ekinzor hukmida bo’lib, vaqt-bavaqt, mavsum-bamavsum, asr-baasr ekadi, bichadi, mahsulot oladi. Mutamodiyan mulkini ishlattiradi, tasarruf etadi. Eng buyuk doira bo’lgan zarrot olamini bir ekinzor qilib, har doim koinot qadar mahsulotni; qudrati bilan, hikmati bilan unda ekadi, bichadi, teradi. Olami shahodatdan olami g’aybga, doira-i qudratdan doira-i ilmga yuboradi. So’ngra mutavassit bir doira bo’lgan zamin yuzini aynan shunday bir ekinzor qilganki; mavsum-bamavsum olamlarni, anvo'larni ichida ekadi, bichadi, teradi. Ma'naviy mahsulotini ham g’aybiy, uxroviy, misoliy va ma'naviy olamlariga yuboradi. Yanada kichik bir doira bo’lgan bir bog’ni yana yuz marta, ming marta qudrat bilan to’ldirib, hikmat bilan bo’shatadi. Yanada kichik bir doira bo’lgan bir zihayotni, masalan bir daraxtni, bir insonni yuz marta o’shancha undan mahsulot oladi. Demak, u Malik-ul Mulki Zuljalol kichik-katta, juz'iy-kulliy hamma narsani bittadan model hukmida insho etib, yuzlab tarzda, yangi-yangi naqshlar bilan munaqqash mansujoti san'atini ularga kiydiradi; jilva-i asmosini, mo’'jizoti qudratini izhor etadi. O’z mulkida har bir narsani bittadan sahifa hukmida insho etgan; har sahifada yuzlab tarzda ma'nodor maktubotini yozadi; hikmatining oyotini izhor etadi, zishuurlarga o’qitadi. Shu olami akbarni mulk shaklida insho etish bilan birga, bu insonni ham shunday suratda yaratgan va unga shunday jihozlar va uskunalar va hislar va hissiyotlar va xususan nafs, istak va ehtiyoj va ishtaha va hirs va da'vo berganki; u keng mulkida butun mulkka muhtoj bir mamluk hukmiga keltirgan.
Demak hech mumkinmiki: Juda katta bo’lgan olami zarrotdan to bir chivinga qadar butunini mulk va ekinzor qilgan va kichik insonni u katta mulkka nozir va mufattish va dehqon va tijoratchi va dallol va obid va mamluk qildirgan va o’ziga muhtaram bir musofir va sevgili bir muxotob ittihoz etgan u Malik-ul Mulki Zuljaloldan boshqa u mulkka tasarruf etib, u mamlukka sayyid bo’la olsin?
To’rtinchi Fikra:صَنْعَتُهُ ف۪ى ذَاكَ الخ iborasidir. Ma'nosi shudirki: Sone'-i Zuljalolning olami akbardagi san'ati shu daraja ma'nodorki; u san'at bir kitob suratida tazohur etib, koinotni bir kitobi kabir hukmiga keltirganidan, aqli bashar haqiqiy fanni hikmat kutubxonasini undan oldi va unga ko’ra yozdi. Va u kitobi hikmat shu daraja haqiqat bilan bog’liq va haqiqatdan madad oladiki, buyuk Kitobi Mubinning bir nusxasi bo’lgan Qur'oni Hakim shaklida e'lon qilindi. Ham qandayki koinotdagi san'ati kamoli intizomidan kitob shakliga kirdi; insondagi sibg’ati va naqshi hikmati ham xitob gulini ochdi. Ya'ni, o’sha san'at shu daraja ma'nodor va hassos va go’zalki; u uskuna-i zihayotdagi jihozoti fonograf kabi nutqqa keldi, gapirtirdi. Va shunday bir ahsani taqvim ichida bir sibg’a-i Rabboniya berganki; u moddiy, jismoniy, jomid boshda; ma'naviy, g’aybiy, hayotdor bo’lgan bayon va xitob guli ochildi. Va u inson boshidagi qobiliyati nutq va bayonga shu daraja ulviy jihozot va iste'dod berdiki; Sultoni Azaliyga muxotob bo’ladigan bir maqomda inkishof ettirdi, taraqqiy berdi. Ya'ni, fitrati insoniyadagi sibg’ati Rabboniya xitobi Ilohiy gulini ochdi. Hech mumkinmiki: Kitob darajasiga kelgan butun mavjudotdagi san'atga va xitob maqomiga kelgan insondagi o’sha sibg’atga Vohidi Ahaddan boshqasi qo’shila olsin? Xosho!..
Beshinchi Fikra:قُدْرَتُهُ ف۪ى ذَاكَ الخ iborasidir. Ma'nosi shudirki: Qudrati Ilohiya olami akbarda hashmati rububiyatini ko’rsatadi. Rahmati Rabboniya esa olami asg’ar bo’lgan insonda ne'matlarni tanzim etadi. Ya'ni, Sone'ning qudrati kibriyo va jalol nuqtasida koinotni shunday muhtasham bir saroy shaklida ijod qiladiki; Quyoshni katta bir elektr chirog’i, Qamarni qandil va yulduzlarni mumlar mevalari bilan porlatadi, elektrlaydi. Va zamin yuzini bir dasturxon, bir ekinzor, bir bog’, bir gilam va tog’larni bittadan mahzan, bittadan tirgak, bittadan qal'a va hokazo butun ashyoni buyuk miqyosda o’sha ulkan saroyning lavozimoti shakliga keltirib, dabdabali bir suratda hashmati rububiyatini ko’rsatgani kabi; jamol nuqtasida rahmati ham eng kichik zihayotga qadar har ziruhga anvo'i ne'matini beradi, u bilan tanzim etadi.. boshdan oyoq ne'matlar bilan bezab, lutf va karam bilan tazyin etadi va u hashmati jaloliyaga qarshi jamoli rahmatini u kichkina lisonlar bilan u katta lisonga qarshi chiqaradi. Ya'ni: Quyosh va Arsh kabi katta jussalar hashmat lisoni bilan "Yo Jalil, yo Kabir, yo Azim" deganlari vaqt; chivin va baliq kabi u kichkina zihayotlar ham rahmat lisoni bilan "Yo Jamil, yo Rahim, yo Karim" deb u musiqa-i kubroga latif ohanglarini qo’shadilar, shirinlashtiradilar. Hech mumkinmiki: U Jalili Zuljamoldan va u Jamili Zuljaloldan boshqa bir narsa bir o’zi shu olami akbar va asg’arga ijod jihatidan mudohala eta olsin? Xosho!..
Oltinchi Fikra:حِشْمَتُهُ ف۪ى ذَاكَ الخ iborasidir. Ma'nosi shudirki: Ya'ni, koinotning hay'ati majmuasida tazohur etgan hashmati rububiyat vahdoniyati Ilohiyani isbot qilib ko’rsatgani kabi; zihayotlarning juz'iyotlariga muqannan arzoqlarini bergan ne'mati Rabboniya ham ahadiyati Ilohiyani isbot qilib ko’rsatadi. Vohidiyat esa, butun mavjudot biriniki va biriga qaraydi va birining ijodidir demakdir. Ahadiyat esa; har bir narsada Xoliqi Kulli Shayning aksar asmosi tajalliy etadi demakdir. Masalan, Quyoshning ziyosi butun zaminning yuzini qamrashi e'tibori bilan vohidiyat misolini ko’rsatadi. Va har bir shaffof juzda va suv qatralarida Quyoshning ziyosi va harorati va ziyosidagi yetti rangi va bir navi soyasi bo’lishi ahadiyat misolini ko’rsatadi. Va har bir narsada, xususan zihayotda va ayniqsa har bir insonda; u Sone'ning aksar asmosi unda tajalliy etish jihati bilan ahadiyatni ko’rsatadi.
Mana shu fikra ishorat qiladiki: Koinotda tasarruf qilgan hashmati rububiyat u ulkan Quyoshni shu zamin yuzidagi zihayotlarga bir xizmatkor, bir chiroq, bir o’choq; va ulkan Kura-i Zaminni ularga bir beshik, bir manzil, bir tijoratgoh; va otashni har yerda hozir bir oshpaz va do’st; va bulutni suzgich va enaga; va tog’larni mahzan va ombor; va havoni zihayotga anfas va nufusga yelpig’ich; va suvni yangidan hayotga kirganlarga sut emizadigan enaga va hayvonotga obi hayot bergan bir sharbatchi hukmiga keltirgan rububiyati Ilohiya g’oyat ochiq bir suratda vahdoniyati Ilohiyani ko’rsatadi. Ha, Xoliqi Vohiddan boshqa kim Quyoshni Arzlilarga musahhar bir xizmatkor qiladi? Va u Vohidi Ahaddan boshqa kim havoni qo’lida tutadi, juda ko’p vazifalar bilan tavzif etib, ro’yi zaminda epchil va chaqqon bir xizmatkor qiladi? Va u Vohidi Ahaddan boshqa kimning haddi borki, otashni oshpaz qilsin va gugurt boshichalik bir zarracha otashga minglab botmon ashyoni yuttirsin va hokazo... Har bir narsa, har bir unsur, har bir ajromi ulviya u hashmati rububiyat nuqtasidan Vohidi Zuljalolni ko’rsatadi.
Xullas, jalol va hashmat nuqtasidan vohidiyat ko’ringani kabi, jamol va rahmat nuqtasidan ham ne'mat va ehson ahadiyati Ilohiyani e'lon qiladi. Chunki zihayotda va xususan insonda shu daraja san'ati jome'a ichida hadsiz anvo'i ne'matni anglaydigan, qabul qiladigan, istaydigan jihozlar va uskunalar bo’lib; butun koinotda tajalliy etgan butun asmosining jilvasiga mazhardir. Xuddi bir nuqta-i mihroqiya hukmida butun asmo-i husnani birdan mohiyatining oynasi bilan ko’rsatadi va u bilan ahadiyati Ilohiyani e'lon qiladi.
Yettinchi Fikra:
سِكَّتُهُ ف۪ى ذَاكَ فِى الْكُلِّ وَالْاَجْزَاءِ خَاتَمُهُ ف۪ى هٰذَا فِى الْجِسْمِ وَالْاَعْضَاءِ
Ma'nosi shudirki: Sone'-i Zuljalol olami akbarning hay'ati majmuasida bir sikka-i kubrosi bo’lgani kabi, butun ajzosida va anvo'ida ham bittadan sikka-i vahdat qo’ygan. Olami asg’ar bo’lgan insonning jismida va yuzida bittadan xotami vahdoniyat bosgani kabi, har bir a'zosida bittadan muhri vahdati bor. Ha, u Qodiri Zuljalol hamma narsada, kulliyotda va juz'iyotda, yulduzlarda va zarralarda bittadan sikka-i vahdat qo’yganki; unga shahodat qiladi. Va bittadan muhri vahdoniyat bosganki, unga dalolat qiladi. Shu haqiqati uzmo Yigirma Ikkinchi So’zda va O’ttiz Ikkinchi So’zda va O’ttiz Uchinchi Maktubning o’ttiz uch adad Derazasida g’oyat porloq va qat'iy bir suratda izoh va isbot qilinganidan, ularga havola qilib, gapni to’xtatib, bu yerda tugatamiz.
BESHINCHI KALIMA:
لَهُ الْحَمْدُ Ya'ni: Butun mavjudotda sababi madh va sano bo’lgan kamolot unikidir. Shunday ekan, hamd ham unga oiddir. Azaldan abadga qadar har kimdan har kimga qarshi kelgan va keladigan madh va sano unga oiddir. Chunki sababi madh bo’lgan ne'mat va ehson va kamol va jamol va madori hamd bo’lgan hamma narsa unikidir, unga oiddir. Ha, oyoti Qur'oniyaning ishoroti bilan, butun mavjudotdan doimiy suratda dargohi Ilohiyaga ketgan bir ubudiyatdir, bir tasbehdir, bir sajdadir, bir duodir va bir hamd va sano bo’lib doimiy u dargohga ketadi. Shu haqiqati tavhidni isbot qilgan bir burhoni a'zamga shunday ishorat qilamizki:
Shu koinotga qaragan vaqtimiz, bog’iston shaklida; shifti ulviy yulduzlar bilan porlatilgan, zamini ziynatli mavjudot bilan jonlangan suratda ko’rinadi. Xullas, shu bog’istondagi muntazam nuroniy ajromi ulviya va hikmatli va ziynatli mavjudoti sufliya, umuman har biri lisoni maxsusi bilan deydilarki: Biz bir Qodiri Zuljalolning mo’'jizoti qudratimiz. Bir Xoliqi Hakim va bir Sone'-i Qodirning vahdatiga shahodat qilamiz.
Va shu bog’istoni olam ichidagi Kura-i Arzga qaraymiz, ko’ramizki: Bir bog’ shaklida rang-barang yuz minglab bezalgan gulli nabotot toifalari unda to’shalgan va turli-tuman yuz minglab anvo'i hayvonot unda sochilgan.
Demak, shu zamin bog’ida butun bezalgan nabotot va ziynatli hayvonot muntazam suratlari bilan va mavzun shakllari bilan e'lon qiladilarki: Biz bitta Sone'-i Hakimning san'atidan bittadan mo’'jizasi, bittadan horiqosimiz va vahdoniyatning bittadan dalloli, bittadan shohidimiz.
Ham u bog’dagi daraxtlarning boshlariga qarab ko’ramizki: G’oyat olimona, hakimona, karimona, latifona, jamilona darajada yaratilgan muxtalif suratlarda mevalarni, gullarni ko’ramiz. Mana shular bil'umum bir lison bilan e'lon qiladilarki: Biz bir Rahmoni Zuljamolning va bir Rahimi Zulkamolning mo’'jiznamo hadyalarimiz, hayratnamo ehsonlarimiz.
Bog’istoni koinotdagi ajrom va mavjudot va Kura-i Arz bog’idagi nabotot va hayvonot va ashjar va nabototning boshlaridagi azhar va samarot; nihoyat darajada yuksak bir sado bilan shahodat qiladilar, e'lon qiladilar, deydilarki: Bizning Xoliqimiz va Musavvirimiz va bizni hadya bergan Qodiri Zuljamol, Hakimi Bemisol, Karimi Purnavol hamma narsaga qodirdir. Hech narsa unga og’ir kelmaydi. Hech narsa doira-i qudratidan xorij bo’lolmaydi. Qudratiga nisbatan zarralar, yulduzlar birdir. Kulliy juz'iy qadar osondir. Juz kull qadar qiymatlidir. Eng katta eng kichik qadar qudratiga nisbatan osondir. Kichik katta qadar san'atlidir.. balki san'at jihatidan ba'zi kichik kattadanda kattadir. Butun moziydagi ajoyibi qudrati bo’lgan vuqu'ot shahodat qiladilarki; u Qodiri Mutlaq butun istiqboldagi ajoyibi imkonotga muqtadirdir. Kechani keltirgan ertani keltirgani kabi; moziyni ijod qilgan o’sha Zoti Qodir istiqbolni ham ijod qiladi. Dunyoni yaratgan u Sone'-i Hakim oxiratni ham yaratadi. Ha, Ma'budi Bilhaq yolg’iz u Qodiri Zuljalol bo’lgani kabi, Mahmudi Bil-itloq yana yolg’iz udir. Ibodat unga maxsus bo’lgani kabi, hamd va sano ham unga xosdir. Hech mumkinmiki: Samovot va Arzni yaratgan bir Sone'-i Hakim, Samovot va Arzning eng muhim natijasi va koinotning eng mukammal mevasi bo’lgan insonlarni o’z holicha qoldirsin, sabablar va tasodifga havola qilsin, hikmati bahirasini abasiyatga aylantirsin? Xosho!.. Hech mumkinmiki: Hakim, Alim bir zot bir daraxtni g’oyat ahamiyat bilan tadbir va tasvir etib va g’oyat darajada hikmat bilan idora va tarbiya qilgani holda; u daraxtning g’oyasi, foydasi bo’lgan mevalariga qaramasdan ahamiyat bermasin; o’g’ri qo’llarga, behuda yerlarga tarqalsin, zoye bo’lsin? Albatta qaramaslik, ahamiyat bermaslik bo’lolmaydi. Chunki daraxtga ahamiyat berish mevalari uchundir.
Bu koinotning zishuuri va eng mukammal mevasi va natijasi va g’oyasi insondir. Shu koinotning Sone'-i Hakimi mumkinmiki, shu zishuur mevalarning mevalari bo’lgan hamd va ibodatni, shukr va muhabbatni boshqalarga berib hikmati bahirasini hechga tushirsin yoxud qudrati mutlaqasini ojizlikka aylantirsin yoxud bepoyon ilmini johillikka o’girsin? Yuz ming marta xosho!
Hech mumkinmiki: Bu koinot saroyining binosidagi maqosidi Rabboniyaning madori bo’lgan zishuur va zishuurning sarfarozi bo’lgan navi inson mazhar bo’lgan ne'matlariga muqobil izhor qilgan shukr va ibodatlari o’sha saroyi koinotning Sone'idan boshqasiga ketsin. Va u Sone'-i Zuljalol u g’oyat-ul g’oya bo’lgan shukr va ibodatni boshqalarga ketishiga muso'ada etsin.
Ham hech mumkinmiki: Hadsiz anvo'i ne'mati bilan o’zini zishuurlarga sevdirsin; va hadsiz mo’'jizoti san'ati bilan o’zini ularga tanittirsin; so’ngra ularning shukr va ibodatlarini, hamd va muhabbatlarini, ma'rifat va minnatdorliklarini sabablarga va tabiatga tark qilib ahamiyat bermasin; hikmati mutlaqasini inkor ettirsin; saltanati rububiyatini hechga tushirsin! Yuz ming marta xosho va kallo!..
Hech mumkinmidirki: Bir bahorni yaratolmagan va butun mevalarni ijod qilolmagan va yer yuzida sikkalari bir bo’lgan butun olmalarni insho etolmagan; ularning bir misoli musag’g’ari bo’lgan bir olmani yaratib va u olmani ne'mat qilib birisiga yedirsin, shukrini qozonsin, Mahmudi Bil-itloqqa hamd nuqtasida ishtirok etsin? Xosho!.. Chunki bir olmani yaratgan kim bo’lsa, butun dunyoga kelgan olmalarni ijod qilgan yana o’sha bo’lishi mumkin. Chunki sikka birdir. Ham olmalarni ijod qilgan kim bo’lsa, butun dunyoda madori rizq bo’lgan hububot va samarotni yaratgan yana udir. Demak, eng kichik juz'iy bir zihayotga eng juz'iy bir ne'matni bergan to’g’ridan-to’g’ri koinotning Xoliqidir va Razzoqi Zuljaloldir. Shunday ekan shukr va hamd to’g’ridan to’g’ri unga oiddir. Shunday ekan haqiqati koinot doimo haq lisoni bilan deydi:
لَهُ الْحَمْدُ مِنْ كُلِّ اَحَدٍ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ
OLTINCHI KALIMA:
يُحْي۪ى Ya'ni: Hayot bergan yolg’iz udir. Shunday ekan, hamma narsaning Xoliqi ham yolg’iz udir. Chunki koinotning ruhi, nuri, mag’zi, asosi, natijasi, xulosasi hayotdir. Hayotni bergan kim bo’lsa, butun koinotning Xoliqi ham udir. Hayotni bergan albatta udir, Hayyi Qayyumdir.
Shu martaba-i tavhidning burhoni a'zamiga shunday ishorat qilamizki: -Boshqa bir So’zda izoh va isbot qilingani kabi- zamin yuzining sahrosida chodirlari qurilgan g’oyat muhtasham zihayotlar qo’shinini ko’ramiz. Ha, Hayyi Qayyumning hadsiz qo’shinlaridan har bahor mavsumida yangi qurol ostiga olingan, g’aybdan kelgan yangi bir qo’shin maydonga chiqishini ko’ramiz. Shu qo’shinga qaraymizki: Nabotot toifalaridan ikki yuz mingdan ziyoda va hayvonot millatlaridan yana yuz mingdan ortiq turli-tuman muxtalif qavmlar ko’ramiz. Har bir millatning, har bir toifaning ko’ylagi boshqa, arzoqi boshqa, ta'limoti boshqa, tarhisoti boshqa, qurollari boshqa, muddati askariyalari boshqa bo’lgani holda; bir qo’mondoni a'zam hadsiz qudrat va hikmati bilan va nihoyatsiz ilm va irodasi bilan, bitmas rahmati bilan, tuganmas xazinasi bilan, hech birini unutmasdan, adashmasdan, chalkashtirmasdan, kechiktirmasdan.. boshqa-boshqa butun o’sha uch yuz mingdan ziyoda millatlarni va toifalarni kamoli intizom bilan, tamomi mezon bilan, vaqti-vaqtida boshqa-boshqa arzoqlarini, boshqa-boshqa ko’ylaklarini, boshqa-boshqa qurollarini berib, boshqa-boshqa ta'limot qildirib, boshqa-boshqa tarhisot etganini ko’zi bo’lgan bilmushohada ko’radi va qalbi bo’lgan biaynalyaqiyn tasdiq qiladi.
Xullas hech mumkinmiki: Shu ihyo va idoraga va shu tarbiya va ioshaga; qo’shinni butun shuunoti bilan qamragan bepoyon ilmning va u qo’shinni butun lavozimoti bilan idora qilgan bir qudrati mutlaqaning sohibidan boshqasi qo’shila olsin, mudohala eta olsin, unda hissasi bo’lsin? Yuz minglab marta xosho!..
Ma'lumdirki: Bir harbiy qismda o’n millat bo’lsa, boshqa-boshqa tajhiz etishi o’n harbiy qism qadar qiyin bo’lganidan; ojiz insonlar, istar-istamas bir tarzda tajhizga majbur bo’lishgan. Holbuki Hayyi Qayyum shu muhtasham qo’shini ichida uch yuz mingdan ziyoda millatlarga boshqa-boshqa tajhizoti hayotiyani beradi. Ham zahmatsiz, mushkulotsiz, oson bir tarzda, yengil bir shaklda, g’oyat hakimona va intizom-parvarona beradi. Va ulkan qo’shinga birgina lison bilan هُوَ الَّذ۪ى يُحْي۪ى ayttirib; koinot masjidida u jamoati uzmoga اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ لَا تَاْخُذُهُ سِنَةٌ وَ لَانَوْمٌ الخ o’qitadi...
YETTINCHI KALIMA:
وَ يُم۪يتُ Ya'ni: Mavtni bergan Udir. Ya'ni: Hayotni bergan u bo’lgani kabi; hayotni olgan, mavtni bergan ham yana udir. Ha, mavt yolg’iz taxrib va so’nish emaski, sabablarga berilsin, tabiatga havola qilinsin. Balki qanday qilib bir danak zohiran o’lib chiriydi, faqat botinan bir sunbulning hayotiga va rivojlanishiga.. ya'ni juz'iy danaklik hayotidan kulliy nihol hayotiga o’tadi. Shunga o’xshab, mavt ham zohiran bir inhilol va bir intifo ko’ringani holda, haqiqatda inson uchun hayoti boqiyaga unvon va muqaddima va mabda bo’ladi. Shunday ekan, hayotni bergan va idora qilgan Qodiri Mutlaq, yana albatta mavtni ham u ijod qiladi. Shu kalimadagi martaba-i uzmo-i tavhidning bir burhoni a'zamiga shunday ishorat qilamizki: O’ttiz Uchinchi Maktubning Yigirma To’rtinchi Derazasida bayon qilingani kabi: Shu mavjudot iroda-i Ilohiya bilan sayyoladir. Shu koinot amri Rabboniy bilan sayyoradir. Shu maxluqot, izni Ilohiy bilan, zamon daryosida mutamodiyan oqadi.. olami g’aybdan yuboriladi, olami shahodatda vujudi zohiriy kiydiriladi, so’ngra olami g’aybga muntazaman yog’adi, tushadi. Va amri Rabboniy bilan, mutamodiyan istiqboldan kelib, holga duchor bo’lib tanaffus etadi, moziyga to’kiladi.
Bu maxluqotning shu sayaloni g’oyat hakimona rahmat va ehson doirasida; va shu sayaroni g’oyat olimona hikmat va intizom doirasida; va shu jarayoni g’oyat Rahimona shafqat va mezon doirasida boshdan oxiriga qadar hikmatlar bilan, foydalar bilan, natijalar bilan va g’oyalar bilan qilinyapti. Demak, bir Qodiri Zuljalol, bir Hakimi Zulkamol mutamodiyan tavoifi mavjudotni va har toifa ichidagi juz'iyotni va o’sha toifalardan tashkil topgan olamlarni qudrati bilan hayot berib tavzif etadi. So’ngra hikmati bilan tarhis etib, mavtga mazhar etadi; olami g’aybga yuboradi. Doira-i qudratdan doira-i ilmga o’giradi. Demak, hech mumkinmi: Shu koinotni hay'ati majmuasi bilan aylantirishga muqtadir bo’lmagan va butun zamonlarga hukmi o’tmagan va olamlarni hayotga va mavtga bir fard kabi mazhar qilishga qudrati yetmagan va bahorlarni bir gul kabi hayot berib, yer yuziga taqib, so’ngra mavt bilan undan qo’porib ololmagan bir zot; mavt va imotaga sohib chiqa olsin? Ha, eng juz'iy bir zihayotning mavti ham hayoti kabi butun haqoiqi hayot va anvo'i mavt qo’lida bo’lgan bir Zoti Zuljalolning qonuni bilan, izni bilan, amri bilan, quvvati bilan, ilmi bilan bo’lmog’i zaruriydir.
SAKKIZINCHI KALIMA:
وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ Ya'ni: Hayoti doimiydir, azaliy va abadiydir. Mavt va fano, adam va zavol unga ariz bo’lolmaydi. Chunki hayot unga zotiydir. Zotiy bo’lgan zoil bo’lolmaydi. Ha, azaliy bo’lgan albatta abadiydir. Qadim bo’lgan, albatta boqiydir. Vojib-ul Vujud bo’lgan, albatta sarmadiydir. Ha, bir hayotki, butun vujud butun anvori bilan uning soyasidir. Qanday qilib adam unga ariz bo’lishi mumkin? Ha, bir hayotki, vojib bir vujud uning lozimi va unvonidir; albatta adam va fano hech bir jihat bilan unga ariz bo’lolmaydi. Ha, bir hayotki; butun hayotlar mutamodiyan uning jilvasi bilan zuhurga keladi va butun haqoiqi sobita-i koinot unga istinod etadi, u bilan qoimdir; albatta hech bir jihat bilan fano va zavol unga ariz bo’lolmaydi. Ha, bir hayotki; uning bir lam'a-i jilvasi ma'ruzi fano va zavol bo’lgan ashyoyi kasiraga bir vahdat berib baqoga mazhar qiladi va tarqalishdan qutqaradi va vujudini muhofaza qiladi va bir navi baqoga mazhar qiladi. Ya'ni, hayot; kasratga bir vahdat beradi, ibqo etadi. Hayot ketsa; tarqaladi, fanoga ketadi. Albatta, unday hadsiz lamaati hayotiya bir jilvasi bo’lgan hayoti vojibaga zavol va fano yaqinlasholmaydi. Bu haqiqatga shohidi qat'iy, koinotning zavol va fanosidir. Ya'ni, mavjudot vujudlari bilan, hayotlari bilan qandayki u Hayyi Loyamutning hayotiga va u hayotning vujubi vujudiga dalolat va shahodat qiladilar;
{(Hoshiya) Hazrat Ibrohim Alayhissalomning Namrudga qarshi imota va ihyoda Quyoshning chiqish va botishiga intiqoli, juz'iy imota va ihyodan kulliy imota va ihyoga intiqoldir va bir taraqqiydir. U dalilning eng porloq va eng keng doirasini ko’rsatishdir. Bo’lmasa bir qism ahli tafsirning aytganlari kabi, xofiy dalilni tashlab, zohir dalilga chiqish emas.}
shunga o’xshab: Mavtlari bilan, zavollari bilan u hayotning baqosiga, sarmadiyatiga dalolat va shahodat qiladilar. Chunki mavjudot zavolga ketgandan keyin, ularning orqasidan yana o’zlari kabi hayotga mazhar bo’lib o’rinlariga kelganlar ko’rsatadiki; doimiy bir zihayot borki, mutamodiyan jilva-i hayotni yangilaydi. Qandayki Quyoshga qarab oqqan bir daryoning yuzida pufakchalar porlab ketadi. Kelganlar ayni porlashni ko’rsatib, toifa-toifa orqama orqa porlab so’nib ketadi. Bu so’nish, porlash vaziyati bilan; yuksak, doimiy bir Quyoshning davomiga dalolat qiladilar. Shunga o’xshab, shu mavjudoti sayyoradagi hayot va mavtning almashinishlari va munovabalari bir Hayyi Boqiyning baqo va davomiga shahodat qiladilar.
Ha, bu mavjudot oynalar hisoblanadi. Faqat zulmat nurga oyna bo’lgani kabi, ham qorong’ilik qay daraja shiddatli bo’lsa, shu daraja nurning porlashini ko’rsatgani kabi, ko’p jihatlardan ziddiyat nuqtasida oynadorlik qilishadi. Masalan: Qandayki mavjudot ojizligi bilan qudrati Sone'ga oynadorlik qiladi, faqirligi bilan g’inosiga oynador bo’ladi. Shunga o’xshab, fanosi bilan baqosiga oynadorlik qiladi. Ha, zaminning yuzi va yuzidagi ashjarning qishdagi vaziyati faqironalari va bahorda nurli sarvat va g’inolari g’oyat qat'iy bir suratda bir Qodiri Mutlaq va G’aniyyi Alal-itloqning qudrat va rahmatiga oynadorlik qiladi. Ha, butun mavjudot go’yo lisoni hol bilan, Vaysal Qaroniy kabi shunday munojot qiladilar, deydilarki:
"Ey Ilohimiz! Robbimiz sensan! Chunki biz abdmiz. Nafsimizning tarbiyasidan ojizmiz. Demak, bizni tarbiya qilgan sensan!..
Ham Xoliq sensan! Chunki biz maxluqmiz, yaratilyapmiz.
Ham Razzoq sensan! Chunki biz rizqqa muhtojmiz, qo’limiz yetishmaydi. Demak, bizni yaratgan va rizqimizni bergan sensan.
Ham Molik sensan! Chunki biz mamlukmiz. Bizdan boshqasi bizda tasarruf qilyapti. Demak, molikimiz sensan.
Ham sen Azizsan, izzat va azamat sohibisan! Biz zillatimizga qaraymiz, ustimizda bir izzat jilvalari bor. Demak, sening izzatingning oynasimiz.
Ham G’aniyyi Mutlaq sensan! Chunki biz faqirmiz. Faqirligimizning qo’liga yetishmagan bir g’ino berilyapti. Demak, g’aniy sensan, bergan sensan.
Ham sen Hayyi Boqiysan! Chunki biz o’lyapmiz. O’lishimizda va tirilishimizda bir doimiy hayot beruvchi jilvasini ko’ryapmiz.
Ham sen Boqiysan! Chunki biz fano va zavolimizda sening davom va baqongni ko’ryapmiz. Ham javob bergan, atiyya bergan sensan! Chunki biz umum mavjudot, qoliy va holiy tillarimiz bilan doimiy baqirib istaymiz, niyoz etib yolvoramiz. Orzularimiz amalga oshyapti, maqsudlarimiz berilyapti. Demak, bizga javob bergan sensan. Va hokazo..."
Butun mavjudotning kulliy va juz'iy har birisi bittadan Vaysal Qaroniy kabi, munojoti ma'naviya suratida bir oynadorliklari bor. Ojizlik va faqirlik va qusurlari bilan qudrat va kamoli Ilohiyni e'lon qiladilar.
TO’QQIZINCHI KALIMA:
بِيَدِهِ الْخَيْرُ Ya'ni: Butun xayrot uning qo’lida, butun hasanot uning daftarida, butun ehsonot uning xazinasidadir. Shunday ekan, xayr istagan undan istashi kerak, yaxshilik orzu qilgan unga yolvorishi kerak... Bu kalimaning haqiqatini qat'iy bir suratda ko’rsatish uchun ilmi Ilohiyning hadsiz dalillaridan bir keng dalilning alomatlariga va lam'alariga shunday ishorat qilamiz va deymizki:
Shu koinotda ko’ringan af'ol bilan tasarruf qilib ijod qilgan Sone'ning bepoyon ilmi bor. Va u ilm uning zotining xossa-i lozima-i zaruriyasidir, infikoki maholdir. Qandayki Quyoshning zoti bo’lsayu ziyosi bo’lmasligi mumkin emas; shuning kabi minglab daraja undan ziyoda mumkin emasdirki, bu muntazam mavjudotni ijod qilgan zotning ilmi undan infikok etsin. Shu bepoyon ilm u zotga lozim bo’lgani kabi, taalluq jihatidan hamma narsaga ham lozim. Ya'ni, hech narsa undan yashirinishi mumkin emas. Pardasiz, Quyoshga qarshi zamin yuzidagi ashyo Quyoshni ko’rsatmasligi mumkin bo’lmagani kabi: u Alimi Zuljalolning nuri ilmiga qarshi ashyoning yashirinishi yana ming daraja mumkin emas, maholdir. Chunki huzur bor. Ya'ni, hamma narsa doira-i nazaridadir va muqobildir va doira-i shuhudidadir va hamma narsaga nufuzi bor. Shu jomid Quyosh, shu ojiz inson, shu shuursiz rentgen shuasi kabi zinurlar; hodis, noqis va ariziy bo’lganlari holda, ularning nurlari muqobilidagi hamma narsani ko’rib nufuz etsalar; albatta vojib va qamrovli va zotiy bo’lgan nuri ilmi azaliydan hech bir narsa yashirinolmaydi va xorijida qololmaydi. Shu haqiqatga ishorat qilgan koinotning son-sanoqsiz alomatlari, oyatlari bor. Jumladan:
Butun mavjudotda ko’ringan butun hikmatlar o’sha ilmga ishorat qiladi. Chunki hikmat bilan ish qilish ilm bilan bo’ladi. Ham butun inoyatlar, tazyinotlar o’sha ilmga ishorat qiladi. Inoyatkorona, lutfkorona ish qilgan; albatta biladi va bilib qiladi. Ham har biri bittadan mezon ichidagi butun intizomli mavjudot va har biri bittadan intizom ichidagi butun mezonli va o’lchovli hay'at, yana u bepoyon ilmga ishorat qiladi. Chunki intizom bilan ish qilish ilm bilan bo’ladi. O’lchov bilan, tarozi bilan san'atkorona qilgan; albatta quvvatli bir ilmga istinodan qiladi. Ham butun mavjudotda ko’ringan muntazam miqdorlar, hikmat va foydalarga ko’ra bichilgan shakllar, bir qazoning dasturi bilan va qadarning pargari bilan tanzim etilgan kabi mevador vaziyatlar va hay'atlar bir bepoyon ilmni ko’rsatadi.
Ha, ashyoga boshqa-boshqa muntazam suratlar berish, hamma narsaning masolihi hayotiyasiga va vujudiga loyiq maxsus bir shakl berish bir bepoyon ilm bilan bo’ladi, boshqa suratda bo’lolmaydi.
Ham butun zihayotga, har birisiga loyiq bir tarzda, munosib vaqtda, kutmagan yerida rizqlarini berish bir bepoyon ilm bilan bo’ladi. Chunki rizqni yuborgan; rizqqa muhtoj bo’lganlarni biladi, taniydi, vaqtini biladi, ehtiyojini idrok etadi, so’ngra rizqini loyiq tarzda bera oladi.
Ham umum zihayotning, ibhom unvoni ostida bir qonuni taayyunga bog’liq ajallari, o’limlari bir bepoyon ilmni ko’rsatadi. Chunki har bir toifaning, garchi fardlarning zohiran muayyan bir vaqti ajallari ko’rinmaydi, faqat u toifaning ikki had o’rtasida mahdud zamonda ajallari muayyandir. U ajal hangomida, u narsaning orqasida vazifasini idoma etadigan natijasining, mevasining, urug’ining muhofazasi va bir yangi hayotga inqilob ettirishi; yana u bepoyon ilmni ko’rsatadi.
Ham butun mavjudotni qurshagan, har bir mavjudga loyiq bir suratda rahmatning taltifoti; bir rahmati vase'a ichida bir bepoyon ilmni ko’rsatadi. Chunki masalan zihayotning atfollarini sut bilan iosha etgan va zaminning suvga muhtoj nabototiga yomg’ir bilan yordam bergan; albatta atfolni taniydi, ehtiyojlarini biladi va o’sha nabototni ko’radi va yomg’irning ularga kerakliligini anglaydi, so’ngra yuboradi va hokazo... Butun hikmatli, inoyatli rahmatining hadsiz jilvalari; bir bepoyon ilmni ko’rsatadi.
Ham butun ashyoning san'atidagi ihtimomot va san'atkorona tasvirot va mohirona tazyinot bir bepoyon ilmni ko’rsatadi. Chunki minglab vaziyati muhtamala ichida muntazam va muzayyan, san'atli va hikmatli bir vaziyatni intihob etish chuqur bir ilm bilan bo’ladi. Butun ashyodagi shu tarzi intihobot bir bepoyon ilmni ko’rsatadi.
Ham ijod va ibdo-i ashyoda kamoli suhulat bir ilmi akmalga dalolat qiladi. Chunki bir ishda osonlik va bir vaziyatda suhulat, daraja-i ilm va mahorat bilan mutanosibdir. Naqadar ziyoda bilsa, shu daraja oson qiladi.
Shu sirga binoan, har biri bittadan mo’'jiza-i san'at bo’lgan mavjudotga qaraymizki, hayratnamo bir darajada suhulat bilan, osonlik bilan, zahmatsiz, shovqinsiz, qisqa bir vaqtda, faqat mo’'jiznamo bir suratda ijod qilinadi. Demak, hadsiz bir ilm borki, hadsiz suhulat bilan qilinadi va hokazo... Mazkur nishonlar kabi minglab alomati sodiqa borki, shu koinotda tasarruf qilgan zotning qamrovli bir ilmi bor. Va hamma narsani butun shuunoti bilan biladi, keyin qiladi. Modomiki bu koinot sohibining bunday bir ilmi bor, albatta insonlarni va insonlarning amallarini ko’radi va insonlar nimaga loyiq va haqdor bo’lganlarini biladi, hikmat va rahmatning muqtazosiga ko’ra ular bilan muomala qiladi va qilajak.
Ey inson! Esingni yig’, diqqat qil! Qanday bir zot seni biladi va qaraydi, bil va o’zingga kel!..
Agar deyilsa:Yolg’iz ilm kifoya emas, iroda ham lozim. Iroda bo’lmasa, ilm kifoya qilmaydi?
Aljavob:Butun mavjudot qandayki bir bepoyon ilmga dalolat va shahodat qiladi. Shunga o’xshab: U bepoyon ilm sohibining iroda-i kulliyasiga ham dalolat qiladi. Shundayki: Har bir narsaga, xususan har bir zihayotga juda ko’p mushavvash ehtimolot ichida muayyan bir ehtimol bilan va juda ko’p natijasiz yo’llar ichida natijali bir yo’l bilan va juda ko’p imkonot ichida mutaraddid ekan, g’oyat muntazam bir tashaxxus berilishi; hadsiz jihatlar bilan bir iroda-i kulliyani ko’rsatadi. Chunki hamma narsaning vujudini qamragan hadsiz imkonot va ehtimolot ichida va samarasiz, natijasiz yo’llarda va aralash va yaknasoq sel kabi mezonsiz oqqan jomid unsurlardan g’oyat hassos bir o’lchov bilan, nozik bir tarozi bilan va g’oyat nozik bir intizom bilan, nozanin bir nizom bilan berilgan mavzun shakl va muntazam tashaxxus; bizzarura va bilbedaho, balki bilmushohada bir iroda-i kulliyaning asari ekanini ko’rsatadi. Chunki hadsiz vaziyatlar ichida bir vaziyatni intihob etish; bir taxsis, bir tarjih, bir qasd va bir iroda bilan bo’ladi va a'md va orzu bilan taxsis etiladi. Albatta taxsis bir muxassisni iqtizo etadi. Tarjih bir murajjihni istaydi. Muxassis va murajjih esa irodadir. Masalan: Inson kabi yuzlab muxtalif jihozlar va asboblarning uskunasi hukmida bo’lgan bir vujudning bir qatra suvdan.. va yuzlab muxtalif a'zosi bo’lgan bir qushning oddiy bir tuxumdan.. va yuzlab muxtalif qismlarga ayrilgan bir daraxtning oddiy bir urug’dan ijodlari; qudrat va ilmga shahodat qilganlari kabi, g’oyat qat'iy va zaruriy tarzda ularning Sone'ida bir iroda-i kulliyaga dalolat qiladilarki, u iroda bilan u narsaning hamma narsasini taxsis etadi va u iroda bilan har juziga, har a'zosiga, har qismiga boshqa, xos bir shakl beradi, bir vaziyat kiydiradi.
Alhosil:Ashyoda, masalan hayvonotdagi ahamiyatli a'zoning, asosot va natoij e'tibori bilan bir-birlariga o’xshashlari va tavofuqlari va bitta sikka-i vahdat izhor etishlari, qanday qat'iy bo’lib dalolat qiladiki; umum hayvonotning Sone'i birdir, Vohiddir, Ahaddir. Shuning kabi: U hayvonotning boshqa-boshqa tashaxxuslari va siymolaridagi boshqa-boshqa hikmatli taayyun va tamayyuzlari dalolat qiladiki; ularning Sone'-i Vohidi foili muxtordir va irodalidir; istaganini qiladi, istamaganini qilmaydi; qasd va iroda bilan ishlaydi. Modomiki ilmi Ilohiyga va iroda-i Rabboniyga mavjudot adadicha, balki mavjudotning shuunoti adadicha dalolat va shahodat bordir. Albatta bir qism faylasuflarning iroda-i Ilohiyani rad va bir qism ahli bid'atning qadarni inkor va bir qism ahli zalolatning juz'iyotda adami ittilo'ini da'vo qilishlari va tabiiyyunning bir qism mavjudotni tabiat va sabablarga isnod etishlari; mavjudot adadicha muzaaf bir yolg’onchilikdir va mavjudotning shuunoti adadicha muzaaf bir zalolat devonaligidir. Chunki hadsiz shahodati sodiqani takzib etgan hadsiz bir yolg’onchilik qilgan bo’ladi.
Mashiati Ilohiya bilan vujudga kelgan ishlarda; "Inshaalloh, Inshaalloh" o’rnida, bilib turib "tabiiy tabiiy" deyish naqadar xato va muxolifi haqiqat bo’lganini qiyos qil...
O’NINCHI KALIMA:
وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ
Ya'ni: Hech bir narsa unga og’ir kelolmaydi. Doira-i imkonda naqadar ashyo bor, u ashyoga g’oyat oson vujud kiydira oladi. Va shu daraja unga oson va yengildirki: اِنَّمَٓا اَمْرُهُٓ اِذَٓا اَرَادَ شَيْئًا الخ sirri bilan, go’yo yolg’iz amr qiladi, qilinadi. Qandayki g’oyat mohir bir san'atkor; juda ham oson shaklda, qo’lini ishga tekkizar-tekkizmas, uskuna kabi ishlaydi. Va u tezlik va mahoratni ifoda uchun aytiladiki: U ish va san'at unga shu qadar musahharki; go’yo amri bilan, tegilishi bilan ishlar bo’ladi; san'atlar vujudga keladi. Shunga o’xshab: Qodiri Zuljalolning qudratiga qarshi ashyoning nihoyat darajada musahhariyat va itoatiga va u qudratning nihoyat darajada zahmatsiz va suhulat bilan ish qilganiga ishoratan,
اِنَّمَٓا اَمْرُهُٓ اِذَٓا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ
farmon qiladi. Shu haqiqati uzmoning hadsiz asroridan besh sirrini besh nuktada bayon qilamiz:
Birinchisi:Qudrati Ilohiyaga nisbatan eng katta narsa eng kichik narsa qadar osondir. Bir navning umum afrodi bilan ijodi bir fard qadar zahmatsiz va yengildir. Jannatni yaratish bir bahor qadar osondir. Bir bahorni ijod qilish bir gul qadar yengildir. Shu sirni izoh va isbot qilgan hashrga doir O’ninchi So’zning oxirida, ham maloika va baqo-i ruh va hashrga doir Yigirma To’qqizinchi So’zda hashr masalasida, Ikkinchi Asosning bayonida zikr qilingan "nuroniyat sirri", "shaffofiyat sirri", "muqobala sirri", "muvozana sirri", "intizom sirri", "itoat sirri"da olti tamsil bilan isbot qilinib ko’rsatilganki: Qudrati Ilohiyaga nisbatan yulduzlar zarralar kabi oson; hadsiz afrod bir fard qadar zahmatsiz va yengilgina ijod qilinadi. Modomiki u ikki So’zda bu olti sir isbot qilingan, ularga havola qilib bu yerda tugatamiz.
Ikkinchisi:Qudrati Ilohiyaga nisbatan hamma narsa teng bo’lganiga dalili qat'iy va burhoni sati' shuki: Hayvonot va nabototning ijodida, ko’zimiz bilan ko’ryapmiz, hadsiz bir saxovat va kasrat ichida nihoyat darajada bir itqon, bir husni san'at mavjud. Ham nihoyat darajada chalkashlik va ixtilot ichida nihoyat darajada bir imtiyoz va tafriq ko’rinyapti. Ham nihoyat darajada mabzuliyat va vus'at ichida nihoyat darajada san'at jihatidan qiymatdorlik va xilqat jihatidan go’zallik mavjud. Ham nihoyat darajada san'atkorona bir suratda ko’p jihozotga va ko’p zamonga muhtoj bo’lish bilan barobar; g’oyat darajada suhulat bilan va tezlik bilan ijod qilinadi. Xuddi birdan va hechdan o’sha mo’'jizoti san'at vujudga keladi.
Xullas, bilmushohada har mavsumda ro’yi zaminda ko’rganimiz bu faoliyati qudrat qat'iyan dalolat qiladiki: Shu af'olning manbai bo’lgan qudratga nisbatan eng katta narsa eng kichik narsa qadar osondir va hadsiz afrodning ijodi va idoralari bir fard qadar yengilgina ijod va idora qilinadi.
Uchinchisi:Shu koinotda shu ko’ringan tasarrufot va af'ol bilan hukm qilgan Sone'-i Qodirning qudratiga nisbatan eng katta kull eng kichik juz qadar osondir. Afrod jihatidan kasratli bir kulliyning ijodi birgina juz'iyning ijodi qadar yengildir. Va eng oddiy bir juz'iyda eng yuksak bir qiymati san'at ko’rsatilishi mumkin. Shu haqiqatning sirri hikmati uch manbadan chiqadi:
Avvalo:Imdodi vohidiyatdan.
Soniyan:Yusri vahdatdan.
Solisan:Tajalli-i ahadiyatdan.
Birinchi manba bo’lgan imdodi vohidiyat:Ya'ni, hamma narsa va butun ashyo birgina zotning mulki bo’lsa; u vaqt vohidiyat jihati bilan har bir narsaning orqasida butun ashyoning quvvatini yig’a oladi. Va butun ashyo birgina narsa kabi osongina idora qilinadi. Bu sirni shunday bir tamsil bilan fahmga yaqinlashtirish uchun aytamiz. Masalan, qandayki bir mamlakatning birgina podshohi bo’lsa, u podshoh u vahdati saltanat qonuni jihati bilan, har bir askarning orqasida bir qo’shin quvvati ma'naviyasini yig’a oladi.. va yig’a olgani uchun; u yagona askar bir shohni asir eta oladi va shohdan ustun podshohi nomiga hukm qila oladi. Ham u podshoh, vohidiyati saltanat sirri bilan, bir askarni va bir ma'murni istihdom va idora qilgani kabi, butun qo’shinni va butun ma'murlarini idora qila oladi. Go’yo vohidiyati saltanat sirri bilan harkasni, hamma narsani bir fardning imdodiga yubora oladi. Va har bir fardi butun afrod qadar bir quvvatga istinod eta oladi; ya'ni undan madad olib biladi. Agar u vohidiyati saltanat ipi yechilsa va tartibsizlikka aylansa; u vaqt har bir askar hadsiz bir quvvatni birdan yo’qotib, yuksak bir maqomi nufuzdan sukut etadi, oddiy bir odam maqomiga keladi. Va ularning idora va istihdomlari afrod adadicha mushkulot paydo qiladi. Aynan shuning kabi وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى bu koinotning Sone'i Vohid bo’lgani uchun; har bir narsaga qarshi butun ashyoga mutavajjih bo’lgan asmoni tahshid etadi. Va nihoyatsiz bir san'at bilan qiymatli bir suratda ijod qiladi. Kerak bo’lsa, butun ashyo bilan bitta narsaga qaraydi, qaratadi, madad beradi va quvvatli qiladi. Va butun ashyoni o’sha vohidiyat sirri bilan bitta narsa kabi ijod qiladi, tasarruf qiladi, idora qiladi.
Bu imdodi vohidiyat sirri bilan; shu koinotda nihoyat darajada mabzuliyat va arzonlik ichida nihoyat darajada san'at jihatidan va qiymat jihatidan yuksak va oliy bir vaziyat ko’rinadi.
Ikkinchi manba bo’lgan yusri vahdat:Ya'ni, birlik usuli bilan bir markazda, bir qo’ldan, bir qonun bilan bo’lgan ishlar g’oyat darajada oson bo’ladi. Mutaaddid markazlarga, mutaaddid qonunga, mutaaddid qo’llarga tarqalsa, mushkulot paydo qiladi. Masalan: Qandayki bir qo’shinning butun askarlarining bir markazdan, bir qonun bilan, bir qo’mondoni a'zam amri bilan asosoti tajhiziyalari qilinsa, birgina askar qadar oson bo’ladi. Agar boshqa-boshqa fabrikalarda, boshqa-boshqa markazlarda tajhizotlari qilinsa; bir qo’shinning tajhiziga lozim bo’lgan butun askariy fabrikalar bitta askarning tajhizoti uchun lozim bo’ladi. Demak, agar vahdatga istinod etilsa, bir qo’shin bir askar qadar oson bo’ladi. Agar vahdat bo’lmasa, bir askar bir qo’shin qadar tajhizning asosoti jihatidan mushkulot paydo qiladi. Ham bir daraxtning mevalariga -vahdat nuqtasidan- bir markazga, bir qonunga, bir ildizga istinodan modda-i hayotiya berilsa, minglab mevalar birgina meva kabi oson bo’ladi. Agar har bir meva boshqa-boshqa markazga rabt etilsa va boshqa-boshqa yerdan mavaddi hayotiyalari yuborilsa, har bir meva butun daraxt qadar mushkulot paydo qiladi. Chunki butun daraxtga lozim bo’lgan mavaddi hayotiya har bir meva uchun lozimdir. Mana shu ikki tamsil kabi, وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى shu koinotning Sone'i Vohidi Ahad bo’lgani uchun, vahdat bilan ish qiladi va vahdat bilan ish qilgani uchun butun ashyo birgina narsa qadar oson bo’ladi. Ham birgina narsani san'at jihatidan butun ashyo qadar qiymatli qila oladi. Va hadsiz afrodni g’oyat qiymatli suratda ijod qilib; shu ko’ringan hadsiz mabzuliyat va nihoyatsiz arzonlik lisoni bilan judi mutlaqini ko’rsatadi va hadsiz saxovatini va nihoyatsiz xalloqiyatini izhor qiladi.
Uchinchi manba bo’lgan tajalli-i ahadiyat:Ya'ni, Sone'-i Zuljalol jism va jismoniy bo’lmagani uchun, zamon va makon uni qayd ostiga ololmaydi. Va kavnu makon uning shuhudiga va huzuriga mudohala etolmaydi. Va vasoit va ajrom uning fe'liga parda tortolmaydi. Tavajjuhida tajazzi va inqisom bo’lmaydi. Bir narsa bir narsaga mone bo’lmaydi. Hadsiz af'olni bir fe'l kabi qiladi. Shuning uchun; bir urug’da ulkan bir daraxtni ma'nan joylashtirgani kabi, bir olamni birgina fardda joylashtira oladi. Butun olam birgina fard kabi dasti qudratida aylantiriladi. Bu sirni boshqa So’zlarda izoh qilganimiz kabi, aytamizki: Nuroniyat e'tibori bilan bir daraja qaydsiz bo’lgan Quyoshning timsoli har bir jiloli porloq narsada tamassul etadi. Minglab, millionlab oynalar nuriga muqobil kelsa, birgina oyna kabi inqisom etmasdan shaxsan har birida jilva-i misoliyasi bo’ladi. Agar oynaning iste'dodi bo’lsa, Quyosh azamati bilan unda asarlarini ko’rsata oladi. Bir narsa bir narsaga mone bo’lolmaydi. Minglab bir kabi va minglab yerga bir yer kabi oson kiradi. Har bir yer minglab yer qadar u quyoshning jilvasiga mazhar bo’ladi. Xullas وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى shu koinot Sone'-i Zuljalolining nur bo’lgan butun sifoti bilan va nuroniy bo’lgan butun asmosi bilan, tavajjuhi ahadiyat sirri bilan shunday bir tajalliysi borki; hech bir yerda bo’lmagani holda, har yerda hozir va nozirdir. Tavajjuhida inqisom yo’q. Ayni onda, har yerda, qiyinchiliksiz, muzohamasiz har ishni qiladi.
Bu imdodi vohidiyat va yusri vahdat va tajalli-i ahadiyat sirri bilanki; butun mavjudot bitta Sone'ga berilgan vaqt; u butun mavjudot birgina mavjud kabi oson va suhulatli bo’ladi. Va har bir mavjud husni san'at jihatidan butun mavjudot qadar qiymatli bo’lishi mumkin. Qandayki mavjudotning hadsiz mabzuliyati ichida har bir fardda hadsiz daqoiqi san'atning bo’lishi bu haqiqatni ko’rsatadi. Agar u mavjudot to’g’ridan-to’g’ri birgina Sone'ga berilmasa; u payt har bir mavjud butun mavjudot qadar mushkulotli bo’ladi va butun mavjudot birgina mavjud qiymatiga sukut etadi, tushadi. Bu vaziyatda hech narsa vujudga kelmaydi, kelsa ham qiymatsiz, yo’qqa chiqadi.
Shu sirdan: Ahli falsafaning eng ziyoda oldin ketganlari bo’lgan Sofistaiylar tariqi haqdan yuzlarini o’girganliklari uchun, kufr va zalolat tariqiga qaraganlar, ko’rganlarki: Shirk yo’li tariqi haqdan va tavhid yo’lidan yuz ming marta yanada mushkulotlidir, nihoyat darajada g’ayri ma'quldir. Shuning uchun, bilmajburiya hamma narsaning vujudini inkor qilib, aqldan iste'fo etganlar.
To’rtinchisi:Shu koinotda shu ko’ringan af'ol bilan tasarruf qilgan Zoti Qodirning qudratiga nisbatan Jannatning ijodi bir bahor qadar oson va bir bahorning ijodi bir gul qadar osondir. Va bir gulning mahosini san'ati va latoifi xilqati bir bahor qadar latofatli va qiymatli bo’lishi mumkin. Bu haqiqatning sirri uch narsadir:
Birinchisi:Sone'dagi vujub bilan tajarrud.
Ikkinchisi:Mohiyatining muboyanati bilan adami taqayyud.
Uchinchisi:Adami tahayyuz bilan adami tajazzidir.
Birinchi Sir:Vujub va tajarrudning hadsiz osonlikka va nihoyatsiz suhulatga sababiyat berishlari g’oyat chuqur bir sirdir. Uni bir tamsil bilan fahmga yaqinlashtiramiz. Shundayki:
Vujud martabalari muxtalifdir. Va vujud olamlari boshqa-boshqadir. Boshqa-boshqa bo’lganlari uchun, vujudda rusuxi bo’lgan bir tabaqa-i vujudning bir zarrasi u tabaqadan yanada yengil bir tabaqa-i vujudning bir tog’i qadardir va u tog’ni isti'ob etadi. Masalan: Olami shahodatdan bo’lgan boshdagi hantal qadar quvva-i hofiza olami ma'nodan bir kutubxona qadar vujudni ichiga oladi. Va olami xorijiydan bo’lgan tirnoq qadar bir oyna vujudning olami misol tabaqasidan ulkan bir shaharni ichiga oladi. Va olami xorijiydan bo’lgan o’sha oyna va o’sha hofizaning shuurlari va quvva-i ijodiyalari bo’lsaydi, zarrachalik vujudi xorijiylarining quvvati bilan vujudi ma'naviyda va misoliyda hadsiz tasarrufot va tahavvulot qila olardilar. Demak, vujud rusux paydo qilgan sari quvvat ziyodalashadi; oz bir narsa ko’p hukmiga o’tadi. Xususan vujud rusuxi tom qozongandan so’ng, moddadan mujarrad bo’lsa, qayd ostiga kirmasa; u vaqt juz'iy bir jilvasi boshqa yengil tabaqoti vujudning ko’p olamlarini aylantira oladi.
وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Shu koinotning Sone'-i Zuljaloli Vojib-ul Vujuddir. Ya'ni: Uning vujudi zotiydir, azaliydir, abadiydir, adami mumtani'dir, zavoli maholdir va tabaqoti vujudning eng rasixi, eng asoslisi, eng quvvatlisi, eng mukammalidir. Boshqa tabaqoti vujud uning vujudiga nisbatan g’oyat zaif bir soya hukmidadir. Va shu daraja Vujudi Vojib rasix va haqiqatli va vujudi mumkinot shu daraja yengil va zaifki; Muhyiddin Arabiy kabi ko’p ahli tahqiq boshqa tabaqoti vujudni avhom va xayol darajasiga tushirishgan; لَا مَوْجُودَ اِلَّا هُوَ deyishgan. Ya'ni: Vujudi Vojibga nisbatan boshqa narsalarga vujud deyilmasligi kerak; ular vujud unvoniga loyiq emas deb hukm qilishgan.
Vojib-ul Vujudning ham vojib, ham zotiy bo’lgan qudratiga qarshi mavjudotning ham hodis, ham ariziy vujudlari va mumkinotning ham qarorsiz, ham quvvatsiz subutlari; albatta nihoyat darajada oson va yengil bo’ladi. Butun ruhlarni hashri a'zamda ihyo etib muhokama etish; bir bahorda, balki bir bog’da, balki bir daraxtda hashr va nashr qilgan yaproq va gul va mevalar qadar osondir.
Ikkinchi Sir:Muboyanati mohiyat va adami taqayyudning osonlikka sababiyati esa shuki: Sone'-i Koinot albatta koinot jinsidan emasdir. Mohiyati hech bir mohiyatga o’xshamaydi. Shunday ekan: Koinot doirasidagi monelar, chegaralar uning qarshisiga o’tolmaydi; uning ijrootini chegaralay olmaydi. Butun koinotni birdan tasarruf etib aylantira oladi. Agar koinot yuzida ko’ringan tasarrufot va af'ol koinotga havola qilinsa, shu qadar mushkulot va chalkashlikka sababiyat beradiki; hech bir intizom qolmagani kabi, hech narsa vujudda qolmaydi; balki vujudga kelolmaydi. Masalan: Qandayki gumbazlardagi ustalik san'ati o’sha gumbazdagi toshlarga havola qilinsa va bir harbiy qismning zobitga oid idorasi askarlarga qoldirilsa; yo hech vujudga kelmaydi va yoki juda mushkulot va chalkashlik ichida intizomsiz bir vaziyat oladilar. Holbuki gumbazlardagi toshlarga vaziyat berish uchun tosh navidan bo’lmagan bir ustaga berilsa va harbiy qismdagi askarlarning idorasi martaba e'tibori bilan zobitlik mohiyatiga sohib bo’lgan bir zobitga havola qilinsa; ham san'at oson bo’ladi, ham tadbir va idora suhulatli bo’ladi. Chunki toshlar va askarlar bir-biriga mone bo’ladilar; usta va zobit esa, monesiz har nuqtaga qaraydi, idora qiladi.
وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Vojib-ul Vujudning mohiyati qudsiyasi mohiyati mumkinot jinsidan emas. Balki butun haqoiqi koinot u mohiyatning asmo-i husnasidan bo’lgan Haq ismining shualaridir. Modomiki mohiyati muqaddasasi ham Vojib-ul Vujuddir, ham moddadan mujarraddir, ham butun mohiyatga muxolifdir; misli, misoli, masili yo’qdir. Albatta u Zoti Zuljalolning u qudrati azaliyasiga nisbatan butun koinotning idorasi va tarbiyasi; bir bahor, balki bir daraxt qadar osondir. Hashri a'zam va dori oxirat, Jannat va Jahannamning ijodi; bir kuz mavsumida o’lgan daraxtlarning yangidan bir bahorda ihyolari qadar osondir.
Uchinchi Sir:Adami tahayyuz va adami tajazzining nihoyat darajada bo’lgan osonlikka sababiyat berishlarining sirri esa shuki: Modomiki Sone'-i Qodir makondan munazzahdir, albatta qudrati bilan har makonda hozir sanaladi. Va modomiki tajazzi va inqisom yo’q ekan albatta har narsaga butun asmosi bilan mutavajjih bo’lishi mumkin. Va modomiki hamma yerda hozir va har narsaga mutavajjih bo’ladi.. Shunday ekan mavjudot va vasoit va ajrom uning af'oliga to’sqinlik qilmaydi, ta'viq etmaydi, balki umuman luzum yo’q. Farazan luzum bo’lsa, elektrning simlari kabi va daraxtning shoxlari kabi va insonning tomirlari kabi; ashyo vasila-i tasxilot va vosita-i vusuli hayot va sababi sur'ati af'ol hukmiga o’tadi. Ta'viq, taqyid, man va mudohala shunday tursin; balki tasxil va tasri' va isolga vasila hukmiga o’tadi. Demak, Qodiri Zuljalolning tasarrufoti qudratiga hamma narsa itoat va inqiyod jihatidan -ehtiyoj yo’q- agar ehtiyoj bo’lsa, osonlikka vasila bo’ladi.
Alhosil:Sone'-i Qodir qiyinchiliksiz, muolajasiz, tezlik bilan, suhulat bilan hamma narsani o’ziga loyiq suratda yaratadi. Kulliyotni juz'iyot qadar oson ijod qiladi. Juz'iyotni kulliyot qadar san'atli yaratadi. Ha, kulliyotni va samovotni va arzni yaratgan kim bo’lsa, samovot va arzda bo’lgan juz'iyotni va afrodi zihayotiyani yaratgan albatta yana udir va undan boshqasi bo’lolmaydi. Chunki u kichik juz'iyot; u kulliyotning mevalari, urug’lari, misoli musag’g’arlaridir. Ham juz'iyotni ijod qilgan kim bo’lsa, juz'iyotni qamragan unsurlarni va samovot va arzni ham u yaratgan. Chunki ko’ryapmizki; juz'iyot kulliyotga nisbatan bittadan urug’, bittadan kichik nusxa hukmidadir. Shunday ekan u juz'iylarni yaratgan zotning qo’lida anosiri kulliya va samovot va arz bo’lishi kerak. Toki, hikmatining dasturlari bilan va ilmining mezonlari bilan u kulliy va barcha mavjudotning xulosalarini, ma'nolarini, namunalarini u kichkina misoli musag’g’arlar hukmida bo’lgan juz'iyotda joylashtira olsin. Ha, ajoyibi san'at va g’aroyibi xilqat nuqtasida juz'iyot kulliyotdan orqada emas; gullar yulduzlardan past emas; urug’lar daraxtlarning madunida emas; balki urug’dagi naqshi qadar bo’lgan ma'naviy daraxt bog’dagi najsi qudrat bo’lgan mujassam daraxtdan yanada ajibdir. Va xilqati insoniya xilqati olamdan yanada ajibdir. Qandayki bir javhari fard ustida efir zarroti bilan bir Qur'oni hikmat yozilsa, samovot yuzidagi yulduzlar bilan yozilgan bir Qur'oni azamatdan qiymat jihatidan yanada ahamiyatli bo’lishi mumkin. Shunga o’xshab; juda kichik juz'iyotlar bor, mo’'jizoti san'at jihatidan kulliyotdan ustundir.
Beshinchisi:Sobiq bayonotimizda, ijodi maxluqotda ko’ringan hadsiz osonlik g’oyat darajada tezlik, nihoyatsiz sur'ati af'ol, nihoyatsiz suhulat bilan ijodi ashyoning sirlarini, hikmatlarini bir daraja ko’rsatdik. Bu nihoyatsiz tezlik va hadsiz suhulat bilan vujudi ashyo ahli hidoyatga shunday qat'iy bir qanoat beradiki: Maxluqotni ijod qilgan zotning qudratiga nisbatan; Jannatlar bahorlar qadar, bahorlar bog’lar qadar, bog’lar gullar qadar oson bo’ladi.
مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ
sirri bilan, navi basharning hashr va nashri, birgina nafsning imota va ihyosi kabi suhulatlidir.
اِنْ كَانَتْ اِلَّا صَيْحَةً وَاحِدَةً فَاِذَاهُمْ جَم۪يعٌ لَدَيْنَا مُحْضَرُونَ
tasrihi bilan, butun insonlarni hashrda ihyo etish; istirohat uchun tarqalgan qo’shinni bir karnay ovozi bilan to’plash qadar osondir.
Bu hadsiz tezlik va nihoyatsiz suhulat, bilbedaho qudrati Sone'ning kamoliga va hamma narsa unga nisbatan oson ekaniga dalili qat'iy va burhoni yaqiyniy bo’lgani holda; ahli zalolatning nazarida Sone'ning qudrati bilan ashyoning tashkili va ijodi vujub darajasida suhulatlidir. Ming daraja mahol bo’lgan -o’zidan o’zi tashakkul bilan iltibosga sabab bo’lgan. Ya'ni, ba'zi oddiy narsalarning vujudga kelishlarini juda oson ko’rganlari uchun, ularning tashkilini tashakkul tavahhum etadilar. Ya'ni, ijod qilinmaydilar, balki o’zidan o’zi vujud topadilar. Xullas kel, ahmoqlikning nihoyatsiz darajalariga qaraki; nihoyatsiz bir qudratning dalilini uning yo’qligiga dalil qiladi; nihoyatsiz maholot eshigini ochadi. Chunki u holda Sone'-i Olamga lozim bo’lgan nihoyatsiz qudrat va bepoyon ilm kabi avsofi kamol har maxluqning har zarrasiga berilishi lozim bo’ladi, toki o’zidan o’zi tashakkul eta olsin.
O’N BIRINCHI KALIMA:
وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ Ya'ni: Dori foniydan dori boqiyga qaytiladi va Qadimi Boqiyning maqarri saltanati abadiysiga ketiladi va sababning kasratidan Vohidi Zuljalolning doira-i qudratiga ketiladi, dunyodan oxiratga o’tiladi. Marji'ingiz uning dargohidir, maljaingiz uning rahmatidir va hokazo...
Shu kalimaning bular kabi ifoda qilgan juda ko’p haqiqatlari bor. Shu haqiqatlarning ichida saodati abadiya bilan Jannatga qaytishingizni ifoda qilgan haqiqat esa: O’ninchi So’zning o’n ikki burhoni qat'iyi yaqiyniyi bilan va Yigirma To’qqizinchi So’zning juda ko’p daloili qat'iyani tazammun etgan olti asosi bilan shu daraja qat'iy isbot qilinganki, boshqa bayonga hojat qoldirmaydi. Botgan quyoshning ertasi tong yangidan chiqishi qat'iyatida u ikki So’z isbot qilganlarki: Shu dunyoning ma'naviy quyoshi bo’lgan hayot ham, xarobi dunyo bilan botishidan so’ngra hashrning tongida boqiy bir suratda chiqadi. Va jin va insning bir qismi saodati abadiyaga va bir qismi ham shaqovati abadiyaga mazhar bo’ladi. Modomiki O’ninchi va Yigirma To’qqizinchi So’zlar bu haqiqatni kamoli bilan isbot qilganlar, so’zni ularga havola qilib faqat aytamizki: Sobiq bayonotda qat'iy isbot qilingani kabi: Nihoyatsiz bepoyon ilm va hadsiz bir iroda-i kulliya va nihoyatsiz bir qudrati mutlaqa sohibi bo’lgan shu koinotning Sone'-i Hakimi va shu insonlarning Xoliqi Rahimi butun samoviy kitoblari va farmonlari bilan Jannatni va saodati abadiyani navi basharning ahli imoniga va'da bergan. Modomiki va'da bergan, albatta qiladi. Chunki va'dasida xulf etish unga maholdir. Chunki va'dasini ifo etmaslik g’oyat xunuk bir nuqson hisoblanadi. Komili Mutlaq nuqsondan munazzah va muqaddasdir. Va'da berganini qilmaslik, yo johilligidan yoki ojizligidan bo’ladi. Holbuki Qodiri Mutlaq va Alimi Kulli Shay haqida johillik va ojizlik mahol bo’lganidan, xulfi va'd ham maholdir. Ham boshda Faxri Olam Alayhissalotu Vassalam bo’lib butun anbiyo va avliyo va asfiyo va ahli iymon mutamodiyan u Rahimi Karimdan va'da bergan saodati abadiyani umid qilib yolvoradilar va niyoz etib istaydilar. Ham butun asmo-i husna bilan birga istaydilar. Chunki boshda shafqati va rahmati, adolati va hikmati va Rahmon va Rahim, Odil va Hakim ismlari va rububiyati va saltanati va Rob va Alloh ismlari kabi aksar asmo-i husnasi doira-i oxiratni va saodati abadiyani iqtizo va istilzom etadilar va tahaqquqiga shahodat va dalolat qiladilar. Balki -O’ninchi So’zda isbot qilingani kabi- butun mavjudot butun haqoiqi bilan dori oxiratga ishorat qiladilar. Ham farmoni a'zam bo’lgan Qur'oni Hakim minglab oyot va bayyinoti bilan va barohini sodiqa-i qat'iyasi bilan o’sha haqiqatni ko’rsatadi va ta'lim beradi. Va navi basharning mabihil iftixori Habibi Akram minglab mo’'jizoti bahiraga istinod etib butun hayotida, butun quvvati bilan o’sha haqiqatni dars bergan, isbot qilgan, e'lon qilgan, ko’rgan va ko’rsatgan.
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ وَ بَارِكْ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ بِعَدَدِ اَنْفَاسِ اَهْلِ الْجَنَّةِ فِى الْجَنَّةِ وَ احْشُرْنَا وَ نَاشِرَهُ وَ رُفَقَائَهُ وَ صَاحِبَهُ سَع۪يدًا وَ وَالِد۪ينَا وَ اِخْوَانَنَا وَ اَخَوَاتِنَا تَحْتَ لِوَائِه۪ وَارْزُقْنَا شَفَاعَتَهُ وَ اَدْخِلْنَا الْجَنَّةَ مَعَ اٰلِه۪ وَ اَصْحَابِه۪ بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا ٭ رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً اِنَّكَ اَنْتَ الْوَهَّابُ
رَبِّ اشْرَحْ ل۪ى صَدْر۪ى ٭ وَيَسِّرْ ل۪ٓى اَمْر۪ى ٭ وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَان۪ى ٭ يَفْقَهُوا قَوْل۪ى
رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا اِنَّكَ اَنْتَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ ٭ وَ تُبْ عَلَيْنَا اِنَّكَ اَنْتَ التَّوَّابُ الرَّح۪يمُ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
* * *
Yigirmanchi Maktubning O’ninchi Kalimasiga Zayl
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلَا بِذِكْرِ اللّٰهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ ٭ ضَرَبَ اللّٰهُ مَثَلًا رَجُلًا ف۪يهِ شُرَكَٓاءُ مُتَشَاكِسُونَ
Savol:Sen ko’p yerlarda: "Vahdatda nihoyat darajada osonlik bor; kasratda va shirkda nihoyat mushkulot bo’ladi. Vahdatda vujub darajasida bir suhulat bor; shirkda imtino' darajasida bir suubat bor", deysan. Holbuki ko’rsatganing mushkulot va maholot vahdat tarafida ham jarayon etadi. Masalan: "Agar zarralar ma'mur bo’lmasalar; har bir zarrada yo bir bepoyon ilm yoki bir qudrati mutlaqa yoki hadsiz ma'naviy uskunalar, matbaalar bo’lishi lozim bo’ladi. Bu esa yuz daraja maholdir. Holbuki u zarralar ma'muri Ilohiy ham bo’lsalar, yana shunday bir mazhariyat lozim bo’ladi.. toki hadsiz muntazam vazifalarini qila olsinlar. Buning yechimini istayman", deysan.
Aljavob:Ko’p So’zdarda izoh va isbot qilganmizki: Butun mavjudot birgina Sone'ga berilsa, birgina mavjud kabi oson va suhulatli bo’ladi. Agar mutaaddid sabablarga va tabiatga isnod etilsa; birgina chivin samovot qadar; bir gul bir bahor qadar; bir meva bir bog’ qadar mushkulotli va suubatli bo’ladi. Modomiki shu masala boshqa So’zlarda izoh va isbot qilingan; ularga havola qilib, shu yerda yolg’iz uch ishorat bilan u haqiqatga qarshi nafsning itminonini ta'min qiladigan uch tamsil bayon qilamiz:
Birinchi Tamsil:Masalan shaffof, porloq bir zarracha, shaxsan bir o’zi qolsa, bir gugurt boshi qadar bir nur ichida yerlashmaydi va unga masdar bo’lolmaydi. O’z jussasi qadar va mohiyati miqdoricha bil-asila juz'iy zarra kabi bir nuri bo’lishi mumkin. Faqat u zarracha Quyoshga intisob etib, unga qarshi ko’zini ochib qarasa; u vaqt u ulkan Quyoshni ziyosi bilan, alvoni sab'asi bilan, harorati bilan, hatto masofasi bilan ichiga olib biladi va bir navi tajalli-i a'zamiga mazhar bo’ladi. Demak, u zarra o’z-o’ziga qolsa, bir zarra qadar faqat ish qila oladi. Agar Quyoshga ma'mur va mansub va mir'at sanalsa; Quyosh kabi Quyoshning ijrootidagi bir qism juz'iy namunalarini ko’rsata oladi.
وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Har bir mavjud, hatto har bir zarra, agar kasratga va shirkka va sabablarga va tabiatga va o’z-o’ziga isnod etilsa; u vaqt har bir zarra, har bir mavjud yo bir bepoyon ilm va qudrati mutlaqa sohibi bo’lishi kerak va yoki hadsiz ma'naviy uskuna va matbaalar ichida tashakkul etishi kerak; toki unga tavdi' etilgan ajib vazifalarni qila olsin. Agar u zarralar Vohidi Ahadga isnod etilsa; har bir masnu', har bir zarra unga mansub bo’ladi, uning ma'muri hukmiga o’tadi. Shu intisob uni tajalliyga mazhar qiladi. Bu mazhariyat va intisob bilan nihoyatsiz bir ilm va qudratga istinod etadi. Xoliqining quvvati bilan millionlab marta quvvati zotiysidan ortiq ishlarni, vazifalarni o’sha intisob va istinod sirri bilan qiladi.
Ikkinchi Tamsil:Masalan: Ikki qardosh bor. Biri jasur, o’ziga ishonadi. Boshqasi hamiyatli, milliyat-parvardir. Bir muhoraba zamonida o’ziga ishongan odam davlatga intisob etmaydi, bir o’zi ish qilishni istaydi. O’z quvvatining manbalarini belida tashishga majbur bo’ladi. Tajhizotini, o’q-dorilarini o’z quvvatiga ko’ra tortishga muztardir. U shaxsiy va kichik quvvat miqdoricha, dushman qo’shinining bir o’n boshisi bilan faqat mujodala etadi; ortiq bir narsa qo’lidan kelmaydi. Boshqa qardosh o’ziga ishonmaydi va o’zini ojiz, quvvatsiz deb biladi.. podshohga intisob etdi, askarlikka qayd etildi. U intisob bilan ulkan bir qo’shin unga nuqta-i istinod bo’ldi. Va u istinod bilan orqasida podshohning himmati bilan bir qo’shinning ma'naviy quvvatini tahshid eta oladigan bir quvva-i ma'naviya bilan urushga otildi. Nihoyat dushmanning mag’lub qo’shini ichidagi shohning katta bir mushiriga uchradi; o’z podshohi nomidan "Seni asir qilaman, kel!", deydi. Asir qiladi, keltiradi. Shu holning sirri va hikmati shuki:
Avvalgi bebosh o’z manba-i quvvatini va tajhizotini o’zi tashishga majbur bo’lgani uchun, g’oyat juz'iy ish qila oldi. Shu ma'mur esa; o’z quvvatining manbaini tashishga majbur emas, balki uni qo’shin va podshoh tashiydi. Mavjud telegraf va telefon simiga uskunasini kichik bir sim bilan rabt etish kabi, shu odam bu intisob bilan o’zini u hadsiz quvvatga rabt etadi.
Xullas, وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى agar har maxluq, har zarra to’g’ridan-to’g’riga Vohidi Ahadga isnod etilsa va ular unga intisob etsalar; u vaqt u intisob quvvati bilan va sayyidining havli bilan, amri bilan chumoli Fir'avnning saroyini boshiga yiqitadi, ostin-ustun qiladi.. chivin Namrudni o’ldirib Jahannamga otadi.. bir mikrob eng jabbor bir zolimni qabrga tiqadi.. bug’doy donasi qadar qarag’ay urug’i bir tog’ kabi bir qarag’ay daraxtining dastgohi va uskunasi hukmiga o’tadi.. havoning zarrasi butun gullarning, mevalarning boshqa-boshqa ishlarida, tashkil topishlarida muntazaman, go’zal ravishda ishlay oladi. Butun bu osonlik, bilbedaho ma'muriyat va intisobdan kelib chiqadi. Agar ish beboshlikka aylansa, sabablarga va kasratga va o’zlari-o’zlariga qoldirilib shirk yo’lida ketilsa, u vaqt hamma narsa jussasi qadar va shuuri miqdoricha ish qila oladi.
Uchinchi Tamsil:Masalan ikki o’rtoq bor. Hech ko’rmagan bir mamlakatning ahvoliga doir statistikalik bir navi jo’g’rofiya yozishni istaydilar.
Birisi o’sha mamlakatning podshohiga intisob etib, telegraf va telefon doirasiga kiradi. O’n tangalik bir sim bilan o’z telefon uskunasini davlatning simiga rabt etadi. Har yer bilan ko’rishadi, muxobara etadi, ma'lumot oladi. G’oyat muntazam va mukammal jo’g’rofiya statistikasiga oid san'atkorona bir asar yaratadi.
Ikkinchi o’rtoq esa, yo ellik yil mutamodiyan kezadi va mushkulot bilan har yerni ko’rib har hodisani eshitadi va yoki millionlab lirani sarf qilib, davlatning sim va telefon uzatmalari qadar va podshoh kabi telegraf sohibi bo’ladi. Toki avvalgi o’rtog’i kabi u mukammal asarni yasasin. Shuning kabi: وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰىagar hadsiz ashyo va maxluqot Vohidi Ahadga berilsa, u vaqt u irtibot bilan hamma narsa bittadan mazhar bo’ladi. U Shamsi Azaliyning tajalliysiga mazhariyat bilan qavonini hikmatiga va dasotiri ilmiyasiga va navomisi qudratiga irtibot paydo qiladi. O’shanda havl va quvvati Ilohiya bilan hamma narsani ko’radigan bir ko’zi va har yerga qaraydigan bir yuzi va har ishga o’tadigan bir so’zi hukmida bir jilva-i Rabboniyaga mazhar bo’ladi. Agar u intisob kesilsa; u narsa butun ashyodan ham inqito' etadi, jussasi qadar bir kichiklikka sig’ishadi. U holda bir uluhiyati mutlaqa sohibi bo’lishi kerakki, avvalgi vaziyatda qilgan ishlarini qila olsin.
Alhosil:Vahdat va iymon yo’lida vujub darajasida bir suhulat va osonlik bor. Shirk va sabablarda imtino' darajasida mushkulot va suubat bor. Chunki bir vohid qiyinchiliksiz ko’p ashyoga bir vaziyat beradi va bir natijani istihsol etadi. Agar u vaziyatni olish va u natijani istihsol etish u ko’p sonli ashyoga havola qilinsa; u vaqt juda ko’p qiyinchilik bilan va juda ko’p harakatlar bilan zo’rg’a u vaziyat olinadi va u natija istihsol etiladi. Masalan, Uchinchi Maktubda aytilgani kabi: Samovot maydonida, Shams va Qamar qo’mondonligi ostida yulduzlar qo’shinini harakatga keltirish bilan, har kecha va har yil dabdabali tasbehkorona bir sayaron va jarayon berish ma’nosida bo’lgan jozibador, sevimli vaziyati samoviya va mavsumlarning almashinishi kabi katta foydalarning vujud topishi ma’nosida bo’lgan u ulviy, hikmatli natija-i Arziya, agar vahdatga berilsa; u Sultoni Azal osonlik bilan Kura-i Arz kabi bir askarni u vaziyat va u natija uchun ajromi ulviyaga qo’mondon tayin qiladi. U vaqt Arz, amr olgandan so’ng, ma'muriyat nash'asidan mavlaviy kabi zikr etib aylanishni boshlaydi; oz bir masraf bilan u go’zal vaziyat hosil bo’ladi, u muhim natija vujud topadi. Agar Arzga "Sen to’xta, qo’shilma!" deyilsa; va o’sha natija va vaziyatning istihsoli ham samovotga havola qilinsa; va vahdatdan kasratga va shirkka ketilsa; har kun va har yil minglab daraja Kura-i Arzdan katta bo’lgan millionlar adadicha yulduzlar harakat qilishi, milliardlab yil masofani yigirma to’rt soatda va bir yilda bosib o’tish lozim bo’ladi.
Natija-i Marom:Qur'on va ahli iymon hadsiz masnu'otni bir Sone'-i Vohidga beradi. To’g’ridan-to’g’ri har ishni unga isnod etadi. Vujub darajasida suhulatli bir yo’lda ketadi, savq etadi. Va ahli shirk va tug’yon bir masnu'i vohidni hadsiz sabablarga isnod etib, imtino' darajasida suubatli bir yo’lda ketadi. Shu holda Qur'on yo’lida butun masnu'ot bilan zalolat yo’lida bir masnu'i vohid barobardirlar. Hatto balki butun ashyoning vohiddan suduri bir vohidning hadsiz ashyodan suduridan ko’p daraja asxal va osondir. Qandayki bir zobit ming askarning tadbirini bir askar kabi oson qiladi va bir askarning tadbiri ming zobitga havola qilinsa, ming askar qadar mushkulotli bo’ladi, chalkashlikka sababiyat beradi.
Bu haqiqatni shu oyati azima ahli shirkning boshiga uradi, tarqatadi:
ضَرَبَ اللّٰهُ مَثَلًا رَجُلًا ف۪يهِ شُرَكَٓاءُ مُتَشَاكِسُونَ وَرَجُلًا سَلَمًا لِرَجُلٍ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ بَلْ اَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ بِعَدَدِ ذَرَّاتِ الْكَائِنَاتِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ وَالْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
اَللّٰهُمَّ يَا اَحَدُ يَا وَاحِدُ يَا صَمَدُ يَا مَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ يَا مَنْ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ وَ يَا مَنْ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ يَا مَنْ بِيَدِهِ الْخَيْرُ يَا مَنْ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ يَا مَنْ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ بِحَقِّ اَسْرَارِ هٰذِهِ الْكَلِمَاتِ اِجْعَلْ نَاشِرَ هٰذِهِ الرِّسَالَةِ وَ رُفَقَائَهُ وَ صَاحِبَهَا سَع۪يدًا مِنَ الْمُوَحِّد۪ينَ الْكَامِل۪ينَ وَ مِنَ الصِّدّ۪يق۪ينَ الْمُحَقِّق۪ينَ وَ مِنَ الْمُؤْمِن۪ينَ الْمُتَّق۪ينَ اٰم۪ينَ
اَللّٰهُمَّ بِحَقِّ سِرِّ اَحَدِيَّتِكَ اِجْعَلْ نَاشِرَ هٰذَا الْكِتَابِ نَاشِرًا لِاَسْرَارِ التَّوْح۪يدِ وَ قَلْبَهُ مَظْهَرًا لِاَنْوَارِ الْا۪يمَانِ وَ لِسَانَهُ نَاطِقًا بِحَقَائِقِ الْقُرْاٰنِ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
YIGIRMA BIRINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَٓا اَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَٓا اُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلًا كَر۪يمًا ٭ وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُلْ رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَان۪ى صَغ۪يرًا ٭ رَبُّكُمْ اَعْلَمُ بِمَا ف۪ى نُفُوسِكُمْ اِنْ تَكُونُوا صَالِح۪ينَ فَاِنَّهُ كَانَ لِلْاَوَّاب۪ينَ غَفُورًا
Ey uyida keksa volida va yoki padari va yoki qarindoshlaridan va yoki iymon qardoshlaridan bir a'mal-manda va yoki ojiz, a'lil kishisi bo’lgan g’ofil! Shu oyati karimaga diqqat et, qara: Qandayki bir oyatda besh tabaqa ayri-ayri suratda keksa volidaynga shafqatni qaratadi. Ha, dunyoda eng yuksak haqiqat, padar va volidalarning avlodlariga qarshi shafqatlaridir. Va eng oliy huquq ham, ularning u shafqatlariga muqobil hurmat haqlaridir. Chunki ular hayotlarini kamoli lazzat bilan avlodlarining hayoti uchun fido qilib sarflaydilar. Shunday ekan, insoniyati sukut etmagan va jonivorga inqilob etmagan har bir farzand; u muhtaram, sodiq, fidokor do’stlarga xolisona hurmat va samimona xizmat va rizolarini tahsil va qalblarini xushnud qilmog’i kerakdir. Amaki va amma, padar hukmidadir; xola va tog’a, ona hukmidadir.
Xullas, shu muborak keksalarning vujudlarini istisqol etib o’limlarini orzu qilish, naqadar vijdonsizlik va naqadar pastkashlik ekanini bil, o’zingga kel! Hayotini sening hayotingga fido qilgan insonning zavoli hayotini orzu qilish, naqadar xunuk bir zulm, bir vijdonsizlik ekanini angla!
Ey dardi maishat bilan mubtalo bo’lgan inson! Bilki, uyingdagi baraka ustuni va rahmat vasilasi va musibat dafi'asi, o’sha sen istisqol etgan keksa yoki ko’r qarindoshingdir. Aslo: "Maishatim tor, idora qilolmayapman", dema! Chunki ular tufayli kelgan baraka bo’lmasa edi, albatta sening ziyqi maishating yanada ziyoda bo’lardi. Buning haqiqat ekaniga menga ishon. Buning ko’p qat'iy dalillarini bilaman, seni ham ishontira olaman. Faqat uzun ketmaslik uchun, gapni cho’zmayman. Shu so’zimga qanoat qil. Qasam ichamanki, bu haqiqat g’oyat qat'iydir, hatto nafs va shaytonim ham bunga qarshi taslim bo’lishgan. Nafsimning qaysarligini sindirgan va shaytonimni jim qilgan bu haqiqat, senga qanoat berishi kerak. Ha, koinotning shahodati bilan, nihoyat darajada Rahmon, Rahim va Latif va Karim bo’lgan Xoliqi Zuljaloli val-ikrom, bolalarni dunyoga yuborgan vaqti, orqalaridan rizqlarini g’oyat latif bir suratda yuborib va ko’kraklar jo’mragidan og’izlariga oqitgani kabi; bola hukmiga kelgan va bolalardan yanada ziyoda marhamatga loyiq va shafqatga muhtoj bo’lgan keksalarning rizqlarini ham, baraka suratida yuboradi. Ularni ioshalarini tama'kor va baxil insonlarga yuklamaydi.
اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ ٭ وَكَاَيِّنْ مِنْ دَٓابَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللّٰهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ
oyatlari ifoda etgan haqiqatlarni, butun zihayotning anvo'i maxluqlari lisoni hol bilan baqirib, u haqiqati karimonani aytyaptilar. Hatto yolg’iz keksa qarindoshlar emas, balki insonlarga oshna qilib berilgan va rizqlari insonlarning rizqlari ichida yuborilgan mushuk kabi ba'zi maxluqlarning rizqlari ham, baraka suratida keladi. Buni tayid etgan va o’zim ko’rgan bir misol: Mening yaqin do’stlarim biladilarki; ikki-uch yil avval har kun yarimta non, -u qishloqning noni kichik edi- muayyan bir tayinim bor edi, ko’pincha menga kifoya qilmasdi. Bir kuni to’rtta mushuk menga musofir bo’lib keldilar. O’sha tayimin ham menga, ham ularga kifoya qildi. Ko’pincha ortib ham qolardi. Xullas, shu hol shu daraja takarrur etib menga qanoat berdiki, men mushuklarning barakasidan istifoda etyapman. Qat'iy bir suratda e'lon qilaman: Ular menga yuk emas; ham ular mendan emas, men ulardan minnat olardim.
Ey inson! Modomiki jonivor suratidagi bir hayvon, insonlarning xonasiga musofir bo’lib kelgan vaqt barakaga mador bo’lyapti, unday bo’lsa maxluqotning eng mukarrami bo’lgan inson va insonlarning eng mukammali bo’lgan ahli iymon va ahli iymonning eng ziyoda hurmat va marhamatga shoyon ajaza, a'lil qariyalar va a'lil qarilarning ichida shafqat va xizmat va muhabbatga eng ziyoda loyiq va haqdor bo’lgan qarindoshlar va qarindoshlar ichida ham eng haqiqiy do’st va eng sodiq muhib bo’lgan padar va volida, bir uyda keksalik holida bo’lsa, qay daraja vasila-i baraka va vosita-i rahmat va لَوْلَا الشُّيُوخُ الرُّكَّعُ لَصُبَّ عَلَيْكُمُ الْبَلَاءُ صَبًّا sirri bilan, ya'ni: "Beli bukilgan keksalaringiz bo’lmaganda edi, balolar sel kabi ustingizga yog’ilardi". Qay daraja sababi daf'-i musibat ekanliklarini qiyos qil.
Xullas, ey inson! Esingni yig’ib ol. Agar sen o’lmasang, keksayasan. اَلْجَزَاءُ مِنْ جِنْسِ الْعَمَلِ sirri bilan, sen volidaynigni hurmat qilmasang, sening avloding ham seni hurmat qilmaydi. Agar oxiratingni sevsang, mana senga muhim bir dafina; ularga xizmat qil, rizolarini ol. Agar dunyoni sevsang ham, yana ularni mamnun qilginki, ular tufayli hayoting rohatli va rizqing barakali bo’lsin. Bo’lmasa ularni istisqol etish, o’limlarini tamanniy etish va ularning nozik va sari'ut taassur qalblarini ranjida qilib خَسِرَ الدُّنْيَا وَ الْاٰخِرَةَ sirriga mazhar bo’lasan. Agar rahmati Rahmonni xohlasang, Rahmonning vadi'alariga va uyingdagi omonatlariga rahmat et.
Oxirat qardoshlarimdan Mustafo Chovush ismli bir zot bor edi. Dinida, dunyosida muvaffaqiyatli ko’rardim. Sirrini bilmasdim. So’ngra angladimki, muvaffaqiyatning sababi: U zot, keksa padar va volidalarining haqlarini anglagan va u huquqqa to’liq rioya qilgan va ular tufayli rohat va rahmat topgan ekan. Inshaalloh oxiratini ham ta'mir etgan. Baxtiyor bo’lishni istagan unga o’xshashi kerak.
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلٰى مَنْ قَالَ (اَلْجَنَّةُ تَحْتَ اَقْدَامِ الْاُمَّهَاتِ) وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Bu Maktub ikki mabhasdir. Birinchi Mabhas ahli iymonni uxuvvatga va muhabbatga da'vat qiladi.)
Birinchi Mabhas
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ اِخْوَةٌ فَاَصْلِحُوا بَيْنَ اَخَوَيْكُمْ ٭ اِدْفَعْ بِالَّت۪ى هِىَ اَحْسَنُ فَاِذَا الَّذ۪ى بَيْنَكَ وَبَيْنَهُ عَدَاوَةٌ كَاَنَّهُ وَلِىٌّ حَم۪يمٌ ٭ وَالْكَاظِم۪ينَ الْغَيْظَ وَالْعَاف۪ينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّٰهُ يُحِبُّ الْمُحْسِن۪ينَ
Mo’'minlarda nifoq va shiqoq, kin va adovatga sababiyat bergan tarafgirlik va qaysarlik va hasad; haqiqat va hikmat jihatidan va insoniyati kubro bo’lgan Islomiyat jihatidan va hayoti shaxsiya jihatidan va hayoti ijtimoiya va hayoti ma'naviya jihatidan xunuk va marduddir, muzir va zulmdir va hayoti bashariya uchun zahardir. Shu haqiqatning g’oyat ko’p vujuhidan olti vajhini bayon qilamiz:
BIRINCHI VAJH:Haqiqat nazarida zulmdir.
Ey mo’'minga kin va adovat his qilgan insofsiz odam! Qandayki sen bir kemada yoki bir uyda bo’lsang, sen bilan birga to’qqiz ma'sum va bir jinoyatchi bor. U kemani g’arq va u xonani ihroq etishga uringan bir odamning qay daraja zulm etganini bilasan. Va zolimligini samovotga eshittiradigan darajada baqirasan. Hatto bitta ma'sum va to’qqizta jinoyatchi bo’lsa; yana u kema hech bir qonuni adolat bilan cho’ktirilmaydi.
Xuddi shuning kabi: Sen, bir xona-i Rabboniya va bir safina-i Ilohiya bo’lgan mo’'minning vujudida iymon va islomiyat va qo’shnilik singari to’qqiz emas, balki yigirmata sifoti ma'suma bor ekan; senga zararli bo’lgan va sen yoqtirmagan bir jinoyatchi sifati tufayligina unga kin va adovat bog’lash bilan, u xona-i ma'naviya-i vujudning ma'nan g’arq va ihroqiga, taxrib va cho’kishiga tashabbus yoki orzu qilishing, u kabi shani' va g’addor bir zulmdir.
IKKINCHI VAJH.Hikmat nazarida ham zulmdir. Zero ma'lumki: Adovat va muhabbat, nur va zulmat kabi ziddir. Ikkovi ma'no-i haqiqiysida birga jam bo’lolmaydi.
Agar muhabbat, o’z sabablarining rujhoniyatiga ko’ra bir qalbda haqiqiy bo’lsa, u vaqt adovat majoziy bo’ladi; achinish suratiga inqilob etadi. Ha, mo’'min qardoshini sevadi va sevishi kerak. Yomonligi uchun faqatgina achinadi. Tahakkum bilan emas, balki lutf bilan isloh qilishga harakat qiladi. Shuning uchun nassi hadis bilan: "Uch kundan ortiq mo’'min mo’'mindan xafa bo’lib qat'i muqolama etmaydi".
Agar adovat sabablari g’olib kelib, adovat haqiqati bilan bir qalbda bo’lsa; u vaqt muhabbat majoziy bo’ladi, tasannu' va tamalluk suratiga kiradi.
Ey insofsiz odam! Endi qara: Mo’'min qardoshingga kin va adovat naqadar zulmdir. Qandayki oddiy kichik toshlarni Ka'badan ham ahamiyatli va Jabali Uhuddanda katta desang, xunuk bir aqlsizlik qilasan. Aynan shuning kabi: Ka'ba hurmatida bo’lgan iymon va Jabali Uhud azamatida bo’lgan Islomiyat kabi ko’p avsofi islomiya; muhabbatni va ittifoqni istagani holda, mo’'minga qarshi adovatga sababiyat bergan va oddiy toshlar hukmida bo’lgan ba'zi qusurotni, iymon va islomiyatdan ustun tutish, shu daraja insofsizlik va aqlsizlik va juda katta bir zulm bo’lishini, aqling bo’lsa, anglaysan!..
Ha, tavhidi iymoniy, albatta tavhidi qulubni istaydi. Va vahdati e'tiqod ham, vahdati ijtimoiyani iqtizo etadi. Ha, sen bir odam bilan birga bir harbiy qismda birga bo’lsang, u odamga do’stona bir robita bog’laysan; va bir qo’mondonning amri ostida barobar bo’lganingizdan birodarona bir aloqa talaqqiy etasan. Va bir mamlakatda birga bo’lish bilan uxuvvatkorona bir munosabat his qilasan. Holbuki iymon bergan nur va shuur bilan va senga ko’rsatgan va bildirgan asmo-i Ilohiya adadicha vahdat aloqalari va ittifoq robitalari va uxuvvat munosabatlari bor. Masalan: Har ikkovingizning Xoliqingiz bir, Molikingiz bir, Ma'budingiz bir, Roziqingiz bir...bir bir, mingga qadar bir bir. Ham Payg’ambaringiz bir, diningiz bir, qiblangiz bir.. bir bir, yuzga qadar bir bir. So’ngra qishlog’ingiz bir, davlatingiz bir, mamlakatingiz bir.. o’nga qadar bir bir. Bu qadar bir birlar vahdat va tavhidni, vifoq va ittifoqni, muhabbat va uxuvvatni iqtizo etgani va koinotni va kuralarni bir-biriga bog’laydigan ma'naviy zanjirlar bo’lganlari holda; shiqoq va nifoqqa, kin va adovatga sababiyat bergan o’rgimchak to’ri kabi ahamiyatsiz va sabotsiz narsalarni tarjih etib mo’'minga qarshi haqiqiy adovat etish va kin bog’lash; naqadar u robita-i vahdatga bir hurmatsizlik va u muhabbat sabablariga qarshi bir istixfof va u munosaboti uxuvvatga qarshi qay daraja bir zulm va i'tisof bo’lganini; qalbing o’lmagan bo’lsa, aqling so’nmagan bo’lsa, anglaysan!
UCHINCHI VAJH:Adolati mahzani ifoda etgan وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرٰى sirriga ko’ra; bir mo’'minda bo’lgan jinoyatchi bir sifat yuzidan boshqa ma'sum sifatlarini mahkum etish hukmida bo’lgan adovat va kin bog’lash, qay daraja hadsiz bir zulm ekanini va xususan bir mo’'minning yomon sifatidan xafa bo’lib arazlab, u mo’'minning qarindoshlariga adovatini tashmil etish, اِنَّ الْاِنْسَانَ لَظَلُومٌ siyg’a-i mubolag’asi bilan g’oyat azim bir zulm qilganini, haqiqat va shariat va hikmati Islomiya senga ixtor etgani holda; qanday o’zingni haqli deb topasan, "Mening haqqim bor" deysan?
Haqiqat nazarida sababi adovat va shar bo’lgan yomonliklar, shar va tuproq kabi kasifdir; boshqasiga siroyat va in'ikos etmasligi kerak. Boshqasi undan dars olib shar ishlasa, u boshqa masaladir. Muhabbatning sabablari bo’lgan yaxshiliklar, muhabbat kabi nurdir; siroyat va in'ikos etish, sha'nidir. Shuning uchun; "Do’stning do’sti do’stdir" so’zi zurubi amsol qatoriga o’tgandir. Ham shuning uchundirki; "Bir ko’z xotiri uchun ko’p ko’zlar seviladi" so’zi umumning lisonida kezadi.
Xullas, ey insofsiz odam! Haqiqat shunday ko’rgani holda, sen sevmagan bir odamning sevimli ma'sum bir qardoshiga va taalluqotiga adovat qilish; naqadar xilofi haqiqat ekanini haqiqatbin bo’lsang, anglaysan.
TO’RTINCHI VAJH:Hayoti shaxsiya nazarida ham zulmdir. Shu to’rtinchi vajhning asosi bo’lgan bir qancha dasturni tingla:
Birinchisi:Sen maslagingni va afkoringni haq deb bilgan vaqting; "Maslagim haq yoki yanada go’zal" deyishga haqqing bor. Lekin, haq faqat mening maslagim, deyishga haqqing yo’q.
وَعَيْنُ الرِّضَا عَنْ كُلِّ عَيْبٍ كَل۪يلَةٌ ٭ وَلٰكِنَّ عَيْنَ السُّخْطِ تُبْدِى الْمَسَاوِيَا
sirriga ko’ra, insofsiz nazaring va ishqiboz fikring hakam bo’lolmaydi. Boshqasining maslagini butlan bilan mahkum etolmaydi.
Ikkinchi Dastur:Sening ustingdagi haq: Har bir aytgan so’zing haq bo’lsin. Faqat har bir haqni aytishga sening haqqing yo’q. Har so’zing to’g’ri bo’lishi kerak. Lekin har to’g’rini aytish to’g’ri emas! Chunki sen kabi niyati xolis bo’lmagan odam, nasihati ba'zan jahlni chiqaradi, aks-ul amal qiladi.
Uchinchi Dastur:Adovat qilishni xohlasang, qalbingdagi adovatga qarshi adovat qil; uning raf'iga urin. Ham eng ziyoda senga zarar bergan nafsi ammorangga va havo-i nafsingga adovat qil, islohiga urin. U muzir nafsning xotiri uuchun, mo’'minlarga adovat qilma. Agar dushmanlik qilishni istasang; kofirlar, zindiqlar ko’pdir; ularga adovat qil. Ha, qandayki muhabbat sifati muhabbatga loyiqdir; shuning kabi adovat xislati, hamma narsadan avval o’zi adovatga loyiqdir. Agar xasmingni mag’lub etishni istasang, yomonligiga qarshi yaxshilik bilan muqobala et. Chunki agar yomonlik bilan muqobala etsang, xusumat tazoyud etadi. Zohiran mag’lub bo’lsa ham, qalbdan kin bog’laydi, adovati davom etadi. Agar yaxshilik bilan muqobala qilsang, nadomat qiladi; senga do’st bo’ladi.
اِذَا اَنْتَ اَكْرَمْتَ الْكَر۪يمَ مَلَكْتَهُ ٭ وَ اِنْ اَنْتَ اَكْرَمْتَ اللَّئ۪يمَ تَمَرَّدًا
hukmi bo’yicha; mo’'minning sha'ni, karim bo’lishdir. Sening ikroming bilan senga musahhar bo’ladi. Zohiran laim bo’lsa ham, iymon jihatidan karimdir. Ha, yomon bir odamga "Yaxshisan yaxshisan" desang, yaxshilanishi va yaxshi odamga "Yomonsan yomonsan" desang, yomonlashishi ko’p sodir bo’ladi. Shunday ekan
وَاِذَا مَرُّوا بِاللَّغْوِ مَرُّوا كِرَامًا ٭ وَاِنْ تَعْفُوا وَتَصْفَحُوا وَتَغْفِرُوا فَاِنَّ اللّٰهَ غَفُورٌ رَح۪يمٌ
kabi dasotiri qudsiya-i Qur'oniyaga quloq sol! Saodat va salomat undadir.
To’rtinchi Dastur:Ahli kin va adovat ham nafsiga, ham mo’'min qardoshiga, ham rahmati Ilohiyaga zulm qiladi, tajovuz qiladi. Chunki kin va adovat bilan nafsini azobi aliym ichiga tiqadi. Xasmiga kelgan ne'matlardan azobni va qo’rquvidan kelgan alamni nafsiga torttiradi, nafsiga zulm qiladi. Agar adovat hasaddan kelsa, u batamom azobdir. Chunki hasad avvalo hasidni ezadi, mahv etadi, yondiradi. Mahsud haqida zarari yo oz yoki yo’q.
Hasadning chorasi: Hasid odam hasad qilgan narsalarining oqibatini o’ylasin. Toki anglasinki; raqibida bo’lgan dunyoviy husn va quvvat va martaba va sarvat; foniy, muvaqqatdir. Foydasi oz, zahmati ko’p. Agar uxroviy maziyatlar bo’lsa, zotan ularda hasad bo’lolmaydi. Agar ularga ham hasad qilsa; yo o’zi riyokor, oxirat molini dunyoda mahv etishni istaydi yoxud mahsudni riyokor deb o’ylaydi, haqsizlik qiladi, zulm qiladi.
Ham unga kelgan musibatlardan mamnun va ne'matlardan mahzun bo’lib qadar va rahmati Ilohiyaga, qilgan yaxshiliklaridan achchiqlanadi. Xuddi qadarni tanqid va rahmatga e'tiroz qilgan bo’ladi. Qadarni tanqid qilgan boshini sandonga uradi, yoradi. Rahmatga e'tiroz etgan, rahmatdan mahrum qoladi.
