Risola-i Nur Kulliyotidan
Yigirma Yettinchi Maktubdan
KASTAMONU ILOVASI
Muallifi
Badiuzzamon Said Nursiy
بِاسْمِه۪ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رَسَائِلِ النُّورِ الْمَكْتُوبَةِ وَالْمَقْرُوئَةِ وَالْمُتَمَثِّلَةِ فِى الْهَوَاءِ اِلٰى يَوْمِ الْقِيَامِ اٰم۪ينَ
Aziz, Siddiq, Muborak Qardoshlarim va Xizmati Qur'oniya va Iymoniyada Ixlosli va Kuchli va Shonli Birodarlarim!
Janobi Haqqa hadsiz shukr va hamd aytamanki, Keksalar Risolasidagi umidimni va Mudofaalar Risolasidagi iddaomni siz bilan tasdiq qildirdi. Ha, lillahilhamdu biadadiz zarroti minal azali ilal abad siz bilan o’ttiz mingga teng kelgan o’ttizta Abdurrahmonni, balki bir yuz o’ttizta, balki bir ming bir yuz o’ttizta Abdurrahmonni Risolat-un Nurga ehson qildi. Ham unutilmagan, har doim yonimda bo’lgan qardoshlarim, Risola-i Nurga siz kabi juda jiddiy sohib va muhofiz va voris va haqiqatbin va qiymatshinos zotlarning mening o’rnimda mendan yanada kuchli, ixlosli bo’lib vazifa-i Qur'oniya va iymoniyada g’ayrat ko’rsatayotganlarini ko’rganim uchun, kamoli sevinch va surur va ishonch va istirohati qalb bilan ajalimni va mavtimni va qabrimni qarshilayapman, kutyapman. Men sizni yozuvlaringizda va xotiramdan chiqmagan xizmatlaringizda har kuni ko’p martalab ko’raman va sizga bo’lgan ishtiyoqimni qondiraman. Siz ham bu bechora qardoshingizni risolalarda ko’rib suhbat qilishingiz mumkin. Ahli haqiqatning suhbatiga zamon, makon mone bo’lmaydi; ma'naviy radio hukmida biri sharqda, biri g’arbda, biri dunyoda, biri barzohda bo’lsa ham, robita-i Qur'oniya va iymoniya ularni bir-biri bilan gaplashtiradi.
Mashaalloh, barakalloh Hz. Ali (r.a.) karomatlarining Risolat-un Nurga imzosini bu zamonda to’liq tasdiq qildirgan Alaviy (Ali) qalamning karomatlari va Qur'onga juda qiymatli xizmati va Mo’'jizoti Ahmadiyaning (S.A.V.) hayratomuz bir karomatini ko’zlarga ko’rsatgan va Qur'onning oltin bir kaliti bo’lgan qalami Xusraviy, faqat bizlarni emas, balki ruhoniylarni va malaklarni ham sevintiradilar.
Bu safar olmos qalamli Muboraklar tarafidan bir savol bor. Hozircha javob qo’limda emas. Agar qo’limga berilsa, sizga keladi. Har kun xotiramda bo’lgan Rushdu, Ra'fat, Sulaymon, B.M. va H.K. va Abdulloh va boshqa ismlarini bayon qilmaganim qiymatli qardoshlarim bilan xususiy gaplashmaganimdan ranjimasinlar; chunki xizmatingizning azamati va ahamiyati va qarshi chiqqanlarning kuchi va shaytanati nisbatida ehtiyotga va diqqatga majburmiz.
Hofiz Ali bilan Xusravning bir-biri bilan jiddiy bir kamtarinlik ichida qardoshlik aloqalari, Risola-i Ixlosning to’liq sirriga sazovor bo’lganingizni menga sezdirdi, umidlarimni favqulodda quvvatlantirdi.
Men ko’proq yozardim, ammo hozir bir kishi pochtaga ketayotganligi, shoshilayotganligi uchun tugatdim.
Duongizga muhtoj
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ
Aziz, siddiq qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada kuchli, diroyatli birodarlarim!
Bu zamon jamoat zamonidir. Ahamiyat va qiymat, shaxsi ma'naviyga ko’ra bo’ladi. Moddiy va yakka va foniy shaxsning mohiyati nazarga olinmasligi kerak. Xususan men kabi bir bechoraning qiymatidan ming daraja ko’proq ahamiyat berish bilan, bir botmonni ko’tarmagan zaif yelkasiga minglab botmon og’irlik yuklansa, ostida eziladi.
Lillahilhamd, Risolat-un Nur bu asrni, balki keladigan istiqbolni nurlantira oladigan bir mo’'jiza-i Qur'oniya ekanini ko’p tajribalar va voqealar bilan ko’rlarga ham ko’rsatgan. Unga oid madh-u sanoingiz juda o’rinli. Ammo menga berganingizdan, mingdan biriga ham o’zimni loyiq ko’rolmayman. Faqat, juda buyuk bir ne'matga va muvaffaqiyatga siz kabi haqiqatli talabalarning ishtirok va sa'yu g’ayratlari bilan sazovorligim nuqtasida, Risola-i Nur hisobiga abadgacha iftixor qilaman.
Nur bandargoh ma'muri Sabri qardosh! Sabri, Sulaymon va Xusrav uchovingizning suhbatingizda mening ham ikki jihatdan, balki uch jihatdan ishtirokim bor.
Nur fabrikasi nomi sohibi Hofiz Ali qardosh! Hayratomuz maktubing, ahamiyatsiz shaxsiyatim xorij qolish sharti bilan, menga hayratomuz ko’rindi. Sening xolis va yuksak diroyating taraqqiyda ekanini ko’rsatdi. Menga, "Mana ko’p Abdurrahmonlarni tashigan bir Ali" ayttirdi.
Mustafolar, Kichik Ali, muborak va munavvar qardoshlar! Maktubingiz Katta Alining maktubi kabi ajib haqiqatni ifoda qiladi. O’sha haqiqat Risola-i Nur haqida haqdir. Ammo mening haddim emaski, u hududga kirsam.
Ha, عُلَمَاءُ اُمَّت۪ى كَاَنْبِيَاءِ بَن۪ى اِسْرَائ۪يلَ marhamat qilganlar. G’avsi A'zam Shohi Jiyloniy, Imom G’azzoliy, Imom Rabboniy kabi ham shaxsan, ham vazifa jihatidan buyuk va g’aroyib zotlar bu hadisni qiymatdor irshodlari va asarlari bilan amalda tasdiqlaganlar. O’sha zamonlar bir jihatda fardiyat zamoni bo’lgani uchun, hikmati Rabboniya ular kabi faridlarni va qudsiy dohiylarni ummatning yordamiga yuborgan. Hozir esa, ayni vazifaga, faqat mushkul va dahshatli sharoit ichida, bir shaxsi ma'naviy hukmida bo’lgan Risolat-un Nurni va hamjihatlik sirri bilan bir fardi farid ma'nosida bo’lgan shogirdlarini bu jamoat zamonida o’sha muhim vazifaga yugurtirgan. Bu sirga binoan, men kabi bir askarning, og’irlashgan marshallik maqomida faqat qo’shinning yordamchi kuchlari vazifasi bor.
Ra'fat qardosh! Sen bilan hech bo’lmasa har to’rt kunda bir marta ko’rishishga ehtiyoj va ishtiyoqim bor ekan, to’rt yil o’tib xususiy holda ko’risha oldik. Sen kabi ham qiymatdor ta'sirli tili va quvvatli, latofatli qalami bilan Risolat-un Nurga juda ahamiyatli xizmat qilganlar har vaqt xotiramda ma'naviy tinglovchilarim va xayolan yonimda hozir bo’lgan birodarlarimdirlar. Risolat-un Nurning hayratomuz ta'sirli tarqalishi nazari diqqatni tortgani uchun, hozircha ko’proq ehtiyot lozim.
Iqtisod Risolasi bilan Bolalar Ta'ziyanomasi Risolalari yuborilsa munosibdir.
Umum qardoshlarimga, xususan xoslariga bir-bir salom aytaman va duo qilaman. Va o’sha muborak va qiymatdor birodarlarimning xotiri uchun ham qarindoshlarini, ham qishloqlarini o’zimning qarindoshlarim va qishlog’im ichiga olib, shunday duo qilib ma'naviy yutuqlarimga sherik qilaman.
***
Aziz, siddiq, fidokor vafokor qardoshlarim,
Sizlar bilan xabarlasholmaganimning sababi, haddan ortiq diqqat va tazyiq ostida va yakka saqlanganim uchun. Xoliqi Rahiymimga hadsiz shukrlar bo’lsinki, kuchli sabr va bardoshni ehson qilib suiqasdlarini natijasiz qoldirdi. Bu yerda ayriliq zamonimning har bir oyi bir yil yakka qamoq hukmida ezuvchi bo’lgani holda, duolaringiz barakasi bilan, inoyati Ilohiya har kunimni bir oychalik saodatli bir umrga aylantirdi. Mening istirohatim haqida qayg’urmang, rahmatning iltifoti davom qilyapti.
Sabri qardosh! Sabrli bo’l, ahamiyatsiz va zararsiz bo’lgan vahmiy va asabiy xastaligingga ahamiyat berma. Shifo uchun duo qilish bilan barobar; zararsiz, xatarsizdir. Chunki agar xatarlar yomonlik bo’lsa; qandayki oynada aks etgan ifloslik iflos emas va oynadagi ilon surati chaqmaydi va olovning timsoli yoqmaydi. Xuddi shuning kabi, qalbning va xayolning oynalarida rizosiz, ixtiyorsiz kelgan iflos va xunuk va kufriy xotiralar zarar bermaydilar. Chunki Ilmi Usulda kufrni tasavvur qilish, kufr emas va haqoratni xayol qilish, haqorat bo’lmaydi.
Hasana esa nuroniy bo’lgani uchun, tasavvur va xayol qilinishi ham hasanadir. Chunki oynada nuroniyning timsoli ziyo beradi, xususiyati bor; kasifning misoli o’likdir, hayotsizdir, ta'siri yo’qdir. Agar boshqa ruhoniy alamlar bo’lsa; sabrga, mujohadaga o’rgatish uchun Rabboniy bir qamchidir. Chunki aminlik va umidsizlikning tahlikasiga tushmaslik hikmati bilan, xavf va umid muvozanasida, sabr va shukrda bo’lish uchun siqilish va xursandchilik holatlari, jalol va jamol tajalliysidan intiboh ahliga kelishi; ahli haqiqat oldida taraqqiyga sabab bir dasturi mashhurdir.
Shomli Tavfiqning ehtiyotini taqdirlash bilan birga, eski qiymatdor xizmatlari uning amallar daftariga doimiy bir suratda yozuv yozishlari uchun, u ham doimiy ishlashi kerak edi. Shukr, yana olmos qalami bilan vazifasini boshlashi ruhimni umidlar va ishtiyoqlar bilan sevintirdi. Barla hayotini hasrat bilan xotirlatdi.
Sabri qardosh! Imomlik vazifasida Risolat-un Nurga zarar yo’q, ruxsat bilan amal niyati bilan hozircha chekinma.
Xusrav qardosh! Beshinchi Shu'laning qiymatini to’liq bayon va taqdirlashing meni juda sevintirdi. Ikkinchi marta zarrin bir Qur'onni yozganing meni haddan ziyod baxtiyor qildi. Yana men uchun ham yangi risolalarni muborak qalaming bilan
{(Hoshiya) Hayratga sabab bir lutfi baraka: Gul fabrikasining kotibligi bilan Risolat-un Nurga bog’langan Xusrav, ikki yarim yil avval bir kichik shisha gulyog’i yuborgandi. Doimo iste'mol qilganim holda hali tugamadi, davom qilyapti. Qardoshingiz Amin yonimdadir, bu barakaga guvohlik qiladi, ham sizga salom aytadi.}
ko’chirganing, meni minnatdorlik hissidan masrurona yig’latdi.
Rushdu va Ra'fatning sihatlari va kamoli sadoqat va sabotlari huznli xavotirlarimni yo’qotdi. Isparta talabalari xotirlari uchun, men Ispartani o’z qishlog’im Nurs bilan birga duomda doxil qilaman. Hatto mayyitlariga, Nurs mayyitlari kabi duo qilaman. Haqiqiy vatanim va mamlakatim nazari bilan o’sha viloyatga qarayman.
Uskunasi quvvatli Ali qardosh! Sizlarning xolisona va jiddiy faoliyatingizdan, Risola-i Nurda sizlar kabi tebranmas ko’p talabalar chiqishini va davom qilishlarini umid qilardim. Bilganim Abdulloh kabi va bilmaganim umum qardoshlarimga salomimni va barcha ma'naviy yutuqlarimga ularni sherik qilganimni yetkazinglar. Xabarlashishimda ismlarini yozmaganim va xotiramda yozganim qiymatdor qardoshlarim bilan juda ham aloqadorman.
Qardoshlarim! Juda ehtiyot qilinglar, munofiqlar ko’p. Mumkin bo’lgancha risolalarning bu yerdan yuborilganini aytmanglar; toki Risola-i Nur xizmatiga zarar kelmasin. Afsuski, men bu yerda butkul yolg’iz qolganim uchun, juda ahamiyatli haqiqatlar yozilmasdan, qayd qilinmasdan keldilar va ketdilar. Kuleo’nuning xolis va jiddiy va muborak mehnatkashlariga hamda Islomko’yining sodiq va g’ayratli va ko’plab talabalariga hamda Barlada vafodor va qiymatli do’stlarimga va ayniqsa Eg’irdirda fidokor va vafodor Haqqi va Mehmed kabi qardoshlarimga va boshqa umum birodarlarimga minglab salom aytaman va duolar qilaman.
Duolaringizga kuchli e'timod qilgan va
juda muhtoj bo’lgan qardoshingiz
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq va fidokor va vafoli qardoshlarim va xizmati Qur'oniya va iymoniyada kuchli va qiymatli va mehnatsevar va iqtidorli birodarlarim!
Bu dunyoda men uchun tasalliga sabab sizlarsiz va haqqingizda ulkan umidlarimni ro’yobga chiqardingiz. Janobi Haq sizdan abadiyan rozi bo’lsin, omin!
Yuborganlaringiz va ayniqsa O’ninchi So’z bu yerga shunchalik foyda berdiki, har bir sahifasi uchun, qo’limdan kelsaydi, katta bir hadya berardim. Ko’pdan beri ko’rmaganim uchun, men qaysisini o’qisam "Eng birinchi bu" derdim. Boshqasiga qarardim, "Bu birinchi." Yana boshqasiga qaragan sari hayratlanib qat'iy qanoatim keldiki; Risolat-un Nurning kitoblari bir-biridan ustun qo’yilmaydi. Har birining o’z maqomida boshqaruvi bor. Bu zamonni nurlantirgan bir mo’'jiza-i ma'naviya-i Qur'oniyadir.
Ha, bu asrning ahamiyatli va ma'naviy va ilmiy bir murshidi bo’lgan Risolat-un Nurning hay'ati majmuasi, boshqa shaxsiy buyuk murshidlar kabi o’ziga muvofiq va haqiqati ilmiyaga munosib bo’lib; bir qancha turda va ayniqsa iymon haqiqatlarining izhorida, tarqalishida azim karomatlari bo’lgani kabi, uchta yaqqol karomati bo’lgan Mo’'jizoti Ahmadiya, O’ninchi So’z va Yigirma To’qqizinchi So’z va Oyat-ul Kubro kabi ko’p risolalari ham har biri o’ziga maxsus karomatlari bo’lganiga ko’p alomatlar va voqealar menga qat'iy bir qanoat bergan. Hatto sakarotda bo’lgan talabalariga iymonini qutqarish uchun bir murshid kabi yetishganiga ko’plab voqealar shubha qoldirmaydi.
Bir soat tafakkur, bir yil nafl ibodat hukmida... Bir misoli "Nurning Hizbi Akbaridir" deb ko’rdim va qanoat keltirdim.
{(Hoshiya) Oyat-ul Kubroning uchinchi manzilining boshida, Ahmad Faruqiy Risola-i Nur haqida deganki: "Mutakallimiyndan biri keladi, barcha iymon haqiqatlarini mukammal ochiqlik bilan bayon va isbot qiladi." Zamon isbot qildiki, o’sha odam, odam emas, aksincha Risola-i Nurdir. Ahli kashf Risola-i Nurni ahamiyatsiz bo’lgan tarjimoni suratida kashflarida mushohada qilganlar, bir odam deganlar.}
Sizlarga Risolat-un Nurning Hizbi Akbarini va Qur'onning Hizbi A'zamini yuborishni istardim. Ammo Hizbi A'zam juda uzun bo’lganidan hali yozdirolmadim. Hizbi Akbarni esa, tarjima qilishni istadim, hozircha voz kechdim. Siz kabi qardoshlarning tarjimaga muhtoj emasligini o’ylab, faqat arabcha suratini yuboraman, inshaalloh.
Sizlarga oldin Oyat-ul Kubroning Birinchi Maqomining xulosasi nomli yuborgan parcham, o’sha hizbning asosidir. Ixtiyorsiz, o’sha asosga kichik parchalar va ba'zi qaydlar ilova qilingan vaqt, birdan boshqa bir shakl oldi; ochilib va kengayib Oyat-ul Kubroning kichraytirilgan misoli kabi tavhidga oid guvohligi porladi, ma'nolari ziyolandi; ruhimga, qalbimga, fikrimga buyuk bir sevinch berishni boshladi. Men eng charchagan va zerikkan paytimda uni mutafakkirona o’qidim, buyuk zavq va shavq his qildim.
Bir savolga javob sifatida yozgan bir parchamni, sizga ham foydasi bo’lar degan ehtimol bilan bayon qilyapman:
Avliyo devonlarini va ulamoning kitoblarini ko’p mutolaa qilgan bir qism zotlar tarafidan: "Risola-i Nur bergan zavq va shavq va iymon va iz'on ulardan juda kuchli bo’lishining sababi nima?", deb so’raldi.
Javob: Eski muborak zotlarning aksar devonlari va ulamoning bir qism risolalari iymonning va ma'rifatning natijalaridan va mevalaridan va fayzlaridan bahs qiladilar. Ularning zamonlarida iymonning asoslariga va ildizlariga hujum yo’q edi va iymon ruknlari zaiflanmas edi. Hozir esa ildizlariga va ruknlariga shiddatli va jamoatli bir suratda hujum bor. O’sha devonlar va risolalarning ko’pchiligi xos mo’minlarga va kishilarga xitob qiladilar, bu zamonning dahshatli hujumini daf qilolmaydilar.
Risolat-un Nur esa, Qur'onning bir ma'naviy mo’'jizasi o’laroq iymonning asoslarini qutqaradi va mavjud iymondan foydalanish jihatiga emas, aksincha ko’p dalillar va porloq burhonlar bilan iymonning isbotiga va tahqiqiga va muhofazasiga va shubhalardan qutqarishiga xizmat qilgani uchun; hammaga bu zamonda non kabi, dori kabi kerakligini diqqat bilan qaraganlar hukm qilyaptilar.
Eski devonlar: "Valiy bo’l, qara; maqomlarga chiq, qara; nurlarni, fayzlarni ol", deydi.
Risolat-un Nur esa: "Kim bo’lsang bo’l; qara, ko’r, faqat ko’zingni och, haqiqatni mushohada qil, saodati abadiyaning kaliti bo’lgan iymoningni qutqar", deydi.
Yana, Risolat-un Nur eng avval tarjimonining nafsini qondirishga harakat qiladi, keyin boshqalarga qaraydi. Albatta, nafsi ammorasini to’liq qondirgan hamda vasvasasini butunlay yo’qotgan bir dars, g’oyat kuchli va xolisdirki, bu zamonda jamoat shakliga kirgan dahshatli bir shaxsi ma'naviyi zalolat qarshisida bir o’zi g’olibona qarshilik qiladi.
Yana, Risolat-un Nur boshqa ulamoning asarlari kabi, faqat aqlning oyog’i va nazari bilan dars bermaydi va avliyo kabi faqat qalbning kashf-u zavqi bilan harakat qilmaydi; aksincha aql va qalbning birlashish va qo’shilishi hamda ruh va boshqa latifalarning ko’magi yordami bilan harakat qilib eng yuksak cho’qqiga uchadi; hujum qilgan falsafaning oyog’i emas, aksincha ko’zi yetmagan yerlarga chiqadi; iymon haqiqatlarini ko’r ko’ziga ham ko’rsatadi.
***
Aziz, chinakkam siddiq qardoshlarim!
Mening bu dunyoda sababi tasallim va sevinchim sizlarsiz. Agar sizlar bo’lmasaydingiz, bu to’rt yil azobga chiday olmasdim. Sizning sabot va matonatingiz menga ham kuchli sabr va bardosh berdi. Birdan xotirga kelgan to’rt nuqta:
Birinchisi:Qardoshlarim, bu zilzila mening e'tiqodimda Oyning bo’linishi kabi bir mo’'jiza-i Qur'ondir. Eng qaysarni ham tasdiqqa majbur qiladigan bir vaziyatga kirdi.
Ikkinchisi:Eski zamondan beri hech bir jamoat Risola-i Nurning shogirdlaridek haq va haqiqat maslagida juda ko’p ish qilish bilan barobar, juda oz zahmat bilan xalos bo’lmaganlar. Bizning xizmatimizning o’ndan birini qilganlar, zahmatimizning o’n mislini tortganlar. Demak, biz doimo shukr va Alhamdulilloh dediradigan bir holdamiz.
Uchinchisi:Men yuborilgan risolalarni mutolaa qildim. Bir qism haqiqatlarning takrorlanganini ko’rdim. Maqom munosabati bilan takror qilingan. Mening orzu va balki ixtiyorim bo’lmasdan nima uchun bunday bo’lgan, quvva-i hofizamga kelgan unutishdan siqildim. Birdan shiddatli bir eslatma bilan "O’n To’qqizinchi So’zning oxiriga qara" deyildi. Qaradim, Risolati Ahmadiyaning (S.A.V.) Mo’'jiza-i Qur'oniyasida takrorlarining juda go’zal hikmatlari, chinakkam tafsiri bo’lgan Risolat-un Nurda batamom namoyon bo’lgan. O’sha takrorlar o’sha hikmatlar uchun aynan o’rnida va munosib va lozim bo’lgan.
Ham Lutfi, ham Abdurrahmon, ham Hofiz Ali hukmida Kichik Ali sizning nomingizga ham Yigirma To’qqizinchi Arabcha Yog’duning tafsir va tarjimasini istagan. Mening hozir u bilan mashg’ul bo’lishga na vaqtim bor, va na holim izn beradi. Inshaalloh kelajakda Risolat-un Nurning boshqa bir shogirdi o’sha vazifani qiladi.
Yana, Yigirmanchi Maktub bilan O’ttiz Ikkinchi So’z bir daraja o’sha Yog’duni izoh qiladi. Hazrat Ali (R.A.) ikki marta تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرًّا sirri bilan, parda ostida yashirin porlashiga ishorasi bizni ehtiyotga chorlaydi va amr qiladi.
Bir masalaga g’oyat qisqacha ramz bilan, zakovatingizga tushunilishini havola qilaman.
Savol: "Yerning qo’rquvdan titrashi va g’azabi nima uchun Rusga kelmaydi va faqat ...?"
Javob: Chunki hukmi bekor qilinib buzilgan bir dinga qarshi dinsizlik bilan xoinlik boshqa. Hamda haq va abadiy bir dinga qarshi xoinlik esa, yerni titratadi, g’azablantiradi.
Muqaddima-i Hashriyaning Maqomlarini istayapsiz. Hozirgi vaziyatim hech bir jihat bilan izn bermagani kabi, hashrga doir yozilgan haqiqatlar, burhonlar umumga nisbatan ehtiyojga to’liq yetarli bo’lgani uchun, tez yozilishiga ma'nan majbur qilinmayapman. Bir oz keyinga qoldirildi va tezlashtirilmadi. Ham men bu yerda cheklovlar ostidaman.
اَلصَّبْرُ مِفْتَاحُ الْفَرَجِ وَ السُّرُورِ
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, sabotli, fidokor, siddiq qardoshlarim!
Birinchidan:Kelayotgan bayramingizni tabriklayman. وَالْفَجْرِ ٭ وَ لَيَالٍ عَشْرٍ qasami Qur'oniy bilan favqulodda qiymatlari namoyon bo’lgan o’sha muborak tunlarda va saharlarda muborak qardoshlarimning muborak duolari ham menga, ham ahli iymonga juda barakali va nurli bo’lishini rahmati Rahmondan niyoz qilaman.
Ikkinchidan:Sizga bir kichik xatoning katta bir nukta-i g’aybiyasi bilan, qarshi sahifadagi hoshiyani joylarida yozish uchun yubordim.
Uchinchidan:Xulusiyning bir muammosi bor deb his qilyapman. Xavotirlanmasin. Risola-i Nurning shogirdlarini inoyat va rahmat nazorat va himoya qiladilar. Dunyoning mashaqqatlari modomiki savob beradi, o’tadilar; o’sha musibatlarga qarshi sabr ichida shukr bilan, matonat bilan qarshilash kerak. Ham u, ham sizlar barcha duolarimda va yutuqlarimda men bilan birgasizlar.
To’rtinchidan:Risolat-un Nur o’z-o’zidan Qur'onning himoyasi va hifzi Rabboniy ostida tarqalyapti. Imom Ali (R.A.) ikki marta "sirran, sirran" deyishi ishorat qiladiki, parda ostida yanada ko’proq fayz va nur beradi. Siz kabi qardoshlarim, zamonning larzali hodisalariga qarshi, -hozirgacha bo’lganidek- yana to’liq bardosh beradi degan umiddaman. مَنْ اٰمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ dasturimiz bo’lishi kerak.
***
Aziz qardoshlarim!
Men ham bayramingizni tabriklayman.
Sihatimni so’rayapsizlar. Bu yerning juda ham shiddatli qishi va xonamning juda sovuqligi va uch huznli g’urbatning ta'siri va uch asabiy xastalikning mashaqqati va butun-butun yolg’izlik bilan bardosh qilib bo’lmaydigan ko’p zahmatlarga ma'ruz bo’lganim holda, Xoliqimga hadsiz shukr qilamanki, har dardning eng qudsiy darmoni bo’lgan iymonni, va qadarga iymondan qazoga rizo dorisini yordamimga yubordi, to’liq sabr ichida shukr qildirdi.
***
Aziz va siddiq va xolis qardoshlarim!
Robbi Rahiymimga hadsiz shukr bo’lsinki; siz kabilarni Risolat-un Nurga sohib va noshir va muhofiz qilib yaratgan, men kabi ojiz bir bechoraning zaif yelkasidagi og’ir yukni juda ham yengillashtirgan.
Qardoshlarim! Bu safar uch maktubingizda birdan uch Xulusiy, uch Sabri, uch Haqqi kabi qiymatdor to’qqiz qardoshni ko’rdim. Qamoqda, Abdurrahmonning otasi o’rnida mening ko’ylaklarimga yamoq solgan Haqqining jiddiy va haqiqatli qardoshligini va talabaligini, taxminimdan yanada yuqoriga taraqqiy qilganini bildim, juda xursand bo’ldim.
Sabri qardosh, meni o’ragan va bog’lagan og’ir to’siqlarga ahamiyat bermayapsan. Holbuki bu yerdagi vahimali ahli dunyo men bilan haddan ortiq mashg’ul va aloqadordir. Hatto... hatto... hatto... Nima bo’lganda ham.
Yana, men haqimda ming daraja haddimdan ortiq yaxshi gumon bilan qiymat va maqom berish, faqat Risola-i Nur nomiga va uning xizmati va Qur'on olmoslarining jarchiligi hisobiga qabul bo’lishi mumkin. Bo’lmasa, hech andar hech bo’lgan shaxsim e'tibori bilan qabulga haqqim yo’q. Porloq va serg’ayrat qalami bilan ham Risolat-un Nurning, ham bizning xotiralarimizda juda ahamiyatli mavqe olgan va joylashgan Hofiz Tavfiq yozgan Oyat-ul Kubro Risolasini munosib ko’rgan paytizda yuborasiz. To’qqiz yildan beri yozuvlari bilan masrurona ovungan ko’zlarim hasrat bilan o’sha yozuvlarni ko’rishni istaydi.
Qiymatdor Xulusiy va Haqqi kabi qardoshlarim! Haqqining aytgani kabi, Sabrining maktublari aynan ularning o’rniga qabul bo’lgan; o’sha jihatdan Xulusiy bilan xabarlashish to’xtamagan, davom qilyapti. Hadsiz shukr va hamd-u sano bo’lsinki; Risolat-un Nur borgancha porloq, hayratomuz iymoniy fathlar qiladi. O’z-o’zidan inshaalloh har ko’rganning qalbida joylashadi, qaysarlarning ovozini o’chiradi. Bir g’aybiy himoya ostida dushmanlarni chalg’itgan, ko’r ko’zlari uni ko’rmaydi. Izini topolmagani holda, porloq faoliyatini mushohada qilyaptilar. Bu vaqt haddan ortiq ehtiyot lozim.
***
Aziz, siddiq, qiymatdor qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada metin, jiddiy, serg’ayrat birodarlarim!
Yangi bir sababi karomat va inoyat va surur bo’lgan maktubingizni oldim. Va Risolat-un Nurga oid bir ikrom va inoyati Ilohiyani ko’rsatdi. Jumladan:
Bundan to’rt-besh kun avval, shiddatli bir qidiruv bilan manzilim tekshirildi. Har tarafga qaraganlari holda, hifzi Ilohiy bilan bizni xafa qiladigan bir narsa topolmadilar. Faqat Iqtisod, Xastalar, Isti'oza kabi olti-yettita risolani zararsiz ko’rdilar. So’ngra esa Xusravning azon masalasi kabi musodara qoidalariga batamom muxolif bo’lib nuqsonsiz qaytarib berdilar. Men o’sha hodisadan sizdan xavotirlanib, tog’dan qaytayotgan ekan Abdulmajid, Sabri, Xusrav, Hofiz Ali bilan barobar gaplashish, ajabo, sizga ham hujum bormi deb so’rashni istadim. Va til bilan baqirdim, keldim. Birdan Amin eshikni ochdi, to’rtovingizning muborak maktublaringizni berdi. Har ikkalamiz bu ikrom va tintuvdagi himoyaning karomatini va Xusravning kutilganga xilof shunday bir arizasi unday bir natija berishidagi inoyati Rabboniyaga ayni zamonda muvofiq ko’rdik va Risolat-un Nur har vaqt inoyatga sazovordir deb shukr qildik.
Aziz qardoshlarim! Mundarijaning qolgan qismining ta'lifi sizga havola qilingan edi, ishni taqsimlash tarzida qilsangiz, yaxshi bo’ladi.
Mashaalloh, barakalloh, qalamlaringizning mukammal ishlashi davom qilish bilan birga ko’payishlari va ayniqsa Savda birdan ko’payishi... Hoji Hofizga va qishlog’iga ming barakalloh, bizni haddan ortiq xursand qildi. Va Xusravning tavofuqli yozuvlari, ayniqsa zarrin Mo’'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) nusxasi hamda Katta va Kichik Alilarning risolalari bu yerlarda shirin, ham ko’p fathlari bor. Inshaalloh o’sha muborak qalamlarning yana ko’p fathlari bo’ladi va ko’ramiz.
***
Aziz, qiymatdor, sodiq va sabotli qardoshlarim!
Mundarijani ishni taqsim qilish tarzida hamjihat hay'atingizning shaxsi ma'naviysiga qildirishingiz juda go’zaldir. Chinakkam va doimiy bir ustoz topdingiz. O’sha ma'naviy ustoz bu ojiz qardoshingizdan juda yuksakdir; ortiq menga ehtiyoj qoldirmaydi.
Sabri qardosh! Sening tushing muborak va ma'nodordir. Inshaalloh, zamon uni ta'bir qiladi.
Qardoshlarim! Sizning xotiringiz va askarligingizning xavotiri uchun zamonning hodisalariga qaradim; qalbimga bunday keldi: Manfiy asoslarga bino qilingan va Qorun kabi اِنَّمَٓا اُوت۪يتُهُ عَلٰى عِلْمٍ deb, ehsoni Rabboniy ekanini bilmasdan shukr qilmagan va materializm fikri bilan shirkka tushgan va yomonliklari yaxshiliklaridan ustun kelgan shu Yevropa madaniyati shunday samoviy bir ta'zir yediki; yuzlab yillik taraqqiysining natijasini yoqdi, vayron qilib yondirdi.
Yevropa zolim hukumatlari zulmlari bilan va Savr kelishuvi bilan Islom olamiga va xalifalik markaziga qilgan xoinliklariga muqobil shunday bir mag’lubiyat ta'zirini yedilarki; dunyoda ham bir jahannamga kirib chiqolmayaptilar, azobda tipirchilayaptilar.
Ha, bu mag’lubiyat, aynan zilzila kabi, xoinlikning jazosidir. Bu yerda ko’p zotlar qat'iyan hukm qilyaptilarki: Risolat-un Nurning ikki tarqalish markazi bo’lgan Isparta va Kastamonu viloyatlari boshqa yerlarga nisbatan samoviy ofatlardan himoyada qolganlarining sababi, Risolat-un Nur bergan iymoni tahqiqiy va quvvati e'tiqodiyadir. Chunki bunday ofatlar, iymonning zaifligidan kelib chiqqan xatolarning natijasidir. Hadisga ko’ra, sadaqa baloni daf qilgani kabi, o’sha iymon kuchi ham o’sha ofatlarga qarshi darajasi bilan javob qaytaradi.
***
Aziz va siddiq va sodiq va fidokor va vafodor qardoshlarim!
Sizning bu safargi ma'naviy va nurli hadyangiz mening nazarimda Jannat-ul Firdavsdan bir hovuch kavsar suvi hadyasi, olami baqodan bizga kelgandek ruhim sevinch bilan to’ldi, barcha tuyg’ularim surur bilan shukr qildilar. Sizga uzun bir maktub yozishni orzu qilaman, faqat zamon va holim izn bermagani va uyg’un bo’lmagani uchun, tugatishga majbur bo’ldim. Faqat o’sha hadyalarning xususiy sohiblariga "Mashaalloh, Barakalloh, Vaffakakumulloh, As'adakumulloh" deyman.
Ayniqsa Yigirma Yettinchi Maktubning madrasasida hasrat chekib mushtoq bo’lgan qardoshlarim bilan moziyga ketib takror ko’rishdim va takror-takror alohida-alohida ko’rishyapman.
O’ttiz birinchi oyatning birinchi muqaddimasi bo’lgan وَ اِنْ كُنْتُمْ مَرْضٰى jumlasi bir ming besh yuzdan (1500) ortiqroq bo’lgan maqomi jifriysi bilan; ahli zalolat tarafidan yuqtirilgan ma'naviy xastaliklarning katta qismi Risolat-un Nurning Qur'oniy dorilari bilan ketkazilishi mumkin deb ishorat qilish bilan barobar; afsuski ikki yuz yil qadar dunyoning umri qolgan bo’lsa, bir zalolat firqasi ham davom qilishiga imo qiladi. فَتَيَمَّمُوا صَع۪يدًا jumlasi, ma'no-i ishoriysida, ikkinchi alomatning birinchi nuqtasida "Sin" harfi "Sod" harfining ostida yashirinishi va "Sod" ko’rinishining ikki sababi bor.
Biri: Said batamom tuproq kabi kamtarinlik va manmanlikni tark va mutlaq tavozeda bo’lishi shartdir; toki Risolat-un Nurni bulg’atmasin, ta'sirini sindirmasin.
Ikkinchisi: Hozirgi botqoqlikka va ma'naviy vaboga qulashning sababi esa, taraqqiy fikridan kelib chiqishi jihati bilan, ularning xatolarini ko’rsatib, yuksalish va taraqqiy, musulmon uchun faqat Islomiyatda va iymonli bo’lish bilan ekaniga ishorat qilishdir.
***
Qardoshlarim! Bu kunlarda biri Risolat-un Nur talabalariga, boshqasi menga oid ikki masala eslatildi. Ahamiyatiga binoan yozyapman:
BIRINCHI MASALA: Birinchi Shu'lada ikki-uch oyatning ishoratlarida, Risolat-un Nurning sodiq talabalari iymon bilan qabrga kirishlariga va ahli Jannat bo’lishlariga doir qudsiy xushxabar va kuchli bir bashorat borligi ko’rsatilgan. Ammo bu juda buyuk masalaga va juda qiymatdor ishoratga to’liq quvvat beradigan bir dalil istaydi deb kutayotgan edim. Ko’pdan beri intizor edim. Lillahilhamd, ikki alomat birdan qalbimga keldi:
Birinchi Alomat: Iymoni tahqiqiy ilmalyaqiyndan haqqalyaqiynga yaqinlashgan sari ortiq olib tashlanmasligiga ahli kashf va tahqiq hukm qilganlar va aytganlarki: Sakarot vaqtida shayton vasvasasi bilan faqat aqlga shubhalar berib ikkilantirishi mumkin. Bu navi iymoni tahqiqiy esa faqat aqlda turmaydi. Aksincha ham qalbga, ham ruhga, ham sirga, ham shunday latifalarga siroyat qiladi, ildiz tashlaydiki, shaytonning qo’li u yerlarga yeta olmaydi; undaylarning iymoni zavoldan himoyada qoladi. Bu iymoni tahqiqiyga yetishishga vasilasi bo’lgan bir yo’li, komil valiylik bilan kashf va shuhud bilan haqiqatga yetishishdir. Bu yo’l xoslarning xosiga maxsusdir, iymoni shuhudiydir.
Ikkinchi yo’l: G’aybga iymon jihatidan, vahiy sirrining fayzi bilan, burhoniy va Qur'oniy bir tarzda, alq va qalbning birlashishi bilan, haqqalyaqiyn darajasidagi bir quvvat bilan, zarurat va yaqqollik darajasiga kelgan bir ilmalyaqiyn bilan iymon haqiqatlarini tasdiq qilishdir. Bu ikkinchi yo’l; Risolat-un Nurning asosi, tomizg’isi, poydevori, ruhi, haqiqati ekanini xos talabalari ko’ryaptilar. Boshqalar ham insof bilan qarasa, Risolat-un Nur iymon haqiqatlariga muxolif bo’lgan yo’llarni mumkin bo’lmagan va mahol va imkonsizlik darajasida ko’rsatganini ko’radilar.
Ikkinchi Alomat: Risolat-un Nurning sodiq shogirdlari, husni oqibatlariga va iymoni komil qozonishlariga shu daraja ko’p va maqbul va samimiy duolar bo’lyaptiki, o’sha duolarning ichida hech biri qabul bo’lmasligiga aql imkon bermaydi.
Jumladan: Risolat-un Nurning bir xodimi va birgina shogirdi, yigirma to’rt soatda, Risolat-un Nur talabalarining husni oqibatlariga va saodati abadiyaga sazovor bo’lishlariga, yuz marta Risolat-un Nur talabalariga qilgan duolari ichida hech bo’lmasa yigirma-o’ttiz marta iymonlari salomatiga va xususiy husni oqibatlariga va iymon bilan qabrga kirishlariga ayni duoni eng ko’p qabulga sabab bo’lgan sharoit ichida qiladi.
Ham Risolat-un Nurning talabalari bu zamonda har jihatdan ko’p hujumga ma'ruz iymon xususida, bir-biriga iymon salomatligi haqidagi samimiy, ma'sum lisonlari bilan duolarining yakuni shunday bir quvvatdadirki, rahmat va hikmat uning raddiga izn bermaydilar. Farazan barchasi rad qilinsa, bittasi ularning ichida qabul bo’lsa, yana har biri iymon salomatligi bilan qabrga kirishiga yetadi. Chunki har bir duo umumga qaraydi.
IKKINCHI MASALA: Yigirma yil avval chop qilingan Sunuhot Risolasida, haqiqatli bir tushda olami Islomning taqdirini mashvarat qilgan ruhoniy bir majlis tarafidan bu asrning hisobiga Eski Saiddan so’ragan savollariga bergan javobining bir qismi hozircha namoyon bo’lgan. O’sha zamon o’sha ma'naviy majlis aytganki: "Bu Olmon mag’lubiyati bilan natijalangan bu urushda Usmoniylar Davlati mag’lubiyatining hikmati nima?"
Javoban Eski Said aytganki: Agar g’olib bo’lsaydik, madaniyat xotiri uchun ko’p muqaddas narsalarni fido qilardik. - Qandayki yetti yil so’ngra qilindi. - Va madaniyat nomi bilan Olami Islom, xususan Haramayni Sharifayn kabi muborak yerlarga Anadoluda tadbiq qilingan rejim osonlik bilan, majburan tarqatilar va tatbiq qilinar edi. Inoyati Ilohiya bilan ularni muhofaza qilish uchun, qadar mag’lubiyatimizga fatvo berdi.
Aynan bu javobdan yigirma yil o’tib, yana kechasi, "Betaraf qolib, ketgan mulkini qaytarib olish bilan birga, Misr va Hindni ham qutqarib, biz bilan birlashtirish, dunyo siyosatida eng katta muzaffariyat qozonish bor ekan; shubhali, tahlikali, foydasiz bir dushmanga (Ingliz) tarafdorlik ko’rsatish bilan ikki baravar va zararli bir yo’lni tanlash, bunday zakovatli, balki dohiy insonlarning nazarida yashirin qolishining hikmati nima?" degan savol mendan bo’ldi.
Kelgan javob ma'naviy tomondan keldi. Menga deyildiki: "Sening yigirma yil avval ma'naviy savolga bergan javobing, sening bu savolingga ayni javobdir. Ya'ni: Agar g’olib taraf lozim deb bilinsaydi, yana mimsiz madaniyat nomiga g’olibona monelik ko’rmaydigan bir tarzda bu rejimni Olami Islomga, muborak joylarga tarqatilar va tatbiq qilinar edi. Uch yuz ellik million musulmonlarning salomatligi uchun bu yaqqol xatoni ko’rmadilar, ko’r kabi harakat qildilar."
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!
Sizlarning bu bayramda ma'naviy hadyangiz bayramimni shunday tabrikladiki, minglab g’amim bo’lsaydi, ketkazardi. Ming barakalloh! Bunday bir zamonda bunday ixlosli sadoqat, livajhilloh qardoshlik va fiysabililloh ko’maklashish faqat oliyhimmat siddiqiynlarda bo’ladi. Xoliqi Zuljalolga hadsiz hamd va shukr bo’lsinki, siz kabilarni Qur'oni Hakiymga xodim va Risola-i Nurga shogird aylamish.
***
Xusrav qardosh! Sening umum qardoshlaring nomidan bayram tabrigi hisobiga, boshda Qur'onning boshdagi juda shirin va go’zal juzlari bo’lib Maktubotning katta qismini hadya qilishingiz ming tabrik hukmida bo’ldi. Ming barakalloh!
Kichik Ali qardoshim! Sening buyuk ma'naviy hadyang meni haqiqatdan juda hayratda qoldirdi, juda hayron qoldirdi. O’sha mukammal yozuvlar Katta Alinikimi, bo’lmasa Kichik Alinikimi, bilolmadim. Men uchun qaytadan dunyoga bir Abdurrahmon, bir Lutfi kelgandek, Katta Hofiz Alining usulida bir qahramon yordamchi va ikki muborak va xolis va qiymatdor Mustafolarning qo’lida bir olmos qilich, bu yerning fathida men kabi bir ojizning yordamga yugurayotganini ko’rdim. Mashaalloh, Katta Hofiz Alining nuroniy va katta fabrikasi Kuleo’nuni ham ichiga olgandek; ayni qalam, ayni tarz, ayni iqtidor ko’rsatgansan. Risola-i Nurning batamom qomatiga yarashadigan naqshlar bilan bezalgan ko’ylak kiydirgansiz.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bayramingizni tabrik va xizmatingizni taqdir va muvaffaqiyatingizga duo qilib Xoliqi Rahiymga hadsiz shukr qilamanki; sizlar kabi sabotli va fidokor qardoshlarni Risolat-un Nurga sohib va noshir qilgan. Men sizlarni o’ylagan sari, ruhim sevinch va qalbim quvonchlar bilan to’ladi. Ortiq dunyodan ketish men uchun afsuslanishga sabab bo’lolmaydi. Sizlar bor ekansiz, men yashayapman deb mavtga do’stona qarayapman, ajalimni xavotirlanmasdan kutyapman. Alloh sizdan abadiyan rozi bo’lsin. Omin, omin, omin.
***
Qardoshlarim! Sizga latif bir hikoya:
Bir kuni Barlada bir zot yog’ochli quttida yong’oqli bir shirinlikni menga yuborgandi. Evazini berganim o’sha bir yarim kilo luqmalardan har kuni olti donadan men o’zim yerdim va ba'zan shuncha va yanada ko’proq boshqalarga tabarruk sifatida berardim. Siddiq Sulaymon bu hodisani balki eslar. Bir oydan ortiq davom qildi. So’ngra marhum G’olib Bey bilan hisobladik, uning besh-olti misli baraka ichida bo’lganiga qanoatimiz keldi. Men o’sha payt dedim: "Bu zotda ahamiyatli bir baraka, bir ixlos bor". Hozir taxmin qilaman va eslayapmanki, u zot Hoji Hofiz ekan. O’sha ajoyib barakaning hozir sirri chiqqan.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Nur fabrikasining sohibi Hofiz Alining va muboraklarning qishloqlari o’rtasida, duoda Sav qishlog’i mavqe olgan. To’liq bir yildir tiriklari sababli mayyitlar ham hissa olyaptilar.
Risolat-un Nurning xizmatida aksar shogirdlari bittadan navi karomat va ikromi Ilohiy his qilganlari kabi; bu ojiz qardoshingiz juda muhtoj bo’lgani uchun, ko’p navlarini va turlarini his qiladi. Va bu qatorlarda bu yurtdagi shogirdlar, qasam bilan e'tirof qiladilarki: Biz Nurning xizmatida sa'y ko’rsatgan sari ham tirikchilik jihatidan, ham qalb istirohati jihatidan bir kenglik, bir sevinch yaqqol bir suratda his qilamiz. Men o’zimda shunchalar his qilamanki, nafs va shaytonim ham o’sha yaqqollikka hayratlanib mot bo’ldilar.
Shuni bilingki, bir yildan ko’proqdir, men duoda, Risolat-un Nurning shogirdlarining risolalar bilan aloqador bo’lgan zavjalar va bolalar va ota-onalarini ham doxil qilyapman. Buning bir sababi; boshda Sabri bo’lib, u yer-bu yerda ba'zi zotlar, bola-chaqalari bilan doiraga kirishlaridir.
Adolati Ilohiya, Islomiyatga xoinlik qilgan mimsiz madaniyatga shunday bir azobi ma'naviy berganki, badaviylik va vahshiylikning darajasidan juda pastga tushirgan. Yevropa va Inglizning yuz yillik madaniy zavqlarini hamda taraqqiy va hujum va hokimiyatning lazzatlarini hechga tushirgan doimiy qo’rquv va dahshat va xavotir va inqiroz yog’dirgan bombalarni boshlariga yo’liqtirgan. Mana bunday bir zamonda eng kerakli, eng ahamiyatli, eng birinchi vazifa, iymonni qutqarish bo’lganidan, bu zamonga va bu yilga qaragan bashorati Qur'oniya va فَضْلًا كَب۪يرًا ٭ فَضْلُ اللّٰهِ يُؤْت۪يهِ مَنْ يَشَٓاءُ oyatlarning xushxabari eng buyuk fathlar suratida Risolat-un Nurning ma'naviy iymoniy fathlarini ko’rsatadi.
Ha, bir odamning iymoni, abadiy va dunyo qadar bir mulki boqiyning kaliti va nuridir. Unday bo’lsa, iymoni tahlikaga ma'ruz har odamga, butun Kurra-i arzning saltanatidan yanada foydali bir saltanat, fathlar qozontirgan Risolat-un Nur; albatta bu oyatlarning, bu asrda, bu bashoratlarining qasdli qarashlarining sababidir.
Nur va Gul fabrikalarining xizmatchi va sohiblari, insonning boshidagi ikki ko’z kabidir; ko’rinishdan ikkita, faqat bitta ko’radilar. G’ilay ko’zli odam ikkita ko’radi. Lillahilhamd bu ikki jarayoni nuroniy mukammal birdamlikdadir.
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ دَقَائِقِ الْفِرَاقِ
Aziz, muborak, siddiq, sodiq, ruhim, jonim qardoshlarim!
Sizning meni juda xursand qilgan oxirgi maktubingizga Isparta yo’li bilan javob bermaganimning sababi, mening Isparta markazi bilan bo’lgan munosabatimga bu yerda qattiq e'tibor berilishidir. Ham boshqa yo’lda sizga kelishiga qadar Risolat-un Nurning ko’plab markazlarining foydalanishidir.
Xusrav qardosh! Oxirgi maktubimda aytgandim: Xusravlarning volidalari sabab bo’ldilarki; bir yildan ortiq vaqtdan beri barcha talabalarning padar va volidalari duoga doxil bo’lganlar. Aslo xato tushunmanglar. Sening volidang kabi, o’n yildan beri Risolat-un Nurning xos shogirdlarining doirasida bo’lgan u yerda ko’p oxiratli singillarim bor. Ular qaytadan boshqalarining duoga doxil bo’lishlariga sabab bo’lganlar deganidir.
Sizga Risolat-un Nurning karomatining bu yurtda chiqqan ko’p asarlaridan bir-ikki hodisa bayon qilaman.
Biri: Xatib Mehmed (Rahmatullohi alayh) ismli jiddiy bir keksa talaba, Keksalar Risolasini yozayotgan edi. Aynan O’n Birinchi Umidning oxirlarida va marhum Abdurahmonning vafotining aynan qarshisida qalami "La ilaha illa hu" yozib va lisoni ham "La ilaha illalloh" deb husni xotimaning xotami bilan sahifa-i hayotini muhrlab, Risolat-un Nur talabalarining iymon bilan qabrga kirishlariga doir bo’lgan ishoriy bashorati Qur'oniyani vafoti bilan imzolagan. (Rahmatullohi alayhi rahmatan vasia.)
Ikkinchisi: Siz ta'lifingiz bo’lgan Mundarijaning tahririda bir kotib tashlab ketgan bir sahifani Tahsinga "Yoz" dedim. U ham yozishni boshladi. Qop-qora siyoh va toza qalam bilan birdan siz yozgan ikkinchi jild mundarijaning maqbuliyatiga hujjat o’laroq o’sha qora siyoh chiroyli qizil suratini oldi. Yarim sahifagacha bu g’aroyib hodisaga taajjublanib qarar ekanmiz, o’sha siyoh qop-qoraga aylandi. Sahifaning keyingi yarmi ayni qalam, ayni siyohdondan batamom qora yozildi. Bir kuni Barlada, bog’lardagi hovlida, Shomli, Mas'ud va Sulaymonning mushohadasi bilan ayni hodisani boshqa shaklda ko’rdik. Jumladan:
Men yoqtirmaganim uchun qora siyohni qisman to’kdim; birdan qolgan qismi juda yoqtirganim chiroyli qizilga o’zgardi. Risolat-un Nurning kotiblarini shavqlantirdi. Ko’zimizga karomat silsilasining bir uchini va bir asarini ko’rsatdi.
***
Oxiratli qardoshlarimga ahamiyatli bir eslatma
IKKI MODDA:
Birinchisi: Risola-i Nurga bog’langan kishining eng ahamiyatli vazifasi, uni yozish yoki yozdirishdir va tarqalishiga yordam berishdir. Uni yozgan yoki yozdirgan Risola-i Nur talabasi unvonini oladi. Va u unvon ostida, har yigirma to’rt soatda mening lisonim bilan balki yuz marta, ba'zan yanada ko’proq xayrli duolarimda va ma'naviy yutuqlarimda hissador bo’lish bilan barobar; men kabi duo qilgan qiymatdor minglab qardoshlarning va Risola-i Nur talabalarining duolariga va yutuqlariga ham hissador bo’ladi.
Ham to’rt jihat bilan to’rt navi ibodati maqbula hukmida bo’lgan yozilishida ham iymonini quvvatlantirish, ham boshqalarning iymonlarini tahlikadan qutqarishga harakat qilish, ham hadisning hukmi bilan, bir soat tafakkur ba'zan bir yil qadar ibodat hukmiga o’tgan tafakkuri iymoniyni qo’lga kiritish va kirittirish, ham chiroyli xati bo’lmagan va vaziyati juda og’ir bo’lgan ustoziga yordam berish bilan hasanotiga ishtirok qilish kabi ko’p foydalarni qo’lga kiritishi mumkin. Qasam bilan ishontiramanki; bir kichik risolani o’ziga bilib yozgan odam, menga katta bir hadya hukmiga o’tadi; balki har bir sahifasi bir o’qqa shakarchalik meni mamnun qiladi.
Ikkinchi modda: Afsuski, Risola-i Nurning iymonsiz va marhamatsiz jin va ins dushmanlari uning po’lat kabi metin qal'alariga va olmos qilich kabi quvvatli hujjatlariga qarshi tura olmaganlari uchun, juda yashirin hiylalar va pinhona vositalar bilan, xabarlari bo’lmasdan yozganlarning shavqlarini sindirish va sustlik berish va yozuvdan voz kechirish uchun shaytoncha hujum qilib zarba beryaptilar. Ayniqsa bu yerda ehtiyoj juda ko’p va yozuvchilar juda oz va dushmanlar juda diqqatli, qisman talabalar bardoshsiz bo’lganidan; bu mamlakatni o’sha Nurlardan bir daraja mahrum qilyapti.
Men bilan haqiqat mashrabida suhbat qilish va ko’rishishni istagan odam, qaysi risolani ochsa, men bilan emas, xodimi Qur'on bo’lgan ustozi bilan ko’rishadi va iymon haqiqatlaridan zavq bilan bir dars olishi mumkin.
***
Ma'naviy bir eslatma bilan bir-ikki nozik masalani sizga yozyapman:
BIRINCHISI:
O’tgan Ramazoni Sharifda, Ahli Sunnatning salomatlik va najoti uchun qilingan juda ko’p duolarning hozircha oshkora qabullari ko’rinmasligiga xususiy ikkita sabab eslatildi:
Birinchisi: Bu asrning ajib bir xossasidir. {(Hoshiya) Ya'ni olmosni olmos deb bilgani holda, shishani undan ustun qo’yadi.} Bu asrdagi ahli Islomning haddan ortiq soddaligi va dahshatli jinoyatchilarni ham oliyjanoblarcha afv etishi; va birgina hasanani minglab yomonliklar qilgan va minglab ma'naviy va moddiy odamlar huquqini mavh etgan odamdan ko’rsa, unga bir navi tarafdor chiqishidir. Bu surat bilan juda ham oz bo’lgan ahli zalolat va tug’yon; sofdil tarafdor bilan ko’pchilikni tashkil qilib, aksariyatning xatosi bilan hosil bo’lgan ommaviy musibatning davomiga va cho’zilishiga, aksincha shiddatlanishiga qadari Ilohiyga fatvo beradilar; biz bunga haqdormiz deydilar. Ha, olmosni bilgani (oxirat va iymon kabi) holda, faqat zarurati qat'iya suratida shishani (dunyo va mol kabi) undan ustun tutishga shar'iy ruxsat bor. Bo’lmasa, kichik bir ehtiyoj bilan yoki havas bilan yoki tama va yengil bir qo’rquv bilan ustun qo’yilsa; ablahona bir johillik va zarardir, ta'zirga haqdor qiladi. Ham oliyjanoblarcha afv etish esa, faqat o’ziga bo’lgan jinoyatini afv etishi mumkin. O’z haqqidan voz kechsa haqqi bor; bo’lmasa boshqalarning huquqini toptagan jinoyatchilarga afv qilgandek qarashga haqqi yo’q, zulmga sherik bo’ladi.
Ikkinchi sabab: Yozishga ruxsat bo’lmagani uchun yozilmadi.
IKKINCHI MASALA:
Qardoshlarim! Eskishahar qamoqxonasida, oxirzamonning hodisalari haqida kelgan rivoyatlarning ta'villari uyg’un va to’g’ri chiqqanlari holda, ahli ilm va ahli iymon ularni bilmasliklarining va ko’rmaganlarining sirrini va hikmatini bayon qilish niyati bilan boshladim; bir-ikki sahifa yozdim, parda yopildi, ortda qoldi.
Bu besh yilda, besh-olti marta ayni masalaga yuzlanib muvaffaq bo’lolmayotgan edim. Faqat o’sha masalaning tafsilotlaridan menga oid bir hodisani bayon qilish eslatildi. Jumladan:
Hurriyatning boshlanishida, Risola-i Nurdan ancha avval, kuchli bir umid va e'tiqod bilan, ahli iymonning umidsizliklarini ketkazish uchun, "Istiqbolda bir yorug’lik bor, bir nur ko’ryapman" deb xushxabarlar berar edim. Hatto Hurriyatdan avval ham talabalarimga bashorat berar edim. Tarixcha-i Hayotimda marhum Abdurrahmonning yozgani kabi, Sunuhot kabi risolalarda ham "Men bir yorug’lik ko’ryapman" deb, dahshatli hodisalarga qarshi o’sha umid bilan tayanib qarshi turar edim. Men ham hamma kabi o’sha yorug’likni siyosat olamida va Islomiyatning ijtimoiy hayotida va juda keng bir doirada tasavvur qilardim. Holbuki olamdagi hodisalar meni o’sha g’aybiy xabarda va bashoratda bir daraja yolg’onlab umidimni sindirar edi.
