Risale-i Nur · Oʻzbekcha

Yog'dular

Kitobni ochish ↗

indeks

Risola-i Nur Kulliyotidan

Yigirma Yettinchi Maktubdan

YOG'DULAR

Muallifi

Badiuzzamon Said Nursiy

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ اَنْ لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ ٭ اِذْ نَادٰى رَبَّهُٓ اَنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ ٭ فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ ٭ حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ الْعَلِىِّ الْعَظ۪يمِ ٭ يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ٭ يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ٭ لِلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا هُدًى وَ شِفَٓاءٌ

("O’ttiz birinchi Maktub"ning birinchi qismi har doim, xususan shom va xufton orasida o’ttiz uch martadan o’qilishi juda fazilatli bo’lgan mazkur muborak kalimalarning har birining ko’p nurlaridan bittadan nurini ko’rsatgan olti Yog’dudir.)

BIRINCHI YOG’DU

Hazrati Yunus Ibn Matta ala nabiyyina va alayhissalotu vassalomning munojotlari, eng azim bir munojotdir va duoning qabul bo’lishining eng muhim sababidir. Hazrati Yunus alayhissalomning mashhur qissalarining xulosasi: dengizga otiladilar. U kishini katta bir baliq yutadi. Dengiz to’fonli va tun notinch va qorong’u va har tarafdan umid kesilgan bir vaziyatda

لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ

munojoti u kishiga juda tez najot vositasi bo’ladi. Shu munojotning muazzam sirri shuki: U vaziyatda sabablar batamom ma'nosini yoqotgan edi. Chunki u holda kishiga najot beradigan shunday bir Zot lozim ediki, hukmi ham baliqqa, ham dengizga, ham tunga, ham osmonga o’tsin. Chunki u kishiga qarshi "tun, dengiz va hut" birlashishgan edi. Uchovini birdan amriga bo’ysundirgan bir Zot u kishini salomatlik sohiliga chiqara olar edi. Agar jamiki insonlar u kishining xizmatkori va yordamchisi bo’lishsa ham, besh tiyinlik foydalari bo’lmas edi. Demak, sabablarning ta'siri yo’q. U kishi Musabbib-ul Asbobdan boshqa bir boshpana bo’lolmasligini aynal-yaqiyn ko’rganlari uchun, sirri ahadiyat nuri tavhid ichida ochilgani uchun, bu munojot birdaniga tunni, dengizni va hutni bo’ysundirdi. U zot nuri tavhid bilan hutning qornini bir suv osti kemasi hukmiga keltirib va zilzilali tog’ kabi to’lqinlar dahshati ichida dengizni nuri tavhid bilan xavfsiz bir sahro, kezish va ko’ngil ochish maydoni qilib, o’sha nur bilan samo yuzini bulutlardan supurib, Oyni bir chiroq kabi boshi ustiga qo’ydi. Hamma tarafdan u kishini qo’rqitgan va tazyiq o’tkazgan o’sha maxluqlar har tomondan u kishiga do’stlik yuzini ko’rsatishdi. Nihoyat salomatlik sohiliga chiqib, yaqtiyn daraxti ostida lutfi Rabboniyni mushohada qildi.

Xulosa shuki biz, Hazrati Yunus alayhissalomning birinchi vaziyatlaridan yuz daraja yanada mudhish bir vaziyatdamiz. Tunimiz istiqboldir. Istiqbolimiz g’aflat nazarimiz bilan u kishining tunlaridan yuz daraja yanada qorong’u va dahshatlidir. Dengizimiz shu sargardon kurra-i zaminimizdir. Bu dengizning har to’lqinida minglab o’lik mavjud, u kishining dengizlaridan ming daraja yanada qo’rqinchlidir. Bizning havo-i nafsimiz hutimiz bo’lib, abadiy hayotimizni ezib mahv qilishga harakat qilmoqda. Bu hut u kishining hutlaridan ming daraja yanada zararlidir. Chunki u kishining hutlari yuz yillik bir hayotni mahv qiladi. Bizning hutimiz esa yuzlab million yillar hayotni mahv qilishga harakat qilmoqda. Modomiki haqiqiy vaziyatimiz bu ekan, biz ham Hazrati Yunus alayhissalomga iqtido qilib, jamiki sabablardan yuzimizni o’girib, to’g’ridan-to’g’ri Musabbib-ul Asbob bo’lgan Rabbimizga iltijo qilib لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ deyishimiz kerak va aynal-yaqiyn tushunishimiz kerakki, g’aflat va zalolatimiz sababli bizga qarshi ittifoq qilgan istiqbol, dunyo va havo-i nafsning zararlarini daf qiladigan yolg’iz shunday Zot bo’lishi mumkinki, istiqbol amri ostida, dunyo hukmi ostida, nafsimiz idorasi ostidadir. Ajabo, Xoliqi Samovot va Arzdan boshqa qaysi sabab borki, eng nozik va eng yashirin qalbimizga kelganlarni bilsin va biz uchun istiqbolni oxiratning ijodi bilan yoritsin va dunyoning yuz ming bo’g’uvchi to’lqinlaridan qutqarsin. Aslo, Zoti Vojib-ul Vujuddan boshqa hech bir narsa, hech bir jihatdan Uning izni va irodasi bo’lmasdan yordam berolmaydi va xaloskor bo’lolmaydi.

Modomiki vaziyatning haqiqati shunday ekan. Hazrati Yunus alayhissalomga o’sha munojot natijasida hutlari u kishiga bir ulov, bir suv osti kemasi va dengiz go’zal sahro va tun mahtobli latif bir surat oldi. Biz ham u munojotning sirri bilan لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ deyishimiz kerak. لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ jumlasi bilan istiqbolimizga, سُبْحَانَكَ kalimasi bilan dunyoimizga, اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ ifodasi bilan nafsimizga marhamat nazarini jalb qilishimiz kerak. Toki, nuri iymon bilan va Qur'onning mahtobi bilan istiqbolimiz nurlansin va u tunimizning dahshat va vahshati ahboblik va sayrga aylansin. Va davomli ravishda mavt va hayotning almashinishi bilan yillar va davrlar to’lqinlari ustida hadsiz murdalar minib yoqlikka otilgan dunyoimiz va zaminimizda Qur'oni Hakimning dastgohida qurilgan ma'naviy bir kema hukmiga o’tgan Islomiyat haqiqati ichiga kirib salomatlik bilan o’sha dengizning ustida kezib, oxiri salomatlik sohiliga chiqib hayotimizning vazifasi tugasin. O’sha dengizning to’fon va zilzilalari, kino pardalari kabi sayrning manzaralarini yangilash bilan, vahshat va dahshat o’rniga, ibrat va tafakkur nazarini quvontirib, siylab yoritsin. Va Qur'onning sirri, Furqonning tarbiyasi bilan nafsimiz bizga minmaydi, ulovimizga aylanib, bizni unga mindirib, abadiy hayotimizni qozonish uchun kuchli bir vositamiz bo’lsin.

Xulosa shuki, modomiki inson mohiyatining jome'iyati e'tibori bilan bezgakdan alam chekkani kabi, Yerning zilzila va silkinishlaridan va koinotning qiyomat hangomida ulkan zilzilasidan alam chekadi. Va xurdabiniy mikrobdan qo’rqqani kabi, ulkan samoviy jismlardan chiqqan dumli yulduzdan ham qo’rqadi. Ham xonadonini sevgani kabi, ulkan dunyoni ham sevadi. Ham kichik bog’ini sevgani kabi, cheksiz, abadiy Jannatni ham mushtoqona sevadi. Albatta, bunday bir insonning Ma'budi, Rabbi, panohi, xaloskori, maqsudi shunday bir Zot bo’lishi mumkinki, umum koinot uning tasarrufi ostida, zarralar va sayyoralar ham amri ostidadir. Albatta bunday inson doimo Yunus (AS) kabi

لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ

deyishga muhtojdir.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

IKKINCHI YOG’DU

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اِذْ نَادٰى رَبَّهُٓ اَنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ

Sabr qahramoni Hazrati Ayyub alayhissalomning shu munojotlari, ham sinalgan, ham ta'sirlidir. Lekin oyatdan iqtibos suratida biz munojotimizda

رَبِّ اِنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ

deyishimiz kerak. Hazrati Ayyub alayhissalomning mashhur qissalarining xulosasi shuki:

Juda ko’p yara-chaqa ichida ancha muddat qolganlari holda, u kasallikning buyuk mukofotini o’ylab, mukammal sabr bilan bardosh qilganlar. So’ngra yaralaridan paydo bo’lgan qurtlar qalblariga va tillariga tekkan vaqti, zikr va ma'rifati Ilohiyaning joyi bo’lgan qalb va tillariga tekkanlari uchun, ubudiyat vazifasiga zarar kelishi tushunchasida, o’z istirohatlari uchun emas, aksincha Allohga ibodat qilish uchun: "Ey Rabbim! Menga zarar tegdi, til bilan zikr qilishimga va qalb bilan ubudiyatimga ziyon bermoqda", deb munojot qiladilar. Janobi Haq o’sha xolis va sof, g’arazsiz, O’zi uchun bo’lgan u munojotni g’oyat ajoyib bir suratda qabul qilgan. Mukammal sog’liklarini ehson qilib, marhamat nurlariga noil aylaydi. Bu Yog’duda "besh nukta" bor.

BIRINCHI NUKTA:Hazrati Ayyub alayhissalomning zohiriy yaralariga muqobil bizning botiniy va ruhiy va qalbiy kasalliklarimiz bor. Ichki dunyomiz tashqariga bir ag’darilsa, Hazrati Ayyubdan ham battar yarali va kasalmand bo’lib chiqamiz. Chunki qilgan har bir gunohimiz, aqlimizga kirgan har bir shubha qalb va ruhimizda yaralar ochadi. Hazrati Ayyub alayhissalomning yaralari qisqagina dunyoviy hayotlariga xavf solgan edi. Bizning ma'naviy yaralarimiz juda uzun bo’lgan abadiy hayotimizga xavf solmoqda. Hazrati Ayyubning munojotlariga u Zotdan ming marta ko’proq muhtojmiz. Xususan, Hazratning yaralaridan vujudga kelgan qurtlar qalb va tillariga yopishgani kabi, gunohlardan kelgan yaralar va yaralardan hosil bo’lgan vasvasalar, shubhalar (Alloh saqlasin) iymonning joyi bo’lgan qalbning botiniga yopishib iymonni zadalaydi va iymonning tarjimoni bo’lgan tilning ruhoniy zavqiga yopishib, bizlarni zikrdan nafratkorona uzoqlashtirib ovozini o’chirishadi. Ha, gunoh qalbga kirib olib, qoraytira-qoraytira, iymon nurini chiqargunga qadar qattiqlashtiradi. Har bir gunoh ichida kufrga ketadigan bir yo’l bor. U gunoh istig’for bilan tez yo’q qilinmasa, qurt emas, aksincha kichik ma'naviy ilon bo’lib qalbni chaqadi.

Masalan: uyaltiradigan gunohni yashirincha qilgan odam, boshqalarning xabar topishidan juda uyaladi, malaklar va ruhoniylarning mavjud bo’lishi unga juda og’ir keladi. Kichik bir bahona bilan ularni inkor qilishni orzu qiladi.

Ham masalan: Jahannam azobini keltirib chiqargan katta bir gunohni qilgan odam, Jahannamning qo’rqitishlarini eshitganda istig’for bilan unga qarshi qalqon tutmasa, butun ruhi bilan Jahannamning bo’lmasligini orzu qilgani uchun, kichik bir bahona va bir shubha Jahannamni inkor qilishga jasorat beradi.

Ham masalan: farz namozini o’qimagan va ubudiyat vazifasini ado qilmagan odamning kichik boshlig’idan bir kichik vazifasizlik sababli olgan ta'ziridan xafa bo’lgan odam, Sultoni Azal va Abadning takror-takror farz bo’lgan amrlarini bajarishda qilgan tanballigi katta iztirob beradi va o’sha iztirobdan ma'nan: "Koshki o’sha ubudiyat vazifasi bo’lmasa edi", degan orzu keladi. Va bu orzudan Allohga ma'naviy adovatni his qildirgan inkor orzusi uyg’onadi. Allohning borligiga doir qalbga bir shubha kelsa, qat'iy bir dalil kabi unga yopishishga mayl qiladi va unga ulkan bir halokat eshigi ochiladi. U badbaxt bilmaydiki, g’oyat arzimas bir mashaqqat ubudiyat vazifasidan kelishiga muqobil, inkori bilan o’zini o’sha qiyinchilikdan millionlab marta dahshatliroq ma'naviy mashaqqatlarga nishon qiladi. Pashshaning chaqishidan qochib, ilonning chaqishini qabul qiladi. Va hokazo... bu uch misolga qiyos qilinsinki بَلْ رَانَ عَلٰى قُلُوبِهِمْ sirri tushunilsin.

IKKINCHI NUKTA:"Yigirma Oltinchi So’z"da qadar sirriga doir bayon qilingani kabi, musibat va kasalliklarda insonlarning shikoyatga uch jihatdan haqlari yo’q.

Birinchi jihat:Janobi Haq insonga kiydirgan vujud libosini san'atiga sazovor qiladi. Insonni bir model qilgan, u vujud libosini o’sha model ustida kesadi, bichadi, almashtiradi, o’zgartiradi, farqli ismlarining jilvasini ko’rsatadi. Shofiy ismi kasallikni istagani kabi, Razzoq ismi ham ochlikni taqozo qiladi. Va hokazo...

مَالِكُ الْمُلْكِ يَتَصَرَّفُ ف۪ى مُلْكِه۪ كَيْفَ يَشَٓاءُ

Ikkinchi jihat:Hayot musibatlar bilan, kasalliklar bilan poklanadi, kamol topadi, quvvat topadi, taraqqiy qiladi, natija beradi, takomillashadi, hayot vazifasini bajaradi. Bir xil istirohat to’shagidagi hayot, butunlay yaxshilik bo’lgan bor bo’lishdan ziyoda butunlay yomonlik bo’lgan yo’qlikka yaqindir va unga boradi.

Uchinchi jihat:Shu dunyo imtihon maydoni va xizmat joyidir, lazzat va maosh va mukofot joyi emas. Modomiki xizmat joyi va ubudiyat makoni ekan, kasalliklar va musibatlar, dinga oid bo’lmaslik va sabr qilish sharti bilan, o’sha xizmatga va ubudiyatga o’ta muvofiq bo’ladi va quvvat beradi. Va har bir soatni bir kun ibodat hukmiga keltirgani uchun, shikoyat emas, shukr qilish kerak. Ha, ibodat ikki qismdir: bir qismi musbat, boshqasi manfiy. Musbat qismi ma'lum. Manfiy qismi esa, kasalliklar va musibatlar bilan musibatzada zaifligini va ojizligini his qilib, Rabbi Rahimiga iltijo qiladigan tarzda yuzlanib, uni o’ylab, unga yolvorib, xolis ubudiyat qiladi. Bu ubudiyatga riyo kirmaydi, xolis bo’ladi. Agar sabr qilsa, musibatning mukofotini o’ylasa, shukr qilsa, o’sha vaqt har bir soati bir kun ibodat hukmiga o’tadi. Qisqagina umri uzun bir umr bo’ladi. Hatto bir qismi borki, bir daqiqasi bir kun ibodat hukmiga o’tadi. Hatto bir oxirat qardoshim, Muhojir Hofiz Ahmad ismli bir zotning mudhish bir kasalligi uchun ko’p xavotirlandim. Qalbimga eslatildi: "Uni tabrikla. Har bir daqiqasi bir kun ibodat hukmiga o’tmoqda." Zero u zot sabr ichra shukr qilar edi.

UCHINCHI NUKTA:Bir-ikki "So’z"da bayon qilganimiz kabi: har bir inson o’tgan hayotini o’ylasa, qalbiga va tiliga yo "eh" yoki "oh!" keladi. Ya'ni, yo afsuslanadi, yo "alhamdulilloh" deydi. Afsuslanishni ayttirgan, eski zamonning lazzatlarining zavol va firog’idan kelib chiqqan ma'naviy alamlardir. Chunki lazzatning zavoli alamdir. Ba'zan vaqtinchalik bir lazzat doimiy alam beradi. O’ylash esa o’sha alamni teshadi, nadomat oqitadi. Eski hayotida o’tkazgan vaqtinchalik alamlarning zavolidan kelib chiqqan ma'naviy va doimiy lazzat "alhamdulilloh" dediradi. Bu tabiiy holat bilan barobar, musibatlarning natijasi bo’lgan savob va uxraviy mukofot va qisqa umri musibat vositasi bilan uzun bir umr hukmiga o’tishini o’ylasa, sabrdan ziyoda shukr qiladi. "Alhamdulillohi 'alo kulli hal sival kufri vaz-zolal" {(*): Kufr va zalolatdan tashqari, barcha hollarda Allohga hamd bo’lsin.} deyishni taqozo qiladi. Mashhur bir so’z bor: "Musibat zamoni uzundir." Ha, musibat zamoni uzundir. Faqat insonlar urfida o’ylangani kabi, mashaqqatli bo’lganidan uzun emas, aksincha uzun bir umr kabi hayotiy natijalar bergani uchun uzundir.

TO’RTINCHI NUKTA:"Yigirma Birinchi So’z"ning birinchi maqomida bayon qilingani kabi: Janobi Haq insonga bergan sabr quvvatini vahimalar yo’lida tarqatmasa, har musibatga qarshi kifoya qiladi. Lekin vahimaning istibdodi bilan va insonning g’aflati bilan va foniy hayotni boqiy deb o’ylashi bilan, sabr quvvatini o’tmish va kelajakka tarqatib, shu zamondagi musibatga qarshi sabri kifoya qilmaydi, shikoyatni boshlaydi. Go’yo (Alloh saqlasin) Janobi Haqni insonlarga shikoyat qiladi. Ham juda haqsiz bir suratda va devonalarcha shikoyat qilib sabrsizlik ko’rsatadi. Chunki o’tgan har bir kun, musibat bo’lsa, zahmati ketgan, rohati qolgan, alami ketgan, zavolidagi lazzati qolgan, mashaqqati o’tgan, savobi qolgan. Bundan shikoyat emas, aksincha lazzatlanib shukr qilish lozim bo’ladi. Ulardan ranjish emas, aksincha sevish kerak. Uning o’sha o’tgan foniy umri musibat vositasi bilan boqiy va baxtiyor bir navi umr hukmiga o’tadi. Ulardagi alamlarni vahima bilan o’ylab bir qism sabrini ularga qarshi tarqatish devonalikdir. Ammo kelasi kunlar esa modomiki hali kelmagan, ichlarida bo’ladigan kasallik yoki musibatni hozirdan o’ylab sabrsizlik ko’rsatish, shikoyat qilish ahmoqlikdir. "Ertaga, indingi kun och qolaman, suvsiz qolaman" deb bugun davomli ravishda suv ichish, non yeyish naqadar ahmoqona bir devonalik bo’lsa, xuddi shuning kabi, kelasi kunlardagi, hozir bo’lmagan musibat va kasalliklarni o’ylab, hozirdan ulardan alam chekish, sabrsizlik ko’rsatish, hech bir majburiyat bo’lmasdan o’z-o’ziga zulm qilish shunday bir ahmoqlikdirki, shafqat va marhamat qilinishga loyiq bo’lmaydi.

Xulosa:Shukr ne'matni ziyodalashtirgani kabi, shikoyat musibatni ziyodalashtiradi, ham marhamatga loyiq bo’lmaydi. Birinchi Jahon Urushining birinchi yili Erzurumda muborak bir zot mudhish bir kasallikka giriftor bo’lgan edi. Yoniga bordim, menga: "Yuz kechadir men boshimni yostiqqa qo’yib yotolmadim", deb achchiq shikoyat qildi. Men juda achindim. Birdan xayolimga keldi va: "Qardoshim, o’tgan mashaqqatli yuz kuning hozir sevinchli yuz kun hukmidadir. Ularni o’ylab shikoyat qilma, ularga qarab shukr qil. Kelasi kunlar esa, hali kelmagan ekan, Rabbing bo’lgan Rahmonirrahimning rahmatiga ishonib, kaltak yemasdan yig’lama, mavjud bo’lmagan narsadan qo’rqma, yo’qlikka vujud rangi berma. Hozirgi soatni o’yla. Sendagi sabr quvvati bu soatga kifoya qiladi. Devona bir qo’mondon kabi: chap qanot dushman kuchi uning o’ng qanotiga qo’shilib, unga yangi bir kuch bo’lgani holda, chap qanotiga dushmanning o’ng qanoti hali kelmagan vaqtida, u olib markaz kuchini o’ngu-chapga tarqatib markazni zaiflashtiradi, dushman arzimas bir kuch bilan markazni xarob qiladi. Qardoshim, sen bunday qilma, bor kuchingni shu soatga qarshi to’pla. Rahmati Ilohiyani va uxraviy mukofotni va foniy va qisqa umringni uzun va boqiy bir suratga aylantirganingni o’yla. Bu achchiq shikoyat o’rniga huzurli bir shukr qil", dedim. U ham tamoman yengil tortib: "Alhamdulilloh, kasalligim o’ndan birga tushdi", dedi.

BESHINCHI NUKTA:Uch masaladir.

Birinchi masala:Asl musibat va zararli musibat, dinga kelgan musibatdir. Diniy musibatdan har doim Allohning dargohiga iltijo qilib faryod qilish kerak. Lekin diniy bo’lmagan musibatlar, haqiqat nuqtasida musibat emas. Bir qismi Rahmoniy eslatmadir. Qandayki cho’pon boshqaning dalasiga o’tib ketgan qo’ylariga tosh otadi. Ular o’sha toshdan his qiladilarki: zararli ishdan qutqarish uchun bir eslatmadir, mamnun bo’lib qaytadilar. Shunga o’xshab, ko’p zohiriy musibatlar borki, bittadan Ilohiy eslatma, bittadan tanbehdir va bir qismi gunohlarga kafforatdir va bir qismi g’aflatni tarqatib, bashariy ojizligini va zaifligini bildirib, bir navi huzur bermoqdir. Musibatning kasallik bo’lgan navi, sobiqan o’tgani kabi, o’sha qism musibat emas, aksincha bir iltifoti Rabboniydir, bir poklashdir. Rivoyatda bor: " Mevasi pishgan daraxtni silkitganda mevalari qanday to’kilsa, bezgakning titrog’idan gunohlar ham shunday to’kiladi."

Hazrati Ayyub alayhissalom munojotlarida o’zlarining istirohatlari uchun duo qilmaganlar, aksincha til bilan zikr va qalb bilan tafakkurga mone bo’lgan vaqt, ubudiyat uchun shifo talab qilganlar. Biz u munojot bilan - birinchi maqsadimiz - gunohlardan kelgan ma'naviy ruhiy yaralarimizning shifosini niyat qilishimiz kerak. Moddiy xastaliklar uchun ubudiyatga mone bo’lgan vaqtda iltijo qilishimiz mumkin. Lekin e'tiroz qiladigan, shikoyat qiladigan bir suratda emas, aksincha xokisorlik bilan va madad so’raydigan suratda iltijo qilish kerak.

Modomiki Uning rububiyatiga rozimiz, o’sha rububiyati nuqtasida bergan narsasiga rozilik kerak. Qazo va qadariga e'tirozni his qildirgan bir tarzda "eh! uf!" deb shikoyat qilish, bir navi qadarni tanqiddir, rahimiyatini ayblashdir. Qadarni tanqid qilgan odam, boshini sandonga urib yoradi. Rahmatni ayblagan kishi, rahmatdan mahrum qoladi. Intiqom olish uchun singan qo’lni iste'mol qilish, sinishini ziyodalashtirgani kabi, musibatga giriftor bo’lgan odam e'tiroz qilib shikoyat qilishi va xavotir bilan uni qarshilashi, musibatni ikki baravarga oshiradi.

Ikkinchi masala:Moddiy musibatlarni katta ko’rgan sari kattalashadi, kichik ko’rgan sari kichrayadi. Masalan: Kechalari insonning ko’ziga bir narsa ko’ringandek bo’ladi. Unga ahamiyat bergan sari kattalashadi, ahamiyat berilmasa, yo’qoladi. Hujum qilgan arilarni haydagan sari ziyoda hujum qilishlari, loqayd qolganda tarqalishlari kabi, moddiy musibatlarga ham katta nazari bilan ahamiyat bilan qaragan sari kattalashadi. Xavotir vositasi bilan o’sha musibat jasaddan o’tib qalbda ham ildiz otadi, bir ma'naviy musibatni ham natija beradi. Unga tayanadi, davom qiladi. Qachon o’sha xavotirni qazoga rozilik va tavakkal vositasi bilan yo’qotsa, bir daraxtning ildizi kesilishi kabi, moddiy musibat yengillasha-yengillasha, ildizi kesilgan daraxt kabi qurib ketadi. Bu haqiqatni ifodalash uchun bir vaqt shunday degandim:

Tashla, ey bechora, faryodni, balodan qil tavakkal.

Zero, faryod balo-andar, xato-andar balodir, bil.

Agar balo berganni topgan bo’lsang, safo-andar, ato-andar balodir, bil.

Agar topmasang, butun dunyo jafo-andar, fano-andar balodir, bil.

Jahon to’la balo boshingda bor ekan, nega baqirursan kichik bir balodan, kel, tavakkal qil!

Tavakkal ila balo yuziga kul, toki u ham kulsin. U kulgan sari, kichrayar, etar tabaddul.

Urushda mudhish dushmanga tabassum qilish natijasida adovat sulhga, dushmanlik hazilga aylangani kabi, adovat kichrayib mahv bo’ladi. Tavakkal bilan musibatga qarshi chiqmoq ham shundaydir.

Uchinchi masala:Har zamonning bir hukmi bor. Bu g’aflat zamonida musibat shaklini o’zgartirgan. Ba'zi paytlarda va ba'zi shaxslarda balo, balo emas, aksincha bir lutfi Ilohiydir. Men shu zamondagi kasalmand boshqa musibatzadalarni (musibat dinga tegilmaslik sharti bilan) baxtiyor deb ko’rganimdan, kasallik va musibatga qarshi bo’lish xususida menda bir fikr bermaydi. Va menga ularga achinish hissini bermaydi. Chunki qaysi bir o’smir xasta yonimga kelgan bo’lsa, ko’ramanki, tengdoshlariga nisbatan bir daraja diniy vazifa va oxiratga qarshi bog’liqligi bor. Shundan anglaymanki, undaylar haqida u xil kasalliklar musibat emas, bir navi ne'mati Ilohiyadir. Chunki, garchi o’sha kasallik uning dunyoviy, foniy, qisqagina hayotiga bir zahmat beradi. Lekin uning abadiy hayotiga foydasi tegadi, bir navi ibodat hukmiga o’tadi. Agar sihat topsa, yoshlik sarxushligi bilan va zamonning safohati bilan albatta kasallik holatini muhofaza qilolmaydi, aksincha safohatga otiladi.

* * *

XOTIMA

Janobi Haq hadsiz qudrat va nihoyasiz rahmatini ko’rsatish uchun insonda cheksiz bir ojizlik, nihoyasiz bir faqirlik joylashtirgan. Ham cheksiz ismlarining naqshlarini ko’rsatmoq uchun insonni shunday bir suratda yaratganki, cheksiz jihatlar bilan alamlar olgani kabi, cheksiz jihatlar bilan lazzatlar olib biladigan bir uskuna hukmida yaratgan. Va o’sha inson uskunasida yuzlab anjomlar bor. Har birining alami boshqa, lazzati boshqa, vazifasi boshqa, mukofoti boshqadir. Go’yo, eng katta inson bo’lgan olamda aks etgan butun Allohning ismlari, eng kichik olam bo’lgan insonda ham o’sha ismlarning umumiy bo’lib jilvalari bor. Bunda sihat va ofiyat va lazzatlar kabi foydali ishlar shukr qildirgani kabi, u uskunani ko’p jihatlar bilan vazifalariga yo’llaydi. Inson ham bir shukr fabrikasi kabi bo’ladi. Xuddi shuning kabi, musibatlar bilan, kasalliklar bilan, alamlar bilan, boshqa hayajonlantiruvchi va harakatlantiruvchi nuqsonlar bilan o’sha uskunaning boshqa charxlarini harakatga keltiradi, hayajonlantiradi. Insoniy mohiyatda joylashtirilgan ojizlik va zaiflik va faqirlik ma'danini ishlatadi. Bir til bilan emas, aksincha har bir a'zoning tili bilan bir iltijo, bir madad so’rash vaziyatini beradi. Go’yo inson u nuqsonlar bilan, boshqa-boshqa minglab qalamni ichiga olgan harakatlanuvchi bir qalam bo’ladi. Hayot sahifasida yoki lavhi misoliyda hayotining taqdirini yozadi, Allohning ismlariga bir e'lonnoma qiladi va bir qasida-i manzuma-i Subhoniya hukmiga o’tib, yaratilishining vazifasini ado qiladi.

* * *

UCHINCHI YOG’DU

(Bu Yog’duga bir daraja his va zavq qo’shilgan. His va zavqning jo’shqinliklari esa aqlning dasturlarini, fikrning mezonlarini ko’p tinglamaganliklari va rioya qilmaganliklari uchun, bu Uchinchi Yog’du mantiq mezolari bilan o’lchanilmasligi kerak.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

oyatining mazmunini ifoda qilgan ikki

يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ٭ يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى

jumlasi ikki muhim haqiqatni ifoda qiladi. Shuning uchun: Naqshiylarning raislaridan bir qismi bu ikki jumla bilan o’zlariga maxsus xatm qilib muxtasar xatma-i Naqshiya hukmida tutadilar. Modomiki o’sha buyuk oyatning mazmunini bu ikki jumla ifoda qilar ekan, biz bu ikki jumla ifoda qilgan ikki muhim haqiqatning bir nechta nuktasini bayon qilamiz.

Birinchi nukta:Birinchi marta يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى bir jarrohlik amaliyoti hukmida qalbni mosivodan ajratadi, kesadi. Shundayki: inson mohiyatining qamrovi e'tibori bilan mavjudotning deyarli aksariyati bilan aloqadordir. Ham insonning jome' mohiyatiga cheksiz muhabbat iste'dodi joylashtirilgan. Shuning uchun ham inson umum mavjudotga bir muhabbat his qiladi. Ulkan dunyoni o’z uyi kabi sevadi. Abadiy Jannatga bog’i kabi sevadi. Holbuki u sevgan mavjudot turishmaydi, ketadi. Firoqdan doimo azob chekadi. Uning o’sha cheksiz muhabbati cheksiz ma'naviy azobga sabab bo’ladi. O’sha azobni chekishdagi qabohat, qusur unga oiddir. Chunki qalbidagi cheksiz muhabbat iste'dodi cheksiz boqiy jamolga molik bir Zotga yuzlanmoq uchun berilgan. U inson suiiste'mol qilib o’sha muhabbatni foniy mavjudotga sarf qilgani uchun kamchilikka yo’l qo’yadi va uning jazosini firoq azobi bilan tortadi.

Bu qusurdan uzoqlashib u foniy mahbublardan aloqani kesish, u mahbublar uni tark qilmasdan avval u ularni tark qilish jihati bilan Mahbubi Boqiyga hasri muhabbatni ifoda qilgan يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى bo’lgan birinchi jumlasi: "Boqiyi Haqiqiy yolg’iz Sensan. Mosivo foniydir. Foniy bo’lgan albatta boqiy bir muhabbatga va azaliy va abadiy bir ishqqa va abad uchun yaratilgan qalbning aloqasiga arzimaydi" ma'nosini ifoda qiladi. "Modomiki cheksiz mahbublar foniydir, meni tashlab ketishmoqda. Ular meni tashlamasdan avval men ularni يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى deyish bilan tashlayman. Yolg’iz sen boqiysan va sening boqiylashtirishing bilan mavjudot baqo topa olishini bilib e'tiqod qilaman. Shunday ekan, Sening muhabbating bilan ular seviladi. Yo’qsa qalbni bog’lashga loyiq emas!" deganidir. Bu holatda qalb cheksiz mahbublaridan voz kechadi. Husn va jamollari ustida foniylik tamg’asini ko’radi, qalbning aloqasini kesadi. Agar kesmasa, mahbublari sanog’icha ma'naviy jarohatlar oladi. Ikkinchi jumla bo’lgan يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى o’sha hadsiz yaralarga ham malham, ham tiryoq bo’ladi. Ya'ni: يَا بَاق۪ى "Modomiki sen boqiysan, bu yetadi. Hamma narsaga badalsan. Modomiki Sen borsan, hamma narsa bor." Darhaqiqat, mavjudotda muhabbatga sabab bo’lgan husn va ehson va kamol, umumiy bo’lib Boqiyi Haqiqiyning husn va ehson va kamolotining ishoralari va ko’p pardalardan o’tgan zaif bir soyalaridir. Shubhasiz, asmo-i husna jilvasining soyalarining soyalaridir.

Ikkinchi nukta:Insonning fitratida baqoga g’oyat shiddatli bir ishq bor. Hatto har sevgan narsasida quvva-i vahima jihati bilan bir navi baqoni tavahhum qiladi, keyin sevadi. Qachonki zavolini o’ylasa yoki ko’rsa, ich-ichidan faryod qiladi. Butun firoqlardan kelgan faryodlar, baqo ishqidan kelgan yig’ilarning tarjimonlaridir. Agar baqo tavahhumi bo’lmasa, sevolmaydi. Hatto: baqo olamining va abadiy Jannatning bor bo’lishining bir sababi, shu inson mohiyatidagi o’sha shiddatli baqo ishqidan chiqqan g’oyat quvvatli baqo orzusi va baqo uchun fitriy umumiy duo bo’lib, Boqiyi Zuljalol o’sha shiddatli mustahkam fitriy orzuni, o’sha ta'sirli kuchli umumiy duoni qabul qilganki, foniy insonlar uchun boqiy bir olamni yaratgan, deyish mumkin. Ham hech mumkinmi: Fotiri Karim, Xoliqi Rahim kichik me'daning arzimas orzusini va vaqtinchalik baqo uchun hol tili bilan duosini cheksiz lazzatli taomlar turlarining ijodi bilan qabul qilsin-da, umum nav'i basharning buyuk fitriy ehtiyojdan kelgan juda shiddatli orzusini va umumiy va doimiy va haqli va haqiqatli, so’z bilan, hol bilan, baqoga doir g’oyat kuchli duosini qabul qilmasin? Aslo! Yuz ming marta yo’q! Qabul qilmaslik mumkin emas! Ham hikmat va adolatiga hamda rahmat va qudratiga hech bir jihatdan yarashmaydi.

Modomiki inson baqoga oshiq ekan, albatta butun kamoloti, lazzatlari baqoga tobedir. Va modomiki baqo Boqiyi Zuljalolga maxsus va modomiki Boqiyning ismlari boqiya va modomiki Boqiyning oynalari Boqiyning rangini, hukmini olar ekan va bir navi baqoga sazovor bo’lar ekan, albatta inson uchun eng lozim bo’lgan ish, eng muhim vazifa: O’sha Boqiyga aloqa paydo qilish va ismlarini mahkam tutishdan iboratdir. Chunki Boqiy yo’liga sarf qilingan hamma narsa bir navi baqoga sazovor bo’ladi. Demak, o’sha ikkinchi يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى jumlasi bu haqiqatni ifoda qiladi. Insonning cheksiz ma'naviy yaralarini davolash bilan birga, fitratidagi g’oyat shiddatli baqo orzusini u bilan qondiradi.

Uchinchi nukta:Bu dunyoda zamonning, narsalarning fano va zavolidagi ta'sirlari g’oyat farqlidir. Va mavjudot esa ichma-ich doiralar kabi bir-biri ichida ekan, hukmlari zavol nuqtasida boshqa-boshqa bo’ladi. Soatning soniyalarini ko’rsatgan doirasi, daqiqani va soatni va kunlarni ko’rsatgan doiralar ko’rinishdan bir-biriga o’xshaydi, lekin tezlikda bir-biridan farqlidir. Shuningdek, insondagi jism, nafs, qalb, ruh doiralari shunday bir-biridan farqlidir. Masalan: jismning baqosi, hayoti, vujudi - bor bo’lgan kuni, balki bir soat bo’lgani va o’tmish va kelajak yo’q va o’lik holda ekan, qalb bugundan boshlab ko’p kunlar avval va ko’p kunlar keyingi zamonga qadar vujud doirasi va hayoti kengdir. Hozirgi kundan yillar avval va yillar keyingi buyuk bir doira ruhning hayot va vujud doirasiga kiradi.

Demak, bu iste'dodga binoan qalbiy va ruhiy hayotga sabab bo’lgan ma'rifati Ilohiya va muhabbati Rabboniya va ubudiyati Subhoniya va marziyoti Rahmoniya tomonidan bu dunyodagi foniy umr boqiy bir umrni ichiga oladi va abadiy va boqiy bir umrni natija beradi va boqiy va loyamut umr hukmiga o’tadi. Ha, Boqiyi Haqiqiyning muhabbat, ma'rifat, roziligi yo’lida bir soniya bir yildir. Agar uning yo’lida bo’lmasa, bir yil bir soniyadir. Aslida uning yo’lida bir soniya loyamutdir, ko’p yillardir. Va dunyo jihatida ahli g’aflatning yuz yili, bir soniya hukmiga o’tadi. Mashhur bir so’z borki:

سِنَةُ الْفِرَاقِ سَنَةٌ وَ سَنَةُ الْوِصَالِ سِنَةٌ

ya'ni: "Firoqning bir soniyasi, bir yil qadar uzundir va visolning bir yili, bir soniya qadar qisqadir." Men bu jumlaning tamoman aksiga aytaman: Visol, ya'ni Boqiyi Zuljalolning roziligi doirasida livajhilloh bir soniya visol, nafaqat bunday bir yil, aslida doimiy bir visol derazasidir. G’aflat va zalolat firoqi ichida nafaqat bir yil, aslida ming yil bir soniya hukmidadir. O’sha so’zdan yanada mashhur so’z:

اَرْضُ الْفَلَاتِ مَعَ الْاَعْدَاءِ فِنْجَانٌ سَمُّ الْخِيَاطِ مَعَ الْاَحْبَابِ مَيْدَانٌ

hukmimizni quvvatlantiradi. Mashhur avvalgi so’zning sahih ma'nosi shuki: Modomiki foniy mavjudotning visoli foniy ekan, naqadar uzun bo’lsa bo’lsin, qisqa hukmidadir. Bir yili bir soniya kabi o’tadi. Hasratli bir xayol va qayg’uli bir tush bo’ladi. Baqoni istagan inson qalbi bir yil visolda bo’lsa ham bir soniyachada faqat zarra kabi bir zavqini olib biladi. Firoq esa soniyasi bir yil emas, yillardir. Chunki firoqning maydoni kengdir. Baqoni istagan bir qalbga, firoq garchi bir soniya bo’lsa ham, yillar qadar buzg’unchilik qiladi. Chunki hadsiz firoqlarni eslatadi. Moddiy va tuban muhabbatlar uchun butun o’tmish va kelajak firoq bilan to’ladir.

Shu masala munosabati bilan aytamiz: Ey insonlar! Foniy, qisqa, foydasiz umringizni boqiy, uzun, foydali, mevali qilishni istaysizmi? Modomiki istamoq insoniyatning taqozosi ekan, Boqiyi Haqiqiyning yo’lida sarflanglar. Chunki Boqiyga yuzlangan narsa baqoning jilvasiga sazovor bo’ladi. Modomiki har bir inson g’oyat shiddatli suratda uzun umr istaydi, baqoga oshiqdir va modomiki bu foniy umrni boqiy umrga almashtirgan bir chora bor va ma'nan juda uzun bir umr hukmiga o’tkazmoq mumkindir. Albatta, insoniyligi yo’qolmagan odam o’sha chorani qidiradi va o’sha imkondan foydalanadi va o’shanga ko’ra harakat qiladi. O’sha chora esa shu:Alloh uchun ishlanglar, Alloh uchun ko’rishinglar, Alloh uchun harakat qilinglar. "Lilloh, livajhilloh, liajlilloh" roziligi doirasida harakat qilinglar.O’shanda umringizning daqiqalari yillar hukmiga o’tadi.

Bu haqiqatga ishora qilgan Layla-i Qadr kabi bitta tun saksondan ortiq yildan iborat ming oy hukmida ekanini nassi Qur'on ko’rsatmoqda. Ham bu haqiqatga ishora qilgan ahli valoyat va haqiqat orasida bir muhaqqaq dastur bo’lgan "basti zamon" sirri bilan ko’p yillar hukmida bo’lgan bir necha daqiqalik Me'roj zamoni bu haqiqatning borligini isbot qiladi va sodir bo’lganini ko’rsatadi. Me'rojning bir necha soat muddati minglab yillar hukmida keng va qamrovi va uzunligi bor. Chunki U Zot Me'roj yo’li bilan baqo olamiga kirdi. Baqo olamining bir necha daqiqasi bu dunyoning minglab yilini o’z ichiga oladi. Ham shu haqiqatga bino qilingan valiylar o’rtasida juda ko’p sodir bo’lgan "basti zamon" hodisalaridir. Ba'zi valiylar bir daqiqada bir kunlik ishni qilishgan. Ba'zilari bir soatda bir yillik vazifalari bajarganlar. Ba'zilari bir daqiqada bir marta Qur'onni xatm qilishganini rivoyat qilib xabar beradilar. Bunday ahli haq va sidq bilib turib yolg’on gapirish darajasiga tushmaydilar. Ham bu daraja cheksiz va ko’plab tavotur bilan

"basti zamon"

{(Hoshiya)

قَالَ قَٓائِلٌ مِنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ قَالُوا لَبِثْنَا يَوْمًا اَوْ بَعْضَ يَوْمٍ

oyati bilan

وَلَبِثُوا ف۪ى كَهْفِهِمْ ثَلَاثَ مِائَةٍ سِن۪ينَ وَازْدَادُوا تِسْعًا

oyati "tayyi zamon"ni ko’rsatgani kabi,

وَاِنَّ يَوْمًا عِنْدَ رَبِّكَ كَاَلْفِ سَنَةٍ مِمَّا تَعُدُّونَ

oyati ham "basti zamon"ni ko’rsatadi.}

haqiqatini bo’lganidek ko’rishgan. Bu esa shubha sababi bo’lolmaydi. "Basti zamon"ning hamma tomonidan tasdiqlangan bir turi tush paytida ko’rinadi. Ba'zan bir daqiqada inson ko’rgan tushini, o’tkazgan holatlarini, aytgan so’zlarini, ko’rgan lazzatlarini yoki chekkan alamlarini ko’rish uchun uyg’oqlik olamida bir kun, balki kunlar kerak bo’ladi.

Bir so’z bilan: Inson garchi foniydir. Lekin baqo uchun yaratilgan va boqiy Zotning oynasi qilib yaratilgan va boqiy mevalarni beradigan ishlarni qilishga vazifalantirilgan va boqiy Zotning boqiy ismlarining jilvalariga va naqshlariga sazovor bo’ladigan surat berilgandir. Shunday ekan, bunday bir insonning haqiqiy vazifasi va saodati: butun jihozlari va butun iste'dodlari bilan o’sha Boqiyi Sarmadiyning roziligi doirasida ismlariga intilib, abad yo’lida o’sha Boqiyga yuzlanib ketmoqdir. Tili يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى degani kabi, qalbi, ruhi, aqli, butun latif tuyg’ulari "Huval Boqiy, Huval Azaliyy-ul Abadiy, Huva-s Sarmadiy, Huva-d Doim, Huval Matlub, Huval Mahbub, Huval Maqsud, Huval Ma'bud" deyishi kerak.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا

TO’RTINCHI YOG’DU

"Minhoju-s Sunnat" bu risolaga loyiq topilgan.

("Imomat Masalasi" ikkinchi darajali masala bo’lgani holda, haddan ortiq ahamiyat berilgani uchun, iymoniy masalalar qatoriga kirib, Ilmi Kalom va usul-ud dinda diqqatni o’ziga tortgani uchun, Qur'on va iymonga oid asl xizmatimizga munosabati bo’lgani uchun, qisman bahs qilindi.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

لَقَدْ جَٓاءَكُمْ رَسُولٌ مِنْ اَنْفُسِكُمْ عَز۪يزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَر۪يصٌ عَلَيْكُمْ بِالْمُؤْمِن۪ينَ رَؤُفٌ رَح۪يمٌ ٭ فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ ٭ قُلْ لَٓا اَسْئَلُكُمْ عَلَيْهِ اَجْرًا اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبٰى

Bu ulug’ oyatning juda ko’p buyuk haqiqatlaridan bir-ikki haqiqatiga "ikki maqom" bilan ishora qilamiz.

BIRINCHI MAQOM

"To’rt nukta"dir.

Birinchi nukta:Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ummatlariga bo’lgan mukammal shafqat va marhamatlarini ifoda qiladi. Darhaqiqat, sahih rivoyat bilan mahsharning dahshatidan hamma, hatto payg’ambarlar ham "o'z nafsim, o'z nafsim" degan vaqtlarida, Rasuli Akram alayhissalotu vassalom "ummatim, ummatim" deb achinish va shafqatlarini ko’rsatganlari kabi, endi dunyoga kelgan vaqtlari ahli kashfning tasdig’i bilan volidalari u kishining munojotlaridan "ummatim, ummatim", degan so’zlarini eshitganlar. Yana, butun hayot tarixlari va yoygan shafqatkorona go’zal axloqlari mukammal shafqat va achinishlarini ko’rsatgani kabi, ummatlarining cheksiz salovotlariga cheksiz ehtiyoj ko’rsatish bilan, ummatlarining butun saodatlari bilan mukammal shafqatlari sabab aloqador ekanlarini ko’rsatish bilan, cheksiz shafqatlarini ko’rsatganlar. Demak, bu daraja shafqatli va marhamatli bir rahbarning sunnati saniyasiga rioya qilmaslik, qay daraja nonko’rlik va vijdonsizlik bo’lishini qiyos qil.

Ikkinchi nukta:Rasuli Akram alayhissalotu vassalom kulliy va umumiy nubuvvat vazifasi ichida ba'zi xususiy, juz'iy kishilarga azim shafqat ko’rsatganlar. Zohiriy holga ko’ra, azim shafqatni o’sha xususiy juz'iy kishilarga ko’rsatishlari, nubuvvat vazifasining haddan tashqari ahamiyatiga uyg’un kelmaydi. Lekin haqiqatda o’sha juz'iy kishi kulliy umumiy nubuvvat vazifasiga mador bo’la oladigan silsilaning uchi va namoyandasi bo’lgani uchun, o’sha buyuk silsila uchun, uning namoyandasiga haddan ortiq ahamiyat berilgan. Masalan: Rasuli Akram alayhissalotu vassalom Hazrati Hasan va Husanga kichikliklarida ko’rsatgan haddan ortiqshafqatvabuyuk ahamiyat,faqat tug’ma shafqat va qarindoshlik tuyg’usidan kelgan muhabbat emas, aksincha nubuvvat vazifasining nuroniy robitasining boshi va payg’ambar vorislarining g’oyat ahamiyatli bir jamoatining manbai, namoyandasi, mundarijasi jihati uchun bo’lgan. Darhaqiqat, Rasuli Akram alayhissalotu vassalom Hazrati Hasanni (RA) mukammal shafqatlaridan quchoqlariga olib boshini o’pishlari, Hazrati Hasandan (RA) silsila bo’lib kelgan nuroniy muborak naslidan G’avsi A'zam bo’lgan Shohi Jiyloniy kabi ko’p mahdiy-misol nubuvvat vorislari va shariati Ahmadiyaning (ASV) tashuvchilari bo’lgan zotlar hisobiga Hazrati Hasanning (RA) boshini o’pganlar va o’sha zotlarning istiqbolda qiladigan muqaddas xizmatlarini nubuvvat nazari bilan ko’rib taqdirlagan va maqtaganlar va taqdir va tashviqqa alomat sifatida Hazrati Hasanning (RA) boshini o’pganlar. Hazrati Husanga ko’rsatgan haddan ortiq ahamiyat va shafqat, Hazrati Husanning (RA) nuroniy silsilasidan kelgan Zaynalobidin, Ja'fari Sodiq kabi oliyshon imomlar va haqiqiy payg’ambar vorislari bo’lgan juda ko’p mahdiy-misol nuroniy zotlar nomiga va Dini Islom va risolat vazifasi hisobiga bo’ynidan o’pganlar, mukammal shafqat va ahamiyatini ko’rsatganlar. Darhaqiqat, Zoti Ahmadiyaning (ASV) g’aybni bilgan qalbi bilan, dunyoda Asri Saodatdan abad tarafidagi hashr maydonini tomosha qilgan va yerdan Jannatni ko’rgan va zamindan ko’kdagi malaklarni mushohada qilgan va Odam (AS) zamonidan beri moziy zulmatlarining pardalari ichida yashiringan hodisalarni ko’rganlar, hatto Zoti Zuljalolning ru'yatiga sazovor bo’lgan nazari nuroniysi, chashmi istiqbol-biniysi, albatta Hazrati Hasan va Husanning orqalarida silsila tarzida kelgan qutblar va voris imomlar va mahdiylarni ko’rganlar va ularning barchasi nomiga boshlarini o’pganlar. Darhaqiqat, Hazrati Hasanning (RA) boshini o’pishlarida Shohi Jiyloniyning ulkan hissasi bor!

Uchinchi nukta:اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبٰى oyatining bir so’zga ko’ra ma'nosi: "Rasuli Akram alayhissalotu vassalom risolat vazifasining ijrosiga muqobil mukofot istamaydilar, faqat Oli Baytlariga muhabbatni istaydilar." Agar: "Bu ma'noga ko’ra nasliy yaqinlik jihatidan kelgan bir foyda ko’zlangan ko’rinmoqda. Holbuki اِنَّ اَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللّٰهِ اَتْقٰيكُمْ sirriga binoan, nasliy yaqinlik emas, aksincha Allohga yaqinlik nuqtasida risolat vazifasi jarayon qiladi?" deb aytilsa.

Javob:Rasuli Akram alayhissalotu vassalom g’ayb-oshino nazarlari bilan ko’rganlarki: Oli Baytlari Islom olami ichida nurli bir daraxt hukmiga o’tadi. Islom olamining barcha tabaqalarida insoniy kamolot darsida rahbarlik va murshidlik vazifasini bajaradigan zotlar, mutlaq aksariyat bilan Oli Baytdan chiqadilar. Tashahhuddagi ummatning "Ol" haqidagi duosi,

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلٰى اِبْرَاه۪يمَ وَ عَلٰى اٰلِ اِبْرَاه۪يمَ اِنَّكَ حَم۪يدٌ مَج۪يدٌ

dir. Qabul bo’lishini kashf qilganlar. Ya'ni, millati Ibrohimiyada aksariyat nuroniy rahbarlar Hazrati Ibrohimning (AS) oilasidan, nasllaridan bo’lgan payg’ambarlar bo’lganlari kabi, ummati Muhammadiyada (ASV) ham Islomiyatning buyuk vazifalarida va aksar tariqatlar va maslaklarida Bani Isroilning payg’ambarlari kabi, Oli Bayti Muhammadiyaning (ASV) qutblarini ko’rganlar. Shuning uchun لَٓا اَسْئَلُكُمْ عَلَيْهِ اَجْرًا اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبٰى deyishga amr qilinib, Oli Baytga ummatning muhabbatini istaganlar. Bu haqiqatni quvvatlantirgan boshqa rivoyatlarda shunday marhamat qilganlar: "Sizga ikkita narsani qoldirmoqdaman. Ularni mahkam ushlasangiz, najot topasiz. Biri Kitobulloh, biri Oli Baytim." Chunki Sunnati Saniyaning manbai va muhofizi va har jihatdan tarafdor bo’lish bilan vazifador bo’lgan Oli Baytdir.

Demak, shu sirga binoan, Kitob va Sunnatga ergashish unvoni bilan ushbu hadisning haqiqati bildirilgan. Demak, Oli Baytdan risolat vazifasi jihatidan murodlari: Sunnati Saniyalaridir.Sunnati Saniyaga ergashishni tark qilgan, haqiqiy Oli Baytdan bo’lmagani kabi, Oli Baytga haqiqiy do’st ham bo’lolmaydi.

Ham ummatlarini Oli Baytning atrofida to’plamoq orzusining sirri shuki: Zamon o’tishi bilan Oli Bayt ancha ko’payishini Allohning izni bilan bilganlar va Islomiyat zaif bo’lishini anglaganlar. O’sha holda g’oyat kuchli va ko’p sonli hajmijat bir jamoat lozimki, Islom olamining ma'naviy taraqqiyotida mador va markaz bo’la olsin. Allohning izni bilan bilganlar va ummatlarini Oli Baytlari atrofiga to'plashni orzu qilganlar. Darhaqiqat, Oli Baytning vakillari, e'tiqod va iymon xususida boshqalardan oldin bo’lmasalar ham, taslim, tarafdorlik va tarafgirlikda juda oldindadirlar. Chunki Islomiyatga fitratan, naslan va xulqan tarafdordirlar. Tug’ma tarafdorlik zaif va dovruqsiz, hatto haqsiz bo’lsa ham, tashlanmaydi. Bundan kelib chiqib, g’oyat kuchli, g’oyat haqiqatli, g’oyat dovruqli, butun ajdodlarining silsilasi bog’langan va sharaf qozongan va jonlarini fido qilgan bir haqiqatga tarafdorlik, naqadar asosli va fitriy bo’lganini yaqqol his qilgan bir zot, hech tarafdorlikni tashlaydimi? Ahli Bayt ushbu shiddatli bog’liqlik va tug’ma Islomiyat jihati bilan Islom dini foydasiga oddiy bir alomatni kuchli bir burhon kabi qabul qiladi. Chunki fitriy tarafdordir. Boshqa odam esa, kuchli bir burhon bilan keyin tarafdor bo’ladi.

To’rtinchi nukta:Uchinchi nukta sababli Shialar bilan Ahli Sunnat va Jamoat nizosining boisi, hatto iymon aqidalari kitoblariga va iymon asoslari qatoriga kiradigan darajada kattalashtirilgan masalaga qisqacha bir ishora qilamiz:

Ahli Sunnat va Jamoat aytadiki: "Hazrati Ali (RA) "To’rt xalifa"ning to’rtinchisidirlar. Hazrati Siddiq (RA) afzaldirlar va xalifalikka loyiq bo’lganlari uchun, eng avval u kishi bo’ldilar." Shialar aytadiki: "Haq Hazrati Aliniki (RA) edi. U kishiga haqsizlik qilindi. Hammalaridan eng afzal Hazrati Alidir (RA)." Da'volariga keltirgan dalillarining xulosasi: Aytadilarki: Hazrati Ali (RA) haqlarida kelgan Payg’ambarimizning (ASV) hadislari va Hazrati Alining (RA) "Shohi Valoyat" unvoni bilan mutlaq aksariyat fikricha valiylarning va tariqatlarning manbai va ilm va shijoat va ibodatda hayratomuz sifatlari va Hazrati Payg’ambar alayhissalotu vassalom u kishiga va u kishidan silsila bo’lib ketgan Oli Baytga bo'lgan aloqalari ko’rsatadiki, eng afzal u kishi, doimo xalifalik u kishining haqi edi, u kishidan totrib olindi.

Javob:Hazrati Ali (RA) takror-batakror o’z iqrorlari va yigirma yildan ortiq o’sha uchta xalifaga ergashib ularning Shayxulislomligi maqomida bo’lishlari Shialarning bu da'volarini rad qiladi. Yana, uchta xalifaning xalifalik zamonlarida Islomiy fathlar va dushmanlar bilan urush hodisalari va Hazrati Alining (RA) zamonlaridagi voqealar, yana Islom xalifaligi nuqtasida Shialarning da'volarini rad qiladi. Demak, Ahli Sunnat va Jamoatning da'vosi haqdir.

Agar: "Shia ikkitadir. Biri shia-i valoyat, boshqasi shia-i xilofatdir. Mayli, bu ikkinchi qism g’araz va siyosatni qo’shish bilan haqsiz bo’lsin. Faqat birinchi qismda g’araz va siyosat yo’q. Holbuki shia-i valoyat shia-i xilofatga qo’shilgan. Ya'ni, tariqatga mansub valiylarning bir qismi Hazrati Alini (RA) afzal ko’radilar. Siyosat tomonida bo’lgan shia-i xilofatning da'volarini tasdiq qiladilar", deyilsa.

Javob: Hazrati Aliga (RA) ikki jihatdan qaralishi kerak. Bir jihati: shaxsiy kamolot va martabalari nuqtasidan. Ikkinchi jihat: Oli Baytning shaxsi ma'naviysini ifodalaganlari nuqtasidandir. Oli Baytning shaxsi ma'naviysi esa, Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning bir navi mohiyatlarini ko’rsatadi. Birinchi nuqta e'tibori bilan Hazrati Ali (RA) boshda bo’lib butun ahli haqiqat Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umarni (RA) ustun tutadilar. Islomiyat xizmatida va Allohga yaqinlikda maqomlarini yanada yuksak ko’rganlar. Ikkinchi nuqta jihatida Hazrati Ali (RA) Oli Bayt shaxsi ma'naviysining namoyandasi va Oli Baytning shaxsi ma'naviysi Hz.Muhammadning (ASV) bir haqiqatlarini ifodalagani uchun, muvozana qilinmaydi. Hazrati Ali (RA) haqlarida haddan ortiq maqtov to'la Payg’ambarimizning (ASV) hadislari bu ikkinchi nuqtaga qaraydilar! Bu haqiqatni quvvatlantirgan sahih bir rivoyat bor. Rasuli Akram alayhissalotu vassalom marhamat qilganlar: "Har Nabiyning nasli o’zidandir. Mening naslim Alining (RA) naslidir."

Hazrati Alining (RA) shaxslari haqida boshqa xalifalardan ziyoda maqtov to'la hadislarning ko’plab yoyilishining sirri shuki: Umaviylar bilan Xorijiylar u kishiga haqsiz hujum va kamsitganlariga muqobil ahli haq bo’lgan Ahli Sunnat va Jamoat u kishi haqida rivoyatlarni ko’p yoyishgan. Boshqa Xulafo-i Roshidiyn esa, tanqid va kamsitishga uchramaganlari uchun, ular haqidagi hadislarning yoyilishiga ehtiyoj bo'lmagan. Yana, istiqbolda Hazrati Ali (RA) alamli hodisalarga va ichki fitnalarga duchor bo’lishlarini nubuvvat nazari bilan ko’rib, Hazrati Alini (RA) umidsizlikdan va ummatlarini u kishi haqida yomon fikrdan qutqarmoq uchun مَنْ كُنْتُ مَوْلَاهُ فَعَلِىٌّ مَوْلَاهُ kabi muhim hadislar bilan Alini (RA) tasalli va ummatni irshod qilganlar.

Hazrati Aliga (RA) nisbatan shia-i valoyatning haddan ortiq muhabbatlari va tariqat jihatidan kelgan ustun tutishlari, o’zlarini shia-i xilofat darajasida mas'ul qilmaydi. Chunki valiylar maslak e'tibori bilan, muhabbat bilan murshidlariga qaraydilar. Muhabbatning ishi ifrotdir. Mahbubini maqomidan ortiq ko’rishni orzu qiladi va shunday ham ko’radi. Muhabbatdan jo’shish paytlarida ahli hol uzrli bo’lishlari mumkin. Lekin ularning muhabbat sabab ustun qo’yishi, Xulafo-i Roshidiynni yomonlamaslik va adovat qilmaslik sharti bilan va Islom asoslarining tashqarisiga chiqmaslik sharti bilan uzrli hisoblanishlari mumkin. Siyosat g’arazlari shia-i xilofatning ichiga kirgani uchun, g’arazdan, tajovuzdan qutula olmaydilar, uzrli bo’lish haqqini yo’qotadilar. Hatto

لَا لِحُبِّ عَلِىٍّ بَلْ لِبُغْضِ عُمَرَ

jumlasini tasdiqlagan Hazrati Umarning (RA) qo’llari bilan Eron xalqi jarohat olgani uchun, intiqomlarini Hazrati Ali (RA) muhabbati suratida ko’rsatganlari kabi, Amr Ibn-ul Osning Hazrati Aliga (RA) qarshi qo’zg’oloni va Umar Ibni Sa'dning Hazrati Husanga (RA) qarshi fojiali urushi, Shialarga Umar ismiga shiddatli qahr va adovat uyg’otgan. Shia-i valoyatning Ahli Sunnat va Jamoatni tanqid qilishga haqqi yo’q! Chunki Ahli Sunnat Hazrati Alini (RA) kamsitmaganlari barobarida jiddiy sevadilar. Hadisda o’tganidek, tahlikali hisoblangan haddan ortiq darajadagi muhabbatdan chekinadilar. Hadisda o’tgan Hazrati Alining (RA) shiasi haqidagi Payg’ambarimizning (ASV) maqtovlari Ahli Sunnatga oiddir. Chunki istiqomatli muhabbat bilan Hazrati Alining (RA) shialari, ahli haq bo’lgan Ahli Sunnat va Jamoatdir. Hazrati Iso alayhissalom haqlaridagi haddan ortiq darajadagi muhabbat Nasroniylar uchun tahlikali bo’lgani kabi, Hazrati Ali (RA) haqlarida ham o’sha tarzda haddan ortiq darajadagi muhabbat sahih hadisda tahlikali ekani izohlangan.

Agar Shia-i valoyat: "Hazrati Alining (RA) hayratomuz kamolotlari qabul qilingandan so’ng Hazrati Siddiqni (RA) u kishidan ustun tutmoq mumkin bo’lmaydi", desa.

Javob: Hazrati Siddiqi Akbarning va Faruqi A'zamning (RA) shaxsiy kamolotlari va nubuvvat vorisligi vazifasi bilan xalifalik zamonidagi kamolotlari barobar mezonning bir pallasiga, Hazrati Alining (RA) shaxsiy g’aroyib kamolotlari hamda xalifalik zamonidagi majbur bo’lib kirgan ayanchli ichki voqealardan kelgan va yomon fikrlarga uchragan xalifalik urushlari barobar mezonning boshqa pallasiga qo’yilsa, albatta Hazrati Siddiqning (RA) yoki Faruqning (RA) yoki Zinnuraynning (RA) pallalari og’ir kelishini Ahli Sunnat ko’rib, ustun qo’yishgan. Yana, "O’n Ikkinchi" va "Yigirma To’rtinchi So’z"larda isbot qilingani kabi: Nubuvvatning valiylikka nisbatan darajasi shu qadar yuksakdirki, nubuvvatning bir misqol qadar jilvasi bir botmon qadar valiylikning jilvasidan ustundir. Bu nuqtai nazardan Hazrati Siddiqi Akbarning (RA) va Faruqi A'zamning (RA) nubuvvat vorisligi va risolat hukmlarini ta'sis qilish nuqtasida hissalari Alloh tarafidan ziyoda berilganiga, xalifalik davridagi muvaffaqiyatlari Ahli Sunnat va Jamoat uchun dalil bo’lgan. Hazrati Alining (RA) shaxsiy kamoloti o’sha nubuvvat vorisligidan kelgan hissani hukmdan tushirolmagani uchun, Hazrati Ali (RA) Shayxayni Mukarramaynning xalifalik zamonlarida ularga Shayxulislom bo’lganlar va ularni hurmat qilganlar. Ajabo, Hazrati Alini (RA) sevgan va hurmat qilgan ahli haq va sunnat Hazrati Ali (RA) sevgan va jiddiy hurmat qilgan Shayxaynni qanday sevmasin va hurmat qilmasin? Bu haqiqatni bir misol bilan izoh qilaylik. Masalan: G’oyat boy bir zotning merosidan bolalarining biriga yigirma botmon kumush bilan to’rt botmon oltin beriladi. Boshqasiga besh botmon kumush bilan besh botmon oltin beriladi. Yana biriga uch botmon kumush bilan besh botmon oltin berilsa, albatta oxirdagi ikkitasi garchi vazn jihatidan oz olsalarda, qiymat jihatidan ko’p oladilar.

Shu misol kabi, Shayxaynning nubuvvat vorisligi va risolat hukmlarini ta'sis qilishdan namoyon bo’lgan Janobi Haqning insonga yaqin bo’lishining haqiqat oltinidan hissasining biroz ko’pligi, shaxsiy kamolot va valiylik gavharidan kelib chiqqan Allohga yaqinlikning va valiylik kamolotining va yaqinlikning ko’piga g’olib keladi. Muvozanada bu nuqtalarni nazarga olish kerak. Agar shaxsiy shijoati va ilmi va valiyligi nuqtasida bir-biri bilan muvozana qilinsa, haqiqatning surati o’zgaradi. Yana, Hazrati Alining (RA) zotlarida aks qilgan Oli Baytning shaxsi ma'naviyining va o’sha shaxsiyati ma'naviyada mutlaq vorislik jihatidan aks qilgan Hz.Muhammadning (ASV) haqiqatlari nuqtasida muvozana qilinmaydi. Chunki u yerda Payg’ambar alayhissalotu vassalomning buyuk sirlari bor.

Ammo shia-i xilofat esa, Ahli Sunnat va Jamoat oldida uyalishdan boshqa hech qanday haqlari yo’qdir. Chunki ular Hazrati Alini (RA) haddan ortiq sevish da'vosida bo'lganlari holda, kamsitadilar va yomon axloqda bo'lganliklarini ularning mazhabi taqozo qiladi. Chunki: "Hazrati Siddiq bilan Hazrati Umar (RA) haqsiz bo’lganlari holda, Hazrati Ali (RA) ularga yo’l qo’yib bergan, Shia ta'biriga ko’ra taqiyya qilgan, ya'ni ulardan qo’rqqan, ikkiyuzlamalik qilgan", deyishadi. Ajabo, bunday Islom qahramoni va"Asadulloh"unvonini qozongan va siddiqlarning qo’mondoni va rahbari bo’lgan bir zotni ikkiyuzlamalik va qo’rqoqlik bilan va sevmagan zotlariga yolg’ondakam muhabbat bilan va yigirma yildan ortiq qo’rqib yo’l berib haqsizlarga bo’ysunishni qabul qilgan deb vasflash, u kishiga muhabbat emasdir! Unday muhabbatdan Hazrati Ali (RA) yuz o’giradilar. Xullas, ahli haqning mazhabi hech bir jihatdan Hazrati Alini (RA) kamsitmaydilar, yomon axloq bilan ayblamaydilar. Unday shijoat ajoyibotiga qo’rqoqlikni nisbat bermaydilar va aytadilarki: "Hazrati Ali (RA) Xulafo-i Roshidiynni haq ko’rmasa edilar, bir daqiqa ham tan olmas va itoat qilmas edilar. Demakki, ularni haqli va ustun ko’rganlari uchun, g’ayrat va shijoatlarini haqparastlik yo’liga taslim qilganlar."

Bir so’z bilan: Hamma narsaning ifrot va tafriti yaxshi emas. Istiqomat esa o’rta yo’l bo’lib, Ahli Sunnat va Jamoat uni tanlagan. Lekin afsuski, Ahli Sunnat va Jamoat pardasi ostiga Vahobiylik va Xorijiylik fikri qisman kirgani kabi, siyosat maftunlari va bir qism dinsizlar Hazrati Alini (RA) tanqid qiladilar. Alloh saqlasin, siyosatni bilmaganlaridan xalifalikka to’liq layoqat ko’rsatmaganlar, idora qilolmaganlar deydilar. Ularning bu haqsiz ayblovlaridan Alaviylar Ahli Sunnatdan arazlagan. Holbuki Ahli Sunnatning dasturlari va asos mazhablari bu fikrlarni taqozo qilmaydi, shubhasiz aksini isbot qiladi. Xorijiylar va dinsizlar tarafidan kelgan bunday fikrlar bilan Ahli Sunnat mahkum bo’lolmaydi. Aslida Ahli Sunnat Alaviylardan ziyoda Hazrati Alining (RA) tarafdoridir. Hamma xutbalarida, duolarida Hazrati Alinini (RA) loyiq maqtov bilan zikr qiladilar.

Xususan, Ahli Sunnat va Jamoat mazhabida bo’lgan barcha avliyo va asfiyolar bir ovozdan u kishini murshid va shohi valoyat deb bilishadi. Alaviylar esa ham Alaviylarning, ham Ahli Sunnatning adovatiga loyiq bo’lgan Xorijiylarni va dinsizlarni tashlab, ahli haqqa qarshi dushman vaziyatini olmasliklari kerak. Hatto bir qism Alaviylar Ahli Sunnatning aksiga sunnatni tark qilishadi. Olimlarning orasida katta bahsga sabab bo’lgani uchun bu masalada ko’p gapirdik, mayli.

Ey ahli haq bo’lgan Ahli Sunnat va Jamoat! Va ey Oli Baytning muhabbatini maslak qilib olgan Alaviylar! Tezda bu ma'nosiz va haqiqatsiz, haqsiz, zararli nizoni orangizdan olib tashlanglar. Bo’lmasa hozir kuchli hukm qilayotgan dahriylik jarayoni biringizni boshqangizga qarshi qurol qilib ezishida foydalanadi. Mag’lub qilgandan so’ng, o’sha qurolni ham sindiradi. Siz ahli tavhid bo’lganingiz uchun, mobayningizda qardoshlikni va ittifoqni amr qilgan yuzlab asosli muqaddas rishtalar bor ekan, bo’linishga sabab bo’lgan ahamiyatsiz masalalarni tashlash juda lozimdir!

***

IKKINCHI MAQOM

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ

oyatining ikkinchi haqiqatiga doir bo’ladi.

{(*): Bu Ikkinchi Maqom "O’n Birinchi Yog’du" bo’lib ta'lif qilingandir.}

BESHINCHI YOG’DU

{(1): Hazrati Ustozimiz Yigirma To’qqizinchi Arabiy Yog’duning Oltinchi Bobining hoshiyasida bu ikki jumla haqida: "Bu ikki muborak kalomning martabalari ilmdan ziyoda fikr va zikr bo’lganidan, Arabcha zikr qilindi...", deya bayon qilganlar.

Badiuzzamonning Xizmatkorlari}

حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ

oyatining g’oyat muhim bir haqiqatini o’n besh martaba bilan bayon qiladigan bir risola bo’lar edi. Lekin haqiqat va ilmdan ziyoda zikr va tafakkur bilan munosabatdor bo’lganidan, hozircha qoldirildi. Garchi O’n Birinchi Yog’du bo’lgan "Mirqotu-s Sunnat va bid'at kasalligining dorisi" nomli g’oyat muhim bir risola Beshinchi Yog’du nomi bilan oldin yozilgan edi. Lekin o’sha risola o’n bir muhim nuktalarga bo’linganidan, O’n Birinchi Yog’duga kirdi. Beshinchi Yog’du bo’sh qoldi.

* * *

OLTINCHI YOG’DU

{(2): Hazrati Ustozimiz Yigirma To’qqizinchi Arabiy Yog’duning Oltinchi Bobining hoshiyasida bu ikki jumla haqida: "Bu ikki muborak kalomning martabalari ilmdan ziyoda fikr va zikr bo’lganidan, Arabcha zikr qilindi...", deya bayon qilganlar.

Badiuzzamonning Xizmatkorlari}

لَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ اِلَّا بِاللّٰهِ الْعَلِىِّ الْعَظ۪يمِ

jumlasi ifoda qilgan ko’p oyatlarning muhim haqiqatini yana o’n besh-yigirma fikrlash martabasi bilan bayon qiladigan bir risola bo’lar edi. Bu Yog’du ham, Beshinchi Yog’du kabi, o’zimda his qilgan va ruhiy harakatlarimda zikr va tafakkur bilan mushohada qilgan martabalar bo’lganidan, ilm va haqiqatdan ziyoda zavq va holga sabab bo’lish jihati bilan, haqiqat yog’dulari ichida emas, balki oxirlarida yozilishi munosib ko’rildi.

YETTINCHI YOG’DU

Fath surasining oxiridagi oyatning yetti xil g’aybiy xabariga doirdir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

لَقَدْ صَدَقَ اللّٰهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا بِالْحَقِّ لَتَدْخُلُنَّ الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ اِنْ شَٓاءَ اللّٰهُ اٰمِن۪ينَ مُحَلِّق۪ينَ رُؤُسَكُمْ وَ مُقَصِّر۪ينَ لَا تَخَافُونَ فَعَلِمَ مَا لَمْ تَعْلَمُوا فَجَعَلَ مِنْ دُونِ ذٰلِكَ فَتْحًا قَر۪يبًا ٭ هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَد۪ينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدّ۪ينِ كُلِّه۪ وَ كَفٰى بِاللّٰهِ شَه۪يدًا ٭ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ وَالَّذ۪ينَ مَعَهُٓ اَشِدَّٓاءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَٓاءُ بَيْنَهُمْ تَرٰيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللّٰهِ وَ رِضْوَانًا س۪يمَاهُمْ ف۪ى وُجُوهِهِمْ مِنْ اَثَرِ السُّجُودِ ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ وَ مَثَلُهُمْ فِى الْاِنْج۪يلِ كَزَرْعٍ اَخْرَجَ شَطْاَهُ فَاٰزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوٰى عَلٰى سُوقِه۪ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغ۪يظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ وَعَدَ اللّٰهُ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ مِنْهُمْ مَغْفِرَةً وَ اَجْرًا عَظ۪يمًا

Fath surasining bu uch oyatining i'jozli tomonlari ko’p. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning o’nta kulliy i'jozli tomonlaridan g’aybdan xabar jihati shu uchta oyatda yetti-sakkiz jihat bilan ko’rinadi.

Birinchisi:لَقَدْ صَدَقَ اللّٰهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا oxiriga qadar.. Makkaning fath bo’lishini sodir bo’lishidan oldin qat'iyat bilan xabar beradi. Ikki yildan so’ng xabar berganidek sodir bo’lgan.

Ikkinchisi:فَجَعَلَ مِنْ دُونِ ذٰلِكَ فَتْحًا قَر۪يبًا ifoda qiladiki: Hudaybiya sulhi garchi zohiran Islomga qarshi ko’ringan va Qurayshiylar bir daraja g’olib ko’ringani holda, ma'nan Hudaybiya sulhi ma'naviy buyuk bir fath hukmida bo’lib va boshqa fathlarning ham kaliti ekanini xabar beradi. Haqiqatdan,Hudaybiya sulhi bilan garchi moddiy qilich qiniga vaqtinchalik qo’yildi. Lekin Qur'oni Hakimning chaqmoq kabi olmos qilichi chiqdi, qalblarni, aqllarni fath qildi.Musolaha munosabati bilan bir-biri bilan qo’shilib ketdilar. Islomiyat go’zalligi, Qur'onning nurlari qavmlarning qaysarlik va mutaassiblik pardalarini yirtib, ta'sirini ko’rsatdi. Masalan: Bir harb dahosi hisoblangan Xolid Bin Valid va siyosat dahosi Amr Ibn-ul Os kabi mag’lubiyatni qabul qilmagan zotlar, Hudaybiya sulhi bilan jilvasini ko’rsatgan Qur'on qilichi ularni mag’lub qilib, Madina-i Munavvaraga mukammal itoat bilan Islomiyatga gardandoda-i taslim bo’lganlaridan so’ng, Hazrati Xolid bir "Sayfulloh" shakliga kirdi va Islomiy fathlarning qilichi bo’ldi.

Muhim bir savol: Faxr-ul Olamiyn va Habibi Rabb-ul Olamiyn Hazrati Rasuli Akram alayhissalotu vassalom Sahobalarining mushriklarga qarshi Uhudning oxirida va Hunaynning boshlanishida mag’lubiyatlarining hikmati nima?

Javob:Mushriklar ichida o’sha vaqtda Sahobalar qatorida bo’lgan eng buyuk Sahobalarga istiqbolda muqobil keladigan Hazrati Xolid kabi ko’p zotlar bo’lganlaridan, shonli va sharafli istiqbollari nuqtai nazaridan butunlay izzatlarini sindirmaslik uchun, Allohning hikmati kelajakdagi xayrli ishlarining oldindan berilgan mukofoti sifatida moziyda ularga bergan, butunlay izzatlarini sindirmagan. Demak, moziydagi Sahobalar istiqboldagi Sahobalarga qarshi mag’lub bo’lganlar. Toki o’sha istiqboldagi Sahobalar yarqiragan qilichlar qo’rquvi bilan emas, aksincha haqiqat yog’dusining rahbarligida Islomiyatga kirishsin va o’sha fitriy botirliklari ko’p kamsitilmasin.

Uchinchisi:لَا تَخَافُونَ jumlasi bilan xabar beradiki: "Sizlar to’liq bexatarlikda Ka'bani tavof qilasizlar." Holbuki Arabiston yarim orolidagi badaviy qavmlar, ko’pchiligi dushman bo’lish bilan birga, Makka atrofi va Quraysh qabilasining katta qismi dushman ekan, yaqin bir zamonda hech qo’rquv his qilmasdan Ka'bani tavof qilasizlar xabari bilan Arabiston yarim oroli itoat ostiga olinishiga va butun Quraysh Islomiyatni qabul qilishiga va umumiy xavfsizlik o’rnatilishiga dalolat qiladi va xabar beradi. Aynan xabar bergani kabi sodir bo’lgan.

To’rtinchisi:

هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَ د۪ينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدّ۪ينِ كُلِّه۪

To’liq qat'iylik bilan xabar beradiki: "Rasuli Akram alayhissalotu vassalom keltirgan dini umum dinlar ustida g’olib bo’ladi!" Holbuki o’sha zamonda yuzlab million tobelari bo’lgan Nasroniy va Yahudiy va Majusiy dinlari va Rim, Xitoy va Eron hukumati kabi yuzlab million fuqarolari bo’lgan yetakchi davlatlarning rasmiy dinlari ekan, o’zlarining kichik qabilalari ustidan to’liq g’alaba qilolmagan vaziyatdagi Muhammadi Arabiy alayhissalotu vassalom keltirgan din barcha dinlar ustidan g’olib va barcha davlatlarga muzaffar bo’lishlarini xabar beradi. Ham g’oyat yaqqol va qat'iylik bilan xabar beradi.Istiqbol o’sha g’aybiy xabarni sharqdagi Tinch Okeanidan g’arbdagi Atlantika Okeaniga qadar Islom qilichining yetib borishi bilan tasdiq qilgan.

Beshinchisi:

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ وَالَّذ۪ينَ مَعَهُٓ اَشِدَّٓاءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَٓاءُ بَيْنَهُمْ تَرٰيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا

oxiriga qadar... Bu oyatning boshi Sahobalarning payg’ambarlardan so’ng inson zoti ichida eng mumtoz ekanliklarilariga sabab bo’lgan oliy axloq va yuksak fazilatni xabar berib, ochiq-ravshan ma'nosi bilan Sahobalar sinflarining istiqbolda vasflangan boshqa-boshqa mumtoz xos sifatlarini ifoda qilish bilan birga, ishoriy ma'nosi bilan, ahli tahqiqga ko’ra, Payg’ambarimizning vafotidan so’ng o’rinlariga o’tadigan Xulafo-i Roshidiynga xalifalik tartibiga ishora qilib har birlarining eng mashhur ajratib turadigan mumtoz sifatlarini ham xabar beradi. Jumladan:

وَالَّذ۪ينَ مَعَهُ maxsus munosabat va xususiy suhbat bilan va eng avval vafot qilib yana doiralariga kirish bilan mashhur va mumtoz bo’lgan Hazrati Siddiqni ko’rsatgani kabi, اَشِدَّٓاءُ عَلَى الْكُفَّارِ bilan istiqbolda Yer kurrasining davlatlarini fathlari bilan titratadigan va adolati bilan zolimlarga momoqaldiroq kabi shiddat ko’rsatadigan Hazrati Umarni ko’rsatadi. Va

رُحَمَٓاءُ بَيْنَهُمْ bilan istiqbolda eng muhim fitnaning sodir bo’lishi tayyorlanar ekan, mukammal marhamat va shafqatlaridan musulmonlar ichida qon to’kilmasligi uchun ruhini fido qilib taslim bo’lib Qur'on o’qirkan mazlum holda shahid bo’lishni afzal ko’rgan Hazrati Usmonni ham xabar bergani kabi, تَرٰيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللّٰهِ وَ رِضْوَانًا saltanat va xalifalikka tom ma'noda loyiqlik va qahramonlik bilan kirganlari holda va komil taqvodorlik va ibodat va faqirlik va tejamkorlikni ixtiyor qilgan va ruku' va sajdada bardavomligi va ko’pligini barcha tasdiqlangan Hazrati Alining (RA) istiqboldagi vaziyatini va fitnalar ichidagi urushlarga javobgar emasligini, niyat va tilaklari Allohning lutfi ekanini xabar beradi.

Oltinchisi:ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ jumlasi ikki jihatdan g’aybiy xabar beradi.

Birinchisi: Hazrati Payg’ambar alayhissalotu vassalom kabi o’qib-yozishni bilmaydigan bir zotga nisbatan g’ayb hukmida bo’lgan Tavrotdagi Sahobalarning vasflarini xabar beradi. Darhaqiqat, Tavrotda - "O’n To’qqizinchi Maktub"da bayon qilingani kabi - oxirzamonda keladigan Payg’ambarning Sahobalari haqida Tavrotda bu jumla bor: "Qudsiylarning bayroqlari o’zlari bilan birgadir." Ya'ni, U kishining Sahobalari Allohga toat va ibodat qiladigan hamda solih va valiy zotlar bo’lib, u vafslarni "qudsiylar" ya'ni "muqaddas" ta'biri bilan ifoda qilgan. Tavrotning juda ko’p boshqa-boshqa tillarga tarjima qilinishi vositasi bilan shu qadar o’zgartirishlar bo’lgani holda, ushbu Fath surasining مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ hukmini bir necha oyatlari bilan tasdiq qiladi.

Ikkinchi g’aybiy xabarda, مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ jumlasi bilan aytadiki: "Sahobalar va Tobe'iynlar ibodatda shunday bir darajaga kelishganki, ruhlaridagi nuroniyat yuzlarida porlagan va siymolarida sajdalarning ko’pligidan hosil bo’lgan peshanalarida valiylik xotami navidan sikkalar ko’rinadi." Istiqbol buni yaqqol va qat'iyan va porloq suratda isbot qildi. Darhaqiqat, shu qadar ayanchli fitnalar va siyosat to’polonlari ichida, bir kecha-kunduzda Zaynalobidin kabi ming rakat namoz o’qigan va Tovusi Yamaniy kabi qirq yil xufton namozining tahorati bilan bomdod namozini ado qilgan juda muhim ko’plab zotlar مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ sirrini ko’rsatishgan.

Yettinchisi:

وَ مَثَلُهُمْ فِى الْاِنْج۪يلِ كَزَرْعٍ اَخْرَجَ شَطْاَهُ فَاٰزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوٰى عَلٰى سُوقِه۪ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغ۪يظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ

jumlasi ikki jihatdan g’aybiy xabardir.

Birinchisi:O’qib-yozishni bilmaydigan payg’ambarga nisbatan g’ayb hukmida bo’lgan Injilning Sahobalar haqidagi xabarini darak beradi. Darhaqiqat, Injilda oxirzamonda keladigan Payg’ambarning (ASV) vasflarida مَعَهُ قَض۪يبٌ مِنْ حَد۪يدٍ وَاُمَّتُهُ كَذٰلِكَ kabi oyatlar bor. Ya'ni: Hazrati Iso (AS) kabi qilichsiz emas, aksincha qilich sohibi bir payg’ambar keladi, jihodga vazifador bo’ladi va uning Sahobalari ham qilichli va jihodga vazifador bo’ladilar. U po’lat qilich sohibi Olamning Raisi bo’ladi. Chunki Injilning bir yerida aytadi: "Men ketyapman, toki Olamning Raisi kelsin." Ya'ni, Olamning Raisi kelyapti. Demak, Injilning bu ikki jumlasidan tushunish mumkinki: Sahobalar garchi boshlanishda oz va zaif ko’rinsalarda, urug’lar kabi unib-o’sib, yuksalib, mustahkamlanib, quvvat qozonib, kofirlarning qahrlarini o’zlariga yuttirib bo’g’adigan vaqtda, qilichlari bilan inson zotini o’zlariga bo’ysundirib, raislari bo’lgan Payg’ambarning (ASV) esa, olamga rais ekanini isbot qiladilar. Bu esa aynan ushbu Fath surasi oyatining mazmunini ifoda qiladi.

Ikkinchi jihat:Bu jumla xabar beradiki: Sahobalar ozligidan va zaifligidan Hudaybiya sulhini qabul qilishgan. Albatta va albatta oz vaqtdan so’ng tezlik bilan shunday inkishof va hashamat va kuchga ega bo’lishadiki, yer yuzi ekinzorida dasti qudrat bilan ekilgan bashariyatning o’sha davrda g’aflati tufayli qisqa, kuchsiz, nuqsonli, barakasiz nihollariga nisbatan g’oyat yuksak va kuchli va mevador va barakali suratda ko’payadilar va kuch qozonadilar va muhtasham hukumatlarni ichqoralik, hasad va qizg’anishdan kelgan qahr ichida qoldiradilar. Ha, istiqbol bu g’aybiy xabarni juda porloq suratda ko’rsatdi. Bu xabarda yashirin yana bir ishora bor: Sahobani muhim xislatlar bilan maqtar ekan, eng katta mukofotning va'dasi maqom jihatidan lozim kelgani holda, مَغْفِرَةً kalimasi bilan ishora qiladiki: Istiqbolda Sahobalar ichida fitnalar bilan jiddiy xatolar bo’ladi.

Chunki mag’firat xatoning sodir bo’lishiga dalolat qiladi. Va o’sha zamonda Sahobalar nazarida eng muhim istak va eng yuksak ehson, "mag’firat" bo’ladi va eng buyuk mukofot esa, afv bilan jazolamaslikdir. مَغْفِرَةً kalimasi bu latif ishorani ko’rsatgani kabi, suraning boshidagi لِيَغْفِرَلَكَ اللّٰهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِكَ وَمَا تَاَخَّرَ jumlasi bilan ham munosabatdordir. Suraning boshi haqiqiy gunohlardan mag’firat emas, chunki ma'sumlik bor, gunoh yo’q. Aksincha nubuvvat maqomiga loyiq ma'no bilan Payg’ambarga mag’firat xushxabari va oxirida sahobalarga mag’firat bilan xushxabar berish bilan, o’sha ishoraga yana bir latofat qo’shadi.

Fath surasining oxirgi mazkur uch oyatida o’nta i'jozli tomonlaridan faqat g’aybiy xabarining ko’p jihatlaridan faqat yettita jihatini bahs qildik. Juz'i ixtiyoriy va qadarga doir "Yigirma Oltinchi So’z"ning oxirida ushbu oxirgi oyat harflaridagi muhim bir i'joz yog’dusiga ishora qilingan. Bu oxirgi oyat jumlalari bilan Sahobaga qaragani kabi, qaydlari bilan ham yana Sahobalarning holatlariga qaraydi. Va lafzlari bilan Sahobaning vasflarini ifoda qilganlari kabi, harflari bilan va oyatdagi harflarning takrorlanish soni bilan Asxobi Badr, Uhud, Hunayn, Suffa, Rizvon bo’lgan sahobalarning mashhur tabaqalaridagi zotlarga ishora qilganlari kabi, jifr ilmining bir navi va bir kaliti bo’lgan tavofuq jihatidan va abjad hisobi bilan bundanda ko’p sirlarni ifoda qiladi.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

Fath surasining oxiridagi oyatning ishoriy ma'nosi bilan bergan g’aybiy xabar munosabati bilan quyidagi oyatda ayni xabar, ayni ishoriy ma'no bilan bergan munosabat bilan bir oz undan bahs qilinadi.

TATIMMA

وَلَهَدَيْنَاهُمْ صِرَاطًا مُسْتَق۪يمًا ٭ وَمَنْ يُطِعِ اللّٰهَ وَ الرَّسُولَ فَاُولٰٓئِكَ مَعَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمَ اللّٰهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيّ۪نَ وَ الصِّدّ۪يق۪ينَ وَ الشُّهَدَٓاءِ وَ الصَّالِح۪ينَ وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا

Bu oyatning bayonida minglab nuktalaridan "Ikki nukta"ga ishora qilamiz.

Birinchi nukta:Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon mafhumlari bilan, ochiq-ravshan ma'nosi bilan haqiqatlarni ifoda qilgani kabi, uslublari bilan, qismlari bilan ko’plab ishoriy ma'nolarni ham ifoda qiladi. Har bir oyatning ko'p ma'no tabaqalari bor. Qur'on "Hamma narsani qamragan ilm"dan kelgani uchun, butun ma'nolari murod bo’lishi mumkin. Insonning cheklangan fikri va shaxsiy irodasi bilan bo’lgan kalomlar kabi bir-ikki ma'no bilan chegaralanmaydi.

Ushbu sirga binoan, Qur'on oyatlarining mufassirlar tomonidan hadsiz haqiqatlari bayon qilingan. Mufassirlar bayon qilmagan yana ko’p haqiqatlari bor. Xususan, harflarida va ochiq-ravshan ma'nosidan tashqari, ishoralarida ko'p muhim ilmlar bor.

Ikkinchi nukta:Xullas, bu oyati karima

مِنَ النَّبِيّ۪نَ وَ الصِّدّ۪يق۪ينَ وَ الشُّهَدَٓاءِ وَ الصَّالِح۪ينَ وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا

ta'biri bilan siroti mustaqimning ahli va haqiqiy Ilohiy ne'matlarga sazovor bashariyatdagi payg’ambarlar toifasi va siddiqlar guruhi va shahidlar jamoati va solihlar sinflarining va tobe'iyn tabaqalarining borligini ifoda qilish bilan birga, Islomiyat olamida bu besh qismning eng mukammalini ajratib ko’rsatgandan so’ng, ularning imomlari va boshdagi raislarini mashhur sifatlari bilan zikr qilib, ularga dalolat qilib ifoda qilgani kabi, g’aybiy xabar navidan bir i'joz yog’dusi bilan o’sha toifalarning istiqboldagi raislarining holatlarini bir tomondan ta'yin qiladi. مِنَ النَّبِيّ۪نَ jumlasi ochiq-ravshan Hazrati Payg’ambar alayhissalotu vassalomga qaraydi. وَالصِّدّ۪يق۪ينَ qismi Abu Bakr-is Siddiqqa qaraydi va Payg’ambar alayhissalotu vassalomdan so’ng ikkinchi bo’lishlariga va eng avval o’rinlariga o’tishlariga va "Siddiq" ismi ummat tomonidan u kishiga maxsus unvon va siddiqlarlarning boshida bo’lishlariga ishora qilgani kabi, وَالشُّهَدَٓاءِ kalimasi bilan Hazrati Umar, Hazrati Usmon, Hazrati Ali rizvanullohu alayhim ajma'iynning uchovlarini birga ifoda qiladi. Ham uchovlari Siddiqdan so’ng nubuvvatning xalifaligiga sazovor bo’lishlarini va uchovlari ham shahid bo’lishlarini, ham shahidlik fazilati boshqa fazilatlariga qo’shilishini ishora qiladi va g’aybiy bir suratda ifodalaydi. وَالصَّالِح۪ينَ kalimasi bilan Asxobi Suffa, Badr, Rizvon kabi mumtoz zotlarga ishora qilib

وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا

jumlasi bilan ochiq ma'nosi bilan ularga ergashishga tashviq va Tobe'iynlardagi ergashishlikni juda sharafli va go’zal ko’rsatib, ishoriy ma'nosi bilan ilk to’rt xalifaning beshinchisi bo’lib va اِنَّ الْخِلَافَةَ بَعْد۪ى ثَلَاثُونَ سَنَةً hadisi sharifning hukmini tasdiqlagan xalifalik muddati ozligi bilan birga qiymatini buyuk ko’rsatish uchun o’sha ishoriy ma'no bilan Hazrati Hasan roziyallohu anhni ko’rsatadi.

Hosili kalom: Fath surasining oxirgi oyati ilk to’rtta xalifaga qaragani kabi, bu oyat ham quvvatlantirib, g’aybiy xabar navidan ularning istiqboldagi vaziyatlariga qisman ishora surati bilan qaraydi. Xullas, Qur'onning i'jozli tomonlaridan bo’lgan g’aybiy xabar navining i'joz yog’dulari Qur'on oyatlarida shu qadar ko’pki, sanab adog’iga yetib bo’lmaydi. Ahli zohirning qirq-ellik oyat deb qisqartirishlari, zohiriy nazar bilandir. Haqiqatda esa mingdan o’tadi. Ba'zan bir oyatda to’rt-besh jihat bilan g’aybiy xabar topiladi.

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

***

BU TATIMMAGA IKKINCHI IZOH

{(*): Qardoshlarim har ikkalasini foydali deb bilganlaridan, ikki izohni barobar qayd qilganlar. Bo’lmasa bittasi yetarli edi.}

Shu Fath surasi oxirining g’aybiy ishorasini tasdiqlagan, ham Fotiha-i Sharifadagi siroti mustaqim ahli va صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ oyatidan murod kimlar ekanini bayon qilgan, ham abadiyatning juda uzun yo’lida eng nuroniy, qadrdon, ko’p sonli, jozibador do’stlar jamoatini ko’rsatgan va ahli iymon va asxobi shuurni shiddat bilan o’sha jamoatga ergashishlik nuqtasida qo’shilmoq va hamrohlikka mo’'jizali shaklda chorlagan shu oyat

فَاُولٰٓئِكَ مَعَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمَ اللّٰهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيّ۪نَ وَ الصِّدّ۪يق۪ينَ وَ الشُّهَدَٓاءِ وَ الصَّالِح۪ينَ وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا

yana Fath surasi oxirining oxirgi oyati kabi Ilmi Balog'atda "ma'ariz-ul kalom"

va "mustatba'ot-ut tarokib" ta'bir qilingan qasd qilingan ma'nodan boshqa ishoriy va ramziy ma'nolar bilan ilk to’rtta xalifa va beshinchi xalifa bo’lgan Hazrati Hasanga (RA) ishora qiladi. G’aybiy ishlardan bir necha jihatdan xabar beradi. Jumladan:

Qandayki, shu oyat ochiq ma'nosi bilan inson zotida Janobi Haqning oliy ne'matlariga sazovor bo’lgan ahli siroti mustaqim bo’lgan payg’ambarlar jamoati va siddiqlar toifasi va shahidlar jamoati va solihlar va tobe'iynlar sinfi "muhsinlar" bo’lganini ifoda qilgani kabi, Islom olamida ham o’sha toifalarning eng akmali va eng afzali bo’lganini va Oxirzamon Payg’ambarining nubuvvat vorisligi sirridan silsila bo’lib kelgan payg’ambarlar vorislari toifasi va Siddiqi Akbarning siddiqlik ma'danidan silsila bo’lib kelgan siddiqlar jamoati va uchta xalifaning shahidlik martabalari bilan bog’liq bo’lgan shahidlar guruhi, وَ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ sirri bilan bog’langan solihlar jamoati va اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ sirriga ergashgan va Sahobalarning va Xulafo-i Roshidiynning hamrohligida ketgan tobe'iynlar sinfini g’aybiy xabar navidan ko’rsatgani kabi, وَالصِّدّ۪يق۪ينَ kalimasi bilan ishoriy ma'no jihatida Rasuli Akram alayhissalotu vassalomdan so’ngra maqomiga o’tadigan va xalifasi bo’ladigan va ummat tomonidan "Siddiq" unvoni bilan shuhrat topadigan va "siddiqlar" jamoatining raisi bo’ladigan Hazrati Abu Bakr-is Siddiqni xabar beradi. وَالشُّهَدَٓاءِ kalimasi bilan Xulafo-i Roshidiyndan uchovlarining shahidliklarini xabar beradi va Siddiqdan so’ngra uchta shahid xalifa bo’ladilar. Chunki "shahidlar" ko’plikdir. Ko’plikning eng kami uchdir. Demak Hazrati Umar, Hazrati Usmon, Hazrati Ali (roziyallohu anhum) Siddiqdan so’ngra xalifalik boshqaruviga o’tadilar va shahid bo’ladilar. Ayni g’aybiy xabar sodir bo’lgandir. Yana, وَالصَّالِح۪ينَ qaydi bilan ahli Suffa kabi toat va ibodatda Tavrotning sanosiga sazovor bo’lgan solih va taqvodor va ibodat qiladiganlar istiqbolda ko’plab bo’lishini xabar berish bilan birga, وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا jumlasi Sahobaga

ilm va amalda hamrohlik qilgan va ergashgan Tobe'iynlarning ergashishlarini manzur ko’rish bilan, abad yo’lida o’sha to’rtta jamoatning hamrohliklarini chiroyli va go’zal ko’rsatmoq bilan barobar, Hazrati Hasanning (RA) bir necha oy kabi qisqacha xalifalik muddati garchi oz edi. Faqat اِنَّ الْخِلَافَةَ بَعْد۪ى ثَلَاثُونَ سَنَةً hukmi bilan va u Payg’ambarimizning (ASV) g’aybdan xabar berishlarining tasdig’i bilan va اِنَّ ابْن۪ى حَسَنٌ هٰذَا سَيِّدٌ سَيُصْلِحُ اللّٰهُ بِه۪ بَيْنَ فِئَتَيْنِ عَظ۪يمَتَيْنِ hadisidagi mo’'jizali shaklda Payg’ambarimizning (ASV) g’aybdan xabar berishlarini tasdiq qilgan, va ikkita buyuk qo’shin, ikkita musulmonlarning ulkan jamoatining musolahasini ta'min qilgan va nizoni o’rtalaridan ko’targan Hazrati Hasanning (RA) qisqacha xalifalik muddatini ahamiyatli ko’rsatib, to’rtta xalifaga beshinchi xalifa qilib ko’rsatish uchun, g’aybiy xabar navidan ishoriy ma'nosi bilan va وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا kalimasida beshinchi xalifaning ismiga Ilmi Balog'atda "mustatba'ot-ut tarokib" ta'bir qilingan bir sir bilan ishora qiladi.

Xullas, mazkur ishoriy xabarlar kabi yana ko’p sirlar bor. Mavzumizga mos kelmagani uchun hozircha eshik ochilmadi. Qur'oni Hakimning ko’p oyatlari borki, har bir oyat ko’p jihatlar bilan g’aybiy xabar navidandir. Bu navda Qur'onning minglab g’aybiy xabarlari bor.

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

XOTIMA

Qur'oni Hakimning tavofuq jihatidan ko’ringan i'joziy nuktalaridan bir nuktasi shudirki: Qur'oni Hakimda Ismi Alloh, Rahmon, Rahim, Rab va Ismi Jalol o’rnidagi Huvaning yig’indisi to’rt ming ortiqchasi bilan bo'ladi. بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ (Abjad hisobining ikkinchi navi, hijo harflari tartibi bilan bo’ladi) u ham to’rt ming ortiqchasi bilan bo’ladi. Katta sonlarda kichik bo’laklar tavofuqni buzmagani uchun, kichik bo’laklar nazarga olinmadi. Ham الٓمٓ ni ichiga olgan ikki vovi atif bilan barobar ikki yuz sakson ortiqchasi bilan bo’ladi. Aynan Baqara surasining ikki yuz sakson ortiqchasi bilan Ismi Jaloliga va ikki yuz sakson ortiqchasi bilan oyatlarning soniga tavofuq qilish bilan barobar, Abjadning hijoiy tarzidagi ikkinchi hisobi bilan, to’rt ming ortiqchasi bilan bo’ladi. U ham yuqorida zikri o’tgan besh mashhur ismlarning soniga tavofuq qilish bilan barobar بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ning bo’laklari nazarga olinmaydi, soniga tavofuq qiladi. Demak, bu tavofuq sirriga binoan الٓمٓ ham musammosini ichiga olgan ismdir, ham Al-Baqaraga ism, ham Qur'onga ism, ham ikkisiga muxtasar bir mundarija, ham ikkisining namunasi, xulosasi va urug’i, ham بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ning qisqachasidir. Abjadning mashhur hisobi bilan بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ Ismi Rab soniga teng bo’lish bilan birga, الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ dagi mushaddad (ر) ikki (ر) sanalsa, o’sha vaqt to’qqiz yuz to’qson bo’lib, juda ko’p muhim sirlarga mador bo’lib, o’n to’qqiz harfi bilan o’n to’qqiz ming olamning kalitidir.

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonda Lafza-i Jalolning latif tavofuqidan, butun Qur'onda sahifaning oxirgi qatorining yuqori qismida saksonta Lafza-i Jalol bir-biriga tavofuq bilan qaragani kabi, pastdagi qismida ham aynan saksonta Lafza-i Jalol bir-biriga tavofuq bilan qaraydi. Aynan o’sha oxirgi qatorning o’rtasida yana ellik beshta Lafza-i Jalol bir-biri ustiga tushib birlashib go’yo ellik beshta Lafza-i Jaloldan tarkib topgan bitta Lafza-i Jaloldir. Oxirgi qatorning boshida yolg’iz va ba'zi uchta harfli qisqa bir kalima oraliq bilan yigirma beshta to’liq tavofuq bilan o’rtadagi ellik beshta to’liq tavofuqqa qo’shilganda saksonta tavofuq bo’lib, o’sha satrning birinchi yarmidagi saksonta tavofuqqa va ikkinchi yarmidagi yana saksonta tavofuqqa tavofuq qiladi. Ajabo, bunday latif, zarif, muntazam, mavzun, mo’'jizali bu tavofuqlar nuktasiz, hikmatsiz bo’ladimi? Aslo, bo’lolmaydi. Aksincha u tavofuqlarning uchi bilan muhim bir xazina ochilishi mumkin.

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

Said Nursiy

* * *

SAKKIZINCHI YOG'DU

Karomati G’avsiya Risolasidir. Sikka-i Tasdiqi G’aybiy majmuasida va qo'l yozma Yog'dular majmuasida nashr qilingan.

* * *

TO’QQIZINCHI YOG'DU

Qo'l yozma Yog'dular majmuasida nashr qilingan.

O’NINCHI YOG’DU

Shafqat ta'zirlari risolasi

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُحْضَرًا وَمَا عَمِلَتْ مِنْ سُٓوءٍ تَوَدُّ لَوْ اَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُٓ اَمَدًا بَع۪يدًا وَيُحَذِّرُكُمُ اللّٰهُ نَفْسَهُ وَاللّٰهُ رَؤُفٌ بِالْعِبَادِ

oyatining bir sirrini Qur'on xizmatida bo’lgan qardoshlarimning bashariyat taqozosi sifatida xato va kamchiliklari natijasida yegan shafqat ta'zirlarini bayon qilish bilan tafsir qiladi. Qur'on xizmatining karomat silsilasi va o’sha muqaddas xizmatning atrofida Allohning izni bilan nazorat qilayotgan hamda himmat va duolari bilan yordam berayotgan G’avsi A'zamning bir navi karomatlari bayon qilinadi. Toki bu muqaddas xizmatda bo’lganlar jiddiyliklarida, xizmatlarida sabot ko’rsatsinlar.

Bu muqaddas xizmatning karomati uch turdir:

Birinchi turi:Bu xizmatga tayyorgarlik ko’rish va xodimlarini shu xizmatga tashviq qilish uchun.

Ikkinchi tur:Monelarni bartaraf qilish va zararkunandalarning yomonliklarini daf qilib, ularni jazolash uchun. Bu ikkinchi qismning hodisalari ko’p, ham juda uzundir. {(*): Masalan: Xalq partiyasi Nur talabalariga bergan azob va aziyat va xiyonatlari evaziga, shu dunyoning o’zida jazosini keragidan ortiq oldilar, aynisini ko’rdilar.} Boshqa vaqtga qoldirib, eng yengil bo’lgan uchinchi qismdan bahs yuritamiz.

Uchinchi qism shuki:Xizmatda samimiy xizmat qilganlarga sustlik kelgan vaqtda, shafqatli bir ta'zir yeydilar, o’zlariga kelib yana o’sha xizmatga kirishadilar. Bu qismning hodisalari yuzdan ortiqdir. Faqat yigirma hodisadan o’n uch-o’n to’rttasi shafqatli ta'zir yeyishgan, olti-yettitasi quvilish ta'zirini yeganlar.

Birinchisi:Bu bechora Saiddir. Qachonki xizmatda sustlik qilib, "nima keragi bor" deb xususiy, o’zimga oid ishlar bilan mashg’ul bo’lgan paytim ta'zir yeganman. Tark qilganim uchun ta'zir yeganimni anglab yetdim. Chunki qaysi maqsadim meni aldanishga yo’llagan bo’lsa, o’shaning aksi bilan ta'zir yerdim. Boshqa xolis qardoshlarimning ham yegan shafqat ta'zirlariga diqqat qilsak, men kabi qaysi maqsad uchun tark qilgan bo’lsalar, o’sha maqsadning aksi bilan shafqat ta'zirlarini yeganlaridan, o’sha hodisalar Qur'on xizmatining karomatidan ekanini tushunib yetdik.

Masalan: Bu bechora Said, Vanda Qur'on haqiqatlarining darsi bilan mashg’ul bo’lgan vaqtlarimda Shayx Said hodisalari zamonida vasvasali hukumat hech bir jihatdan menga tegmadi va tegina olmadi. "Menga nima" deb, o’zimni o'ylab, oxiratimni qutqarish uchun Erek Tog’ida xaroba g’orga o’xshagan yerga chekinganimda, sababsiz meni oldilar, surgun qildilar. Burdurga keltirildim. U yerda yana Qur'on xizmatida mashg’ul bo’lgan vaqtlarimda, - o’sha vaqt surgunlarga ko’p diqqat qilinar edi, har oqshom politsiya idorasiga borishga majbur bo’lganlari holda - men va xolis talabalarim mustasno qoldik. Men biron marta ham politsiya idorasiga bormadim, hukumatga bo’ysunmadim. U joyning hokimi kelgan Favzi Poshshoga shikoyat qilgan. Favzi Poshsho: "Unga teginmanglar, hurmat qilinglar!" degan. Bu so’zni unga ayttirgan, Qur'on xizmatining qudsiyatidir. O’zimni qutqarish, faqat oxiratimni o’ylash fikri meni mag’lub qilgan vaqtda Qur'on xizmatida vaqtinchalik sustlik keldi va maqsadimning aksi bilan ta'zir yedim. Ya'ni, bir surgun yeridan boshqasiga (Ispartaga) yuborildim. Ispartada yana xizmat boshiga o’tdim. Yigirma kun o’tgandan so’ng ba'zi qo’rqoq insonlarning gapi bilan: "Shubhasiz bu vaziyatni hukumat yoqtirmaydi, bir oz ehtiyotkorlik bilan ish tutsangiz, yaxshiroq bo’ladi", dedilar. Menda takror faqat o’zimni o’ylash fikri quvvat topdi. "Mayli, hech kim kelmasin", dedim. Yana u yerdan uchinchi surgun, Barlaga jo’natildim. Qachon Barlada menga sustlik kelgan bo’lsa, faqat o’zimni o’ylash fikri quvvat topgan bo’lsa, bu ahli dunyoning ilonlaridan, munofiqlaridan biri menga yopishar edi. Sakkiz yilda sakson hodisani, o’z boshimdan o’tgani uchun, hikoya qilishim mumkin, lekin zeriktirmaslik uchun tugataman.

Ey qardoshlarim! Boshimga kelgan shafqat ta'zirlarini aytib berdim. Sizlarning ham boshingizga kelgan shafqat ta'zirlarini, izn bersangiz va kechirsangiz, bayon qilaman. Xafa bo’lmanglar. Xafa bo’ladigan bo’lsa, ismini zikr qilmayman.

Ikkinchisi:Tug’ishgan ukam va eng birinchi va yuksak va fidokor talabam Abdulmajidning Vanda ajoyib bir uyi bor edi. Ishlari joyida, ham muallim edi. Qur'on xizmatining ahamiyatli yeri bo'lgan chegara hududiga borishim uchun orzuimning xilofiga tashabbus qilganlarga, ijtihodi bo’yicha go’yo manfaatim uchun ishtirok qilmadi, ra'y bermadi. Go’yo men chegara hududiga borsam, ham Qur'on xizmati siyosatsiz, sof bo’lmas, ham uni Vandan chiqarishar edi deb ishtirok etmadi. Maqsadining aksiga shafqatli bir ta'zir yedi. Ham Vandan, ham o’sha ajoyib uyidan, ham vatanidan ayrildi. Erganiga borishga majbur bo’ldi.

Uchinchisi:Qur'on xizmatining juda muhim bir a'zosi bo’lgan Xulusiy Bey Eg’irdirdan vataniga qaytganida, dunyoviy saodatni to’liq zavq qildiradigan va ta'minlaydigan sabablar bo’lgani uchun, bir daraja yolg’iz uxraviy bo'lgan Qur'on xizmatida sustlikka yo’l ochadigan sabablar paydo bo’ldi. Chunki ham ko’pdan beri ko’rmagan ota va onasi bilan ko’rishdi, ham vataniga qaytdi, ham shuhratli, martabali suratda ketgani uchun dunyo unga kuldi, go’zal bo’lib ko’rindi. Holbuki Qur'on xizmatida bo’lgan kishiga yo dunyo undan ranjishi kerak, yoki u dunyodan ranjishi kerak. Toki ixlos bilan, jiddiyat bilan Qur'on xizmatida bo’lsin.

Xullas, Xulusiyning qalbi garchi matonatli edi. Faqat bu vaziyat uni sustlikka yo’llagani uchun shafqatli ta'zir yedi. Bir-ikki yil to’liq ba'zi munofiqlar unga yopishdilar. Dunyoning lazzatini ham qochirdilar. Ham dunyoni undan, uni dunyodan nafratlantirdilar. O’shanda ma'naviy vazifasidagi jiddiylikka to’liq ma'noda yopishdi.

To’rtinchisi:Muhojir Hofiz Ahmaddir. O’zi shunday deydi: "Ha, men e'tirof qilaman: Qur'on xizmatida oxiratim nuqtai nazaridan mulohazamda xato qildim. Xizmatga sustlik beradigan orzuda bo’ldim. Shafqatli, faqat shiddatli va kafforat bo’ladigan ta'zir yedim. Jumladan: Ustozim yangi ijodlarga {(*) Ya'ni: Turkcha azon kabi, Islomiy an'analarga zid bo’lgan bid'atlardir.} tarafdor bo’lmaganlari uchun, mening masjidim u kishining uylari bilan qo’shni, uch shuhuri salosa kelayotgan edi, masjidimni tark qilsam, ham men ko’p savob yo’qotaman, ham mahalla namozsizlikka ko’nikadi. Yangi shartlarni bajarmasam, man qilinaman. Xullas, bu tushunchaga ko’ra, ruhim qadar sevganim Ustozimning vaqtinchalik boshqa bir qishloqqa ketishlarini orzu qildim. Bilmadimki, u kishi joylarini o’zgartirsalar, boshqa bir qishloqqa ketsalar, Qur'on xizmatiga vaqtinchalik sustlik keladi. Aynan o’sha vaqt men ta'zir yedim. Shafqatli, lekin shunday dahshatli bir ta'zir yedimki, uch oydir hali ham o’zimga kela olmayapman. Lekin, Allohga hamd bo’lsinki, Ustozimning qat'iy xabarlari bilan, u kishiga eslatilganki, o’sha musibatning har daqiqasi bir kun ibodat hukmida bo’lishini rahmati Ilohiyadan umidvor bo’lishimiz mumkin. Chunki o’sha xato bir g’arazga binoan emas edi. Faqat oxiratimni o’ylash nuqtasida o’sha orzu keldi."

Beshinchisi:Haqqi Afandidir. Hozir bu yerda bo’lmagani uchun, Xulusiy o'rniga aytib berganimdek, uning o'rniga ham aytamanki: Haqqi Afandi talabalik vazifasini haqqi bilan ado qilarkan, bir axloqsiz tuman raisi keldi. Ham Ustoziga, hamda o’ziga zarar kelmasligi uchun, yozganlarini yashirdi. Vaqtinchalik Risola-i Nur xizmatini tark qildi. Birdan bir shafqat ta'ziri ma'nosida unga qarshi ming lirani berishga majbur bo’ladigan da'vo ochildi. Bir yil o’sha tahlika ostida qoldi. Oxiri keldi, bu yerda ko’rishdik, qaytganida Qur'on xizmatiga talabalik vazifasiga kirishdi. Shafqat ta'zirining hukmi bekor bo’ldi, oqlandi. So’ngra Qur'onni yangi tarzda {(Hoshiya) Tavofuq mo’'jizasini ko’rsatadigan bir suratda deganidir.} yozish xususida talabalarga bir vazifa chiqdi. Haqqi Afandiga ham hissa berildi. Haqiqatdan, u hissasiga sohib chiqdi. Bir juzni chiroyli yozdi, faqat tirikchilik dardi zarurati bilan o’zini majbur bilib yashirincha mahkama kotibligiga ishga joylashdi. Birdan yana bir shafqat ta'ziri yedi. Qalamni tutadigan barmog’i vaqtinchalik shikastlandi. "Bu barmoq bilan ham mahkama kotibligini qilish, ham Qur'onni yozish bo’lmaydi" deya, ma'no tili bilan eslatildi. mahkama kotibligiga ishga joylashganini bilmaganimiz uchun, barmog’iga hayratlanayotgan edik. Keyin ma'lum bo’ldiki: Muqaddas, sof Qur'on xizmati g’oyat toza, o’ziga maxsus barmoqlarni boshqa ishga qo’shishni istamaydi. Nima bo’lganda ham... Xulusiy Beyni o’zim kabi bildim, uning o’rniga gapirdim. Haqqi Afandi ham aynan u kabidir. Agar mening aytib berganimga rozi bo’lmasa, o'z ta'zirini o’zi yozsin.

Oltinchisi:Bekir Afandidir. Hozir bu yerda bo’lmagani uchun, men ukam Abdulmajid o'rniga aytib berganimdek, uning ishonch va sadoqatiga ishonganim va Shomli Hofiz va Sulaymon Afandi kabi barcha yaqin do’stlarimning fıkrlariga (bilganlariga) tayangan holda aytamanki: Bekir Afandi O’ninchi So’zni bostirib chiqardi. "I'jozi Qur'on"ga doir "Yigirma Beshinchi So’z"ni yangi harflar chiqmasdan bostirib chiqarish uchun unga yubordik. O’ninchi So’zning nashr xarajatini yuborganimiz kabi, uni ham yuboramiz deya yozdik. Bekir Afandi mening faqir holimni o’ylab, nashr xarajati to’rt yuz lira bo’lganini mulohaza qilib va o’z cho’ntagidan bersa, "balki Ustoz rozi bo’lmasalar kerak", deb nafsi uni aldadi. Nashr qilinmadi. Qur'on xizmatiga jiddiy zarar bo’ldi. Ikki oy so’ngra to’qqiz yuz lira o’g’rilarning qo’liga o’tdi. Shafqatli va shiddatli bir ta'zir yedi. Inshoalloh yo’qolgan to’qqiz yuz lira sadaqa hukmiga o’tdi.

Yettinchisi:Shomli Hofiz Tavfiqdir. O’zi shunday deydi: Darhaqiqat, e'tirof qilamanki, men bilmasdan, xato o’ylab, Qur'on xizmatida sustlik beradigan harakatlarim sababli ikkita shafqatli ta'zir yedim. Shubham qolmadiki, bu ta'zir o’sha tomondan keldi.

Birinchisi: Lillahilhamd, mening arabcha xatim Qur'onga bir daraja uyg’un tarzda ehson qilingan edi. Ustozim eng avval uchta juzni menga yozdirish bilan boshqa birodarlarimga taqsim qildilar. Qur'on yozish ishtiyoqi risolalarning oqlamaga ko’chirish va ilk nusxani yozishdagi xizmatimga orzuimni sindirdi. Ham arabcha yozishni bilmaydigan boshqa birodarlarimdan o’zaman deya takabburona bir holatda bo’ldim. Hatto Ustozim yozuvga oid bir tadbir menga aytgan vaqtlari: "Bu ish menga oiddir", dedim. Va yana mag’rurona: "Men buni bilaman, dars olishga ehtiyojim yo’q", dedim. Xullas, shu xatomga ko’ra hayratomuz hech xotirga kelmagan bir ta'zir yedim. Eng sust arabcha yozuvi bo’lgan birodarimga (Xusravga) yetisholmadim. Bizlar hammamiz hayratlandik. Hozir angladikki, u bir ta'zirdir.

Ikkinchisi: E'tirof qilamanki: Qur'on xizmatidagi mukammal ixlos va yolg’iz Alloh uchun xizmatimga ikki vaziyatim zarar berayotgan edi. Shiddatli bir ta'zir yedim. Chunki men bu o’lkada ajnabiy hukmidaman, g’aribman. Ham shikoyat bo’lmasin, Ustozimning eng muhim dasturlari bo’lgan iqtisodga va qanoatga rioya qilmaganim uchun, kambag’allikka mubtaloman. Xudbin, mag’rur insonlar bilan muomala qilishga majbur bo’lganimdan - Janobi Haq afv etsin, - muruvvatli suratda riyokorlikka va xushomadgo’ylikka ham majbur bo’lar edim. Ustozim ko’p marta meni ogohlantirar va eslatar va koyir edilar. Afsuski, o’zimni qutqarolmas edim. Holbuki Qur'oni Hakimning xizmat ruhiga zid bo’lgan bu vaziyatimdan shaytonlashgan jin va insonlar foydalanganliklari bilan birga, xizmatimizga ham sovuqlik va sustlik berayotgan edilar. Men bu kamchiligim evaziga shiddatli, lekin inshoalloh shafqatli ta'zir yedim. Shubhamiz qolmadiki, bu ta'zir o’sha kamchilikka binoan kelgan. Ta'zir shuki: Sakkiz yildan beri men, Ustozimizning ham muxotobi, ham ilk nusxa yozuvchisi, ham qoralamadan oqqa ko’chiruvchisi bo’lganim holda, sakkiz oy nurlardan foydalana olmadim. Bu holga hayratda qoldik. Men ham va Ustozim ham "Bu nima uchun bunday bo’lmoqda?" deb sabab qidirdik. Endi qat'iy qanoatimiz keldiki: Qur'on haqiqatlari nurdir, ziyodir. Soxtakorlik, xushomadgo’ylik, kamsitilish zulmatlari bilan birlasholmaydi. Shuning uchun nurlar haqiqatlarining ma'nolari mendan xuddi uzoqlashayotgandek bo’lib, menga begona bo’lib ko’rinar, tushunarsiz edi. Janobi Haqdan niyoz qilamanki, bundan keyin Janobi Haq menga o’sha xizmatga loyiq ixlos ehson qilsin, ahli dunyo oldida soxtakorlik va riyokorlik qilishdan qutqarsin. Boshda Ustozimiz va qardoshlarimdan haqqimga duo qilishlarini iltimos qilaman.

Purqusur Shomli Hofiz Tavfiq

Sakkizinchisi:Sayroniydir. Bu zot Xusrav kabi Qur'on haqiqatlariga mushtoq va diroyatli bir talabam edi. Qur'on sirlarining bir kaliti va jifr ilmining muhim kaliti hisoblangan tavofuqlarga doir Ispartadagi talabalarning fikrlarini so’radim. Undan boshqalar mukammal shavq bilan ishtirok etishdi. U kishi boshqa fikrda va boshqa o’yda bo’lgani uchun, ishtirok qilmay, meni ham bilgan qat'iy haqiqatimdan voz kechirishni xohladi. Menga jiddiy og’ir tegadigan maktub yozdi. "Eyvoh", dedim. Bu talabamni yo’qotdim! Fikrini nurlantirishni istasamda, yana boshqa ma'no ham qo’shildi. Shafqat ta'zirini yedi. Bir yilga yaqin bir xilvatxonada (ya'ni qamoqda) kutdi.

To’qqizinchisi:Katta Hofiz Zuhdiydir. Bu zot Ag’rusdagi Nur talabalariga bosh hukmida bo’lgan vaqti, Sunnati Saniyaga ergashish va bid'atlardan uzoqlashishni maslak qilib olgan talabalarning ma'naviy sharafi bilan kifoyalanmasdan va ahli dunyoning nazarida bir mavqe qozonish maqsadida jiddiy bir bid'atga muallimlik qildi. Maslagimizga batamom zid bo’lgan xato qildi. Juda mudhish bir shafqat ta'zirini yedi. Xonadonining sharafini badnom qiladigan hodisaga uchradi. Lekin afsuski Kichik Hofiz Zuhdiy, hech ta'zirga loyiq emas ekan, bu alamli hodisa unga ham ta'sir qildi. Balki inshoalloh o’sha hodisa uning qalbini dunyodan qutqarib, tamomila Qur'onga berish uchun foydali jarrohlik amaliyoti hukmiga o’tadi.

O’ninchisi:Hofiz Ahmad (RH) ismli bir kishi. Bu zot risolalarning yozilishida ikki-uch yil tashviq bilan harakatlanayotgan, foydalanayotgan edi. So’ngra ahli dunyo uning zaif tomonidan foydalanishdi. O’sha shavq yo’qoldi. Bakli shu yo’l bilan ahli dunyodan zarar ko’rmaslik, ham ularga so’zini o’tkazish va bir navi mavqe qozonish va moddiy qiyinchiliklarda yengillik bo’lishi uchun ahli dunyoga qo’shildi. Xullas, Qur'on xizmatiga shu suratda u sabab bo’lgan sustlik va zararga muqobil ikki ta'zir yedi. Biri: moddiy qiyinchiligi ustiga besh kishi yana qo’shildi, ayanchli holatini og’irlashtirdi. Ikkinchi ta'zir: Sharaf va obro’y nuqtasida ta'sirchan va hatto bir odamning tanqid va e'tirozini ko’tarolmagan bu zot, bilmasdan ba'zi makkor insonlar uni shunday bir suratda o’zlariga parda qilishdiki, obro’yi to’kildi, o’ndan to’qqizini yo’qotdi va o’ndan to’qqiz odamni o’ziga qarshi qilib qo’ydi. Nima bo’lganda ham... Alloh kechirsin, balki inshoalloh bundan o’ziga kelib, yana qisman vazifasiga qaytadi.

O’n birinchisi:Balki rizosi yo’q deya yozilmadi.

O’n ikkinchisi:Muallim G’olibdir (RH). Darhaqiqat, bu zot sadoqat bilan va taqdirlab risolalarni ko’chirishda ko’p xizmat qildi va hech bir qiyinchilik qarshisida qo’rqmadi. Aksar kunlarda kelar, mukammal bir shavq bilan tinglar va ko’chirar edi. So’ngra o’zi uchun o’ttiz liraga umum "So’zlar"ni va "Maktubot"ni yozdirdi. Uning maqsadi, vatanida tarqatish hamda hamshaharlarini nurlantirish edi. So’ngra ba'zi mulohazalar natijasida risolalarni niyat qilgani kabi tarqatmadi, sandiqqa olib qo’ydi. Birdan alamli bir hodisa sababli bir yil g’am va azob chekdi. Risolalarni tarqatish sababli unga adovat qiladigan bir nechta mansabdor dushmanlarga badal zolim, insofsiz ko’p dushmanlarni giriftor qildi, bir qism do’stlarini yo’qotdi.

O’n uchinchisi:Hofiz Xoliddir (RH). O’zi aytadi: "Ha, e'tirof qilaman, Ustozimning Qur'on xizmatida nashr qilgan asarlarini yozishda jo’shqin harakatlangan vaqtim, mahallamizda bir masjid imomligi lavozimi bor edi. Eski diniy ma'lumotim bo’lgani uchun, lavozimni egallash niyatida vaqtinchalik xizmatda sustlik qilib, bilmasdan chekindim. Maqsadimning tersiga shafqatli bir ta'zir yedim. Sakkiz-to’qqiz oy imomlik qilib, muftiyning ko’p va'dalariga qaramasdan, hayratomuz suratda lavozimni ololmadim. Bu shafqatli ta'zir o’sha xatodan kelganiga shubhamiz qolmadi. Men Ustozimizning ham bir muxotobi, ham ilk nusxa yozuvchisi edim. Mening chekinishim bilan ilk nusxani yozish(tesvid) xususida qiyinchilik tortgan edilar. Nima bo’lganda ham... Yana shukrki, xatoimizni angladik va bu xizmatning qanchalar muqaddas ekanini bildik va Shohi Jiyloniydek orqamizda qo’riqchi malak kabi Ustoz borligiga ishonch hosil qildik."

Az'aful 'ibad Hofiz Xolid

O’n to’rtinchisi:Uch Mustafoning yengil "uch ta'zir" yeyishlari.

Birinchisi: Mustafo Chavush (RH) sakkiz yildan beri bizning xususiy kichik masjidda ham o’chog’iga, ham lampamoyga, gugurtigacha qarar edi. Hatto lampamoy va gugurtni sakkiz yil o’z cho’ntagidan sotib olganini keyin bildik. Jamoatdan, xususan juma kechalarida juda zarur ishi chiqmasa, qolmas edi. So’ngra ahli dunyo uning sofdilligidan foydalanib: ""So’zlar"ning kotibi Hofizning sallasiga yopishishlari mumkin. Ham yashirin azonni vaqtinchalik tark qilinglar. Sen kotibga aytgin, jabr ko’rmasdan avval sallani yechsin." deyishdi. U bilmas ediki: Qur'on xizmatidagi odamning sallasini yechishga doir so’zni yetkazish, Mustafo Chavush kabi yuksak ruhlilarga juda og’ir edi. Lekin, ularning so’zlarini yetkazdi. O’sha kecha tushimda ko’rdimki, Mustafo Chavush kir qo’llari bilan, tuman raisi orqasida keldi. Ikkinchi kun unga: "Mustafo Chavush, sen bugun kim bilan ko’rishding? Seni qo’ling bulg’angan suratda tuman raisining orqasida ko’rdim." dedim. U: "Eyvoh! Menga bunday so’zni, kotibga aytgin deb, mahalla raisi aytgan edi. Buni orqasida nima borligini bilmayman." dedi.

O’sha kun u ikki litrga yaqin lampamoyni masjidga keltirgan. Umuman sodir bo’lmagan ish bo’ldi. O’sha kun eshik ochiq qolgan, bir echki bolasi ichkariga kirgan, katta yoshli bir odam kelib, echki bolasi joynamozimning yaqinida qoldirgan axlatlarni yuvish uchun, idishdagi lampamoyni suv deb o’ylab, o’sha lampamoyning hammasini tozalik qilyapman deb masjidning har tarafiga sepgan. Hayratlanarlisi shuki, hatto hidini ham sezmagan. Demak, masjid hol tili bilan Mustafo Chavushga: "Sening lampamoying bizga kerak emas. Qilgan xatoing uchun lampamoyingni qabul qilmadim", deya ishora qilish uchun o’sha kishiga hid sezdirilmadi. Hatto o’sha hafta ichida juma kechasida va bir nechta muhim namozlarda, shu qadar harakat qilsa ham, jamoatga yetisha olmadi. So’ng jiddiy pushaymon bo’lgandan va tavba qilgandan so’ng, dastlabki sofligiga erishdi.

Ikkinchi Mustafolar: Kuleonundagi qadrli, mehnatkash muhim talabam Mustafo bilan, uning juda sodiq va fidokor o’rtog’i Hofiz Mustafodir (RH). Bayramdan keyin, ahli dunyo bizga mashaqqat berib Qur'on xizmatiga sustlik bermasligi uchun hozircha kelmasinlar, deb xabar jo’natgan edim. Keladigan bo’lsalar ham, bitta-bitta kelsinlar. Lekin ular uch kishi birdan, bir vaqtda keldilar. Bomdoddan avval havo yaxshi bo’lsa, ketish niyat qilindi. Hech sodir bo’lmagan bir tarzda Mustafo Chavush ham, Sulaymon Afandi ham, men ham, ular ham zohir ehtiyotkorlikni o’ylamadik, bizga unuttirildi. Bir birimizga ishonib ehtiyotsizlik qildik. Ular bomdoddan avval ketishdi. Bir bo’ron ularni ikki soat to’xtamasdan kaltakladiki, bu bo’rondan qutulmaydilar deb xavotirlandim. Hozirgacha bu qishda na bunday bo’ron bo’lgan va na birovga bu qadar achinmagan edim. So’ngra Sulaymonni, ehtiyotsizligining jazosi sifatida orqalaridan jo’natib sihat-salomatliklarini bilish uchun yubormoqchi edim. Mustafo Chavush: "U ketsa, u ham qolib ketadi. Men ham uning orqasidan borib qidirishimga tog’ri keladi. Mening ham orqamdan Abdulloh Chavush kelishi kerak." dedi. Shuning uchun: "Allohga tavakkal qildik", deb kutishga qaror qildik.

Savol:Yaqin do’stlaringizga kelgan musibatlarni ta'zir natijasi, Qur'on xizmatidagi sustliklari sababli jazo deb qabul qilasiz. Holbuki sizga va Qur'on xizmatiga haqiqiy dushmanlik qilganlar eson-omon yurishibdi. Nima uchun do’stlar ta'zir ko’rmoqdalar, dushmanlar jazosiz qolmoqdalar.

Javob:اَلظُّلْمُ لَا يَدُومُ وَالْكُفْرُ يَدُومُ sirriga ko’ra: Do’stlarning xatolari xizmatimizda bir navi zulm hukmiga o’tgani uchun, tez jazolanishadi. Shafqatli ta'zir yeydi, aqli bo’lsa o’ziga keladi. Agar dushman bo’lsa, Qur'on xizmatiga qarshiligi, mone bo’lishi zalolat hisobiga o’tadi.

Bilib yoki bilmasdan xizmatimizga hujumi daxriylik hisobiga o’tadi. Kufr davom qilgani uchun, ular aksariyat hollarda tez ta'zir yemaydilar. Kichik jinoyatlar qilganlarning jazolari tuman mahkamalarida beriladi. Katta jinoyatlar esa katta mahkamalarga yuboriladi. Xuddi shuning kabi: Ahli iymonning va yaqin do’stlarning arzimas kichik xatolarining jazolari ularni tez tozalash uchun qisman dunyoda va tezlik bilan beriladi. Ahli zalolatning jinoyatlari shu qadar ulkanki, jazolari qisqa dunyoviy hayotga sig’magani uchun, adolat taqozosi sifatida olami baqodagi mahkama-i kubroga havola qilingani uchun, aksariyat holatlarda bu yerda jazoga tortilmaydilar.

Hadisi sharifda اَلدُّنْيَا سِجْنُ الْمُؤْمِنِ وَجَنَّةُ الْكَافِرِ mazkur haqiqatga ham ishora qiladi. Ya'ni, bu dunyoda mo’min kishi gunohlarining jazosini qisman olgani uchun, dunyo u uchun jazo yeridir. Dunyo ularning saodatli oxiratlariga nisbatan zindon va jahannamdir. Modomiki kofirlar Jahannamdan chiqmas ekan, savobli ishlarining mukofotlarini qisman dunyoda olganliklari va ulkan guhonlari keyinga qoldirilgani uchun, oxiratiga nisbatan dunyo, ularning jannatidir. Holbuki, mo’min kofirdan bu dunyoning o’zida ma'nan va haqiqat nuqtai nazaridan juda baxtiyordir. Go’yo mo’minning iymoni uning ruhida ma'naviy jannat hukmida o’tadi. Kofirning kufri uning mohiyatida ma'naviy jahannamni yondiradi.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

O’N BIRINCHI YOG’DU

Mirqotu-s Sunnat va Bid'at Kasalligining Dorisi

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

لَقَدْ جَٓاءَكُمْ رَسُولٌ مِنْ اَنْفُسِكُمْ عَز۪يزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَر۪يصٌ عَلَيْكُمْ بِالْمُؤْمِن۪ينَ رَؤُفٌ رَح۪يمٌ

(Shu oyatning birinchi maqomi "Minhoju-s Sunnat", ikkinchi maqomi "Mirqotu-s Sunnat"dir.)

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ

قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ

(Bu ikki ulug’ oyatning yuzlab nuktalaridan o’n bir nuktasi qisqacha bayon qilinadi.)

Birinchi nukta:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilganlar:

مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّت۪ى عِنْدَ فَسَادِ اُمَّت۪ى فَلَهُ اَجْرُ مِأَةِ شَه۪يدٍ

Ya'ni: "Ummatimning fasodi zamonida kim mening sunnatimni mahkam ushlasa, yuz shahidning ajrini, savobini qozonadi." Darhaqiqat, sunnati saniyaga ergashish, shubhasiz g’oyat qiymatlidir.

Xususan, bid'atlar istilosi zamonida sunnati saniyaga ergashish yanada qiymatlidir. Xususan, ummatning fasodi zamonida sunnati saniyaning kichik odobiga rioya qilish, ahamiyatli taqvoni va kuchli iymonni ko’rsatadi. To’g’ridan-to’g’ri sunnatga ergashish Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni xotiraga keltiradi. Bu eslatmadan o’sha xotira, qul o’zini Allohning huzurida his qilishga aylanadi. Hatto eng kichik muomalada, hatto yeyish, ichish va yotish odobida sunnati saniyaga rioya qilgan payti, bu oddiy muomala va fitriy amal savobli ibodat va shariatga uyg’un harakat hisoblanadi. Chunki oddiy harakati bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga ergashishni o’ylaydi va shariatning bir adabi ekanini tasavvur qiladi va shariat sohibi u Zotligi xotiriga keladi. Va qalbi shariatning haqiqiy sohibi bo’lgan Janobi Haqqa yuzlanadi, bir navi huzur va ibodat qozonadi.

Bu sirga binoan, sunnati saniyaga ergashishni o’ziga odat qilgan kishi, odatlarini ibodatga aylantiradi, butun umrini samarali va savobli umrga o’girishi mumkin.

Ikkinchi nukta:Imomi Rabboniy Ahmadi Faruqiy (RA): "Men sayri ruhoniyda martabalarni oshib o’tarkan, valiylarning tabaqalari ichida sunnati saniyaga ergashishni tariqatning asosi qilganlar eng porloq, eng muhtasham, eng latofatli, eng ishonchli tabaqa ekanini ko’rdim. Hatto o’sha tabaqaning oddiy valiylari boshqa tabaqalarning mashhur valiylaridan ham muhtasham ko’rinar edi." deganlar. Ha, Mujaddidi Alfi Soniy Imomi Rabboniy (RA) haq gapirganlar. Sunnati saniyaga ergashishni asos qilgan kishi, Habibullohning soyasi ostida maqomi mahbubiyatga sazovordir.

Uchinchi nukta:Bu faqir Said Eski Saiddan chiqishga harakat qilgan vaqti, rahbarsizlikdan va nafsi ammoraning g’ururidan g’oyat mudhish va ma'naviy bir to’fon ichida aql va qalbim haqiqatlar ichida g’arq bo’ldi. Goh yulduzlardan Yerga, goh Yerdan yulduzlarga qadar qulash va yuksalish ichida sarson edi.

O’sha paytda mushohada qildimki, sunnati saniyaning masalalari, hatto kichik odoblari, kemalarda harakat yo’nalishini ko’rsatadigan qiblanomali kompas bo’lib, hadsiz zararli, zulmatli yo’llar ichida tugma hukmida ekanini ko’rdim. Ham o’sha ruhiy sayohatda o’zimni ko’p tazyiqlar ostida g’oyat og’ir yuklar ostida ko’rgan vaqtlarimda, sunnati saniyaning o’sha holatga tegishli masalalariga ergashganim sari, mening butun og’irliklarimni olayotgandek yengillik topar edim. Bir taslimiyat bilan ikkilanishlardan va vasvasalardan, ya'ni "Ajabo, bunday harakat to’g’rimi, foydalimi?" degan xavotirlardan qutular edim. Qachonki sunnatga ergashishdan to’xtasam, ko’rar edimki, tazyiqlar ko’p, qayerga borishi anglashilmagan ko’p yo’llar bor. Yuk og’ir, men esam juda ojizman. Nazarim ham qisqa, yo’l ham zulmatli. Qachonki sunnatga yopishsam, yo’l oydinlashar, salomatli yo’l ko’rinar, yuk yengillashar, tazyiqlar yo’qolayotgandek holatni his qilar edim. O’sha vaqtlarda Imomi Rabboniyning hukmini shohid bo’lib tasdiq qildim.

To’rtinchi nukta:Bir vaqt robita-i mavtdan va اَلْمَوْتُ حَقٌّ hukmidagi tasdiqdan va olamning zavol va fanosidan kelgan ruhiy holat natijasida o’zimni ajoyib bir olamda ko’rdim. Qarasam: Men o’lganman, uch muhim buyuk mayyitning boshida turibman.

Birinchisi:Hayotimga aloqador va moziy qabriga kirgan jonli maxluqlarning umumining ma'naviy mayyiti boshidagi qabr toshi hukmidaman.

Ikkinchisi:Yer kurrasi qabristonida, inson zotining hayoti bilan aloqador jonli mavjudot turlarining umumining moziy qabriga dafn qilingan azim mayyitning boshida bo’lgan, qabr toshi bo’lgan bu asrning yuzida tez yo’qoladigan bir nuqta va tez o’ladigan bir chumoliman.

Uchinchisi:Bu koinotning qiyomatda o’lishi aniq bo’lgani uchun, nazarimda sodir bo’lgan hukmiga o’tdi. O’sha azim mayyitning o’lim talvasasidan dahshat va vafotidan hayrat va hayronlik ichida o’zimni ko’rish bilan birga, istiqbolda ham aniq sodir bo’ladigan vafotim, o’sha paytda bo’layotgandek ko’rindi va فَاِنْ تَوَلَّوْا oxiriga qadar... sirri bilan butun mavjudot, butun mahbubot mening vafotim bilan menga orqalarini o’girib meni tark qildilar, yolg’iz qoldirdilar. Cheksiz bir dengiz suratini olgan abad tarafidagi istiqbolga ruhim yo’naltirilayotgan edi. O’sha dengizga istar-istamas otilishi kerak edi.

Xullas, o’sha juda g’alati va juda g’amgin holatda ekan, iymon va Qur'ondan kelgan bir madad bilan

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ

oyati yordamimga yetishdi va g’oyat ishonchli va tinch bir kema hukmiga o’tdi. Ruh mukammal ishonch va sevinch bilan o’sha oyatning ichiga kirdi. Angladimki, oyatning ochiq ma'nosidan boshqa bir ishoriy ma'nosi menga tasalli berdiki, halovat topdim va orom berdi. Ha, qandayki ochiq ma'nosi

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga deydi: "Agar ahli zalolat orqasini o’girib sening shariat va sunnatingdan yuz o’girib Qur'onni tinglamasalar, xavotirlanma! Va aytginki: "Janobi Haq menga yetar. Unga tavakkal qilaman. Sizning o’rningizga ergashadiganlarni keltiradi. Hukmronlik taxti hamma narsani qamragan. Na osiylar chegarasidan qocha oladilar va na yordam istaganlar madadsiz qoladilar!". Xuddi shuning kabi, ishoriy ma'nosi bilan aytadiki: Ey inson va ey insonning raisi va murshidi! Agar butun mavjudot seni tashlab fano yo’lida yo’qlikka ketsalar, agar jonzotlar sendan ayrilib o’lim yo’lida ketishsa, agar insonlar seni tark qilib qabristonga kirsalar, agar ahli g’aflat va zalolat seni tinglamasdan zulmatlarga tushsalar, xavotirlanma!" Va ayting:"Janobi Haq menga yetar. Modomiki U bor ekan, hamma narsa bor!" Shunday ekan, o’sha ketganlar yo’qlikka ketishmadi. U Zotning boshqa mamlakatiga ketishyapti. Ularning badaliga O’sha Arshi Azim sohibi nihoyasiz qo’shin va askarlaridan boshqalarini yuboradi. Qabristonga kirganlar esa mahv bo’lishmadi, boshqa olamga ketishyapti. Ularning o’rniga boshqa vazifadorlarni yuboradi. Va zalolatga tushganlarga badal, haq yo’lini ta'qib qiladigan itoatkor qullarini yuborishi mumkin. Modomiki shunday ekan, U hamma narsaga badaldir. Jamiki borliqlar birgina e'tiboriga arzimaydi!" deydi.

Xullas, shu ishoriy ma'no vositasi bilan menga dahshat bergan uch mudhish mayyit boshqa shaklga kirishdi. Ya'ni: Ham Hakim, ham Rahim, ham Odil, ham Qodir bo’lgan Zoti Zuljalolning tadbir va rububiyati doirasida va hikmat va rahmati ichida hikmatni ko’rsatadigan bir sayr, ibratni ko’rsatadigan bir kezish, vazifador kabi bir sayohat suratida bir sayr va safardir, xizmatdan bo’shatish va vazifalantirish bo’lib, shu tarzda koinot chayqaladi, ketadi, keladi!..

Beshinchi nukta:

قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ

ulug’ oyati sunnatga ergashish naqadar muhim va lozim ekanini qat'iy suratda e'lon qiladi. Darhaqiqat, bu oyati karima mantiq qiyoslari ichida qiyosi istisnoiy qismining eng kuchli va qat'iy bir qiyosidir. Qandayki mantiq jihatidan qiyosi istisnoiy misolida: "Agar quyosh chiqsa, kunduz bo’ladi." deyiladi. Musbat natija uchun: "Quyosh chiqdi. Demak natija: hozir kunduzdir." deyiladi. Manfiy natija uchun: "Kunduz yo’q, demak natija: quyosh chiqmagan." deyiladi. Mantiq jihatidan, ikki musbat va manfiy natija qat'iydir. Aynan shuning kabi: Shu oyati karima deydiki: "Agar Allohga muhabbatingiz bo’lsa, Habibullohga tobe bo’linadi. Tobe bo’linmasa, Allohga muhabbatingiz yo’q, degan natija beradi." Muhabbatulloh bo’lsa: Habibullohning sunnati saniyasiga ergashishni natija beradi.

Ha, Janobi Haqqa iymon keltirgan kishi, albatta unga itoat qiladi. Va itoat yo’llari ichida eng maqbuli va eng to’g’risi va eng qisqasi, shubhasizi Habibulloh ko’rsatgan va yurgan yo’ldir. Ha, bu koinotni shu daraja inoyatlar bilan to’ldirgan Zoti Karimi Zuljamol ziyshuurlardan o’sha ne'matlarga shukr istashi, zaruriy va ochiqdan ochiq ko’rinadi. Yana, bu koinotni buncha san'at mo’'jizalari bilan bezagan O’sha Zoti Hakimi Zuljalol, albatta oshkora tarzda ziyshuurlar ichida eng mumtoz bittasini O’ziga muxotob va tarjimon va qullariga xabarchi va imom qiladi. Ham bu koinotni hadsiz-hisobsiz jamol va kamolotining ko’rinishlariga sazovor qilgan O’sha Zoti Jamili Zulkamol, albatta yaqqol sevgan va izhorini istagan jamol va kamol va ismlar va san'atining eng jome' va eng mukammal miqyos va madori bo’lgan bir zotga, barcha hollarda eng mukammal bir ubudiyat vaziyatini beradi va uning vaziyatini boshqalarga ergashish namunasi qilib, hammani unga ergashishga chorlaydi, toki o’sha go’zal vaziyati boshqalarda ham ko’rinsin.

Hosili kalom: Muhabbatulloh sunnati saniyaga ergashish kerakligini taqozo qiladi. Sunnati saniyaga ergashishda hissasi ko’proq bo’lgan kishi qanday ham baxtiyordir! Sunnati saniyani taqdirlamasdan, bid'atlarga kirgan kimsaning holiga Vayl bo’lsin!

Oltinchi nukta:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilganlar:

كُلُّ بِدْعَةٍ ضَلَالَةٌ وَكُلُّ ضَلَالَةٍ فِى النَّارِ

Ya'ni اَلْيَوْمَ اَكْمَلْتُ لَكُمْ د۪ينَكُمْ sirri bilan: Porloq va nurli shariatning qoidalari va sunnati saniyaning dasturlari tamomlangandan va kamol topgandan so’ng, yangi ijodlar bilan u dasturlarni yoqtirmasdan yoxud, Allogning O’zi saqlasin, nuqsonli deb bilib, bid'atlarni ijod qilish zalolatdir, otashdir!

Sunnati saniyaning martabalaribor. Bir qismivojibdir, tark qilinmaydi.O’sha qism porloq va nurli shariatda tafsilotlari bilan bayon qilingan. Ular muhkamotdir, hech bir jihatda o’zgartirilmaydi. Bir qismi esanafllarnavidan. Nafllar qismi ham ikki qismdir. Bir qism,ibodatga daxldorsunnati saniya qismlaridir. Ular shariat kitoblarida bayon qilingan. Ularning o’zgartirilishi bid'atdir.Keyingi qismi"odob"deb ataladi, ular siyari saniya kitoblarida zikr qilingan. Ularga amal qilmaslikka bid'at deyilmaydi.Lekin odobi Nabaviyga (ASV) muxolif bo’lish va ularning nuridan va haqiqiy adabdan quruq qolishga olib keladi. Bu qismurf-odatlar,fitriy muomalalarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ishonchli rivoyatlar bilan ma'lum bo’lgan xatti-harakatlariga ergashishdir.Masalan: so’zlashish madaniyatini ko’rsatgan va yemoq va ichmoq va yotmoq kabi holatlar odoblarining dasturlarini bayon qilgan hamda o’zaro munosabatga aloqador bo’lgan ko’p sunnati saniyalar bor. Bu navi sunnatlar"odob"deb nomlanadi. O’sha odobga ergashgan kishi, odatlarini ibodatga aylantiradi, o’sha odobdan muhim bir fayz oladi. Eng kichik bir odobga rioya qilish, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomni eslatadi, qalbga bir nur beradi.

Sunnati saniyaning ichida eng muhimi,Islomiyat ramzlaribo’lgan vashiorlargaaloqador bo’lgan sunnatlardir. Shiorlar, ommaviy huquq navidan jamiyatga oid bir ubudiyatdir. Bir kishi qilsa, o’sha jamiyatning barcha a'zolari foyda ko’rgani kabi, uni tark qilish bilan jamoatning hammasi mas'ul bo’ladi. Bu turdagi shiorlarga riyo aralashmaydi va e'lon qilinadi. Nafl bo’lsa ham, shaxsiy farzlardan ahamiyatliroqdir.

Yettinchi nukta:Sunnati saniya adabdir. Ostida nur, adab bo’lmagan hech bir masalasi yoq! Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilganlar: اَدَّبَن۪ى رَبّ۪ى فَاَحْسَنَ تَاْد۪يب۪ى Ya'ni: "Rabbim menga adabni go’zal bir suratda ehson qildi, adablantirdi!" Darhaqiqat, siyari Nabaviyaga diqqat qilgan va sunnati saniyani bilgan kishi, qat'iyan anglaydiki: Adabning barcha turlarini Janobi Haq habibida jamlagan! U kishining sunnati saniyalarini tark qilgan kimsa, adabni tark qiladi. ب۪ى اَدَبْ مَحْرُومْ بَاشَدْ اَزْ لُطْفِ رَبْ qoidasini tasdiqlaydi, zararli adabsizlikka tushadi.

Savol:Hamma narsani biladigan va ko’rayotgan va hech narsa Undan yashirina olmagan Allam-ul G’uyubga nisbatan adab qanday bo’ladi? Xijolatli holatlar undan yashirina olmaydi. Adabning bir navi tasatturdir, xush ko’rilmaydigan holatlarni bekitishdir. Allam-ul G’uyubdan esa hech narsani berkitib bo’lmaydi.

Javob: Birinchidan:Sone'-i Zuljalol mukammal ahamiyat bilan san'atini go’zal ko’rsatishni istar va xush ko’rilmaydigan narsalarni pardalar ostiga olgan va bezatib diqqat e'tiborni o’sha ne'matlariga jalb qilgan ekan, xuddi shuning kabi, yaratilgan borliqlarini va qullarini boshqa ongli mavjudotlarga go’zal ko’rsatishni istaydi. Ko’rimsiz vaziyatlarda ko’rinishlari, Jamil va Muzayyin va Latif va Hakim kabi ismlariga bir navi isyon va adabga xilof bo’ladi.

Demak, sunnati saniyadagi adab, O’sha Sone'-i Zuljalolning ismlarining chegaralari ichida bekam-ko’st odob vaziyatini olishga kiradi!

Ikkinchidan:Qandayki bir tabib shifokor sıfatida bir nomahramning eng nomahram a'zosiga qaraydi va zarurat bo’lgan payt unga ko’rsatiladi. Adabga xilof deyilmaydi. "Tibbiyot adabi shunday taqozo qiladi", deyiladi. Lekin o’sha tabib erkaklik unvoni bilan yoki voiz martabasida yoxud muallim sifatida nomahramlarga qarolmaydi! Unga ko’rsatishga adab fatvo bermaydi. Va shu tomondan unga ko’rsatish, hayosizlikdir! Xuddi shuning kabi, Sone'-i Zuljalolning ko’p Ismlari bor. Har bir Ismning ayri bir jilvasi bor. Masalan: "G’affor" ismi gunohlarning bo’lishini

va "Sattor" ismi kamchiliklarning bo’lishini taqozo qilganlari kabi, "Jamil" ismi ham ko’rimsizlikni ko’rishni istamaydi. "Latif, Karim, Hakim, Rahim" kabi go’zallik va mukammallikni ifoda qilgan Ismlar mavjudotning go’zal suratda va mumkin vaziyatlarning eng yaxshisida bo’lishlarini taqozo qiladi. Va o’sha go’zallik va mukammallikni ifoda qilgan ismlar, malaklar va ruh jinsidagi maxluqlar va jinlar va insonlarning nazarida go’zalliklarini, mavjudotning go’zal vaziyatlari bilan va xushaxloqlari bilan ko’rsatishni istaydi.

Demak, sunnati saniyadagi odob bu yuksak odobning ishorasidir va dasturlaridir va namunalaridir.

Sakkizinchi nukta:

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ

dan avvalgi bo’lgan لَقَدْ جَٓاءَكُمْ رَسُولٌ oxiriga qadar.. oyati, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ummatiga chuqur shafqat va nihoyat darajadagi marhamatini ko’rsatgandan so’ng, فَاِنْ تَوَلَّوْا oyati bilan aytadiki: "Ey insonlar! Ey musulmonlar! Bunday cheksiz shafqati bilan sizga tog’ri yo’lni ko’rsatgan va sizning manfaatingiz uchun butun kuchini sarf qilgan va ma'naviy yaralaringiz uchun mukammal shafqat bilan keltirgan hukmlari va sunnati saniyasi bilan davolab malham surtgan shafqatparvar bir zotning ochiq oydin shafqatini inkor qilish va ko’z bilan ko’ringan marhamatini ayblash darajasida uning sunnatidan va yetkazgan qonunlaridan yuzlaringizni o’girish naqadar vijdonsizlik, naqadar aqlsizlik ekanini bilinglar! Va ey shafqatli Rasul va ey marhamatli Nabiy! Agar sening bu azim shafqatingni va buyuk marhamatingni tanimay, aqlsizliklaridan sendan yuzlarini o’girib tinglamasalar, xavotirlanma! Osmonlar va Yerning qo’shinlari amri ostida bo’lgan, Arshi Azimi Muhitning taxti ostidagi rububiyatining hukmronligi hukm qilgan Zoti Zuljalol senga yetadi! Haqiqiy itoatkor millatlarni Sening atrofingda to’playdi, seni ularga tinglattiradi, sening hukmlaringni ularga qabul qildiradi!" Darhaqiqat, shariati Muhammadiya va sunnati Ahmadiyada hech bir masala yo’qki, ko’plab hikmatlari bo’lmasin! Bu faqir, barcha kamchiliklarim va ojizligim bilan birga buni da'vo qilaman va bu da'voning isbotiga ham tayyorman. Va hozirgacha yozilgan yetmish-saksonta "Risola-i Nur" parchalari sunnati Ahmadiyaning va shariati Muhammadiyaning (ASV) masalalari naqadar hikmatli va barhaq ekaniga yetmish-saksonta sodiq guvoh hukmiga o’tgan! Agar bu mavzuga doir yozishga imkoniyat bo’lsa, yetmishta emas, aksincha yetti mingta risola o’sha hikmatlarni izohlab tugatolmaydi. Ham men shaxsan shohid bo’lib va zavq yo’li bilan, shubhasiz minglab tajribalarim mavjudki, shariat masalalari bilan sunnati saniyaning dasturlarining har biri ruhiy va aqliy va qalbiy kasalliklarga, xususan ijtimoiy kasalliklarga g’oyat foydali dori ekanini bilganimni va ularning o’rnini boshqa falsafiy va hikmatli masalalar bosa olmasligini, shohid bo’lib o’zim his qilganimni va boshqalarga ham bir daraja risolalarda his qildirganimni e'lon qilaman! Bu da'vomga shubhalanganlar, "Risola-i Nur" juzlariga murojaat qilib qarashsin.

Shunday bir Zotning sunnati saniyasiga qo’ldan kelgancha ergashishga harakat qilish naqadar foydali va abadiy hayot uchun naqadar saodatli va dunyo hayoti uchun naqadar manfaatli ekani qiyos qilinsin.

To’qqizinchi nukta:Sunnati saniyaning har bir naviga tamomila amalda ergashishga eng mumtoz shaxsiyatlar ham arang muyassar bo’ladilar. Unga amalda bo’lmasa ham, niyat bilan, qasd bilan tarafdor bo’lib va lozim deb bilib tolib bo’lish harkimning qo’lidan keladi. Farz va vojib qismlariga shunday ham ergashishga majburiyat bor. Va ubudiyatdagi mustahab bo’lgan sunnati saniyaning tarkida gunoh bo’lmasa ham, ulkan savobni yo’qotish bor. O’zgartirilishida esa, ulkan xato bor. Odatlar va muomalalardagi sunnati saniya esa, ergashgan sari, o’sha odatlar ibodat bo’ladi. Ergashmasa, jazo yo’q. Lekin Habibullohning hayotiy odoblarining nuridan foydalanishi kamayadi. Ubudiyat hukmlarida yangi ijodlar bid'atdir. Bid'atlar esa اَلْيَوْمَ اَكْمَلْتُ لَكُمْ د۪ينَكُمْ sirriga zid bo’lgani uchun nomaqbuldir. Lekin tariqatda virdlar va zikrlar va mashrablar navidan bo’lsa va asllari Kitob va Sunnatdan olinish sharti bilan, boshqa-boshqa tarzda, boshqa-boshqa suratda bo’lish bilan barobar, o’rnatilgan usul va sunnati saniyaning asoslariga qarshi bo’lmaslik va o’zgartirmaslik sharti bilan, bid'at emas. Faqat bir qism olimlar bulardan bir qismini bid'atga kirgizib, lekin "bid'ati hasana" nomini berishgan. Imomi Rabboniy Mujaddidi Alfi Soniy (RA) deydilarki: "Men sayri suluki ruhoniyda ko’rardimki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomdan naql qilingan kalimalar nurlidir, sunnati saniya shu'lasi bilan porlaydi. U kishidan naql qilinmagan porloq va kuchli virdlarni va hollarni ko’rgan vaqtim, ustida o’sha nur yo’q edi. Bu qismning eng porlog’i avvalgining eng oziga teng kelolmas edi. Shundan angladimki, sunnati saniyaning shu'lasi bir eliksirdir. Ham o’sha sunnat nur istaganlarga yetarlidir, xorijda nur qidirishga ehtiyoj yo’q."

Xullas, bunday haqiqat va shariatning bir qahramoni bo’lgan bir zotning bu hukmi ko’rsatmoqdaki, sunnati saniya ikki dunyo saodatining poydevor toshidir va kamolotning ma'dani va manbaidir.

اَللّٰهُمَّ ارْزُقْنَا اِتِّبَاعَ السُّنَّةِ السَّنِيَّةِ

رَبَّنَٓا اٰمَنَّا بِمَٓا اَنْزَلْتَ وَاتَّبَعْنَا الرَّسُولَ فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِد۪ينَ

O’ninchi nukta:

قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ

oyatida i'jozli bir iyjoz bor. Chunki ko’p jumlalar bu uch jumlaning ichida joylashtirilgan. Jumladan: Shu oyat aytadiki: "Allohga (Jalla Jaloluhu) iymoningiz bo’lsa, albatta Uni sevasiz. Modomiki Allohni sevasiz, unda Alloh sevgan tarzda amal qilasiz. Va U sevgan amal esa, Alloh sevgan zotga o’xshashlikdir. Unga o’xshashlik esa, unga ergashishlikdir. Qachonki unga ergashsangiz, shunda Alloh ham sizni sevadi. Zotan siz Allohni sevasiz, toki Alloh ham sizni sevsin."

Butun bu jumlalar shu oyatning muxtasar va qisqa bir ma'nosidir. Demak, inson uchun eng muhim oliy maqsad, Janobi Haqning muhabbatiga sazovor bo’lishdir. Bu oyatning ochiq-ravshan ifodasi ko’rsatadiki, o’sha eng yuksak g’oyaning yo’li, Habibullohga ergashishdir va sunnati saniyasiga iqtidodir. Bu maqomda "uch nuqta" isbot qilinsa, mazkur haqiqat tamomila namoyon bo’ladi.

Birinchi nuqta:Bashar tabiatan shu koinotning Xoliqiga cheksiz bir muhabbat asosida yaratilgan! Chunki bashariyat tabiatida jamolga muhabbat va kamolga nisbatan haddan ortiq sevish va ehsonga nisbatan sevish bor! Jamol va kamol va ehson darajalariga ko’ra o’sha muhabbat ziyodalashadi. Ishqning eng yuksak darajasigacha boradi. Yana, bu kichik insonning kichkina qalbida koinot qadar ishq joylashadi. Ha, qalbning yasmiq donasichalik sandiqchasi bo’lgan xotirasi, ichida bir kutubxona hukmida minglab kitob qadar yozuv yozilishi ko’rsatadiki, inson qalbi koinotni ichiga olishi mumkin va o’shancha muhabbatni ko’tara oladi. Modomiki bashariyat tabiatida ehson va jamol va kamolga nisbatan bunday cheksiz muhabbat iste'dodi bor. Va modomiki bu koinotning Xoliqi, koinotda ko’ringan asarlari bilan, ochiq-oydin haqiqatlashgani sobit bo’lgan cheksiz muqaddas jamoli; mavjudotda ko’ringan san'at naqshlari bilan zaruriy subuti haqiqatlashgan hadsiz qudsiy kamoli; va butun jonzotlarda namoyon bo’lgan cheksiz ehson va in'omlarining turlari bilan bilyaqiyn va aslida bilmushohada vujudi haqiqatlashgan cheksiz ehsonlari bor! Albatta, ziyshuurlarning eng jome'i va eng muhtoji va eng mutaffakiri va eng mushtoqi bo’lgan bashardan hadsiz muhabbatni taqozo qiladi.

Ha, har bir inson Xoliqi Zuljalolga cheksiz muhabbatga qobiliyatli bo’lgani kabi, Xoliq ham hammadan ortiq jamol va kamol va ehsoniga nisbatan cheksiz bir mahbubiyatga loyiqdir. Hatto mo’min insonda hayotiga, baqosiga, vujudiga, dunyosiga, o’ziga, mavjudotga nısbatan turli-tuman muhabbatlari va shiddatli aloqalari, Allohga muhabbat iste'dodining tomchilaridir. Hatto insonning xilma-xil kuchli hissiyotlari o’sha muhabbat iste'dodining o’zgarishlaridir va boshqa shakllarga kirgan qatralaridir. Ma'lumki, inson o’z saodati bilan lazzatlangani kabi, aloqador bo’lgan zotlarining saodatlari bilan ham lazzatlanadi. Va uni balodan qutqargan zotni sevgani kabi, sevganlarini qutqarganni ham shunday sevadi.

Bu ruhiy holatga binoan, inson agar har bir insonga oid Allohning ehsonlari turlaridan faqat buni o'ylasa: "Mening Xoliqim meni abadiy zulmatlardan iborat yo’qlikdan qutqarib bu dunyoning o’zida menga go’zal dunyoni bergani kabi, ajalim kelgan vaqtda meni abadiy yo’q bo’lishdan iborat yo’qlikdan va mahvdan qutqarib menga boqiy olamda abadiy va juda dabdabali olamni ehson va o’sha olamning umum lazzat va go’zalliklar turlaridan foydalanadigan va kezib ko’ngil ochadigan zohiriy va botiniy hislarni, tuyg’ularni in'om qilgani kabi, men qattiq sevgan va yaqin aloqada bo’lgan barcha qarindosh va do’stlarim va barcha insonlarni ham cheksiz ehsonlarga sazovor qiladi va o’sha ehsonlar bir jihatda menga oid bo’ladi! Zero ularning saodatlari bilan baxtiyor va lazzat olgan bo’laman. Modomiki اَلْاِنْسَانُ عَب۪يدُ الْاِحْسَانِ sirri bilan, hammada ehsonga nisbatan cheksiz muhabbat bor. Albatta, bunday cheksiz abadiy ehsonlar evaziga, koinot qadar bir qalbim bo’lsa, o’sha ehsonga muhabbat bilan to’lishni taqozo qiladi va to’ldirishni istayman. Men amalda o’sha muhabbatni ko’rsatmasam ham, iste'dodim bilan, iymonim bilan, niyatim bilan, qabulim bilan, taqdirlashim bilan, ishtiyoqim bilan, lozim deb bilishim bilan, irodam bilan qilyapman deydi va hokazo..." Jamol va kamolga inson ko’rsatadigan muhabbat esa, biz qisqacha ishora qilgan ehsonga nisbatan muhabbatga qiyos qilinsin. Kofir bo’lsa, kufr jihati bilan cheksiz adovat qiladi. Hatto koinotga va mavjudotga zolimona va haqoratomuz adovat qiladi.

Ikkinchi nuqta:Muhabbatulloh sunnati Muhammadiyaga Alayhissalotu Vassalom ergashishni taqozo qiladi. Chunki Allohni sevish, u rozi bo’ladigan ishlarni qilishdir. Rozi bo’ladigan ishlari esa, eng mukammal suratda Zoti Muhammadiyada (ASV) ko’rinadi. Zoti Ahmadiyaga (ASV) xatti-harakat va ishlarda ikki jihatdan o’xshash mumkin:

Biri:Janobi Haqni sevish, amriga itoat va rozi bo’ladigan ishlari doirasida harakat qilish, ergashishni taqozo qiladi. Chunki bu ishda eng mukammal imom, Zoti Muhammadiyadir (ASV).

Ikkinchisi:Modomiki Zoti Ahmadiya (ASV) insonlarga bo’lgan cheksiz ehsonoti Ilohiyaning eng muhim bir vasilasi ekan, albatta Janobi Haq hisobiga, cheksiz bir muhabbatga loyiqdir. Inson sevgan kishisiga agar o’xshash mumkin bo’lsa, fitratan o’xshashni istaydi. Xullas, Habibullohni kim sevsa, bu sunnati saniyasiga ergashish bilan U zotga o’xshashlikka harakat qilishlarini qat'iyan taqozo qiladi.

Uchinchi nuqta:Janobi Haqning cheksiz marhamati bo’lgani kabi, cheksiz muhabbati ham bor! Butun koinotdagi san'atli asarlarning go’zalligi bilan va bezatishi bilan o’zini cheksiz suratda sevdirgani kabi, san'atli asarlarini, xususan sevdirishiga sevish bilan javob bergan ziyshuur maxluqotni sevadi. Jannatning barcha nozikliklar va go’zalliklari va lazzatlari va ne'matlari, rahmatining bir jilvasi bo’lgan bir Zotning muhabbat nazarini o’ziga jalb qilishga harakat qilish, qanchalik muhim va oliy maqsad ekani ochiq-oshkor tushuniladi.

Modomiki Qur'onning ochiq hukmi bilan, Uning muhabbatiga faqat sunnati Ahmadiyaga (ASV) ergashish bilan sazovor bo’linar ekan, albatta sunnati Ahmadiyaga (ASV) ergashish eng buyuk insoniy maqsad va bir bashariy vazifa ekani ayon bo’ladi.

O’n birinchi nukta:"Uch masala"dir.

Birinchi masala:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom sunnati saniyalariningmanbaiuchtadir:So’zlari, ishlari, hollaridir.Bu uch qism ham uch qismdir:Farzlar, nafllar, go’zal odatlaridir.Farz va vojib qismida ergashishga majburiyat bor, tarkida azob va jazo bor. Hamma u Zotga ergashishga majburdir. Nafllar qismida amri istihbobiy bilan yana ahli iymon majburdir. Lekin tarkida azob va jazo yo’q. Qilinishida va ergashilishida buyuk savoblar bor hamda o’zgartirsh va almashtirilishi bid'at va zalolat va ulkan xatodir.

Odatlari va mustahsan harakatlari esa hikmat, foyda jihatidan, shaxsiy va oilaviy va ijtimoiy hayot e'tibori bilan u Zotni taqlid qilish va ergashish, g’oyat mustahsandir. Chunki har bir oddiy harakatlarida ko’p hayotiy manfaatlar bo’lgani kabi, ergashish bilan o’sha odob va odatlar ibodat hukmiga o’tadi.

Ha, modomiki do’st va dushmanning ittifoqi bilan, Zoti Ahmadiya (ASV) axloq go’zalligining eng yuksak martabalariga sazovordir. Va modomiki bilittifoq inson navi ichida eng mashhur va mumtoz bir shaxsiyatdirlar. Va modomiki minglab mo’'jizalarning dalolati bilan va tashkil qilgan Islomiyat olamining va kamolotining shahodatlari bilan hamda muballig' va tarjimon bo’lgan Qur'oni Hakim haqiqatlarining tasdiqi bilan, eng mukammal insoni komil va murshidi akmaldirlar. Va modomiki ergashish samarasi bilan millionlab ahli kamol kamolot martabalarida taraqqiy qilib, ikki dunyo saodatiga vosil bo’lgan ekan, albatta, u Zotning sunnatlari, harakatlari iqtido qilinadigan eng go’zal namunalardir va ergashiladigan eng sog’lom rahbarlardir va dastur qilib olinadigan eng mustahkam qonunlardir! Sunnatga ergashishda hissasi ziyoda bo’lgan kishi baxtiyordir! Sunnatga ergashmay, tanballik qilgan odam esa - ulkan zarar ko’radi, ahamiyatsiz hisoblasa - ulkan jinoyat, yolg'onlashni his qildirgan tanqid esa - ulkan zalolat!

Ikkinchi masala:Janobi Haq Qur'oni Hakimda:

وَاِنَّكَ لَعَلٰى خُلُقٍ عَظ۪يمٍ

deb marhamat qiladi. Sahih rivoyatlar bilan Hazrati Oisha-i Siddiqa (RA) kabi sahoba-i guzin Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomni ta'rif qilgan vaqtlari "Xuluquhul Qur'an" deb ta'rif qilardilar. Ya'ni: "Qur'on bayon qilgan axloq go’zalligining misoli, Muhammad Alayhissalotu Vassalomdir. Va o’sha go’zal axloqqa eng ko’p ergashgan va tabiatan o’sha go’zal axloq ustida yaratilgan u kishidirlar!"

Shunday bir Zotning ishlar, hollar, so’zlar va harakatlarining har biri, bashariyatga bittadan andoza bo’lishga loyiq ekan, u kishiga iymon keltirgan va ummatidan bo’lgan (sunnatlariga ahamiyat bermagan yoxud o’zgartirishni istagan) g’ofillarning qanchalar badbaxt ekanini devonalar ham anglaydi.

Uchinchi masala:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom yaratilishdan eng mo’'tadil vaziyatda va eng mukammal suratda yaratilganlari bois, xatti-harakatlari va hayot tarzlari mo’'tadillik va istiqomat ustida bo'lgan. Siyari saniyalari qat'iy bir suratda ko’rsatadiki: Har harakatlarida istiqomat va mo’'tadillik uzra ketganlar, ifrot va tafritdan saqlanganlar. Darhaqiqat, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom فَاسْتَقِمْ كَمَٓا اُمِرْتَ amriga tamomila ergashganlari uchun, butun ishlari va so’zlari va hollarida istiqomat qat'iy bir suratda ko’rinadi.

Masalan: Quvva-i aqliyaning fasod va zulmati hukmidagi ifrot va tafriti - ahmoqlik va jarbazadan uzoq bo’lib, quvva-i aqliya doimo haddi vasat va madori istiqomat bo’lgan hikmat nuqtasida harakat qilgani kabi; quvva-i g’azabiyaning fasodi hamda ifrot va tafriti bo’lgan qo’rqoqlik va tahavvurdan pok bo’lib, quvva-i g’azabiyaning madori istiqomati va haddi vasati hisoblangan qudsiy shijoat bilan quvva-i g’azabiyasi harakat qilish bilan barobar; quvva-i shahaviyaning fasodi hamda ifrot va tafriti bo’lgan shahvatsizlik va fujurdan musaffo bo’lib, quvva-i shahaviyaning madori istiqomati bo’lgan iffatni doim a'zamiy ma'sumiyat darajasida o’zlariga rahbar qilganlar. Va hokazo... Barcha sunnati saniyalarida, fitriy hollarida va shar'iy hukmlarida haddi istiqomatni ixtiyor qilib zulm va zulmatlar hisoblangan ifrot va tafritdan, isrof qilish va sovurishdan saqlanganlar. Hatto gapirish, yeyish va ichishlarida iqtisodni rahbar qilib, isrofdan qat'iyan saqlanganlar. Bu haqiqatning tafsilotiga doir minglab jild kitob ta'lif qilingan. اَلْعَارِفُ تَكْف۪يهِ الْاِشَارَةُ sirriga binoan, bu dengizdan shu qatra bilan kifoyalanib, mavzuni tugatamiz.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى جَامِعِ مَكَارِمِ الْاَخْلَاقِ وَ مَظْهَرِ سِرِّ (وَ اِنَّكَ لَعَلٰى خُلُقٍ عَظ۪يمٍ) اَلَّذ۪ى قَالَ : مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّت۪ى عِنْدَ فَسَادِ اُمَّت۪ى فَلَهُ اَجْرُ مِاَةِ شَه۪يدٍ

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَ مَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْ لَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓائَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

O’N IKKINCHI YOG’DU

(Ra'fat Beyning ikki xususiy savoli munosabati bilan ikki Qur'oniy nuktaning bayoniga doirdir.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz vafodor qardoshim Ra'fat Bey! Bu bemavrid zamonimda sening savollaring meni mushkul ahvolga solmoqda. Bu safargi ikki savoling garchi xususiydir. Lekin Qur'oniy ikkita nuktaga munosabatdor bo’lganlari uchun va Yer kurrasiga doir savolingiz geografiya va astronomiyaning yetti qatlam zamin va yetti qavat samovotni tanqidlariga munosabati bo’lgani uchun, men ularni ahamiyatli deb hisobladim. Shuning uchun savolning xususiyligiga qaramasdan, ilmiy va umumiy suratda, ikki oyati karimaga doir "ikki nukta" qisqacha bayon qilinadi. Sen ham xususiy savolingga undan hissa olasan.

Birinchi nukta:

"Ikki nuqta"dir.

Birinchi nuqta:

وَكَاَيِّنْ مِنْ دَٓابَّةٍ لَا تَحْمِلُ رِزْقَهَا اَللّٰهُ يَرْزُقُهَا وَاِيَّاكُمْ ٭ اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ

oyatlarining sirriga binoan: Rizq to’g’ridan-to’g’ri Qodiri Zuljalolning qo’lidadir va rahmatining xazinasidan chiqadi. Har bir ziyhayotning rizqi Allohning kafilligi ostida bo’lgani uchun, ochlikdan o’lish hollari bo’lmasligi kerak. Holbuki zohiran ochlikdan va rizqsizlikdan o’lganlar ko’p.

Bu haqiqatning va shu sirning yechimi shuki: Allohning kafilligi haqiqatdir. Rizqsizlik sababli o’lganlar yo’q. Chunki u Hakimi Zuljalol ziyhayotning badaniga yuborgan rizqning bir qismini zaxira uchun shahm va ichki yog’ suratida yig’adi. Hatto badanning har bir hujayrasiga yuborgan rizqning bir qismini, o’sha hujayraning bir burchagida yig’adi. Istiqbolda xorijdan rizq kelmagan payt, sarf qilinish uchun bir ehtiyot zaxirasi hukmida saqlaydi.

Bu yig’ilgan zaxira rizq tugamasdan avval o’lishadi. Demak, u o’lish rizqsizlikdan emas. Shubhasiz sui ixtiyordan tug’ilgan odat va o’sha sui ixtiyor va odatning tarkidan kelib chiqqan kasallik bilan o’lishadi. Ha, ziyhayotning badanida ichki yog’ suratida yig’ilgan tabiiy rizq, o’rtacha qirq kun mukammal ravishda davom etadi. Hatto bir kasallik yoki bir istig’roki ruhoniy natijasida ikki qirqdan oshadi. Hatto bir odam o’ta qaysarlik sababli London qamoqxonasida yetmish kun sihat-salomatlik bilan, hech narsa yemasdan hayoti davom etganini o’n uch (hozir o’ttiz to’qqiz) yil oldin gazetalar yozishgan. Modomiki qirq kundan yetmish-sakson kungacha tabiiy rizq davom etar va modomiki Razzoq ismining g’oyat keng suratda yer yuzida jilvasi ko’rinar va modomiki hech o’ylamagan yeridan, ko’krakdan va yog’ochdan rizqlar oqar, boshini ko’rsatar ekan, agar pur-shar bashar, sui ixtiyori bilan aralashib qo’shilmasa, barcha hollarda tabiiy rizq tugamasdan avval, o’sha ziyhayotning yordamiga bu ism yetishadi, ochlikdan o’lishga yo’l qo’ymaydi. Shunday ekan: Ochlikdan o’lganlar, agar qirq kundan avval o’lsalar, qat'iyan rizqsizlikdan bo’lmaydi. Shubhasiz "Tarkul odat minal muhlikat" sirriga asosan, sui ixtiyordan kelgan odat va o’sha odatni tark qilishdan kelib chiqqan bir illatdan, kasallikdan kelib chiqqan bo’ladi. Shunday ekan, ochlikdan o’lib bo’lmaydi, deyish mumkin.

Ha, bilmushohada ko’rinmoqdaki, rizq kuch va iroda bilan teskari mutanosibdir. Masalan: Hali dunyoga kelmasdan avval bir chaqaloq, ona qornida iroda va kuchdan butunlay mahrum bo’lgan vaqtda, og’zi qimirlatilmasdan rizqi beriladi. So’ngra dunyoga kelgan payti, kuch va iroda yo’q, lekin bir daraja iste'dodi va qobiliyat holida tuyg’usi bo’lgani uchun, faqat og’zini yopishtirishdek harakat bilan eng mukammal va eng to’yimli va hazmi eng oson va eng latif suratda va eng ajoyib tabiatda, ko’kraklar jo’mragidan og’ziga beriladi. So’ngra bir daraja kuch va irodaga aloqa paydo qilgan sari, o’sha oson va chiroyli rizq bir daraja bolaga nozlanishni boshlaydi. U ko’kraklar chashmalari quriydi, rizqi boshqa yerlardan yuboriladi. Lekin kuch va irodasi rizqni topishga yetarli bo’lmagani uchun, Razzoqi Karim padar va volidasining shafqat va marhamatlarini kuch va irodasiga yordamchi qilib yuboradi. Qachon kuch va irodasi kamolga yetsa, o’shanda rizqi unga kelmaydi va keltirilmaydi. Rizq joyida to’xtaydi: "Kel, meni qidir, top va ol!", deydi. Demak, rizq kuch va iroda bilan teskari mutanosibdir. Hatto ko’p risolalarda bayon qilganmizki: Eng kuchsiz va irodasiz hayvonlar yaxshiroq yashashadi, yaxshiroq oziqlanishadi.

Ikkinchi nuqta:

Imkonning turlari bor. Imkoni aqliy, imkoni urfiy, imkoni odatiy kabi qismlari bor. Bir hodisa, agar imkoni aqliy doirasida bo’lmasa, rad qilinadi. Imkoni urfiy doirasida bo’lmasa, mo’'jiza bo’ladi, lekin osonlik bilan karomat bo’lolmaydi. Agar urfga ko’ra va qoidaga ko’ra o’xshashi bo’lmasa, faqatgina ko’rish darajasidagi qat'iy dalil bilan qabul qilinadi.