Ajabo, bir kunlik adovatga arzimaydigan narsaga, bir yil kin va adovat bilan muqobala etishni qaysi insof qabul qiladi, buzilmagan qaysi vijdonga sig’adi? Holbuki mo’'min qardoshingdan senga kelgan yomonlikni, tamoman unga berib, uni mahkum etolmaysan. Chunki avvalo, qadarning unda bir hissasi bor. Uni chiqarib tashlab qadar va qazo hissasiga qarshi rizo bilan muqobala etish kerak. Soniyan, nafs va shaytonning hissasini ham ayirib, u odamga adovat emas, balki nafsiga mag’lub bo’lganidan achinish va nadomat etishini kutish. Solisan, sen o’z nafsingda ko’rmaganing yoki ko’rish istamaganing qusuringni ko’r; bir hissa ham unga ber. So’ngra qolgan kichik bir hissaga qarshi eng salomatli va eng tez xasmini mag’lub qiladigan avf va safh bilan va oliyjanoblik bilan muqobala etsang, zulmdan va zarardan xalos bo’lasan. Bo’lmasa sarxush va devona bo’lgan va shishalarni va muz parchalarini olmos narxida olgan zargar Yahudiy kabi, besh tiyinga arzimagan foniy, zoil, muvaqqat, ahamiyatsiz dunyoviy ishlarga; go’yo abadiy dunyoda qolib abadiy birga qoladiganday shadid bir hirs bilan va doimiy bir kin bilan mutamodiyan bir adovat bilan muqobala etish, siyg’a-i mubolag’a bilan bir zalumiyatdir yoki bir sarxushlikdir va bir navi devonalikdir.
Xullas, hayoti shaxsiya jihatidan bu daraja muzir bo’lgan adovatga va fikri intiqomga, -agar shaxsingni sevsang- yo’l bermaginki qalbingga kirsin. Agar qalbingga kirgan bo’lsa, uning so’zini tinglama. Haqiqatbin bo’lgan Hofiz Sheroziyni tingla:
دُنْيَا نَه مَتَاع۪يسْت۪ى كِه اَرْزَدْ بَنِزَاع۪ى
Ya'ni: "Dunyo bir mato' emaski, bir nizoga arzisin". Chunki foniy va o’tkinchi bo’lgani uchun, qiymatsizdir. Ulkan dunyo shunday bo’lsa, dunyoning juz'iy ishlari naqadar ahamiyatsiz bo’lganini tushunasan!.. Ham:
اٰسَايِشِ دُو گ۪يت۪ى تَفْس۪يرِ ا۪ينْ دُو حَرْفَسْتْ
بَادُوسِتَانْ مُرُوَّتْ بَادُشْمَنَانْ مُدَارَا
Ya'ni: "Ikki jahonning rohat va salomatini ikki harf tafsir etadi, qozontiradi: Do’stlariga muruvvatkorona muosharat va dushmanlariga sulhkorona muomala etishdir", degan.
Agar: "Ixtiyor mening qo’limda emas; fitratimda adovat bor. Ham jahlimni chiqarganlar, voz kecholmayman", desang.
Aljavob: Sui xulq va yomon xislat asari ko’rsatilmasa va g’iybat kabi narsalar bilan va muqtazosi bilan amal qilinmasa; qusurini ham anglasa, zarar bermaydi. Modomiki ixtiyor sening qo’lingda emas ekan, voz kecholmaysan. Sening ma'naviy bir nadomat, yashirin bir tavba va zimniy bir istig’for hukmida bo’lgan qusuringni bilishing va u xislatda haqsiz ekaningni tushunishing; uning sharridan seni qutqaradi. Zotan bu maktubning bu mabhasini yozdik, toki bu ma'naviy istig’forni ta'min etsin; haqsizlikni haq bilmasin, haqli xasmini haqsizlik bilan tashhir etmasin.
Joyi diqqat bir hodisa: Bir zamon bu g’arazkorona tarafgirlik natijasi sifatida ko’rdimki: Mutadayyin bir ahli ilm, fikri siyosiysiga muxolif bir olimi solihni, takfir darajasida tazyif etdi. Va o’z fikrida bo’lgan bir munofiqni, hurmatkorona madh etdi. Xullas, siyosatning bu yomon natijalaridan qo’rqdim, "A'uzu billahi minashshaytoni va-s siyosa" dedim, u zamondan beri hayoti siyosiyadan chekindim.
BESHINCHI VAJH:Hayoti ijtimoiya jihatidan, qaysarlik va tarafgirlik, g’oyat muzir ekanini bayon etadi. Agar deyilsa: Hadisda اِخْتِلَافُ اُمَّت۪ى رَحْمَةٌ deyilgan. Ixtilof esa, tarafgirlikni iqtizo qiladi. Ham tarafgirlik marazi; mazlum avomni zolim xoslarning sharridan qutqaradi. Chunki bir tumanning va bir qishloqning xoslari ittifoq etsalar, mazlum avomni ezadilar. Tarafgirlik bo’lsa, mazlum bir tarafga iltijo etadi, o’zini qutqaradi. Ham tasodumi afkordan va taxolufi uquldan haqiqat tamoman tazohur etadi.
Aljavob: Birinchi savolga deymizki: Hadisdagi ixtilof esa, musbat ixtilofdir. Ya'ni: Har biri o’z maslagining ta'mir va rivojiga harakat qiladi. Boshqasining taxrib va bekor qilinishiga emas, balki takmil va islohiga urinadi. Ammo manfiy ixtilof esaki: G’arazkorona, adovatkorona bir-birining taxribiga urinishdir; hadisning nazarida marduddir. Chunki bir-biri bilan urushganlar, musbat harakat qilolmaydilar.
Ikkinchi savolga deymizki: Tarafgirlik agar haq nomiga bo’lsa, haqlilarga malja bo’lishi mumkin. Faqat hozirgi kabi g’arazkorona, nafs hisobiga bo’lgan tarafgirlik, haqsizlarga maljadirki; ularga nuqta-i istinod tashkil etadi. Chunki g’arazkorona tarafgirlik qilgan bir odamga shayton kelsa, uning fikriga yordam berib tarafdorlik ko’rsatsa, u odam u shaytonga rahmat o’qiydi. Agar muqobil tarafga malak kabi bir odam kelsa, unga xosho la'nat o’qiydigan darajada bir haqsizlik ko’rsatadi.
Uchinchi savolga aytamizki: Haq nomiga, haqiqat hisobiga bo’lgan tasodumi afkor esa; maqsadda va asosda ittifoq bilan barobar, vasoilda ixtilof etadi. Haqiqatning har qirrasini izhor etib, haqqa va haqiqatga xizmat qiladi. Faqat tarafgirona va g’arazkorona, fir'avnlashgan nafsi ammora hisobiga xudfurushlik, shuhratparvarona bir tarzdagi tasodumi afkordan bariqa-i haqiqat emas, balki fitna otashlari chiqadi. Chunki maqsadda ittifoq lozim kelarkan, undaylarning afkorining Kura-i Arzda ham nuqta-i talaqqiysi topilmaydi. Haq nomiga bo’lmagani uchun, nihoyatsiz mufritona ketadi. Qobili iltiyom bo’lmagan inshiqoqlarga sababiyat beradi. Holi olam bunga shohiddir.
Alhosil:
اَلْحُبُّ لِلّٰهِ ٭ وَالْبُغْضُ فِى اللّٰهِ ٭ وَالْحُكْمُ لِلّٰهِ
bo’lgan dasotiri oliya dasturi harakat bo’lmasa, nifoq va shiqoq maydon oladi. Ha اَلْبُغْضُ فِى اللّٰهِ ٭ وَالْحُكْمُ لِلّٰهِ demasa, u dasturlarni nazarga olmasa, adolat etish istarkan, zulm qiladi.
Joyi ibrat bir hodisa: Bir vaqt Imom Ali Roziyallohu Anh bir kofirni yerga qulatgan. Qilichini olib o’ldirayotgan payti, u kofir unga tupurgan. U kofirni qo’yib yuborgan, o’ldirmagan. U kofir unga deganki: "Nima uchun meni o’ldirmading?" Dedi: "Seni Alloh uchun o’ldirmoqchi edim. Faqat menga tupurding, hiddatga keldim. Nafsimning hissasi qo’shilgani uchun ixlosim buzildi. Shuning uchun seni o’ldirmadim". U kofir: "Meni tezroq o’ldirishing uchun seni hiddatga keltirdim. Modomiki diningiz bu daraja sof va xolis, u din haqdir", dedi.
Ham madori diqqat bir voqea: Bir zamon bir hakam bir o’g’rining qo’lini kesgan vaqti asari hiddat ko’rsatgani uchun, unga diqqat qilgan odil amiri uni vazifadan bo’shatgan. Chunki shariat nomiga, qonuni Ilohiy hisobiga kessa edi, nafsi unga achinar edi. Va qalbi hiddat etmasdan, faqat marhamat ham qilmaydigan bir tarzda kesishi kerak edi. Demak nafsiga u hukmdan bir hissa chiqargani uchun, adolat bilan ish qilmagan.
Joyi taassuf bir holati ijtimoiya va qalbi Islomni yig’latadigan mudhish bir marazi hayoti ijtimoiy:
"Xorijiy dushmanlarning zuhur va tahojumida dohiliy adovatlarni unutish va tashlash" bo’lgan bir maslahati ijtimoiyani eng badaviy qavmlar ham taqdir etib qilganlari holda, shu jamoati Islomiyaga xizmat da'vo qilganlarga nima bo’lganki; bir-biri orqasida tahojum vaziyatini olgan hadsiz dushmanlar bor ekan, juz'iy adovatlarni unutmasdan, dushmanlarning hujumiga zamin tayyorlayaptilar. Shu hol bir sukutdir, bir vahshatdir. Hayoti ijtimoiya-i Islomiyaga bir xiyonatdir.
Madori ibrat bir hikoya: Badaviy qabilalaridan Hasanon qabilasining bir-biriga dushman ikki qabilasi bor ekan. Bir-biridan balki ellik odamdan ortiq o’ldirganlari holda; Sipqon yoki Haydaron qabilasi kabi bir qabila qarshilariga chiqqan vaqti; u ikki dushman toifa eski adovatni unutib, yelkama-yelka bo’lib, u xorijiy qabilani daf etishga qadar, dohiliy adovatni xotirlariga keltirmasdilar.
Xullas, ey mo’'minlar! Ahli iymon qabilasiga qarshi tajovuz vaziyatini olgan naqadar qabila hukmida dushmanlar borligini bilasizmi? Bir-biri ichidagi doiralar kabi yuzdan ortiq doiralar bor. Har biriga tasonud etib, qo’lni qo’lga berib mudofaa vaziyatini olishga majbur ekan; ularning hujumini tasxil etish, ularning harimi Islomga kirishlari uchun eshiklarni ochish hukmidagi g’arazkorona tarafgirlik va adovatkorona qaysarlik; qaysi jihatdan ahli iymonga yarashadi? U dushman doiralar ahli zalolat va ilhoddan, to ahli kufrning olamiga, to dunyoning qo’rquv va masoibiga qadar bir-biri ichida sizga qarshi zararli bir vaziyat olgan, bir-biri orqasida sizga hiddat va hirs bilan qaragan, balki yetmish nav dushmanlar bor. Butun bularga qarshi quvvatli quroling va qalqoning va qal'ang: Uxuvvati Islomiyadir. Bu qal'a-i Islomiyani kichik adovatlar bilan va bahonalar bilan tebratish; naqadar xilofi vijdon va naqadar xilofi maslahati Islomiya bo’lganini bil, uyg’on!..
Ahodisi sharifada kelganki: "Oxirzamonning Sufyon va Dajjol kabi nifoq va zindiqo boshiga o’tadigan ashxasi mudhisha-i muzirralari, musulmonlarning va basharning hirs va shiqoqidan istifoda etib oz bir quvvat bilan navi basharni harju-marj etadi va ulkan Olami Islomni asorat ostiga oladi.
Ey ahli iymon! Zillat ichida asorat ostiga kirmaslikni istasangiz, esingizni yig’ib oling! Ixtilofingizdan istifoda etgan zolimlarga qarshi اِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ اِخْوَةٌ qal'a-i qudsiyasi ichiga kiring; tahassun eting. Bo’lmasa na hayotingizni muhofaza va na huquqingizni mudofaa eta olasiz. Ma'lumki; ikki qahramon bir-biri bilan kurasharkan; bir bola ikkisini ham ura oladi. Bir mezonda ikki tog’ bir-biriga qarshi muvozanada bo’lsa; bir kichik tosh muvozanalarini buzib ular bilan o’ynay oladi; birini yuqoriga, birini pastga tushiradi. Xullas, ey ahli iymon! Ehtiroslaringizdan va xusumatkorona tarafgirliklaringizdan quvvatingiz hechga tushadi, oz bir quvvat bilan ezila olasizlar. Hayoti ijtimoiyangiz bilan aloqangiz bo’lsa,
اَلْمُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِ كَالْبُنْيَانِ الْمَرْصُوصِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا
dasturi oliyani dasturi hayot qilinglar, safolati dunyoviyadan va shaqovati uxroviyadan xalos bo’linglar!..
OLTINCHI VAJH:Hayoti ma'naviya va sihati ubudiyat, adovat va qaysarlik bilan zaiflanadi. Chunki vosita-i xalos va vasila-i najot bo’lgan "ixlos" zoye bo’ladi. Zero tarafgir bir muannid o’z a'moli xayriyasida xasmidan o’zishni istaydi. Xolisan livajhilloh amalga uncha ham muvaffaq bo’lolmaydi. Ham hukm va muomalotida tarafgirini tarjih etadi, adolat etolmaydi. Xullas, af'ol va a'moli xayriyaning asoslari bo’lgan "ixlos" va "adolat" xusumat va adovat bilan yo’qoladi. Shu Oltinchi Vajh juda uzundir. Faqat qobiliyati maqom qisqa bo’lganidan tugatamiz.
* * *
Ikkinchi Mabhas
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ ٭ وَكَاَيِّنْ مِنْ دَٓابَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللّٰهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ وَ هُوَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ
Ey ahli iymon! Sobiqan, adovat naqadar zararli bo’lganini anglading. Ham anglaki; adovat qadar hayoti Islomiyaga eng mudhish bir marazi muzir ham hirsdir. Hirs, sababi xaybatdir va illat va zillatdir va mahrumiyat va safolatni keltiradi. Ha, har millatdan ziyoda hirs bilan dunyoga tashlangan Yahudiy Millatining zillat va safolati bu hukmga bir shohidi qat'iydir. Ha, hirs zihayot olamida eng keng bir doiradan tut, to eng juz'iy bir fardga qadar sui ta'sirini ko’rsatadi. Tavakkalvoriy talabi rizq esa, aksincha madori rohatdir va har yerda husni ta'sirini ko’rsatadi. Xullas, bir navi zihayot va rizqqa muhtoj bo’lgan mevali daraxtlar va nabotlar, tavakkalvoriy, qanoatkorona yerlarida turib hirs ko’rsatmaganliklaridan, rizqlari ularga yugurib keladi. Hayvonlarga nisbatan ancha ko’p bola yetishtiradilar. Hayvonot esa, hirs bilan rizqlari orqasidan yugurganliklari uchun, juda ko’p zahmat va nuqsoniyat bilan rizqlarini qo’lga kirita oladilar. Ham hayvonot doirasi ichida za'f va ajz lisoni holi bilan tavakkal qilgan bolalarning mashru' va mukammal va latif rizqlari xazina-i rahmatdan berilishi; va hirs bilan rizqlariga tashlangan jonivorlarning g’ayri mashru' va juda ko’p zahmat bilan qozongan noxush rizqlari ko’rsatyaptiki: Hirs, sababi mahrumiyatdir; tavakkal va qanoat esa, vasila-i rahmatdir.
Ham doira-i insoniya ichida har millatdan ziyoda hirs bilan dunyoga yopishgan va ishq bilan hayoti dunyoviyaga bog’langan Yahudiy Millati juda ko’p zahmat bilan qozongan, o’ziga foydasi oz, yolg’iz xazinadorlik qilgan g’ayri mashru' bir sarvati riboiy bilan butun millatlardan yeganlari silla-i zillat va safolat, qatl va ihonat ko’rsatadiki: Hirs ma'dani zillat va xasoratdir.
Ham haris bir inson, har vaqt xasoratga tushganiga doir shu qadar voqealar borki, اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ zarbulmasal hukmiga o’tgan, umumning nazarida bir haqiqati omma bo’lib qabul etilgandir. Modomiki shundaydir; agar molni ko’p sevsang, hirs bilan emas, balki qanoat bilan molni talab et, toki ko’p kelsin.
Ahli qanoat bilan ahli hirs ikki shaxsga o’xshaydiki; buyuk bir zotning devonxonasiga kiradilar. Biri qalbidan deydi: "Meni yolg’iz qabul etsin, tashqaridagi sovuqdan qutulsam, menga kifoya. Eng pastdagi o’rindiqni berishsa, lutfdir". Ikkinchi odam go’yo bir haqqi bordek va hamma uni hurmat qilishga majbur ekandek mag’rurona deydiki: "Menga eng yuqori o’rindiqni berishi kerak". U hirs bilan kiradi, ko’zini yuqori mavqelarga tikadi, o’sha yerga o’tirishni istaydi. Faqat devonxona sohibi uni orqa qaytarib pastga o’tqazadi. Unga tashakur lozim ekan, tashakkurga badal qalbidan achchiqlanadi. Tashakkur emas, aksiga xona sohibini tanqid qiladi. Xona sohibi ham uni istisqol etadi. Birinchi odam mutavozeyona kiradi; eng pastdagi o’rindiqqa o’tirishni istaydi. Uning u qanoati devonxona sohibiga yoqadi. "Yanada yuqoriroqdagi o’rindiqqa marhamat qiling" deydi. U ham borgancha tashakkurotini ziyodalashtiradi, mamnuniyati tazoyud etadi.
Xullas, dunyo bir devonxona-i Rahmondir. Zamin yuzi, bir dasturxoni rahmatdir. Darajoti arzoq va marotibi ne'mat ham, o’rindiqlar hukmidadir.
Ham eng juz'iy ishlarda ham harkas hirsning sui ta'sirini his qiladi.
Masalan: Ikki tilanchi bir narsa istagan vaqtlari, hirs bilan ilhoh etgan tilanchini istisqol etib bermaslik; boshqa sokin tilanchiga marhamat etib berish, harkas qalbida his etadi. Ham masalan: Kechasi uyqung qochgan, sen yotishni istasang, loqayd bo’lsang uyqung kelishi mumkin. Agar hirs bilan uxlamoqchi bo’lsang: "Ey voh, uxlay, uf, uxlay" desang, tamoman uyqungni qochirasan. Ham masalan: Muhim bir natija uchun birovni hirs bilan kutasan, "Ey voh, kelmadi, uf, kelmadi" deb eng oxirida hirs sabringni tugatib turib ketasan; bir daqiqa so’ngra u odam keladi; faqat kutgan u muhim natijang buziladi.
Shu hodisotning sirri shuki: Qandayki bir nonning vujudi dala, xirmon, tegirmon, tandirga tarattub etadi. Shunga o’xshab: Tartibi ashyoda bir taanni-i hikmat bordir. Hirs sababi bilan taanni bilan harakat qilmagani uchun, u tartibli ashyodagi ma'naviy pog’onalarga muro'at etmaydi; yo hatlab tushadi yoxud bir pog’onani nuqson qoldiradi; maqsadga chiqolmaydi.
Xullas, ey dardi maishat bilan tentak bo’lgan va hirsi dunyo bilan sarxush bo’lgan qardoshlar! Hirs bu qadar muzir va baloli narsa bo’lgani holda, qanday hirs yo’lida har zillatni irtikob va harom-halol demasdan har molni qabul va hayoti uxroviyaga lozim ko’p narsalarni fido qilyapsiz? Hatto arkoni Islomiyaning muhim bir rukni bo’lgan zakotni, hirs yo’lida tark etyapsiz? Holbuki zakot, har shaxs uchun sababi baraka va dafi'i baliyyotdir. Zakotni bermaganning har holda qo’lidan zakot qadar bir mol chiqadi; yo keraksiz joylarga beradi, yo bir musibat kelib oladi.
Haqiqatli bir ro’yoyi xayoliyada, Birinchi Harbi Umumiyning beshinchi yilida, bir ajib ro’yoda mendan so’raldi:
"Musulmonlarga kelgan bu ochlik, bu zoyioti moliya va jismoniy mashaqqatning sababi nima?"
Ro’yoda aytgan edim:
"Janobi Haq bir qism moldan o’ndan bir {(Hoshiya1) Ya'ni, har yil yangi bergan bug’doy kabi mollardan o’ndan bir.} yoki bir qism moldan qirqdan bir, {(Hoshiya2) Ya'ni, eskidan bergan qirqdan; har yili g’oliban va loaqal ribhi tijoriy va nasli hayvoniy jihati bilan qirqdan yangidan o’n adad beradi.} o’zi bergan molidan birisini bizdan istadi; toki bizga fuqarolarning duolarini qozontirsin va kin va hasadlarini man etsin. Biz hirsimiz uchun ochko’zlik qilib bermadik. Janobi Haq mutarokim zakotini, qirqdan o’ttiz, o’ndan sakkizini oldi. Ham har yili faqatgina bir oyda yetmish hikmatli bir ochlik bizdan xohladi. Biz nafsimizga achindik, muvaqqat va lazzatli bir ochlikni tortmadik. Janobi Haq bizga jazo sifatida yetmish jihatdan baloli ro’zani besh yil jabran tuttirdi. Ham bizdan yigirma to’rt soatdan birgina soatni, xush va ulviy, nuroniy va foydali bo’lgan ta'limoti Rabboniyani istadi. Biz tanballik qilib, namozu niyozni bajarmadik. U bir soatni boshqa soatlarga qo’shib zoye etdik. Janobi Haq uning kafforati sifatida, besh yil ta'lim va ta'limot va yugurtirish bilan bizga namoz oqitti."
So’ngra uyg’ondim, o’yladim, angladimki; u ro’yoyi xayoliyada juda muhim bir haqiqat bor. Yigirma Beshinchi So’zda, madaniyat bilan hukmi Qur'onni muvozana bahsida isbot va bayon etilgani kabi; basharning hayoti ijtimoiyasida butun axloqsizlikning va butun ixtilolotning mansha'i ikki kalimadir:
Biri: "Men to’q bo’lgandan so’ng, boshqasi ochlikdan o’lsa, menga nima?"
Ikkinchisi: "Sen ishla, men yeyman".
Bu ikki kalimani idoma etgan, jarayoni ribo va tarki zakotdir. Bu ikki mudhish marazi ijtimoiyni tadoviy etadigan yagona chora, zakotning dasturi umumiy suratida ijrosi bilan, vujubi zakot va hurmati ribodir. Ham nafaqat yolg’iz ashxasda va xususiy jamoatlarda, balki umum navi basharning saodati hayoti uchun eng muhim bir rukn, balki davomi hayoti insoniya uchun eng muhim bir tayanch, zakotdir. Chunki basharda xoslar va avom ikki tabaqa bor. Xoslardan avomga marhamat va ehson va avomdan xoslarga qarshi hurmat va itoatni ta'min etadigan, zakotdir. Bo’lmasa yuqoridan avomning boshiga zulm va tahakkum tushadi, avomdan boylarga qarshi kin va isyon chiqadi. Ikki tabaqa-i bashar doimiy bir mujodala-i ma'naviyada, bir kashmakashi ixtilofda bo’ladi. Borib borib to Rossiyada bo’lgani kabi, sa'y va sarmoya mujodalasi suratida kurashishni boshlaydi.
Ey ahli karam va vijdon va ey ahli saxovat va ehson!
Ehsonlar zakot nomidan bo’lmasa, uch zarari bor. Ba'zan foydasiz ketadi. Chunki Alloh nomidan bermaganing uchun, ma'nan minnat qilasan; bechora faqirni minnat asorati ostida qoldirasan. Ham maqbul bo’lgan duosidan mahrum qolasan. Ham haqiqatdan Janobi Haqning molini ibodiga berish uchun bir tavzi'ot ma'muri bo’lganing holda, o’zingni sohibi mol deb o’ylab kufroni ne'mat qilasan. Agar zakot nomidan bersang; Janobi Haq nomidan berganing uchun bir savob qozonasan, bir shukroni ne'mat qilasan. Muhtoj odam ham senga xushomadgo’ylik qilishga majbur bo’lmagani uchun, izzati nafsi sinmaydi va duosi sen haqqingda maqbul bo’ladi. Ha, zakot qadar, balki yanada ziyoda nafl va ehson, yoxud boshqa suratlarda berib riyo va shuhrat kabi, minnat va tazlil kabi zararlarni qozonish qayerda? Zakot nomidan u yaxshiliklarni qilib, ham farzni ado etish, ham savobni, ham ixlosni, ham maqbul bir duoni qozonish qayerda?
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ الَّذ۪ى قَالَ (اَلْمُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِ كَالْبُنْيَانِ الْمَرْصُوصِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا) وَ قَالَ (اَلْقَنَاعَةُ كَنْزٌ لَا يَفْنٰى) وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ وَالْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
* * *
XOTIMA
(G’iybat haqidadir.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Yigirma Beshinchi So’zning Birinchi Shu'lasining Birinchi Shuasining Beshinchi Nuqtasining maqomi zamm va zajrning misollaridan bo’lgan birgina oyatning, mo’'jizona olti tarzda g’iybatdan tanfir etishi; Qur'onning nazarida g’iybat naqadar shani' bir narsa bo’lganini tamoman ko’rsatgani uchun, boshqa bayonga ehtiyoj qoldirmagan. Ha, Qur'onning bayonidan so’ngra bayon bo’lolmaydi, ehtiyoj ham yo’q.
Xullas, اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخ۪يهِ مَيْتًا oyatida olti daraja zammni zamm etadi. G’iybatdan olti martaba shiddat bilan zajr etadi. Shu oyat fe'lan g’iybat qilganlarga mutavajjih bo’lgan vaqti, ma'nosi kelasi tarzda bo’ladi. Shundayki:
Ma'lumdir: Oyatning boshidagi hamza, so’ramoq (ajabo) ma'nosidadir. U so’ramoq ma'nosi suv kabi oyatning butun kalimalariga kiradi. Har kalimada bir hukmi zimniy bor.
Xullas birinchisi, hamza bilan deydi: Ajabo, savol va javob joyi bo’lgan aqlingiz yo’qmi, bu daraja xunuk narsani tushunmaydi?
Ikkinchisi, يُحِبُّ lafzi bilan: "Ajabo, sevish va nafrat etish joyi bo’lgan qalbingiz buzilganmiki, eng manfur bir ishni sevadi?", deydi.
Uchinchisi, اَحَدُكُمْ kalimasi bilan: "Jamoatdan hayotini olgan hayoti ijtimoiya va madaniyatingiz nima bo’lganki, bunday hayotingizni zaharlagan bir amalni qabul qiladi?", deydi.
To’rtinchisi, اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ kalomi bilan: "Insoniyatingiz nima bo’lganki, bunday jonivorchasiga do’stingizni tish bilan parchalayapsiz?", deydi.
Beshinchisi, اَخِيهِ kalimasi bilan: "Hech riqqati jinsiyangiz, hech sila-i rahmingiz yo’qmi, bunday ko’p jihatlar bilan qardoshingiz hisoblangan mazlumning shaxsi ma'naviysini insofsizcha tishlayapsiz? Va hech aqlingiz yo’qmiki, o’z a'zongizni o’z tishingiz bilan devona kabi tishlayapsiz?", deydi.
Oltinchisi, مَيْتًا kalomi bilan: "Vijdoningiz qayerda? Fitratingiz buzilganmiki, eng muhtaram bir holda bir qardoshingizga qarshi, go’shtini yeyish kabi eng mustakrah bir ishni qilyapsiz?", deydi.
Demak, shu oyatning ifodasi bilan va kalimalarning boshqa-boshqa dalolati bilan: Zamm va g’iybat, aqlan va qalban va insoniyatan va vijdonan va fitratan va milliyatan mazmumdir. Xullas, bu oyat ijozkorona olti martaba zammni zamm etish bilan, i'jozkorona olti daraja u gunohdan zajr etganini kor.
G’iybat, ahli adovat va hasad va inod eng ko’p iste'mol etgan tuban bir quroldir. Izzati nafs sohibi bu iflos qurolga tanazzul etib iste'mol etmaydi. Qandayki mashhur bir zot degan:
اُكَبِّرُ نَفْس۪ى عَنْ جَزَاءٍ بِغِيْبَةٍ ٭ فَكُلُّ اِغْتِيَابٍ جَهْدُ مَنْ لَا لَهُ جَهْدٌ
Ya'ni: "Dushmanimga g’iybat bilan jazo berishdan nafsimni yuksak tutaman va tanazzul etmayman. Chunki g’iybat; zaif va zalil va nokaslarning qurolidir".
G’iybat shuki: G’iybat etilgan odam hozir bo’lsa va eshitsa edi, hazar qilib xafa bo’lardi. Agar to’g’ri gapirsa, g’iybatdir. Agar yolg’on gapirsa; ham g’iybat, ham bo’htondir. Ikki martaba xunuk bir gunohdir.
G’iybat maxsus bir nechta moddada joiz bo’lishi mumkin:
1. Shikoyat suratida bir vazifador odamga aytadi, toki yordam berib u munkarni, u qabohatni undan ketkazsin va haqqini undan olsin.
2. Bir odam u bilan tashriki maso'iy etishni istaydi. Sen bilan mashvarat qiladi. Sen ham yolg’iz maslahat uchun g’arazsiz bo’lib, mashvaratning haqqini ado etish uchun: "U bilan tashriki maso'iy etma. Chunki zarar ko’rasan", desang.
3. Maqsadi, tahqir va tashhir emas; balki maqsadi, ta'rif va tanittirish uchun: "U cho’loq va bebosh odam falon yerga ketdi", desa.
4. G’iybat qilingan odam fosiqi mutajohirdir. Ya'ni, yomonlikdan uyalmaydi, balki qilgan sayyioti bilan iftixor etadi; zulmi bilan talazzuz etadi, uyalmasdan oshkora bir suratda qiladi.
Xullas, bu maxsus moddalarda g’arazsiz va yolg’iz haq va foyda uchun g’iybat joiz bo’lishi mumkin. Yoqsa g’iybat, otash o’tinni yeb tugatgani kabi; g’iybat ham a'moli solihani shunday yeb tugatadi.
Agar g’iybat qilsa yoxud istab tinglagan bo’lsa; u payt اَللّٰهُمَّ اغْفِرْلَنَا وَ لِمَنِ اغْتَبْنَاهُ deyishi kerak, so’ngra g’iybat etilgan odamga qachon uchrasa, "Meni kechir" deyishi kerak.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
YIGIRMA UCHINCHI MAKTUB
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ عُمْرِكَ وَذَرَّاتِ وُجُودِكَ
Aziz, g’ayratli, jiddiy, haqiqatli, xolis, diroyatli qardoshim!
Biz kabi haqiqat va oxirat qardoshlarning, ixtilofi zamon va makon suhbatlariga va unsiyatlariga bir mone tashkil etmaydi. Biri sharqda, biri g’arbda, biri moziyda, biri mustaqbalda, biri dunyoda, biri oxiratda bo’lsa ham, birga hisoblanadilar va suhbat qila oladilar. Xususan, birgina maqsad uchun bitta vazifada bo’lganlar, bir-birining ayni hukmidadir. Sizni har tong yonimda tasavvur qilib, qozonchimning bir qismini, bir sulusini (Alloh qabul qilsin) sizga beraman. Duoda Abdulmajid va Abdurrahmon bilan barobarsiz. Inshaalloh har doim hissangizni olasiz. Sizning dunyo jihatidan ba'zi mushkulotingiz sening nomingdan meni bir parcha mutaassir etdi. Faqat modomiki dunyo boqiy emas va musibatlarida bir navi xayr bor; sening badalingga "Bu ham o’tadi!" degan fikr qalbimga keldi. لَا عَيْشَ اِلَّا عَيْشُ الْاٰخِرَةِ o’yladim, اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ o’qidim, اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ dedim. Sening o’rningga tasalli topdim. Janobi Haq bir abdini sevsa, uni dunyodan ranjitadi, xunuk ko’rsatadi. Inshaalloh sen ham u sevgililarning sinfidansan. "So’zlar"ning nashriga monelarning ko’payishi sizni mutaassir etmasin. Inshaalloh nashr etgan miqdoringcha bir rahmatga mazhar bo’lgan payti, juda barakali bir suratda u nurli urug’lar kasratli chechaklar ochadilar.
Ba'zi savollar so’rayapsiz. Aziz qardoshim, yozilgan aksar So’zlar va Maktublar; ixtiyorsiz, daf'iy va oniy bir suratda qalbga kelardi, go’zal bo’lardi. Agar ixtiyor bilan Eski Said kabi quvva-i ilmiya bilan o’ylab javob bersam; so’niq bo’ladi, nuqson bo’ladi. Bir miqdordirki; tulu'oti qalbiya tavaqquf etgan, hofiza qamchisi singan, faqat javobsiz qolmaslik uchun g’oyat muxtasar bittadan javob yozamiz:
Birinchi Savolingiz:Mo’'minning mo’'minga eng yaxshi duosi qanday bo’lishi kerak?
Aljavob:Qabul bo’lishshartlari doirasidabo’lishi kerak. Chunki ba'zi sharoit dohilida duo maqbul bo’ladi. Sharoiti qabulning yig’ilishi nisbatida maqbuliyati ziyodalashadi. Azjumla: Duo qilinadigan vaqt,istig’forbilan ma'naviy tozalanish kerak, so’ngra maqbul bir duo bo’lgansalovotisharifani shafoatchi kabi zikr qilish kerak vaoxirdayanasalovotkeltirish kerak. Chunki ikki maqbul duoning o’rtasidagi bir duo maqbul bo’ladi. Ham بِظَهْرِ الْغَيْبِya'ni "g’iyoban unga duo qilish"; ham hadisda va Qur'onda kelgan ma'sur duolar bilan duo qilish. Masalan:
اَللّٰهُمَّ اِنّ۪ى اَسْئَلُكَ الْعَفْوَ وَ الْعَافِيَةَ ل۪ى وَ لَهُ فِى الدّ۪ينِ وَ الدُّنْيَا وَ الْاٰخِرَةِ
رَبَّنَٓا اٰتِنَا فِى الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِى الْاٰخِرَةِ حَسَنَةً وَ قِنَا عَذَابَ النَّارِ
kabi jome' duolar bilan duo qilish; ham xulus va xushu' va huzuri qalb bilan duo qilish; hamnamozning oxirida,xususan bomdod namozidan so’ngra; ham mavoqe'-i muborakada, xususanmasjidlarda;hamJumada,xususan soati ijobada; hamshuhuri salosada,xususanlayoli-i mashhurada;hamramazonda,xususanlayla-i qadrda duo qilish qabulga qorin bo’lishi rahmati Ilohiyadan qoviyyan umid etiladi. U maqbul duoning yo aynan dunyoda asari ko’rinadi yoxud duo qilinganning oxiratiga va hayoti abadiyasi jihatida maqbul bo’ladi. Demak ayni maqsad amalga oshmasa, duo qabul bo’lmadi deyilmaydi; balki yanada yaxshi bir suratda qabul qilingan deyiladi.
Ikkinchi Savolingiz:Sahoba-i Kirom Hazorotiga Roziyallohu Anh deyiladi, boshqalarga ham roziyallohu anh deyish muvofiqmi?
Aljavob:Ha, aytiladi. Chunki Rasuli Akramning bir shiori bo’lgan Alayhissalotu Vassalam kalomi kabi Roziyallohu Anh tarkibi Sahobaga maxsus bir shior emas, balki Sahoba kabi varosati nubuvvat deyilgan valoyati kubroda bo’lgan va maqomi rizoga yetishgan Aimma-i Arba'a, Shohi Jiyloniy, Imom Rabboniy, Imom G’azzoliy kabi zotlarga aytilishi kerak. Faqat urfi ulamoda Sahobaga Roziyallohu Anh; Tobe'iyn va Taba'i Tobe'iynga Rahimahulloh; ulardan keyingilarga G’ofarohulloh; va Avliyoga Quddisa Sirruhu deyiladi.
Uchinchi Savolingiz:Boshda mujtahidiyni i'zom imomlari afzalmi, bo’lmasa haq tariqatlarning shohlari, aqtoblari afzalmi?
Aljavob:Umum mujtahidiyn emas; balki Abu Hanifa, Molik, Shofe'iy, Ahmad Ibn Hanbal; shohlardan, aqtoblardan ustundirlar. Faqat xususiy fazilatlarda Shohi Jiyloniy kabi ba'zi horiqo qutblar, bir jihatda yanada porloq maqomga sohibdirlar. Faqat kulliy fazilat imomlarnikidir. Ham tariqat shohlarining bir qismi mujtahidlardandir; shuning uchun umum mujtahidiyn aqtobdan yanada afzal, deyilmaydi. Faqat Aimma-i Arba'a Sahobadan va Mahdiydan so’ngra eng afzallardir, deyiladi.
To’rtinchi Savolingiz:اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ da hikmat va g’oya nima?
Aljavob:Janobi Haq, Hakim ismi muqtazosi bo’lib, vujudi ashyoda bir narvoyning zinalari kabi bir tartib vaz' etgan. Sabrsiz odam taanni bilan harakat qilmagani uchun, zinalarni yo hatlab tushadi yoki nuqson qoldiradi; maqsud tomiga chiqolmaydi. Shuning uchun hirs mahrumiyatga sabab bo’ladi. Sabr esa mushkulotning kalitidirki,
اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ ٭ وَالصَّبْرُ مِفْتَاحُ الْفَرَجِ
zurubi amsol hukmiga o’tgandir. Demak, Janobi Haqning inoyat va tavfiqi sabrli odamlar bilan barobardir. Chunki sabr uchtadir:
Biri:Ma'siyatdan o’zini tortib sabr etish. Bu sabr taqvodir, اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الْمُتَّق۪ينَ sirriga mazhar qiladi.
Ikkinchisi:Musibatlarga qarshi sabr bo’lib, tavakkal va taslimdir.
اِنَّ اللّٰهَ يُحِبُّ الْمُتَوَكِّل۪ينَ ٭ اِنَّ اللّٰهَ يُحِبُّ الصَّابِر۪ينَ
sharafiga mazhar etadi. Va sabrsizlik esa Allohdan shikoyatni tazammun etadi. Va af'olini tanqid va rahmatini ittihom va hikmatini yoqtirmaslik bo’ladi. Ha, musibatning zarbasiga qarshi shikoyatda albatta ojiz va zaif inson yig’laydi; lekin shikoyatni unga aytish kerak, undan shikoyat qilmaslik kerak. Hazrat Ya'qub Alayhissalomning اِنَّمَا اَشْكُوا بَثّ۪ى وَ حُزْن۪ى اِلَى اللّٰهِ deganidek bo’lishi kerak. Ya'ni: Musibatni Allohga shikoyat qilish kerak, aksincha Allohni insonlarga shikoyat qilgandek, "Eyvoh! Uf!" deb, "Men nima qildimki, bu boshimga keldi" deb, ojiz insonlarning riqqatini tahrik etish zarardir, ma'nosizdir.
Uchinchi Sabr:Ibodatda sabr bo’lib, bu sabr uni maqomi mahbubiyatga qadar chiqaradi. Eng buyuk maqom bo’lgan ubudiyati komila tomon yo’llaydi.
Beshinchi Savolingiz:Sinni mukallafiyat o’n besh yosh deb qabul qilinadi. Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam nubuvvatdan avval qanday ibodat qilardi?
Aljavob:Hazrat Ibrohim Alayhissalomning Arabistonda ko’p pardalar ostida jarayon etgan boqiyya-i dini bilan; faqat farziyat va majburiyat surati bilan emas, balki ixtiyori bilan va mandubiyat surati bilan ibodat qilar edi. Bu haqiqat uzun, hozircha qisqa qolsin.
Oltinchi Savolingiz:Sinni kamol deb qabul qilingan qirq yoshda nubuvvatning kelishi va umri saodatlarining oltmish uch bo’lishidagi hikmat nima?
Aljavob:Hikmatlari ko’p. Biri shuki: Nubuvvat, g’oyat og’ir va buyuk bir mukallafiyatdir. Malakoti aqliya va iste'dodoti qalbiyaning inkishofi va takammuli bilan u og’ir mukallafiyat tahammul etiladi. U takammulning zamoni esa, qirq yoshidir. Ham havasoti nafsoniyaning hayajonli zamoni va harorati g’ariziyaning g’alayoni hangomi va ehtirosoti dunyoviyaning jo’shqin vaqti bo’lgan yoshlik va shabobiyat esa, yolg’iz Ilohiy va uxroviy va qudsiy bo’lgan vazoifi nubuvvatga muvofiq tushmaydi. Qirqdan avval naqadar jiddiy va xolis bir odam bo’lsa ham, shuhratparastlarning xotirlariga balki dunyoning shonu-sharafi uchun harakat qilyapti vahmi keladi. Ularning ittihomidan tez qutulolmaydi. Lekin qirqdan keyin, modomiki qabr tarafiga nuzul boshlar ekan va unga dunyodan ko’ra ko’proq oxirat ko’rinadi. Harakot va a'moli uxroviyasida tez u ittihomdan qutuladi va muvaffaq bo’ladi. Insonlar ham sui zondan qutuladi, xalos bo’ladi.
Ammo umri saodatining oltmish uch bo’lishi esa, ko’p hikmatlaridan biri shuki: Shar'an ahli iymon Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni g’oyat darajada sevish va hurmat qilish va hech bir narsasidan nafrat etmaslik va har holini go’zal ko’rish bilan mukallaf bo’lganidan; oltmishdan keyingi mashaqqatli va musibatli keksalik zamonida, Habibi Akramini qoldirmadi; balki imom bo’lgan ummatining umri g’olibi bo’lgan oltmish uchda mala-i a'loga yubordi, yoniga oldi; har jihatda imom bo’lganini ko’rsatdi.
Yettinchi Savolingiz:
خَيْرُ شَبَابِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِكُهُولِكُمْ وَ شَرُّ كُهُولِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِشَبَابِكُمْ
hadismi; undan murod nima?
Aljavob:Hadis deb eshitgandim. Murod ham shuki: "Eng xayrli yosh udirki; keksa kabi o’limni o’ylab oxirati uchun harakat qilib, yoshlik havasotiga asir bo’lmasdan g’aflatda botmagan. Va keksalaringizning eng yomoni shuki; g’aflatda va havasotda yoshlarga o’xshashni istaydi; bolalardek havasoti nafsoniyaga tobe bo’ladi".
Sening lavhangda ko’rganing ikkinchi parchaning sahih surati shuki; men boshimning ustida uni bir lavha-i hikmat qilib ta'liq etganman. Har tong va oqshom unga qarayman, darsimni olaman:
Do’st istasang, Alloh yetar. Ha, u do’st bo’lsa, hamma narsa do’stdir.
Yoron istasang, Qur'on yetar. Ha, undagi anbiyo va maloika bilan xayolan ko’rishadi va vuqu'otlarini tomosha qilib unsiyat etadi.
Mol istasang, qanoat yetar. Ha, qanoat qilgan iqtisod qiladi; iqtisod qilgan, baraka topadi.
Dushman istasang, nafs yetar. Ha, o’zini yoqtirgan baloni topadi, zahmatga tushadi; o’zini yoqtirmagan safoni topadi, rahmatga ketadi.
Nasihat istasang, o’lim yetar. Ha, o’limni o’ylagan hubbi dunyodan qutuladi va oxirati uchun jiddiy harakat qiladi.
Yettinchi masalangizga bir sakkizinchini men ilova etaman.Shundayki:
Bir-ikki kun avval bir hofiz Sura-i Yusufdan bir arsh, to تَوَفَّن۪ى مُسْلِمًا وَ اَلْحِقْن۪ى بِالصَّالِح۪ينَ ga qadar o’qidi. Birdan oniy bir suratda bir nukta qalbga keldi: Qur'onga va iymonga oid hamma narsa qiymatdordir, zohiran naqadar kichik bo’lsa bo’lsin, qiymat jihatidan buyukdir. Ha, saodati abadiyaga yordam bergan kichik emas. Unday bo’lsa, "shu kichik bir nuktadir, shu izohga va ahamiyatga arzimaydi" deyilmaydi. Albatta shu tur masoilda eng birinchi talaba va muxotob bo’lgan va nukati Qur'oniyani taqdir etgan Ibrohim Xulusiy u nuktani eshitishni istaydi. Unday bo’lsa tingla:
Eng go’zal bir qissaning go’zal bir nuktasidir. Ahsan-ul qosos bo’lgan Qissa-i Yusuf Alayhissalom xotimasini xabar bergan تَوَفَّن۪ى مُسْلِمًا وَ اَلْحِقْن۪ى بِالصَّالِح۪ينَ oyatining ulviy va latif va xushxabarli va i'jozkorona bir nuktasi shuki: Boshqa farohli va saodatli qissalarning oxiridagi zavol va firoq xabarlarining g’amlari va alami, qissadan olingan xayoliy lazzatni achchiqlashtiradi, sindiradi. Xususan kamoli faroh va saodat ichida bo’lganini xabar bergan hangomda, mavtini va firoqini xabar berish ko’proq aliymdir; tinglaganlarga "Eyvoh!" dediradi. Holbuki shu oyat, Qissa-i Yusufning (A.S.) eng porloq qismi; Azizi Misr bo’lishi, padar va volidasi bilan ko’rishishi, qardoshlari bilan sevishib tanishishi bo’lgan dunyoda eng buyuk saodatli va farohli hangomda, Hazrat Yusufning mavtini shunday suratda xabar beradi va aytadiki: Shu farohli va saodatli vaziyatdan yanada saodatli, yanada porloq bir vaziyatga mazhar bo’lish uchun, Hazrat Yusuf o’zi Janobi Haqdan vafotini istadi va vafot etdi; u saodatga mazhar bo’ldi. Demak, u dunyoviy lazzatli saodatdan yanada jozibador bir saodat va farohli bir vaziyat qabrning orqasida bordirki; Hazrat Yusuf Alayhissalom kabi haqiqatbin zot, u g’oyat lazzatli dunyoviy vaziyat ichida g’oyat achchiq bo’lgan mavtni istadi, toki narigi saodatga mazhar bo’lsin.
Xullas, Qur'oni Hakimning shu balog’atiga qaraki, Qissa-i Yusufning xotimasini qay surat bilan xabar berdi. U xabarda tinglaganlarga alam va taassuf emas, balki bir xushxabar va bir surur ilova etadi. Ham irshod etadiki: Qabrning orqasi uchun harakat qilinglar, haqiqiy saodat va lazzat undadir. Ham Hazrat Yusufning oliy siddiqiyatini ko’rsatadi va aytadiki: Dunyoning eng porloq va eng sururli holati ham unga g’aflat bermaydi, uni maftun etmaydi, yana oxiratni istaydi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
YIGIRMA TO’RTINCHI MAKTUB
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
يَفْعَلُ اللّٰهُ مَا يَشَٓاءُ ٭ وَ يَحْكُمُ مَا يُر۪يدُ
Savol:A'ozimi Asmo-i Ilohiyadan bo’lgan Rahim va Hakim va Vadud iqtizo etgan shafqatparvarona tarbiya va maslahatkorona tadbir va muhabbatdorona taltif, qanday va qay surat bilan mudhish va muvahhish bo’lgan mavt va adam bilan, zavol va firoq bilan, musibat va mashaqqat bilan uyg’un bo’ladi? Mayli, inson saodati abadiyaga ketgani uchun, mavt yo’lida o’tishini xush ko’raylik; faqat bu nozik va nozanin va zihayot bo’lgan ashjar va nabotot anvo'lari va gullari va vujudga loyiq va hayotga oshiq va baqoga mushtoq bo’lgan hayvonot toifalarini, mutamodiyan hech birini qoldirmasdan ifnalarida va g’oyat tezlik bilan ularga ko’z ochtirmasdan i'domlarida va ularga nafas oldirmasdan mashaqqat bilan ishlatishlarida va hech birini rohatda qoldirmasdan musibatlar bilan tag’yirlarida va hech birini mustasno etmasdan o’ldirishlarida va hech biri turmasdan zavollarida va hech biri mamnun bo’lmasdan firoqlarida qaysi shafqat va marhamat bor, qaysi hikmat va foyda mavjud, qaysi lutf va marhamat joylasha oladi?
Aljavob:Da'i va muqtaziyni ko’rsatgan besh ramz bilan va g’oyalarni va foydalarni ko’rsatgan besh ishorat bilan shu savolni hal etgan juda keng va juda chuqur va juda yuksak bo’lgan haqiqati uzmoga uzoq uzoqlardan qaratishga harakat qilamiz.
BIRINCHI MAQOM:
Besh ramzdir.
Birinchi Ramz:Yigirma Oltinchi So’zning xotimalarida aytilgani kabi; qandayki bir mohir san'atkor qiymatli bir ko’ylakni murasso' va munaqqash suratda yasash uchun, bir miskin odamni loyiq bo’lgan bir ujratga muqobil model qilib, o’z san'at va mahoratini ko’rsatish uchun; ko’ylakni miskin odam ustida bichadi, kesadi, qisqartiradi, uzatadi; yana u odamni o’tirg’izadi, turg’izadi, muxtalif vaziyatlar beradi. Shu miskin odamning u san'atkor ustaga: "Meni go’zallashtirgan bu ko’ylakka nima uchun tegilib tabdil va tag’yir etyapsan va meni turg’izib o’tirg’izib, mashaqqat bilan mening istirohatimni buzyapsan?" deyishga qandaydir haqqi bormi.
Aynan shuning kabi: Sone'-i Zuljalol har bir navi mavjudotning mohiyatini bittadan model ittihoz etib va nuqushi asmosi bilan kamoloti san'atini ko’rsatish uchun; har bir narsaga, xususan zihayotga, tuyg’ular bilan murasso' bir vujud libosini kiydirib, ustida qalami qazo va qadar bilan naqshlar qiladi; jilva-i asmosini ko’rsatadi. Har bir mavjudga ham, unga loyiq bir tarzda bir ujrat bo’lib; bir kamol, bir lazzat, bir fayz beradi.
مَالِكُ الْمُلْكِ يَتَصَرَّفُ ف۪ى مُلْكِه۪ كَيْفَ يَشَٓاءُ
sirriga mazhar bo’lgan u Sone'-i Zuljalolga qarshi hech bir narsaning: "Menga zahmat beryapsan. Mening istirohatimni buzyapsan", deyishga haqqi bormi? Xosho! Ha, mavjudotning hech bir jihatda Vojib-ul Vujudga qarshi haqlari yo’q va haq da'vo etolmaydilar; balki haqlari doimo shukr va hamd bilan, bergan vujud martabalarining haqqini ado etishdir. Chunki berilgan butun vujud martabalari vuqu'otdir, bittadan illat istaydi. Faqat berilmagan martabalar imkonotdir. Imkonot esa adamdir, ham nihoyatsizdir. Adamlar esa, illat istamaydilar. Nihoyatsizga illat bo’lolmaydi. Masalan, ma'danlar: "Nima uchun nabotiy bo’lmadik?" deyolmaydi. Shikoyat qilolmaydi; balki vujudi ma'daniyga mazhar bo’lganlari uchun haqlari Fotiriga shukrondir. Nabotot nima uchun hayvon bo’lmadim deb shikoyat qilolmaydi, balki vujud bilan barobar hayotga mazhar bo’lgani uchun haqqi shukrondir. Hayvon esa nima uchun inson bo’lmadim deya shikoyat qilolmaydi, balki hayot va vujud bilan birga qiymatli bir ruh javhari unga berilgani uchun, uning ustidagi haqqi, shukrondir. Va hokazo qiyos et.
Ey insoni mushtakiy! Sen ma'dum qolmading, vujud ne'matini kiyding, hayotni totding, jomid qolmading, hayvon bo’lmading, Islomiyat ne'matini topding, zalolatda qolmading, sihat va salomat ne'matini ko’rding va hokazo...
Ey nonko’r! Yana sen qayerda haq qozonyapsanki, Janobi Haq senga bergan mahzi ne'mat bo’lgan vujud martabalariga muqobil shukr qilmasdan; imkonot va adamiyat navida va sening qo’lingga emasligidan va sen loyiq bo’lmagan yuksak ne'matlarning senga berilmaganidan, botil bir hirs bilan Janobi Haqdan shikoyat etyapsan va kufroni ne'mat etyapsan? Ajabo, bir odam; minora boshiga chiqish kabi oliy darajotli bir martabaga chiqsin, buyuk maqom topsin, har zinada buyuk bir ne'mat ko’rsin; u ne'matlarni berganga shukr qilmasin va desin: "Nima uchun u minoradan ham yuksagiga chiqolmadim" deya shikoyat qilib dod-faryod qilsin. Naqadar haqsizlik qiladi va naqadar kufroni ne'matga tushadi, naqadar buyuk devonalik qiladi, devonalar ham anglaydi.
Ey qanoatsiz hirsli va iqtisodsiz isrofli va haqsiz shikoyatli g’ofil inson! Qat'iyan bilki: Qanoat, tijoratli bir shukrondir; hirs, xasoratli bir kufrondir. Va iqtisod, ne'matga go’zal va manfaatli bir ehtiromdir. Isrof esa, ne'matga xunuk va zararli bir istixfofdir. Agar aqling bo’lsa, qanoatga o’rgan va rizoga harakat qil. Tahammul etolmasang "Yo Sabur" de va sabr ista; haqqingga rozi bo’l, tashakki etma. Kimdan kimga shikoyat qilganingni bil, jim bo’l. Har holda, shikoyat etishni istasang; nafsingni Janobi Haqqa shikoyat qil, chunki qusur undadir.
Ikkinchi Ramz:O’n Sakkizinchi Maktubning oxirgi masalasining oxirida aytilgani kabi, Xoliqi Zuljalol hayratnamo, dahshat-angiz bir suratda bir faoliyati rububiyat bilan, mavjudotni mutamodiyan tabdil va tajdid etganining bir hikmati budir: Qandayki maxluqotda faoliyat va harakat; bir ishtaha, bir ishtiyoq, bir lazzatdan, bir muhabbatdan kelib chiqadi. Hatto deyish mumkinki; har bir faoliyatda bir lazzat navi bor; balki har bir faoliyat, bir tur lazzatdir. Va lazzat, bir kamolga mutavajjih; balki bir navi kamoldir. Modomiki faoliyat bir kamol, bir lazzat, bir jamolga ishorat qiladi. Va modomiki Kamoli Mutlaq va Komili Zuljalol bo’lgan Vojib-ul Vujud, zot va sifot va af'olida, butun anvo'i kamolotni jome'dir; albatta u Zoti Vojib-ul Vujudning vujubi vujudiga va qudsiyatiga loyiq tarzda va istig’no-i zotiysiga va g’ino-i mutlaqiga muvofiq bir suratda va kamoli mutlaqiga va tanazzuhi zotiysiga munosib bir shaklda; hadsiz bir shafqati muqaddasa va nihoyatsiz bir muhabbati munazzahasi bor. Albatta u shafqati muqaddasadan va u muhabbati munazzahadan kelgan hadsiz bir shavqi muqaddas bor. Va u shavqi muqaddasdan kelgan hadsiz bir sururi muqaddas bor. Va u sururi muqaddasdan kelgan, ta'biri joiz bo’lsa, hadsiz bir lazzati muqaddasa bor. Va albatta u lazzati muqaddasa bilan barobar; hadsiz uning marhamati jihati bilan faoliyati qudrati ichida, maxluqotining iste'dodlari quvvadan fe'lga chiqishidan va takammul etishidan nash'at etgan, u maxluqotning mamnuniyatlaridan va kamollaridan kelgan Zoti Rahmon va Rahimga oid, ta'biri joiz bo’lsa, hadsiz mamnuniyati muqaddasa va hadsiz iftixori muqaddas borki; hadsiz bir suratda, hadsiz bir faoliyatni iqtizo etadi. Va u hadsiz faoliyat ham, hadsiz bir tabdil va tag’yir va tahvil va taxribni ham iqtizo etadi. Va u hadsiz tag’yiq va tabdil ham; mavt va adamni, zavol va firoqni iqtizo etadi.
Bir zamon, hikmati bashariyaning masnu'otning g’oyalariga doir ko’rsatgan foydalari nazarimda juda ahamiyatsiz ko’rindi. Va undan bildimki, u hikmat abasiyatga ketadi. Shuning uchun faylasuflarning kattalari yo tabiat zalolatiga tushadi yoki Sofistaiy bo’ladi yoki ixtiyor va ilmi Sone'ni inkor qiladi yoki Xoliqqa "mujibi bizzot" deydi.
O’sha payt rahmati Ilohiya Hakim ismini yordamimga yubordi; menga ham masnu'otning buyuk g’oyalarini ko’rsatdi. Ya'ni, har bir masnu' shunday bir maktubi Rabboniydirki, umum zishuur uni mutolaa etadi. Shu g’oya bir yil menga kifoya qildi. So’ngra san'atdagi horiqolar inkishof etdi, u g’oya kifoya qilmaslikni boshladi. Yanada ulkan boshqa bir g’oya ko’rsatildi. Ya'ni: Har bir masnu'ning eng muhim g’oyalari Sone'iga qaraydi; uning kamoloti san'atini va nuqushi asmosini va murassaoti hikmatini va hadoya-i rahmatini uning nazariga arz etish va jamol va kamoliga bir oyna bo’lishdir, bildim. Shu g’oya ancha zamon menga kifoya qildi. So’ngra san'at va ijodi ashyodagi hayrat-angiz faoliyat ichida, g’oyat darajada sur'atli tag’yir va tabdildagi mo’'jizoti qudrat va shuunoti rububiyat ko’rindi. U vaqt bu g’oya ham kifoya qilmaslikni boshladi. Balki shu g’oya qadar buyuk muqtaziy va da'i ham lozimdir bildim. Mana o’sha vaqt, shu Ikkinchi Ramzdagi muqtaziylar va kelasi ishoratlardagi g’oyalar ko’rsatildi. Va yaqiynan menga bildirildiki: "Koinotdagi qudratning faoliyati va sayru sayaloni ashyo shu qadar ma'nodordirki; u faoliyat bilan Sone'-i Hakim anvo'i koinotni gapirtiradi". Go’yo ko’klarning va zaminning mutaharrik mavjudlari va harakatlari, ularning u gapirishlaridagi kalimalardir va taharruk esa, bir takallumdir. Demak, faoliyatdan kelgan harakot va zavol, bir takallumoti tasbehiyadir. Va koinotdagi faoliyat ham koinotning va anvo'ining ovozsiz bir gapirishi va gapirtirishidir.
Uchinchi Ramz:Ashyo zavol va adamga ketmaydi, balki doira-i qudratdan doira-i ilmga o’tadi; olami shahodatdan olami g’aybga ketadi; olami tag’ayyur va fanodan olami nurga, baqoga mutavajjih bo’ladi. Haqiqat nuqtai nazarida ashyodagi jamol va kamol; asmo-i Ilohiyaga oiddir va ularning nuqush va jilvalaridir. Modomiki u asmo boqiydirlar va jilvalari doimiydir; albatta naqshlari tajaddud etadi, yangilanadi, go’zallashadi. Adamga va fanoga ketmaydi, balki yolg’iz e'tiboriy taayyunlari o’zgaradi va madori husn va jamol va mazhari fayz va kamol bo’lgan haqiqatlari va mohiyatlari va huviyati misoliyalari boqiydir. Ziruh bo’lmaganlar, to’g’ridan-to’g’riga ulardagi husn va jamol asmo-i Ilohiyaga oiddir, sharaf ulargadir, madh ularning hisobiga o’tadi, go’zallik ularnikidir, muhabbat ularga ketadi, u oynalarning o’zgarishi bilan ularga bir zarar iyros etmaydi. Agar ziruh bo’lsa, zavil uquldan bo’lmasa, ularning zavol va firog’i bir adam va fano emas; balki vujudi jismoniydan va vazifa-i hayotning tashvishlaridan qutulib, qozongan vazifalarining samaralarini boqiy arvohlariga topshirib; ularning u arvohi boqiyalari ham bittadan asmo-i Ilohiyaga istinod etib davom etadi, balki o’ziga loyiq bir saodatga ketadi. Agar u ziruhlar zavil uquldan bo’lsa; zotan saodati abadiyaga va moddiy va ma'naviy kamolotga mador bo’lgan olami baqoga va u Sone'-i Hakimning dunyodan yanada go’zal, yanada nuroniy bo’lgan olami barzoh, olami misol, olami arvoh kabi boshqa manzillariga, boshqa mamlakatlariga bir sayru safardir; bir mavtu adam va zavolu firoq emas, balki kamolotga qovushishdir.
Alhosil:Modomiki Sone'-i Zuljalol bor va boqiydir va sifot va asmosi doimiy va sarmadiydirlar; albatta u asmoning jilvalari va naqshlari, bir ma'naviy baqo ichida tajaddud etadi; taxrib va fano, i'dom va zavol emasdir. Ma'lumki inson insoniyat jihati bilan aksar mavjudot bilan aloqadordir. Ularning saodatlari bilan mutalazziz va halokatlari bilan mutaallimdir. Xususan zihayot bilan va ayniqsa navi bashar bilan va ayniqsa sevgan va istehson etgan ahli kamolning alomi bilan yanada ziyoda mutaallim va saodatlari bilan yanada ziyoda mas'ud bo’ladi. Hatto shafqatli bir volida kabi, o’z saodatini va rohatini ularning saodati uchun fido qiladi. Demak, har mo’'min darajasiga ko’ra, nuri Qur'on va sirri iymon bilan, butun mavjudotning saodatlari bilan va baqolari bilan va hechlikdan qutulishlari bilan va qiymatli maktuboti Rabboniya bo’lishlari bilan mas'ud bo’lishi mumkin va dunyo qadar bir nur qozonadi. Harkim darajasiga ko’ra bu nurdan istifoda etadi. Agar ahli zalolat bo’lsa; o’z alami bilan birga, butun mavjudotning halokati bilan va fanosi bilan va zohiriy i'domlari bilan, ziruh bo’lsa alomlari bilan mutaallim bo’ladi. Ya'ni, uning kufri uning dunyosiga adam to’ldiradi, uning boshiga to’kadi; hali Jahannamga ketmasdan Jahannamga ketadi.
To’rtinchi Ramz:Ko’p yerlarda deganimiz kabi, bir podshohning sulton, xalifa, hokim, qo’mondon kabi muxtalif unvonlar va sifatlardan nash'at etgan muxtalif boshqa-boshqa davoiri tashkiloti bo’lgani kabi; Janobi Haqning asmo-i husnasining hadsiz-hisobsiz turli-tuman tajalliyoti bor. Maxluqotning tanavvu'lari va ixtiloflari, u tajalliyotning tanavvu'laridan kelib chiqadi. Xullas, har kamol va jamol sohibi, fitratan jamol va kamolini ko’rish va ko’rsatishni xohlashi sirricha; muxtalif asmo, doimiy va sarmadiy bo’lganlari uchun, doimiy suratda Zoti Aqdas hisobiga tazohur istaydilar; ya'ni naqshlarini ko’rishni istaydilar; ya'ni o’z naqshlarining oynalarida jilva-i jamollarini va in'ikosi kamollarini ko’rish va ko’rsatish istaydilar; ya'ni koinot kitobi kabirini va mavjudotning muxtalif maktubotini zamon bilan yangilash; ya'ni yangidan yangiga ma'nodor yozish; ya'ni birgina sahifada boshqa-boshqa minglab maktubotni yozish va har bir maktubni Zoti Muqaddas va Musammo-i Aqdasning nazari shuhudiga izhor etish bilan barobar; butun zishuurning nazari mutolaasiga ko’rsatish va o’qittirish iqtizo etadilar. Bu haqiqatga ishorat etgan shu haqiqatli she'rga qara:
Kitobi olamning yaproqlari, anvo'i noma'dud
Huruf bilan kalimoti ham, afrodi nomahdud
Yozilmish dastgohi Lavhi Mahfuzi haqiqatda
Mujassam lafzi ma'nodordir, olamda har mavjud.
تَاَمَّلْ سُطُورَ الْكَائِنَاتِ فَاِنَّهَا مِنَ الْمَلَاِ الْاَعْلٰى اِلَيْكَ رَسَائِلُ
Beshinchi Ramz:Ikki nuktadir.
Birinchi Nukta:Modomiki Janobi Haq bor, hamma narsa bor. Modomiki Janobi Vojib-ul Vujudga intisob bor, hamma narsa uchun butun ashyo bor. Chunki Vojib-ul Vujudga nisbat bilan har bir mavjud, butun mavjudotga, vahdat sirri bilan bir irtibot paydo qiladi. Demak, Vojib-ul Vujudga intisobini bilgan yoki intisobi bilingan har bir mavjud, sirri vahdat bilan, Vojib-ul Vujudga mansub butun mavjudot bilan munosabatdor bo’ladi. Demak, har bir narsa u intisob nuqtasida hadsiz anvori vujudga mazhar bo’lishi mumkin. Firoqlar, zavollar u nuqtada yo’qdir. Bir oni sayyola yashash hadsiz anvori vujudga madordir. Agar u intisob bo’lmasa va bilinmasa, hadsiz firoqlarga va zavollarga va adamlarga mazhar bo’ladi. Chunki u holda aloqador bo’lishi mumkin bo’lgan har bir mavjudga qarshi bir firog’i va bir iftiroqi va bir zavoli bor. Demak, o’z shaxsiy vujudiga hadsiz adamlar va firoqlar yuklanadi. Bir million yil vujudda qolsa ham (intisobsiz); avvalgi nuqtadagi u intisobdagi bir on yashash qadar bo’lolmaydi. Shuning uchun ahli haqiqat: "Bir oni sayyola vujudi munavvar, million yil bir vujudi abratdan murajjahdir", deyishgan. Ya'ni: "Vujudi Vojibga bog’langan bir onlik vujud, bog’lanmagan million yil vujuddan murajjahdir". Bu sir uchun, ahli tahqiq: "Anvori vujud esa Vojib-ul Vujudni tanish bilan", deyishgan. Ya'ni: "U holda koinot anvori vujud ichida bo’lib maloika va ruhoniyot va zishuurlar bilan to’la ko’rinadi. Agar usiz bo’lsa adam zulumotlari, firoq va zavol alamlari har bir mavjudni ihota etadi. Dunyo u odamning nazarida bo’sh va xoli bir vahshatgoh suratida ko’rinadi". Ha, qandayki bir daraxt mevalarining har birisi, daraxtning boshidagi butun mevalarga qarshi bittadan nisbati bor va u nisbat bilan bittadan qardoshi, do’sti mavjud bo’lgani uchun, ularning adadicha ariziy vujudlari bor. Qachon meva daraxtning boshidan uzilsa, har bir mevaga qarshi bir firoq va zavol hosil bo’ladi. Har bir meva uning uchun ma'dum hukmidadir. Xorijiy bir zulmati adam unga hosil bo’ladi. Xuddi shuning kabi: Qudrati Ahadi Samadga intisob nuqtasida hamma narsa uchun butun ashyo bor. Agar intisob bo’lmasa, hamma narsa uchun ashyo adadicha xorijiy adamlar bor. Xullas, shu ramzdan iymonning azamati anvoriga qara va zalolatning dahshatli zulumotini ko’r. Demak, iymon shu ramzda bayon etilgan haqiqati oliya-i nafs-ul amriyaning unvonidir va iymon bilan undan istifoda eta oladi. Agar iymon bo’lmasa, qandayki ko’r, kar, tilsiz, aqlsiz odamga hamma narsa ma'dum ekan; xuddi shuning kabi iymonsizga hamma narsa ma'dum, zulumotli bo’ladi.
Ikkinchi Nukta:Dunyoning va ashyoning uch dona yuzi bor.
Birinchi Yuzi:Asmo-i Ilohiyaga qaraydi, ularning oynalaridir. Bu yuzga zavol va firoq va adam kirolmaydi; balki yangilanish va tajaddud bor.
Ikkinchi Yuzi:Oxiratga qaraydi, olami baqoga nazar etadi, uning ekinzori hukmidadir. Bu yuzda boqiy samaralar va mevalar yetishtirish bor; baqoga xizmat qiladi, foniy narsalarni boqiy hukmiga keltiradi. Bu yuzda ham mavt va zavol emas, balki hayot va baqo jilvalari bor.
Uchinchi Yuzi:Foniylarga, ya'ni bizlarga qaraydiki; foniylarning va ahli havasotning ma'shuqasi va ahli shuurning tijoratgohi va vazifadorlarning maydoni imtihonlaridir. Xullas, bu uchinchi yuzidagi fano va zavol, mavt va adamning dardlariga va yaralariga malham uchun u uchinchi yuzning mohiyatidagi baqo va hayot jilvalari bor.
Alhosil:Shu mavjudoti sayyola, shu maxluqoti sayyora Vojib-ul Vujudning anvori ijod va vujudini yangilash uchun mutaharrik oynalar va o’zgargan mazharlardir.
IKKINCHI MAQOM
Bir muqaddima, besh ishoratdir. Muqaddima ikki mabhasdir.
Birinchi Mabhas:
Bu keladigan besh ishoratda, shuunoti rububiyatni rasad etish uchun; bittadan so’niq, kichik durbin navidan bittadan tamsil yoziladi. Bu tamsillar; shuunoti rububiyatning haqiqatini tutolmaydi, ihota etolmaydi, miqyos bo’lolmaydi, faqat qarata oladi. U keladigan tamsilotda va o’tgan ramzlarda Zoti Aqdasning shuunotiga munosib bo’lmagan ta'birot, tamsilning qusuriga oiddir.
Masalan: Lazzat va surur va mamnuniyatning bizcha ma'lum ma'nolari, shuunoti muqaddasani ifoda etolmaydi; faqat bittadan unvoni mulohazadir, bittadan mirsodi tafakkurdir. Ham yana shu tamsillar; qamrovli, azim bir qonuni rububiyatning kichik bir misolda uchini ko’rsatish bilan, rububiyatning shuunotida u qonunning haqiqatini isbot qiladi. Masalan, bir gul vujuddan ketadi, minglab vujud qoldirib shunday ketadi deyilgan. U bilan azim bir qonuni rububiyatni ko’rsatadiki; butun bahor, balki butun dunyodagi mavjudotda bu qonuni rububiyat jarayon etadi.
Ha, Xoliqi Rahim bir qushning patli libosini qaysi qonun bilan almashtirsa, yangilasa; u Sone'-i Hakim ayni qonun bilan, har yili Kura-i Arzning libosini tajdid etadi. Ham u ayni qonun bilan, har asrda dunyoning shaklini tabdil etadi. Ham ayni qonun bilan, qiyomat vaqtida koinotning suratini tag’yir etib o’zgartiradi.
Ham qaysi qonun bilan zarrani, mavlaviy kabi tahrik etsa; ayni qonun bilan Kura-i Arzni majzub va aylanish uchun turgan mavlaviy kabi aylantiradi va u qonun bilan olamlarni aylantiradi va manzuma-i shamsiyani kezdiradi.
Ham qaysi qonun bilan sening badaningdagi hujayrotning zarralarini yangilayotgan, ta'mir va tahlil etayotgan bo’lsa, ayni qonun bilan sening bog’ingni har yili yangilaydi va har mavsumda ko’p marta yangilaydi. Ayni qonun bilan, zamin yuzini har bahor mavsumida yangilaydi, yangi bir yopinchiq ustiga tortadi.
Ham u Sone'-i Qodir, qaysi qonuni hikmat bilan bir chivinni ihyo etadi, ayni qonun bilan shu qarshimizdagi chinor daraxtini har bahorda ihyo etadi va u qonun bilan Kura-i Arzni yana u bahorda ihyo etadi va ayni qonun bilan hashrda maxluqotni ham ihyo etadi. Shu sirga ishoratan
مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ
Qur'on farmon etar. Va hokazo qiyos et.
Bular kabi ko’p qavonini rububiyat bordirki, zarradan to majmu'i olamga qadar jarayon etadi. Xullas, faoliyati rububiyatning ichidagi shu qonunlarning azamatiga qara va kengligiga diqqat qil va ichidagi sirri vahdatni ko’r; har bir qonun bir burhoni vahdat ekanini bil. Ha, bu juda kasratli va juda azamatli qonunlar, har biri ilm va irodaning jilvasi bo’lish bilan barobar; ham vohid, ham qamragani uchun; Sone'ning vahdoniyatini va ilm va irodasini g’oyat qat'iy bir suratda isbot qiladilar. Xullas, aksar So’zlarda aksar tamsilot, bunday qonunlarning uchlarini bittadan juz'iy misol bilan ko’rsatish bilan; mudda'oda, ayni qonunning vujudiga ishorat qiladi. Modomiki tamsil bilan qonunning tahaqquqi ko’rsatiladi, burhoni mantiqiy kabi yaqiyniy bir suratda mudda'oni isbot qiladi. Demak, So’zlardagi aksar tamsillar; bittadan burhoni yaqiyniy, bittadan hujjati qat'iya hukmidadir.
Ikkinchi Mabhas:
O’ninchi So’zning O’ninchi Haqiqatida aytilgani kabi, bir daraxtning qancha mevalari va gullari bo’lsa; har bir mevaning, har bir gulning shuncha g’oyalari, hikmatlari bor. Va u hikmatlar uch qismdir. Bir qismi Sone'ga qaraydi, asmosining naqshlarini ko’rsatadi. Bir qismi zishuurlarga qaraydiki, ularning nazarlarida qiymatli maktubot va ma'nodor kalimotdir. Bir qismi o’z nafsiga va hayotiga va baqosiga qaraydi va insonga foydali bo’lsa, insonning manfaatiga ko’ra hikmatlari bor. Xullas, har bir mavjudning bunday kasratli g’oyalari bo’lganini bir vaqt o’ylarkan, xotirimga Arabiy tarzda va keladigan "Besh Ishorat"ning asosotiga mulohaza hukmida bo’lib, kulliy g’oyalarga ishorat etgan shu fikralar kelgandir.
وَهٰذِهِ الْمَوْجُودَاتُ الْجَلِيَّةُ مَظَاهِرُ سَيَّالَةٌ وَمَرَايَا جَوَّالَةٌ لِتَجَدُّدِ تَجَلِّيَاتِ اَنْوَارِ ا۪يجَادِه۪ سُبْحَانَهُ
بِتَبَدُّلِ التَّعَيُّنَاتِ الْاِعْتِبَارِيَّةِ
اَوَّلًا : مَعَ اِسْتِحْفَاظِ الْمَعَانِى الْجَم۪يلَةِ وَالْهُوِيَّاتِ الْمِثَالِيَّةِ
وَثَانِيًا : مَعَ اِنْتَاجِ الْحَقَائِقِ الْغَيْبِيَّةِ وَالنُّسُوجِ اللَّوْحِيَّةِ
وَثَالِثًا : مَعَ نَشْرِ الثَّمَرَاتِ الْاُخْرَوِيَّةِ وَالْمَنَاظِرِ السَّرْمَدِيَّةِ
وَرَابِعًا : مَعَ اِعْلَانِ التَّسْب۪يحَاتِ الرَّبَّانِيَّةِ وَ اِظْهَارِ الْمُقْتَضَيَاتِ الْاَسْمَائِيَّةِ
وَخَامِسًا : لِظُهُورِ الشُّؤُنَاتِ السُّبْحَانِيَّةِ وَالْمَشَاهِدِ الْعِلْمِيَّةِ
Xullas, bu besh fikrada, kelajakda bahs etadiganimiz ishorotning asosoti bor. Ha, har bir mavjud (xususan zihayot bo’lganlarning) besh tabaqa boshqa-boshqa hikmatlari va g’oyalari bor. Qandayki mevador bir daraxt, bir-birining ustidagi shoxlari samara beradi; xuddi shuning kabi: Har bir zihayotning, besh tabaqa muxtalif g’oyalari mavjud va hikmatlari bor.
Ey insoni foniy! Sening juz'iy bir urug’ hukmidagi o’z haqiqatingni mevador bir shajara-i boqiyaga inqilob etishini va besh ishoratda ko’rsatilgan o’n tabaqa mevalarini va o’n navi g’oyalarini qo’lga kiritishni istasang, haqiqiy iymonni qo’lga kirit. Bo’lmasa butun ulardan mahrum qolish bilan barobar, u urug’ ichida siqilib chiriysan.
Birinchi Ishorat:
فَاَوَّلًا: بِتَبَدُّلِ التَّعَيُّنَاتِ الْاِعْتِبَارِيَّةِ مَعَ اِسْتِحْفَاظِ الْمَعَانِى الْجَم۪يلَةِ وَالْهُوِيَّاتِ الْمِثَالِيَّةِ
fikrasi ifoda etadiki: Bir mavjud vujuddan ketgandan so’ng, zohiran adamga, fanoga ketadi; lekin ifoda etgan ma'nolari boqiy qoladi, mahfuz bo’ladi. Huviyati misoliyasi va surati va mohiyati ham olami misolda va olami misolning namunalari bo’lgan alvohi mahfuzada va alvohi mahfuzaning namunalari bo’lgan quvva-i hofizalarda qoladi. Demak, bir vujudi suriy yo’qotadi, yuzlab vujudi ma'naviy va ilmiy qozonadi. Masalan: Qandayki bir sahifaning chop etilishiga mador bo’lgan matbaa hurufotiga bir vaziyat va bir tartib beriladi va bir sahifaning chop etilishiga mador bo’ladi; va u sahifa esa suratini va huviyatini, bosilgan mutaaddid yaproqlarga berib va ma'nolarini ko’p aqllarga nashr etgandan so’ng u matbaa hurufotining vaziyati va tartibi ham o’zgartiriladi. Chunki endi unga luzum qolmadi, ham boshqa sahifalarning chop etilishi lozim bo’ladi. Aynan shuning kabi, shu mavjudoti Arziya, xususan nabotiya; qalami qadari Ilohiy ularga bir tartib, bir vaziyat beradi; bahor sahifasida qudrat ularni ijod qiladi va go’zal ma'nolarini ifoda etib, suratlari va huviyatlari olami misol kabi olami g’aybning daftariga o’tganlari uchun, hikmat iqtizo etadi; u vaziyat o’zgarsin, toki yangi keladigan boshqa bahor sahifasi yozilsin, ular ham ma'nolarini ifoda etsin.
Ikkinchi Ishorat:
وَثَانِيًا : مَعَ اِنْتَاجِ الْحَقَائِقِ الْغَيْبِيَّةِ وَالنُّسُوجِ اللَّوْحِيَّةِ
Bu fikra ishorat etadiki: Har bir narsa -juz'iy bo’lsin, kulliy bo’lsin- vujuddan ketgandan so’ng (xususan zihayot bo’lsa) ko’p haqoiqi g’aybiya natija berish bilan birga; olami misolning daftarlarida bo’lgan lavhi misoliy ustida, atvori hayoti adadicha suratlarni qoldirib, u suratlardan ma'nodor bo’lgan va muqaddaroti hayotiya deyilgan sarguzashti hayotiyalari yoziladi va ruhoniyotga bir mutolaagoh bo’ladi. Qandayki masalan bir gul vujuddan ketadi, faqat yuzlab urug’chalarini va urug’chalarda mohiyatini vujudda qoldirish bilan birga; kichik alvohi mahfuzada va alvohi mahfuzaning kichik namunalari bo’lgan hofizalarda minglab suratini qoldirib, zishuurlarga atvori hayoti bilan ifoda qilgan tasbehoti Rabboniya va nuqushi asmoiyani o’qitadi, so’ngra ketadi. Xuddi shuning kabi: Yer yuzining gultuvagida go’zal masnu'ot bilan munaqqash bo’lgan bahor mavsumi bir guldir; zohiran zavol topadi, adamga ketadi, faqat uning urug’lari adadicha ifoda qilgan haqoiqi g’aybiya va gullari adadicha nashr etgan huviyati misoliya va mavjudoti adadicha ko’rsatgan hikmati Rabboniyani o’ziga badal sifatida vujudda qoldirib, so’ngra bizdan yashirinadi. Ham u ketgan bahorning do’stlari bo’lgan boshqa bahorlarga yer bo’shatadi, toki ular kelib vazifalarini bajarsin. Demak, bahor zohiriy bir vujudni chiqaradi; ma'nan mingta vujud kiyadi.
Uchinchi Ishorat:
وَثَالِثًا : مَعَ نَشْرِ الثَّمَرَاتِ الْاُخْرَوِيَّةِ وَالْمَنَاظِرِ السَّرْمَدِيَّةِ
fikrasi ifoda etadiki: Dunyo bir dastgoh va bir ekinzordir, oxirat bozoriga munosib bo’lgan mahsulotni yetishtiradi. Ko’p So’zlarda isbot etganmiz: Qandayki jin va insning amallari oxirat bozoriga yuboriladi. Xuddi shuning kabi: Dunyoning boshqa mavjudoti ham oxirat hisobiga ko’p vazifalar bajaradi va ko’p mahsulot yetishtiradi. Balki Kura-i Arz ular uchun kezadi; balki: "Uning uchun", desa bo’ladi. Bu safina-i Rabboniya, yigirma to’rt ming yillik bir masofani bir yilda o’tib, maydoni hashrning atrofida aylanyapti. Masalan, ahli Jannat, albatta orzu qiladiki, dunyo mojarolarini taxattur etsinlar va bir-biriga naql etsinlar; balki u mojarolarning lavhalarini va misollarini ko’rishga juda maroq etadilar. Albatta, kino pardalarida ko’rgandek; o’sha lavhalarni, u voqealarni mushohada etsalar, juda mutalazziz bo’ladilar. Modomiki shunday ekan, har holda dori lazzat va manzili saodat bo’lgan dori Jannatda عَلٰى سُرُرٍ مُتَقَابِل۪ينَ ishorati bilan; sarmadiy manzaralarda dunyoviy mojarolarning muhovarasi va dunyoviy hodisotning manzaralari Jannatda bo’ladi. Xullas, bu go’zal mavjudotning bir on ko’rinishi bilan yo’qolishi va bir-biri orqasidan kelib ketishi, manoziri sarmadiyani tashkil etish uchun, bir fabrika dastgohlari hukmida ko’rinadi. Masalan: Qandayki ahli madaniyat, foniy vaziyatlarga bir navi baqo berish va ahli istiqbolga yodgorlik qoldirish uchun; go’zal yoki g’arib vaziyatlarning suratlarini olib, kino pardalari bilan istiqbolga hadya qiladi, zamoni moziyni zamoni holda va istiqbolda ko’rsatadilar va darj etadilar. Aynan shuning kabi: Shu mavjudoti bahoriya va dunyoviyada qisqa bir hayot o’tkazgandan so’ng, ularning Sone'-i Hakimi olami baqoga oid g’oyalarini u olamda qayd etish bilan barobar olami abadiyda, sarmadiy manzaralarda ularning atvori hayotlarida bajargan vazoifi hayotiyani va mo’'jizoti Subhoniyani, manoziri sarmadiyada qayd etish, muqtazo-i ismi Hakim va Rahim va Vaduddir.
To’rtinchi Ishorat:
وَرَابِعًا : مَعَ اِعْلَانِ التَّسْب۪يحَاتِ الرَّبَّانِيَّةِ وَ اِظْهَارِ الْمُقْتَضَيَاتِ الْاَسْمَائِيَّةِ
fikrasi ifoda etadiki: Mavjudot atvori hayoti bilan, mutaaddid anvo'i tasbehoti Rabboniyani aytadi. Ham asmo-i Ilohiya iqtizo va istilzom etgan holoti ko’rsatadiki... Masalan: Rahim ismi shafqat etishni istaydi, Razzoq ismi rizq berishni iqtizo qiladi, Latif ismi lutf etishni istilzom etadi va hokazo butun asmoning bitta-bitta muqtazosi bor. Har bir zihayot hayoti bilan va vujudi bilan u asmoning muqtazosini ko’rsatish bilan birga, jihozoti adadicha Sone'-i Hakimga tasbehot qiladi. Masalan: Bir inson go’zal mevalar yeganida me'dasida parchalanadi, eriydi, zohiran mahv bo’ladi; lekin og’zidan, me'dasidan boshqa butun hujayroti badaniyada faoliyatkorona bir lazzat, bir zavq berish bilan barobar, aqtori badandagi vujudni va hayotni oziqlantirish va idoma-i hayot kabi juda ko’p hikmatlarning vujudiga sabab bo’ladi. U taomning o’zi ham vujudi nabotiydan hayoti insoniya tabaqasiga chiqadi, taraqqiy etadi. Aynan shuning kabi: Mavjudot zavol pardasida yashiringan vaqti; ularning o’rnida har birining juda ko’p tasbehoti boqiy qolish bilan barobar, juda ko’p asmo-i Ilohiyaning ham nuqushlarini va muqtaziyotini u asmoning qo’llariga qoldiradi. Ya'ni, bir vujudi boqiyaga tavdi' etadi, shunday ketadilar. Ajabo, foniy va muvaqqat bir vujudning ketishi bilan uning o’rniga bir navi baqoga mazhar minglab vujud qolsa; deyilarmiki, unga yomon bo’ldi yoxud befoyda bo’ldi yoxud shu sevimli maxluq nima uchun ketdi.. shikoyat qilinishi mumkinmi? Balki o’sha haqidagi rahmat, hikmat, muhabbat iqtizo etadi va shunday bo’lishi kerak. Bo’lmasa birgina zarar kelmasligi uchun, minglab manfaatni tark etish lozim bo’ladiki; u holda minglab zarar bo’ladi. Demak, Rahim, Hakim va Vadud ismlari; zavolga va firoqqa muoriz emas, balki istilzom etib iqtizo etadilar.
Beshinchi Ishorat:
وَخَامِسًا : لِظُهُورِ الشُّؤُنَاتِ السُّبْحَانِيَّةِ وَالْمَشَاهِدِ الْعِلْمِيَّةِ
fikrasi ifoda etadiki: "Mavjudot -xususan zihayot bo’lganlar- vujudi suriydan ketgandan so’ng boqiy ko’p narsalarni qoldiradilar, shunday ketadilar". Ikkinchi Ramzda bayon etilgani kabi, Zoti Vojib-ul Vujudning qudsiyat va istig’no-i kamoliga muvofiq tarzda va unga loyiq suratda; hadsiz muhabbat, nihoyatsiz shafqat, cheksiz iftixor, -ta'biri joiz bo’lsa- muqaddas hadsiz bir mamnuniyat, bir sevinch, -ta'birda xato bo’lmasin- hadsiz bir lazzati muqaddasa, bir farohi munazzah shuunoti rububiyatida mavjud bo’lib; ularning osori bilmushohada ko’rinadi. Xullas, u shuunot, iqtizo etgan hayratnamo faoliyat ichida, mavjudot tabdil va tag’yir bilan, zavol va fano ichida sur'at bilan chorlanyapti.. mutamodiyan olami shahodatdan olami g’aybga yuborilyapti. Va u shuunotning jilvalari ostida maxluqot; doimiy sayru sayalon, harakat va javalon ichida chayqalyapti va ahli g’aflatning quloqlariga vovaylo-i firoq va zavolni va ahli hidoyatning sam'iga valvala-i zikr va tasbehni tarqatyaptilar. Bu sirga binoan, har bir mavjud Vojib-ul Vujudning boqiy shuunotining tazohuriga boqiy bittadan mador bo’ladigan ma'nolarni, vaziyatlarni, holatlarni vujudda qoldirib ketyapti. Ham u mavjud butun hayoti mobaynida o’tkazgan atvor va ahvoli, ilmi azaliyning unvonlari bo’lgan Imomi Mubin, Kitobi Mubin, Lavhi Mahfuz kabi vujudi ilmiy doiralarida vujudi xorijiyini tamsil etgan mufassal vujud qoldirib ketadilar. Demak, har bir foniy; bir vujudni tark etadi, minglab boqiy vujudlarni qozonadi, qozontiradi. Masalan: Qandayki horiquloda bir fabrika uskunasiga oddiy ba'zi moddalar otiladi; ichida yonadi, zohiran mahv bo’ladi; faqat u fabrikaning suzgichlarida juda qiymatli kimyo moddalari va adviyalar tarassub etadi. Ham uning quvvati bilan va bug’i bilan u fabrikaning charxlari aylanadi; bir tarafdan matolarni to’qishiga, bir qismi kitob chop etishga, bir qismi esa shakar kabi boshqa qiymatli narsalarni i'mol etishga mador bo’ladi va hokazo... Demak oddiy moddalar yonib, zohiran mahv bo’lishi bilan, minglab narsalar vujud topadi. Demak, oddiy bir vujud ketadi, ko’p oliy vujudlarni irsiyat sifatida qoldiradi. Xullas, shu holda o’sha oddiy moddaga "hayf bo’ldi" deyiladimi? Fabrika sohibi nima uchun unga achinmadi, yondirdi; u sevimli moddalarni mahv etdi, shikoyat etiladimi? Aynan shuning kabi وَلِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى Xoliqi Hakim va Rahim va Vadud muqtazo-i rahmat va hikmat va vadudiyat bo’lib, koinot fabrikasiga harakat beradi; har bir vujudi foniyni ko’p boqiy vujudlarga urug’ qiladi, maqosidi Rabboniyasiga mador qiladi, shuunoti Subhoniyasiga mazhar qiladi, qalami qadariga siyoh ittihoz etadi va qudratning to’qishiga bir makik qiladi va yana biz bilmagan juda ko’p g’oyoti g’oliya va maqosidi oliya uchun, o’z faoliyati qudrati bilan koinotni faoliyatga keltiradi. Zarrotni javalonga, mavjudotni sayaronga, hayvonotni sayalonga, sayyorotni davaronga keltiradi, koinotni gapirtiradi; oyotini unga ovozsiz ayttiradi va unga yozdiradi. Va maxluqoti Arziyani rububiyati nuqtasida, havoni amr va irodasiga bir navi arsh va nur unsurini ilm va hikmatiga boshqa bir arsh va suvni ehson va rahmatiga boshqa bir arsh va tuproqni hifz va ihyosiga bir tur arsh qilgan. U arshlardan uchtasini maxluqoti Arziya ustida kezdiradi.
Qat'iyan bilki: Bu besh Ramzda va besh Ishoratda ko’rsatilgan porloq haqiqati oliya, nuri Qur'on bilan ko’rinadi va iymonning quvvati bilan sohib bo’lish mumkin. Bo’lmasa u haqiqati boqiya o’rniga, g’oyat mudhish bir zulumot o’tadi. Ahli zalolat uchun dunyo, firoqlar va zavollar bilan to’la va alamlar bilan limmo-limdir. Koinot u uchun ma'naviy bir Jahannam hukmiga o’tadi. Hamma narsa u uchun oniy bir vujud bilan, hadsiz bir adam ihota etadi. Butun moziy va mustaqbal, zulumoti adam bilan to’la; yolg’iz qisqacha bir zamoni holda, bir qayg’uli nuri vujud topa oladi. Faqat sirri Qur'on va nuri iymon bilan, azaldan abadga qadar bir nuri vujud ko’rinadi; unga aloqador bo’ladi va u bilan saodati abadiyasini ta'min etadi.
Alhosil:Bir Shoiri Misriyning tarzida deymiz:
Daryo bo’lgancha nafas
Poralangancha qafas
To tugagancha bu ovoz
Chaqiraman: Yo Haq! Yo Mavjud! Yo Hayy! Yo Ma'bud!
Yo Hakim! Yo Maqsud! Yo Rahim! Yo Vadud!..
Va baqirib deyman:
لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْمَلِكُ الْحَقُّ الْمُب۪ينُ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ صَادِقُ الْوَعْدِ الْاَم۪ينُ
Va iymon keltirib isbot etaman:
اِنَّ الْبَعْثَ بَعْدَ الْمَوْتِ حَقٌّ وَ الْجَنَّةَ حَقٌّ وَ النَّارَ حَقٌّ وَ اِنَّ السَّعَادَةَ الْاَبَدِيَّةَ حَقٌّ وَ اِنَّ اللّٰهَ رَح۪يمٌ حَك۪يمٌ وَدُودٌ وَ اِنَّ الرَّحْمَةَ وَ الْحِكْمَةَ وَ الْمَحَبَّةَ مُح۪يطَةٌ بِجَم۪يعِ الْاَشْيَاءِ وَ شُؤُنَاتِهَا
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ٭ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَاةً تَكُونُ لَكَ رِضَاءً وَ لِحَقِّه۪ اَدَاءً وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ اٰم۪ينَ. وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ. سُبْحَانَ مَنْ جَعَلَ حَد۪يقَةَ اَرْضِه۪، مَشْهَرَ صَنْعَتِه۪، مَحْشَرَ خِلْقَتِه۪، مَظْهَرَ قُدْرَتِه۪، مَدَارَ حِكْمَتِه۪، مَزْهَرَ رَحْمَتِه۪، مَزْرَعَ جَنَّتِه۪، مَمَرَّ الْمَخْلُوقَاتِ، مَس۪يلَ الْمَوْجُودَاتِ، مَك۪يلَ الْمَصْنُوعَاتِ، فَمُزَيَّنُ الْحَيْوَانَاتِ، مُنَقَّشُ الطُّيُورَاتِ، مُثَمَّرُ الشَّجَرَاتِ، مُزَهَّرُ النَّبَاتَاتِ، مُعْجِزَاتُ عِلْمِه۪ خَوَارِقُ صُنْعِه۪، هَدَايَاءُ جُودِه۪، بَرَاه۪ينُ لُطْفِه۪، دَلَائِلُ الْوَحْدَةِ، لَطَائِفُ الْحِكْمَةِ، شَوَاهِدُ الرَّحْمَةِ، تَبَسُّمُ الْاَزْهَارِ مِنْ ز۪ينَةِ الْاَثْمَارِ، تَسَجُّعُ الْاَطْيَارِ ف۪ى نَسْمَةِ الْاَسْحَارِ، تَهَزُّجُ الْاَمْطَارِ عَلٰى خُدُودِ الْاَزْهَارِ، تَزَيُّنُ الْاَزْهَارِ، تَبَرُّجُ الْاَثْمَارِ ف۪ى هٰذِهِ الْجِنَانِ، تَرَحُّمُ الْوَالِدَاتِ عَلَى الْاَطْفَالِ الصِّغَارِ ف۪ى كُلِّ الْحَيْوَانَاتِ وَ الْاِنْسَانِ ، تَعَرُّفُ وَدُودٍ، تَوَدُّدُ رَحْمَانٍ، تَرَحُّمُ حَنَّانٍ، تَحَنُّنُ مَنَّانٍ لِلْجِنِّ وَ الْاِنْسَانِ وَ الرُّوحِ وَ الْحَيْوَانِ وَ الْمَلَكِ وَ الْجَانِّ.
Yigirma To’rtinchi Maktubning Birinchi Zayli
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
قُلْ مَا يَعْبَؤُا بِكُمْ رَبّ۪ى لَوْلَا دُعَٓاؤُكُمْ
Ya'ni: "Ey insonlar! Duongiz bo’lmasa nima ahamiyatingiz bor." ma'nosidagi oyatning besh nuktasini tingla:
BIRINCHI NUKTA:Duo bir sirri azimi ubudiyatdir. Balki ubudiyatning ruhi hukmidadir. Ko’p yerlarda zikr qilganimiz kabi, duo uch xildir.
Birinchi tur duo:Iste'dod lisoni bilandirki; butun hububot, urug’lar lisoni iste'dod bilan Fotiri Hakimga duo qiladilarki: "Sening nuqushi asmongni mufassal ko’rsatish uchun, bizga nashvu namo ber, kichik haqiqatimizni o’stir va daraxtning buyuk haqiqatiga aylantir".
Ham shu iste'dod lisoni bilan duo navidan biri shuki: Sabablarning yig’ilishi, musabbabning ijodiga bir duodir. Ya'ni: Sabablar bir vaziyat oladiki, u vaziyat bir lisoni hol hukmiga o’tadi va musabbabni Qodiri Zuljaloldan duo qiladi, istaydilar. Masalan: Suv, harorat, tuproq, ziyo bir urug’ atrofida bir vaziyat olib, u vaziyat bir lisoni duo bo’lib: "Bu urug’ni daraxt qil, ey Xoliqimiz!" deydilar. Chunki u mo’'jiza-i horiqo-i qudrat bo’lgan daraxt; shuursiz, jomid, oddiy moddalarga havola etilmaydi, havolasi imkonsiz. Demak, sabablarning yig’ilishi, bir navi duodir.
Ikkinchi tur duo:Ehtiyoji fitriy lisoni bilan bo’lib, butun zihayotlarning iqtidor va ixtiyorlari dohilida bo’lmagan hojatlarini va matlablarini kutmagan yerlaridan vaqti munosibda ularga berish uchun, Xoliqi Rahimdan bir tur duodir. Chunki iqtidor va ixtiyorlari xorijida, bilmagan yerlaridan, vaqti munosibda ularga bir Hakimi Rahim yuboryapti. Qo’llari yetmaydi; demak, u ehson, duo natijasidir.
Alhosil:Butun koinotdan dargohi Ilohiyaga chiqqan narsa duodir. Sabab bo’lganlar, musabbabotni Allohdan istaydilar.
Uchinchi turdagi duo:Ehtiyoj doirasida zishuurlarning duosi bo’lib, bu ham ikki qismdir.
Agar izdiror darajasiga kelsa yoki ehtiyoji fitriyga to’liq munosabatdor bo’lsa yoki lisoni iste'dodga yaqinlashgan bo’lsa yoki sof, xolis qalbning lisoni bilan bo’lsa, aksariyati mutlaqa bilan maqbuldir. Taraqqiyoti bashariyaning qismi a'zami va kashfiyotlari, bir navi duo natijasidir. Havoriqi madaniyat degan narsalari va kashfiyotlariga madori iftixor o’ylagan ishlari, ma'naviy duo natijasidir. Xolis bir lisoni iste'dod bilan istanilgani uchun, ularga berilgan. Lisoni iste'dod bilan va lisoni ehtiyoji fitriy bilan bo’lgan duolar ham, bir mone bo’lmasa va sharoit dohilida bo’lsa, doimo maqbuldir.
Ikkinchi qism:Mashhur duo bo’lib, u ham ikki xildir. Biri fe'liy, biri qovliy. Masalan yer haydash, fe'liy bir duodir. Rizqni tuproqdan emas; balki tuproq, xazina-i rahmatning bir eshigi bo’lgani uchun, rahmatning eshigi bo’lgan tuproqni omoch bilan qoqadi.
Boshqa qismlarning tafsilotini qoldirib, yolg’iz qovliy duoning bir-ikki sirlarini keladigan ikki-uch nuktada aytamiz.
IKKINCHI NUKTA:Duoning ta'siri azimdir. Xususan duo kulliyat kasb etib davom etsa; natija berishi g’olibdir, balki doimiydir. Hatto aytish mumkinki: Sababi xilqati olamning birisi ham duodir. Ya'ni, koinotning xilqatidan so’ngra, boshda navi bashar va uning boshida olami Islom va uning boshida Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning muazzam duosi, bir sababi xilqati olamdir. Ya'ni: Xoliqi Olam istiqbolda u zotni, navi bashar nomidan, balki mavjudot hisobidan saodati abadiya, mazhariyati asmo-i Ilohiya istashini bilgan; u bo’ladigan duoni qabul qilgan, koinotni xalq etgan. Modomiki duoning shu daraja azim ahamiyati va vus'ati bor ekan; hech mumkinmidirki: Bir ming uch yuz ellik yilda, har vaqtda, navi bashardan uch yuz million, jin va ins va malak va ruhoniyotdan hadd-hisobsiz muborak zotlar bil-ittifoq Zoti Muhammadiy Alayhissalotu Vassalam haqida, rahmati uzmo-i Ilohiya va saodati abadiya va husuli maqsud uchun duolari qanday qabul bo’lmasin? U duolari rad qilinishi hech bir jihatdan mumkinmi?
Modomiki bu qadar kulliyat va vus'at va davom kasb etib lisoni iste'dod va ehtiyoji fitriy darajasiga kelgan ekan, albatta u Zoti Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam, duo natijasida shunday bir maqom va martabadaki, butun uqul to’planib bir aql bo’lsalar, u maqomning haqiqatini tamomi bilan ihota etolmaydilar.
Xullas, ey musulmon! Sening ro’zi mahsharda shunday bir shafi'ing bor. Bu shafi'ning shafoatini o’zingga jalb etish uchun, sunnatiga ittibo et!
Agar:"Modomiki u Habibullohdir. Bu qadar salavot va duoga nima ehtiyoji bor?", desang.
Aljavob:U Zot (S.A.V.) umum ummatining saodati bilan aloqador va butun afrodi ummatining har navi saodatlari bilan hissadordir va har navi musibatlari bilan andishadordir. Xullas, o’zi haqida marotibi saodat va kamolot hadsiz bo’lish bilan barobar; hadsiz afrodi ummatining, hadsiz zamonda, hadsiz anvo'i saodatlarini harorat bilan orzu qilgan va hadsiz anvo'i shaqovatlaridan mutaassir bo’lgan zot, albatta hadsiz salavot va duo va rahmatga loyiq va muhtojdir.
Agar:"Ba'zan aniq bo’ladigan ishlar uchun duo qilinadi. Masalan: Xusuf va kusuf namozidagi duo kabi. Ham ba'zan hech bo’lmaydigan narsalar uchun duo qilinadi?", desang.
Aljavob:Boshqa So’zlarda izoh qilingani kabi, duo bir ibodatdir. Abd o’z ajzini va faqrini duo bilan e'lon qiladi. Zohiriy maqsadlar esa; u duoning va u ibodati duoiyaning vaqtlaridir, haqiqiy foydalari emas. Ibodatning foydasi oxiratga qaraydi. Dunyoviy maqsadlar hosil bo’lmasa, "U duo qabul bo’lmadi" deyilmaydi. Balki, "Hali duoning vaqti tugamadi" deyiladi.
Ham hech mumkinmiki: Butun ahli iymonning, butun zamonlarda, mutamodiyan kamoli xulus va ishtiyoq va duo bilan so’ragan saodati abadiyalari ularga berilmasin va butun koinotning shahodati bilan hadsiz rahmati bo’lgan u Karimi Mutlaq, u Rahimi Mutlaq; butun ularning u duosini qabul qilmasin va saodati abadiya vujud topmasin?
UCHINCHI NUKTA:Duo-i qovliyi ixtiyoriyning maqbuliyati ikki jihat bilandir. Yo ayni matlubi bilan maqbul bo’ladi yoxud yanada yaxshisi beriladi.
Masalan: Bir odam o’ziga bir erkak avlod istaydi. Janobi Haq Hazrati Maryam kabi bir qiz avlodini beradi. "Duosi qabul qilinmadi" deyilmaydi. "Yanada yaxshi bir suratda qabul qilindi" deyiladi. Ham ba'zan o’z dunyosining saodati uchun duo qiladi. Duosi oxirat uchun qabul bo’ladi. "Duosi rad etildi" deyilmaydi, balki "Yanada anfa' bir suratda qabul qilindi", deyiladi. Va hokazo... Modomiki Janobi Haq Hakimdir; biz undan istaymiz, u ham bizga javob beradi. Faqat hikmatiga ko’ra biz bilan muomala qiladi. Xasta tabibning hikmatini ittihom etmasligi kerak. Xasta asal istaydi; tabibi haziq bezgaki uchun sulfat tuzi beradi. "Tabib meni tinglamadi" deyilmaydi. Balki ohu zorini tingladi, eshitdi, javob ham berdi; maqsudning yaxshisini amalga oshirdi.
TO’RTINCHI NUKTA:Duoning eng go’zal, eng latif, eng laziz, eng hozir mevasi, natijasi shuki: Duo qilgan odam biladiki, biri borki; uning ovozini eshitadi, dardiga darmon yetishtiradi, unga marhamat qiladi. Uning qudrat qo’li hamma narsaga yetadi. Bu katta dunyo karvonsaroyida u yolg’iz emas; bir Karim zot bor, unga qaraydi, unsiyat beradi. Ham uning hadsiz ehtiyojotini amalga oshira oladi va uning hadsiz dushmanlarini daf eta oladigan bir zotning huzurida o’zini tasavvur qilib, bir faroh, bir inshiroh sezib, dunyo qadar og’ir bir yukni ustidan otib اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ deydi.
BESHINCHI NUKTA:Duo, ubudiyatning ruhidir va xolis bir iymonning natijasidir. Chunki duo qilgan odam, duosi bilan ko’rsatadiki: Butun koinotga hukm etgan biri borki; eng kichik ishlarimdan xabari bor va biladi, eng uzoq maqsadlarimni qila oladi, mening har holimni ko’radi, ovozimni eshitadi. Shunday ekan; butun mavjudotning butun ovozlarini eshitadiki, mening ovozimni eshitadi. Barcha narsalarni u qiladi, eng kichik ishlarimni ham undan kutaman, undan istayman. Duo bergan xolis tavhidning kengligiga va ko’rsatgan nuri iymonning halovat va sofligiga qara,
قُلْ مَا يَعْبَؤُا بِكُمْ رَبّ۪ى لَوْلَا دُعَٓاؤُكُمْ
sirrini angla va
وَ قَالَ رَبُّكُمُ ادْعُون۪ٓى اَسْتَجِبْ لَكُمْ
farmonini tingla.
اَگَرْ نَه خٰواه۪ى دَادْ ، نَه دَاد۪ى خٰواهْ
aytilgani kabi: Agar berishni istamasaydi, istashni bermas edi.