Birdan bir g’aybiy eslatma bilan qat'iy qanoat beradigan bir suratda qalbimga keldi. Aytildiki: "Jiddiy bir aloqa bilan sening eskidan beri takror qilganing "Bir yorug’lik bor, bir nur ko’ramiz" degan xushxabarlarning ta'vili va tafsiri va ta'biri, siz haqqingizda, balki iymon jihati bilan olami Islom haqida ham eng ahamiyatlisi, Risola-i Nurdir. Ana shu yorug’lik seni shiddat bilan aloqador qilgan edi. Va bu nurdirki, avvallari ham xayol va taxmining bilan keng doirada, balki siyosat olamida keladigan saodatli va dindorona holatlarning va vaziyatlarning muqaddimasi va xushxabarchisi ekan, bu hozirgi yorug’likni o’sha kelajakdagi saodat deb tasavvur qilib, eski zamonda siyosat eshigi bilan uni qidirayotgan eding.
Ha, o’ttiz yil avval bir oldindan sezish hissi bilan his qilding. Ammo qanday qilib qizil bir parda bilan qora bir yerga qaralsa, qorani qizil qilib ko’rsatadi. Sen ham to’g’ri ko’rding, ammo xato tatbiq qilding. Siyosat jozibasi seni aldadi".
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ عُمْرِكُمْ فِى الدُّنْيَا وَالْاٰخِرَةِ اٰم۪ينَ
Aziz, siddiq qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada iqtidorli, kuchli birodarlarim!
Bu safar kutganimdan ortiq qalamingiz bilan ma'naviy hadyangiz isbot qildiki: Keksa, zaif, ojiz bir Said o’rniga yosh, kuchli, iqtidorli ko’p Saidlar sizlarda bor. Ayni ruh, ayni ifoda, ayni iymon... Hadsiz shukr va sano bo’lsinki; Robbi Rahiym sizlarni Risola-un Nurga homiy, noshir, sohib, shogird aylamish. Bizlarga juda ham og’ir qiyinchiliklar ichida qudsiy xizmatga muvaffaqiyat ehson qilgan. Zamon va zamin, sizlar bilan juda mushtoq bo’lganim uzun suhbatni xush ko’rmagani uchun tugatib, ruhu jonim bilan har biringizga minglab salom, mashaalloh, barakalloh deyman.
Bu muborak shuhuri salosada duongizga juda
muhtoj qardoshingiz Said Nursiy
***
Oxirzamondan xabar bergan muhim bir hadis:
لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّت۪ى ظَاهِر۪ينَ عَلَى الْحَقِّ حَتّٰى يَاْتِىَ اللّٰهُ بِاَمْرِه۪
Ramazoni Sharifda o’ninchi kunning ikkinchi soatida birdan bu hadisi sharif esimga keldi. Balki Risola-i Nur shogirdlarining toifasi qancha davom qilishini o’ylaganimga binoan eslatildi. لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّت۪ى (shadda sanaladi, tanvin sanalmaydi) parchasining maqomi jifriysi bir ming besh yuz qirq ikki (1542) bo’lib davom qilishining oxiriga imo qiladi. لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
ظَاهِر۪ينَ عَلَى الْحَقِّ (shadda sanaladi) parchasi ham; maqomi jifriysi ming besh yuz olti (1506) bo’lib, bu yilgacha yaqqol va oshkorona, aksincha g’olibona; keyin qirq ikkigacha yashirin va mag’lubiyat ichida nurlantirish vazifasini davom ettirishga ramzga yaqin bir imo qiladi.
وَ الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
حَتّٰى يَاْتِىَ اللّٰهُ بِاَمْرِه۪
(shadda sanaladi) parchasi ham; maqomi jifriysi bir ming besh yuz qirq besh (1545) bo’lib, kofirning boshida qiyomat kelishiga imo qiladi. لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
Diqqat va hayratga sazovor joyi shuki, uch parcha ittifoqan bir ming besh yuz (1500) yilini ko’rsatishlari bilan barobar, to’liq ma'nodor, ma'qul va hikmatli bir suratda bir ming besh yuz oltidan to qirq ikkiga, to qirq beshgacha uchta azim inqilobning boshqa-boshqa zamonlariga uyg’un kelishlari va tavofuq qilishlaridir. Bu imolar garchi faqat bittadan tavofuq bo’lgani uchun dalil bo’lmaydi va kuchli emas, faqat birdan eslatilishi menga qanoat berdi. Ham qiyomatning vaqtini qat'iy tarzda hech kim bilmaydi; faqat bunday imolar bilan bir navi qanoat, bir g’olib ehtimol kela oladi. Fotihada "siroti mustaqim" sohiblarining toifa-i kubrosini ta'rif qilgan اَلَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ parchasi, shaddasiz bir ming besh yuz olti yoki yetti (1506-1507) bo’lib, aynan ظَاهِر۪ينَ عَلَى الْحَقِّ parchasining maqomiga tavofuqi va ma'nosiga muvofiqligi va shadda sanalsa لَا تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّت۪ى parchasiga uch ma'nodor farq bilan to’liq uyg’unligi va ma'nan mosligi bu hadisning imosini quvvatlantirib ramz darajasiga chiqaradi. Va ko’plab Qur'on oyatlarida "siroti mustaqim" kalimasi, bir ma'no-i ramziy bilan Risolat-un Nurga ma'no va jifr hisobi bilan imo qilishi ramzga yaqin bir imo bilan; Risolat-un Nur shogirdlarining toifasi, oxirzamonda o’sha toifa-i kubro-i a'zamning oxirlarida bir maqbul jamoat bo’lishini ishorat qiladi deb birdan eslatildi.
اَلْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
***
Aziz qardoshlarim!
Bu soatda men Qur'on o’qir ekanman, Risola-i Nur bilan ziyoda aloqador bo’lgan Sura-i Ibrohimda bir oyat meni mashg’ul qilarkan, Amin sizga yuboradigan maktubni keltirdi va tor vaqtimizda bu keng oyatning dengizidan faqat bir qatracha bu parchaga kira oldi. Bir necha daqiqa mobaynida yozdik, vaqt topolmadik, aybga buyurmaysiz.
***
بِاسْمِه۪ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ
Aziz, siddiq, vafodor, sabotli qardoshlarim!
Janobi Haqqa yuz minglab shukr va hamd bo’lsin; siz kabi sodiq, jiddiy, faol zotlarni Risola-i Nurning atrofida to’plab bog’lagan; iymon va Qur'on xizmatida quvvatli va nurli qalamlarini ishlatyapti.
Qardoshlarim! Bu safar yuborganlaringiz shunchalik meni mamnun va minnatdor qildiki; har bir sahifasi bir qiymatdor hadya va go’zal bir maktub hukmida ko’rindi. Qayg’ularimni, g’amlarimni ketkazib va qalbimni surur va sevinch bilan to’ldirdi. Janobi Arhamurrohimiyn ularning harflari sanog’icha sizga rahmat qilsin va sizdan rozi bo’lsin.
Hofiz Ali qardoshim! Bir kuni Barlada Juma kechasi duo qilarkan, sening "Omin" degan ovozingni ikki marta yaqqol eshitdim. Orqamga qaradim. "Hofiz Ali qachon keldi?", dedim. "U bu yerda yo’q", dedilar. Men hozir o’sha voqeadan ayta olamanki; uch-to’rt soat masofadan turib duomga ominini eshittirishi, o’ttiz kunlik masofadan bu yerdagi zaif da'vat va duomga kuchli va ta'sirli bir omin hukmida bo’lgan yozuvlarning yordamimga yetishishi juda ma'nodor bir tavofuqdir.
Siddiq Sabri! Sening jismingda (oyog’ingda) qardoshligimning sikkasini ko’rgan paytim bir oldindan sezish hissi bilan qalbimga shunday keldi: "Bu zot muhim vaqtda menga juda ahamiyatli qardoshlik qiladi." Va muvaffaq bo’lding, qilding. Alloh sendan abadan rozi bo’lsin.
Abdulmajidga Beshinchi Shu'lani xabar bergandim, javob kelmadi. Balki ehtiyot uchun sukut saqladilar, yubormadim. Siz avval xabarlashing, so’ngra yuborishingiz mumkin. Agar Xastalar Risolasini menga yuborsangiz, Keksalar Risolasi ham barobar bo’lsa, yanada yaxshi bo’ladi. Maktubingizda salom yuborgan vafodor qardoshlarimga minglab salom.
Bu kunlarda ma'naviy bir suhbatda bir savol va javobni tingladim. Sizga bir qisqa xulosasini bayon qilay.
Biri dedi: Risola-i Nurning iymon va tavhid uchun ulkan quvvatlantirishlari va kulliy jihozlanishlari borgancha ko’paymoqda. Va eng qaysar bir dinsizni jim qilish uchun yuzdan biri kifoya ekan, nima uchun bu daraja qizg’inlik bilan yana yangi ustida to’xtalishlar qilyapti?
Unga javoban dedilar:"Risola-i Nur yolg’iz bir juz'iy buzg’unchilikni va bir kichik xonani ta'mir qilmayapti. Aksincha kulliy bir buzg’unchilikni va Islomiyatni ichiga olgan, tog’lar kattaligida toshlari bo’lgan bir qamrovli qal'ani ta'mir qilyapti. Va yolg’iz xususiy bir qalbni va xos bir vijdonni islohga harakat qilmayapti, aksincha ming yildan beri tayyorlangan va yig’ilgan buzg’unchi vositalar bilan dahshatli yaralangan qalbi umumiyni va xalq tushunchasini va umumning, ayniqsa avomi mo’minlarning panohgohlari bo’lgan Islomiy asoslarning va jarayonlarning va ramzlarning sinishi bilan buzilishga yuz tutgan vijdoni umumiyni, Qur'onning i'jozi bilan va keng yaralarini Qur'onning va iymonning dorilari bilan davolashga harakat qilyapti. Albatta bunday kulliy va dahshatli buzg’unchilikka va raxnalarga va yaralarga haqqalyaqiyn darajasida, tog’lar quvvatida hujjatlar, jihozlar va ming tiryoq xususiyatida sinalgan dorilar va hadsiz davolar bo’lishi kerakki, bu zamonda Qur'oni Mo’jiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysidan chiqqan Risola-i Nur u vazifani qilish bilan barobar, iymonning hadsiz martabalarida taraqqiyot va inkishoflarga sababdir." deb uzun bir suhbat jarayon qildi. Men ham tamoman eshitdim, hadsiz shukr qildim. Tugataman.
Bu hodisa munosabati bilan yana bu kunlarda esimga kelgan bir voqeani bayon qilaman.
Men namoz tasbehotining oxirida, o’ttiz uch marta tavhid kalimasini zikr qilarkan, birdan qalbimga keldiki: Hadisi sharifda, "Ba'zan bir soat tafakkur bir yil ibodat hukmiga o’tadi." Risola-i Nurda o’sha soat bor; harakat qil, o’sha soatni top", deb eslatildi. Go’yo ixtiyorsiz bir suratda, Qur'onning oyat-ul kubrosining ikki tafsiri bo’lgan ikki Oyati Kubro Risolalaridan xulosalangan tafakkuriy bir so’zlashuv to’liq bir soat davom qildi. Qaradim, sizga yuborgan Oyat-ul Kubro Risolasining Birinchi Maqomning xulosasidan tanlangan go’zal bir sirrini xulosa bilan, Yigirma To’qqizinchi Arabcha Yog’dudan chiqarilgan nurli, shirin bayonlardan tashkil topyapti. Men kamoli lazzat bilan, har kuni tafakkur bilan o’qishni boshladim. Bir necha kun so’ngra xotirimga keldiki: Modomiki Risola-i Nur bu zamonning bir murshididir, talabalariga bir virdi akbar bo’lishi mumkin deb qalamga oldim. Va barcha risolalarning xususiy manbalari, ma'danlari bo’lgan mingdan ortiq Qur'on oyatlarini, o’z Qur'onimda oldinroq ishoratlar qo’yib bir Hizbi A'zami Qur'oniy qilishni niyat qilgan edim. Hozir bu hizbi a'zam va bu virdi akbar, Risola-i Nur mansublariga ba'zi muborak kunlarda o’qilishi uchun bir kun sizga ham yuborilishiga haqqingiz bor. Inshaalloh keyinroq sizga yuboriladi. Ba'zi kalimalarini tarjima va bir qism qaydlarini tushuntirish uchun, vaqt topsam, g’oyat qisqa hoshiya kabi bir narsa yozaman.
Umum qardoshlarimga va xizmati Qur'oniyada barcha do’stlarimga hasrat va ishtiyoq bilan minglab salom.
Duolaringizga muhtoj
Said Nursiy
***
Aziz qardoshlarim!
Sizlarga har kuni bittadan uzun maktub yozishimga haqqingiz bor ekan, afsuski uch yildan beri sizga yuborish uchun yozgan bir maktubim hozirgacha kutyapti, eski chakmonimning cho’ntagida turibti. Demak, Risola-i Nur ahli dunyo dinsizlariga juda dahshat berganki, dunyolariga qo’shilmaganim holda, bu tazyiqlarni qilyaptilar. Nima bo’lganda ham... Hech unuta olmaganim sabotli, jiddiy qardoshlarimga, xususan ikkinchi vatanim Barladagi vafodor siddiqlarga juda ko’p salom aytaman va duo qilaman.
Minglab hasrat va ishtiyoq bilan sizlarni o’ylagan va har yigirma to’rt soatda balki yuz marta duo bilan eslagan va duongizga muhtoj bo’lgan
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ
Ey fidokor qardoshlarim!
Sizlar bilan to’rt-besh kalima suhbatlashaman:
Birinchisi: Bu safargi maktubingiz bergan shavq va surur bilan deymanki: Men xizmati Qur'oniyadagi chinakkam sadoqat va g’ayrat va sabot va matonatingizni ko’rgandan keyin to’liq bir istirohati qalb bilan mavtni va ajalni qabul qilaman, "Orqamda siz borsiz, yetadi" deb dunyodan surur bilan vidolashishga tayyorman.
Ikkinchisi: Bu yerda Oyat-ul Kubroning birinchi oqlamaga yozilishi aynan bir yil so’ngra, u yerdagi birinchi oqlamaga yozilishi kabi, Oyat-ul Kubro nomiga tavofug’i bor. Ikki tavofuqning uyg’unligi tasodifga havolasi imkonsiz bir holat bo’lish bilan.. qalami zulfiqor-misol zotning qalami bilan, o’ttiz uchta kalima-i tavhidning tavofug’idagi g’aybiy imzoni jiddiy ravishda nurlantiradi va tasdiq qiladi.
...
To’rtinchisi: Men uch yildan beri bu yerda hamma narsadan uzoqlashtirildim. Bardosh qilib bo’lmas tazyiq ostida bo’lganim uchun, siz bilan xabarlasha olmadim. Bu yerda o’xshovsiz bir vahima hukm qilyapti. Mumkin bo’lgancha, Ashrot-us Soat bu yerdan yuborilganini aytmanglar. Balki uning bir asaridir, boshqa yerdan qo’limizga o’tgan denglar.
***
بِاسْمِه۪ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz va vafodor va fidokor, sodiq qardoshlarim!
Bu safar juda qiymatdor va kutilganidan ko’ra ko’proq ma'naviy hadyangizdan kichkina uch-to’rtta masala xotirga keldi.
Birinchisi: Uchinchi karomati Alaviyada, risolalarda faqat ikkita zayl bor deyishi, risola shakliga kirgan zayllarga zayl deydi. Boshqa zayllar esa; xotimalar, ilovalar, hoshiyalar hukmida ko’rgan.
Ikkinchisi: Ikki Oyat-ul Kubroning virdi akbarida - xotirimga kelmagani holda - ahamiyatli qismlarini Yigirmanchi Maktub bilan O’ttiz Ikkinchi So’z, menga ehtiyoj qoldirmaydigan darajada bayon va tarjima qilganlari uchun, niyat va va'da qilganim holda tarjimasida ishlatilmadim.
Uchinchisi: Risola-i Nurning mendan ayrilishi va men ham nurlantirish doirasidan uzoq qolganim uchun, bu o’lka va Eskishahar kabi boshqa yerlarni ham uning ahamiyatli va kerakli bir qism haqiqatlaridan hissador qilish uchun, inoyati Ilohiya, - yangi yozilayotganday - takror bilan o’sha qism haqiqatlarning, faqat latofatli boshqa tarzlarda izoh qilinishlarida go’yo ixtiyorim bo’lmasdan meni ishlatganini bildim, ko’p shukr qildim.
Bu safar hadyalaringiz evaziga, qo’limdan kelsaydi faqat moddiy narxiga ko’ra har bir risolaga o’n lira va Yigirma Beshinchi So’zga yigirma besh oltin, balki olmos va Yigirma To’qqizinchi So’zga yigirma to’qqiz yoqut berardim. Unday bo’lsa, berilgandek qabul qilinglar. Ha, tavofuqda muvaffaqiyatli bo’lgan qalami Alaviy, karomati Alaviyaga ko’zga ko’rinadigan go’zal bir dalil ko’rsatgan. Yuz ming mashaalloh. Xusravning juda shirin va hayratomuz yozgan Xastalar Yog’dusi bilan Asmo-i Sitta Yog’dusi mening nazarimda olmos bilan porlatilib yozilgan va ularchalik uzun ikki maktubi sadoqatmador hukmida menga ko’rindi; Risola-i Nurga juda ahamiyatli xizmatlaringizni ko’z yoshi bilan eslatdi va Firdavsiy hadyangizdagi risolalarning harflari sanog’icha Janobi Arhamurrohimiyn sizlarga rahmat, baraka, saodat ehson aylasin. Omin.
Toliqmaydigan va zerikmaydigan jiddiy, samimiy Hofiz Ali Qardosh! Tavofuqda muvaffaqiyatli qalaming bilan yozilgan I'jozi Qur'onning oxirida sen haqqingdagi اَللّٰهُمَّ وَفِّقْهُ ف۪ى خِدْمَةِ الْقُرْاٰنِ وَ الْا۪يمَانِ bo’lgan duo, bu safar shubham qolmadiki, to’liq qabul bo’lgan.
Umum qardoshlarga bir-bir salom.
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رَسَائِلِ النُّورِ وَمَعَان۪يهَا الْمُتَمَثِّلَةِ فِى الْهَوَاءِ وَ فِى الْاَفْهَامِ اِلٰى يَوْمِ الْقِيَامِ
Aziz, siddiq va sodiq qardoshlarim!
Bu safar juda ko’p aloqador bo’lgan kishilarimning to’rt adad maktublari meni shunchalik xursand qildi va Risola-i Nur hisobiga shunchalar mamnun ayladiki; go’yo qaytadan o’sha qahramon birodarlarni topdim deb surur yoshlari ko’p qayg’ularimni yuvdi. Ha, to’rt maktubga to’rt javob yozishni istayman va bu haqqingizdir; ammo samimiy birdamligingizga binoan bitta bilan kifoyalandi. Boshqa-boshqa besh-olti kichik masalalarni bayon qilaman.
Birinchisi: Eskidan beri, iymonni qutqarish zamonidir deganimiz va ixtiyorim bo’lmasdan takror bilan iymon ruknlariga doir burhonlardan ma'nan qattiq quvvatlantirganimiz juda haqli va kerakli ekanini zamon ko’rsatdi. Sizga bir oy avval ma'naviy bir suhbatda, Risola-i Nurning ma'nan quvvatlantirishiga doir g’aybdan kelgan bir javobni yozgan edim. Ba'zi kishilar o’sha parchani Oyat-ul Kubro Risolasining oxiriga qo’shdilar.
Ikkinchisi: Shomli Tavfiq Qardosh! Sening maktubing meni juda qattiq ham ta'sirlantirdi, ham xursand qildi. Senda xayrli o’zgarishlar borligini sezdirdi.
Marhum Hofiz Ahmadning qarindoshlariga men tarafimdan ta'ziya bildirish bilan birga aytginki: Bir-ikki oy avval - birdaniga - duo qilarkan, eng xos qarindosh va eng xolis talabalarning doirasiga Hofiz Ahmad kirdi: "Mening ham bu doirada haqqim bor", deganidek his qildim. Uni o’sha xos doira ichida, har doim ma'naviy yutuqlarimga hissador bo’lishi uchun qoldirdim va shunday ham qoladi inshaalloh. Va tushundimki; ikkalangiz boshlanishdan, birga Risola-i Nurga xizmatingiz uchundir. Barlada barcha do’stlarga salom.
Uchinchisi: Sabri qardosh! Qiymatdor Xulusiyning maktubi ham Xulusiyning, ham Beshinchi Shu'laning ahamiyatini va qiymatlarini ko’rsatgani uchun juda yoqtirdim.
Ha, Beshinchi Shu'la umumning va ayniqsa ahli ilmning iymonlarini to’g’rilab qutqaradi.
Ham sen, ham Xusrav Halil Ibrohimdan bahs qilyapsiz. U zot Risola-i Nurning ahamiyatli bir talabasi va iqtidorli bir noshiridir, ham xoslardandir. Sobiq hodisamizdan to’liq ehtiyot va jiddiy bir aloqadorlik darsini olgan degan qanoatdaman. Salomimni unga va birodarlariga yetkazing.
To’rtinchisi: Xusrav qardosh! Sening maktubing mening xavotirlarimga (Hasan, Mustafolar kabi) bir shifo va orzularimga bir davo (Mo’jizoti Ahmadiya kabi) va umidlarimga bir ziyo (Ra'fat, Konyalik Sabri kabi) hukmiga o’tdi.
Ham Risola-i Nurning muhtaram bir talabasi va xos doirasida bo’lgan oxiratli opaxonim volidangizning xastaligi va keksaligi seni Ispartaga jalb qilishi xayrlidir. Albatta sen unga Xastalar va Keksalar risolalarini o’qigansan. O’sha risolalar mening badalimga u kishining ahvolini so’rab tasalli bersinlar.
Men u yerdagi talabalarni va do’stlarni duo bilan ko’p eslayman. Ularni unutolmayman. Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytaman va duo qilaman.
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حَاصِلِ ضَرْبِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ رَمَضَانَ ف۪ى حُرُوفِ مَا كَتَبْتُمْ مِنَ الرَّسَائِلِ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Ham muborak Ramazoningizni, ham inshaalloh haqqingizda ming oychalik mevador Layla-i Qadringizni, ham saodatli bayramingizni, ham juda qiymatdor xizmatingizni butun ruhim bilan tabriklayman va qutlayman.
Qardoshlarim! Bu safar qudsiy qalam bilan hadyalaringiz shunchalik meni minnatdor va baxtiyor qildiki, go’yo dunyoni yoritadigan bir nur fabrikasi hamda moziy va istiqbolni xushbo’y hidi bilan muattar qiladigan bir gul fabrikasi samodan bizning yordamimizga yuborilgan va mening orqamda yordamchi kuch bo’lib turibdi va doimiy ravishda ishlayaptilar deb sevinyapman. Yuz minglab Alhamdulilloh!
Sabri qardosh! Sening oraliqli ikki maktubing, xizmatingning maqbuliyatiga ikki shohidi g’aybiy ko’rsatdi. Sening ta'biring bilan Nur fabrikasiga men ham "Alfu alfi mashaalloh, barakalloh, vaffakakalloh", deyman. Sen bilan Siddiq Sulaymon mening nazarimda va fikrimda va duomda doimo birga bo’lganingiz uchun, sen bilan gaplashgan vaqtim, ikkovingizni yelkama-yelka birga ko’raman. Ma'sum va muborak bolalaringiz duodan hissadordirlar.
Hofiz Ali Qardosh! Sening maktubingdagi kamtarliging va ixlosing va Xusravga oid madhing va Risola-i Nur talabalari bir vujud hukmidagi qanoating, sen haqqingda buyuk umidimni va yaxshi gumonimni to’liq quvvatlantirdi. Risola-i Nurning ikki Lutfiylari va Mustafolari va Hofiz Alilari, Kichik Sabri bo’lgan Nuriddin bilan barobar xos talabalar doirasida, Ramazon fayziga, ma'naviy yutuqlarga inshaalloh hissador deb qabul qilindi. Har bir sahifalarini bittadan qiymatdor hadya hukmida bo’lgan nusxalar sababli, men sendan ko’p, ham juda ko’p qarzdor bo’lib qoldim.
Xusrav qardosh! Qasam ichaman, mening qo’limdan kelsaydi, faqat bu safar oltin zarhal bilan yozganing Mo’'jizoti Ahmadiyaga muqobil har bir sahifasiga, faqat moddiy haq sifatida bittadan oltin hadya qilardim. Haqiqatdan abadiy bir gul fabrikasiga kotib tayin qilinganingizga qanoatim qat'iyat hosil qildi. Robbi Rahiymimga hadsiz hamd-u sano bo’lsin. Tasavvurimda Xusrav, Rushdu bitta ism kabi bo’lgan. Ikkovingizni Risola-i Nurga oid hamma narsada barobar deb bilaman va topaman. Sizga اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا oyatiga oid va birdan esga kelgan va Sabrining ikki maktubining - hali kelmay - ma'naviy ta'siri bilan yozilgan bir tatimmani yubordim. Bir daraja mahramdir, xos va ishonchlilarga maxsusdir. Shomli Tavfiq Oyat-ul Kubro Shu'lasini Hofiz Alining o’ttiz uch "La ilaha illalloh" bilan tavofuqli tarzda men uchun yozsa yaxshi bo’ladi. Qardoshlarimga bir-bir salom aytaman.
Duongizga muhtoj
Said Nursiy
***
Aziz qardoshlarim!
Davom qilayotgan ma'naviy buzg’unchilik qarshisida - lillahilhamd - borgan sari Risola-i Nurning mo’jizona qarshilik ko’rsatishi va ezuvchi quvvati va qiymati ortyapti. Zalolatning poydevori va tayanch nuqtasi bo’lgan tabiat tog’utini tarqatib, Qur'on qo’lida bir olmos qilich bo’lib har tarafda nurlarni sochadi, zulmatlarni tarqatadi. Faqat zalolatlarning navlari ko’p. O’sha nisbatda risolalarning ham boshqa-boshqa ustunliklari, ahamiyatlari bor. Agar oson bo’lsa, Tabiat Yog’dusini ham bizga yuboring.
***
Amin bilan Fayzi so’ragan bir savolga Ustozdan olgan javoblari.
Savol: Bizga bergan javobingizda aytyapsizki: "Siyosiy keng doiralarni qiziqib kuzatgan, kichik doiralar ichidagi vazifalarida zarar ko’radi." Buning izohini istaymiz?
Javob: Ustozimiz deydilarki:
Ha, bu zamonda qiziqib, radio vositasi bilan jiddiy aloqadorlik bilan Yer kurrasidagi urushlarga qiziqib qaraganlar, diqqat qilganlar, moddiy va ma'naviy juda ko’p zararlari bor. Yo aqlini tarqatadi, ma'naviy bir devona bo’ladi, yo qalbini tarqatadi ma'naviy bir dinsiz bo’ladi, yo fikrini tarqatadi, ma'naviy bir ajnabiy bo’ladi. Ha, men o’zim ko’rdim: Keraksiz bir qiziqish bilan, dindor ekan omi bir odam - biri ham ilmga mansubligi bor ekan - eskidan beri Islom dushmani bo’lgan bir kofirning mag’lubiyati bilan yig’lash darajasida bir mahzunlik va Oli Baytdan Sayyidlar Jamoatining bir kofirga mag’lubiyatidan sevinganini ko’rdim. Bunday omi bir odamning, aloqasiz bir keng doira-i siyosat xotiri uchun, bunday kofir bir dushmanni mujohid bir sayyiddan ustun qo’yish, ajabo devonalikning va aqlni tarqalishlikning eng ajib bir misoli emasmi?
Ha, xorijiy siyosat ma'murlari va harbiy rahbarlar va qo’mondonlarga bir daraja vazifa jihatidan munosabati bo’lgan siyosatning keng doiralariga oid masalalarni; oddiy fikrli hamda ruhiy va diniy va shaxsiy va uyi va qishlog’i idorasiga oid kerakli vazifasini qildirmay, ularni qiziqtirib ruhlarini daydi, aqllarini vaysaqi va qalblarini ham iymon va Islom haqiqatlariga oid zavqlarini, shavqlarini sindirib havolantirish va o’sha qalblarni daydi qilish va ma'nan o’ldirish bilan dinsizlikka joy tayyorlash tarzida, qattiq qiziqish bilan ularga ko’ra foydasiz va keraksiz siyosiy masalalarni radio bilan dars berib tinglattirish, hayoti ijtimoiya-i Islomiyaga shunday bir zarardirki; kelajakda beradigan natijalarini o’ylagan sari qo’rqib ketasan kishi.
Ha, har bir odam vatani bilan, millati bilan, hukumat bilan aloqadordir. Ammo bu aloqadorlik vaqtinchalik jarayonlarga berilib millat va vatanini va hukumatning manfaatini ba'zi shaxslarning vaqtinchalik siyosatlariga tobe qilish, balki aynan o’sha deb o’ylash juda xato bo’lish bilan birga, o’sha vatanparvarlik, millatparvarlik hissidan va vazifasidan hammaga tushgan vazifa bir bo’lsa, o’zining qalb va ruhidan, shaxsiy va uy va diniy va hokazo ko’p doiralar idorasida haqiqiy vazifador bo’lgan xizmati va aloqasi va qiziqishi o’n, yigirma, balki yuzdir. Bu jiddiy va kerakli buncha ko’p aloqalarning zarariga, o’sha bitta keraksiz va unga ko’ra foydasiz bo’lgan siyosat jarayonlariga fido qilish, devonalik bo’lmay nima?
Ustozimizning bizga o’ta shoshib bergan javobi bu qadar. Biz ham o’sha shoshilinch ifodani shoshilib qayd qildik, aybga buyurmaysiz.
Biz ham bor quvvatimiz bilan buni tasdiqlaymiz. Chunki buni o’zimizda va ko’rgan do’stlarimizda tajribalar bilan ko’rdik. Hatto ko’pchiliklari qiziqishlaridan jamoatni, balki namozni tark qilish darajasida ifrot bilan, aynan namoz vaqtida gapirgan radioni tinglaydi. Mimsiz madaniyatning safohat va zalolat va Islomga qilgan xoinlik jazosi o’laroq doimo boshiga kelgan ta'zirlarga va urushlariga va keng siyosat doiralariga aloqadorona diqqat qilish bilan; va nafasi zaharli va boshi sarxush shaxslardan radioda dars olish, qudsiy va muhim vazifalariga ham to’liq zarar beradilar.
Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi.
***
(Ahmad Nazifning bir bayoni)
Qiymatli Ustozim!
Yuksak shaxsiyatingizning ojizligi va faqirligi ichida inoyati Rabboniya va rahmati Ilohiya bilan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning i'jozlarini quyoshning porloq va keskin shu'lalari kabi qalblarimizga ta'sir qildirgan hamda din va iymon haqiqatlarining, zalolatga yuz tutgan zaif va ojiz mo’minlarning qutulishi va salomati va hidoyatga chiqarilishiga xodim va qudsiy Risola-i Nurning, albatta bir hidoyat yo’lini ko’rsatuvchisi va bu zamon muhtoj bo’lgan bir sohibi zuhur nomini tashishi shubhasizdir. Shunga binoan, ham Qur'onning tarjimoni va dalloli hamda bu Risola-i Nurning muallif va xodimi yagonasi bo’lishingiz, hamda ojiz va faqir bir askar ekan, ma'naviy xizmatingiz bilan marshallik daraja-i oliysiga ko’tarilish va fayzlanishga layoqat kasb etganingiz uchundirki; Olimi Mutlaq, Hokimi Mutlaq, Qodiri Mutlaq bo’lgan Zuljalol Hazratlari bu qudsiy vazifa-i oliyani, qiymatsiz ko’rganingiz, juda qiymatli va fazilatli va fayzli va oliy darajalarda yuksak bir jarchiga qoldirgan va nasib qilgan va ayniqsa ma'mur qilgandir. هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى Biz ojiz va osiy va gunohkor xizmatkorlaringizni ham lutf-u karami bilan irshodga va hidoyatga siz Ustozimizni rahbar va murshid va vosita qilganki; abadiy minnatdor va shukrlarimizni ado qilishdan ojizmiz.
Mana Ustozim! Juda qiymatli birodarimiz va xizmati Qur'oniyada qiymatli yo’ldoshimiz va sherigimiz Kichik Xusrav va Mehmed Fayzining maktubidan boshqa joyda va makonda mavsumsiz ekanini idrok qilib, bu haqiqiy kalimani va muborak ismi sharifni Risola-i Nurga ham hanuz zohiran taqish haddim emas va ishlatilishidan hazarlanaman. Chunki Ustozimning izn va ruxsati bo’lmaguncha, bu kabi taxalluslarning qiymati bo’lolmaydi. Lekin Risola-i Nurdan olgan ilhomimdan, atrofimizda birinchilikni qo’lga kiritgan bir qardoshimiz bo’lgan Fayzining maktubida bahs etilishi, faqat go’zal niyat va haddan ortiq bog’liqlik va sadoqatdan va ixlosdan kelib chiqqan.
Bu izhorning xatosidan hosil bo’lgan mashg’ul bo’lishingizga sabab bo’lganimdan juda xafa bo’ldim. Afv eting. Ogohlantiruvchi va irshod qiluvchi ne'mat va urushishingiz himmati bilan afv qilinishini va Risola-i Nurning ma'naviy ta'zirlaridan muhofaza qilinishimizni to’liq samimiylik bilan iltimos qilaman.
Aziz va qiymatli Ustozim! Janobi Haqning lutf-u karami bilan hamda hadsiz ehsoni bilan, bog’lanib xizmati qudsiyasida bo’lganim Risola-i Nurning moddiy va ma'naviy juda ko’p karomatlarini va barakalarini aynalyaqiyn ko’rgan va lazzatini totgan bu ojiz xizmatkoringizning nuqsonlarini, go’zal niyat va qalb xolisligi uchun kechirishingizni iltimos qilarkan, bu muborak Risola-i Nurning juda ko’p karomatlaridan bir nechtasini arz qilaman. Jumladan:
Risola-i Nur tarjimoni va muallif va sohibi bo’lgan zot, bir ming uch yuz yigirma to’rt (1324) va yigirma besh (1325) rumiy yillarida, Istanbulda mashhur bo’lib, "Badiuzzamon" nomi va taxallusi ostida matbuotning madhi bilan nashriyotidan ta'sirlanib, o’sha payt o’n yetti yoshda bo’lganim va juda johil va bolalik davrimda ekan, bu muborak ism qalbimda joy olgan. Va bu qalbiy muhabbat hurmati uchun; bir ming uch yuz yigirma oltinchi (1326) yil Hazrat Ustozning "Badiuzzamon Saidi Kurdiy" taxallusi ostida Qoradengiz sayohatida ikki xizmatkori bilan Ineboluni ziyorat qilib, o’shanda Ineboluning mashhur ulamosidan Hoji Ziyo va boshqa ulamo orasida kemaga kuzatib qo’yilarkan, tasodifan bozorda uchraganim va juda chuqur muhabbat hissi bilan bu muborak zotga salom berib tabassum qilib va nuroniy siymolari bilan va keskin nazarlari bilan salomlariga va ma'naviy nazarlari bilan iltifotlariga sazovor bo’lganim kundan beri ortib borgan muhabbat va aloqamni, o’ttiz yillik xotiramdan qat'iyan o’chmaganini aynalyaqiyn ko’rayotgan edim.
Taxminan va deyarli olti yil avval bir gazeta ustunida, Ispartada xalq ko’p aloqa ko’rsatgani uchun, din va iymon talqin qilishidan cho’chigan ahli dunyo tarafidan hibs etilganini iztirob bilan o’qigandim. O’ttiz yillik uzun bir zamon ichida bir marta bunday achchiq xabar olganim holda, oqibatidan qat'iyan boshqa bir ma'lumot ololmagan edim. O’n yildan beri Janobi Robb-ul Olamiyn Hazratlaridan niyozimda, doimo besh vaqt duolarimda, "Ey Robbim! Menga bir murshidi komil ehson qil" niyozida ekanman, bundan uch yil avval, ya'ni hijriy bir ming uch yuz ellik yetti (1357) va milodiy bir ming to’qqiz yuz o’ttiz sakkizinchi (1938) yil, Ineboluda bir choyxonada, Kastamonulik bir bechora sarxushning madh bilan bahs qilayotgan bir zotning Kastamonuda ekani va surgun qilinganini eshitdim. Diqqat qildim va tahqiq qildim va chuqur o’rgandim. Tushundimki; o’ttiz yildir qalbimda saqlab olib yurganim o’sha zamondagi Saidi Kurdiy ekanini hayrat bilan bildim. Va qalbimdagi sevgi kunlar o’tgan sari otashlanganini his qilganim uchun, har qanday tahlikani inobatga olib ziyorat qilib, muborak qo’llarini o’pish lozim va shart bo’lganini bildim. Va ziyoratimda, Eski Saidning ismi muboraklari Badiuzzamon Said Nursiy va Risola-i Nurning muallifi va sohibi ekanini bildim. Kamoli ishq va ixlos bilan yopishdim. Va mening yagona murshidim va rahbarim va buyuk ustozim o’sha Risola-i Nurdir dedim. Va menga bu hadsiz ehsonlarni hidoyat va inoyat qilgan Janobi Haqqa Qur'oni Hakiymning harflari adadicha shukr qilib اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى dedim.
{(Hoshiya) Ha, ba'zi valiylarning kelajakda talabasi bo’ladigan zotlarni, hali dunyoga kelmasdan, oldindan sezish hissining ochilishi bilan karomatli shaklda kashf qilganlari kabi, Risola-i Nur talabalarining muhimlaridan bir nechta zot ham, ko’p vaqt avval, bir oldindan sezish hissi bilan, kelajakda Said bilan aloqador bir suratda bir Nurga xizmat qilishlarini his qilganlar. Mana o’shalarning biri ham Nazifdir.}
Risola-i Nurga bog’lanmasdan avval, moddiy va dunyoviy har ishlarimizda va tijoratxonamizning daromadlarida va shaxsiy va xususiy ishlarimizda, Risola-i Nurga bog’lanishdan keyingi hayratomuz farqlarni va barakalarni ko’rish bilan barobar; eng katta bir tijoratchining yoki baxtiyor bir boyning sevinch va erkinligidan yanada ko’p sevinch va surur va erkinlik va yashash tarzida sihat va salomatlik bilan - alhamdulilloh - saodatli hayot o’tkazayotganimizni va Risola-i Nurning qudsiy lutf va karomatlariga qarzdor ekanligimizni e'tirof va tasdiq qilamiz.
Ustoz Hazratlarining xususiy ruxsatlari bilan, Risola-i Nur nomidan nashriyot va iymon haqiqatlari nuqtasida, ayniqsa ibodat va namoz haqida shaxsimning johil va ojiz, noqis, iqtidorsiz vaziyatim bilan sodir bo’lgan va bo’ladigan diniy talqinlardagi kuchli ishontirish va ta'sirli xitoblarning amaldagi asarlarini aynan ko’rganimni; ustozim Risola-i Nur nomidan kamoli faxr bilan, bir qancha namozsiz musulmonlarni -alhamdulilloh - namozga va masjidlarga davomga muvaffaq bo’lish kabi qudsiy xizmatlarning amaldagi asarlaridan, Risola-i Nurning buyuk hayratlanarli karomatidan chiqqanini va chiqayotganini tasdiqlaymiz.
Bu ichida bo’lganimiz Olmon va Ingliz urushining boshlanishidan davomi muddatida hadsiz zindiqo va munofiqlarning hech yo’qdan, sababsiz bo’lib, shaxsimga tuhmatlar bo’lishi uchun, kerak bo’lsa munavvar fikrli olim va kerak bo’lsa johil mulhid, deyarli bir nechta do’stlarim mustasno, mamlakat xalqini qudsiy xizmatimdan ranjitish uchun, shaytoni alayhi mayastahiq butun mamlakat xalqini aldab menga qarshi harakatlantiradiki, "Nazif muxolif bir siyosat bilan Islom birligiga tarafdor qilish siyosiy targ’ibotini qilyapti" zehniyatini shiddat bilan menga qarshi, mamlakat xalqiga va hukumat a'zolariga qadar tarqatyaptilar. Va barcha shaytonlarning josusliklari harakatlantirilgan. Go’yo menga qarshi bo’lganlar mendan bir intiqom olish uchun orqamdan, ham mudhish jarayonni shiddatlantirish uchun, o’zlaricha nafrat etilgan deb o’ylaganlari "Olmonchi" nomi bilan harakatlarga ma'ruz qoldirishdan chekinmadilar. Holbuki men lillahilhamd Risola-i Nurning irshodi bilan, iymon va Qur'on haqiqatlarini butun koinotdan ustun ko’rganim va e'tiqod qilganim uchun, Yer kurrasidagi jarayonlarga emas, balki menga berilsa ham, butun dunyo saltanatiga ham vosita qilolmayman. Men faqat haqiqatchi va iymonchi va Qur'onchi Risola-i Nurning bir xodimiman. Necha yildir barcha bu hujumlari bilan birga, ikki asari inoyat bor:
Biri: Risola-i Nurning nashriyotidagi xizmatimga zarar berilmagani kabi, kutilgandan ortiq muvaffaq bo’ldik.
Ikkinchisi: Har qachon shiddatli hujum qilinadigan payt, Ustozimizdan "Diqqat" amrini olar edik. Hamda Risola-i Nurning oshkora bir karomatidandirki, bir ming uch yuz ellik to’qqizinchi (1359) hijriy yil Ramazoni Sharifning o’n yoki o’n ikkinchi kunlarida - Alloh rahmat qilsin - vafot qilgan qardoshlarimizdan Xatib Mehmed ismli zot, Yigirma Oltinchi Yog’du bo’lgan Keksalar Risolasini yozarkan, xasta bo’lib yozishga qodir bo’lmagani uchun "La ilaha illa Hu" kalima-i tavhidni yozib to’xtagani, ziyoratiga kelgan boshqa qardoshimiz va faol birodarimiz, Fayzi Mehmed Afandiga tugatilishini iltimos qilib dunyo bilan vidolashib va abadiy hayotiga, inshaalloh bu kalima-i toyyiba bilan hayotining oxirini muhrlab iymonli bo’lib qabrga kirganini izhor va Risola-i Nurning talabalariga ochiq bir mujda va xushxabar bergan.
Qur'on ishoratlarining yigirma oltinchi oyatining فَفِى الْجَنَّةِ خَالِد۪ينَ sirri bilan, "Risola-i Nur talabalari iymon bilan qabrga kiradirlar" xushxabarlarining sidqini ko’rsatgan bu ochiq karomatning va azim xushxabarlarning barcha qardoshlarimizga umumiylashishini, Risola-i Nurning yuksaklik darajasini va xodimlarining mukofotlari qachon va qay suratda berilayotganini aynalyaqiyn bilinish va ko’rilish uchun, shu haqiqat muvofiq bo’lsa, Qur'on Ishoratlari Risolasiga hoshiya bo’lishini iltimos qilaman, qiymatli Ustozim.
Risola-i Nur shogirdlaridan
Ahmad Nazif Chalabiy
***
[Risola-i Nurning faol bir shogirdi bo’lgan Ahmad Nazif Chalabiyning bir istixroji va bir bayoni. Buni ham Birinchi Shu'laning o’ttiz ikkinchi oyati o’laroq hamda Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlarida qayd qilish munosib ko’rildi. U o’zi aytadi:]
Kelgan oyatlarni hofizdan eshitdim. Sura-i Ahzobdan:
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ * يَا اَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اذْكُرُوا اللَّهَ ذِكْرًا كَثِيرًا وَسَبِّحُوهُ بُكْرَةً وَاَصِيلاً * هُوَ الَّذِى يُصَلِّى عَلَيْكُمْ وَمَلَئِكَتُهُ لِيُخْرِجَكُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ وَكَانَ بِالْمُوءْمِنِينَ رَحِيمًا * تَحِيَّتُهُمْ يَوْمَ يَلْقَوْنَهُ سَلاَمٌ وَاَعَدَّ لَهُمْ اَجْرًا كَرِيمًا * يَا اَيُّهَا النَّبِىُّ اِنَّا اَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَمُبَشِّرًا وَنَذِيرًا * وَدَاعِيًا اِلَى اللَّهِ بِاِذْنِهِ وَسِرَاجًا مُنِيرًا * وَبَشِّرِ الْمُوءْمِنِينَ بِاَنَّ لَهُمْ مِنَ اللَّهِ فَضْلاً كَبِيرًا * صَدَقَ اللَّهُ الْعَظيِمُ
Bu oyatlarda Risola-i Nurga imo va ramz va balki ishorat bor deb his qildim. Ha, modomiki bu oyat kabi vazifa-i risolat va da'vatga qaragan oyatlar har asrga qaraydilar va har asrda afrodlari va masadaqlari bor. Va modomiki bu oyatlarda Rasuli Akramga (S.A.V.) berilgan sifatlar va unvonlar har zamonda jarayon va har asrda hukm qilish e'tibori bilan va unvonlarning ostida ma'no-i ramziy bilan Risola-i Nur kabi o’sha vazifani bajargan asarlar va zotlar bu kabi oyatlarning qamrov doiralariga kirishlari, Qur'ondagi i'jozi ma'naviysining sha'nidir, balki taqozosidir va lozimidir. Modomiki Risola-i Nur bu ajib asrda mustasno bir suratda va oyat ishorat qilgan vazifani qilyapti va ma'nosining kulliy doirasida bir fardidir. Albatta ko’plab alomatlar va yashirin ishoratlar bilan ayta olamizki; bu oyatda ham Birinchi Shu'laning boshqa o’ttiz bir oyatlari kabi Risola-i Nurga ma'no-i ishoriy bilan qaraydi. Jumladan:
لِيُخْرِجَكُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ وَكَانَ بِالْمُوءْمِنِينَ رَحِيمًا
jumlasi, ma'no-i ishoriysi bilan deydi: "Bir ming uch yuz yetmishga (1370) qadar tajovuz qilgan eng qorong’u zulm, eng qorong’u zulmatdan sizni, ey ahli iymon val Qur'on! Qur'ondan kelgan Nurlarga va iymonning yorug’liklariga chiqargan va ismida Nur va ma'nosida rahiymiyat bo’lgan va ismi Nur va ismi Rahiymning sazovori bo’lgan bir Qur'on yog’dusiga va bu asrimizga qarab imo qiladi. Ma'no uyg’unligidan tashqari, bir alomat va ishorasi buki: اِلَى النُّورِ وَكَانَ بِالْمُوءْمِنِينَ رَحِيمًا parchasining maqomi jifriysi - shadda va tanvin sanaladi - (947) bo’lib Risolat-un Nur yoki Risolati Nur ismining raqami (947) adadiga batamom tavofuq qiladi. اِنَّا اَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَمُبَشِّرًا jumlasi, - shaddalar sanalmaydi va oxirda tanvin vaqfdir, alif sanaladi - maqomi jifriysi, 1323-yilni ko’rsatadi. O’sha yili, Xalifalik Markazida dahshatli bir inqilobning portlashi boshlanishi ichida umidsizlikka tushgan ahli iymonga xushxabar berib, Islomiyatning haqqoniyatiga va quvvatiga kuchli guvohlik qilgan va nubuvvat vorisligi nuqtasida da'vatda bo’lgan haqiqiy bir shohidga ishorat qiladi.
وَنَذِيرًا وَ دَاعِيًا اِلَى اللَّهِ jumlasi
{(Hoshiya) وَ دَاعِيًا اِلَى اللَّهِ kalimasi, Risola-i Nurning haqiqiy bir ismi bo’lgan Badiuzzamonning maqomiga batamom tavofug’i va ma'nan uyg’unligi bo’lgani kabi, faqat وَ دَاعِيًا kalimasi ham, Risola-i Nurning tarjimoni bo’lgan Said ismiga uch harf bilan birlashib va uch farq bilan tavofuq qiladi. Chunki tanvin, alif va vov majmui 57 dir. "Sin"da (3) farq bor.
Risola-i Nur talabalaridan Kichik Abdurrahmon Tahsin}
- tanvinlar vaqf bo’lmaganidan sanaladilar - maqomi jifriysi 1256-yilni ko’rsatish bilan, bu asrda va bu zamondagi Islomiyatning pardalanishini bir asr avval tayyorlagan muqaddimalariga qarab, وَ دَاعِيًا اِلَى اللَّهِ kalimasi (191) bo’lib Risola-i Nurning bir haqiqiy ismi bo’lgan Badiuzzamonning maqomi jifriysi bo’lgan (191) adadiga batamom tavofuq bilan imo qiladiki; Risola-i Nur ham, o’sha pardalanish ichida bir "da'iyi ilalloh"dir.
بِاِذْنِهِ وَ سِرَاجًا مُنِيرًا
{(Hoshiya1) بِاِذْنِهِ وَ سِرَاجًا مُنِيرًا bir ming uch yuz o’ttiz (1330) bo’lib Risola-i Nurning fotihasi bo’lgan Ishorot-ul I'joz tafsirining chiqishiga tavofug’i va بِاِذْنِهِ dagi o’qilgan "Ye" sanalsa bir ming uch yuz qirq (1340) bo’lib, Risola-i Nurning chiqishiga muvofiqligi va birinchi tanvin vaqf bo’lmaganidan "nun" sanalsa, bir ming uch yuz sakson (1380) bo’lib Risola-i Nurning o’sha yili inshaalloh Yer kurrasini yoritadigan nuroniy bir qandil bo’lishiga bir ramzi Qur'oniydir.
Risola-i Nur shogirdlaridan Tahsin}
va faqat سِرَاجًا مُنِيرًا kalimasi esa batamom Risola-i Nurning bir ismi bo’lgan "Sirojunnur"ga lafzan va ma'nan va jifran tavofuq bilan qaraydi.
مُنِيرًا dagi (mim, ye), النُّورِ dagi shaddali "nun"ga muqobildir. Ha, Imom Ali (R.A.) karomati g’aybiyasida Risola-i Nurga "Sirojunnur" nomini berishi, bu oyatning bu parchasidan ilhom qilingan deyish mumkin va tortinmasdan deymiz.
وَ بَشِّرِ الْمُوءْمِنِينَ بِاَنَّ لَهُمْ مِنَ اللَّهِ jumlasi, shadda sanalish jihati bilan maqomi jifriysi bilan 1359-yilni ko’rsatish bilan, bu asrimizning aynan biz bo’lgan bu yiliga qarab ahli iymonga buyuk ehsoni bor deb ma'no-i ramziy bilan xabar beradi. Biz qarayapmiz, bu zamonda eng buyuk ehson, iymonni qutqarishdir. Va ko’ryapmiz, iymonni hayratlanarli burhonlar bilan qutqarayotgan, boshda Risola-i Nurdir. Demak bu zamonga nisbatan bir "fazlun kabir" ham udir. Bu ishoratni quvvatlantirgan shudir:
فَضْلاً كَبِيرًا dagi فَضْلاً kalimasi 960 bo’lib Risolat-un Nurning bu ismi, izofadan tavsif tarziga o’tish bilan "Risolat-un Nuriya" bo’lib, hisobi 962 adadiga ma'nodor ikki farq bilan tavofuq, uning boshiga ramz va imo bilan ishorat qilishidir.
Ilohim Ey Rob! Sen Risola-i Nurni va Risola-i Nur muallifi Ustozimiz Said Nursiyni va Risolat-un Nur talaba va shogirdlarini va mansublarini, muhofaza-i hifzingda va qal'a-i Ilohiyang ichida muhofaza va amin ayla.. omin.. xizmati Qur'on va iymonda sobit va doim ayla.. omin.. va bu qudsiy xizmatlaringda, muvaffaqiyatlar bilan yordam va muovanatlar ehson ayla.. omin.. va Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayoni Azimushshonning sirri a'zamiga, ma'rifatulloh, muhabbatulloh va muhabbati Rasululloh sirri qudsiysiga va "Hasbunallohu va ni'malvakil" sirri uzmosiga va rizoulloh va ru'yati Jamolulloh lutf-u ehsoniga sazovor ayla, Ey Robb-al Olamiyn!
اَللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ وَ اَهْلِ بَيْتِهِ اَجْمَعِينَ الطَّيِّبِينَ الطَّاهِرِينَ آمِين بِحُرْمَةِ سَيِّدِ الْمُرْسَلِينَ وَ الْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
Ojiz, faqir, zaif, gunohkor, talabangiz
va xizmatkoringiz Inebolulik
Ahmad Nazif Chalabiy
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Juda aziz va juda qiymatli, mushfiq va fidokor Ustozi A'zam Afandim Hazratlari!
Pochtadan xazinalar to’la javohirlardan yanada ko’p, hatto bu foniy dunyo hayotining ziynatlari bilan o’lchab bo’lmaydigan darajada qiymatdor maktubingizni, muborak Ramazoni Sharifning yigirma uchinchi kuni oqshomi, iftordan o’n daqiqa avval pochtadan oldim. Janobi Haq qabul qilsin, ikkita iftorni bir qildim.اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى
Oldinroq yozgan uzun satrlarimning foydasiz va manfaatsizligidan, ko’p mashg’ul qilganimdan va kerak bo’lsa bizning va kerak bo’lsa muborak Zakariyo qardoshimizning qiymatsiz, qadrsiz hadyalarini ruxsatsiz qabul qilib taqdim qilish jasoratida bo’lganimdan tug’ilgan, aziz Ustozimning qabul qilmaslik va xushnudsizligi bilan koyishlariga ma'ruz qolishimdan qo’rqib kutayotgan ekan pochtachi ikkita maktub berdi. Iftor vaqti bo’lganidan oyoqda jildni ochgandan keyin, qiymat bera olmaydiganim juda shirin va jozibali bo’lgan xatti fozilonangiz, xuddi "qo’rqma" deb xitob qilayotgandek tabassum qilib ko’zimga ilashganda, sevinchimdan o’qiy olmadim. Darrov xonamga yugurdim, iftor bilan o’qishni boshladim.
Sevimli va mushfiq ustozim! Muhyiddin Arabiy Hazratlarining xushxabarlari esimga keldi. Zoti fozilonalarida ko’rganim shafqati padaronaning o’sha buyuk zot xabar bergan shafqati padaronaga ega bo’lganingizga iymon keltirdim. Qodiri Mutlaq Hazratlari siz Ustozimizdan juda ko’p rozi bo’lsin va bizlarni ham xizmatingizda va xizmati Qur'onda doim va sobit aylasin va Ustozimizning qiymatli va qudsiy ishoratlariga va qiymatli duolariga sazovor aylasin.. omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Shafqatli Ustozim! Xizmati Qur'onda va Risola-i Nurning nashriyotidagi bitta zarra hukmida bo’lgan sa'y-harakatning nazdi oliyi ustozonalarida go’zal qabulga sazovorligi, zaif va ojiz, faqir xizmatkoringiz va iqtidorsiz, idroki noqis, qamrovi tor, idroki barbod talabangizni qay daraja sevinch va sururga ko’mganini ta'rif qilolmayman. Bunday ma'naviy va qudsiy taqdirlarga sazovor qilingan va biz kabi gunohkorlarga, o’ttiz yillik ishtiyoq bilan, o’n yillik munojot va niyozga javoban siz Ustozimizni ehson qilgan va qullarining isyonlariga qaramasdan har istaganlarini bilgan, eshitgan va ortig’i bilan bergan va barcha mukavvanotni qudrat qo’lida tutgan va hamma narsaga sohib va molik va hokim bo’lgan Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq Hazratlariga qay surat bilan hamd va shukr qilishimni bilolmayman.
Qiymatli Ustozim! Siz vositachi bo’ling, qiymatsiz xizmatimiz bilan, juda oz va qisqa bo’lgan shu dunyo hayoti ichida balki bir qatra darajasidagi hamd va shukrimizni "Taqobbalalloh" sirriga sazovor qilsin inshaalloh.
Maktubot Risolasining Ikkinchi Maktubini doimo eslab bu amrlaringizga rioya qilishga uringanim holda bir g’aybga oid majbur qiluvchi bandangizni harakatga keltirib, ya'ni hadyani javobsiz butun umringizda qabul qilmaganingizga muxolif bo’lib Ikkinchi Maktubga qarshi chiqishga chorlaydi. Niyatim xolis, sadoqat va bog’liqligim jiddiy va juda mustahkam. Har qanday riyodan pok va hech qanday moddiy manfaatga yo’nalmagan va tayanmagan, Alloh rizosi yo’lida, Qur'on nomiga va Risola-i Nurga xizmat g’oyasiga yo’nalgan va ayniqsa biz kabi ojiz, osiy va gunohkorlarning hidoyat va irshod va yetishishga va ahli zalolatni va ahli bid'atni tariqi haqqa da'vat va iymon haqiqatlariga xodim bir qudsiy zot, bizlarga va mamlakatimizga Allohning omonati o’laroq ehson qilingan.
Qiymatli musofirimiz qandayki biz gunohkorlarning ma'naviy yordami yugurayotgan va kechayu kunduz mag’firati Ilohiyaga va irshodimizga harakat qilayotgan ekan, bizlar ham aziz musofirimizning moddiy yordamiga seva-seva va ishtiyoq bilan va faqat Alloh uchun moddiy yugurish va harakat qilish vazifasi bilan vazifador ekanimizni his qilyapmiz.
Ham bizlarga Qur'on va Hazrat Payg’ambarimiz (S.A.V.) amr qiladilar: تَعَاوَنُوا G’ariblarga yordam.
Afv tilayman, qiymatli va sevimli Ustozim! Bilamanki, hadyalarni qabul qilmaysiz. Ammo zakot va sadaqa kabi yordamni, birodarlarimizning qistovi sababli yozishga majbur bo’ldim. Hamda moddiy ehtiyojlaringizga, turar joy kirosi, o’tin va ko’mir kabi majburiy ehtiyojlar uchun lozim bo’lganini o’ylagandim.