Bu sirga binoan, qirq kun ovqat yemagan Sayyid Ahmadi Badaviyning hayratomuz hollari, imkoni urfiy doirasidadir. Ham karomat bo’ladi, ham hayratomuz odati ham bo’lishi mumkin. Darhaqiqat, Sayyid Ahmadi Badaviyning (QS) ajoyib va istig’rokkorona hollari ishonchli rivoyat darajasida naql qilinadi. Qirq kunda bir marta ovqat yeyishlari sodir bo’lgan. Lekin har doim unday emas. Ba'zan karomat navidan bo’lgan. Bir ehtimol bor: Holati istig’roqiyalari yeyishga ehtiyoj ko’rmagani uchun, u kishiga nisbatan odat hukmiga kirgan. Sayyid Ahmadi Badaviy (QS) kabi ko’p valiylardan bu tarz ajoyibotlar ishonchli shaklda rivoyat qilingan. Modomiki "birinchi nuqta"da isbot qilganimiz kabi, to’plangan rizq qirq kundan ortiq davom etar va o’sha muddat davomida yemaslik odat jihatidan mumkin va ishonchli shaklda g’ayoyib odamlardan o’sha hol rivoyat qilingan ekan, albatta bu inkor qilinmaydi.

Ikkinchi savolmunosabati bilan ikki muhim masala bayon qilinadi. Chunki geografiya va astronomiya fanlarining qisqacha qonunlari va tor dasturlari va kichkina o’lchovlari bilan Qur'onning samovotiga chiqolmaganlari va oyatlarning yulduzlaridagi yetti qavat ma'nolarni kashf qilolmaganliklari tufayli oyatni tanqid, balki inkor qilishga tentaklarcha harakat qilishgan.

Birinchi muhim masala:Samovot kabi zaminning ham yetti qatlam ekaniga doirdir. Bu masala yangi zamon faylasuflariga haqiqatsiz ko’rinadi. Ularning zaminga va samovotga doir fanlari qabul qilmaydi. Buni vosita qilib ba'zi Qur'onning haqiqatlariga e'tiroz qiladilar. Bunga doir qisqacha bir nechta ishora qilamiz.

Birinchisi:Avvalo: Oyatning ma'nosi boshqa. Va o’sha ma'nolarning fardlari va masadaqlari boshqadir. Mana o’sha kulliy ma'noning ko’plab fardlaridan bir fardi bo’lmasa, o’sha ma'no inkor qilinmaydi. Samovotning yetti qavatiga va zaminning yetti qatlamiga doir kulliy ma'nosining ko’p fardlaridan zohiran yetti masadaq ko’rinadi.

Ikkinchidan: Oyatning ochiq bayonida "yetti qatlam zamin" deyilmagan.

اَللّٰهُ الَّذ۪ى خَلَقَ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ وَمِنَ الْاَرْضِ مِثْلَهُنَّ

oxiriga qadar.

Oyatning zohiri aytadiki: "Zaminni ham o’sha yetti samovot kabi yaratgan va maxluqotiga maskan qilib olgan." Yetti qavat qilib yaratdim deb aytmayapti. O’xshashlik esa maxluqiyat va maxluqotga maskan bo’lishlik jihati bilan bir tashbehdir.

Ikkinchisi:Yer kurrasi har qancha samovotga nisbatan juda kichik bo’lmasin, lekin hadsiz masnu'oti Ilohiyaning mashhari, mazhari, mahshari, markazi hukmida bo’lgani uchun, qalb jasadga muqobil kelgani kabi, Yer kurrasi ham ulkan, hadsiz samovotga nisbatan bir qalb va ma'naviy bir markaz hukmida bo’lib muqobil keladi. Shuning uchun, zaminning kichik miqyosda eskidan beri yetti {(*) Sab'a bilan barobar yetti kalimasi yetti marta tavofuqi juda go’zal bo’lgan.} iqlimi; yana Ovrupa, Afrika, Avstraliya, ikki Osiyo, ikki Amerika nomlari bilan bilingan yetti qit'asi; yana dengiz bilan birga sharq, g’arb, shimol, janub, bu tomondagi va Yangi Dunyo tomonidagi ma'lum yetti qit'asi; yana markazidan to ustki qobig’igacha hikmat jihatidan, fan jihatidan isbotlangan, payvasta va har xil yetti tabaqasi; va ziyhayot uchun hayot tayanchi bo’lgan yetmishta oddiy va juz'iy elementlarni ichiga olib va "yetti qat" deb nomlangan mashhur yetti navdagi kulliy elementlari; yana to’rt unsur deyilgan suv, havo, olov, tuproq (turob) bilan birga, "mavolidi salosa" deyilgan ma'danlar, nabotot va hayvonotning yetti tabaqalari va yetti qavat olamlari; yana jin va ifrit va boshqa turli xil ziyshuur va ziyhayot maxluqlarning olamlari va maskanlari bo’lgani, ko’p sonli ahli kashf va asxobi shuhudning guvohligi bilan tasdiqlangan yetti qatlam zaminning olamlari; yana Yer kurramizga o’xshagan boshqa yetti kurra ham borligiga, ziyhayotga markaz va maskan bo’lishiga ishora qilib yetti tabaqa, ya'ni yetti yer kurrasi borligiga ishora qilib Yer kurrasi ham yetti qatlam ekani Qur'onning oyatlaridan tushunilgan.

Demak, yetti navi bilan yetti tarzda, zaminning yetti tabaqasi mavjudligi ayon bo’ladi. Sakkizinchisi bo’lgan oxirgi ma'no boshqa nuqtai nazarda ahamiyatlidir, u yettitaga kirmaydi.

Uchinchisi:Modomiki Hakimi Mutlaq isrof qilmaydi, foydasiz narsalarni yaratmaydi. Va modomiki maxluqotning vujudlari ziyshuur uchun va ziyshuur bilan kamolini topadi va ziyshuur bilan jonlanadi va ziyshuur bilan foydasizlikdan qutuladi. Va modomiki ko’zimiz bilan ko’rganimizdek, u Hakimi Mutlaq, u Qodiri Zuljalol havo unsurini, suv olamini, tuproq tabaqasini cheksiz ziyhayotlar bilan jonlantiradi. Va modomiki havo va suv hayvonotning harakatlanishiga mone bo’lmagani kabi; tuproq, tosh kabi qattiq moddalar elektr va rentgen kabi moddalarning kezishiga mone bo’lmaydilar. Albatta, u Hakimi Zulkamol, u Soni'-i Bezavol Yer kurramizning markazidan to maskanimiz va markazimiz bo’lgan ustki qobiqqacha bir-biri bilan payvasta yettita kulliy tabaqani va keng maydonlarini va olamlarini va g’orlarini bo’sh va xoli qoldirmaydi. Albatta ularni jonlantirgan.

O’sha olamlarning jonlanishiga munosib va muvofiq ziyshuur maxluqlarni yaratib o’sha yerda joylashtirgan. O’sha ziyshuur maxluqlar modomiki malaklar turlaridan va ruh jinsidagi maxluqlarning navlaridan bo’lishi lozim bo’ladi. Albatta eng zich va eng qattiq tabaqa ularga nisbatan, baliqqa nisbatan dengiz va qushga nisbatan havo kabidir. Hatto zaminning markazidagi mudhish otash ham, o’sha ziyshuur maxluqlarga nisbati, bizga nisbatan Quyoshning harorati kabi bo’lishni taqozo qiladi. O’sha ziyshuur ruh jinsidagi maxluqlar nurdan bo’lganlari uchun, olov ularga nur kabi bo’ladi.

To’rtinchisi: "O’n Sakkizinchi Maktub"da Yer tabaqalarining ajoyibotiga doir ahli kashfning aql bovar qilmas bayon qilgan tasvirlariga doir bir misol zikr qilingan. Xulosasi shuki: Yer kurrasi olami shahodatda bir urug’dir; olami misol va barzaxda ulkan bir daraxt kabi, samovotga taqqoslanadigan bir azamatdadir. Ahli kashfning Yer kurrasida ifritlarga maxsus tabaqasini ming yillik masofa tarzida ko’rishlari, olami shahodatga oid Yer kurrasining urug’ida emas, balki olami misoldagi shoxlarining va tabaqalarining namoyon bo’lishidir. Modomiki Yer kurrasining zohiran ahamiyatsiz bir tabaqasining boshqa olamda ana shunday azamatli namoyon bo’lishlari bor. Albatta yetti qavat samovotga muqobil yetti qatlam deyish mumkin va mazkur nuqtalarni eslatish uchun iyjoz bilan i'jozli tarzda Qur'on oyatlari samovotning yetti qavatiga nisbatan bu kichkina Yerni muqobil ko’rsatish bilan ishora qiladi.

Ikkinchi Muhim Masala

تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ oxiriga qadar ...

ثُمَّ اسْتَوٰٓى اِلَى السَّمَٓاءِ فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ

Bu oyati karima kabi ko’plab oyatlar samovotni yetti samodan iboratligini bayon qiladi. Ishorot-ul I'joz tafsirida Birinchi Jahon Urushining birinchi yilida urush maydonida, qisqa yozishga majbur bo’lib, biz g’oyat muxtasar bayon qilganimiz o’sha masalaning faqat bitta xulosasini yozish munosibdir. Jumladan:

Qadimgi falsafa samovotni to’qqizta tasavvur qilib, shariat tilida Arsh va Kursiyni yetti samovot bilan birga qabul qilib, g’alati bir suratda samovotni tasvirlashgan. O’sha qadimgi falsafaning dohiy faylasuflarining balandparvoz ifodalari bashariyatni ko’p asrlar davomida istibdodlari ostida saqlashgan. Hatto ko’p ahli tafsir oyatlarning sarih ma'nolarini ularning mazhabiga moslashtirishga majbur bo’lganlar. Shu suratda Qur'oni Hakimning i'joziga bir daraja parda tortilgandi. Va zamonaviy falsafa nomi berilgan yangi falsafa esa, eski falsafaning kelib ketish hamda teshilishi va yamalishi mumkin bo’lmagan samovot haqidagi ifroti o’rniga tafrit qilib, samovotning vujudini go’yo inkor qiladilar.

Avvalgilar ifrot, keyingilar tafrit qilib haqiqatni tamomila ko’rsata olmaganlar. Qur'oni Hakimning muqaddas hikmati esa, o’sha ifrot va tafritni qo’yib, haddi vasatni tanlab aytadiki: Sone'-i Zuljalol yetti qavat samovotni yaratgandir. Harakat qilgan yulduzlar esa, baliqlar kabi samo ichida kezadilar va tasbeh aytadilar. Hadisda اَلسَّمَاءُ مَوْجٌ مَكْفُوفٌ deyilgan. Ya'ni: "Samo, to’lqinlari turg’un bo’lgan bir dengizdir."

Xullas, bu Qur'on haqiqatini yetti qoida va yetti jihat ma'no bilan g’oyat muxtasar suratda isbot qilamiz.

Birinchi qoida:Fan va falsafa jihatidan isbotlanganki: Bu bepoyon fazo nihoyasiz bo’shliq emas, balki "efir" deyilgan modda bilan to’ladir.

Ikkinchisi:Fan va aql, balki kuzatuv jihati bilan isbotlanganki: Samodagi ulkan jismlarning tortish va itarish kabi qonunlarining robitasi hamda ziyo va harorat va elektr kabi moddalardagi quvvatlarning tarqatuvchisi va yetkazuvchisi, fazoni to’ldirgan bir modda mavjuddir.

Uchinchisi:Efir moddasi, efir bo’lib qolish bilan birga, boshqa moddalar kabi farqli shakllanishlarda va boshqa-boshqa suratlarda bo’lishi tajriba bilan isbotlangan. Ha, qandayki bug’, suv, muz kabi gazsimon, suyuq, qattiq uch xil narsa bitta moddadan bo’ladi. Xuddi shuning kabi, efir moddasidan ham yetti xil tabaqalar bo’lishiga hech bir aqliy mone bo’lmagani kabi, hech qanday e'tirozga asos bo’lmaydi.

To’rtinchisi:Samodagi ulkan jismlarga diqqat qilinsa, ko’rinadiki: O’sha yuksak olamlarning tabaqalarida muxoliflik bor. Masalan: Nahr-us Samo va Kahkashon nomi bilan mashhur, turkcha "Somon yo’li" ta'bir qilingan bulut shaklidagi ulkan doira bo’lgan tabaqa, albatta turg’un yulduzlarning tabaqasiga o’xshamaydi. Go’yo turg’un tabaqa yulduzlari, yoz mevalari kabi yetilgan, pishganlar. Va o’sha Somon yo’lidagi bulut shaklida ko’ringan hadsiz yulduzlar esa, endi-endi yetilishni boshlamoqdalar. Turg’un tabaqalar ham, sodiq bir hads bilan Quyosh sistemasining tabaqasiga muxolifligi ko’rinadi. Va hokazo yettita sistema va yettita tabaqa bir-biriga muxolif bo’lishi, his va hads bilan idrok qilinadi.

Beshinchisi:Hads, his, istiqro va tajriba bilan isbotlanganki: Bir moddada tartiblash va shakllanish bo’lsa, o’sha moddadan boshqa masnu'ot qilinsa, albatta turli xil tabaqa va shakllarda bo’ladi. Masalan: Olmos konida shakllanishlar boshlangan vaqtda, o’sha moddadan ham ramad, ya'ni ham kul, ham ko’mir, ham olmos turlari tavallud etadi. Ham masalan: Otash shakllanishni boshlagan vaqti ham olov, ham tutun, ham cho’g’ tabaqalariga ayriladi.

Ham masalan, vodorod kislorod bilan birlashgan vaqti, o’sha birlashishdan ham suv, ham muz, ham bug’ kabi tabaqalar tashkil topadi. Demak anglashiladiki, bitta moddada shakllanish bo’lsa, tabaqalarga ayriladi. Shunday ekan: Efir moddasida Qudrati Fotira shakllashni boshlagani uchun, albatta boshqa-boshqa tabaqa o’laroq فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ sirri bilan undan yetti xil samovotni yaratgandir.

Oltinchisi:Shu mazkur alomatlar zaruriy bo’lib samovotning ham vujudiga, ham xilma-xilligiga dalolat qiladilar. Modomiki qat'iyan samovot xilma-xil ekan va Muxbiri Sodiq Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning tili bilan yettita deydilar, albatta yettitadir.

Yettinchisi:Yetti, yetmish, yetti yuz kabi ta'birlar arabcha uslubda ko’plikni ifoda qilgani uchun, o’sha kulliy yettita tabaqa ko’p sonli tabaqalarni ichiga olgan bo’lishi mumkin.

Alqissa:Qodiri Zuljalol efir moddasidan yetti qavat samovotni yaratib, tekislab, g’oyat nozik va ajoyib nizom bilan tartiblagan va yulduzlarni ichida sochib ekkandir. Modomiki Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon umum insonlar va jinlarning umum tabaqalariga qarata gapirgan bir xutba-i azaliyadir. Albatta, bashariyatning har bir tabaqasi har bir Qur'on oyatidan hissasini oladi va Qur'on oyatlarida har tabaqaning fahmini qondiradigan boshqa-boshqa va ko’plab ma'nolari yashirin va ishora tarzida bo’ladi. Ha, Qur'on xitoblarining kengligi va ma'no va ishoralaridagi kengligi va eng savodsiz avomdan eng yuksak olimgacha fahmlash darajalarini inobatga va hisobga olishi ko’rsatadiki, har bir oyatning har bir tabaqaga bir yuzi bor, qaraydi.

Xullas, bu sirga binoan, "yetti samovot" kulliy ma'nosida yettita inson tabaqalari farqli yetti qavat ma'noni fahmlaganlar. Jumladan: فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ oyatida qisqa nazarli va tor fikrli insonlar tabaqasi atmosfera tabaqalarini tushunadilar. Va astronomiya bilan mast bo’lgan boshqa inson tabaqasi esa, xalq tilida yettita sayyora bilan mashhur yulduzlarni va orbitalarini tushunadi. Yana bir qism insonlar kurramizga o’xshaydigan zavil-hayotning qarorgohi bo’lgan samoviy yettita boshqa kurralarni tushunadilar. Boshqa bir bashar toifasi Quyosh sistemasining yettita tabaqaga ayrilishini, yana Quyosh sistemamiz bilan birga yettita quyosh sistemasini tushunadi. Yana boshqa bir bashar toifasi, efir moddasining shakllanishi yettita tabaqaga ayrilishini tushunadi.

Yanada keng fikrli bir bashar tabaqasi yulduzlar bilan zarhallanib, barcha ko’ringan osmonlarni bitta samo hisoblab, uni bu dunyoning samosidir deb, bundan boshqa oltita samovot tabaqalari borligini tushunadi. Va bashariyatning yettinchi tabaqasi va eng yuksak toifasi esa, yetti samovotni olami shahodat bilan cheklangan hisoblamaydi. Balki uxraviy va g’aybiy va dunyoviy va misoliy olamlarning bittadan muhit qobig’i va ihotali bittadan shifti bo’lgan yettita samovotning mavjudligini tushunadi.

Va hokazo, bu oyatning kulliyatida mazkur yetti qavat tabaqaning yetti qavat ma'nolari kabi yana ko’p juz'iy ma'nolari bor. Harkim tushunishiga ko’ra hissasini oladi va o’sha samoviy dasturxondan harkim rizqini topadi.

Modomiki o’sha oyatning juda ko’p bunday sodiq masadaqlari bor. Hozirgi aqlsiz faylasuflarning va daydi astronomlarning samovotni inkor qilish bahonasi bilan bunday oyatga hujum qilishi, yaramas ahmoq bolalarning samovotdagi bir yulduzni tushurish niyatida yulduzlarga tosh otishiga o’xshaydi. Chunki oyatning kulliy ma'nosidan birgina masadaq sodiq bo’lsa, o’sha kulliy ma'no sodiq va haq bo’ladi. Hatto haqiqatda bo’lmagan, faqat umumning tilida kezgan bir fardi, umumning fikrini inobatga olish uchun o’sha kulliyga kirgan bo’lishi mumkin. Holbuki, haq va haqiqiy ko’p fardlarini ko’rdik. Va hozir bu insofsiz va haqsiz geografiyaga va esankiragan va boshi aylangan va sarxush astronomiyaga qara! Qanday qilib bu ikki fan xato qilib, haq va haqiqat va sodiq bo’lgan kulliy ma'nodan ko’zlarini yumib va juda sodiq bo’lgan masadaqlarni ko’rmasdan, xayoliy g’alati fardni, oyatning ma'nosi deb o’ylab, oyatga tosh otdilar. O’z boshlarini yordilar, iymonlarini uchirdilar!..

Alqissa:Qiroati sab'a, vujuhi sab'a va mo’'jizoti sab'a va haqoiqi sab'a va arkoni sab'a asosida nozil bo’lgan Qur'on samosining o’sha yettitadan tabaqalariga, jin va shayotlar hukmidagi e'tiqodsiz moddiy fikrlar chiqolmaganlari uchun, oyatlarning yulduzlarida nima bor, nima yo’qligini bilmasdan yolg’on va xato xabarlar beradilar. Va ularning boshlariga o’sha oyatlarning yulduzlaridan mazkur tahqiqot kabi uchar yulduzlar tushadilar va ularni kuydiradilar. Ha, jin fikrli faylasuflarning falsafasi bilan u Qur'on samovotiga chiqilmaydi. Balki oyatlarning yulduzlariga haqiqiy hikmatning me'roji bilan va iymon va Islomiyatning qanotlari bilan chiqish mumkin.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى شَمْسِ سَمَاءِ الرِّسَالَةِ وَ قَمَرِ فَلَكِ النُّبُوَّةِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ نُجُومِ الْهُدٰى لِمَنِ اهْتَدٰى

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

اَللّٰهُمَّ يَا رَبَّ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ زَيِّنْ قُلُوبَ كَاتِبِ هٰذِهِ الرِّسَالَةِ وَ رُفَقَائِه۪ بِنُجُومِ حَقَائِقِ الْقُرْاٰنِ وَ الْا۪يمَانِ اٰم۪ينَ

O’N UCHINCHI YOG’DU

اَعُوذُ بِاللّٰهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ sirriga doirdir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

وَقُلْ رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ ٭

وَاَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ

(Shaytonning yomonligidan Allohdan panoh so’rash sirriga doirdir. "O’n uch ishora" yoziladi. O’sha ishoralarning bir qismi, tarqoq suratda "Yigirma oltinchi So’z" kabi bir qism risolalarda bayon va isbot qilinganidan, bu yerda faqat qisqacha bahs qilinadi.)

BIRINCHI ISHORA: Savol:Shaytonlarning koinotda ijod jihatidan hech bir ta'sirlari bo’lmagani, Janobi Haq rahmat va inoyati bilan ahli haqqa tarafdor ekani, va haq va haqiqatning jozibador go’zalliklari va husnlari ahli haqqa yordamchi va ilhomlantiruvchi ekani, ham zalolatning jirkanch yomonliklari ahli zalolatni nafrat ettirganlari holda, hizb-ush shaytonning ko’p marta g’alaba qilishining hikmati nima? Va ahli haq har doim shaytonning yomonligidan Janobi Haqdan panoh so’rashining sirri nima?

Javob:Hikmati va sirri shuki: Barchaning fikricha zalolat va yomonlik manfiydir va vayron qilish va yo’qlikka oid va buzishdan iborat. Barchaning fikricha hidoyat va yaxshilik musbatdir va mavjudlikka oid va bunyod etish va ta'mirlashdan iborat. Hammaga ma'lumki: Yigirmata odam yigirma kunda qurgan binoni, bitta odam bir kunda buza oladi. Darhaqiqat, barcha asosiy a'zolarning va hayot shartlarining mavjudligi bilan vujudi davom etgan inson hayoti Xoliqi Zuljalolning qudratiga maxsus ekan, bitta zolim bitta a'zoni kesishi bilan, hayotga nisbatan yo’qlikka oid bo’lgan o’limga o’sha insonni yetkazadi. Shuning uchun "Buzg’unchilik oson" maqolga aylangan.

Shu sirdan, ahli zalolat haqiqatan zaif kuch bilan juda kuchli ahli haqqa ba'zan g’olib bo’ladilar. Lekin ahli haqning shunday mustahkam bir qal'asi borki, unda himoyalangan vaqtlari, o’sha mudhish dushmanlar yaqinlasholmaydilar, yomonlik qilolmaydilar. Agar vaqtinchalik bir zarar bersalar, وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ sirri bilan abadiy savob va manfaat bilan o’sha zarar qoplanadi. O’sha qal'a-i metin, o’sha hisni hasin - shariati Muhammadiya (ASM) va sunnati Ahmadiyadir (ASM).

IKKINCHI ISHORA:Savol: Tamomiyla yomonlikdan iborat bo’lgan shaytonlarning yaratilishi va ahli iymonga hujumlari va ular tufayli ko’p insonlar kufrga kirib Jahannamga kirishlari, g’oyat mudhish va xunuk xodisadir. Ajabo, Jamiyli Alal-Itloq va Rahiymi Mutlaq va Rahmoni bil-Haqning rahmat va jamoli bu cheksiz xunuklik va dahshatli musibatning hosil bo’lishiga qanday yo’l qo’yadi va qanday ruxsat beradi?

Bu masalani ko’plar so’ragan va ko’pchilikning hayoliga keladi.

Javob:Shaytonning majudligida ahamiyatsiz yomonliklar bilan birga bir qancha umumiy xayrli maqsadlar va insonning kamoloti bor. Ha, bir danakdan ulkan bir daraxtgacha qancha martabalar bo’lsa, inson mohiyatidagi iste'dodda undanda ko’proq martabalar mavjud. Balki zarradan quyoshgacha darajalari bor. Bu iste'dodlarning rivojlanishlari, albatta bir harakat istaydi, bir muomala bo’lishini taqozo qiladi. Va o’sha muomaladagi taraqqiy charxining harakati kurash bilan bo’ladi. U kurash esa, shaytonlarning va zararli narsalarning mavjudligi bilan bo’ladi. Bo’lmasa, malaklar kabi insonlarning ham maqomi o’zgarmas qolar edi. Unda inson navida minglab navlar hukmida sinflar bo’lmasdi. Bir ahamiyatsiz yomonlik kelmasligi uchun mingta xayrni tark qilish hikmat va adolatga ziddir. Garchi, shayton tufayli aksar insonlar zalolatga ketsalarda,ahamiyat va qiymat asosan sifatga qaraydi, miqdorning ahamiyati juda kam yoki umuman yo’q.Masalan, bir ming o’nta danagi bo’lgan kishi, danaklarni tuproq ostiga ko’msa, undan o’n tasi daraxt bo’lib ko’karsa va mingtasi chirisa, o’nta daraxt bo’lgan danaklarning u odamga bergan manfaati, albatta mingta chirigan danak bergan zararni yo’qqa chiqaradi. Xuddi shuning kabi, nafs va shaytonlarga qarshi kurash bilan, yulduzlar kabi insoniyatni sharaflantirgan va nurlantirgan o’nta insoni komil tufayli bashariyatga bergan manfaat va sharaf va qiymat, albatta, hasharotlar navidan hisoblanadigan darajada pastkash ahli zalolatning kufrga kirishi bilan inson naviga beradigan zararni yo’qqa chiqarib ko’zga ko’rsatmagani uchun, rahmat va hikmat va adolati Ilohiya shaytonning mavjudligiga ruxsat berib xujumiga yo’l ochgan.

Ey ahli iymon! Bu mudhish dushmanlaringizga qarshi sovutingiz, Qur'on dastgohida yasalgan taqvodir. Va qalqoningiz, Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning sunnati saniyalaridir. Va qurolingiz, Allohdan panoh so’rash va istig’for va hifzi Ilohiyaga iltijodir.

UCHINCHI ISHORA: Savol:Qur'oni Hakimda ahli zalolatga qarshi katta shikoyatlari va bu mavzu ustida ko’p to’xtalishlari va juda shiddatli qo’rqitishlari, zoxiran tushunsak adolatli va maqsadga muvofiq balog’atiga va uslubidagi mo’'tadilligiga va istiqomatiga munosib kelmaydi. Go’yo ojiz odamga qarshi qo’shinlarni yig’adi. Va uning arzimas harakati uchun, minglab jinoyat qilgan kabi qo’rqitadi. Va qashshoq va mulkda hech hissasi bo’lmasa ham, tajovuzkor bir sherik kabi mavqe berib, undan shikoyat qiladi. Buning sirri va hikmati nima?

Javob:Buning sirri va hikmati shuki: Shaytonlar va ularga ergashganlar, zalolat yo’liga kirganlari uchun, kichik bir harakat bilan ko’p buzg’unchilik qila oladilar. Va ko’p yaratilgan borliqlarning huquqiga oz bir amal bilan ko’p zarar yetkazishadi. Qandayki bir sultonning ulkan bir tijorat kemasida bir odam oz bir harakat bilan, balki kichik bir vazifani tark qilish bilan, o’sha kemaga aloqador barcha vazifadorlarning mehnatlari samarasining va amallari natijasining yo’q bo’lishiga va buzilishiga sabab bo’lgani uchun, kemaning nomdor sohibi u kema bilan aloqador barcha qo’l ostidagilarining hisobiga u osiy ustidan ulkan shikoyat qilib dahshatli qo’rqitadi va uning o’sha arzimas harakatini emas, balki o’sha harakatning mudhish natijalarini nazarga olib va nomdor sohibning nomidan emas, balki qo’l ostidagilarning huquqi nomidan dahshatli jazoga duchor qiladi.

Shunga o’xshab, Sultoni Azal va Abad ham Yer sayyorasi kemasida ahli hidoyat bilan birga ahli zalolat sanalgan hizb-ush shaytonning ko’rinishdan arzimas xatolari va isyonlari bilan juda ko’p yaratilgan borliqlarning huquqiga tajovuz qilganlari va mavjudotning oliy vazifalari natijalarining bekor bo’lishiga sabab bo’lishgani uchun, ulardan ulkan shikoyat va dahshatli qo’rqitishlar va buzg’unchiliklari ustida jiddiy to’xtalish, aynan balog’at ichida to’liq hikmatdir va g’oyat munosib va muvofiqdir. Va vaziyatning talabiga uyg’un bo’lib, balog’atning ta'rifi va asosidir va kalom isrofi bo’lgan mubolag’adan pokdir. Ma'lumki oz harakat bilan ko’p buzg’unchilik qilgan dahshatli dushmanlarga qarshi g’oyat metin bir qal'ada yashirinmagan qattiq parishon bo’ladi.

Xullas, ey ahli iymon! U samoviy po’lat qal'a Qur'ondir. Ichiga kir, qutul.

TO’RTINCHI ISHORA:Yo’qlik butkul yomonlik va mavjudlik butkul yaxshilik ekaniga ahli tahqiq va sohibi kashf ittifoq qilishgan. Ha, hammaning fikricha xayr va go’zallik va kamolot mavjudlikka tayanadi va unga taalluq etadi. Sirtdan manfiy va yo’qlikka oid bo’lsa ham, asosi sobitlik va mavjudlikka oiddir. Zalolat va yomonlik va musibatlar va gunohlar va balolar kabi barcha xunukliklarning asosi, asli yo’qlik, inkordir. Ulardagi yomonlik va xunuklik yo’qlikdan keladi.

Garchi sirtdan qaraganda musbat va mavjudlikka oid ko’rinsalar ham, asosi yo’qlik, inkordir. Yana ko’z bilan ko’rish darajasida aniqki: Bino kabi bir narsaning mavjudligi, butun qismlarining mavjudligi bilan qaror topadi. Holbuki, uning buzilishi va bo’lmasligi va yo’q bo’lishi bir ruknning bo’lmasligi bilan hosil bo’ladi. Yana mavjudlik, mavjud bo’lgan asl sabab istaydi! Muhaqqaq bir sababga tayanadi. Yo’qlik esa, yo’qlikka oid narsalarga tayanishi mumkin. Yo’qlikka oid bir narsa bo’lmagan narsaga asl sabab bo’ladi.

Ushbu ikki qoidaga binoan, insonlar va jinlardan bo’lgan shaytonlarning koinotdagi mudhish buzg’unchiliklari hamda har xil kufr va zalolat va yomonlik va halok qiladigan ishlarni qilsalarda, zarra miqdor ijodga va yaratishga aralasholmaydilar, mulki Ilohiyda ishtirok hissalari bo’lmaydi. Va iqtidor va qudrat bilan o’sha ishlarni qilmaydilar, balki ko’p ishlari iqtidor va faoliyat emas, balki tark va harakatsizlikdir. Xayrni qildirmaslik bilan yomonliklarni qiladilar. Ya'ni, yomonliklar bo’ladi. Chunki halok qiladigan ishlar va yomonlik buzg’unchilik navidan bo’lgani uchun, sabablari mavjud bir iqtidor va foil bir ijod bo’lishi lozim emas. Balki bitta amri 'adamiy va bitta shartning buzilishi bilan ulkan buzg’unchilik sodir bo’ladi.

Bu sir Majusiylarda ochilmagani uchun, koinotda "Yazdon" nomi bilan bir yaxshiliklarni yaratuvchi, boshqasi "Ahrimon" nomli bir yomonliklarni yaratuvchi borligiga e'tiqod qilıshgan. Holbuki ular "Ahrimon" degan mavhum yomonlik ilohi, juz'i ixtiyori bilan va ijod qilib bilmaydigan kasb bilan yomonliklarga sabab bo’lgan ma'lum shaytondir.

Demak, ey ahli iymon! Shaytonlarning bu mudhish buzg’unchiligiga qarshi eng muhim qurolingiz va ta'mir qiladigan jihozlaringiz istig’fordir va "A'uzu billoh" deyish bilan Janobi Haqqa iltijodir. Va qal'angiz sunnati saniyadir.

BESHINCHI ISHORA:Janobi Haq samoviy kitoblarda basharga Jannat kabi buyuk mukofot va Jahannam kabi dahshatli jazoni ko’rsatish bilan birga, ko’p irshod qilgani, ogohlantirgani, eslatgani, qo’rqitgani va tashviq qilgani holda; ahli iymon bu qadar hidoyat va istiqomatga yetaklaydigan sabablar bor ekan, hizb-ish shaytonning mukofotsiz xunuk zaif hiylalariga mag’lub bo’lishlari bir paytlar meni ko’p o’ylantirar edi. Ajabo, iymon bor ekan, Janobi Haqning shu qadar shiddatli qo’rqitishlariga qanday qilib ahamiyat bermaslik mumkin? Qanday qilib iymon ketmaydi? اِنَّ كَيْدَ الشَّيْطَانِ كَانَ ضَعِيفًا sirri bilan shaytonning g’oyat zaif hiylalariga aldanib Allohga isyon qiladi. Hatto do’stlarimdan ba'zilari, mendan yuzlab haqiqat darslarini qalban tasdiqlab eshitgani holda va men haqqimda haddan ortiq husni zonda ekani va aloqadorligi bo’la turib, qalbsiz va buzuq bir odamning ahamiyatsiz va riyokorona iltifotiga aldandi, unga yon bosib, menga qarshi bo’lib qoldi. "Fasubhanalloh" dedim.

"Insonda bu daraja tubanlashish bo’lishi mumkinmi? Naqadar bevafo bir inson ekan", deb bechorani g’iybat qildim, gunohga kirdim. So’ngra o’tgan ishoralardagi haqiqat ochildi, noaniq bo’lgan ko’p nuqtalarni oydinlatdi. O’sha nur bilan, Allohga hamd bo’lsin, ham Qur'oni Hakimning ulkan targ’ibot va tashviqoti tamoman o’rinli ekanini, ham ahli iymon shaytonning hiylalariga aldanishlari iymonsizlikdan va iymonning zaifligidan emasligini, va gunohi kabiralarni qilgan kufrga kirmasligini, ham Mo'tazila mazhabi va bir qism Xorijiya mazhabi "Gunohi kabiralarni qilgan kofir bo’ladi yoki iymon va kufr o’rtasida qoladi", deb hukmlarida xato qilganlarini, ham mening o’sha bechora do’stim yuzta haqiqat darsini bir yaramasning iltifotiga fido qilishi, o’ylaganim kabi o’ta tubanlashish va dahshatli pastkashlik emasligini angladim. Janobi Haqqa shukr qildim, o’sha tahlikadan qutuldim. Chunki yuqorida aytib o’tganimizdek, shayton kichik bir amri 'adamiy bilan insonni muhim tahlikalarga otadi. Insondagi nafs esa, har doim shaytonni tinglaydi. Shahvoniy va g’azabiy tuyg’ulari esa, shayton hiylalariga ham qabul qiluvchi, ham uzatuvchi ikki jihoz hukmidadirlar.

Shuning uchun, Janobi Haqning "G’ofur", "Rahim" kabi ikki ismi tajaliyi a’zam bilan ahli iymonga yuzlanib turibdi. Va Qur'oni Hakimda Payg’ambarlarga eng muhim ehsoni, mag’firat ekanini ko’rsatadi va ularni istig’for keltirishga da'vat qiladi. بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ muqaddas kalimasini har bir sura boshida takrorlash va har bir muborak ishlarda zikr qilishni amr qilishi bilan, koinotni qamrab olgan keng rahmatini malja’ va panohgoh qilib ko’rsatadi va فَاسْتَعِذْ amri bilan "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" kalimasini qalqon qiladi.

OLTINCHI ISHORA:Shaytonning eng tahlikali hiylasi shuki: Ba'zi ta'sirchan va sofdil insonlarga kufrni xayol qilish bilan uni tasdiqlashni chalkashtiradi. Zalolatni tasavvur qilishni zalolatning tasdig’i suratida ko’rsatadi. Va muqaddas zotlar va pok narsalar haqida g’oyat xunuk fikrlarni xayoliga keltiradi. Va imkoni zotiy narsani imkoni aqliy shaklida ko’rsatib, iymondagi qat'iy e'tiqodiga zid shubhani keltiradi. O’shanda bechora ta'sirchan odam o’zini zalolat va kufrga ketganini xayol qilib, iymondagi qat'iy e'tiqodi yo’q bo’lgan deb o’ylaydi, umidsizlikka tushadi, o’sha umidsizlik bilan shaytonga masxara bo’ladi. Shayton ham umidsizligidan, ham o’sha zaif tomonidan, ham o’sha chalkashishidan ko’p foydalanadi. Natijada u yo devona bo’ladi, yoxud "nima bo’lsa bo’lsin" deydi, zalolatga ketadi.

Shaytonning bu hiylasining mohiyati naqadar asossiz ekanini ba'zi risolalarda bayon qilganimiz kabi, bu yerda qisqacha bahs etamiz. Jumladan:

Qandayki oynadagi ilonning surati chaqmaydi va otashning misoli yondirmaydi va iflos narsaning aksi kir qilmaydi. Xuddi shuning kabi, xayol yoki fikr oynasida shakkoklik va shirkning akslari va zalolatning soyalari va haqoratli va xunuk so’zlarning xayollari e'tiqodni buzmaydi, iymonni o’zgartirmaydi, hurmatga sazovor adabni sindirmaydi. Chunki mashhur qoida borki: "So’kishni xayol qilish, so’kish bo’lmagani kabi, kufrni xayol qilish ham kufr emas va zalolatni tasavvur qilish ham zalolat emas." Iymondagi shak masalasi esa, imkoni zotiydan kelgan ehtimollar o’sha qat'iy e'tiqodga zid emas va o’sha qat'iy e'tiqodni buzmaydi. Ilmi usuli dinda muqarrar qoida borki:

اِنَّ الْاِمْكَانَ الذَّاتِىَّ لَا يُنَافِى الْيَقِينَ الْاِلْمِىَّ

Masalan: Barla Dengizi suvi joyida turganini qat'iyan bilamiz. Holbuki, zotida, o’sha dengiz bu daqiqada yo’q bo’lishi va bu mumkinotga kiradi. Bu imkoni zotiy, modomiki bir alomatdan kelib chiqmas ekan, zehnda shubha tug’dirishi mumkin emas. Chunki yana ilmi usuli dinda bir muqarrar qoida bor:

لَاعِبْرَةَ لِلْاِحْتِمَالِ غَيْرِ النَّاشِئِ عَنْ دَلِيلٍ

Ya'ni: "Bir alomatdan kelib chiqmagan ehtimoli zotiy, shubha beradigan ahamiyatli imkoni zehniy bo’lmaydi." Ushu shaytonning hiylasiga uchgan bechora odam iymon haqiqatlariga bo’lgan qat'iy e'tiqodini bunday zotiy imkonlar bilan yo’qotyapman deb o’ylaydi. Masalan: Hazrati Payg’ambar alayhissalotu vassalom haqida bashariyat e'tibori bilan ko’p imkoni zotiya aqliga keladi, iymonning jazm va qat'iyligiga zarar qilmaydi. Lekin u zarar berdi deb o’ylab zararga tushadi.

Yana, ba'zan shayton qalb ustidagi lumma vositasida Janobi Haq haqida yomon so’zlar gapiradi. U odam o’ylaydiki, bunday deyayotgani uchun qalbim buzilgan deb o’laydi. Titraydi. Holbuki uning titrashi va qo’rqishi va nozoriziligi, u so’zlar qalbidan kelmayotganiga dalildir. Ular lumma-i shaytoniyadan keltiriladi yoki shayton tarafidan eslatiladi va xayolga keltiriladi.

Yana, insonning ichida men tashxis qilolmagan bir-ikki nozik tuyg’ulari borki, ixtiyor va irodani tinglamaydi, balki javobgarlik ostiga ham kirmaydi. Ba'zan o’sha tuyg’ular hukm suradi, haqni tinglamaydi, xato narsalarga kiradi. O’shanda shayton odamga: "Sening iste'doding haqqa va iymonga muvofiq emas, bunday ixtiyorsiz botil narsalarga berilyapsan. Demak sening qadaring seni badbaxtlikka mahkum qilgan." deb shivirlaydi. Bechora odam umidsizlikka tushib halokatga ketadi.

Xullas shaytonning avvalgi hiylalariga qarshi mo’minning panogohi, muhaqqiq asfiyolarning dasturlari bilan hududlari tayin qilingan haqoiqi iymoniya va muhkamoti Qur'oniyadir. Va oxirdagi hiylalariga qarshi Allohdan panoh so’rab ahamiyat bermaslik kerak. Chunki ahamiyat bergan sari, diqqatni jalb qildirib kattalashadi, shishadi. Mo’minning bunday ma'naviy yaralariga dori va malhami - sunnati saniyadir.

YETTINCHI ISHORA: Savol:Mu'taziliy imomlari yomonlikning ijodini yomonlik deb hisoblaganlari uchun, kufr va zalolatning yaratilishini Allohdan deb bilmaydilar. Go’yo bu bilan Allohni nuqsondan pok tutadilar. "Bashar o’z ishlarining yaratuvchisidir" deb, zalolatga ketishgan. Yana: "Bir gunohi kabirani qilgan mo’minning iymoni ketadi. Chunki Janobi Haqqa e'tiqod qilish va Jahannamni tasdiqlash, o’sha gunohni qilish bilan teng emas. Chunki dunyoda g’oyat ozgina qamalish qo’rquvi bilan o’zini qonunga xilof hamma narsadan muhofaza qilgan odam, abadiy Jahannam azobini va Xoliqning g’azabini hisobga olmaydigan darajada katta gunohlarni qilsa, albatta iymonsizlikka dalolat qiladi", deydilar.

Javob:Birinchi qismning javobi shuki: "Qadar risolasi"da izoh qilingani kabi, "Xalqi shar, shar emas, kasbi shar shardir." Chunki yaratish va ijod umum natijalarga qaraydi. Bir yomonlikning vujudi, ko’p xayrli natijalarga muqaddima bo’lgani uchun, o’sha yomonlikning ijodi, natijalar e'tibori bilan yaxshilik bo’ladi, yaxshilik hukmiga o’tadi. Masalan, olovning yuzlab xayrli natijalari bor. Faqat ba'zi insonlar yomonlikda ishlatib, olov ularga zarar berganida "Olovning ijodi yomonlik" deyolmaydilar. Shunga o’xshab, shaytonlarning ijodida insoniyat taraqqiyoti kabi ko’p hikmatli natijalari bo’lish bilan birga, ixtiyorini yomonlikda ishlatish bilan va xato kasbi bilan bilan shaytonlarga mag’lub bo’lib, "Shaytonning yaratilishi yomonlik" deyolmaydi. Balki o’zining kasbi bilan o’ziga yomonlik qildi. Ha, kasb, shaxsiy mashg’uliyat bo’lib, xususiy yomonlikning natijasiga yo’liqadi. O’sha kasbi shar yomonlik bo’ladi. Faqat ijod umum natijalarga qaragani uchun, yomonlikni ijod qilish, yomonlik emas, balki yaxshilikdir.

Mu'taziliylar bu sirni anglamaganlari uchun, "Yomonlikning ijodi yomonlikdir va xunukning ijodi xunukdir" deb, Janobi Haqni qusurdan poklash uchun yomonlikning ijodini Undan deb bilmaganlar, zalolatga tushishganr. وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَ شَرِّهِ degan iymon ruknini ta'vil qilganlar.

Ikkinchi qism: "Gunohi kabira qilgan odam qanday qilib mo’min qolishi mumkin?" degan savollariga javob esa: avvalo, o’tgan ishoralarda ularning xatosi qat'iy bir suratda anglashildi, takrorga hojat qolmadi. Ikkinchidan: insonning nafsi naqd va tayyor, bir misqol lazzatni keyinga qoldirilgan, g’aybda bir botmon lazzatdan ustun qo’ygani kabi, naqd bir tarsaki qo’rquvidan, kelajakdagi bir yil azobdan ko’ra ko’proq qo’rqadi. Yana insonda hissiyot g’olib bo’lsa, aqlning muhokamasini tinglamaydi. Havas va vahimasi hukm surib, eng oz va ahamiyatsiz tayyor bir lazzatni kelajakdagi g’oyat buyuk bir mukofotdan ustun qo’yadi. Va ozgina hozirgi qiyinchilikdan ko’ra kelajakka qoldirilgan ulkan azobdan ko’proq cho’chiydi. Chunki vahima va havas va his kelajakni ko’rmaydi, balki inkor qiladilar. Nafs ham yordam bersa, iymonning makoni bo’lgan qalb va aql sukut saqlaydilar, mag’lub bo’ladilar.

Shunday ekan gunohi kabiralarni qilish iymonsizlikdan bo’lmaydi, balki his va havasning va vahimaning g’alabasi bilan, aql va qalbning mag’lubiyatidan kelib chiqadi.

Yana o’tgan ishoralarda tushunilgani kabi, yomonlik va havaslar yo’li buzg’unchilik bo’lgani uchun g’oyat oson. Insonlar va jinlardan bo’lgan shaytonlar tez insonlarni o’sha yo’lga yetaklaydi. G’oyat hayratlanarli bir holki, hadisda bayon qilinganiga ko’ra, baqo olamining pashsha qanotichalik bir nuri, abadiy bo’lgani uchun, bir insonning umri davomida dunyodan olgan lazzat va ne'matga muqobil kelgani holda, ba'zi bechora insonlar bir pashsha qanoti qadar bu foniy dunyoning lazzatini o’sha boqiy olamning bu foniy dunyosi qiymatidagi lazzatlaridan ustun qo’yib, shaytonning orqasidan ketadi.

Ushbu sirlar uchun, Qur'oni Hakim mo’minlarni juda ko’p takror va isror bilan, tahdid va tashviq bilan gunohdan qaytaradi va yaxshilikka chorlaydi.

Bir kuni Qur'oni Hakimning takror bilan shiddatli irshodlari menga shu fikrni berdiki, bunchalik to’xtovsiz eslatmalar va ogohlantirishlar mo’min insonlarni matonatsiz va bevafo qilib ko’rsatadi. Insonning sharafiga yarashmaydigan bir vaziyat beradi. Chunki bir xodimning boshlig’idan olgan amri itoat qilishiga yetarli ekan, ayni amrni o’n marta aytsa, u xodim jiddiy ravishda ranjiydi. "Meni ayblayapsan, men xoin emasman", deydi. Holbuki, eng xolis mo’minlarga Qur'oni Hakim isror bilan takror-takror amr qiladi. Bu fikr zehnimni mashg’ul qilgan vaqtda ikki-uch sodiq do’stlarim bor edi. Ularga insiy shaytonlarning hiylalariga aldanmasliklari uchun juda ko’p marta eslatar va ogohlantirar edim. "Bizni ayblayapsiz", deb ranjimas edilar. Lekin men qalban: "Davomli ravishda eslatmalarim bilan bularni ranjityapman, sadoqatsizlik va matonatsizlikda ayblayapman." derdim. So’ngra birdan sobiq ishoralarda izoh va isbot qilingan haqiqat ochildi. O’shanda u haqiqat bilan ham Qur'oni Hakimning barcha vaziyatlarning taqozosiga ko’ra va o’rnida va isrofsiz va hikmatli va tuhmatsiz shaklda isror va takrorlashini va hikmatning va balog’atning ayni ekanini bildim. Va o’sha sodiq do’stlarimning ranjimaganlarining sirrini angladim.

U haqiqatning xulosasi shuki: Shaytonlar buzg’unchilik tomon chorlaganlari uchun, oz bir amal bilan ko’p yomonliklarni qiladilar. Shuning uchun haq va hidoyat yo’lida yurganlar, juda ehtiyot va shiddatli saqlanishga va takror-takror eslatmalarga va juda ko’p yordamga muhtoj bo’lganlaridan, Janobi Haq o’sha takrorlar orqali ming bir ismi bilan ahli iymonga yordamini taqdim qiladi va minglab marhamat qo’llarini madad uchun uzatadi. Sharafini sindirmaydi, balki himoyalaydi. Insonning qiymatini tushirmaydi, balki shayton yomonligining kattaligini ko’rsatadi.

Xullas, ey ahli haq va ahli hidoyat! Insonlar va jinlardan bo’lgan shaytonlarning mazkur hiylalaridan qutulishning chorasi: Ahli sunnat va jamoat bo’lgan ahli haq mazhabini qarorgoh qil va Qur'oni mo’'jiz-ul bayonning muhkamot qal'asiga kir va sunnati saniyani rahbar qil, salomatlikni top!..

SAKKIZINCHI ISHORA: Savol:Avvalgi ishoralarda isbot qildingizki, zalolat yo’li oson va vayron qilish va tajovuz bo’lgani uchun, ko’plar o’sha yo’lga kiradilar. Holbuki boshqa risolalarda qat'iy dalillar bilan isbot qilgansizki, kufr va zalolat yo’li naqadar mushkul va mashaqqatli bo’lgani uchun hech kim unga kirmasligi kerak edi va yurib bo’ladigan emas. Va iymon va hidoyat yo’li naqadar oson va ochiq ravshan bo’lgani sabab hamma unga kirishi kerak edi.

Javob:Kufr va zalolat ikki qismdir. Bir qismi amaliy va far'iy bo’lish bilan birga, iymon hukmlarini rad va inkor qilish bo’lib, bu tarzdagi zalolat oson. Haqni qabul qilmaslik, tark, yo’qlik, qabul qilmaslikdir. Bu qism bo’lib, risolalarda oson ko’rsatilgan.

Ikkinchi qism esa, amaliy va far'iy emas e'tiqodiy va fikriy bir hukmdir. Faqatgina iymonning rad qilinishi emas, balki iymonning ziddiga yo’l ochishdir. Bu botilni qabul qilishdir, haqning aksini isbot qilishdir. Bu qism iymonning faqat rad ve naqizi emas, iymonning ziddidir. Qabul qilmaslik emaski, oson bo’lsin, balki yo’qlikni qabul qilishdir. Va yo’qlikni isbot qilish bilan qabul qilinishi mumkin. اَلْعَدَمُ لَا يُثْبَتُ qoidasi bilan, yo’qlikning isboti albatta oson emas.

Boshqa risolalarda imkonsizlik darajasida mashaqqatli va mushkul ko’rsatilgan kufr va zalolat shu qism bo’lib, zarra miqdor shuuri bo’lgan kishi bu yo’lda yurmasligi lozim. Bu yo’l, risolalarda qat'iy isbot qilingani kabi, shu qadar dahshatli alamlari bor va bo’g’uvchi zulmatlari borki, zarra miqdor aqli bo’lgan kishi u yo’lga tolib bo’lmaydi.

Agar:"Bu qadar qiynaydigan va zim-ziyo, mushkul yo’lda qanday qilib aksar insonlar ketmoqdalar?", deyilsa.

Javob:Ichiga tushib qolishgan, chiqolmaydilar. Yana insondagi nabotiy va hayvoniy xossalari, oqibatni ko’rmaganlari, o’ylamaganlari va insondagi nozik va yuksak tuyg’ulariga g’alaba qilganlari uchun, chiqishni istamaydilar va naqd va vaqtinchalik bir lazzat bilan tasalli topadilar.

Savol:Agar: "Zalolatda dahshatli alam va qo’rquv borki, kofir hayotdan lazzat olish tugul, umuman yashamasligi kerak edi. Balki o’sha alamdan ezilishi va o’sha qo’rquvdan o’ti yorilishi kerak edi. Chunki insoniyat e'tibori bilan hadsiz narsalarga mushtoq va hayotga oshiq ekani holda, kufr vositasida o’z o’limini abadiy yo’q bo’lish va bezavol firoq hamda mavjudot zavolini va do’stlarining vafotlarini va barcha sevganlarini qatl qilish va ko’ o’ngida abadiy ayriliq suratida doimo kufr vositasida ko’rgan inson qanday yashay oladi? Qanday hayotdan lazzat olishi mumkin?", degan savol berilsa.

Javob:Ajib bir shaytoniy makr bilan o’zini aldab, yashaydi. Ko’rinishda lazzat olyapman deb o’ylaydi. Mashhur bir misol bilan uning mohiyatiga ishora qilamiz. Jumladan:

Aytiladiki: Tuyaqushga: "Qanotlaring bor, uch." deyishsa. U qanotlarini yopib, "men tuyaman" deb, uchmagan. Lekin ovchining tuzog’iga tushgan. Ovchi meni ko’rmasin deb boshini qumga suqqan. Holbuki kattakon gavdasini tashqarida qoldirgan, ovchiga nishon qilgan. So’ngra unga: "Modomiki tuyaman deyapsan, yuk tashi!" deyishsa. Qanotlarini yozib, "men qushman" degan, yukning zahmatidan qutulgan. Lekin homiysiz va ozuqasiz ovchilarning hujumiga nishon bo’lgan. Aynan shuning kabi, kofir Qur'onning samoviy e'lonlariga qarshi mutlaq kufrni tashlab, shubhali kufrga tushgan. Unga: "Modomiki o’lim va zavolni abadiy yo’q bo’lish deb bilasan, seni osadigan dor ko’z o’ngingda... Unga har doim qaragan qanday yashay oladi, qanday lazzat oladi?", deyilsa. O’sha odam Qur'onning umumiy rahmat jihatidan va hamma narsani qamragan nuridan olgan bir hissasi bilan: "O’lim yo’q bo’lish emas, ehtimol baqo bor", deydi. Yoxud tuyaqush kabi boshini g’aflat qumiga suqadi, toki ajal uni ko’rmasin va qabr unga qaramasin va ashyoning zavoli unga o’q otmasin!

Bir so’z bilan, shubhali kufr vositasida tuyaqush kabi o’lim va zavolni yo’q bo’lish ma'nosida ko’rgan vaqti, Qur'on va samoviy kitoblarning "oxiratga iymon"ga doir qat'iy xabarlari unga bir ehtimol beradi. O’sha kofir u ehtimolga yopishadi, dahshatli alamni ustiga olmaydi. O’sha vaqtda unga: "Modomiki boqiy bir olamga ketiladi, u olamda chiroyli yashash uchun diniy majburiyatlar mashaqqatini chekish kerak", deyilsa, u odam kufrdagi shubha bilan: "Balki yo’qdir, yo’q narsa uchun nega ishlayin?", deydi. Ya'ni, u Qur'on hukmi bergan baqo ehtimoli bilan abadiy yo’q bo’lish alamlaridan qutuladi. Qachonki diniy majburiyatlar mashaqqati unga yuzlansa, shubhali kufr bergan yo’qlik ehtimoli unga qarshi kufr ehtimoliga yopishadi, o’sha zahmatdan qutuladi. Demak, bu nuqtai nazardan, mo’mindan ko’ra bu hayotda ko’proq lazzat olaman deb o’ylaydi. Chunki diniy majburiyatlarning zahmatidan kufr ehtimoli bilan qutuladi va abadiy alamlarni iymoniy ehtimol jihati bilan o’z ustiga olmaydi. Holbuki bu shaytoniy makrning hukmi g’oyat yuzaki va foydasiz va vaqtinchalikdir.

Xullas, Qur'oni Hakimning kofirlar haqida ham bir navi rahmat jihati borki, dunyoviy hayotni ularga Jahannam bo’lishdan bir daraja qutqaradi va shubha bilan yashaydilar. Bo’lmasa, oxirat Jahannamini eslatadigan bu dunyoda ham ruhiy bir Jahannam azobini chekardilar va o’z jonlariga qasd qilishga majbur bo’lar edilar.

Xullas ey ahli iymon! Sizni abadiy yo’q bo’lishdan va dunyo va oxirat jahannamlaridan qutqaradigan Qur'onning himoyasi ostiga iymon keltirgan va ishongan holda kiringlar va sunnati saniyasining doirasiga taslim bo’lib va manzur ko’rib qo’shilinglar, dunyo baxtsizligidan va oxiratda azobdan qutulinglar!

TO’QQIZINCHI ISHORA: Savol:Hizbulloh bo’lgan ahli hidoyat, boshda payg’ambarlar va ularning boshida Faxri Olam alayhissalotu vassalom, shu qadar inoyat va rahmati Ilohiya va imdodi Subhoniyaga sazovor bo’lganlari holda, nima uchun ko’p marta hizb-ush shayton bo’lgan ahli zalolatga mag’lub bo’lishgan? Yana, Xotam-ul anbiyoning quyosh kabi porloq nubuvvat va risolati va muazzam eliksir kabi ta'sirli i'jozi Qur'oniy vositasida irshodi va koinotning umumiy jozibasidanda jozibador Qur'on haqiqatlarining qo’shnichiligida va yaqinidagi Madina munofiqlarining zalolatda qaysarlik qilishlari va hidoyatga kirmasliklarining sabab va hikmati nima?

Javob:Bu ikki qism mudhish savolning hal qilinishi uchun chuqur bir asosni bayon qilish kerak bo’ladi. Jumladan:

Bu koinot Xoliqi Zuljalolining ham jamoliy, ham jaloliy ikki qism Ismlari bo'lgani uchun va o’sha jamoliy va jaloliy ismlar hukmlarini boshqa-boshqa jilvalar bilan ko’rsatishini taqozo qilganlari uchun, Xoliqi Zuljalol koinotda zidlarni bir-biriga aralashtirib, bir-biriga muqobil keltirib va bir-biriga tajovuz va mudofaa qiladigan vaziyat berib, hikmatli va manfaatdor bir navi kurash suratiga keltirib, undan zidlarni bir-birining hududiga o’tkazib ixtiloflar va o’zgarishlar vujudga keltirish bilan, koinotni o’zgarish va almashinish qonuni va taraqqiy va takomil dasturiga tobe qilgani uchun, o’sha yaratilish daraxtining jamlovchi samarasi bo’lgan inson navida, urash qonunini yanada ajib shaklga keltirib, butun insoniyat taraqqiyotiga yordam beradigan kurash eshigini ochib, hizbullohga qarshi maydonga chiqa olishlik uchun, hizb-ush shaytonga ba'zi jihozlarni bergan.

Ushbu nozik sir sababli, payg’ambarlar ko’p marta ahli zalolatga qarshi bo’lishgan. Va g’oyat zaif va ojiz bo’lgan zalolat ahli ma'nan g’oyat kuchli ahli haqqa vaqtinchalik g’olib bo’lishadi va qarshilik ko’rsatadilar. Bu ajib qarshilikning hikmatining sirri shuki: Zalolatda va kufrda yo’qlik va tark bor, juda yengil, harakat istamaydi. Yana buzg’unchilik borki, juda oddiy va oson, ozginagina harakat yetadi. Yana tajovuz borki, ozgina amal bilan ko’plarga zarar berib, qo’rqitish nuqtasida va fir'avnlik jihatidan ularga bir maqom qozontiradi.

Ham oqibatni ko’rmagan va mavjud zavqqa mubtalo bo’lgan insondagi nabotiy va hayvoniy hossalarning qoniqishi, lazzatlanishi, hurriyati borki, aql va qalb kabi insoniy nozik tuyg’ularni insoniyatkorona va oqibatni o’ylaydigan vazifalaridan voz kechiradi. Ahli hidoyat va boshda ahli nubuvvat va boshda Habibi Rabb-ul Olamiyn bo’lgan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning qudsiy maslagi, ham mavjudlikka oid, ham sobitlikka oid, ham ta'mir, ham harakat, ham halol haq yo'lda istiqomat, ham oqibatni o’ylash, ham ubudiyat, ham nafsi ammoraning fir'avnligini, erkinligini sindirish kabi muhim asoslar bo'lgani uchun, Madina-i Munavvaradagi o’sha zamonning munofiqlari u porloq quyoshga qarshi ko’rshapalak kabi ko’zlarini yumib, o’sha azim jozibaga qarshi shaytoniy itarish kuchiga berilib, zalolatda qolishgan.

Agar savol tariqasida:"Rasuli Akram alayhissalotu vassalom modomiki Habibi Rabb-ul Olamiyndirlar. Yana, qo’llarida haq va tillaridagi haqiqatdir. Va qo’shinlaridagi askarlarning bir qismi malaklardir. Va bir hovuch suv bilan bir qo’shinga suv ichirganlar. Va to’rt hovuch bug’doy va bir uloqning go’shti bilan ming odamni to’ydiradigan ziyofat berganlar. Va kofirlar qo’shinining ko’zlariga bir hovuch tuproq otish bilan, o’sha bir hovuch tuproqdan har kofirning ko’ziga bir hovuch tuproq kirishi bilan ularni qochiradilar. Va yana bu kabi ming mo’'jizalar sohibi bo’lgan bir Qo’mondoni Rabboniy, qanday qilib Uhudning oxirida va Hunaynning boshida mag’lub bo’ladilar?",deyilsa;

Javob:Rasuli Akram alayhissalotu vassalom bashariyatga peshvo va imom va rahbar sifatida yuborilganlar. Toki o’sha insoniyat ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi dasturlarni u kishidan o’rganishsin va Hakiymi Zulkamolning iroda qilgan qonunlariga itoatga ko’nikishsin va hikmat dasturlariga muvofiq harakat qilishsin. Agar Rasuli Akram alayhissalotu vassalom ijtimoiy va shaxsiy hayotlarida doimo g’ayrioddiy holatlarga va mo’'jizalarga tayansaydilar, u vaqt imomi mutlaq va rahbari akbar bo’lolmas edilar.

Ushubu sir uchun, faqat da'volarini tasdiq qildirish uchun ora-sira, ehtiyoj bo’lganda, dinsizlarning inkorini sindirish uchun mo’'jizalar ko’rsatganlar. Boshqa vaqtlarda hammadan ziyoda Allohning amlariga itoat qilganlari kabi, Hikmati Rabboniya va mashiati Subhoniya bilan ta'sis qilingan odatulloh qonunlariga hammadan ko'ra ko'proq rioya va itoat qilar edilar. Dushmanga qarshi sovut kiyardilar, "pana joyga kiringlar!" deb amr qilardilar. Yaralanar, zahmat chekardilar. Toki batamom hikmati Ilohiya qonuniga va koinotdagi shariati fitriya-i kubroga rioya va itoatni ko’rsatsinlar.

O’NINCHI ISHORA:Iblisning eng muhim bir hiylasi, o’ziga tobe bo’lganlarga o’zini inkor ettirishdir. Zamonamizda, xususan materialistlarning falsafalari bilan zehni bulg’anganlar bu ochiq ravshan masalada shubhaga tushganlari uchun, shaytonning bu hiylasiga qarshi bir-ikki so’z aytamiz. Jumladan:

Insonlar orasida shayton vazifasini bajargan jasadli yovuz ruhlar ko’rilganidek bo'lgani kabi, jinlardan jasadsiz habis ruhlar borligi ham o’sha qat'iyatdadir. Agar ular moddiy jasad kiysay edi, bu habis insonlaning o’zginasi bo’lardilar. Ham agar bu inson suratidagi odam toifasidan shaytonlar jasadlarini chiqara olsaydilar, o’sha jinlardan bo’lgan iblislar bo’lar edi. Hatto bu shiddatli munosabatga binoan, bir botil mazhab: "Inson suratidagi g’oyat yomon yovuz ruhlar o’lgandan keyin shayton bo’ladi", deb hukm qilgan. Ma'lumki, a'lo narsa buzilsa, oddiy narsaning buzilishidan yanada ko’proq buziladi. Masalan, sut va qatiq buzilsa, yeyilishi mumkin. Lekin yog’ buzilsa, yeyilmaydi, ba'zan zaharga aylanadi. Shunga o’xshab, yaratilgan borliqlarning eng mukarrami, balki eng a'losi bo’lgan inson, agar buzilsa, buzuq hayvondan ham battar buziladi. Badbo’y narsalarning hidi bilan lazzatlangan hashorotlar kabi va chaqish bilan zaharlashdan lazzat olgan ilonlar kabi, zalolat botqoqligidagi yomonliklar va qabih axloqlar bilan lazzatlanadi va faxrlanadi va zulmning zulmatlaridagi zararlardan va jinoyatlardan lazzat oladilar. Go’yo shaytonning mohiyatiga kiradilar. Darhaqiqat, jin toifasidan shaytonning borligiga qat'iy bir dalil, odam toifasidan shaytonning mavjudligidir.

Ikkinchidan: "Yigirma to’qqizinchi So’z"da yuzlab qat'iy dalillar bilan ruhoniylar va malaklarning mavjudligini isbot qilgan umumiy dalillar shaytonlarning ham mavjudligini isbot qiladilar. Bu jihatni o’sha so’zga havola qilamiz.

Uchinchidan: Koinotda xayrli ishlardagi qonunlarning namoyandasi, nazoratchisi hukmidagi malaklarning mavjudligi, dinlarning ittifoq’i bilan asoslangani kabi, yomon ishlar qiluvchilar va ularga aloqador bo'lganlar va o’sha ishlardagi qonunlarning sabablari bo’lgan yovuz va shaytoniy ruhlarning borligi hikmat va haqiqat nuqtasida qat'iydir, balki yomon ishlarda shuurli pardaning bo’lishi yanada ko’proq lozim. Chunki "Yigirma ikkinchi So’z"ning boshida aytilgani kabi, harkim hamma narsaning haqiqiy go’zalligini ko’rolmagani uchun, zohiriy yomonlik va nuqson jihatidan Xoliqi Zuljalolga qarshi e'tiroz qilmaslik va rahmatini ayblamaslik va hikmatini tanqid qilmaslik va haqsiz shikoyat qilmaslik uchun, zohiriy vositani parda qilgan, toki e'tiroz va tanqid va shikoyat o’sha pardalarga ketsin, Xoliqi Karim va Hakiymi Mutlaqqa yuzlanmasin. Qandayki vafot qilgan bandalarning ranjishidan Hazrati Azroilni qutqarish uchun kasalliklarni ajalga parda qilgan. Xuddi shuninig kabi, Hazrati Azroilni (AS) ruhlarni olishga parda qilgan, toki marhamatsiz deb o’ylangan o’sha holatlardan kelgan shikoyatlar Janobi Haqqa yuzlanmasin. Xuddi shuning kabi, yanada ziyoda bir qat'iyat bilan yovuzliklardan va yomonliklardan kelgan e'tiroz va tanqid Xoliqi Zuljalolga yuzlanmasligi uchun, hikmati Rabboniya shaytonning bo’lishini taqozo qilgan.

To’rtinchidan: Inson kichik bir olam ekani kabi, olam ham katta bir insondir. Bu kichik inson o’sha katta insonning bir mundarijasi va xulosasidir. Insonda bo’lgan namunalarning katta asllari insoni akbarda zaruriy ravishda bo’ladi. Masalan, qandayki insonda xotiraning mavjudligi, olamda Lavhi Mahfuzning vujudiga qat'iy dalildir! Xuddi shuninig kabi, insonda qalbning bir burchagida lumma-i shaytoniya deyilgan vasvasa jihozi va xayol tuyg’usining fikrlari bilan gapiradigan shaytoniy til va chalkashtirilgan vahima kichik shayton hukmiga o’tganini va sohiblarining ixtiyoriga zid va orzusiga muxolif harakat qilganlarini his va hads bilan harkimning o’zida borligini bilishi, olamda katta shaytonlarning mavjudligiga qat'iy dalildir.

Va ushbu lumma-i shaytoniya va shu vahima, bir quloq va bir til bo’lganlari uchun, unga pichirlagan va gapirtirgan xorijiy yovuz shaxsning mavjudligini his qiladilar.

O’N BIRINCHI ISHORA:Ahli zalolatning yomonliklaridan koinotning g’azablanganini va umumiy unsurlarning qahrlanganlarini va umum mavjudotning achchig’i chiqqanini Qur'oni Hakim mo’'jizona ifoda qiladi. Ya'ni, Hazrati Nuh qavmining boshiga kelgan to’fon bilan samovot va Yerning hujumini va Samud va Od qavmining inkoridan havo unsurining qahrini va Fir'avn qavmiga qarshi suv unsurining va dengizning qizishganini va Qorunga qarshi tuproq unsurining g’azabini va ahli kufrga qarshi oxiratda تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ sirri bilan Jahannamning g’azabini va qahrini va boshqa mavjudotning ahli kufr va zalolatga qarshi jahlini ko’rsatib, e'lon qilib g’oyat mudhish tarzda va i'jozkorona ahli zalolat va isyonni qaytaradi.

Savol:Nima uchun bunday ahamiyatsiz insonlarning ahamiyatsiz amallari va shaxsiy gunohlari koinotning g’azabini jalb qiladi?

Javob:Ba'zi risolalarda va o’tgan ishoralarda isbot qilingani kabi, kufr va zalolat mudhish tajovuzdir va umum mavjudotni aloqador qiladigan jinoyatdir. Chunki koinot yaratilishining eng buyuk natijasi, ubudiyati insoniyadir va rububiyati Ilohiya qarshisida iymon va itoat bilan javob qaytarishdir. Holbuki, ahli kufr va zalolat esa, kufrdan chiqayotgan inkori bilan mavjudotning asl g’oyalari va davom etish sabablari bo’lgan eng buyuk natijani rad qilganlari uchun, barcha yaratilgan borliqlarning huquqiga bir navi tajovuz bo'lgani kabi, barcha san'atli asarlarning oynalarida jilvalari namoyon bo’lgan va san'atli asarlarning qiymatlarini, oynadorlik jihatidan oliy qilgan Alloh ismlarining jilvalarini inkor qilganlari uchun, o’sha Allohning muqaddas ismlariga qarshi haqorat bo'lgani kabi, barcha san'atli asarlarning qiymatini tushirish bilan o’sha san'atli asarlarga nisbatan buyuk haqoratdir. Ham barcha mavjudotning har biri bittadan oliy vazifa bilan vazifador ma'muri Rabboniy darajasida, kufr bilan tubanlashtirib, jonsiz, foniy, ma'nosiz borliq darajasida ko’rsatgani uchun, barcha yaratilgan borliqlarning huquqiga nisbatan bir navi haqoratdir.

Xullas, zalolat turlari darajalariga ko’ra ozmi-ko’pmi koinotning yaratilishidagi hikmati Rabboniyaga va dunyoning baqosidagi maqosidi Subhoniyaga zarar bergani uchun, ahli isyonga va ahli zalolatga nisbatan koinot g’azablanadi, mavjudot achchiqlanadi, yaratilgan borliqlar qahr qiladi.

Ey jussasi va jismi kichik hamda jinoyati va zulmi katta va ayb va gunohi buyuk bechora inson! Koinotning g’azabidan, yaratilgan borliqlarning nafratidan, mavjudotning qahridan qutulishni istasang, qutulishning chorasi:Qur'oni Hakimning muqaddas doirasiga kirish va Qur'onning yetkazuvchisi bo’lgan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning sunnati saniyalariga ergashishdir. Kir va tobe bo’l!

O’N IKKINCHI ISHORA:To’rt savol va javobdir.

Birinchi savol:Cheklangan hayotda, oz miqdordagi gunohlarga muqobil hadsiz azob va nihoyasiz Jahannam qanday qilib adolat bo’ladi?

Javob:O’tgan ishoralarda, xususan bundan avvalgi "O’n birinchi ishora"da qat'iyan anglashildiki, kufr va zalolat jinoyati nihoyasiz bir jinoyatdir va hadsiz huquqqa tajovuzdir.

Ikkinchi savol:Shariatda aytilganki: "Jahannam qilingan amalning jazosidir, lekin Jannat Allohning fazli bilandir." Buni hikmatining sirri nimada?

Javob:O’tgan ishoralarda ayon bo’ldiki, inson yaratish qobiliyati bo’lmagan juz'i ixtiyoriy va cheklangan kasb bilan, bir amri 'adamiy yoki bir amri e'tiboriy tashkil qilish bilan va subut berish bilan mudhish buzg’unchiliklarga va yomonliklarga sabab bo’lgani kabi, nafsi va havosi doimo yomonliklarga va zararlarga moyil ekani uchun, o’sha kichik kasbning natijasidan hosil bo’lgan yomonliklarning mas'uliyatini u tortadi. Chunki uning nafsi xohladi va o’z kasbi bilan sabab bo’ldi. Va yomonlik yo’qlikka oid bo'lgani uchun, banda unga foil bo’ldi. Janobi Haq ham yaratdi. Albatta o’sha cheksiz jinoyatning mas'uliyatini nihoyasiz azob bilan tortishga loyiq bo’ladi. Ammo yaxshiliklar va xayrlar esa, modomiki mavjudlikka oiddir, kasbi insoniy va juz'i ixtiyoriy ularga illati mujida bo’lolmaydi. Inson unda haqiqiy foil bo’lolmaydi. Va nafsi ammorasi ham yaxshiliklarga tarafdor emas, balki rahmati Ilohiya ularni istaydi va qudrati Rabboniya ijod qiladi. Faqat inson iymon bilan, orzu bilan, niyat bilan sohib bo’lishi mumkin. Va sohib bo’lgandan so’ng, o’sha yaxshiliklar esa, unga avvalroq berilgan mavjudlik va iymon ne'matlari kabi o’tgan Allohning cheksiz ne'matlariga shukrdir, o’tgan ne'matlarga qaraydi. Allohning va'dasi bilan beriladigan Jannat esa, fazli Rahmoniy bilan beriladi. Ko’rinishda bir mukofotdir, haqiqatda fazldir. Demak yomonliklarda sabab nafsdir, jazolantirishga shaxsan loyiqdir. Yaxshiliklarda esa sabab Haqdandir, illat ham Haqdandir. Faqat inson iymon bilan sohib bo’ladi. "Mukofotingni istayman" deyolmaydi, "Fazlingni kutaman" deb biladi.

Uchinchi savol:O’tgan izohlardan ham tushuniladiki, yomonliklar, yoyilish va tajovuz bilan ko’payganidan, bitta yomonlik mingta yozilishi kerak, yaxshilik esa mavjudlikka oid ekani uchun moddiy jihatdan ko’paymagani va bandaning ijodi bilan va nafsning orzusi bilan bo’lmagani uchun, umuman yozilmasligi kerak yoki bitta yozilishi kerak edi. Nima uchun yomonlik bitta yoziladi, yaxshilik o’nta va ba'zan mingta yoziladi?

Javob:Janobi Haq kamoli rahmat va jamoli rahimiyatini o’sha suratda ko’rsatadi.

To’rtinchi savol:Ahli zalolat qozongan muvaffaqiyat va ko’rsatgan quvvat va ahli hidoyat ustidan g’alabalari ko’rsatadiki, ular bir quvvatga va bir haqiqatga tayanadilar. Demak yo ahli hidoyatda zaiflik bor, yo ularda bir haqiqat bor?

Javob:Aslo... Na ularda haqiqat bor, na ahli haqda zaiflik bor. Ammo afsuski tor fikrli muhokamasiz bir qism avom shubhaga tushib vasvasa qiladilar, aqidalariga zarar keladi. Chunki: "Agar ahli haqda to’liq haq va haqiqat bo’lsaydi, bu daraja mag’lubiyat va zillat bo’lmasligi kerak edi. Chunki haqiqat quvvatlidir.اَلْحَقُّ يَعْلُو وَلَا يُعْلٰى عَلَيْهِ bo’lgan asos qoidasi bilan, quvvat haqdadir. Agar o’sha ahli haqqa muqobil g’olib bo’lgan ahli zalolatning haqiqiy quvvati va bir tayanch nuqtasi bo’lmasa edi, bu daraja g’oliblik va muvaffaqiyat bo’lmasligi lozim kelardi?", deydilar.

Javob:Ahli haqning mag’lubiyati quvvatsizlikdan, haqiqatsizligidan bo’lmagani o’tgan ishoralar bilan qat'iy isbot qilingani kabi, ahli zalolatning g’alabasi quvvatlaridan va iqtidorlaridan va tayanch nuqtasi topganlaridan bo’lmagani, yana o’sha ishoralar bilan qat'iy isbot qilinganidan, bu savolning javobi o’tgan ishoralarning umumidir. Faqat bu yerda hiylalariga va iste'mol qilgan bir qism qurollariga ishora qilamiz. Jumladan:

Men o’zim ko’p marta shohid bo’lganmanki, o’nta ahli fasod to’qsonta ahli salohni mag’lub qilardi. Hayrat bilan qiziqdim, tadqiq qilib qat'iyan angladimki, o’sha g’alaba quvvatdan, qudratdan kelmaydi,

balki fasoddan va pastkashlikdan va buzg’unchilikdan va ahli haqning ixtilofidan foydalanishidan va ichlariga ixtilof solishdan va zaif tomonlarni tutishdan va ulardan foydalanishdan va nafsoniy hissiyotni va shaxsiy g’arazlarni qo’zg’atishdan va insonning mohiyatida zararli ma'danlar hukmida bo’lgan yomon iste'dodlarni ishlattirishdan va shonu-sharaf nomi bilan riyokorlik bilan nafsning fir'avnligini shishirishdan va vijdonsizcha buzg’unchiliklaridan hamma qo’rqishidan keladi. Va shunga o’xshash shaytoniy hiylalar vositasida vaqtinchalik ahli haq ustidan g’alaba qozonadilar. Lekin وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ sirri bilan, اَلْحَقُّ يَعْلُو وَلَا يُعْلَى عَلَيْهِ dasturi bilan, ularning o’sha vaqtinchalik g’alabalari manfaat jihatidan ular uchun ahamiyatsiz bo’lish bilan birga, Jahannamni o’zlariga va Jannatni ahli haqqa qozontirishlariga sababdir.

Xullas, zalolatda iqtidorsizlar qudratli ko’rinishlari va ahamiyatsizlar shuhrat qozonishlari uchun, xudfurush, shuhratparast, riyokor insonlar va oz narsa bilan iqtidorlarini ko’rsatish va qo’rqitish va zarar yetkazish jihatidan mavqe qozonish uchun ahli haqqa muxoliflik vaziyatiga kiradilar. Toki ko’rinsin va diqqat unga jalb qilsin. Va iqtidor va qudrat bilan emas, balki tark va harakatsizlik bilan sabab bo’gan buzg’unchiligi unga nisbat berilib, undan bahs qilinsin. Bunday shuhrat devonalaridan biri namozgohni iflos qilgan, toki hamma undan bahs qilsin. Hatto undan la'nat bilan bahs qilingan bo’lsa ham, "shuhratparastlik hissi unga bu la'natli shuhratni chiroyli ko’rsatgan" degan zarbulmasal bo’lgan.

Ey olami baqo uchun yaratilgan va foniy olamga mubtalo bo’lgan bechora inson!

فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ السَّمَآءُ وَالْاَرْضُ

oyatining sirriga diqqat qil, quloq sol! Qara nima deydi! Ochiq ma'nosi bilan farmon qiladiki: "Ahli zalolat o’lishi bilan inson bilan aloqador bo’lgan samovot va Yer ularning jasadlari ustida yig’lamaydi, ya'ni ularning o’lishi bilan mamnun bo’ladi." Va ishoriy ma'nosi bilan ifoda qiladiki: "Ahli hidoyatning o’lishi bilan samovot va Yer ularning jasadlari ustida yig’laydi, firoqlarini istamaydi." Chunki ahli iymon bilan butun koinot aloqadordir, undan mamnundir. Zero iymon bilan Xoliqi Koinotni bilganlari uchun, koinotning qiymatini taqdirlab hurmat va muhabbat ko’rsatadilar. Ahli zalolat kabi haqorat va yashirincha adovat qilmaydilar.

Ey inson, o’yla! Sen baribir o’lasan. Agar nafs va shaytonga tobe bo’lsang, sening qo’shnilaring, balki qarindoshlaring sening yomonligingdan qutulgani uchun sevinadi. Agar "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" deb, Qur'onga va Habibi Rahmonga tobe bo’lsang, samovot, Yer va mavjudot, harkimning darajasiga ko'ra, sening darajangga ko’ra sendan ayrilganlaridan xafa bo’lib ma'nan yig’laydilar. Qattiq motam va muhtasham kuzatish bilan, qabr eshigidan kirgan baqo olamingda darajangga nisbatan chiroyli kutib olinish borligiga ishora qiladilar.

O’N UCHINCHI ISHORA:"Uch nuqta"dir.

Birinchi nuqta:Shaytonning eng katta hiylasi, iymon haqiqatlarining azamati jihatida tor qalbli va kalta aqlli va qisqa fikrli insonlarni aldaydi: "Bitta zot barcha zarralar va sayyoralar va yulduzlarni va boshqa mavjudotni butun hollari bilan tadbiri rububiyatida aylantiradi, idora qiladi deyiladi. Bunday behad ajablanarli ulkan masalaga qanday ishonilishi mumkin? Qanday qilib qalbga joylashadi? Qanday qilib fikr qabul qila oladi?" deydi. Insonning ojizligi nuqtasida inkor hissini uyg’otadi.

Javob:Shaytonning bu hiylani jim qilgan sir: "Allohu Akbar"dir. Va haqiqiy javobi ham "Allohu Akbar"dir." Ha, "Allohu Akbar"ning haddan ortiq ko’p Islomiy shiorlarda takrori bu hiylani yo’q qilish uchundir. Chunki insonning ojiz quvvati va zaif qudrati va tor fikri bunday behad buyuk haqiqatlarni "Allohu Akbar" nuri bilan ko’rib tasdiq qiladi va "Allohu Akbar" quvvati bilan o’sha haqiqatlarni tashiydi va "Allohu Akbar" doirasida joylashtiradi va vasvasaga tushgan qalbiga aytadiki: Bu koinotning g’oyat muntazam ravishda idora va boshqaruvi ko’z bilan ko’rinmoqda. Bunda ikki yo’l bor:

Birinchi yo’l: Mumkindir, faqat g’oyat azimdir va hayratlanarlidir. Chunki bunday hayratlanarli asar hayratlanarli san'at bilan, juda ajablanarli bir yo’l bilan bo’ladi. U yo’l esa, mavjudot, balki zarralar sanog’icha mavjudligining shohidlari bo’lgan bir Zoti Ahad va Samadning rububiyati bilan va iroda va qudrati bilan bo’lishidir.

Ikkinchi yo’l: Hech bir imkoni bo’lmagan va imkonsizlik darajasida mushkul va hech bir jihatda aqlga uyg’un bo’lmagan shirk va kufr yo’lidir. Chunki "Yigirmanchi Maktub" va "Yigirma ikkinchi So’z" kabi ko’p risolalarda g’oyat qat'iy isbot qilingani kabi, o’sha vaqt koinotning har bir mavjudida va hatto har bir zarrasida bir mutlaq uluhiyat va hamma narsani qamragan ilm va cheksiz qudrat bo’lishi lozim bo’ladi. Toki mavjudotda ko’z bilan ko’ringan mukammal darajada nizom va intizom va g’oyat hassos mezon va imtiyoz bilan mukammal va bezalgan san'atli naqshlar vujud topa olsin.

Bir so’z bilan, agar tamoman loyiq va tamoman joyida bo’lgan azamatli va kibriyoli rububiyat bo’lmasa, o’sha vaqt har jihatdan aqlga zid va imkonsiz bir yo’lni ta'qib qilish lozim bo’ladi. Loyiq va lozim bo’lgan azamatdan qochish bilan, mahol va imkonsizlikka kirishni shayton ham taklif qilolmaydi.

Ikkinchi nuqta:Shaytonning muhim bir hiylasi, insonga kamchiligini e'tirof ettirmaslikdir. Toki istig’for va Allohdan panoh so’rash yo’lini berkitsin. Ham inson nafsining takabburligini qo’zg’atsin, toki nafs o’zini advokat kabi mudofaa qilsin, go’yo kamchiliklardan poklasin. Ha, shaytonni tinglagan bir nafs kamchiligini ko’rishni istamaydi. Ko’rsa ham, yuz ta'vil bilan ta'vil qildiradi.

وَعَيْنُ الرِّضَا عَنْ كُلِّ عَيْبٍ كَلِيلَةٌ

sirri bilan: Nafsiga mamnuniyat nazari bilan qaragani uchun aybini ko’rmaydi. Aybini ko’rmagani uchun e'tirof qilmaydi, istig’for qilmaydi, Allohdan panoh so’ramaydi, shaytonga masxara bo’ladi. Hazrati Yusuf alayhissalom kabi bir Payg’ambari Oliyshon, وَمَآ اُبَرِّئُ نَفْسِى اِنَّ النَّفْسَ لَامَّارَةٌ بِالسُّوٓءِ اِلَّا مَا رَحِمَ رَبِّى degan ekanlar, qanday qilib nafsga ishonish mumkin? Nafsini ayblagan kishi kamchiligini ko’radi. Kamchiligini e'tirof qilgan odam istig’for aytadi. Istig’for aytgan kimsa, Allohdan panoh so’raydi. Allohdan panoh so’ragan odam shaytonning yomonligidan qutuladi. Kamchiligini ko’rmaslik o’sha kamchilikdanda katta kamchilikdir. Va kamchiligini e'tirof qilmaslik katta nuqsondir. Va kamchiligini ko’rsa, o’sha kamchilik kamchilik bo’lishdan chiqadi. E'tirof qilsa, afvga loyiq bo’ladi.

Uchinchi nuqta:Insonning ijtimoiy hayotini barbod qilgan shaytonning bir hiylasi shuki, bir mo’minning bitta gunohi bilan barcha savoblarini yopadi. Shaytonning bu hiylasiga quloq solgan insofsizlar mo’minga adovat qiladilar. Holbuki, Janobi Haq hashrda mutlaq adolat bilan mezoni akbarida mukallaflarning amallarini tortgan paytda, savoblari gunohlariga g’olib-mag’lubligiga ko’ra hukm qiladi. Yana, gunohlarning sabablari ko’p va vujudga kelishi oson bo'lgani uchun, ba'zan bir savob bilan ko’p gunohlarini yopadi. Demak, bu dunyoda adolati Ilohiyaga muvofiq muomala qilish lozim. Agar bir odamning yaxshiliklari yomonliklaridan son yoki sifat jihatidan ko’proq kelsa, o’sha odam muhabbatga va hurmatga loyiqdir. Balki birgina qiymatli savob tufayli, ko’p gunohlarini kechirish nazari bilan qarash lozim. Holbuki, inson tabiatidagi zulm tuyg’usi bilan, shaytonning shivirlashi bilan, bir odamning yuzta savobini bir gunoh tufayli unutadi, mo’min qardoshiga adovat qiladi, gunohlarga kiradi. Masalan, pashshaning bir qanoti ko’z ustiga qo’yilsa, bir tog’ni to’sadi, ko’rsatmay qo’yadi. Xuddi shuning kabi, inson g’araz qilish tuyg’usi ta'sirida pashsha qanoti qadar bir gunoh bilan tog’dek savobni yopadi, unutadi. Mo’min qardoshiga adovat qiladi, insonlarning ijtimoiy hayotida bir fasod vositasiga aylanadi.

Shaytonning bu hiylasiga o’xshagan boshqa hiyla bilan, insonning sog’lom fikrlashini vayron qiladi, iymon haqiqatlariga nisbatan to’g’ri muhokamani buzadi va fikrning istiqomatiga buzadi. Jumladan:

Bir iymon haqiqatiga doir yuzlab isbot qiluvchi dalillarning hukmini yo’qligiga dalolat qilgan bir alomat bilan sindirishni istaydi. Holbuki muqarrar bor: "Bitta isbot qiluvchi ko’p inkor qiluvchilardan ustun keladi." Bir da'voni isbot qiluvchi bir guvohning hukmi yuzta inkor qilganlardan ustun bo’ladi. Bu haqiqatga ushbu misol bilan qara. Jumladan:

Bir saroyning yuzlab berk eshiklari bor. Bir eshik ochilishi bilan o’sha saroyga kirish mumkin, boshqa eshiklar ham ochiladi. Agar barcha eshiklar ochiq bo’lsa-yu, bir-ikkitasi berkilsa, o’sha saroyga kirib bo’lmaydi deyilmaydi.

Iymon haqiqatlari o’sha saroydir. Har bir dalil bir kalitdir, isbot qiladi, eshikni ochadi. Bir eshikning berk qolishi bilan o’sha iymon haqiqatidan voz kechilmaydi va inkor qilinmaydi. Shayton esa, ba'zi sabablarga binoan, yo g’aflat yoki jaholat vositasida berk qolgan bir eshikni ko’rsatadi, isbot qiluvchi barcha dalillarni nazardan tushiradi. "Bu saroyga kirilmaydi, balki saroy emas, ichida hech narsa yo’q", deb aldaydi.

Xullas, ey shaytonning hiylalariga mubtalo bo’lgan bechora inson! Diniy, shaxsiy va ijtimoiy hayotning farovonligini tilasang va fikrning sihatini va nazarning istiqomati va qalbning salomatligini istasang, muhkamoti Qur'oniyaning mezonlari bilan va sunnati saniyaning tarozilari bilan amallaringni va qalbingdan o’tganlarni narsalarni tort va Qur'onni va sunnati saniyani doimo rahbar qil va

اَعُوذُ بِاللّٰهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ

degin, Janobi Haqqa iltijoda bo’l!

Ushbu o’n uch ishora o’n uch kalitdir! Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning eng oxirgi surasi va

اَعُوذُ بِاللّٰهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ

ning batafsil izohi va ma'dani bo’lgan

اَسْتَعِيذُ بِاللّٰهِ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ ٭ مَلِكِ النَّاسِ ٭ اِلٰهِ النَّاسِ ٭

مِنْ شَرِّ الْوَسْوَاسِ الْخَنَّاسِ ٭ اَلَّذِى يُوَسْوِسُ فِى صُدُورِ النَّاسِ ٭

مِنَ الْجِنَّةِ وَالنَّاسِ٭

surasining hisni hasini va metin qal'asining darvozasini o’sha o’n uch kalit bilan och, kir, salomatlikni top!

سُبْحَانَكَ لَاعِلْمَ لَنَآ اِلَّا مَاعَلَّمْتَنَآ اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

وَقُلْ رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطيِنِ ٭

وَ اَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ

* * *

O’n To’rtinchi Yog’du

(Ikki Maqomdir. Birinchi Maqomi ikki savolning javobidir.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz siddiq qardoshim Ra'fat Bey!

"Savr va Hut"ga doir so’ragan savolingning ba'zi risolalarda javobi bor. U xil savollarga ko’ra javob "Yigirma to’rtinchi So’z"ning Uchinchi shoxida "O’n ikki asl" nomi bilan o’n ikki muhim qoida bayon qilingan. O’sha qoidalarning har biri Hz.Payg’ambarning (ASM) hadislariga doir bir-biridan farq qiladigan ta'villarga doir o’lchov va hadislarga kelgan shubhalarni daf qiladigan muhim asosdir. Afsuski, hozircha sunuhotdan boshqa ilmiy masalalar bilan shug’ullanishimga mone bo’lgan ba'zi hollar bor. Shuning uchun savolingizga ko’ra javob berolmayman. Agar qalbiy sunuhoti bo’lsa, majburan mashg’ul bo’laman. Ba'zan savollarga sunuhot mos kelgani uchun javob beriladi, xafa bo’lmanglar. Shuning uchun har bir savolingizga loyig’icha javob berolmayman. Mayli, bu safar savolingizga qisqa bir javob beray.

Savolingizda: "Domlalar: "Yer ho’kiz va baliq ustida turadi", deydilar. Holbuki Yer muallaqda bir yulduz kabi kezganini geografiya ko’rmoqda. Na ho’kiz bor va na baliq?" deyapsiz.

Javob:Ibn Abbos (RA) kabi zotlarga nisbat berilgan sahih bir rivoyatda, Rasuli Akram alayhissalotu vassalomdan "Dunyo nima ustida?" deb so’ralganida: عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ Bir rivoyatda bir safar عَلَى الثَّوْرِ deb marhamat qilganlar, boshqa safar عَلَى الْحُوتِ deganlar. Muhaddislarning bir qismi Isroiliyotdan olingan va eskidan beri naql qilingan xurofotga o’xshash hikoyalarga bu hadisni tatbiq qilishgan. Xususan Bani Isroil olimlarining musulmon bo’lganlaridan bir qismi, o’tgan kitoblarda "Savr va Hut" haqida ko’rgan hikoyalarini hadisga tatbiq qilib, hadisning ma'nosini g’alati tarzda tarjima qilishgan. Hozircha bu savolingizga doir g’oyat qisqa uch asos va uch jihat aytiladi.

Birinchi asos:Bani Isroil olimlarining bir qismi musulmon bo’lgandan so’ng, eski ma'lumotlari ham ular bilan birga musulmon bo’lgan, Islomiyat mulkiga aylangan. Holbuki eski ma'lumotlarida xatolar bor. O’sha xatolar, albatta ularga oid, Islomiyatga oid emas!

Ikkinchi asos:Tashbeh va misol keltirishlar olimlardan avomga o’tish bilan, ya'ni ilmning qo’lidan jaholatning qo’liga tushishi va zamon o’tishi bilan haqiqat deb qabul qilinadi. Masalan, kichikligimda Oy tutildi. Men volidamga: "Nima uchun oy bunday bo’ldi?", dedim. "Ilon yutdi", dedi. "Ko’rinyaptiku?", dedim. "Yuqorida ilonlar shisha kabi bo’lib, ichlaridagi narsalarni ko’rsatadilar", dedi. Bu bolalik xotirasini ko’p zamon xotirlar edim. Va: "Bu qadar haqiqatsiz bir xurofot volidam kabi jiddiy zotlarning tilida qanday kezmoqda?" deb o’ylar edim. Nihoyat falakiyot ilmini mutolaa qilgan vaqtim ko’rdimki, volidamning so'zini gapirganlar, tashbehni haqiqat deb o’ylashgan. Chunki Quyosh darajalarining orbitasi bo’lgan "burjlar joylashgan hudud" ta'bir qilganlari ulkan doira Oy manzillarining orbitasi bo’lib, harakat yo’lining doirasi bir-biri ustiga o’tish bilan, o’sha ikki doira har biri ikki qavs shaklida ko'ringan. O’sha ikki qavsga astronom olimlar latif bir tashbeh bilan ikki katta ilon ma'nosidagi "tinnineyn" nomini berishgan.

O’sha ikki doiraning kesishish nuqtasiga, bosh ma'nosida "ra's", ikkinchisiga dum ma'nosida "zanab" deyishgan. Oy ra'sga va Quyosh zanabga kelgan vaqt astronomiya ta'biriga ko’ra "Oy tutilishi" sodir bo’ladi. Ya'ni, Yer sayyorasi to’liq ikkisining o’rtasiga tushadi, o’sha vaqtda Oy tutiladi. O’tgan tashbeh bilan "Oy tinninning og’ziga kirdi" deyiladi.

Bu yuksak va ilmiy tashbeh avomning tiliga o'ltishi bilan, zamon o’tishi bilan, Oyni yutadigan ulkan bir ilon shaklini olgan.

Xullas, "Savr va Hut" nomili ikki buyuk malak, bir muqaddas latif tashbeh bilan va ma'nodor bir ishora bilan "Savr va Hut" nomi bilan nomlangan Muqaddas, yuksak nubuvvat tilidan umumning tiliga kirish bilan, o’sha tashbeh haqiqatga aylangan, xuddi katta bir ho’kiz va dahshatli bir baliq suratini olgan.

Uchinchi Asos:Qur'onning mutashabehoti bo'lib, g’oyat chuqur masalalarni misol vositasida va tashbehlar bilan avomga dars beradi. Xuddi shuning kabi, hadisning mutashabehoti bor, g’oyat chuqur haqiqatlarni hamma biladigan tashbehlar bilan ifoda qiladi. Masalan: Bir-ikki risolada bayon qilganimiz kabi: Bir kuni Payg’ambarimiz (ASM) huzurlarida juda qattiq shovqin eshitildi. "Yetmish yildan beri dumalab, endi Jahannamning tubiga tushgan bir toshning shovqinidir." deb marhamat qildilar. Bir necha daqiqadan so’ng bir kishi kelib, "Yetmish yoshli mashhur munofiq o’ldi", dedi. Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning g’oyat balig’ misol keltirishlarining haqiqatini e'lon qildi.

Sening savoling javobiga hozircha "uch jihat" aytiladi.

Birinchisi:Arsh va samovotning tashuvchilari deyilgan malaklarning bittasining ismi "Nasir" va boshqasining ismi "Savr" bo’lib to’rtta malakni Janobi Haq arsh va samovotga saltanati rububiyatiga nazorat qilish uchun tayin qilganidek, samovotning bir ukasi va sayyoralarning bir do’sti bo’lgan Yer kurrasiga ham ikki malakni nazoratchi va tashuvchi qilib tayin qilgan. O’sha malaklarning bittasining ismi "Savr" va boshqasining ismi "Hut"dir. Va o’sha nomni berishining sirri shudirki: Yer ikki qismdir. Biri suv, boshqasi tuproq. Suv qismini jonlantirgan baliqdir. Tuproq qismini jonlantirgan, insonlarning hayot tayanchi bo’lgan ziroat, ho’kiz bilandir va ho’kizning yelkasidadir. Yer kurrasiga muakkal ikki malak ham qo’mondon, ham nazoratchi bo’lganlari uchun, albatta baliq toifasiga va ho’kiz naviga bir munosabat jihatlari bo’lishi lozimdir. Balki, وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ o’sha ikki malakning olami malakut va olami misolda ho’kiz va baliq suratida aks etishadi. {(Hoshiya) Ha, Yer kurrasi cheksiz havo okeanida bir safina-i Rabboniya va hadisning ochiq ifodasi bilan oxiratning bir ekinzori, ya'ni ko’chatzor dalasi bo’lganidan, jonsiz va shuursiz ulkan kemani dengizda amri Ilohiy bilan, intizom bilan, hikmat bilan suzdirgan, kapitanlik qilgan malaklarga "Hut" nomi va dalaga izni Ilohiy bilan nazorat qilgan malaklarga "Savr" ismi naqadar yarashgani yaqqoldir.} Bu munosabatga va o’sha nazoratga ishora qilib va Yer kurrasining o’sha ikki muhim yaratilgan borliqlariga ishora qilib lisoni mo’'jiz-ul bayoni Nabaviyاَلْاَرْضُ عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ deb, g’oyat chuqur va keng bir sahifa qadar masalalarni ichiga olgan bir haqiqatni g’oyat go’zal va qisqa, birgina jumla bilan ifoda qilgan.

Ikkinchi jihat:Masalan: "Bu davlat va saltanat qaysi narsa ustida turadi?", deyilsa. Javobida: عَلَى السَّيْفِ وَ الْقَلَمِ deyiladi. Ya'ni "Askar qilichining shijoatiga, quvvatiga va davlat xodimi qalamining diroyatiga va adolatiga tayanadi." Xuddi shuning kabi: Modomiki Yer kurrasi jonzotlarning maskanidir va jonzotlarning qo’mondoni insondir va insonning sohillarda yashaydigan qismining katta qismining tirikchilik manbalari baliqdir va sohillarda yashamaydigan qismining tirikchilik manbalari ziroat bilan ho’kizning yelkasidadir va muhim bir tijorat manbai baliqdir. Albatta davlat qilich va qalam ustida turgani kabi, Yer kurrasi ham ho’kiz va baliq ustida turibti deyiladi. Zero qachonki ho’kiz ishlamasa va baliq millionlab tuxumni birdan qo’ymasa, inson yashay olmaydi, hayot mahv bo’ladi, Xoliqi Hakiym Yerni xarob qiladi.

Xullas, Rasuli Akram alayhissalotu vassalom g’oyat mo’'jizali shaklda va g’oyat yuksak va g’oyat hikmatli bir javob bilan: اَلْاَرْضُ عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ deganlar. Insoniyatning hayoti qanchadan qancha jinsi hayvoniyning hayoti bilan aloqador ekaniga doir keng bir haqiqatni ikki kalima bilan dars berganlar.

Uchinchi Jihat:Qadimgi astronomiya fanida Quyosh harakatlanishi aytilgan. Quyoshning har o’ttiz darajasini bitta burj deb ataganlar. O’sha burjlardagi yulduzlarning oralarida bir-birini bog’laydigan faraziy chiziqlar tortilsa, bitta vaziyat hosil bo’lgan vaqt, ba'zisida asad (ya'ni arslon) suratini, ba'zisida tarozi ma'nosida mezon suratini, ba'zisida ho’kiz ma'nosiga savr suratini, ba'zisida baliq ma'nosiga hut suratini ko’rsatgan. O’sha munosabatga binoan u burjlarga o’sha ismlar berilgan. Bu asrning astronomiyasi nazarida esa Quyosh harakatlanmaydi, deyiladi. Shu sabab burjlar bo’sh va ishlatilmasdan va ishsiz qolishgan. Quyoshning o’rniga Yer kurrasi harakatlanadi. Shunday ekan bo’sh, ishsiz burjlar va yuqoridagi ishlatilmagan doiralar o’rniga zaminda Yerning yillik orbitasida kichik miqyosda o’sha doiralarni tashkil qilish kerak. Shu holda samoviy burjlar Yerning yillik orbitasidan aks qiladi. Va Yer kurrasi har oy samoviy burjlarning bittasining soyasida va misolida bo’ladi. Go’yo Yerning yillik orbitasi bir oyna hukmida bo’lib samoviy burjlar unda aks etadi.

Bu jihatdan Rasuli Akram alayhissalotu vassalom oldin zikr qilganimiz kabi, bir marta عَلَى الثَّوْرِ, bir marta عَلَى الْحُوتِ deganlar. Ha, mo’'jiz-ul bayon bo’lgan lisoni nubuvvatga yarashadigan tarzda g’oyat chuqur va ko’p asr o’tib tushuniladigan haqiqatga ishora qilib bir marta عَلَى الثَّوْرِ deganlar. Chunki Yer kurrasi o’sha savol vaqtida Savr burjining misolida edi. Bir oy o’tib yana so’ralganda, عَلَى الْحُوتِ deganlar. Chunki o’sha vaqt Yer kurrasi Hut burjining soyasida ekan.

Xullas, istiqbolda tushuniladigan bu yuksak haqiqatga ishora qilib va Yer kurrasining vazifasidagi harakatiga va sayohatiga ishora qilib va samoviy burjlar Quyosh e'tibori bilan ishsiz va musofirsiz bo’lganlariga va haqiqiy ishlagan burjlar esa Yer kurrasining yillik orbitasida bo’lganiga va o’sha burjlarda vazifa bajargan va sayohat qilgan Yer kurrasi bo’lganiga ramzan عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِ deganlar.

وَاللّٰهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ

Ba'zi Islomiy kitoblarda savr va hutga doir g’alati va aqlga sig'maydigan hikoyalar yo Isroiliyotdir yoki tashbeh yoki ba'zi muhaddislarning ta'villari bo'lib, ba'zi diqqatsizlar tarafidan hadis deb Rasuli Akram alayhissalotu vassalomga nisbat qilingan.

رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

Ikkinchi Savol:Oli Aba haqidadir.

Qardoshim, Oli Aba haqidagi javobsiz qolgan savolingizning ko’p hikmatlaridan yolg’iz bir hikmati aytiladi. Jumladan: Rasuli Akram alayhissalotu vassalom kiygan muborak xirqalarini Hazrati Ali (RA) va Hazrati Fotima (RA) va Hazrati Hasan va Husanning (RA) ustlariga yopib,

ِيُذْهِبَ عَنْكُمُ الرِّجْسَ اَهْلَ الْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْه۪يرًا

oyati bilan duo qilishlarining sirlari va hikmatlari bor. Sirlaridan bahs qilmaymiz. Faqat risolat vazifasiga taalluqli bir hikmati shuki: Rasuli Akram alayhissalotu vassalom g’aybni bilgan va istiqbolni ko’rgan nubuvvat nazari bilan o’ttiz-qirq yil so’ngra sahobalar va tobe'iynlar ichida jiddiy fitnalar bo’lib qon to’kilishini ko’rganlar. Ichida eng mumtoz shaxsiyatlar, xirqasi ostida bo’lgan uchta shaxsiyat borligini mushohada qilganlar. Hazrati Alini (RA) ummat nazarida poklash va oqlash va Hazrati Husanga (RA) ta'ziya bildirish va tasalli berish va Hazrati Hasanni (RA) tabriklash va musolaha yo’li bilan muhim bir fitnani yo’qotib, sharafini va ummatga buyuk foydasini e'lon qilish va Hazrati Fotimaning zurriyotining toza va sharafli ekanini va Ahli Bayt oliy unvoniga loyiq ekanlarini e'lon qilish uchun o’sha to’rtta kishiga o’zlari bilan birga "Xamsa-i Oli Aba" unvonini bergan o’sha xirqani yopganlar.

Albatta Hazrati Ali (RA) xalifa-i bilhaq edilar, lekin to’kilgan qonlar juda ahamiyatli bo’lganidan, ummat nazarida oqlanishi va baroati, risolat vazifasi e'tibori bilan ahamiyatli bo’lgani uchun, Rasuli Akram alayhissalotu vassalom o’sha suratda u kishini oqlaydilar. Uni tanqid qilgan va xato deb bilgan va zalolatda degan Xorijiylarni va Umaviylarning tajovuzkor tarafdorlarini sukutga da'vat qiladilar. Darhaqiqat, Xorijiylar va Umaviylarning ifrotchi tarafdorlari Hazrati Ali (RA) haqidagi tafritlari va zalolatda deyishlari va Hazrati Husanning (RA) g’oyat fojiali achinarli hodisasi bilan Shialarning ifrotlari va bid'atlari va Shayxayndan yuz o’girishlari ahli Islomga juda zararli bo’lgan.

Xullas, bu xirqa va duo bilan Rasuli Akram alayhissalotu vassalom Hazrati Ali (RA) va Hazrati Husanni (RA) mas'uliyatdan va ayblovdan va ummatini ular haqida badbinlikdan qutqargani kabi, Hazrati Hasanni (RA) qilgan musolahasi bilan ummatga qilgan yaxshiligini risolat vazifasi nuqtasida tabriklaydi va Hazrati Fotimaning (RA) zurriyotining muborak nasli olami Islomda Ahli Bayt unvonini olib oliy bir sharaf qozonishlarini va Hazrati Fotima (RA)

اِنّ۪ٓى اُع۪يذُهَا بِكَ وَذُرِّيَّتَهَا مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّج۪يمِ

degan Hazrati Maryamning volidasi kabi zurriyot jihatidan juda sharafli bo’lishini e'lon qiladi.

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلٰى اٰلِهِ الطَّيِّب۪ينَ الطَّاهِر۪ينَ الْاَبْرَارِ وَعَلٰى اَصْحَابِهِ الْمُجَاهِد۪ينَ الْمُكْرَم۪ينَ الْاَخْيَارِ اٰم۪ينَ

Ikkinchi Maqom

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

ning minglab sirlaridan olti siriga doirdir.

Eslatma:"Basmala"ning rahmat nuqtasida porloq bir nuri so’niq aqlimga uzoqdan ko’rindi. Uni o’z nafsim uchun qayd suratida yozib qo’yishni istadim. Va yigirma-o’ttiztacha sirlar bilan o’sha nurning atrofida bir doira aylantirib ovlash va tutishni orzu qildim. Lekin, afsuski, hozircha orzuimga to’liq muvaffaq bo’lolmadim. Yigirma-o’ttiztadan besh-oltitaga tushdi.

"Ey inson!" deganimda o’z nafsimni nazarda tutaman. Bu dars o’z nafsimga xos bo’lgani holda, ruhan men bilan munosabatdor va nafsi nafsimdan ko’ra hushyorroq bo’lgan zotlarga balki foydalanishga vosita bo’lish niyatida, "O’n to’rtinchi Yog’du"ning Ikkinchi maqomi sifatida mudaqqiq qardoshlarimning istaklariga havola qilaman. Bu dars aqldan ko’ra ko’proq qalbga, dalildan ziyoda zavqqa ta'alluqlidir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

قَالَتْ يَٓا اَيُّهَا الْمَلَؤُا اِنّ۪ٓى اُلْقِىَ اِلَىَّ كِتَابٌ كَر۪يمٌ ٭ اِنَّهُ مِنْ سُلَيْمٰنَ وَ اِنَّهُ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

Shu maqomda bir nechta sir zikr qilinadi.

BIRINCHI SIR:"Bismillahir Rohmanir Rohiym"ning bir jilvasini shunday ko’rdimki: Koinot siymosida, Yer siymosida va inson siymosida bir-biri ichida bir-birining namunasini ko’rsatadigan uch sikka-i rububiyat bor: Biri: Umum koinotdagi ta'ovun, tasonud, ta'onuq, tajovub namoyon bo’lgan sikka-i kubro-i uluhiyat bo’lib "Bismilloh" unga qaraydi.

Ikkinchisi: Yer kurrasi siymosida nabotot va hayvonotning tadbir va tarbiya va idorasidagi o’xshashlik, uyg’unlik, intizom, saranjomlik, lutf va marhamatdan namoyon bo’lgan sikka-i kubro-i rahmoniyat bo'lib, "Bismillahir Rohman" unga qaraydi.

So’ngra insonning mohiyati jome'asining siymosidagi latoifi Ra'fat va daqoiqi shafqat va marhamati Ilohiyaning shu'lalaridan namoyon bo’lgan sikka-i ulyo-i rahimiyat bo’lib, "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dagi "ar-Rohiym" unga qaraydi.

Demak, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" olam sahifasida nuroniy qator tashkil qilgan uch sikka-i ahadiyatning muqaddas unvoni va pishiq bir arqoni va porloq bir yozuvidir. Ya'ni, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" yuqoridan tushgan uchi, koinotning mevasi va olamning kichraytirilgan nusxasi bo’lgan insonga kelib taqaladi. Yerni Arshga bog’laydi. Insoniy Arshga chiqishga bir yo’l bo’ladi.

IKKINCHI SIR:Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon cheksiz yaratilgan ko’p sonli maxluqotda namoyon bo’lgan vohidiyat ichida aqllarni chalg'itmaslik uchun, doim vohidiyat ichida ahadiyat jilvasini ko’rsatadi. Ya'ni, masalan: Quyosh ziyosi bilan cheksiz narsalarni qamraydi. Quyosh zotini butun ziyosi bilan mulohaza qilish uchun g’oyat keng bir tasavvur va keng qamrovli bir nazar lozim bo’lganidan, unuttirmaslik uchun, har bir porloq narsa Quyoshning zotini aksi vositasi bilan ko’rsatadi va o’z qobiliyatiga ko’ra Quyoshning zotiy jilvasi bilan birga ziyosi, harorati kabi xossalarini ko’rsatadi. Va har porloq narsa Quyoshni butun sifatlari bilan o’z qobiliyatiga ko’ra ko’rsatgani kabi, Quyoshning ziyo va harorat va ziyodagi yetti rang kabi sifatlarining har biri, qarshisidagi barcha narsalarni qamraydi. Shuning kabi: وَ لِلّٰهِ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى -misolda xato bo’lmasin,- ahadiyat va samadiyati Ilohiya har bir narsada, xususan jonzotlarda, xususan insonning mohiyat oynasida barcha Ismlari bilan bir jilvasi bo’lgani kabi.. vahdat va vohidiyat jihati bilan ham mavjudot bilan aloqador har bir ismi butun mavjudotni qamraydi. Xullas, vohidiyat ichida aqllarni bo’g’maslik va qalblar Zoti Aqdasni unutmasligi uchun doimo vohidiyatdagi sikka-i ahadiyatga diqqatni qaratadi, bu esa o’sha sikkaning uch muhim tugunini "Bismillahir Rohmanir Rohiym" ko'rsatadi.

UCHINCHI SIR:Shu cheksiz koinotni quvontirgan, rahmat ekanini ko'ryapmiz. Va bu qorong’u mavjudotni nurlantirgan, rahmat ekani ochiq ravshan. Va bu hadsiz ehtiyojlar ichida o’ralashayotgan maxluqotni tarbiya qilgan, yana rahmat ekani ma’lum. Va bir daraxt barcha qismlari bilan mevasiga yuzlangani kabi, butun koinotni insonga qaratgan va har tarafda unga qaratgan va yordamiga oshiqtirgan, rahmat ekani oshkor. Va bu cheksiz fazoni va bo’sh va xoli olamni to’ldirgan, nurlantirgan va quvontirgan, rahmat ekani ko'rib turibmiz. Va bu foniy insonni abadga nomzod qilgan va azaliy va abadiy bir zotga suhbatdosh va do’st qilgan, rahmat ekani ravshandir.

Ey inson! Modomiki rahmat shunday kuchli va jozibador va sevimli va madadkor mahbub bir haqiqat ekan. "Bismillahir Rohmanir Rohiym" de. U haqiqatni mahkam tut va mutlaq vahshatdan va cheksiz ehtiyojlarning alamlaridan qutul. Va o’sha Azal va Abad Sultonining taxtiga yaqinlash, va o’sha rahmatning shafqati va shafoati va shu'lalari bilan Sultonga suhbatdosh va xalil va do’st bo’l.

Darhaqiqat, koinotdagi borliqlarning turlarini hikmat doirasida insonning atrofida to’plab, barcha hojatlariga mukammal intizom va inoyat bilan oshiqtirish, ikki holatdan biri ekani aniq:

Yo koinotning har bir navi o’zidan o’zi insonni taniydi, unga itoat qiladi, yordamiga oshiqadi. (Bu esa yuz daraja aqldan uzoq bo’lgani kabi, ko’p mahollarni keltirib chiqaradi.) Inson kabi bir ojizi mutlaqda eng quvvatli bir Sultoni Mutlaqning qudrati bo’lishi lozim bo’ladi.

Yoxud bu koinotning pardasi orqasida bir Qodiyri Mutlaqning ilmi bilan yordamlashish bo’lmoqda. Demak, koinotning navlari insonni tanimaydi, balki insonni biladigan va taniydigan, marhamat qiladigan Zotning tanishi va bilishining dalillaridir.

Ey inson! Esingni yig’! Butun yaratilgan borliqlarning turlarini senga yo’naltirib yordam qo’llarini uzattirgan va sening hojatlaringga "Labbay" dedirgan Zoti Zuljalol seni bilmasligi, tanimasligi mumkinmi? Modomiki seni bilar ekan, rahmati orqali bilganini bildirayotgan ekan, sen ham Uni bil, hurmat bilan bilganingni bildir. Va sen kabi mutlaq zaif, mutlaq ojiz, mutlaq faqir, foniy, kichik bir maxluqqa ulkan koinotni bo’ysundirish va uning yordamiga yuborish, albatta hikmat va inoyat va ilm va qudratni o’z ichiga olgan haqiqati rahmat ekanini qat'iyan anglab yet! Albatta, bunday bir rahmat sendan umumiy va xolis bir shukr va jiddiy va sof bir hurmat istaydi. O’sha xolis shukrning va o’sha sof hurmatning tarjimoni va unvoni bo’lgan "Bismillahir Rohmanir Rohiym"ni so'zla. O’sha rahmatga yetishishga vosita va Rahmonning dargohida shafoatchi qil. Ha, rahmatning mavjudligi va amalga oshishi Quyoshchalik yaqqoldir. Chunki, markaziy bir naqsh har tarafdan kelgan arqon va iplarning intizomidan va vaziyatlaridan hosil bo’lganidek, bu koinotning eng katta doirasida ming bir ismi Ilohiyning jilvasidan uzangan nuroniy arqonlar koinot siymosida shunday sikka-i rahmat ichida xotami rahimiyatni va naqshi shafqatni to’qimoqda va shunday bir xotami inoyatni o'ryaptiki, Quyoshdanda porloq o’zini aqllarga ko’rsatmoqda. Darhaqiqat, Quyosh va Oyni, unsurlar va ma'danlarni, nabotot va hayvonotni ulkan bir naqshning arqon iplari kabi ming bir ismlarning shu'lalari bilan tartiblagan va hayotga xodim qilgan va nabotiy va hayvoniy barcha volidalarning g’oyat shirin va fidokorona shafqatlari orqali O’z shafqatini ko’rsatgan va tirik mavjudotni insoniyat hayotiga bo’ysundirgan va shu orqali rububiyati Ilohiyaning g’oyat go’zal va shirin ulkan bir naqshini va insonning ahamiyatini ko’rsatgan va eng porloq rahmatini izhor qilgan Rahmoni Zuljamol, albatta O’zining mutlaq istig’nosiga rahmatini mutlaq ehtiyoj ichidagi jonli mavjudotga va insonga maqbul bir shafoatchi qilgan. Ey inson! Agar inson bo’lsang, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" de. O’sha shafoatchini top.

Ha, yer yuzida to’rt yuz ming har xil bir-biridan farqli nabotot va hayvonot toifalarini, hech birini unutmasdan, chalkashtirmasdan, o’z vaqtida mukammal intizom bilan, hikmat va inoyat bilan tarbiya va idora qilayotgan va Yer kurrasining siymosida xotami ahadiyatni qo’ygan, yaqqol, balki ochiq oydin rahmatdir va o’sha rahmatning mavjudligi bu Yer kurrasining siymosidagi shu borliqlarning mavjudligi qadar qat'iy bo’lgani kabi, o’sha mavjudot miqdoricha tahaqquqining dalillari bor. Darhaqiqat, zamin yuzida shunday bir xotami rahmat va sikka-i ahadiyat bo’lgani kabi, insonning ma'naviy mohiyatining siymosida ham shunday bir sikka-i rahmat borki, Yer kurrasi siymosidagi sikka-i marhamat va koinot siymosidagi sikka-i uzmo-i rahmatdan kam emas. Go’yo ming bir ismlar jilvasining birlashgan nuqtasi hukmida bir jome'iyati bor.

Ey inson! Senga bu siymoni bergan va o’sha siymoda shunday bir sikka-i rahmatni va bir xotami ahadiyatni qo’ygan Zot seni o’z holingga tashlab qo’yishi, senga ahamiyat bermasligi, sening harakatlaringga diqqat qilmasligi, senga yuzlangan butun koinotni behuda ketkazishi, yaratilish daraxtini mevasi chirik, aynigan, ahamiyatsiz bir daraxt qilishi heh mumkinmi?! Yana, hech bir jihatdan shubha qabul qilmaydigan va hech bir jihatdan kamchiligi bo’lmagan, Quyosh kabi yaqqol rahmatini va ziyo kabi ko’ringan hikmatini inkor qildirishi mumkinmi? Aslo...

Ey inson! Bilki, o’sha rahmatning arshiga yetishish uchun bir me'roj bor. O’sha me'roj esa "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dir. Va bu me'roj qanchalar ahamiyatli ekanini anglashni istasang, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning bir yuz o’n to’rt surasining boshiga, va butun muborak kitoblarning ibtidolariga, va umum muborak ishlarning boshlanishlariga boq. Va basmalaning qadri buyukligiga eng qat'iy bir hujjat shudirki, Imom Shofe'iy (RA) kabi ko’plab buyuk mujtahidlar: "Basmala birgina oyat bo’lgani holda, Qur'onda bir yuz o’n to’rt marta nozil bo’lgan." deyishgan.

TO’RTINCHI SIR:Cheksiz kasrat ichida vohidiyatning ko’rinishi, اِيَّاكَ نَعْبُدُ xitobini aytish bilan hammaga kifoya qilmaydi. Fikr tarqaladi. Umumidagi vahdat orqasida Zoti Ahadiyatni mulohaza qilib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deyish uchun Yer kurrasi kengligida bir qalb bo’lishi lozim. Va bu sirga binoan, parchalarda yaqqol suratda sikka-i ahadiyatni ko’rsatgani kabi, har bir navda sikka-i ahadiyatni ko’rsatish va Zoti Ahadni mulohaza qildirish uchun xotami rahmoniyat ichida bir sikka-i ahadiyatni ko’rsatadi. Toki qiyinchiliksiz har kim har martabada اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ deb, to’g’ridan-to’g’ri Zoti Aqdasga xitob qilib yuzlansin.

Bas, Qur'oni Hakim bu buyuk sirni ifodalash uchun, koinotning eng ulkan doirasida, masalan, samovot va Yerning yaratilishidan bahs qilgan vaqtida, birdaniga eng kichik doiradan va eng nozik parchadan so’z ochadi, toki yaqqol bir suratda xotami ahadiyatni ko’rsatsin. Masalan: samovot va Yerning yaratilishi bahsi ichida insonning yaratilishidan va insonning ovozidan va siymosidagi ne'mat va hikmat nozikliklaridan bahs ochadi. Toki diqqat qochmasin, qalb bo’g’ilmasin, ruh Ma'budini to’g’ridan-to’g’ri topsin. Masalan: وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ oyati mazkur haqiqatni mo’'jizali bir suratda ko’rsatadi.

Darhaqiqat, cheksiz yaratilgan borliqlarda va nihoyasiz ko’plikda vahdat sikkalari, ichma-ich doiralar kabi eng kattasidan eng kichik sikkaga qadar turlari va martabalari bor. Lekin o’sha vahdat qancha bo'lsa ham, baribir ko’plik ichida vahdatdir. Haqiqiy xitobni to’liq ta'min qilolmaydi. Shuning uchun, vahdat orqasida ahadiyat sikkasi bo’lishi lozimdir. Toki, ko’plikni xayolga keltirmasin. To’g’ridan-to’g’ri Zoti Aqdasga qarata qalbga yo’l ochsin. Yana, sikka-i ahadiyatga nazarlarni qaratish va qalblarni jalb qilish uchun o’sha sikka-i ahadiyat ustida g’oyat jozibador bir naqsh va g’oyat porloq bir nur va g’oyat shirin bir halovat va g’oyat sevimli bir jamol va g’oyat quvvatli bir haqiqat bo’lgan rahmat sikkasini va rahimiyat xotamini qo’ygandir. Ha, o’sha rahmatning quvvati ongli mavjudotning nazarlarini jalb qiladi, o’ziga tortadi va ahadiyat sikkasiga qovushtiradi. Va Zoti Ahadiyani mulohaza qildiradi va shu yo’l bilan اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ dagi haqiqiy xitobga sazovor qiladi. Xullas, "Bismillahir Rohmanir Rohiym" Fotihaning mundarijasi va Qur'onning qisqa bir xulosasi jihatidan, mazkur buyuk sirning unvoni va tarjimoni bo’lgan. Bu unvonni qo’liga olgan rahmatning tabaqalarida keza oladi. Va bu tarjimonni gapirtirgan rahmatning sirlarini o’rganadi va rahimiyat va shafqat nurlarini ko’radi.

BESHINCHI SIR:Bir hadisi sharifda kelganki:

اِنَّ اللّٰهَ خَلَقَ الْاِنْسَانَ عَلٰى صُورَةِ الرَّحْمٰنِ -اَوْ كَمَا قَالَ-

Bu hadisni bir qism ahli tariqat iymon aqidalariga munosib bo’lmagan g’alati tarzda tafsir qilishgan. Hatto, ulardan bir qism ahli ishq insonning ma'naviy siymosiga surati Rahmon nazari bilan qaraganlar. Ahli tariqatning aksar qismida sakr va ahli ishqning ko’pida istig’roq va iltibos bo’lgani uchun, haqiqatga zid tushunchalarida balki uzrlilar. Lekin aqli joyida bo’lganlar fikran ularning aqida asoslariga zid bo’lgan ma'nolarini qabul qilmaydi. Qilsa, xato qilgan bo’ladi.

Darhaqiqat, butun koinotni bir saroy, bir uy kabi muntazam idora qilayotgan va yulduzlarni zarralar kabi hikmatli va oson aylantirayotgan va kezdirayotgan va zarralarni intizomli xodimlar kabi ishlatayotgan Zoti Aqdasi Ilohiyning sherigi, o’xshashi, ziddi, tengi bo’lmagani kabi,

لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ وَهُوَ السَّم۪يعُ الْبَص۪يرُ

ning sirri bilan, surati, misli, misoli, monandi ham bo’lishi mumkin emas. Lekin,

وَلَهُ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ

sirri bilan, masal va misol keltirish bilan shuunotiga, sifat va ismlariga qaraladi. Demak, masal va misol keltirish shuunot jixatidan mumkin. Shu mazkur hadisi sharifning juda ko’p maqsadlaridan biri shuki, inson ismi Rahmonni to’lig’icha ko’rsatadigan suratdadir. Ha, yuqorida bayon qilganimiz kabi, koinotning siymosida ming bir ismning shu'alaridan namoyon bo’lgan ismi Rahmon ko’ringani kabi, zamin yuzining siymosida rububiyati mutlaqa-i Ilohiyaning cheksiz jilvalari bilan namoyon bo’lgan ismi Rahmon ko’rsatilgani kabi; insonning surati jome'asida kichik miqyosda zaminning siymosi va koinotning siymosi kabi yana ismi Rahmonning to’liq jilvasini ko’rsatadi", deganidir. Hamda: Zoti Rohmanir Rohiymning dalillari va oynalari bo’lgan jonli mavjudot va inson kabi sazovor bo'lganlarning Zoti Vojib-ul Vujudga dalolatlari shu darajada qat'iy, ochiq va yaqqolki, Quyoshning timsolini va aksini ko’rsatgan yorug’ oynaning porloqligiga va dalolatining yaqqolligiga ishora qilib "O’sha oyna Quyoshdir" deyilganidek, yaqqol dalolat va mukammal munosabatiga ishora qilib "Insonda surati Rahmon bor" deyilgan va aytiladi. Va ahli Vahdat-ul Vujudning mo’'tadil qismi o'sha sirga binoan, ushbu dalolatning yaqqolligiga va bu munosabatning kamoliga unvon sifatida "Lo Mavjuda illo Hu" deyishgan.

اَللّٰهُمَّ يَا رَحْمٰنُ يَا رَح۪يمُ بِحَقِّ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ اِرْحَمْنَا كَمَا يَل۪يقُ بِرَح۪يمِيَّتِكَ وَ فَهِّمْنَا اَسْرَارَ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ كَمَا يَل۪يقُ بِرَحْمَانِيَّتِكَ اٰم۪ينَ

OLTINCHI SIR:Ey cheksiz ojizlik va nihoyasiz muhtojlik ichida o’ralashayotgan bechora inson! Rahmat qanchalik qiymatdor vosita va qanchalik maqbul shafoatchi ekanini angla: O’sha rahmat shunday bir Sultoni Zuljalolga vosita bo'lib, yulduzlar va zarralar birgalikda mukammal intizom va itoat bilan Uning qo’shinida xizmat qilmoqdalar. Va o’sha Zoti Zuljalolning va Sultoni Azal va Abad zotiy istig’no va mutlaq ehtiyojsizlik ichidadir.

Hech bir jihatdan koinotga va mavjudotga ehtiyoji bo’lmagan bir G’aniyyi 'Alal-itloqdir. Va butun koinot amr va idorasi ostida va haybat va azamati ostida nixoyatda itoatda, jaloli qarshisida zillatdadir. Bas, ey inson rahmat seni O’sha Mustag’niyi 'Alal-itloqning va Sultoni Sarmadiyning huzuriga chiqaradi va Unga do’st qiladi va Unga suhbatdosh qiladi va sevgili bir banda vaziyatini beradi. Lekin, Quyoshga yetisholmaganing kabi, undan juda uzoqsan, hech bir jihatdan yaqinlasholmaysan. Lekin, Quyoshning ziyosi Quyoshning aksini, jilvasini sening oynang vositasida qo’lingga beradi. Xuddi shuning kabi, Zoti Aqdasga va Shamsi Azal va Abaddan biz garchi benihoya uzoqmiz, yaqinlasholmaymiz. Lekin Uning ziyo-i rahmati Uni bizga yaqinlashtiradi.

Bas, ey inson! Bu rahmatni topgan kishi abadiy tuganmas bir xazina-i nur topadi. U xazinani topishning chorasi, rahmatning eng porloq bir misoli va namoyandasi va o’sha rahmatning eng balog'atli tili va dalloli va Qur'onda "Rahmatan lil-olamiyn" deb nomlangan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning sunnati va Unga ergashishlikdadir. Va bu rahmatan lil-olamiyn bo’lmish rahmati mujassamaga yaqinlashish vositasi, salavotdir! Darhaqiqat, salavotning ma'nosi rahmatdir. Va o’sha jonli mujassam rahmatga rahmat duosi bo’lgan salavot esa, o’sha rahmatan lil-olamiynga yetishishga vositadir. Shunday ekan, sen salavotni o’zing uchun u rahmatan lil-olamiynga ulashmoq uchun yaqinlashish vositasi qil va u Zotni ham rahmati Rahmonga yaqinlashish vositasi deb qabul qil. Umum ummatning rahmatan lil-olamiyn bo’lgan alayhissalotu vassalom haqlariga nihoyasiz rahmat ma'nosidagi salavot aytishlari, rahmat qanchalik qiymatdor bir hadya-i Ilohiya va qanchalik keng bir doirasi ekanligini porloq bir suratda isbot qiladi.

Bir so’z bilan, xazina-i rahmatning eng qiymatdor olmosi va darvozaboni Zoti Ahmadiya alayhissalotu vassalom bo’lgani kabi, eng birinchi kaliti ham "Bismillahir Rohmanir Rohiym"dir. Va eng oson kaliti salavotdir!

اَللّٰهُمَّ بِحَقِّ اَسْرَارِ بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى مَنْ اَرْسَلْتَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ كَمَا يَل۪يقُ بِرَحْمَتِكَ وَ بِحُرْمَتِه۪ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ اَصْحَابِه۪ اَجْمَع۪ينَ وَ ارْحَمْنَا رَحْمَةً تُغْن۪ينَا بِهَا عَنْ رَحْمَةِ مَنْ سِوَاكَ مِنْ خَلْقِكَ اٰم۪ينَ.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

O’n Beshinchi Yog’du

Risola-i Nur Kulliyotining So’zlar, Maktubot va O’n To’rtinchi Yog’duga qadar qismining mundarijasidir. Har bir qismning mundarijasi, ya'ni So’zlar qismining mundarijasi So’zlar Majmuasida, Maktubot va Yog’dularning ham o’zlariga oid mundarijalari o’sha majmualarning oxirlariga qo’shilgani uchun, bu yerda yozilmadi.

* * *

O’n Oltinchi Yog’du

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim Xo’ja Sabri, Hofiz Ali, Mas'ud, Mustafolar, Xusrav, Ra'fat, Bekir Bey, Rushdu, Lutfilar, Hofiz Ahmad, Shayx Mustafo va boshqalar... Sizlarga qiziq va so’rashga sabab bo’lgan "to’rt kichik masala"ni ma'lumot sifatida qisqacha bayon qilishga qalbimda bir xotira his qildim.

BIRINCHISI:Qardoshlarimizdan Chaprazzoda Abdulloh Afandi kabi ba'zi odamlar ahli kashfdan rivoyat qilib o’tgan Ramazonda Ahli Sunnat va Jamoat uchun yengillik, zafarlar bo’lishini xabar berganlari holda, sodir bo’lmadi. Ahli valoyat va kashf nima uchun haqiqatga xilof xabar beradilar? deb mendan so’radilar. Men ham birdan sunuhot navidan bergan javobimning qisqachasi:

Hadisi sharifda kelganki: "Ba'zan balo yuboriladi. Kelarkan qarshisiga sadaqa chiqadi, orqaga qaytaradi." Shu hadisning sirri ko’rsatadiki, taqdir qilinganlar narsalar ba'zi shartlar sodir bo’lgani uchun, orqaga qaytadi. Demak ahli kashf xabardor bo’lgan taqdir qilingan narsalar mutlaq bo’lmagan, balki ba'zi shartlarga bog’liq bo’lgan. Va o’sha shartlarning sodir bo’lmasligi bilan o’sha hodisa sodir bo’lmagan. Faqat o’sha hodisa ajali muallaq kabi Lavhi Azaliyning bir navi daftari hukmida bo’lgan Lavhi Mahv-Isbotda taqdir qilinib yozilgandir. Kashf kamdan-kam hollarda Lavhi Azaliyga qadar chiqadi. Ko’pchiligi u yerga chiqolmaydi. Bu sirga binoan, o’tgan Ramazoni Sharifda va Qurbon Bayramida va yana boshqa vaqtlarda istixrojga binoan yoki kashfiyot navidan berilgan xabarlar, bog’liq sharoitlarini topolmaganlari uchun sodir bo’lmagan va xabar berganlarni yolg'onga chiqarmaydi. Chunki taqdir qilingan, lekin sharti kelmay sodir bo’lmagan. Ha, Ramazoni Sharifda bid'atlarni yo’q qilishga ko’pchilik Ahli Sunnat va Jamoatning xolis duosi bir shart va muhim bir sabab edi. Afsuski masjidlarga Ramazoni Sharifda bid'atlar kirgani uchun, duolarning qabuliga to’siq qo’yib yengillik kelmadi. Sobiq hadisning sirri bilan: Sadaqa baloni ketkazadi. Aksariyatning xolis duosi ham umumiy yengillikni jalb qiladi. Quvva-i joziba vujudga kelmagani uchun, zafarlar ham berilmadi.

IKKINCHI QIZIQTIRGAN SAVOL:Ikki oy mobaynida hayajonli siyosiy vaziyat qarshisida menga, aloqador bo’lganim ko’p qardoshlarimga kuchli ehtimol bilan huzur beradigan tashabbus qilish kerak edi. Lekin u vaziyatga hech ahamiyat bermasdan aksincha sitam o’tkazgan ahli dunyoga yon bosadigan bir fikrda bo’ldim. Ba'zilar juda qattiq hayratlanishdi. Dedilarki: "Seni qiynoqqa solgan ahli bid'at va qisman munofiq boshdagi insonlar ta'qib qilgan siyosat haqida munosabating qanday, nega qarshi chiqmayapsan?" Bergan javobimning muxtasari shuki: Bu zamonda ahli Islomning eng muhim tahlikasi, fan va falsafadan kelgan zalolat bilan qalblarning buzilishi va iymonning jarohatlanishidir. Buning yagona chorasi Nurdir, nur ko’rsatish kerakki, qalblar isloh bo’lsin, iymon qutulsin. Agar siyosat to’qmog’i bilan harakat qilib, g’alaba qozonilsa, kofirlar munofiq darajasiga tushadi. Munofiq kofirdan ham yomon. Demak, to’qmoq bunday bir zamonda qalbni isloh qilmaydi. Kufr qalbga kiradi, yashirinadi, munofiqlikka aylanadi. Ham nur, ham to’qmoq.. ikkalasini bu zamonda men kabi bir ojiz ishlatolmaydi. Shuning uchun butun quvvatim bilan nurni mahkam tutishga majbur bo’lganim uchun, siyosat to’qmog’i qay shaklda bo’lsa-bo’lsin, qaramaslik kerak. Ammo moddiy jihodning zarurati esa, u vazifa hozircha bizda emas. Ha, usuliga ko’ra kofirning yoki murtadning tajovuzlarini to’sish uchun to’qmoq kerak. Bizning esa ikki qo’limiz bor. Agar yuz qo’limiz bo’lganda ham, faqat nurga kifoya bo’ladi. To’qmoqni tutadigan qo’limiz yo’q!...

UCHINCHI QIZIQTIRGAN SAVOL:Yaqinda Angliya va Italiya kabi ajnabiylarning hukumatga qarshi chiqishi bilan, eskidan beri bu vatandagi hukumatning haqiqiy tayanch nuqtasi va ma'naviy kuchining manbai bo’lgan Islomiy hamiyatni hayajonlantirish bilan Islom shiorlarining bir daraja jonlanishiga va bid'atlarning bir daraja yo’qolishiga sabab bo’ldi. Sen nima uchun shiddat bilan urushga qarshi chiqding va bu masalaning tinchlik bilan hal qilinishi uchun duo qilding va ahli bid'atning hukumatlariga qattiq yon bosib tarafdor bo’lding? Bu esa, bilvosita bid'atlarga tarafdorlikdir?

Javob:Biz yengillik, tinchlik va sevinch va zafar istaymiz. Lekin kofirlarning qilichi bilan emas. Kofirlarning qilichlari boshlarini yesin. Qilichlaridan kelgan foyda bizga kerak emas. Zero o’sha qaysar ajnabiylar, munofiqlarni ahli iymonga hujum qildirdi va dinsizlarni yetishtirdi. Urush balosi Qur'on xizmatimizga jiddiy zarardir. Bizning eng fidokor va eng qiymatdor qardoshlarimizning aksari qirq besh yoshdan past bo’lgani uchun, urush uchun Qur'onning muqaddas vazifasini tashlab harbiy xizmatga borishga majbur bo’ldi. Pulim bo’lsa, jomin bilan, bunday qiymatdor qardoshlarimning har birini harbiy xizmatdan ozod qilish uchun, badal to’lovi ming lira bo’lsa ham, berardim. Cuunki yuzlab qiymatdor qardoshlarimizning Risola-i Nurning Qur'onga oid xizmatini tashlab, moddiy jihod qurolini qo'llariga olishlari, bizga yuz ming lira zarar keltirganini his qildim. Hatto Zakoiyning bu ikki yil harbiy xizmati, balki ming liralik ma'naviy foydasini ketkazdi. Nima bo’lganda ham... Qodiri Kulli Shay bir daqiqada bulutlar bilan to’lgan osmonni supurib tozalab, samoning tiniq yuzida porloq Quyoshni ko’rsatgani kabi, bu zulmatli va rahmatsiz bulutlarni ham yo’qotib shariatning haqiqatlarini quyosh kabi ko’rsatadi va arzon va tashvishsiz suratda bera oladi. Uning rahmatidan kutamizki, bizga qimmat sotmasin. Boshdagilarning boshlariga aql va qalblariga iymon bersin, yetar. O’sha vaqt ish o’zidan-o’zi joyiga tushadi.

TO’RTINCHI QIZIQTIRGAN SAVOL:Aytiladiki: Modomiki sizning qo’lingizda nur bor ekan, to’qmoq emas. Nurga qarshi chiqilmaydi va qochilmaydi va izhoridan zarar kelmaydi. Nima uchun birodarlaringizga ehtiyotni tavsiya qilyapsiz? Ko’p nurli risolalarni odamlarga ko’rsatilishini man qilyapsiz?

Bu savolga javobning muxtasar ma'nosi shuki: Boshlardagi boshlarning ko’pi sarxush, o’qimaydi. O’qisa ham tushunmaydi. Xato ma'no berib qarshi chiqadi. Qarshi chiqmasligi uchun aqli boshiga kelishigacha ko’rsatmaslik lozim bo’ladi. Ham ko’p vijdonsiz insonlar borki, g’araz yoki tama yoxud qo’rquvdzn nurni inkor qiladi yoki ko’zini yopadi. Shuning uchun qardoshlarimga tavsiya qilamanki: Ehtiyot qilsinlar, noahllarning qo’liga haqiqatlarni bermasinlar. Ham ahli dunyoning shubhalarini qo’zg’aydigan ish qilishmasin.

{(Hoshiya) Jiddiy bir masalaga vosita bo’la oladigan bir latifa: Kecha ertalab bir do’stimning kuyovi Mahmud yonimga keldi. Sevinib, xushxabar beradigan shaklda dediki: "Bir kitobingizni Ispartada nashr qilishdi, ko’pchilik o’qimoqda." Men: "U ta'qiqlangan nashr emas. Balki nusxa ko’paytirish uskunasi bilan ba'zi nusxalar olinganki, hukumat unga hech narsa demaydi", dedim. Yana: "Buni ikki munofiq do'stingga aslo aytma. Ular, bahona qidirishyapti", dedim. Mana qardoshlarim, bu odam bir do’stimning kuyovi, shuning uchun mening ham do’stim sanaladi. Lekin sartarosh bo'lgani uchun vijdonsiz muallim va munofiq mudirning do’stidir. U yerda qardoshlarimizdan biri, bilmasdan shunday degan. Yaxshi bo’ldiki, eng avval keldi, menga xabar berdi. Men ham tanbeh berdim, yomonlikning oldi olindi. Va nuxsa ko’paytirish uskunasi minglab nusxalarni bu parda ostida nashr qildi.}

Xotima

Bugun Ra'fat Beyning bir maktubini oldim. Lihya-i Sharifa haqidagi savoli munosabati bilan aytamanki: Hadislardan ma'lumki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Lihya-i Saodatidan tushgan sochlarning donalari cheklangan. O’ttiz-qirq dona yoki ellik-oltmish dona kabi oz bir miqdorda ekan, minglab yerda Lihya-i Saodatning sochlari bo’lishi meni bir zamon ko’p o’ylantirdi. O’sha vaqt esimga keldiki: Lihya-i Saodat faqat Lihya-i Sharifning sochlaridan iborat emas, balki muborak boshining sochlari olinishi bilan hech bir narsalarini yo’qotmagan Sahobalar, o’sha nurli va muborak va doimiy yashaydigan sochlarni muhofaza qilganlar. Ular minglabdir. Hozirgi borlariga teng kela oladilar. Yana o’sha vaqt xotirladimki: Ajabo, har bir masjidda bo’lgan, sahih dalil bilan bu soch Hazrati Risolatning sochlari ekani isbotlangan. Chunki uning ziyorati maqbul bo’lsin? Birdan xotirga keldiki: U sochlarning ziyorati, vasiladir. Rasuli Akram alayhissalotu vassalomga salovot keltirishga sabab va bir hurmat va muhabbatga sababdir. Vositalik jihati o’sha narsaning zotiga qaramaydi, vasilalik jihatiga qaraydi. Shuning uchun, agar bir soch haqiqiy bo’lib Lihya-i Saodatdan bo’lmasa, modomiki zohiran shunday deb qabul qilingan va u vasilalik vazifasini qilmoqda va hurmatga va e'tiborga va salovotga vasila bo’lmoqda. Qat'iy hujjat bilan u sochning zotini tashxis va tayin qilish kerak emas. Lekin aksiga qat'iy dalil bo’lmasin, yetar. Chunki ommaning umumiy fikri va ummatning qabuli bir navi hujjat hukmiga o’tadi. Ba'zi ahli taqvo bunday ishlarda yo taqvo yoki ehtiyot yoki azimat nuqtasida qarshi chiqsalar ham, xususiy qarshi chiqadilar. Bid'at desalar ham, bid'ati hasana naviga kiradi. Chunki salovotga vasiladir. Ra'fat Bey maktubida: "Bu masala birodarlar o’rtasida tortishuvga sabab bo’lgan", deydi. Qardoshlarimga tavsiya qilamanki: Bo’linish va ayrilishga sabab bo’ladigan tortishuv qilmasinlar. Lekin fikr almashtirish ma'nosida nizosiz bahslashishga o’rgansinlar.

* * *

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq Senirkentli qardoshlarim Ibrohim, Shukru, Hofiz Bekir, Hofiz Husen, Hofiz Rajab Afandilar!

Hofiz Tavfiq bilan yuborgan uch masalangizga dinsizlar eskidan beri hujum qilaishadi.

Birinchisi:

حَتّٰٓى اِذَا بَلَغَ مَغْرِبَ الشَّمْسِ وَجَدَهَا تَغْرُبُ ف۪ى عَيْنٍ حَمِئَةٍ

oyati ifoda qilgan zohir ma'nosiga ko’ra: Quyoshning qizigan va balchiqli bir chashma suvida botganini ko’rgan, deydi.

Ikkinchisi:Saddi Zulqarnayn qayerda?

Uchinchisi:Oxirzamonda Hazrati Isoning (AS) kelishlari va Dajjolni o’ldirishlariga doir.

Bu savollarning javoblari uzun. Faqat muxtasar bir ishora bilan aytamiz: Qur'on oyatlari Arab tili uslubida va zohiran hamma tushunadigan tarzda ifoda qilgani uchun, ko’p marta tashbeh va misol keltirish suratida bayon qiladi.

Zulqarnayn, تَغْرُبُ ف۪ى عَيْنٍ حَمِئَةٍ ya'ni, Quyoshning qizigan va balchiqli chashma bo’lib ko’ringan Atlantika Okeanining sohilida yoki vulqonli, olovli, tumanli tog’ning vulqon og’zida botganini ko’rgan. Ya'ni: Zohiran Atlantika Okeanining sohillarida, yozning shiddatli harorati bilan atrofidagi botqoqlik haroratlangan, bug’langan vaqtda o’sha bug’ orqasida katta bir chashma havzasi suratida Zulqarnaynga uzoqdan ko’ringan Atlantika Okeanining bir qismida Quyoshning zohiriy botishini ko’rgan. Yoki vulqonli, tosh va tuproq va ma'dan suvlarini aralashtirib otib chiqargan tog’ning boshida yangi ochilgan otashli vulqon og’zida samovotning ko’zi bo’lgan Quyoshning yashiringanini ko’rgan.

Ha, Qur'oni Hakimning mo’'jizali shaklda ifodasining balog’ati bu jumla bilan ko’p masalalarni dars beradi. Avvalo: Zulqarnaynning g’arb tarafiga sayohati, shiddatli issiqlik vaqtida va botqoqlik tarafiga va Quyoshning botish oniga va vulqonli bir tog’ning otilishi vaqtiga tasodif bo’lganini bayon qilib, Afrikaning to’liq istilosi kabi ko’p ibratli masalalarga ishora qiladi. Ma'lumdirki, ko’ringan Quyoshning harakati zohiriydir va Yer kurrasining maxfiy harakatiga dalildir, uni xabar beradi. Botishi murod emas. Chashma esa, tashbehdir. Uzoqdan katta bir dengiz, kichik bir hovuz kabi ko’rinadi. Issiqlikdan chiqqan tuman va bug’lar va botqoqliklar orqasida ko’ringan bir dengizni, balchiq ichida chashmaga tashbehi va Arabcha ham chashma,

ham Quyosh, ham ko’z ma'nosida bo’lgan عَيْنٍ kalimasi, balog’at sirlari jihatidan g’oyat ma'nodor va munosibdir. {(Hoshiya) ف۪ى عَيْنٍ حَمِئَةٍ daki عَيْنٍ ta'biri balog’at sirlari jihatidan latif bir ma'noni ramzan eslatadi: "Samo va samo yuzi, Quyosh ko’zi bilan zamin yuzidagi jamoli rahmatni tomoshadan so’ng, zamin ham dengiz ko’zi bilan yuqoridagi azamati Ilohiyani tomoshadan so’ng, o’sha ikki ko’z bir-biri ichiga berkinar ekan, zamin yuzidagi ko’zlarni yopadi" deya mo’'jizali shaklda bir kalima bilan xotirlatadi va ko’zlar vazifasiga yakun ishorasini ko'rsatadi.} Zulqarnaynning nazarida uzoqlik jihati bilan shunday ko’ringani kabi, Arshi A'zamdan kelgan va samoviy jismlarga qo’mondonlik qilgan samoviy Qur'on xitobi, bir musofirxona-i Rahmoniyada qandil vazifasini bajargan itoatkor Quyoshni Atlantika Okeani kabi bir chashma-i Rabboniyda yashirinadi deyishi, azamatiga va buyukligiga yarashadi va mo’'jizali shakldagi uslubi bilan dengizni haroratli bir chashma va tumanli bir ko’z qilib ko’rsatadi. Va samoviy ko’zlarga shunday ko’rinadi.

Bir so’z bilan, Atlantika Okeaniga nisbatan balchiqli bir chashma ta'biri, o’sha ulkan dengizni Zulqarnayn juda uzoqdan chashma kabi ko’rganidan. Qur'onning nazari esa hamma narsaga yaqin bo’lish jihati bilan, Zulqarnaynning nazarning aldashi navidagi nazariga ko’ra qarolmaydi, balki Qur'on samovotga qarab kelgani uchun Yer kurrasini goh bir maydon, goh bir saroy, ba'zan bir beshik, ba'zan bir sahifa kabi ko’rganidan, tumanli, bug’li ulkan Atlantika Okeanini bir chashma deb ta'bir etishi, azamati ulviyatini ko’rsatadi.

Ikkinchi savolingiz:Saddi Zulqarnayn qayerda? Yajuj, Ma'juj kimlar?

Javob:Ilgari bu masalaga doir bir risola yozgandim. O’sha zamonning dinsizlari u bilan jim bo’lishga majbur bo’lishgandi. Hozir ham o’sha risola yonimda yo’q, ham quvva-i hofizam ishini to’xtatgan, yordam bermayapti. Ham Yigirma to’rtinchi So’zning Uchinchi Shoxida bu masaladan ozroq bahs qilingan. Shuning uchun bu masalaning yolg’iz ikki-uch nuktasiga g’oyat muxtasar ishora qilamiz. Jumladan:

Ahli tahqiqning bayoniga ko’ra, Zulqarnayn unvonining ishorasi bilan, Yaman podshohlaridan Zulyazan kabi "zu" kalimasi bilan boshlangan ismlari bo’lgani uchun, Zulqarnayn Iskandari Rumiy emas. Balki Yaman podshohlaridan biri bo’lib, Hazrati Ibrohim (AS) zamonida bo’lgan va Hazrati Hizrdan dars olgan. Iskandari Rumiy esa taqriban uch yuz yil oldin kelgan, Aristoteldan dars olgan. Bahariyat tarixi muntazam suratda uch ming yilga qadar uzangan. Bu noqis va qisqa tarix nazari Hazrati Ibrohim zamonidan avvalgi xodisalarni to'g'ri qamray olmaydi. Yo xurofotga o’xshash, yo inkor tarzida, yo g’oyat muxtasar yoritadi. Yamaniy Zulqarnayn tafsirlarda eskidan beri Iskandar nomi bilan mashhur bo’lishining sababi, yo Zulqarnaynning bir ismi Iskandarki, Iskandari Kabir va Eski Iskandardir. Yoxud Qur'on oyatlari zikr qilgan xususiy hodisalar, umumiy hodisalarning uchlari bo’lish jihati bilan...

Zulqarnayn deyilgan Iskandari Kabirning payg’ambar kabi irshodi bilan zolim qavmlar bilan mazlum millatlar o’rtasida to’siq va zolimlarning talon-taroj qilishlariga mone bo’ladigan mashhur Xitoy Devorini qurgani kabi, Iskandari Rumiy kabi ko’plab jahongirlar va kuchli podshohlar, moddiy jihatdan va ma'naviy insoniyat olamining podshohlari bo’lgan bir qism payg’ambarlar va ba'zi buyuk avliyolar ham ma'naviy va irshodiy jihatdan o’sha Zulqarnaynning orqasidan borib, tog’lar o’rtalarida mazlumlarni zolimlardan qutqaradigan to'siqlarni, {(Hoshiya) Yer yuzida zamon o’tishi bilan tog’ shaklini olgan, tanilmagan juda ko’p sun'iy to’siqlar bor.} so’ngra tog’lar tepalarida qal'alarni qurishgan. Yo shaxsan moddiy kuchlari bilan yoxud irshod va tadbirlari bilan ta'sis etganlar. So’ngra shaharlarning atrofida devorlarni va o’rtalarida qal'alarni, nihoyat oxirgi chora qirq ikki dyuymlik zambaraklarni va sayyor qal'a kabi ulkan harbiy kemalarni qurganlar. Hatto yer yuzining eng mashhur to’sig’i va necha kunlik uzoq bir masofa bo’lgan Xiyoy Devorini Qur'on tili bilan Ya'juj va Ma'jujning va boshqa ta'bir bilan tarix tilida Manchur va Mo’g’il deyilgan va bashariyat olamini necha marta chil-parchin qilgan va Himalay tog’larining orqasidan chiqqan va sharqdan g’arbga qadar xarob qilgan vahshiy qavmlar va bosqinchi millatlarning Hind va Xitoydagi mazlum qavmlarga tajovuzlarini to’xtatsish uchun Himalay silsilalariga yaqin ikki tog’ orasida uzun to’siq qilgani va o’sha vahshiy qavmlarning ko'p sonli hujumlariga uzoq vaqt mone bo’lgani kabi, Kavkaz tog’larida Darband tomonida bosqinchi tajovuzkor Totor qavmlarining hujumini to’xtatish uchun Zulqarnayn-misol eski Eron podshohlarining himmati bilan to’siqlar qurilgan. Bunga o'xshash ko’p to’siqlar mavjud. Qur'oni Hakim umum bashariyatga xitob qilgani uchun, zohiran xususiy hodisani zikr qilib, o’sha hodisaga o’xshash umumiy hodisalarni eslatib gapiradi.

Demak bu nuqtai nazardan, To’siqqa hamda Ya'juj va Ma'jujga doir rivoyatlar va mufassirlarning izohlari xilma-xil kelgan.

Yana, Qur'oni Hakim ifodalar orasidagi munosabatlar jihatidan bir hodisadan uzoq hodisaga tegishli bo'ladi. Bu munosabatni bilmagan odam, ikki hodisaning davri bir-biriga yaqin deb o’ylaydi. Qur'on To’siqning buzilishi bilan qiyomatning qoim bo’lishini xabar berishi, zamonning yaqinligi jihatidan emas, balki ifodalar orasidagi munosabatlar jihatidan ikki nukta uchun:

Ya'ni, bu to’siq buzilishi kabi, dunyo ham buziladi. Yana, qandayki tabiiy va Ilohiy to’siqlar xisoblangan tog’lar metin, lekin qiyomatning qoim bo’lishi bilan buzilar ekan, xuddi shuning kabi, bu to’siq ham tog’ kabi metindir, lekin dunyoning buzilishi bilan yer bilan bir bo’lishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan sodir bo’lgan o’zgarishlar vayrongarchiliklar qilsa ham, ko’pi beshikast qoladi deganidir. Ha, Saddi Zulqarnaynning ko’p misollaridan bittasi Xitoy Devori minglab yil mavjud bo’lgani holda, hali ham oyoqda turibdi. Insonning qo’li bilan zamin sahifasida yozilgan jismlashgan, toshga aylangan sahifalar, uzoq qadimgi ma'nodor tarixdan o’qilmoqda.

Uchinchi savolingiz:Hazrati Iso alayhissalomning Dajjolni o’ldirishlari, Birinchi Maktubda va O’n Beshinchi Maktubda g’oyat muxtasar va sizga kifoya bir javob bor.

* * *

بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, fidokor, siddiq, vafodor qardoshlarim Xo’ja Sabri (RH) va Hofiz Ali (RH). "Mug’ayyiboti Xamsa"ga doir surasining oxiridagi oyat haqida muhim savolingizga g’oyat jiddiy bir javob kutgan edingiz. Afsuski hozirgi ruhiy holatim va moddiy ahvolim u javobga uyg’un emas. Faqat savolingizga tegishli bir-ikki nuqtaga g’oyat qisqa ishora qilamiz. Shu savolingizning ma'nosi ko’rsatadiki, ahli ilhod tarafidan tanqid suratida mug’ayyiboti xamsadan yomg’irning kelish vaqtiga va ona bachadonidagi chaqaloqning holatiga e'tiroz qilingan. Aytishganki: "Rasadxonalarda bir asbob bilan yomg’irning yog’ish vaqti aniqlanmoqda. Uni Allohdan boshqasi ham bilmoqda. Yana, rentgen nuri bilan ona bachadonidagi chaqaloqning erkak, ayol bo’lgani anglashilmoqda. Demak, mug’ayyiboti xamsani bilish mumkin ekanda?"

Javob:Yomg’irning yog’ish vaqti bir qoidaga bog’liq bo’lmagani uchun, to’g’ridan-to’g’ri mashiati xossa-i Ilohiyaga bog’liq va xazina-i rahmatdan xususiy irodaga tobe bo’lganining hikmatining bir sirri shuki: Koinotda eng muhim haqiqat va eng qiymatdor mohiyat nur, vujud va hayot va rahmat bo'lib, ushbu to’rt narsa pardasiz, vositasiz, to’g’ridan-to’g’ri qudrati Ilohiya va mashiati xossa-i Ilohiyaga bog'liq. Boshqa san'atli asarlarda zohiriy sabablar qudratning tasarrufida parda bo’ladi. Va muntazam davom etgan qonunlar va qoidalar bir daraja iroda va istakka parda bo’ladi. Lekin mavjud bo’lish, hayot, nur, rahmatga pardalar qo’yilmagan. Chunki pardalar hikmatining sirri u ishda amalga oshmaydi.

Modomiki mavjudlikda eng muhim haqiqat, rahmat va hayot ekan, yomg’ir hayotga manba va rahmatning sababi, balki rahmatning o’zi hisoblanadi. Demak vositalar parda bo’lmaydi. Qoida va bir xillik ham, mashiati xossa-i Ilohiyani to’smaydi. Toki har vaqt, harkim, hamma narsada shukr va ubudiyatga, so’rash va duoga majbur bo’lsin. Agar bir qoidaga bo’ysunsa edi, unga ishonib shukr va niyoz eshigi yopilardi. Quyoshning chiqishida qanchadan qancha manfaatlar borligi ma'lum. Holbuki muntazam davom etgan qoidaga tobe bo’lgani uchun, Quyoshning chiqishi uchun duo qilinmaydi va chiqishiga doir shukr ham qilinmaydi. Va bashar ilmi o’sha qoidaning yo’li bilan ertaga Quyoshning chiqishini bilgani uchun, g’aybdan sanalmaydi. Lekin yomg’irning juz'iyoti bir qoidaga tobe bo’lmagani uchun, har doim insonlar niyoz va duo bilan dargohi Ilohiyaga iltijo qilishga majbur bo’ladilar. Va bashar ilmi yog’ish vaqtini aniqlay olmagani uchun, bu faqatfina xazina-i rahmatdan maxsus bir ne'mat deb hisoblab, haqiqiy shukr qiladilar. Ushbu oyat bu nuqtai nazardan yomg’irning yog’ish vaqtini mug’ayyiboti xamsaga kiritadi. Rasadxonalardagi asbob bilan yomg’irning muqaddimalarini his qilib vaqtini aniqlash, g’aybni bilish emas, balki g’aybdan chiqib olami shahodatga yaqinlashgan vaqtida ba'zi muqaddimalardan xabardor bo’lib bilishga kiradi. Qandayki, eng yashirin g’aybiy ishlar sodir bo’layotganda yoxud sodir bo’lishga yaqinlashgandan so’ng hissi qoblal vuqu'ning bir turi bilan bilinadi. U g’aybni bilish emas, balki mavjudni yoki muqorrab-ul vujudni bilishga kiradi. Hatto men ba’zan asablarimda yog’adigan yomg'irni yigirma to’rt soat avval seaman. Demak, yomg’irning muqaddimalari, boshlanishlari bor. O’sha boshlanishlar namlik bilan o’zini ko’rsatadi, orqasidan yomg’irning kelganini bildiradi. Bu hol, qoida kabi, bashar ilmining g’aybdan chiqib hali shahodat olamiga kirmagan ishlarga yetishishga bir vosita bo’ladi. Lekin hali olami shahodatga oyoq bosmagan va mashiati xossa bilan rahmati xossadan chiqmagan yomg’irning yog’ish vaqtini bilish, ilmi Allam-ul G’uyubga maxsusdir.

Ikkinchi masala qoldi: Rentgen nuri bilan ona bachadonidagi bolaning erkak va ayolligini bilish وَ يَعْلَمُ مَا فِى الْاَرْحَامِ oyatining g’aybga oid ma'nosiga zid emas. Chunki oyat faqat erkaklik va ayollik holatiga emas, balki bolaning ajib xususiy iste'dodi va istiqbolda qozonadigan vaziyatiga sabab bo’lgan hayot taqdirining boshlanishi, hatto siymosidagi juda ajib sikka-i Samadiyat murod bo'lib, bolaning o’sha tarzda bilinishi ilmi Allam-ul G’uyubga maxsusdir. Yuz ming rentgen-misol bashar fikri birlashsa ham bolaning umum bashariyatga nisbatan farq qiluvchi alomati xisoblangan haqiqiy yuzining siymosini kashf qilolmaydi.

Endi, yuzining siymosidan yuz marta yanada hayratlanarli hisoblangan iste'dodidagi ma'naviy siymoni kashf qilishga yo'l bo'lsin. Boshda aytdikki: Mavjud bo’lish va hayot va rahmat bu koinotda eng muhim haqiqatlardir va eng muhim maqom ularnikidir. Shuning uchun jamlovchi hayot haqiqati butun nozikliklari va o’ziga xos xususiyatlari bilan iroda-i xossaga va rahmati xossaga va mashiati xossaga qarashining bir sirri shuki: Hayot butun jihozlari bilan va jihatlari bilan shukr va ubudiyat va tasbehning manba va o’zagi bo’lgani uchun, iroda-i xossaga parda bo’lgan bir xillik va qonuniyat va rahmati xossaga parda bo’lgan zohiriy sabablar qo’yilmagan. Janobi Haqning ona bachadonidagi bolalarning moddiy va ma'naviy siymolarida ikki jilvasi bor:

Biri:Vahdatini va Ahadiyatini va Samadiyatini ko’rsatadi. Bola asosiy tana a'zolarda va insoniy jihozlarning turlarida boshqa insonlar bilan muvofiq va uyg’un bo’lishi, Xoliq va Sone'ning vahdatiga shahodat qiladi. O’sha chaqaloq til bilan: "Menga bu siymo va a'zoni bergan kim bo’lsa, barcha asosiy tana a'zolarda menga o’xshagan barcha insonlarning sone'i ham O’shadir. Va barcha jonzotlarning sone'i ham O’shadir." deb jar soladi.

Ona bachadonidagi chaqaloqning bu tili g’aybiy emas, qoidaga va tartibga va naviga tobe bo’lgani uchun ma'lumdir, bilinishi mumkin. Olami shahodatdan olami g’aybga kirgan shox va tildir.

Ikkinchi jihat:Xususiy iste'dod siymosi va shaxsiy yuzining siymosi tili bilan Sone'ining ixtiyorini, irodasini va xohishini va rahmati xossasini va hech bir qayd ostiga kirmasligini bor ovozi bilan ko’rsatadi. Lekin bu til g’ayblarning g’aybidan keladi. Ilmi azaliydan boshqasi kelishdan oldin buni ko’rolmaydi va qamray olmaydi. Ona bachadonida ekan, bu siymoning mingdan bir jihozini ko’rish bilan bilinmaydi!

Bir so’z bilan, chaqaloq iste'dodining siymosida va yuzining siymosida ham vahdoniyat dalili bor, ham ixtiyor va iroda-i Ilohiyaning hujjati bor. Agar Janobi Haq muvaffaq qilsa, mug’ayyiboti xamsaga doir ba'zi nuktalar yoziladi. Hozircha bundan ortiq vaqtim va holim izn bermadi, tugataman.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى

Said Nursiy

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

O’n Yettinchi Yog’du

("Zuhra"dan kelgan "O’n beshta Mulohaza"dan iborat)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

MUQADDIMA

O’n ikki yil avval {(*) O’n ikki yil avval deyilgan sana, hijriy 1340, milodiy 1921 yillaridir.} inoyati Rabboniya bilan ma'rifati Ilohiyada fikriy harakat va qalbiy sayohat va ruhiy inkishoflarda namoyon bo’lgan ba'zi tavhid yog’dularini arabchada "Mulohazalar" suratida "Zuhra", "Shu'la", "Habba", "Shamma", "Zarra", "Qatra" kabi risolalarda qayd qilgandim. Uzun haqiqatning faqat bir uchini ko’rsatish va porloq nurning faqat bir shu'lasini namoyon qilish tarzida yozilgani bois, faqat o’zim uchun bir xotira va bir eslatma shaklida bo’lgani uchun, boshqalarning tushunishi cheklangan edi. Xususan, eng sara va eng yaqin qardoshlarimning aksariyati arabcha o’qimashgan. Ularning qattiq iltimosi va qistovi bilan o’sha mulohazalarning, yog’dularning qisman izohli va qisman qisqa ma'nosini turkchada yozishga majbur bo’ldim. Shu mulohazalar va arabcha risolalar Yangi Saidning eng avval haqiqat ilmidan bir daraja shohid bo’lish suratida ko’rgani uchun o’zgartirilmasdan ma'nolari yozildi. Shuning uchun ba'zi jumlalar boshqa "So’zlar"da ham zikr qilinish bilan birga, bu yerda ham zikr qilinadi. Va bir qismi siqilgan bo’lishi bilan birga, izoh qilinmaydi. Toki asliy latofatini yo’qotmasin.

BIRINCHI MULOHAZA:O’z nafsimga xitoban degandim: "Ey g’ofil Said! Bilki: Shu olamning fanosidan so’ng senga hamrohlik qilmagan va dunyoning xarob bo’lganidan keyin, sendan ayrilgan narsaga qalbingni bog’lash senga loyiq emas. Xususan sening asringning inqirozi bilan seni tark qilib yuz o’girgan va ayniqsa barzox safarida yo’ldosh bo’lmagan va xususan seni qabr eshigiga qadar kuzatib qo’ymagan, xususan bir-ikki yil mobaynida abadiy firoq bilan sendan ayrilib gunohini sening bo’yningga taqqan, xususan senga xilof ravishda hosil bo’lish paytida seni tark qilgan foniy narsalar bilan qalbingni bog’lash aqlga muvofiq ish emas.

Agar aqling bo’lsa, uxraviy inqiloblaringda, barzaxiy hollaringda va dunyoviy inqiloblaringning to’qnashuvlari ostida ezilgan, buzilgan va abadiy safarda senga yo’ldosh bo’lishga iqtidori bo’lmagan ishlarni tashla, ahamiyat berma, ularning zavolidan qayg’urma. Sen o’z mohiyatingga qara, sening nozik tuyg’ularing ichida shundayi borki, abaddan va abadiy zotdan boshqasiga rozi emas. Undan boshqasiga yuzlanmaydi, mosivosiga o’zini xo’rlamaydi. Unga butun dunyoni bersang ham, o’sha tabiiy ehtiyojni qondirolmaydi. U narsa esa, sening hislaringning va nozik tuyg’ularingning sultonidir. Fotiri Hakiymning amriga itoatkor sultoningga itoat qil, najot top!.."

IKKINCHI MULOHAZA:Sodiq bir tushda ko’rdimki, insonlarga: "Ey inson! Qur'onning dasturlaridan biri shuki, Janobi Haqning mosivosidan hech bir narsani unga ibodat qiladigan darajada o’zingdan katta deb o’ylama. Yana, sen o’zingni hech bir narsadan takabburlik qiladigan darajada katta tutma. Chunki yaratilgan borliqlar ma'budiyatdan uzoqlik nuqtasida teng bo’lganlari kabi, yaratilganlik nisbatida ham birdirlar", dedim.

UCHINCHI MULOHAZA:Ey g’ofil Said! Bilginki, hisning adashishiga ergashib g’oyat vaqtinchalik dunyoni o’lmaydigan va doimiy deb o’ylaysan. Atrofingga va dunyoga qaragan vaqting, bir daraja sobit va davomli ko’rganing, foniy nafsingni ham o’sha nazar bilan sobit deb o’ylaganing uchun, faqatgina qiyomatning qoim bo’lishidan dahshatga tushasan. Go’yo qiyomatning qoim bo’lishiga qadar yashaydiganday, faqatgina undan qo’rqasan. Esingni yig’! Sen va sening xususiy dunyoing doimiy zavol va fano zarbasiga duchorsiz. Bu hissingning adashishi va safsatang shu misolga o’xshaydiki:

Bir odam qo’lidagi oynasini bir uy yoki bir shaharga yoki bir bog’ga qaratsa, oynada bir uy, bir shahar, bir bog’ning surati ko’rinadi. Oynada arzimas bir harakat va kichik bir o’zgarish sodir bo’lsa, uy va shahar va bog’ning suratida harju marj va chalkashlik yuzaga keladi. Tashqaridagi haqiqiy uy, shahar va bog’ning turishi va qolishi senga foyda bermaydi. Chunki oynadagi uy va senga oid shahar va bog’ faqat oyna senga bergan miqyos va mezon bilandir. Sening hayoting va umring, oynadir. Sening dunyoingning ustuni va oynasi va markazi, sening umring va hayotingdir. Har daqiqada o’sha uy va shahar va bog’ing o’lishi mumkin va vayron bo’lishi ehtimol dohilida bo’lgani uchun, har daqiqa boshingga yiqiladigan va qiyomating qoim bo’ladigan vaziyatdadir. Modomiki shunday ekan, sen bu hayoting va dunyoingga tortolmaydigan va ko’tarolmaydigan yuklarni yuklama!..

TO’RTINCHI MULOHAZA:Bilginki, Fotiri Hakiymning odati shuki, ahamiyatli va qiymatdor narsalarni jumlasini aynan o’zidek qaytarib beradi. Ya'ni, aksar narsalarning misli bilan yangilanishi, mavsumlarning almashinishida, asrlarning o’zgarishida qiymatdor ahamiyatli narsalarni aynan o’zidek qaytarib beradi. Kunlik va yillik va asrlik hashrlarning barchasida shu odatulloh qoidasi jumlasi muntazam davom etadi. Bu sobit qoidaga binoan aytamizki: Modomiki fanlarning ittifoqi bilan va ilmlarning shahodati bilan, yaratilish daraxtining eng mukammal mevasi insondir. Va yaratilgan borliqlar ichida eng ahamiyatlisi insondir. Va mavjudot ichida eng qiymatdori insondir. Va insonning bir donasi boshqa hayvonotning bir turi hukmidadir. Albatta, qat'iy bir hads bilan hukm qilinadiki, hashr va nashri akbarda basharning har biri aynan o’zidek, jismi bilan, ismi bilan, rasmi bilan eski holiga qaytariladi.

BESHINCHI MULOHAZA:Bu mulohazada Ovrupa fanlari va madaniyati, bir daraja Eski Saidning fikrida bo'lgani uchun, Yangi Said fikriy sayohat payti, Ovrupa fanlari va madaniyati o’sha qalbiy sayohatda qalb xastaliklariga aylanib haddan ziyod qiyinchiliklarga sabab bo’lgani uhun, majbur bo’lib Yangi Said zehnini silkitib, puch falsafani va buzuq madaniyatni tashlashni istar ekan, o’z ruhida Ovrupa foydasiga shahodat qilgan nafsoniy hissiyotni bostirish uchun, Ovrupaning shaxsi ma'naviysi bilan quyidagi g’oyat qisqa, bir jihatdan uzun munozaraga majbur bo’ldi.

Xato tushunilmasin, Ovrupa ikkiga bo’linadi.

Bittasi: Isaviylik haqiqiy dinidan olgan fayzi bilan bashariyatning ijtimoiy hayotiga foydali kasblar hamda adolat va haqqoniyatga xizmat qilgan fanlarga ergashgan birinchi Ovrupaga xitob qilmayman. Balki tabiat falsafasining zulmati bilan, madaniyatning yomonliklarini go’zalliklar deb o’ylab, basharni safohat va zalolatga yetaklagan buzilgan ikkinchi Ovrupaga xitob qilaman. Jumladan:

O’sha ruhiy sayohatda madaniyat go’zalliklari va foydali fanlardan boshqa foydasiz va zararli falsafani hamda zararli va buzuq madaniyatni qo’lida tutgan Ovrupaning shaxsi ma'naviysiga qarata aytdim:

Bil, ey ikkinchi Ovrupa! Sen o’ng qo’ling bilan xasta va zalolatli falsafani va chap qo’ling bilan buzuq va zararli bir madaniyatni tutib, basharning saodati bu ikkisi bilan bo’lishini da’vo qilasan. Ikki qo’ling sinsin va shu ikki iflos hadyang sening boshingni yesin va yeydi ham.

Ey kufr va nonko’rlikni tarqatib yoygan badbaxt ruh! Ajabo, ham ruhida, ham vijdonida, ham aqlida, ham qalbida dahshatli musibatlar bilan baloga yo’liqqan va azobgadagi odamning jismi bilan zohiran aldovchi ziynat va boylik bilan saodati mumkin bo’la oladimi? Uni baxtiyor deyish mumkinmi? Ajabo, bir odamning ahamiyatsiz ishdan ma'yus bo’lishi va xayoliy orzudan umidi kesilishi va ahamiyatsiz ishdan hafsalasi pir bo’lishi sababli shirin xayollar achchiqlashishini ko’rmayapsanmi. Shirin vaziyatlar unga azob beradi. Dunyo unga tor keladi, zindon bo’ladi.

Holbuki badbaxtliging bilan, qalbining eng chuqur burchaklarida va ruhining asosigacha zalolat zarbasini yegan va o’sha zalolat tufayli barcha orzulari kesilgan va undan alam chekkan bechora insonga qaysi saodatni ta'min qilyapsan? Ajabo, o’tkinchi, jismi yolg’onchi jannatda bo’lgan va qalbi, ruhi jahannamda azob chekkan insonni baxtiyor deb bo’ladimi? Bechora basharni ana shunday to’g’ri yo’ldan og’dirding, yolg’onchi Jannat ichida Jahannamiy azob chektiryapsan.

Ey basharning nafsi ammorasi! Bu misolga qara, basharni qayerga boshlaganingni bil. Qarshimizda ikki yo’l bor. Biridan ketyapmiz. Ko’ryapmizki, har qadam boshida bechora, ojiz kishi turibdi. Zolimlar unga hujum qilib molini, narsalarini tortib olib uychasini xarob qilyaptilar, ba'zan jarohatlantirishyapti. Uning achinarli holiga osmon yig’lyapti. Qayerga qarama, hol shunday davom etyapti. U yo’lda eshitilgan ovozlar, zolimlarning shovqinlari, mazlumlarning yig’i-sig’isi bilan, yo’lni umumiy motam qoplayapti. Inson insoniyligi tufayli boshqalarning dardi bilan dardlangani uchun hadsiz dardlarga giriftor bo’ladi. Holbuki vijdon bu daraja dardlarga bardosh qilolmagani uchun, u yo’lda ikki narsadan biriga majbur bo’ladi. Yo insoniylikdan chiqib va nihoyasiz vahshiylikni qalbiga yuklab, o’zining farovonligi bilan birga umumning halokati uni xafa qilmasin yoxud qalb va aql taqozo qilgan narsani bekor qilsin.

Ey safohat va zalolat bilan buzilgan va Isaviy dinidan uzoqlashgan Ovrupa! Dajjol kabi bitta ko’zni tashigan ko’r dahoing bilan bashar ruhiga jahannamiy holatni hadya qilding! So’ngra angladingki, bu shunday bedavo dardki, insonni a'loyi illiyindan asfali sofiliynga tashlaydi. Hayvonotning eng badbaxt darajasiga tushiradi. Bu dardga topgan doring, vaqtinchalik hislarni sezdirmay qo’yish ishini bajargan jozibador o’yinchoqlaring va uxlatuvchi havaslar va xayollaringdir. Bu doring boshingni yesin va yeydi ham! Xullas, basharga ochgan yo’ling va bergan saodating shu misolga o’xshaydi.

Ikkinchi yo’l, Qur'oni Hakim hidoyati bilan basharga hadya qilgan yo’l: Ko’ryapmizki, bu yo’lning har bir manzilida, makonida, shahrining xar tarafida bir Sultoni Odilning mustaqim askarlari kezmoqda. Ora-sira o’sha Sultonning amri bilan u askarlarning bir qismini xizmatdan ozod qilishmoqda. Qurollarini, otlarini va davlatning lozim narsalarini olishmoqda, ularga ruxsatnomani bermoqdalar. Bo’shatilgan askarlar, garchi ko’nikib qolgan ot va qurollarning olib qo’yilayotganidan zohiran mahzun bo’lishyapti. Lekin haqiqat nuqtasida bo’shatilish bilan xursand bo’lib, Sultonning ziyoratiga va podshohning poytaxtiga qaytish va podshohni ziyorat qilish uchun g’oyat mamnun bo’ladilar. Ba'zan bo’shatish ma'murlari xizmatga yangi kelgan askarga duch keladilar.

Askar ularni tanimaydi. "Qurolingni topshir", deydilar. Askar: "Men podshohning askariman, uning xizmatidaman, keyin uning yoniga boraman. Siz kimsizlar? Agar uning izn va rizosi bilan kelgan bo’lsangiz, bosh ustiga keldingiz, amrini ko’rsating. Bo’lmasa chekining, mendan uzoqlashing. Men bir o’zim, sizlar minglab bo’lsangiz ham, siz bilan jang qilaman. O’z nafsim uchun emas, chunki nafsim o’zimniki emas, sultonimnikidir. Balki mendagi nafsim va qurolim molikimning omonatidir. Omonatni muhofaza va Sultonimning obro’yini himoya va izzatini saqlash uchun sizga bosh egmayman!", deydi.

Xullas, o’sha ikkinchi yo’ldagi sevinch va saodat manbai bo’lgan minglab hollardan bu hol bir namunadir. Qolgan hollarni sen qiyos qil. Hamma o’sha ikkinchi yo’lning safarida tavalludlar nomli sevinch va xursandchilik bilan bir yig’in va askarlik xizmatiga chaqiriq bo’lyapti va vafotlar nomli sevinch va musiqa bilan askarlik vazifasidan ozod bo’lish davom etyapti. Xullas, Qur'oni Hakim basharga bu yo’lni hadya qilgan. Bu hadyani kim to’liq qabul qilsa, ikki jahonning saodatiga qaragan ikkinchi yo’ldan boradi. Na bo’lib o’tgan narsadan mahzun bo’ladi, na bo’ladigan narsadan qo’rqadi.