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ عَدَدَ مَا ف۪ى عِلْمِ اللّٰهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ سَلِّمْنَا وَ سَلِّمْ د۪ينَنَا اٰم۪ينَ ٭ وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
Yigirma To’rtinchi Maktubning Ikkinchi Zayli
(Me'roji Nabaviy haqidadir)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَلَقَدْ رَاٰهُ نَزْلَةً اُخْرٰى ٭ عِنْدَ سِدْرَةِ الْمُنْتَهٰى ٭ عِنْدَهَا جَنَّةُ الْمَاْوٰى ٭ اِذْ يَغْشَى السِّدْرَةَ مَا يَغْشٰى ٭ مَا زَاغَ الْبَصَرُ وَمَا طَغٰى ٭ لَقَدْ رَاٰى مِنْ اٰيَاتِ رَبِّهِ الْكُبْرٰى
(Mavludi Nabaviyning Me'rojiya qismida besh nuktani bayon qilamiz.)
BIRINCHI NUKTA:Jannatdan keltirilgan Buroqqa doir, Mavlud yozgan Sulaymon Afandi qayg’uli bir ishq mojarosini bayon etadi. U zot ahli valoyat bo’lgani va rivoyatga bino etgani uchun, albatta bir haqiqatni o’sha surat bilan ifoda qiladi.
Haqiqat shunday bo’lishi kerakki: Olami baqoning maxluqlari, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning nuri bilan juda aloqadordir. Chunki u zot keltirgan nur bilan Jannat va dori oxirat, jin va ins jonlanadi. Agar u bo’lmasaydi, saodati abadiya bo’lmasdi va Jannatning har navi maxluqotidan istifodaga musta'id bo’lgan jin va ins, Jannatni jonlantirmasdi; bir jihatda sohibsiz vayrona qolardi. Yigirma To’rtinchi So’zning To’rtinchi Shoxida bayon qilinganidek: Qandayki bulbulning gulga qarshi dostoni ishqi; toifa-i hayvonotning toifa-i nabototga daraja-i ishqga yetishgan ehtiyojoti shadida-i ishqnamoni, rahmat xazinasidan kelgan va hayvonotning arzoqlarini tashigan qofila-i nabototga e'lon qilish uchun, bir xatibi Rabboniy bo’lib, boshda bulbuli gul va har navdan bir navi bulbul intihob etilgan va ularning nag’omoti ham, nabototning eng go’zallarining boshlarida xush-omadi navidan tasbehkorona bir husni istiqboldir, bir olqishlashdir.
Aynan shuning kabi: Sababi xilqati aflok va vasila-i saodati dorayn va Habibi Robb-ul Olamin bo’lgan Zoti Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga qarshi, qandayki maloika navidan Hazrat Jabroil Alayhissalom kamoli muhabbat bilan xizmatkorlik qiladi; maloikalarning Hazrat Odam Alayhissalomga inqiyod va itoatini va sirri sujudini ko’rsatadi; shuning kabi ahli Jannatning, hatto Jannatning hayvonot qismining ham u zotga qarshi aloqalari, mingan Burog’ining hissiyoti oshiqonasi bilan ifoda etilgan.
IKKINCHI NUKTA:Me'roji Nabaviyadagi voqealardan birisi: Janobi Haqning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga qarshi muhabbati munazzahasi, "Senga oshiq bo’lganman" ta'biri bilan ifoda etilgan. Shu ta'birot, Vojib-ul Vujudning qudsiyatiga va istig’no-i zotiysiga, ma'no-i urfiy bilan munosib tushmaydi. Modomiki Sulaymon Afandining mavludi, rag’bati ommaga mazhariyati dalolati bilan; u zot ahli valoyatdir va ahli haqiqatdir, albatta iroa etgan ma'nosi sahihdir. Ma'no ham shuki:
Zoti Vojib-ul Vujudning hadsiz jamol va kamoli bor. Chunki butun koinotning aqsomiga inqisom etgan jamol va kamolning butun anvo'i uning jamol va kamolining alomatlari, ishoratlari, oyatlaridir. Xullas, har holda jamol va kamol sohibi, bilbedaho jamol va kamolini sevgani kabi, Zoti Zuljalol ham jamolini juda ham sevadi. Ham o’ziga loyiq bir muhabbat bilan sevadi. Ham jamolining shuooti bo’lgan asmosini ham sevadi. Modomiki asmosini sevar ekan, albatta asmosining jamolini ko’rsatgan san'atini sevadi. Shunday ekan, jamol va kamoliga oyna bo’lgan masnu'otini ham sevadi. Modomiki jamol va kamolini ko’rsatganni sevar ekan; albatta jamol va kamoli asmosiga ishorat etgan maxluqotining mahosinini ham sevadi. Bu besh navi muhabbatga, Qur'oni Hakim oyoti bilan ishorat qiladi.
Xullas, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, modomiki masnu'ot ichida eng mukammal farddir va maxluqot ichida eng mumtoz shaxsiyatdir.
Ham san'ati Ilohiyani, bir valvala-i zikr va tasbeh bilan tashhir etadi va istehson etadi.
Ham asmo-i Ilohiyadagi jamol va kamol xazinalarini lisoni Qur'on bilan ochgan.
Ham koinotning oyoti takviniyasining, Sone'ining kamoliga dalolatlarini, porloq va qat'iy bir suratda lisoni Qur'on bilan bayon qiladi.
Ham kulliy ubudiyati bilan, rububiyati Ilohiyaga oynadorlik qiladi.
Ham mohiyatining jome'iyati bilan butun asmo-i Ilohiyaga bir mazhari atamm bo’lgan.
Albatta shuning uchun aytsa bo’ladiki: Jamili Zuljalol, o’z jamolini sevishi bilan, u jamolning eng mukammal oyna-i zishuuri bo’lgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni sevadi.
Ham o’z asmosini sevishi bilan, u asmoning eng porloq oynasi bo’lgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni sevadi va Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga o’xshaganlarni ham darajalariga ko’ra sevadi.
Ham san'atini sevgani uchun, albatta uning san'atini eng yuksak bir sado bilan butun koinotda nashr etgan va samovotning qulog’ini jaranglatgan, barr va bahrni jazbaga keltirgan bir valvala-i zikr va tasbeh bilan e'lon qilgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni sevadi va unga ittibo etganlarni ham sevadi.
Ham masnu'otini sevgani uchun, u masnu'otning eng mukammali bo’lgan zihayotni va zihayotning eng mukammali bo’lgan zishuurni va zishuurning eng afzali bo’lgan insonlarni va insonlarning bil-ittifoq eng mukammali bo’lgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni albatta yanada ko’proq sevadi.
Ham o’z maxluqotining mahosini axloqiyalarini sevgani uchun, mahosini axloqiyada bil-ittifoq eng yuksak martabada bo’lgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni sevadi va darajotga ko’ra, unga o’xshaganlarni ham sevadi. Demak, Janobi Haqning rahmati kabi, muhabbati ham koinotni ihota etgan.
Xullas, u hadsiz mahbublar ichidagi mazkur besh vajhining har bir vajhida eng yuksak maqom Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga maxsus bo’lib, "Habibulloh" taxallusi berilgan.
Xullas, bu eng yuksak maqomi mahbubiyatni, Sulaymon Afandi "Men senga oshiq bo’lganman" ta'biri bilan bayon etgan. Shu ta'bir, bir mirsodi tafakkurdir, g’oyat uzoq uzoqlardan bu haqiqatga bir ishoratdir. Bu bilan barobar, modomiki bu ta'bir, sha'ni rububiyatga munosib bo’lmagan ma'noni xayolga keltiradi; eng yaxshisi, shu ta'bir o’rniga: "Men sendan roziman" deyilishi kerak.
UCHINCHI NUKTA:Me'rojiyadagi mojarolar, ma'lumimiz bo’lgan ma'nolar bilan, u qudsiy va nazih haqiqatlarni ifoda etolmaydi. Balki u muhovaralar; bittadan unvoni mulohazadir, bittadan mirsodi tafakkurdir va ulviy va chuqur haqoiqqa bittadan ishoratdir va iymonning bir qism haqoiqiga bittadan ixtordir va qobili ta'bir bo’lmagan ba'zi ma'nolarga bittadan kinoyadir. Yo’qsa, bizga ma'lum bo’lgan ma'nolar bilan bo’lgan hikoya emas. Biz, xayolimiz bilan u muhovaralardan u haqiqatlarni ololmaymiz; balki qalbimiz bilan hayajonli bir zavqi iymoniy va nuroniy bir nash'a-i ruhoniy olishimiz mumkin. Chunki qandayki Janobi Haqning zot va sifotida nazir va shabih va misli yo’q; xuddi shuning kabi, shuunoti rububiyatida misli yo’qdir. Sifoti maxluqot sifotiga o’xshamaganidek, muhabbati ham o’xshamaydi. Shunday ekan bu ta'birotni mutashabihot navidan sanab aytamizki: Zoti Vojib-ul Vujudning vujubi vujudiga va qudsiyatiga munosib tarzda va istig’no-i zotiysiga va kamoli mutlaqiga muvofiq bir suratda, muhabbati kabi ba'zi shuunoti borki, Me'rojiya mojarosi bilan uni ixtor etadi. Me'roji Nabaviyaga doir O’ttiz Birinchi So’z, haqoiqi Me'rojiyani usuli iymoniya doirasida izoh etgan. Shuni kifoya bilib bu yerda ixtisor etamiz.
TO’RTINCHI NUKTA:"Yetmish ming parda orqasida Janobi Haqni ko’rgan" ta'biri, bu'diyati makonni ifoda etadi. Holbuki Vojib-ul Vujud makondan munazzahdir, hamma narsaga hamma narsadanda yaqin. Bu nima degani?
Aljavob:O’ttiz Birinchi So’zda mufassalan, burhonlar bilan u haqiqat bayon etilgandir. Bu yerda yolg’iz shuni aytamiz:
Janobi Haq bizga g’oyat qoribdir, biz undan g’oyat darajada uzoqmiz. Qandayki Quyosh qo’limizdagi oyna vositasi bilan bizga g’oyat yaqin va yerda har bir shaffof narsa, o’ziga bir navi arsh va bir tur manzil bo’ladi. Agar Quyoshning shuuri bo’lsaydi, biz bilan oynamiz vositasi bilan muxobara etardi. Faqat biz undan to’rt ming yil uzoqmiz. Bila-tashbeh vala-tamsil; Shamsi Azaliy, hamma narsaga hamma narsadan yanada yaqindir. Chunki Vojib-ul Vujud, makondan munazzahdir. Hech bir narsa unga parda bo’lolmaydi. Faqat hamma narsa nihoyat darajada undan uzoq.
Xullas, Me'rojning uzun masofasi bilan,
وَ نَحْنُ اَقْرَبُ اِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ الْوَر۪يدِ
ifoda etgan masofasizlikning sirri bilan; ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ketishida ko’p masofani hatlab o’tib ketishi va oni vohidda o’rniga kelishi sirri bundan kelib chiqadi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Me'roji, uning sayri sulukidir, uning unvoni valoyatidir. Ahli valoyat sayri suluki ruhoniy bilan, qirq kundan to qirq yilga qadar taraqqiy bilan, darajoti iymoniyaning haqqalyaqiyn darajasiga chiqishadi. Shunga o’xshab: Butun avliyoning sultoni bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam; yolg’iz qalbi va ruhi bilan emas, balki ham jismi bilan, ham tuyg’ulari bilan, ham latoifi bilan, qirq yilga muqobil qirq daqiqada, valoyatining karomati kubrosi bo’lgan Me'roji bilan bir jadda-i kubro ochib, haqoiqi iymoniyaning eng yuksak martabalariga ketgan, Me'roj narvoni bilan Arshga chiqqan, "Qobi Qavsayn" maqomida, haqoiqi iymoniyaning eng buyugi sanalgan iymoni Billoh va iymoni Bil-oxiratni aynalyaqiyn ko’zi bilan mushohada etgan, Jannatga kirgan, saodati abadiyani ko’rgan, Me'rojning eshigi bilan ochgan jadda-i kubroni ochiq qoldirgan, butun avliyo-i ummati sayri suluk bilan, darajalariga ko’ra, ruhoniy va qalbiy tarzda Me'rojning soyasi ichida ketyaptilar.
BESHINCHI NUKTA:Mavludi Nabaviy bilan Me'rojiyaning o’qilishi g’oyat nafi' va go’zal odatdir va mustahsan bir odati Islomiyadir. Balki hayoti ijtimoiya-i Islomiyaning g’oyat latif va porloq va shirin bir madori suhbatidir. Balki haqoiqi iymoniyaning ixtori uchun, eng xush va shirin darsdir. Balki iymonning anvorini va muhabbatulloh va ishqi Nabaviyni ko’rsatishga va tahrikka eng muhayyij va muassir vositadir. Janobi Haq bu odatni abadga qadar davom ettirsin va Sulaymon Afandi kabi mavlud yozganlarga Janobi Haq rahmat etsin, yerlarini Jannat-ul Firdavs qilsin, omin...
Xotima
Modomiki bu koinotning Xoliqi, har navda bir fardi mumtoz va mukammal va jome' xalq etib, u navning madori faxri va kamoli qiladi. Albatta, asmosidagi ismi a'zam tajalliysi bilan, butun koinotga nisbatan mumtoz va mukammal bir fardni xalq etadi. Asmosida bir ismi a'zam bo’lgani kabi, masnu'otida ham bir fardi akmal bo’ladi va koinotga muntashir kamolotni u fardda jam etib, o’ziga madori nazar etadi. U fard har holda zihayotdan bo’ladi. Chunki anvo'i koinotning eng mukammali zihayotdir. Va har holda zihayot ichida u fard zishuurdan bo’ladi. Chunki zihayotning anvo'i ichida eng mukammali zishuurdir. Va har holda u fardi farid insondan bo’ladi. Chunki zishuur ichida hadsiz taraqqiyotga musta'id, insondir. Va insonlar ichida u fard Muhammad Alayhissalotu Vasallam bo’ladi. Chunki zamoni Odamdan hozirga qadar hech bir tarix u kabi bir fardni ko’rsatolmagan va ko’rsatolmaydi. Zero u zot Kura-i Arzning yarmini va navi basharning beshdan birisini, saltanati ma'naviysi ostiga olib, bir ming uch yuz ellik yil kamoli hashmat bilan saltanati ma'naviysini davom ettirib, butun ahli kamolga, butun anvo'i haqoiqda bir "Ustozi Kull" hukmiga o’tgan. Do’st va dushmanning ittifog’i bilan, axloqi hasananing eng yuksak darajasiga sohib bo’lgan. Bidoyati amrida, bir o’zi butun dunyoga qarshi chiqqan. Har daqiqada yuz milliondan ziyoda insonlarning virdi zaboni bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonni ko’rsatgan bir zot, albatta u fardi mumtozdir, undan boshqasi bo’lolmaydi. Bu olamning ham urug’i, ham mevasi udir.
عَلَيْهِ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ بِعَدَدِ اَنْوَاعِ الْكَائِنَاتِ وَ مَوْجُودَاتِهَا
Demak bunday bir zotning mavlud va me'rojini tinglash, ya'ni taraqqiyotining mabda va muntahosini eshitish, ya'ni tarixcha-i hayoti ma'naviyasini bilish, u zotni o’ziga rais va sayyid va imom va shafi' deb qabul qilgan mo’'minlarga; naqadar zavqli, faxrli, nurli, nash'ali, xayrli bir musomara-i ulviya-i diniya bo’lganini angla...
Yo Rab! Habibi Akram (Alayhissalotu Vassalam) hurmati va ismi a'zam haqqi, shu risolani nashr etganlarning va rufaqosining qalblarini anvori iymoniyaga mazhar va qalamlarini asrori Qur'oniyaga noshir ayla va ularga siroti mustaqimda istiqomat ber. Omin.
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
* * *
YIGIRMA BESHINCHI MAKTUB
Ta'lif etilmagandir.
* * *
YIGIRMA OLTINCHI MAKTUB
(Bu Yigirma Oltinchi Maktub, bir-biri bilan munosabati oz bo’lgan to’rt mabhasdir.)
Birinchi Mabhas
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَاِمَّا يَنْزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللّٰهِ اِنَّهُ هُوَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ
Hujjat-ul Qur'on alash-shayton va hizbihi...
Iblisni ilzom, shaytonni ifhom, ahli tug’yonni isqot etgan "Birinchi Mabhas"; Betarafona muhokama ichida shaytonning mudhish bir dasisasini qat'iy suratda rad qilgan voqeadir. U voqeaning mujmal qismini o’n yil avval Lamaatda yozgan edim:
Bu risolaning ta'lifidan o’n bir yil avval Ramazoni Sharifda Istanbuldagi Boyazid jome'i sharifida hofizlarni tinglayotgan edim. Birdan shaxsini ko’rmadim, lekin ma'naviy bir ovoz eshitganday bo’ldim. Diqqatimni o’ziga tortdi. Xayolan tingladim.
Qarasam, menga:
"Sen Qur'onni juda oliy, juda porloq ko’ryapsan. Betarafona muhokama qil, shunday qara. Ya'ni, bir bashar kalomi deb faraz qil, qara Ajabo, o’sha maziyatlarni, o’sha ziynatlarni ko’rasanmi?", dedi.
Haqiqatdan men ham unga aldandim. Bashar kalomi faraz qilib, shunday qaradim: Ko’rdim, qandayki Boyazid masjidining elektr tugmasi bosilib o’chirilsa o’rtalik qorong’ilikka tushadi. Shunga o’xshab, o’sha faraz bilan Qur'onning porloq ziyolari yashirishni boshladi. O’shanda tushundimki, menga gapirgan shayton ekan. Meni vartaga otmoqda. Qur'ondan istimdod etdim. Birdan qalbimga bir nur keldi. Mudofaaga qat'iy quvvat berdi. Keyin shu tarzda shaytonga qarshi munozara boshlandi.
Aytdim: Ey shayton! Betarafona muhokama, ikki taraf orasidagi vaziyatdir. Holbuki ham sening, ham sening inson shogirdlaring aytgan betarafona muhokama, tarafi muxolifni iltizomdir. Betaraflik emas, muvaqqatan bir dinsizlikdir. Chunki Qur'onga kalomi bashar deb qarash va o’shanday muhokama qilish, shiqqi muxolifni asos tutishdir. Botilni iltizomdir, betarafona muhokama emas. Balki botilga tarafgirlikdir.
Shayton aytdi: Shunday ekan Allohning kalomi ham, bashar kalomi ham dema. O’rtada faraz qil, qara.
Men dedim: U ham bo’lolmaydi. Chunki munaza'un fih bir mol bo’lsa, agar ikki mudda'i bir-biriga yaqin bo’lsa va qurbiyati makon bo’lsa; unda u ikkisidan boshqa birining qo’lida yoki ikkisining qo’llari yetishadigan yerga qo’yiladi. Qaysisi isbot qilsa, o’sha oladi.
Agar u ikki mudda'i bir-biridan g’oyat uzoq, biri mashriqda, biri mag’ribda bo’lsa; unda qoidaga ko’ra "sohib-ul yad" kim bo’lsa, uning qo’lida qoldiriladi. Chunki o’rtada qoldirish mumkin emas. Qur'on esa qiymatli bir moldir! Bashar kalomi Janobi Haqning kalomidan qanchalik uzoq bo’lsa, u ikki taraf shu qadar, balki bir-biridan cheksiz uzoqdir.
Xullas, sarodan surayyoga qadar bir-biridan uzoq u ikki taraf o’rtasida qoldirish mumkin emas. Buning o’rtasi yo’q. Chunki vujud va adam kabi va naqizayn kabi ikki ziddir. O’rtasi bo’lolmaydi. Unday bo’lsa, Qur'on uchun sohib-ul yad, tarafi Ilohiydir. Shunday ekan, uning qo’lida qabul etilib, shu tarzda daloili isbotga qaraladi.
Agar narigi taraf uning Kalomulloh ekaniga doir butun burhonlarni bir-bir rad qilsa, qo’lini unga uzatishi mumkin. Bo’lmasa uzatolmaydi. Hayhot! Minglab barohini qat'iyaning mixlari bilan Arshi A'zamga qoqilgan bu muazzam olmosni qaysi qo’l barcha mixlarni chiqarib, ustunlarni kesib uni tushira oladi?
Mana ey shayton! Senga qarshi ahli haq va insof bu suratdagi haqiqatli muhokama bilan tahlil qiladilar. Hatto eng kichik bir dalilda ham Qur'onga qarshi iymonlarini ziyodalashtiradilar. Sen va shogirdlaring ko’rsatgan yo’l esa: Bir marta bashar kalomi faraz qilinsa, ya'ni arshga bog’langan u muazzam olmos yerga otilsa; butun mixlarning quvvatida va ko’p burhonlarning mustahkamligida burhon lozim bo’ladiki, uni yerdan ko’tarib arshi ma'naviyga ursin. Toki kufrning zulumotidan qutulib, iymonning anvoriga erishsin.
Holbuki bunga muvaffaq bo’lish juda qiyin. Shuning uchun sening dasisang bilan shu zamonda betarafona muhokama surati ostida ko’plari iymonlarini yo’qotyaptilar
Shayton qaytib: "Qur'on bashar kalomiga o’xshaydi, ularning muhovarasi tarzidadir. Demak, bashar kalomidir. Agar Allohning kalomi bo’lsa, unga yarashadigan, har jihatdan horiquloda tarzi bo’lar edi. Uning san'ati bashar san'atiga o’xshamagani kabi, kalomi ham o’xshamasligi kerak?", dedi.
Javoban aytdimki: Qandayki Payg’ambarimiz, mo’'jizotidan va xasoisidan boshqa, af'ol va ahvol va atvorida bashariyatda qolib, bashar kabi odati Ilohiyaga va avomiri takviniyasiga munqad va mute' bo’lgan. U ham sovuq yeydi, alam chekadi va hokazo... Har bir ahvol va atvoriga horiquloda vaziyat berilmagan. Toki ummatiga af'oli bilan imom bo’lsin, atvori bilan rahbar bo’lsin, umum harakoti bilan dars bersin. Agar har atvorida horiquloda bo’lsaydi, bizzot har jihatdan imom bo’lolmas edi. Hammaga murshidi mutlaq bo’lolmasdi. Butun ahvoli bilan Rahmatan lil olamin bo’lolmas edi. Aynan shuning kabi:
Qur'oni Hakim ahli shuurga imom, jin va insga murshid, ahli kamolga rahbar, ahli haqiqatga muallimdir. Shunday ekan, basharning muhavaroti va uslubi tarzida bo’lishi zaruriy va qat'iydir. Chunki jin va ins munojotini undan oladi, duosini undan o’rganadi, masoilini uning lisoni bilan zikr qiladi, odobi muosharatini undan ta'allum etadi va hokazo... Hamma uni marji' qiladi. Shunday ekan, agar Hazrat Muso Alayhissalomning Turi Sinoda eshitgan Kalomullohi tarzida bo’lsa edi; bashar uni tinglashga, eshitishga tahammul etolmas va marji' qilolmas edi. Hazrat Muso kabi bir ulul azm, faqat bir necha kalomni eshitishga tahammul eta olgan.
Muso Alayhissalom:
اَهٰكَذَا كَلَامُكَ ؟ قَالَ اللّٰهُ : ل۪ى قُوَّةُ جَم۪يعِ الْاَلْسِنَةِ
degan.
Yana shayton: "Qur'onning masoili kabi ko’p kishilar u tur masalalarni din nomidan aytadilar. Shuning uchun bir bashar din nomidan bunday narsa qilishi mumkin emasmi?", dedi.
Javoban Qur'onning nuri bilan aytdimki:Avvalo,dindor odam; din muhabbati uchun "Haq shundaydir. Haqiqat bu. Allohning amri shunday!" deydi. Allohni o’z xohishicha gapirtirmaydi. Hadsiz darajada haddidan tajovuz etib, Allohning taqlidini qilib, uning o’rnida gapirolmaydi. فَمَنْ اَظْلَمُ مِمَّنْ كَذَبَ عَلَى اللّٰهِ dasturidan titraydi.
Vasoniyan,bir bashar mustaqil ravishda bunday qilishi va muvaffaq bo’lishi hech bir jihatdan mumkin emas. Balki yuz daraja imkonsiz. Chunki bir-biriga yaqin zotlar bir-birini taqlid eta olishadi. Bir jinsdan bo’lganlar bir-birining suratiga kira olishadi. Martaba jihatidan bir-biriga yaqin bo’lganlar bir-birining maqomlarini taqlid qila olishadi. Muvaqqatan insonlarni ig’fol etishadilar. Lekin doimiy ig’fol etisholmaydi. Chunki ahli diqqat nazarida alakullihol atvor va ahvoli ichidagi tasannu'otlar va takallufotlar soxtakorligini ko’rsatadi. Hiylasi davom etmaydi. Agar soxtakorlik bilan taqlidga harakat qilgan; narigidan g’oyat uzoq bo’lsa, masalan oddiy bir odam, Ibn Sino kabi bir dohiyni ilmda taqlid etishni istasa va bir cho’pon bir podshohning vaziyatini olsa, albatta hech kimni alday olmaydi. Balki o’zi masxara bo’ladi. Har bir holi: Bu soxtakordir, deb qichqiradi.
Xullas, xosho, yuz ming marta xosho!.. Qur'on bashar kalomi faraz etilgan payt: Bir tilla qo’ng’iz ming yil takallufsiz haqiqiy bir yulduz bo’lib rasad ahliga ko’rinsin.. ham bir chivin bir yil tamoman tovus suratini tasannu'siz, tomosha ahliga ko’rsatsin.. ham soxtakor, omi bir askar; nomdor, oliy bir mushirning holatida ko’rinsin, maqomida o’tirsin, ko’p vaqt davomida shunday qolsin, hiylasini ihsos etmasin.. ham muftariy, yolg’onchi e'tiqodsiz bir odam; muddati umrida doimo eng sodiq, eng amin, eng mu'taqid bir zotning holatini va vaziyatini eng mudaqqiq nazarlarga qarshi bemalol ko’rsatsin, dohiylarning nazarida tasannu'ni saqlasin!.. Bu esa yuz daraja maholdir. Unga hech bir ziaql 'mumkin' deyolmaydi. Unday faraz qilish esa, badihiy bir maholni voqe' faraz qilish kabi bir safsatadir.
Aynan shuning kabi: Qur'onni kalomi bashar faraz qilish: Olami Islomning samosida bilmushohada juda porloq va doimo anvori haqoiqni nashr etgan bir yulduzi haqiqat, balki bir shamsi kamolot deb qabul qilingan "Kitobi Mubin"ning mohiyati; xosho, bir tilla qo’ng’iz hukmida tasannu'chi bir basharning xurofotli bir uydirmasi bo’lsin va eng yaqinida bo’lganlar va diqqat bilan unga qaraganlar farqiga bormasin va uni doimo oliy va manba-i haqoiq bir yulduz, deb bilishi lozim bo’ladi. Bu esa, yuz daraja mahol bo’lish bilan birga, sen ey shayton yuz daraja shaytanatingda rivojlansang ham, bunga imkon berdirolmaysan! Buzilmagan hech bir aqlni ishontirolmaysan! Faqat ma'nan juda uzoqdan qaratish bilan aldaysan. Yulduzni tilla qo’ng’iz kabi kichik ko’rsatasan.
Solisan:Ham Qur'onni bashar kalomi faraz qilish, lozim keladiki; osori bilan, ta'siroti bilan, natoiji bilan olami insoniyatning bilmushohada eng ruhli va hayot-fashon, eng haqiqatli va saodat-rason, eng jam'iyatli va mo’'jizbayon, oliy maziyatlari bilan porloq Furqonning yashirin haqiqati; xosho, muovanatsiz, ilmsiz bir insoning soxtakor, oddiy fikrining tasni'oti bo’lsin va yaqindan uni tomosha qilgan va maroq bilan diqqat qilgan buyuk zehnlar, ulviy daholar unda hech bir vaqt hech bir jihatda soxtakorlik va tasannu' asari ko’rmasin! Doimo jiddiyatni, samimiyatni, ixlosni topsin! Bu esa yuz daraja mahol bo’lish bilan birga, butun ahvoli bilan, aqvoli bilan, harakoti bilan butun hayotida omonatni, iymonni, amniyatni, ixlosni, jiddiyatni, istiqomatni ko’rsatgan va dars bergan va siddiqiynlarni yetishtirgan eng yuksak, eng porloq, eng oliy xislat deb sanalgan va qabul qilingan bir zotni; eng amniyatsiz, eng ixlossiz, eng e'tiqodsiz faraz qilish bilan, muzaaf bir maholni voqe' ko’rish kabi shaytonni ham uyaltiradigan bir hazayoni kufriydir. Chunki shu masalaning o’rtasi yo’q. Chunki farzi mahol bo’lib Qur'on Kalomulloh bo’lmasa, arshdan zaminga tushgandek sukut etadi. O’rtada qolmaydi. Majma'-i haqoiq ekan, manbai xurofot bo’ladi. Va u horiqo farmonni ko’rsatgan Zot, -xosho summa xosho- agar Rasululloh bo’lmasa; a'loyi illiyindan asfali sofiliynga sukut etish va manba-i kamolot darajasidan ma'dani dasois maqomiga tushish lozim bo’ladi. O’rtada qolmaydi. Zero Alloh nomiga iftiro etgan, yolg’on gapirgan eng adno bir darajaga tushadi. Bir chivinni doimiy bir suratda tovus ko’rish va tovusning ulkan avsofini unda har vaqt mushohada etish naqadar mahol bo’lsa, shu masala ham shunday maholdir. Fitratan aqlsiz, sarxush bir devona bo’lish kerakki, bunga ehtimol bersin.
Robian:Ham Qur'onni kalomi bashar faraz qilish lozim keladiki; navi bani Odamning eng buyuk va muhtasham qo’shini bo’lgan ummati Muhammadiyaning (S.A.V.) muqaddas qo’mondoni bo’lgan Qur'on, bilmushohada quvvatli qonunlari bilan, asosli dasturlari bilan, nafiz amrlari bilan u juda ulkan qo’shinga, ikki jahonni fath etadigan bir darajada bir intizom bergani va bir inzibot ostiga olgani va moddiy-ma'naviy tajhiz etgani va umum u afrodning darajotiga ko’ra aqllarini ta'lim va qalblarini tarbiya va ruhlarini tasxir va vijdonlarini tathir va a'zo va javorihlarini iste'mol va istihdom etgani holda; (xosho, yuz ming marta xosho) quvvatsiz, qiymatsiz, aslsiz bir uydirma faraz qilib yuz daraja maholni qabul qilish lozimligi bilan birga.. muddati hayotida jiddiy harakoti bilan Haqning qonunlarini bani Odamga dars bergan va samimiy af'oli bilan haqiqatning dasturlarini basharga ta'lim bergan va xolis va ma'qul aqvoli bilan istiqomatning va saodatning usullarini ko’rsatgan va ta'sis etgan va butun tarixcha-i hayotining shahodati bilan Allohning azobidan qattiq qo’rqqan va hammadan ko’ra ko’proq Allohni bilgan va bildirgan va navi basharning beshdan biriga va kura-i arzning yarmiga bir ming uch yuz ellik yil kamoli hashmat bilan qo’mondonlik qilgan va jahonni hayajonga solgan shuhratshior shuunoti bilan navi basharning, balki koinotning alhaq madori faxri bo’lgan Zotni; -xosho, yuz ming marta xosho- soxtakor, Allohdan qo’rqmaydigan va bilmaydigan va yolg’ondan chekinmaydigan, haysiyatini tanimaydigan faraz qilish bilan, yuz daraja maholni birdan irtikob etish lozim bo’ladi. Chunki bu masalaning o’rtasi yo’q. Zero farzi mahol bo’lib Qur'on Kalomulloh bo’lmasa; arshdan tushsa, o’rtada qololmaydi. Balki yerda yolg’onchi odamning moli ekanini qabul qilish lozim bo’ladi. Bu esa ey shayton! Yuz daraja sen qatmarli bir shayton bo’lsang, buzilmagan hech bir aqlni ishontirolmaysan va chirimagan hech bir qalbni iqno' etolmaysan.
Shayton javoban aytdiki: Qanday ishontirolmayman? Aksar insonlarga va insonning mashhur aqllariga Qur'onni va Muhammadni inkor ettirdim.
Aljavob:Avvalo,g’oyat uzoq masofadan qaralsa, eng katta narsa eng kichik narsa kabi ko’rinishi mumkin. Bir yulduz bir mumchalik deb bo’ladi.
Soniyan:Ham taba'i, sathiy bir nazar bilan qaralsa, g’oyat mahol bir narsa mumkin ko’rinishi mumkin. Bir vaqt keksa bir odam Ramazon hilolini ko’rish uchun samoga qaraydi. Ko’ziga bir oq qil tushgani uchun o’sha qilni Oy deb o’ylaydi. Oyni ko’rdim deydi. Hilolning oq qil bo’lishi esa, mahol. Qasddan va bizzot Oyga qaragani va u sochni taba'i va bog’liq holda va ikkinchi darajada ko’ringani uchun, o’sha maholni mumkin deb hisoblagan.
Solisan:Qabul qilmaslik boshqa, inkor qilish boshqadir. Adami qabul loqaydlikdir, bir ko’z yumishdir va johilona hukmsizlikdir. Bu sahklda ko’p mahol narsalar uning ichida yashirinishi mumkin. Uning aqli ular bilan ovora bo’lmaydi. Ammo inkor esa; u adami qabul emas, balki u qabuli adamdir. Bir hukmdir. Uning aqli harakat qilishga majburdir. Unda sen kabi bir shayton uning aqlini qo’lidan oladi, so’ngra unga inkorni yuttiradi. Ham ey shayton! Botilni haq va maholni mumkin ko’rsatgan g’aflat va zalolat va safsata va inod va mug’olata va mukobara va ig’fol va urf-odat kabi shaytoniy dasisalar bilan ko’p maholotni intoj etgan inkor va kufrni badbaxt inson suratidagi hayvonlarga yedirgansan!
Robian:Ham Qur'onni kalomi bashar faraz qilish, lozim bo’ladiki: Olami insoniyatning samovotida yulduzlar kabi porlagan asfiyolarga, siddiqiynlarga, aqtoblarga bilmushohada rahbarlik qilgan va bilbedaho mutamodiyan haq va haqqoniyatni, sidq va sadoqatni, amn va omonatni umum tabaqa-i ahli kamolga ta'lim bergan va arkoni iymoniyaning haqoiqi bilan va arkoni Islomiyaning dasotiri bilan ikki jahonning saodatini ta'min qilgan va bu ijrootining shahodati bilan bizzarura haq va xolis va sof haqiqat va g’oyat to’g’ri va juda jiddiy bo’lish lozim bo’lgan kitobni; o’z avsofining va ta'sirotining va anvorining ziddi bilan muttasif tasavvur qilib, -xosho, summa xosho- bir soxtakorning tasni'ot va iftirolarining majmuasi nazari bilan qarash; sofistaiylarni va shaytonlarni ham uyaltiradigan va titratadigan shani' bir hazayoni kufriy bo’lish bilan birga; izhor etgan dini va shariati Islomiyaning shahodati bilan va muddati hayotida ko’rsatgan bil-ittifoq favquloda taqvosining va xolis va sof ubudiyatining dalolati bilan va bil-ittifoq o’zida ko’ringan axloqi hasananing iqtizosi bilan va yetishtirgan butun ahli haqiqatning va sohibi kamolotning tasdig’i bilan eng mu'taqid, eng metin, eng amin, eng sodiq bir Zotni, -xosho summa xosho, yuz ming karra xosho- e'tiqodsiz, eng amniyatsiz, Allohdan qo’rqmaydigan bir vaziyatda faraz qilish, maholotning eng xunuk va manfur bir suratini va zalolatning eng zulmli va zulumotli bir tarzini irtikob etish lozim bo’ladi.
Alhosil:O’n To’qqizinchi Maktubning O’n Sakkizinchi Ishoratida deyilgani kabi; tinglovchi omi tabaqasi {[1] Quloqli tabaqa - hodisalarni aniqlashirmay, tadqiq qilmay, faqatgina tinglab va eshitib bilgan qism. Tushunish saviyasi eng omi va avom tabaqa. Ilmni faqat quloq va tinglash orqali olishadi(tarjimon izohi).} i'jozi Qur'on fahmida aytganki: Qur'on, men tinglagan va dunyoda mavjud barcha kitoblarga qiyos qilinsa, hech biriga o’xshamaydi va ularning darajasida emas. Shunday ekan yo Qur'on umumining ostida yoki umumidan ustun bir darajasi bor. Umumining ostidagi bo’lishini, mahol bo’lish bilan birga, hech bir dushman, hatto shayton ham aytolmaydi va qabul qilmaydi. Unday bo’lsa, Qur'on umum kitoblardan ustundir. Demak, mo’'jizadir.
Aynan shunga o’xshab, biz ham ilmi usul va fanni mantiqcha sabru taqsim deyilgan eng qat'iy bir hujjat bilan aytamiz: Ey shayton va ey shaytonning shogirdlari! Qur'on, yo arshi a'zamdan, ismi a'zamdan kelgan kalomullohdir yoxud -xosho summa xosho, yuz ming karra xosho- yerda soxtakor va Allohdan qo’rqmaydigan va Allohni bilmaydigan, e'tiqodsiz bir basharning uydirmasidir. Bu esa ey shayton, sobiq hujjatlarga qarshi buni sen aytolmading va aytolmaysan va aytmaysan ham. Demak bizzarura va bila-shubha Qur'on, Xoliqi Koinotning kalomidir. Chunki o’rtasi yo’q va mahol va unday bo’lolmaydi. Buni qat'iy suratda isbot qildik. Sen ham ko’rding va tinglading.
Muhammad Alayhissalotu Vassalam esa yo Rasulullohdir va butun Rasullarning akmali va butun maxluqotning afzalidir yoxud -xosho, yuz ming marta xosho- Allohga iftiro etgani va Allohni bilmagani va azobiga ishonmagani uchun e'tiqodsiz, asfali sofiliynga sukut etgan bashar faraz qilish {(Hoshiya) Qur'oni Hakim, kofirlarning kufriyotlarini va g’aliz ta'birotlarini yo’q qilish uchun zikr qilganiga istinodan, ahli zalolatning fikri kufriylarining butun-butun maholiyatini va butun-butun chirikligini ko’rsatish uchun shu ta'birotni farzi mahol suratida titrab qo’llashga majbur bo’ldim.} lozim bo’ladi. Bu esa ey Iblis, na sen va na sen ishongan Ovrupa faylasuflari va Osiyo munofiqlari buni aytolmaysizlar va ayta olmagansizlar va ayta olmaysizlar ham va aytmagansizlar va aytmaysizlar ham. Chunki bu qismni tinglaydigan va qabul qiladigan dunyoda yo’q.
Shuning uchun, sen ishongan u faylasuflarning eng mufsidlari va u Osiyo munofiqlarining eng vijdonsizlari ham aytishadiki: "Muhammadi Arabiy (S.A.V.) juda aqlli edi. Juda go’zal axloqli edi". Modomiki bu masala ikki qismga munxasir va modomiki ikkinchi qism mahol va hech bir kishi bunga sohib chiqmas ekan va modomiki qat'iy hujjatlar bilan isbot qildikki, o’rtasi yo’q.
Albatta bizzarura sening va hizb-ush shaytonning aksiga bilbedaho va bihaqqalyaqiyn, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam Rasulullohdir va butun Rasullarning akmalidir, butun maxluqotning afzalidir.
عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ بِعَدَدِ الْمَلَكِ وَالْاِنْسِ وَالْجَانِّ
Shaytonning Ikkinchi Kichik Bir E'tirozi
Sura-i قٓ وَ الْقُرْاٰنِ الْمَج۪يدِ ni o’qirkan
مَا يَلْفِظُ مِنْ قَوْلٍ اِلَّا لَدَيْهِ رَق۪يبٌ عَت۪يدٌ ٭ وَجَٓاءَتْ سَكْرَةُ الْمَوْتِ بِالْحَقِّ ذٰلِكَ مَا كُنْتَ مِنْهُ تَح۪يدُ ٭ وَ نُفِخَ فِى الصُّورِ ذٰلِكَ يَوْمُ الْوَع۪يدِ ٭ وَ جَٓاءَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَعَهَا سَٓائِقٌ وَ شَه۪يدٌ ٭ لَقَدْ كُنْتَ ف۪ى غَفْلَةٍ مِنْ هٰذَا فَكَشَفْنَا عَنْكَ غِطَٓاءَكَ فَبَصَرُكَ الْيَوْمَ حَد۪يدٌ ٭ وَ قَالَ قَر۪ينُهُ هٰذَا مَا لَدَىَّ عَت۪يدٌ ٭ اَلْقِيَا ف۪ى جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَن۪يدٍ
Shu oyatlarni o’qirkan, shayton aytdiki: "Qur'onning eng muhim fasohatini, siz uning salosatida va vuzuhida deb bilasiz. Holbuki bu oyatda qayerdan qayerga hatlayapti? Sakarotdan to qiyomatga hatlayapti. Nafhi Surdan muhosabaning xitomiga intiqol etyapti va undan Jahannamga idholni zikr etyapti. Bu ajib hatlashlar ichida qaysi salosat qoladi? Qur'onning aksar yerlarida bir-biridan uzoq masalalarni birlashtiradi. Bunday munosabatsiz vaziyatda salosat, fasohat qayerda qoladi?"
Aljavob: Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon asosi i'jozi, eng muhimlaridan balog’atidan so’ngra ijozdir. Ijoz, i'jozi Qur'onning eng metin va eng muhim bir asosidir. Qur'oni Hakimda shu mo’'jizona ijoz shu qadar ko’p va shu qadar go’zalki; ahli tadqiq qarshisida hayratdadirlar. Masalan:
وَ ق۪يلَ يَٓا اَرْضُ ابْلَع۪ى مَٓاءَكِ وَيَا سَمَٓاءُ اَقْلِع۪ى وَغ۪يضَ الْمَٓاءُ وَقُضِىَ الْاَمْرُ وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ وَق۪يلَ بُعْدًا لِلْقَوْمِ الظَّالِم۪ينَ
Qisqa bir nechta jumla bilan, To’fon hodisa-i azimasini natoiji bilan shunday ijozkorona va mo’'jizona bayon etadiki; ko’p ahli balog’atni balog’atiga sajda ettirgan.
Ham masalan
كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوٰيهَا ٭ اِذِ انْبَعَثَ اَشْقٰيهَا ٭ فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ اللّٰهِ نَاقَةَ اللّٰهِ وَسُقْيٰيهَا ٭ فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمْدَمَ عَلَيْهِمْ رَبُّهُمْ بِذَنْبِهِمْ فَسَوّٰيهَا ٭ وَلَا يَخَافُ عُقْبٰيهَا
Xullas, Qavmi Samudning ajib va muhim hodisotini va natoijini va sui oqibatlarini, bunday qisqa bir nechta jumla bilan ijoz ichida bir i'joz bilan salosatli va vuzuhli va fahmni ixlol etmaydigan bir tarzda bayon etadi.
Ham masalan:
وَذَا النُّونِ اِذْ ذَهَبَ مُغَاضِبًا فَظَنَّ اَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ اَنْ لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ
Xullas اَنْ لَنْ نَقْدِرَ عَلَيْهِ jumlasidan فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ jumlasiga qadar ko’p jumlalar matviydir. Mazkur bo’lmagan jumlalar fahmni ixlol etmaydi, salosatga zarar bermaydi. Hazrat Yunus Alayhissalomning qissasidan muhim asoslarni zikr qiladi. Qolganini aqlga havola qiladi.
Ham masalan: Sura-i Yusufda فَاَرْسِلُونِ kalimasidan يُوسُفُ اَيُّهَا الصِّدّ۪يقُ o’rtasida yetti-sakkiz jumla ijoz bilan tashlab o’tilgan. Fahmni hech ixlol etmaydi, salosatiga zarar bermaydi. Bu tur mo’'jizona ijozlar Qur'onda juda ko’p. Ham juda go’zal.
Ammo Sura-i Qofning oyati esa, undagi ijoz juda ajib va mo’'jizonadir. Chunki kofirning juda mudhish va juda uzun va bir kuni ellik ming yil bo’lgan istiqboliga va u istiqbolning dahshatli inqilobotida kofirning boshiga keladigan aliym va muhim hodisotga bir-bir ishorat qiladi. Chaqmoq kabi fikrni ular ustida kezdiradi. U juda ham uzun zamonni hozir bir sahifa kabi nazarga ko’rsatadi. Zikr qilinmagan hodisotni xayolga havola etib, ulviy bir salosat bilan bayon qiladi.
وَاِذَا قُرِئَ الْقُرْاٰنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَاَنْصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
Xullas ey shayton! Endi yana so’zing bo’lsa, ayt...
Shayton deydi: Bularga qarshi kelolmayman, mudofaa qilolmayman. Faqat ko’p ahmoqlar bor, meni tinglaydilar va inson suratida ko’p shaytonlar bor, menga yordam beradilar va faylasuflardan ko’p fir'avnlar bor, anoniyatlarini shishirgan masalalarni mendan dars oladilar. Sening bu kabi so’zlaring nashriga to’siq bo’ladilar. Shuning uchun senga taslim bo’lmayman!
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
* * *
Ikkinchi Mabhas
[Bu Mabhas, menga doimiy xizmat qilganlarning, axloqimda ko’rgan ajib ixtiloflaridan kelgan hayratlariga qarshi va ikki talabamning men haqqimda haddimdan ortiq husni zonlarini ta'dil etish uchun yozilgan.]
Men ko’ryapmanki: Qur'oni Hakimning haqoiqiga oid ba'zi kamolot, u haqoiqqa dallollik qilgan vositalarga berilyapti. Bu esa xato. Chunki ma'hazning qudsiyati, ko’p burhonlar quvvatida ta'sirot ko’rsatadi; u bilan ahkomni umumga qabul ettiradi. Qachon dallol va vakil soya qilsa, ya'ni ularga tavajjuh etilsa, u ma'hazdagi qudsiyatning ta'siri yo’qoladi. Bu sir uchun, menga qarshi haddimdan ortiq tavajjuh ko’rsatgan qardoshlarimga bir haqiqatni bayon etaman. Shundayki:
Bir insonning mutaaddid shaxsiyati bo’lishi mumkin. U shaxsiyatlar boshqa-boshqa axloqni ko’rsatadilar. Masalan: Katta bir ma'murning, ma'muriyat maqomida bo’lgan vaqtdagi shaxsiyati borki; viqorni iqtizo etadi, maqomning izzatini muhofaza qiladigan atvor istaydi. Masalan: Har bir ziyoratchi uchun tavozu ko’rsatish tazalluldir, maqomni tanzildir. Lekin uyidagi shaxsiyati, maqomning aksi bilan ba'zi axloqni istaydiki, qancha tavozu ko’rsatsa, yaxshi. Oz viqor ko’rsatsa, takabbur bo’ladi. Va hokazo... Demak, bir insonning vazifasi e'tibori bilan shaxsiyati bo’ladiki, haqiqiy shaxsiyati bilan ko’p nuqtalarda muxolif bo’ladi. Agar o’sha vazifa sohibi, vazifaga haqiqiy loyiq bo’lsa va to’liq musta'id bo’lsa, u ikki shaxsiyati bir-biriga yaqin bo’ladi. Agar musta'id bo’lmasa, masalan bir askar bir mushir maqomiga o’tkazilsa, u ikki shaxsiyat bir-biridan uzoq bo’ladi; u askarning shaxsiy, oddiy, kichik xislatlari; maqom iqtizo etgan oliy, yuksak axloqi bilan qobili ta'lif bo’lolmaydi.
Xullas, bu bechora qardoshingizda uch shaxsiyat bor. Bir-biridan juda uzoq, hamda juda ham uzoq.
Birinchisi:Qur'oni Hakimning xazina-i oliysining dalloli jihatidagi muvaqqat, faqat Qur'onga oid bir shaxsiyatim bor. U dallollik iqtizo etgan juda yuksak axloq borki, u axloq meniki emas, men sohib emasman. Balki o’sha maqom va u vazifa iqtizo etgan sajiyalardir. Menda bu navdan nima ko’rsangiz, meniki emas, u bilan menga qaramang, u maqomnikidir.
Ikkinchi shaxsiyat:Ubudiyat vaqtida dargohi Ilohiyaga mutavajjih bo’lgan vaqtim, Janobi Haqning ehsoni bilan bir shaxsiyat beriladiki, u shaxsiyat ba'zi osorni ko’rsatadi. U osor, ma'no-i ubudiyatning asosi bo’lgan: "Qusurini bilish, faqr va ajzini anglash, tazallul bilan dargohi Ilohiyaga iltijo etish" nuqtalaridan keladiki; u shaxsiyat bilan o’zimni harkimdan ko’ra ko’proq badbaxt, ojiz, faqir va qusurli deb bilaman. Butun dunyo meni madhu sano etsa, meni yaxshi va sohibi kamol ekanimga ishontirolmaydi.
Uchinchisi:Haqiqiy shaxsiyatim, ya'ni Eski Saiddan qolgan bir shaxsiyatim borki; u ham Eski Saiddan irsiyat bo’lib qolgan ba'zi xulq-atvorlardir. Ba'zan riyoga, hubbu johga orzu bo’ladi. Ham asl xonadondan bo’lmaganimdan, xissat darajasida bir iqtisod bilan, tushkun va past axloqlar ko’rinadi.
Ey qardoshlar! Sizni butunlay qochirmaslik uchun, bu shaxsiyatimning ko’p yashirin yomonliklarini va sui hollarini aytmayman.
Xullas qardoshlarim, men musta'id va maqom sohibi bo’lmaganim uchun, bu shaxsiyatim dallollik va ubudiyat vazifalaridagi axloqdan va osordan juda uzoqdir. Ham
دَادِ حَقْ رَا قَابِلِيَّتْ شَرْطْ ن۪يسْتْ
qoidasi bo’yicha, Janobi Haq marhamatkorona qudratini men haqqimda shunday ko’rsatganki; eng adno bir askar kabi bu shaxsiyatimni, eng a'lo bir maqomi mushiriyat hukmida bo’lgan xizmati asrori Qur'oniyada istihdom etyapti. Yuz minglab shukr bo’lsin. Nafs jumladan sufliy, vazifa jumladan a'lo.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
* * *
Uchinchi Mabhas
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَاُنْثٰى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَٓائِلَ لِتَعَارَفُوا
Ya'ni:
لِتَعَارَفُوا مُنَاسَبَاتِ الْحَيَاةِ الْاِجْتِمَاعِيَّةِ فَتَعَاوَنُوا عَلَيْهَا لَا لِتَنَاكَرُوا فَتَخَاصَمُوا
Ya'ni: "Sizni toifa-toifa, millat-millat, qabila-qabila yaratganman; toki bir-biringiz bilan tanishinglar va bir-biringizdagi hayoti ijtimoiyaga oid munosabatlaringizni bilinglar, bir-biringizga yordam beringlar. Aksincha bir-birlaringizga qarshi inkor bilan begona qaranglar, xusumat va adovat qilinglar deb sizni qabila-qabila qilmadim!"
Bu mabhas "Yetti Masala"dir.
Birinchi Masala:Shu oyati karima ifoda etgan haqiqati oliya, hayoti ijtimoiyaga oid bo’lgani uchun, hayoti ijtimoiyadan chekinishni istagan Yangi Said tili bilan emas, balki Islomning hayoti ijtimoiyasi bilan munosabatdor bo’lgan Eski Said tili bilan, Qur'oni Azimushshonga xizmat maqsadi bilan va haqsiz hujumlarga bir himoya tashkil etish fikri bilan yozishga majbur bo’ldim.
Ikkinchi Masala:Shu oyati karima ishorat etgan "tao'ruf va taovun dasturi"ning bayoni uchun deymizki: Qandayki bir qo’shin diviziyalarga, diviziyalar polklarga, polklar batal'onlarga, rotalarga, to vzvodlarga qadar bo’linadi. Toki; har bir askarning muxtalif va mutaaddid munosabati va u munosabatga ko’ra vazifalari tanilsin, bilinsin.. toki u qo’shinning afrodlari dasturi taovun ostida, haqiqiy bir vazifa-i umumiya bajarsin va hayoti ijtimoiyalari a'daning hujumidan ma'sum qolsin. Bo’lmasa tafriq va inqisom; bir rota bir rotaga qarshi raqobat etsin, bir batal'on bir batal'onga qarshi muxosamat etsin, bir diviziya bir diviziyaning aksiga harakat etish uchun emasdir. Aynan shuning kabi: Hay'ati ijtimoiya-i Islomiya buyuk bir qo’shindir, qaboil va tavoifga inqisom etilgan. Faqat ming bir bir-birlar adadicha jihati vahdatlari bor. Xoliqlari bir, Razzoqlari bir, Payg’ambarlari bir, qiblalari bir, kitoblari bir, vatanlari bir, bir, bir, bir.. minglab qadar bir, bir...
Xullas, bu qadar bir, birlar uxuvvatni, muhabbatni va vahdatni iqtizo etadilar. Demak, qaboil va tavoifga inqisom, shu oyatning e'lon etgani kabi, tao'ruf uchun, taovun uchun.. tanokur uchun emas, taxosum uchun emas!..
Uchinchi Masala:Fikri milliyat bu asrda juda haddan oshgan. Xususan dassos Ovrupa zolimlari buni Musulmonlar ichida manfiy suratda uyg’otyaptilar; toki parchalab ularni
yutsinlar.
Ham fikri milliyatda bir zavqi nafsoniy bor; g’aflatkorona bir lazzat bor; shaomatli bir quvvat bor. Shuning uchun bu vaqtda hayoti ijtimoiya bilan mashg’ul bo’lganlarga, "Fikri milliyatni tashlanglar!" deyilmaydi. Lekin fikri milliyat ikki qismdir. Bir qismi manfiy, shaomatli, zararlidir; boshqasini yutish bilan oziqlanadi, boshqalarga adovat bilan davom etadi, mutayaqqiz harakat qiladi. Bu esa, muxosamat va chigallikka sababdir. Shuning uchun, hadisi sharifda farmon etgan: اَلْاِسْلَامِيَّةُ جَبَّتِ الْعَصَبِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةَ Va Qur'on ham farmon etgan:
اِذْ جَعَلَ الَّذ۪ينَ كَفَرُوا ف۪ى قُلُوبِهِمُ الْحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ الْجَاهِلِيَّةِ فَاَنْزَلَ اللّٰهُ سَك۪ينَتَهُ عَلٰى رَسُولِه۪ وَعَلَى الْمُؤْمِن۪ينَ وَاَلْزَمَهُمْ كَلِمَةَ التَّقْوٰى وَكَانُٓوا اَحَقَّ بِهَا وَاَهْلَهَا وَكَانَ اللّٰهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمًا
Bu hadisi sharif va shu oyati karima; qat'iy bir suratda manfiy bir milliyatni va fikri unsuriyatni qabul qilmaydilar. Chunki musbat va muqaddas Islomiyat milliyati unga ehtiyoj qoldirmaydi.
Ajabo, qaysi unsur borki, uch yuz ellik million bo’lsin? Va u Islomiyat o’rniga u unsuriyat fikri fikr sohibiga shuncha qardoshlarni, ham abadiy qardoshlarni qozontirsin? Ha, manfiy milliyatning tarix davomida juda ko’p zararlari ko’rilgan.
Azjumla:Umaviylar bir oz fikri milliyatni siyosatlariga qo’shganlari uchun, ham olami Islomni ranjitishdi, ham o’zlari ko’p falokatlar ko’rishdi. Ham Ovrupa millatlari bu asrda unsuriyat fikrini ko’p ilgari surganlari uchun, Frantsiya va Olmoniyaning juda shaomatli abadiy adovatlaridan boshqa; Harbi Umumiydagi hodisoti mudhisha ham, manfiy milliyatning navi basharga naqadar zararli bo’lganini ko’rsatdi. Ham bizda ibtido-i Hurriyatda, -Bobil qal'asining xarobiyati zamonida "tabalbuli aqvom" ta'bir etilgan "tasho'ubi aqvom" va u tasho'ub sababli tarqalishlari kabi- manfiy milliyat fikri bilan, boshda Rum va Arman o’laroq juda ko’p "klublar" nomli sababi tafriqa-i qulub, muxtalif millatchilar jamiyatlari tashakkul etdi. Va ulardan hozirgacha, ajnabiylarning bo’g’iziga borganlarning va parishon bo’lganlarning hollari, manfiy milliyatning zararini ko’rsatdi.
Hozir esa, eng ziyoda bir-biriga muhtoj va bir-biridan mazlum va bir-biridan faqir va ajnabiy tahakkumi ostida ezilgan anosir va qaboili islomiya ichida, fikri milliyat bilan bir-biriga begona deb qarash va bir-birini dushman deb qabul qilish, shunday bir falokatdirki, ta'rif etilmaydi. Xuddi bir chivinning chaqmasligi uchun mudhish ilonlarga orqa o’girib, chivinning chaqishiga qarshi muqobala etish kabi bir devonalik bilan; ulkan ajdarholar hukmida bo’lgan Ovrupaning to’yishni bilmas hirslarini, panjalarini ochgan bir zamonda, ularga ahamiyat bermasdan, balki ma'nan ularga yordam berib, manfiy unsuriyat fikri bilan sharq viloyatlaridagi vatandoshlarga yoki janub tarafidagi dindoshlarga adovat his qilib ularga qarshi muxolafat qilish, ko’p zararlari va maholiki bilan birga; janub afrodlari ichida dushman sifatida bo’lmay, ularga qarshi muxolafat etilsin. Janubdan kelgan Qur'on nuri bor, Islomiyat ziyosi kelgan; u ichimizda bor va hamma yerda mavjud.
Xullas, u dindoshlarga adovat esa; demakki Islomiyatga, Qur'onga tegadi. Islomiyat va Qur'onga qarshi adovat esa, butun bu vatandoshlarning hayoti dunyoviya va hayoti uxroviyasiga bir navi adovatdir. Hamiyat nomidan hayoti ijtimoiyaga xizmat qilayin deya, ikki hayotning poydevorlarini xarob etish; hamiyat emas, hamaqotdir!
To’rtinchi Masala:Musbat milliyat, hayoti ijtimoiyaning ehtiyoji dohiliysidan kelib chiqadi; taovunga, tasonudga sabab bo’ladi; manfaatli quvvatni ta'minlaydi; uxuvvati Islomiyani yanada ziyoda tayid etadigan vosita bo’ladi.
Shu musbat fikri milliyat Islomiyatga xodim bo’lishi, qal'a bo’lishi, sovuti bo’lishi kerak.. uning o’rniga o’tmasligi kerak. Chunki Islomiyat bergan uxuvvati ichida ming uxuvvat bor; olami baqoda va olami barzohda o’sha uxuvvat boqiy qoladi. Shuning uchun uxuvvati milliya qancha kuchli bo’lsa ham, uning bir pardasi hukmiga o’tadi. Bo’lmasa uni uning o’rniga iqoma etish; ayni qal'aning toshlarini qal'aning ichidagi olmos xazinasining o’rniga qo’yib, u olmoslarni tashqariga otish kabi ahmoqona jinoyatdir.
Xullas ey ahli Qur'on bo’lgan shu vatanning avlodlari! Olti yuz yil emas, balki Abbosiylar zamonidan beri ming yilki Qur'oni Hakimning bayroqdori bo’lib, butun jahonni maydonga chaqirib, Qur'onni e'lon etgansiz. Milliyatingizni Qur'onga va Islomiyatga qal'a qildingiz. Butun dunyoni jim qildingiz, mudhish tahojumotni daf etdingiz, toki
يَاْتِى اللّٰهُ بِقَوْمٍ يُحِبُّهُمْ وَيُحِبُّونَهُٓ اَذِلَّةٍ عَلَى الْمُؤْمِن۪ينَ اَعِزَّةٍ عَلَى الْكَافِر۪ينَ يُجَاهِدُونَ ف۪ى سَب۪يلِ اللّٰهِ
oyatiga go’zal bir masadaq bo’ldingiz. Hozir Ovrupaning va firank-mashrab munofiqlarning dasisalariga ergashib, bu oyatning avvalidagi xitobga masadaq bo’lishdan saqlanishingiz va qo’rqishingiz kerak!
Joyi diqqat bir hol: Turk millati anosiri Islomiya ichida eng kasratli bo’lgani holda, dunyoning har tarafida bo’lgan Turklar Musulmondir. Boshqa unsurlar kabi, muslim va g’ayri muslim bo’lib ikki qismga inqisom etmagan. Qayerda Turk toifasi bo’lsa, Musulmondir. Musulmonlikdan chiqqan yoki Musulmon bo’lmagan Turklar, Turklikdan ham chiqqandirlar (Vengerlar kabi). Holbuki kichik unsurlarda ham, muslim va hamda g’ayri muslim bor.
Ey Turk qardosh! Ayniqsa sen diqqat qil! Sening milliyating Islomiyat bilan imtizoj etgan. Undan qobili tafriq emas. Tafriq etsang, mahv bo’lasan! Butun sening moziydagi mafoxiring Islomiyat daftariga o’tgan. Bu mafoxir zamin yuzida hech bir quvvat bilan o’chirilmagani holda, sen shaytonlarning vasvasalari bilan, dasisalari bilan u mafoxirni qalbingdan o’chirma!
Beshinchi Masala:Osiyoda uyg’ongan aqvom, fikri milliyatga yopishib, aynan Ovrupani har tomondan taqlid qilib, hatto ko’p muqaddasotlarni u yo’lda fido qilib harakat etyaptilar. Holbuki har bir millatning qomati qiymati boshqa bir libos istaydi. Bir jins gazmol bo’lsa ham; tarzi boshqa-boshqa bo’lmog’i lozim. Bir ayolga bir jandarma libosi kiydirilmaydi. Bir keksa mullaga tango raqqosasining libosi kiydirilmagani kabi.. "Ko’r-ko’rona taqlid ham, ko’p marotaba masqaralik bo’ladi". Chunki:
Avvalo:Ovrupa bir do’kon, bir qarorgoh bo’lsa; Osiyo bir ekinzor, bir masjid hukmidadir. Bir do’konchi raqsga ketadi, bir dehqon borolmaydi. Qarorgoh vaziyati bilan masjid vaziyati bir bo’lmaydi.
Ham aksar anbiyoning Osiyoda zuhuri, ag’labi hukamoning Ovrupada kelishi, qadari azaliyning bir ramzi, bir ishorati bo’lib; Osiyo aqvomini intibohga keltiradigan, taraqqiy ettiradigan, idora ettiradigan; din va qalbdir. Falsafa va hikmat esa, din va qalbga yordam berishi kerak, o’rniga o’tmasligi kerak.
Soniyan:Dini Islomni Nasroniy diniga qiyos etib, Ovrupa kabi dinga loqayd bo’lish, juda katta bir xatodir. Avvalo: Ovrupa diniga sohibdir. Boshda Vilson, Loyd Jorj, Venizelos kabi Ovrupa kattalari, kashish kabi dinlariga mutaassib bo’lishlari shohidki; Ovrupa diniga sohibdir, balki bir jihatdan mutaassibdir.
Solisan:Islomiyatni Nasroniylik diniga qiyos qilish, qiyosi ma'alfariqdir, u qiyos xatodir. Chunki Ovrupa diniga mutaassib bo’lgan payti, madaniy emas edi; taassubni tark etdi, madaniylashdi.
Ham din ularning ichida uch yuz yil muhoraba-i dohiliyani intoj etgan. Mustabid zolimlarning qo’lida avomni, fuqaroni va ahli fikrni ezishga vosita bo’lganidan; ularning umumida muvaqqatan dinga qarshi nafratlanish hosil bo’lgan edi. Islomiyatda esa, tarixlar shohidki, bir martadan boshqa dohiliy muhorabaga sabab bo’lmagan. Ham qachon ahli Islom dinga jiddiy sohib bo’lgan bo’lsalar, u zamonga nisbatan yuksak taraqqiy etishgan. Bunga shohid Ovrupaning eng buyuk ustozi, Andalus Davlati Islomiyasidir.
Ham qachon jamoati Islomiya dinga qarshi loqayd vaziyatni olganda, parishon vaziyatga tushib tadanniy etishgan.
Ham Islomiyat, vujubi zakot va hurmati ribo kabi minglab shafqatparvarona masoil bilan fuqaroni va avomni himoya qilgani;
اَفَلَا يَعْقِلُونَ ٭ اَفَلَا يَتَفَكَّرُونَ ٭ اَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ
kabi kalimoti bilan aqlni va ilmni istishhod va iqoz etgani va ahli ilmni himoya etgani uchun doimo Islomiyat, fuqarolarning va ahli ilmning qal'asi va maljai bo’lgan. Shuning uchun, Islomiyatga qarshi nafratlanishga hech bir sabab yo’q.
Islomiyatning Nasroniylik va boshqa dinlardan jihati farqining sirri hikmati shuki:
Islomiyatning asosi, mahzi tavhiddir; vositalar va sabablarga ta'siri haqiqiy bermaydi, ijod va maqom jihati bilan qiymat bermaydi. Nasroniylik esa "valadiyat" fikrini qabul qilgani uchun, vositalar va sabablarga qiymat beradi, anoniyatni sindirmaydi. Go’yo rububiyati Ilohiyaning bir jilvasini azizlariga, buyuklariga beradi.
اِتَّخَذُٓوا اَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ اَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللّٰهِ
oyatiga masadaq bo’lishgan. Shuning uchun, Nasroniylarning dunyo jihatidan eng yuksak martabada bo’lganlari, g’urur va anoniyatlarini muhofaza etish bilan birga, sobiq Amerika Raisi Vilson kabi mutaassib bir dindor bo’ladi. Mahzi tavhid dini bo’lgan Islomiyat ichida, dunyo jihatidan yuksak martabada bo’lganlar, yo anoniyatni va g’ururni tashlaydi yoki dindorlikni bir daraja tashlaydi. Shuning uchun bir qismi loqayd qolyaptilar, balki dinsiz bo’lyaptilar.
Oltinchi Masala:Manfiy milliyatda va unsuriyat fikrida ifrot etganlarga aytamizki:
Avvalo:Shu dunyo yuzi, xususan mamlakatimiz, eski davrlardan beri ko’p muhojaratlarga va tabaddulotga ma'ruz bo’lish bilan birga; Markazi Hukumati Islomiya bu vatanda tashkil bo’lgandan so’ng, aqvomi sairadan parvona kabi ko’plari ichiga otilib, tavattun etishgan. Xullas, shu holda Lavhi Mahfuz ochilsa, o’shanda haqiqiy unsurlar bir-biridan tafriq etilishi mumkin. Shunday ekan, haqiqiy unsuriyat fikriga harakatni va hamiyatni bino etish, ma'nosiz va ham juda zararlidir. Shuning uchun: Manfiy milliyatchilarning va unsuriyatparvarlarning raislaridan va dinga qarshi juda loqayd bir kishi majbur bo’lib: "Dil, din bir bo’lsa, millat birdir", degan. Modomiki shunday ekan, haqiqiy unsuriayatga emas; balki dil, din, vatan munosabatiga qarashlik kerak. Agar uchovi bir bo’lsa, zotan kuchli bir millat; agar biri nuqson bo’lsa, takror milliyat doirasiga dohildir.
Soniyan:Islomiyatning muqaddas milliyati, bu vatan avlodining hayoti ijtimoiyasiga qozontirgan yuzlab foydadan ikki foydani misol tariqasida bayon etamiz:
Birinchisi:Shu davlati Islomiya yigirma-o’ttiz million ekan, butun Ovrupaning buyuk davlatlariga qarshi hayotini va mavjudiyatini muhofaza etgan, bu davlatning qo’shinidagi nuri Qur'ondan kelgan fikr shuki: "Men o’lsam shahidman, o’ldirsam g’oziyman". Kamoli shavq bilan va ishq bilan o’limning yuziga kulib qarshilagan. Doimo Ovrupani titratgan. Ajabo, dunyoda sodda fikrli, sof qalbli askarlarning ruhida shunday ulviy fidokorlikka sabab bo’ladigan qaysi narsa ko’rsatilishi mumkin? Qaysi hamiyat uning o’rniga iqoma etilishi mumkin? Hayotini va butun dunyosini sevib unga fido ettirishi mumkin?
Ikkinchisi:Ovrupaning ajdarholari (katta davlatlari) qachon bu davlati Islomiyaga bir tarsaki tushirgan bo’lsalar; uch yuz ellik million musulmonni yig’latgan va ingratgan. Va u mustamlakot sohiblari, ularni ingratmaslik va zorlatmaslik uchun qo’lini tortgan, qo’lini ko’tararkan tushirgan. Bu hech bir jihatda kamsitilmaydigan ma'naviy va doimiy bir quvvatuzzahr o’rniga qaysi quvvat iqoma etilishi mumkin? Ko’rsatilsin! U azim ma'naviy quvvatuzzahrni manfiy milliyat bilan va istig’nokorona hamiyat bilan ranjitmaslik kerak!
Yettinchi Masala:Manfiy milliyatda ortiqcha hamiyatparvarlik ko’rsatganlarga deymizki: Agar bu millatni jiddiy sevsangiz, ularga shafqat etsangiz, shunday bir hamiyat tashingki, ularning aksariga shafqat sanalsin. Bo’lmasa aksarisiga marhamatsiz tarzda, shafqatga muhtoj bo’lmagan bir qismi qolilning muvaqqat g’aflatkorona hayoti ijtimoiyalariga xizmat esa, u hamiyat hisoblanmaydi. Chunki manfiy unsuriyat fikri bilan qilinadigan hamiyatkorlikning, millatning sakkizdan ikkisiga muvaqqat foydasi tegilishi mumkin. Loyiq bo’lmay turib u hamiyatning shafqatiga sazovor bo’ladilar. Sakkizdan oltisi yo keksa, yo xasta, yo musibatzada, yo bola, yo juda zaif, yo juda jiddiy bo’lib oxiratni o’ylaydigan muttaqiydirlarki; bular hayoti dunyoviyadan ziyoda mutavajjih bo’lganlari hayoti barzohiyaga va uxroviyaga qarshi bir nur, bir tasalli, bir shafqat istaydilar va hamiyatkor muborak qo’llarga muhtojdirlar. Bularning ziyolarini so’ndirishga va tasallilarini sindirishga qaysi hamiyat muso'ada etadi? Afsus! Millatga shafqat qayerda, millat yo’lida fidokorlik qayerda?
Rahmati Ilohiyadan umid kesilmaydi. Chunki Janobi Haq ming yildan beri Qur'onning xizmatida istihdom etgan va unga bayroqdor ta'yin etgan bu vatandoshlarning muhtasham qo’shinini va muazzam jamoatini muvaqqat shikastlar bilan inshaalloh parishon etmaydi. Yana u nurni yoritadi va vazifasini idoma ettiradi...
* * *
To’rtinchi Mabhas
[Tanbeh: Yigirma Oltinchi Maktubning to’rt mabhasi, bir-biri bilan munosabatdor bo’lmagani kabi, bu To’rtinchi Mabhasning o’n masoili ham bir biri bilan munosabatdor emasdir. Shuning uchun munosabatni qidirmaslik kerak. Qanday kelgan, shunday yozilgan. Muhim bir talabasiga yuborgan maktubining bir parchasidir. U talabaning besh-olti savollariga berilgan javoblardir.]
Birinchisi
Soniyan:Maktubingda deysan: رَبُّ الْعَالَم۪ينَ ta'bir va tafsirida "O’n sakkiz ming olam" deyishgan. U adadning hikmatini so’rayapsan.
Qardoshim, men hozir u adadning hikmatini bilmayman; faqat bu qadar aytamanki: Qur'oni Hakimning jumlalari bittadan ma'noga munxasir emas, balki navi basharning umum tabaqotiga xitob bo’lgani uchun, har tabaqaga qarshi bittadan ma'noni tazammun etgan bir kulliy hukmidadir. Bayon etilgan ma'nolar, u kulliy qoidaning juz'iyotlari hukmidadirlar. Har bir mufassir, har bir orif o’sha kulliydan bir juzni zikr qiladi. Yo kashfiga, yo daliliga yoxud mashrabiga istinod etib, bir ma'noni tarjih etadi. Xullas, bunda ham bir toifa u adadga muvofiq bir ma'no kashf etgan.
Masalan: Ahli valoyatning ahamiyat bilan virdlarida zikr va takror qilganlari
مَرَجَ الْبَحْرَيْنِ يَلْتَقِيَانِ ٭ بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لَا يَبْغِيَانِ
jumlasida; doira-i vujub bilan doira-i imkondagi bahri rububiyat va bahri ubudiyatdan tut, to dunyo va oxirat bahrlariga, to olami g’ayb va olami shahodat bahrlariga, to sharq va g’arb, shimol va janubdagi bahri muhitlariga, to bahri Rum va Fors bahriga, to Oq Dengiz va Qora Dengiz va Bo’g’oziga -ki marjon deyilgan baliq undan chiqadi- to Oq Dengiz va Bahri Ahmarga va Suvaysh Kanaliga, to shirin va sho’r suvlar dengizlariga, to tuproq tabaqasi ostidagi shirin va mutafarriq suv dengizlari bilan, ustidagi tuzli va muttasil dengizlariga, to Nil va Dijla va Firot kabi katta irmoqlar deyilgan kichik shirin dengizlar bilan ular qo’shilgan tuzli katta dengizlariga qadar, ma'nosidagi juz'iyotlari bor. Bular hammasi murod va maqsud bo’lishi mumkin va uning haqiqiy va majoziy ma'nolaridir. Xullas shuning kabi, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ ham juda ko’p haqoiqni jome'dir. Ahli kashf va haqiqat kashflariga ko’ra turli xilda bayon qilishadi.
Men ham shunday fahm etaman: Samovotda minglab olam bor. Yulduzlarning bir qismi har biri bittadan olam bo’lishi mumkin. Yerda ham har bir jins maxluqot, bittadan olamdir. Hatto har bir inson ham, kichik bir olamdir. رَبِّ الْعَالَم۪ينَ ta'biri esa, "To’g’ridan to’g’riga har bir olam Janobi Haqning rububiyati bilan idora va tarbiya va tadbir etiladi", deganidir.
Solisan:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlar:
اِذَا اَرَادَ اللّٰهُ بِقَوْمٍ خَيْرًا اَبْصَرَهُمْ بِعُيُوبِ اَنْفُسِهِمْ
Qur'oni Hakimda Hazrat Yusuf Alayhissalom degan:
وَمَا اُبَرِّئُ نَفْسِى اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّوءِ
Ha, nafsini yoqtirgan va nafsiga e'timod etgan, badbaxtdir. Nafsining aybini ko’rgan, baxtiyordir. Shunday ekan, sen baxtiyorsan. Lekin ba'zan, nafsi ammora, yo lavvomaga yoki mutmainnaga inqilob etadi; faqat qurollarini va jihozotini a'sobga o’tkazadi. A'sob va tomirlar esa, u vazifani oxir umrga qadar bajaradi. Nafsi ammora ko’pdan beri o’lgani holda, uning osori yana ko’rinadi. Ko’p buyuk asfiyo va avliyo borki, nufuslari mutmainna ekan, nafsi ammoradan shikoyat etishgan. Qalblari g’oyat salim va munavvar ekan, amrozi qalbdan dod-faryod etishgan. Xullas, bu zotlardagi nafsi ammora emas, balki a'sobga o’tkazilgan nafsi ammoraning vazifasidir. Maraz esa qalbiy emas, balki marazi xayoliydir. Inshaalloh aziz qardoshim, sizga hujum qilgan nafsingiz va amrozi qalbingiz emas, balki mujohadaning davomi uchun bashariyat e'tibori bilan a'sobga intiqol etgan va taraqqiyoti doimiyga sababiyat bergan, aytganimiz kabi bir holatdir.
* * *
Ikkinchi Masala
Eski mulla so’ragan uch masalaning izohoti Risola-i Nurning ajzolarida bor. Hozircha ijmoliy ishorat qilamiz:
Birinchi Savoli:Muhyiddin Arabiy Faxriddin Roziyga maktubida aytganki: "Allohni bilish, borligini bilishning g’ayridir." Bu nima degani, maqsad nima?
Avvalo:Unga o’qiganing Yigirma Ikkinchi So’zning Muqaddimasida, tavhidi haqiqiy bilan tavhidi zohiriyning farqidagi misol va tamsil, maqsadga ishorat qiladi. O’ttiz Ikkinchi So’zning Ikkinchi va Uchinchi Mavqiflari va Maqsadlari u maqsadni izoh qiladi.
Va soniyan:Usul-ud din imomlari va ulamo-i ilmi Kalomning aqoidga doir va vujudi Vojib-ul Vujud va tavhidi Ilohiyga doir bayonotlari Muhyiddin Arabiyning nazarida kifoya kelmagani uchun, ilmi Kalomning imomlaridan Faxriddin Roziyga shunday degan.
Ha, ilmi Kalom vositasi bilan qozonilgan ma'rifati Ilohiya, ma'rifati komila va huzuri tom bermaydi. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon tarzida bo’lgan vaqti, ham ma'rifati tommani beradi, ham huzuri atammni qozontiradiki; inshaalloh Risola-i Nurning butun ajzolari u Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning jadda-i nuroniysida bittadan elektr chirog’i xizmatini qilyaptilar.
Ham Muhyiddin Arabiyning nazariga Faxriddin Roziyning Ilmi Kalom vositasi bilan olgan ma'rifatullohi naqadar nuqson ko’rinsa; xuddi shuning kabi; tasavvuf maslagi bilan olingan ma'rifat ham, Qur'oni Hakimdan to’g’ridan-to’g’riga varosati nubuvvat sirri bilan olingan ma'rifatga nisbatan shu qadar nuqsondir. Chunki Muhyiddin Arabiy maslagi, huzuri doimiy qozonish uchun لَا مَوْجُودَ اِلَّا هُوَ deb, koinotning vujudini inkor etadigan bir tarzgacha kelgan. Va boshqalari esa, yana huzuri doimiyni qozonish uchun لَا مَشْهُودَ اِلَّا هُوَ deb, koinotni nisyoni mutlaq ostiga olish kabi ajib bir tarzga kirishgan. Qur'oni Hakimdan olingan ma'rifat esa, huzuri doimiyni berish bilan birga, na koinotni mahkumi adam etadi, na nisyoni mutlaqda hibs etadi. Balki tartibsizlikdan chiqarib, Janobi Haq nomiga istihdom etadi. Hamma narsa mir'ati ma'rifat bo’ladi. Sa'diy Sheroziyning degani kabi: دَرْ نَظَرِ هُوشِيَارْ هَرْ وَرَق۪ى دَفْتَر۪يسْتْ اَزْ مَعْرِفَتِ كِرْدِگَارْ Hamma narsada Janobi Haqning ma'rifatiga deraza ochadi.
Ba'zi So’zlarda ulamo-i Ilmi Kalomning maslagi bilan Qur'ondan olingan minhaji haqiqiyning farqlari haqida shunday bir tamsil aytganmizki; masalan: Bir suv keltirish uchun, ba'zilari kungan (suv quvuri) bilan uzoq yerdan, tog’lar ostida qozadi, suv keltiradi. Bir qismi esa har yerda quduq qaziydi, suv chiqaradi. Birinchi qism juda zahmatlidir; Tiqiladi, kesiladi. Faqat har yerda quduqlarni qazib suv chiqarishga mohir bo’lganlar, zahmatsiz har bir yerda suvni topganlari kabi.. aynan shuning kabi: Ulamo-i Ilmi Kalom, sabablarni nihoyati olamda tasalsul va davrning maholiyati bilan kesib, so’ngra Vojib-ul Vujudning vujudini u bilan isbot qiladilar. Uzun yo’lda ketadilar. Ammo Qur'oni Hakimning minhaji haqiqiysi esa, har yerda suvni topadi, chiqaradi. Har bir oyati, bittadan asoyi Muso kabi, qayerga ursa, obi hayot jo’shtiradi.
وَ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّهُ وَاحِدٌ
dasturini hamma narsaga o’qitadi.
Ham iymon yolg’iz ilm bilan emas, iymonda ko’p latoifning hissalari bor. Qandayki bir ovqat me'daga kirsa, u ovqat muxtalif a'sobga, muxtalif suratda inqisom etib tavzi' etiladi. Ilm bilan kelgan masoili iymoniya ham, aql me'dasiga kirgandan so’ngra, darajotga ko’ra ruh, qalb, sir, nafs va hokazo latoif o’ziga ko’ra bittadan hissa oladi, shimadi. Agar ularning hissasi bo’lmasa, nuqsondir. Xullas, Muhyiddin Arabiy Faxriddin Roziyga bu nuqtani ixtor etadi.
* * *
Uchinchi Masala
وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَن۪ٓى اٰدَمَ oyatining اِنَّهُ كَانَ ظَلُومًا جَهُولًا oyati bilan vajhi tavfiqi nima?
Aljavob:O’n Birinchi So’zda va Yigirma Uchinchi So’zda va Yigirma To’rtinchining Beshinchi Shoxining Ikkinchi Mevasida izohi bor. Sirri ijmoliysi shuki:
Janobi Haq kamoli qudrati bilan bir narsadan ko’p narsalarni qilganidek, ko’p vazifalarni qiladi, bir sahifada mingta kitobni yozadi. Xuddi shuning kabi, insonni juda ko’p anvo' o’rniga bir navi jome' qilib xalq etgan. Ya'ni, butun anvo'i hayvonotning muxtalif darajoti qadar, birgina nav bo’lgan inson bilan, u vazoifni qildirishni iroda etganki; insonlarning quvalariga va hissiyotlariga fitratan bir had qoldirmagan; fitriy qayd qo’ymagan, erkin qoldirgan. Boshqa hayvonotning quvalari va hissiyotlari mahdud, fitriy bir qayd ostidadir. Holbuki insonning har quvasi hadsiz bir masofada javalon etganday, g’ayri mutanohiy tomoniga ketadi. Chunki inson, Xoliqi Koinotning asmosining nihoyatsiz tajalliylariga bir oyna bo’lgani uchun, quvalariga nihoyatsiz bir iste'dod berilgan. Masalan, inson hirs bilan butun dunyo unga berilsa هَلْ مِنْ مَز۪يدٍ deydi. Ham xudgamligi bilan, o’z manfaati uchun minglab odamning zararini qabul qiladi. Va hokazo... Axloqi sayyiada hadsiz darajada inkishoflari bo’lgani va Namrudlar va Fir'avnlar darajasiga qadar ketganlari va siyg’a-i mubolag’a bilan zalum bo’lgani kabi, axloqi hasanada ham hadsiz bir taraqqiyotga mazhar bo’ladi, anbiyo va siddiqiyn darajasiga taraqqiy qiladi.
Ham inson -hayvonlarning aksiga bo’lib- hayotga lozim hamma narsaga qarshi johildir, hamma narsani o’rganishga majburdir. Hadsiz ashyoga muhtoj bo’lgani uchun, siyg’a-i mubolag’a bilan jahuldir. Hayvon esa, dunyoga kelgan vaqti ham oz narsalarga muhtoj, ham muhtoj bo’lgan narsalarini bir-ikki oyda, balki bir-ikki kunda, ba'zan bir-ikki soatda butun sharoiti hayotini o’rganadi. Go’yo bir boshqa olamda takammul etgan, shunday kelgan. Inson esa, bir-ikki yilda zo’rg’a oyoqqa turadi, o’n besh yilda zo’rg’a manfaat va zararni farq qiladi. Xullas, jahul mubolag’asi bunga ham ishorat qiladi.
* * *
To’rtinchi Masala
جَدِّدُوا اِيمَانَكُمْ بِلَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ
ning hikmatini so’rayapsiz. Uning hikmati ko’p So’zlarda zikr qilingandir. Bir sirri hikmati shuki: Insonning ham shaxsi, ham olami har zamon tajaddud etgani uchun, har doim tajdidi iymonga muhtojdir. Zero insonning har bir fardining ma'nan ko’p afrodi bor. Umrining yillari adadicha, balki kunlari adadicha, balki soatlari adadicha bittadan fardi oxar sanaladi. Chunki zamon ostiga kirgani uchun, u fardi vohid bir model hukmiga o’tadi, har kun bir fardi oxar shaklini kiyadi.
Ham insonda bu taaddud va tajaddud bo’lgani kabi, tavattun etgan olami ham sayyordir. U ketadi, boshqasi o’rniga keladi, doimo tanavvu' etadi; har kun boshqa bir olam eshigini ochadi.
Iymon esa ham u shaxsdagi har fardning nuri hayotidir, ham kirgan olamining ziyosidir. La ilaha illalloh esa, u nurni ochadigan bir kalitdir.
Ham insonda modomiki nafs, havo va vahm va shayton hukm etadilar, ko’p vaqt iymonini ranjida etish uchun g’aflatidan istifoda etib ko’p hiylalar qiladilar, shubha va vasvasalar bilan iymon nurini so’ndiradilar. Ham zohiri shariatga muxolif bo’lgan va hatto ba'zi imomlar nazarida kufr darajasida ta'sir qilgan kalimot va harakot uchrab turadi. Shuning uchun har vaqt, har soat, har kun tajdidi iymonga bir ehtiyoj bor.
Savol:Mutakallimiyn ulamosi; olamni imkon va hudusning unvoni ijmoliysi ichida o’rab zehnan ustiga chiqadi, so’ngra vahdoniyatni isbot qiladilar. Ahli tasavvufning bir qismi, tavhid ichida to’liq huzurni qozonish uchun, "La mashhuda illa hu" deb unutadi, nisyon pardasini ustiga tortadi, so’ngra to’liq huzurni topadi. Va boshqa bir qismi haqiqiy tavhidni va to’liq huzurni topish uchun "La mavjuda illa hu" deb koinotni xayolga o’raydi, adamga otadi, so’ngra huzuri tom topadi. Holbuki sen bu uch mashrabdan xorij bir jadda-i kubroni Qur'onda ko’rsatyapsan. Va uning shiori bo’lib "La ma'buda illa hu" "La maqsuda illa hu" deyapsan. Bu jaddaning tavhidga doir bir burhonini va bir muxtasar yo’lini ijmolan ko’rsat.
Aljavob:Butun So’zlar va butun Maktublar u jaddani ko’rsatadi. Hozircha istaganingiz kabi azim bir hujjatiga va keng va uzun bir burhoniga muxtasaran ishorat qilamiz. Shundayki:
Olamda har bir narsa butun ashyoni o’z Xoliqiga beradi. Va dunyoda har bir asar butun osorni o’z muassirining asarlari bo’lganini ko’rsatadi. Va koinotda har bir fe'li ijodiy butun af'oli ijodiyani o’z foilining fe'llari bo’lganini isbot qiladi. Va mavjudotda tajalliy etgan har bir ism butun asmoni o’z musammosining ismlari va unvonlari bo’lganiga ishorat qiladi. Demak, har bir narsa to’g’ridan-to’g’ri bir burhoni vahdoniyatdir va ma'rifati Ilohiyaning bir derazasidir. Ha, har bir asar, xususan zihayot bo’lsa, koinotning kichik bir misoli musag’g’aridir va olamning urug’idir va Kura-i Arzning bir mevasidir. Shunday ekan; u misoli musag’g’arni, u urug’ni, u mevani ijod etgan, butun koinotni ijod etgan yana udir. Chunki mevaning mujidi, daraxtning mujididan boshqasi bo’lolmaydi. Demak, har bir asar butun osorni muassiriga bergani kabi.. har bir fe'l ham; butun af'olni foiliga isnod etadi. Chunki ko’ryapmizki, har bir fe'li ijodiy aksar mavjudotni ihota etadigan darajada keng va zarradan shumusga qadar uzun bittadan qonuni Xalloqiyatning uchi bo’lib ko’rinadi. Demak, u juz'iy fe'li ijodiy sohibi kim bo’lsa, u mavjudotni ihota etgan va zarradan shumusga qadar uzangan qonuni kulliy bilan bog’langan butun af'olning foili bo’lish kerak. Ha, bir chivinni ihyo etgan, butun havomni va kichik hayvonotni ijod etgan va Arzni ihyo etgan zot bo’ladi. Ham mavlaviy kabi zarrani aylantirgan kim bo’lsa, mutasalsilan mavjudotni tahrik etib, Shamsni sayyoroti bilan kezdirgan ayni zot bo’lishi kerak. Chunki qonun bir silsiladir, af'ol u bilan bog’liqdir.
Demak, har bir asar butun osorni muassiriga bergani kabi va har bir fe'li ijodiy butun af'olni foiliga isnod etadi. Aynan shuning kabi: Koinotda tajalliy etgan har bir ism, butun ismlarni o’z musammosiga isnod etadi va uning unvonlari bo’lganini isbot etadi. Chunki koinotda tajalliy etgan ismlar, davoiri mutadohila kabi va ziyodagi alvoni sab'a kabi bir-birining ichiga kiradi, bir-biriga yordam beradi, bir-birining asarini takomillashtiradi, ziynatlaydi. Masalan: Muhyi ismi bir narsaga tajalliy etgan vaqt va hayot bergan daqiqada Hakim ismi ham tajalliy etadi, u zihayotning xonasi bo’lgan jasadini hikmat bilan tanzim etadi. Ayni holda Karim ismi ham tajalliy etadi, xonasini tazyin etadi. Ayni onda Rahim ismining ham tajalliysi ko’rinadi; u jasadning shafqat bilan havoijini ihzor etadi. Ayni zamonda Razzoq ismi tajalliysi ko’rinadi; u zihayotning baqosiga lozim moddiy va ma'naviy rizqini kutmagan tarzida beradi. Va hokazo... Demak, Muhyi kimning ismi bo’lsa, koinotda nurli va ihota etgan Hakim ismi ham unikidir va butun maxluqotni shafqat bilan tarbiya qilgan Rahim ismi ham unikidir va butun zihayotlarni karami bilan iosha etgan Razzoq ismi ham uning ismidir, unvonidir. Va hokazo...
Demak, har bir ism, har bir fe'l, har bir asar shunday bir burhoni vahdoniyatdirki; koinotning sahifalarida va asrlarning satrlarida yozilgan va mavjudot deyilgan butun kalimotni, kotibining naqshi qalami ekaniga dalolat qilgan bittadan muhri vahdoniyat, bittadan xotami ahadiyatdir.
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى مَنْ قَالَ (اَفْضَلُ مَا قُلْتُ اَنَا وَالنَّبِيُّونَ مِنْ قَبْل۪ى لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ) وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ وَسَلِّمْ
* * *
Beshinchi Masala
Soniyan:Maktubingizda "Yolg’iz La ilaha illalloh kifoyami? Ya'ni Muhammadarrasululloh demasa, ahli najot bo’lishi mumkinmi?" deya boshqa bir maqsadni so’rayapsiz. Buning javobi uzun. Faqat hozir bu qadar deymizki:
Kalima-i shahodatning ikki kalomi bir-biridan ayrilmaydi, bir-birini isbot qiladi, bir-birini tazammun etadi, biri birisiz bo’lmaydi. Modomiki Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam Xotam-ul Anbiyodir, butun anbiyoning vorisidir; albatta butun vusul yo’llarining boshidadir. Uning jadda-i kubrosidan xorij haqiqat va najot yo’li bo’lolmaydi. Umum ahli ma'rifatning va tahqiqning imomlari, Sa'diy Sheroziy kabi deydilar:
مُحَالَسْتْ سَعْد۪ى بَرَاهِ نَجَاتْ ٭ ظَفَرْ بُرْدَنْ جُزْ دَرْ پَىِ مُصْطَفٰى
Ham
كُلُّ الطُّرُقِ مَسْدُودٌ اِلَّا الْمِنْهَاجَ الْمُحَمَّدِىَّ
deganlar.
Lekin ba’zan: Jadda-i Ahmadiyada (S.A.V.) ketganlari holda, bilmaydilarki jadda-i Ahmadiyadir va jadda-i Ahmadiya dohilidadir.
Ba'zan: Payg’ambarni bilmaydilar, faqat ketgan yo’llari, jadda-i Ahmadiyaning ajzosidandir.
Ba’zan esa: Bir xususiyati majzubona yoki bir holati istig’rokkorona yoki bir vaziyati munzaviyona va badaviyona suratida jadda-i Muhammadiyani o’ylamasdan, yolg’iz La ilaha illalloh ularga kifoya bo’ladi. Faqat shu bilan birga, eng muhim bir jihat: "Adami qabul" boshqadir, "qabuli adam" boshqadir. Bu tur ahli jazba va ahli uzlat yoki eshitmagan yoki bilmagan odamlar; Payg’ambarni bilmaydilar yoki o’ylamaydilarki, qabul qilsinlar. U nuqtada johil qoladilar. Ma'rifati Ilohiyaga qarshi yolg’iz La ilaha illallohni biladilar. Bular ahli najot bo’la oladilar. Faqat Payg’ambarni eshitgan va da'vosini bilgan odamlar uni tasdiq qilmasa, Janobi Haqni tanimaydi. U haqida yolg’iz La ilaha illalloh kalomi, sababi najot bo’lgan tavhidni ifoda etolmaydi. Chunki u hol, bir daraja madori uzr bo’lgan johilona adami qabul emas, balki u qabuli adamdir va u inkordir. Mo’'jizoti bilan, osori bilan koinotning madori faxri va navi basharning madori sharafi bo’lgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamni inkor etgan odam, albatta hech bir jihatda hech bir nurga mazhar bo’lolmaydi va Allohni tanimaydi. Nima bo’lganda ham, hozircha bu qadar yetadi.
* * *
Oltinchi Masala
Solisan:Shayton bilan munozara nomidagi Birinchi Mabhasdagi shaytonning maslagiga oid ba'zi ta'birot juda g’aliz bo’lgan. "Xosho, xosho!" kalimasi bilan va farzi mahol suratidagi qaydlar bilan ta'dil etilgani holda, yana meni titratadi. So’ngra sizga yuborilgan parchada ba'zi kichik ta'dilot bor edi, nusxangizni u bilan tasxix eta oldingizmi? Fikringizni tavkil etaman; u ta'birotdan luzumsiz ko’rganlaringizni tashlab o’tishingiz mumkin.
Aziz qardoshim, u mabhas juda muhimdir. Chunki ahli zindiqoning ustozi, shaytondir. Shayton ilzom etilmasa, uning muqollidlari ishonmaydilar. Qur'oni Hakim kofirlarning g’aliz ta'birlarini rad qilish uchun zikr qilganidan menga bir jasorat berildiki; bu shaytoniy maslakning tamoman chirikligini ko’rsatish uchun, -farzi mahol suratida- hizb-ush shaytonning afrodi, maslaklarining iqtizosi bilan qabul qilishga majbur bo’lgan va istar-istamas ma'nan maslak tili bilan aytadigan ahmoqona ta'birotlarini titrab turib iste'mol qildim. Faqat u iste'mol bilan ularni quduq tubiga tiqishtirib, maydonni boshdan oxirigacha Qur'on hisobiga zabt etdik, ularning hiylalarini maydonga chiqardik. Shu muzaffariyatga shu tamsil ichida qara. Masalan: Samovotga boshi tegilib turgan juda yuksak minora va u minoraning ostida Kura-i Arzning markaziga qadar bir quduq qazilgan deb faraz qilamiz. Xullas, azoni umum mamlakatda umum aholiga eshitilgan bir zot, minora boshidan to quduq tubiga qadar qaysi mavqeda bo’lganini isbot qilish uchun ikki guruh munoqasha etyaptilar. Birinchi guruh deydiki: "Minora boshidadir, koinotga azon o’qiyapti. Chunki azonni eshityapmiz; hayotdordir, ulviydir. Garchi harkas uni u yuksak yerda ko’rmaydi; faqat harkas darajasiga ko’ra uni, chiqqan va tushgan vaqti bir maqomda, bir zinapoyada ko’radi va u bilan biladiki: U yuqori chiqadi va qayerda ko’rinsa ko’rinsin, yuksak maqom sohibidir". Boshqa shaytoniy va ahmoq guruh esa aytadiki: "Yo’q, maqomi minora boshi emas; qayerda ko’rinsa ko’rinsin, maqomi quduq tubidir". Holbuki hech kim na uni quduq tubida ko’rgan va na ko’ra oladi. Farazan agar tosh kabi og’ir, ixtiyorsiz bo’lsaydi, albatta quduq tubida bo’lar, birov ko’rar edi.
Hozir bu ikki muoriz guruhning muhoraba maydoni o’sha minora boshidan to quduq tubiga qadar uzun bir masofadir. Hizbulloh deyilgan ahli nur jamoati yuksak nazarli bo’lganlarga u muazzin zotni minora boshida ko’rsatadilar. Va nazarlari u darajaga chiqmaganlarga va qasir-un nazar bo’lganlarga, darajalariga ko’ra bittadan zinapoyada u muazzini a'zamni ko’rsatadilar. Kichik alomat ularga kifoya bo’ladi va isbot qiladiki: U zot tosh kabi jomid bir jism emas, balki istagan vaqti yuqori chiqadigan, ko’rinadigan, azon o’qiydigan insoni komildir. Boshqa hizb-ush shayton deyilgan guruh esa: "Yo minora boshida harkasga ko’rsating yoxud maqomi quduq tubidir." deb ahmoqona hukm etadilar. Ahmoqliklaridan bilmaydilarki: Minora boshida harkasga ko’rsatilmasligi, harkasning nazari u yerga chiqmasligidan kelib chiqadi. Ham mug’olata suratida, minora boshi xorij bo’lib butun masofani zabt etishni istaydilar.
Xullas, u ikki jamoatning munoqashasini hal etish uchun biri chiqadi, u hizb-ush shaytonga deydiki: "Ey manhus guruh! Agar u muazzini a'zamning maqomi quduq tubi bo’lsa; tosh kabi jomid, hayotsiz, quvvatsiz bo’lishi lozim bo’ladi. Va quduq zinapoyalarida va minoraning darajalarida ko’ringan u bo’lmasligi lozim bo’ladi. Modomiki shunday ko’ryapsiz; albatta, u quvvatsiz, haqiqatsiz, jomid bo’lmaydi. Minora boshi uning maqomi bo’ladi. Shunday ekan, yo siz uni quduq tubida ko’rsatasizki hech bir jihatda buni ko’rsatolmaysiz va hech bir kimga u yerda bo’lishini tinglattirolmaysiz- yoxud jim turing! Maydoni mudofaangiz quduq tubidir. Boshqa maydon va uzun masofa esa, shu muborak jamoatning maydonidir; quduq tubidan boshqa, u zotni qayerda ko’rsatsalar, yutib chiqadilar.
Xullas, shu tamsil kabi munozara-i shaytoniy mabhasi, arshdan farshgacha uzun masofani hizb-ush shaytonning qo’lidan oladi va hizb-ush shaytonni majbur qiladi, tiqishtiradi. Eng g’ayri ma'qul, eng mahol, eng manfur mavqeni ularga qoldiradi. Eng tor va hech kim kirmaydigan teshikka ularni tiqadi, butun masofani Qur'on nomiga zabt etadi.
Agar ularga: "Qur'on qanday?", deyilsa: "Go’zal va axloq darsini bergan bir inson kitobidir", deb javob berishadi. O’shanda ularga: "Allohning kalomi ekan va shunday qabul qilishga majbursiz. Chunki maslagingizga ko’ra "Go’zal" deya olmaysiz!", deyiladi.
Ham agar ularga: "Payg’ambar haqida fikringiz qanday?", deyilsa. "Go’zal axloqli, juda aqlli bir odam", deyishadi. O’shanda ularga: "Shunday ekan, iymonga keling. Chunki go’zal axloqli, aqlli bo’lsa, har holda, Rasullullohdir. Chunki sizning bu "go’zal" so’zingiz hududingiz dohilida emas; maslagingizga ko’ra bunday deya olmaysiz", deyiladi. Va hokazo... Tamsildagi boshqa ishoratlarga haqiqatning boshqa jihatlari tatbiq etilishi mumkin.
Xullas, shu sirga binoan shayton bilan munozara etilgan Birinchi Mabhas, ahli iymonning iymonini muhofaza qilish uchun mo’'jizoti Ahmadiyani bilishga va qat'iy burhonlarini o’rganishga muhtoj qilmaydi. Adno bir alomat, kichik bir dalil ularning iymonlarini qutqaradi. Quduq tubidagi asfali sofiliynda bo’lmaganiga, har bir holi Ahmadiya (S.A.V.), har bir xislati Muhammadiya (S.A.V.), har bir tavri Nabaviy (S.A.V.) bittadan mo’'jiza hukmiga o’tadi, a'loyi illiyinda bir maqomi bo’lganini isbot qiladi.
* * *
Yettinchi Masala
Madori ibrat bir masala:
[Vahmga ma'ruz, tushkunlikka tushgan ba'zi do’stlarimga quvva-i ma'naviyani tayid etadigan yetti alomatning dalolati bilan, yolg’iz xizmati Qur'onga oid ikromi Rabboniyni va bir himoyati Ilohiyani bayon qilishga majburmanki, u zaif irodali do’stlarimni qutqaray. U yetti alomatning to’rttasi; do’st ekan, yolg’iz bittadan maqsadi dunyoviy uchun shaxsimga emas, Qur'onga xodimligim jihatidan dushman vaziyati olishlari bilan, u maqsadlarining aksi bilan ta'zir yeyishdi. U yettita alomatning uchtasi esa, jiddiy do’st edilar va doim do’stdirlar; lekin do’stlik iqtizo etgan mardona vaziyatni muvaqqatan ko’rsatmadilar, toki ahli dunyoning tavajjuhini qozonib, bittadan maqsadi dunyoviy qozonsinlar va boshlari sog’ qo’lsin. Holbuki u uch do’stim, ma'ataassuf u maqsadlarining aksi bilan bittadan i'tob ko’rdilar.]
Avvalgi to’rt zohiriy do’st, so’ngra dushman vaziyatini ko’rsatganlarning
Birinchisi:Bir mudir necha vosita bilan yolvordi. O’ninchi So’zdan bir nusxa istadi. Unga berdim. U esa, tarfi' uchun do’stligimni tashlab dushmanlik vaziyatini oldi. Voliyga shikoyat va ixbor suratida berdi. Xizmati Qur'oniyaning bir asari ikromi bo’lib tarfi' emas, azl etildi.
Ikkinchisi:Boshqa bir mudir, do’st ekan, amirlarining xotiri uchun va ahli dunyoning tavajjuhini qozonish niyatida shaxsimga emas, xizmatkorligim jihatidan raqibona va dushmanona vaziyat oldi, maqsadining aksiga ta'zir yedi. Umid etilmagan bir masalada, ikki yarim yilga mahkum etildi. So’ngra Qur'onning bir xizmatkoridan duo istadi. Inshaalloh balki qutular, chunki unga duo qilindi.
Uchinchisi:Bir muallim, do’st ko’ringani uchun, men ham unga do’st deb qaradim. So’ngra Barlaga naql etib joylashish uchun dushmanona bir vaziyatni ixtiyor etdi; u maqsadining aksi bilan ta'zir yedi. Muallimlikdan askarlikka jo’natildi. Barladan uzoqlashtirildi.
To’rtinchisi:Bir muallim (hofiz, ham mutadayyin ko’rganim uchun) Qur'onning xizmatida menga bir do’stlik qiladi degan niyatda unga samimiyat bilan bir do’stlik ko’rsatdim. So’nga u ahli dunyoning tavajjuhini qozonish uchun bir ma'murning birgina kalomi bilan bizga qarshi juda sovuq va qo’rqoq vaziyatga kirdi. Keyin o’sha maqsadining aksiga ta'zir yedi. Mufattishidan shiddatli jazo oldi va bo’shatildi.
Xullas, bu to’rt odam dushman vaziyatini olish bilan bunday ta'zir yeganlari kabi, uch do’stim ham jiddiy do’stlik iqtizo etgan mardona vaziyatni ko’rsatmaganlari uchun, ta'zir emas, bir navi ixtor navida aksi maqsadlari bilan iqoz etildilar.
Birinchisi:G’oyat muhim va jiddiy va haqiqiy talabam bo’lgan zoti muhtaram, mutamodiyan So’zlarni yozar, nashr etardi. Tushunib bo’lmaydigan katta bir ma'murning kelishi bilan va bir hodisaning bo’lishi sababli; yozgan So’zlarini saqladi, muvaqqatan istinsohni ham tark etdi. Toki, ahli dunyodan bir zahmat ko’rmasin va mashaqqat chekmasin va ularning sharlaridan amin bo’lsin. Holbuki u xizmati Qur'oniyaning muvaqqatan ta'tilidan kelgan bir asari xato bo’lib, bir yil mutamodiyan ming liraga mahkumiyat kabi bir balo ko’zi oldiga qo’yildi. Qachon istinsohni niyat qilib, eski vaziyatiga qaytgan bo’lsa, o’sha da'vosidan tabria etdi, lillahilhamd baroat qozondi. Faqri holi bilan birga ming liradan qutuldi.