Asosan qoida-i Ustozonalari buzilmasligi uchun, birodarlarimga doimo tavsiya va talqinotim, hech bir moddiy manfaat o’ylanmasligidir. Chunki din dunyoga vosita bo’lolmaydi. Va din, pul topish vositasi va moddiy manfaatni qat'iyan qabul qilolmaydi. Hatto Risola-i Nurning nashriyotida, hech kimning minnatini olmaslik uchun qiymatli Ustozimni taqlid qilaman.
Qiymatli va shafqatli Ustozim! Shu narsa borki: Xizmatkoringiz, Ustoz nomiga emas, qiymatli va g’arib bir musofirimiz nomiga, rizoan lilloh moddiy yordam berishni istaymiz. Ham ma'naviy zarar ko’rmasligingiz uchun, quvvat va qudrat va azamat sohibi Janobi Allohga niyoz qilib va yolvorib dargohi Ilohiyasida go’zal qabulga sazovor qilishini duo qilamiz.
Qiymatli Ustozim! Bayramda ziyorat va arzi ta'zim maqomida turib, barcha birodarlarimiz bilan birga ham Ramazoni Sharifni, ham Layla-i Qadrni, ham muborak Iydi Fitrni, Risolat-un Nurning umum talaba va shogirdlari va Qur'onning qiymatli xizmatchilari maqomida va hukmida qiymatli Ustozimizni tabrik qilamiz, Janobi Haqdan yanada ko’p qardosh va birodarlarimiz bilan birga va siz Ustozimiz boshimizda bo’lib Ramazoni Sharifning ko’pi bilan musharraf bo’lishimizni niyoz qilamiz va yolvoramiz va muborak ikki qo’llaringizdan o’pib duo-i xayriyangizni va qudsiy irshodlaringizni iltimos qilamiz qiymatli Ustozimiz.
Doimiy qudsiy duolaringizga muhtoj,
gunohkor xizmatkor va talabangiz
Ahmad Nazif
***
(Risola-i Nur shogirdlaridan Hilmi va Choychi Amin va Tahsinning bayoni. Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari ichiga kirishga munosib ko’rildi.)
Bu kunlarda josuslar tarafidan ziyoda sezgirlik bilan risolalarga qaralganidan, inoyatning himoyasi ham bir navi sezgirlik bilan ikromini ko’rsatdi. G’oyat juz'iy bir namunasi shudirki:
Risola-i Nur shogirdlariga tirikchilik jihatidan bir ikromi Ilohiy va kichik ammo hayratga loyiq va g’oyat latif bir tavofuq, bir voqea va Risolat-un Nur xizmatining shubhasiz bir karomatidir. Ha, Risola-i Nurning bir silsila-i karomatining bir manbai bo’lgan tavofuq, bu voqeada o’sha jinsdan olti adad tavofuqlarning ittifog’i esa, tasodif ehtimolini ildizi bilan kesadi deb hukm qildik. Jumladan:
Bir necha kundan beri Ustozimizning ziyoratiga bormaganimiz uchun, qardoshim Amin bilan birga Ustozimizning ziyoratiga bordik. Asr vaqti birga namoz o’qigandan keyin bizga amr qildiki: "Sizga ovqat yediraman, bu yerda ulushingiz bor.". Ko’p marta, "Yemasangiz menga to’qqizta zarar bo’ladi", dedi. "Chunki yeydiganingizga javoban Janobi Haq yuboradi."
Ovqat yeyishda uzrimizni bildirgan bo’lsak ham, amr qildiki: "Rizqingizni yeng, menga keladi." Amrini yerda qoldirmaslik uchun, lutf qilgan sariyog’ va qovoq shirinligini non bilan yeyishni boshladik. Hali dasturxonda ekan, umid qilinmagan bir vaqtda, bir tarzda va ayni vaqtda bir odam keldi. Qo’lida yeganimizchalik yangi non, ayni yeganimiz miqdoricha (yong’oq qadar) sariyog’ va boshqa qo’lida bizga berilgan mislicha qovoq shirinligi bilan eshikni ochdi. Ortiq taajjub qilib, hech bir jihatda tasodifga joy qolmasdan, Risola-i Nur shogirdlarining rizqidagi bir baraka-i Rabboniyni ko’zimiz bilan ko’rdik. Ustozimiz amr qildi: "Ehson o’n misli bo’ladi. Holbuki bu ikrom ayni mislidir. Demak, ulush jihati g’alaba qildi. Ulush ta'mini esa, me'zon bilan bo’ladi." So’ngra o’sha oqshom, sadaqa jihati ham hukmini ko’rsatdi. Biz ko’rdikki, non o’n misli va sariyog’ shirinligi u ham o’n misli va qovoq shirinligini ko’p yoqtirmagani uchun qovoq, tuzlangan baqlajon o’n misli; kutilganga xilof, Risola-i Nurdan Ikkinchi Shu'laning bir hafta mutolaasi evaziga ma'naviy bir haq sifatida keldi, ko’zimiz bilan ko’rdik. Demak, qovoq shirinligining shirinligi, sariyog’ - un holvasiga kirdi, o’zi tuzlanganda qoldi.
Risola-i Nur shogirdlarining, go’zal xizmatiga tez mukofot ko’rganlari kabi; xizmatda kamchilikka yo’l qo’yganlar ham ta'zir yeganlari -Ispartada bo’lgani kabi- bu yerda ham ko’zimiz bilan ko’rdik. Juda ko’p hodisalaridan faqat besh-oltitasini bayon qilamiz.
Birinchisi: Men -ya'ni Tahsin- bir kun, yangi ochgan bir do’konimiz ishlari bilan menga amr qilingan vazifa-i Nuriyani tanballik qilib qilolmadim. Ayni vaqtda shafqatli bir ta'zir yedim. Do’konda o’tirganimda bir kishi menga keldi, omonat o’laroq yuz lira almashtirish uchun menga berdi. Bu pulning sohibiga, Alloh uchun bir xizmat qilay deb almashtirish uchun moliya tashkilotiga bordim. Bu pullarni sanarkan, oralaridan bir soxta lira chiqdi. Shu sabab tergov va savol-javob va so’roqqa tutilganim kabi, uyimizda ham qidiruv o’tkazilishi kerak bo’ldi. Meni mahkamaga berdilar. Ammo bu tarbiya va shafqat ta'ziri bo’lish jihati bilan, yana Risola-i Nur karomatini ko’rsatdi, zararsiz qutuldik.
Ikkinchisi: Ustozimizga va Risola-i Nurga to’rt-besh yil ba'zan xizmat qilgan va o’qittirgan va jiddiy ravishda tarafdor bo’lgan bir zot, birdan bir kun qo’lida dinga oid bir gazeta bilan keldi. Risola-i Nurning maslagiga muxolif bir jarayonning sohiblariga tarafdorona bir holat ko’rsatgan payti, Ustozning joni juda siqildi. Bir-ikki kun so’ngra shiddatli, faqat shafqatli bir ta'zir yedi. Bir doktor unga dediki: "Agar amaliyot qildirmasang, yuz foiz o’lim bor." U ham majbur bo’lib amaliyot qildirdi. Ammo shafqat jihati yordamga yetishdi, tez qutuldi.
Uchinchisi: Bir ma'mur Risola-i Nurni kamoli ishtiyoq bilan o’qirdi. Ustoz bilan ko’rishishga va to’liq dars olishga juda harakat qilardi. Birdan bir komisar tarafidan unga vahima berildi. U ham ko’rishishni va o’qishni tashlab boshqa bir shaharga borarkan, birdan sababsiz bir tarzda bir oyog’i sindi, bir oy yotdi. Yana shafqat yor bo’ldiki, hozir takror o’qishni shavq bilan boshladi.
To’rtinchisi: Ahamiyatli bir zot Risola-i Nurni kamoli taqdir bilan ham o’qir, ham yozardi. Birdan sabotsizlik ko’rsatdi, shafqatsiz bir ta'zir yedi. O’ta maftun bo’lgan rafiqasi vafot etdi. Ikki o’g’li ham boshqa joyga ketishi bilan achinadigan bir holga kirdi.
Beshinchisi: To’rt yildir Ustozning bozor ishida xizmat qilgan bir zot birdan sadoqatni tashlab maslagini almashtirdi. Birdan shavqatsiz bir ta'zir yedi. Bir yildir hali yeyapti.
Oltinchisi: Bir domlaga oid hodisa. Balki halol qilmaydi. Biz ham uni ko’rmayapmiz. Ta'ziri yozilmadi.
Bu voqealar navidan ko’p bor, ham Risola-i Nurga nisbatan nuqsonga binoan qat'iyan ta'zir bo’lganiga shubhamiz qolmadi.
Tasdiq qilgan Risola-i Nur shogirdlari
Hilmi, Amin, Tahsin
Ha, men ham tasdiq qilaman
Said
***
Ham Risola-i Nurning oson tarqalishining karomatini bu maktubni yozgan vaqtimizda va ovqatdagi karomat daqiqasida ko’zimiz bilan ko’rdik. Jumladan:
Ahamiyatli yetti-sakkiz risola va Ishoroti Qur'oniya Shu'lasini muhim bir maktub bilan birga bir xaltachada ahamiyatli bir qardoshimizga bir shaharga yuborgandik. Haydovchi o’sha xaltachani yiqitgandi. Bunday paytda asarlarni munofiqlar va josuslar xabar olmay, ishonchli qo’l bilan besh kun so’ngra qo’limizga o’tishi; qat'iy qanoatimiz keldiki, bir inoyat bizni himoya qilyapti.
Ham Risola-i Nur haqida inoyati Rabboniyaning latif bir himoyasi ham shudirki: Qorong’u bir vaziyatda, qo’rqitgan bir zamonda, josuslarning va qidiruv ma'murlarining vahimalari va josusliklari Ustozimizning manzilini o’rashi daqiqasida, bir sichqon Ustozimizning paypog’ini oldi. Qancha qidirmaylik, hech qayerda topolmadik. O’sha sichqonning uyini ko’rdik. Mumkin emaski o’sha paypoq kirsin. Ikki kun o’tib qarasak, o’sha hayvon o’sha paypoqni shunday yerga keltirganki, yashirilgan va ichidagilari unutilgan mahram maktublar va varaqlarning yonginasida qoldirgan. Holbuki ikki marta u yerga qaragandik, ko’rolmagandik. Ham o’sha paypoqni o’sha yerga keltirish; mo’riga chiqib yuqoridan bo’ladi. O’ta ayyor va zakovatli bir odamgina o’sha ishni qiladi. Hech bir jihatda tasodif ehtimoli qolmagani uchun, Ustozimiz dedilar: "Bu maktublarni u yerdan olamiz". Biz ularga qaradik, garchi siyosat bilan aloqalari yo’q. Faqat vahimachi josuslarga bizga qarshi chumolini fil qilishga ahamiyatli bir vasila bo’lardi. Biz ham ularni, ham yana bahonaga sabab bo’la olgan boshqa narsalarni oldik. O’sha hayajonimizdan josuslar xabar olib tushundilarki, tayyorlandik. Hali hujum qilmay faqat ikkinchi kun, Amin qo’lida bir xaltacha bilan manzilga kirdi. Darrov orqasidan politsiya komisari, yashirin holda, his qildirmasdan kirdi. Aminning qo’lida kitob o’rniga qatiq xaltachasini ko’rib, xatti-harakatini o’zgartirdi. Nima bo’lganda ham...
Xullas kalom: Risola-i Nurning tarqalishiga qarshi bo’lgan barcha dushman va josuslarga muqobil bitta sichqon chiqdi, rejalarini chil-parchin qildi.
Ha Hilmi, Ha Tahsin, Ha Amin, Ha Tavfiq, Ha Said
(Mehmed Fayzi o’sha vaqtda askar edi, yo’q edi. Bo’lmasa birinchi imzo uning haqqi edi.)
***
(Ahmad Nazifning maktubidan bir parcha.)
Moddiy va ma'naviy qarzimiz bo’lgan xizmatlarni qilishdan o’zimizni tortish, hissizlik va begonalik fitratimizda va yaratilishimizda yo’qki, qolaylik. Modomiki Janobi Xoliqi Rahiym bizlarni inson qilib yaratgan. Insoniyat amr qilgan vazifalarning mingdan birini ham ado qilolmaganimiz holda, qanday qilib batamom begona bo’lib qolaylik. Bu xususda ma'zur ko’rishingiz bilan birga, azmkor va jafokor va fidokor va hadsiz bardoshli, g’arib va qudsiy va aziz bir musofirimiz bo’lgan juda qiymatli Ustozimizning biz osiy va gunohkorlarning qalblarini nurlar bilan to’ldirgani holda, muqobil qarzimizni, ma'naviyatga yeta olmaganimiz uchun faqat qadrsiz va qiymatsiz bo’lgan moddiyot bilan to’lay olamiz degan gumon bilan tasalli topyapmiz. Afv eting Ustozim! Qur'on jarchisining nidolarini eshitgan qaysi musulmon borki, quloqlarini berkitsin. Yo’q, aslo yo’q! Nurlaringizning shu'lasi ko’zlarimizni qamashtiryapti. Qalblarimizni bor sofligi bilan Allohga, Qur'onga va Rasuli Mujtaboga (S.A.V.) va Ikki Jahon Sarvarining aziz vorislariga bog’layapti va bog’lagan. Bu bog’ shunday bog’ki, inoyati Haq bilan hech bir materialistning va hech bir mulhid va zalolat firqasining emas, butun dunyo kofirlarining bor kuchlari bir oraga kelsa, bu qudsiy qalbiy aloqa bog’ini uza olmaydi.
اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى
Zoti fozilonalariga ko’ra lozim ko’rilib, zarur bo’lmasa hech qachon maktub yozish zahmatlarini tortishingizga rozi bo’lolmayman. Bu xususda ranjish u yoqda tursin, qiymatli Ustozimning qudsiy vazifalarining bajarilishga mone tashkil qilgan ishni katta xato va hurmatsizlik deb bilaman.
Ahmad Nazif Chalabiy
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim!
O’n To’qqizinchi So’zning oxirida Qur'ondagi takrorning aksar hikmatlari Risola-i Nurda ham jarayon qiladi. Ayniqsa ikkinchi hikmati tamoman bor. O’sha hikmat shudir:
Hamma har doim Qur'onga muhtojdir. Ammo hammaning, har doim butun Qur'onni o’qish qo’lidan kelmaydi. Faqat bir surani o’qish ko’pincha qo’lidan keladi. Shuning uchun eng muhim Qur'on maqsadlari aksar uzun suralarda kiritilib, har bir sura kichik bir Qur'on hukmiga o’tgan. Demak hech kimni mahrum qilmaslik uchun hashr va tavhid va qissa-i Muso (A.S.) kabi ba'zi maqsadlar takror qilingan. Aynan bu ahamiyatli hikmat uchundirki, ba'zan xabarim bo’lmasdan, ixtiyorim va rizom bo’lmagani holda, ba'zi nozik iymon haqiqatlari va kuchli hujjatlari ko’plab risolalarda takror qilingan. Men ko’p hayrat qilardim. Nima uchun bular menga unuttirilgan, takror yozdirilgan? So’ngra qat'iy bir suratda bildimki: Hamma bu zamonda Risola-i Nurga muhtojdir. Ammo umumini qo’lga kiritolmaydi. Qo’lga kiritsa ham to’liq o’qiy olmaydi. Ammo kichik bir Risola-i Nur hukmiga o’tgan bir risola-i jome'ani qo’lga kiritishi mumkin. Va aksar vaqtlarda muhtoj bo’lgan masalalarini unda o’qishi mumkin va ozuqa kabi har zamon ehtiyoj takrorlangani kabi, u ham mutolaasini takrorlaydi.
Ikkinchi Bir Nuqta: Oyat-ul Kubrodan chiqqan "Vird-ul Akbar" nomli arabcha risolachaning oxirida, Risola-i Munojotning boshidagi oyatning tafsiri deb arabcha qismlari ilova qilinsa, birga o’qilsa munosib bo’ladi. Biz ham nusxamizda yozdik.
Uchinchi Nuqta: Aziz qardoshlarim! Ko’p marta qalbimga kelardi. "Nima uchun Imom Ali (R.A.) Risola-i Nurga va ayniqsa Oyat-ul Kubro Risolasiga ko’p ahamiyat berganlar?" deb sirrini kutardim. Lillahilhamd eslatildi. Ochilgan o’sha sirga hozircha faqat qisqa bir ishorat qilaman. Jumladan:
Risola-i Nurning mumtoz bir xususiyati, iymonning eng oxirgi va eng kulliy tayanch nuqtasini kuchli va qat'iy bayon bo’lgani uchun; bu xususiyat Oyat-ul Kubro Risolasida favqulodda porloq ko’rinadi. Va bu ajib asrda, iymon va kufr kurashi eng oxirgi tayanch nuqtasiga yoyilib unga suyantiradi. Masalan: Qandayki g’oyat katta bir jangda va ikki tarafning bor kuchlari to’plangan bir sahroda ikki harbiy bo’linma jang qilyaptilar. Dushman tarafi eng katta qo’shinining buzg’unchi jihozlarini o’z harbiy bo’linmasiga yordam va ma'naviy kuchini favqulodda quvvatlantirish uchun har vositani iste'mol qilib ahli iymonning harbiy bo’linmasining ma'naviy kuchini buzish va a'zolarining hamjihatligini sindirish uchun har vasilani ishlatadi. Ahamiyatli bir panogohini o’ziga moyil ettirib ehtiyot kuchini tarqatadi. Musulmon harbiy bo’linmasining har bir askariga qarshi jamiyat va komitetchilik ruhi bilan hamjihat jamoatni yuboradi. Butun-butun ma'naviy kuchini batamom mahv qilishga uringan bir paytda, Hizr kabi biri chiqadi, o’sha harbiy bo’linmaga deydi: "Ma'yus bo’lma! Sening shunday tebranmas bir tayanch nuqtang va shunday mag’lub qilinmas muhtasham qo’shinlaring va tuganmas ehtiyot quvvatlaring borki, dunyo to’plansa qarshisiga chiqolmaydi. Sening hozirchalik mag’lubiyatingning bir sababi, bir jamoatga va bir shaxsi ma'naviyga qarshi bir askarni yuborishingdir. Harakat qilki, har bir askaring tayanch nuqtalari bo’lgan doiralardan ma'nan foydalangan kuchli ma'naviy kuch bilan bir shaxsi ma'naviy va bir jamiyat hukmiga o’tsin!" dedi va to’liq qanoat berdi.
Aynan shuning kabi, ahli iymonga hujum qilgan ahli zalolat, -bu asr jamoat zamoni bo’lgani jihati bilan- jamiyat va komitetchilik tomizg’isi bilan bir shaxsi ma'naviy va bir iflos ruh bo’lgan, Musulmon olamidagi vijdoni umumiy va qalbi kulliyni buzyapti. Va avomning taqlidiy bo’lgan e'tiqodlarini himoya qilgan Islomiy oliy pardani yirtyapti va hayoti iymoniyani yashatgan, an'ana bilan kelgan meros bo’lib kelgan hislarni yondiryapti. Har bir musulmon bir o’zi bu dahshatli yong’indan qutulishga ma'yusona urinar ekan, Risola-i Nur Hizr kabi yordamga yetishdi. Koinotni qamragan oxirgi qo’shinini {(*): Koinotni tarqatolmagan bir quvvat uni buzolmaydi.} ko’rsatib va undan qarshi turib bo’lmaydigan moddiy, ma'naviy yordam keltirish xizmatida hayratomuz bir itoatkor askar o’laroq Oyat-ul Kubro Risolasini Imom Ali (R.A.) kashf bilan ko’rganlar, ahamiyat bilan ko’rsatganlar.
Misoldagi boshqa nuqtalarni tatbiq qilinglar, toki o’sha sirning bir xulosasi ko’rinsin.
Said Nursiy
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ رَسَائِلِ الَّتِى كَتَبْتُمْ وَ تَكْتُبُونَ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
O’ninchi Shu'la nomli siz yozgan Mundarijaning Ikkinchi qismi menga shunday kuchli umid berdiki: Risola-i Nur men kabi ojiz va keksa va zaif bir bechoraga badal yosh, kuchli ko’p Saidlarni ichingizda topgan va topadi. Shuning uchun bundan keyin Risola-i Nurni to’ldirish va izohi va hoshiyalar bilan bayoni va isboti sizga qoldirilgan deb taxmin qilyapman. Bir alomati ham shudirki; bu yil ko’p marta eslatilgan haqiqatlarni qayd qilish uchun tashabbus qilgan bo’lsam ham ishlatilmadim.
Ha, Risola-i Nur sizga mukammal bir manba bo’lishi mumkin. Va undan iymon ruknlarining har biriga, masalan Qur'on kalomulloh ekani va i'joziy nuktalariga doir boshqa-boshqa risolalardagi parchalar to’plansa yoki hashrga doir boshqa-boshqa burhonlar jam qilinsa va hokazo.. mukammal bir izoh va hoshiya va sharh bo’lishi mumkin. O’ylaymanki, iymonning oliy haqiqatlarini batamom Risola-i Nur qamragan, boshqa yerlarda qidirishning keragi yo’q. Faqat ba'zan izoh va sharhga muhtoj qolgan. Shuning uchun vazifam tugagan deb menga tuyulyapti. Sizning vazifangiz davom qilyapti. Va inshaalloh vazifangiz sharh va izoh bilan hamda to’ldirish va hoshiya bilan hamda nashr va ta'lim bilan, balki Yigirma Beshinchi va O’ttiz Ikkinchi Maktublarni ta'lif bilan va To’qqizinchi Shu'laning To’qqiz Maqomini to’ldirish bilan hamda Risola-i Nurni tanzim va tartib va tafsir va tahrir bilan davom qiladi. Risola-i Nurning samimiy, xolis shogirdlari hay'ati majmuasining quvvati ixlosidan va hamjihatligidan chiqqan va namoyon bo’lgan bir shaxsi ma'naviy sizga boqiy va qudratli bir yordamchi kuchdir, bir rahbardir.
Bu yerdan u yerga kelgan maktublarni muboraklarning hay'ati bir risola shaklida to’planishini va Xusrav ham juz'iy va xususiy ba'zi jumlalarini va keraksiz ba'zi bayonlarini olib tashlashni Hofiz Ali va Sabriga havola qilganini yozyapsiz. U Risolat-un Nur haqida karomatli va diqqatli va uyg’un va keskin Xusravning nazari to’g’ridir. Boqiy bir asarda vaqtinchalik va juz'iy va xususiy kalimalar olib tashlansa, yanada yaxshidir. Bu safargi maktubingizda karomatkorona uchta nuqta ko’rdik:
Birinchisi: Bu yerning bir Xusravi bo’ladigan darajada ixlos va bog’liqlik va iqtidorni ko’rsatgan Kichik Xusrav Mehmed Fayzi ismli Risolat-un Nurning g’ayratli bir talabasi askarlikdan kelib, hali ikkinchi marta ko’rishilgan vaqt, maktubingizda Fayzi ismini ko’rdik, dedik: Bu Risola-i Nurning shogirdlari bir-biridan qanchalar uzoq bo’lsa ham, bir-biriga juda yaqindirki, bunday birdan his qilib yozdilar.
Ikkinchisi: Bu Kichik Xusrav Fayzi, bu so’nggi paytlarda Istanbulda ekan Risola-i Nur hisobiga zehnimga ta'sir qildi. Xafa bo’layotgan edim. "Ajabo, kasalmi?" Birdan zehnim yuzini undan o’girdi, Hofiz Ali bilan shiddatli mashg’ul bo’ldim. Tushundimki, qayg’uradigan narsa bor. Ammo Risola-i Nurning faol markazi bo’lgan Hofiz Alida bo’ladi. Hofiz Aliga shifo duosini boshladim, davom qildim. Va maktub kelmasdan avval Fayzidan: "Sen kasal bo’ldingmi?", deb so’radim. U: "Yo’q", dedi. "Unday bo’lsa, Ispartada Risola-i Nurning ahamiyatli va kuchli bir ruknining xastaligi bor. Faqat xayolim haqiqatning suratini chalkashtirgan", dedim. So’ngra maktubingiz keldi, haqiqat tushunildi.
Uchinchisi: Bundan yigirma kun avval, muborak kunlardan keyin xotirimga keldiki, vazifadorona qalamni har kun ishlatmaganlar, Risola-i Nur talabalari unvoni ijmoliysida har yigirma to’rt soatda yuz marta hissador bo’lish yetadi deb, xususiy ismlar bilan xos shogirdlar doirasi ichida bir qismning ismlari vaqtinchalik tashlab o’tildi. Qardoshimiz Haqqi Afandi ham ularning ichida edi. Bir necha kun shunday davom qildi. So’ngra birdan hech sabab his qilmasdan yana Haqqi Xulusiyga birodar bo’ldi. Ismi bilan, rasmi bilan xos doiraga kirdi. Haqqining "Meni duoda unutmasinlar" deb, maktubingizdagi parcha yozilgan ayni paytda, xususiy duoni qozongan hisobi bilan taxmin qildik. Hatto bu kunlarda bu kabi inoyatning ko’p yog’dulari bor. Amin bularni kunlik hodisalar deb bir maktub yozadi, balki sizga ham yuboradi. Risola-i Nurning u yerdagi kichik talabalari va kelajakda qiymatdor shogirdlari bo’lganlar, hozir ham talabalar doirasida bo’lib hissadordirlar. Istanbulda Mehmed Fayzi, Eski Saidning risolalarini qidirayotgan ekan, o’sha kun qahramon Rushdu bir do’konda borini to’plagan, olgan edi. Kichik Xusrav xafa bo’lib boshqa yerda qidirgan, Ishorot-ul I'jozni topgan. Taxminan: "Meni o’zgan har holda mendan oldindagi Ispartalik qardoshlarimdir", degan. Nima bo’lganda ham... Ishorot-ul I'joz nusxasini Hofiz Ali va Sabridagi nusxalarda bo’lgan tavofuq karomatini yozdirishni istaydi. Eng oson bir chorasi, kichik bir daftarda har sahifasida tafsirning bir sahifasiga muqobil hijo harflarining (alif va te va boshqa) qayd qilsangiz, yuborsangiz yaxshi bo’ladi. Osonini topmasangiz qolsin.
Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytaman va ayniqsa risolalar bilan ko’p mashg’ul bo’lganlarga salom aytaman va duolar qilaman va duolarini kutaman.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(Amin va Kichik Xusrav Fayzining bir bayoni.)
Xizmati Qur'oniyada bizdan o’zgan sodiq, xolis, metin, vafoli qardoshlarimizdan muborak Xusrav va Rushdu kabi zotlar, Risola-i Nur xodimlariga, vazifalarining maqbuliyatiga bir alomat sifatida ehson qilingan baraka haqida ko’plab bayonlar yozganlar. Biz ham bu qardoshlarimizning bayonlari kabi yaqin zamonlarda barobar namoyon bo’lgan, ko’rgan ba'zi hodisalarimizni qayd qilamiz. Namuna uchun faqat bir qismini bayon qilamiz.
Biri shudirki: Bu yaqinda Ustozimiz bilan birga qirga chiqqandik. Choy damlanishini, ham ikkitadan choy, ham uchtadan shakar bilan ichilishini aytdilar. Hammamiz uchtadan shakar bilan ikkitadan choy ichdik. Faqat Amin qardoshimiz o’ziga bir shakar kam solib ichgan. Kechga yaqin, Risola-i Nurning tarqalish manbai bo’lgan Ustozimizning uylariga keldik. Amin shakar qutisiga sarf qilingan shakarlarni qo’yishni istagan, ammo qutti sakkizta shakardan ortiq olmagan. Amin "Fasubhanalloh" dedi; o’n yettita shakar o’rniga qutti sakkizta shakar bilan to’lsin, deb ajablandik. Mana bu voqea bizga shuhud darajasida qanoat berdiki; bu sir Risola-i Nurga, xodimlariga bir inoyati Ilohiya va bir iltifoti Rabboniyadir.
Ikkinchisi: Yana o’sha kuni men, ya'ni Mehmed Fayzi, avvalroq yozib Ustozimga qaytarib berganim Hujumoti Sitta risolasini menga berish uchun saqlagan joyidan qidirarkan, kutilmaganda topilmaydi. Birdan o’sha onda odatlarining xilofiga bo’lib, hech sodir bo’lmagan bir tarzda, bir hodisa bo’lishi bilan, ko’zoynaklarini tushirib zinapoya tarafiga yuzlanadilar. O’sha vaqt Risola-i Nurning tarqalishiga va xizmatiga zarar berish niyati bilan josus bir odamning zinapoyaga to’g’ri, ko’rinishdan ziyorat maqsadi bilan yurgani ko’riladi. Ustozning xavotirli ekanlarini his qiladi. Ustoz uning nazarini boshqa hodisa-i badaniyaga qaratadi, unga: "Ko’ryapsanki men uzrliman, ziyoratni boshqa kunga qoldir" deydilar. U ham qaytib ketadi. Ham Mehmed Fayzi, ham Hujumoti Sitta, ham boshqa ishlarimiz o’sha josuslikdan qutuldi.
Ha, Hujumoti Sitta saqlangan muayyan joyidan hayratomuz bir suratda yo’qolishi, ahamiyatli bir hodisaning oldinini oldi. Ustozda yuzaga kelgan bu odatga xilof holat va o’sha risolaning muayyan joyida topilmasligi, qat'iyan tasodifga berib bo’lmaydi. Bir hafta o’tib o’sha risolani kutilmagan bir joyda topdik. Ustozimning amri bilan Amin qardoshimga ahamiyatli bir suratda o’qidim. Ustoz bizga izohlar berar edi. O’sha vaqtgacha bunday muhim va ta'sirli dars olmagan edik. Demak, bu ikki muhim sirga binoan risola o’zini ko’rsatmadi. Mana bu hodisa Risola-i Nurning ixlosli va sodiq shogirdlari har doim bir hifz-u inoyat ostida va doimo himoya ostida bo’lganlariga shubha qoldirmaydi.
Uchinchisi: Ustozimizning bir o’qqa (ya'ni kilo) pishlog’i bor edi. Aksar kunlarda o’sha pishloqdan yoqtirganlari uchun, bir-ikki marta yer edilar. Bizga ham yedirar edilar. Ham oqvatsiz bo’lgan aksar vaqtlarda undan yeganlari holda, olti oy qadar davom qilganini va hali ham yuz dirham qadar o’sha pishloqdan borligini, men -ya'ni doimiy xizmatchisi Amin- va men -ya'ni talaba va xizmatchisi Kichik Xusrav- ko’zimiz bilan ko’rib tasdiqlaymiz. Ammo bu baraka hodisasi aytilganidan keyin, avval ko’rinmagan tubi, ko’rinishni boshladi, kamligini ko’rsatdi. Ha, baraka xususida hayratga loyiq bir hodisadir. Ham yarim kilo sariyog’, aksar kunlarda ortig’i bilan sarf qilingani holda, ellik kunga yaqin davom qilishi, shubhasiz baraka ichiga kirgan.
Yana aynan Ramazon Bayramida, Ustozning rizolari bo’lmagani holda, Tahsin va men -ya'ni Amin- bir kilo mayin shakar keltirgandik. Ko’pincha qatiq va sut va shirin qovoqqa va boshqa narsalarga, ba'zan yigirma-o’ttiz dirham qadar qo’shganlari holda - ikki oydan ortiqdir - o’sha shakardan yuz dirhamdan ortiq qolishi, albatta baraka sababi bilandir.
Ham bu o’lkadagi shogirdlar, hamma juz'iy-kulliy his qilgan va e'tirof qiladiki: Risola-i Nur bilan shug’ullangan paytimiz, ham rizqimizda baraka va yengillik, ham qalbimizda huzur va sevinchni zohiran his qilamiz. Jumladan, men -ya'ni Amin- o’zim e'tirof qilamanki: Risola-i Nur doirasiga kirishdan avval butun yil ishlar edim. Risola-i Nur doirasiga kirganimdan so’ng, yilda uch-to’rt oy qadar faqat ishlay olganim holda, avvalgidan yanada baxtiyor va yanada xursand bir holda yashashligim, yuz foiz Risola-i Nur xizmatining barakasi bilan bo’lganiga hech shubha yo’q.
{(Hoshiya) Ha Amin qardoshimiz mamlakatimizga kelgan vaqti juda faol bir suratda har oy ishlar edi. Hozir esa, uch-to’rt oydan ortiq ishlaganini ko’rmayman. Bunga sabab esa, Risola-i Nur xizmatining barakasi bo’lganiga shubham yo’q, bor quvvatim bilan tasdiqlayman.
Kichik Xusrav Mehmed Fayzi}
Ham jumladan, Ustozimiz deydilarki: "Mening ham qanoati qat'iyam ko’p tajribalar bilan kelganki, men Risola-i Nurning tahrirlari bilan mashg’ul bo’lgan paytlarim, juda yaqqol tarzda, ham rizqimda baraka, ham yengillik ko’raman. Har qachonki ishlamasam, o’sha holni ko’rmayman." Yana Ustozimiz deydilar va biz ham tasdiqlaymiz: "Men oxirgi paytlarda tushundimki; hozirgacha ham men, ham do’stlarim bu haqiqatning suratini boshqa shaklda ko’rganmiz. Jumladan: Qamoqxonada bitta non sakkiz va ba'zan o’n kun kifoya kelgani holda, bu yerda aynan o’sha tarzda yashar edim. Ham men, ham qardoshlarim buni mening oz yeyish va ishtihasizligimdan deb bilar edik. Holbuki ko’p alomatlar bilan qat'iyan angladikki, o’sha ajib hol baraka natijasi ekan. Bir necha marta sakkiz kunda menga kifoya qilgan bir nonni, o’sha ishtaha bilan -ishlamaganimdan barakaga sazovor bo’lmagan paytim- ikki kunda, ba'zan bir yarim kunda tugatar edim. Demak, bu o’n olti-o’n yetti yildan beri mening mukammal ozuqalarim, Risola-i Nurning xizmatidan kelgan bir barakadan edi. Ha, aynalyaqiyn darajasida bizga ham qanoat kelganki, bu ko’plab baraka hodisalari Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning i'jozi ma'naviysining bir shu'lasidir. Ma'nan: "Ey Qur'onning shogirdlari! Sizlarni vazifa-i muqaddasangizdan aksariyat bilan qoldirgan, tirikchilik tashvishidir. Bu esa, Qur'onning fayzi bilan, baraka navidan sizga berilyapti. Vazifangizga qaranglar." deyapti.
اَللَّهُمَّ يَسِّرْلَنَا خِدْمَةَ الْقُرْآنِ بِنَشْرِ رَسَائِلِ النُّورِ بِحُرْمَةِ اِسْمِكَ اْلاَعْظَمِ وَ حَبِيبِكَ اْلاَكْرَمِ آمِينَ
Ham baraka hodisalarining ayni zamonida, Risola-i Nurning bir karomati o’laroq, bir shogirdining minglarcha lira qiymatida uyini, unga juda yaqin dahshatli bir yong’indan umid qilingandan ustun bir suratda Risola-i Nurning barakasi bilan qutulishi va Risola-i Nur tarjimoniga oxirat jihatidan ko’p aloqadorlik ko’rsatgan bir xonim, o’sha dahshatli yong’inda yongan uyning uchinchi qavatida bo’lgan olmos va javohirlar va oltinlarini qutqarish uchun yugurib chiqqan vaqti, olov har tarafni o’ragan, javohirlarini qutqarolmagani kabi, o’zini ham butun-butun tahlika-i qat'iyada ko’rgan daqiqada, Risola-i Nur tarjimoni o’sha otashdan talabasining uyini olovdan qutulishiga shiddatli duo qilarkan, o’sha bechora ayol esiga kelgan; ajabo u yong’inda o’sha oxiratli singlim bo’lmasin deb unga ham -Risola-i Nurni shafoatchi qilib- duo qilgan. "Ey Robbim, unga marhamat ayla" deb niyoz qilgan. Ayni paytda o’sha xonim derazani sindirgan, o’zini ikki qavat balandlikdan hovliga tashlagan. Hayratomuz bir suratda na jarohatlangan, na bir joyi singan. Ham misni va temirni eritgan o’sha dahshatli va shiddatli yong’indan, -butun uy yongandan keyin- barcha javohirlarni va oltinni hech biri zoye bo’lmasdan, buzilmasdan bir un uni muhofaza qilgan; topgan, olgan. Risola-i Nurning barakasidan, ham jonini, ham molini qutqargan. Ham mazkur hodisalar vaqtida sodir bo’lishi munosabati bilan, Risola-i Nurning karomatkorona ikki ta'ziri ayni onda, vazifa jihatidan ahamiyatli ikki tajovuzkor va azob beruvchi ikki odamning tajovuz va azob beradigan onida birining boshiga, boshqasining jigariga urishi, {(Hoshiya) Ha, o’sha tajovuzkorlardan biri omonlik so’radi, o’limdan qutuldi; boshqasi bir yil azob chekdi, ham o’ldi.} bizda hech bir shubha qoldirmadiki, xizmati Qur'ondagi inoyati Rabboniyaning bir hifz-u himoya tarsakisidir. "Ortiq yetar, to’xtanglar! Ta'zirga haqdor bo’ldingiz", deb ma'nan aytishidir.
***
(O’ttiz bir, o’ttiz ikkinchi oyatlarning Risola-i Nurga ishoratlarini istixroj qilishga muvaffaq bo’lgan Ahmad Nazif va o’g’li Salohiddin, Risola-i Nurning ahamiyatli shogirdlaridan bo’lgani uchun, Salohiddinning shu bayoni Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari ichiga kirishga loyiqdir.)
1358-yil, Danzigdan chiqqan bir uchqun, Yevropa ichida tezlik bilan yoyilib ulkan bir yong’in holini olgani uchun, barcha millatlar urushga tayyorgarlik vaziyatida bo’lgani uchun Turkiya ham qisman safarbarlik qildi. 1359 da 27, 28, 29 da tug’ilganlarni qurol ostiga oldi. Bu orada Risola-i Nur talabalaridan Mehmed Fayzi va men kabi kichik talabalar ham, bir hikmatga binoan askarlikka olingandi.
{(Hoshiya1) Fayzining va Salohiddinning askar bo’lishi sababli Ustoz yengil tabassum qilib: "Sizni ular ololmaydilar. Vazifangiz bor, da'vat qilinyapsizlar. Chunki lison bilan bo’lmasa ham, holat va xatti-harakatlaringiz o’sha vazifani bajaradi" dedi. Haqiqatdan Salohiddin askar bo’lganida, muborak Ramazonda Izmitning Tavshan Tepasida, havoning noqulayligiga qaramay, yana jamoat bilan taroveh namozini o’qitishi va Polkning Hamidko’yiga borishi, Ramazonning 27, 28, 29-kunlariga to’g’ri kelishi sababli ro’za va namozini kemada, Qadr Kechasini ham Hamidko’yda stansiya platformasida, yomg’irli sovuq havoda qiyinchilik bilan topgan suv bilan tahorat olib, sandiq og’zi ustida o’qishi va tunni yuk vagonlari ichida achinarli vaziyatda shukrlar bilan o’tkazishi, boshqa askarlardagi hissi diyonatni hayajonga keltirardi, bir dars hukmiga o’tardi. Va Balaban Qishlog’ida bayram namozidan avval harbiylar va oddiy kishilarga qishloq masjidida namoz haqidagi To’rtinchi So’zni aynan o’qishi va Risola-i Nur bilan va'z qilishi; qardoshim Fayzi ham aynan bo’lgan bo’linmasida yanada ta'sirli bir tarzda, ma'naviy hol va so’z tili bilan dars berishi, amalda Ustozining nutqini tasdiqlaydi. 27, 28, 29 sanasi muborak kunlarning eng mashaqqatlisi edi. Turkiyada 1359-yil 27, 28, 29 qur'alari askarlikka olingandi. Bu tavofuq ham karomatga bir latofat qo’shadi.
Salohiddin}
Ustozimiz faqat olti-yetti oy qadar Risola-i Nurning tarqalishi xususida boshqa joyda bo’lishimiz kerak bo’lganidan, qalb, fikr va hovuchini Janobi Haqning rahmatiga ochganlari ma'nan tushunilganidan, bu duolarining qabuli Risola-i Nurning muhim bir karomati natijasi sifatida boshqa joyga askarlik vazifasi ichida, Risola-i Nurga xizmat uchun yuborildik. Olti-yetti oy so’ngra, Fayzi va Salohiddin nashr vazifasini qilgandan so’ng, mazkur qur'alarning eng tahlikali bir zamonda Olmon qo’shinlari Ruminiyani ishg’ol, Bolgariyaning tazyiq, Italiya va Yunoniston bilan urushgan bir paytda bo’shatilishlari bilan o’sha karomat tushunilgandir.
{(Hoshiya2) Ha, Ustozim menga Mo’'jizoti Ahmadiyani qardoshim Xusrav xatida yozdirayotgan edi. Men -ya'ni Fayzi- biroz tanballik qildim. Birdan 28 lilar bilan askarlikka chaqirildim. Yana Ustozim: "Mo’'jizoti Ahmadiyani yoz, seni hozir bermayman", dedilar. Boshladim. O’sha buyruq bir haftaga kechiktirildi. Takror bir kamchilik bilan yozuv nuqson qoldi. Takroran askarlikka chaqirildim. Yana Ustozim, "Borib yoz!" dedilar. Jiddiy shug’ullanishni boshladim. Kutilmaganda, ikkinchi marta buyruq kechiktirildi. Bir hafta o’tib, takror bir uzrga binoan yozishni tashladim. Ustozim: "Sening hozirgi vazifang Risola-i Nur nuqtasida askarlikdadir", dedilar. Birdan bir buyruq keldi, bir shafqat ta'ziri yeb vazifamga yuborildim. Janobi Haqqa shukr Risola-i Nurga xizmat qildim va xizmat qildirildim. Ustozimiz bizga aytganlaridek, olti-yetti oy o’tib bo’shatilib Ustozimga qovushdim. Inshaalloh bu aybim ham afv etilgandir. Ham Risola-i Nurni, ham bizdan xizmati Qur'oniyada o’zib ketgan Xusrav va Rushdu va Sabri kabi qardoshlarimni shafoatchi qilib, bu aybimning afvini Ustozimdan istadim. Men e'tirof qilaman, tanballigimning natijasi sifatida bir shafqat ta'zirini yedim.
Fayzi }
Ham Salohiddin tengqurlaridan bir oy o’tib qo’shindan chorlanishi, Ineboluda tengqurlari bilan birga bo’lmagan mamlakat xalqidan ba'zi kishilarining ko’ziga botib, ko’plar xabarlar tushgani uchun, askarlik sho’basi tarafidan rais, politsiya vositasi bilan otasini sho’baga chaqirilib o’g’lining qayerda bo’lgani so’ralganida, o’g’lidan bir kun oldin kelgan telegrafni ko’rsatib, Izmit Dengiz Polkiga tayin qilinganini va o’g’lining qasddan ketmagani, bir oy tijoratga ketgani tushunilishi bilan, otasi Ahmad Nazif qo’yib yuborilishidir. Ham kon ishlariga yozilib askarliklari qoldirilganlar ichida, har kun men bilan ko’rishgan kotib bir birodarim, meni unutib qayd etmagani, so’ngra esa o’sha keyinga qoldirilganlar ham askarlikka olingani, hamda yomon nazar bilan qaralgani va Salohiddin o’sha nazardan qutulishidir. Ham Salohiddin tayin qilingan polkka, o’n besh kun kech qo’shilishi sababli bir jazo berilmasdan va hech tafsiyaga muhtoj qolmasdan polk kotibi qilib olinishi, ham Salohiddinning bo’shatilishlarida kech qolgan askarlarning uch kun ham bo’lsa, mahkamaga berilgani holda, o’zi bir oy kech qolgani holda bir jazo kelmasdan bo’shatilishi hamda polk qo’mondoni va yordamchisining xafa bo’lganidan ko’zlari yoshlanib ayrilishi, Risola-i Nurga oid bir karomat ekaniga bizda qat'iy qanoat hosil bo’ldi.
Ham bir kun Tosyadan Kastamonuga kelayotgan edim, yonimda Risola-i Nurning Yog’du va Shu'lalari bor edi. Hashrga oid bir bo’lim o’qiyotgan edim. Yuk mashinasi teppaliklarga tirmashib chiqayotgan edi. Havo va mashinaning issiqligi menga og’irlik va fikrimga ham "Bu Risola-i Nur muazzam bir mo’'jiza-i Qur'oniyadir. Boshqa sohada mo’'jiza ko’rsata oladimi? Holbuki mo’'jiza Anbiyo Alayhimussalomga maxsusdir. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasallomdan so’ng mo’'jiza ko’rsatilmaydi", mulohazasi asnosida yuk mashinasi mudhish zarbalar bilan uchta baland ovoz bilan, yigirma besh-o’ttiz metrdan pastga yumaladik. Shahodat keltirayotgan edim. Yaradormanmi deb o’zimni tekshirdim. Yuz ming shukr, hech bir yaram yo’q. Qo’rqib turdim, haydovchining boshi, ko’zi yorilgan, "oh, uf" deyapti. Atrofimni tekshirdim; haydovchi tomondagi eshik va shishalar chil-parchin bo’lgan. Men tarafimdagi mayin shisha ham sinmagan.
O’sha onda buning buyuk bir karomat bo’lganini, mo’'jiza bo’lmaganini va boshqa bunday mojaroli narsalarni tafakkur qilmaslik uchun karomatkorona g’aybiy bir ta'zir ekanini tushundim.
Risola-i Nur shogirdlaridan
Salohiddin Chalabiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ مَا اَرْسَلْتُمْ لَنَا
Aziz qardoshlarim!
Oxirzamonga ishorat qilgan hadisning oxirida مَثَلًا كَلِمَةً طَيِّبَةً كَشَجَرَةٍ طَيِّبَةٍ oyatiga doir ikki daqiqa ichida va hadisning ishoratini tahrir onida, oniy o’laroq qisqacha xotirga kelgan ishorati g’aybiyaning g’oyat shoshilib, jifriy tavofug’ida, zararsiz bir kichik xato sodir bo’lgan edi. O’sha vaqtdan beri ortiq unga diqqat qilmagan edim. Bu safar rostdan va haqiqatdan Muboraklar Hay'ati jamlagan va ta'lif qilgan Ilova Risolasining o’sha oyatga doir bayonning yozilishida qastdan qilingan bir sahvni ko’rdim. O’sha eslatuvchi qasdiy sahv mening kamchilik bilan qilgan xatoimni bildirdi. O’sha juda mudaqqiq va juda muboraklar hay'atiga meni juda minnatdor va xursand qildi: Jumladan: كَلِمَةً طَيِّبَةً maqomi bir ming ikki (1002) deb sahvan yozilgandi. ط sanalmagan, to’g’risi bir ming o’n birdir (1011). Risolat-un Nurning maqomiga o’n uch farq bilan tavofuq qilish bilan barobar, izofadan tavsifga o’tsa رِسَالَةٌ نُورِيَّةٌ bo’ladi. Bir "Ye" va "He" ilova bo’ladi va shadda ketadi bir "Nun" kam bo’ladi. Faqat طَيِّبَةً dagi tanvin, bir daraja vaqf bo’lganidan sanalmasa, batamom bitta farq bilan; madda sanalmasa, farqsiz bo’lib tavofuq qiladi.
Ham ma'no jihati bilan ikki oyat, ikki jarayonga ishoratlari va munosabatlari va muvofiqliklari juda quvvatli bo’lgani uchun; noqis bir tavofuq va zaif bir alomat ham kifoyadir.
Ham bunday maqomlarda, bunday katta natijalarda bu kabi kichik farqlar zarar bermaydi. Men taxmin qilaman, bu sahv, beshinchi oyatning ishoratidagi sahv kabi ahamiyatli bir qism g’aybiy ishoratlarning kaliti bo’ladi; va bu muazzam oyat o’ttiz uchinchi oyat bo’lishiga bir ishorat edi. Inshaalloh istiqbolda bir qardoshimiz o’sha xazinani ochadi.
***
Bu kunlarda Tafsirning va O’ninchi So’zning tavofuqlariga qaradim. O’z-o’zimga dedimki: Bu haddan ortiq tafsilot isrofdir, ahamiyatli masalalar ko’pdir, vaqt zoye bo’lmasin. Birdan eslatildiki: O’sha tavofuq ostida juda ahamiyatli bir masala bor. Ham modomiki tavofuqda bir inoyati xossa va iltifoti Rahmoniy Risola-i Nurga qarab namoyon bo’lgan. O’sha iltifotga nisbatan shukr va mamnuniyat hissi hamda mutashakkirona sevinch qanchalar ifrotkorona bo’lsa ham, isrof bo’lolmaydi. Bu eslatma xulosasini ikki jihat bilan izoh qilaman.
Birinchisi: Hamma narsada -qanchalik juz'iy bo’lsa ham- qasd va irodaning jilvasi bo’lishidir; tasodif haqiqiy o’laroq bo’lmasligidir. Ha kasratning eng ko’p tarqoq va eng ko’p tasodifga berilgan, kalimalardagi harflarning vaziyatlaridir. Xususan yozishda, modomiki hech munosabati bo’lmagan va ixtiyori bashariy qo’shilmagan harflarning vaziyatlarida bir uyg’unlik, bir nizom mavjud; albatta bir iroda-i g’aybiy ostida vaziyatlar beriladi. Hech narsa doira-i ilm va qudratidan xorij bo’lmagani kabi, doira-i iroda va istagidan ham xorij emasdirki; bunday juz'iy va tarqoq narsalarda ham bir uyg’unlik kuzatilyapti va tartiblanyapti. Va o’sha tartiblanish ichida va iroda-i omma jilvasida, bir inoyati xossa suratida, Risola-i Nurga bir imtiyoz navidan, xususiy bir e'tibor va iltifot ko’rilgan. Men bu chuqur masalani ko’rish uchun Ishorot-ul I'joz tafsirining tavofuqlariga diqqat qildim; qat'iy bir qanoat bilan o’sha sirni bilib va his qildim.
Ikkinchi jihat: Qandayki juda muborak va qudsiy buyuk bir zot, g’oyat faqir va muhtoj bir odamga, umid qilinmagan bir tarzda, iltifotkorona, bir idishda ba'zi qog’ozlarga o’ralgan bir hadya ehson qilsa; albatta o’sha bechora odam u juda buyuk zotga hadyaning minglab mislidan ortiq tashakkur qilishni istaydi. Va ming o’sha hadyachalik qiymatli bo’lgan, o’sha hadya bilan ko’rsatilgan iltifotiga qarshi qanchalar tashakkurda isrof va ifrot qilsa ham maqbuldir. Va o’sha juda muborak zotning o’sha hadyasiga o’ragan qog’ozlarni ham tabarruk deb shakar kabi yesa, hatto o’sha hadya ichidagi yong’oqlarning qattiq po’stloqlarini ham tabarruk deb non kabi yutsa va o’sha hadyaning idishini muborak bir kitob kabi o’psa va boshiga qo’ysa, isrof bo’lmagani kabi; aynan shuningdek, Risola-i Nur yuzida iroda-i omma, inoyati xossa iltifotini tavofuq g’ilofi bilan ehson qilingan. Albatta tavofuqqa doir sharhlar, tasvirlar fe'liy tashakkurlarning bir navidir hamda sevinch va minnatdorlikning hayajonli tomchilaridir. Aybga buyurilmaydi. Ha, bunday bir zotning iltifotini ko’rsatgan moddiy qirq so’m ehsoni evaziga qirq ming tashakkur qilinsa isrof emas.
Ikkinchi Masala: Men ham o’zimda, ham bu yaqindagi Risola-i Nur talabalarida shuhuri muharramadan keyin bir charchoqlik va shavqda bir sustlik ko’rardim. Sababini yaqqol bilmasdim. Hozir, avval aytgan taxminiy sababim haqiqat ekanini ko’rdim: Jumladan:
Qandayki moddiy havo yomon bo’lsa, yomon ta'sir qiladi. Ma'naviy havo ham buzilsa, hammaning iste'dodiga ko’ra yomon ta'sir qiladi. Shuhuri salosa va muharramada olami Islomning ma'naviy havosi, umum ahli iymonning oxirat daromadiga va tijoratiga jiddiy yuzlanishlari va himmatlari va nurlantirishlari o’sha havoni tozalaydi, go’zal qiladi. Mudhish nuqsonlarga va to’fonlarga qarshilik qiladi. Hamma o’sha soyada va soyasida darajasiga ko’ra foydalanadi.
Ammo o’sha muborak oylar ketgandan keyin, go’yo o’sha oxirat tijoratining namoyishgohi va bozori o’zgargani kabi; dunyo ko’rgazmasi ochilishni boshlaydi. Aksar himmatlar, bir daraja vaziyati o’zgaradi. Havoni zaharlagan iflos gazlar o’sha ma'naviy havoni buzadi. Hamma darajasiga ko’ra undan ziyon ko’radi. Bu havoning zararidan qutulishning chorasi, Risola-i Nurning ko’zi bilan qarash va qanchalar qiyinchiliklar ziyodalashsa, qudsiy vazifa e'tibori bilan yanada ziyoda jiddiylik va shavq bilan harakat qilishdir. Chunki boshqalarning sustligi va chekinishi, ahli himmatning shavqini, g’ayratini ziyodalashtirishga sababdir. Zero, ketganlarning vazifalarini ham bir daraja qilishga o’zini majbur deb biladi va bilishlari kerak.
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ تَوَافُقَاتِ الْكَلِمَاتِ وَحُرُوفَاتِهَا ف۪ى كِتَابِ الْكَائِنَاتِ
Aziz, siddiq, oliyjanob qardoshlarim!
Nur va Gul Fabrikalarining vaziyatlaridan, bu ajib zamonda qay tarzda bo’lganini xabarini bermayapsiz. Holbuki bu dunyoda eng ko’p aloqador bo’lganim ulardir. Nima bo’lganda ham... Bu safar haqiqatlarning mevalari navidan va Risola-i Nur talabalarining tashviq sababi bo’lgan tavofuqdagi latif misollardan birini, Fayzi sabab bo’lib va istagi bilan sizga yuborildi.
{(Hoshiya) Qur'on harflarini tarjima bilan buzish, o’zgartirish, almashtirish; mulhidlarning dahshatli jinoyatlariga qarshi jihod qilgan Said, ifrotkorona va musrifona tavofuqda ko’p tadqiqoti keraksiz emas, ma'nosiz bo’lmaydi.}
Jumladan:
Bir kun tahrir ishlarim yo’q edi. Ishorot-ul I'jozning ت tavofug’i haqida xatoim va sahvim esimga keldi. Gunohimga bir kafforat qidirdim. Birdan Lafzullohning boshi bo’lgan alif, Risola-i Nurning muxtasar bir mundarijasi va asl urug’i bo’lgan Ishorot-ul I'jozda va boshqa risolalarda karomatkorona vaziyatlar ko’rsatganini o’yladim. Ajabo, Lafzullohning ل va ه harflari ham qanday vaziyat ko’rsatadi deb boshdan oyoq butun Ishorot-ul I'jozni sahifalardagi satr boshlari va oxirlarini sanadim. ل va ه ning alif kabi karomatkorona vaziyatini ko’rdim. Balki inshaalloh, tavofuqda sahvdan kelgan qusurlarimga va xatolarimga bu ham bir kichik gunohlarga kafforat bo’ladi. Avvalgi maktubda, Ishorot-ul I'jozda boshqa harflarning yig’indisi boshqa bir tarzda ahamiyatli bir vaziyati horiqolari bo’lganiga bir ishorat, bir uch, bir alomat ko’rganimizni sizga yozgandik; ammo o’sha keng sirni batamom ko’rish uchun ko’p vaqt kerak bo’lganidan, ko’p ahamiyatli vazifalar hozircha u bilan mashg’ul bo’lishga ruxsat bermadi.
Aziz qardoshlarim! Bu mashaqqatli zamonda va tazyiqlar ostida aql va qalbni ovuntirgan va sevintirgan bunday ilmiy mevalarni isrof deb hisoblamang. Go’zal niyat shunday bir kimyodirki; shishalarni olmosga aylantiradi; tuproqni oltin qiladi. Inshaalloh o’sha go’zal niyat bilan bu mevalar ham haqiqiy bir ozuqa omboriga bir kalit bo’ladi va xizmatda zaiflik qilganlarga qut va quvvatga yo’l ochadi.
Lafzullohning oxirgi harfi sakson besh marta Lafza-i Jalolning avvalgi harfi bo’lyapti. اَللّٰهُ وَاحِدٌ adadiga ma'nodor bitta farq bilan tavofuq lisoni bilan اَللّٰهُ وَاحِدٌ deydi. ه bir adadi, sakson besh marta deyarli hammasi tavofuq qiladi. Faqat ba'zan bir sahifa oraliq bo’ladi. ه ikki adadi, qirq ikki dafa mutlaq aksariyat bilan tavofuq qiladi. ه uch adadi, yigirma besh martadir, aksari tavofuqdadir. Hijoda ikkinchi va Qur'onda va Bismillohda birinchi harf bo’lgan ب yana sakson besh marta bir bo’lyapti. اَللَّهُ وَاحِدٌ deydi. ب ikki adadi qirq uch bo’lib, bir farq bilan ه ning ikkitasiga tavofuq qiladi. ب uch adadi yigirma yetti bo’lib, ه ning uchiga ikki farq bilan tavofuq qiladi. ت besh adadi yigirma uch dafa ه ning uch adadiga ikki farq bilan tavofuq qiladi. ت olti adadi o’n besh marta و ning to’rt adadiga tavofuq qiladi. و olti adadi yigirma olti yoki yigirma yetti martadir. و ning besh adadi yigirma besh marta bo’lib, olti adadiga bir yoki ikki farq bilan tavofuq qiladi. Alif olti adadi, sakkiz marta va Alif besh adadi sakkiz marta bir-biri bilan to’liq tavofuq qiladi. Xullas kalom: Besh ه bilan olti هُوَ ismi muqaddasi bo’lganlari uchun karomatkorona vaziyatlar ko’rsatyaptilar.