Ey ikkinchi buzuq Ovrupa! Sening chirik va asossiz asoslaringning bir qismi shuki: "Eng katta malakdan eng kichik baliqqacha har bir jonzot o’z nafsiga molik va o’z zoti uchun ishlaydi va o’z lazzati uchun xarakat qiladi. Uning yashash haqqi bor. Himmatining va maqsadining g’oyasi yashash va baqosini ta'minlashdir", deysan. Va Xoliqi Karimning karam dasturlaridan va koinot ruknlarida mukammal itoat bilan rioya qilingan yordamlashish dasturi bilan, nabotot hayvonotning madadiga va hayvonot insonlarning yordam berishdek umumiy qonunning rahimona, karimona jilvalarini kurash deb o’ylab, "Hayot kurashdan iborat" deb ahmoqona hukm qilgansan. Ajabo, o’sha yordamlashish dasturining jilvasidan taom zarralarining mukammal shavq bilan badan hujayralarining oziqlantirilishi uchun xarakatlanishi qanday qilib kurash bo’lsin? Qanday qilib urushish bo’lsin? Balki yordamlashish va xizmatga xarakat, Karim bir Rabning amri bilan yordamlashishdir! Yana, chirik bir asosing: "Hamma narsa o’ziga o’zi xo’jayin" deysan. Hech bir narsa o’ziga o’zi xo’jayin emasligiga qat'iy dalil shuki: Sabablarning ichida eng sharaflisi va ixtiyor nuqtasida eng keng irodalisi, insondir. Holbuki, insonning o’ylash, gapirish va yeyish kabi eng ochiq ixtiyoriy ishlarning yuztasidan uning ixtiyoriga berilgan va iqtidori doirasiga kirgan faqat shubhali bitta qismdir. Bunday eng ochiq ravshan ishning yuz qismidan bir qismiga xo’jayin bo’lmagan odam qanday qilib o’ziga o’zi xo’jayin deyiladi? Bunday eng sharafli va ixtiyori eng keng shu darajada haqiqiy tasarrufdan va egalikdan qo’li bog’langan bo’lsa; "Boshqa hayvonlar va jonsiz borliqlar o’z-o’ziga xo’jayin", degan odam hayvondan battar hayvon va jonsiz borliqlardan battar jonsiz va ongsiz ekanini isbot qiladi.

Seni bu xatoga tushirib bu tahlikaga solgan narsa, bir ko’zli dahoingdir. Ya'ni, hayratlanarli, kasofat zakovatingdir. O’sha ko’r dahoing bilan hamma narsaning Xoliqi hisoblangan Rabbingni unutding, mavhum tabiatga nisbat berding, asarlarini sabablarga berding, u Xoliqning molini botil ma'bud bo’lgan tog’utlarga taqsimlading. Bu nuqtada va o’sha dahoing nazarida har bir jonzot, har bir inson bir o’zi hadsiz dushmanlarga qarshi turish va nihoyasiz ehtiyojlarni qondirish lozim bo’ladi. Va zarra kabi iqtidor, mayin qil kabi ixtiyor, o’tkinchi nur kabi ong, tez so’nuvchi shu'la kabi hayot, tez o’tuvchi daqiqa kabi umr bilan, cheksiz dushmanlarga va ehtiyojlarga dosh berishga majbur bo’ladi. Holbuki bechora jonzotning sarmoyasi minglab istaklarining bittasiga ham kifoya qilmaydi. Musibatga giriftor bo’lgan vaqti, kar, ko’r sabablardan boshqa dardiga darmon kutmaydi. وَمَا دُعَٓاءُ الْكَافِر۪ينَ اِلَّا ف۪ى ضَلَالٍ sirriga doxil bo’ladi.

Sening zim-ziyo dahoing bashariyatning kunduzini tunga aylantirdi. Faqat o’sha mashaqqatli, zulmli va zulmatli tunga ko’niktirish uchun yolg’onchi, vaqtinchalik chiroqlar bilan nurlantirding. U chiroqlar sevinch bilan basharning yuziga tabassum qilmaydi. Balki basharning yig’lanadigan achchiq holidagi ablahona kulishiga istehzo bilan kulib masxara qiladi. Har bir jonzot sening shogirdlaring nazarida zolimlarning hujumiga duchor bo’lgan miskin musibatzadalardir. Dunyo umumiy bir motamxonadir. Dunyodagi sadolar o’limlardan, alamlardan kelgan dod-faryodlardir. Sendan to’liq dars olgan shogirding fir'avn bo’ladi. Faqat eng qiymatsiz narsaga ibodat qilgan va manfaat ko’rgan har bir narsasini o’ziga Rab deb qabul qilguvchi bir fir'avni zalildir. Ham sening shogirding qaysardir. Lekin bir lazzati uchun cheksiz zillatni qabul qilgan miskin bir qaysardir. Qiymatsiz manfaat uchun shaytonning oyog’ini o’padigan darajada pastkashlik ko’rsatadi! Ham mustabiddir, lekin qalbida tayanch nuqtasi topolmagani uchun, aslida juda ojiz maqtanchoq zolimdir. U shogirdning himmatining g’oyasi, nafsoniy hoyu-havaslarni qondirish va hamiyat va fidokorlik pardasi ostida o’z nafsining manfaatini qidirgan va hirs va g’ururini taskin etishga harakat qilgan bir makkordir. Nafsidan boshqa hech bir narsani haqiqatan sevmaydi. Hamma narsani nafsiga fido qiladi.

Ammo Qur'onning xolis va chinakkam shogirdi esa, bir bandadir. Lekin yaratilganlarning eng buyugiga ham ibodat qilish darajasiga tushmaydi va Jannat kabi eng buyuk va muazzam manfaatni ubudiyat g’oyasi qilmaydigan aziz bir bandadir. Halim-salimdir. Lekin Fotiri Zuljalolidan boshqasi oldida, izni va amri bo’lmasdan, xor bo’lmaydigan oliyhimmat bir halimdir. Faqirdir, lekin uning Moliki Karimi unga kelajakda yig’ib qo’ygan mukofot bilan behojat faqirdir. Yana zaifdir, lekin qudrati nihoyasiz Sayyidining quvvatiga tayangan kuchli zaifki, Qur'on haqiqiy bir shogirdiga abadiy Jannatni ham asl maqsad qildirmagani holda, hech ham bu o’tkinchi, foniy dunyoni unga asl maqsad qiladimi? Xullas, ikki shogirdning himmatlarining qay daraja bir-biridan farqli ekanini angla!

Yana, xasta falsafaning shogirdlari bilan Qur'oni Hakim talabalarining hamiyatkorlik va fidokorliklarini bu bilan muvozana qilishingiz mumkin. Jumladan:

Falsafaning shogirdi o’z nafsi uchun qardoshidan qochadi, unga qarshi da'vo ochadi. Qur'onning shogirdi esa, samovot va yerdagi barcha solih bandalarni o’ziga qardosh deb qabul qilib, g’oyat samimiy bir suratda ularni duo qiladi va ularning saodatlari bilan baxtiyor bo’ladi va ularga nisbatan ruhida shiddatli aloqa hosil qiladi. Yana, eng katta narsa bo’lgan Arsh va Shamsni itoatkor xodim va o’zi kabi bir banda, bir yaratilgan borliq deb qabul qiladi.

Yana, ikki shogirdning yuksaklik va ruhlarining kengligini shundan qiyos qilginki: Qur'on o’z shogirdlarining ruhiga shunday bir kenglik va yuksaklik beradiki, to’qson to’qqiz donali tasbehga badal, to’qson to’qqiz Asmo-i Ilohiyaning jilvalarini ko’rsatgan to’qson to’qqiz olamlarning zarralarini bittadan tasbeh donalari sifatida shogirdlarining qo’llariga beradi. "Virdlaringizni mana bu bilan o’qinglar" deydi. Qur'onning talabalaridan Shohi Jiyloniy, Rufaiy, Shozaliy (RA) kabi shogirdlari virdlarini o’qigan vaqtlari tingla, qara! Qo’llarida zarralar zanjirini, qatralar donalarini, yaratilgan borliqlarning nafaslari bilan sanoq tutishgan, u bilan virdlarini o’qimoqdalar. Janobi Haqni zikr va tasbeh qilmoqdalar. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning mo’'jizona tarbiyasini ko’rgin, kichik qayg’u va kichik g’am bilan boshi aylanib gangigan va kichik mikrobga mag’lub bo’lgan bu kichik inson, Qur'on tarbiyasi bilan qanchalik yuksaladi. Va shu daraja nozik tuyg’ulari kengayadiki, ulkan dunyo mavjudoti virdiga tasbeh bo’lishga qisqalik qiladi. Va Jannatni zikr va virdiga g’oya bo’lishini oz deb ko’radi, o’z nafsini Janobi Haqning oddiy maxluqidan katta tutmaydi. Eng yuksak izzat ichida nihoyatda kamtarlikni jamlaydi. Falsafa shogirdlarining bunga nisbatan qay daraja past va tuban ekanini qiyoslashing mumkin.

Xullas, Ovrupaning xasta falsafasining bir ko’zli dahosi xato ko’rgan haqiqatlarini ikki jahonga qaragan, g’aybni bilgan porloq ikki ko’zi bilan ikki olamga nazar solgan, bashar uchun ikki saodatga ikki qo’li bilan ishora qilgan Qur'onning haq va hidoyat yo’li aytadiki: "Ey inson! Sening qo’lingda bo’lgan nafs va moling sening mulking emas, balki senga omonatdir. U omonatning sohibi hamma narsaga qodir, hamma narsani biladigan Rahiymi Karimdir. U sendagi mulkini sen uchun muxofaza qilish, zoye bo’lmasligi uchun sotib olishni istaydi. Kelajakda senga ulkan haq beradi. Sen vazifador va ma'mur bir askarsan. Uning nomi bilan ishla va hisobi bilan amal qil. U shunday zotdirki, muhtoj bo’lgan narsalaringni senga rizq qilib yuboradi va kuching yetmaydigan narsalardan seni muhofaza qiladi. Sening shu hayotingning g’oyasi, natijasi: o’sha Molikning asmosiga va shuunotiga mazxar bo’lishdir. Musibat kelgan vaqtda:

اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

de. Ya'ni: "Men sohibimning xizmatidaman. Ey musibat! Agar uning izn va rizosi bilan kelgan bo’lsang, marhabo, xush kelding! Chunki, albatta, vaqti kelib unga qaytamiz va uning huzuriga ketamiz va unga mushtoqmiz. Modomiki, vaqti kelib bizni hayotning takliflaridan ozod qilar ekan, mayli, ey musibat! O'sha bo’shatilish va o'sha ozod qilish sening qo’ling bilan bo’lsin, roziman! Agar mening omonat muhofazasida va vazifaparvarligimni tajriba sifatida senga amr qilgan va istagan, faqat senga taslim bo’lishimga izn va rizosi bo’lmasa, menim toqatim yetguncha, ishonchli bo’lmagan narsaga Molikimning omonatini taslim qilmayman!", deydi.

Mingdan bir namuna sifatida, falsafa dahosi va Qur'onning haq va hidoyat yo’li bergan darslarning darajalariga qara. Ha, ikki taraf vaziyatining haqiqati yuqorida bayon qilingan tarzda davom etadi. Lekin hidoyat va zalolatda insonlarning darajalari farqlidir. G’aflatning martabalari xilma-xildir. Hamma har martabada bu haqiqatni to’lig’icha his qilolmaydi. Chunki g’aflat hisni sezdirmay qo’yadi. Va bu zamonda shunday bir darajada hislarni sezdirmay qo’yganki, bu qiynaydigan alamning og’rig’ini ahli madaniyat his qilmaydi. Lekin ilmiy hassosiyatining ziyodalashishi bilan va har kuni o’ttiz ming jasadni ko’rsatgan o’limning ogohlantirishlari bilan g’aflat pardasi yirtilmoqda. Ajnabiylarning tog’utlari bilan va tabiat fanlari bilan zalolatdagilarga va ularni ko’r-ko’rona taqlid qilib ergashganlarga minglab la'nat va afsuslar bo’lsin!

Ey vatan yoshlari! Faranglarni taqlid qilishga intilmang! Nahot, Ovrupaning sizga qilgan cheksiz zulm va adovatidan so’ng, qaysi aql bilan ularning safohat va botil fikrlariga ishonib ergashyapsiz? Yo’q! Yo’q! Buzuq holda taqlid qilganlar ergashish emas, balki ongsiz holda ularning safiga qo’shilib, o’zingizni o’zingiz va qardoshlaringizni qatl qilyapsiz. Ogoh bo’linglarki, siz axloqsizcha ergashgan sari, hamiyat da'vosida yolg’onchilik qilasiz!.. Chunki shu suratda ergashishingiz, millatingizga nisbatan kamsitishdir va millatni masxara qilishdir!..

هَدٰينَا اللّٰهُ وَ اِيَّاكُمْ اِلَى الصِّرَاطِ الْمُسْتَق۪يمِ

OLTINCHI MULOHAZA:Ey kofirlarning ko’pligidan va ularning ba'zi iymon haqiqatlarini birlashib inkor qilishlaridan xavotirga tushgan va e'tiqodini buzgan bechora inson! Bilginki, qiymat va ahamiyat miqdorda va son ko’pligida emas. Chunki inson agar inson bo’lmasa, shaytoniy hayvonga aylanadi. Inson, ba'zi faranglar va farang-mashrablar kabi hayvoniy ehtiroslarda taraqqiy qilgan sari, yanada shiddatli hayvoniyat martabasini egallaydi. Ko’rib turibsan, hayvonot miqdor va son jihatidan behad ko’p, unga nisbatan inson juda oz bo’lsa ham, barcha hayvonot navlari ustidan sulton va xalifa va hokim bo’lgan. Demak, zararli kofirlar va kofirlarning yo’lida yurgan buzuqlar Janobi Haqning hayvonotidan bir navi fasodchilar bo’lib, Fotiri Hakiym ularni dunyoning imorati uchun yaratgan. Mo’min bandalariga bergan ne'matlarining darajalarini bildirish uchun, ularni o’lchov birligi qilib, oxir-oqibat ular loyiq bo’lgan Jahannamga topshiradi.

Kofirlar va ahli zalolatning bitta iymon haqiqatini inkor va rad qilishlarida quvvat yo’q. Chunki rad qilish bilan, ittifoqlari quvvatsizdir. Mingta rad qiluvchi birga teng. Masalan, butun Istanbul aholisi Ramazonni aniqlash uchun, Oyni ko’rmadik, deb rad qilsa ham, ikkita shohidning isboti bilan ko’p sonli ommaning rad qilishdagi ittifoqi kuchini yo’qotadi. Modomiki kufrning va zalolatning mohiyati rad va inkor, jaholat va yo’qlik ekan, kofirlarning ko’p sonli ittifoqi ahamiyatsiz. Ahli haqning haq, sobit va sobitligi isbot qilingan iymoniy masalalarda guvohlikka asoslangan ikki mo’minning hukmi, ahli zalolatning cheksiz ittifoqidan ustun bo’ladi, g’alaba qozonadi. Bu haqiqatning sirri shuki: Rad qilganlarning da'volari ko’rinishdan bir ekan, farqlidir. Bir-biri bilan birlasholmaydiki, quvvatga ega bo’lsin. Isbot qiluvchilarning da'volari birlashadi, bir-biridan quvvat oladi. Chunki osmondagi Ramazon hilolini ko’rmagan odam: "Mening nazarimda Oy yo’q, mening yonimda ko’rinmayapti," deydi. Boshqa birov: "Nazarimda yo’q", deydi. Yana boshqasi ham shunday deydi. Har biri o’z nazarida "yo’q" deydi. Har birining nazarlari boshqa-boshqa va nazarga parda bo’lgan sabablar ham boshqa-boshqa bo’lgani uchun, da'volari ham boshqa-boshqa bo’ladi, bir-biriga quvvat bermaydi. Lekin isbot qilganlar: "Mening nazarimda va ko’zimda hilol bor", demaydi. Balki "Haqiqatda, ko’k yuzida Hilol bor, ko’rinyapti", deydi. Ko’rganlar hammasi ayni da'voda, "haqiqatda bor" deydi. Demak, barcha da'volar birdir. Rad qiluvchilarning nazarlari boshqa-boshqa bo’lgani uchun, da'volari ham boshqa-boshqa bo’ladi. Haqiqatga ko’ra hukm qilolmaydilar. Chunki haqiqatda inkor isbot qilinmaydi. Chunki qamrov lozim. Usulda shunday qoida bor:

وَالْعَدَمُ الْمُطْلَقُ لَا يُثْبَتُ اِلَّا بِمُشْكِلَاتٍ عَظ۪يمَةٍ

Ha, bir narsani dunyoda bor desang, faqatgina o’sha narsani ko’rsatish kifoya bo’ladi. Agar yo’q deb inkor qilsang, butun dunyoni elakdan o’tkazib ko’rsatish kerak bo’ladiki, o’sha inkor isbot qilinsin.

Bu sirga binoan, ahli kufrning bir haqiqatni inkor qilishi, bir masalani hal qilish yoxud tor bir tuynukdan o’tish yoki bir xandakdan sakrash misoli o’xshaydi, ming ham, bir ham birdir. Chunki bir-biriga yordamchi bo’lolmaydi. Lekin isbot qilganlar haqiqati holga xushyor qaraganlari uchun, iddaolari birlashadi. Quvvatlari bir-biriga yordam beradi. Bu, katta toshning ko’tarilishiga o’xshaydi, qanchalik ko’p qo’l ushlasa, ko’tarilishi shuncha osonlashadi va bir-biridan quvvat oladi.

YETTINCHI MULOHAZA:Ey musulmonlarni dunyoga shiddat bilan tashviq qilgan va ajnabiylarning san'at va taraqqiyotiga zo’rlab yo’llagan badbaxt hamiyat-furush! Diqqat qil, bu millatning ba'zilarining din bilan bog’langan aloqalari uzilmasin! Agar bunday ahmoqona, ko’r-ko’rona to’qmoqlarning ostida ba'zilarning aloqalari dindan uzilsa, o’sha vaqt ijtimoiy hayotda bir o’ldiruvchi zahar hukmida o’sha dinsizlar zarar yetkazadilar. Chunki murtadning vijdoni tamoman buzilganidan, ijtimoiy hayotga zahar bo’ladi. Shuning uchun, ilmi usulda "Murtadning yashash haqqi yo’q. Kofir agar zimmiy bo’lsa yoki musolaha qilsa, yashash haqqi bor" degan usuli shariatning bir dasturi bor. Yana, Hanafiy mazhabida ahli zimmadan bo’lgan bir kofirning guvohligi maqbuldir. Lekin fosiqning guvohligi qabul qilinmaydi, chunki xoindir.

Ey badbaxt fosiq odam! Fosiqlarning kasratiga qarab aldanma va "Aksariyatning fikri menikidek" dema! Chunki fosiq odam fisqni istab va shaxsan o’zi talab qilib kirmagan, balki ichiga tushib qolgan, chiqolmaydi. Hech bir fosiq yo’qki, solih bo’lishni orzu qilmasin va amirini va raisini dindor bo’lishini istamasin. Faqat, Alloh saqlasin, murtadlik bilan vijdoni buzilib, ilon kabi zaharlashdan lazzatlanadigan bo’lmasa bas.

Ey devona bosh va buzuq qalb! "Musulmonlar dunyoni sevmaydilar yoxud o’ylamaydilarki, faqir holga tushganlar... va ogohlantirishga muhtojdirlar, toki dunyodan hissalarini unutmasinlar", deb o’ylaysanmi? Fikring yanglish, taxmining xatodir. Balki hirs shiddatlangan, shuning uchun faqir holga tushmoqdalar. Chunki mo’minda hirs, zarar va qashshoqlik sababidir. اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ zarbulmasal hukmiga o’tgan. Ha, insonni dunyoga chaqirgan va yo’naltirgan sabablar ko’p. Boshda nafs va havosi va ehtiyoj va hislari va tuyg’ulari va shaytoni va dunyoning yuzaki totliligi va sen kabi yomon do’stlari kabi ko’p da'vatchilari bor. Holbuki boqiy bo’lgan oxiratga va uzun abadiy hayotga da'vat qilgan ozdir. Agar senda zarra miqdor bu bechora millatga nisbatan hamiyat bo’lsa va oliyhimmatlikdan og’iz ko’pirtirishing yolg’on bo’lmasa, boqiy hayotga yordam bergan ozchilikka yordam berish lozim bo’ladi. Bo’lmasa, o’sha ozchilik da'vatchilarning ovozini o’chirib, ko’pchilikka yordam bersang, shaytonga oshna bo’lasan.

Nahotki, bu millatning faqir holi, dindan kelgan zuhd va dunyoni tark qilishdan kelgan tanballikdan kelib chiqmoqda, deb o’ylaysan. Bu fikring xato. Ajabo ko’rmayapsanmiki, Xitoy va Hindistondagi majusiy va brahmanlar va Afrikadagi qora tanlilar kabi, Ovrupaning mustamlakasi ostiga kirgan millatlar bizdanda faqirlar. Yana, zaruriy ozuqadan boshqa narsa musulmonlarning qo’lida qoldirilmaganini ko’rmayapsanmi. Yo Ovrupa kofir zolimlari yoki Osiyo munofiqlari hiylalari bilan yo o’g’irlamoqda yoki tortib olmoqda.

Sizning majburan ahli iymonni mimsiz madaniyatga yo’llashdan maqsadingiz, agar mamlakatda osoyishtalik va xavfsizlik va oson idora qilish bo’lsa, qat'iyan bilingki, xato qilyapsiz, yanglish yo’lga boshlayapsiz. Chunki e'tiqodi zaiflashgan, axloqi buzilgan yuzta fosiqning idorasi va ular ichida osoyishtalikning ta'mini, minglab ahli salohatning idorasidanda qiyindir. Bu asoslarga binoan, ahli Islom dunyoga va hirsga yo’llanishga va tashviq qilinishga muhtoj emas! Taraqqiyot va osoyishtaliklar bu bilan ta'min qilinmaydi. Balki ishlarining tartiblanishiga va o’rtalaridagi ishonchning ta'sisiga va o’zaro yordamlashish dasturining osonlashtirilishiga muhtojdirlar. Bu ehtiyoj esa, dinning muqaddas amrlari bilan va taqvo va salobati diniya bilan bo’ladi.

SAKKIZINCHI MULOHAZA:Ey sa'y va amaldagi lazzat va saodatni bilmagan tanbal inson! Bilki:

Janobi Haq mukammal karamidan, xizmatning mukofotini xizmat ichida joylashtirgan. Amalning ajrini amalning ichiga qo’ygan. Shu sir sababli, yaratilgan borliqlar, hatto bir nuqtai nazarga ko’ra jonsizlar ham avomiri takviniya deb ataluvchi xususiy vazifalarida mukammal shavq bilan va o’ziga xos lazzat bilan avomiri Rabboniyaga bo’yin egadilar. Aridan, pashshadan, tovuqdan tortib to Shams va Qamarga qadar hamma narsa mukammal lazzat bilan vazifalarini bajarmoqdalar. Demak, xizmatlarida lazzat borki, aqllari bo’lmaganidan, oqibatni va natijalarni o’ylamasdan, mukammal vazifalarini ado qilmoqdalar.

Agar: "Jonzotlar lazzatlanishi mumkin. Jonsizlarda qanday shavq va lazzat bo’lishi mumkin?", desang.

Javob: Jonsizlar o’zlari uchun emas, ularda namoyon bo’lgan Allohning ismlari hisobiga bir sharaf, bir maqom, bir kamol, bir go’zallik, bir intizom istaydilar, izlaydilar. O’sha fitriy vazifalarini bajarishda Nur-ul Anvorning ismlariga bittadan aks yeri, bittadan oyna hukmiga bo’lgani uchun nurlanadi, taraqqiy etadi.

Masalan: Qandayki bir qatra suv, bir zarracha shisha parchasi aslini olganda ziyosiz, ahamiyatsiz ekan, toza qalbi bilan Quyoshga yuzini o’girsa, o’sha ahamiyatsiz, ziyosiz qatra va shisha parchasi Quyoshning bir navi arshi bo’lib sening yuzingga ham tabassum qiladi.

Xullas, bu misol kabi, zarralar va yaratilgan borliqlar mutlaq jamol va mutlaq kamol sohibi bo’lgan Zoti Zuljalolning ismlariga vazifaparvarlik jihatidan oyna bo’lishlari bilan, o’sha qatra va zarracha shisha kabi g’oyat past darajadan g’oyat yuksak ko’rinish va nurlanish darajasiga chiqadilar. Modomiki vazifa jihatidan g’oyat nuroniy va yuksak bir maqom olishadi va lazzatlanish mumkin va imkoni bo’lsa, ya'ni umumiy hayotdan hissador bo’lsalar, lazzat bilan o’sha vazifalarni bajaradilar, deyish mumkin.

Vazifada lazzat bo’lganiga eng yaqqol bir dalil, sen o’z a'zo va tuyg’ularingning xizmatlariga qara. Har birining o’zining va turining davomi uchun qilgan xizmatlarida boshqa-boshqa lazzatlari bor. Xizmatning o’zi ularga lazzatlanish hukmiga o’tadi. Hatto xizmatni tark qilish o’sha a'zoning bir navi azobidir.

Ham eng yaqqol bir dalil ham, xo’roz yoki ona tovuq kabi hayvonotning vazifalarida ko’rsatgan fidokorona va mardona vaziyatlari shunday: xo’roz och bo’lgani holda, tovuqlarni nafsidan ustun qo’yib, topgan rizqiga ularni chaqiradi. Yemaydi, ularga yediradi. Va bir shavq va faxrlanish va lazzatlanish bilan o’sha vazifani bajargani ko’rinadi. Demak, o’sha xizmatda yeyishdan ortiq lazzat oladi.

Ham jajji bolalariga cho’ponlik qilgan tovuq ham bolalarini deb ruhini fido qiladi, itga tashlanadi. O’zini och qoldirib ularni to’ydiradi. Demak, o’sha xizmatdan shunday bir lazzat oladiki, ochlik iztirobidan va o’lish alamidan ustun keladi, ziyoda bo’ladi. Hayvoniy volidalar bolalarini, kichik ekan vazifalari bo’lgani uchun lazzat bilan himoya qilishga harakat qiladilar. Ulg’aygandan so’ng vazifa tugaydi, lazzati ham ketadi. Bolasini cho’qib, u dondan mahrum qiladi. Faqat inson navidagi volidalarning vazifalari bir daraja davom qiladi. Chunki insonlarda zaiflik va ojizlik e'tibori bilan doimo bir navi bolalik bor. Har doim shafqatga muhtojlar. Xullas, umum hayvonotning (xo’roz kabi) cho’ponlik qilgan erkaklariga va tovuq kabi volidalariga qara, anglaki: bular o’zlari uchun va o’z nomlaridan, o’z kamollari uchun u vazifani bajarmaydilar. Chunki hayotlarini vazifada, lozim bo’lsa, fido qiladilar. Balki vazifalarni, ularni o’sha vazifa bilan vazifalantirgan va u vazifa ichida rahmati bilan bir lazzat joylashtirgan Mun'imi Karimning hisobiga va Fotiri Zuljalolning nomidan bajaradilar.

Ham, xizmatning o’zida mukofot bo’lganiga bir dalil ham shuki: O’simlik va daraxtlar bir shavq va lazzatni sezdirgan bir holat bilan Fotiri Zuljalolning amrlariga bo’yin egadilar. Chunki taratgan xushbo’y hidlari va mushtariylarning nazarlarini jalb qiladigan ziynatlar bilan bezanishlari va boshoqlari va mevalari uchun chirib ketgunga qadar o’zlarini fido qilishlari ahli diqqatga ko’rsatadiki: Ular amri Ilohiyni bajarishdan shunday lazzat oladilarki, nafsini mahv qilib chiritadi.

Qara, boshida ko’plab sut konservalarini tashigan Hindiston yong’og’i va anjir kabi mevador daraxtlar rahmat xazinasidan hol tili bilan sut kabi eng go’zal bir ozuqani istaydi, oladi, mevalariga yediradi. O’zi esa balchiq yeydi. Anor daraxti sof sharobni xazina-i rahmatdan olib mevasiga yediradi. O’zi balchiqli va loyqa suvga qanoat qiladi.

Hatto donli ekinlarda ham unib chiqish vazifasida yaqqol bir ishtiyoq ko’rinadi. Bamisoli tor bir yerda hibs qilingan bir zot bir bo’stonga, keng joyga chiqishni ishtiyoq bilan istaydi. Xuddi shuning kabi, donli ekinlarda unib chiqish vazifasida shunday sevinchli bir vaziyat, bir ishtiyoq ko’rinadi. Demak, "Sunnatulloh" deb atalgan, koinotda jarayon qilgan bu sirli uzun dastur asosida, ishsiz, tanbal, istirohat bilan yashagan va rohat to’shagida yotganlarning ko’pi mehnat qilgan, ishlaganlardan ko’ra ko’proq zahmat va mashaqqat chekadi.

Chunki doimo ishsizlar umridan shikoyat qiladi, vaqtichog’lik bilan tez o’tishini istaydi. Mehnat qilgan va ishlagan esa shukr qiladi, hamd aytadi, umrning o’tishini istamaydi.

اَلْمُسْتَر۪يحُ الْعَاطِلُ شَاكٍ مِنْ عُمْرِه۪ وَ السَّاعِى الْعَامِلُ شَاكِرٌ

umumiy dasturdir. Yana o’sha sir bilan: "Rohat zahmatda, zahmat rohatdadir" jumlasi zarbulmasal bo’lgandir. Ha, jonsiz borliqlarga diqqat bilan nazar qilinsa: Bilquvva faqat iste'dod va qobiliyat jihatidan noqis qolib rivojlanmaganlarning, qattiq g’ayrat va mehnat bilan kengayib bilquvvadan bilfe'l xarakatga o’tishida mazkur sunnati Ilohiya dasturi bilan bir holat ko’rinadi. Va o’sha holat ishora qiladiki, o’sha fitriy vazifada bir shavq va o’sha masalada bir lazzat bor. Agar o’sha jonsizning umumiy hayotdan hissasi bo’lsa, shavq o’ziniki bo’ladi. Bo’lmasa o’sha jonsizni tamsil etgan, nazorat qilgan narsaga oiddir. Hatto bu sirga binoan, latif, nozik suv muzlash amrini olgan vaqti shunday shiddatli bir shavq bilan o’sha amrga bo’ysunadiki, temirni yoradi, parchalaydi, deyish mumkin. Demak, sovuqlik va noldan past sovuqning tili bilan og’zi berk temir idishdagi suvga "kengay!" amri Rabboniysini yetkazganda, shiddatli shavq bilan idishini parchalaydi, temirni yorib tashlaydi, o’zi muzga aylanadi. Va hokazo.. hamma narsani bunga qiyos qilki, quyoshlarning aylanishidan va sayru-sayohatlaridan tortib, to zarralarning mavlaviy kabi kezishlariga va aylanishlariga va tebranishlariga qadar koinotdagi barcha sa'y-harakatlarqonuni qadari Ilohiyustida jarayon qiladi. Vadasti qudrati Ilohiydan chiqqan va iroda va amr va ilmni ichiga olgan amri takviniy bilan ko’rinadi. Hatto har bir zarra, har bir mavjud, har bir jonzot bir nafar askarga o’xshaydiki, qo’shinda har xil doiralarda o’sha askarning boshqa-boshqa munosabatlari, vazifalari bo’lganidek, har bir zarra, har bir jonzotniki ham shunday. Masalan, sening ko’zingdagi bitta zarraning ko’zning hujayrasida va ko’zda va yuzdagi nervlarda va badanning arteriya deb atalgan tomirlarida bittadan munosabati va o’sha munosabatga ko’ra bittadan vazifasi va o’sha vazifaga ko’ra bittadan foydasi bor. Va hokazo, hamma narsani shunga qiyos qil. Bunga binoan, har bir narsa bir Qodiyri Azaliyning vujubi vujudiga ikki tomonlama shahodat qiladi:

Biri: Quvvatidan minglab daraja ustun vazifalarni bajarishdagi mutlaq ojizlik tili bilan Qodirning mavjudligiga guvohlik qiladi.

Ikkinchisi: Har bir narsa olamning nizomini tashkil qilgan dasturlarga va mavjudotning muvozanatini davom ettirgan qonunlarga uyg’un harakat qilish bilan, o’sha Aliymi Qodiyrga guvohlik qiladi.

Chunki zarra kabi bir jonsiz, ari kabi kichik bir hayvon Kitobi Mubinning muhim va nozik masalalari bo’lgan nizom va mezonni bilmaydi. Jonsiz bir zarra, ari kabi kichik bir hayvon qayoqda-yu, samovot tabaqalarini bir daftar sahifasi kabi ochib, berkitib to’plagan Zoti Zuljalolning qo’lidagi Kitobi Mubinning muhim, nozik masalalarini o’qish qayoqda?

Agar sen telbalik qilib, zarrada o’sha kitobning nozik harflarini o’qiy oladigan bir ko’z bor deb hisoblasang, o’sha zarraning guvohligini rad qilishga urinishing mumkin. Ha, Fotiri Hakiym Kitobi Mubinning dasturlarini g’oyat go’zal bir suratda va muxtasar bir tarzda va xos bir lazzatda va maxsus bir ehtiyojda xulosalab joylashtiradi. Hamma narsa shunday xos bir lazzat va maxsus bir ehtiyoj bilan amal qilsa, u Kitobi Mubinning dasturlariga bilmagan holda bo’ysunadi. Masalan: Xartumli chivin dunyoga kelgan daqiqada inidan chiqadi, to’xtamasdan insonning yuziga hujum qiladi, uzun hassasini sanchib, obi hayotni chiqarib, ichadi. Hujumdan qochishda harb qonunlari kabi mahorat ko’rsatadi. Ajabo, bu kichik, tajribasiz, endigina dunyoga kelgan maxluqqa bu san'atni va bu jang san'atini va suv chiqarish san'atini kim o’rgatgan va u qayerda o’rgangan? Men, ya'ni bu bechora Said e'tirof qilamanki: Agar men o’sha xartumli chivinning o’rnida bo’lsaydim, bu san'atni, bu karru-far harbini va suv chiqarish xizmatini juda uzun darslar va ko’plab tajribalar bilan zo’rg’a o’rgana olardim.

Xullas, ilhomga sazovor bo’lgan ari, o’rgimchak va uyasini paypoq kabi qilgan bulbul kabi hayvonotni shu chivinga qiyos qil. Hatto nabototni ham aynan hayvonotga qiyoslashing mumkin. Ha, Javvodi Mutlaq (Jalla Jaloluhu) har bir jonzotning qo’liga lazzat va ehtiyoj siyohi bilan yozilgan xatni bergan. U bilan avomiri takviniyaning dasturini va xizmatlarining mundarijasini omonat qilib bergan. Hakimi Zuljalolning qanday qilib Kitobi Mubinning dasturlaridan ari vazifasiga oid miqdorini bir xatda yozganiga, arining boshidagi sandiqchaga qo’yganiga qara. O’sha sandiqchaning kaliti ham, vazifaparvar ariga xos bir lazzatdir. U bilan sandiqchani ochadi, dasturini o’qiydi, amrni anglaydi, harakat qiladi. وَ اَوْحٰى رَبُّكَ اِلَى النَّحْلِ oyatining sirrini izhor qiladi.

Agar bu Sakkizinchi Mulohazani batamom eshitgan va to’liq anglagan bo’lsang, bir hadsi iymoniy bilan

وَسِعَتْ رَحْمَتُهُ كُلَّ شَىْءٍ

ning bir sirrini,

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

ning bir haqiqatini,

اِنَّمَٓا اَمْرُهُٓ اِذَٓا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ

ning bir dasturini,

فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

ning bir nuktasini anglaysan.

TO’QQIZINCHI MULOHAZA:Bilginki, bashariyatda nubuvvat, bashardagi xayr va kamolotning xulosasi va asosidir. Dini Haq, saodatning mundarijasidir. Iymon, pok va xolis husndir. Modomiki bu olamda porloq husn, keng va yuksak fayz, zohir haq, yuksak kamol ko’rinmoqda. Baralla aytish mumkinki, haq va haqiqat nubuvvat ichidadir va nabiylar qo’lidadir. Zalolat, yomonlik va zarar, uning muxolifidadir.

Ubudiyatning minglab go’zalliklaridan bittasiga qara, Nabiy alayhissalom, ubudiyat jihatidan muvahhidiynning qalblarini hayit va juma va jamoat namozlarida birlashtiradi va tillarini bir kalimada jamlaydi. Inson Ma'budi Azaliyning xitobining azamatiga cheksiz qalblardan va tillardan chiqqan ovozlar, duolar, zikrlar bilan javob qaytaradi. U ovozlar, duolar, zikrlar bir-biriga suyanib va bir-biriga yordam berib, ittifoq qilib shunday keng suratda Ma'budi Azaliyning uluhiyati qarshisida ubudiyat ko’rsatadiki, go’yo Yer kurrasi o’zi o’sha zikrni aytmoqda, o’sha duoni qilmoqda va har tomonlama namoz o’qimoqda va Yer kurrasi atrofi bilan samovotdan ustun izzat va azamat bilan nozil bo’lgan اَق۪يمُوا الصَّلٰوةَ amrini bajarmoqda. Bu ittihod sirri bilan, koinot ichida bir zarra kabi zaif, kichik borliq bo’lgan inson, ubudiyatning azamati jihati bilan Xoliqi Arz va Samovotning mahbub bir bandasi va Yerning xalifasi, sultoni va hayvonotning raisi va koinot yaratilishining natijasi va g’oyasi bo’ladi. Ha, agar namozlarning orqasida, xususan bayram namozlarida, bir onda "Allohu Akbar" degan yuzlab million insonlarning ovozlari olami g’aybda birlashganlari kabi, olami shahodatda ham bir-biri bilan birlashib jamlansa, Yer kurrasi butunlay ulkan bir inson bo’lib, azamatiga nisbatan yuksak bir sado bilan aytgan "Allohu Akbar"iga teng kelganidan, o’sha muvahhidiynning birlashishi bilan bir onda "Allohu Akbar" deyishlari, Yer kurrasining katta bir "Allohu Akbar"i hukmiga o’tadi. Go’yo bayram namozlarida olami Islomning zikr va tasbehi bilan zamin zilzila-i kubroga sazovor bo’lib, har taraf va atrofi bilan "Allohu Akbar" deb, qiblasi bo’lgan Ka'ba-i Mukarramaning samimiy qalbi bilan niyat qilib, Makka og’zi bilan, Arofot tog’ining tili bilan "Allohu Akbar" deb, bir kalima Yerning atrofidagi barcha mo’minlarning g’or-misol og’izlaridagi havoda aks qiladi. Birgina "Allohu Akbar" kalimasining aks-sadosi bilan cheksiz "Allohu Akbar" sodir bo’lgani kabi, o’sha maqbul zikr va takbir samovotni ham jaranglatib barzax olamlariga ham mavj urib sado beradi. Xullas, bu Yerni bunday o’ziga sojid va obid va bandalariga masjid va borliqlariga beshik va o’ziga tasbeh va takbir aytuvchi qilgan Zoti Zuljalolga yerning zarralari sanog’icha hamd va tasbeh va takbir aytib va mavjudoti sanog’icha hamd aytamizki, bizga bu xil ubudiyatni dars bergan Rasuli Akram alayhissalotu vassalomiga ummat aylagan.

O’NINCHI MULOHAZA:Bil ey g’ofil, chalkashgan Said! Janobi Haqning nuri ma'rifatiga yetishish va qarash hamda oyatlar va shohidlarning oynalarida jilvalarini ko’rish hamda hujjatlar va dalillar tuynuklari bilan tomosha qilmoq taqozo qiladiki, sening ustingdan o’tgan, qalbingga kelgan va aqlingga ko’ringan har bir nurni tanqid barmoqlari bilan tekshirma va shubha qo’li bilan tanqid qilma! Senga yorishgan bir nurni tutish uchun qo’lingni uzatma. Balki g’aflat sabablaridan o’zingni tort, ularga yuzlan, to’xta. Chunki men mushohada qildimki, ma'rifatullohning shohidlari, hujjatlari uch xildir:

Bir qismi suv kabidir. Ko’rinadi, his qilinadi, lekin barmoqlar bilan tutilmaydi. Bu qismda xayollardan voz kechib, butunlay unga sho’ng’imoq kerak. Tanqid barmoqlari bilan yashirincha qidirilmaydi, qidirilsa oqib ketadi, qochadi. U obi hayot barmoqlarni makon sifatida qabul qilmaydi.

Ikkinchi qism havo kabidir. His qilinadi, faqat na ko’rinadi, na tutiladi. Unga sen yuzing, og’zing, ruhing bilan u rahmat shabadasiga qarata yuzlan, o’zingni uyg’un tut, tanqid qo’lini uzatma, tutolmaysan. Ruhing bilan nafas ol. Shubha qo’li bilan qarasang, tanqid bilan qo’l uzatsang, u ketib qoladi. Sening qo’lingni maskan o’laroq qabul qilmaydi, unga rozi bo’lmaydi.

Uchinchi qism esa nur kabidir. Ko’rinadi, faqat na his qilinadi, na tutiladi. Shunday ekan, qalbingning ko’zi bilan, ruhingning nazari bilan o’zingni unga muqobil tut va ko’zingni unga tik, kut. Balki o’zidan-o’zi keladi. Chunki nur qo’l bilan tutilmaydi, barmoqlar bilan ovlanmaydi, balki u nur faqatgina basirat nuri bilan ovlanadi. Agar hirsli va moddiy qo’lingni uzatsang va moddiy mezonlar bilan tortsang, so’nmasa ham yashirinadi. Chunki unday nur moddiyda hibsga rozi bo’lmagani kabi, qayd ostiga ham kirolmaydi, nursiz moddani o’ziga xo'jayin va sayyid deb qabul qilmaydi.

O’N BIRINCHI MULOHAZA:Bilki: Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ifodasida ko’p shafqat va marhamat bor. Chunki xitob qilinganlarning aksariyati, avom toifasidir. Ularning zehnlari soddadir. Nazarlari ham nozik narsalarni ko’rmaganidan, ularning firklarining soddaligini erkalash uchun takror bilan samovot va yerning yuzlarida yozilgan oyatlarni takrorlaydi. U katta harflarni osonlik bilan o’qittiradi. Masalan: samovot va yerning yaratilishi va samodan yomg’irning yog’dirilishi va yerning tirilishi kabi yaqqol o’qilgan va ko’ringan oyatlarni dars beradi. U katta harflar ichida kichik harflar bilan yozilgan mayin oyatlarga nazarni kamdan-kam o’giradi, toki zahmat chekmasinlar. Yana, Qur'on uslubida shunday bir jazolat va salosat va fitriylik borki, go’yo Qur'on bir hofizdir, qudrat qalami bilan koinot sahifalarida yozilgan oyatlarni o’qiydi. Go’yo Qur'on koinot kitobining qiroati va nizomlarining tilovatidir va Naqqoshi Azaliysining shuunotini o’qiydi va fe'llarini yozadi. Bu bayondagi jazolatni ko’rishni istasang, hushyor va mudaqqiq bir qalb bilan Amma Surasi va قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ oyatlari kabi farmonlarni tingla!

O’N IKKINCHI MULOHAZA:Ey bu Mulohazalarni tinglayotgan do’stlarim! Bilib qo’yingki, men odatga xilof ravishda, yashirish lozim bo’lgan Rabbimga qaratilgan qalbimning yolvorish va niyoz va ba’zan munojotini yozganimning sababi: o’lim tilimni jim qilgan zamonlarda, tilimga badal kitobimning gapirishining qabulini rahmati Ilohiyadan tilashdir. Ha, qisqa bir umrda, cheksiz gunohlarimga kafforat bo’ladigan, vaqtinchalik tilimning tavba va nadomatlari kifoya qilmaydi. Sobit va bir daraja doimiy kitobning tili ziyodaroq u ishga yaraydi. Xullas, o’n uch yil {(Hoshiya) Bu risolaning ta'lifidan o’n uch yil avval.} avval, tashvishli ruhiy to’fon natijasida, Eski Saidning kulishlari Yangi Saidning yig’lashlariga aylangan hangomda, yoshlikning g’aflat uyqusidan keksalik tongida uyg’ongan onimda, shu munojot va niyoz arabcha yozilgan. Bir qismining turkcha ma'nosi shuki:

Ey Rabbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim! Mening sui ixtiyorim bilan umrim va yoshligim zoye bo’lib ketdi. Va u umr va yoshlikning mevalaridan qo’limda qolgan, alam beruvchi gunohlar, zillat beruvchi alamlar, zalolat beruvchi vasvasalar qolgan. Va bu og’ir yuk va kasalmand qalb va xijolatli yuzim bilan qabrga yaqinlashyapman. Ochiqchasiga ko’ra, g’oyat tezlik bilan, o’ngga va chapga qayrilmasdan, ixtiyorsiz bir tarzda, vafot qilgan do’stlarim va tengdoshlarim va qarindoshlarim kabi qabr eshigiga yaqinlashyapman. Qabr bu foniy dunyodan abadiy firoq bilan abad-ul obod yo’lida qurilgan, ochilgan avvalgi manzil va birinchi eshikdir. Va bu bog’langanim va men maftun bo’lgan bu dunyo ham qat'iy bir yaqiyn bilan angladimki: halok bo’lgan, ketadi va foniydir, o’ladi. Va ko’rilgani kabi ichidagi mavjudot ham, bir-biri orqasidan to’p-to’p bo’lib ko’chib ketib g’oyib bo’ladi. Xususan, men kabi nafsi ammosi borlarga shu dunyo juda g’addordir, makkordir. Bitta lazzat bersa, mingta alam taqadi, chektiradi. Bitta uzum yedirsa, yuzta tarsaki uradi.

Ey Rabbi Rahimim va ey Xoliqi Karimim! كُلُّ اٰتٍ قَر۪يبٌ sirri bilan men hozirdan ko’ryapmanki: Yaqin zamonda kafanimni kiydim, tobutimga mindim, do’stlarim bilan vidolashdim. Qabrimga yuzlanib ketarkan, sening dargohi rahmatingda jasadimning hol tili bilan, ruhimning so’zlash tili bilan baqirib deyman: "Al-omon, al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning xijolatidan qutqar!" Mana, qabrimning boshiga yetib keldim, bo’ynimga kafanimni o’rab, qabrimning boshida uzangan jismimning ustida to’xtadim.

Boshimni dargohi rahmatingga ko’tarib, bor quvvatim bilan faryod qilib nido qilyapman: "Al-omon al-omon! Yo Hannon! Yo Mannon! Meni gunohlarimning og’ir yuklaridan xalos ayla!" Mana, qabrimga kirdim, kafanimga o’randim. Ko’tarib kelganlar meni tashlab ketdilar. Sening afvu rahmatingga intizorman. Va ochiq-oydin ko’rdimki, sendan boshqa boshpana va najot yeri yo’q. Gunohlarning xunuk yuzidan va ma'siyatning vahshiy shaklidan va u makonning torligidan bor quvvatim bilan nido qilib deyman: Al-omon, al-omon! Yo Rahmon! Yo Hannon! Yo Mannon! Yo Dayyon! Meni xunuk gunohlarimning birodarligidan qutqar, yerimni kengaytir. Ey Allohim! Sening rahmating boshpanamdir va Rahmatan lil-Olamiyn bo’lgan Habibing sening rahmatingga yetishmoq uchun vasilamdir. Sendan shikoyat emas, balki nafsimni va holimni senga shikoyat qilaman. Ey Xoliqi Kariymim va ey Rabbi Rahiymim! Sening Said ismli ijoding va san'atli asaring va bandang ham osiy, ham ojiz, ham g’ofil, ham johil, ham kasal, ham zalil, ham yaramas, ham keksa, ham gunohkor, ham xo’jayinidan qochgan bir qul bo’lgani holda, qirq yildan so’ng nadomat qilib sening dargohingga qaytishni istaydi. Sening rahmatingga iltijo qiladi. Cheksiz gunoh va xatolarini e'tirof qiladi. Vahimalar va turli-tuman kasalliklar bilan mubtalo bo’lgan. Senga yolvoradi va yalinadi. Agar kamoli rahmating bilan uni qabul qilsang, mag’firat aylab rahmatingga olsang, zotan bunday qilish Sening shoningdir. Chunki Arhamurrohiminsan. Agar qabul qilmasang, Sening eshigingdan boshqa qaysi eshikka boray? Qaysi eshik bor? Sendan boshqa Rab yo’qki, dargohiga borilsa. Sendan boshqa haq Ma'bud yo’qki, unga iltijo qilinsa!

لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ وَحْدَكَ لَا شَر۪يكَ لَكَ اٰخِرُ الْكَلَامِ فِى الدُّنْيَا وَ اَوَّلُ الْكَلَامِ فِى الْاٰخِرَةِ وَ فِى الْقَبْرِ اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ صَلَّى اللّٰهُ تَعَالٰى عَلَيْهِ وَ سَلَّمَ

O’N UCHINCHI MULOHAZA:Chalkashishga sabab bo’lgan besh masaladir.

Birinchisi:Tariqi haqda xizmat qilgan va kurashganlar, faqat o’z vazifalarini o’ylashlari lozim ekan, Janobi Haqqa oid vazifani o’ylab, harakatlarini o’shanga bino qilib xatoga tushadilar. "Adab-ud din vad dunyo" risolasida keladiki: Bir vaqt shayton Hazrati Iso alayhissalomga e'tiroz bildirib: "Modomiki ajal va hamma narsa qadari Ilohiy bilan ekan, sen o’zingni shu yuksak joydan tashla, qanday o’lishingni ko’r", deydi. Hazrati Iso alayhissalom deganlarki:

اِنَّ لِلّٰهِ اَنْ يَخْتَبِرَ عَبْدَهُ وَ لَيْسَ لِلْعَبْدِ اَنْ يَخْتَبِرَ رَبَّهُ

Ya'ni: "Janobi Haq bandasini imtihon qiladi va deydiki: "Sen bunday qilsang, senga bunday qilaman, ko’raychi seni, qila olasanmi?", deya imtihon qiladi. Lekin bandaning, Janobi Haqni imtihon qilishga haqqi yo’q va: "Men bunday qilsam, sen bunday qilasanmi?" deyishga haddi yo’q. Imtihon qiladigan bir suratda Janobi Haqning rububiyatiga nisbatan imtihon tarzi adabsizlikdir, ubudiyatga ziddir."

Modomiki haqiqat bu ekan, inson o’z vazifasini qilib, Janobi Haqning vazifasiga qo’shilmasligi kerak.

Mashhurdirki: Bir vaqt Islom qahramonlaridan va Chingizxonning qo’shinini ko’plab marta mag’lub qilgan Jaloliddin Xorazmshoh jangga borarkan, vazirlari va qo’l ostidagilari unga: "Sen muzaffar bo’lasan, Janobi Haq seni g’olib qiladi", deganlar. U: "Men Allohning amri bilan, jihod yo’lida harakat qilishga vazifadorman, Janobi Haqning vazifasiga qo’shilmayman, muzaffar qilish yoki mag’lub qilish uning vazifasidir", degan. U zot ushbu taslimiyat sirrini tushunishi bilan, g’aroyib bir suratda ko’p marta muzaffar bo’lgan.

Ha, insonning qo’lidagi juz'i ixtiyoriy bilan qilgan ishlarida Janobi Haqqa oid natijalarni o’ylamasligi kerak. Masalan, insonlarning Risola-i Nurga qo’shilishlari qardoshlarimizdan bir qism zotlarning shavqlarini ziyodalashtiradi, g’ayratga keltiradi. Tinglamagan vaqtlari, zaiflarning ma'naviy kuchlari sinadi, shavqlari bir daraja so’nadi. Holbuki Ustozi Mutlaq, Muqtado-i Kull, Rahbari Akmal bo’lgan Rasuli Akram alayhissalotu vassalom وَمَا عَلَى الرَّسُولِ اِلَّا الْبَلَاغُ bo’lgan farmoni Ilohiyni o’zlariga mutlaq rahbar qilib, insonlarning chekingani va tinglamagani sari yanada ziyoda sa'yu g’ayrat va jiddiylik bilan tablig’ qilganlar. Chunki

اِنَّكَ لَا تَهْد۪ى مَنْ اَحْبَبْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ يَهْد۪ى مَنْ يَشَٓاءُ

sirri bilan anglaganlarki: Insonlarni tinglattirish va hidoyat berish, Janobi Haqning vazifasidir. Janobi Haqning vazifasiga aralashmas edilar.

Shunday ekan, ey qardoshlarim! Siz ham sizga oid bo’lmagan vazifaga harakatlaringizni bino qilish bilan aralashmanglar va Xoliqingizga nisbatan tajriba vaziyatini olmanglar!

Ikkinchi Masala:Ubudiyat amri Ilohiyga va rizo-i Ilohiyga qaraydi.Ubudiyatning sababi amri Ilohiy va natijasi rizo-i Haqdir.Samaralari va foydalari uxraviydir. Lekin asl g’oya bo’lmaslik, ham qasddan istanilmaslik sharti bilan, dunyoga oid foydalar va o’z-o’zidan kelib chiqqan va istanilmasdan berilgan samaralar ubudiyatga zid bo’lmaydi. Balki zaiflar uchun rag’batlantiruvchi va ustun qo’yuvchi sabab hukmiga o’tadilar. Agar dunyoga oid foydalar va manfaatlar o’sha ubudiyatga, virdga yoki zikrga illat yoki illatning bir qismi bo’lsa, o’sha ubudiyatni qisman yo’qotadi.

Balki o’sha xosiyatli virdni befoyda qilib qo’yadi, natija bermaydi. Bu sirni anglamaganlar, masalan yuz xosiyati va foydasi bo’lgan Shohi Naqshbandiyning "Avrodi Qudsiya"sini yoki ming xosiyati bo’lgan Javshan-ul Kabirni, o’sha foydalarning ba'zilarini aynan maqsad qilib niyat qilib o’qiydilar. U foydalarni ko’rolmaydilar va ko’rmaydilar va ko’rishga ham haqlari yo’q. Chunki u foydalar o’sha virdlarning illati bo’lolmaydi va shundan ular qasddan va aynan o’zi istanilmaydi. Chunki ular fazliy bir suratda o’sha xolis virddan so’ralmasdan hosil bo’ladi. Ularni niyat qilsa, ixlosi bir daraja buziladi. Balki ubudiyatdan chiqadi va qiymati yo’qoladi. Faqat shu narsa borki, bunday xosiyatli virdlarni o’qish uchun zaif insonlar bir rag’batlantiruvchi va ustun qo’yuvchi sababga muhtojdirlar. O’sha foydalarni o’ylab, shavqqa kelib virdlarni faqat rizo-i Ilohiy uchun, oxirat uchun o’qisa, zarar bermaydi. Hamda maqbuldir. Bu hikmat anglashilmagani uchun ko’pchilik qutblardan va salafi solihiyndan naql qilingan foydalarni ko’rmaganlaridan shubhaga tushadi, hatto inkor ham qiladi.

Uchinchi Masala:

طُوبٰى لِمَنْ عَرَفَ حَدَّهُ وَلَمْ يَتَجَاوَزْ طَوْرَهُ

Ya'ni, "O’zini bilib haddidan oshmagan kishi qanday ham baxtlidir". Qandayki, bir zarra shishadan, bir qatra suvdan, bir hovuzdan, dengizdan, qamardan sayyoralarga qadar quyoshning jilvalari bor. Har biri qobiliyatiga ko’ra quyoshning aksini, misolini ko’rsatadi va haddini biladi. Bir qatra suv o’z qobiliyatiga ko’ra "Quyoshning aksi menda bor" deydi. Faqat "Men ham dengiz kabi oynaman" deyolmaydi. Xuddi shuning kabi: Alloh ismlari jilvalarining xilma-xilligiga ko’ra, avliyolarning maqomlarida shunday martabalar bor. Alloh ismlarining har birining quyosh kabi qalbdan Arshga qadar jilvalari bor. Qalb ham bir Arshdir, faqat "Men ham Arsh kabiman" deyolmaydi. Xullas, ubudiyatning asosi bo’lgan ojizlik va faqirlik va kamchilik va nuqsonini bilish va yolvorish bilan dargohi uluhiyat qarshisida sajda qilishga badal, noz va faxr yo’lini tutganlar zarradek qalbini Arshga teng tutadi. Qatra kabi maqomini dengiz kabi avliyoning maqomlari bilan chalkashtiradi. O’zini o’sha buyuk maqomlarga mos tutish va o’sha maqomda o’zini muhofaza qilish uchun soxta, sun'iy, majburiy xatti-harakatlarga, ma'nosiz manmanlikka va bir qancha qiyinchiliklarga tushadi.

Hosili kalom: Hadisda borki:

هَلَكَ النَّاسُ اِلَّا الْعَالِمُونَ وَهَلَكَ الْعَالِمُونَ اِلَّا الْعَامِلُونَ وَهَلَكَ الْعَامِلُونَ اِلَّا الْمُخْلِصُونَ وَالْمُخْلِصُونَ عَلٰى خَطَرٍ عَظ۪يمٍ

Ya'ni: Najot topish va xalos bo’lishning sababi, faqat ixlosdir. Ixlosni qozonish juda muhimdir. Bir zarra ixlosli amal, botmonlab xolis bo’lmagan amallardan afzaldir. Ixlosni qozontirgan harakatlar sababi, faqat bir amri Ilohiy va natijasi rizo-i Ilohiy ekanini tushunishi kerak va vazifa-i Ilohiyaga qo’shilmasligi kerak. Hamma narsada bir ixlos bor. Hatto muhabbatning ham ixlosli bir zarrasi, botmonlab rasmiy va ajrli muhabbatdan ustun keladi. Xullas, bir zot bu ixlosli muhabbatni shunday ifodalagan:

وَ مَا اَنَا بِالْبَاغ۪ى عَلَى الْحُبِّ رِشْوَةً ضَع۪يفٌ هَوًى يُبْغٰى عَلَيْهِ ثَوَابٌ

Ya'ni: "Men muhabbat evaziga pora, ajr, javob, mukofot istamayman. Chunki evaziga mukofot, savob istanilgan muhabbat zaifdir, davomsizdir." Hatto xolis muhabbat inson tabiatida va barcha volidalarda bor. Xullas, bu xolis muhabbatga tom ma'nosi bilan volidalarning shafqatlari sazovordir. Volidalar o’sha shafqat sirri bilan, bolalariga bo’lgan muhabbatlariga mukofot, pora istamaganlariga va talab qilmaganlariga dalil: ruhini, balki uxraviy saodatini ham ular uchun fido qilishlaridir. Tovuqning butun sarmoyasi o’z hayoti ekan, bolasini itning og’zidan qutqarish uchun -Xusravning mushohadasi bilan - itning og’ziga tashlanadi.

To’rtinchi Masala:Zohiriy sabablar qo’li bilan kelgan ne'matlarni o’sha sabablar nomidan olmaslik kerak. Agar o’sha sabab ixtiyor sohibi bo’lmasa -masalan, hayvon va daraxt kabi- to’g’ridan-to’g’ri Janobi Haq nomidan beradi. Modomiki u hol tili bilan "Bismilloh" deydi, senga beradi. Sen ham Alloh nomidan "Bismilloh" de, ol! Agar o’sha sabab ixtiyor sohibi bo’lsa, u "Bismilloh" deyishi kerak, so’ngra undan ol, bo’lmasa olma. Chunki

وَلَا تَاْكُلُوا مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّٰهِ عَلَيْهِ

oyatining ochiq ma'nosidan tashqari ishoriy bir ma'nosi shuki: "Mun'imi Haqiqiyni xotirga keltirmagan va uning nomi bilan berilmagan ne'matni yemanglar!" deganidir. Bergan ham "Bismilloh" deyishi kerak, olgan ham "Bismilloh" deyishi kerak. Agar u "Bismilloh" demasa, sen olishga muhtoj bo’lsang, sen "Bismilloh" de, uning qo’li ustida rahmati Ilohiyaning qo’lini ko’r, shukr bilan o’p, undan ol. Ya'ni, ne'matdan in'omga qara, in'omdan Mun'imi Haqiqiyni o’yla. Bu o’ylashing bir shukrdir. So’ngra o’sha zohiriy vositaga istasang duo qil. Chunki o’sha ne'mat uning qo’li bilan sizga yuborildi.

Zohiriy sabablarni ibodat qilish darajasida sevganlarni aldagan, ikki narsaning barobar kelishi yoki bo’lishi, "iqtiron" deb ataladi, buni bir-biriga illat deb o’ylashlaridir. Hamda bir narsaning bo’lmasligi, bir ne'matning yo’q bo’lishiga illat bo’lgani uchun, o’sha narsaning borligi ham u ne'matning bor bo’lishiga illat deb o’ylaydi. Shukrini, minnatdorligini o’sha narsaga beradi, xato qiladi. Chunki bir ne'matning bor bo’lishi, o’sha ne'matning barcha muqaddimalaridan va sharoitidan hosil bo’ladi. Holbuki o’sha ne'matning yo’q bo’lishi, birgina shartning yo’q bo’lishi bilan bo’ladi. Masalan: Bir bog’ni sug’oradigan odam ariqning og’zini ochmasa, o’sha bog’ning qurishiga va o’sha ne'matlarning yo’q bo’lishiga sabab va illat bo’ladi. Lekin o’sha bog’dagi ne'matlarning bor bo’lishi, o’sha odamning xizmatidan tashqari yuzlab sharoitning bor bo’lishiga bog’liq bo’lish bilan barobar, illati haqiqiy bo’lgan qudrat va iroda-i Rabboniya bilan vujudga keladi. Bu safsataning xatosi naqadar zohir bo’lganini angla va sababparastlarning naqadar xato qilganlarini bil!

Ha, iqtiron boshqa, illat boshqadir. Bir ne'mat senga keladi. Lekin bir insonning senga qaratilgan ehson niyati o’sha ne'matga yaqinlashgan, lekin illat bo’lmagan. Illat, rahmati Ilohiyadir. Ha, u odam ehson qilishni niyat qilmasaydi, o’sha ne'mat senga kelmasdi. Ne'matning yo’q bo’lishiga illat bo’lardi. Lekin mazkur qoidaga binoan, u ehson mayli o’sha ne'matga illat bo’lolmaydi. Faqat yuzlab sharoitning bir sharti bo’la oladi. Masalan, Risola-i Nurning shogirdlari ichida Janobi Haqning ne'matlariga sazovor ba'zi zotlar (Xusrav, Ra'fat kabi) iqtironni illat bilan chalkashtirib, Ustoziga ortiqcha minnatdorlik ko’rsatishar edi. Holbuki, Janobi Haq ularga Qur'on darsida bergan foydalanish ne'mati bilan, Ustozlariga ehson qilgan ifoda qilish ne'matini barobar qilgan, bir-biriga yaqinlashtirgan. Ular: "Agar Ustozimiz bu yerga kelmasaydi, biz bu darsni ololmasdik. Uning ifodasi, foydalanishimizga illatdir.", deydilar. Men ham deyman: "Ey qardoshlarim! Janobi Haqning menga ham, sizlarga bergan ne'mati barobar kelgan, ikki ne'matning illati ham rahmati Ilohiyadir. Men ham siz kabi iqtironni illat bilan chalkashtirib, bir vaqt Risola-i Nurning sizlar kabi olmos qalamli yuzlab shogirdlariga ko’p minnatdorlik his qilardim. Va derdimki: Bular bo’lmasaydi, men kabi yaxshi yozishni bilmaydigan bir bechora qanday xizmat qilardi? So’ngra angladimki, sizlarga qalam vositasi bilan bo’lgan qudsiy ne'matdan so’ngra, menga ham bu xizmatda muvaffaqiyat ehson qilgan. Bir-biriga iqtiron qilgan, bir-birining illati bo’lolmaydi. Men sizga tashakkur emas, balki sizni tabriklayman. Siz ham menga minnatdorlikka badal, duo va tabrik qilinglar."

Bu to’rtinchi masalada g’aflatning qanchalab darajalari bo’lgani anglashiladi.

Beshinchi Masala:Qandayki bir jamoatning moli bir odamga berilsa zulm bo’ladi. Yoki jamoatga oid vaqflarni bir odam qo’lga kiritsa, zulm qiladi. Xuddi shuning kabi, jamoatning mehnati bilan hosil bo’lgan natijani yoki jamoatning xayrli ishlari bilan hosil bo’lgan sharafni, fazilatni o’sha jamoatning raisiga yoki ustoziga berish ham jamoatga, hamda o’sha ustoz yoki raisga zulmdir. Chunki manmanlikni ko’pirtiradi, g’ururga boshlaydi. Darvozabon ekan, o’zini podshoh deb tasavvur qildiradi. O’z nafsiga ham zulm qiladi. Balki bir navi yashirin shirkka yo’l ochadi. Ha, bir qal'ani fath qilgan qo’shinning o’ljasini va muzaffariyat va sharafini mingboshisi ololmaydi. Ha, ustoz va murshidni masdar va manba deb o’ylamaslik kerak. Balki sazovor va aks yeri bo’lganlarini bilish lozim.

Masalan: Issiqlik va yorug’lik senga bir oyna vositasi bilan keladi. Sen Quyoshga minnatdor bo’lishga badal, oynani masdar deb o’ylab, Quyoshni unutib, unga minnatdor bo’lishing devonalikdir. Ha, oyna muhofaza qilinishi kerak, chunki noil bo’lgan. Murshidning ruhi va qalbi oynadir. Janobi Haqdan kelgan fayzning aks etgan joyi bo’ladi, muridiga aks qilinishiga ham vasila bo’ladi. Vasilalikdan ortiq fayz nuqtasida maqom berilmasligi lozim. Hatto ba'zan shunday bo’ladiki, masdar deb o’ylangan ustoz mazhar ham emas, masdar ham emas. Balki muridining ixlosining sofligi bilan va aloqasining quvvati bilan va unga diqqatini jamlash bilan o'sha murid boshqa yo’lda olgan fayzlarini ustozining ruh oynasidan kelgan deb ko’radi. Qandayki ba'zan odamlar gipnoz vositasida bir shishaga diqqat qila-qila olami misolga xayolida deraza ochiladi. O’sha oynadan ko’p g’aroyiblarni mushohada qiladi. Holbuki oynada emas, balki oynaga bo’lgan diqqatli nazar vositasi bilan oynaning xorijida xayoliga bir deraza ochilganini ko’radi. Shuning uchun, ba'zan noqis shayxning xolis muridi shayxidan ham komil bo’lishi mumkin va qaytadi, shayxini irshod qiladi va shayxining shayxi bo’ladi.

O’N TO’RTINCHI MULOHAZA:Tavhidga doir to’rt kichik ramzdir.

Birinchi Ramz:Ey sababparast inson! Ajabo, g’aroyib gavharlardan qurilgan ajoyib bir qasrni ko’rsangki, qurilyapti. Uning binosida sarf qilingan gavharlarning bir qismi faqat Xitoyda mavjud. Boshqa qismi Andalusda, bir qismi Yamanda, bir qismi Sibirdan boshqa joyda topilmaydi. Binoning qurilishi paytida o’sha kuni sharq, shimol, g’arb, janubdan o’sha gavharli toshlar osonlik bilan jalb bo’lib qurilganini ko’rsang, o’sha qasrni qurgan usta butun Yer kurrasiga hukm qilgan bir hokimi mo’'jizakor bo’lganiga hech shubhang qoladimi?

Har bir hayvon shunday bir qasri Ilohiydir. Xususan, inson o’sha qasrlarning eng go’zali va o’sha saroylarning eng ajoyibidir. Va bu inson deb ataluvchi saroyning gavharlari bir qismi olami arvohdan, bir qismi olami misoldan va Lavhi Mahfuzdan va boshqa bir qismi ham havo olamidan, nur olamidan, unsurlar olamidan kelgani kabi, ehtiyojlari abadga uzangan, orzulari samovot va Yerning har tarafida yoyilgan, robitalari, aloqalari dunyo va oxirat davrlarida tarqalgan ajoyib bir saroy va g’aroyib bir qasrdir.

Xullas, ey o’zini inson deb o’ylagan inson! Modomiki mohiyating shunday ekan. Seni yaratgan faqat o’sha Zot bo’lishi mumkinki, dunyo va oxirat bittadan manzil, Yer va samo bittadan sahifa, azal va abad kechagi va ertangi kun hukmida bo’lib tasarruf qilgan zot bo’lishi mumkin. Shunday ekan, insonning ma'budi va panohgohi va xaloskori shunday Zot bo’lishi mumkinki, Yer va samoga hukm qiladi, dunyo va oxirat tizginlariga sohibdir.

Ikkinchi Ramz:Ba'zi ahmoqlar borki, quyoshni tanimaganlari uchun, bir oynada quyoshni ko’rsa, oynani sevishni boshlaydi. Shiddatli his bilan uni muhofaza qilishga urinadi. Toki ichidagi quyoshi yo’qolmasin. Qachonki o’sha ahmoq, quyosh oynaning o’lishi bilan o’lmasligini va sinishi bilan yo’q bo’lib ketmasligini idrok qilsa, butun muhabbatini ko’kdagi quyoshga qaratadi. O’shanda anglaydiki, oynada ko’ringan quyosh oynaga tobe emas, baqosi unga bog’liq emas.. balki quyosh u oynani o’sha tarzda tutadi va uning porlashiga va nuriga madad beradi. Quyoshning baqosi u bilan emas, balki oynaning jonli porlashining baqosi quyoshning jilvasiga tobedir.

Ey inson! Sening qalbing va shaxsiyat va mohiyating bir oynadir. Sening tabiatingda va qalbingda bo’lgan shiddatli baqo muhabbati u oyna uchun emas va o'sha qalbing va mohiyating uchun emas.. balki u oynada iste'dodga ko’ra jilvasi bo’lgan Boqiyi Zuljalolning jilvasiga muhabbatingni, ahmoqlik sababli boshqa tarafga qaratgan. Modomiki shunday ekan. "Yo Boqiy Antal Boqiy" de. Ya'ni, modomiki Sen borsan va boqiysan, fano va yo’qlik bizga nima xohlasa qilsin, ahamiyati yo’q!..

Uchinchi Ramz:Ey inson! Fotiri Hakiym sening mohiyatingga qo’ygan eng g’aroyib holat shuki: Ba'zan dunyoga sig’may qolasan. Zindonda bo’g’ilayotgan odam kabi "uf, uf," deya dunyodan ham keng joy istasangda, zarracha bir ish, bir xotira, bir daqiqa ichiga kirib joylashib olasan. Ulkan dunyoga sig’magan qalb va fikring o’sha zarrachaga sig’adi. Eng qattiq hissiyoting bilan o’sha daqiqacha, o’sha xotirachada kezib yurasan.

Ham sening mohiyatingga shunday ma'naviy jihozlar va nozik tuyg’ular berganki, ba'zilari dunyoni yutsa, to’ymaydi. Ba'zilar bir zarrani o’zida joylashtirolmaydi. Bosh bir botmon toshni ko’targani holda, ko’z bir sochni ko’tarolmagani kabi, o’sha nozik tuyg’u bir soch qadar og’irlikka, ya'ni g’aflat va zalolatdan kelgan kichik bir holatga chiday olmaydi. Hatto ba'zan so’nadi va o’ladi. Modomiki shunday ekan, ehtiyot bo’l, diqqat bilan bos, botishdan qo’rq. Bir luqma, bir kalima, bir urug’, bir shu'la, bir ishorada, bir o’pishda botma! Dunyoni yutgan buyuk tuyg’ularingni unda botirma. Chunki juda kichik narsalar bor, juda kattalarni bir jihatda yutadi. Qandayki, kichik shisha parchasida falak yulduzlari bilan birga ichiga kirib g’arq bo’ladi. Mosh kabi kichik quvva-i hofizangda, sening amal va umr sahifalaringning aksariyati va ko’pchiligi ichiga kirgani kabi, ko’p juz'iy kichik narsalar bor, shunday katta narsalarni bir jihatda yutadi, ichiga oladi.

To’rtinchi Ramz:Ey dunyoparast inson! Juda keng tasavvur qilgan sening dunyoing, tor bir qabr hukmidadir. Lekin o’sha tor qabr kabi manzilning devorlari shishadan bo’lgani uchun, bir-biri ichida aks etib, ko’z ko’ra olgan darajagacha kengayadi. Qabr kabi tor ekan, bir shahar qadar keng ko’rinadi.

Chunki o’sha dunyoning o’ng tomondagi devori bo’lgan o’tgan zamon va chap tomondagi devori bo’lgan kelasi zamon, ikkalasi yo’q va mavjud bo’lmaganlari holda, bir-biri ichida aks etib g’oyat qisqa va tor bo’lgan hozirgi zamonning qanotlarini ochadilar. Haqiqat xayolga aralashadi, yo’q dunyoni mavjud deb o’ylaysan. Qandayki bir chiziq tez harakat bilan bir tekislik kabi keng ko’rinarkan, vujudning asli ingichka bir chiziq bo’lgani kabi, sening ham dunyoing haqiqat jihatidan tor, faqat sening g’aflat va vahima va xayoling bilan devorlari juda kengaygan. O’sha tor dunyoda bir musibatning qo’zg’atishi bilan qimirlasang, boshingni sen juda uzoq deb o’ylagan devorga urasan. Boshingdagi xayolni uchiradi, uyqungni qochiradi. O’shanda ko’rasanki, keng dunyoing qabrdanda tor, ko’prikdanda ensiz. Vaqting va umring chaqmoqdanda tez o’tadi, hayoting soydanda tez oqadi.

Modomiki dunyo hayoti va jismoniy yashash va hayvoniy borlik shunday ekan, hayvoniyatdan chiq, jismoniyatni tashla, qalb va ruhning hayot darajasiga kir. Sen faraz qilgan keng dunyoingdanda keng hayot doirasi, bir nur olami topasan. O’sha olamning kaliti ma'rifatulloh va vahdoniyat sirlarini ifoda qilgan muqaddas "La ilaha Illalloh" kalimasi bilan qalbni gapirtirish, ruhni ishlattirishdir.

O’N BESHINCHI MULOHAZA:Uch masaladir.

Birinchi Masala:Ismi Hofizning eng to’liq namoyon bo’lishiga ishora qilgan

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ ٭ وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ

oyatidir. Qur'oni Hakimning bu haqiqatiga dalil istasang, Kitobi Mubinning qolipi ustida yozilgan shu koinot kitobining sahifalariga qarasang, Ismi Hofizning muazzam jilvasini va bu oyati karimaning eng buyuk haqiqatining mislini, ko’p jihatlari bilan ko’ra olasan. Jumladan: Daraxt, gul va o’tlarning har xil urug’laridan bir hovuch ol. O’sha har xil va bir-biriga muxolif urug’larning jinslari bir-biridan boshqa, navlari bir-biridan boshqa bo’lgan gul va daraxt va o’tlarning sandiqchalari hukmida bo’lgan u hovuchni qorong’ida va qorong’i va oddiy va jonsiz tuproq ichida dafn qil, sep. So’ngra mezonsiz va narsalarni farq qilmagan va qayerga yuzini bursang, o’sha yerga ketadigan oddiy suv bilan sug’or. So’ngra yillik hashrning maydoni bo’lgan bahor mavsumida kel, qara! Isrofil (AS) kabi momaqaldiroq malagi bahorda sur chalgandek yomg’irga baqirishi, yer ostida dafn qilingan urug’larga jon berish bilan xushxabar berishi zamoniga diqqat qilki, u nihoyat daraja chalkash va chalkashgan va bir-biriga o’xshagan o’sha urug’chalar, ismi Hofizning namoyon bo’lishi ostida mukammal itoat bilan xatosiz o’laroq Fotiri Hakiymdan kelgan takviniy amrlarga itoat qiladilar. Va shunday uyg’un harakat qiladilarki, ularning o’sha harakatlarida bir shuur, bir basirat, bir qasd, bir iroda, bir ilm, bir kamol, bir hikmat porlagani ko’rinadi.

Chunki ko’ryapsanki, o’sha bir-biriga o’xshagan urug’chalar bir-biridan ajralib turadi, ayriladi. Masalan, bu urug’cha bir anjir daraxti bo’ldi. Fotiri Hakiymning ne'matlarini boshlarimiz ustida tarqatishni boshladi. Sochmoqda, shoxlarining qo’llari bilan bizlarga uzatmoqda. Xullas bu, unga suratan o’xshagan ikki urug’cha esa, moychechak nomli gul bilan kamalak rang binafsha kabi gullarni berdi. Bizlar uchun bezandi. Yuzimizga kulyapti, o’zlarini bizga sevdirishyapti. Yana bu yerdagi bir qism urug’chalar bu go’zal mevalarni berdi va nihol va daraxt bo’lishdi. Shirin ta’m va hid va shakllari bilan ishtahamizni ochib, o’z nafslariga bizning nafslarimizni da'vat qilishmoqda va o’zlarini xaridorlariga fido qilishmoqda. Toki nabotiy hayot martabasidan hayvoniy hayot martabasiga taraqqiy qilsinlar. Va hokazo.. qiyos qil. Shunday suratda u urug’chalar ochildilarki, o’sha bir hovuch turli daraxtlar va xilma-xil gullar bilan to’la bir boqqa aylandi. Ichida hech bir xato, kamchilik yo’q. فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ sirrini ko’rsatadi. Har bir urug’ ismi Hofizning jilvasi bilan va ehsoni bilan unga padarining va aslining molidan bergan merosni chalkashmasdan, nuqsonsiz muhofaza qilib ko’rsatadi. Bu cheksiz hayratlanarli muhofazani qilgan Zoti Hofiz qiyomat va hashrda hofiziyatning eng buyuk o’rtaga chiqishini ko’rsatishiga qat'iy bir ishoradir. Ha, bu ahamiyatsiz, o’tkinchi, foniy holatlarda bu daraja niqsonsiz, xatosiz hofiziyat jilvasi qat'iy bir hujjat bo’lib, abadiy ta'siri va azim ahamiyati bo’lgan omonati kubro tashuvchisi va Yerning xalifasi bo’lgan insonlarning ishlari va amallari va so’zlari va yaxshilik va yomonliklari mukammal diqqat bilan muhofaza qilinadi va hisob-kitobi ko’riladi. Nahot, bu inson qarovsiz qolaman deb o’ylasa? Aslo!.. Balki inson abadga yuborilgan va abadiy saodatga va doimiy azobga nomzoddir. Kichik-katta, oz-ko’p har bir amali hisob-kitob qilinadi. Yo iltifot yoki ta'zir yeydi. Xullas, hofiziyatning eng katta jilvasiga va mazkur oyatning haqiqatiga shohidlarning haddu-hisobi yo’q. Bu masalada ko’rsatgan shohidimiz dengizdan bir qatra, tog’dan bir zarradir.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

O’n Sakkizinchi Yog'du

Taksir Yog'dular va "Sikka-i Tasdiqi G’aybiy" majmuasida nashr etilgan.

O’n To’qqizinchi Yog’du

Iqtisod Risolasi

(Iqtisod va qanoat, isrof va sovurishga doir.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لَا تُسْرِفُوا

Bu oyati karima iqtisodga qat'iy amr va isrofdan ochiq tarzda man qilib, g’oyat muhim bir hikmat darsini beradi. Ushbu masalada "Yetti Nukta" bor.

BIRINCHI NUKTA:Xoliqi Rahiym nav'i basharga bergan ne'matlari evaziga shukr istaydi. Isrof esa shukrga ziddir, ne'matga nisbatan zararli kamsitishdir. Iqtisod esa, ne'matga nisbatan foyda keltiruvchi hurmatdir. Darhaqiqat, iqtisod ham ma'naviy shukr, ham ne'matlardagi rahmati Ilohiyaga nisbatan hurmat, ham qat'iyan barakaga sabab, ham badanga parhez kabi salomatlik manbai, ham ma'naviy tilanchilik xo’rligidan qutqaradigan izzatga sabab, ham ne'mat ichidagi lazzatini his qilishga va ko’rinishdan lazzatsiz ko’ringan ne'matlardagi lazzatni totishga kuchli sababdir. Isrof esa, mazkur hikmatlarga zid bo’lganidan, dahshatli natijalari bor.

IKKINCHI NUKTA:Fotiri Hakiym insonning badanini mukammal bir saroy suratida va muntazam bir shahar misolida yaratgan. Og’izdagi quvva-i zoiqa darvozabon, nerv va tomirlar telefon va telegraf simlari kabi (quvva-i zoiqa bilan badanning markazidagi me'da bilan xabarlashish vositalaridir), og’izga kelgan narsani ular orqali xabar beradi. Badanga, me'daga keragi bo’lmasa, "Mumkin emas!" deydi, tashqariga otadi. Ba'zan esa badanga manfaati yo’qligi bilan birga, zararli va achchiq bo’lsa, hamon tashqariga otadi, yuziga tuflaydi.

Modomiki og’izdagi quvva-i zoiqa darvozabon, me'da jasadning idorasi nuqtasida xo’jayin va hokim ekan. U saroyga yoxud u shaharga kelgan va saroyning hokimiga berilgan hadyaning yuz daraja qiymati bo’lsa, darvozabonga choy puli ma’nosida faqat besh foizi o’rinli bo’ladi, ortiq bo’lolmaydi. Toki darvozabon g’ururlanib, esini yo’qotib, vazifasini unutib, ko’proq choy puli bergan isyonchilarni saroy ichiga kirgizmasin. Demak, shu sirga binoan, hozir ikki luqma faraz qilamiz. Birinchi luqma paynir va tuxum kabi to’yimli narsa bir qurush tursa, ikkinchi luqma eng a'lo paxlava o’n qurush tursa.. bu ikki luqma og’izga kirmasdan, katta kichikligida farqlari yo’q, teng. Tomog’dan o’tgandan so’ng, jasadni oziqlantirishda yana teng. Balki ba'zan bir qurushlik paynir yaxshiroq oziqlantiradi. Faqat og’izdagi quvva-i zoiqani erkalash nuqtasida yarim daqiqalik farq bor. Yarim daqiqani deb bir qurush o’rniga o’n qurush sarflash naqadar ma'nosiz va zararli isrof bo’lishi qiyos qilinsin. Endi saroy hokimiga kelgan hadya bir qurush bo’lish bilan birga, darvozabonga to’qqiz marta ortiq choy puli berish darvozabonni o’zidan ketishiga sabab bo’ladi, "Hokim menman" deydi. Kim ko’proq choy puli va lazzat bersa, uni ichkariga kirgizadi, isyon qiladi, yong’in chiqaradi. "Yordam bering, tabib kelsin, haroratimni tushirsin, otashimni so’ndirsin", dedirishga majbur qiladi. Xullas, iqtisod va qanoat, hikmati Ilohiyaga uyg’un harakat qilishdir. Quvva-i zoiqani darvozabon hukmida tutib, unga ko’ra choy puli beradi. Isrof esa, o’sha hikmatga zid harakat qilgani uchun tez ta'zir yeydi, me'dani buzadi, haqiqiy ishtahani yo’qotadi. Taomlarning xilma-xilligidan kelgan sun'iy yolg’onchi ishtaha bilan yediradi, hazmsizlikka sabab bo’ladi, kasal qiladi.

UCHINCHI NUKTA:Sobiq ikkinchi nuktada quvva-i zoiqani darvozabon dedik. Ha, ahli g’aflat va ruhan taraqqiy qilmagan va shukr maslagida ildamlamagan insonlar uchun darvozabon hukmidadir. Uning lazzatlanishi uchun isrofga va bir darajadan o’n daraja narxga chiqmaslik kerak. Lekin haqiqiy ahli shukrning va ahli haqiqatning va ahli qalbning quvva-i zoiqasi - Oltinchi So’zdagi muvozanada bayon qilingani kabi, quvva-i zoiqasi- rahmati Ilohiyaning oshxonalariga nozir va taftishchi hukmidadir. Va o’sha quvva-i zoiqaning vazifasi taomlar miqdoricha mezonchalar bilan ne'mati Ilohiyaning turlarini jalb qilish va tanish, ma'naviy shukr suratida jasadga, me'daga xabar berishdir. Xullas, bu suratda quvva-i zoiqa faqat moddiy jasadga qaramaydi. Balki qalbga, ruhga, aqlga ham qaragan jihati bilan me'dadan ustun hukmi, maqomi bor.

Isrof qilmaslik sharti bilan va faqat shukronalik vazifasini ado qilish va Alloh ne'matlarining turlarini his qilib tanish sharti bilan va dinga uyg’un va xorlik va tilanchilikka vasila bo’lmaslik sharti bilan lazzatini tota qila oladi. Va o’sha quvva-i zoiqa bo’lgan tilni shukrda iste'mol qilish uchun laziz taomlarni tanlashi mumkin. Bu haqiqatga ishora qilgan bir hodisa va bir karomati G’avsiyani bayon qilamiz:

Bir kuni Hazrati G’avsi A'zam Shayx Jiyloniy (QS) tarbiyasida nozli va keksa ayolning yakkayu yagona bolasi bor edi. Muhtaram onaxon o’g’lining hujrasiga borib qarasa, o’g’li bir burda qotgan, qora non yemoqda. Riyozatdan zaif holga kelgani uchun volidasining shafqatini jalb qildi. Unga rahmi kelib, Hazrati G’avsning yoniga shikoyat uchun boradi. Qarasa, Hazrati G’avs qovurilgan tovuq yeyapti. Nozidan: "Ey Ustoz! Mening o’g’lim ochlikdan o’lyapti. Siz tovuq yeyapsiz!", deydi. Hazrati G’avs tovuqqa: "Qum biiznilloh!", deydi. Pishgan tovuqning suyaklari to’planib, tovuqqa aylanib ovqat idishidan sakrab tashqariga qochib ketadi. Bu voqea hayratlanarli karomatlarga sazovorligi dunyo bo’yicha mashhur bo’lgan Hazrati G’avsdek zotning karomati sifatida e'timodli va ko’p ishonchli zotlardan ma'naviy tavotur bilan naql qilingan. Hazrati G’avs: "Qachon sening o’g’ling ham shu darajaga kelsa, o’shanda u ham tovuq yeydi", deydi. Hazrati G’avsning bu amrining ma'nosi shuki:Qachon o’g’lingning ham ruhi jasadiga, qalbi nafsiga, aqli me'dasiga hokim bo’lsa va lazzatni shukr uchun istasa, o’shanda laziz narsalarni yeyishi mumkin...

TO’RTINCHI NUKTA:"Iqtisod qilgan tirikchilik muammosiga tushmaydi" ma'nosida لَا يَعُولُ مَنِ اقْتَصَدَ hadisi sharifning sirri bilan, iqtisod qilgan tirikchilik jihatidan oila zahmat va mashaqqatini ko’p tortmaydi. Darhaqiqat, iqtisod qat'iy baraka sababi va tirikchilikning go’zal manbai ekaniga shu qadar qat'iy dalillar borki, had-hisobsizdir. Jumladan: Shaxsan ko’rganim, menga xizmat va o’rtoqlik qilgan zotlarning guvohliklari bilan aytaman: Iqtisod vositasi bilan ba'zan birga o’n baraka ko’rdim va o’rtoqlarim ko’rdilar. Hatto to’qqiz yil -hozir o’ttiz yil- avval men bilan birga Burdurga surgun qilingan raislardan bir qismi, pulsizlikdan xorlanmasligim va qashshoq holga tushmasligim uchun zakotlarini menga qabul qildirishga ko’p urindilar. O’sha boy raislarga: "Pulim kam bo’lsa ham, iqtisodim bor, qanoatga ko’nikkanman. Men sizdan boyroqman", dedim. Takror-takror va qistovli shakldagi takliflarini rad qildim. Diqqatga sazovor narsa shuki, ikki yildan so’ng menga zakotlarini taklif qilganlarning bir qismi iqtisodsizlik sabab qarzdor bo’ldilar. Allohga hamd bo’lsinki, ulardan yetti yil keyin, o’sha kamgina pul iqtisod barakasi bilan menga kifoya qildi, obro’yimni to’ktirmadi, insonlardan yordam so’rashga majbur qilmadi. Hayotimning dasturi bo’lgan "insonlardan istig’no" maslagimni buzmadi.

Darhaqiqat, iqtisod qilmagan kishi xorlikka va ma'nan tilanchilikka va qashshoqlikka nomzoddir. Bu zamonda isroflarga sabab bo’ladigan pul juda qimmatdir. Evaziga ba'zan obro’, nomus pora sifatida olinadi. Ba'zan dinning muqaddas narsalari evaziga olinadi, keyin jirkanch pul beriladi. Demak, ma'naviy yuz lira zarar bilan, moddiy ikki qurushlik mol olinadi. Agar iqtisod qilib zaruriy ehtiyojlar bilan chegaralansa va qisqartirsa va maxsus qilsa

اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ

sirri bilan

وَمَا مِنْ دَٓابَّةٍ فِى الْاَرْضِ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ رِزْقُهَا

oyatining ochiq bayoni bilan, kutmagan tarzida yashashga yetadigan rizqini topadi. Chunki oyat kafolat bermoqda. Ha, rizq ikki xildir:

Biri haqiqiy rizqdirki, u bilan yashaladi. Bu oyatning hukmi bilan o’sha rizq Allohning kafilligi ostidadir. Basharning sui ixtiyori aralashmasa, o’sha zaruriy rizqni har holda topa oladi. Na dinini, na nomusini, na izzatini fido qilishga majbur bo’lmaydi.

Ikkinchisi: Majoziy rizqdirki, suiiste'mollar bilan zaruriy bo’lmagan ehtiyojlar zaruriy ehtiyojlarga aylanib, urf-odat balosiga bandi bo’lib, tark qilolmaydi. Bu rizq Allohning kafilligi ostida bo’lmagani uchun, bu rizqni qo’lga kiritish, ayniqsa bu zamonda juda qimmat. Boshda izzatini fido qilib, xorlikni qabul qilish, ba'zan pastkash insonlarning oyoqlarini o’pishdek ma'nan tilanchilik vaziyatiga tushish, ba'zan abadiy hayotining nuri bo’lgan dinning muqaddas narsalarini fido qilish suratida o’sha barakasiz, jirkanch molni oladi. Yana, bu faqirlik va zarurat zamonida, och va muhtoj bo’lganlarning alamlaridan ahli vijdonga odamlarga achinish vositasida kelgan qayg’u dinga zid qozongan puli bilan olgan lazzatini, vijdoni bo’lsa, achchiqlashtiradi. Bunday g’ayrioddiy zamonda, shubhali mollarda, zarurat darajasida kifoyalanish lozim. Chunki اِنَّ الضَّرُورَةَ تُقَدَّرُ بِقَدْرِهَا sirri bilan: Harom moldan majburiyat bilan zarurat darajasini olishi mumkin, ortig’ini ololmaydi. Ha, chorasiz odam murdor go’shtdan to’yguncha yeyolmaydi. Balki, o’lmaydigan darajada yeya oladi. Ham yuzta och odamning huzurida mukammal lazzat bilan ortiqcha yeyilmaydi.

Iqtisod, izzat va kamol sababi ekaniga dalolat qilgan bir voqea:

Bir kuni dunyoda saxovati bilan mashhur Xotami Toyi ulkan ziyofat beradi. Mehmonlariga g’oyatda ko’p hadyalar tarqatib, cho’lga aylanishga chiqadi. Qarasa, bir keksa kambag’al odam bir bog’lam tikanli buta va yantoqni orqasigz yuklagan. Tikanlar badaniga botmoqda, qonatmoqda. Xotam unga: "Xotami Toyi hadyalar bilan birga ulkan ziyofat bermoqda. O’sha yerga bor, besh qurushlik buta yukiga badal besh yuz qurush olasan", dedi. U tejamkor qariya: "Men bu tikanli yukimni izzatim bilan tortaman, ko’taraman. Xotami Toyining minnatini olmayman", deydi. Keyinchalik Xotami Toyidan: "Sen o’zingdan ham olijanob, aziz kimni ko’rgansan?", deb so’raganlar. "Sahroda duch kelgan tejamkor qariyani o'zimdanda aziz, yuksak, olijanob deb bilaman", degan.

BESHINCHI NUKTA:Janobi Haq mukammal karamidan, eng kambag’al odamga ham eng boy odam kabi va gadoga (ya'ni kambag’alga) podshoh kabi ne'matining lazzatini his qildiradi. Ha, bir kambag’alning qotgan bir burda qora nondan ochlik va iqtisod vositasida olgan lazzati, bir podshohning va bir boyning isrofdan kelgan zerikish va ishtahasizlik bilan yegan eng a'lo paxlavasidan olgan lazzatidanda lazzatliroqdir. Hayratlanarli joyi shuki, ba'zi isrofgar va sovuruvchi insonlar bunday iqtisodchilarni "xasislik"da ayblaydilar. Aslo... Iqtisod, izzat va saxiylikdir. Xasislik va xorlik, isrofgar kishilarning zohiriy mardona holatining ichki ko’rinishidir. Bu haqiqatni quvvatlagan, ushbu risolaning ta'lifi yilida Ispartada hujramda ro’y bergan bir voqea bor. Jumladan:

Qoidamga va hayot dasturimga muxolif suratda, bir talabam ikki yarim o’qqaga yaqin asalni hadya sifatida qabul qildirishga urindi. Qancha qoidamni tushuntirishga urinmay, ko’nmadi. Majbur bo’lib, yonimdagi uch qardoshimga yedirish va Sha'boni Sharif va Ramazonda o’sha asaldan iqtisod bilan o’ttiz-qirq kun uchta odam yesin va keltirgan ham savob qozonsin va o’zlari ham shirinliksiz qolmasin deb, "Olinglar" dedim. O’zimda bir o’qqa asal bor edi. Haligi uch birodarim, mustaqim va iqtisodni taqdir qilganlardan edilar. Ammo nima bo’lganda ham, bir-biriga ikrom qilish, har biri boshqasining nafsini erkalash va o’z nafsidan ustun tutib, bir tomondan ushbu yuksak xislat bilan iqtisodni unutishdi. Uch kechada ikki yarim o’qqa asalni tugatdilar. Men kulib: "Sizlarni o’ttiz-qirq kun o’sha asal bilan lazzatlantirmoqchi edim, sizlar o’ttiz kunni uchga tushirdingiz, osh bo’lsin", dedim. O’zimning o’sha bir o’qqa asalimni iqtisod bilan sarf qildim. Butun Sha'bon va Ramazonda men ham yedim, Allohga hamd bo’lsin, o’sha qardoshlarimning har biriga ham iftor vaqtida bir qoshiqdan {(Hoshiya) Ya'ni katta choy qoshig’i bilan.} beridim va bu ulkan savobga sabab bo’ldi. Holimni ko’rganlar, o’sha vaziyatimni balki xasislik deb o’ylagandir. Qardoshlarimning uch kechalik o’sha vaziyatlarini olijanoblik deb o’ylashlari mumkin. Lekin haqiqat nuqtasida o’sha zohiriy xasislik ostida ulug’ izzat va ulkan baraka va yuksak savob yashiringanini ko’rdik. Va o’sha oliyjanoblik va isrof ostida, agar voz kechilmasa edi, tilanchilik va boshqasining qo’liga tamagirdek va intizor bo’lib qarash kabi, xasislikdan ancha past holatni natija berar edi.

OLTINCHI NUKTA:Iqtisod va xasislikning bir biridan ko’p farqi bor. Qandayki kamtarinlik, yomon axloq hisoblangan xorlikdan ma'nan farq qilsada, ko’rinishdan o’xshash bo’lib madh qilingan xislatdir. Va viqor, qandayki yomon xislatlardan bo’lgan takabburlikdan ma'nan farq qilsada, ko’rinishdan o’xshash va madh qilingan xislatdir. Xuddi shuning kabi:

Payg’ambarimizning oliy axloqlaridan bo’lgan va balki koinotdagi Janobi Haqning hikmat bilan joriy qilgan nizomining sabablaridan bo’lgan iqtisod ham, qashshoqlik va baxillik va tamagirlik va hirsning qorishmasi bo’lgan xasislik bilan hech qanday munosabati yo’q. Lekin ko’rinishdan o’xshashlik bor. Bu haqiqatni quvvatlaydigan bir voqea:

"Yettita Abdullohlar" ismi bilan mashhur sahobalardan bo’lgan Abdulloh ibn Umar Hazratlari, Rasulullohning xalifasi bo’lgan Faruqi A'zam Hazrati Umarning (RA) eng ahamiyatli va katta o’g’li va sahoba olimlarining ichida eng mumtozlaridan bo’lgan muborak zot bozorda, oldi-sotdida, bir qurushlik bir masalada, iqtisod qilish uchun va tijoratning asosi bo’lgan ishonch va istiqomatni muhofaza qilish uchun qattiq tortishadi. Bir sahoba u kishini shu vaziyatda ko’rib qoladi. Ro’yi zaminning xalifa-i ziyshoni bo’lgan Hazrati Umar o’g’lining bir qurush uchun tortishganini ajablanarli xasislik deb o’ylab imomning ketiga tushib, ahvolini bilishni istaydi. Qarasa, Hazrati Abdulloh muborak uyiga kirdi. Eshik oldida bir kambag’al odamni ko’rdi. Bir oz to’xtab o’tdi. So’ng uyining ikkinchi eshigidan chiqdi, u yerda boshqa bir kambag’alni ham ko’rdi. Uning yonida ham oz to’xtab o’tdi. Uzoqdan qarab turgan sahoba voqe’aga qiziqdi. Borib haligi kambag’allardan: "Imom sizlarning yoningizda to’xtab nima qildi?", deb so’radi. Har biri: "Menga bir oltin berdi", dedi. Sahoba: "Fasubhanalloh! Bozorda bir qurush uchun tortishsin-u, keyin uyida ikki yuz qurushni hech kimga sezdirmasdan to’liq nafsning roziligi bilan bersin!" deb o’yladi. Hazrati Abdulloh ibn Umarni oldiga borib: "Ey Imom! Mushkulimni hal qiling. Bozorda bunday qildingiz, uyingizda esa boshqacha qildingiz", dedi. Unga javoban: "Bozordagi vaziyat iqtisoddan va kamoli aqldan va oldi-sotdining asosi va ruhi bo’lgan ishonchning, sadoqatning muhofazasidan kelgan holatdir, xasislik emas. Uyimdagi vaziyat, qalbning shafqatidan va ruhning kamolidan kelgan bir holatdir. Xasislik va isrof emas", dedi.

Imomi A'zam bu sirga ishora sifatida

لَا اِسْرَافَ فِى الْخَيْرِ كَمَا لَا خَيْرَ فِى الْاِسْرَافِ

deydi. Ya'ni, "Xayrda va ehsonda (faqat loyiq bo’lganlarga) isrof bo’lmagani kabi, isrofda ham umuman xayr yo’qdir."

YETTINCHI NUKTA:Isrof hirsni keltirib chiqaradi. Hirs uchta natijani beradi:

Birinchisi:Qanoatsizlik. Qanoatsizlik esa mehnatga, ishlashga shavqni sindiradi. Shukr o’rniga shikoyat qildiradi, tanballikka keltiradi. Va dinga uyg’un, halol kam molni

{(Hoshiya) Iqtisodsizlik tufayli iste'mol qiluvchilar ko’payadi, ishlab chiqaruvchilar kamayadi. Hamma davlatning qo’liga qarab qoladi. O’shanda ijtimoiy hayotning asosi bo’lgan "sanoat, tijorat, ziroat" kamayadi. Unday millat ham qoloqlashib inqirozga uchraydi, qashshoqlashadi.} tark qilib, dinga zid, zahmatsiz molni qidiradi. Va o’sha yo’lda izzatini, balki obro’yini fido qiladi.

Hirsning ikkinchi natijasi:Mahrumiyat va zarardir. Maqsudini qochirmoq va sovuq muomalaga duchor bo’lib, osonlashtirishlar va yordamlashishdan mahrum qolishdir. Hatto اَلْحَر۪يصُ خَائِبٌ خَاسِرٌ ya'ni "Hirs zarar va muvaffaqiyatsizlikning sababidir" dagan zarbulmasalni tasdiqlaydi. Hirs va qanoatning ta'sirlari jonzotlar olamida g’oyat keng dastur bilan jarayon qiladi. Jumladan: Rizqqa muhtoj daraxtlarning tabiiy qanoatlari ularning rizqini ularga keltirgsni kabi, hayvonlarning hirs bilan mashaqqat va yetishmovchilik ichida rizq ketidan yugurishlari, hirsning ulkan zararini va qanoatning azim manfaatini ko’rsatadi. Yana, barcha zaif bolalarning hol tillari bilan qanoatlari, sutdek latif ozuqaning kutmagan yeridan ularga oqishi va jonivorlarning hirs bilan yetarli bo’lmagan va iflos rizqlariga tashlanishi da'vomizni porloq suratda isbot qiladi. Yana, semiz baliqlarning qanoatli vaziyati mukammal rizqlariga sabab bo’lishi, va tulki va maymun kabi zakovatli hayvonlarning hirs bilan rizqlari ketidan izg’ishlari bilan birga yetarli darajada topmasliklaridan nimjon va zaifliklari, yana hirs qay daraja mashaqqatga sabab va qanoat qay daraja rohatga sabab ekanini ko’rsatadi. Yana, yahudiy millati hirs bilan, ribo bilan, hiyla o’yinlari bilan rizqlarini xorlik va qashshoqlik ichida, dinga zid va zo’rg’a yashaydigan qadar rizqlarini topishi.. va sahronishinlarning (ya'ni badaviylarning) qanoatkorona vaziyatlari, izzat bilan yashashi va yetarli rizq topishi mazkur da'vomizni yana qat'iy isbot qiladi. Yana, ko’p olimlarning {(Hoshiya1) Eronning odil podshohlaridan No’shiravoni Odilning vaziri, oqillikda mashhur olim bo’lgan Buzurgumexrdan (Buzurg-Mihr) so’rashgan: "Nima uchun olimlar hukmdorlar eshigada-yu, hukmdorlar olimlar eshigida emas? Holbuki ilm hukmdorlikdan ustundir." Javoban: "Olimlarning ilmidan, hukmdorlarning johilligidan." degan. Ya'ni hukmdorlar johilligi bois ilmning qiymatini bilmaydiki, olimlarning eshigiga borib ilm izlashsin. Olimlar esa ma'rifatlaridan mollarining qiymatini bilganlari uchun, hukmdorlar eshigida izlaydilar. Buzurgumehr olimlarning orasida qashshoqlik va xorliklariga sabab bo’ladigan zakovatlarining natijasidagi hirslarini zarif suratda ta'vil qilib, nozik tarzda javob bergan. Xusrav} va odiblarning {(Hoshiya2) Buni tasdiqlaydigan bir hodisa: Frantsiyada adiblarga, yaxshi tilanchilik qilganlari uchun, tilanchilik guvohnomasi beriladi. Sulaymon Rushdu} zakovatlari bergan hirs sababli qashshoq holga tushishlari va ko’p tentak va iqtidorsiz kishilarning tabiiy qanoatli vaziyatlari bilan boyib ketishlari, qat'iy bir suratda isbot qiladiki, halol rizq ojizlik va faqirlikka ko’ra keladi, iqtidor va ixtiyor bilan emas.

Balki o’sha halol rizq iqtidor va ixtiyor bilan teskari mutanosibdir. Chunki bolalarga iqtidor va ixtiyori kelgan sari rizqi kamayadi, uzoqlashadi, og’irlashadi. اَلْقَنَاعَةُ كَنْزٌ لَا يَفْنٰى hadisining sirri bilan:Qanoat - go’zal tirikchilik qilish va osoyishta hayot xazinasi. Hirs - zarar va qashshoqlik manbaidir.

Uchinchi natija:Hirs ixlosni sindiradi, uxraviy amalga ziyon yetkazadi. Chunki bir ahli taqvoning hirsi bo’lsa, insonlarning e'tiborini istaydi. Insonlar e'tiborini ko’zlagan, chinakam ixlosni topolmaydi. Bu natija juda ahamiyatli, juda diqqatga sazovordir.

Hosili kalom:Isrof qanoatsizlikni keltirib chiqaradi. Qanoatsizlik esa ishlashga bo’lgan shavqni sindiradi, tanballikka olib keladi, hayotidan shikoyat eshigini ochadi, doimo shikoyat qildiradi. {(Hoshiya) Darhaqiqat, qaysi isrofgar bilan ko’rishsang, faqat shikoyat eshitasan. Qanchalik boy bo’lmasin, tili yana shikoyat qiladi. Eng faqir, lekin qanoatli odam bilan ko’rishsang, shukr eshitasan.} Ham ixlosni sindiradi, riyo eshigini ochadi. Ham izzatini sindiradi, tilanchilik yo’lini ko’rsatadi. Iqtisod esa, qanoatni keltirib chiqaradi. عَزَّ مَنْ قَنَعَ ذَلَّ مَنْ طَمَعَ hadisining sirri bilan, qanoat izzatni keltirib chiqaradi. Ham mehnatga va ishlashga tashviq qiladi. Shavqini ziyodalashtiradi, ishlatadi. Chunki, deylik, bir kun ishladi. Oqshomda olgan ozgina maoshga qanoat qilgani uchun, ikkinchi kun yana ishlaydi. Isrofgar esa, qanoat qilmagani uchun, ikkinchi kun boshqa ishlamaydi. Ishlasa ham, shavq bilan ishlamaydi. Yana, iqtisoddan kelgan qanoat shukr eshigini ochadi, shikoyat eshigini yopadi. Hayotida doimo shokir bo’ladi. Yana, qanoat vositasida insonlardan bexojatlik jihatidan e'tiborlarini qidirmaydi. Ixlos eshigi ochiladi, riyo eshigi yopiladi...

Iqtisodsizlik va isrofning dahshatli zararlarini keng doirada mushohada qildim. Jumladan: To’qqiz yil avval muborak bir shaharga keldim. Qish munosabati bilan o’sha shaharning boylik manbalarini ko’rolmadim. -Alloh rahmat qilsin- u yerning muftiyi bir necha marta menga: "Aholimiz kambag’al", dedi. Bu so’z mening rahmimni keltirdi. Besh-olti yil bo’yicha o’sha shahar aholisiga achinib yurdim. Sakkiz yildan keyin yozda yana o’sha shaharga bordim. Bog’lariga qaradim. Marhum muftining so’zi esimga keldi. "Fasubhanalloh" dedim. Bu bog’larning mahsuloti shaharning hojatidan ancha ko’p. Bu shahar aholisi juda boy bo’lishi kerak. Hayratlandim. Meni aldamagan va haqiqatlarni idrok qilishda rahbarim bo’lgan haqiqat xotirasi bilan tushundim: Iqtisodsizlik va isrof tufayli baraka ketganki, shu qadar boylik manbalari bilan birga, u marhum mufti "Aholimiz kambag’al" derdi. Darhaqiqat, tajribadan ayonki, zakot berish va iqtisod qilish molning barakasiga sabab bo’lgani kabi, isrof qilish bilan zakot bermaslik, baraka ketishiga sabab ekaniga cheksiz voqe'alar bor.

Islom hukamosining Aflotuni va hakimlarning shayxi va faylasuflarning ustozi, mashhur dohiy Abu Ali Ibn Sino faqat tib nuqtasida كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لَا تُسْرِفُوا oyatini shunday tafsir qilgan. Degan:

جَمَعْتُ الطِّبَّ فِى الْبَيْتَيْنِ جَمْعًا وَ حُسْنُ الْقَوْلِ ف۪ى قَصْرِ الْكَلَامِ: فَقَلِّلْ اِنْ اَكَلْتَ وَ بَعْدَ اَكْلٍ تَجَنَّبْ وَ الشِّفَاءُ فِى الْاِنْهِضَامِ وَ لَيْسَ عَلَى النُّفُوسِ اَشَدُّ حَالًا مِنْ اِدْخَالِ الطَّعَامِ عَلَى الطَّعَامِ

Ya'ni: "Tib ilmini ikki satrda jamlayman. So’zning go’zalligi qisqaligidadir. Yegan vaqting oz yegin. Yegandan keyin to’rt-besh soat boshqa yema. Shifo hazmdadir. Ya'ni, oson tarzda hazm qila oladiganing miqdorda yegin. Nafsga va me'daga eng og’ir va charchatuvchi hol, taom ustiga taom yeyishdir".

{(Hoshiya1) Ya'ni, badanga eng zararli narsa, to’rt-besh soat oraliq bermasdan ovqat yeyish yoxud lazzatlanish uchun har xil taomlarni bir-biri ustiga yeb, me'dani to’ldirishdir.}

Hayratlanarli va ibrat olishga loyiq bir tavofuq: Iqtisod Risolasini, uchtasi yangi, besh-oltita boshqa-boshqa nusxa ko’chiruvchi, boshqa-boshqa yerlarda, boshqa-boshqa nusxalardan yozib, bir-biridan uzoq, xatlari bir-biridan farqli, aliflarni o’ylamasdan yozgan nusxalarining har birining aliflari duosiz ellik bir, duo bilan birga ellik uchda tavofuq qilish bilan birga, Iqtisod Risolasining ta'lif va yozib ko’paytirish yili bo’lgan rumiy taqvim bo’yicha ellik bir va arabiy taqvim bo’yicha ellik uch yilida tavofuqi ham, shubhasiz tasodif bo’lolmaydi. Iqtisoddagi barakaning karomat darajasiga chiqqaniga bir ishoradir. Va bu yilga "Iqtisod yili" nomi loyiqdir.

Darhaqiqat, zamon ikki yil o’tib, iqtisod karomatini Ikkinchi Jahon Urushida har tarafdagi ochlik va buzg’unchilik va isroflar bilan hamda nav'i bashar va hamma iqtisod qilishga majbur ekanini isbot qildi.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

YIGIRMANCHI YOG’DU

Ixlos haqida

(O’n Yettinchi Yog’duning O’n Yettinchi Mulohazasining yetti masalasidan, besh nuqtadan iborat ikkinchi masalasining birinchi nuqtasi ekan, ahamiyatiga binoan Yigirmanchi Yog’du bo’ldi.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اِنَّٓا اَنْزَلْنَٓا اِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ فَاعْبُدِ اللّٰهَ مُخْلِصًا لَهُ الدّ۪ينَ ٭ اَلَا لِلّٰهِ الدّ۪ينُ الْخَالِصُ

oyati bilan va

هَلَكَ النَّاسُ اِلَّا الْعَالِمُونَ وَهَلَكَ الْعَالِمُونَ اِلَّا الْعَامِلُونَ وَهَلَكَ الْعَامِلُونَ اِلَّا الْمُخْلِصُونَ وَالْمُخْلِصُونَ عَلٰى خَطَرٍ عَظ۪يمٍ -اَوْ كَمَا قَالَ-

hadisi sharifilari ham ixlos qanchalar Islomiyatda muhim bir asos ekanini ko’rsatadi. Ixlos masalasining cheksiz nuktalaridan faqat "Besh Nuqta"ni qisqacha bayon qilamiz.

Tanbeh:Muborak Ispartaning shukrga sabab go’zal qismati bo’lib, undagi ahli taqvo va ahli tariqat va ahli ilmning -boshqa yerlarga nisbatan- raqobatkorona ixtiloflari ko’rinmaydi. Garchi lozim bo’lgan haqiqiy muhabbat va ittifoq bo’lmasa ham, zararli muxolafat va raqobat ham boshqa yerlarga nisbatan yo’q.

BIRINCHI NUQTA:

Muhim va mudhish bir savol: Nima uchun ahli dunyo, ahli g’aflat, hatto ahli zalolat va ahli nifoq raqobatsiz ittifoq qilganlari holda; ahli haq va ahli vifoq bo’lgan asxobi diyonat va ahli ilm va ahli tariqat nima uchun raqobatli ixtilof qilmoqda? Ittifoq ahli vifoqning haqqi ekan va zidlik ahli nifoqqa xos ekan, nima uchun bu haq u yerga o’tdi va shu haqsizlik bu yerga keldi?

Javob: Bu alamli va fojiali va ahli hamiyatni yig’latadigan mudhish hodisaning juda ko’p sabablaridan yettisini bayon qilamiz.

BIRINCHISI:Ahli haqning ixtilofi haqiqatsizlikdan kelmagani kabi, ahli g’aflatning ittifoqi ham haqiqatdorlikdan emas. Balki ahli dunyoning va ahli siyosatning va ahli maktab kabi ijtimoiy hayotning tabaqalariga doir muayyan vazifa bilan va maxsus bir xizmat bilan mashg’ul toifalarning, jamoatlarning va jamiyatlarning vazifalari tayin qilinib ayrilgan. Va o’sha vazifalar evaziga oladigan tirikchilik uchun moddiy haqlari va mansabsevarlik va shonu sharaf nuqtasida odamlarning e'tiboridan oladigan {(Hoshiya) Eslatma: Odamlarning e'tibori istanilmaydi, balki beriladi. Berilsa ham, u bilan sevinilmaydi. Sevinsa, ixlosni yo’qotadi, riyoga kiradi. Shonu sharaf orzusi bilan odamlarning e'tibori esa, ajr va mukofot emas, balki ixlossizlik sababli urushish va jazolashdir. Ha, solih amalning hayoti bo’lgan ixlosning zarariga odamlarning e'tibori va shonu sharaf, qabr eshigiga qadar vaqtinchalik bo’lgan oz bir lazzatga muqobil, qabrning narigi tarafida qabr azobi kabi noxush bir shakl olganidan, odamlarning e'tiborini orzu qilish u yoqda tursin, balki undan qo’rqish va qochish lozim. Shuhratparastlapning va shonu sharaf orqasida yugurganlar eshitib qo’ysin!} ma'naviy haqlari tayin qilingan, ayrilgan. Bir-biriga aziyat berish va tortishmoq va raqobatni keltirib chiqaradigan darajada ishtirok yo’q. Shuning uchun, naqadar yomon bir maslakda yursalar ham, bir-birlari bilan ittifoq bo’lishadi. Ammo ahli din va asxobi ilm va arbobi tariqat esa, ularning har birining vazifasi umumga qaragani kabi, oldindan beriladigan haqlari ham aniq va maxsus qilinmagani va har birining ijtimoiy maqomda va odamlarning e'tiborida va chiroyli qabul qilinishdagi hissasi maxsus qilib ajratilmagan(tahassus etmiyor). Bitta maqomga ko’plar nomzod bo’ladi. Moddiy va ma'naviy har bir ajrga ko’p qo’llar cho’zilishi mumkin. Shu nuqtadan bir-biriga aziyat berish va raqobat paydo bo’lib, vifoqni nifoqqa, ittifoqni ixtilofga aylantiradi.

Bu mudhish kasallikning malhami, dorisi ixlosdir. Ya'ni, haqparastlikni nafsparastlikdan ustun qo’yish bilan va Haqning xotiri nafsning va xudbinlikning xotiriga g’olib kelish bilan اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ sirriga sazovor bo’lib,

odamlardan keladigan moddiy va ma'naviy ajrdan istig’no qilib {(Hoshiya) Sahobalarning Qur'onning madhiga sazovor bo’lgan "iysor" xislatini o’ziga raxbar qilish. Ya'ni: Hadya va sadaqaning qabulida boshqasini o’zidan ustun qo’ymoq va din xizmati evazida kelgan moddiy manfaatni istamasdan va qalban talab qilmasdan, faqat ehsoni Ilohiy deb bilib, odamlardan minnat olmasdan va diniy xizmat evaziga ham olmaslikdir. Chunki dinga xizmat evaziga dunyoda hech narsa istamasligi kerakki, ixlos qochmasin. Garchi, ummat ularning tirikchiliklarini ta'minlash uchun haqqi bor. Zakotga ham loyiqlar. Lekin bu istanilmaydi, balki beriladi. Berilgan vaqtda, "xizmatimning ajridir" deyilmaydi. Mumkin qadar qanoat bilan, boshqa loyiq va haqliroq bo'lganlarning nafsini o’z nafsidan ustun ko'rish, وَ يُؤْثِرُونَ عَلٰى اَنْفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ sirriga sazovor bo'lish bilan, bu mudhish tahlikadan qutulib ixlosni qozona oladi.} وَمَا عَلَى الرَّسُولِ اِلَّا الْبَلَاغُ sirriga sazovor bo’lib, yaxshi qabul qilish va yaxshi ta'sir qilish va odamlar e'tiborini qozonishlar Janobi Haqning vazifasi va ehsoni ekanini hamda o’z vazifasi bo’lgan tablig’ga kirmasligini va lozim ham bo’lmaganini va u bilan vazifador emasligini bilish orqali ixlosga muvaffaq bo’ladi. Aks holda ixlosni qochiradi.

IKKINCHI SABAB:

Ahli zalolatning ittifoqlari ularning xorligidan va ahli hidoyatning ixtiloflari ularning izzatidandir. Ya'ni, ahli g’aflat hisoblangan ahli dunyo va ahli zalolat, haq va haqiqatga tayanmaganlari uchun, zaif va xordirlar. Xor bo’lganlari uchun, boshqalardan quvvat olishga muhtojlar. Bu ehtiyojdan, boshqa kishining yordam va ittifoqiga samimiy yopishadilar. Hatto maslaklari zalolat bo’lsa ham, yana ittifoqni muhofaza qiladilar. Go’yo o’sha haqsizlikda bir haqparastlik, o’sha zalolatda bir ixlos, o’sha dinsizlikda dinsizdorona bir mutaassiblik va o’sha bo’linishda ittifoq qiladilar, muvaffaq bo’ladilar. Chunki samimiy ixlos, yomonlikda bo’lsa ham, natijasiz qolmaydi. Ha, ixlos bilan kim nima istasa, Alloh beradi.

{(Hoshiya1) Ha, مَنْ طَلَبَ وَ جَدَّ وَجَدَ bir haqiqat dasturidir. Qamrovliligi keng va kengligi maslagimizni ham ichiga olishi mumkin.}

Ammo ahli hidoyat va diyonat hamda ahli ilm va tariqat: haq va haqiqatga tayanganlari uchun va har biri shaxsan haq yo’lida faqat Rabbini o’ylab, yordamiga ishonishgani uchun, ma'nan o’sha maslakdan keladigan izzatlari bor. Zaiflik his qilgan vaqti, insonlarning o’rniga Rabbiga murojaat qiladi, Undan madad istaydi. Mashrablarning farqliligi bilan, zohir mashrabiga muxolif kishiga nisbatan yordam ehtiyojini to’liq his qilmaydi, ittifoqqa ehtiyojni ko’rolmaydi. Agar xudbinlik va manmanlik bo’lsa, o’zini haqli va muxolifini haqsiz deb o’ylab, ittifoq va muhabbat o’rniga, ixtilof va raqobat o’rtaga kiradi. Ixlosni qochiradi, vazifasi chil-parchin bo’ladi.

Shu mudhish sababning dahshatli natijalarni ko’rmaslikning yagona chorasi, "to’qqiz ishdir":

1- Musbat harakat qilish, ya'ni o’z maslagining muhabbati bilan harakat qilish. Boshqa maslaklarning adovati va uning fikri va ilmiga boshqalarni kamsitish qo’shilmasligi, ular bilan mashg’ul bo’lmaslik.

2- Balki Islomiyat doirasi ichida qaysi mashrabda bo’lsa bo’lsin, muhabbat va qardoshlik va ittifoqqa sabab bo’ladigan ko’p umumiy aloqalar borligini o’ylab ittifoq qilib...

3- Va xar bir haqli maslak sohibi boshqalarning maslagiga qarshi chiqmasdan "Maslagim haq yoki yaxshiroq" deyishga haqqi bor. Aksincha, boshqasining maslagining haqsizligini yoki xunukligiga shama qilib, "Faqat mening maslagim haq" yoxud "mening mashrabim yaxshi" demaydigan insof dasturini o’ziga rahbar qilish.

4- Va ahli haq bilan ittifoq, tavfiqi Ilohiyning sababi va diyonatdagi izzatning asosi ekanini o’ylash bilan...

5- Ham ahli zalolat va haqsizlik -bir-biriga tayanib- jamoat suratidagi kuchli bir shaxsi ma'naviyning dahosi bilan hujumi davrida; o’sha shaxsi ma'naviyga qarshi, eng kuchli yakka holdagi qarshilik ko’rsatish mag’lub ekanini anglab ahli haq tarafidagi ittifoq bilan bir shaxsi ma'naviy chiqarib, o’sha mudhish zalolatning shaxsi ma'naviysiga qarshi haqqoniyatni muhofaza qilish.

6- Va haqni botilning hujumidan qutqarish uchun...

7- Nafsini va manmanligini...

8- Va xato o’ylagan izzatini...

9- Va ahamiyatsiz raqobatkorona hissiyotini tark qilish bilan ixlosni qozonadi, vazifasini haqqi bilan ado qiladi.

{(Hoshiya) Hatto sahih hadis bilan, oxir zamonda Isaviylarning haqiqiy dindorlari ahli Qur'on bilan ittifoq qilib, umumiy dushmanlari bo’lgan dahriylikka qarshi kurashishlari kabi, bu davrda ahli diyonat va ahli haqiqat nafaqat dindoshi, maslakdoshi, qardoshi bo’lganlar bilan samimiy ittifoq qilishi, balki Nasroniylarning haqiqiy dindor ruhoniylari bilan ixtilofga sabab nuqtalarni vaqtinchalik tortishuv va nizoga sabab qilmasdan, umumiy dushmanlari bo’lgan tajovuzkor dinsizlarga qarshi ittifoqqa muhtojdirlar.}

UCHINCHI SABAB:

Ahli haqning ixtilofi, himmatsizlikdan va tubanlikdan hamda ahli zalolatning ittifoqi, oliyhimmatlikdan emas. Balki ahli hidoyatning ixtilofi, oliyhimmatlikning suiiste'molidan va ahli zalolatning ittifoqi, himmatsizlikdan kelgan zaiflik va ojizlikdandir. Ahli hidoyatni oliyhimmatlikdan suiiste'molga va bu orqali ixtilofga va raqobatga chorlagan, oxirat nuqtai nazarida maqtalgan xislat sanalgan savob hirsi va oxiratga oid vazifada qanoatsizlik jihatidan kelib chiqadi. Ya'ni: "Bu savobni men qozonay, bu insonlarni men irshod qilay, mening so’zimni tinglasinlar", deya qarshisidagi haqiqiy qardoshi va haqiqatdan muhabbat va yordamiga va samimiy do’stligiga va yordamiga muhtoj bir zotga nisbatan raqobatkorona vaziyat oladi. "Shogirdlarim nima uchun uning yoniga ketishyapti? Nima uchun unikichalik shogirdlarim yo’q?" deb, o’sha yerdan manmanligi fursat topib, ayblangan xislat bo’lgan mansabsevarlikka mayl uyg’otadi, ixlosni qochiradi, riyo eshigini ochadi.

Bu xatoning va bu yaraning va bu mudhish ruhiy kasallikning dorisi shuki: Janobi Haqning roziligi ixlos bilan qozoniladi. Ergashuvchilarning ko’pligi va ko’p muvaffaqiyat bilan emas. Chunki ular vazifa-i Ilohiyaga oid bo’lgani uchun istanilmaydi, balki ba'zan beriladi. Ha, ba'zan bitta so’z najot topish va Allohning roziligiga sabab bo’ladi. Miqdorga unchalik ham ahamiyat berilmasligi kerak. Chunki ba'zan birgina odamning irshodi, mingta odamning irshodi qadar rizo-i Ilohiyga sabab bo’ladi. Yana, ixlos va haqparastlik esa, musulmonlarning qayerdan va kimdan bo’lsa bo’lsin, foydalanishlariga tarafdor bo’lishdir. Bo’lmasa, "Mendan dars olib savob qozontirsinlar" tushunchasi, nafsning va manmanlikning hiylasidir.

Ey savobga hirsli va oxirat ishlariga qanoatsiz inson! Ba'zi payg’ambarlar kelganki, sanoqli bir necha kishidan boshqa ergashuvchilar bo’lmasa ham o’sha muqaddas payg’ambarlik vazifasining cheksiz ajrini olganlar. Demak, mahorat ergashuvchlarning ko’pligi bilan emas, balki rizo-i Ilohiyni qozonish bilan bo’ladi. Sen kimsanki, hirs bilan "Hamma menga quloq solsin" deya vazifangni unutib, vazifa-i Ilohiyaga qo’shilyapsan? Qabul qildirish mening atrofingga xalqni to’plash Janobi Haqning vazifasidir. Vazifangni qil, Allohning vazifasiga qo’shilma. Yana, haq va haqiqatni eshitgan va aytganga savob qozontirganlar faqat insonlar emas. Janobi Haqning ongli maxluqlari va ruhoniylari va malaklari koinotni to’ldirgan, har tarafni quvontirishgan. Modomiki ko’p savob istar ekansan, ixlosni asos tut va faqat rizo-i Ilohiyni o’yla. Toki og’zingdan chiqqan havodagi muborak kalimalar ixlos bilan va samimiy niyat bilan hayotlansin, jonlansin, cheksiz onglilarning quloqlariga kirib, ularni nurlantirsin, senga ham savob qozontirsin. Chunki, masalan, sen "Alhamdulilloh" deding. Millionlab katta-kichik "Alhamdulilloh" kalimalari havoda izni Ilohiy bilan yoziladi. Naqqoshi Hakiym behuda va isrof qilmagani uchun, juda ko’p muborak kalimalarni tinglaydigan qadar cheksiz quloqlarni yaratgan. Agar ixlos bilan, samimiy niyat bilan havodagi kalimalar hayotlansalar, lazzatli bittadan meva kabi ruhoniylarning quloqlariga kiradilar. Agar rizo-i Ilohiy va ixlos havodagi o’sha kalimalarga hayot bermasa, tinglanilmaydi. Savob ham faqat og’izdagi kalima bilan chegaralanib qoladi. Ovozlari uncha chiroyli bo’lmaganidan, tinglaganlarning kamligidan siqilgan hofizlarning quloqlarida jaranglasin!..

TO’RTINCHI SABAB:

Ahli hidoyatning raqobatli ixtilofi, oqibatni o’ylamaslik va kaltafahmlikdan bo’lmagani kabi, ahli zalolatning samimiy tarzdagi ittifoqlari, oqibatni o’ylashlaridan va uzoqni o’ylab ish tutishlaridan emas. Balki ahli hidoyat haq va haqiqatning ta'siri bilan, nafsning ko’r hissiyotiga berilmasdan, qalb va aqlning kelajakni o’ylaydigan mayllariga tobe bo’lish bilan birga, istiqomatni va ixlosni muhofaza qilolmagani uchun, o’sha yuksak maqomni muhofaza qilolmasdan, ixtilofga tushadilar. Ahli zalolat esa, nafsning va havasning ta'sirida, ko’r va oqibatni ko’rmagan va bir dirham naqd lazzatni bir botmon kelajakdagi lazzatdan ustun qo’ygan hissiyotning taqozolari bilan, bir-biriga samimiy, naqd manfaat va tayyor lazzat uchun shiddatli ittifoq qiladilar. Ha, dunyoviy va tayyor lazzat va manfaat atrofida tuban, qalbsiz va nafsparastlar samimiy ittifoq va ittihod qiladilar. Ahli hidoyat, oxiratga oid va kelajakka taalluqli oxirat mevalariga va kamolotga, qalb va aqlning yuksak dasturlari bilan yuzlanganlari uchun, asosli istiqomat va chinakkam ixlos va g’oyat fidokorona ittihod va ittifoq bo’lishi mumkin ekan, manmanlikdan voz kecholmaganlari uchun, ifrot va tafrit sababli, yuksak quvvat manbai bo’lgan ittifoqni yo’qotadilar, ixlos ham sinadi. Va oxiratga oid vazifa ham ziyon ko’radi. Rizo-i Ilohiy ham osonlikcha qo’lga kiritilmaydi.

Bu jiddiy kasallikning malhami va dorisi: "Al-hubbu filloh" sirri bilan, haq yo’lidagilar hamroh bo’lganidan faxrlanish va orqalaridan ketish; va imomlik sharafini ularga qoldirish; va o’sha Haq yo’lida kim bo’lsa bo’lsin, o’zidan yanada yaxshi bo’lishining ehtimoli bilan, manmanligidan voz kechib, ixlosni qozonish; va ixlos bilan bir dirham amal, ixlossiz botmonlar bilan amallardan ustun ekanini bilib; va ergashishni ham mas'uliyatga sabab va xatarli yo’lboshchilikdan ustun qo’yib, kasallikdan qutuladi va ixlosni qozonadi, oxiratga oid vazifasini aytilganidek ado qila oladi.

BESHINCHI SABAB:

Ahli hidoyatning ixtilofi va ittifoq qilmasligi zaifliklaridan bo’lmagani kabi, ahli zalolatning kuchli ittifog’i ham quvvatlaridan emas. Balki ahli hidoyatning ittifoqsizligi, iymoni komildan kelgan tayanch nuqta va tayanch nuqtadan kelib chiqqan quvvatdan kelib chiqqani kabi, ahli g’aflat va ahli zalolatning ittifoqlari, qalban tayanch nuqta topmaganlari e'tibori bilan zaiflik va ojizliklaridan kelib chiqqan. Chunki zaiflar ittifoqqa muhtoj bo’lgani uchun, kuchli ittifoq qiladilar. Kuchlilar ehtiyojni to’liq his qilmaganlaridan, ittifoqlari zaifdir. Arslonlar tulkilar kabi ittifoqqa muhtoj bo’lmagani uchun, yakka yashaydilar. Yovvoyi echkilar, bo’rilardan himoyalanish uchun, poda tashkil qiladilar. Demak, zaiflarning jamiyati va shaxsi ma'naviysi kuchli bo’lgani kabi, {(Hoshiya) Ovrupa qo’mitalari ichida eng shiddatli va eng ta'sirlisi va bir jihatdan eng kuchlisi, latif jinsli va zaif va nozik bo’lgan ayollarning Amerikadagi "Ayollar Huquq va Hurriyati Qo’mitasi" bo’lgani; yana, millatlar ichida oz va zaif bo’lgan armanilarning qo’mitasi ko’rsatgan kuchli fidokorona vaziyatlari bilan bu muddaomizni tasdiqlaydi.} kuchlilarning jamiyati va shaxsi ma'naviysi ham zaifdir.

Bu sirga latif bir ishora va zarif Qur'oniy bir nuktada, marhamat qilingan: وَ قَالَ نِسْوَةٌ فِى الْمَد۪ينَةِ Muannaslarning jamoatiga, ikkitalik muannas bo’lgani holda, muzakkar fe'li bo’lgan قَالَ deyishi; ham قَالَتِ الْاَعْرَابُ deyish bilan muzakkarlarning jamoatiga muannas fe'li bo’lgan قَالَتْ ta'biri bilan, latifona ishora qiladiki: Zaif va halim va yumshoq ayollarning jamiyati quvvat topadi, qattiqlik va shiddat kasb etib, bir navi rajuliyat qozonadi. Muzakkar fe'lini taqozo qilganidan وَقَالَ نِسْوَةٌ ta'biri bilan, g’oyat chiroyli bo’lgan. Kuchli erkaklar esa, xususan badaviy arab bo’lsa, kuchlariga ishonganlari uchun, jamiyatlari zaif bo’lib, ham ehtiyotkorlik, ham yumshoq bo’lganlari va bir navi ayollik xususiyatini olganlari uchun, muannas fe'lini taqozo qilganidan قَالَتِ الْاَعْرَابُ muannas fe'li bilan ta'bir qilinishi juda o’rinli bo’lgan. Ha, ahli haq g’oyat kuchli bir tayanch nuqtasi bo’lgan iymoni billohdan kelgan tavakkal va taslim bilan, boshqalarga ehtiyojini bildirib, ko’mak va yordamlarini istamaydi. Istasa ham, g’oyat fidokorlik bilan yopishmaydi. Ahli dunyo, dunyo ishlarida haqiqiy tayanch nuqtasida g’aflatda qolganlaridan, zaiflik va ojizlikka tushib, shiddatli suratda yordamchilarga ehtiyojini his qiladi. Samimiy tarzda, balki fidokorlik bilan ittifoq qilishadi.

Ahli haq ittifoqdagi haq quvvatini o’ylamagani va izlamagani uchun, haqsiz va zararli natijasi sifatida ixtilof qilishadi. Haqsiz ahli zalolat esa, ittifoqdagi quvvatni, ojizliklari vositasi bilan his qilganlaridan, katta maqsadlarga erishtirish vositasi bo’lgan ittifoqni qo’lga kiritishgan.

Ahli haqning bu haqsiz ixtilof kasalligining malhami va dorisi:

وَلَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ ر۪يحُكُمْ

oyatidagi shiddatli nahyi Ilohiy, وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوٰى oyatida ijtimoiy hayot jihatidan g’oyat hikmatli amri Ilohiyni harakat dasturi qilixh va ixtilof Islomiyatda qay darajada zararli ekanini va ahli zalolatning ahli haq ustidan g’alabasini qay darajada osonlashtirganini o’ylab, mukammal zaiflik va ojizlik bilan, o’sha ahli haqning jamoatiga fidokorlik bilan, samimiy tarzda qo’shilish, shaxsiyatini unutish orqali riyo va soxtakorlikdan qutulib, ixlosni qo’lga kiritishdir.

OLTINCHI SABAB:

Ahli haqning ixtilofi nomardligidan, himmatsizligidan, hamiyatsizligidan bo’lmagani kabi, g’aflatli ahli dunyoning va ahli zalolatning dunyoga oid ishlarda samimiy ittifoqlari ham mardlikdan, hamiyatdan, himmatdan emasdir. Balki ahli haqning asosan oxiratga oid foydalarni o’ylab, ahamiyatli va ko’plab masalalarga hamiyati, himmati, mardligi bo’linadi. Haqiqiy sarmoya bo’lgan vaqtini bir masalaga sarf qilmagani uchun, maslakdoshlari bilan ittifoqi mustahkamlanmaydi. Chunki masalalar ko’p, doira ham keng. G’aflatli ahli dunyo esa, faqat dunyoviy hayotni o’ylagani uchun, barcha tuyg’ulari bilan hamda ruh va qalbi bilan dunyoviy hayotga oid masalalarga qattiq yopishadi. Va o’sha masalada unga yordam berganga qattiq yopishadi. Va haqiqat nuqtai nazarida besh tiyinga arzimagan va ahli haq unga o’n tiyinlik qiymat bermagan masalalarga, devona bo’lgan olmoschi bir yahudiyning besh tiyinlik shisha bo’lagiga besh lira narx bergani kabi, besh yuz lira qiymatidagi vaqtini o’sha masalaga ayiradi. Albatta, bu qadar narx berib, shiddatli tuyg’ular bilan yopishish, botil yo’lda bo’lsa ham, samimiy ixlos bo’lgani uchun, o’sha masalada muvaffaq bo’ladi va ahli haq ustidan g’alaba qozonadi. Bu g’alaba natijasida ahli haq xorlikka va mahkumlikka va soxtakorlikka va riyoga kirib, ixlosni yo’qotadi. O’sha nomard, himmatsiz, hamiyatsiz bir qism ahli dunyoga tilyog’lamachilik qilishga majbur bo’ladi.

Ey ahli haq! Ey haqparast ahli shariat va ahli haqiqat va ahli tariqat! Bu mudhish ixtilof kasalligiga qarshi bir-biringizning kamchiligini ko’rmasdan, yakdigaringizning aybiga ko’zingizni yumingiz! وَاِذَا مَرُّوا بِاللَّغْوِ مَرُّوا كِرَامًا bo’lgan Furqoniy adab bilan adablaningiz! Va xorijiy dushmanning hujumida dohiliy totrishuvlarni tark qilish va ahli haqni tubanlashishdan va xorlikdan qutqarishni oxiratga oid eng birinchi va eng muhim vazifa deb bilib, yuzlab oyat va Payg’ambarimiz hadislarining qattiq amr qilgan qardoshlik, muhabbat va o’zaro yordamlashishni tatbiq qilib, barcha tuyg’ularingiz bilan ahli dunyodan ham qattiqroq maslakdoshlaringiz bilan va dindoshlaringiz bilan ittifoq qilinlar, ya'ni, ixtilofga tushmangiz. Kichik masalalar uchun qiymatdor vaqtimni sarf qilishdan ko’ra, juda qiymatli vaqtimni zikr va fikr kabi qiymatdor narsalarga sarf qilaman deb chekinib, ittifoqni zaiflashtirmanglar. Chunki ma'naviy jihodda kichik masala deb o’ylagan narsangiz, juda katta bo’lishi mumkin. Bir askarning bir soat muhim va maxsus sharoitdagi navbatchiligi ba'zan bir yil ibodat hukmiga o’tgani kabi, ahli haqning mag’lubiyati zamonida, ma'naviy kurash masalalarida, kichik bir masalaga sarf qilingan sening qiymatdor bir kuning, u askarning o’sha soati kabi ming daraja qiymat olishi, bir kuning ming kun bo’lishi mumkin. Modomiki Alloh uchun ekan, ishning katta-kichigiga, qiymatli va qiymatsizligiga qaralmaydi. Ixlos va rizo-i Ilohiy yo’lida zarra yulduz kabi bo’ladi. Vasilaning mohiyatiga qaralmaydi, natijasiga qaraladi. Modomiki natijasi rizo-i Ilohiydir va asosi ixlosdir, u kichik emas, kattadir.

YETTINCHI SABAB:

Ahli haq va haqiqatning ixtilof va raqobatlari, hasadgo’ylikdan va dunyoga hirsdan kelmagani kabi, ahli dunyoning va ahli g’aflatning ittifoqlari ham mardlikdan va oliyjanoblikdan emas. Balki ahli haqiqat haqiqatdan kelgan oliyjanoblik va oliyhimmatlik va tariqi haqda olqishlangan musobaqani to’liq muhofaza qilolmaganlaridan va mutaxassis bo’lmagan kishilarning ishga kirishi sababli bir daraja suiiste'mol qilganlari, raqobatkorona ixtilofga tushib, ham o’ziga, ham Islom jamoatiga ulkan zarar bo’lgan. Ahli g’aflat va ahli zalolat esa, maftun bo’lgan manfaatlarini yo’qotmaslik va manfaat uchun ibodat qilish darajasida sevgan raislarini va birodarlarini ranjitmaslik uchun, xorliklaridan va nomardliklaridan, hamiyatsizliklaridan, mutloq birodarlari bilan, hatto pastkash va xoin va zararli bo’lsalar ham, xolisona ittihod qilib... ham qay shaklda bo’lsa bo’lsi manfaat atrofida to’plangan sheriklari bilan samimiy ittifoq qiladilar. Samimiyat natijasi sifatida istifoda qiladilar.

Ey musibatzada va ixtilofga tushgan ahli haq va asxobi haqiqat! Ushbu musibat davrida ixlosni qochirganingiz va faqatgina rizo-i Ilohiyni asl g’oya qilmaganingiz, ahli haqning xorlik va mag’lubiyatiga sabab bo’ldingiz. Din va oxiratga oid ishlarda raqobat, suqlanish, hasad va qizg’anish bo’lmasligi kerak. Va haqiqat nuqtai nazarida bo’lolmaydi. Chunki qizg’anish va hasadning sababi, bitta narsaga ko’p qo’llar uzatilishidan va bitta maqomga ko’p ko’zlar tikilishidan va bitta nonni ko’p me'dalar istagani uchun bir-biriga zahmat berish, tortishish, musobaqalashish sababi bilan suqlanishga, so’ngra qizg’anishga tushadilar. Dunyoda bitta narsaga ko’plar tolib bo’lgani hamda dunyo tor va vaqtinchalik ekani sabab, insonning cheksiz orzularini qondira olmagani uchun, raqobatga tushadilar. Lekin oxiratda birgina odamga besh yuz yil

{(Hoshiya) Muhim tarafdan ahamiyatli savol: Rivoyatda kelganki, Jannatda bitta odamga besh yuz yillik Jannat beriladi. Bu haqiqat dunyoviy aqlga qanday sig’adi?

Javob: Bu dunyoda har kimning dunyo qadar xususiy va vaqtinchalik dunyosi bor, u dunyoning ustuni, uning hayotidir. Inson zohiriy va botiniy tuyg’ulari bilan o’sha dunyosidan istifoda qiladi. "Quyosh bir chirog’im, yulduzlar shamlarimdir", deydi. Boshqa yaratilgan borliqlar va jonzotlarning bo’lishlari u odamning egalik qilishiga mone bo’lmaganlari kabi, aksincha uning xususiy dunyosini quvontiradilar, ziynatlantiradilar. Aynan shuning kabi, biroq minglab daraja yuksak, har bir mo’min uchun minglab qasr va huriylarni ichiga olgan xos bog’idan tashqari, umumiy Jannatdan besh yuz yil kenglikda bittadan xususiy Jannati bor. Darajasi nisbatida ochilgan hissiyoti bilan, tuyg’ulari bilan Jannatga va abadiyatga loyiq bir suratda istifoda qiladi. Boshqalarning ishtiroki uning egaligiga va istifoda qilishiga xalaqit bermaganlari kabi, quvvat berishadi. Va xususiy va keng Jannatini ziynatlantirishadi. Ha, bu dunyoda bir odam bir soatlik bir bog’dan va bir kunlik sayrongohdan va bir oylik mamlakatdan va bir yillik saylgohda sayohatidan og’zi bilan, qulog’i bilan, ko’zi bilan, zavqi bilan, zoiqasi bilan, boshqa tuyg’ulari bilan istifoda qilgani kabi; bog’dan faqat bir soat zo’rg’a istifoda qilgan bu foniy mamlakatdagi quvva-i shamma va quvva-i zoiqa boqiy mamlakatda bir yillik bog’dan o’sha istifodani qiladi. Va bu yerda bir yillik saylgohdan zo’rg’a istifoda qila olgan quvva-i basira va quvva-i sami'a u yerda besh yuz yillik saylgohidagi sayohatdan u muhtasham, boshdan oyoq ziynatli mamlakatga loyiq tarzda istifoda qiladi. Har bir mo’min darajasiga va dunyoda qozongan savoblari, hasanalari nisbatida rivojlangan va inkishof etgan tuyg’ulari bilan zavq oladi, lazzatlanadi, istifoda qilgan bo’ladi.}

masofalik bir Jannat ehson qilinishi va yetmish ming qasr va huriylar berilishi va ahli Jannatdan harkim o’z hissasidan to’liq rozilik bilan mamnun bo’lishi ishorasi ko’rsatadiki, oxiratda raqobatga sabab hech narsa yo’q va raqobat ham bo’lolmaydi. Unday bo’lsa, oxiratga oid bo’lgan solih amallarda ham raqobat bo’lolmaydi, qizg’anish yeri emas. Qizg’angan odam yo riyokordir, solih amallar bilan dunyoviy natijalarni qidiradi, yoxud sodiq johil bo’lib, solih amallar qayerga qaraganini bilmaydi va solih amallarning ruhi, asosi ixlos ekanini idrok qilmaydi. Raqobat surati bilan avliyoullohga nisbatan bir navi adovat bilan, Allohning keng rahmatiga tuhmat qiladi. Bu haqiqatni quvvatlantirgan bir voqea:

Eski birodarlarimizdan bir odamning bir odamga adovati bor edi. U odamning yonida maqtab, uning dushmanini solih amal bilan, hatto valiylik bilan ta'rif qilindi. U odam qizg’anmadi, siqilmadi. So’ngra undan: "Sening u dushmaning jasur, kuchli", deb so’rashdi. Qarasak, u odamda qattiq qizg’anish va raqobat hissi uyg’ondi. Unga: "Valiylik va solihlik cheksiz abadiy hayotning olmosi kabi quvvat va yuksaklikdir. Sen unga bu jihatdan qizg’anmading. Dunyoviy kuch ho’kizda va jasorat jonivorda ham bo’lish bilan birga, valiylik va solihlikka nisbatan, bir oddiy shisha parchasining olmosga nisbati kabidir", dedik. U odam aytdiki: "Bu dunyoda bir nuqtaga, bir maqomga ikkovimiz ko’zimizni tikkanmiz. U yerga chiqish uchun zinalarimiz kuch va jasorat kabi narsalardir. Shuning uchun qizg’andim. Oxirat maqomlari cheksizdir. U bu yerda mening dushmanim ekan, u yerda mening samimiy va sevikli qardoshim bo’lishi mumkin."

Ey ahli haqiqat va tariqat! Haqqa xizmat, ulkan va og’ir xazinani tashish va muhofaza qilish kabidir. U xazinani yelkasida tashiganlarga qanchalar kuchli qo’llar yordamga kelishsa, shuncha ko’p sevinadilar, mamnun bo’ladilar. Qizg’anish u yoqda tursin, g’oyat samimiy muhabbat bilan kelganlarning ulardan ko’proq kuchlarini va kuchli ta'sirlarini va yordamlarini faxr bilan olqishlamoq lozim kerak ekan, nima uchundir haqiqiy qardoshlarga va fidokor yordamchilarga raqobat bilan qaralmoqda va bu hol bilan ixlos qochmoqda.

Vazifangizda tuhmatga qolib, ahli zalolatning nazarida sizdan va sizning maslagingizdan yuz daraja past bo’lgan, din bilan dunyo qozonish va ilmi haqiqat bilan tirikchilikni ta'minlash, tama va hirs uchun raqobat qilish kabi mudhish ayblovlarga qolmoqdasiz. Bu kasallikning yagona chorasi: Nafsini ayblash va nafsiga emas, doimo qarshisidagi maslakdoshiga tarafdor bo’lish. Fanni Odob va Ilmi Munozaraning olimlari oralaridagi haqparastlik va insof dasturlari shunday bo’lgan: "Agar bir masalaning munozarasida o’z so’zining haqli chiqishiga tarafdor bo’lib va haq bo’lib chiqqanida sevinsa va raqibining haqsiz va xato qilganiga mamnun bo’lsa, insofsizdir." Ham zarar ko’radi. Chunki haqli chiqsa, munozarada bilmagan narsasini o’rganmaydi, balki g’urur ehtimoli bilan zarar ko’rishi mumkin. Agar haq, raqibining qo’lida chiqsa, zararsizdir. Bilmagan masalani o’rganib, manfaatdor bo’ladi, nafsning g’ururidan qutuladi. Demak, insofli haqparast, haqning xotiri uchun nafsning xotirini sindiradi. Raqibining qo’lida haqni ko’rsa, rozilik bilan qabul qilib, tarafdor bo’lib, sevinadi.

Bu dasturni ahli din, ahli haqiqat, ahli tariqat, ahli ilm o’zlariga rahbar qilihshsa, ixlosni qozonadilar. Va oxiratga oid vazifalarida muvaffaq bo’ladilar. Va bu fojiali qulash va hozirgi musibatdan rahmati Ilohiya bilan qutuladilar.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

YIGIRMA BIRINCHI YOG’DU

Ixlos haqida

(O’n Yettinchi Yog’duning O’n Yettinchi Mulohazasining yetti masalasidan To’rtinchi Masalasi ekan, ixlos munosabati bilan Yigirmanchi Yog’duning Ikkinchi Nuqtasi bo’ldi. Nuroniyatiga binoan Yigirma Birinchi Yog’du bo’lib Yog’dularga kirdi.)

Bu Yog’du loaqal har o’n besh kunda bir marta o’qilishi kerak.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَلَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ ر۪يحُكُمْ ٭ وَ قُومُوا لِلّٰهِ قَانِت۪ينَ ٭ قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّٰيهَا وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسّٰيهَا ٭ وَلَا تَشْتَرُوا بِاٰيَات۪ى ثَمَنًا قَل۪يلًا

Ey qiyomatli qardoshlarim va ey Qur'on xizmatida birodarlarim! Bilasiz va bilingizki: Bu dunyoda, xususan oxiratga oid xizmatlardaeng muhim asos, eng buyuk quvvat, eng maqbul shafoatchi, eng metin tayanch nuqtasi, eng qisqa haqiqat yo’li, eng maqbul ma'naviy duo, eng karomatli maqsadlar vasilasi, eng yuksak xislat, eng sof ubudiyat ixlosdir.Modomiki ixlosda mazkur xossalar kabi ko’p nurlar va ko’p quvvatlar bor ekan, va modomiki bu mudhish zamonda va dahshatli dushmanlar qarshisida va shiddatli tazyiqlar qarshisida va bosqinchi bid'atlar, zalolatlar ichida bizlar g’oyat kam va zaif va faqir va quvvatsiz holimizda, g’oyat og’ir va buyuk va umumiy va muqaddas bir iymoniy vazifa va Qur'on xizmati yelkamizga ehsoni Ilohiy tarafidan qo’yilgan ekan. Albatta, harkimdan ko’ra ko’proq butun quvvatimiz bilan ixlosni qozonishga majbur va vazifadormiz va ixlosning sirrini o’zimizda joylashtirishga juda qattiq muhtojmiz.

Bo’lmasa, ham hozirgacha qozongan muqaddas xizmatimiz qisman yo’qoladi, davom etmaydi, ham qattiq mas'ul bo’lamiz. وَلَا تَشْتَرُوا بِاٰيَات۪ى ثَمَنًا قَل۪يلً oyatidagi Allohning qattiq nahyiga uchrab, abadiy saodatli hayotimiz zarariga ma'nosiz, keraksiz, zararli, qayg’uli, xudfurushona, xunuk, ikkiyuzlama ba'zi past hislar va kichik manfaatlarning xotiri uchun, ixlosni sindirib: ham bu xizmatdagi umum qardoshlarimizning huquqiga tajovuz, ham xizmati Qur'oniyaning xizmatiga hujum, ham iymon haqiqatlarining muqaddasligiga hurmatsizlik qilgan bo’lamiz.

Ey qardoshlarim! Muhim va buyuk xayrli ishlarning zararli monelari ko’p bo’ladi. Shaytonlar u xizmatning xodimlari bilan ko’p kurashadi. Bu monelarga va bu shaytonlarga qarshi ixlos kuchiga tayanish kerak. Ixlosni sindiradigan sabablardan ilondan, chayondan qochgandek qoching. Hazrati Yusuf Alayhissalom

اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّٓوءِ اِلَّا مَا رَحِمَ رَبّ۪ى

deganlaridek, nafsi ammoraga ishonib bo’lmaydi. Anoniyat va nafsi ammora sizni aldab qo’ymasin. Ixlosni qozonish va muhofaza qilish va monelarni daf qilish uchun quyidagi dasturlar rahbaringiz bo’lsin.

BIRINCHI DASTURINGIZ:

Amalingizda rizo-i Ilohiy bo’lishi kerak. Agar U rozi bo’lsa, butun dunyo ranjisa, ahamiyati yo’q. Agar U qabul qilsa, hamma odamlar rad qilsa ham, ta'siri yo’q. U rozi bo’lgandan va qabul qilgandan so’ng, istasa va hikmati taqozo qilsa, sizlar istamagan bo’lsangiz ham, odamlarga ham qabul qildiradi, ularni ham rozi qiladi. Shuning uchun, bu xizmatda to’g’ridan-to’g’ri faqat Janobi Haqning roziligini asos maqsad qilish kerak.

IKKINCHI DASTURINGIZ:

Ushbu Qur'on xizmatida bo’lgan qardoshlaringizni tanqid qilmaslik va ularning ustida fazilatfurushlik qilib, hasad hissini qo’zg’atmaslik kerak. Chunki, insonning bir qo’li boshqa qo’li bilan raqobat qilmaydi, bir ko’zi boshqa ko’zini tanqid qilmaydi, tili qulog’iga e'tiroz qilmaydi, qalb ruhning aybini ko’rmaydi. Balki bir-birining nuqsonini to’ldiradi, kamchiligini berkitadi, ehtiyojiga yordam beradi, vazifasiga ko’maklashadi. Bo’lmasa inson badanining hayoti so’nadi, ruhi qochadi, jismi ham nuraydi. Yana bir fabrikaning charxlari bir-biri bilan raqobat qilmaydi, bir-birining oldiga o’tib hukmini o’tkazmaydi, bir-birining aybini ko’rib tanqid qilib mehnatga shavqini sindirib, faoliyatsizlikka duchor qilmaydi. Balki barcha iste'dodlari bilan, bir-birining harakatini umumiy maqsadga qaratish uchun yordam qiladi, haqiqiy hamjihatlik, ittifoq bilan yaratilish g’oyalari sari yuradilar. Agar zarra miqdor tajovuz, hukm o’tkazish qo’shilsa, fabrikani tartibsizlikka uchratadi, natijasiz-samarasiz qoldiradi. Fabrika sohibi ham o’sha fabrikani butunlay buzib tashlaydi.

Xullas, ey Risola-i Nur shogirdlari va Qur'on xizmatkorlari! Sizlar va bizlar shunday insoni komil ismiga loyiq bir shaxsi ma'naviyning a'zolarimiz. Va abadiy hayot ichidagi abadiy saodatni natija bergan bir fabrikaning charxlari hukmidamiz. Va sohili salomat bo’lgan Dorus-Salomga ummati Muhammadiyani (ASV) chiqargan safina-i Rabboniyada ishlagan xizmatchilarmiz. Albatta, to’rt kishidan iborat bir ming bir yuz o’n bir bo’lgan ma'naviy quvvatni ta'min qilgan ixlos sirrini qozonish bilan, hamjihatlik va haqiqiy ittihodga muhtojmiz va majburmiz. Ha, uchta alif birlashmasa, uch qiymati bor. Son o’laroq yonma-yon turish sirri bilan ittihod qilsa, bir yuz o’n bir qiymatini oladi. To’rt karra to’rt alohida-alohida bo’lsa, o’n olti qiymatiga ega. Agar qardoshlik sirri va maqsadda birlashish va vazifada ittifoq bilan tavofuq qilib bir chiziq ustida yelkani yelkaga bersalar, o’sha vaqt to’rt ming to’rt yuz qirq to’rt quvvatida va qiymatida bo’lganlari kabi, haqiqiy ixlos sirri bilan, o’n oltita fidokor qardoshlarning ma'naviy kuch va qiymati to’rt mingdan o’tganiga juda ko’p tarixiy voqealar guvohlik qiladi. Bu sirning sirri shuki, haqiqiy, samimiy ittifoqda har bir kishi boshqa qardoshlarning ko’zi bilan ham qaray oladi va quloqlari bilan ham eshita oladi. Go’yo o’n haqiqiy birlashgan odamning har biri yigirmata ko’z bilan qaraydigan, o’nta aql bilan o’ylaydigan, yigirmata quloq bilan eshitadigan, yigirmata qo’l bilan ishlaydigan ma'naviy qiymat va kuchlari bor.

{(Hoshiya) Ha, ixlos sirri bilan samimiy hamjihatlik va birdamlik, cheksiz manfaatga sabab bo’lgani kabi, qo’rquvlarga, hatto o’limga qarshi eng muhim bir qalqon, bir tayanch nuqtasidir. Chunki o’lim kelsa, bir ruhni oladi. Haqiqiy qardoshlik sirri bilan rizo-i Ilohiy yo’lida, oxiratga taalluqli ishlarda, qardoshlari sanog’icha ruhlari bo’lganidan; bittasi o’lsa, "Boshqa ruhlarim omon qolsinlar. Zero u ruhlar har vaqt menga savoblar qozontirish bilan ma'naviy hayotni davom qildirganlaridan, men o’lmayapman" deb, o’limni kulib qarshilaydi. "Va u ruhlar vositasida savob jihatidan yashayapman, lekin gunoh jihatidan o’lyapman" deydi, tinch yotadi.}

UCHINCHI DASTURINGIZ:

Barcha kuchingizni ixlosda va haqda deb bilishingiz kerak. Ha, kuch haqdadir va ixlosdadir. Haqsizlar ham, haqsizliklari ichida ko’rsatgan ixlos va samimiyatlari tufayli kuch qozonadilar. Ha, kuch haqda va ixlosda ekaniga bir dalil, shu xizmatimizdir. Bu xizmatimizda ozgina ixlos bu da'voni isbot qiladi va o’zi-o’ziga dalil bo’ladi. Chunki yigirma yildan ortiq o’z yurtimda va Istanbulda qilgan ilmiy va diniy xizmatimizga muqobil, bu yerda siz bilan yetti-sakkiz yilda yuz daraja ortiq xizmat qilindi. Holbuki, o’z mamlakatimda va Istanbulda bu yerda men bilan xizmat qilgan qardoshlarimdan yuz, balki ming marta ko’p yordamchilarim bor ekan, bu yerda men yolg’iz, kimsasiz, g’arib, yaxshi yozishni bilmaydigan, insofsiz xodimlarning ta'qiblari va tazyiqlari ostida yetti-sakkiz yil sizlar bilan qilgan xizmatimiz, yuz daraja eski xizmatdan ko’ra ko’proq muvaffaqiyatni ko’rsatgan ma'naviy kuch, sizlardagi ixlosdan kelganiga qat'iyan shubham qolmadi.

Ham e'tirof qilamanki, samimiy ixlosingiz bilan, shon va sharaf pardasi ostida nafsimni erkalagan riyodan meni bir daraja qutqardingiz. Inshoalloh, chinakkam ixlosga muvaffaq bo’lasiz, meni ham chinakkam ixlosga yo’llaysiz. Bilasizki, Hazrati Ali (RA) o’sha mo’'jidek karomati bilan va Hazrati G’avsi A'zam (QS) o’sha hayratlanarli g’aybiy karomati bilan, sizlarga ixlos sirriga binoan iltifot ko’rsatmoqdalar. Va himoya qilib, tasalli berib, xizmatingizni ma'nan olqishlamoqdalar. Ha, hech shubhangiz bo’lmasin, bu e'tiborlari ixlosga binoan keladi. Agar bilib turib ushbu ixlosni sindirsangiz, ulardan ta'zir yeysiz. O’ninchi Yog’dudagi shafqat ta'zirlarini eslanglar. Bunday ma'naviy qahramonlarni orqangizda tayanch, boshingizda ustoz sifatida ko’rishni istasangiz وَ يُؤْثِرُونَ عَلٰٓى اَنْفُسِهِمْ sirri bilan chinakam ixlosni qozoninglar. Sharafda, maqomda, e'tiborda, hatto moddiy manfaat kabi nafsga yoqadigan narsalarda qardoshlaringizning nafslarini o’z nafsingizdan ustun qo’yinglar. Hatto eng latif va go’zal bir iymoniy haqiqatni muhtoj bir mo'minga bildirishdek eng ma’sum, zararsiz bir manfaatda, mumkin bo’lsa, nafsingizga xudbinlik kelmasligi uchun, siz xohlamagan bir do’stingiz orqali qildirish sizga yoqsin. Agar "Men savob qozonay, bu go’zal masalani men aytay", degan orzuingiz bo’lsa, garchi unda gunoh va zarar bo’lmasa ham, lekin orangizdagi ixlos sirriga zarar kelishi mumkin.

TO’RTINCHI DASTURINGIZ:

Qardoshingizning ustunliklarini shaxslaringizda va fazilatlarini o’zingizda tasavvur qilib, ularning sharaflari bilan shokirona iftixor qilishdir. Ahli tasavvufning mobaynida "fano fish-shayx, fano fir-rasul" ta'birlari bor. Men so’fiy emasman. Lekin ularning bu dasturi bizning maslagimizda "fano fil-ixvon" suratida go’zal bir dastur hisoblanadi. Qardoshlar orasida bunga "tafoniy" deyiladi. Ya'ni, bir-birida foniy bo’lishdir. Ya'ni: O’z nafsoniy hissiyotini unutib, qardoshlarining ustunliklari va hissiyoti bilan fikran yashamoqdir. Zotan, maslagimizning asosi qardoshlikdir. Ota bilan o’gil, shayx bilan murid mobaynidagi vosita emas. Balki haqiqiy qardoshlik vositalaridir. Juda nari borsa, bir ustozlik o’rtaga kiradi. Maslagimiz "Xaliliya" bo’lgani uchun, mashrabimiz "xillat"dir. Xillat esa, eng yaqin do’st va eng fidokor birodar va eng go’zal taqdirlovchi yo’ldosh va eng mard qardosh bo’lishni taqozo qiladi. Bu xillatning ussul asosi, samimiy ixlosdir. Samimiy ixlosni sindirgan odam, bu xillatning g’oyat yuksak minorasi ustidan qulaydi. G’oyat chuqur bir chohga tushish ehtimoli bor. O’rtada tutadigan yer topolmaydi.

Ha, yo’l ikkita ko’rinmoqda. Hozir Qur'onning katta yo’li bo’lmish bu maslagimizdan chiqqanlar, bizga dushman bo’lgan dinsizlik quvvatiga bilmasdan yordam berishlari ehtimoli bor. Inshoalloh, Risola-i Nur yo’li bilan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning muqaddas doirasiga kirganlar doimo nurga, ixlosga, iymonga quvvat beradilar va unday chohlarga tushmaydilar.

Ey Qur'on xizmatida birodarlarim! Ixlosni qozonishning va muhofaza qilishning eng ta'sirli bir yo’li, robita-i mavtdir. Ha, ixlosga ziyon yetkazgan va riyoga va dunyoga chorlagan, uzundan uzun orzular bo’lgani kabi, riyodan nafrat qildirgan va ixlosni qozontirgan narsa robita-i mavtdir. Ya'ni, o’limini o’ylab, dunyoning foniyligini mulohaza qilib, nafsning hiylalaridan qutulishdir. Ha, ahli tariqat va ahli haqiqat Qur'oni Hakimning

كُلُّ نَفْسٍ ذَٓائِقَةُ الْمَوْتِ ٭ اِنَّكَ مَيِّتٌ وَاِنَّهُمْ مَيِّتُونَ

kabi oyatlaridan olgan darslari bilan, robita-i mavtni suluklarida asos tutganlar. Uzundan uzun orzularning manbai bo’lgan abadiy dunyoda qolish o’yini o’sha robita bilan yo’qotganlar. Ular faraziy va xayoliy suratda o’zlarini o’lgandek tasavvur va xayol qilib hamda yuvilayotganini, qabrga qo’yilayotganini faraz qilib, o’ylab-o’ylab nafsi ammora o’sha xayol va tasavvurdan ta'sirlanib, uzun orzularidan bir daraja voz kechadi. Bu robitaning foydalari juda ko’p. Hadisda اَكْثِرُوا ذِكْرَ هَادِمِ اللَّذَّاتِ -اَوْ كَمَا قَالَ - ya'ni: "Lazzatlarni buzib achchiqlashtirgan o’limni ko’p zikr qilinglar!" deb ushbu robitani dars beradi. Lekin maslagimiz tariqat bo’lmagani, balki haqiqat bo’lgani uchun, bu robitani ahli tariqat kabi faraziy va xayoliy suratda tatbiq qilishga majbur emasmiz. Ham haqiqat maslagiga uyg’un kelmaydi. Balki oqibatni o’ylash suratida, istiqbolni hozirgi zamonga keltirish emas, balki haqiqat nuqtasida hozirgi zamondan istiqbolga fikran borish, nazaran qarashdir. Ha, hech xayolga, farazga ehtiyoj qolmasdan, bu qisqa umr daraxtining uchidagi yolg’iz mevasi bo’lgan o’z o’limiga qaray oladi. Shu orqali o’z shaxsining o’limini ko’rgani kabi, bir oz oldinga borsa, asrining o’limini ham ko’radi. Yana bir oz oldinga borsa, dunyoning o’limini ham mushohada qiladi, mukammal ixlosga yo’l ochadi.

Ikkinchi Sabab:Iymoni tahqiqiyning quvvati bilan va ma'rifati Sone'ni natija bergan san'atli asarlardagi iymoniy tafakkurdan kelgan yog’dular bilan bir navi huzur qozonib, Xoliqi Rahiymning hozir va nozir ekanini o’ylab, Undan boshqasining e'tiborini qidirmasdan, huzurida boshqalarga qarash, madad qidirish o’sha huzurning adabiga muxolif ekanini o’ylab, riyodan qutulib ixlosni qozonadi. Nima bo’lganda ham. Bunda ko’p darajalar, martabalar bor. Hamma o’z hissasiga ko’ra qanchalar istifoda qila olsa, shunchalik foydadir. Risola-i Nurda riyodan qutqaradigan, ixlosni qozontiradigan ko’p haqiqatlar zikr qilinganidan, unga havola qilib, bu yerda tugatamiz.

Ixlosni sindiradigan va riyoga chorlagan juda ko’p sabablardan ikki-uchtasini qisqacha bayon qilamiz.

Birinchisi:Moddiy manfaat jihatidan kelgan raqobat asta-sekin ixlosni sindiradi. Yana, xizmatning natijasiga zarar yetkazadi. Yana, o’sha moddiy manfaatni ham qochiradi. Ha, haqiqat va oxirat uchun xizmat qilganlarga nisbatan bu millat doimo hurmat qilgan va yordam berish fikrida bo’lgan. Va amalda ularning haqiqiy ixloslariga va sadoqatli xizmatlariga bir jihatda ishtirok qilish niyatida, ularning moddiy ehtiyojlarini ta'minlash bilan mashg’ul bo’lib, vaqtlarini zoye qilmaslik uchun, sadaqa va hadya kabi moddiy manfaatlar bilan yordam berib, hurmat ko’rsatishgan. Lekin bu ko’mak va manfaat istalmaydi, balki beriladi. Yana, qalban orzu qilib muntazir qolish bilan, hol tili bilan ham istanilmaydi, balki kutmagan holida beriladi. Bo’lmasa ixlosi buziladi. Yana, وَلَا تَشْتَرُوا بِاٰيَات۪ى ثَمَنًا قَل۪يلًا oyatining ta'qiqiga yaqinlashadi, amali qisman yonadi. Bu moddiy manfaatni orzu qilib muntazir bo’lish bilan nafsi ammora xudbinligi bois, o’sha manfaat boshqasiga tegmasligi uchun, haqiqiy bir qardoshiga va o’sha xususiy xizmatdagi birodariga qarshi raqobat hissini uyg’otadi. Ixlosi buziladi, xizmatda muqaddaslikni yo’qotadi. Ahli haqiqat nazarida xunuk vaziyat oladi. Va moddiy manfaatni ham yo’qotadi. Nima bo’lganda ham. Gapiraman desa gap ko’p. Gapni cho’zmasdan, faqat haqiqiy qardoshlarimning ichida ixlos sirrini va samimiy ittifoqni kuchaytiradigan ikki misol aytaman.

Birinchi Misol:Ahli dunyo, katta boylik va shiddatli quvvat qo’lga kiritish uchun, hatto bir qism ahli siyosat va bashariyat ijtimoiy hayotining muhim ijrochilari va qo’mitalari moliyaviy sheriklik dasturini o’zlariga rahbar qilishgan. Barcha suiiste'mollar va zararlari bilan birga, hayratlanarli quvvat va manfaatni qo’lga kiritmoqdalar. Holbuki moliyaviy sheriklikning ko’p zararlari bilan birga, sheriklik bilan mohiyati o’zgarmaydi. Har biri umumga garchi bir jihatda va nazoratda sohib hukmida bo’lsa ham, ammo foydalana olmaydi. Nima bo’lganda ham. Bu moliyaviy sheriklik dasturi oxiratga oid ishlarga kirsa, zararsiz ulkan manfaatga sabab bo’ladi. Chunki barcha mol-mulk o’sha ishtirok qilgan har bir kishining qo’liga batamom o’tishining sirrini mujassam qilgan. Chunki, qandayki, to’rt-besh odam sheriklik niyati bilan biri kerasin, biri pilik, biri chiroq, biri shisha, biri gugurt keltirib chiroqni yoqsalar, har biri butun bir chiroqqa sohib bo’ladi. O’sha ishtirok qilganlarning har birining honasida katta bir oynasi bo’lsa, bittadan chiroq bo’linmasdan har birining nuqsonsiz, xona bilan birga oynasiga kiradi. Aynan shuning kabi, oxiratga oid mollarda ixlos sirri bilan sheriklik va qardoshlik sirri bilan hamjihatlik va ittihod sirri bilan hamkorlik qilish, o’sha amallardagi sheriklikdan hosil bo’lgan umum natija va umum nur har birining amallar daftariga butunlay kirishi, ahli haqiqat mobaynida ko’rilgan va sodir bo’lgan. Va Alloh karamining va rahmati kengligining taqozosidir.

Ey qardoshlarim! Sizlarni inshoalloh moddiy manfaat raqobatga yetaklamaydi. Lekin oxirat manfaati nuqtasida bir qism ahli tariqat aldanganlari kabi, siz ham aldanishingiz mumkin. Ammo shaxsiy, oz bir savob qayerda-yu, mazkur misol hukmidagi amallardagi sheriklik nuqtasida namoyon bo’lgan savob va nur qayerda?

Ikkinchi Misol:Ishlab chiqaruvchilar ishning unumdorligini oshirish uchun, hamkorlikda ishlab ulkan boylik qo’lga kiritmoqdalar. Avvalda tikuv ignalari yasovchi o’nta odam alohida-alohida ishlashgan. Yakka mehnatning natijasi esa kuniga bor-yo’g’i uchta igna bo’lgan. So’ngra hamkorlik dasturi bilan o’nta odam birlashgan. Biri temir keltirgan, biri o’choqqa o’t qalagan, biri teshik ochgan, biri o’choqqa tiqqan, biri uchini charxlagan va hokazo har biri igna yasash san'atida faqat maxsus bir ish bilan mashg’ul bo’lib, shug’ullangan ishi sodda bo’lganidan, vaqt zoye bo’lmasdan, o’sha ishda malaka qozonib, g’oyat tezlik bilan vazifasini bajargan. So’ngra hamkorlik va ishni taqsimlash dasturi bilan ishning natijasini taqsimlaganlar. Har biriga bir kunda uch ignaga badal uch yuz igna to’g’ri kelganini ko’rganlar. Bu hodisa ahli dunyo ishlab chiqaruvchilari orasida, ularni hamkorlik qilishga chorlash uchun tillarida doston bo’lgan.

Ey qardoshlarim! Modomiki dunyoviy ishlarda, moddiy narsalarda ittihod, ittifoq bilan natijalar bunday ulkan yakuniy foydalar berar ekan. Ajabo, oxiratga oid va nuroniy va bo’linish hamda taqsimlanishga muhtoj bo’lmagan va fazli Ilohiy bilan har birining oynasiga umum nur aks etishi va har biri hamma qozongan mislicha savobga sohib bo’lish, qanchalar buyuk foyda ekanini qiyos qiling. Bu ulkan foyda raqobat va ixlossizlik bilan qo’ldan chiqarilmasligi kerak.

Ixlosni sindiradigan ikkinchi mone:Mansabsevarlikdan kelgan shuhratparastlik turtkisi bilan va shon-sharaf pardasi ostida odamlar e'tiborini qozonish, diqqat nazarini o’ziga jalb qilish bilan anoniyatni erkalash va nafsi ammoraga bir maqom berish bo’lib, eng muhim ruhiy kasallik bo’lgani kabi, "yashirin shirk" deb ta'bir qilingan riyokorlikka, maqtanchoqlikka eshik ochadi, ixlosga ziyon yetkazadi.

Ey qardoshlarim! Qur'oni Hakimning xizmatidagi maslagimiz haqiqat va qardoshlik bo’lgani va qardoshlikning sirri, shaxsiyatini qardoshlar ichida foniy

qilib, {(Hoshiya) Ha, baxtiyor kishi, kavsari Qur'oniydan suzilgan shirin, ulkan bir hovuzni qozonish uchun, bir muz parchasi navidagi shaxsiyatini va anoniyatini o’sha hovuz ichiga tashlab eritgandir.} ularning nafslarini o’z nafsidan ustun qo’yish" kerakligi uchun, o’rtamizda bu turdagi mansabsevarlikdan kelgan raqobat ta'sir qilmasligi kerak. Chunki maslagimizga butkul ziddir. Modomiki qardoshlarning sharafi umumiy bo’lib, har bir kishiga oid bo’lishi mumkin. Men umid qilamanki, Risola-i Nur shogirdlari buyuk ma'naviy sharafni shaxsiy, xudfurushona, raqobatkorona, arzimas sharaf va shuhratga fido qilishdan yuz daraja uzoqdirlar. Ha, Risola-i Nur shogirdlarining qalbi, aqli, ruhi bunday tuban, zararli, past narsalarga tubanlashmaydi. Lekin harkimda nafsi ammora bor. Ba'zan esa nafsoniy hissiyotlar tuyg’ularga ta'sir qiladi. Bir daraja hukmini qalb, aql va ruhning istaklariga qarshi ijro qiladi. Sizlarning qalb va ruh va aqlingizni ayblamayman. Risola-i Nur bergan ta'sirga binoan sizlarga ishonaman. Lekin nafs va havo va his va vahima ba'zan aldaydilar. Shuning uchun, ba'zan shiddatli ogohlantirilasiz. Bu shiddat nafs va havo va his va vahimaga qaraydi, ehtiyotli harakat qilinglar. Ha, agar maslagimiz shayxlik bo’lsa edi, maqom bitta bo’lardi yoxud sanoqli maqomlar bo’lardi. O’sha maqomga ko’plab iste'dodlar nomzod bo’lardi. Hasad bilan bir xudbinlik bo’lishi mumkin edi. Biroq maslagimiz qardoshlikdir. Qardosh qardoshga ota bo’lolmaydi, murshid vaziyatini ko’rsatolmaydi. Qardoshlikdagi maqom kengdir. Hasad bilan bir-birga aziyat berishga sabab bo’lolmaydi. Juda nari borsa, qardosh qardoshga yordamchi va tayanch bo’ladi, xizmatini to’ldiradi. Padarona, murshidona maslaklardagi hasad bilan savob hirsi va yuksak himmat jihatidan juda zararli va xatarli natijalar vujudga kelganiga dalil, ahli tariqatning shunchalar muhim va azim kamolotlari va manfaatlari ichida ixtiloflar va raqobat natijasida qo’rqinchli natijalar bo’lib, ularning u azim, muqaddas quvvatlari bid'at shamollariga qarshi dosh berolmayapti.

Uchinchi mone:Qo’rquv va tamadir. Bu mone boshqa bir qism monelar bilan birga "Hujumoti Sitta"da batamom izoh qilinganidan, unga havola qilib, Janobi Arhamurrohimindan barcha Asmo-i Husnasini shafoatchi qilib niyoz qilamizki: "Bizlarni chinakkam ixlosga muvaffaq aylasin... Omiyn..."

اَللّٰهُمَّ بِحَقِّ سُورَةِ الْاِخْلَاصِ اِجْعَلْنَا مِنْ عِبَادِكَ الْمُخْلِص۪ينَ الْمُخْلَص۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

Bir qism qardoshlarimga xususiy bir maktubdir

Yozishdan zerikkan va ibodat oylari bo’lgan shuhuri salosada boshqa virdlarni, besh jihatdan ibodat sanalgan

{(Hoshiya) Bu qiymatli maktubda Ustozimiz ishora qilgan besh xil ibodatning izohini o’zlaridan so’radik. Olgan izohimiz quyidagicha:

1- Eng muhim kurash bo’lgan ahli zalolatga qarshi ma'nan kurashish.

2- Ustoziga haqiqatlarni yoyish jihatidan yordam suratida xizmat qilish.

3- Musulmonlarga iymon jihatidan xizmat qilish.

4- Qalam bilan ilm tahsil qilish.

5- Ba'zan bir soati bir yil ibodat hukmiga o’tgan tafakkuriy ibodatni qilish.

Rushdu, Xusrav, Ra'fat}

Risola-i Nurni yozishdan ustun qo’ygan qardoshlarimga ikki hadisi sharifning bir nuktasini aytaman.

Birinchisi:

يُوزَنُ مِدَادُ الْعُلَمَاءِ بِدِمَاءِ الشُّهَدَاءِ -اَوْ كَمَا قَالَ

Ya'ni: "Mahsharda ulamo-i haqiqat sarf qilgan siyohlari, shahidlarning qoni bilan o’lchanadi, o’sha qiymatda bo’ladi."