Ikkinchisi:Besh yildan beri mard va jiddiy va jasur bir do’stim, ahli dunyoning va yangi kelgan bir amirning husni zonini va tavajjuhini qozonish uchun, qo’shnim ekan, o’ylamasdan ixtiyorsiz bir necha oy men bilan ko’rishmadi. Hatto bayramda va ramazonda kirmadi. Maqsadining aksiga qishloq masalasi tugadi, nufuzi sindi.
Uchinchisi:Haftada bir-ikki marta men bilan ko’rishgan hofiz, imom bo’lgan. Ruxsatnoma olish uchun ikki oy meni tark etdi. Hatto bayramda yonimga kelmadi. Xilofi ma'mul bo’lib, maqsadining aksi bilan yetti-sakkiz oy imomlik qilgani holda, xilofi odat bir suratda unga ruxsatnoma berilmadi.
Xullas, bu kabi hodisalar juda ko’p. Faqat ba'zilarini andisha qilib aytib o’tirmayman. Bular zaif bittadan alomat bo’lsalar ham, ijtimo'ida bir quvvat his qilinadi! Bu bilan shunday qanoat keladiki: Shaxsimga qarshi emas -chunki nafsimni hech bir ikromga loyiq ko’rmayman- balki xizmati Qur'on nuqtasida yolg’iz u jihatda bir ikromi Ilohiy va bir himoyati Rabboniya ostida xizmat qilganimiz anglashilyapti. Do’stlarim buni o’ylashi kerak, avhomga tushmasligi kerak. Modomiki xizmatkorligimga bir ikromi Ilohiydir va modomiki faxrga emas, balki shukrga sabab ekan va modomiki
وَ اَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ
farmoni bor.. bu sirlarga binoan, xususiy bir suratda do’stlarimga bayon etaman.
* * *
Sakkizinchi Masala
[Yigirma Yettinchi So’zning ijtihodga mone sabablarning beshinchi sababining uchinchi nuqtasining uchinchi misolining hoshiyasidir.]
Muhim bir savol:Ba'zi ahli tahqiq deydilarki: Alfazi Qur'oniya va zikriya va boshqa tasbehlarning har biri mutaaddid jihatlar bilan insonning latoifi ma'naviyasini tanvir etadi, ma'naviy ozuqa beradi. Ma'nolari bilinmasa, yolg’iz lafz ifoda etmaydi, kifoya bo’lmaydi. Lafz bir libosdir; almashtirilsa, har toifa o’z lisoni bilan o’sha ma'nolarga alfaz kiydirsa, yanada nafi' bo’lmaydimi?
Aljavob:Alfozi Qur'oniya va tasbehoti Nabaviyaning lafzlari jomid libos emas; jasadning hayotdor terisi kabi, balki mururi zamon bilan teri bo’lgan. Libos almashtiriladi. Lekin teri almashsa, vujudga zarardir. Balki namoz va azondagi kabi alfazi muborakalar, ma'no-i urfiylariga olam va nom bo’lgan. Olam va ism esa, almashtirilmaydi. Men o’z nafsimda tajriba etgan bir holatimni ko’p marta tadqiq etdim, ko’rdimki; u holat haqiqatdir. U holat shuki:
Sura-i Ixlosni arafa kunida yuzlab marta takror etib o’qir edim. Ko’rdimki: Mendagi ma'naviy tuyg’ularning bir qismi bir necha martada g’idosini oladi, voz kechadi, to’xtaydi. Va quvva-i mufarrika kabi bir qism ham, bir zamon ma'no tarafiga mutavajjih bo’ladi, hissasini oladi, u ham to’xtaydi. Va qalb kabi bir qism, ma'naviy zavqqa mador ba'zi mafhumlar jihatidan hissasini oladi, u ham sukut etadi. Va hokazo... Bora-bora o’sha takrorda yolg’iz bir qism latoif qoladiki; juda kech zerikadi, davom etadi, boshqa ma'noga va tadqiqotga umuman ehtiyoj qoldirmaydi. G’aflat quvva-i mufarrikaga zarar bergani kabi, unga zarar bermaydi. Lafz va lafzi mushabbi' bo’lgan bir maoli ijmoliy bilan va ism va olam bo’lganlari ma'no-i urfiy ularga kifoya bo’ladi. Agar ma'noni u vaqt o’ylasa, zararli bir zerikish beradi. Va u davom etgan latifalar ta'allumga va tafahhumga muhtoj emas; balki taxatturga, tavajjuhga va tashviqqa ehtiyoj ko’rsatadilar. Va u teri hukmidagi lafzlari ularga kifoya bo’ladi va ma'no vazifasini bajaradilar. Va ayniqsa u Arabiy lafzlar bilan kalomulloh va takallumi Ilohiy bo’lganini taxattur etish bilan, doimiy fayzga madordir.
Xullas, o’zim tajriba etgan shu holatim ko’rsatadiki: Azon kabi va namozning tasbehoti kabi va har doim takror etilgan Fotiha va Sura-i Ixlos kabi haqoiqlarni, boshqa til bilan ifoda etish juda zararlidir! Chunki manba-i doimiy bo’lgan alfazi Ilohiya va Nabaviya yo’qolgandan so’ng, u doimiy latoifning doimiy hissalari ham yo’qoladi. Ham har bir harfning loaqal o’n savobi zoye bo’lishi va huzuri doimiy, butun namozda hamma uchun davom etmagani uchun; g’aflat ichida, tarjima vositasi bilan insonlarning ta'biroti ruhga zulmat berishi kabi zararlar bo’ladi. Ha, qandayki Imom A'zam: "La ilaha illalloh, tavhidga olam va ismdir", degan. Biz ham deymiz: Kalimoti tasbehiya va zikriyaning, xususan azon va namozdalarining aksariyati mutlaqasi, olam va ism hukmiga o’tgan. Olam kabi, ma'no-i lug’aviysidan ziyoda, ma'no-i urfiyi shar'iysiga qaraladi. Shunday ekan, almashinishlari shar'an mumkin emas! Har bir mo’'minga bilishi lozim bo’lgan mujmal ma'nolari, ya'ni muxtasar ma’nosini eng omi odam ham tez o’rganadi. Butun umrini Islomiyat bilan o’tkazgan va boshini minglab moloyoniyot bilan to’ldirgan odamlar, bir-ikki haftada hayoti abadiyasining kaliti bo’lgan shu kalimoti muborakaning maoli ijmoliysini o’rganmasa qanday uzrli bo’ladi, qanday musulmon bo’ladi, qanday "aqlli odam" deyiladi? Va unday pastkashlarning tanballiklarining xotiri uchun, u nur manbalarining mahfazalarini buzish kori aql emas!..
Ham "Subhanalloh" degan odam, qaysi millatdan bo’lsa bo’lsin, Janobi Haqni taqdis etganini anglaydi. Bu qadar kifoya bo’lmaydimi? Agar ma'nosiga o’z lisoni bilan mutavajjih bo’lsa, aql nuqtasida bir marta ta'allum etadi. Holbuki kunda yuz marta takror qiladi. O’sha yuz marta, aqlning hissa-i ta'allumidan boshqa, lafzdan va lafzga siroyat etgan va imtizoj etgan maoli ijmoliy ko’p nurlarga va fayzlarga madordir. Xususan takallumi Ilohiy e'tibori bilan olgan qudsiyati va u qudsiyatdan kelgan fayzlar va nurlar juda ahamiyatlidir.
Alhosil:Zaruriyoti diniya mahfazalari bo’lgan alfazi qudsiya-i Ilohiyaning o’rniga hech narsa iqoma qilinmaydi va joylarini ololmaydi va vazifalarini bajarolmaydi. Va muvaqqat ifoda etsalar ham; doimiy, ulviy, qudsiy ifoda etolmaydilar.
Ammo nazariyoti diniyaning mahfazalari bo’lgan alfazlar bo’lsa, almashtirilishga luzum qolmaydi. Chunki nasihat bilan va boshqa tadris va ta'lim va va'z bilan u ehtiyoj mundafi' bo’ladi.
Alhosil:Lisoni nahviy bo’lgan lisoni Arabiyning jome'iyati va alfazi Qur'oniyaning i'jozi shunday bir tarzdadirki, qobili tarjima emas! Balki "maholdir" deya olaman. Kimning shubhasi bo’lsa, i'jozga doir Yigirma Beshinchi So’zga murojaat etsin. Tarjima qilingan narsalar esa, g’oyat muxtasar va noqis bir maoldir. Bunday maol qayerda; hayotdor, ko’p jihatlar bilan tasho'ub etgan oyotning haqiqiy ma'nolari qayerda?
***
To’qqizinchi Masala
(Muhim va mahram bir masala va bir sirri valoyat)
Olami Islomda Ahli Sunnat va Jamoat deyilgan ahli haq va istiqomat firqa-i azimasi, haqoiqi Qur'oniyani va iymoniyani istiqomat doirasida aynan Sunnati Saniyaga ittibo etib muhofaza etishgan. Ahli valoyatning aksariyati mutlaqasi u doiradan nash'at etgan. Boshqa bir qism ahli valoyat Ahli Sunnat va Jamoatning ba'zi dasotirlari xorijida va usullariga muxolif bir jaddada ko’ringan. Xullas, bu qism ahli valoyatga qaraganlar ikki qismga ayrildilar:
Bir qismi, Ahli Sunnatning usuliga muxolif bo’lganlari uchun, valoyatlarini inkor etdilar. Hatto ulardan bir qismining takfiriga qadar ketdilar.
Boshqa qism, ularga ittibo etgandirlar. Ularning valoyatlarini qabul qilganlari uchun aytadilar: "Haq yolg’iz Ahli Sunnat va Jamoatning maslagiga munxasir emas". Ahli bid'atdan bir firqa tashkil etdilar, hatto zalolatga qadar ketdilar. Bilmadilarki: Har hadiy zot, muhdiy bo’lolmaydi. Shayxlari xatosidan ma'zurdir, chunki majzubdir. O’zlari esa ma'zur bo’lolmaydilar.
Mutavassit bir qism esa, u valiylarning valoyatlarini inkor etmadilar, lekin yo’llarini va maslaklarini qabul qilmadilar. Deydilarki: "Xilofi usul bo’lgan so’zlari yo holga mag’lub bo’lib xato qildilar yoxud ma'nosi bilinmaydigan mutashabehot kabi shatahotdir".
Ma'ataassuf birinchi qism, xususan ulamo-i ahli zohir, maslagi Ahli Sunnatni muhofaza niyati bilan, juda muhim avliyoni inkor, hatto tadlil etishga majbur bo’lishgan. Ikkinchi qism bo’lgan tarafdorlari esa, unday shayxlarga ziyoda husni zon etganlari uchun, haq maslagini tashlab, bid'atga, hatto zalolatga ketganlari bo’lgan.
Bu sirga doir, juda ko’p vaqt zehnimni ishg’ol etgan holat bor edi. Bir zamon men bir qism ahli zalolatga muhim vaqtda qahr bilan duo qildim. Badduomga qarshi mudhish bir quvvati ma'naviya chiqdi. Ham duomni qaytarayotgan edi, ham meni man etdi.
So’ngra ko’rdimki: U qism ahli zalolat, xilofi haq ijrootida bir quvva-i ma'naviyaning tasxiloti bilan, ergashganlarini yetaklab ketyapti. Muvaffaq bo’lyapti. Yolg’iz jabr bilan emas, balki valoyat quvvatidan kelgan orzu bilan imtizoj etgani uchun, ahli iymonning bir qismi o’sha istakka berilib yoqtiryaptilar, juda yomon talaqqiy etmayaptilar.
Xullas, bu ikki sirni his etgan vaqt dahshat oldim, Fasubhanalloh dedim. "Tariqi haqdan boshqa valoyat bo’lishi mumkinmi? Xususan mudhish bir jarayoni zalolatga ahli haqiqat tarafdor chiqadimi?" dedim. So’ngra bir muborak arafa kunida mustahsan bir odati Islomiyaga binoan Sura-i Ixlosni yuzlab marta takror qilib o’qib, uning barakasi bilan "Muhim Bir Savolga Javob" nomli yozilgan masala bilan birga shunday bir haqiqat ham rahmati Ilohiya bilan qalbi ojizonamga keldi. Haqiqat shuki:
Sulton Mahmud Fotihning zamonida hikoya qilingan mashhur va ma'nodor "Jibali Bobo qissasi" turidan bir qism ahli valoyat, zohiran muhokamali va aqlli ko’rinarkan, majzubdirlar. Va bir qismi esa ba'zan sahvada va doira-i aqlda ko’rinadi, ba'zan aqlning va muhokamaning xorijida bir holga kiradi. Shu qismdan bir sinfi ahli iltibosdir, tafriq etmaydi. Sakr holida ko’rgan bir masalasini holati sahvada tatbiq etadi, xato qiladi va xato qilganini bilmaydi. Majzublarning bir qismi esa indalloh mahfuzdir, zalolatga suluk etmaydi. Boshqa bir qismi esa mahfuz emas, bid'at va zalolat firqalarida bo’la oladilar. Hatto kofirlar ichida bo’la olish ehtimoli berilgan.
Xullas, muvaqqat yoki doimiy majzub bo’lganlaridan, ma'nan "muborak majnun" hukmida bo’ladilar. Va muborak va erkin majnun hukmida bo’lganlari uchun, mukallaf emaslar. Va mukallaf bo’lmaganlari uchun, muoxaza bo’lmaydi. O’z valoyati majzubonalari boqiy qolish bilan birga, ahli zalolatga va ahli bid'atga tarafdor chiqadilar. Maslaklariga bir daraja rivoj berib, bir qism ahli iymonning va ahli haqning u maslakka kirishga mash'umona bir sababiyat beradilar.
* * *
O’ninchi Masala
[Ziyoratchilarga oid ba'zi do’stlar tarafidan ixtor bilan, bir dastur izoh etilish xohlandi. Shuning uchun yozilgandir.]
Ma'lum bo’lsinki: Bizni ziyorat qilgan, yo hayoti dunyoviya jihatidan keladi; u eshik yopiqdir. Yoki hayoti uxroviya jihatidan keladi. Bu jihatda ikki eshik bor: Yo shaxsimni muborak va maqom sohibi deb o’ylab keladi. U eshik yopiq. Chunki men o’zimni yoqtirmayman, meni yoqtirganlarni ham yoqtirmayman. Janobi Haqqa ko’p shukr, meni o’zimga yoqtirtirmagan. Ikkinchi jihat, yolg’iz Qur'oni Hakimning dalloli bo’lgan jihat bilan. Bu eshikdan kirganlarni, a'lar ra'si val ayn qabul qilaman. Ular ham uch tarzda bo’ladi: Yo do’st bo’ladi, yo qardosh bo’ladi, yo talaba bo’ladi.
Do’stning xossasi va sharti buki: Qat'iyan, So’zlarga va anvori Qur'oniyaga doir xizmatimizga jiddiy tarafdor bo’lsin; va haqsizlikka va bid'atlarga va zalolatga qalban tarafdor bo’lmasin, o’zi uchun ham istifodaga harakat qilsin.
Qardoshning xossasi va sharti shuki: Haqiqiy tarzda So’zlarning nashriga jiddiy harakat qilish bilan birga, besh vaqt farz namozini ado qilish, yetti kaboirni qilmaslikdir.
Talabalikning xossasi va sharti shuki: So’zlarni o’z moli va ta'lifi deb his qilib sohib chiqsin va eng muhim vazifa-i hayotiyasini uning nashr va xizmati deb bilsin.
Xullas, shu uch tabaqa mening uch shaxsiyatim bilan aloqadordir. Do’st mening shaxsiy va zotiy shaxsiyatim bilan munosabatdor bo’ladi. Qardosh qulligim va ubudiyat nuqtasidagi shaxsiyatim bilan aloqador bo’ladi. Talaba esa, Qur'oni Hakimning dalloli jihatidan va ustozlik vazifasidagi shaxsiyatim bilan munosabatdordir.
Bu ko’rishishning ham uch mevasi bor:
Birinchisi:Dallollik e'tibori bilan mujavharoti Qur'oniyani mendan yoki So’zlardan dars olish. Garchi bir dars bo’lsa ham.
Ikkinchisi:Ibodat e'tibori bilan uxroviy qozonchimga hissador bo’ladi.
Uchinchisi:Dargohi Ilohiyaga birga mutavajjih bo’lib rabti qalb etib, Qur'oni Hakimning xizmatida qo’lni qo’lga berib, tavfiq va hidoyat istash.
Agar talaba bo’lsa; har tong mutamodiyan ismi bilan, ba'zan xayoli bilan ham yonimda hozir bo’ladi, hissador bo’ladi.
Agar qardosh bo’lsa, bir necha marta xususiy ismi bilan va surati bilan duo va qozonchimda hozir bo’lib hissador bo’ladi. So’ngra umum ixvonlar ichida dohil bo’lib, rahmati Ilohiyaga taslim etamanki, duo vaqtida "ixvati va ihvani" degan vaqtim ular ichida bo’ladi. Men bilmasam, rahmati Ilohiya ularni biladi va ko’radi.
Agar do’st bo’lsa va faroizni bajarsa va kaboirni tark etsa, umumiyati ixvon e'tibori bilan duoimga dohildir. Bu uch tabaqa ham meni ma'naviy duo va qozonchlarida dohil etishlari shartdir.
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى مَنْ قَالَ (اَلْمُؤْمِنُ لِلْمُؤْمِنِ كَالْبُنْيَانِ الْمَرْصُوصِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا) وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِه۪ وَسَلِّمْ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
اَللّٰهُمَّ يَا مَنْ اَجَابَ نُوحًا ف۪ى قَوْمِه۪ وَ يَا مَنْ نَصَرَ اِبْرَاه۪يمَ عَلٰى اَعْدَائِه۪ وَ يَا مَنْ اَرْجَعَ يُوسُفَ اِلٰى يَعْقُوبَ وَ يَا مَنْ كَشَفَ الضُّرَّ عَنْ اَيُّوبَ وَ يَا مَنْ اَجَابَ دَعْوَةَ زَكَرِيَّاءَ وَ يَا مَنْ تَقَبَّلَ يُونُسَ ابْنَ مَتّٰى نَسْئَلُكَ بِاَسْرَارِ اَصْحَابِ هٰذِهِ الدَّعْوَاتِ الْمُسْتَجَابَاتِ اَنْ تَحْفَظَن۪ى وَ تَحْفَظَ نَاشِرَ هٰذِهِ الرَّسَائِلِ وَ رُفَقَائِهِمْ مِنْ شَرِّ شَيَاط۪ينِ الْاِنْسِ وَ الْجِنِّ وَ انْصُرْنَا عَلٰى اَعْدَائِنَا وَ لَا تَكِلْنَا اِلٰى اَنْفُسِنَا وَ اكْشِفْ كُرْبَتَنَا وَ كُرْبَتَهُمْ وَاشْفِ اَمْرَاضَ قُلُوبِنَا وَ قُلُوبِهِمْ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
YIGIRMA YETTINCHI MAKTUB
[Bu maktub Risola-i Nur Muallifining talabalariga yozgan ayni haqiqat va juda latofatli, go’zal maktublari bilan; Risola-i Nur talabalarining Ustozlariga va ba'zan bir-birlariga yozgan va Risola-i Nurning mutoalasidan olgan porloq fayzlarini ifoda etgan juda boy bir maktub bo’lib, bu majmuaning uch-to’rt misli qadar kattalashgani uchun, bu majmuaga ilhoq etilmagan. Mustaqil ravishda Barla, Kastamonu, Emirdag’ Lahikalari bo’lib nashr etilgan.]
YIGIRMA SAKKIZINCHI MAKTUB
Shu Maktub sakkiz masaladir.
Birinchi Risola bo’lgan Birinchi Masala
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اِنْ كُنْتُمْ لِلرُّؤْيَا تَعْبُرُونَ
Soniyan:Uch yil avval men bilan ko’rishgandan uch kun so’ngra ta'biri chiqqan, hozir ta'vili tazohur etgan eski bir tushingizning ta'birini istayapsiz. Hozircha u go’zal, muborak, xushxabarli tush mururi zamonga yo’liqqan. Ma'nosini ko’rsatgan u tushga qarshi bunday desam haqqim yo’qmi:
نَه شَبَمْ نَه شَبْ پَرَسْتَمْ مَنْ ٭ غُلَامِ شَمْسَمْ اَزْ شَمْسْ م۪ى گُويَمْ خَبَرْ
اٰنْ خَيَالَات۪ى كِه دَامِ اَوْلِيَاسْتْ ٭ عَكْسِ مَهْرُويَانِ بُوسْتَانِ خُدَاسْتْ
Ha qardoshim, sen bilan mahzi haqiqat darsini muzokaraga o’rganganmiz. Xayolotlarga qarshi eshigi ochiq bo’lgan tushlarni tahqiqiy bir suratda mavzubahs qilish, tahqiq maslagiga to’liq uyg’un kelmagani uchun; u juz'iy hodisa-i navmiya munosabati bilan, mavtning kichik bir qardoshi bo’lgan navmga oid ilmiy va dasturiy bo’lib olti nukta-i haqiqatni, Qur'on oyatlari ishorat etgan tomondan bayon qilamiz. Yettinchisida sening tushingga qisqa ta'bir qilinadi.
Birinchisi:Sura-i Yusufning muhim bir asosi, ro’yoyi Yusufiya bo’lgani kabi; وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا oyati kabi ko’p oyatlar bilan, tushda va navmda pardali bo’lib ahamiyatli haqiqatlar borligini ko’rsatadi.
Ikkinchisi:Qur'on bilan tafa'ulga va tushga e'timodga ahli haqiqat tarafdor emas. Chunki Qur'oni Hakim ahli kufrni kasrat bilan va shiddatli bir tarzda uradi. Tafa'ulda kofirga oid shiddati, tafa'ul etgan insonga chiqqan vaqti, ya's beradi; qalbni mushavvash etadi. Ham ro’yo ham xayr ekan, ba'zan aksi haqiqat bilan ko’ringani uchun shar talaqqiy etiladi, ya'sga tushiradi, quvva-i ma'naviyani sindiradi, sui zon beradi. Ko’p tushlar borki: Surati dahshatli, zararli, mulavvas ekan; ta'biri va ma'nosi juda go’zal bo’ladi. Harkas tushning surati bilan ma'nosining haqiqati mobaynidagi munosabatni topolmagani uchun; luzumsiz talosh etadi, ma'yus bo’ladi, xafa bo’ladi.
Xullas, faqat bu jihat uchun, ahli haqiqat kabi va Imom Rabboniy misoli boshda نَه شَبَمْ نَه شَبْ پَرَسْتَمْ dedim.
Uchinchisi:Hadisi sahih bilan nubuvvatning qirq juzidan bir juzi navmda ro’yoyi sodiqa suratida tazohur etgan. Demak, ro’yoyi sodiqa ham haqdir, ham nubuvvatning vazoifiga taalluqi bor. Shu uchinchi masala, g’oyat muhim va uzun va nubuvvat bilan aloqador va chuqur bo’lganidan, boshqa vaqtga ta'liq etamiz; hozircha u eshikni ochmaymiz.
To’rtinchisi:Ro’yo uch xildir: Ikki xili, ta'biri Qur'on bilan اَضْغَاثُ اَحْلَامٍ da dohildir, ta'birga arzimaydi. Ma'nosi bo’lsa ham, ahamiyati yo’q. Yo mizojning inhirofidan quvva-i xayoliya shaxsning xastaligiga ko’ra bir tarkibot, tasvirot qiladi; yoxud kunduz yoki yana ham avval, hatto bir-ikki yil avval ayni vaqtda boshiga kelgan muhayyij hodisotni xayol taxattur etadi; ta'dil va tasvir etadi, boshqa bir shakl beradi. Xullas, bu ikki qism اَضْغَاثُ اَحْلَامٍ dir, ta'birga arzimaydi.
Uchinchi qism, ro’yoyi sodiqadir. U to’g’ridan-to’g’riga mohiyati insoniyadagi latifa-i Rabboniya, olami shahodat bilan bog’langan va u olamda kezgan tuyg’ularning yopilishi bilan va to’xtashi bilan, olami g’aybga qarshi bir munosabat topadi, bir teshik ochadi. U teshik bilan, sodir bo’lishga hozirlangan hodisalarga qaraydi va Lavhi Mahfuzning jilvalari va maktuboti qadariyaning namunalari navidan birisiga uchraydi, ba'zi voqeoti haqiqiyani ko’radi. Va u voqeotda ba'zan xayol tasarruf etadi, surat liboslari kiydiradi. Bu qismning ko’p anvo'i va tabaqoti bor. Ba'zan aynan ko’rgani kabi chiqadi, ba'zan bir nozik parda ostida chiqadi, ba'zan qalin parda bilan o’raladi.
Hadisi sharifda kelganki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bidoyati vahiyda ko’rgan tushlari; subhning inkishofi kabi zohir, ochiq, to’g’ri chiqar edi.
Beshinchisi:Ro’yoyi sodiqa, hissi qoblal vuqu'ning ortiq inkishofidir. Hissi qoblal vuqu' esa, harkasda juz'iy-kulliy bor. Hatto hayvonlarda ham bor. Hatto bir vaqt men, bu hissi qoblal vuqu'ni, zohiriy va botiniy mashhur tuyg’ularga ilova o’laroq, insonda va hayvonda "saiqa" va "shaiqa" nomi bilan ayni "sami'a" va "basira" kabi ikki boshqa tuyg’uni ilman topgan edim. Ahli zalolat va ahli falsafa u g’ayri mashhur hislarga; -xato qilib- ahmoqchasiga "savqi tabiiy" deyishadi. Xosho, savqi tabiiy emas, balki bir navi ilhomi fitriy bo’lib inson va hayvonni qadari Ilohiy yo’llaydi. Masalan: Mushuk kabi ba'zi hayvon; ko’zi ko’r bo’lgan vaqti, savqi qadariy bilan boradi, ko’ziga darmon bo’lgan o’tni topadi, ko’ziga surtadi, yaxshi bo’ladi.
Ham ro’yi zaminda sihhiya ma'murlari hukmida va badaviy hayvonotning o’liklarini yig’ish bilan muvazzaf burgut kabi akl-ul lahm qushlarga bir kunlik masofadan hayvon o’ligining vujudi, savqi qadariy bilan va hissi qoblal vuqu' ilhomi bilan va saiqa-i Ilohiy bilan bildiriladi va topadilar.
Ham yangi dunyoga kelgan bir ari bolasi; yoshi bir kun ekan, havoda bir kunlik masofaga ketadi, havoda izini yo’qotmasdan, u savqi qadariy bilan va u saiqa ilhomi bilan qaytadi, uyasiga kiradi. Hatto harkasning boshida ko’p marta takarrur etadiki, birisidan bahs etarkan, o’sha zamon eshik ochilib aynan o’sha odam keladi. Hatto Kurdcha zurubi amsoldandir: نَافِ گُرْب۪ينَه پَالَانْدَارْ ل۪ى وَر۪ينَه Ya'ni: "Bo’rining bahsini qilgan payting tayoqni tayyorla, ur; chunki bo’ri kelyapti". Demak, bir hissi qoblal vuqu' bilan, latifa-i Rabboniya ijmolan u odamning kelishini his qiladi. Faqat aqlning shuuri ihota etmagani uchun; qasddan emas, ixtiyorsiz bo’lib bahs etishga chorlaydi. Ahli farosat ba'zan karomat kabi kelganini bayon qiladi. Hatto bir vaqt menda bu turdagi hassosiyat ko’p edi. Bu holni bir dastur ichiga olishni istadim, faqat to’g’rilay olmadim va qilolmadim. Faqat ahli salohatda va xususan ahli valoyatda bu hissi qoblal vuqu' juda inkishof etadi, osorini karomatkorona ko’rsatadi.
Xullas, umum avom uchun ham bir navi valoyatga mazhariyat borki, ro’yoyi sodiqada, avliyo kabi, g’aybiy va istiqboliy bo’lgan narsalarni ko’rishadi. Ha, uyqu avom uchun ro’yoyi sodiqa jihatidan bir martaba-i valoyat hukmida ekan; shuning kabi umum uchun g’oyat go’zal va muhtasham bir sinema-i Rabboniyaning sayrongohidir. Faqat go’zal axloqli go’zal fikrlaydi. Go’zal fikrlagan go’zal lavhalarni ko’radi. Yomon axloqli yomon fikrlaganidan, yomon lavhalarni ko’radi. Ham harkas uchun, olami shahodat ichida olami g’aybga qaragan bir derazadir. Ham muqayyad va foniy insonlar uchun, soha-i itloq bir maydon va bir navi baqoga mazhar va moziy va mustaqbal, hol hukmida bir tomoshagohdir. Ham takolifi hayotiya ostida ezilgan va mashaqqat chekkan ziruhlarining istirohatgohidir. Xullas, shu kabi sirlar uchun, Qur'oni Hakim وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا navidagi oyatlar bilan, haqiqati navmiyani ahamiyat bilan dars beradi.
Oltinchisi va eng muhimi:Ro’yoyi sodiqa men uchun haqqalyaqiyn darajasiga kelgan va juda ko’p tajribotim bilan, qadari Ilohiyning hamma narsani qamraganiga bir hujjati qat'iya hukmiga o’tgan. Ha, bu tushlar men uchun xususan bir necha yil mobaynida shu darajaga kelganki; masalan ertaga boshimga keladigan eng kichik hodisot va eng ahamiyatsiz muomalot va hatto eng oddiy muhavarot yozilganini va hali kelmasdan muayyan ekanini va kechasi ularni ko’rish bilan, tilim bilan emas, ko’zim bilan o’qiganim men uchun qat'iy bo’lgan. Bir emas, yuz emas, balki ming marta; kechasi, hech o’ylamaganim holda ko’rgan ba'zi odamlarim yoxud aytgan masalalarim, u kechaning kunduzida oz bir ta'bir bilan aynan chiqadi. Demak, eng juz'iy hodisot sodir bo’lmasdan avval ham muqayyad, ham yozilgandir. Demak, tasodif yo’q, hodisot o’z istagi bilan kelmaydi, intizomsiz emaslar.
Yettinchisi:Sening xushxabarli, muborak va go’zal tushingning ta'biri Qur'on uchun va biz uchun juda go’zaldir. Ham zamon ta'bir etdi va etyapti, ta'birimizga ehtiyoj qoldirmadi. Ham qisman ta'biri go’zal bo’lib chiqqan. Sen diqqat qilsang, tushunasan. Yolg’iz bir-ikki nuqtasiga ishorat qilamiz. Ya'ni, bir haqiqat bayon qilamiz. Sening haqiqati ro’yo navidan bo’lgan voqealaring, o’sha haqiqatning tamassulotidir:
U vase' maydon, olami Islomiyatdir. Maydonning oxiridagi masjid, Isparta viloyatidir. Atrofi loyqa balchiqli suv, hol va zamonning safohat va atolat va bid'atlar botqoqligidir. Sen salomat bilan, kirlanmasdan, sur'at bilan masjidga yetishganing; harkasdan avval anvori Qur'oniyaga sohib chiqib, qalbingni buzmasdan sog’lom qolganingga ishoratdir. Masjiddagi kichik jamoat esa; Haqqi, Xulusiy, Sabri, Sulaymon, Rushdu, Bekir, Mustafo, Ali, Zuhdu, Lutfu, Xusrav, Ra'fat kabi So’zlarning hamalalaridir. Kichkina kursi esa, Barla kabi kichik bir qishloqdir. Yuksak ovoz esa, So’zlardagi quvvat va tez tarqalishiga ishoratdir. Birinchi safda senga taxsis etilgan maqom esa, Abdurahmondan senga munhal qolgan yerdir. U jamoat; simsiz asboblarning oxizalari hukmida, butun dunyoga dars eshittirish istash ishorati va haqiqati esa, inshaalloh tamomi bilan so’ngra chiqadi. Hozir afrodi bittadan kichik urug’ bo’lsalar ham, kelajakda tavfiqi Ilohiy bilan bittadan shajara-i oliya hukmiga o’tadilar. Va bittadan simsiz telegrafning markazi bo’ladilar. Sallali kichik yosh bir zot esa; Xulusiy bilan bir-biriga yordam beradigan, balki o’tadigan birisi noshirlar va talabalar ichiga kirishga nomzoddir. Ba'zilarini taxmin qilaman, faqat qat'iy hukm etolmayman. U yosh quvva-i valoyat bilan maydonga otiladigan bir zotdir. Boshqa nuqtalarni sen mening badalimga ta'bir et.
Sen kabi do’stlar bilan uzun gaplashish ham shirin, ham maqbul bo’lganidan; bu qisqa masalada uzun gapirdim, balki isrof ham qildim. Faqat navmga oid bo’lgan oyoti Qur'oniyaning bir navi tafsiriga ishorat etish niyati bilan boshlaganimdan, inshaalloh u isrof avf bo’ladi yoki isrof bo’lmaydi.
* * *
Ikkinchi Masala bo’lgan Ikkinchi Risola
[Hazrat Muso Alayhissalom Hazrat Azroil Alayhissalomning ko’ziga tarsaki tushirgan, ila oxir maolidagi hadisga doir ahamiyatli bir munoqashani yo’qotish va hal etish uchun yozilgan.]
Eg’irdirda bir munoqasha-i ilmiyani eshitdim. U munoqasha, xususan bu zamonda xato. Hatto munoqashani bilmas edim. Mendan ham so’raldi. Mo’'tabar bir kitobda, Hadisi Shayxaynning ittifog’iga alomat bo’lgan ق ishorati bilan bir hadis menga ko’rsatildi. "Hadismi, hadis emasmi?" deb, so’raldi. Men dedim: Bunday mo’'tabar bir kitobda, Shayxayn Hadisining ittifog’iga hukm etgan bir zotga e'timod etish lozim; demak hadisdir. Faqat hadisning, Qur'on kabi ba'zi mutashabehoti bor. Faqat ilm sohiblari ularning ma'nolarini topa oladi. Shu hadisning zohiri ham, mushkuloti hadisning mutashabehot qismidan bo’lish ehtimoli bor, dedim. Agar madori munoqasha bo’lganini bilsaydim, qisqa emas, balki bunday javob berar edim:
Avvalo:Bu tur masoilni munoqasha etishing birinchi sharti; insof bilan, haqni topish niyati bilan, qaysarlik qilmaydigan suratda, ilm sohiblarining mobaynida, sui talaqqiyga sabab bo’lmasdan muzokarasi joiz bo’lishi mumkin. U muzokara haq uchun bo’lganiga dalil shuki: Agar haq muorizning qo’lida zohir bo’lsa, mutaassir bo’lmasin, balki mamnun bo’lsin; chunki bilmagan narsasini o’rgandi. Agar o’z qo’lida zohir bo’lsa, ortiqcha bir narsa o’rganmadi, balki g’ururga tushish ehtimoli bor.
Soniyan:Sababi munoqasha, agar hadis bo’lsa; hadisning marotibini va vahyi zimniyning darajotini va takallumoti Nabaviyaning aqsomini bilish lozim. Avom ichida mushkuloti hadisiyani munoqasha etish, izhori fazl suratida advokat kabi o’z so’zini to’g’ri ko’rsatish va anoniyatini haqqa va insofga tarjih etish shaklida dalillar qidirish joiz emas. Modomiki bu masala ochilgan, madori munoqasha etilgan ekan, bechora avomi nosning zehnida sui ta'sir qiladi. Chunki shu kabi mutashabeh hadislarni aqliga sig’dirolmagani uchun; agar inkor qilsa, dahshatli bir eshik ochadi, ya'ni kichkina aqliga sig’magan qat'iy hadislarni ham inkorga yo’l ochadi. Agar zohiri hadisning ma'nosini tutib shunday nashr etsa, ahli zalolatning e'tirozotiga va "xurofot" deyishlariga yo’l ochadi. Modomiki bu mutashabeh hadisga luzumsiz va zararli shaklda nazari diqqat jalb etilgan va bu tur hadislar ko’p vorid bo’lgan ekan, albatta shubhalarni izola etadigan bir haqiqatni bayon etish lozim bo’ladi. Shu hadis qat'iy bo’lsin yoki bo’lmasin, haqiqatni zikr etishi kerak.
Yozgan risolalarimizda, azjumla Yigirma To’rtinchi So’zning Uchinchi Shoxida O’n Ikki Asl bilan va To’rtinchi Shoxida va O’n To’qqizinchi Maktubning vahiyning taqsimotiga doir muqaddimasidagi bir asosidagi tafsilotga iktifoan, bu yerda ijmolan u haqiqatga bir ishorat qilamiz:
Maloika, inson kabi bir suratga inhisor etmaydi; mushahhas ekan, bir kulliy hukmidadir. Hazrat Azroil Alayhissalom, qabzi arvohga muakkal bo’lgan maloikalarning noziridir.
"Har o’likning ruhini Hazrat Azroil Alayhissalom shaxsan qabz etadimi? Yoxud yordamchilari oladilarmi?" Bu xususda uch maslak bor:
Birinchi Maslak:Azroil Alayhissalom harkasning ruhini qabz etadi. Bir ish ikkinchi ishga mone bo’lmaydi, chunki nuroniydir. Nuroniy bir narsa hadsiz oynalar vositasi bilan hadsiz yerlarda shaxsan bo’la oladi va tamassul etadi. Nuroniyning tamassuloti u nuroniy zotning xossasiga molikdir; uning ayni sanaladi, g’ayri emas. Quyoshning oynalardagi misollari, Quyoshning ziyo va haroratini ko’rsatgani kabi; maloika kabi ruhoniylarning ham, olami misolning boshqa-boshqa oynalarida misollari ularning aynisi bo’lib, xossalarini ko’rsatadilar. Faqat oynalarning qobiliyatiga ko’ra tamassul etadilar. Qandayki Hazrat Jabroil Alayhissalom, bir vaqtda Dihya suratida sahobalar ichida ko’ringan daqiqada, minglab yerda boshqa suratlarda va Arshi A'zam qarshisida, sharqdan g’arbga qadar keng va muhtasham qanotlari bilan sajda etar edi. Hamma yerda u yerning qobiliyatiga ko’ra tamassuli bor ekan; bir onda minglab yerda bo’ladi.
Xullas, shu maslakka ko’ra; qabzi ruh vaqtida, insonning oynasiga tamassul etgan Malak-ul Mavtning insoniy va juz'iy bir misoli, Hazrat Muso Alayhissalom kabi bir ulul azm va jalolli va hiddatli bir zotning tarsakisiga ma'ruz bo’lish va u misoliy Malak-ul Mavtning libosi hukmidagi surati misoliyasidagi ko’zini chiqarish; na maholdir, na favqulodadir, va na g’ayri ma'quldir.
Ikkinchi Maslak:Hazrat Jabroil, Mikoil, Azroil kabi maloika-i i'zom bittadan noziri umumiy hukmida.. o’z navlaridan va o’zlariga o’xshash kichik tarzda yordamchilari bor. Va u muovinlar, anvo'i maxluqotga ko’ra boshqa-boshqadirlar. Sulahoning
{(Hoshiya1) Bizda "Saydo" laqabi bilan mashhur bir valiyi i'zom sakarotda ekan, arvohi avliyoning qabziga muakkal Malak-ul Mavt kelgan. Saydo: "Men talaba-i ulumni juda sevganim uchun, talaba-i ulumning qabzi arvohiga muakkal maxsus toifa ruhimni olsin!" deb, dargohi Ilohiyaga yolvorgan. Yonida o’tirganlar bu voqeaga shohid bo’lganlar.}
arvohini qabz etgan boshqadir; ahli shaqovatning arvohini qabz etgan esa boshqadir. Qandayki
وَالنَّازِعَاتِ غَرْقًا ٭ وَالنَّاشِطَاتِ نَشْطًا
oyati ishorat etadiki: "Qabzi arvoh, toifa-toifadir". Bu maslakka ko’ra; Hazrat Muso Alayhissalom Hazrat Azroil Alayhissalomga emas, balki Azroilning bir yordamchisining misoliy jasadiga, fitriy jalolatiga va xulqiy jalodatiga va Janobi Haqning yonida nozdor bo’lishiga binoan, unga bir tarsaki tushirishi g’oyat ma'quldir.
{(Hoshiya2) Hatto mamlakatimizda g’oyat jasur bir odam, sakarot vaqtida Malak-ul Mavtni ko’rgan. "Meni yotoq ichida ushlayapsan!" deb, turib otiga mingan, qilichini qo’liga olgan, unga urush e'lon qilgan. Mardona, ot ustida vafot etgan.}
Uchinchi Maslak:Yigirma To’qqizinchi So’zning To’rtinchi Asosida bayon etilgani va ahodisi sharifaning dalolat etgani kabi: "Ba'zi maloikalar borki, qirq ming boshi bor. Har boshida qirq ming tili bor -Demak, sakson ming ko’zi ham bor- Har bir tilda qirq ming tasbehot bor". Modomiki maloikalar olami shahodatning anvo'iga ko’ra muakkaldirlar; olami arvohda u anvo'ning tasbehotlarini tamsil etadilar, albatta bunday bo’lmog’i lozim bo’ladi. Chunki, masalan Kura-i Arz bir maxluqdir, Janobi Haqni tasbeh etadi. Qirq ming emas, balki yuz minglab bosh hukmida anvo'lari bor. Har navning yuz minglab til hukmida afrodlari bor va hokazo... Demak, Kura-i Arzga muakkal malakning qirq ming, balki yuz minglab boshi bo’lishi kerak. Va har boshida ham yuz minglab til bo’lishi kerak va hokazo... Xullas, bu maslakka binoan, Hazrat Azroil Alayhissalomning har fardga mutavajjih bir yuzi va qaraydigan bir ko’zi bor. Hazrat Muso Alayhissalomning Hazrat Azroil Alayhissalomga tarsaki solishi; xosho Azroil Alayhissalomning mohiyati asliyasiga va shakli haqiqiysiga emas va bir tahqir emas va adami qabul emas; balki vazifa-i risolatning yana davomini va baqosini orzu qilgani uchun, o’z ajaliga diqqat qilgan va xizmatiga to’siq bo’lishni istagan bir ko’zga shapaloq solgan va soladi...
اَللّٰهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ ٭ لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ ٭ قُلْ اِنَّمَا الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ
هُوَ الَّذ۪ٓى اَنْزَلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ مِنْهُ اٰيَاتٌ مُحْكَمَاتٌ هُنَّ اُمُّ الْكِتَابِ وَاُخَرُ مُتَشَابِهَاتٌ فَاَمَّا الَّذ۪ينَ ف۪ى قُلُوبِهِمْ زَيْغٌ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَابَهَ مِنْهُ ابْتِغَٓاءَ الْفِتْنَةِ وَابْتِغَٓاءَ تَاْو۪يلِه۪ وَمَا يَعْلَمُ تَاْو۪يلَهُٓ اِلَّا اللّٰهُ وَالرَّاسِخُونَ فِى الْعِلْمِ يَقُولُونَ اٰمَنَّا بِه۪ كُلٌّ مِنْ عِنْدِ رَبّنِاَ وَمَا يَذَّكَّرُ اِلَّٓا اُولُوا الْاَلْبَابِ
* * *
Uchinchi Masala bo’lgan Uchinchi Risola
[Bu masala umum ixvonimning aksarisining lisoni hol bilan va bir qismining lisoni qol bilan so’ragan umumiy bir savollarining xos va xususiy va mahram bir javobidir.]
Savol:Sening ziyoratizga kelgan hammaga aytasan: "Mening shaxsimdan bir himmat kutmanglar va shaxsimni muborak deb bilmanglar. Men maqom sohibi emasman. Oddiy bir askarning mushir maqomining avomirini tablig’ etishi kabi, men ham ma'naviy bir mushiriyat maqomining avomirini tablig’ etyapman. Ham muflis bir odamning g’oyat qiymatli va boy olmos va mujavharot do’konining dalloli bo’lgani kabi; men ham, muqaddas va Qur'oniy bir do’konning dalloliman", deyapsan. Holbuki "Aqlimiz ilmga muhtoj bo’lgani kabi, qalbimiz ham bir fayz istaydi, ruhimiz bir nur istaydi va hokazo ko’p jihat bilan ko’p narsalar istaymiz. Seni hojotimizga yaraydigan odam deb o’ylab, ziyoratingga kelamiz. Bizga olimdan ziyoda bir sohibi valoyat, sohibi himmat va sohibi kamolot lozim. Agar haqiqati hol aytganing kabi bo’lsa, ziyoratingizga xato keldik," lisoni hollari aytadi.
Aljavob:Besh nuqtani tinglang, so’ngra fikrlang. Ziyoratingiz behudami, yoxud foydalimi? O’shanda hukm qiling.
Birinchi Nuqta:Bir podshohning oddiy bir xizmatkori va bechora bir askari; podshoh nomidan fariqlarga, poshsholarga hadoya-i shohonasini va nishonlarini berar ekan, ularni minnatdor qiladi. Agar fariqlar va mushirlar, "Bu oddiy askarga nimaga tanazzul etib, qo’lidan ehson va nishonlarni olyapmiz?" desalar, mag’rurona bir devonalik bo’ladi. Agar u askar; vazifasining xorijida mushirga qiyom etmasa, o’zini undan yuksak ko’rsa, ablahchasiga bir devonalik bo’ladi. Ham agar u mamnun bo’lgan fariqlardan birisi, mutashakkirona u askarning kulbachasiga tanazzulan musofir bo’lsa; quruq nondan boshqa topmagan u askar uyalib qolmasligi uchun, u holni ko’rgan va bilgan podshoh -albatta u askarini uyaltirmaslik uchun- matbahi shohonadan, sodiq xizmatkorining muhtaram musofiriga patnis yuboradi; xuddi shuning kabi: Qur'oni Hakimning sodiq bir xizmatkori, qanchalik oddiy bo’lsa bo’lsin Qur'on nomidan, eng buyuk insonlarga amrlarini chekinmasdan tablig’ etadi va eng boy ruhlilarga Qur'onning oliy olmoslarini yolvorib mutazallilona emas, balki muftaxirona va mustag’niyona sotadi. Ular qanchalik buyuk bo’lsa bo’lsin, u oddiy xizmatkorga, vazifa boshida ekan takabbur etolmaydilar. Va u xizmatkor ham ularning unga murojaatida o’ziga g’ururlanishiga sabab qilmaydi.. va haddidan tajovuz etmaydi. Agar u xazina-i qudsiyaning mushtariylari ichida ba'zilari, u bechora xizmatkorga valoyat nazari bilan qarasalar va buyuk deb bilsalar; albatta haqiqati Qur'oniyaning marhamati qudsiyasi shonidan, u xizmatkorini uyaltirmaslik uchun, xazina-i xossa-i Ilohiyadan, uning hech xabari va madxali bo’lmasdan, ularga madad bersin va himmat etib fayzdor etsin.
Ikkinchi Nuqta:Imom Rabboniy va Mujaddidi Alfi Soniy Ahmadi Faruqiy (R.A.) degan: "Haqoiqi iymoniyadan birgina masalaninig inkishofi va vuzuhi, mening nazdimda minglab azvoq va karomotdan murajjahdir. Ham butun tariqatlarning g’oyasi va natijasi, haqoiqi iymoniyaning inkishofi va vuzuhidir". Modomiki shunday bir tariqat qahramoni bunday hukm etadi; albatta haqoiqi iymoniyani kamoli vuzuh bilan bayon etgan va asrori Qur'oniyadan tarashshuh etgan So’zlar, valoyatdan matlub bo’lgan natijalarni bera oladi.
Uchinchi Nuqta:Bundan o’ttiz yil avval Eski Saidning g’ofil boshiga mudhish kaltaklar tushdi, "Al-mavtu haqqun" qoziyasini o’yladi. O’zini botqoqlik balchig’ida ko’rdi. Madad istadi, bir yo’l qidirdi, bir xaloskor taxarri etdi. Ko’rdiki, yo’llar muxtalif; taraddudda qoldi. G’avsi A'zam bo’lgan Shayx Jiyloniy Roziyallohu Anhning "Futuh-ul G’ayb" nomli kitobi bilan tafa'ul etdi. Tafa'ulda shu chiqdi:
اَنْتَ ف۪ى دَارِ الْحِكْمَةِ فَاطْلُبْ طَب۪يبًا يُدَاو۪ى قَلْبَكَ
Ajibdirki; o’shanda men, Dor-ul Hikmat-ul Islomiya a'zosi edim. Go’yo ahli Islomning yaralarini tadoviyga harakat qilayotgan bir hakim edim. Holbuki eng ziyoda xasta men edim. Xasta avvalo o’ziga qarashi kerak, so’ngra xastalarga qaray oladi.
Xullas, Hazrat Shayx menga deydiki: "Sen o’zing xastasan, o’zingga bir tabib qidir!" Men: "Sen tabibim bo’l!" dedim. Tutdim, o’zimni unga muxotob deb sanab, u kitobni menga xitob qilayotganday o’qidim. Faqat kitobi juda shiddatli edi. G’ururimni dahshatli sindirar edi. Nafsimda shiddatli amaliyoti jarrohiya qildi. Chiday olmadim, yarmiga qadar o’zimni unga muxotob etib o’qidim; tugatishga tahammulim qolmadi. U kitobni javonga qo’ydim. Faqat so’ngra, amaliyoti shifokoronadan kelgan dardlar ketdi, lazzat keldi. U birinchi ustozimning kitobini to’liq o’qidim va ko’p istifoda etdim. Va uning virdini va munojotini tingladim, ko’p istifoza etdim.
So’ngra Imom Rabboniyning Maktubot kitobini ko’rdim, qo’limga oldim. Xolis bir tafa'ul etib ochdim. Ajoyibki, butun Maktubotida yolg’iz ikki yerda "Badiuzzamon" lafzi bor. U ikki maktub menga birdan ochildi. Padarimning ismi Mirzo bo’lganidan, u maktublarning boshida "Mirzo Badiuzzamonga Maktub" deya yozilganini ko’rdim. Fasubhanalloh dedim, bu menga xitob etyapti. O’shanda Eski Saidning bir taxallusi "Badiuzzamon" edi. Holbuki hijratning uchinchi yuz yilligida Badiuzzamoni Hamadoniydan boshqa bu taxallus bilan ishtihor etganlarni bilmas edim. Holbuki Imomning zamonida ham shunday bir odam bor ediki, unga u ikki maktubni yozgan. U zotning holi mening holimga o’xshash ekanki, u ikki maktubni o’z dardimga davo topdim. Imom u maktublarida tavsiya etgani kabi, ko’p maktublarida shuni qattiq tavsiya qiladi: "Tavhidi qibla et". Ya'ni: Birini ustoz qilib ol, orqasidan ket, boshqasi bilan mashg’ul bo’lma. Shu eng muhim tavsiyasi mening iste'dodimga va ahvoli ruhiyamga muvofiq kelmadi. Qancha o’yladim: "Buning orqasidanmi, yoki boshqasiningmi, yoki yana boshqasining orqasidan ketaymi?" tahayyurda qoldim. Har birida boshqa-boshqa jozibador xususiyatlar bor. Biri bilan iktifo etolmayotgan edim. O’sha tahayyurda ekanman, Janobi Haqning rahmati bilan qalbimga keldiki: "Bu muxtalif turuqlarning boshi va bu ariqlarning manbai va sayyoralarning quyoshi, Qur'oni Hakimdir. Haqiqiy tavhidi qibla bunda bo’ladi. Shunday ekan, eng a'lo murshid va eng muqaddas ustoz ham udir. Unga yopishdim. Noqis va parishon iste'dodim albatta loyig’i bilan u Murshidi Haqiqiyning obi hayot hukmidagi fayzini shimib ololmaydi, faqat ahli qalb va sohibi holning darajotiga ko’ra u fayzni, u obi hayotni yana uning fayzi bilan ko’rsata olamiz. Demak, Qur'ondan kelgan u So’zlar va u Nurlar, yolg’iz aqliy masoili ilmiya emas; balki qalbiy, ruhiy, holiy masoili iymoniyadir va juda yuksak va qiymatli maorifi Ilohiya hukmidadirlar.
To’rtinchi Nuqta:Sahobalardan va Tobe'iyn va Taba'i Tobe'iyndan eng yuksak martabali valoyati kubro sohibi bo’lgan zotlar, nafsi Qur'ondan butun latoiflarining hissalarini olganlaridan va Qur'on ular uchun haqiqiy va kifoya bir murshid bo’lganidan ko’rsatyaptiki: Har doim Qur'oni Hakim haqiqatlarni ifoda etgani kabi, valoyati kubro fayzlarini ham ahli bo’lganlarga ifoza etadi.
Ha, zohirdan haqiqatga o’tish ikki surat bilan bo’ladi:
Biri:Tariqat barzohiga kirib, sayri suluk bilan qat'i marotib etib haqiqatga o’tishdir.
Ikkinchi Surat:To’g’ridan to’g’riga, tariqat barzohiga kirmasdan, lutfi Ilohiy bilan haqiqatga o’tishdirki, Sahoba va Tobe'iynga xos va yuksak va qisqa tariq shudir. Demak, haqoiqi Qur'oniyadan tarashshuh etgan Nurlar va u Nurlarga tarjimonlik qilgan So’zlar u xossaga molik bo’la oladi va molikdir.
Beshinchi Nuqta:Besh juz'iy misol bilan ko’rsatamizki; So’zlar ta'limi haqoiq etganlari kabi, irshod vazifasini ham bajaryaptilar.
Birinchi Misol:Men o’zim o’n emas, yuz emas, minglab marta mutaaddid tajribotim bilan qanoat qilganmanki: So’zlar va Qur'ondan kelgan Nurlar; aqlimga dars bergani kabi, qalbimga ham iymon holini talqin etadi, ruhimga iymon zavqini beradi va hokazo... Hatto dunyoviy ishlarimda; karomat sohibi bir shayxning bir muridi, qanday shayxidan hojotiga doir madad va himmat kutadi; men ham Qur'oni Hakimning karomatli asroridan u hojotimni kutarkan, umid etmagan va kutmagan yerimdan ko’p marta hosil bo’ladi. Yolg’iz juz'iyotdan ikki kichik misol:
Biri:O’n Oltinchi Maktubda izohi va tafsili o’tgan; Sulaymon ismli bir musofirimga, qatron daraxti boshida katta bir non horiqo bir tarzda ko’rsatilgan. Ikki kun ikkimiz u hadya-i g’aybiydan yedik.
Ikkinchi Misol:G’oyat kichik va latif, bu kunlarda sodir bo’lgan masalani aytib beraman. Shundayki:
Bomdoddan avval xotirimga keldiki; bir zotning qalbiga vasvasa beradigan tarzda tarafimdan so’zlar aytilgan edi; "Koshki uni ko’rsaydim, qalbidagi xavotirni izola etsaydim", dedim. Ayni daqiqada Nisga ketgan bir oz kitobim menga lozim edi; "Koshki qo’limda bo’lsa edi", dedim. Bomdod namozidan so’ngra o’tirdim; qarasam, ayni odam qo’lida o’sha kitoblar bilan keldi. Unga: "Qo’lingdagi nima?" dedim. "Bilmayman, eshikning yonida "Nisdan kelgan" deya birisi menga berdi; men ham sizga keltirdim", dedi. Fasubhanalloh dedim; bunday bir vaqtda bu odamning uyidan chiqib kelishi va shu So’zning Nisdan kelishi, hech tasodifga o’xshamaydi. Va bunday bir odamga shunday bir oz kitoblarni ayni daqiqada qo’liga berib menga yuborgan, albatta Qur'oni Hakimning himmatidir deb, Alhamdulilloh dedim; mening eng kichik, ahamiyatsiz, yashirin orzu-i qalbimni bilgan birisi, albatta menga marhamat etyapti, meni himoya qilyapti; shunday ekan, dunyoning minnatini besh tiyinga olmayman.
Ikkinchi Misol:Jiyanim marhum Abdurahmon, sakkiz yildan beri mendan ayrilib dunyoning g’aflat va avhomlariga bulg’angani holda, shaxsimga qarshi haddimdan ortiq husni zoni bor ekan. Menda bo’lmagan va qo’limdan kelmagan himmatni istayotgan va madad kutayotgan edi. Qur'oni Hakimning himmati imdodiga yetishdi. Hashrga doir bo’lgan O’ninchi So’zni vafotidan uch oy avval qo’liga yetishtirdi. U So’z uni ma'naviy kirlaridan va avhom va g’aflatdan tozalash bilan barobar; go’yo martaba-i valoyatga chiqqan kabi, vafotidan avval yozgan maktubida uch zohir karomat izhor etgan. Yigirma Yettinchi Maktubning fikralari ichida darj etilgan, murojaat qilinsin.
Uchinchi Misol:Burdurli Hasan Afandi ismli ahli qalb bir oxirat qardoshim va talabam bor edi. Menga qarshi haddimdan ko’p ortiq husni zon qilib, buyuk valiydan himmat kutish kabi bechora mendan madad kutayotgan edi. Birdaniga hech bir sabab yo’q ekan, O’ttiz Ikkinchi So’zni Burdur qishlog’ida turadigan birisiga mutolaa etish uchun berdim. So’ngra Hasan Afandi xotirimga keldi: "Agar Burdurga ketsang, Hasan Afandiga ber, besh-olti kun mutolaa qilsin", dedim. U borib, to’g’ridan-to’g’ri Hasan Afandiga berdi. Hasan Afandining ajaliga o’ttiz-qirq kun qolgan edi. G’oyat chanqagan bir odamning obi kavsar kabi shirin suvga duch kelganda yopishishi kabi, O’ttiz Ikkinchi So’zga yopishgan, mutamodiyan mutolaa qila-qila va tafayyuz eta-eta, xususan Uchinchi Mafqifidagi muhabbatulloh bahsida, tamomi bilan dardiga davo topgan va bir qutbi a'zamdan kutgan fayzini undan olgan. Sog’lom holda masjidga borib namoz o’qigan, u yerda ruhini Rahmonga taslim aylagan (Rahmatullohi Alayh).
To’rtinchi Misol:Xulusiy Beyning Yigirma Yettinchi Maktubdagi fikralarining shahodati bilan; eng muhim va muassir tariqat bo’lgan Naqshiy tariqatidan ziyoda himmat va madad, fayz va nurni; asrori Qur'oniyaning tarjimoni bo’lgan nurli So’zlarda topgan.
Beshinchi Misol:Ukam Abdulmajid, jiyanim Abdurahmonning (Rahmatullohi Alayh) vafoti sababli va yana boshqa aliym ahvolot ichida bir parishoniyat his etgan edi. Ham qo’limdan kelmaydigan ma'naviy himmat va madad kutayotgan edi. Men u bilan muxobara etmayotgan edim. Birdaniga muhim bir nechta So’zni unga yubordim. U ham mutolaa etgandan so’ngra yozadiki: "Alhamdulilloh, qutuldim! Sal qolsa aqldan ozar edim. Bu So’zlarning har biri bittadan murshid hukmiga o’tdi. Garchi bir murshiddan ayrilgan bo’lsamda, ko’p murshidlarni birdan topdim, qutuldim", deb yozgan edi. Qarasam, haqiqatdan Abdulmajid go’zal bir maslakka kirib, u eski vaziyatlaridan qutulgan.
Yana bu besh misol kabi juda ko’p misollar bor. Ular ko’rsatishadiki: Ulumi iymoniya, xususan to’g’ridan-to’g’ri ehtiyojga binoan va yaralariga davo sifatida Qur'oni Hakimning asroridan ma'naviy dorilar olinsa va tajriba qilinsa; albatta u ulumi iymoniya va u adviya-i ruhoniya, ehtiyojini his qilganlarga va jiddiy ixlos bilan iste'mol etganlarga yetadi, kifoya qiladi. Ularni sotgan va ko’rsatgan dorixonachi va dallol qanday holda bo’lsa bo’lsin; oddiy bo’lsin, muflis bo’lsin, boy bo’lsin, maqom sohibi bo’lsin, xizmatkor bo’lsin, uncha farqi yo’q.
Darhaqiqat, Quyosh bor ekan, mumlarning ziyosi ostiga kirishga ehtiyoj yo’q. Modomiki Quyoshni ko’rsatyapman, mendan mum ziyosi -xususan menda bo’lmasa- istash ma'nosiz, luzumsizdir. Balki ular menga duo bilan, ma'naviy yordam bilan, hatto himmat bilan muovanat etishlari lozim. Va men ulardan istimdod etishim va madad istash, mening haqqimdir. Ular Nurlardan olgan fayzlariga qanoat etishlari, ular ustidagi haqdir.
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَاةً تَكُونُ لَكَ رِضَاءً وَ لِحَقِّه۪ اَدَاءً وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ
* * *
[Yigirma Sakkizinchi Maktubning Uchinchi Masalasining tatimmasi bo’la oladigan kichik va xususiy bir maktubdir.]
Oxirat qardoshlarim va g’ayratli talabalarim Xusrav Afandi va Ra'fat Bey!
So’zlar nomli anvori Qur'oniyada uchta karomati Qur'oniyani his etayotgan edik. Sizlar ham, g’ayrat va shavqingiz bilan to’rtinchisini ilova ettirdingiz. Biz bilgan uchta esa:
Birinchisi:Ta'lifida favquloda suhulat va sur'atdir. Hatto besh parcha bo’lgan O’n To’qqizinchi Maktub ikki-uch kunda va har kuni uch-to’rt soat mobaynida -majmui o’n ikki soat bo’ladi- kitobsiz, tog’da, bog’da ta'lif etildi. O’ttizinchi So’z xastalangan zamonda, besh-olti soatda ta'lif etildi. Yigirma Sakkizinchi So’z bo’lgan Jannat bahsi bir yoki ikki soatda Sulaymonning dala bog’ida ta'lif etildi. Men va Tavfiq bilan Sulaymon bu sur'atga hayratda qoldik. Va hokazo...
Ta'lifida bu karomati Qur'oniya bo’lgani kabi...
Ikkinchisi:Yozilishida ham favquloda bir suhulat, bir ishtiyoq va zerikmaslik bor. Bu davrda ruhlarga, aqllarga zerikish bergan ko’p sabablar ichida bu So’zlardan biri chiqadi, birdan ko’p yerlarda kamoli ishtiyoq bilan yozilishi boshlanadi. Muhim mashg’alalar ichida ular hamma narsaga tarjih etilyapti. Va hokazo...
Uchinchi Karomati Qur'oniya:Bularning o’qilishi ham zerikish bermaydi. Xususan ehtiyoj his etilsa, o’qigan sari zavq olinadi, zerikilmaydi.
Xullas, siz ham"To’rtinchi bir Karomati Qur'oniya"ni isbot etdingiz. Xusrav kabi, o’ziga tanbal degan va besh yildir So’zlarni eshitgani holda yozishga haqiqatdan tanballik qilib boshlamagan qardoshimiz, bir oyda o’n to’rt kitobni go’zal va diqqatli yozishi, shubhasiz to’rtinchi bir karomati asrori Qur'oniyadir. Xususan, O’ttiz Uchinchi Maktub bo’lgan o’ttiz uch derazalarning qiymati tamoman taqdir etilganki, g’oyat diqqat bilan va go’zal yozilgan. Darhaqiqat, u risola ma'rifatulloh va Iymoni Billoh uchun eng quvvatli va eng porloq bir risoladir. Yolg’iz boshdagi derazalar g’oyat ijmol va ixtisor bilan ketilgan. Faqat tobora inkishof etadi, yanada ziyoda porlaydi. Zotan boshqa ta'lifotga muxolif bo’lib, aksar So’zlarning boshlari mujmal boshlanadi, borgancha kengayadi, tanavvur etadi.
* * *
To’rtinchi Risola bo’lgan To’rtinchi Masala
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
(Ixvonlarimga madori intiboh bir hodisa-i juz'iyaga doir bir savolga javobdir.)
Aziz qardoshlarim!
Savol so’rayapsizki: Masjidi sharifingizga, Juma kechasida sababsiz, muborak bir musofirning kelishi bilan tajovuz etilgan. Bu hodisaning mohiyati nima? Nima uchun senga yopishyaptilar?
Aljavob: To’rt nuqtani, bilmajburiya Eski Said lisoni bilan bayon etaman. Balki ixvonlarimga madori intiboh bo’ladi, siz ham javobini olasiz.
Birinchi Nuqta:U hodisaning mohiyati; xilofi qonun va butunlay o’zboshimchalik bilan va zindiqo hisobiga, Juma kechasida qalbimizga talosh berish va jamoatga futur keltirish va meni musofirlar bilan ko’rishtirmaslik uchun, bir dasisa-i shaytoniya va munofiqona bir ta'arruzdir. G’aroibdan, o’sha kechadan avval bo’lgan payshanba kuni tanazzuh uchun bir tarafga borgan edim. Qaytishimda go’yo ikki ilon bir-biriga qo’shilgan kabi uzun qora bir ilon chap tarafimdan keldi, men bilan do’stimning o’rtasidan o’tdi. Do’stimga, u ilondan dahshat olib qo’rqdingmi, deb so’radim:
-Ko’rdingmi?
U: Nimani? dedi.
-Mana bu dahshatli ilonni! dedim.
-Yo’q ko’rmadim va ko’rolmayapman, dedi.
"Fasubhanalloh!" dedim. "Bu qadar katta bir ilon, ikkimizning oramizdan o’tgani holda, qanday ko’rmading?"
O’shanda xayolimga hech narsa kelmadi. Faqat so’ngra qalbimga keldi: "Bu senga ishorat, diqqat qil!" O’yladimki, kechalari ko’rgan ilonlarim navidan. Ya'ni: Kechalarda ko’rgan ilonlarim; xiyonat niyati bilan har qachon bir ma'mur oldimga kelsa, uni ilon suratida ko’rar edim. Hatto bir marta mudirga: "Yomon niyat bilan kelgan vaqting seni ilon suratida ko’raman, diqqat qil!" degandim. Zotan salafini ko’p vaqt shunday ko’rar edim. Demak, shu men zohir tarzda ko’rgan ilon esa, xiyonatlari bu safar niyat bo’lib qolmaydi, balki fe'lan tajovuz suratini olishiga ishorat ekan. Bu safargi tajovuz -garchi- zohiran kichik va kichraytirish istanilyapti; vijdonsiz bir muallimning tashvig’i bilan va ishtiroki bilan u ma'mur; masjid ichida, namoz tasbehotini qilayotganda, "U musofirlarni keltiringlar!" deb jandarmalarga amr bergan. Maqsad -meni g’azablantirish. Eski Said tabiati: bu favqalqonun, butunlay o’zboshimchalik bilan qilingan muomalaga haydab yuborish bilan muqobala etish edi. Holbuki u badbaxt bilmadiki, Saidning lisonida Qur'onning uskunasidan kelgan olmos qilich bor ekan, qo’lidagi siniq o’tin parchasi bilan mudofaa qilmaydi; balki u qilichni shunday iste'mol etadi. Faqat jandarmalarning aqllari boshlarida bo’lgani uchun, hech bir davlat, hech bir hukumat namozda, masjidda, vazifa-i diniya tugamasdan tegmagani uchun, namoz va tasbehotning tugashiga qadar kutishdi. Ma'mur bundan g’azablangan; "Jandarmalar menga quloq solishmayapti" deya qirbekchisini orqasidan yuborgan. Lekin Janobi Haq meni bunday ilonlar bilan ovora bo’lishga majbur qilmaydi. Ixvonlarimga ham tavsiyam shuki: Zarurati qat'iya bo’lmasdan, bular bilan ovora bo’lmanglar. "Javob-ul ahmaq assukut" navidan, tanazzul etib ular bilan gaplashmanglar. Faqat shunga diqqat qilingki: Jonivor bir hayvonga qarshi o’zini zaif ko’rsatish, uni hujumga tashji' etgani kabi; Hayvon vijdonlilarga tilyog’lamachilik etish bilan za'f ko’rsatish, ularni tajovuzga chorlaydi. Shunday ekan, do’stlar mutayaqqiz harakat qilishlari kerak, toki do’stlarning loqaydliklaridan va g’aflatlaridan, zindiqo tarafdorlari istifoda etishmasin.
Ikkinchi Nuqta:وَلَا تَرْكَنُٓوا اِلَى الَّذ۪ينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ oyati karimasi farmoni bilan: Zulmga yolg’iz vosita bo’lganni va tarafdor bo’lganni emas, balki adno bir mayl etganlarni ham dahshat bilan va shiddat bilan tahdid etadi. Chunki rizo-i kufr, kufr bo’lgani kabi; zulmga rizo ham zulmdir.
Qarang, bir ahli kamol, komilona shu oyatning ko’p javohiridan bir javharini shunday ta'bir etgan:
Muini zolimiyn dunyoda arbobi danoatdir
Itdir zavq olgan, sayyodi beinsofga xizmatdan.
Ha; ba'zilari ilonlik qiladi, ba'zilari itlik qiladi. Bunday muborak bir kechada, muborak bir musofirning, muborak bir duodaligida, josuslik qilib, go’yo biz jinoyat qilayotgandek ixbor etgan va ta'arruz etgan, albatta bu she'rning maolidagi ta'zirga mustahaqdir.
Uchinchi Nuqta:Savol: Modomiki Qur'oni Hakimning fayzi bilan va nuri bilan eng mutamarrid va muta'annid dinsizlarni isloh va irshod etishga Qur'onning himmatiga ishonyapsan. Ham fe'lan qilyapsan. Nima uchun yoningdagi mutajovizlarni chaqirib irshod etmayapsan?
Aljavob:Usuli shariatning qoida-i muhimmasidandir: اَلرَّاض۪ى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ Ya'ni: "Bilib turib zararga rozi bo’lganga shafqat qilinmaydi". Men garchi Qur'oni Hakimning quvvatiga istinodan da'vo etyapmanki: "Juda pastkash bo’lmaslik va ilon kabi zalolat zaharini sochish bilan talazzuz etmaslik sharti bilan, eng mutamarrid dinsizni, bir necha soat mobaynida iqno' etmasam ham, ilzom etishga hozirman". Lekin nihoyat darajada pastkashlikka tushgan bir vijdon, bilib turib dinini dunyoga sotsa va bilib haqiqat olmoslarini iflos, muzir shisha parchalariga almashadigan darajada munofiqlikka kirgan inson suratidagi ilonlarga haqoiqni aytish;haqoiqqa qarshi hurmatsizlikdir.كَتَعْل۪يقِ الدُّرَرِ ف۪ى اَعْنَاقِ الْبَقَرِ zarbulmasali kabi bo’ladi. Chunki bu ishlarni qilganlar necha marta haqiqatni Risola-i Nurdan eshitdilar. Va bilib turib haqiqatlarni zindiqo zalolatlariga qarshi chiritishni istaydilar. Bundaylar ilon kabi zahardan lazzat oladilar.
To’rtinchi Nuqta:Menga qarshi bu yetti yildagi muomalalar, butunlay o’zboshimchalik bilan va favqalqonundir. Chunki surgunlarning va asirlarning va zindondagilarning qonunlari o’rtada. Ular qonunan aqrabosi bilan ko’rishadilar, ixtilotdan man qilinmaydilar. Har millat va davlatda ibodatu toat tajovuzdan masundir. Mening o’xshashlarim shaharlarda aqrabosi bilan va ahboblari bilan barobar qoldilar. Na ixtilotdan, na muxobaradan va na kezishdan man qilindilar. Men man qilindim. Va hatto masjidimga va ibodatimga tajovuz etildi. Shofe'iylarcha, tasbehot ichida kalima-i tavhidning takrori sunnat ekan, menga tark ettirilishga urinildi. Hatto Burdurda eski muhojirlardan Shabob ismli ummiy bir zot qaynonasi bilan birga tabdili havo uchun bu yerga kelganida, hamshaharlilik e'tibori bilan mening yonimga keldi. Uch musallah jandarma bilan masjidda ushlandi. U ma'mur, xilofi qonun qilgan xatosini to’sishga urinib: "Kechirasiz, xafa bo’lmang, vazifamiz", degan. So’ngra, "Qani ket" deb ruxsat bergan. Bu voqeaga boshqa narsalar va muomalalar qiyos etilsa, anglashiladiki: Menga qarshi butunlay o’zboshimcha muomaladirki; ilonlarni, itlarni menga yo’liqtirishyapti. Men ham ular bilan ovora bo’lishga tanazzul etmayapman. U muzirlarning sharlarini daf qilish uchun Janobi Haqqa havola qilaman. Zotan sababi tahrij bo’lgan hodisani chiqarganlar hozir mamlakatlaridadirlar. Va quvvatli ruasolar ashoirlarning boshidadirlar. Harkas tarhis etildi. Boshlarini yesin, dunyolari bilan aloqam bo’lmagani holda, meni va ikki zoti oxarni mustasno qoldirdilar. Bunga ham mayli dedim. Faqat u zotlardan biri bir yerga muftiy qilib tayinlangan, mamlakatidan boshqa har tarafni kezadi va Anqaraga ham boryapti. Boshqasi Istanbulda qirq minglab hamshaharlari ichida va hamma bilan ko’risha oladigan vaziyatda qoldirilgan. Holbuki bu ikki zot men kabi kimsasiz, yolg’iz emaslar.. mashaalloh buyuk nufuzlari bor. Ham... Ham... Meni esa bir qishloqqa tiqishgan, eng vijdonsiz insonlar bilan meni siqishgan. Yigirma daqiqalik bir qishloqqa olti yilda ikki marta bora olganim kabi, u qishloqqa borish va bir necha kun tabdili havo uchun ruxsat bermaydigan darajada, meni muzaaf bir istibdod ostida ezyaptilar. Holbuki bir hukumat qay shaklda bo’lsa bo’lsin, qonuni bitta bo’ladi. Qishloqlar va shaxslarga ko’ra boshqa-boshqa qonun bo’lmaydi. Demak, men haqqimdagi qonun, qonunsizlikdir. Bu yerdagi ma'murlar; nufuzi hukumatni ag’razi shaxsiyada iste'mol etyaptilar. Faqat Janobi Arhamurrohiminga yuz minglab shukr qilaman va tahdisi ne'mat suratida aytaman: "Butun ularning bu tazyiqot va istibdodlari; anvori Qur'oniyani nurlantirgan g’ayrat va himmat otashiga o’tin parchalari hukmiga o’tyapti; ish'ol etyapti, porlatyapti. Va u tazyiqlarni ko’rgan va g’ayratning harorati bilan inbisot etgan u anvori Qur'oniya; Barla o’rniga bu viloyatni, balki aksar mamlakatni bir madrasa hukmiga keltirdi. Ular meni bir qishloqda mahbus deb o’ylaydi. Zindiqlarning istashlariga qarshi, aksincha Barla kursi-i dars bo’lib, Isparta kabi ko’p yerlar madrasa hukmiga o’tdi..."
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Beshinchi Risola bo’lgan Beshinchi Masala
Shukr Risolasi
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon takror bilan:
اَفَلَا يَشْكُرُونَ ٭ اَفَلَا يَشْكُرُونَ ٭ وَسَنَجْزِى الشَّاكِر۪ينَ ٭ لَئِنْ شَكَرْتُمْ لَاَز۪يدَنَّكُمْ ٭ بَلِ اللّٰهَ فَاعْبُدْ وَ كُنْ مِنَ الشَّاكِر۪ينَ
kabi oyatlar bilan ko’rsatadiki:Xoliqi Rahmon ibodidan istagan eng muhim ish, shukrdir.Furqoni Hakimda g’oyat ahamiyat bilan shukrga da'vat qiladi. Va shukr qilmaslikni, ne'matlarni takzib va inkor suratida ko’rsatib فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ farmoni bilan, Sura-i Rahmonda shiddatli va dahshatli bir suratda o’ttiz bir marta bu oyat bilan tahdid etadi. Shukrsizlik, bir takzib va inkor ekanini ko’rsatadi.
Ha, Qur'oni Hakim qandayki shukrni natija-i xilqat sifatida ko’rsatadi; xuddi shuning kabi Qur'oni Kabir bo’lgan shu koinot ham ko’rsatadiki: Natija-i xilqati olamning eng muhimi, shukrdir. Chunki koinotga diqqat qilinsa, ko’rinadiki: Koinotning tashkiloti shukrni intoj etadigan bir suratda har bir narsa bir daraja shukrga qaraydi va unga mutavajjih bo’ladi. Go’yo bu shajara-i xilqatning eng muhim mevasi, shukrdir. Va shu koinot fabrikasi chiqargan mahsulotning eng a'losi, shukrdir. Chunki xilqati olamda ko’ryapmizki; mavjudoti olam bir doira tarzida tashkil qilinib, ichida nuqta-i markaziya o’laroq hayot xalq etilgan. Butun mavjudot hayotga qaraydi, hayotga xizmat qiladi, hayotning lavozimotini yetishtiradi. Demak, koinotni xalq etgan zot undan u hayotni intihob etadi. So’ngra ko’ryapmizki; zihayot olamlarini bir doira suratida ijod etib, insonni nuqta-i markaziyada qoldiradi. Go’yo zihayotlardan maqsud bo’lgan g’oyalar unda tamarkuz etadi; butun zihayotni uning atrofiga to’plab, unga xizmatkor va musahhar qiladi, uni ularga hokim qiladi. Demak, Xoliqi Zuljalol zihayotlar ichida insonni intihob etadi, olamda uni iroda va ixtiyor qiladi.
So’ngra ko’ryapmizki; olami insoniyat ham, balki hayvon olami ham bir doira hukmida tashkil qilinadi va nuqta-i markaziyada rizq vaz' etilgan. Butun navi insonni va hatto xuddiki hayvonotni rizqqa ta'ashshuq ettirib, ularni batamom rizqqa xodim va musahhar qilgan. Ularga hukm qilgan rizqdir. Rizqni ham shu qadar keng va boy bir xazina qilganki, hadsiz ne'matlarni jome'dir. Hatto rizqning ko’p anvo'idan yolg’iz bir navining totlarini tanish uchun, lisonda quvva-i zoiqa nomli bir jihoz bilan, mat'umot adadicha ma'naviy nozik mezonchalar qo’yilgan. Demak, koinot ichida eng ajib, eng boy, eng g’arib, eng shirin, eng jome', eng badi' haqiqat rizqdadir.
Hozir ko’ryapmizki: Hamma narsa rizqning atrofida to’planib, unga qarayotgan ekan; xuddi shuning kabi rizq ham butun anvo'i bilan ma'nan va moddatan, holan va qolan shukr bilan qoimdir, shukr bilan bo’lyapti, shukrni yetishtiryapti, shukrni ko’rsatyapti. Chunki rizqqa ishtaha va ishtiyoq, bir navi shukri fitriydir. Va talazzuz va zavq ham g’ayri shuuriy bir shukrdirki, butun hayvonotda bu shukr bordir. Yolg’iz inson, zalolat va kufr bilan u fitriy shukrning mohiyatini o’zgartiradi; shukrdan shirkka ketadi.
Ham rizq bo’lgan ne'matlarda g’oyat go’zal bezakli suratlar, g’oyat go’zal hidlar, g’oyat go’zal totishlar; shukrning da'vatchilaridir, zihayotni shavqqa da'vat etadi va shavq bilan bir navi istehson va ehtiromga chorlaydi, bir shukri ma'naviy qildiradi. Va zishuurning nazarini diqqatga jalb qiladi, istehsonga targ’ib etadi. Ne'matlari ehtiromga uni tashviq etadi; u bilan qolan va fe'lan shukrga irshod qiladi va shukr qildiradi va shukr ichida eng oliy va totli lazzatni va zavqni unga tottiradi. Ya'ni, ko’rsatadiki: Shu lazzatli rizq va ne'mat, qisqa va muvaqqat lazzati zohiriyasi bilan barobar doimiy, haqiqiy, hadsiz bir lazzatni va zavqni tashigan iltifoti Rahmoniyni shukr bilan qozontiradi. Ya'ni: Rahmat xazinalarining Moliki Karimining hadsiz lazzatli bo’lgan iltifotini o’ylattirib, bu dunyoda ham Jannatning boqiy bir zavqini ma'nan tottiradi. Xullas, rizq shukr vositasi bilan shu qadar qiymatli va boy bir xazina-i jome'a bo’lgani holda, shukrsizlik bilan nihoyat darajada sukut etadi.
Oltinchi So’zda bayon qilingani kabi: Lisondagi quvva-i zoiqa Janobi Haq hisobiga, ya'ni ma'naviy vazifa-i shukroniya bilan rizqqa mutavajjih bo’lgan vaqti, u tildagi quvva-i zoiqa rahmati benihoya-i Ilohiyaning hadsiz matbaxlariga shokir bir mufattish; homid bir noziri oliyqadr hukmidadir. Agar nafs hisobiga bo’lsa, ya'ni, rizqni in'om etganning shukrini o’ylamasdan mutavajjih bo’lsa; u tildagi quvva-i zoiqa bir noziri oliyqadr maqomidan batn fabrikasining qo’riqchisi va me'da oxurining bir darvozaboni darajasiga tushadi. Qanday qilib rizqning bu xizmatkori shukrsizlik bilan bu darajaga tushadi, shuning kabi rizqning mohiyati va boshqa xodimlari ham sukut etadilar. Eng yuksak maqomdan eng adno maqomga tushadilar. Koinot Xoliqining hikmatiga zid va muxolif bir vaziyatga tushadilar.
Shukrning miqyosi; qanoatdir va iqtisoddir va rizodir va mamnuniyatdir. Shukrsizlikning mezoni; hirsdir va isrofdir, hurmatsizlikdir, harom-halol demasdan duch kelganni yeyishdir.
Ha, hirs; shukrsizlik bo’lgani kabi, ham sababi mahrumiyatdir, ham vosita-i zillatdir. Hatto hayoti ijtimoiyaga sohib bo’lgan muborak chumoli ham, go’yo hirs vositasi bilan oyoqlar ostida qolgan, eziladi. Chunki qanoat qilmasdan, bir yilda bir nechta bug’doy kifoya ekan, qo’lidan kelsa, minglab donni to’playdi. Go’yo muborak ari, qanoati tufayli bosh uzra uchadi. Qanoat qilgani uchun, asalni insonlarga amri ilohiy bilan ehson qiladi, yediradi.
Ha, Zoti Aqdasning olami zotiysi va eng a'zamiy ismi bo’lgan Lafzullohdan keyin turadigan eng a'zam ismi Rahmon rizqqa qaraydi va rizqdagi shukr bilan unga yetishiladi. Ham Rahmonning eng zohir ma'nosi Razzoqdir.
Ham shukrning anvo'i bor. U navlarning eng jome'i va fihrista-i umumiyasi, namozdir.
Ham, shukr ichida sof bir iymon bor, xolis bir tavhid mavjud. Chunki bir olmani yegan va "Alhamdulilloh" degan odam, u shukri bilan e'lon qiladiki: "U olma to’g’ridan to’g’riga dasti qudratning yodgorligi va to’g’ridan to’g’ri xazina-i rahmatning hadyasidir", deyishi bilan va e'tiqod etishi bilan, hamma narsani -juz'iy bo’lsin, kulliy bo’lsin- dasti qudratiga taslim etadi. Va har narsada rahmatning jilvasini biladi. Haqiqiy bir iymonni va xolis bir tavhidni shukr bilan bayon etadi.
Insoni g’ofil, kufroni ne'mat bilan qay daraja xasoratga tushganini ko’p jihatlardan yolg’iz bir vajhini aytamiz:
Lazzatli bir ne'matni inson yesa, agar shukr qilsa; u yegan ne'mati shukr vositasi bilan bir nur bo’ladi, uxroviy bir meva-i Jannat bo’ladi. Bergan lazzati bilan Janobi Haqning iltifoti rahmatining asari ekanini o’ylash bilan, buyuk va doimiy bir lazzat va zavq beradi. Bunday ma'naviy mohiyat va xulosalarni va ma'naviy moddalarni ulviy maqomlarga yo’llab, moddiy va sufliy (posa) va qishriy, ya'ni vazifasini tugatgan va luzumsiz qolgan moddalari fuzulot bo’lib asliga, ya'ni anosirga inqilob etishga ketadi. Agar shukr qilmasa; u muvaqqat lazzat zavol bilan bir alam va taassuf qoldiradi va o’zi ham qazurot bo’ladi. Olmos mohiyatli ne'mat ko’mirga aylanadi. Shukr bilan zoil rizqlar; doimiy lazzatlar, boqiy mevalar beradi. Shukrsiz ne'mat, eng go’zal bir suratdan xunuk bir suratga aylanadi. Chunki u g’ofilga ko’ra rizqning oqibati, muvaqqat bir lazzatdan keyin fuzulotdir.
Ha, rizqning ishqqa loyiq surati bor; u ham, shukr bilan u surat ko’rinadi. Bo’lmasa, ahli g’aflat va zalolatning rizqqa ishqlari, bir hayvonlikdir. Yana bunga qiyos qilki, ahli zalolat va g’aflat qay daraja xasorat etadi.
Anvo'i zihayot ichida eng ziyoda rizqning avno'iga muhtoj, insondir. Janobi Haq insonni barcha asmosiga jome' bir oyna va butun rahmatining xazinalarining mudaxxarotini tortadigan, taniydigan jihozotga molik bir mo’'jiza-i qudrat va butun asmosining jilvalarining va san'atlarining nozikliklarini mezonga tortadigan asboblarni ichiga olgan bir xalifa-i Arz suratida xalq etgan. Shuning uchun hadsiz bir ehtiyoj berib, moddiy va ma'naviy rizqning hadsiz anvo'iga muhtoj qilgan. Insonni bu jome'iyatga ko’ra eng a'lo bir mavqe bo’lgan ahsani taqvimga chiqarish vositasi, shukrdir. Shukr bo’lmasa, asfali sofiliynga tushadi; bir zulmi azimni irtikob etadi.
Alhosil: Eng a'lo va eng yuksak tariq bo’lgan tariqi ubudiyat va mahbubiyatning to’rt asosidan eng buyuk asosi shukrdirki; u to’rt asos shunday ta'bir etilgan:
"Dar tariqi ajzi mandiy lozim omad chor chiz:
Ajzi mutlaq, faqri mutlaq, shavqi mutlaq, shukri mutlaq, ey aziz..."
اَللّٰهُمَّ اجْعَلْنَا مِنَ الشَّاكِر۪ينَ بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِم۪ينَ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ سَيِّدِ الشَّاكِر۪ينَ وَ الْحَامِد۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ
وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
* * *
Oltinchi Risola bo’lgan Oltinchi Masala
Taksir Maktubot majmuasida nashr etilganidan bu yerga darj etilmadi.
* * *
Yettinchi Risola bo’lgan Yettinchi Masala
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
قُلْ بِفَضْلِ اللّٰهِ وَبِرَحْمَتِه۪ فَبِذٰلِكَ فَلْيَفْرَحُوا هُوَ خَيْرٌ مِمَّا يَجْمَعُونَ
Shu masala "Yetti Ishorat"dir.
Avvalo tahdisi ne'mat suratida bir nechta sirri inoyatni izhor etgan "Yetti Sabab"ni bayon qilamiz:
Birinchi Sabab:Eski Harbi Umumiydan avval va avoilida, bir voqea-i sodiqada ko’rdimki: Ararat Tog’i deyilgan mashhur Ag’ri Tog’ining ostidaman. Birdan u tog’ mudhish tarzda infiloq etdi. Tog’lar kabi parchalarni dunyoning har tarafiga tarqatdi. U dahshat ichida qarasam, marhum volidam yonimda. Dedim: "Ona, qo’rqma! Janobi Haqning amridir; u Rahimdir va Hakimdir". Birdan u holatda ekan, qarasam muhim bir zot menga amirona deyaptiki: "I'jozi Qur'onni bayon et". Uyg’ondim, angladimki: Bir katta infiloq bo’ladi. U infiloq va inqilobdan so’ngra Qur'on atrofidagi qal'alar sinadi. To’g’ridan to’g’riga Qur'on o’zini o’zi mudofaa qiladi. Va Qur'onga hujum qilinadi, i'jozi uning po’lat bir sovuti bo’ladi. Va shu i'jozning bir navini shu zamonda izhoriga, haddimdan ortiq, men kabi bir odam nomzod bo’ladi va nomzod bo’lganimni angladim.
Modomiki i'jozi Qur'onni bir daraja bayon So’zlar bilan bo’ldi. Albatta u i'jozning hisobiga o’tgan va uning rashahoti va barakoti navidan bo’lgan xizmatimizdagi inoyotni izhor etish, i'jozga yordam va izhor etish kerak.
Ikkinchi Sabab:Modomiki Qur'oni Hakim murshidimizdir, ustozimizdir, imomimizdir, har bir odobda rahbarimizdir; u o’zini o’zi madh etyapti. Biz ham uning darsiga ittiboan, uning tafsirini madh etamiz.
Ham modomiki yozilgan So’zlar uning bir navi tafsiridir va u risolalardagi haqoiq Qur'onning moli va haqiqatlaridir. Va modomiki Qur'oni Hakim aksar suralarda, xususan الٰرٓ larda حٰمٓ larda o’zini o’zi kamoli hashmat bilan ko’rsatadi, kamolotini aytadi, loyiq bo’lgan madhni o’ziga o’zi qiladi. Albatta, So’zlarda in'ikos etgan Qur'oni Hakimning lamaati i'joziyasidan va u xizmatning maqbuliyatiga alomat bo’lgan inoyoti Rabboniyaning izhoriga mukallafmiz. Chunki ustozimiz shunday qiladi va shunday dars beradi.
Uchinchi Sabab:So’zlar haqida tavozu suratida demayman; balki bir haqiqatni bayon etish uchun aytaman: So’zlardagi haqoiq va kamolot meniki emas, Qur'onnikidir va Qur'ondan tarashshuh etgan. Hatto O’ninchi So’z, yuzlab oyoti Qur'oniyadan sizilgan ba'zi qatarotdir. Boshqa risolalar ham batamom shundaydir. Modomiki men shunday deb bilaman va modomiki men foniyman, ketaman; albatta boqiy narsa va bir asar, men bilan bog’lanmasligi kerak va bog’lanilmasligi kerak. Va modomiki ahli zalolat va tug’yon, ishlariga to’g’ri kelmagan bir asarni, asar sohibini chiritish bilan asarni chiritish odatlaridir; albatta samo-i Qur'onning yulduzlari bilan bog’langan risolalar men kabi ko’p e'tirozotga va tanqidotga mador bo’la olgan va sukut eta olgan chirik bir tirgak bilan bog’lanmasligi kerak. Ham modomiki urfi nosda, bir asardagi mazoya, u asarning masdari va manbai deb o’ylaganlari muallifining atvorida qidiriladi va bu odatga ko’ra, u haqoiqi oliyani va u javohiri g’oliyani o’zim kabi bir muflisga va ularning mingdan birini o’zida ko’rsatolmagan shaxsiyatimga mol etish, haqiqatga qarshi buyuk bir haqsizlik bo’lgani uchun, risolalar o’z molim emas, Qur'onning moli bo’lib, Qur'onning rashahoti maziyotiga mazhar bo’lganlarini izhor etishga majburman. Darhaqiqat, lazzatli uzum shingillarining xosiyatlari quruq cho’pchasida qidirilmaydi. Men ham shunday bir quruq cho’pcha hukmidaman.
To’rtinchi Sabab:Ba'zan tavozu, kufroni ne'matni istilzom etadi; balki kufroni ne'mat bo’ladi. Ba'zan esa tahdisi ne'mat, iftixor bo’ladi. Ikkisi ham zarardir. Buning chora-i yagonasi; na kufroni ne'mat chiqsin, na iftixor bo’lsin. Maziyat va kamolotlarni iqror etib, faqat tamalluk etmasdan, Mun'imi Haqiqiyning asari in'omi bo’lib ko’rsatishdir. Masalan: Murasso' va muzayyan bir albisa-i faxirani bir kishi senga kiydirsa va u bilan juda go’zallashsang, odamlar senga: "Mashaalloh juda go’zalsan, juda go’zallashding", deyishsa, sen tavozukorona: "Xosho!.. Men kimman, unday emas. Bu nima, qani go’zallik?" desang, u payt kufroni ne'mat bo’ladi va ko’ylakni senga kiydirgan mohir san'atkorga qarshi hurmatsizlik bo’ladi. Agar muftaxirona desang: "Ha, men juda go’zalman, men kabi go’zal qayerda bor, men kabi birini ko’rsating". U payt mag’rurona bir faxrdir.
Demak, faxrdan, kufrondan qutulish uchun deyishi kerakki: "Ha, men go’zallashdim, faqat go’zallik libosniki va demakki libosni menga kiydirganniki, meniki emas".
Buning kabi, men ham ovozim yetishsa, butun Kura-i Arzga baqirib deymanki: So’zlar go’zaldirlar, haqiqatdirlar; faqat meniki emas, Qur'oni Karimning haqoiqidan talammu' etgan shualardir.
وَ مَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَت۪ى ٭ وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَت۪ى بِمُحَمَّدٍ
dasturi bilan deymanki:
وَ مَا مَدَحْتُ الْقُرْاٰنَ بِكَلِمَات۪ى ٭ وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ كَلِمَات۪ى بِالْقُرْاٰنِ
ya'ni: "Qur'onning haqoiqi i'jozini men go’zallashtirolmadim, go’zal ko’rsatolmadim; balki Qur'onning go’zal haqiqatlari mening ta'birotimni ham go’zallashtirdi, ulviylashtirdi". Modomiki shunday ekan; haqoiqi Qur'onning go’zalligi nomiga So’zlar nomidagi oynalarining go’zalliklarini va u oynadorlikka tarattub etgan inoyoti Ilohiyani izhor etish, maqbul bir tahdisi ne'matdir.
Beshinchi Sabab:Ko’p zamon avval bir ahli valoyatdan eshitdimki; u zot eski valiylarning g’aybiy ishoratlaridan istixroj etgan va qanoati kelganki: "Sharq tarafidan bir nur zuhur etadi, bid'atlar zulumotini tarqatadi". Men bunday bir nurning zuhuriga ko’p intizor etdim va etyapman. Faqat gullar bahorda keladi. Shunday qudsiy gullarga zamin tayyorlash lozim keladi. Va angladikki, bu xizmatimiz bilan u nuroniy zotlarga zamin ihzor etyapmiz. Modomiki o’zimizga oid emas, albatta So’zlar nomli nurlarga oid bo’lgan inoyoti Ilohiyani bayon etishda madori faxr va g’urur bo’lolmaydi; balki madori hamd va shukr va tahdisi ne'mat bo’ladi.
Oltinchi Sabab:So’zlarning ta'lifi vositasi bilan Qur'onga xizmatimizga bir mukofoti a'jila va bir vosita-i tashviq bo’lgan inoyoti Rabboniya, bir muvaffaqiyatdir. Muvaffaqiyat esa, izhor etiladi. Muvaffaqiyatdan o’tsa; ko’pi bilan bir ikromi Ilohiy bo’ladi. Ikromi ilohiy esa, izhori bir shukri ma'naviydir. Undan o’tsa, ko’pi bilan hech ixtiyorimiz qo’shilmasdan bir karomati Qur'oniya bo’ladi. Biz mazhar bo’lganmiz. Bu nav ixtiyorsiz va xabarsiz kelgan karomatning izhori zararsizdir. Agar oddiy karomatdan yuqori chiqsa, unda ko’pi bilan Qur'onning i'jozi ma'naviysining shu'lalari bo’ladi. Modomiki i'joz izhor etiladi, albatta i'jozga yordam berganning ham izhori i'joz hisobiga o’tadi; hech madori faxr va g’urur bo’lolmaydi, balki madori hamd va shukrondir.
Yettinchi Sabab:Navi insonning yuzdan saksoni ahli tahqiq emaski, haqiqatga nufuz etsin va haqiqatni haqiqat tanib qabul qilsin. Balki suratga, husni zonga binoan, maqbul va mo’'tamad insonlardan eshitgan masoillarini taqlid qilib qabul qiladilar. Hatto quvvatli bir haqiqatni zaif bir odamning qo’lida zaif ko’radi va qiymatsiz bir masalani qiymatli bir odamning qo’lida ko’rsa, qiymatli talaqqiy etadi. Xullas unga binoan, men kabi zaif va qiymatsiz bir bechoraning qo’lidagi haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaning qiymatini, aksar nosning nuqtai nazarida tushirmaslik uchun, bilmajburiya e'lon etamanki: Ixtiyorimiz va xabarimiz bo’lmasdan, birisi bizni istihdom etyapti; biz bilmasdan, bizni muhim ishlarda ishlatyapti. Dalilimiz shuki: Shuurimiz va ixtiyorimizdan xorij bir qism inoyotga va tasxilotga mazhar bo’lyapmiz. Shunday ekan, u inoyatlarni baqirib e'lon qilishga majburmiz.
Xullas, o’tgan yetti sabablarga binoan, kulliy bir nechta inoyati Rabboniyaga ishorat qilamiz.
Birinchi Ishorat:Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Birinchi Nuktasida bayon etilganki, "tavofuqot"dir. Azjumla: Mo’'jizoti Ahmadiya Maktubotida, Uchinchi Ishoratidan to O’n Sakkizinchi Ishoratiga qadar oltmish sahifa; xabarsiz, bilmasdan bir mustansixning nusxasida ikki sahifa mustasno bo’lib mutaboqiy butun sahifalarda -kamoli muvozanat bilan- ikki yuzdan ziyoda "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam" kalimalari bir-biriga qarayaptilar. Kim insof bilan ikki sahifaga diqqat qilsa, tasodif emasligini tasdiq qiladi. Holbuki tasodif, ko’pi bilan bir sahifada kasratli amsol kalimalari bo’lsa, yarmi qadar tavofuq bo’ladi, faqat bir-ikki sahifada tamoman tavofuq eta oladi. U holda bunday umum sahifalarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kalimasi; ikki bo’lsin, uch bo’lsin, to’rt bo’lsin yoki yana ziyod bo’lsin, kamoli mezon bilan bir-birining yuziga qarasa; albatta tasodif bo’lishi mumkin emas. Ham sakkiz boshqa-boshqa mustansix buzolmagan bir tavofuqning, quvvatli bir ishorati g’aybiya ichida ekanini ko’rsatadi. Qandayki ahli balog’atning kitoblarida balog’atning darajoti bo’lgani holda; Qur'oni Hakimdagi balog’at, daraja-i i'jozga chiqqan. Hech kimning haddi emaski, unga yetishsin. Shunga o’xshab; mo’'jizoti Ahmadiyaning bir oynasi bo’lgan O’n To’qqizinchi Maktub va mo’'jizoti Qur'oniyaning bir tarjimoni bo’lgan Yigirma Beshinchi So’z va Qur'onning bir navi tafsiri bo’lgan Risola-i Nur ajzolarida tavofuqot umum kitoblardan ustun bir daraja-i g’arobat ko’rsatadi. Va shundan tushuniladiki; mo’'jizoti Qur'oniya va mo’'jizoti Ahmadiyaning bir navi karomatidirki, u oynalarda tajalliy va tamassul etyapti.
Ikkinchi Ishorat:Xizmati Qur'oniyaga oid inoyoti Rabboniyaning ikkinchisi shuki: Janobi Haq men kabi qalamsiz, yarim ummiy, diyori g’urbatda, hech kimi bo’lmagan, ixtilotdan man etilgan tarzda; quvvatli, jiddiy, samimiy, g’ayyur, fidokor va qalamlari bittadan olmos qilich bo’lgan qardoshlarni menga muovin tarzida ehson etdi. Zaif va ojiz yelkamga juda og’ir kelgan vazifa-i Qur'oniyani u kuchli yelkalarga mindirdi. Kamoli karamidan, yukimni yengillashtirdi. U muborak jamoat esa; -Xulusiyning ta'biri bilan- simsiz telegrafning oxizalari hukmida va -Sabrining ta'biri bilan- nur fabrikasining elektrlarini yetishtirgan uskunalar hukmida boshqa-boshqa maziyatlari va qiymatli muxtalif xosiyatlari bilan birga, -yana Sabrining ta'biri bilan- bir tavofuqoti g’aybiya navidan, shavq va sa'yu g’ayrat va jiddiyatga bir-biriga o’xshash bir suratda asrori Qur'oniyani va anvori iymoniyani atrofga nashr etishlari va har yerga yetkazishlari va shu zamonda (ya'ni, hurufot o’zgargan, matbaa yo’q, harkas anvori iymoniyaga muhtoj bo’lgan bir zamonda) va futur beradigan va shavqni sindiradigan ko’p sabablar bor ekan, bularning futursiz, kamoli shavq va g’ayrat bilan xizmatlari, to’g’ridan-to’g’riga bir karomati Qur'oniya va zohir bir inoyati Ilohiyadir. Ha, valoyatning karomati bo’lgani kabi, niyati xolisaning ham karomati bor. Samimiyatning ham karomati bor. Xususan Lilloh uchun bo’lgan bir uxuvvat doirasidagi qardoshlarning ichida jiddiy, samimiy tasonudning ko’p karomatlari bo’lishi mumkin. Hatto shunday bir jamoatning shaxsi ma'naviysi bir valiyyi komil hukmiga o’ta oladi, inoyotga mazhar bo’ladi.
Ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bir qal'ani fath etgan bir bo’linmaning serjantiga butun sharafni va butun g’animatni berish bir zulm, xato bo’lgani kabi, shaxsi ma'naviyingizning quvvati bilan va qalamlaringiz bilan hosil bo’lgan futuhotdagi inoyotni men kabi bir bechoraga berolmaysizlar. Albatta, bunday muborak bir jamoatda, tavofuqoti g’aybiyadanda quvvatli bir ishorati g’aybiya bor va men ko’ryapman; faqat harkimga va umumga ko’rsatolmayman.
Uchinchi Ishorat:Risola-i Nur ajzolari butun muhim haqoiqi iymoniya va Qur'oniyani hatto eng muannidga qarshi ham porloq bir suratda isboti, juda quvvatli bir ishorati g’aybiya va bir inoyati Ilohiyadir. Chunki haqoiqi iymoniya va Qur'oniya ichida shundaylar borki; eng buyuk bir dohiy deb qabul qilingan Ibn Sino fahmida ojizligini e'tirof etgan, "Aql bunga yo’l topolmaydi!" degan. O’ninchi So’z Risolasi u zot dahosi bilan yetisholmagan haqoiqni avomlarga ham, bolalarga ham bildiradi.
Ham masalan: Sirri Qadar va juzi ixtiyoriyning hal etilishi uchun, buyuk Sa'di Taftazoniy kabi alloma; qirk-ellik sahifada, mashhur Muqaddimoti Isno Ashar nomi bilan talvih nom kitobida zo’rg’a hal etgan va faqatgina ilm sohiblariga bildirgan ayni masoilni, qadarga doir Yigirma Oltinchi So’zda, Ikkinchi Mabhasning ikki sahifasida tamomi bilan, ham harkasga bildiradigan bir tarzda bayoni, asari inoyat bo’lmasa, nima?
Ham butun uqulni hayratda qoldirgan va hech bir falsafaning qo’li bilan kashf etilmagan va sirri xilqati olam va tilsimi koinot deyilgan va Qur'oni Azimushshonning i'jozi bilan kashf etilgan u tilsimi mushkulkusho va u muammo-i hayratnamo Yigirma To’rtinchi Maktub va Yigirma To’qqizinchi So’zning oxiridagi ramzli nuktada va O’ttizinchi So’zning tahavvuloti zarrotning olti adad hikmatida kashf etilgan. Koinotdagi faoliyati hayratnamoning tilsimini va xilqati koinotning va oqibatining muammosini va tahavvuloti zarrotdagi harakotning sirri hikmatini kashf va bayon etishgan, maydondadir, ko’rish mumkin.
Ham sirri ahadiyat bilan, sheriksiz vahdati rububiyatni; ham nihoyatsiz qurbiyati Ilohiya bilan, nihoyatsiz bu'diyatimiz bo’lgan hayrat-angiz haqiqatlarni kamoli vuzuh bilan O’n Oltinchi So’z va O’ttiz Ikkinchi So’z bayon etganlari kabi; qudrati Ilohiyaga nisbatan zarrot va sayyorot musoviy bo’lganini va hashri a'zamda umum ziruhning ihyosi, bir nafsning ihyosi qadar u qudratga oson ekanini va shirkning xilqati koinotda mudohalasi imtino' darajasida aqldan uzoq ekanini kamoli vuzuh bilan ko’rsatgan Yigirmanchi Maktubdagi وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ kalimasi bayonida va uch tamsilni ichiga olgan uning zayli, shu azim sirri vahdatni kashf etgan.
Ham haqoiqi iymoniya va Qur'oniyada shunday bir kenglik borki, eng buyuk zako-i bashariy ihota etolmagani holda; men kabi zehni mushavvash, vaziyati parishon, murojaat etiladigan kitob yo’q ekan, qiynalib va sur'at bilan yozgan bir odamda, u haqoiqning aksariyati mutlaqasi daqoiqi bilan zuhuri; to’g’ridan to’g’ri Qur'oni Hakimning i'jozi ma'naviysining asari va inoyati Rabboniyaning jilvasi va quvvatli bir ishorati g’aybiyadir.