Lafzullohning o’rtadagi harfi "Lom" yetmish besh marta avvalgi harfi bo’lgan Alif bo’lyapti. Deyarli umumiyat bilan tavofuq bilan هُوَ اللَّهُ adadiga uch farq bilan tavofuq lisoni bilan هُوَ اللَّهُ o’qiydi. Lomning ikki adadi oltmish besh marta bo’lib, aksariyati mutlaqa bilan tavofuq qilib, farqsiz yoki ikki farq bilan اَللَّهُ adadiga tavofuq lisoni bilan اَللَّهُ deydi, zikr qiladi. Va lomning uch adadi aksariyati bir-biriga tavofuq bilan o’ttiz uch marta bo’lib, o’ttiz uch adadi muboragiga tavofuq bilan va lomning maqomi jifriysiga uch farq bilan tavofuq qilish bilan barobar faqat ma'nodor bir faqr bilan وَاحِدٌ اَحَدٌ adadiga tavofuq lisoni bilan وَاحِدٌ اَحَدٌ deydi, hukm qiladi. Lomning to’rt adadi o’n sakkiz bo’lib, وَاحِدٌ adadi bo’lgan o’n to’qqiziga faqat bir ma'nodor farq bilan, tavofuq lisoni bilan وَاحِدٌ deydi; tavhidni e'lon qiladi. Bu to’rt adadi, ikki adad bilan birga, faqat ikki farq bilan, tavofuq tili bilan "La ilaha illa Hu"ni o’qiydilar.
Xullas sakson besh, yetmish besh, oltmish besh bo’lishi va bir adadi sakson besh va ikki adadi uning yarmi bo’lgan qirqqa va uchtasi uning yarmi {(Hoshiya) Sakson to’rtinchi sahifaning ikkinchi hoshiyasida, "Hamza" oxiri ت dir.} yigirmaga tushishi va bir-biri bilan tavofuqlari va Lafza-i Jalolning va Kalima-i Tavhidning yog’dularini ifoda qilishlari kabi, muntazam adadiy nisbatlar va ma'nodor tavofuqiy munosabatlar bizga qanoat beradiki; tasodifiy emas, balki alomati qabul bir tavfiqdir, bir tanzimdir.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(Risola-i Nurga ishorat qilgan o’ttiz uchinchi oyatning istixrojiga doir Hofiz Alining bir bayoni.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz Ustozim Hazratlari!
Kecha shom namozini o’qirkan ikkinchi rakatda, Fotiha-i Sharifadan so’ng شَهِدَ اللّٰهُ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ وَالْمَلٰٓئِكَةُ وَاُولُوا الْعِلْمِ قَٓائِمًا بِالْقِسْطِ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ oyatini o’qirkan, hech o’ylamaganim, aql va qalbimda bir narsa, tadqiqotga bir sabab yo’q ekan, birdaniga ruhning derazasiga shu azim oyati karimaning Risola-i Nurga, muallifiga bir munosabati ma'naviya bilan ishorasi ko’rsatildi. Namozdan keyin o’yladim. Haqiqatdan quvvatli bir munosabati ma'navisi bor: Jumladan:
Bu koinotda, vahdoniyati Ilohiyani jin va ins va ruhoniylarga qat'iy suratda ko’rsatib isbot qilgan birinchi, Qur'oni Azimushshon bo’lgani kabi; bu asrda ikkinchi, uchinchi darajada kamoli adolat bilan va sodiq va tasdiqlangan hujjatlar bilan vahdoniyatni yaqqol va ochiq bir suratda, koinot bosqichlarida ins va jinning nazarlariga arz etib isbot qilgan Risola-i Nur; barcha bashar tabaqalariga ham madrasa, ham maktab, ham lashkargoh, ham hakiym, ham hokim bo’lib, eng omi avomdan eng xoslarning xosigacha dars berib, ta'lim va tarbiya qilishini ko’rganimiz kabi, bu oyati karimaning bir mavzusi, bir tasdig’i ham Risola-i Nur bo’lishiga shubhasiz bir qanoat beriladi.
Ikkinchi kalima-i tavhiddan so’ng "Al-Aziz-ul Hakiym" ismlari bilan Janobi Haq (Jalla Jaloluhu) zotini vasf qilib, ikkinchi darajada ayni ismlarga sazovor bo’lgan Risolat-un Nur shaxsi ma'naviysiga ishorat qilishi, Qur'oni Azimushshonning sha'niga yarashadigan bir xususiyatdir. Chunki balki butun dunyoga muxolif bo’lib faqir holi bilan birga izzati ilmiyani muhofaza qilish uchun o’limdan battar musibatlarga qarshi ko’ksini qalqon qilgan, bardosh qilgan Risola-i Nur tarjimoni bo’lgani kabi; zaminda va samovotda hikmat bilan tasarruflarning muammosini ochgan yana Risola-i Nur bo’lgani sodiq va musaddaqdir. Bu kuchli ma'naviy munosabatni tasdiqlagan bir alomati ham shudirki: اُولُوا الْعِلْمِ maqomi jifriysi ikki yuz o’n to’rt (214) bo’lib, Risola-i Nurning bir ismi bo’lgan "Badiuzzamon"ning (shaddali "ze", lomi asliy sanaladi) maqomi bo’lgan ikki yuz o’n to’rtga batamom tavofug’i va muallifining haqiqiy va doimiy ismi bo’lgan Mullo Saidning maqomi bo’lgan ikki yuz o’n beshga bitta farq bilan tavofug’i, albatta bu kalima-i qudsiyaning har asrga qaragani kabi, bu asrga ham qarashga sabab bir fardi Resail-in Nur ekaniga bir alomat bo’lgani kabi,
وَ اُولُوا الْعِلْمِ قَٓائِمًا بِالْقِسْطِ (o’qilmagan ikkinchi vov va hamza sanalmaydi) maqomi bo’lgan olti yuz bir (601) adadi bilan, Risola-i Nurning besh yuz to’qson to’qqiz (599) maqomiga va Resail-in Nur maqomiga faqat ikki farq bilan, ikki ismiga tavofug’i ham bir alomat bo’lgani va شَهِدَ اللّٰهُ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ وَالْمَلٰٓئِكَةُ وَاُولُوا الْعِلْمِ jumla-i tavhidiya-i qudsiyasining maqomi jifriysi va abjadiysi bo’lgan bir ming uch yuz oltmish (1360) adadi bilan {(Hoshiya) O’qilmagan ikki hamza sanalmaydi.} batamom bu ajib isyon, tug’yon va o’jarlik asrining va g’arib kufron va g’alayon va ilhod zamonining bu yiliga va bo’lganimiz bu yilga tavofug’i va muvofiqligi albatta kuchli bir alomatdirki; bu juda keng va umumiy bo’lgan tavhid va guvohlikning nazarga sabab ahamiyatli a'zolari va tasdiqlovchilari, har zamondan ko’proq bu guvohlikka muhtoj bu asrning bu vaqtida bo’ladi. Va hozircha o’sha guvohlikni ta'sirli bir suratda isbot qilgan Resail-in Nur o’sha fardlardan biri va xususiy qarashga sabab bo’lganiga juda ko’p alomatlar va ishoratlar va bashoratlar bor.
اَللّٰهُ اَعْلَمُ بِالصَّوَابِ وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
Risola-i Nur shogirdlaridan
Hofiz Ali (R.H.)
***
Birdan eslatilgan bir masala:
Oxirzamonda bir shaxsning xatolari va gunohlarining juda ham dahshatli bir natija tashkil qilganiga doir rivoyatlar bor. Avvallari, ajabo, oddiy bir odam minglab odam qadar gunoh qila oladimi va o’sha oxirzamonda biz bilgan gunohlardan boshqa qaysi gunohlardirki, koinotning umumiga ta'sir qiladi, qiyomatning kelishiga va dunyolari boshlariga xarob bo’lishiga sabab bo’ladi, deb o’ylardim. Hozir bu zamonda ko’plab sabablarini ko’rdik.
Jumladan ko’plab jihatlaridan radioim bilan tushunildiki: O’sha birgina odam birgina kalima bilan bir million katta gunohlarni birdan qiladi va millionlab insonlarni tinglattirish bilan gunohlarga tiqadi. Ha, kurra-i havoning yuz minglab kalimalari birdan aytilgan va bir tili bo’lgan radio unsuri, nav'-i basharga shunday bir ne'mati Ilohiyadirki, kurra-i havoni barcha zarralari bilan shukr va hamd-u sano bilan to’ldirish lozim kelarkan, zalolatdan tavallud qilgan safohati bashariya o’sha azim ne'matni shukrning aksiga iste'mol qilgani uchun, albatta ta'zir yeydi. Qandayki madaniyat ajoyibotlari nomi ostidagi ehsonoti Ilohiyani, bu mimsiz, g’addor madaniyat go’zal iste'mol bilan shukrini ado qilolmasdan buzg’unchilikka sarf qilib ne'matga nonko’rlik qilgani uchun shunday bir ta'zir yediki, butun-butun saodati hayotiyani yo’qottirdi. Va eng madaniy deb tasavvur qilgan insonlarini eng badaviy va vahshiy darakasidan yanada pastga tushirdi. Jahannamga ketishdan avval Jahannam azobini tottiradi.
Ha, radioning kulliy ne'matlilik jihati kulliy shukrni taqozo qiladi. Va o’sha kulliy shukr ham, Xoliqi Arz va Samovotning kalomi azaliysining hozirgi barcha tinglovchilariga birdan yetishtirish uchun, kulliy yuz ming tilli samoviy bir hofiz hukmida, har doim koinotda Qur'onni o’qishi kerak. Toki o’sha ne'matning kulliy shukrini ado etsin va o’sha ne'mati davom qilsin.
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizning, ya'ni Nur fabrikasining sohibi va muborak jamoatning imomining Otaboydan kelgan maktublari bizni juda xursand qildi. Uch-to’rt oy mobaynida, uch-to’rtta qishloqda savodsizlardan ellik adad qalam Risola-i Nurni yozishga muvaffaq bo’lishlari, albatta Alilarning va Mustafolarning shubhasiz hayratomuz sadoqatlarining bir karomatidir. Karomatkorona bu voqea, bu yurtda Risola-i Nur shogirdlarini juda qattiq umidlantirdi, ko’p shavq berdi. Sizga ham va o’sha savodsiz kotiblarga ham yuz ming barakalloh.
Nur fabrikasining, Gul fabrikasining Risola-i Nurga daraja-i xizmatlarini qiziqib so’ragandim. Umid va taxminimdan juda ustun bo’lib, Xusravning maktubidan ming qalam bilan Risola-i Nurga xizmat xabarini va ayniqsa sizning ham faqat savodsizlardan bir nechta qishloqda ellikta qalamning yordamga yetishishi, boqiy bir xazinaning xushxabarichalik xursand qildi. Alloh sizlardan abadiy rozi bo’lsin, omin. Va sizni xizmati iymoniya va Qur'oniyada muvaffaq aylasin, omin. Katta Hofiz Alining Nafiz bilan tavofug’i va muvofiqligi, faqat bir-ikki jihat bilan emas, ko’p jihatlar bilan o’rtalarida tavofuq bor.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytaman.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizlarning umidimdan juda ustun g’ayrat va faoliyatingiz meni oxir hayotimgacha masrur va mutashakkir qiladigan bir mohiyatdadir. Bu safar maktubingizda, "Qur'onni yodlashga harakat qilish va Risola-i Nurni yozish, bu zamonda qaysi biriga ko’proq ahamiyat berilsa yaxshiroqdir?" degan savolingizning javobi yaqqoldir. Chunki bu koinotda va har asrda eng buyuk maqom Qur'onnikidir. Va har harfida o’ntadan minglartagacha savob bo’lgan Qur'onning yodlanishi va qiroati, har xizmatdan oldin va ustundir. Faqat Risola-i Nur ham o’sha Qur'oni Azimushshonning iymon haqiqatlarining burhonlari va hujjatlari bo’lganidan hamda Qur'onning yodlanishi va qiroatiga vosita va vasila hamda haqiqatlarini tafsir va izoh bo’lish jihati bilan, Qur'onni yodlash bilan barobar uni yozish juda lozimdir.
Nur fabrikasi va Gul fabrikasi doiralarida, Muboraklar Hay'atida, Lutfilar namunalarida, Hoji Hofizlar jamoatida, Siddiq Sulaymon, Haqqining maqomlarida bo’lgan har bir qardoshimizga, xususan ellik savodsizlardan chiqqan Risola-i Nur talabalariga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va duolarini istaymiz.
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Sevimli va qiymatli Ustozim, juda ham fazilatli Afandim Hazratlari!
Abadiy minnatdori va xodimi bo’lganim Risola-i Nurning fayzidan, loyiq bo’lmaganim juda ko’p eltafi Rabboniyaga sazovorligimni, ko’zlarimdan sevinch yoshlari oqitib ko’ryapman va qay suratda shukronlarim bilan javob qaytarishimdan ojiz vaziyatdaman. Kechagacha hamma nafrat qilgan Nazif, bugunning porloq bir vatanparvari yoki haqiqatchisi bo’lgan.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Yillardan beri mushtoqi bo’lganim Nur va Gul fabrikalari, Muboraklar Hay'atining va o’sha muqaddas fabrikaning uskuna va charxlarining nurli sadolarini quloqlarim bilan eshitish va shu ojiz va nuqsonli va johil vaziyatim bilan, o’sha yuksak va Ashara-i Mubashshara-i Qur'oniyadan bo’lgan, Asxobi Guzin (Rizvanullohi alayhim ajma'iyn) Afandilarimizning bugun shaxsiyati ma'naviyalarini kichik bir miqyosda tamsil qilgan siddiqlar, mujohidlar, fidokor qahramonlar jamoatining ikki muhim a'zosi bo’lgan aziz qardoshlarimizdan Muborak Sabri va Katta Hofiz Alining men haqqimda ko’rsatgan oliyjanobona muhabbat va qalbdan bog’liqlik.. va hodisalarning aynan tavofug’i, bu yuksak va muqtadir nur daryosining nurli shamollaridan hosil bo’lgan to’lqinlarning shitirlashlaridan sizgan bir karomati g’aybiya bo’lganidan, bizningcha juda qiymatdor bo’lgan bu muhim tavofuqlarning, gunohkor va butun o’tgan umri isyon bilan to’la bu oddiy shaxsimning shunday yuksak va muqaddas bir hay'atning muborak ikki a'zosi tarafidan go’zal qabul ko’riladigan iltifotlariga sazovor va qiymatli mehnat va xizmati qudsiyalariga tavofuq bilan, juda juz'iy va qiymatsiz xizmatimizga ishtirok qilib qiymat berish va qabul qilish yuksakligida bo’lishlari, Risola-i Nurning qudsiy karomati bilan Janobi Robbi Izzatning nihoyasiz eltafi Subhoniyasidan buyuk bir lutfi Rabboniy bo’lganini shukron bilan arz etaman va bu qiymatli qardoshlarimizning xizmati qudsiyalarining dengizidan bir qatra darajasidagi va juda xatoli va qiymatsiz va juz'iy bo’lgan xizmatimizning amaldagi asarlari o’laroq, bugun bandangizni loyiq topmaganim holda, ojiz va johil va gunohkor shaxsiyatim bunday yuksak va erishilishi mahol bo’lgan Asxobi Rasululloh (Rizvanullohi alayhim ajma'iyn) Hazratlarining shaxsiyati ma'naviyasining kichik bir jilvasining soyasini tamsil etgan Muboraklar Hay'atining ikki a'zosining yuksak iltifotlariga sazovor qilgandirki; bandangizni bu qudsiy mazhariyatga erishtirgan Risola-i Nur dalolati bilan Qodiri Mutlaq va Xoliqi Zuljalolga, Risola-i Nurning harflari va mavjudotning miqdoricha hamd-u sano aytaman va bu tanlangan va qiymatdor Muboraklar Hay'atining har bir a'zolariga va barcha qardoshlarimizga alohida-alohida ehtirom bilan minnatdorchilik va shukronlarimni arz qilaman.
Talabangiz va xizmatkoringiz
Ahmad Nazif
***
Shafqat sababli Islom asoslarining xorijidagi bid'at va zalolat yo’llariga kirganlarni o’girgan bir haqiqatdir.
Shafqati insoniya, marhamati Rabboniyaning bir jilvasi bo’lganidan; albatta rahmatning darajasidan oshmaslik va Rahmatan lil olamiyn Zotning (S.A.V.) martaba-i shafqatidan toshmaslik kerak. Agar oshsa va toshsa, o’sha shafqat, albatta marhamat va shafqat emasdir; balki zalolatga va ilhodga siroyat qilgan bir marazi ruhiy va bir saqami qalbiydir.
Masalan: Kofir va munofiqlarning Jahannamda yonishlarini va azob va jihod kabi hodisalarni o’z shafqatiga sig’dirmaslik va sharxlashga kirishish; Qur'onning va samoviy dinlarning katta qismini inkor va yolg’onlash bo’lgani kabi, katta bir zulm va g’oyat darajada bir marhamatsizlikdir. Chunki ma'sum hayvonlarni g’ajigan jonivorlarga himoyakorona shafqat qilish, o’sha bechora hayvonlarga qattiq bir zulm va vahshiy bir vijdonsizlikdir. Va minglab musulmonlarning hayoti abadiyalarini mahv qilgan va yuzlab ahli iymonning yomon oqibatiga va mudhish gunohlarga chorlagan odamlarga shafqatkorona tarafdor bo’lish va marhamatkorona jazodan qutulishlariga duo qilish, albatta o’sha mazlum ahli iymonga dahshatli bir marhamatsizlik va chirkin bir zulmdir.
Risola-i Nurda qat'iyat bilan isbot qilinganki; kufr va zalolat, koinotga ulkan haqorat va mavjudotga azim zulmdir va rahmatning ketishiga va ofatlarning tushishiga vasiladir. Hatto dengiz tubidagi baliqlar zolimlardan shikoyat qiladilar; "Istirohatimizning buzilishiga sabab bo’ldilar" degan sahih rivoyat bor. U holda kofirning azob chekishiga achinib shafqat qilgan odam, shafqatga loyiq hadsiz ma'sumlarga achinmaydi va shafqat qilmasdan va hadsiz marhamatsizlik qiladi deganidir. Faqat bu borki, haqdorlarga ofatlar kelgan vaqt ma'sumlar ham yonadilar, ularga achinmasa bo’lmaydi. Ammo zolimlarning jazolaridan zarar ko’rgan mazlumlar haqida yashirin bir marhamat bor.
Bir zamon, Birinchi Jahon Urushida, dushmanlarning musulmonlarga va ayniqsa bola-chaqalarini qilgan zulm va qatllaridan juda ham xafa bo’lar edim. Fitratimda shafqat va achinish ziyoda bo’lgani uchun, bardosh qilolmasdan azob chekardim. Birdan qalbimga keldiki: O’sha o’ldirilgan ma'sumlar shahid bo’lib valiy bo’ladilar; foniy hayotlari boqiy bir hayotga o’zgartiriladi va zoye bo’lgan mollari sadaqa hukmida bo’lib, boqiy mol bilan almashtiriladi. Hatto o’sha mazlumlar kofir bo’lsa ham, oxiratda o’zlariga ko’ra o’sha dunyoviy ofatlardan chekkan balolari evaziga rahmati Ilohiyaning xazinasidan shunday mukofotlari borki; agar parda-i g’ayb ochilsa, o’sha mazlumlar haqlarida buyuk bir rahmatning namoyon bo’lishini ko’rib, "Ey Robbim! Shukr, Alhamdulilloh", deyishlarini bildim va qat'iy bir suratda qanoat keltirdim. Va ifroti shafqatdan kelgan shiddatli qayg’u va alamidan qutuldim.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizga bu safar ikki qismni yuboryapman.
Biri: Avvalroq bir qismini sizga yuborgandim. Hozir bir ma'naviy eslatma bilan o’sha qism ham to’ldirildi, ham ahamiyatli ekani bildirildi. Eski Saidning siyosat bilan munosabatdor eski asarlarini ko’rganlarga foydasi bor; ammo bir oz mahramdir, Ilovaga kirishi kerak.
Ikkinchi qism: Ma'naviy bir eslatmaga binoan, Risola-i Nurning xizmatiga bilmasdan zarar bera olgan ba'zi yangi asarlarni olgan bir qardoshimizni bir ogohlantirish, bir eslatmadirki; boshqa Risola-i Nur talabalarining vazifalariga zarar bermaslik uchun bir tanbehdir. Bu ham Ilovaga kirsin.
Xulusiyi Solis imzosi bilan ahamiyatli va meni juda xursand qilgan va Kichik Lutfining bir vorisi bo’lgan bir zotning, Risola-i Nurga qiymatdor xizmati va sohib chiqqanini bayon qilgan bir maktubini oldim. U zot kim? Men ko’p salom va duo bilan uni tabriklayman. Gul va Nur fabrikalari va Muboraklar boshda bo’lib, umum qardoshlarimga bir-bir salom aytaman. Va mamlakatni nurlantirgan va Jannat iforlari bilan hidlantirgan o’sha fabrikalarni Janobi Haq muvaffaq va doim aylasin, omin. Biz bu yerda ularning porloq nurlari bilan va shirin, go’zal hidlari bilan Olami Baqoning hidini hidlayapmiz.
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
Risola-i Nur talabalarining xoslari bo’lgan sohib va vorislari va xoslarining xoslari bo’lgan arkon va asoslari bo’lgan qardoshlarimga bu kunlarda sodir bo’lgan bir hodisa munosabati bilan bayon qilamanki:
Risola-i Nur Islom haqiqatlariga doir ehtiyojlarga kifoya qiladi, boshqa asarlarga ehtiyoj qoldirmaydi. Qat'iy va ko’p tajribalar bilan tushunilganki, iymonni qutqarish va quvvatlantirish va tahqiqiy qilishning eng qisqa va eng oson yo’li Risola-i Nurdadir. Ha, o’n besh yil o’rniga o’n besh haftada Risola-i Nur o’sha yo’lni bosib o’tkazadi, iymoni tahqiqiyga erishtiradi. Bu faqir qardoshingiz yigirma yil avval ko’p mutolaa bilan ba'zan bir kunda bir jild kitobni tushunib mutolaa qilarkan; yigirma yilga yaqindirki, Qur'on va Qur'ondan kelgan Resail-in Nur menga kifoya qiladilar. Bironta kitobga muhtoj bo’lmadim, boshqa kitoblarni yonimda saqlamadim. Resail-un Nur har xil haqiqatlarga doir bo’lgani holda, ta'lifi zamonida, yigirma yildan beri men muhtoj bo’lmadim. Albatta, siz yigirma daraja yanada ko’proq muhtoj bo’lmasligingiz lozim bo’ladi.
Ham modomiki men sizlarga qanoat qildim va qilyapman, boshqalarga qaramayapman, mashg’ul bo’lmayapman. Siz ham Risola-i Nurga qanoat qilishingiz lozim, balki bu zamonda juda lozimdir.
Ham hozircha ba'zi olimlarning yangi asarlarida maslak va mashrab boshqa va bid'atlarga mos ketgani uchun, Risola-i Nur zindiqoga qarshi iymon haqiqatlarini muhofaza qilishga urinishi kabi, bid'atga qarshi ham Qur'onning harflari va xatini muhofaza qilish bir vazifasi ekan; xos talabalardan biri amalda Qur'onning harflari va xatini dars bergani holda, sirri bilinmas bir havas bilan, Qur'onning harflari va xatiga ilmi din pardasida ta'sirli bir suratda zarba urgan ba'zi domlalarning zarbada iste'mol qilgan asarlarini olganlar. Xabarim bo’lmasdan tog’da shiddatli bir tarzda o’sha xos talabalarga qarshi bir asabiylik his qildim. So’ngra ogohlantirdim. Alhamdulilloh, o’zlariga keldilar. Inshaalloh, tamoman qutuldilar.
Ey qardoshlarim! Maslagimiz tajovuz emas, mudofaadir, ham buzg’unchilik emas, ta'mirdir, ham hokim emasmiz, mahkummiz. Bizga tajovuz qilganlar hadsizdir. Maslaklarida albatta juda muhim va bizning ham molimiz bo’lgan haqiqatlar bor. O’sha haqiqatlarning yoyilishida bizga ehtiyojlari yo’q. Minglarcha o’sha narsalarni o’qiydigan, nashr qiladigan odamlari bor. Biz ularning yordamlariga yugurishimiz bilan, yelkamizdagi juda ahamiyatli vazifa zarar ko’radi va muhofazasi lozim bo’lgan va bittadan toifaga maxsus bir qism asoslar va oliy haqiqatlar yo’qolishiga vasila bo’ladi. Masalan: Zamonning hodisalari bahonasi bilan Vahobiylik va Malomiylikning bir turiga zamin tayyorlash tarzida, ba'zi shar'iy ruxsatni parda qilib asarlar yozilgan. Risola-i Nur garchi umumga umumiylashtirish surati bilan emas; faqat har holda haqiqati Islomiyaning ichida jarayon etib kelgan valiylik asosi va taqvo asosi va azimat asosi va Sunnati Saniya asoslari kabi nozik, faqat ahamiyatli asoslarni muhofaza qilish, bir vazifa-i asliyasidir. Zarurat chorlovi bilan, hodisalarning fatvolari bilan ular tark qilinmaydi.
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
Ta'lifidan o’ttiz to’rt yil so’ngra, Munozorot nomli asarga qaradim, ko’rdimki: Eski Saidning o’sha zamondagi inqilobdan va o’sha muhitdan va xorijiy ta'sirlardan kelib chiqqan bir ruhiy holat bilan yozgan bu kabi asarlarida xatolar bor. O’sha kamchilik va xatolaridan bor kuchim bilan istig’for aytaman va o’sha xatolardan nadomatdaman. Janobi Haqning rahmatidan niyozim shuki: Ahli iymonning umidsizliklarini yo’qotish niyati bilan qilgan xatolari, go’zal niyati uchun kechirilsin, afv qilinsin.
Eski Saidning bu kabi asarlarida ikki muhim asos hukm qiladi. O’sha ikki asosning haqiqatlari bor; faqat valiylarning kashfiyoti ta'villarga va sodiq tush ta'vilga muhtoj bo’lganlari kabi; oldindan sezish hissining ham nozik ta'birlarga ehtiyoji bor ekan, Eski Saidning o’sha oldindan sezish hissi bilan his qilgan o’sha ikki haqiqatning ta'vilsiz, ta'birsiz bayoni, qisman nuqsonli va qisman xilof ko’rinadi.
Birinchi asos: Ahli iymonning umidsizligiga qarshi, "Istiqbolda bir nur bor" deb xushxabar berganidir. Bir oldindan sezish hissi bilan Risola-i Nurning istiqbolda, dahshatli bir zamonda, ko’p ahli iymonning iymonlarini quvvatlantirib qutqarishini his qilib, o’sha durbin bilan Hurriyat Inqilobidagi siyosat doiralariga qaragan; ta'birsiz, ta'vilsiz tatbiq qilishga uringan. Siyosat va quvvat va miqdor nuqtasida deb o’ylagan. To’g’ri his qilgan, ammo to’liq to’g’ri ayta olmagan.
Ikkinchi asos: Eski Said, ba'zi dohiy siyosiy insonlar va hayratomuz adiblar his qilganlari kabi, juda dahshatli bir istibdodni his qilib unga qarshi dushmanona vaziyat olgan edilar. O’sha oldindan sezish hissi ta'bir va ta'vilga muhtoj ekan, bilmasdan rasmiy, zaif va ismiy bir istibdod ko’rib unga qarshi hujum ko’rsatar edilar. Holbuki ularga dahshat bergan, bir zamon o’tib keladigan istibdodlarning zaif bir soyasini asl deb o’ylab shunday harakat qilganlar, shunday bayon qilganlar. Maqsad to’g’ri, ammo nishon xato.
Xullas, Eski Said ham, eski zamonda bunday ajib istibdodni his qildilar. Ba'zi asarlarida unga hujum bilan bayonoti bor. O’sha mudhish ajib istibdodlarga qarshi mashruta-i mashru'ani bir vosita-i najot ko’rayotgan edilar. Hurriyati shar'iya, Qur'onning hukmlari doirasidagi mashvarat bilan o’sha mudhish musibatni daf qiladi deb o’ylab shunga ko’ra harakat qilganlar.
Ha, zamon ko’rsatdiki, hurriyatparvar nomini olgan bir davlatning, o’sha istiqbolda keladigan bir istibdodning bir namunasi bo’lib, uch yuzta mustabid ma'murlari bilan, uch yuz million bo’lgan Hindistonni, uch yuz yildan beri, uch yuzta odam kabi osongina bog’lab qimirlamaydigan darajada istibdod ostiga olib, zulmning eng shiddatlisini a'zamiy bir darajada, ya'ni birisining xatosi bilan minglab odamni jazolantirish bo’lgan qonuni mustabidonasiga inzibot va adolat nomini bergan, dunyoni aldatgan, yondirgan.
Munozorot nomli asarda, ba'zi latifa suratida ba'zi qaydlar, hoshiyachalar bor. O’sha eski zamon ta'lifida nozik tabiatli talabalariga bir hazillashish navidandir. Chunki ular o’sha tog’larda birga edilar. Ularga dars suratida bayon etayotgan ekan.
Ham bu Munozorot Risolasining ruhi va asosi hukmida bo’lgan xotimasidagi Madrasat-uz Zahro haqiqati esa, istiqbolda chiqadigan Risola-i Nurga bir beshik, bir zamin tayyorlash ediki; bilmagan, ixtiyorsiz unga chorlanayotgan edilar. Bir oldindan sezish hissi bilan o’sha nuroniy haqiqatni moddiy suratda qidirayotgan edilar. So’ngra o’sha haqiqatning moddiy jihati ham vujudga kelishni boshladi. Sulton Rashod, o’n to’qqiz ming oltin lirani Vanda poydevori tashlangan o’sha Madrasat-uz Zahroga berdi, poydevor tashlandi. Ammo Birinchi Jahon Urushi chiqdi, qoldirildi. Besh-olti yil o’tib Anqaraga bordim, yana o’sha haqiqat uchun harakat qildim. Ikki yuz deputatdan bir yuz oltmish uch deputatning imzolari bilan, o’sha madrasamizga -bir yuz ellik ming banknotga yetkazilib - o’sha ajratilgan mablag’ qabul qilindi. Ammo ming afsuslar bo’lsinki, madrasalar yopildi, ular bilan kelisholmadim, yana qoldirildi. Lekin Janobi Arhamurrohimiyn o’sha madrasaning ma'naviy mohiyatini Isparta viloyatida ta'sis etdi, Risola-i Nurni jism holiga keltirdi. Inshaalloh istiqbolda Risola-i Nur shogirdlari o’sha oliy haqiqatning moddiy suratini ham ta'sis etishga muvaffaq bo’ladilar.
Eski Saidning Ittihod-Taraqqiy partiyasiga shiddatli muxolifligi bilan birga, ularning hukumatiga va ayniqsa qo’shinga nisbatan tarafkashona yuksak taqdirlari va iltizomlari esa, bir oldindan sezish hissi bilan -yog’i ichida bo’lgan- o’sha askarlar jamoatida va o’sha milliy jamiyatda bir millionga yaqin avliyo martabasida bo’lgan shahidlar olti-yetti yil o’tib sodir bo’lishini his qilgan. Ixtiyorsiz bo’lib, mashrabiga muxolif bo’lganlarga to’rt yil tarafkash bo’lgan. Birinchi Jahon Urushi boshlanishi bilan o’sha muborak yog’i olindi, yog’i olingan bir ayronga aylandi. Yangi Said ham Eski Saidga muxoliflik qilib mujohadasiga qaytdi.
***
Oxirzamonda Hazrat Iso Alayhissalomning tushishiga va Dajjolni o’ldirishiga oid sahih hadislarning haqiqiy ma'nolari tushunilmagani uchun, bir qism zohiriy ulamolar, o’sha rivoyat va hadislarning zohiriga qarab shubhaga tushganlar. Yoki to’g’riligini inkor qilib yoki xurofotga o’xshash ma'no berib, go’yo mahol bir suratni kutayotgandek, muslimlarning avomiga zarar beradilar. Mulhidlar esa, bu kabi zohiran aqldan juda uzoq hadislarni ro’kach qilib, Islom haqiqatlariga kamsitadigan nazar bilan qarab hujum qiladilar. Risola-i Nur bu kabi mutashabeh hadislarning haqiqiy ta'villarini Qur'on fayzi bilan ko’rsatgan. Hozircha namuna o’laroq bitta misol bayon qilamiz. Jumladan:
Hazrat Iso Alayhissalom Dajjol bilan urushishi zamonida, Hazrat Iso Alayhissalom uni o’ldiradigan vaqtda, o’n arshin yuqoriga hatlab so’ngra qilichi uning tizzasiga yetadigan darajada, vujud jihatidan shu daraja Dajjolning haykali Hazrat Isodan katta, degan ma'noda rivoyat bor. Demak Dajjol, Hazrat Iso Alayhissalomdan o’n, balki yigirma marta baland qomatli bo’lishi kerak bo’ladi. Bu rivoyatning zohiriy ifodasi sirri taklifga va sirri imtihonga zid bo’lgani kabi, nav'-i basharda joriy bo’lgan odatullohga muvofiq tushmaydi.
Holbuki bu rivoyatni, bu hadisni, Alloh saqlasin, mahol va xurofot deb o’ylagan zindiqlarni mum tishlatish va zohirni ayni haqiqat deb e'tiqod qilgan va o’sha hadisning bir qism haqiqatlarini ko’zlari ko’rganlari holda hali ham kutayotgan zohiriy domlalarni ham ogohlantirish uchun, o’sha hadisning bu zamonda ham ayni haqiqat va tom muvofiq va mahzi haq bo’lgan ko’plab ma'nolaridan bir ma'nosi chiqqan. Jumladan:
Isaviylik dini va u dindan kelgan o’rnashgan odatlarini muhofaza qilish hisobiga harakat qilgan bir hukumat bilan, rasmiy e'loni bilan, zulmatli iflos manfaati uchun dinsizlikka va bolshevizmga yordam berib rivojlantirgan boshqa bir hukumat, yana tuban manfaati uchun musulmonlarda va Osiyoda dinsizlikning yoyilishiga tarafdor bo’lgan fitnachi va jabbor hukumatlar bilan urushgan avvalgi hukumatning shaxsi ma'naviysi aks etsa va dinsizlik jarayonining barcha tarafdorlarining ham bir shaxsi ma'naviysi jism holiga kelsa, uch jihatdan bu ko’plab ma'nolari bo’lgan hadisning bu zamon aynan bir ma'nosini ko’rsatadi. Agar o’sha g’olib hukumat urushda g’alaba qozonsa, bu ishoriy ma'no ham bir ochiq ma'no darajasiga chiqadi. Agar to’liq qozonmasa ham, yana muvofiq bir ma'no-i ishoriydir.
Birinchi jihat: Dini Isaviyning haqiqiysini asos qilib olgan Isaviy Ruhoniylarining jamoati va ularga qarshi dinsizlikni rivojlantirishni boshlagan jamoat jism holiga kelsalar, bir minora yuksakligidagi bir insonning yonida bir bolachalik ham bo’lolmaydi.
Ikkinchi jihat: Rasmiy e'loni bilan, Allohga tayanib dinsizlikni yo’qotaman, Islomiyatni va musulmonlarni himoya qilaman degan bir hukumat yuz milliondan ortiqroq ekan, to’rt yuz millionga yaqin aholiga hukm qilgan bir boshqa davlatga va to’rt yuz million aholiga yaqin va uning ittifoqdoshi bo’lgan Xitoy va Amerikaga va ular esa yordamchi va ittifoqdosh bo’lgan bolsheviklarga g’olibona, o’ldiruvchi zarba urgan o’sha hukumatdagi jang qilgan jamoatning shaxsi ma'naviysi bilan, mujodala qilgan dinsizlarning va tarafdorlarining shaxsi ma'naviylari jism holiga kelsa, yana minora bo’yidagi bir insonga nisbatan kichik bir insonning nisbati kabi bo’ladi. Bir rivoyatda, "Dajjol dunyoni zabt qiladi" ma'nosi; aksariyati mutlaqa unga tarafdor bo’ladi deganidir. Hozir ham shunday bo’ldi.
Uchinchi jihat: Agar Yer kurrasining to’rtta qit'alari ichida {(Hoshiya) Avstraliya nazarga olinmagan.} eng kichigi bo’lgan Yevropaning va bu qit'aning ham to’rtdan biri bo’lmagan bir hukumatning mamlakati; aksar Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliyaga qarshi g’olibona urushib, Hazrat Isoning vakolatini da'vo qilgan bir davlat bilan birga dinga tayanib juda mustabidona bo’lgan dinsizlik jarayonlariga qarshi samoviy parashutlar bilan urushgan va kurashgan o’sha hukumat bilan narigilarning shaxsi ma'naviylari inson suratiga kirsa; gazetalarning eskidan beri qilganlari kabi, davlatlarning quvvatlarini va hukumatlarning darajalarini ko’rsatish navidan o’sha ma'naviy shaxslar ham ro’yi zamin gazetasida, bu asr sahifasida bittadan inson suratida rasm va tasvirlari kabi aks etsalar; aynan va batamom hadisi sharifning mo’'jizona g’aybiy xabar navidan bayon qilgan oxirzamon hodisasining ko’plab ma'nolaridan to’liq bir ma'nosi chiqadi. Hatto, Iso (A.S.) shaxsining samovotdan tushishlari ishorasi bilan bir ma'no-i ishoriy o’laroq, Hazrat Isoni (A.S.) tamsil etib va nomlaridan harakat qilgan bir toifa ham, hozirgacha eshitilmagan va ko’rilmagan bir tarzda samolyotlar bilan, parashutlar bilan samodan bir balo-i samoviy kabi nuzul ettiradi, dushmanlarning orqasiga tushiradi. Hazrat Isoning tushishlarining moddiy jihatdan bir misolini ko’rsatadi.
Ha, hadisi sharifning ifodasi bilan Hazrat Isoning samodan tushishi qat'iy bo’lish bilan barobar, ma'no-i ishoriysi bilan boshqa haqiqatlarni ifoda qilgani kabi, bu haqiqatga ham mo’jizona ishorat qiladi. Kichik Xusrav bo’lgan Fayzi va Aminning savoli va qistovlari bilan ba'zi bechoralarning iymonlarini shubhalardan muhofaza niyati bilan bu masalaga doir faqat bir-ikki-uch satr yozishni niyat qilib boshlarkan, ixtiyorim xorijida uzun yozdirildi. Hikmatini ham tushunmadik, balki bir hikmati bor deb shundayligicha qoldirdik. Aybga buyurmaysiz, bu parchada tahrirga va diqqatga vaqt topolmadik, chalkash qoldi.
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ الْقُرْاٰنِ
Aziz qardoshlarim va siddiq birodarlarim!
Bor bo’ling, baxtiyor bo’ling! Sizning juda jiddiy sa'yu g’ayratingiz ham bu yerda, ham boshqa yerlarda shavq-u g’ayratni uyg’otyapti. Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, Risola-i Nurning fathlari ziyodalashyapti. Ahli iymon yaralarini his qilib dorilarini undan topyaptilar.
Hofiz Ali maktubida yozgan ikki oyatning ishorasiga diqqat qildik. Bizlar ham Nur fabrikasining sohibi kabi, juda masrur va xursand bo’ldik. Faqat Risola-i Nurga bir ishorati g’aybiy bilan xabar bergan o’ttiz uch adad oyatlar شَهِدَ اللّٰهُ oyati bilan tugagani uchun, bu yangi ikki oyatning mustaqil bir suratda ishoratlariga eshik ochilmadi. Ham o’ttiz uch oyatdan qaysisining qo’shimchasi bo’ladi, hozircha bilinmadi. Faqat bu qadar tushunildiki, بِاَيْد۪ى سَفَرَةٍ ٭ كِرَامٍ بَرَرَةٍ parchasi Risola-i Nurning noshir va kotiblariga ma'no-i ishoriy bilan qaraydi.
Ham يَتْلوُا صُحُفًا مُطَهَّرَةً ٭ ف۪يهَا كُتُبٌ قَيِّمَةٌ parchasi ham, Risola-i Nurning qismlariga va sahifalariga va kitoblariga ma'no-i ishoriy bilan qaraydi. Faqat jifr hisobi bilan bir ming uch yuz oltmishlardan (1360) keyin bu porloq vaziyatni ko’rsatadilar deb qisqacha tushundik.
Gul fabrikasining bizlarga porloq bir Guli Muhammadiy (S.A.V.) bog’ini hadya qilishi kerak edi. Uni butun ruh-u jonimiz bilan kutyapmiz.
Bu zamonda, lillahilhamd, sunnati saniya doirasida kamoli iymonni qozongan Risola-i Nur shogirdlari avliyolarning, murshidlarning nazari diqqatini jalb qiladigan vaziyatni olganlari uchun; har zamonda bo’lgan haqiqiy murshidlar, har holda bu zamonda ham Risola-i Nur shogirdlariga xaridor bo’ladilar. Bittasini qo’lga kiritsa, yigirmata muridchalik qiymat beradilar.
Ham zavqli va jozibador valiylik tarashshuhoti qarshisida Risola-i Nurning xizmatidagi mashaqqat, mujohada, qiyinchilik bo’lganidan, Fayziga xitoban bayon qilingan haqiqat u tarafga ham foydasi bo’ladi deb qo’shib sizga yuborildi.
Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytaman.
***
Fayzi qardoshim!
Sen Isparta viloyatidagi qahramonlarga o’xshashni istasang, to’liq ular kabi bo’lishing kerak. Qamoqxonada -Alloh rahmat qilsin- muhim bir shayx va murshid va jozibador Naqshiy avliyolaridan bir zot, to’rt oy doimo Risola-i Nurning ellik-oltmishta shogirdlari ichida jalbkorona suhbat qilgani holda, faqat bitta shogirdni vaqtinchalik o’ziga torta oldi. Qolganlari o’sha jozibodor shayxga nisbatan mustag’niy qoldilar. Risola-i Nurning yuksak, qiymatdor xizmati iymoniyasi ularga kifoya qilib qanoat berar edi. O’sha shogirdlarning g’oyat keskin qalb basirati shunday bir haqiqatni tushunganki: Risola-i Nur bilan xizmat esa, iymonni qutqaradi. Tariqat va shayxlik esa, valiylik martabalarini qozontiradi. Bitta odamning iymonini qutqarish, o’nta mo’minni valiylik darajasiga chiqarishdanda muhimroq va savobliroqdir. Chunki iymon saodati abadiyani qozontirgani uchun, bitta mo’minga Kurra-i arz qadar bir saltanati boqiyani ta'minlaydi. Valiylik esa, mo’minning Jannatini kengaytiradi, porlatadi. Bitta odamni sulton qilish, o’nta askarni poshsho qilishdan qanchalar yuksak bo’lsa, bitta odamning iymonini qutqarish, o’nta odamni valiy qilishdan savobliroq bir xizmatdir.
Mana bu nozik sirni, sening Ispartalik qardoshlaring bir qismining aqllari ko’rmasa ham, umumining keskin qalblari ko’rganki; men kabi bechora, gunohkor bir odamning birodarligini avliyolardan, balki da agar bo’lsa edi, mujtahidlardan ham ustun qo’yar edilar. Bu haqiqatga binoan, bu shaharga bir qutb, bir g’avsi a'zam kelsa, seni o’n kunda valiylik darajasiga chiqaraman desa, sen Risola-i Nurni tashlab uning yoniga borsang, Isparta qahramonlariga birodar bo’lolmaysan.
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حَاصِلِ ضَرْبِ حُرُوفِ مَا اَرْسَلْتُمْ لَنَا مِنَ الرَّسَائِلِ ف۪ى عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ هٰذِهِ اللَّيْلَةِ الرَّغَائِبِ وَ لَيْلَةِ الْمِعْرَاجِ وَلَيْلَةِ الْبَرَاتِ وَلَيْلَةِ الْقَدْرِ وَ اَعْطَاكُمُ اللّٰهُ بِعَدَدِهَا ثَوَابًا وَحَسَنَاتٍ اٰم۪ينَ
Aziz va siddiq qardoshlarim va fidokor va sodiq birodarlarim!
Birinchidan: Sizning, bu muborak shuhuri salosa va ichidagi qiymatdor muborak kechalarni tabriklaymiz. Janobi Haq har bir kechani siz haqqingizda bittadan Layla-i Rag’oib va Layla-i Qadr qiymatida sizga savob bersin, omin.
Ikkinchidan: Sizning bu safar nurli hadyalaringizning har harfiga muqobil Janobi Arhamurrohimiyn daftari a'molingizga ming hasana yozsin va Osimning ruhiga ming rahmat bersin, omin.
Uchinchidan: Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon va Risola-i Nur xazinalarining karomatli va zarrin bir kaliti bo’lgan qalami Xusraviy, haqiqatdan Mo’'jizoti Ahmadiyaning (S.A.V.) yashirin go’zalligini har ko’zga g’oyat porloq va go’zal ko’rsatyapti. Janobi Haq bu qalamni bu xizmatda muvaffaq va doim aylasin, omin.
Muborak Hay'atining buyuk bir qahramoni Katta Alining tizimida Kichik Alining Mo’'jizoti Qur'oniyasi Mo’'jizoti Ahmadiyaning batamom uyg’un bir boqiy olmos tarzida mavqe oldi. Arhamurrohimiyn har harfiga muqobil yozganga o’n savob ehson aylasin, omin.
Mehmed Tohiriy, Kichik Lutfining xayrli avlodi va Otaboyning qahramoni, bu yurtga nurli va go’zal hadyalari juda qiymatdordir. Rahmonurrahiym xazina-i rahmatidan unga va otasiga har harfiga va har kalimaga muqobil rahmat etsin, omin.
Oydinli Hasan Ulviyning quvvatli qalami, inshaalloh marhum Osim tugatmagan vazifa-i nuriyani tugatadi va o’sha go’zal qalam bilan Osimning va Lutfining ruhlarini shod qiladi. Uning kichik hadyasi, kelajakdagi qiymatdor xizmatlarini his qildirib buyuk mavqe oldi. Alloh undan rozi bo’lsin, omin.
Risola-i Nurning arkoni muhimmasidan va risolalar ichida savollari bilan ahamiyatli bir joy olgan va u bilan barobar ma'nan yashagan qardoshimiz Ra'fat Beyning maktubi bilan va Gul fabrikasining Guli Muhammadiy (S.A.V.) bog’ini yetishtirgan Xusravning maktubiga alohida bittadan maktub bilan javob yozishni istardim, ammo hozircha vaqt izn bermadi.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizning maktublaringizdan shunchalar xursand bo’ldimki, ta'rif qilolmayman. Ayniqsa Xusravning juda qiymatdor ikki maktubida, Hoji Hofizning qishlog’ida Risola-i Nurning juda g’aroyib bir suratda yoyilishi, o’sha ikkita maktubni duo tumori kabi va bir qat'iy hujjat kabi saqlab, bu yurtdagi talabalarga bir tashviq qamchisi sifatida ko’rsatilyapti.
Risola-i Nur Qur'onning bir mo’'jiza-i ma'naviyasi bo’lgani kabi, Xusravning qalami ham Risola-i Nurning juda kuchli bir karomati ekanini bu yerda har kun tasdiqlaymiz. Xusravning maktubiga javoban uzun maktub yozishni istayotgan edik, orzumizga muvaffaq bo’lolmadik.
Muboraklar qahramonlaridan Kichik Alining maktubi ham menga buyuk bir umid berdi. Marhum Abdurrahmonning haqiqatdan to’liq bir vorisi bo’lgan qiymatdor va muborak akasi bo’lgan Mustafo Xulusiyning, Hofiz Ahmad ismli muborak bir o’g’li, otasi va amakilari tizimida Risola-i Nurga xizmat qilishi, qaytadan Abdurrahmon dunyoga kelishichalik meni baxtiyor qildi.
Aras Otaboyda, avvallari Lutfi, Zakoiy kabi ikki qiymatdor shogirdlarning joylarini bo’sh qoldirmagan, Aras qahramonlari bo’lgan Tohir va Abdulloh Chovushning Risola-i Nurga xizmatlari, Aras haqidagi xavotirlarimni tamoman ketkazdi.
Ismoil o’g’li Husanning xastaligi meni xafa qildi. Inshaalloh to’liq bir Lutfi bo’ladi, ham ko’p xizmat qiladi. Sizlarning bu yerga kelgan maktublaringiz, qisman to’g’rilash bilan Ilovaga kiritilyapti. Sizga bu safar mahram "Inna A'toyna" siridagi g’aybiy istixrojdagi qisqa haqiqatga doir birdan qalbga eslatilgan bir bayon bilan "Tasattur Risolasi"ga hoshiya yuboryapmiz. Bu shuhuri salosa sakson yildan ortiq umrni qozontiradi. Albatta sizlar kabi mujohidlar uni qozonishga harakat qilasizlar. Janobi Haq har bir kechasini siz haqqingizda Layla-i Me'roj va Layla-i Baroat va Layla-i Qadrchalik qiymatdor aylasin, omin.
***
(Ahamiyatli, faqat bir daraja mahram.)
Aziz qardoshlarim!
Mahram Sirri Inna A'toynada jifr bilan istixrojim, aynan Munozorot Risolasida "Bir nur chiqadi va ko’ramiz" degan g’aybiy xushxabarlar kabi, ilhomiy va haq bir haqiqatni, fikrim bilan bo’lgan tatbiqotimda bir kamchilik bor edi. O’sha kamchilik meni o’ylantirayotgan edi. Munozorot va Sunuhot kabi risolalardagi nurga oid xushxabar esa, Risola-i Nur to’liq hal qildi. Keng siyosat doirasi o’rniga yuksak bir doira-i nuriya bilan o’sha kamchilikni ketkazgani kabi, Inna A'toyna sirri mahramida, o’n ikki-o’n uch yil so’ngra "Islomiyatga zarba urganlarning boshlarida shunday mudhish bir portlash bo’ladiki, qiyomatga qadar unutilmaydi" ma'nosidagi jifriy istixroj juda keng bir doirada bo’lgani holda, nur xushxabari sirrining aksiga bo’lib tor bir doirada va xususiy bir hukumatda tatbiq qilish surati bilan, fikrim o’sha keng doirani qamray olmasdan o’sha haqiqatning suratini almashtirgan. Holbuki o’sha istixroj ko’rsatgan ayni yili, o’sha tizimning ta'sisichisi va boshi dunyodan ketdi, zarbasini yedi. Va o’sha yili, parda ostida bilinmagan va kurra-i arzning aksarini va nav'-i basharning ulkan qismini istibdodi ostiga olgan bir mudhish jarayonning tuguni va tugmasi va ma'nan minglab boshidan bir boshi va eng mudhishi bo’lgan o’sha ko’chib ketgan odam, ta'zir yegan ayni zamonda, hali yil tugamasdan, o’sha mudhish jarayonning barcha boshlari va tarafdorlari shunday samoviy mudhish ta'zirlarga va shiddatli to’fonli musibatlarga uchrashni boshladilar; qiyomatgacha azobini chekadilar va chekyaptilar. Va samoviy dinlarga va Islomiyatga qilgan jinoyatlarining jazosini juda keng bir doirada ko’rdilar va ko’ryaptilar. Mimsiz madaniyatning axlati bilan dunyoni ifloslaganlari uchun, ayni istixroj ko’rsatgan tarixda, o’sha mimsiz madaniyatning boshiga ham shunday samoviy bir ta'zir tushdiki, eng qorong’u vahshatdan ham pastga tushirdi.
Xullas kalom: Sirri Inna A'toynada juda keng bir doira tor bir doirada tatbiq etilgan. Nur xushxabari esa, tor va ma'naviy, ammo yuksak doirani keng va moddiy bir doira suratida tasvir qilingandi. Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamanki, bu ikki kamchiligimni kuchli bir ma'naviy eslatma bilan isloh qildi. يُبَدِّلُ اللّٰهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ sirriga sazovor ayladi. Alhamdulillahi bi'adadi zarrot-il koinot.
Aziz qardoshlarim! Aslo bu parcha vositasi bilan mahram sirni fosh qilmang va o’sha risolani ham tadqiq qilmang. Faqat bu parchani zararsiz ko’rsangiz, xoslarga ko’rsata olasiz.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu safargi maktublaringiz kelmasdan avval, bir eslatma bilan o’z javobini karomatkorona yozdirgan. Demak, maktub sohiblarining favqulodda sadoqatlari karomat darajasiga chiqqan.
Qardoshlarim, maktublaringizdagi juda yuksak tushuncha va taqdirlardan, mingdan bir hissa meniki bo’lsa, hadsiz shukr qilaman. Balki Risola-i Nurning ma'naviy shaxsiyati va juda ko’p talabalari ichida, bilmaganimiz g’oyat yuksak bir maqom sohibi bir zotning ta'sirlari va boshqaruvi his qilinyapti. Men kabi ming daraja uzoq bir bechorada tasavvur qilinyapti. Haqqim bo’lmasada menga berilgan katta ahamiyatingiz inshaAlloh sizga zarari bo’lmaydi, ammo Risola-i Nurning chiroyli jarayoniga zarar ehtimoli bor. Siz bir haqiqatni his qilyapsiz va favqulodda sadoqat va ixlosingiz inshaAlloh haq ko’radi, ammo suratda ba'zan aldaniladi. Biz xizmat bilan vazifadomiz. Natijalari va muvaffaqiyat Janobi Haqqa oiddir.
***
(Ahamiyatlidir.)
Risola-i Nur talabalaridan bir qism qardoshlarimning, mening haddimdan juda ustun yaxshi gumonlarini va ifrotlarini to’g’rilash uchun eslatilgan bir suhbatdir.
Bundan qirq-ellik yil avval, akam Mullo Abdulloh (Rahmatullohi Alayh) bilan bir suhbatni hikoya qilaman.
O’sha marhum akam buyuk valiylardan Hazrat Ziyoviddin (Q.S.)ning xos muridi edi. Ahli tariqat kabi, murshidi haqida haddan ortiq muhabbat va yaxshi gumon qilsa ham, maqbul ko’rganlari uchun, o’sha marhum akam dediki: "Hazrat Ziyoviddin barcha ilmlarni biladi. Koinotda qutbi a'zam kabi hamma narsadan xabardor." Meni u bilan bog’lash uchun juda hayratomuz maqomlarini bayon qildi.
Men ham o’sha akamga dedimki: "Sen mubolag’a qilyapsan. Men uni ko’rsam, ko’p masalalarda yenga olaman. Yana sen menchalik uni haqiqiy yaxshi ko’rmaysan. Chunki koinotdagi ilmlarni biladigan bir qutbi a'zam suratida xayol qilganing bir Ziyoviddinni yaxshi ko’rasan; ya'ni o’sha unvon bilan bog’liqsan, yaxshi ko’rasan. Agar parda-i g’ayb ochilsa va haqiqat ko’rinsa, sening muhabbating yo zoyil bo’ladi yoxud to’rtdan birga tushadi. Ammo men o’sha zoti muborakni sen kabi juda qattiq yaxshi ko’raman, taqdirlayman. Chunki sunnati saniya doirasida, haqiqat maslagida, ahli iymonga xolis va ta'sirli va ahamiyatli bir rahbardir. Shaxsiy maqomi nima bo’lsa bo’lsin, bu xizmati uchun ruhimni unga fido qilaman. Parda ochilsa va haqiqiy maqomi ko’rinsa, orqa chekinish, voz kechish, muhabbatda kamayish emas, aksincha yanada ko’proq hurmat va taqdir bilan bog’lanaman. Demak men haqiqiy bir Ziyoviddinni, sen esa xayoliy bir Ziyoviddinni yaxshi ko’rasan", dedim.
{(Hoshiya) Chunki sen muhabbatingni unga juda qimmat sotayabsan. Bergan narxingdan yuz marta ziyoda bir evaz o’ylayabsan. Holbuki uning haqiqiy maqomining narxiga eng buyuk muhabbat ham arzondir.}
Mening o’sha akam insofli va mudaqqiq bir olim bo’lgani uchun, mening nuqtayi nazarimni qabul qilib taqdirladi.
Ey Risola-i Nurning qiymatli talabalari va mendan yanada baxtiyor va fidokor qardoshlarim! Shaxsiyatim e'tibori bilan sizning ziyoda yaxshi gumoningiz balki sizga zarar bermaydi. Ammo siz kabi haqiqatbin zotlar vazifaga, xizmatga qarab, o’sha nuqtadan qarashingiz kerak. Parda ochilsa, mening boshdan oyoq nuqsonlar bilan bulg’angan mohiyatim mendan qochishga bir vasila bo’ladi. Sizni qardoshligimdan qochirmaslik, pushaymon qilmaslik uchun, shaxsiyatimga haddimdan juda ortiq tasavvur qilganingiz maqomlarga aloqangizni bog’lamanglar.