Ikkinchisi:

مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّت۪ى عِنْدَ فَسَادِ اُمَّت۪ى فَلَهُ اَجْرُ مِاَةِ شَه۪يدٍ -اَوْ كَمَا قَالَ

Ya'ni: "Bid'atlar va zalolatlarning istilosi zamonida Sunnati Saniyani va haqiqati Qur'oniyani mahkam ushlab xizmat qilgan oda, yuzta shahid savobini qozona oladi." Ey tanballik hissi bilan yozishdan zerikkan va ey so’fiy-mashrab qardoshlar! Bu ikki hadisning majmui ko’rsatadiki: Bunday zamonda iymon haqiqatlari va shariat sirlari va Sunnati Saniyaga xizmat qilgan muborak xolis qalamlardan oqqan qora nur yoki obi hayot hukmida bo’lgan siyohlarning bir misqoli, shahidlarning yuz misqol qoni hukmida mahshar kunida sizga foyda berishi mumkin. Shunday ekan, uni qozonishga harakat qilinglar.

Agar: "Hadisda "olim" ta'biri bor, bir qismimiz faqat kotibmiz", desangiz.

Javob: Bir yil bu risolalarni va bu darslarni tushunib va qabul qilib o’qigan odam bu zamonning muhim, haqiqiy olimi bo’lishi mumkin. Agar tushunmasa, modomiki Risola-i Nur shogirdlarining shaxsi ma'naviysi bor, shubhasiz o’sha shaxsi ma'naviy bu zamonning bir olimidir. Sizning qalamlaringiz esa, o’sha shaxsi ma'naviyning barmoqlaridir. O’z nuqtai nazarimda loyiq bo’lmasam ham, boringki men haqimdagi husni zonlaringizga binoan bu faqirga ustozlik va ergasish nuqtasida olim vaziyatini berganingiz uchun bog’langansiz. Men omi va yaxshi yozishni bilmaganim uchun, sizlarning qalamlaringiz mening qalamim sanaladi, hadisda ko’rsatilgan ajrni olasiz.

Said Nursiy

YIGIRMA IKKINCHI YOG’DU

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Ispartaning odil hokimiga va adliyasiga va zobitlik bo'limiga.. eng maxfiy va eng xos va xolis qardoshlarimga maxsus yigirma ikki yil avval Ispartaning Barla nohiyasida bo'lganimda, yozgan ushbu g’oyat maxfiy risolachamni Isparta millati bilan va hukumati bilan aloqadorligini ko’rsatgani uchun taqdim etmoqdaman. Agar munosib ko’rilsa, yo yangi yoki eski harf bilan yozuv mashinkasida bir nechta nusxa yozilsinki, yigirma besh-o’ttiz yildan beri sirlarimni qidirganlar va ta'qib qilganlar ham anglasinlarki, hech qanday yashirin sirimiz yo’q. Va eng yashirin bir sirrimiz, ushbu risoladir, bilsinlar!

Said Nursiy

Uch Ishora

O’n Yettinchi Yog’duning O’n Yettinchi Mulohazasining Uchinchi Masalasi ekan, savollarining shiddat va qamroviga va javoblarining quvvat va porloqligiga binoan, O’ttiz Birinchi Maktubning Yigirma Ikkinchi Yog’dusi bo’lib Yog’dularga qo’shildi. Yog’dular bu Yog’duga joy berishlari kerak. Maxfiydir, eng xos va xolis va sodiq qardoshlarimizga maxsusdir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللّٰهِ فَهُوَ حَسْبُهُ اِنَّ اللّٰهَ بَالِغُ اَمْرِه۪ قَدْ جَعَلَ اللّٰهُ لِكُلِّ شَىْءٍ قَدْرًا

Bu Masala "Uch Ishora"dir.

Birinchi Ishora:Shaxsimga va Risola-i Nurga oid muhim bir savol.

Ko’plar tarafidan deyiladiki:Sen ahli dunyoning dunyosiga qo’shilmaganing holda, nima uchun, har fursatda ular sening oxiratingga qo’shiladilar. Holbuki hech bir hukumatning qonuni dunyoni tark qilganlar va yakka yashaydiganlar bilan ishi yo’q?

Javob:Yangi Saidning bu savolga javobi sukutdir. Yangi Said: "Mening javobimni qadari Ilohiy bersin", deydi. Shu bilan birga majburiyat bilan, omonat sifatida qarz olgan Eski Saidning aqli deydiki: Bu savolga javob beradigan, Isparta viloyatining hukumatidir va shu viloyatning millatidir. Chunki bu hukumat va shu millat mendan bu savolning ostidagi ma'no bilan ancha muncha aloqador. Modomiki minglab vakillari bo’lgan hukumat va yuz minglab a'zolari bo’lgan bir millat mening badalimga o’ylashga va mudofaa qilishga majbur ekan. Men nima uchun behuda ayblovchilar bilan gaplashib mudofaa qilay. Chunki to’qqiz yildan beri bu viloyatdaman, borgan sari dunyolariga yanada ko'proq orqamni o’girmoqdaman. Hech bir holim yashirin qolmagan. Eng yashirin, eng maxfiy risolalarim ham hukumatning va ba'zi majlis a'zolarining qo’llariga o’tgan. Agar ahli dunyoni xavotir va qo’rquvga soladigan dunyoviy aralashish holim va chalkashtirish tashabbusim va fikrim bo’lsaydi, bu viloyat va tumanlardagi hukumat to’qqiz yil e'tibor va josuslik qilganlari holda va men ham chekinmasdan yonimga kelganlarga sirlarimni bayon qilganim holda, hukumat menga nisbatan sukut qilib tegmadi. Agar millatning va vatanning saodatiga va istiqboliga zarar beradigan jinoyatim bo’lsa, to’qqiz yildan beri hokimidan tortib qishloq politsiya uchastkasi boshlig’igacha ularini javobgar qiladi. Ular o’zlarini mas'uliyatdan qutqarish uchun men haqqimda pashshani fil qilganlarga qarshi, filni pashsha qilib meni mudofaa qilishga majburdirlar. Shunday ekan, bu savolning javobini ularga havola qilaman.

Ammo bu viloyatning millati umuman olganda mendan ziyoda meni mudofaa qilish majburiyatlarining sababi, to’qqiz yillik ham qardosh, ham do’st, ham muborak bo’lgan bu millatning abadiy hayotiga va iymon quvvatiga va hayotining saodatiga amalda va ishda ta'sirini ko’rsatgan yuzlab risolalar bilan xizmat qilganimizni va hech kimga u risolalar tufayli hech bir aziyat va zarar kelmagani va hech bir g’araz qiladigan siyosiy va dunyoviy alomatlar ko’rilmagani va Allohga hamd bo’lsin, Isparta viloyati eski zamonning Shomi Sharifining muborakligi va olami Islomning umumiy madrasasi bo’lgan Misrning Jome'-ul Azharining muborakligi navidan, iymon quvvati va diniy salobat jihatidan muborakligi maqomini Risola-i Nur vositasi bilan qozonib, bu viloyatda iymonning quvvati loqaydlikka va ibodatning ishtiyoqi safohatga hokim bo’lishini va Risola-i Nur bu viloyatga umum viloyatlardan ustun dindorlik fazilatini qozontirgani uchun, albatta bu viloyatdagi barcha insonlar, hatto aytaylik dinsizi bo’lsa ham, meni va Risola-i Nurni mudofaa qilishga majburdir. Ularning juda ahamiyatli mudofaa haqlari ichida men kabi vazifasini tugatgan va Allohga hamd bo’lsin, minglab shogirdlar men kabi bir ojizning o’rnida xizmat qilgan va xizmat qilayotgan paytda, ahamiyatsiz shaxsiy haqqim meni mudofaa qilishga chorlamaydi. Bu qadar minglab advokatlari bo’lgan odam, o’z da'vosini o’zi mudofaa qilmaydi.

Ikkinchi ishora:Tanqidli bir savolga javob.

Ahli dunyo tarafidan: "Sen nima uchun bizdan ranjiding? Bir marta ham, umuman murojaat qilmasdan jim o’tirding? Bizdan shiddatli shikoyat qilib "Menga zulm qilmoqdasizlar!" deyapsan. Holbuki bizning bir uslubimiz, bu asrning taqozosi bo’lib xususiy dasturlarimiz bor. Bularning tatbiqini qabul qilmayapsan. Qonunni tatbiq qilgan zolim bo’lmaydi, qabul qilmagan isyon qiladi. Jumladan: Bugungi hurriyat asrida va bu yangi boshlangan jumhuriyatlar davrida, tenglik asosiga binoan zo’ravonlik va sitamni olib tashlash dasturi bizning asosiy qonunimiz hukmiga o’tgani holda, sen goh domlalik, goh zohidlik suratida odamlar e'tiborini qozonib, diqqatni o’zingga jalb qilib, hukumatning nufuzi xorijida bir quvvat, ijtimoiy maqom qo’lga kiritishga harakat qilganing, yaqqol holing va o’tmishdagi boshdan o’tkazganlaringning dalolati bilan tushunilmoqda. Bu holga esa, hozirgi ta'bir bilan, burjuaziya sinfining istibdodli zo’ravonliklari ichida chidash mumkin. Lekin bizning oddiy xalq tabaqasining uyg’onishi va g’alabasi bilan namoyon bo’lgan to’liq sotsializm va bolshevizm dasturlari bizning ishimizga ko’proq yaragani uchun, o’sha sotsializm dasturlarini qabul qilganimiz holda, sening vaziyating bizga og’ir kelmoqda, prinsiplarimizga muxolif bo’lmoqda. Shuning uchun senga bergan aziyatimizdan shikoyat qilishga va ranjishga haqqing yo’q", deyilmoqda.

Javob:Bashariyat ijtimoiy hayotida yangi yo’l ochgan kishi, agar koinotdagi yaratilish qonuniga muvofiq harakat qilmasa, xayrli ishlarda va taraqqiyotda muvaffaq qozona olmaydi. Barcha harakati yomonlik va buzg’unchilik hisobiga o’tadi. Modomiki yaratilish qonuniga uyg’un harakat qilishga majburiyati bor ekan, albatta bashariyat tabiatini o’zgartirish va nav'i basharning yaratilishidagi eng muhim hikmatni olib tashlash bilan, mutlaq tenglik qonuni tatbiq qilinishi mumkin. Ha, men nasab va yashash tarzi jihatidan avom tabaqasidanman. Va mashrab va fikr jihatidan "huquqda tenglik" maslagini qabul qilganlardanman. Shafqat jihatidan va Islomiyatdan kelgan adolat sirri bilan, burjuaziya deyilgan boylar tabaqasining istibdod va zo’ravonliklariga nisbatan eskidan beri qarshi chiqish bilan harakat qilganlardanman. Shuning uchun bor quvvatim bilan chinakkam adolat tarafida, zulm va sitamga hamda zo’ravonlik va istibdodga qarshiman.

Lekin nav'i basharning tabiati va hikmatining sirri mutlaq tenglik qonuniga ziddir. Chunki Fotiri Hakiym, mukammal qudrat va hikmatini ko’rsatish uchun, oz narsadan ko’p mahsulot oldirgani va bir sahifada ko’p kitoblarni yozdirgani va bir narsa bilan ko’p vazifalarni qildirgani kabi, bashar navi bilan ham minglab navning vazifalarini qildiradi.

O’sha azim sir sabab, Janobi Haq inson navini minglab navlar unib chiqadigan va hayvonotning boshqa minglab navlari qadar tabaqalar ko’rsatadigan tabiatda yaratgandir. Boshqa hayvonot kabi quvalariga, latifalariga, tuyg’ulariga chegara qo’yilmagan. Erkin qo’yib cheksiz maqomlarda kezadigan iste'dod bergani, bir nav ekan minglab nav hukmiga o’tgani uchun, Yerning xalifasi va koinotning natijasi va jonzotlarning sultoni hukmiga o’tgan!

Xullas, nav'i insonning xilma-xilligining eng muhim asosi va harakat sababi, musobaqa bilan haqiqiy iymonli fazilatdir. Fazilatni olib tashlash bashariyat mohiyatining o’zgartirilishi bilan, aqlning so’ndirilishi bilan, qalbning o’ldirilishi bilan, ruhning mahv etilishi bilan bo’lishi mumkin. Ha, hurriyat pardasi ostida mudhish bir istibdodga ega bu asrning g’addor yuziga otilishga loyiq ekan va holbuki u ta'zirga loyiq bo’lmagan g’oyat muhim zotning xato bo’lib yuziga uloqtirilgan komilona bayti:

Mumkinmikan zulm ila, adolatsizlik ila hurriyatni yo’q qilmoq

Urin idrokni olib tashla, qo’lingdan kelsa odamiyatdan.

o’rniga, bu asrning yuziga otish uchun men ham aytamanki:

Mumkinmikan zulm ila, adolatsizlik ila haqiqatni yo’q qilmoq

Urin qalbni olib tashla, qo’lingdan kelsa odamiyatdan.

Yoxud:

Mumkinmikan zulm ila, adolatsizlik ila fazilatni yo’q qilmoq

Urin vijdonni olib tashla, qo’lingdan kelsa odamiyatdan.

Ha, iymonli fazilat zo’ravonlikka sabab bo’lmagani kabi, istibdodga ham sabab bo’lolmaydi. Zo’ravonlik va sitam, fazilatsizlikdir. Va ayniqsa ahli fazilatning eng muhim mashrabi, ojizlik va faqirlik va kamtarinlik bilan bashariyatning ijtimoiy hayotiga qo’shilish tarzida bo'lgan. Allohga hamd bo’lsin, bu mashrab ustida hayotimiz o'tgan va o'tyapti. Men o’zimda fazilat bor deya faxr bilan da'vo qilmayman. Lekin ne'mati Ilohiyani aytish suratida, shukr qilish niyatida aytamanki:Janobi Haq fazlu karami bilan, iymoniy va Qur'oniy ilmlar bilan shug’ullanish va fahm qilish fazilatini ehson qilgan!Bu ehsoni Ilohiyni butun hayotimda, "Lillahilhamd", Allohning yordami bilan shu Islom millatining manfaatiga, saodatiga sarf qilib, hech bir vaqt zo’ravonlik va sitam vositasi bo’lmagani kabi, aksar ahli g’aflat orzu qilgan odamlarning e'tibori va insonlarning chiroyli qabul qilishi, muhim bir sirga binoan, men nafrat qiladigan narsadir, ulardan qochaman. Yigirma yil eski hayotimni zoye qilgani uchun, ularni o’zim uchun zararli deb bilaman. Ammo Risola-i Nurni yoqtirishlariga alomat deb bilganimdan, ularni ranjitmayman.

Mana ey ahli dunyo! Dunyongizga hech qo’shilmaganim va uslublaringizga hech qanday aloqadorlik tomonim bo’lmagani va to’qqiz yil asoratdagi bu hayotimning guvohligi bilan qaytadan dunyoga qo’shilishga hech qanday niyat va orzuim yo’q ekan, menga eski mustabid va doimo fursat poylagan va istibdod va zo’ravonlik fikrli bir odam kabi qilingan buncha ta'qib va tazyiqingiz qaysi qonun bilan amalga oshirildi? Qaysi foyda ko'zlanib qilindi? Dunyoda hech bir hukumat bunday qonunga xilof va hech bir kishining ma'qullashiga sazovor bo’lmagan bir muomalaga ruxsat bermagani holda, menga nisbatan qilingan buncha bad muomalalarga, nafaqat men g’azablanyapman, balki agar bilsa nav'i bashar g’azablanar, balki koinot g’azablanmoqda!...

Uchinchi ishora:Adashtiradigan ahmoqona savol.

Bir qism ahli hukumat aytadilarki: Modomiki sen shu mamlakatda yashayotgan ekansan, uning jumhuriyat bilan bog’liq qonunlariga itoat qilish lozim ekan, sen nima uchun yolg’iz yashash pardasi ostida o’zingni o’sha qonunlardan olib qochyapsan? Jumladan, hozirgi hukumatning qonunida, vazifa xorijida go’zal bir xislatni, bir fazilatni o’ziga taqib, u bilan bir qism odamlarga zo’ravonlik qilib gapini o’tkazish, tenglik asosiga tayangan jumhuriyatning dasturiga ziddir. Sen nima uchun vazifasiz bo’lganing holda, qo’lingni o’ptiryapsan? Odamlar meni tinglasin deb xudfurushona vaziyat olyapsan?

Javob:Qonunni tatbiq qilganlar avvalo o’zlariga tatbiq qilgandan so’ng boshqasiga tatbiq qila oladilar. Siz o’zingizga tatbiq qilmagan bir dasturingizni boshqasiga tatbiq qilish bilan, harkasdan avval siz dasturingizni, qonuningizni buzyapsiz va qarshi chiqyapsizlar. Chunki bu mutlaq tenglik qonunini menga tatbiq qilishni istayapsiz. Men ham aytamanki: Qachonki bir askar bir marshalning ijtimoiy maqomiga chiqsa va millat o’sha marshalga ko’rsatgan hurmat va e'tiborga ishtirok etsa, va u kabi o’sha e'tibor va hurmatga sazovor bo’lsa yoxud o’sha marshal u askar kabi oddiylashsa va u askarning so’niq vaziyatini olsa, va o’sha marshalning vazifadan tashqari vaqtida hech qanday ahamiyati qolmasa.. yana, agar eng zakovatli va qo’shinning zafar qozonishiga sabab bo’lgan bosh qo’mondon eng ahmoq askar bilan odamlar e'tiborida va hurmat va muhabbatda teng bo’lsa, o’shandagina sizning tenglik qonuningiz hukmiga binoan menga shunday deya olasiz: "O’zingga domla dema! Hurmatni qabul qilma! Fazilatingni inkor qil! Xizmatchingga xizmat qil! Tilanchilarga o’rtoq bo’l!"

Agar:"Bu hurmat va maqom va e'tibor vazifa boshida bo’lgan vaqtga maxsus va vazifadorlarga xos. Sen vazifasiz odamsan. Vazifadorlar kabi millatning hurmatini qabul qilolmaysan!", desangiz.

Javob:Agar inson faqat jasaddan iborat bo’lsa, va inson dunyoda o’lmay, doimiy qolsa, va qabr eshigi yopilsa, va o’lim o’ldirilsa, o’shanda vazifa faqat askarlik va idora ma'murlariga maxsus qolsa, so’zingizda ma'no bo’lardi. Lekin modomiki inson faqat jasaddan iborat emas. Jasadni to’ydirish uchun qalb, til, aql, miya yulib olinib o’sha jasadga yedirilmaydi. Ular yo’q qilinmaydi. Ular ham idora istaydi.

Va modomiki qabr eshigi yopilmaydi va qabrning narigi tarafidagi istiqbol xavotiri hammaning eng muhim masalasidir. Albatta, millatning itoat va hurmatiga tayangan vazifalar, faqat millatning dunyoviy hayotiga oid ijtimoiy va siyosiy va askariy vazifalar bilan chegaralanmagan. Ha, yo’lovchilarga sayohat uchun hujjat berish bir vazifa bo’lgani kabi, abad tarafiga ketgan yo’lovchilarga ham hujjat, ham o’sha zulmatli yo’lda nur berish shunday bir vazifadirki, hech bir vazifa u vazifachalik ahamiyatli emas. Bunday vazifaning inkori, o’limning inkori bilan va har kun اَلْمَوْتُ حَقٌّ da'vosini o'layotganlarning muhri bilan imzo qo’yib tasdiq qilgan o’ttiz ming shohidning guvohligini yolg’onga chiqarish va inkor qilish bilan bo’ladi. Modomiki ma'naviy zaruriy ehtiyojlarga tayangan ma'naviy vazifalar bor. Va u vazifalarning eng muhimi, abad yo’lida sayohat uchun pasport hujjati, va barzax zulmatlarida qalbning cho’ntak chirog’i, va abadiy saodatning kaliti bo’lgan iymondir va iymonning darsi va mustahkamlanishidir. Albatta u vazifani bajargan ahli ma'rifat har holda ne'matga nonko’rlik suratida unga berilgan ne'mati Ilohiyani va fazilati iymoniyani pisand qilmay, buzuqlar va fosiqlarning maqomiga qulamaydi. O’zini tubanlarning bid'atlari bilan, safohatlari bilan bulg’atmaydi!... Mana, siz yoqtirmagan va tengsizlik deb o’ylagan yolg’iz yashash shuning uchundir.

Xullas, bu haqiqat bilan birga, menga qiynoq bilan azob bergan siz kabi anoniyatda va tenglik qonunini sindirishda fir'avnlik darajasida ilgarilagan mutakabbirlarga qarata aytaman. Chunki mutakabbirlarga nisbatan kamtarinlik, zillat deb o’ylangani uchun, kamtarinlik qilmaslik kerak. Balki ahli insof va kamtarin va odil qismiga aytamanki: Men, Allohga hamd bo’lsin, o’z kamchiligimni, ojizligimni bilaman. Musulmonlar ustida kibrlanib hurmat maqomi istash emas, balki har vaqt nihoyasiz kamchiliklarimni, hechligimni ko’rib, istig’for bilan tasalli topib, odamlardan hurmat emas, duo istayman. Ham o’ylaymanki, mening bu maslagimni mening butun birodarlarim biladilar. Lekin, Qur'oni Hakimning xizmati asnosida va iymon haqiqatlarining darsi vaqtida o’sha haqiqatlar hisobiga va Qur'on sharafi hisobiga o’sha maqom taqozo qilgan izzat va ilmiy viqorni dars paytida muhofaza qilib, boshimni ahli zalolatga egmaslik uchun, o’sha izzatli vaziyatni vaqtinchalik ko’rsataman. O’ylaymanki, ahli dunyoning qonunlarining haddi yo’qki, bu nuqtalarga qarshi chiqa olsin!

Hayratlanarli bir muomala tarzi: Ma'lumki, har yerda ahli maorif ma'rifat va ilm nuqtasida muhokama qiladi. Qayerda va kimda ma'rifat va ilm ko’rsa, maslak e'tibori bilan unga nisbatan do’stlik va hurmat ko’rsatadi. Hatto dushman bir hukumatning bir professori bu mamlakatga kelsa, ahli maorif uning ilm va ma'rifatiga hurmatan uni ziyorat qiladilar va unga hurmat ko’rsatadilar. Holbuki Angliya eng yuksak ilmiy majlisining Mashihati Islomiyadan so’ragan olti savolning javobini olti yuz kalima bilan istagan vaqtlari, bu yer maorifining hurmatsizligiga uchragan bir ahli ma'rifat, o'sha olti savolga olti kalima bilan maqtovga loyiq bo’lgan javob bergan va ajnabiylarning eng muhim va hukamolarning eng asosli dasturlariga haqiqiy ilm va ma'rifat bilan tortishib g’alaba qozongan va Qur'ondan olgan ma'rifat quvvati va ilmga tayanib Ovrupa faylasuflarini maydonga chaqirgan va Hurriyatdan olti oy avval Istanbulda ham olimlarni, hamda talabalarni munozaraga da'vat qilib o’zi umuman savol so’ramasdan savollariga nuqsonsiz to’g’ri javob bergan {(Hoshiya) Yangi Said deydiki: Bu yerda men Eski Said faxrlanib aytgan ushbu so’zlariga ishtirok etmayman. Bu risolada so’zni unga berganim uchun jim qilolmayapman. Anoniyatlilarga qarshi bir oz anoniyatini ko’rsatsin deb sukut saqlamoqdaman.} va butun hayotini bu millatning saodatiga bag’ishlagan va yuzlab risolalarni bu millatning Turk tilida nashr qilib bu millatni nurlantirgan.. ham vatandosh, ham dindosh, ham do’st, ham qardosh bir ahli ma'rifatga eng ko'p aziyat bergan va unga adovat tashigan va balki hurmatsizlik qilgan - bir qism maorif doirasiga mansublar bilan oz bir qism rasmiy domlalardir.

Xullas qara, bu holatga nima deysan? Madaniyatmi? Maorifparvarlikmi? Vatanparvarlikmi? Milliyatparvarlikmi? Jumhuriyatparvarlikmi? Aslo! Aslo! Hech narsa emas. Balki bir qadari Ilohiydirki, u qadari Ilohiy o'sha ahli ma'rifat odamining do’stlik umid qilgan yeridan adovat ko’rsatdiki, hurmat tufayli ilmi riyoga kirmasin va ixlosni qozonsin.

Xotima

Fikrimcha hayratlanarli va shukrga sabab bo'lgan tajovuz shuki:

Anoniyatli haddaan ortiq ahli dunyoning anoniyat ishida shu qadar sezgirlik borki, agar shuurli ravishda bo’lsa edi, karomat darajasida yoxud buyuk bir daho darajasida bir muomala qilinar edi.

U muomala shuki: O’z nafsim va aqlim menda his qilmagan bir parcha riyokorona anoniyat vaziyatini anoniyatlarining sezgirlik mezoni bilan his qilayotganday, shiddatli suratda men his qilmagan anoniyatimning qarshisiga chiqishadi. So'nggi sakkiz-to’qqiz yilda sakkiz-to’qqiz marta tajriba bo'ldi, ularning menga nisbatan zolimona muomala qilganlaridan so’ng, qadari Ilohiyni o’ylab "Nima uchun ularni mening boshimga balo qildi" deya nafsimning hiylalarini qidirar edim. Har dafa yo nafsim shuursiz ravishda anoniyatga o’z tabiatidan mayl qilgan yoxud bilib turib meni aldaganini anglamoqdaman. O’sha vaqtda qadari Ilohiy zolimlarning zulmi ichida menga nisbatan adolat qildi, derdim. Jumladan: Yozda birodarlarim meni chiroyli otga mindirdilar. Bir sayrgohga bordim. Shuursiz holda nafsimda xudfurushona bir surur orzusi uyg’onishi bilan ahli dunyo shunday shiddatli u orzuimning qarshisiga chiqishdi. Faqat yashirin orzuni emas, balki ko’p ishtahalarimni kesdilar. Hatto, masalan, bu safar Ramazondan so’ng eski zamonda g’oyat buyuk, qudsiy imomning bizga g’aybiy karomati bilan iltifotidan so’ng qardoshlarimning taqvo va ixloslari va ziyoratchilarning hurmat va yaxshi o’ylari ichida -o'zim bilmasdan- nafsim iftixor qilib, go’yo shukr pardasi ostida riyokorona anoniyat vaziyatini olishni istadi. Birdan ahli dunyoning haddan ortiq sezgirlik bilan va hatto riyokorlikning zarralarini ham his qiladigan shaklda, menga birdan yopishdilar. Men Janobi Haqqa shukr qilaman, bularning zulmi men uchun ixlosga vosita bo’ldi.

رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاط۪ينِ ٭ وَاَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ

اَللّٰهُمَّ يَا حَافِظُ يَا حَف۪يظُ يَا خَيْرَ الْحَافِظ۪ينَ اِحْفَظْن۪ى وَ احْفَظْ رُفَقَائ۪ى مِنْ شَرِّ النَّفْسِ وَ الشَّيْطَانِ وَ مِنْ شَرِّ الْجِنِّ وَ الْاِنْسَانِ وَ مِنْ شَرِّ اَهْلِ الضَّلَالَةِ وَ اَهْلِ الطُّغْيَانِ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

YIGIRMA UCHINCHI YOG'DU

Tabiat Risolasi

(O’n Yettinchi Yog'duning O’n Oltinchi Mulohazasi ekan, ahamiyatiga binoan Yigirma Uchinchi Yog'du bo’lgan. Tabiatdan kelgan dinsizlik mafkurasini qayta tirilmaydigan qilib o’ldiradi, kufrning poydevorini chil-parchin qiladi.)

ESLATMA

Ushbu mulohazada Tabiiyyunning inkorchi qismi yurgan yo’lning asosi qanchalar aqldan uzoq va qanchalar xunuk va qanchalik xurofot ekani, loaqal to’qsonta maholni o'z ichiga olgan to’qqizta mahol orqali bayon qilingan. Boshqa risolalarda o'sha mahollar qisman izoh qilingani sababli, bu yerda g’oyat muxtasar qiymatida, ba'zi pog'onalar tashlab o’tilgan. Shuning uchun, birdan shunday o'y xayolga keladiki, bu qadar yaqqol va oshkora xurofotni bu mashhur oqil faylasuflar qanday qabul qilganlarki, u yo’lda ketyaptilar. Darhaqiqat, ular maslaklarining asosini ko’ra olmaganlar. Yana, maslaklarining haqiqati va maslaklarining lozimi va zarurati shuki: yozilgan har uch imkonsizlikda bayon qilingan o'sha xunuk va jirkanch va noma'qul {(Hoshiya): Bu risola: g’oyat tajovuzkorona va g’oyat xunuk tarzda "iymon haqiqatlari"ni kamsitib, aynib qolgan aqli, idrok qilolmagan yetmagan masalalarni xurofot deb, dinsizlikni tabiatga bog’lab, Qur'onga hujum qilingani sabob yozildi. U hujum, shiddatli g'azabni (qalbga) qalamga bergani bois, shiddatli va qattiq ta'zirlarni o'sha dinsizlarga va haqdan yuz o’girgan botil mazhablilarga yedirdi. Bo'lmasa, Risola-i Nurning maslagi, pokiza va nozik va yumshoq so'zlilikdir.} mazhablarining xulosasi, maslaklarining lozimi va zaruriy taqozosi bo'lganini g’oyat yaqqol va qat'iy dalillar bilan shubhasi bo'lganlarga batafsil bayon va isbot qilishga tayyorman.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

قَالَتْ رُسُلُهُمْ اَفِى اللّٰهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

Ushbu oyati karima ritorik savol bilan "Janobi Haq haqida shubha bo’lishi mumkin emas va bo'lmasligi kerak" deb, vujud va vahdoniyati Ilohiya yaqqollik darajasida bo'lganini ko’rsatmoqda.

Ushbu sirni izohlashdan avval bir eslatma:

1338 yili Anqaraga bordim. Islom qo’shinining Yunonlar ustidan qozongan g’alabasidan sevingan ahli iymonning kuchli fikrlari orasida g’oyat mudhish dinsizlik fikri ularning ichiga kirish va buzish va zaharlash uchun makkorona tirishayotganini ko’rdim. "Ey voh! Bu ajdarho iymonning ruknlariga hujum qiladi", dedim. O'shanda, shu oyati karima yaqqollik darajasida vujud va vahdoniyatni anglatgani uchun, undan madad so'rab, Qur'oni Hakimdan olingan, o'sha dinsizlikning boshini yo'q qiladigan darajadagi kuchli dalilni arabcha risolada yozdim. Anqarada "Yangi kun" bosmaxonasida nashr qildirgan edim. Lekin, afsuski, arabcha biladiganlar oz va ahamiyat bilan qaraydiganlar ham juda kamligi bilan birga, g’oyat muxtasar va qisqa bir suratdagi o'sha kuchli dalil o'z ta'sirini ko’rsatmadi. Afsuski, o'sha dinsizlik fikri ham rivojlandi, ham quvvat topdi. Majbur bo'lib, o'sha dalilni turkchada bir daraja bayon qilaman. O'sha dalilning ba'zi qismlari ayrim risolalarda to’liq izohlangani uchun, bu yerda qisqacha yoziladi. Boshqa risolalarda qismlarga ayrilgan bir qancha dalillar bu dalilda qisman birlashadi. Har biri buning bir qismi hukmiga o’tadi.

Muqaddima

Ey inson! Bilki, insonlarning og’zidan chiqadigan va dinsizlikni his qildiradigan dahshatli kalimalar bor. Ahli iymon bilmasdan iste'mol qilishmoqda. Muhimlaridan uchtasini bayon qilamiz:

Birinchisi: "Avjadathul asbob".Ya'ni, "sabablar hamma narsani ijod qiladi."

Ikkinchisi: "Tashakkala binafsihi".Ya'ni, "o’z-o’zidan shakllanib, bo’lyapti, yo'qolyapti."

Uchinchisi: "Iqtazat-hu-t tabiat".Ya'ni, "tabiiydir, tabiat taqozo qilib ijod qilmoqda."

Haqiqatdan, modomiki mavjudot bor va inkor qilinmaydi. Hamda, har bir mavjud san'atli va hikmat bilan vujudga kelmoqda. Hamda, modomiki qadiym emas, yangidan bo’lmoqda. Har holda, ey dinsiz! Bu mavjudni, masalan bu hayvonni, olamdagi sabablari uni ijod qilmoqda deyishing mumkin. Ya'ni, sabablarning yig'ilishi bilan o'sha mavjud vujud topmoqda. Yoxud u o’z-o’zidan shakllanmoqda. Yoxud tabiat taqozosi sifatida, tabiatning ta'siri bilan vujudga kelmoqda. Yoxud bir Qodiyri Zuljalolning qudrati bilan ijod qilinadi. Modomiki, aqlan bu to’rt yo’ldan boshqa yo’l yo’q ekan, avvalgi uch yo’l mahol, yaroqsiz, imkonsiz, qabul qilib bo'lmasliklari qat'iy isbot qilinsa, ilojsiz va ochiqdan ochiq to’rtinchi yo’l vahdoniyat yo'lining to'g'riligi shak-shubhasiz sobit bo'ladi.

DEMAK, BIRINCHI YO’L:Olamdagi sabablarning yig'ilishi natijasida ashyolarning tashkil topishi va maxluqotning vujudga kelishidir. Juda ko’p mahollaridan faqat uchtasini zikr qilamiz:

Birinchisi:Bir dorixonada juda ko'p xildagi moddalar bilan to’la yuzlab shisha bankalar mavjud. O'sha moddalardan malham tayyorlash talab qilindi. Hamda ulardan hayotdor g'aroyib tiryoq tayyorlash lozim bo'ldi. Keldik, o'sha dorixonada u jonli malham va hayotdor tiryoqning ko'plab namunalarini ko’rdik. U malhamlarning har birini tekshirib ko'rdikki, o'sha shishalik bankalarning har biridan maxsus o'lchov bilan bir-ikki misqol bundan, uch-to’rt misqol narigisidan, olti-yetti misqol boshqasidan va hokazo.. har xil miqdorlarda qismlar olinadi. Agar bittasidan bir misqol, yo kam yoki ko'p olinsa, o'sha malham jonli bo’lolmaydi, xosiyatini ko’rsata olmaydi. Hamda o'sha hayotdor tiryoqni ham tadqiq qildik. Har bir bankadan maxsus o'lchov bilan bir modda olinganki, zarra miqdorichalik kam yoki ko'p bo’lsa, tiryoq xossasini yo’qotadi. O'sha bankalar elliktadan ko'p ekan, har biridan alohida bir mezon bilan olingandek, turli-turli miqdorda olinadi. Ajabo, o'sha shishalardan olingan har xil miqdorlar, shishalarning g’aroyib tasodif yoki bo’ronli havoning urilishidan ag'darilishidan, har biridan olinadigan miqdor qadar faqat kerakli miqdor oqishi, birga to’planib o'sha malhamni tashkil qilishining hech bir jihatda imkon va ehtimol bormi? Ajabo, bundan yanada xurofot, mahol, botil narsa bormi? Eshak ikki karra eshak bo'lsa, keyin esa inson bo’lsa, "Bu fikrni qabul qilmayman" deb qochadi.

Xullas ushbu misol kabi, har bir jonzot, albatta jonli bir malhamdir va har bir o'simlik hayotdor tiryoqdek, turli-turli qismlardan, juda farqli moddalardan, g’oyat hassos o’lchov bilan olingan moddalardan tarkib qilingan. Agar sabablarga, unsurlarga nisbat berilsa va "sabablar ijod qildi" deyilsa, xuddi dorixonadagi malhamning shishalarning ag'darilishidan vujud topishi kabi, yuz daraja aqldan uzoq, mahol va botil bo'ladi.

Xulosa:Shu ulkan dorixona hisoblangan olamda Hakiymi Azaliyning qazo va qadar mezoni bilan olingan hayot uchun kerakli moddalar cheksiz hikmat va nihoyasiz ilm va har narsani qamragan iroda bilan vujud topa oladi. "Ko’r, kar, hududsiz, sel kabi oquvchi umumiy unsurlar va mijozlar va sabablarning ishidir" degan badbaxt, "O'sha ajoyib tiryoq o'z-o'zidan shishalarning ag'darilishidan chiqib hosil bo'lgan" degan telba safsataboz, sarxush ahmoqdan ham ahmoqroq bo'ladi. Darhaqiqat, ushbu kufr: ahmoqona, sarxushona, devonalarcha bir safsatadir.

Ikkinchi mahol:Agar hamma narsa Vohidi Ahad, Qodiyri Zuljalolga berilmasa, balki sabablarga nisbat berilsa, olamning juda ko’p unsurlari va sabablari har bir jonzotning vujudida aralashishi lozim bo'ladi. Holbuki, pashshadek kichik maxluqning vujudida mukammal intizom bilan, g’oyat hassos mezon bilan va to’liq ittifoq bilan, xilma-xil va bir-biriga zid, farqli sabablarning to'planishi shu qadar yaqqol imkonsizki, pashsha qanotichalik shuuri bo'lgan odam: "Bu imkonsiz, bo’lishi mumkin emas!" deydi. Darhaqiqat, bir pashshaning kichik jismi koinotning aksar unsurlari va sabablari bilan aloqadordir, balki xulosasidir. Agar Qodiyri Azaliyga berilmasa, o'sha moddiy sabablar uning jismi yonida o'zlari bo'lishlari lozim bo'ladi, balki uning kichik jismiga kirishlari kerak bo'ladi. Balki jismining kichik namunasi bo’lgan ko’zidagi hujayrasiga kirishlari zarur bo'ladi. Chunki sabab moddiy bo’lsa, musabbabning yonida va ichida bo'lishi lozim bo’ladi. Shunday ekan, ikki pashshaning igna uchidek barmoqlari joylashmaydigan hujayrachada olamning ruknlari va unsurlar va mijozlar jismonan ichida bo'lib, usta kabi ichida ishlashlarini qabul qilish lozim bo'ladi.

Xullas, Sofistlarning eng ablahlari ham bunday maslakdan uyaladilar.

Uchinchi mahol:

اَلْوَاحِدُ لَا يَصْدُرُ اِلَّا عَنِ الْوَاحِدِ

bo'lgan muqarrar qoidaga binoan: "Bir mavjudning vahdati bor bo’lsa, albatta, bir vohiddan, bir qo’ldan chiqadi." Ayniqsa o'sha mavjud, g’oyat mukammal intizom va hassos mezon ichida va jamlovchi bir hayotga sazovor bo’lsa, ixtilof va chalkashlikning sababi bo’lgan farqli qo’llardan chiqmagani ochiq oydin. Balki g’oyat Qodiyr, Hakiym bo’lgan bir qo’ldan chiqqanini ko’rsatgani holda, cheksiz va jonsiz va johil, tajovuzkor, shuursiz, tartibsizlik ichida ko’r, kar tabiatdagi sabablarning tartibsiz qo’llariga, cheksiz imkonlar yo’llari ichida hamda to'planish va qo'shilish bilan, o'sha sabablarning ko’rligi, karligi ziyodalashganida, o'sha intizomli va o'lchovli va vohid bir mavjudni ularga nisbat berish, yuzta maholni birdaniga qabul qilishdek aqldan uzoqdir. Mayli, bu maholni inobatga olmaylik, moddiy sabablarning ta'sirlari, albatta, tegilish va aloqa qurish bilan bo’ladi.

Holbuki, tabiatdagi sabablar jonli mavjudlarning zoxiri bilan aloqa qiladilar. Holbuki, ko’ryapmizki, o'sha moddiy sabablarning qo’li yetmaydigan va tegina olmaydigan u jonzotlarning ichi sirtidan o’n marta, yanada intizomli, yanada latif, san'at jihatidan yanada mukammaldir. Moddiy sabablarning qo’llari va asboblari bilan hech bir jihatdan joylasha olmagan, balki to'liq sirtiga ham tegina olmagan kichik jonzotlar, kichkina hayvonchalar eng katta maxluqlardan ko'ra ko'proq san'at jihatidan ajib, yaratilish jihatidan betakror suratda bo’lganlari holda, o'sha jonsiz, johil, qo'pol, yiroq, katta va bir-biriga zid bo’lgan kar, ko’r sabablarga nisbat berish, yuz daraja ko’rlik va ming daraja karlik bilan bo'ladi!..

DEMAK, IKKINCHI MASALA:"Tashakkala binafsihi"dir. Ya'ni, o’z-o’zidan shakllanadi. Bu jumlaning ham ko’p mahollari bor. Ko’p jihatdan botil, maholdir. Namuna uchun mahollardan uchtasini bayon qilamiz.

Birinchisi:Ey qaysar inkorchi! Sening anoniyating seni shunchalik ahmoqlashtirganki, bir daraja yuzta maholni birdaniga qabul qilishga hukm qilyapsan. Chunki sen mavjudsan. Hamda oddiy modda va jonsiz va o'zgarmas emassan. Balki doimo yangilanishda, g’oyat intizomli bir uskuna hamda hayratomuz va doimo o'zgarib turgan saroy kabisan. Jismingda har doim zarralar ishlamoqda. Jisming koinot bilan, ayniqsa rizq munosabati bilan, ayniqsa naslning davom etishi e'tibori bilan aloqador va oldi-berdisi bor. Jismingda ishlayotgan zarralar o'sha munosabatni buzmaslik va o'sha aloqadorlikni uzmaslik uchun diqqat qilmoqdalar. Shunga ko'ra, ehtiyotkorlik bilan qadam tashlamoqda. Go’yo butun koinotga qarab, munosabatlaringni koinotda ko’rib, shu vaziyatga kiryapti. Tashqi va ichki tuyg’ularing bilan o'sha zarralarning hayratomuz vaziyatiga ko’ra istifoda qilasan. Agar jismingdagi zarralarni Qodiyri Azaliyning qonuni bilan harakat qilgan kichik xodimlari yoki qo'shini yoki qadar qalamining uchlari, har bir zarra bir qalam uchi yoki qudrat qalamining nuqtalari, har bir zarra bir nuqta ekanini qabul qilmasang, ko’zingda ishlayotgan har bir zarraga shunday bir ko’z kerakki, butun jasadingning har tarafini ko’rish bilan birga, sen munosabatdor bo’lgan butun koinotni ham ko’radigan ko’zi va sening o'tmish va kelajak, hamda nasling va asling hamda unsurlaringning manbalarini va rizqingning ma'danlarini biladigan, taniydigan yuz dohiychalik aqli bo’lishi kerak. Bu masalalarda sendek zarracha aqli bo’lmagan kimsaning, bir zarrasida mingta Aflotunchalik ilmli va shuurli ded hisoblash, ming daraja telbalarcha bir xurofotdir!..

Ikkinchi mahol:Jisming ming gumbazli hayratomuz saroyga o’xshaydi. Xar bir gumbazida toshlar tayanchsiz bir-biriga tutashib, muallaqda turishi ta'minlangan.

Balki sening jisming bunday saroydan ming marta ajibroq. Chunki jisming saroyi doimo mukammal intizom bilan yangilib turibdi. G’oyat hayratomuz bo’lgan ruh, qalb va ma'naviy nozik tuyg'ular hisobga olinmasdan, faqatgina jismingdagi har bir a'zo bir gumbazli manzil hukmidadir. Zarralar o'sha gumbazdagi toshlar kabi bir-birlari bilan mukammal muvozanat va intizom bilan bir-biriga suyanib, xoriqo bir bino, favqaloda bir san'at, ko’z va til kabi ajoyib mo’'jiza-i qudrat ko’rsatmoqdalar. Agar bu zarralar olam ustasining amriga tobe xodimlar bo’lmasa; har bir zarra jasaddagi barcha zarralarga ham mutlaq hokim, ham har biriga mutlaqa mahkum,.. ham har biriga misl, ham hokimiyat nuqtasida bir-biriga zid,.. ham yolg’iz Vojib-ul Vujudga xos ko'plab sifatlarning masdari, manbai,.. ham g’oyat muqayyad, ham g’oyat mutlaq suratda bo’lish bilan birga; sirri vahdat bilan faqat bir Vohidi Ahadning asari bo’la oladigan g’oyat intizomli bir masnu'i vohidni zarracha shuuri bo’lgan odam son-sanoqsiz zarralarga nisbat berishning umuman imkoni yo’qligining, balki yuz marta imkonsiz ekanini anglab yetadi.

Uchinchi mahol:Agar sening vujuding Vohidi Ahad bo’lmish Qodiyri Azaliyning qalami bilan yozilgan bir maktub bo’lmasa va tabiatga, sabablarga tegishli matbu' bo’lsa; u holda vujudingdagi badan hujayralaridan to bir-biri ichigadagi doiralar kabi minglab birikmalar sonicha tabiat qoliplari bo’lishi lozim bo’ladi. Chunki, masalan: qo’limizdagi shu kitob agar qo'lyozma bo’lsa, bir dona qalam kotibining ilmiga tayanib hamma narsani yozadi. Agar u qo'lyozma bo’lmasa va Uning qalamiga nisbat berilmasa, o’zidan-o’zi bo’lgan deyilsa yoki tabiatga nisbat berilsa; unda bosma kitob kabi, har bir harfini chop qilish uchun temir qalam kerak bo’ladi. Axir, matbaada kitobdagi harflar sonicha temir harf bo’ladi, so’ngra u harflar vujudga keladi. Shunday ekan, bir dona qalam o'rniga, o'sha harflar sonicha qalamlar bo’lishi kerak bo’ladi. Balki o'sha harflar ichida, ba'zan kichik qalam yordamida bir katta harfda ingichka xat bilan bir sahifa yozilgan bo’lsa, bir dona harf yozish uchun minglab qalamlar kerak bo’ladi. Balki bir-birining ichida intizom bilan, sening jasading kabi, shakl olayotgan bo’lsa; har bir doirada har bir parcha uchun o'sha murakkabot sonichalik qoliplar bo'lishi kerak bo’ladi. Mayli, ichida yuzta mahol bo’lgan bu vaziyatni mumkin desang ham, ushbu muntazam san'atli temir harflarni, mukammal qoliplarni va qalamlarni yasash ishi boshqa bir "qalam"ga havola qilinmasa, qalamlar, qoliplar va temir harflar yasalishi uchun, yana ularning sonicha qalamlar, qoliplar va harflar lozim bo’ladi. Chunki ular ham yasalgan va muntazam san'atlidir. Va hokazo... bu ish silsila kabi cheksiz davom etaveradi.

Demak shuni tushun! Bu shunday bir fikrki, ichida sening zarralaring sonicha mahollar va xurofotlar bor. Ey muannid muattil! Sen ham uyal, bu zalolatdan voz kech!

UCHINCHI KALIMA:"Iqtazathu-t tabiat", ya'ni; tabiat taqozo qilmoqda, tabiat yaratmoqda. Bu hukmning ko’p mahollari bor. Namuna uchun uchtasini aytib o'tamiz.

Birinchi mahol:Agar mavjudotda, xususan, ziyhayotda ko’ringan basirona, hakimona san'at va ijod Shamsi Azaliyning qalami qadar va qudratiga nisbat berilmay, aksincha, ko’r, kar, ongsiz bo’lgan tabiatga va quvvatga nisbat berilsa; tabiat yaratish uchun hamma narsada son-sanoqsiz ma'naviy uskuna va matbaalarni hozirlashi; yoki har bir narsaning ichiga koinotni yarata oladigan va idora qiladigan bir qudrat va hikmatni joylashtirib qo'yishi lozim bo'ladi. Chunki, masalan: Quyoshning jilvalari va akslari zamin yuzidagi zarrachadek shisha parchalarida va qatralarda ko’rinadi. Agar o'sha misoliy va aksiy quyoshchalar samodagi bitta quyoshga nisbat berilmasa; bir gugurt cho'pining boshi sig'maydigan kichik shisha parchasida tabiiy, fitriy va quyoshning xosiyatlariga ega, ko'rinishdan kichik va ma'nan juda buyuk quyoshning haqiqatan borligini qabul qilib, shisha zarralari sonicha tabiiy quyoshlarni qabul qilishga to'g'ri keladi. Aynan shu misol kabi: mavjudot va ziyhayot to’g’ridan-to’g’ri Shamsi Azaliyning ismlarining jilvasiga nisbat berilmasa; har bir mavjudning ichida, xususan, har bir ziyhayotning ichida hadsiz qudrat va iroda va nihoyasiz ilm va hikmatga ega bo'lgan bir tabiat, bir quvvat, go'yo bir iloh borligini qabul qilishga to'g'ri keladi. Bunday fikr esa, koinotdagi mahollarning eng botili, eng xurofotidir. Xoliqi Koinotning san'atini mavhum, ahamiyatsiz, shuursiz bir tabiatga nisbat bergan inson, albatta, hayvonotdan ko'ra yuz karra hayvonroq va ongsizroq ekanini ko’rsatadi.

Ikkinchi mahol:Agar g’oyat intizomli, mezonli, san'atli, hikmatli ushbu mavjudot nihoyasiz Qodir, Hakim bir Zotga emas, balki tabiatga nisbat berilsa; tabiat xar bir parcha tuproqda Ovro'paning barcha matbaalari va zavod-fabrikalari sonicha uskunalarni, matbaalarni hozir qilishi kerak bo'ladi. Toki o'sha parcha tuproq mansha' va dastgohlik qilgan son-sanoqsiz gul va mevalarning yetishishiga va tashakkullariga sabab bo’la olsin. Chunki, chechaklar uchun gultuvaklik vazifasini bajarayotgan kosa tuproq, ichiga navbati bilan urug’lari tashlangan barcha gullarning bir-biridan juda farqli shakl va hay'atlarini tashkil va tasvir qila oladigan qobiliyati amalda ko’rinmoqda. Agar bu hol Qodiri Zuljalolga nisbat berilmasa; kosadagi tuproqda xar bir chechakni yaratish uchun ma'naviy, alohida, tabiiy bir dastgoh bo’lmasa, bu holat vujudga kelmaydi. Chunki urug’larning ham nutfalar va tuxumlar kabi, moddalari birdir. Ya'ni, muvallid-ul ma', muvallid-ul humuza (kislorod), uglerod va azotning intizomsiz, shaklsiz, xamir kabi qorishmasidan iboratdir. Buning ustiga, havo, suv, harorat, ziyo ham xar biri oddiy va shuursiz va xar bir narsaga qarab seldek ketaveradi. Shunday ekan, son-sanoqsiz gullar tuzilishi bir-biridan farqli va g’oyat intizomli va san'atli holda o'sha tuproqdan chiqishi, o'sha kosadagi tuproqda ma'nan Ovro'pa qadar ma'naviy va kichik miqyosda matbaalar va zavod-fabrikalar bo’lishini bilbadoha va bizzarura taqozo qiladi. Toki bu qadar hayotdor matolarni va minglab farqli-farqli naqshli mansujotlarni to’qiy olsin.

Xullas, tabiiyyunlarning kufroniy fikrlari aql doirasidan qanchalik tashqariga chiqib ketganini qiyos qil. Va tabiatni yaratuvchi deb o’ylagan inson suratidagi ahmoq sarxushlar "o'qimishli va aqllimiz" deb o'zlari da'vo qilayotgan aqldan va ilm-fandan naqadar uzoq ekanlarini, hamda imkonsiz va hech bir jihatdan mumkin bo’lmagan bir xurofotni o’zlariga maslak qilib olganlarini ko’r, kul va tufur!..

Agar:Mavjudot tabiatga nisbat berilsa, bunday g'alati mahollar va imkonsiz darajada mushkulot yuzaga keladigan bo'lsa; ajabo, Zoti Ahad va Samadga nisbat berilgan vaqtda o'sha mushkulotlar qanday qilib yo’qoladi? Va o'sha qiyin imkonsizliklar bu oson vujubga qanday qilib aylanadi?deb so’rasang;

Aljavob:Birinchi maholda ko'rganimizdek, quyoshning jilva-i in'ikosi kamoli suhulat bilan, mashaqqatsiz, eng kichik shisha zarrachasidan tortib to eng katta bir dengiz yuzigacha o'z fayzini va ta'sirini misoliy quyoshchalar orqali g’oyat osonlik bilan ko’rsatmoqda. Holbuki, agar Quyoshdan bog'liqligi uzilsa, imtino' darajasida qiyinchilik bilangina bo'lishi mumkin narsani, ya'ni har bir zarra ichida tabiiy va shaxsan bir quyoshning haqiqatan borligini qabul qilish lozim bo’ladi. Xuddi shuning kabi, har bir mavjud to’g’ridan-to’g’ri Zoti Ahad va Samadga nisbat berilsa; vujub darajasida osonlik va qulaylik bilan va intisob va jilva bilan har bir mavjudga kerakli barcha narsa unga yetkazib berila oladi. Agar u intisob uzilsa va u xodimlik beboshlikka aylansa va har bir mavjud o’z holiga va tabiatga tashlab qo’yilsa; imtino' darajasida yuz ming mushkulot va qiyinchilik bilan, pashsha kabi bir ziyhayotning koinotning kichik mundarijasi bo’lgan g’oyat xoriqo vujud "mashinasi"ni yaratgan uning ichidagi ko’rtabiatnikoinotni yarata oladigan va idora qila oladiganqudrat va hikmat sohibideb faraz qilishga to'g'ri keladi. Bu esa, imkonsiz emas, balki minglab imkonsilikdir.

Alhosil:Zoti Vojib-ul Vujudning sherigi va o'xshashi qanchalik imkonsiz va imkonsiz bo'lsa; shuningdek, rububiyatida va narsalarni yaratishida boshqalarning aralashishi, zotidagi sheriklar kabi imkonsiz va maholdir.

Ammo ikkinchi maholdagi mushkulot esa, bir necha risolalarda isbot qilingani kabi: agar hamma narsa Vohidi Ahadga nisbat berilsa, hamma narsa bir narsa kabi oson va qulay bo’ladi. Agar sabablarga va tabiatga nisbat berilsa, birgina narsa hamma narsachalik mushkulotli bo’lishi ko'plab va qat'iy dalillar bilan isbot qilingan. Bir dalilning xulosasi quyidagicha:

Bir kishi podshoga askarlik yoki xizmatchilik jihatidan bog'lansa, u xodim va u askar o'sha intisob quvvati bilan shaxsiy quvvatidan yuz ming marta ko’p bo'lgan ishlarga ham sazovor bo’la oladi. Va ba'zan podshohi nomidan bir shohni asir oladi. Chunki bajargan ishlarining va qilgan asarlarining jihozoti va quvvati unda bo’lmaydi va tashishga ham majbur bo’lmaydi. U quvvat va jihozotni o'sha intisob tufayli podshoning xazinalari va orqasidagi tayanch nuqtasi bo’lgan qo’shin tashiydi. Demak, qiladigan ishlari shohona bir podshoning ishi kabi va ko’rsatadigan asarlari bir qo’shinning ishidek xoriqo bo’lishi mumkin. Masalan: chumoli o'sha xizmatchilik jihatidan Fir'avnning saroyini xarob etadi,.. va pashsha o'sha intisob tufayli Namrudni halok qiladi,.. va o'sha intisob bilan bug’doy donasicha archa urug’i kattakon archa daraxtining butun jihozotini yetishtiradi.

{(Hoshiya) Darhaqiqat, agar intisob bo’lsa, urug’ qadari Ilohiydan amr oladi va xoriqo ishlarga sazovor bo’ladi. Agar intisob uzilsa, urug’ning yaratilishi ulkan archa daraxtining yaratilishidan ko'ra ko'p jihozot va iqtidor va san'atni taqozo qiladi. Chunki tog’dagi qudrat asari bo’lgan bahaybat archa daraxtining butun a'zolari va jihozoti bilan o'sha urug’dagi taqdir asari bo’lgan ma'naviy daraxtda mavjud bo’lishiga to'g'ri keladi. Chunki ulkan daraxtning fabrikasi - urug’dir. Ichidagi taqdiriy daraxt esa, qudrat bilan tashqarida namoyon bo'ladi, jismoniy archa daraxti bo’ladi.}

Agar intisob uzilsa, xodimlikdan chetlatilsa, qiladigan ishlarining jihozotini va quvvatini yelkasida va qo'lida tashishga majburdir. Bu tomondan, nozik bilagidagi kuch miqdoricha va yeklasidagi askariy jihozoti sonicha ish bajaradi. Avvalgi vaziyatda g’oyat osonlik bilan bajargan ishlari bu vaziyatda undan talab qilinsa, albatta, bilagiga bir lashkar quvvatini va yelkasiga bir podshoning harbiy jihozot zavodini yuklash lozim bo’ladiki; kuldirish uchun telba-teskari xurofot va ertaklarni gapiradigan masxarabozlar ham bu xayoldan uyaladi!..

Alhosil:Har bir mavjudni Vojib-ul Vujudga nisbat berish - vujub darajasida bir qulayligi bor. Va yaratilishini tabiatga nisbat berish - imtino' darajada mushkul va aql doirasidan tashqaridir.

Uchinchi Mahol:Ba'zi risolalarimizda bayon qilingan ikkita misol bu maholni izohlaydi:

Birinchi Misol:Butun osori madaniyat bilan takmil va tazyin qilingan, xoli bir sahroda qurilgan, barpo qilingan saroyga juda yovvoyi odam kirib, ichiga qarabdi. Minglab intizomli san'atli narsalarni ko’ribdi. Yovvoyiligi, ahmoqligi sabab: "Xorijdan hech kim aralashmasdan, ushbu saroy ichidagi narsalarning biri, saroy ichidagi narsalari bilan birga bunyod etgan", deb izlanishga tushdi. Qaysi narsaga qarasa, u boshqa narrrsalarning hammasini yasaganini, yovviyi aqli ham qabul qilmadi. So'ngra o'sha saroyning qurilish dasturi va mavjudot mundarijasi va idora qonunlari yozilgan bir daftarni ko’rdi. Aslida, qo’lsiz va ko’zsiz va asbob-uskunasiz o'sha daftarning ham saroy ichidagi boshqa narsalar singari, saroyni tashkil va tazyin eta oladigan hech qanday qobiliyati yo’q. Biroq, chorasiz qolib, majburan boshqa narsalarga nisbatan ilmiy qonunlarning unvoni jihatidan o'sha saroyning majmu'iga ushbbu daftarni munosabatdor deb bilgani uchun: "Saroyni tashkil, tanzim va tazyin qilib, barcha narsalarni yasagan, osgan va joylashtirgan - ushbu daftardir", deb johilligini ahmoqlarning, sarxushlarning safsatasiga aylantirdi.

Xullas, xuddi shu misoldagi kabi, o’sha saroydan hadsiz darajada intizomliroq, mukammalroq va atrofi mo’'jizona hikmat bilan to’la ushbu saroyi olamning ichiga uluhiyatni inkor qilishgacha borgan "tabiiyyun" fikrli vahshiy inson kiradi. Doira-i mumkinot xorijida bo’lgan Zoti Vojib-ul Vujudning asari san'ati ekanini o’ylamasdan va undan yuz o'girib, doira-i mumkinot ichida qadari Ilohiyning yozib-o'chirib turadigan taxtasi o'rnida va qudrati Ilohiyaning ijroot qonunlariga aylangan va o'zgarib turadigan daftar bo’la oladigan va juda yanglish va "tabiat" xato nom berilgan bir odoti Ilohiya qonunlarining majmuasini va bir san'ati Rabboniya mundarijasini ko’radi. Va aytadiki: "Modomiki bu narsalar bir sabab istar ekan, ularga hech bir narsaning bu daftarchalik munosabati ko’rinmayapti. Aslida, ko’zsiz, shuursiz, qudratsiz bu daftar rububiyati mutlaqaning ishi bo’lgan va hadsiz bir qudratni taqozo qiladigan "yaratish" uning qo'lidan kelishini aql hech bir jihatdan qabul qilmaydi. Ammo, modomiki Sone'-i Qadimni qabul qilmayotgan ekanman, shunday bo'lgach, eng munosibi - bu daftar buni yasagan va yasaydi, deyman", deydi.

Biz ham aytamizki: Ey ahmaq-ul humaqodan ham ahmoqlashgan sarxush ahmoq! Boshingni tabiat botqog'idan chiqar, orqangga nazar sol. Zarrotdan sayyorotgacha butun mavjudot boshqa-boshqa lisonlar bilan Uning borligiga shahodat qilayotganlari va barmoqlari bilan ishora qilayotganlari bir Sone'-i Zuljalolni ko’r va shu saroyni qurgan va shu daftarda saroyning dasturini yozgan Naqqoshi Azaliyning jilvasini mushohada qil, farmoniga boq, Qur'onini tingla! Bunday safsatalardan qutul!..

Ikkinchi misol:Juda yovvoyi bir odam muhtasham bir lashkargoh doirasiga kirdi. G’oyat intizomli qo’shinning umumiy birgalikdagi ta'limlarini, intizomli harakatlarini ko’radi. Bir askarning harakati bilan bir batal'on, bir polk, bir diviziya turadi, o’tiradi, yuradi; birgina "O’t och!" amri bilan o’t ochayotganini o'z ko'zi bilan ko'radi. Uning dag'al, yovvoyi aqli bir qo’mondonning davlat nizomoti bilan va qonuni podshohiy bilan berayotgan buyrug’ini anglamasdan inkor qilgani uchun, o'sha askarlar bir-birlariga iplar bilan bog’langan, deb xayol qiladi. O'sha xayoliy ip naqadar g'aroyib bir ip ekanini o’ylab, hayratda qoladi. So’ngra yo'lida davom etib, Ayasofiya kabi g’oyat muazzam bir masjidga juma kuni kirib boradi. U yerdagi jamoati muslimiyn bir odamning ovozi bilan turib, egilib, sajda qilib, o’tirayotganlarini o'z ko'zi bilan ko'radi. Ma'naviy va samoviy qonunlarning majmu'idan iborat bo’lgan shariatni va shariat sohibining amrlaridan kelgan ma'naviy dasturlarni anglamagani uchun, u jamoat moddiy iplar bilan bog’langan va o'sha g'aroyib iplar ularni asir qilib o’ynatyapti degan xayol bilan, eng yovvoyi inson suratidagi yirtqich hayvonlarni ham kuldiradigan darajada masxarali fikr bilan chiqib ketadi...

Xuddi mana shu misol kabi, Sultoni Azal va Abadning son-sanoqsiz askarlarining muhtasham lashkargohi bo’lmish bu olamga va o'sha Ma'budi Azaliyning intizomli bir masjidi bo’lmish koinotga mutlaq jaholatdan iborat inkorli tabiat fikriga ega bo'lgan munkir kiradi. Sultoni Azaliyning hikmatidan yuzaga kelgan koinot nizomotining ma'naviy qonunlarini moddiy jism deb tasavvur qilib va saltanati rububiyatning nazariy qonunlari va Ma'budi Azaliyning eng buyuk fitriy shariatining ma'naviy va faqatgina ilmiy vujudi bor bo’lgan ahkomlarini va dasturlarini bir mavjudi xorijiy va moddiy bir jism deb o'ylab; qudrati Ilohiyaning o’rniga, o'sha ilm va kalomdan yuzaga kelgan va faqatgina ilmiy vujudi bo’lgan qonunlarni qo'yish va qo’llariga "ijod" berish, keyin esa ularga "tabiat" ismini qo'yish va faqatgina qudrati Rabboniyaning bir jilvasi bo’lgan quvvatni bir qudrat deb va mustaqil bir qodir deb o'ylash; misoldagi yovvoyi odamdan ming karra tuban bir johillikdir...

Alhosil:Tabiiyyunlarning mavhum va haqiqatsiz"tabiat"degan narsalari nari borsa va haqiqati xorijiya sohibi bo’lsa:

-san'at bo’lishi mumkin, Sone' bo’lolmaydi;

-naqshdir, Naqqosh bo’lolmaydi;

-ahkomdir, Hokim bo’lolmaydi;

-shariati fitriyadir, Shori' bo’lolmaydi;

-maxluq bir parda-iizzatdir, Xoliq bo’lolmaydi;

-munfa'il bir fitratdir, Fotir bir foil bo’lolmaydi;

-qonundir, Qudrat emas, Qodiyr bo’lolmaydi;

-mistardir, masdar bo’lolmaydi...

Alhosil:Modomiki mavjudot bor ekan,.. modomiki - "O’n oltinchi nota"ning boshida aytilgani kabi, - mavjudning vujudga kelishi haqida taqsimi aqliyga ko'ra to’rtta yo’ldan boshqa yo’l xayolga kelmas ekan,.. o'sha to’rtta yo'ldan uchtasining har biri uchtadan ochiqdan-ochiq mahollar orqali botil ekanligi qat'iy bir suratda isbotlangan ekan;.. Albatta, to’rtinchi yo’l bo’lgan vahdat yo’li bizzarura va bilbadoha qat'iy bir suratda isbotlangan hisoblanadi. Ushbu to’rtinchi yo’l esa: risolaning boshdagi

اَفِى اللّٰهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

oyati shaksiz va shubhasiz badohat darajasida Zoti Vojib-ul Vujudning uluhiyatini va har narsa to’g’ridan-to’g’riga Uning dasti qudratidan yuzaga kelganini va samovot va Arz Uning qabza-i tasarrufida ekanini ko’rsatadi...

Ey asbobparast va tabiatga sig’inayotgan bechora odam! Modomiki, hamma narsaning tabiati hamma narsa kabi maxluq ekan, - chunki san'atlidir va yangitdan paydo bo’lmoqda, hamda har musabbab kabi uning zohiriy sababi ham masnu'dir,.. va modomiki, har narsaning vujudi juda ko’p jihozot va olatlarga muhtoj ekan;.. U holda, o'sha tabiatni ijod etgan va o'sha sabablarni yaratgan bir Qodiyri Mutlaq bor! Va Qodiyri Mutlaqning nima ehtiyoji borki, ojiz vositalarni O'zining rububiyatiga va ijodiga sherik qilsin!

Hosho!.. Balki to’g’ridan-to’g’ri musabbabni sabab bilan birga yaratib, ismlarining jilvasini va hikmatini ko’rsatish uchun tartib va tanzim bilan zohiriy sababiyat, muqoranat berish orqali, narsalardagi zohiriy qusurlarga, marhamatsizliklarga va nuqsoniyatlarga marji' bo’lish uchun sabablarni va tabiatni O'zining dasti qudratiga parda qilgan, izzatini shu shaklda muhofaza qilgan.

Ajabo: bir soatsoz usta soatning charxlarini yasab, keyin soatni charxlar bilan tartibga keltirib tanzim qilish osonroqmi yoki charxlar ichida xoriqo uskunani yasab, keyin soatni yasashni uskunaning jonsiz qo’llariga topshirish osonroqmi? Ajabo, ikkinchisi imkon xorijida emasmi? Qani, o'sha insofsiz aqling bilan sen javob ber, sen o'zing hakam bo’l!

Va yoxud: bir kotib siyoh, qalam, qog’ozni keltirdi. O'sha narsalar bilan shaxsan o’zi u kitobni yozishi osonroqmi yoki o'sha qog’oz, siyoh, qalam ichida o'sha kitobdan ko'ra san'atliroq, mashaqqatliroq, faqat o'sha kitobgagina maxsus bo’lgan yozuv mashinasini yasab, keyin o'sha ongsiz mashinaga "Qani, sen yoz!" desa va o’zi aralashmasa, osonroqmi? Ajabo, ikinchisi yozishdan ko'ra yuz karra mushkul emasmi?

Agar aytsang:To'g'ri, bir kitobni yozadigan mashinani yasash u kitobni yozishdan yuz marta mushkulroqdir. Lekin, o'sha uskuna aynan o'sha kitobning juda ko'p nusxalarini yozishga vosita jihatidan, balki bir qulayligi bor?

Aljavob:Naqqoshi Azaliy cheksiz qudrati bilan nihoyasiz jilva-i asmosini har doim yangilab turish bilan, ularni turli-turli shaklda ko’rsatish uchun ashyodagi tashaxxuslarni va o'zlariga xos siymolarni shunday suratda yaratgandirki, hech qanday maktubi Samadoniy va hech qanday kitobi Rabboniy boshqa kitoblarning birga-bir o'xshashi bo’la olmaydi. Har qanday holatda ham, boshqa ma'nolarni ifodalash uchun boshqa bir siymosi topiladi. Agar ko’zing bo’lsa, insonning siymosiga boq, ko’rki: Odam zazmonidan to hozirgacha, balki abadgacha shu kichik siymoda, - asosiy a'zolarda ittifoq bo'lish bilan birga, - har bir siymo barcha siymolarga nisbatan ularning barchasidan biror farqli alomati borligi qat'iyan sobitdir. Shuning uchun har bir siymo alohida kitobdir. Faqatgina san'atning tanzimi uchun boshqa yozuv to'plami va boshqa tartib va ta'lif istaydi. Va moddalarini ham keltirish, ham joylashtirish va hamda vujudga lozim bo’lgan hamma narsani ichiga joylashtirish uchun boshqa dastgoh istaydi. Mayli, farzi mahol sifatida tabiatga bir bosmaxona nazari bilan boqdik. Lekin, bir bosmaxonaga oid tanzim va chop etishdan, ya'ni muayyan intizomini qolipga tushirishdan boshqa; vujudga kelishlari o'sha tanzimning vujudga kelishidan ko'ra yuz daraja mushkul bir ziyhayotning jismidagi moddalarni olamning har tarafidan maxsus mezon bilan va xos intizom bilan yaratish va keltirish va bosmaxonaning qo’liga topshirish uchun ham yana o'sha bosmaxonani yaratgan Qodiyri Mutlaqning qudrat va irodasiga muhtojdir. Demak, bu bosmaxona ehtimoli va farazi - butunlay ma'nosiz bir xurofotdir.

Xullas, o’sha soat va kitob misollari kabi, Sone'-i Zuljalol, Qodiyri Kulli Shay sabablarni yaratgan, musabbabotni ham yaratadi. Hikmati bilan musabbabotni sabablarga bog’laydi. Koinot harakotining tanzimiga doir odatulloh qonunlaridan iborat shariati fitriya-i kubro-i Ilohiyaning bir jilvasini va narsalardagi o'sha jilvasiga faqatgina oyna va bir ma'kas bo’lgan narsalarning tabiatini O'z irodasi bilan tayin qilgan. Va o'sha tabiatning vujudi xorijiyga mazhar bo’lgan vajhini O'z qudrati bilan ijod etgan va narsalarni o'sha tabiat asosida yaratgan, bir-biriga singdirgan...

Ajabo, bag’oyat ma'qul va cheksiz dalillarning natijasi bo’lgan bu haqiqatni qabul qilish osonroqmi?, - ajabo, vojiblik darajasida shart emasmi?! - Yo'qsa, jomid, shuursiz, maxluq, masnu', bosit bo’lgan o'sha sabab va tabiat degan moddalarga har bir narsaning yaralishiga lozim behisob jihozot va olatlarni berib, hakimona, basirona ishlarni yolg'iz o’zlariga qildirish osonroqmi? Ajabo, imtino' darajasida, imkon xorijida emasmi? Buni sening o'sha insofsiz aqlingning insofiga havola qilamiz.

Munkir va tabiatparast aytadiki:Modomiki meni insofga chaqirayotgan ekansan, aytamanki: Shu vaqtgacha yurgan xato yo’limiz ham yuz daraja mahol, ham juda zararli va benihoya chirkin maslak ekanini tan oldim. Zarracha ongi bor odam yuqoridagi tahqiqotlaringizdan shuni anglaydiki: "yaratish"ni sabablarga va tabiatga .berish imkonsiz va maholdir; va hamma narsani to’g’ridan-to’g’ri Vojib-ul Vujudga nisbat berish vojibdir, zaruriydir. "Alhamdulillohi 'alal iymon" deb iymon keltiraman.

Faqat, bir shubham bor. Janobi Haqning Xoliq ekanini qabul qildim. Lekin ayrim ahamiyatsiz narsalarning yaratilishiga ba'zi arzimas sabablarning aralashishi va ozgina madhu sanoga sazovor bo'lishlari saltanati rububiyatiga qanday zarar beradi? Saltanatiga nuqson yetkazadimi?

Aljavob:Ba'zi risolalarda g’oyat qat'iy isbot qilganmizki, hokimiyatning xususiyati - boshqalarning aralashuvini rad qiladi. Hatto, eng past darajadagi hokim, bir ma'mur ham doira-i hokimiyatida hatto o'z o’g’lining aralashuvini qabul qilmaydi. Hatto, hokimiyatiga aralashuvidan gumon qilib, ba'zi dindor podsholar - xalifa bo’lganlari holda, - ma'sum bolalarini qatl qilganliklari, ushbu "Raddi mudoxala qonuni" hokimiyatda naqadar asosli hukm surganini ko’rsatadi. Bir nohiyada ikki mudirdan to bir mamlakatda ikki podshoga qadar, hokimiyatdagi mustaqillik taqozo qilgan "man'i ishtirok qonuni" bashar tarixida juda ayanchli qirg'inbarotlar orqali o'z kuchini ko’rsatgan. Ajabo, ojiz va yordamga muhtoj insonlardagi omiriyat va hokimiyatning soyasi bu darajada mudoxalani rad qilishni va boshqasining aralashuvini man' qilishni va hokimiyatida ishtirokni qabul qilmasligini va maqomida istiqloliyatini juda qattiq taassub bilan muhofaza qilishga urinishini ko’rginda, so’ngra hokimiyati mutlaqa rububiyat darajasida va omiriyati mutlaqa uluhiyat darajasida va istiqloliyati mutlaqa ahadiyat darajasida va istig’no-i mutlaq qodiriyati mutlaqa darajasida bo'lgan Zoti Zuljalolda bu "raddi mudoxala" va "man'i ishtirok" va "tardi sherik" qonunlari qay darajada hokimiyatning zaruriyati va vojib bir muqtazosi ekanini qiyos qilolsang, qil!

Endi ikkinchi qism shubhangga kelsak:Ba'zi sabablar ba'zi juz'iyotning ba'zi ubudiyatlariga marji' bo’lsa, Ma'budi Mutlaq bo’lgan Zoti Vojib-ul Vujudga yuzlangan zarralardan to sayyoralargacha barcha maxluqotning ubudiyatidan biror narsa kamayib qoladimi?

Aljavob:Shu koinotning Xoliqi Hakimi koinotni bir daraxtga o'xshatib yaratib, zishuurni eng mukammal mevasi va insonni zishuurlar ichida eng jome' mevasi qilgan. Va insonning eng ahamiyatli, balki natija-i xilqati va g’oya-i fitrati va samara-i hayoti bo’lgan shukr va ibodatni, o'sha Hokimi Mutlaq va Omiri Mustaqil, O’zini sevdirish va tanitish uchun koinotni yaratgan Vohidi Ahad, butun koinotning mevasi bo’lgan insonni va insonning eng yuksak mevasi bo’lgan shukr va ibodatini boshqa qo’llarga berib qo'yarmidi? Hikmatiga butunlay zid holda, natija-i xilqatni va samara-i koinotni behuda qiladimi? Hosho va kallo!... Yana, hikmatini va rububiyatini inkor ettidiradigan shaklda maxluqotning ibodatlarini boshqalarga berishga rozi bo’ladimi, bunga hech izn beradimi? Va hadsiz darajada O’zini sevdirishni va tanittirishni amallari bilan ko’rsatgani holda, eng mukammal maxluqining shukr va minnatdorliklarini, muhabbat va ubudiyatlarini boshqa sabablarga berish bilan O’zini unuttirib, koinotdagi maqosidi oliyasini inkor ettiradimi? Ey, tabiatparastlikdan voz kechgan birodar! Qani, sen gapir!

U aytadi: Alhamdulilloh, bu ikki shubham hal bo’lish bilan birga, vahdoniyati Ilohiyaga doir va Ma'budi Bilhaq U ekaniga va Undan boshqa narsalar ibodatga loyiq emasligiga shunchalik porloq va kuchli ikki dalil ko’rsatdingki, ularni inkor qilish quyoshni va kunduzni inkor etish kabi bir mukobaradir.

XOTIMA

Tabiat fikri kufriysini tark qilgan va iymonga kelgan kishi aytdiki: Alhamdulilloh, shubhalarim qolmadi. Faqat, meni qiziqtirayotgan bir nechta savolim bor.

Birinchi savol:Ko’p tanballardan va namoz o’qimaydigan kishilardan eshitamiz: Janobi Haq bizning ibodatimizga nima ehtiyoji bor, ibodatni tark qilgan kimsani Qur'onda juda shiddat va isror bilan qo'rqitib, Jahannam kabi dahshatli jazo bilan tahdid qiladi. Ahamiyatsiz kichik xatoga bunchalik shiddatli ahamiyat ko’rsatish, e'tidolli va istiqomatli va adolatli ifoda-i Qur'oniyaga yarashadimi?

Aljavob:Darhaqiqat, Janobi Haq nafaqat sening ibodatingga, balki hech bir narsaga muhtoj emas. Lekin sen o'zing ibodatga muhtojsan, chunki ma'nan xastasan. Ibodat esa, ma'naviy yaralaringga malham ekanini ko’p risolalarda isbot qilganmiz. Ajabo, bir bemordagi kasallikni davolash uchun shafqatli hakim unga foydali dorilarni ichirish borasida zo'rlashiga javoban, hakimga: "Meni bunchalik majburlashning senga nima keragi bor?" desa, naqadar bema'no ekanini anglaysan.

Qur'onning tarki ibodat haqidagi qattiq tahdlari va dahshatli jazolariga kelsak, bu shunga o'xshaydiki: bir podsho ra’iyatining huquqini muhofaza qilish uchun, oddiy bir odamni ra’iyatining huquqiga zarar keltirgan xatosi sababli shiddatli jazoga yo'liqtiradi. Xuddi shuning kabi, ibodatni va namozni tark qilgan odam Azal va Abad Sultonining raiyati o'rnidagi mavjudotning huquqiga katta tajovuz va ma'naviy zulm qiladi. Chunki mavjudotning kamollari Sone'ga mutavajjih yuzlarida tasbeh va ibodat bilan namoyon bo'ladi. Ibodatni tark qilgan kimsa mavjudotning ibodatini ko’rmaydi va ko’rolmaydi, balki inkor ham qiladi. Ana shunda, ibodat va tasbeh borasida yuksak maqomda bo’lgan va har biri bir maktubi Samadoniy va bir oyna-i asmo-i Rabboniya bo’lgan mavjudotni oliy maqomlaridan tushirgani uchun va ahamiyatsiz, vazifasiz, jomid, parishon vaziyatda deb qabul qilgani uchun mavjudotni kamsitadi; kamolotini inkor va tajovuz qiladi.

Darhaqiqat, har kim koinotni o’z oynasi bilan ko’radi. Janobi Haq insonni koinot uchun bir miqyos, bir mezon suratida yaratgan. Har bir insonga bu olamdan xususiy olam bergan. O'sha xususiy olamning rangini u insonning qalbiy e'tiqodiga ko’ra ko’rsatadi. Masalan: g’oyat ma'yus va motamli holda yig’layotgan inson mavjudotni ham yig’layotgan va ma'yus suratda ko’radi. Juda xursand va nash'ali, sevinchli va kamoli nash'asidan kulayotgan bir odam koinotni ham nash'ali, kulayotgan holda ko’radi. Shuningdek, mutafakkirona va jiddiy suratda ibodat qilayotgan va tasbeh aytayotgan odam mavjudotning haqiqatdan mavjud va muhaqqaq mavjud bo’lgan ibodat va tasbehotlarini bir daraja kashf qiladi va ko’radi. G’aflat yoki inkor bilan ibodatni tark qilgan odam mavjudotni haqiqati kamolotiga tamoman zid va muxolif va xato bir suratda tasavvur qiladi va ularning ma'nan huquqiga tajovuz qiladi.

Yana, o'sha torik-us salot o’ziga o’zi molik bo’lmagani uchun, o’z Molikining bandasi bo’lgan o’z nafsiga zulm qiladi. Moliki esa, o'sha bandasining haqqini uning nafsi ammorasidan olish uchun dahshatli tahdid qiladi.

Yana, natija-i xilqati va g’oya-i fitrati bo’lgan ibodatni tark qilgani uchun, hikmati Ilohiyaga va mashiati Rabboniyaga tajovuz o'rniga o’tadi. Shuning uchun jazoga yo'liqadi.

Alhosil:Ibodatni tark qilgan kimsa: ham o’z nafsiga zulm qiladi, - nafs esa, Janobi Haqning bandasi va qulidir; ham koinotning huquqi kamolotiga nisbatan tajovuz va zulmdir. Darhaqiqat, kufr mavjudotga nisbatan tahqir bo'lgani kabi, ibodatni tark qilish ham koinotning kamolotini inkordir. Hamda hikmati Ilohiyaga nisbatan bir tajovuz bo’lgani uchun dahshatli tahdidga, qattiq jazoga mustahaq bo’ladi.

O'sha istihqoqni va mazkur haqiqatni ifodalash uchun Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon mo’'jizona bir suratda o'sha shiddatli ifoda tarzini ixtiyor etib, "muqtazo-i holga muvofiqlik" deb ta'riflanuvchi balog'at haqiqatiga to'liq mos keladi.

Ikkinchi savol:Tabiatdan voz kechgan va iymonga kelgan zot aytadiki: Har mavjud har jihatda, har ishida va har narsasida va har holatida mashiati Ilohiyaga va qudrati Rabboniyaga tobe bo’lishi, juda buyuk bir haqiqatdir. Buyukligi jihatidan bizning tor zehnlarimizga sig’maydi. Holbuki, ko’zimiz bilan ko’rib turganimiz bu benihoya mo'llik, ham narsalarning xilqat va yaratilishidagi cheksiz osonlik, ham yuqoridagi dalillaringiz bilan haqligi ko'ringan vahdat yo’lidagi ijodi ashyoda nihoyat darajada qulaylik va osonlik, ham nassi Qur'on bilan bayon qilingan

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ ٭ وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ

kabi oyatlar ochiq-oydin ko’rsatgan benihoya qulaylik, o'sha buyuk haqiqatning eng maqbul va eng ma'qul bir masala ekanini ko’rsatmoqda. Bu osonlikning siri va hikmati nimada?

Aljavob:"Yigirmanchi Maktub"ning O’ninchi kalimasi bo’lgan وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ bayonida o'sha sir juda keng va qat'iy va qoniqarli tarzda bayon qilingan. Xususan, u "Maktub"ning zaylida yanada kengroq izoh bilan isbot qilinganki; butun mavjudot Sone'-i Vohidga nisbat berilgan vaqtda, birgina mavjud singari osonlashadi. Agar Vohidi Ahadga berilmasa, birgina maxluqning yaratilishi butun mavjudotning yaratilishi qadar mushkullashadi va birgina urug’ bir daraxt qadar mashaqqatli bo’ladi. Agar Sone'-i Haqiqiysiga berilsa, koinot bir daraxt kabi va daraxt bir urug’ kabi va jannat bir bahor kabi va bahor bir chechak kabi osonlashadi, yengillashadi. Va ko'zga ko’rinib turgan cheksiz mo’llik va arzonlikning, va har bir turning osonlik bilan juda ko'p afrodi bo’lishining, va juda yengillik va tezlik bilan intizomli, san'atli, qiymatli mavjudotning osongina vujudga kelishining sirlariga mador bo’lgan va hikmatlarini ko’rsatadigan yuzlab dalillaridan va boshqa risolalarida batafsil bayon qilingan bir-ikkitasiga muxtasar ishora qilamiz. Masalan:

Yuzta askar bir zobitning idorasiga topshirilishi bir askarni yuzta zobitning idorasiga topshirilishidan ko'ra yuz daraja osonroq bo’ladi. Shuning kabi, bir qo’shinning askariy tajhizoti bir markaz, bir qonun, bir fabrika va bir podshoning amriga topshirilsa, xuddi son jihatidan bir askarning tajhizoti qadar osonlashadi. Shuningdek, bir askarning tajhizoti askariyasi bir necha markazlarga, bir necha zavodlarga, bir necha qo’mondonlarga havola qilinishi ham, xuddi son jihatidan bir qo’shinning tajhizoti qadar mushkulotli bo’ladi. Chunki birgina askarning tajhizoti uchun butun qo’shinga lozim bo’ladigan zavod-fabrikalar bo’lishi kerakdir.

Yana, vahdat siriga ko'ra bir daraxtga bir ildizda, bir markazda, bir qonun bilan hayotiy moddalari berilgani sababli, minglab meva beradigan o'sha daraxt bitta mevachalik oson bo’lgani bilmushohada ko’rinadi. Agar vahdatdan kasratga yuzlanilsa, har bir mevaga lozim bo'lgan hayotiy moddalar boshqa-boshqa joydan berilsa, har bitta meva bir daraxt qadar qiyinchilik tug'diradi. Balki daraxtning bir anmuzaji va mundarijasi bo’lgan birgina danak ham o'sha daraxtchalik qiyin bo’ladi. Chunki bir daraxtning hayotiga lozim bo’lgan butun hayotiy moddalar bir dona danak uchun ham lozim bo’ladi.

Xullas, shu misollar kabi yuzlab misollar bor, ko’rsatmoqdaki: vahdatda nihoyat darajada osonlik bilan vujudga kelgan minglab mavjud, shirkdagi va kasratdagi birgina mavjuddan ko'ra osonroq bo’ladi. Boshqa risolalarda bu haqiqat "ikki karra ikki to’rt" bo’lishi darajasida isbot qilingani uchun, o'shalarga havola qilib, bu yerda faqat bu osonlik va qulaylikning ilm va qadari Ilohiy va qudrati Rabboniya nuqta-i nazaridan g’oyat muhim bir sirini bayon qilamiz. Jumladan:

Sen bir mavjudsan. Agar o’zingni Qodiyri Azaliyga topshirsang; seni hechlikdan, yo’qdan, bir amr bilan, cheksiz qudrati bilan "bir gugurt chaqqandek" bir onda yaratadi. Agar sen o’zingni Unga bermasang, aksincha moddiy sabablarga va tabiatga nisbat bersang, - sen koinotning intizomli bir xulosasi, mevasi va kichik bir mundarijasi va ro’yxati bo’lganing uchun, - seni yaratish uchun koinotni va unsurlarni mayin elakdan o'tkazib, hassos o’lchovlar bilan olamning har tarafidan sening vujudingdagi moddalarni to’plash kerak bo’ladi. Chunki moddiy sabablar faqatgina birlashtiradi, to’playdi xolos. O’zlarida yo’q narsani hechlikdan, yo’qdan yarata olmasliklari, butun ahli aqlning nazdida tasdiqlangan. Shunday ekan, kichik bir ziyhayotning jismini olamning har tarafidan to’plashga majbur bo’ladilar. Mana, vahdatda va tavhidda naqadar osonlik, va shirkda va zalolatda naqadar mushkulot borligini angla!

Ikkinchisi: Ilm nuqta-i nazaridan cheksiz osonlik bor. Jumladan: qadar - ilmning bir turi bo'lib, har narsaning ma'naviy va maxsus qolipi singari bir miqdor tayin qiladi. Va o'sha miqdori qadariy u narsaning yaratilishi uchun bir reja, bir model o'rniga o’tadi. Qudrat yaratayotgan vaqtda, juda osonlik bilan o'sha qadariy miqdor ustida yaratadi. Agar u narsa muhit va cheksiz va azaliy bir ilm sohibi bo’lmish Qodiyri Zuljalolga berilmasa, - yuqorida aytilganidek, - minglab mushkulot emas, balki yuzlab mahollar o’rtaga tushadi. Chunki u miqdori qadariy va miqdori ilmiy bo’lmasa, kichkina bir hayvonning vujudida minglab xorijiy va moddiy qoliplar ishlatilishi lozim bo’ladi. Mana, vahdatda cheksiz osonlik, va zalolat va shirkda cheksiz mushkulot borligining yana bir sirini angla;

وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ

oyati naqadar haqiqatli va to’g’ri va yuksak bir haqiqatni ifodalaganini bil!..

Uchinchi savol:Oldin dushman, hozir do’st bo’lgan, hidoyatga erishgan kishi aytadiki: Shu zamonda juda ildamlab ketgan faylasuflar "Hech narsa yo'qdan yaratilmaydi va hech narsa yo'q qilinmaydi. Faqatgina bir tarkib, bir parchalanish bo’lib, Koinot fabrikasini ishlatib turibdi", deydilar.

Aljavob:Mavjudotga Nuri Qur'on bilan boqmaydigan faylasuflarning eng ildamlab ketganlari qarasalar, bu mavjudotning tabiat va sabablar vositasida shakllanishi va vujudga kelishini - yuqorida isbotlaganimizdek, - imtino' darajasida mushkulotli ekanini ko’rganlari uchun ikki qismga ayrildilar:

Bir qismi sofist bo’lib, insonning xossasi bo’lgan aqldan voz kechib, ahmoq hayvonlardan ham tubanga tushib, koinotning vujudini inkor qilishni, hatto o’zlarining vujudlarini ham inkor qilishini, zalolat maslagida sabablar va tabiatning ijod sohibi bo’lishidan ko'ra osonroq ekanini ko’rganlari bois ham o’zlarini, ham koinotni inkor qilib, mutlaq jaholatga tushishgan.

Ikkinchi guruh qarasalar, zalolatda, sabablar va tabiat yaratuvchi bo’lishi jihatida bir pashsha va bir danakning yaratilishi - cheksiz mushkuloti bor va aql doirasining xorijida bir iqtidorni taqozo qiladi. Shuning uchun majburan ijodni inkor qiladilar, "Yo’qdan bor bo’lmaydi" deydilar va yo'q bo'lishni ham mahol ko’radilar. "Bor yo’q bo’lmaydi", deb hukm qiladilar. Faqat zarralarning harakatlari va tasodif shamollari tufayli bir birikish va tahlil va tarqalish va to’planish suratida bir faraziy vaziyatni xayol qiladilar. Xullas, sen kel, ahmoqlikning va jaholatning eng tuban darajasida turib, o'zini eng yuksak aqlli deb o’ylagan odamlarni ko’r, va zalolat insonni naqadar masxara, tuban va o'ta johillashtirib qo'yishini bil, ibrat ol!

Ajabo, har yili to’rt yuz ming navni birdan zamin yuzida ijod qilgan va samovot va Yerni olti kunda yaratgan, va olti haftada har bahorda koinotdan ko'ra san'atliroq, hikmatliroq ziyhayot bir koinotni insho qilgan bir qudrati azaliya va bir ilmi azaliyning doirasida rejalari va miqdorlari tayin qilingan mavjudoti ilmiyani, - ko’zga ko’rinmaydigan bir modda bilan yozilgan va ko’rinmas bir yozuvni ko’rsatish uchun surilgan bir modda singari, - o'sha moddiy vujudi bo’lgan mavjudoti ilmiyaga juda osonlik bilan vujudi xorijiy berishni o'sha qudrati azaliyadan uzoq deb bilish va ijodni inkor qilish, birinchi guruh bo’lmish sofistlardan ham badtar ahmoqona va johilonadir. Bu badbaxtlar ojizi mutlaq va qo'llarida faqatgina bir juz'i ixtiyoriydan boshqa narsasi bo’lmagan fir'avnlashgan nafslari, hech narsani e'dom va yo’q qila olmagani uchun, va hech bir zarrani va bir moddani hechlikdan va yo’qdan ijod qila olmaganlari uchun, va ishonganlari sabablar va tabiatning qo’lidan yo'qdan ijod qilish kelmagani uchun, ahmoqliklari sababli: "Yo’qdan bor bo’lmaydi, bor narsa yo’q bo’lmaydi", deydilar va bu botil va xato dasturni Qodiyri Mutlaqqa tatbiq qilishni istaydilar.

Darhaqiqat, Qodiyri Zuljalolning ikki tarzda ijodi bor:

Biri:ixtiro va ibdo' bilandir. Ya'ni, hechlikdan, yo’qdan vujudga keltiradi va unga lozim bo'lgan barcha narsani ham yo'qdan ijod etib, qo’liga beradi.

Ikkinchisi:insho bilan, san'at bilandir. Ya'ni, kamoli hikmatini va ko’p ismlarining jilvalarini ko’rsatish kabi juda nozik hikmatlar uchun koinotning unsurlaridan bir qism mavjudotni insho qiladi. Amriga tobe bo’lgan butun zarrotlarni va moddalarni razzoqiyat qonuni bilan ularga yuboradi va ularda ishlatadi.

Darhaqiqat, Qodiyri Mutlaqning ikki tarzda - ham ibdo', ham insho suratida yaratishi bor. Borni yo’q qilish va yo’qni bor qilish Uning eng qulay, eng oson, balki doimiy va umumiy bir qonunidir. Bir bahorda uch yuz ming anvo'i ziyhayot maxluqotning shakllarini, sifatlarini, balki zarrotlaridan boshqa butun kayfiyot va ahvollarini yo'qdan bor qilgan bir qudratga qarshi, "yo’qni bor qilolmaydi" degan odam yo’q bo’lishi kerak!..

Tabiatni tashlagan va haqiqatga o’tgan zot aytadiki: "Janobi Haqqa zarralar adadicha shukr va hamdu sano aytamanki, kamoli iymonni qozondim, avhom va zalolatlardan qutuldim va hech bir shubham ham qolmadi. Alhamdulillohi 'alo diynil Islom va kamolil iymon"...

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

Yigirma To’rtinchi Yog’du

Tasattur haqida

(O’n beshinchi Mulohazaning Ikkinchi va Uchinchi Masalalari ekan, ahamiyatiga binoan Yigirma To’rtinchi Yog’du bo’ldi.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

يَا اَيُّهَا النَّبِىُّ قُلْ لِاَزْوَاجِكَ وَبَنَاتِكَ وَنِسَٓاءِ الْمُؤْمِن۪ينَ يُدْن۪ينَ عَلَيْهِنَّ مِنْ جَلَاب۪يبِهِنَّ

ila oxir... oyati tasatturni amr qiladi. Buzuq madaniyat esa Qur'onning bu hukmiga muxolif chiqadi. Tasatturni fitriy deb bilmaydi, "asoratdir" deydi.

{(*) Mahkamaga qarshi va mahkamani jim qilgan appelatsiyasining mudofaalaridan bir parcha:

"Men ham Adliyaning mahkamasiga deymanki: Bir ming uch yuz ellik yilda va har asrda uch yuz ellik million insonlarning ijtimoiy hayotida eng muqaddas va haqiqiy va haqiqatli bir dasturi Ilohiyni, uch yuz ellik ming tafsirning tasdiqlariga va ittifoqlariga tayanib hamda bir ming uch yuz ellik yil mobaynida o’tgan ajdodimizning e'tiqodlariga iqtido qilib tafsir qilgan odamni mahkum qilgan haqsiz qarorni, albatta yer yuzida adolat bo’lsa, rad va u hukmni bekor qiladi."}

Javob: Qur'oni Hakimning bu hukmi tamoman fitriy ekaniga va muxolifi g’ayri fitriyligiga dalolat qilgan ko’p hikmatlaridan, faqat "to’rt hikmat"ni bayon qilamiz.

Birinchi hikmat:Tasattur ayollar uchun fitriydir va buni fitratlari taqozo qiladi. Chunki ayollar xilqat jihatidan zaif va nozik bo’lganlari, o’zlarini va hayotidan ko’proq sevgan bolalarini himoya qiladigan erkakning himoya va yordamiga muhtoj bo’lganidan, o’zini sevdirish va nafrat ettirmaslik va sovuq muomalaga ma'ruz qolmaslikka fitriy bir mayli bor.

Ham ayollarning o’ntasidan olti-yettitasi yo keksa, yo ko’rimsiz bo’lib, keksalik va ko’rimsizliklarini har kimga ko’rsatishni istamaydilar. Yoki hasadchidir. O’zidan chiroyli bo’lgan ayollarga nisbatan ko’rimsiz ko’rinmaslik yoki tajovuzdan va tuhmatga qolishdan qo’rqadi, hujumga duchor bo’lmaslik va erining nazarida xiyonat bilan ayblanmaslik uchun, fitratan tasattur istashadi. Hatto diqqat qilinsa, eng ko’p yopinib yurganlar keksalardir. Va o’ntadan faqat ikki-uchtasi topilishi mumkinki, ham yosh bo’lsin, ham chiroyli bo’lsin, ham o’zini ko’rsatishdan siqilmasin. Ma'lumdirki, inson sevmagan va yoqtirmagan odamlarining nazaridan siqiladi, xafa bo’ladi. Albatta, ochiq-sochiq yurgan chiroyli ayol nomahram erkaklarning o’ntasidan ikki-uchtasining qarashini yoqtirsa ham, yetti-sakkiztasini yoqtirmaydi. Hamda fahshga kirmagan va buzilmagan chiroyli ayol, nozik va ta'sirchan bo’lgani uchun, moddiy jihatdan ta'siri tajribadan ayon bo’lgan, balki zaharlagan iflos nazarlardan, albatta siqiladi. Hatto eshitamizki, ochiq-sochiqlik joyi Yevropada ko’p ayollar begona tikilib qarashdan siqilib, "Bu ablahhlar bizni ko’z hibsiga olib siqmoqdalar", deb politsiya xodimlariga shikoyat qilishgan. Demak, madaniyatning tasatturni olib tashlashi fitratga xilofdir. Qur'onning tasattur amri fitriy bo’lish bilan birga, u shafqat manbai va qiymatdor abadiy rafiqa hisoblangan ayollarni tasattur vositasida qiymatini yo’qotishdan, zillatdan va ma'naviy asoratdan va qashshoqlikdan qutqaradi.

Hamda ayollarda begona erkaklardan fitratan qo’rqish, xavfsirash bor. Xavfsirash esa, fitratan tasatturni taqozo qiladi. Chunki sakkiz-to’qqiz daqiqalik zavqni jiddiy ravishda achchiqlashtiradigan sakkiz-to’qqiz oy og’ir bir valad yukini zahmat chekish bilan birga, homiysiz bir valadning tarbiyasi bilan sakkiz-to’qqiz yil, o’sha sakkiz-to’qqiz daqiqa dinga zid zavqning balosini chekish ehtimoli bor. Va juda ko’p sodir bo’lgani uchun, haqiqatdan fitrati shiddat bilan nomahramlardan qo’rqadi va tabiati yashirinishni istaydi. Va tasattur bilan nomahramning ishtahasini ochmaslik va tajovuziga yo’l qo’ymaslikni zaif xilqati amr qiladi va qattiq eslatib turadi. Va bir qalqoni va qal'asi chorshafi ekanini ko’rsatadi. Eshitganlarimga ko’ra: Hukumat poytaxtining markazida, kunduz kuni bozorda aholining ko’z o’ngida, oddiy bir poyafzal tozalovchisi, dunyoda mansabi baland odamning oyog’i ochiq ayoliga shilqimlik qilishi, tasatturga qarshi chiqqanlarning hayosiz yuzlariga tarsaki tushiradi!..

Ikkinchi hikmat:Ayol va erkak o’rtasida g’oyat asosli va shiddatli munosabat, muhabbat va aloqa; faqatgina dunyoviy hayotning ehtiyojidan kelib chiqmaydi. Ha, ayol eriga faqatgina dunyoviy hayotga maxsus turmush o’rtog’i emas.

Balki abadiy hayotda ham turmush o’rtog’idir. Modomiki abadiy hayotda ham eriga turmush o’rtog’idir. Albatta abadiy o’rtog’i va do’sti bo’lgan erining nazaridan tashqari boshqasining nazarini o’z mahosiniga jalb qilmaslik va uni ranjitmaslik va rashkini keltirmaslik lozim bo’ladi. Modomiki mo’min eri, sirri iymonga binoan, u bilan aloqasi dunyoviy hayotga oid va faqat hayvoniy va go’zallik vaqtiga maxsus vaqtinchalik muhabbat emas. Balki abadiy hayotda ham turmush o’rtog’i nuqtasida asosli va jiddiy muhabbat va hurmat bilan aloqadordir. Ham faqat yoshligida va go’zallik paytida emas, balki keksalik va xunuklik vaqtida ham jiddiy hurmat va muhabbatni ko’rsatadi. Albatta unga muqobil, u ham o’z mahosinini uning nazari uchungina xos qilishi va muhabbatini ungagina bag’ishlashi, insoniyat taqozosidir. Bo’lmasayutug’i juda oz bo’ladi, yo’qotishi juda ko’p bo’ladi.

Shariatga ko’ra er xotinga o’xshashi, ya'ni bir-biriga munosib bo’lishi kerak. Bu o’xshashlik va tenglikning eng muhimi diyonat nuqtasidadir. Qanday baxtli o’sha erki, ayolining diyonatiga qarab taqlid qiladi, rafiqasini abadiy hayotda yo’qotmaslik uchun dindor bo’ladi.

Baxtiyordir o’sha ayolki, erining diyonatiga qarab, "abadiy o’rtog’imni yo’qotmayin" deb taqvoga doirasiga kiradi.

Voy bo’lsin u erkakkaki soliha ayolini abadiy yo’qotishga olib boradigan safohatga kiradi. Qanday badbaxtdir u ayolkim, taqvodor erini taqlid qilmaydi, muborak abadiy o’rtog’ini yo’qotadi.

Minglab voy bo’lsin ikki badbaxt er-xotingaki, bir-birining fisqini va safohatini taqlid qiladilar. Bir-birini otashga tushishga yordam berishadi!..

Uchinchi hikmat:Bir oila hayotining saodati, er va xotin mobaynidagi o’zaro ishonch va samimiy hurmat va muhabbat bilan davom etadi. Tasattursizlik va ochiq-sochiqlik o’sha ishonchni buzadi, o’zaro hurmat va muhabbatni sindiradi. Chunki, eridan chiroylirog’ini ko’rmagani uchun, o’zini begonaga sevdirishga urinmagan ochiq-sochiq yurgan o’nta ayoldan faqat bitta topiladi. To’qqiztasi eridan yaxshirog’ini ko’radi. Va yigirmata erkakdan faqat bittasi ayolidan go’zalrog’ini ko’rmaydi. O’shanda samimiy muhabbat va o’zaro hurmat yo’qolishi bilan birga, juda xunuk va g’oyat razilona his uyg’otishga sabab bo’lishi mumkin.

Jumladan: Inson opa-singil kabi mahramlariga nisbatan fitratan shahvoniy hisi bo’lmaydi. Chunki mahramlarning siymolari qarindoshlik va mahramlik jihatidagi shafqat va dinga uyg'un muhabbatni his qildirganidan; nafsoniy, shahvoniy mayllarni sindiradi. Biroq, ochiq oyoqlarga o’xshagan, shariatda mahramlarga ham ko’rsatilishi joiz bo’lmagan joylarini ochish, tuban nafslarga ko’ra g’oyat yomon hisning uyg’onishiga sabab bo’lishi mumkin. Chunki mahramning siymosi mahramlikdan xabar beradi va nomahramga o’xshamaydi. Ammo, masalan mahramning ochiq oyog’i boshqasiniki bilan bir xil. Mahramlikni xabar beradigan farqli alomati bo'lmagani uchun, hayvoniy havas nazarini bir toifa pastkash mahramlarda uyg’otishi mumkin. Bunday nazar esa, tuklarni tikka qiladigan insoniyatning tubanlashishidir!..

To’rtinchi hikmat:Ma'lumki, naslning ko’payishini hamma istaydi. Hech bir millat va hukumat yo’qki, naslning ko’payishiga tarafdor bo’lmasa. Hatto Rasuli Akram Alayhissolatu Vassalam marhamat qilganlarki:

تَنَاكَحُوا تَكَاثَرُوا فَاِنّ۪ى اُبَاه۪ى بِكُمُ الْاُمَمَ

-av kama qol- Ya'ni: "Uylaninglar, ko’payinglar. Men qiyomatda sizning ko’pligingiz bilan faxrlanaman." Holbuki, tasatturning olib tashlanishi uylanishni ko’paytirmaydi, aksincha juda kamaytiradi. Chunki eng sayoq va zamonaviy o’spirin ham turmush o’rtog’ining nomusli bo’lishini istaydi. O’zi kabi zamonaviy, ya'ni ochiq-sochiq bo’lishini istamagani uchun, uylanmaydi, balki fahshga kiradi. Ayol unday emas, u darajada erini cheklay ololmaydi. Chunki ayolning oila hayotida ichki mudir bo’lgani uchun, erining barcha mol-mulkiga, avlodiga va hamma narsasiga muhofaza ma'muri bo’lgani uchun, eng muhim xislati sadoqat va ishonchdir. Ochiq-sochiqlik esa bu sadoqatni sindiradi, erining nazarida ishonchni yo’qotadi, unga vijdon azobini chektiradi. Hatto erkaklarda ikki go’zal xislat bo’lgan jasorat va saxovat ayollarda bo’lsa, bu ishonchga va sadoqatga zarar bo’lgani uchun, bad axloq hisoblanib, yomon xislat sanaladi. Biroq erining vazifasi, unga xazinadorlik va sadoqat emas, balki himoya, marhamat, hurmatdir. Shuning uchun, erkak cheklov ostiga olinmaydi. Boshqa ayollarni ham nikohiga olishi mumkin.

Mamlakatimiz Yevropaga qiyos qilinmaydi. Chunki u yerda duel kabi juda shiddatli vositalar bilan ochiq-sochiqlik nomus bir daraja muhofaza qilinadi. Izzati nafs sohibi bo’lgan odamning ayoliga iflos nazar bilan qaragan odam, bo’yniga kafanini oladi, so’ngra qaraydi. Hamda sovuq mamlakatlar hisoblangan Ovrupo tabiati, mamlakat kabi sovuq va yaxlagandir. Osiyo, ya'ni Olami Islom qit'asi unga nisbatan issiq mamlakatlardir. Ma'lumki, atrof-muhitning inson axloqiga ta'siri bor. Sovuq mamlakatda, sovuq insonlarda hayvoniy havaslarni qo’zg’atish va ishtahani ochish uchun ochiq-sochiqlik, balki ko’p suiiste'mollarga va isroflarga sabab bo’lmaydi. Biroq ta'sirchan va hassos issiq mamlakatlardagi insonlarning nafsoniy havaslarini davomli ravishda hayajonlantiradigan ochiq-sochiqlik, albatta ko’p suiiste'mollarga va isroflarga va naslning zaiflashishiga va quvvatning tushishiga sababdir. Bir oyda yoki yigirma kunda fitriy ehtiyojga muqobil, har necha kunda o’zini isrofga majbur deb o’ylaydi. Shunda, har oy o’n besh kun hayz kabi monelar munosabati bilan ayolidan saqlanishga majbur bo’lganidan, nafsiga mag’lub bo’lsa, fahsh ishlarga ham mayl qiladi.

Shaharliklar qishloqliklarga, badaviylarga qarab tasatturni olib tashlolmaydi. Chunki qishloqlarda, badaviylarda tirikchilik dardi tashvishi va jismoniy mehnat bilan insonlar charchagani uchun, hamda shaharliklarga nisbatan diqqatni kam jalb qilgan begunoh ishchi va bir daraja ko’rimsiz ayollarning qisman ochiqliklari, nafsoniy havaslarni hayajonlantirishga sabab bo’lmagani kabi, sayoq va ishsiz odamlar kam bo’lgani uchun, ularda shahardagi fasodlarning o’ndan biri topilmaydi. Shunday ekan, ularga qiyos qilinmaydi.

* * *

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Ahli iymon oxiratli opa-singillarim bo’lgan ayollar toifasi bilan bir suhbat

Ba'zi viloyatlarda ayollar toifasidan samimiy va qizg’in suratda Nurlarga bo’lgan aloqalarini ko’rgan va haddimdan ortiq ularning Nurlarga oid darslarimga ishonchlarini bilgan vaqtlarimda, muborak Ispartaga va ma'naviy Madrasat-uz Zahroga uchinchi marta kelgan vaqtim eshitdimki; muborak oxirat opa-singillarim bo’lgan ayollar toifasi mendan bir dars kutayotgan ekanlar. Go’yo va'z suratida masjidlarda ularga darsim o’qib beraman. Lekin men to’rt-besh jihatdan kasalman, hamda parishon, hatto gapirishga va o’ylashga iqtidorsiz bo’lganim holda, bu kecha shiddatli bir eslatma bilan qalbimga shu narsa keldi, modomiki o’n besh yil avval yoshlarning xohishi bilan "Yoshlarga Rahnamo"ni ular uchun yozdinggiz va juda ko’p istifoda qilindi. Holbuki xonimlar toifasi yoshlardan ko’ra ziyoda bu zamonda shunday bir rahnamoga muhtojdirlar. Men ham bu eslatmaga binoan g’oyat parishon va zaiflik va ojizligim bilan birga "Uch Nukta" bilan g’oyat muxtasar ba'zi kerakli moddalarni u muborak opa-singillarimga va ma'naviy yosh avlodlarimga bayon qilaman:

Birinchi nukta:Risola-i Nurning eng muhim asosi shafqat bo’lgani uchun, ayollar toifasi shafqat qahramonlari bo’lganlari uchun, yanada ziyoda Risola-i Nur bilan fitratan aloqadordirlar. Va lillahilhamd, bu fitriy aloqadorlik ko’p yerlarda his qilinmoqda. Bu shafqatdagi fidokorlik haqiqiy ixlosni va evazsiz fidokorlikni ifoda qilgani uchun, bu davrda juda katta ahamiyatga ega. Ha, bir volida bolasini tahlikadan qutqarish uchun hech qanday haq istamasdan o’zini fido qilishi va haqiqiy ixlos bilan fitriy vazifasi e'tibori bilan o’zini avlodiga qurbon qilishi ko’rsatadiki; ayollarda g’oyat yuksak qahramonlik bor. Bu qahramonlikning inkishofi bilan dunyoviy hayotini ham, abadiy hayotini ham u bilan qutqara oladi.

Lekin ba'zi yomon jarayonlar bilan quvvatli va qiymatdor xislat inkishof etmaydi yoxud suiiste'mol qilinadi. Yuzlab namunalaridan bir kichik namunasi shu: Shafqatli volida bolasining dunyoviy hayotda tahlikaga tushmasligi, istifoda va foyda ko’rishi uchun har qanday fidokorlikni bo’yniga oladi, uni shunday tarbiya qiladi. "O’g’lim amaldor bo’lsin" deb bor bisotini beradi. Hofizlik maktabidan oladi, Yevropaga yuboradi. Lekin bolaning abadiy hayoti tahlikaga tushganini o’ylamaydi va dunyo qamoqxonasidan qutqarishga harakat qiladi, Jahannam qamoqxonasiga tushishini hisobga olmaydi. Fitriy shafqatning tamoman ziddiga, begunoh bolasini,oxiratda shafoatchi bo’lish kerak ekan, da'vogar qiladi.U bola, "Nima uchun iymonimni quvvatlantirmasdan, halok bo’lishimga sabab bo’lding?" deb shikoyat qiladi. Dunyoda ham Islomiy tarbiyani to’liq olmagani uchun, volidasining hayratlanarli shafqati evaziga keragicha javob berolmaydi, balki ko’p xatolarga yo’l qo’yadi. Agar haqiqiy shafqat suiiste'mol qilinmasdan, bechora bolasini abadiy qamoqxona bo’lgan Jahannamdan va abadiy yo’qlik bo’lgan zalolat ichida o’lishdan qutqarishga, shafqat sirri bilan harakat qilsa, bola qilgan barcha savoblarining bir misli volidasining amallar daftariga yoziladi. Volidasining vafotidan so’ng har doim savoblari bilan ruhiga nur yetkazgani kabi, oxiratda da'vogar emas, butun ruhu joni bilan shafoatchi bo’lib, abadiy hayotda unga muborak avlod bo’ladi.

Darhaqiqat, insonning eng birinchi ustozi va ta'sirli muallimi, uning volidasidir. Bu munosabat bilan men o’zimda qat'iy va doim his qilgan ushbu ma'noni bayon qilaman:

Sakson yillik umrimda, sakson ming zotlardan dars olganim holda, qasam ichamanki, eng asosli va mustahkam va har doim menga darsini yangilayotgandek marhum volidamdan olgan o’gitlar va ma'naviy darslarim bo’lib, o’sha darslar fitratimda, go’yo moddiy vujudimda urug’lar hukmida joylashgan edi. Keyingi darslarim o’sha urug’lar ustiga bino qilinganini aynan ko’rmoqdaman. Demak, yoshligimda fitratimga va ruhimga marhum volidamning dars va o’gitlarini, hozir bu sakson yoshimdagi ko’rgan buyuk haqiqatlarim ichida asos urug’ sifatida mushohada qilmoqdaman.

Jumladan: Maslak va mashrabimning to’rt asosidan eng muhimi shafqat qilish va Risola-i Nurning eng buyuk haqiqati bo’lgan achinish va marhamat ko’rsatishni u volidamning shafqatli fe'l va holidan va o’sha ma'naviy darslaridan olganimni aniq tushunyapman. Ha, bu haqiqiy ixlos bilan haqiqiy fidokor volidalik shafqati suiiste'mol qilinib, begunoh bolasining olmos xazinasi hukmidagi oxiratini o’ylamasdan, bolaning begunoh yuzini vaqtinchalik foniy shishalar hukmidagi dunyoga burish va bu shaklda unga shafqat ko’rsatish, shafqatni suiiste'mol qilishga kiradi.

Ha, ayollarning shafqat bilan qahramonliklarini hech qanday haq va hech bir evaz istamasdan, hech qanday shaxsiy foyda, xo’jako’rsinlik qilmay ruhini fido qilganlariga, shafqatning kichik namunasini ko’rsatgan tovuqning bolasini qutqarish uchun arslonga tashlanishi va jonini fido qilishi isbot qiladi.

Hozir Islomiy tarbiyadan va oxirat ishlaridan eng qiymatli va eng kerakli asos, ixlosdir. Bu tur shafqatdagi qahramonlikda o’sha haqiqiy ixlos mavjud.

Agar bu ikki nuqta o’sha muborak toifada inkishof qilishni boshlasa, Islomiyat doirasida juda buyuk saodatga sabab bo’ladi. Holbuki erkaklarning qahramonliklari evazsiz bo’lmaydi. Balki yuz jihatdan evaz istaydi. Hech bo’lmasa shon-sharaf istaydi. Lekin afsuski, bechora muborak ayollar toifasi zolim erkaklarning yomonliklaridan va zo’ravonliklaridan qutulish uchun, boshqa bir tarzda, zaiflikdan va ojizlikdan kelgan boshqa bir navda riyokorlikka kirmoqdalar.

Ikkinchi nukta:Bu yil yolg’izlikda va ijtimoiy hayotdan chekinganim holda ba'zi Nurchi qardoshlarimning va opa-singillarimning xotirlari uchun dunyoga qaradim. Men bilan ko’rishgan aksar do’stlardan o’z oilaviy hayotlaridan shikoyatlar eshitdim. "Ey voh!" dedim. Insonning, xususan musulmonning panohgohi va bir navi Jannati va kichik dunyosi, oila hayotidir. Bu ham buzilishni boshlabtimi, dedim. Sababini qidirdim. Tushundimki: Qandayki Islomiyatning ijtimoiy hayotiga va bu orqali Islom diniga zarar berish uchun yoshlarni yo’ldan urish va yoshlik havaslari bilan safohatga yo’llash uchun bir-ikkita qo’mita ishlayot ekan. Aynan shuning kabi, bechora ayollar toifasining g’ofil qismini ham xato yo’llarga yo'llash uchun bir-ikkita qo’mitaning ta'sirli suratda parda ostida ishlaganini his qildim. Va bildimki: Islom millatiga dahshatli zarba o’sha tomondan kelmoqda. Men ham siz opa-singillarimga va yoshlaringiz ma'naviy avlodlarimga qat'iyan bayon qilamanki: Ayollarning uxraviy saodati kabi, dunyoviy saodatlarining va fitratlaridagi oliy xislatlarining buzilishidan qutulishining yagona chorasi, Islom doirasidagi diniy tarbiyadan boshqa yo’q!.. Rossiyada u bechora toifaning qay holga kirganini eshitmoqdasiz. Risola-i Nurning bir qismida aytilganki: Aqli boshida bo'lgan odam rafiqasiga muhabbatini va sevgisini besh-o’n yillik foniy va zohiriy jamolining go’zalligiga bino qilmaydi. Balki ayollar jamoli go’zalligining eng go’zali va doimiysi, uning shafqatiga va ayollikka maxsus axloq go’zalligiga sevgisini bino qilishi kerak. Toki u bechora keksaygani sari, erining muhabbati unga davom etsin. Chunki uning rafiqasi, faqat dunyo hayotidagi vaqtinchalik yordamchi rafiqa emas, balki abadiy hayotida abadiy va sevimli turmush o’rtog’i bo’lgani uchun, keksaygan sari yanada ziyoda hurmat va marhamat bilan bir-birini sevishi lozim bo’ladi. Hozirgi madaniyat pardasi ostidagi hayvonlarcha vaqtinchalik birgalikdan so’ng abadiy ayriliqqa uchragan oila hayoti tamalidan buzilmoqda.

Ham Risola-i Nurning bir qismida aytilganki: Baxtiyordir u odamki, abadiy rafiqasini yo’qotmaslik uchun soliha xotinini taqlid qiladi, u ham solih bo’ladi. Ham baxtiyordir u ayolki, erini dindor ko’radi, abadiy do’stini va o’rtog’ini yo’qotmaslik uchun u ham to’liq dindor bo’ladi. Dunyoviy saodati ichida uxraviy saodatini qozonadi. Badbaxtdir u odamki, safohatga kirgan xotiniga ergashadi, voz kechirishga harakat qilmaydi, o’zi ham ishtirok qiladi. Badbaxtdir u ayolki, erining fisqiga qaraydi, uni boshqa bir suratda taqlid qiladi. Voy bo’lsin u er-xotingaki, bir-birini otashga tushishga yordam beradi. Ya'ni, madaniyat fantaziyalariga bir-birini tashviq qiladi.

Xullas, Risola-i Nurning bu mazmundagi jumlalarining ma'nosi shuki: Bu zamonda oila hayotining dunyoviy va uxraviy saodatining va ayollarda oliy xislatlar inkishofining sababi, faqat shariat doirasidagi Islomiyat odobi bilan bo’lishi mumkin.

Hozir oila hayotidagi eng muhim nuqta shuki, ayol erida yomonlik va sadoqatsizlik ko’rsa, u ham eriga o’chakishib, ayolning oilaviy vazifasi bo’lgan sadoqat va ishonchni buzsa, aynan askarlikdagi itoatning buzilishi kabi, u oila hayotining fabrikasi chil-parchin bo’ladi. Balki u ayol qo’lidan kelganicha erining kamchiligini isloh qilishga intilishi kerakki, abadiy o’rtog’ini qutqarsin. Bo’lmasa u ham o’zini ochiq sochiqlik bilan boshqalarga ko’rsatishga va sevdirishga harakat qilsa, har jihatdan zarar qiladi. Chunki haqiqiy sadoqatni tashlagan, dunyoda ham jazosini oladi. Chunki nomahramlarning nazaridan fitrati qo’rqadi, siqiladi, chekinadi. Nomahram yigirmata erkakning o’n sakkiztasining nazarini yoqtirmaydi. Erkak esa, yuzta nomahram ayoldan faqat bittasini yoqtirmaydi, qarashidan siqiladi. Ayol u jihatda azob chekkani kabi, sadoqatsizlik tuhmati ostiga kiradi. Zaifligi bilan birga, huquqini muhofaza qilolmaydi.

Alhosil. Qandayki ayollar qahramonlikda, ixlosda shafqat bilan erkaklarga o’xshamaganlari kabi, erkaklar ham u qahramonlikda ularga yetisholmaydilar. Xuddi shuning kabi, u begunoh xonimlar ham, safohatda hech bir jihatdan erkaklarga yetisholmaydilar. Shuning uchun fitratlari bilan va zaif xilqatlari bilan nomahramlardan shiddatli qo’rqadilar va chorshaf ostida saqlanishga o’zini majbur deb biladilar. Chunki erkak sakkiz daqiqa zavq va lazzat uchun safohatga kirsa, yolg’iz sakkiz liralik narsa zarar qiladi. Lekin ayol sakkiz daqiqa safohatdagi zavqning jazosi sifatida dunyoda ham sakkiz oy og’ir yukni qornida ko’tarib yuradi va yana sakkiz yil homiysiz bola tarbiyasining mashaqqatiga ham kirgani uchun, safohatda erkaklarga yetisholmaydi, yuz daraja ko’proq jazosini ko’radi.

Kam bo’lmagan bu navdagi hodisalar ko’rsatadiki, muborak ayollar toifasi, fitratan yuksak axloqqa manba bo’lgani kabi, fisq va safohatda dunyo zavqi uchun qobiliyatlari yo’q hukmidadir. Demak, ular Islomiyat tarbiyasi doirasi ichida baxtiyor oila hayotini kechirishga maxsus muborak maxluqdirlar. Bu muboraklarni buzgan qo’mitalarga la'nat!.. Alloh bu opa-singillarimni ham bu sayoqlarning yomonliklatidan muhofaza qilsin, omin.

Singillarim! Mahram tarzda bu so’zimni sizga aytmoqdaman: Maishat dardi uchun sayoq, axloqsiz, farang-mashrab bir erning tahakkumi ostiga kirishdan ko’ra, fitratingizdagi iqtisod va qanoat bilan, qishloqlik begunoh ayollarning nafaqalarini o’zlari topish uchun ishlaganlari singari o’zingizni ta'minlashga intilinglar, sotishga intilmanglar. Agar sizga munosib bo’lmagan bir erkak qismat bo’lsa, siz qismatingizga rozi bo’ling va qanoat qiling. Inshoalloh, rizoingiz va qanoatingiz bilan u ham isloh bo’ladi. Bo’lmasa, hozir eshitayotganimdek, mahkamalarga ajralish uchun murojaat qilasiz. Bu ham Islomiy obro’ va milliy sharafimizga yarashmaydi!

Uchinchi nukta:Aziz opa-singillarim. Qat'iyan bilingki: Dinga uyg'un doira xorijidagi zavqlarda, lazzatlarda o’n daraja ulardan ziyoda alamlar va zahmatlar borligini Risola-i Nur yuzlab quvvatli dalillar, hodisalar bilan isbot qilgan. Uzun tafsilotni Risola-i Nurda topasizlar.

Jumladan: Kichik So’zlardan Oltinchi, Yettinchi, Sakkizinchi So’zlar va Yoshlarga Rahnamo mening o’rnimga sizlarga bu haqiqatni to’liq ko’rsatadi. Shuning uchun, din doiradagi kayf bilan kifoyalaninglar va qanoat qilinglar. Uyingizdagi begunoh avlodlaringiz bilan begunoh suhbat, yuzlab kinolardanda zavqliroqdir. Ham qat'iyan bilingki, dunyoviy hayotda haqiqiy lazzat, iymon doirasidadir va iymondadir. Va solih amallarning har birida ma'naviy lazzat bor. Va zalolat va safohatda, bu dunyoda ham g’oyat achchiq va xunuk alamlar borligini Risola-i Nur yuzlab qat'iy dalillar bilan isbot qilgan. Go’yo, iymonda Jannatning urug’i va zalolat va safohatda Jahannam urug’i borligini, o’zim ko’p tajribalar va hodisalar bilan aynal-yaqiyn ko’rganman va Risola-i Nurda bu haqiqat takror-takror yozilgan. Eng shiddatli qaysar va e'tirozchilarning qo’liga kirib, rasmiy ekspertlar va mahkamalar bu haqiqatni rad qilolmagan. Hozir siz kabi muborak va begunoh singillarimga va avlodlarim hukmidagi kichiklaringizga, boshda Tasattur Risolasi va Yoshlarga Rahnamo va Kichik So’zlar mening badalimda sizlarga dars bersin.

Eshitdimki, men sizga masjidda dars berishimni orzu qilayotgan ekansiz. Lekin mening parishonligim bilan birga kasalligim va ko’p sabablar bu vaziyatga izn bermaydi.

Men ham siz uchun yozgan bu darsimni o’qigan va qabul qilgan barcha opa-singillarimni barcha ma'naviy yutuq va duolarimga Nur Shogirdlari kabi doxil qilishga qaror qildim. Agar siz mening badalimga Risola-i Nurni qisman qo’lga kiritib o’qisangiz yoki tinglasangiz, qoidamizga ko’ra, barcha qardoshlaringiz hisoblangan Nur shogirdlarining ma'naviy yutuqlariga va duolariga ham hissador bo’lasiz.

Ko’proq yozgan bo’lar edim, lekin qattiq kasal va juda zaif va juda keksa va tahrirlar kabi ko’p vazifalarim bo’lganidan, hozircha shu bilan kifoyalandim.

اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى

Duongizga muhtoj qardoshingiz

Said Nursiy

Yigirma Beshinchi Yog'du

Yigirma besh davodir

(Xastalarga bir malham, bir tasalli, ma'naviy resept, hasta ziyorati va shifo tilash maqomida yozilgan.)

Eslatma va Uzr bayoni

Bu ma'naviy resept butun yozganlarimizdan ustun bir tezlik bilan

{(Hoshiya) Bu risola to’rt yarim soat ichida ta'lif etilgan.

Xuddi shunday Rushdiy, Xuddi shunday Ra'fat, Xuddi shunday Xusrav, Xuddi shunday Said}

ta'lif etilgani kabi; ham umumga qarshi tahrir qilishga va diqqatga vaqt topmasdan, ta'lifi kabi g’oyat tezlik bilan, faqat bir marta ko’zdan kechirildi. Demak, ilk qoralamasi tartibsiz qolgan. Qalbga fitriy suratda kelgan fikrlarni san'at bilan va diqqat bilan buzmaslik uchun, qayta ko’rib chiqishni kerak deb topmadik. O’qigan zotlar, xususan xastalar ba'zi noxush iboralardan yoxud og’ir kalimalardan va ifodalardan siqilib xafa bo’lmasinlar, meni ham duo qilsinlar.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلَّذ۪ينَ اِذَٓا اَصَابَتْهُمْ مُص۪يبَةٌ قَالُٓوا اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ ٭ وَالَّذ۪ى هُوَ يُطْعِمُن۪ى وَيَسْق۪ينِ ٭ وَاِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْف۪ينِ

Shu Yog'duda bashariyatning o’ndan qismidan bir qismini tashkil etgan musibatzada va xastalarga haqiqiy bir tasalli va foydali bir malham bo’la oladigan yigirma besh davoni ijmolan bayon etamiz.

BIRINCHI DAVO:

Ey bechora xasta! Maroq etma, sabr qil. Sening xastaliging senga dard emas, balki bir navi darmondir. Chunki umr bir sarmoyadir, ketadi. Mevasi bo'lmasa, zoye bo’ladi. Ham rohat va g’aflat bilan bo'lsa, juda tez ketadi. Xastalik sening u sarmoyangni ulkan foydalar bilan mevador qiladi. Ham umrning tez o’tishiga yo’l qo'ymaydi, tutib turadi, uzaytiradi.. toki mevalarini bergandan so’ng tashlab ketsin. Xullas, umrning xastalik bilan uzun bo’lishiga ishorat o'laroq bu zarbulmasal tillarda dostondirki; "Musibat vaqti juda uzun, shodlik vaqti juda qisqa bo’ladi".

IKKINCHI DAVO:

Ey sabrsiz xasta! Sabr qil, balki shukr qil. Sening bu xastaliging umr daqiqalarini bittadan soat ibodat hukmiga keltira oladi. Chunki ibodat ikki qismdir. Biri musbat ibodatdirki; namoz, niyoz kabi ma'lum ibodatlardir. Boshqasi manfiy ibodatlardirki; xastaliklar, musibatlar vositasi bilan musibatzada ojizligini, zaifligini his qiladi. Xoliqi Rahimiga iltijo qiladi, yolvoradi. Xolis, riyosiz ma'naviy ibodatga mazhar bo’ladi. Ha, xastalik bilan o’tgan bir umr, Allohdan shikoyat qilmaslik sharti bilan, mo'min uchun ibodat sanalganiga rivoyati sahiha bor. Hatto ba'zi sobir va shokir xastalarning bir daqiqalik xastaligi, bir soat ibodat hukmiga o’tgani va ba'zi komillarning bir daqiqasi bir kun ibodat hukmiga o’tgani, sahih rivoyat va rost kashflar bilan sobitdir. Sening bir daqiqa umringni ming daqiqa hukmiga keltirib, senga uzun umrni qozontirgan xastalikdan tashakki emas, tashakkur et.

UCHINCHI DAVO:

Ey tahammulsiz xasta! Inson bu dunyoga mazza qilib yurmoq va lazzat olmoq uchun kelmaganiga, mutamodiyan kelganlarning ketishi va yoshlarning keksayishi va mutamodiyan zavol va firoqqa dumalashi shohiddir. Ham inson zihayotning eng mukammali, eng yuksagi va jihozot jihatidan eng boyi, balki zihayotlarning sultoni hukmida ekan, o’tgan lazzatlarni va kelajakdagi balolarni o’ylash vositasi bilan, hayvonga nisbatan eng past bir darajada, faqat qayg’uli, mashaqqatli bir hayot kechiradi. Demak, inson bu dunyoga faqat go’zal yashamoq uchun va rohat va xursandchilik bilan umr kechirmoq uchun kelmagan. Balki azim bir sarmoya qo’lida bo’lgan inson, bu yerga tijorat bilan abadiy, doimiy bir hayotning saodatini qo'lga kiritishga g'ayrat ko'rsatish uchun kelgan. Uning qo’liga berilgan sarmoya ham umrdir. Agar xastalik bo’lmasa, sihat va salomatlik g’aflat beradi, dunyoni yoqimli qilib ko’rsatadi, oxiratni unuttiradi. Qabrni va o’limni xotiriga keltirishni istamaydi, umr sarmoyasini havoga, bo’sh narsalarga behuda sarf qildiradi. Xastalik esa, birdan ko’zini ochtiradi. Vujudiga va jasadiga deydiki: "O’limsiz emassan, sohibsiz emassan, bir vazifang bor. G’ururni tashla, seni yaratganni o’yla, qabrga ketishingni bil, shunga ko’ra tayyorlik qil". Xullas, xastalik bu nuqtai nazardan hech aldamaydigan bir nasih va iqoz etuvchi bir murshiddir. Undan shikoyat emas, balki bu jihatda unga tashakkur etmoq; agar juda og’ir kelsa, sabr istamoq kerak.

TO’RTINCHI DAVO:

Ey shikoyatchi xasta! Sening haqqing shikoyat emas, shukrdir, sabrdir. Chunki sening vujuding va a'zo va jihozoting, sening mulking emas. Sen ularni qilmagansan, boshqa peshtaxtalardan sotib olmagansan. Demak, boshqasining mulkidir. Ularning moliki mulkini istagani kabi tasarruf qiladi. Yigirma Oltinchi So’zda aytilgani kabi, masalan g’oyat boy, g’oyat mohir bir san'atkor; go’zal san'atini, qiymatdor sarvatini ko'rsatmoq uchun, miskin bir odamga modellik vazifasini qildirish maqsadi bilan, bir ujratga muqobil, bir soatgina zamonda murasso' va g’oyat san'atli tikkan bir ko’ylakni, bir hullani u faqirga kiydiradi. Uning ustida ishlaydi va vaziyatlar beradi. Horiqo anvo'i san'atini ko'rsatmoq uchun kesadi, o'zgartiradi, uzaytiradi, qisqartiradi. Ajabo, shu ujratli miskin odam u zotga desa: "Menga zahmat beryapsan, egiltirib turish bilan bergan vaziyatingdan menga mashaqqat beryapsan, meni go'zallashtirgan bu ko’ylakni kesib qisqartirish bilan go’zalligimni buzyapsan" deyishga haq qozonishi mumkinmi? Marhamatsizlik, insofsizlik qilding", deya oladimi? Xullas, aynan bu misol kabi, Sone'-i Zuljalol senga, ey xasta! Ko’z, quloq, aql, qalb kabi nuroniy tuyg’ular bilan murasso' o'laroq kiydirgan jism ko’ylagini, asmo-i husnasining naqshlarini ko'rsatmoq uchun, ko'p holot ichida seni aylantiradi va ko'p vaziyatlarda seni o’zgartiradi. Sen ochlik bilan uning Razzoq ismini taniganing kabi, Shofiy ismini ham xastaliging bilan bil. Alamlar, musibatlar bir qism asmosining ahkomini ko’rsatganlari uchun, ularda hikmatdan lam'alar va rahmatdan shualar va u shuoot ichida ko’p go’zalliklar mavjud. Agar parda ochilsa, tavahhush va nafrat etganing xastalik pardasi orqasida sevimli go’zal ma'nolarni topasan.

BESHINCHI DAVO:

Ey kasalikka mubtalo xasta! Tajribalarim natijasida shunday qanoatga keldimki, bu zamonda xastalik ba'zilar uchun bir ehsoni Ilohiydir, bir hadya-i Rahmoniydir. Shu sakkiz-to’qqiz yildan beri, loyiq bo’lmaganim holda, ba'zi yosh kimsalar kasalliklariga duo olish maqsadida men bilan ko'rishdilar. Diqqat etdimki, xastalikli qaysi o’smirni ko'rsam, boshqa tengqurlariga nisbatan oxiratini o’ylashni boshlaydi. Yoshlik sarxushligi yo’q. G’aflat ichidagi hayvoniy havasotdan bir daraja o’zini qutqarmoqda. Men ham shunga qarab, o'zlari ko'tara o’ladigan darajadagi xastaliklarini bir ehsoni Ilohiy ekanini eslatardim. Aytar edimki: "Qardoshim, sening bu xastaligingga qarshi emasman. Xastalik tufayli senga bir shafqat his qilib achinmayapmanki, duo qilayin. Xastalik seni to'liq uyg’otgunicha sabr qilishga urin va xastalik vazifasini bitirgandan keyin Xoliqi Rahim inshoalloh senga shifo beradi".

Yana ayta edim: "Sening ba'zi tengdoshlaring sihat balosi bilan g’aflatga tushib, namozni tark qilib, qabrni o’ylamasdan, Allohni unutib, bir soatlik hayoti dunyoviyaning zohiriy kayfi bilan, hadsiz bir hayoti abadiyasini barbod qiladi, zadalaydi, balki xarob qiladi. Sen xastalik ko’zi bilan, har holda boradigan bir manziling bo’lgan qabringni va yana orqasidagi uxraviy manzillarini ko’rasan va ularga ko’ra harakat qilasan. Demak, sen uchun xastalik - bir sihatdir. Ba'zi tengdoshlaringdagi sihat - xastalikdir".

OLTINCHI DAVO:

Ey alamdan shikoyat etgan xasta! Sendan so’rayman; o’tgan umringni esla va u umrda o’tgan lazzatli shodlik kunlaringni hamda balo va alamli vaqtlaringni taxattur et. Harholda yo "oh!", yo "eh!" deysan. Ya'ni, "Alhamdulilloh shukr" yoxud "ey voh, afsuslar bo'lsin" qalbing yoki lisoning deydi. Diqqat qil, senga "oh alhamdulilloh shukr" dedirgan, sening boshingdan o’tgan alamlar, musibatlarni o’ylash, bir ma'naviy lazzatni teshadiki; sening qalbing shukr qiladi. Chunki alamning zavoli, lazzatdir. U alamlar, u musibatlar zavoli bilan ruhda bir lazzat meros qoldirganki, o'ylash bilan teshilsa, ruhdan bir lazzat oqadi, shukrlar taqattur etadi. Senga "ey voh, afsuslar bo'lsin" dedirgan, bir vaqtlar kechirgan lazzatli va sururli u hollaringdirki; zavollari bilan sening ruhingda doimiy bir alam meros qoldirib, qachon o’ylasang, u alam yana teshiladi, o'kinch va hasrat oqitadi. Modomiki bir kunlik g'ayri mashru' lazzat, ba'zan bir yil ma'naviy alam chektiradi. Va muvaqqat bir kunlik xastalik bilan kelgan alam, ko’p kunlar ma'naviy lazzati savob bilan barobar, zavolidagi xalos va qutulishdan kelgan ma'naviy lazzat bor. Sening boshingdagi hozircha bu muvaqqat xastalikning natijasini va mohiyatidagi savobni o’yla, "Bu ham o’tar, eshit!" de, shikoyat o’rniga shukr et.

OLTINCHI DAVO:

{(Hoshiya) Fitriy bir suratda bu yog'du taxattur etganidan, oltinchi martabada ikki davo yozilgan. Fitriyligiga tegilmaslik uchun o’shanday qoldirdik, balki bir sir bordir deya o’zgartirmadik.}

Ey dunyo zavqini o’ylab, xastalikdan iztirob chekayotgan qardoshim! Bu dunyo agar doimiy bo’lsa edi va yo’limizda o’lim bo’lmasaydi va firoq va zavolning shamollari esmasaydi va musibatli, to’fonli istiqbolda ma'naviy qish mavsumlari bo’lmasaydi; men ham sen bilan barobar sening holingga achinardim. Ammo modomiki dunyo bir kun bizga "qani tashqariga" deydi, faryodimizdan qulog'ini bekitadi, u bizni tashqariga quvmasdan biz bu xastaliklar iqozoti bilan hozirdanoq uning ishqidan voz kechmog'imiz kerak. U bizni tark etmasdan, qalban uni tark qilishga intilmog’imiz kerak. Ha, xastalik bu ma'noni bizga Eslatma etib deydiki: "Sening vujuding toshdan, temirdan emas. Balki doimo taqsimlanishga muso'id muxtalif moddalardan tarkib topgandir. G’ururni tashla, ojizligingni angla, molikingni tani, vazifangni bil, dunyoga nima uchun kelganingni o’rgan" qalbing qulog’iga yashirincha Eslatma etadi. Ham modomiki dunyoning zavqi, lazzati davomli qilmaydi. Xususan mashru' bo’lmasa, ham davomsiz, ham alamli, ham gunohli bo'ladi. U zavqni yo’qotganingdan xastalik bahonasi bilan yig’lama; aksincha xastalikdagi ma'naviy ibodat va uxroviy savob jihatini o’yla, zavq olishga intil.

YETTINCHI DAVO:

Ey sihatining lazzatini yo’qotgan xasta! Sening xastaliging sihatdagi ne'mati Ilohiyaning lazzatini qochirmaydi, aksincha tottiradi, ziyodalashtiradi. Chunki bir narsa davom qilsa, ta'sirini yo’qotadi. Hatto ahli haqiqat muttafiqan deydilarki: اِنَّمَا الْاَشْيَآءُ تُعْرَفُ بِاَضْدَادِهَا ya'ni: "Hamma narsa ziddi bilan bilinadi". Masalan, qorong’ilik bo’lmasa, yorug’lik bilinmaydi, lazzatsiz qoladi. Sovuq bo’lmasa, harorat anglashilmaydi, zavqsiz qoladi. Ochlik bo'lmasa, ovqat lazzat bermaydi. Me'da harorati bo’lmasa, suv ichish zavq bermaydi. Illat bo’lmasa, ofiyat zavqsizdir. Maraz bo’lmasa, sihat lazzatsizdir. Modomiki Fotiri Hakim insonga turli xil ehsonini ihsos etmoq va har bir navi ne'matini tottirmoq va insonni doimo shukrga yo'naltirmoq istaganini, shu koinotda turli-tuman hadsiz anvo'i ne'matni totadigan, taniydigan darajada g’oyat ko’p jihozot bilan insonni tajhiz etishi ko’rsatadiki; albatta sihat va ofiyatni bergani kabi; xastaliklarni, illatlarni, dardlarni ham beradi. Sendan so’rayman: "Bu xastalik sening boshingda yo qo’lingda yoki me'dangda bo’lmasaydi; sen boshing, qo’ling, me'dangning sihatidagi lazzatli, zavqli ne'mati Ilohiyani his etib shukr qilarmiding?" Albatta shukr emas, balki o’ylamas eding; shuursiz u sihatni g’aflatga, balki safohatga sarf qilarding."

SAKKIZINCHI DAVO:

Ey oxiratini o’ylagan xasta! Xastalik, sovun kabi, gunohlarning kirlarini yuvadi, tozalaydi. Xastaliklar, kafforat-uz zunub ekani hadisi sahih bilan sobitdir. Ham hadisda voridki: "Mevasi pishgan daraxtni silkitganda mevalari qanday to’kilsa; iymonli bir xastaning titrashi ham shunday gunohlarni to’kadi". Gunohlar hayoti abadiyada doimiy xastaliklardir. Bu hayoti dunyoviyada ham qalb, vijdon, ruh uchun ma'naviy xastaliklardir. Sen agar sabr etib shikoyat qilmasang, shu muvaqqat bir xastalik bilan doimiy juda ko’p xastaliklardan qutulasan. Agar gunohlarni o'ylamasang yoxud oxiratni bilmasang yoki Allohni tanimasang, senda shunday dahshatli bir xastalik borki; million marta sendagi bu kichik xastalikdan ham kattadir. Undan faryod qil. Chunki butun dunyoning mavjudoti bilan qalbing, ruhing va nafsing aloqadordir. Mutamodiyan firoq va zavol bilan u aloqalar kesilib, senda hadsiz yaralar ochiladi. Xususan oxiratni bilmaganing uchun, o’limni i'domi abadiy taxayyul etganingdan -xuddiki- yara-chaqa ichida, dunyo qadar kasalmand bir vujuding bor.

Xullas, eng avval hadsiz yarali va kasalmand bu ulkan ma'naviy vujudning hadsiz xastaliklariga qat'iy dori va qat'iy shifo beruvchi bir tiryoq bo’lgan iymon dorisini qidirmoq va e'tiqodini to'g'rilamoq kerakki, u dorini topishda eng qisqa yo’l, bu moddiy xastalik yirtgan g’aflat pardasining ostida senga ko'rsatgan ojizlikning va zaiflikning derazasi bilan, bir Qodiri Zuljalolning qudratini va rahmatini tanimoqdir. Ha, Allohni tanimaganning dunyo to’la balo boshida bor. Allohni taniganning dunyosi nur bilan va ma'naviy surur bilan to’ladir. Darajasiga ko’ra iymon quvvati bilan his qiladi. Bu iymondan kelgan ma'naviy surur va shifo va lazzat ostida juz'iy moddiy xastaliklarning alami eriydi, eziladi.

TO’QQIZINCHI DAVO:

Ey Xoliqini tanigan xasta! Xastaliklardagi alam va tavahhush va qo’rqmoq esa; xastalik ba'zan o’limga vasila bo’lgani chijatidandir. O’lim, nazari g’aflat va zohiriy jihatida dahshatli bo’lganidan, unga vaila bo’la olgan xastaliklar qo’rqitadi, talosh beradi.

Avvalo bil va qat'iy iymon keltirki: "Ajal muqaddardir, tag'ayyur etmas". Ko'p og’ir xastalarning boshida yig’laganlar va sihatlari joyida bo'lganlar o'lganlar, u og’ir xastalar shifo topib yashaganlar.

Soniyan: O’lim suratan ko’ringani kabi dahshatli emas. Ko’p risolalarda g’oyat qat'iy, shaksiz, shubhasiz bir suratda, Qur'oni Hakim bergan nur bilan isbot qilganmizki: Ahli iymon uchun o’lim, vazifa-i hayot mashaqqaridan bir tarhisdir; ham dunyo maydonidagi imtihonda ta'lim va ta'limot bo’lgan ubudiyatdan bir paydosdir; ham narigi olamga ketgan yuzdan to’qson to’qqiz ahbob va aqrabosiga qovushmoq uchun bir vasiladir; ham haqiqiy vataniga va abadiy maqomi saodatiga kirishga bir vositadir; ham zindoni dunyodan bo’stoni jinonga bir da'vatdir; ham Xoliqi Rahimning fazlidan, o’z xizmatiga muqobil, ahzi ujrat etishga bir navbatdir. Modomiki o’limning mohiyati haqiqat nuqtasida budir; unga dahshatli qarash emas, aksincha rahmat va saodatning bir muqaddimasi nazari bilan qarash kerak. Ham ahlullohning bir qismining o’limdan qo’rqishlari, o’limning dahshatidan emas. Balki yanada ko’proq xayr qozonaman deya, vazifa-i hayotning davom etilishidan qozonadigan xayrlari uchundir. Ha, ahli iymon uchun o’lim, rahmat eshigidir. Ahli zalolat uchun, zulumoti abadiya qudug’idir.

O’NINCHI DAVO:

Ey behuda tashvish chekayotgan xasta! Sen xastalikning og’irligidan xavotirdasan. Bu xavotiring sening xastaligingni og’irlashtiradi. Xastalikning yengillashishini istasang, xavotirlanmaslikka intil. Ya'ni, xastalikning foydalarini, savobini va tez o’tishini o’yla, xavotirni olib tashla, xastalikning ildizini kes. Ha, xavotir xastalikni ikki barobar ko’paytiradi; moddiy xastalik ostida xavotir bilan ma'naviy bir xastalikni qalbingga beradi; moddiy xastalik unga tayanadi, davom etadi.

Agar taslimiyat bilan, rizo bilan, xastalikning hikmatini o’ylash bilan u xavotir ketsa, u moddiy xastalikning muhim bir ildizi kesiladi, yengillashadi, qisman ketadi. Xususan avhom bilan bir dirham moddiy xastalik, ba'zan xavotir vositasi bilan o’n dirhamchalik kattalashadi. Xavotir to’xtashi bilan, u xastalikning o’ndan to’qqizi ketadi. Xavotir, xastalikni ziyodalashtirganidek, hikmati Ilohiyani ittihom va rahmati Ilohiyani tanqid va Xoliqi Rahimidan shikoyat hukmida bo’lgani uchun, aksi maqsadi bilan ta'zir yeydi, xastaligini ko’paytiradi. Ha, qandayki shukr ne'matni ko’paytiradi.. shunga o’xshab shikoyat; xastalikni, musibatni tazyid etadi. Ham xavotirning o’zi ham bir xastalikdir. Uning dorisi, xastalikning hikmatini bilishdadir. Modomiki hikmatini, foydasini bilding; u malhamni xavotirga surt, qutul. "Eh" o’rniga "Oh" de, "afsuslar bo'lsin!" o’rniga "Alhamdulillahi ala kulli hal" deb ayt.

O’N BIRINCHI DAVO:

Ey sabrsiz xasta qardosh! Xastalik shu on bir alamni senga berish bilan barobar; avvalgi xastaligingdan bu kunga qadar u xastalikning zavolidagi bir lazzati ma'naviya va savobidagi bir lazzati ruhiya ham beradi. Bugundan, balki bu soatdan keyingi zamonda xastalik yo’q, albatta yo’qdan alam yo’q; alam bo’lmasa, taassur bo’lolmaydi. Sen xato bir suratda o'ylayotganing uchun sabrsizlik kelmoqda. Chunki bugundan avval butun xastalik zamonining moddiysi ketish bilan birga alami ham barobar ketgan; o’zidagi savobni va zavolidagi lazzat qolgan. Senga foyda va surur berish lozim bo’larkan, ularni o’ylab mutaallim bo'lmoq va sabrsizlik qilmoq devonalikdir. Kelasi kunlar hali kelmaganlar. Ularni hozirdan o’ylab, yo'q bir kunda, yo’q bo'lgan bir xastalikdan, yo’q bo'lgan bir alamdan tavahhum bilan o’ylab mutaallim bo'lmoq, sabrsizlik ko’rsatmoq bilan, uch martaba yo’q yoqqa vujud rangi bermoq, devonalik bo’lmasa, nima? Modomiki bu soatdan avvalgi xastalik zamonlari surur beradi. Va modomiki yana bu soatdan keyingi zamon ma'dum, xastalik ma'dum, alam ma'dumdir. Sen Janobi Haqning senga bergan butun sabr quvvatini bunday o’ngu-chapga tarqatma; bu soatdagi alamga qarshi tahshid et; "Yo Sabur!" de, tayan.

O’N IKKINCHI DAVO:

Ey xastalik sababi bilan ibodat va avrodidan mahrum qolgan va u mahrumiyatdan taassuf etgan xasta! Bilki: Hadisga ko'ra sobitdirki; muttaqi bir mo''min xastalik sababi bilan qilolmay qolgan doimiy virdining savobini, xastalik zamonida yana qozonadi. Farzni mumkin bo'lgancha ado etgan bir xasta, sabr va tavakkal bilan va farzlarini ado etmoq bilan, u og’ir xastalik zamonida boshqa sunnatlarning o’rnini ham xolis bir suratda xastalik qoplaydi. Ham xastalik insondagi ojizligini, zaifligini ihsos etadi. U ojizligining lisoni bilan va zaifligining tili bilan holan va qolan bir duo qildiradi. Janobi Haq insonga hadsiz bir ojizlik va nihoyatsiz bir zaiflik bergan.. toki doimiy bir suratda dargohi Ilohiyaga iltijo qilib niyoz qilsin, duo qilsin.

قُلْ مَا يَعْبَؤُا بِكُمْ رَبّ۪ى لَوْلَا دُعَٓاؤُكُمْ

ya'ni "Agar duongiz bo’lmasa, nima ahamiyatingiz bor" oyatning sirri bilan, insonning hikmati xilqati va sababi qiymati bo’lgan samimiy duo va niyozning bir sababi xastalik bo’lganidan, bu nuqtai nazardan shikoyat emas, Allohga shukr qilmoq va xastalik ochgan duo jo'mragini ofiyat kasb etmoq bilan yopmaslik kerak.

O’N UCHINCHI DAVO:

Ey xastalikdan shikoyat qilgan bechora odam! Xastalik ba'zilarga ahamiyatli bir dafinadir, g’oyat qiymatdor bir hadya-i Ilohiyadir. Har xasta o’z xastaligini o'sha xildan tasavvur qilishi mumkin. Modomiki ajal vaqti muayyan emas; Janobi Haq insonni ya'si mutlaq va g’aflati mutlaqdan qutqarmoq uchun, xavf va umid o’rtasida va ham dunyo va ham oxiratni muhofaza etmoq nuqtasida tutish uchun, hikmati bilan ajalni yashirgan. Modomiki har vaqt ajal kelishi mumkin; agar insonni g’aflat ichida ushlasa, abadiy hayotiga ko’p zarar berishi mumkin. Xastalik g’aflatni tarqatadi, oxiratni o’ylattiradi, o’limni taxattur ettiradi, shu tariqa tayyorlanadi. Ba'zan shunday bir qozonchi bo’ladiki; yigirma yilda qozonolmagan bir martabasini yigirma kunda qozonadi. Azjumla, birodarlarimizdan -Alloh rahmat qilsin- ikki o'spirin bor edi. Biri Ilomalik Sabri, boshqasi Islomko’ylik Vazirzoda Mustafo. Bu ikki zot talabalarim ichida yozishni bilmaganlari holda, samimiyatda va iymon xizmatida eng oldingi safda bo'lganlarini hayrat bilan ko'rardim. Hikmatini bilmadim. Vafotlaridan so’ng angladimki; har ikkisida ham jiddiy bir xastalik bor ekan. U xastalik irshodi bilan, boshqa g’ofil va faroizni tark etgan yoshlarga badal, eng muhim bir taqvo va eng qiymatdor bir xizmatda va oxiratga foydali bir vaziyatda bo’ldilar. Inshaalloh, ikki yillik xastalik zahmati, millionlab yil hayoti abadiyaning saodatiga mador bo’ldi. Men ularning sihati uchun ba'zan qilgan duolarim, hozir anglayapman, dunyo e'tibori bilan badduo bo’lgan. Inshaalloh, u duom sihati uxroviya uchun qabul bo’lgan.

Xullas, bu ikki zot, mening e'tiqodimcha, o’n yillik bir taqvo bilan qo’lga kiritiladigan bir qozonch qadar bir foyda topdilar. Agar ikkovi, bir qism yoshlar kabi, sihat va yoshligiga ishonib, g’aflat va safohatga otilsaydilar; o’lim ham ularni tarassud etib, aynan gunohlarining iflosliklari ichida ushlab olsaydi; u nurlar dafinasi o’rniga qabrlarini chayonlar va ilonlar ini qilgan bo’lardilar.

Modomiki xastaliklarning bunday manfaati bor, undan shikoyat emas, tavakkal, sabr bilan, balki shukr qilib, rahmati Ilohiyaga e'timod etmoqdir.

O’N TO’RTINCHI DAVO:

Ey ko’ziga parda tushgan xasta! Agar ahli iymonning ko’ziga tushgan pardaning ostida qanday bir nur va ma'naviy bir ko’z borligini bilsang, "Yuz ming shukr Robbi Rahimimga" deysang.

Bu malhamni izohlash uchun bir hodisa aytib beraman. Shunday: Menga sakkiz yil kamoli sadoqat bilan hech ranjitmay xizmat qilgan Barlalik Sulaymonning ammasining bir vaqt ko’zi ko’rmay qoldi. U soliha ayol menga qarshi haddimdan yuz daraja ortiq husni zon qilib, "Ko’zimning ochilishi uchun duo qil" deya masjid eshigida meni to’xtatdi. Men ham u muborak va majzuba ayolning salohatini duomga shafoatchi qilib, "Yo Rabbi, uning salohati hurmati uning ko’zini och" deya yolvordim. Ikkinchi kun Burdurlik bir ko’z hakimi keldi, ko’zini ochdi. Qirq kundan keyin ko’zi yana ko’rmay qoldi. Men juda mutaassir bo'ldim, ko’p duo qildim. Inshaalloh, u duo oxirati uchun qabul bo’lgan. Bo'lmasa, mening duom u uchun g’oyat xato bir duo-i bad bo’lardi. Chunki ajaliga qirq kun qolgan edi. Qirq kun so’ngra -Alloh rahmat qilsin- vafot etdi.

Xullas, u marhuma qirq kun Barlaning hazinona bog’lariga riqqatli keksalik ko’zi bilan qarashiga badal; qabrida Jannat bog’larini qirq ming kunlarda ko'rishini qozondi. Chunki iymoni quvvatli, salohati shiddatli edi. Ha, bir mo'minning ko’ziga parda tushsa va ko’zi ko’r holda qabrga kirsa, darajasiga ko’ra, ahli quburdan ancha ziyoda u olami nurni tomosha qila oladi. Bu dunyoda ko’p narsalarni biz ko’rib, ko’r bo’lgan mo''minlar ko’rmaganidek, qabrda u ko’rlar, iymon bilan ketgan bo’lsa, shu daraja ahli quburdan ziyoda ko’radi. Eng uzoqni ko’rsatadigan durbinlar bilan qaragandek, qabrida darajasiga ko’ra Jannat bog’larini kino kabi ko’rib tomosha qiladilar.

Xullas, bunday g’oyat nurli va tuproq ostida ekan, ko’klarning ustidagi Jannatni ko’radigan va tomosha qiladigan bir ko’zni, bu ko’zingdagi parda ostida shukr bilan, sabr bilan topishing mumkin. Xullas, o’sha pardani sening ko’zingdan olib tashlaydigan, u ko’z bilan seni qaratadigan ko’z hakimi, Qur'oni Hakimdir.

O’N BESHINCHI DAVO:

Ey ohu-fig’on qilgan xasta! Xastalikning suratiga qarab "eh" dema, ma'nosiga qara, "oh!" de. Agar xastalikning ma'nosi go’zal bir narsa bo’lmasa edi, Xoliqi Rahim eng sevgan bandalariga xastaliklarni bermasdi. Holbuki, hadisi sahihda voridki:

اَشَدُّ النَّاسِ بَلَاءً اَلْاَنْبِيَاءُ ثُمَّ الْاَوْلِيَاءُ اَلْاَمْثَلُ فَالْاَمْثَلُ

-av kamo qol- ya'ni: "Eng ko'p musibat va mashaqqatga giriftor bo’lganlar, insonlarning eng yaxshisi, eng komillaridirlar". Boshda Hazrat Ayyub Alayhissalom, anbiyolar, so’ngra avliyolar va so’ngra ahli salohat chekkan xastaliklariga bittadan ibodati xolisa, bittadan hadya-i Rahmoniya nazari bilan qaraganlar; sabr ichida shukr qilganlar. Xoliqi Rahimning rahmatidan kelgan bir amaliyoti jarrohiya navidan ko'rganlar. Sen, ey ohu fig’on qilgan xasta! Bu nuroniy qofilaga iltihoq etishni istasang, sabr ichida shukr qil. Agar shikoyat qilsang, ular seni qofilalariga olmaydilar. Ahli g’aflatning chuqurlariga tushasan!.. Qorong’i bir yo’lda ketasan.

Ha, xastaliklarning bir qismi borki; agar o’lim bilan natijalansa, ma'naviy shahid hukmiga shahodat kabi bir valoyat darajasiga sababiyat beradi. Azjumla, bola tug’ishdan kelgan xastaliklar {(Hoshiya) Bu xastalikning ma'naviy shahodatni qozontirishi, nifos davri bo’lgan qirq kunga qadardir.} va qorin sanchig’i bilan, cho'kmoq va yonmoq va vabo bilan vafot qilgan, shahidi ma'naviy bo’lgani kabi, ko’p muborak xastaliklar borki, valoyat darajasini o’lim bilan qozontiradi. Ham xastalik dunyo ishqini va aloqasini yengillashtirganidan, vafot bilan dunyodan, ahli dunyo uchun g’oyat aliym va achchiq bo’lgan mufaroqatni taxfif etadi; ba'zan esa sevdiradi.

O’N OLTINCHI DAVO:

Ey aziyatdan shikoyat qilgan xasta! Xastalik hayoti ijtimoiya-i insoniyada eng muhim va g’oyat go’zal bo’lgan hurmat va marhamatni talqin etadi. Chunki insonni vahshatga va marhamatsizlikka yo’llagan istig'nodan qutqaradi. Chunki

اِنَّ الْاِنْسَانَ لَيَطْغٰى ٭ اَنْ رَاٰهُ اسْتَغْنٰى

sirri bilan, sihat va ofiyatdan kelgan istig'noda bo’lgan nafsi ammora shoyoni hurmat ko’p uxuvvatlarga qarshi hurmatni his qilmaydi. Va shoyoni marhamat va shafqat bo’lgan musibatzadalarga va kasalmandlarga marhamat his qilmaydi. Qachon xasta bo'lsa, u xastalikda ojizligini va faqirligini anglaydi, loyiqi hurmat bo’lgan ixvonlariga ehtirom etadi. Ziyoratiga kelgan yoki unga yordam bergan mo''min qardoshlariga nisbatan hurmatni his qiladi. Va riqqati jinsiyadan kelgan shafqati insoniya va eng muhim bir xislati Islomiya bo'lgan musibatzadalarga nisbatan marhamatni his qilib, ularni o’ziga qiyos qilib, ularga to’liq ma'noda achinadi, shafqat ko’rsatadi, qo’lidan kelsa muovanat etadi, hech bo’lmasa duo qiladi, hech bo’lmasa shar'an sunnat bo’lgan holini so’rash uchun ziyoratiga boradi, savob qozonadi.

O’N YETTINCHI DAVO:

Ey xastalik vositasi bilan xayrot qilolmaslikdan shikoyat qilgan xasta! Shukr qil, xayrotning eng xolisining eshigini senga ochgan, xastalikdir. Xastalik mutamodiyan xastaga va Lilloh uchun xastaga qarovchilarga savob qozontirmoq bilan barobar, duoning maqbuliyatiga eng muhim bir vasiladir. Ha, xastalarga qarashning ahli iymon uchun ahamiyatli savobi bor. Xastalarning holini so’ramoq, faqat xastani aziyat bermaslik sharti bilan, ziyorat qilmoq, sunnati saniyadir; kafforat-uz zunub bo’ladi. Hadisda voridki: "Xastalarning duosini olinglar, ularning duosi maqbuldir". Boxusus, xasta qarindoshlardan bo’lsa, xususan padar va volida bo’lsa, ularga xizmat ahamiyatli bir ibodat, ahamiyatli bir savobdir. Xastalarning qalbini xushnud etmoq, tasalli bermoq, ahamiyatli bir sadaqa hukmiga o’tadi.

Baxtiyordir u avlodki; padar va volidasining xastalik vaqtlarida ularning sari'ut taassur bo'lgan qalblarini mamnun etib, xayrli duolarini oladi. Ha, hayoti ijtimoiyada eng muhtaram bir haqiqat bo'lgan padar va volidaning shafqatlariga muqobil, xastalangan vaqtlarida kamoli hurmat va shafqati farzandona bilan muqobala etgan u yaxshi avlodning vaziyatini va insoniyatning ulviyatini ko'rsatgan u vafodor lavhaga qarshi hatto maloikalar ham "Mashaalloh, Barakalloh" deb olqishlaydilar. Ha, xastalik zamonida xastalik alamini yo’qqa chiqaradigan g’oyat xush va sevinchli, atrofida tazohur etgan shafqatlardan va achinmoq va marhamatlardan kelgan lazzatlar bor. Xasta duosining maqbuliyati, ahamiyatli bir masaladir. Men o’ttiz-qirq yildan beri, mendagi qulunch deyilgan bir xastalikdan shifo uchun duo qilardim. Men angladimki, xastalik duo uchun berilgan. Duo bilan duoni, ya'ni, duo o’zini o’zi bekor qilmaganidan angladimki, duoning natijasi uxroviydir; {(Hoshiya) Ha, ayrim xastaliklar duoning sababi vujudi ekan, duo xastalikning yo’qolishiga sabab bo’lsa, duoning vujudi o’zining yo’qolishiga sabab bo’ladi; bu ham bo’lolmaydi.} o’zi ham bir navi ibodatdir va xastalikbilan ojizligini anglab dargohi Ilohiyaga iltijo qiladi. Shuning uchun o’ttiz yildir shifo duosini qilganim holda, duom zohiriy qabul bo’lmaganidan, duoni tark qilmoq qalbimga kelmadi. Zero xastalik, duoning vaqtidir; shifo duoning natijasi emas. Balki Janobi Hakimi Rahim shifo bersa, fazlidan beradi. Ham duo istagan tarzimizda qabul bo’lmasa, maqbul bo’lmadi deyilmaydi. Xoliqi Hakim yaxshiroq biladi, manfaatimiz uchun xayrli nima bo'lsa, uni beradi. Ba'zan dunyoga oid duolarimizni manfaatimiz uchun oxiratimizga o'giradi, shunday qabul qiladi. Nima bo’lganda ham... Xastalik sirri bilan xulusiyat qozongan, xususan zaiflik va ojizlikdan va tazallul va ehtiyojdan kelgan bir duo maqbulga juda yaqindir. Xastalik shunday xolis bir duoning sababidir. Ham dindor bo’lgan xasta, ham xastaga qaragan mo''minlar ham bu duodan istifoda qilishlari kerak.

O’N SAKKIZINCHI DAVO:

Ey shukrni tashlab, shikoyatga kirgan xasta! Shikoyat bir haqdan keladi. Sening bir haqqing zoye bo’lmaganki, shikoyat qilyapsan. Balki sening ustingda haq bo’lgan ko’p shukrlar bor, qilmading. Janobi Haqning haqqini bermasdan, haqsiz bir suratda haq istayotgandek, shikoyat qilyapsan. Sen o’zingdan yuqori martabalardagi sihatli bo'lganlarga qarab shikoyat qilolmaysan. Balki sen o’zingdan sihat nuqtasida past darajalarda bo’lgan bechora xastalarga qarab shukr qilish bilan mukallafsan. Sening qo’ling singan bo’lsa, kesilgan qo’llarga qara! Bir ko’zing ko'rmasa, ikka ko’zi ham ko’rmagan a'molarga qara! Allohga shukr qil! Ha, ne'matda o’zidan yuqoriga qarab shikoyat qilishga hech kimning haqqi yo’q. Har musibatda hammaning haqqi, o’zidan musibat nuqtasida yanada yuqori bo’lganlarga qarashdirki, shukr qilsin.

Bu sir ba'zi risolalarda bir tamsil bilan izoh qilingan. Ijmoli shuki: Bir zot bir bechorani bir minoraning boshiga chiqaradi. Minoraning har zinapoyasida boshqa-boshqa bittadan ehson, bittadan hadya beradi. Minoraning eng yuqorisida ham eng katta bir hadyani beradi. U mutanavvi' hadyalarga qarshi undan tashakkur va minnatdorlik istagani holda; u tajang odam butun u zinapoyalarda ko’rgan hadyalarini unutib yoxud pisand qilmay, shukr qilmay, yuqoriga qaraydi. Koshki bu minora balandroq bo’lsaydi, yanada yuqoriga chiqsaydim, nima uchun u tog’ kabi yoxud narigi minora kabi yuksak emas deb shikoyatni boshlasa, naqadar bir kufroni ne'matdir, bir haqsizlikdir. Shunga o'xshab: Bir inson hechlikdan vujudga kelib, tosh bo’lmasdan, daraxt bo’lmaydan, hayvon qolmasdan, inson bo’lib, musulmon bo'lib, ko’p vaqt sihat va ofiyat ko’rib, yuksak bir daraja-i ne'mat qozongani holda, ba'zi nuqsonlar bilan, sihat va ofiyat kabi ba'zi ne'matlarga loyiq bo’lmagani yoki sui ixtiyori bilan yoki suiste'moli bilan qo’lidan chiqargani yoxud qo’li yetishmagani uchun shikoyat qilmoq, sabrsizlik ko’rsatmoq, "uf, nima qildimki, bunday boshimga keldi" deya rububiyati Ilohiyani tanqid qilmoq kabi bir holat; moddiy xastalikdan ko'proq musibatli ma'naviy bir xastalikdir. Singan qo’l bilan urushish kabi, shikoyati bilan xastaligini ziyodalashtiradi. Oqil ulkim:

لِكُلِّ مُص۪يبَةٍ اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

sirri bilan taslim bo’lib sabr qilsin; toki u xastalik vazifasini tugatsin, ketsin.

O’N TO’QQIZINCHI DAVO:

Jamili Zuljalolning butun ismlari asmo-ul husna ta'biri Samadoniysi bilan ko’rsatadiki, go’zaldirlar. Mavjudot ichida eng latif, eng go’zal, eng jome' oyna-i Samadiyat ham hayotdir. Go’zalning oynasi go’zaldir. Go’zalning mahosinlarini ko’rsatgan oyna go’zallashadi. U oynaning boshiga u go’zaldan nima kelsa, go’zal bo’lgani kabi; hayotning boshiga ham nima kelsa, haqiqat nuqtasida go’zaldir. Chunki go’zal bo’lgan u asmo-ul husnaning go’zal naqshlarini ko’rsatadi. Hayot doimo sihat va ofiyatda yaknasoq ketsa, noqis bir oyna bo’ladi. Balki bir jihatdan adam va yo’qlikni va hechlikni ihsos etib siqilish beradi. Hayotning qiymatini tanzil etadi. Umrning lazzatini siqilishga aylantiradi. Tez vaqtimni o’tkazaman deya, siqilishdan yo safohatga, yo ko'ngilxushlikka otiladi. Hibs muddati kabi, qiymatdor umriga adovat qilib, tez o’ldirib o'tkazishni istaydi. Ammo tahavvulda va harakatda va boshqa-boshqa vaziyatlar ichida dumalab ketayotgan bir hayot, qiymatini ihsos etadi, umrning ahamiyatini va lazzatini bildiradi. Mashaqqatda va musibatda ham bo’lsa, umrning o’tishini istamaydi. "Eh, Quyosh botmadi, yo tun tugamadi" deya siqilishidan "uf, uf!" qilmaydi. Ha, g’oyat boy va ishsiz, istirohat to’shagida har narsasi mukammal bir janobdan so'ra; "ahvoling qanday?" Albatta, "eh, vaqt o’tmayapti, kel bir shesh-besh o’ynaylik yoxud vaqtni o’tkazmoq uchun bir ovunchoq topaylik", kabi mutaallimona so’zlarni undan eshitasan.. yoxud tuli amaldan kelgan, "bu narsam kam, koshki shu ishni qilsaydim" kabi shikoyatlarni eshitasan.

Sen bir musibatzada yoki ishchi va mashaqqatli bir holda bo'lgan bir faqirdan so'ra; "qanday holdasan?" Aqli boshida bo’lsa, deydiki: "Shukrlar bo’lsin Robbimga, yaxshiman, ishlayapman. Koshki Quyosh tez botmasaydi, bu ishni ham tugatsaydim! Vaqt tez o’tmoqda, umr to’xtamay ketmoqda. Garchi zahmat chekyapman, lekin bu ham o’tadi, hamma narsa bunday tez o’tmoqda" deya ma'nan umr naqadar qiymatdor ekanini, o’tishidagi taassuf bilan bildiradi. Demak, mashaqqat va ishlash bilan umrning lazzatini va hayotning qiymatini anglaydi. Istirohat va sihat esa, umrni achchiqlashtiradiki, o’tishini orzu qiladi.

Ey xasta qardosh! Bilki, boshqa risolalarda tafsiloti bilan qat'iy bir suratda isbot etilgani kabi; musibatlarning, sharlarning, hatto gunohlarning asli va moyasi adamdir. Adam esa shardir, qorong’ilikdir. Yaknasoq istirohat, sukut, sukunat, tavaqquf kabi holatlar adamga, hechlikka yaqinligi uchundirki, adamdagi qorong’ilikni ihsos etib siqilish beradi. Harakat va tahavvul esa vujuddir, vujudni ihsos etadi. Vujud esa xolis xayrdir, nurdir. Modomiki haqiqat budir; sendagi xastalik qiymatdor hayotni poklamoq, kuchaytirmoq, taraqqiy ettirmoq va vujudingdagi boshqa jihozoti insoniyani u kasalmand a'zoning atrofiga muovanatdorona mutavajjih etmoq va Sone'-i Hakimning boshqa-boshqa ismlarining naqshlarini ko’rsatmoq kabi, ko’p vazifalar uchun, u xastalik sening vujudingga musofir qilib yuborilgan. Inshaalloh, tez vazifasini tugatadi, ketadi. Va ofiyatga deydiki; sen kel, mening o’rnimda doimiy qol, vazifangni ado et, bu xona seniki, ofiyat bilan qol.

YIGIRMANCHI DAVO:

Ey dardiga darmon qidirgan xasta! Xastalik ikki qismdir: Bir qismi haqiqiy, bir qismi vahmiydir. Haqiqiy qismi esa, Shofiyi Hakimi Zuljalol, kura-i arz bo’lgan dorixona-i kubrosida har dardga bir davo istif etgan. U davolar esa, dardlarni istaydilar. Har dardga bir darmon xalq etgan. Tadoviy uchun dorilarni olmoq, iste'mol qilmoq mashru'dir. Ammo ta'sirni va shifoni Janobi Haqdan bilish kerak. Darmonni U bergani kabi, shifoni ham U beradi. Haziq mutadayyin hakimlarning tavsiyalariga amal qilmoq, ahamiyatli bir doridir. Chunki aksar xastaliklar suiste'molotdan, parhezsizlikdan va isrofdan va xatiotdan va safohatdan va diqqatsizlikdan keladi. Mutadayyin hakim, albatta mashru' bir doirada nasihat qiladi va maslahatlarda bo'ladi. Suiste'molotdan, isroflardan man qiladi, tasalli beradi. Xasta o’sha maslahatlar va tasalliga e'timod etib xastaligi yengillashadi, siqilish o’rniga bir yengillik beradi. Ammo vahmiy xastalik qismi esa; uning eng muassir dorisi, ahamiyat bermaslikdir. Ahamiyat berilgan sari u kattalashadi, shishadi. Ahamiyat berilmasa, kichrayadi, tarqab ketadi. Qandayki arilarga tegilsang, insonning boshiga yopirilib keladilar, ahamiyat bermasang, tarqaladi. Ham qorong’ilikda ko'zingga tebranib turgan bir ipdan kelgan bir xayolga ahamiyat bergan sari, kattalashadi.

Hatto ba'zan uni telba kabi qochiradi; ahamiyat bermasa, u oddiy bir ipning ilon bo'lmaganini ko’radi, boshidagi taloshiga kuladi. Bu vahmiy xastalik ko’p davom etsa, haqiqatga inqilob etadi. Vahhom va asabiy insonlarda yomon bir xastalikdir. Pashshadan fil yasaydi; quvva-i ma'naviyasi sinadi. Xususan marhamatsiz chala hakimlarga yoxud insofsiz shifokorlarga duch kelsa, avhomini yanada ziyoda tahrik etadi. Boy bo’lsa, moli ketadi; bo’lmasa, yo aqli ketadi yoki sihati ketadi.

YIGIRMA BIRINCHI DAVO:

Ey xasta qardosh! Sening xastaligingda moddiy alam bor, lekin u moddiy alamning ta'sirini yo'qotadigan ahamiyatli bir ma'naviy lazzat seni ihota etadi. Chunki padar va volidang va aqrabong bo’lsa, ko’pdan beri unutganing g’oyat lazzatli u shafqatlari sening atrofingda qaytadan uyg’onib, bolalik vaqtida ko’rganing u shirin nazarlarni yana ko’rmoq bilan barobar; juda yashirin pardali qolgan atrofingdagi do’stliklar xastalikning jozibasi bilan yana senga qarshi muhabbatdorona qaraganlaridan, albatta ularga qarshi sening bu moddiy alaming juda arzon bo’lib qoladi. Ham sen muftaxirona xizmat qilgan va iltifotlarini qozonishga intilgan zotlarning, xastalikning hukmi bilan senga marhamatkorona xizmatkorlik qilganlaridan, afandilariga afandi bo'lding. Ham insonlardagi riqqati jinsiya va shafqati nav'iyani o’zingga jalb etganingdan, hechdan ko’p yordamchi ahbob va shafqatli do’st topding. Ham ko’p mashaqqatli xizmatlardan paydos amrini yana xastalikdan olding, istirohat etmoqdasan. Albatta, sening juz'iy alaming bu ma'naviy lazzatlarga qarshi seni shikoyatga emas, tashakkurga yo'llashi kerak.

YIGIRMA IKKINCHI DAVO:

Ey falaj kabi og’ir xastaliklarga mubtalo bo’lgan qardosh! Avvalo, senga xushxabar beramanki; mo'min uchun falaj muborak hisoblanadi. Buni ko’pdan beri ahli valoyatdan eshitardim. Sirrini bilmasdim. Bir sirri shunday qalbimga kelmoqdaki: Ahlulloh Janobi Haqqa vosil bo’lmoq va dunyoning azim ma'naviy tahlikalaridan qutulmoq va saodati abadiyaga ta'min etmoq uchun, ikki asosni ixtiyoran ta'qib etganlar:

Biri: Robita-i mavtdir. Ya'ni: Dunyo foniy bo’lgani kabi, o’zi ham ichida vazifador foniy bir musofir ekanini o’ylash bilan, hayoti abadiylariga o'sha suratda xizmat qilganlar.

Ikkinchisi: Nafsi ammoraning va ko’r hissiyotning tahlikalaridan qutulish uchun, chillalar bilan, riyozatlar bilan nafsi ammoraning o’ldirishga harakat qilganlar.

Silar ey yarim vujudining sihatini yo’qotgan qardosh! Senga ixtiyorsiz qisqa va oson va sababi saodat bo’lgan ikki asos senga berilganki; doimo seningvujudingning vaziyati, dunyoning zavolini va insonning foniy bo'lganini Eslatma etadi. Ortiq dunyo seni bo’g’a olmaydi, g’aflat sening ko’zingni yopolmaydi. Va yarim inson vaziyatidagi bir zotga, nafsi ammora albatta havasoti razila bilan va nafsoniy mushtahiyot bilan uni alday olmaydim tez u nafsning balosidan qutuladi.

Xullas, mo''min sirri iymon bilan va taslimiyat va tavakkal bilan u og’ir falaj kabi xastalikdan oz bir zamonda, ahli valoyatning chillalari kabi istifoda etishi mumkin. U vaqt u og’ir xastalik juda arzonga tushadi.

YIGIRMA UCHINCHI DAVO:

Ey kimsasiz, g’arib, bechora xasta! Xastaliging bilan barobar yolg’izlik va g’urbat senga nisbatan eng qattiq qalblarni riqqatga keltirsa va nazari shafqatni jalb etsa; ajabo Qur'onning butun suralarining boshlarida o’zini "Rohman-ur Rohim" sifati bilan bizga taqdim etgan va bir lam'a-i shafqati bilan umum bolalarga nisbatan umum volidalarni, u horiqo shafqati bilan tarbiya ettirgan va har bahorda bir jilva-i rahmati bilan zamin yuzini ne'matlar bilan to’ldirgan va abadiy bir hayotdagi Jannat butun mahosini bilan bir jilva-i rahmati bo’lgan sening Xoliqi Rahimingga iymon bilan intisobing va Uni tanib xastalikning lisoni ajzi bilan niyozing, albatta sening bu g’urbatdagi yolg'izlik xastaliging, hamma narsaga badal uning nazari rahmatini senga jalb etadi. Modomiki U bor, senga qaraydi, senga hamma narsa bor. Asl g’urbatda, yolg’izlikda qolgan ulkim; iymon va taslimiyat bilan Unga intisob etmasin yoxud intisobiga ahamiyat bermasin.