To’rtinchi Ishorat:Ellik-oltmishta risolalar {(*) Hozir bir yuz o’ttizta.} shunday bir tarzda ehson etilganki; men kabi oz fikrlagan va zuhurotga tobeiyat etgan va tadqiqqa vaqt topolmagan bir insonning emas; balki buyuk zakolardan tashkil topgan bir ahli tadqiqning sa'yu g’ayrati bilan qilinmagan bir tarzda ta'liflari, to’g’ridan to’g’riga bir asari inoyat bo’lganini ko’rsatadi. Chunki butun bu risolalarda butun chuqur haqoiq; tamsilot vositasi bilan, eng omi va ummiy bo’lganlarga qadar dars beriladi. Holbuki u haqoiqning ko’pini buyuk olimlar "tafhim etilmaydi" deb, avomga emas, balki ilm sohiblariga ham bildirolmaydilar.
Xullas, eng uzoq haqiqatlarni eng yaqin bir tarzda, eng omi bir odamga dars beradigan darajada; men kabi Turkchasi oz, so’zlari mug’laq, ko’pi anglashilmaydigan va zohir haqiqatlarni ham mushkullashtiradi deb eskidan beri ishtihor topgan va eski asarlari sui ishtihorni tasdiq etgan shaxsning qo’lida bu horiqo tasxilot va suhulati bayon; albatta shubhasiz bir asari inoyatdir va uning hunari bo’lolmaydi va Qur'oni Karimning i'jozi ma'naviysining bir jilvasidir va tamsiloti Qur'oniyaning bir tamassulidir va in'ikosidir.
Beshinchi Ishorat:Risolalar umumiy shaklda ko’p intishor etgani holda, eng buyuk olimdan to eng omi odamgacha va ahli qalb buyuk bir valiydan to eng muannid dinsiz bir faylasufgacha bo’lgan tabaqoti nos va toifalar u risolalarni ko’rib, o’qib va bir qismi ta'zirlarini yeb, tanqid etilmasligi va har toifa darajasiga ko’ra istifoda etishi, to’g’ridan-to’g’ri bir asari inoyati Rabboniya va bir karomati Qur'oniya bo’lgani kabi, ko’p tadqiqot va taharriyotning natijasi bilan husul topgan u tur risolalar, favquloda bir sur'at bilan, ham idrokimni va fikrimni mushavvash etgan qiynoqli inqiboz vaqtlarida yozilishi ham, bir asari inoyat va bir ikromi Rabboniydir.
Ha, aksar qardoshlarim va yonimdagi umum birodarlarim va mustansixlar biladilarki; O’n To’qqizinchi Maktubning besh parchasi, bir necha kun mobaynida har kun ikki-uch soatda va majmui o’n ikki soatda hech bir kitobga murojaat etilmasdan yozilishi; hatto eng muhim parcha va u parchada lafzi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kalimasida zohir bir xotami nubuvvatni ko’rsatgan to’rtinchi juz, uch-to’rt soatda, tog’da, yomg’ir ostida yoddan yozilgan; va O’ttizinchi So’z kabi muhim va daqiq bir risola, olti soat ichida bir bog’da yozilgan; va Yigirma Sakkizinchi So’z Sulaymonning bog’ida bir, uzog’i ikki soat ichida yozilishi kabi, aksar risolalar shundayligi; va eskidan beri qiynalgan va munqabiz bo’lgan vaqtim, eng zohir haqiqatlarni ham bayon etolmaganimni, balki bilolmaganimni yaqin do’stlarim bilishadi. Xususan, u qiynoqqa xastalik ham ilova etilsa, meni yanada ko’proq darsdan, ta'lifdan man etish bilan birga; eng muhim So’zlar va risolalar, eng qiynoqli va xastalikli zamonimda, eng sur'atli bir tarzda yozilishi; to’g’ridan-to’g’ri inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy va bir karomati Qur'oniya bo’lmasa, nima?
Ham qaysi kitob bo’lsa bo’lsin, bunday haqoiqi Ilohiyadan va iymoniyadan bahs etgan bo’lsa, muhaqqaq bir qism masoili bir qism insonlarga zarar beradi va zarar berganlari uchun, har masala harkasga nashr etilmagan. Bu risolalar esa; hozirgacha hech kimda, -ko’plardan so’raganim holda- sui ta'sir va aks-ul amal va taxdishi azhon kabi bir zarar bermaganlari, to’g’ridan to’g’ri bir ishorati g’aybiya va bir inoyati Rabboniya ekani bizcha muhaqqaqdir.
Oltinchi Ishorat:Hozir mencha qat'iyat paydo etgandirki; aksar hayotim ixtiyor va iqtidorimning, shuur va tadbirimning xorijida shunday bir tarzda o’tgan va shunday g’arib bir suratda unga jarayon berilgan; toki Qur'oni Hakimga xizmat qiladigan bu navi risolalarni natija bersin. Go’yo butun hayoti ilmiyam muqaddimoti ihzoriya hukmiga o’tgan. Va So’zlar bilan i'jozi Qur'onning izhori, uning natijasi bo’ladigan suratda bo’lgan. Hatto shu yetti yil surgunimda va g’urbatimda va sababsiz va orzumning xilofiga tajarrudim va mashrabimga muxolif yolg’iz bir qishloqda imrori hayot etishim; va eskidan beri ulfat etganim hayoti ijtimoiyaning ko’p robitalaridan va qoidalaridan nafrat etib tark etishim; to’g’ridan to’g’riga bu xizmati Qur'oniyani xolis, sof bir suratda qildirish uchun bu vaziyat berilganiga shubham qolmagan. Hatto ko’p marta menga berilgan qiynoq va zulman menga qarshi bo’lgan tazyiqot pardasi ostida, bir dasti inoyat tarafidan marhamatkorona, Qur'onning asroriga hasri fikr ettirish va nazarni tarqatmaslik uchun qilingan degan qanoatdaman. Hatto eskidan mutolaaga juda mushtoq bo’lganim holda; boshqa barcha kitoblarning mutolaasidan bir man, bir mujonabat ruhimga berilgan edi. Bunday g’urbatda madori tasalli va unsiyat bo’lgan mutolaani menga tark ettirgan, angladimki, to’g’ridan to’g’riga oyoti Qur'oniyaning ustozi mutlaq bo’lishlari uchundir.
Ham yozilgan asarlar, risolalar, -aksariyati mutlaqasi- xorijdan hech bir sabab kelmasdan, ruhimdan tavallud etgan hojatga binoan, oniy va daf'iy bo’lib ehson etilgan. So’ngra ba'zi do’stlarimga ko’rsatgan vaqtim: "Shu zamonning yaralariga davodir", deyishgan edi. Intishor etgandan so’ng aksar qardoshlarimdan angladimki, to’liq shu zamondagi ehtiyojga muvofiq va dardga loyiq dori hukmiga o’tyapti.
Xullas, ixtiyor va shuurimning doirasi xorijida, mazkur holatlar va sarguzashti hayotim va ulumlarning anvo'laridagi xilofi odat ixtiyorsiz tatabbu'otim bunday bir natija-i qudsiyaga munjar bo’lish uchun, quvvatli bir inoyati Ilohiya va bir ikromi Rabboniy ekaniga menda shubha qoldirmagan.
Yettinchi Ishorat:Bu xizmatimiz zamonida, besh-olti yil mobaynida, bila-mubolag’a yuz asari ikromi Ilohiy va inoyati Rabboniya va karomati Qur'oniyani ko’zimiz bilan ko’rdik. Bir qismiga O’n Oltinchi Maktubda ishorat etdik; bir qismini Yigirma Oltinchi Maktubning To’rtinchi Mabhasining masoili mutafarriqasida; bir qismini Yigirma Sakkizinchi Maktubning Uchinchi Masalasida bayon etdik. Mening yaqin birodarlarim buni biladilar. Doimiy birodarim Sulaymon Afandi ko’plarini biladi. Xususan So’zlarning va risolalarning nashrida va tasxixotida va yerlariga joylashtirishda va tasvid va tabyizida favqalma'mul karomatkorona bir tasxilotga mazhar bo’lyapmiz. Karomati Qur'oniya bo’lganiga shubhamiz yo’q. Buning yuzlab misollari bor.
Ham maishat xususida shu qadar shafqat bilan oziqlanyapmizki; eng kichik bir orzu-i qalbimizni, bizni istihdom etgan sohibi inoyat qondirish uchun, favqalma'mul bir suratda ehson etyapti. Va hokazo... Xullas, bu hol g’oyat quvvatli bir ishorati g’aybiyadirki, biz istihdom etilyapiz. Ham rizo doirasida, ham inoyat ostida bizga xizmati Qur'oniya qildirilyapti.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَاةً تَكُونُ لَكَ رِضَاءً وَ لِحَقِّه۪ اَدَاءً وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ تَسْل۪يمًا كَث۪يرًا اٰم۪ينَ
* * *
Mahram bir savolga javob
[Shu sirri inoyat ilgari mahram tarzda yozilgan, O’n To’rtinchi So’zning oxiriga ilhoq etilgan edi. Kutilmaganda aksar mustansixlar unutib yozmagan edilar. Demak, munosib va loyiq mavqe'i bu yer ekanki, yashirin qolgan.]
Mendan so’rayapsan: "Nima uchun sening Qur'ondan yozgan So’zlaringda bir quvvat, bir ta'sir borki, mufassirlarning va oriflarning so’zlarida nodiran topiladi. Ba'zan bir satrda bir sahifa qadar quvvat bor; bir sahifada bir kitob qadar ta'sir mavjud?"
Aljavob: -Go’zal bir javobdir- Sharaf, i'jozi Qur'onga oid bo’lganidan va menga oid bo’lmaganidan, bila-parvo deyman: Aksariyat e'tibori bilan shunday. Chunki:
Yozilgan So’zlar tasavvur emas, tasdiqdir; taslim emas, iymondir; ma'rifat emas, shahodatdir, shuhuddir; taqlid emas, tahqiqdir; iltizom emas, iz'ondir; tasavvuf emas, haqiqatdir; da'vo emas, da'vo ichida burhondir. Shu sirning hikmati shuki:
Eski zamonda asosoti iymoniya mahzuf edi, taslim kuchli edi. Tafarruotda oriflarning ma'rifatlari dalilsiz bo’lsa ham, bayonotlari maqbul edi, kifoya edi. Faqat shu zamonda zalolati fanniya qo’lini asosotga va arkonga uzatganidan, har dardga loyiq davoni ehson etgan Hakimi Rahim bo’lgan Zoti Zuljalol Qur'oni Karimning eng porloq mazhari i'jozidan bo’lgan tamsilotidan bir shu'lasini; ajz va za'fimga, faqr va ehtiyojimga marhamatan xizmati Qur'onga oid yozuvlarimga ehson etdi. Falillahilhamd, sirri tamsil durbini bilan eng uzoq haqiqatlar g’oyat yaqin qilib ko’rsatildi. Ham sirri tamsil jihat-ul vahdati bilan eng tarqoq masalalar to’plattirildi. Ham sirri tamsil narvoni bilan eng yuksak haqoiqqa osonlik bilan yetishtirildi. Ham sirri tamsil derazasi bilan; haqoiqi g’aybiyaga, asosoti Islomiyaga shuhudga yaqin bir yaqiyni iymoniya hosil bo’ldi. Aql bilan birga vahm va xayol, hatto nafs va havo taslimga majbur bo’lgani kabi, shayton ham taslim bo’lishga majbur bo’ldi.
Alhosil:Yozuvlarimda naqadar go’zallik va ta'sir bo’lsa, faqat tamsiloti Qur'oniyaning lamaatidandir. Mening hissam; yolg’iz shiddati ehtiyojim bilan talabdir va g’oyat ajzim bilan tazarruyimdir. Dard menikidir, davo Qur'onnikidir.
* * *
Yettinchi Masalaning Xotimasi
[Sakkiz inoyati Ilohiya suratida kelgan ishoroti g’aybiyaga doir kelgan yoki kelish ehtimoli bo’lgan avhomni izola etish va bir sirri azimi inoyatni bayon etishga doir.]
Shu Xotima "To’rt Nukta":
Birinchi Nukta:Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasida yetti-sakkiz kulliy va ma'naviy inoyoti Ilohiyadan his etganimiz bir ishorati g’aybiyani "Sakkizinchi Inoyat" nomi bilan "tavofuqot" ta'biri ostidagi naqshda u ishorotning jilvasini ko’rganimizni iddi'o etgan edik. Va iddi'o etamiz: Bu yetti-sakkiz kulliy inoyotlar shu daraja quvvatli va qat'iyki, har biri bir o’zi u ishoroti g’aybiyani isbot qiladi. Farzi mahol bo’lib bir qismi zaif ko’rilsa, hatto inkor etilsa; u ishoroti g’aybiyaning qat'iyatiga xalal bermaydi. U sakkiz inoyatni inkor etolmagan, u ishorotni inkor etolmaydi. Faqat tabaqoti nos muxtalif bo’lgani, ham kasratli tabaqa hisoblangan tabaqa-i avom ko’ziga yanada ziyoda e'tmod etgani uchun; u sakkiz inoyotning ichida eng quvvatlisi emas, balki eng zohiriysi tavofuqot bo’lganidan; -garchi boshqalari yanada quvvatli, faqat bu yanada umumiy bo’lgani uchun- unga kelgan avhomni daf etish maqsadi bilan, bir muvozana navidan bir haqiqatni bayon qilishga majbur bo’ldim:
U zohiriy inoyat haqida degandik: Yozgan risolalarimizda Qur'on kalimasi va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam kalimasida shunday bir daraja tavofuqot ko’rinyapti.. hech bir shubha qoldirmayaptiki, bir qasd bilan tanzim etilib, muvoziy bir vaziyat beriladi. Qasd va iroda esa, bizlarniki bo’lmaganiga dalilimiz: Uch-to’rt yil so’ngra muttali' bo’lganimizdir. Shunday ekan, bu qasd va iroda bir inoyat asari bo’lib g’aybiydir. Yolg’iz i'jozi Qur'on va i'jozi Ahmadiyani ta'yid suratida u ikki kalimada tavofuq suratida u g’arib vaziyat berilgan. Bu ikki kalimaning muborakiyati, i'jozi Qur'on va i'jozi Ahmadiyaga bir xotami tasdiq muhri bo’lish bilan barobar; boshqa o’xshash kalimalari ham aksariyati azima bilan tavofuqqa mazhar etishgan. Faqat ular bittadan sahifaga maxsus. Shu ikki kalima bir-ikki risolaning umumida va aksar risolalarda ko’rinadi. Faqat mukarrar deganmiz: Bu tavofuqning asli, boshqa kitoblarda ham ko’p bo’lishi mumkin; ammo qasd va iroda-i oliyani ko’rsatadigan bu daraja g’arobatda emas. Hozir bu da'vomizni rad etish mumkin bo’lmagani uchun, zohir nazarlarda rad qilingan kabi ko’rishda bir-ikki jihat bo’lishi mumkin:
Birisi:"Sizlar o’ylab, shunday bir tavofuqni to’g’rilagansiz", deya oladilar. "Bunday narsa qilish qasdi bilan bo’lsa, yengil va oson narsa". Bunga qarshi deymizki: Bir da'voda ikki shohidi sodiq yetarlidir. Bu da'vomizdagi qasd va irodamiz taalluq etmasdan, uch-to’rt yil so’ngra muttali' bo’lganimizga yuz shohidi sodiq topilishi mumkin. Bu munosabat bilan bir nuqta aytaman: Bu karomati i'joziya, Qur'oni Hakim balog’at jihatida daraja-i i'jozda bo’lish navidan emas. Chunki i'jozi Qur'onda, qudrati bashar u yo’lda ketib u darajaga yetisholmaydi. Bu karomati i'joziya esa, qudrati bashar bilan bo’lolmaydi; qudrat u ishga qo’shilolmaydi. Qo’shilsa, sun'iy bo’ladi, buziladi.
{(Hoshiya) O’n To’qqizinchi Maktubning O’n Sakkizinchi Ishoratida; bir nusxada, bir sahifada to’qqiz Qur'on tavofuq suratida bo’lgani holda, bir-biriga chiziq tortdik, majmuida Muhammad lafzi chiqdi. U sahifaning muqobilidagi sahifada sakkiz Qur'on tavofuq bilan barobar, majmuida Lafzulloh chiqdi. Tavofuqda bunday badi' narsalar ko’p bor. Bu hoshiyaning maolini ko’zimiz bilan ko’rdik.
Bekir, Tavfiq, Sulaymon, G’olib, Said}
Uchinchi Nukta:Ishorati xossa, ishorati omma munosabati bilan bir sirri daqiqi rububiyat va Rahmoniyatga ishorat qilamiz:
Bir qardoshimning go’zal bir so’zi bor. U so’zni bu masalaga mavzu qilaman. So’zi ham shuki: Bir kun go’zal tavofuqotni unga ko’rsatdim: "Go’zal! Zotan har bir haqiqat go’zaldir. Faqat bu So’zlardagi tavofuqot va mavaffaqiyat go’zalroq", dedi. Men ham dedim: Ha, hamma narsa yo haqiqatdan go’zaldir, yo bizzot go’zaldir yoki natijalari e'tibori bilan go’zaldir. Va bu go’zallik, rububiyati ommaga va shumuli rahmatga va tajalliyi ommaga qaraydi. Aytganing kabi, bu muvaffaqiyatdagi ishorati g’aybiya go’zalroq. Chunki bu rahmati xossaga va rububiyati xossaga va tajalliyi xossaga qaraydigan bir suratdadir. Buni bir tamsil bilan fahmga yaqinlashtiramiz:
Bir podshohning umumiy saltanati va qonuni bilan, marhamati shohonasi umum afrodi millatni tashmil etishi mumkin. Har fard, to’g’ridan-to’g’riga u podshohning lutfiga, saltanatiga mazhardir. U surati umumiyada afrodning ko’p munosaboti xususiyasi bor.
Ikkinchi jihat, podshohning ehsonoti xususiyasidir va avomiri xossasi bo’lib; umumiy qonundan ustun bir fardga ehson qiladi, iltifot qiladi, amr beradi.
Xullas, bu misol kabi; Zoti Vojib-ul Vujud va Xoliqi Hakim va Rahimning umumiy rububiyat va shumuli rahmati nuqtasida hamma narsa hissadordir. Hamma narsaning hissasiga isobat etgan jihatda, xususiy u bilan munosabatdordir. Ham qudrat va iroda va bepoyon ilmi bilan hamma narsaga tasarrufoti, hamma narsaning eng juz'iy ishlariga mudohalasi, rububiyati bor. Hamma narsa har sha'nida unga muhtojdir. Uning ilm va hikmati bilan ishlari qilinadi, tanzim etiladi. Tabiatning ham haddi yo’qki, u doira-i tasarrufi rububiyatida saqlansin va ta'sir sohibi bo’lib mudohala etsin va tasodufning ham haqqi yo’qki, u hassos mezoni hikmat doirasidagi ishlariga qo’shilsin. Risolalarda yigirma yerda qat'iy hujjatlar bilan tasodifni va tabiatni rad qilganmiz va Qur'onning qilichi bilan i'dom etganmiz, mudohalalarini mahol ko’rsatganmiz. Faqat rububiyati ommadagi doira-i asbobi zohiriyada ahli g’aflatning nazarida hikmati va sababi bilinmagan ishlarga tasodif nomini berishgan. Va hikmatlari ihota etilmagan ba'zi af'oli Ilohiyaning qonunlarini -tabiat pardasi ostida yashiringan- ko’rolmaganlar, tabiatga murojaat etishgan.
Ikkinchisi, xususiy rububiyatidir va xos iltifot va imdodi Rahmoniysi bo’lib, umumiy qonunlarning tazyiqoti ostida tahammul etolmagan fardlarning imdodiga RahmonirRahim ismlari imdodga yetishadilar. Xususiy bir suratda muovanat etadilar, u tazyiqotdan qutqaradilar. Shuning uchun, har zihayot, xususan inson har onda undan istimdod etadi va madad olishi mumkin.
Xullas, bu xususiy rububiyatidagi ehsonoti, ahli g’aflatga qarshi ham tasodif ostiga yashirilmaydi va tabiatga havola etilmaydi.
Shu sirga binoan; I'jozi Qur'on va Mo’'jizoti Ahmadiyadagi ishoroti g’aybiyani xususiy bir ishorat deb qabul qilamiz va e'tiqod etganmiz. Va bir imdodi xususiy va muannidlarga qarshi o’zini ko’rsatadigan bir inoyati xossa ekanini qat'iyan bildik. Va yolg’iz lilloh uchun e'lon qildik. Qusur etgan bo’lsak, Alloh avf etsin. Omin.
رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
* * *
[So’zlarning tabyizida qiymatli xizmati o’tgan muallim Ahmad G’olibning fikrasidir.]
"Qo’lda Qur'on kabi burhoni haqiqat bor ekan
Munkirlarni ilzom uchun ko’nglimga siqlat-mi kelar".
So’zing o’zdir ey jon, takalluf emas
Ladun ilmining zubda-i pokidir
Bu, summattadorik tasannuf emas
Bu bir hikmati nuri irfondir
Ki ahva va lag’v va tafalsuf emas
Muzakki-i nafs va musaffi-i ruh
Murabbi-i dildir, tasavvuf emas
U So’zlar butun ma'rifat shamsidir
So’zim to’g’ridir, bir taalluf emas
Ichning nuridir, lafzga aks aylamish
Bir-ikki satrda taroduf emas
Mutobiq lafzlar bir-biriga
Bu aslo tasannu', tasoduf emas
Tizilgan nizom bilan butun harflari
Tavofuqdir, aslo taxoluf emas
Bu bir jilva-i sirri i'jozdir
Ki Qur'ondandir, tajavvuf emas
Bu husni tasodif go’zaldir go’zal
Bu bobda nima deyilsa tazo'uf emas
Said-i Badiuzzamon-i Nursiy
Bayoni badi'dir, ta'attuf emas
Tasalliga yetishmagan qo’lida qalam
Etar arzi diydor, taharruf emas
Isobat bunga savbi Haqdan kelar
Bu qasdiy emasdir, tasarruf emas
Buni ko’rmagan bad nazarlar uchun
Talahhuf derman men, taassuf emas
Ki bor ma'naviy hayratim g’oliban
Bayonim bu yo’lda tazarruf emas
Tavofuq, so’zida unga ko’pmi
Tafavvuq, u uchun tasharruf emas
Ko’p ishda Haq uni muvaffaq etsin
Tavofuq, maqomi tavaqquf emas!
Ahmad G’olib
(Rahmatullohi Alayh)
* * *
[Marhum Mingboshi Osim Beyning fikrasidir.]
Qasam ichaman, to’g’ridir so’zi o’zi bilan birga
Bu haqiqatni qabul va tasdiq qilmagan badmoyalar
Qolar zalolat va vodiyi xusronda necha sanalar
Bularni irshod etib qutqarishdir hunar
Hidoyat erishsa agar, u vaqt bo’yin egar
Hammaning islohini niyoz etib Xoliqqa yolvoraylik
Umumi anvori Qur'oniya bo’lgan So’zlarni o’qib anglataylik
Bu yo’lda bizlar ham fayz olib dilshod bo’laylik
Fanoni baqoga tabdilda rizo-i Bariga qovushaylik
Sad hazor tahsinga loyiq bebaho fikra-i G’olib
Bu haqiqatlarni so’ylash bilan bo’lar shubhasiz g’olib.
Mingboshi Osim
(Rahmatullohi Alayh)
* * *
Sakkizinchi Risola bo’lgan Sakkizinchi Masala
[Shu Masala olti savolning javobi bo’lib, "Sakkiz Nukta"dir.]
Birinchi Nukta:Bir dasti inoyat ostida xizmati Qur'oniyada istihdom etilganimizga doir ko’p anvo'i ishoroti g’aybiyani his etdik va ba'zilarini ko’rsatdik. Hozir u ishorotning yana yangisi shuki: Aksar So’zlarda tavofuqoti g’aybiya bor.
{(Hoshiya) Tavofuqot esa, ittifoqqa ishoratdir; ittifoq esa, ittihodga nishondir, vahdatga alomatdir; vahdat esa, tavhidni ko’rsatadi; tavhid esa, Qur'onning to’rt asosidan eng katta asosidir.}
Azjumla: Rasuli Akram kalimasida va Alayhissalotu Vassalam iborasida va Qur'on lafzi muboragida bir navi jilva-i i'joz tamassul etganiga bir ishorat bor. Ishoroti g’aybiya naqadar yashirin va zaif bo’lsa ham, xizmatning maqbuliyatiga va masalalarning haqqoniyatiga dalolat qilgani uchun, mening nazdimda juda ahamiyatlidir va juda quvvatlidir. Ham g’ururimni sindiradi va yolg’iz bir tarjimon bo’lganimni menga qat'iyan ko’rsatdi. Ham hech men uchun madori iftixor bir narsa qoldirmaydi, yolg’iz madori shukron bo’lgan narsalarni ko’rsatadi. Ham modomiki Qur'onga oiddir va i'jozi Qur'on hisobiga o’tadi va qat'iyan juzi ixtiyorimiz qo’shilmaydi va xizmatda tanballik qilganlarni tashviq etadi va risolaning haq bo’lganiga qanoat beradi va bizlarga bir navi ikromi Ilohiydir va izhori tahdisi ne'matdir va aqli ko’ziga tushgan mutamarridlarni isqot etyapti; albatta izhori lozimdir, inshaalloh zararsizdir.
Xullas, shu ishoroti g’aybiyaning biri shuki: Janobi Haq kamoli rahmat va karamidan, Qur'onga va iymonga xizmat bilan mashg’ul bo’lgan bizlarni tashviq va qulubimizni tatmin uchun; bir ikromi Rabboniy va bir ehsoni Ilohiy suratida xizmatimizning maqbuliyatiga alomat va yozganimizning haqligiga ishorati g’aybiya navidan, butun risolalarimizda va xususan Mo’'jizoti Ahmadiya va I'jozi Qur'on va Derazalar Risolalarida tavofuqoti g’aybiya navidan latofat ehson etgandir. Ya'ni, bir sahifada misl bo’lib kelgan kalimalarni bir-biriga qaratadi. Bunda bir ishorati g’aybiya beriladiki: "Bir iroda-i g’aybiy bilan tanzim etiladi. Ixtiyoringizga va shuuringizga ishonmanglar. Ixtiyoringiz xabari bo’lmasdan va shuuringiz yetishmasdan, horiqo naqshlar va intizomlar qilinyapti". Xususan Mo’'jizoti Ahmadiya Risolasida lafzi Rasuli Akram va lafzi Salovot bir oyna hukmiga o’tib, u tavofuqoti g’aybiya ishoratini sarih ko’rsatadi. Yangi, tajribasiz bir mustansixning yozuvida, besh sahifa mustasno, mutaboqiy ikki yuzdan ortiq salovoti sharifa bir-biriga muvoziy bo’lib qarayaptilar. Shu tavofuqot esa; shuursiz yolg’iz o’n adadda bir-ikki tavofuqqa sabab bo’la oladigan tasodifning ishi bo’lmagani kabi, san'atda mahoratsiz, yolg’iz ma'noga hasri nazar qilib g’oyat sur'at bilan bir-ikki soatda o’ttiz-qirq sahifani ta'lif etgan va o’zi yozmagan va yozdirgan men kabi bir bechoraning o’ylashi ham albatta emasdir.
Xullas, olti yil so’ngra, yana Qur'onning irshodi bilan va Ishorot-ul I'joz bo’lgan tafsirning to’qqiz اِنَّا ning tavofuq surati bilan kelgan irshodi bilan so’ngra muttali' bo’lganman. Mustansixlar esa mendan eshitgan vaqtlari, hayrat ichida hayratda qoldilar. Qandayki lafzi Rasuli Akram va lafzi salovot; O’n To’qqizinchi Maktubda, Mo’'jizoti Ahmadiyaning bir navining bir navi kichik oynasi hukmiga o’tdi. Shunga o’xshab: Yigirma Beshinchi So’z bo’lgan i'jozi Qur'onda va O’n To’qqizinchi Maktubning O’n Sakkizinchi Ishoratida lafzi Qur'on ham; qirq tabaqadan yolg’iz ko’ziga e'timod etgan tabaqasiga qarshi, bir navi mo’'jizoti Qur'oniyaning, u navning qirq juzidan bir juzi, tavofuqoti g’aybiya suratida butun risolalarda tajalliy etish bilan birga, u juzning qirq juzidan bir juzi, lafzi Qur'on ichida tazohur etgan:
Yigirma Beshinchi So’zda va O’n To’qqizinchi Maktubning O’n Sakkizinchi Ishoratida; yuz marta Qur'on lafzi takarrur etgan; juda nodir bo’lib bir-ikki kalima xorij qolgan, mutaboqiysi butun bir-biriga qarayapti. Mana masalan: Ikkinchi Shuaning qirq uchinchi sahifasida yettita "Qur'on" lafzi bor, bir-biriga qarayapti. Va sahifa ellik oltida sakkiztasi bir-biriga qarayapti, yolg’iz to’qqizinchi mustasno qolgan. Xullas shu -hozir ko’z o’ngimizda- oltmish to’qqizinchi sahifadagi beshta lafzi Qur'on bir-biriga qarayapti. Va hokazo... Butun sahifalarda kelgan mukarrar lafzi Qur'on bir-biriga qarayapti. Besh-olti donadan juda kamyob bir donasi tashqarida qolyapti. Boshqa taofuqot esa, -mana ko’zimizning o’ngida- sahifa o’ttiz uchda, o’n besh adad اَمْ lafzi bor; o’n to’rtasi bir-biriga qarayapti. Ham ko’z o’ngimizda shu sahifada to’qqiz iymon lafzi bor, bir-biriga qarayapti; yolg’iz bittasi, mustansixning oraliq berishi bilan oz inhirof etgan. Ham shu -ko’zimizning o’ngidagi- sahifada ikki "mahbub" bor, -biri uchinchi satrda, biri o’n beshinchi satrdadir- kamoli mezon bilan bir-biriga qarayapti. Ularning o’rtasida to’rtta "ishq" tizilgan, bir-biriga qarayaptilar. Yana boshqa tavofuqoti g’aybiya bularga qiyos qilinsin. Qaysi mustansix bo’lsa bo’lsin; satrlari, sahifalari qay shaklda bo’lsa bo’lsin, muhaqqaq bu tavofuqoti g’aybiya shunday darajada borki; na tasodifning ishi va na muallifning va muxtansixlarning o’ylovi ekaniga shubha qoldirmaydi. Faqat ba'zi xatlarda yanada ko’proq tavofuq ko’zga tushadi. Demak, bu risolalarga maxsus bir xatti haqiqiy bor. Ba'zilari u xatga yaqinlashadi. G’aroibdandirki, eng mohir mustansixlarning emas, balki yangilarning yozuvlarida yanada ziyoda ko’riladi. Bundan anglashiladiki; Qur'onning bir navi tafsiri bo’lgan So’zlardagi hunar va zarofat va maziyat hech kimniki emas; balki muntazam, go’zal haqoiqi Qur'oniyaning muborak qomatlariga yarashadigan mavzun, muntazam uslub liboslari hech kimning ixtiyor va shuuri bilan bichilmaydi va kesilmaydi; balki ularning vujudi, shunday istaydi va bir dasti g’aybiydirki, u qomatga ko’ra kesadi, bichadi, kiydiradi. Biz esa ichida bir tarjimon, bir xizmatkormiz.
To’rtinchi Nukta:Besh-olti savolni tazammun etgan birinchi savolingizda: "Maydoni hashrga jamlanish va ahvol qanday va kiyimsiz bo’ladimi? Va do’stlar bilan ko’rishish uchun va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni shafoat uchun qanday topamiz? Hadsiz insonlar bilan birgina zot qanday ko’rishadi? Ahli Jannat va Jahannamning liboslari qanday bo’ladi? Va bizga kim yo’l ko’rsatadi" deyapsiz.
Aljavob:Shu savolning javobi g’oyat mukammal va vazih bo’lib kutubi ahodisiyada bor. Mashrab va maslagimizga oid yolg’iz bir-ikki nuktani aytamiz:
Avvalo:Bir maktubda; maydoni hashr, Kura-i Arzning madori sanaviysida bo’lganini va Kura-i Arz hozirdan ma'naviy mahsulotini u maydonning alvohlariga yuborgani kabi; yillik harakati bilan, doira-i vujudning tamassul va u doira-i vujudning mahsuloti bilan bir maydoni hashrning tashakkuliga bir mabda bo’lgani va Kura-i Arz deyilgan shu safina-i Rabboniyaning markazidagi Jahannami Sug’roni Jahannami Kubroga bo’shatgani kabi, sakanasini ham maydoni hashrga bo’shatishi bayon etilgan.
Soniyan:O’ninchi va Yigirma To’qqizinchi So’zlar boshda-boshqa So’zlarda, g’oyat qat'iy suratda hashrning maydoni bilan birga vujudi qat'iy isbot etilgan.
Solisan:Ko’rishish esa, O’n Oltinchi So’zda va O’ttiz Bir va O’ttiz Ikkida qat'iyan isbot etilgandirki; bir zot nuroniyat sirri bilan, bir daqiqida minglab yerda bo’lib, millionlab odamlar bilan ko’risha oladi.
Robian:Janobi Haq insondan boshqa ziruh maxluqotiga fitriy bittadan libos kiydirgani kabi; maydoni hashrda sun'iy liboslardan kiyimsiz, fitriy bir libos kiydirishi, ismi Hakimning muqtazosidir. Dunyoda sun'iy libosning hikmati, yolg’iz sovuq va issiqdan muhofaza va ziynat va satri avratga munxasir emas; balki muhim bir hikmati, insonning boshqa navlardagi tasarruf va munosabatiga va qo’mondonligiga ishorat qilgan bir mundarija va bir ro’yxat hukmidadir. Yo’qsa oson va arzon, fitriy bir libos kiydira olar edi. Chunki bu hikmat bo’lmasa; muxtalif latta-puttaarni vujudiga o’rab kiygan inson, shuurli hayvonotning nazarida va ularga nisbatan masxara bo’ladi, ma'nan ularni kuldiradi. Maydoni hashrda u hikmat va munosabat yo’q. U ro’yxat ham bo’lmasligi lozim bo’ladi.
Xomisan:Rahbar esa, sen kabi Qur'onning nuri ostiga kirganlarga, Qur'ondir. الٓمٓ larning الٰرٓ larning حٰمٓ larning boshlariga qara, anglaki; Qur'on naqadar maqbul bir shafoatchi, naqadar to’g’ri bir rahbar, naqadar qudsiy bir nur ekanini ko’r!
Sodisan:Ahli Jannat va Ahli Jahannamning liboslari esa, Yigirma Sakkizinchi So’zda huriylarning yetmish xulla kiyishiga doir bayon etilgan dastur bu yerda ham joriy:
Ahli Jannat bir inson, Jannatning har navidan har doim istifoda etishni, albatta orzu qiladi. Jannatning g’oyat muxtalif anvo'i mahosini bor. Har vaqt butun Jannatning anvo'i bilan mubosharat qiladi. Shunday ekan, Jannatning mahosinining namunalarini, kichik bir miqyosda o’ziga va huriylariga kiydiradi. O’zi va huriylari bittadan kichik Jannat hukmiga o’tadi. Qandayki bir inson, bir mamlakatda muntashir bo’lgan gullar anvo'ini, namunagoh kichik bir bog’ida jam qiladi va bir do’kondor butun mollaridagi namunalarni bir ro’yxatda jam qiladi va bir inson tasarruf qilgan va hukm qilgan va munosabatdor bo’lgan anvo'i maxluqotning namunalarini o’ziga bir ko’ylak va lavozimoti baytiya qiladi, shunga o’xshab: Ahli Jannat bo’lgan bir inson, xususan butun tuyg’ulari bilan va jihozoti ma'naviyasi bilan ubudiyat qilgan va Jannatning lazoiziga istihqoq kasb etgan bo’lsa; har bir tuyg’usini mamnun etadigan, har bir jihozotini erkalaydigan, har bir latoifini zavqlantiradigan tarzda; Jannatning har bir navidan bittadan mahosinni ko’rsatadigan tarzi libosi, o’zlariga va huriylariga rahmati Ilohiya tarafidan kiydiriladi. Va u mutaaddid hullalar bir jinsdan, bir navdan bo’lmaganiga dalil: "Huriylar yetmish hulla kiyganlari holda, oyoqlaridagi iliklari ko’rinadi, to’smaydi", shu ma'nodagi hadisdir. Demak, eng ustidagi hulladan to eng ostdagi hullaga qadar boshqa-boshqa mahosin bilan, boshqa-boshqa tarzda, hissiyotni va tuyg’ularni zavqlantidigan, mamnun qiladigan martabalar bor. Ahli Jahannam esa; qandayki dunyoda ko’zi bilan, qulog’i bilan, qalbi bilan, qo’li bilan, aqli bilan va hokazo butun jihozoti bilan gunohlar qilgan; albatta Jahannamda ularga ko’ra alam beradigan, azob chektiradigan va kichik bir Jahannam hukmiga o’tadigan muxtalif-ul jins parchalardan qilingan ko’ylak kiydirilish, hikmatga va adolatga munofiy emas.
Beshinchi Nukta:Savol so’rayapsizki: Zamoni fatratda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodi bir din bilan mutadayyin edimi?
Aljavob:Hazrat Ibrohim Alayhissalomning keyinchalik g’aflat va ma'naviy zulumot pardalari ostida qolgan va xususiy ba'zi insonlarda jarayon etgan boqiya-i dini bilan mutadaayin ekaniga rivoyat bor. Albatta, Hazrat Ibrohim Alayhissalomdan kelgan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni natija bergan bir silsila-i nuroniyani tashkil etgan afrod, albatta dini haq nuridan loqayd qolishmagan va zulumoti kufrga mag’lub bo’lishmagan. Faqat zamoni fatratda وَمَا كُنَّا مُعَذِّب۪ينَ حَتّٰى نَبْعَثَ رَسُولً sirri bilan; ahli fatrat, ahli najotdirlar. Bil-ittifoq, tafarruotdagi xatiotlardan muohazalari yo’q. Imom Shofe'iy va Imom Ash'ariylarninig fikricha; kufrga kirsa ham, usuli iymoniyda bo’lmasa, yana ahli najotdir. Chunki taklifi Ilohiy irsol bilan bo’ladi va irsol ham ittilo' bilan taklif taqarrur etadi. Modomiki g’aflat va mururi zamon, anbiyo-i salifaning dinlarini satr etgan; u ahli fatrat zamoniga hujjat bo’lolmaydi. Itoat qilsa savob ko’radi, qilmasa azob ko’rmaydi. Chunki maxfiy qolgani uchun hujjat bo’lolmaydi.
Oltinchi Nukta:Aytasizki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodlaridan nabiy kelganmi?
Aljavob:Hazrat Ismoil Alayhissalomdan so’ngra bir nassi qat'iy yo’q. Ajdodlaridan bo’lmagan, yolg’iz Xolid Ibn Sinon va Hanzala ismli ikki nabiy kelgandir. Lekin ajdodi Nabiydan Ka'b Ibn Luayning mashhur va sarih va tansis tarzidagi bu she'rida:
عَلٰى غَفْلَةٍ يَاْتِى النَّبِىُّ مُحَمَّدٌ ٭ فَيُخْبِرُ اَخْبَارًا صَدُوقًا خَب۪يرُهَا
deyishi, mo’'jizakorona va nubuvvatdorona so’zga o’xshaydi. Imom Rabboniy ham dalilga, ham kashfga istinodan aytganki: Hindistonda ko’p nabiylar kelgan. Lekin ba'zilarining yo hech ummati bo’lmagan yoxud mahdud bir nechta odamga munxasir qolgani uchun, mashhur bo’lmagan yoxud nabiy ismi berilmagan.
Demak, Imomning bu dasturiga binoan, ajdodi Nabiydan bu navi nabiylarning bo’lishi mumkin.
Yettinchi Nukta:Aytasizki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning padar va volidalari va bobolari Abdulmuttolibning iymonlari haqida aqva va asahh bo’lgan xabar qaysisi?
Aljavob:Yangi Said o’n yildir yonida boshqa kitoblarni saqlamayapti, menga Qur'on yetadi deydi. Bunday tafarruot masoilida butun kutubi ahodisni tadqiq qilib, eng aqvosini yozishga vaqtim muso'ada etmaydi. Yolg’iz bu qadar deymanki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning padar va volidalari ahli najotdir va ahli Jannatdir va ahli iymondir. Janobi Haq Habibi Akramining muborak qalbini va u qalb tashigan farzandona shafqatini, albatta ranjida etmaydi.
Agar:Modomiki shunday ekan; nimaga ular Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga iymon keltirishga muvaffaq bo’lolmadilar? Nimaga bi'satiga yetisholmadilar? deyilsa.
Aljavob:Janobi Haq Habibi Akramining padar va volidasini, o’z karami bilan, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning farzandona hissini mamnun etish uchun, volidaynini minnat ostida saqlamagan. Volidaynlik martabasidan ma'naviy avlod martabasiga keltirmaslik uchun; xolis o’z minnati rububiyati ostiga olib, ularni ma'sud etish va Habibi Akramini ham mamnun etishni rahmati iqtizo etganki, volidaynini va bobosini unga zohiriy ummat qilmagan. Faqat ummatning maziyatini, fazilatini, saodatini ularga ehson etgan. Ha, oliy bir mushirning yuzboshi rutbasida bo’lgan padari huzuriga kirishi; bir-biriga zid ikki hisning taxti ta'sirida bo’ladi. Podshoh u mushir bo’lgan Yovari Akramiga marhamatan, padarini uning ma'iyatiga bermaydi.
Sakkizinchi Nukta:Aytyapsizki: Amakisi Abu Tolibning iymoni haqida asahh nima?
Aljavob:Ahli Tashayyu', iymoniga qoil; Ahli Sunnatning aksari iymoniga qoil emas. Lekin qalbimga kelgan narsa shuki: Abu Tolib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatini emas; shaxsini, zotini g’oyat jiddiy sevardi. Uning g’oyat jiddiy shaxsiy shafqati va muhabbati, albatta zoye bo’lmaydi. Ha, jiddiy bir suratda Janobi Haqning Habibi Akramini sevgan va himoya qilgan va tarafdorlik ko’rsatgan Abu Tolibning; inkorga va inodga emas, balki hijob va asabiyati qavmiya kabi hissiyotga binoan, maqbul bir iymon keltirmasligi sababli Jahannamga tushsa ham; Jahannam ichida bir navi xususiy Jannatni, uning hasanotiga mukofot sifatida yarata oladi. Qishda ba'zi yerlarda bahorni xalq etgani va zindonda -uyqu vositasida- ba'zi odamlarga zindonni saroyga aylantirgani kabi, xususiy Jahannamni bir nav xususiy Jannatga aylantira oladi...
وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ ٭ لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
YIGIRMA TO’QQIZINCHI MAKTUB
[Yigirma To’qqizinchi Maktub "To’qqiz Qism"dir. Bu qism Birinchi Qism, "To’qqiz Nukta"dir.]
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Aziz, siddiq qardoshim va xizmati Qur'oniyada juda jiddiy bir birodarim!
Bu safargi maktubingda vaqtim va holim muso'ada etmagan muhim bir masalaga doir javob istayapsan.
Qardoshim, bu yil, alhamdulilloh, risolalarni yozadiganlar juda ko’paygan. Ikkinchi tasxix menga kelyapti. Ertalabdan kechga qadar sur'atli bir tarzda mashg’ul bo’lyapman. Juda muhim ishlarim ham orqa qolyapti va bu vazifani yanada azim ko’ryapman. Xususan, sha'bon va ramazonda, aqldan ziyoda qalb hissadordir, ruh harakat qiladi. Shu masala-i azimani boshqa vaqtga qoldirib, qachon Janobi Haqning rahmatidan qalbga sunuhot kelsa, tadrijan sizga yoziladi. Hozircha "Uch Nukta"ni {(Hoshiya) Oxiri to’qqiz nuktada tamomlangan.} bayon qilaman:
Birinchi Nukta:"Qur'oni Hakimning asrori bilinmaydi, mufassirlar haqiqatini anglamaganlar" deya bayon qilingan fikrning ikki yuzi bor va uni degan ikki toifadir.
Birinchisi:Ahli haq va ahli tadqiqdir. Aytishadiki: "Qur'on bitmas va tuganmas bir xazinadir. Har asr nusus va muhkamotini taslim va qabul qilish bilan barobar, tatimmot qobilidan haqoiqi xofiyasidan ham hissasini oladi; boshqasining yashirin qolgan hissasiga tegilmaydi". "Ha, zamon o’tgan sari, Qur'oni Hakimning yanada ziyoda haqoiqi inkishof etadi" deganidir. Bo’lmasa, xosho va kallo, salafi solihin bayon qilgan haqoiqi zohiriya-i Qur'oniyaga shubha keltirish emas. Chunki ularga iymon lozim. Ular nassdir, qat'iydir, asosdirlar, poydevordirlar. Qur'on عَرَبِىٌّ مُب۪ينٌ farmoni bilan ma'nosi vazih bo’lganini bildiradi. Boshdan oyoq xitobi Ilohiy u ma'nolar ustida aylanadi, taqviya etadi, badohat darajasiga keltiradi. U mansus ma'nolarni qabul etmaslikdan, xosho summa xosho, Janobi Haqni takzib va Hazrat Risolatning fahmini tazyif etish chiqadi. Demak, ma'oni-i mansusa, mutasalsilan manba-i Risolatdan olingan. Hatto Ibn Jariri Tabariy butun ma'oni-i Qur'onni muan'an sanad bilan mutasalsilan manba-i Risolatga isol etgan va o’sha tarzda muhim va buyuk tafsirini yozgan.
Ikkinchi Toifa:Yo aqlsiz bir do’stdir, qosh qo’yaman deb ko’z chiqaradi yoki shayton aqlli bir dushman bo’lib, ahkomi Islomiya va haqoiqi iymoniyaga qarshi kelishni istaydi. Qur'oni Hakimning -sening ta'biring bilan- bittadan po’lat qal'asi hukmida bo’lgan devorli suralari ichida yo’l topishni istaydi. Bundaylar, xosho, haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga shubha iyros etish uchun bu navi so’zlarni isha'a etadilar.
Ikkinchi Nukta:Janobi Haq Qur'onda ko’p narsalarga qasam ichgan. Qasomoti Qur'oniyada juda buyuk nuktalar bor, ko’p sirlar bor.
Masalan: وَالشَّمْسِ وَضُحٰيهَا da qasam, O’n Birinchi So’zdagi muhtasham tamsilning asosiga ishorat qiladi. Koinotni bir saroy va bir shahar suratida ko’rsatadi.
Ham يٰسٓ ٭ وَالْقُرْاٰنِ الْحَك۪يمِ dagi qasam bilan, i'jozoti Qur'oniyaning qudsiyatini va unga qasam qilinadigan bir daraja-i hurmatda bo’lganini ixtor etadi.
وَ النَّجْمِ اِذَا هَوٰى ٭ فَلَٓا اُقْسِمُ بِمَوَاقِعِ النُّجُومِ ٭ وَاِنَّهُ لَقَسَمٌ لَوْ تَعْلَمُونَ عَظ۪يمٌ
dagi qasam; yulduzlarning tushishi bilan vahiyga shubha iyros etmasligi uchun jin va shaytonlarning g’aybiy xabarlardan kesilganliklariga alomat bo’lganiga ishorat etish bilan barobar; yulduzlarni dahshatli azamatlari bilan va kamoli intizom bilan joylariga joylashtirish va sayyorotlarni hayrat-angiz bir suratda aylantirishdagi azamati qudrat va kamoli hikmatni u qasam bilan ixtor etadi.
وَالذَّارِيَاتِ ٭ وَالْمُرْسَلَاتِ
dagi qasamda; havoning tamavvujoti va tasrifoti ichida muhim hikmatlarni ixtor etish uchun, shamollarga ma'mur maloikalarga qasam bilan nazari diqqatni jalb etadiki, tasodifiy deb o’ylangan unsurlar juda nozik hikmatlarni va ahamiyatli vazifalarni bajaradilar. Va hokazo... Har bir mavqening boshqa-boshqa nuktasi va foydasi bor. Vaqt muso'id bo’lmagani uchun, yolg’iz ijmolan وَ التّ۪ينِ وَ الزَّيْتُونِ qasamidagi ko’p nuktalaridan bir nuktaga ishorat qilamiz. Shundayki:
Janobi Haq, tiyn va zaytun bilan qasam vositasi bilan, azamati qudratini va kamoli rahmatini va buyuk ne'matlarini ixtor etib, asfali sofiliyn tarafiga ketgan insonning yuzini u tarafdan o’girib, shukr va firk va iymon va amali solih bilan to a'loyi illiyinga qadar taraqqiyoti ma'naviyaga mazhar bo’la olishiga ishorat qiladi. Ne'matlar ichida tiyn va zaytunning taxsisining sababi; u ikki mevaning juda muborak va nafi' bo’lishi va xilqatlarida ham madori diqqat va ne'mat ko’p narsalar bo’lishidir. Chunki hayoti ijtimoiya va tijoriya va tanviriya va g’ido-i insoniya uchun zaytun eng katta bir asos tashkil etgani kabi; anjirning xilqati, zarra kabi bir urug’da katta anjir daraxtining jihozotini saqlab darj etish kabi, bir horiqo mo’'jiza-i qudratni ko’rsatgani kabi; taomida, manfaatida va aksar mevalarga muxolif bo’lib davomida va yana boshqa manofi'idagi ne'mati Ilohiyani qasam bilan xotirga keltiradi. Bunga muqobil insonni iymon va amali solihga chiqarish va asfali sofiliynga tushirmaslik uchun bir dars beradi.
Uchinchi Nukta:Suralarning boshlaridagi hurufi muqatto'a Ilohiy bir kalit so’zdir. Xos abdiga, ular bilan ba'zi ishorati g’aybiya beradi. U kalit so’zning miftahi u abdi xosdadir, ham uning varosasidadir. Qur'oni Hakim modomiki har zamon va har toifaga xitob etadi; har asrning har tabaqasining hissasini jome' juda mutanavvi' vujuhlari, ma'nolari bo’lishi mumkin. Salafi Solihin esa, eng xolis parcha ularnikidirki, bayon etganlar. Ahli valoyat va tahqiq sayri suluki ruhoniyaga oid ko’p muomaloti g’aybiya ishorotini ularda topganlar. Ishorot-ul I'joz Tafsirida, "Al-Baqara" Surasining boshida, i'jozi balog’at nuqtasida bir nabza ulardan bahs etganmiz; murojaat etilsin.
To’rtinchi Nukta:Qur'oni Hakimning haqiqiy tarjimasi mumkin bo’lmaganini Yigirma Beshinchi So’z isbot etgan. Ham ma'naviy i'jozidagi ulviyati uslubni esa, tarjima qilib bo’lmaydi. Ma'naviy i'jozida bo’lgan ulviyati uslub jihatidan kelgan zavq va haqiqatni bayon va ifhom etish juda mushkul. Faqat yo’lni ko’rsatish uchun bir-ikki jihatga ishorat qilamiz. Shundayki:
Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon
وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ ٭ وَالسَّمٰوَاتُ مَطْوِيَّاتٌ بِيَم۪ينِه۪ ٭ يَخْلُقُكُمْ ف۪ى بُطُونِ اُمَّهَاتِكُمْ خَلْقًا مِنْ بَعْدِ خَلْقٍ ف۪ى ظُلُمَاتٍ ثَلَاثٍ ٭ خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ ف۪ى سِتَّةِ اَيَّامٍ ٭ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِه۪ ٭ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ ٭ يُولِجُ الَّيْلَ فِى النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِى الَّيْلِ وَ هُوَ عَل۪يمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ
kabi oyatlar bilan, shu daraja horiqo bir ulviyati uslub va i'jozkorona bir jam'iyat ichida xalloqiyatning haqiqatini xayolga tasvir etadi, ko’rsatadiki: "Sone'-i Olam bo’lgan shu koinotning ustasi, ish boshida bo’lib Shams va Qamarni qaysi bolg’a bilan joylariga urayotgan bo’lsa; ayni bolg’a bilan, ayni onda zarralarni joylariga -masalan zihayotlarning ko’z qorachiqlarida- joylashtiryapti. Samovotni qaysi o’lchov bilan, qaysi ma'naviy asbob bilan tartib etib ochayotgan bo’lsa; ayni onda, ayni tartib bilan ko’zning pardalarini ochadi, yaratadi, tanzim etadi, joylashtiradi. Ham Sone'-i Zuljalol ma'naviy qudratning qaysi ma'naviy bolg’asi bilan yulduzlarni ko’klarga urayotgan bo’lsa, ayni ma'naviy bolg’a bilan basharning siymosidagi hadsiz alomati fariqa nuqtalarini va zohiriy va botiniy tuyg’ularini joylariga naqsh etadı" deya ifoda etmoqda. Demak, u Sone'-i Zuljalol ish boshida... Ishlarini ham ko’zga, ham quloqqa ko’rsatish uchun, oyoti Qur'oniya bilan, bir bolg’ani zarraga uryapti; ayni oyatning boshqa kalimasi bilan, u bolg’ani Shamsga uryapti; markaziga urgandek ulviy uslub bilan vahdoniyatni ayni ahadiyat ichida va nihoyat jalolni nihoyat jamol ichida va nihoyat azamatni nihoyat xofa ichida va nihoyat vus'atni nihoyat diqqat ichida va nihoyat hashmatni nihoyat rahmat ichida va nihoyat bu'diyatni nihoyat qurbiyat ichida ko’rsatadi. Mahol deb o’ylangan jam'i azdodning eng uzoq martabasini, vojib darajasidagi bir suratini ifoda etadi, isbot etib ko’rsatadi. Xullas, bu tarz ifodasi va uslubidirki; eng horiqo adiblarni balog’atiga sajda ettiradi.
Ham masalan
وَمِنْ اٰيَاتِه۪ٓ اَنْ تَقُومَ السَّمَٓاءُ وَالْاَرْضُ بِاَمْرِه۪ ثُمَّ اِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةً مِنَ الْاَرْضِ اِذَٓا اَنْتُمْ تَخْرُجُونَ
oyati bilan, shunday bir uslubi oliy bilan saltanati rububiyatidagi hashmatni ko’rsatadi. Shundayki:
"Osmonlar va zamin; ikki itoatkor qarorgoh hukmida va ikki muntazam qo’shin markazi suratida birgina amr bilan yoki karnay kabi bir ishorat bilan, o’sha ikki qarorgohda fano va adam pardasida yotgan mavjudot u amrga kamoli sur'at va itoat bilan "Labbayk!" deb, maydoni hashr va imtihonga chiqadilar".
Xullas, hashr va qiyomatni naqadar mo’'jizona bir uslubi oliy bilan ifoda qilib va u da'voning ichida bir dalili iqno'iyga ishorat qiladiki: Bilmushohada qandayki zaminning javfida saqlangan va o’lgan hukmidagi danaklar va javvi samoda, adamda va kura-i havoiyada tarqalgan, saqlangan qatralar; qanday kamoli intizom va sur'at bilan hashr bo’lib har bahorda maydoni tajriba va imtihonga chiqishsa; zaminda hububot, samoda qatarot har vaqt bir mahshar-numun suratini oladilar; shunga o’xshab, hashri akbar ham shunday oson zuhur etadi. Modomiki buni ko’ryapsiz, uni ham inkor etolmaysiz. Va hokazo... Shu oyatlarga boshqa oyatlardagi daraja-i balog’atni qiyos eta olasiz. Ajabo, shu tarzdagi oyotning haqiqiy tarjimasi mumkinmi? Albatta, mumkin emas! Ko’pi bilan, yo qisqa bir maoli ijmoliy yoki oyatning har jumlasi uchun besh-olti satr tafsir yozish lozim bo’ladi.
Beshinchi Nukta:Masalan "Alhamdulilloh" bir jumla-i Qur'oniyadir. Buning eng qisqa ma'nosi, ilmi Nahv va Bayon qoidalari iqtizo etgan shudir:
كُلُّ فَرْدٍ مِنْ اَفْرَادِ الْحَمْدِ مِنْ اَىِّ حَامِدٍ صَدَرَ وَعَلٰى اَىِّ مَحْمُودٍ وَقَعَ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ خَاصٌّ وَمُسْتَحِقٌّ لِلذَّاتِ الْوَاجِبِ الْوُجُودِ الْمُسَمّٰى بِاللّٰهِ
Ya'ni: "Naqadar hamd va madh bo’lsa, kimdan kelsa, kimga qarshi ham bo’lsa, azaldan abadga qadar xosdir va loyiqdir u Zoti Vojib-ul Vujudgaki, Alloh deyiladi". Xullas "naqadar hamd bo’lsa", "al-i istig’roq"dan chiqyapti. "Har kimdan kelsa" qaydi esa, "hamd" masdar bo’lib, foili tark etilganidan, bunday maqomda umumiyatni ifoda qiladi. Ham maf'ulning tarkida, yana maqomi xitobiyda kulliyat va umumiyatni ifoda qilgani uchun, "har kimga qarshi bo’lsa" qaydini ifoda etadi. "Azaldan abadga qadar" qaydi esa; fe'liy jumlasidan ismiy jumlasiga intiqol qoidasi, sabot va davomga dalolat etgani uchun, o’sha ma'noni ifoda qiladi. "Xos va mustahaq" ma'nosini "Lilloh"dagi "lom-i jar" ifoda qiladi. Chunki u "lom", ixtisos va istihqoq uchundir. "Zoti Vojib-ul Vujud" qaydi esa; vujubi vujud, uluhiyatning lozimi zaruriysi va Zoti Zuljalolga qarshi bir unvoni mulohaza bo’lgani uchun, "Lafzulloh" boshqa asmo va sifotga jome'iyati va ismi a'zam bo’lgani e'tibori bilan, dalolati iltizomiya bilan dalolat qilgani kabi; Vojib-ul Vujud unvoniga ham u dalolati iltizomiya bilan dalolat qiladi.
Xullas, "Alhamdulilloh" jumlasining eng qisqa va ulamo-i Arabiya fikricha muttafaq-un alayh bir ma'no-i zohiriysi shunday bo’lsa, boshqa bir lisonga u i'joz va quvvat bilan qanday tarjima qilinishi mumkin?
Ham alsina-i olam ichida lisoni nahviy Arabiydan boshqa birgina lison bor; u ham hech vaqt Arab lisonining jome'iyatiga yetisholmaydi. Ajabo, u jome' va i'jozdorona bo’lgan lisoni nahviy bilan mo’'jizakorona bir suratda va har jihatni birdan biladigan, iroda qiladigan bir bepoyon ilm ichida zuhur etgan kalimoti Qur'oniya; boshqa alsina-i tarkibiya va tasrifiya vositasi bilan, zehni juz'iy, shuuri qisqa, fikri mushavvash, qalbi qorong’i ba'zi insonlarning kalimoti tarjimiyasi qanday qilib o’sha muqaddas kalimot o’rnini tuta oladi? Hatto deya olaman va balki isbot qila olamanki: Har bir harfi Qur'on bir haqoiq xazinasi hukmiga o’tadi; ba'zan birgina harf bir sahifa qadar haqiqatlarni dars beradi.
Oltinchi Nukta:Bu ma'noni tanvir uchun o’z boshimdan o’tgan nurli bir holni va haqiqatli bir xayolni aytaman. Shundayki:
Bir vaqt اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ dagi nuni mutakallimi ma'alg’ayrni o’yladim va mutakallimi vahda siyg’asidan "Na'budu" siyg’asiga intiqolning sababini qalbim qidirdi. Birdan namozdagi jamoatning fazilati va siri o’sha nundan inkishof etdi. Ko’rdimki: Men namoz o’qigan u Boyazid Masjididagi jamoatga ishtirokimni va har biri mening bir navi shafoatchim hukmiga va qiroatimda izhor etganim hukmlarga va da'volarga bittadan shohid va bittadan muayyid ko’rdim. Noqis ubudiyatimni u jamoatning buyuk va kasratli ibodoti ichida dargohi Ilohiyaga taqdimga jasorat keldi. Birdan bir parda yana inkishof etdi: Ya'ni, Istanbulning butun masjidlari ittisol paydo etdi. U shahar o’sha Boyazid Masjidi hukmiga o’tdi. Birdan ularning duolariga va tasdiqlariga ma'nan bir navi mazhariyat his qildim. Unda ham; ro’yi zamin masjidida, Ka'ba-i Mukarrama atrofida doiraviy saflar ichida o’zimni ko’rdim. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ dedim. Mening bu qadar shafoatchilarim bor; men namozda aytgan har bir so’zimni aynan aytyaptilar, tasdiq qilyaptilar. Modomiki xayolan bu parda ochildi; Ka'ba-i Mukarrama mehrob hukmiga o’tdi. Men bu fursatdan istifoda etib u saflarni ishhod etib, tahiyyotda aytganim,
اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ
bo’lgan iymonning tarjimonini muborak Hojar-ul Asvadga tavdi' etib amonat qoldiraman derkan, birdan bir vaziyat yana ochildi. Ko’rdimki: Dohil bo’lgan jamoatim uch doiraga ayrildi:
Birinchi Doira:Ro’yi zaminda mo’'minlar va muvahhidindagi jamoati uzmo.
Ikkinchi Doira:Qaradim, umum mavjudot bir saloti kubroda, bir tasbehoti uzmoda, har toifa o’ziga maxsus salovot va tasbehot bilan mashg’ul bir jamoat ichidaman. "Vazoifi ashyo" tabir etilgan xizamoti mashhuda, ularning ubudiyatlarining unvonlaridir. U holda "Allohu Akbar" deb hayratdan boshimni egdim, nafsimga qaradim:
Uchinchi bir doiraichida, hayrat-angiz ko’rinishdan va xususiyat jihatidan kichik, haqiqatdan va vazifa jihatidan va son jihatidan katta, bir kichik olamni ko’rdimki zarroti vujudiyamdan to havassi zohiriyamga qadar, toifa-toifa vazifa-i ubudiyat bilan va shukroniya bilan mashg’ul bir jamoat ko’rdim. Bu doirada qalbimdagi latifa-i Rabboniyam اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ o’sha jamoat nomidan aytmoqda. Qandayki avvalgi ikki jamoatda ham lisonim o’sha ikki jamoati uzmoni niyat qilib aytgan edi.
Alhosil:"Na'budu"ning Nunishu uch jamoatga ishorat qiladi. Xullas, bu holatda ekan, birdan Qur'oni Hakimning tarjimoni va muballig’i bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Madina-i Munavvara deyilgan ma'naviy minbarida, shaxsiyati ma'naviyasi, hashmati bilan tamassul etib, يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا رَبَّكُمْ xitobini, ma'nan harkas kabi men ham eshitib; u uch jamoatda harkas men kabi اِيَّاكَ نَعْبُدُ bilan muqobala etmoqda taxayyul etdim. اِذَا ثَبَتَ الشَّىْءُ ثَبَتَ بِلَوَازِمِه۪ qoidasicha, shunday bir haqiqat fikrga ko’rindiki:
Modomiki butun Olamlarning Robbi, insonlarni muxotob ittihoz etib, umum mavjudot bilan gaplashadi va shu Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam u xitobi izzatni navi basharga, balki umum ziruhga va zishuurga tablig’ etadi. Xullas, butun moziy va mustaqbal zamoni hozir hukmiga o’tdi; butun navi bashar bir majlisda, saflari muxtalif bir jamoat shaklida bo’lib; u xitob o’sha surat bilan ularga qilinyapti. U vaqt har bir oyoti Qur'oniya; g’oyat hashmatli va vus'atli bir maqomdan, g’oyat kasratli va muxtalif va ahamiyatli muxotobidan, nihoyatsiz azamat va jalol sohibi Mutakallimi Azaliydan va maqomi mahbubiyati uzmo sohibi Tarjimoni Oliyshondan olgan bir quvvati, ulviyati, jazolati va balog’ati ichida; porloq, ham juda porloq bir nuri i'jozni ichida ko’rdim. O’shanda umum Qur'on; yo bir sura, yoxud bir oyat emas, balki har bir kalimasi bittadan mo’'jiza hukimga o’tdi: "Alhamdulillahi a'la nuril iyman val Qur'an" dedim. U ayni haqiqat bo’lgan xayoldan "Na'budu" nuniga kirganim kabi chiqdim va angladimki: Nafaqat Qur'onning oyatlari, kalimalari, balki Nuni Na'budu kabi ba'zi harflari ham muhim haqiqatlarning nurli kalitlaridir.
Qalb va xayol u Nuni Na'bududan chiqqandan so’ng, aql qarshilariga chiqdi, dedi: "Men ham hissa istayman. Siz kabi ucholmayman. Oyoqlarim dalildir, hujjatdir. Ayni نَعْبُدُ va نَسْتَع۪ينُ da Ma'bud va Musta'an bo’lgan Xoliqqa ketgan yo’lni ko’rsatish lozimki, siz bilan kela olay". U vaqt qalbga shunday keldiki: Ayt u mutahayyir aqlga:
Qara koinotdagi butun mavjudotga; zihayot bo’lsin, jomid bo’lsin, kamoli itoat va intizom bilan vazifa suratida ubudiyatlari bor. Bir qismi shuursiz, hissiz bo’lganlari holda, g’oyat shuurkorona, intizomparvarona va ubudiyatkorona vazifa bajaryaptilar. Demak, bir Ma'budi Bilhaq va bir Amiri Mutlaq borki, bularni ibodatga yo’naltirib istihdom etyapti.
Ham qara, butun mavjudotga, xususan zihayot bo’lganlarga.. har birining g’oyat kasratli va g’oyat mutanavvi' ehtiyojoti bor va vujud va baqosiga lozim juda kasratli, muxtalif matlublari bor; eng kichigiga qo’llari yetisholmaydi, qudratlari yetishmaydi. Holbuki u hadsiz matlablari, kutmagan yerlaridan, vaqti munosibda, muntazaman ularning qo’llariga berilyapti va bilmushohada ko’rinyapti.
Xullas, shu mavjudotning bu hadsiz faqru ehtiyojoti va bu favquloda i'onati g’aybiya va imdodoti Rahmoniya bilbedaho ko’rsatadiki: Bir G’aniyyi Mutlaq va Karimi Mutlaq va Qodiri Mutlaq bo’lgan bir hamiy va roziqlari borki, hamma narsa va har zihayot undan istio'na etadi, madad kutadi. Ma'nan اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deydi. U payt aql "Amanna va soddaqna" dedi.
Yettinchi Nukta:So’ngra o’sha holda
اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ ٭ صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ
degan vaqtim, qaradimki: Moziy tarafiga ko’chib ketgan qofila-i bashar ichida g’oyat nuroniy, porloq anbiyo, siddiqiyn, shuhado, avliyo, solihin qofilalarini ko’rdimki, istiqbol zulumotini tarqatib, abadga ketgan yo’lda bir jadda-i kubro-i mustaqimda ketyaptilar. Bu kalima meni u qofilaga iltihoq etish uchun yo’l ko’rsatyapti, balki iltihoq ettiryapti. Birdan, fasubhanalloh dedim. Zulumoti istiqbolni tanvir etgan va kamoli salomat bilan ketgan bu nuroniy qofila-i uzmoga iltihoq etmaslik naqadar xasorat va halokat bo’lganini zarra miqdor shuuri bo’lgan bilishi lozim. Ajabo, bid'atlarni ijod etish bilan u qofila-i uzmodan inhirof etgan; qayerdan nur topa oladi, qaysi yo’ldan keta oladi? Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, rahbarimiz farmon etganki:
كُلُّ بِدْعَةٍ ضَلَالَةٌ وَكُلُّ ضَلَالَةٍ فِى النَّارِ
Ajabo, bu farmoni qat'iyga qarshi ulamo-i su' ta'biriga loyiq ba'zi badbaxtlar qaysi foydani topyaptilar, qaysi fatvoni beryaptilarki; luzumsiz, zararli bir suratda shao'iri Islomiyaning badihiyotiga qarshi kelyaptilar; tabdilni qabul ko’ryaptilar? Ko’pi bilan, muvaqqat bir jilva-i ma'nodan kelgan bir intibohi muvaqqat, u ulamo-i su'ni aldagan. Masalan: Qandayki bir hayvonning yoxud bir mevaning terisi olinsa, muvaqqat bir zarofat ko’rsatadi; faqat oz bir zamonda u zarif go’sht va u go’zal meva, u begona va zanglagan va kasif va ariziy teri ostida qora bo’ladi, taaffun etadi. Shunga o’xshab, shao'iri Islomiyadagi ta'biroti Nabaviya va Ilohiya, hayotdor va savobdor bir jild, bir teri hukmidadir. Ularning olinishi bilan, ma'oniydagi bir nuroniyat, muvaqqatan kiyimsiz -bir daraja- ko’rinadi; faqat jilddan judo bo’lgan bir meva kabi, o’sha muborak ma'nolarning ruhlari uchadi, zulmatli qalb va boshlarda bashariy po’stini tashlab ketadi.. nur uchadi, tutuni qoladi. Nima bo’lganda ham...
Sakkizinchi Nukta:Bunga doir bir dasturi haqiqatni bayon etish lozim. Shundayki:
Qandayki "huquqi shaxsiya" va bir navi huququlloh sanalgan "huquqi umumiya" nomi bilan ikki xil huquq bor; shunga o’xshab: Masoili shar'iyada bir qism masoil ashxasga taalluq etadi; bir qismi umumga, umumiyat e'tibori bilan taalluq etadiki, ularga "Shao'iri Islomiya" ta'bir etiladi. Bu shao'irning umumga taalluqi jihati bilan umum unda hissadordir. Umumning rizosi bo’lmasa ularga tegish, umumning huquqiga tajovuzdir. U shao'irning eng juz'iysi (sunnat turidan bir masalasi) eng katta bir masala hukmida nazari ahamiyatdadir. To’g’ridan-to’g’ri umum olami Islomga taalluq etgani kabi; Asri Saodatdan hozirgacha butun a'ozimi Islom bog’langan u nuroniy zanjirlarni uzishga, taxrib va tahrif etishga uringanlar va yordam berganlar o’ylasinki, naqadar dahshatli bir xato qilishyapti. Va zarra miqdor shuurlari bo’lsa, titrasinlar!..
To’qqizinchi Nukta:Masoili shariatdan bir qismiga "ta'abbudiy" deyiladi; aqlning muhokamasiga bog’liq emas; amr bo’lgani uchun qilinadi. Illati, amrdir.
Bir qismiga "Ma'qul-ul ma'no" ta'bir etiladi. Ya'ni: Bir hikmat va bir foydasi borki, u hukmning tashri'iga murajjih bo’lgan; faqat sabab va illat emas. Chunki haqiqiy illat, amr va nahyi Ilohiydir.
Shao'irning ta'abbudiy qismi; hikmat va foyda uni tag’yir etolmaydi, ta'abbudiylik jihati tarajjuh etadi, unga tegib bo’lmaydi. Yuz ming foyda kelsa, uni tag’yir etolmaydi. Shuning kabi: "Shao'irning foydasi, yolg’iz ma'lum foydalar" deyilmaydi va unday bilish xatodir. Balki u foydalar, ko’p hikmatlaridan bir foydasi bo’lishi mumkin. Masalan bir odam: "Azonning hikmati, musulmonlarni namozga chaqirishdir; shu holda bir miltiq otish kifoyadir", desa. Holbuki u devona bilmaydiki, azonning minglab foydalari ichida u bir foydadir. Miltiq ovozi u foydani bersa; ajabo navi bashar nomidan, yoxud u shahar aholisi nomidan xilqati koinotning natija-i uzmosi va navi basharning natija-i xilqati bo’lgan e'loni tavhid va rububiyati Ilohiyaga qarshi izhori ubudiyatga vosita bo’lgan azonning o’rnini qanday egallaydi?
Alhosil:Jahannam luzumsiz emas; ko’p ishlar borki, butun quvvati bilan "Yashasin Jahannam!" deydi. Jannat ham arzon emas, muhim narx istaydi.
لَا يَسْتَو۪ٓى اَصْحَابُ النَّارِ وَاَصْحَابُ الْجَنَّةِ اَصْحَابُ الْجَنَّةِ هُمُ الْفَٓائِزُونَ ilx...
* * *
Ikkinchi Risola Bo’lgan Ikkinchi Qism
Ramazoni Sharifga doir
[Birinchi qismning oxirida shao'iri Islomiyadan bir oz bahs etilganidan, shao'ir ichida eng porloq va muhtasham bo’lgan Ramazoni Sharifga doir bo’lgan bu ikkinchi qismda bir qism hikmatlari zikr qilinadi.
Bu Ikkinchi Qism Ramazoni Sharifning juda ko’p hikmatlaridan to’qqiz hikmatni bayon etgan "To’qqiz Nukta"dir.]
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذ۪ٓى اُنْزِلَ ف۪يهِ الْقُرْاٰنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَ بَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدٰى وَ الْفُرْقَانِ
BIRINCHI NUKTA.Ramazoni Sharifdagi ro’za, Islomiyatning arkoni xamsasining dastlabkilaridandir. Ham shao'iri Islomiyaning a'zamlaridandir.
Xullas Ramazoni Sharifdagi ro’zaning ko’p hikmatlari; ham Janobi Haqning rububiyatiga, ham insonning hayoti ijtimoiyasiga, ham hayoti shaxsiyasiga, ham nafsning tarbiyasiga, ham ni'omi Ilohiyaning shukriga qaragan hikmatlari bor.
Janobi Haqning rububiyati nuqtasida ro’zaning ko’p hikmatlaridan bir hikmati shuki:
Janobi Haq zamin yuzini bir dasturxoni ne'mat suratida xalq etgani va barcha anvo'i ne'matni u dasturxonda مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ bir tarzda u dasturxonga tortgani jihati bilan, kamoli rububiyatini va rahmoniyat va rahimiyatini o’sha vaziyat bilan ifodalaydi. Insonlar g’aflat pardasi ostida va sabablar doirasida u vaziyat ifoda qilgan haqiqatni to’liq ko’rolmaydi, ba'zan unutadi. Ramazoni Sharifda esa, ahli iymon birdan muntazam bir qo’shin hukmiga o’tadi. Sultoni Azaliyning ziyofatiga da'vat etilgan bir suratda shomga yaqin "Marhamat qilinglar" amrini kutayotganday, bir tavri ubudiyatkorona ko’rsatishlari, u shafqatli va hashmatli va kulliyatli rahmoniyatga qarshi vus'atli va azamatli va intizomli bir ubudiyat bilan muqobala etadilar. Ajabo, bunday ulviy ubudiyatga va sharafi karomatga ishtirok etmagan insonlar, inson ismiga loyiqmilar?
IKKINCHI NUKTA.Ramazoni Muborakning ro’zasi, Janobi Haqning ne'matlarining shukriga qaragan jihatidan, ko’p hikmatlaridan bir hikmati shuki: Birinchi So’zda aytilganidek, bir podshohning matbaxidan bir vositachi dallol keltirgan taomlari bir haq istaydi. Vositachi dallolga baxshish berilgani holda, ko’p qiymatli bo’lgan u ne'matlarni qiymatsiz hisoblab, uni in'om qilganni tanimaslik nihoyat darajada bir axmoqlik bo’lgani kabi, Janobi Haq hadsiz anvo'i ne'matini navi basharga zamin yuzida nashr etgan. Unga muqobil u ne'matlarning haqqi sifatida shukr istaydi. U ne'matlarning zohiriy sabablari va sohiblari, vositachi dallol hukmidadirlar. Shu vositachi dallolarga bir haq to’laymiz, ulardan minnatdor bo’lamiz; hatto mustahaq bo’lmagan juda ko’p hurmatni ko’rsatamiz va tashakkur aytamiz. Holbuki, Mun'imi Haqiqiy u sabablardan hadsiz darajada u ne'mat vositasi bilan shukrga loyiqdir. Demak, unga tashakkur aytish; u ne'matlarni to’g’ridan-to’g’ri undan deb bilish, u ne'matlarning qiymatini taqdirlash va u ne'matlarga o’z ehtiyojini his etish bilan bo’ladi.
Xullas, Ramazoni Sharifdagi ro’za, haqiqiy va xolis, azamatli va umumiy bir shukrning kalitidir. Chunki boshqa vaqtlarda majburiyat ostida bo’lmagan insonlarning ko’pi, haqiqiy ochlikni his qilmagan paytlari, ko’p ne'matning qiymatini idrok etolmaydi. Qotgan ozgina nonning, to’q odamga, ayniqsa boy bo’lsa, undagi daraja-i ne'mat tushunilmaydi. Holbuki, iftor vaqtida u qotgan non, bir mo’'minning nazarida juda qimmatli bir ne'mati Ilohiya ekaniga quvva-i zoiqasi shahodat qiladi. Podshohdan to eng kambag’al odamgacha hamma Ramazoni Sharifda u ne'matlarning qiymatlarini anglab shukri ma'naviyga sazovor bo’ladi. Ham kunduzgi yeyishdan mamnu'iyati jihati bilan; "U ne'matlar mening mulkim emas. Men bularning tanovulida hur emasman; demak, boshqasining moli va in'omidir. Uning amrini kutyapman", deb ne'matni ne'mat biladi; bir shukri ma'naviy qiladi. Bu suratda ro’za ko’p jihatlar bilan haqiqiy vazifa-i insoniya bo’lgan shukrning kaliti hukmiga o’tadi.
UCHINCHI NUKTA.Ro’za, hayoti ijtimoiya-i insoniyaga qaragan jihatining ko’p hikmatlaridan bir hikmati shuki: Insonlar maishat jihatidan muxtalif suratda xalq etilganlar. Janobi Haq u ixtilofga binoan boylarni kambag’allarning muovanatiga da'vat qiladi. Holbuki boylar kambag’allarning achinadigan ayanchli hollarini va ochliklarini ro’zadagi ochlik bilan to’liq his qila oladilar. Agar ro’za bo’lmasa, nafsparast ko’p boylar topilishi mumkinki, ochlik va kambag’allik naqadar aliym va ular shafqatga naqadar muhtoj ekanini idrok eta olmaydi. Bu jihatdan, insoniyatdagi hamjinsiga shafqat esa, shukri haqiqiyning asosidir. Qaysi kishi bo’lmasin, o’zidan bir jihatda yanada kambag’alroq odamni topa oladi. Unga nisbatan shafqatga mukallafdir. Agar nafsiga ochlik tortirish majburiyati bo’lmasa, shafqat vositasida muovanatga mukallaf bo’lgan ehsonni va yordamni qila olmaydi; qilsa ham, to’liq bo’lolmaydi. Chunki haqiqiy u holatni o’z nafsida his qilmaydi.
TO’RTINCHI NUKTA.Ramazoni Sharifdagi ro’za nafsning tarbiyasiga qaragan jihatidan ko’p hikmatlaridan bir hikmati shuki: Nafs o’zining hur va erkin bo’lishini istaydi va shunday deb o’ylaydi. Hatto mavhum bir rububiyat va o’zi istagan harakatni fitriy shaklda orzu qiladi. Hadsiz ne'matlar bilan tarbiya qilinganini o’ylashni istamaydi. Xususan, dunyoda sarvat va iqtidori ham bo’lsa, g’aflat ham yordam bergan bo’lsa; tamomila g’osibona, o’g’ri kabi ne'mati Ilohiyani hayvon kabi yutadi.
Xullas, Ramazoni Sharifda eng boydan eng kambag’algacha hammaning nafsi anglaydiki: O’zi molik emas, mamlukdir; hur emas, quldir. Amr qilinmasa, eng oddiy va eng yengil narsani ham qila olmaydi, qo’lini suvga uzata olmaydi deya mavhum rububiyati sinadi, ubudiyatni bo’yniga oladi, haqiqiy vazifasi bo’lgan shukrga kiradi.
BESHINCHI NUKTA.Ramazoni Sharifning ro’zasi, nafsning tahzibi axloqiga va sarkashona muomalalaridan voz kechishi jihatiga qarash nuqtasidagi ko’p hikmatlaridan biri shuki: Nafsi insoniya g’aflat bilan o’zini unutadi. Mohiyatidagi hadsiz ojizligini, nihoyatsiz faqirligini, g’oyat darajadagi qusurini ko’rolmaydi va ko’rishni istamaydi. Ham naqadar zaif va zavolga duchor va musibatlarga nishon bo’lganini va tez buzilib parchalanadigan go’sht va suyakdan iborat ekanini o’ylamaydi. Xuddi po’latdan bir vujudi borday, loyamutona o’zini abadiy taxayyul etgandek dunyoga tashlanadi. Shiddatli bir hirs va tama' bilan va shiddatli aloqa va muhabbat bilan dunyoga otiladi. Har lazzatli va manfaatli narsalarga bog’lanadi. Ham o’zini kamoli shafqat bilan tarbiya qilgan Xoliqini unutadi. Ham natija-i hayotini va hayoti uxroviyasini o’ylamaydi; axloqi sayyia ichida qulaydi.
Xullas, Ramazoni Sharifdagi ro’za; eng g’ofillarga va qaysarlarga zaifligini va ojizligini va faqirligini his ettiradi. Ochlik vositasi bilan me'dasini o’ylaydi. Me'dasidagi ehtiyojini tushunadi. Zaif vujudi qay daraja chirik ekanini eslaydi. Qay daraja marhamatga va shafqatga muhtoj ekanini idrok etadi. Nafsning fir'avnligini tashlab, mukammal ojizlik va faqirlik bilan dargohi Ilohiyaga iltijoga bir orzu his qiladi va bir shukri ma'naviy qo’li bilan rahmat eshigini qoqishga tayyorlanadi. Agar g’aflat qalbini buzmagan bo’lsa...
OLTINCHI NUKTA.Ramazoni Sharifning ro’zasi, Qur'oni Hakimning nuzuliga qarash jihatidan va Ramazoni Sharif Qur'oni Hakimning eng muhim zamoni nuzuli bo’lish jihatidagi ko’p hikmatlaridan biri shuki: Qur'oni Hakim modomiki Shahri Ramazonda nozil bo’lgan, u Qur'onning zamoni nuzulini istihzor bilan u samoviy xitobni husni istiqbol etish uchun Ramazoni Sharifda nafsning hojoti sufliyasidan va moloyoniyot holotdan tajarrud hamda akl va shurubning tarki bilan malakiyat vaziyatiga o’xshash va bir suratda u Qur'onni yangi nozil bo’layotganday o’qish va tinglash va undagi xitoboti Ilohiyani go’yo kelgan oni nuzulida tinglash va u xitobni Rasuli Akramdan (S.A.V.) eshitayotganday tinglash, balki Hazrat Jabroildan, balki Mutakallimi Azaliydan tinglayotganday bir qudsiy holatga sazovor bo’ladi. Va o’zi tarjimonlik qilib boshqasiga eshittirish va Qur'onning hikmati nuzulini bir daraja ko’rsatishdir.
Ha, Ramazoni Sharifda go’yo olami Islom bir masjid hukmiga o’tadi; shunday bir masjidki, millionlab hofizlar u masjidi akbarning burchaklarida u Qur'onni, u xitobi samoviyni Arzlilarga eshittiradilar. Har Ramazon
شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذ۪ٓى اُنْزِلَ ف۪يهِ الْقُرْاٰنُ
oyatini nuroniy, porloq shaklda ko’rsatadi. Ramazon Qur'on oyi ekanini isbot qiladi. U jamoati uzmoning boshqa a'zolari, ba'zilari xushu' bilan u qorilarni tinglaydilar. Boshqalari o’zilariga o’zlari o’qiydilar. Shunday bir vaziyatdagi bir masjidi muqaddasda nafsi sufliyning havasotiga tobe bo’lib, yeb-ichish bilan u vaziyati nuroniydan chiqish naqadar xunuk bo’lsa va u masjiddagi jamoatning ma'naviy nafratiga naqadar nishon bo’lsa; shunga o’xshab, Ramazoni Sharifda ahli siyomga muxolafat etganlar ham shu daraja umum u olami Islomning ma'naviy nafratiga va tahqiriga nishondir.
YETTINCHI NUKTA.Ramazonning ro’zasi, dunyoda oxirat uchun ziroat va tijorat qilishga kelgan navi insonning daromadiga qaragan jihatdagi ko’p hikmatlaridan bir hikmati shuki: Ramazoni Sharifda savobi a'mol birga mingdir. Qur'oni Hakimning, nassi hadis bilan, har bir harfining o’n savobi bor; o’n hasana hisoblanadi, o’n meva-i Jannat keltiradi. Ramazoni Sharifda har bir harfning o’n emas, ming va Oyat-ul Kursiy kabi oyatlarning har bir harfi minglab va Ramazoni Sharifning Jumalarida yanada ziyodadir. Va Layla-i Qadrda o’ttiz ming hasana hisoblanadi. Ha, har bir harfi o’ttiz ming boqiy mevalar bergan Qur'oni Hakim shunday bir nuroniy shajara-i tubo hukmiga o’tadiki; millionlab u boqiy mevalarni Ramazoni Sharifda mo’'minlarga qozontiradi. Xullas kel, bu qudsiy, abadiy, foydali tijoratga qara, tomosha qil va o’ylaki: Bu hurufotning qiymatini taqdir etmaganlar qay daraja hadsiz bir xasorotda ekanligini angla!
Xullas, Ramazoni Sharif go’yo bir oxirat tijorati uchun g’oyat foydali bir mashhar, bir bozor. Va uxroviy hosilot uchun g’oyat munbit bir zamin. Va nashvu namo-i a'mol uchun bahordagi aprel oyidir. Saltanati rububiyati Ilohiyaga qarshi ubudiyati bashariyaning namoyish ko’rsatishiga eng porloq, qudsiy bir bayram hukmidadir. Va shunday bo’lgani uchun, yeb-ichish singari nafsning g’aflat bilan hayvoniy hojotiga va moloyani va havoparastona mushtahiyotga kirmasligi uchun, ro’za bilan mukallaf bo’lgan. Go’yo muvaqqatan hayvoniyatdan chiqib, malakiyat vaziyatiga yoxud oxirat tijoratiga kirgani uchun, dunyoviy hojotini muvaqqatan tashlash bilan, uxroviy bir odam va tajassuddan tazohur etgan bir ruh vaziyatiga kirib; ro’zasi bilan Samadiyatga bir navi oynadorlik qilishdir. Ha, Ramazoni Sharif; bu foniy dunyoda, foniy umr ichida va qisqa bir hayotda boqiy bir umr va uzun bir hayoti boqiyani tazammun etadi, qozontiradi.
Ha, birgina Ramazon sakson yillik umr samarotini qozontirishi mumkin. Layla-i Qadr esa, nassi Qur'on bilan, ming oydan yanada xayrli ekani bu sirga bir hujjati qat'iyadir. Qandayki bir podshoh, muddati saltanatida, balki har yili yo julusi humoyun nomi bilan yoki boshqa bir dabdabali jilva-i saltanatiga sazovor ba'zi kunlarni bayram qiladi. Raiyatini u kuni umumiy qonunlar doirasida emas; balki xususiy ehsonotiga va pardasiz huzuriga va xos iltifotiga va favquloda ijrootiga va to’g’ridan-to’g’ri loyiq va sodiq millatini xos tavajjuhiga sazovor qiladi. Xuddi shuningdek: Azal va Abad Sultoni bo’lgan o’n sakkiz ming olamning Podshohi Zuljaloli; u o’n sakkiz ming olamga qaragan, tavajjuh etgan farmoni oliyshoni bo’lgan Qur'oni Hakimni Ramazoni Sharifda inzol aylagan. Albatta, u Ramazon maxsus bir bayrami ilohiy va bir mashhari Rabboniy va bir majlisi ruhoniy hukmiga o’tishi, muqtazo-i hikmatdir. Modomiki Ramazon u bayramdir; albatta bir daraja sufliy va hayvoniy mashog’ildan insonlarni tortish uchun ro’zaga buyuriladi. Va ro’zaning akmali esa: Me'da singari barcha tuyg’ularni; ko’zi, qulog’i, qalbi, xayoli, fikri kabi jihozoti insoniyaga ham bir navi ro’za tuttirishdir. Ya'ni: Muharramotdan, moloyoniyotdan tortish va har birisini maxsus ubudiyatga yo’llashdir. Masalan: Tilini yolg’ondan, g’iybatdan va g’aliz ta'birlardan qaytarib unga ro’za tuttirish. Va u lisonni tilovati Qur'on va zikr va tasbeh va salovot va istig’for kabi narsalar bilan mashg’ul qilish... Masalan: Ko’zini nomahramga qarashdan va qulog’ini yomon narsalarni eshitishdan man etib, ko’zini ibratga va qulog’ini haq so’z va Qur'on eshitishga sarf qilish kabi, boshqa jihozotga ham bir navi ro’za tuttirishdir. Zotan, me'da eng katta fabrika bo’lgani uchun, ro’za bilan unga ta'tili ashg’al ettirilsa, boshqa kichik dastgohlar osongina unga ittibo ettirilishi mumkin.
SAKKIZINCHI NUKTA.Ramazoni Sharif insonning hayoti shaxsiyasiga qaragan jihatidan ko’p hikmatlaridan bir hikmati shuki: Insonga eng muhim bir dori navidan moddiy va ma'naviy bir parhez va tib jihatidan bir himyadirki: Insonning nafsi yeb-ichish xususida o’zi istagandek harakat qilgani sari, ham shaxsning moddiy hayotiga tib jihatidan zarar bergani kabi; ham halol-harom demasdan duch kelgan narsaga hujum qilish, go’yo ma'naviy hayotni ham zaharlaydi. Ortiq qalbga va ruhga itoat etish u nafsga og’ir keladi. Sarkashona tizginini qo’liga oladi. Ortiq inson unga minolmaydi, u insonga minadi. Ramazoni Sharifda esa ro’za vositasida bir navi parhezga ko’nikadi; riyozatga intiladi va amr tinglashni o’rganadi. Bechora zaif me'dani ham hazmdan avval ovqat ustiga ovqat bilan to’ldirib, xastaliklarni jalb etmaydi. Va amr vositasida halolni tark etganidek, haromdan saqlanish uchun aql va shariatdan kelgan amrni tinglashga qobiliyat paydo qiladi. Hayoti ma'naviyani buzmaslikka harakat qiladi.
Ham insonlarning aksariyati mutlaqasi ochlikka ko’p marta mubtalo bo’ladi. Sabr va tahammul uchun bir mashq bo’lgan ochlik riyozatga muhtojdir. Ramazoni Sharifdagi ro’za o’n besh soat, saharliksiz esa yigirma to’rt soat davom etadigan bir muddati ochlikka sabr va tahammul bir riyozat va bir mashqdir. Demak, basharning musibatini ikki baravarga oshirgan sabrsizlikning va tahammulsizlikning bir dorisi ham ro’zadir.
Ham u me'da fabrikasining xodimlari ko’p. Ham u bilan aloqador ko’p jihozoti insoniya bor. Nafs agar muvaqqat bir oyning kunduz vaqtida ta'tili ashg’al etmasa; u fabrika xodimlarining va u jihozotning xususiy ibodatlarini ularga unuttiradi, o’zi bilan mashg’ul qiladi, tahakkumi ostida qoldiradi. U boshqa jihozoti insoniyani ham, u ma'naviy fabrika charxlarining shovqini va tutunlari bilan mushavvash etadi. Nazari diqqatlarini doimo o’ziga jalb qiladi. Ulviy vazifalarini muvaqqatan unuttiradi. Shuning uchun eski vaqtlar ko’p ahli valoyat takammul uchun riyozatga, kam yeyish va ichishga o’zlarini ko’niktirishgan. Lekin Ramazoni Sharif ro’zasi bilan u fabrikaning xodimlari tushunadilarki; faqatgina u fabrika uchun yaratilmaganlar. Va boshqa jihozot, o’sha fabrikaning tuban ermaklariga badal, Ramazoni Sharifda malakiy va ruhoniy zavqlar bilan talazzuz etadilar, nazarlarini ularga tikadilar. Shuning uchun; Ramazoni Sharifda mo’'minlar, darajotiga ko’ra boshqa-boshqa nurlarga, fayzlarga, ma'naviy sururlarga sazovor bo’ladilar. Qalb va ruh, aql, sir kabi latoifning u muborak oyda ro’za vositasi bilan ko’p taraqqiyot va tafayyuzlari bor. Me'daning yig’isiga qaramay, ular ma'sumona kuladilar.
TO’QQIZINCHI NUKTA.Ramazoni Sharifning ro’zasi, to’g’ridan-to’g’ri nafsning mavhum rububuyatini sindirish va ojizligini ko’rsatish bilan ubudiyatini bildirgan ko’p hikmatlaridan bir hikmati shuki:
Nafs Robbisini tanishni istamaydi, fir'avn kabi o’zi rububiyat istaydi. Qancha azoblar berilsa ham, unda o’sha his qoladi. Lekin ochlik bilan o’sha hissi sinadi. Xullas, Ramazoni Sharifdagi ro’za to’g’ridan-to’g’ri nafsning fir'avnligiga zarba uradi, sindiradi. Ojizligi, zaifligi, faqirligini ko’rsatadi. Qul ekanini bildiradi.
Hadis rivoyatlarida borki: Janobi Haq nafsdan so’ragan: "Men kimman, sen kimsan?" Nafs: "Men menman, sen sensan", degan. Azob bergan, Jahannamga tiqqan, yana so’ragan. Yana: "Ana ana, anta anta", degan. Har qanaqa yo’l bilan azob bermasin, anoniyatdan voz kechmagan. So’ngra ochlik bilan azob bergan, ya'ni och qoldirgan. Va so’ragan: "Man ana va ma anta?" Nafs: اَنْتَ رَبِّى الرَّح۪يمُ ٭ وَاَنَا عَبْدُكَ الْعَاجِزُ Ya'ni: "Sen mening Robbi Rahimimsan, men sening ojiz bir qulingman", degan.
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَاةً تَكُونُ لَكَ رِضَاءً وَ لِحَقِّه۪ اَدَاءً بِعَدَدِ ثَوَابِ قِرَائَةِ حُرُوفِ الْقُرْاٰنِ ف۪ى شَهْرِ رَمَضَانَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ
سُبْحَانَ رَبِّكَ رَبِّ الْعِزَّةِ عَمَّا يَصِفُونَ وَسَلَامٌ عَلَى الْمُرْسَل۪ينَ وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ اٰم۪ينَ
I'tizor: Shu ikkinchi qism, qirq daqiqada tez yozilganligi uchun, men va musvadda yozgan kotib ikkovimiz ham xasta bo’lganimizdan, albatta ichida mushavvashiyat va qusur bo’lishi mumkin. Ixvonlarimizdan kechirimli ko’z bilan qarashlarini kutamiz. Munosib topganlarini tasxix etishlari mumkin.
Uchinchi Risola bo’lgan Uchinchi Qism
[Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ikki yuz aqsomi i'joziyasidan naqshiy bir qismini ko’rsatadigan tarzda, Qur'oni Azimushshonni Hofiz Usmon xati bilan taayyun etgan va Oyati Mudoyana miqyos tutilgan sahifalarni va Sura-i Ixlos vohidi qiyosiy qilib olingan satrlarni muhofaza etish bilan barobar, u naqshi i'jozni ko’rsatish tarzida bir Qur'on yozishga doir muhim niyatimni; xizmati Qur'ondagi qardoshlarimning nazarlariga arz etib mashvarat etish va ularning fikrlarini istimzoj etish va o’zimga tanbeh berish uchun shu qismni yozdim, ularga murojaat qilaman. Shu uchinchi qism "To’qqiz Masala"dir.]
Birinchi Masala:Qur'oni Azimushshonning anvo'i i'jozi qirqqa yetgani, I'jozi Qur'on nomidagi Yigirma Beshinchi So’zda burhonlari bilan isbot qilingan. Ba'zi anvo'i tafsilan, bir qismi ijmolan qaysarlarga qarshi ham ko’rsatilgan.
Ham Qur'onning i'jozi, tabaqoti insoniyada qirq tabaqaga qarshi boshqa-boshqa i'jozini ko’rsatgani, O’n To’qqizinchi Maktubning O’n Sakkizinchi Ishoratida bayon etilgan va u tabaqotning o’n qismining boshqa-boshqa hissa-i i'joziyalarini isbot etgan. Qolgan o’ttiz tabaqa-i oxar, ahli valoyatning muxtalif mashrablar asxobiga va ulumi mutanavvi'aning boshqa-boshqa asxoblariga boshqa-boshqa i'jozini ko’rsatganini, ularning ilmalyaqiyn, aynalyaqiyn, haqqalyaqiyn darajasida Qur'on haq Kalomulloh ekanini, iymoni tahqiqiylarni ko’rsatishgan. Demak, har biri boshqa-boshqa bir tarzda bir vajhi i'jozini ko’rishgan. Ha, ahli ma'rifat bo’lgan bir valiy fahm etgan i'joz bilan ahli ishq bir valiy mushohada etgan jamoli i'joz bir bo’lmagani kabi; muxtalif mashoribga ko’ra jamoli i'jozining jilvalari o’zgaradi. Bir Ilmi Usuli Din allomasi va bir imom ko’rgan vajhi i'joz bilan furu'oti shariatdagi bir mujtahid ko’rgan vajhi i'joz bir emas va hokazo... Bularning tafsilan boshqa-boshqa vujuhi i'jozini ko’rsatish qo’limdan kelmaydi. Tushuncham tor, ihota etolmaydi; nazarim qisqa, ko’rolmaydi. Shuning uchun yolg’iz o’n tabaqa bayon etilgan, mutaboqiysiga ijmolan ishorat etilgan. Hozir u tabaqalardan ikki tabaqa, Mo’'jizoti Ahmadiya Risolasida ko’p izohga muhtoj ekan, o’shanda juda nuqsonli bo’lib qolgan edi.
Birinchi Tabaqa:"Quloqli tabaqa" ta'bir etganimiz omi avom; yolg’iz quloq bilan Qur'onni tinglaydi, quloq vositasi bilan i'jozini anglaydi. Ya'ni deydi: "Bu eshitganim Qur'on boshqa kitoblarga o’xshamaydi. Yo umumining ostida bo’ladi yoki umumining ustida bo’ladi. Umumining ostidagi qism esa, hech kim aytolmaydi va aytmagan, shayton ham aytolmaydi. Shunday ekan, umumining ustidadir". Xullas, bu qadar ijmol bilan O’n Sakkizinchi Ishoratda yozilgan edi. So’ngra uni izoh uchun Yigirma Oltinchi Maktubning "Hujjat-ul Qur'on Ala Hizb-ush Shayton" nomli Birinchi Mabhasi, o’sha tabaqaning i'jozdagi fahmini tasvir va isbot qiladi.
Ikkinchi Tabaqa:"Ko’zli tabaqa". Ya'ni: Omi avomdan yoxud aqli ko’ziga tushgan moddiyunlar tabaqasiga qarshi Qur'onning ko’z bilan ko’rinadigan bir ishorati i'joziyasi bo’lgani O’n Sakkizinchi Ishoratda da'vo etilgan. Va u da'voni tanvir va isbot etish uchun ko’p izohga ehtiyoj bor edi. Hozir anglaganimiz muhim bir hikmati Rabboniya jihati bilan o’sha izoh berilmadi. Juda juz'iy bir qancha juz'iyotiga ishorat etilgan edi. Hozir u hikmatning sirri anglashildi va ta'xiri yanada yaxshi bo’lganiga qat'iy qanoatimiz keldi. Hozir o’sha tabaqaning fahmini va zavqini tasxil etish uchun; qirq vujuhi i'jozdan ko’z bilan ko’rilgan bir vajhini, bir Qur'onni yozdirdikki, u yuzni ko’rsatsin.
(Bu uchinchi qismning mutaboqiy masalalari bilan To’rtinchi Qism tavofuqqa doir bo’lgani uchun; tavofuqotga doir bo’lgan mundarija bilan iktifo etilib, bu yerda yozilmaganlar. Yolg’iz To’rtinchi Qismga oid bir ixtor bilan Uchinchi Nukta yozilgan.)
IXTOR:Lafzi Rasuldagi nukta-i azimaning bayonida bir yuz oltmish oyat yozildi. Ushbu oyatlarning xosiyati juda azim bo’lish bilan barobar; ma'no jihati bilan bir-birini isbot va takmil etganidan, juda ma'nodor bo’lgani uchun, muxtalif oyotni hifz etish yoki o’qish orzusida bo’lganlarga bir hizbi Qur'oniy bo’lgani kabi; Qur'on kalimasidagi nukta-i azimaning bayonida, oltmish to’qqiz oyoti azimaning daraja-i balog’ati juda favquloda va quvvati jazolati juda ulviydir. Bu ham ikkinchi bir hizbi Qur'oniy bo’lib ixvonga tavsiya etiladi. Yolg’iz Qur'on kalimasi, yetti silsila-i Qur'onda mavjud bo’lib, umum kalimalarni tutgan, ikkitasi xorij qolgan. U ikkita ham qiroat ma'nosida bo’lganidan; u xuruj nuktaga quvvat bergan. Rasul lafzi esa, u kalima bilan eng ziyoda munosabatdor suralar ichida Sura-i Muhammad bilan Sura-i Fath bo’lganidan, u ikki suradan chiqqan silsilalarga hasr etganimizdan, xorij qolgan Rasul lafzi hozircha kirgizilmagan. Vaqt muso'ada etsa, bundagi asror yoziladi, inshaalloh.
Uchinchi Nukta:"To’rt Nukta"dir.
Birinchi Nukta:Lafzulloh majmu'i Qur'onda ikki ming sakkiz yuz olti marta zikr etilgan. Bismillohdagilar bilan barobar Lafzi Rahmon, bir yuz ellik to’qqiz marta; Lafzi Rahim ikki yuz yigirma; Lafzi G’ofur oltmish bir; Lafzi Rob sakkiz yuz qirq olti; Lafzi Hakim sakson olti; Lafzi Alim bir yuz yigirma olti; Lafzi Qodir o’ttiz bir; La Ilaha Illa Hudagi Hu yigirma olti marta zikr qilingan.
{(Hoshiya) Qur'ondagi oyotning majmu'i adadi 6666 bo’lishi va shu sahifada mazkur asmo-i husnaning adadi 6 raqami bilan aloqador bo’lishi; ahamiyatli bir sirga ishorat qiladi. Hozircha muhmal qoldi.}
Lafzulloh adadida ko’p asror va nuktalar bor. Azjumla: Lafzulloh va Robdan so’ngra eng ziyoda zikr qilingan Rahmon, Rahim, G’ofur va Hakim bilan barobar Lafzulloh Qur'on oyatlarining yarmidir. Ham Lafzulloh va Alloh lafzi o’rnida zikr etilgan Lafzi Rob bilan birga, yana yarmi bo’ladi. Garchi Rob lafzi sakkiz yuz qirq olti marta zikr etilgan, faqat diqqat qilinsa, besh yuzdan ortig’i Alloh lafzi o’rnida zikr etilgan, ikki yuzdan ortig’i unday emas.
Ham Alloh, Rahmon, Rahim, Alim va La Ilaha Illa Hudagi Huadadi bilan barobar yana yarmi bo’ladi. Farq yolg’iz to’rtdir. Va Huo’rnida Qodir bilan barobar, yana majmu'i oyotning yarmidir. Farq to’qqizdir. Lafzi Jalolning majmuidagi nuktalar ko’p. Yolg’iz hozircha bu nukta bilan iktifo etamiz.
Ikkinchi Nukta:Suralar e'tibori bilandir. Uning ham ko’p nuktalari bor. Bir intizom, bir qasd va bir irodani ko’rsatadigan tarzda tavofuqoti bor.