Men sizga nisbatan qardoshman, murshidlik haddim emas. Ustoz ham emasman, balki darsdoshingizman. Men sizning nuqsonlarimga nisbatan shafqatkorona duo va himmatlaringizga muhtojman. Mendan himmat kutishingiz emas, menga himmat qilishingizga haqdorman. Janobi Haqning ehson va karami bilan sizlar bilan g’oyat qudsiy va g’oyat ahamiyatli va g’oyat qiymatdor va har ahli iymonga manfaatli bir xizmatda, ishni taqsimlash qoidasi bilan ishtirok qilganmiz. Birdamligimizdan hosil bo’lgan shaxsi ma'naviyning favqulodda ahamiyati va qiymati va ustozligi va irshodi bizga yetarli.
Ham modomiki bu zamonda hamma narsadan ustun xizmati iymoniya eng ahamiyatli bir vazifadir; ham miqdor esa sifatga nisbatan ahamiyati ozdir; ham vaqtinchalik va o’zgaruvchan siyosat olamlari abadiy, doimiy, sobit iymon xizmatlariga nisbatan ahamiyatsizdir, miqyos bo’lolmaydi, sabab ham bo’lolmaydi. Risola-i Nurning ta'limoti doirasida va bizlarga baxsh qilgan xizmat nuqtasida fayzli maqomlarga qanoat qilishimiz kerak. Haddidan ortiq favqulodda yaxshi gumon va ifrotona oliy maqom berish o’rniga, favqulodda sadoqat va sabot va ifrotona aloqadorlik va ixlos lozimdir. Unda taraqqiy qilishimiz kerak.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Risola-i Nurning qahramoni bo’lgan Xusravning bu safargi ikki hadya-i qudsiyasi va karomatkorona o’sha ikki samoviy hadyaning ma'naviy i'jozini ko’zga ham ko’rsatadigan bir tarzda bu shuhuri salosada bizlarga va bu atrofga hadya qilishi, Risola-i Nur nuqtayi nazarida mo’jizona bir xizmatdir. InshaAlloh o’sha Gul fabrikasining qalami bu yerlarni ham bir gulistonga aylantiradi. Janobi Haq o’sha qalam sohibiga, yozgan har harfi Qur'onga muqobil, Layla-i Qadrdagi kabi o’ttiz ming savob va rahmat va hasana bersin, omin omin omin.
Aziz qardoshlarim! Sadoqatingizdan sizib chiqqan va haddimdan haddan ortiq yaxshi gumoningizga qarshi bundan avval bergan javobimning bir qo’shimchasi sifatida, bu keladigan parchani ikki kun avval yozgandik. Sizning haddan ortiq sadoqat va oliyhimmatligingizdan chiqqan bir hafta avvalgi maktubingizga qarshi yaxshi gumoningizni bir daraja rad qilgan javobimning hikmati shuki:
Bu zamonda shunday favqulodda hokim jarayonlar borki, hamma narsani o’z hisobiga olgani uchun, farazan haqiqiy kutilgan o’sha zot ham bu zamonda kelsa, harakatlarini o’sha jarayonlarga tobe qilmaslik uchun siyosat olamidagi vaziyatdan voz kechadi va maqsadini o’zgartiradi deb taxmin qilaman.
Ham uchta masala bor: Biri hayot, biri shariat, biri iymondir. Haqiqat nuqtasida eng muhimi va eng a'zami, iymon masalasidir. Ammo hozirgi umumning nazarida va olam holining majburlashlarida eng muhim masala, hayot va shariat ko’ringanidan, u zot hozir bo’lsa ham, uch masalani birdan umum ro’yi zaminda vaziyatlarini almashtirish, nav'-i bashardagi joriy bo’lgan odatullohga muvofiq kelmaganidan, har holda eng a'zam masalani asos qilib, narigi masalalarni asos qilmaydi. Toki iymon xizmati pokligini umumning nazarida buzmasin va avomning tez aldana oladigan aqllarida o’sha xizmat boshqa maqsadlarga vosita bo’lmagani ro’yobga chiqsin.
Ham yigirma yildan beri vayronkorona eng shiddatli zulm ostida shu daraja axloq buzilgan hamda matonat va sadoqat yo’qolganki, o’ntadan, balki da yigirmatadan bir odamga ishonib bo’lmaydi. Bu ajib holatlarga qarshi, juda hayratomuz sabot va matonat va sadoqat va hamiyati Islomiya lozimdir. Bo’lmasa natijasiz qoladi va zarar beradi.
Demak, eng xolis va eng salomatli va eng muhim va eng muvaffaqiyatli xizmat, Risola-i Nur shogirdlari doiralari ichidagi qudsiy xizmatdir. Nima bo’lganda ham... Bu masala hozircha bu qadar yetadi.
Barcha qardoshlarimizga bir-bir salom va bu muborak kunlarda duo qilamiz. Va maqbul duolarini, keladigan kunlar va muborak kechalarda istaymiz.
Darhaqiqat, Tohiriyning ham Lamaat hadyasini juda ham qiymatdor ko’rdik. InshaAlloh bu atrofda unga ko’p savob qozontiradi, to’liq bir Lutfidir. Alloh muvaffaq aylasin.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Birinchidan: Sizning Layla-i Baroatingizni va kelayotgan Ramazoningizni tabriklaymiz va bu kelayotgan Layla-i Qadrni haqqingizda va haqqimizda ming oydan yanada xayrli bo’lishini va amallar daftarimizga bunday o’tishini Janobi Haqdan niyoz qilamiz va shu tariqa bayramgacha
اَللّٰهُمَّ اجْعَلْ لَيْلَةَ قَدْرِنَا ف۪ى هٰذَا الرَّمَضَانَ خَيْرًا مِنْ اَلْفِ شَهْرٍ لَنَا وَ لِطَلَبَةِ الرَّسَائِلِ النُّورِ الصَّادِق۪ينَ
duosini qilishga niyat qildik.
Ham sizning ikki mo’'jizali Qur'onni bizlarga bu muborak oylarda yuborishingiz, inshaAlloh shu daraja sababi baraka va savob va hasanot va fathlar bo’ladiki, haqqimizda bu Ramazonning har bir kuni bir Layla-i Qadr hukmiga o’tishini rahmati Ilohiyadan umid qilamiz.
Hozirdan biz tadbir oldikki: Ikkita Qur'onni, Risola-i Nurning bu yerdagi xos talabalari, Ramazoni Sharifda, har biri har kuni bir juzini siz bilan birga o’qish bilan, Ramazonning har kuni bir xatma-i Qur'oniya o’laroq, ma'naviy va juda keng bir majlisda, Isparta va Kastamonuni qamragan bir doirada xalqa bo’lgan Risola-i Nur talabalarining va o’sha doiraning markazida sizlar bo’lish jihati bilan Risola-i Nur shogirdlari atrofingizda bo’lib; Naqshiyda xatma-i xojagon tarzida, faqat juda katta bir miqyosda Risola-i Nurning barcha shogirdlari ma'nan hozir va o’sha doirada bo’lish niyati bilan, tasavvuri bilan o’qilishi, o’sha qudsiy xatmni qilish, Janobi Haqning rahmatidan tavfiq niyoz qilamiz.
Ikkinchidan: Hoji Hofizning Sav qishlog’ining qahramon talabalarining hayratomuz xizmatlari, u yerlarda sababi tashviq va madori g’ayrat va namuna-i iqtido bo’lgani kabi, bu atrofda ham ularning o’sha hayratomuz sa'yu g’ayratlari, favqulodda husni misol va namuna-i g’ayrat bo’lib ahamiyatli bir uyg’onish va ishtiyoqqa sabab bo’lgan. Qahramon Xusravning ularga doir maktublari, muborak nusxalar kabi, tanballik, loqaydlik xastaliklariga mubtalo bo’lganlarga shifo bo’ladi, qo’llarda kezadi.
Uchinchidan: Sizning bu yerga kelgan qiymatdor maktublaringizni Ilovaga yozganmiz, ammo ba'zi kalimalarni tashlab o’tdik. Ifrot tarzidagi yaxshi gumondan kelgan jumlalarni to’g’riladik, xafa bo’lmanglar.
To’rtinchidan: Islomko’yi, Kuleo’nu o’rtasida bo’lgan hamda Siddiq Sabri va Lutfi kabi talabalarni yetishtirgan Otaboy Qishlog’i ko’p marta xotiramga kelar edi. "Ajabo, bu qishloq nima uchun orqada qoldi, so’ndi?" deb o’ylab xafa bo’lar edim. Ammo Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, Tohir va Abdulloh Chovush o’sha xavotirimni tamoman ketkazdilar, buyuk tasalli menga berdilar. Hatto Tohirning bu safar bizga hadya qilgan Yog’dular va Yettinchi Shu'lani bir jildga jildlagandan so’ng mutolaa qildim. O’sha Tohirda bir Xusrav, bir Lutfi, bir Osimni ko’rdim. Janobi Haq undan va sizlardan abadiyan rozi bo’lsin. Uning o’sha nusxasi bu yerda ko’p ish qiladi inshaAlloh.
Qur'oni Azimushshon va Mo’'jiz-ul Bayonning, Hizb-ul Akbar-ul A'zam nomli, Resail-in Nuriyaning manbalari va asoslari bo’lgan besh yuzdan ortiq oyatlarni yozdik. Bu Ramazonda sizga yuborishga muvaffaq bo’lolmadik. InshaAlloh bir vaqt sizga yuboriladi.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz. Bu muborak kunlar va kechalarda duolarini istaymiz.
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
G’avsi A'zamning فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ kafolat beruvchi parchasi, hozirgacha Risola-i Nur shogirdlari haqida to’liq muvofiq chiqdi. InshaAlloh Xusrav, Rushdu, Ra'fat kabi qardoshlarimizning, ayniqsa Xusrav kabi juda metin bir ruknning ayrilig’i suratan alamli va zararli ko’ringani holda, g’oyat xayrli bir surat olishini rahmati Ilohiyadan umidvormiz. Hatto qamalish musibatimiz, garchi zohiriy bir azob edi, faqat haqiqat nuqtasida xizmatimiz haqida buyuk inoyat va rahmatga o’girildi. Lillahilhamd, sizlarning g’ayratingiz bilan o’sha atrofda ko’p Xusravlar bor, yuzaga chiqishni boshlaganlar. Balki ko’p vaqtdan beri doimiy ravishda ishlashdan Xusravga istirohat berildi va qiymatdor qalami o’rnida muborak lisoni va xolisona hollari yana qudsiy xizmatini davom ettirishini inoyati Ilohiyadan umidvormiz. Qandayki Fayzi va Salohiddinning askarligi ham shunday muborak bo’ldi.
Qardoshlarim! Bu hodisa munosabati bilan Risola-i Nurning to’liq to’g’ri chiqqan bir g’aybiy xabarini bayon qilaman.
Xusrav va Xulusiy va Rushdu va Ra'fat kabi Risola-i Nurning ko’p shogirdlari, askarlik maslagi va bu Ikkinchi Jahon Urushiga munosabatdor bir suratda kirishlarini va ikkinchi bir Jahon Urushi bo’lishini va ishtirok etishimizni, ya'ni talabalarning ishtirokini olti-yetti yil avval xabar bergan. Chunki Yigirma Sakkizinchi Yog’du bo’lgan Ikkinchi Karomati Alaviyaning Ikkinchi Alomatda فَيَا حَامِلَ الْاِسْمِ bahsida فَقَاتِلْ وَلَا تَخْشَ barobar bo’lsa, bir ming to’qqiz yuz qirq (1940) atrofida bo’ladi. Allohu a'lam, o’sha yili bir jahon urushiga ishtirokimizni, ya'ni eski ittifoqdosh bilan emas, balki tarafdorona uning dushmani bilan ishtirokka ishorat qiladi deb xabar bergan. Hozir o’sha yildirki, Risola-i Nurning muhim ruknlari ishtirok qilyapti.
Qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz. Hilmi, Fayzi, Nazif, Amin sizlarga salom aytadilar va hurmatlarini arz qiladilar.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حَاصِلِ ضَرْبِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ لَيْلَةِ الْقَدْرِ ف۪ى حُرُوفِ الْقُرْاٰنِ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Birinchidan: Butun ruhu jonim bilan muborak Ramazoningizni tabriklayman. Va o’sha muborak oyda qilgan duolaringizning, Janobi Haq yonida maqbul bo’lishini Arhamurrohimiyndan niyoz qilaman.
Ikkinchidan: Bu yilgi Ramazoni Sharif ham Olami Islom uchun, ham Risola-i Nur shogirdlari uchun g’oyat ahamiyatli va juda ham qiymatlidir. Risola-i Nur shogirdlarining uxroviy ishlarlarda sherikchilik asosiy dasturlari sirriga binoan, har biri qozongan miqdor, har bir qardoshiga ayni miqdor amallar daftariga o’tishi o’sha dasturning va rahmati Ilohiyaning taqozosi bo’lish e'tibori bilan, Risola-i Nur doirasiga sidq va ixlos bilan kirganlarning yutuqlari juda azim va kulliydir. Har biri minglab hissa oladi. InshaAlloh, dunyoviy mollarning sherikchiligi kabi taqsimlanmasdan va bo’linmasdan har biriga aynan amal daftariga o’tishi; bir odam keltirgan bitta chiroq, minglab oynalarning har biriga ayni chiroq bo’linmasdan kirishi kabidir. Demak, Risola-i Nurning sodiq shogirdlaridan biri, Layla-i Qadrning haqiqatini va Ramazonning yuksak martabasini qozonsa, umum haqiqiy sodiq shogirdlar sohib va hissador bo’lishlarini, Allohning keng rahmatidan juda kuchli umidvormiz.
***
Aziz, siddiq, muborak, qahramon qardoshlarim!
Birinchidan: Bu muborak Ramazonda, amallarda sherikchilik asosiy dasturi bilan, har bir xos qardoshimizning qirq ming tili bo’lgan maloika hukmida, qirq ming til bilan, ya'ni qardoshlarning adadicha ma'naviy tillari bilan qilgan va qiladigan duolari, rahmati Ilohiya nazdida maqbul bo’lishini o’sha lisonlar adadicha Janobi Arhamurrohimiyndan niyoz qilamiz. Bu mohiyatdagi Ramazoningizni tabriklaymiz.
Ikkinchidan: Bu safargi ko’plab ta'sirli va sururli va xushxabarli maktublaringizga bir kitob qadar javob berish loyiq ekan, vaqtning iznsizligi bilan qisqa javobimdan xafa bo’lmang. Eng boshda, qahramonlar yurti bo’lgan Sava qishlog’ining ahamiyatli bir talabasi bo’lgan Ahmadning maktubida shunday bir masala ko’rdimki, meni surur yoshlari bilan yig’lattirdi.
Janobi Haqqa yuz minglar shukr bo’lsin, Risola-i Nurning to’liq qiymatini, o’sha qishloqning muborak volidalari va xonimlari to’liq tushunganlar. O’sha muborak xonimlarning va qiymatdor va xolis oxiratli singillarimning, Risola-i Nurning tarqalishiga ko’rsatgan fidokorliklari, meni va bizni kamoli sururdan yig’lattirdi.
Zotan Risola-i Nur maslagidagi eng muhim bir asosi, shafqat bo’lganidan va shafqat ma'danlari ham xonimlar bo’lganidan, ko’pdan beri kutardimki, ayollar olamida Risola-i Nurning mohiyati tushunilsin. Lillahilhamd, bu atrofda ham, bu yaqinda erkaklardan ko’proq bir ishtiyoq va faoliyat bilan bu yerdagi xonimlar to’liq g’ayrat qilyaptilar, Savli muboraklarning opa-singillari ekanliklarini ko’rsatyaptilar. Bu ikki ko’rinish bu zamonda bir xayrli ishdirki; o’sha shavqat ma'danlarida Risola-i Nur porlaydi, fathlar qiladi.
Ham Sav qishlog’ining bahodir cho’ponlari, to’rvalarida Risola-i Nurni yozish uchun tashishlari, ayni u yerdagi xonimlarning fidokorliklari kabi, bu atrofda g’oyat ta'sirli tashviq sababi bo’ladi. O’sha xonimlar va o’sha cho’ponlarning xususiy ismlarini bilishni istaymiz. Toki xususiy ismlari bilan xos talabalar ichiga kirsinlar.
Kotib Usmonning haqiqatli tushi, haqiqatdan buyuk bir haqiqatga ishorat qiladi. Juda muborak va xushxabarlidir. Rushduning tushida, Payg’ambarimizning (S.A.V.) amrlari bilan Hazrat Siddiq (R.A.) minbarda Yigirma To’qqizinchi So’zni xutbalarida ko’rsatishlari kabi; o’sha ko’kdan tushgan Huriya ham ilovani xutba sifatida o’qishi, Risola-i Nurning maqbuliyatiga go’zal bir ishoratdir.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Latif va ma'nodor va bashoratli ikki hodisani bayon qilaman:
Birinchisi: Ma'yusona bir xotiradan xushxabarli bir eslatma:
Bu kunlarda xotirimga keldiki: Hayoti ijtimoiyaga kirgan qaysi narsa bilan munosabatda bo’lmasin, aksariyat bilan gunohlarga ma'ruz qoladi. Har tomonda gunohlar bemalol insonni o’rayaptilar. "Buncha gunohlarga qarshi insonning xususiy ibodat va taqvosi qanday qarshi tura oladi?" deb ma'yusona o’yladim.
Hayoti ijtimoiyadagi Risola-i Nur talabalarining vaziyatlarini xotirladim. Risola-i Nur shogirdlari haqida najotlariga va ahli saodat bo’lganliklariga doir kuchli ishorati Qur'oniyani va bashorati Alaviyani va G’avsiyani o’yladim. Qalban dedimki: "Har biri ming yerdan kelgan gunohlarga qarshi bir til bilan qanday qarshi turadi, g’alaba qiladi, najot topadi?" deb hayron qoldim. Bu hayratimga javoban eslatildiki:
Risola-i Nurning haqiqiy va sodiq shogirdlarining o’rtalaridagi asos dastur bo’lgan uxroviy ishlarda sherikchilik qonuni bilan hamda samimiy va xolis birdamlik sirri bilan har bir xolis, haqiqiy shogird bir til bilan emas, balki qardoshlari adadicha tillar bilan ibodat qilib istig’for aytib ming tarafdan hujum qilgan gunohlarga, minglab til bilan qarshilik qiladi. Ba'zi maloikaning qirq ming til bilan zikr qilganlari kabi; xolis, haqiqiy, taqvodor bir shogird ham, qirq ming qardoshining tillari bilan ibodat qiladi, najotga haqdor va inshaAlloh ahli saodat bo’ladi. Risola-i Nur doirasida sadoqat va xizmat va taqvo va katta gunohlardan saqlanish darajasi bilan o’sha yuksak va kulliy ubudiyatga sohib bo’ladi. Albatta bu buyuk yutuqni qo’ldan chiqarmaslik uchun taqvoda, ixlosda, sadoqatda g’ayrat ko’rsatish kerak.
Ikkinchisi: Eski zamonda, o’n to’rt yoshda ekan ijozat olishning alomati bo’lgan ustoz tarafidan salla o’ratish, menga bir yaktak kiydirish vaziyatiga monelar bo’ldi. Yoshimning kichikligi bilan, mamlakatimizda katta domlalarga maxsus qiyofaga kirish yarashmagani...
Ikkinchidan: O’sha zamonda katta olimlar menga nisbatan ustozlik vaziyati emas, yo raqib yoxud taslimiyat darajasiga kirganlari uchun, menga yaktak kiydiradigan va ustozlik vaziyatini oladigan o’zlariga ishonganlar topilmadi. Va buyuk valiylardan to’rt-beshta zotning vafot qilganlari uchun, ellik-oltmish yildir ijozatning zohir alomati bo’lgan yaktakni kiyish, va bir ustozning qo’lini o’pish, ustozligini qabul qilish haqqimni bu kunlarda, yuz yillik bir masofada Hazrat Mavlono Zuljanohayn Xolid Ziyoviddin o’z yaktaklarini, o’sha yaktakka o’ralgan bir salla bilan juda g’arib bir tarzda menga kiydirish uchun yuborganlariga ba'zi alomatlar bilan menga qanoat keldi.
Men ham o’sha muborak va yuz yoshlik yaktakni kiyayapman. Janobi Haqqa yuz minglar shukr qilaman.
{(Hoshiya) Bu muborak omonatni Risola-i Nur talabalaridan va oxirat opaxonlarimizdan Osiyo ismli bir muhtaram xonim qo’li bilan oldim.}
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizga yuborgan Hizb-ul Akbar-il Qur'oniyning boshida yozilgan unvon ichida bir jumla nuqson qolgan. Jumladan:
"Mo’'jizotli bir vird o’qishni istagan buni o’qisin" o’rniga, "Mo’'jizotli va har bir harfi o’n va yuz va besh yuz va ming va minglar qadar savob va meva bergan bir virdni o’qishni istagan, bu samoviy virdni o’qisin" deb yoziladi.
Ikkinchidan: Bundan avval xushxabarli xotirada, "Har bir xolis va haqiqiy taqvodor shogird qardoshlari adadicha tillar bilan ibodat qilib istig’for aytadi" parchasiga, yana bir eslatma bilan bu kelgan jumla ilova qilinsin: Jumla ham budir:
"Risola-i Nur doirasiga, sadoqat va xizmat va taqvo va katta gunohlardan saqlanish darajasi bilan, o’sha yuksak va kulliy ubudiyatga sohib bo’ladi. Albatta bu buyuk yutuqni qochirmaslik uchun taqvoda, ixlosda, sadoqatda g’ayrat ko’rsatish kerak."
Uchinchidan: Layla-i Qadringizni va kelayotgan bayramingizni butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz va qutlaymiz.
***
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim, dunyoda tasallimga sabab va barzoh yo’lida nuroniy yo’ldoshlarim va mahsharda inshaalloh shafoatchilarim!
Sizning ham Layla-i Qadringizni, ham bayramingizni butun ruhu jonim bilan tabriklayman, qutlayman.
Ikkinchidan: Hozirgacha hech ko’rmaganim bir suratda, dahshatli bir xastalikdan kutilmagan bir tarzda Risola-i Nurning xolis talabalarining shifo duosining natijasi bo’lib, mo’jiza kabi birdan g’aroyib bir karomat bilan shifo topganimni sizga xabar beraman. Bu voqeani mushohada qilgan Amin bilan Fayzining o’sha g’aroyib xastalikka oid keladigan bayonini ibrat olishga sabab bo’ladi deb sizga yuboryapman. Barcha qardoshlarimizga bir-bir salom aytaman va duo qilaman. Xusrav haqida ham xavotirlanyapman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
***
Ispartadagi aziz qardoshlarimizga!
Ustozimizning xastaliklari haqidagi ko’rgan narsalarimizni aytamiz va Ustozimizning sog’ayganlarini sizlarga xushxabar berishni istaymiz.
Ramazoni Sharifda besh kun savmi visol ichida ozuqa sifatida, nonsiz muhallabi uch qoshiq va besh-olti qoshiq ham sovuq qatiqdan. Uchinchi kecha, yarim qoshiq muhallabi va to’rtinchi kecha iftorda suvli ugradan besh qoshiq, saharlikda yana o’sha ugradan va qatiqdan uch-to’rt qoshiq, suv hisobga olinmasligi sharti bilan ugradan besh dirham, qatiq suzilsa o’n dirham, muhallabi suvsiz olti-yetti dirham, beshinchi kechada, guruchsiz kabi g’oyat yengil ugra besh-olti qoshiq, saharlikda olti-yetti qoshiq guruch sho’rvasi, hammasi o’ttiz dirham (96 gr.) ozuqa bilan besh kun savmi visoli, taroveh nuqson bo’lib, boshqa vazifalarning qilinishi, Risola-i Nur shogirdlarini qamragan inoyatning g’aroyiblaridan bir karomatini ko’rdik.
Ustozimizdan umuman ko’rmaganimiz, ikkimiz ya'ni Amin, Fayzi; Barla, Isparta Sulaymonlari kabi nozikdan nozik xastalik {(Hoshiya) Xastalik shunchalar shiddatli ediki, to’rt kechada deyarli bir soat qadar uyqu keldi.} hiddatlarini qo’zg’atmaslik uchun ehtiyot qilolmaganimiz uchun, shiddatli hiddatini ko’rdik. Bu xastalikda yana asari rahmatdirki, hech es va xayolga kelmagan oxirgi o’n kunning g’oyat muhim tunlarida, ustozimizning to’liq ado qilolmagan vazifalari o’rnida, bu atrofda har bir shogird, o’z xususiy ishidan tashqari, bir soatni Ustozi hisobiga Risola-i Nur shogirdlarining mujohada-i ma'naviyalariga ishtirok va ularni maqsad qilib ularning amallar daftariga o’tishini, ayni ustoz kabi ishlashni boshladilar. Demak ustoz o’rinlariga u kishining bir necha soat ishlashlariga badal, juda ko’p soatlar o’sha vazifani qilishni boshladilar. Hatto Ustozimiz derdilar: "Ahamiyatsizligim bilan birga Isparta atrofida qardoshlarimizning uxroviy amallariga bir asos, bir hayajonlantiruvchi hukmida mening nuqsonli ishlashim yetarli bo’lmayotgan edi; Janobi Haq rahmati bilan, bu xastalik vositasi bilan bir shaxsi ma'naviy va kuchli bir asos bo’ladigan bu tadbirni ehson qildi, juz'iyatdan kulliyatga chiqardi."
Yana bu xastalikning go’zalliklaridandirki, ustozimizning hech ovozlari chiqmas edi, gapirolmas edilar. Kutilmaganda, bir iftor vaqtida bir doktor keldi, qo’llarini ushladi. Ustozimiz: "Men xastaligimni tekshirtirmayman, men hakimlarga muhtoj emasman. Hakim Janobi Haqdir", dedilar. Birdan jonlandilar, ovozlari chiqishni boshladi. Go’yo o’zlari bir doktor shaklini oldilar. Doktor esa xasta vaziyatiga kirdi. Doktorga muhim bir maktub o’qidilar, doktorning dardiga davo bo’ladigan bir dori bo’ldi. So’ngra zambarakdan o’q otildi. Doktorga: "Bu yerda iftor qil", dedilar. Doktor dediki: "Bugun qusurim bor, ro’za tutolmadim" deyishi bilan juda hayrat qilganimiz ustozimizning vaziyatlari, ro’zasini buzgan bir doktorning tib nuqtasida hokimona vaziyatini qabul qilmagani uchun o’sha vaziyat u kishiga berilganini bildik.
Ha, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysidan kelgan shifo duosi, unday yuz ming doktorga muqobil keladi deb biz ham tasdiq qildik. Bu xastalikning Layla-i Qadrda Risola-i Nurning talabalari, xususan ma'sumlar qilgan shifo duolari shunday bir daraja g’aroyib bir suratda ta'sirini ko’rsatdiki, ustozimizga sihat holidan yanada yaxshi bir suratda birdan bir vaziyat berildi. Layla-i Qadrga loyiq bir tarzda ishlashni boshladilar. Risola-i Nur shogirdlaridan kelgan bu duo-i shifo, g’aroyib bir mo’'jiza kabi bir karomat bo’lganini biz ko’zimiz bilan ko’rdik.
U yerda bo’lgan qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va hurmatlarimizni arz qilib duolarini istaymiz.
Bu yerdagi Risola-i Nur shogirdlaridan qardoshingiz
Amin, Mahmud Fayzi
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada g’ayratli va quvvatli birodarlarim va tariqi haqda va barzoh sayohatida va oxirat yo’lida nuroniy yo’ldoshlarim!
Sizning bayramingizni, Layla-i Qadringizni, Ramazoni Sharifda maqbul duolaringizni butun ruhu jonim bilan tabriklayman va qutlayman. Janobi Haq bu bayramning sururini haqiqiy va keng va umumiy sururga muqaddima va vasila aylasin, omin.
Ikkinchidan: Sizning bu muborak bayramning hadyasi sifatida yuborgan nurli qalam hadyalaringizni shunchalik qiymatdor ko’rayabmanki, ta'rif qilolmayman. Jannat-ul Firdavsda obi kavsar ko’zalari kabi, kamoli ishtiyoq va shukron bilan va sururli ko’z yoshi bilan qabul qilib boshimga qo’ydim. Bunday olmos qilich kabi qalamlarni va haqiqat qahramonlarini Risola-i Nurga ehson qilgan Janobi Haqqa hadsiz hamd va shukr qilaman.
Sizlarga ham o’sha muborak kitoblarning, yozuvlarning har bir harfi evaziga Janobi Arhamurrohimiyn o’n hasana ehson aylasin deb niyoz qilaman.
Haqiqatdan Xusravning joyini tark qilishi meni juda ranjitgan edi. Ammo Tohiriy o’sha porloq qalami bilan mening o’sha qayg’ularimni ketkazdi. U barcha oila a'zolari bilan, padar va volidasi bilan Risola-i Nurning xos talabalari ichida har doim hissador bo’ladilar.
Ham bu Tohir sabab bugundan e'tiboran Otaboy ham, Islomko’y, Sava Qishlog’i, Kuleo’nu qishloqlari kabi Nurs qishlog’iga o’rtoq bo’lib umum ma'naviy yutug’imizga hissador bo’ldi.
Ispartaning Hofiz Alisi (Kotib Usmon) haqiqatdan ikkinchi bir Xusrav ekaniga, mening ham qanoatim keldi. Janobi Haq uni va Mehmed Zuhdu kabi ko’p fidokorlarni va Risola-i Nurning haqiqiy sohiblarini Ispartaga ehson aylasin, omin.
Muboraklarning qahramonlaridan katta Abdurahmonning, Kichik Alining, Hofiz Mustafoning faoliyat va g’ayratlari va Hofiz Mustafoning bu safargi maktubidagi ba'zi nuqtalari meni surur yoshi bilan yig’latdi. Faqat bu qadar borki, bir jild ichida yuborilgan yigirma besh banknot topildi, kimning jildidan chiqqanini bilolmadik. Bilasizki, butun umrimda hech kimdan hadyalarni qabul qilolmayman. Hatto Rushduning bu safargi hadyasini rad qilib xotirini sindirdim, orqa qaytardim. Janobi Haq meni muhtoj qoldirmaydi. Insonlarga ham muhtoj qilmaydi. Men haqqimda qayg’urmang. Ammo Muboraklar Hay'atida shunday bir shaxsi ma'naviy his qilayapmanki, qoidamni unga qarshi muhofaza qilolmayapman. U shaxsi ma'naviyning jahlini chiqarmaslik va ranjitmaslik uchun, faqat o’sha puldan qarz sifatida besh lirani bu bayram xayrli ishlariga sarf qilish uchun qabul qildim. Yigirmasini Sabri vositasida va nomidan qaytib yuboryapman, xafa bo’lmanglar. Va ayniqsa حسن ع م g’oyat mustasno qalami bilan to’rtta go’zal hadyalari juda ham qiymatdor ko’rindi. Inshaalloh bu atrofda ko’plarni shavq bilan yozishga chorlaydi. Bunday quvvatli qalamlarni Risola-i Nurga ehson qilgan Janobi Haqqa yuz minglar shukr.
Muboraklar Hay'atida Mehmedning maktubi meni juda ham sevintirdi. Hozir yozgan vaqtimda yonimda bo’lgan mamlakatning ulug’lariga o’qidim. O’sha ulug’lar ham "Mashaalloh, Barakalloh" dedilar, hayrat bilan olqishladilar. U maktubning va boshqalarning bittadan qismini Ilovaga qayd qilamiz.
Abdurrahmonning birinchi vorisi va Risola-i Nurning birinchi shogirdi Katta Mustafoning istiqboldagi birodari Hoji Usmonning maktubi va o’sha maktubdagi tushlari ma'nodor va qilgan ta'biri ham to’g’ridir.
Aziz qardoshlarim, siz bilan gaplashayotgan vaqtim iftor vaqtiga yarim soat qolibti. Bayram kechasi, xastalik shiddatli. Shuning uchun ortiqcha gapirolmayman. Menda katta va tahlikali xastalikdan, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysining mo’'jiza kabi shifo duosi karomati bilan o’sha tahlika o’tdi. Ammo shunday shiddatli bir aksirish, bir hayajon borki, siz kabi jonimdan ortiq sevgan qardoshlarim bilan so’zlashishni tugataman.
Faqat bu qadar borki, Isparta atrofida yuzlab yosh Saidlar va Xusravlar yetishganlar. Bu keksa va zaif Said dunyodan mukammal qalb istirohati bilan vidolashishga tayyor. Ayniqsa ahamiyatli bir Madrasa-i Nuriya bo’lgan Sava qishlog’ining boshda Hoji Hofiz bo’lib Ahmadlari, Mehmedlari, hatto muhtaram xonimlari (Tohirning rafiqa va qizlari kabi) va ma'sum bolalari Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’lishlarini o’ylagan sari bu dunyoda Jannat hayotining ma'naviy bir navini zavq qilyapman, ko’ryapman. U yerning Ahmadlarining hadyasini umum o’sha qishloq nomidan bir tabarruk deb, o’pib boshimga qo’ydim.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, g’oyat shiddatli va dahshatli xastaligim g’oyat marhamatli va juda savobli bo’lib ofiyatga o’rnini qoldirib ketdi. Juda buyuk bir ne'mat ichida bo’lganini men va bu yerdagi birodarlarim tasdiqladik.
Ham Janobi Haqqa hadsiz shukr qilaman va hamd aytamanki, sizlarning bu safargi hadya-i Ramazoniyangiz bo’lgan juda go’zal nusxalaringiz; bu bayramimni ko’p bayramlarni birdan to’plagan bir kulliy bayram hukmiga o’tdi. Va ayniqsa ikkinchi Xusrav bo’lgan birinchi Tohir g’oyat diqqat va tavofuqli yozgan risolalari meni shu daraja minnatdor va masrur qilyaptiki, qo’limdan kelsaydi har bir nusxasiga o’n oltin lira berar edim. Bu daraja quvvatli bir shogird Risola-i Nurga sohib chiqishi, umidlarimizni juda ham quvvatlantirdi.
O’z qishlog’ini Sava qahramonlari va Muboraklar qishloqlari safiga keltirdi. Otaboy (Aras) u va u kabilar bilan faxrlanishi kerak. Uning nusxalarida xatolar juda ham oz. Faqat u yerlardagi nusxalarda ma'nosi tushunilmagan ba'zi kalimalar bor ekanki, ko’chirishda o’shanday qayd qilingan. Mening tahririmdan o’tgan nusxalar bilan solishtirilsa, yaxshi bo’ladi. O’sha quvvatli va fidokor qardoshimizning ma'sum bolalari va rafiqasi yozgan risolalarni go’zal tarzda jildladik. Ko’rganlarga, xususan bu yerdagi Risola-i Nurning ayollar doirasidagi qizlar va xonimlarga g’oyat ta'sirli va jozibador bir namuna-i tashviq bo’ldi.
Oydinli Hasanning haqiqatdan g’oyat mustasno qalami bor va yozuvlarida to’liq ixlos ko’rinadi. Bu kishi qachondan beri Risola-i Nurga kirganini va qay holda ekani haqida qiziqyapman.
Bu safar Xulusiydan uzun bir maktub, Abdulmajid vositasida oldim. Haqiqatdan, o’sha qardoshimiz sabot va matonat va ixlosda birinchilikni muhofaza qilyapti. Men ham Abdulmajid vositasi bilan unga yozdimki: Ispartadagi qardoshlarimizga yozgan maktublarimda sen ham bir tinglovchimsan, sen bilan xabarlashishni to’xtamagan deb yozdim.
Xusrav, Ra'fat, Rushduning vaziyatlarini ham qiziqyapman. Va ayniqsa Xusrav qay holda? Va Nur fabrikasining sohibi Hofiz Ali sog’-salomatmi?
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.
***
Bugunlarda ikkita nozik masala qalbga keldi. Vaqtida qalamga ololmadim. O’sha vaqt o’tgandan keyin o’sha ahamiyatli haqiqatlarga bittadan ishorat qilamiz.
Birinchisi: Qardoshlarimizdan birining namoz tasbehotida tanballik qilishiga binoan dedim: Namozdan keyingi tasbehotlar, tariqati Muhammadiyadir (S.A.V.) va valoyati Ahmadiyaning (S.A.V.) bir avrodidir! O’sha nuqtadan ahamiyati buyukdir. So’ngra bu kalimaning haqiqati bunday ochildi: Qandayki risolatga inqilob etgan valoyati Ahmadiya (S.A.V.) barcha valiyliklardan ustundir; xuddi shuning kabi, o’sha valiylikning tariqati va o’sha valoyati kubroning avrodi maxsusasi bo’lgan namozdan keyingi tasbehot, o’sha daraja boshqa tariqatlardan va virdlardan ustundir. Bu sir ham shunday ochildiki:
Qandayki zikr doirasida bir majlisda yoxud xatma-i Naqshiyada bir masjidda bir-biri bilan aloqador hay'ati majmuada nuroniy bir vaziyat his qilinadi. Qalbi xushyor bir zot namozdan keyin "Subhanalloh, Subhanalloh" deb tasbeh aytarkan, o’sha doira-i zikrning raisi bo’lgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning qarshisida, yuz million tasbeh qilganlar, tasbeh qo’lida qilganlarini ma'nan his qiladi; o’sha azamat va ulviyat bilan "Subhanalloh, Subhanalloh" deydi. So’ngra o’sha sarzokirning amri ma'naviysi bilan unga ergashib "Alhamdulilloh, Alhamdulilloh" degan vaqti, o’sha halqa-i zikrning va o’sha juda keng doirasi bo’lgan xatma-i Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning doirasida yuz million muridlarning "Alhamdulilloh, Alhamdulilloh"laridan chiqqan azamatli bir hamdni o’ylab ichida "Alhamdulilloh" bilan ishtirok qiladi va hokazo... "Allohu Akbar, Allohu Akbar" va duodan keyin "La ilaha illalloh, La ilaha illalloh" o’ttiz uch marta o’sha tariqati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning halqa-i zikrida va xatma-i kubrosida o’sha sobiq ma'no bilan u tariqatchi qardoshlarni nazarga olib, o’sha halqaning sarzokiri bo’lgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomga yuzlanib اَلْفُ اَلْفِ صَلَاةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلَامٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّٰهِ deydi, deb tushundim va his qildim va xayolan ko’rdim. Demak namoz tasbehotining katta ahamiyati bor.
Ikkinchi Masala: O’ttiz birinchi oyatning ishoratining bayonida, يَسْتَحِبُّونَ الْحَيٰوةَ الدُّنْيَا bahsida aytilganki: Bu asrning bir xususiyati shuki: Hayoti dunyoviyani hayoti boqiyadan bilib turib ustun qo’ydiradi. Ya'ni, sinadigan bir shisha parchasini boqiy olmoslardan bilgani holda ustun qo’yish bir dastur hukmiga o’tgan. Men bundan juda hayrat qilardim. Shu kunlar eslatildiki:
Qandayki bir a'zo-i insoniy kasal bo’lsa, yaralansa, boshqa a'zolar vazifalarini qisman tashlab uning yordamiga yuguradilar. Xuddi shuning kabi, hirsi hayot va muhofazani, zavqi hayot va ishqni tashigan va fitrati insoniyada joylashtirilgan bir jihozi insoniya, ko’p sabablar bilan yaralangan, boshqa latifalarni o’zi bilan mashg’ul qilib tanazzulga uchratishni boshlagan; vazifa-i haqiqiyalarini ularga unuttirishga harakat qilyapti.
Ham qandayki bir jozibador, safihona va sarxushona dabdabali bir o’tirish bo’lsa, bolalar va beboshlar kabi katta maqomlarda bo’lgan insonlar va o’ralgan xonimlar ham o’sha jozibaga berilib haqiqiy vazifalarini tark qilib ishtirok qiladilar. Xuddi shuning kabi, bu asrda hayoti insoniya, xususan hayoti ijtimoiyasi shunday dahshatli, faqat jozibali va alamli, faqat qiziqarli bir vaziyat olganki, insonning yuksak latifalarini va qalb va aqlini nafsi ammorasining orqasiga tushurib parvona kabi o’sha fitna otashlariga tushirtiryapti.
Ha, hayoti dunyoviyaning muhofazasi uchun zarurat darajasida bo’lish sharti bilan, ba'zi oxiratga oid ishlardan vaqtinchalik ustun qo’yilishiga ruxsati shar'iya bor. Ammo faqat bir ehtiyojga binoan, halokatga sabab bo’lmagan bir zararga ko’ra ustun qo’yilmaydi, ruxsat yo’qdir. Holbuki bu asr o’sha inson hissini shu daraja shishirganki, kichik bir ehtiyoj va oddiy dunyoviy zarar sababli olmos kabi diniy ishlarni tark qiladi.
Ha, insoniyatning yashash hissi va hayotni muhofaza qilish jihozi bu asrda isroflar bilan va iqtisodsizlik va qanoatsizlik va hirs sababli barakaning ko’tarishi bilan hamda faqirligu tirikchilik qiyinchiligi ko’payishi bilan shu daraja o’sha his yaralangan va sharoiti hayotning og’irlashishi bilan shu daraja ziyon ko’rgan va doimo ahli zalolat nazari diqqatni shu hayotga jalb qila-qila shu daraja nazari diqqatni o’ziga jalb qilganki, kichkina bir hayotiy ehtiyojlarni ulkan diniy bir masaladan ustun qo’ydiradi. Bu ajib asrning bu ajib xastaligiga va dahshatli maraziga qarshi Qur'oni Mo’jiz-ul Bayonning tiryoqmisol dorilarining noshiri bo’lgan Risola-i Nur tayana oladi. Va uning metin, tebranmas, sabotkor, xolis, sodiq, fidokor shogirdlari bardosh qiladilar. Unday bo’lsa, hamma narsadan avval uning doirasiga kirish kerak. Sadoqat bilan, to’liq matonat va jiddiy ixlos va to’liq ishonch bilan unga yopishish lozimki, o’sha ajib xastalikning ta'siridan qutulsin.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.
***
Aziz, siddiq va sabotkor qardoshlarim!
Sizning faoliyatingiz va sabotkorona ishlashingiz, Risola-i Nur doirasining zambaragi hukmida bizlarni va ko’p yerlarni harakatga keltiryapsiz. Alloh sizdan abadiyan rozi bo’lsin. Ming omin omin.
Sizga, Hizb-ul Qur'oniydan avval yuborilgan Risola-i Nurning Vird-ul A'zamiga ilova qilish uchun bir qismni yozdik, bir qismni ham Yigirma To’qqizinchi Yog’duda joyini ko’rsatdik. Mening xususiy tafakkurlarim o’sha navdan bo’lgani uchun menga eslatildi, men ham yozdim.
Ikkinchidan: Bir necha kun avval, sizga yuborgan oxirgi maktubimdagi hayoti dunyoviyaning hayoti diniyaga g’alaba qilishiga doir ikkinchi masalasi munosabati bilan g’oyat nozik va qalamga olinmas bir ma'no qalbga zohir bo’ldi. Faqat g’oyat qisqa o’sha ma'noga bir ishorat qilaman. Jumladan:
Bu ajib asrning hayotparast ahli zalolatni aldatgan, sarxush qilgan; foniylardan yuzaki olgan zavqlarini g’oyat achchiq va alamli ekanini hamda ahli iymonning va hidoyatning ayni yerda va o’sha foniylarda boqiyona va yuksak bir zavq borligini ko’rdim va his qildim, ammo ifoda qilolmayman.
Risola-i Nurning ko’p joyida isbot qilinganki, ahli zalolat uchun, hozirgi zamondan tashqari hamma narsa mavjud emas va firoqlarning alamlari bilan to’ladir. Ahli hidoyat uchun moziy, istiqbol ichidagilari bilan mavjuddir, nurlidir. Aynan shuning kabi, foniylarda, ya'ni o’tgan vaqtinchalik vaziyatlar ahli dunyo uchun fano-i mutlaq qorong’uliklarida mavjud emasdir, ahli hidoyat uchun mavjuddir deb ko’rdim. Chunki eski zamonda juda aloqador bo’lganim zavqli yoki qiymatli va sharafli vaqtinchalik vaziyatlarni hasrat bilan xotirladim, mushtoqona orzuladim. Nima uchun bu muborak vaziyatlar moziyda qolib foniy bo’lsin deb o’ylar ekanman, Iymoni Billoh nuri eslatdiki, u vaziyatlar garchi suratan foniydirlar, bir necha jihatda mavjuddirlar. Chunki Janobi Haqning boqiy ismlarining jilvalari bo’lgan o’sha vaziyatlar, doira-i ilmda va mahfuz lavhalarda va misoliy lavhalarda boqiy bo’lganlari kabi, nuri iymon bergan boqiyona munosabat nuqtasida zamon uzra bir vaziyatda mavjudlar. Sen o’sha vaziyatlarni ko’p jihat bilan va ko’p ma'naviy kinolar bilan ko’ra olasan va kira olasan deb tushundim. Va dedimki: "Modomiki Alloh bor, hamma narsa bor" zarbulmasal jumlasi bu buyuk haqiqatni ham ifoda qiladi. Kim uchun Alloh bo’lsa, ya'ni Allohni bilsa, hamma narsa mavjuddir. Kim Allohni bilmasa, unga hamma narsa mavjud emas, deb dalolat qiladi. Demak alamli, qorong’u, hasratli bir dirham zavqdan, ayni yerda yuz daraja ziyoda doimiy, alamsiz bir zavqdan safohat bilan ustun qo’yganlar, aksi maqsudlari bilan ayni zavqda alamli alamlarni oladi."
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ ثَوَابَاتِ قِرَائَةِ حُرُوفَاتِ الْقُرْاٰنِ الَّت۪ى قَرَاْتُمُوهَا بِنِيَّتِنَا ف۪ى رَمَضَانَ
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!
Hofiz Alining bu safargi maktubida juda muborak duolari meni va bizni eng chuqur ruhimizdan baxtiyor qilib shukrga chorladi. Va har musibatzadaga va huzn va qayg’ularga tushganlarga ma'no-i ishoriysi bilan madadras va xaloskor va shifo va sababi surur bo’lgan اَلَمْ نَشْرَحْ لَكَ صَدْرَكَ va اِنَّ مَعَ الْعُسْرِ يُسْرًا har musibatzadaga qaragani kabi, bu o’tgan xastalik jihati bilan bizga ham qaraganini yozyapti. Ha, Hofiz Ali o’sha nuqtani batamom ko’rgan. Men ham tasdiqlab deymanki: Agar o’sha xastalik yigirma daraja ko’paysa edi, bizlarga qozontirgan natijaga nisbatan yana arzon tushar edi va rahmat bo’lar edi. Ammo Hofiz Alining o’z ustozi haqida, mening haddimdan juda ko’p isnod qilgan ustunlik va ma'sumiyatni, uning ma'sum lisoni bilan haqqimda madh emas, balki bir navi duo o’laroq tasavvur qilamiz.
Ham Hofiz Alining, Sava kabi yerlar, qishloqlar va Isparta bittadan Madrasa-i Nuriya hukmiga o’tishi va Risola-i Nurning sodiq shogirdlari hayratomuz tarzda kundan kunga yuksalishlari va nurlanishlari, bizlarni, balki Anadoluni, balki Olami Islomni shod va xurram qilgan haqiqatli xabar deb qabul qilamiz.
Oxiridagi bayonida, Muxbiri Sodiq xabar bergan "Ma'naviy fathlar qilish va zulmatlarni tarqatish, zamon va zamin deyarli kelishi" degan bayoniga, butun ruhu jonimiz bilan rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz, tilaymiz. Faqat Biz Risola-i Nur shogirdlari esa: Vazifamiz xizmatdir, vazifa-i Ilohiyaga qo’shilmaslik va xizmatimizni uning vazifasiga bino qilish bilan bir navi tajriba qilmaslik bilan barobar; songa emas, sifatga qarash; ham ko’pdan beri axloqning tubanlashishiga va hayoti dunyoviyani har jihat bilan hayoti uxroviyadan ustun qo’ydirishga chorlagan dahshatli sabablar ostida Risola-i Nurning hozirgacha fathlari va zindiqlarning va zalolatlarning hujumlarini sindirishi va yuz minglab bechoralarning iymonlarini qutqarishi va har biri yuzga va mingga teng yuzlab va minglab haqiqiy mo’min talabalarni yetishtirishi, Muxbiri Sodiqning xabar berishlarini aynan tasdiqlagan va hodisalar bilan isbot qilgan va inshaalloh yana qiladi. Va shunday ildiz otganki, inshaalloh hech bir kuch Onado’lining siynasidan uni chiqara olmaydi. Oxirzamonda, hayotning keng doirasida asl sohiblari Janobi Haqning izni bilan keladi, o’sha doirani kengaytiradi va o’sha danaklar unib chiqadi. Bizlar ham qabrimizda tomosha qilib, Allohga shukr qilamiz.
Hofiz Alining qiymatdor bir qardoshimiz bo’lgan Oydinli Hasan Atif haqida madhi va tafsili bizni minnatdor etdi. O’sha qardoshimiz ham xoslar ichida har tong yonimizdadir.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizni tabriklaymiz, haqiqatdan mudaqqiq hofizsizlar. Xusrav yozgan Qur'onda nozik sahvlarini topishingiz, hifzingizning quvvatiga to’liq dalolat qiladi. Bizlar sizdan minnatdor bo’ldik va tashakkur aytamiz. Janobi Haq sizlardan abadiyan rozi bo’lsin. Bu munosabat bilan, Risola-i Nurning qahramoni bo’lgan Xusrav, Risola-i Nurning xizmatida ko’rsatgan g’aroyib ishlarini, namuna bo’lish uchun bir qismini bayon qilamiz. Jumladan:
Bu zot, to’qqiz-o’n yil mobaynida to’rt yuzta risola qadar diqqatli va tavofuqli qilib Risola-i Nurdan yozgani kabi; hofiz bo’lmagani holda yozgan ikki mukammal Qur'on bilan va uchinchisi -parcha-parcha suratda- ko’z bilan ko’rinadigan bir navi i'jozi Qur'onni ko’rsatadigan bir tarzda uchta Qur'onni yozgan; to’liq solishtirilmasdan bizga kelgan; biz ham solishtirmasdan sizga yuborgan edik. Sizlar ham mukammal diqqat bilan haraka va harflarda ko’rganingiz qirq-ellikta sahv, Xusrav qalamining qay daraja g’aroyib ekanini ko’rsatadi. Chunki har Qur'onning uch yuz ming olti yuz yigirmata harfida, shuncha haraka va sukunlarida faqat qirq-ellikta sahv bo’lishi, o’sha qalamning joyiga tushishda g’aroyib ekanini ko’rsatadi.
Latifdirki, Xusravning sahvini topgan bir zot, ikkita harfda bitta sahv qilgan. Xusrav yuz ming harfda bitta sahv qilgan. Tahrir qilgan, ikkita harfda nuqtani tashlab sahv qilgan. Demak, o’sha diqqatli hofizning o’sha sahvi Xusravning o’sha sahvini afv ettiradi.
Ham bu Xusravning qalami kabi; fikri, qalbi ham o’sha nisbatda g’aroyib deb bilamiz. Risola-i Nurga bo’lgan aloqasi va ishtiyoqi va qanoati tobora taraqqiy va inkishof qilyapti. Hech bir hodisa uni bo’shashtirmayapti, sustlik bermayapti.
Ham uning bir g’aroyib tomoni shuki: Risola-i Nurga besh yil begona qolgani holda, birdan bog’lanib, bir oy mobaynida o’n to’rtta risolani Risola-i Nurdan yozgan.
Ham Qur'onning ko’z bilan ko’rilgan bir navi i'joz yog’dusini, besh-oltita musxafda ishoratlar qildim, Qur'oniy arabcha xatlari mukammal bo’lgan qardoshlarimga taqsimladim. Bularning ichida Qur'onning arabcha xatida Xusrav ularga yetisha olmagani holda, birdan barcha o’sha kotiblar va arabcha xat muallimidan o’zdi. Va arabcha xatda eng mumtoz qardoshlarimizdan o’n daraja o’tdi. Ularning barchalari tasdiq qilib: "Ha, bizdan o’tdi, biz unga yetisholmayapmiz" dedilar. Demak, Xusravning qalami Qur'oni Mo’jiz-ul Bayonning va Risola-i Nurning mo’jizavoriy karomatlari va horiqolaridir.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(Oldinroq hayoti dunyoviyani hayoti uxroviyadan ustun qo’yishga doir yozilgan ikki parchaga qo’shimchadir.)
Bu ajib asrning hayoti dunyoviyani og’irlashtirishi va yashash sharoitini og’irlatishi va ko’p qilishi va zaruriy bo’lmagan ehtiyojlarni urf-odat bilan ishqiboz va mubtalo qilish bilan zaruriy ehtiyojlar darajasiga keltirishi bilan, hayotni va yashashni hammaning har vaqt eng buyuk maqsad va g’oyasi qilgan. U bilan hayoti diniya va abadiya va uxroviyaga qarshi yo to’siq qo’yadi yoki ikkinchi, uchinchi darajada qoldiradi. Bu xatoning jazosi o’laroq shunday dahshatli ta'zir yediki, dunyoni boshiga Jahannam qildi.
Mana bu dahshatli musibatda ahli diyonat ham buyuk bir tahlikaga tushyaptilar va qisman tushunmayaptilar.
Jumladan: Men ko’rdimki; ahli diyonat, balki da ahli taqvo bir qism zotlar biz bilan g’oyat jiddiy aloqadorlik paydo qildilar. O’sha bir-ikki zotda ko’rdimki; diyonatni istaydi va qilishini yaxshi ko’radi, toki hayoti dunyoviyasida muvaffaq bo’la olsin, ishi o’ngidan kelsin. Hatto tariqatni kashfu karomat uchun istaydi. Demak, oxirat orzusini va diniy vazifalarning uxroviy mevalarini, dunyo hayotiga bir tirsak, bir zinapoya kabi qiladi. Bilmaydiki, saodati uxroviya kabi saodati dunyoviyaga ham sabab bo’lgan diniy haqiqatlarning dunyoviy foydalari faqat murajjih (ustun qo’ydiruvchi) va tashviq qiluvchi darajasida bo’lishi mumkin. Agar asl sabab darajasiga chiqsa va o’sha xayrli amalni qilishga sabab o’sha foyda bo’lsa, o’sha amalni bekor qiladi; loaqal ixlosi sinadi, savobi qochadi.
Bu xasta va g’addor va badbaxt asrning balo va vabosidan va zulm va zulmatidan eng sinalgan bir qutqaruvchi, Risola-i Nurning me'zonlari va muvozanalari bilan, nashr qilgan nuri ekaniga qirq ming shohid bordir. Demak, Risola-i Nur doirasiga yaqin bo’lganlar ichiga kirmasa, tahlika ehtimoli kuchlidir.
Ha, يَسْتَحِبُّونَ الْحَيٰوةَ الدُّنْيَا عَلَى الْاٰخِرَةِ ishorati bilan, bu asr hayoti dunyoviyani hayoti uxroviyaga ahli Islomga ham bilib turib, sevib turib ustun qo’ydirdi. Ham bir ming uch yuz o’ttiz to’rtinchi (1334) yildan boshlab, shunday bir idora usuli ahli Islom ichiga ham kiritildi. Ha, عَلَى الْاٰخِرَةِ jifr va abjad hisobi bilan bir ming uch yuz o’ttiz uch (1333) yoki to’rt bo’lib, ayni vaqtda Birinchi Jahon Urushida Islomiyat dushmanlari g’alaba qozonish bilan, kelishuv shartlarini dunyoni dindan ustun qo’yish idora usulining boshlanishiga tavofuq qiladi. Ikki-uch yil o’tib amalda natijalari ko’rildi.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim.
Bu shiddatli sovuqda sizdan xabar olmaganim uchun xavotirlanyapman. Sizga bu sovuq menga bergan shafqatli bir xavotirdan chiqqan orqadagi masalani yuboryapman. Balki sizga ham foydasi bo’ladi.
Ham bu yerda foydasi ko’rilgan hashrga doir qismlarni O’ninchi So’zning oxirida to’plab, bir ilovasi hukmiga kelgandir. Birinchi qism, To’qqizinchi Shu'la bo’lgan muqaddima-i hashriya O’ninchi So’zning orqasida yoziladi. Va buning orqasida o’sha muqaddima-i hashriyaning birinchi maqomining o’rnida va badaliga O’ttizinchi Yog’duning Ismi Hayyga doir To’rtinchi Ramz yoziladi. Buning orqasida, Ikkinchi Shu'la bo’lgan Tavhid Risolasining hashrni isbotiga doir Xotimasining boshidan to "Bu hashrning to’rt masalasi hozircha yetar. Yana mavzumizga qaytamiz" jumlasigacha yoziladi. So’ngra buning orqasida Keksalar Yog’dusining Beshinchi Umidining o’rtasidan boshlagan, "Ha, hadisning ochiq iifodasi bilan nav'-i basharning eng mumtoz shaxsiyatlari bo’lgan bir yuz yigirma to’rt ming anbiyoning, oxirigacha.." to Oltinchi Umidga qadar yoziladi. Agar hashrga oid boshqa risolalarda bular kabi parchalar bo’lsa, munosib ko’rsangiz ilova qilarsiz. Bularning hay'ati majmuasining ta'siri buyukdir.
***
(G’oyat ahamiyatlidir.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Shiddati shafqat va achinishdan, bu qishning shiddatli sovug’i bilan birga ma'naviy va shiddatli sovuq va musibati bashariyadan bechoralarga kelgan falokatlar, halokatlar, faqirliklar, ochliklar shiddat bilan rahmimni keltirdi. Birdan eslatildiki: Bunday musibatlarda kofir bo’lsa ham, haqida bir navi marhamat va mukofot bordirki, u musibat unga nisbatan juda arzon tushadi. Bunday musibati samoviya ma'sumlar haqida bir navi shahidlik hukmiga o’tadi.