YIGIRMA TO’RTINCHI DAVO:

Ey ma'sum xasta bolalarga va ma'sum bolalar hukmida bo’lgan keksalarga xizmat qilgan kasal boquvchilar! Sizning qarshingizda muhim bir tijorati uxroviya bor. Shavq va g’ayrat bilan u tijoratni qozoninglar. Ma'sum bolalarning xastaliklarini, u nozik vujudlarga bir mashq, bir riyozat va kelajakda dunyoning dag'dag'alariga muqovamat berdirish uchun bir emlash va bir tarbiya-i Rabboniya kabi, bolaning hayoti dunyoviyasiga oid ko’p hikmatlar bilan barobar va hayoti ruhiyasiga va tasaffi-i hayotiga sabab bo’ladigan kattalardagi(büyüklerdeki) kafforat-uz zunub o’rniga, ma'naviy va kelajakda oxiratda taraqqiyoti ma'naviyasiga sabab emlashlar navidagi xastaliklardan kelgan savob, padar va volidalarining daftari a'moliga, ayniqsa sirri shafqat bilan bolaning sihatini o’z sihatiga tarjih etgan volidasining sahifa-i hasanotiga kirgani, ahli haqiqatcha sobitdir. Keksalarga qarash esa; ham azim savob olmoq bilan barobar, u keksalarning va ayniqsa padar va volida bo’lsa, duolarini olmoq va qalblarini xushnud etmoq va vafokorona xizmat qilmoq, ham bu dunyodagi saodatga, ham oxiratning saodatiga sabab bo’lgani rivoyati sahiha bilan va ko’p vuqu'oti tarixiya bilan sobitdir. Keksa padar va volidasiga to’liq itoat qilgan baxtiyor bir valad, avlodidan ayni vaziyatni ko’rgani kabi; badbaxt bir valad agar abavaynini ranjida etsa, azobi uxroviydan boshqa, dunyoda ko’p falokatlar bilan jazosini ko’rgani, ko’p vuqu'ot bilan sobitdir. Ha, keksalarga, ma'sumlarga, faqat aqrabosiga qarash emas; balki ahli iymon (modomiki sirri iymon bilan uxuvvati haqiqiya bor) bo'lganlarga uchrasa, muhtaram xasta keksa unga muhtoj bo’lsa, ruhu jon bilan unga xizmat qilmoq Islomiyatning muqtazosidir.

YIGIRMA BESHINCHI DAVO:

Ey xasta qardoshlar! Siz g’oyat foydali va har dardga davo va haqiqiy lazzatli qudsiy bir tiryoq istasangiz, iymoningizni inkishof ettiring. Ya'ni, tavba va istig’for bilan hamda namoz va ubudiyat bilan, u tiryoqi qudsiy bo’lgan iymonni va iymondan kelgan dorini iste'mol qiling. Ha, dunyoga muhabbat va aloqa tufayli, go'yo ahli g’aflatning dunyodek katta, xasta ma'naviy bir vujudi bor. Iymon esa u dunyodek zavol va firoq zarbalariga yara va chaqa ichida bo’lgan u ma'naviy vujudiga birdan shifo berib; yaralardan qutqarib, haqiqiy shifo berganini juda ko’p risolalarda qat'iy isbot etganmiz.

Boshingizni og’ritmaslik uchun tugataman. Iymon dorisi esa, faroizni mumkin qadar ado etish bilan ta'sirini ko’rsatadi. G’aflat va safohat va havasoti nafsoniya va lahviyoti g'ayri mashru'a u tiyoq ta'sirini man qiladi. Xastalik modomiki g’aflatni yo’qotadi, ishtahani kesadi, g'ayri mashru' zavqlarga ketishga mone bo’ladi; undan istifoda qiling. Haqiqiy iymonning qudsiy dorilaridan va nurlaridan tavba va istig’for bilan, duo va niyoz bilan iste'mol qiling. Janobi Haq sizlarga shifo bersin, xastaliklaringizni kafforat-uz zunub qilsin. Omin, omin, omin!

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ طِبِّ الْقُلُوبِ وَ دَوَائِهَا وَ عَافِيَةِ الْاَبْدَانِ وَ شِفَائِهَا وَ نُورِ الْاَبْصَارِ وَ ضِيَائِهَا وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ

* * *

وَهُوَ لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ Maoli: "Bu kitob har dardga darmondir". Tavofuqoti latifadandirki; Ra'fat Bey birinchi tasviddan g’oyat tezlik bilan yozgan nusxasi bilan barobar, Xusrav yozgan boshqa bir nusxada, ixtiyorsiz hech o’ylamasdan, satr boshlarida kelgan aliflarni sanadik; aynan bu وَهُوَ لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ jumlasiga tavofuq etadi. {(Hoshiya1) Keyin yozilgan Eslatmaning ikki alifi bu hisobga dohil bo'lolmagani uchun dohil etilmagan.} Ham bu risolaning muallifining Said ismiga, bir dona farq bilan yana tavofuq etadi. {(Hoshiya2) Modomiki Karomati Alaviyada va G’avsiyada Saidning oxirida nido uchun kiritilgan bir alif bor, (Saida) bo’lgan; balki ortiqcha bo’lgan bu alif u alifga qaraydi. Ra'fat, Xusrav} Yozilgan risolaning unvoniga oid yozuvdagi bir alif hisobga dohil etilmagandir.

Joyi hayratdirki: Sulaymon Rushdu yozgan nusxasi, hech alif xotirga kelmasdan va o’ylamasdan, 114 alif, 114 shifo-i qudsiyani tazammun etgan 114 suvari Qur'oniyaning adadiga tavofuq bilan barobar وَهُوَ لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ shaddali lom bir sanalish jihati bilan, 114 harfiga aynan tavofuq etadi.

* * *

Yigirma Beshinchi Yog'duning Zayli

O’n Yettinchi Maktub bo’lib, Maktublar majmuasida dohil etilganidan, bu yerga kiritilmadi.

* * *

Yigirma Oltinchi Yog'du

Keksalar Yog’dusi

(Yigirma olti umid va ziyo-i tasalliyni jamlagan.)

ESLATMA:Har bir "umid"ning boshida ma'naviy dardimni g’oyat aliym va sizni ta’sirlantiradigan darajada yozganimning sababi: Qur'oni Hakimdan kelgan dorining favqulotda ta'sirini ko’rsatish uchundir. Keksalarga oid bu Yog’du uch-to’rt jihatdan chiroyli ifodalashni muhofaza qilolmadi.

Birinchisi:Sarguzashti hayotimga oid bo’lgani uchun, o’sha davrlarga xayolan borgan holatda yozilgani uchun; ifoda intizomini muhofaza qilolmadi.

Ikkinchisi:Bomdod namozidan so’ng g’oyat charchagan vaqtimda, va tez yozishga majbur bo’lganim uchun, ifodada aralash quralashiyat bo'lgan.

Uchinchisi:Yonimda doimo kotib bo’lmagani, uning Risola-i Nurga oid to’rt-besh vazifasi bo’lgani uchun, tasxixotiga to’liq vaqt topolmaganimizdan, intizomsiz qoldi.

To’rtinchisi:Ta'lifdan so’ng ikkimiz ham charchagan holda, ma'noni diqqat bilan o’ylamasdan, g’oyat sathiy tasxix bilan kifoyalanilgani uchun, ifoda tarzida albatta kamchiliklar bo'ladi. Oliyjanob keksalardan ifodadagi kamchiliklarimda aybga buyurmasliklarini; rahmati Ilohiya bo’sh qaytarmagan muborak keksalar, qo’llarini dargohi Ilohiyaga ochgan vaqtlari bizni ham duolariga dohil etishlarini so’rayman.

* * *

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

كٓهٰيٰعٓصٓ ٭ ذِكْرُ رَحْمَتِ رَبِّكَ عَبْدَهُ زَكَرِيَّا ٭ اِذْ نَادٰى رَبَّهُ نِدَٓاءً خَفِيًّا ٭ قَالَ رَبِّ اِنّ۪ى وَهَنَ الْعَظْمُ مِنّ۪ى وَاشْتَعَلَ الرَّاْسُ شَيْبًا وَلَمْ اَكُنْ بِدُعَٓائِكَ رَبِّ شَقِيًّا

Shu Yog’du yigirma olti umiddir.

BIRINCHI UMID:

Ey kamolot yoshiga kelgan muhtaram va muhtarama keksa qardoshlar va opa-singillar! Men ham siz kabi keksaman. Keksalik vaqtida ora-sira topgan umidlarimni va u umidlardagi tasalli nuriga sizni ham sherik qilish orzusida, boshimdan o’tgan ba'zi holatlarni yozaman. Men ko’rgan ziyo va duch kelgan umid eshiklari, albatta mening noqis va aralash quralash iste'dodimga ko’ra ko'rilgan, ochilgan. Inshaalloh, sizlarning sof va xolis iste'dodlaringiz men ko’rgan ziyoni porlatadi; topgan umidimni yanada ziyoda quvvatlaydi.

Xullas, keladigan umidlarning va ziyolarning manbai, ma'dani, chashmasi; iymondir.

IKKINCHI UMID:

Keksalikka oyoq qo’ygan vaqtim; bir kun kuz mavsumi, asr vaqti, yuksak tog’da dunyoga nazar soldim. Birdan menga g’oyat achinarli va hazin va bir jihatda zim-ziyo holat keldi. Ko’rdimki; o’zim keksaydim, kun ham keksaygan, yil ham keksaygan, dunyo ham keksaygan. Bu keksaliklar ichida dunyodan firoq va sevgan insonlarimdan ayrilish zamoni yaqinlashgani uchun, keksalik haddan ortiq yomon ta'sir qildi. Birdan rahmati Ilohiya shunday suratda inkishof etdiki; achinarli huzun va firoqni kuchli umid va porloq tasalli nuriga aylantirdi. Ha, ey men kabi keksalar! Qur'oni Hakimda yuz joyida "Arrohmanir-rohim" sifatlari bilan o’zini bizlarga taqdim etgan va doimo zaminning yuzida marhamat istagan hayot egalarining imdodiga rahmatini yuborgan va g’aybdan xar yil bahorni hadsiz ne'mat va hadyalari bilan to’ldirib, rizqqa muhtoj bo’lgan bizlarga yetishtirgan va zaiflik va ojizlik darajasi nisbatida rahmatining jilvasini juda ko’p ko’rsatgan Xoliqi Rahimimizning rahmati, keksaligimizda eng buyuk umid va eng quvvatli ziyodir. Bu rahmatni topish, iymon bilan Rahmonga bog’lanish va farzlarni bajarish bilan Unga itoat qilish kerak.

UCHINCHI UMID:

Bir vaqtda yoshlik kechasining uyqusidan keksalik tongida uyg’ongan vaqtim o’zimga nazar tashladim; vujudim qabr tomon bir qiyalikdan yugurayotgandek ketmoqda. Niyozi-i Misriyning:

"Har kun umrim binosining bir toshi tushar yerga,

Jon yotar g’ofil, binosi bo’ldi vayron, bexabar..."

degani kabi, ruhimning xonasi jismimning ham har kun bir toshi tushib eskirmoqda va dunyoga mahkam bog’lagan umidlarim, orzularim uzilishni boshladi. Hadsiz do’stlarimdan va sevganlarimdan mufaroqat zamonining yaqinlashganini his qildim. Ma'naviy va juda chuqur va bedavo ko’ringan yaraning malhamini qidirdim, topolmadim. Yana Niyozi-i Misriy kabi aytdimki:

Dil baqosin, Haq fanosin istadi mulki tanim,

Bir davosiz dardga tushdim, ohki Luqmon bexabar!"

{(Hoshiya) Ya'ni, mening qalbim bor quvvati bilan baqo istagani holda; hikmati Ilohiya jasadimninng xarob bo’lishini iqtizo etadi. Hakimi Luqmon ham chorasini topolmagan bedavo bir dardga yo’liqdim.}

O'shanda birdan marhamati Ilohiyaning lisoni, misoli, timsoli, dalloli, mumassili bo’lgan Payg’ambari Zishon Alayhissalotu Vassalamning nuri va shafoati va basharga keltirgan hadya-i hidoyati men darmonsiz, hadsiz deb o’ylagan yaramga go’zal bir malham va tiryoq bo’ldi. Zim-ziyo umidsizligimni nurli umidga aylantirdi.

Ha, ey men kabi keksaligini his qilgan muhtaram otaxon va onaxonlar! Biz ketyapmiz, aldanishda foyda yo’q. Ko’zimizni yopish bilan bizni bu yerda qoldirishmaydi, jo'natilish bor. Biroq g’aflatdan va qisman ahli zalolatdan kelgan zulumot avhomlari bilan bizga firoqli va zim-ziyo bo’lib ko’ringan barzoh mamlakati, ahboblarning jamlangan yeridir. Boshda shafoatchimiz bo’lgan Habibulloh Alayhissolatu Vassalam bilan barcha do’stlarimizga qovushmoq olamidir. Ha, bir ming uch yuz ellik yilda, har yili bir yuz ellik million insonlarning sultoni va ruhlarining murabbiyi va aqllarining muallimi va qalblarining mahbubi va har kuni اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirriga binoan, barcha ummatining qilgan hasanotining bir misli sahifa-i hasanotiga ilova etilgan va bu koinotdagi maqosidi oliya-i Ilohiyaning madori va mavjudot qiymati oshishining sababi Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam dunyoga kelgan daqiqasida rivoyati sahiha bilan va kashfi sodiq bilan "ummatim, ummatim" deganlari kabi, mahsharda hamma "nafsim, nafsim" degan vaqti, "ummatim, ummatim" deb, eng qudsiy va eng yuksak fidokorlik va shafoati bilan ummatining yordam qiladigan zot ketgan olamga ketmoqdamiz. Va u quyoshning atrofida hadsiz asfiyo va avliyo yulduzlari bilan yorishgan shunday bir olamga ketmoqdamiz.

Demak u zotning shafoati ostiga kirib va nuridan istifoda etishning va zulumoti barzohiyadan xalos bo’lishning chorasi: Sunnati saniyaga tobe bo’lishdir.

TO’RTINCHI UMID:

Bir vaqtda keksalikka qadam qoyganimda, g’aflatni davom ettirgan tanimning salomatligi ham buzulgandi. Keksalik bilan xastalik ikkalasi menga hujum qildi. Boshimga ura-ura uyqumni qochirishdi. Bola-chaqa, mol kabi meni dunyo bilan bog’laydigan aloqalar ham yo’q edi. Yoshlik telbaligi bilan zoye qilgan umr sarmoyamning mevalarini; barchasi gunohlar, xatolardan iboratligini ko’rdim. Niyozi-i Misriy kabi faryod aylab dedim:

Bir tijorat qilmadim, naqdi umr bo’ldi habo,

Yo’lga chiqdim, lekin ko'chmish jumla karvon bexabar.

Yig’ladim nolon etib, tushdim yo’lga tanho g’arib,

Diyda giryon, siyna biryon, aql hayron bexabar.

O’shanda g’urbatda edim. Ma'yusona bir huzun va nadomatkorona bir taassuf va istimdodkorona bir hasrat his qildim. Birdan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon imdodga yetishdi. Menga quvvatli bir umid eshigini ochdi va haqiqiy bir tasalli ziyosini berdiki, o’sha vaziyatimdan yuz daraja ustun umidsizlikni ham yo’q qildi va u zulmatlarni tarqatdi.

Ha, ey men kabi dunyo bilan aloqalari kesilishni boshlagan va dunyo bilan bog’langan iplari uzilishga yuz tutgan muhtaram otaxon va onaxonlar! Bu dunyoni eng mukammal va muntazam bir shahar, bir saroy hukmida xalq etgan bir Sone'-i Zuljalol, o’sha shaharda, u saroyda eng ahamiyatli mehmonlari va do’stlari bilan gaplashmasligi, ko’rishmasligi mumkinmi?! Modomiki bilib turib bu saroyni yaratgan va iroda va ixtiyor bilan tanzim va tazyin etgan zot; albatta yaratgan bilganidek, bilgan gapiradi. Modomiki bu saroyni, bu shaharni bizga go’zal mehmonxona va tijoratgoh qilgan zot; albatta bizga nisbatan munosabatini va bizdan nima xohlaganini ko'rsatadigan bir daftari, kitobi bo'ladi.

O’sha qudsiy daftarning eng mukammali; qirq tomonlama mo’'jiza va har daqiqada hech bo’lmasa yuz million insonning tilida yurgan, nur sochgan va har bir harfida kamida o’n savob va o’n hasana va ba'zan o’n ming va ba'zan Layla-i Qadr kechasi sirri bilan, bir harfiga o’ttiz ming hasana va meva-i Jannat va nuri barzoh bergan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayondir. Bu maqomda unga raqobat qiladigan koinotda hech qanday kitob yo’q va hech kim ko’rsatolmaydi. Modomiki qo’limizdagi Qur'on Samovot va Arz Xoliqi Zuljalolining rububiyati mutlaqa nuqtasidan va azamati uluhiyati jihatidan va ihota-i rahmati tomonidan kelgan kalomidir, farmonidir; bir ma'dani rahmatidir. Unga yopish. Ichida xar dardga davo, har zulmatga ziyo, har tushkunlikka umid bor.

Xullas, abadiy xazinaning kaliti iymondir va taslimdir va uni tinglab qabul qilish va o’qish kerak.

BESHINCHI UMID:

Keksaligim boshlangan vaqtda, inzivo orzusida Istanbulning bo’g’oz tarafidagi Yusha Tepaligida, yolg’izlik bilan ruhim bir istirohat qidirdi. Bir kun o’sha yuksak tepalikda doira-i ufqqa, atrofga qaradim. G’oyat hazin va achinarli zavol va firoq lavhasini keksalikning eslatmasi bilan ko’rdim. Umr daraxtimning qirq beshinchi yili bo’lgan qirq beshinchi shoxidagi yuksak maqomidan hayotimning pastki tabaqalarigacha qarab chiqdim. Ko’rdimki; pastda, har bir shoxida, har bir yil davomida sevganlarimdan va aloqador bo’lgan va tanishgan insonlarimdan o’lganlar hadsiz. Firoq va ffaqirlikdan kelgan g’oyat acinarli ma'naviy ta’sir ichida, Fuzuli-i Bag’dodiy kabi, ayrilgan do’stlarni o’ylab, ingrab:

Vaslini yod aylagan sari yig’layman,

To nafas bor ekan quruq jismimda faryod aylarim.

deb bir tasalli, bir nur, bir umid eshigini izladim. Birdan oxiratga iymon nuri yordamga keldi. Hech so’nmas bir nur, hech sinmas bir umid berdi.

Ha, ey men kabi keksa qardoshlar va opaxonlar! Modomiki oxirat bor va modomiki boqiydir va modomiki dunyodanda go’zaldir va modomiki bizni yaratgan zot ham Hakim, ham Rahimdir... keksalikdan shikoyat va taassuf etmasligimiz kerak. Aksincha keksalik iymon bilan ibodat ichida kamolot yoshiga kelib, hayot vazifasidan tarhis va olami rahmatga istirohat uchun ketishga alomat bo'lish jihatidan undan mamnun bo’lmog’imiz darkor.

Ha, nassi hadis bilan; bashariyatning eng mumtoz shaxsiyatlari hisoblangan bir yuz yigirma to’rt ming anbiyoning ijmo' va tavotur bilan; qisman shuhudga va qisman haqqalyaqiynga tayangan holda, muttafiqan oxiratning borligidan va insonlarning u yerga yuborilishidan va bu koinot Xoliqi qat'iy va'da bergan oxiratni keltirishidan xabar berganlari kabi, ular bergan xabarlarini kashf va shuhud bilan ilmalyaqiyn tasdiq qilgan bir yuz yigirma to’rt million avliyolar oxiratning borligiga shahodatlari bilan va bu koinot Sone'-i Hakimining barcha asmosi bu dunyoda ko’rsatgan jilvalari bilan, olami baqoni ochiq oshkor taqozo etganlari; oxiratning borligiga dalolati bilan; va har yil bahorda ro’yi zaminda oyoqda turgan son-sanoqsiz o’lgan daraxtlarning janozalarini Amri Kun Fayakun bilan ihyo etib, Ba'su Ba'dal mavtga noil qilgan

va hashr va nashrning yuz minglab namunasi tarzida nabotot toifalaridan va hayvonot millatlaridan uch yuz ming navlarni hashr va nashrdan hadsiz qudrati azaliya va hisobsiz va isrofsiz hikmati abadiya va rizqqa muhtoj barcha ziruhlarni kamoli shafqat bilan g’oyat horiqo tarzda iosha ettirgan va har bahorda oz bir zamonda son-sanoqsiz anvo'i ziynat va mahosinni ko'rsatgan rahmati boqiya va inoyati doimaning bilbedaho oxiratning borligini istilzom bilan va shu koinotning eng mukammal mevasi va Xoliqi Koinotning eng sevgan masnu'i va koinotning mavjudoti bilan eng ziyoda aloqador bo’lgan insondagi shadid, mustahkam, doimiy bo'lgan ishqi baqo va shavqi abadiyat va a'moli sarmadiyat, bilbedaho ishorat va dalolati bilan, bu olami foniydan so'ng bir olami boqiy va bir dori oxirat va bir dori saodat bo'lganini shu daraja qat'iy bir suratda isbot qiladilarki, dunyoning borligi qadar, bilbedaho oxiratning borligini qabul qilishni istilzom etadi.

{(Hoshiya) Ha, subutiy bir ishni xabar berishning osonligi va inkor va rad qilishning g’oyat mushkul ekani bu tamsildan ko’rinadi. Shundayki: Bir odam desaki: "Mevalari sut konservalari bo’lgan g’oyat horiqo bir bog’ Kura-i Arz ustida bor". Boshqasi desaki: "Yo’q". Isbot qilgan faqatgina uning yerini yoxud ba'zi mevalarini ko’rsatish bilan osongina da'vosini isbot qila oladi. Inkor qilgan odam, inkorini isbot qilish uchun, butun Kura-i Arzni ko’rmoq va ko’rsatmoq bilan da'vosini isbot qila oladi. Aynan shuning kabi: Jannatni ixbor etishgan yuz minglab tarashshuhotini, mevalarini, belgilarini ko’rsatishlarini inobatga olmasak.. ikki shohidi sodiqning subutiga shahodatlari kifoya ekan; uni inkor qilgan cheksiz bir koinotni, hadsiz abadiy zamonni tomosha etmoq va ko’rmoq va elagandan so’ng inkorini isbot qila oladi, adamini ko’rsata oladi.

Xullas, ey keksa qardoshlar! Iymoni oxiratning naqadar quvvatli ekanini tushuninglar!}

Modomiki Qur'oni Hakimning bizga bergan eng muhim bir darsi "iymoni bil-oxirat"dir va bu iymon ham shu daraja quvvatlidir va u iymonda shunday bir umid va bir tasalli borki; yuz ming keksalik bitta shaxsga kelsa, bu iymondan kelgan tasalli muqobil kela oladi. Biz keksalar "Alhamdulillahi ala kamalil iyman" deb keksaligimizga sevinishimiz kerak.

OLTINCHI UMID:

Bir zamon aliym asoratimda insonlardan begonalashib, Barla Yaylovidagi Qarag’ay Tog’ining tepasida yolg’iz qoldim. Yolg'izlikda bir nur qidirardim. Bir kecha o’sha yuksak tepalikning ustidagi baland bir qarag’ay daraxtining ustidagi usti ochiq xonachada edim. Keksalik menga uch-to’rt g’urbatni bir-biri ichida xotirlatdi. Oltinchi Maktubda izohlangani kabi; o’sha kecha xilvat, sas-sadosiz, faqat daraxtlarning shitirlashlaridan va hamhamalaridan kelgan hazin bir sado, bir ovoz riqqatimga, keksaligimga, g’urbatimga qattiq ta'sir qildi. Keksalik menga, kunduz shu qora qabrga qanday aylangan, dunyo qora kafanini qanday kiygan bo'lsa, shunga o'xshab umringning kunduzi ham kechaga va dunyo kunduzi ham barzoh kechasiga va hayotning yozi ham o’limning qish kechasiga inqilob etishini qalbimning qulog’iga eslatdi.

Nafsim majburan: Ha, men vatanimdan uzoqda bo’lganim kabi, shu ellik yil mobaynidagi umrimda zavol topgan sevganlarimdan ayrilganim va orqalaridan yig’lab qolganim, bu vatan g’urbatidan ko’proq hazin va aliym bir g’urbatdir. Va bu kecha va tog’ning g’aribona vaziyatidagi hazin g’urbatdan ko’ra hazinroq va aliymroq g’urbatga yaqinlashmoqdaman, butun dunyodan birdan ayrilish vaqti yaqinlashganini keksalik menga xabar bermoqda, dedim. Bu g’urbat g’urbat ichida va huzun ichidagi vaziyatdan umid va nur qidirdim. Birdan iymoni billoh imdodga yetishdi. Shunday bir unsiyat berdiki; men bo'lgan qat qat qo’rquv ming marta ortsa ham o'sha tasalli kifoya qilardi.

Ha, ey otaxon va onaxonlar! Modomiki, Rahim bir Xoliqimiz bor ekan bizlar uchun g’urbat yo’q. Modomiki u bor ekan, bizlar uchun hamma narsa bordir. Modomiki u bor ekan, maloikalari ham bor. Shunday ekan, bu dunyo bo’sh emas, xoli tog’lar, bo’sh sahrolar Janobi Haqning qullari bilan to’ladir. Zishuur qullaridan boshqa, uning nuri bilan, uning hisobidan toshi ham, daraxti ham munis do’st hukmiga o’tadi; lisoni hol bilan biz bilan gaplashishadi va ovuntirishadi. Ha, bu koinotning mavjudoti adadicha va bu ulkan kitobi olamning harflari sanog'icha borligiga shahodat qilgan va ziruhlarning madori shafqat va rahmat va inoyat bo’lgan jihozoti va mat'umoti va ne'matlari adadicha rahmatini ko’rsatgan dalillar, shohidlar bizga Rahim, Karim, Anis, Vadud Xoliqimizning, Sone'imizning, Homiyimizning dargohini ko’rsatmoqda.U dargohda eng maqbul shafoatchi, ojizlik va zaiflikdir.Va ojizlik va zaiflikning ayni vaqti esa, keksalikdir. Bunday dargohda maqbul shafoatchi bo’lgan keksalikdan ranjish emas, sevish lozim.

YETTINCHI UMID:

Keksaligimning ilk pallalarida Eski Saidning kulgilari Yangi Saidning yig’ilariga aylangan vaqtda, Anqaradagi ahli dunyo meni Eski Said deb o’ylab, u yerga chaqirishdi, bordim. Kuz mavsumining oxirlarida Anqaraning mendan ancha ko'proq keksayib qolgan, xarob bo'lgan, eskirgan qal'asining boshiga chiqdim. Qal'a menga toshga aylangan tarixiy hodisalar suratida ko’rindi. Yilning keksalik mavsumi bilan mening keksaligim, qal'aning keksaligi, basharning keksaligi, shonli Usmonli Davlatining keksaligi va Xalifalik saltanatining vafoti va dunyoning keksaligi meni g’oyat hazin va achinarli va ayriliq ichida, yuksak qal'ada, o’tmishning daralariga va kelajakning tog’lariga qaratdi, men ham boqdim. Bir-biriga ichma ich holda meni o'rab olgan to'rt-beshta keksalik qorong'uliklari ichida, Anqarada eng qora ruhiy holat his qilganim uchun, {(Hoshiya) O’sha paytda ushbu ruhiy holat forscha munojot suratida qalbga keldi, Anqarada "Hubob" Risolasida chop qilingan.} bir nur, bir tasalli, bir umid qidirdim.

O’ngga, ya'ni moziy bo’lgan o’tmish zamonga qarab tasalli qidirganimda, menga moziy - padarimning va ajdodimning va nav'imning katta bir mozor suratida ko’rindi, tasalli o’rniga qo’rqinch berdi. Chap tarafim bo’lmish istiqbolga darmon izlab qaradim. Ko’rdimki: men va menga o’xshsaganlarning va kelajak nasllarning buyuk va qorong'u bir qabri suratida ko’rindi, unsiyat o’rniga dahshat berdi. O’ng va chapdan qo’rqib, hozir kunimga boqdim. G’aflatli va tarixvoriy nazarimga hozirgi kun - chalajon va jon talvasasida tipirchilab iztirob chekayotgan jismimning murdasini olib ketayotgan bir tobut suratida ko’rindi. So’ngra bu jihatdan ham ma'yus bo’lgach, boshimni ko’tarib umrim daraxtining ustiga qaradim. Ko’rdimki; u daraxtning birgina mevasi bor, u ham mening o’ligim, daraxt ustida menga qarab turibti. Bu tomondan ham qo’rqib, boshimni pastga egdim. Umr daraxtining ostiga, ildiziga boqdim. Ko’rdimki: pastdagi tuproq - suyaklarimning tuprog’i bilan yaratilishimning boshlanish tuprog'i bir-biriga aralashgan suratda, oyoqlar ostida toptalayotgan holda ko’rdim. U ham darmon emas, balki dardimga dard qo’shdi. So’ngra majbur bo'lib orqamga qaradim. Ko’rdimki; beqaror, foniy dunyo, hechlik daralarida va yo’qlik zulmatlarida yumalab ketyapti. Dardimga malham qidirgan edim, zahar qo'shdi. U tomondan ham xayr ko’rolmaganim uchun old tarafimga boqdim; uzoqlarga nazar tashladim. Ko’rdimki: shunqoddina yo’limning ustida qabr eshigi ochiq turibdi, og'zini ochib menga qarab turibdi. Uning orqasida abad tarafiga ketgan yo'l va o'sha yo'lda ketayotgan karvonlar uzoq-uzoqlardan ko'zga tashlanmoqda.

Va ushbu olti tomondan kelgan dahshatlarga qarshi menga tayanch nuqtasi va mudofaa quroli bo’ladigan, qo’limda juz'iy bir juz'i ixtiyoriydan boshqa hech narsa yo’q. Hadsiz dushmanlar va hisobsiz zararli narsalarga qarshi insonning birgina quroli bo’lgan u juz'i ixtiyoriy ham noqis, ham qisqa, ham ojiz, ham hech narsanni ijod qila olmagani uchun, qo’lidan kasbdan boshqa hech narsa kelmaydi. Na o’tmish zamonga o'ta oladi, to u yerdan menga kelayotgan huzunlarni to'xtatsin. Va na istiqbolga keta oladi, to u yerdan kelgan qo’rquvlarni to'sa otsin. O’tmish va kelajakkga oid orzularimga va alamlarimga foydasi yo'qligini ko’rdim.

Ushbu olti jihatdan kelgan dahshat va vahshat va qorong’ulik va ma'yusiyat ichida tipirchilab turgan paytimda, birdan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning samosida porlagan iymon nurlari yordamga yetib keldi. O'sha olti tomonni shunchalik tanvir etib nurlantirdiki, men ko’rgan o'sha qo’rquvlar, qorong'uliklar yuz birga ortsa ham, baribir u nur ularga kifoya va yetarli edi. O'sha barcha dahshatlarni birma-bir tasalliga va qo’rquvlarni birma-bir unsiyatga aylantirdi. Shundayki:

Iymon qo’rqinchli o’tmish zamonning katta mozori suratini yirtib, unsiyatli munavvar majlis va yaqinlar yig’ini ekanini biaynal-yaqiyn, haqqal-yaqiyn ko’rsatdi. Yana, iymon buyuk qabr suratida g’aflatda ko’ringan kelajak zamonni - sevimli saodat saroylarida Rahmoniy ziyofat majlisi suratida biilmal-yaqiyn ko’rsatdi. Iymon yana g’aflatdagi tobut vaziyatida ko’ringan hozir zamonni va hozir kunning tobutlik shaklini sindirib, uxraviy tijoratgoh do’koni va dabdabali Rahmoniy mehmonxona suratida bilmushohada ko’rsatdi.

Yana, iymon g’aflat bilan qaralganda umr daraxtining boshida murda shaklida ko’ringan bitta mevasi o’lim emasligini, balki abadiy hayotga sazovor va nomzod bo’lgan ruhim, eskirgan uyasidan yulduzlarda kezish uchun chiqishi o’lim bilan bo’lishini biilmal-yaqiyn ko’rsatdi. Yana, iymon suyaklarim bilan yaratilishimning boshlanish tuprog'i oyoq ostida ahamiyatsiz chirib ketgan suyaklar emasligini, balki u tuproq - rahmat eshigi va jannat saroyining pardasi ekanligini iymon sirri bilan ko’rsatdi. Yana, iymon g’aflat bilan qaraganda orqamda, hechlikda, yo’qlik zulmatida yumalab borayotgan dunyoning vaziyatini Qur'on sirri bilan ko’rsatdiki, o'sha zohiriy zulmatlardagi dunyo esa, vazifasi tugagan, ma'nosini ifodalab bo'lgan, natijalarini o’zining o'rniga vujudda qoldirgan bir qism Samadoniy maktublor va Subhoniy naqash sahifalari ekanligini ko'rsatdi. Dunyoning mohiyati qanday ekanligini biilmal-yaqiyn bildirdi. Iymon - oldinda ko’zini ochib menga qarab turgan qabrni va qabr orqasida abadga ketgan yo’lni Qur'on nuri bilan ko’rsatdiki, qabr - quduq og'zi emas, balki nur olamining eshigidir. Va u yo’l esa, hechlikka va 'adamistonga emas, balki vujudga, nuristonga va saodati abadiyaga olib boruvchi yo’l ekanligini tamoman qanoat beradigan darajada ko’rsatgani uchun, dardlarimga ham darmon, ham malham bo’ldi. Yana, iymon qo'lida juda ham juz'iy kasbi bo'lgan juz'iy bir juz'i ixtiyoriy o’rniga, cheksiz dushman va zulmatlarga qarshi g'ayri mutanohiy qudratga tayanish va hadsiz rahmatga bog’lanish uchun o'sha juz'i ixtiyoriyning qo’liga bir vasiqa beradi.. balki iymonning o'zi o'sha juz'i ixtiyoriyning qo’lida bir vasiqa bo’ladi. Hamda, o'sha juz'i ixtiyoriy bo'lmish silohi insoniy, garchi o'zi ham qisqa, ham ojiz, ham noqis bo'lsa ham; bir askar juz'iy quvvatini davlat nomidan ishlatgan vaqtda minglab daraja o'z quvvatidan ortiq ishlarni bajargani kabi, iymon sirri bilan o'sha juz'iy juz'i ixtiyoriy Janobi Haq nomidan Uning yo’lida ishlatilsa, besh yuz yillik masofa kengligida jannatni ham qozona oladi. Yana, iymon o’tmish va kelajak zamonlarga ta'sir qilolmaydigan juz'i ixtiyoriyning tizginini jismning qo’lidan olib, qalbga va ruhga topshiradi. Ruh va qalbning hayot doirasi esa, jism kabi hozirgi zamon bilangina cheklanib qolmagani, hayot doirasiga juda ko’p yillar moziydan, juda ko’p yillar istiqboldan kirgani uchun, juz'i ixtiyoriy juz'iylikdan chiqib kulliyat qozonadi. Zamoni moziyning eng chuqur daralariga iymon quvati bilan kira olgani va huzunlarning zulmatlarini daf qila olgani kabi, iymon nuri bilan istiqbolning eng uzoq tog’lariga qadar chiqadi, qo’rquvlarni ketkazadi.

Xullas, ey men kabi qarilik zahmatini chekayotgan keksa birodarlarim va singillarim! Modomiki, alhamdulilloh, ahli iymon ekanmiz... va modomiki, iymonda nurli, lazzatli, sevimli, shirin xazinalar bor ekan,.. va modomiki, keksaligimiz bizni o'sha xazinaning ichiga yanada ko'proq jalb qilayotgan ekan... albatta, iymonli keksalikdan shikoyat emas, balki ming martalab shukr qilaylik!

SAKKIZINCHI UMID:

Keksalik alomati bo’lgan oq qillar sochimga tushgan vaqtda, yoshlikning og'ir uyqusini yana ham og'irlashtirgan Harbi Umumiyning dag'dag'alari va asirligimning kashmakashliklari va so'ngra Istanbulga kelgan vaqtimda ahamiyatli shonu sharaf vaziyati, hatto Xalifadan, Shayx-ul Islomdan, Boshqo’mondondan tortib, to madrasa talabalarigacha haddimdan ortiq husni tavajjuh va iltifot ko’rsatganlari uchun, yoshlik sarxushligi va o'sha vaziyat bergan ruhiy holat o’sha uyquni shu daraja qalinlashtirgan ediki, go'yo dunyoni doimiy, o’zimni dunyoga o’lmaydigandek yopishgan ajib vaziyatda ko’rar edim.

O’sha vaqtda, Istanbulning Boyazid jome'-i muborakiga Ramazoni Sharifda ixlosli hofizlarni tinglashga bordim. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon samoviy yuksak xitobi bilan g’oyat quvvatli suratda basharning fanosini va ziyhayotning vafotini xabar bergan كُلُّ نَفْسٍ ذَٓائِقَةُ الْمَوْتِ farmonini hofizlarning lisoni bilan e'lon qildi. Qulog’imga kirib, to qalbimning ichiga joylashib, juda qalin g’aflat, uyqu va sarxushlik tabaqalarini chilparchin qildi. Jome'dan chiqdim. Ancha vaqtdan beri aqlimdagi eski uyquning telbaligi bilan, o'zimni bir necha kun boshimda bo’ron, tutunli bir olov va yo'lini yo'qotib qo'ygan kema kabi ko’rdim. Oynada sochimga qaraganimda, oq qillar menga: "Ehtiyot bo'l!" der edi. Ana o'sha oq qillarning eslatmasi bilan vaziyat oydinlashdi. Qarasam, juda ham ishonib, zavqlariga maftun bo’lgan yoshligim alvido demoqda va muhabbat bilan juda ko’p aloqador bo’lgan dunyoviy hayot so’na boshlayapti va juda ko’p aloqador va go'yo oshiq bo’lgan dunyo menga "Oq yo'l" deb, mehmonxonadan ketishimni eslatmoqda. O’zi ham "Allohga omonat" deb, ketishga hozirlanmoqda. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon كُلُّ نَفْسٍ ذَٓائِقَةُ الْمَوْتِ oyatining kulliyatida: "Butun nsoniyat bir nafsdir, qayta tiriladigan bo'lib o’ladi. Va kurra-i Arz ham bir nafsdir, boqiy suratga kirish uchun u ham o’ladi. Dunyo ham bir nafsdir, oxirat suratiga kirish uchun u ham o’ladi!" degan ma'nolar oyatning ishorasidan qalbga ochilayotgan edi.

Xullas, bu holatda o’z vaziyatimga qaradim, zavqlarga asos bo’lgan yoshlik ketmoqda, uning o’rniga huzn manbai bo’lgan keksalik kelmoqda. Va g’oyat porloq va nuroniy hayot ketmoqda; zohiriy qorong'u, dahshatli o’lim, uning o'rniga kelishga tayyorlanmoqda. Va juda sevimli va doimiy deb o’ylangan va g’ofillarning ma'shuqasi bo’lgan dunyo juda katta tezlik bilan zavolga qovushayotganini ko'rdim. O’zimni o'zim aldash va yana boshimni g’aflatga suqish uchun, Istanbulda haddimdan juda ortiq ko’rgan mansab zavqlariga qaradim. Hech bir foydasi bo’lmadi.

Ularning barcha e’tibori, iltifoti, tasallilari yonimdagi qabr eshigigacha kelishi mumkin, o'sha yerda so’nadi. Va shuhratparastlarning orzusi bo’lgan shonu sharafning zarli pardasi ortida og'ir riyo, sovuq xudfurushlik, vaqtinchalik telbalik suratida ko’rganim uchun angladimki: meni shu vaqtgacha aldagan bu ishlar hech qanday tasalli berolmaydi va ularda hech qanday nur yo’q ekan.

Keyin batamom uyg’onish uchun, Qur'onning samoviy darsini eshitish uchun yana Boyazid jome'idagi hofizlarni tinglay boshladim. O’shanda samoviy darsdan وَ بَشِّرِ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا اِلٰى اٰخِرِ navidan qudsiy farmonlar bilan xushxabarlar eshitdim. Qur'ondan olganim fayz bilan xorijdan tasalli qidirish emas, balki dahshat va vahshat va ma'yusiyat olgan nuqtalarim ichida tasallini, rajoni, nurni qidirdim. Janobi Haqqa yuz ming shukr bo’lsinki, ayni dard ichida darmonni topdim, ayni zulmat ichida nurni topdim, ayni dahshat ichida tasallini topdim. Eng avval hammani qo’rqitgan, eng qo’rqinchli deb o'ylangan o’limning yuziga boqdim. Qur'on nuri bilan: o’lim niqobi garchi qorong'u, qora, xunuk bo’lsa ham, mo’min uchun asl siymosi nuroniy, go’zal ekanini ko'rdim. Va ko’p risolalarda bu haqiqatni qat'iy bir suratda isbot qilganmiz. "Sakkizinchi So’z" va "Yigirmanchi Maktub" kabi ko’p risolalarda izohlaganimiz kabi: o’lim i'dom emas, firoq emas, balki abadiy hayotininig muqaddimasidir, mabdai va hayot vazifasi qiyinchiligining yakunidir, bir tarxis, bir makon o’zgarishidir, barzax olamiga ko'chgan yaqinlar guruhiga qovushmoqdir. Va hokazo, shu kabi haqiqatlar bilan o’limning haqiqiy go’zal siymosini ko’rdim. Qo’rqib emas, balki bir jihatdan o’limning yuziga mushtoqlik bilan boqdim. Ahli tariqatdagi robita-i mavtning bir sirini angladim.

So’ngra hammani zavoli bilan yig’latgan va hammani o’ziga maftun va mushtoq qilgan va gunoh va g’aflat bilan o'tgan yoshligimga boqdim. O'sha go'zal, chiroyli yopinchig'i (kiyimi) ichida g’oyat chirkin, sarxush, telba yuzni ko’rdim. Agar mohiyatini bilmasaydim, bir necha yil meni sarxush qilib kuldirishi evaziga, yuz yil dunyoda qolsam meni yig’latar edi. O'shandaylardan biri yig’lab, aytgan ekanki:

لَيْتَ الشَّبَابَ يَعُودُ يَوْمًا فَاُخْبِرَهُ بِمَا فَعَلَ الْمَش۪يبُ

Ya'ni: "Koshki, yoshligim bir kun qaytib kelsa edi, keksalik mening boshimga naqadar hazin hollar solganini unga shikoyat qilib, aytib berar edim". Darhaqiqat, o'sha kishi kabi yoshlikning mohiyatini bilmagan keksalar yoshliklarini o’ylab, taassuf va tahassur bilan yig’laydilar. Holbuki, yoshlik agar ahli qalb, ahli huzur va es-hushi joyida va qalbi sog'lom bo’lgan mo’minlarda bo’lsa, ibodatga va yaxshiliklarga va uxroviy tijoratga sarflansa, eng kuchli tijorat vocitasi va go’zal va shirin bir xayrlar vositasidir. Va o'sha yoshlik - diniy vazifasini bilib sui iste'mol qilmaganlarga qiymatdor, zavqli Ilohiy ne'matdir.

Agar istiqomat, iffat, taqvo birga bo’lmasa, ko’p tahlikalari bor. Qiziqqonliklari bilan abadiy saodatiga va uxroviy hayotiga zarar yetkazadi, balki dunyoviy hayotini ham barbod qiladi. Balki, bir-ikki yil yoshlik zavqi evaziga, keksalikda ko’p yillar g’am va kadar chekadi. Modomiki, aksar insonlarda yoshlik zararli bo'lar ekan, biz keksalar Allohga shukr qilaylikki, yoshlik tahlikalaridan va zararlaridan qutuldik. Hamma narsa kabi, albatta yoshlikning lazzatlari ham o'tkinchidir. Agar ibodatga va xayrlarga sarflangan bo’lsa, u yoshlikning mevalari uning o’rnida boqiy qolib, abadiy hayotdagi yoshlikni qozonishiga vasila bo’ladi.

So’ngra, aksar insonlar oshiq va mubtalo bo’lgan dunyoga boqdim.Nuri Qur'on bilan ko’rdimki: bir-biri ichida uchta kulliy dunyo bor. Biri: Ilohiy ismlarga qaraydi, ularning oynasidir. Ikkinchi yuzi: oxiratga qaraydi, uning ekinzoridir. Uchinchi yuzi: ahli dunyoga boqadi, ahli g’aflatning o'yingohidir. Yana, hammaning bu dunyoda katta bir dunyosi bor. Go'yo, insonlar adadicha dunyolar bir-biri ichiga kirgan. Lekin har bir insonning xususiy dunyosining ustuni - o’z hayotidir. Qachon jismi "sinsa", dunyosi boshiga qulaydi, qiyomati bo’shlanadi. Ahli g’aflat o’z dunyosining bunday tez yiqilishini bilmagani uchun, katta dunyo kabi doimiy deb o’ylab, mahliyo bo’ladi. "Boshqalarning dunyosi kabi tez qulaydigan, buziladigan mening ham xususiy dunyoim bor. Bu xususiy dunyom, qisqagina umrim bilan nima foydasi bor ekan", deb o’yladim. Nuri Qur'on bilan ko’rdimki: men uchun ham, hamma uchun ham, bu dunyo - vaqtinchalik bir tijoratgoh,.. va har kuni to’lib bo’shaydigan bir mehmonxona,.. va o'tgan-ketganlarning oldi-sotdisi uchun yo’l ustida qurilgan bir bozor,.. va Naqqoshi Azaliyning yangilanib turadigan, hikmat bilan yozib-o'chiradigan bir daftari,.. va har bahor bezakli bir maktubi,.. va har yoz bir nazmiy qasidasi,.. va Sone'-i Zuljalolning ismlarining jilvasini yangilab turadigan, ko’rsatadigan oynalari,.. va oxiratning ko'chatlik bir bog’i,.. va Ilohiy rahmatning bir gulxonasi,.. va boqiy olamda ko’rsatiladigan lavhalarni tayyorlashga moslangan vaqtinchalik bir dastgohi mohiyatida ko’rdim. Bu dunyoni shu suratda yaratgan Xoliqi Zuljalolga yuz ming shukr qildim. Va angladimki: dunyoning oxiratga va asmo-i Ilohiyaga qaragan go’zal mohiyatiga muqobil insonlarga muhabbat berilgani holda, o'sha muhabbatni suiste'mol qilib, foniy, chirkin, zararli, g’aflatli yuziga sarflagani uchun, حُبُّ الدُّنْيَا رَاْسُ كُلِّ خَط۪يئَةٍ hadisi sharifining siriga siriga sazovor bo’lganlar.

Xullas, ey mo'ysafidlar va keksa singillarim! Men Qur'oni Hakimning nuri va keksaligimning eslatmasi bilan va iymonning ko’zimni ochishi natijasida shu haqiqatni ko’rdim va ko’p risolalarda qat'iy burhonlar bilan isbotladim. O’zimga haqiqiy tasalli va quvvatli rajo va porloq ziyo topdim. Va keksaligimdan mamnun bo’ldim va yoshlikning ketganidan hursand bo’ldim. Sizlar ham yig’lamanlar, shukr qilinglar. Modomiki, iymon bor ekan va haqiqat shunday ekan, g’aflatdagilar yig'lasin, zalolatdagilar yig’lasin.

TO’QQIZINCHI UMID:

Harbi Umumiyda asirlikda, Rossiyaning shimoliy sharqidan, juda uzoq bo’lgan Kostroma viloyatida edim. U yerda mashhur Volga Daryosining bo’yida Tatarlarning kichik bir masjidi joylashgandi. Do’stlarim, asir zobitlar ichida siqildim. Yolg’izlik istadim; tashqarida iznsiz yura olmas edim. Tatar mahallasi kafil bo’lib meni o'sha Volga Daryosi bo’yidagi kichik masjidga joylashdi. Masjidda o’zim yolg’iz yotardim. Bahor ham yaqin. Shimol qit'asining juda ham uzun tunlarida ko'p bedor qolardim. U qorong’i kechalarda va zim-ziyo g’urbatda, Volga Daryosining hazin shildirashlari va yomg’irning nozik shivirlashlari va shamolning firoqli esishi meni chuqur g’aflat uyqusidan vaqtincha uyg’otdi. Garchi hali o’zimni keksa deb bilmasamda, Harbi Umumiyni ko’rgan keksa hisoblanadi. Go’yo يَوْمًا يَجْعَلُ الْوِلْدَانَ ش۪يبًا sirriga mazhar bo’lib, "shunday kunlardirki; bolalarni qaritadi" jihati bilan, qirq yoshda ekanman, o’zimni sakson yoshlik vaziyatda ko’rdim. Zim-ziyo uzun tun va hazin g’urbat va hazin vaziyat ichida hayotdan va vatandan bir ma'yuslik keldi. Ojizligimga, yolg’izligimga qaradim, umidim uzildi. O’sha holatda, Qur'oni Hakimdan yordam keldi; tilim حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ dedi, qalbim ham yig’lab aytdiki:

غَر۪يبَمْ ب۪ى كَسَمْ ضَع۪يفَمْ نَاتُوَانَمْ اَلْاَمَانْ گُويَمْ عَفُوْ جُويَمْ مَدَدْ خٰواهَمْ زِدَرْگَاهَتْ اِلٰه۪ى

Vatanimdagi eski do’stlarni o’ylab, g’urbatda vafotimni xayol qilib, Niyozi-i Misriy kabi:

Dunyo g’amidan kechib, yo’qlikka qanot ochib,

Shavq ila har dam uchib, chaqiraman do’st, do’st!

deya do’stlarni izladim. Nima bo'lganda ham... O’sha huznli, achinarli, ayriliqdagi uzun g’urbat kechasida, Ilohiy dargohga zaiflik va ojizligim shunchalik ulkan bir shafoatchi va vasila bo’ldiki, hozir ham hayratdaman. Chunki bir necha kundan so’ng, juda kutilmaganda, piyodalab ketilsa bir yillik masofaga, bir o'zim rus tilini bilmasamda qochdim. Zaifligim va ojizligimga binoan kelgan Ilohiy inoyat bilan g’ayri oddiy suratda qutuldim.

Varshava va Avstriya orqali Istanbulga keldim, bu shaklda osonlikcha qutulish juda g’ayri oddiy bo’lgan edi. Ruschani bilgan eng jasur va eng ayyor odamlar muvaffaq bo’lolmagan, ko'p yengillik va juda osonlik bilan, uzun qochish sayohatni tugatdim. Ammo Volga Daryosi bo’yi masjididagi mazkur tunning vaziyati menga shu berdirganki; qolgan umrimni g’orlarda o’tkazaman. Insonlarning ijtimoiy hayotiga aralashish endi yetar. Modomiki oxir-oqibatda yolg’iz qabrga kirar ekanman, yolg’izlikka o’rganish uchun, hozirdan yolg’izlikni ixtiyor qilaman, degandim. Biroq afsuski, Istanbuldagi jiddiy va ko’p yaqinlar va Istanbulning dabdabali dunyoviy hayoti, xususan menga haddimdan ortiq yuzlangan shon va sharaf kabi natijasiz narsalar, qarorimni menga vaqtincha unuttirdi. Go’yo u g’urbat kechasi, hayotimning ko’zida nurli qoralik edi, va Istanbulning oq, dabdabali kunduzi, hayot ko’zimning nursiz oqi ediki, oldinni ko’rolmadi, yana yotdi.. toki ikki yil o’tib G’avsi Jiyloniy Futuh-ul G’ayb kitobi bilan takror ko’zimni ochdi.

Xullas ey otaxon va onaxonlar! Bilib qo'yingki; keksalikdagi zaiflik va ojizlik, rahmat va Ilohy inoyatning jalbiga vasiladir. O’z shaxsimda ko’p hodisalar bilan mushohada etganim kabi, zamin yuzidagi rahmatning jilvasi ham g’oyat zohir tarzda bu haqiqatni ko’rsatadi. Chunki hayvonotning eng ojiz va eng zaifi, bolalaridir. Holbuki rahmatning eng shirin va eng go’zal jilvasiga sazovor bo’lganlar ulardir. Bir daraxtning tepasidagi uyada bir qush bolasining ojizligi; onasini eng bo’ysungan askar kabi -rahmatning jilvasi- istihdom etadi. Atrofni kezadi, rizqini keltiradi. Qush bolasi qanotlari kuchga kirishi bilan ojizligini unutsa, volidasi unga: "Borib, rizqingni qidir" deydi, uni boshqa tinglamaydi.

Xullas, bu rahmat sirri bolalar haqida jarayon etgani kabi, zaiflik va ojizlik nuqtasida bolalar hukmiga o'tgan keksalar haqida ham joriydir. Menga qat'iy qanoat beradigan darajada ko’p tajribalar bor; masalan bolalarning ojizliklariga binoan rahmat tarafidan rizqlari hayratlanarli suratda ko’kraklar jo'mraklaridan yuboriladi va oqittiriladi.. shunga o'xshab; ma'sum iymonli keksalarning rizqlari ham baraka suratida yuboriladi. Ham bir xonadonning baraka ustuni, xonadondagi keksalar ekani; ham xonadonni balolardan muhofaza qiluvchi, ichidagi beli bukilgan ma'sum otaxon va onaxonlar ekani {(Hoshiya) Hadisning tamomi وَلَوْلَا الْبَهَائِمُ الرُّتَّعُ وَالصُّبْيَانُ الرُّضَّعُ (O’tlagan hayvonlar ve sut emadigan bolalar bo’lmasa edi) ila oxir -av kamo qol-.} hadisi sharifning bir parchasi bo’lgan

وَ لَوْلَا الشُّيُوخُ الرُّكَّعُ لَصُبَّ عَلَيْكُمُ الْبَلَاءُ صَبًّا

ya'ni: "Beli bukilgan keksalaringiz bo’lmasa edi, balolar sel kabi ustingizga yog’ilardi", deya farmon bilan, bu haqiqatni isbot qiladi.

Modomiki keksalikdagi zaiflik va ojizlik bu daraja rahmati Ilohiyaning jalbiga sabab ekan va modomiki Qur'oni Hakim

اِمَّا يَبْلُغَنَّ عِنْدَكَ الْكِبَرَ اَحَدُهُمَٓا اَوْ كِلَاهُمَا فَلَا تَقُلْ لَهُمَٓا اُفٍّ وَلَا تَنْهَرْهُمَا وَقُلْ لَهُمَا قَوْلًا كَر۪يمًا ٭ وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُلْ رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَان۪ى صَغ۪يرًا

oyati, besh jihatdan g’oyat mo’'jizona suratda avlodlarni keksa padar va volidaga nisbatan hurmatga va shafqatga da'vat etadi; va modomiki Islom dini keksalarga hurmat va marhamatni amr etar ekan; va modomiki insoniyat fitrati keksalarga nisbatan hurmat va marhamatni iqtizo etar ekan.. albatta biz keksalar, yoshlik ishtahasi bilan vaqtinchalik moddiy zavqlar o’rniga ma'naviy va doimiy va muhim Ilohiy inoyatdan va insoniylik shafqatidan kelgan rahmat va hurmat va rahmat va hurmatdan kelgan ruhonıy zavqlarnı olmoqdamiz. Shunday ekan biz bu keksaligimizni yuzta yoshlikka almashtirmasligimiz kerak. Ha, men sizni ishontirıb aytamanki: "Eski Saidning o’n yillik yoshligini menga bersalar, hozir Yangi Saidning bir yillik keksaligini bermayman! " Men keksaligimdan roziman, siz ham rozi bo’lishingiz kerak.

O’NINCHI UMID:

Asoratdan kelgandan so’ng, Istanbulda bir-ikki yil yana g’aflat g’olib keldi. Siyosat havosi nazarimni nafsimdan olib ofoqqa tarqatgan ekan, bir kun Istanbulning Ayyub Sulton qabristonining daraga qaragan yuksak joyida o’tirgan edim. Istanbul atrofidagi ofoqqa qaradim. Birdan, xususiy dunyoim vafot etayotgandek, bir jihatdan ruh chekingandek xayol holatiga tushdim. "Ajabo, bu qabriston mozor toshlaridagi yozuvlar, menga bunday xayol berdimi", deya nazarimni qaratdim. Uzoqqa emas, qabristonga qaradim, qalbimga eslatma qilindi: "Bu atrofingdagi qabristonda yuzta Istanbul bor. Chunki Istanbul yuz marta bu yerga bo’shalgan. Butun Istanbulning xalqini bu yerga bo’shatgan bir Hakimi Qodirning hukmidan qutulib mustasno qololmaysan, sen ham ketasan". Qabristondan chiqib, bu dahshatli xayol bilan ko’p marta Sulton Ayyub Masjidining mahfalidagi kichik bir xonaga kirganim kabi, bu safar ham kirdim. Tafakkur qildim:men uch jihatda musofirman; bu manzilchada musofir bo’lganim kabi, Istanbulda ham musofirman, dunyoda ham musofirman. Musofir yo’lini o’ylashi kerak.Bu xonadan chiqqanim kabi, bir kun kelib Istanbuldan ham chiqaman, boshqa bir kun dunyodan ham chiqaman.

Shu holatda qalbimga, boshimga g’oyat achinari va ayriliqda alamli bir huzn va g'am keldi. Chunki men yolg’iz bir-ikki do’stni yo’qotmayapman; Istanbulda minglab sevgan do’stlarimdan ayrilganim kabi, juda sevgan Istanbulimdan ham ayrilaman. Dunyodagi yuz minglab do’stlarimdan ayrilganim kabi, juda sevgan, mubtalo bo’lgan go’zal dunyodan ham ayrilaman, deya o’ylar ekanman, yana qabristonning o’sha yuksak joyiga qaradim. Ora-sira kinoga -ibrat uchun- borganim uchun; menga Istanbul ichidagi insonlar, o’sha daqiqadakinoda o’tgan zamonning soyalarini hozirgi zamonga keltirib, o’lganlarni oyoqda yurgan suratda ko’rsatganlari kabi, men ham o'sha vaqt ko'rgan insonlarimni oyoqda kezgan janozalar vaziyatida ko'rdim."Modomiki bu qabristonda bo'lganlardan bir qismi kinoda yurgandek ko’rinmoqda, kelajakda qat'iyan bu qabristonga kiradiganlarni, kirgan deb ko'r; ular ham o’lganlar, lekin kezib yurishibdi", dedim. Birdan Qur'oni Hakimning nuri bilan va G’avsi A'zam Shayx Jiyloniy Hazratlarining irshodi bilan, hazin holat sururli va nash'ali vaziyatga aylandi. Hazin holga qarshi Qur'ondan kelgan nur shunday eslatma berdi: sening shimoliy sharqda, Kostromadagi g’urbatingda bir-ikkita asir zobit do’sting bor edi. O’sha do’stlaring Istanbulga ketishlarini bilar eding. Senga bir kishi: "Sen Istanbulga ketasanmi, yo’qsa bu yerda qolasanmi?" dedsalar, albatta, zarra miqdor aqling bo’lsa, Istanbulga sevinch va surur bilan ketishni qabul qilgan bo’larding. Chunki mingdan to’qqiz yuz to’qson to’qqiz yaqinlaring Istanbuldalar. Bu yerda bir-ikkitasi qolgan, ular ham u yerga ketadilar. Sen uchun Istanbulga borish; hazin bir firoq, alamli bir ayriliq emas. Hamda kelib, mamnun bo’lmadingmi? Dushman mamlakatidagi o’ta qorong’i uzun tunlaridan va o’ta sovuq bo’ronli qishlardan qutulding. Bu go’zal (dunyo jannati kabi) Istanbulga kelding. Aynan shuning kabi; bolaligingdan shu yoshga qadar sevganlaringdan yuzdan to’qson to’qqizi senga dahshat bergan qabristonga ko’chganlar. Bu dunyoda qolgan bir-ikki do’sting bor, ular ham u yerga ketadilar. Dunyoda vafoting firoq emas, visoldir; u yaqinlarga qovushishdir. Ular, ya'ni boqiy ruhlar eskirgan uyalarini tuproq ostida qoldirib, bir qismi yulduzlarda, bir qismi barzoh olami tabaqalarida kezmoqdalar deb eslatma berildi.

Ha, bu haqiqatni Qur'on va iymon shu qadar qat'iy bir suratda isbot qilganki; umuman qalbsiz, ruhsiz bo’lmasa yoxud zalolat qalbini qoplamagan bo’lsa, ko’rib turgandek ishonmoq kerak. Chunki bu dunyoni hadsiz lutfining turlari va ehsoni bilan ziynatlab etib ikrom bilan va shafiq rububiyatini ko’rsatgan va urug’lar kabi eng ahamiyatsiz juz'iy narsalarni ham muhofaza qilgan Sone'-i Karim va Rahim; masnu'oti ichida eng mukammal va eng jome', eng ahamiyatli va juda sevgan masnu'i bo’lgan insonni, albatta va ochiq oydin, suratan ko’ringani kabi marhamatsiz, oqibatsizcha o’ldrmaydi, mahv etmaydi, zoye qilmaydi.

Balki bir dehqonning tuproqqa ekkan urug’lari singari, boshqa hayotda unib chiqish uchun, Xoliqi Rahim suyukli masnu'ini bir rahmat eshigi bo’lgan tuproq ostiga vaqtincha tashlaydi.

{(Hoshiya) Bu haqiqat; ikki karra ikki to’rt bo'lish darajasida boshqa risolalarda, xususan O’ninchi va Yigirma To’qqizinchi So’zlarda isbot qilingan.}

Xullas bu Qur'oniy eslatmadan olgandan so’ng, qabriston menga Istanbuldan ko’ra ko’proq unsiyatli bo’ldi. Xilvat va uzlat men uchun suhbat va muosharatdan ham ko’proq xush keldi. Men ham Bo’g’oz tarafidagi Sariyerda, bir xilvatxona topdim. G’avsi A'zam (R.A.) Futuh-ul G’aybi bilan menga bir ustoz va tabib va murshid bo’lgani kabi, Imom Rabboniy ham (R.A.) Maktuboti bilan bir do’st, bir mushfiq, bir muallim hukmiga o’tdi. O’shanda keksalikka kirganimdan va madaniyatning zavqlaridan chetda bo’lganimdan va ijtimoiy hayotdan chetlashganimdan, juda ham mamnun bo’ldim. Allohga shukr qildim.

Xullas, ey men kabi ichiga keksalik kirgan va keksalikning eslatmasi bilan vafotini ko’p hotirlagan zotlar! Qur'on bergan iymon darsining nuri bilan keksalikni va vafotni va xastalikni yoqtirishimiz kerak, balki bir jihatda sevinishimiz kerak. Modomiki bizda iymon kabi hadsiz darajada qiymatdor ne'mat bor ekan; keksalik ham xushdir, xastalik ham xushdir, o’lim ham xushdir. Noxush bir narsa esa gunohdir, safohatdir, bid'atlardir, zalolatdir.

O’N BIRINCHI UMID:

Asirlikdan kelgandan so'ng, Istanbulda Chamlija tepaligida bir koshonada, marhum jiyanim Abdurahmon bilan birga yashar edik. Bu hayotimni, dunyoviy hayoti jihatdan biz kabilar uchun eng saodatli hayot sanalishi mumkin edi. Chunki asirlikdan qutulgan edim, Dor-ul Hikmatda ilmiy kasbimga munosib eng oliy tarzda ilm nashriga muvaffaqiyat bor edi. Menga yuzlangan e'tibor va sharaf haddimdan juda ortiq edi. Joy e'tibori bilan Istanbulning eng go’zal yeri, Chamlijada yashardim. Ham hamma narsam mukammal edi. Marhum jiyanim Abdurahmondek g’oyat zakovatli, fidokor, ham bir talaba, ham xizmatkor, ham kotib, ham ma'naviy avlodim birga edi. Dunyoda hammadan ko’ra koproq o'zimni mas'ud deb yurganda oynaga qaradim; sochimda, soqolimda oq qillarni ko’rdim. Birdan asoratda, Kostromadagi masjiddagi ruhiy yug’onish yana boshladi. Uning belgisi sifatida, qalban bog’langan va dunyoviy saodatning asosi deb o’ylagan holatlarni, sabablarni tadqiq qilishni boshladim. Qay birini tadqiq qilgan bo'lsam, ko’rdimki; bu chirik, bog’lanishga arzimaydi, aldaydi. O’sha paytlarda eng sadoqatli deb yurgan bir birodarimdan kutilmagan bir sadoqatsizlik va xayolga kelmaydigan bevafolik ko’rdim. Dunyoviy hayotdan hurkish keldi. Qalbimga aytdimki: "Ajabo, men batamom aldanganmanmi?Ko’ryapmanki; haqiqat nuqtasida achinadigan holimizga juda ko’p insonlar havas bilan qaraydilar.

Bu insonlarning barchasi devona bo’lganmi? Yo’qsa men devona bo’lyapmanmiki, bu dunyoparast insonlarni devona deb ko’ryapman?" Nima bo’lganda ham... Men keksalik bois qattiq uyg’onganimda, eng avval men aloqador bo'lgan foniy narsalarning o’tkinchiligini ko’rdim. O’zimga ham qaradim, o’ta ojizlikda ko’rdim. Baqo istagan va baqo vahimasi bilan foniy narsalarga mubtalo bo’lgan ruhim bor quvvati bilan: "Modomiki jisman foniy ekanman, bu foniylardan menga nima xayr kelardi? Modomiki ojizman, bu ojizlardan nima kutishim mumkin? Dardimga chora topadigan bir Boqiyi Sarmadiy, bir Qodiri Azaliy lozim" deb izlanishni boshladim.

O’shanda hamma narsadan avval, eskidan beri tahsil qilgan ilmimga murojaat qilib, tasalli, umid qidira boshladim. Afsuski, o’sha vaqtgacha falsafa ilmlarini Islomiy ilmlar bilan birga aqlimga to’ldirib, falsafsa ilmlarini takomillashish manbai va munavvarlik asosi deb juda xato o’ylagandim. Holbuki u falsafiy masalalar ruhimni haddan ortiq kirlatgan va ma'naviy taraqqiyotimga to’siq bo’lgandi. Birdan Janobi Haqning rahmat va karami bilan Qur'oni Hakimdagi qudsiy hikmat yordamga keldi. Ko’p risolalarda bayon etilgani kabi; falsafiy masalalarning kirlarini yuvdi, tozaladi. Jumladan: Hikmat fanlaridan kelgan ruhiy zulmatlar ruhimni koinotda bo’g’ardi. Qaysi tarafga qaramay, nur izladim; hech bir masalada nur topolmadim, nafas ololmadim. Qur'oni Hakimdan kelgan va "La Ilaha Illa Hu" jumlasi bilan dars bergan tavhid g’oyat porloq bir nur bo’lib barcha zulmatlarni tarqatgandan so’ng, rohatlanib nafas oldim. Biroq nafs va shayton zalolatdagilar va falsafachilardan olgan darslariga tayanib, aql va qalbga hujum qilishdi. Bu hujumdagi nafsiy munozorot alhamdulillah qalbning zafari bilan natijalandi. U munozaralar ko’p risolalarda qisman yozilgan. Ular bilan kifoyalanib, bu yerda faqat mingdan bir qalbiy zafarni ko’rsatish uchun, minglab hujatlardan bitta hujjat bayon qilaman. Toki yoshligida ajnabiy hikmat va madaniyat fanlari nomi ostidagi qisman zalolat, qisman moloyoniyot masalalari bilan ruhini kirlatgan, qalbini xasta qilgan, nafsini erkalagan bir qism keksalarning ruhida tozalik qilsin. Tavhid borasida shayton va nafsning yomonligidan qutulsin.

Ulumi falsafiyaning vakolati nomiga nafsim dediki: "Koinotdagi narsalarning tabiat bilan bu mavjudotga aralashuvi bor. Hamma narsa bir sababga bog’liq. Mevani daraxtdan, o’simliklarni tuproqdan istash kerak. Eng juz'iy, eng kichik narsani ham Allohdan istash va Allohga yolvormoq nima degani?"

Javoban Qur'on nuri bilan tavhid sirri quyidagi suratda inkishof etdi. Qalbim u faylasuf nafsimga dedi: "Eng juz'iy va eng kichik narsa; eng katta narsa kabi, to’g’ridan-to’g’ri butun koinot Xoliqining qudratidan kelmoqda va xazinasidan chiqmoqda. Boshqa suratda bo’lolmaydi. Sabablar esa bir pardadir. Chunki eng ahamiyatsiz va eng kichik deb o'ylagan maxluqlarimiz, ba'zan san'at va xilqat jihatida eng kattasidanda kattaroq bo’ladi. Chivin tovuqdan san'at jihatidan o'tib ketmasa ham, ortda ham qolmaydi. Shunday ekan, katta-kichik ajratilmaydi. Yo barchasi moddiy sabablarga taqsim qilinadi yoxud hammasi birdan yagona zotga beriladi. Birinchi qism mahol bo’lgani kabi, bu qism vojibdir, zaruriydir.

Chunki birgina zotga, ya'ni bir Qodiri Azaliyga berilsa; modomiki barcha mavjudotning intizom va hikmatlari bilan borligi qat'iy tahaqquq etgan ilmi hamma narsani qamragan.. va modomiki ilmida hamma narsaning miqdori aniqlashgan.. va modomiki ko’ryapmizki har doim yo'qdan nihoyatsiz osonlik bilan, nihoyatsiz san'atli san’atli asarlari vujudga kelmoqda.. va modomiki u Qodiri Alimning bir gugurt yoqishdek Kun Fayakun amri bilan nima bo’lsa bo'lsin, ijod etilganini hadsiz quvvatli dalillar bilan, ko’p risolalarda bayon etganimiz va xususan Yigirmanchi Maktub va Yigirma Uchinchi Yog'duning oxirida isbotlangani kabi, hadsiz bir qudrati bor; albatta ko’z bilan ko'rilgan favqulotda yengillik va osonlik, ilmining qamrovidan va qudratining azamatidan kelmoqda. Masalan, qandayki ko’zga ko’rinmas dorili bir siyoh bilan yozilgan kitobga yozuvni ko’rsatadigan maxsus dori surtilsa; ulkan kitob birdan ko’zga ko’rinib, o’zini o’qitadi. Aynan shuning kabi; Qodiri Azaliyning keng ilmida hamma narsaning maxsus surati bir muayyan miqdori bilan aniqlashtirilgan. Qodiri Mutlaq amri Kun Fayakun bilan, hadsiz qudrati bilan va nafiz irodasi bilan, yozuvga surtilgan dori kabi, g’oyat oson va yengillik bilan qudratning bir jilvasi bo’lgan quvvatini o’sha ilmiy mohiyatga surtadi va u narsaga tashqi vujud beradi; ko’zga ko’rsatadi, hikmat naqshlarini o’qitadi. Agar barcha ashyoning hammasi Qodiri Azaliyga va Alimi Kulli Shayga berilmasa; chivindek eng kichik narsaning vujudini, dunyoning aksar navlaridan xususiy mezon bilan to’plash lozim bo’lish bilan birga, o’sha kichik chivinning vujudida ishlagan zarralar, chivinning yaratilish sirrini va mukammal san’atini barcha nozikliklari bilan bilishi kerak bo’ladi. Chunki tabiatdagi sabablar bilan moddiy sabablar, ochiq oydin va umum aql egalarining ittifoqi bilan, yo'qdan ijod qilolmaydi. Shunday ekan, agar ular ijod qilsa, albatta to’playdilar. Agar to’plasa, qaysi zihayot bo’lsa-bo'lsin, aksar anosir va anvo'idan namunalar ichida bor. Go'yo koinotning xulosasi, danagi hukmidadir. Albatta, bir danakni butun boshli daraxtdan, zihayotni butun ro’yi zamindan nozik elak bilan elab va eng hassos mezon bilan o’lchab to’plamoq lozim bo’ladi. Va modomiki tabiatdagi sabablar johil, jonsiz ekan; bir ilmi yo’qki bir reja, bir mundarija, bir model, bir dastur taqdir etsin, unga ko'ra ma'naviy qolipga kelgan zaarralarni eritib to’ksin; toki tarqalmasin, intizomini buzmasin.

Holbuki hamma narsaning shakli, hay'ati hadsiz tarzlarda bo’la olgani uchun, had-hisobsiz shakllar, miqdorlar ichida bitta shakl va miqdorda, sel kabi oqqan unsurlarning zarralari tarqalmasdan, muntazam ravishda, miqdorsiz, qolipsiz, bir-biri ustida to’plam holida saqlash va jonlilarga muntazam vujud berish; qay daraja imkondan, ehtimoldan, aqldan uzoq ekani ko’rinadi. Albatta kimning qalbida ko’rlik bo’lmasa, ko’radi. Ha, bu haqiqatga binoan

اِنَّ الَّذ۪ينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِ اللّٰهِ لَنْ يَخْلُقُوا ذُبَابًا وَلَوِ اجْتَمَعُوا لَهُ

bu oyati azimaning sirri bilan {(Hoshiya) Ya'ni, Allohdan boshqa barcha chaqirgan va ibodat qilgan narsalaringiz to’plansalar, bir chivinni yarata olmaslar!} barcha moddiy sabablar to’plansa, xohlasalarda bitta chivinning vujudini va vujudning jihozlarini maxsus mezon bilan to’play olmaslar! To’plasalar ham, u vujudning muayyan miqdorida saqlay olmaslar. Saqlasalar ham, doimo yangilanib turgan va u vujudga kelib ishlagan zarralarni muntazam ravishda ishlata olmaydilar. Shunday ekan; oydinlashdiki sabablar bu narsalarga sohib chiqa olmaslar. Demak, haqiqiy sohibilari boshqa. Ha, shunday haqiqiy sohibilari borki;

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

oyatining sirri bilan, butun zamin yuzidagi jonlilarni bir chivinning tiriltirilishchalik oson qiladi. Bahorni bir gul osonligida ijod etadi. Chunki to’plashga muhtoj emas. Kun Fayakun amriga ega bo’lgani uchun, har bahorda hadsiz bahoriy mavjujdotning unsur moddalaridan tashqari, hadsiz sifatlar va holatlar va shakllarini yo’qdan ijod qilgani uchun va ilmida hamma narsaning rejasi, modeli, mundarijasi va dasturi ta'yin etetilgani va barcha zarralar uning ilm va qudrati doirasida harakat qilgani uchun, gugurt yoqqandek hamma narsani o’ta osonlik bilan ijod qiladi. Va hech bir narsa zarra miqdor harakatini chalkashtirmaydi. Sayyoralar mute' bir qo'shini bo’lgani kabi, zarralar ham muntazam bir qo'shini hukmiga o’tadi. Modomiki azaliy qudratiga tayanib harakat qilayotgan ekanlar va azaliy ilmining dasturi bilan ishlamoqdalar; mana u asarlar u qudratga ko’ra vujudga keladi. Bo’lmasa u kichik, ahamiyatsiz shaxsiyatlariga qarash bilan u asarlar kichraymaydi. U qudratga intisob quvvati bilan bir chivin bir Namrudni o’ldiradi. Chumoli Fir'avnning saroyini xarob qiladi. Zarra kabi kichik qarag'ay urug’i tog’ kabi ulkan qarag’ay daraxtining yukini yelkasida tashiydi. Bu haqiqatni ko’p risolalarda isbot etganimiz kabi, qandayki bir askar askarlik vasiqasi bilan podshohga intisob nuqtasida, yuz ming marta o’z quvvatidan ortiq, bir shohni asir qilish kabi asarlarga sazovor bo’ladi. Shuning kabi, hamma narsa u azaliy qudratiga intisobi bilan, yuz ming marta tabiatdagi sabablardan ustun san'at mo’'jizalariga mazhar bo’lishi mumkin.

Xullas; hamma narsaning nihoyat darajada ham san'atli, ham yengil vujudi ko’rsatadiki, bepoyon ilm sohibi bo’lgan Qodiri Azaliyning asaridir. Bo’lmasa, yuz ming mahol ichida, vujudga kelish u yoqda tursin, balki imkon doirasidan chiqib, imtino' doirasiga kiradi va mumkin suratidan chiqib, mumtani' mohiyatiga kiradi va hech bir narsa vujudga kelmaydi, balki vujudga kelishi mahol bo’ladi.

Xullas, bu g’oyat nozik va g’oyat quvvatli va g’oyat chuqur va g’oyat zohir burhon bilan shaytonning vaqtincha shogirdi va zalolat ahlining va falsafa ahlining vakili bo’lgan nafsim jim bo'ldi. Va lillahilhamd, to’liq iymonga keldi. Va aytdiki: Ha, menga shunday bir Xoliq va Rob lozimki, eng kichik qalbimning xotirotlarini va eng yashirin niyozimni biladigan va eng yashirin ruhimning ehtiyojini qondirgani kabi, menga abadiy saodatini berish uchun, ulkan dunyoni oxiratga o’zgartiradigan va bu dunyoni olib tashlab, o’rniga o'rniga oxiratni quradigan, ham chivinni xalq etgani kabi, samovotni ham ijod qiladigan, ham Quyoshni samoning yuziga bir ko’z o’laroq qoqqani kabi, bir zarrani ham ko’z qorachig’imda joyrlashtiradigan bir qudratga molik bo’lsin. Yo’qsa, chivinni yaratolmagan, qalbimning xotirotilariga aralasha olmaydi, ruhimning niyozini eshitolmaydi.. samovotni xalq etmagan, saodati abadiyani menga berolmaydi. Shunday ekan, mening Robbim uki; ham qalbimning xotirotini isloh qiladi, ham ob-havoni bulutlar bilan bir soatda to’ldirib bo’shatgani kabi, dunyoni oxiratga aylantirib, Jannatni yaratib eshigini menga ochadi, "Qani kir" deydi.

Xullas, ey nafsim kabi badbaxtlik natijasida bir qism umrini nursiz falsafiy va ajnabiy fanlariga sarf etgan keksa qardoshlarim! Qur'onning lisonidagi mutamodiyan "La Ilaha Illa Hu" qudsiy farmonidan naqadar quvvatli va naqadar haqiqatli va hech bir jihatda tebranmas va buzilmas va o’zgarmaydi qudsiy iymon ruknini anglangki, qanday butun ma'naviy zulumotni tarqatadi va ma'naviy yaralarni davolaydi.

Bu uzun mojaroni keksaligimning umid eshiklari orasida joylashtirilishi, xuddiki ixtiyorim bilan bo’lmadi. Istamagandim, balki zeriktirar deb saqlanayotgan edim. Biroq, menga yozdirildi deya olaman. (Nima bo’lganda ham, mavzuga qaytaman.) Soch va soqolimdagi oq qillarning va bir vafodorning sadoqatsizligi natijasida menga dabdabali va zohiran totli va bezakli Istanbulning dunyoviy hayotining zavqlaridan nafrat keldi. Nafs maftun bo’lgan zavqlari o’rniga ma'naviy zavqlarni qidirdi. Bu g’aflat ahlining nazarida sovuq va og’ir va noxush ko’ringan keksalikda bir tasalli, bir nur istadi. Falillahilhamd Janobi Haqqa yuz ming shukr bo’lsin, butun u haqiqatsiz, totsiz, oqibatsiz dunyoviy zavqlar o’rniga; haqiqiy, doimiy va totli iymoniy zavqlarni "La Ilaha Illa Hu"da va tavhid nurida topganim kabi.. ahli g’aflatning nazarida sovuq va hunuk ko’ringan keksalikni u tavhid nuri bilan juda yengil va haroratli va nurli ko’rdim.

Ey otaxon va onaxonlar! Modomiki sizlarda iymon bor ekan va modomiki iymonni nurlantirgan va inkishof ettirgan namoz va niyoz bor; keksaligingizga abadiy bir yoshlik nazari bilan qarashingiz mumkin. Chunki u bilan abadiy yoshlik qozonishingiz mumkin. Haqiqiy sovuq va xunuk va xunuk va zulmatli va alamli bo’lgan keksalik esa; ahli zalolatning keksaliklaridir, balki ularning yoshliklaridir. Ular yig’lashi kerak, ular "ey voh, afsuslar bo'lsin!" deyishlari kerak. Sizlar, ey muhtaram iymonli keksalar! "Alhamdulillahi ala kulli hal" deya surur bilan shukr qilmog’ingiz kerak!

O’N IKKINCHI UMID:

Bir vaqtlar Isparta viloyatining Barla nohiyasida surgun nomi ostida, qiynoqli bir asorat bilan yolg’iz va kimsasiz bir qishloqda ixtilotdan va muxobaradan man qilingan bir vaziyatda ham xastalik, ham keksalik, hamda g’urbat ichida g’oyat parishon bir holda ekan; Janobi Haq mukammal marhamatidan, Qur'oni Hakimning nuktalariga, sirlariga doir men uchun tasalli asosi nur ehson etgan edi. U bilan o’sha achchiq, alamli, huznli vaziyatimni unutishga urinar edim. Vatanimni, yaqinlarimni, qarindoshlarimni unuta olardim. Ammo, afsuslar bo'lsin, birini unutolmas edim. U ham bo’lsa ham jiyanim, ham ma'naviy avlodim, ham eng fidokor talabam, ham eng jasur birodarim bo’lgan marhum Abdurahmon edi. Olti-yetti yil avval oldimdan ketgan edi. Na u mening qayerdaligimni bilardi, yordamga kelsa, tasalli bersa va na men uning vaziyatini bilardim, u bilan gaplashsam, dardlashsam. Mening bu keksalik vaqtimda; shunday fidokor, sodiq bir kishi menga lozim edi.

So’ngra birdan bir maktub berdi. Maktubni ochdim, ko’rdimki: Abdurahmonning mohiyatini to'liq ko’rsatadigan tarzdagi maktub bo’lib, u maktubning bir qismi Yigirma Yettinchi Maktubning fikralari ichida uchta zohir karomatni ko’rsatadigan tarzda joylashtirilgan. U maktub meni ko’p yig’latdi va hozir ham yig’latadi. Marhum Abdurahmon o’sha maktub bilan juda jiddiy va samimiy suratda; dunyoning zavqlaridan nafratlanganini va eng buyuk maqsadi, menga yetishib, bolaligida men unga qaraganimdek, u ham keksaligimda menga xizmat qilmoq ekan. Ham dunyoda mening haqiqiy vazifam bo’lgan Qur'on sirlari nashrida, muqtadir qalami bilan menga yordam berish ekan. Hatto maktubida yozgandi: "Yigirma-o’ttiz risolani menga yubor, har biridan yigirma-o’ttiz nusxa yozaman va yozdiraman", der edi. U maktub menga dunyoga nisbatan quvvatli bir umid berdi. Daho darajasida zakovatga molik va haqiqiy avloddan ham yuksak bir sadoqat va aloqa bilan menga xizmat qiladigan bunday jasur talabamni topdim deb, qiyin asoratni, kimsasizlikni, g’urbatni, keksalikni unutdim.

U maktubdan avval iymoni billohga doir chop qildirganim O’ninchi So’zning bir nusxasi qo'liga o'tgan edi. Go'yo u risola unga bir tiryoq ediki; olti-yetti yil mobaynida olgan barcha ma'naviy yaralarini davoladi. G’oyat quvvatli va porloq iymon bilan ajalini kutayotgandek, maktubni yozgan edi. Bir-ikki oy so’ngra Abdurahmon vositasi bilan yana saodatli bir dunyoviy hayotni o’tkazish tasavvurida ekan, afsuslar bo'lsin, birdan uning vafot xabarini oldim. Bu xabar men uchun shunday zarba bo’ldiki, besh yildan beri hali ham o'sha ta'sir ostidaman. O’sha vaqt boshimdan kechirayotgan iskanjali asorat va yolg’izlik va g’urbat va keksalik va xastaligim; menga ulardan o’n daraja ortiq firqat, bir achinish, bir huzn berdi. Mening marhuma volidamning vafotida xususiy dunyoimning yarmi, uning vafoti tufayli vafot etgan derdim. Abdurahmonning vafoti bilan esa, qolgan yarim dunyoim ham vafot etganini ko’rdim. Dunyodan batamom aloqam uzildi. Chunki dunyoda qolganda edi; ham dunyodagi vazifa-i uxroviyamning quvvatli bir madori va mendan keyin to’liq o’rnimga o'tadigan bir xayr-ul xalaf va ham bu dunyoda eng fidokor bir tasalli sababi, bir birodarim bo’lishi mumkin edi.. va eng zakovatli bir talabam, bir tinglovchi va Risola-i Nur qismlarining eng ishonchli sohibi va muhofazachisi bo’lardi.

Ha, insoniylik e'tibori bilan bunday yo’qotish men kabi insonlarga juda quydiruvchidir, yondiradi. Garchi zohiran chidashga urinayotgan bo’lsam-da, biroq ruhimda shiddatli bo’ron bor edi. Agar ora-sira Qur'onning nuridan kelgan tasalli taskin bermasa edi, mening bardosh berishim mumkin bo’lmasdi. O’sha vaqt Barla daralariga, tog’lariga yolg’iz borib kezardim. Xoli yerlarda o’tirib, huznli ta'sir ichida, eski zamonda Abdurahmon kabi sodiq talabalarim bilan kechirgan baxtli hayot lavhalari kino singari xayolimdan o’tgan sari, keksalik va g’urbat bergan ta'sir tezligi bardoshimni sindirar edi. Birdan

كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

qudsiy oyatining sirri inkishof etdi. Menga "Ya Boqiy Antal Boqiy, Ya Boqiy Antal Boqiy" dedirdi va u bilan haqiqiy tasalli berdi. Ha, men o’sha xoli darada, u hazin holatda bu qudsiy oyatining sirri bilan, Mirqot-us Sunna Risolasida ishorat qilingani kabi, o’zimni uch ulkan janoza ustida ko’rdim:

Biri ellik besh yoshimgacha, o'zimni ellik besh marta o’lgan va hayoti umrimda dafn etilgan Saidlarning qabri ustida, mozor toshi sifatida ko’rdim.

Ikkinchi o’lik: O’zimni Odamdan (A.S.) davridan beri, guruhdoshlarim va sinfim vafot etib moziy qabrida dafn etilgan ulkan o’likning boshida mozor toshi hukmidagi bu asr yuzida yurgan, chumoli kabi kichik bir jonzot suratida ko’rdim.

Uchinchi o’lik esa; insonlar kabi har yili dunyo yuzida sayyor dunyoning vafoti bilan ulkan dunyo ham bu oyatning sirri bilan vafot etishi xayolimning qarshisida paydo bo’ldi.

Abdurahmonning vafoti qayg’usidan kelgan bu dahshatni tamomiyla oydinlatuvchi va haqiqiy tasalli va so’nmas nur beruvchi ushbu oyati karima ishoriy ma'nosi bilan yordamga keldi

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ

Ha, bu oyat bildirdiki: Modomiki Janobi Haq bor ekan, u hamma narsaga badaldir. Modomiki u boqiy ekan, albatta u kifoyadir. Bir inoyatining jilvasi butun dunyoning o’rnini bosadi. Va bir nurining jilvasi mazkur uch ulkan o’likka ma'naviy hayot beradi. Ularning o’lik emasligini, balki vazifalarini tugatib, boshqa olamlarga ketganlarini ko’rsatadi. Uchinchi Yog’duda bu sirning izohi aytilgani uchun, u bilan kifoyalanib bu yerda aytamizki: كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ ila oxir... oyatining ma'nosini ko’rsatgan ikki karra "Ya Boqiy Antal Boqiy! Ya Boqiy Antal Boqiy!" jumlasi meni g’oyat alamli u hazin holatdan qutqardi:

Birinchi marta "Ya Boqiy Antal Boqiy!" dedim, dunyo va dunyodagi Abdurahmon kabi ko’p aloqador bo'lgan yaqinlarimning zavolidan va robitalarim uzilishidan tug’lgan hadsiz ma'naviy yaralar ichida bir jarrohlik amaliyoti kabi davolanish boshlandi.

Ikkinchi safar "Ya Boqiy Antal Boqiy!" jumlasi; barcha ma'naviy yaralarga ham malham, ham tiryoq bo’ldi. Ya'ni sen boqiysan; ketgan ketsin, sen yetarlisan. Modomiki sen boqiy ekansan, zavol topgan hamma narsa o’rniga rahmat jilvasining kifoyadir. Modomiki sen bor ekansan, sening borligingga iymon bilan intisobini bilgan va Islomiyat sirri bilan u intisobga ko'ra harakat qilgan inson uchun hamma narsa bor. Fano va zavol, mavt va adam bir pardadir, bir yangilanishdir; boshqa-boshqa manzillarda kezish hukmida deb, tamomila u yondiruvchi, firoqli, hazin, alamli, qorong’i, dahshatli ruhiy holat; sururli, sevinchli, lazzatli, nurli, sevimli, unsiyatli holatga aylandi. Tilim va qalbim, balki hol tili bilan barcha vujudimdagi zarralar "Alhamdulilloh" dedi.

Xullas u jilva-i rahmatning mingdan bir juz'i shuki: Men o’sha huzngohim bo’lgan daradan va u huzun-angiz holatdan Barlaga qaytdim. Qarasam,

Kuleo'nli Mustafo ismli bir yigit mendan ilmi holga oid tahorat va namozga doir bir nechta masalani so’rash uchun kelibdi. O’shanda musofirlarni qabul qilmasam ham, uning ruhidagi ixlos va go’yo oldindan sezish hissi bilan kelajakda Risola-i Nurga qiladigan qiymatdor xizmatni, {(Hoshiya1) Mustafoning ukasi Kichik Ali o'zining chiroyli, sog'lom qalami bilan yetti yuzdan ziyoda Nur Risolalarini yozish bilan tamomila harakati bilan bir Abdurahmon bo'lgani kabi, juda ko’p Abdurahmonlarni ham yetishtirdi.} ruhim u yigitning ruhida o’qidi. Uni iziga qaytarib yubormadim, qabul qildim.

{(Hoshiya2) Haqiqatdan, u faqat qabulga emas, balki istiqbolga loyiq (*) ekanini ko’rsatdi.

(*) Risola-i Nurning birinchi shogirdi Mustafoning istiqbolga layoqatiga doir Ustozimning hukmini tasdiqlagan bir hodisa: Qurbonlik hayiti arafasida bir kun avval Ustozim aylanishga chiqmoqchi edilar. Ot keltirish uchun meni yuborganida, Ustozimga: "Siz pastga tushmang, men eshikni orqasidan berkitib omborxonadan chiqaman", dedim. Ustozim: "Yo’q, sen eshikdan chiq", deb pastga tushdilar. Eshikdan chiqqandan so’ng, eshikni orqalaridan zanjirladilar. Men ketdim, u kishi ham tepaga chiqdilar. So’ngra kirib yotdilar. Bir ozdan so’ng Kuleo'nlik Mustafo Hoji Usmon bilan birga kelishgan. Ustozim hech kimni qabul qilmayotgan edilar. Ayniqsa o’shanda ikki odamni baravariga yoniga umuman qo’ymas, orqasiga qaytarar edilar. Holbuki bu maqomda bahs qilinayotgan qardoshimiz Kuleo'nlik Mustafo Hoji Usmon bilan kelganda, eshik go’yo hol tili bilan unga: "Ustozing seni qabul qilmaydi, lekin men senga ochilaman" deya orqasidan zanjirlangan eshik o’zidan-o’zi Mustafoga ochilgan. Demak Ustozimning u haqida "Mustafo istiqbolga loyiqdir" degan so’zini istiqbol ko’rsatgani kabi, eshik ham bunga shohid bo'lgan.

Xusrav

Ha, Xusravning yozgani to’g’ri, tasdiq qilaman. Eshik bu muborak Mustafoni mening badalimga ham kutib oldi, hamda qabul qildi.

Said Nursiy}

So’ngra aniqlashdiki, Risola-i Nur xizmatida va mendan keyin xayrli davomchi sifatida, bir haqiqiy voris vazifasini to’liq ado etadigan Abdurahmon o’rniga Janobi Haq Mustafoni namuna sifatida menga yuborgan ediki: "Sendan bir Abdurahmonni oldim, muqobilida Mustafo kabi o’ttiz Abdurahmon o’sha diniy vazifada senga ham talaba, ham jiyan, ham ma'naviy avlod, ham qardosh, ham fidokor birodar beraman". Ha, lillahilhamd, o’ttiz Abdurahmonni berdi. O’sha vaqt dedim: Ey yig’lagan qalbim! Modomiki bu namunani ko’rding va ma'naviy yaralarning eng muhimini davoladi; boshqa barcha seni ta'sirlantirgan yaralarni ham davolashga qanoating kelishi kerak".

Ey men kabi keksaligida qattiq sevgan avlodini yoki yaqinlarini yo’qotgan va orqasiga yuklangan keksalikning og'ir yuki bilan birga firoqdan kelgan og’ir g’amlar ham boshiga yuklangan otaxon va onaxonlar! Vaziyatimni anglangki, siznikidan ancha shiddatli ekan, modomiki bunday bir oyati karima davoladi, shifo berdi; albatta Qur'oni Hakimning dorixona-i qudsiyasida barcha dardlaringizga shifo beradigan dorilari bor. Agar iymon bilan unga murojaat qilib va ibodat bilan o’sha dorilarni iste'mol qilsangiz, orqangiz va boshingizdagi keksalik va g’amlarning og’ir yuklari juda yengillashadi.

Bu mabhasning uzun yozilishining sirri esa, marhum Abdurahmonga ko’proq rahmat duolari qildirish maqsaddir. Sizni zeriktirmasin. Ham sizni balki ko’p hafa qiladigan, eng ayanchli va nafrat berib qo'rqitadigan eng dahshatli yaramni g’oyat noxush, alamli suratda ko’rsatishdan maqsadim: Qur'oni Hakimning qudsiy tiryoqi qay daraja horiquloda bir dori va porloq nur ekanini ko’rsatishdir.

O’N UCHINCHI UMID:

{(Hoshiya) Latif bir tavofuqki, bu O’n Uchinchi Umid bahs etgan madrasa hodisasi o’n uch yil avval sodir bo’ldi.}

Bu umidda hayot sarguzashtimning muhim lavhasidan bahs etaman, har holda bir oz uzun bo’ladi. Zerikmasligingizni va ranjimasligingizni xohlayman. Harbi Umumiyda, Rusning asoratidan qutulganimdan so’ng, Istanbulda ikki-uch yil Dor-ul Hikmatda diniy xizmati meni u yerda saqladi. So’ngra Qur'oni Hakimning irshodi bilan va G’avsi A'zamning himmati bilan va keksalikning uyg’otishi bilan Istanbuldagi madaniy hayotdan zerikish va dabdabali ijtimoiy hayotdan bir nafrat his qildim. "Daussila" deb ta'bir etilgan vatan ishtiyoqi meni vatanimga boshladi. Modomiki o’lar ekanman, vatanimda o’lay deb Vanga ketdim. Hamma narsadan avval Vandagi Xorxor deb atalgan madrasamning ziyoratiga bordim. Ko’rdimki; Vandagi boshqa uylar kabi uni ham Rus istilosida Armanlar yoqib yuborishgan ekan. Vanning mashhur qal'asi, tog’ kabi yakpora toshdan iborat. Madrasam uning ostida va unga tamoman tutashgan. Men tark qilgan yetti-sakkiz yil avval, u madrasamdagi haqiqatdan do’st, qardosh, sevgili talabalarimning xayollari ko’z o’ngimga keldi. U fidokor birodarlarimning bir qismi haqiqiy shahid, boshqa bir qismi o’sha musibat tufayli ma'naviy shahid bo’lib vafot etgan edilar. Men yig’lashdan o’zimni to’xtatolmadim va madrasaning ustidagi ikki minora balandligida madrasaga qaragan qal'aning tepasigacha chiqdim, o’tirdim. Yetti-sakkiz yil avvalgi zamonga xayolan ketdim. Mening xayolim quvvatli bo’lgani uchun, meni o’sha davrda ancha kezdirdi. Atrofda hech kim yo’q ediki, meni u xayoldan qaytarsa va u zamondan tortsa. Chunki yolg’iz edim. Yetti-sakkiz yil mobaynida, ko'zimni ochgan vaqt bir asr vaqt o’tgandek bir qorqinchli holda ko’rardim. Qarasam, madrasamning atrofidagi shahar ichi Qal'a tubi mavqe'i butunlay boshdan oyoq yondirilgan, buzib tashlangan etilgan. Avvalgisidan hozirgi ko’rganimgacha, go’yo ikki yuz yil so’ngra dunyoga kelib, bunday huznli nazar bilan qaradim.

Uylardagi odamlarning ko’pi bilan do’st va yaqin edim. Asosiy qismi, Alloh rahmat qilsin, muhojirlikda vafot etgan, g’urbatda parishon bo’lgan edilar. Ham Arman mahallasidan boshqa, Vanning barcha musulmonlarining uylari buzib tashlanganini ko’rdim. Qalbim eng tubidan ingradi. Shu qadar yuragimga qattiq botdi, minglab ko’zim bo’lganida, hammasi baravar yig’lagan bo’lardi. Begona yurtdan vatanimga qaytdim; g’urbatdan qutuldim deb o’ylagan edim. Lekin "Ey voh", g’urbatning eng dahshatlisini vatanimda ko’rdim. O’n Ikkinchi Umidda bahsi o’tgan Abdurahmon kabi, ruhim bilan juda aloqador yuzlab talabalarimni, do’stlarimni qabrda hamda u yaqinlarning joylarini xarobazor bo’lganini ko’rdim. Eskidan beri xotiramdagi bir zotning bir fikrasi bor edi, to’liq ma'nosini anglab yetolmasdim.. bu hazin lavha qarshisida to’liq ma'nosini ko’rdim. Fikra budir:

لَوْلَا مُفَارَقَةُ الْاَحْبَابِ مَا وَجَدَتْ لَهَا الْمَنَايَا اِلٰى اَرْوَاحِنَا سُبُلًا

ya'ni: "Agar do’stlardan ayrilish bo’lmasaydi, o’lim ruhlarimizga yo’l topolmasdiki, kelib olsin". Demak, eng ko’p insonni o’ldirgan narsa, yaqinlardan ayrilishdir. Ha, hech mina meni o’sha vaziyatchalik kuydirmagan, yig’latmagan edi. Agar Qur'ondan, iymondan madad kelmasaydi; u g’am, qayg’u, huzn ruhimni uchiradigandek ta'sir qilgan bo’lardi. Eskidan beri shoirlar she'rlarida yaqinlari bilan ko’rishgan manzillarining davr o’tishi bilan xarobagohlariga yig’laganlar. Buning eng ayriliqqa to’la lavhasini ham ko’zim bilan ko’rdim. Ikki yuz yildan so’ng juda sevgan do’stlarining yashash joylariga duch kelgan odamning qayg’usi bilan; ham ruhim, ham qalbim ko’zimga yordam berib yig’ladi. O'shanda ko’z o’ngimda xarobazorga aylangan yerlarning g’oyat obod va tantanali va sevonchli va sururli bo’lgan paytlari, yigirma yilga yaqin eng totli hayotda o’qish bilan qiymatdor talabalarim bilan kechirgan hayotimning shirin sahifalari birma-bir, kino lavhalari kabi jonlanib ko'rindi, so’ngra vafot etib ketayotgandek, xayol ko'z o'ngimda ancha muddat davom etdi. O’shanda ahli dunyoning holiga juda taajjublandim. Qanday qilib o’zlarini aldashadi? Chunki vaziyat dunyoning batamom foniy ekanini va insonlar esa ichida musofir ekanini ochiqdan ochiq ko’rsatdi. Ahli haqiqatning davomli, dunyo achinmas, makkor, yomon, aldanmanglar deyishlari qanchalik to’g’ri ekanini ko’zim bilan ko’rdim. Ham inson jismi bilan, xonadoni bilan qanchalik aloqador bo’lsa shahri bilan, mamlakati bilan, balki dunyosi bilan ham aloqador ekanini men ham ko’rdim. Chunki vujudim keksalik achinishidan ikki ko’zim bilan yig’lar ekanman, madrasamning faqat keksaligi emas, balki vafoti sababli o’n ko’z bilan yig’lashni istardim. Va u shirin vatanimning yarmi o’lishi bilan yuz ko’z bilan yig’lashga ehtiyojim bor edi. Rivoyati hadisda har tong bir maloika chaqiradi لِدُوا لِلْمَوْتِ وَابْنُوا لِلْخَرَابِ ya'ni: "O’lmoq uchun tavallud etib dunyoga kelasizlar, xarob bo’lishi uchun bino qurasizlar", deydi. Ushbu haqiqatni qulog’im bilan emas, ko’zim bilan eshitayotgan edim.

Ha, u vaziyatim o’shanda qanchalar yig’latgan bo’lsa; o’n yilki xayolim o’sha vaziyatga yo'liqqanda yana yig’laydi. Ha, minglab yil yashagan qo’hna qal'aning tepasidagi manzillarning xarob bo’lishi va uning ostidagi shaharning sakkiz yil mobaynida sakkiz yuz yilchalik keksayishi va qal'a ostidagi g’oyat hayotdor va yaqinlar yig’ini bo’lgan madrasamning vafoti, umum Usmoniylar Davlatida barcha madrasalarning vafotini ko’rsatgan o’ligining ma'naviy buyukligiga ishorat sifatida ulkan Van Qal'asining yakpora toshi unga mozor toshi bo’lgan edi. Go’yo madrasada sakkiz yil avval men bilan birga bo’lgan marhum talabalarim qabrlarida men bilan birga yig’layotgan edi. Balki shaharning xaroba devorlari, sochilgan toshlari men bilan birga yig'lamoqda va ularni yig’layotgandek ko’rdim. O'shanda angladimki, vatanimdagi g’urbatga chidolmayman yo men ham qabrga, ularning yoniga ketishim kerak, yoxud tog’da bir g’orga kirib ajalimni u yerda kutishim kerak deb o’yladim. "Modomiki dunyoda bunday chidab bo’lmas, sabrni sindiradigan, chidab bo’lmas, yondiruvchi ayriliqlar bor ekan, albatta o’lim hayotdan ustundir. Hayotning bu og’ir vaziyati chekiladigan dardlardan emas", dedim. O’shanda jihoti sitta deyilgan olti tarafga nazar soldim, zim-ziyo ko’rdim. U ta'sirlainshning shiddatidan kelgan g’aflat dunyoni qo’rqinchli, bo’sh, xoli, ustimga yiqiladigan suratda ko’rsatdi. Ruhim dushman vaziyatini olgan hadsiz balolarga qarshi bir tayanch nuqtasi qidirarkan va abadga qadar uzangan behisob orzularni qondiradigan bir yordam yeri qidirar ekan va hadsiz firoq va ayriliqdan, buzilish va vafotdan kelgan huzn va g’amga tasalli kutarkan, birdan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning

سَبَّحَ لِلّٰهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ٭ لَهُ مُلْكُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

oyatining haqiqati tajalliy etdi. Achinarli, ayriliqdagi, dahshatli, huznli xayoldan meni qutqardi, ko’zimni ochdi.

Ko’rdimki, mevador daraxtlarning boshlaridagi mevalari menga tabassum qilayotgandek qarayaptilar; bizga ham diqqat qil, faqatgina xarobazorga qarama, deyishardi. Bu oyati karimaning haqiqati shuni eslatayotgan edi: Van sahrosining sahifasida musofir bo’lgan insonlarning qo’li bilan yozilgan va shahar suratini olgan sun'iy bir maktubning, Rus istilosi deyilgan dahshatli bir sel balosiga tushib o'chirilishi nima uchun seni bunchalik ta'sirlantiryapti? Asl Haqiqiy Molik va hamma narsaning sohibi va Rabbi bo’lgan Azaliy Naqqoshiga qara; bu Van sahifasida maktublari mukammal porlashi bilan eski zamonda sen ko’rgan holat yana davom etib yozilmoqda.

U yerlar bo’sh, xarob, xoli qoldi deb yig’lashing, Haqiqiy Molikidan g’aflat va insonlarni musofir deb tasavvur qilmaslik va molik degan dunyoqarash mahsulidir. Biroq u xatodan va u yondiruvchi vaziyatdan bir haqiqat eshigi ochildi. Va u haqiqatni to’liq qabul qilishga nafs hozirlandi. Ha, temirning yumshashi, go’zal va manfaatdor bir shakl berilishi uchun olovga tiqiladi. Shuning kabi, mendagi huznli holat va dahshatli vaziyat olov bo’ldi, nafsimni yumshatdi. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon mazkur oyatning haqiqati bilan iymon haqiqatlarining fayzini unga to’liq ko’rsatdi, qabul qildirdi. Ha, lillahilhamd, bu oyatning haqiqati iymon fayzi bilan (Yigirmanchi Maktub kabi risolalarda qat'iy isbot qilganimiz kabi) iymoni billohdan ruhga va qalbga har kimning iymon quvvati nisbatida inkishof etgan shunday bir nuqta-i istinod berdiki, u vaziyatning dahshatidan yuz daraja qo’rqinchli, zararli musibatlarga qarshi tura oladigan quvvatni berdi. Va shunday eslatdiki: Hamma narsa Xoliqing bo’lgan bu mamlakatning Haqiqiy Molikining amriga musahhardir, hamma narsaning tizgini uning qo’lida, unga intisobing yetadi.

Xoliqimga tayanib tanigandan so’ng, dushman bo’lib ko’ringan hamma narsa dushmanliklarini tark etdi; yig’latgan hazin hollar meni sevintira boshladilar. Ham ko’p risolalarda qat'iy burhonlar bilan ham isbot qilganimiz kabi, hadsiz orzularga qarshi oxiratga iymondan kelgan nur bilan shunday bir madad nuqtasi berdiki; nafaqat kichik va vaqtincha, qisqa dunyoviy do’stlarga nisbatan orzu va aloqalarimga, balki abad-ul abodda, boqiy olamida, abadiy saodatida hisobsiz uzun orzularimga kifoya qiladigan madad nuqtasi berdi. Chunki bir rahmat jilvasi bilan vaqtinchalik musofirxonasi bo’lgan bu dunyoning bir manzili bo’lgan zaminning yuzida, musofirlarini bir-ikki soat sevintirmoq uchun, bahor dasturxonida hadsiz-hisobsiz san'atli, shirin ne'matlarini har bahorda ehson qilib, nonushta hukmida musofirlariga yedirgandan so’ng, abadiy maskanlarida sakkizta doimiy Jannatni hadsiz bir zamonda, hadsiz ne'matlarining turlari bilan to’ldirib qullariga hozirlagan Rohmanirrohimning rahmatiga iymon bilan tayanganini bilgan odam albatta shunday bir madad nuqtasi topadiki; eng past darajasi, hadsiz abadiy orzularga madad berib davom etaadi.

Ham u oyatning haqiqati bilan, iymonning ziyosidan kelgan nur shunday porloq bir suratda tajalliy etdiki; zulmatli olti tomonni kunduz kabi oydinlatdi. Chunki ushbu madrasam va bu shaharda talaba va do’stlarimning orqalarida qolib yig’lash vaziyatini shunday oydinlatdiki: Ahboblar ketgan olam qorong’i emas, faqat joylarini o’zgartirishdi, yana ko’rishasizlar deb eslatma berdi. Yig’lashimni batamom to’xtatdi. Va dunyoda ularning o’rniga o'tadigan va ularga o’xshaydiganlarni topishimni tushuntirdi. Ha, alhamdulillah, ham vafot etgan Van madrasasini Isparta madrasasi bilan tiriltirib, u yerdagi do’stlarni ham yanada ko’p, yanada qiymatdor talabalar va ahboblar bilan ma'nan ihyo etdi.

Ham dunyo bo’sh, xoli bo'lmaganini va xarob bo’lgan mamlakat suratini xato tasavvur etganimni, balki Haqiqiy Molikining hikmati taqozosi bilan, sun'iy insonlarning lavhasini almashtirishini, maktubini yangilashini bildirdi. Bir daraxtning mevalarini uzganda, o’rniga boshqa mevalar chiqqani kabi, insonlardagi zavol va firoq ham bir tajaddud, yanglanishdir. Iymon nuqtasida, ahbobsizlikdan kelgan alamli huzn emas, balki boshqa go’zal joyda ko’rishmoq maqsadida ayrilishdan kelgan, lazzatli huzn bergan bir yangilanishdir. Ham dahshatli vaziyatdan koinot mavjudotining qorong’i ko’ringan yuzini oydinlatdi. Men ham u holatga shukr qilishni istadim, arabiy shu fikra keldi; o’sha haqiqatni to'liq tasvirladi:

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نُورِ الْا۪يمَانِ الْمُصَوِّرِ مَا يُتَوَهَّمُ اَجَانِبَ اَعْدَاءً اَمْوَاتًا مُوَحِّش۪ينَ اَيْتَامًا بَاك۪ينَ ؛ اَوِدَّاءَ اِخْوَانًا اَحْيَاءً مُونِس۪ينَ مُرَخَّص۪ينَ مَسْرُور۪ينَ ذَاكِر۪ينَ مُسَبِّح۪ينَ

Ya'ni: "U shiddatli holatning ta'siridan kelgan g’aflat bilan, koinotning mavjudoti, bir qismi dushman va ajnabiy {(Hoshiya) Ya'ni zilzila, bo’ron, to’fon, vabo, olov kabi.} bir qismi mudhish janozalar, boshqa qismi esa, kimsasizlikdan yig’lagan yetimlar suratida; g’ofil nafsimga tavahhum bilan ko’rsatilgan bu qo’rqinchli lavhani, nuri iymon bilan aynalyaqiyn ko’rdimki: Ajnabiy, dushman bo’lib ko’ringanlar do’st qardoshdir. Va mudhish o’liklari esa; qisman hayotdor va qalbga yaqın va qisman vazifası bitgandan so’ng boshatilgan etilganlar kishilardir. Va yig’lagan yetimlarning dod-faryodlari esa zikr va tasbehning musiqalari ekanini iymon nuri bilan ko’rganim uchun, hadsiz ne'matlarning manbai bo’lgan iymonni menga bergan Xoliqi Zuljalolga hadsiz hamd aytaman.

Bu dunyoda, bu dunyodek ulkan xususiy dunyoimdagi butun mavjudotni, hamd va tasbehoti Ilohiyada tasavvur va niyatim bilan iste'mol qilish xuquqim borligi nuqtai nazaridan, barcha mavjudotning har birining va umumining hol tillari bilan birga "Alhamdulillahi ala nuril iyman deymiz", deganidir. Ham u g’aflatli mudhish holatlardan yo’qqa tushgan hayot zavqlari va batamom chekinib qurilgan orzular va eng tor doira ichida siqilib qolgan, balki mahv bo’lgan shaxsimga oid ne'matlar, lazzatlar birdan (boshqa risolalarda qat'iy isbot qilganimiz kabi) iymon nuri bilan qalbning atrofidagi tor doirani shunday kengaytirdiki, koinotni o’z ichiga oldi va u Xorxor bog’ida qurigan va lazzatini qochirgan ne'matlar o’rnida, dunyo hovlisi va oxirat hovlisini ne'mat dasturxoni va rahmat patnisi shakliga keltirdi. Ko’z, quloq, qalb kabi, o’n emas, insonning yuzlab jihozlarining har birini, g’oyat uzun qo’l suratida, har bir mo’'minning darajasi nisbatida u ikki Rahmonning dasturxoniga uzatib,

har tarafidan ne'matlarni to’playdigan holda ko’rsatgani; ham bu yuksak haqiqatni ifoda, ham u hadsiz ne'matga shukur uchun o’sha vaqt shunday degandim:

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نُورِ الْا۪يمَانِ الْمُصَوِّرِ لِلدَّارَيْنِ مَمْلُوؤَتَيْنِ مِنَ النِّعْمَةِ وَ الرَّحْمَةِ لِكُلِّ مُؤْمِنٍ حَقًّا يَسْتَف۪يدُ مِنْهُمَا بِحَوَاسِّهِ الْكَث۪يرَةِ الْمُنْكَشِفَةِ بِاِذْنِ خَالِقِه۪

Ya'ni:"Dunyo va oxiratni ne'mat va rahmat bilan to’ldirgan bir suratda, haqiqiy mo’'minlarning iymon nuri va Islomiyat bilan tarqatgan va kengaytirgan butun tuyg’ularining qo’li bilan ikki muazzam dasturxondan foydalanishni ta'minlagan va ko’rsatgan iymon nuri ne'matining o’rnida, iymonni menga bergan Xoliqimga, qo’limdan kelsa butun vujudimning zarralari bilan dunyo va oxirat to’la hamd va shukr qilaman",deganidir. Modomiki iymon bu olamda shunday buyuk ta'sir qilar ekan; albatta dori baqoda shunday samaralar va fayzlar beradiki, bu dunyodagi aql bilan ularni qamrash mumkin emas va ta'rif etilmaydi.

Xullas, ey men kabi keksalik munosabati bilan juda ko’p do’stlardan firoq alamlarini chekkan otaxon va onaxonlar! Sizning eng keksangiz zohiran mendan har qancha keksa bo’lsa ham, ma'nan men ulardan ziyoda keksaligimni taxmin qilaman. Chunki fitratimda turdoshiga achinish hissi kuchi bo'lganidan, o’z alamimdan tashqari minglab qardoshlarimning alamlarini ham o’sha shafqat sirri bilan chekkanimdan, yuzlab yil yashagandek keksaman. Va siz naqadar firoq balosini chekkan bo’lsangiz ham, menchalik u baloga uchramagansiz. Chunki o’g’lim yo’qki, faqat o’g’limni o’ylasam.

Mendagi qattiq fitriy achinish va shafqat minglab Musulmon avlodlarining, hatto ma'sum hayvonlarning azoblariga nisbatan ham achinish, bir alam shafqat sirri bilan his qilaman. Xususiy uyim yo’qki, fikrimni yolg’iz unga bag’ishlasam; balki bu mamlakat bilan va balki Islom olamining qit'asi bilan uyim kabi, Islomiy hamiyat nuqtasida aloqadorman. Va u ikki ulkan uydagi dindoshlarimning alamlari bilan azoblanaman va firoqlari bilan mahzun bo’laman!..

Xullas, keksaligimdan va firoq balolaridan kelgan barcha azoblarimga, iymon nuri to'liq kifoya qildi; sinmas va uzilmas umid, so’nmas ziyo, bitmas tasalli berdi. Albatta iymon sizlarga keksalikdan kelgan qorong’ilik va g’aflat va azob va alamlarga kifoya va yetarlidir. Asl eng qorong’i va eng nursiz va tasallisiz keksalik va eng alamli va mudhish firoq, zalolat ahlining va safohat ahlining keksaliklari va firoqlaridir. U umid va ziyo va tasalli bergan iymonni zavq etmoq va ta'sirlarini his qilish uchun, keksalikka loyiq va Islomiyatga muvofiq qullik bilan bir shuurli harakat ko'rsatish bilan bo’ladi. Yoshlarga o’xshashga urinish va

ularning sarxushona g’aflatlariga boshini suqib, keksaligini unutish bilan bo’lmaydi.

خَيْرُ شَبَابِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِكُهُولِكُمْ وَشَرُّ كُهُولِكُمْ مَنْ تَشَبَّهَ بِشَبَابِكُمْ

-av kama qol- ma'nosidagi hadisi haqida fikr yuriting. Ya'ni: "Yoshlaringizning eng yaxshisi, ehtiyot bo’lib va safohatlardan tiyilishda keksalarga o’xshaganlardir. Va keksalaringizning eng yomoni, safohatda va boshini g’aflatga suqishda yoshlarga o’xshaganlardir".

Ey keksa qardoshlarim va keksa opaxonlarim! Hadisi sharifda vorid bo’lganki: "Oltmish-yetmish yoshlardagi keksa mo’'min dargohi Ilohiyaga qo’lini ko’tarib duo qilarkan, Ilohiy rahmat uning qo’lini bo’sh qaytarishdan uyaladi". Modomiki rahmat sizga nisbatan bunday hurmat ko'rsatadi.. siz ham rahmatning bu hurmatiga qullik bilan ehtirom ko’rsating.

O’N TO’RTINCHI UMID:

To’rtinchi Shua bo’lgan Oyati Nuriya-i Hasbiyaning boshining xulosasi deydiki: Bir vaqt ahli dunyo meni hamma narsadan ajratib qo’yishgani uchun, besh xil g’urbatlarga tushgandim. Siqilishdan kelgan bir g’aflat bilan, Risola-i Nurning tasalli beruvchi va madad qiluvchi nurlariga qaramasdan, to’g’ridan-to’g’ri qalbimga qaradim va ruhimni izladim. Ko’rdimki; g’oyat quvvatli bir boqiylik ishqi va vujudga qattiq muhabbat va hayotga buyuk ishtiyoqi va hadsiz ojizlik va nihoyatsiz bir faqirlik menda hukm surayotgandi. Holbuki, mudhish bir fano o’sha baqoni so’ndirmoqda. O’sha holatimda kuyinchak bir shoirning degani kabi aytdim:

"Dil baqosin, Haq fanosin istadi mulku tanim

Bir davosiz dardga tushdim, oh-ki Luqmon bexabar."

Boshimni ma'yus holda egdim; birdan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ yordamga keldi, "Meni diqqat bilan o’qi" dedi. Men ham kunda besh yuz marta o’qidim. O’qigan sari, faqat ilmalyaqiyn bilan emas, aynalyaqiyn bilan juda qiymatdor nurlaridan to’qqiz martaba-i hasbiya menga inkishof etdi.

Birinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Mendagi ishqi baqo; mendagi baqoga emas, balki sababsiz va bizzot mahbub bo’lgan mutlaq kamol sohibi, Zoti Zulkamolning va Zuljalolning bir ismining jilvasining mohiyatimda bir soyasi bo’lgani uchun, fitratimda u Komili Mutlaqning borligiga va kamoliga va baqosiga mutavajjih bo'lgan fitriy muhabbat g’aflat tufayli yo’lini adashtirgan, soyaga yopishgan, oynaning baqosiga oshiq bo’lgandi. حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ kelib, pardani olib tashladi.

Ko’rdim va his qildim va haqqalyaqiyn zavq etdimki; baqomning lazzati va saodati, aynan va yanada mukammal tarzda Boqiyi Zulkamolning baqosiga va mening Robbim va Ilohim ekaniga, tasdiq va iymonimda va iz'onimda bordir. Buning dalillari, hislari borlarni hayratda qoldiradigan g’oyat chuqur va daqiq o’n ikki "ham... ham..."lar va shuuri iymonlar bilan Risola-i Hasbiyada bayon etilgan.

Ikkinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Fitratimdagi hadsiz ojizligim bilan birga, keksalik va g’urbat va kimsasizlik va yolg’izlik ichida; menga dunyo ahlining dasisalari bilan, josuslari bilan hujum qilgan hangomlarida qalbimga aytdim: "Qo’llari bog’liq, zaif, xasta va yolg’iz odamga qo’shinlar hujum qilmoqda. Menga tayanch nuqtasi yo’qmi?" deya حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ oyatiga murojaat qildim. Bu oyat bildirdiki; iymoniy bog’ vasiqasi bilan Qodiri Mutlaq shunday bir Sultonga bog’lanasanki; zamin yuzida har bahorda to’rt yuz ming millatdan tarkib topgan nabotot va hayvonot qo'shinlarining barcha jihozlarini mukammal intizom bilan berib, boshda inson o’laroq, hayvonot muazzam qo'shinining barcha rizqlarini, madaniy insonlar oxirgi vaqtlarda kashf qilgan go’sht va shakar va boshqa taomlarning xulosalari kabi emas, balki ulardan yuz daraja mukammalroq va barcha taomlarning har turidan danak va urug’ deyilgan Rahmoniy xulosalarga qo'yib; va u xulosalarni ham pishirishlariga va kengayishiga doir qadariy ta'rifalar ichida o’rab, muhofaza uchun kichik sandiqchalarga qo'yib beradi. Sandiqchalarning ijodi, "Kun" amrida bo’lgan "kof-nun" fabrikasidan shu qadar tez va oson va ko’plik bilan chiqadi. Qur'on: "Xoliq amr qiladi, vujudga keladi", deydi. Modomiki sen, iymoniy bog’ ruxsatnomasi bilan bunday bir nuqta-i istinod topa olganingdan, hadsiz bir quvvatga va qudratga tayana olasan. Men ham oyatdan bu darsni olgan sari shunday bir quvva-i ma'naviyani topdimki; hozirgi dushmanlarimga emas, balki dunyoga qarshi chiqa oladigan bir iqtidori iymoniy his qilib, butun ruhim bilan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ dedim.

Uchinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Men o’sha g’urbatlar va xastaliklar va mazlumiyatlarning tazyig'i bilan dunyodan aloqam uzilganini ko’rib, abadiy bir dunyoda va boqiy bir mamlakatda doimiy saodatga nomzod ekanimni iymon talqin etgan hangomda; hasratdagi "uf! uf!"dan voz kechib, tabassum bilan "oh! oh!" dedim.

Biroq bu xayoldagi g’oya va ruhdagi maqsad va fitrat natijasining amalga oshishi, faqat va faqat barcha maxluqotining barcha harakatlarini va yashashlarini, ahvol va amallarini qovlan va fe'lan bilgan va qayd etgan va bu kichkinagina va ojizi mutlaq insonni o’ziga do’st va tinglovchi qilgan va barcha maxluqot ustida maqom bergan bir Qodiri Mutlaqning hadsiz qudrati bilan va insonga cheksiz inoyat va ahamiyat berishi bilan bo’la oladi, deb o’ylab, bu ikki nuqtada, ya'ni bunday qudratning faoliyati va zohiran ahamiyatsiz insonning haqiqatli ahamiyati haqida iymonga inkishof va qalbga itminon beradigan izoh istadim. Yana o’sha oyatga murojaat qildim. Dediki: " حَسْبُنَا dagi نَا ga diqqat qilib, sen bilan birga hol tili va qol tili bilan حَسْبُنَا ni kimlar aytmoqda, ularga qara!" deb amr qildi. Birdan ko'rdimki, hadsiz qushlar, qushchalar hisoblangan chivinlar va behisob hayvonlar va nihoyatsiz nabotlar va so'ngsiz daraxtlar ham men kabi hol tili bilan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ma'nosini yod etmoqda va hammaning yodiga solmoqdalarki; barcha hayot sharoitlariga kafil bo’lgan shunday bir vakillari borki, bir-biriga o’xshagan va moddalari bir bo’lgan urug’lar va bir-birining misli kabi habbalar va bir-biriga o’xshagan danaklardan qushlarning yuz ming xillarini, hayvonlarning yuz ming tarzlarini, nabototning yuz ming navini va daraxtlarning yuz ming sinfini xatosiz, nuqsonsiz, iltibossiz, bezakli, mezonli, intizomli, bir-biridan boshqa farqli suratda ko’z o’ngimizda, xususan har bahorda g’oyat ko’p, g’oyat oson, g’oyat keng doirada, g’oyat ko’plab xalq etuvchi, yaratuvchi bir qudratning azamat va hashamati ichida birgalik va o’xshashlik va bir-biri ichida, bir tarzda qilinishlari bilan bizga vahdatini va ahadiyatini ko’rsatadi va bunday hadsiz mo’'jizotni ko’rsatgan fe'li rububiyatga, tasarrufi Xalloqiyatga mudohala va ishtirok mumkin emasligini bildiradi deya angladim. Har mo’'min kabi mening shaxsiyatimni va insonlik mohiyatini anglashni istaganlar va men kabi bo’lishni orzu qilganlar حَسْبُنَا dagi نَا jam'iyatida bo’lgan ananing, ya'ni nafsimning tafsiriga qarasinlar. Ahamiyatsiz, past va faqir ko’ringan vujudim -har bir mo’'minning vujudi kabi- nima, hayot nima, insoniyat nima, Islomiyat nima, iymoni tahqiqiy nima, ma'rifatulloh nima, muhabbat qanday bo’ladi? Anglasinlar, darsini olsinlar!..

To’rtinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Bir vaqt keksalik, g’urbat, xastalik, mag’lubiyat kabi vujudimni qaqshatgan nuqsonlar g’aflatli paytimga to’g’ri kelib shiddat bilan aloqador va maftun bo’lgan vujudimni, balki maxluqotning vujudlarini "adamga ketmoqda" deya alamli bir havotirga solar ekan, yana Oyati Hasbiyaga murojaat qildim. Aytdiki: "Ma'nomga diqqat qil va iymon durbini bilan qara!" Qaradim va iymon ko’zi bilan ko’rdimki: Zarracha vujudim, har mo’'minning vujudi kabi hadsiz bir vujudning oynasi va nihoyatsiz bir inbisot bilan hadsiz vujudlarni qozonishiga bir vasila va o’zidanda qiymatdor boqiy, ko’p vujudlarni meva bergan bir hikmat kalimasi ekanini va mansublik jihati bilan bir on yashashi, abadiy vujudchalik qiymatdor ekanini ilmalyaqiyn bildim. Chunki iymon shuuri bilan vujudim Vojib-ul Vujudning asari va san'ati va jilvasi ekanini anglab, vahshiy avhomdan va hadsiz firoqlardan va hisobsiz ayriliq va firoqlarning alamlaridan qutulib; mavjudotga, xususan hayotdorlarga taalluq etgan fe'llar va Ilohiy ismlar adadicha uxuvvat aloqalari bilan men munosabat paydo qilgan barcha sevgan mavjudotlarga vaqtincha firoq ichida doimiy visol borligini bildim. Xullas, iymon bilan va iymondagi aloqa bilan, har bir mo’'min kabi, vujudim ham hadsiz vujudlarning firoqsiz nurlarini qozonadi; o’zi ketsa ham ular orqada qolgani uchun o’zi qolgandek mamnun bo’ladi.

Xulosa: O’lim firoq emas, visoldir, makon o’zgarishidir, boqiy mevaning unib chiqishidir.

Beshinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Yana bir vaqt hayotim juda og’ir sharoit bilan qiyinlashdi va diqqatimni umrga va hayotga burdi. Ko’rdimki: Umrim yugurib ketyapti, oxiratga yaqinlashgan. Hayotim ham tazyiqlar ostida so’nishga yuz tutgan. Holbuki Hayy ismiga doir risolada izoh qilingan hayotning muhim vazifalari va ulkan asos vasflari va qiymatli foydalari tez so’nishga emas, balki uzun yashashga loyiq deb alam bilan o'yladim. Yana ustozim bo’lgan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ oyatiga murojaat qildim. Dedi: "Senga hayotni bergan Hayyi Qayyumga ko’ra hayotga qara!" Qaradim, ko’rdimki: Hayotimning menga qarashi bitta bo’lsa, Zoti Hayyi Qayyumga qarashi yuzta ekan; va menga oid natijasi bir bo’lsa, Xoliqimga oid ming ekan. Shu holda marzi-i Ilohiy doirasida bir on yashamog’i kifoyadir, uzun vaqt istamaydi.

Bu haqiqat to’rt masala bilan bayon qilinadi. O’lmaganlar yoxud tirik bo’lishni istaganlar hayotning mohiyatini va haqiqatini va haqiqiy huquqini o'sha to’rt masala ichida izlashsin, topishsin va tirilishsin!..

Xulosasi shuki: Hayot, Zoti Hayyi Qayyumga qaragan sari va iymon ham hayotga hayot va ruh bo’lgan sari, baqo topadi hamda boqiy mevalar beradi, ham shunday yuksaladiki, sarmadiyat jilvasini oladi, ortiq umrning qisqaligiga va uzunligiga qaralmaydi.

Oltinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:

Umumiy ayrliq hangomida bo'lgan dunyoning xarob bo’lishini xabar bergan oxirzamon hodisalari ichida xususuiy ayrilig’imni eslatgan keksalik va umrimning oxirida favqulotda hassoslik bilan fitratimdagi jamolparastlik va go’zallik savdosi va kamolotga maftunlik inkishof etgan paytda, doimiy buzuvchi bo’lgan zavol va fano va davomli ayiruvchi o’lim va yo’qlik, dahshatli suratda bu go’zal dunyoni va bu go’zal maxluqotni tinkasini quritganini, parcha-parcha qilib go’zalliklarini buzganini; favqulotda bir shuur va ta'sirlanib ko’rdim. Fitratimdagi majoziy ishq bu holga shiddatli g’alayon va isyon qilganda tasalli tasalli vositasi topish uchun yana Oyati Hasbiyaga murojaat qildim. Aytdiki: "Meni o’qi va diqqat bilan ma'noimga qara!" Men ham Sura-i Nurdagi اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ ila oxir... oyatining rasadxonasiga kirib, iymonning durbini bilan Oyati Hasbiyaning eng uzoq tabaqalariga va iymoniy shuuri mikroskopi bilan eng nozik sirlariga qaradim, ko’rdimki: Oyna, shisha, shaffof narsalar, hatto pufakchalar; Quyosh ziyosining yashirin va rango-rang jamolini va u ziyoning alvoni sab'a deyilgan yetti rangining turli-tuman go’zalliklarini ko’rsatgani va yangilanish va harakatlari bilan va boshqa-boshqa qobiliyatlari bilan va sinishlari bilan jamol va go’zalliklarni yangilashadi va sinishlari bilan Quyosh, ziyosi va alvoni sab'asining yashirin go’zalliklarini go’zal shaklda izhor qiladilar. Aynan shuning kabi: Shamsi Azal va Abad bo’lgan Jamili Zuljalolning jamoli qudsiysiga va nihoyatsiz go’zal asmo-i husnasining sarmadiy go’zalliklariga oynadorlik qilib jilvalarining yangilanishi uchun bu go’zal san'atlar, bu shirin maxluqlar, bu go’zal mavjudot to'xtamasdan kelib ketmoqda; o’zlarida ko’ringan go’zalliklar va jamollar, ularniki emasligini, balki ko’rinishni etmoq istagan sarmadiy va muqaddas bir jamolning va doimiy tajalliy etgan va ko’rinishni istagan mujarrad va munazzah bir husnning ishoratlari va alomatlari va lam'alari va jilvalari ekanining juda ko'p quvvatli dalillari Risola-i Nurda batafsil izoh qilingan. Bu yerda o’sha burhonlardan uchtasi qisqacha, g’oyat ma'qul suratda zikr etilgan, deb bayon qilishni boshlaydi. Bu risolani ko’rgan har bir sog’lom zavq egasi hayratda qolish bilan birga o’zlarining foydalanganlaridan tashqari, boshqalarning ham istifodalari uchun harakat qilishni lozim deb biladilar. Xususan ikkinchi burhonda besh nuqta bayon qilinadi. Aqli chirik, qalbi buzuq bo’lmagan kishi, taqdir va tahsin va tasvib bilan "Mashaalloh Fatabarakalloh" deydi; faqir, past bo’lib ko’ringan vujudini yuksaltiradi.. xayratlanarli bir mo’'jiza ekanini anglab, tasdiqlaydi.

O’N BESHINCHI UMID:

{(Hoshiya) Nurning ta'lif zamoni uch yil avval tugagani uchun, bu O’n Beshinchi Umid kelajakda bir Nurchi tarafidan Keksalar Yog'dusining takonillashishiga -yozilishiga- asos bo’lish uchun yozildi.}

Bir payt Amirtog’ida surgun qilingan va yolg’iz o’zim manzilda bamisoli yakka xibsda va juda og’ir nazoratlar va majburlab meni qiynoqqa solganlari uchun hayotdan zerikdim, hibsdan chiqqanimga afsuslandim. Ruhu jonim bilan Denizli Hibsini orzu qildim va qabrga kirishni istadim. Va "hibs va qabr bunday hayot tarzıdan ko’ra yaxshiroq", deb yo hibsga yoki qabrga kirishga qaror qilganimda, Ilohiy inoyat yordamga keldi; qalamlari nusxa ko’paytirish uskunasi bo’lgan Madrasat-uz Zahro shogirdlarining qo’liga yangi chiqqan nusxa ko’paytirish uskunasini berdi. Birdan Nurning qiymatdor majmualarining har biridan bir qalam bilan besh yuz nusxa vujudga keldi. Fathlarning boshlanishi menga mashaqqatli hayotni sevdirdi, "Hadsiz shukr bo’lsin", dedirdi. Bir oz muddatdan so’ng Risola-i Nurning yashirin dushmanlari Nurning fathlariga chiday olmadi. Hukumatni bizga qarshi tashviq qilishdi. Hayot yana og’ir kelishni boshladi. Birdan Rabboniy inoyat tajalliy etdi. Eng ko’p Nurlarga muhtoj bo'lgan aloqador ma'murlar, vazifalari e'tibori bilan musodara qilingan Nur Risolalarini kamoli maroq va diqqat bilan mutolaa qildilar. Biroq Nurlar ularning qalblarini o’ziga tarafdor qildi. Tanqid o’rniga taqdir qilishni boshlashlari bilan, Nur Darsxonasi juda kengaydi; moddiy zararimizdan yuz daraja ziyoda manfaat berdi, mashaqqatli xavotirlarimizni yo’qqa tushirdi. So’ngra yashirin dushman munofiqlar hukumatning diqqatini mening shaxsimga o'girdilar, eski siyosiy hayotimni xotirlatdilar. Ham adliyani, ham maorif doirasini, ham zobitlarni, ham ichki ishlar vazirligini vahimaga solishdi. Partiyalarning jarayonlari va komunistlarning pardasida anarxistlarning gijgijlashlari bilan vahaimalar kengaydi. Bizni tazyiq va qamash va olib qo’ygan risolalarni musodara qilishni boshladilar. Nur shogirdlarining faoliyatiga to’xtash keldi.

Shaxsimni badnom qilish fikri bilan, bir qism rasmiy ma'murlar hech kim ishonmaydigan isnodlar qilishdi. Juda ajib bo’htonlarni yoyishga urindilar. Biroq hech kishini ishontirolmadilar. So’ngra juda oddiy bahonalar bilan, qish chillasining eng shiddatli sovuq kunlarida meni qamoqqa olib, katta va nihoyatda sovuq va ikki kun o’choqsiz yakka kishlik kamera ichida hibs etishdi. Men kichik xonamda kuniga bir necha marta o’choqqa o’t yoqardim va doimo o’chog’imda olov bor ekan, zaifligim va xastaligim tufayli zo’rg’a chidadim. Hozir bu vaziyatda ham sovuq ta'sirida tutgan bezgak, ham dahshatli aziyat va g’azab ichida tipirchilaganimda, bir Ilohiy inoyat bilan qalbimda bir haqiqat inkishof etdi.

Ma'nan: "Sen hibsga Madrasa-i Yusufiya nomini bergansan; ham Dengizlida aziyatingizdan ming daraja ko’proq ham faroh, ham ma'naviy foyda, ham u yerdagi mahbuslarning Nurlardan istifodalari, ham katta doiralarda Nurlarning futuhoti kabi natijalar, sizga shikoyat o’rniga minglab shukr qildirdi, har bir soat hibsingizni va aziyatingizni o’n soat ibodat hukmiga keltirdi; foniy soatlarni boqiylashtirdi. Inshaalloh bu Uchinchi Madrasa-i Yusufiyadagi musibatzadalarning Nurlardan istifodalari va tasalli topishlari, sening bu sovuq va og’ir aziyatni haroratlantirib sevinchlarga aylantiradi va sen g’azab qilgan odamlar agar aldangan bo’lsalar, bilmasdan senga zulm qilishadi. Ular g’azabga loyiq emas. Agar bilib turib va g’araz bilan va zalolat hisobiga seni ranjitayotgan va qiynoqqa solayotgan bo’lsalar, ular juda yaqin bir zamonda o’limning abadiyi i'domi bilan qabrning yakka qamaog’iga kirib, doimiy og'ir azob chekadilar. Sen ularning zulmi tufayli ham savob, ham foniy soatlaringni boqiylashtirishni, ham ma'naviy lazzatlarni, ham ilmiy va diniy vazifani ixlos bilan bajarishni qozonyapsan!" deb ruhimga eslatildi. Men ham bor quvvatim bilan "Alhamdulilloh" dedim. Insoniyat hissi bilan zolimlarga achindim. "Ey Robbim! Ularni isloh qil!" deb, duo qildim.

Bu yangi hodisada, ifodamda Ichki Ishlar Vazirligiga yozganim kabi, o’n jihat bilan noqonuniy bo'lgani va qonun nomidan noqonuniy ish tutgan u zolimlar -asl aybdor ular bo'lgani kabi- shunday bahonalar qidirdilar; eshitganlarni kuldiradigan va haqparastlarni yig’latadigan bo'htonlarni va uydirmalari bilan ahli insofga ko’rsatdilarki; Risola-i Nurga va shogirdlariga qarshi chiqishga qonun va haq tarafidan imkon topolmayaptilar, devonalik qilyaptilar.

Azjumla: Bir oy bizni ustimizdan josuslik qiilgan ma'murlar, hech qanday bahona topolmaganlaridan, bir xat yozib: "Saidning xizmatkori bir do’kondan aroq ichgan, unga olib borgan". U xatni imzolash uchun hech kimni topolmasdan, so’ng begona va sarxush bir odamni ushlab olishgan, tahdid qilib "Kel, bunga imzo qo'y!" deyishgan. U ham: "Tavbalar tavbasi bo’lsin, bu ajib yolg’onga kim imzo qo'ya oladi?" dedgan. Ularni xatni yirtib tashlashga majbur qilgan.

Ikkinchi bir namuna: Men bilmagan va hozir ham tanimaydigan bir zot otini meni kezdirish uchun bergan, men ham kasalligim tufayli tanaffus maqsadida, aksar kunlarda, yozda bir-ikki soat kezardim. U ot va arava sohibiga ellik liralik kitob berishga so’z bergandim. Toki qoidam buzilmasin va minnat ostiga kirmayin. Ajabo, bu ishda biror bir zarar ehtimoli bormi? Holbuki, "U ot kimniki?" deya ellik marta ham voliy, ham adliyachilar, ham zobita va politsiya xodimlari so’radilar. Go’yo ulkan bir siyosiy hodisa va osoyishtalikka tahdidi bo'lgan bir voqeadir. Hatto bu ma'nosiz savollarning to’xtashi uchun, ikki zot hamiyatan biri "ot meniki", boshqasi "arava meniki" deganlari uchun, ikkovini ham men bilan birga qamoqqa olishdi. Bu namunalarga qiyosan, ko'p bolalarning o’yinchog'iga tomoshabin bo'lib kulib yig’ladik va angladikki: Risola-i Nurga va shogirdlariga qarshi chiqqanlar masxara bo’ladilar.

U namunalardan latif bir suhbat: Mening hibs qog'ozimda sabab qilib, osoyishtalikni buzish aybi yozilganidan, men hali u xatni ko’rmasdan prokurorga aytdim: "Seni o’tgan kecha g’iybat qildim. Amniyat mudiri hisobiga meni gapirtirgan bir politsiya xodimiga: "Agar mingta prokuror va mingta amniyat mudirichalik bu mamlakatda umumiy tinchlikka xizmat qilmagan bo’lsam, -uch marta- Alloh meni qahr etsin", dedim.

So’ngra bu orada, bu sovuqda eng ko'p istirohatga va sovuq yemaslikka va dunyoni o’ylamaslikka muhtoj bo’lgan hangomimda, g’araz va qasdni his qilib, meni bu chidab bo’lmaydigan surgun qilganlar, yolg’iz tashlab qo’yganlar, qamagan va tazyiq qilganlarga favqulotda xafalik va g'azablanish keldi. Bir inoyat yordamga keldi. Ma'nan qalbga eslatildik: "Insonlar senga qilgan ayni zulmlarida ayni adolat bo’lgan qadari Ilohiyning ulkan bir hissasi bor va bu hibsda yeydigan rizqing bor. U rizqing seni bu yerga chaqirdi. Unga nisbatan rizo va taslim bilan javob lozim. Hikmat va Rabboniy rahmatning ham ulkan bir hissasi borki, hibsdagilarni nurlantirish va tasalli berish va sizga savob qozontirishdir. Bu hissaga nisbatan sabr ichida minglab shukr qilish lozim. Ham nafsingning o’zing bilmagan ayblari bilan qamoqda bir hissasi bor. O’sha hissaga nisbatan istig’for va tavba bilan, nafsingga "Bu ta'zirga loyiq bo’lding", deyishing kerak. Ham yashirin dushmanlarning dasisalari bilan ba'zi sofdil va vahhom ma'murlarni g’aflat bilan o’sha zulmga chorlamoq jihati bilan, ularning ham bir hissasi bor. Unga qarshi Risola-i Nurning munofiqlarga urgan dahshatli ma'naviy ta'zirlari sening intiqomingni tamoman ulardan olgan. Ularga o’sha yetadi. Eng oxirgi hissa, shaxsan vosita bo’lgan rasmiy ma'murlardir. Bu hissaga nisbatan, ularning Nurlarga tanqid niyati bilan qarashlarida, istar-istamas, shubhasiz iymon jihatida istifodalarining xotiri uchun

وَالْكَاظِم۪ينَ الْغَيْظَ وَالْعَاف۪ينَ عَنِ النَّاسِ

dasturi bilan; ularni avf etish, oliyjanoblikdir". Men bu haqiqatli Eslatmadan kamoli faroh va shukr bilan, bu yangi Madrasa-i Yusufiyada qolishga, hatto menga qarshi bo’lganlarga yordam berish uchun, o’zimga mujibi jazo zararsiz bir ayb qilishga qaror qildim. Ham men kabi yetmish besh yoshli va aloqasiz va dunyoda sevgan do’stlaridan yetmishtasidan faqat hayotda beshtasi qolgan va uning nuriy vazifasini bajaradigan yetmish ming nur nusxalari boqiy qolib erkin kezmoqdalar. Va bir tilga badal minglab til bilan iymoniy xizmatini qiladigan qardoshlari, vorislari bo’lgan mendek bir odamga qabr bu hibsdan yuz daraja xayrlidir. Va bu hibs ham xorijida hurriyatsiz tahakkumlar ostidagi erkinlikdan yuz daraja tinchroq, foydaliroqdir.

Chunki xorijida bir o’zi yuzlab aloqador ma'murlarning majburlashlariga muqobil, hibsda yuzlab mahbuslar bilan birga faqat mudir va bosh soqchi kabi bir-ikki kishining, manfaatga binoan yengil majburlovlariga chiqashga majbur bo’ladi. Uning evaziga, hibsda ko’p do’stlardan qardoshona iltifotlar, tasallilar ko’radi. Ham Islomiy shafqati va insoniyat fitrati bu vaziyatda keksalarga marhamat qilishi, hibs zahmatini rahmatga aylantiradi deya, hibsga rozi bo’ldim.

Uchinchi mahkamaga kelgan chog’imda zaiflik va keksalik va sihatsizlikdan oyoqda turishga mashaqqat tortganim uchun, mahkama eshigining tashqarisida bir o'rindiqda o’tirdim. Birdan bir sud'ya keldi, jahl qilib, haqorat bilan "Nima uchun oyoqda turib kutmayapti?" dedi. Men ham keksalik jihatidan, bu marhamatsizlikka g'azablandim. Birdan qarasam; juda ko’p musulmonlar mukammal shafqat va birodarlik, marhamat bilan qarab atrofimizda to’planishgan ekan. Uarni tarqata olmayaptilar. Birdan "ikki haqiqat" Eslatma etildi:

Birinchisi: Mening va Nurlarning yashirin dushmanlarimiz, men istamagan holda, men haqqimdagi omma e'tiborini sindirish bilan Nurning futuhotiga to’siq qo’yiladi deya, ba'zi sofdil rasmiy ma'murlarni aldab, shaxsimni millat nazarida badnom qilish fikri bilan, hiyonat bilan bunday muomalaga yo'naltirishgan. Bunga qarshi Ilohiy inoyat Nurlarning iymon xizmati o’rniga ikrom sifatida, o’sha bitta odamning hiyonati evaziga, yuzta odamga qara! Xizmatingizni taqdirlab, shafqat bilan achinib sizni kutib olishyapti va kuzatıb qo’yishmoqda. Hatto ikkinchi kun tergovda prokurorning savollariga javob berayotganimda, hukumat hovlisida mahkama derazalarining qarshisida mingga yaqin aholi aloqadorlik bilan to’planib, hol tili bilan "Bu kishiga aziyat bermang" deganlarini, vaziyatlari bilan ifoda qilayotgandek ko’rindilar. Politsiya xodimlari ularni tarqatolmayotgan edi. Qalbimga eslatildiki: Bu aholi bu tahlikali asrda to’liq tasalli va so’ndirilmas nur va quvvatli iymon va boqiy saodatga to'g'ri xushxabar istashyapti va fitratan izlashyapti va Nur Risolalarida qidirganlari topilmoqda deb eshitganlarki, mening ahamiyatsiz shaxsimga, iymonga bir oz xizmatkorligim uchun haddan ziyod iltifot ko’rsatishyapti.

Ikkinchi Haqiqat: Osoyishtalikni buzish vahimasi bilan bizga hihyonat qilishva omma e'tiborini sindirmoq maqsadida tahqir bilan aldangan bir qancha odamlarning yomon muomalalari o’rniga, hadsiz haqiqat ahlining va kelajak nasllarning maqtovli olqishlashlari bor, deb eslatma berildi. Ha, komunist pardasi ostida anarxistlikning, umumiy osoyishtalikni buzishga qattiq urinishiga qarshi, Risola-i Nur va shogirdlari tahqiqiy iymon quvvati bilan bu vatanning hamma tarafida mudhish fasodni to’xtatmoqda va sindirmoqda.

Tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashga harakat qilmoqda, juda ko’p sonda va mamlakatning hamma tarafidagi Nur talabalaridan, yigirma yil ichida bu ishga aloqador uch-to’rt mahkama va o’nta viloyatning zobitalari, osoyishtalikni buzishga doir biror hodisalarini topmagan va qayd qilmagan. Va uch viloyatning insofli bir qism zobitalari aytishganki: "Nur talabalari ma'naviy zobitadir.

Osoyishtalikni muhofaza qilishda bizga yordam berishmoqda. Tahqiqiy iymon bilan; Nurni o’qigan har odamning boshiga bir posbon qo’yishadi, tinchlikni ta'minlashga urinmoqdalar". Buning bir namunasi Denizli Hibsxonasidir. U yerga Nurlar va mahbuslar uchun yozilgan Meva Risolasi kirishi bilan, uch-to’rt oy ichida ikki yuzdan ziyod u mahbuslar favquloda itoatli, dindor salohiyatli holatni qozonishdi; uch-to’rt odamni o’ldirgan odam, taxtakanani o’ldirishdan saqlanadigan holga keldi. Ular o’ta marhamatli, zararsiz, vatanga foydali jamiyat a'zosi bo’lishni boshladi. Hatto rasmiy ma'murlar bu holga hayrat va maqtov bilan qarashdi. Ham hali hukm olmasdan bir qism yoshlar aytishdiki: "Nurchilar qamoqda qolsalar, biz o’zimizni mahkum qildiramiz va jazo olishga harakat qilamiz; toki ulardan dars olib, ular kabi bo’laylik. Ularning darsi bilan o’zimizni isloh qilamiz".

Bu mohiyatda bo’lgan Nur talabalarini, osoyishtalikni buzish aybi bilan ayblaganlar, har holda va juda yomon suratda aldangan va aldatilgan, bilib yoki bilmasdan anarxistlik hisobiga hukumatni g’aflatda qoldirib, bizlarni aziyatlar bilan ezishga urinmoqda. Biz ularga javoban aytamizki: Modomiki o’lim o’ldirilmas va qabr yopilmas ekan va dunyo musofirxonasida yo’lovchilar g’oyat tez va qaygu bilan guruh-guruh bo’lib, tuproq orqasiga kirib yo’qolishmoqda; demak albatta juda yaqinda bir-birimizdan ayrilamiz. Siz zulmingizning jazosini dahshatli suratda ko'rasiz. Hech bo’lmaganda, mazlum iymon ahli haqida erkinlik ruxsatnomasi bo’lgan o’limning abadiy i'domi doriga chiqasiz. Siz dunyoda abadiyat tavahhumi bilan olgan foniy zavqlaringiz, boqiy va alamli azoblarga aylanadi.

Afsuski, yashirin munofiq dushmanlarimiz bu dindor millatning yuzlab million valiy maqomida bo'lgan shahidlarining, qahramon g’oziylarining qoni bilan va qilichi bilan qozonilgan va muhofaza qilingan Islomiyat haqiqatiga ba'zan "tariqat" nomini berib va u quyoshning bir nuri bo’lgan tariqat mashrabini, quyoshning o’zi deb ko’rsatib, hukumatning ba'zi diqqatsiz ma'murlarini aldab, Qur'oniy haqiqatlarga va iymoniy haqiqatlarga ta'sirli suratda xizmat qilayotgan Nur talabalariga "tariqatchi" va "siyosiy jamiyatchi" nomini berib, bizga qarshi qo’yishni istashadi. Biz ham ularga, ham bizga qarshi turib tinglaganlarga, Denizli odil mahkamasida deganimiz kabi aytamiz:

"Yuzlab million boshlar fido bo’lgan bir muqaddas haqiqatga, bizning ham jonimiz fido bo’lsin. Dunyoni boshimizga olov qilgan taqdiringizda ham, Qur'oniy haqiqatga fido bo’lgan boshlar zindiqlarga quroloni berib qo’ymayadi va qudsiy vazifasidan voz kechmaymiz, inshaalloh!"

Xullas, keksalik sarguzashtligidan kelgan og’riqlarga va ma'yusliklarga iymondan va Qur'ondan yordamga kelgan muqaddas tasallilar bilan keksaligimning eng mashaqqatli bir yilini yoshligimning eng bahtiyor o’n yiliga almashtirmayman. Xususan hibsda farz namozini o’qigan va tavba qilgan kishining har bir soati o’n soat ibodat o’rniga o’tishi bilan va xastalikda va mazlumlikda ham har bir foniy kun savob jihatida o’n kunlik boqiy umrni qozontirishi bilan, men kabi qabr eshigida navbatini kutayotgan odamga naqadar shukr sababi ekanini, shu ma'naviy eslatmadan angladim. " Rabbimga behisob shukr" dedim; keksaligimga sevindim va hibsimga rozi bo’ldim. Chunki umr to'xtamaydi, tez ketadi. Lazzat bilan, sevinch bilan o’tsa, lazzatning zavol topishi alamga aylanishdan, ham afsus, ham shukrsizlik va g’aflat bilan ba'zi gunohlarni joyida qoldiradi, foniy bo’lib o’tib ketadi. Agar hibs va zahmatli bo’lsa, azobining zavol topishi, ma'naviy lazzat bo’lgani uchun, ham bir navi ibodat hisoblangani uchun, bir jihatda boqiy qoladi va xayrli mevalari bilan boqiy umrni qozontiradi. O’tgan gunohlarga va hibsga sabab bo’lgan xatolarga kafforat bo’ladi, ularni tozalaydi. Bu nuqtai nazardan, mahbuslardan farz amallarni qilganlar, sabr ichida shukr qilishlari kerak.

O’N OLTINCHI UMID:

Keksalik vaqtida, Eskishahar hibsidan -bir yil jazoni o’tab- chiqdim. Meni Kastamonuga surgun qilshdi. Politsiya uchastkasida ikki-uch oy musofir qildilar. Men kabi sodiq do’stlari bilan ko’rishishdan siqiluvchi bir yolg’izlikka chekilgan va kiyimining o’zgartirilishiga chidamagan odam, bunday joylarda naqadar azob chekishini anglaysan. Xullas, bu umidsilikda, birdan Ilohiy inoyat keksaligimning yordamiga keldi. Uchastkadagi komisar, politsiya xodimlari bilan birga sodiq do’st hukmiga o'tishdi. Biror marta shapkani boshimga qo'yishni eslatmaganlari kabi; mening xizmatkorlarim kabi, istagan vaqtim meni shahar atrofida kezdirardilar. So’ngra u uchastkasining qarshisida Kastamonuning Madrasa-i Nuriyasiga kirdim. Nurlarni ta'lif qila boshladim. Fayzi, Amin, Hilmi, Sodiq, Nazif, Salohiddin kabi Nurning qahramon shogirdlari Nurlarning nashri, ko’paytirilishi uchun bu madrasaga qatnadilar. Yoshlikda eski talabalarim bilan o’tkazgan qiymatdor ilmiy muzokarani yanada porloq suratda ko'rsatdilar.

So’ngra yashirin dushmanlarimiz ba'zi ma'murlarni va bir qism anoniyatli domlalar va shayxlarni bizga qarshi shubhalantirishdi. Bizni, Denizli Hibsiga besh-olti viloyatlardan kelgan Nur talabalarini, Madrasa-i Yusufiyada to’planishiga vasila bo’lishdi. Bu O’n Oltinchi Umidning tafsiloti, Kastamonudan yuborib Lahikaga o'tgan va Denizli Hibsida u yerdagi qardoshlarimga yashirincha jo’natgan kichik maktublar va mahkamadagi Mudofaa Risolasi bo’lib; bu umidning haqiqatini porloq ravishda ko’rsatadi. Tafsilotini Lahikaga, mudofaamga havola etib, g’oyat qisqa ishorat qilamiz.

Men mahram va muhim majmualarni, xususan Sufyonga va Nurning karomatlariga doir risolalarni ko’mir va o’tinlar ostida saqladim; toki vafotimdan yoki tepadagi boshlar haqiqatni tinglab aqllarini yig’ib olganidan so’ng nashr qilinsinlar deya ko’nglim tinch ekan, birdan qidiruv bo’limi xodimlari va prokurorimning muovini yashash joyimga hujum qilishdi. Yashirin va ahamiyatli risolalarni o’tinlar ostidan chiqarishdi. Ham meni qamoqqa olib Isparta hibsxonasiga, sihatim yomon holda jo’natishdi. Men juda ham azobda va Nurlarga kelgan u zarardan ta'sirlangan holimda, bir Ilohiy inoyat yordamimizga keldi. O’sha yashirilgan va hukumatdagilar ularni o’qishga juda muhtoj bo’lgan ahamiyatli risolalarni qattiq qiziqib, diqqat bilan o’qiy boshlashdi va katta rasmiy doiralar go'yo bir Nur Darsxonasi hukmiga o’tdi. Tanqid fikri bilan taqdirlay boshlashdi. Hatto Denizlida, hech xabarimiz yo’q ekan, favquloda parda ostida nashr qilingan Oyat-ul Kubroni rasmiy va juda ko’p g'ayri rasmiy odamlar o’qishdi, iymonlarini quvvatlashdi. Bizning hibs musibatimizni yo’qqa chiqarishdi.

So’ngra bizni Denizli Hibsiga oldilar. Meni yakka tartibdagi badbo’y, zax, sovuq bir kameraga tiqdilar. Keksalik, xastalik va meni deb ma'sum birodarlarimning zahmatlaridan kelgan ko’p azob va Nurlarning ta'til va musodarasidan kelgan ko'p afsus va aziyat ichida turar ekanman, birdan Rabboniy inoyat yordamga keladi. Ulkan hibsxonani bir Nur Darsxonaasiga aylantirib, Madrasa-i Yusufiya (A.S.) ekanini isbot qilib, Madrasat-uz Zahro qahramonlarining olmos qalamlari bilan Nurlar intishor qilishni boshladi. Hatto o’sha og’ir sharoit ichida Nur qahramoni, uch-to’rt oy davomida yigirmadan ziyod Meva va Mudofaot Risolasidan yozdi. Ham hibsda, ham xorijda futuhotni boshladilar. U musibatdagi zararimizni ulkan manfaatlarga va aziyatlarimizni sevinchlarga aylantirdi.

عَسٰٓى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ

sirrini takror ko’rsatdi. So’ngra birinchi ekspertlarning xato va yuzaki dalolatnomalariga binoan bizga qarshi shiddatli tanqidlari va Maorif Vakilining dahshatli hujumi bilan birga bizga qarshi bir bayonnoma nashr etishi bilan, hatto ba'zi xabarlar bilan, bir qismimizning i'domiga urinilayotgan chog’da, inoyati Rabboniya imdodimizga yetishdi.yordamga keldi. Boshda Anqara ahli vuqufiningekspertlarining shiddatli tanqidlari kutilayotganda, taqdirkorona raportlarihisoboti, hatto besh sandiq Nur Risolalarida besh-o’nta sahvkamchilik topganlari holda, ular mahkamada ular sahvkamchilik va xato deb ko’rsatgan nuqtalar ayni haqiqat ekanini va ular sahvkamchilik va xato degan moddalarida o’zlari sahv etganlarinikamchilikka yo’l qo’yganlarini isbot qilganimiz kabi, besh varaq raportlaridahisobotlarida besh-o’nta sahv va xatolarini ko’rsatdik. Va yetti boshqaruv idoralariga yuborganimiz yuborgan Meva va Mudofaanoma RisolalariRisolalarimizda va Adliya Vazirligiga yuborilgan Nurning umum risolalari, xususan mahramlarning ta'sirli va shiddatli ta'zirlariga muqobil tahdid bilan shiddatli amrlar kutarkan, g’oyat muloyim, hatto tasalli beruvchi Bosh Vazirning birga yuborgan maktubi kabi, kelishuv tarzida hujum qilmasliklari qat'iy isbot qildiki:

Risola-i Nurning haqiqatlari Ilohiy inoyat karomati bilan, ularni mag’lub qilib, o’zini ularga irshodkor tarzda o’qitgan, u keng doiralarni bir navi darsxona qilgan, ko’p ikkilangan va xayratda qolgan kishilarning iymonlarini qutqargan va bizning aziyatlarimizdan yuz daraja ziyoda ma'naviy sevinch va foyda berdi. So’ngra yashirin dushmanlar meni zaharlashdi va Nurning shahid qahramoni marhum Hofiz Ali mening badalimga kasalxonaga ketdi va o’rnimga barzoh olamiga sayohat ayladi, bizni ma'yus qilib yig’latdi. Men bu musibatdan avval Kastamonuning tog’ida baqirib qayta qayta: "Qardoshlarim! Otga go’sht, arslonga o’t tashlamanglar", dedim. Ya'ni, har qanday risolani har kimga beravermang; toki bizga xujum qilinmasin. Piyoda yurilsa yetti kun uzoqlikda Hofiz Ali (Rahmatullohi Alayh) ma'naviy telefoni bilan eshitayotgandek, ayni vaqtda menga yozganki: "Ha Ustozim, Risola-i Nurning bir karomati shuki; otga go’sht, arslonga o’t tashlamaydi. Balki otga o’t, arslonga go’sht tashlaydiki, Arslon domlaga Ixlos Risolasini berdi". Yetti kun so’ngra maktubini oldik, hisoblaganimizda; aynan o’sha paytda, men tog’da baqirarkan, u ham bu so’zlarni maktubida yozayotgan ekan.

Xullas, Nurning bunday ma'naviy qahramonining vafoti va yashirin munofiqlarning bizga qarshi hiylalar bilan bizni jazolashga urinishlari va zaharli xastaligim tufayli, kasalxonaga rasmiy amr bilan majburan jonatishlari xavotiri bizni qiynar ekan, birdan Ilohiya inoyati yordamga keldi.

Muborak qardoshlarimning xolis duolari bilan zaharning tahlikasi o’tgan va u marhum shahidning quvvatli alomatlar bilan, qabrida Nurlar bilan mashg’ul bo’lishi va so’roq malaklariga Nurlar bilan javob berishi va uning badaliga va u qanday tizimda ishlagan bo’lsa, Nurlar bilan shunday mashg'ul bo'ladigan Denizli Qahramoni Hasan Fayzi (Rahmatullohi Alayh) va birodarlari parda ortida ta'sirli xizmatlari va dushmanlarimizning ham, mahbuslarning birdaniga Nurlar bilan isloh bo’lganlari uchun hibsdan chiqishimizga tarafdor bo’lishi; va Asxobi Kahf kabi Nur shogirdlari mashaqqatli chillaxonani Asxobi Kahf va eski zamon riyozat ahlining g’orlariga aylantirishi va qalb xotirjamligi bilan Nurlarning nashriga va yozilishiga sa'y xarakatlari bilan, Rabboniy inoyatning yordamga kelganini isbotladi.

Ham qalbimga keldiki: Modomiki Imom A'zam kabi aksar mujtahidlar qamoqda o'tirgan va Imom Ahmad ibn Hanbal kabi bir buyuk buyuk mujohidga, Qur'onning bitta masalasi uchun qamoqda juda ko’p azob berilganiga qaramay, ular shikoyat qilmay, kamoli sabr bilan sabot qilib u masalalarda sukut qilisshmagan. Va juda ko’p imomlar va allomalar, sizlardan ko’ra ko’p azob berilgani holda, kamoli sabr ichida shukr qilib o’zgarishmagan. Albatta, sizlar Qur'onning ko’p haqiqatlari uchun juda ulkan savob va foyda olganingiz holda, juda oz zahmat chekkaningizga minglab tashakkur qilishingiz qarzdir. Ha, bashar zulmi ichida bir Rabboniy inoyat jilvasini qisqacha bayon qilaman:

Yigirma yoshda ekanman takror takror: "Eski zamonda g’orlarga chekingan dunyoni tark qilgan kishilar singari oxir umrimda men ham g’orga, toqqa chekinib, insonlarning ijtimoiy hayotidan chiqaman", derdim. Ham Eski Harbi Umumiyda shimoliy sharqdagi asirligimda qaror qilgan edimki: "Bundan buyon umrimni g’orlarda o’tkazaman. Siyosiy va ijtimoiy hayotdan chetlashaman. Aralashganim yetar endi." deb turganimda, Rabboniy inoyat va qadariy adolat tajalliy etdi. Qarorimdan va orzuimdanda ortiq xayrli suratdagi keksaligimga marhamat qilib tasavvur qilgan q’orlarimni hibsxonalarga va uzatlarga va yolg’izlik ichida chillaxonalarga va yakka tartibli manzillariga aylantirdi. Ahli riyozat va uzlatdagi kishilarning tog’lardagi g’orlaridanda ustun "Yusufiya Madrasalari" va vaqtimizni zoye qilmaslik uchun yaka tartibli uylarni berdi. Ham g’orning uxroviy foydasini, ham iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarning mujohidona xizmatini berdi. Hatto azm etgandimki; birodarlarimning oqlanishlaridan so’ng bir ayb qilib, hibsda qolaman. Xusrav va Fayzi kabi bo’ydoqlar yonimda qolsin va bir bahona bilan insonlar bilan ko’rishmaslik va vaqtimni keraksiz suhbatlar bilan va sun'iylik va xudfurushlik bilan o’tkazmaslik uchun bir kishilik kamerada qolaman. Ammo qadari Ilohiy va qismatimiz bizni boshqa chilaxonaga yo'lladi.

اَلْخَيْرُ ف۪ى مَا اخْتَارَهُ اللّٰهُ ٭ عَسٰٓى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ

sirri bilan, keksaligimga marhamatan va iymoniy xizmatda yanada ko’proq ishlatish uchun ixtiyor va iqtidorimiz xorijida Uchinchi Madrasa-i Yusufiyada vazifa berildi.

Ha, inoyati Ilohiya keksaligimga marhamatan; quvvatli va yashirin dushmani bo’lmagan yoshligimda orzu qilgan g’orlarni hibsxonaning yakka tartibdagi manzillariga aylantirishida uch hikmat va Nur xizmatida uch ahamiyatli foydasi bor:

Birinchi hikmat va foyda:Nur Talabalarining bu zamonda to’planishlari; zararsiz, Madrasa-i Yusufiyada bo’ladi. Va bir-birini ko’rib suhbat qilish, tashqarida serxarajat va shubhali bo’ladi. Hatto men bilan ko’rishish uchun ba'zi kishilar qirq-ellik lira sarflab kelib, yo yigirma daqiqa yoki hech ko’rishmasdan qaytib ketishar edi. Ba'zi qardoshlarimni yaqindan ko’rish uchun hibsning zahmatini jonim bilan qabul qidim. Demak hibs biz uchun bir ne'mat, bir rahmatdir.

Ikkinchi hikmat va foyda:Bu davrda Nurlar bilan iymoniy xizmat, har tarafda e'lonot bilan va muhtojlarning diqqatlarini jalb qilish bilan bo’ladi. Demak, hibsimiz bilan Nurlarga diqqat jalb qilinadi, e'lonot hukmiga o’tadi. Eng qaysar yoki muhtoj bo'lgan kimsalar uni topadi, iymonini qutqaradi va qaysarligini tashlaydi, tahlikadan qutuladi va Nurning darsxonasi kengayadi.

Uchinchi hikmat va foyda:Hibsga kirgan Nur talabalari bir-birining hollaridan, xushaxloqidan, ixlos va fidokorliklaridan dars olishlari bilan birga, Nurlar xizmatida dunyoviy manfaatlarni ko’zlashmaydi.

Ha, Madrasa-i Yusufiyada, ko’p alomatlar bilan, har bir mashaqqat va zahmatning o’n, balki yuz misli moddiy va ma'naviy foyda va go’zal natijalar va iymonga keng miqyosda va xolis xizmatlar, ko’zlari bilan ko’rganlari uchun, tom ixlosga muvaffaq bo’ladilar, juz'iy va xususiy manfaatlarga tanazzul etishmaydi.

Bu chilaxonalarning menga maxsus bir latofati va hazin, ammo shirin vaziyati bor:

Yoshligimda bizning mamlakatda ko’rgan eski madrasaning ayni vaziyatini ko’rmoqdaman. Chunki sharqdagi viloyatilarda eski usuldagi madrasa talabalarining bir qismining tirikchiliklari tashqaridan kelar edi. Va ba'zi madrasalar, o’zlari berishar edi. Va yana necha jihatda bu chilaxonaga o’xshardilar. Men ham lazzatli bir sog’inch bilan bu yerga qaraganim sari, o’sha eski yoshlik va shirin davrga xayolan borib, keksalik holatlarini unutaman.

* * *

Yigirma Oltinchi Yog'duning Zayli

Yigirma Birinchi Maktub bo’lib, Maktubot Majmuasiga kiritilgani uchun bu yerga yozilmadi.

Yigirma Yettinchi Yog'du

Eskishahar Mahkama Mudofaasi bo’lib, taksir Yog'dular majmuasida va qisman Tarixcha-i Hayotda nashr etilgan.

Yigirma Sakkizinchi Yog'du

(Ba'zi qismlari bu yerga kiritilgan bu risolaning tamomi qo'l yozma Yog'dular majmuasida nashr qilingan.)

Ikkinchi Nukta

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْاِنْسَ اِلَّا لِيَعْبُدُونِ ٭ مَٓا اُر۪يدُ مِنْهُمْ مِنْ رِزْقٍ وَمَٓا اُر۪يدُ اَنْ يُطْعِمُونِ ٭ اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ

Shu oyati karimaning ochiq ma'nosi ko’p tafsirlarning bayoniga ko’ra yuksak i'jozi Qur'oniyni ko’rsatmaganidan, ko’p payt zehnimni mashg'ul qilar edi. Qur'onning fayzidan kelgan g’oyat go’zal va yuksak ma'nolaridan uch jihatini qisqacha bayon qilamiz.

Birinchisi:Janobi Haq Rasuliga oid bo’la oladigan ba'zi hollarni Rasulini hurmat va sharaflantirish nuqtasida ba'zan o’ziga nisbat beradi.

Mana bu yerda ham: "Rasulim sizga risolat vazifasi va ubudiyatni tablig' xizmatiga muqobil sizdan bir ajr va haq va mukofot, taom yedirishni istamaydi" ma'nosida, "Men sizni ibodat uchun xalq etganman, Menga rizq berish va taom yedirish uchun emas" ma'nosidagi oyat, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid taom yedirish va rizq berishni murod qilgan bo'lishi kerak. Bo’lmasa g’oyat yaqqol bir ma'lumni bildirish navidan bo’ladi. I'jozi Qur'onning balog'atiga uyg’un kelmaydi.

Ikkinchi jihat:Inson rizqqa ko’p mubtalo bo’lgani uchun, rizq uchun ishlash bahonasini ubudiyatga mone deb o’ylab, o’ziga bir uzr topmaslik uchun oyati karima deydiki: "Siz ubudiyat uchun xalq etilgansiz. Xilqatingizning natijasi ubudiyatdir. Rizq uchun ishlash, amri Ilohiy nuqtasida bir navi ubudiyatdir. Mening maxluqotim va rizqlarini bo'ynimga olganim nafslaringiz va oilangiz va hayvonlaringizning rizqini ta'minlash, go'yo menga oid rizq va taom berishni tayyorlash uchun yaratilmagansiz. Chunki Razzoq menman. Sizning yaqinlaringiz bo’lgan bandalarimning rizqini men beryapman. Siz buni bahona qilib ubudiyatni tark qilmanglar!" Agar bu ma'no bo’lmasa, Janobi Haqqa rizq berish va taom yedirish maholligi yaqqol va ma'lum bo’lganidan, ma'lumni bildirish navidan bo’ladi. Ilmi Balog'atda bir muqarrar qoida borki: Bir kalomning ma'nosi ma'lum va yaqqol bo’lsa, u ma'no murod emas, uning bir lozimi, bir tobesi muroddir. Masalan, sen birovga: "Sen hofizsan", desang. U ma'lumini bildirish navidan bo’ladi. Demak maqsud ma'nosi shuki: "Men sening hofiz bo’lganingni bilaman." Bilganimni bilmagani uchun unga bildiryapman.

Mana shu qoidaga binoan, oyat Janobi Haqqa rizq berishni va taom yedirishni rad qilishdan kinoya bo’lgan ma'no shudir: "Menga oid bo’lib va rizqlariga kafil bo'lganim maxluqotimga rizq yetishtirish uchun xalq etilmagansiz. Balki asl vazifangiz ubudiyatdir. Amrlarimga ko’ra rizq uchun g'ayrat ko'rsatish ham bir navi ibodatdir."

Uchinchi jihat:Ixlos surasida qandayki لَمْ يَلِدْ وَ لَمْ يُولَدْ ochiq ma'nosi ma'lum va yaqqol bo’lganidan, u ma'noning bir lozimi muroddir. Ya'ni: "Volida va valadi bo’lganlar, iloh bo’lolmaslar." ma'nosida va Hazrati Iso (AS) va Uzayr (AS) va maloika va yulduzlarning va haq bo'lmagan ma'budlarning uluhiyatlarini rad qilish qasdi bilan azaliy va abadiy ma'nosida Janobi Haqning لَمْ يَلِدْ وَ لَمْ يُولَدْ g’oyat yaqqol va ma'lum hukm qilgani kabi, aynan shuningdek, bu misolimizda ham "rizq va yedirish qobiliyati bo’lgan narsalar iloh va ma'bud bo’lolmaslar" ma'nosida Ma'budingiz bo’lgan Razzoqi Zuljalol sizdan o’ziga rizq istamaydi va siz unga taom yedirish uchun yaratilmagansiz ma'nosidagi oyat, rizqqa muhtoj va taomlantirilgan mavjudot ma'budiyatga loyiq emaslar, deganidir.

Said Nursiy

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَوْ هُمْ قَٓائِلُونَ

Ra'fat, اَوْ هُمْ قَٓائِلُونَ oyati jalilasidaki قَٓائِلُونَ kalimasining ma'nosini qiziqib so’rashi munosabati bilan va qamoqda bomdod namozdan so’ng boshqalar kabi yotishidan kelgan lanjlik sababli, olmos kabi qalamini tanballikka yo’liqtirmaslik uchun yozilgan. Uyqu uch navdir:

Birinchisi:G’ayluladirki, bomdoddan so’ng qarohat vaqti tugagunga qadardir. Bu uyqu rizqning nuqsonli va barakasiz bo'lishiga, hadisda aytilishicha, sabab bo'lgani uchun, sunnatga xilofdir. Chunki rizq uchun ishlashning muqaddimalarini tayyorlashning eng munosib zamoni, salqinlik vaqtidir. Bu vaqt o’tgandan so’ng bir lanjlik hosil bo'ladi. U kungi mehnatga va natijada rizqqa ham zarar bergani kabi, barakasizlikka ham sabab bo'lgani ko’p tajribalar bilan tasdiqlangan.

Ikkinchisi:Fayluladirki, asr namozidan so’ng shomga qadardir. Bu uyqu umrning nuqsonli bo'lishiga, ya'ni uyqudan kelgan karaxtlik jihati bilan u kungi umri navm-olud, yarim uyqu, qisqacha bir shakl olganidan, moddiy bir nuqsonlik ko’rsatgani kabi, ma'naviy jihati bilan ham u kun hayotining moddiy va ma'naviy natijasi aksariyat bilan asrdan so’ng ko'ringanidan, u vaqtni uyqu bilan o’tkazish, u natijani ko’rmaslik hukmiga o’tganidan, go’yo u kunni yashamagandek bo’ladi.

Uchinchisi:Qayluladirki, bu uyqu sunnati saniyadir. Zuho vaqtidan peshindan biroz o’tganga qadardir. Bu uyqu kechqurun uyg'onishga sabab bo'lgani uchun, sunnat bo’lish bilan barobar, Arabiston yarim orolida peshin vaqti deyilgan shiddatli issiqlik zamonida ishni to'xtatib turish, qavm va muhitning odati bo’lganidan, u sunnati saniyani yanada ziyoda quvvatlantirgandir. Bu uyqu ham umrni, ham rizqni ziyodalashtirishga sababdir. Chunki yarim soat qaylula, ikki soat kechki uyquga teng keladi. Demak, umriga har kun bir yarim soat qo'shadi. Rizq uchun ishlash muddatiga yana bir yarim soatni o’limning qardoshi bo’lgan uyquning qo’lidan qutqarib yashatadi va ishlash zamoniga qo'shadi.

Said Nursiy

"Bu ham go’zaldir"

اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ

jumlasi namoz tasbehotida o’qilarkan inkishof etgan latif bir nuktani uzoq-uzoqdan ko’rdim. Hammasini tutolmadim, lekin ishora navidan bir-ikki jumlasini aytaman. Ko’rdimki: Tun olami dunyoning yangi ochilgan bir manzili kabidir. Xufton namozida u olamga kirdim. Xayolning hayratomuz kengayishidan va inson mohiyatining butun dunyo bilan aloqadorligidan, ulkan dunyoni o'sha tunda bir manzil kabi ko’rdim. Zihayotlar va insonlar shu daraja kichraydilarki, ko’rinmay qoldilar. Faqat u manzilni jonlantirgan va unsiyatlantirgan va nurlantirgan bitta shaxsiyati ma'naviya-i Muhammadiyani (ASV) xayolan mushohada qildim. Bir odam yangi bir manzilga kirgan vaqti, manzildagi zotlarga salom bergani kabi, "Minglab salom {(Hoshiya) Zoti Ahmadiyaga (ASV) kelgan rahmat, umum ummatning abadiy zamondagi ehtiyojlariga qaraydi. Shuning uchun cheksiz salot o’rinlidir. Ajabo, dunyo kabi ulkan, buyuk va g’aflat bilan qorong’u, qo'rqinchli va xoli bir xonaga birov kirsa. Qanchalar dahshatga tushadi, qo'rqadi, xavotirlanadi. Va birdan u xonani nurlantirib anis, munis, habib, mahbub bir Yovari Akram to'rda ko’rinib, u xonaning Moliki Rahiymi Karimini u xonaning har narsasi bilan ta'rif qilib tanittirsa, qanchalar sevinch, unsiyat, surur, ziyo, huzur berganini qiyos qilinglar. Zoti Risolatdagi salovotning qiymatini va lazzatini taqdir qilinglar!} senga Ey Rasululloh!" deyishga bir orzuning ichimda jo’shayotganini ko’rdim. Go’yo butun insu jinning sanog'icha salom beraman, ya'ni senga bay'atimni yangilab, boshqaruvingni qabul va keltirgan qonunlaringga itoat va amrlaringga taslim va hujumimizdan xalos bo'lishingni salom bilan ifoda qilib, mening dunyomning qismlari, ziyshuur maxluqlari bo’lgan umum jin va insonlarni gapirtirib, har birlarining nomidan bir salomni, mazkur ma'nolar bilan taqdim qildim. Ham u keltirgan nur va hadyasi bilan, mening bu dunyomni nurlantirgani kabi, harkasning bu dunyodagi dunyolarini nurlantiradi, ne'matlantiradi deya u hadyasiga shokirona bir javob berish navidan "Minglab salovot senga tushsin!" dedim. Ya'ni, sening bu yaxshiligingga qarshi biz javob qaytarolmaymiz, balki Xoliqimizning xazina-i Rahmatidan kelgan va samovot ahlining sanog'icha rahmatlar senga kelishini niyoz bilan shukonamizni izhor qilamiz, ma'nosini xayolan his qildim.