Sura-i Baqarada oyotning adadi bilan Lafzi Jalolning adadi birdir. Farq to’rt bo’lib, Alloh lafzi o’rnida to’rtta Hu lafzi bor. Masalan: La Ilaha Illa Hudagi Hu kabi. U bilan muvofaqat to’liq bo’ladi. Oli Imronda yana oyoti bilan Lafzi Jalol tavofuqdadir, musoviydirlar. Yolg’iz Lafzi Jalol ikki yuz to’qqizta, oyat ikki yuzta. Farq to’qqizta. Bunday maziyoti kalomiyada va balog’at nuktalarida kichik farqlar zarar bermaydi, taqribiy tavofuqot kifoyadir. Sura-i Niso, Moida, An'om uchchovining majmu'i oyatlari majmuidagi Lafzi Jalolning adadiga tavofuqdadir. Oyatlarning adadi to’rt yuz oltmish to’rt, Lafzi Jalolning adadi to’rt yuz oltmish bir; Bismillohdagi Lafzulloh bilan barobar to’liq tavofuqdadir. Ham masalan: Boshdagi besh suraning Lafzi Jalol adadi; Sura-i A'rof, Anfol, Tavba, Yunus, Huddagi Lafzi Jalol adadining ikki mislidir. Demak bu oxirdagi besh avvalgi beshning yarmidir. So’ngra kelgan Sura-i Yusuf, Ra'd, Ibrohim, Hijr, Nahl suralaridagi Lafzi Jalol adadi u yarimning yarmidir. So’ngra Sura-i Isro, Kahf, Maryam, Toho, Anbiyo, Haj;
{(Hoshiya1) Bu beshtalik taqsimotda bir sir inkishof etgan edi. Hech birimizning xabari bo’lmasdan shu yerda olti sura qayd etilgan edi. Shubhamiz qolmadiki g’aybdan, ixtiyorimiz xorijida oltinchisi kirgan; toki bu yarimlik sirri muhimi yo’qolmasin.}
u yarimning yarmining yarmidir. So’ngra kelgan beshtadan-beshtadan, taqriban o’sha nisbat bilan ketadi; yolg’iz ba'zi qoldiqlar bilan farq bor. Unday farqlar bunday maqomi xitobiyda zarar bermaydi. Masalan: Bir qismi bir yuz yigirma bir, bir qismi bir yuz yigirma besh, bir qismi bir yuz ellik to’rt, bir qismi bir yuz ellik to’qqizdir. So’ngra Sura-i Zuxrufdan boshlagan besh sura; u yarim yarim yarmining yarmiga tushadi. Sura-i Najmdan boshlagan besh; u yarim yarim yarim yarmining yarmidir; faqat taqribiydir. Kichik qoldiqlarning farqlari bunday maqomoti xitobiyada zarar bermaydi. So’ngra kelgan kichik beshlar ichida uch beshlarning yolg’iz uchtadan adad Lafzi Jaloli bor. Xullas, bu vaziyat ko’rsatadiki: Lafzi Jalolning adadiga tasodif qo’shilmagan, bir hikmat va intizom bilan adadlari tayin etilgan.
Lafzullohning Uchinchi Nuktasi:Sahifalar nisbatiga qaraydi. Shundayki:
Bir sahifada bo’lgan Lafzi Jalol adadi, u sahifaning o’ng yuzi va u yuzning qarshisidagi sahifaga va ba'zan chapdagi qarshisidagi sahifa va qarshisidagining orqa yuziga qaraydi. Men o’z nusxa-i Qur'oniyamda bu tavofuqni tadqiq etdim. Aksariyat bilan g’oyat go’zal bir nisbati adadiya bilan bir tavofuq ko’rdim. Nusxamga ham ishoratlar qo’ydim. Ko’p marta teng bo’ladi. Ba'zan yarim yoxud uchdan bir bo’ladi. Bir hikmat va intizomni sezdirgan bir vaziyati bor.
To’rtinchi Nukta:Sahifa-i vohiddagi tavofuqotdir. Qardoshlarim bilan uch-to’rt boshqa-boshqa nusxalarni solishtirdik. Barchasida tavofuqot matlub bo’lganiga qanoat hosil qildik. Yolg’iz, matbaa mustansixlari boshqa maqsadlarni ta'qib etgani uchun, bir daraja tavofuqotda intizomsizlik bo’lgan. Tanzim etilsa, juda nodir istisno bilan, majmu'i Qur'onda ikki ming sakkiz yuz olti Lafzi Jalolning adadida tavofuqot ko’rinadi. Va bunda bir shu'la-i i'joz porlaydi. Chunki fikri bashar bu juda keng sahifani ihota etolmaydi va qo’shilolmaydi. Tasodifning esa bu ma'nodor va hikmatdor vaziyatga qo’li yetisha olmaydi.
To’rtinchi Nuktani bir daraja ko’rsatish uchun yangi bir Musxaf yozdiryapmizki; eng muntashir Musxaflarning ayni sahifa, ayni satrlarini muhofaza etish bilan barobar, ustalarning loqaydligi ta'siri bilan adami intizomga ma'ruz qolgan yerlarni tanzim etib, tavofuqotning haqiqiy intizomi inshaalloh ko’rsatiladi.. va ko’rsatildi.
اَللّٰهُمَّ يَا مُنْزِلَ الْقُرْاٰنِ بِحَقِّ الْقُرْاٰنِ فَهِّمْنَا اَسْرَارَ الْقُرْاٰنِ مَادَارَ الْقَمَرَانِ وَ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَنْزَلْتَ عَلَيْهِ الْقُرْاٰنَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ
Beshinchi Risola Bo’lgan Beshinchi Qism
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ
oyati pur-anvorining ko’p anvori asroridan bir nurini Ramazoni Sharifda, bir holati ruhoniyada his etdim, xayol-mayol ko’rdim. Shundayki:
Uvays Qaroniyning:
اِلٰه۪ى اَنْتَ رَبّ۪ى وَ اَنَا الْعَبْدُ ٭ وَ اَنْتَ الْخَالِقُ وَ اَنَا الْمَخْلُوقُ ٭ وَ اَنْتَ الرَّزَّاقُ وَ اَنَا الْمَرْزُوقُ ٭ الخ
munojoti mashhurasi navidan butun mavjudoti zavilhayot Janobi Haqqa qarshi ayni munojotni qilganlarini va o’n sakkiz ming olamning har birining yorug’ligi bittadan ismi Ilohiy ekanini menga qanoat beradigan bir voqea-i qalbiya-i xayoliyani ko’rdim. Shundayki:
Bir-biriga o’ralgan ko’p yaproqli bir gul g’unchasi kabi, bu olam minglab parda-parda ichida o’ralgan, bir-biri ostida saqlangan olamlarni bu olam ichida ko’rdim. Har bir parda ochilgan sari, boshqa bir olamni ko’rar edim. U olam esa, oyati Nurning orqasidagi
اَوْ كَظُلُمَاتٍ ف۪ى بَحْرٍ لُجِّىٍّ يَغْشٰيهُ مَوْجٌ مِنْ فَوْقِه۪ مَوْجٌ مِنْ فَوْقِه۪ سَحَابٌ ظُلُمَاتٌ بَعْضُهَا فَوْقَ بَعْضٍ اِذَٓا اَخْرَجَ يَدَهُ لَمْ يَكَدْ يَرٰيهَا وَمَنْ لَمْ يَجْعَلِ اللّٰهُ لَهُ نُورًا فَمَا لَهُ مِنْ نُورٍ
oyati tasvir etgani kabi; bir zulumot, bir vahshat, bir dahshat qorong’iligi ichida menga ko’rinar edi. Birdan bir ismi Ilohiyning jilvasi, bir nuri azim kabi ko’rinib yoritayotgan edi. Qaysi parda aqlga qarshi ochilgan bo’lsa, xayolga qarshi boshqa bir olam faqat g’aflat bilan qorong’i bir olam ko’rinayotgan ekan, quyosh kabi bir ismi Ilohiy tajalliy etar, boshdan oxirgacha u olamni tanvir etar va hokazo... Bu sayri qalbiy va sayohati xayoliya ko’p davom etdi. Azjumla:
Hayvonot olamini ko’rgan vaqtim, hadsiz ehtiyojot va shiddatli ochliklari bilan barobar zaiflik va ojizliklari u olamni menga juda qorong’i va hazin ko’rsatdi. Birdan Rahmon ismi Razzoq burjida (ya'ni ma'nosida) bir shamsi tobon kabi tulu' etdi; u olamni boshdan oxir rahmat ziyosi bilan yoritdi. So’ngra u olami hayvonot ichida bolalar va chaqaloqlarning zaiflik va ojizlik va ehtiyoj ichida tipirchilashlari, hazin va harkasni achintiradigan bir qorong’ilik ichida boshqa bir olamni ko’rdim. Birdan Rahim ismi shafqat burjida tulu' etdi, shunchalik go’zal va shirin bir suratda u olamni yoritdiki; shikoyat va achinish va huzundan kelgan yosh tomchilarini sevinch va sururga va shukrning lazzatidan kelgan tomchilarga aylantirdi. So’ngra kino pardasi kabi yana bir parda ochildi, olami insoniy menga ko’rindi. U olamni shunchalik qorong’i, shu qadar zulumotli, dahshatli ko’rdimki; dahshatimdan faryod etdim, "Eyvoh!" dedim. Chunki ko’rdimki: Insonlarning abadga uzanib ketgan orzulari, istaklari va koinotni ihota etgan tasavvurot va afkorlari va abadiy baqo va saodati abadiyani va Jannatni g’oyat jiddiy istagan himmatlari va iste'dodlari va hadsiz maqosidga va matolibga mutavajjih faqirlik va ehtiyojotlari va zaiflik va ojizligi bilan barobar, hujumga ma'ruz qolgan hadsiz musibatlari va dushmanlari bilan barobar; g’oyat qisqa bir umr, g’oyat sertashvish bir hayot, g’oyat parishon bir maishat ichida, qalbga eng aliym va eng mudhish holat bo’lgan mutamodiy zavol va firoq balosi ichida, ahli g’aflat uchun zulumoti abadiy eshigi suratida ko’ringan qabrga va qabristonga qarayaptilar, bir-bir va toifa-toifa o’sha zulumot qudug’iga tashlanyaptilar. Xullas, bu olamni bu zulumot ichida ko’rgan onimda, qalb va ruh va aqlim bilan birga butun latoifi insoniyam, balki butun zarroti vujudim faryod qilib yig’lashga tayyor ekan; birdan Janobi Haqning Odil ismi Hakim burjida, Rahmon ismi Karim burjida, Rahim ismi G’ofur burjida (ya'ni ma'nosida), Bois ismi Voris burjida, Muhyi ismi Muhsin burjida, Rob ismi Molik burjida tulu' etdilar. U olami insoniy ichidagi ko’p olamlarni tanvir etdilar, yoritdilar va nuroniy oxirat olamidan derazalar ochib, u qorong’i inson dunyosiga nurlar sochdilar.
So’ngra yana muazzam bir parda ochildi, olami Arz ko’rindi. Falsafaning qorong’i qavonini ilmiyalari xayolga dahshatli bir olamni ko’rsatdi. Yetmish marta zambarak o’qidanda tez bir harakat bilan yigirma besh ming yillik masofani bir yilda aylangan va har doim tarqalishga va parchalanishga musta'id va ichi zilzilali, keksa va juda qari Kura-i Arz ichida, olamning hadsiz fazosida sayohat etgan bechora navi inson vaziyati, menga vahshatli bir qorong’ilik ichida ko’rindi. Boshim aylandi, ko’zim qoraydi. Birdan Xoliqi Arz va Samovotning Qodir, Alim, Rob, Alloh va Robbus Samavati Val Arz va Musahhir-ush Shamsi Val Qomar ismlari; rahmat, azamat, rububiyat burjida tulu' etdilar. U olamni shunday nurlantirdilarki; u holatda menga Kura-i Arz g’oyat muntazam, musahhar, mukammal, xush, ishonchli bir sayohat kemasi tanazzuh va kayf va tijorat uchun muhayyo etilgan bir shaklda ko’rdim.
Alhosil:Ming bir ismi Ilohiyning koinotga mutavajjih bo’lgan u asmodan har biri bir olamni va u olam ichidagi olamlarni tanvir etgan bir quyosh hukmida va sirri ahadiyat jihati bilan, har bir ismning jilvasi ichida boshqa ismlarning jilvalari ham bir daraja ko’rinayotgan edi. So’ngra qalb har zulumot orqasida boshqa-boshqa nurni ko’rgani uchun, sayohatga ishtahasi ochilayotgan edi. Xayolga minib, samoga chiqishni istadi. Shunda g’oyat keng bir parda yana ochildi. Qalb samovot olamiga kirdi, ko’rdiki: U nuroniy tabassum etgan suratida ko’ringan yulduzlar, Kura-i Arzdanda katta va undan yanada tez bir suratda bir-biri ichida kezyaptlari, aylanyaptilar. Bittasi bir daqiqa yo’lini adashtirsa, boshqasi bilan musodama etadi, shunday bir portlash bo’ladiki, koinotning o’ti yorilib olamni tarqatib yuboradi. Nur emas, otash sochadilar; tabassum bilan emas, vahshat bilan menga qaradilar. Hadsiz katta, keng, xoli, bo’sh, dahshat, hayrat zulumoti ichida samovotni ko’rdim. Kelganimga ming pushaymon bo’ldim. Birdan
رَبُّ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ ٭ رَبُّ الْمَلٰٓئِكَةِ وَ الرُّوحِ
ning asmo-i husnasi,
وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَٓاءَ الدُّنْيَا بِمَصَاب۪يحَ ٭ وَ سَخَّرَ الشَّمْسَ وَ الْقَمَرَ
burjida jilvalari bilan zuhur etdilar. O’sha ma'no jihati bilan qorong’ilik ustiga cho’kkan yulduzlar, u anvori azimadan bittadan lam'a olib, yulduzlar adadicha elektr chiroqlari yoqilgandek, u olami samovot nurlandi. U bo’sh va xoli deb o’ylangan samovot ham maloikalar bilan, ruhoniylar bilan to’ldi, jonlandi. Sultoni Azal va Abadning hadsiz qo’shinlaridan bir qo’shin hukmida harakat qilgan quyoshlar va yulduzlar yuksak harakat qilayotgan shaklda, u Sultoni Zuljalolning hashmatini va dabdaba-i rububiyatini ko’rsatayotganlarini ko’rdim. Butun quvvatim bilan va mumkin bo’lsaydi butun zarrotim bilan va meni tinglasalar edi, butun maxluqotning lisonlari bilan aytar edim, va ularning umumining nomidan aytdim:
اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ مَثَلُ نُورِه۪ كَمِشْكٰوةٍ ف۪يهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ ف۪ى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُض۪ٓىءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلٰى نُورٍ يَهْدِى اللّٰهُ لِنُورِه۪ مَنْ يَشَٓاءُ
oyatini o’qidim; qaytdim, tushdim, o’zimga keldim. "Alhamdulillahi ala nur-il iyman val Qur'an" dedim.
Oltinchi Risola Bo’lgan Oltinchi Qism
[Qur'oni Hakimning tilmizlari va xodimlariga tanbeh berish va aldanmasliklari uchun yozilgan.]
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَلَا تَرْكَنُٓوا اِلَى الَّذ۪ينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ
Shu Oltinchi Qism ins va jin shaytonlarining olti xil dasisalarini inshaalloh natijasiz qoldiradi va hujum yo’llarining oltitasini to’sadi.
Birinchi Dasisa:
Shaytoni ins, shaytoni jinniydan olgan darsiga binoan, hizb-ul Qur'onning fidokor xodimlarini hubbu joh vositasi bilan aldash va u qudsiy xizmatdan va u ma'naviy ulviy jihoddan voz kechirishni istaydilar. Shundayki:
Insonlarning ko’pchiligida hubbu joh deb ataluvchi hirsi shuhrat va xudfurushlik va shonu-sharaf deyilgan riyokorona odamlarga ko’rinish va nazari ommada mavqe egasi bo’lishga, ahli dunyoning har birida juz'iy-kulliy orzu bor. Hatto o’sha orzu uchun hayotini fido qilish darajasida shuhratparastlik hissi uni yo’naltiradi. Ahli oxirat uchun bu his g’oyat tahlikalidir, ahli dunyo uchun ham g’oyat sertashvishdir; ko’p axloqi sayyianing ham mansha'idir va insonlarning eng zaif tomonidir. Ya'ni: Bir insonni ushlab olish va o’ziga tortish; uning o’sha hissini shishirib o’ziga bog’laydi, ham shu bilan uni mag’lub qiladi. Qardoshlarim haqida eng ko’p qo’rqqanim, bularning bu zaif hissidan ahli ilhodning istifoda etish ehtimolidir. Bu hol meni ko’p o’ylantiradi. Haqiqiy bo’lmagan ba'zi bechora do’stlarimni o’sha tarzda tortdilar, ma'nan ularni tahlikaga otdilar.
{(Hoshiya) U bechoralar, "Qalbimiz ustoz bilan birgadir" degan fikr bilan o’zlarini tahlikasiz deb o’ylaydilar. Holbuki ahli ilhodning jarayoniga quvvat bergan va tashviqotlariga aldangan, balki o’zi bilmay josuslikda iste'mol etilish tahlikasi bo’lgan bir odamning, "Qalbim pok. Ustozimning maslagiga sodiq." deyishi shu misolga o’xshaydiki: Bir odam namoz o’qiyotganda qornidagi yelni tutolmaydi, chiqadi; tahorati sinadi. Unga: "Namozing buzildi" deyilganda, u: "Nega namozim buzilsin, qalbim pok", deydi.}
Ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bu hubbu joh tomonidan kelgan dassos ahli dunyoning josuslariga yoki ahli zalolatning tashviqotchilariga yoki shaytonning shogirdlariga aytingki: "Avvalo rizo-i Ilohiy va iltifoti Rahmoniy va qabuli Rabboniy shunday bir maqomki; insonlarning tajavvuhi va istehsoni unga nisbatan bir zarra hukmidadir. Agar tavajjuhi rahmat bo’lsa, yetadi. Insonlarning tavajjuhi; u tavajjuhi rahmatning in'ikosi va soyasi bo’lish jihati bilan maqbul, bo’lmasa orzu qilinadigan narsa emas... chunki qabr eshigida so’nadi, besh tiyinga arzimaydi!"
Hubbu joh hissi agar jim qilinmasa va ketkazilmasa, yuzini boshqa tomonga burish lozim. Shundayki:
Savobi uxroviy uchun, duolarini qozonish niyatida va xizmatning husni ta'siri nuqtasida, keladigan tamsildagi sirga binoan, balki u hisning mashru' bir tomoni topiladi. Masalan: Ayasofya Masjidi, ahli fazl va kamoldan muborak va muhtaram zotlar bilan to’lib turgan bir paytda, bitta-yarimta, dahlizda va eshikda yaramas bolalar va bebosh axloqsizlar bor bo’lib, masjid derazalarining ustida va yaqinida ajnabiylarning o’yin-kulgiga ishqiboz tomoshabinlari bo’lsa, bir odam u masjid ichiga kirib jamoat ichiga dohil bo’lsa; agar go’zal ovoz bilan shirin tarzda Qur'ondan bir ashir o’qisa, u vaqt minglab ahli haqiqatning nazarlari unga o’giriladi; husni tavajjuh bilan, ma'naviy bir duo bilan u odamga savob qozontiradilar. Lekin yaramas bolalarga va bebosh mulhidlarga va bitta-yarimta ajnabiylarga yoqmaydi. Agar u muborak masjidga va u muazzam jamoat ichiga u odam kirgan vaqti, sufliy va beadablarcha fahshga oid qo’shiqlarni aytib baqirib chaqirsa, raqsga tushib sakrasa, u payt yaramas bolalarni kuldiradi, u bebosh axloqsizlarni fuhshiyotga tashviq qilgani uchun, ularga yoqadi va Islomiyatning qusurini ko’rish bilan mutalazziz bo’lgan ajnabiylarning masxaraomuz tabassumlarini jalb qiladi. Lekin umum u muazzam va muborak jamoatning barcha a'zolaridan bir nazari nafrat va tahqir jalb etadi. Asfali sofiliynga sukut darajasida nazarlarida pastkash bo’lib ko’rinadi.
Xullas aynan bu misol kabi; olami Islom va Osiyo, muazzam bir masjiddir. Va ichidagi ahli iymon va ahli haqiqat, o’sha masjiddagi muhtaram jamoatdir. U yaramas bolalar esa, bola aqli saviyasidagi laganbardorlardir. U bebosh axloqsizlar, farang-mashrab, milliyatsiz, dinsiz nusxalardir. Ajnabiy tomoshabinlari esa, ajnabiylar noshiri afkori bo’lgan gazetachilardir. Har bir musulmon, xususan ahli fazl va kamol bo’lsa, bu masjidda darajasiga ko’ra bir mavqei bo’ladi, ko’rinadi, nazari diqqat unga o’giriladi. Agar Islomiyatning bir sirri asosi bo’lgan ixlos va rizo-i Ilohiy jihatida, Qur'oni Hakim dars bergan ahkom va haqoiqi qudsiyaga doir harakot va a'mol undan sudur esa, lisoni holi ma'nan oyoti Qur'oniyani o’qisa; u vaqt ma'nan olami Islomning har bir a'zosining virdi zaboni bo’lgan اَللّٰهُمَّ اغْفِرْ لِلْمُؤْمِن۪ينَ وَ الْمُؤْمِنَاتِ duosida dohil bo’lib hissador bo’ladi va hammasi bilan uxuvvatkorona aloqador bo’ladi. Faqat hayvonoti muzirra navidan ba'zi ahli zalolatning va soqolli bolalar hukmidagi ba'zi ahmoqlarning nazarlarida qiymati ko’rinmaydi. Agar u odam, madori sharaf deb bilgan barcha ajdodini va madori iftixor deb bilgan barcha o’tib ketganlarni va ruhan nuqta-i istinod deb hisoblagan salafi solihinning jadda-i nuroniylarini tark qilib, havaskorona, havoparastona, riyokorona, shuhratparvarona, bid'atkorona ishlarda va harakotda bo’lsa; ma'nan barcha ahli haqiqat va ahli iymonning nazarida eng past mavqega tushadi.
اِتَّقُوا فِرَاسَةَ الْمُؤْمِنِ فَاِنَّهُ يَنْظُرُ بِنُورِ اللّٰهِ
sirriga ko’ra; ahli iymon naqadar omi va johil bo’lsa ham, aqli idrok etmagani holda, qalbi unday xudfurush odamlarni ko’rsa, yoqtirmaydi, ma'nan nafratlanadi.
Xullas, hubbu johga maftun va shuhratparastlikka mubtalo odam -ikkinchi odam- hadsiz bir jamoatning nazarida asfali sofiliynga tushadi. Ahamiyatsiz va mazaxchi va safsatachi ba'zi beboshlarning nazarida muvaqqat va manhus bir mavqe qozonadi.
اَلْاَخِلَّٓاءُ يَوْمَئِذٍ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ اِلَّا الْمُتَّق۪ينَ
sirriga ko’ra; dunyoda zarar, barzohda azob, oxiratda dushman ba'zi yolg’onchi do’stlarni topadi.
Birinchi suratdagi odam, deylikki hubbu johni qalbidan chiqarmasa, faqat ixlosni va rizo-i Ilohiyni asos tutish va hubbu johni hadaf qilib olmaslik sharti bilan; bir navi mashru' maqomi ma'naviy, ham muhtasham bir maqom qozonadiki, u hubbu joh hissini kamoli bilan qondiradi. Bu odam oz, ham juda oz va ahamiyatsiz narsani yo’qotadi; uning o’rniga ko’p, ham juda ko’p qiymatli, zararsiz narsalarni topadi. Balki bir nechta ilonni o’zidan qochiradi; unga badal ko’p muborak maxluqlardan do’st topadi, ular bilan unsiyat etadi. Yoki chaquvchi yovvoyi qovog’arilarini qochirib, muborak rahmat sharbatchilari bo’lgan arilarni o’ziga jalb qiladi. Ularning qo’llaridan asal yegandek, shunday do’stlar topadiki; doimo duolari bilan obi kavsar kabi fayzlar, olami Islomning atrofidan uning ruhiga ichiriladi va daftari a'moliga o’tkaziladi.
Bir zamon dunyoning katta maqomini egallagan kichik inson, shuhratparastlik yo’lida buyuk qabohat qilib, olami Islomning nazarida masxara bo’lganda, o’tgan tamsilning maolini unga dars berdim, boshiga urdim. Yaxshigina silkitdi, lekin o’zimni hubbi johdan qutqarolmaganim uchun, u tanbehim ham uni uyg’otmadi.
Ikkinchi Dasisa:
Insondagi eng muhim va asosli bir his, hissi xavfdir. Dassos zolimlar bu qo’rquv hissidan ko’p foydalanishyapti. U bilan qo’rqoqlarni to’xtatyaptilar. Ahli dunyoning josuslari va ahli zalolatning tashviqotchilari avomning va ayniqsa ulamoning ushbu hissidan ko’p foydalanyaptilar. Qo’rqityaptilar, avhomlarini tahrik etyaptilar. Masalan: Tomda bir odamni tahlikaga solish uchun, bir dassos odam, o’sha avhomlining nazarida zararli ko’ringan narsani ko’rsatib, vahmini tahrik etib, quva-quva tomning chetigacha keladi, boshi bilan yerga yiqitadi, bo’yni sinadi. Aynan shuning kabi; juda ahamiyatsiz avhom bilan, juda ahamiyatli narsalarni fido ettiryaptilar. Hatto bir chivin meni chaqmasin deb, ilonning og’ziga kirishyapti.
Bir vaqt -Alloh rahmat qilsin- muhim bir zot qayiqqa minishdan qo’rqar edi. U bilan birga shom vaqtida Istanbuldan ko’prikka keldik. Qayiqqa minish lozim bo’ldi. Ot-arava yo’q. Sulton Ayyubga ketishga majburmiz. Uni qistadim, aytdiki: " Qo’rqyapman, balki cho’kib ketamiz!" Unga: "Bu ko’rfazda taxminan nechta qayiq bor?", dedim. U: "Mingtacha bor", dedi. Men: "Bir yilda nechta qayiq g’arq bo’ladi?", dedim. U: "Bir-ikki dona, ba'zi yillar hech cho’kmaydi", dedi. Men: "Bir yil necha kun?", dedim. U: "Uch yuz oltmish kun", dedi. Men: "Seni vahimaga solgan va qo’rqitayotgan cho’kish ehtimoli, uch yuz oltmish ming ehtimoldan bitta ehtimoldir. Bunday ehtimoldan qo’rqqan; inson emas, hayvon ham bo’lolmaydi! Yana unga: "Ajabo, necha yil yashashni taxmin qilyapsan?", dedim. U: "Keksayib qoldim, balki yana o’n yil yashash ehtimolim bor", dedi. Men: "Ajal yashirin bo’lganidan, har kuni o’lish ehtimoli bor; shunday ekan, uch ming olti yuz kunda har kuni vafot etishing muhtamal. Qayiq kabi uch yuz mingdan bir ehtimol emas, balki uch mingdan bir ehtimol bilan bugun o’liming muhtamaldir, titra va yig’la, vasiyat qil!", dedim. Aqli joyiga keldi, titragan holida qayiqqa mindirdim. Qayiq ichida unga dedim: "Janobi Haq xavf hissini hifzi hayot uchun bergan, hayotni taxrib uchun emas! Ham hayotni og’ir va mushkul va aliym va azobga aylantirish uchun bermagan. Xavf ikki, uch, to’rt ehtimoldan bir bo’lsa.. hatto besh-olti ehtimoldan bir bo’lsa, ehtiyotli bir xavf mashru' bo’lishi mumkin. Lekin yigirma, o’ttiz, qirq ehtimoldan bir ehtimol bilan xavf etish avhomdir, hayotni azobga aylantiradi".
Xullas, ey qardoshlarim! Agar ahli ilhodning laganbadorlari sizni qo’rqitib qudsiy jihodi ma'naviyingizdan voz kechirish uchun sizga hujum qilishsa, ularga aytingiz: "Biz hizb-ul Qur'onmiz.
اِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَ اِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ
sirri bilan, Qur'onning qal'asidamiz. حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ atrofimizda o’ralgan mustahkam bir qal'adir. Minglab ehtimoldan bir ehtimol bilan, shu qisqa hayoti foniyaga kichik bir zarar kelishi qo’rquvidan, hayoti abadiyamizga yuzdan yuz minglab zarar beradigan bir yo’lga bizni ixtiyorimiz bilan yo’llay olmaysiz!" Va ayting: "Ajabo, xizmati Qur'oniyada birodarimiz va u xizmati qudsiyaning tadbirida ustozimiz va ishboshimiz bo’lgan Said Nursiy tufayli, biz kabi haq yo’lida unga do’st tutingan ahli haqdan kim zarar ko’rgan? Va uning xos talabalaridan kim balo ko’rganki, biz ham ko’rsak va u ko’rish ehtimoli bilan xavotirlansak? Bu qardoshimizning minglab uxroviy do’stlari va qardoshlari bor. Yigirma-o’ttiz yildir dunyo hayoti ijtimoiyasiga ta'sirli bir suratda aralashib, u tufayli biror qardoshining zarar ko’rganini eshitmadik. Xususan, o’shanda qo’lida siyosat to’qmog’i bor edi. Hozir u to’qmoq o’rnida nuri haqiqat bor. Ilgari 31 Mart hodisasida, garchi uni ham qo’shdilar, ba'zi do’stlarini ham ezdilar. Ammo keyinchalik ma'lum bo’ldiki, masala boshqalar tarafidan chiqqan ekan. Uning do’stlari u tufayli emas, uning dushmanlari tufayli balo ko’rishdi. Ham o’sha payt ko’p do’stlarini ham qutqardi. Shunga binoan; ming emas, minglab ehtimoldan birgina ehtimoli tahlika qo’rquvi bilan, bir xazina-i abadiyani qo’limizdan qochirish, siz kabi shaytonlarning xotiriga kelmasligi kerak!", deb ahli zalolatning laganbardorlarining og’ziga urib haydashingiz kerak. Ham u laganbardorlarga aytingki:
"Yuz minglab ehtimoldan bir ehtimol emas, yuzdan yuz ehtimol bilan bir halokat kelsa; zarracha aqlimiz bo’lsa, qo’rqib uni tashlab qochmaymiz". Chunki mukarrar tajribalar bilan ko’rilgan va ko’rilyaptiki: Akasiga yoxud ustoziga tahlika zamonida xiyonat qilganlar bo’lsa, kelgan balo eng avval ularning boshida portlaydi. Ham marhamatsiz tarzda ularga jazo berilgan va pastkash nazari bilan qaralgan. Ham jasadi o’lgan, ham ruhi zillat ichida ma'nan o’lgan. Ularga jazo berganlar qalblarida bir marhamat his qilmaydilar. Chunki: "Modomiki bular o’zlariga sodiq va mushfiq bo’lgan ustozlariga xoin bo’lib chiqdilar; albatta juda pastkashdirlar, marhamatga emas, tahqirga loyiqdirlar", deydilar.
Modomiki haqiqat bunday ekan. Ham modomiki bir zolim va vijdonsiz odam, birovni yerga qulatib oyog’i bilan boshini ezib muomala qilsa, yerdagi odam agar o’sha vahshiy zolimning oyog’ini o’psa; u zillatdan qalbi boshidan avval eziladi, ruhi jasadidan avval o’ladi. Ham boshi ketadi, ham izzat va haysiyati mahv bo’ladi. Ham u yirtqich vijdonsiz zolimga qarshi zaiflik ko’rsatish bilan, o’zini ezdirishga tashji' etadi. Agar oyog’i ostidagi mazlum zolimning yuziga tupursa; qalbini va ruhini qutqaradi, jasadi bir shahidi mazlum bo’ladi. Ha, tupuring zolimlarning hayosiz yuzlariga!..
Bir vaqt Ingliz Davlati Istanbul Bo’g’ozining to’plarini taxrib va Istanbulni istilo qilgan hangomda; u davlatning eng katta doira-i diniyasi bo’lgan Anglikan Cherkovining bosh popi tarafidan Mashihati Islomiyadan olti diniy savol so’raldi. Men ham o’sha payt Dor-ul Hikmat-ul Islomiyaning a'zosi edim. Menga: "Bir javob ber", deyishdi. Ular olti savollariga olti yuz kalima bilan javob istashgan. Men esa: "Olti yuz kalima bilan emas, olti kalima bilan ham emas, hatto bir kalima bilan ham emas; balki bir tupuk bilan javob beraman! Chunki ko’rib turganingizdek, u davlat oyog’ini bo’g’zimizga bosgan daqiqada, uning popi mag’rurona ustimizda savol so’rashiga qarshi, yuziga tupurish kerak bo’ladi. Tupuring u ahli zulmning u marhamatsiz yuziga!.." degan edim. Hozir aytamanki:
Ey qardoshlarim! Ingliz kabi jabbor bir hukumat istilo qilgan bir paytda, bu shaklda matbuot tili bilan ularga javob berish, tahlika yuzdan yuz ekan, hifzi Qur'oniy menga kifoya qilgani holda; sizga ham yuzdan bir ehtimol bilan ahamiyatsiz zolimlarning qo’lidan kelgan zararlarga qarshi, albatta yuz barobar kifoyadir.
Ham, ey qardoshlarim! Ko’pchiligingiz askarlik qilgansiz. Qilmaganlar ham albatta eshitganlar. Eshitmaganlar ham mendan eshitsinlarki: "Eng ko’p yaralanganlar, xandaqini tashlab qochganlardir. Eng oz yara olganlar, xandaqida sabot etganlardir!"
قُلْ اِنَّ الْمَوْتَ الَّذ۪ى تَفِرُّونَ مِنْهُ فَاِنَّهُ مُلَاق۪يكُمْ
ma'no-i ishoriysi bilan ko’rsatadiki: "Qochganlar, qochishlari bilan o’limni yanada ko’proq qarshilaydilar".
Uchinchi Dasisa-i Shaytoniya:
Tama' tufayli ko’plarini ovlaydilar.
Qur'oni Hakimning oyot va bayyinotidan istifoza etganimiz qat'iy burhonlar bilan ko’p risolalarda isbot qilganmizki: "Mashru' rizq iqtidor va ixtiyorning darajasiga ko’ra emas; balki ojizlik va faqirlik nisbatida keladi". Bu haqiqatni ko’rsatgan hadsiz ishoratlar, alomatlar, dalillar bor. Azjumla:
Bir navi zihayot va rizqqa muhtoj bo’lgan ashjar joyida turadi, ularning rizqlari ularga yugurib keladi. Hayvonot hirs bilan rizqlarining orqasidan yugurganlaridan, daraxtlar kabi mukammal oziqlanishmaydi.
Ham hayvonot navidan baliqlar eng tentak, iqtidorsiz va qum ichida bo’lgani holda mukammal oziqlanishi va umumiyat bilan semiz bo’lib ko’rinishi; maymun va tulki kabi zakovatli va muqtadir hayvonot, sui maishatidan ozg’in va zaif bo’lishi ko’rsatadiki: Vosita-i rizq; iqtidor emas, iftiqordir.
Ham insoniy bo’lsin, hayvoniy bo’lsin, barcha chaqaloqlarning husni maishati va sutdek xazina-i rahmatning eng latif hadyasi, kutilmagan tarzda ularga zaifligi va ojizligiga shafqatan ehson etilishi va vahshiy yirtqichlarning diyqi maishatlari ham ko’rsatadiki: Vasila-i rizqi halol; ojizlik va faqirlikdir, zakovat va iqtidor emasdir.
Ham dunyoda millatlar ichida shiddati hirs bilan mashhur bo’lgan Yahudiy Millatidan ko’ra ko’proq rizq orqasidan yugurgan yo’q. Holbuki zillat va safolat ichida eng ziyoda sui maishatga ular duchor bo’ladilar. Ularning boylari ham sufliy yashaydilar. Zotan ribo kabi g’ayri mashru' yo’llar bilan qozongan mollari, rizqi halol emaski, masalamizni rad qilsin.
Ham ko’p adiblarning va ko’p ulamoning faqri holi va ko’p ahmoqlarning sarvat va boyligi ham ko’rsatadiki: Jalbi rizqning madori, zakovat va iqtidor emas; balki ojizlik va faqirlikdir, tavakkalvoriy bir taslimdir va lisoni qol va lisoni hol va lisoni fe'l bilan duodir.
Xullas, bu haqiqatni e'lon qilgan
اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ
oyati bu da'vomizga shu qadar quvvatli va metin bir burhonki; barcha nabotot va hayvonot va atfol lisoni bilan o’qiladi. Va rizq istagan har toifa shu oyatni lisoni hol bilan o’qiydi.
Modomiki rizq muqaddardir va ehson qilinadi hamda bergan ham Janobi Haqdir; u ham Rahim, ham Karimdir. Uning rahmatini ittihom etish darajasida va karamini istixfof etadigan bir suratda g’ayri mashru' shaklda obro’yini to’kish bilan; vijdonini, balki ba'zi muqaddasotini sotib, manhus, bebaraka bir moli haromni qabul qilgan anglasinki, bu naqadar muzaaf bir devonalikdir.
Ha, ahli dunyo, xususan ahli zalolat pulini arzonga bermaydi, juda qimmat sotadi. Bir yillik hayoti dunyoviyaga bir daraja yordam beradigan molga muqobil hadsiz hayoti abadiyani taxrib etishga ba'zan vasila bo’ladi. O’sha iflos hirs bilan g’azabi Ilohiyni o’ziga jalb qiladi va ahli zalolatning rizosini jalb qilishga urinadi.
Ey qardoshlarim! Agar ahli dunyoning laganbardorlari va ahli zalolatning munofiqlari sizni insoniyatning shu zaif hissi bo’lgan tama' sababli ushlasalar, o’tgan haqiqatni o’ylab, bu faqir qardoshingizni namuna-i imtisol qilib olinglar. Sizni butun quvvatim bilan ishontiramanki: Qanoat va iqtisod; maoshdan ziyoda sizning hayotingizni idoma va rizqingizni ta'minlaydi. Xususan sizga berilgan o’sha g’ayri mashru' pul, sizdan unga muqobil ming barobar ko’p narx istaydi. Ham har soati sizga abadiy bir xazinani ocha oladigan xizmati Qur'oniyaga to’siq bo’lishi mumkin yoki futur beradi. Bu shunday bir zarar va bo’shliqdirki; har oy minglab maosh berilsa, o’rnini to’ldirolmaydi.
IXTOR: Ahli zalolat Qur'oni Hakimdan olib nashr etganimiz haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga qarshi mudofaa va muqobala qo’lidan kelmagani uchun, munofiqona va dasisakorona ig’fol va hiyla tuzog’ini iste'mol qiladi. Do’stlarimni hubbu joh, tama' va xavf bilan aldash va meni ba'zi isnodot bilan badnom qilishni istaydilar. Biz qudsiy xizmatimizda doimo musbat harakat qilamiz. Lekin, ma'ataassuf, har bir amri xayrdagi monelarni daf qilish vazifasi bizni ba'zan manfiy harakatga chorlaydi. Shuning uchun, ahli nifoqning hiylakorona tashviqotiga qarshi qardoshlarimni sobiq uch nuqta bilan iqoz etyapman. Ularga kelgan hujumni daf qilishga urinyapman.
Hozir eng muhim bir hujum mening shaxsimga qaratilgan. "Said Kurddir, nega bu qadar unga hurmat ko’rsatasizlar, orqasidan ergashasizlar?", deydilar.
Endi, bilmajburiya bunday nusxalarning ovozini o’chirish uchun, To’rtinchi Dasisa-i Shaytoniyani, istamagan holda Eski Said lisoni bilan zikr qilaman.
To’rtinchi Dasisa-i Shaytoniya:
Shaytonning talqini bilan va ahli zalolatning ilqooti bilan, menga qarshi tashviqot bilan hujum qilgan va muhim mavqelarni ishg’ol qilgan ba'zi mulhidlar, qardoshlarimni aldash va asabiyati milliyalarini tahrik etish uchun deydilarki: "Sizlar Turksiz. Mashaalloh, Turklarda har navi ulamo va ahli kamol bor, Said esa Kurddir. Milliyatingizdan bo’lmagan bir odam bilan tashriki maso'iy etish hamiyati milliyaga munofiydir?"
Aljavob: Ey badbaxt mulhid! Men Falillahilhamd musulmonman. Har doim qudsiy millatimning uch yuz ellik million a'zosi bor. Bunday abadiy uxuvvatni ta'sis etgan va duolari bilan menga yordam bergan va ichida Kurdlarning aksariyati mutlaqasi bo’lgan uch yuz ellik million qardoshni, unsuriyat va manfiy milliyat fikriga fido qilish va u muborak hadsiz qardoshlarga badal, Kurd nomini tashigan va Kurd unsuridan hisoblangan sanoqli bir nechta dinsiz yoki mazhabsiz maslakka kirganlarni qozonishdan yuz ming marta istioza etaman!.. Ey mulhid! Sen kabi ahmoqlar lozimki, Majar kofirlari yoxud dinsiz bo’lgan va faranglashgan bir nechta Turklarni muvaqqatan, dunyo jihatidan ham foydasiz uxuvvatini qozonish uchun; uch yuz ellik million haqiqiy, nuroniy manfaatdor bir jamoatning boqiy uxuvvatlarini tark etsin. Yigirma Oltinchi Maktubning Uchinchi Masalasida, dalillari bilan manfiy milliyatning mohiyatini va zararlarini ko’rsatganimizdan, unga havola qilib, yolg’iz u Uchinchi Masalaning oxirida ijmol etilgan bir haqiqatni bu yerda bir daraja izoh qilamiz.
O’sha Turkchilik pardasi ostidagi va haqiqatdan Turk dushmani bo’lgan hamiyat-furush mulhidlarga aytamanki: Dini Islomiyat millati bilan abadiy va haqiqiy uxuvvat bilan, Turk deb atalgan bu vatan ahli iymoni bilan shiddatli va haqiqiy ma'noda aloqadorman. Va ming yilga yaqin Qur'onning bayrog’ini jahonning jihoti sittasining atrofida g’olibona kezdirgan bu vatan avlodlariga Islomiyat hisobiga muftaxirona va tarafdorona muhabbatdorman. Sening esa, ey hamiyat-furush soxtakor! Turkning mafoxiri haqiqiya-i milliyasini unuttiradigan bir suratda majoziy va unsuriy va muvaqqat va g’arazkorona bir uxuvvating bor. Sendan so’rayman: Turk millati, yolg’iz yigirma va qirq yosh o’rtasidagi g’ofil va havaskor yoshlardan iboratmi? Ham ularning manfaati va ular haqida hamiyati milliya iqtizo etgan xizmat, yolg’iz ularning g’aflatini ziyodalashtirgan va axloqsizlikka o’rgatgan va manhiyotga tashji' etgan farang-mashrabona tarbiyadami? Va keksalikda ularni yig’latadigan muvaqqat bir kuldirishdami? Agar hamiyati milliya bulardan iborat bo’lsa va taraqqiy va saodati hayotiya bu bo’lsa; ha, sen bunday Turkchi bo’lsang va bunday milliyat-parvar bo’lsang; men unday Turkchilikdan qochaman, sen ham mendan qochishing mumkin! Agar zarra miqdor hamiyat va shuuring va insofing bo’lsa, hozirgi taqsimotga qara, javob ber.
Turk millati deb atalgan shu vatan avlodi olti qismdir: Birinchi qismi, ahli salohat va taqvodir. Ikkinchi qismi, musibatzada va xastalar toifasidir. Uchinchi qismi, keksalar sinfidir. To’rtinchi qismi, bolalar toifasi. Beshinchi qismi, faqirlar va zaiflar toifasi. Oltinchi qismi, yoshlardir. Ajabo, barcha avvalgi besh toifa Turk emasmilar? Hamiyati milliyadan hissalari yo’qmi? Ajabo, oltinchi toifaga sarxushlarcha bir rohat berish yo’lida, u besh toifani ranjitish, rohatini qochirish, tasallilarini sindirish; hamiyati milliyami, bo’lmasa u millatga dushmanlikmi? "Al-hukmu lil-aksar" sirriga ko’ra, aksariyatga zarar yetkazgan dushman, do’st emas!
Sendan so’rayman: Birinchi qism bo’lgan ahli iymon va ahli taqvoning eng katta manfaati, farang-mashrabona bir madaniyatdami? Bo’lmasa haqoiqi iymoniyaning nurlari bilan saodati abadiyani o’ylab, o’zlari mushtoq va oshiq bo’lgan tariqi haqda suluk etish va haqiqiy tasalli topishdami? Sen kabi zalolat-pesha hamiyat-furushlarning tutgan maslagi; muttaqi ahli iymonning ma'naviy nurlarini so’ndiradi va haqiqiy tasallilarini buzadi va o’limni i'domi abadiy va qabrni doimiy bir firoqi loyazaliy eshigi ekanini ko’rsatadi.
Ikkinchi qism bo’lgan musibatzada va xastalarning va hayotdan ma'yus bo’lganlarning manfaati; farang-mashrabona, dinsizona madaniyat tarbiyasidami? Holbuki, u bechoralar bir nur istaydilar, bir tasalli istaydilar. Musibatlariga qarshi bir mukofot istaydilar. Va ularga zulm qilganlardan intiqomlarini olishni istaydilar. Va o’zlari yaqinlashgan qabr eshigidagi dahshatni daf qilishni istaydilar. Siz kabilarning soxtakor hamiyati bilan, juda ko’p shafqatga va erkalashga va qarovga juda loyiq va muhtoj u bechora musibatzadalarning qalblariga igna sanchyapsiz, boshlariga to’qmoq uryapsiz! Marhamatsizlarcha umidlarini yo’qotyapsiz, ya'si mutlaqqa tushiryapsiz! Hamiyati milliya shumi? Millatga shunday foyda keltiryapsizmi?
Uchinchi toifa bo’lgan keksalar uchdan birni tashkil qiladi. Ular qabrga yaqinlashyaptilar, o’limga yaqinlashyaptilar, dunyodan uzoqlashyaptilar, oxiratga yaqinlashyaptilar. Bundaylarning manfaati va nuri va tasallisi, Xulagu va Chingiz kabi zolimlarning g’addorona sarguzashtlarini tinglashdami? Va oxiratni unuttiradigan, dunyoga bog’laydigan, natijasiz, ma'nan sukut, zohiran taraqqiy deyilgan hozirgi navi harakatingizdami? Va uxroviy nur, kinoteatrdami? Va haqiqiy tasalli teatrdami? Bu bechora keksalar hamiyatdan hurmat kutayotganda, ma'naviy pichoq bilan u bechoralarni so’yish hukmida va "i'domi abadiyga jo’natilyapsiz" fikrini berish va rahmat eshigi deb tasavvur qilganlari qabr eshigini ajdarho og’ziga aylantirish, "Sen u yerga ketasan" deb ma'naviy qulog’iga puflash; hamiyati milliya bo’lsa, bunday hamiyatdan yuz ming marta "Al a'uzu billah!.."
To’rtinchi toifa, bolalardir. Bular hamiyati milliyadan marhamat istaydilar, shafqat kutadilar. Ular zaiflik va ojizlik va iqtidorsizlik nuqtasida; marhamatkor, qudratli bir Xoliqni bilish bilan ruhlari inbisot eta oladi, iste'dodlari mas'udona inkishof eta oladi. Kelajakda dunyodagi mudhish qo’rquv va hollarga qarshi tura oladigan bir tavakkali iymoniy va taslimi Islomiy talqinoti bilan u ma'sumlar hayotga mushtoqona qaray oladilar. Ajabo, aloqalari juda oz bo’lgan taraqqiyoti madaniya darslari va ularning quvva-i ma'naviyasini sindiradigan va ruhlarini so’ndiradigan, nursiz yolg’iz falsafiy dasturlarning ta'limidami? Agar inson bir jasadi hayvoniydan iborat bo’lsaydi va aqli bo’lmasaydi; balki bu ma'sum bolalarni muvaqqatan ovuntiradigan tarbiya-i madaniya ta'bir etganingiz va tarbiya-i milliya bezagi berganingiz bu farangiy usul, ularga bolalarning bir o’yinchog’i bo’lib, dunyoviy bir manfaatni bera olardi. Modomiki u ma'sumlar hayotning qiyinchiliklariga tushar ekan, modomiki inson ekan; albatta kichik qalblarida juda katta orzulari bo’ladi va kichk boshlarida buyuk maqsadlar tavallud etadi. Modomiki haqiqat shu ekan; ularga shafqatning muqtazosi, g’oyat darajada faqirlik va ojizligida g’oyat quvvatli bir nuqta-i istinodni va tuganmas bir nuqta-i istimdodni; qalblarida iymoni billoh va iymoni bil-oxirat suratida joylashtirish lozim. Ularga shafqat va marhamat shu bilan bo’ladi. Bo’lmasa, devona bir onaning bolasini pichoq bilan so’yishi kabi, hamiyati milliya sarxushligi bilan u bechora ma'sumlarni ma'nan bo’g’izlash bo’ladi. Jasadini ozuqlantirish uchun, miyasini va yuragini chiqarib unga yedirish navidan, vahshiyona bir g’adr, bir zulmdir.
Beshinchi toifa, faqirlar va zaiflar toifasidir. Ajabo, hayotning og’ir takolifini faqirlik vositasi bilan aliym bir tarzda chekkan faqirlarning va hayotning mudhish tashvishlariga qarshi juda mutaassir bo’lgan zaiflarning hamiyati milliyadan hissalari yo’qmi? Bu bechoralarning ya'sini va alamini orttirgan va safih bir qism boylarning mal'aba-i havasoti va zolim bir qism qoviylarning vasila-i shuhrat va shaqovati bo’lgan farang-mashrabona va parda-berunona va fir'avnona madaniyatparvarlik nomi ostida qilganingiz harakotdami? Bu bechora faqirlarning faqirlik yarasiga malham esa; unsuriyat fikridan emas, Islomiyatning ajzaxona-i qudsiyasidan chiqishi mumkin. Zaiflarning quvvati va muqovamati, qorong’ilik va tasodifga bog’liq, shuursiz, tabiiy falsafadan olinmaydi; balki hamiyati Islomiya va qudsiy Islomiyat milliyatidan olinadi!..
Oltinchi toifa yoshlardir. Bu yoshlarning yoshligi agar doimiy bo’lsaydi; manfiy milliyat bilan ularga ichirgan sharobingizning muvaqqat bir manfaati, bir foydasi bo’lardi. Biroq u yoshlikning lazzatli sarxushligi; keksalik bilan, alam bilan o’ziga kelishi va u shirin uyqudan keksalik tongida afsus bilan uyg’onishi bilan, u sharobning xumori va aziyati uni ko’p yig’latadi va u lazzatli ro’yoning zavolidagi alam unga juda hazin taassuf ettiradi. "Ey voh! Ham yoshlik ketdi, ham umr ketdi, ham muflis bo’lib qabrga ketyapman; koshki esimni yig’saydim", ayttiradi. Ajabo, bu toifaning hamiyati milliyadan hissasi, oz bir zamonda muvaqqat bir zavq olish uchun, juda uzun bir zamonda taassuf bilan yig’latishdami? Bo’lmasa ularning saodati dunyoviyalari va lazzati hayotiyalari; o’sha go’zal, shirin yoshlik ne'matining shukrini qilib, u ne'matni safohat yo’lida emas, balki istiqomat yo’lida sarflash bilan; u foniy yoshlikni ibodat bilan ma'nan ibqo etish va u yoshlikning istiqomati bilan Dori Saodatda abadiy bir yoshlik qozonishidami? Zarra miqdor shuuring bo’lsa, ayt!..
Alhosil: Agar Turk Millati faqat oltinchi toifa bo’lgan yoshlardan iborat bo’lsaydi va yoshliklari doimiy qolsaydi va dunyodan boshqa joylari bo’lmasaydi, sizning Turkchilik pardasi ostida farang-mashrabona harakotingiz hamiyati milliyadan sanalishi mumkin edi. Mendek hayoti dunyoviyaga oz ahamiyat bergan va unsuriyat fikrini farangiy illati kabi bir maraz deb hisoblagan va yoshlarni nomashru' zavq va havasotdan man qilishga uringan va boshqa mamlakatda dunyoga kelgan bir odamga, "U kurddir, orqasidan ergashmanglar" ayta olardingiz va aytishga bir haq qozonishingiz mumkin edi. Lekin modomiki Turk nomi ostidagi shu vatan avlodi, sobiqan bayon etilgani kabi, olti qismdir. Beshta qismiga zarar yetkazish va tinchini buzish, faqat bitta qismga muvaqqat va dunyoviy va oqibati mash'um bir surur berish, balki sarxush etish; albatta u Turk Millatiga do’stlik emas, dushmanlikdir. Ha, men unsur jihatidan Turk hisoblanmayman; lekin Turklarning ahli taqvo toifasiga va musibatzadalar qismiga va keksalar sinfiga va bolalar toifasiga va zaiflar va faqirlar guruhiga bor quvvatim bilan va kamoli ishtiyoq bilan mushfiqona va uxuvvatkorona xizmat qilganman va xizmat qilyapman. Oltinchi toifa bo’lgan yoshlarni ham, hayoti dunyoviyasini zaharlaydigan va hayoti uxroviyasini mahv etadigan va bir soat kulishga badal, bir yil yig’latadigan harakoti nomashru'adan voz kechirishni istayman. Faqat bu olti-yetti yil emas, balki yigirma yildir Qur'ondan ahz etib Turk lisonida nashr etgan asarlarim maydonda. Ha, Lillahilhamd, Qur'oni Hakimning ma'dani anvoridan iqtibos etilgan asarlar bilan, keksalar toifasi eng ko’p istagan nur ko’rsatilyapti. Musibatzadalar va xastalarning tiryoq kabi eng nafi' dorilari ajzaxona-i qudsiya-i Qur'oniyada ko’rsatilyapti. Va keksalarni eng ko’p o’ylantirgan qabr eshigi, rahmat eshigi ekani va i'dom eshigi emasligi u anvori Qur'oniya bilan ko’rsatildi. Va bolalarning nozik qalblarida hadsiz masoib va muzir ashyoga qarshi g’oyat quvvatli bir nuqta-i istinod va hadsiz a'mol va oruzlariga mador bir nuqta-i istimdod Qur'oni Hakimning ma'danidan chiqarildi va ko’rsatildi va bilfe'l istifoda ettirildi. Va faqirlar va zaiflar qismini eng ko’p ezgan va mutaassir etgan hayotning og’ir takolifi, Qur'oni Hakimning haqoiqi iymoniyasi bilan yengillashtirildi.
Xullas, bu besh toifa, Turk millatining olti qismidan besh qismidir; manfaati uchun xizmat qilyapmiz. Oltinchi qism, yoshlardir. Ularning yaxshilariga qarshi jiddiy uxuvvatimiz bor. Sen kabi mulhidlarga qarshi hech bir jihat bilan do’stligimiz yo’q! Chunki ilhodga kirgan va Turkning barcha mafoxiri milliyasini tashigan Islomiyat milliyatidan chiqishni istagan odamlarni Turk deb bilmaymiz, Turk pardasi ostiga kirgan farang deb hisoblaymiz! Chunki yuz ming marta Turkchimiz deb da'vo qilsalar, ahli haqiqatni alday olmaydilar. Zero, ishlari, harakotlari ularning da'volarini takzib etadi.
Xullas, ey farang-mashrablar va tashviqotingiz bilan haqiqiy qardoshlarimni mendan sovutishga uringan mulhidlar! Bu millatga qanday manfaatingiz bor? Birinchi toifa bo’lgan ahli taqvo va salohatning nurini so’ndiryapsiz. Marhamatga va qarovga loyiq ikkinchi toifasining yaralariga zahar sochyapsiz. Va hurmatga juda loyiq bo’lgan uchinchi toifaning tasallisini sindiryapsiz, ya'si mutlaqqa otyapsiz. Va shafqatga juda muhtoj bo’lgan to’rtinchi toifaning butun-butun quvva-i ma'naviyasini sindiryapsiz va haqiqiy insoniyatini so’ndiryapsiz. Va muovanat va yordamga va tasalliga juda muhtoj bo’lgan beshinchi toifaning umidlarini, istimdodlarini natijasiz qoldirib, ularning nazarida hayotni mavtdan yanada dahshatliroq bir suratga aylantiryapsiz. Tanbehga va o’ziga kelishga juda muhtoj bo’lgan oltinchi toifasiga, yoshlik uyqusi ichida shunday bir sharob ichiryapsizki; u sharobning xumori o’ta aliym, o’ta dahshatlidir. Ajabo, hamiyati milliyangiz shumiki, u hamiyati milliya yo’lida ko’p muqaddasotni fido etyapsiz. U Turkchilik manfaati Turklarga bu shakldami? Yuz ming marta al'iyazu billah!
Janoblar! Bilamanki, haq nuqtasida mag’lub bo’lgan vaqtingiz, quvvatga murojaat etasiz. Quvvat haqda, haq quvvatda bo’lmagani sirri bilan; dunyoni boshimga otash qilsangiz, haqiqati Qur'oniyaga fido bo’lgan bu bosh sizga egilmaydi. Yana sizga shuni ham xabar beramanki: Sizlar kabi mahdud, ma'nan millat nazarida manfur bir qism odamlar emas, balki minglab sizlar kabilar menga moddiy dushmanlik qilsalar, ahamiyat bermayman va bir qism muzir hayvonotdan ortiq qiymat bermayman. Chunki menga qarshi nima qilasiz? Qiladigan ishingiz, yo hayotimga nuqta qo’yish bilan yoki xizmatimni buzish bilan bo’ladi. Bu ikkita narsadan boshqa dunyoda aloqam yo’q. Hayotning boshiga keladigan ajal esa, shuhud darajasida qat'iy iymon keltirganmanki; tag’ayyur etmaydi, muqaddardir. Modomiki shunday ekan; Haq yo’lida shahid bo’lib o’lsam, chekinish u yoqda tursin, ishtiyoq bilan kutyapman. Xususan, men keksaydim, bir yildan ortiq yashamasam kerak. Zohiriy bir yillik umrni shahidlik vositasi bilan qozonilgan hadsiz bir umri boqiyga tabdil etish; men kabilarning eng oliy bir maqsadi, bir g’oyasi bo’ladi. Ammo xizmatga kelsak, falillahilhamd, xizmati Qur'oniya va iymoniyada Janobi Haq rahmati bilan shunday qardoshlarni menga berganki; vafotim bilan, u xizmat bir markazda qilingani o’rniga, ko’p markazlarda qilinadi. Mening tilim o’lim bilan gapirtirilmasa, juda ko’p quvvatli tillar mening tilimga badal gapirishadi, u xizmatni davom ettiradilar. Hatto ayta olaman: Qandayki bir dona urug’ tuproq ostiga kirib o’lishi bilan bir boshoq hayotini natija beradi; bir donaga badal yuz dona vazifa boshiga o’tadi. Shunga o’xshab; mavtim hayotimdan ziyoda u xizmatga vosita bo’ladi degan umiddaman!..
Beshinchi Dasisa-i Shaytoniya:
Ahli zalolatning tarafdorlari, anoniyatdan istifoda etib, qardoshlarimni mendan tortib olishni istaydilar. Haqiqatdan insondagi eng tahlikali his, anoniyatdir va eng zaif hissi ham o’shadir. Uni semirtirish bilan, juda yomon ishlarni qildirishlari mumkin. Ey qardoshlarim! Diqqat qilinglar; sizni anoniyat bilan ushlashmasin, u bilan sizni tuzoqqa tushirmasinlar.
Ham bilib qo’yingki: Bu asrda ahli zalolat anaga mingan, zalolat vodiylarida chopib yuribti. Ahli haq, bilmajburiya anani tark qilib haqqa xizmat qila oladi. Ananing iste'molida haqli bo’lsa ham; modomiki narigilarga o’xshab qoladi va ular ham bularni o’zlaridek nafsparast deb o’ylashadi, haqning xizmatiga qarshi bir haqsizlikdir. Shu bilan birga, atrofida to’planganimiz xizmati Qur'oniya anani qabul qilmaydi. "Nahnu"ni istaydi. "Men demanglar, biz denglar" deydi. Albatta, qanoat qilganmizki, bu faqir qardoshingiz ana bilan maydonga chiqmagan. Sizni anasiga xodim qilmaydi. Balki anasiz bir xodimi Qur'oniy qilib o’zini sizga ko’rsatgan. Va o’zini yoqtirmaslikni va anasiga tarafdor bo’lmaslikni maslak qilib olgan. Shu bilan birga, qat'iy dalillar bilan sizlarga isbot qilganki: Maydoni istifodaga qo’yilgan asarlar, miriy molidir; ya'ni Qur'oni Hakimning tarashshuhotidir. Hech kim anasi bilan ularga tamalluk qilolmaydi! Boringki, farzi mahol bo’lib, men anam bilan u asarlarga sohib chiqyapman, mening bir qardoshimning aytganidek: Modomiki bu Qur'oniy haqiqat eshigi ochildi, mening nuqsoniyatimga va ahamiyatsizligimga qaramasdan, ahli ilm va kamol orqamda turishdan tortinmasligi va istig’no etmasliklari kerak. Salafi solihinning va muhaqqiqiyni ulamoning osorlari, garchi har dardga kofiy va vafiy bir xazina-i azima ekan; faqat ba'zi vaqtlar bo’ladi, bir kalit bir xazinadan ko’proq ahamiyatli bo’ladi. Chunki xazina yopiq; faqat bitta kalit ko’p xazinalarni ochishi mumkin. O’ylaymanki, u anoniyati ilmiyani haddan ortiq tashiganlar ham tushunishdiki: Nashr qilingan So’zlar haqoiqi Qur'oniyaning bittadan kaliti va u haqoiqni inkor etishga uringanlarning boshlariga tushgan bittadan olmos qilichdir. U ahli fazl va kamol hamda kuchli anoniyati ilmiyasi bo’lganlar bilishsinki; menga emas, Qur'oni Hakimga talaba va shogird bo’lyaptilar. Men ham ularning bir dars sherigiman. Boringki, farzi mahol bo’lib, men ustozlikni da'vo qilsam, modomiki hozir ahli iymonning tabaqotini, avomdan tortib ilm sohiblarigacha duchor bo’lganlar avhom va shubahotdan qutqarish chorasini topdik; u ulamo yo yanada oson bir chorasini topishsin yoxud bu chorani lozim deb bilib dars bersinlar, tarafdor bo’lsinlar. Ulamo-i su' haqida bir tahdidi azim bor. Bu zamonda ahli ilm ko’proq diqqat qilishi kerak. Mayli, faraz qilingki, dushmanlarimiz o’ylaganidek, men manmanlik hisobiga bunday bir xizmatni qilyapman. Ajabo, dunyoviy va milliy bir maqsad uchun ko’p zotlar anoniyatni tark etib, fir'avn-mashrab bir odamning kamoli sadoqat bilan atrofiga to’planib, shiddatli bir tasonud bilan ish bajarganlari holda; ajabo, bu qardoshingiz, haqoiqi Qur'oniya va haqoiqi iymoniya atrofida o’z anoniyatini to’sish bilan barobar, u dunyoviy qo’mitaning o’nboshilaridek, tarki anoniyat bilan, haqoiqi Qur'oniya atrofida bir tasonudni sizdan istashga haqqi yo’qmi? Sizning eng buyuk olimlaringiz ham, unga "Labbayk" demaslikda haqsiz emasmi?
Qardoshlarim, anoniyatning ishimizda eng tahlikali jihati, qizg’anchiqlikdir. Agar yolg’iz lilloh uchun bo’lmasa, qizg’anchiqlik mudohala etadi, buzadi. Qandayki bir insonning bir qo’li boshqa qo’lini qizg’anmaydi va ko’zi qulog’iga hasad qilmaydi va qalbi aqliga raqobat qilmaydi. Xuddi shuning kabi: Bu hay'atimizning shaxsi ma'naviysida har biringiz bir tuyg’u, bir a'zo hukmidasiz. Bir-biringizga qarshi raqobat emas, aksincha bir-biringizning maziyati bilan iftixor etish, mutalazziz bo’lish bir vazifa-i vijdoniyangizdir.
Bir narsa yana qoldi, eng tahlikalisi ham shuki: Ichingizda va ahbobingizda bu faqir qardoshingizga qarshi bir qizg’anchiqlik hissi bo’lishi, eng tahlikalidir. Sizlarda ahamiyatli ahli ilm ham bor. Ahli ilmning bir qismida bir anoniyati ilmiya bo’ladi. O’zi mutavoze bo’lsa ham, u jihatdan anoniyatlidir. Osonlikcha anoniyatini tashlamaydi. Qalbi, aqli qancha yopishsa ham; nafsi u ilmiy anoniyati jihatidan imtiyoz istaydi, o’zini sotishni istaydi, hatto yozilgan risolalarga qarshi muoraza istaydi. Qalbi risolalarni sevgani va aqli istehson etgani va yuksak deb topgani holda; nafsi anoniyati ilmiyadan kelgan qizg’anchiqlik jihatidan zimniy bir adovat saqlagandek, So’zlarning qiymatlarining tanzilini orzu qiladi, toki o’z mahsuloti fikriyasi ularga yetishsin, ular kabi sotilsin. Holbuki, bilmajburiya shuni xabar qilamanki:
"Bu durusi Qur'oniya doirasi ichida bo’lganlar, alloma va mujtahidlar ham bo’lishsa; vazifalari -ulumi iymoniya jihatidan- faqat yozilgan shu So’zlarning sharhlari va izohlaridir yoki tanzimlaridir. Chunki ko’p alomatlar bilan anglaganmizki: Bu ulumi iymoniyadagi fatvo vazifasi bilan tavzif etilganmiz. Agar kimdir doiramiz ichida nafsning anoniyati ilmiyadan olgan hissi bilan, sharh va izoh xorijida biror narsa yozsa; sovuq bir muoraza yoki noqis taqlidchilik hukmiga o’tadi. Chunki ko’p dalillar va alomatlar bilan tahaqquq etganki: Risola-i Nur ajzolari, Qur'onning tarashshuhotidir; bizlar taqsim-ul a'mol qoidasi bilan, har birimiz bittadan vazifani bo’ynimizga olib, u obi hayot tarashshuhotini muhtoj bo’lganlarga yetkazib beramiz!.."
Oltinchi Dasisa-i Shaytoniya
shuki: Insondagi tanballik va tanparvarlik va vazifadorlik hissidan istifoda etadi. Ha, shaytoni ins va jinniy har jihatdan hujum qiladilar. Birodarlarimizni metin qalbli, sadoqati quvvatli, niyati ixlosli, himmati oliy ko’rgan vaqtlari boshqa nuqtalardan hujum qiladilar. Shundayki:
Ishimizni to’xtatish va xizmatimizga sustlik berish uchun, ularning tanballiklaridan va tanparvarliklaridan va vazifadorliklaridan istifoda etishadi. Ular shunday dasisalar bilan ularni xizmati Qur'oniyadan to’xtatadilarki; xabari bo’lmasdan bir qismiga ortiq ish topadilar, toki xizmati Qur'oniyaga vaqt topmasin. Bir qismiga ham, dunyoning jozibador narsalarini ko’rsatadilarki; havasi uyg’onib, xizmatga qarshi bir g’aflat kelsin va hokazo...
Bu hujum yo’llarining ta'rifi uzun. Shuning uchun gapni cho’zmay, diqqatli fahmingizga havola qilamiz.
Ey qardoshlarim! Diqqat qilinglar: Vazifangiz qudsiyadir, xizmatingiz ulviydir. Har bir soatingiz, bir kun ibodat hukmiga o’ta oladigan bir qiymatdadir. Bilib qo’yingki, qo’lingizdan chiqarib yubormang!..
يَٓا اَيُّهَا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا اصْبِرُوا وَصَابِرُوا وَرَابِطُوا وَاتَّقُوا اللّٰهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ ٭ وَلَا تَشْتَرُوا بِاٰيَات۪ى ثَمَنًا قَل۪يلًا
سُبْحَانَ رَبِّكَ رَبِّ الْعِزَّةِ عَمَّا يَصِفُونَ وَسَلَامٌ عَلَى الْمُرْسَل۪ينَ وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ النَّبِىِّ الْاُمِّىِّ الْحَب۪يبِ الْعَالِى الْقَدْرِ الْعَظ۪يمِ الْجَاهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ اٰم۪ينَ
* * *
Qudsiy Bir Tarixcha
Qur'oni Hakimning muhim bir sirri i'jozi zuhur etgan sananing tarixi, yana lafzi Qur'ondadir.
Qur'on kalimasi abjad hisobi bilan uch yuz ellik birdir. Ichida ikki alif bor; maxfiy alif "Alfun" o’qilsa, ming ma'nosidagi "Alfun"dir. {(Hoshiya) Ilmi Sarf qoidasiga ko’ra; foilun fo'lun o’qiladi. Katifun katfun o’qilishi kabi. Bunga binoan, alifun alfun o’qiladi. U holda, 1351 bo’ladi.} Demak 1351 sanasiga Sana-i Qur'oniya tabir etilishi mumkin. Chunki Lafzi Qur'ondagi tavofuqotning sirri ajibi Qur'onning tafsiri bo’lgan Risola-i Nur parchalarida o’sha sana ko’rindi. Va Qur'ondagi Lafzi Jalolning i'jozkorona sirri tavofuqi ayni sanada tazohur etdi. Va bir naqshi i'joziyni ko’rsatadigan bir Qur'onning yangi bir tarzda yozilishi ayni sanada bo’lyapti. Va xatti Qur'onning tabdiliga qarshi Qur'on shogirdlarining butun quvvatlari bilan xatti Qur'oniyni muhofazaga urinishi ayni sanadadir. Va Qur'onning muhim azvoqi i'joziyasi ayni sanada tazohur etyapti. Ham ayni sanada Qur'on bilan ko’p munosabatdor hodisot bo’lgan va bo’ladiganday...
* * *
Oltinchi Risola bo’lgan Oltinchi Qismning Zayli
As'ila-i Sitta
[Istiqbolda keladigan nafrat va tahqirdan saqlanish uchun shu mahram zayl yozilgan. Ya'ni, "Tuf o’sha asrning g’ayratsiz odamlariga!" deyilgan payt, yuzimizga tupuklari kelmasligi uchun yoxud artish uchun yozilgandir.
Ovrupaning insoniyatparvar niqobi ostida vahshiy raislarining kar quloqlari jaranglasin!.. Va bu vijdonsiz g’addorlarni bizga yo’liqtirgan u insofsiz zolimlarning ko’rmagan ko’zlariga suqilsin! Va bu asrda yuz ming jihatdan "Yashasin Jahannam" dedirgan mimsiz madaniyatparastlarning boshlariga urilish uchun yozilgan bir taqdimnoma.]
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
وَمَا لَنَٓا اَلَّا نَتَوَكَّلَ عَلَى اللّٰهِ وَقَدْ هَدٰينَا سُبُلَنَا وَلَنَصْبِرَنَّ عَلٰى مَٓا اٰذَيْتُمُونَا وَعَلَى اللّٰهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُتَوَكِّلُونَ
Bu yaqinlarda ahli ilhodning parda ostida tajovuzlari g’oyat xunuk bir surat olgani uchun; juda bechora ahli iymonga qilgan zolimona va dinsiz tajovuzlari navidan; menga, xususiy va g’ayri rasmiy, o’zim ta'mir etgan bir ma'badimda, xususiy bir-ikki qardoshim bilan xususiy ibodatimda, yashirin azon va qomatimizga mudohala etildi. "Nima uchun Arabcha qomat aytyapsizlar va yashirin azon o’qiyapsizlar?" deyildi. Sukutda sabrim tugadi. Qobili xitob bo’lmagan unday vijdonsiz nusxalarga emas; balki millatning muqaddaroti bilan, o’zboshimcha istibdod bilan o’ynagan fir'avn-mashrab komitetning boshliqlariga deymanki: Ey ahli bid'at va ilhod!.. Olti savolimga javob istayman.
Birinchisi:Dunyoda hukumat surgan, hukm etgan har qavmning, hatto inson go’shti yeydigan odamxo’rlarning, hatto vahshiy jonivor bir qaroqchilar boshlig’ining bir usuli bor, bir dastur bilan hukm chiqaradi. Siz qaysi usul bilan bu ajib tajovuzni qilyapsiz? Qonuningizni ko’rsating! Bo’lmasa ba'zi pastkash ma'murlarning xohishlarini qonun deb qabul qilyapsizmi? Chunki bunday xususiy ibodatda qonun qo’llanmaydi va qonun bo’lolmaydi!
Ikkinchisi:Navi basharda, xususan bu asri hurriyatda va xususan madaniyat doirasida deyarli umumiy hukmfarmo "hurriyati vijdon" dasturini sindirish va istixfof etish va demakki navi basharni istihqor etish va e'tirozini pisand qilmaslik qadar jur'atingiz bilan qaysi quvvatga tayanyapsiz? Qaysi quvvatingiz borki, siz o’zingizga "ladiniy" ismini berish bilan na dinga, na dinsizlikka tegilmaslikni e'lon qilganingiz holda; dinsizlikni mutaassibona o’ziga bir din qilib olib, dinga va ahli dinga bunday tajovuz, albatta yashirin qolmaydi! Sizdan so’raladi!.. Qanday javob berasiz? Yigirmata hukumatning eng kichigining e'tiroziga qarshi dosh berolmaganingiz holda, qanday qilib yigirmata hukumatning birdan e'tirozini pisand qilmaslik kabi, hurriyati vijdoniyani jabriy suratda buzishga urinyapsiz.
Uchinchisi:Mazhabi Hanafiyning ulviyatiga va sofligiga zid bir suratda, vijdonini dunyoga sotgan bir qism ulamo-i su'ning xato fatvolari bilan, men kabi Shofe'iy-ul Mazhab odamlarga qaysi usul bilan taklif etyapsiz? Bu maslakda millionlab ergashuvchilari bo’lgan Shofe'iy Mazhabini olib tashlab, butun Shofe'iylarni Hanafiylashtirgandan so’ng, menga zulm suratida jabran taklif etilsa, siz kabi dinsizlarning bir usulidir deb bo’ladi. Bo’lmasa, o’zboshimchalik bilan qilingan bir pastkashlikdir! Undaylarning xohishiga tobe emasmiz va tanimaymiz!
To’rtinchisi:Islomiyat bilan eskidan beri imtizoj va ittihod etgan, jiddiy dindor va diniga samimiy hurmatkor Turklik milliyatiga butun-butun zid bir suratda, faranglik ma'nosida Turkchilik nomi bilan, tahrifdorona va bid'atkorona bir fatvo bilan "Turkcha qomat ayt!" deb men kabi boshqa millatdagilarga taklif etish qaysi usul bilan qilinyapti? Ha, haqiqiy Turklarga juda haqiqiy do’stona va uxuvvatkorona munosabatdor bo’lganim holda, bunday siz kabi farang-mashrablarning Turkchiligi bilan hech bir jihatda munosabatim yo’q. Qanday qilib menga taklif qilyapsiz? Qaysi qonun bilan? Agar millionlab a'zolari bo’lgan va minglab yildan beri milliyatini va lisonini unutmagan va Turklarning haqiqiy bir vatandoshi va eskidan beri jihod arqadoshi bo’lgan Kurdlarning milliyatini yo’qotib, ularning tilini ularga unuttirgandan so’ng; balki biz kabi boshqa unsurdan sanalganlarga taklifingiz, bir navi usuli vahshiyona bo’ladi. Bo’lmasa butunlay o’zboshimchalik bilan bo’ladi. Shaxslarning ixtiyoriga tobeiyat etilmaydi va etmaymiz!
Beshinchisi:Bir hukumat o’z raiyatiga va raiyat deb qabul qilgan odamlariga har bir qonunini tatbiq qilsa ham; raiyat deb qabul qilmagan odamlariga qonunini tatbiq qilolmaydi. Chunki ular ayta oladilarki: "Modomiki biz raiyatingiz emas ekanmiz, siz ham bizning hukumatimiz emassiz!"
Ham hech bir hukumat ikki jazoni birdan bermaydi. Bir qotilni yo hibsga otadi yoxud i'dom etadi. Ham hibs bilan jazo, ham i'dom bilan jazoni bir yerda berish, hech bir usulda yo’q!
Xullas, modomiki vatanga va millatga hech bir zararimiz tegmagani holda, meni sakkiz yildir eng begona va xorij bir millatdan qotil bir odamga ham qilinmagan bir asorat ostiga oldingiz. Qotillarni avf etganingiz holda, hurriyatimni tortib olib, huquqi madaniyadan isqot etib muomala etdingiz. "Bu ham vatan avlodidir" demaganingiz holda; qaysi usul bilan, qaysi qonun bilan bechora millatingizga rizolari xilofiga bo’lib tatbiq etganingiz bu hurriyat-shikan usulingizni mendek har jihat bilan sizga begona bir odamga taklif etyapsiz? Modomiki Harbi Umumiyda qo’shin qo’mondonlarining shahodati bilan, vosita bo’lganimiz ko’p fidokorliklarni va vatan yo’lida jonsiparona mujohadalarni jinoyat sanadingiz. Va bechora millatning husni axloqini muhofaza va saodati dunyoviya va uxroviyalarining ta'miniga juda jiddiy va ta'sirli xizmatni xiyonat deb sanadingiz. Va ma'nan manfaatsiz, zararli, xatarli, o’zbilarmon, kufriy farang usulini o’zida qabul qilmagan bir odamga sakkiz yil jazo berdingiz. (Hozir jazo yigirma sakkiz yil bo’ldi.) Jazo bitta bo’ladi. Tatbiqini qabul qilmadim, jazoni chektirdingiz. Ikkinchi bir jazoni jabran tatbiq qilish qaysi usul bilan to’g’ri?
Oltinchisi:Modomiki sizlar bilan, e'tiqodingizcha va menga qilingan muomalaga nazaran, kulliy bir muxolafatimiz bor. Siz diningizni va oxiratingizni dunyongiz yo’lida fido qilyapsiz. Albatta mobaynimizda -taxminigizcha- bo’lgan muxolafat sirri bilan, biz ham sizga qarshi; dunyomizni dinimiz yo’lida va oxiratimizga har doim fido qilishga hozirmiz. Sizning zolimona va vahshiyona hukmingiz ostida bir-ikki yil zalilona o’tadigan hayotimizni qudsiy bir shahidlik qozonish uchun fido qilish; bizga obi kavsar hukmiga o’tadi. Faqat Qur'oni Hakimning fayziga va ishorotiga istinodan, sizni titratish uchun, sizga qat'iy xabar beramanki:
Meni o’ldirgandan so’ng yasholmaysiz! Qahhor bir qo’l bilan jannatingiz va mahbubingiz bo’lgan dunyodan quvilib abadiy zulumotga tez otilasiz! Orqamdan juda tez sizning Namrudlashgan raislaringiz o’ldiriladi, yonimga yuboriladi. Men ham huzuri Ilohiyda yoqalaridan tutaman. Adolati Ilohiya ularni asfali sofiliynga otish bilan intiqomimni olaman!
Ey din va oxiratini dunyoga sotgan badbaxtlar! Yashashni istasangiz, menga tegmang! Tegsangiz, intiqomim muzaaf bir suratda sizdan olinishini bilinglar, titranglar! Men rahmati Ilohiydan umid qilamanki: Mavtim hayotimdan ko’ra ko’proq dinga xizmat qiladi va o’limim boshingizda bomba kabi portlab boshingizni tarqatib yuboradi! Jasoratingiz bo’lsa, teging! Qiladiganingiz bo’lsa, ko’radiganingiz ham bor! Men butun tahdidotingizga qarshi butun quvvatim bilan bu oyatni o’qiyman:
اَلَّذ۪ينَ قَالَ لَهُمُ النَّاسُ اِنَّ النَّاسَ قَدْ جَمَعُوا لَكُمْ فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ ا۪يمَانًا وَ قَالُوا حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ
* * *
Yettinchi Qism
Ishorati Sab'a
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
فَاٰمِنُوا بِاللّٰهِ وَرَسُولِهِ النَّبِىِّ الْاُمِّىِّ الَّذ۪ى يُؤْمِنُ بِاللّٰهِ وَكَلِمَاتِه۪ وَاتَّبِعُوهُ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ ٭ يُر۪يدُونَ اَنْ يُطْفِئُوا نُورَ اللّٰهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَيَاْبَى اللّٰهُ اِلَّٓا اَنْ يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ
[Uch savolning javobi bo’lib "Yetti Ishorat"dir. Birinchi savol to’rt ishoratdir.]
Birinchi Ishorat:
Shao'iri Islomiyani tag’yirga tashabbus etganlarning isbotlari va hujjatlari, yana har yomon narsalarda bo’lgani kabi, ajnabiylarni ko’r-ko’rona taqlidchilikdan keladi. Deydilarki:
"Londonda hidoyatga erishganlar va ajnabiylardan iymonga kelganlar; mamlakatlarida azon va qomat kabi ko’p narsalarni o’z lisonlariga tarjima etyaptilar, qilyaptilar. Olami Islom ularga qarshi sukut etyapti, e'tiroz qilmayapti. Demak, bir javozi shar'iy borki, sukut etilyapti?"
Aljavob:Bu qiyosning shu qadar zohir bir farqi borki, hech bir jihatdan ularga qiyos etish va ularni taqlid etish zishuurning ishi emas. Chunki ajnabiy diyoriga lisoni shariatda "dori harb" deyiladi. Dori harbda ko’p narsalarga javoz bo’lishi mumkinki, "Diyori Islom"da masag’ bo’lolmaydi.
Ham Farangiston diyori, Nasroniy shavkati doirasidir. Istilohoti shar'iyaning ma'oniysini va kalimoti muqaddasaning mafohimini lisoni hol bilan talqin etadigan va ihsos etadigan bir muhit bo’lmaganidan; bilmajburiya qudsiy ma'oniy muqaddas alfazga tarjih etilgan, ma'oniy uchun alfaz tark etilgan, ahvan-ush shar ixtiyor etilgan. Diyori Islomda esa; muhit u kalimoti muqaddasaning maoli ijmoliysini ahli Islomga lisoni hol bilan dars beradi. An'ana-i Islomiya va Islomiy tarix va umum shao'iri Islomiya va umum arkoni Islomiyatga oid muhavaroti ahli Islom u kalimoti muqaddasaning mujmal maollarini mutamodiyan ahli iymonga talqin etadilar. Hatto shu mamlakatning ma'obid va madorisi diniyasidan boshqa qabristonning qabr toshlari ham bittadan talqin etuvchi, bittadan muallim hukmidadirki; u ma'oni-i muqaddasani ahli iymonga ixtor etadilar. Ajabo, o’zini musulmon degan bir odam, dunyoning bir manfaati uchun, bir kunda ellik kalima Farangiy lug’atidan ta'allum etgani holda; ellik yilda va har kuni ellik marta takror etgan Subhanalloh, Alhamdulilloh va La ilaha Illalloh va Allohu Akbar kabi muqaddas kalimalarni o’rganmasa, ellik marta hayvondanda past darajaga tushmaydimi? Bunday hayvonlar uchun bu kalimoti muqaddasa tarjima va tahrif etilmaydi va tahrij etilmaydi! Ularni tahrij va tag’yir etish, butun qabr toshlarini yiqitishdir; bu tahqirga qarshi titragan qabristondagi ahli quburni o’zlariga qarshi qaytarishdir.
Ahli ilhodga aldangan ulamo-i su' millatni aldash uchun aytadilarki: Imom A'zam boshqa imomlarga muxolif bo’lib: "Ehtiyoj bo’lsa, diyori ba'idada, umuman Arabcha bilmaganlarga ehtiyoj darajasiga ko’ra; Fotiha o’rniga Forsiy tarjimasi javozi bor", degan. Shunday ekan, biz ham muhtojmiz, Turkcha o’qiy olamiz?
Aljavob:Imom A'zamning bu fatvosiga qarshi, boshda a'zamiy imomlarning eng muhimlari va boshqa o’n ikki aimma-i mujtahidiyn u fatvoning aksiga fatvo beradilar. Olami Islomning jadda-i kubrosi u umum aimmaning yo’lidir. Mu'zami ummat jadda-i kubroda keta oladi. Boshqa xususiy va tor yo’lga chorlaganlar, izlol etyaptilar. Imom A'zamning fatvosi besh jihatdan xususiydir:
Birinchisi:Markazi Islomiyatdan uzoq diyori oxarda bo’lganlarga oiddir.
Ikkinchisi:Ehtiyoji haqiqiyga binoandir.
Uchinchisi:Bir rivoyatda, lisoni ahli Jannatdan sanalgan Forsiy tili bilan tarjimaga maxsusdir.
To’rtinchisi:Fotihaga maxsus bo’lib javoz berilgan, toki Fotihani bilmagan namozni tark etmasin.
Beshinchisi:Quvvati iymondan kelgan bir hamiyati Islomiya bilan ma'oni-i muqaddasaning avomning tafahhumiga mador bo’lish uchun javoz ko’rsatilgan. Holbuki za'fi iymondan kelgan va manfiy milliyatdan chiqqan va lisoni Arabiyga qarshi nafrat va za'fi iymondan tavallud etgan mayli taxrib saiqasi bilan tarjima qilib Arabcha aslini tark qilish, dinni tark ettirishdir!
Ikkinchi Ishorat:
Shao'iri islomiyani tag’yir etgan ahli bid'at, avvalo ulamo-i su'dan fatvo istadilar. Sobiqan besh vajh bilan xususiy bo’lganini ko’rsatganimiz fatvoni ko’rsatdilar. Soniyan: Ahli bid'at, ajnabiy inqilobchilaridan bunday mash'um bir fikr oldilarki: Ovrupa, Katolik Mazhabini yoqtirmasdan boshda ixtilolchilar, inqilobchilar va faylasuflar bo’lib -Katolik mazhabiga ko’ra ahli bid'at va Mo’'tazila deb qabul qilingan Protestantlik Mazhabini iltizom etib, Fransuzlarning Ixtiloli Kabiridan istifoda etib, Katolik Mazhabini qisman taxrib etib, Protestantlikni e'lon qildilar.
Xullas, ko’r-ko’rona taqlidchilikka o’rgangan bu yerdagi hamiyat-furushlar deydilarki: "Modomiki Nasroniy dinida bunday bir inqilob bo’ldi; bidoyatda inqilobchilarga murtad deyildi, so’ngra Nasroniy o’laroq yana qabul qilindi. Shunday ekan, Islomiyatda ham bunday diniy bir inqilob bo’lishi mumkin?"
Aljavob:Bu qiyosning Birinchi Ishoratdagi qiyosdan yana ham ko’p farqi zohirdir. Chunki Dini Isaviyda yolg’iz asosoti diniya Hazrat Iso Alayhissalomdan olindi. Hayoti ijtimoiyaga va furu'oti shar'iyarga doir aksar ahkomlar Havoriyyun va boshqa ruaso-i ruhoniya tarafidan tashkil etildi. Qismi a'zami kutubi sobiqa-i muqaddasadan olindi. Hazrat Iso Alayhissalom dunyo miqyosida hokim va sulton bo’lmaganidan va qavonini umumiya-i ijtimoiyaga marji' bo’lmagani uchun; asosoti diniyasi xorijdan bir libos kiydirilgan kabi, shariati Nasroniya nomiga urfiy qonunlar, madaniy dasturlar olingan, boshqa bir surat berilgan. Bu surat tabdil etilsa, u libos almashtirilsa, yana Hazrat Iso Alayhissalomning asos dini boqiy qolishi mumkin. Hazrat Iso Alayhissalomni inkor va takzib chiqmaydi. Holbuki din va shariati Islomiyaning sohibi bo’lgan Faxri Olam Alayhissalotu Vassalam ikki jahonning sultoni, sharq va g’arb va Andalus va Hind bittadan taxti saltanati bo’lganidan; Dini Islomning asosotini shaxsan o’zi ko’rsatgani kabi, u dinning tafarruotini va boshqa ahkomini, hatto eng juz'iy odobini ham shaxsan u keltiradi, u xabar beradi, u amr beradi. Demak, furuoti Islomiya almashtirib bo’ladigan bir libos hukmida emaski; ular tabdil etilsa, asosi din boqiy qola olsin. Balki asosi dinga bir jasaddir, loaqal bir teridir. U bilan imtizoj va iltihom etgan; qobili tafriq emasdir. Ularni tabdil etish, to’g’ridan-to’g’riga sohibi shariatni inkor va takzib etish kelib chiqadi.
Mazohibning ixtilofi esa: Sohibi shariat ko’rsatgan nazariy dasturlarining tarzi tafahhumidan kelib chiqqandir. "Zaruriyoti Diniya" deyilgan va qobili ta'vil bo’lmagan va "Muhkamot" deyilgan dasturlari esa, hech bir jihatdan qobili tabdil emasdir va madori ijtihod bo’lolmaydi. Ularni tabdil etgan, boshini dindan chiqaradi;
يَمْرُقُونَ مِنَ الدّ۪ينِ كَمَا يَمْرُقُ السَّهْمُ مِنَ الْقَوْسِ
qoidasiga dohil bo’ladi.
Ahli bid'at dinsizliklariga va ilhodlariga shunday bir bahona topyaptilar. Deydilarki: "Olami insoniyatning mutasalsil hodisotiga sabab bo’lgan Frantsiya Ixtiloli Kabirida poplarga va ruaso-i ruhoniyaga va ularning mazhabi xossi bo’lgan Katolik mazhabiga hujum qilindi va taxrib etildi. So’ngra ko’plari tarafidan tasvib etildi. Faranglar ham undan so’ngra yanada ziyoda taraqqiy etdilar?"
Aljavob:Bu qiyosing ham, avvalgi qiyoslar kabi farqi zohirdir. Chunki Fransuzlarda xoslar va hukumat odamlari qo’lida ko’p vaqt Dini Nasroniylik, xususan Katolik Mazhabi; bir vosita-i tahakkum va istibdod bo’lgan edi. Xoslar u vosita bilan nufuzlarini avom ustida davom ettirar edi. Va "sarsari" degan avom tabaqasida intibohga kelgan hamiyatparvarlarini va boy zolimlarning istibdodiga qarshi hujum etgan hurriyatparvarlarning mutafakkir qismlarini ezishga vosita bo’lganidan va to’rt yuz yilga yaqin Farangistonda ixtilollar bilan istirohati bashariyani buzishga va hayoti ijtimoiyani chil-parchin qilishga bir sabab deb qabul qilingani uchun; u mazhabga dinsizlik nomidan emas, balki Nasroniylikning boshqa bir mazhabi nomidan hujum qilindi. Va tabaqa-i avomda va faylasuflarda bir ranjish, bir adovat hosil bo’lgan ediki; ma'lum hodisa-i tarixiya sodir bo’lgan. Holbuki Dini Muhammadiy (S.A.V.) va shariati Islomiyaga qarshi; hech bir mazlumning, hech bir mutafakkirning haqqi yo’qki, undan shikoyat qilsin. Chunki ularni ranjitmaydi, ularni himoya qiladi. Tarixi Islom maydondadir. Musulmonlar ichida bir-ikki hodisadan boshqa dohiliy muhoraba-i diniya bo’lmagan. Katolik Mazhabi esa, to’rt yuz yil ixtiloloti dohiliyaga sabab bo’lgan.
Ham Islomiyat, xoslardan ziyoda avomning tahassungohi bo’lgan. Zakotning farzligi va foiz olishning haromligi bilan; xoslarni avomning ustida mustabid qilish emas, bir jihatdan xizmatchi qiladi.
سَيِّدُ الْقَوْمِ خَادِمُهُمْ ٭ خَيْرُ النَّاسِ مَنْ يَنْفَعُ النَّاسَ
deydi.
Ham Qur'oni Hakim lisoni bilan
اَفَلَا تَعْقِلُونَ ٭ اَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٭ اَفَلَا يَتَفَكَّرُونَ
kabi qudsiy havolalar bilan aqlni istishhod etadi va iqoz etadi va aqlga havola etadi, tahqiqqa chorlaydi. U bilan ahli ilm va asxobi aqlga din nomidan maqom beradi, ahamiyat beradi. Katolik mazhabi kabi aqlni azl etmaydi, ahli tafakkurni jim qilmaydi, ko’r-ko’rona taqlid istamaydi.
Haqiqiy Nasroniylik emas, balki hozirgi Nasroniy dinining asosi bilan Islomiyatning asosi muhim bir nuqtadan ayrilgani uchun; sobiq farqlar kabi ko’p jihatlardan boshqa-boshqa ketadilar. U muhim nuqta shu:
Islomiyat, tavhidi haqiqiy dini bo’lib; vositalar, sabablarni isqot etadi. Anoniyatni sindiradi, ubudiyati xolisani ta'sis etadi. Nafsning rububiyatidan boshlab har qanday rububiyati botilani kesadi, rad etadi. Bu sir uchun; xoslardan katta inson to’liq dindor bo’lsa, anoniyatni tark etishga majbur bo’ladi. Anoniyatni tark etmagan, salobati diniyani va qisman dinini ham tark qiladi.
Hozirgi Nasroniylik dini esa; "Valadiyat Aqidasi"ni qabul qilgani uchun, vositalar va sabablarga ta'siri haqiqiy beradi. Din nomidan anoniyatni sindirmaydi, balki Hazrat Iso Alayhissalomning muqaddas vakili deb u anoniyatga bir qudsiyat beradi. Shuning uchun, dunyoda eng buyuk maqom ishg’ol etgan Nasroniy xoslari to’liq dindor bo’la oladilar. Hatto Amerikaning sobiq Raisi Jumhuri Vilson va Angliyaning sobiq Raisi Vukalosi Loyd Jorj kabi ko’plar borki, mutaassib bittadan pop hukmida dindor bo’ldilar. Musulmonlarda esa unday maqomlarga kirganlar nodiran to’liq dindor va salobatli qoladilar. Chunki g’ururni va anoniyatni tashlolmaydilar. Taqvo-i haqiqiy esa, g’urur va anoniyat bilan birlasholmaydi.
Ha, qandayki Nasroniy xoslarining taassubi, musulmon xoslarining adami salobati muhim bir farqni ko’rsatadi; shunga o’xshab: Nasroniydan chiqqan faylasuflar dinlariga qarshi loqayd yoki muoriz vaziyatini olishi va Islomdan chiqqan hukamolarning qismi a'zami hikmatlarini asosoti Islomiyaga bino etishi; yana muhim bir farqni ko’rsatadi.
Ham aksariyat bilan zindonlarga va musibatlarga tushgan omi Nasroniylar dindan madad kutmaydilar. Ilgarilari ko’plari dinsiz bo’lar edilar. Hatto Fransiyaning Ixtiloli Kabirini chiqargan va "Sarsari Dinsiz" ta'bir etilgan tarixda mashhur inqilobchilar, o’sha musibatzada avom qismidir. Islomiyatda esa, aksariyati mutlaqa bilan hibsga va musibatga tushganlar dindan madad kutadilar va dindor bo’ladilar. Xullas, bu hol ham muhim bir farqni ko’rsatadi.
Uchinchi Ishorat:
Ahli bid'at aytadiki: "Bu taassubi diniy bizni orqada qoldirdi. Bu asrda yashash taassubni tashlash bilan bo’ladi. Ovrupa taassubni tashlagandan so’ng taraqqiy etdi?"
Aljavob:Xato qilyapsiz va aldangansiz yoki aldayapsiz. Chunki Ovrupa diniga mutaassibdir. Hatto bir oddiy Bolgarga yoki bir Ingliz askariga yoki bir sarsari Fransuzga "Salla kiy. Kiymasang, hibsga tashlanasan!" deyilsa, taassublari muqtazosiga ko’ra: "Hibsga emas, o’ldirsangiz ham, dinimga va milliyatimga bu haqoratni qilmayman!", deydi.
Ham tarix shohidki: Ahli Islom qachon diniga to’liq tamassuk etgan bo’lsa, o’sha zamonga nisbatan taraqqiy etgan. Qachon salobatni tark qilgan bo’lsa, tadanniy etgan. Nasroniylik esa, aksincha. Bu ham muhim bir farqi asosiydan nash'at etgan.
Ham Islomiyat boshqa dinlarga qiyos etilmaydi. Bir musulmon Islomiyatdan chiqsa va dinini tark etsa, boshqa hech bir payg’ambarni qabul qilolmaydi; balki Janobi Haqni ham tan ololmaydi va balki hech qanday muqaddas narsani tanimaydi; balki o’zida kamolotga mador bo’ladigan bir vijdon topilmaydi, tafassuh etadi. Shuning uchun Islomiyat nazarida, harbiy kofirning haqqi hayoti bor. Xorijda bo’lsa musolaha etsa, dohilda bo’lsa jizya bersa; Islomiyatga ko’ra hayoti mahfuzdir. Faqat murtadning haqqi hayoti yo’q. Chunki vijdoni tafassuh etadi, hayoti ijtimoiyaga zahar hukmiga o’tadi. Holbuki Nasroniy bir dinsiz yana hayoti ijtimoiyaga foydali bir vaziyatda qola oladi. Ba'zi muqaddasotni qabul qiladi va ba'zi payg’ambarlarga ishona oladi va Janobi Haqni bir jihatdan tasdiq eta oladi.
Ajabo, bu ahli bid'at va to’g’risi ahli ilhod, bu dinsizlikda qaysi manfaatni topyaptilar? Agar idora va osoyishni o’ylayotgan bo’lsalar; Allohni bilmagan dinsiz o’nta sarsarining idorasi va sharlarini daf etishi, mingta ahli diyonatning idorasidanda mushkuldir. Agar taraqqiyni o’ylayotgan bo’lsalar; unday dinsizlar idora-i hukumatga zararli bo’lganlari kabi, taraqqiyga ham monedirlar. Taraqqiy va tijoratning asosi bo’lgan amniyat va osoyishni buzadilar. To’g’risi, ular maslak jihatidan buzg’unchidir. Dunyoda eng katta ahmoq o’shaki, bunday dinsiz sarsarilardan taraqqiy va saodati hayotiyani kutsin. Bunday ahmoqlardan muhim bir mavqeni ishg’ol etgan birov aytganki: "Biz Alloh Alloh deya-deya orqada qoldik. Ovrupa to’p miltiq deya-deya oldinga ketdi".
"Javob-ul ahmaq as sukut" qoidasiga ko’ra, bundaylarga qarshi javob, sukutdir. Lekin ba'zi ahmoqlarning orqasida badbaxt aqllar bo’lganidan aytamiz:
Ey bechoralar! Bu dunyo bir musofirxonadir. Har kuni o’ttiz ming shohid janozalari bilan "Al-mavtu haq" hukmini tasdiqlaydilar va bu da'voga guvohlik qiladilar. O’limni o’ldira olasizmi? Bu shohidlarni takzib eta olasizmi? Modomiki qilolmas ekansiz; mavt Alloh Alloh dediradi. Sakarotda Alloh Allohning o’rniga; qaysi tayog’ingiz, qaysi miltig’ingiz zulumoti abadiyni u sakarotdagining qarshisida yoritadi, ya'si mutlaqini umidi mutlaqqa aylantira oladi? Modomiki o’lim bor, qabrga kiriladi; bu hayot o’tyapti, boqiy bir hayot kelyapti. Bir marta to’p miltiq deyilsa, ming marta Alloh Alloh deyish lozim bo’ladi. Ham Alloh yo’lida bo’lsa; miltiq ham Alloh deydi, to’p ham Allohu Akbar deya baqiradi, Alloh bilan iftor qiladi, saharlik qiladi.
To’rtinchi Ishorat:
Taxribotchi ahli bid'at ikki qismdir.
Bir qismi -go’yo din hisobiga, Islomiyatga sadoqat nomiga- go’yo dinni milliyat bilan taqviya etish uchun, "Zaif bo’lgan din shajara-i nuroniyasini milliyat tuprog’ida ekishni, quvvatlantirishni istaymiz" deya, dinga tarafdor vaziyatni ko’rsatadilar.
Ikkinchi qism millat nomiga, milliyat hisobiga, unsuriyatga quvvat berish fikriga binoan, "Millatni Islomiyat bilan tarbiyalashni istaymiz" deya bid'atlarni ijod qiladilar.
Birinchi qismgadeymizki: Ey "sodiq ahmoq" itloqiga masadaq bechora ulamo-i su' yoki majzub, aqlsiz, johil so’fiylar! Haqiqati koinot ichida ildizi joylashgan va haqoiqi koinotga ildiz otgan shajara-i Tubo-i Islomiyat; mavhum, muvaqqat, juz'iy, xususiy, manfiy, balki asossiz, g’arazkor, zulmkor, zulmoniy unsuriyat tuprog’iga ekilmaydi! Uni u yerga ekishga urinish, ahmoqona va taxribkorona, bid'atkorona bir tashabbusdir.
Ikkinchi qismmilliyatchilarga deymizki: Ey sarxush hamiyat-furushlar! Bir asr avval milliyat asri bo’lishi mumkin edi. Bu asr unsuriyat asri emas! Bolshevizm, sotsializm masalalari istilo etyapti; unsuriyat fikrini sindiryapti, unsuriyat asri o’tyapti. Abadiy va doimiy bo’lgan Islomiyat milliyati; muvaqqat, sertashvish unsuriyat bilan bog’lanmaydi va tarbiyalanmaydi. Va tarbiyalash bo’lsa ham; Islom millatini ifsod etgani kabi, unsuriyat milliyatini ham isloh etolmaydi, ibqo etolmaydi. Ha, muvaqqat tarbiyalashda bir zavq va bir muvaqqat quvvat ko’rinadi, faqat juda muvaqqat va oqibati xatarlidir.
Ham Turk unsurida abadiy qobili iltiyom bo’lmaslik suratida bir inshiqoq chiqadi. O’sha vaqt millatning quvvati, bir qism bir qismning quvvatini sindirgani uchun, qolmaydi. Ikki tog’ bir-biriga qarshi bir mezonning ikki pallasida bo’lsa; bir botmon quvvat u ikki quvvat bilan o’ynay oladi; yuqori ko’taradi, pastga tushiradi.
Ikkinchi Savol, ikki ishoratdir:
Birinchi Ishoratki:
"Beshinchi Ishorat"dir. Muhim bir savolning g’oyat muxtasar bir javobidir.
Savol:Oxirzamonda Hazrat Mahdiy kelishiga va fasodga kirgan olamni isloh qilishiga doir mutaaddid rivoyoti sahiha bor. Holbuki bu zamon, jamoat zamonidir; shaxs zamoni emas! Shaxs naqadar dohiy va hatto yuz dohiy darajasida bo’lsa ham, bir jamoatning mumassili bo’lmasa, bir jamoatning shaxsi ma'naviysini tamsil etmasa, muxolif bir jamoatning shaxsi ma'naviysiga qarshi mag’lub bo’ladi. Bu zamonda -quvvati valoyat naqadar yuksak bo’lsa bo’lsin- bunday bir jamoati bashariyaning ifsodoti azimasi ichida qanday isloh qiladi? Agar Mahdiyning butun ishlari horiqo bo’lsa, bu dunyodagi hikmati Ilohiyaga va qavonini odatullohga muxolif bo’ladi. Mahdiy masalasining sirrini anglashni istaymiz?
Aljavob:Janobi Haq kamoli rahmatidan, shariati Islomiyaning abadiyatiga bir asari himoyat sifatida, har bir fasodi ummat zamonida bir muslih yoki bir mujaddid yoki bir xalifa-i zishon yoki bir qutbi a'zam yoki bir murshidi akmal yoxud bir navi Mahdiy hukmida muborak zotlarni yuborgan; fasodni izola etib, millatni isloh etgan; Dini Ahmadiyni (S.A.V.) muhofaza etgan. Modomiki odati shunday jarayon etar ekan, oxirzamonning eng ulkan fasodi zamonida; albatta eng buyuk bir mujtahid, ham eng buyuk bir mujaddid, ham hokim, ham mahdiy, ham murshid, ham qutbi a'zam sifatida bir zoti nuroniyni yuboradi va u zot ham Ahli Bayti Nabaviydan bo’ladi. Janobi Haq bir daqiqa mobaynida yer va osmon o’rtasidagi olamni bulutlar bilan to’ldirib bo’shatgani kabi, bir soniyada dengizning to’fonlarini tinchitadi va bahor ichida bir soatda yoz mavsumining namunasini va yozda bir soatda qish to’fonini ijod etgan Qodiri Zuljalol; Mahdiy bilan ham olami Islomning zulumotini tarqata oladi. Va va'da bergan, va'dasini albatta bajaradi. Qudrati Ilohiya nuqtasidan qaralsa, g’oyat oson. Agar doira-i asbob va hikmati Rabboniya nuqtasidan o’ylansa, yana shu qadar aqlga uyg’un va bo’lishga loyiqki; agar Muxbiri Sodiqdan rivoyat bo’lmasa ham, har holda shunday bo’lishi lozim bo’lar va bo’ladi deya ahli tafakkur hukm qiladi. Shundayki: Falillahilhamd
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلٰى اِبْرَاه۪يمَ وَ عَلٰى اٰلِ اِبْرَاه۪يمَ فِى الْعَالَم۪ينَ اِنَّكَ حَم۪يدٌ مَج۪يدٌ
duosi -umum ummat, umum namozida, kunda besh marta takror etgan bu duolari- bilmushohada qabul bo’lganki; Oli Muhammad Alayhissalotu Vassalam, Oli Ibrohim Alayhissalom kabi shunday bir vaziyat olganki; umum muborak silsilalarning boshida, har aqtor va a'sorning majma'larida u nuroniy zotlar qo’mondonlik qiladilar.
{(Hoshiya) Hatto ulardan bittasi bo’lgan Sayyid Ahmad-us Sunusiy millionlab muridga qo’mondonlik qiladi. Sayyid Idris kabi boshqa bir zot yuz mingdan ortiq musulmonlarga qo’mondonlik qiladi. Sayyid Yahyo kabi bir boshqa sayyid yuz minglab odamlarga amrlik qiladi va hokazo Bu sayyidlar qabilasining a'zolarida bunday zohiriy qahramonlar ko’p bo’lgani kabi; Sayyid Abdulqodir Jiyloniy, Sayyid Abulhasan Shozaliy, Sayyid Ahmad Badaviy kabi ma'naviy qahramonlarning qahramonlari ham bor ekan.}
Va shunday bir kasratdadirlarki, u qo’mondonlardan majmui muazzam bir qo’shin tashkil qiladilar. Agar moddiy shaklga kirsa va bir tasonud bilan bir qo’shin vaziyatini olsalar, Islomiyat dinini milliyati muqaddasa hukmida robita-i ittifoq va intiboh qilsalar, hech bir millatning qo’shini ularga qarshi dosh berolmaydi! Xullas, u juda kasratli o’sha muqtadir qo’shin, Oli Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir va Hazrat Mahdiyning eng xos qo’shinidir.