Uch-to’rt oydirki, dunyoning vaziyatidan va urushidan hech bir xabarim yo’q ekan, Yevropada Rossiyadagi bola-chaqaga achinib esladim. O’sha ma'naviy eslatma bayon qilgan taqsimot bu alamli shafqatga bir malham bo’ldi. Jumladan:
O’sha musibati samoviyadan va basharning zolim qismining jinoyatining natijasi o’laroq kelgan falokatdan vafot qilgan va abgor bo’lganlar, agar o’n besh yoshga qadar bo’lganlar bo’lsa, qaysi dinda bo’lsa bo’lsin, shahid hukmidadir. Musulmonlar kabi buyuk mukofoti ma'naviyalari o’sha musibatni hechga tushiradi.
O’n beshdan yuqori bo’lganlar, agar ma'sum va mazlum bo’lsa, mukofoti buyukdir; balki uni Jahannamdan qutqaradi. Chunki oxirzamonda modomiki fatrat darajasida din va dini Muhammadiyga (S.A.V.) bir loqaydlik pardasi kelgan va modomiki oxirzamonda Hazrat Isoning (A.S.) dini haqiqiysi hukm qiladi, Islomiyat bilan yelkama-yelka keladi. Albatta, hozir fatrat kabi qorong’ulikda qolgan va Hazrat Isoga (A.S.) mansub Nasroniylarning mazlumlari chekkan falokatlar ular haqida bir navi shahidlik deb bo’ladi. Ayniqsa keksalar va musibatzadalar, faqir va zaiflar mustabid buyuk zolimlarning jabru shiddatlari ostida musibat chekyaptilar. Albatta o’sha musibat ular haqida madaniyatning safohatidan va kufronidan va falsafaning zalolatidan va kufridan kelgan gunohlarga kafforat bo’lish bilan barobar, yuz daraja ularga foydadir deb haqiqatdan xabar oldim. Janobi Arhamurrohimiynga hadsiz shukr qildim. Va o’sha azobli alami shafqatdan tasalli topdim.
Agar o’sha falokatni ko’rgan zolimlar bo’lsa va basharning abgorligini tayorlagan g’addorlar va o’z manfaati uchun inson olamini yondirgan xudg’am, pastkash insiy shaytonlar esa, to’liq haqdor va to’liq adolati Rabboniyadir.
Agar o’sha falokat chekkanlar, mazlumlarning yordamiga yugurganlar va istirohati bashariya uchun va asosoti diniyani va muqaddasoti samoviyani va huquqi insoniyani muhofaza qilish uchun kurashganlar bo’lsa, albatta o’sha fidokorligining ma'naviy va uxroviy natijasi shu qadar buyukdirki; o’sha musibatni ular haqida sababi sharaf qiladi, sevdiradi.
***
Qardoshlarim!
Bu kunlarda Rumuzoti Samoniyaga oid ikkita risolani ahamiyatli talabalarga, bir yerga yubordim. Yo’l yopildi, ketmadi. O’sha ikkita risolani takror diqqat bilan mutolaa qildim. Fikran dedimki: "Bu zavqli, go’zal, qiziqarli, shirin bir maqsadga boradigan bu tavofuqli yo’lda nima uchun yuborilmasdan parda tushdi, boshqa yo’lga chorlandik, ishlatildik."
Birdan eslatildiki: "O’sha g’aybiy sirlarni ochadigan maslakdan yuz daraja yanada ahamiyatli va qiymatli va umumiy ehtiyojga sabab va hamma bu zamonda unga shiddat bilan muhtoj va Islomiyatning poydevorlari bo’lgan iymoniy haqiqatlar xazinasiga xizmat qilishga va foydalanishga zarar kelar edi. Eng buyuk va eng yuksak maqsad bo’lgan iymoniy haqiqatlarni ikkinchi darajada qoldirar edi. Shuning uchun edi."
Sura-i اِذَا جَٓاءَ نَصْرُ اللّٰهِ ramzida g’aybiy sirlar ko’rsatildi; birdan yopildi, parda tushdi.
Ham bu sir uchundirki, o’sha yo’lda ortiqcha ishlatilmadik. Faqat o’sha maslagi tavofuqiyaning alomatlaridan Risola-i Nurning haqqoniyatiga bir imzo va jazolatiga bir ziynat va Qur'on harflarining intizomidan va vaziyatlaridan namoyon bo’lgan bir navi i'joz chiqdi. Ortiq u yo’lda ishlatilmadik.
Umum qardoshlarimizga va Risola-i Nurda darsdoshlarimga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va duolarini so’rab qolamiz.
***
Aziz, siddiq, muborak, ma'sum qardoshlarim!
Sizning juda muborak va nazarimizda juda qiymatdor va mening nazarimda Jannatning وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ tarafidan abadiy va Firdavsiy bir hadya-i qudsiya kabi o’tgan va kelayotgan ikkita bayramni, Jannatning qand va shirinliklari kabi shirinlashtirgan va ziynatlarning va naqshlarning yetmish tarzlarini kiygan Hurlarning ko’ylaklari va liboslari kabi, ma'naviy majlisimizni ziynatlantirgan qalam hadyangizni oldik. Bu hadya Risola-i Nur xizmati nuqtasidan qay daraja ahamiyatli ekanini bu kunlarda boshimga kelgan va tushimga kirgan bir hodisa bilan tushuninglar: Jumladan:
Bu juda qiymatdor ma'naviy hadyani olishdan uch kun avval, aynan hadyangiz Kastamonuga keladigan onda tushda ko’ryapmanki; maqomning yuksalishi va martaba uchun bizlarga bir farmoni shohona ma'naviy tomondan kelyapti, kamoli hurmat bilan qo’llarida tutib bizga keltirayotgan edilar. Biz qarasak, o’sha farmoni oliy Qur'oni Azimushshon bo’lib chiqdi. U holda bu ma'no qalbga keldi: Demak Qur'on tufayli Risola-i Nurning shaxsi ma'naviyi va biz shogirdlari bir yuksalish va taraqqiy farmonini olami g’aybdan olamiz.
Hozir ta'biri esa, o’sha farmonni tamsil etgan ma'sumlarning qalami bilan ma'naviy tafsiri Qur'onni olganimizdir. Bu tushning hozirgi ta'biri chiqmasdan bir-ikki soat avval Fayzi bilan Amin ko’rsatgan ta'bir ham haqdir va ahamiyatlidir.
Ham bu sababi surur va sevinch bo’lgan hadya-i nuroniyani bir oldindan sezish hissi bilan mening ruhim to’liq his qilgan, aqlga xabar bermagan ediki, u kelmasdan ikki kun avval Fayzi va Aminning xatida bayon etilgan tushni ko’rgan kechamning kunduzi, tongdan kechgacha va ikkinchi kuni ham qisman, hech ko’rmaganim bir tarzda bir sevinch, bir surur his qilib doimo bir bahona bilan sevinchimni izhor qilib, o’ttiz-qirq marta tabassum qilib kuldim.
Men ham va Fayzi ham juda taajjub va hayratlandik. {(Hoshiya) Ha, hech qachon Ustozimizni bu qadar xursand ko’rmagandik. Sababini bilmaganimizdan hayrat qilayotgan edik. Amin, Fayzi} O’ttiz kunda bir marta kulmagan, bir kunda o’ttiz marta kulish bizlarni hayratda qoldirdi. Hozir tushunildiki, o’sha surur, o’sha sevinch mazkur ma'naviy farmonni tamsil etgan ma'sumlarning va ummiylarning qalamlarining yozuvlari kelajak naslning hayot sahifalariga, Olami Islomning sahifa-i muqaddarotiga va ahli iymon istiqbolining daftarlariga nurlarni nashr qilishlarining va o’sha ma'sumlarning xolis va sof amallari va xizmatlari bilan amallar sahifamizda hasanotlarini yozib qayd qilishining va Risola-i Nur shogirdlarining taqdirining baxtiyor tarzda davom qilishining xabarini bergan, u hali kelmagan hadyadan kelayotgan edi. Mening o’sha azim natijadan hissamga tushgan mingdan bir juzi ruhan his qilingan, meni masrurona hayajonga keltirgan edi.
Ha, bunday yuzlab ma'sumlarning maqbul amallari va rad qilinmas duolari boshqa qardoshlarimning daftarlariga o’tishi kabi, men kabi bir gunohkorning amallar sahifasiga ham kirishi, minglab surur va sevinch beradi. Bunday qorong’u bir zamonda, bu og’ir sharoit ostida bunday ma'sumona va qahramonona ishlash uchun biz ham o’sha ma'sumlarni va ummiylarni va muallimlarini tabrik, ham padar va volidalarini tabrik, ham qishloqlarini tabrik, ham mamlakatlarini, ham millatlarini, ham Onado’luni tabriklaymiz.
Muborak ma'sumlarning va ummiylarning har biriga bittadan xususiy tashakkurnoma va tabriknoma yozish qo’limdan kelsaydi, yozar edim. Unday bo’lsa bu istagimni amalda yozilgan kabi qabul qilsinlar. Men ularning ismlarini bir doira suratida yozaman, duo vaqtida qarayman. Ham ularni Risola-i Nurning xos shogirdlari doirasiga doxil qilib, barcha ma'naviy yutuqlarimga hissador qilaman.
Men tarafimdan ularning padar va volidalariga yoki qarindosh va ustozlariga salomlarimizni yetkazinglar. Janobi Haq ularni va avlodlarini dunyoda va oxiratda mas'ud aylasin, omin.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va duolarini Qur'onning madhu sanosiga sazovor bo’lgan bu leyali-i ashr bo’lgan o’n kechalarda iltimos qilamiz. Amin va Fayzining tushga doir bayonlarini ham qo’shib yuboryapmiz.
***
Ispartadagi qardoshlarimizga!
Latif bir tushning, qadarga oid bir masalani shuhud darajasida bizga qanoat bergani kabi, o’sha latif tushning jiddiy ikkinchi qismi bizlarga ma'naviy bir xushxabar va bashorat bergani jihati bilan, siz qardoshlarimizga bayon qilamiz. Jumladan:
Ikki kun avval Ustozimiz tushda ko’radilarki: Men, ya'ni Fayzi bilan birga sayohatga chiqibmiz. Borarkan, birdan men Ustozimga aytamanki: "Bu yerdan men ayiqning tasbehini to’playman". Ustozim ham qarasalar, oq iplar kabi yurgan bir narsa ko’radilar. Bu ajib kuldiradigan so’zimdan va ayiqqa tasbeh isnod qilish vaziyatimdan juda qattiq kulib uyg’onganlar. Uyg’ongandan keyin ham kulganlar. Kechgacha hech ko’rilmagan bir tarzda, yigirma-o’ttiz marta o’sha tushdagi hodisani kulib men bilan hazillashdilar. Munosabat bo’lmagan ba'zi narsalar bilan ta'birga harakat qilsak ham, ta'bir qilolmadik. So’ngra ikkinchi kun, bardavom odatida, o’z tajribasi bilan, sodiq tushning qisman o’sha kuni, qisman ikkinchi kunning o’sha soatida menga o’xshagan bir do’stki, tushda Ustozimga mening suratimda ko’ringan, Ustozimizning yonlariga keldi, dediki: "Ayiqning yog’ini to’plaganlardan olib va muazzin va tasbeh qilgan bir odamning tavsiyasi bilan muhim bir odamga, har tong xastalik uchun ichishi haqida nima deysiz?" Ustozimiz ham, tushda kulganlari kabi aynan shunday kulganlar. Birdan tush xotiralariga kelib bu ajib va aynan ta'birni kamoli taajjub va hayrat bilan qarshilab, unga: "Aslo iste'mol qilmasin", deganlar.
Yigirma Sakkizinchi Maktubning tushga oid Birinchi Risolasining Oltinchi Nuktasida; sodiq tush, qadari Ilohiyning hamma narsani qamrab olganiga qat'iy bir hujjat hukmida. Ustozimiz minglab tajriba bilan ko’rganlari kabi, aynan bu voqea ham bizlarga shuhud darajasida qat'iy isbot qildiki; hodisalar vujudga kelmasdan avval muqaddardir, ma'lumdir, muayyandir. Qadari Ilohiyning me'zoni bilan keladi deb, bu rukni iymoniyga bizga g’oyat latif va qat'iy bir namuna bo’ldi.
Ham ayni tushning ikkinchi tabaqasida Ustozimiz ko’radilarki; Risola-i Nurning hay'atiga bir farmon kelyapti. Birdan keldi, o’sha qudsiy farmon Qur'on bo’lib chiqdi. Buning ta'biri, ayni kunning ayni tajriba soatida, Qur'onning Hizb-ul Akbari - umid qilinmagan bir vaqtda, ma'lum Osiyo Xonimning xonasida atrofi bezalgan Hizb-ul Akbari -yuz yillik go’zal muqova ichida, o’sha qopning ustida zar bilan podshohlarning muhim farmonlarida muhri shohona ishlanganini ko’rdik.
Ustozimiz dedilarki: Farmon keldi deb Qur'on chiqdi. Hozir ham, Qur'onning Hizb-ul Akbari keldi. Ustida farmon muhri bo’lganidan, Risola-i Nurning hay'atiga bashoratli va sababi fayzu taraqqiy bir Farmoni Rabboniy hukmiga o’tishini rahmati Ilohiyadan kutamiz. Bu ta'birdan keyin ikkinchi kuni, sizning juda qiymatdor hadyangiz haqiqiy ta'birini quyosh kabi maydonga chiqardi.
Risola-i Nur talabalaridan va doimiy xizmatchilaridan
Amin va Kichik Xusrav bo’lgan Fayzi
***
Aziz, siddiq qardoshlarim.
Butun ruhu jonim bilan bayramingizni tabriklayman. Va bu bayramimni juda muboraklashtirgan muborak ma'sumlarning va muhtaram ummiy keksalarning va ustozlarining bu safar yuborgan qiymatdor risolalarni besh jild qilib go’zal ravishda jildlatib, tartibga soldik.
Inshaalloh ulardan ko’p istifoda qiliniladi. U muborak ma'sumlarning va muhtaram ummiylarning ma'sumona va xolisona yozgan risolalari, Risola-i Nurning karomatiga yozuvlari ham bir karomat qo’shganini va eng go’zal yozuvlardan ko’proq ta'sirli bo’lganini his qilyapmiz.
Hatto Fayzining go’zal tarzda jildlatgan bolalarning tavofuqli majmuasini keltirgan vaqti bo’ynim qattiq og’riyotgan edi. "Iltimos qardoshim, mening bo’ynimni tut, juda ham og’riyapti," dedim. Birdan o’sha majmuani ochdik, qaradik; birdan shunday bir shifo bo’ldiki, bo’yin og’rig’imni unutdik. So’ngra esladik, hayratlandik. Ham o’sha risolalarni yozganlarning ismlarini, ham yoshlarini o’sha beshta majmuaning boshlarida sababi ibrat va ularga duo qildirish uchun kirgizamiz. Ularni va ayniqsa ustozlarini va padar va volidalarini men tarafimdan bir-bir, ham bu xizmatlarini, ham bayramlarini tabriklang.
Ham Isparta haqida mening katta umidimni amalda isbot qilganlari uchun, menga buyuk bir tasalli berganlari uchun, o’lgunga qadar minnatdorligimni ularga va Muboraklar Hay'atiga va Madrasa-i Nuriya va Nur va Gul fabrikasi sohiblariga yetkazinglar.
Namoz tasbehotining sirriga ko’ra: Qandayki namozdan keyin tasbeh va zikr va tahlil bilan bir xatma-i muazzama-i Muhammadiya (S.A.V.) va zikr va tasbeh qilgan va ro’yi zamin qadar keng bir halqa-i tahmidoti Ahmadiya doirasiga tasavvur va niyat bilan kirish ko’p fayzlarga vasila bo’lgani kabi; men va biz ham, Risola-i Nurning keng doira-i darsida va nurlar halqasida dars olgan va duo qilgan va ishlagan minglab ma'sum lisonlarning va muborak keksalarning duolari va solih amallariga hissador bo’lish va duolariga omin deyish hukmida bo’lib, ular bilan makonni oshib, xayolan yelkama yelka, tizzama tizza bo’lish xayoli bilan niyati bilan va tasavvuri bilan o’zimizni haddan ortiq baxtiyor deb bilamiz. Xususan oxir umrimda bunday qiymatdor, ma'sum, ma'naviy avlodlarni va yuzlab kichik Abdurrahmonlarni topish men uchun dunyoda bir Jannat hayoti hukmiga o’tadi.
O’tgan Ramazoni Sharifda, xastaligim munosabati bilan, har bir qardoshim mening hisobimga bir soatdan ishlashlarining juda buyuk natijalarini aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn ko’rganim uchun; bunday duolari rad qilinmas ma'sumlarning va muborak keksalarning va baxtiyor ustozlarining, mening hisobimga ora-sira lisonan va qalban duolari va ishlashlari, qalamlari bilan yordamlari, mening Risola-i Nurga xizmatimning uxroviy bir natija-i boqiyasini dunyoda ham menga ko’rsatdi. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
***
(Juda ham ahamiyatli)
Aziz, siddiq qardoshlarim.
Bu kunlarda g’oyat sodiq va diqqatli bir qardoshimizning ehtiyotsizligidan kichik bir ta'zir yeyishi munosabati bilan, ham bu to’rt oy ichida, minglab odam qadar aloqador bo’lganim holda; ahvoli olamdan, siyosat va urushdan qat'iyan bir xabarim bo’lmasdan va istamasdan va qiziqmaydigan bir tarzda bo’lishimdan, Fayzi va Amin kabi xos qardoshlarimning hayratlari va izoh so’rashlari sababi bilan bir haqiqatdan, ko’p marotaba bayon qilganim kabi yana bir parcha undan bahs qilish kerak bo’ldi. Jumladan:
Iymon haqiqatlari, hamma narsadan avval bu zamonda eng birinchi maqsad bo’lish va boshqa narsalar ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi darajada qolish va Risola-i Nur bilan ularga xizmat qilish eng birinchi vazifa va sababi qiziqish va shaxsan maqsad bo’lish lozim ekan; hozirgi holi olam hayoti dunyoviyani, xususan hayoti ijtimoiyani va ayniqsa hayoti siyosiyani va ayniqsa madaniyatning safohat va zalolatiga jazo sifatida kelgan g’azabi Ilohiyning bir jilvasi bo’lgan Jahon Urushining tarafgirona, tomirlarni va asablarni hayajonlantirib qalbning tubigacha, hatto iymon haqiqiatlarining olmoslari darajasiga o’sha zararli, foniy orzularni joylashtirish darajasida bu mash'um asr shunday rivojlantirgan va rivojlantiryapti va shunday singdirgan va singdiryaptiki; Risola-i Nur doirasi xorijida bo’lgan ulamolar, balki valiylar; o’sha siyosiy va ijtimoiy hayotning aloqalari sababi bilan, iymon haqiqiatlarining hukmini ikkinchi, uchinchi darajada qoldirib, o’sha jarayonlarning hukmiga tobe bo’lib, hamfikri bo’lgan munofiqlarni yaxshi ko’radi, o’ziga muxolif bo’lgan ahli haqiqatni, balki ahli valoyatni tanqid va adovat qiladi, hatto hissiyoti diniyani o’sha jarayonlarga tobe qiladilar.
Mana bu asrning bu ajib tahlikasiga qarshi, Risola-i Nurning xizmat va mashg’uliyati, hozirgi siyosatni va jarayonlarini shu daraja nazarimdan tushirganki; bu Jahon Urushiga bu to’rt oyda qiziqmadim, so’ramadim.
Ham Risola-i Nurning xos talabalari boqiy olmoslar hukmida bo’lgan iymon haqiqatlari vazifasi ichida ekanlar, zolimlarning shaxmat o’yinlariga qarash bilan vazifa-i qudsiyalarida sustlik qilmasliklari va fikrlarini ular bilan bulg’atmasliklari kerak.
Janobi Haq bizga nur va nuroniy vazifani bergan; ularga ham zulmli zulumotli o’yinlarni bergan. Ular bizdan istig’no qilib yordam bermaganlari va qo’limizdagi qudsiy nurlarga xaridor bo’lmaganlari holda, biz ularning qorong’u o’yinlariga vazifamiz zarariga qarashga tanazzul qilishimiz xatodir. Bizga va qiziqishimizga, doiramiz ichidagi ma'naviy zavqlar va iymoniy nurlar kifoya va yetarlidir.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va bayramlarini tabriklaymiz.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ قَطَرَاتِ الثَّلْجِ
Aziz, siddiq qardoshlarim.
Takroran bayramlaringizni bu atrofdagi qardoshlarimiz bilan barobar tabriklaymiz. Sizning besh-olti maktubingizga javoban besh-olti maktub yozishim haqqingizdir, faqat mening ummiyligim uchun aybga buyurmaysiz. Bir qisqa maktub bilan kifoyalanyapman.
Birinchidan: Xusravning maktubi, Risola-i Nurga xizmat qilolmagani uchun afsuslanishiga javoban unga yozinglarki: Xusravning jozibador yozuvlari va nusxalari uning o’rniga juda porloq bir suratda xizmat qilyaptilar.
Va Xulusiyning Yigirma Yettinchi Maktubga kirgan maktublari ham uning badaliga ishlayaptilar, vazifasini qisman qilyaptilar. Va marhuma volidasiga maxsus tarzda duo qilinadi.
Va Oydinli Hasan Atifning, Hofiz Alining maktubining hoshiyasida yozgani, misli ko’rilmagan shu duo, "Ey Robbim, Kuldir Saidni, toki kulishlaridan gullar ochilsin" degan juda g’arib ifodasi, Risola-i Nurga uning sadoqat va ixlosining ajib bir karomatidirki; o’ttiz kunda bir marta kulmagan o’sha bechora Said, bir kunda o’ttiz marta kulganining yozilishi va sizga o’sha maktubning yuborilish paytiga to’liq tavofuq qiladi.
Duradgor Ahmadning haqiqatdan meni sevinch bilan yig’lattirgan va ko’p xavotirlarimni ketkazgan Risola-i Nurning muborak shogirdlarining karomatkorona, bir kechada u yerga kelgan maktublarni kerak bo’lgan joylarga yuborish uchun yozishlari meni favqulodda masrur va mutashakkir qilgan maktubi bir kitob qadar va o’n maktub o’rnida qabul qildik. Marhum va qiymatdor va juda vafokor va fidokor va sakkiz yil menga xizmat qilgan bir qardoshimiz Duradgor Mustafo Chovush o’rniga, Janobi Haq rahmati bilan, qahramon Duradgor Ahmadni berdi.
Nur fabrikasining sohibi Hofiz Alining maktublari, juda nozik va juda yuksak hissiyotini va karomatkorona ixlosining darajalarini ko’rsatganidan, juda uzun bir javob istaydi. Lekin hozircha bu qadar aytamiz: U umumning hisobiga bizning bayramimizni tabriklaganiga, biz ham uni vakil qilib, umumimiz nomidan har bir qardoshimizga tabrikni takror qilamiz.
Muboraklar, Tohir bilan barobar: Tohirning bizga o’sha qiymatdor qalami bilan Jannat taomlari kabi juda shirin va hurlar libosi kabi juda go’zal yozuvlari, bu yerda hammani lazzat bilan mutolaaga chorlayapti. Va uning ma'suma ikki muborak qizlari yozgan nusxalari bu yerda ayollar, qizlar olamida kezyapti; ko’rganlarni Risola-i Nurga tortyapti. Juda mehnatsevar va fidokor Tohiriyning ko’plab hadyalari bizlarni ko’p qarz ostida qoldirdi.
Risola-i Nurning pochtachisi muborak Abdulloh qay holda bo’lganini so’ramoqchi edim. Hofiz Alining maktubida so’ramasdan javobimni oldim. Alloh ikkalasidan rozi bo’lsin. O’sha maktubning oxirida, moziy va istiqbol va samovot ahlini ham xursand qilgan ma'sumlarning va muborak ummiy keksalarning hadya-i ma'sumonalari bayonidagi ifodasi g’oyat go’zal bo’lgan.
Nur bandargohining noziri benaziri Sabri-i Basirat-basiyrning xususiy maktubida yozgan bir singlimning Javshan-ul Kabirni yodlashi; eskidan beri o’sha xonim Risola-i Nur talabalari ichida bo’lganiga loyiqligini ko’rsatyapti. Uning nomi bilan birga duoda nomi zikr qilingan va Hazrat Mavlono Xolidning Yaktagini to’liq muhofaza qilib bizga yetishtirgan Osiyo Xonimning birdan lisoniga kelgan bir ifoda sizga yuboriladi.
O’sha Kozja Xatibi Risola-i Nur bilan to’liq aloqador bo’lsa, Sabri mening o’rnimga unga salom aytsin.
Bizga kelgan ma'sum va ummiylarning va ustozlarining risolalarini yetti jild qilib chiroyli tarzda tasnifladik. Ma'sumlarning tavofuqli go’zal qismlari bir jild va keksalarning go’zal qismlari ichida qahramon Shukruning Mo’'jizoti Ahmadiya go’zal nusxasi ichida bo’lib ikkinchi jild. Yetti jildning har birining boshida, uchinchi sahifada kelgan qism, ibratga loyiq qilib yozilgan. Hammaga salom.
Risola-i Nurning kichik va ma'sum shogirdlarining ellik-oltmishta talabasining va qirq-ellikta ummiy muborak keksalar va qiymatdor ustozlari yozgan tavofuqli va shirin nusxalarni bizga yuborganlar. O’sha qismlarni yetti jild ichida jamladik.
Bu muborak ummiy keksalarning qirq yildan keyin Risola-i Nur yuz-xotiri uchun hamma ishlardan ustun qo’yib yozishni boshlashlari va ma'sum bolalarning Risola-i Nurdan dars olgan va yozgan risolalarining bir qismidir. Ularning bu zamonda bu jiddiy sa'y-harakatlari ko’rsatyaptiki, Risola-i Nurda shunday ma'naviy zavq va jozibador bir nur borki, maktablarda bolalarni o’qishga shavq bilan chorlash uchun ijod qilgan har qanday o’yin va tashviqlarga g’alaba qiladigan bir lazzat, bir surur, bir shavq Risola-i Nur beradiki; bolalar va ummiy keksalar bunday harakat qilyaptilar.
Ham bu hol ko’rsatyaptiki, Risola-i Nur ildiz otyapti. Inshaalloh, uni hech bir narsa uzib tashlolmaydi; kelajak nasllarda ham davom qilib boradi. Aynan bu ma'sum kichik shogirdlar kabi, Risola-i Nurning jozibador doirasiga kirgan bu ummiy keksalarning, qisman cho’ponlarning va ko’chmanchi va yigitlarning bu zamonda, bu ajib sharoit ichida hamma narsadan ustun qo’yib Risola-i Nur bilan bu suratda mashg’ul bo’lishlari ko’rsatyaptiki, bu zamonda Risola-i Nurga nondan ko’proq ehtiyoj borki; dehqonlar, cho’ponlar, ko’chmanki yigitlar, {(Hoshiya) Ayniqsa Risola-i Nur qahramonlaridan Shukru Efe va ayniqsa tog’ qo’mondoni Cho’pon Vali va ko’chmanchi qabilalaridan Bahodir Sulaymon va o’xshashlarining g’ayratlariga ishoratdir.} zaruriy ehtiyojlardan ziyoda bir zaruriy ehtiyojlarni, Risola-i Nurning haqiqatlari deb biladilar.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim.
Bu tarafda yo’l yopildi, pochta kelmayotgan edi. Sizlardan keladigan bir maktub yoki bir risolani kutayotgan edim. Hozir ruhimga bir eslatma bilan ortiq kutmasdan, bu yerda husni ta'sirini ko’rsatgan uch qismni yuboryapman. Ma'sumlarning va ummiy muborak keksalarning va qahramon Tohiriyning nusxalari doimiy porloq bir tarzda fathlar qilyaptilar. Faqat juz'iy bir nechta qismni tahrir qilarkan zahmat chekdim. Faqat o’sha zahmat menga shirin kelayotgandi. Ham ayni rahmat bo’ldi. Meni ham o’sha ma'sum va muboraklarning jamoatiga doxil qilib, mening xatimga o’xshaganlari uchun, o’zim o’sha qismlarni yozgandek to’liq sohib bo’ldim. Agar men yozsaydim, aynan ular kabi bo’lardi.
***
(Kastamonudagi qardoshlarimizga xitoban yozilgan bir haqiqatdir. Balki sizga ham foydasi bo’ladi deb yubordim.)
Risola-i Nur o’zining sodiq va sabotkor shogirdlariga qozontirgan juda buyuk foyda va yutuq va juda ham qiymatdor natijaga muqobil narxi o’laroq, o’sha shogirdlardan to’liq va xolis bir sadoqat va doimiy va tebranmas bir sabot istaydi. Ha, Risola-i Nur o’n besh yilda qozonilgan kuchli iymoni tahqiqiyni o’n besh haftada va ba'zilarga o’n besh kunda qozontirganiga, yigirma yilda yigirma ming zot tajribalari bilan guvohlik qiladilar.
Ham uxroviy amallarda sherikchilik dasturi bilan, har bir shogirdiga, har kuni minglab xolis lisonlar bilan qilingan maqbul duolari va minglab ahli salohat qilgan solih amallari mislicha savoblarini qozontirib, har bir haqiqiy, sodiq va sabotkor shogirdini amal jihatidan minglab odam hukmiga keltirganini; karomatkorona va taqdirkorona Imom Alining (Roziyallohu Anh) uchta xabarlari va karomati g’aybiya-i G’avsi A'zamdagi (Q.S.) tahsinkorona va tashviqkorona bashorati va Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning quvvatli ishorati bilan o’sha xolis shogirdlar ahli saodat va asxobi Jannat bo’lishlariga xushxabarni juda qat'iy isbot qiladilar. Albatta bunday yutuq shunday bir narx istaydi.
Modomiki haqiqat budir. Risola-i Nur doirasining yaqinida bo’lgan ahli ilm va ahli tariqat va so’fiy-mashrab zotlar, uning jarayoniga kirish va ilm va tariqatdan kelgan eski sarmoyalari bilan unga quvvat berish va kengayishiga harakat qilish va shogirdlarini tashviq qilish va bir muz parchasi bo’lgan anoniyatini, to’liq bir hovuzni qozonish uchun, o’sha doiradagi obi hayot hovuziga tashlab eritishlari kerak va juda lozimdir. Bo’lmasa Risola-i Nurga qarshi raqibona boshqa bir yo’l ochish bilan ham u zarar ko’radi, ham bu mustaqim va metin Qur'on yo’liga bilmasdan zarar yetkazadi; zindiqoga bir navi yordam bo’ladi.
Aslo, aslo! Dunyo jarayonlari, xususan siyosat jarayonlari va ayniqsa xorijga qaragan jarayonlar sizni bo’linishga olib kelmasin. Qarshingizda birlashgan zalolat firqalariga qarshi abgor qilmasin اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ وَ الْبُغْضُ فِى اللّٰهِ dasturi Rahmoniy o’rniga, Alloh saqlasin اَلْحُبُّ فِى السِّيَاسَةِ وَ الْبُغْضُ لِلسِّيَاسَةِ dasturi shaytoniy hukm qilib, malak kabi bir haqiqat qardoshiga adovat va al-xannos kabi bir siyosat do’stiga muhabbat va tarafdorlik bilan zulmiga rizo ko’rsatib, jinoyatiga ma'nan sherik qilmasin.
Ha, bu zamonda siyosat qalblarni buzadi va asabiy ruhlarni azob ichida qoldiradi. Salomati qalb va istirohati ruh istagan odam, siyosatni tashlashi kerak. Ha, hozir kurra-i arzda hamma yo qalban, yo ruhan, yo aqlan, yo badanan kelgan musibatdan hissadordir, azob chekyapti, abgordir. Ayniqsa ahli zalolat va ahli g’aflat, rahmati umumiya-i Ilohiyadan va hikmati tomma-i Subhoniyadan xabarsiz bo’lganidan, nav'-i basharga jinsdoshiga achinish, aloqadorlik jihati bilan, o’z alamidan tashqari nav'-i basharning hozirgi azobli va dahshatli alamlari bilan ham alamzada bo’lib azob chekyapti. Chunki keraksiz va behuda bir suratda vazifa-i haqiqiyalarini va eng lozim ishlarini tashlab ofoqiy va siyosiy urushlarni va koinotning hodisalarini qiziqish bilan tinglab, qo’shilib ruhlarini tentak va aqllarini vaysaqi qilganlar. Va bilib turib o’z zarariga amalda rizo ko’rsatish jihatidan, zararga rozi bo’lganga shafqat qilinmaydi ma'nosidagi اَلرَّاض۪ى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ asos qoidasi bilan shafqat haqqini va marhamat layoqatini o’zlaridan olib tashlashgan. Ularga achinilmaydi va shafqat qilinmaydi. Va keraksiz boshlariga balo keltiradilar.
Men taxmin qilamanki: Butun kurra-i arzning bu yong’inida va to’fonlarida, salomati qalbini va istirohati ruhini muhofaza qilgan va qutqargan, faqat haqiqiy ahli iymon va ahli tavakkal va rizodir. Bularning ichida ham eng ko’p o’zini qutqarganlar, Risola-i Nurning doirasiga sadoqat bilan kirganlardir.
Chunki bular Risola-i Nurdan olgan iymoni tahqiqiy darslarining nuri bilan va ko’zi bilan, hamma narsada rahmati Ilohiyaning izini, mag’zini, yuzini ko’rib, hamma narsada kamoli hikmatini, jamoli adolatini mushohada qilganlari uchun, kamoli taslimiyat va rizo bilan, rububiyati Ilohiyaning ijrootidan bo’lgan musibatlarga qarshi taslimiyat bilan, kulib qarshilaydilar, rizo ko’rsatadilar. Va marhamati Ilohiyadan yanada oldin shafqatlarini surmaydilarki, alam va azob cheksinlar. Mana bunga binoan, faqat hayoti uxroviyaning emas, balki dunyodagi hayotning ham saodat va lazzatini istaganlar, - hadsiz tajribalar bilan - Risola-i Nurning iymoniy va Qur'oniy darslarida topa oladilar va topyaptilar.
Bu kunlarda ikki xotiradan ikkita eslatma:
Birinchisi: Bu shaharda Risola-i Nurga bog’langan keksa xonimlar sabot qilganlarini va boshqalar kabi ta'sirlanmaganlarini o’yladim. Birdan bu hadisi sharif eslatildi. عَلَيْكُمْ بِد۪ينِ الْعَجَائِزِ Ya'ni: "Oxirzamonda keksa ayollarning samimiy dinlariga va kuchli e'tiqodlariga tobe bo’linglar." Ha, keksa ayollar fitratan zaif va ta'sirchan va shafqatli bo’lganlaridan, hammadan ko’proq dindagi tasalli va nurga muhtoj bo’lganlari kabi; hammadan ko’proq fitratlarida fidokorona shafqat jihati bilan, dinda topgan nihoyatsiz shafqatparvarona bir nuri tasalli va iltifoti marhamati Rahmon va nuqta-i tayanch va nuqta-i madadga ehtiyoji bor. To’liq sabot qilish, fitratlarining taqozosidir. Shuning uchun, bu zamonda o’sha ehtiyojlarni to’liq ta'minlagan Risola-i Nur hamma narsadan ko’proq ularning ruhlariga xush kelyapti va qalblariga yopishyapti.
Ikkinchisi: Bu kunlarda mening yonimga ko’plab boshqa-boshqa zotlar keldilar. Men ularni oxirat uchun o’yladim. Holbuki yo tijorat yoki ishlarida bir kasod va muvaffaqiyatsizlik bo’lganidan, bizga va Risola-i Nurga, muvaffaqiyat uchun va zarardan qutulish niyati bilan murojaat qilib, duo va maslahat istaganlarini tushundim.
"Men bularga nima qilay va nima dey?" deb xotirladim. Birdan eslatildi: "Na sen devona bo’l va na ularni ham devonalikda qo’yib devonacha gapir. Chunki ilonlar zahariga qarshi tiryoq qo’lga kiritish bilan va ularni qochirish bilan mashg’ul va vazifador bitta odam, ilonlar ichida turgan va chivinlarning chaqishiga ma'ruz bo’lgan va chivinlarni qochirish uchun ko’p yordamchilari bo’lgan boshqa bir odamga, ilonlarning chaqishini tashlab unga, chivinlar chaqmasligiga yordam uchun yugurgan devonadir. Va uni chaqirgan ham devonadir. U suhbat ham devonacha bir suhbatdir." Ha, hadsiz hayoti uxroviyaga nisbatan vaqtinchalik va foniy qisqacha hayoti dunyoviyaning zararlari, chivinlarning chaqishi kabidir. Hayoti abadiyaning zararlari, unga nisbatan ilonlarning chaqishidir.
***
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
Juda muhtaram Ustozimiz Afandimiz!
Bir ming uch yuz yigirma birinchi (1321) yili, Mo’'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomni va Karomati G’avsiya Risolalarini uyqu olamida ko’rgandim. Buning hikmatini hozirgacha tushunolmagandim. Ko’rgan tushim aynan shunday edi:
Mazkur sanada, Arabiston Yarim Orolining Najid Qit'asining Kasim tumanida, bir kecha tushimda uchta quyoshning chiqqanini ko’rdim. Yonimda taniy olmaganim bir zotdan: "Bu uchta quyosh nima?" deb so’radim. Yonimdagi zot: "Bu quyoshning biri Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomning quyoshi, boshqasi G’avsi Jiyloniyniki, uchinchisi ham boshqa bir quyoshdir." Uchinchi quyoshning Risola-i Nur bo’lganini hozir bildim.
اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ مَثَلُ نُورِه۪ كَمِشْكٰوةٍ ف۪يهَا مِصْبَاحٌ اَلْمِصْبَاحُ ف۪ى زُجَاجَةٍ اَلزُّجَاجَةُ كَاَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِنْ شَجَرَةٍ مُبَارَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُض۪ٓىءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ نُورٌ عَلٰى نُورٍ يَهْدِى اللّٰهُ لِنُورِهِ مَنْ يَشَٓاءُ
Oyati Qur'oniya o’sha tush haqiqatiga ishorat qilgan. Bu nuroniy tush mazkur Oyati Nurning o’nta ishorat bilan, o’nta barmoq bilan ko’rsatgan haqiqatni aynan ko’rsatyapti. O’ttiz sakkiz yil avval xabar beryapti. Ha, uch nuri a'zam bo’lgan quyoshlarning -Allohu a'lam- ta'biri shu bo’lishi kerak.
Quyoshlarning birinchisi: Bu asrda Risola-i Nurdir. Va eng porloq bir nuri ham, Mo’'jizoti Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalom) nomli risola-i horiqodir.
Ikkinchisi: Hazrat Isoning (A.S.) dini haqiqiysidan chiqqan nuri samoviy quyoshidir.
Uchinchisi: Tariqatlar ruhida va tasavvuf manbaidan chiqadigan bir quyoshdirki, hozir Shayx Jiyloniy timsoli bilan o’sha ma'no ko’rsatilgan. Risola-i Nurga ishorat qilgan o’ttiz uchta oyati Qur'oniyaning eng birinchi oyati bo’lgan Oyat-in Nur o’nta jihat bilan Risola-i Nurga ishorat qilgan Birinchi Shu'la risolasida ko’zim bilan ko’rdim, istagan ko’rishi mumkin.
Sizni o’zidan ko’p yaxshi ko’rgan ojiz shogirdingiz
Mingboshi Muhyiddin
***
Aziz, siddiq, metin, sabotkor qardoshlarimizga!
Biz bu atrofdagi Risola-i Nur talabalari nomidan sizlarga juda ko’p salom bilan barobar, shukronlarimizni arz aylaymiz. Va sizlardan abadiy minnatdormizki, muqtadir va porloq qalamlaringiz bilan bizlarni ham uyg’otdingiz, ham yordam berdingiz. Bu viloyatni nuroniy qalamlaringiz bilan inshaalloh Ispartaga o’xshatasiz. Va ayniqsa juda ahamiyatli qardoshimiz qahramon Tohiriyning porloq va muvaffaqiyatli va tavofuqli qalami karomatkorona fathlar qilyapti. Va uning ikkita ma'sumalari va ma'sumlarning va ummiy keksalarning rang-barang, turli-tuman ustunliklarini ko’rsatgan yozuvlari bizlarni sehrlayapti, hammani shavq bilan o’qishga chorlayapti. Janobi Haq sizlardan abadiyan rozi bo’lsin va sizni muvaffaq qilsin, omin.
Juda muhim va muborak qardoshimiz Hofiz Mustafo bizga bergan ahamiyatli hujum hodisasi xabari bizni hayratga tushirdi. Va Ustozimizning o’sha vaqtda xavotirlarining va hayajonlarining hikmatini tushundik. Bir oldindan sezish hissi bilan doimo bizlarga der edilar: "Diqqat qiling, sabot qiling! Munofiqlar hujum rejasini qilyaptilar!", deb bizni ehtiyotga chorlardilar, Ham "Hech narsa qilolmaydilar" der edilar.
Ha, Ispartalik qardoshlarimiz bizga xabar berganlari kabi, bu ahamiyatli hujum hodisasiga tashabbus bo’lgan paytda aloqamiz uzilgani holda, doimiy ravishda har vaqt Ustozimiz, ayni hujumga biz ma'ruz qolayotgandek bizni, ya'ni Amin va Fayzini ogohlantiradilar: "Diqqat qilinglar, to’rt jihat bilan bizga hujum bor. Temir kabi sabot qilinglar. Hech narsa qilolmaydilar." Biz ham qarardik, bizda hech narsa yo’q, his qilmas edik.
Ham o’sha g’aybiy hodisani bartaraf qilish uchun, to’liq uyg’un bir maktub bizga yozdirib sizga yuborgandik.
Risola-i Nur talabalaridan
Nazif, Salohiddin, Tavfiq, Hilmi, Amin, Fayzi
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada qahramon birodarlarim.
Bundan avval uchta maktub, omonatni olgandan keyin yuborgandim. Bu safargi Hofiz Alining maktubida ulardan so’z bahs qilmagan, xavotirlandim. Nur Fabrikasi sohibi Hofiz Alining xastaligi meni ranjitdi, bizni duoga chorladi. Janobi Haq quvvat va shifo ehson aylasin, omin.
Hofiz Alining maktubi bilan Risola-i Nurning ahamiyatli ruknlaridan bo’lgan Halil Ibrohimning usulida Ahmad Fayzining maktublari, shaxsimga oid haddimdan yuz daraja ortiq yaxshi gumonlari bir tarafda qolsa, uni inobatga olmasak, o’sha atrofda Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysiga Halil Ibrohim bilan Ahmad Fayzining tebranmas, g’oyat kuchli aloqalarini ko’rsatganidan, bizni jiddiy ravishda masrur ayladi.
Ha, ularning shiddatli aloqadorliklari, o’sha atrofda Risola-i Nurni yerlashtiryapti, davom ettiryapti. U ikkalasining maktublari surati zohiriyada mening shaxsimga ahamiyat berishlari garchi muvofiq emas, mubolag’adir. Faqat o’sha xato suratning ostidagi haqiqat Risola-i Nur shogirdlarining samimiy hamjihatliklaridan sizilgan bir shaxsi ma'naviyga va Risola-i Nurning Qur'ondan kelgan haqiqatiga to’liq uyg’un va haq bo’lib sarf qilinadigan o’sha maktublardagi ta'birlar, men kabi bir juz'iy kishiga sarf qilingan. Mening haddimdan ming daraja ortiq bo’lish bilan barobar, o’sha shaxsi ma'naviy nomiga va Risola-i Nurning haqiqati hisobiga va o’sha ahamiyatli va juda muhtoj mamlakatda favqulodda bir aloqa va faoliyatga alomat bo’lish jihati bilan qabul qildim.
Ahmad Fayzining ham, inshaalloh Kastamonu Fayzisi kabi, bor kuchi bilan Risola-i Nurga xizmat qiladigan azm va qaror suratida maktubini qabul qilamiz. Faqat kamtarinligi va tavozesi haddan ortiq hamda istaganlari ham juda ko’p va maktubidagi duolari ham go’zal bo’lgani uchun, doimiy duomizda bu yerning Fayzisi bilan yelkama-yelka kirdi.
Halil Ibrohimning maktubi, balki har maktubni ham uning, ham Inja Mehmedning nomiga qabul qilaman. Ikkalasiga, Xusrav bilan Rushdu kabi, bir ruh, ikki jasad nazari bilan qarayman. Janobi Haq ularni muvaffaq etsin va o’xshashlarini u yerlarda ko’paytirsin. Va u maktubda Risola-i Nur talabalaridan Hofiz Mehmed Amin va Mustafo Chovush bilan birga, Siirtli Ahmad va Salohiddin va Izziddin kabi zotlar ham Risola-i Nur bilan aloqador bo’lganlarini bildiradi. Biz ham ularga bir-bir ham salom, ham ularni ham Risola-i Nur talabalari ichida duoda sherik qilamiz.
Hofiz Alining maktubida, qo’liga o’tgan maktubimizni go’zal ravishda taqdirlagan va xulosalagan. Risola-i Nur saodati abadiya do’koni va boqiy olmoslarni sotganidan; foniy, siniq shisha parchalari undan istalmasligi kerak, ta'biri juda go’zal bo’lgan.
Ham Isparta, ham Manisadagi barcha qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va duolarini istaymiz. Qamoqxonada Risola-i Nurning oxirgi kotibi qahramon Shafiq, ajabo salomatmi? Qayerda? Xavotirlanyapman. Halil Ibrohimdan so’ranglar.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim.
Muborak oylardan so’ng, xususan bahorga yaqin, hayoti dunyoviya g’aflati bir daraja sustlik berish bilan barobar; ba'zi larzalar va xastaliklar va askarlikka ketish jihatidan Risola-i Nurning xizmatiga bir daraja zaiflik keldi deb xavotirlanayotgan edim. Janobi Haqqa shukrki, maktublaringiz va Atif Hasanning kelishi bilan o’sha xavotir ketdi. O’sha maktubingizda juda ahamiyatli bir hodisa-i nuriyadan bahs borki, Hizb-ul Akbar-ul Qur'onni chop qilish tashabbusidir.
Ha, u Hizb-ul Akbardagi oyatlar butun Resail-i Nuriyaning ruhi, asosi, ma'dani, ustozi va quyoshidir. Uni chop qilgandan keyin, mumkin bo’lsa, Risola-i Nurning Hizb-ul Akbari nomli arabcha yozuvli va ikkita Oyat-ul Kubro va Munojotning xulosasi bo’lgan risolani ham chop qilish lozimdir. Lekin qo’lingizdagi nusxa, mening nusxam kabi mukammal emas. Biz bu yerda yozib, istasangiz sizga yuboraylik. Istasangiz, Istanbulda bosmaxonadagi vakilingizga yuboraylik, manzilini bildiringlar.
Qardoshimiz Hasan Atif haqiqatdan Risola-i Nurning xizmatiga juda ham loyiq va iste'dodlidir. Mustasno xati bilan barobar ixlosi, aloqasi, aloqadorligi, jiddiyligi, sadoqati ham mukammaldir. Janobi Haq uning o’xshashlarini ko’paytirsin. Bu qardoshimizni yigirmata maktub o’rniga sizga jonli bir maktub sifatida yubordik.
Hofiz Alining bu yerdagi qardoshlariga juda yuksak, juda ta'sirli yozgan maktubiga javoban boshda Fayzi, Amin bo’lib barchaning nomidan Fayzi deydiki: "Biz bu mamlakat talabalari Isparta qahramonlarining kichik qardoshlari, balki ularning talabalarimiz. Darsni, xizmatni va jiddiylikni ulardan olyapmiz. Har biri biz uchun bittadan ustozdir. Ularning qo’llaridan o’pamiz, hurmatlarimizni arz etamiz. Janobi Haq u qahramonlardan abadiyan rozi bo’lsin, omin", deydilar.
Risola-i Nurning bandargoh noziri Sabrining birinchi talabasi va Risola-i Nurning ahamiyatli kichik bir talabasining kichkina maktubidagi go’zal yozuv bizni masrur etdi. Janobi Haq uni va u kabi Risola-i Nurga xizmat qilgan ma'sumlarga tavfiq va salomat va saodat ehson aylasin, omin.
Hofiz Mustafoning nazdimizda juda ham ahamiyatli maktubi ko’pdan beri men kutgan bir haqiqatni ko’rsatdiki; Risola-i Nur doirasidagi shogirdlar, mashvarat suratida chop qilish kabi juda ahamiyatli ishlarni qilishni boshlashlaridir.
***
Aziz, siddiq, sodiq, xolis va muxlis qardoshlarim.
To’rt-besh qardoshlarimga oid qisqacha gapiraman:
Birinchisi: Madrasa-i Nuriyaning murshidi, ta'sischisi va idorachisi Hoji Hofiz qardoshimizning bu safar uchinchi bir tabarrukini ko’rdik. Barlada ekan, shirin luqmalarning karomatli, ajib barakasi va Ispartada Iqtisod Risolasini shirinlashtirgan ikki yarim o’qqa asalning g’aroyib bir hodisaga sabab bo’lishi, {(Hoshiya) Hozir men taxmin qilyapman, u asal ham uniki ekan. Faqat aniq eslay olmayapman.} bu uchinchi safar ham, ming muborak va ma'sum xotirlarini va iltifotlarini tamsil etgan va parchalanmagan bir hadyani yuborgan. Oltmish yillik bir qoida-i hayotiyamni o’sha ming xotirning xotiri uchun, o’sha qoidamning xotirini buzdim.
Ikkinchisi: Atif Hasanning haqiqatdan favqulodda yozgan tavofuqli Mo’'jizoti Qur'oniyani, u ketgandan keyin tomosha qildim. Qo’limdan kelsaydi, har bir yaprog’iga muqobil bir lira berar edim. Inshaalloh u nusxa bilan minglab odam istifoda qilib, uning hayoti boqiyasiga bir chashma hukmida foyda beradi. Xusrav va qahramon Tohiriyning uchinchisi bo’lyapti.
Uchinchisi: Risola-i Nurning eski va ahamiyatli va mehnatkash bir shogirdi bo’lgan Kotib Usmonning sodiq va hikmatli tushi va uyg’un ta'biri ularni xursand qilganidek, bizlarni ham masrur ayladi. Va u maktubi bilan, men qiziqayotgan narsalarni, va Xusrav va Rushdu, Hofiz Ali, Zuhdu Badaviy, Nuri va Nur fabrikasi sohibi, Tohirlar, muboraklar hay'ati, madrasa-i nuriya va ummiy keksalar va ma'sum bolalar, hammalarininig salomlarini yozyapti. Biz ham ularga bir-bir salom aytamiz. Muvaffaqiyatlari va salomatliklari uchun duo qilamiz.
Bu atrofda ham, balki ko’p yerlarda ham sizning faoliyatingizdan shavqqa kelib, Risola-i Nur ziyoda yoyilganidan; ahli dunyoni o’ylantiryapti, nazari diqqatni jalb qildiryapti. Ba'zi ahamiyatsiz hujumlar ham undan kelib chiqyapti. Ehtiyot har vaqt bo’lgani kabi yana lozimdir. Hazrat Imom Ali Roziyallohu Anh ikki marta "Sirran tanavvarot" deyishi, Risola-i Nur parda ostida nurlanadi va yoritadi deb ishorat qiladi. Mumkin bo’lganicha o’tkinchi shamollarga ahamiyat bermanglar, qaramanglar. Zotan o’rtangizdagi samimiy birdamlik va mashvarati shar'iya sizni unday narsalardan muhofaza qiladi. Ichingizdagi shaxsi ma'naviyning fikrini o’sha mashvarat bilan bildiradi.
Qardoshingiz va siz bilan dunyoda, barzohda, oxiratda mutashakkirona iftixor qilgan va qiladigan, xizmati Qur'oniyada do’stingiz.
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu yangi hujum hodisasidan xafa bo’lmanglar. Chunki takror-takror tajribalar bilan, Risola-i Nur inoyat ostidadir. Hech bir toifa hozirgacha bunday bir ahamiyatli xizmatda bizlarchalik oz mashaqqat bilan qutulgan bo’lmagan.
Ham o’tgan Ramazondagi xastaligim va Eskishahardagi musibatimiz kabi ko’p voqealar bilan, zohiriy zahmatli, mashaqqatli holatlar ostida Risola-i Nurning foydasiga bo’lib inkishoflari va yanada ta'sirli fathlari ko’rilgan. Inshaalloh, bu zahmatli hodisa ham, munofiqlarning maqsadlari aksi bilan, Risola-i Nurning fathlarini boshqa bir yo’lda yengillashtirishga vasila bo’ladi.
Beshinchi Shu'la, yigirma besh yil avval masalalari yozilgan, faqat bir-ikki sahifa tatbiqot ilova etilib Shu'lalarga kirgan Beshinchi Shu'la qo’llariga o’tishi ahamiyatlidir. Faqat bunda ham bir hikmat bor. Balki ularga o’z maslaklarini bildirish va Jahannamga ketganning mohiyatini bilish uchun, favqulotda iqtidor xorijida bir qazo-i Ilohiydir, deb Janobi Haqning hikmatiga va inoyatiga va hifziga tayanib, xavotirlanmang.
Ham siz, ham ular bilsinlarki, sadaqa baloni daf qilgani kabi; Risola-i Nur Onado’lidan, xususan Isparta, Kastamonudan samoviy va aroziy ofatlarning daf va yo’qotilishiga vasiladir. Ha, Sabrining يَا اَرْضُ ابْلَعِى ... وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِىِّ oyatidan istixroj qilgan ma'nosi haqdir va muvofiqdir.
Ha, Risola-i Nur, Safina-i Nuh kabi Onado’lini Judiy tog’i hukmiga keltirib, kurra-i arzning yong’inidan va to’fonidan qutulishiga bir sababdir. Chunki, iymonning zaifligidan kelgan tug’yon, aksar ommaviy musibatni jalb qilgani kabi; iymonni favqulodda quvvatlantirgan Risola-i Nur, o’sha ommaviy musibatni doirasining xorijiga qoldirishga rahmati Ilohiya tarafidan vasila bo’ldi. Bu ahli dunyo, bu Onado’li xalqi Risola-i Nurga kirmasalar ham, qarshi chiqmasinlar. Agar qarshi chiqsalar; yaqinda kutayotgan yong’inlar, to’fonlar, zilzilalar va vabolarning istilosiga uchrashlarini o’ylasinlar, aqllarini boshlariga olsinlar. Modomiki biz ularning dunyolariga qo’shilmayapmiz, ularning ham keraksiz bir holda bu daraja oxiratimizga qo’shilishlarida ularga falokat keltirish ehtimoli kuchlidir.
Xullas, bu sakkiz oydir, xususan bu hayajon bergan bu hodisangiz bilan birga; hozir yonimdagi Fayzi bilan Amin va barcha men bilan aloqador bo’lgan do’stlar guvohdirlarki, bu sakkiz oy mobaynida bir marta bo’lsin, na Jahon Urushini, na siyosatni so’ramaganman. Va xonamdan eshitilgan radioni ham, uch yildir, tinglamadim. Holbuki, mening minglab odam qadar dunyoga qarashga munosabat bor. Demak, bizga hujum qilgan, to’g’ridan to’g’ri iymonga tajovuz qiladi. Ularni Janobi Haqqa havola qilamiz.
Ham ahli siyosatga hech munosabatimiz bo’lmagani holda, qat'iy bilsinlarki; bu mamlakatda, bu asrda millatni anarxistlikdan, inqiroz va tanazzuli mutlaqadan qutqaradigan yagona chorasi, Risola-i Nurning asoslaridir.
Bu hodisada aziyat chekkan ma'sumlar va ustozlari bilsinlarki; og’ir sharoit ostida bir soat soqchilik, bir yil ibodat va haqiqiy tafakkuri iymoniya bilan bir soati, bir yil toat hukmiga o’tgani kabi, inshaalloh ularning zahmatlari ham shunday savobga sabab bo’ladi. Ular ham, xavotir va xafa holda emas, shodlik va xursandchilik bilan qarshilashlari kerak. Faqat Hazrat Alining (r.a.) ikki marta سِرًّا بَيَانَةً سِرًّا تَنَوَّرَتْ deyishiga binoan, biz har doim to’liq ehtiyot va to’liq saqlanish vaziyatini muhofaza qilish bilan vazifadormiz.
Risola-i Nurning mansublari, shuur va ixtiyorlari xorijida bir-biri bilan munosabatdor, bir-birining hodisalari bilan aloqador bo’lganiga bir dalil ham bu kunlarda bo’ldi. Jumladan:
U yerdagi hodisaning bo’lishidan bu kunga qadar, bu yerdagi turli tabaqalardagi talabalarning vaziyatlari ahamiyatli bir hodisa sababli o’zgargandek chekinish va munofiqlarning nazarini o’zlariga va bizlarga jalb qilmaslik uchun bir turg’unlik davri o’tdi. Men ham hayratlanardim. Ham Nazif kabi bir necha zotning tushlarining ta'birlari sizning hodisangiz bo’lganini tushundik.
Umum qardoshlarimizga bir-bir va ayniqsa musibatzadalarga salom va duo qilamiz. Janobi Haq ularni tez qutqarib vazifalarining boshiga yuborsin, omin.
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ كَلِمَاتِ الْقُرْاٰنِ وَحُرُوفَاتِهَا
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada quvvatli, faol, sabotkor birodarlarim!