U Zoti Ahmadiya (ASV) ubudiyati jihati bilan -xalqdan Haqqa yuzlanishi e'tibori bilan- rahmat ma'nosidagi salotni istaydi. Risolati jihati bilan -Haqdan xalqqa elchiligi munosabati bilan- salom istaydi. Qandayki jin va insonlar sanog'icha salomga loyiq va jin va insonlar sanog'icha umumiy bay'atni yangilashni taqdim qilamiz. Xuddi shuning kabi, samovot ahli sanog'icha xazina-i Rahmatdan har birining nomidan bir salotga loyiqdir. Chunki keltirgan nuri bilan har bir narsaning kamoli ko’rinadi va har bir mavjudning qiymati namoyon bo'ladi va har bir maxluqning vazifa-i Rabboniyasi mushohada qilinadi va har bir san'at asaridagi maqosidi Ilohiya o'rtaga chiqadi.

Shuning uchun har bir narsa hol tili bilan bo’lgani kabi, so'zlashish tili ham bo’lsa edi, "Assalotu vassalamu alayka ya Rasululloh" deyishlari qat'iy bo’lganidan, biz umum ularning nomidan

‌اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ بِعَدَدِ الْجِنِّ وَ الْاِنْسِ وَ بِعَدَدِ الْمَلَكِ وَ النُّجُومِ

deb ma'nan aytamiz.

فَيَكْف۪يكَ اَنَّ اللّٰهَ صَلّٰى بِنَفْسِه۪ وَ اَمْلَاكَهُ صَلَّتْ عَلَيْهِ وَ سَلَّمَتْ

Said Nursiy

***

Aziz qardoshim!

Vahdat-ul vujudga doir bir oz izoh istayapsiz. Bu masalaga doir O’ttiz Birinchi Maktubning bir Yog'dusida Hazrat Muhyiddinning bu masaladagi fikriga qarshi g’oyat quvvatli va izohli bir javob bor. Hozircha bu qadar deymizki:

Bu vahdat-ul vujud masalasini hozirgi insonlarga talqin qilish jiddiy zarar beradi. Qandayki tashbehlar va tamsillar olimlar qo’lidan avomning qo’liga hamda ilmning qo’lidan jaholatning qo’liga kirsa, haqiqat deb qabul qilinadi. {(Hoshiya) Qandayki ikkita maloika, tashbehning sirri munosabati bilan Savr va Hut deb nomlangan, avom tomonidan kattakon bir ho’kiz va ulkan bir baliq deb qabul qilingandir.} Xuddi shuning kabi, vahdat-ul vujud masalasi kabi yuksak haqiqatlar, ahli g’aflat va sabablar ichiga sho’ng’igan avomlarga kirsa, tabiat deb qabul qilinadi va uchta muhim zarar beradi:

Birinchisi:Vahdat-ul vujudning mashrabi, Janobi Haq hisobiga koinotni go'yo inkor qilish ekan, avomga kirgan sari, g’ofil avomlarga, xususan moddiyun fikrlari bilan bulg'angan fikrlarga kirgan sari, koinot va moddiyot hisobiga uluhiyatni inkor yo’liga ketadi.

Ikkinchisi:Vahdat-ul vujud mashrabi, mosivo-i Ilohiyning rububiyatini shu daraja shiddat bilan rad qiladiki, mosivoni inkor va ikkilikni olib tashlaydi. Nafaqat nafsi ammoralarning, balki har bir narsaning mustaqil vujudini ko’rmaslik ekan, bu zamonda tabiat fikrining istilosi bilan hamda g’urur va anoniyatning nafsi ammorani shishirishi bilan hamda oxiratni va Xoliqni bir daraja unutish jihati bilan ba'zi nafsi ammoralar kichik bittadan fir'avn, go'yo nafsini ma'bud deb qabul qilish iste'dodida bo’lgan insonlarga vahdat-ul vujudni talqin qilish, "Alloh saqlasin", nafsi ammorani shunday taltaytiradiki, itoatdan chiqadi.

Uchinchisi:O'zgarmoq, almashmoq, bo'linmoq, joy egallamoqdan muqaddas, pok, uzoq, yuksak bo’lgan Zoti Zuljalolning vujubi vujudiga va muqaddaslik va ayblardan uzoq bo'lishiga muvofiq tushmagan tasavvurlarga sabab bo'ladi va botil talqinlarga mador bo’ladi. Ha, vahdat-ul vujuddan bahs qilgan, fikran Yerdan yulduzlarga chiqib, koinotni orqasida qoldirib nazarini Arshi A'loga tikkan, istig'roqiy bir suratda koinotni yo'q deb sanab hamma narsani to’g’ridan-to’g’ri iymon quvvati bilan Vohidi Ahaddan ko’ra oladi. Bo’lmasa koinotning orqasida turib koinotga qaragan va qarshisida sabablarni ko’rgan va Yerdan nazar qilgan, albatta sabablar ichida bo’g’ilib, tabiat botoqligiga tushish ehtimoli bor. Fikran Arshga chiqqan, Jaloliddin Rumiy kabi deya oladi: "Qulog’ingni och! Harkasdan eshitgan so’zlaringni, fitriy fonograflar kabi Janobi Haqdan eshita olasan." Bo’lmasa, Jaloliddin kabi bu daraja yuksakka chiqmagan va Yerdan Arshga qadar mavjudotni oyna shaklida ko’rmagan odamga, "Diqqat bilan quloq sol, harkasdan Kalomullohni eshitasan" desang, ma'nan Arshdan Yerga qulaganday haqiqatga xilof botil tasavvurlarga giriftor bo’ladi!..

قُلِ اللّٰهُ ثُمَّ ذَرْهُمْ ف۪ى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ ٭ مَا لِلتُّرَابِ وَ لِرَبِّ الْاَرْبَابِ

سُبْحَانَ مَنْ تَقَدَّسَ عَنِ الْاَشْبَاهِ ذَاتُهُ وَتَنَزَّهَتْ عَنْ مُشَابَهَةِ الْاَمْثَالِ صِفَاتُهُ وَشَهِدَ عَلٰى رُبُوبِيَّتِه۪ اٰيَاتُهُ جَلَّ جَلَالُهُ وَلَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ

Said Nursiy

* * *

Bir savolga javob

Mustafo Sabri bilan Muso Bekufning tushunchalarini muvozana qilish uchun vaqtim uyg'un emas. Faqat bu qadar deymanki: "Biri ifrot qilgan, boshqasi tafrit qilmoqda." Mustafo Sabri garchi mudofaalarida Muso Bekufga nisbatan haqlidir,

lekin Muhyiddin kabi Islomiy ilmlarning bir mo’'jizasi bo’lgan bir zotni kamsitishda haqsizdir. Ha, Muhyiddin o’zi hadiy va maqbuldir. Ammo har kitobida muhdiy va murshid bo’lolmaydi. Haqiqatlarda ko’pincha mezonsiz ketganidan, Ahli Sunnat qoidalariga muxoliflik qiladi. Va ba'zi kalomlari zohiriy zalolatni ifoda qiladi, faqat o’zi zalolatdan uzoqdir. Ba'zan kalom kufr ko’rinadi, ammo sohibi kofir bo’lolmaydi. Mustafo Sabri bu nuqtalarni nazarga olmagan. Ahli Sunnat qoidalariga mutaassiblik jihati bilan ba'zi nuqtalarda tafrit qilgan. Muso Bekuf esa, ziyoda islohotga tarafdor va zamonaviylikka mumashatkor tushunchalari bilan juda xato ketmoqda. Ba'zi Islomiy haqiqatlarni xato ta'villar bilan buzmoqda. Abul Ala-i Ma'arri kabi nomaqbul bir odamni muhaqqiqlardan ustun tutganidan va o’z tushunchalariga uyg’un kelgan Muhyiddinning Ahli Sunnatga muxoliflik qilgan masalalariga ziyoda tarafdorligidan, ziyoda ifrot qilmoqda. قَالَ مُحْيِى الدّ۪ينِ : تَحْرُمُ مُطَالَعَةُ كُتُبِنَا عَلٰى مَنْ لَيْسَ مِنَّا ya'ni: "Bizdan bo’lmagan va maqomimizni bilmagan kitoblarimizni o’qimasin, zarar ko’radi." Darhaqiqat, bu zamonda Muhyiddinning kitoblari, xususan vahdat-ul vujudga doir masalalarini o’qish, zararlidir.

Said Nursiy

* * *

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

Bashariyatning yig’lanadigan kulishlariga, istiqbol xavotiri va oqibatni ko'rishlik a'dasasi bilan, g’oyat dabdabali bir bayramda qamoqxona derazasidan qararkan, xayolim nazariga inkishof etgan bir vaziyatni bayon qilaman. Kinoda, anchadan beri mozoristonda yotganlarning hayotdagi vaziyatlari ko’ringani kabi, yaqin bir istiqbolda mozoriston ahli bo’ladiganlarning, harakatlanayotgan janozalarini ko’rganday bo’ldim. U kulganlarga yig’ladim. Birdan bir qo'rquv, bir achinish hissi keldi. Aqlimga yo'naldim, haqiqatdan: "Bu xayol nima?" deb so’radim. Haqiqat dediki: "Ellik yildan keyin, bu batamom quvonch bilan kulayotgan va vaqtichog'lik qilayotgan bechoralardan elliktadan beshtasi yetmish yoshli keksalar kabi beli bukilgan, qirq beshtasi mozoristonda chirigan bo’ladilar. U go’zal siymolar, u quvonchli kulishlar zidlariga aylangan bo’ladilar." كُلُّ اٰتٍ قَر۪يبٌ qoidasi bilan, modomiki yaqinda keladigan narsalarning kelganday ko’rilishi bir daraja haqiqatdir, albatta ko’rganing xayol emas.

Modomiki dunyoning g’aflatli kulishlari bunday yig’lanadigan achchiq hollarning pardasidir va vaqtinchalik va zavolga ma'ruzdir. Albatta bechora insonlarning abadparast qalbini va baqo ishqiga maftun bo’lgan ruhini kuldiradigan, sevintiradigan, mashru' doirada va shukr qilib, huzurda bo'lgandek, g’aflatsiz, begunoh vaqtichog'liklardir va savob jihati bilan boqiy qolgan sevinchlardir. Shuning uchundirki, bayramlarda g’aflat istilo qilib, g’ayri mashru' doiraga kirmaslik uchun, rivoyatlarda zikrullohga va shukrga juda azim tag’ribot bor. Toki, bayramlarda u sevinch va shodlik ne'matlarini shukrga aylantirib, u ne'matni davom ettirsin va ziyodalashtirsin. Chunki shukr ne'matni ziyodalashtiradi, g’aflatni haydaydi.

Said Nursiy

* *

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّٓوءِ

Ma'nosi: {(Hoshiya) Bu qismning ham hammaga foydasi bor.} "Nafs doimo yomon narsalarga boshlaydi" oyatining, hamda اَعْدٰى عَدُوِّكَ نَفْسُكَ الَّت۪ى بَيْنَ جَنْبَيْكَ sharafli ma'nosi: "Sening eng zararli dushmaning nafsingdir" hadisining bir nuktasidir.

Poklanmagan nafsi ammorasi bo’lish sharti bilan, o'z nafsini yoqtirgan va sevgan odam, boshqasini sevolmaydi. Agar zohiriy sevsa ham, samimiy sevolmaydi, balki undagi manfaatini va lazzatini sevadi. Doimo o’zini yaxshi ko'rsatishga va sevdirishga urinadi hamda kamchilikni nafsiga olmaydi, balki advokat kabi o’zini mudofaa qiladi va oqlaydi. Mubolag’alar bilan, balki yolg’onlar bilan nafsini madh va aybu-nuqsonlardan uzoq bilib, go'yo muqaddaslashtiradi va darajasiga ko’ra مَنِ اتَّخَذَ اِلٰهَهُ هَوٰيهُ oyatining bir ta'zirini yeydi. O'zini-o'zi maqtash va sevdirishi esa, aks ta'sir bilan yoqtirmaslikni jalb qiladi, sovuq ko'rinadi. Yana, uxraviy amalda ixlosni yo’qotadi, riyoni aralashtiradi. Oqibatni ko’rmaydigan va natijalarni o'ylamaydigan va shu onki lazzatga mubtalo bo’lgan hisga va havo-i nafsga mag’lub bo’lib, yo’lini adashtirgan hisning fatvosi bilan, bir soat lazzat uchun bir yil qamoqda yotadi. Bir daqiqa g’urur yoki intiqom sababli o’n yil jazo ko’radi. Go'yo, dars olgan "Amma" porasini bir dona qandga sotgan havoyi bir bola kabi,

hissini erkalash uchun va havosini mamnun qilish uchun va havasini qondirish uchun, olmos qiymatida bo’lgan savoblarini ahamiyatsiz shisha parchalari hukmidagi lazzatlarga, anoniyatlarga vasila qilib, foydali ishlarda zarar qiladi.

اَللّٰهُمَّ احْفَظْنَا مِنْ شَرِّ النَّفْسِ وَالشَّيْطَانِ وَمِنْ شَرِّ الْجِنِّ وَالْاِنْسَانِ

* * *

SAVOL:Qisqa bir zamondagi kufrga muqobil, hadsiz bir zamon Jahannamda hibs qanday adolat bo’ladi?

JAVOB:Bir yil uch yuz oltmish besh kun bo'lish hisobi bilan, bir daqiqada qilingan qotillik uchun, yetti million sakkiz yuz sakson to’rt ming daqiqa hibsni adolat qonuni talab qilar ekan; bir daqiqa kufr, mingta qotillik hukmida bo’lganidan, yigirma yil umrini kufr bilan o’tkazgan va kufr bilan o’lgan bir odam, adolat qonuni bilan ellik yetti trillion ikki yuz bir milliard ikki yuz million yil basharning adolat qonuni bilan hibsga haqdor bo’ladi. Albatta خَالِد۪ينَ ف۪يهَا اَبَدًا adolati Ilohiy bilan uyg'unlik tomoni bundan tushuniladi.

Bir-biridan g’oyat uzoq bo'lgan ikki sonning munosabat sirri shuki: Qotillik va kufr, bizg'unchilik va tajovuz bo’lgani uchun, boshqasiga ta'sirlar qiladi. Bir daqiqada qotillik, loaqal zohiriy odatga ko’ra o’n besh yil o'ldirilganning hayotini yo'qotadi, uning o’rniga hibsga kiradi. Bir daqiqa kufr, ming bir Asmo-i Ilohiyani inkor va naqshlarini kamsitish va koinotning huquqiga tajovuz va kamolotini inkor va hadsiz vahdoniyat dalillarini yolg'onlash va shahodatlarini rad qilish bo’lganidan.. kofirni minglab yildan ziyoda asfali sofiliynga otadi, خَالِد۪ينَ da hibs qiladi.

Said Nursiy

***

Ma'nodor bir latif tavofuq

Risola-i Nur shogirdlarini ayblagan va jazolarini istagani 163-chi moddasiga, Risola-i Nur muallifining madrasasiga, bir yuz ellik ming lira berilishiga doir loyihaning, 200 deputatdan 163 deputatning soniga tavofuq qilib, ma'nan u tavofuq deydiki: Jumhuriyat Hukumati 163 deputatining taqdirlaydigan imzolari, 163-chi qonun moddasining hukmini u haqida bekor qiladi.

Ham yana ma'nodor bir latif tavofuqlardandirki, Risola-i Nurning 128 qismi 115 qism kitob bo’ladi. Risola-i Nur shogirdlari va muallifi qamalishlarining boshlanishi bo'lgan 27 aprel 1935 sanasi bilan, mahkamaning qaror va hukm sanasi bo’lgan 19 avgust 1935 sanasi bo’lishiga nazaran, 115 kun bo’lib, Risola-i Nur kitoblari soniga tavofuq qilish bilan barobar, so'roq qilingan 115 aybdor qilib ko’rsatilgan shaxslarning ham soniga aynan tavofuq qilgani kabi.. ko’rsatadiki: Risola-i Nur muallifining va shogirdlarining boshiga kelgan musibat, bir inoyat qo'li bilan tartiblanmoqda.

{(Hoshiya) Diqqatga sazovordirki: Risola-i Nur shogirdlari qamalishlarining bir qismi 25 aprel 1935 sanasida boshlangan bo’lib, qarornomada aybdor qilib ko’rsatilgan 117 kishi bo’lsa ham, ikkitasining ismi takrorlanganiga nazaran bu surat bilan shogirdlarning soni 117 soniga u qismning qamalishidan hukm sanasiga qadar 117 kun bo’lish bilan tavofuq qilib, avvalgi tavofuqlarga yana bir latofat qo’shgandir.}

* * *

Bu Yog'duning boshida Imomi Ali (RA) Risola-i Nurga ishora qilganidan, bir qardoshimiz hayajonli bir ishtiyoq bilan Risola-i Nurga Olmos, Gavhar, Nur ismini qo’yib takrorlab yozgan edi. Bu Yog'duning oxirida kirgizilishi munosib ko’rildi:

Taqvo doirasida bo’lgan talaba telba ham bo’lsa, ajabo Risola-i Nurning va qiymatli olmosning nuridan ayrila oladimi? Shunday taxmin qilamanki: Risola-i Nurning bu ojiz talabingiz qadar karomatini, fazilatini, lazzatini yegan, shirin mevasidan uzgan nodirdir. Ham bu qadar ojizligim bilan barobar, Risola-i Nurga xizmat qilolmaganim holda, ko’rsatgan e'tiboringiz uchun shukrda qarzdorman. Shunga binoan, Risola-i Nurdan bandangiz emas, hech bir talabangiz u muborak olmosdan va lazzatdan ayrilolmaydi. Marhamatingizga ishonib, Risola-i Nurning bu dafagi tintuvlarida ikki karomati aynan sodir bo’lgan. Qamoqxona ichida politsiya, jandarma va nazoratchilar mudhish tintuv qilarkan, o’sha payt hech kim ko’rmasdan, yetti-sakkiz yoshli singlimning o’g’li maktab papkasining ichiga Risola-i Nurning nusxalarini qo’yib olib ketgan. Tintuv bandangizning xonasida edi. Bola xonaga keldi, xonada to's-to'polonni ko’rib, xonaning bir tarafida alohida turgan Risola-i Nurlarni papkasiga qo’ydi va ichkaridagi xodimlarning hech biri farqiga bormadi, bolaga ham hech narsa demadilar. Fidokor bola to’g’ri onasining yoniga boradi. "Tog’am doimo bizga o’qigan Risola-i Nurlarni keltirdim. Bularni olmoqchi ekanlar. Men ularning xabari bo’lmasdan, ular boshqa maktub, kitob titkilarkan oldim, papkamga qo’ydim. Bularni yaxshigina bir yerga qo’ying, muhofaza qiling.

Men bularning o’qilishini juda yaxshi ko'raman. Tog’am bizga bularni o’qir edi. U o’qirkan menda boshqa bir holat kasb etardim." deya volidasiga aytib, maktabiga qaytadi. Bu soyada Olmos, Gavhar, Nurlar qo’lga o’tmaydi. Bu karomat bo'lmasdan nima? Qur'oniy bir mo’'jiza bo'lmasdan nima? Ajabo, bu fazilat, ajabo bu lazzat, ajabo bu Olmos, Gavhar qaysi yozilgan asarlarda borki, bu Olmos, Gavhar, Nurlar hozirga qadar qaysi zotning og’zidan to’kilgan. Men ham qamoq emas, bu Olmos, Gavhar, Nurlar uchun har on, har daqiqa, har fidokorlikni mamnuniyat bilan qabul qilaman. Mendan so’ng bu Olmos, Gavhar, Nurlar yo’lida avlodim Amin ham butun hayotini sarf qilishga tayyordir.

Mana bu Olmos, Gavhar, Nurning ikkinchi karomatini isbot qilish bilan, uch yoshdan sakkiz yoshga qadar qarindoshlarim va avlodim bu Olmos, Gavhar, Nurlar uchun fidokorona va bu yo’lda hayotlarini hech o’ylamasdan fido qilishlarini isbot qilaman. Chunki bu Olmos, Gavhar, Nurni o’qirkan hammasi boshimda to’plandilar. Ularni erkaladim va bittadan choy berdim. Bu Olmos, Gavhar, Nurni o’qishni davom qildim. Hammasi birdan "Bu nima? Bu yozuv qanday yozuv?" deb so’radilar. Men ham dedim: "Bu Olmos, Gavhar, Nurdir!" deya bularga o’qishni boshladim. O’ninchi So’zni o’qirkan soatlar o’tgan. Bolalar qiziqqanlaridan, tushunmagan vaqtlari darrov bandangizdan so’rar edilar. Men ham bu Olmos, Gavhar, Nurni ular tushuna oladigan shaklda izoh qilarkan, bolalarning ranglari rang-barang bo’lardi va go’zallashardi. Bandangiz ham bolalarning yuziga qaragan sari, hammasida boshqa-boshqa nurli Said ko’rardim. Savollarida "Nur qaysisi? Gavhar qaysisi va Olmos qaysisi?" deb so’raganlarida, "Ha, Nur buni o’qishdir. Qara, sizlarda bir go’zallik hosil bo’ldi." Ular ham bir birlarining yuzlariga qaradilar, tasdiq qildilar. "Olmos nima? Bu so’zlarni yozishdir. U vaqt, ya'ni yozgan vaqtingiz sizning yozuvlaringiz olmos kabi qiymatli bo’ladi." Tasdiq qildilar. "Gavhar nima? U ham bu kitobdan olgan iymoningizdir." Hammalari birdan shahodat keltirdilar. Bu suhbatda uch-to’rt soat o’tgan, bandangiz farqiga bormabman.

Mana Olmos, Gavhar, Nur budir dedim. Tasdiq qildilar. Hammalari birdan menga qarardilar va "Buni kim yozdi?" derdilar.

Ojiz talabangiz

Shafiq

***

Zakoiyning Tushi

Bu sahar tushimda, Istanbulning To’pxona sohiliga o’xshash sof va tiniq bir dengiz sohilida ekanman. Menimcha choshgoh vaqtidagi Quyoshning ziyosi u ulkan dengizning ustida lobar yog'dular hosil qilayotgan edi. Men dengizga yo’nalganman. Dengizning o’rta va janubi tarafidan suzib-suzib sohilga kelgan bir yigit yelkasidagi bir omochni sohilga chiqardi. U yerda barcha qardoshlarimizni kutib olinayotgan ekanlar, sohil bo’ylab g’arbdan chopqillab ikki otli kelayotgan edi. "Ustoz kelmoqdalar!" dedilar. Bu gavjumlik yorildi, hech to'xtamasdan bu haybatli yag’iz otli va bug’doy rang chehrali ikki zot sharq tomon uzoqlashdilar. Men u dengizga sho’ng’iyotgan ekanman, uyg’ondim.

Zakoiy

* * *

Tarafdorona va Risola-i Nurga raqibona aytilgan so’zlarga muqobildir.

Gar madh qilish bo'lsa faxrlanib o’zingizni maqsadingiz

Risola-i Nurning eng so’niq yulduzining yo’ldoshisiz

Zinhor sayyora deb o’ylama qardoshim, Risola-i Nurning

Arz emas, Oftob ham yo’ldoshidir uning

Juda yaqinda porlaydi olamda Risola-i Nur

So’nmas, balki yashirinar, zero nurun ala nur

Bir nurki, bahri haqiqat va mahzi hidoyatdir u

مَنْ اَصْحَابُ الصِّرَاطِ السَّوِىِّ وَ مَنِ اهْتَدٰى ni o’qi.

Haqdan bo’lmas shikoyat, balki maqsad hikoyat

Sharrning ustida ketarkan Haqqa ma'lum

Risola-i Nurgaki, aylamishtim ham da xizmat

Risola-i Nurki, Aliyyul Murtazo va G’avsi A'zam

Jaljalutiyada va ba'zi qasidalarda qilganlar ishora

Risola-i Nurki, urvat-ul vusqo, lanfisam

Yopishib olganman zero, ham hidoyat va ayni haqiqat

Qo’ydilar bizlarniki, u yerda turgandi Yusuf Alayhissalom

Hamda barobarimizda edi Hazrati Ustoz.

Halil Ibrohim

***

Yigirma Sakkizinchi Yog'duning Yigirma Sakkizinchi Nuktasi

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

لَا يَسَّمَّعُونَ اِلَى الْمَلَاِ الْاَعْلٰى وَيُقْذَفُونَ مِنْ كُلِّ جَانِبٍ ٭ دُحُورًا وَلَهُمْ عَذَابٌ وَاصِبٌ ٭ اِلَّا مَنْ خَطِفَ الْخَطْفَةَ فَاَتْبَعَهُ شِهَابٌ ثَاقِبٌ ٭ وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَٓاءَ الدُّنْيَا بِمَصَاب۪يحَ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاط۪ينِ

kabi oyatlarning muhim bir nuktasi, ahli zalolatning bir tanqidi munosabati bilan bayon qilinadi. Jumladan:

Jin va shaytonlarning josuslari, samovot xabarlariga quloq o’g’riligi qilib, g’aybiy xabarlarni keltirib, kohinlar va moddiyunlar va ba'zi ispirtizmachilar kabi, g’aybdan xabar berishlarini, vahiyning nozil bo'lishining boshida vahiyga bir shubha keltirmaslik uchun ularning u doimiy josusligi o'sha vaqt yanada ziyoda uchar yulduzlar bilan toshbo'ron va man qilinganiga doir bo’lgan mazkur oyatlar munosabati bilan g’oyat muhim uch qismli bir savolga muxtasar bir javobdir.

Savol:Shu kabi oyatlardan tushuniladiki, juz'iy va ba'zan shaxsiy g'aybiy bir hodisadan ham xabar olish uchun g’oyat olis bir masofa bo’lgan samovot mamlakatiga josus shaytonlarning suqilishi va u juda keng mamlakatning har tarafida u juz'iy hodisadan bahs bordek, qaysi shayton bo’lmasin, qaysi yerga suqilmasin, chala-chulpa u xabarni eshitadi, keltiradi degan bir ma'noni aql va hikmat qabul qilmaydi. Ham nassi oyat bilan, samovotning ustida bo’lgan Jannatning mevalarini ba'zi ahli risolat va ahli karomat, yaqin bir yerdan olayotganday olar ekanlar. Ba'zan yaqindan Jannatni tomosha qilarkanlar deb haddan ortiq uzoqlik haddan ortiq yaqinlik ichida bir masaladirki, bu asrning aqlga sig’maydi? Yana, juz'iy bir shaxsning juz'iy bir ahvoli kulliy va keng bo’lgan samovot mamlakatidagi Mala-i A'loning bahsiga sabab bo’lishi, g’oyat hakiymona bo’lgan koinotning idorasi hikmatiga muvofiq kelmaydi? Holbuki bu uch masala ham Islomiy haqiqatlardan sanaladi?

Javob: Birinchidan:O’n Beshinchi So’z nomli bir risolada "yettita pog'ona" nomli yettita qat'iy muqaddima bilan

وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَٓاءَ الدُّنْيَا بِمَصَاب۪يحَ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاط۪ينِ

oyati ifoda qilgan, yulduzlar bilan shayton josuslarining samovotdan yo'qotilishi va quvilishi shunday bir suratda isbot qilinganki, eng qaysar moddiyunni ham ishontiradi, jim qiladi va qabul qildiradi.

Ikkinchidan:Bu uzoq deb o’ylangan u uch Islomiyat haqiqatini qisqa zehnlaga yaqinlashtirish uchun bir tamsil bilan ishora qilamiz. Masalan: Bir hukumatning doira-i askariyasi mamlakatning sharqida va doira-i adliyasi g’arbida va doira-i maorifi shimolida va doira-i ilmiyasi janubida va doira-i mulkiyasi o’rtasida bo’lsa; simsiz telefon, telegraf bilan, g’oyat muntazam bir suratda har doira aloqador bo’lgan vaziyatlarni ko’rsa, xabar olsa; xuddi butun u mamlakat, adliya doirasi bo’lgani holda, askariy doirasidir va mulkiya doirasi bo’lgani kabi, ilmiya doirasi bo’ladi.

Ham masalan: Farqli davlatlar va boshqa-boshqa poytaxtlari bo’lgan hukumatlarning ba'zan bo’ladiki, mustamlakalar jihati bilan yoki imtiyozlar e'tibori bilan yoki tijoratlar munosabati bilan birgina mamlakatda boshqa-boshqa hokimiyatliklari bo’ladi. Raiyat va millat bir bo’lgani holda, har bir hukumat o’z imtiyozi jihati bilan u raiyat bilan munosabatdordir. Bir-biridan juda uzoq u hukumatlarning muomalalari bir-biriga tegiladi. Har bir uyda bir-biriga yaqinlashadi va har odamda ishtiroklari bo’ladi. Juz'iy masalalari tegilish nuqtalaridagi juz'iy bir doirada ko’riladi. Bo’lmasa har bir juz'iy masala kulliy doiradan olinmaydi, lekin u juz'iy masalalardan bahs qilingan vaqt, to’g’ridan-to’g’ri kulliy doiraning qonuni bilan bo’lish jihati bilan, kulliy doiradan olinayotgandek va u doirada bahsga sabab bo’lgan bir masala shakli beriladigan tarzda ifoda qilinadi.

Xullas bu ikki tamsil kabi, samovot mamlakati, poytaxt va markaz e'tibori bilan g’oyat uzoq bo’lgani holda, Arz mamlakatida insonlarning qalblariga uzangan ma'naviy telefonlari bo’lgani kabi, samovot olami faqat olami jismoniyga qaramaydi, balki olami arvohni va olami malakutni ichiga olganidan, bir jihatda parda ostida olami shahodatni qamragandir. Yana, olami boqiydan va dori baqodan bo’lgan Jannat ham, hadsiz uzoqligi bilan barobar, yana u tasarruf doirasi parda-i shahodat ostida, har tarafda nuroniy bir suratda uzangan, yoyilgan. Sone'-i Hakiymi Zuljalolning hikmati bilan, qudrati bilan, qandayki insonning boshida joylashtirgan tuyg’ularining markazlari alohida-alohida bo’lgani holda, har biri umum u vujudga, u jismga hukm qiladi va tasarrufi doirasiga olib biladi. Xuddi shuning kabi, bu insoni akbar bo’lgan koinot ham, ichma-ich va bir-biri ichida bo’lgan doiralar kabi, minglab olamlarni ichiga oladi. Ularda jarayon qilgan ahvolning va hodisalarning kulliy va juz'iyati va xususiyati va azamati jihati bilan nazarni o'zida jamlaydi, ya'ni u juzlar juz'iy va yaqin yerlarda hamda kulliy va azamatlilar kulliy va buyuk maqomlarda ko’riladi.

Lekin ba'zan juz'iy va xususiy bir hodisa buyuk bir olamni istilo qiladi. Qaysi burchakda eshitilsa, o'sha hodisa eshitiladi. Va ba'zan esa buyuk tahshidot, dushmanning quvvatiga qarshi emas, balki hashamatni izhor qilish uchun qilinadi. Masalan: Hodisa-i Muhammadiya (ASV) va vahyi Qur'onning muqaddas hodisasi, umum samovot mamlakatida, hatto u mamlakatning har burchagida eng muhim bir hodisa bo’lganidan, to’g’ridan-to’g’ri juda uzoq va juda yuksak bo’lgan ulkan samovotning burjlarida soqchilar tizilib, yulduzlardan manjaniqlarni otib, josus shaytonlarni quvish va daf qilish vaziyatida ko’rsatish va ifoda qilish bilan, vahyi Qur'oniyning hashamati darajasini va saltanatining dabdabasini va hech bir jihatdan shubha kirmagan haqqoniyati darajasini e'longa bir ishorati Rabboniya bo’lib, u vaqtda va u asrda yanada ziyoda yulduzlar tushurilgan va otilgan ekan. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon ham u e'loni takviniyni tarjima qilib e'lon qiladi va u samoviy ishoraga ishora qiladi. Darhaqiqat, bitta maloikaning puflashi bilan uchirib bo’ladigan josus shaytonlarni bunday bir samoviy azim ishora bilan, maloikalar bilan muboraza ettirish, albatta u vahyi Qur'oniyning saltanati hashamatini ko’rsatish uchundir. Yana, bu hashamatli bo’lgan bayoni Qur'oniy va azamatli tahshidoti samoviya esa; jinniylarning, shaytonlarning samovot ahlini muborazaga va mudofaaga chorlaydigan bir iqtidorlari, bir mudofaalari bo’lganini ifoda qilish uchun emas, balki qalbi Muhammadiydan (ASV) to samovot olamiga, to Arshi A'zamga qadar bo’lgan uzun yo’lda, hech bir yerda jin va shaytonning aralashuvlari bo’lmaganiga ishora qilish uchun, vahyi Qur'oniy ulkan samovotda umum maloika tomonidan bahs sababi bo’lgan bir haqiqatdirki, bir daraja unga tegilish uchun, shaytonlar samovotga qadar chiqishga majbur bo’lib, hech bir narsaga muvaffaq bo’lolmasdan toshbo'ron qilinishi bilan ishora qiladiki; qalbi Muhammadiyga (ASV) kelgan vahiy va huzuri Muhammadiyaga (ASV) kelgan Jabroil va nazari Muhammadiyga (ASV) ko’ringan g’aybiy haqiqatlar ishonchli va mustaqimdir, hech bir jihat bilan shubha kirmaydi deb Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon mo’'jizona xabar beradi.

Ammo Jannatning uzoqligi bilan barobar olami baqodan bo’lgani holda eng yaqin yerlarda ko’rilishi va ba'zan undan meva olinishi esa; avvalgi ikki tamsil sirri bilan tushunilgani kabi, bu olami foniy va olami shahodat esa, olami g’aybga va dori baqoga bir pardadir. Jannatning markazi kubrosi uzoqda bo’lish bilan barobar, olami misol oynasi vositasi bilan har tarafda ko’rinishi mumkin bo’lgani kabi, haqqalyaqiyn darajasidagi iymonlar vositasi bilan, Jannatning bu olami foniyda -tamsilda xato bo’lmasin- bir navi mustamlakalari va doiralari bo’lishi mumkin va qalb telefoni bilan yuksak ruhlar bilan xabarlashishlari bo’lishi mumkin, hadyalari kelishi mumkin.

Ammo bir doira-i kulliyaning juz'iy bir hodisa-i shaxsiya bilan mashg’ul bo’lishi, ya'ni kohinlarga g’aybiy xabarlarni keltirish uchun shaytonlar samovotgacha chiqib quloq soladilar, chala-chulpa xato xabarlar keltiradilar deb tafsirlardagi ifodalarning bir haqiqati shu bo’lishi kerakki: Samovot mamlakatining poytaxtiga qadar ketib u juz'iy xabarni olish emasdir. Balki javvi havoni ham qamragan samovot mamlakatining -tashbehda xato yo’q- posbon xonalari hukmida ba'zi mavqelari borki, u mavqelarda Arz mamlakati bilan munosabatdorlik bo’ladi; juz'iy hodisalar uchun u juz'iy maqomlardan quloq o’g’irligi qiladilar. Hatto qalbi insoniy ham u maqomlardan biridirki, malaki ilhom bilan shaytoni xususiy u mavqeda muboraza etadilar. Va haqoiqi iymoniya va Qur'oniya va hodisoti Muhammadiya (ASV) esa, naqadar juz'iy bo’lmasin, eng katta, eng kulliy bir muhim hodisa hukmida eng kulliy bir doira bo’lgan Arshi A'zamda va doira-i samovotda -tamsilda xato bo’lmasin- muqaddaroti koinotning ma'naviy gazetalarida nashr bo’ladiganday har burchakda bahsga sabab bo’ladi, deya bayon bilan barobar, qalbi Muhammadiydan (ASV) to doira-i Arshga borgunga qadar esa, hech bir jihat bilan aralashish imkoni bo’lmaganidan, samovotni tinglashdan boshqa, shaytonlarning chorasi qolmaganini ifoda bilan, vahyi Qur'oniy va nubuvati Ahmadiya (ASV) qay daraja yuksak bir haqqoniyat darajasida bo’lganini va hech bir jihat bilan xilof va xato va hiyla unga yaqinlashishi mumkin bo’lmaganini g’oyat balig'ona, balki mo’'jizona e'lon qilish va ko’rsatishdir.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

Said Nursiy

Yigirma To’qqizinchi Yog'du

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

Maqsadni ifoda qilish

O’n uch yildan beri qalbim aqlim bilan birlashib Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning

لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ ٭ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ ٭ اَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا ف۪ٓى اَنْفُسِهِمْ مَا خَلَقَ اللّٰهُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضَ ٭ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

kabi oyatlar bilan amr qilgan tafakkur maslagiga tashviq qilgani va

تَفَكُّرُ سَاعَةٍ خَيْرٌ مِنْ عِبَادَةِ سَنَةٍ

hadisi sharifi, ba'zan bir soat tafakkur bir yil ibodat hukmida bo’lganini bayon qilib, tafakkurga azim tashviqot qilgani jihati bilan, men ham bu o’n uch yildan beri tafakkur maslagida aql va qalbimda namoyon bo'lgan buyuk nurlarni va uzun haqiqatlarni o’zimga muhofaza qilish uchun ishoralar navidan ba'zi kalimalarni u nurlarga dalolat qilish uchun emas, balki vujudlariga ishora va tafakkurni osonlashtirish va intizomni muhofaza qilish uchun qo'ydim. G’oyat farqli Arabcha iboralar bilan o’z-o’zimga u tafakkurda ketgan paytim u kalimalarni til bilan zikr qilar edim.

Bu uzun zamonda va minglab dafa takrorida na menga zerikish kelar edi va na bergan zavqi nuqsonlashar edi va na ularga ruhiy ehtiyoj yo'qo'lar edi. Chunki barcha u tafakkurlar Qur'on oyatlarining yog'dulari bo’lganidan, oyatlarning bir xossasi bo’lgan zeriktirmaslik va halovatini muhofaza qilish xossasining bir jilvasi u tafakkur oynasida tamassul qilgan.

Bu oxirda ko’rdimki: Risola-i Nurning qismlaridagi quvvatli uqda-i hayotiya va porloq nurlar u tafakkurlar silsilasining yog'dularidir. Menga qilgan ta'sirlarni boshqa zotlarga ham qilishi tushunchasi bilan, oxir umrimda majmuini qalamga olishni niyat qilgan edim. Garchi juda muhim qismlari risolalarda kirgizilgan, lekin butunidagi holatda boshqa bir quvvat va qiymat bo’ladi.

Umrning oxiri muayyan bo’lmagani uchun, bu qamoqdagi mahkumiyatim va vaziyatim o’limdan yanada battar bir shakl olganidan, hayotning oxirini kutmasdan, qardoshlarimning qistov va xohishlari bilan, o'zgartirmasdan, u tafakkurlar silsilasi "yetti bob" ustida yozildi.

(Bu Yog'duning boshqa olti bobi qo'l yozma Yog'dular majmuasida nashr qilingan.)

اَلْبَابُ الثَّالِثُ فِى مَرَاتِبِ اَللّٰهُ اَكْبَرُ

O’ttiz uch martabasidan yetti martabasini zikr qilamiz. U martabalardan muhim bir qismi Yigirmanchi Maktubning Ikkinchi Maqomida va O’ttiz Ikkinchi So’zning Ikkinchi Qismining oxirida va Uchinchi Qismining avvalida izoh qilingan. Shu martabalarning haqiqatini anglashni istaganlar, u ikki So’zga murojaat qilsinlar.

اَلْمَرْتَبَةُ الْاُولٰى:

وَ قُلِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى لَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَ لَمْ يَكُنْ لَهُ شَر۪يكٌ فِى الْمُلْكِ وَ لَمْ يَكُنْ لَهُ وَلِىٌّ مِنَ الذُّلِّ وَ كَبِّرْهُ تَكْب۪يرًا ٠

لَبَّيْكَ وَ سَعْدَيْكَ جَلَّ جَلَالُهُ ٠ اَللّٰهُ اَكْبَرُ مِنْ كُلِّ شَىْءٍ قُدْرَةً وَ عِلْمًا اِذْ هُوَ الْخَالِقُ الْبَارِئُ الْمُصَوِّرُ الَّذ۪ى صَنَعَ الْاِنْسَانَ بِقُدْرَتِه۪ كَالْكَائِنَاتِ

وَ كَتَبَ الْكَائِنَاتِ بِقَلَمِ قَدَرِه۪ كَمَا كَتَبَ الْاِنْسَانَ بِذٰلِكَ الْقَلَمِ اِذْ ذَاكَ الْعَالَمُ الْكَب۪يرُ كَهٰذَا الْعَالَمِ الصَّغ۪يرِ مَصْنُوعُ قُدْرَتِه۪ مَكْتُوبُ قَدَرِه۪ اِبْدَاعُهُ لِذَاكَ صَيَّرَهُ مَسْجِدًا ا۪يجَادُهُ لِهٰذَا صَيَّرَهُ سَاجِدًا اِنْشَائُهُ لِذَاكَ صَيَّرَ ذَاكَ مُلْكًا بِنَائُهُ لِهٰذَا صَيَّرَهُ مَمْلُوكًا صَنْعَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تَظَاهَرَتْ كِتَابًا صِبْغَتُهُ ف۪ى هٰذَا تَزَاهَرَتْ خِطَابًا قُدْرَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تُظْهِرُ حِشْمَتَهُ رَحْمَتُهُ ف۪ى هٰذَا تَنْظِمُ نِعْمَتَهُ حِشْمَتُهُ ف۪ى ذَاكَ تَشْهَدُ هُوَ الْوَاحِدُ نِعْمَتُهُ ف۪ى هٰذَا تُعْلِنُ هُوَ الْاَحَدُ سِكَّتُهُ ف۪ى ذَاكَ فِى الْكُلِّ وَ الْاَجْزَاءِ سُكُونًا حَرَكَةً خَاتَمُهُ ف۪ى هٰذَا فِى الْجِسْمِ وَ الْاَعْضَاءِ حُجَيْرَةً ذَرَّةً ٠

فَانْظُرْ اِلٰى اٰثَارِهِ الْمُتَّسِقَةِ كَيْفَ تَرٰى كَالْفَلَقِ سَخَاوَةً مُطْلَقَةً مَعَ اِنْتِظَامٍ مُطْلَقٍ ف۪ى سُرْعَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ اِتِّزَانٍ مُطْلَقٍ ف۪ى سُهُولَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ اِتِّقَانٍ مُطْلَقٍ ف۪ى وُسْعَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ حُسْنِ صُنْعٍ مُطْلَقٍ ف۪ى بُعْدَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ اِتِّفَاقٍ مُطْلَقٍ ف۪ى خِلْطَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ اِمْتِيَازٍ مُطْلَقٍ ف۪ى رُخْصَةٍ مُطْلَقَةٍ مَعَ غُلُوٍّ مُطْلَقٍ ٠ فَهٰذِهِ الْكَيْفِيَّةُ الْمَشْهُودَةُ شَاهِدَةٌ لِلْعَاقِلِ الْمُحَقِّقِ مُجْبِرَةٌ لِلْاَحْمَقِ الْمُنَافِقِ عَلٰى قَبُولِ الصَّنْعَةِ وَ الْوَحْدَةِ لِلْحَقِّ ذِى الْقُدْرَةِ الْمُطْلَقَةِ وَ هُوَ الْعَل۪يمُ الْمُطْلَقُ ٠ وَ فِى الْوَحْدَةِ سُهُولَةٌ مُطْلَقَةٌ وَ فِى الْكَثْرَةِ وَ الشِّرْكَةِ صُعُوبَةٌ مُنْغَلِقَةٌ ٠ اِنْ اُسْنِدَ كُلُّ الْاَشْيَاءِ لِلْوَاحِدِ فَالْكَائِنَاتُ كَالنَّخْلَةِ وَ النَّخْلَةُ كَالثَّمَرَةِ سُهُولَةً فِى الْاِبْتِدَاعِ ٠ اِنْ اُسْنِدَ لِلْكَثْرَةِ فَالنَّخْلَةُ كَالْكَائِنَاتِ وَ الثَّمَرَةُ كَالشَّجَرَاتِ صُعُوبَةً فِى الْاِمْتِنَاعِ ٠

اِذِ الْوَاحِدُ بِالْفِعْلِ الْوَاحِدِ يُحَصِّلُ نَت۪يجَةً وَ وَضْعِيَّةً لِلْكَث۪يرِ بِلَا كُلْفَةٍ وَ لَا مُبَاشَرَةٍ ٠ لَوْ اُح۪يلَتْ تِلْكَ الْوَضْعِيَّةُ وَ النَّت۪يجَةُ اِلَى الْكَثْرَةِ لَا يُمْكِنُ اَنْ تَصِلَ اِلَيْهَا اِلَّا بِتَكَلُّفَاتٍ وَ مُبَاشَرَاتٍ وَ مُشَاجَرَاتٍ ٠ كَالْاَم۪يرِ مَعَ النَّفَرَاتِ وَ الْبَان۪ى مَعَ الْحَجَرَاتِ وَ الْاَرْضِ مَعَ النُّجُومِ وَ السَّيَّارَاتِ وَ الْفَوَّارَةِ مَعَ الْقَطَرَاتِ وَ نُقْطَةِ الْمَرْكَزِ مَعَ النُّقَطِ فِى الدَّائِرَةِ بِسِرِّ اَنَّ فِى الْوَحْدَةِ يَقُومُ الْاِنْتِسَابُ مَقَامَ قُدْرَةٍ غَيْرَ مَحْدُودَةٍ ٠ وَ لَايَضْطَرُّ السَّبَبُ لِحَمْلِ مَنَابِعِ قُوَّتِه۪ وَ يَتَعَاظَمُ الْاَثَرُ بِالنِّسْبَةِ اِلَى الْمُسْنَدِ اِلَيْهِ ٠ وَ فِى الشِّرْكَةِ يَضْطَرُّ كُلُّ سَبَبٍ لِحَمْلِ مَنَابِعِ قُوَّتِه۪ فَيَتَصَاغَرُ الْاَثَرُ بِنِسْبَةِ جِرْمِه۪ وَ مِنْ هُنَا غَلَبَتِ النَّمْلَةُ وَ الذُّبَابَةُ عَلَى الْجَبَابِرَةِ وَ حَمَلَتِ النُّوَاةُ الصَّغ۪يرَةُ شَجَرَةً عَظ۪يمَةً ٠

وَ بِسِرِّ اَنَّ ف۪ى اِسْنَادِ كُلِّ الْاَشْيَاءِ اِلَى الْوَاحِدِ لَا يَكُونُ الْا۪يجَادُ مِنَ الْعَدَمِ الْمُطْلَقِ بَلْ يَكُونُ الْا۪يجَادُ عَيْنَ نَقْلِ الْمَوْجُودِ الْعِلْمِىِّ اِلَى الْوُجُودِ الْخَارِجِىِّ كَنَقْلِ الصُّورَةِ الْمُتَمَثِّلَةِ فِى الْمِرْاٰةِ اِلَى الصَّح۪يفَةِ الْفُطُوغْرَفِيَّةِ لِتَثْب۪يتِ وُجُودٍ خَارِجِىٍّ لَهَا بِكَمَالِ السُّهُولَةِ اَوْ اِظْهَارِ الْخَطِّ الْمَكْتُوبِ بِمِدَادٍ لَا يُرٰى بِوَاسِطَةِ مَادَّةٍ مُظْهِرَةٍ لِلْكِتَابَةِ الْمَسْتُورَةِ ٠

وَ ف۪ى اِسْنَادِ الْاَشْيَاءِ اِلَى الْاَسْبَابِ وَ الْكَثْرَةِ يَلْزَمُ الْا۪يجَادُ مِنَ الْعَدَمِ الْمُطْلَقِ.. وَ هُوَ اِنْ لَمْ يَكُنْ مُحَالًا يَكُونُ اَصْعَبَ الْاَشْيَاءِ ٠

فَالسُّهُولَةُ فِى الْوَحْدَةِ وَاصِلَةٌ اِلٰى دَرَجَةِ الْوُجُوبِ ٠ وَ الصُّعُوبَةُ فِى الْكَثْرَةِ وَاصِلَةٌ اِلٰى دَرَجَةِ الْاِمْتِنَاعِ ٠ وَ بِحِكْمَةِ اَنَّ فِى الْوَحْدَةِ يُمْكِنُ الْاِبْدَاعُ وَ ا۪يجَادُ الْاَيْسِ

{(*1) اَلْاَيْسُ :Mavjud degani.}

مِنَ اللَّيْسِ

{(*2) اَللَّيْسُ : Butunlay adam degani.}

يَعْن۪ى اِبْدَاعُ الْمَوْجُودِ مِنَ الْعَدَمِ الصِّرْفِ بِلَا مُدَّةٍ وَ لَا مَادَّةٍ .. وَ اِفْرَاغُ الذَّرَّاتِ فِى الْقَالَبِ الْعِلْمِىِّ بِلَا كُلْفَةٍ وَ لَا خِلْطَةٍ ٠

وَ فِى الشِّرْكَةِ وَ الْكَثْرَةِ لَا يُمْكِنُ الْاِبْدَاعُ مِنَ الْعَدَمِ بِاِتِّفَاقِ كُلِّ اَهْلِ الْعَقْلِ فَلَا بُدَّ لِوُجُودِ ذ۪ى حَيَاةٍ جَمْعُ ذَرَّاتٍ مُنْتَشِرَةٍ فِى الْاَرْضِ وَ الْعَنَاصِرِ .. وَ بِعَدَمِ الْقَالَبِ الْعِلْمِىِّ يَلْزَمُ لِمُحَافَظَةِ الذَّرَّاتِ ف۪ى جِسْمِ ذِى الْحَيَاةِ وُجُودُ عِلْمٍ كُلِّىٍّ وَ اِرَادَةٍ مُطْلَقَةٍ ف۪ى كُلِّ ذَرَّةٍ ٠

وَ مَعَ ذٰلِكَ اَنَّ الشُّرَكَاءَ مُسْتَغْنِيَةٌ عَنْهَا وَ مُمْتَنِعَةٌ بِالذَّاتِ بِخَمْسَةِ وُجُوهٍ مُتَدَاخِلَةٍ ٠ وَ الشُّرَكَاءُ الْمُسْتَغْنِيَةُ عَنْهَا وَ الْمُمْتَنِعَةُ بِالذَّاتِ تَحَكُّمِيَّةٌ مَحْضَةٌ لَا اَمَارَةَ عَلَيْهَا وَ لَا اِشَارَةَ اِلَيْهَا ف۪ى شَىْءٍ مِنَ الْمَوْجُودَاتِ اِذْ خِلْقَةُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ تَسْتَلْزِمُ قُدْرَةً كَامِلَةً غَيْرَ مُتَنَاهِيَةٍ بِالضَّرُورَةِ فَاسْتُغْنِىَ عَنِ الشُّرَكَاءِ وَ اِلَّا لَزِمَ تَحْد۪يدُ وَ انْتِهَاءُ قُدْرَةٍ كَامِلَةٍ غَيْرِ مُتَنَاهِيَةٍ ف۪ى وَقْتِ عَدَمِ التَّنَاه۪ى بِقُوَّةٍ مُتَنَاهِيَةٍ بِلَا ضَرُورَةٍ مَعَ الضَّرُورَةِ ف۪ى عَكْسِه۪ وَ هُوَ مُحَالٌ ف۪ى خَمْسَةِ اَوْجُهٍ فَامْتَنَعَتِ الشُّرَكَاءُ مَعَ اَنَّ الشُّرَكَاءَ الْمُمْتَنِعَةَ

بِتِلْكَ الْوُجُوهِ لَا اِشَارَةَ اِلٰى وُجُودِهَا وَ لَا اَمَارَةَ عَلٰى تَحَقُّقِهَا ف۪ى شَىْءٍ مِنَ الْمَوْجُودَاتِ فَقَدِ اسْتَفْسَرْنَا هٰذِهِ الْمَسْئَلَةَ (فِى الْمَوْقِفِ الْاَوَّلِ) مِنَ الرِّسَالَةِ الثَّانِيَةِ وَ الثَّلَاث۪ينَ مِنَ الذَّرَّاتِ اِلَى السَّيَّارَاتِ .. (وَ فِى الْمَوْقِفِ الثَّان۪ى) مِنَ السَّمٰوَاتِ اِلَى التَّشَخُّصَاتِ الْوَجْهِيَّةِ فَاَعْطَتْ جَم۪يعُهَا جَوَابَ رَدِّ الشِّرْكِ بِاِرَائَةِ سِكَّةِ التَّوْح۪يدِ فَكَمَا لَا شُرَكَاءَ لَهُ كَذٰلِكَ لَا مُع۪ينَ وَلَا وُزَرَاءَ لَهُ ٠

وَ مَا الْاَسْبَابُ اِلَّا حِجَابٌ رَق۪يقٌ عَلٰى تَصَرُّفِ الْقُدْرَةِ الْاَزَلِيَّةِ لَيْسَ لَهَا تَاْث۪يرٌ ا۪يجَادِىٌّ ف۪ى نَفْسِ الْاَمْرِ ٠ اِذْ اَشْرَفُ الْاَسْبَابِ وَ اَوْسَعُهَا اِخْتِيَارًا هُوَ الْاِنْسَانُ مَعَ اَنَّهُ لَيْسَ ف۪ى يَدِه۪ مِنْ اَظْهَرِ اَفْعَالِهِ الْاِخْتِيَارِيَّةِ كَالْاَكْلِ وَ الْكَلَامِ وَ الْفِكْرِ مِنْ مِاٰتِ اَجْزَاءٍ اِلَّا جُزْءٌ وَاحِدٌ مَشْكُوكٌ فَاِذَا كَانَ السَّبَبُ الْاَشْرَفُ وَ الْاَوْسَعُ اِخْتِيَارًا مَغْلُولَ الْاَيْد۪ى عَنِ التَّصَرُّفِ الْحَق۪يقِىِّ كَمَا تَرٰى فَكَيْفَ يُمْكِنُ اَنْ تَكُونَ الْبَه۪يمَاتُ وَ الْجَمَادَاتُ شَر۪يكًا فِى الْا۪يجَادِ وَ الرُّبُوبِيَّةِ لِخَالِقِ الْاَرْضِ وَ السَّمٰوَاتِ ٠

فَكَمَا لَا يُمْكِنُ اَنْ يَكُونَ الظَّرْفُ الَّذ۪ى وَضَعَ السُّلْطَانُ ف۪يهِ الْهَدِيَّةَ اَوِ الْمَنْد۪يلُ الَّذ۪ى لَفَّ ف۪يهِ الْعَطِيَّةَ اَوِ النَّفَرُ الَّذ۪ى اَرْسَلَ عَلٰى يَدِهِ النِّعْمَةَ اِلَيْكَ شُرَكَاءَ للِسُّلْطَانِ ف۪ى سَلْطَنَتِه۪ كَذٰلِكَ لَا يُمْكِنُ اَنْ يَكُونَ الْاَسْبَابُ الْمُرْسَلَةُ عَلٰى اَيْد۪يهِمُ النِّعَمُ اِلَيْنَا وَ الظُّرُوفُ الَّت۪ى هِىَ صَنَاد۪يقُ للِنِّعَمِ الْمُدَّخَرَةِ لَنَا وَ الْاَسْبَابُ الَّت۪ى اِلْتَفَّتْ عَلٰى عَطَايَا اِلٰهِيَّةٍ

مُهْدَاتٌ اِلَيْنَا شُرَكَاءَ اَعْوَانًا اَوْ وَسَائِطَ مُؤَثِّرَةً ٠

اَلْمَرْتَبَةُ الثَّانِيَةُ:

جَلَّ جَلَالُهُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ مِنْ كُلِّ شَىْءٍ قُدْرَةً وَ عِلْمًا اِذْ هُوَ الْخَلَّاقُ الْعَل۪يمُ الصَّانِعُ الْحَك۪يمُ الرَّحْمٰنُ الرَّح۪يمُ الَّذ۪ى هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتُ الْاَرْضِيَّةُ وَ الْاَجْرَامُ الْعُلْوِيَّةُ ف۪ى بُسْتَانِ الْكَائِنَاتِ مُعْجِزَاتُ قُدْرَةِ خَلَّاقٍ عَل۪يمٍ بِالْبَدَاهَةِ ٠ وَ هٰذِهِ النَّبَاتَاتُ الْمُتَلَوِّنَةُ الْمُتَزَيِّنَةُ الْمَنْثُورَةُ وَ هٰذِهِ الْحَيْوَانَاتُ الْمُتَنَوِّعَةُ الْمُتَبَرِّجَةُ الْمَنْشُورَةُ ف۪ى حَد۪يقَةِ الْاَرْضِ خَوَارِقُ صَنْعَةِ صَانِعٍ حَك۪يمٍ بِالضَّرُورَةِ وَ هٰذِهِ الْاَزْهَارُ الْمُتَبَسِّمَةُ وَ الْاَثْمَارُ الْمُتَزَيِّنَةُ ف۪ى جِنَانِ هٰذِهِ الْحَد۪يقَةِ هَدَايَاءُ رَحْمَةِ رَحْمٰنٍ رَح۪يمٍ بِالْمُشَاهَدَةِ تَشْهَدُ هَات۪يكَ وَ تُنَاد۪ى تَاكَ وَ تُعْلِنُ هٰذِه۪ بِاَنَّ خَلَّاقَ هَات۪يكَ وَ مُصَوِّرَ تَاكَ وَ وَاهِبَ هٰذِه۪ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ قَدْ وَسِعَ كُلَّ شَىْءٍ رَحْمَةً وَ عِلْمًا تَتَسَاوٰى بِالنِّسْبَةِ اِلٰى قُدْرَتِهِ الذَّرَّاتُ وَ النُّجُومُ وَ الْقَل۪يلُ وَ الْكَث۪يرُ وَ الصَّغ۪يرُ وَ الْكَب۪يرُ وَ الْمُتَنَاه۪ى وَ غَيْرُ الْمُتَنَاه۪ى وَ كُلُّ الْوُقُوعَاتِ الْمَاضِيَّةِ وَ غَرَائِبِهَا مُعْجِزَاتُ صَنْعَةِ صَانِعٍ حَك۪يمٍ تَشْهَدُ عَلٰى اَنَّ ذٰلِكَ الصَّانِعَ قَد۪يرٌ عَلٰى كُلِّ الْاِمْكَانَاتِ الْاِسْتِقْبَالِيَّةِ وَ عَجَائِبِهَا اِذْ هُوَ الْخَلَّاقُ الْعَل۪يمُ وَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ٠

فَسُبْحَانَ مَنْ جَعَلَ حَد۪يقَةَ اَرْضِه۪ مَشْهَرَ صَنْعَتِه۪ مَحْشَرَ فِطْرَتِه۪ مَظْهَرَ قُدْرَتِه۪ مَدَارَ حِكْمَتِه۪ مَزْهَرَ رَحْمَتِه۪ مَزْرَعَ جَنَّتِه۪ مَمَرَّ الْمَخْلُوقَاتِ مَس۪يلَ الْمَوْجُودَاتِ

مَك۪يلَ الْمَصْنُوعَاتِ فَمُزَيَّنُ الْحَيْوَانَاتِ مُنَقَّشُ الطُّيُورَاتِ مُثَمَّرُ الشَّجَرَاتِ مُزَهَّرُ النَّبَاتَاتِ مُعْجِزَاتُ عِلْمِه۪ خَوَارِقُ صُنْعِه۪ هَدَايَاءُ جُودِه۪ بَرَاه۪ينُ لُطْفِه۪ ٠ تَبَسُّمُ الْاَزْهَارِ مِنْ ز۪ينَةِ الْاَثْمَارِ، تَسَجُّعُ الْاَطْيَارِ ف۪ى نَسْمَةِ الْاَسْحَارِ، تَهَزُّجُ الْاَمْطَارِ عَلٰى خُدُودِ الْاَزْهَارِ، تَرَحُّمُ الْوَالِدَاتِ عَلَى الْاَطْفَالِ الصِّغَارِ، تَعَرُّفُ وَدُودٍ، تَوَدُّدُ رَحْمَانٍ، تَرَحُّمُ حَنَّانٍ تَحَنُّنُ مَنَّانٍ لِلْجِنِّ وَ الْاِنْسَانِ وَ الرُّوحِ وَ الْحَيْوَانِ وَ الْمَلَكِ وَ الْجَانِّ ٠

وَ الْبُذُورُ وَ الْاَثْمَارُ وَ الْحُبُوبُ وَ الْاَزْهَارُ مُعْجِزَاتُ الْحِكْمَةِ خَوَارِقُ الصَّنْعَةِ هَدَايَاءُ الرَّحْمَةِ بَرَاه۪ينُ الْوَحْدَةِ شَوَاهِدُ لُطْفِه۪ ف۪ى دَارِ الْاٰخِرَةِ شَوَاهِدُ صَادِقَةٌ بِاَنَّ خَلَّاقَهَا عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ قَدْ وَسِعَ كُلَّ شَىْءٍ بِالرَّحْمَةِ وَ الْعِلْمِ وَ الْخَلْقِ وَ التَّدْب۪يرِ وَ الصُّنْعِ وَ التَّصْو۪يرِ ٠ فَالشَّمْسُ كَالْبُذْرَةِ وَ النَّجْمُ كَالزُّهْرَةِ وَ الْاَرْضُ كَالْحَبَّةِ لَا تَثْقُلُ عَلَيْهِ بِالْخَلْقِ وَ التَّدْب۪يرِ وَ الصُّنْعِ وَ التَّصْو۪يرِ ٠

فَالْبُذُورُ وَ الْاَثْمَارُ مَرَايَاءُ الْوَحْدَةِ ف۪ى اَقْطَارِ الْكَثْرَةِ اِشَارَاتُ الْقَدَرِ رُمُوزَاتُ الْقُدْرَةِ بِاَنَّ تِلْكَ الْكَثْرَةَ مِنْ مَنْبَعِ الْوَحْدَةِ تَصْدُرُ شَاهِدَةً لِوَحْدَةِ الْفَاطِرِ فِى الصُّنْعِ وَ التَّصْو۪يرِ ثُمَّ اِلَى الْوَحْدَةِ تَنْتَه۪ى ذَاكِرَةً لِحِكْمَةِ الصَّانِعِ فِى الْخَلْقِ وَ التَّدْب۪يرِ ٠ وَ تَلْو۪يحَاتُ الْحِكْمَةِ بِاَنَّ خَالِقَ الْكُلِّ بِكُلِّيَّةِ النَّظَرِ اِلَى الْجُزْئِىِّ يَنْظُرُ ثُمَّ اِلٰى جُزْئِه۪ اِذْ اِنْ كَانَ ثَمَرًا فَهُوَ الْمَقْصُودُ الْاَظْهَرُ مِنْ خَلْقِ هٰذَا الشَّجَرِ ٠

فَالْبَشَرُ ثَمَرٌ لِهٰذِهِ الْكَائِنَاتِ فَهُوَ الْمَقْصُودُ الْاَظْهَرُ لِخَالِقِ الْمَوْجُودَاتِ وَ الْقَلْبُ

كَالنُّوَاةِ فَهُوَ الْمِرْاٰةُ الْاَنْوَرُ لِصَانِعِ الْمَخْلُوقَاتِ ٠ مِنْ هٰذِهِ الْحِكْمَةِ فَالْاِنْسَانُ الْاَصْغَرُ ف۪ى هٰذِهِ الْكَائِنَاتِ هُوَ الْمَدَارُ الْاَظْهَرُ لِلنَّشْرِ وَ الْمَحْشَرِ ف۪ى هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتِ وَ التَّخْر۪يبِ وَ التَّبْد۪يلِ وَ التَّحْو۪يلِ وَ التَّجْد۪يدِ لِهٰذِهِ الْكَائِنَاتِ ٠

اَللّٰهُ اَكْبَرُ يَا كَب۪يرُ اَنْتَ الَّذ۪ى لَا تَهْدِى الْعُقُولُ لِكُنْهِ عَظَمَتِهِ ٠

كِه: لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ بَرَابَرْ م۪ى زَنَنْد هَرْشَىْ دَمَادَمْ جُويَدَنْد يَا حَقّ سَرَاسَرْ گُويَدَنْد يَا حَىّ

اَلْمَرْتَبَةُ الثَّالِثَةُ :

{(*3) Bu Uchinchi Martabada, juz'iy bir gulni va go’zal bir ayolni nazarga oladi. Ulkan bahor bir guldir, Jannat ham bir gul kabidir, u martabalarning mazharlaridirlar. Va olam go’zal va katta bir inson va huriylar navi va ruhoniylar toifasi va hayvonlar jinsi va inson sinfining har biri ma'nan go’zal bir inson hukmida, bu martaba ko’rsatgan Asmoni bosqichlari bilan ko’rsatadi.}

(ا۪يضَاحُهَا ف۪ى رَاْسِ الْمَوْقِفِ الثَّالِثِ مِنَ الرِّسَالَةِ الثَّانِيَةِ وَ ثَلَاث۪ينَ)

اَللّٰهُ اَكْبَرُ مِنْ كُلِّ شَىْءٍ قُدْرَةً وَ عِلْمًا اِذْ هُوَ الْقَد۪يرُ الْمُقَدِّرُ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ الْمُصَوِّرُ الْكَر۪يمُ اللَّط۪يفُ الْمُزَيِّنُ الْمُنْعِمُ الْوَدُودُ الْمُتَعَرِّفُ الرَّحْمٰنُ الرَّح۪يمُ الْمُتَحَنِّنُ الْجَم۪يلُ ذُو الْجَمَالِ وَ الْكَمَالِ الْمُطْلَقِ النَّقَّاشُ الْاَزَلِىُّ الَّذ۪ى مَاحَقَائِقُ هٰذِهِ الْكَائِنَاتِ كُلًّا وَ اَجْزَاءً وَ صَحَائِفَ وَ طَبَقَاتٍ وَ مَا حَقَائِقُ هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتِ كُلِّيًّا وَ جُزْئِيًّا وَ وُجُودًا وَ بَقَاءً اِلَّا وَ هِىَ خُطُوطُ قَلَمِ قَضَائِه۪ وَ قَدَرِه۪ بِتَنْظ۪يمٍ وَ تَقْد۪يرٍ وَ عِلْمٍ وَ حِكْمَةٍ وَ اِلَّا نُقُوشُ پَرْكَارِ عِلْمِه۪ وَ حِكْمَتِه۪ بِصُنْعٍ وَ تَصْو۪يرٍ وَ اِلَّا تَزْي۪ينَاتُ يَدِ بَيْضَاءِ صُنْعِه۪ وَ تَصْو۪يرِه۪ وَ تَزْي۪ينِه۪ وَ تَنْو۪يرِه۪ بِلُطْفٍ وَ كَرَمٍ وَ اِلَّا اَزَاه۪يرُ

لَطَائِفِ لُطْفِه۪ وَ كَرَمِه۪ وَ تَعَرُّفِه۪ وَ تَوَدُّدِه۪ بِرَحْمَةٍ وَ نِعْمَةٍ وَ اِلَّا ثَمَرَاتُ فَيَّاضِ عَيْنِ رَحْمَتِه۪ وَ نِعْمَتِه۪ وَ تَرَحُّمِه۪ وَ تَحَنُّنِه۪ بِجَمَالٍ وَ كَمَالٍ وَ اِلَّا لَمَعَاتُ جَمَالٍ سَرْمَدِىٍّ وَ كَمَالٍ دَيْمُومِىٍّ بِشَهَادَةِ تَفَانِيَةِ الْمَرَايَا وَ سَيَّالِيَّةِ الْمَظَاهِرِ مَعَ دَوَامِ تَجَلِّى الْجَمَالِ عَلٰى مَرِّ الْفُصُولِ وَ الْعُصُورِ وَ الْاَدْوَارِ وَ مَعَ دَوَامِ الْاِنْعَامِ عَلٰى مَرِّ الْاَنَامِ وَ الْاَيَّامِ وَ الْاَعْوَامِ ٠

نَعَمْ تَفَانِى الْمِرْاٰةِ زَوَالُ الْمَوْجُودَاتِ مَعَ التَّجَلِّى الدَّائِمِ مَعَ الْفَيْضِ الْمُلَازِمِ مِنْ اَظْهَرِ الظَّوَاهِرِ مِنْ اَبْهَرِ الْبَوَاهِرِ عَلٰى اَنَّ الْجَمَالَ الظَّاهِرَ اَنَّ الْكَمَالَ الزَّاهِرَ لَيْسَا مُلْكَ الْمَظَاهِرِ مِنْ اَفْصَحِ تِبْيَانٍ مِنْ اَوْضَحِ بُرْهَانٍ لِلْجَمَالِ الْمُجَرَّدِ لِلْاِحْسَانِ الْمُجَدَّدِ لِلْوَاجِبِ الْوُجُودِ لِلْبَاقِى الْوَدُودِ ٠

نَعَمْ فَالْاَثَرُ الْمُكَمَّلُ يَدُلُّ بِالْبَدَاهَةِ عَلَى الْفِعْلِ الْمُكَمَّلِ ثُمَّ الْفِعْلُ الْمُكَمَّلُ يَدُلُّ بِالضَّرُورَةِ عَلَى الْاِسْمِ الْمُكَمَّلِ وَ الْفَاعِلِ الْمُكَمَّلِ ثُمَّ الْاِسْمُ الْمُكَمَّلُ يَدُلُّ بِلَا رَيْبٍ عَلَى الْوَصْفِ الْمُكَمَّلِ ثُمَّ الْوَصْفُ الْمُكَمَّلُ يَدُلُّ بِلَا شَكٍّ عَلَى الشَّاْنِ الْمُكَمَّلِ ثُمَّ الشَّاْنُ الْمُكَمَّلُ يَدُلُّ بِالْيَق۪ينِ عَلٰى كَمَالِ الذَّاتِ بِمَا يَل۪يقُ بِالذَّاتِ وَ هُوَ الْحَقُّ الْيَق۪ينُ ٠

اَلْمَرْتَبَةُ الرَّابِعَةُ:

جَلَّ جَلَالُهُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ اِذْ هُوَ الْعَدْلُ الْعَادِلُ الْحَكَمُ الْحَاكِمُ الْحَك۪يمُ الْاَزَلِىُّ الَّذ۪ى اَسَّسَ بُنْيَانَ شَجَرَةِ هٰذِهِ الْكَائِنَاتِ ف۪ى سِتَّةِ اَيَّامٍ بِاُصُولِ

مَش۪يئَتِه۪ وَ حِكْمَتِه۪ وَ فَصَّلَهَا بِدَسَات۪يرِ قَضَائِه۪ وَ قَدَرِه۪ وَ نَظَّمَهَا بِقَوَان۪ينِ عَادَتِه۪ وَ سُنَّتِه۪ وَ زَيَّنَهَا بِنَوَام۪يسِ عِنَايَتِه۪ وَ رَحْمَتِه۪ وَ نَوَّرَهَا بِجَلَوَاتِ اَسْمَائِه۪ وَ صِفَاتِه۪ بِشَهَادَاتِ اِنْتِظَامَاتِ مَصْنُوعَاتِه۪ وَ تَزَيُّنَاتِ مَوْجُودَاتِه۪ وَ تَشَابُهِهَا وَ تَنَاسُبِهَا وَ تَجَاوُبِهَا وَ تَعَاوُنِهَا وَ تَعَانُقِهَا وَ اِتِّقَانِ الصَّنْعَةِ الشُّعُورِيَّةِ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ عَلٰى مِقْدَارِ قَامَةِ قَابِلِيَّتِهِ الْمُقَدَّرَةِ بِتَقْد۪يرِ الْقَدَرِ فَالْحِكْمَةُ الْعَامَّةُ ف۪ى تَنْظ۪يمَاتِهَا وَ الْعِنَايَةُ التَّامَّةُ ف۪ى تَزْي۪ينَاتِهَا وَ الرَّحْمَةُ الْوَاسِعَةُ ف۪ى تَلْط۪يفَاتِهَا وَ الْاَرْزَاقُ وَ الْاِعَاشَةُ الشَّامِلَةُ ف۪ى تَرْبِيَتِهَا وَ الْحَيَاةُ الْعَج۪يبَةُ الصَّنْعَةِ بِمَظْهَرِيَّتِهَا للِشُّؤُنِ الذَّاتِيَّةِ لِفَاطِرِهَا وَ الْمَحَاسِنُ الْقَصْدِيَّةُ ف۪ى تَحْس۪ينَاتِهَا وَ دَوَامُ تَجَلِّى الْجَمَالِ الْمُنْعَكِسِ مَعَ زَوَالِهَا وَ الْعِشْقُ الصَّادِقُ ف۪ى قَلْبِهَا لِمَعْبُودِهَا وَ الْاِنْجِذَابُ الظَّاهِرُ ف۪ى جَذْبَتِهَا وَ اِتِّفَاقُ كُلِّ كُمَّلِهَا عَلٰى وَحْدَةِ فَاطِرِهَا وَ التَّصَرُّفُ لِمَصَالِحَ ف۪ى اَجْزَائِهَا وَ التَّدْب۪يرُ الْحَك۪يمُ لِنَبَاتَاتِهَا وَ التَّرْبِيَةُ الْكَر۪يمَةُ لِحَيْوَانَاتِهَا وَ الْاِنْتِظَامُ الْمُكَمَّلُ ف۪ى تَغَيُّرَاتِ اَرْكَانِهَا وَ الْغَايَاتُ الْجَس۪يمَةُ ف۪ى اِنْتِظَامِ كُلِّيَّتِهَا وَ الْحُدُوثُ دَفْعَةً مَعَ غَايَةِ كَمَالِ حُسْنِ صَنْعَتِهَا بِلَا اِحْتِيَاجٍ اِلٰى مُدَّةٍ وَ مَادَّةٍ وَ التَّشَخُّصَاتُ الْحَك۪يمَةُ مَعَ عَدَمِ تَحْد۪يدِ تَرَدُّدِ اِمْكَانَاتِهَا وَ قَضَاءُ حَاجَاتِهَا عَلٰى غَايَةِ كَثْرَتِهَا وَ تَنَوُّعِهَا ف۪ى اَوْقَاتِهَا اللَّائِقَةِ الْمُنَاسِبَةِ مِنْ حَيْثُ لَا يُحْتَسَبُ وَ مِنْ حَيْثُ لَا يُشْعَرُ مَعَ قَصْرِ اَيْد۪يهَا مِنْ اَصْغَرِ مَطَالِبِهَا وَ الْقُوَّةُ الْمُطْلَقَةُ ف۪ى مَعْدَنِ ضَعْفِهَا وَ الْقُدْرَةُ

الْمُطْلَقَةُ ف۪ى مَنْبَعِ عَجْزِهَا وَ الْحَيَاةُ الظَّاهِرَةُ ف۪ى جُمُودِهَا وَ الشُّعُورُ الْمُح۪يطُ ف۪ى جَهْلِهَا وَ الْاِنْتِظَامُ الْمُكَمَّلُ ف۪ى تَغَيُّرَاتِهَا الْمُسْتَلْزِمُ لِوُجُودِ الْمُغَيِّرِ الْغَيْرِ الْمُتَغَيِّرِ وَ الْاِتِّفَاقُ ف۪ى تَسْب۪يحَاتِهَا كَالدَّوَائِرِ الْمُتَدَاخِلَةِ الْمُتَّحِدَةِ الْمَرْكَزِ وَ الْمَقْبُولِيَّةُ ف۪ى دَعَوَاتِهَا الثَّلَاثِ بِلِسَانِ اِسْتِعْدَادِهَا وَ بِلِسَانِ اِحْتِيَاجِهَا الْفِطْرِيَّةِ وَ بِلِسَانِ اِضْطِرَارِهَا وَ الْمُنَاجَاةُ وَ الشُّهُودَاتُ وَ الْفُيُوضَاتُ ف۪ى عِبَادَاتِهَا وَ الْاِنْتِظَامُ ف۪ى قَدَرَيْهَا وَ الْاِطْمِئْنَانُ بِذِكْرِ فَاطِرِهَا وَ كَوْنُ الْعِبَادَةِ ف۪يهَا خَيْطَ الْوُصْلَةِ بَيْنَ مُنْتَهٰيهَا وَ مَبْدَئِهَا وَ سَبَبُ ظُهُورِ كَمَالِهَا وَ لِتَحَقُّقِ مَقَاصِدِ صَانِعِهَا ٠

وَ هٰكَذَا بِسَائِرِ شُؤُنَاتِهَا وَ اَحْوَالِهَا وَ كَيْفِيَّاتِهَا شَاهِدَاتٌ بِاَنَّهَا كُلَّهَا بِتَدْب۪يرِ مُدَبِّرٍ حَك۪يمٍ وَاحِدٍ وَ ف۪ى تَرْبِيَةِ مُرَبٍّ كَر۪يمٍ اَحَدٍ صَمَدٍ وَ كُلَّهَا خُدَّامُ سَيِّدٍ وَاحِدٍ وَ تَحْتَ تَصَرُّفِ مُتَصَرِّفٍ وَاحِدٍ وَ مَصْدَرُهُمْ قُدْرَةُ الْوَاحِدِ الَّذ۪ى تَظَاهَرَتْ وَ تَكَاثَرَتْ خَوَات۪يمُ وَحْدَتِه۪ عَلٰى كُلِّ مَكْتُوبٍ مِنْ مَكْتُوبَاتِه۪ ف۪ى كُلِّ صَفْحَةٍ مِنْ صَفَحَاتِ مَوْجُودَاتِه۪ ٠

نَعَمْ فَكُلُّ زُهْرَةٍ وَ ثَمَرٍ وَ كُلُّ نَبَاتٍ وَ شَجَرٍ بَلْ كُلُّ حَيْوَانٍ وَ حَجَرٍ بَلْ كُلُّ ذَرٍّ وَ مَدَرٍ ف۪ى كُلِّ وَادٍ وَ جَبَلٍ وَ كُلِّ بَادٍ وَ قَفَرٍ خَاتَمٌ بَيِّنُ النَّقْشِ وَ الْاَثَرِ يُظْهِرُ لِدِقَّةِ النَّظَرِ بِاَنَّ ذَا ذَاكَ الْاَثَرِ هُوَ كَاتِبُ ذَاكَ الْمَكَانِ بِالْعِبَرِ فَهُوَ كَاتِبُ ظَهْرِ الْبَرِّ وَ بَطْنِ الْبَحْرِ فَهُوَ نَقَّاشُ الشَّمْسِ وَ الْقَمَرِ ف۪ى صَح۪يفَةِ السَّمٰوَاتِ ذَاتِ الْعِبَرِ جَلَّ جَلَالُ نَقَّاشِهَا اَللّٰهُ اَكْبَرُ

كِه لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ بَرَابَرْ م۪ى زَنَدْ عَالَمْ

اَلْمَرْتَبَةُ الْخَامِسَةُ:

{(*4) O’ttiz Ikkinchi So’zning Birinchi Qismining ilovasida va Yigirmanchi Maktubning Ikkinchi Maqomida izoh qilingan.}

اَللّٰهُ اَكْبَرُ اِذْ هُوَ الْخَلَّاقُ الْقَد۪يرُ الْمُصَوِّرُ الْبَص۪يرُ الَّذ۪ى هٰذِهِ الْاَجْرَامُ الْعُلْوِيَّةُ وَ الْكَوَاكِبُ الدُّرِّيَّةُ نَيِّرَاتُ بَرَاه۪ينِ اُلُوهِيَّتِه۪ وَ عَظَمَتِه۪ وَ شُعَاعَاتُ شَوَاهِدِ رُبُوبِيَّتِه۪ وَ عِزَّتِه۪ تَشْهَدُ وَ تُنَاد۪ى عَلٰى شَعْشَعَةِ سَلْطَنَةِ رُبُوبِيَّتِه۪ وَ تُنَاد۪ى عَلٰى وُسْعَةِ حُكْمِه۪ وَ حِكْمَتِه۪ وَ عَلٰى حِشْمَةِ عَظَمَةِ قُدْرَتِه۪ فَاسْتَمِعْ اِلٰى اٰيَةِ ( اَفَلَمْ يَنْظُرُٓوا اِلَى السَّمَٓاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَ زَيَّنَّاهَا ... الخ ) ثُمَّ انْظُرْ اِلٰى وَجْهِ السَّمَاءِ كَيْفَ تَرٰى سُكُوتًا ف۪ى سُكُونَةٍ حَرَكَةً ف۪ى حِكْمَةٍ تَلَئْلُأً ف۪ى حِشْمَةٍ تَبَسُّمًا ف۪ى ز۪ينَةٍ مَعَ اِنْتِظَامِ الْخِلْقَةِ مَعَ اِتِّزَانِ الصَّنْعَةِ تَشَعْشُعُ سِرَاجِهَا لِتَبْد۪يلِ الْمَوَاسِمِ تَهَلْهُلُ مِصْبَاحِهَا لِتَنْو۪يرِ الْمَعَالِمِ تَلَئْلُأُ نُجُومِهَا لِتَزْي۪ينِ الْعَوَالِمِ تُعْلِنُ لِاَهْلِ النُّهٰى سَلْطَنَةً بِلَا اِنْتِهَاءٍ لِتَدْب۪يرِ هٰذَا الْعَالَمِ ٠

فَذٰلِكَ الْخَلَّاقُ الْقَد۪يرُ عَل۪يمٌ بِكُلِّ شَىْءٍ وَ مُر۪يدٌ بِاِرَادَةٍ شَامِلَةٍ مَاشَاءَ كَانَ وَ مَا لَمْ يَشَاْ لَمْ يَكُنْ وَ هُوَ قَد۪يرٌ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ بِقُدْرَةٍ مُطْلَقَةٍ مُح۪يطَةٍ ذَاتِيَّةٍ وَ كَمَا لَا يُمْكِنُ وَ لَا يُتَصَوَّرُ وُجُودُ هٰذِهِ الشَّمْسِ ف۪ى هٰذَا الْيَوْمِ بِلَا ضِيَاءٍ وَ لَا حَرَارَةٍ كَذٰلِكَ لَا يُمْكِنُ وَ لَا يُتَصَوَّرُ وُجُودُ اِلٰهٍ خَالِقٍ للِسَّمٰوَاتِ بِلَا عِلْمٍ مُح۪يطٍ وَ بِلَا قُدْرَةٍ مُطْلَقَةٍ فَهُوَ بِالضَّرُورَةِ عَل۪يمٌ بِكُلِّ شَىْءٍ بِعِلْمٍ مُح۪يطٍ لَازِمٍ ذَاتِىٍّ لِلذَّاتِ يَلْزَمُ تَعَلُّقُ ذٰلِكَ الْعِلْمِ بِكُلِّ الْاَشْيَاءِ لَا يُمْكِنُ اَنْ يَنْفَكَّ عَنْهُ شَىْءٌ بِسِرِّ الْحُضُورِ

وَ الشُّهُودِ وَ النُّفُوذِ وَ الْاِحَاطَةِ النُّورَانِيَّةِ فَمَا يُشَاهَدُ ف۪ى جَم۪يعِ الْمَوْجُودَاتِ مِنَ الْاِنْتِظَامَاتِ الْمَوْزُونَةِ وَ الْاِتِّزَانَاتِ الْمَنْظُومَةِ وَ الْحِكَمِ الْعَامَّةِ وَ الْعِنَايَاتِ التَّامَّةِ وَ الْاَقْدَارِ الْمُنْتَظَمَةِ وَ الْاَقْضِيَةِ الْمُثْمِرَةِ وَ الْاٰجَالِ الْمُعَيَّنَةِ وَ الْاَرْزَاقِ الْمُقَنَّنَةِ وَ الْاِتِّقَانَاتِ الْمُفَنَّنَةِ وَ الْاِهْتِمَامَاتِ الْمُزَيَّنَةِ وَغَايَةِ كَمَالِ الْاِمْتِيَازِ وَ الْاِتِّزَانِ وَ الْاِنْتِظَامِ وَ الْاِتِّقَانِ وَ السُّهُولَةِ الْمُطْلَقَةِ شَاهِدَاتٌ عَلٰى اِحَاطَةِ عِلْمِ عَلَّامِ الْغُيُوبِ بِكُلِّ شَىْءٍ وَ اَنَّ اٰيَةَ (اَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَ هُوَ اللَّط۪يفُ الْخَب۪يرُ) تَدُلُّ عَلٰى اَنَّ الْوُجُودَ فِى الشَّىْءِ يَسْتَلْزِمُ الْعِلْمَ بِه۪ وَ نُورَ الْوُجُودِ فِى الْاَشْيَاءِ يَسْتَلْزِمُ نُورَ الْعِلْمِ ف۪يهَا فَنِسْبَةُ دَلَالَةِ حُسْنِ صَنْعَةِ الْاِنْسَانِ عَلٰى شُعُورِه۪ اِلٰى نِسْبَةِ دَلَالَةِ خِلْقَةِ الْاِنْسَانِ عَلٰى عِلْمِ خَالِقِه۪ كَنِسْبَةِ لُمَيْعَةِ نُجَيْمَةِ الذُّبَيْبَةِ فِى اللَّيْلَةِ الدَّهْمَاءِ اِلٰى شَعْشَعَةِ الشَّمْسِ ف۪ى نِصْفِ النَّهَارِ عَلٰى وَجْهِ الْغَبْرَاءِ ٠

وَ كَمَا اَنَّهُ عَل۪يمٌ بِكُلِّ شَىْءٍ فَهُوَ مُر۪يدٌ لِكُلِّ شَىْءٍ لَا يُمْكِنُ اَنْ يَتَحَقَّقَ شَىْءٌ بِدُونِ مَشِيَّتِه۪ وَ كَمَا اَنَّ الْقُدْرَةَ تُؤَثِّرُ وَ اَنَّ الْعِلْمَ يُمَيِّزُ كَذٰلِكَ اَنَّ الْاِرَادَةَ تُخَصِّصُ. ثُمَّ يَتَحَقَّقُ وُجُودُ الْاَشْيَاءِ فَالشَّوَاهِدُ عَلٰى وُجُودِ اِرَادَتِه۪ تَعَالٰى وَ اِخْتِيَارِه۪ سُبْحَانَهُ بِعَدَدِ كَيْفِيَّاتِ الْاَشْيَاءِ وَ اَحْوَالِهَا وَ شُؤُنَاتِهَا نَعَمْ فَتَنْظ۪يمُ الْمَوْجُودَاتِ وَ تَخْص۪يصُهَا بِصِفَاتِهَا مِنْ بَيْنِ الْاِمْكَانَاتِ الْغَيْرِ الْمَحْدُودَةِ وَ مِنْ بَيْنِ الطُّرُقِ الْعَق۪يمَةِ وَ مِنْ بَيْنِ الْاِحْتِمَالَاتِ الْمُشَوَّشَةِ وَ تَحْتَ اَيْدِى السُّيُولِ الْمُتَشَاكِسَةِ بِهٰذَا

النِّظَامِ الْاَدَقِّ الْاَرَقِّ وَ تَوْز۪ينُهَا بِهٰذَا الْم۪يزَانِ الْحَسَّاسِ الْجَسَّاسِ الْمَشْهُودَيْنِ ٠

وَ اَنَّ خَلْقَ الْمَوْجُودَاتِ الْمُخْتَلِفَاتِ الْمُنْتَظَمَاتِ الْحَيَوِيَّةِ مِنَ الْبَسَائِطِ الْجَامِدَةِ كَالْاِنْسَانِ بِجِهَازَاتِه۪ مِنَ النُّطْفَةِ وَ الطَّيْرِ بِجَوَارِحِه۪ مِنَ الْبَيْضَةِ وَ الشَّجَرِ بِاَعْضَائِهِ الْمُتَنَوِّعَةِ مِنَ النُّوَاةِ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّ تَخَصُّصَ كُلِّ شَىْءٍ وَ تَعَيُّنَهُ بِاِرَادَتِه۪ وَ اِخْتِيَارِه۪ وَ مَشِيَّتِه۪ سُبْحَانَهُ ٠

فَكَمَا اَنَّ تَوَافُقَ الْاَشْيَاءِ مِنْ جِنْسٍ وَ الْاَفْرَادِ مِنْ نَوْعٍ ف۪ى اَسَاسَاتِ الْاَعْضَاءِ يَدُلُّ بِالضَّرُورَةِ عَلٰى اَنَّ صَانِعَهَا وَاحِدٌ اَحَدٌ كَذٰلِكَ اَنَّ تَمَايُزَهَا فِى التَّشَخُّصَاتِ الْحَك۪يمَةِ الْمُشْتَمِلَةِ عَلٰى عَلَامَاتٍ فَارِقَةٍ مُنْتَظَمَةٍ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّ ذٰلِكَ الصَّانِعَ الْوَاحِدَ الْاَحَدَ هُوَ فَاعِلٌ مُخْتَارٌ مُر۪يدٌ يَفْعَلُ مَايَشَاءُ وَ يَحْكُمُ مَا يُر۪يدُ جَلَّ جَلَالُهُ ٠

وَ كَمَا اَنَّ ذٰلِكَ الْخَلَّاقَ الْعَل۪يمَ الْمُر۪يدَ عَل۪يمٌ بِكُلِّ شَىْءٍ وَ مُر۪يدٌ لِكُلِّ شَىْءٍ لَهُ عِلْمٌ مُح۪يطٌ وَ اِرَادَةٌ شَامِلَةٌ وَ اِخْتِيَارٌ تَامٌّ كَذٰلِكَ لَهُ قُدْرَةٌ كَامِلَةٌ ضَرُورِيَّةٌ ذَاتِيَةٌ نَاشِئَةٌ مِنَ الذَّاتِ وَ لَازِمَةٌ لِلذَّاتِ فَمُحَالٌ تَدَاخُلُ ضِدِّهَا وَ اِلَّا لَزِمَ جَمْعُ ضِدَّيْنِ الْمُحَالُ بِالْاِتِّفَاقِ ٠

فَلَا مَرَاتِبَ ف۪ى تِلْكَ الْقُدْرَةِ فَتَتَسَاوٰى بِالنِّسْبَةِ اِلَيْهَا الذَّرَّاتُ وَ النُّجُومُ وَ الْقَل۪يلُ وَ الْكَث۪يرُ وَ الصَّغ۪يرُ وَ الْكَب۪يرُ وَ الْجُزْئِىُّ وَ الْكُلِّىُّ وَ الْجُزْءُ وَ الْكُلُّ وَ الْاِنْسَانُ وَ الْعَالَمُ وَ النُّوَاةُ وَ الشَّجَرُ بِسِرِّ النُّورَانِيَّةِ وَ الشَّفَّافِيَّةِ وَ الْمُقَابَلَةِ وَ الْمُوَازَنَةِ وَ الْاِنْتِظَامِ وَ الْاِمْتِثَالِ بِشَهَادَةِ الْاِنْتِظَامِ الْمُطْلَقِ وَ الْاِتِّزَانِ الْمُطْلَقِ وَ الْاِمْتِيَازِ الْمُطْلَقِ فِى السُّرْعَةِ وَ السُّهُولَةِ وَ الْكَثْرَةِ الْمُطْلَقَاتِ بِسِرِّ اِمْدَادِ الْوَاحِدِيَّةِ وَ يُسْرِ الْوَحْدَةِ

وَ تَجَلِّى الْاَحَدِيَّةِ وَ بِحِكْمَةِ الْوُجُوبِ وَ التَّجَرُّدِ وَ مُبَايَنَةِ الْمَاهِيَّةِ وَ بِسِرِّ عَدَمِ التَّقَيُّدِ وَ عَدَمِ التَّحَيُّزِ وَ عَدَمِ التَّجَزّ۪ى وَ بِحِكْمَةِ اِنْقِلَابِ الْعَوَائِقِ وَ الْمَوَانِعِ اِلَى الْوَسَائِلِ فِى التَّسْه۪يلِ اِنْ اُحْت۪يجَ اِلَيْهِ وَ الْحَالُ اَنَّهُ لَا اِحْتِيَاجَ كَاَعْصَابِ الْاِنْسَانِ وَ الْخُطُوطِ الْحَد۪يدِيَّةِ لِنَقْلِ السَّيَّالَاتِ اللَّط۪يفَةِ بِحِكْمَةِ اَنَّ الذَّرَّةَ وَ الْجُزْءَ وَ الْجُزْئِىَّ وَ الْقَل۪يلَ وَ الصَّغ۪يرَ وَ الْاِنْسَانَ وَ النُّوَاةَ لَيْسَتْ بِاَقَلَّ جَزَالَةً مِنَ النَّجْمِ وَ النَّوْعِ وَ الْكُلِّ وَ الْكُلِّىِّ وَ الْكَث۪يرِ وَ الْكَب۪يرِ وَ الْعَالَمِ وَ الشَّجَرِ فَمَنْ خَلَقَ هٰؤُلَاءِ لَا يُسْتَبْعَدُ مِنْهُ خَلْقُ هٰذِه۪ اِذِ الْمُحَاطَاتُ كَالْاَمْثِلَةِ الْمَكْتُوبَةِ الْمُصَغَّرَةِ اَوْ كَالنُّقَطِ الْمَحْلُوبَةِ الْمُعَصَّرَةِ فَلَا بُدَّ بِالضَّرُورَةِ اَنْ يَكُونَ الْمُح۪يطُ ف۪ى قَبْضَةِ تَصَرُّفِ خَالِقِ الْمُحَاطِ لِيُدْرِجَ مِثَالَ الْمُح۪يطِ فِى الْمُحَاطَاتِ بِدَسَات۪يرِ عِلْمِه۪ وَ اَنْ يَعْصُرَهَا مِنْهُ بِمَوَاز۪ينِ حِكْمَتِه۪ فَالْقُدْرَةُ الَّت۪ى اَبْرَزَتْ هَات۪يكَ الْجُزْئِيَّاتِ لَا يَتَعَسَّرُ عَلَيْهَا اِبْرَازُ تَاكَ الْكُلِّيَّاتِ فَكَمَا اَنَّ نُسْخَةَ قُرْاٰنِ الْحِكْمَةِ الْمَكْتُوبَةِ عَلَى الْجَوْهَرِ الْفَرْدِ بِذَرَّاتِ الْاَث۪يرِ لَيْسَتْ بِاَقَلَّ جَزَالَةً مِنْ نُسْخَةِ قُرْاٰنِ الْعَظَمَةِ الْمَكْتُوبَةِ عَلٰى صَحَائِفِ السَّمٰوَاتِ بِمِدَادِ النُّجُومِ وَ الشُّمُوسِ كَذٰلِكَ لَيْسَتْ خِلْقَةُ نَحْلَةٍ وَ نَمْلَةٍ بِاَقَلَّ جَزَالَةً مِنْ خِلْقَةِ النَّخْلَةِ وَ الْف۪يلِ وَ لَا صَنْعَةُ وَرْدِ الزُّهْرَةِ بِاَقَلَّ جَزَالَةً مِنْ صَنْعَةِ دُرِّىِّ نَجْمِ الزُّهْرَةِ وَ هٰكَذَا فَقِسْ ٠

فَكَمَا اَنَّ غَايَةَ كَمَالِ السُّهُولَةِ ف۪ى ا۪يجَادِ الْاَشْيَاءِ اَوْقَعَتْ اَهْلَ الضَّلَالَةِ ف۪ى اِلْتِبَاسِ التَّشْك۪يلِ بِالتَّشَكُّلِ الْمُسْتَلْزِمِ لِلْمُحَالَاتِ الْخُرَافِيَّةِ الَّت۪ى تَمُجُّهَا الْعُقُولُ بَلْ تَتَنَفَّرُ عَنْهَا الْاَوْهَامُ كَذٰلِكَ اَثْبَتَتْ بِالْقَطْعِ وَ الضَّرُورَةِ لِاَهْلِ الْحَقِّ

وَ الْحَق۪يقَةِ تَسَاوِىَ السَّيَّارَاتِ مَعَ الذَّرَّاتِ بِالنِّسْبَةِ اِلٰى قُدْرَةِ خَالِقِ الْكَائِنَاتِ جَلَّ جَلَالُهُ وَ عَظُمَ شَانُهُ وَ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ٠

اَلْمَرْتَبَةُ السَّادِسَةُ:

{(*5) Bu Oltinchi Martaba boshqa martabalar kabi yozilsa edi, juda ham uzun bo’lar edi. Chunki Imomi Mubin, Kitobi Mubinni qisqa ifoda bilan bayon qilib bo’lmaydi. O’ttizinchi So’zda bir oz zikr qilinganidan bu yerda yozuv o'laroq tugatib, darsda izohlar berdik.}

جَلَّ جَلَالُهُ وَ عَظُمَ شَانُهُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ مِنْ كُلِّ شَىْءٍ قُدْرَةً وَ عِلْمًا اِذْ هُوَ الْعَادِلُ الْحَك۪يمُ الْقَادِرُ الْعَل۪يمُ الْوَاحِدُ الْاَحَدُ السُّلْطَانُ الْاَزَلِىُّ الَّذ۪ى هٰذِهِ الْعَوَالِمُ كُلُّهَا ف۪ى تَصَرُّفِ قَبْضَتَىْ نِظَامِه۪ وَ م۪يزَانِه۪ وَ تَنْظ۪يمِه۪ وَ تَوْز۪ينِه۪ وَ عَدْلِه۪ وَ حِكْمَتِه۪ وَ عِلْمِه۪ وَ قُدْرَتِه۪ وَ مَظْهَرُ سِرِّ وَاحِدِيَّتِه۪ وَ اَحَدِيَّتِه۪ بِالْحَدْسِ الشُّهُودِىِّ بَلْ بِالْمُشَاهَدَةِ اِذْ لَا خَارِجَ فِى الْكَوْنِ مِنْ دَائِرَةِ النِّظَامِ وَ الْم۪يزَانِ وَ التَّنْظ۪يمِ وَ التَّوْز۪ينِ وَ هُمَا بَابَانِ مِنَ الْاِمَامِ الْمُب۪ينِ وَ الْكِتَابِ الْمُب۪ينِ وَ هُمَا عُنْوَانَانِ لِعِلْمِ الْعَل۪يمِ الْحَك۪يمِ وَ اَمْرِه۪ وَ قُدْرَةِ الْعَز۪يزِ الرَّح۪يمِ وَ اِرَادَتِه۪ فَذٰلِكَ النِّظَامُ مَعَ ذٰلِكَ الْم۪يزَانِ ف۪ى ذٰلِكَ الْكِتَابِ مَعَ ذٰلِكَ الْاِمَامِ بُرْهَانَانِ نَيِّرَانِ لِمَنْ لَهُ ف۪ى رَاْسِه۪ اِذْعَانٌ وَ ف۪ى وَجْهِهِ الْعَيْنَانِ اَنْ لَا شَىْءَ مِنَ الْاَشْيَاءِ فِى الْكَوْنِ وَ الزَّمَانِ يَخْرُجُ مِنْ قَبْضَةِ تَصَرُّفِ رَحْمٰنٍ وَ تَنْظ۪يمِ حَنَّانٍ وَ تَزْي۪ينِ مَنَّانٍ وَ تَوْز۪ينِ دَيَّانٍ ٠

اَلْحَاصِلُ: اِنَّ تَجَلِّى الْاِسْمِ الْاَوَّلِ وَ الْاٰخِرِ فِى الْخَلَّاقِيَّةِ النَّاظِرَيْنِ اِلَى الْمَبْدَاِ وَ الْمُنْتَهٰى وَ الْاَصْلِ وَ النَّسْلِ وَ الْمَاض۪ى وَ الْمُسْتَقْبَلِ وَ الْاَمْرِ وَ الْعِلْمِ الْمُش۪يرَانِ اِلَى

الْاِمَامِ الْمُب۪ينِ وَ تَجَلِّى الْاِسْمِ الظَّاهِرِ وَ الْبَاطِنِ عَلَى الْاَشْيَاءِ ف۪ى ضِمْنِ الْخَلَّاقِيَّةِ يُش۪يرَانِ اِلَى الْكِتَابِ الْمُب۪ينِ فَالْكَائِنَاتُ كَشَجَرَةٍ عَظ۪يمَةٍ وَ كُلُّ عَالَمٍ مِنْهَا اَيْضًا كَالشَّجَرَةِ فَنُمَثِّلُ شَجَرَةً جُزْئِيَّةً لِخِلْقَةِ الْكَائِنَاتِ وَ اَنْوَاعِهَا وَ عَوَالِمِهَا وَ هٰذِهِ الشَّجَرَةُ الْجُزْئِيَّةُ لَهَا اَصْلٌ وَ مَبْدَاٌ وَ هُوَ النُّوَاةُ الَّت۪ى تَنْبُتُ عَلَيْهَا وَ كَذَا لَهَا نَسْلٌ يُد۪يمُ وَظ۪يفَتَهَا بَعْدَ مَوْتِهَا وَ هُوَ النُّوَاةُ ف۪ى ثَمَرَاتِهَا فَالْمَبْدَاُ وَ الْمُنْتَهٰى مَظْهَرَانِ لِتَجَلِّى الْاِسْمِ الْاَوَّلِ وَ الْاٰخِرِ فَكَاَنَّ الْمَبْدَاَ وَ النُّوَاةَ الْاَصْلِيَّةَ بِكَمَالِ الْاِنْتِظَامِ وَ الْحِكْمَةِ فِهْرِسْتَةٌ وَ تَعْرِفَةٌ مُرَكَّبَةٌ مِنْ مَجْمُوعِ دَسَات۪يرِ تَشَكُّلِ الشَّجَرَةِ وَ النُّوَاتَاتُ ف۪ى ثَمَرَاتِهَا الَّت۪ى ف۪ى نِهَايَاتِهَا مَظْهَرٌ لِتَجَلِّى الْاِسْمِ الْاٰخِرِ فَتِلْكَ النُّوَاتَاتُ فِى الثَّمَرَاتِ بِكَمَالِ الْحِكْمَةِ كَاَنَّهَا صُنَيْدِقَاتٌ صَغ۪يرَةٌ اُودِعَتْ ف۪يهَا فِهْرِسْتَةٌ وَ تَعْرِفَةٌ لِتَشَكُّلِ مَا يُشَابِهُ تِلْكَ الشَّجَرَةَ وَ كَاَنَّهَا كُتِبَ ف۪يهَا بِقَلَمِ الْقَدَرِ دَسَات۪يرُ تَشَكُّلِ شَجَرَاتٍ اٰتِيَةٍ وَ ظَاهِرُ الشَّجَرَةِ مَظْهَرٌ لِتَجَلِّى الْاِسْمِ الظَّاهِرِ فَظَاهِرُهَا بِكَمَالِ الْاِنْتِظَامِ وَ التَّزْي۪ينِ وَ الْحِكْمَةِ كَاَنَّهَا حُلَّةٌ مُنْتَظَمَةٌ مُزَيَّنَةٌ مُرَصَّعَةٌ قَدْ قُدَّتْ عَلٰى مِقْدَارِ قَامَتِهَا بِكَمَالِ الْحِكْمَةِ وَ الْعِنَايَةِ وَ بَاطِنُ تِلْكَ الشَّجَرَةِ مَظْهَرٌ لِتَجَلِّى الْاِسْمِ الْبَاطِنِ فَبِكَمَالِ الْاِنْتِظَامِ وَ التَّدْب۪يرِ الْمُحَيِّرِ لِلْعُقُولِ وَ تَوْز۪يعِ مَوَادِّ الْحَيَاةِ اِلَى الْاَعْضَاءِ الْمُخْتَلِفَةِ بِكَماَلِ الْاِنْتِظَامِ كَاَنَّ بَاطِنَ تِلْكَ الشَّجَرَةِ مَاك۪ينَةٌ خَارِقَةٌ ف۪ى غَايَةِ الْاِنْتِظَامِ وَ الْاِتِّزَانِ ٠

فَكَمَا اَنَّ اَوَّلَهَا تَعْرِفَةٌ عَج۪يبَةٌ وَ اٰخِرَهَا فِهْرِسْتَةٌ خَارِقَةٌ يُش۪يرَانِ اِلَى الْاِمَامِ الْمُب۪ينِ .. كَذٰلِكَ اِنَّ ظَاهِرَهَا كَحُلَّةٍ عَج۪يبَةِ الصَّنْعَةِ وَ

بَاطِنَهَا كَمَاك۪ينَةٍ ف۪ى غَايَةِ الْاِنْتِظَامِ تُش۪يرَانِ اِلَى الْكِتَابِ الْمُب۪ينِ.. فَكَمَا اَنَّ الْقُوَاتِ الْحَافِظَاتِ فِى الْاِنْسَانِ تُش۪يرُ اِلَى اللَّوْحِ الْمَحْفُوظِ وَ تَدُلُّ عَلَيْهِ كَذٰلِكَ اَنَّ النُّوَاتَاتِ الْاَصْلِيَّةَ وَ الثَّمَرَاتِ تُش۪يرَانِ ف۪ى كُلِّ شَجَرَةٍ اِلَى الْاِمَامِ الْمُب۪ينِ وَالظَّاهِرُ وَ الْبَاطِنُ يَرْمُزَانِ اِلَى الْكِتَابِ الْمُب۪ينِ فَقِسْ عَلٰى هٰذِهِ الشَّجَرَةِ الْجُزْئِيَّةِ شَجَرَةَ الْاَرْضِ بِمَاض۪يهَا وَ مُسْتَقْبَلِهَا وَ شَجَرَةَ الْكَائِنَاتِ بِاَوَائِلِهَا وَ اٰت۪يهَا وَ شَجَرَةَ الْاِنْسَانِ بِاَجْدَادِهَا وَ اَنْسَالِهَا وَ هٰكَذَا جَلَّ جَلَالُ خَالِقِهَا وَ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ يَا كَب۪يرُ اَنْتَ الَّذ۪ى لَا تَهْدِى الْعُقُولُ لِوَصْفِ عَظَمَتِه۪ وَلَا تَصِلُ الْاَفْكَارُ اِلٰى كُنْهِ جَبَرُوتِه۪ ٠

اَلْمَرْتَبَةُ السَّابِعَةُ:

جَلَّ جَلَالُهُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ مِنْ كُلِّ شَىْءٍ قُدْرَةً وَ عِلْمًا اِذْ هُوَ الْخَلَّاقُ الْفَتَّاحُ

{(*6) Bu Asmo-i muboraka durbinlari bilan, mavjudotdagi jilvalari ostida af'oli Ilohiya va asarlariga qarash bilan Musammo-i Zuljalolga ulashiladi.}

الْفَعَّالُ الْعَلَّامُ الْوَهَّابُ الْفَيَّاضُ شَمْسُ الْاَزَلِ الَّذ۪ى هٰذِهِ الْكَائِنَاتُ بِاَنْوَاعِهَا وَ مَوْجُودَاتِهَا ظِلَالُ اَنْوَارِه۪ وَ اٰثَارُ اَفْعَالِه۪ وَ اَلْوَانُ نُقُوشِ اَنْوَاعِ تَجَلِّيَاتِ اَسْمَائِه۪ وَ خُطُوطُ قَلَمِ قَضَائِه۪ وَ قَدَرِه۪ وَ مَرَايَا تَجَلِّيَاتِ صِفَاتِه۪ وَ جَمَالِه۪ وَ جَلَالِه۪ وَ كَمَالِه۪ بِاِجْمَاعِ الشَّاهِدِ الْاَزَلِىِّ بِجَم۪يعِ كُتُبِه۪ وَ صُحُفِه۪ وَ اٰيَاتِهِ التَّكْو۪ينِيَّةِ وَ الْقُرْاٰنِيَّةِ وَ بِاِجْمَاعِ الْاَرْضِ مَعَ الْعَالَمِ بِاِفْتِقَارَاتِهَا وَ اِحْتِيَاجَاتِهَا ف۪ى ذَاتِهَا وَ ذَرَّاتِهَا مَعَ تَظَاهُرِ الْغِنَاءِ الْمُطْلَقِ وَ الثَّرْوَةِ الْمُطْلَقَةِ عَلَيْهَا وَ بِاِجْمَاعِ كُلِّ اَهْلِ الشُّهُودِ مِنْ ذَوِى الْاَرْوَاحِ النَّيِّرَةِ وَ الْقُلُوبِ الْمُنَوَّرَةِ وَ الْعُقُولِ النُّورَانِيَّةِ

مِنَ الْاَنْبِيَاءِ وَ الْاَوْلِيَاءِ وَ الْاَصْفِيَاءِ بِجَم۪يعِ تَحْق۪يقَاتِهِمْ وَ كُشُوفَاتِهِمْ وَ فُيُوضَاتِهِمْ وَ مُنَاجَاتِهِمْ قَدْ اِتَّفَقَ الْكُلُّ مِنْهُمْ وَ مِنَ الْاَرْضِ وَ الْاَجْرَامِ الْعُلْوِيَّةِ وَ السُّفْلِيَّةِ بِمَا لَا يُحَدُّ مِنْ شَهَادَاتِهِمُ الْقَطْعِيَّةِ وَ تَصْد۪يقَاتِهِمُ الْيَق۪ينِيَّةِ بِقَبُولِ شَهَادَاتِ الْاٰيَاتِ التَّكْو۪ينِيَّةِ وَ الْقُرْاٰنِيَّةِ؛ وَ شَهَادَاتِ الصُّحُفِ وَ الْكُتُبِ السَّمَاوِيَّةِ الَّت۪ى هِىَ شَهَادَةُ الْوَاجِبِ الْوُجُودِ عَلٰى اَنَّ هٰذِهِ الْمَوْجُودَاتِ اٰثَارُ قُدْرَتِه۪ وَ مَكْتُوبَاتُ قَدَرِه۪ وَ مَرَايَا اَسْمَائِه۪ وَ تَمَثُّلَاتُ اَنْوَارِه۪ جَلَّ جَلَالُهُ وَ لَا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ ٠

* * *

Uzr bayoni

Bu Arabcha Yog'du yangi yozuvli Yog'dular orasiga kirishi sababli, sahifa raqamlari kitobning raqamlari bilan ta'qib qilish majburiyati bo'lganidan Arabcha sahifa raqamini ta'qib qilishga rioya qilmaslik jihati kechirimli nazar bilan qarshilanishi iltimos qilinadi.

O’ttizinchi Yog'du

O’ttiz Birinchi Maktubning O’ttizinchi Yog'dusi va Eskishehir Hibsxonasining bir mevasi, "Olti Nukta"dir.

Denizli Madrasa-i Yusufiyasining bir darsi a'zami "Meva Risolasi" bo’lgani va Afyon Madrasa-i Yusufiyasining qiymatdor bir darsi akmali "Alhujjatuzzahro" bo’lgani kabi.. Eskishehir Madrasa-i Yusufiyasining g’oyat quvvatli bir darsi a'zami ham, ismi a'zamni tashigan olti ismning olti nuktasini bayon qilgan bu O’ttizinchi Yog'dudir.

(Ismi A'zamdan Hayyi Qayyumga doir bo’limda juda chuqur va keng masalalarni hamma birdan bilolmaydi va zavq etmaydi, faqat hissasiz ham qolmaydi.)

Birinchi Nukta

Ismi Quddusning bir nuktasiga doirdir.

(Bu Quddus Nuktasi O’ttizinchi So’zning Zaylining Zayli bo’lishi munosibdir.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَالْاَرْضَ فَرَشْنَاهَا فَنِعْمَ الْمَاهِدُونَ

oyatining bir nuktasi va bir ismi A'zam yoxud Ismi A'zamning olti nuridan bir nuri bo’lgan "Quddus" ismining bir jilvasi Sha'boni Sharifning oxirida, Eskishehir hibsxonasida menga ko’rindi. Ham mavjudiyati Ilohiyani kamoli zuhur bilan, ham vahdati Rabboniyani kamoli vuzuh bilan ko’rsatdi. Shundayki, ko’rdim: Bu koinot va bu Kura-i Arz doim ishlaydigan bir katta fabrika va har vaqt to’lib bo’shaladigan bir karvonsaroy, bir musofirxonadir. Holbuki bunday gavjum fabrikalar, karvonsaroylar va musofirxonalar; axlatlar bilan, qoldiqlar bilan, kirlar bilan juda ifloslanadilar, bulg’anadilar va sassiq moddalar har tarafida yig’ilib qoladilar.

Agar juda ham diqqat bilan qaralmasa va tanzif etilmasa va supurilib tozalanmasa, ichida turib bo’lmaydi, inson unda bo’g’iladi. Holbuki bu fabrika-i koinot va musofirxona-i Arz shu daraja pok, toza va nazifdir va shu qadar kirsiz va bulg’anmagan va sassiq hidlarsizki, bir keraksiz narsa va bir manfaatsiz modda va tasodifiy bir kir topilmaydi, zohiriy bo’lsa ham, tez bir istihola uskunasiga otiladi, tozalanadi. Demak, bu fabrikaga qaragan zot juda yaxshi qaraydi. Va bu fabrikaning shunday tanzifchi bir sohibi borki, u ulkan fabrikani va u katta saroyni kichik bir xona kabi supurtiradi, tozalaydi, tanzim va tanzif etadi. Va u juda katta fabrikaning kattaligi nisbatida axlatlari va qolidiqlaridan qolgan kirli moddalari, xas-cho’plari mavjud emas. Balki kattaligi nisbatida tozaligiga va nazofatiga diqqat qilinadi. Bir inson bir oy davomida yuvinmasa va kichik xonasini supurmasa juda ham kirlanadi, ifloslanadi. Demak, bu saroyi olamdagi poklik, pokizalik, nuroniylik, tozalik; mutamodiyan hikmatli bir tanzifdan, bir diqqatli tathirdan kelib chiqadi. Va agar u doimiy tathir va supurish va diqqat bilan qarash bo’lmasa edi, bir yilda butun hayvonlarning yuz ming millatlari Arzning yuzida bo’g’ilar edilar.

Va samovotning fazosida taxribga va mavtga mazhar bo’lgan sayyoralarning va yo’ldoshlarning, balki yulduzlarning qoldiqlari boshimizni va boshqa hayvonotning boshlarini, balki Kura-i Arzning boshini, balki dunyomizning boshini yorar edilar. Tog’lar kattaligidagi toshlarni boshimizga yog’dirar edilar va bizni bu vatani dunyoviymizdan qochirar edilar. Holbuki eskidan beri u yuqori olamlardagi taxrib va ta'mirdan, madori ibrat bo’lib yolg’iz bir nechta samoviy toshlar tushgan bo’lsa ham, hech kimning boshini yormagan.

Ham zaminning yuzida har yil mavt va hayotning almashishlari va urushishlari sababli yuz minglab hayvonot millatlarining janozalari va ikki yuz ming nabotot toifalarining qoldiqlari, barr va bahrning yuzlarini favqaloda shunday kirlatar edilarki; ziyshuur u yuzlarni sevish, oshiq bo’lish uyoqda tursin, balki unday xunuklikdan nafrat etib mavtga va adamga qochar edilar. Bir qush osonlik bilan qanotlarini va bir kotib bemalol sahifalarini tozalagani kabi, bu tayyora-i Arzning va bu tuyuri samoviyaning qanotlari va bu kitobi koinotning sahifalari ham shunday tarzda tozalanadi, go’zallashadiki; oxiratning hadsiz go’zalligini ko’rmagan va iymon bilan fikr yuritmagan insonlar dunyoning bu tozaligiga, bu go’zalligiga oshiq bo’ladilar, parastish etadilar.

Demak, bu saroyi olam va bu fabrika-i koinot Ismi Quddusning bir jilva-i a'zamiga mazhardirki, u tanzifi qudsiydan kelgan amrlarni yolg’iz dengizlarning akl-ul lahm tanzifotchilari va quruqlikning burgutlari emas, balki bo’rilar va chumolilar kabi murdalarni to’playdigan sihhiya ma'murlari ham tinglaydilar. Balki u qudsiy avomiri tanzifiyani badanda oqqan qondagi kurayvoti hamro va bayzo ham tinglab, badanning hujayrotida tanzifot qilganlari kabi; nafas ham u qonni tasfiya etadi, tozalaydi. Va u amrni; qovoqlar ko’zlarni tozalamoq va chivinlar qanotlarini supurmoq uchun tinglaganlari kabi, ulkan havo va bulut ham tinglaydi. Havo zaminning sathiga, yuziga qo’ngan changlar kabi axlatlarga uflaydi, tanzif etadi. Bulut suvchisi zamin bog’iga suv sepadi, changlarni bostiradi. So’ngra ko’k yuzini ko’p vaqt kirlatmaslik uchun, tezda axlatlarini to’plab kamoli intizom bilan chekinadi, yashirinadi. Ko’kning go’zal yuzini va ko’zini artilgan va supurilgan, yalt-yalt porlayotganday ko’rsatadi. Va u avomiri tanzifiyani yulduzlar, unsurlar, ma'danlar, nabotlar tinglaganlari kabi, butun zarralar ham tinglaydilarki, hayrat-angiz tahavvulot bo’ronlari ichida u zarralar nazofatga diqqat qiladilar. Bir yerda luzumsiz to’planmaydilar, to’dalanib qolmaydilar. Mulavvas bo’lsalar, tezda tozalanadilar. Eng toza va eng nazif va eng porloq va eng pok vaziyatlarni; eng go’zal, eng sof, eng latif suratlarni olish uchun bir dasti hikmat tarafidan yo’naltiriladilar.

Mana bu birgina fe'l, ya'ni birgina haqiqat bo’lgan tanzif; Ismi Quddus kabi bir ismi a'zamdan, koinotning doira-i a'zamida ko’ringan bir jilva-i a'zamdirki, to’g’ridan-to’g’riga mavjudiyati Rabboniyani va vahdoniyati Ilohiyani asmo-i husnasi bilan barobar, Quyosh kabi keng va durbin kabi bo’lgan ko’zlarga ko’rsatadi.

Ha, Risola-i Nurning ko’p juzlarida qat'iy burhonlar bilan isbot qilinganki: Ismi Hakam va Ismi Hakimning bir jilvasi bo’lgan fe'li tanzim va nizom, va Ismi Adl va Adilning bir jilvasi bo’lgan fe'li tavzin va mezon va Ismi Jamil va Karimning bir jilvasi bo’lgan fe'li tazyin va ehson va Ismi Rob va Rahimning bir jilvasi bo’lgan fe'li tarbiya va in'om; bu doira-i a'zami olamda, har biri bitta haqiqat va bitta fe'l bo’lganlaridan, birgina zotning vujubi vujudini va vahdatini ko’rsatadilar. Aynan shuning kabi: Ismi Quddusning bir mazhari va bir jilvasi bo’lgan fe'li tanzif va tathir ham, u Zoti Vojib-ul Vujudning ham quyosh kabi mavjudiyatini, ham kunduz kabi vahdoniyatini ko’rsatadilar. Va mazkur tanzim, tavzin, tazyin, tanzif kabi u af'oli hakimona a'zamiy doirada vahdati nav'iyalari nuqtasida bitta Sone'-i Vohidni ko’rsatganlari kabi; asmo-i husnaning aksarisining, balki ming bir asmoning har birining bunday bittadan jilva-i a'zami bu doira-i a'zamda bordir. Va u jilvadan kelgan fe'l kattaligi nisbatida vuzuh va qat'iyat bilan Vohidi Ahadni ko’rsatadi.

Ha, hamma narsani qonun va nizomiga itoat qildirgan hikmati omma va hamma narsani bezatib yuzini kuldirgan inoyati shomila va hamma narsani sevintirib mamnun qilgan rahmati vase'a va zihayot hamma narsani oziqlantirib lazzatlantirgan rizqi umumi-i iosha va hamma narsani umum ashyoga munosabatdor va mustafid va bir daraja molik etgan hayot va ihyo kabi koinotning yuzini kuldirgan, yoritgan badihiy haqiqatlar va vahdoniy fe'llar; ziyo quyoshni ko’rsatgani kabi, birgina Zoti Hakim, Karim, Rahim, Razzoq, Hayy va Muhyini bilbadoha ko’rsatadilar.

Agar har biri bittadan burhoni bahiri vahdoniyat bo’lgan u yuzlab keng fe'llardan birginasi Vohidi Ahadga berilmasa, yuzlab vajhda mahollar lozim bo’ladi. Masalan: Ulardan hikmat, inoyat, rahmat, iosha, ihyo kabi badihiy haqiqatlar va vahdoniy dalillar emas, balki yolg’iz tanzif fe'li koinot Xoliqiga berilmasa, u vaqt ahli zalolatning u maslagi kufriysida lozim bo’ladiki: Yo tanzif bilan aloqador zarradan, chivindan tut to unsurlarga, yulduzlarga qadar butun maxluqotning har biri ulkan koinotning tazyinini va tavzinini va tanzimini va tanzifini biladigan, o’ylaydigan va shunga ko’ra harakat qiladigan bir qobiliyatda bo’ladi.. yoxud Xoliqi Olamning sifoti qudsiyasi o’zida bo’ladi.. yoxud bu koinotning tazyinot va tanzifoti va voridoti va masorifining muvozanalarini tanzim etmoq uchun, koinot kattaligida bir majlisi mashvarat tashkil etiladi va hadsiz zarralar, chivinlar, yulduzlar u majlisning a'zolari bo’ladi va hokazo.. bular kabi xurofotli, safsatali yuzlab mahollar kelib chiqadi. Toki, har tarafda ko’ringan va mushohada etilgan umumiy va ihotali ulviy tazyin va tathir va tanzif vujud topa olsin. Bu esa bir mahol emas, balki yuz ming mahol o’rtaga kiradi. Ha, agar kunduzning ziyosi va zamindagi umum porloq narsalarda tamassul etgan xayoliy quyoshchalar Quyoshga berilmasa va birgina Quyoshning jilva-i in'ikosidir deyilmasa, u vaqt zamin yuzida porlagan butun shisha parchalarida va suv qatralarida va qorning shishachalarida, balki havoning zarralarida bittadan haqiqiy Quyosh bo’lishi lozim bo’ladi. Toki, u umumiy ziyo vujud topa olsin.

Xullas, hikmat ham bir ziyodir.. bepoyon rahmat bir ziyodir.. tazyin, tavzin, tanzim, tanzif qoplagan bittadan ziyodirlarki, u Shamsi Azaliyning shualaridirlar. Xullas kel, qara; zalolat va kufr qanday hech chiqilmaydigan botqoqlikka kiradi. Va zalolatdagi jaholat qay daraja ahmoqona bo’lganini ko’r, "Alhamdulillahi a'la dinil Islam va kamali iyman" degin.

Ha, koinot saroyini top-toza tutgan bu ulviy, umumiy tanzif; albatta Ismi Quddusning jilvasi va muqtazosidir. Darhaqiqat, qandayki butun maxluqotning tasbehotlari Ismi Quddusga qaraydi; xuddi shuning kabi, butun nazofatlarini ham Quddus ismi istaydi. {(Hoshiya) Yomon axloqlar, botil e'tiqodlar, gunohlar, bid'atlar; ma'naviy kirlardan bo’lganliklarini unutmasligimiz kerak.} Nazofatning bu qudsiy intisobidandirki,

اَلنَّظَافَةُ مِنَ الْا۪يمَانِ

hadisi nazofatni iymonning nuridan sanagan.

اِنَّ اللّٰهَ يُحِبُّ التَّوَّاب۪ينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّر۪ينَ

oyati ham, tahoratni muhabbati Ilohiyaning bir madori ko’rsatgan.

* * *

O’ttizinchi Yog'duning Ikkinchi Nuktasi

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُٓ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ

oyatining bir nuktasi va bir ismi a'zam vayoxud ismi a'zamning olti nuridan bir nuri bo’lmish "Adl" ismining bir jilvasi, Birinchi nukta kabi Eskishahar qamoqxonasida uzoq-uzoqlardan ko’rindi. Uni yaqinlashtirish uchun yana tamsil yo’li bilan aytamiz:

Shu koinot shunday bir saroydirki, u saroyda doimiy ravishda taxrib va ta'mir ichida chayqalib turgan bir shahar bor,.. va u shaharda har vaqt urush va hijrat ichida qaynab turgan bir mamlakat bor,.. va u mamlakatda har zamon o'lim va hayot ichida yumalayotgan bir olam bor. Holbuki, o'sha saroyda, o'sha shaharda, o'sha mamlakatda, o'sha olamda shu daraja hayratlanarli bir muvozana, bir mezon, bir tavzin hukm suradi, bilbadoha isbot qiladiki: Bu hadsiz mavjudotda bo’lgan o'zgarishlar va voridot va masorif, har bir onda umum koinotni ko’radigan, nazari taftishidan o’tkazadigan yolg'iz bir Zotning mezoni bilan o’lchanadi, tortiladi. Aks holda, baliqlardan bir baliq mingta tuxum bilan va nabototdan ko'knori kabi bir chechak yigirma ming urug’ bilan va sel kabi oqqan unsurlarning, inqiloblarning hujumi bilan shiddatli ravishda muvozanani buzishga harakat qilayotgan va istilo qilishni istagan sabablar bebosh bo’lsalar edi yoki maqsadsiz sarsari tasodif va mezonsiz ko’r quvvatga va shuursiz zulmatli tabiatga havola qilinsa edi, u muvozana-i ashyo va muvozana-i koinot shunday buzilar ediki; bir yilda, balki bir kunda ostin-ustun bo’lib ketar edi. Ya'ni: Dengiz aralash-quralash narsalar bilan to’lib ketardi, sasib ketar edi; havo zararli gazlar bilan zaharlanar edi; zamin esa bir axlatxona, bir o'likxonaga, bir botqoqlikka aylanar edi. Dunyo bo’g’ilar edi.

Shunga ko'ra, jasadi hayvoniyning hujayralaridan va qondagi qizil va oq donachalardan va zarralarning o'zgarishlaridan va jihozoti badaniyaning uyg'unligidan tut, to dengizlarning voridot va masorifiga,.. to zamin ostidagi chashmalarning kirim va sarfiyotlariga,.. to hayvonot va nabototning tavalludot va vafiyotlariga,.. to kuz va bahorning taxribot va ta'mirotlariga,.. to unsurlarning va yulduzlarning xizmat va harakatlariga.. to o'lim va hayotning, ziyo va zulmatning va issiqlik va sovuqlikning almashishlariga va kurashishlariga va to’qnashishlariga qadar, shu daraja hassos bir mezon bilan va shu qadar nozik bir o’lchov bilan intizomga solinadi va tortiladiki, aqli bashar hech bir yerda haqiqatan hech bir isrofni, hech bir behudalikni ko’rmaydi. Shuningdek, hikmati insoniya ham har narsada eng mukammal bir intizomni, eng go’zal bir mavzuniyatni ko’rmoqda va ko’rsatmoqda. Balki, hikmati insoniya o'sha intizom va mavzuniyatning bir tazohuridir, bir tarjimonidir.

Mana kel, Quyosh bilan farqli o’n ikki sayyoraning muvozanalariga boq. Ajabo, bu muvozana Adl va Qodiyr bo’lgan Zoti Zuljalolni Quyosh kabi ko’rsatmaydimi? Va bilxossa sayyoralardan bo’lgan kemamiz, ya'ni kurra-i Arz bir yilda yigirma to’rt ming yillik bir doirada kezadi, sayohat qiladi. Va o'sha xoriqo tezligi bilan birga zamin yuzida tizilgan, terib qo'yilgan narsalarni tarqatmaydi, silkitmaydi, fazoga uchirib yubormaydi. Agar tezligi bir ozgina oshirilsa yoki kamaytirilsa edi, ustida yashayotganlarini havoga uchirib, fazoda sochib yuborar edi. Va bir daqiqa, balki bir soniya muvozanasini buzsa, dunyomizni buzib yuboradi; balki boshqasi bilan to’qnashadi, bir qiyomatni yuzaga keltiradi. Va bilxossa, zamin yuzida nabotiy va hayvoniy to’rt yuz ming toifaning tavalludot va vafiyot jihatidan va iosha va yashash jihatidan rahimona muvozanalari - ziyo quyoshni ko’rsatgani kabi, - yagona Zoti Adl va Rahimni ko’rsatadi. Va bilxossa, o'sha son-sanoqsiz millatlarning hadsiz fardlaridan birgina fardning a'zosi, jihozoti, tuyg’ulari shu daraja hassos bir mezon bilan bir-biriga munosabatdor va muvozanatdadirki; o'sha munosiblik, o'sha muvozana, badohat darajasida bir Sone'-i Adlu Hakimni ko’rsatadi. Va bilxossa, har fardi hayvoniyning badanidagi hujayralarning va qon yo’llarining va qondagi donachalarning va o'sha donachalardaki zarralarning shu daraja nozik va hassos va xoriqo muvozanalari bor, bilbadoha isbot qiladiki: Hamma narsaning tizgini qo’lida va hamma narsaning kaliti yonida va bir narsa bir narsaga mone bo’lmasdan, barcha narsalarni bitta narsa kabi osonlik bilan idora qiladigan birgina Xoliqi Adlu Hakimning mezoni bilan, qonuni bilan, nizomi bilan tarbiya va idora qilinmoqda. Hashrning mahkama-i kubrosida mezoni azimi adolatida jin va insning muvozana-i a'mollarini aqldan uzoq ko'rib ishonmagan odam, bu dunyoda ko’zi bilan ko’rgani bu muvozana-i akbarga diqqat qilsa, albatta istib'odi qolmaydi.

Ey isrofli, iqtisodsiz,.. ey zulmli, adolatsiz,.. ey kirli, nazofatsiz badbaxt inson! Butun koinotning va butun mavjudotning dasturi harakati bo’lmish iqtisod va nazofat va adolatga rioya qilmaganing sababli, umum mavjudotga muxolafating bilan ma'nan ularning nafratlariga va hiddatlariga mazhar bo’lmoqdasan. Nimangga ishonyapsanki; zulming bilan, mezonsizliging bilan, isrofing bilan, nazofatsizliging bilan umum mavjudotni g’azablantirmoqdasan? Darhaqiqat, ismi Hakimning jilva-i a'zamidan bo’lmish hikmati omma-i koinot iqtisod va isrofsizlikka muvofiq joriy bo'ladi, iqtisodga buyuradi. Va ismi Adlning jilva-i a'zamidan kelib chiqqan koinotdagi adolati tomma barcha narsalarning muvozanalarini idora qiladi va basharga ham adolatni buyuradi. Sura-i Rahmonda

وَالسَّمَٓاءَ رَفَعَهَا وَوَضَعَ الْم۪يزَانَ اَلَّا تَطْغَوْا فِى الْم۪يزَانِ وَاَق۪يمُوا الْوَزْنَ بِالْقِسْطِ وَلَا تُخْسِرُوا الْم۪يزَانَ

oyatidagi to’rt martaba, to’rt navi mezonga ishora qiladigan to’rt marta "mezon"ni zikr qilishi, koinotda mezonning daraja-i azamatini va favqaloda juda katta ahamiyatini ko’rsatadi. Darhaqiqat, hech bir narsada isrof bo’lmagani kabi, hech bir narsada ham haqiqiy zulm va mezonsizlik yo’qdir. Va ismi Quddusning jilva-i a'zamidan kelib chiqqan tanzif va nazofat butun koinotning mavjudotini tozalaydi, go’zallashtiradi. Basharning kir qo’li tegmaslik sharti bilan, hech bir narsada haqiqiy nazofatsizlik va chirkinlik ko’rinmaydi.

Xullas, haqoiqi Qur'oniyadan va dasotiri Islomiyadan bo’lmish "adolat, iqtisod, nazofat" hayoti bashariyada naqadar asosli biror dastur ekanligini angla. Va ahkomi Qur'oniya koinot bilan naqadar aloqador va koinot ichiga ildiz otgan va qamrab olganligini va o'sha haqiqatlarni buzish, koinotni buzish va suratini o’zgartirish kabi mumkin emasligini bil!. Va ushbu uchta ziyo-i a'zam kabi rahmat, inoyat, hafiyziyat kabi yuzlab ihotali haqiqatlar hashrni, oxiratni taqozo va istilzom qilganlari holda; hech mumkinmidirki: Koinotda va umum mavjudotda hukmron bo’lgan rahmat, inoyat, adolat, hikmat, iqtisod va nazofat kabi juda quvvatli ihotali haqiqatlar; hashrning 'adami bilan va oxiratning kelmasligi bilan marhamatsizlikka, zulmga, hikmatsizlikka, isrofga, nazofatsizlikka, behudalikka aylanib qolsinlar? Hosho, yuz ming marta hosho!

Bir pashshaning haqqi hayotini rahimona muhofaza qilgan bir rahmat, bir hikmat; ajabo hashrni keltirmaslik bilan umum ziyshuurlarning hadsiz huquqi hayotlarini va nihoyasiz mavjudotning cheksiz huquqlarini zoye qiladimi? Va ta'bir joiz bo’lsa, rahmat va shafqatda va adolat va hikmatda cheksiz hassosiyat va diqqat ko’rsatayotgan bir hashmati rububiyat; va kamolotini ko’rsatish va O’zini tanittirish va sevdirish uchun bu koinotni hadsiz xoriqo san'atlari bilan, ne'matlari bilan bezatgan bir saltanati uluhiyat, ana shunday ham umum kamolotini, ham butun maxluqotini yo'qqa chiqaradigan va inkor qildiradigan hashrsizlikka yo'l qo'yib beradimi? Hosho! Bunday bir jamoli mutlaq bunday bir mutlaq chirkinlikka bilbadoha yo'l qo'yib bermaydi.

Darhaqiqat, oxiratni inkor qilmoqchi bo'lgan odam, avvalo butun dunyoni butun haqiqatlari bilan inkor qilishi lozim. Aks holda, dunyo butun haqiqatlari bilan, yuz ming til bilan uni takzib qilib, bu yolg’onida yuz ming daraja yolg’onchiligini isbotlab qo'yadi." O’ninchi So’z" qat'iy dalillar bilan isbot qilgandirki, oxiratning borligi, dunyoning borligichalik qat'iy va shubhasizdir.

***

Ismi A'zamning olti nuridan uchinchi nuriga ishora qilgan

Uchinchi nukta

اُدْعُ اِلٰى سَب۪يلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ

oyatining bir nuktasi va bir ismi a'zam yoki ismi a'zamning olti nuridan bir nuri bo’lmish "Ismi Hakam"ning bir jilvasi Ramazoni Sharifda ko’rindi. Unga yolg’iz bir ishora o’laroq "Besh nuqta"dan iborat Uchinchi nukta shoshilib yozildi, qoralama holida qoldi.

Uchinchi nuktaning Birinchi nuqtasi:"O’ninchi So’z"da ishora qilingani kabi: ismi Hakamning tajalli-i a'zami shu koinotni shunday bir kitob holatiga keltirganki, har sahifasida yuzlab kitob yozilgan,.. va har satrida yuzlab sahifa joylashtirilgan,.. va har kalimasida yuzlab satr mavjuddir,.. va har harfida yuzlab kalima bor,.. va har nuqtasida kitobning muxtasar bir mundarijasi mavjud bir tarzga keltirgandir. U kitobning sahifalari, satrlari, to nuqtalariga qadar yuzlab jihatdan naqqoshini, kotibini shunday vuzuh bilan ko’rsatmoqdaki; u kitobi koinotning mushohadasi, o’z vujudidan yuz daraja yanada ziyoda kotibining vujudini va vahdatini isbotlaydi. Chunki bir harf o’z vujudini bir harf qadar ifoda qilgani holda, kotibini bir satr qadar ifodalaydi.

Darhaqiqat, bu kitobi kabirning bir sahifasi - zamin yuzidir. U sahifada nabotot, hayvonot toifalari adadicha kitoblar bir-biri ichida, barobar, bir vaqtda, xatosiz, g’oyat mukammal bir suratda bahor mavsumida yozilgani ko’zga ko’rinadi. Bu sahifaning bir qatori - bir bog’dir. U bog’dagi mavjud gullar, daraxtlar, nabotlar adadicha manzum qasidalar; barobar, bir-biri ichida, xatosiz yozilganini ko’zimiz bilan ko’rmoqdamiz. U qatorning bir kalimasi - gullagan, meva berish uchun yaprog’ini yozgan bir daraxtdir. Mana shu kalima muntazam, mavzun, bezalgan yaproq, gul va mevalari adadicha Hakemi Zuljalolning madhu sanosiga doir ma'nodor jumlalardir. Go’yo gullagan har daraxt kabi, u daraxt ham naqqoshining madhlarini kuylayotgan manzum bir qasidadir.

Yana, go’yo Hakami Zuljalol zaminning mashharida tashhir qilayotgan antiqa va ajib asarlariga minglab ko’z bilan boqishni istaydi.

Yana, go’yo u Sultoni Azaliyning o'sha daraxtga bergan ziynatli hadya va nishonlarni va formalarni, maxsus bayrami va rasmiy tantanalari bo’lmish bahorda podshoning nazariga taqdim qilish uchun shunday muzayyan, mavzun, muntazam, ma'nodor bir shakl olgan va shunday hikmatli bir shakl berilgandirki; har bir gulida, har bir mevasida bir-biriga ichma-ich juda ko’p vajhlar va dalillar bilan naqqoshining vujudiga va asmosiga shahodat etadilar.

Masalan: Har bir gulda, har bir mevada bir mezon bor. Va u mezon bir intizom ichida,.. va u intizom yangilanib turadigan bir tanzim va tavzin ichida,.. va u tavzin va tanzim bir ziynat va san'at ichida,.. va u ziynat va san'at ma'nodor hidlar va hikmatli ta'mlar ichida bo’lganidan; har bir gul u daraxtning gullari adadicha Hakami Zuljalolga ishoralar qiladi. Va ushbu bir kalima bo’lgan bu daraxtda, bir harf o'rnida bo’lgan bir mevadagi bir urug’ nuqtasi butun daraxtning mundarijasini, programmasini tashuvchi kichik bir sandiqchadir. Va hokazo.. Bunga qiyosan koinot kitobining butun qatorlari, sahifalari bunday Ismi Hakam va Hakimning jilvasi bilan faqatgina har bir sahifasi emas, balki har bir qatori va har bir kalimasi va har bir harfi va har bir nuqtasi bir mo’'jiza darajasiga keltirilgandirki; butun sabablar to’plansa, bir nuqtasining o'xshashini keltirolmaydilar, muoraza qilolmaydilar. Darhaqiqat, ushbu Qur'oni Azimi Koinotning har bir oyati takviniyasi o'sha oyatning nuqtalari va harflari adadicha mo’'jizalar ko’rsatganlari uchun, albatta sarsari tasodif, ko’r quvvat, g’oyasiz, mezonsiz, shuursiz tabiat hech bir jihatdan u hakimona, basirona bo’lgan xos mezonga va g’oyat nozik intizomga aralasholmaydilar. Agar aralashsa edilar, albatta qorishiqlik asari ko’rinar edi. Holbuki hech bir jihatda intizomsizlik ko'rinmaydi.

Uchinchi nuktaning Ikkinchi nuqtasi:"Ikki masala"dir.

Birinchi masala:"O’ninchi So’z"da bayon qilingani kabi, nihoyat kamolda bir jamol va nihoyat jamolda bir kamol, albatta o’zini ko’rish va ko’rsatish, tashhir qilishni istashi - eng asosli bir qoidadir. Mana bu asosli dasturi umumiyga binoandirki, bu kitobi kabiri koinotning Naqqoshi Azaliysi bu koinot orqali va bu koinotning har bir sahifasi orqali va har bir qatori orqali, hatto harflari va nuqtalari orqali O’zini tanittirish va kamolotini bildirish va jamolini ko’rsatish va O’zini sevdirish uchun eng juz'iydan eng kulliyga qadar har bir mavjudning ko'plab lisonlari bilan jamoli kamolini va kamoli jamolini tanittirmoqda va sevdirmoqda.

Mana, ey g’ofil inson! Bu Hokimi Hakami Hakimi Zuljaloli Valjamol O'zini senga har bir maxluqi orqali shunday hadsiz va porloq tarzlarda tanittirish va sevdirishni istagani holda, sen Uning tanittirishiga muqobil iymon bilan tanimasang va Uning sevdirishiga muqobil ubudiyating bilan o’zingni Unga sevdirmasang, qay daraja cheksiz bir jaholat, bir xasorat ekanligini bil, o’zingga kel!..

Ikkinchi nuqtaning Ikkinchi masalasi:Bu koinotning Sone'-i Qodiyr va Hakimining mulkida sheriklik yeri yo’qdir. Chunki hamma narsada nihoyat darajada intizom borligi uchun, shirkni qabul qilmaydi. Chunki bir nechta qo’llar bir ishga aralashsa, u ish chalkashadi.

Bir mamlakatda ikki podsho, bir shaharda ikki hokim, bir qishloqda ikki rais bo’lsa; u mamlakat, u shahar, u qishloqning har ishida bir qorishiqlik boshlanadi. Shuning kabi, eng oddiy bir vazifador odam o’sha vazifasiga boshqasining mudoxalasini qabul qilmaydi. Bu narsa ko’rsatadiki: hokimiyatning eng asosli xossasi, albatta istiqlol va infiroddir. Demak, intizom vahdatni va hokimiyat yakkalikni taqozo qiladi. Modomiki hokimiyatning bir muvaqqat soyasi yordamga muhtoj va ojiz insonlarda bunday mudoxalani rad qilsa, albatta daraja-i rububiyatdagi haqiqiy bir hokimiyati mutlaqa, bir Qodiyri Mutlaqda butun shiddati bilan mudoxalani rad qilishi kerakdir. Agar zarra qadar mudoxala bo’lsa edi, intizom buzilib ketar edi.

Holbuki, bu koinot shunday bir tarzda yaratilganki, bir urug’ni yaratish uchun bir daraxtni yarata oladigan bir qudrat lozimdir. Va bir daraxtni yaratish uchun koinotni yarata oladigan bir qudrat kerakdir. Va koinot ichida ishga aralashgan bir sherik bor bo’lsa, eng kichik bir urug’da ham hissador bo’lishi lozim bo’ladi. Chunki bu uning namunasidir. U holda, ulkan koinotga sig'magan ikki rububiyat bir urug’da, balki bir zarrada joylashishi lozim bo’ladi. Bu esa, maholotning va botil xayolotning eng ma'nosiz va eng uzoq bir maholidir. Ulkan koinotning umum ahvol va kayfiyotini mezoni adlida va nizomi hikmatida tutgan bir Qodiyri Mutlaqning ojizligini hatto bir urug’da ham taqozo qiladigan shirk va kufr naqadar hadsiz darajada muzoaf bir xilof, bir xato, bir yolg’on ekanligini,.. va tavhid qanchalik hadsiz muzoaf bir darajada haq va haqiqat va to’g’ri ekanligini bil, "Alhamdulillohi 'alal iymon" de!..

Uchinchi nuqta:Sone'-i Qodiyr ismi Hakam va Hakimi bilan bu olam ichida minglab muntazam olamlarni joylashtirgandir. U olamlar ichida eng ziyoda koinotdagi hikmatlarga mador va mazhar bo’lgan insonni bir markaz, bir mador qilib yaratgan. Va u koinot doirasining eng muhim hikmatlari va foydalari insonga qaratilgandir. Va inson doirasi ichida ham rizqni bir markaz holiga keltirgan. Olami insoniyda aksar hikmatlar, manfaatlar o'sha rizqqa qaratilgan va u bilan namoyon bo'ladi. Va insonda shuur va rizqda zavq vositasi bilan ismi Hakimning jilvasi porloq bir suratda ko’rinadi. Va shuuri insoniy vositasi bilan kashf qilingan yuzlab fanlardan har bir fan Hakam ismining bir navdagi bir jilvasini ta'rif etadi.

Masalan, Tibbiyot fanidan so’ralsa: "Bu koinot nedir?" Albatta aytadiki: "G’oyat intizomli va mukammal bir buyuk dorixonadir. Ichida barcha dorilar yaxshilab hozirlangan va joylangandir."

Kimyo fanidan so’ralsa: "Bu kurra-i arz nedir?" Aytadi: "G’oyat muntazam va mukammal bir kimyoxonadir."

Texnika fani aytadi: "Hech bir qusuri bo’lmagan g’oyat mukammal bir fabrikadir."

Ziroat fani aytadi: "Nihoyat darajada hosildor, har navi ekinni o'z vaqtida yetishtiradigan tartibli bir ekinzordir va mukammal bir bog’dir."

Tijorat fani aytadi: "G’oyat tartibli bir ko’rgazma va juda ham intizomli bir bozor va mollari juda ham san'atli bir do’kondir."

Iosha fani aytadi: "G’oyat intizomli, butun arzoqning barcha turlarini jamlagan bir ombordir."

Rizq fani aytadi: "Yuz minglab lazzatli taomlar barobar kamoli intizom bilan ichida pishiriladigan bir oshxona-i Rabboniy va bir qozoni Rahmoniydir."

Askarlik fani aytadi: "Yer bir lashkargohdir. Har bahor mavsumida xizmatga yangi chaqirilgan va zamin yuzida chodirlari qurilgan to’rt yuz ming muxtalif millatlar u qo’shinda bo’lgani holda; farqli-farqli arzoqlari, farqli-farqli liboslari, silohlari, farqli-farqli ta'limotlari, tarxisotlari kamoli intizom bilan hech birini unutmasdan va chalkashtirmasdan, birgina Qo’mondoni A'zamning amri bilan, kuchi bilan, marhamati bilan, xazinasi bilan g’oyat intizomli shaklda bajarilib, idora qilinadi."

Va Elektr fanidan so’ralsa, albatta aytadiki: "Bu muhtasham saroyi koinotning tomi juda ham intizomli, mezonli son-sanoqsiz elektr chiroqlari bilan bezatilgandir. Ammo shunchalik xoriqo bir intizom va mezon bilandirki: Boshda Quyosh o’laroq, kurra-i Arzdan ming marta katta o'sha samoviy chiroqlar doim yonib turganlari holda muvozanalarini buzmaydilar, portlamaydilar, yong’in chiqarmaydilar. Sarfiyotlari cheksiz bo’lgani holda, voridotlari va "kerosin"lari va yoqilg'i moddalari qayerdan kelmoqda? Nima uchun tugamaydi? Nima uchun yonish muvozanasi buzilmaydi?.. Kichik bir chiroq ham tartibli shaklda qarab turilmasa, so’nadi. Astronomiyaga ko’ra, kurra-i Arzdan bir milliondan ortiqroq katta va bir million yildan ko'proq yashagan Quyoshni {(Hoshiya) Ajabo, dunyo saroyini isitayotgan Quyosh o’chog’iga yoki chirog’iga qancha o’tin va ko’mir va kerosin kerakligi chamalab ko’rilsin. Yonib turishi uchun har kuni - Astronomiyaning so’ziga qaraganda - bir millionta kurra-i Arz qadar o’tin yig’inlari va minglab dengizlar qadar kerosin kerak bo’ladi. Endi o’ylab ko’r, uni o’tinsiz, kerosinsiz doimiy ravishda yondirib turgan Qodiyri Zuljalolning hashmatiga, hikmatiga, qudratiga Quyoshning zarralari adadicha "Subhonalloh, Moshoalloh, Borakalloh" degin.} ko’mirsiz, yog’siz yondirayotgan, o’chirib qo'ymayotgan Hakimi Zuljalolning hikmatiga, qudratiga boq, "Subhonalloh" de. Quyoshning muddati umrida o’tgan daqiqalarining oshiralari adadicha "Moshoalloh, Borakalloh, Lo iloha illo Huv" deb ayt. Demak, bu samoviy chiroqlarda g’oyat xoriqo bir intizom bor va ularga juda diqqat bilan qarab turilibdi. Go’yo o'sha juda buyuk va juda ko’p olovli xarsanglarning va g’oyat ko’p nurli qandillarning bug’ qozoni esa - harorati tuganmas bir Jahannamdirki, ularga nursiz harorat beradi. Va o'sha elektr chiroqlarining generatorlari va markaziy fabrikasi - doimiy bir Jannatdirki, ularga nur va yorug’lik beradi. Ismi Hakam va Hakimning jilva-i a'zami bilan intizomli shaklda yonishlari davom etadi. Va hokazo...

Shularga qiyosan, yuzlab fanlardan har birining qat'iy shahodatiga ko'ra, nuqsonsiz bir intizomi akmal ichida hadsiz hikmatlar, manfaatlarga muvofiq bu koinot ziynatlangandir. Va o'sha xoriqo va ihotali hikmat bilan majmu'i koinotga bergan intizom va hikmatlarni eng kichik bir zihayot va bir urug’da kichik bir miqyosda joylashtirgandir.

Va ma'lum va badihiydirki, intizom bilan g’oyalarni va hikmatlarni va foydalarni ta'qib qilish; ixtiyor bilan, iroda bilan, qasd bilan, xoxish bilangina bo’lishi mumkin; boshqacha bo’lmaydi. Ixtiyorsiz, irodasiz, qasdsiz, shuursiz sabablar va tabiatning ishi bo’lmagani kabi, aralashishlari ham mumkin emas. Demak bu koinotning butun mavjudotidagi hadsiz intizom va hikmatlari bilan iqtizo qilganlari va ko’rsatganlari bir Foili Muxtorni, bir Sone'-i Hakimni bilmaslik yoki inkor qilish, naqadar ajib bir jaholat va devonalik ekanligini ta'riflab bo’lmaydi.

Darhaqiqat, dunyoda eng ko’p hayron qolinadigan bir narsa bor bo’lsa, u ham - ana shu inkordir. Chunki koinotning mavjudotidagi hadsiz intizomot va hikmatlari bilan, vujud va vahdatiga shohidlar bor bo’lgani holda, Uni ko’rmaslik, bilmaslik naqadar ko’rlik va jaholat ekanligini eng ko’r johil ham anglaydi. Hatto ayta olamanki, ahli kufr ichida koinotning vujudini inkor qilganlari sababli ahmoq deb o’ylangan sofistlar eng aqllilaridir. Chunki koinotning vujudini qabul qilish bilan Allohga va Xoliqiga ishonmaslik ma'qul va mumkin bo’lmagani uchun, koinotni inkor qila boshladilar. O’zlarini ham inkor qildilar. "Hech narsa yo’q" deb, aqldan voz kechib, aql pardasi ostida boshqa munkirlarning cheksiz aqlsizliklaridan qutulib, bir daraja aqlga yaqinlashdilar.

To’rtinchi nuqta:"O’ninchi So’z"da ishora qilingani kabi: Bir Sone'-i Hakim va g’oyat hikmatli bir usta bir saroyning har bir toshida yuzlab hikmatni diqqat bilan ta'qib etsa, so’ngra u saroyning tomini yopmasdan bekordan-bekorga xarob bo’lishi bilan ta'qib etgani hadsiz hikmatlarni zoye qilishini hech bir ziyshuur qabul qilmaydi. Va bir Hakimi Mutlaq kamoli hikmati bilan bir dirham qadar bir urug’dan yuzlab botmon foydalarni, g’oyalarni, hikmatlarni diqqat bilan ta'qib qilgani holda; tog’ kabi katta daraxtga bir dirham qadar bir dona foyda, bir dona kichik g’oya, bir dona meva berish uchun o'sha ulkan daraxtning juda ko’p masorifini qilish bilan, o’z hikmatiga butunlay zid va muxolif o’laroq isrofgarlarcha bir safohatni irtikob qilishi hech bir jihatdan imkoni yo’qdir.

Aynan shuning kabi, bu koinot saroyining har bir mavjudotiga yuzlab hikmat taqqan va yuzlab vazifa bilan jihozlantirgan, hatto har bir daraxtga mevalari adadicha hikmatlar va gullari adadicha vazifalar bergan bir Sone'-i Hakim, qiyomatni keltirmaslik bilan va hashrni qilmaslik bilan, butun son-sanoqsiz hikmatlarni va cheksiz vazifalarni ma'nosiz, behuda, bekordan-bekor, foydasiz zoye qilishi, u Qodiyri Mutlaqning kamoli qudratiga ajzi mutlaq bergani kabi; u Hakimi Mutlaqning kamoli hikmatiga hadsiz behudalik va foydasizlikni va u Rahimi Mutlaqning jamoli rahmatiga nihoyasiz chirkinlikni va u Odili Mutlaqning kamoli adolatiga nihoyasiz zulmni berish demakdir. Go’yo, koinotda hammaga ko’ringan hikmat, rahmat, adolatni inkor qilishdir. Bu esa, eng ajib bir maholdirki, ichida hadsiz botil narsalar topiladi. Ahli zalolat kelsin, boqsin; kiradigani va o'ylagani o'z qabri kabi, o’z zalolatida qay daraja dahshatli bir zulmat, bir qorong’ulik va ilonlarning, chayonlarning uyasi bir chuqur ekanligini ko’rsin. Va oxiratga iymon esa, Jannat kabi go’zal va nurli bir yo’l ekanligini bilsin, iymonga kirsin.

Beshinchi nuqta:Ikki masaladir.

Birinchi masala:Sone'-i Zuljalol ismi Hakimning muqtazosi bilan, hamma narsada eng yengil suratni, eng qisqa yo’lni, eng oson tarzni, eng foydali shaklni ahamiyat bilan ta'qib qilgani ko’rsatadiki; fitratda isrof, behudalik va foydasizlik yo’qdir. Isrof esa, ismi Hakimning ziddi bo’lgani kabi, iqtisod uning lozimidir va asosiy dasturidir.

Ey iqtisodsiz, isrofli inson! Butun koinotning eng asosli dasturi bo’lgan iqtisodga rioya qilmaganing uchun, naqadar xilofi haqiqat harakat qilganingni bil! كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لَا تُسْرِفُوا oyati naqadar asosli, keng bir dasturni dars berganini angla!..

Ikkinchi masala:Ismi Hakam va Hakim badohat darajasida Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning risolatiga dalolat qiladi va istilzom qiladi deyish mumkin. Darhaqiqat, modomiki g’oyat ma'nodor bir kitob, uni dars beradigan bir muallim istar ekan... Va g’oyat go’zal bir jamol, o’zini ko’radigan va ko’rsatadigan bir oynani taqozo qilar ekan... Va g’oyat kamolda bir san'at, e'lonchi bir dallol istar ekan... Albatta har bir harfida yuzlab ma'nolar, hikmatlar bor bo’lgan bu kitobi kabiri koinotning muxotabi bo’lmish navi inson ichida albatta bir rahbari akmal, bir muallimi akbar bo’ladi. Toki, o'sha kitobdagi qudsiy va haqiqiy hikmatlarni dars beradigan,.. balki koinotdagi hikmatlarning vujudini bildiradigan,.. balki koinotning xilqatidagi maqosidi Rabboniyaning zuhuriga, balki hosil bo'lishiga vasila bo’ladigan,.. va umum koinotda Xoliq tarafidan g’oyat ahamiyat bilan izhorini iroda qilgani kamoli san'atini, jamoli asmosini bildiradigan, oynadorlik qiladigan,.. va u Xoliq butun mavjudot orqali O’zini sevdirishni xohlagani va ziyshuur maxluqlaridan muqobala istagani sababli, u ziyshuurlar nomidan bittasi o'sha keng tazohuroti rububiyat qarshisida keng bir ubudiyat bilan muqobala qilib, quruqlik va dengizni jazbaga keltiradigan,.. Samovot va Arzni larzaga soladigan bir sado-i tashhir va taqdis bilan, o'sha ziyshuurlarning nazarini o'sha san'atlarning Sone'iga buradigan,.. va qudsiy darslar va ta'limot bilan butun ahli aqlning quloqlarini o’ziga qaratadigan bir Qur'oni Azimushshon bilan, o'sha Sone'-i Hakami Hakimning maqosidi Ilohiyasini eng go’zal bir suratda ko’rsatadigan,.. va butun hikmatlarining tazohuri va tazohuroti jamoliya va jaloliyasi qarshisida eng mukammal muqobala qiladigan bir zot - Quyoshning vujudi kabi bu koinotga lozimdir, zaruriydir. Va shunday qilgan va eng akmal bir suratda o'sha vazifalarni amalga oshirgan, bilmushohada Rasuli Akram alayhissalotu vassalomdir. Shunday ekan, Quyosh ziyoni, ziyo kunduzni istilzom qilgani darajada, koinotdagi hikmatlar risolati Ahmadiyani (asv) istilzom qiladi.

Darhaqiqat, ismi Hakimning jilva-i a'zami bilan, a'zamiy darajada risolati Ahmadiyani taqozo qilgani kabi, xuddi shuningdek asmo-i husnodan Alloh, Rahmon, Rahim, Vadud, Mun'im, Karim, Jamil, Rabb kabi ko’p ismlarning har biri koinotda ko’ringan bir jilva-i a'zam bilan, a'zamiy darajada va martaba-i qat'iyatda risolati Ahmadiyani (asv) istilzom qiladilar.

Masalan: Ismi Rahmonning jilvasi bo’lgan rahmati vosi'a, o'sha "Rahmatan lil-olamiyn" bilan namoyon bo'ladi. Va ismi Vadudning jilvasi bo’lgan tahabbubi Ilohiy va taarrufi Rabboniy o'sha Habibi Rabb-ul Olamiyn bilan natija beradi, muqobala ko’radi. Va ismi Jamilning bir jilvasi bo’lgan butun jamollar, ya'ni jamoli zot, jamoli asmo, jamoli san'at, jamoli masnu'ot ham o'sha oyna-i Ahmadiyada ko’riladi, ko’rsatiladi. Va hashmati rububiyat va saltanati uluhiyatning jilvalari ham o'sha dalloli saltanati rububiyat bo’lmish Zoti Ahmadiyaning risolati bilan bilinadi, ko’rinadi, tushuniladi, tasdiq qilinadi. Va hokazo... Bu misollar kabi aksar asmo-i husnoning har biri risolati Ahmadiyaga bir porloq burhondir.

Alhosil:Modomiki koinot mavjuddir va inkor qilinmas ekan; albatta koinotning ranglari, ziynatlari, nurlari, ziyolari, san'atlari, hayotlari, robitalari o'rnida bo’lgan hikmat, inoyat, rahmat, jamol, nizom, mezon, ziynat kabi mashhud haqiqatlar, hech bir jihatdan inkor qilinmaydi. Modomiki o'sha sifatlarni, fe'llarni inkor qilish mumkin emas ekan; albatta o'sha sifatlarning mavsufi va o'sha fe'llarning foili va o'sha ziyolarning quyoshi bo’lmish Zoti Vojib-ul Vujud, Hakim, Karim, Rahim, Jamil, Hakam, Adl ham hech bir jihatdan inkor qilinmaydi va inkor qilish aqlga to'g'ri kelmaydi. Va albatta u sifatlarning va u fe'llarning madori zuhurlari, balki madori kamollari, balki madori tahaqquqlari bo’lmish rahbari akbar, muallimi akmal va dalloli a'zam va tilsimi koinotning kashshofi va oyna-i Samadoniy va Habibi Rahmoniy bo’lmish Muhammad alayhissalotu vassalomning risolati hech bir jihatdan inkor qilinmaydi. Olami haqiqatning va haqiqati koinotning ziyolari kabi, u Zotning risolatlari ham koinotning eng porloq bir ziyosidir.

عَلَيْهِ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ الْاَيَّامِ وَذَرَّاتِ الْاَنَامِ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

O’ttizinchi Yog'duning To’rtinchi Nuktasi

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ

oyatining bir nuktasi va Vohid va Ahad ismlarini tazammun etgan bir ismi a'zam yoki ismi a'zamning olti nuridan bir nuri bo’lgan "Fard" ismining bir jilvasi Shavvoli Sharifda Eskishehir Hibsxonasida menga ko’rindi. U jilva-i a'zamning tafsilotini Risola-i Nurga havola qilib, bu yerda muxtasar "Yetti Ishorat" bilan Ismi Fardning tajalli-i a'zami bilan ko’rsatgan tavhidi haqiqiyni g’oyat muxtasar bayon qilamiz.

Birinchi Ishorat:Fard ismi a'zami, a'zamiy bir tajalliy bilan koinotning hay'ati majmuasiga va har bir naviga va har bir fardiga bittadan sikka-i tavhid, bittadan xotami vahdoniyat qo’yganini, Yigirma Ikkinchi So’z bilan O’ttiz Uchinchi Maktub tafsilan ko’rsatgandirlar. Bu yerda yolg’iz uch sikkaga ishorat qilamiz.

Birinchi Sikka:Fardiyat jilvasi koinot yuzida shunday bir sikka-i vahdat qo’yganki, koinotni tajazzi qabul qilmaydigan bir kull hukmiga keltirgandir. Butun koinotga tasarruf etolmagan bir zot hech bir juziga haqiqiy molik bo’lolmaydi. U sikka ham shudir: Koinotning mavjudoti, anvo'lari eng muntazam bir fabrika charxlari kabi bir-biriga muovanat etadi; bir-birining vazifasini takmilga harakat qiladi. Shunday bir tasonud, shunday bir-biriga muovanat, shunday bir-birining istagiga javob berish va bir-birining imdodiga yugurish va bir-biriga yopishish, bir-birining ichiga kirish surati bilan shunday bir vahdati vujud tashkil qiladilarki; bir insonning jasadidagi unsurlar kabi, qobili tafriq bo'maydi. Bir unsurning tizginini tutgan, umumning tizginlarini tutolmasa, u bitta unsurning tizginini zabt etolmaydi.

Xullas, koinotning siymosidagi bu taovun, tasonud, tajovub, taonuk; juda porloq bir sikka-i kubro-i vahdatdir.

Ikkinchi Sikka:Zaminning yuzida va bahor siymosida shunday bir porloq xotami ahadiyat va sikka-i vahdoniyat Ismi Fardning jilvasi bilan ko’rinadiki, Kura-i Arzning yuzida barcha zihayotni barcha afrodi bilan va ahvol va shuunoti bilan idora qilmagan va umumini birdan ko’rmagan va bilmagan va ijod qilmagan bir zot, ijod jihatida hech bir narsaga qo’shilmaganini isbot qiladi. U sikka ham shudir: Zaminning yuzida ma'daniy moddalarning, unsurlarning va jomidot maxluqotning g’oyat muntazam, faqat yashirin sikkalarini nazarga olmasdan, yolg’iz ikki yuz ming hayvonot toifalarining va ikki yuz ming nabotot anvo'ining otqi iplari bilan to’qilgan naqshli shu sikkaga qaraki:

Birdan bahor mavsumida, zaminning yuzida, bir-biri ichida, barobar, boshqa-boshqa shakllari, boshqa-boshqa xizmatlari, boshqa-boshqa rizqlari, boshqa-boshqa jihozotlari; hech birini adashmasdan, xato qilmasdan, nihoyat qorishiqlik ichida nihoyat darajada tamyiz va tafriq bilan, g’oyat hassos bir mezon bilan har bir narsaga lozim bo’lgan hamma narsalari qiyinchiliksiz ayni vaqtida kutilmagan yeridan berilganini ko’zimiz bilan ko’rganimizdan, zaminning siymosida o’sha holat, o’sha tadbir, o’sha idora shunday bir xotami vahdoniyat va shunday bir sikka-i ahadiyatdirki; butun u mavjudotni birdan, hechdan ijod qilib barobar idora qilmagan bir zot; rububiyat va ijod jihati bilan hech bir narsaga qo’shilolmaydi. Chunki qo’shilgan bo’lsa, u hadsiz keng muvozana-i idora buziladi. Faqat insonlarning u qavonini rububiyatning husni jarayonlariga yana amri Ilohiy bilan suriy bir xizmati bor.

Uchinchi Sikka:Insonning yuzida.. balki, insonning yuzi shunday bir sikka-i ahadiyatdirki, Odam zamonidan to qiyomatga qadar kelgan va keladigan butun afrodi insoniya birdan nazari mutolaasida bo’lmagan va har biriga qarshi u bir yuzda bittadan alomati fariqa qo’ymagan va u kichik yuzda hadsiz alomati fariqa qoldirmagan bir sabab, bitta insonning yuzidagi xotami vahdoniyatga ijod jihati bilan qo’l uzatolmaydi. Ha, insonning yuziga u sikkani qo’ygan zot, albatta butun afrodi insoniya nazari shuhudida va doira-i ilmidadirki, har bir insonning siymosi ko’z, quloq, og’iz kabi a'zo-i asosiyda bir-biriga o’xshagani holda, bittadan alomati fariqa bilan, hech birisiga to’liq o’xshamaydi. Qandayki u siymoda ko’z, quloq kabi a'zolarning umum afrodida bir-biriga o’xshagani, u navi insonning Sone'i bir, vohid bo’lganiga shahodat qilgan bir sikka-i tavhiddir; xuddi shuning kabi: Huquqi insoniyaning muhofazasi uchun boshqa anvo'dan ustun bo’lib, u siymolarda bir-biriga iltibos bo’lmaslik va bir-biridan tafriqi uchun, hikmatli juda ko’p alomati fariqa bilan iftiroqlari, u Sone'-i Vohidning irodasini, ixtiyorini va mashiatini ko’rsatmoq bilan barobar, boshqa va juda daqiq bir sikka-i ahadiyat bo’ladiki; butun insonlarni, hayvonlarni, balki koinotni xalq etmagan bir zot, bir sabab u sikkani qo’yolmaydi.

Ikkinchi Ishorat:Koinotning olamlari, anvo'lari va unsurlari shunday bir-biri ichiga aralashib kirganki, koinotning hay'ati majmuasiga molik bo’lmagan bir sabab, hech bir naviga, hech bir unsuriga haqiqiy tasarruf etolmaydi. Go’yo Ismi Fardning jilva-i vahdati butun koinotni bir vahdat ichiga olgan; hamma narsa u vahdatni e'lon qiladi. Masalan: Bu koinotning chirog’i bo’lgan Quyoshning bir bo’lishi, umum koinot birining bo’lganiga ishorat qilgani kabi; zihayotlarning epchil va chaqqon xizmatchilari bo’lgan havo unsuri bir bo’lishi.. va oshpazlari bo’lgan otash bir bo’lishi.. va zamin bog’ini suvlagan bulut suvchisi bir bo’lishi.. va umum zihayotning imdodiga yetishgan yomg’ir bir bo’lishi va har yerga yetishishi.. va aksar hayvonot va nabotot toifalarining har biri umum zamin yuzida erkin yoyilishlari, vahdati nav'iyalari va maskanlari bir bo’lishi; g’oyat qat'iy bir suratda ishoratlar, shahodatlardirki: Maskanlari bilan barobar umum u mavjudot, yolg’iz bir zotning moli bo’lganiga dalolat qiladilar.

Xullas bunga qiyosan, butun koinotning bunday bir-biriga aralashgan anvo'lari majmu' koinotni shunday bir kull hukmiga keltirganki, ijod jihati bilan tajazzi qabul qilmaydi. Umum koinotga hukmi o’tmagan bir sabab, rububiyat jihati bilan va ijod sifati bilan hech bir narsaga hukm qilolmaydi va birgina zarraga rububiyatini tinglattirolmaydi.

Uchinchi Ishorat:Ismi Fardning tajalli-i a'zami bilan koinotni bir-biri ichida hadsiz maktuboti Samadoniya hukmiga keltirib, har maktubda hadsiz xotami vahdoniyat va juda ko’p muhri ahadiyat bosilgan kabi, har bir maktubning kalimoti adadicha ahadiyat muhrlarini tashiydi va u muhrlarning adadicha kotibini ko’rsatadi. Ha, har bir gul, har bir meva, har bir o’t, hatto har bir hayvon, har bir daraxt bittadan muhri ahadiyat va bittadan sikka-i Samadiyat bo’lganlarini va bo’lgan makonlari esa bir maktub suratini olishi jihati bilan har biri bir imzo shaklini oladi; u makonning kotibini ko’rsatadi. Masalan: Bir bog’da bir sariq gul, u bog’ naqqoshining bir muhri hukmidadir. U gul muhri kimniki bo’lsa, butun zamin yuzidagi u navi gullar u zotning kalimalari hukmida bo’lganiga va u bog’ ham uning yozuvi bo’lganiga ochiq bir suratda dalolat qiladi. Demak, natija shuki; har bir narsa umum ashyoni Xoliqiga isnod etib, a'zamiy bir tavhidga ishorat qiladi.

To’rtinchi Ishorat:Ismi Fardning jilva-i a'zami quyosh kabi zohir bo’lish bilan barobar, vujub darajasida bir ma'quliyat va hadsiz bir osonlik bilan qabul qilinadi. Va u jilvaning muxolifi va ziddi bo’lgan shirk nihoyat darajada mushkul va aqldan g’oyat darajada uzoq, balki mahol va mumtani' darajasida bo’lganini isbot qilgan ko’p burhonlar Risola-i Nurning ajzolarida bayon qilingan. Hozircha u dalillardagi nuqtalarning tafsilotini u risolalarga havola qilib, yolg’iz "Uch Nuqta"sini bu yerda bayon qilamiz.

Birinchisi:O’ninchi va Yigirma To’qqizinchi So’zlarning oxirlarida qisqacha va Yigirmanchi Maktubning oxirida tafsilan g’oyat qat'iy burhonlar bilan isbot qilganmizki: Zoti Fard va Ahadning qudratiga nisbatan eng katta narsaning ijodi, eng kichik bir narsa kabi osondir. Bir bahorni bir gul kabi suhulat bilan xalq etadi. Minglab hashrning namunalarini har bahorda ko’zimiz qarshisida osonlik bilan ijod qiladi. Katta bir daraxtni kichik bir meva kabi bemalol idora qiladi.

Agar mutaaddid sabablarga havola qilinsa, har bir meva bir daraxt qadar masrafli va mushkulotli.. va bir gul bir bahor qadar zahmatli va suubatli bo’ladi. Ha, qandayki bir qo’shinning tajhizoti askariyasi bir qo’mondonning amri bilan bir fabrikada qilinsa; u qo’shinning tajhizoti, go’yo bitta askarning tajhizoti kabi osonlashadi. Agar har askarning jihozoti boshqa-boshqa fabrikada qilinsa va idora-i askariyasi vahdatdan kasratga kirsa, u vaqt har bir askar qo’shin qadar fabrikalar istaydi.

Aynan shuning kabi, agar hamma narsa Zoti Fard va Ahadga berilsa; butun bir navning hadsiz afrodi birgina fard kabi oson bo’ladi. Agar sabablarga berilsa; har bir fard o'sha nav qadar mushkulotli bo’ladi. Ha, vahdat ham, fardiyat ham; hamma narsaning u Zoti Vohidga intisobi bilan bo’ladi va unga istinod etadi. Va bu istinod va intisob esa; u narsa uchun hadsiz bir quvvat, bir qudrat hukmiga o’ta oladi. U vaqt kichik bir narsa u intisob va istinod quvvati bilan, minglab daraja quvvati shaxsiyasidan ustun ishlar qila oladi, natijalar bera oladi. Va juda quvvatli bo’lgan Fard va Ahadga istinod va intisob etmagan bir narsa, o’z shaxsiy quvvatiga ko’ra kichik ishlar qila oladi va natijasi unga ko’ra kichrayadi. Masalan: Qandayki jangga qo’shilgan g’oyat jasur, quvvatli bir odam, o’z o’q-dorilarini va zahirasini o’zi bilan birlikda va belida tashishga majbur bo’lganidan, faqat o’nta odam dushmaniga qarshi muvaqqat qarshi tura oladi. Chunki shaxsiy quvvati o'shancha asar ko’rsata oladi. Faqat askarlik ruxsatnomasi bilan bir qo’mondoni a'zamga intisob va istinod etgan bir odam; o’z manabi-i quvvatini va arzoq omborini o’zi tortmagani va tashishga majbur bo’lmagani uchun, u intisob va istinod u uchun bitmas bir quvvat, bir xazina hukmiga o’tganidan; mag’lub bo’lgan dushman qo’shinining bir mushirini, balki minglab odam bilan barobar, u intisob quvvati bilan asir qila oladi.

Demak vahdatda, fardiyatda; bir chumoli bir Fir'avnni, bir chivin bir Namrudni, bir mikrob bir jabborni u intisob quvvati bilan mag’lub qila olgani kabi; no’xat donasi kichikligidagi bir urug’ ham tog’ kabi haybatli bir chinor daraxtini yelkasida tashiy oladi. Darhaqiqat, qandayki bir qo’mondoni a'zam bir askarning imdodiga bir qo’shinni yubora olish e'tibori bilan va u askarning orqasida bir qo’shinni tahshid eta olishi jihati bilan; u askar, bir qo’shin o’zining orqasida ma'nan mavjud kabi bir quvvati ma'naviya bilan juda katta ishlarga, qo’mondoni nomidan mazhar bo’ladi. Xuddi shuning kabi: Sultoni Azaliy, Fard va Ahad bo’lganidan -hech bir jihat bilan ehtiyoj yo’q, agar farazan ehtiyoj bo’lsa- hamma narsaning imdodiga butun ashyoni yuboradi va har bir narsaning orqasiga koinot qo’shinini tahshid etadi va har bir narsa koinot qadar bir quvvatga tayanadi va har bir narsaga qarshi butun ashyo -farazan agar ehtiyoj bo’lsa- u Qo’mondoni Fardning quvvati hukmiga o’ta oladi. Agar Fardiyat bo’lmasa, har bir narsa butun bu quvvatni yo’qotadi, hech hukmiga sukut etadi, natijalari ham hechga tushadi.

Xullas, ko’zimiz bilan har vaqt mushohada etganimiz bu juda xoriqo asarlarning g’oyat kichik ahamiyatsiz narsalardan tazohuri, bilbadoha Fardiyat va Ahadiyatni ko’rsatadi. Bo’lmasa hamma narsaning natijasi, mevasi, asari; u narsaning moddasi va quvvati kabi kichrayib hechga tushar edi. Va ko’z o’ngimizdagi g’oyat qiymatdor narsalarning g’oyat darajada arzonligi va nihoyat darajada to’kinligi hech qolmas edi. Hozir bir kurush bilan oladigan bir qovunimizni, bir anorimizni qirq ming lira bilan ham yeyolmas edik. Darhaqiqat, dunyodagi butun suhulat, butun arzonlik, butun to’kinlik; vahdatdan keladi va Fardiyatga shahodat qiladi.

Ikkinchi Nuqta:Mavjudot ikki vajh bilan ijod qilinadi. Biri "ibdo' va ixtiro" ta'bir qilingan hechdan ijoddir. Boshqasi; "insho va tarkib" ta'bir qilingan mavjud bo’lgan anosir va ashyodan to’plamoq surati bilan unga vujud berishdir. Agar jilva-i Fardiyatga va sirri Ahadiyatga ko’ra bo’lsa, hadsiz daraja bir suhulat, balki vujub darajasida bir osonlik bo’ladi. Agar Fardiyatga berilmasa, hadsiz daraja mushkul va g’ayri ma'qul, balki imtino' darajasida bir suubat bo’ladi. Holbuki koinotdagi mavjudot nihoyat darajada qiyinchiliksiz bo’lib va suhulat bilan va osonlik bilan g’oyat mukammal bir suratda vujudga kelishlari, jilva-i Fardiyatni bilbadoha ko’rsatadi va hamma narsa to’g’ridan-to’g’riga Zoti Fardi Zuljalolning san'ati bo’lganini isbot qiladi. Ha, agar butun ashyo Fardi Vohidga berilsa, bir gugurt yoqmoq kabi, asarlari bilan azamati tushunilgan u nihoyatsiz qudrati bilan hechdan ijod qiladi va ihotali nihoyatsiz ilmi bilan hamma narsaga ma'naviy bir qolip hukmida bir miqdor tayin qiladi. Va u oyna-i ilmidagi hamma narsaning suratiga va rejasiga ko’ra osonlik bilan har bir narsaning zarralari u qolipi ilmiy ichiga joylashadilar, muntazaman vaziyatlarini muhofaza qiladilar. Agar atrofdan zarralarni to’plamoq lozim bo’lsa ham, ilmiy qonunlarning va qudratning ihotali dasturlari jihati bilan; u zarralar qonuni ilmiy va savqi qudratiy bilan bog’lanishlari e'tibori bilan mute' bir qo’shinning askarlari kabi muntazaman qonuni ilmiy va savqi qudratiy bilan kelib u narsaning vujudini ihota etgan qolipi ilmiy va miqdori qadariy ichiga kirib osonlik bilan vujudini tashkil qiladilar. Balki oynadaki aksning fotoapparat vositasi bilan qog’oz ustiga vujudi xorijiy kiyishi yoxud ko’rinmaydigan bir yozuv bilan yozilgan bir maktubga ko’rsatadigan moddani surtish bilan ko’rinishi kabi, Fardi Vohidning ilmi azaliysining oynasida bo’lgan mohiyati ashyo va suvari mavjudotga g’oyat suhulat bilan, qudrat ularga vujudi xorijiy kiydiradi va olami ma'nodan olami zuhurga keltiradi, ko’zlarga ko’rsatadi. Agar Fardi Vohidga berilmasa, bir chivinning vujudini ro’yi zaminning atrofidan va anosiridan g’oyat hassos bir mezon bilan to’plamoq, go’yo yer yuzini va unsurlarni elaklab har tarafdan u maxsus vujudning maxsus zarralarini keltirib san'atli vujudida muntazam joylashtirmoq uchun moddiy qolip, balki a'zolari adadicha qoliplar bo’lishi va u vujuddagi tuyg’ular va ruh kabi nozik, daqiq ma'naviy latoifni ham mezoni maxsus bilan ma'naviy olamlardan jalb qilish lozim bo’ladi.