Ha, bugun tarixi olamda hech bir nasl shajara bilan va hujjatlar bilan va an'ana bilan bir-biriga muttasil va eng yuksak sharaf va oliy hasab va asl nasab bilan mumtoz hech bir nasl yo’qdirki, Oli Baytdan kelgan sayyidlar nasli qadar quvvatli va ahamiyatli bo’lsin. Eski zamondan beri butun ahli haqiqatning qo’shinlari boshida ular va ahli kamolning nomdor raislari yana ulardir. Hozir ham, kammiyatan millionlarni o’tgan bir nasli muborakdir. Mutanabbih va qalblari iymonli va muhabbati Nabaviy bilan to’la va jahonqiymat sharafi intisobi bilan sarfarozdirlar. Bunday bir jamoati azima ichidagi muqaddas quvvatni tahyij etadigan va uyg’otadigan hodisoti azima vujudga kelyapti. Albatta u quvvati azimadagi bir hamiyati oliya jo’sh uradi va Hazrat Mahdiy boshiga o’tib, tariqi haq va haqiqatga yo’llaydi. Bunday bo’lish va bunday bo’lishini; bu qishdan so’ngra bahorning kelishi kabi, odatullohdan va rahmati Ilohiyadan kutamiz va kutishda haqlimiz.
Ikkinchi Ishorat, ya'ni Oltinchi Ishorat:
Hazrat Mahdiyning jamiyati nuroniyasi Sufyon komitetining taxribotchi rejimi bid'atkoronasini ta'mir etadigan, Sunnati Saniyani ihyo etadigan; ya'ni olami Islomiyatda risolati Ahmadiyani (S.A.V.) inkor niyati bilan shariati Ahmadiyani (S.A.V.) taxribga uringan Sufyon komiteti Hazrat Mahdiy jamiyatining mo’'jizakor ma'naviy qilichi bilan o’ldiriladi va tarqatiladi.
Ham olami insoniyatda inkori uluhiyat niyati bilan madaniyat va muqaddasoti bashariyani chil-charchin qilgan Dajjol komitetini, Hazrat Iso Alayhissalomning dini haqiqiysini Islomiyatning haqiqati bilan birlashtirishga uringan hamiyatkor va fidokor bir Isaviy jamoati nomi ostida va "Musulmon Isaviylari" unvoniga loyiq bir jamiyat, u Dajjol komitetini Hazrat Iso Alayhissalomning rayosati ostida o’ldiradi va tarqatadi; basharni inkori uluhiyatdan qutqaradi.
Bu muhim sir juda uzundir. Boshqa yerlarda biroz bahs etganimizdan, bu yerda bu qisqa ishorat bilan kifoyalanamiz.
Yettinchi Ishorat, ya'ni Uchinchi Savol:
"Sening eski zamondagi mudofaoting va Islomiyat haqidagi mujohadoting hozirgi tarzda emas. Ham Ovrupaga qarshi Islomiyatni mudofaa etgan mutafakkiriyn tarzida ketmayapsan. Nima uchun Eski Said vaziyatini o’zgartirding? Nima uchun ma'naviy mujohidiyni Islomiya tarzida harakat etmayapsan?", deydilar.
Aljavob:Eski Said bilan mutafakkiriyn qismi, falsafa-i bashariyaning va hikmati Ovrupaning dasturlarini qisman qabul qilib, ularning qurollari bilan ular bilan muboraza etadilar; bir daraja ularni qabul qiladilar. Bir qism dasturlarini fununi musbata suratida loyatazalzal taslim etadilar, bu shaklda Islomiyatning haqiqiy qiymatini ko’rsatolmaydilar. Go’yo ildizlari juda chuqur deb o’ylagan hikmatlarining shoxlari bilan Islomiyatni tarbiyalaydilar, go’yo taqviya etadilar. Bu tarzda g’alaba oz va Islomiyatning qiymatini bir daraja tanzil etish bo’lgani uchun, u maslakni tark etdim. Ham fe'lan ko’rsatdimki: Islomiyatning asoslari shu qadar chuqurki; falsafaning eng chuqur asoslari ularga yetishmaydi, balki sathiy qoladi. O’ttizinchi So’z, Yigirma To’rtinchi Maktub, Yigirma To’qqizinchi So’z bu haqiqatni burhonlari bilan isbot qilib ko’rsatgan. Eski maslakda, falsafani chuqur deb o’ylab, ahkomi Islomiyani zohiriy deb o’ylab falsafaning shoxlari bilan bog’lab saqlash va muhofaza etilish o’ylanar edi. Holbuki falsafaning dasturlarining qanday haddi borki, ularga yetishsin?
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلٰى سَيِّدِنَا اِبْرَاه۪يمَ وَ عَلٰى اٰلِ اِبْرَاه۪يمَ فِى الْعَالَم۪ينَ اِنَّكَ حَم۪يدٌ مَج۪يدٌ
* * *
Sakkizinchi Qism bo’lgan Rumuzoti Samoniya
"Sakkiz Ramz"dir, ya'ni sakkiz kichik risoladir. Shu ramzlarining asosi, Ilmi Jifrning muhim bir dasturi va ulumi xofiyaning muhim bir kaliti va bir qism asrori g’aybiya-i Qur'oniyaning muhim bir miftahi bo’lgan tavofuqdir.
Kelajakda mustaqil tarzda nashr etilishidan, bu yerga kiritilmadi.
* * *
To’qqizinchi Qism
Talvihoti Tis'a
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلَٓا اِنَّ اَوْلِيَٓاءَ اللّٰهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَاهُمْ يَحْزَنُونَ
[Bu qism turuqi valoyat haqida bo’lib, "To’qqiz Talvih"dir.]
BIRINCHI TALVIH:
"Tasavvuf", "tariqat", "valoyat", "sayri suluk" nomlari ostida shirin, nuroniy, nash'ali, ruhoniy bir haqiqati qudsiya borki; u haqiqati qudsiyani e'lon qilgan, dasr bergan, tavsif etgan minglab jild kitoblarni ahli zavq va kashfning muhaqqiqlari yozishgan, u haqiqatni ummatga va bizga aytganlar. جَزَاهُمُ اللّٰهُ خَيْرًا كَث۪يرًا Biz u bepoyon dengizdan bir qancha qatra hukmida bir qancha rashhalarini shu zamonning ba'zi iljootiga binoan ko’rsatamiz.
Savol:Tariqat nima?
Aljavob:Tariqatning g’oya-i maqsadi, ma'rifat va inkishofi haqoiqi iymoniya bo’lib, Me'roji Ahmadiyning (S.A.V.) ko’lankasida va soyasi ostida qalb oyog’i bilan bir sayri suluki ruhoniy natijasida zavqiy, holiy va bir daraja shuhudiy haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga mazhariyat; "tariqat", "tasavvuf" nomi bilan ulviy bir sirri insoniy va bir kamoli bashariydir.
Darhaqiqat, shu koinotda inson bir fihrista-i jome'a bo’lganidan, insonning qalbi minglab olamning xarita-i ma'naviyasi hukmidadir. Ha, insonning boshidagi miyasi hadsiz simsiz telegraf va telefonlarning stantsiyasi deyilgan markazi kabi, koinotning bir navi markazi ma'naviysi ekanini ko’rsatgan hadsiz funun va ulumi bashariya bo’lgani kabi, insonning mohiyatidagi qalbi ham, hadsiz haqoiqi koinotning mazhari, madori, urug’i bo’lganini; son-sanoqsiz ahli valoyat yozgan millionlab nuroniy kitoblari ko’rsatadilar.
Modomiki qalb va miya-i insoniy bu markazda ekan; urug’ holatida bir shajara-i azimaning jihozotini tazammun etadi va abadiy, uxroviy, hashmatli bir uskunaning asboblari va charxlari ichida joylashtirilgan. Albatta va har holda u qalbning Fotiri, u qalbni ishlattirishini va bilquvva holdan bilfe'l vaziyatiga chiqarishini va inkishofini va harakatini iroda etganki, shunday qilgan. Modomiki iroda qilgan, albatta u qalb ham aql kabi ishlaydi. Va qalbni ishlattirish uchun eng buyuk vosita, valoyat marotibida zikri Ilohiy bilan tariqat yo’lida haqoiqi iymoniyaga tavajjuh etishdir.
IKKINCHI TALVIH:
Bu sayri suluki qalbiyning va harakati ruhoniyaning miftahlari va vasilalari, zikri Ilohiy va tafakkurdir. Bu zikr va fikrning mahosini, sanash bilan tugamaydi. Hadsiz favoidi uxroviya va kamoloti insoniyani nazarga olmasdan, yolg’iz shu sertashvish hayoti dunyoviyaga oid juz'iy bir foydasi shuki: Har bir inson hayotning tashvishidan va og’ir takolifidan bir daraja qutulish va tanaffus etish uchun; har holda bir tasalli istaydi, bir zavqni qidiradi va vahshatni izola etadigan bir unsiyatni taharriy etadi. Madaniyati insoniya natijasidagi ijtimo'oti unsiyatkorona o’n insondan bir ikkisiga muvaqqat bo’lib, balki g’aflatkorona va sarxushchasiga bir unsiyat va bir ulfat va bir tasalli beradi. Faqat yuzdan saksoni yo tog’larda, daralarda munfarid yashaydi, yo dardi maishat uni uzoq burchaklarga yo’llaydi, yo musibatlar va keksalik kabi oxiratni o’ylattirgan vositalar jihati bilan insonlarning jamoatlaridan kelgan unsiyatdan mahrumdirlar. U hol ularga unsiyat berib tasalli bermaydi.
Xullas, bundaylarning haqiqiy tasallisi va jiddiy unsiyati va shirin zavqi; zikr va fikr vositasida qalbni ishlatish, u uzoq burchaklarda, u vahshatli tog’ va mashaqqatli daralarda qalbiga mutavajjih bo’lib "Alloh!" deb qalbi bilan unsiyat etib, o’sha unsiyat bilan atrofida vahshat bilan unga qaragan narsalarni unsiyatkorona tabassum vaziyatida o’ylab, "Zikr etgan Xoliqimning hadsiz ibodi har tarafda bo’lgani kabi, bu vahshatgohimda ham ko’pdirlar. Men yolg’iz emasman, tavahhush ma'nosizdir!" deb, iymonli hayotdan unsiyatli zavq oladi. Saodati hayotiya ma'nosini anglaydi, Allohga shukr qiladi.
UCHINCHI TALVIH:
Valoyat, bir hujjati risolatdir; tariqat, bir burhoni shariatdir. Chunki risolat tablig’ etgan haqoiqi iymoniyani valoyat bir navi shuhudi qalbiy va zavqi ruhoniy bilan aynalyaqiyn darajasida ko’radi, tasdiq qiladi. Uning tasdig’i, risolatning haqqoniyatiga qat'iy bir hujjatdir. Shariat dars bergan ahkomning haqoiqini tariqat zavqi bilan, kashfi bilan va undan istifodasi va istifozasi bilan u ahkomi shariatning haq ekaniga va Haqdan kelganiga bir burhoni bahirdir. Qandayki valoyat va tariqat, risolat va shariatning hujjati va dalilidir; shuning kabi, Islomiyatning bir sirri kamoli va madori anvori va insoniyatning Islomiyat sirri bilan ma'dani taraqqiyoti va bir manba-i tafayyuzotidir.
Xullas, bu sirri azimning bu daraja ahamiyati bilan birga, ba'zi zalolat firqalari uni inkor qilishgacha borishgan. O’zlari mahrum qolgan anvordan, boshqalarining mahrumiyatiga sabab bo’lishgan. Eng ko’p madori taassuf shuki: Ahli Sunnat va Jamoatning bir qism zohiriy ulamosi va Ahli Sunnat va Jamoatga mansub bir qism ahli siyosat g’ofil insonlar; ahli tariqat ichida ko’rgan ba'zi suiste'molotni va bir qism xatiotni bahona qilib, u xazina-i uzmoni yopish, balki taxrib etish va bir navi obi hayotni tarqatgan u kavsar manbaini quritish uchun harakat qilyaptilar. Holbuki ashyoda qusursiz va har jihati xayrli narsalar, mashrablar, maslaklar juda oz. Baribir ba'zi qusurlar va suiste'molot bo’ladi. Chunki loyiq bo’lmaganlar bir ishga kirishsalar, albatta suiste'mol qiladilar. Lekin Janobi Haq oxiratda muhosaba-i a'mol dasturi bilan, adolati Rabboniyasini hasanot va sayyiotning muvozanasi bilan ko’rsatadi. Ya'ni hasanot rojih va og’ir kelsa, mukofotlaydi, qabul qiladi; sayyiot rojih kelsa jazolaydi, rad qiladi. Hasanot va sayyiotning muvozanasi miqdorga qaramaydi, sifatga qaraydi. Ba'zan bitta hasana mingta sayyiotga tarajjuh etadi, avf ettiradi. Modomiki adolati Ilohiya shunday hukm qilar ekan va haqiqat ham buni haq ko’rar ekan; tariqat, ya'ni Sunnati Saniya doirasida tariqatning hasanoti, sayyiotiga qat'iyan murajjah bo’lganiga dalil: Ahli tariqat ahli zalolatning hujumi zamonida iymonlarini muhofaza etishidir. Oddiy bir samimiy ahli tariqat; suriy, zohiriy bir mutafannindan ko’proq o’zini muhofaza qiladi. U zavqi tariqat vositasi bilan va u muhabbati avliyo jihati bilan iymonini qutqaradi. Kaboir bilan fosiq bo’ladi, faqat kofir bo’lmaydi; osonlik bilan zindiqoga kirmaydi. Shadid bir muhabbat va metin bir e'tiqod bilan aqtob deb qabul qilgan bir silsila-i mashoyixni uning nazarida hech qanday quvvat yengolmaydi. Yengolmagani uchun, ulardan e'timodini kesolmaydi. Ulardan e'timodi kesilmasa, zindiqoga kirolmaydi. Tariqatda hissasi bo’lmagan va qalbi harakatga kelmagan, bir muhaqqiq olim zot bo’lsa ham, hozirgi zindiqlarning dasisalariga qarshi o’zini to’liq muhofaza etishi mushkullashgan.
Yana bir narsa borki: Doira-i taqvodan xorij, balki doira-i Islomiyatdan xorij surat olgan ba'zi mashrablarning va tariqat nomini haqsiz bo’lib o’ziga taqqanlarning sayyioti bilan tariqat mahkum bo’lolmaydi. Tariqatning diniy va uxroviy va ruhoniy juda muhim va ulviy natijalarini nazarga olmasdan, yolg’iz olami Islom ichidagi qudsiy bir robita bo’lgan uxuvvatning inkishofiga va inbisotiga eng birinchi, ta'sirli va haroratli vosita tariqatlar bo’lgani kabi; olami kufrning va siyosati Nasroniyaning, nuri Islomiyatni so’ndirish uchun mudhish hujumlariga qarshi ham, uch muhim va tebranmas qal'a-i Islomiyatning bir qal'asidir. Markazi Xilofat bo’lgan Istanbulni besh yuz ellik yil butun olami Nasroniyaning qarshisida muhofaza ettirgan, Istanbulda besh yuz yerda jo’sh urgan anvori tavhid va u markazi Islomiyadagi ahli iymonning muhim bir nuqta-i istinodi, u ulkan masjidlarning orqalaridagi takyalarda "Alloh Alloh!" deganlarning quvvati iymoniyalari va ma'rifati Ilohiyadan kelgan bir muhabbati ruhoniy bilan jo’shu xurushlaridir.
Xullas, ey aqlsiz hamiyat-furushlar va soxtakor milliyat-parvarlar! Tariqatning hayoti ijtimoiyangizda bu hasanasini yenga oladigan qaysi sayyiotlar bor, aytinglar?
TO’RTINCHI TALVIH:
Maslagi valoyat juda oson bo’lish bilan barobar juda mushkulotlidir, juda qisqa bo’lish bilan birga juda uzundir, juda qiymatli bo’lish bilan birga juda xatarlidir, juda keng bo’lish bilan birga juda tordir.
Xullas, bu sir uchun; u yo’lda suluk etganlar ba'zan bo’g’iladi, ba'zan zarar ko’radi, ba'zan qaytib boshqalarini yo’ldan chiqaradi.
Azjumla:Tariqatda "sayri anfusiy" va "sayri ofoqiy" ta'birlari ostida ikki mashrab bor.
Birinchi mashrab,anfusiy mashrabidir; nafsdan boshlaydi, xorijdan ko’zini chekadi, qalbga qaraydi, anoniyatni teshib o’tadi, qalbidan yo’l ochadi, haqiqatni topadi. So’ngra ofoqqa kiradi. O’shanda ofoqni nuroniy ko’radi. Sayrni tezda tugatadi. Anfusiy doirasida ko’rgan haqiqatini buyuk bir miqyosda unda ham ko’radi. Turuqi xofiyaning ko’pchiligi bu yo’ldan ketadi. Buning ham eng muhim asosi; anoniyatni sindirish, havoni tark etish, nafsni o’ldirishdir.
Ikkinchi mashrab;ofoqdan boshlaydi, u doira-i kubroning mazohirida jilva-i asmo va sifotni tomosha qilib, so’ngra doira-i anfusiyaga kiradi. Kichik bir miqyosda, doira-i qalbida u anvorni mushohada etib, unda eng yaqin yo’lni ochadi. Qalb, oyna-i Samad bo’lganini ko’radi, qidirgan maqsadiga vosil bo’ladi.
Birinchi martabada suluk etgan insonlar nafsi ammorani o’ldirishga muvaffaq bo’lmasa, havoni tark etib anoniyatni sindirmasa; shukr maqomidan faxr maqomiga tushadi.. faxrdan g’ururga yiqiladi. Agar muhabbatdan kelgan bir injizob va injizobdan kelgan bir navi sakr birga bo’lsa, undan "shatohat" nomi bilan haddidan oshgan da'volar chiqadi. Ham o’zi zarar qiladi, ham boshqasining zarariga sabab bo’ladi. Masalan: Qandayki bir mulozim o’zidagi qo’mondonlik zavqi bilan va nash'asi bilan g’ururlansa, o’zini bir mushir deb o’ylaydi. Kichkina doirasini u kulliy doira bilan iltibos etadi. Va bir kichik oynada ko’ringan bir Quyoshni dengizning yuzida hashmati bilan jilvasi ko’ringan Quyosh bilan bir jihati mushobahat bilan iltibosga sabab bo’ladi; shuning kabi: Ko’p ahli valoyat borki; bir chivinning bir tovus qushiga nisbati kabi, o’zidan shu daraja katta bo’lganlardan o’zini katta ko’radi va shunday ham mushohada etadi, o’zini haqli deb topadi. Hatto men ko’rdimki: Yolg’iz qalbi intibohga kelgan, uzoq-uzoqlardan valoyatning sirrini o’zida his etgan, o’zini qutbi a'zam deb o’ylab, o’sha vaziyatni olardi. Men dedim: "Qardoshim! Qandayki qonuni saltanatning bosh vazir doirasidan to nohiya mudiri doirasiga qadar bir tarzda juz'iy-kulliy jilvalari bor; shunga o’xshab valoyatning va qutbiyatning ham shunday muxtalif doira va jilvalari bor. Har bir maqomning ko’p pardalari va soyalari bor. Sen bosh vazir-misol qutbiyatning a'zam jilvasini bir mudir doirasi hukmida bo’lgan o’z doirangdan o’sha jilvani ko’rgansan, aldangansan. Ko’rganing to’g’ri, faqat hukming xato. Bir chivinga bir idish suv, bir kichik dengizdir". U zot shu javobimdan inshaalloh uyg’ondi va u vartadan qutuldi.
Ham men mutaaddid insonlarni ko’rdimki, o’zlarini bir navi Mahdiy deb bilar va "Mahdiy bo’laman" der edilar. Bu zotlar yolg’onchi va aldovchi emaslar, balki aldanadilar. Ko’rganlarini haqiqat deb o’ylaydilar. Asmo-i Ilohiyaning qandayki tajalliyoti, Arshi A'zam doirasidan bir zarraga qadar jilvalari bor va u asmoga mazhariyat ham o’sha nisbatda tafovut etadi. Xuddi shuningdek, mazhariyati asmodan iborat bo’lgan marotibi valoyat ham shunday mutafovitdir. Shu iltibosning eng muhim sababi shu:
Maqomoti avliyodan ba'zi maqomlarda Mahdiy vazifasining xususiyati bo’lgani va qutbi a'zamga xos bir nisbati ko’ringani va Hazrat Hizrning bir munosabati xossasi bo’lgani kabi, ba'zi mashohir bilan munosabatdor ba'zi maqomot bor. Hatto u maqomlar "Maqomi Hizr", "Maqomi Uvays", "Maqomi Mahdiyat" deb ta'bir qilinadi.
Xullas, shu sirga binoan, u maqomga va u maqomning juz'iy bir namunasiga yoki bir soyasiga kirganlar, o’zlarini o’sha maqom bilan xos munosabatdor mashhur zotlar deb o’ylaydilar. O’zini Hizr deb o’ylaydi yoki Mahdiy deb e'tiqod qiladi yoki qutbi a'zam deb xayol qiladi. Agar hubbu johga tolib anoniyati bo’lmasa, u holda mahkum bo’lmaydi. Uning haddidan ortiq da'volari shatohat sanaladi. U bilan balki mas'ul bo’lmaydi. Agar anoniyati parda ortida hubbu johga mutavajjih bo’lsa; u zot anoniyatga mag’lub bo’lib, shukrni tashlab faxrga kirsa, faxrdan bora-bora g’ururga yiqiladi. Yo devonalik darajasiga sukut etadi yoxud tariqi haqdan chiqadi. Chunki buyuk avliyoni o’zi kabi talaqqiy etadi, haqlaridagi husni zoni sinadi. Zero nafs naqadar mag’rur bo’lsa ham, o’zi o’z qusurini idrok etadi. U buyuklarni ham o’ziga qiyos qilib, qusurli tavahhum etadi. Hatto anbiyolar haqida ham hurmati nuqsonlashadi.
Xullas, bu holga giriftor bo’lganlar, mezoni shariatni qo’lda tutish va Usul-ud Din ulamosining dasturlarini o’ziga o’lchov qilib olish va Imom G’azzoliy va Imom Rabboniy kabi muhaqqiqiyni avliyoning ta'limotlarini rahbar qilishi kerak. Va doimo nafsini ittihom etishi hamda qusurdan, ojizlik va faqirlikdan boshqa nafsning qo’liga bermasligi kerak. Bu mashrabdagi shatohat hubbu nafsdan nash'at etadi. Chunki muhabbat ko’zi qusurni ko’rmaydi. Nafsiga muhabbati uchun, u qusurli va layoqatsiz bir shisha parchasi kabi nafsini bir brilliant, bir olmos deb o’ylaydi. Bu tur ichidagi eng tahlikali bir xato shuki; qalbiga ilhomiy bir tarzda kelgan juz'iy ma'nolarni "Kalomulloh" taxayyul etib, oyat deb ta'bir etishlaridir. Va u bilan vahiyning martaba-i ulyo-i aqdasiga bir hurmatsizlik keladi. Ha, asal arisining va hayvonotning ilhomotidan tut, to avomi nosning va xavassi bashariyaning ilhomotiga qadar va avomi maloikaning ilhomotidan to xavassi karrobiyunning ilhomotiga qadar butun ilhomot, bir navi kalimoti Rabboniyadir. Faqat mazharlarning va maqomlarning qobiliyatiga ko’ra kalomi Rabboniy; yetmish ming pardada talammu' etgan boshqa-boshqa jilva-i xitobi Rabboniydir.
Ammo vahiy va kalomullohning ismi xossi va uning eng bahir misoli mushaxxasi bo’lgan Qur'onning najmlariga ismi xos bo’lgan "oyat" nomi shunday ilhomotga berilishi, xato-i mahzdir. O’n Ikkinchi va Yigirma Beshinchi va O’ttiz Birinchi So’zlarda bayon va isbot etilgani kabi, qo’limizdagi ranglangan oynada ko’ringan kichik va so’niq va pardali Quyoshning misoli, samodagi Quyoshga qanday nisbati bo’lsa; xuddi shuning kabi u mudda'ilarning qalbidagi ilhom ham, to’g’ridan-to’g’riga kalomi Ilohiy bo’lgan Qur'on Quyoshining oyatlariga nisbati o’sha darajadadir. Ha, har bir oynada ko’ringan quyoshning misollari, quyoshniki va u bilan munosabatdor deyilsa, haqdir; faqat u Quyoshchalarning oynasiga Kura-i Arz taqilmaydi va uning jozibasi bilan bog’lanmaydi!
BESHINCHI TALVIH:
Tariqatning g’oyat muhim bir mashrabi bo’lgan "Vahdat-ul Vujud" nomli Vahdat-ush Shuhud, ya'ni Vojib-ul Vujudning vujudiga hasri nazar etib, boshqa mavjudotni u vujudi Vojibga nisbatan shu qadar zaif va ko’lanka ko’radiki, vujud ismiga loyiq bo’lmaganiga hukm etib, xayol pardasiga o’rab, tarki mosivo maqomida ularni qiymatsiz deb qarash, hatto ma'dum deya tasavvur qilish, yolg’iz jilva-i asmo-i Ilohiyaga xayoliy bir oyna vaziyati berishgacha boradi.
Xullas, bu mashrabning ahamiyatli bir haqiqati borki: Vojib-ul Vujudning vujudi, iymon quvvati bilan va yuksak bir valoyatning haqqalyaqiyn darajasida inkishofi bilan, vujudi mumkinot shu daraja pastga tushadiki, xayol va adamdan boshqa uning nazarida maqomlari qolmaydi; go’yo Vojib-ul Vujudning hisobiga koinotni inkor qiladi.
Lekin bu mashrabning tahlikalari bor. Eng birinchisi shuki: Arkoni iymoniya oltita. Iymoni billohdan boshqa iymoni bil-yavmil axir kabi ruknlar bor. Bu ruknlar esa, mumkinotning vujudlarini istaydi. U muhkam arkoni iymoniya xayol ustida bino etilmaydi! Shuning uchun, u mashrab sohibi olami istig’roq va sakrdan olami sahvga kirgan payti, u mashrabni birga olmasligi kerak va u mashrabning muqtazosi bilan amal qilmasligi lozim. Ham qalbiy va holiy va zavqiy bo’lgan bu mashrabni aqliy va qovliy va ilmiy suratiga aylantirmasligi kerak. Chunki Kitob va Sunnatdan kelgan dasotiri aqliya va qavonini ilmiya va usuli kalomiya u mashrabni ko’tarolmaydi; qobili tatbiq bo’lolmaydi. Shuning uchun, Xulafo-i Roshidindan va Aimma-i Mujtahidindan va salafi solihinning buyuklaridan u mashrab ochiqchasiga ko’rinmaydi. Demak, eng oliy mashrab emas. Balki yuksak, faqat noqis. Juda ahamiyatli, faqat juda xatarli. Juda og’ir, faqat juda zavqli. U zavq uchun unga kirganlar undan chiqishni istashmaydi, xudgamlik bilan eng yuksak martaba deb o’ylaydilar. Bu mashrabning asosini va mohiyatini Nuqta Risolasida va bir qism So’zlarda va Maktubotda bir daraja bayon qilganimizdan, ular bilan kifoyalanib, shu yerda u muhim mashrabning ahamiyatli bir vartasini bayon qilamiz.
U mashrab sabablar doirasidan o’tib, tarki mosivo sirri bilan mumkinotdan aloqasini kesgan axassi xavas istig’roqi mutlaq holatida mazhar bo’lgan solih bir mashrabdir. Bu mashrabni sabablar ichida bo’g’ilganlarning va dunyoga oshiq bo’lganlarning va falsafa-i moddiya bilan tabiatga botganlarning nazariga ilmiy bir suratda talqin etish, tabiat va moddada ularni bo’g’dirishdir va haqiqati Islomiyadan uzoqlashtirishdir. Chunki dunyoga oshiq va sabablar doirasiga bog’liq bir nazar bu foniy dunyoga bir navi baqo berishni istaydi. U dunyo mahbubini qo’lidan qochirishni istamaydi; vahdat-ul vujud bahonasi bilan unga bir boqiy vujud tavahhum etadi, u mahbubi bo’lgan dunyo hisobiga va baqo va abadiyatni unga to’liq mol etishiga binoan, bir ma'budiyat darajasiga chiqaradi. -Na'uzu billah- Allohni inkor etish vartasiga yo’l ochadi. Bu asrda moddiyunlik fikri shu daraja istilo etganki, moddiyotni hamma narsaga marji' deb biladilar. Bunday bir asrda xos ahli iymon moddiyotni i'dom darajasida ahamiyatsiz ko’rganlaridan; Vahdat-ul Vujud mashrabi o’rtaga chiqsa balki moddiyunlar sohib chiqadilar, "Biz ham shunday deymiz" deydilar. Holbuki dunyoda mashorib ichida moddiyunlarning va tabiatparastlarning maslagidan eng uzoq mashrab, Vahdat-ul Vujud mashrabidir. Chunki ahli Vahdat-ul Vujud, shu qadar vujudi Ilohiyga quvvati iymon bilan ahamiyat beradilarki, koinotni va mavjudotni inkor qiladilar. Moddiyunlar esa, shu qadar mavjudotga ahamiyat beradilarki; koinot hisobiga Allohni inkor qiladilar. Xullas bular qayerda? Ular qayerda?
OLTINCHI TALVIH:
"Uch Nuqta"dir.
Birinchi Nuqta:Valoyat yo’llari ichida eng go’zali, eng mustaqimi, eng porlog’i, eng boyi; Sunnati Saniyaga ittibodir. Ya'ni: A'mol va harakotida Sunnati Saniyani o’ylab unga tobe bo’lish va taqlid etish va muomalot va af'olida ahkomi shar'iyani o’ylab rahbar qilib olishdir.
Xullas, bu ittibo va iqtido vositasi bilan oddiy ahvoli va urfiy muomalalari va fitriy harakatlari ibodat shakliga kirish bilan barobar; har bir amali, sunnatni va shariatni u ittibo nuqtasida o’ylatish bilan, bir taxatturi hukmi shar'iy beradi. U taxattur esa, sohibi shariatni o’ylattiradi. U o’ylash esa, Janobi Haqni xotirga keltiradi. U xotira bir navi huzur beradi. U holda mutamodiyan umr daqiqalari huzur ichida bir ibodat hukmiga keltirilishi mumkin. Xullas, bu jadda-i kubro, valoyati kubro bo’lgan ahli varosati nubuvvat bo’lgan sahoba va salafi solihinning yo’lidir.
Ikkinchi Nuqta:Valoyat yo’llarining va tariqat sho’balarining eng muhim asosi, ixlosdir. Chunki ixlos bilan xofiy shirklardan xalos bo’ladi. Ixlosni qozonmagan, u yo’llarda kezolmaydi. Va u yo’llarning eng keskin quvvati, muhabbatdir. Ha, muhabbat mahbubida bahonalar qidirmaydi va qusurlarini ko’rishni istamaydi. Va kamoliga dalolat etgan zaif nishonlarni kuchli hujjatlar hukmida ko’radi. Doimo mahbubiga tarafdordir.
Bu sirga binoan, muhabbat oyog’i bilan ma'rifatullohga tavajjuh etgan zotlar; shubahotga va e'tirozotga quloq solmaydilar, arzon xalos bo’ladilar. Minglab shayton to’plansa, ularning mahbubi haqiqiysining kamoliga ishorat qilgan bir nishonni ularning nazarida yo’q qilolmaydi. Agar muhabbat bo’lmasa, u vaqt o’z nafsi va shaytoni va xorijiy shaytonlarning qilgan e'tirozoti ichida ko’p tipirchilaydi. Qahramonona bir matonat va quvvati iymon va diqqati nazar lozimki, o’zini qutqarsin.
Shu sirga binoan; umum marotibi valoyatda ma'rifatullohdan kelgan muhabbat eng muhim moya va iksirdir. Faqat muhabbatning bir vartasi borki: Ubudiyatning sirri bo’lgan niyozdan, mahviyatdan nozga va da'voga hatlaydi, mezonsiz harakat qiladi. Mosivo-i Ilohiyaga tavajjuhi hangomida ma'no-i harfiydan ma'no-i ismiyga o’tishi bilan; tiryoq ekan, zahar bo’ladi. Ya'ni; g’ayrullohni sevgan vaqti, Janobi Haq hisobiga va uning nomiga, uning bir oyna-i asmosi bo’lish jihati bilan rabti qalb etish lozim ekan; ba'zan u zotni u zot hisobiga, o’z kamoloti shaxsiyasi va jamoli zotiysi nomiga o’ylab, ma'no-i ismiy bilan sevadi. Allohni va payg’ambarlarni o’ylamasdan yana ularni seva oladi. Bu muhabbat muhabbatullohga vasila emas, parda bo’ladi. Ma'no-i harfiy bilan bo’lsa, muhabbatullohga vasila bo’ladi, balki jilvasi desa bo’ladi.
Uchinchi Nuqta:Bu dunyo dor-ul hikmatdir, dor-ul xizmatdir; dor-ul ujrat va mukofot emas. Bu yerdagi a'mol va xizmatlarning ujratlari barzohda va oxiratdadir. Bu yerdagi a'mol barzohda va oxiratda meva beradi. Modomiki haqiqat shu ekan, a'moli uxroviyaga oid natijalarni dunyoda istamaslik kerak. Berilsa ham, mamnunona emas, mahzunona qabul qilish lozim. Chunki Jannatning mevalari kabi, uzgan sari o’rniga aynisi kelish sirri bilan, boqiy hukmida bo’lgan amali uxroviy mevasini bu dunyoda foniy suratda yeyish, kori aql emas. Boqiy chiroqni bir daqiqa yashaydigan va so’nadigan chiroq bilan mubodala etish kabidir.
Xullas, bu sirga binoan; ahli valoyat, xizmat va mashshaqqat va musibat va kulfatni xush ko’radilar, nozlanmaydilar, shikoyat qilmaydilar. "Alhamdulillahi alakullihal" deydilar. Kashf va karomat, azvoq va anvor berilgan vaqti, bir iltifoti Ilohiy navidan qabul etib satriga urinadilar. Faxrga emas, balki shukrga, ubudiyatga yanada ziyoda kiradilar. Ko’plari u ahvolning istitor va inqito'ini istaganlar, toki amallaridagi ixlos zadalanmasin. Ha, maqbul bir inson haqida eng muhim bir ehsoni Ilohiy, ehsonini unga sezdirmaslikdir; toki niyozdan nozga va shukrdan faxrga kirmasin.
Xullas, bu haqiqatga binoan, valoyatni va tariqatni istaganlar; agar valoyatning ba'zi tarashshuhoti bo’lgan azvoq va karomotni istasalar va ularga mutavajjih bo’lsa va ulardan xushlansa; boqiy uxroviy mevalarni foniy dunyoda, foniy bir suratda yeyish kabi bo’lish bilan barobar; valoyatning moyasi bo’lgan ixlosni yo’qotib, valoyatning qochishiga yo’l ochadi.
YETTINCHI TALVIH:
"To’rt Nukta"dir.
Birinchi Nukta:Shariat to’g’ridan-to’g’riga, ko’lankasiz, pardasiz, sirri ahadiyat bilan rububiyati mutlaqa nuqtasida xitobi Ilohiyning natijasidir. Tariqatning va haqiqatning eng yuksak martabalari, shariatning juzlari hukmiga o’tadi. Bo’lmasa doimo vasila va muqaddima va xizmatchi hukmidadirlar. Natijalari, shariatning muhkamotidir. Ya'ni: Haqoiqi shariatga yetishish uchun, tariqat va haqiqat maslaklari, vasila va xizmatchi va zinalar hukmidadir. Bora-bora eng yuksak martabada, nafsi shariatda bo’lgan ma'no-i haqiqat va sirri tariqatga inqilob etadilar. U vaqt shariati kubroning juzlari bo’ladilar. Bo’lmasa ba'zi ahli tasavvufning o’ylaganlari kabi, shariatni zohiriy bir qobiq, haqiqatni uning ichi va natijasi va g’oyasi deb tasavvur etish to’g’ri emas. Ha, shariatning tabaqoti nosga ko’ra inkishofoti boshqa-boshqadir. Avomi nosga ko’ra zohiri shariatni haqiqati shariat deb o’ylab, xoslarga munkashif bo’lgan shariat martabasiga "haqiqat va tariqat" nomini berish xatodir. Shariatning umum tabaqotga qaraydigan marotibi bor.
Shu sirga binoan: Ahli tariqat va asxobi haqiqat oldin borgan sari, haqoiqi shariatga qarshi injizoblari, ishtiyoqlari, ittibolari ziyodalashadi. Eng kichik bir Sunnati Saniyani eng buyuk bir maqsad kabi qabul qilib, uning ittiboiga harakat qiladilar, uni taqlid qiladilar. Chunki vahiy naqadar ilhomdan yuksak bo’lsa, samara-i vahiy bo’lgan odobi shar'iya shu daraja samara-i ilhom bo’lgan odobi tariqatdan yuksak va ahamiyatlidir. Shuning uchun tariqatning eng muhim asosi, Sunnati Saniyaga ittibo etishdir.
Ikkinchi Nukta:Tariqat va haqiqat, vasilalikdan chiqmasligi kerak. Agar maqsudi bizzot hukmiga o’tsalar; u vaqt shariatning muhkamoti va amaliyoti va Sunnati Saniyaga ittibo, rasmiy hukmida qoladi; qalb narigi tarafga mutavajjih bo’ladi. Ya'ni: Namozdan ziyoda halqa-i zikrni o’ylaydi; faroizdan ziyoda avrodiga munjazib bo’ladi; kaboirdan qochishdan ziyoda odobi tariqatning muxolafatidan qochadi. Holbuki muhkamoti shariat bo’lgan farzlarning bir donasiga avrodi tariqat muqobil kelolmaydi; o’rnini to’ldirolmaydi. Odobi tariqat va avrodi tasavvuf u faroizning ichidagi haqiqiy zavqqa madori tasalli bo’lishi kerak, mansha' bo’lmasligi kerak. Ya'ni: Takyasi masjiddagi namozning zavqiga va ta'dili arkoniga vasila bo’lishi kerak; bo’lmasa masjiddagi namozni tez rasmiy o’qib, haqiqiy zavqini va kamolini takyada topishni o’ylagan, haqiqatdan uzoqlashadi.
Uchinchi Nukta:"Sunnati Saniya va ahkomi shariat xorijida tariqat bo’lishi mumkinmi?" deya savol so’ralyapti.
Aljavob:Ham bor, ham yo’q. Bor, chunki ba'zi avliyo-i komiliyn shariat qilichi bilan i'dom etilganlar. Ham yo’q, chunki muhaqqiqiyni avliyo Sa'di Sheroziyning bu dasturida ittifoq etganlar:
مُحَالَسْتْ سَعْد۪ى بَرَاهِ صَفَا ٭ ظَفَرْ بُرْدَنْ جُزْ دَرْ پَىِ مُصْطَفٰى
Ya'ni: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning yo’lidan xorij va uning orqasidan ketmagan maholdirki; haqiqiy anvori haqiqatga vosil bo’la olsin". Bu masalaning sirri shuki: Modomiki Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Xotam-ul Anbiyodir va umum navi bashar nomiga muxotobi Ilohiydir; albatta navi bashar uning yo’li xorijida ketolmaydi va bayrog’i ostida bo’lish zaruriydir. Va modomiki ahli jazba va ahli istig’roq muxolafatlaridan mas'ul bo’lolmas ekan; va modomiki insonda ba'zi latoif borki, taklif ostiga kirolmaydi; u latifa hokim bo’lgan vaqt, takolifi shar'iyaga muxolafati bilan mas'ul qilinmaydi; va modomiki insonda ba'zi latoif borki, taklif ostiga kirmagani kabi, ixtiyor ostiga ham kirmaydi; hatto aqlning tadbiri ostiga ham kirmaydi, u latifa qalbni va aqlni tinglamaydi; albatta u latifa bir insonda hokim bo’lgan paytda -faqat u zamonga maxsus bo’lib- u zot shariatga muxolafatda valoyat darajasidan sukut etmaydi, ma'zur sanaladi. Faqat bir shart bilanki, haqoiqi shariatga va qavoidi iymoniyaga qarshi bir inkor, bir tazyif, bir istixfof bo’lmasin. Ahkomni qilmasa ham, ahkomni haq bilish kerak. Bo’lmasa u holga mag’lub bo’lib, na'uzu billah, u haqoiqi muhkamaga qarshi inkor va takzibni ishmom etadigan bir vaziyat, alomati sukutdir!
Alhosil:Doira-i shariatning xorijida bo’lgan ahli tariqat ikki qismdir:
Bir qismi:-Sobiqan o’tgani kabi- yo holga, istig’roqqa, jazbaga va sakrga mag’lub bo’lib yoki taklifni tinglamagan yoki ixtiyorni eshitmagan latifalarning mahkumi bo’lib, doira-i shariatning xorijiga chiqadi. Faqat u chiqish, ahkomi shariatni yoqtirmaslikdan yoki istamaslikdan emas; balki majburiyat bilan ixtiyorsiz tark etadi. Bu qism ahli valoyat bor. Ham muhim valiylar bularning ichida muvaqqatan bo’lgan. Hatto bu navidan; yolg’iz doira-i shariatdan emas, balki doira-i Islomiyat xorijida bo’lganini ba'zi muhaqqiqiyni avliyo hukm etganlar. Faqat bir shart bilan: Muhammad Alayhissalotu Vassalam keltirgan ahkomning hech birini takzib etmaslikdir. Balki, yo o’ylamaydi yoki mutavajjih bo’lolmaydi yoxud bilolmaydi va bilmaydi. Bilsa, qabul qilmasa, bo’lmaydi!
Ikkinchi qismesa: Tariqat va haqiqatning porloq azvoqlariga berilib, mazoqidan juda yuksak bo’lgan haqoiqi shariatning daraja-i zavqiga yetisholmagani uchun; zavqsiz, rasmiy bir narsa deb o’ylab, unga qarshi loqayd qoladi. Bora-bora shariatni zohiriy bir qobiq deb o’ylaydi. Topgan haqiqatini asos va maqsud deb o’ylaydi. "Men uni topdim, u menga yetadi" deydi, ahkomi shariatga muxolif harakat qiladi. Bu qismdan aqli joyida bo’lganlar mas'uldirlar, sukut etadilar, balki qisman shaytonga masxara bo’ladilar.
To’rtinchi Nukta:Ahli zalolat va bid'at firqalaridan bir qism zotlar ummat nazarida maqbul bo’ladilar. Aynan ular kabi zotlar bor; zohiriy hech bir farq yo’q ekan, ummat rad qiladi. Bunga hayrat qilar edim. Masalan: Mo’tazila mazhabida Zamaxshariy kabi, I'tizolda eng mutaassib bir kishi bo’lgani holda, muhaqqiqiyni Ahli Sunnat uning u shiddatli e'tirozotiga qarshi uni takfir va tadlil etmaydilar, balki bir rohi najot u uchun qidiradilar. Zamaxshariyning daraja-i shiddatidan ko’p past Abu Ali Jubbaiy kabi mo’tazila imomlarini mardud va matrud sanaydilar. Ko’p vaqt bu sir meni qiziqtirar edi. So’ngra lutfi Ilohiy bilan angladimki: Zamaxshariyning Ahli Sunnatga e'tirozoti, haq deb o’ylagan maslagidagi muhabbati haqdan kelib chiqayotgan edi. Ya'ni, masalan: Tanzihi haqiqiy; uning nazarida, hayvonlar o’z af'oliga xoliq bo’lishi bilan bo’ladi. Shuning uchun, Janobi Haqni tanzih muhabbatidan, Ahli Sunnatning xalqi af'ol masalasida dasturini qabul qilmaydi. Mardud bo’lgan boshqa Mo’tazila imomlari muhabbati haqdan ziyoda, Ahli Sunnatning yuksak dasturlariga qisqa aqllari yetisholmagani uchun va keng qavonini Ahli Sunnat ularning tor fikrlariga yetishmaganidan, inkor qilganlaridan marduddirlar. Aynan bu Ilmi Kalomdagi Ahli I'tizolning Ahli Sunnat va Jamoatga muxolafati bo’lgani kabi, Sunnati Saniya xorijidagi bir qism ahli tariqatning muxolafati ham ikki jihatdan:
Biri:Zamaxshariy kabi; holiga, mashrabiga maftuniyat jihatida hali daraja-i zavqiga yetisholmagan odobi shariatga qarshi bir daraja loqayd qoladi.
Boshqa qismi esa; Xosho odobi shariatga, dasotiri tariqatga nisbatan ahamiyatsiz qaraydi. Chunki tor tushunchasi u keng azvoqni ihota etolmaydi va qisqa maqomi u yuksak odobga yetisholmaydi.
SAKKIZINCHI TALVEH:
Sakkizta vartani bayon qiladi:
Birinchisi:Sunnati Saniyaga to’liq ittiboga rioya qilmagan bir qism ahli suluk; valoyatni nubuvvatga tarjih etish bilan vartaga tushadi. Yigirma To’rtinchi va O’ttiz Birinchi So’zlarda nubuvvat naqadar yuksak bo’lgani va valoyat unga nisbatan naqadar so’niq bo’lgani isbot etilgan.
Ikkinchisi:Ahli tariqatning bir qism mufrit avliyosini Sahobaga tarjih, hatto Anbiyo darajasida ko’rish bilan vartaga tushadi. O’n Ikkinchi va Yigirma Yettinchi So’zlarda va Sahobalar haqidagi zaylida qat'iy isbot etilganki: Sahobalarda shunday bir xossa-i suhbat borki, valoyat bilan yetishilmaydi va Sahobalarga tafavvuq etilmaydi va Anbiyoga hech bir vaqt avliyo yetishmaydi.
Uchinchisi:Ifrot bilan tariqat taassubi tashiganlarning bir qismi, odob va avrodi tariqatni Sunnati Saniyaga tarjih etish bilan Sunnatga muxolafat etib, Sunnatni tark etadi, faqat virdini tashlamaydi. Shu surat bilan odobi shar'iyaga bir loqaydlik vaziyati keladi, vartaga tushadi.
Ko’p So’zlarda isbot qilingani kabi va Imom G’azzoliy, Imom Rabboniy kabi muhaqqiqiyni ahli tariqat deydilarki: "Birgina Sunnati Saniyaga ittibo nuqtasida hosil bo’lgan maqbuliyat, yuz odob va navofili xususiyadan kelolmaydi. Bitta farz mingta Sunnatga murajjah bo’lgani kabi; bitta Sunnati Saniya ham mingta odobi tasavvufga murajjahdir" deyishgan.
To’rtinchisi:Mufrit bir qism ahli tasavvuf; ilhomni vahiy kabi deb o’ylaydi va ilhomni vahiy navidan deb qabul qiladi, vartaga tushadi. Vahiyning darajasi naqadar yuksak va kulliy va qudsiy bo’lgani va ilhomot unga nisbatan qay daraja juz'iy va so’niq bo’lgani; O’n Ikkinchi So’zda va i'jozi Qur'onga doir Yigirma Beshinchi So’zda va boshqa risolalarda g’oyat qat'iy isbot etilgan.
Beshinchisi:Sirri tariqatni anglamagan bir qism mutasavvifa zaiflarni taqviya etish va zaiflarni tashji' etish va shiddati xizmatdan kelgan zerikish va mashaqqatni tahfif etish uchun, istanilmasdan berilgan azvoq va anvor va karomotni xush ko’rib maftun bo’ladi; ibodotga, xizamotga va avrodga tarjih etish bilan vartaga tushadi. Shu risolaning Oltinchi Talvihining Uchinchi Nuqtasida ijmolan bayon bo’lgan va boshqa So’zlarda qat'iyan isbot etilganki: Bu dori dunyo, dor-ul xizmatdir, dor-ul ujrat emas! Bu yerda ujratini istaganlar; boqiy, doimiy mevalarni, foniy va muvaqqat bir suratga o’girish bilan barobar, dunyodagi baqo unga yoqadi, mushtoqona barzohga qarolmaydi; go’yo bir jihatda dunyo hayotini sevadi, chunki ichida bir navi oxiratni topadi.
Oltinchisi:Ahli haqiqat bo’lmagan bir qism ahli suluk, maqomoti valoyatning ko’lankalarini va pardalarini va juz'iy namunalarini maqomoti asliya-i kulliya bilan chalkashtirish bilan vartaga tushadi. Yigirma To’rtinchi So’zning Ikkinchi Shoxida va boshqa So’zlarda qat'iyan isbot etilganki: Qandayki Quyosh oynalar vositasi bilan taaddud etadi; minglab misoliy Quyosh ayni Quyosh kabi ziyo va harorat sohibi bo’ladi. Faqat u misoliy Quyoshlar haqiqiy Quyoshga nisbatan juda zaifdirlar. Aynan shuning kabi: Maqomoti Anbiyo va a'ozimi avliyoning maqomotining ba'zi ko’lankalari va pardalari bor. Ahli suluk ularga kiradi; o’zini u avliyo-i azimadan yanada azim ko’radi; balki Anbiyodan oldin o’tganman deb o’ylaydi, vartaga tushadi. Faqat bu o’tgan umum vartalardan zarar ko’rmaslik uchun, usuli iymoniyani va asosoti shariatni doimo rahbar va asos tutish va mashhudini va zavqini ularga qarshi muxolafatida ittihom etish bilan bo’ladi.
Yettinchisi:Bir qism ahli zavq va shavq, sulukida faxrni, nozni, shatohatni, tavajjuhi nosni va marji'iyatni; shukrga, niyozga, tazarruotga va insonlardan istig’noga tarjih etish bilan vartaga tushadi. Holbuki eng yuksak martaba esa, ubudiyati Muhammadiyadirki, "Mahbubiyat" unvoni bilan ta'bir etiladi. Ubudiyatning esa sirri asosi; niyoz, shukr, tazarru, xushu', ajz, faqr, xalqdan istig’no jihati bilan u haqiqatning kamoliga mazhar bo’ladi. Ba'zi avliyo-i azima faxr va noz va shatohatga muvaqqatan, ixtiyorsiz kirganlar; faqat u nuqtada, ixtiyoriy bo’lib ularga iqtido etilmaydi; hadiydirlar, muhdiy emaslar; orqalaridan ketilmaydi!
Sakkizinchi Varta:Xudgam, shoshqaloq bir qism ahli suluk; oxiratda olinadigan va uziladigan valoyat mevalarini dunyoda yeyishni istaydi va sulukida ularni istash bilan vartaga tushadi. Holbuki
وَمَا الْحَيٰوةُ الدُّنْيَٓا اِلَّا مَتَاعُ الْغُرُورِ
kabi oyatlar bilan e'lon qilingani kabi, ko’p So’zlarda qat'iyan isbot qilinganki: Olami baqoda birgina meva, foniy dunyoning mingta bog’idan murajjahdir. Shuning uchun u muborak mevalarni bu yerda yemaslik kerak. Agar istanilmasdan yedirilsa, shukr qilish kerak; mukofot uchun emas, balki tashviq uchun bir ehsoni Ilohiy sifatida qabul qilinishi kerak.
TO’QQIZINCHI TALVIH:
Tariqatning juda ko’p samarotidan va foydalaridan yolg’iz bu yerda "To’qqiz Adadi"ni ijmolan bayon qilamiz:
Birinchisi:Istiqomatli tariqat vositasi bilan, saodati abadiyadagi abadiy xazinalarning kalitlari va mansha'lari va ma'danlari bo’lgan haqoiqi iymoniyaning inkishofi va vuzuhi va aynalyaqiyn darajasida zuhurlaridir.
Ikkinchisi:Uskuna-i insoniyaning markazi va charxi bo’lgan qalbni, tariqat vosita bo’lib ishlatishi bilan va u ishlatish bilan boshqa latoifi insoniyani harakatga keltirib, natija-i fitratlariga yo’naltirib haqiqiy inson bo’lishdir.
Uchinchisi:Olami barzoh va oxirat safarida, tariqat silsilalaridan bir silsilaga iltihoq etib va u qofila-i nuroniya bilan abad-ul abad yo’lida do’st bo’lish va yolg’izlik vahshatidan qutulish va ular bilan dunyoda va barzohda ma'nan unsiyat etish va avhom va shubahotning hujumlariga qarshi ularning ijmo'iga va ittifog’iga istinod etib, har bir ustozini kuchli bir hujjat va quvvatli bir burhon darajasida ko’rib, ular bilan u xotirga kelgan zalolat va shubahotni daf etishdir.
To’rtinchisi:Iymondagi ma'rifatulloh va u ma'rifatdagi muhabbatullohning zavqini sof tariqat vositasi bilan anglash va u anglash bilan dunyoning vahshati mutlaqasidan va insonning koinotdagi g’urbati mutlaqasidan qutulishdir. Ko’p So’zlarda isbot etganmizki: Saodati dorayn va alamsiz lazzat va vahshatsiz unsiyat va haqiqiy zavq va jiddiy saodat, iymon va Islomiyatning haqiqatidadir. Ikkinchi So’zda bayon qilingani kabi: Iymon, shajara-i tubo-i jannatning bir urug’ini tashiydi. Xullas, tariqatning tarbiyasi bilan o’sha urug’ nashvu namo topadi, inkishof etadi.
Beshinchisi:Takolifi shar'iyadagi haqoiqi latifani tariqatdan va zikri Ilohiydan kelgan bir intibohi qalbiy vositasida his etish, taqdir etish... U vaqt toatga majburan kabi emas, balki ishtiyoq bilan itoat etib ubudiyatni ado qiladi.
Oltinchisi:Haqiqiy zavqqa va jiddiy tasalliga va g’amsiz lazzatga va vahshatsiz unsiyatga haqiqiy mador va vosita bo’lgan tavakkal maqomini va taslim rutbasini va rizo darajasini qozonishdir.
Yettinchisi:Suluki tariqatning eng muhim sharti, eng ahamiyatli natijasi bo’lgan ixlos vositasi bilan, shirki xofiydan va riyo va tasannu' kabi razoildan xalos bo’lish va tariqatning mohiyati amaliyasi bo’lgan tazkiya-i nafs vositasi bilan nafsi ammoraning va anoniyatning tahlikalaridan qutulishdir.
Sakkizinchisi:Tariqatda zikri qalbiy bilan va tafakkuri aqliy bilan qozongan tavajjuh va huzur va quvvatli niyatlar vositasi bilan odatlarini ibodat hukmiga o’girmoq va muomaloti dunyoviyasini a'moli uxroviya hukmiga keltirib sarmoya-i umrini husni iste'mol etish jihati bilan, umrining daqiqalarini hayoti abadiyaning boshoqlarini beradigan urug’lar hukmiga keltirishdir.
To’qqizinchisi:Sayri suluki qalbiy bilan va mujohada-i ruhiy bilan va taraqqiyoti ma'naviya bilan, insoni komil bo’lish uchun harakat qilish; ya'ni haqiqiy mo’'min va to’liq bir musulmon bo’lish; ya'ni yolg’iz suriy emas, balki haqiqati iymonni va haqiqati Islomni qozonish; ya'ni, shu koinot ichida va bir jihatda koinot mumassili bo’lib, to’g’ridan-to’g’riga koinotning Xoliqi Zuljaloliga abd bo’lish va muxotob bo’lish va do’st bo’lish va halil bo’lish va oyna bo’lish va ahsani taqvimda bo’lganini ko’rsatish bilan, bani Odamning maloikaga rujhoniyatini isbot qilish va shariatning iymoniy va amaliy janohlari bilan maqomoti oliyada uchish va bu dunyoda saodati abadiyaga qarash, balki da u saodatga kirishdir.
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى الْغَوْثِ الْاَكْبَرِ ف۪ى كُلِّ الْعُصُورِ وَ الْقُطْبِ الْاَعْظَمِ ف۪ى كُلِّ الدُّهُورِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ الَّذ۪ى تَظَاهَرَتْ حِشْمَةُ وَلَايَتِه۪ وَ مَقَامُ مَحْبُوبِيَّتِه۪ ف۪ى مِعْرَاجِه۪ وَ اِنْدَرَجَ كُلُّ الْوَلَايَاتِ ف۪ى ظِلِّ مِعْرَاجِه۪ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ اٰم۪ينَ وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
* * *
Zayl
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
[Bu kichkina zaylning ulkan ahammiyati bor. Harkasga manfaatlidir.]
Janobi Haqqa vosil bo’ladigan tariqlar juda ko’p. Butun haq tariqlar Qur'ondan olingan. Faqat tariqatlarning ba'zisi ba'zisidan yanada qisqa, yanada salomatli, yanada umumiyatli bo’ladi. U tariqlar ichida qisqa fahmim bilan Qur'ondan istifoda etganim "Ajz va faqr va shafqat va tafakkur" tariqidir. Ha, ajz ham ishq kabi, balki yanada aslam bir tariqdirki; ubudiyat tariqi bilan mahbubiyatga qadar ketadi. Faqr ham Rahmon ismiga iysol etadi. Ham shafqat ham ishq kabi, balki yanada keskin va yanada keng bir tariq bo’lib, Rahim ismiga isol etadi. Ham tafakkur ham ishq kabi, balki yanada boy va yanada porloq bir tariq bo’lib, Hakim ismiga isol etadi. Shu tariq xofiy tariqlar kabi "Latoifi Ashara" kabi o’n xatva emas va tariqi jahriya kabi "Nufusi Sab'a" yetti martabaga otilgan qadamlar emas, balki "To’rt Xatva"dan iboratdir. Tariqatdan ziyoda haqiqatdir, shariatdir. Xato tushunilmasin: Ajz va faqr va qusurini Janobi Haqqa qarshi ko’rish deganidir. Bo’lmasa ularni qilish yoki xalqqa ko’rsatish degani emasdir. Shu qisqa tariqning avrodi: Ittibo-i sunnatdir, faroizni bajarish, kaboirni tark etishdir. Va xususan namozni ta'dili arkon bilan o’qish, namozning orqasidagi tasbehotni qilishdir.
Birinchi xatvagaفَلَا تُزَكُّٓوا اَنْفُسَكُمْ oyati ishorat qiladi.
Ikkinchi xatvagaوَلَا تَكُونُوا كَالَّذ۪ينَ نَسُوا اللّٰهَ فَاَنْسٰيهُمْ اَنْفُسَهُمْ oyati ishorat qiladi.
Uchinchi xatvagaمَٓا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّٰهِ وَمَٓا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ oyati ishorat qiladi.
To’rtinchi Xatvagaكُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ oyati ishorat qiladi. Shu to’rt xatvamning qisqa bir izohi shuki:
Birinchi xatvadaفَلَا تُزَكُّٓوا اَنْفُسَكُمْ oyati ishorat qilgani kabi: Tazkiya-i nafs qilmaslik. Zero inson jibilliyati va fitrati jihatidan nafsini sevadi. Balki avvalo va bizzot yolg’iz zotini sevadi, boshqa hamma narsani nafsiga fido qiladi. Ma'budga loyiq tarzda nafsini madh etadi. Ma'budga loyiq bir tanzih bilan nafsini ma'oyibdan tanzih va tabria etadi. Qo’ldan kelganicha qusurlarni o’ziga loyiq ko’rmaydi va qabul qilmaydi. Nafsiga parastish etish tarzida shiddat bilan mudofaa qiladi. Hatto fitratida tavdi' etilgan va Ma'budi Haqiqiyning hamd va tasbehi uchun unga berilgan jihozot va iste'dodni o’z nafsiga sarf etib مَنِ اتَّخَذَ اِلٰهَهُ هَوٰيهُ sirriga mazhar bo’ladi. O’zini ko’radi, o’ziga ishonadi, o’zini yoqtiradi. Mana shu martabada, shu xatvada tazkiyasi, tathiri: Uni tazkiya etmaslik, tabria etmaslikdir.
Ikkinchi Xatvada
وَلَا تَكُونُوا كَالَّذ۪ينَ نَسُوا اللّٰهَ فَاَنْسٰيهُمْ اَنْفُسَهُمْ
darsini bergani kabi: O’zini unutgan, o’zidan xabari yo’q. Mavtni o’ylasa, boshqasiga beradi. Fano va zavolni ko’rsa, o’ziga olmaydi va zahmat va xizmat maqomida nafsini unutish, faqat ahzi ujrat va istifoda-i huzuzot maqomida nafsini o’ylash, shiddat bilan iltizom etish, nafsi ammoraning muqtazosidir. Shu maqomda tazkiyasi, tathiri, tarbiyasi; shu holning aksidir. Ya'ni, nisyoni nafs ichida nisyon etmaslik. Ya'ni huzuzot va ehtirosotda unutish va mavtda va xizmatda o’ylash.
Uchinchi Xatvada:
مَٓا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّٰهِ وَمَٓا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ
darsini bergani kabi: Nafsning muqtazosi, doimo yaxshilikni o’zidan bilib, faxr va ujbga kiradi. Bu xatvada, nafsida yolg’iz qusurni va naqsni va ajzni va faqrni ko’rib, butun mahosin va kamolotini Fotiri Zuljalol tarafidan unga ehson etilgan ne'matlar bo’lganini anglab, faxr o’rniga shukr va tamadduh o’rniga hamd etishdir. Shu martabada tazkiyasi, قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّٰيهَا sirri bilan shuki: Kamolini kamolsizlikda, qudratini ajzda, g’inosini faqrda bilishdir.
To’rtinchi Xatvada:كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ darsini bergani kabi: Nafs o’zini erkin va mustaqil va bizzot mavjud deb biladi. Undan bir navi rububiyat davo qiladi. Ma'budiga qarshi adovatkorona bir isyonni tashiydi. Xullas, keladigan shu haqiqatni idrok etish bilan undan qutuladi. Haqiqat shuki: Hamma narsa nafsida ma'no-i ismiy bilan foniydir, mafquddir, hodisdir, ma'dumdir. Faqat ma'no-i harfiy bilan va Sone'-i Zuljalolning asmosiga oynadorlik jihati bilan va vazifadorlik e'tibori bilan shohiddir, mashhuddir, vojiddir, mavjuddir. Shu maqomda tazkiyasi va tathiri shuki: Vujudida adam, adamida vujudi bor. Ya'ni, o’zini bilsa, vujud bersa; koinot qadar bir zulumoti adam ichidadir. Ya'ni, vujudi shaxsiysiga ishonib Mujidi Haqiqiydan g’aflat etsa; tilla qo’ng’iz kabi bir shaxsiy ziyo-i vujudi; nihoyatsiz zulumoti adam va firoqlar ichida bo’ladi, bo’g’iladi. Faqat anoniyatni tashlab, bizzot nafsi hech bo’lganini va Mujidi Haqiqiyning bir oyna-i tajalliysi bo’lganini ko’rgan vaqti, butun mavjudotni va nihoyatsiz bir vujudni qozonadi. Zero butun mavjudot, asmosining jilvalariga mazhar bo’lgan Zoti Vojib-ul Vujudni topgan bir qalb hamma narsani topadi.
Xotima
Shu ajz, faqr, shafqat, tafakkur tariqidagi to’rt xatvaning izohoti; haqiqatning ilmiga, shariatning haqiqatiga, Qur'onning hikmatiga doir yigirma olti adad So’zlarda o’tgan. Yolg’iz shu yerda bir-ikki nuqtaga qisqa bir ishorat qilamiz. Shundayki:
Ha, shu tariq qisqaroqdir. Chunki to’rt xatvadir. Ajz qo’lini nafsdan tortsa, to’g’ridan-to’g’ri Qodiri Zuljalolga beradi. Holbuki eng keskin tariq bo’lgan ishq nafsidan qo’lini tortadi, lekin ma'shuqi majoziyga yopishadi. Uning zavolini topgandan so’ng Mahbubi Haqiqiyga ketadi. Ham shu tariq yanada aslamdir. Chunki nafsning shatohat va bolo-parvozona da'volari bo’lmaydi. Chunki ajz va faqr va qusurdan boshqa narsa nafsida topmaydiki, haddidan oshsin. Ham bu tariq yanada umumiy va jadda-i kubrodir. Chunki koinotni ahli vahdat-ul vujud kabi, huzuri doimiy qozonish uchun i'domga mahkum deb o’ylab, "La mavjuda illa Hu" hukm qilishga yoxud ahli vahdat-ush shuhud kabi, huzuri doimiy uchun koinotni nisyoni mutlaq hibsida hibsga mahkum taxayyul etib, "La mashhuda illa Hu" deyishga majbur bo’lmaydi. Balki i'domdan va hibsdan g’oyat zohir bo’lib Qur'on avf etganidan, u ham sarfi nazar etib va mavjudotni o’zlari hisobiga xizmatdan azl etib Fotiri Zuljalol hisobiga istihdom etib, asmo-i husnasining mazhariyat va oynadorlik vazifasida iste'mol etib ma'no-i harfiy nazari bilan ularga qarab, mutlaq g’aflatdan qutulib huzuri doimiyga kirishdir; hamma narsada Janobi Haqqa bir yo’l topishdir.
Alhosil:Mavjudotni mavjudot hisobiga xizmatdan azl etib, ma'no-i ismiy bilan qaramaslikdir.
* * *
O’TTIZINCHI MAKTUB
Chop Etilgan Arabiy "Ishorot-ul I'joz Tafsiri"dir.
O’TTIZ BIRINCHI MAKTUB
O’ttiz Bir "Lam'a"dir.
O’TTIZ IKKINCHI MAKTUB
O’z-o’ziga manzum tarzini olgan matbu' "Lamaat" risolasidir. Ayni zamonda "O’ttiz Ikkinchi Lam'a" bo’lib, "So’zlar" majmuasining oxirida nashr etilgandir.
O’TTIZ UCHINCHI MAKTUB
Ma'rifati Ilohiyaga derazalar ochgan "O’ttiz Uch Derazali Risola" bo’lib, bir jihatda "O’ttiz Uchinchi So’z" bo’lganidan, So’zlar Majmuasida nashr etilgan, bu yerga kiritilmagan.
Ishoroti G’aybiya haqida bir taqriz
[Imom Ali Roziyallohu Anhning Risola-i Nur haqida ixbori g’aybiysidan bir parcha bo’lgan bu qism; Sikka-i Tasdiqi G’aybiy Majmuasida kiritilgan Ishoroti Qur'oniya va uch karomati Alaviya va Karomati G’avsiya risolalari bilan birlikda, ahli vuquflarning taqdirkor raportlariga tayangan holda, mahkamalar tomonidan sohiblariga qaytarib berilgan.
Imom Alining (R.A.) Jaljalutiyada Risola-i Nur haqidagi uch karomatidan bir karomatining sakkiz ramzidan Yettinchi va Sakkizinchi Ramzning bir parchasidir. Sikka-i Tasdiqi G’aybiy Majmuasining bir yuz yigirma beshinchi sahifasidan bir yuz o’ttizinchi sahifasiga qadar bo’lgan qismida kirgizilgan.]
Yettinchi Ramz:
Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh qandayki
وَ بِالْاٰيَةِ الْكُبْرٰى اَمِنّ۪ى مِنَ الْفَجَتْ
وَ بِحَقِّ فَقَجٍ مَعَ مَخْمَةٍ يَا اِلٰهَنَا
وَ بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّتَتْ
حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَ تَشَامَخَتْ
وَ اسْمُ عَصَا مُوسٰى بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ
deya birinchi fikrasi bilan Yettinchi Shuaga ishorat etgan; shuning kabi: Ayni fikra bilan oliy bir tafakkurnoma va tavhidga doir yuksak bir ma'rifatnoma nomli bo’lgan Yigirma To’qqizinchi Arabcha Lam'aga ham ishorat qiladi. Ikkinchi fikrasi bilan Ismi A'zam va Sakina deyilgan Asmo-i Sitta-i Mashhuraning haqiqatlarini g’oyat oliy bir tarzda bayon va isbot qilgan va Yigirma To’qqizinchi Lam'ani taqib qilgan O’ttizinchi Lam'a nomli Olti Nukta-i Asmo Risolasiga بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّتَتْ jumlasi bilan ishorat qilganidan; so’ngra orqasida Risola-i Asmoni ta'qib etgan O’ttiz Birinchi Lam'aning Birinchi Shuasi bo’lib, o’ttiz uch oyati Qur'oniyaning Risola-i Nurga ishorotini qayd etib, hisobi jifriy munosabati bilan, boshdan oxirigacha Ilmi Huruf Risolasi kabi ko’ringan va bir mo’'jiza-i Qur'oniya hukmida bo’lgan risolaga
حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَ تَشَامَخَتْ
kalimasi bilan ishorat qilib, ortidan
وَ اسْمُ عَصَا مُوسٰى بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ
kalomi bilan ham Risola-i Hurufiyani ta'qib etgan va Al-Oyat-ul Kubrodan va boshqa Rasoili Nuriyadan tarakkub etgan va Asoyi Muso nomini olgan va Asoyi Muso kabi zalolatning va shirkning sehrlarini yo’qotgan Risola-i Nurning hozircha eng so’nggi va oxir risolasiga Asoyi Muso nomini berib ishorat qilib, ma'naviy zulmatlarni tarqatishini xushxabar beryapti. Darhaqiqat, وَ بِالْاٰيَةِ الْكُبْرٰى kalimasi bilan Yettinchi Shuaga ishorati quvvatli ishoratlar bilan isbot qilingani kabi; ayni kalima boshqa bir ma'no bilan alhaq Risola-i Nurning oyati kubrosi hukmida va aksar risolalarning ruhlarini jam etgan va Arabiy Yigirma To’qqizinchi Lam'aga bu kalom "mustatba'ot-ut tarokib" qoidasi bilan unga qaraydi, afrodiga dohil etadi. Shunday ekan; Hazrat Imom Ali Roziyallohu anhu ham bu fikradan unga qarab ishorat qiladi deya olamiz. Ham boshqa ishorotning alomati bilan, ham Maktubotdan so’ngra Lam'alarga boshqa bir tarzi ibora bilan ishorat qilib; Lam'alarning eng porlog’ining ta'lifi, dahshatli bir zamonda va hibs va i'domdan qutulish va amniyat va salomat topish uchun, ma'no-i majoziy va mafhumi ishoriy bilan Hazrat Ali Roziyallohu Anh o’z lisonini buyuk tahlikalarda bo’lgan muallifning hisobiga iste'mol etib;
وَ بِالْاٰيَةِ الْكُبْرٰى اَمِنّ۪ى مِنَ الْفَجَتْ
ya'ni: "Ey Robbim! Meni qutqar. Omonlik va amniyat ber!" deya duo qilgani, aynan Eskishahar qamoqxonasida i'dom va uzun hibs tahlikasi ichida ta'lif etilgan Yigirma To’qqizinchi Lam'aning va sohibining vaziyatiga tavofuq ishorati bilan, kalom zimniy va ishoriy dalolat etgani uchun Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh ham unga ishorat qiladi, deya olamiz. Ham O’ttizinchi Lam'a nomli va olti nuktali Risola-i Asmoga qarab بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى deb, boshqa ishorotning alomatlari bilan, ham Yigirma To’qqizinchi Lam'aga ta'qib ishorati bilan, ham ikkisining ismda va asmo lafziga tavofuq ishorati bilan, ham tashattuti holga va mashaqqatli bir g’urbatga va parishoniyatga tushgan muallifni, uning ta'lifining barakasidan tasalli va tahammul topishiga va ma'no-i majoziy jihatida, Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh lisoni bilan o’ziga duo bo’lgan وَبِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّتَتْ ya'ni "Ismi A'zam bo’lgan u Asmo Risolasining barakasi bilan, meni tashattutdan, parishoniyatdan hifz ayla ey Robbim!" ma'nosi; aynan u risola va sohibining vaziyatiga tavofuq ishorati bilan kalom majoziy dalolat va Imom Ali Roziyallohu Anh esa, g’aybiy ishorat qiladi, deya olamiz. Ham modomiki Jaljalutiyaning asli vahiy va asrorli va kelasi zamonga qaraydi va g’aybiy umuri istiqboliyadan xabar beradi va modomiki Qur'on jihatidan bu asr dahshatli va Qur'on hisobi bilan Risola-i Nur bu zulmatli asrda ahamiyatli bir hodisadir. Va modomiki sarohat darajasida ko’p ishorat va alomatlar bilan; Risola-i Nur Jaljalutiyaning ichiga kirgan, eng muhim joyida joylashgan.
Va modomiki Risola-i Nur va parchalari bu mavqega loyiq va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning nazari taqdiriga va tahsiniga va ulardan xabar berishiga layoqatlari va qiymatlari bor. Va modomiki Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh Sirojinnurdan zohir bir suratda xabar berganidan so’ng, ikkinchi darajada, pardali bir tarzda So’zlardan, so’ngra Maktublardan, so’ngra Lam'alardan, risolardagi ayni tartib, ayni maqom, ayni raqam ostida quvvatli ishoratlar ko’rsatgan kalom dalolat va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning ishorat etganini isbot qilgan. Va modomiki boshda
بَدَئْتُ بِبِسْمِ اللّٰهِ رُوح۪ى بِهِ اهْتَدَتْ اِلٰى كَشْفِ اَسْرَارٍ بِبَاطِنِهِ انْطَوَتْ
risolalarning boshi va Birinchi So’z bo’lgan Bismilloh Risolasiga qaragani kabi; Qasami Jome'-i Muazzamaning oxirida, risolalarning qismi oxirlari bo’lgan oxirgi Lam'alarga va Shualarga; xususan bir oyati kubro-i tavhid bo’lgan Yigirma To’qqizinchi Lam'a-i Horiqo-i Arabiya va Risola-i Asmo-i Sitta va Risola-i Ishoroti Hurufi Qur'oniya va xususan hozircha eng oxirgi Shua va Asoyi Muso kabi zalolatlarning butun ma'naviy sehrlarini yo’q qila oladigan mohiyatdagi va ma'nodagi Oyat-ul Kubro nomini olgan risola-i horiqoga qarayotgandek bir tarzi ifoda ko’rinyapti. Va modomiki birgina masalada bo’lgan alomatlar va ishoratlar, masalaning vahdati e'tibori bilan bir-biriga quvvat beradi, zaif bir munosabat bilan bir tarashshuh ham manbaiga ilhoq etiladi. Albatta, bu yetti adad asoslarga istinodan deymiz: "Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh, qandayki mashhur So’zlarga tartiblari asosida ishorat qilgan va Maktubotdan bir qismiga va Lam'alardan eng muhimlariga tartib bilan qaragan; shuning kabi:
بِاَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى اَجِرْن۪ى مِنَ الشَّتَتْ
jumlasi bilan O’ttizinchi Lam'aga, ya'ni mustaqil Lam'alarning eng oxirgisi bo’lgan Asmo-i Sitta Risolasiga tahsin etib qarayapti. Va
حُرُوفٌ لِبَهْرَامٍ عَلَتْ وَ تَشَامَخَتْ
kalomi bilan ham O’ttizinchi Lam'ani ta'qib etgan Ishoroti Hurufi Qur'oniya risolasini taqdir etib, ishorat bilan tasdiq qiladi.
وَ اسْمُ عَصَا مُوسٰى بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ
kalimasi bilan ham hozircha eng oxirgi risola va tavhid va iymonning qo’lida asoyi Muso kabi horiqoli, eng kuchli burhon bo’lgan majmua risolasini sanokorona ramzan ko’rsatyotgandek bir tarzi ifodadan qo’rqmasdan hukm etamizki: Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh ham Risola-i Nurdan, ham juda ahamiyatli risolalaridan ma'no-i haqiqiy va majoziy bilan; ishoriy va ramziy va imoiy va talvihiy bir suratda xabar beradi. Kimning shubhasi bo’lsa, ishorat qilingan risolalarga bir marta diqqat bilan qarasin. Insofi bo’lsa, shubhasi qolmaydi deb o’ylayman. Bu yerdagi ma'no-i ishoriy va madluli majoziylarga ishoratlarning eng go’zali va latifi; ayni tartibni muhofaza bilan berilgan ismlarning munosabatidir. Masalan: Yigirma To’qqiz va O’ttiz va O’ttiz Bir va O’ttiz Ikki martaba-i ta'dadda Yigirma To’qqiz va O’ttiz va O’ttiz Bir va O’ttiz Ikkinchi So’zlarga g’oyat munosib ismlar bilan; boshda So’zlarning boshi bo’lgan Birinchi So’zga, ayni Basmala sirri bilan va oxirda hozirgi risolalarning oxiriga mohiyatini ko’rsatadigan bittadan loyiq ism berib ishorat qilishi garchi yashirin bo’lsa ham, juda go’zal va latofatlidir.
Men e'tirof etamanki: Bunday maqbul bir asarning mazhari bo’lish, hech bir jihat bilan u maqomga layoqatim yo’q. Faqat kichik ahamiyatsiz bir urug’dan ulkan tog’ kabi bir daraxtni xalq etish; qudrati Ilohiyaning sha'nidan va odatidan va azamatiga dalildir. Men qasam bilan ishontiramanki: Risola-i Nurni maqtashdan maqsadim, Qur'oning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini tayid va isbot va nashrdir. Xoliqi Rahimimga yuz minglab shukr bo’lsinki; o’zimni o’zimga sevdirmagan, nafsimning ayblarini va qusurlarini menga ko’rsatgan va u nafsi ammorani boshqalarga sevdirish orzusi qolmagan. Qabr eshigida kutgan bir odam orqasidagi foniy dunyoga riyokorona qarashi, achinadigan bir ahmoqlikdir va dahshatli bir xasoratdir. Xullas, bu holati ruhiya bilan yolg’iz haqoiqi iymoniyaning tarjimoni bo’lgan Risola-i Nurning to’g’ri va haq bo’lganiga latif bir munosabat bildiraman. Shundayki:
Jaljalutiya, Suryoniy tilida badi' degani va badi' ma'nosidadir. Iboralari badi' bo’lgan Risola-i Nur Jaljalutiyada muhim bir mavqe tutib aksar yerlarida tarashshuhoti ko’ringanidan, qasidaning ismi unga qaraydi kabi berilgan. Ham hozir anglayapmanki, eskidan beri mening layoqatim bo’lmagani holda, menga berilgan Badiuzzamon laqabi meniki emas edi; balki Risola-i Nurning ma'naviy bir ismi edi. Zohir bir tarjimoniga a'riyatan va omonatan taqilgan. Hozir u omonat ism haqiqiy sohibiga qaytarib berilgan. Demak, Suryoniy tilida badi' ma'nosida va qasidada takarruriga binoan qasidaga berilgan Jaljalutiya ismi ishoriy bir tarzda bid'at zamonida chiqqan badiulbayon va badiuzzamon bo’lgan Risola-i Nurning; ham ibora, ham ma'no, ham ism nuqtalari bilan badi'ligiga munosabatdorlikni sezdirishiga va bu ism bir parcha unga ham qarashiga va bu ismning musammosida, Risola-i Nur ko’p yer olgani uchun, haq qozonganini taxmin qilaman.
رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
Sakkizinchi Ramz:
Savol:Butun qiymatli kitoblar ichida Risola-i Nur Qur'onning ishoratiga va iltifotiga va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning taqdir va tahsiniga va G’avsi A'zamning (Q.S.) tavajjuh va tabshiriga vajhi ixtisosi nima? U ikki zotning karomat bilan Risola-i Nurga bu qadar qiymat va ahamiyat berishining hikmati nima?
Aljavob:Ma'lumki, ba'zi paytlar bo’ladi, bir daqiqa; bir soat va balki bir kun, balki yillar qadar va bir soat; bir yil, balki bir umr qadar natija beradi va ahamiyatli bo’ladi. Masalan: Bir daqiqada shahid bo’lgan bir odam, bir valoyat qozonadi; va sovuqning shiddatidan muzlab qoladigan paytda va dushmanning dahshati hujumida bir soat soqchilik, bir yil ibodat hukmiga o’tadi. Aynan shuning kabi: Risola-i Nurga berilgan ahamiyat ham, zamonning ahamiyatidan, ham bu asrning shariati Muhammadiyaga (S.A.V.) va shao'iri Ahmadiyaga qilgan taxribotning dahshatidan, ham bu oxirzamonning fitnasidan eski zamondan beri butun ummat istioza etgani uchun, ham o’sha fitnalarning savlatidan mo’'minlarning iymonlarini qutqarishi nuqtasidan Risola-i Nur shunday muhimki: Qur'on unga quvvatli ishorat bilan iltifot etgan va Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh uch karomat bilan unga bashorat bergan va G’avsi A'zam (Q.S.) undan karomatkorona xabar berib, tarjimonini tashji' etgan. Ha, bu asrning dahshatiga qarshi taqlidiy bo’lgan e'tiqodning istinod qal'alari buzilgan va uzoqlashgan va pardalangan bo’lganidan; har mo’'min, bir o’zi zalolatning jamoat bilan hujumiga muqovamat ettiradigan g’oyat quvvatli bir iymoni tahqiqiy lozimki, turib bersin. Risola-i Nur bu vazifani; eng dahshatli bir zamonda va eng luzumli nozik bir vaqtda, harkas tushunadigan bir tarzda; haqoiqi Qur'oniya va iymoniyaning eng chuqur va eng yashirinlarini g’oyat quvvatli burhonlar bilan isbot qilib; u iymoni tahqiqiyni tashigan xolis va sodiq shogirdlari ham, bo’lgan tuman va qishloq va shaharlarida -xizmati iymoniya e'tibori bilan- go’yo bittadan yashirin qutb kabi, mo’'minlarning bir bir ma'naviy nuqta-i istinodi bo’lib, bilinmaganlari va ko’rinmaganlari va ko’rishilmaganlari holda, quvva-i ma'naviya-i e'tiqodlari jasur bittadan zobit kabi; ahli iymonning qalblariga quvva-i ma'naviya berib, mo’'minlarga ma'nan muqovamat va jasorat beradilar.
Agar bir muannid tarafidan: "Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh bu umum majoziy ma'nolarni iroda qilmagan", deyilsa: aytamiz: Farazan Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh iroda qilmasa, faqat kalomi dalolat qiladi va ishoratlarning quvvati bilan, ishoriy va zimniy dalolat bilan ma'nolarni ichiga dohil qiladi. Ham modomiki u majoziy ma'no va ishoriy mafhumlar haq, to’g’ri va voqe'ga mutobiq va bu iltifotga loyiq va ishoratlari quvvatli ekan, albatta Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning bunday barcha ishoriy ma'nolarni iroda qiladigan kulliy bir tavajjuhi farazan bo’lmasa; Jaljalutiya vahiy bo’lish jihatidan haqiqiy sohibi, Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning ustozi bo’lgan Payg’ambari Zishon Alayhissalotu Vassalamning kulliy tavajjuhi va ustozining Ustozi Zuljalolining ihotali ilmi ularga qaraydi, iroda doirasiga oladi. Bu xususda qat'iy va yaqiyn darajasidagi qanoatimning bir sababi shuki: Mushkuloti azima ichida, Al-Oyat-ul Kubroning tafsiri akbari bo’lgan Yettinchi Shuani yozishda ko’p zahmat chekkanim uchun, bir qudsiy tasalli va tavshiqqa haqiqatdan juda muhtoj edim. Hozirga qadar mukarrar tajribalar bilan bu kabi holatlarimda inoyati Ilohiya yordam qilar edi. Risolani tugatgan ayni vaqtimda -hech esimga kelmagan holda- birdan bu karomati Alaviyaning zuhuri menda hech bir shubha qoldirmadiki; bu ham mening imdodimga kelgan boshqa inoyati Ilohiya kabi, Robbi Rahimning bir inoyatidir. Inoyat esa aldamaydi, haqiqatsiz bo’lmaydi.
Said Nursiy
* * *
Haqiqat Urug’lari
[O’ttiz besh yil avval chop etilgan "Haqiqat Urug’lari" nomli risoladan vajizalar.]
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ وَ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
1- Mariz bir asrning, xasta bir unsurning, aliyl bir a'zoning retsepti; ittibo-i Qur'ondir.
2- Azamatli baxtsiz bir qit'aning, shonli tolesiz bir davlatning, qiymatli sohibsiz bir qavmning retsepti; ittihodi Islomdir.
3- Arzni va barcha nujum va shumusni tasbeh donalari kabi ko’taradigan va aylantiradigan kuchli bir qo’lga molik bo’lmagan zot, koinotda da'vo-i xalq va iddi'oyi ijod qilolmaydi. Zero hamma narsa hamma narsa bilan bog’liqdir.
4- Hashrda barcha zavil arvohning ihyosi; mavt-olud bir navm bilan qishda uvushgan chivinning bahorda ihyo va inshosidan qudratga og’ir bo’lmaydi. Zero qudrati azaliya zotiya, tag’ayyur eta olmas, ajz taxallul eta olmas, avoiq tadoxul eta olmas. Unda marotib bo’la olmas, hamma narsa unga nisbatan birdir.
5- Chivinning ko’zini xalq etgan, Quyoshni ham u xalq etgan!
6- Burganing me'dasini tanzim etgan, Manzuma-i Shamsiyani ham u tanzim etgan.
7- Koinotning ta'lifida shunday bir i'joz borki; barcha tabiatdagi sabablar, farzi mahol bo’lib muqtadir bittadan foili muxtor bo’lsalar, yana kamoli ajz bilan u i'jozga qarshi sajda qilib
سُبْحَانَكَ لَا قُدْرَةَ لَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ
deydilar.
8- Sabablarga ta'siri haqiqiy berilmagan, vahdat va jalol shunday istaydi. Lekin mulk jihatida sabablar dasti qudratga parda bo’lgan, izzat va azamat shunday istaydi. Toki nazari zohiriyda dasti qudrat mulk jihatidagi umuri xasisa bilan mubashir ko’rinmasin.
9- Mahalli taalluqi qudrat bo’lgan hamma narsadagi malakutiyat jihati shaffofdir, nazihdir.
10- Olami shahodat avolim-ul g’uyub ustida tantanali pardadir.
11- Bir nuqtani aynan o’rnida ijod etish uchun butun koinotni ijod etadigan bir qudrati g’ayri mutanohiy lozim. Zero shu kitobi kabiri koinotning har bir harfining, xususan zihayot har bir harfining har bir jumlasiga mutavajjih bittadan yuzi, nozir bittadan ko’zi bor.
12- Mashhur voqe'a bor: Odamlar hiloli iydga qarashdi. Lekin hech kim hech narsa ko’rmadi. Keksa odam qasam bilan "Hilolni ko’rdim!" dedi. Holbuki ko’rgani hilol emas, kiprigining taqavvus etgan bir oq qili edi. U qil qayerda? Qamar qayerda? Harakoti zarrot qayerda? Foili tashkili anvo' qayerda?
13- Tabiat bamisoli bir matbaadir, tabi' emas; naqshdir, naqqosh emas; qobildir, foil emas; mistardir, masdar emas; nizomdir, nozim emas; qonundir, qudrat emas; shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas!
14- Fitrati zishuur bo’lgan vijdondagi injizob va jazba, bir haqiqati jozibadorning jazbasi bilan bo’ladi.
15- Fitrat yolg’on gapirmaydi. Bir danakdagi mayaloni numuvv: "Men unib chiqaman, meva beraman", deydi. Rost aytadi. Tuxumda bir mayaloni hayot bor. Deydi: "Jo’ja bo’laman". Biiznilloh bo’ladi. Rost aytadi. Bir hovuch suv mayaloni injimod bilan: "Ko’proq joy egallayman", deydi. Metin temir uni yolg’onga chiqarolmaydi; so’zining to’g’riligi temirni parchalaydi. Shu mayalonlar, irodadan kelgan avomiri takviniyaning tajalliylari, jilvalaridir.
16- Chumolini amirsiz, arini ya'subsiz qoldirmagan qudrati azaliya; albatta basharni nabiysiz qoldirmaydi. Olami shahodatdagi insonlarga inshiqoqi Qamar, bir mo’'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) bo’lgani kabi, me'roj ham olami malakutdagi maloika va ruhoniyotga qarshi bir mo’'jiza-i kubro-i Ahmadiya bo’lib; nubuvvatning valoyati bu karomati bahira bilan isbot etilgan va o’sha taniqli kishi chaqmoq va Qamar kabi malakutda shu'la-fashon bo’lgan.
17- Kalima-i shahodatning ikki kalomi bir-biriga shohiddir. Birinchisi ikkinchisiga burhoni limmiydir; ikkinchisi birinchisiga burhoni inniydir.
18- Hayot, kasratda bir tur tajalli-i vahdatdir. Shuning uchun ittihodga chorlaydi. Hayot bir narsani hamma narsaga molik qiladi.
19- Ruh, qonuni zivujudi xorijiydir, nomusi zishuurdir. Sobit va doimiy fitriy qonunlar kabi, ruh ham olami amrdan, sifati irodadan kelgan, qudrat unga vujudi hissiy kiydirgan. Bir sayyola-i latifani u gavharga sadaf qilgan. Mavjud ruh, ma'qul qonunning qardoshidir. Ikkisi ham doimiy, ham olami amrdan kelganlar. Agar navlardagi qonunlarga qudrati azaliya bir vujudi xorijiy kiydirsaydi, ruh bo’lardi. Agar ruh vujudni chiqarsa, shuurni boshidan tushirsa, yana loyamut bir qonun bo’lardi.
20- Ziyo bilan mavjudot ko’rinadi, hayot bilan mavjudotning borligi bilinadi. Har biri bittadan kashshofdir.
21- Nasroniyat yo intifo yoki istifo etib Islomiyatga qarshi tarki siloh etadi. Nasroniyat bir necha marta yirtildi, protestantlikka keldi. Protestantlik ham yirtildi, tavhidga yaqinlashdi. Takror yirtilishga tayyorlanyapti. Yo intifo topib so’nadi yoki haqiqiy Nasroniyatning asosini jome' haqoiqi Islomiyani qarshisida ko’radi, taslim bo’ladi.
Shu sirri azimga Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalom ishorat qilganlarki: "Hazrat Iso nozil bo’lib keladi, ummatimdan bo’ladi, shariatim bilan amal qiladi".
22- Jumhuri avomni burhondan ziyoda ma'hazdagi qudsiyat imtisolga yo’llaydi.
23- Shariatning yuzdan to’qsoni -zaruriyot va musallamoti diniya- bittadan olmos ustundir. Masoili ijtihodiya-i xilofiya, yuzdan o’ndir. To’qson olmos ustun o’n oltinning himoyasiga berilmaydi. Kitoblar va ijtihodlar Qur'onga durbin bo’lishi kerak, oyna bo’lishi kerak; soya va vakil bo’lmasligi kerak.
24- Har musta'id; nafsi uchun ijtihod qilishi mumkin, tashri' etolmaydi.
25- Bir fikrga da'vat, jumhuri ulamoning qabuliga vobastadir. Bo’lmasa da'vat bid'atdir, rad qilinadi.
26- Inson fitratan mukarram bo’lgani uchun, haqni izlaydi. Ba'zan botil qo’liga keladi; haq deb o’ylab qo’ynida saqlaydi. Haqiqatni qazar ekan, ixtiyorsiz zalolat boshiga tushadi; haqiqat deb o’ylab boshiga kiydiradi.
27- Biri-biridan ashaff va altaf, qudratning ko’p oynalari bor; suvdan havoga, havodan efirga, efirdan olami misolga, olami misoldan olami arvohga, hatto zamonga, fikrga tanavvu' etadi. Havo oynasida bir kalima millionlab kalimot bo’ladi. Qalami qudrat, shu sirri tanosulni ajib istinsoh etadi. In'ikos, yo huviyatni yoki huviyat bilan mohiyatni saqlaydi. Kasifning timsollari bittadan mayyiti mutaharrikdir. Bir ruhi nuroniyning oynalaridagi timsollari, bittadan hayyi murtabitdir; ayni bo’lmasa ham, g’ayri ham emas!
28- Shams harakati mihraviyasi bilan silkinsa, mevalari to’kilmaydi; silkinmasa, yemishlari bo’lgan sayyorot tushib tarqaladi.
29- Nuri fikr, ziyo-i qalb bilan yorishib mazj bo’lmasa, zulmatdir, zulm jo’sh uradi. Ko’zning muzlim nahori abyozi, muzii {(Hoshiya) Maoli: Ko’zning kunduzga o’xshagan oqi, kechaga o’xshagan qoraligi bilan birga bo’lmasa, ko’z ko’z bo’lmaydi.} layla-i suvaydo bilan mazj bo’lmasa, basarsiz bo’lgani kabi, fikrati bayzoda suvaydo-i qalb bo’lmasa, basiratsizdir.
30- Ilmda iz'oni qalb bo’lmasa, jahldir. Iltizom boshqa, e'tiqod boshqadir.
31- Botil narsalarni yaxshigina tasvirlash, sof zehnlarni izloldir.
32- Olimi murshid qo’y bo’lishi kerak; qush bo’lmasligi kerak. Qo’y qo’zisiga sut; qush bolasiga qayt beradi.
33- Bir narsaning vujudi, barcha ajzosining vujudiga vobastadir. Adami esa, bir juzining adami bilan bo’lgani uchun; zaif odam iqtidorini ko’rsatish uchun taxrib tarafdori bo’ladi, musbat o’rniga manfiy tarzda harakat qiladi.
34- Dasotiri hikmat, navomisi hukumat bilan; qavonini haq, ravobiti quvvat bilan imtizoj etmasa, jumhuri avomda musmir bo’lolmaydi.
35- Zulm boshiga adolat kulohini o’tkazgan; xiyonat hamiyat libosini kiygan; jihodga bag’y ismi taqilgan; asoratga hurriyat nomi berilgan. Azdod suratlarini mubodala etgan!
36- Manfaat ustida aylangan siyosat, jonivordir!
37- Och jonivorga qarshi tahabbub; marhamatini emas, ishtahasini ochadi. Hamda tish va tirnog’ining kirosini ham istaydi.
38- Zamon ko’rsatdiki: Jannat arzon emas, Jahannam ham luzumsiz emas.
39- Dunyoda xoslar deb tanilgan insonlardagi maziyat, sababi tavozu va mahviyat ekan; tahakkum va takabburga sabab bo’lgan. Kambag’allarning ojizligi, avomning faqirligi sababi marhamat va ehson ekan; asorat va mahkumiyatlariga munjar bo’lgan.
40- Bir narsada mahosin va sharaf hosil bo’lgan sari, xoslarga peshkash qiladilar; sayyiot bo’lsa, avomga taqsim qiladilar.
41- G’oya-i xayol bo’lmasa yoxud nisyon yoki tanosiy etilsa; azhon analarga aylanib atrofida aylanadi.
42- Barcha ixtilolot va fasodning asl ma'dani va barcha axloqi razilaning muharrik va manbai ikki kalimadan iborat:
Birinchi Kalima: "Men to’q bo’lsam, boshqalar ochlikdan o’lsa, menga nima!"
Ikkinchi Kalima: "Istirohatim uchun zahmat chek; sen ishla, men yey".
Birinchi kalimaning ildizini kesadigan yagona davosi bor, u ham vujubi zakotdir.
Ikkinchi kalimaning davosi, hurmati ribodir. Adolati Qur'oniya olam eshigida turib, riboga: "Mumkin emas, kirishga haqqing yo’q!" deydi. Bashar bu amrni tinglamadi, katta ta'zir yedi. Yanada mudhishini yemasdan, quloq solishi kerak!..
43- Davlatlar, millatlar muhorabasi; tabaqoti bashar muhorabasiga tarki mavqe etyapti. Zero bashar asir bo’lishni istamagani kabi, ajir bo’lishni ham istamaydi.
44- Tariqi g’ayri mashru' bilan bir maqsadni ta'qib etgan, ko’pincha maqsudining ziddi bilan jazo ko’radi. Ovrupa muhabbati kabi g’ayri mashru' muhabbat oqibatining mukofotlari, mahbubning g’addorona adovatidir.
45- Moziyga, masoibga qadar nazari bilan va mustaqbalga, ma'osiyga taklif nuqtasida qarash lozim. Jabr va I'tizol bu yerda kelishadilar.
46- Chorasi bo’lgan narsada ajzga, chorasi bo’lmagan narsada jaz'ga iltijo qilmaslik kerak.
47- Hayotning yarasi iltiyom topadi. Izzati Islomiyaning va nomusning va izzati milliyaning yaralari juda chuqurdir.
48- Shunday payt bo’ladiki; bir kalima bir qo’shinni xarob qiladi, bir o’q o’ttiz millionning mahv bo’lishiga sabab bo’ladi. {(Hoshiya) Bir serb askarining Avstriya Valiaxdiga otgan bir o’qi; eski harbi umumiyni portlatdi, o’ttiz million nufusning mahv bo’lishiga sabab bo’ldi.} Shunday sharoitda; kichik bir harakat insonni a'loyi illiyinga chiqaradi va shunday hol bo’ladiki; kichik bir fe'l insonni asfali sofiliynga tushiradi.
49- Bir dona sidq bir xirmon yolg’onni yoqadi. Bir dona haqiqat bir xirmon xayolotga murajjahdir.
لَا يَلْزَمُ مِنْ لُزُومِ صِدْقِ كُلِّ قَوْلٍ قَوْلُ كُلِّ صِدْقٍ
Har so’zing to’g’ri bo’lishi kerak; lekin har to’g’rini aytish, to’g’ri emas.
50- Go’zal ko’rgan go’zal fikrlaydi. Go’zal fikrlagan, hayotidan lazzat oladi.
51- Insonlarni jonlantirgan umiddir; o’ldiruvchi umidsizlikdir.
52- Qadimdan beri i'loyi Kalimatulloh va baqo-i istiqloliyati Islom uchun farzi kifoya-i jihodni bo’yniga olish bilan o’zini yakvujud bo’lgan olami Islomga fido qilishga vazifador va xilofatga bayroqdor ko’rgan bu davlati Islomiyaning falokati; olami Islomning saodat va hurriyati mustaqbalasi bilan talofiy etiladi. Zero shu musibat, moya-i hayotimiz bo’lgan uxuvvati Islomiyaning inkishofini horiquloda ta'jil etdi.
53- Xristianlikning moli bo’lmagan mahosini madaniyatni unga mol qilish va Islomiyatning dushmani bo’lgan tadanniyni unga do’st ko’rsatish, falakning teskari aylanishiga dalildir.
54- Ustini kir qoplagan mislsiz olmos doim mujallo shishadan murajjahdir.
55- Hamma narsani moddada qidirganlarning aqllari ko’zlaridadir, ko’z esa ma'naviyatda ko’rdir.
56- Majoz ilmning qo’lidan jahlning qo’liga tushsa, haqiqatga inqilob qiladi; xurofotga eshik ochadi.
57- Ehsoni Ilohiydan ortiq ehson, ehson emas. Hamma narsani boricha tavsif etish kerak.
58- Shuhrat, insonning moli bo’lmaganni ham insonga mol qiladi.
59- Hadis, ma'dani hayot va mulhimi haqiqatdir.
60- Ihyo-i din, ihyo-i millatdir. Hayoti din, nuri hayotdir.
61- Navi basharga rahmat bo’lgan Qur'on; faqat umumning, loaqal aksariyatning saodatini tazammun etgan madaniyatni qabul qiladi. Madaniyati hozira besh manfiy asos ustiga taassus etgan:
1- Nuqta-i istinodi, quvvatdir. U esa, sha'ni tajovuzdir.
2- Hadafi qasdi, manfaatdir. U esa, sha'ni, tazohumdir.
3- Hayotda dasturi, jidoldir. U esa, sha'ni, tanozu'dir.
4- Jamoatlar mobaynidagi robitasi, boshqani yutish bilan oziqlanuvchi unsuriyat va manfiy milliyatdir. U esa, sha'ni mudhish tasodumdir.
5- Jozibador xizmati, havo va havasni tashji' va orzularini qondirishdir. U havo esa, insonning masxi ma'naviysiga sababdir.
Shariati Ahmadiya (S.A.V.) tazammun etgan va amr etgan madaniyat: Nuqta-i istinodi, quvvat o’rniga haq bo’lib; sha'ni adolat va tavozundir. Hadafi, manfaat o’rniga fazilat bo’lib, sha'ni muhabbat va tajozubdir. Jihat-ul vahdat esa, unsuriyat va milliyat o’rniga, robita-i diniy va vataniy va sinfiy bo’lib; sha'ni samimiy uxuvvat va musolamat va xorijning tajovuziga qarshi faqat tadofu'dir. Hayotda dasturi jidol o’rniga dasturi taovun bo’lib; sha'ni ittihod va tasonuddir. Havo o’rniga huda bo’lib, sha'ni insoniyatan taraqqiy va ruhan takomuldir.
Mavjudiyatimizning homiysi bo’lgan Islomiyatdan qo’lingni tortma, to’rt qo’l bilan yopish, bo’lmasa mahv bo’lasan.
62- Musibati omma, aksariyatning xatosidan tarattub etadi. Musibat; jinoyatning natijasi, mukofotning muqaddimasidir.
63- Shahid o’zini hayy deb biladi. Fido qilgan hayotini sakarotni totmagani uchun, g’ayri munkati' va boqiy holda ko’radi. Lekin yanada nazih deb biladi.
64- Adolati mahza-i Qur'oniya; bir ma'sumning hayotini va qonini, hatto umum bashar uchun bo’lsa ham, hadar etmaydi. Ikkisi nazari qudratda bir bo’lgani kabi, nazari adolatda ham birdir. Xudgamlik bilan, shunday inson bo’lib; ehtirosiga mone hamma narsani, hatto qo’lidan kelsa, dunyoni xarob va navi basharni mahv etishni istaydi.
65- Xavf va za'f, ta'siroti xorijiyani tashji' etadi.
66- Muhaqqaq foyda mavhum mazarrotga fido qilinmaydi.
67- Hozirgi Istanbulning siyosati, Ispanyol xastaligi kabi bir xastalikdir.
68- Telba odamga "Yaxshisan, yaxshisan" deyilsa yaxshilanishi, yaxshi odamga "yomonsan, yomonsan" deyilsa yomonlashishi nodir emas.
69- Dushmanning dushmani, dushman qolguncha do’stdir; dushmanning do’sti, do’st qolguncha dushmandir.
70- Inodning ishi; shayton biriga yordam bersa; "Malak" deydi, rahmat aytadi; muxolifida malak ko’rsa, "libosini o’zgartirgan shayton" deydi, la'nat aytadi.
71- Bir dardning darmoni, boshqa dardga zahar bo’lishi mumkin. Bir darmon haddidan oshsa, dard keltiradi.
72-
اَلْجَمْعِيَّةُ الَّت۪ى ف۪يهَا التَّسَانُدُ اٰلَةٌ خُلِقَتْ لِتَحْر۪يكِ السَّكَنَاتِ وَالْجَمَاعَةُ الَّت۪ى ف۪يهَا التَّحَاسُدُ اٰلَةٌ خُلِقَتْ لِتَسْك۪ينِ الْحَرَكَاتِ
73. Jamoatda vohidi sahih bo’lmasa, qo’shish va orttirish, kasrda ko’paytirish kabi kichraytiradi.
{(Hoshiya) Hisobda ma'lumki; ko’paytirish va qo’shish sonlarni ziyodalashtiradi. To’rt karra to’rt, o’n olti bo’ladi. Faqat kasrlarda ko’paytirish va qo’shish, aksincha kichraytiradi. Sulusni sulus bilan ko’paytirish, tusu' bo’ladi; ya'ni, to’qqizdan bir bo’ladi. Aynan shuning kabi, insonlarda sihat va istiqomat bilan vahdat bo’lmasa; ko’paygan sari kichrayadi, buzuq bo’ladi, qiymatsiz bo’ladi.}
74. Adami qabul, qabuli adam bilan iltibos etiladi. Adami qabul; adami dalili subut, uning dalilidir. Qabuli adam, dalili adam istaydi. Biri shak, biri inkordir.
75- Iymoniy masalalarda shubha bir dalilni, hatto yuz dalilni otsa ham, madlulga iyrosi zarar qilolmaydi. Chunki minglab dalil bor.
76- Savodi a'zamga ittibo etish kerak. Aksariyatga va savodi a'zamga tayangan vaqti, loqayd Ummaviylik oxiri Ahli Sunnat jamoatiga kirdi. Son jihatidan kam bo’lgan salobatli Alaviylik eng oxiri oz bir qismi Rofiziylikka tayandi.
77- Haqda ittifoq, ahaqda ixtilof bo’lganidan, ba'zan haq ahaqdan ahaqdir; hasan ahsandan ahsandir. Har kim o’z maslagini "Huva haq" deyishi kerak, "Huval haq" demasligi kerak. Yoki "Huva hasan" deyishi kerak, "Huval hasan" demasligi kerak.