Bu kunlarda men bilan oltita odam, boshda Duradgor Ahmad, oxirida men, ma'naviy eslatmaga binoan bittadan masalaga sabab bo’lganmiz:
Birinchisi: Faol, haqiqatdan mehnatkash, Risola-i Nur va Madrasa-i Nuriya talabalaridan Duradgor Ahmadning maktubida, Ashraf nomli o’n yoshli bir ma'sum bolaning qishlog’ini, molini tark qilib, ikki kunlik masofadan kelib, umuman yozuv yozamagani holda, o’n kun mobaynida Risola-i Nurni yozishga muvaffaq bo’lishi, Risola-i Nurning bir karomati bo’lgani kabi, Madrasa-i Nuriyaning ham hayratomuz bir gulidir deyilyapti.
Ha, biz aytamizki: Moddiy bir qishda go’zal gullarning ochilishi, bir horiqo-i qudrat bo’lgani kabi; bu asrning ma'naviy va dahshatli qishida, Sava qishlog’ining, ya'ni Sava daraxti ming go’zal gullar va Jannat mevalari ochishi va Isparta mamlakat bog’i minglab guli Muhammadiy (S.A.V.) gullari ochishi, {(Hoshiya) Va har biri "sad barg" o’laroq, ya'ni har bir gulda yuz parcha yaproq.} albatta g’aroyib bir mo’jiza-i rahmat va bu mamlakatga hayratomuz bir karomati inoyati Rabboniya va Risola-i Nur talabalariga hayratomuz bir ikromi Ilohiydir deb e'tiqod qilib, Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamiz.
Duradgor Ahmadning maktubida, Darivayron Qishlog’ining eski zamonning mehnatkash talabalarini eslatgan fidokor talabalar, bizni va eski zamon talabalarini hasrat bilan yod etgan madrasadan yetishishi, Risola-i Nur talabalariga chuqur surur berdi. Madrasa-i Nuriyaning xonimlar talabalari; avrodi Qur'oniya bilan duolari bilan, avrodlari bilan mehnatkash qalamlarga ma'naviy yordamlari juda go’zaldir. Bu atrofdagi xonimlarga ham to’liq bir dars bo’ladi. Janobi Haq ulardan va u madrasaning umum talabalaridan va ustozlaridan abadiyan rozi bo’lsin.
Ahmadning tushi juda muborak va go’zaldir. Hazrat Isoning (A.S.) kuchli sadosini eshitish, Isaviylardan kuchli bir madad Hizb-ul Qur'onga qo’shilishga ishorat bo’lishi mumkin.
Ikkinchi odam va masalasi: Risola-i Nur talabalaridan bir yosh hofiz, juda ko’p odamlarning deganlari kabi: "Menda unutish xastaligi ortyapti, nima qilay?" dedi. Men ham: "Mumkin bo’lgancha nomahramga nazar qilma. Chunki rivoyat bor: Imom Shofe'iyning (r.a.) aytgani kabi: Harom nazar nisyon beradi", dedim.
Ha, ahli Islomda nazari harom ko’paygan sari, nafsoniy havaslar hayajonga kelib, vujudida suiiste'mollar bilan isrofga kiradi. Haftada bir necha marta g’uslga majbur bo’ladi. Undan, tibban quvva-i hofizasiga zaiflik keladi.
Ha, bu asrda ochiq-sochiqlik sababli, xususan bu issiq o’lkalarda o’sha yomon nazardan suiiste'mollar umumiy bir unutish xastaligini natija berishni boshlayapti. Hamma juz'iy, kulliy o’sha shikoyatdadir. Mana bu umumiy xastalikning ko’payishi bilan, hadisi sharif bergan mudhish bir xabarning ta'vili uchida ko’rinyapti. Farmon qilganlarki: "Oxirzamonda hofizlarning ko’ksidan Qur'on tortib olinadi, chiqadi, unutiladi." Demak, bu xastalik dahshatlanadi, Qur'onni yodlashga bu yomon nazar bilan ba'zilarda to’siq bo’ladi; o’sha hadisning ta'vilini ko’rsatadi. لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ
Uchinchi odam va masalasi: Bizlar bilan juda ham aloqador bir zot ko’p marta dahshatli shikoyat qilyaptiki: "Men odam bo’lolmayapman, borgancha yomonlashyapman, ma'naviy xizmatlarimning natijalarini ko’rolmayapman", deb madad istayapti. Unga yozyapmizki:
"Bu dunyo dor-ul xizmatdir, haq olish joyi emas. Solih amallarning haqlari, mevalari, nurlari barzohda, oxiratdadir. O’sha boqiy mevalarni bu dunyoga tortish va bu dunyoda ularni istash, oxiratni dunyoga tobe qilish deganidir. O’sha amali solihning ixlosi sinadi, nuri ketadi. Ha, u mevalar istalmaydi, niyat qilinmaydi. Berilsa, tashviq uchun berilganini o’ylab shukr qiladi."
Ha, bu asrda, bir-ikki maktubda bayon qilingani kabi, shu daraja hayoti dunyoviya tomiriga tegilgan va yaralagan va hayajonga keltirganki; muborak va keksa va domla va ahli salohat bo’lgan bir zot ham, dunyoda bir navi hayoti uxroviya zavqlarini istaydi; birinchi darajada, dunyoda zavqi hayot unda hukm qiladi.
To’rtinchisi: Biz bilan aloqador bir zot, juda ko’plarning shikoyat qilganlari kabi; eskidan shiddatli bir tariqatda o’qigan avrodidagi zavqu shavqini yo’qotganini hamda siqilish va uyqu g’olib kelganini xafa bo’lib shikoyat qildi. Unga dedik:
Moddiy havo buzilgan vaqtda qandayki siqilish beradi, asabiy siynalarda qayg’u holi boshlaydi; shunga o’xshab, ba'zan ma'naviy havo buziladi. Xususan ma'naviyatdan begonalashgan bu asrda va ayniqsa havaslar va nafsoniy orzular umumiylashgan mamlakatlarda va xususan hurmatli oylar va muborak oylarda ma'naviy havoni tozalagan olami Islomning uyg’onish va umumiy e'tibori, o’sha muborak oylarning ketishi bilan to’xtab qolishidan fursat topib havoni buzgan zalolatlarning ta'sirlari zamonida va ayniqsa qish tazyiqlari ostida, bir daraja hayoti dunyoviya va nafsoniy havaslarning hujumlarining nuqsoniyatidan, ahli Islom va ahli iymonda, hayoti uxroviya uchun ishlash ishtiyog’i, bahorning kelishi bilan hayoti dunyoviyaning va havasoti nafsoniyaning inkishofi bilan o’sha ishtiyog’i uxroviyani yashirishi onida albatta bunday qudsiy avrodlarda zavq, shavq o’rniga esnash va sustlik keladi.
Ammo modomiki, خَيْرُ الْاُمُورِ اَحْمَزُهَا sirri bilan; mashaqqatli, zahmatli, zavqsiz, aziyatli solih amallar va xayrli ishlar yanada qiymatli, yanada savoblidir. O’sha aziyatda, o’sha mashaqqatdagi ziyoda savobni va maqbuliyatni o’ylab, sabr ichida masrurona shukr qilish kerak.
Beshinchisi: Risola-i Nurning bir talabasi, Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’la olmaganining bir sababi, tirikchilik dardining ziyodalashishi bo’lganini aytdi. Biz ham unga dedik: Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’lmaganing uchun tirikchilik dardi senga shiddatlandi. Chunki bu atrofda har talaba e'tirof qiladi va men ham qilamanki: Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’lgan sari, yashashda osonlik va qalbda yengillik va tirikchilikda yengillik ko’ramiz."
Oltinchisi: Bu bechora Saiddir. Hamma orzu qilgan va istagan va quvonch bilan qabul qilgan shaxsiga nisbatan hurmat va muhabbat va suhbat, - faqat Risola-i Nurga ta'alluq qilgan nuqtalar xorijida - menga og’ir keladi, meni siqadi, ranjitadi. Taxmin qilamanki, Risola-i Nurning yuksak xosiyatlari va shogirdlarining shaxsi ma'naviysining juda buyuk fazilatlari, shaxsim kabi ojizlik maslagida ko’p ilgarilagan bir ojiz va bechoraning zaif yelkasiga o’sha tog’dek ma'nolar yuklansa, ostida eziladi, siqiladi deb tushundim. Bu oxirgi ikkita masalada juda qisqa qilishga qog’oz majbur qildi. Nur, Gul va Lutfining qahramon vorislari, Muboraklar yuksak hay'ati va Madrasa-i Nuriya va ma'sumlar va ummiy keksalarning har biriga minglab salom aytamiz.
Duongizga muhtoj, sizga mushtoq qardoshingiz
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq, tebranmas, qo’rqmas, metin, fidokor qardoshlarim.
Bunday shiddatli hujumlarga qarshi sizni jasoratlantirishni lozim ko’rmayapman. Sizning quvvatli matonatingiz va Risola-i Nurga kelgan har ayanchli hodisaning ostida bir inoyat va rahmat borligiga e'tiqodingiz, jasoratlanishingizga yetarlidir, bilamiz. Faqat bir nuqtani qiziqyapman. Qo’lga kiritilgan barcha Risola-i Nur faqat bir to’plammidir va kimniki ekan? Bilishni istayman. Kimniki bo’lmasa ham, xavotirlanmasin. Yanada ahamiyatli maqomlarda uning hisobiga fathlar qiladilar, savob qozontiradilar. Unga bir to’plam Risola-i Nur yetkazilishi mumkin. Ham hibsda biron kishi bormi? Ham unga havola qilingan domla kim?
Ikkinchidan: Sabri bilan Hofiz Alining qanoati bilan xabarlashishni osonlashtirish uchun bergan qarori bilan ba'zan Otaboy yo’li bilan xabarlashishni, ular kabi biz ham qabul qildik. Lutfining bir vorisi Abdulloh Chovush nomi bilan, manzili bilan yuboriladi.
Uchinchidan: Sabrining maktubida, tavofuqli yozgan Mo’jizoti Qur'oniya va Risola-i Nur haqidagi istixroji bizni favqulodda masrur ayladi. Hasan Atifning bizga yozgan dabdabali va jozibador Mo’'jizoti Qur'onni asos qilib, boshqa risolalarda, i'jozi Qur'onning nuktalariga doir bahslarni unga zayllar shaklida qo’shdik, go’zal bir suratga keldi.
Jumladan: Oyat-ul Kubroning Qur'onga doir O’n Yettinchi Martabasi, Yigirmanchi So’z va Sura-i Fathning oxirgi oyatining mo’'jiza bo’lganiga doir Yettinchi Yog’du va Mundarijaning Rumuzoti Samoniyaga doir muhim parchalari va Kanz-ul Arshning ikki nuktasi kabi parchalar o’sha zayllarga kirgan. Aynan Mo’'jizoti Ahmadiyaning zayllari kabi porlagan. Nurlar stansiyasi Sabri, o’sha yozgan go’zal Mo’'jizoti Qur'oniyani inshaalloh ular bilan to’liq go’zallashtiradi.
To’rtinchidan: Marhum Lutfining haqiqiy va juda jiddiy vorisi bo’lgan Abdulloh Chovushning maktubi, uning daraja-i sadoqat va ixlosini va aloqasini ko’rsatdi. Har vaqt Islomko’yli Abdulloh bilan u Abdulloh Chovushni duoda barobar yod etardim. Darhaqiqat, u maqomga loyiq bo’lganini ko’rsatyapti. Istagan Mundarijaning tahrirlangan oxirgi qismi inshaalloh unga yuboriladi. Faqat o’ylagani kabi ko’p tahrir qilinmagan. Chunki, ishni taqsim qilish surati bilan, o’sha muborak qardoshlarimning yozuvlarini muborak yodgor suratida ko’rdim va o’zgartirishga botinolmadim.
Beshinchidan: Bu kunlarda, u hodisada, Risola-i Nurning bir daraja to’xtashiga va dunyoga qarashga va yigirma yildir gaplashmaganim odamlar bilan gaplashishga va xizmati Qur'oniya nuqtasida man qilinganimiz siyosatga aralashishga majbur bo’laman degan xavotirdan kelgan shiddatli bir iztirobdan, zohiran ko’rinmas, ma'nan tahlikali bir xastalik menga hujum qildi. Doimiy odatimni batamom bajara olmaganimdan, yana Ramazon xastaligi kabi, men qardoshlarimdan, yana ma'naviy yordamlarini juda iltimos qilaman. Ammo xavotirlanmang, yotoqda emasman. Faqat ko’p yozilgan nusxalarni tahrir eta olmayapman.
Oltinchidan: Risola-i Nur bir jabhada to’xtab qolsa ham, boshqa jabhalarda fathlari o’sha to’xtashning o’rnini bosadi. Hatto bu hodisa munosabati bilan bu yerda bir daraja ehtiyotga binoan to’xtashga niyat qilib tashviq qilganimiz holda; aksincha Isparta to’xtashiga qarshi, bu yerlarda inkishoflar bilan namoyon bo’ldi. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Eng ko’p bizga nazorat bilan, biz bilan va siyosat bilan aloqador muhim bir ma'mur yonimga keldi. Unga dedimki:
"Bu o’n sakkiz yildir sizlarga murojaat qilmadim va hech bir gazeta o’qimadim. Bu sakkiz oydir, bir marta jahonda nima bo’lyabti, deb so’ramadim. Uch yildir bu yerdan eshitilgan radioni tinglamadim; toki qudsiy xizmatimizga ma'naviy zarar kelmasin. Buning sababi shudirki: Iymon xizmati, iymon haqiqatlari, bu koinotda hamma narsadan ustundir; hech bir narsaga tobe va vosita bo’lolmaydi. Lekin bu zamonda ahli g’aflat va zalolat va dinini dunyoga sotgan va boqiy olmoslarni shishaga almashtirgan g’ofil insonlar nazarida o’sha xizmati iymoniyani xorijdagi quvvatli jarayonlarga tobe yoki vosita deb o’ylash va yuksak qiymatlarini umumning nazarida tushirish xavotiri bilan, Qur'oni Hakiymning xizmati bizga qat'iy bir suratda siyosatni man etgan.
Sizlar, ey ahli siyosat va hukumat! Shubhalanib bizlar bilan ovora bo’lmang. Aksincha osonlashtirishingiz kerak. Chunki xizmatimiz tinchlik va hurmat va marhamatni ta'sis bilan ham osoyishtalikni, ham tartibni, ham hayoti ijtimoiyani anarxistlikdan qutqarishga harakat qilib, sizning haqiqiy vazifangizning poydevorlarini mustahkamlaydi, quvvatlantiradi va qo’llab-quvvatlaydi."
Yettinchidan: Hofiz Alining maktubida ba'zilarga xitoban yozganimiz bir maktub bilan va hozirgi hodisaga doir yengil o’tishiga oid oxirgi maktub bugundan bir hafta avval pochtaga berilgan. Hofiz Ali, yo’ldagi o’sha ikki maktubni o’qigandek maktubini yozishi, sadoqatining bir karomat yog’dusi bo’lgani kabi, o’sha kuni - hech sodir bo’lmagan - yonimga ahamiyatli katta bir ma'muri siyosiy kelishini Nazifning do’stlaridan Ko’ro’g’li Ahmad tushda aynan ko’rib, o’sha ma'murdan uch soat avval tushni bizga hikoya qilib ta'bir istadi; ta'biri ta'vilsiz chiqdi.
Umum qardoshlarimizga bir-bir, xususan musibatzadalarga salom va duo qilamiz.
***
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim va xizmati Qur'oniya va iymoniyada sabotkor, tebranmas, qo’rqmas birodarlarim va bu musofirxona-i dunyoda shafqatkor va fidokor va vafodor yo’ldoshlarim!
Bu dafa Nur fabrikasining sohibi bilan va tom bir muovini va tom bir Xusrav bo’lgan qahramon Tohirning bashoratli maktublari va madrasa-i Nuriyaning qahramonlaridan Duradgor Ahmadning ikkinchi tushi va uchinchi tushning oxirida, ma'lum musibatning orqasida tebranmagan faol Hofiz Mehmedning bolalarga xatm duosini qilishi va Risola-i Nurni o’qitishi, ustimizdan tog’ kabi ma'naviy og’irliklarni olib tashladilar. Janobi Haq sizlarni va ularni ma'naviy va moddiy ofatlardan muhofaza qilsin, omin.
Duradgor Ahmadning ikkinchi tushi, Payg’ambarimiz Alayhissalotu Vassalaom bilan aloqadorlik va sururli bo’lgani jihatidan sodiq tush bo’lganiga, u Madrasa-i Nuriyaning atrofidagi qardoshlarning va xonimlarning moddiy xizmatlari jonli va ruhli bir surat olib, Payg’ambar Alayhissalotu Vassalomning sunnati saniyalarining ihyosiga sabab bo’lishiga ishorat bergani munosabati bilan, maktubingizni olishdan ikki kun avval ko’rgan bir tushimni bayon qilyapman. Jumladan:
Ko’rdim: Hozirgi rais yoki hozirgi raislar, men tanigan ahamiyatli bir-ikki domlaga, xalifalik unvonini va masalalarini tatbiq qilishga va xalifalik o’sha domlalarga yoki raislarga qaysisiga berilishini tushda tushundim. Va o’sha natija-i qarorlarni menga ko’rsatish uchun, menga qarshi kelganlarini ko’rdim. Keyin uyg’ondim. Ertalab qardoshlarimga aytib berdim. Dedim: Allohu a'lam, Isparta atrofida, Risola-i Nurning moddiy mag’lubiyati ichida ma'naviy bir g’olibligi bo’lganki; katta rasmiy maqomlarda eng muhim Islomiy masalalar bahs mavzusi bo’ladi. Biz Ispartada u musibatning qay daraja ilgarilaganini bilolmaganimizdan va ko’pdan beri ham na olamning holidan va na rasmiy vaziyatdan tushunmay tinglamaganimiz holda, bu tushning sodiq tush bo’lganiga bir alomat bo’lgan, meni bir kun qaratdi. U alomat shudirki:
Risola-i Nurning ahamiyatli bir talabasi Anqaradan kelib, men so’ramasdan dedi: "Rais Qur'onga yangi bir tafsir yozishni amr qilibti, u ham yozayotgan ekan."
Yana deganki: Ichki Ishlar Vaziri, yigirma yillik bir odatga muxolif bo’lib, "Dinsiz bir millat yashay olmaydi" deb din foydasiga bayonotda bo’lganini va Maorif Vaziri ham, odobi Islomiya foydasiga, eski qoidalariga muxolif bo’lib bayonotda bo’lgani kabi, ahamiyatli bir o’zgarishni his ettirgani uchun; qulog’imni yopganim sakkiz oydan so’ngra, bu tush xotiri uchun, bu xabarlarni oldim. Buning sababini tushunishni haqiqatdan orzu qildim. Birdan eslatildiki: Ahli zalolat siyosiy ma'murlarni aldab, Risola-i Nurga qarshi keng ko’lamda, bu yerdan u yergacha bir doira ichida hujum qilib, daraja-i quvvatni tushunishni istadilar. Ko’rdilarki, uzib bo’lmaydigan, mag’lub qilinmaydigan bir quvvatda ko’rganlari uchun, ahamiyatli katta rasmiy doiralarda, mohiyatini bahs va diqqat mavzusi qilganlaridan, majbur bo’lib, bir navi kelishuvga yo’l tayyorlash; va hozirgacha haqiqat va hikmatga muxolif bo’lib yaxshiliklarni o’lgan raisga va yomonliklarni millatga, qo’shinga berish o’rniga, u xato-i azimaga badal, barcha yomonliklarni o’lganga berib, o’zlarini bir daraja o’sha dahshatli xatolardan qutqarish chorasini qidirishga, bir zamin tayorlashga uringanki; ham tush, ham bu xabarlar xabar beryapti. Birinchi, ikkinchi Xulusiylarning umumiy maktublari, bu ikki muhim ruknning g’ayratlari, sadoqatlari po’latdan yanada metin ekani har hodisa bilan ko’rsatilyapti.
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq, sabotkor qardoshlarim va haqiqiy vorislarim.
Bu kunlarda Risola-i Nurga suiqasd qilganlar va sizlarga aziyat berganlar haqida, menga bergan bir hiddat natijasida badduoga tashabbus qildim. Birdan Isparta uchun qilolmadim. Necha marta niyat qilmasam, Ispartadagi yaxshilar sababli suiqasdchilar qutuldilar. Qila olmadim, badduo o’rniga "Ey Robbim! Modomiki Isparta Risola-i Nurning bir Madrasat-uz Zahrosidir, sen u yerdagi yomon ma'murlarni ham isloh ayla va husni oqibat ber" deb duo qildim va qilyapman.
Ikkinchidan: Bu kunlarda Salohiddinning Istanbuldan keltirgan Habba, Qatra, Shamma, Hubob kabi arabcha risolalarga qaradim. Ko’rdimki: Yangi Saidning to’g’ridan to’g’ri qalbiy harakatlarida ko’rgan haqiqatlari, Risola-i Nurning urug’lari hukmidadir. Zotan bular ham Shu'la va Zuhra, Risola-i Nurning arabcha qismlaridir. Ular to’g’ridan to’g’ri mening o’zimning darsim bo’lgani uchun, arabcha va qisqa iboralar bilan ifoda qilingan, boshqa odamlar nazarga olinmagan.
O’sha vaqt, boshda Shayxulislom va Dor-ul Hikmat a'zolari va Istanbulning buyuk olimlari tahsin va taqdir bilan qarshiladilar. Bular Yangi Saidning asarlari bo’lganidan, Risola-i Nurning qismlaridirlar. Eski Saidning esa, arabcha risolalaridan faqat Ishorot-ul I'joz Risola-i Nurda eng muhim bir mavqe olgan.
Ham har ikki Saidning ishtiroki bilan, birgina Ramazonda ikki hilol o’rtasida ta'lif qilingan va o’z-o’zidan, ixtiyorim xorijida bir daraja manzum shaklini olgan va Ishorot-ul I'joz qit'asida ellik-oltmish sahifa bo’lgan turkcha bo’lib Lamaat nomli risola ham Risola-i Nurga kirishi mumkin. Afsuski bir nusxa qo’lga kiritolmadim. Hamma yoqtirgani uchun, chop qilingan nusxalari qolmagan.
Ham Eski Saidning ilmi mantiq nuqtasida bir shohasar hukmida bo’lgan chop qilinmagan Ta'liqotdan sizilgan i'jozli bir iyjozi horiqoda, mudaqqiq olimlarni hayrat va tahsin bilan diqqatga chorlagan, chop qilingan "Qizil Iyjoz" nomli risola-i mantiqiya Risola-i Nur bilan bog’lanishiga va shogirdlarining olimlar qismining nazariga ko’rsatishni loyiq ko’rdim. Lekin juda chuqurdir. Bu kunlarda Fayziga bir oz dars berdim. Balki bir zamon Fayzining o’zi boshqasining ham tushunishi uchun darsini Turkcha o’laroq qalamga oladi.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim, sabotkor va haqiqiy vorislarim!
Bu kunlarda Risola-i Nur talabalari hisobiga g’oyat ahamiyatli, xavotirli bir savoli ma'naviy qalbimga eslatildi. Keyin tushundimki, aksar Risola-i Nur talabalarining lisoni hollari bu savolni so’rayapti va so’raydilar. Birdan bir javob xotirga keldi, Fayziga aytdim. "Hech bo’lmasa qisqacha qayd qilinsin", dedi.
Xavotirli savol: Bu oxirzamon fitnasida ochlik ahamiyatli bir rol o’ynaydi. U bilan ahli zalolat bechora och ahli iymonni tirikchilik dardi ichida botirib, hissiyoti diniyani yo unuttirib, yo ikkinchi, uchinchi darajada qoldirishga harakat qiladi deb, rivoyatlardan tushuniladi. Ajabo, hamma narsada, hatto qahr azobida ahli iymon va ma'sumlar uchun bir jihati rahmat va qadari Ilohiy jihatida adolat bo’lgani, bunda qay tarzda bo’ladi? Va ahli iymon, xususan Risola-i Nur talabalari bu musibatga qarshi iymon va oxirat hisobiga qay jihat bilan istifoda qilib, qanday harakat qiladilar va bardosh qiladilar?
Javob: Bu musibatning eng ahamiyatli sababi; kufroni ne'mat va shukrsizlik va ne'mati Ilohiyaning qiymatini taqdir qilmaslikdan kelgan bir isyon bo’lganidan, Odili Hakiym ne'matining, xususan ozuqa qismining, xususan hayot nuqtasida eng buyuk ne'mat bo’lgan nonning haqiqiy lazzatini va juda ahamiyatli qiymatini va ne'matlilik nuqtasida favqulodda darajasini ko’rsatish bilan, haqiqiy shukrga chorlash hikmati bilan, Ramazon kabi riyozati diniyaga rioya qilmagan shukrsiz insonlarga bu musibatni berib, ayni hikmat uchun adolat qilgan.
Ahli iymon, ahli haqiqat, xususan Risola-i Nur talabalarining vazifasi; bu musibatli ochlikni Ramazon riyozati diniyasi tarzida ochlik kabi vasila-i iltijo va nadomat va taslimiyat qilishga harakat qilishdir. Va zarurat bahonasi bilan, tilanchilikka va o’g’rilikka va anarxistlikka yo’l ochishiga maydon bermaslikdir. Va och faqirlarga achinmagan bir qism boy va ba'zi ahli maosh ham Risola-i Nurni tinglab, bu majburiy ochlik hissi bilan ochlarga marhamatga kelib, zakot bilan yordamlariga yugurishdir. Va nafsini go’zal ovqatlar bilan taltaytirgan, isyonkor qilgan va havasoti razila va tug’yonlarga chorlab sarxush qilgan yoshlar ham, Risola-i Nurning irshodi bilan, bu hodisadan mardona foydalanib, fahsh ishlardan va gunohlardan qo’llarini bir daraja tortgani va nafslarining zavqlarini va iflosliklarga qarshi g’alayonlarini sindirgani vasilasi bilan toatga va xayrotga kirib, o’sha hodisani o’zlariga qarshi bo’lishdan chiqarib, foydalariga iste'mol qilishdir. Va ahli ibodat va solohat ham, aksar insonlar och qolgan bu zamonda va juda aralashgan hamda harom va halol farq qilinmaydigan bir tarzda kelgan va shubhali mol hukmida va ma'nan sherik bo’lgan umumiy rizqdan halol bo’lishi uchun miqdori zarurat darajasiga qanoat qilyapman deb, bu majburiy baloga bir riyozati shar'iya nazari bilan qarashdir. Qadari Ilohiyani shikoyat bilan emas, rizo bilan qarshilashdir.
Umum qardoshlarimga, xususan musibatzadalarga ko’p salom va salomatlari uchun duo qilaman.
Sabri qardoshim! Seni vakil qilib salom yuborganlarga, men ham seni vakil qilaman. Ularga bir-bir salom aytaman. Sening bu safargi maktubing garchi kech keldi, faqat bir necha nuqtada meni juda mamnun qildi. Sabrining olmos va po’lat kabi matonatini va fikrining to’g’riligini ko’rsatdi. Modomiki Hofiz Ali bilan siz Otaboy yo’li orqali ham xabarlashishni munosib ko’rgansiz, Otaboyda Abdulloh Chovushning yoki siz munosib ko’rgan kishingizning manzilini bildiringlar. Abdulloh Chovush sizning nomingizdan so’ragan O’ninchi Shu'la nomli Mundarijaning ikkinchi jildini yozdirdik va Hizb-ul Akbari Nuriyani Fayzi yozdi. Yaqinda inshaalloh yuboramiz.
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu safar Sabri va Hofiz Alining maktublari, Risola-i Nurning favqulodda bir karomatini va hayratomuz quvvatini ko’rsatyapti. Madrasa-i Nuriyaning mehnatkash va g’ayratli talabalari bir necha kun mobaynida, Hofiz Mehmedning yo’qolgan kitoblariga muqobil hammasining yozilishini va unga berilishini kafolat berishlari, bu atrofdagi shogirdlarni favqulodda masrur ayladi. Hofiz Alini tahqiqotiga kelganlarning, "Do’konlarda qog’oz qolmadi. Risola-i Nur shogirdlari qog’ozni tugatdilar", deb aytishlari va Mehmed Zuhduning kitoblari o’ziga qayratishlari, Risola-i Nur shogirdlarini iftixor bilan jasoratlantirgan va tashviq qilgan bir hodisadir. Sabri maktubida, "Ikki-uch yildir Risola-i Nur, ta'lif jihatidan turg’unlik davrini o’tkazyapti" deb hikmatini so’rayapti. Buning javobi uzun. Ham ta'lif, ixtiyorimiz doirasida emas. Ham Risola-i Nur shogirdlarining ta'lifda hissalari qolishi uchun, ba'zi ahamiyatli sabablar va nuqsonlar mone bo’ldi.
Bu yerda boshda Osiyo bo’lib, Ulviya, Lutfiya kabi juda mehnatkash xonim shogirdlar, Madrasa-i Nuriyadagi opa-singillariga va salom yuborgan Sabrining rafiqasiga, ham qardoshlariga hurmatlarini arz qiladilar va salom va duo qiladilar.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Qahramon Tohiriyning va Kotib Usmonning maktublari haqiqatdan men uchun bir dori hukmiga o’tdi. Yarim moddiy, yarim ma'naviy xavotir xastaligiga bir tiryoq hukmiga o’tdi. Janobi Haq ulardan va sizlardan abadiyan rozi bo’lsin. Ha, azmu sabotingiz hamda ixlos va jiddiyligingiz ahli dunyoni mag’lub qilgan va qilyapti. Bo’lmasa, birgina Tasattur Risolasi bilan bir yuz yigirmata odamni hibsga olganlari, bir yuz o’ttizta risola bilan bitta odamni hibsga ololmaganlarining sababi; ixlosingiz va matonatingizdir, hukm qilyapti.
Tohiriyning Hizb-ul Akbar va Vird-ul A'zamni nashr qilish uchun Istanbulga ketishini butun ruhimiz bilan uni tabrik va muvaffaqiyatiga duo qilyapmiz. Istanbulda Shafiqdan tashqari Risola-i Nur bilan jiddiy aloqadorlar ko’pdir, ammo manzillarini bilmayman. Faqat Barlali Hoji Bakir va Ineboluli ijro bo’limida bo’lgan Hofiz Amin va Guranli Mehmed Afandini ham Shafiq vositasi bilan topishi mumkin. Istanbul do’stlari munosabati bilan, mashhur bir voiz men bilan ko’rishish uchun kelgan, ko’risholmay ketgan. Bir zotga yozilgan bir maktubning surati sizga yuborilyapti; balki u yerdagi ba'zi odamlar bu odam kabi u xitobga muhtojdirlar.
Istanbulga kirib o’tgan Risola-i Nur shogirdlari sening g’ayrat va jiddiyligingni va ta'sirli va'zingni bizga xabar berdilar. Sen kabi metin va xolis bir zotni, Risola-i Nur doirasida ko’rishni orzu qiladilar. Men ham ular kabi haqiqatdan seni Risola-i Nur doirasida ko’rishni istayman. Bilasanki, ikki alif alohida alohida bo’lsa, ikki qiymatiga ega. Bir chiziq ustida yelkama-yelka tursa, o’n bir qiymatiga ega bo’lganidek, sening ta'sirli nasihating bilan tayyorlagan xizmati iymoniyang bir o’zi qolsa, hozirgi birlashgan hujumlarga qarshi dosh berishi juda qiyin. Agar Risola-i Nurning xizmatiga qo’shilsa, o’sha ikkita alif kabi o’n bir, balki bir yuz o’n bir qiymatida va quvvatida bo’ladi va qarshidagi ittifoq qilgan zalolatdagilarga qarshi dosh beradi.
Bu zamon ahli haqiqat uchun shaxsiyat va anoniyat zamoni emas. Zamon, jamoat zamonidir. Jamoatdan chiqqan bir shaxsi ma'naviy hukm qiladi va dosh bera oladi. Katta bir hovuzga sohib bo’lish uchun bir muz parchasi hukmidagi anoniyat va shaxsiyatini o’sha hovuzga tashlash va eritish kerak. Bo’lmasa o’sha muz parchasi eriydi, zoye bo’ladi; o’sha hovuzdan ham foydalanilmaydi.
Ham taajjub, ham afsuslanish sababidirki; ahli haq va haqiqat ittifoqdagi favqulodda quvvatni ixtilof bilan zoye qilganlari holda; ahli nifoq va ahli zalolat mashrablariga zid bo’lgani holda, ittifoqdagi ahamiyatli quvvatni qo’lga kiritish uchun ittifoq qilyaptilar. Yuztadan o’nta ekanlar, to’qsonta ahli haqiqatni mag’lub qilyaptilar.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu daqiqada Xusrav, Rushdu, Ra'fat, Ispartaning Hofiz Alisi askarlikdan qachon kelishlari haqida qiziqyapman. Xususan, Xusravning qalami qachon Risola-i Nurning fotihona yoyilishiga qovushadi deb bilishni istayman. Ularga ham salomimni yetkazing. Hozir bundan o’n daqiqa avval, jasur, faqat yozishni bilmaydigan ikkita odam, Risola-i Nur doirasiga biri ikkinchisini keltirdi. Ularga dedimki: "Bu doira bergan buyuk natijalarga muqobil, tebranmas sadoqat va sinmas matonat istaydi. Isparta qahramonlari ko’rsatgan g’aroyibotlar va jahonpisandona nurga oid xizmatlarning asosi, hayratomuz sadoqatlari va favqulodda matonatlaridir. Bu matonatning birinchi sababi: Quvvati iymoniya va ixlos xislatidir. Ikkinchi sababi: Jasorati fitriyadir." Ularga: "Sizlar jasorat bilan va qahramonlik bilan tanilgansiz va dunyoga oid ahamiyatsiz narsalar uchun fidokorlik ko’rsatasizlar. Albatta Risola-i Nurning qudsiy xizmatida va jahon qiymatidagi uxroviy natijalariga muqobil, mardona va fidokorona jasorat va matonat ko’rsatib sadoqatingizni muhofaza qilinglar", dedim. Ular ham to’liq qabul qildilar.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada quvvatli birodarlarim!
Bu safar qahramon Tohirni hammangizning nomidan ko’rdim va unda bir Lutfi, bir Hofiz Ali, bir Xusrav va bir Said (faqat yosh Said) mushohada etdim. Janobi Haqqa ko’p shukr qildim. Bu safar uning hidini olib, u hali kelmasdan mening yonimga kelgan komisar va qidiruv odamlari munosabati bilan; mendan talabalar tarafidan so’ralgan bir masala, balki sizga ham bir foydasi bor deb yuborildi.
Doimiy xizmatida bo’lgan Risola-i Nur shogirdlari tarafidan so’ralgan bir savolga javobdir.
Savol: Buncha vaqtdan beri xizmatingizdamiz. Dunyoga, hayoti ijtimoiyaga va siyosatga doir bir aloqangizni, qiziqishingizni ko’rmadik. Doimo iymon va oxirat darsidan boshqa bir mashg’uliyatingizni ko’rmayapmiz. Shunday tushunganmizki; bu o’n sakkiz yildir vaziyatingiz bunday ekan. Nima uchun, Ispartada hech bir narsa yo’q ekan, mamlakatni hayajonga keltirib, sizni mahkamaga berdilar. Va yuzta birodaringizni, to’rt oy mahkama surishtiruvi natijasida dunyo bilan, siyosat bilan aloqaga doir hech bir narsa topolmadilar. Faqat o’zlarini va mahkamalarini abadiy uyaltiradigan bir bahona topdilar; va yuztadan faqat besh-o’nta odamga besh-olti oy jazo berdilar. Ham bu yerda olti yildan ko’proq uchastka nozirining nazorati va nazari ostida o’tirganingiz, xonaning derazalari bilan doimo sizning har vaziyatingiz uchastka noziri tomonidan ko’rilgani holda; bundan ikki-uch oy avvalga qadar har vaqt yashirin va oshkora sizni kuzatib, necha marta qidiruv o’tkazishlari, do’stlarni sizdan qochirish uchun tekshiruvlar bilan sizga eng ahamiyatli va chalkash bir siyosatchi kabi qarashlarining sababi nima? Biz bundan ham xafa, ham hayronmiz. Faqat ikki-uch oydan beri yoningizga erkin kela olyapmiz. Avvallari qo’rqib, yashirincha kela olardik. Bu masalani bizga izoh qiling.
Javob: Men ham siz kabi, balki sizdan ham ko’proq bu vaziyatdan ham hayrat, ham taajjub qilardim. Bu savolingizning izohli javobi, Yigirma Yettinchi Yog’du bo’lgan mahkamaga qarshi Mudofaalar Yog’dusi bilan O’n Oltinchi Maktub risolasidir. Hozircha qisqacha bir-ikkita asos bayon qilaman.
Birinchisi: Osoyishtalikni ta'minlash va idora ma'murlari, tartibni saqlash politsiyalari va komisarlari bizga va maslagimizga qarshi shubhaga tushib hujum va vahimaga tushish emas, aksincha himoyakorona tashviq va jasoratlantirish vazifalarining taqozosidir. Chunki: Ularning vazifalarining poydevori, hurmat, marhamat, halol-haromni bilish bilan, itoat dasturi bilan hayoti ijtimoiya tinchlik doirasida jarayon qila oladi. Risola-i Nur hayoti ijtimoiyaga qaragan vaqt, bu asoslarni ta'minlaydi. Natijasi ham amalda ko’rilgan. Risola-i Nurning eng muhim markazi Isparta va Kastamonu bo’lganidan, boshqa yerlarga nisbatan ichki ishlar xodimlari insof bilan diqqat qilsalar, Risola-i Nurning ularga porloq yordamini ko’radilar.
Ham talabalarida buncha kasrat va quvvat va haq qo’llarida bo’lgani holda, osoyishtalikka hech bir zarari tegmaganini va talabalardan mingta odam o’nta odamchalik hayoti ijtimoiyaga zarar bermaganlarini, qalbi buzuq bo’lmagan ko’radi.
Bu masalaning sirri hikmati budirki: Olami insoniyatda va Islomiyatda uch muazzam masala bo’lgan iymon va shariat va hayotdir. Ichlarida eng muazzami iymon haqiqatlari bo’lganidan, bu haqoiqi iymoniya-i Qur'oniya boshqa jarayonlarga, boshqa quvvatlarga tobe va vosita qilinmaslik va olmos kabi o’sha Qur'onning haqiqatlari, dinni dunyoga sotgan yoki vosita qilgan odamlarning nazarida shisha parchalariga tushirmaslik va eng qudsiy va eng buyuk vazifa bo’lgan iymonni qutqarish xizmatini to’liq amalga oshirish uchun, Risola-i Nurning xos va sodiq talabalari g’oyat shiddat va nafrat bilan siyosatdan qochadilar.
Hatto sizning bu qardoshingiz - siz ham bilasiz - bu o’n sakkiz yildir, shunchalar muhtoj bo’lganim holda siyosatga, hayoti ijtimoiyaga qo’shilmaslik uchun, hukumatga birgina murojatim bo’lmaganini va bu sakkiz-to’qqiz oydir, kurra-i arzning bu qirg’inbarotidan bir marta ham na so’rash va na qiziqish va na tushunish va na suhbat mavzusi qilmaganimni, hatto hozir sulh bo’lganmi, urush tugaganmi, Ingliz va Olmondan boshqa kimlar urushayotganini bilmaganimni bilasizlar.
Ham hammani vaysaqi va tentak qilgan va uch yildan beri xonamdan eshitilgan radioni, ikki martadan boshqa na tinglaganimni va na so’raganimni, men bilan birga bo’lgan sizlar bilasizlar. Bu daraja bu vaziyatlarga qarshi aloqasiz va loqayd bir odam ta'qib etgan maslakka hujum qilgan va vahimaga tushib, kuzatish bilan aziyat bergan, qay daraja insofdan uzoq tushganini eng insofsiz ham tasdiq qiladi.
Ikkinchi asos: Ey qardoshlarim! Sizlar bilasizlarki; bizning maslagimizda menlik, anoniyat, shonu-sharaf pardasi ostida maqom sohibi bo’lishdan o’ldiruvchi zahar kabi undan qochamiz. Uni his qildirgan holatlardan shiddat bilan saqlanamiz. Albatta bu yerda, olti-yetti yil ko’zingiz bilan ko’rdingiz va yigirma yildan beri tahqiqotingiz bilan tushungansizki, men shaxsimga nisbatan hurmat va maqom berishni istamayman. Sizlarni u nuqtada shiddat bilan koyiganman. Mening haddimdan ortiq mavqe bermanglar, deb sizdan xafa bo’laman. Faqat Qur'oni Hakiymning bu zamonda bir mo’'jiza-i ma'naviyasi bo’lgan Risola-i Nur hisobiga, men ham uning bir shogirdi bo’lish e'tibori bilan, unga nisbatan tasdiqkorona taslimni va aloqani shokirona qabul qilaman. Xullas, bu daraja anoniyatdan va menlikdan va shonu-sharaf nomi ostidagi riyokorlikdan qochishni dasturi harakat qilib olgan odamga nisbatan ahli hukumatning, ahli idora va ichki ishlar xodimlarining vahimaga tushishlari qanchalik ma'nosiz va keraksiz ekanini devonalar ham anglaydi.
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq, sabotkor qardoshlarim!
Musibatzadalarning ma'naviy g’alabasi, oqlanishi; faqat sizlarni va bizlarni emas, balki bu mamlakatdagi barcha ahli iymonni sevintiradigan bir mohiyatdadir. Chunki Risola-i Nurning hurriyatiga yo’l ochdi. Hozirgacha musodara qilinadi degan gumon bilan juda ko’p ehtiyotga majbur bo’lgandik. Bu o’n sakkiz yilda va ayniqsa bu yerdagi olti yilda risolalarni yashirish xususida juda ko’p zahmat chekdim va doim xavotirlanib azob chekardik.
Janobi Haqqa Risola-i Nurning harflari sanog’icha hamdu sano va shukr bo’lsinki, bu safar ma'naviy g’alabasi bilan o’sha zolimona va zulmatkorona pardani poralab tashladi. Oz bir zahmat bilan buyuk ajr va keng fathlarga zamin tayyorladi. Va bu ikki oy turg’unlik muddati, aynan hibsimiz hodisasi kabi, boshqa bir tarzda, yanada keng bir doirada Risola-i Nurning tarqalishiga vasila bo’ldi. Sizlarni va ayniqsa musibatzadalarni va ayniqsa Hofiz Mehmedni tabriklaymiz va xayrli o’tgan bo’lsin deymiz. Bir Tasuttur Risolasi bilan yuzta odamni yuz kun qamagan va u kabi yuzlab risolalar bilan birgina odamni bir kun qamay olmagan bir mahkamaga hukm qilib g’alaba qozongan, sizlarning hayratomuz sadoqatingiz va favqulodda ixlosingiz va tebranmas matonatingiz va quvvatli birdamligingiz ekani bizcha qat'iyat kasb etdi, shubhamiz qolmadi. Janobi Haq sizdan abadiyan rozi bo’lsin, omin.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Birinchidan: Sakson yildan ko’proq bir umri ma'naviyni sizlarga qozontiradigan muborak uch oylarni va ayniqsa bu tungi Layla-i Rag’oibni tabriklaymiz. Sizning oqlanishingiz va ma'nan g’alabangiz zolimlarni hayron qoldirdi. Rejani bu yerda o’zgartirdilar. Dushmanona hujumdan voz kechib, do’stman deb ichimizga kirib, xos talabalarni Risola-i Nurning xizmatidan orqada qoldirish uchun, ma'murlik kabi bir ish topyaptilar yoki lavozimini ko’tarib ishi ko’p boshqa bir ma'muriyatga yoki boshqa bir ish topyaptilar. Bu yerda u navdan ko’p voqealar ko’p. Bu hujum bir jihatdan yanada zararli ko’rinyapti.
Ikkinchidan: Bu yerda litsey maktabiga ta'sirli bir nur kirdi. U ham O’ttiz Ikkinchi So’zning Birinchi Mavfiqi, O’ttizinchi Yog’duning Ismi Adl va Hakam Nuktalari, Tabiat Yog’dusi xotimasigacha, Oyat-ul Kubroning "Ha, bu dunyo mamlakatiga va musofirxonasiga kirgan har bir musofir..." deb boshlagan Birinchi Maqomning boshidan - ilhom, vahiy martabalari xorij qolib- o’n sakkizinchi martaba bo’lgan koinotning hudus haqiqatiga, imkonga qadar, yangi harflar bilan, bir ma'naviy eslatma bilan izn berdik. Daktilo (yozuv mashinkasi) bilan o’zlariga yozdilar. Siz ham bu to’rtta qismni birdan jild qilib, yangi harflar bilan, ahli inkorga o’n ikki dyumlik zambarak o’qi kabi otishingiz mumkin.
Men bu yil juda zaif va keksa va ojiz bir holda bo’lganimdan, yosh qardoshlarimdan ma'naviy yordamlarini bu muborak uch oylarda so’rab qolaman. Har biriga bir-bir salom aytamiz va ikki dunyoda salomat bo’lishlari uchun duo qilamiz.
Said Nursiy
***
(Bu maktub g’oyat ahamiyatlidir.)
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu kunlarda Qur'oni Hakiymning nazdida iymondan keyin eng ko’p asos deb olingan taqvo va amali solih asoslarini o’yladim. Taqvo, manhiyotdan va gunohlardan saqlanish; va amali solih, amr doirasida harakat va xayrlar qozonishdir. Har zamon yomonlikni daf qilish, manfaatli narsani jalb qilishdan ustun bo’lish bilan barobar; bu buzg’unchilik va safohat va jozibador havaslar zamonida bu taqvo bo’lgan buzuqliklarni daf qilish va katta gunohlarni tark qilish eng muhim asos bo’lib, ulkan ustunlik kasb etgan.
Bu zamonda buzg’unchilik va manfiy jarayon dahshatlangani uchun, taqvo bu buzg’unchilikka qarshi eng buyuk asosdir. Farzlarini bajargan, katta gunohlarni qilmagan, najot topadi. Bunday azim gunohlar ichida amali solihning ixlos bilan muvaffaqiyati juda ozdir. Ham oz bir amali solih bu og’ir sharoit ichida ko’p hukmidadir.
Yana taqvo ichida bir navi amali solih bor. Chunki bir haromning tarki vojibdir. Bir vojibni bajarish, ko’p sunnatlarga muqobil savobi bor. Taqvo, bunday zamonlarda, minglab gunohning hujumida birgina saqlanish, oz bir amal bilan, yuzlab gunoh tarkida, yuzlab vojib bajarilgan bo’ladi. Bu ahamiyatli nuqta niyati bilan, taqvo nomi bilan va gunohdan saqlanish qasdi bilan, manfiy ibodatdan kelgan ahamiyatli solih amallardir.
Risola-i Nur shogirdlarining bu zamonda eng muhim vazifalari, buzg’unchiliklarga va gunohlarga qarshi taqvoni asos qilib harakat qilishlari kerak. Modomiki har daqiqada, hozirgi ijtimoiy hayot tarzida yuz gunoh insonga qarshi kelmoqda; albatta taqvo bilan va saqlanish niyati bilan yuz amali solih qilgan hukmidadir. Ma'lumdirki, bir odam bir kunda buzgan bir saroyni yigirmata odam yigirma kunda qura olmaydi va bir odamning buzg’unchiliklariga qarshi yigirmata odam ishlashi kerak ekan; hozir minglab buzg’unchiga muqobil, Risola-i Nur kabi bir ta'mirchining bu daraja qarshilik ko’rsatishi va ta'sirlari juda g’aroyibdir. Agar bu ikki qarama-qarshi kuchlar bir saviyada bo’lsa edi, uning ta'mirida mo’'jizavoriy muvaffaqiyat va fathlar ko’rilar edi.
Jumladan: Hayoti ijtimoiyani idora qilgan eng muhim asos bo’lgan hurmat va marhamat o’ta zaiflangan. Ba'zi yerlarda g’oyat alamli va bechora keksalar va padar va volidalar haqida dahshatli natijalar beryapti. Janobi Haqqa shukrki, Risola-i Nur bu mudhish buzg’unchilikka qarshi, kirgan yerlarida qarshilik qilyapti, ta'mirlayapti. Saddi Zulqarnaynning buzlishi bilan, Ya'juj va Ma'jujlarning dunyoni fasodga solishi kabi; shariati Muhammadiya (S.A.V.) bo’lgan saddi Qur'oniyning zaiflashishi bilan ham Ya'juj va Ma'jujdan yanada mudhish bo’lib axloqda va hayotda zulmatli bir anarxistlik va zulmli bir dinsizlik fasod va buzg’unchilikni boshlaydi.
Risola-i Nurning shogirdlari bunday bir hodisada ma'naviy mujohadalari, inshaalloh zamoni Sahobadagi kabi, oz amal bilan juda ulkan savob va solih amallarga sabab bo’ladi.
Aziz qardoshlarim! Mana bunday bir zamonda, bu dahshatli hodisalarga qarshi, ixlos quvvatidan so’ng bizning eng buyuk quvvatimiz; uxroviy ishlarda sheriklik dasturi bilan bir-birimizga qalamlar bilan, har birining solih amallar daftariga hasanalar yozdirganlari kabi, tillari bilan har birining taqvo qal'asiga va qalqoniga quvvat va madad yuborishdir. Va ayniqsa to’fonli hujumga nishon bo’lgan bu faqir va ojiz qardoshingizga, bu muborak uch oylarda va mashhur kunlarda yordamiga yugurish, siz kabi qahramon va vafodor va shafqatkorlarning sha'nidir. Butun ruhim bilan bu ma'naviy yordamni sizdan iltimos qilaman. Va men ham, iymon va sadoqat sharti bilan, Risola-i Nur talabalarini barcha duolarimga va ma'naviy yutuqlarimga, yigirma to’rt soatda, uxroviy ishlarda sheriklik dasturi bilan, ba'zan yuz martadan ko’proq Risola-i Nur talabalari unvoni bilan hissador qilaman.
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Kecha Amin bu diyorga kelgan bir harbiy birikma munosabati bilan, istamaganim va Rusning urushni davom qilganini bilmaganim holda; Rossiyaning Kavkaz bilan birlashishi to’xtaganini aytdi. Men uning gapini bo’lib jim qilganim holda, qalbim ahamiyatli bir aloqa ko’rsatdi. So’ngra bugun namozda va tasbehotda ekanman, ma'naviy tarzda deyildiki: Kurra-i arzda urushgan, kurashgan jarayonlardan har holda birisi Islomiyatga va Qur'onga va Risola-i Nurga va maslagimizga tarafdor bo’ladi; bu nuqtadan unga qarash kerak. Qaramaslik uchun bir-ikkita maktubda yozgan sabablarim garchi qalbga, aqlga kifoyadir; faqat qiziquvchan va havasli bo’lgan nafsga kifoya qilmaydi deb qalbimga keldi. Aynan tasbehotda eslatildiki:
Ahamiyatli sababi esa: Qarashda bir tarafga tarafkashlik hissi uyg’onadi; tarafkash nazari tarafdor bo’lgan jarayonning kamchiligini ko’rmaydi, zulmiga rizo ko’rsatadi, balki olqishlaydi. Holbuki kufrga rizo kufr bo’lgani kabi, zulmga rozi bo’lish ham zulmdir. Albatta, zamin yuzida bu dahshatli duelda samovotni yig’latadigan zulmlar va buzg’unchiliklar bo’lyapti; ko’p ma'sum va mazlumlarning huquqlari yo’qolyapti, mahv bo’lyapti. Mimsiz, g’addor madaniyatning zolimona dasturi bo’lgan "Jamoat uchun shaxs fido qilinadi, millatning salomatligi uchun juz'iy huquqlarga qaralmaydi" degan shunday dahshatli bir zulm maydoni ochganki, o’rta asrlar vahshiyliklarida ham uning o’xshashi sodir bo’lmagan. Qur'oni Mo’jiz-ul Bayonning adolati haqiqiyasi, bir shaxsning haqqini jamoatga fido qilmaydi. "Haq, haqdir; kichikka, kattaga, ozga, ko’pga qaralmaydi", degan qonuni samoviy va haqiqiy adolat nuqtasida Risola-i Nur shogirdlari kabi haqiqati Qur'oniya bilan mashg’ul odamlar, zarurat bo’lmasa keraksiz, faqat havasli bir qiziqish uchun, natija e'tibori bilan foydasi bo’lgan va natija hali kelmasdan avval keraksiz qarash va zolimona buzg’unchiliklarini olqishlash surati bilan Islomiyat va Qur'on foydasiga xizmat qiladigan jarayonning harakatlarini fikran kuzatish bilan mashg’ul bo’lish munosib bo’lmagani uchun; nafs ham, aql va qalbga tobe bo’lib qiziqishini tashlagan deb tushundim.
Ikkinchi masala: Risola-i Nurning Ispartada qat'iy g’alabasi, zindiqlarni hayratga soldi. Ammo ba'zi qaysar va o’jar va o’lgan ablahning ruhi habis hukmida ba'zi zindiqlar o’sha mag’lubiyatga qarshi kelish fikri bilan, boshdan oyoq Qur'on va Payg’ambarga (S.A.V.) qarshi, faqat parda ostida, aynan munozara-i shaytoniya bahsida hizb-ush shaytonning, Payg’ambar (S.A.V.) va Qur'on haqida maslaklariga ko’ra aytgan ta'birlarini boshqa bir tarzda o’sha zindiq ablah iste'mol qilgan. U kabi yahudiy, qaysar va dinsiz faylasuflardan va Yevropa zindiqlarining eskidan beri Qur'on va Payg’ambarning (S.A.V.) hollarining sababi tanqid topgan nuqtalarini, bu islom nomi ostidagi zindiq, ayyorona, sofdil musulmonlarga va Risola-i Nurni ko’rmaganlarga tinglattirish va ko’rsatish uchun shunday bir tarzda ketgan va kufrini yashirishga uringanki; shaytanatda shaytondan o’zib ketgan. Meni juda ham xafa qildi.
Qardoshimiz Sabrining maktubida, qaysar mulhidlarning Risola-i Nurning jarayoniga qarshi qurgan chirik va zaif hiylalari, o’rgimchak to’ri va uyasi kabi quvvatsiz va u shaytanat pardalari qiymatsiz va bardoshsizdir, Risola-i Nurga qarshi yirtilar va yirtiladi degani kabi; bu zindiq va qaysar va o’jar va o’lgan ablahning yovuz ruhi bo’lgan zindiq yozgan va zohiran musulmonlarga turkchilik foydasiga, ammo haqiqatda Qur'on va Payg’ambarning (S.A.V.) azamat va hashamati ma'naviyalarini sindirish hamda hechga tushirish va oddiylashtirish niyati bilan yozilgan bu chop qilingan asar ham, Mo’jizoti Qur'oniya va Mo’jizoti Ahmadiyaga (S.A.V.) qarshi o’rgimchak to’ri ham bo’lolmaydi, parchalanadi. Ammo minglab afsuski; Risola-i Nurni ko’rmaganlarga qat'iy zarar bergani kabi, Risola-i Nurni ko’rganlar ham qiziqib, "Ajabo, nima bor?" deyish bilan, sof qalblarini bulg’aydi. Loaqal vasvasa va vahima beradi.
Risola-i Nurning qahramon shogirdlari bunday narsalarga qarshi uyg’oq harakat qilishlari va faoliyatlarini ko’paytirishlari lozim bo’ladi. Yomon narsa bilan zehnan mashg’ul bo’lish ham, yomon bo’lgani uchun, tugataman. Aslo unga ahamiyat berish bilan, odamlarni qiziqtirib qaratilmasin. Balki ahamiyatsiz, dinsizlarcha, faqat muborak ismlarning va muborak oyatlarning ba'zi ma'nosi ichidan xorij qolish e'tibori bilan, ahamiyatsiz bir lattadir, bilinsin. Bu ablahning qay daraja haddidan oshganini bu misoldan tushuninglar: Masalan: Juda uzoq bir majlisda, mutaxassis va mudaqqiq olimlar o’qigan va tadqiq qilgan bir kitobga va dars olgan kishilariga, juda uzoq masofadan qarashni istagan va ko’rmagan bir ablah, o’sha olimlarning aksiga hukm berib ularni tanqid qilgan, devonalarcha valdiraydi.
Janobi Haq ahli iymonni va Risola-i Nur shogirdlarini bundaylarning yomonligidan muhofaza aylasin, omin.
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizning favqulodda sabot va ixlosingizning g’alabasi va u musibat daf qilinganidan keyin, ahli dunyo rejasini o’zgartirdi. Zindiqoning hiylalari bilan, bu atrofda bizlarga qarshi parda ostida moddiy va ma'naviy bosimi boshlagan. G’oyat diqqat bilan va shaytonchasiga, shogirdlarning haqiqiy quvvatlari bo’lgan hamjihatlikni buzishga urinyaptilar. Sizlarga risolalarni qaytarganlari holda, ayyorlarcha hiylalar qilyaptilar. Biz sizning bir sho’bangiz hukmida bo’lganimiz holda, bizni asl va markaz deb o’ylaganlaridan, yanada ziyoda hiylalarini bizga qarshi iste'mol qilyaptilar. Hofizi Haqiqiy Janobi Haqdir! Inshaalloh hech qanday zarar berolmaydilar. Ammo bu muborak oyning ayyom va muborak kechalarida xolis duolaringiz bilan bizga yordam beringlar. Hech narsa yo’q. Ammo imkon qadar ehtiyotli va diqqatli bo’linglar. Hazrat Ali (Roziyallohu Anhu) va G’avsi Jiyloniy (Quddisa Sirruhu) kabi qahramonlarning ma'naviy kafilliklari قُلْ وَلَا تَخَفْ va وَلَا تَخْشَ xitoblari bizga har vaqt jasorat va quvva-i ma'naviya beradi.