Xullas, bu suratda bir chivinning ijodi koinot qadar mushkulotli bo’ladi; yuz daraja mushkul mushkul ichida, balki mahol mahol ichida bo’ladi. Chunki Xoliqi Farddan boshqa hech bir narsa hechdan va adamdan ijod qilolmaganiga butun ahli din va ahli fan ittifoq qiladilar. Unday bo’lsa, sabablar va tabiatga havola qilinsa, hamma narsaga aksar ashyodan to’plamoq surati bilan vujud berilishi mumkin.

Uchinchi Nuqta:Agar butun ashyo bir Zoti Fardi Vohidga berilsa, bitta narsa kabi oson bo’lishiga; agar sabablarga va tabiatga havola qilinsa, bitta narsaning vujudi, umum ashyo qadar mushkulotli bo’lganiga ishorat qilgan, boshqa risolalarda izoh qilingan bir-ikki tamsilni muxtasaran bayon qilamiz.

Masalan: Bir zobitga ming askarga oid vaziyat va idora havola qilinsa va bir askar ham o’n zobitning idorasiga berilsa.. u bir askarning idorasi bir harbiy qismning idorasidan o’n daraja yanada mushkulotli bo’ladi. Chunki unga amr qilganlar bir-biriga mone bo’ladilar. Bir chalkashlik bilan u askar hech bir istirohat yuzini ko’rmaydi. Ham bir harbiy qismdan matlub vaziyat va natija birgina zobitga havola qilinsa; qiyinchiliksiz, osonlik bilan u natijani istihsol etadi va u vaziyatni bera oladi. Agar u vaziyatni olishni va u natijani istihsol etishni u harbiy qismdagi boshliqsiz, sarkardasiz, serjantsiz askarlarga havola qilinsa, u matlub vaziyatni va natijani olish uchun ko’p chalkashlik ichida munoqashalar bilan faqatgina noqis bir suratni mushkulot bilan tahsil eta oladi.

Ikkinchi Tamsil:Masalan Ayasofya kabi qubbali bir masjidning qubbasidagi toshlarini ushlab qolish vaziyati va muallaq holda ushlab qolish bir ustaga berilsa, u vaziyatni ularga osonlik bilan bera oladi. Agar u vaziyatga kirishi toshlarga havola qilinsa, har bir tosh umum toshlarga ham hokimi mutlaq, ham mahkumi mutlaq bo’lishi lozim bo’ladi. Toki bir-biri bilan hamjihatlikda, muallaqda tura olsinlar. U holda u ustaning osonlik bilan qilgan ishini qilish uchun yuz usta qadar yuz daraja ishidan yanada ziyoda ishlar qilinadi, keyin u vaziyatlar olinadi.

Uchinchi Tamsil:Masalan Kura-i Arz Zoti Fardi Vohidning bir ma'muri, bir askari bo’lganidan, yolg’iz u birgina askar u bir zotning bir amrini tinglagani uchun, mavsumlarning hosil bo’lishi va kecha va kunduz vaqtlarining vujudi va samovotdagi ulviy va hashmatli harakotning zuhuri va kinodagidek samoviy lavhalarning tabdili kabi natijalarni istihsol uchun Arz kabi bitta askar birgina zotning birgina amrini olish bilan u vazifaning nash'asidan kelgan bir joziba bilan majzub mavlaviy kabi samo zikrini boshlaydi, butun u muhtasham natijalarning husuliga va zuhuriga vasila bo’ladi. Go’yo u bir askar koinot yuzidagi muhtasham harakatga qo’mondonlik qiladi. Agar hokimiyati uluhiyati va saltanati rububiyati umum koinotni ihota etgan va hukm va amri umum mavjudotga o’tgan bir Zoti Fardga berilmasa; u holda u natijalarni, u samoviy harakatni va arziy mavsumlarni tahsil etmoq uchun Kura-i Arzdan ming marta katta millionlab yulduzlar va kuralar millionlab yil uzun bir masofani har yigirma to’rt soatda, har yil kezish bilan u natijalar ko’rsatilishi mumkin.

Xullas, Kura-i Arz kabi birgina ma'mur, majzub bir mavlaviy kabi o’qi va orbitasi ustida ikki harakat bilan hosil bo’lgan u hashmatli natijalarning hosil bo’lishi esa, vahdatda qay daraja hadsiz suhulat bo’lganiga bir misol bo’lishi kabi, ayni natijalarni qozonish uchun millionlab marta u harakatdan yanada mushkul va hadsiz uzun yo’llar bilan u natijalarni qozonmoq qay daraja mushkulotli, balki mahol bo’lganiga; shirk va kufrning yo’lida qay daraja mahollar, botil narsalar bo’lganiga misoldir.

Sabablarga sig’inganlarning va tabiatparastlarning jaholatlariga bu misol bilan qara. Masalan: "Bir zot xoriqo bir fabrikaning yoki ajib bir soatning yoki muhtasham bir saroyning yoki mukammal bir kitobning g’oyat muntazam bir suratda ajzolarini, charxlarini favqaloda san'ati bilan tayyorlagandan keyin, o’zi osongina u ajzolarni tarkib etib ishlatmasdan, balki juda ulkan masraflar bilan u ajzolarni o’z-o’ziga ishlamoq va u usta o’rniga fabrikani, saroyni, soatni yasamoq, kitobni yozmoq uchun har bir juzni, har bir charxni, hatto qog’ozni, qalamni bittadan xoriqo uskuna hukmiga keltiradi. Va tashhirini qattiq istagan butun hunarlarini, kamolotini izhorga vasila bo’lgan u ustozligini va san'atini ularga havola qiladi" deya o’ylamoq, qay daraja aqldan uzoq va jaholat bo’lganini anglaysan! Aynan shuning kabi; sabablarga va tabiatlarga ijod isnod etganlar muzaaf bir jaholatga tushadilar. Chunki tabiatlarning va sabablarning ustida ham g’oyat muntazam bir asari san'at bor; ular ham boshqa maxluqot kabi masnu'dirlar. Ularni unday yaratgan zot, ularning natijalarini ham yaratadi, barobar ko’rsatadi. Urug’ni yaratgan, uning ustida daraxtni u yaratadi; va daraxtni yaratgan, uning ustida mevalarni ham u ijod qiladi. Bo’lmasa boshqa-boshqa tabiatlarning, sabablarning vujudga kelishlari uchun, yana muntazam boshqa tabiatlarni, sabablarni istaydilar. Va hokazo bora-bora nihoyatsiz, ma'nosiz, imkonsiz bir silsila-i mavhumotni mavjud qabul qilmoq lozim bo’ladi. Bu esa, jaholatlarning eng antiqasidir.

Beshinchi Ishorat:Ko’p yerlarda qat'iy dalillar bilan isbot qilganmizki: Hokimiyatning eng asosli xossasi; istiqloldir, infiroddir. Hatto hokimiyatning zaif bir soyasi; ojiz insonlarda ham, istiqloliyatini muhofaza qilish uchun, boshqasining mudoxalasini shiddat bilan rad qiladi va o’z vazifasiga boshqasining qo’shilishiga muso'ada etmaydi. Ko’p podshohlar bu raddi mudoxala sababi bilan ma'sum avlodlarini va sevgan qardoshlarini marhamatsiz tarzda o’ldirganlar. Demak, haqiqiy hokimiyatning eng asosli xossasi va infikok qabul qilmaydigan bir lozimi va doimiy bir muqtazosi; istiqloldir, infiroddir, boshqasining mudoxalasini rad qilishdir.

Xullas, bu juda asosli xossa uchundirki, rububiyati mutlaqa darajasidagi hokimiyati Ilohiya, g’oyat shiddat bilan shirkni va ishtirokni va mudoxala-i g’ayrni rad qilganidan, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon ham g’oyat harorat bilan va shiddat bilan va juda ko’p takror bilan tavhidni ko’rsatib; shirkni, ishtirokni azim tahdidlar bilan rad qiladi.

Xullas, rububiyatdagi hokimiyati Ilohiya tavhid va vahdatni qat'iy bir suratda iqtizo etgani va g’oyat quvvatli bir da'ini va g’oyat shiddatli bir muqtaziyni ko’rsatgani kabi, koinot yuzidagi nihoyat darajada mukammal va majmu-i koinotdan, yulduzlardan tut to nabotot, hayvonot, ma'din.. to juz'iyot va afrodga va zarralarga qadar ko’ringan intizomi akmal va insijomi ajmal; u fardiyatga, u vahdatga hech bir jihat bilan shubha keltirmaydigan bir shohidi odil, bir burhoni bahirdir. Chunki g'ayrning mudoxalasi bo’lsa, bu g’oyat hassos nizom va intizom va muvozana-i koinot albatta buzilar edi va intizomsizlik asari ko’rinar edi.

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا

oyatining sirri bilan, bu xoriqo mukammal nizomi koinot chalkashardi va fasodga kirardi. Holbuki

فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ

oyati bilan zarrotdan to sayyorotga, farshdan to arshga qadar hech bir jihat bilan qusur va nuqson va tartibsiziyat asari ko’rilmaganidan, g’oyat porloq bir suratda, bu nizomi koinot va shu intizomi maxluqot va shu muvozana-i mavjudot, Ismi Fardning jilva-i a'zamini ko’rsatib vahdatga shahodat qiladi. Ham jilva-i ahadiyat sirri bilan, eng kichik bir zihayot maxluq koinotning bir misoli musag’g’arasi va kichik bir mundarijasi hukmida bo’lganidan; u bitta zihayotga sohib chiqqan, butun koinotni qabza-i tasarrufida tutgan zot bo’lishi mumkin. Va bir urug’, xilqat jihatidan bir daraxtdan orqada bo’lmagani; va bir daraxt, kichik bir koinot hukmida bo’lgani.. har bir zihayot ham kichik bir koinot va kichik bir olam hukmida bo’lganidan; bu sirri ahadiyat jilvasi shirk va ishtirokni mahol darajasiga keltiradi.

Bu koinot u sir bilan; yolg’iz tajazzi qabul qilmaydigan bir kull emasdir; balki mohiyat jihatidan inqisom va ishtiroki va tajazzisi imkonsiz va mutaaddid qo’llarni qabul qilmaydigan bir kulliy hukmiga o’tganidan, undagi har bir juz bir juz'iy va bir fardiy hukmida; va u kull ham bir kulliy hukmida bo’lganidan, hech bir jihat bilan ishtirokning imkoni bo’lmaydi. Bu Ismi Fardning jilva-i a'zami; haqiqati tavhidni bu sirri ahadiyat bilan badohat darajasida isbot qiladi.

Ha, koinotning anvo'lari bir-biri ichida aralash bo’lishi va chambarchas bog'lanishi va har birining vazifasi umumga qaragani jihat bilan; koinotni rububiyat va ijod nuqtasida tajazzi qabul qilmas bir kull hukmiga keltirgani kabi; koinotda faoliyat ko’rsatgan af'oli umumiya-i muhita ham, bir-birining ichida tadohul jihati bilan, ya'ni masalan hayot bermoq fe'li ichida, ayni onda iosha va tarziq fe'li ko’rinadi.

Va u iosha, ihyo fe'llari ichida ayni zamonda u zihayotning jasadini tanzim, tajhiz fe'llari mushohada etiladi. Va u iosha, ihyo, tanzim, tajhiz fe'llari ichida; ayni vaqtda tasvir, tarbiya va tadbir fe'llari nazarga uriladi. Va hokazo.. bunday qamrovli va umumiy af'olning bir-biri ichiga tadohuli va aralash bo’lishi.. va ziyodagi yetti rang kabi imtizoj, balki ittihod etishi e'tibori bilan va u af'olning har biri mohiyat jihatidan bir birlik va vahdat ichida aksar mavjudotni ihotasi va shumuli.. va vahdoniy bittadan fe'l bo’lganidan, har holda foilining yolg’iz bir zot bo’lishi.. va har biri umum koinotni istilo etishi.. va boshqa af'ol bilan muovanatdorona birlashishi e'tibori bilan, koinotni tajazzi qabul qilmaydigan bir kull hukmiga keltirgani kabi; zihayot maxluqlarning har biri koinotning bir urug’i, bir mundarijasi, bir namunasi hukmida bo’lganidan, koinotni rububiyat nuqtasida tajazzi va inqisomi imkon xorijida bir kulliy hukmiga keltirgandir. Demak, koinot shunday bir kulldirki; bir juzga Rob bo’lmoq, umum kullga Rob bo’lmoq bilan bo’ladi. Va shunday bir kulliydirki; har bir juz bir fard hukmiga o’tib, birgina fardga rububiyatini tinglattirmoq, umum u kulliyni musahhar etmoq bilan bo’lishi mumkin.

Oltinchi Ishorat:Fardiyati Rabboniya va vahdati Ilohiya, butun kamolotning {(Hoshiya) Hatto hadsiz kamol va jamoli Ilohiyning tahaqquqiga eng zohir burhon va eng quvvatli bir dalil, vahdatdir. Chunki koinotning sone'i Vohidi Ahad deb bilinsa, butun koinotdagi kamolot va jamollar, u Sone'-i Vohidda bo’lgan qudsiy kamolotning va jamollarning soyalari va jilvalari va ishoratlari va tarashshuhotlari bo’lgani bilinadi. Bo’lmasa koinotning kamoloti va jamollari, maxluqotga va shuursiz bir qism sabablarga oid qolar edi. U vaqt aqli bashar nazarida kamoloti Ilohiyaning xazina-i sarmadiyasi kalitsiz, majhul qolardi.} madori, asosi bo’lgani va koinotning xilqatidagi hikmatlarning va maqsadlarning mansha'i va ma'dani bo’lgani kabi, ziyshuur va ziaqlning, xususan insonlarning matolibining va orzularining hosil bo’lishining manbai va chora-i yagonasidir. Agar fardiyat bo’lmasa, basharning butun matolib va orzulari so’nadi. Ham xilqati koinotning natijalari hechga tushadi, ham mavjud va muhaqqaq bo’lgan aksar kamolotning in'idomiga vasila bo’ladi. Masalan: Insonda eng shiddatli va mustahkam va ishq darajasida bir orzu-i baqo bor. Va u matlabni bermoq uchun, butun koinotni sirri fardiyat bilan qabzasida tutgan va bir manzilni yopib boshqa manzilni ochmoq kabi oson bir suratda dunyoni yopib oxiratni ochib biladigan bir zot, u orzu-i baqoni amalga oshira oladi. Va bu orzu kabi, abadga uzangan va koinotning atrofiga yoyilgan, basharning minglab orzulari sirri fardiyatga va haqiqati tavhidga bog’liqdirlar. Agar u fardiyat bo’lmasa; ular bo’lmaydi, natijasiz qoladilar. Va vahdat bilan butun koinotga birdan tasarruf etgan bir Zoti Fard bo’lmasa, u matlablar amalga oshmaydi. Farazan oshsa ham, juda noqis bo’ladi.

Xullas, bu sirri azim uchundirki: Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon tavhid va fardiyatni juda ko’p takror bilan, quvvatli bir harorat bilan, yuksak bir halovat bilan dars bergani kabi; butun anbiyo va asfiyo va avliyo eng buyuk zavqlarini va saodatlarini; kalima-i tavhid bo’lgan "La Ilaha Illa Hu" da topadilar.

Yettinchi Ishorat:Mana bu tavhidi haqiqiyni butun marotibi bilan eng mukammal bir suratda dars bergan, isbot qilgan, e'lon qilgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolati, albatta u tavhidning qat'iyligi darajasida sobit bo’lishi lozim bo’ladi. Chunki modomiki doira-i vujudning eng buyuk haqiqati bo’lgan tavhidni butun haqoiqi bilan u zot dars beradi.. albatta tavhidni isbot qilgan butun burhonlar; demakki uning risolatini va vazifasining haqqoniyatini va da'vosining to’g’riligini ham qat'iy isbot qiladi deb bo’ladi. Ha, bunday minglab haqoiqi oliyani jam qilgan, Fardiyat va Vahdoniyatni haqqi bilan kashf qilib dars bergan bir risolat; g’oyat qat'iy bir suratda u tavhid, u Fardiyatning muqtazosidir va lozimidir. Ular uni har holda istaydilar.

Mana o’sha vazifani tamoman bajargan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning shaxsiyati ma'naviyasining daraja-i ahamiyatiga va ulviyatiga va bu koinotning bir quyoshi bo’lganiga shahodat qilgan juda ko’p dalillardan, sabablardan uch donasini namuna sifatida bayon qilamiz.

Birinchisi:Umum ummat, barcha asrlarda qozongan barcha hasanotning bir misli "As-sababu kal fail" sirriga ko’ra, Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning sahifa-i hasanotiga o’tgani kabi; umum ummat har kuni aytgan salovot duolarining qat'iy maqbuliyati jihati bilan, u hadsiz duolar iqtizo etgan maqom va martabani o’ylash bilan, shaxsiyati ma'naviya-i Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamning bu koinot ichida qanday bir quyosh bo’lgani anglashiladi.

Ikkinchisi:Olami Islomning shajara-i kubrosining mansha'i, urug’i, hayoti, madori bo’lgan mohiyati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamning favqaloda iste'dod va jihozoti bilan, olami Islomiyatning ma'naviyatini tashkil qilgan qudsiy kalimotni, tasbehotni, ibodotni eng avval butun ma'nolari bilan his etib qilishdan kelgan taraqqiyoti ruhiyasini o’yla; habibiyat darajasiga chiqqan ubudiyati Muhammadiyaning (S.A.V.) valoyati boshqa valoyatlardan naqadar yuksak bo’lganini angla!

Bir zamon bitta tasbehning, bitta namozda, Sahobalarning tarzi talaqqiysiga yaqin bir suratda menga inkishofi, bir oy qadar ibodat darajasida ahamiyatli ko’rindi. Sahobalarning yuksak qiymatini u bilan angladim. Demak bidoyati islomiyada kalimoti qudsiya bergan fayz va nurning boshqa bir maziyati bor. Yangiligi haysiyati bilan boshqa bir latofati, bir tarovati, bir lazzati borki; g’aflat pardasi ostida mururi zamon bilan yashirinadi, kamayadi, pardalanadi. Zoti Muhammadiya (S.A.V.) esa, ularni manba-i haqiqiysidan (Zoti Aqdasdan) turfanda, yangi holda, favqaloda iste'dodi bilan olgan, emgan, mass etgan. Bu sirga binoan, u zot; bitta tasbehdan boshqasining bir yil ibodati qadar fayz olishi mumkin.

Xullas, bu nuqtai nazardan Zoti Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamning haddi va nihoyati bo’lmagan marotibi kamolotda qay daraja taraqqiy qilganini qiyos qil.

Uchinchisi:Bu koinotning Xoliqi, bu koinotdagi butun maqosidining eng ahamiyatli madori navi inson bo’lganidan va butun xitoboti Subhoniyaning eng tushunadigan bir muxotabi navi bashar bo’lganidan; u navi bashar ichida eng mashhur, eng nomdor va osori bilan va ijrooti bilan eng mukammal, eng muhtasham fard bo’lgan Zoti Muhammadiyani (S.A.V.) u nav nomiga, balki umum koinot hisobiga o’ziga muxotab etgan Zoti Fardi Zuljalol, albatta uni hadsiz kamolotda hadsiz fayziga mazhar etgandir.

Xullas, bu uch nuqta kabi ko’p nuqtalar bor. Qat'iy bir suratda isbot qiladilarki; shaxsiyati ma'naviya-i Muhammadiya (S.A.V.) koinotning ma'naviy bir quyoshi bo’lgani kabi, bu koinot deyilgan Qur'oni Kabirning oyati kubrosi va u Furqoni A'zamning ismi a'zami va Ismi Fardning jilva-i a'zamining bir oynasidir. Koinotning umum zarrotini umum zamonlaridagi umum daqiqalarining butun ashiralariga ko’paytirilib, ko’paytma hosili adadicha u Zoti Ahmadiyaga salotu salom nihoyatsiz xazina-i rahmatidan tushishini Zoti Fardi Ahadi Samaddan niyoz etamiz!..

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

O’ttizinchi Yog'duning Beshinchi Nuktasi

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

oyati azimaning va

اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ لَا تَاْخُذُهُ سِنَةٌ وَلَا نَوْمٌ

oyati azimning bir nuktasi bilan Ismi A'zam yoxud Ismi A'zamning ikki ziyosidan bir ziyosi yoki olti nuridan bir nuri bo’lgan Ismi Hayyning bir jilvasi Shavvoli Sharifda Eskishehir Hibsxonasida uzoq-uzoqdan aqlimga ko’rindi. Vaqtida qayd qilinmadi. Va tez u qudsiy qushni ovlay olmadik. Tabo'ud etgandan so’ngra, hech bo’lmasa ba'zi ramzlar bilan u haqiqati akbarning va nuri a'zamning ba'zi shualarini muxtasar tarzda ko’rsatamiz.

Birinchi Ramz:Ismi Hayy va Ismi Muhyining bir jilva-i a'zamidan bo’lgan "Hayot nima? Va mohiyati va vazifasi nima?" savoliga qarshi mundarijavoriy javob shuki:

Hayot, shu koinotning eng ahamiyatli g’oyasi.. ham eng buyuk natijasi.. ham eng porloq nuri.. ham eng latif moyasi.. ham g’oyat sizilgan bir xulosasi.. ham eng mukammal mevasi.. ham eng yuksak kamoli.. ham eng go’zal jamoli.. ham eng go’zal ziynati.. ham sirri vahdati.. ham robita-i ittihodi.. ham kamolotining mansha'i.. ham san'at va mohiyat e'tibori bilan eng xoriqo bir ziruhi.. ham eng kichik bir maxluqni bir koinot hukmiga keltirgan mo’'jizakor bir haqiqati.. ham go’yo koinotning kichik bir zihayotda joylashishiga vasila bo’ladiganday; ulkan koinotning bir navi mundarijasini u zihayotda ko’rsatish bilan barobar, u zihayotni aksar mavjudot bilan munosabatdor va kichik bir koinot hukmiga keltirgan eng xoriqo bir mo’'jiza-i qudratdir. Ham eng buyuk bir kull qadar -hayot bilan- kichik bir juzni kattalashtirgan va bir fardni ham kulliy kabi bir olam hukmiga keltirgan va rububiyat jihatida koinotni tajazzi va ishtirokni va inqisomni qabul qilmaydigan bir kull va bir kulliy hukmida ko’rsatgan favqaloda xoriqo bir san'ati Ilohiyadir.

Ham koinotning mohiyatlari ichida Zoti Hayyi Qayyumning vujubi vujudiga va vahdatiga va ahadiyatiga shahodat qilgan burhonlarning eng porlog’i, eng qat'iysi va eng mukammali.. ham masnu'oti Ilohiya ichida eng xofiysi va eng zohiri, eng qiymatdor va eng arzoni, eng nazihi va eng porloq va eng ma'nodor bir naqshi san'ati Rabboniyadir. Ham boshqa mavjudotni o’ziga xodim qildirgan nozanin, nozdor, nozik bir jilva-i rahmati Rahmoniyadir. Ham shuunoti Ilohiyaning g'oyat jome' bir oynasidir. Ham Rahmon, Razzoq, Rahim, Karim, Hakim kabi ko’p asmo-i husnaning jilvalarini jome' va rizq, hikmat, inoyat, rahmat kabi ko’p haqiqatlarni o’ziga tobe qilgan va ko’rmoq va eshitmoq va his qilmoq kabi umum tuyg’ularning mansha'i, ma'dani bir ajuba-i xilqati Rabboniyadir. Ham hayot bu koinotning dastgohi a'zamida shunday bir istihola uskunasidirki, mutamodiyan har tarafda tasfiya qiladi, tozalattiradi, taraqqiy beradi, nurlantiradi.. Va zarrot qofilalariga go’yo hayotning uyasi bo’lgan jasadni u zarralarga vazifa bajarmoq, nurlanmoq, ta'limot qilmoq uchun bir musofirxona, bir maktab, bir kazarmadir. Go’yo Zoti Hayy va Muhyi bu uskuna-i hayot vositasi bilan; bu zim-ziyo va foniy va sufliy bo’lgan olami dunyoni latiflashtiradi, yoritadi, bir navi baqo beradi, boqiy bir olamga ketishga tayyorlatadi. Ham hayotning ikki yuzi, ya'ni mulk, malakut vajhlari porloqdir, kirsizdir, nuqsonsizdir, ulviydir. Shuning uchun pardasiz, vositasiz, to’g’ridan-to’g’riga dasti qudrati Rabboniyadan chiqqanini oshkora ko’rsatmoq uchun, boshqa ashyo kabi zohiriy sabablarni hayotdagi tasarrufoti qudratga parda qilinmagan bir mustasno maxluqdir. Ham hayotning haqiqati, olti arkoni iymoniyaga qarab, ma'nan va ramzan isbot qiladi. Ya'ni: Ham Vojib-ul Vujudning vujubi vujudini va hayoti sarmadiyasini, ham dori oxiratni va hayoti boqiyasini, ham vujudi maloika, ham boshqa arkoni iymoniyaga juda quvvatli qarab iqtizo etgan bir haqiqati nuroniyadir. Ham hayot, butun koinotdan sizilgan eng sof bir xulosa bo’lgani kabi, koinotdagi eng muhim bir maqsadi Ilohiy va xilqati olamning eng muhim natijasi bo’lgan shukr va ibodat va hamd va muhabbatni natija bergan bir sirri a'zamdir.

Xullas, hayotning bu mazkur yigirma to’qqiz ahamiyatli va qiymatdor xossalarini va ulviy va umumiy vazifalarini nazarga ol. So’ngra qara. Muhyi Ismining orqasida Ismi Hayyning azamatini ko’r. Va hayotning bu azamatli xossalari va mevalari nuqtasidan Ismi Hayy qanday bir Ismi A'zam bo’lganini bil. Ham anglaki; bu hayot modomiki koinotning buyuk natijasi va eng azamatli g’oyasi va eng qiymatdor mevasidir; albatta bu hayotning ham koinot qadar buyuk bir g’oyasi, azamatli bir natijasi bo’lishi kerakdir. Chunki daraxtning natijasi meva bo’lgani kabi, mevaning ham urug’i vositasi bilan natijasi, bo’lgusi bir daraxtdir. Ha, bu hayotning g’oyasi va natijasi hayoti abadiya bo’lgani kabi, bir mevasi ham hayotni bergan Zoti Hayy va

Muhyiga nisbatan shukr va ibodat va hamd va muhabbatdirki; bu shukr va muhabbat va hamd va ibodat esa; hayotning mevasi bo’lgani kabi, koinotning g’oyasidir. Va bundan anglaki; bu hayotning g’oyasini "tinchgina yashamoq va g’aflatli lazzatlanmoq va havaskorona ne'matlanmoqdir" deganlar, g’oyat xunuk bir jaholat bilan; munkirona, balki ham kofirona bu juda ham qiymatdor bo’lgan hayot ne'matini va shuur hadyasini va aql ehsonini istixfof va tahqir etib, dahshatli bir kufroni ne'mat etadilar.

Ikkinchi Ramz:Ismi Hayyning bir jilva-i a'zami va Ismi Muhyining bir tajalli-i altafi bo’lgan bu hayotning Birinchi Ramzdagi mundarijasida zikr qilingan butun martabalarni va vasflarni va vazifalarni bayon qilmoq uchun o’sha vasflar adadicha risolalar yozish lozim bo’lganidan, Risola-i Nurning ajzolarida o’sha vasflarning, o’sha martabalarning, o’sha vazifalarning bir qismi izoh qilinganidan, qisman tafsilotni Risola-i Nurga havola qilib, bu yerda bir nechtasiga muxtasar tarzda ishorat qilamiz.

Xullas, hayotning yigirma to’qqiz xossalaridan yigirma uchinchi xossasida shunday deyilgandirki: Hayotning ikki yuzi ham shaffof, kirsiz bo’lganidan, zohiriy sabablar undagi tasarrufoti qudrati Rabboniyaga parda qilinmagan. Ha, bu xossaning sirri shuki; koinotda garchi hamma narsada go’zallik va yaxshilik va xayr bor; va sharr va xunuklik g’oyat juz'iydir va vohidi qiyosiydirlarki, go’zallik va yaxshilik martabalarini va haqiqatlarining takassurini va taaddudini ko’rsatmoq jihati bilan, u sharr esa xayr va u qubh ham husn bo’ladi. Faqat ziyshuurlarning nazari zohiriysida ko’ringan zohiriy xunuklik va yomonlik va balo va musibatdan kelgan ranjishlar va shikoyatlar Zoti Hayyi Qayyumga tavajjuh etmaslik uchun; ham aqlning zohiriy nazarida qiymatsiz, iflos ko’ringan narsalarda qudsiy munazzah bo’lgan qudratning bizzot va pardasiz ular bilan mubosharati, qudratning izzatiga munofiy kelmaslik uchun, zohiriy sabablar u qudratning tasarrufotiga parda qilinganlar. U sabablar esa; ijod qilolmaydilar, balki haqsiz bo’lgan shikoyatlarga va e'tirozlarga nishon bo’lmoq va izzat va qudsiyat va munazzahiyati qudratni muhofaza qilish uchundirlar. Yigirma Ikkinchi So’zning Ikkinchi Maqomining Muqaddimasida bayon qilingani kabi; Hazrat Azroil (A.S.) qabzi arvoh vazifasi xususida Janobi Haqqa munojot qilgan. Degan: "Sening qullaring mendan ranjiydilar". Javoban unga deyilgan: "Sening vazifang bilan vafot qilganlarning o’rtasiga kasalliklar va musibatlar pardasini qo’yaman; vafot qilganlar senga emas, balki e'tiroz va shikoyat o’qlarini u pardalarga otadilar". Bu munojotning sirriga ko’ra; o’limning va vafotning ahli iymon haqida haqiqiy go’zal yuzini ko’rmagan va undagi rahmatning jilvasini bilmaganlarning ranjishlari va e'tirozlari Zoti Hayyi Qayyumga ketmasligi uchun Hazrat Azroilning (A.S.) vazifasi ham bir parda bo’lgani kabi, boshqa sabablar ham zohiriy pardadirlar. Ha, izzati azamat istarki, sabablar pardadori dasti qudrat bo’lsin aqlning nazarida.. faqat vahdat va jalol istarki; sabablar qo’llarini tortsinlar ta'siri haqiqiydan...

Faqat hayotning ham zohiriy, ham botiniy, ham mulk, ham malakut vajhlari kirsiz, nuqsonsiz, kamchiliksiz bo’lganidan; shikoyatlarni va e'tirozlarni da'vat qiladigan moddalar unda bo’lmagani kabi, izzat va qudsiyati qudratga munofiy bo’ladigan ifloslik va xunuklik bo’lmaganidan, to’g’ridan-to’g’riga pardasiz bo’lib Zoti Hayyi Qayyumning "ihyo etuvchi, hayot beruvchi, tiriltiruvchi" ismining qo’liga taslim qilinganlar. Nur ham shundaydir, vujud va ijod ham shundaydir. Shuning uchundirki; ijod va xalq to’g’ridan-to’g’riga, pardasiz Zoti Zuljalolning qudratiga qaraydi. Hatto yomg’ir bir navi hayot va rahmat bo’lganidan, vaqti nuzuli bir muttarid qonunga tobe qilinmagan; toki har vaqti hojatda qo’llar dargohi Ilohiyaga rahmat istash uchun ochilsin. Agar yomg’ir, Quyoshning chiqishi kabi bir qonunga tobe bo’lsa edi, u ne'mati hayotiya har vaqt rijo bilan istanilmasdi.

Uchinchi Ramz:Yigirma to’qqizinchi xossasida deyilganki; koinotning natijasi hayot bo’lgani kabi, hayotning natijasi bo’lgan shukr va ibodat ham, koinotning sababi xilqati va illa-i g’oyasi va maqsud natijasidir. Ha, bu koinotning Sone'-i Hayyi Qayyumi bu qadar hadsiz anvo'i ne'mati bilan o’zini zihayotlarga bildirib sevdirganiga muqobil, albatta zihayotlardan u ne'matlariga nisbatan tashakkur va sevdirishiga muqobil sevishlarini va qiymatdor san'atlariga muqobil madhu-sano etishlarini va avomiri Rabboniyasiga nisbatan itoat va ubudiyat bilan muqobala etilishlarini istaydi.

Xullas, bu sirri rububiyatga ko’ra tashakkur va ubudiyat, butun anvo'i hayotning va demakki butun koinotning eng ahamiyatli g’oyasi bo’lganidandirki, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon juda ko’p harorat bilan va shiddat bilan va halovat bilan shukr va ibodatga chorlaydi. Va ibodat Janobi Haqqa maxsus va shukr unga loyiq va hamd unga xosdir deya ko’p takror bilan bayon qiladi. Demak, bu shukr va ibodat to’g’ridan-to’g’riga Moliki Haqiqiysiga ketish lozim bo’lganini ifodalash uchun,

hayotni butun shuunoti bilan pardasiz qabza-i tasarrufida tutishiga dalolat qilgan

وَهُوَ الَّذ۪ى يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَلَهُ اخْتِلَافُ الَّيْلِ وَالنَّهَارِ ٭ هُوَ الَّذ۪ى يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ فَاِذَا قَضٰى اَمْرًا فَاِنَّمَا يَقُولُ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ٭ فَيُحْي۪ى بِهِ الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا

kabi oyatlar; juda sarih bir suratda vositalarni inkor qilib, to’g’ridan-to’g’riga hayotni Hayyi Qayyumning dasti qudratiga munxasiran beradi. Ha, minnatdorlik va tashakkurni da'vat etgan va muhabbat va sano hissini tahrik etgan, hayotdan so’ng rizq va shifo va yomg’ir kabi vasila-i shukron narsalar ham to’g’ridan-to’g’riga Zoti Razzoqi Shofiyga oid bo’lganini; sabablar va vositalar bir parda bo’lganini

هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ ٭ وَ اِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْف۪ينِ ٭ وَهُوَ الَّذ۪ى يُنَزِّلُ الْغَيْثَ مِنْ بَعْدِ مَا قَنَطُوا

kabi oyatlar bilan "Rizq, shifo va yomg’ir, munxasiran Zoti Hayyi Qayyumning qudratiga xosdir". Pardasiz, undan kelganini ifoda uchun qoida-i nahviyaga ko’ra alomati hasr va taxsis bo’lgan هُوَ الَّذ۪ى ٭ هُوَ الرَّزَّاقُ ifoda qilgandir. Dorilarga xosiyatlarni bergan va ta'sirni xalq etgan faqat u Shofiyi Haqiqiydir.

To’rtinchi Ramz:Hayotning yigirma sakkizinchi xossasida bayon qilinganki; hayot, iymonning olti arkoniga qarab isbot qiladi; ularning tahaqquqiga ishoratlar qiladi. Ha, modomiki bu koinotning eng muhim natijasi va moyasi va hikmati xilqati hayotdir; albatta u haqiqati oliya bu foniy, qisqacha, nuqson, alamli hayoti dunyoviyaga munxasir emasdir. Balki hayotning yigirma to’qqiz xossasi bilan mohiyatining azamati tushunilgan shajara-i hayotning g’oyasi, natijasi va u shajaraning azamatiga loyiq mevasi, hayoti abadiyadir va hayoti uxroviyadir; toshi bilan va daraxti bilan, tuprog’i bilan hayotdor bo’lgan dori saodatdagi hayotdir. Bo’lmasa bu hadsiz jihozoti muhimma bilan tajhiz etilgan hayot shajarasi; ziyshuur haqida, xususan inson haqida mevasiz, foydasiz, haqiqatsiz bo’lishi lozim bo’ladi.. va sarmoya jihatidan va jihozot jihatidan chumchuqdan masalan yigirma daraja ziyoda va bu koinotning va zihayotning eng muhim yuksak va ahamiyatli maxluqi bo’lgan inson chumchuqdan saodati hayot jihatida yigirma daraja past tushib eng badbaxt, eng zalil bir bechora bo’ladi. Ham eng qiymatdor bir ne'mat bo’lgan aql ham, o’tgan zamonning huzunlarini va kelajak zamonning qo’rquvlarini o’ylash bilan qalbi insonni mutamodiyan og’ritib bir lazzatga to’qqiz alamlarni qo’shganidan, eng musibatli bir balo bo’ladi. Bu esa yuz daraja botildir. Demak, bu hayoti dunyoviya oxiratga iymon ruknini qat'iy isbot qiladi va har bahorda hashrning uch yuz mingdan ziyoda namunalarini ko’zimizga ko’rsatadi. Ajabo, sening jismingda, sening bog’ingda va sening vataningda hayotingga lozim va munosib butun lavozimotni va jihozotni hikmat va inoyat va rahmat bilan ihzor etgan va vaqtida yetishtirgan, hatto sening me'dangning baqo va yashash orzusi bilan qilgan xususiy va juz'iy bo’lgan rizq duosini bilgan va eshitgan va hadsiz laziz taomlar bilan u duoning qabulini ko’rsatgan va me'dani

mamnun qilgan bir Mutasarrifi Qodir, hech mumkinmidirki; seni bilmasin va ko’rmasin va navi insonning eng buyuk g’oyasi bo’lgan hayoti abadiyaga lozim sabablarni ihzor etmasin va navi insonning eng buyuk, eng ahamiyatli, eng loyiq va umumiy bo’lgan baqo duosini hayoti uxroviyaning inshosi bilan va Jannatning ijodi bilan qabul qilmasin va koinotning eng muhim maxluqi, balki zaminning sultoni va natijasi bo’lgan navi insonning arsh va farshni larzaga solgan umumiy va g’oyat quvvatli duosini eshitmasdan kichik bir me'da qadar ahamiyat bermasin, mamnun qilmasin, kamoli hikmatini va so’ng daraja rahmatini inkor ettirsin? Hosho.. yuz ming marta hosho!..

Ham hech mumkinmiki; hayotning eng juz'iysining juda yashirin ovozini eshitsin, dardini tinglasin va darmon bersin va har istaganini qilsin va kamoli i'tino va ihtimom bilan parvarish qilsin va unga diqqat bilan xizmat qildirsin va katta maxluqotini unga xizmatkor qilsin; va keyin eng buyuk va qiymatdor va boqiy va nozdor bir hayotning ko’k sadosi kabi baland ovozini eshitmasin va uning juda ahamiyatli baqo duosini va nozini va niyozini nazarga olmasin. Go’yo bir askarning kamoli i'tino bilan tajhizot va idorasini qilsin, va mute' va muhtasham qo’shinga hech qaramasin.. va zarrani ko’rsin, Quyoshni ko’rmasin.. pashshaning ovozini eshitsin, momaqaldiroqni eshitmasin? Hosho.. yuz ming marta hosho!..

Ham hech bir jihat bilan aql qabul qiladimiki; hadsiz rahmatli, muhabbatli va nihoyat darajada shafqatli va o’z san'atini juda ham sevadigan va o’zini juda ham sevdiradigan va o’zini sevganlarni ziyoda sevadigan bir Zoti Qodiri Hakim, eng ziyoda o’zini sevgan va sevimli va sevilgan va Sone'ini fitratan parastish etgan hayotni va hayotning zoti va javhari bo’lgan ruhni, mavti abadiy bilan i'dom etib, o’zidan u sevgili muhibbini va habibini abadiy bir suratda achchiqlantirsin, arazlantirsin, dahshatli ranjida etib sirri rahmatini va nuri muhabbatini inkor etsin va ettirsin? Yuz ming marta hosho va kallo!.. Bu koinotni jilvasi bilan bezagan bir jamoli mutlaq va umum maxluqotni sevintirgan bir rahmati mutlaqa bunday hadsiz bir xunuklikdan va qubhi mutlaqdan va bunday bir zulmi mutlaqdan, bir marhamatsizlikdan, albatta nihoyatsiz daraja munazzahdir va muqaddasdir.

NATIJA: Modomiki dunyoda hayot bor, albatta insonlardan hayotning sirrini anglaganlar va hayotini suiste'mol qilmaganlar, dori baqoda va Jannati boqiyada, hayoti boqiyaga mazhar bo’ladilar. Amanna.

Va ham qandayki yer yuzida bor bo’lgan porloq narsalarning Quyoshning akslari bilan porlashlari va dengizlarning yuzlarida pufakchalari ziyoning lam'alari bilan porlab so’nishlari, orqalaridan kelgan pufakchalar yana xayoliy quyoshchalarga oynalik qilishlari bilbadoha ko’rsatadiki; u lam'alar yuksak bitta Quyoshning jilva-i in'ikoslaridir va Quyoshning vujudini muxtalif tillar bilan yod etadilar va ziyo barmoqlari bilan unga ishorat qiladilar.

Aynan shuning kabi: Zoti Hayyi Qayyumning Muhyi ismining jilva-i a'zami bilan barrning yuzida va bahrning ichida zihayotlarning qudrati Ilohiya bilan porlab, orqalaridan kelganlarga yer berish uchun "Yo Hayy!" deb parda-i g’aybda yashirinishlari; bir hayoti sarmadiya sohibi bo’lgan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va vujubi vujudiga shahodatlar, ishoratlar qilganlari kabi.. umum mavjudotning tanzimida asari ko’ringan ilmi Ilohiyga shahodat qilgan butun dalillar va koinotga tasarruf qilgan qudratni isbot qilgan butun burhonlar va tanzim va idora-i koinotda hukmfarmo bo’lgan iroda va mashiatni isbot qilgan butun hujjatlar va kalomi Rabboniy va vahyi Ilohiyning madori bo’lgan risolatlarni isbot qilgan butun alomatlar, mo’'jizalar va hokazo yetti sifoti Ilohiyaga shahodat qilgan butun daloil; bil-ittifoq Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga dalolat, shahodat, ishorat qiladilar. Chunki, qandayki bir narsada ko’rish bo’lsa, hayoti ham bor; eshitish bo’lsa, hayotning alomatidir; gapirish bo’lsa, hayotning vujudiga ishorat qiladi; ixtiyor, iroda bo’lsa, hayotni ko’rsatadi.. aynan shuning kabi; bu koinotda osori bilan vujudlari muhaqqaq va badihiy bo’lgan qudrati mutlaqa va iroda-i shomila va bepoyon ilm kabi sifatlar butun daloillari bilan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va vujubi vujudiga shahodat qiladilar va butun koinotni bir soyasi bilan yoritgan va bir jilvasi bilan butun dori oxiratni zarroti bilan barobar hayotlantirgan hayoti sarmadiyasiga shahodat qiladilar.

Ham hayot "maloikaga iymon" rukniga ham qaraydi, ramzan isbot qiladi. Chunki modomki koinotda eng muhim natija hayotdir va eng ziyoda intishor etgan va qiymatdorligi uchun nusxalari taksir etilgan va zamin musofirxonasini kelib ketgan qofilalar bilan jonlantirgan zihayotlardir.. va modomiki Kura-i Arz bu qadar zihayotning anvo'i bilan to’lgan va mutamodiyan zihayot anvo'larini tajdid va taksir etmoq hikmati bilan har vaqt to’ladi-bo’shaladi va eng qiymatsiz va chirigan moddalarida ham kasrat bilan zihayotlar xalq etilib bir mahshari huvaynot bo’ladi.. va modomiki hayotning sizilgan eng sof xulosasi bo’lgan shuur va aql va eng latif va sobit javhari bo’lgan ruh bu Kura-i Arzda g’oyat kasratli bir suratda xalq etilyaptilar; go’yo Kura-i Arz hayot va aql va shuur va arvoh bilan ihyo bo’lib shunday jonlantirilgan... Albatta Kura-i Arzdan yanada latif, yanada nuroniy, yanada katta, yanada ahamiyatli bo’lgan ajromi samoviya; o’lik, jomid, hayotsiz, shuursiz qolishi imkon xorijidadir. Demak ko’klarni, quyoshlarni, yulduzlarni jonlantiradigan va hayotdor vaziyatini beradigan va natija-i xilqati samovotni ko’rsatadigan va xitoboti Subhoniyaga mazhar bo’ladigan ziyshuur, zihayot va samovotga munosib sakanalar, har holda sirri hayot bilan mavjudlarki, ular ham maloikalardir.

Ham hayotning sirri mohiyati "Payg’ambarlarga iymon" rukniga qarab ramzan isbot qiladi. Ha, modomiki koinot hayot uchun yaratilgan va hayot ham Hayyi Qayyumi Azaliyning bir jilva-i a'zamidir,

bir naqshi akmalidir, bir san'ati ajmalidir. Modomiki hayoti sarmadiya, Rasullarning yuborilishi bilan va Kitoblarning tushirilishi bilan o’zini ko’rsatadi. Ha, agar Kitoblar va Payg’ambarlar bo’lmasa, u hayoti azaliya bilinmaydi. Qandayki bir odamning gapirishi bilan tirik va hayotdor bo’lgani tushuniladi; xuddi shuning kabi, bu koinotning pardasi ostida bo’lgan olami g’aybning orqasida so’zlagan, gapirgan, amr va man qilib xitob qilgan bir zotning kalimotini, xitobotini ko’rsatadigan, Payg’ambarlar va qo’llarida nozil bo’lgan Kitoblardir. Albatta koinotdagi hayot qat'iy bir suratda Hayyi Azaliyning vujubi vujudiga qat'iy shahodat qilgani kabi; u hayoti azaliyaning shuooti, jalavoti, munosaboti bo’lgan "Irsoli Rusul" va "Inzoli Kutub" ruknlariga qaraydi, ramzan isbot qiladi. Va ayniqsa Risolati Muhammadiya (S.A.V.) va vahyi Qur'oniy hayotning ruhi va aqli hukmida bo’lganidan, bu hayotning vujudi kabi, haqqoniyatlari qat'iydir deb bo’ladi.

Ha, qandayki hayot, bu koinotdan sizilgan bir xulosadir.. va shuur va his ham hayotdan sizilgan, hayotning bir xulosasidir.. aql ham shuurdan va hisdan sizilgan, shuurning bir xulosasidir.. va ruh ham, hayotning xolis va sof bir javhari va sobit va mustaqil zotidir; xuddi shuning kabi, moddiy va ma'naviy hayoti Muhammadiya (S.A.V.) ham hayot va ruhi koinotdan sizilgan xulosat-ul xulosadir.. va risolati Muhammadiya (S.A.V.) ham koinotning his va shuur va aqlidan sizilgan eng sof xulosasidir, balki moddiy va ma'naviy hayoti Muhammadiya (S.A.V.) osorining shahodati bilan hayoti koinotning hayotidir.. va risolati Muhammadiya (S.A.V.), shuuri koinotning shuuridir va nuridir.. va vahyi Qur'on ham, hayotdor haqoiqining shahodati bilan hayoti koinotning ruhidir va shuuri koinotning aqlidir. Ha, ha, ha... Agar koinotdan risolati Muhammadiyaning (S.A.V.) nuri chiqsa, ketsa; koinot vafot qiladi.. agar Qur'on ketsa, koinot devona bo’ladi va Kura-i Arz boshini, aqlini yo’qotadi, balki shuursiz qolgan boshini bir sayyoraga uradi, bir qiyomatni keltiradi.

Ham hayot "iymoni bilqadar" rukniga qaraydi, ramzan isbot qiladi. Chunki modomiki hayot, olami shahodatning ziyosidir va istilo qiladi va vujudning natijasi va g’oyasidir va Xoliqi Koinotning eng jome' oynasidir va faoliyati Rabboniyaning eng mukammal anmuzaji va mundarijasidir, tamsilda xato bo’lmasin, bir navi dasturi hukmidadir. Albatta, olami g’ayb -ya'ni moziy, mustaqbal- ya'ni o’tgan va kelasi maxluqotning hayoti ma'naviyalari hukmida bo’lgan intizom va nizom va ma'lumiyat va mashhudiyat va taayyun va avomiri takviniyani imtisolga muhayyo bir vaziyatda bo’lishlarini sirri hayot iqtizo etadi. Qandayki bir daraxtning urug’i asliysi va ildizi va muntahosida va mevalaridagi urug’lari ham aynan daraxt kabi bir navi hayotga mazhardirlar. Balki daraxtning qavonini hayotiyasidan yanada nozik qavonini hayotni tashiydilar.

Ham qandayki bu hozir bahordan avval o’tgan kuz qoldirgan danaklar va ildizlar, bu bahor ketgandan keyin, kelgusidagi bahorlarga qoldiradigan urug’lar, ildizlar bu bahor kabi jilva-i hayotni tashiydilar va qavonini hayotiyaga tobedirlar. Aynan shuning kabi; shajara-i koinotning butun shox va butoqlari bilan har birining bir moziysi va mustaqbali bor. O’tmish va kelgusi holatlaridan va vaziyatlaridan mushikoyatl bir silsilasi mavjud. Har nav va har juzining ilmi Ilohiyada muxtalif holatlari bilan mutaaddid vujudlari bir silsila-i vujudi ilmiy tashkil qiladi. Va vujudi xorijiy kabi u vujudi ilmiy ham, hayoti umumiyaning ma'naviy bir jilvasiga mazhardirki, muqaddaroti hayotiya u ma'nodor va jonli alvohi qadariyadan olinadi. Ha, olami g’aybning bir navi bo’lgan olami arvoh, ayni hayot va modda-i hayot va hayotning javharlari va zotlari bo’lgan arvoh bilan to’la bo’lishi, albatta moziy va mustaqbal deyilgan olami g’aybning bir boshqa navi ham va ikkinchi qismi ham, jilva-i hayotga mazhariyatini istaydi va istilzom etadi. Ham har bir narsaning vujudi ilmiysidagi intizomi akmali va ma'nodor vaziyatlari va jonli mevalari, holatlari; bir navi hayoti ma'naviyaga mazhariyatini ko’rsatadi. Ha, hayoti azaliya quyoshining ziyosi bo’lgan bu jilva-i hayot, albatta yolg’iz bu olami shahodatga va bu zamoni hozirga va bu vujudi xorijiyga munxasir bo’lolmaydi; balki har bir olam, qobiliyatiga ko’ra u ziyoning jilvasiga mazhardir; va koinot butun olamlari bilan u jilva bilan hayotdor va ziyodordir. Bo’lmasa nazari zalolatning ko’rgani kabi muvaqqat va zohiriy bir hayot ostida har bir olam, katta va mudhish bittadan janoza va zim-ziyo bittadan vayrona olami bo’lardi.

Xullas, "qadarga va qazoga iymon" ruknining ham, keng bir vajhda sirri hayot bilan tushuniladi va sobit bo’ladi. Ya'ni, qandayki olami shahodat va mavjud hozir ashyo intizomlari bilan va natijalari bilan hayotdorliklari ko’rinadi, xuddi shuning kabi, olami g’aybdan sanalgan o’tgan va kelgusi maxluqotning ham ma'nan hayotdor bir vujudi ma'naviylari va ruhli bittadan subuti ilmiylari bordirki, Lavhi Qazo va Qadar vositasi bilan u ma'naviy hayotning asari, muqaddarot nomi bilan ko’rinadi, tazohur etadi.

Beshinchi Ramz:Ham hayotning o’n oltinchi xossasida deyilganki: Hayot bir narsaga kirgan vaqti, u jasadni bir olam hukmiga keltiradi; juz bo’lsa kull kabi, juz'iyga ham kulliy kabi bir jome'iyat beradi. Ha, hayotning shunday bir jome'iyati bor; go’yo umum koinotga tajalliy etgan aksar asmo-i husnani o’zida ko’rsatgan bir jome' oyna-i ahadiyatdir. Bir jismga hayot kirgan vaqti, kichik bir olam hukmiga keltiradi. Go’yo koinot shajarasining bir navi mundarijasini tashigan bir navi urug’i hukmiga o’tadi. Qandayki bir urug’ uning daraxtini yaratib biladigan bir qudratning asari bo’lishi mumkin; xuddi shuning kabi, eng kichik bir zihayotni xalq etgan, albatta umum koinotning Xoliqidir.

Xullas, bu hayot bu jome'iyati bilan eng yashirin bir sirri ahadiyatni o’zida ko’rsatadi. Ya'ni, qandayki azamatli Quyosh ziyosi bilan va yetti rangi bilan va aksi bilan quyoshga muqobil bo’lgan har bir qatra suvda va har bir shisha zarrasida mavjud.. shunga o'xshab; har bir zihayotda koinotni ihota etgan asmo va sifoti Ilohiyaning jilvalari barobar unda tajalliy etadi. Bu nuqtai nazardan hayot; koinotni rububiyat va ijod jihatida inqisom va tajazzi qabul qilmaydigan bir kull hukmiga, balki ishtiroki va tajazzisi imkon xorijida bo’lgan bir kulliy hukmiga keltiradi. Ha, seni yaratgan, butun navi insonni yaratgan zot bo’lganini, bilbadoha sening yuzingdagi sikkasi ko’rsatadi. Chunki mohiyati insoniya birdir, inqisomi g’ayri mumkindir. Ham hayot vositasi bilan ajzo-i koinot uning afrodi hukmiga va koinot esa navi hukmiga o’tadi; sikka-i ahadiyatni majmuida ko’rsatgani kabi, har bir juzda ham u sikka-i ahadiyatni va xotami samadiyatni ko’rsatib, shirk va ishtirokni har jihat bilan tard etadi.

Ham hayotda san'ati Rabboniyaning shunday favqaloda xoriqo mo’'jizalari borki, butun koinotni xalq etolmagan bir zot, bir qudrat; eng kichik bir zihayotni xalq etolmaydi. Ha, bir no’xat donasida butun Qur'onni yozayotgandek; qarag'ayning g’oyat kichik bir danagida ulkan qarag'ay daraxtining mundarijasini va muqaddarotini yozgan qalam, albatta samovotni yulduzlar bilan yozgan qalam bo’lishi mumkin. Ha, bir arining kichik boshida koinot bog’idagi gullarni taniydigan va aksar anvo'i bilan munosabatdor bo’ladigan va asal kabi bir hadya-i rahmatni keltiradigan va dunyoga kelgan kunida sharoiti hayotni biladigan darajada bir iste'dodni, bir qobiliyatni, bir jihozni darj etgan zot; albatta butun koinotning Xoliqi bo’lishi mumkin.

Alhosil:Hayot qandayki koinotning yuzida porloq bir sikka-i tavhiddir va har bir ziruh ham hayot nuqtasida bir sikka-i ahadiyatdir va hayotning har bir fardida bo’lgan naqshi san'at, bir muhri samadiyatdir va zihayotlarning adadicha bu koinot maktubini Zoti Hayyi Qayyum va Vohidi Ahad nomiga hayotlari bilan imzo qo’yadilar va u maktubda tavhid muhrlari va ahadiyat xotamlari va samadiyat sikkalaridirlar.. shuning kabi; hayot kabi, har bir zihayot ham bu kitobi koinotda bittadan muhri vahdoniyat bo’lgani kabi, har birining yuzida va siymosida bittadan xotami ahadiyat qo’yilgandir. Ham qandayki hayot, juz'iyoti adadicha va zihayot afrodi sanog’icha Zoti Hayyi Qayyumning vahdatiga shahodat qilgan imzolar va muhrlardir.. shuning kabi; ihyo va tiriltirish fe'li ham, afrodi adadicha tavhidga imzo bosadi. Masalan: Ihyoning bir fardi bo’lgan ihyo-i Arz, quyosh kabi porloq bir shohidi tavhiddir. Chunki bahorda zaminning tirilishida va ihyosida uch yuz ming anvo'ning va har navning hadsiz afrodi barobar, bir-biri ichida, nuqsonsiz, qusursiz, mukammal, muntazam ihyo etiladi va tiriladilar. Ha, bunday bitta fe'l bilan hadsiz muntazam fe'llarni qilgan, albatta butun maxluqotning Xoliqidir va butun zihayotlarni ihyo etgan Hayyi Qayyumdir va rububiyatida ishtiroki mumkin bo’lmagan bir Vohidi Ahaddir.

Hozircha hayotning xossalaridan bu qadar oz va muxtasar yozildi; boshqa xossalarning bayon va tafsilotini Risola-i Nurga va boshqa zamonga havola qilamiz.

Xotima

Ismi a'zam hamma uchun bir bo’lmaydi, balki boshqa-boshqa bo’ladi. Masalan, Imom Ali Roziyallohu Anh haqida; "Fard, Hayy, Qayyum, Hakem, Adl, Quddus" olti ismdir. Va Imom A'zamning ismi a'zami: "Hakem, Adl" ikki ismdir. Va G’avsi A'zamning ismi a'zami, "Yo Hayy!"dir. Va Imom Rabboniyning isim a'zami "Qayyum" va hokazo.. juda ko’p zotlar yana boshqa ismlarni, ismi a'zam ko'rganlar.

Bu Beshinchi Nukta Ismi Hayy haqida bo’lishi munosabati bilan, ham tabarruk, ham shohid, ham dalil, ham qudsiy bir hujjat, ham o’zimizga bir duo, ham bu risolaga bir husni xotima bo’lib Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Javshan-ul Kabir nomli munojoti a'zamida ma'rifatullohda g’oyat yuksak va g’oyat jome' darajada ma'rifatini ko’rsatib bunday degan. Biz ham xayolan u zamonga ketib, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning deganiga "Omin!" deb, ayni munojotni o’zimiz ham aytayotgandek, sadoyi Muhammadiy Alayhissalotu Vassalam bilan deymiz:

يَا حَىُّ قَبْلَ كُلِّ حَىٍّ ٭ يَا حَىُّ بَعْدَ كُلِّ حَىٍّ ٭ يَا حَىُّ الَّذ۪ى لَيْسَ كَمِثْلِه۪ حَىٌّ ٭ يَا حَىُّ الَّذ۪ى لَا يُشْبِهُهُ شَىْءٌ ٭ يَا حَىُّ الَّذ۪ى لَا يَحْتَاجُ اِلٰى حَىٍّ ٭ يَا حَىُّ الَّذ۪ى لَا يُشَارِكُهُ حَىٌّ ٭ يَا حَىُّ الَّذ۪ى يُم۪يتُ كُلَّ حَىٍّ ٭ يَا حَىُّ الَّذ۪ى يَرْزُقُ كُلَّ حَىٍّ ٭ يَا حَىُّ الَّذ۪ى يُحْيِى الْمَوْتٰى ٭ يَا حَىُّ الَّذ۪ى لَا يَمُوتُ ٭ سُبْحَانَكَ يَا لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ الْاَمَانُ الْاَمَانُ نَجِّنَا مِنَ النَّارِ اٰم۪ينَ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

O’ttizinchi Yog'duning Oltinchi Nuktasi

Ismi Qayyumga qaraydi.

Ismi Hayyning bir xulosasi Nur Chashmasining bir zayli bo’lgan; bu Ismi Qayyum ham O’ttizinchi So’zning zayli bo’lishi munosib ko’rildi.

UZR BAYONİ:Bu juda ahamiyatli masalalar va juda chuqur va keng Ismi Qayyumning jilva-i a'zami, ham muntazaman emas, balki boshqa-boshqa lam'alar tarzida qalbga xutur etganidan, ham g’oyat tartibsiz va tez va tadqiqsiz musvadda holida qolganidan, albatta ta'birot va ifodalarda ko’p nuqsonlar, intizomsizliklar bo’ladi. Masalalarning go’zalliklari uchun mening qusurlarimni kechirishingiz kerak.

ESLATMA:Ismi a'zamga oid nuktalar, a'zamiy bir suratda keng, ham g’oyat chuqur bo’lganidan, xususan Ismi Qayyumga oid masalalar va ayniqsa Birinchi Shuasi {(Hoshiya) Bu risolani o’qigan agar mutafannin bo’lmasa, Birinchi Shuani o’qimasin yoki oxirida o’qisin, ikkinchidan boshlasin.} moddiyunlarga qaragani uchun yanada ziyoda chuqur ketganidan, albatta har odam har masalani har jihatda anglamaydi. Faqat harkas har masaladan bir daraja hissa olishi mumkin. "Bir narsa butun qo’lga kiritilmasa, butun-butun qo’ldan chiqarilmaydi" qoidasi bilan, "bu ma'naviy bog’ning butun mevalarini uzolmayman" deya voz kechmoq kori aql emas. Inson naqadar uzsa, shu qadar foydadir. Ismi a'zamga oid masalalarning ihota etilmaydigan darajada kenglari bo’lgani kabi, aql ko’rmaydigan darajada noziklari ham bor. Xususan Ismi Hayy va Qayyumga va ayniqsa hayotning iymon arkoniga qarshi ramzlariga va ayniqsa Qazo va Qadar rukniga hayotning ishoratiga va Ismi Qayyumning Birinchi Shuasiga hammaning fikri yetishmaydi, faqat hissasiz ham qolmaydi; balki har holda iymonini quvvatlantiradi. Saodati abadiyaning kaliti bo’lgan iymonning quvvatlanishining ahamiyati juda azimdir. Iymonning bir zarra qadar quvvati ziyoda bo’lishi, bir xazinadir. Imom Rabboniy Ahmad Faruqiy deydiki: "Bir kichik masala-i iymoniyaning inkishofi, mening nazarimda yuzlab azvoq va karomatlarga murajjahdir".

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٭ لَهُ مَقَال۪يدُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ ٭ مَا مِنْ دَٓابَّةٍ اِلَّا هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا

kabi qayyumiyati Ilohiyaga ishorat qilgan oyatlarning bir nuktasi va ismi a'zam yoxud ismi a'zamning ikki ziyosidan ikkinchi ziyosi yoxud ismi a'zamning olti nuridan oltinchi nuri bo’lgan Qayyum ismining bir jilva-i a'zami Zulqa'da oyida aqlimga ko’rindi. Eskishehir hibsxonasidagi muso'adasizligim jihati bilan u nuri a'zamni albatta tamomila bayon qilolmayman, faqat Hazrat Imom Ali (R.A.) Qasida-i Arjuzasida "Sakina" nomi oliysi bilan bayon qilgan ismi a'zam va Jaljalutiyasidagi juda muhtasham ismlar bilan ismi a'zam ichida bo’lgan u olti ismni eng a'zam, eng ahamiyatli tutgani uchun va ularning bahsi ichida karomatkorona bizga tasalli bergani uchun, bu Ismi Qayyumga ham, avvalgi besh asmo kabi, hech bo’lmasa muxtasar bir suratda "Besh Shua" bilan u nuri a'zamga ishorat qilamiz.

Birinchi Shua:Bu koinotning Xoliqi Zuljaloli Qayyumdir. Ya'ni bizotihi qoimdir, doimdir, boqiydir. Butun ashyo u bilan qoimdir, davom qiladi va vujudda qoladi, baqo topadi. Agar koinotdan bir daqiqacha bo’lsin u nisbati qayyumiyat uzilsa, koinot mahv bo’ladi. Ham u Zoti Zuljalolning qayyumiyati bilan barobar Qur'oni Azimushshonda farmon qilgani kabi لَيْسَ كَمِثْلِه۪ شَىْءٌ dir. Ya'ni, na zotida, na sifotida, na af'olida naziri yo’qdir, misli bo’lmaydi, shabihi yo’qdir, sheriki bo’lmaydi. Ha, butun koinotni butun shuunoti bilan va holati bilan qabza-i rububiyatida tutib, bir xona va bir saroy hukmida kamoli intizom bilan tadbir va idora va tarbiya qilgan bir Zoti Aqdasga misl va mesil va sherik va shabih bo’lmaydi, maholdir. Ha, bir zotki, unga yulduzlarning ijodi zarralar kabi oson bo’lgan.. va eng katta narsa eng kichik narsa kabi qudratiga musahhar bo’lgan.. va hech bir narsa hech bir narsaga, hech bir fe'l hech bir fe'lga mone bo’lmagan.. va hadsiz afrod bir fard kabi nazarida hozir bo’lgan.. va butun ovozlarni birdan eshitgan.. va umumning hadsiz hojotini birdan qilib bilgan.. va koinotning mavjudotidagi butun intizomot va mezonlarning shahodati bilan hech bir narsa, hech bir hol doira-i mashiat va irodasidan xorij bo’lmagan.. va hech bir makonda bo’lmagani holda, har bir yerda va har bir makonda qudrati bilan, ilmi bilan hozir bo’lgan.. va hamma narsa undan nihoyat darajada uzoq bo’lgani holda, u esa hamma narsaga nihoyat darajada yaqin bo’la olgan bir Zoti Hayyi Qayyumi Zuljalolning albatta hech bir jihat bilan misli, naziri, sheriki, vaziri, ziddi, niddi bo’lmaydi va bo’lishi maholdir. Yolg’iz masal va tamsil suratida shuunoti qudsiyasiga qarab bo’ladi. Risola-i Nurdagi butun tamsilot va tashbehot bu masal va tamsil navidandirlar.

Xullas, bunday mislsiz va Vojib-ul Vujud va moddadan mujarrad va makondan munazzah va tajazzisi va inqisomi har jihat bilan mahol va tag’ayyur va tabadduli mumtani' va ehtiyoj va ajzi imkon xorijida bo’lgan bir Zoti Aqdasning koinot sofahatida va tabaqoti mavjudotida tajalliy etgan bir qism jilvalarini

ayni Zoti Aqdas tavahhum etib bir qism maxluqotiga uluhiyatning ahkomini bergan ahli zalolat insonlarning bir qismi, u Zoti Zuljalolning ba'zi asarlarini tabiatga isnod etganlar. Holbuki Risola-i Nurning mutaaddid yerlarida qat'iy burhonlar bilan isbot qilinganki: Tabiat bir san'ati Ilohiyadir, Sone' bo’lmaydi.. bir kitobati Rabboniyadir, kotib bo’lmaydi.. bir naqshdir, naqqosh bo’lolmaydi.. bir daftardir, daftardor bo’lmaydi.. bir qonundir, qudrat bo’lmaydi.. bir mistardir, masdar bo’lmaydi.. bir qobildir, munfail bo’ladi; foil bo’lmaydi.. bir nizomdir, nozim bo’lolmaydi.. bir shariati fitriyadir, shari' bo’lolmaydi.

Farzi mahol bo’lib, eng kichik bir zihayot maxluq tabiatga havola qilinsa, "buni qil" deyilsa; Risola-i Nurning ko’p yerlarida qat'iy burhonlar bilan isbot qilingani kabi, u kichik zihayotning a'zolari va jihozotlari adadicha qoliplar, balki uskunalar bo’lishini ta'minlash kerak; toki tabiat u ishni qilib bilsin.

Ham moddiyun deyilgan bir qism ahli zalolat zarrotdagi tahavvuloti muntazama ichida xalloqiyati Ilohiyaning va qudrati Rabboniyaning bir jilva-i a'zamini his qilganlaridan va u jilvaning qayerdan kelganini bilolmaganlaridan va u qudrati samadoniyaning jilvasidan kelgan umumiy quvvatning qayerdan idora qilinganini tushunolmaganlaridan, modda va quvvatni azaliy tavahhum etib, zarralarga va harakatlarga osori Ilohiyani isnod qilishni boshlaganlar. Fasubhanalloh! Insonlarda bu daraja hadsiz jaholat bo’lishi mumkinmiki, makondan munazzah bo’lish bilan barobar, har bir yerda har bir narsaning ijodida hamma narsani ko’radigan, biladigan, idora qiladigan bir tarzda bo’ladigan bir vaziyat bilan bajargan fe'llarni va asarlarni; jomid, ko’r, shuursiz, irodasiz, mezonsiz va tasodif bo’ronlari ichida chayqalgan zarrotga va harakotiga berish, naqadar johilona va xurofotkorona bir fikr bo’lganini, zarra qadar aqli bo’lganlar bilishi kerak. Ha, bu omilar vahdati mutlaqadan voz kechganlari uchun, hadsiz va nihoyatsiz bir kasrati mutlaqaga tushganlar; ya'ni, yolg’iz bir ilohni qabul qilmaganlari uchun, nihoyatsiz ilohlarni qabul qilishga majbur bo’ladilar. Ya'ni, yolg’iz bir Zoti Aqdasning xossasi va lozimi zotiysi bo’lgan azaliyatni va xoliqiyatni buzilgan aqllariga sig’ishtirolmaganlaridan; u hadsiz, nihoyatsiz jomid zarralarning azaliyatlarini, balki uluhiyatlarini qabul qilishga maslaklariga ko'ra majbur bo’ladilar...

Xullas sen kel, ajhaliyatning nihoyatsiz darajasiga qara! Ha, zarralardagi jilva esa; zarralar toifasini Vojib-ul Vujudning havli bilan, qudrati bilan, amri bilan muntazam va muhtasham bir qo’shin hukmiga keltirgandir. Agar bir soniya u Qo’mondoni A'zamning amri va quvvati orqaga olinsa, u juda kasratli jomid, shuursiz toifa tartibsizlar hukmiga o’tadilar; balki butun-butun mahv bo’ladilar.

Ham insonlarning bir qismi go’yo yanada ilgari ko’rayotgandek, yanada ziyoda johilona bir zalolat bilan Sone'-i Zuljalolning g’oyat latif, nozanin, mute', musahhar bir sahifa-i ijrooti

va amrlarining bir vosita-i naqliyoti va zaif bir parda-i tasarrufoti va latif bir midad (siyoh)-i kitobati va eng nozanin bir hulla-i ijodoti va bir moya-i masnu'oti va bir mazraa-i hububoti bo’lgan "efir" moddasini, jilva-i rububiyatiga oynadorlik qilgani uchun masdar va foil tavahhum etganlar. Bu ajib jaholat hadsiz mahollarni istilzom etadi. Chunki efir moddasi moddiyunlarni bo'g'gan zarrot moddasidan yanada latif va eski hukamo tiqilib qolgan heyula mundarijasidan yanada kasif, ixtiyorsiz, shuursiz, jomid bir moddadir. Bu hadsiz bir suratda tajazzi va inqisom etgan va naqllik va infiol xossasi bilan va vazifasi bilan tajhiz etilgan bu moddaga, balki u moddaning zarradan ko’p daraja yanada kichik bo’lgan zarralariga; hamma narsada hamma narsani ko’radigan, biladigan, idora qiladigan bir ixtiyor va bir iqtidor bilan vujud topgan fe'llarni, asarlarni isnod etmoq, efirning zarralari adadicha xatodir.

Ha, mavjudotda ko’ringan fe'li ijod shunday bir holatdadirki; hamma narsada, xususan zihayot bo’lsa, aksar ashyoni va balki umum koinotni ko’radigan, biladigan va koinotga qarshi u zihayotning munosabatini taniydigan, ta'min qiladigan bir iqtidor va ixtiyordan kelganini ko’rsatadiki, moddiy va ihotasiz bo’lgan sabablarning hech bir jihat bilan fe'li bo’lmaydi. Ha -sirri qayyumiyat bilan- eng juz'iy bir fe'li ijodiy to’g’ridan-to’g’riga butun koinot Xoliqining fe'li bo’lganiga dalolat qilgan bir sirri a'zamni tashiydi. Ha, masalan bir arining ijodiga tavajjuh etgan bir fe'l ikki jihat bilan Xoliqi Koinotga xususiyligini ko’rsatadi.

Birinchisi:U arining butun amsolining butun zaminda, ayni zamonda ayni fe'lga mazhariyatlari ko’rsatadiki: Bu juz'iy va xususiy fe'l esa, ihotali ro’yi zaminni qoplagan bir fe'lning bir uchidir. Unday bo’lsa; u katta fe'lning foili va u fe'lning sohibi kim bo’lsa, u juz'iy fe'l ham unikidir.

Ikkinchi jihat:Bu hozir arining xilqatiga tavajjuh etgan fe'lning foili bo’lish uchun, u arining sharoiti hayotiyasini va jihozotini va koinot bilan munosabatini ta'min qiladigan va biladigan qadar juda buyuk bir iqtidor va ixtiyor lozim kelganidan, u juz'iy fe'lni qilgan zotning, aksar koinotga hukmi o’tish bilan faqatgina u fe'lni o’shanday mukammal qila oladi.

Demak, eng juz'iy fe'l ikki jihat bilan Xoliqi Kulli Shayga xos bo’lganini ko’rsatadi.

Eng ziyoda joyi diqqat va joyi hayrat shuki: Vujudning eng quvvatli martabasi bo’lgan "vujub"ning va vujudning eng sabotli darajasi bo’lgan "moddadan tajarrud"ning va vujudning zavoldan eng uzoq holi bo’lgan "makondan munazzahiyat"ning va vujudning eng sog’lom va tag’ayyurdan va adamdan eng muqaddas sifati bo’lgan "vahdat"ning sohibi bo’lgan Zoti Vojib-ul Vujudning eng xos xossasi va lozimi zotiysi bo’lgan azaliyatni va sarmadiyatni; vujudning eng zaif martabasi va eng nozikkina darajasi va eng mutag’ayyir, mutahavvil holi

va eng ziyoda makonga yoyilgan hadsiz, kasratli bir moddiy modda bo’lgan efir va zarrot kabi narsalarga bermoq va ularga azaliyat isnod etmoq va ularni azaliy tasavvur qilmoq va qisman osori Ilohiyaning ulardan nash'at etganini tavahhum etmoq, naqadar xilofi haqiqat va haqiqatga muxolif va aqldan uzoq va botil bir fikr bo’lgani, Risola-i Nurning mutaaddid juzlarida qat'iy burhonlar bilan ko’rsatilgan.

Ikkinchi Shua:"Ikki Masala"dir.

Birinchi Masala:Ismi Qayyumning bir jilva-i a'zamiga ishorat qilgan

لَا تَاْخُذُهُ سِنَةٌ وَلَا نَوْمٌ ٭ مَا مِنْ دَٓابَّةٍ اِلَّا هُوَ اٰخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا ٭ لَهُ مَقَال۪يدُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ

kabi oyatlar ishorat qilgan haqiqati a'zamning bir vajhi shuki: Shu koinotdagi ajromi samoviyaning qiyomlari, davomlari, baqolari; sirri Qayyumiyat bilan bog’liqdir. Agar u jilva-i Qayyumiyat bir daqiqada yuzini o’girsa, bir qismi Kura-i Arzdan ming marta katta millionlab kuralar fazo-i g’ayri mutanohiy bo’shlig’ida tarqaladilar, bir-biriga uriladilar, adamga to’kiladilar. Qandayki masalan: Havoda -tayyoralar o’rnida- minglab muhtasham qasrlarni kamoli intizom bilan ushlab qolib sayohat qildirgan bir zotning qayyumiyat iqtidori, u havodagi saroylarning sabot va nizom va davomlari bilan o’lchanadi.. shunga o'xshab: U Zoti Qayyumi Zuljalolning modda-i efiriya ichida hadsiz ajromi samoviyaga nihoyat darajada intizom va mezon ichida sirri qayyumiyat bilan bir qiyom, bir baqo, bir davom berib, ba'zisi Kura-i Arzdan ming va bir qismi bir million marta katta millionlab azim kuralarni tirgaksiz, istinodsiz, bo’shliqda ushlab qolish bilan barobar, har birini bir vazifa bilan tavzif etib g’oyat muhtasham bir qo’shin shaklida "Amri Kun Fayakun"dan kelgan farmonlar bilan kamoli inqiyod bilan itoat ettirishi, ismi Qayyumning a'zamiy jilvasiga bir o’lchov bo’lgani kabi, har bir mavjudning zarralari ham yulduzlar kabi sirri qayyumiyat bilan qoim va u sir bilan baqo va davom qiladilar. Ha, bir zihayotning jasadidagi zarralarning har bir a'zoga maxsus bir hay'at bilan to’da-to’da to’planib tarqalmaganlari va sel kabi oqqan unsurlarning bo’ronlari ichida vaziyatlarini muhofaza qilib tarqalmasliklari va muntazaman turishlari, bilbadoha o’z-o’zlaridan bo’lmasdan, balki sirri qayyumiyat bilan bo’lganidan; har bir jasad muntazam bir harbiy qism, har bir nav muntazam bir qo’shin hukmida bo’lib, butun zihayot va murakkabotning zamin yuzida va yulduzlarning fazo olamida turishlari va kezishlari kabi, bu zarralar ham hadsiz tillari bilan sirri qayyumiyatni e'lon qiladilar.

Ikkinchi Masala:Ashyoning sirri qayyumiyat bilan munosabatdor foydalarining va hikmatlarining bir qismiga ishorat qilishni bu maqom iqtizo qiladi.

Ha, hamma narsaning hikmati vujudi va g’oya-i fitrati va foyda-i xilqati va natija-i hayoti uchtadan turdir:

Birinchi tur,o’ziga va insonga va insonning foydalariga qaraydi.

Ikkinchi tur,muhimroqdirki: Hamma narsa umum ziyshuur mutolaa qila oladigan va Fotiri Zuljalolning jilva-i asmosini bildiradigan bittadan oyat, bittadan maktub, bittadan kitob, bittadan qasida hukmida bo’lib, ma'nolarini hadsiz o’quvchilariga ifoda qilishidir.

Uchinchi turesa, Sone'-i Zuljalolga oiddir, unga qaraydi. Hamma narsaning foydasi va natijasi o'ziga qaragan bir bo’lsa, Sone'-i Zuljalolga qaragan yuzlabdirki, Sone'-i Zuljalol o’z ajoyibi san'atini o’zi tomosha qiladi; o’z jilva-i asmosiga o’z masnu'otida qaraydi. Bu a'zamiy uchinchi turda bir soniya qadar yashash kifoyadir.

Ham hamma narsaning vujudini iqtizo etgan bir sirri qayyumiyat borki, Uchinchi Shuada izoh qilinadi.

Bir zamon tilsimi koinot va muammo-i xilqat jilvasi bilan mavjudotning hikmatlariga va foydalariga qaradim, dedim: "Ajabo, bu ashyo nima uchun bunday o’zini ko’rsatmoqdalar, tez yo’qolib ketmoqdalar?" Ularning shaxsiga qarayman; muntazam, hikmatli kiyingan, kiydirilgan, bezatilgan, ko’rgazmaga tomoshagohga yuborilgan. Holbuki bir-ikki kunda, balki bir qismi bir necha daqiqada yo’qolib; foydasiz behuda ketmoqdalar. "Bu qisqa zamonda bizga ko’rinishlaridan maqsad nima?" deya ko’p qiziqar edim. O'sha payt mavjudotning, xususan zihayotning dunyo darsxonasiga kelishlarining muhim bir hikmatini lutfi Ilohiy bilan topdim. U ham shudir: Hamma narsa, xususan zihayot g’oyat ma'nodor bir kalima, bir maktub, bir qasida-i Rabboniydir; bir e'lonnoma-i Ilohiydir. Umum ziyshuurning mutolaasiga mazhar bo’lgandan va hadsiz mutolaachilarga ma'nosini ifoda qilgandan so’ng, lafzi va hurufi hukmidagi surati jismoniyasi yo’qoladi. Bir yil qadar bu hikmat menga kifoya keldi. Bir yildan so’ng masnu'otda va ayniqsa zihayotlarda bo’lgan juda xoriqo va juda nozik san'atning mo’'jizalari inkishof etdi. Angladimki: Bu juda nozik va juda xoriqo bo’lgan daqoiqi san'at, yolg’iz ziyshuurlarning nazarlariga ifoda-i ma'no uchun emas. Garchi har bir mavjudni hadsiz ziyshuurlar mutolaa qila oladi. Faqat ham ularning mutolaasi mahduddir, hamda harkas u zihayotning butun daqoiqi san'atiga nufuz etolmaydi. Demak, zihayotlarning eng muhim natija-i xilqati va eng buyuk g’oya-i fitrati, Zoti Qayyumi Azaliyning o’z nazariga o’z ajoyibi san'atini va bergan rahimona hadyalarini va ehsonlarini arz etishdir. Bu g’oya esa, ancha vaqt menga qanoat berdi va undan angladimki: Har mavjudda,

xususan zihayotlarda hadsiz daqoiqi san'at bo’lishi, Zoti Qayyumi Azaliyning nazariga arz etmoq, ya'ni Zoti Qayyumi Azaliy o’z san'atini o’zi tomosha qilmoq bo'lgan hikmati xilqat osh’a katta masorifga kifoya kelayotgan edi. Biroz vaqt o’tib ko’rdimki: Mavjudotning shaxslarida va suratlaridagi daqoiqi san'at davom qilmaydi; g’oyat tezlik bilan yangilanadi, tabaddul etadi; nihoyatsiz bir faoliyat va bir xalloqiyat ichida tahavvul etadilar. Bu xalloqiyat va bu faoliyatning hikmati albatta o’sha faoliyat darajasida katta bo’lishi lozim bo’ladi, deya tafakkurni boshladim. Bu safar mazkur ikki hikmat kifoya kelmaslikni boshladilar, nuqson qoldilar. G’oyat qiziqib boshqa bir hikmatni qidirishni va taharriyni boshladim. Biroz vaqt o’tib, lillahilhamd, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning fayzi bilan, sirri qayyumiyat nuqtasida azim hadsiz bir hikmat, bir g’oya ko’rindi. Va u bilan "tilsimi koinot" va "muammo-i xilqat" ta'bir qilingan bir sirri Ilohiy tushunildi. (Yigirma To’rtinchi Maktubda batafsil bayon qilinganidan, bu yerda yolg’iz qisqacha ikki-uch nuqtasini Uchinchi Shuada zikr qilamiz.)

Ha, sirri qayyumiyatning jilvasiga bu nuqtadan qarangki; butun mavjudotni adamdan chiqarib, har birini bu nihoyatsiz fazoda

اَللّٰهُ الَّذِى رَفَعَ السَّموَاتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا

sirri bilan ushlab qolib, qiyom va baqo berib, umumini bunday sirri qayyumiyatning tajalliysiga mazhar aylaydi. Agar bu nuqta-i istinod bo’lmasa; hech bir narsa mustaqil ravishda to'xtamaydi. Hadsiz bir bo’shliqda yumalab adamga sukut etadi.

Ham qandayki butun mavjudot, vujudlari va qiyomlari va baqolari jihatidan Qayyumi Zuljalolga tayanadilar; qiyomlari u bilan.. shunga o'xshab: Mavjudotning holat va ahvolida minglab silsilalarning; (tamsilda xato bo’lmasin) telefon, telegraf silsilalarining markazi va stantsiya ustuni hukmida bo’lgan sirri qayyumiyatda وَ اِلَيْهِ يُرْجَعُ الْاَمْرُ كُلُّهُ sirri bilan, uchlari bog’liqdir. Agar u nuroniy nuqta-i istinodga tayanmasalar, ahli aqlcha mahol va botil bo’lgan minglab davrlar va tasalsullar lozim bo’ladi; balki mavjudot adadicha botil bo’lgan davrlar va tasalsullar lozim bo’ladi. Masalan: Bu narsa (hifz yoki nur yoki vujud yoki rizq kabi) bir jihatda bunga tayanadi, u ham keyingisiga, u ham unga.. bora-bora har holda nihoyatsiz bo’lolmaydi, bir nihoyati bo’ladi. Xullas, butun bunday silsilalarning muntaholari, albatta sirri qayyumiyatdir. Sirri qayyumiyat anglashilgandan keyin, u mavhum silsilalarda bir-biriga tayanmoq robitasi va ma'nosi qolmaydi, yo’qoladi; hamma narsa to’g’ridan-to’g’ri sirri qayyumiyatga qaraydi.

Uchinchi Shua:

كُلَّ يَوْمٍ هُوَ ف۪ى شَاْنٍ ٭ فَعَّالٌ لِمَا يُر۪يدُ ٭ يَخْلُقُ مَا يَشَٓاءُ ٭ بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ ٭ فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا

kabi oyatlar ishorat qilgan xalloqiyati Ilohiya va faoliyati Rabboniya ichidagi sirri qayyumiyatning bir daraja inkishofiga bir-ikki muqaddima bilan ishorat qilamiz.

Birinchisi:Shu koinotga qaragan vaqtimiz ko’ramizki: Zamon saylida mutamodiyan chayqalgan va qofila- qofila orqasidan kelib ketgan maxluqotning bir qismi, bir soniyada keladi, dar-aqab yo’qoladi. Bir toifasi bir daqiqada keladi, o’tadi. Bir turi bir soat olami shahodatga kiradi, olami g’aybga kiradi. Bir qismi bir kunda, bir qismi bir yilda, bir qismi bir asrda, bir qismi ham asrlarda bu olami shahodatga kelib, qo’nib; vazifa bajarib ketyaptilar. Bu hayrat beruvchi sayohat va sayaroni mavjudot, u safar va sayaloni maxluqot shunday bir intizom va mezon va hikmat bilan yo’naltiriladi va idora qilinadi va ularga va u qofilalarga qo’mondonlik qilgan shunday basirona, hakimona, mudabbirona qo’mondonlik qiladiki; butun aqllar farazan ittihod etib bitta aql bo’lsa, u hakimona idoraning kunhiga yetisholmaydi va qusur topib tanqid qilolmaydi.

Xullas, bu xalloqiyati Rabboniyaning ichida; u sevimli va sevgan masnu'otining, xususan zihayotlarning hech biriga ko’z ochtirmasdan olami g’aybga yuboradi, hech biriga nafas oldirmasdan dunyodagi hayotdan tarhis etadi, mutamodiyan bu musofirxona-i olamni to’ldirib musofirlarning rizosi bo'lmasdan bo’shatati; qalami qazo va qadar Kura-i Arzni yozib o’chiradigan taxtasi kabi qilib يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ jilvalari bilan mutamodiyan Kura-i Arzda yozuvlarini yozadi va u yozuvlarni yangilaydi, tabdil etadi. Xullas, bu faoliyati Rabboniyaning va bu xalloqiyati Ilohiyaning bir sirri hikmati va asosli bir muqtaziysi va bir sababi da'iysi uch muhim sho’'baga ayrilgan hadsiz, nihoyatsiz bir hikmatdir.

U hikmatning birinchi sho’'basi shuki:Faoliyatning har navi juz'iy bo’lsin, kulliy bo’lsin, bir lazzat beradi. Balki har faoliyatda bir lazzat bor. Balki faoliyat ayni lazzatdir. Balki faoliyat, ayni lazzat bo’lgan vujudning tazohuridir va ayni alam bo’lgan adamdan taboud bilan silkinishidir. Ha, har qobiliyat sohibi, bir faoliyat bilan qobiliyatining inkishofini lazzat bilan ta'qib etadi. Har bir iste'dodning faoliyat bilan tazohur etishi bir lazzatdan keladi va bir lazzatni natija beradi. Har bir kamol sohibi faoliyat bilan kamolotining tazohurini lazzat bilan ta'qib etadi.

Modomiki har bir faoliyatda bunday seviladigan, istaniladigan bir kamol, bir lazzat bor va faoliyat ham bir kamoldir va modomiki zihayot olamida doimiy va azaliy bir hayotdan nash'at etgan hadsiz bir muhabbatning, nihoyatsiz bir marhamatning jilvalari ko’rinadi va u jilvalar ko’rsatadiki, o’zini bunday sevdirgan va sevgan va shafqat etib lutflarda bo’lgan zotning qudsiyatiga loyiq va vujubi vujudiga munosib u hayoti sarmadiyaning muqtazosi bo’lib hadsiz darajada (ta'birda xato bo’lmasin) bir ishqi lahutiy, bir muhabbati qudsiya, bir lazzati muqaddasa kabi shuunoti qudsiya u Hayoti Aqdasda borki; u shuunot bunday hadsiz faoliyat bilan va nihoyatsiz bir xalloqiyat bilan koinotni doimo yangilaydi, chayqatadi, o'zgartiradi.

Sirri qayyumiyatga qaragan hadsiz faoliyati Ilohiyadagi hikmatning ikkinchi sho’'basi:Asmo-i Ilohiyaga qaraydi. Ma'lumdirki, har bir jamol sohibi o’z jamolini ko’rmoq va ko’rsatmoq istaydi; har bir hunar sohibi o’z hunarini tashhir va e'lon qilmoq bilan nazari diqqatni jalb qilishni istaydi va sevadi; va hunari yashirin qolgan bir go’zal haqiqat va go’zal bir ma'no, maydonga chiqmoq va mushtariylarni topmoq istaydi va sevadi. Modomiki bu asosli qoidalar hamma narsada darajasiga ko’ra jarayon qiladi; albatta Jamili Mutlaq bo’lgan Zoti Qayyumi Zuljalolning ming bir asmo-i husnasidan har bir ismning, koinotning shahodati bilan va jilvalarining dalolati bilan va naqshlarining ishorati bilan, har birining har bir martabasida haqiqiy bir husn, haqiqiy bir kamol, haqiqiy bir jamol va g’oyat go’zal bir haqiqat, balki har bir ismning har bir martabasida hadsiz anvo'i husn bilan hadsiz haqoiqi jamila bor. Modomiki bu asmoning qudsiy jamollarini iroa etgan oynalari va go’zal naqshlarini ko’rsatgan lavhalari va go’zal haqiqatlarini ifoda qilgan sahifalari, bu mavjudotdir va bu koinotdir. Albatta u doimiy va boqiy asmo, hadsiz jilvalarini va nihoyatsiz ma'nodor naqshlarini va kitoblarini; ham musammolari bo’lgan Zoti Qayyumi Zuljalolning nazari mushohadasiga, ham son-sanoqsiz ziruh va ziyshuur maxluqotning nazari mutolaasiga ko’rsatmoq va nihoyatli mahdud bir narsadan nihoyatsiz lavhalarni va bitta shaxsdan juda ko’p shaxslarni va bir haqiqatdan juda kasratli haqiqatlarni ko’rsatmoq uchun, u ishqi muqaddasa-i Ilohiyga istinodan va u sirri qayyumiyatga binoan, koinotni batamom va mutamodiyan jilvalari bilan yangilaydilar, o'zgartiradilar.

To’rtinchi Shua:

Koinotdagi hayratnamo faoliyati doima hikmatining uchinchi sho’'basi shuki:Har bir marhamat sohibi, boshqasini mamnun qilishdan masrur bo’ladi; har bir shafqat sohibi, boshqasini masrur qilishdan mamnun bo’ladi; har bir muhabbat sohibi, sevintirishga loyiq maxluqlarni sevintirish bilan sevinadi; har bir oliyjanob zot, boshqasini mas'ud etish bilan lazzat oladi; har bir odil zot, ihqoqi haq etish va mustahaqlarga jazo berishda huquq sohiblarini minnatdor qilish bilan quvonadi; hunar sohibi har bir san'atkor, san'atini tashhir etish bilan va san'atining tasavvur qilgan tarzida ishlashi bilan va istagan natijalarini berishi bilan iftixor etadi.

Xullas, bu mazkur dasturlarning har biri bittadan qoida-i asosiyadirki, koinotda va olami insoniyatda jarayon qiladilar. Bu qoidalarning asmo-i Ilohiyada jarayon qilganliklarini ko’rsatgan uch misol, O’ttiz Ikkinchi So’zning Ikkinchi Mavqifida izoh qilingan. Bir xulosasi bu maqomda yozilishi munosib bo’lganidan, deymiz:

Qandayki masalan g’oyat marhamatli, saxovatli, g’oyat karim oliyjanob bir zot, fitratidagi oliy sajiyalarning muqtazosi bilan katta bir sayohat kemasiga juda muhtoj va faqir insonlarni mindirib, g’oyat mukammal ziyofatlar bilan, ikromlar bilan u muhtoj faqirlarni mamnun qilib dengizlarda Arzning atrofida kezdiradi va o’zi ham ularning ustida ularni masrurona tomosha qilib u muhtojlarning minnatdorliklaridan lazzat oladi va ularning talazzuzlaridan masrur bo’ladi va ularning quvonchlaridan sevinadi, iftixor etadi. Modomiki bunday bir tavziot ma'muri hukmida bo’lgan bir inson, bunday juz'iy bir ziyofat berishdan bu daraja mamnun va masrur bo’lsa.. albatta butun hayvonlarni va insonlarni va hadsiz malaklarni va jinlarni va ruhlarni bir safina-i Rahmoniy bo’lgan Kura-i Arz kemasiga mindirib; ro’yi zaminni anvo'i mat'umot bilan va butun tuyg’ularning azvoq va arzoqi bilan to’ldirgan bir dasturxoni Rabboniya shaklida ularga ochish va u muhtoj va mushikoyatr va minnatdor va masrur maxluqotini aqtori koinotda sayohat qildirish bilan va bu dunyoda bu qadar ikromlar bilan ularni masrur etish bilan barobar, dori baqoda Jannatlaridan har birini ziyofati doima uchun bittadan dasturxon qilgan Zoti Hayyi Qayyumga oid bo’lib u maxluqotning tashakkurlaridan va minnatdorliklaridan va masruriyatlaridan va sevinchlaridan kelgan va ta'birida ojiz bo’lganimiz va ma'zun bo’lmaganimiz shuunoti Ilohiyani, "mamnuniyati muqaddasa", "iftixori qudsiy" va "lazzati muqaddasa" kabi ismlar bilan ishorat qilingan ma'oni-i rububiyatdirki, bu doimiy faoliyatni va mutamodiy xalloqiyatni iqtizo etadi.

Ham masalan, bir mohir san'atkor plastinkasiz bir fonograf yaratsa, u fonograf istagani kabi gapirsa, ishlasa; san'atkori naqadar muftaxir bo’ladi, mutalazziz bo’ladi; o’ziga o’zi "Mashaalloh" deydi. Modomiki ijodsiz va suriy bir kichik san'at, san'atkorining ruhida bu daraja bir iftixor, bir mamnuniyat hissini uyg’otsa, albatta bu mavjudotning Sone'-i Hakimi koinotning majmu'ini hadsiz ohanglarning anvo'i bilan sado bergan va ovoz berib tasbeh etgan va zikr etib gapirgan bir musiqi-i Ilohiya va bir fabrika-i ajiba yaratish bilan barobar, koinotning har bir navini, har bir olamini boshqa bir san'at bilan va boshqa san'at mo’'jizalari bilan ko’rsatib zihayotlarning boshlarida bittadan fonograf, bittadan fotoapparat,

bittadan telegraf kabi ko’p uskunalarni, hatto eng kichik bir boshda ham yaratish bilan barobar har bir inson boshiga, yolg’iz plastinkasiz fonograf, bittadan oynasiz fotoapparat, bir simsiz telegraf emas, balki bulardan yigirma dafa yanada xoriqo, har insonning boshida shunday bir uskunani yaratishdan va istagan tarzida ishlab natijalarni berishdan kelgan iftixori qudsiy va mamnuniyati muqaddasa kabi ma'nolari va rububiyatning bu navidan bo’lgan ulviy shuunoti; albatta va har holda bu faoliyati doimani istilzom etadi.

Ham masalan, bir hukmdori odil ihqoqi haq uchun mazlumlarning haqqini zolimlardan olish bilan va faqirlarni kuchlilarning sharridan muhofaza qilish bilan va harkasga mustahaq bo’lgan haqni berish bilan lazzat olishi, iftixor etishi, mamnun bo’lishi; hukmdorlikning va adolatning bir qoida-i asosiyasi bo’lganidan, albatta Hokimi Hakim, Adli Adil bo’lgan Zoti Hayyi Qayyumning butun maxluqotiga, xususan zihayotlarga "huquqi hayot" ta'bir etilgan sharoiti hayotiyani berish bilan.. va hayotlarini muhofaza uchun ularga jihozot ehson qilish bilan.. va zaiflarni kuchlilarning sharridan Rahimona himoya qilish bilan.. va umum zihayotlarda bu dunyoda ihqoqi haq etish navi tamoman va haqsizlarga jazo berish navi esa qisman sirri adolatning ijrosidan bo’lish bilan.. va ayniqsa mahkama-i kubro-i hashrda adolati akbarning tajalliysidan hosil bo’lgan va ta'birida ojiz bo’laganimiz shuunoti Rabboniya va ma'oni-i qudsiyadirki, koinotda bu faoliyati doimani iqtizo etadi.

Xullas, bu uch misol kabi; asmo-i husnaning umumida, har biri bu faoliyati doimada bunday qudsiy ba'zi shuunoti Ilohiyaga mador bo’lganliklaridan, xalloqiyati doimani iqtizo etadilar. Ham modomiki har qobiliyat, har bir iste'dod, inbisot va inkishof etib samara berish bilan bir farohlik, bir kenglik, bir lazzat beradi.. ham modomiki har vazifador, vazifasini qilish va bitirish bilan vazifasidan tarhisida buyuk bir rohatlik, bir mamnuniyat his etadi.. va modomiki birgina urug'dan bir qancha mevalarni olish va bir dirhamdan yuz dirham foyda qozonish, sohiblariga juda sevinchli bir holatdir, bir tijoratdir. Albatta butun maxluqotdagi hadsiz iste'dodlarni inkishof ettirgan va butun maxluqotini qiymatdor vazifalarda istihdom etgandan so’ng taraqqiyvoriy tarhis ettirgan, ya'ni unsurlarni ma'danlar martabasiga; ma'danlarni nabotlar hayotiga; nabotlarni rizq vositasi bilan hayvonlarning daraja-i hayotiga; va hayvonlarni insonlarning shuurkorona bo’lgan yuksak hayotiga chiqaradi.

Xullas, har bir zihayotning zohiriy bir vujudining zavoli bilan; (Yigirma To’rtinchi Maktubda izoh qilingani kabi) ruhi, mohiyati, huviyati, surati kabi juda ko’p vujudlarini orqasida qoldirgan va o’rnida vazifa boshiga o’tkazgan faoliyati doima va xalloqiyati Rabboniyadan nash'at etgan ma'oni-i qudsiyaning va rububiyati Ilohiyaning naqadar ahamiyatli bo’lganliklari anglashiladi.

Muhim bir savolga qat'iy bir javob:Ahli zalolatdan bir qismi deydilarki: "Koinotni bir faoliyati doima bilan tag’yir va tabdil etgan zotning, albatta o’zining ham mutag’ayyir va mutahavvil bo’lishi lozim bo’ladi."

Aljavob:Hosho!.. Yuz ming marta hosho!.. Yerdagi oynalarning tag’ayyuri ko’kdagi Quyoshning tag’ayyuriga emas, aksincha jilvalarining yangilanganini ko’rsatadi. Ham azaliy, abadiy, sarmadiy, har jihatdan kamoli mutlaqda va istig’no-i mutlaqda, moddadan mujarrad, makondan, qayddan, imkondan munazzah, mubarro, muallo bo’lgan bir Zoti Aqdasning tag’ayyuri va tabadduli maholdir. Koinotning tag’ayyuri, uning tag’ayyuriga emas, balki adami tag’ayyuriga va g’ayri mutahavvil bo’lganiga dalildir. Chunki mutaaddid narsalarni intizom bilan doimiy tag’yir va tahrik etgan bir zot, mutag’ayyir bo’lmasligi va harakat qilmasligi lozim bo’ladi. Masalan; sen ko’p iplar bilan bog’liq ko’p o’qlarni va zambaraklarni aylantirganing va doimiy intizom bilan tahrik etib vaziyatlar berganing vaqt, sen o’rningda turib tag’ayyur va harakat qilmasliging kerak. Bo’lmasa u intizomni buzasan.

Mashhurdirki: Intizom bilan tahrik etgan harakat qilmasligi va davom bilan tag’yir etgan, mutag’ayyir bo’lmasligi kerak; toki u ish intizom bilan davom qilsin.

Soniyan:Tag’ayyur va tabaddul; hudusdan va takammul etish uchun yangilanishdan va ehtiyojdan va moddiylikdan va imkondan kelib chiqadi. Zoti Aqdas esa ham qadim, ham har jihatdan kamoli mutlaqda, ham istig’no-i mutlaqda, ham moddadan mujarrad, ham Vojib-ul Vujud bo’lganidan; albatta tag’ayyur va tabadduli maholdir, mumkin emasdir.

Beshinchi Shua:Ikki masaladir:

Birinchi Masalasi:Ismi Qayyumning jilva-i a'zamini ko’rishni istasak, xayolimizni butun koinotni tomosha qiladigan; biri eng uzoq narsalarni; boshqasi eng kichik zarralarni ko’rsatadigan ikki durbin taxlab birinchi durbin bilan qaraymiz, ko’ramizki: Ismi Qayyumning jilvasi bilan, Kura-i Arzdan ming marta katta millionlab kuralar, yulduzlar tirgaksiz bo’lib havodan yanada latif bo’lgan modda-i efiriya ichida qisman ushlab qolingan, qisman vazifa uchun sayohat qildirilyapti. So’ngra u xayolning xurdabini bo’lgan ikkinchi durbini bilan, kichik zarrotni ko’radigan bir suratda qaraymiz. U sirri qayyumiyat bilan zihayot maxluqoti arziyaning har birining zarroti vujudiyalari bilan, yulduzlar kabi muntazam bir vaziyat olib harakat qilyaptilar va vazifalar qilyaptilar. Xususan zihayotning qonidagi "kurayvoti hamro va bayzo" ta'bir qilganlari zarralardan tashkil topgan kichkinagina to’dalari, sayyor yulduzlar kabi, mavlaviyvoriy ikki harakati muntazama bilan harakat qilishlarini ko’ryapmiz.

Bir xulosat-ul xulosa:{(Hoshiya) O’ttizinchi Yog'duning olti risolachalarining asosi va mavzusi va ismi a'zamning sirrini tashigan olti muqaddas ismlarning g’oyat qisqa bir xulosalaridir.} Ismi a'zamning olti ismi, ziyodagi yetti rang kabi imtizoj etib tashkil qilganlari ziyo-i qudsiyaga nazar solish uchun, bir xulosaning zikri munosibdir. Shundayki:

Butun koinotning mavjudotini bunday ushlab turgan, baqo va qiyom bergan, Ismi Qayyumning bu jilva-i a'zamining orqasidan qara: Ismi Hayyning jilva-i a'zami u butun mavjudoti zihayotni jilvasi bilan shu'lalantirgan, koinotni nurlantirgan, butun zihayot mavjudotni jilvasi bilan porlatmoqda. Endi qara: Ismi Hayyning orqasida Ismi Fardning jilva-i a'zami, butun koinotni anvo'i bilan, ajzosi bilan bir vahdat ichiga olmoqda, hamma narsaning peshonasiga bir sikka-i vahdat qo’ymoqda; hamma narsaning yuziga bir xotami ahadiyat bosmoqda; nihoyatsiz va hadsiz tillar bilan jilvasini e'lon ettirmoqda. Endi Ismi Fardning orqasidan Ismi Hakamning jilva-i a'zamiga qaraki; yulduzlardan zarralarga qadar, xayolning ikki durbini bilan tomosha qilganimiz mavjudotning har birini, juz'iy bo’lsin, kulliy bo’lsin, eng katta doiradan eng kichik doiraga qadar, har biriga loyiq va munosib bo’lib mevador bir nizom va hikmatli bir intizom va samarador bir insijom ichiga olgan, butun mavjudotni bezagan, porlatgandir. So’ngra Ismi Hakamning jilva-i a'zami orqasidan qaraki, Ismi Adlning jilva-i a'zami bilan (Ikkinchi Nuktada izoh qilingan vajh bilan) butun koinotni mavjudoti bilan, faoliyati doima ichida shunday hayrat-angiz mezonlar bilan, o’lchovlar bilan, tarozilar bilan idora qiladiki; ajromi samoviyadan biri, bir soniya ham muvozanasini yo’qotsa; ya'ni ismi Adlning jilvasi ostidan chiqsa, yulduzlar ichida bir ostin-ustunlikka, bir qiyomat boshlanishiga sababiyat beradi. Xullas, butun mavjudotning doira-i a'zami, Kahkashondan, ya'ni Samonyo’li ta'bir qilingan mintaqa-i kubrodan tut, to qon ichidagi kurayvoti hamro va bayzoning doira-i harakatlariga qadar har bir doirasini, har bir mavjudini hassos bir mezon, bir o’lchov bilan bichilgan bir shakl va bir vaziyat bilan boshdan oxirigacha yulduzlar qo’shinidan to zarralar qo’shiniga qadar butun mavjudotning "Amri Kun Fayakun"dan kelgan amrlarga kamoli musahhariyat bilan itoat etganlarini ko’rsatadi. Hozir Ismi Adlning jilva-i a'zami orqasidan (Birinchi Nuktada izoh qilingani kabi) Ismi Quddusning jilva-i a'zamiga qaraki; koinotning butun mavjudotini shunday toza, pok, sof, go’zal, bezalgan, tiniq qilib ko’rsatadiki; butun koinotga va butun mavjudotga Jamili Mutlaqning hadsiz darajada jamoli zotiysiga loyiq va nihoyatsiz go’zal bo’lgan asmo-i husnasiga munosib bo’ladigan go’zal oynalar shaklini bergandir.

Alhosil:Ismi a'zamning bu olti ismi va olti nuri, koinotni va mavjudotni boshqa-boshqa go’zal ranglarda, turli-tuman naqshlarda, boshqa-boshqa ziynatlarda bo’lgan zarrin pardalar ichida mavjudotni o’ragan.

Beshinchi Shuaning Ikkinchi Masalasi:Koinotga tajalliy etgan qayyumiyatning jilvasi, vohidiyat va jalol nuqtasida bo’lgani kabi, koinotning markazi va madori va ziyshuur mevasi bo’lgan insonda ham, qayyumiyatning jilvasi ahadiyat va jamol nuqtasidan tazohuri bor. Ya'ni, qandayki koinot sirri qayyumiyat bilan qoimdir.. shunga o'xshab, Ismi Qayyumning mazhari akmali bo’lgan inson bilan, bir jihatda koinot qiyom topadi; ya'ni koinotning aksar hikmatlari, foydalari, g’oyalari insonga qaragani uchun, go’yo insondagi jilva-i qayyumiyat koinotga bir ustundir. Ha, Zoti Hayyi Qayyum bu koinotda insonni iroda etgan va koinotni u uchun yaratgan deyish mumkin. Chunki inson jome'iyati tomma bilan butun asmo-i Ilohiyani anglaydi, zavq etadi. Xususan rizqdagi zavq jihati bilan juda ko’p asmo-i husnani anglaydi. Holbuki maloikalar ularni u zavq bilan bilolmaydilar.

Xullas, insonning bu ahamiyatli jome'iyatidirki: Zoti Hayyi Qayyum insonga butun asmosini ihsos etmoq va butun anvo'i ehsonotini tottirmoq uchun shunday ishtahali bir me'da berganki, u me'daning keng dasturxonini hadsiz anvo'i mat'umoti bilan karimona to’ldirgan. Ham bu moddiy me'da kabi hayotni ham bir me'da qilgan. U hayot me'dasiga tuyg’ular, qo’llar hukmida g’oyat keng bir dasturxoni ne'mat ochgan. U hayot esa, tuyg’ulari vositasi bilan, u dasturxoni ne'matdan har xil istifodalar bilan tashakkurotning har navini qiladi. Va bu hayot me'dasidan so’ngra bir insoniyat me'dasini berganki, u me'da hayotdan yanada keng bir doirada rizq va ne'mat istaydi. Aql va fikr va xayol u me'daning qo’llari hukmida, samovot va zamin kengligida, u dasturxoni rahmatdan istifoda etib shukr qiladi. Va insoniyat me'dasidan so’ngra hadsiz keng boshqa bir dasturxoni ne'mat ochish uchun, Islomiyat va iymon aqidalarini, ko’p rizq istaydigan bir ma'naviy me'da hukmiga keltirib, uning rizq dasturxonining doirasini mumkinot doirasining xorijida kengaytirib, asmo-i Ilohiyani ham ichiga oladigan qilganki, u me'da bilan Ismi Rahmonni va Ismi Hakimni eng buyuk bir zavqi rizqiy bilan his qiladi. "Alhamdulillahi a'la Rahmoniyatihi va a'la Hakimiyatihi" deydi va hokazo.. bu ma'naviy me'da-i kubro bilan hadsiz ne'mati Ilohiyadan istifoda qila oladi va ayniqsa u me'dadagi muhabbati Ilohiya zavqining yana boshqa bir doirasi bor.

Xullas Zoti Hayyi Qayyum, insonni butun koinotga bir markaz, bir mador qilib, koinot qadar keng bir dasturxoni ne'mat insonga ochganining va koinotni insonga musahhar qilganining va koinotning inson bilan mazhar bo’lgan sirri qayyumiyat bilan bir jihatda qoim bo’lganining hikmati esa, insonning muhim uch vaifasidir.

Birinchisi:Koinotda muntashir butun anvo'i ne'matni inson bilan tanzim etmoq va insonning manfaati ipi bilan tasbeh donalari kabi tanzim etadi, ne'matlar iplarining uchlarini insonning boshiga bog’laydi, rahmat xazinalarining umum turlariga insonni bir ro’yxat hukmiga keltiradi.

Ikkinchi Vazifasi:Zoti Hayyi Qayyumning xitobotiga, inson jome'iyati e'tibori bilan eng mukammal muxotab bo’lmoq va hayratkorona san'atlarini taqdir va tahsin etmoq bilan eng yuksak ovozli bir dallol bo’lmoq va shuurdorona tashakkurotning butun anvo'i bilan, butun anvo'i ne'matiga va turli-tuman hadsiz ehsonotiga shukr va hamdu sano etmoqdir.

Uchinchi Vazifasi:Hayoti bilan, uch jihat bilan Zoti Hayyi Qayyumga va shuunotiga va qamragan sifatlariga oynadorlik qilmoqdir.

Birinchi Vajh:Inson o’z ajzi mutlaqi bilan, Xoliqining qudrati mutlaqasini va darajotini; va ajzning darajalari bilan, qudratning martabalarini his qilmoqdir. Va faqri mutlaqi bilan rahmatini va rahmatining darajalarini idrok qilmoq va zaifligi bilan uning quvvatini anglamoqdir. Va hokazo.. nuqson sifatlari bilan Xoliqining avsofi kamoliga miqyosvoriy oyna bo’lmoq. Tunda nurning yanada ziyoda porlashiga nazaran, tun zulmatining elektr chiroqlarini ko’rsatishga mukammal bir oyna bo’lgani kabi, inson ham bunday noqis sifatlari bilan kamoloti Ilohiyaga oynadorlik qiladi.

Ikkinchi Vajh:Inson, juz'iy irodasi bilan va ozgina ilmi bilan va kichkina qudrati bilan va zohiriy molikiyati bilan va xonasini bino qilishi bilan, bu koinot ustasining molikiyatini va san'atini va irodasini va qudratini va ilmini koinotning kattaligi nisbatida anglaydi, oynadorlik qiladi.

Uchinchi Vajhdagioynadorlikning ikki yuzi bor:

Biri,asmo-i Ilohiyaning boshqa-boshqa naqshlarini o’zida ko’rsatmoqdir. Go’yo inson jome'iyati bilan koinotning kichik bir mundarijasi va bir misoli musag’g’arasi hukmida bo’lib, umum asmoning naqshlarini ko’rsatadi.

Ikkinchi yuzi,shuunoti Ilohiyaga oynadorlik qiladi. Ya'ni, o’z hayoti bilan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga ishorat qilgani kabi, o’z hayotida inkishof etgan sam' va basar kabi tuyg’ularning vositasi bilan, Zoti Hayyi Qayyumning sam' va basar kabi sifatlariga oynadorlik qiladi, bildiradi. Ham inson hayotida bo’lgan va inkishof etmagan va his va hassosiyat suratida g’alayon etgan va kasratli bir suratda bo’lgan juda nozik hayotiy tuyg’ular, ma'nolar va hislar vositasi bilan, Zoti Hayyi Qayyumning shuunoti qudsiyasiga oynadorlik qiladi. Masalan: U hassosiyat ichida; sevmoq, iftixor etmoq, mamnun bo’lmoq, masrur bo’lmoq, mufarrah bo’lmoq kabi ma'nolar bilan Zoti Aqdasning qudsiyatiga va g’ino-i mutlaqiga munosib va loyiq bo’lmoq sharti bilan, u navdan bo’lgan shuunotiga oynadorlik qiladi.

Ham inson, qandayki hayoti jome'asi bilan Zoti Zuljalolning sifot va shuunotiga bir miqyosi ma'rifatdir va jilva-i asmosiga bir mundarijadir va shuurli bir oynadir.. va hokazo ko’p jihatlar bilan Zoti Hayyi Qayyumga oynadorlik qiladi.

Shunga o'xshab: Inson, shu koinotning haqoiqlariga bir vohidi qiyosiydir, bir mundarijadir, bir miqyosdir va bir mezondir. Masalan: Koinotda Lavhi Mahfuzning g’oyat qat'iy bir dalili vujudi va bir namunasi, insondagi quvva-i hofizadir va olami misolning vujudiga qat'iy dalil va namuna, quvva-i xayoliyadir {(Hoshiya) Ha, qandayki insonning anosirlari koinotning unsurlaridan; va suyaklari tosh va qoyalaridan; va sochlari nabot va ashjaridan; va badanida oqqan qon va ko’zidan, qulog’idan, burnidan va og’zidan oqqan boshqa-boshqa suvlari, Arzning chashmalaridan va ma'daniy suvlaridan xabar beradilar, dalolat qilib ularga ishorat qiladilar. Aynan shuning kabi; insonning ruhi olami arvohdan va hofizalari Lavhi Mahfuzdan va quvva-i xayoliyalari olami misoldan.. va hokazo har bir jihozi bir olamdan xabar beradilar. Va ularning vujudlariga qat'iy shahodat qiladilar.} va koinotdagi ruhoniylarning bir dalili vujudi va namunasi, insondagi quvvalardir va latifalardir va hokazo... Inson, kichik bir miqyosda, koinotdagi haqoiqi iymoniyani shuhud darajasida ko’rsata oladi.

Xullas, insonning mazkur vazifalar kabi juda muhim xizmatlari bor. Jamoli boqiyga oynadir, kamoli sarmadiyga dalloli mazhardir va rahmati abadiyaga muhtoji mushikoyatrdir. Modomiki jamol, kamol, rahmat boqiydirlar va sarmadiydirlar; albatta u jamoli boqiyning oyna-i mushtoqi va u kamoli sarmadiyning dalloli oshiqi va u rahmati abadiyaning muhtoji mushikoyatri bo’lgan inson, boqiy qolish uchun, bir dori baqoga kiradi va u boqiylarga rafoqat uchun abadga ketadi va u abadiy jamol va u sarmadiy kamol va doimiy rahmatga, abad-ul abadda rafoqat etmoq kerakdir, lozimdir. Chunki abadiy bir jamol foniy bir mushtoqqa va zoil bir do’stga rozi bo’lmaydi. Chunki jamol, o’zini sevgani uchun, sevishiga muqobil muhabbat istaydi. Zavol va fano esa, u muhabbatni adovatga o’zgartiradi, aylantiradi. Agar inson abadga ketib boqiy qolmasa, fitratidagi jamoli sarmadiyga qarshi bo’lgan asosli muhabbat o’rniga adovat bo’ladi. O’ninchi So’zning hoshiyasida bayon qilingani kabi: Bir zamon bir dunyo go’zali bir oshig’ini huzuridan chiqaradi. U odamdagi ishq birdan adovatga aylanadi va deydiki: "Tuf!.. Naqadar xunuk" deb o’ziga tasalli berish uchun jamolidan arazlaydi, jamolini inkor qiladi. Ha, inson bilmagan narsasiga dushman bo’lgani kabi, qo’li yetishmagan yoxud tutolmagan narsalarining adovatkorona qusurlarini qidiradi, go’yo dushmanlik qilishni istaydi. Modomiki butun koinotning shahodati bilan Mahbubi Haqiqiy va Jamili Mutlaq, butun go’zal asmo-i husnasi bilan o’zini insonga sevdiradi va insonlarning o’zini sevishlarini istaydi; albatta va har holda, o’zining ham mahbubi, ham habibi bo’lgan insonga fitriy bir adovatni berib o’zidan o'ta qattiq arazlantirmaydi.. va fitratan eng ziyoda sevimli va muhabbatli va parastish uchun yaratgan eng mustasno maxluqi bo’lgan insonning fitratiga butun-butun zid bo’lib bir yashirin adovatni insonning ruhiga bermaydi.

Chunki inson sevgan va qiymatini taqdir qilgan bir Jamoli Mutlaqdan abadiy ayrilishdan kelgan chuqur yarasini; faqat unga adovat bilan, undan arazlash bilan va uni inkor qilish bilan tadoviy eta oladi. Xullas, kofirlarning Allohning dushmani bo’lishi, bu nuqtadan kelib chiqadi. Unday bo’lsa, har holda u Jamoli Azaliy o’zining oyna-i mushtoqi bo’lgan inson bilan abad-ul obod yo’lida sayohatida barobar bo’lish uchun, har holda bir dori baqoda bir hayoti boqiyaga insonni mazhar etadi.

Ha, modomiki inson fitratan bir Jamoli Boqiyga mushtoq va muhib bir suratda yaratilgandir.. va modomiki boqiy bir jamol zoil bir mushtoqqa rozi bo’lolmaydi.. va modomiki inson bilmagan yoki yetisholmagan yoki tutolmagan bir maqsudidan kelgan huzun va alamdan tasalli topish uchun, u maqsudning qusurini topish bilan, balki yashirin adovat qilish bilan o’zini taskin etadi.. va modomiki bu koinot inson uchun xalq etilgan va inson esa ma'rifat va muhabbati Ilohiya uchun yaratilgan.. va modomiki bu koinotning Xoliqi, asmosi bilan sarmadiydir.. va modomiki asmolarining jilvalari doim va boqiy va abadiy bo’ladi; albatta va har holda inson, bir dori baqoga ketadi va bir hayoti boqiyaga mazhar bo’ladi. Va insonning qiymatini va vazifalarini va kamolotini bildirgan rahbari a'zam va insoni akmal bo’lgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam insonga doir bayon qilganimiz butun kamolotni va vazifalarni eng akmal bir suratda o’zida va dinida ko’rsatishi bilan ko’rsatadiki: Qandayki koinot inson uchun yaratilgan va koinotdan maqsud va muntahob insondir; shuning kabi, insondan ham eng katta maqsud va eng qiymatdor muntahob va eng porloq oyina-i Ahad va Samad, albatta Ahmadi Muhammaddir.

عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِهِ الصَّلَاةُ وَ السَّلَامُ بِعَدَدِ حَسَنَاتِ اُمَّتِه۪

يَا اَللّٰهُ يَا رَحْمٰنُ يَا رَح۪يمُ يَا فَرْدُ يَا حَىُّ يَا قَيُّومُ يَا حَكَمُ يَا عَدْلُ يَا قُدُّوسُ

نَسْئَلُكَ بِحَقِّ فُرْقَانِكَ الْحَك۪يمِ وَ بِحُرْمَةِ حَب۪يبِكَ الْاَكْرَمِ وَ بِحَقِّ اَسْمَائِكَ الْحُسْنٰى وَ بِحُرْمَةِ اِسْمِكَ الْاَعْظَمِ اِحْفَظْنَا مِنْ شَرِّ النَّفْسِ وَ الشَّيْطَانِ وَ مِنْ شَرِّ الْجِنِّ وَ الْاِنْسَانِ اٰم۪ينَ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

O’ttiz Birinchi Yog'du

Shualarga inqisom etgan bo’lib, Shualarning o’n uchi ta'lif etilgan, bir qismi hanuz ta'lif etilmagan. "Shualar" nomi ostida mustaqil bir majmua holida nashr etiladi.

{(*) Keyinchalik Ustozimizning tansibi bilan O’n To’rtinchi Shua Afyon Mahkamasi Mudofaasi va maktublari va O’n Beshinchi Shua esa "Alhujjatuzzahro" bo’lib tasmiya etilgan va nashr etilgandir.

Baddiuzzamonning Xizmatkorlari}

* * *

O’ttiz Ikkinchi Yog'du

Eski Saidning eng oxirgi ta'lifi va yigirma kun Ramazonda ta'lif etilgan, o’z-o’ziga manzum kelgan "Lamaat" risolasidir. "So’zlar" Majmuasida nashr etilgan.

* * *

O’ttiz Uchinchi Yog'du

Yangi Saidning eng avval haqiqatdan shuhud darajasida qalbiga zohir bo’lgan va Arabiy iborasida Qatra, Habba, Shamma, Zarra, Hubob, Zuhra, Shu'la va ularning zayllaridan iboratdir. "Risola-i Nur Kulliyotidan Masnavi-i Nuriya" ismi ostida intishor etgan.

* * *

Munojot

-Yo Ilohiy va yo Rabbiy!Men iymonning ko’zi va Qur'onning ta'limi va nuri bilan va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning darsi bilan va ismi Hakimning ko’rsatgani orqali ko’ryapmanki:

Samovotdahech bir davaron va harakat yo’qdirki, bunday intizomi bilan Sening borligingga ishora va dalolat qilmasin.

Va hech bir samoviy jismlar yo’qki, sukuti bilan shovqinsiz vazifa bajarib, ustunsiz turishlari bilan Sening rububiyatingga va vahdatingga shahodati va ishorasi bo’lmasin.

Va hech bir yulduz yo’qdirki, muvozanali yaratilishi, intizomli vaziyati va nuroniy tabassumi bilan va butun yulduzlarga o'xshashlik va mushobahat tamg'asi bilan Sening hashmati uluhiyatingga va vahdoniyatingga ishora va shahodatda bo’lmasin.

Va o’n ikki sayyoradan hech bir sayyora yulduz yo’qki, hikmatli harakati bilan va itoatli bo'ysunishi bilan va intizomli vazifasi bilan va ahamiyatli yo’ldoshlari bilan Sening vujubi vujudingga shahodat va saltanati uluhiyatingga ishora qilmasin.

Darhaqiqat, osmonlar: aholisi bilan, har biri o’zi alohida shahodat etganlari kabi, hay'ati majmuasi bilan birga badohat darajasida, - ey zamin va osmonlarni yaratgan Yaratuvchi! - Sening vujubi vujudingga shunday ochiqdadn shahodat, - va ey zarralarni intizomli tarkiblari bilan chorasini ko'rayotgan va idora qilayotgan va bu sayyora yulduzlarni manzum yo’ldoshlari bilan aylantirayotgan, amriga itoat qildirayotgan Zot! - Sening vahdatingga va birligingga shunday kuchli shahodat etadilarki, ko’k yuzidagi yulduzlar sanog’icha nuroniy burhonlar va porloq dalillar o'sha shahodatni tasdiqlaydilar.

Hamda bu musaffo, pokiza, go’zal osmonlar favqulotda buyuk va favqulotda sur'atli jismlari bilan intizomli bir qo’shin va elektr chiroqlari bilan bezalgan bir saltanat floti vaziyatini ko’rsatishidan, Sening rububiyatingning hashamatiga va har narsani yaratgan qudratingning azamatiga yaqqol dalolat;.. va hadsiz samolarni qqamragan hokimiyatingning va har bir ziyhayotni quchog’iga olgan rahmatingning cheksiz kengligiga kuchli ishora;.. va barcha samoviy maxluqotlarning barcha ishlariga va holatlariga taalluqli va qabzasiga olgan, tanzim qilgan ilmingning har narsani qamrashiga va hikmatingning har ishga shumuliga shubhasiz shahodat etadilar. Va ushbu shahodat va dalolat shu qadar ochiq ravshanki, go’yo yulduzlar - shohid bo’lgan osmonlarning shahodat kalimalari va jismoniy nuroniy dalillaridirlar.

Hamda, samovot maydonida, dengizida, fazosidagi yulduzlar esa: itoatli askarlar, intizomli kemalar, xoriqo tayyoralar, ajoyib chiroqlar kabi vaziyati bilan Sening saltanati uluhiyatingning dabdabasini ko’rsatadilar. Va o'sha qo’shinning askarlaridan bir yulduz bo’lmish quyoshimizning sayyoralaridagi va zaminimizdagi vazifalarining dalolati va eslatishiga ko'ra, quyoshning boshqa sheriklari bo’lmish yulduzlarning bir qismi oxirat olamlariga qaraydi va vazifasiz emas, balki boqiy olamlarning quyoshlaridir.

Ey Vojib-ul Vujud! Ey Vohidi Ahad!

Bu xoriqo yulduzlar, bu ajoyib quyoshlar, oylar Sening mulkingda, Sening samovotingda, Sening amring bilan va qudrating va quvvating bilan va Sening idora va tadbiring bilan tasxir va tanzim va tavzif qilingandir. O'sha barcha ulkan jismlar o’zlarini yaratgan va aylantirayotgan va idora qilayotgan birgina Xoliqqa tasbeh aytadilar, takbir aytadilar, hol tili bilan "Subhanalloh, Allohu Akbar" deydilar. Men ham ularning butun tasbehoti bilan Seni taqdis qilaman. Ey zuhurining shiddati sababli ko'rinmayotgan va ey azamati kibriyosi sababli yashiringan Qodiyri Zuljalol!

-Ey Qodiri Mutlaq!Qur'oni Hakimning darsi bilan va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan angladim: Osmonlar, yulduzlar Sening borligingga va birligingga shahodat etayotganlari kabi,javvi samobulutlari bilan va chaqmoqlari va momqaldiroqlari va shamollari va yomg’irlari bilan Sening vujubi vujudingga va vahdatingga shahodat qiladi.

Darhaqiqat, jonsiz, ongsiz bulut obi hayot bo’lmish yomg’irni muhtoj bo’lgan hayotdorlarning yordamiga yuborishi, faqatgina Sening rahmating va hikmating bilandir. Chalkash tasodif aralasholmaydi.

Yana, elektrning eng kuchlisi bo’lgan va yoritish foydalariga ishora qilib undan foydalanishga tashviq qilayotgan chaqmoq esa, Sening fazodagi qudratingni go’zal ravishda oydinlatadi.

Yana, yomg’irning kelishi xushxabarini berayotgan va ulkan fazoni gapirtirayotgan va tasbehotining shovqini bilan ko’klarni larzaga keltirayotgan momoqaldiroqlar ham qol lisoni bilan gapirib, Seni poklab, rububiyatingga shahodat qiladi.

Yana, jonzotlarning hayotiga eng kerakli rizqni va foydalanishi uchun eng osonini va nafaslarni berish va nafaslarni rohatlantirish kabi ko’p vazifalar bilan vazifalantirilgan shamollar ham, javvni go’yo bir hikmatga binoan "Lavhi mahv va isbot" va "yozib, ifodalab, keyin o'chiradigan taxtasi" suratiga aylantirish bilan Sening qudratingning faoliyatiga ishora va Sening borligingga shahodat etgani kabi; Sening marhamating bilan bulutlardan sog’ilib jonzotlarga yuborilayotgan rahmat ham, vaznli, intizomli qatralari kalimalari bilan Sening bepoyon rahmatingga va keng shafqatingga shahodat qiladi.

Ey Mutasarrifi Fa'ol va ey Fayyozi Muta'ol!

Sening vujubi vujudingga shahodat etayotgan bulut, chaqmoq, momaqaldiroq, shamol, yomg’ir har biri alohida-alohida shahodat etganlari kabi, butun hay'ati bilan, xususiyatlari bir-biridan uzoq, mohiyatlari bir-biridan farqli bo’lishiga qaramay, birlik, barobarlik, bir-biri ichiga kirish va bir-birining vazifasiga yordam berish xususiyatlari bilan Sening vahdatingga va birligingga g’oyat quvvatli ishora qiladi.

Yana, ulkan fazoni bir ajoyib mahshar qilayotgan va ba'zi kunlari bir necha marta to’ldirib-bo’shatayotgan rububiyatingning hashamatiga va keng javvni yozib-o'chiradigan lavha kabi va siqib u bilan zamin bog’ini sug'oradigan bir suvpurkagich kabi tasarruf qilayotgan qudratingning azamatiga va har narsaga shumuliga shahodat etganlari kabi, umum zaminga va butun maxluqotga javv pardasi orqasidan qarab turgan va idora qilayotgan rahmatingning va hokimiyatingning cheksiz keng ekanliklariga va har narsaga yetishishlariga dalolat qiladi.

Yana, fazodagi havo shunchalik hakimona vazifalarda xizmat qildirilmoqda va bulut va yomg’ir shunchalik 'aliymona foydalarda ishlattirilmoqdaki, hamma narsani qamrab oladigan ilm va barcha narsaga shomil bir hikmat bo’lmasa, u iste'mol, u istixdom bo’lishi mumkin emas.

Ey, Fa'olun limo yuriyd!Javvi fazodagi faoliyating bilan har doim hashr va qiyomat namunasini ko’rsatish, bir soatda yozni qishga va qishni yozga aylantirish, bir olamni keltirish va bir olamni g’aybga jo’natish singari ishlarni qilayotgan qudrating, dunyoni oxiratga aylantirish va oxiratda sarmadiy ishlarni ko’rsatishidan darak bermoqda.

Ey Qodiyri Zuljalol!

Javvi fazodagi havo, bulut va yomg’ir, chaqmoq va momaqaldiroq Sening mulkingda, Sening amring va havling bilan, Sening quvvat va qudrating bilan senga musaxxar va vazifadordir. Mohiyatan bir-biridan uzoq bo’lgan bu fazo maxluqoti, g’oyat sur'atli va oniy amrlarga va tez va shoshilinch buyruqlarga itoat qildirayotgan qo'mondon va hokimlarini poklab, rahmatini madhu sano qilishadi.

Ey Zamin va samovotning Xoliqi Zuljaloli!Sening Qur'oni Hakimingning ta'limi bilan va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning darsi bilan iymon keltirdim va bildimki: Samovot yulduzlari bilan va javvi fazo ichidagi maxluqlari bilan Sening vujubi vujudingga va Sening birligingga va vahdatingga shahodat qilayotganlari kabi; shuningdek,Yerbutun maxluqoti va ahvoli bilan Sening borliging va birligingga mavjudoti adadicha shahodat va ishoralar qiladi.

Darhaqiqat, zaminda hech bir o'zgarish, va daraxt va hayvonlarida har yili liboslarini almashtirishdek hech bir o’zgarish (- juz'iy bo’lsin, kulliy bo’lsin-) yo’qki, intizomi bilan Sening borliging va birligingga ishora qilmasin.

Yana, hech bir hayvon yo’qki, zaiflik va ehtiyoji darajasiga ko’ra berilayotgan rahimona rizqi bilan va hayoti uchun lozim bo’lgan jihozlarining hakimona berilishi bilan Sening borligingga va birligingga shahodati bo’lmasin.

Yana, har bahorda ko’z o’ngimizda yaratilyotgan nabotot va hayvonotdan hech bir donasi yo’qki, ayojib san'ati bilan va latif ziynati bilan va butunlay ajralib turishi bilan va intizomi bilan va mavzuniyati bilan Seni bildirmasin. Va zamin yuzini to’ldirib turgan va nabotot va hayvonot deb atalmish qudratingning xoriqolari va mo’'jizalari, cheklangan va bir hil moddalari va bir-biriga o'xshagan tuxum va tuxumchalardan va qatralardan va don va donchalardan va urug’lardan xatosiz, mukammal, chiroyli, o'ziga xos farqli alomatlari bilan yaratilishlari Sone'-i Hakimlarining borligi va birligiga va hikmatiga va cheksiz qudratiga shunday bir shahodat bo’ladiki, ziyoning quyoshga shahodatidan ko'ra kuchli va porloqdir.

Yana, havo, suv, nur, olov, tuproq kabi hech bir unsur yo’qki: ongsiz bo'lganlari holda, onglilardek, mukammal vazifalarni bajarishi bilan; oddiy va istilo qiluvchi, intizomsiz, har yerga tarqalgan bo'lishiga qaramay, juda ham intizomli va xilma-xil mevalarni va mahsullarni xazina-i g’aybdan keltirishi bilan Sening birligingga va borligingga shahodati bo’lmasin.

Ey Fotiri Qodiyr! Ey Fattohi Allom! Ey Fa'oli Xalloq!

Yer butun aholisi bilan Xoliqining Vojib-ul Vujud ekaniga qanday shahodat etayotgan bo'lsa; xuddi shuningdek Sening - Ey Vohidi Ahad! Ey Hannoni Mannon! Ey Vahhobi Razzoq! - vahdatingga va ahadiyatingga, yuzidagi muhri bilan va aholisining yuzlaridagi muhrlari bilan va birlik, barobarlik va bir-birining ichiga kirish, bir-biriga yordam berish, ularga qaratilgan rububiyat ismlarining va fe'llarining yakkaligidan, badohat darajasida Sening vahdatingga va ahadiyatingga shahodat, balki mavjudotlar adadicha shahodat qiladi.

Yana, go'yo, zamin bir lashkargoh, mashhar, ta'limgoh vaziyati bilan,.. va nabotot va hayvonot toifalaridagi to’rt yuz ming turdagi farqli millatlarning bir-biridan farqli jihozlari muntazam ravishda berilishi bilan Sening rububiyatingning hashamatiga va qudratingning hamma narsaga yetishiga qanday dalolat qilayotgan bo'lsa; xuddi shuningdek, barcha son-sanoqsiz hayotdorlarning alohida-alohida rizqlari o’z vaqtida, quruq va oddiy bir tuproqdan rahimona, karimona berilishi va son-sanoqsiz jonzotlarning mukammal bo’ysunishlari bilan Rabboniy amrlarga itoatlari Sening rahmating har narsaga shomil ekanini va hokimiyating hamma narsani qamrab olganini ko’rsatadi.

Yana, zaminda tinimsiz almashib turgan maxluqot karvonlarining kelib-ketishi va idoralari, navbati bilan o'lim va hayotning almashib turishlari, hayvon va nabototning idora va tadbirlari ham hamma narsaga taalluqli ilm bilan va hamma narsada joriy bo'lgan benihoya hikmat bilangina bo’ladi. Bu ham Sening ilming va hikmatingning ihotasiga dalolat qiladi.

Yana, zaminda qisqa vaqtda cheksiz vazifalar bajaradigan va cheksiz yashaydigandek iste'dod va ma'naviy jihozlar bilan jihozlangan va zamin mavjudotini tasarruf qiladigan inson uchun, bu dunyo ta'limgohida va bu vaqtinchalik zamin lashkargohida va bu muvaqqat mashharda: buncha ahamiyat, cheksiz xarajat, benihoya rububiyat tajalliyoti, cheksiz Subhoniy xitoblar va bu tuganmas Ilohiy ehsonlar; albatta va har holda, bu qisqa va huznli umrga va qorishiq alamli hayotga, baloli va foniy dunyoga sig’maydi. Balki faqatgina boshqa va abadiy umr va boqiy saodat diyori uchungina bo'lishi mumkinligi jihatidan, olami baqodagi uxraviy ehsonlarga ishora, balki shahodat etadi.

Ey Xoliqi Kulli Shay!Zaminning barcha maxluqoti Sening mulkingda, Sening Arzingda, Sening havlu quvvating bilan va Sening qudrating va irodating bilan va ilming va hikmating bilan idora qilinmoqdalar va musaxxardirlar. Va zamin yuzida faoliyati ko'rinib turgan bir rububiyat shunday ihota va shumul ko’rsatmoqda.. va uning boshqaruvi va tadbiri va tarbiyasi shunday mukammal va shunday hassosdir... va har tarafdagi ijrooti shunday birlik va barobarlik va o’xshashlik ichidadirki; bo'linishni qabul qilmaydigan bir yaxlit va parchalanishi imkonsiz bo’lgan bir kulliy singari bir tasarruf, bir rububiyat ekanini bildiradi.

Yana, zamin butun aholisi bilan birga, lisoni qoldan ochiqroq cheksiz tillar bilan Xoliqini taqdis va tasbeh, va son-sanoqsiz ne'matlarining lisoni hollari bilan Razzoqi Zuljaloliga hamd va madhu sano qilishadi.

Ey shiddati zuhuridan ko'rinmayotgan va ey azamati kibriyosi sababli O'zini berkitgan Zoti Aqdas!Zaminning butun taqdisot va tasbehoti bilan Seni qusurdan, ojizlikdan, sherikdan poklayman, va butun hamd va sanolar bilan Senga hamd va shukr aytaman.

Ey Rabb-ul barri val bahr!Qur'onning darsi va Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan angladimki: osmon, fazo, va zamin Sening birliging va borligingga qanday shahodat qilayotgan bo'lsa; huddi shuningdek,dengizlar, daryolar va chashmalar va irmoqlarSening vujubi vujudingga va vahdatingga badohat darajasida shahodat qilishadi.

Darhaqiqat, bu dunyomizning ajoyib manbai bo’lgan bug’ qozonlari dengizlarda hech bir mavjud, hatto hech bir qatra suv yo’qkui: vujudi bilan, intizomi bilan, manfaati bilan va vaziyati bilan Xoliqini bildirmasin.

Va oddiy bir qumda va oddiy bir suvda rizqlari mukammal shaklda berilayotgan g’aroyib maxluqotlardan va xilqatlari g’oyat intizomli dengiz hayvonlaridan, xususan, donasi bir millionta tuxum qo'yib dengizlarni to'ldiradigan baliqlardan hech biri yo’qki: yaratilishi va vazifasi bilan, idora qilinishi va oziqlantirilishi bilan va idorasi va tarbiyasi bilan Yaratganiga ishora va Razzoqiga shahodat etmasin.

Yana, dengizda qiymatli, xosiyatli, ziynatli javharlardan hech biri yo’qki: go’zal yaratilishi bilan va jozibador fitrati bilan va manfaatli xosiyati bilan Seni tanimasin, bildirmasin.

Darhaqiqat, ular har biri alohida-alohida shahodat etganlari kabi, umum hay'ati bilan, birgaligi va bir-biri ichiga aralashib ketgani va yaratilish tamg'asining bir xilligi va yaratilishning juda osonligi va son jihatidan juda ham ko’pligi nuqta-i nazaridan, Sening vahdatingga shahodat etadilar. Shuningdek, Arzni va tuprog’i bilan birga kurra-i Arzni o'rab olgan okeanlarini: muallaq turgizish, va to’kmay, sochmasdan quyoshning atrofida kezdirish, va tuproqqa toshirib yubormaslik... hamda oddiy qumidan va suvidan: xilma-xil va intizomli hayvonotini va javharlarini yaratish, va rizqlarini va boshqa ishlarini umumiy va mukammal suratda boshqarish va chora-tadbirlarini ko'rish, va yuzida ko'rinishi lozim bo’lgan behisob murdalardan hech birining ko'rinmasligi nuqta-i nazaridan - Sening borligingga va Vojib-ul Vujud ekanigga mavjudoti adadicha ishoralar qilib, shahodat etadi.

Va sening saltanati rububiyatingning hashamatiga va hamma narsani qamrab olgan qudratingning azamatiga juda ochiq tarzda dalolat qilganlari kabi, osmonlar ustidagi g’oyat buyuk va intizomli yulduzladan to dengizlar tubidagi juda kichik va intizom bilan rizqlantirilayotgan baliqlargacha hamma narsaga yetgan va hukm qilayotgan rahmatingning va hokimiyatingning cheksiz kengligiga dalolat qiladilar,.. hamda intizomlari, foydalari, hikmatlari, mezon va mavzuniyatlari bilan Sening hamma narsani qamrab olgan ilmingga va barcha narsaga shomil hikmatingga ishora qiladilar.

Va bu dunyo mehmonxonasida yo’lovchilar uchun Sening rahmat hovuzlaring borligi va insonning sayru-sayohatiga va kemasiga va foydalanishiga bo’ysunganligi ishora qiladiki: yo’lda qurilgan karvonsaroyda bir kechalik musofirlariga bu qadar dengiz hadyalarini tortiq etgan Zot, albatta abadiy saltanatining qarorgohida abadiy rahmat dengizlari muhayyo qilganki, bular ularning foniy va kichik namunalaridirlar.

Xullas, dengizlarning juda xayratlanarli tarzda Yerning atrofida ajoyib vaziyatda turishi, va dengizlarning maxluqlari ham juda intizomli ravishda idora va tarbiya qilinishi yaqqol ko’rsatadiki: yolg’iz Sening quvvating va qudrating bilan va Sening iroda va tadbiring bilan, Sening mulkingda, Sening amringga bo’ysunishgan. Va lisoni hollari bilan Xoliqini taqdis qilib, "Allohu Akbar" deydilar.

Ey tog’larni zamin kemasiga xazinali ustun qilgan Qodiyri Zuljalol!

Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi va Qur'oni Hakimingning darsi bilan angladimki, dengizlar ajoyibotlari bilan Seni taniyotgan va tanittirayotganlari kabi,tog’larham: zaminning zilziladan ta'sirlanmasligiga va ichki inqiloblar to’fonlaridan omon qolishiga va dengizlarning istilosidan qutulishiga; va havoning zararli gazlaridan tozalanishiga; va suvning muhofaza va zaxira qilinishiga; va jonzotlarga lozim bo’lgan ma'danlarning xazinadorligiga qilayotgan xizmatlari va hikmatlari bilan Seni taniydilar va tanitadilar.

Darhaqiqat, tog’lardagi toshlarning turlaridan va xar hil xastaliklarga dori bo’lgan turli moddalardan va hayotdorlarga, xususan insonlarga juda lozim va xilma-xil ma'danlarning jinslaridan va tog’larni, sahrolarni chechaklari bilan bezagan va mevalari bilan ziynatlagan nabotot turlaridan hech biri yo’qki: tasodifga havolasi mumkin bo’lmagan hikmatlari, intizomi, yaratilish go’zalligi, foydalari bilan, xususan ma'danlarning tuz, limon kislotasi, sulfat va achchiqtosh kabi suratan bir-biriga o’xshash, lekin ta'mlarining bir-biridan keskin farqlanishi bilan va xususan nabototning oddiy tuproqdan unayotgan xilma-xil navlari bilan, turli tuman chechak va mevalari bilan benihoya Qodiyr, benihoya Hakim, benihoya Rahim va Karim bir Sone'ning vujubi vujudiga ochiq ravshan shahodat qiladilar. Shuningdek, umumiy hay'atidagi vahdati idora va vahdati tadbir va manba va maskan va yaratilish va san'at jihatlarida birgalik, birlik, arzonlik, osonlik, ko’plik va yaratilishda tezlik nuqta-i nazaridan, o'sha Sone'ning vahdatiga va ahadiyatiga shahodat qiladilar.

Yana, tog’larning ustidagi va ichidagi masnu'lar zaminning har tarafida, har bir navi bir vaqtda, bir tarzda, yanglishsiz, g’oyat mukammal va tez yaratilishlari va bir ish bir ishga mone bo’lmasdan, boshqa navlar bilan birga qorishiq bo'lgani holda aralashtirmasdan yaratilishlari - Sening rububiyatingning hashamatiga va hech narsa unga og’ir kelmaydigan qudratingning buyukligiga dalolat qiladi. Xuddi shuningdek, zamin yuzidagi butun hayotdor maxluqlarning cheksiz ehtiyojlarini, hatto turli xil xastaliklarini, hatto turli tuman zavqlarini va boshqa-boshqa ishtahalarini qondiradigan bir suratda, tog’larning ustlari va ichlarini intizomli ravishda daraxtlar va nabotot va ma'danlar bilan to’ldirish va muhtojlarga musaxxar qilish jihati bilan, Sening rahmatingning cheksiz kengligiga va hokimiyatingning nihoyasiz bepoyonligiga dalolat qilishi,.. va tuproq tabaqalari ichida yashirin va qorong’u va aralash bo’lgani holda, bilib, ko’rib, chalkashtirmasdan, intizom bilan, ehtiyojlari qilinishlari bilan Sening hamma narsaga taalluqli ilmingning qamroviga va har bir narsani nizomga solgan hikmatingning barcha ashyoga shumuliga,.. va dorilarning hozirlanishi va ma'danlarning zahira qilinishlari bilan rububiyatingning rahimona va karimona idoralarining go'zalliklariga va inoyatingning ehtiyotli latofatlariga ochiq ravshan ishora va dalolat qiladilar.

Yana, ulkan tog'lar: bu dunyo karvonsaroyida musofir yo’lovchilar uchun zaruratlariga va istiqboldagi ehtiyojlariga intizomli zaxira va jihozot ombori va hayotga lozim bo’lgan juda ko’p xazinalarning mukammal maxzani jihatidan ishora, balki dalolat, balki shahodat qiladiki: bu qadar karim va musofirparvar va bu qadar hakim va shafqatparvar va bu qadar qodiyr va rububiyatparvar bir Sone'ning, albatta va har holda, juda suygan o'sha mehmonlari uchun abadiy bir olamda abadiy ehsonlarining abadiy xazinalari bordir. Bu yerdagi tog’larga badal, u yerda bu vazifani yulduzlar bajaradilar.

Ey Qodiyri Kulli Shay!

Tog’lar va ichidagi maxluqlar Sening mulkingda va Sening quvvat va qudrating bilan va ilm va hikmating bilan bo'ysundirilgan va zaxira qilib qo'yilgan. Ularni bu tarzda vazifalantirib va bo’ysundirgan Xoliqlarini taqdis qiladilar va tasbeh aytadilar.

Ey Xoliqi Rahmon! Va ey Rabbi Rahim!

Rasuli Akram Alayhissalotu vassalomning ta'limi va Qur'oni Hakimingning darsi bilan angladim: Samo va fazo va Arz va dengiz va tog’ mushtamilot va maxluqlari bilan birga Seni qanday taniyotgan va tanittirayotgan bo’lishsa,.. xuddi shuningdek, zamindagi butundaraxt va nabototyaproqlari va chechaklari va mevalari bilan Seni badohat darajada tanittiradilar va taniydilar.

Va barcha daraxtlar va nabototning jazavali zikr harakatidagi yaproqlaridan, va ziynatlari bilan Sone'ining ismlarini tavsif va ta'rif qilayotgan chechaklaridan, va latofat va jilva-i marhamati tufayli tabassum qilayotgan mevalaridan har biri, hech bir jihatdan tasodifga havola qilish imkoni bo’lmagan xoriqo san'at ichidagi nizom va nizom ichidagi mezon va mezon ichidagi ziynat va ziynat ichidagi naqshlar va naqshlar ichidagi go’zal va boshqa-boshqa hidlar va hidlar ichidagi mevalarning xilma-xil ta'mlari bilan, benihoya Rahim va Karim bir Sone'ning vujubi vujudiga badohat darajasida shahodat qilishadi. Shuningdek, umumiy hay'ati bilan, zamin yuzida birlik va birgalik, bir-biriga o’xshashlik va sikka-i xilqatda mushobahat va tadbir va idorada munosiblik va ularga aloqador bo'lgan yaratish fe'llarida va Rabboniy ismlarda muvofiqlik va o'sha yuz ming navlarning hadsiz afrodlarini bir-biri ichida chalkashtirmasdan birdan idoralari kabi jihatlari bilan o'sha Vojib-ul Vujud Sone'ning vahdatiga va ahadiyatiga ochiq oydin shahodat qiladilar.

Yana, ular Sening vujubi vujudingga va vahdatingga qanday shahodat etayotgan bo'lsalar,.. xuddi shuning kabi, ro’yi zaminda to’rt yuz ming millatlardan tashkil topgan hayotdor lashkaridagi behisob askarlarining yuz minglab tarzda yedirib ichirish va idoralari, chalkashtirmasdan va aralashtirmasdan mukammal tarzda qilinishi bilan, Sening rububiyatingning vahdoniyatdagi hashmatiga va bir bahorni bir gul kabi osonlik bilan yarata oladigan qudratingning azamatiga va hamma narsaga taalluqiga dalolat qilishadi. Shuningdek, ulkan zaminning har tarafida behisob hayvonotiga va insonlarga hadsiz taomlarning xilma-xil turlarini muhayyo qilgan rahmatingning cheksiz kengligiga,.. va o'sha hadsiz ishlar va in'omlar va idoralar va yedirib ichirishlar va ijrootlar mukammal intizom bilan jarayon etishlari va hamma narsa, hatto zarralar ham o'sha amrlarga va ijrootga itoat va musaxxariyatlari bilan Sening hokimiyatingning cheksiz bepoyonligiga qat'iy dalolat qiladilar. Shu bilan birga, o'sha daraxtlarning va o'simliklarning va har bir yaproq va gul va meva va ildiz va shox va novda kabi har birining har bir narsasini, har bir ishini bilib, ko’rib, foydalarga, foydalarga, hikmatlarga ko’ra qilinishi bilan Sening ilming har narsani qamragan va hikmating hamma narsaga shomil ekaniga juda ochiq suratda dalolat va son-sanoqsiz barmoqlari bilan ishora qiladilar. Va Sening g’oyat mukammal san'atingning jamoliga va nihoyat jamoldagi ne'matingning komilligiga hadsiz tillari bilan sano va madh aytishadi.

Yana, bu o'tkinchi karvonsaroyda va foniy musofirxonada va qisqa bir zamonda va oz bir umrda, daraxtlar va nabototning qo’llari orqali kelayotgan bu qadar qiymatli ehsonlar va ne'matlar va bu qadar favqulotda xarajatlar va ikromlar ishora qiladi, balki shahodat qiladiki: mehmonlariga bu yerda bunday marhamatlar ko'rsatgan qudratli, karamli Zoti Rahim qilgan barcha xarajat va ehsonlarini O’zini sevdirish va tanittirish natijasining aksi bilan, ya'ni, butun maxluqlar tarafidan "Bizga tottirdi, lekin yedirmay bizni yo'q qilib yubordi" demaslik va dedirmaslik va saltanati uluhiyatini yerga urmaslik va cheksiz rahmatini inkor qilmaslik va qildirmaslik va barcha mushtoq do’stlarini mahrumlik orqali dushmanga aylantirmaslik uchun, albatta va har holda, abadiy olamda, abadiy mamlakatda, abadiy qoldiradigan bandalariga, abadiy rahmat xazinalaridan, abadiy Jannatlarida, abadiy va Jannatga loyiq suratda mevali daraxtlar va chechakli o'simliklarni tayyorlab qo'ygan. Bu yerdagilar esa, xaridorlarga ko’rsatish uchun namunalardir.

Yana, daraxtlar va o'simliklar butun yaproq va gul va mevalarining so’zlari bilan Seni taqdis va tasbeh va tahmid qilganlari kabi, o'sha so’zlarning har biri ham Seni alohida taqdis etadi. Xususan, mevalarning badi' bir suratda etlari juda farqli, san'atlari juda ajoyib, urug’lari juda xoriqo tarzga keltirilib, taom idishlarini daraxtlarning qo’llariga berib, o'simliklarning boshlariga qo’yib hayotdor mehmonlariga yuborib, hol tili bo’lgan tasbehlari namoyon bo'lib qol lisoni darajasiga chiqadi. Bularning hammasi Sening mulkingda, Sening quvvat va qudrating bilan, Sening iroda va ehsonlaring bilan, Sening rahmat va hikmating bilan bo’ysunishgan va Sening har bir amringga mute'dir.

Ey zuhuri shiddatidan ko'rinmayotgan va ey kibriyo-i azamatidan yashiringan Sone'-i Hakim va Xoliqi Rahim! Butun daraxtlar va nabototning, butun yaproq va gul va mevalarining tillari bilan va adadi bilan Seni qusurdan, ojizlikdan, sherikdan taqdis qilib, hamdu sano aytaman.

Ey Fotiri Qodiyr! Ey Mudabbiri Hakim! Ey Murabbiyi Rahim!Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladim va iymon keltirdimki: nabotot va daraxtlar Seni taniyotgani, Sening qudsiy sifatlaringni va go'zal ismlaringni bildirayotganlari kabi;..hayotdorlarning ruh berilgan qismi bo’lmish inson va hayvonotdanhech biri yo’qki: jismida juda ham intizomli soatlar kabi ishlayotgan va ishlattirilayotgan ichki va tashqi a'zolari bilan,.. va badanida juda nozik bir nizom va juda hassos mezon va juda muhim foydalar bilan joylashtirilgan jihozlar va tuyg’ulari bilan,.. va jasadida juda san'atli bir tuzilish va juda hikmatli bir to’shash va juda diqqatli bir muvozana ichida joylashtirilgan badanining jihozlari bilan Sening vujubi vujudingga va sifatlaringning tahaqquqiga shahodat qilmasin.

Chunki buncha basiyrona nozik san'at va shuurkorona nozik hikmat va mudabbirona tom muvozanaga, albatta ko’r quvvat va shuursiz tabiat va bebosh tasodif aralasholmaydi va ularning ishi bo’lolmaydi va mumkin ham emas. Va o’z-o’zidan shakllanib, bu holga kelishi, yuz daraja mahol ichra maholdir. Chunki, u holda har bir zarrasi har bir narsasini va jasadining shakllanishini, balki dunyoda aloqador hamma narsani biladigan, ko’radigan, qila oladigan xuddi iloh kabi qamrovli bir ilm va qudrati bo’lishi kerak. Shundan keyingina vujudining shakllanishini unga havola qilish va "o’z-o’zidan bo’lyapti" deyish mumkin bo’ladi.

Va umumiy hay'atidagi yagona tadbir va yagona idora va yagona nav'i va yagona jinsi va barchalarining yuzlarida ko’z, quloq, og’iz kabi nuqtalarda ittifoq bilan mushohada qilingan fitrat tamg’asida birlik va har navning a'zolari siymolarida ko’rilgan hikmat tamg’asida birlasish va yedirib ichirishda va ijodda birlik va bir-birining ichida bo’lish kabi holatlaridan hech biri yo’qki: Sening vahdatingga qat'iy shahodat qilmasin! Va har bir nafarida koinotga qaragan butun ismlarning jilvalari borligi bilan vohidiyat ichida Sening ahadiyatingga ishorasi bo’lmasin.

Yana, inson bilan birga hayvonotning yer yuziga tarqalgan yuz ming turlari intizomli qo’shin kabi jihozlanish va buyruqlar va itoat va bo’ysunishi bilan, va eng kichikdan to eng buyukka qadar rububiyatning amrlari intizomli tarzda jarayon etishlari bilan rububiyatingning daraja-i hashamatiga,.. va juda ko’pligi bilan birga juda qiymatli, va juda mukammaligi bilan birga g’oyat tez qilinishlari, va juda san'atliligi bilan birga juda oson bajarilishlari bilan qudratingning daraja-i azamatiga dalolat qilishadi. Shuningdek, sharqdan g’arbga, shimoldan janubgacha yoyilgan mikrobdan to karkidonga qadar, eng kichik chivindan to eng buyuk qushga qadar ularning butun rizqlarini yetkazib turgan rahmatingning cheksiz kengligiga,.. va har biri itoatkor askar kabi fitriy vazifasini bajarish va zamin yuzi kuz mavsumida xizmatdan ozod qilinganlar o’rniga har bahorda yangitdan askarlikka olingan qo'shinga lashkargoh bo’lish jihatidan, hokimiyatingning benihoya kengligiga qat'iy dalolat qiladilar.

Yana, hayvonotdan har bittasi koinotning bir kichik nusxasi va bir kichik namunasi singari g’oyat teran bir ilm va juda nozik hikmat bilan,.. aralash moddalarni aralashtirib yubormasdan va butun hayvonlarning bir-biridan farqli suratlarini chalkashtirmasdan, xatosiz, yanglishsiz, nuqsonsiz yaratilishlari bilan... ilming hamma narsani qamrab olganiga va hikmating hamma narsaga qamraganiga sonlaricha ishora qilmoqdalar. Xuddi shuningdek, har biri alohida san'at mo’'jizasi va alohida favqulotda hikmat bo’ladigan darajada san'atli va go’zal qilinishlari bilan, Sen juda sevgan va e'lon qilishni xohlagan Rabboniy san'atninh mukammal husniga va g’oyat darajada go’zalligiga ishora qilishadi. Va har biri, xususan bolalar, g’oyat nozdor, nozanin suratda oziqlantirishlari bilan va havaslarining va orzularining qondirilishi bilan Sening inoyatingning g’oyat shirin jamoliga hadsiz ishoralar qiladilar.

Ey Rahmon-ur Rahim! Ey Sodiq-ul va'd-il Amin! Ey Moliki Yavmiddiyn!Sening Rasuli Akraming (alayhissalotu vassalom)ning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimingning irshodi bilan angladimki: Modomiki, koinotning eng tanlangan natijasi hayot ekan,.. va hayotning eng saralangan xulosasi ruh ekan,.. va ruh egalarining eng ayirilgan qismi shuur egalari ekan,.. va shuur egalarining eng mukammali inson ekan,.. va butun koinot hayotga bo’ysungan va uning uchun ishlayotgan ekan,.. va hayotdorlar ruh egalariga bo’ysungan, ular uchun dunyoga yuborilayotgan ekanlar.. va ruh egalari insonlarga bo’ysungan, ularga yordam qilayotgan ekanlar,.. va insonlar fitratan Xoliqini o'ta jiddiy sevar ekanlar,.. va Xoliqlari ularni ham sevar, ham O’zini ularga har qanday sabab bilan sevdirar ekan,.. va insonning iste'dodi va ma'naviy jihozlari boshqa boqiy olamga va abadiy bir hayotga qarar ekan,.. va insonning qalbi va shuuri butun quvvati bilan boqiylikni istar ekan,.. va tili cheksiz duolari bilan boqiylik uchun Xoliqiga yolvorayotgan ekan... Albatta va har holda, juda sevgan va sevilgan va mahbub va muhib bo’lmish insonlar abadiy muhabbat uchun yaratilgani holda, ularni qayta tirilmaydigan qilib o’ldirish orqali, abadiy bir adovat bilan xafa qilish to'g'ri kelmaydi va bo'lishi ham mumkin emas. Balki boshqa abadiy olamda saodatli hayotni ko'zlab, bu dunyoda harakat qilish va uni qozonish uchun yuborilgandir. Va insonga tajalliy qilgan ismlar o'zining bu foniy va qisqa hayotdagi jilvalari bilan, boqiy olamda ularning oynasi bo’lmish insonlar ularning abadiy jilvalariga sazovor bo’lishlariga ishora qiladilar.

Darhaqiqat, abadiyning sodiq do’sti abadiy bo’ladi. Va Boqiyning oyina-i ziyshuuri boqiy bo’lishi lozimdir.

Hayvonlarning ruhlari boqiy qolishini va Sulaymon (as)ning hudhudi va chumolisi va Solih (as)ning tuyasi va Asxobi Kahfning iti kabi ba'zi xos hayvonlar ham ruhi, ham jasadi bilan boqiy olamga ketishi va ora-sira foydalanib turish har bir navning bir dona vujudi bo’lishi sahih rivoyatlardan anglashiladi. Shu bilan birga, hikmat va haqiqat hamda rahmat va rububiyat buni taqozo qiladi.

Ey Qodiyri Qayyum!Butun hayotdorlar, ruh sohiblari, shuur egalari Sening mulkingda, faqatgina Sening quvvat va qudrating bilan va faqatgina Sening iroda va idorang va rahmat va hikmating bilan, rububiyatingning amrlariga bo'ysundirilgan va fitriy vazifalar bilan vazifalantirilishgan. Va ba'zilari insonning quvvati va g’alabasi sababli emas, balki fitratan insonning zaifligi va ojizligi uchun rahmat tarafidan unga bo’ysungan. Va hol va qol tili bilan Sone'larini va Ma'budlarini kamchilikdan, sherikdan poklab, ne'matlariga shukr va hamd aytib, har biri o'ziga xos ibodatini qilmoqda.

Ey zuhurining shiddatidan ko'rinmayotgan va ey azamati kibriyosi tufayli pardalangan Zoti Aqdas!Butun ruh sohiblarining tasbehlari bilan Seni poklash niyatida

سُبْحَانَكَ يَا مَنْ جَعَلَ مِنَ الْمَاءِ كُلَّ شَىْءٍ حَىٍّ

deyman.

-Yo Rabb-al Olamiyn! Yo Iloh-al Avvaliyna val Oxiriyn! Yo Rabb-as Samovoti val Aroziyn!

Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladim va iymon keltirdimki: Samo, fazo, Yer, quruqlik va dengiz, daraxt, o'simlik, hayvonlar a'zolari bilan, qismlari bilan, zarralari bilan Seni bilayotgani, taniyotgani va borligingga va birligingga shahodat va dalolat va ishora qilayotganlari kabi;.. xuddi shuningdek, koinotning xulosasi bo’lmish hayotdorlar va hayotdorlarning xulosasi bo’lmish inson va insonning xulosasi bo’lmishanbiyo, avliyo, asfiyolarningxulosasi bo’lmish qalblarining va aqllarining mushohadot va kashfiyot va ilhomot va istixrojotlari bilan, yuzlab ijmo' va yuzlab tavotur quvvatiga teng bir qat'iyat bilan Sening vujubi vujudingga va Sening vahdoniyat va ahadiyatingga shahodat etib, xabar beradilar. Mo’'jizot va karomot va yaqiyniy burhonlari bilan xabarlarini isbot qiladilar.

Darhaqiqat, qalblarda: g’ayb pardasi ortidan eslatuvchi Zotga qarashli hech bir g’aybiy xotirot, va ilhom beruvchi bir Zotga boqtiradigan hech bir sodiq ilhomlar, va haqqal-yaqiyn suratida qudsiy sifatlar va asmo-i husnoni kashf qiladigan hech bir e'tiqodi yaqina;.. va anbiyo va avliyolarda: bir Vojib-ul Vujudning nurlarini aynal-yaqin bilan mushohada qilgan hech bir nuroniy qalb;.. va asfiyo va siddiqiynda: bir Xoliqi kulli shayning oyoti vujubini va vahdat burhonlarini ilmal-yaqin tasdiqlagan, isbotlagan hech bir munavvar aql yo’qki, - Sening vujubi vujudingga va qudsiy sifatlaringga va Sening vahdatingga va ahadiyatingga va asmo-i husnoingga shahodat etmasin, dalolat qilmasin va ishorasi bo’lmasin.

Va xususan, butun anbiyo va avliyo va asfiyo va siddiqiynning imomi va raisi va xulosasi bo’lmish Rasuli Akram alayhissalotu vassalomning xabarlarini tasdiqlagan hech bir ochiq oydin mo'jizalari va haqqoniyatini ko’rsatgan hech bir oliy oliy haqiqati... va barcha muqaddas va haqiqatli kitoblarning xulosat-ul xulosasi bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning hech bir qat'iy tavhidiy oyati va iymoniy masalalaridan hech bir qudsiy masalasi yo’qdirki, - Sening vujubi vujudingga va qudsiy sifatlaringga va Sening vahdatingga va ahadiyatingga va ismlaring va sifatlaringga shahodat etmasin va dalolat qilmasin va ishorasi bo'lmasin..

Yana, o'sha yuz minglab sodiq xabarchilar mo’'jizalariga va karomatlariga va hujjatlariga suyanib, Sening borligingga va birligingga shahodat etganlari kabi; butun borliqni ihota qilib turgan Arshi A'zamning kulliy ishlarini boshqarishdan tortib, to qalbning g’oyat maxfiy va juz'iy xotirotini va orzularini va duolarini bilish, eshtish va idora qilishgacha jarayon etayotgan rububiyating hashamatining darajasini,.. va ko’z o’ngida son-sanoqsiz xilma-xil narsalarni bir vaqtda yaratayotgan, hech bir fe'l boshqa bir fe'lga, bir ish boshqa bir ishga mone bo’lmasdan, eng buyuk narsani eng kichik pashsha kabi osonlik bilan yaratayotgan qudrating azamatining darajasini ijmo' bilan, ittifoq bilan e'lon va xabar berib, isbot qiladilar.

Yana, bu koinotni ruh egalariga, xususan insonga mukammal bir saroy qilib bergan, va Jannatni va abadiy saodatni jin va insonlarga hozirlab qo'ygan, va eng kichik bir hayotdorni ham unutmagan, va eng ojiz qalbni ham tatmin va taltif qilishga urinayotgan rahmatingning hadsiz kengligini,.. va zarralardan to sayyoralarga qadar butun maxluqlarning turlarini amrlariga itoat ettirgan va tasxir va tavzif qilgan hokimiyatingning benihoya kengligini xabar berib, mo’'jizot va hujjatlari bilan isbot qiladilar. Xuddi shuningdek, koinotni qismlari sonicha risolalardan tarkib topgan bir buyuk kitob shakliga keltirgan

va Lavhi Mahfuzning daftarlari bo’lmish Imomi Mubin va Kitobi Mubinda butun mavjudotning butun sarguzashtlarini qayd etib yozgan va barcha urug’larda umum daraxtlarning mundarijalarini va dasturlarini, va shuur sohiblarining boshlarida butun quvva-i hofizalarda sohiblarining hayotiy sarguzashtlarini yanglishsiz, intizomli ravishda yozdirgan ilmingning har narsani qamraganiga,.. va har bir mavjudga ko’p hikmatlarni bergan, hatto har bir daraxtda mevalari adadicha natijalarni berdirgan, va har bir hayotdorlarda a'zolari, balki qismlari va hujayralari sanog’icha foydalarni ko'zlagan, hatto insonning tilini juda ko’p vazifalarda ishlatish bilan birga, taomlarning ta'mlari sonicha zavq mezonchalari bilan jihozlantirgan qudsiy hikmatingning har bir narsaga shomil ekaniga;.. yana, bu dunyoda namunalari ko’rilgan jaloliy va jamoliy ismlaringning tajalliylari yanada porloq bir suratda abad-ul obodda davom etajagiga, va bu foniy olamda namunalari ko’rilgan ehsonlaringning yanada dabdabali suratda saodat diyorida davom etishiga va abadiyligiga, va bu dunyoda ularni ko’rgan mushtoqlarning abadda ham yonma-yon va birga bo’lishlariga... bilijmo', bilittifoq shahodat va dalolat va ishora qiladilar.

Yana, yuzlab ochiq ravshan mo’'jizalarga va qat'iy oyatlariga suyanib, boshda Rasuli Akram alayhissalotu vassalom va Qur'oni Hakiming, barcha nurli ruh sohiblari bo’lmish anbiyolar va nuroniy qalb qutblari bo’lmish avliyolar va munavvar aql arboblari bo’lmish asfiyolar: Sening juda ko’p takrorlagan butun muqaddas sahifa va kitoblarda qilgan va'dalaringga va tahdidlaringga suyangan holda,.. va Sening qudrat va rahmat va inoyat va hikmat va jalol va jamoling kabi qudsiy sifatlaringga va sha'nlaringga va jalolingning izzatiga va rububiyatingning saltanatiga suyangan holda,.. va kashfiyot va mushahadot va ilmal-yaqiyn e'tiqodlari bilan... abadiy saodatni jin va insonlarga bashorat qilmoqdalar va ahli zalolat uchun Jahannam borligini xabar berib e'lon qilmoqdalar va iymon keltirib shahodat etishmoqda.

Ey Qodiyri Hakim! Ey Rahmoni Rahim! Ey Sodiq-ul Va'd-il Karim! Ey izzat va azamat va jalol sohibi Qahhori Zuljalol!

Buncha sodiq do’stlaringni va bu qadar va'dalaringni va bu qadar sifatlaring va shuunotingni yolg'onga chiqarib,.. rububiyatingning saltanati qat'iy iqtizo qilgan narsalarni va sevganing va ular ham Seni tasdiqlab va itoat qilib o’zlarini Senga sevdirgan behisob maqbul bandalaringning cheksiz duolarini va da'volarini rad qilib,.. kufr va isyon bilan va Seni va'dangda yolg'onchiga chiqarish bilan Sening azamati kibriyoingni ranjitgan va jalolingning izzatini ranjida qilgan

va uluhiyatingning haysiyatiga tegingan va rububiyatingning shafqatini ta'sirlantirgan zalolat va kufr ahlini hashrni inkor qilishlaridan yuz ming daraja muqaddassan va hadsiz daraja munazzah va oliysan! Bu kabi behisob zulmdan, chirkinlikdan Sening benihoya adolatingni va jamolingni va rahmatingni poklayman!

سُبْحَانَهُ وَ تَعَالٰى عَمَّا يَقُولُونَ عُلُوًّا كَب۪يرًا

oyatini vujudimning butun zarralari adadicha aytishni istayman! Balki Sening sodiq elchilaring va to’g’ri saltanatingning dalloli haqqal-yaqiyn, aynal-yaqiyn, ilmal-yaqiyn shaklida Sening oxiratdagi rahmat xazinalaringga va boqiy olamdagi ehsonotingning xazinalariga va saodat diyorida to'lig'icha ko'rinadigan go’zal ismlaringning xoriqo go’zal jilvalariga shahodat qiladi, ishorat etadi va bashorat beradilar. Va butun haqiqatlarning manbai va quyoshi va homiysi bo’lgan "Haq" ismingning eng buyuk bir shu'lasi ushbu hashrning buyuk haqiqat ekaniga iymon keltirib, Sening bandalaringga dars beradilar.

Ey Rabb-ul Anbiyo vas Siddiqiyn!

Ularning barchasi Sening mulkingda, Sening amring va qudrating bilan, Sening iroda va tadbiring bilan, Sening ilming va hikmating bilan bo’ysungan va vazifalantirilgan. Poklash, takbir, tahmid, tahlil bilan kurra-i Arzni bir buyuk zikrxona, bu koinotni bir katta masjid suratida ko’rsatganlar.

Yo Rabbiy va yo Rabb-as Samovoti val Aroziyn! Yo Xoliqiy va yo Xoliqi Kulli Shay!

Osmonlarni yulduzlari bilan, zaminni mushtamiloti bilan va butun maxluqotni barcha holatlari bilan bo'ysundirgan qudratingning va irodatingning va hikmatingning va hokimiyatingning va rahmatingning haqqi hurmati, nafsimni menga bo’ysundir! Va matlubimni menga musaxxar qil! Qur'onga va iymonga xizmat uchun insonlarning qalblarini Risola-i Nurga musaxxar ayla! Va menga va birodarlarimga iymoni komil va husni xotima ber! Hazrati Muso alayhissalomga dengizni va Hazrati Ibrohim alayhissalomga otashni va Hazrati Dovud alayhissalomga tog’ni, temirni va Hazrati Sulaymon alayhissalomga jin va insonlarni va Hazrati Muhammad alayhissalotu vassalomga quyosh va oyni bo'ysundirganing kabi, Risola-i Nurga qalblarni va aqllarni musaxxar qil! Va meni va Risola-i Nur talabalarini nafs va shaytonning sharridan va qabr azobidan va

Jahannam otashidan muhofaza ayla va Jannat-ul Firdavsda mas'ud qil! Omiyn, omiyn, omiyn!

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

* * *

Qur'ondan va munojoti Nabaviya bo’lmish "Javshan-ul Kabir"dan olgan bu darsimni bir ibodati tafakkuriya sifatida Rabbi Rahimimning dargohiga arz qilishda qusurga yo'l qo'ygan bo’lsam, qusurimning afvi uchun Qur'onni va "Javshan-ul Kabir"ni shafoatchi qilib, rahmatidan afvimni niyoz etaman.

Said Nursiy

* * *

MUNDARIJA

BIRINCHI YOG'DU:

Hazrat Yunus Alayhissalomning munojoti mashhurasi bo’lgan

فَنَادٰى فِى الظُّلُمَاتِ اَنْ لَٓا اِلٰهَ اِلَّٓا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ

oyatining bir sirri muhimini va bir haqiqati azimasini bayon qilib; har bir inson bu dunyoda Hazrat Yunus Alayhissalom bo’lgan vaziyatida -faqat ulkan miqyosda- ekanini bayon qiladi. Hazrat Yunus Alayhissalomga "hut, dengiz, tun" nima bo’lsa; har inson uchun nafsi, dunyosi, istiqboli ham o'shadir.

IKKINCHI YOG'DU:

Hazrat Ayyub Alayhissalomning munojoti mashhurasini bayon qiladi.

اِذْ نَادٰى رَبَّهُٓ اَنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ

oyatining muhim bir sirrini va azim bir haqiqatini "Besh Nukta" bilan tafsir qilib, butun musibatzadalarga ma'naviy bir tiryoq va g’oyat foydali bir dori hukmida bir risoladir. Bu risola, moddiy musibatlarni, ahli iymon uchun musibatlikdan chiqaradi. Asl ahamiyatli musibat, qalbga va ruhga kelgan zalolat musibatlari ekanini bayon etgani kabi; musibatzadalarning umr daqiqalari ahli sabr va shukr haqida ibodat soatlari hukmiga o’tib shikoyat eshigini yopadigan, doimo shukr eshigini ochadigan bir risoladir.

UCHINCHI YOG'DU:

كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

oyatining muhim ikki haqiqatini

يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ٭ يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى

bo’lgan mashhur ikki jumla ifoda etgan ikki haqiqati muhimma bilan tafsir etadi. Baqo uchun xalq etilgan va baqoga oshiq bo’lgan ruhi insoniy, Boqiyi Zuljalolga nisbatan munosabati haqiqiyasini bilsa, foniy umrini boqiy bir umrga tabdil etadi. Soniyalari sanalar hukmiga o’tganini va Boqiyi Zuljalolni tanimagan ruhi insonning sanalari, soniyalar hukmida ekanini bayon etib isbot etgan qiymatdor bir risoladir. Fanoni yomon ko’rgan va boqiyni maroq etganlar, bu risolani maroq bilan o’qishi kerak.

TO’RTINCHI YOG'DU:

Minhaj-us Sunna nomli g’oyat muhim bir risoladir. Ahli Shia va Ahli Sunnat mobaynida eng muhim bir masala-i ixtilofiya bo’lgan masala-i imomatni g’oyat vazih va qat'iy bir suratda hallu fasl etadi.

لَقَدْ جَٓاءَكُمْ رَسُولٌ مِنْ اَنْفُسِكُمْ عَز۪يزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَر۪يصٌ عَلَيْكُمْ بِالْمُؤْمِن۪ينَ رَؤُفٌ رَح۪يمٌ ٭ فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ ٭ قُلْ لَٓا اَسْئَلُكُمْ عَلَيْهِ اَجْرًا اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبٰى

oyati azimaning ko’p haqoiqi azimasidan ikki buyuk haqiqatini "To’rt Nukta" bilan tafsir etadi. Bu risola, Ahli Sunnat va Jamoatga, ham Alaviylarga g’oyat qiymatdor va manfaatdordir; haqiqatdan Minhaj-us Sunnadir. Sunnati Saniyaning yo’lini, u masalada to’liq bayon etadi.

BESHINCHI YOG'DU:

Ta'lif etilmagandir.

OLTINCHI YOG'DU:

Ta'lif etilmagandir.