78- Jannat bo’lmasa, Jahannam ta'zib etmaydi.
79- Zamon keksaygan sari, Qur'on yosharib boryapti; rumuzi tavazzuh etyapti. Nur nor ko’ringani kabi; ba'zan shiddati balog’at ham mubolag’a ko’rinadi.
80- Haroratdagi marotib, burudatning taxalluli bilandir; husndagi darajot, qubhning tadoxuli bilandir. Qudrati Azaliya zotiyadir, lozimadir, zaruriyadir; ajz taxallul etolmaydi, marotib bo’lolmaydi, hamma narsa unga nisbatan musoviydir.
81- Shamsning fayzi tajalliysi bo’lgan timsoli, dengizning sathida va dengizning qatrasida ayni huviyatni ko’rsatadi.
82- Hayot, jilva-i tavhiddandir, muntahosi ham vahdat kasb etadi.
83- Insonlarda valiy, Jumada daqiqa-i ijoba, Ramazonda Layla-i Qadr, Asmo-i Husnada Ismi A'zam, umrda ajal majhul qolar ekan; boshqa afrod ham qiymatdor qoladi, ahamiyat beriladi. Yigirma yillik mubham bir umr oxiri muayyan ming yillik umrdan murajjahdir.
84- Dunyoda ma'siyatning oqibati, i'qobi uxroviyga dalildir.
85- Rizq, hayot qadar qudrat nazarida ahamiyatlidir. Qudrat chiqaradi, qadar kiydiradi, inoyat oziqlantiradi. Hayot; muhassali mazbutdir, ko’rinadi. Rizq; g’ayri muhassal, tadrijiy muntashirdir, o’ylatadi. Ochlikdan o’lish yo’q. Zero badanda shahm va boshqa ko’rinishda iddixor bo’lgan g’ido tugamasdan avval o’ladi. Demak, tarki odatdan nash'at etgan maraz o’ldiradi; rizqsizlik emas.
86- Akl-ul lahm yirtqichlarning halol rizqlari, hayvonotning hadsiz janozalaridir; ham ro’yi zaminni tozalaydilar, ham rizqlarini topadilar.
87- Bir luqma bir kurush, boshqa bir luqma o’n kurush. Og’izga kirmasdan va tomoqdan o’tgandan keyin birdirlar. Faqat bir necha soniya og’izda bir farq bor. Mufattish va darvozabon bo’lgan quvva-i zoiqani taltif va mamnun etish uchun birdan o’nga ketish, isrofning eng safihidir.
88- Lazoiz chaqirgan sari, "yegandek bo’ldim" deyish kerak. "Yegandek bo’ldim"ni dastur qilgan odam; "Yegandek bo’ldim" nomli bir masjidni yeyishi mumkin edi, yemadi.
89- Avvallari aksar musulmonlar och emas edi, taraffuhga ixtiyor bor edi. Hozir esa och, talazzuzga ixtiyor yo’q!
90- Muvaqqat lazzatdan ziyoda muvaqqat alamga tabassum qilish kerak; xush kelding deyish kerak. O’tib ketgan lazoiz "eh afsus" dediradi. "Eh!" mustatir alamning tarjimonidir. O’tgan alom "oh!" dediradi. U "Oh!" muzmar bir lazzat va ne'matning muxbiridir.
91- Nisyon ham bir ne'matdir. Faqat har kunning alamlarni chektiradi, mutarokimni unuttiradi.
92- Daraja-i harorat kabi, har bir musibatda bir daraja-i ne'mat bor. Yanada kattasini o’ylab, kichikdagi daraja-i ne'matni ko’rib, Allohga shukr qilishi kerak! Bo’lmasa isti'zom bilan puflansa, shishadi; maroq etilsa, ikkilashadi; qalbdagi misoli, xayoli haqiqatga inqilob etadi.. u ham qalbni kaltaklaydi.
93- Har bir odamga, hay'ati ijtimoiyada ko’rish va ko’rinish uchun martaba deyilgan derazasi bor. U deraza qomati qiymatidan yuksak bo’lsa, takabbur bilan tatovul etadi; agar qomati qiymatidan past bo’lsa, tavozu bilan taqavvus etadi va egiladi... toki, o’sha saviyada ko’rsin va ko’rinsin. Insonda buyuklikning miqyosi; kichiklikdir, ya'ni tavozudir. Kichiklikning mezoni; buyuklikdir, ya'ni takabburdir.
94- Zaifning qoviyga qarshi izzati nafsi, qoviyda takabbur bo’ladi; qoviyning zaifga qarshi tavozui, zaifda talazzuz bo’ladi. Bir ulul amrning maqomidagi jiddiyati viqordir; mahviyati, zillatdir.. xonasidagi jiddiyati, kibrdir; mahviyati tavozudir. Shaxs mutakallimi vahda bo’lsa, musomahasi va fidokorligi amali solihdir; mutakallimi ma'alg’ayr bo’lsa, xiyonatdir, amali tolihdir. Bir shaxs o’z nomidan hazmi nafs qiladi, tafoxur qilolmaydi; millat nomidan tafoxur qiladi, hazmi nafs qilolmaydi.
95- Tartibi muqaddamotda "tafviz" tanballikdir; tarattubi natijada tavakkaldir. Samara-i sa'yingga va qismatingga rizo; qanoatdir, mayli sa'yni quvvatlantiradi. Boriga iktifo, duni himmatlikdir.
96- Avomiri shar'iyaga qarshi itoat va isyon bo’lgani kabi, avomiri takviniyaga qarshi ham itoat va isyon bor. Birinchisida mukofot va mujozotning aksari oxiratda; ikkinchisinikining, ag’labi dunyoda beriladi. Masalan: Sabrning mukofoti zafardir, atolatning mujozoti safolatdir, sa'yning savobi sarvatdir, sabotning mukofoti g’alabadir. Musavotsiz adolat, adolat emas.
97- Tamosul tazodning sababi, tanosub tasonudning asosi, sig’ari nafs takabburning manbai, za'f g’ururning ma'dani, ajz muxolafatning mansha'i, maroq ilmning ustozidir!
98- Qudrati Fotira ehtiyoj bilan, xususan ochlik ehtiyoji bilan, boshda inson butun hayvonotni jilovlab, nizomga solgan. Ham olamni harju-marjdan xalos qilib, ham ehtiyojni madaniyatga ustoz qilib, taraqqiyotni ta'min etgan!
99- Siqilish, safohatning muallimidir. Ya's, zalolati fikrning, zulmati qalb, ruh siqilishining manbaidir.
100-
اِذَا تَاَنَّثَ الرِّجَالُ بِالتَّهَوُّسِ تَرَجَّلَ النِّسَاءِ بِالتَّوَقُّحِ
Bir majlisi ixvonga go’zal bir ayol kirsa; riyo, raqobat, hasad tuyg’usi intiboh etadi. Demak, inkishofi nisvondan, madaniy basharda axloqi sayyia inkishof etadi.
101- Basharning hozirgi sayyiot-olud darg’azab ruhida mutabassim kichik janozalar bo’lgan suratlarning roli ahamiyatlidir.
102- Mamnu' haykal; yo bir zulmi mutahajjir, yo bir havasi mutajassim yoki bir riyo-i mutajassiddir.
103- Islomiyatning musallamotini tamoman imtisol etsa, bihaqqin doira-i dohiliga kirgan zotda; mayl-ut tavsi', mayl-ut takammuldir. Loqaydlik bilan xorijda sanalgan zotda mayl-ut tavsi', mayl-ut taxribdir. Bo’ron va zilzila paytida; ijtihod eshigini ochish tugul, balki derazalarini ham berkitish foydadir. Laubalilar ruxsatlar bilan erkalanmaydi; azimatlar bilan, shiddat bilan iqoz etiladi.
104- Bechora haqiqatlar, qiymatsiz qo’llarda qiymatsiz bo’ladi.
105- Kuramiz hayvonga o’xshaydi, osori hayot ko’rsatadi. Ajabo, tuxum qadar kichraysa, bir navi hayvon bo’lmaydimi? Yoki bir mikrob kuramiz qadar kattalashsa, unga o’xshamaydimi? Hayoti bo’lsa, ruhi ham bor. Olam inson qadar kichraysa, yulduzlari zarrot va javohiri fardiya hukmiga o’tsa; u ham bir hayvoni zishuur bo’lmaydimi? Allohning bundayin ko’p hayvonlari bor.
106- Shariat ikki xildir:
Birinchisi: Olami asg’ar bo’lgan insonning af'ol va ahvolini tanzim etgan va sifati kalomdan kelgan biz bilgan shariatdir.
Ikkinchisi: Insoni akbar bo’lgan olamning harakot va sakanotini tanzim etgan, sifati irodadan kelgan shariati kubro-i fitriyadirki; ba'zan yanglish o’laroq tabiat deb nomlanadi. Maloika bir ummati azimadirki, sifati irodadan kelgan va shariati fitriya deyilgan avomiri takviniyasining hamalasi va mumassili va mutamassillaridir.
107-
اِذَا وَازَنْتَ بَيْنَ حَوَاسِّ حُوَيْنَةٍ خُرْدَب۪ينِيَّةٍ وَحَوَاسِّ الْاِنْسَانِ تَرٰى سِرًّا عَج۪يبًا اِنَّ الْاِنْسَانَ كَصُورَةِ يٰسٓ كُتِبَ ف۪يهَا سُورَةُ يٰسٓ
108- Moddiyunlik ma'naviy vabo bo’lib, basharga bu mudhish bezgakni tuttirdi, g’azabi Ilohiyga duchor qildi. Talqin va tanqid qobiliyati tavassu' etgan sari, u vabo ham tavassu' etadi.
109- Eng badbaxt, eng muztarib, eng muammoli; ishsiz odamdir. Zero atolat adamning jiyanidir; sa'y, vujudning hayoti va hayotning yaqazosidir.
110- Riboning idish va eshiklari bo’lgan banklarning foydasi; basharning yomoni bo’lgan g’avurlarga va ularning eng zolimlariga va bularning eng safihlarigadir. Olami Islomga zarari mutlaqdir; mutlaq basharning rafohi nazarga olinmaydi. Chunki g’avur harbiy va mutajoviz bo’lsa, hurmati yoq va ismatsizdir.
111- Jumada xutba; zaruriyot va musallamotni tazkirdir, nazariyotni ta'lim emasdir. Ibora-i Arabiya yanada uyviy ixtor etadi. Hadis bilan oyat muvonaza qilinsa, ko’rinadiki; basharning eng balig’i ham oyatning balog’atiga yetisholmaydi, unga o’xshamaydi.
Said Nursiy
[Madina-i Munavvarada bo’lgan muhim bir olimning Risola-i Nur haqida yozgan bir manzumasidir.]
Ko’ngillar Fotihi Buyuk Ustozga
Nuri ila butun ko’nglimni fath aylagan ustoz
Ko’nglim sizni, qudsiy hayajonlar ila etar yod
Ilhomimga jon keldi baroat xabaring ila
Mo’'minlarni shod aylagan yuksak zafaring ila
Shilindi ufuqlardan u zim-ziyo bulutlar
Ko’klarda malaklar, bu buyuk bayramni qutlar
Millionlarning iymonini qutqardi jihoding
Gur-gur yonar iymonli ko’ngillardagi yoding
Jo’shtirmoqda iymonlarni, minglab vajizang
Tarixini qudsiy hayajonlar bilan suzarkan
Ilhomimni mast etdi tajallo-i jamoling
"Fotih" kabi rahbarlarni eslatmoqda holing
Tog’lar kabi tebranmading eng qo’rquvli kunlarda
Har oniy o’limlar to’la tazyiqning o’ngida
Dunyolarga dahshat soladi sendagi iymon
Metin iymoningga dushman ham hayron
Rahbar senga zero "Ulug’ Payg’ambarimiz"dir
O’lmas asaring: Yoshlarga ko’rsatganing izdir
Qur'oni Karimning azaliy fayziga yetding
Insoniyatga iymon va kamol darsini berding
Ey boshlarga Jannatlarning ufqidan tushgan toj
Olam sening irfoningga, irshodingga muhtoj
Daryo kabi nurlar tashiydi har asaridan
"Alloh"ga ketgan Nurchilarning rahbarisan sen
Millionlarni daryo kabi jo’shtirmoqda "So’zlar"
Jannatdagi olamlarni sayr etmoqda ko’zlar
Hikmat to’la har jumlada, Qur'ondagi nur bor
Har lam'ada ming bir quyoshning shu'lasi jo’sh urar
"Nur yo’lchisi" insoniyatga o’rnak bo’lajakdir
Qudsiy hayajonlar ila ko’ngillar to’lajakdir
Mafkurasi kundan kunga yetishganda kamolga
G’arq bo’lmoqda ich olami, eng shirin visolga
Jo’shganda dengizlar kabi qalbidagi iymon
Ming darsi haqiqat beradi ruhiga Qur'on
Erkindir Islomni o’ragan tahlikalardan
Davosi toza chunki siyosiy dog’lardan
Har hamlasining quvva-i qudsiyasi bordir
Vijdonlarni mast aylagan ulviy ovozi bordir
Ishqning azaliy siriga yetishdikcha ko’ngillar
Yer-yer bezatar ufqini savdo to’la ranglar
Bir o’lkani boshdan oxir fath aylading, ey Nur
Nuring bo’lajakdir butun insoniyatga dastur
Qur'on seni dastaklaydi mo’'jizalar ila
Ey shonli ko’ngil fotihi hech turmasdan oldinla
Tarixi hayoting to’ladir horiqolar ila
Hech so’nmasdan olamda quyoshlar kabi porla
Manzuma-i Shamsiyani tamsil etyapsan
Haybatli fazolarda tezlik olib ketyapsan
Iymonli nasllar seni ta'qib etajakdir
Yillarcha, asrlarcha orqangdan ketajakdir
Tarixni osharkan sen u iymon to’la tezlik ila
Millionlarni oshgan butun avlodlaringiz ila
Birdan ochilar ruhimga asrorli bir olam
Vasf eta olmas ishqimni she'rimdagi nolam!
Ali Ulviy
[Bu maktub o’n ikki yil avval yozilgan va Sikka-i Tasdiqi G’aybiy majmuasida kiritilgan bir maktubdan bir parchadir.
Bu maktub Risola-i Nurning bu vatan va millatga qozontirgan buyuk va juda muqaddas ikki natijani bayon etishi, filhaqiqa aynan bu ikki natijaning tazohuri va bu mamlakatda va olami Islomda ko’rilgani sababli juda ahamiyatlidir.]
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
Risola-i Nur bu muborak vatanning ma'naviy bir xaloskori bo’lgani uchun hozir ikki dahshatli ma'naviy baloni daf qilish uchun matbuot olami bilan tazohurhni boshlash, dars berish zamoni keldi yoki keladi deb o’ylayman.
U dahshatli baloning biri: Xristian Dinini mag’lub qilgan va anarxistlikni yetishtirgan, shimolda chiqqan dahshatli dinsizlik jarayoni bu vatanni ma'naviy istilosiga qarshi Risola-i Nur bir saddi Zulqarnayn kabi bir saddi Qur'oniy vazifasini bajaradi.
Ikkinchisi: Olami Islomning bu muborak vatanning aholisiga qarshi juda shiddatli e'tiroz va ittihomlarini izola etish uchun matbuot lisoni bilan gapirish lozim kelgan deya qalbimga ixtor etildi.
Men dunyoning holini bilmayman, faqat Ovrupada istilokorona hukm qilgan va adyoni samoviyaga tayanmagan dahshatli jarayonning istilosiga qarshi Risola-i Nur haqiqatlari bir qal'a bo’lgani kabi, olami Islomning va Osiyo Qit'asining holi hozirdagi e'tiroz va ittihomini izola va eskidagi muhabbat va uxuvvatini qaytarishga vasila bo’lgan bir mo’'jiza-i Qur'oniyadir.
Bu mamlakatning vatanparvar siyosiylari tez aqlini boshiga olib Risola-i Nurni chop etib rasman nashr etishlari lozimki, bu ikki baloga qarshi qalqon bo’lsin.
Ajabo, bu yigirma yil mobaynida iymoni tahqiqiyni juda quvvatli bir suratda bu vatanda nashr etgan Risola-i Nur bo’lmasaydi; bu dahshatli asrda, ajib inqilob va infiloqlarda bu muborak vatan Qur'onini va iymonini dahshatli zarbalardan to’liq muhofaza qila olarmidi?
Said Nursiy
Mundarija-i Maktubot
BIRINCHI MAKTUB:
To’rt savolning javobidir.
BIRINCHI SAVOL:Hazrat Hizrning hayoti haqida va u munosabat bilan hayotning besh martabasini g’oyat go’zal va muqni' bir tarzda bayon qiladi.
IKKINCHI SAVOL: اَلَّذ۪ى خَلَقَ الْمَوْتَ وَالْحَيٰوةَoyatidagi mavtni ne'mat suratida va maxluq bo’lganining sirrini g’oyat go’zal suratda isbot qiladiki, mavt ham hayot kabi bir ne'mat va hayot kabi maxluqdir.
UCHINCHI SAVOL:"Jahannam qayerda?" javobida g’oyat ma'qul bir suratda o’rnini bayon qiladi va ko’rsatadi. Jahannami Sug’ro va Kubroni tafriq qilib, fanniy bir tarzda va mantiqiy suratda isbot qilish bilan birga; oxiratda g’oyat muhtasham va porloq bir suratda azamat va rububiyati Ilohiyaning bir sirri azimini va Jahannami Kubroning bir hikmati xilqatini ko’rsatgani kabi; Jannat va Jahannam shajara-i xilqatning ikki mevasi va silsila-i koinotning ikki natijasi va sayli shuunotning va mahsuloti ma'naviya-i Arziyaning ikki mahzani, lutf va qahrning ikki tajalliygohi bo’lganini ko’rsatadi.
TO’RTINCHI SAVOLning javobida; mahbublarga bo’lgan ishqi majoziy ishqi haqiqiyga inqilob etgani kabi, ulkan dunyoga qarshi insonning ishqi majoziysi ham, sirri iymon bilan maqbul bir ishqi haqiqiyga inqilob eta olishini g’oyat go’zal va ishontiradigan suratda isbot qiladi.
IKKINCHI MAKTUB:
Bu zamonda zarurat bo’lmasdan, irshodi nosga va nashri dinga harakat qilganlarning sadaqalarni va hadyalarni qabul qilmasliklari lozim bo’lganining sirrini to’rt sabab bilan bayon qiladi.
اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ
oyati bilan
اِتَّبِعُوا مَنْ لَا يَسْئَلُكُمْ اَجْرًا
oyati kabi insonlardan istig’no haqidagi oyatning muhim bir sirrini tafsir qiladi. Va ilm va dinni nashrga harakat qilgan insonlar mumkin qadar istig’no va qanoat bilan harakat qilmasa; ham ahli zalolatning ittihomiga hadaf bo’ladi, ham izzati ilmiyani muhofaza qilolmaydi. Ham salohat va nashri din kabi umuri uxroviyaga muqobil hadyalarni olish, oxirat mevalarini dunyoda foniy bir suratda yeyish deganidir.
UCHINCHI MAKTUB:
فَلَٓا اُقْسِمُ بِالْخُنَّسِ ٭ اَلْجَوَارِ الْكُنَّسِ
qasami va ondidagi ulviy bir nuri i'joziyni va
وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتّٰى عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَد۪يمِ
oyatining tashbehidagi porloq bir lam'a-i i'joziyani va
هُوَ الَّذ۪ى جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ ذَلُولًا فَامْشُوا ف۪ى مَنَاكِبِهَا
oyatida Kura-i Arzni fazo-i koinotda suzgan bir safina-i Rabboniya ekanini ko’rsatgan porloq bir haqiqatni tasvirlab, Kura-i Arzdan Jahannamga ko’chish uchun ahli zalolatning sayohatini va butun ashyo birgina zotga isnod etilsa, vujub darajasida suhulat va osonlik ekanini; ashyoning ijodi mutaaddid sabablarga isnod etilsa, imtino' darajasida bir suubat va mushkulot ekanini g’oyat go’zal va muqni' va muxtasar suratda bayon qilib ikki nukta-i muhimma-i i'joziyani tafsir qiladi.
TO’RTINCHI MAKTUB:
وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَث۪يرًا
oyatining bir sirri Risola-i Nur haqida tajalliy etganini bayon qiladi.
Ham:
"Dar Tariqi Naqshibandiy lozim omad chor tark:
Tarki dunyo, tarki uqbo, tarki hasti, tarki tark"
dasturiga muqobil, ajz-mandiy tariqida juda muhim bir dasturni bayon qiladi.
Va
اَفَلَمْ يَنْظُرُٓوا اِلَى السَّمَٓاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا
oyatining bir sirrini; she'rga o’xshash faqat she'r bo’lmagan, muntazam faqat manzum bo’lmagan, g’oyat porloq faqat xayol bo’lmagan, yulduzlarni gapirtirgan yulduznoma bilan tafsir qiladi.
BESHINCHI MAKTUB:
Shariatning bir xodimi va bir vasilasi bo’lgan tariqatga mansub ba'zi kishilarning tariqatga ko’p ahamiyat berib unga qanoat qilib haqoiqi iymoniyaning nashrida tanballik va loqaydlik ko’rsatganlari munosabati bilan yozilgan. Va valoyatning uch qismini bayon qilib, eng muhim tariqat bo’lgan valoyati kubro, sirri varosat bilan Sunnati Saniyaga ittibo va nashri haqoiqi iymoniyada ihtimom ekanini isbot qiladi. Va tariqatlarning eng muhim g’oyasi va foydasi va muntahosi bo’lgan inkishofi haqoiqi iymoniya, Risola-i Nur bilan ham bo’la olishini va Risola-i Nurning parchalari u vazifani tariqat kabi, faqat yanada qisqa bir zamonda bajarganini ko’rsatadi.
OLTINCHI MAKTUB:
حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ
oyatlarining bir sirrini, bir biri ichida his etilgan besh navi hazin g’urbatlar zulmatida nuri iymon va fayzi Qur'on va lutfi Rahmondan kelgan nuri tasallini bayon qilib u sirni tafsir qiladi. Bu maktub eng qattiq qalbni ham yig’latadigan darajada riqqatlidir. Va eng ma'yus va mukaddar qalbni ham sevintiradigan darajada nurlidir.
YETTINCHI MAKTUB:
Munofiqlarning ittihomidan baroati Nabaviya haqida kelgan
مَا كَانَ مُحَمَّدٌ اَبَٓا اَحَدٍ مِنْ رِجَالِكُمْ وَلٰكِنْ رَسُولَ اللّٰهِ وَ خَاتَمَ النَّبِيّ۪نَ ٭ فَلَمَّا قَضٰى زَيْدٌ مِنْهَا وَطَرًا زَوَّجْنَاكَهَا لِكَىْ لَا يَكُونُ عَلَى الْمُؤْمِن۪ينَ حَرَجٌ ف۪ٓى اَزْوَاجِ اَدْعِيَٓائِهِمْ
oyatlarining muhim sirrini tafsir qiladi. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning kasrati izdivoji nafsoniy bo’lmaganini; balki aqvol va af'ol kabi, ahvol va atvoridan tazohur etgan ahkomi shariatga vosita bo’lish uchun xususiy doirasida ziyoda shogirdlari bo’lishidir. Va Hazrat Zaynabga tazavvujlari, faqat amri Ilohiy va qadari Rabboniy bilan bo’lganini bayon qiladi. Eski zamon munofiqlari kabi, yangi zamon zindiqlarining tanqidlarini qat'iy bir suratda sindiradi.
SAKKIZINCHI MAKTUB:
فَاللّٰهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ
degan Hazrat Yoqub Alayhissalomning Hazrat Yusuf Alayhissalomga hissi ishq bo’lmaganini, balki ulviy bir martaba-i shafqat bo’lganini va shafqat ishqdan juda yuksak va keskinligini va ismi Rahmon va ismi Rahimning vasilasi shafqat ekanini bayon qilib بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ning go’zal bir sirrini, فَاللّٰهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ ning porloq bir nuktasini tafsir qiladi.
TO’QQIZINCHI MAKTUB:
Karomat va ikrom va inoyat va istidrojga doir muhim qoidani bayon qiladi. Karomatning izhori zarar bo’lgani kabi, ikromning izhori shukr ekanini va eng salomatli karomat esa, bilmasdan mazhar bo’lish ekanini va haqiqiy karomat, o’z nafsiga emas, balki Robbiga e'timodini ziyodalashtirgan karomat ekani va aksincha istidroj ekanini; ham hayoti dunyoviyani baxtiyorona o’tkazishning chorasi, oxirat uchun berilgan hissiyoti shadidani dunyoning foniy ishlariga sarf etmaslik kerakligi va ishqning majoziy va haqiqiy ikki navi borligi; hirs va inod va andisha-i istiqbol kabi hissiyoti shadidaning ham, majoziy va haqiqiy ikki qismi borligini; majoziysi g’oyat zararli va sui axloqqa mansha' va haqiqiysi g’oyat foydali va husni axloqqa dastak bo’lganini isbot qiladi.
Ham Islom va iymonning muhim bir farqini bayon qiladi. Ya'ni: Islomiyat, haqqa tarafgirlik va iltizomdir; iymon esa, haqni iz'on va tasdiqdir. Yigirma yil avval dinsiz musulmon bo’lgani kabi, hozir g’ayri muslim mo’'min mavjudligi ko’ringanini ko’rsatadi.
Ham Risola-i Nur parchalari qay daraja shiddatli suratda Islomiyatga tarafgirlik hissini berganini va arkoni iymoniyani qay daraja quvvatli va qat'iy isbot qilganini bayon qiladi.
O’NINCHI MAKTUB:
Ikki savolning javobidir.
BIRINCHISI:
وَلَٓا اَصْغَرَ مِنْ ذٰلِكَ وَلَٓا اَكْبَرَ اِلَّا ف۪ى كِتَابٍ مُب۪ينٍ ٭ وَ كُلَّ شَىْءٍ اَحْصَيْنَاهُ ف۪ٓى اِمَامٍ مُب۪ينٍ
oyatlarining bir sirrini tafsir qiladi. "Imomi Mubin", "Kitobi Mubin" nimadan iborat bo’lganini bayon qiladi.
IKKINCHI SAVOL:"Maydoni Hashr qayerda?" javobida g’oyat ma'qul va muhim va porloq bir javob beradi.
O’N BIRINCHI MAKTUB:
To’rtta alohida-alohida mabhasdir. Bu to’rt masala bir-biridan uzoq bo’lganidan, bu maktub tarqoq ko’rinadi. Bu tarqoq maktub munosabati bilan qardoshlarimga ixtor etamanki:
Bu kichik maktublarni xususiy suratda, xususiy ba'zi qardoshlarimga yozgan edim. Katta maktublar maydonga chiqqandan so’ng, kichiklar ham umumning nazariga ko’rsatilishi lozim bo’ldi. Holbuki tanzimsiz, mushavvash bir suratda edilar. Ular qanday hol bilan yozilgan bo’lsa, shunday qolishi lozim edi. Keyinchalik tasxix va tanzim etishga ma'zun emasmiz! Xullas, bu O’n Birinchi Maktub tarqoq suratda, bir-biridan juda uzoq to’rt masaladan iborat. Ham mushavvash, ham tarqoq. Shoirlarning va ahli ishqning, zulfi parishoniyni sevishi va istihson etishgani navidan, bu maktub ham -zulfi parishon tarzida- sovuq tasannu' qo’shilmasdan, harorat va halovati asliyasini muhofaza qilish niyatida o’z holida qoldirilgan.
BU MAKTUBNING BIRINCHI MABHASI
اِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَع۪يفًا oyatining bir sirrini tafsir bilan, vasvasa-i shaytonga mubtalo bo’lgan odamlarga muhim bir dori va malhamdir.
IKKINCHI MASALA
Barla Yaylovi, Tepalicha, qarag’ay, qatron, qora terakning bir mevasi bo’lib, So’zlar Majmuasida yozilgani uchun, bu yerda yozilmagan.
UCHINCHI VA TO’RTINCHI MASALALARI
I'jozi Qur'onga qarshi madaniyaning ajzini ko’rsatgan yuzlab misollardan ikki misoldir. Qur'onga muxolif bo’lgan huquqi madaniyat naqadar haqsiz bo’lganini isbot qilgan ikki namunadir.
Birinchi Misol:فَلِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْاُنْثَيَيْنِ Mahzi adolat bo’lgan hukmi Qur'oniy qizga yarmini beradi. Madaniyat me'ros xususida qizga ko’proq haq berish bilan katta haqsizlik qilgan va marhamatga muhtoj qizga zulm qilganini qat'iy isbot qiladi.
Ikkinchi Misol:فَلِاُمِّهِ السُّدُسُ oyatining bir sirriga doir bo’lib, mimsiz madaniyat qanday qizga haqqidan ortiq haq berganidan haqsizlik qilgan; shuning kabi, volida haqida haqqini kesish bilan yanada ziyoda haqsizlik qilganini va eng muhtaram bir haqiqat bo’lgan volidalik shafqatiga qarshi dahshatli bir haqsizlik va vahshatli bir hurmatsizlik va jinoyatli bir haqorat va arshi rahmatni titratgan bir kufroni ne'mat va hayoti ijtimoiyaning tiryoq kabi bir robita-i shafqatiga bir zahar qo’shish hukmida bir xato ekanini isbot qiladi.
O’N IKKINCHI MAKTUB:
Mutafannin ba'zi do’stlarning munoqasha etganlari uch masalaga doir uch savollariga muxtasar uch javobdir.
BIRINCHI SAVOL:"Hazrat Odamning Jannatdan ixroji va bir qism Bani Odamning Jahannamga idxolining hikmati nima?" savoliga g’oyat qat'iy bir javob beradi.
IKKINCHI SAVOL:"Shaytonlarning va sharlarning xalq va ijodi shar emasmi, xunuk emasmi? Jamili Mutlaq va Rahimi Alal itloq jamoli rahmati qanday muso'ada etgan?" savoliga qarshi g’oyat qat'iy bir suratda javob beradi.
UCHINCHI SAVOL:"Ma'sum insonlarga va hayvonlarga musibat va balolarni yo’liqtirish zulm emasmi? Odili Mutlaqning adolati qanday muso'ada etadi?" degan savolning javobida g’oyat muqni' va qat'iy bir tarzda javob beradi.
O’N UCHINCHI MAKTUB:
Ahli dunyo va ahli siyosatning menga qilgan zulm va tazyiqlari qarshisidagi sukut va tahammulimni maroq etgan ko’p qardoshlarimning mutaaddid savollariga qarshi Eski Said lisoni bilan va Yangi Saidning qalbi bilan berilgan ibratli va maroq-avar bir javobdir. Asosi shuki: Xoliqi Rahimning rahmati yor bo’lsa, harkas yordir, har yer yaraydi; agar yor bo’lmasa, hamma narsa qalbga yukdir, harkas ham dushmandir. Falillahilhamd, rahmati Ilohiya yor bo’lgani uchun; ahli dunyoning menga qilganlari anvo'i zulmni u rahmati Ilohiya anvo'i rahmatga o’girgan.
Erkinlik vasiqasi olish va qonunsiz tazyiqotdan qutulish uchun adami murojaatimning bir-ikki muhim sababini bayon qiladi. Xulosasi: Zolim insonlarning mahkumi emasman; balki men odil qadarning mahkumiman, unga murojaat qilaman. Ham haqsizlikni haq deb o’ylagan odamlarga qarshi haq da'vo qilish, bir navi haqsizlikdir va haqqa qarshi bir navi hurmatsizlikdir. Ham dunyo siyosatidan sirri ijtinobimning sababini muhim bir haqiqat bilan bayon qiladi.
O’N TO’RTINCHI MAKTUB:
Ta'lif etilmagan.
O’N BESHINCHI MAKTUB:
Olti muhim savolga olti ahamiyatli javobdir.
BIRINCHI SAVOL:"Sahobalar valiylardan buyuk bo’lganlari holda; Sahobaning ichidagi fitnani aylantirgan mufsidlarni nima uchun nazari valoyat bilan kashf etolmadilar? Borib to’rt Xulafo-i Roshidindan uchining shahidliklari bilan natijalandi?" Ikki muhim maqom bilan javob beriladi.
IKKINCHI SAVOL:"Hazrat Alining (R.A.) zamonidagi muhorabalarning mohiyati nima? U harbda o’lgan va o’ldirilganlarga qanday nom beriladi?" G’oyat muhim va maroq-avar bir javob berilgan.
UCHINCHI SAVOL:Oli Baytning boshiga kelgan faji' va g’addorona muomalaning hikmati nima?" G’oyat muhim bir javob beriladi.
TO’RTINCHI SAVOL:"Oxirzamonda Hazrat Isoning (A.S.) nuzuli va Dajjolni o’ldirishi va insonlar umumiyat bilan dini haqni qabul qilishi va qiyomat vaqtida Alloh Alloh deganlar bo’lmasligi rivoyat qilinadi. Bunday umumiy shaklda iymonga kelgandan so’ng qanday kufrga ketiladi?" savollariga qarshi maroq-avar va haqiqiy bir muhim javob beriladi.
BESHINCHI SAVOL:"Qiyomat hodisotidan arvohi boqiya mutaassir bo’ladilarmi?" javobida muhim bir haqiqat bayon qilinadi.
OLTINCHI SAVOL:كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ oyatining hukmi; oxiratga, Jannatga va Jahannamga va ahllariga shumuli bormi, yo’qmi? javobida g’oyat muhim va maroq-avar va quvvatli bir javob beriladi. Bu risoladagi savollarni maroq etganlarga bu risola bir iksiri a'zamdir.
O’N OLTINCHI MAKTUB:
اَلَّذ۪ينَ قَالَ لَهُمُ النَّاسُ اِنَّ النَّاسَ قَدْ جَمَعُوا لَكُمْ فَاخْشَوْهُمْ فَزَادَهُمْ ا۪يمَانًا وَ قَالُوا حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ
oyatining bir sirrini boshimga kelgan bir hodisa munosabati bilan "Besh Nuqta" bilan tafsir qiladi.
BIRINCHI NUQTA:
Haq va haqiqat bo’lgan xizmati Qur'oniya, hozirgi zamonda ko’pi yolg’onchilikdan iborat va bid'at va zalolat bo’lgan siyosatdan meni qat'iyan man qilganiga doir.
IKKINCHI NUQTA:
Hayoti abadiya uchun jiddiy harakat qilish va zararsiz va mustaqim yo’l bilan Qur'onga xizmat qilish, albatta dag’dag’a-i siyosatdan chekilishni iqtizo etganidan, ahli dunyoning xato va harakatlarini xush ko’rish emas, balki qalblarimizni bulg’atmaslik uchun qaramayapmiz.
UCHINCHI NUQTA:
Boshimga kelgan og’ir tazyiqot va musibatlarga qarshi tahammulimning muhim bir sababini ikki voqea bilan bayon qiladi.
TO’RTINCHI NUQTA:
Ahli dunyoning avhomli savollariga qarshi javobdir. U javobda bilmajburiya xizmati Qur'oniyaga oid bir karomat sifatida haqqimizda ko’z bilan ko’rilgan va hech bir jihatda inkor etilmagan bir qancha inoyati Ilohiyani bayon qiladi.
BESHINCHI NUQTA:
Ahli dunyoning haddan ortiq bir zulm bilan menga taklif qilgan bid'atkorona qoidalariga qarshi ularni to’liq jim qiladigan javobdir.
BU O’N OLTINCHI MAKTUBNING ZAYLI:
Zolim ahli dunyoning va mulhidlarning dunyolaridan va siyosatlaridan batamom chekinganim holda, o’z xoinliklaridan chumolini fil qilib haqqimda ko’rsatgan avhom va taloshlariga qarshi Eski Said lisoni bilan, izzati ilmiyani muhofaza nuqtasida og’izlariga shiddatli bir ta'zir urib, boshlaridagi avhomni uchiradi.
O’N YETTINCHI MAKTUB:
Xos bir qardoshimga yozilgan kichik bir ta'ziyanomadir. Garchi bu maktub suratan kichikdir; faqat foydasi katta bo’lib, unga qarshi ehtiyoj umumiydir. Bolalari haddi bulug’ga yetmasdan vafot etgan padar va volidalarga muhim bir xushxabardir. Bu ta'ziya bilan eng ma'yus va mukaddar qalb haqiqiy tasalli va sevinch topadi. Kichikligida vafot qilgan bolalar olami baqoda abadiy sevimli bola bo’lib qolib, padar va volidalarining quchoqlariga berilishi, وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ sirri bilan, abadiy madori sururlari bo’lganliklarini isbot qiladi.
O’N SAKKIZINCHI MAKTUB:
Uch masala-i muhimadir.
BIRINCHISI:
Muhaqqiqiyni avliyoning kashf bilan haq ko’rgan va buyuk miqyosda mushohada etgan hodisalar olami shahodatda ba'zan xilofi voqe' va ba'zan kichik bir miqyosda tazohur etishining sirrini shirin va go’zal bir tamsil bilan bayon qiladi.
IKKINCHI MASALASI:
Vahdat-ul Vujud mashrabiga doir g’oyat muhim haqiqat va go’zal izohdir. Vahdat-ul Vujuddan gapirgan va u masalani maroq etgan bu Ikkinchi Masalani diqqat bilan o’qishi kerak. Chunki bu Vahdat-ul Vujud masalasi madori iltibos bo’lgan muhim mashrabdir. Va ahli haqiqatning madori ixtilofi bo’lgan ajib maslakdir. Bu Ikkinchi Masala uning mohiyatini ko’rsatadi va isbot qiladiki; u mashrab ahli sahvning mashrabi emas, ham eng yuksak emas! Va ahli sahv bo’lgan Sahoba va Siddiqiyn va varosaning mashrablari; Vahdat-ul Vujud mashrabidan yanada yuksak, yanada salomatli, yanada maqbul ekanini isbot qiladi.
UCHINCHI MASALASI:
Tilsimi koinotning uch muammo-i muhimmasidan birisining yechilishiga muxtasar bir ishorat bo’lib: U muammolardan biri Yigirma To’qqizinchi So’zda, ikkinchisi O’ttizinchi So’zda, uchinchisi esa Yigirma To’rtinchi Maktubda Qur'oni Hakimning sirri bilan to’liq kashf etilgan va muammo ochilgan.
O’N TO’QQIZINCHI MAKTUB:
Mo’'jizoti Ahmadiyaga (S.A.V.) doirdir. Uch yuzdan ortiq mo’'jizotni bayon qiladi. Bu risola risolati Ahmadiyaning (S.A.V.) mo’'jizasini bayon qilgani kabi, o’zi ham o’sha mo’'jizasining bir karomati bo’lib, uch-to’rt nav bilan horiqo bo’lgan.
Birinchisi:Naql va rivoyat bo’lish bilan barobar, bir yuz ellik sahifadan {(Hoshiya) Asl nusxasiga ko’radir.} ortiq bo’lgani holda, kitoblarga murojaat qilinmasdan yoddan tog’ va bog’ chetlarida, uch-to’rt kun mobaynida, har kuni ikki-uch soat ishlash sharti bilan jami o’n ikki soatda ta'lif etilishi horiqo bir voqea bo’lib, bu risoladagi mo’'jizoti Ahmadiyaning (S.A.V.) bir shu'la-i karomati bo’lgan.
Ikkinchisi:Shu risola uzunligi bilan barobar na yozilishi og’irlik qiladi va na o’qilishi halovatini yo’qotadi. Tanbal ahli qalamni shunday bir shavq va g’ayratga keltirdiki; mashaqqatli va zerikarli zamonda, bir yil mobaynida atrofimizda yetmish adadga yaqin nusxalari yozildi. U mo’'jiza-i risolatning bir karomati bo’lganini muttali' bo’ganlarga qanoat berdi.
Uchinchisi:Ajamiy va tavofuqdan xabari yo’q va bizga ham hali tavofuq tazohur etmasdan avval yozgan nusxalarida lafzi "Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam" kalimasi butun risolalarda va lafzi "Qur'on" beshinchi parchasida shunday bir tavofuq {(Hoshiya) Asl nusxasiga ko’radir.} etishlari ko’rindiki; zarra miqdor insofi bo’lgan tasodif deya olmaydi. Kim ko’rgan bo’lsa, qat'iy hukm qiladiki: "Bu sirri g’aybiydir, mo’'jizoti Ahmadiyaning (S.A.V.) bir karomatidir".
Bu risolaning boshidagi asoslar juda muhimdir.
Ham shu risoladagi ahodis deyarli hammasi aimma-i hadis tomonidan maqbul va sahih bo’lish bilan barobar, eng qat'iy hodisoti risolatni bayon qiladilar.
U risolaning butun mazoyasini aytish lozim bo’lsa, shu risola qadar bir asar yozish lozim bo’lganidan, mushtoq bo’lganlarni uni bir karra o’qishga havola qilamiz.
O’N TO’QQIZIINCHI MAKTUBNING BESHINCHI VA OLTINCHI NUKTALARINING MUNDARIJASIDIR:
Bu nuktalar umuri g’aybiyaga doir hadislarning bir qanchasini zikr etgan. Ham Hazrat Hasan (R.A.) bilan Hazrat Muoviyaning (R.A.) muhoraba va musolahasini; ham Hazrat Ali (R.A.) bilan Hazrat Zubayrning (R.A.) muhoraba etishini; ham azvoji tohirotning ichidan birining muhim bir fitnaning boshiga o’tishini; ham Hazrat Alining (R.A.) qatlini xabar bergan. Ham Hazrat Husanning (R.A.) Karbaloda qatlini; ham zotidan (S.A.V.) so’ngra Oli Bayti qatl va surgunga ma'ruz qolishlarini; ham Hazrat Alining (R.A.) xilofatining ta'xirini; ham xilofat nima uchun Oli Bayti Nabaviyda taqarrur etmaganini; ham asri saodatning boshiga kelgan u dahshatli fitnaning hikmatini; ham ahli islom umum davlatlarga g’alaba qilishlarini; ham Hazrat Abu Bakr (R.A.) va Hazrat Umarning (R.A.) mohiyati xilofatlarini; ham mushrik Quraysh raislarining qayerda qatl qilinishlari; bir oylik uzun masofada Mut'a Harbidan aniq xabar berganini; ham Hazrat Hasanning (R.A.) xilofatini; ham Hazrat Usmonning (R.A.) Qur'on o’qirkan shahid bo’lishini; ham Davlati Abbosiyani; ham Chingiz va Xulaguni; ham Eronning fathini; ham Habash Molikining janoza namozini, vafotidan xabari bo’lmasdan ayni vaqtda qilganini bildiradi. Ham Hazrat Fotimaning (R.A.) vafotini; ham Abu Zarrning (R.A.) yolg’iz tog’da vafot etishini; ham Ummu Haramning Qibrisda vafot etishini; ham yuz ming odamni o’ldirgan Hajjoji Zolimni; ham Istanbulning fathini; ham Imom Abu Hanifani (R.A.) ham Imom Shofe'iyni (R.A.) ham ummatining yetmish uch firqa bo’lishini; ham Qadariya toifasini, ham Rofiziylarni; ham Hazrat Ali (R.A.) sabab insonlar ikki qism bo’lishlarini; ham Fors va Rum qizlarini; ham Haybar Qal'asini fathini; ham Hazrat Ali (R.A.) bilan Muoviyaning harbini; ham Hazrat Umar (R.A.) sog’ ekan, fitnalarning zuhur etmasligini; ham Sahl Ibn Amrning (R.A.) muhim bir vazifasini; ham Kisroning o’g’li otasini o’ldirganini ayni daqiqada xabar berganini; ham Hatibning Qurayshga yashirin maktub yozganini; ham Abu Lahabning o’g’li Utbani bir arslon o’ldirishiga, qilgan badduosining qabul bo’lib aynan chiqqanini; ham Biloli Habashiyning (R.A.) azon o’qigan vaqti, Qurayshiylarning yashirin tanqid qilganlarini aniq xabar berganini; ham Hazrat Abbos (R.A.) iymon keltirmasdan avval uning yashirin pulidan xabar beganini; ham Hazrat Payg’ambarga (S.A.V.) bir yahudiyning sehr qilganini; ham Sahoba majlisida bir kishining irtidod etishini; ham Hazrat Payg’ambarning (S.A.V.) qatlini niyat qilganlarning iymon keltirganlarini; ham mushriklarning Ka'ba devoridagi yozuvlarini qurtlarning yeganini va yolg’iz u yozuvlar ichidagi Alloh ismlarini yemaganlarini; ham Bayt-ul Maqdisning fathida katta vabo qichishini; ham Yazid va Valid kabi sharir raislarni xabar berganini; ham "Bundan so’ngra ular bizga emas, biz ularga hujum qilamiz" deya xabar berganini va bular kabi ko’p ixboroti g’aybiya bu ikki nuktada bayon qilingandir.
MO’'JIZOTI AHMADIYANING BIRINCHI ZAYLI:
يٰسٓ ٭ وَالْقُرْاٰنِ الْحَك۪يمِ ٭ اِنَّكَ لَمِنَ الْمُرْسَل۪ينَ
oyatining ma'nosida yuzlab oyotning eng muhim haqiqatlari bo’lgan risolati Ahmadiyani (S.A.V.) "O’n To’rt Rashha" nomi bilan o’n to’rt qat'iy va porloq va muhkam burhonlar bilan tafsir va isbot qiladi. Va eng muannid xasmni ham ilzom qiladi. Quyosh kabi risolati Ahmadiyani yuzaga chiqaradi.
SHAQQI QAMAR MO’'JIZASIGA DOIR:
Shu risola Shaqqi Qamar mo’'jizasiga bu zamon faylasuflarining qilgan e'tirozlarini "Besh Nuqta" bilan g’oyat qat'iy bir suratda rad qilib inshiqoqi Qamarning sodir bo’lganiga hech bir mone bo’lmaganini ko’rsatadi. Va oxirida ham besh ijmo' bilan shaqqi Qamarning sodir bo’lganini g’oyat muxtasar bir suratda isbot qiladi va shaqqi Qamar mo’'jiza-i Ahmadiyasini (S.A.V.) Quyosh kabi ko’rsatadi.
MO’'JIZOTI AHMADIYA ZAYLINING BIR PARCHASI:
Risolati Ahmadiya (S.A.V.) haqida bo’lib, Me'roj Risolasining Uchinchi Asosining oxiridagi uch muhim mushkuldan birinchi mushkulga oid "Shu me'roji azim nima uchun Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga maxsusdir?" savoliga muxtasar bir mundarija suratida berilgan javobdir.
OYAT-UL KUBRO RISOLASINING RISOLATI AHMADIYADAN BAHS ETGAN O’N OLTINCHI MARTABASI:
Koinotning arkonidan Xoliqini so’ragan bir sayyohning mushohadotidan bir parcha bo’lib, maqom munosabati bilan bu yerga kirgizilgandir.
YIGIRMANCHI MAKTUB:
فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ oyatining eng muhim bir haqiqatini bildirgan va
لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ
kalomining o’n bir kalimasida o’n bir bashorat va o’n bir burhoni qat'iy borligiga doir bir maktubdir. Darhaqiqat, marotibi tavhidi haqiqiy haqida bu maktub bir kibriti ahmar va bir iksiri a'zamdir. Shu daraja porloq va shu darajada quvvatli dalillarni va hujjatlarni ko’rsatadiki, eng mutamarrid zindiqlarni ham iymonga keltiradi. O’n To’qqizinchi Maktub bo’lgan Risola-i Ahmadiya (S.A.V.) kalima-i shahodatning ikkinchi kalomi bo’lgan
اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ
hukmini qay daraja qat'iy va quvvatli isbot qilgan bo’lsa, shuning kabi bu Yigirmanchi Maktub kalima-i shahodatning birinchi kalomi bo’lgan
اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ
hukmini o’sha qat'iyat va quvvat bilan isbot qiladi. Haqiqiy va quvvatli iymonni qozonish istaganlar buni o’qisin. Va xususan To’qqizinchi Kalima bahsida, ilm va iroda-i Ilohiyaning isbotini juda vazih suratda bayon qilgani kabi; O’ninchi Kalima bahsida ham
وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ
burhoni bilan
مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ
oyatining muhim bir sirrini va eng muazzam bir haqiqatini "Besh Nukta"da bayon qiladi. Haqoiqi Iymoniyaning bir tilsimi a'zamini u besh nukta bilan hal qiladi.
YIGIRMANCHI MAKTUBNING O’NINCHI KALIMASIGA ZAYL:
اَلَا بِذِكْرِ اللّٰهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ
oyati bilan
ضَرَبَ اللّٰهُ مَثَلًا رَجُلًا ف۪يهِ شُرَكَٓاءُ مُتَشَاكِسُونَ وَرَجُلًا سَلَمًا لِرَجُلٍ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلً
oyatining eng muhim va eng muazzam bir haqiqatini uch tamsil bilan tafsir qiladi. Va hamma narsa va butun ashyo Janobi Haqning qudrati bilan bo’lsa, birgina narsa qadar oson bo’lganiga va qudrati Ilohiyaga berilmagan payt, birgina narsa koinot qadar mushkulotli va suubatli bo’lganiga doir eng muhim bir sirrini va eng mug’laq muammosini g’oyat oson tarzda tafsir qilib kashf etadi.
YIGIRMA BIRINCHI MAKTUB:
Kichik bir maktubdir; lekin g’oyat buyuk bir oyatning buyuk bir haqiqatini bayon qilgani uchun, unga ehtiyoj katta.
اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَٓا اَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَٓا اُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلًا كَر۪يمًا ٭ وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُلْ رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَان۪ى صَغ۪يرًا
oyati beshta alohida alohida suratda keksa ota-onaga shafqatni jalb qilishning sirrini ko’rsatadi. Uyida keksa ota-onasi yoki qarindoshi yoki musulmon qardoshlari bo’lganlar bu maktubni o’qishga juda ham muhtojdir.
YIGIRMA IKKINCHI MAKTUB:
"Ikki Qism"dir.
BIRINCHI MABHAS
اِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ اِخْوَةٌ فَاَصْلِحُوا بَيْنَ اَخَوَيْكُمْ ٭ اِدْفَعْ بِالَّت۪ى هِىَ اَحْسَنُ فَاِذَا الَّذ۪ى بَيْنَكَ وَبَيْنَهُ عَدَاوَةٌ كَاَنَّهُ وَلِىٌّ حَم۪يمٌ ٭ وَالْكَاظِم۪ينَ الْغَيْظَ وَالْعَاف۪ينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّٰهُ يُحِبُّ الْمُحْسِن۪ينَ
oyatlarining sirri bilan; ahli iymonni uxuvvat va muhabbatga da'vat qiladi. Nifoq, shiqoq, kin va adovatdan man qiladigan muhim sabablarni ko’rsatadi. Kin va adovat; -ahli iymon o’rtasida- ham haqiqat, ham hikmat, ham insoniyat, ham Islomiyat, ham hayoti shaxsiya, ham hayoti ijtimoiya, ham hayoti ma'naviya jihatidan g’oyat xunuk va mardud va zulm ekanini g’oyat qat'iy suratda isbot qilib, mazkur oyatlarning muhim sirrini tafsir qiladi.
IKKINCHI MABHAS
اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ ٭ وَكَاَيِّنْ مِنْ دَٓابَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللّٰهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ وَ هُوَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ
sirri bilan, ahli iymonni hirsdan shiddatli bir suratda man etgan sabablarni ko’rsatadi. Va hirs ham adovat qadar muzir va xunuk bo’lganini qat'iy dalillar bilan isbot qilib; shu oyati azimaning muhim bir sirrini tafsir qiladi. Hirsga mubtalo odamlar bu ikkinchi mabhasni juda diqqat bilan mutolaa qilishlari kerak. Kin va adovat marazi bilan xasta bo’lganlar to’liq shifolarini birinchi mabhasda topadilar.
Ikkinchi Mabhasning xotimasida zakotning ahamiyatini va bir rukni Islomiy bo’lganining hikmatini go’zal bir suratda bayon qilish bilan barobar; haqiqatli bir ro’yoda go’zal bir haqiqat bayon qilinadi.
Shu risolaning Xotimasida,
اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخ۪يهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ
oyati olti daraja zammni zamm etish bilan, olti vajh bilan g’iybatdan zajr etganini va mo’'jizona va horiqo bir i'joz bilan, g’iybatni ham aqlan, ham qalban, ham insoniyatan, ham vijdonan, ham fitratan, ham milliyatan mazmum va mardud va xunuk va muzir bo’lganini g’oyat qat'iy bir suratda, Qur'onning i'joziga yarashadigan bir tarzda bayon qiladi. Va g’iybat pastkashlarning quroli bo’lish jihati bilan, izzati nafs sohibi bu iflos qurolga tanazzul etib iste'mol etmaganiga doir aytilgan:
اُكَبِّرُ نَفْس۪ى عَنْ جَزَاءٍ بِغِيْبَةٍ ٭ فَكُلُّ اِغْتِيَابٍ جَهْدُ مَنْ لَا لَهُ جَهْدٌ
YIGIRMA UCHINCHI MAKTUB:
Bu maktubning bir qancha mabhasi bor. Boshqa mabhaslarga badal latif va ma'nodor birgina mabhas aynan yozildi. Shundayki:
"Ahsan-ul qosos bo’lgan Qissa-i Yusuf Alayhissalom xotimasini xabar bergan تَوَفَّن۪ى مُسْلِمًا وَ اَلْحِقْن۪ى بِالصَّالِح۪ينَ oyatining ulviy va latif va xushxabarli va i'jozkorona bir nuktasi shuki: Boshqa farohli va saodatli qissalarning oxiridagi zavol va firoq xabarlarining g’amlari va alami, qissadan olingan xayoliy lazzatni achchiqlashtiradi, sindiradi. Xususan kamoli faroh va saodat ichida bo’lganini xabar bergan hangomda, mavtini va firoqini xabar berish yanada alamlidir. Tinglaganlarga "Eyvoh!" dediradi. Holbuki shu oyat, Qissa-i Yusufning (A.S.) eng porloq qismi; Azizi Misr bo’lishi, padar va volidasi bilan ko’rishishi, qardoshlari bilan sevinishib tanishishi, dunyoda eng buyuk saodatli va farohli hangomda, Hazrat Yusufning mavtini bu shaklda xabar beradi va aytadiki: Shu farohli va saodatli vaziyatdan yanada saodatli, yanada porloq vaziyatga mazhar bo’lish uchun, Hazrat Yusuf Alayhissalom Janobi Haqdan vafotini istadi va vafot etdi; va saodatga mazhar bo’ldi. Demak, dunyoviy, lazzatli saodatdanda jozibador saodat va yanada farohli vaziyat qabrning orqasida bo’lib; Hazrat Yusuf Alayhissalom kabi haqiqatbin zot, o’sha g’oyat lazzatli bir vaziyat ichida g’oyat achchiq mavtni istadi, toki narigi saodatga sazovor bo’lsin. Xullas, Qur'oni Hakimning bu balog’atiga hayron bo’l, Qissa-i Yusufning xotimasini qanday suratda xabar berganini ko’r. U xabarni tinglaganlarga alam va asaf emas; balki bir xushxabar va bir surur ilova etadi. Ham irshod etadiki: Qabrning orqasi uchun harakat qilinglar! Haqiqiy saodat va lazzat undadir.
Ham Hazrat Yusufning oliy siddiqiyatini ko’rsatadi va aytadiki: Dunyoning eng porloq va eng sururli holati ham unga g’aflat bermaydi, uni maftun etmaydi, yana oxiratni istaydi".
YIGIRMA TO’RTINCHI MAKTUB:
Koinotning tilsimi ajibini va mushkul muammosining eng muhim bir sirrini kashf va hal etgan maktub va eng muhim bir savolning {(Hoshiya) Bu maktubning masoilini bir daraja ihsos etish xohlangani uchun; mundarijalik ixtisori muhofaza etilmadi, uzun bo’ldi.} javobidir. Shundayki:
"Asmo-i Ilohiyaning a'zamlaridan bo’lgan Rahim, Karim, Vadudning iqtizo etganlari shafqatparvarona va maslahatkorona va muhabbatdorona taltiflari; qay surat bilan juda mudhish va muvahhish bo’lgan mavt va adam bilan, zavol va firoq bilan, musibat va mashaqqat bilan tavfiq etiladi?" degan savolning javobida, tilsimi koinotning uchinchi muammosini hal qilgan va koinotdagi doimiy faoliyatning muqtazosini va asbobi mujibasini ko’rsatgan "Besh Ramz" bilan va g’oyalarini va foydalarini isbot qilgan "Besh Ishorat" bilan javob beradi. Shu maktub "Ikki Maqom"dir. Birinchi Maqomi "Besh Ramz"dir.
BIRINCHI RAMZ:Isbot qiladiki: Sone'-i Hakim nima qilsa, haqdir. Hech bir narsa va hech bir zihayot unga qarshi haq da'vo qilolmagani va "Haqsiz bir ish bo’ldi" deyolmasligining sirrini qat'iy bir tarzda isbot qiladi.
IKKINCHI RAMZ:Hayratnamo, dahshat-angiz, doimiy bir suratdagi faoliyati Rabboniyaning sirrini va xalq va tabdili ashyodagi hikmati azimasini bayon qiladi va eng muhim bir muammo-i xilqatni hal qiladi.
UCHINCHI RAMZ:Zavolga ketgan ashyo adamga ketmaganini, balki doira-i qudratdan doira-i ilmga o’tganini va ashyodagi husn va jamolga oid istehson va sharaf va maqom, asmo-i Ilohiyaga oid ekanini g’oyat go’zal suratda isbot qiladi.
TO’RTINCHI RAMZ:Mavjudotning mutamodiyan tabaddul va tag’ayyur etishlari; birgina sahifada, har daqiqada boshqa-boshqa va ma'nodor maktublarni yozish navidan, sahifa-i koinotda asmo-i Ilohiyaning jilvalari bilan yozilgan jamol va jalol va kamoli Ilohiyaning hadsiz oyotini mahdud sahifalarda ham hadsiz bir suratda yozilganini isbot qiladi.
BESHINCHI RAMZ:Ikki nukta-i muhimmadir.
Birisi:Vojib-ul Vujudga intisobini iymon bilan his qilgan odam hadsiz anvori vujudga mazhar bo’lganini va his qilmagan nihoyatsiz zulumoti adamga va alomi firoqqa ma'ruz bo’lganini ko’rsatadi.
Ikkinchi Nukta:Dunyoning uch yuzi bo’lganini.. zohir yuzida zavol, firoq, mavt va adam bor; faqat asmo-i Ilohiyaning oynasi va oxiratning mazraasi bo’lgan ich yuzlarida zavol va firoq, mavt va adam esa, yangilanish va tajadduddir va baqoning jilvalarini ko’rsatgan bir tavzif va tarhisdir.
BU MAKTUBNING IKKINCHI MAQOMI:
Bir "Muqaddima" bilan "Besh Ishorat"dir.
MUQADDIMA:Xalloqiyat va tasarrufoti Ilohiyadan g’oyat azim bir haqiqatni muazzam va muhtasham qonunlar bilan bayon qiladi. Masalan: Bir qushning patli libosini almashtirgan Sone'-i Hakim ayni qonun bilan koinotning suratini qiyomat vaqtida va olami shahodatning libosini hashrda o’sha qonun bilan almashtiradi.
Ham bir daraxtning naqadar mevalari va gullari bo’lsa; har bir gulning o’shancha g’oyalari, har bir mevaning o’shancha hikmatlari borligini ko’rsatadi.
"Besh Ishorat" esa: Ashyo vujuddan ketgandan so’ng bergan ahamiyatli besh natijalari e'tibori bilan, bir vajh bilan ma'dum ekan, besh vajh bilan mavjud qoladi.
Har bir mavjud vujuddan ketgandan so’ng, ifoda qilgan ma'nolari va orqasida boqiy qolgan huviyati misoliyasi olami misolda mahfuz qoladi. Ham hayotining atvori bilan "muqaddaroti hayotiya" deyilgan sarguzashti hayotiyasi olami misolning daftarlaridan bo’lgan lavhi misoliyda yoziladi. Ruhoniylarga doimiy mavjud bir mutolaagoh bo’ladi. Ham jin va insning amallari kabi, oxirat bozoriga va olami oxiratga yuboriladigan mahsuloti boqiy qoladi. Ham atvori hayotiyalari bilan qilgan anvo'i tasbehoti Rabboniya boqiy qoladi. Ham shuunoti Subhoniyaning zuhuriga sabab bo’ladigan ko’p narsalarni orqasida mavjud qoldiradi, shunday ketadi. Bu Besh Ishoratdagi besh haqiqatni qat'iy dalil hukmida besh ma'qul va maqbul tamsil bilan bayon etadi.
YIGIRMA TO’RTINCHI MAKTUBNING BIRINCHI ZAYLI:
قُلْ مَا يَعْبَؤُا بِكُمْ رَبّ۪ى لَوْلَا دُعَٓاؤُكُمْ
oyatining muhim bir sirrini besh nukta bilan tafsir qiladi. Va duo bir sirri azimi ubudiyat bo’lganini va koinotdan doimiy bir suratda dargohi rububiyatga ketgan eng azim vasila duo bo’lganini va duoning azim ta'siri bo’lganini qat'iy isbot qilish bilan barobar; kulliyat va davom kasb etgan bir duo, qat'iyan maqbul bo’lganiga binoan; umum ummatning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga salovot nomi bilan duolarining natijasida, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning naqadar yuksak bir martabada bo’lganini ko’rsatadi. Duoning ham uch navi muhimmini zikr qilish bilan barobar, bayon qiladiki; duoning eng go’zal va eng latif mevasi, eng laziz va eng tayyor natijasi shuki: Duo qilgan odam biladi va duo bilan bildiradiki; birisi bor, uning ovozini eshitadi, dardiga darmon beradi, unga marhamat qiladi, uning qo’li hamma narsaga yetadi. Va bu bo’sh, xoli dunyoda u yolg’iz emas; balki bir Karim zot bor; unga qaraydi, unsiyat beradi. Uning hadsiz ehtiyojotini qondira oladigan va o’zini hadsiz dushmanlarini daf qila oladigan zotning huzurida tasavvur qilib, sevinch va surur bilan, dunyo qadar og’ir yukni ustidan tashlab, "Alhamdulillahi Robbil a'lamiyn" deydi.
IKKINCHI ZAYLI:
Me'roji Nabaviy va Mavludi Nabaviyga (S.A.V.) doir uch muhim savolga g’oyat muqni' va mantiqiy va porloq bir javobdir. Bu zayl garchi qisqa bo’lsada, g’oyat qiymatdor. Mavludi Nabaviyga (S.A.V.) ishtiyoqi bo’lganlar bunga juda mushtoqdirlar.
Xotimasida g’oyat muhim bir dasturi mantiqiy bilan koinotda eng buyuk fardi akmal va ustozi kull va habibi a'zam Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam bo’lganini isbot qiladi.
YIGIRMA BESHINCHI MAKTUB:
Sura-i Yosinning yigirma besh oyatiga doir "Yigirma Besh Nukta" bo’lish niyati bilan rahmati Ilohiyadan istanilgan; faqat hali vaqti kelmagani sababli yozilmagan.
YIGIRMA OLTINCHI MAKTUB:
وَاِمَّا يَنْزَغَنَّكَ مِنَ الشَّيْطَانِ نَزْغٌ فَاسْتَعِذْ بِاللّٰهِ اِنَّهُ هُوَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ
sirriga doir "Hujjat-ul Qur'on Alash-shayton va Hizbihi" nomi bilan, iblisni ilzom va ahli tug’yonni isqot etgan g’oyat muhim bir maktubdir.
Bu maktubning "To’rt Mabhas"i bor.
BIRINCHI MABHAS:
Shaytonning eng mudhish hujumini daf qilish bilan, shaytonni shunday bir tarzda ilzom etadiki, ichiga kirib saqlanib vasvasa qiladigan bir yer qoldirmaydi. Va shu qadar quvvatli daloili aqliya bilan va qat'iy burhonlari bilan shaytonni va shaytonning shogirdlarini ilzom etadiki, shayton bo’lmasa edilar, iymonga kelardilar. Faqat ma'ataassuf, shaytoni jin va insning g’oyat xunuk da'volarini va dasisalarini tamomila yo’q va daf qilish uchun, faraziy bir suratda ularning xunuk fikrlarini zikr qilib yo’q qiladi. Masalan: "Agar farazan aytganimiz kabi, Qur'on Kalomulloh bo’lmasa; eng oddiy va soxta bir kitob bo’lardi. Holbuki maydondagi osori bilan ko’rsatganki, eng oliy bir kitobdir", deydi. Bu kabi faraziy ta'birotning, titrab yozilishiga majbur bo’lingan. Shu mabhasning oxirida shaytonning Sura-i قٓ وَ الْقُرْاٰنِ الْمَج۪يدِ ning fasohat va salosatiga doir bir vasvasa va e'tirozini rad qiladi.
IKKINCHI QISM:
Bir insonda, vazifa va ubudiyat va zot e'tibori bilan uch shaxsiyat borligini va u shaxsiyatlarning axloqi va osori ba'zan bir-biriga muxolif bo’lishini bayon qiladi.
UCHINCHI QISM:
يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَاُنْثٰى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوبًا وَقَبَٓائِلَ لِتَعَارَفُوا
oyatining hayoti ijtimoiya-i bashariyaning munosabatiga doir g’oyat muhim bir sirrini va insonlar millat-millat va qabila-qabila yaratilishining muhim bir hikmatini Yetti Masala bilan tafsir qiladi. Bu mabhas milliyatchilarga muhim bir tiryoqdir. Bu zamonning eng mudhish maraziga g’oyat foydali bir darmondir. Va soxtakor hamiyat-furushlarning va yolg’onchi milliyat-parvarlarning yuzlaridagi pardani ochadi, soxtakorliklarini ko’rsatadi.
TO’RTINCHI QISM:
Olti savolning javobida "O’n Masala"dir.
Birinchisi:
"Robbul Olamin" kalimasining tafsirida o’n sakkiz ming olam deganlarining hikmati munosabati bilan bir qancha nukta-i Qur'oniya bayon qilinadi.
Ikkinchi Masala:
Muhyiddin Arabiy Faxriddin Roziyga "Allohni bilish, borligini bilishning g’ayridir", degan. Undan murod nima? Javobida g’oyat muhim bir masala-i ma'rifatulloh bayon etilgan.
Uchinchi Masala:
" وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَن۪ى اٰدَمَ oyati bilan اِنَّهُ كَانَ ظَلُومًا جَهُولً oyatining vajhi tavfiqi nima?" savoliga g’oyat go’zal va nurli muhim javobdir.
To’rtinchi Masala:
جَدِّدُوا ا۪يمَانَكُمْ بِلَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ hikmati nima? degan savolga g’oyat go’zal va nurli bir javobdir.
To’rtinchi Masalaning Zaylida vahdoniyatning g’oyat azim bir hujjatiga va keng va uzun bir burhoniga muxtasar bir ishoratdir.
Beshinchi Masala:
Yolg’iz "La ilaha Illalloh" degan, "Muhammadarrasululloh" demagan odam ahli najot bo’lishi mumkinmi?" savoliga qarshi muhim bir javobdir.
Oltinchisi:
Birinchi Mabhasdagi shayton bilan munozaraning xunuk ta'birotlarining sababi zikrini bildiradi. Ham muhim bir tamsil bilan hizb-ush shaytonni eng tor va eng mahol va eng manfur bir mavqega tiqishtiradi. Maydonni Hizb-ul Qur'on hisobiga zabt qilib, har bir holi Ahmadiya (S.A.V.), har bir xislati Muhammadiya (S.A.V.), har bir tavri Nabaviy (S.A.V.) u quvvatli tamsilga ko’ra bittadan mo’'jiza hukmiga o’tib, nubuvvatini isbot qilganini ko’rsatadi.
Yettinchisi:
Vahhom va zarardan saqlanish uchun bizdan uzoqlashgan ba'zi do’stlarning quvva-i ma'naviyalarini tayid uchun va xizmatimizdan ba'zi maqsadlar bilan chekingan va maqsadlarining aksiga ta'zir yeganlarni, ko’p misollardan yetti kichik misol bilan ko’rsatadiki; handakini tashlab qochganlar ko’proq yaralanadilar.
Sakkizinchisi:
Deydilarki: "Alfazi Qur'oniya va zikriya va tasbehotlarning har biridan butun latoifi insoniya hissalarini istaydilar. Ma'nolari bilinmasa, hissa olinmaydi; shunday ekan tarjima qilinsa, yaxshiroq emasmi?" deyilgan mudhish va mug’olatali savolga qarshi g’oyat muhim va ibratli va zavqli bir javobdir. Alfazi Qur'oniya va Nabaviya (S.A.V.) ma'nolarga jomid va ruhsiz libos emaslar; balki hayotdor fayz-ovar terilardir. Zihayot bir jasad so’yilsa, albatta o’ladi. Ham lisoni nahviy bo’lgan alfazi Qur'oniyadagi i'joz va ijoz haqiqiy tarjimaga mone bo’lishini ko’rsatadi.
To’qqizinchisi:
"Ahli Sunnat va Jamoat bo’lgan ahli haq doirasining xorijida ahli valoyat bo’lishi mumkinmi?" savoliga muhim va qiziq javobdir.
O’ninchisi:
Qur'oni Hakimning xizmatida bo’lgan bu bechora Said bilan ko’rishgan va ko’rishishni orzu qilgan do’stlarga muhim bir dasturdir.
YIGIRMA YETTINCHI MAKTUB:
Bu maktub Risola-i Nur Muallifining talabalariga yozgan ayni haqiqat va juda latofatli, go’zal maktublari bilan; Risola-i Nur talabalarining Ustozlariga va ba'zan bir-birlariga yozgan va Risola-i Nurning mutoalasidan olgan porloq fayzlarini ifoda etgan juda boy maktub bo’lib, bu majmuaning uch-to’rt misli qadar kattalashgani uchun, bu majmuaga qo’shilmagan. Mustaqil ravishda Barla, Kastamonu, Emirdag’ Lahikalari bo’lib nashr etilgan.
YIGIRMA SAKKIZINCHI MAKTUB:
"Sakkiz Masala" nomi bilan sakkiz risoladir.
BIRINCHI RISOLA BO’LGAN BIRINCHI MASALA
Ro’yoyi sodiqaning haqiqatini va foydasini g’oyat go’zal va haqiqatli "Yetti Nukta" bilan bayon qiladi. Bu risola ham qiymatdor, ham qiziq.
IKKINCHI MASALA BO’LGAN IKKINCHI RISOLA
"Hazrat Muso Alayhissalom Hazrat Azroil Alayhissalomning ko’ziga tarsaki tushirgan", ma'nosidagi hadisga doir ahamiyatli munoqashani ildizibilan sug’urib, bu turdagi hadislarga mulhidlar tarafidan kelgan e'tirozlarga bir to’siq qo’yadi. Bu risola kichik, faqat qiziqdir.
UCHINCHI MASALA BO’LGAN UCHINCHI RISOLA
Bu bechora muflis Saidning ziyoratiga kelganlarning nima niyat bilan ko’rishishlari lozimligini bayon qilib, yolg’iz Qur'oni Hakimning dalloli e'tibori bilan ko’rishish lozim bo’lganini va u ko’rishining muhim foydalarini va Saidning shaxsiyatining hechligi, nazarga olinmasligini, balki dalloli bo’lgan muqaddas do’konning qiymatdor gavharlarini nazarga olish lozim ekanini "Besh Nuqta" bilan g’oyat go’zal suratda isbot qilib; xizmati Qur'oniyaning karomatidan va inoyati Rabboniyadan, men va ba'zi qardoshlarim biz sazovor bo’lgan ko’p inoyatlardan bir qancha voqe' va qat'iy misollarni zikr qiladi.
Bu risolaning tatimmasida; risolalarning yozilishida, xususan ta'lifida va ayniqsa Yigirma To’qqizinchi Maktubda tazohur etgan horiqo bir inoyatni bayon qiladi.
TO’RTINCHI RISOLA BO’LGAN TO’RTINCHI MASALA
Masjidimizga ikki marta ta'arruz etildi, oxirgi marta esa yopdilar. Undan ikki yoki uch yil muqaddam, yana muborak bir musofirning kelishi bilan, g’oyat vahshiyona va zolimona tajovuz qilingani uchun, har tarafdan mendan so’raldi. Bunday maroqi umumiyni tahrik etgan bir hodisaga loyiq javob berish uchun, Eski Said lisoni bilan "To’rt Nuqta" bilan muhim bir ibratli javobdir.
BESHINCHI RISOLA BO’LGAN BESHINCHI MASALA
Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonda takror bilan اَفَلَا يَشْكُرُونَ ٭ اَفَلَا يَشْكُرُونَ va shukr qilmaganlarni o’ttiz bir marta فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ farmoni bilan qilingan tahdidning sirrini g’oyat oliy va shirin va ma'qul va maqbul bir suratda tafsir qiladi; inson bir shukr fabrikasi ekanini isbot qiladi. Koinot ne'mat xazinasi bo’lib; shukr esa kaliti ekanini; va rizq uning natijasi va shukrning muqaddimasi bo’lganini g’oyat go’zal va qat'iy suratda isbot qiladi.
Dar tariqi ajz mandiy lozim omad chor chiz:
Ajzi mutlaq, faqri mutlaq, shavqi mutlaq, shukri mutlaq ey aziz!
bo’lgan dasturi haqiqatdagi to’rtinchi rukn bo’lgan shukri mutlaqning porloq va yuksak haqiqatini izoh qiladi.
OLTINCHI RISOLA BO’LGAN OLTINCHI MASALA
Taksir Maktubot majmuasida nashr etilganidan bu yerga darj etilmadi.
YETTINCHI RISOLA BO’LGAN YETTINCHI MASALA
قُلْ بِفَضْلِ اللّٰهِ وَبِرَحْمَتِه۪ فَبِذٰلِكَ فَلْيَفْرَحُوا هُوَ خَيْرٌ مِمَّا يَجْمَعُونَ
oyatining Risola-i Nur va xodimlari haqidagi muhim bir sirrini "Yetti Ishorat" nomi bilan, yetti inoyati Rabboniyani bayon qiladi. Va tahdisi ne'mat suratida bu inoyati sab'aning izhoriga yettita ma'qul sababini bayon qiladi. Bu inoyati sab'a-i kulliyaning horiqolariga ishoratan, o’z-o’ziga ta'lif vaqtida ikki sahifaning butun satrlari boshlarida yigirma sakkiz alif kelib, Yigirma Sakkizinchi Maktubning martabasiga tavofuq etganiga {(Hoshiya) Asl nusxasiga ko’radir.} ta'lifdan bir zamon so’ngra muttali' bo’ldik. Bu inoyati sab'ani o’qigan odam, Risola-i Nur parchalarining naqadar ahamiyatli va nazari inoyati Ilohiyada bo’lganini va himoyati Rabboniyada ekanini biladi. Bu yetti inoyat kulliydir, juz'iyotlari yetmishdan o’tadi.
Xotimasida bir sirri inoyatga oid mahram bir savolning javobi bor. Xotimasida inoyati sab'adan birinchisi bo’lgan tavofuqotga kelgan yoki kelish ehtimoli bo’lgan avhomni g’oyat qat'iy bir suratda daf qiladi. U xotimaning oxirida ham, Uchinchi Nuktada inoyati xossa va inoyati ommaga doir muhim bir sirri daqiqi rububiyatga va ahamiyatli bir sirri Rahmoniyatga ishorat qiladi.
SAKKIZIINCHI RISOLA BO’LGAN SAKKIZINCHI MASALA
Olti savolning javobi bo’lgan "Sakkiz Nukta"dir.
BIRINCHI NUKTA:Tavofuqdagi ishoroti g’aybiya umum Risola-i Nur parchalarida juz'iy-kulliy bo’lganiga doirdir.
IKKINCHI NUKTA:Tavofuqotning maziyati, Lafzi Jaloldan boshqa nima uchun Qur'onda favquloda matlub bo’lmaganining sirrini bayon qiladi.
UCHINCHI NUKTA:Bir qardoshimizning ortiqcha ehtiyot va jasoratsizligi noo’rin bo’lganini va bir muftining O’ninchi So’zga sathiy tanqidiga qarshi go’zal bir javobdir. (Faqat bu majmuaga kirgizilmagan.)
TO’RTINCHI NUKTA:"Maydoni hashrda insonlar qanday to’planadilar, yalang’och bo’lib-mi? Harkas ahboblarini ko’ra oladimi? Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni shafoat uchun qanday topamiz? Hadsiz insonlar bilan birgina zot Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam qanday ko’rishadilar? Ahli Sunnat va Jamoatning liboslari qanday bo’ladi? Va bizga kim yo’l ko’rsatadi?" Olti qiziqarli savolning muqni' va ma'qul javobidir.
BESHINCHI NUKTA:"Zamoni fatratda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ajdodi bir din bilan mutadayyin edimi?" javobida go’zal haqiqat bayon qilinadi.
OLTINCHI NUKTA:"Hazrat Ismoil Alayhissalomdan so’ngra Payg’ambarning (S.A.V.) ajdodidan payg’ambar kelganmi?" savoliga qarshi g’oyat muhim bir javobdir.
YETTINCHI NUKTA:"Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning padar va volidasining va bobosi Abdulmuttolibning iymonlari haqida eng sahih xabar qaysisi?" savoliga qarshi g’oyat muhim va ma'qul bir javobdir.
SAKKIZINCHI NUKTA:"Amakisi Abu Tolibning iymoni haqida asahh bo’lgan nima? Jannatga kira oladimi?" savoliga qarshi go’zal bir javobdir.
YIGIRMA TO’QQIZINCHI MAKTUB
"To’qqiz Qism"dir. Yigirma To’qqiz nukta-i muhimma ichida bordir. U to’qqiz qism kichik-katta o’n ettita risoladir.
BIRINCHI RISOLA BO’LGAN BIRINCHI QISM
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ٭ اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ مَالِكِ يَوْمِ الدّ۪ينِ اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَ لَا الضَّٓالّ۪ينَ ٭
هُوَ الَّذ۪ٓى اَنْزَلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ مِنْهُ اٰيَاتٌ مُحْكَمَاتٌ هُنَّ اُمُّ الْكِتَابِ وَاُخَرُ مُتَشَابِهَاتٌ
oyatlarining ba'zi sirlarini "To’qqiz Nukta" bilan tafsir qiladi.
BIRINCHI NUKTA:"Qur'onga oid va Qur'onning asrori bilinmaydi va mufassirlar haqiqatini anglamaganlar" deganlarga qarshi muhim bir javobdir.
IKKINCHI NUKTA:Qur'oni Hakimda
وَ التّ۪ينِ وَ الزَّيْتُونِ ٭ وَالشَّمْسِ وَضُحٰيهَا
kabi qasomoti Qur'oniyadagi muhim bir hikmatni bayon qiladi.
UCHINCHI NUKTA:Suralarning boshlaridagi bittadan Ilohiy kalit so’z bo’lgan hurufi muqatto'aga doirdir.
TO’RTINCHI NUKTA:Qur'oni Hakimning haqiqiy tarjimasi mumkin bo’lmaganidan va ma'naviy i'jozidagi ulviyati uslubni tarjima qilib bo’lmaganidan, muhim bir bayon bilan, uslubi Qur'oniyadagi bir lam'a-i i'joziyani ko’rsatadi.
BESHINCHI NUKTA:"Alhamdulilloh" jumlasi ifoda qilgan ma'noning eng qisqasi, bir qator qadar bo’lganini va haqiqiy tarjimasining mumkin emasligini ko’rsatadi.
OLTINCHI NUKTA:اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ dagi nuni mutakallimi ma'alg’ayrga doir muhim bir sirrini, nurli bir hol va haqiqatli bir xayol ichida bayon qiladi.
YETTINCHI NUKTA:
اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ ٭ صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ
ning muhim va nuroniy sirrining bayoni ichida, bid'atlarning ijodi naqadar xunuk va zararli ekanini ko’rsatadi.
SAKKIZINCHI NUKTA:Shao'iri Islomiya, huquqi umumiya hukmida bo’lganiga doir muhim bir sirrini bayon qiladi.
TO’QQIZINCHI NUKTA:Masoili shariatning "ta'abbudiy" va "ma'qul-ul ma'no" bo’lib ikki qism bo’lganini; va ta'abbudiy qismi hikmat va foydalarning tabadduli bilan tag’ayyur etmaganining sirrini bayon qiladi. Va azonning foydasi, yolg’iz bir qishloq aholisini namozga da'vat emas, balki koinot saroyida mavjudotga qarshi umum maxluqot nomiga bir e'loni Tavhid bo’lganini bayon qiladi.
IKKINCHI RISOLA BO’LGAN IKKINCHI QISM
شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذ۪ٓى اُنْزِلَ ف۪يهِ الْقُرْاٰنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَ بَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدٰى وَ الْفُرْقَانِ
oyatining bir sirrini, siyomi Ramazonning yetmish hikmatlaridan to’qqiz hikmatining bayoni bilan u sirri azimni tafsir qiladi. U to’qqiz hikmat shu qadar haqiqiy va quvvatli va jozibadorki; musulmon bo’lmagan odam ham ularni ko’rsa, ro’za tutish uchun buyuk ishtiyoqqa keladi va havas qiladi. O’zini musulmon deb ro’za tutmaganlarning bu hikmatlarga qarshi xijolat va xatolaridan ezilishlari lozim bo’ladi.
UCHINCHI RISOLA BO’LGAN UCHINCHI QISM
Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning anvo'i i'jozidan ko’z bilan ko’rinadigan qismining besh-olti vajhidan bir vajhini, yangi bir Qur'onni yozish bilan ko’rsatishga doirdir. Lillahilhamd, shunday bir Qur'on yozildi. Ummat tomonidan Hofiz Usmon xati bilan maqbul Qur'onning ayni sahifalarini va satrlarini muhofaza qilish bilan barobar; lafzulloh majmu' Qur'onda ikki ming sakkiz yuz olti marta takarrur etgani holda; nodir va nuktali mustasnolar xorij qolib, mutaboqiysi tavofuq etganini angladik, sahifa va satrlarini tag’yir etmadik. Yolg’iz biz tanzim etdik. U tanzimdan horiqo bir tavofuq tazohur etdi. Yozgan Qur'onimizning parchalarini bir qism ahli qalb ko’rgan, Lavhi Mahfuz xatiga yaqin ekanini qabul qilganlar. Bu risola tavofuqoti Qur'oniyaga doir ekani munosabati bilan, yolg’iz bir ishorati g’aybiya bo’lib, hech birimiz xabarimiz bo’lmasdan, ibtido ta'lif va birinchi tasvidida o’n bir "Qur'on" kalimasi; birgina sahifada, bittadan satrda, bir qatorda xatti mustaqim bilan tavofuqlari, tavofuqi Qur'oniyadagi lam'a-i i'joziyaning bir shu'asi shu risolada bu horiqo latofatni ko’rsatganini ko’rganlarga qanoat keldi.
Bu Uchinchi Qismning mutaboqiy masalalari bilan To’rtinchi Qism tavofuqotga doir bo’lgani uchun, tavofuqotga doir bo’lgan mundarija bilan iktifo etilgan.
TO’RTINCHI QISM BO’LGAN TO’RTINCHI RISOLA
"Uch Nukta"dir.
BIRINCHI NUKTA:Qur'onda "Qur'on" kalimasining ko’p sirlaridan bir sirrini, oltmish to’qqiz oyoti azimada latif va ma'nodor sahifalar orqasida bir-biriga tavofuq bilan qaraganlarini va u oyoti azimaning ma'nan bir-birining haqiqatini tayid etganlarini ko’rsatish va tilovati Qur'on savobini va zikr fazilatini va tafakkur ubudiyatini birdan qozonish istaganlarga, avrod navidan g’oyat go’zal bir hizbi Qur'oniy bo’lib yozilgan.
IKKINCHI NUKTA:Qur'oni Hakimda "Rasul" kalimasining takroridagi asrorning tavofuq jihati bilan birisiga ishorat uchun, bir yuz oltmish oyatdagi "Rasul" kalimasi bir-biriga tavofuq bilan ma'nodor qarashi kabi; {(Hoshiya) Bu risolaning u muqaddas ikki kalimaning i'joziy tavofuqlaridan bahsi ayni haqiqat bo’lganiga dalil, u to’rtinchi risolada butun u ikki kalimaning tavofuq etishidir. Har bir oyat alohida va sart boshida yozilishidan, umum u ikki muqaddas kalimalar tavofuq etganlar.} u bir yuz oltmish muazzam oyatlar ham bir-biriga qaraydi. Bir-birini tayid va isbot qilganiga ishoratan va Qur'ondan ham qiroat, ham zikr, ham fikr bo’lish jihati bilan bir hizbi maxsusdir. O’ziga oliy va shirin va juda qiymatli va juda fazilatli bir vird orzu qilganlarga muhim bir virddir.
UCHINCHI NUKTA:Lafzullohning ikki ming sakkiz yuz olti marta zikrining ko’p nuktalari bor. I'jozi Qur'onning ko’p shualarini ko’rsatadi. Bu Uchinchi Nukta ham uning to’rt shua-i i'jozini ko’rsatadi.
BESHINCHI RISOLA BO’LGAN BESHINCHI QISM
اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ مَثَلُ نُورِه۪ كَمِشْكٰوةٍ ف۪يهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ ف۪ى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ
(ilx-oyat...) oyati pur-anvorining ko’p anvori asroridan go’zal bir nurni Ramazoni Sharifda bir holati ruhoniyada, muhim bir sayohati qalbiyada ko’ringan va bir daraja bu risolada bayon qilingan. Bu risola kichik, faqat juda nurli va ahamiyatlidir.
OLTINCHI RISOLA BO’LGAN OLTINCHI QISM
وَلَا تَرْكَنُٓوا اِلَى الَّذ۪ينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ
oyatining muhim bir sirrini va azim bir haqiqatini; ins va jin shaytonlarining va musulmonlar ichiga kirgan mulhidlarning va munofiqlarning olti dasisalari bilan olti jihatdan hujumlarini olti haqiqat bilan to’sish va rad qilish bilan, u sirri azimni tafsir qiladi.
BIRINCHI DASISALARI:Qur'on xodimlarini hubbu joh vositasi bilan aldashlariga muqobil g’oyat muqni' va qat'iy bir javob bilan jim qiladi.
IKKINCHI DASISALARI:Qo’rquv hissi bilan, ahli haqni haqdan o’girishlariga qarshi g’oyat go’zal va qat'iy bir javob bilan tard etiladi.
UCHINCHI DASISALARI:Tama' va hirs jihati bilan, ahli hidoyatni xizmati Qur'oniyadan voz kechirishlariga qarshi, g’oyat porloq va qat'iy bir javob bilan rad qilinadi.
TO’RTINCHI DASISALARI:Asabiyati milliyani tahrik etish suratida, haqiqiy din qardoshlarining va xizmati Qur'oniyada samimiy birodarlarining ichiga begonalik va ixtilof solish va ustozlaridan sovutishlariga muqobil g’oyat muhim va qat'iy javob bo’lib shaytoni insiyni tamomi bilan jim qilgani kabi, soxtakor milliyatchilarning niqoblarini yirtib, ular millatning dushmanlari bo’lganini va haqiqiy millatiyatparvarlar kimlar ekanini ko’rsatadi.
BESHINCHI DASISALARI:Insonning eng zaif hissi anoniyatini tahrik etib, ahli haqni haqsizlikka chorlash va ahli ittihodni ixtilofga tushishlariga muqobil, quvvatli va analarni jim qiladigan javob berilgan.
OLTINCHI DASISALARI:Tanballik va tanparvarlik va vazifadorlik hissidan istifoda etib, Qur'on shogirdlarining g’ayratlarini, sadoqatlarini, ixloslarini zadalash shaklida hujumlariga qarshi javobdir. Oxirida umum javoblarning xulolsasi bo’lgan shu ikki oyat bilan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon mo’'jizona javob beradi:
يَٓا اَيُّهَا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا اصْبِرُوا وَصَابِرُوا وَرَابِطُوا وَاتَّقُوا اللّٰهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ ٭ وَلَا تَشْتَرُوا بِاٰيَات۪ى ثَمَنًا قَل۪يلًا
Bu risolaning oxirida; ikki yaproqda yozgandan so’ng ko’rilgan, ixtiyorsiz o’z-o’ziga kelgan latif va zarif bir tavofuq bo’lib, siqintili asoratimning aynan to’qqizinchi yilida ta'lif etilgan shu risolaning oxirida, Yigirma To’qqizinchi Maktubning bahsida yigirma to’qqiz nukta bo’lishi va to’qqiz qism bo’lishi va bu risola mundarijasida to’qqiz marta "to’qqiz" lafzi bilan u maktubdan bahs etilishi va Birinchi Qism to’qqiz nukta bo’lishi; va Ramazonning, bu yerda ishorat qilingan va Ikkinchi Qismda mazkur hikmatlari to’qqiz bo’lishi; va bu yerda ishorat qilingan va To’rtinchi Qismda mazkur "Qur'on" kalimasiga doir oyatlarning oltmish to’qqiz bo’lishi; va Qur'on kalimasi ham bu mabhasda yigirma to’qqiz kelishi va lafzulloh ham to’qqiz bo’lishi; va bu risola ham yigirma to’qqiz sahifada tugashi jihati bilan, to’qqiz marta to’qqizlar bir-biriga tavofuq etib juda shirin tushgandir. Bu risolaning ham sirri tavofuqdan kichik, faqat porloq bir hissasi bor bo’lganini ko’rsatadi. Bu to’qqiz marta to’qqizlarning sirrining to’qqizinchi sana-i asoratimda zuhuri esa, inshaalloh asoratning to’qqizinchi yilida tugashiga ishoriy bir bashoratdir. To’qqizinchi sana-i asoratimda siqintidan o’sha yil to’qqiz tishim tushdilar; u munosabat bilan Ispartaga ma'zuniyat bilan ketish o’sha yilda bo’ldi. Ham latif bir tavofuqdir; bu parcha ham, bu sahifada {(Hoshiya) Asl nusxasiga ko’radir.} to’qqiz o’n to’qqiz marta kelgan. Ham mundarijaning To’rtinchi Qismida va bu Ikkinchi Qismning ba'zi nusxalarida pastda ko’rsatilgan tavofuq bor.
Umum alif bir yuz o’n to’qqizta, umum risolalar ham bir yuz o’n to’qqizta. Demak, aliflar ham bir navi mundarijaga ishoratdir.
OLTINCHI QISM BO’LGAN OLTINCHI RISOLANING ZAYLI:
وَمَا لَنَٓا اَلَّا نَتَوَكَّلَ عَلَى اللّٰهِ وَقَدْ هَدٰينَا سُبُلَنَا وَلَنَصْبِرَنَّ عَلٰى مَٓا اٰذَيْتُمُونَا وَعَلَى اللّٰهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُتَوَكِّلُونَ
oyatining sirriga istinodan, dunyoning hech bir usul va qonuniga tatbiq etilmagan, vijdonsiz insonlarning bizga qarshi tajovuzotiga sabr bilan va Haqqa tavakkal bilan birga; istiqbolda keladigan nafrat va tahqirdan saqlanish uchun va istiqbol asrlari bu asrning siymosiga va g’ayratsiz odamlarning yuziga "Tuf!" degan paytda, tupuklari yuzimizga kelmasligi uchun yoki artish uchun yozilgan loyihadir. Va Ovrupaning insoniyatparvar niqobi ostida kar quloqlarini jaranglatish va bu vijdonsiz g’addorlarni bizga musallat etgan insofsiz zolimlarning ko’rmagan ko’zlariga tiqish va bu asrda yuz ming jihatdan "Yashasin Jahannam!" dedirgan mimsiz madaniyatparastlarning boshlariga urish uchun yozilgan taqdimnoma va ahli ilhod va bid'atchilarni ilzom va isqot etadigan "Olti Savol"dir.
YETTINCHI QISM: ISHOROTI SAB'A:
فَاٰمِنُوا بِاللّٰهِ وَرَسُولِهِ النَّبِىِّ الْاُمِّىِّ الَّذ۪ى يُؤْمِنُ بِاللّٰهِ وَكَلِمَاتِه۪ وَاتَّبِعُوهُ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ ٭ يُر۪يدُونَ اَنْ يُطْفِئُوا نُورَ اللّٰهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَيَاْبَى اللّٰهُ اِلَّٓا اَنْ يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ
oyatlarining bir sirrini va muhim bir haqiqatini "Yetti Ishorat" bilan va yettita muhim savolga yettita qat'iy va quvvatli javob bilan tafsir qiladi.
BIRINCHI SAVOL:"Ajnabiylardan ihtido etganlar o’z tillari bilan shao'iri islomiyani tarjima qilyaptilar. Olami Islomning ularga qarshi sukuti va e'tiroz qilmasligi, javozi shar'iy bo’lganini ko’rsatmaydimi?" degan ahli bid'atning savoliga qarshi g’oyat qat'iy va quvvatli bir javobdir.
IKKINCHISI:"Faranglardagi inqilobchilar va faylasuflar, Katolik mazhabida inqilob qilish bilan taraqqiy qilishgan, ajabo Islomiyatda bunday bir inqilobi diniy bo’lmaydimi?" degan ahli bid'atning savoliga qarshi; g’oyat qat'iy, zohir va bahir va muskit bir javobdir.
UCHINCHISI:"Ovrupa taasssubni tashlagandan so’ng taraqqiy etgani uchun, biz ham taassubni tashlasak, yanada yaxshi bo’lmaydimi?" degan ahli bid'at va safohatning savoliga qarshi g’oyat muskit va muqni' va mantiqiy bir javobdir.
TO’RTINCHISI: "Zaiflikka uchragan Islomiyatni taqviya niyati bilan, quvvatli milliyatga mazj etish va sajoya-i milliyani shao'iri Islomiya bilan quvvatlantirish bu asrda yanada yaxshi bo’lmaydimi?" degan dassos ahli dunyoning bu mudhish savoliga qarshi g’oyat metin bir javobdir.
BESHINCHISI:"Bu qadar hay'ati ijtimoiya-i bashariya fasodga kirgan va hissiyoti diniya zaiflashgan va shaxsiy daholar va harakot, jamoat shaxsi ma'naviysining ijrootiga mag’lub bo’lgan bir zamonda, rivoyoti sahihada aytilgani kabi, bir necha yil mobaynida Mahdiy qanday qilib dunyoni isloh qiladi? Holbuki butun ishi horiqo bo’lib va bir nechta nabiyning mo’'jizoti ham barobar bo’lsa, yana islohi juda mushkul ko’rinyapti" deya, ahli tanqidning savoliga qarshi g’oyat kuchli bir javobdir.
OLTINCHISI:Oxirzamonda Hazrat Mahdiyning Sufyoniy komitetiga g’alabasi, Hazrait Iso Alayhissalomning Dajjol komitetini tarqatishi va shariati Islomiyaga tobe bo’lishiga doir.
YETTINCHISI:"Mutafakkiriyni Islomiya Ovrupaning dasturlarini va fanning qonunlarini bir daraja qabul qilib, ularning usuli bilan ularga qarshi Islomiyatni mudofaa qilganlari holda -sen ham eskidan shunday qilarding- hozir nima uchun tamoman boshqa bir yo’l ochib, falsafani ildizidan sug’urayapsan? Va fununi musbata aytganlari usullarining, Qur'onning dasturlariga qaraganda juda sathiy ekanini ko’rsatyapsan?" deya ko’plar tarafidan kelgan savolga qarshi g’oyat haq va haqiqatli bir javobdir.
SAKKIZINCHI QISM BO’LGAN RUMUZOTI SAMONIYA
"Sakkiz Ramz"dir, ya'ni sakkiz kichik risoladir. Shu ramzlarining asosi Ilmi Jifrning muhim bir dasturi va ulumi xofiyaning muhim bir kaliti va bir qism asrori g’aybiya-i Qur'oniyaning muhim kaliti bo’lgan tavofuqdir. Kelajakda mustaqil nashr etilishi bois, bu yerga darj etilmadi.
TO’QQIZINCHI QISM BO’LGAN TO’QQIZINCHI RISOLA:
Turuqi valoyat haqida "To’qqiz Talvih"dirki, Talvihoti Tis'a no'mi bilan ma'ruf bir risoladir.
BIRINCHI TALVIH:Tariqatning sirrini va Me'roji Ahmadiyaning (S.A.V.) soyasi ostida qalb oyog’i bilan bir sayri suluki ruhoniy natijasida; zavqiy va holiy va bir daraja shuhudiy haqoiqi iymoniya va Qur'oniyaga mazhariyat ekanini bayon qilib, insonning mohiyati jome'asida aql qandayki hadsiz fununga iste'dodi va ittilo'i jihati bilan mohiyati inkishof etgan va o’sha surat bilan ishlatgan, qalb ham u kabi, bu olamning bir xarita-i ma'naviyasi va ko’p kamolotning bir urug’i hukmida bo’lganidan; tariqat jihati bilan uni ishlatish va kamolotiga chorlash bo’lganini isbot qiladi.
IKKINCHI TALVIH:Qalbning ishlashi zikr va tafakkur bilan bo’lganini va ishlashining mahosinidan hayoti dunyoviyaning madori saodati bo’lgan bittasini bayon qiladi.
UCHINCHI TALVIH:Valoyat, bir hujjati risolat, va tariqat, bir burhoni shariat bo’lganini va uning qiymatini taqdir etmagan, naqadar xasoratga tushganini bayon qiladi.
TO’RTINCHI TALVIH:Maslaki valoyat juda oson bo’lish bilan barobar juda mushkulotli, juda qisqa bo’lish bilan barobar juda uzun, juda qiymatdor bo’lish bilan birga juda xatarli, juda keng bo’lish bilan barobar juda tor bo’lganini va ofoqiy va anfusiy ikki yo’l bilan suluk etilganini bayon qiladi.
BESHINCHI TALVIH:Vahdat-ul Vujud va Vahdat-ush Shuhudning mohiyatini bayon qilib, ahli sahvning va ahli varosati nubuvvatning oliy mashrabining rujhoniyatini isbot qiladi.
OLTINCHI TALVIH:Valoyat yo’llari ichida eng go’zali va eng mustaqimi, Sunnati Saniyaga ittibo bo’lganini va valoyatning asoslarining eng muhimi, ixlos; va eng keskin quvvati, muhabbat ekanini bayon qilib; bu dunyo dor-ul xizmat bo’lgani uchun va dori ujrat va mukofot bo’lmaganidan, tariqatning lazoizini va azvoq va karomotini qasddan talab qilmaslik lozim bo’lganini bayon qiladi.
YETTINCHI TALVIH:Tariqat va haqiqat shariatning xodimlaridan bo’lganini; tariqat va haqiqatning eng yuksak martabalari, shariatning juzlari bo’lganini; tariqat va haqiqat vasilalikdan chiqmaslik va doimo shariatga tobeiyatda qolish luzumini bayon qilib, "Sunnati Saniya va ahkomi shariat xorijida avliyo bo’lishi mumkinmi?" degan savolga maroq-avar bir javobdir.
SAKKIZINCHI TALVIH:Tariqatning sakkiz varta-i muhimmasini bayon qiladi.
TO’QQIZINCHI TALVIH:Tariqatning juda ko’p samarotidan g’oyat shirin va go’zal to’qqiz adadini bayon qiladi.
Bu risola ahli tariq bo’lganga va bo’lmaganga bir iksiri a'zamdir va bir tiryoqi anfa'dir.
ZAYL
Eng qisqa va sog’lom va eng mustaqim bir tariqning asosini "To’rt Xatva" nomi bilan, tazkiya-i nafsning va takamuli ruhning madori bo’lgan to’rt muhim darsni beradi.
O’TTIZINCHI MAKTUB
Chop Etilgan Arabiy "Ishorot-ul I'joz Tafsiri"dir.
O’TTIZ BIRINCHI MAKTUB
O’ttiz Bir "Lam'a"dir.
O’TTIZ IKKINCHI MAKTUB
O’z-o’ziga manzum tarzini olgan matbu' "Lamaat" risolasidir. Ayni zamonda "O’ttiz Ikkinchi Lam'a" bo’lib, "So’zlar" majmuasining oxirida nashr etilgandir.
O’TTIZ UCHINCHI MAKTUB
Ma'rifati Ilohiyaga derazalar ochgan "O’ttiz Uch Derazali Risola" bo’lib, bir jihatda "O’ttiz Uchinchi So’z" bo’lganidan, So’zlar Majmuasida nashr etilgan, bu yerga kiritilmagan.
ISHORATI G’AYBIYA HAQIDA BIR TAQRIZ:
HAQIQAT URUG’LARI:
Madina-i Munavvarada bo’lgan muhim bir olimning Risola-i Nur haqida yozgan bir manzumasi:
O’n ikki yil avval yozilgan va Sikka- Tasdiqi G’aybiy Majmuasida darj etilgan muhim bir maktubdan bir parchadir:
Mundarija:
Haqiqat Nurlari
Harkas bilmas ko’kda ne bor
Ko’rar uni ko’z sohibi
Yarqiraydi quyosh qadar
Haqiqati ummon kabi
Istar ko’ngil albat huzur
Oxir damda etmish zuhur
Olamlarga chiqqan u nur
Ko’kdan tushgan farmon kabi
Fardiyati alhaq ayon
Udir ko’ngillarga sulton
Bor mi bilmam ulu burhon
Bu Badiuzzamon kabi
Lisonidan sochilar nur
Jinniy o’qir, inson o’qir
Huri Jannat mana bu "Nur"
Ko’ngillarda jonon kabi
Oxirzamon asrorini
Ixbori g’ayb anvorini
Otdi olam akdorini
Chiqdi shamsi tobon kabi
Samovotdan rahmat tushdi
Oqqan ko’z yoshlari tindi
Kufru zalol qo’rqdi, sindi
Ko’rinmagan shayton kabi
So’ndi xoin faoliyat
Yiqildi u dajjoliyat
Xalos topdi Islomiyat
Taxtga chiqqan hoqon kabi
Ey yarali sheri jiyan
Bu xobi g’aflatdan uyg’on
Olamlarga davri umron
Asri nuzuli Furqon kabi
Iqlimlarda iymon yeli
Esar ko’ngillar nash'ali
O’psam, u gul hidli qo’lni
U bulbuli xandon kabi
Odam o’g’li najot qidirar
Haq da'vati Nurlarda bor
Ey shaxriyor-i shaxriyor
Sensan bizga sulton kabi
Arshga chiqqan faryodimiz
Olindi hozir dodimiz
U sevgili ustozimiz
Ko’ngilda Sulaymon kabi
Ey akmali oxirzamon
Sensan mahbubi Musta'on
Fido senga bu jismu jon
Haq yo’lida qurbon kabi
Saidni kutardi yillar
Sensan ko’ngilda muntazar
Payg’ambarim bermish xabar
Bo’lma bizga pinhon kabi
Pardalanmishsa zuhuring
Yashirinmas hashmatli nuring
Soyasi bo’lmazki nurning
Firdavsdagi jonon kabi
Ey xatibi davri zamon
Surur topdi kavnu makon
Seni kutar pinhon oyon
Hamma xastalar Luqmon kabi
Nur yo’lining qurbonimiz
Kahkashonning somonimiz
U otashning tutunimiz
Otash yongan kulxon kabi
Ra'no ranging gulga o’xshar
Ravh ufurar, hiding esar
Ufqimizda bo’lding sahar
To’liq oqargan bir tong kabi
Ey jilvasi zohir rahmat
Bari bizlarga yordam et
Quling bo’lmoq tilar albat
Bog’changizda ko’chat kabi
Past ko’nglimiz doimo past
Ey yig’lagan, faryodni kes
Bo’sh o’tmasin hech bir nafas
"Alloh yetar, qolgani havas."
Mahmad Kayalar
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
يَا اَللّٰهُ يَا رَحْمٰنُ يَارَح۪يمُ يَا فَرْدُ يَا حَىُّ يَا قَيُّومُ يَا حَكَمُ يَا عَدْلُ يَا قُدُّوسُ
Ismi A'zam haqqi, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon hurmati va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam sharafi, bu Maktubotni bostirganlarni va muborak yordamchilarini va Risola-i Nur talabalarini Jannat-ul Firdavsda saodati abadiyaga mazhar ayla. Omin! Va xizmati iymoniya va Qur'oniyada doimo muvaffaq ayla. Omin! Va daftari hasanotlariga bu Maktubot Majmuasining har bir harfiga muqobil ming hasana yozdir. Omin! Va Nurlarning nashrida sabot va davom va ixlos ehson ayla... Omin! Omin! Omin!
Yo Arhamurrohimin! Umum Risola-i Nur shogirdlarini ikki jahonda mas'ud ayla. Omin! Insiy va jinniy shaytonlarning sharlaridan muhofaza ayla. Omin! Va bu ojiz va bechora Saidning qusurotini avf ayla... Omin! Omin! Omin!
Umum Nur shogirdlari nomiga
Said Nursiy
* * *
1