YETTINCHI YOG'DU:

Sura-i Fathning oxirida

لَقَدْ صَدَقَ اللّٰهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا بِالْحَقِّ لَتَدْخُلُنَّ الْمَسْجِدَ الْحَرَامَ اِنْ شَٓاءَ اللّٰهُ اٰمِن۪ينَ مُحَلِّق۪ينَ رُؤُسَكُمْ وَ مُقَصِّر۪ينَ لَا تَخَافُونَ فَعَلِمَ مَا لَمْ تَعْلَمُوا فَجَعَلَ مِنْ دُونِ ذٰلِكَ فَتْحًا قَر۪يبًا ٭ هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدٰى وَد۪ينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدّ۪ينِ كُلِّه۪ وَ كَفٰى بِاللّٰهِ شَه۪يدًا ٭ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ وَالَّذ۪ينَ مَعَهُٓ اَشِدَّٓاءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَٓاءُ بَيْنَهُمْ تَرٰيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللّٰهِ وَ رِضْوَانًا س۪يمَاهُمْ ف۪ى وُجُوهِهِمْ مِنْ اَثَرِ السُّجُودِ ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ وَ مَثَلُهُمْ فِى الْاِنْج۪يلِ كَزَرْعٍ اَخْرَجَ شَطْاَهُ فَاٰزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوٰى عَلٰى سُوقِه۪ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ لِيَغ۪يظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ وَعَدَ اللّٰهُ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ مِنْهُمْ مَغْفِرَةً وَ اَجْرًا عَظ۪يمًا

bo’lgan uch oyati azimadan o’n vujuhi i'joziyadan yolg’iz ixbori bilg’ayb vajhidan sakkiz ixboroti g’aybiyani bayon etadi; shu uch oyat, bir o’zi bir mo’'jiza-i bahira ekanini isbot qiladi. Tatimmasida,

فَاُولٰٓئِكَ مَعَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمَ اللّٰهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيّ۪نَ وَ الصِّدّ۪يق۪ينَ وَ الشُّهَدَٓاءِ وَ الصَّالِح۪ينَ وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا

oyatining muhim bir nukta-i i'joziyasini, Sura-i Fathning oxiridagi oyatning ayni ixbori g’aybiysi navidan, g’aybiy ixborlariga ishorat qiladi.

Xotimasida, Qur'oni Hakimning tavofuqot jihatida i'joziy nuktalaridan g’oyat porloq bir nukta-i i'joziyasini bayon etib; Qur'on Fotihada, Fotiha Bismillohda, Bismilloh Alif Lom Mimda bir jihatda darj etilganini bayon etadi. Ham eng muntashir

va mutadovil darkanor Musxaflarda Lafzullohning tavofuqoti latifa-i i'joziyasidan biri shuki: Sahifaning oxirgi satrining yuqori qismida butun Qur'onda sakson va pastgi qismida yana Lafza-i Jalol bir-biri ustida sakson bo’lib tavofuq etib kelishi va sahifalar orqasida tom muvofaqat bilan bir-birini ko’rsatishi, xuddi sakson adaddan birgina Lafza-i Jalol tazohur etishi.. ham oxirgi satrning tom o’rtasida ellik besh va boshida yigirma besh, birga yana sakson bo'lib, bu sakson u ikki saksonga saksonlikda tavofuq etganlari kabi, ikki yuz qirq tavofuqoti latifa yolg’iz sahifaning oxirgi satrlarida bo’lishi ko’rsatadiki; Qur'oni Azimushshonning ham oyoti, ham kalimoti, ham hurufoti har biri, boshqa-boshqa madori i'joz bo’lganlari kabi, kalimotning naqshlari va xatlari ham boshqa bir shu'la-i i'jozga mazhar ekanini bayon qiladi.

SAKKIZINCHI YOG'DU:

Boshqa bir majmuada nashr etilganidan bu yerga darj etilmadi.

TO’QQIZINCHI YOG'DU:

Boshqa bir majmuada nashr etilganidan bu yerga darj etilmadi.

O’NINCHI YOG'DU:

يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُحْضَرًا وَمَا عَمِلَتْ مِنْ سُٓوءٍ تَوَدُّ لَوْ اَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُٓ اَمَدًا بَع۪يدًا وَيُحَذِّرُكُمُ اللّٰهُ نَفْسَهُ وَاللّٰهُ رَؤُفٌ بِالْعِبَادِ

oyatining bir sirrini, xizmati Qur'oniyada birodarlarimning bashariyat muqtazosi o'laroq sahv va xatolarining natijasida yeganlari shafqat ta'zirlarini bayon etmoq bilan tafsir qiladi.

Ha, bu risola ikki qism bo’lib yozilgan. Birinchi qismda; xos va sodiq Qur'on xizmatkorlarining sahv va xatolari natijasida yeganlari tanbehkorona shafqat ta'zirlari.. ikkinchi qismda; zohiriy do’st va qalbi muoriz bo’lganlarning bilib turib bergan zararlariga muqobil, zajrkorona yeganlari ta'zirlaridan bahs etilardi. Faqat keraksiz ba'zilarning xotirlarini ranjida etmaslik uchun, yuzlab hodisotdan birinchi qismning yolg’iz o’n besh adadidan bahs etildi. Ikkinchi Qism hozircha yozilmadi. Ta'zir yegan, o’z imzo va tasdig’i ostida, qabul qilib yozilgandir. Men beshta ta'zir yedim, yozdim. Nafsim kabi qabul qilganim Abdulmajid ila Xulusiyga vakolatan yozdim. Qolganlarning bir qismi o’zlari yozdilar; bir qismi, haqida yozilganni ko’rdilar, qabul qildilar. Namuna navidan bo’lib ular bilan kifoyalandik. Bo’lmasa hodisot ko’pdir. Bu bilan qat'iyan qanoatimiz kelganki; bu xizmatimizda sohibsiz emasmiz. Muhim bir nazar ostidamiz va diqqatli bir inoyat nazaridamiz va quvvatli hifzu himoya ostidamiz. U risolaning oxirida اَلظُّلْمُ لَا يَدُومُ وَالْكُفْرُ يَدُومُ sirriga doir muhim bir haqiqat bayon etilib, xizmatimizga zulm navidan yopishgan mulhidlar, bu dunyoda ta'zirini yeydilar va qisman yeganlarini; va zindiqo va zalolat hisobiga yopishganlar tez ta'zir yemasdan ta'xir etilganining sabab va hikmatini bayon etadi.

O’N BIRINCHI YOG'DU:

"Mirqot-us Sunna va Tiryoqu Marazil Bid'a" nomi bilan g’oyat muhim bir risoladir.

لَقَدْ جَٓاءَكُمْ رَسُولٌ مِنْ اَنْفُسِكُمْ عَز۪يزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَر۪يصٌ عَلَيْكُمْ بِالْمُؤْمِن۪ينَ رَؤُفٌ رَح۪يمٌ ٭ قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ

oyatlarining g’oyat muhim ikki haqiqatini "O’n Bir Nukta" bilan tafsir qiladi.

BIRINCHI NUKTA

مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّت۪ى عِنْدَ فَسَادِ اُمَّت۪ى فَلَهُ اَجْرُ مِاَةِ شَه۪يدٍ

hadisi sharifining sirrini bayon qiladi.

IKKINCHI NUKTA:Imom Rabboniy (R.A.), "Sunnati Saniyaning ittiboi; eng hashmatli, eng latofatli, eng ahamiyatli tariqatdir" deyishiga doirdir.

UCHINCHI NUKTA:Sunnati Saniyaning ahamiyati haqida Imom Rabboniyning hukmini tasdiq etganini bayon etadi.

TO’RTINCHI NUKTA:اَلْمَوْتُ حَقٌّ haqiqatining eshigi bilan, g’oyat ajib bir olami ma'naviyga oid bir sayohati ruhiyani bayon etadi.

BESHINCHI NUKTA:

قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ

oyatining sarohati bilan: Muhabbatulloh, qat'iy bir qiyosi mantiqiy bilan, Sunnati Saniyaning ittiboini intoj etganiga doirdir.

OLTINCHI NUKTA:

كُلُّ بِدْعَةٍ ضَلَالَةٌ وَكُلُّ ضَلَالَةٍ فِى النَّارِ

hadisining muhim bir sirrini va

اَلْيَوْمَ اَكْمَلْتُ لَكُمْ د۪ينَكُمْ

oyatining bir haqiqatini tafsir etadi.

YETTINCHI NUKTA:Sunnati Saniyaning har bir masalasi ostida bir adab ekanini bayon etadi. "Allam-ul G’uyubga qarshi adab va hijob qanday bo’lishi mumkin va nima deganidir?" savoliga qarshi, go’zal bir javobdir.

SAKKIZINCHI NUKTA:Sunnati Saniyaning bir qismi shafqati Ahmadiyaning (S.A.V.) tarashshuhoti bo’lgani kabi, Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalamning qanday bir ma'dani shafqat ekanini ko’rsatadi.

TO’QQIZINCHI NUKTA:Sunnati Saniyaning har bir naviga tamoman bilfe'l ittibo etmoq, axassi xavasga maxsus bo’lgani holda; harkas niyati bilan va qasd bilan va tarafdorona va iltizomkorona va taqdirkorona tolib bo’lmoq bilan, u ittibo-i tommadan to'liq hissador bo’lishi mumkin. Ahli tariqatning azkor va avrod va mashrablari, asosoti Sunnatga muxolafat etmaslik sharti bilan bid'atga dohil bo’lmaganini, bo’lsa-bo’lsa bid'ati hasana ekanini bayon etadi.

O’NINCHI NUKTA:

قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّٰهَ فَاتَّبِعُون۪ى يُحْبِبْكُمُ اللّٰهُ

Muhabbati Ilohiyaga va u muhabbatning natijasida Sunnati Saniyaning ittiboiga doir uch nuqta bilan g’oyat maroq-avar va muhim va go’zal bayonot bor. Hatto kitobning naqshida shu O’ninchi Nuktaning bir shua-i karomatini, tavofuq bilan nazarga ko’rsatadi.

O’N BIRINCHI NUKTA:Zoti Ahmadiyaning Sunnati Saniyasining manbai; ham aqvoli, ham ahvoli, ham af'oli ekanini va har biri ham farz, ham navofil, ham odot aqsomiga inqisom etganini va Qur'onda وَاِنَّكَ لَعَلٰى خُلُقٍ عَظ۪يمٍ sirri bilan, navi bashar ichida ma'nan va ruhan bo’lgani kabi, mizoji jismoniysining jihati bilan ham eng mo’'tadil nuqtada va quva-i jismoniya va nafsiyada nuqta-i i'tidolning vasatida va kamolida bo’lgan fardi farid, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam ekanini isbot qiladi. Bu risola ham, boshda aytilgani kabi, bir tiryoqi anfa' va bir iksiri a'zamdir.

O’N IKKINCHI YOG'DU:

اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ ٭ اَللّٰهُ الَّذ۪ى خَلَقَ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ وَمِنَ الْاَرْضِ مِثْلَهُنَّ يَتَنَزَّلُ الْاَمْرُ بَيْنَهُنَّ لِتَعْلَمُوا اَنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ اَنَّ اللّٰهَ قَدْ اَحَاطَ بِكُلِّ شَىْءٍ عِلْمًا

oyatlarining, ahli Fanning va hozirgi Jo’g’rofiyachi va Astronomlarning madori tanqidlari bo’lgan ikki haqiqatini, "Ikki Nukta" bilan tafsir qiladi.

BIRINCHI NUKTA:Umum rizq to’g’ridan-to’g’riga Qodiri Zuljalolning qo’lida ekanini va xazina-i rahmatidan chiqqanini bayon etib, rizqsizlikdan o’lmoq bo’lmaganini isbot qiladi.

IKKINCHI NUKTA:Yer Kurrasining, munkir Jo’g’rofiyachi faylasuflarning aksiga bo'lib, yetti vajh bilan yetti tabaqa ekanini va samovot ham, Astronom faylasuflarning aksiga bo’lib, yetti vajh bilan yetti tabaqa ekanini isbot qiladi. Bu risola shunday vaysaqi mulhidlarga bir lijamdir, ya'ni tizgindir.

O’N UCHINCHI YOG'DU:

"Hikmat-ul Istioza" nomi bilan ma'ruf, g’oyat qiymatdor va quvvatli va haqiqatli bir risoladir.

قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ ٭ مَلِكِ النَّاسِ ٭ اِلٰهِ النَّاسِ ٭ مِنْ شَرِّ الْوَسْوَاسِ الْخَنَّاسِ ٭ الَّذ۪ى يُوَسْوِسُ ف۪ى صُدُورِ النَّاسِ ٭ مِنَ الْجِنَّةِ وَ النَّاسِ

surasining eng muhim bir haqiqatini,

وَقُلْ رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاط۪ينِ ٭ وَاَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ

oyatining muhim bir hikmatini va

اَعُوذُ بِاللّٰهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّج۪يمِ

ning eng muhim bir sirrini "O’n Uch Ishorat" bilan tafsir etib, o’n uch kalit bilan قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ ning qal'a-i hasiniga kirmoq uchun eshik ochadi, tahassungohni ko’rsatadi.

BIRINCHI ISHORAT:"Shaytonlarning koinotda ijod jihatida hech madhallari bo’lmagani va zalolatning mustakrah xunukliklari ahli zalolatni tanfir etganlari holda va Janobi Haq rahmat va inoyati bilan ahli haqqa tarafdor bo’lgani va haq va haqiqatning jozibador go’zalliklari, ahli haqni muayyid va mushavviq bo'lgani holda; hizb-ush shaytonning ko’p marta hizbullohga g’alaba qilishining hikmati nima?" deb savolga qarshi g’oyat qat'iy va vazih bir javobdir.

IKKINCHI ISHORAT:"Sharri mahz bo’lgan shaytonlarning ijodi va ahli iymonga taslitlari va ular sababli ko’p insonlarning kufrga kirib Jahannamga kirishlariga, Jamili Alal-itloq va Rahimi Mutlaq va Rahmoni Bil-haqning rahmat va jamoli, bu hadsiz xunuklikning va bu dahshatli musibatning husuliga qanday muso'ada etmoqda va nima uchun javoz ko'rsatmoqda?" degan savolga qarshi g’oyat quvvatli va muqni' bir javobdir.

UCHINCHI ISHORAT:"Qur'oni Hakimda, ahli zalolatga qarshi azim shikoyatlar va kasratli tahshidot va juda shiddatli tahdidot; aqlning zohiriga ko’ra, adolatli va munosabatli balog’atiga va uslubidagi i'tidoliga va istiqomatiga munosib tushmaydi? Go'yo ojiz bir odamga qarshi qo’shinlarni tahshid etadi; va muflis va mulkda hissasiz ojiz bir odamga, quvvatli bir sherik mavqeini bergandek undan shikoyatlar etishining sirri va hikmati nima?" deb savoliga qarshi, g’oyat qat'iy va ahamiyatli bir javobdir.

TO’RTINCHI ISHORAT:Adam sharri mahz va vujud xayri mahz bo’lganidan; mahosin va kamolot vujudga va sharlar va musibatlar adamga istinod etganini va undan nash'at etganini bayon qiladi.

BESHINCHI ISHORAT:Janobi Haq Kutubi Samoviyada basharga qarshi Jannat kabi azim bir mukofotni va Jahannam kabi dahshatli bir mujozotni ko’rsatmoq bilan birga, ko’p irshod va mukarrar iqoz va dafalar bilan Eslatma va mutaaddid tahdid va tashviq etgani holda, hizb-ush shaytonning xunuk va mukofotsiz va zaif dasisalariga qarshi, ahli iymonning mag’lub bo’lishlarining sirri nima?" degan mudhish savolga qarshi muqni' bir javobdir.

OLTINCHI ISHORAT:Shaytonlarning eng tahlikali va kasratli bir dasisasi bo’lgan "tasavvuri kufriy"ni "tasdiqi kufr" suratida, "tasavvuri zalolat"ni "tasdiqi zalolat" tarzida ko’rsatishi bilan, hassos va sofi-qalb insonlarni tahlikalarga otishiga muqobil, ilmiy va mantiqiy va haqiqatli bir javobdir.

YETTINCHI ISHORAT:Mo’tazila imomlari sharning ijodini shar talaqqiy etganlari uchun, kufr va zalolatning ijodini Allohga bermasdan, go’yo u bilan Allohni taqdis etadilar. Mo’tazilaning bu muhim masalalariga va Majusiylarning xoliqi sharrni boshqa talaqqiy etishlariga qarshi g’oyat quvvatli va mantiqiy bir javobi muskit.. ham "Gunohi kabirani qilgan mo’'min qololmaydi!" degan Mo’tazila va bir qism Xorijiylarga qarshi g’oyat maqbul va muqni' bir javobdir.

SAKKIZINCHI ISHORAT:"Ba'zi risolalarda qat'iy dalillar bilan isbot etilganki; kufr va zalolat yo’li shu qadar mushkulotli va suubatlidirki, hech kim unga kirmasligi kerak edi va qobili suluk emasdir. Iymon va hidoyat yo’li shu qadar zohir va osondirki, harkas unga kirishi kerak edi, deganingiz holda; bu Hikmat-ul Istiozada, zalolatli yo’lning oson va taxrib va tajovuz bo’lgani uchun ko’plar u yo’lda suluk etgagani bayoning, bir-biriga muxolif bo’lmoqda, vajhi tavfiqi nima?" savoliga qarshi g’oyat maroq-avar va mantiqiy va qat'iy bir javob bo’lmoq bilan birga, "Zalolatda shu qadar dahshatli bir alam va qo’rquv borki, kofir hayotidan lazzat olishi emas, balki hech yashamasligi lozim kelarkan, ahli iymondan ziyoda o’zini hayotda mas'ud ko’rishining sirri nima?" degan savoliga qarshi g’oyat go’zal bir tamsil bilan to’liq qanoat keltiradigan bir javobdir.

TO’QQIZINCHI ISHORAT:"Hizbulloh bo’lgan ahli hidoyat, boshda anbiyo va ularning boshida Faxri Olam Salollohu Ta'ala Alayhi Vassalam, shu qadar inoyati Ilohiyaga va imdodoti Subhoniyaga mazhar bo’lganlari holda, nima uchun hizb-ush shaytonga qarshi ba'zan mag’lub bo’lganlar. Ham Xotam-ul Anbiyoning quyosh kabi porloq nubuvvati va risolatining qo’shniligida bo’lgan Madina munofiqlarining zalolatda tirishishlari va hidoyatga kirmasliklari nima uchun va hikmati nima?" degan savolga qarshi harkasni aloqador qiladigan go’zal va quvvatli bir javobdir.

O’NINCHI ISHORAT:Iblisning o’zini o’ziga tobe bo’lganlarga inkor ettirmoq suratidagi dasisa niqobini yirtib, (Iblisning) iflos va mulavvas yuzini ko’rsatib, vujudini isbot qiladi.

O’N BIRINCHI ISHORAT:Ahli zalolatning sharridan koinot g’azablanganini va anosiri kulliya hiddat etganlarini va umum mavjudot ma'nan g’alayonga kelganlarini Qur'oni Hakim mo’'jizona ifoda etganiga doir maroq-avar bir bayondir.

O’N IKKINCHI ISHORAT:To’rt savol va javobdir. "Mahdud bir hayotda mahdud gunohlarga muqobil hadsiz bir azob va nihoyatsiz bir Jahannam qanday adolat bo’ladi?" Ham "Shariatda deyilganki: Jahannam, jazo-i amaldir; faqat Jannat, fazli Ilohiy bilandir. Buning hikmati nima?" Ham "Sayyiot intishor va tajovuz etganidan, bir sayyia ming yozilmoq, hasana bir yozilmoq lozim kelarkan; sayyianing bir, hasananing o’n yozilishining sirri nima?" Ham "Ahli zalolat qozongan muvaffaqiyat va ko’rsatgan quvvat, ahli hidoyatda bir zaiflik va haqiqatsizlik bo’lganidanmi?" degan to’rt savolga g’oyat qisqa va quvvatli to’rt javobdir.

O’N UCHINCHI ISHORAT:"Uch Nuqta"dir.

Birinchisi:Shaytonning eng katta bir dasisasi, haqoiqi iymoniyaning azamati jihatida, tor qalbli va qisqa aqlli va kalta fikrli insonlarni aldashiga muqobil, tamomila shaytoni jinniy va insiyni ham jim qiladigan bir javobdir.

Ikkinchi Nuqta:Shayton, qusurli insonga qusurini e'tirof etmaslik bilan istig’for va istioza yo’lini yopib, anoniyatni tahrik etib, advokat kabi nafsini mudofaa ettiradi. Go'yo nafsini taqsirotdan taqdis ettirishiga muqobil, harkasni iqno' etadigan bir javobdir. Qusurini ko’rmaslik, u qusurdan yanada katta bir qusur ekanini va qusurini ko’rmoq, qusurini qusurlikdan chiqarmoq ekanini bayon etadi.

Uchinchi Nuqta:Insonning hayoti ijtimoiyasini ifsod etgan eng muhim bir dasisa-i shaytoniya; "mo’'minning birgina sayyiasi bilan hasanotini berkitmoq" bilan u mo’'minga qarshi adovat ettirishga muqobil, mezoni akbarda adolati mutlaqa-i Ilohiyaning tajalliysidagi dastur bilan; harkasga kerakli, xususan hadid-ul mizoj va mushkulpisand insonlarga qiymatdor va haqli va quvvatli bir javobdir.

Xullas shu risola o’n uch ishorat bilan shaytoni insiy va jinniyning o’n uch hujum yo’llarini yopgani kabi; قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ Surasining qal'a-i metinida tahassun etmoq uchun o’n uch kalit bo’lib, o’n uch eshikni ahli iymonga ochadi.

Shu Hikmat-ul Istioza Risolasining ikki muhim qardoshi bor. Biri Yigirma To’qqizinchi Maktubning Olinchi Risolasi bo’lgan "Hujumoti Sitta", muhim bir qal'a bo’lgani kabi; ikkinchi bir qardoshi bo’lgan Yigirma Oltinchi Maktubning "Hujjat-ul Qur'on Alash-shayton Va Hizbihi" nomli risolasi ham bir hisni hasindir. Bu uch risola bir-biri bilan munosabatdordir. Va ahli iymonga bu zamonda juda kerakli ekanini Eslatma etaman. Faqat shu risolalar tamomila Qur'onga sodiq bo’lganlarning qo’llariga berilishi mumkin. Bid'at va zalolatga tarafdor yoki siyosatchilikka mubtalo bo’lganlarning qo’llariga bermaslik kerak. Ayniqsa "Hujumoti Sitta", ichida Eski Saidning shiddatli lisoni qo’shilgani uchun, eng xos va eng sodiq qardoshlarimga maxsusdir. Hozircha haqni tinglamoq va qabul etmoq iste'dodida bo’lmaganlarga ko’rsatilmasligini tavsiya etaman. Hamda "Ishoroti Sab'a", "Hujumoti Sitta" kabi hozircha xoslarga maxsusdir.

O’N TO’RTINCHI YOG'DU:

"Ikki Maqom"dir.

BIRINCHI MAQOM:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan so’raganlarki: "Arz nima ustida turadi?" Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etganlar: عَلَى الثَّوْرِ وَالْحُوتِYa'ni "Ho’kiz va baliq ustida turadi". Shu hadisga doir ko’p munoqashot bor. Jo’g’rofiyachilar, xosho bu hadisni inkor etadilar.

Xullas bu hadisning haqiqiy ma'nosini uch vajh bilan, bu risolaning Birinchi Maqomi shunday bir tarzda bayon etadiki; munkirlarning zarra miqdor insofi bo’lsa va Jo’g’rofiyachilarning haqqa qarshi zarra miqdor iz'onlari bo’lsa, bu hadisni bahir mo’'jiza-i Ahmadiya (S.A.V.) sanaydilar. Chunki u uch javob ham haqiqiy va qat'iy, ham ma'nodordirlar.

IKKINCHI MAQOM:

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ning eng muhim besh-olti sirlarini tafsir etadi. Va بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ Qur'onning bir xulosasi va bir mundarijasi va kaliti ekanini ko’rsatgani kabi; Arshdan farshga qadar uzangan bir xatti qudsiyi nuroniy bo’lmoq bilan birga, saodati abadiya eshigini ochgan bir kalit va har muborak narsaga fayz va baraka bergan bir manba-i anvor ekanini bayon qiladi. Bu Ikkinchi Maqom eng birinchi risola bo’lgan "Birinchi So’z"ga qaraydi. Go'yo, Risola-i Nur ajzolari bir doira hukmida bo’lib; muntahosi ibtidosiga بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ xatti muboragi bilan ittihod etadi. Va bu maqomda "Olti Sir" o’rniga o’ttiz yozilardi. Hozircha olti qoldi. Qisqadir, faqat g’oyat buyuk haqoiqni tazammun etadi. Buni diqqat bilan o’qigan بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ naqadar qiymatdor bir xazina-i qudsiya ekanini anglaydi.

O’N BESHINCHI YOG'DU:

Risola-i Nur Kulliyotining So’zlar, Maktubot va O’n To’rtinchi Yog'duga qadar bo’lgan qismining mundarijasidir. Har qismning mundarijasi, ya'ni So’zlar qismining mundarijasi So’zlar Majmuasida bo’lganidan, Maktubot va Yog'dularning ham o’zlariga oid mundarijalari u majmualarning oxirlariga ilhoq etilganidan, bu yerda yozilmadi.

O’N OLTINCHI YOG'DU:

Masoili muhimmadan ba'zi masoil haqida so’ralgan savollarning javoblarini ichiga olgan. Shundayki; eng boshda maroq-avar "To’rt Savol"ga javobdir.

BIRINCHISI:"Ahli Sunnat Va Jamoat haqida bir faraj va bir futuhot bo’lishi haqida ahli kashf bergan xabarlarning zuhur etmasligining sababi nima?" deb so’ralishiga muqobil g’oyat go’zal bir javob.

IKKINCHISI:"Risola-i Nurning muallifi o’zini shiddatli tazyiqot ostida tutgan ahli dunyoga qarshi bo’lishi lozim kelarkan, ularga moddatan qarshi chiqmasligining sababi nima?" savoliga g’oyat latif bir javobdir.

UCHINCHISI:"Ingliz va Italiya kabi hukumatlarning bu hukumat bilan muhoraba etmoq istashlariga qarshi, nima uchun shiddatli bir suratda harbga qarshi bo'lyapsiz? Holbuki bu kabi hodisalar millatning quvva-i ma'naviyasining manbai bo’lgan hamiyati Islomiyani tahyij etmoq bilan, shao'iri Islomiyaning ihyosiga va bid'atlarning raf'iga bir daraja mador bo’ladi." deb bo’lgan savoliga berilgan juda latofatli bir javobdir.

TO’RTINCHISI:"Nima uchun qo’lingizdagi nurli risolalarni harkasga ko’rsatmaslik uchun, birodarlaringizga ehtiyotni tavsiya etasiz? Va nima uchun xalqlarni bu nurlarning fayzlaridan mahrum etmoqdasiz?" savoliga berilgan juda xush, juda go’zal bir javobdir.

Xotimasida, Lihya-i Saodat haqida so’ralgan bir savolga qarshi shubhalarni izola etgan g’oyat muqni' bir javobdir.

Undan so’ng, eskidan beri mulhidlar hujum qilgan uch masalaga doir so’ralgan savollarga berilgan uch javobdir.

BIRINCHI SAVOL:

حَتّٰٓى اِذَا بَلَغَ مَغْرِبَ الشَّمْسِ وَجَدَهَا تَغْرُبُ ف۪ى عَيْنٍ حَمِئَةٍ

oyati karimasining maoli bo’lgan: "Zulqarnayn Quyoshni haroratli va balchiqli bir chashma suvida g'urub etganini ko’rgan?"

IKKINCHI SAVOL:Saddi Zulqarnayn qayerdadir? Va Ya'juj va Ma'juj kimlardir?

UCHINCHI SAVOL:Hazrat Iso Alayhissalom oxirzamonda kelib Dajjolni o’ldirishiga doir savollarga shu qadar ulviy javoblar berilganki; ham ahli iymonning iymonlarini taqviya etadi, ham balog’ati bilan adiblarni jim qiladi, hamda mulhidlarni ilzom etib ta'zirlaydi.

Oxirida, Mug’ayyiboti Xamsadan yolg’iz ikkisi haqida so’ralgan muhim bir savolga ahamiyatli bir javobdir.

Rushdu

O’N YETTINCHI YOG'DU:

Zuhrodan kelgan "O’n Besh Mulohaza"dan iboratdir.

BIRINCHI MULOHAZA:Nafsi insoniyat mubtalo bo’lgan afil va nafil narsalarning, atvori olam ustida haqiqatlarini ko’rsatib, qalbning robitasini kesib, yuzini baqo va oxiratga o’giradi.

IKKINCHI MULOHAZA:Bir dasturi Qur'oniy bo’lgan tavozuni amr va takabburdan man qiladi.

UCHINCHI MULOHAZA:كُلُّ اٰتٍ قَر۪يبٌ sirri bilan; mavtning haqiqatini go’zal va ayni haqiqat bir tamsil bilan ochib, uzun orzularni va alamlarni kesadi. Hayyu Qayyumu Boqiyu Doim va Biyadihil Xoyrga har umurni taslim etadi.

TO’RTINCHI MULOHAZA:Muttarid bir qonuni odatulloh bo’lgan mavsumlarning, asrlarning o'zgarishida, aksar ashyoning aynan i'oda va yangilanishi bilan, shajara-i koinotning eng mukammal mevasi bo’lgan insonning, mavsumi hashri akbarda aynan i'oda etilishini qat'iyan isbot etadi.

BESHINCHI MULOHAZA:Shu asri falokat va halokatning eng buyuk musibati bo’lgan va dinsizlikka ketgan madaniyati saqimaning mohiyatini va yuzidagi yopinchiqni va jahannam-numun mohiyatini huda-i Qur'oniy bilan muvozana surati bilan ochadi, ko’rsatadi. Ahli iymonni unga tamoyuldan shiddatli tanfir ettirib, yuqumli bir vaboni tashhis bilan, dorixona-i Qur'oniyadan zamzami tiryoqni ichiradi.

OLTINCHI MULOHAZA:Nafs va shaytonning eng katta hiyla va dasisalaridan bo’lgan; kofirlarning ko’pliklarini va ularning ba'zi haqoiqi iymoniyaning inkoridagi ittifoqlarini vasvasa surati bilan ko’rsatib, shubhalarni va dinga qarshi loqaydlikni, ayni haq va haqiqat bir tamsil bilan ildizidan kesgan va Tubo-i Jannat bo’lgan iymon daraxtini yetishtirgan mujarrab bir iksiri nuroniydir.

YETTINCHI MULOHAZA:Hayoti ijtimoiya-i Islomiyaning muzir bir mikrobi bo’lgan va taraqqiyoti ajnabiyada saodat deb o’ylangan, zulmli va zulmatli ehtirosoti dunyoviyga ahli iymonni chorlagan soxtakor hamiyat-furushlarni, Qur'onning olmos qilichi bilan o’ldirib, irtidodga yuz tutgan yoxud martaba-i fisqga tushgan ahli iymonni, Qur'oni Hakimning xastaxonasiga oladi, tadoviy etadi.

SAKKIZINCHI MULOHAZA:

وَسِعَتْ رَحْمَتُهُ كُلَّ شَيْءٍ

ning bir sirrini,

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

ning bir haqiqatini,

اِنَّمَٓا اَمْرُهُٓ اِذَٓا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ

ning bir dasturini,

فَسُبْحَانَ الَّذ۪ى بِيَدِه۪ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

ning bir nuktasini tafsir qilib, koinotda zarradan shamsga qadar hamma narsa bir vazifa bilan mukallaf bo’lib, butun sa'yu harakatlari qonuni qadar bilan jarayon etganini; va Janobi Haq kamoli karamidan, xizmat ichida mukofot sifatida bir lazzat darj etganini isbot va izoh bilan.. mavjudotning eng mukammali va zihayotning raisi va Arzning xalifasi bo’lgan inson, tanballik qilib g’aflatga tushsa; jamodotdan yanada jomid, chivindan chigirtkadan yanada qonsiz bo’lishini iqoz va inzor bilan, insonlarni vazifa-i fitriyalariga chorlab, uluhiyati mutlaqani isbot qiladi.

TO’QQIZINCHI MULOHAZA:Janobi Haq kamoli karami bilan, eng katta narsani eng kichik narsada darj etgani jihat bilan; koinotdagi xayr va kamolotni, shajara-i koinotning mevasi va urug’i bo’lgan, navi insonning haqiqatini tashigan Nabiylarda ko’rsatganini; va Nabiylarga intisob etgan, xayr va kamolotga, nurga va sururga chiqishi kabi, ubudiyat jihati bilan ham, bir zarra kabi kichik bir maxluq bo’lgan insonning, fihristiyat va u intisob jihati bilan, og’zidan chiqqan "Allohu Akbar" sadosi, Yer Kurrasining buyuk bir "Allohu Akbar"i hukmiga o’tganini, haqqalyaqiyn bir bayon bilan, haqning saodatini, iymonning husni kamolini bilbedaho izhor etib.. zalolat, shar, xasorat; dinning muxolifida ekanini qat'iy isbot qiladi.

O’NINCHI MULOHAZA:Janobi Haqning nuri ma'rifatiga yetishmoq va qaramoq; va oyot va shohidlarning oynalarida barohin va dalillarning alomatlarini ko’rmoq uch xil bo’lib.. bir qismi suv kabi; ikkinchi qismi havo kabi; uchinchi qismi nur kabi bo’lib.. taqarrubning ta'rifini va bu'diyatning vartalarini bayon qiladi.

O’N BIRINCHI MULOHAZA:Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ifodasidagi shafqat va marhamatning hikmatini, ham uslubi Qur'oniyadagi jazolat va salosatdagi fitriylikni ko’rsatadi.

O’N IKKINCHI MULOHAZA:

مُوتُوا قَبْلَ اَنْ تَمُوتُوا

qovli sharifiga imtisolan,

كُلُّ اٰتٍ قَر۪يبٌ sirri bilan mavtning va qabrning mohiyatini ko’rsatib, isyonchi nafsi ammoraning tizginini tortadi. Ham qisqa bir umr va muvaqqat bir hayotda, bu ajib asrda, saodati abadiyaga eng foydali amal va eng maqbul xizmat va eng davomli savob, "iymonning taqviyasiga mador Risola-i Nur talabalari tarzida ulumi iymoniya bilan mashg'ul bo'lmoq" ekanini bayon etgan va ahli ilm va ahli qalamni iqoz etgan bir dasturi haqiqatdir.

O’N UCHINCHI MULOHAZA:Madori iltibos bo'lgan "Besh Masala"dir.

Birinchisi:

اِنَّكَ لَا تَهْد۪ى مَنْ اَحْبَبْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ يَهْد۪ى مَنْ يَشَٓاءُ

sirri bilan, tariqi haqda mashg'ul bo'lgan va mujohada etganlar yolg’iz o’z vazifasini o’ylab, Janobi Haqning vazifasiga qo’shilmasliklari kerakligini; va shiddati hirs sababli, vazifa-i ubudiyat va ma'muriyatni, amiriyat va ma'budiyat bilan iltibos etganlarga qarshi tafriq etib, haddini tajovuz etgan insonga maqomini ko’rsatgan, harkasga kerakli bir masaladir.

Ikkinchi Masala:Ubudiyatning mansha'i, amri Ilohiy; va natijasi, rizo-i Ilohiy; va samaroti va favoidi, uxroviya ekanini; va dunyoga oid foydalar va samaralar va manfaatlar ubudiyatga, vird va zikrga illat yoki illatning bir juzi bo’lsa, ubudiyatni qisman yo’q qilganini bayon bilan sirri ubudiyatning hikmatini dars bergan juda muhim va luzumli bir masaladir.

Uchinchisi:

طُوبٰى لِمَنْ عَرَفَ حَدَّهُ وَلَمْ يَتَجَاوَزْ طَوْرَهُ

hadisi qudsiysining muqaddas dasturini go’zal bir tamsil bilan izoh qilib, ubudiyatning asosi bo’lgan ojizlik, faqirlik va qusur va nuqsonini bilmoq va niyoz bilan dargohi Ilohiyning rahmat eshigini qoqmoq kerakligini; ham har amalda bir ixlos jihati bo’lganidan, inson harakatida rizo-i Ilohiyni o’ylab, vazifa-i Ilohiyaga qo’shilmasligi bilan, a'loyi illiyinga chiqishiga yo’l ko’rsatgan muhim bir masaladir.

To’rtinchi Masala:

وَلَا تَاْكُلُوا مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّٰهِ عَلَيْهِ

oyatining ma'no-i ishoriysi bilan, Mun'imi Haqiqiyni xotirga keltirmagan va uning nomi bilan berilmagan ne'matni yemoq va olmoq joiz bo’lmaganini; agar muhtoj bo’lsa, zohiriy sabablarning boshi ustida Mun'imi Haqiqiyning rahmat qo’lini ko’rib, "Bismilloh" deb olinishini; ham zohiriy sabablarni parastish etganlarni aldagan ikki narsaning birga kelishi yoki bo’lishi bo’lgan iqtironni illat deb o’ylashlarini go’zal va muqovamatsuz izoh bilan, yuzlarni Mun'imi Haqiqiyga o’giradi.

Beshinchi Masala:Bir jamoatning sa'ylari bilan hosil bo’lgan bir natija yoki sharafni, u jamoatning raisiga yoki ustoziga bermoq; ham jamoatga, hamda u ustoz va raisga zulm bo’lgani kabi.. Janobi Haqning nuru fayziga ma'kas va vasila va vosita bo’lgan ustozning masdar va muqtadir va manba deb o’ylanilmasligi kerakligini, go’zal bir tamsil bilan isbot qilib, haqiqati holga deraza ochib ko’rsatadi.

O’N TO’RTINCHI MULOHAZA:Tavhidga doir to’rt kichik ramzdir.

Birinchi Ramz:Tor nazarli, qisqa fikrli va muhokamasiz aqlli, sababparast insonning nazarini vahdoniyati Ilohiyaning dalillariga o’girib, go’zal bir tamsil ustida "La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah" deydi, tavhidni isbot qiladi.

Ikkinchi Ramz:يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ning bir sirrini tafsir qilib, ishqi majoziyga mubtalo bo’lgan insonga, ishqi haqiqiyni va Ma'budi Bilhaqni ko’rsatadi.

Uchinchi Ramz:Hayoti boqiyaga va sarmadiy manzaralarga nomzod, yuksak maqomda xalq qilingan iste'dodot va latoifi insoniya, ba'zan butunlay hech bo’lgan havo-i nafsga asir bo’lganidan, iqoz va inzor bilan insonni tayaqquzga chorlagan buyuk bir haqiqatning kichik bir uchidir.

To’rtinchi Ramz:Uzun orzulardan va o’tmish va kelajak alamlardan ruh va qalbni go’zal bir tamsil bilan qutqarib, "La ilaha Illalloh" kalima-i qudsiyasining shifoyob va rahmatbaxsh xazinasiga taslim qiladi.

O’N BESHINCHI MULOHAZA:"Uch Masala"dir.

Birinchisi:Ismi Hofizning tajalli-i atammiga ishorat qilgan

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ

oyati bilan, Hofizi Zuljalolning Yer Kurrasi ekinzorida azal ilmi bilan xalq etib zar' etgan tuxumlarni, kasif tuproq ichida va shiddati burudat qarshisida muqovamatsiz, nihoyatsiz zaif va kichik bo’lganliklari holda muhofaza qilib, hashri bahoriyda boshqa bir olamdan kelganlaridek, avomiri takviniyaga imtisol bilan kelishlari bilan, omonati kubro hamalasi va Arzning xalifasi va koinotning mevasi bo’lgan insonlarning af'ol va osor va aqvollari va hasanot va sayyiotlari muhofaza etilib hashrning tongida maydoni muhosabaga keltirilishini qat'iy isbot qilib, hashrni ba'zi sabablar natijasi ba'id ko’rgan insonlarga, bilmushohada namunasini ko’rsatadi.

Hofiz Ali

O’N SAKKIZINCHI YOG'DU:

Boshqa bir majmuada nashr etilganidan bu yerga darj etilmadi.

O’N TO’QQIZINCHI YOG'DU:

كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لَا تُسْرِفُوا

oyati karimasini "Yetti Nukta" bilan tafsir etgan, iqtisodni amr qilib, isrof va tabzirdan man etgan va ayniqsa bu asrdagi basharga g’oyat muhim bir darsi hikmat bergan, qiymatdor va juda muborak bir risoladir.

BIRINCHI NUKTA:Janobi Haq basharga ehson etgan biljumla ne'matlarning muqobilida bashardan faqat bir "shukr" istaganini; iqtisod, ham ne'matlarga qarshi bir ehtirom, ham Janobi Haqqa bir shukri ma'naviy, ham ne'matning barakalanishiga bir vasila ekanini.. isrof esa; Mun'imi Haqiqiyning ne'matlariga bir hurmatsizlik va bir tahqir bo’lmoq bilan, qo’rqinchli natijalari ekanini bayon qiladi.

IKKINCHI NUKTA:Vujudi bashar bir saroy, me'da bir xo’jayin, og’izdagi quvva-i zoiqa bir darvozabon, at'ima bergan lazzatlar bittadan baxshish ekanini ko’rsatib; vujudning idorasi iqtisod bilan ta'min etilganini, isrof esa muvozanasizlikni va xastaliklarni tavlid etganini bayon etadi.

UCHINCHI NUKTA:Quvva-i zoiqa, moddiy jasadga inhisor etishdan ziyoda; aqlga, ruhga va qalbga qaraganidan, isrof qilmaslik, zillat va safolatga tushmaslik va u quvva-i zoiqani tashigan lisonni shukrda iste'mol etmoq sharti bilan laziz taomlarni tarjih va ta'qib etib bo'lishni; va bu haqiqat, horiqo quvva-i qudsiya sohibi Shohi Jiyloniy (Q.S.) Hazratlarining ihyoyi amvot karomati azimasi bilan izoh etilib; ruh jasadga, qalb nafsga, aql me'daga hokim bo’lgandan so’ng, shukrning muntaho darajalariga vosil bo'lmoq bilan mumkin ekanini bayon qiladi.

TO’RTINCHI NUKTA:Iqtisod sababi baraka bo’lganidan muqtasidlarning hayotlari izzat bilan o’tishini; isrof qilganlarning har vaqt safolatga, hatto tilanchilikka qadar tushganlarini, hatto haysiyat va nomuslarini va hatto muqaddasoti diniyalarini ham fido etganlarini; va iqtisodning mafoydalii azimasini va isrofning dahshatli zararlarini va saxovatning go’zalligi ichida bir o’tinchi keksaning istig'nosini zikr etib, iqtisodning qiymat va izzatini saxovatdan ustun chiqaradi.

BESHINCHI NUKTA:G’oyat maroq-avar bir asal voqeasi bilan, iqtisoddagi izzat va barakaning va isrofdagi safolat va mahrumiyatning bir sirrini, juda haqiqatli bir suratda izoh etadi.

OLTINCHI NUKTA:Xissat bilan, xissatdan boshqa bo’lgan iqtisod xislati mamduhasini, Hazrat Umarning o’g’li Hazrat Abdullohning (R.A.) bir voqeasi bilan shunday izoh etadiki; iqtisodning xissat bo’lmaganini va isrofdan boshqa bo’lgan saxovatning daraja-i kamolini ko’rsatadi.

YETTINCHI NUKTA:Isrof hirsni, hirs qanoatsizlikni, qanoatsizlik mahrumlik va xasoratni va ham ixlosni qochirmoq bilan a'moli uxroviyaga ziyon yetkazmoq kabi uch muhim natijani tavlid etganini; va zakovatlari yuzidan ma'ruf adiblarning tilanchilikka qadar tanazzul etganlarini va bir qism olimlarning hirs yuzidan diqi maishatga giriftor bo’lganliklarini tamsillar bilan shu qadar go’zal izoh qiladiki, undan ortiq bayon va izoh tasavvur qilib bo’lmaydi.

Xusrav

YIGIRMANCHI YOG'DU:

اِنَّٓا اَنْزَلْنَا اِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ

ila oxir.. oyati karimasi bilan,

هَلَكَ النَّاسُ اِلَّا الْعَالِمُونَ وَهَلَكَ الْعَالِمُونَ اِلَّا الْعَامِلُونَ وَهَلَكَ الْعَامِلُونَ اِلَّا الْمُخْلِصُونَ وَالْمُخْلِصُونَ عَلٰى خَطَرٍ عَظ۪يمٍ

hadisi sharifiga muvofiq, Islomiyatda ixlos eng muhim bir asos ekanining sirrini, hadsiz nuktalaridan "Besh Nuqta" bilan tafsir va izoh qiladi.

BIRINCHI NUQTA:"Ahli dunyo va ahli g’aflat va ahli zalolat va ahli nifoq raqobatsiz bir suratda ittifoq etganlari holda, nima uchun ahli haq va ahli hidoyat raqobatli ixtilof etmoqdalar?" degan voqe' juda muhim va juda mudhish va ahli haq va ahli hamiyatni haqiqatdan qon yig’lattirgan bu savolga, ko’p sabablardan yetti sabab bilan javob berilgandir. Shundaydir:

Ahli haq va ahli hidoyatning ixtilofoti; haqiqatsiz, zalil bo’lganliklaridan va himmatsiz, past va oqibatni o’ylamasdan qasir-un nazar bo’lganliklaridan va hasadchi va dunyoga haris bo’lganliklaridan bo’lmagani kabi.. ahli g’aflat va ahli zalolatning ham kuchli ittifoqlari, haqiqatli va oqibatni o’ylaganliklaridan va yuksak nazarli bo’lganliklaridan bo’lmaganini shu qadar oliy bir uslub bilan va haqiqatli bir ifoda bilan bayon va izoh etadiki; "Fasubhanalloh, sabablari bilinmaganidan, har on uchun uch yuz ellik million fidokor taba'asi bo’lgan bu oliy Islomiyat, qanday qilib hammasi uch yuz ellik millionni oshmagan va o’limdan dahshatli qo’rqqan uch-to’rt farang hukumatning qo’lida asir bo’lganlar? Ham shunday bir asorat bilan mahkum etilganlarki, -Alloh! Alloh!- har fursatda shunday dahshatli shano'atlar qilinganki; Inkvizitsiya mazolimiga rahmat o’qittiradigan qiynoqlar, bechora ahli Islomga tatbiq etilgan; ko’z yoshlariga badal tomiridan doimo qonlar oqittirilgan; bir tayoq jazoga muqobil, ahli hamiyatning bo’yinlari g’addor zolimlarning qo’llari bilan uzilgan, otilgan; u bechora musulmon hamiyatparvarlarining bir qismi dorlarga osilgan, hayotlariga xotima berilgan, dunyoning ufuqlarida marhamatsizcha tashhir etilgan.. ham hayoti dunyoviylari parcha-parcha etilgan, ham hayoti uxroviyalari ziyon ko'rgan; bir qismining esa har ikki hayotlari va saodatlari birdan imho etilgan... Nima uchun?" deb voqe' bo’ladigan savolning javoblari, olmos xazinasi qiymatidagi bu risolaning Birinchi Nuqtasi bergan izohotning natijasida tushunilmoqdadir.

Xullas bu bechora musulmonlar haq va haqiqat maslagida ketarkanlar, xatoga va yanglishga tushishlari yuzidan ixloslari ziyon ko'rgan, oralariga raqobat kirgan, mobaynlaridagi ittifoq va ittihod o’rniga tafriqa va ixtilof kirgan.. binnatija, bu hollar tadoviy etilmagan, bu marazlar tavassu' etgan; bu hollarni ko’rgan ahli zalolat, ahli Islomning bu ixtilofot va tafriqasini g’animat bilgan, dasisalar bilan olami Islomga hujum etganlar, bechora ahli Islomni juda mudhish bir asorat ostiga olganlar, mahv etmoq uchun uringanlar. Xullas, asrlardan beri uch yuz ellik million ahli Islomni, zanjirlar ostida, har kun, har soat, har on ing-ing ingratgan holatlarning sabablari, bu risolaning Birinchi Nuqtasi bilan juda haqiqatli bir suratda izoh etilgan. Faqat hayhot! Zamon va zamin uyg’un emas ekanki, besh nuqtadan yolg’iz bir nuqtasi yozilgan; boshqalari ta'xir etilib, yozilmagan.

Xusrav

YIGIRMA BIRINCHI YOG'DU:

وَلَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ ر۪يحُكُمْ ٭ وَ قُومُوا لِلّٰهِ قَانِت۪ينَ ٭ قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكّٰيهَا وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسّٰيهَا ٭ وَلَا تَشْتَرُوا بِاٰيَات۪ى ثَمَنًا قَل۪يلًا

oyatlarini tafsir qiladi. Har amali xayrda, xususan uxroviy xizmatlarda ixlosning eng muhim bir asos ekanini bildirgan juda qiymatdor bir risoladir. Bu risola, avvalo bu mudhish zamondagi Qur'on xodimlari bilan so’zlashib deydiki: "Dahshatli dushmanlar qarshisida, shiddatli tazyiqot ostida, mudhish zalolatlar va savlatli bid'atlar ichida, sizlar g’oyat oz va g’oyat zaif va faqir va quvvatsiz bo’lganingiz holda, g’oyat og’ir va g’oyat buyuk va umumiy va qudsiy bir vazifa-i iymoniya va xizmati Qur'oniya, yolg’iz bir ehsoni Ilohiy bo’lib, Janobi Haq tarafidan yelkalaringizga qo’yilgan. Unday bo’lsa, harkasdan ziyoda ixlosni qozonishga va uning sirlarini o’zingizda joylashtirishga majbur va mukallaf bo’lganingizni bilishingiz kerak. Va ixlosni zoye etgan sabablardan shiddat bilan qochishingiz kerak" deydi va ixlosni qozonmoq uchun to’rt dasturni bayon etadi.

Birinchi dastur:"To’g’ridan to’g’riga rizo-i Ilohiyni maqsad qilishingiz kerak" deydi.

Ikkinchi dastur:Raqobatsiz, tahakkumsiz, hasadsiz, atolatsiz, haqiqiy bir tasonud bilan, faoliyatlarini umumiy maqsadga tavjih etib ishlagan bir fabrikaning charxlari kabi bo’lishingiz kerak, deydi. Va saodati abadiyani natija bergan va ummati Muhammadiyani (S.A.V.) dunyo va oxiratda sohili salomatga chiqargan bir safina-i Rabboniyada xizmat ettirilganingiz uchun ixlosga, ittifoqqa, tasonudga samimiyat bilan yopishishingiz kerak deb amr etadi.

Uchinchi dastur:Ham bir qancha misol bilan ixlosning bir sirri muhimini izoh etadi; ham Imom Ali (R.A.) va Shohi Jiyloniy (R.A.) kabi qudsiy, horiqo qahramonlarning, Nur talabalarining boshlarida ustoz va orqalarida yordamchi bo’lib, har vaqt hozir bo’lganliklarining vajhini bayon etadi.

To’rtinchi dastur:Qardoshlar orasida "tafoniy" sirini, ya'ni "qardosh qardoshda foniy bo’lmoq" asosini joylashtiradi.

Va ixlosni quvvatlantirgan bir vositaning "robita-i mavt" ekanini va ziyon yetkazgan sabablarning "riyo va tuli amal" kabi mardud xislatlar ekanini bildiradi.

Ixlosni qozonishning ikkinchi sababi; doimo huzuri Ilohiyda ekanini o’ylamoqdir. Bu surat bilan ham riyodan qutulish chorasini, ham qozonilgan ixlosda ko’p marotib ekanini bayon etadi.

Undan so’ng, ixlosni sindirgan sabablardan uch monedan birinchisining "moddiy manfaatlar" ekanini; va a'moli uxroviyadagi tashriki maso'iyda muazzam manfaat ekanini; ham bu uxroviy qozonch, dunyoviy sheriklarning qozonchlari kabi bo’lmasdan, tajazzi va inqisom etmasdan, nuqsonsiz bo’lib, fazli Ilohiy bilan, tarokum etgan savob va yakunlarining bir misli, ishtirok etgan fardlarning har birining daftari a'moliga aynan kirishini bayon qilib, raqobat va ixlossizlik bilan bu tijoratning qochirilmasligini tavsiya etadi. Monening ikkinchisi, ixlosni sindirgan va eng muhim bir marazi ruhiy bo’lib shirki xofiyga yo’l ochgan "tavajjuhi omma"dan shiddatli qochishni va bu kabi marazlarga ahamiyat berilmasligini ahamiyat bilan amr etadi. Uchinchi mone ham qo’rquv va tama' yuzidan keladigan zararlar bilan ixlosning sinishini bahs etib, bu xususda Hujumoti Sittada izohoti kofiya berilganidan, u qiymatdor risolaga havola etilmoq bilan xotima berilgan, shirin va latif va juda oliy va mislsiz va harkas muhtoj bo’lgan bir risola-i muborakadir.

Xusrav

BIR QISM QARDOSHLARIMGA XUSUSIY BIR MAKTUBDIR:

Bid'atlarning istilosi zamonida, Sunnati Saniyaga ittiboning ahamiyatini va Risola-i Nurni yozishning "besh navi ibodat ekanini" bildirgan qiymatdor bir maktubdir.

YIGIRMA IKKINCHI YOG'DU:

وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللّٰهِ فَهُوَ حَسْبُهُ اِنَّ اللّٰهَ بَالِغُ اَمْرِه۪ قَدْ جَعَلَ اللّٰهُ لِكُلِّ شَىْءٍ قَدْرًا

kabi oyatlar bilan, uch ishorat bilan, Risola-i Nur muallifiga va Risola-i Nurga oid ko’plar tarafidan deyiladiki: "Sen ahli dunyoning dunyosiga qo’shilmaganing holda, nima uchun har bir fursatda sening oxiratingga qo’shiladilar? Hatto hech bir hukumat tarik-ud dunyo va munzaviylarga qo’shilmaydi?" maolida bir savolga qarshi g’oyat chiroyli javob beradi.

BIRINCHI ISHORAT:Risola-i Nur muallifi va Risola-i Nur, butun ahli iymonning, xususan Isparta viloyatining ma'naviy taraqqiyotlariga va iymonlarining inbisotiga muhim bir mador bo’lganidan; bu savolning javobini, din va shariat nomidan, haqlarini mudofaaga majbur bo’lganliklaridan, dinsizlarga qarshi mudofaa vazifasi, insonlarning, xususan Isparta Viloyatining insonlarining haqlari ekanini qat'iy ko’rsatadi.

IKKINCHI ISHORAT:Tanqid va istifsorkorona, mimsiz madaniyat tarafidan deyilgan: "Sen nima uchun bizdan ranjiding va bizga murojaat etmaysan? Holbuki bizning prinsipimiz bor. Bu asrning muqtazosi bo’lib xususiy dasturlarimiz bor. Bularning tatbiqini sen o’zingga va ahli iymonga qabul etmayapsan. Holbuki bu Jumhuriyatlar davrida tahakkum va tag'allubno olib tashlash dasturi bor. Holbuki sen, domlalik va inzivo pardasi ostida nazari diqqatni jalb etishing va hukumatning rejimi xilofiga harakat qilganingni, mojaro-i hayoting ko’rsatmoqda. Bu sening holing burjuaziya sinfiga maxsusdir. Bizning, avom tabaqasining intibohi bilan sotsializm va bolshevizm dasturlarini tatbiq etmoq, ishimizga yarayapti. Prinsiplarimizga muxolif va burjuaziya sinfi deyilgan xoslar tabaqasining istibdod va tahakkumlari ostida adolati mahzani qabul etmoq og’ir kelmoqda." kabi savollariga qarshi:

Ne mumkin zulm ila, biydod ila imho-i haqiqat;

Tirish qalbni yo'qot, muqtadirsan odamiyatdan.

dasturi bilan Janobi Haqning fazlu karami bilan ulumi iymoniya va Qur'oniyani fahm etmoq fazilatini ehson etganini; va bu ehsonni yo’qotishga intilgan, inson suratida shaytonlar ekanini; bir qancha muhim misol bilan, ahli ilhod va qisman munofiqlar bu qonundan tashqari muomalani hech bir hukumat va hech bir fardning tasvibiga mazhar bo’lmagan bu muomalaga Jumhuriyat Hukumati muso'ada etmaganini; yolg’iz Risola-i Nur muallifi emas, agar tushunsa navi bashar jahllanishini va anosir hiddatlanganini ko’rsatmoq bilan, g’oyat go’zal bir javob beradi.

UCHINCHI ISHORAT:Ikki savolning javobidir.

Birinchisi:Ahli Falsafa, zindiqo hisobiga deydilarki: "Bizning mamlakatimizda bo’lgan bir odam, majburiy Jumhuriyatning qonunlariga inqiyod etadi. Holbuki sen, vazifasiz bo’lganing holda, xalqlarning tavajjuhini qozonmoq istaysan." deyishlariga qarshi bir muskit javob beradiki, ularning foyalarini o’rtaga chiqarib nima bo’lganliklarini ko’rsatadi.

Ikkinchi Savol:"Tavajjuhi nosni va mavqe-i ommani qozonmoq, bizning vazifadorlarimizga maxsus bo’lib, sen vazifasiz bir odam bo’lganingdan, tavajjuhi nosni va mavqe-i ommani sizga xush ko’rmaymiz?" deyishlariga qarshi: Agar inson bir jasaddan iborat bo’lsaydi, loyamutona dunyoda qolsa va qabr eshigi yopilsa va o’lim o’ldirilsa; o’sha vaqt vazifalar yolg’iz moddiy askarlik va idora ma'murlariga maxsus qolardi. Holbuki bunday ma'naviy va g’oyat muhim va butun basharni aloqador qilgan bir vazifaning inkori; "Almavtu Haq" da'vosini, har kun janozalarining muhri bilan imzo qo'yib tasdiq qilgan o’ttiz ming shohidning shahodatini takzib va inkor etmoq bilan bo’ladi. Modomiki inkor va takzib etmoq maholdir; unday bo’lsa, ma'naviy hojoti zaruriyaga istinod etgan ma'naviy ko’p vazifalar bor ekanini, go’zal va muhim bir ikki tamsil bilan izoh va isbot qiladi.

Shu risolaning xotimasida, "Anoniyatli ahli dunyoning har ishida shu qadar hassosiyat borki; agar shuurlari bo’lsaydi, daho darajasida bir muomala bo’lardi." deb ahli iymonga ularning u hassosiyat va dasisalariga aldanmasliklarini tavsiya bilan, ularning bu holi bir istidroj ekanini xabar beradi.

Kichik Ali

YIGIRMA UCHINCHI YOG'DU:

O’ttiz Birinchi Maktubning Yigirma Uchinchi Yog'dusi bo’lgan "Tabiat Risolasi"dir. Tabiatdan kelgan fikri kufriyni tirilmaydigan bir suratda o’ldirgan va kufrning poydevorini chil-parchin qilgan va juda xunuk va mustakrah va g’ayri ma'qul muzill afkorni, insofli qofilalardan tard etib chiqargan va saodati abadiyaning u haqiqatli yo’llarini juda ahamiyatli, juda shirin va g’oyat zavqli bir suratda ochib, dalillari bilan, burhonlari bilan isbot qilgan va muallifiga abadiy rahmat o’qilishiga vasila bo’lgan, oliy, g’oyat qiymatdor bir risoladir. Bu risola

قَالَتْ رُسُلُهُمْ اَفِى اللّٰهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

oyati karimasining bir tafsiri vazihi bo’lib, "Janobi Haq haqida shak bo’lolmaydi va bo’lmasligi kerak" deyish bilan, vujud va vahdoniyati Ilohiyani badohat darajasida ko’rsatadi. Shu sirni izohdan avval, bir Eslatma bilan, bir ming uch yuz o’ttiz sakkiz sanasida qo’shini Islomning Yunonga g’alabasidan nash'a olgan ahli iymonning quvvatli afkori ichiga g’oyat mudhish bir zindiqo fikri kirayotgan ekan, u zindiqo mafkurasining boshini olib tashlash g’oyasi bilan Anqarada Arabcha bo’lib chop etilgan bu risolaning, so’ngra aynan Turkchaga tarjima etilganini xotirlatadi.

MUQADDIMA:Insonlarning og’zidan chiqqan va dinsizlikni ishmom etgan va ahli iymonning bilmasdan iste'mol etgan kalimalarining eng muhimlaridan uch donasini bayon etadi.

Birinchi Kalima:"Avjadathul asbob" ya'ni olamning sabablari ijod etadi.

Ikkinchi Kalima:"Tashakkala binafsihi" ya'ni o’zidan-o’zi bo’lmoqda.

Uchinchi Kalima:"Iqtizothut tabiat" ya'ni tabiat iqtizo etib qilishda.

Bu uch dahshatli kalimalarning, loaqal to’qson maholotni tazammun etgan uchtadan maholdan to’qqiz mahol bilan, ochganlari uch yo’lni tamoman yopib, to’rtinchi yo’l bo’lgan "Tariqi Vahdoniyat" bilan, biljumla mavjudot bir Qodiri Zuljalolning qudrati bilan vujud topganini, haqiqiy va latofatli tamsillari bilan isbot qiladi.

BIRINCHI KALIMA:"Avjadathul asbob" Tashkili ashyo, olamdagi sabablarining ijtimoi bilan vujud topishining juda ko’p maholotidan uch donasini zikr etadi.

Birinchisi:"Har qaysi bir zihayotning ijodi Vohidi Ahadga berilmasdan, sabablardan talab qilinsa; bir dorixona-i kubroda mavjud shishali idishlarning ichidagi moddalarning g’arib bir tasodif asari yoki esgan shamollarning shishali idishlarni urib yiqitib ichidagi moddalarning oqishi va bir yerga to’planishi" tamsili bilan ko’rsatilgan vujudi ashyoni sabablarga bermoq e'tiqodining hadsiz maholiyatini bayon etadi.

Ikkinchi Mahol:Mavjudotdan bir chivinning inshosi Vojib-ul Vujudga berilmasdan, olamning sabablari qilishda deyilsa; koinotning aksarisi bilan aloqador bo’lgan bu chivinning har bir zarrasini; ko’ziga, qulog’iga, qalbiga va jasadiga joylashtirmoq uchun, arkoni olamni va anosir va tabayi'ni, usta kabi, u chivinning ham zohirida, ham botinida ishlattirmoq lozim keladi. Bu mahol, Sofistaiylarni ham ablahona maslaklari ichida uyaltiradi.

Uchinchi Mahol:"Bir vohidning vahdati bo’lsa, har holda bir qo’ldan sudur etgani" qoidasi bilan, shu mukammal intizom va shu hassos mezon va shu jome' hayotga mazhar bo’lgan bir mavjud, agar Vohidi Ahadning bir masnu'i deb qabul qilinmasa; jomid, johil, ko’r, kar, shuursiz, aralash-quralash hadsiz sabablarning chalkashtiruvchi qo’llari orasida insho etilgani va nihoyatsiz imkonot yo’llari ichida g’oyat mukammal va nihoyat hassos va jome' bir hayotga molik bo’lib vujudi qabul qilinsa, yuzlab maholni birdan qabul etmoq imkonsizligini va eshaklarni ham eshakliklari ichida kuldiradigan darajada aqldan uzoqligini ko’rsatadi.

IKKINCHI KALIMA:"Tashakkala binafsihi" ya'ni o’zidan-o’zi tashakkul etmoqda. Shu maholning botil ekanini ko’rsatgan ko’p maholotlardan uch maholni, namuna sifatida zikr etadi.

Birinchisi:Har mavjud, oddiy bir modda bo’lmagani kabi jomid va tag'ayyursiz ham bo’lmaganidan; va hamda zarralardan tashakkul ettirilgan g’oyat ajib bir uskuna va g’oyat horiqo bir saroy bo’lmoq bilan birga, zohiriy va botiniy tuyg’ular bilan mujahhaz bo’lganidan, koinot bilan aloqasi bordir. Xullas, har bir mavjud Xoliqi Kulli Shayga isnod etilmasdan, "o’zidan-o’zi tashakkul etmoqda" deyilsa; u vaqt har bir mavjudning har bir zarrasiga bir Aflotunga badal minglab Aflotun qadar ilm va shuur bermoq kabi xurofotchilik va devonalikning eng kattalarining o’rtasiga tushganini bayon etib, isbot etadi.

Ikkinchisi:Har bir mavjud, ayniqsa fardi inson; bir-biri ichida joylashtirilgan minglab qubbali bir saroy va har bir qubbasi minglab zarrotning bir-biri bilan birikishi bilan tashakkul etgan ajib naqshli g’arib bir san'ati horiqo bo’lgani holda, "Bu masnu'ot bir Sone'-i Vohidning asari san'ati emasdir, o’zidan-o’zi tashakkul etmoqda" deyilsa, hadsiz va hudud ostiga olinmagan zarroti vujudiya adadicha mahollar o’rtaga chiqadiki; bu mafkura sohiblarini johillikning eng muntahosida o’tqazib, ajhaliyat bilan tajhil etadi.

Uchinchi Mahol:Sone'-i Zuljalolning ijodi bo’lgan har bir masnu', qalami qadari azaliyning bir maktubi bo’lmasa, "olamning sabablari ijod etmoqda" deyilsa; u vaqt u sabablar, avvalo u masnu'ning badanidagi hujayralaridan tut, minglab murakkabot adadicha tabiat qoliplari, temir qalamlari va harflari va hatto bu temir harflarni va qalamlarni va qoliplarni to’kmoq uchun bir qancha fabrikalar va bu fabrikalarning inshosi uchun, shuning kabi fabrikalarning vujudi lozim keladi. Va hokazo bu tasalsul borgancha boradi. Bu nomutanohiy maholotni intoj etgan bu fikrni qabul etganlar, bu haqiqatdan yegan tarsakilaridan uyg’onib, bu fikrlaridan voz kechishlari kerak deydi.

UCHINCHI KALIMA:"Iqtizothut tabiat" ya'ni tabiat iqtizo etadi. Bu izlol etuvchi muzill fikrning juda ko’p maholotidan uch maholining

Birinchisishuki: Shamsi Azaliyning qalami qadar va qudrati bo’lgan olimona, basirona, hakimona san'ati ijod, u Zoti Zuljalolga

berilmasa ham ko’r, ham kar, ham aqlsiz, ham tushunchasiz bir tabiatga berilsa; u tabiat bu masnu'otni qilish uchun, yo hamma narsada hadsiz ma'naviy uskuna va matbaalarni saqlaydi yoxud hamma narsada koinotni xalq etib idora qiladigan bir qudrat va hikmatni darj etadi. Bu esa, har bir mavjudda hadsiz bir qudrat va iroda va nihoyatsiz bir ilm va hikmat tashiydigan bir tabiatni yoki bir quvvatni va go'yo bir ilohni, ichida qabul etmoq lozim keladiki; bu esa, koinotdagi maholotning eng botili va xurofotning eng yolg’on bir shakli ekanini va Xoliqi Koinotning sifoti qudsiyasining tajalliyotiga "tabiat" nomini berganlar, hayvonlardan yuz daraja past ekanini ko’rsatadi.

Ikkinchisi:G’oyat intizomli va mezonli va hikmatli bo’lgan shu mavjudot, nihoyatsiz Qodir va Hakim bir zotning ijodidir deyilmasa, tabiatga berilsa, u vaqt tabiat, nabototning mansha'i va maskani bo’lgan va nabototga gultuvaklik vazifasini bajargan bir parcha tuproqda, milliardlar adadicha boshqa-boshqa uskunalarni va matbaalarni joylashtirishi kerakki; u tuproq har turli nabototning mansha'i va maskani bo’la olsin va hayotlariga lozim har turli ehtiyojlarini muayyan miqdorlari dohilida bera olsin. Xullas, bu xurofotni va hadsiz maholotni natija bergan bu mafkurani tashiganlarning eshakliklariga qarab, yuzlariga tukurib, deydi: Bu suubatli va mushkulotli ajib maholotning, qanday suhulatli vujudga inqilob etgani haqidagi savolga haqiqatli va g’oyat ma'qul bir javob berilgandir.

Uchinchisi:Ikki misoli bor.

Birinchisi:Xoli bir sahroda qurilgan g’oyat mukammal va muzayyan bir saroyga kirgan vahshiy bir odamning misoli bilan izoh etilgan bir haqiqatdir. Shundayki: U saroydan yanada muntazam, yanada mukammal va har tarafi mo’'jizoti hikmat bilan to’ldirilgan bo’lgan shu olam saroyining ichiga, uluhiyatni inkor etgan vahshiy tabiiyyunlar kiradilar. Ko’rgan mavjudotlarining, doira-i mumkinot xorijida bo’lgan Zoti Vojib-ul Vujudning asari san'ati ekanini o’ylamasdan; doira-i mumkinot ichida bo’lgan va qudrati Ilohiyaning tabaddul va tag'ayyur etgan ijroot qonunlarining bir dafrati hukmidagi majmua-i qavonini odatullohga va bir mundarija-i san'ati Rabboniya bo’lgan Ilohiy qonunlarga xatolik bilan

"tabiat" nomini berib, ashyoning ijodini unga tahmil etib, shundayin ahmoqona bir botil yo’lga kiradilarki, ahmoqlikning muntahosida eng katta ahmoqlik nishonini ko’kraklariga o’z qo’llari bilan taqadilar.

Uchinchi Maholning ikkinchi misoli:G’oyat muhtasham bir qarorgohga va g’oyat muazzam bir masjidga kirgan vahshiy bir odamning misoli bilan tamsil etilgan ikkinchi bir haqiqatdir. Sultoni Azal va Abadning hadsiz junudining muhtasham bir qarorgohi va muazzam bir masjidi bo’lgan shu koinotga, tabiat fikrli munkirlar kiradilar. Qaraydilarki; butun mavjudot ish boshida vazifadadirlar. Sone'-i Zuljalolning Zoti Aqdasidan i'roz etganlaridan, Xoliqi Zuljalolning bir jilva-i Rabboniyasi bo’lgan quvvatini mustaqil bir qodir deb o’ylab, ma'naviy qonunlarini bittadan moddiy modda tasavvur etmoq bilan birga, u qonunlarning qo’llariga ijod berib "tabiat" nomini taqqanlaridan, butun ko’rganlari shu horiquloda mavjudotni tabiatga isnod etib, vahshiylarning eng vahshiysi bo’lganliklarini e'lon etadilar.

Xullas, taqsimi aqliy bilan; mavjudning vujud topishi uchun to’rt yo’ldan boshqa yo’l bo’lmaganidan, bu yo’llar hadsiz va hisobsiz mahollarni ijob etgan to’qqiz mahol bilan yopilib, bilbedaho va bizzarura, to’rtinchi yo’l bo’lgan vahdat yo’li qat'iy bir suratda sobit bo’ladi. Va har bir mavjudning vujudi, to’g’ridan-to’g’riga Zoti Vojib-ul Vujudning dasti qudratidan chiqqanini va samovot va arz, qabza-i qudratida ekanini ko’rsatadi. Sababparast va tabiatga sho’ng’iganlarning ketganlari va ko’rolmaganlari yo’llarning mohiyatini ko’rsatgandan so’ng ularni insofga da'vat etgan va maslaklarini tark ettirgan g’oyat izohli va juda shirin va g’oyat latif bir bayondan so’ng, so’ralgan ikki shubhali savolning birinchisiga, "raddi mudohala va man'i ishtirok qonunlari"ning muqtazosi bilan; ikkinchisiga ham Xoliqi Zuljalol butun-butun hikmatiga zid bo’lgan natija-i xilqatni va samara-i koinotni abasiyatga o’girgan va hikmati rububiyatini inkor ettiradigan bir tarz bo’lgan maxluqotning ibodatlarini va ayniqsa insonning shukr va ubudiyatini boshqalarga berishga rizo ko’rsatmagani kabi, muso'ada ham etmaganini izoh etgan g’oyat go’zal javoblar bilan muqobala etilgandir.

Xotimasida, tabiat fikri kufriysini tark etgan va iymonga kelgan zotning maroq-avar uch savolidan:

Birinchisi:"Tanballiklari sababli namozni tark etganlarning Jahannam kabi bir azob bilan tahdid etilishlarining sababi nima?"

Ikkinchisi:"Ko’z bilan ko’ringan bu nihoyat darajada mabzuliyat va ijodi ashyodagi intizomli surat, ham vahdat yo’lidagi nihoyat darajada osonlik va suhulat, ham nassi Qur'on bilan

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ ٭ وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ

kabi oyatlarning nihoyat darajada ko’rsatganlari osonlikning sirri va hikmati nima?"

Uchinchisi:"Koinot fabrikasining ishlattirilishi bir tarkib va tahlil natijasi ekanini va hechdan bir narsa i'dom etilmagani kabi hechdan bir narsa ham ijod etilmas degan faylasuflarning bu so’zlari qandaydir?" deyishiga qarshi, juda daqiq va juda chuqur va g’oyat yuksak va juda keng va nihoyat darajada muqni' va muskit o'laroq sard etgan daloili aqliya bilan, sabablarga topingan va tabiat botqoqligida bo’g’ilganlarni qutqargan va hozir ham o’sha maslaklarida bo’lganlarni uyaltirgan g’oyat haqiqatli va musiyb javoblar bor.

Husan

YIGIRMA TO’RTINCHI YOG'DU:

"To’rt Hikmat"ni ichiga olgan.

يَا اَيُّهَا النَّبِىُّ قُلْ لِاَزْوَاجِكَ وَبَنَاتِكَ وَنِسَٓاءِ الْمُؤْمِن۪ينَ يُدْن۪ينَ عَلَيْهِنَّ مِنْ جَلَاب۪يبِهِنَّ

ilx... kabi oyatlar bilan Qur'oni Hakim tasatturni amr etadi. Safih va mimsiz madaniyatning esa, Qur'onning bu hukmiga qarshi muxolif ketganini va tasatturni fitriy ko’rmaganidan, "bir asoratdir" deb dinsizchasiga bir savoliga qarshi Qur'oni Hakimning bu hukmi aynan o’rnida bo’lib, balki asorat bo’lmasdan tasatturning fitriy ekanini ko’p tajriba va misollar bilan izoh va isbot etib, ularni isqot va tasatturga qat'iy amr etadi.

BIRINCHISI:Ayollarning fitrati tasatturni iqtizo etadi. Chunki xilqatan zaifa va nozik bo’lganidan, o’z hayotidan ziyoda bolalarini himoyaga fitratan bir mayli bo’lganidan, uni himoya qilganga qarshi o’zini go’zal ko’rsatmoq va nafrat ettirmaslikka va ittihomga ma'ruz qolmaslik uchun fitriy bir mayli ekanini.. ham ayollarning o’ntadan oltitasi yo keksa, yo xunuk bo’lmoq jihati bilan, xunukligini harkasga ko’rsatmoq istamaganini.. ham go’zallardan o’zini ko’rsatmoqdan siqilmaganlar, faqat o’ntadan bir-ikki bo’lib, boshqalari esa iflos va shahvoniy va saqil insonlarning nazarlaridan istisqol etganidan, o’zini ko’rsatmoq istamaganini.. va Qur'oni Hakimning tasatturga amri fitriy bo’lmoq bilan birga, u nozik va zaifani, bir rafiqa-i abadiya bo’la olishi uchun, tasattur bilan zohiriy va botiniy zillatdan va ma'naviy bir asoratdan qutqaradi deb g’oyat go’zal bir javob bilan g’addor madaniyatni isqot etadi.

IKKINCHI HIKMAT:Erkak va ayol orasida shiddatli bir muhabbat, yolg’iz bu hayoti dunyoviyaning ehtiyojlaridan kelib chiqmaganini, balki abadiy bir hayotda jiddiy bir do’st bo’lmoq uchun, u muhabbatni oxir umrga qadar davom etgani va etishi lozim kelgani jihat bilan u ayolning, abadiy o'rtog'i bo’lgan erining abadiy o'rtoqligidan mahrum qolmaslik uchun tasatturni qat'iyan va fitratan iqtizo etganini; va safih, g’addor madaniyatning "g'ayri fitriy va asoratdir" deyishlarini isqot etmoq bilan birga, tasatturga qat'iy amr etadi.

UCHINCHI HIKMAT:Oila saodati, xotin va er mobaynida bir amniyati mutaqobila va samimiy bir muhabbat bilan davom etganini; va tasattursizlik u amniyat va muhabbatni buzganini va sindirganini; va ochiq-sochiq ayolning o’ntadan bir donasi, eridan yanada yaxshisini ko’rmaganidan, o’zini boshqalarga ko’rsatmoq istamaganidan; va yigirmata odamdan faqat bir donasi xotinidan yanada go’zalini ko’rmaganidan, ochiq-sochiqlik va hayvoniy nazarlar u amniyatni va muhabbatni sindirganini; hatto u hayvoniy, sufliy va iflos ko’rinmoq, qarindoshlik kabi bo’lganda ham u amniyatni sindirganini; va u yalang’och oyoq bilan ko’rinish qarindosh kabi bo’lganda ham u amniyatni sindirganini; va u yalang'och oyoq bilan ko’rinishi, qarindoshning mahramiyati ham g’ayri mahram ekanini g’oyat qat'iy bir suratda isbot etadi.

TO’RTINCHI HIKMAT:Kasrati nasl har jihat bilan matlub bo’lib, har millat va har hukumat bunga tarafdor bo’lgani, hatto Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam

تَنَاكَحُوا تَكَاثَرُوا فَاِنّ۪ى اُبَاه۪ى بِكُمُ الْاُمَمَ

ya'ni "Uylaninglar. Men, sizning ko’pliginziz bilan iftixor etaman." deganlarini; tasattursizlik uylanishni ko’paytirmasdan, juda kamaytirganini, chunki bebosh zamonaviy bir o'spirin ham rafiqasining g’oyat nomusli bo’lishini istaganini; va ayol esa, erkakning bola-chaqa va moliga va hamma narsasiga dohiliy muhofiz bo’lganidan, ayolda sadoqat va amniyat lozim ekanini; tasattursizlik va ochiq-sochiqlik va hayosizlik esa, u sadoqatni va amniyatni sindirganidan, erkakka vijdon azobi chektirganini va ayollarda shijoat va saxovat u sadoqat va amniyatni ixlol etganini; va mamlakatimizning Ovrupaga qiyos etib bo’lmasligini, agar qiyos etilsa, naslning zaifligiga va quvvatning tushishiga sabab bo’lishini; va shaharliklar qishloqliklarga qiyoslanmasligini, chunki qishloqliklar maishat mashg’uliyati bilan ovora bo’lganidan, san'at bilan ishtig'ol etgan shaharliklar ularga qiyos etilmasligini va yana ko’p hikmatlarini g’oyat qat'iy isbot etadi.

Rushdu

AHLI IYMON OXIRAT OPA-SINGILLARIM BO’LGAN AYOLLAR TOIFASI BILAN BIR MUHOVARADIR:

Risola-i Nurning muhim bir asosi shafqat bo’lishi va ayollar toifasining shafqat qahramonlari bo’lishlari jihati bilan fitratan Risola-i Nur bilan aloqalari bo’lgani, faqat ba'zi yomon jarayonlar bilan u qiymatli sajiyaning suiste'mol etilganini.. va ayollarning saodati uxroviyasi kabi, saodati dunyoviyalarining ham chora-i yagonasi, doira-i Islomiyadagi tarbiya-i diniya ekanini izoh etgan qiymatli bir maktubdir.

YIGIRMA BESHINCHI YOG'DU:

"Yigirma Besh Davo"ni ichiga olgan. Bu risola,

اَلَّذ۪ينَ اِذَٓا اَصَابَتْهُمْ مُص۪يبَةٌ قَالُٓوا اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

kabi oyatlar, ahli iymonning musibatlari musibat bo’lmaganini, balki bir Eslatmai Subhoniy va iltifoti Rahmoniy ekanini ko’rsatadigan g’oyat muqni' bir tafsir va u ahli iymonning o’n qismidan bir qismini tashkil etgan musibatzadalarga qarshi ma'naviy bir tiryoq va g’oyat foydali bir dorixona kabi ekanini, hatto har bir davo boshqa-boshqa minglab tur dorilar kabi xosiyatlarini ko’rsatgan bir dorixona hukmida va Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning dorixona-i kubrosi bo’lgan

وَالَّذ۪ى هُوَ يُطْعِمُن۪ى وَيَسْق۪ينِ وَاِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْف۪ينِ

kabi shifo haqidagi yuzlab oyotning sirri ta'siriga shifoli, davoli bir muborak ma'kas va ma-i zamzama-i Qur'on hukmida ekanini ko’rsatadi.

BIRINCHI DAVO:Insonning xastaligi zohiran bir navi dard kabi bo’lsa ham, dard emas, balki bir navi darmon ekanini va umr sarmoyasi sihat va ofiyat va istig'nodan kelgan bir g’aflat bilan zoye bo’lganidan, xastalik u yo’qotishni mevador bir umrga aylantirganini xabar beradigan g’oyat go’zal bir davodir.

IKKINCHI DAVO:Ibodat ikki qism bo’lib, bir qismi musbat ibodatdirki, namoz va niyoz kabi ma'lum ibodatlar bo’lib, boshqasi manfiy ibodatdirki, xastaliklar insonga ojizligini, zaifligini his ettirganidan, xolis, riyosiz ma'naviy bir ibodat ekanini.. va bu xastaliklarning, Allohdan shikoyat qilmaslik sharti bilan, mo’'min uchun bir daqiqasi bir soat hukmiga o’tganini va ba'zi komillarning xastaliklarining bir daqiqasi bir kun ibodat hukmiga o’tganini rivoyati sahiha va kashfiyoti sodiqa bilan sobit ekanini bildiradigan g’oyat muhim bir davodir.

UCHINCHI DAVO:Inson bu dunyoga kayf surmoq va lazzat uchun kelmaganiga, mutamodiyan kelganlarning ketishi va yoshlarning keksayishi va mutamodiyan zavol va firoqda dumalashi shohid ekanini.. ham inson zihayotning eng mukammali va jihozot jihatidan eng boyi bo’lganidan, o’tgan lazzatlarni va kelajakdagi balolarni o’ylaganidan, qayg’uli va siqintili bir hayot o’tkazganini; xastalik esa, sog’liq va ofiyat kabi g’aflat bermaganidan, dunyoni xush ko’rsatmasdan u taxatturlarning alamlaridan voz kechirganidan, hech aldatmas bir voiz va bir murshid hukmida ekanini ko’rsatadigan bir muborak davodir.

TO’RTINCHI DAVO:Inson xastalikdan shikoyat emas, xastalikka sabr etishi lozim ekanini ko’rsatadi. Chunki u jihozotini o’zi qilmasdan va boshqa bir yerdan ham sotib olmaganidan; va mulk sohibi, bog’ini chopmoq, qazimoq va butamoq kabi mashaqqatlar bilan, u soyada go’zal bir mahsul olganidan; u mashaqqat u bog’ haqida mashaqqat emas, balki mahsulining yetishishiga mador bo’lganidan, shikoyatga hech haqqi bo’lmaganini ko’rsatgani kabi; insonning ham, xastalik bilan qilingan tasarrufdan shikoyat emas, tahammulga majbur ekanini, shiddatli bo’lgan payti "Yo Sabur" deb, sabr bilan muqovamat etilishini xabar beradi.

BESHINCHI DAVO:Bu zamonda, xususan yoshlar haqida; xastalik u yoshlarni yoshlik sarxushligidan man etgani uchun, ular haqida u xastalik ma'naviy bir sihat va ofiyat ekanini xabar beradigan g’oyat shirin bir davodir.

OLTINCHI DAVO:Musibatning ketishi bilan ma'naviy bir lazzat kelishini ko’rsatadi. Chunki "Alamning zavoli lazzatdir" deb u alamli musibatlar zavol bilan ruhda bir lazzat me'ros qoldirganini g’oyat go’zal xabar beradigan muhim bir davodir. Hatto bu davoning ahamiyatidandirki; ta'lifotida ikki karra ayni raqam takarrur etishi va shundayligicha qayd etilishi, ahamiyatini isbot etadi.

YETTINCHI DAVO:Xastalik, insonning sihatidagi ne'mati Ilohiyaning lazzatini qochirmaydi, aksincha tottiradi. Chunki bir narsa davom etsa ta'sirini yo’qotadi, zerikish beradi. Hatto ahli haqiqat deganlar:

اِنَّمَا الْاَشْيَاءُ تُعْرَفُ بِاَضْدَادِهَا

ya'ni "Hamma narsa ziddi bilan bilinadi". "Sovuq bo’lmasa harorat tushunilmaydi" degan ma'qul va shirin bir davodir.

SAKKIZINCHI DAVO:Xastalik, iymonli bir insonning oxiratini orqa qoldirmaydi, balki yanada ziyoda taraqqiy ettiradi. Chunki xastalik, sovun kabi gunohlarni yuvadi, tozalaydi; chiroyli bir kafforat-uz zunub bo’lgani hadisi sharif bilan sobit ekanini; ham iymonli bo’lgan bir insonning moddiy xastaligi ma'naviy xastaliklardan qutqarganini; shaxsi zohiriysining xatosi bilan shaxsi ma'naviysi xasta bo’lganidan zohir xastaligi u xatolardan orqa qoldirib, ma'naviy istig’forga sabab bo’lganidan, u moddiy xastalik juda katta bir xazina ekanini bildiradi.

TO’QQIZINCHI DAVO:Janobi Haqni tanigan bir inson uchun, o’limga sabab bo’lgan xastalikdan qo’rqmoq bo’lmaganini; va o’lim, inson tanigan va bilgan barcha ahli iymon bo’lgan ahboblariga qovushmoq ekanini; ham o’lim muqaddar bo’lib, ba'zan xastaliklilarning yonidagi sog’ insonlarning o’lishi va xastalarning sog’ayishi; ham o’lim, vazifa-i hayotdan bir paydos va bir rohat ekanini va ahli zalolat uchun g’oyat qo’rqinchli bir zulumoti abadiya ekanini bildirgan g’oyat muloyimona go’zal bir davodir.

O’NINCHI DAVO:Insonning xastaligi, maroq etgan sari g’oyat og’irlashishi, xususan avhomli bir xastaning bir dirham zohir xastaligi, maroq vositasi bilan o’n dirham bo’lishini, ham maroq ham alohida bir xastalik ekanini xabar bergan muhim bir davodir.

O’N BIRINCHI DAVO:Xastalik insonga shu on bir alam berganidan, avvalcha o’tkazgan xastaligingdan so’ng hech bir alam qolmasdan, hamon lazzatni bu onga qadar davom etganini xotirlab, u ondagi xastalikning tayyor alamidan qutulmoq bilan, bo’lgan daqiqangdan so’ng zamonning qanday kelishini bilmaganingdan, undan qo’rqmaslik lozim ekanini; ham yo’q bir zamonda, yo’q bir alamga, yo’q bir xastalikka vujud rangini bermoq ma'nosiz ekanini; va sabr quvvatini o’ngga va chapga tarqatmoq foyda bermaganidan, butun quvvati bilan hozirgi zamonga tayanmoq lozim ekanini xabar bergan eng a'lo bir davodir.

O’N IKKINCHI DAVO:Ham inson xastalik sababi bilan ibodat va avrodidan mahrum qolganiga taassuf etmasligiga; sabr va tavakkal va namozini qilish sharti bilan, u xastalikda ibodat va avrodining savobini aynan va yanada xolis bir suratda berilishi hadisga binoan sobit bo’lgani;

va inson u soyada ojizligini va zaifligini bilganidan, butun jihozotining lisoni hol va lisoni qoli bilan dargohi Ilohiyaga iltijo etishiga sabab bo’lganidan,

قُلْ مَا يَعْبَؤُا بِكُمْ رَبّ۪ى لَوْلَا دُعَٓاؤُكُمْ

sirrini anglatganidan, shikoyat emas, shukr etmoq lozim ekanini ko’rsatadi.

O’N UCHINCHI DAVO:Xastalikdan shikoyat etilmasligini; va xastalik ba'zilarga bir dafina ekanini; va ajal aniq bo’lmaganidan, har vaqt xavf va rijo o’rtasida bo’lmoq lozim ekanini; va o’lim insonni g’aflat ichida ushlamoq ehtimoli bo’lganidan, xastalik uning oxiratini o’ylattirmoq jihati bilan g’oyat go’zal bir nasihatchi bo’lishini ko’rsatadigan muhim bir davodir.

O’N TO’RTINCHI DAVO:Ham ahli iymonning ko’z xastaligi pardasi ostida -ya'ni ko’r bo’lishida- juda muhim bir nur va ma'naviy buyuk bir ko’z bo’lib, bir necha yil dunyoning hazinona foniy bir go’zalligini foniy bir suratda tomosha qiladigan foniy bir ko’zga badal, qirq ko’z quvvatida abadiy ko’zlar bilan abadiy bir suratda Jannatda Jannat lavhalarini tomosha qilishi yanada avlo bo’lishini bayon qiladi.

{(Hoshiya) Bu davoning ta'siridan: Musofir bo’lib bir qishloqqa borganimda; u yerda ko’zsiz Mahmad Og’a ismli bir zot, ko’z xastaligidan shikoyati sababli, yonimda bo’lgan Xastalar Risolasining O’n To’rtinchi Davosini o’qiganimda, uning ma'naviy ta'siri bilan u zot aytdiki: "Koshki savob va ma'naviy yutuqni qozontirgan xastaligimdan shikoyat etmasaydim." deya nadomat bilan, shukr qilishga tushdi. Xastalik u haqida bir Ilohiy rahmati bo’lganini qat'iy angladi.}

O’N BESHINCHI DAVO:Xastalikning suratiga qarab "voh!" chekmoq joiz bo’lmaganini, balki ma'nosiga qaralsa "oh!" deb ma'naviy lazzatlar oqitishini; chunki ma'naviy savob lazzati bo’lmasaydi, Janobi Haq eng sevgan qullariga xastalikni bermasdi deb hadisi sharifda

اَشَدُّ النَّاسِ بَلَاءً اَلْاَنْبِيَاءُ ثُمَّ الْاَوْلِيَاءُ اَلْاَمْثَلُ فَالْاَمْثَلُ

-av kama qol- hadisi sharifining sirrini; va ba'zi xastaliklar shahid maqomini qozontirishini, xususan ayollarning nifos zamonida qirq kun mobaynida vafot etsalar, shahid bo’lishlarini eng go’zal bir suratda xabar beradi.

O’N OLTINCHI DAVO:Xastalik, insonning ijtimoiy hayotida eng muhim hurmat va marhamatni talqin etganini, sihat va ofiyat, nafsi ammoraga, har jihatdan behojatlik ko’rsatgani; xastalik, behojatlik o’rniga hurmat va marhamatni his ettirgani uchun, o'ziga o'xshaganlarga shafqatni jalb etishga vasila bo’lishini ko’rsatgan g’oyat go’zal va eng shirin va lazzatli bir davodir.

O’N YETTINCHI DAVO:Inson, xastalik vositasi bilan, yaxshilik qilolmagani uchun ta'sirlanish joiz emasligini; eng muhim yaxshilik xastalikda ham borliginini, hatto xastalarga qarash ham eng muhim xayr va sadaqa hukmiga o’tishini; iymoni bo’lgan bir xastaning holini so’rash va go’zal tasalli berish, xususan ota-ona bo’lsa, ularning duolarini olish eng a'lo yaxshilik va sadaqa bo’lishini, muhim tarzda ko’rsatadi.

O’N SAKKIZINCHI DAVO:Inson shukrni tashlab shikoyat qilishga va bir haqqining zoye bo’lishidan shikoyatga hech haqqi yo'qligini; sening ustingda Janobi Haqning ko’p ne'matlari bo’lgani uchun, ularning shukr haqqini ado etmaganing sababli Janobi Haqqa bir haqsizlik qilishini; sihat-salomatlik nuqtasida o’zingdan pastdagi bechoralarga qarashing lozim ekanini, ya'ni bir barmog’ing, bir qo’ling, bir ko’zing bo’lmasa; ikki barmog’i, ikki qo’li, ikki ko’zi bo’lmaganlarga qarash lozim ekanini; hechlikdan vujudga kelib, tosh, daraxt va hayvon bo’lmasdan inson bo’lib Islom ne'matini va sihat va ofiyat ko’rib yuksak darajaga noil bo’lib, ba'zi nuqsonlar bilan va o’z yomon istaging bilan va suiste'moling bilan qo’lingdan ketgan va qo’ling yetmagan ne'matlardan shikoyat qilish, sabrsizlik ko’rsatish kufroni ne'mat bo’lishini ko’rsatadigan davodir.

O’N TO’QQIZINCHI DAVO:Jamili Zuljalolning butun ismlari, "Asmo-i Husna" ta'biri Samadoniysi bilan go’zalliklarini va mavjudot ichida eng latif, eng jome' oyna-i Samadiyat - hayot ekanini; va go’zalning oynasi go’zal bo’lishini; va go’zalliklarini ko’rsatgan go’zallashishini va u oynaga go’zaldan nima kelsa, go’zal bo’lishini; va hayot doimo sihat va ofiyat va bir xilda o’tsa, noqis oyna bo’lishini; va xasta a'zoning atrofida, Sone'-i Hakim boshqa a'zolarni unga yordam berdirib, naqshlarini va vazifalarini ko’rsatish uchun xastalikni musofir sifatida yuborib, vazifasi tugagandan so’ng yerini yana ofiyatga qoldirib ketganini isbot qiladi.

YIGIRMANCHI DAVO:Xastalik ikki qism bo’lib; bir qismi haqiqiy, bir qismi hayoliy ekanini; haqiqiy qismiga Shofiyi Zuljalol Yer Kurrasi dorixona-i kubrosida har dardga bir davo yiqqanini, u davolar esa, dardni istagani uchun, ularni iste'mol qilish mumkin ekanini, lekin davoning ta'sirini Janobi Haqdan bilish kerakligini; hayoliy xastalikka ahamiyat berilmasligi, ahamiyat bergan sari ortishini, ahamiyat berilmasa yengil o’tishini go’zal tamsil bilan isbot qiladi.

YIGIRMA BIRINCHI DAVO:Xastalik moddiy azob bo’lib, uni yo’qotadigan ma'naviy lazzat qamraganini; va zohiran ota-ona va qarindoshlarning shafqatlari, uning atrofida xastalik jozibasi bilan, unga qarshi muhabbat bilan qaraganidan, u alam juda arzonligini; moddiy va ma'naviy ko’p yordamchilari bo’lgani uchun, shikoyat emas, shukr qilish lozim ekanini isbot qiladi.

YIGIRMA IKKINCHI DAVO:Falaj kabi og’ir xastaliklar, mo’'min uchun juda muborak sanalganini; va valiylar fikricha muborakligi ko’rilganini; va Janobi Haqqa yetish uchun ikki asos bilan ketilganini; falaj kabi xastaliklar esa, ikki asosning xossasini berishini; u ikki asosning birisi; "robita-i mavt" (ya'ni dunyoning foniy ekanini bilgani kabi, o’zining ham foniy va vazifador musofir ekanini ko’rsatadi.) Ikkinchisi: Nafsi ammoraning va ko’r hissiyotning tahlikalaridan qutulish uchun, bir qism ahli iymon chillalar bilan nafsi ammorani o’ldirganlaridan, hayoti abadiyalarini shu suratda qozonganlarini; va falaj kabi xastaliklarda ayni xossa bo’lgani uchun, u xastalik uning uchun juda arzon tushishini isbot qilib ko’rsatadi.

YIGIRMA UCHINCHI DAVO:Xastalik, g’urbatda va kimsasizlikda bo’lganida, kimsasizligi uchun, o’ziga eng qattiq qalblarning ham achinishlarini jalb etishini; Qur'onning barcha suralarining boshida "Arrohmanirrohim" sifati bilan o’zini bizga tanitgan Alloh, bir shafqat jilvasi bilan, onalarni umum chaqaloqlarga yordamchi qilganini; va har bahorda, bir rahmat jilvasi bilan ne'matlarini bizga yuborganini; u ne'matlarga noil bo’lish, iymon va intisob va uni tanish bilan bo’lishini; va g’urbat va kimsasizlikdagi xastalik, Janobi Haqning nazari marhamatini jalb ettirishining muhim xabarini beradi.

YIGIRMA TO’RTINCHI DAVO:Ma'sum bolalarga va ma'sumlar kabi keksa xastalarga qaragan va ularga xizmat qilganlar haqida buyuk uxroviy tijorat bo’lishini; va nozik bolalarning xastaliklari, kelajakda dunyo hayotining qiyinchiliklariga chidash uchun Rabboniy shprits ekanini; va emlashlardan kelgan savob va foyda, ularga qaraganlarning va ayniqsa onalarining amal daftariga yozilishini; va bu haqiqatning haqiqat ahli tomonidan ko’rilganini; ayniqsa keksa ota-ona va qarindosh keksalarning duolarini olish, oxirat saodatiga sabab bo’lishini; ularga qaraganlarning ham, kelajakda o’z avlodlaridan ayni vaziyatni ko’rishini va qaramaganlari natijasida uxroviy azob bo’lishi kabi, dunyoviy jihatidan ham ko’p falokatlarga uchraganlarini va uchrashlarini voqe’alar bilan isbotlangani; va qarindoshi bo’lmasa ham, ularga qarash Islomiyat iqtizo qilishini qat'iy isbot qiladi.

YIGIRMA BESHINCHI DAVO:Butun xastaliklarning juda foydali ma'naviy davosi va haqiqiy va qudsiy bir dorisi - iymonning inkishofi ekanini; tavba, istig’for, namoz va qullik bilan, qudsiy malham bo’lgan iymon va iymondan kelgan dorining iste'mol qilish kerakligini; g’aflatdagilarning zavol va firoq zarbalari bilan yaralangan buyuk ma'naviy dunyolarining davosi, qudsiy dori bo’lgan iymonning shifosidan yaralardan qutulishlarini va iymon dorisining ta'siri farzlarni bajarish bilan bo’lishini; kayf safo va nafsoniy hoy-havaslar va noshar’iy kayf-safolar, dorining ta'sirini kesishini ko’zga ko’rsatib, qat'iy suratda izoh va isbot etadi.

Hofiz Mustafo (R.H.)

YIGIRMA OLTINCHI YOG'DU:

كٓهٰيٰعٓصٓ ٭ ذِكْرُ رَحْمَتِ رَبِّكَ عَبْدَهُ زَكَرِيَّا ٭ اِذْ نَادٰى رَبَّهُ نِدَٓاءً خَفِيًّا ٭ قَالَ رَبِّ اِنّ۪ى وَهَنَ الْعَظْمُ مِنّ۪ى وَاشْتَعَلَ الرَّاْسُ شَيْبًا وَلَمْ اَكُنْ بِدُعَٓائِكَ رَبِّ شَقِيًّا

Yigirma Oltinchi Yog'du "Yigirma Olti Umid"dir.

BIRINCHI UMID:Hamma narsaning asli, nuri, ziyosi, manbai, ma'dani, chashmasi iymon ekanini; eng avval, qudsiy, munazzah, muallo nurni qozonishga harakat qilish kerakligini bayon qilgan qiymatli, ijozli bir umiddir.

IKKINCHI UMID:Haqiqatda chaqaloq hukmida bo’lgan keksalar, keksalikda Xoliqi Rahimga iymon, bog’liqlik va itoat bilan, chaqaloqlar kabi "Rohmanirrohim" ismlarining mazhari bo’lishini bashorat bergan nurafshon bir haqiqatdir.

UCHINCHI UMID:Insoniyatning istar-istamas mubtalo bo’lgani barzoh sari yo’lchiligi va uxroviy inqiloblarda, ikki jahonning sarvari va anbiyolarning sayyidi va rahmat va marhamati Ilohiyaning timsoli bo’lgan Payg’ambari Zishonimiz Habibulloh Alayhissalotu Vassalamning Sunnati Saniyasiga ittibo bilan salomat va najot topilishini bayon qiladi.

TO’RTINCHI UMID:Dunyodan aloqalari kesilishni boshlagan otaxon va onaxonlar yaqinlashgan qabr eshigini o’ylaganlari va zohiran qorong’u ko’ringan olamlarni, nuri bilan munavvar qilgan va oydinlantirgan va insonga har bir harfi o’n savob va xayr; va ba'zan yuz va ba'zan ming savob va xayr qozontirgan va rahmat xazinasining kaliti bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonni iymon nuri bilan tinglab, amrlariga itoat va qaytariqlaridan uzoq turganlarning abadiy olamda baxtli bo’lishlarining xushxabarini berib, quvvatli umid eshigini ko’rsatadi.

BESHINCHI UMID:Har bir a’zo va har shaxsda juz'iy-kulliy ta'sirini ko’rsatgan oxiratga iymon tasallisi, keksalarga yanada azim va quvvatli bir umid va tasalli bergani uchun, keksalikni amniyatli bir safina-i Rabboniya bilib sevish, xushnud bo’lish va Janobi Haqqa shukr va hamd aytishni tavsiya etadi.

OLTINCHI UMID:Iymon nuri bilan, koinotning tabaqalari va yerning mavjudoti va maxluqoti munis do’st kabi Xoliqi Rahimga shahodat qilib, g’urbatni, qo’rquv va zulmatni ketkazgani kabi; keksalik bilan, hayoti bilan sherik bo’lgan narsalaridan ayrilgandan keyin olam kitobining harflari sanog’icha guvohlari; va ruh sohiblarining safqat, rahmat va inoyatga sabab bo’lgan jihozlari, taomlari va ne'matlari sanog’icha rahmatning dalillari bo’lgan va eng maqbul shafoatchi bo’lgan ojizlik va zaiflikning durbini bilan va keksalik ko’zi bilan qarab, keksalikdan ranjish emas, uni sevish bilan umid yo’lini ko’rsatadi.

YETTINCHI UMID:Foniy dunyoga ablahona boqiy bezagini bergan va hukumat poytaxtida ko’rilgan vahima binosini olti jihatdan chiritib, zalolatdan kelgan mudhish zulmatni, Qur'on nuri va iymon sirri bilan tarqatib, bechora musibatzada keksalarni vahima va shubha vodiylaridan chiqarib salomat sohiliga va rahmati Rahmonga yetishtirgan mujohid bir umiddir.

SAKKIZINCHI UMID:Janobi Haq mukammal karami va nihoyatsiz marhamat va shafqati bilan, abad va abadiy hayot uchun yaratgan insoniyatni mutlaq unutilishdan qutqarish uchun, Qur'oni Azimushshonda كُلُّ نَفْسٍ ذَٓائِقَةُ الْمَوْتِ muaddas farmoni bilan har bir nafsning o’limini xabar bergani kabi, o’limning alomati va bir xushxabarchisi va insonning doimiy o'rtog'i va ustozi bo’lgan sochlarining oqarishi bilan, boshi past bo’lishga hozirlangan va g’aflatga doimiy mayyol va foniyga mubtalo bo’lgan insonni, iymon sirri va Qur'on nuri bilan g’aflat uyqusidan uyg’otib, qo’liga quvvatli umid dasturini beradi.

TO’QQIZINCHI UMID:Ojizlik va zaiflikni shaxsan totgan va hissiyot jihatida bolalar va chaqaloqlar hukmidagi keksalik rahmat va Ilohiy inoyatni jalb qilishga vasila bo’lgani kabi, Qur'on amri va Nabaviy ishorat bilan (S.A.V.) kichiklarni, hurmat va marhamat va shafqat bilan amr oluvchi askarlar kabi, atrofida to’plagan va shu suratda ham Xoliqi Karimning tavajjuhiga mazhar, ham insonlarning xizmat va yordamiga sabab bo’lgan keksalikdan rozi bo’lish bilan, umid eshigini ochadi.

O’NINCHI UMID:Qur'oni Hakimning nuri bilan, haqiqat va haqiqatda mavjud bo’lgan o’lim, hayot o’rniga sevilgani kabi; Barzoh olamida bo’lgan o’liklarning, albatta dunyoda vaqtincha musofir bo’lib, ular ham u yerga boradigan insonlardan ko’ra aloqadorlik va do’stlikka loyiq ekani, iymonli keksalik ko’zi bilan kozim bilan ko’rgani uchun; iymonli keksalikning buyuk Ilohiy ne'mati ekanini va ba'zan sayri suluk bilan avlıyolar darajaları kabi yuksak maqomda bashorat, xushxabar va surur bergan quvvatli umiddir.

O’N BIRINCHI UMID:Keksalikning jim bo’lmas dalloli bo’lgan oq qillarning eslatmasi bilan, abadiy deb o’ylangan vujudning, boshqa olamga nomzod bo’lib foniylikni va ba'zi vafodor deb o’ylangan vafosizlarning zarbasi bilan, butun aloqadorlarning qalbning aloqasiga arzimasligi ko’rilib, himoya va tayanch yeri qidirish natijasida, Qur'oni Hakimning tilidan chiqqan "La ilaha illa Hu" muqaddas farmoni yordamga kelib, koinotda sabablar va bu asrning yo’lini adashtirgan tabiat botqoqligining hechligini va aslsiz bir kufriy vahima ekanini ko’rsatgan haqiqatli bir-ikki misol bilan; zarradan quyoshga qadar, falakdan malakka qadar, chivindan baliqqa, xayoldan hayotga qadar tasarruf qo’lida va ilmi qamrovida bo’lgan bir Qodiri Azaliyning borligining majburiyligini isbot qilib, iymon nuriga vasila bo’lgan quvvatli bir umid eshigini ehson qiladi.

O’N IKKINCHI UMID:Rahmatullohi alayh Abdurahmonning vafoti munosabati bilan,

كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ

qudsiy oyatining sirri bilan, "Ya Boqiy Antal Boqiy" " Ya Boqiy Antal Boqiy " haqiqati bilan,

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ

oyatining tasallisi bilan bir inoyat jilvasi butun dunyo o’rnini egallagan va bir nurning jilvasi butun zulmatni tarqatgan Boqiyi Zuljalol va Sarmadiyi Zulkamol va Rahimi Zuljamolning yuzlanishi boqiy bo’lsa, yetadi. Ketganlar uning boqiy mulkiga ketganini va o’rnilariga aynisini yuborganini va yuborishini bor haqiqat bilan ko’rsatib, ko’pchilik fikricha ayriliq va hasratga mubtalo bo’lgan keksalarning yuzlarini bir Boqiyi Zuljalolga qaratgan, zulmatni nurga o’girgan, qalblarga iymon nuri baxsh etgan elektr-misol bir umiddir.

O’N UCHINCHI UMID:Harbi Umumiyda Van shahrining, Ruslar istilo etishi va yondirishlari natijasida xarobazor bo’lishi va aksar aholisining shahidlik va ko’chib ketib yo’qolishi va Madrasa-i Xorxorning xarob bo’lib vafoti ichida, mamlakatda qurilgan va vafot etgan butun madrasalarning, Xorxorning boshida turgan va yakpora tosh bo’lgan Van Qal'asi qabr toshi bo’lib ko’rinishi sababli, Van Qal'asining boshida, qattiq xafalik va motam ichida ekan, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning

سَبَّحَ لِلّٰهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ ٭ لَهُ مُلْكُ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

oyatining haqiqati tajalliy etib; u achinarli, siquvchi, dahshatli holatdan qutqarib; nazarni tashqariga, koinotdagi oyatlarga qaratib, musofir insonlarning qo’li bilan yozilgan sun'iy maktubning o’chirilishi o’rniga, Naqqoshi Azaliyning har bir harfida bir kitob yozilgan, o’chirilmas va so’lmas ulkan koinot kitobini hadya etishi va o’qitishi bilan ketkazib, oxirida ham Madrasa-i Xorxor o’rniga Ispartani madrasa; va ayrilgan talaba va do’stlar o’rniga yanada ko’p talaba va do’stlar berib, hikmatining sirrini, rahmatini va shafqatini ko’rsatgan bir Robbi Rahimning dargohiga yaqinlashgan va u dargohda maqbul qul bo’lgan iymonli keksalarning dunyoning jarayonlarining o’zgarishidan ta’sirlanib va zafa bo’lmasliklarini; muqaddas iymonni va sog’lom Islomiyatni ehson etgan bir Muhsini Karimga nihoyatsiz hamd va shukr bilan tilimizga lazzatini, qullik va itoat bilan ruhimizga shavqni tavsiya etgan qiymatdor umiddir.

Hofiz Mustafo

Rahmatullohi alayhi rahmatan vasi'atan

O’N TO’RTINCHI UMID:Ahli dunyo, Ustozimizni hamma narsadan ajratib, besh jihatdan g’urbat ichida bo’lgan vaqtida, kuchli bir baqo ishqi va qattiq vujud muhabbati va buyuk bir hayot ishtiyoqi va jismida hadsiz ojizlik va nihoyatsiz faqirlikning hukm surganini ko’rib, xafa bo’lib boshini eggan vaqtda, حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ Oyati Hasbiyasi yordamiga yetishib, "Meni diqqat bilan o’qi" deyishi sababli.. kunda besh yuz marta o’qiganini va o’qigan sari bu oyatning qiymatli nurlaridan to’qqiz martaba-i Hasbiyaning faqat ilmalyaqiyn bilan emas, aynalyaqiyn inkishof etganini...

Birinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:Undagi baqo ishqi, mutlaq kamol sohibi Zoti Zuljalol va Zuljamolning bir ismining, bir jilvasining mohiyatidagi bir soyasiga tayangan on, حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ oyati kelib pardani ko’ratganini.. va o’zidagi boqiylik lazzatining va saodatining yanada mukammal tarzda Boqiyi Zulkamolning boqiyligida va unga bo’lgan tasdiq va iymonda ekanini his etgan va haqqalyaqiyn zavq olganini ifoda etgan.

Ikkinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:Ustozimiz keksalik, g’urbat va kimsasizlik va tajrid ichida bo’lgani va ahli dunyo dasisalari bilan va josuslari bilan un kishiga hujum qilgan vaqtda, "Qo’li bog’liq, zaif va xasta odamga qo’shinlar hujum qilishdi. Men uchun bir tayanch nuqtasi yo’qmi?" deb qalbiga xitob etib حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ oyatiga murojaat etganida,

bu oyat unga: "Iymoniy bog’lanish hujjati bilan Qodiri Mutlaq bo’lgan shunday bir Sultonga bog’lanasanki: To’rt yuz ming millatdan tashkil topgan nabotot va hayvonot qo’shinlari, uning amri ostida va tasarruf qo’lida bo’lgan cheksiz qudrat va quvvat sohibiga tayanasan" deb ma'naviy dars berganini va u bilan hozirgi dushmanlarga emas, balki butun dunyoga qarshi chiqa oladigan bir iymoniy iqtidor his etganini va butun ruhi bilan birga حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ deganini ifoda etgan.

Uchinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:Abadiy bir dunyoda va boqiy bir mamlakatda, doimiy saodatga nomzod ekanini, lekin bu orzu va ruh maqsadi va fitrat natijasining amalga oshishi, maxluqotning butun harakatlarini va hamma narsalarini bilgan va qayd etgan bir Qodiri Mutlaqning cheksiz qudrati bilan bo’lishini o’ylarkan, qalbiga osoyishtalik bergan izoh istaganini va yana o’sha oyatga murojaat etganida, u oyat unga: حَسْبُنَا dagi نَا ga diqqat qilib, sen bilan birga hol va qol tili bilan حَسْبُنَا ni kimlar aytyapti deb amr qilganda; butun nabotot va hayvonotning hol tili bilan حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ning ma'nosini yod etganlarini ko’rganini va qudratning azamat va hashmatini mavjudotda qanday tomosha etganini ifoda etgan.

To’rtinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:O’z vujudi, balki butun maxluqotning vujudlari yo’qlikka ketyapti deb azob bir xavotirda ekan, yana Oyati Hasbiyaga murojaat etganini va iymon durbini bilan qaraganida; o’limning firoq emas visol ekanini, bir joyning o’zgarishi va boqiy mevaning unib chiqishi ekanini bayon etgan.

Beshinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:Hayotning tez so’nishi alamiga qarshi, Oyati Hasbiyadan olgan yordami bilan aytadiki: Hayot, Zoti Hayyi Qayyumga qaragan sari va iymon ham hayotga hayot va ruh bo’lgan sari; baqo topadi va boqiy mevalar bergani uchun, umrning qisqaligiga va uzunligiga qaralmasligini izoh etgan.

O’lmaganlar yoki tirik bo’lishni istaganlar, hayotning mohiyatini va haqiqatini tushunishni orzu qilganlar, To’rtinchi Shuadagi bu martabaning to’rt masalasiga qarashsin, tirilsinlar.

Oltinchi Martaba-i Nuriya-i Hasbiya:Doimiy buzg’unchi zavol va fano; va davomli ayiruvchi o’lim va yo’qlik, dahshatli bir suratda bu go’zal dunyoni va bu go’zal maxluqotni tinkasini quritganini, parcha-parcha qilib go’zalliklarini buzganini ko’rishi ustiga, fitratidagi majoziy ishq bu holga qarshi shiddatli g’alayon va isyon etgan zamonda, bir tasalli topish uchun bu Oyati Hasbiyaga murojaat etganida, "Meni o’qi va diqqat bilan ma'nomga qara!" deydi. So’ng, Sura-i Nurdagi

اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

oyatining rasadxonasiga kirib, iymonning durbini bilan bu Oyati Hasbiyaning eng uzoq tabaqalariga qaraganini bayon qiladi va durbin bilan ko’rgan sirlarini zikr etadi.

Bu go’zal san’atlar, shirin maxluqlar, jamolli mavjudot; Jamili Zuljalolning jamoli qudsiysiga va nihoyatsiz go’zal amso-i husnasining doimiy go’zalliklariga oynadorlik qilganlarini va Risola-i Nurning qismlarida quvvatli dalillar bilan bularning izoh etilganini bayon qiladi.

O’N BESHINCHI UMID:Bu umid Dengizli qamog’idan so’ng, Nurlarning ko’paytirish bilan bosilib tarqalishi sababli, Nurning fathlariga chidolmagan yashirin dushman munofiqlar; turli dasisa va tuxmatlar bilan, hukumatni qarshi o’girib, Nur Risolalarini musodara ettirib, tadqiq etilishi natijasida; tanqid qilib dushmanlik qilish emas, balki tadqiq etgan ma'murlarning qalblarini ham fath etib, tanqid o’rniga maqtashganini.. va bu hodisa Nur darsxonalarining kengayishiga sabab bo’lganini.. va bir muddat so’ngra yashirin din dushmanlari juda oddiy bahonalar bilan, qish chillasining eng shiddatli kunlarida Ustozimizni qamatib; katta, g’oyat sovuq, o’qochsiz kamerada hibs etganlarini va bu hibsda Ilohiy inoyat bilan bir haqiqat inkishof etilib, Nurlarning hibsxona ichi va tashqarisida tarqalib,

fath qilishi sababli minglab shukr qilganini va o’ziga "Ularning zulmi sababli ham savob, ham foniy soatlaringni boqiylashtirishni, ham ma'naviy lazzatlarni, ham ilmiy va diniy vazifani ixlos bilan bajarishni qozonyapsan" deb eslatilishi sababli, butun quvvati bilan "Alhamdulilloh" deb duo etganini g’oyat go’zal bayon etgan.

Bu umidning oxirida Risola-i Nur talabalari, tahqiqiy iymoni quvvati bilan, bu vatanning har tarafida anarxistlikni to'xtatganini, umumiy tinchlik va osoyishtalikni muhofaza etganlarini.. va yigirma yildan beri mamlakatning har tarafidagi Nur talabalarining hech birining osoyishtalikni buzishga doir hech bir harakat sodir bo’lmaganini.. va hatto insofli bir qism zobitlarning "Nur talabalari ma'naviy zobitdirlar, osoyishtalikni muhofaza qilishda bizga yordam berishyapti, tahqiqiy iymoni bilan Risola-i Nurni o’qigan har bir odamning boshida bir posbon qo’yishmoqda, tinchlikni ta'minlashga harakat qilishyapti." debgan e'tiroflarini.. va turli tuhmat va bo’htonlar bilan, Qur'on va iymon nurini to’sishni istaganlarga qarshi, Ustozimizning "Yuz million boshlar fido bo’lgan bir qudsiy haqiqatga boshimiz fido bo’lsin. Dunyoni boshimizga yo’qsangiz, Qur'oniy haqiqatga fido bo’lgan boshlar zindiqlarga qurollar taslim etmaydi va qudsiy vazifadan voz kechmaydilar, inshaalloh!" deganini bayon etadi.

O’N OLTINCHI UMID:Mahram va muhim majmualar, xususan Sufyonga va Nurning karomatlariga doir risolalar, vaqti kelganda nashr qilinsin deb yashirin tutilgan bo’lsada.. taftishda u risolalar joyidan chiqarilgan va Ustozimiz xasta holda qamab qo’yilganini.. va Ustozimiz azobda va Nurlarga kelgan zarardan ta’sirlangan holida, birdan Ilohiy inoyati yordamga kelib, mahram risolalarni o’qigan rasmiy doiralarning, Nur darsxonasiga aylanib, risolalarni maqtab qarshilaganlarini va yana Denizli hibsida keksalik, xastalik va ma'sum birodarlarga kelgan zahmatlardan alam va taassur ichida ekan, birdan Rabboniy inoyat kelib, hibsxonani bir Nur darsxonasiga o’girib, bir Madrasa-i Yusufiya (A.S.) ekanini isbot qilib Madrasat-uz Zahro qahramonlarining olmos qalamlari bilan Nurlar tarqalishining boshlanishini.. va yashirin dushmanlarning Ustozimizni qanday zaharlaganliklarini.. va uning o’rniga marhum Hofiz Alining shahid bo’lib Barzoh olamiga sayohat qilishi munosabati bilan;

hammasi qayg’uda va ta’sirlangan holda ekan, yana Ilohiy inoyat yordamga kelib, Ustozimizdan zahar tahlikasining o’tishi va marhum shahidning qabrda Nurlar bilan mashg’ul bo’lib, so’roq malaklariga Nurlar bilan javob berishi.. va uning o’rniga Denizli Qahramoni Hasan Fayzi Rahmatullohi Alayh va birodarlarining xizmatga kirishi.. va mahbuslarning Nurlar bilan isloh bo’lishlari kabi ko’p belgilar bilan, Rabboniy inoyat kelganini ifoda etgandan so’ng, yoshligida oxir umrini g’orda o’tkazish orzusi o’rniga; g’orlarning hibsxonalarga, uzlatxonalarga, chillaxonalarga, mutlaq yakka kameralarga aylanib, Yusuf madrasalari bo’lib Qur'on va iymonning haqiqatlariga mujohidona suratda xizmat ettirganini.. va u chillali hibslarda uch hikmat va Nur xizmatiga uch ahamiyatli foyda berganini bayon qilgan umiddir.

YIGIRMA YETTINCHI YOG'DU:

Boshqa bir majmuada nashr etilganidan bu yerga kiritilmagan.

YIGIRMA SAKKIZINCHI YOG'DU:

"Yigirma Sakkiz Nukta" bo’lib, bir qismi bu majmuaga darj etilgan, boshqalari boshqa bir majmuada nashr etilganidan, bu yerga kiritilmagan.

YIGIRMA IKKINCHI NUKTANING IKKINCHISI:

وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْاِنْسَ اِلَّا لِيَعْبُدُونِ ٭ مَٓا اُر۪يدُ مِنْهُمْ مِنْ رِزْقٍ وَمَٓا اُر۪يدُ اَنْ يُطْعِمُونِ ٭ اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ

oyati karimasining g’oyat go’zal va yuksak ma'nolaridan uch tomonini qisqacha bayon etgan.

Birinchi tomon:Oyatdagi it'om va irzaq, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga oid ekanini,

Ikkinchi tomon:Rizq uchun ishlamoq bahonasini, ubudiyatga mone tavahhum etib uzr topmoq istaganlarga, g’oyat go’zal bir javob beradi. Bu oyatdan kinoya bo’lgan ma'no: "Menga oid bo’lib, rizqlarini taahhud etganim maxluqotimga rizq yetishtirmoq uchun xalq etilmagansiz. Balki asl vazifangiz ubudiyatdir. Avomirimga ko’ra rizq uchun g'ayrat ko'rsatmoq ham bir ibodatdir." deydi.

Uchinchi tomon:Ixlos surasidagi لَمْ يَلِدْ وَ لَمْ يُولَدْ oyati karimasini misol olib "rizq va taomlanish qobiliyatidagi narsa, iloh va ma'bud bo’lolmaligini; ma'budiyatga loyiq emasligini" ma'nosini bayon etadi.

Uyquning navlarini, vaqtlarini va Sunnati Saniyaga muxolif va muvofiq uyqu vaqtlarini bayon qilgan muhim bir maktubdir.

Xufton namozi tasbehotidan so’ng

اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ

jumlasini o’qirkan; bu dunyo uyida jonlantirgan, do’stga aylantirilgan, nurlantirgan shaxsiyati ma'naviya-i Muhammadiyani mushohada etganini.. va u zot keltirgan nur va hadyalarga shukr bilan javob berib butun jin va insonlarning u zotga son sanoqsiz salotu salom aytishlari kerakligini ifodalagan juda latif bir maktubdir.

Hazrat Muhyiddin Arabiyning Vahdati Vujud yo’lini hozirgi davr insonlariga tushuntirishda uch muhim zarar borligini bayon qilagan juda muhim maktubdir:

Yana Muhyiddini Arabiy va Vahdati Vujud haqida baxs mavzusi bo’lgan savolga berilgan ilmiy, qisqa javobdir.

Bir bayramda, xarom doirada kulib xursandchilik qilgan ellikta bechoraning, ellik yil so’ngraki hollarini ko’rganini bayon qilgan juad go’zal ibrat lavhasidir.

Nafsi ammoraga ergashishning zararlarini sanab berib, nafsga qattiq ta'zir mohiyatida ta'sirli matndir.

Qisqa vaqtda kufrga qarshi sanoqsiz Jahannam azobi berilishining haqiqiy adolat ekanini bayon qiluvchi, qanoatlantiruvchi javobdir.

MA'NODOR TAVOFUQI ILTIFOT:

Risola-i Nurning maqbulligiga va Ilohiy inoyatga loyiqligiga doir ma'noli tavofuqlar.

MA'SUM QALBLARGA NURLARNING QANDAY AKS ETGANINI ANGLATGAN SAMIMIY, NURLI MAKTUBDIR.

ZAKOIYNING TUSHI:

Xushxabarili va ma'noli xayrli bir tushdir.

TARAFGIRONA VA RISOLA-I NURGA RAQIBONA AYTILGAN SO’ZLARGA JAVOB.

Risola-i Nurning yuksakligini va maqbuliyatini ifodalagan she’riy qasidadir.

YIGIRMA SAKKIZINCHI YOG'DUNING YIGIRMA SAKKIZINCHI NUKTASI:

لَا يَسَّمَّعُونَ اِلَى الْمَلَاِ الْاَعْلٰى وَيُقْذَفُونَ مِنْ كُلِّ جَانِبٍ ٭ دُحُورًا وَلَهُمْ عَذَابٌ وَاصِبٌ ٭ اِلَّا مَنْ خَطِفَ الْخَطْفَةَ فَاَتْبَعَهُ شِهَابٌ ثَاقِبٌ ٭ وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَٓاءَ الدُّنْيَا بِمَصَاب۪يحَ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاط۪ينِ

oyati karimasidan anglashilgani kabi: Juz'iy va ba'zan shaxsiy g’aybiy hodisalarni xabar olish uchun, juda uzoq masofa bo’lgan

samovot mamlakatiga josus shaytonlarning suqilishi va u juda keng mamlakatning har tarafida, kishik hodisaning baxsi bordek, qaysi shayton bo’lsa, qay yerga suqilsa, chala-chulpa xabarni eshitishi va keltirishi aqlan va hikmatan qanday qabul etilishi mumkin?

Ham oyati karimaga ko’ra ba'zi payg’ambarlar va avliyolar, samovotning ustidagi Jannatning mevalarini yaqin yerdan olayotganday olar ekanlar. Va ba'zan yaqindan Jannatni tomosha qilar ekanlar. Nihoyat darajada uzoq narsaning nihoyat darajada yaqin bo’lishi, bu asrning aqliga qanday sig’adi?

Ham kishik shaxsning, kishik bir holati, umumiy va keng bo’lgan samovot mamlakatidagi Mala-i A'loda tilga olinishi, koinotning idorasidagi g’oyat hakimona hikmatga qanday muvofiq keladi? deb so’ralgan bu uch savolga ilmiy, aqliy va qanoatlantiruvchi javoblarni o’z ichiga olgan.

YIGIRMA TO’QQIZINCHI YOG'DU-I ARABIYA:

Risola-i Nurda, Jannat tili va uslubi Muhammad (Alayhissalotu Vassalam) va rahmat ehson qiluvchi Qur'on tarzi bilan ruh sohiblari maydoniga kelib "Tafakkurnoma" ismli bu Yog'duning bir qismi, namuna sifatida bu majmuaga kiritilgan bo’lib, tamomi Qur’on hati Yog'dulari majmuasida nashr etilgan.

O’TTIZINCHI YOG'DU:

"Sakina" nomi oliysi bilan ta'riflangan va har biri bir Ismi A'zam bo’lgan yoxud oltitasi birdan Ismi A'zam bo’lgan Asmo-i Husnadan"Fard, Hayy, Qayyum, Hakam, Adl, Quddus"ismi shariflariga oid juda ham qiymatdor va Risola-i Nurning shoh asarlaridan biri bo’lgan bu Yog'du, yuksak bir ifoda va juda nozik haqiqatlar bilan qalamga olingan; ham juda chuqur vahdoniyat misollari, azamatli kengliklari bilan tushuntirilgan; ham juda Allohning mavjudligiga ochiq-oydin ishorat qilgan hayratlanarli faoliyat bilan, Rabboniy mudabbiriyatmi shu qadar go’zal izoh etilganki, oh koshki, bu risolaning haqiqatlarining tubiga ulashish uyoqda tursin, hech bo’lmasa sathini ko’ra olsaydim. Hayhot!

Qisqa fahmimga qaramasdan, bu risola, hissasiga to'g'ri kelgan bir qardoshingizning safarbar holida bo’lishi uzri sababli menga yuborilgan edi. Layoqatsizligim bilan birga parishon holim bunday shoh asarni mundarijasiga kira oladigan xulosa qilishga kifoya qilmagani uchun, hijolat bilan amrga itoat etmoqdaman.

Bu qiymatdor Yog'du "Olti Nukta-i Muhimma"ga taqsimlangan.

BIRINCHI NUKTA:

وَالْاَرْضَ فَرَشْنَاهَا فَنِعْمَ الْمَاهِدُونَ

oyatining bir nuktasi va "Quddus" Ismi A'zamining bir jilvasi bo’lib; ham Allohning mavjudligini mukammal shaklda, ham Allohning vahdoniyatini ochiq ravshan ko’rsatadi.

Ha, shu muntazam koinot va shu azamatli buyuk fabrika; butun mavjudoti bilan qizg’in faoliyat ichida to’xtamay ishlashi bilan birga, koinotning har tarafini top-toza saqlagan, kirli va bulg'angan moddalardan, hech bir tarafda hech bir keraksiz narsa qoldirmagan, azamatli sayyoralardan, to zarralarga qadar har bir mavjud, Quddusi A'zamdan kelgan amrlarga muhayyo va bo’yin eggan juda faol va g’oyat horiqo bir ishlov beradigan uskuna holiga keltirilib, bu azamatli koinot va butun unsurlarni boshdan oyoq jannatmisol go’zalliklari bilan, o’zlarini olamga taqdim qilmoqda. Va shu olam qasridagi san’atlarning jabhalarida mushohada etilgan dilrabo go’zallik va g’oyat yoqimli tozalik; butun nazarlarga hush ko’rinib, o’zlariga jalb etmoqdalar va Sone'larini taqdir va tahsinlar bilan madhu-sano ettirmoqda.

Bu Quddusi A'zam ismi sharifining tajalli-i a'zamidan kichik jilvasini dabdabali suratda ko’rsatgan va qishning sovuq va qattiq chehrasi ostidan chiqqan bahor mavsumiga boq: Qanday gullar ochgan, huriy misol liboslar kiygan, go’zallashgan, butun top-toza daraxtlar va zumrad kabi yashillashgan zamin yuzi, butun hay'atlari bilan, o’zlarini barcha ko’zlarga ko’rsatyapti. Qattiq va shuursiz moddalar, oz vaqt ichida; tamoman o’zgargan, zamindan yuksalgan, hayot nuri bilan bezangan, sundus-misol go’zalliklar bilan o’zlarini Sone'larining nazariga taqdim etmoqdalar. Bu vaziyat qarshisida; yolg’iz ins va jin emas, ruhoniylar va maloikalar ham hayron bo’ladilar. "Mashaalloh, Barakalloh! Bu qanday ham hayrat beruvchi go’zallik va tozalik!" deb Sone'-i Zuljalollarini poklab, hamd aytib, ulug’lab, ruku’ va sajda qilishyapti. Demak bu tozalik ishi, Allohning boshqa ishlari kabi, vahdoniyat va Allohning mavjudligini ochiq oydin isbot etib ko’rsatmoqda.

IKKINCHI NUKTA:

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُٓ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ

oyatining bir nuktasi va "Adl" ismi a'zamining bir jilvasidir. Bu koinot davomli buzilish va ta'mir ichida chayqalmoqda, har doim urush va hijrat ichida qaynamoqda, har doim o’lim va hayot ichida yumalamoqda. Bu hayratlanarli o’zgarishlar va boshqalashishlar esa, dahshatli jısmlarning intizomli harakatlaridan; va Kura-i Zamin yuzidagi to’rt yuz ming nabotiy va hayvoniy hayot egalarining tartibli tirikchiligi va tarbiyalaridan; va sel kabi oqqan aralashtiruvchi va istilochi unsurlarning g’oyat muntazam vazifalaridan; ziyo va zulmatning, issiq va sovuqning, hayot va o’limning urushishlariga qadar butun ashyo shunday bir adolat mezoni ichida istiqboldan kelib, hozirga kelib, moziyga oqib ketmoqdaki; Fasubhanalloh, insofli va diqqatli bir nazar bilan bu olam saroyiga qaragan har bir inson, albatta: "Bu olam saroyining Sone'i; bu olam saroyini, Adl ismining a'zamiy tajalliysiga sazovor bo’lish bilan birga, ham vohiddir, hamda shunday adolat mezoni bilan ishlar qiladiki, eng ahamiyatsiz va eng kichik, qiymatsiz deb o’ylangan narsalarda ham shirkka joy qoldirmaydi va shirkning bu adolat mezoniga suqilishiga zarra qadar ruxsat bermaydi. Ham bu juda hayratlanarli mukammal intizom ichidagi juda hassos adolat mezoniga, albatta bu koinotning Sone'-i Zuljalolidan boshqasi mudohala etolmaydi". Ham butun sabablar Sone'-i Zuljalolning qudrat qo’lining bir pardasi ekanini anglaydi. Va Sone'-i Zuljamolning yakkaligiga, mavjudligiga; hayronlik ichida, quyoshning vujudiga ishongani kabi iymon keltiradi.

UCHINCHI NUKTA:

اُدْعُ اِلٰى سَب۪يلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ

oyatining bir nuktasi va "Hakam" ismi a'zamining bir jilvasi bo’lib, "Besh Nuqta" bilan izoh etilgan.

Birinchi Nuqta:Ismi Hakamning tajalli-i a'zami bu koinotni shunday buyuk kitob holiga keltirganki; uning bir sahifasi - zamin yuzi, va har ziynatlangan bog’ - bir satri; va har bezalgan gulli va yaproqli daraxti - bir kalimasi suratida yaratgan. Shunday ekan bu koinot boshdan oxirgacha Hakimi Zuljalolning asarlari bilan bezalgan. Ham o’z san'atini o’zi ko’rib, hamda tuganmas ko’zlar bilan bir-biriga qaratgan; va bir-biri ichida ko’p dalillar va jihatlar bilan naqqoshining vujudiga guvohlik qilgan va doimo mezon va intizom ichida yangilangan; va har b’r kichik urug’da katta daraxtni joylashtirgan; va har bir daraxtda ulkan koinotning mundarijasini joylashtirgan; va har bahor sahifasini ziynatli nishon va naqshli hadyalar bilan bezab, huzurida namoyish qilgan; va har on san’atlarning tili bilan madhu-sanosini kuylatgan azamatli va hikmatli qudratga, qaysi tasodifning haddi borki, barmoq uzata olsin.

Ikkinchi Nuqta:"Ikki masala"dir.

Birinchi Masala:Nihoyat kamolda bir jamol va nihoyat jamolda bir kamol, o’zini ko’rish va ko’rsatishni istashiga va tanittirib sevdirishi evaziga, iymon bilan tanishni va qullik bilan o’zini unga sevdirishni dars beradi.

Ikkinchi Masala:Butun quvvati bilan shirkni rad qilib qabul etmagan bu hikmatli mukammal intizom, ham vahdatni, ham mustaqil va yakkalikni taqozo qilganini izoh etish bilan birga, ulkan koinotni umum holatlar va xususiyatlari bilan adolat mezoni va hikmat nizomida tutgan bir Qodiri Mutlaqqa shirk va kufr bilan ojizlikni isnod qilish, naqadar katta bir xato va tavhid bilan iymon keltirish naqadar to’g’ri, haq va haqiqatli bir javob ekanini bildiradi.

Uchinchi Nuqta:Sone'-i Qodir ismi Hakem va Hakimi bilan, koinotda eng ko’p hikmatlarga sabab va sazovor qilgan insonni; bir markaz, bir asos hukmida yaratgan. Inson doirasi ichida rizqni markaz hukmiga keltirgan. Insonda shuur va rizqda - zavq vositasi bilan ismi Hakemning porloq suratda jilvasining ko’ringanini;

va yuzlab fanlardan har bir fanning bir jihatda ismi Hakemning jilvasini ta'rif etganini; (masalan Fanni Tib, Fanni Kimyo, Fanni Ziroat, Fanni Tijorat va hokazo...) bu fanlarning har birining qat'iy shahodatlari bilan, ixtiyor va iroda, qasd va xohishini ko’rsatgan hadsiz intizomlar va hikmatlarni Sone'-i Hakim umum koinotga bergani kabi, hayotdorlarda eng kichik hayot va eng kichik uruqqa joylashtirib, Zoti Aqdasining xohlaganini qiladigan zot ekanini; va hamma narsa uning amri bilan vujud topganini; uni bilmaslik va tanimaslik naqadar ajib bir jaholat va devonalik ekanini izohlaydi.

To’rtinchi Nuqta:Sone'-i Hakim, har bir mavjudiga qo’ygan yuzlab hikmatni, u mavjudlarning nihoyat e’tibor bilan vazifalantirgan yuzlab vazifalaridan juda ko’p foyda va g’oyalarni katta diqqat bilan kuzatib, uning jamoli rahmat va mukammal adolatiga va nihoyat darajada hikmatiga zid bo’lgan; va rahmat va adolatini inkor ettirgan hech qayta tirilmaslikka ruxsat bermaslıgını bayon qiladi.

Beshinchi Nuqta:"Ikki Masala"dir.

Birinchi Masala:Fitratda isrof va bekorlik va foydasizlik bo’lmagani uchun, كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لَا تُسْرِفُوا oyati karimasi bilan, tajamkorlik qilmaganlarni tahdid qiladi.

Ikkinchi Masala:Janobi Haqning "Hakam va Hokim" ismlari, bir jihatda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatiga dalolat va istilzom etganini; va asmo-i husnadan ko’p ismlarning, har biri bir jihatda, jilva-i a'zami bilan, a'zamiy darajada va qat'iyat martabasida risolati Ahmadiyani (S.A.V.) kerakligini, juda porloq bir suratda izohlaydi.

TO’RTINCHI NUKTA:

قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ

oyatining bir nuktasi, Vohid va Ahad ismlarini mujassam qilgan "Fard" ismi a'zamining tajalli-i a'zamiga doir haqiqiy tavhidni ko’rsatgan "Yetti Ishorat"dir.

Birinchi Ishorat:Ismi Fard butun koinotga qo’ygan hadsiz muxrlardan uch tamg’aga ishorat qiladi.

Birinnchi Tamg’a:Koinotning mavjudotida va turlarida ko’ringan va buyuk ahadiyat tamg’asi bo’lgan "bir biriga yordam, bir biriga tayanısh, bir biriga javob berish, bir birini quchoqlash" tamg’asidir.

Ikkinchi Tamg’a:Zamin yuzida har bahor ko’rilgan to’rt yuz ming nabotot va hayvonot turlarining iplari bilan to’qilgan vahdoniyat muxridir.

Uchinchi Tamg’a:Hazrat Odamdan to qiyomatgacha kelgan va keladigan butun insonlarning siymolardagi vahdoniyat muxridir.

Ikkinchi Ishorat:Fard ismining vahdat jilvasi koinotning butun turlarini va unsurlarini bir-biriga aralashtirib kirgizib, ichiga olganki; butun koinotni bo’linmas bir butun holiga keltirgani va ko’p birliklar bilan vahdoniyatni e'lon qilganini ko’rsatadi.

Uchinchi Ishorat:Yana Fard ismining buyuk jilvasi koinotni shunday bir-biri ichiga kirgan sanoqsiz Samadoniy maktublar holiga keltirganki; har bir maktubda hadsiz vahdoniyat muxri bosilgan va har bir maktub, so’zlari sonicha kotibini bildirgan ahadiyat muhrlarini olganini ko’rsatadi.

To’rtinchi Ishorat:Ismi Fardning quyosh kabi ko’ringan buyuk jilvasini g’oyat ma'qul va hadsiz osonlik bilan qabul ettirgan va shirkning maholiyatini va nihoyat darajada aqldan uzoq ekanini ko’rsatgan burhonlardan uch donasini bayon qiladi.

Birinchisi:Zoti Fardning cheksiz qudratiga nisbatan eng katta narsaning ijodi, eng kichik narsaning ijodi kabi oson va yengil ekanini; bir bahorni bir gul qadar va bir daraxtni bir meva qadar bemalol ijod etib idora etganini; va bu ijod xususiyati agar ko’p sonli sabablarga berilsa, vahdatdan kasratga kirilgani uchun, eng kichik bir narsaning ijodi, eng katta bir narsaning ijodi kabi juda ko’p xarajatli, juda ko’p mushkul, juda zahmatli ekanini misollari bilan isbot qiladi.

Ikkinchisi:Mavjudotning ijodi yo o’xshashi yo’q go’zallikda yaratish va ixtiro bilan hechdan va yo’qdan bo’ladi yoxud yasash va tarkib surati bilan unsurlar va narsalardan to’plash bilan bo’ladi. Bu ikki suratda; narsalarni yaratish Zoti Fardi Vohiddan demay sabablardan istanilsa, cheksiz daraja qiyin va og’ir va aqlga zid, balki juda ko’p imkonsizliklarni keltirib chiqaradi. Agar fardiyat jilvasiga va ahadiyat sirriga berilsa; bir gugurt yoqishdek, asarlari bilan azamati anglashilgan nihoyatsiz qudrati bilan, hechdan va yo’qlikdan yoxud unsurlar va narsalardan to’plab, ilmining oyinasidagi muayyan ilmiy qoliplar bilan, cheksiz daraja osonlik bilan va engillik bilan narsalarning ijod etilgani ko’rinadi.

Uchinchisi:Agar butun narsalarning ijodi bir Zoti Fardi Vohidga berilsa, bir narsa kabi osonligini; agar sabablarga va tabiatga havola etilsa, bir narsaning vujudi umum ashyo qadar qiyin bo’lishini uch shirin misol bilan izohlaydi.

Birinchi misol:Ming askarga oid holatlar va idora, ming askarni idora etgan zobitga havola qilinsa va bir askar esa o’n zobitning idorasiga berilsa, ming askar idorasining naqadar oson ekanini va bir askarning idorasi naqadar mushkul ekanini..

Ikkinchi misol:Ayasofya kabi qubbali bir masjidning qubbasidagi toshlarning muallaqda turishlari va u vaziyatni tashkil etishlari toshlardan istanilsa, nihoyat darajada suubatli ekanini; va bir ustadan u vaziyat istanilsa, nihoyat darajada oson ekanini..

Uchinchi misol:Yer Kurrasi, Zoti Fardi Vohidning bir ma'muri bo’lib harakat qilsa, u harakatdan hosil bo’lgan hashamatli va azamatli natijalarning g’oyat yengilligi bilan hosil bo’lishi vahdatdagi osonlikni ko’rsatgani kabi; shirk va kufr yo’lida ayni natijalarni hosil qilish uchun, Yer Kurrasidan millionlab marta katta, had-hisobsiz yulduzlarni hududsiz masofada Yer Kurrasining atrofida, kunlik mehvari ustidagi aylanishi kabi yigirma to’rt soatda bir marta; va yillik mehvari ustidagi aylanishi kabi har yili bir marta kezdirish kabi og’ir va mushkulotning eng dahshatli vaziyatini qabul etish lozim ekanini.. va sabablar va tabiat yaratdi deganlar "kitob, soat, fabrika va saroy misollari bilan" johilligining eng antiqasini qilganlarini izohlaydi.

Beshinchi Ishorat:Boshqa birovning aralashishini qattiq rad qilgan; Ilohiy hokimiyatdir.

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا

oyatining sirri bilan va

فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرٰى مِنْ فُطُورٍ

oyatining ishorati bilan, zarralardan sayyoralarga qadar, osmondan yergacha hech qanday qusur va kamchilik, nuqson va pala-partishlik yo’qligi, Fardiyatning jilva-i a'zamini ko’rsatib, vahdatga shahodat qiladi.

Oltinchi Ishorat:Butun kamolotning sababi va asosi; va koinotning yaratilishidagi hikmatlarning va maqsadlarning ildizi va ma'dani; va shuur egalarining va aql sohiblarining, xususan insonning ehtiyojlari va orzulari hosil bo’lishining manbai va yagona chorasi, Fardiyati Rabboniya va vahdati Ilohiyadir.

Yettinchi Ishorat:Haqiqiy tavhidni butun martabalari bilan eng mukammal suratda dars berib isbotlagan va e'lon qilgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolati, u tavhidning qat'iyati darajasida sobit ekanini izohlash bilan birga; ma'naviy Muhammadiya Alayhissalotu Vassalam shaxsiyatining ahamiyat darajasiga va ulug’ligiga shahodat etgan juda ko’p dalillardan uchtasini zikr etadi.

Birinchisi:اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirri bilan, umum ummatining barcha davrlarda qozongan savobining bir misli daftari hasanotiga o’tish bilan va xususan har kuni umum ummatning keltirgan salavot duolarining qat'iy maqbuliyati jihati bilan; u hadsiz duolarning iqtizo etgan maqom va martabani esgsa tushirib ma'naviy Muhammadiya Alayhissalotu Vassalam shaxsiyatining koinot ichida qanday bir quyosh ekanini tushunilganini..

Ikkinchisi:Mohiyati Muhammadiya (S.A.V.) olami Islomiyatning shajara-i kubrosining ildizi, urug’i, hayoti, madori bo’lganidan, chegarasiz iste'dod va jihozlari bilan Islom olamining ma'naviyatini tashkil etgan qudsiy so’zlarni, tasbehlarni, ibodatlarni eng avval butun ma'nolari bilan his etib qilishidan kelgan ruhiy taraqqiyotini fikrlatib, habibiyat darajasiga chiqqan ubudiyati Muhammadiyaning (S.A.V.) valiyligi boshqa valiyliklardan qanchalik yuksak ekanini anglatadi. U Zotning (S.A.V.) haddu nihoyati bo’lmagan kamolot martabalarida qay daraja taraqqiy etganini bildiradi.

Uchinchisi:Zoti Fardi Zuljamol butun insoniyat nomiga, balki umum koinot hisobiga Zoti Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamni o’ziga tinglovchi qilib, albatta uni hadsiz kamolotda hadsiz fayziga sazovor etganini va ma'naviy Muhammadiya Alayhissalotu Vassalam shaxsiyati, koinotning ma'naviy bir quyoshi va bu koinot deyilgan Qur'oni Kabirning buyuk oyati va u Furqoni A'zamning va ismi a'zamning va ismi Fardning buyuk jilvasining oynasi ekanini dars beradi.

BESHINCHI NUKTA:

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

oyati azimasi bilan

اَللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ لَا تَاْخُذُهُ سِنَةٌ وَلَا نَوْمٌ

oyati azimining bir nuktasi va "Hayy" ismi a'zamining bir jilvasi bo’lib, muxtasaran "Besh Ramz" ichida ko’rsatilgan.

Birinchi Ramz:Hayy Ismi va Muhyi Ismining buyuk jilvasidan bo’lgan "Hayot nima? Uning mohiyati va vazifasi nima?" degan savolga mundarija shaklida, yigirma to’qqiz martabada, ikki sahifa ichida, shunday go’zal suratda javob berilib ta'rif etilganki; bu qanday ajib bir izoh, qanday fasohatli bir bayon tarzi, qanday g’arib bir ta'birlarki, misli ko’rilmagan. Inson bu haqiqatlarning go’zalliklariga maftun bo’ladi; hayratidan barmoqlarini tishlaydi; boshqa undan yuksak ta'rif tasavvur qilib bo'lmaydi; taqdir va tahsinlar ichida tafakkurga sho’ng’iydi.

Ikkinchi Ramz:Hayotning yigirma to’qqiz xossasidan yigirma uchinchi xossasida, hayotning ikki yuzining ham shaffof va porloq ekanining va undagi Rabboniy qudrat tasarruflariga zohiriy sabablar parda qilinmasligining sirrini izohlaydi.

Uchinchi Ramz:Koinotning natijasi hayot bo’lgani kabi, hayotning natijasi bo’lgan shukr va ibodat, koinot yaratilishining sababi va maqsadi bo’lgani uchun, koinotning Sone'-i Hayyi Qayyumi, cheksiz ne'matlari bilan o’zini hayot egalariga bildirib sevdirishi evaziga, ulardan tashakkur istashi va sevishi evaziga sevishlarini va qiymatdor san'atlarini madhu-sano qilishlarini istagani; va har bir hayot egasining hayoti to’g’ridan-to’g’ri, vositasiz Zoti Hayyi Qayyumning qudrat qo’lida ekanini bildiradi.

To’rtinchi Ramz:Hayot, iymonning olti arkoni bo’lgan

اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ وَ مَلٰئِكَتِه۪ وَ كُتُبِه۪ وَ رُسُلِه۪ وَ بِالْيَوْمِ الْاٰخِرِ وَ بِالْقَدَرِ

ruknlariga qarab isbot etganini shu qadar latif tarzda dars beradi, izoh etadiki; ifodaning balog’ati insonni hayron qiladi.

Beshinchi Ramz:Birinchi Ramzning o’n oltinchi xossasida zikr etilgan: Hayot bir narsaga kirgan vaqti, u jasadni bir olam hukmiga keltirishini; qism bo’lsa butun kabi, juz'iy bo'lsa kulliy kabi bir jome'iyat berganini ko’p go’zalliklar bilan g’oyat shirin tarzda izohlaydi. Xotimasida ismi a'zam ba'zi avliyo uchun boshqa-boshqa ekanini bayon qiladi.

OLTINCHI NUKTA:

Qayyumiyati Ilohiyaga qaragan oyatlarning bir nuktasiga va "Qayyum" ismi a'zamining bir jilva-i a'zamiga muxtasar "Besh Shu’la" bilan ishorat qiladi.

Birinchi Shua:Bu koinotning Xoliqi Zuljaloli zoti bilan Qayyumdir, Doimdir, Boqiydir. Butun ashyo uning Qayyumiyati bilan qoimdir, davom etadi, vujudda qoladi, baqo topadi. Qayyumiyat bog’i bir on kesilsa, butun ashyo birdan mahv bo’ladi.

Sheriki va o’xshashi yo’qdir. Moddadan mujarrad, makondan munazzah, bo’linishi va taqsimlanishi imkonsiz, boshqalashishi va o’zgarishi imkonsiz; ehtiyoj va ojizligi imkon xorijidagi Zoti Aqdasning bir qism jilvalarini, bir qism zalolatdagilar, zarralardagi muntazam o’zgarishlar ichida his qilishgan hayratlanarli Xalloqiyati Ilohiyaning va Qudrati Rabboniyaning jilva-i a'zamining qayerdan kelganini bilmaganlari uchun va Qudrati Samadoniyaning jilvasidan kelgan umumiy quvvatning qayerdan idora etilganini tushunolmaganlari uchun, modda va quvvatni azaliy deb o’ylaganlari uchun Allohni inkor qilish yo’llarining mohiyatini ko’rsatgan, haq va haqiqat maslagining latofatli yuzini Qayyumiyat sirrining tajalli-i a'zami bilan izohlab, butun go’zalligi bilan maydonga chiqargan g’oyat nozik va juda chuqur va keng ifoda bilan, tabiatparastlar va moddaparastlar maslaklarini yo’q qilib, ularni johilligini isbotlagan va uyaltirgan oliy bayondir.

Ikkinchi Shua:"Ikki Masala"dir.

Birinchisi:Haddu hisobsiz osmondagi yulduzlarning nihoyatsiz intizom va mezon ichida, Qayyumiyat sirri bilan qiyom, baqo va davomlari; va amri "Kun Fayakun"dan kelgan amrlarga so’zsiz bo’ysunishlari, Ismi Qayyumning a'zamiy jilvasiga o’lchov bo’lgani kabi.. har bir hayot egasining jasadini tashkil etgan zarralarning, jasadning har a'zosida u a'zoga ko’ra to’planishlari; va sel kabi oqqan va bo’ronlar ichida chayqalgan unsurlarning, tarqalmasdan u jasadda muntazam turishlari; va Ilohiy amrga so’zsiz bo’ysunishlari, Qayyumiyat sirrini e'lon qilgan sanoqsiz tillar ekanini bayon qiladi.

Ikkinchi Masalasi:Narsalarning Qayyumiyat sirri bilan munosabatli foyda va hikmatlariga ishorat qılgan juda ko’p navilaridan uch turiga ishorat qiladi.

Birinchi Tur:Narsalarning o’ziga va insonga va insonning foydalariga qaraydi.

Ikkinchi Tur:Ham umum shuur sohiblarining mutolaasiga qaraydi, ham Fotirining asmosini bildirgan oyat va qasida ekanini hadsiz o’quvchilariga ifoda etishiga qaraydi.

Uchinchi Tur:To’g’ridan-to’g’ri Sone'-i Zuljalolga qaraydi. Bu uchinchi turda bir soniya yashash kifoya qilishi bilan birga,

اَللّٰهُ الَّذ۪ى رَفَعَ السَّمٰوَاتِ بِغَيْرِ عَمَدٍ تَرَوْنَهَا

oyatining ishorati bilan; Ilohiy qayyumiyat hadsiz yulduzlarga va nihoyatsiz zarralarga tayanch nuqtasi ekanini va butun mavjudotning holat va ahvolida minglab silsilalarning uchlari

وَ اِلَيْهِ يُرْجَعُ الْاَمْرُ كُلُّهُ

ishorati bilan Qayyumiyat sirriga bog’liq ekanini e’lon qiladi.

Uchinchi Shua:Xalloqiyati Ilohiya va Faoliyati Rabboniya ichidagi sirri Qayyumiyatning bir daraja inkishofiga ishorat qilgan muqaddimalarning birinchisi: Zamon saylida davomiy chayqalgan va ko’z ochtirmasdan, nafas oldirmasdan shahodat olamidan g’ayb olamiga yuborilgan bu maxluqotning, hayrat beruvchi sayru-sayohati, uch muhim sho'baga ayrilgan hadsiz va nihoyatsiz bir hikmatdan kelib chiqadi.

Birinchi Sho''basi:Faoliyatning har bir turi, juz'iy bo’lsin kulliy bo’lsin, lazzatni berishi sirri bilan (ta'birda xato bo’lmasin) Zoti Hayyi Qayyumda bo’lgan bir ishqi lahutiyning va bir muhabbati qudsiyaning va bir lazzati muqaddasaning shuunoti, hadsiz faoliyat bilan va nihoyatsiz xalloqiyat bilan koinotni mutamodiyan yangilab chayqatganini..

Ikkinchi Sho''basi:Har bir jamol va hunar sohibi, o’z jamolini va hunarini sevishi va tashhir etib e'lon qilishi qoidasi bilan Jamili Zulkamolning ming bir asmo-i husnasidan har bir ismining har bir martabasida sanoqsiz husn turlari bilan cheksiz chiroyli haqiqatlar bo’lgani uchun, ishqi muqaddasa-i Ilohiya, sirri Qayyumiyatga binoan koinotni davomiy almashtirib yangilaganini..

Uchinchi Sho''basivaTo’rtinchi Shua:Har bir marhamat va shafqat sohibi va har bir oliyjanob kishi boshqalarni mamnun va hursand qilishdan, sevintirib baxtli qilishdan lazzat olishi; va har adolatli kishi, haqiqatni o’rnatishidan quvonishi; va har hunar sohibi bo’lgan san'atkor, qilgan san'atini ko’rsatishdan va san'atining istagan tarzida ishlab orzu qilgan natijalarini berishidan faxlanishi qoidalariga ko’ra,

bu koinotning Sone'-i Hakimi ming bir go’zal ismlarining son-sanoqsiz go’zalliklariga mavjudotni sazovor qilish uchun koinotni ajib doimiy yaratuvchilik va hayratli faoliyati Sarmadiya ichida Qayyumiyat sirri bilan tinmay yangilab turganini, juda g’arib, shirin, latif, g’oyat xush ifoda bilan izohlaydi. Va bir qism zalolatdagilarning "Koinotni bunday o’zgartirgan va yangilagan zotning, o’zining ham o’zgargan va bir holda qotib qolmagan bo’lishi kerak emasmi?" deb so’ragan savollariga; aksincha Zoti Zuljalolning o’zgargan va bir holda qotib qolmagan bo’lmasligi kerakligini qat'iy suratda bayon qilgan javob berilgan.

Beshinchi Shua:Ikki masaladir.

Birinchi Masala:Ismi Qayyumning jilva-i a'zamiga qaratish uchun, xayoliy ikki durbindan biri bilan, eng uzoqlarda efir moddasi ichida Qayyumiyat sirri bilan ushlab qolingan; qisman harakatlangan, qisman bir yerga mahkamlangan millionlab azamatli yulduzlarni va boshqa durbin bilan yerdagi tirik maxluqlar vujudining zarralarining vaziyat va harakatlarini tomosha qildiradi.

Xulosasi:Bu olti ismi a'zam bir-biri bilan aralashganni uchun, butun koinotning barcha mavjudotini ushlab qolgan, baqo va qiyom bergan Qayyum ismi jilva-i a'zami orqasida tajalliy etgan Hayy ismining butun mavjudotni hayot bilan yoritganini.. va Hayy ismining orqasida tajalliy etgan Fard ismining mavjudotni vahdat ichiga olib yuzlariga bir-bir ahadiyat muxrini bosganini.. va Fard ismining orqasida tajalliy etgan Hakem ismining mavjudotni mevador nizom va hikmatli intizom va samarador tartib ichiga olib bezatganini.. va Hakem ismining jilvasi orqasida tajalliy etgan Adl ismining mavjudotni yulduzlar qo’shinidan to zarralar qo’shiniga qadar g’oyat hassos bir adolat mezoni ichida tutib amri "Kun Fayakun"dan kelgan amrlarga so’zsiz bo’ysunish bilan itoat ettirganini.. va Adl ismining jilvasi orqasida tajalliy etgan Quddus ismining, mavjudotni Jamili Mutlaqning jamoli zotiga va nihoyatsiz go’zal asmo-i husnasiga loyiq va munosib bo’ladigan g’oyat go’zal oynalar shakliga keltirganini ko’rsatadi.

Ikkinchi Masala:Qayyumiyatning vohidiyat va jalol nuqtasida koinotda tajalliysi bo’lgani kabi, ahadiyat va jamol nuqtasida insonda ham jilvasining ko’rinishi ekanini; va bu tajalliy bilan Zoti Zuljamolning insonga farishtalardan ustun qilgan ehsonlarini va ehsonlarining umumiyligini, yuksakligini va kengligini izohlaydi. Koinotni bir ne’mat dasturxoni qilib, insonga bo’ysundirishining; va koinotning inson bilan sazovor bo’lgan Qayyumiyat sirri bilan bir jihatda qoim ekanining hikmati, insonning uch muhim vazifasidan kelib chiqqanini sanab o’tadi. Va insonning u uch muhim vazifasidan uchinchi vazifasida, uch jihat bilan Zoti Hayyi Qayyumga oynadorlik qilganini anglatadi. Va bu oynadorlik etgan jihatlaridan uchinchi jihatdagi oynadorligining ham ikki yuzi ekanini; birinchi yuzi bilan asmo-i Ilohiyaga, ikiknchi yuzi bilan esa shuunoti Ilohiyaga oynadorlik qilganini umuman o’xshashi yo’q bir so’zamollik bilan ifoda qiladiki, insonning dohiylarini ham bu haqiqatlarga maftun etib hayron qiladi.

Xusrav

MUNOJOT:

Janobi Haqqa ilmalyaqiyn va hatto aynalyaqiyn darajasida ma'rifatni qo’lga kiritib qullikning (keragiday) taqozo qilgan ojizlik va to’liq faqirlikni izhor qilib Ilohiy dargohga iltijo va Rahmon huzuriga yaqinlashib insoniy xususiyatlarni aytilganidek ta'lim; va dunyo va uning ichidagi barcha narsalarnıng egası va maxfiy boylikka mutasarrif bo’lgan Akrami Anbiyo (alayhi akmaluttahiyyat) afandimizning munojotidan va Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning tasbeh va hamd va sano va duoga tegishli yetti yuz adad oyatlaridan olingan bu tengsiz munojotning ma'naviy manbasi,avvaloboshda olamning yaratilishi haqida bir necha oyatlardan va oyati jaliladan;ikkinchidan,Javshan-ul Kabirning ming bir asmosidan mavjudotning yaratilishi bilan munosabatdor bir qancha bog’laridan;uchinchidan,"ilm shahrining eshigi" Nabaviy sanoga haqqiqatdan sazovor bo’lgan Imom Ali Karramallohu Vajhahu Roziyallohu Anhning osmon jismlari va yer mavjudoti bilan vujubi vujud, Vohidi Ahadni isbot qilgan muhtasham xitobni yo’lboshchi olib mavzu va maqsadni shu qadar chuqurlashtirib va yoyadiki, bu haqiqatlarga oid maqtov faqat muallifining lison va qalamiga bog’langan va aloqali bo’lib, takror takror sodir bo’lgan amrga bo’yin egishni niyat va qasdi bilan boshlangan mundarijada aytamizki:

Birinchi Fikrada:Osmonlardagidagi aylanishlar va bu ko’plik ichidagi ajoyib sokinlik bilan mukammal faoliyat, Ma'budi Bilhaq bo’lgan Vojib-ul Vujud Vohidi Ahadga dalolat etganini;

Ikkinchi Fikrada:Fazoning bulut, chaqmoq, yashin, shamol, yomg’irlar bilan faoliyat va hayratlanarli ijrooti yana mazkur butun tillari bo’lgan Vojib-ul Vujud, Vohidi Ahadga dalil ekanini;

Uchinchi Fikrada:Unsurlar boshqa hamma narsasi bilan va Yer Kurrasi umum maxluqoti va ikir chikirigacha;

To’rtinchi Fikrada:Aytilgan dalillar kabi, dengizlar, daryolar, chashmalar ma'ruf tamomi ehson bo’lgan Vojib-ul Vujud, Vohidi Ahadga dalolat etishini;

Beshinchi Fikrada:O’tgan shahodat kabi; tog’lar, zilzila ta'sirlaridan zaminning muhofaza va sukunatiga va ichidagi inqiloblar to’fonlaridan salomatiga va dengizlarning istilosidan xalosiga; ham havoning zararli gazlardan tozalanishiga va suvlarning iddixoriga va hayot egalariga kerak moddalarning xazinadorligiga qilgan xizmatlari va hikmatlari bilan Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga shahodat etishini;

Oltinchi Fikrada:O’tgan dalillar kabi, yerdagi daraxtlar va nabototning; yaproqlar, gullar va mevalarning jozibali zikriy harakatlari va mukammal osonlik bilan kiydirilgan jihozlar va ziynatlari vujubi vujud va vahdati Bariga ochiq oydin dalolat etishini;

Yettinchi Fikrada:Shuingdek ruh sohiblarining va xususan inson jismlarida mavjud va muntazam soatlar va uskunalar kabi ishlagan va ishlatilgan dohiliy va xorijiy a'zo va organlar va ayniqsa besh tashqi tuyg’u kabi mukammal faoliyat bilan ishlayotgan tuyg’ulari bilan vahdoniyatni isbot etishini;

Sakkizinchi Fikrada:Koinotning xulosasi bo’lgan inson va insonning zubdasi bo’lgan anbiyo va avliyo va asfiyoning xulosalari bo’lgan qalblarining va aqllarining mushohadalari va kashflari va ilhomlari va istixrojlari bilan,

yuzlab ijmo' va tavotur quvvatida va qat'iyatida vujubi vujud va vahdati Ilohiyaga shahodat etganlarini tom tom ochiqlik bilan bayon va tosh qotgan qalblarni isloh, va Janobi Kibriyoga munojot bo’lgan bu bitta haqiqat bog’ini, tazarru’ xotimasi va niyozini shunday bog’laydiki:

Yo Robbi va yo Robbas Samavati Val Arozin! Yo Xoliqi va yo Xoliqi Kulli Shay! Osmonlarni yulduzlari bilan, zaminni barcha narsalari bilan va butun maxluqlarni butun holati bilan bo’ysundirgan qudratingning va irodangning va hikmatingning va hokimiyatingning va rahmatingning haqqi uchun, nafsimni menga bo’ysundir! Va so’ragan narsalarinmi menga bo’ysundir! Qur'on va iymonga xizmat uchun insonlarning qalblarini Risola-i Nurga bo’ysundir! Menga va qardoshlarimga komil iymon va husni xotima ber. Hazrat Muso Alayhissalomga dengizni va Hazrat Ibrohim Alayhissalomga olovni va Hazrat Dovud Alayhissalomga tog’ni, temirni va Hazrat Sulaymon Alayhissalomga jin va insonlarni va Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamga Quyosh va Oyni bo’ysundirganing kabi, Risola-i Nurga qalblarni va aqllarni bo’ysundir! Meni va Risola-i Nur talabalarini nafs va shaytonning yomonligidan, qabr azobidan va Jahannam olovidan muhofaza ayla va Jannat-ul Firdavsda mas'ud qil! Omin, omin.

Duo so’zlari bilan hotima qilgan bu munojot, iymon ahlining o’ta dolzarb bo’lishga loyiq ekani oshkora bo’lgani uchun, boshqa izohga kerak qolmadi.

M. Sabri (Rahmatullohi Alayh)

* * *

Sakkizinchi Yog'duning Mundarijasidan Bir Parcha

G’aybiy ishoratlar haqida bo’lim va bir taqriz.

فَاسْتَقِمْ كَمَٓا اُمِرْتَ

Va

فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَ سَع۪يدٌ

oyatlarining bir g’aybiy nozik va chuqur ma’nosini G’avsi A'zam Sayyid Abdulqodir Jiyloniyning bir g’aybiy karomati bilan tafsir qiladi. Mutavotir favqulotda karomatlarga sazovor bo’lgan Sulton-ul Avliyo vafot etganlaridan so’ng, aynan hayotida bo’lgani kabi, muridlari bilan aloqador bo’lganini, kashf ahli va valiylar tomonidan qabul qilingan. U zot sakkiz yuz yil muqaddam, Ilohiy izn bilan karomati bilan bizning davrimizni ko’rgan; ya'ni u kishiga ko’rsatilgan. Bu tashvishli va fitnali zamonda unga mansub bir qism Qur'on xizmatkorlariga tasalli berib, shijoatlantirish va tashviq qilish suratida bir mashhur qasidasining oxirida besh satr ichida ayni xabarni o’n besh jihatdan beradi. Ham Jifr ilmining uch-to’rt tomoni bilan, besh satrning ma'nosi, ham so’zlari, ham xarflarining soni bir-birini quvvatlab ayni hodisani xabar bergani, diqqat qilganlarga qat'iyat darajasida qanoat bergan.

Ma'lumki: Kelajakdan xabar bergan nabiylar va avliyolar لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ ta'qiqiga qarshi hurmat va adab uchun, ishoratlar va ramzlar bilan kifoyalanishgan. Ba'zan bir ishorat, ba'zan ikki ishorat, eng quvvatlisi besh-olti ishorat bilan ayni hodisani ko’rsatishgan. Holbuki G’avsi A'zam bu zamondagi Qur'oniy xizmatning hay'atini ishorat qilib, ichida bir xodimini ochiq ravshan ko’rsatadi. Bu risola ichidagi imzolar bilan ko’rsatilgani kabi, Qur'oniy xizmatdagi birodarlarimga ishtirokim bor. Bir qismi mening imzom bilandir. Bir qismi ularning lozim deb topishlari va chiqargan hulosalari va tasdiqlari bilan bo’lgani uchun; menga oid haddimdan ortiq hissani ularning xotirlari uchun qabul qildim. Bo’lmasa risolaning boshida aytganim kabi, bunda unday bir hissa-i sharafga haqqim yo’q.

O’n yil muqaddam o’sha g’aybiy qasidani ko’rgandim; va menga ma'naviy eslatma kabi, "Diqqat qil!"deb qalbimga kelar edi. U xotirlatmani ikki jihat bilan tinglamagan edim:

Birinchisi:Umrimning ahamiyatli bir qismki, shonu-sharaf pardasi ostida mansab sevgisi zahari bilan zaharlanib o’lgani uchun, qaytadan nafsi ammoraga boshqa bir sharaf eshigini ochishni istamadim.

Ikkinchi Jihat:Ushbu qaysar davrda isbot kerak bo’lmagan da'volarni va ochiq oydin hujjatlarni qabul qilmaganlarga bunday g’aybiy ishorati navidan o’zini o’ylash tarzida izhor qilish menga yoqmas edi. Oxirgi asoratimning sakkizinchi yili va eng qiynoqli va eng mashaqqatli davrda juda quvvatli tashviqqa muhtoj bo’lganimiz uchun menga eslatildiki: "Buni berilgan ne’matni oshkor qilish va bir ma'naviy shukr turi sifatida izhor qil. Ham qo’rqma, u qanoat beradigan darajada quvvatlidir!"

U risolaning boshida aytganim kabi, buni izhor qilishdan eng muhim maqsadim; Qur'on sirlariga oid risolalarning maqbuliyatiga G’avsi A'zam imzo bosishi turidan bo’lganidir.

Ikkinchi Maqsadim:Qudsiy ustozimning karomatini izhor qilish, karomoti avliyoni inkor etgan mulhidlarni sukut ettirib; Qur'oniy xizmatga kamchilik beradigan ko’p sabablarga uchragan va ko’p to’siqlarga nishon bo’lgan birodarlarimning ma'naviy kuchlarini quvvatlab, shavqlarini ko’paytirib va umidsizliklarini ketkazısh edi.

Men uchun bir jihatdan o’zini maqtashga kirgani uchun muhim zarardir. Lekin u zararimni, ustozimning va birodarlarimning xurmati uchun qabul qildim.

Bu Karomati G’avsiya risolasi sekin sekin chiqarilgani uchun bir necha parcha bo’ldi va qo’shimchalarga taqsimlandi. Bora bora bir-birini nurlantirgan va quvvatlagan sari aniqlik paydo qiladi. Ishoralarning ba'zisida za'flik bo’lsa ham boshqa birodarlarining ittifoqidan olgan quvvati u zaiflikni ketkazadi. Hatto hayratlanarli joyi shundaki; besh satrning oxirida, har birining martabasini va xos sifatini ishora qilib, o’n beshdan ortiq Qur'on xizmatidagi muhim qardoshlarimni ko’rsatmoqda. Bu risolada, Karomati G’avsiya munosabati bilan bir qancha ahamiyatli masalalar va bir qancha muhim haqiqatlar bayon etilgan.

Bu risolani hammaga tavsiya etmayman va ruxsat bermayman. Balki sof, insof, ixlos va xos xususiyati bo’lgan qardoshlarimga ruxsat beraman. Ham boshidagi maqsadlarimni nazarda tutib qarasin. Meni, o’zini karomat sohibi qilib ko’rstyapti deb tasavvur qilmasin.

* * *

Yigirma Sakkizinchi Yog'duning Mundarijasidan Bir Parcha

BIRINCHI NUKTA: Hazrat Imom Ali Raziyallohu Anh Qasida-i Arjuzasida اَحْرُفُ عُجْمٍ سُطِّرَتْ تَسْط۪يرًا deb, bu davrda umumiylashtirilgan ajnabiy harflariga qarab, bu jumladagi harflarning jifriy va abjadiy raqamlarining bu davrga ishorat qilishlari bilan mavjud kufriy jarayonga ishorat qilgani kabi; ham Arjuzasida, ham Arjuzani dastaklagan va quvvatlagan Qasida-i Jaljalutiyasida ochiq ravshan

تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرًّا بَيَانَةً ٭ تُقَادُ سِرَاجُ السُّرْجِ سِرًّا تَنَوَّرَتْ

fikrasi bilan, u jarayonning qarshisida vujudi ziyosi bilan tushunilgan va zulmatning juda shiddatli va tumanli, yoquvchi dahshatiga qarshi so’nmagan va bora bora zulmatni yorib dunyoni yoritishga uringan Risola-i Nurga va muallifiga xususiy iltifotini

اَقِدْ كَوْكَب۪ى بِالْاِسْمِ نُورًا وَبَهْجَةً مَدَى الدَّهْرِ وَالْاَيَّامِ يَا نُورُ جَلْجَلَتْ

deb, oxirzamonga qadar Risola-i Nurning tengsiz suratda yorug'lik berishini va yonishini duo va niyoz qilgan va Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning eng muhim shogirdi va ilmlarining birinchi noshiri bo’lgan Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhu, Islomning avvalida Qur'onga qarshi ochilgan ko’p eshiklarga qarshi muborak ismi a'zamni shafoatchi qilib qahramonona va mardona shariat haqiqatlari va Islom asoslarini muhofaza qilisdhga uringani kabi, oxirzamonda butunlay Qur'onga qarshi zindiqlar jarayoniga qarshi, ushbu ismi a'zamni shafoatchi va qutuladigan va himoya topadigan joy deb Qur'onning yo’q bo’lmas i'jozidan kelgan va mo’'jizali muxrini ko’rsatgan Risola-i Nurning so’nmas nuri bilan va jim bo’lmas lisoni bilan shijoatli tarzda javob berib va qarshi turib, yerning yuzini yoqib ko’p gullarni quritgan zindiqlar olovini, ismi a'zamning kibriyoli, azamatli nuri bilan va Ismi Rahmon va Rahimning shafqatli va marhamatli tajalliysidan qaynab chiqqan obi hayot bilan so’ndirgan; va yongan yerlarda qurigan daryo va bog’ gullari o’rniga, tog’larda va qirlarda

samo yomg’iri va rahmati bilan haroratga chidab bergan va qattiq sovuqqa chidaydigan gullarni yetishtirgan Risola-i Nurni ko’rishi va shafqat bilan tasalli berishi va karomatli qarashi, Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anhning valiylik maqomining taqozo qilganini haqqalyaqiyn ko’rsatadi.

Ham Qasida-i Jaljalutiyaning bir karomati bo’lgan

فَيَا حَامِلَ الْاِسْمِ الَّذ۪ى جَلَّ قَدْرُهُ

dan boshlagan uch-to’rt satrda quvvatli alomat va dalildan:

Birinchi belgi:

فَيَا حَامِلَ الْاِسْمِ الَّذ۪ى جَلَّ قَدْرُهُ

jifr va abjad hisobi bilan bir ming uch yuz ellik uchinchi yil, Risola-i Nur shogirdlarining eng mashaqqatli davriga va bu vaqtda "Sakina" nomli Ismi A'zamni, yetmish bir oyat bilan bir yuz yetmish bir marta doimiy vird qilgan Risola-i Nur Muallifining ismlariga tavofuq sirri bilan ishorat qilishi, bu davrda Ismi A'zamni mujassam qilgan Risola-i Nur Muallifining xususiyatini va salomat bilan qutulishlarini bashorat bilan ishorat qilganini; Lillahilhamd, salomat bilan qutulishlari, karomati Alaviyani tasdiq etganini...

Ikkinchi belgi:

فَقَاتِلْ وَلَا تَخْشَ وَحَارِبْ وَلَا تَخَفْ

jumlasi bilan, eski Harbi Umumiyga ishtirok etib yara, chaqaga va nihoyatsiz qo’rquvlarga ma'ruz qolib, nihoyat Rossiyaga asir bo’lib ketgan; dahshatli oxirzamon xarbida muhim vazifa bilan mas’ul qilinib, ilondanda zaharli chayonlar bo’lgan mamlakatga tushgan; va kecha-kunduz ilonlar bilan harb etgan Risola-i Nur muallifiga

فَقَاتِلْ وَلَا تَخْشَ وَحَارِبْ وَلَا تَخَفْ

deb iltifotini va ma'naviy himoya va muhofaza va yordam xabarini beradi.

Uchinchi belgi:Uchta kuz mavsumida tasalliga sabab uch karomatdir:

Birinchisi:G’avsi A'zam Roziyallohu Anh,

يَا مُر۪يد۪ى كُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ لِلّٰهِ مُخْلِصًا تَع۪يشُ سَع۪يدًا

ta'biri bilan o’n besh kuchli alomat bilan;

Ikkinchi kuzda,ayni mavsumda, Hazrat Ali Roziyallohu Anh,

وَيَا مُدْرِكًا لِذٰلِكَ الزَّمَانِ

ta'biri bilan quvvatli dalillar bilan;

Uchinchi kuzda,فَيَا حَامِلَ الْاِسْمِ الَّذ۪ى ila oxir deb yana Hazrat Ali Roziyallohu Anh karomat bilan Risola-i Nur muallifiga qarab; Sakkiz, O’n Sakkiz, Yigirma Sakkizinchi Yog'dular bo’lgan risolalarning quvvatli va i'jozli ta'liflari bilan xavfga tushgan va tasalliga muhtoj bo’lgan Risola-i Nur shogirdlarining olti-yetti marta لَا تَخْشَ kalimalari bilan qo’rquvlarini ketkazib shijoat berishlari, Qur'on xizmatkorlariga bir Ilohiy ikrom ekanini ko’rsatadi. Ham وَاقْبِلْ وَلَا تَهْرَبْ jumlasining yana avvalgi jumlalar kabi tinglovchisi Said-un Nursiy bo’lganidan, "Yo Said-un Nursiy! Qarshila, qochma!" deb shijoat beradi.

NATIJA:To’qqiz "ham ham"lar ko’rsatgan to’qqiz haqiqatning Risola-i Nurda va muallifida amalda ijrosi va boshqalar tomonidan ko’rinishi.. hatto dushmanlarining tasdig’i bilan ham sobitki: Hazrat Ali Roziyallohu Anhning Qasida-i Arjuza va Jaljalutiyasidagi shiddatli aloqadorligini nazarda tutganini, Vorisi Nabiy va Muqavvi-i Din va Ismi Homili Ismi A'zam bo’lgan Risola-i Nur va muallifi bo’lgani.. (Chunki butun dunyo maydondadir va butun nidolarni eshityapmiz; ko’pchilik harakatlarni ko’ryapmizki) haq va haqiqatda adashmagan va Qur'onning huquqini amr qilingani kabi ta'vilsiz muhofazaga uringan "Risola-i Nur"dir deb shak va shubhasiz Hazrat Ali Roziyallohu Anhning tinglovchisi u kishi ekanini qat'iy isbotlaydi.

Hofiz Ali (Rahmatullohi Alayh)

* * *

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

يَا اَللّٰهُ يَا رَحْمٰنُ يَا رَح۪يمُ يَا فَرْدُ يَا حَىُّ يَا قَيُّومُ يَا حَكَمُ يَا عَدْلُ يَا قُدُّوسُ

Ismi A'zam haqqi va Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon hurmati va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam sharafi.. Yog'dular Majmuasini bostirganlarni va muborak yordamchilarini va Risola-i Nur talabalarini Jannat-ul Firdavsda saodati abadiyaga sazovor ayla. Omin! Va xizmati iymoniya va Qur'oniyada doimo muvaffaq ayla. Omin! Va hasanot daftarlariga Yog'dular Majmuasining har bir harfi evasiga ming hasana yozdir. Omin! Va Nurlarning nashrida sabot va davom va ixlos ehson ayla. Omin!

Yo Arhamurrohimin!.. Umum Risola-i Nur shogirdlarini ikki jahonda baxtiyor qil. Omin! Insiy va jinniy shaytonlarning sharlaridan muhofaza ayla. Omin! Va bu ojiz va bechora Saidning kamchiliklarini avf qil... Omin!

Umum Nur shogirdlari nomidan

Said Nursiy

* * *

Kitobni ochish ↗