Kotib Usmonning maktubida, qahramon Rushduning bahodir birodari Burhonning, risolalarning qutulishiga ko’p xizmat qilganini yozadi. Zotan u jasur qardoshimizning avvaldan ham bu tur xizmatlari bor edi. Ham unga, ham Risola-i Nurning qutulishiga harakat qilganlarga va ishtirok qilganlarga, hatto mahkama raisiga va insofli a'zolariga ham duo, ham tashakkur qilamiz. Munosib ko’rilsa, mahkama raisiga xususiy tashakkurimizni bayon qilasizlar.
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ هٰذِهِ الشُّهُورِ الثَّلَاثَةِ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Birinchidan: Sizning o’tgan Layla-i Me'roj va kelayotgan Layla-i Baroatingizni tabriklaymiz va maqbul duolaringizni so’rab qolamiz.
Ikkinchidan: Yigirma Beshinchi So’z bo’lgan Mo’'jizoti Qur'oniyaning ikkinchi yarmi, shoshqaloqlik balosi bilan g’oyat qisqa qolishiga badal; sizga oldinroq yozganim kabi, ba'zi ilovalarni uning oxirida qo’shgandik. Hozir eng muhim bir qismni yigirma yil avval chop qilingan Lamaatda ko’rdik. Uning ham Mo’'jzoti Qur'oniya zayllari ichiga kiritilishi juda munosib ko’rildi. Qahramon Tohiriy menga keltirgan bir nusxa Lamaatni juda qiymatdor ko’rdim. Agar bir nusxa yana bu atrofda bo’lsa, siz ham u qismni nusxalaringiz oxiriga yozarsiz. Zotan Lamaatning o’zi ham hayratomuzdir. Ramazoni Sharifda, yigirma kun mobaynida, nasriy suratda, soxtakorliksiz birdan yozilgan. So’ngra qaradik, sahli mumtani' kabi bir nasri manzum va bir nazmi mansur suratini olgan. Ichida bu qism yanada hayratomuzdir. Lamaatda o’sha qismning sarlavhasi: "Iyjoz bilan bayon i'jozi Qur'on."
"Bir vaqt tushda ko’rdimki: Arorat Tog’i ostidaman. Birdan tog’ portladi, tog’ kabi toshlarni olamga sochdi, tebratdi jahonni." Bundan to
"Tarzi nazar ikkidir; biri zulmatdor, boshqasi ziyodor" sarlavhasiga qadar. Agar Lamaat sizning qo’lingizga o’tmagan bo’lsa, u qismni bu yerdan sizga yuboramiz.
Uchinchidan: Ham latif, ham go’zal, zarif hodisani aytib beraman. Bu mamlakatda Risola-i Nurga erkaklardan ko’ra ko’proq fidokorona yopishgan keksa xonimlar va keksa hukmida ma'suma yosh xonimlar, eski zamon patli va zarli kelinlik kiyimlari ichida qiymatdor qismlarni Risola-i Nurning bo’limlarining jildlari ustiga tortib, barcha risolalar oltin zarhal bilan jildlangan kabi bir tarzga kirdi. Risola-i Nurning ma'nan go’zalligiga hamda Xusrav va Tohiriy va Alilarning va Hasan Atif va Osim kabi qardoshlarimizning zarrin yozuvlarining jamoliga, jildi ustida ham shirin bir go’zallik yana ilova qildilar. Hofiz Alining maktubida yozgan Ummuxon va Shohid qiymatida, bu yerda Risola-i Nurga bor quvvati bilan xizmat qilayotgan ko’p opa-singillarimiz bor. Masalan: Osiyo, Soniya, Ulviya, Lutfiya, Oliya kabi Risola-i Nurning shogirdlari, u yerdagi opa-singillariga va qardoshlariga salom yo’llayaptilar va duo qilyaptilar.
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ شَهْرِ شَعْبَانَ وَ رَمَضَانَ
Aziz, siddiq, muborak, metin qardoshlarim!
Sizning Baroat Kechangizni va kelayotgan Muborak Ramazon Kechalaringizni tabriklaymiz. Janobi Haqqa yuz minglar shukr bo’lsinki, Risola-i Nur o’z-o’zidan kengayapti. Har tomonda fathlari bor. Ahli zalolatning hiylalari uni to’xtatmayapti, aksincha ko’p dinsizlar yengilganini qabul qilyaptilar. Hofiz Alining aytganidek, qo’rquvlari haddan ziyoddir. Hozir dinsizlik mutaassibligi bilan emas, qo’rquv jihati bilan hujum qilyaptilar. O’sha qo’rquv Risola-i Nur foydasiga aylanadi inshaalloh.
Nur fabrikasining sohibi bu safargi maktubidagi g’aroyib va yuksak duosi, uning favqulodda ixlos va sadoqatining bir tomchisi nazari bilan qaraganimizdan, ming daraja haddimdan ziyoda yaxshi gumonini Risola-i Nur hisobiga qabul qilib, duosiga omin deymiz. U Nur fabrikasining maktubi Hasan Atifning maktubi bilan Layla-i Baroat oqshomida qo’limizga o’tdi. Uni kechamizga barakali va muborak tabrik sifatida qabul ayladik.
Aziz qardoshlarim! Bu muborak Ramazonda ham, o’tgan Ramazon kabi, bu ojiz va zaif qardoshingizga, ma'naviy va uxroviy sa'y va harakatingizdan zakot miqdoricha berishingizni va uning hisobiga bir miqdor ishlashingizni va ziyoda yaxshi gumoningiz bilan unga yuklagan og’ir yukingizga o’sha shaklda yordamingizni juda ko’p iltimos qilaman.
Tirikchilik dardi telbaligi bilan, aksar odamlar oxirat ishlariga ikkinchi darajada qarashlaridan, ahli zalolat foydalanib ularni ovlayaptilar. Risola-i Nur shogirdlari qanoat va iqtisod dasturi bilan bu ma'naviy xastalikka ham qarshilik qiladilar, inshaalloh.
Umum qardoshlarimizga va opa-singillarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizning muborak Ramazoni Sharifingizni tabriklaymiz. Janobi Arhamurrohimiyn bu Ramazoni Muborakaning hurmati, Rahmatan-lil-Olamiyn bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ummatiga rahmati bilan yordam aylasin! Omin. Alloh g’azabining asarlari bo’lgan ofat va zalolatlardan muhofaza aylasin! Omin. Va Risola-i Nur shogirdlarini Qur'on nurlarini yoyishda muvaffaq aylasin! Omin.
Hizb-ul A'zami Qur'oniyning kelishini ishtiyoq bilan kutyapmiz.
Ikkinchidan: Hofiz Alining maktubida, qahramon Sulaymon Rushduning kelishini xushxabar beryapti. Biz ham unga, "Minglab xush kelding" deb va uch jihat bilan uni va ma'sumlarini tabriklaymiz. Va Hasan Atifning, Temirchi Mehmed nomini bergan Badaviy qardoshimizga yozgan uzun maktubi bu yerdagi qardoshlarimizga ixlos nuqtasida ahamiyatli ta'siri bor. Ixlos Risolasining sirrini va dasturlarini joylashtirishga harakat qilishi bizni juda masrur ayladi. Janobi Haq u kabi xolis qardoshlarni ko’paytirsin. Va Atifning u maktubida Madrasa-i Nuriyadagi qahramonlardan qiymatdor bir-ikki yuksak keksaning, Risola-i Nurga porloq aloqalari bizni surur yoshi bilan yig’lattirdi.
Bu safar, oldinroq sizga yuborilgan yoshlar ogohlantirish xatining bir qo’shimchasi bo’lib, bu atrofda tahlikali vaziyatda bo’lgan yoshlarga bir eslatma nomli bir xat yuboryapmiz. Toki Risola-i Nurning yosh shogirdlari borgan istiqomat va iffat va sunnati saniyaga ergashish, yoshlik nuqtasida qanchalar qiymatdor bo’lganini hamda haqiqiy va zavqli yoshlik esa u tarzdagi baxtiyorlarning yoshliklari bo’lganini yana bir bor isbot qilib, haqiqiy yosh Turklar kimlar ekanini ko’rsatsin.
Umum qardoshlarimizga va opa-singillarimizga salom aytib, duo qilamiz. Va muborak duolarini bu muborak Ramazoni Sharifda va birga ming foydani qozontirgan ayyom va muborak kechalarda so’rab qolamiz.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
Bir necha bechora yoshlarga berilgan bir tanbeh, bir dars, bir eslatmadir.
(Bundan oldinroq sizga yuborilgan yoshlarga ogohlantirish xatining bir qo’shimchasi)
Bir kuni yonimga porloq bir nechta yoshlar keldilar. Hayot va yoshlik va havaslar jihatidan kelgan tahlikalardan saqlanish uchun ta'sirli bir eslatma olishni istadilar. Men ham ilgarilari Risola-i Nurdan madad istagan yoshlarga aytganim kabi ularga dedimki:
Sizdagi yoshlik qat'iyan ketadi! Agar siz shariat doirasida qolmasangiz, o’sha yoshlik zoye bo’lib boshingizga ham dunyoda, ham qabrda, ham oxiratda o’z lazzatidan ancha ko’p balolar va alamlar keltiradi. Agar tarbiya-i Islomiya bilan o’sha yoshlik ne'matiga javoban bir shukr o’laroq iffat va nomuslilik va toatda sarf qilsangiz, o’sha yoshlik ma'nan boqiy qoladi va abadiy bir yoshlik qozonishga sabab bo’ladi.
Hayot esa, agar iymon bo’lmasa yoxud isyon bilan u iymon ta'sir qilmasa; hayot zohiriy va qisqa zavq va lazzat bilan birga, minglab daraja o’sha zavq va lazzatdan ko’proq alamlar, qayg’ular, g’amlar beradi. Chunki insonda aql va fikr bo’lgani uchun, hayvonning aksiga bo’lib, hozirgi zamon bilan barobar, o’tgan va kelasi zamonlar bilan ham fitratan aloqadordir. O’sha zamonlardan ham ham azob, ham lazzat olishi mumkin. Hayvon esa, fikri bo’lmagani uchun, hozirgi lazzatini o’tmishdan keladigan qayg’ular, kelajakdan keladigan qo’rquvlar, xavotirlar buzmaydi. Inson esa, agar zalolat va g’aflatga tushgan bo’lsa, hozirgi lazzatiga o’tmishdan keladigan qayg’ular va kelajakdan keladigan andishalar o’sha juz'iy lazzatini haqiqatdan achchiqlashtiradi, buzadi. Ayniqsa, shariatga zid bo’lsa, butunlay zaharli asal hukmidadir.
Demak hayvondan yuz daraja lazzati hayot nuqtasida pastga tushadi. Balki ahli zalolatning va g’aflatning hayoti, balki vujudi, balki koinoti; bo’lgan kunidir. Butun o’tgan zamon va koinotlar uning zalolati nuqtasida ma'dumdir, o’lgandir. Aql aloqadorligi bilan unga zulmatlar, qorong’uliklar beradi. Kelasi zamonlar esa, e'tiqodsizligi jihati bilan yana ma'dumdir. Va adam bilan hosil bo’lgan abadiy firoqlar doimo uning fikr yo’li bilan hayotiga zulumotlar beradi.
Agar iymon hayotga hayot bo’lsa; u vaqt ham o’tmish, ham kelasi zamonlar iymonning nuri bilan yorishadi va vujud topadi. Hozirgi zamon kabi, ruh va qalbiga iymon nuqtasida yuksak va ma'naviy zavqlarni va vujud nurlarini beradi. Bu haqiqatning Keksalar Risolasida Yettinchi Umidda izohi bor. Unga qarashingiz kerak.
Xullas, hayot bundaydir. Hayotning lazzatini, zavqini istasangiz, hayotingizni iymon bilan hayotlantiring va farzlar bilan ziynatlang va gunohlardan saqlashish bilan muhofaza qiling. Har kuni va har yerda, har vaqt vafotlar ko’rsatib turgan dahshatli haqiqati mavt esa, sizga -boshqa yoshlarga aytganim kabi- bir misol bilan bayon qilaman. Masalan:
Bu yerda ko’zimiz o’ngida bir dor o’rnatilgan. Uning yonida bir lotoreya, faqat juda katta yutuq chiptalari bergan doirasi bor. Biz bu yerdagi o’n kishi, oxir oqibat, istasak-istamasak, hech boshqa chora yo’q, u yerga da'vat qilinamiz, bizni chaqiradilar. Va chaqirish vaqti yashirin bo’lgani uchun har daqiqa yo "Kel, qatl xabarini ol, dorga chiq", yoxud "Kel, millionlab oltinni qozontirgan bir yutuq chiptasi senga chiqqan, kel, ol", deyishlarini kutarkan, birdan eshikka ikkita odam keldi. Biri yarim yalang’och, go’zal va aldovchi bir ayol, qo’lida zohiran juda shirin, ammo zaharli holva keltirib yedirishni istadi. Boshqa biri ham; aldamaydigan va aldanmaydigan jiddiy bir odam, u ayolning orqasidan kirdi. Dediki: "Sizga bir tilsim, bir dars keltirdim. Buni o’qisangiz, u holvani yemasangiz, u dordan qutulasizlar. Bu tilsim bilan o’sha benazir yutuq chiptasini olasiz.
Xullas qarang, bu dorni ham zotan ko’zingiz bilan ko’rib turibsizki, asal yeganlar u yerga kiryaptilar va u yerga kirgunga qadar ham u holvaning zaharidan dahshatli qorin sanchig’ini chekyaptilar va o’sha katta yutuq chiptasini olganlar garchi ko’rinmayaptilar va ko’rinishdan ular ham o’sha dorga chiqyaptilar. Lekin ular osilmaganlarini, aksincha u yerdan osongina yutuq doirasiga kirish uchun zinapoya qilganlarini millionlab, milliardlab shohidlar bor, xabar beryaptilar.
Mana, derazalardan qaranglar. Eng buyuk ma'murlar va bu ish bilan aloqador buyuk zotlar baland ovoz bilan e'lon qilyaptilar, xabar beryaptilarki: O’sha dorga ketganlarni aynalyaqiyn ko’zingiz bilan ko’rganingiz kabi, bu yutuqli biletni tilsimchilar olganlarini hech shak va shubha qilinmaydigan, ko’rayotgan kabi, kunduz kabi qat'iy bilinglar," dedi.
Mana bu tamsil kabi zaharli asal hukmida bo’lgan shariatga zid doiradagi yoshlikning safohatkorona zavqlari, xazina-i abadiyaning va saodati sarmadiyaning chiptasi va hujjati bo’lgan iymonni yo’qotganligi uchun, dor hukmida bo’lgan o’lim va abadiy zulmatlar eshigi bo’lgan qabrning musibatiga, aynan zohiran ko’ringani kabi tushadi va ajal yashirin bo’lgani uchun, yosh-keksa farq qilmasdan har vaqt ajal jallodi, boshini kesish uchun kela oladi. Agar o’sha zaharli asal hukmida bo’lgan shariatga zid havaslarni tark qilib, tilsimi Qur'oniy bo’lgan iymon va farzlarni qo’lga kiritish bilan, o’sha hayratomuz bashariyat taqdiri lotereyasidan chiqqan saodati abadiya xazinasi biletini olishini bir yuz yigirma to’rt ming Payg’ambarlar Alayhimussalom bilan birga son-sanoqsiz ahli valoyat va ahli haqiqat va ahli tahqiq birgalikda xabar beryaptilar va asarlarini ko’rsatyaptilar.
Xullas kalom: Yoshlik ketadi! Safohatda ketgan bo’lsa, ham dunyoda, ham oxiratda minglab balo va alamlar natija berganini va unday yoshlar ko’pincha suiiste'mol bilan, isroflar bilan kelgan vahimali xastalik bilan kasalxonalarga yoki qiziqqonliklari bilan qamoqxonalarga yoki faqirlar uyiga yoki ma'naviy alamlardan keladigan aziyatlar bilan mayxonalarga tushishlarini anglashni istasangiz; kasalxonalardan va qamoqxonalardan va qabristonlardan so’ranglar. Albatta, kasalxonalarning aksariyat bilan hol tilidan, yoshlik turtkisi bilan isroflar va suiiste'moldan kelgan xastalikdan "nolonlar", "pushaymonliklar" javobini eshitganingiz kabi, qamoqxonalardan ham, aksariyat bilan yoshlikning qiziqqonlik turtkisi bilan shariatga zid doiradagi harakatlarning ta'zirlarini yegan badbaxt yoshlarning afsuslarini eshitasiz. Va qabristonda va doimo u yerga kirganlar uchun eshiklari ochilib yopilgan o’sha olami barzohda -ahli kashf-al quburning mushohadasi bilan va butun ahli haqiqatning tasdig’i bilan va guvohliklari bilan- aksar azoblar, yoshlik suiiste'mollarining natijasi bo’lganini bilasizlar. Ham nav'-i insonning aksariyatini tashkil qilgan keksalardan va kasallardan so’ranglar. Albatta, aksariyati mutlaqa bilan afsuslar, hayratlar bilan: "Ey voh yoshligimizni bekorga, balki zararli zoye qildik. Zinhor biz kabi qilmanglar", deydilar.
Chunki besh-o’n yillik yoshlikning shariatga zid zavqi uchun, dunyoda ko’p yillar g’am va qayg’u hamda barzohda azob va zarar hamda oxiratda jahannam va saqar balosini chekkan odam, eng achinadigan bir holda bo’lgani holda اَلرَّاض۪ى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ ning sirri bilan, hech achinishga haqdor bo’lolmaydi. Chunki zararga rizosi bilan kirganga marhamat qilinmaydi va loyiq emasdir. Janobi Haq bizni va sizni bu zamonning jozibador fitnasidan qutqarsin va muhofaza aylasin, omin...
***
Aziz, siddiq Risola-i Nur shogirdlari qardoshlarim!
Risola-i Nur shogirdlarining zaif qismlariga zarar bergan, esga kelmagan, keksa bir zot tarafidan bir e'tiroz munosabati bilan va u kabi e'tirozlarning asosini kesadigan bir haqiqatni bayon qilishga majbur bo’ldim. Oldin bir kishiga aytganim kabi buni takrorlayman:
Ham taajjub, ham afsuslanishga sababdirki: Ahli haqiqat ittifoqdagi hayratomuz quvvatni zoye qilganlari va zarari bilan mag’lub bo’lganlari holda; Ahli zalolat va munofiqlar, mashrabiga zid bo’lgani holda, ittifoqdagi ahamiyatli quvvatni qo’lga kiritish uchun ittifoq qilyaptilar. O’nta ekan, to’qsonta ahli haqiqatni mag’lub qilyaptilar. Va eng ko’p taajjub va hayratlanishga sabab shuki: Eng ko’p yordam va tashviq kutganimiz va ular ham o’sha yordamga Islomiyat va maslak va vazifa-i diniya jihatidan vazifador bo’lganlari yordamni bizga qilmasdan, aksincha xato tushunchasiga binoan, Risola-i Nurning xizmatiga sustlik beradigan bir tarzda, ijtimoiy mavqelarining ahamiyatiga tayanib e'tiroz qilganlar. Bir haqiqatga doir bayonotga e'tiroz qilganlar.
Men bilmayman qaysi masala, qaysi oyatga doirdir. Bo’lsa-bo’lsa g’oyat mahram qismidan bo’lgan Birinchi Shu'la nomli Ishoroti Qur'oniyadan bir masalaga doir bo’ladi. Bu ojiz qardoshingiz ham o’sha eski do’st zotga, ham ahli diqqatga va sizlarga bayon qilamanki:
Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning fayzi bilan, Yangi Said iymon haqiqatlariga doir shu daraja mantiq va haqiqat jihatidan burhonlar zikr qiladiki, nafaqat musulmon olimlari, balki eng qaysar Yevropa faylasuflarini ham taslimga majbur qiladi va qilyapti. Ammo Risola-i Nurning qiymat va ahamiyatiga ishoriy va ramziy bir tarzda Hazrat Ali (R.A.) va G’avsi A'zamning (Q.S.) xabarlari navidan, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ham bu zamonda bir mo’'jiza-i ma'naviyasi bo’lgan Risola-i Nurga nazari diqqatni jalb qilishiga ma'no-i ishoriy tabaqasidan razm va imolari, i'jozining sha'nidandir va u lisoni g’aybning balog’ati mo’'jizakoronasining taqozosidir.
Ha, Eskishahar qamoqxonasida dahshatli bir zamonda va qudsiy bir tasalliga juda ham muhtoj bo’lganimiz hangomda, ma'naviy bir eslatma bilan: "Risola-i Nurning maqbuliyatiga doir eski avliyolardan shohid keltiryapsan. Holbuki وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا ف۪ى كِتَابٍ مُب۪ينٍ sirri bilan eng ziyoda bu masalada so’z sohibi Qur'ondir. Ajabo, Risola-i Nurni Qur'on qabul qiladimi? Unga qay nazar bilan qaraydi?" deyildi. O’sha ajib savol qarshisida bo’ldim. Men ham Qur'ondan madad istadim. Birdan o’ttiz uch oyatning ochiq ma'nosining tafsilotlari navidagi tabaqalardan ma'no-i ishoriy tabaqasidan va o’sha ma'no-i ishoriy kulliyatida doxil biri Risola-i Nur ekanini hamda kirishiga va sababi imtiyoziga kuchli bir alomat bo’lishini bir soat mobaynida his qildim. Va bir qismi bir daraja izoh va bir qismini qisqacha ko’rdim. Qanoatimda hech bir shak va shubha va vahm va vasvasa qolmadi.
Men ham ahli iymonning iymonini Risola-i Nur bilan muhofaza niyati bilan o’sha qat'iy qanoatimni yozdim va xos qardoshlarimga mahram tutilish sharti bilan berdim. Va u risolada biz demayapmizki; oyatning ochiq ma'nosi budir. Toki domlalar ف۪يهِ نَظَرٌ demasin. Ham demaganmizki, ma'no-i ishoriyning kulliyati budir. Balki deyapmizki:
Ochiq ma'noning ostida ko’plab tabaqalar bor. Bir tabaqasi ham ma'no-i ishoriy va ramziydir hamda o’sha ma'no-i ishoriy ham bir kulliydir. Har asrda juz'iyotlari bor. Risola-i Nur ham bu asrda o’sha ma'no-i ishoriy tabaqasining kulliyatidan bir farddir va o’sha fardning qasddan bir sababi nazar bo’lganiga va ahamiyatli bir vazifa bajarishiga, eskidan beri olimlar o’rtasida joriy bir dasturi jifriy va riyoziy bilan alomatlar, balki hujjatlar ko’rsatilgan ekan, Qur'onning oyatiga yoki ochiq ma'nosiga ziyon yetkazish emas, aksincha i'joz va balog’atiga xizmat qiladi. Bu navi g’aybiy ishoratlarga e'tiroz qilinmaydi. Ahli haqiqatning nihoyatsiz Qur'on ishoratlaridan son-sanoqsiz istixrojlarini inkor qilolmagan, buni ham inkor qilmasligi kerak va qilolmaydi.
Ammo men kabi ahamiyatsiz bir odamning qo’lida bunday ahamiyatli bir asarning chiqishini g’arib va aqldan uzoq ko’rib e'tiroz qilgan zot, agar bug’doy donasi qadar qarag’ay urug’idan tog’ kabi qarag’ay daraxtini yaratish azamat va qudrati Ilohiyaga dalil bo’lganini o’ylasa, albatta biz kabi ojizi mutlaq va faqiri mutlaqda va bunday shiddatli ehtiyoj vaqtida bunday bir asarning chiqishi, rahmati Ilohiyaning kengligiga dalildir deyishga majbur bo’ladi.
Men sizni va e'tirozchilarni Risola-i Nurning sharaf va sha'ni bilan ishontiramanki: Bu ishoratlar va avliyolarning imoli xabarlari, ramzlari meni doimo shukrga va hamdga va nuqsonlarimdan istig’forga chorlagan. Hech qachon hech bir daqiqa nafsi ammoramga faxr va g’ururga sabab bo’ladigan anoniyat va menlik bermaganini, sizga bu yigirma yillik hayotimning ko’z o’ngida izlari bilan isbot qilaman.
Ha, bu haqiqat bilan birga inson nuqsonlardan, unutishdan, kamchilikdan xoli emas. Men o’zim bilmagan ko’p nuqsonlarim bor. Balki fikrim ham qo’shilgan, risolalarda xatolar ham bo’lgan. Ammo Qur'onning muqaddas harflarining o’rniga basharning tarjimasini qo’yish pardasi ostida, nuqson harflar bilan yangi xat ostida vayronkorona ahli zalolatning buzuq ta'villari oyatlarning ochiq ma'nosiga ziyon yetkazishlariga qaramagan kabi; bechora mazlum bir odamning qardoshlarining iymonini quvvatlantirish uchun bir nukta-i i'joziyani bayon qilgani uchun, xizmati iymoniyasiga sustlik beradigan darajada e'tiroz, albatta unday zotlar emas, balki zarra miqdor insofi bo’lgan e'tiroz qilolmaydi.
Mening shaxsim uchun hayratga sababdirki: O’sha e'tiroz qilgan zot, mening silsila-i ilmimda eng ahamiyatli ustozim bo’lgan Shayx Fahimning (Q.S.) bir shogirdi va eng ko’p bog’liq bo’lganim Imom Rabboniyning (R.A.) bir talabasi bo’lgani holda; harkasdan ko’proq kamchiliklarimga, eski chalkash hayotlarimga, qiziqqonliklarimga qaramasdan bor kuchi bilan yordamimga yugurishi lozim ekan; afsuski undan sizib chiqqan e'tiroz, ba'zi zaif birodarlarimizga sustlik va ahli zalolatga bir hujjat hukmiga o’tganini juda afsus bilan eshitdik.
O’sha keksa zotdan, tez bu xato tushunchani yo’qotish uchun ta'mir qilishga harakat qilishini; ham duosi bilan, ham ta'sirli nasihati bilan yordamini kutamiz. Buni ham qo’shimcha tarzda bayon qilaman:
Bu zamonda g’oyat quvvatli va haqiqatli millionlab fidorkorlari bo’lgan mashrablar, maslaklar bu dahshatli zalolat hujumiga qarshi zohiran mag’lubiyatga tushganlari holda; men kabi yarim ummiy va kimsasiz, doimo kuzatuv ostida, uchastka noziri xonasi qarshisida va mudhish, ko’pgina jihatlar bilan menga qarshi tashviqotlar va hammani mendan nafrat qilish vaziyatida bo’lgan bir odam, albatta zalolatga qarshi g’olibona bardosh qilgan va millionlab a'zolari bo’lgan maslaklardan yanada oldin, yanada quvvatli tayangan Risola-i Nurga sohib emas. U asar uning hunari bo’lolmaydi va u bilan iftixor qilolmaydi. Balki to’g’ridan to’g’ri Qur'oni Hakiymning bu zamonda bir mo’'jiza-i ma'naviyasi rahmati Ilohiya tarafidan ehson qilingan. U odam minglab birodarlari bilan birga o’sha hadya-i Qur'oniyaga qo’l otganlar. Nima bo’lganda ham birinchi tarjimonlik vazifasi unga tushgan. Uning fikr va ilmi va zakosining asari bo’lmaganiga dalil, Risola-i Nurda shunday qismlari borki; ba'zan olti soatda, ba'zan ikki soatda, ba'zan bir soatda, ba'zan o’n daqiqada yozilgan risolalar bor. Men qasam bilan ishontiramanki, Eski Saidning quvva-i hofizasi barobar bo’lish sharti bilan, o’sha o’n daqiqalik ishni o’n soatda fikrim bilan qilolmayman. O’sha bir soatlik risolani, ikki kun iste'dodim bilan, zehnim bilan qilolmayman va o’sha olti soatlik risola bo’lgan O’ttizinchi So’zni na men, na eng mudaqqiq dindor faylasuflar olti kunda o’sha tahqiqotni qilolmaydi va hokazo...
Demak biz qashshoq bo’lganimiz holda, g’oyat boy bir javohirlar do’konining jarchisi va bittadan xizmatchisi bo’lganmiz. Janobi Haq fazlu karami bilan, bu xizmati qudsiyada xolisona, muxlisona bizni va umum Risola-i Nur shogirdlarini doimo muvaffaq aylasin, omin.
Said Nursiy
***
LAMAATDAN
Fotihaning Oxirida Ishorat Qilingan Uch Yo’lning Bayoni
Ey birodari pur amal! Xayolingni qo’lga ol, men bilan barobar kel. Mana bir zamindamiz, atrofiga qaraymiz; kimsa ham ko’rmas bizni.
Chodir ustunlari hukmida yuksak tog’lar ustida qop-qora bir bulut tabaqasi tashlangan, ham u ham qoplagan zaminimiz yuzin.
Muzlagan bir tom bo’lgan, lekin ost yuzi ochiq ekan, u yuzni quyosh ko’rarkan. Xullas bulut ostidamiz, siqyapti zulmat bizni.
Siqilish ham bug’adi, havosizlik o’ldirar. Hozir bizga uch yo’l bor: Bir olami ziyodor, bir karra ko’rgandim bu zamini majoziy.
Ha, bir karra bu yerga ham kelganman, uchovida alohida-alohida ketganman. Birinchi yo’li budir: Aksari bu yerdan ketadi; u ham davri olamdir, sayohatga tortar bizni.
Mana biz ham yo’ldamiz, bunday yayov ketamiz. Qara shu sahroning qum daryolariga, qanday hiddat sochyapti, qo’rqityapti bizni!
Boq shu daryoning tog’voriy to’lqinlariga! U ham bizdan g’azabda. Alhamdulilloh narigi yuzga chiqdik, ko’ramiz quyosh yuzin.
Faqat tortgan zahmatimizni ham faqat biz bilamiz. Voh, takror bu yerga qaytdik shu zamini vahshatzor, bulut tomi zulmatdor. Bizga lozim: Ravnaqdor qilar qalbdagi ko’zni
Bir olami ziyodor. Favqulodda agar bir jasorating bor; kiramiz da barobar, bu yo’li pur-xatarkor. Ikkinchi yo’limizni:
Tabiati arzni teshamiz, u tarafga o’tamiz. Yo fitriy bir tuneldan titrab boramiz. Bir vaqtda bu yo’lda tomosha qildim da o’tdim benoz va pur-niyoziy.
Faqat u payt tabiatning zaminini eritadigan, yirtadigan bir modda bor edi qo’limda. Uchinchi yo’lning u dalili mo’'jizni Qur'on uni menga bergandi.
Qardoshim, orqamdan qolma, hech ham qo’rqma! Boq ana shu yerda tunelvoriy g’orlar, yer osti oqimlar kutarlar ikkimizni.
Bizni o’tkazadilar. Tabiat ham shu mudhish jumudiyalari ham seni hech qo’rqitmasin. Zero bu xo’mraygan chehrasi ostida marhamatli sohibining tabassumli yuzi.
Radyumvoriy u modda-i Qur'oniy yorug’ligi bilan sezgandim. Mana, tabriklayman! Ziyodor olamga chiqdik, boq shu zamini pur-nozni
Bu fazoyi latif, shirin. Hoy, boshingni ko’tar! Boq juda baland bo’lgan, bulutlarni ham yirtgan, pastda qoldirgan. Da'vat qilyapti bizni.
Shu shajara-i tubo, magar u Qur'on ekan. Shoxlari har tarafga uzangan. Egilgan bu shoxga biz ham osilishimiz kerak, u yerga olsin bizni.
U shajara-i samoviy; bir timsoli zaminda bo’lgan shar'-i anvori. Demak zahmat chekmasdan u yo’l bilan chiqardik bu olami ziyoga, siqmasdan zahmat bizni.
Modom xato qilganmiz; eski yerga qaytamiz, to’g’ri yo’lni topamiz. Boq, uchinchi yo’limiz: Shu tog’lar ustida turgan shahboziy
Hamda butun jahonga o’qiydi bir azonni. Boq muazzini a'zamga, Muhammad-ul Hoshimiy (S.A.V.) da'vat qilar insonni olami nuri anvorga. Ilzom etar niyoz bilan namozni.
Bulutlarni ham yirtgan, boq bu huda tog’lariga. Juda baland bo’lgan, boq shariat tog’iga. Qanday bezagan zaminimizning yuzi ko’zi.
Xullas chiqishimiz kerak bu yerdan himmat tayyorasi bilan. Ziyo, shamol u yerda, nuru jamol u yerda. Mana bu yerdadir Uhudi Tavhid, u jabali azizi.
Mana shu yerdadir Judi-i Islomiyat, u jabali salomat. Mana Jabal-ul Qamar bo’lgan Qur'oni Azhar, ziloli Nil oqyapti u muhtasham manbadan. Ich u obi lazizni!..
فَتَبَارَكَ اللّٰهُ اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ
وَ اٰخِرُ دَعْوٰينَا اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
Ey birodar! Hozir xayolni boshdan chiqar, aqlni boshga o’tkaz! Avvalgi ikki yo’lning mag’dub va dallin yo’li; xatarlari juda ko’pdir, qishdir doim kuz yozi.
Yuzdan biri qutular; Aflotun, Suqrot kabi. Uchinchi yo’l; yengildir, ham qoribi mustaqimdir. Zaif, kuchli barobar. Hamma u yo’ldan ketar. Eng rohati budirki: Shahid bo’lish yo g’oziy.
Xullas, natijaga kiramiz. Ha, daho-i fanniy: Avvalgi ikki yo’ldir unga maslak va mazhab. Faqat huda-i Qur'oniy: Uchinchi yo’ldir uning siroti mustaqimi, qovushtirar u bizni.
اَللّٰهُمَّ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ وَ لَاالضَّٓالّ۪ينَ ٭ اٰم۪ينَ
***
Haqiqiy Barcha Azob Zalolatda, Barcha Lazzat Iymondadir
Xayol libosini kiygan muazzam bir haqiqat
Ey yo’ldoshi xushdor! Siroti mustaqimning u maslagi nuroniy, mag’dub va dolliynning u tariqi zulmoniy, to’liq farqlarini ko’rish agar istasang ey aziz,
Kel vahmingni qo’lga ol, xayol ustiga ham min, hozir sen bilan boramiz zulumoti adamga. U mozori akbarni, u shahri pur-amvotni bir ziyorat qilamiz.
Bir Qodiyri Azaliy, o’z dasti qudratila bu zulumot qit'adan bizni tutdi chiqardi, bu vujudga mindirdi, yubordi shu dunyoga; shu shahri be-lazoiz.
Mana hozir biz keldik shu olami vujudga, u qo’rqinchli sahroga. Ko’zimiz ham ochildi, olti jihatda biz boqdik; avval marhamat istab qarshimizga qaraymiz.
Lekin balolar, alamlar qarshimizda dushmanlar kabi hujum qiladi. Undan qo’rqdik, chekindik. O’ngga-chapga, tabiat unsurlariga qaraymiz, undan madad kutamiz.
Lekin biz ko’ryapmizki, ularning qalblari qattiq, marhamatsiz. Tishlarini ko’rsatar, hiddatli ham qararlar; na noz tinglar, na niyoz!
Nochor odamlar kabi ma'yusona nazarni yuqoriga ko’tardik. Ham madad istab samoviy jismlarga qaraymiz; juda dahshatli tahdidkor ham ko’ramiz.
Go’yo bittadan zambarak o’qi bo’lganlar, uyalardan chiqqanlar, ham atrofi fazoda juda tez o’tadilar, qandaydir bo’lib ular bir-biriga tegilmas.
Gar birisi yo’lini tasodifan adashtirsa, Alloh saqlasin, shu olami shahodat o’ti ham yoriladi. Tasodifga bog’liqdir; bundan ham xayr kelmas.
Ma'yusona nazarni u tomondan o’girdik, alamli hayratga tushdik. Boshimiz ham egildi, siynamizda saqlandik, nafsimizga qaraymiz. Mutolaa qilamiz.
Mana eshityapmiz: Bechora nafsimizdan minglab hojatlarning faryodlari kelyapti. Minglab qashshoqliklarning nolonlari chiqyapti. Tasallini kutarkan vahshatga tushyapmiz.
Undan ham xayr kelmadi. Juda iltijokorona vijdonimizga kirdik; ichiga qaraymiz, bir chorani kutamiz. Eyvoh! Yana topmaymiz; biz madad berishimiz kerak.
Zero unda ko’rinar minglab umidlari, g’alayonli orzular, hayajonli hissiyot, koinotga uzangan. Har biridan titraymiz, hech yordam berolmaymiz.
U istaklar siqilganlar vujud-adam ichida; bir tarafi azalga, bir tarafi abadga uzanib ketyaptilar. Shunday kengliklari bor; gar dunyoni yutsa u vijdon ham to’q bo’lmas.
Mana bu alamli yo’lda qayerga bir bosh urdik, unda bir balo topdik. Zero mag’dub va dolliyn yo’llari bunday bo’ladi. Tasodif va zalolat, u yo’lda nazar-andoz.
U nazarni biz toqdik, bu holga bunday tushdik. Hozir ham holimiz ki mabda' va ma'adi, ham Sone' va ham hashrni vaqtinchalik unutganmiz.
Jahannamdan battardir, undan ko’proq yoquvchi, ruhimizni ezadi. Zero o’sha olti jihatdan ki ularga murojaat qildik, shunday holat olganmiz.
Ki qilingan u holat, ham xavf bilan dahshatdan, ham ajz bilan ra'shatdan, ham qolaq va vahshatdan, ham yetimlik va ham umidsizlikdan tarkib topgan vijdonso’z.
Hozir har jihatga muqobil muxolafat qilamiz, daf qilishga urinamiz. Avval, kuchimizga murojaat qilamiz, afsuslar bo’lsin, ko’ramiz
Ki ojiza zaifa. Ikkinchidan: Nafsda bo’lgan hojatlarning jim bo’lishiga qaraymiz. Afsuslar bo’lsin, to’xtamasdan baqirganin ko’ramiz.
Uchunchidan: Madad so’rab, bir xaloskor uchun baqirib-chaqiramiz; na birov eshitadi, na javobni beradi. Biz ham o’ylaymiz:
Har narsa bizga dushman, har narsa bizdan g’arib. Hech narsa qalbimizga bir tasalli bermaydi; hech ishonch baxsh etmaydi, haqiqiy zavqni bermas.
To’rtinchidan: Bu samoviy jismlarga qaragan sari, ular nazarga berar bir xavf bilan dahshatni. Ham vijdonning muz'iji bir tavahhush keladi: Aqlso’z, avhomsoz!
Xullas ey birodar! Bu zalolatning yo’li, mohiyati shundaydir. Kufrdagi zulmatni bu yo’lda tamom ko’rdik. Endi esa kel qardoshim, u adamga qaytamiz.
Takror yana kelamiz. Bu karra tariqimiz siroti mustaqimdir, ham iymonning yo’lidir. Dalil va imomimiz, inoyat va Qur'ondir, shahbozi advor-parvoz.
Xullas, Sultoni Azalning rahmat va inoyati, ne vaqt bizni istadi, qudrat bizni chiqardi, lutfan bizni mindirdi qonuni mashiatga: Atvor ustida pardoz.
Hozir bizni keltirdi, shafqat bilan kiydirdi shu vujud ko’ylagini, omonat rutbasini bizga tavjih ayladi. Nishoni niyoz va namoz.
Shu davrlar va hollarning bu uzun yo’limizda bittadan manzili nozdir. Yo’limizda osonlik uchundirki, qadardan bir amrnoma bergan, sahifada jabhamiz.
Har qayerga borsak, har qaysi toifaga musofir bo’lsak, juda qardoshona qarshilash ko’ryapmiz. Mulkimizdan beramiz, mulklaridan olamiz.
Tijorat muhabbati, ular bizni oziqlantirarlar, hadyalar bilan bezarlar, hamda kuzatib qo’yarlar. Bora bora mana keldik, dunyo eshigidamiz eshityapmiz ovoz.
Qara kirdik shu zaminga; oyog’imizni bosdik shahodat olamiga: Shahr-oyina-i Rahmon, shovqinxona-i inson. Hech narsa bilmaymiz, dalil va imomimiz mashiati Rahmondir. Vakili dalilimiz, nozanin ko’zlarimiz. Ko’zlarni ochdik, dunyo ichiga soldik. Xotiringga kelarmi avvalgi kelishimiz?
G’arib, yetim bo’lgandik; dushmanlarimiz ko’pdi, bilmasdik homiymizni. Hozir nuri iymon bilan u dushmanlarga qarshi bir rukni metinimiz.
Tayanch nuqtamiz, ham himoyatkorimiz daf etar dushmanlarni. U iymoni billohdirki, ziyo-i ruhimiz, ham nuri hayotimiz, hamda ruhi ruhimiz.
Xullas qalbimiz xotirjam, dushmanlarga ahamiyat bermas, balki dushman deb bilmas. Avvalgi yo’limizda, vijdonga kirganimizda; eshitdik undan minglab dodu faryod va ovoz.
Undan baloga tushdik. Zero istak, orzular, iste'dod, hissiyot; doim abadni istar. Uning yo’lini bilmasdik, bizdan yo’l bilmaslik, unda fizoru niyoz.
Faqat Alhamdulilloh, hozir kelishimizda topdik nuqta-i madad, ki doim hayot berar u iste'dod, istaklarga; to abad-ul obodga ularni etar parvoz.
Ularga yo’l ko’rsatar, u nuqtadan iste'dod. Ham madad beradi, ham obi hayotni ichar, ham kamoliga yugurar u nuqta-i madadkor, u shavq-angiz ramzu noz.
Ikkinchi qutbi iymon ki: Tasdiqi hashrdir. Saodati abadiy; u sadafning gavhari iymon, burhoni Qur'on. Vijdon, insoniy bir roz.
Hozir boshingni ko’tar, shu koinotga bir boq, u bilan bir gaplash. Avvalgi yo’limizda juda mudhish ko’rinardi. Hozir esa kulimsirab har tarafga kulyapti, nozaninona niyozu ovoz.
Ko’rmasmisan ko’zimiz ari-misol bo’lgandir, har tarafga uchyapti. Koinot bo’stonidir, har tarafda chechaklar, har chechak ham beradi unga bir obi laziz.
Ham unsiyat, tasalli, tahabbubni beradi. U ham olar keltirar, shahdi shahodat qilar. Bolda bir bol oqitar, u asrorangiz shahboz.
Harakoti ajromga, yo nujum, yo shumusga nazarimiz qo’ngancha, qo’llariga berarlar Xoliqning hikmatini. Ham moya-i ibratni, ham jilva-i rahmatni olar qiladi parvoz.
Go’yo shu Quyosh bizlar bilan gapiradi: Deydi: "Ey qardoshlarimiz! Vahshatga tushib siqilmang, xush keldingiz marhabo, xush tashrif buyurdingiz. Manzil sizning; men bir mumdori shaxnoz.
Men ham siz kabiman, lekin sof isyonsiz, mute bir xizmatkorman. U Zoti Ahadi Samadki mahzi rahmati bilan xizmatingizga meni musahhari purnur qilgan. Mendan harorat, ziyo; sizdan namozu niyoz."
Ana, qarang Qamarga! Yulduzlar bilan dengizlar har biri ham o’ziga maxsus bittadan lison bilan: "Xush keldingiz marhabo!" derlar. "Xush keldingiz, bizni tanimaysizmi?"
Sirri taovun bilan boq, ramzi nizom bilan tingla. Har birisi aytyapti: "Biz ham bittadan xizmatkor, rahmati Zuljalolning bittadan oynadorimiz; hech ham xafa bo’lmanglar, bizdan siqilmanglar."
Zilzila na'ralari, hodisot faryodlari sizni hech qo’rqitmasin, vasvasa ham bermasin. Zero ular ichida bir zamzama-i azkor, bir damdama-i tasbeh, valvala-i nozu niyoz.
Sizni bizga yuborgan u Zoti Zuljalol, qo’llarida tutgandir bularning tizginlarini. Iymon ko’zi o’qiydi yuzlarda oyati rahmat, har biri bittadan ovoz.
Ey mo’mini qalbi hushyor! Endi ko’zlarimiz bir oz dam olsinlar, ularning badaliga hassos qulog’imizni iymonning muborak qo’liga beramiz, dunyoga yuboramiz. Tinglasin laziz bir soz.
Avvalgi yo’limizda bir motami umumiy, ham vavaylo-i mavtiy deb o’ylangan u ovozlar, hozir yo’limizda bittadan navozu namoz, bittadan ovozi niyoz, bittadan tasbehga og’oz.
Tingla, havodagi damdama, qushlardagi jivjiva, yomg’irdagi zamzama, dengizdagi g’amg’ama, ra'dlardagi raqraqa, toshlardagi tiqtiqa bittadan ma'nodor navoz.
Tarannumoti havo, na'aroti ra'diya, nag’omoti amvoj bittadan zikri azamat. Yomg’irning hazajoti, qushlarning sajaoti bittadan tasbehi rahmat, haqiqatga bir majoz.
Ashyoda bo’lgan ovozlar, bittadan ovozi vujuddir: Men ham borman derlar. U koinoti sokit, birdan so’zni boshlaydi: "Bizni jonsiz o’ylama, ey insoni boshbo’g’oz!."
Qushlarni gapirtirar yo bir lazzati ne'mat, yo bir nuzuli rahmat. Boshqa-boshqa ovozlar bilan, kichik og’izlari bilan rahmatni olqishlarlar, ne'mat ustida tushar, shukr bilan qilar parvoz.
Ramzan ular aytarlar: "Ey koinot qardoshlar! Ne go’zaldir holimiz: Shafqat bilan parvarish qilinyapmiz, holimizdan mamnunmiz. O’tkir tumshuqlari bilan fazoga sochadilar bittadan ovozi pur-noz.
Go’yo butun koinot ulviy bir musiqadir, iymon nuri eshitar azkor va tasbehlarni. Zero hikmat rad etar tasodif vujudini, nizom esa haydaydi ittifoqi avhom-soz.
Ey yo’ldosh! Hozir shu olami misoliydan chiqamiz, xayoliy vahmdan tushamiz, aql maydonida turamiz, mezonga tortamiz, qilamiz yo’llarni bar-andoz.
Avvalgi alamli yo’limiz mag’dub va dolliyn yo’li, u yo’l berar vijdonga, to eng chuqur joyiga ham bir hissi aliymni, ham bir shiddatli alamni. Shuur uni ko’rsatar. Shuurga zid bo’lganmiz.
Ham qutulish uchun ham nochor va ham muhtojmiz; yo u taskin etilsin, yo ihsos ham bo’lmasin, Bo’lmasa chiday olmaymiz, faryodu fizor tinglanmas.
Huda esa shifodir, havo, hislarni sezmaydigan qilishdir. Bu ham tasalli istar, bu ham tag’oful istar, bu ham mashg’uliyat istar, bu ham ovunchoq istar. Havasoti sehrboz.
Toki vijdonni aldatsin, ruhi tanvim etilsin, toki alam his qilinmasin. Bo’lmasa u alamli azob, vijdonni ihroq etar, faryodga chidab bo’lmas; alami ya's chidalmas.
Demak siroti mustaqimdan qanchalar uzoq tushsa, o’sha daraja nisbatan shu holat ta'sir etar, vijdonni baqirtirar. Har lazzatning ichida alami bor, bittadan iz.
Demak havas, havo, ko’ngilxushlik, safohatdan tashkil topgan shashaa-i madaniy, bu zalolatdan kelgan shu mudhish aziyatga bir yolg’onchi malham, uxlatuvchi zaharboz.
Ey aziz birodarim! Ikkinchi yo’limizda, u nuroniy tariqda bir holatni his qildik; u holat bilan bo’ladi hayot, ma'dani lazzat. Alamlar bo’lar lazoiz.
U bilan buni bildikki, mutafovit darajada, quvvati iymon nisbatida ruhga bir holat berar. Jasad ruh bilan multazdir, ruh vijdon bilan mutalazziz.
Bir saodati ajila, vijdonda joylashtirilgandir; bir firdavsi ma'naviy, qalbida qo’yilgandir. O’ylash esa teshishdir; shuur esa, shiori roz.
Hozir qanchalar qalb ogohlantirilsa, vijdon harakatlantirilsa, ruhga his qildirilsa; lazzat ziyoda bo’lar, hamda aylanar otashi nur, qishi yoz.
Vijdonda firdavslarning eshiklari ochilar, dunyo bo’lar bir jannat. Ichida ruhlarimiz, qilar parvozu pardoz, bo’lar shahbozu shahnoz, yelpig’ich namozu niyoz.
Ey aziz yo’ldoshim! Hozir sog’ bo’ling. Kel, barobar bir duo qilamiz, so’ngra esa ko’rishguncha ayrilamiz...
اَللّٰهُمَّ اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ ٭ اٰم۪ينَ
***
Iyjoz bilan Bayon I'jozi Qur'on
Bir payt tushda ko’rdimki: Ararat Tog’i ostidaman. Birdan o’sha tog’ portladi, tog’ kabi toshlarni olamga tarqatdi, larzaga soldi jahonni.
Birdaniga bir odam yonimda paydo bo’ldi. Dediki: Iyjoz bilan bayon et, ijmol bilan iyjoz et, bilganing anvo'i i'jozi Qur'onni!
Hali tushda ekanman ta'birini o’yladim. Dedim: Shu yerdagi portlash, basharda bir inqilobga misol. Inqilobda esa albat huda-i Furqoniy,
Har tarafda yuksalib hamda hokim bo’ladi. I'jozining bayoni, zamoni ham keladi! U so’raganga javoban dedim: I'jozi Qur'oniy,
Yetti kulliy manbalardan tajalliy, ham yetti unsurlardan tarkib topar. Birinchi Manba: Lafzning fasohatidan salosati lisoni;
Nazmning jazolatidan, ma'no balog’atidan, mafhumlarning bado'atidan, mazmunlarning baro'atidan, uslublarning g’arobatidan birdan tavallud etgan bariqa-i bayoni.
Ular bilan bo’ldi mumtazij, mizoji i'jozida ajib bir naqshi bayon, g’arib bir san'ati lisoniy. Takrori hech bir zamon zeriktirmas insonni.
Ikkinchi Unsur esa: Koinotdagi ishlarda g’aybiy bo’lgan asoslar, Ilohiy haqiqatlardan, g’aybiy bo’lgan sirlardan, g’aybiyi osmoniy.
Moziyda yo’qolgan g’aybiy bo’lgan ishlardan, istiqbolda yashirin qolib ketgan hollardan, birdan ichiga olgan bir ilm-ul g’uyub xazanasi.
Olam-ul g’uyub lisoni, shahodat olami bilan gapiradi ruknlari, ramzlar bilan bayoni, nishon nav'-i insoniy, i'jozning bir lam'a-i nuroniy...
Uchinchi Manba esa: Besh jihat bilan horiqo bir jome'iyat bordir. Lafzida, ma'nosida, hukmlarida, ham ilmida, maqsadlarning mezoni.
Lafzi ichiga olar juda keng ehtimollar; ham vujuhi kasira-ki, har biri nazari balog’atda mustahsan, arabchaga ko’ra sahih, sirri tashri'ni loyiq ko’radi oniy.
Ma'nosida: Mashoribi avliyo, azvoqi orifiyni, mazohibi solikiyn, turuqi mutakallimiyn, manohiji hukamo, u i'jozi bayoni
Birdan ihota qilgan, hamda ichiga olgan. Dalolatida vus'at, ma'nosida kenglik. Bu deraza bilan boqsang, ko’rarsan qanday kengdir maydoni!
Hukmlardagi isti'ob: Shu horiqo shariat undan bo’lgan istinbot. Saodati doraynning barcha dasturlarini, barcha asbobi amni,
Ijtimoiy hayotning barcha aloqalarini, vasoili tarbiya, haqoiqi ahvolni birdan ichiga olgan uning tarzi bayoni...
Ilmidagi istig’roq: Ham ulumi kavniya, ham ulumi Ilohiy, unda marotibi dalolot, rumuz bilan ishorot, suralar qal'alarida jam etgandir jinonni.
Maqosid va g’oyotda: Muvozanat, ittirod, fitrat dasturlariga mutobaqat, ittihod; to’liq muro'at etgan, hifz aylagan mezonni.
Mana lafzning ihotasida, ma'noning vus'atida, hukmning isti'obida, ilmning istig’roqida, muvozana-i g’oyotda jome'iyati purshoni!..
To’rtinchi unsur esa: Har asrning daraja-i fahmiga, adabiy rutbasiga, ham har asrdagi tabaqalarga, daraja-i iste'dod, rutba-i qobiliyat nisbatida qiladi bir ifoza-i nuroniy.
Har asrga, har asrdagi har tabaqaga eshigi ochilgan. Go’yo har damda, har yerda yangi nozil bo’lyapti u Kalomi Rahmoniy.
Keksaygancha zamon, Qur'on ham yosharyapti. Ramzlari ham ayon bo’lar, tabiat va sabablarning pardasini ham yirtar u xitobi Yazdoniy.
Nuri tavhidi, har dam har oyatdan jo’sh urar. Shahodat pardasini g’ayb ustidan ko’tarar. Ulviyati xitobi diqqatga da'vat etar, u nazari insonni.
Ki u lisoni g’aybdir; shahodat olami bilan shaxsan udir gaplashar. Shu unsurdan bu chiqar, horiqo yangiligi bir ihota-i ummoniy!
Ta'nisi azhan uchun aqli basharga qarshi Ilohiy tanazzulot. Tanzilning uslubida tanavvu'i munisligidir mahbubi insu joni.
Beshinchi Manba esa: Naql va hikoyalarida, sodiq xabarlarda asosiy nuqtalardan hozir mushohid kabi bir uslubi badi'-i pur-ma'oniy
Naql etib, basharni u bilan ogohlantirar. Naql qilganlari shulardir: Ixbori avvaliynni, ahvoli oxiriynni, asrori jahannam va jinonni.
Haqoiqi g’aybiya, ham asrori shahodat, saroiri Ilohiy, ravobiti kavniyga doir hikoyotidir hikoyoti a'yoniy
Ki na voqe' rad aylagan, na mantiq takzib etgan. Mantiq qabul etmasa rad ham qila olmaydi. Samoviy kitoblarning ki matmahi jihoniy.
Ittifoqiy nuqtalarda musaddiqona naql etar. Ixtilofiy yerlarida musahhihona bahs etar. Bunday naqliy ishlar bir "Ummiy"dan chiqishi horiqo-i zamoniy...
Oltinchi Unsur esa: Mutazammin va muassis bo’lgan Dini Islomga. Islomiyat misliga na moziy muqtadirdir, na mustaqbal muqtadir; tadqiq qilsang zamon bilan makonni!..
Arzimizning sanaviy, yavmiy doirasida shu xayti samoviydir; tutgan-u aylantiryapti. Kuraga og’ir bosgan, ham yana unga mingan. Tashlamaydi isyonni.
Yettinchi Manba esa: Shu olti manbadan chiqqan anvori sitta, birdan etar imtizoj. Undan chiqar bir husn, bundan kelar bir hads, vosita-i nuroniy.
Shundan chiqqan bir zavqdir; zavqi i'joz bilinar, ta'biriga lisonimiz yetishmas. Fikr ham qasirdir, ko’rinar da tutilmas u nujumi osmoniy.
O’n uch asr muddatda mayl-ut tahaddiy bor ekan Qur'onning dushmanida, shavqi taqlid uyg’ongan Qur'onning ahbobida. Mana i'jozning bir burhoni...
Shu ikki mayli shadid bilan yozilgandir maydonda, millionlab kutubi arabiya, kelgandir kutubxona-i vujudga. Ular bilan Tanzili tushsa bir mezoni
Muvozanat qilinsa, emas dono-i biymudoniy, hatto eng omi odam, ko’z quloq bilan deydi: Bular esa insoniy, shu esa osmoniy!
Hamda hukm etadi: Shu bularga o’xshamas, rutbasida bo’lolmas. Unday bo’lsa yo umumdan ashag’i; bu esa, bilbedaho ma'lum bo’lgan butlani.
Unday bo’lsa, umumidan ustundir. Mazmunlari shu qadar zamonda, eshik ochiq, basharga vaqf etilgan; o’ziga da'vat etgan arvoh bilan azhonni!
Bashar unda tasarruf, o’ziga ham mol etgan. Uning mazmunlari bilan yana Qur'onga qarshi chiqmagan, hech bir zamon chiqolmas; o’tdi zamoni imtihoni.
Boshqa kitoblarga o’xshamas, ularga maqiys bo’lmas; zero yigirma yil mobaynida munajjaman hojatlarga nisbatan nuzuli; mutafarriq mutaqoti', bir hikmati Rabboniy.
Asbobi nuzuli muxtalif, mutabayin. Bir moddada savollar mutakarrir, mutafovit. Hodisoti ahkomi mutaaddid, mutag’ayir. Muxtalif, mutafariq nuzulining vaqtlari.
Holoti talaqqiysi mutanavvi', mutaxolif. Aqsomi muxotobi mutaaddid, mutaba'id. G’oyoti irshodida mutadarrij, mutafovit. Shu asoslarga mustanid binosi, ham bayoni,
Javobi, ham xitobi. Bu bilan ham barobar salosat va salomat, tanosub va tasonud, kamolini ko’rsatgan; mana uning shohidi: Fanni Bayon, Ma'oniy.
Qur'onda bir xossa bor; boshqa kalomda yo’qdir. Bir kalomni eshitsang, asl sohibi kalomni orqasida ko’rasan, yo ichida topasan. Uslub: Oyna-i insoniy.
Ey saili misoliy! Sen ki iyjoz istading, men ham ishorat etdim. Agar tafsil istasang, haddimning xorijida!.. Chivin sayr etmas osmonni.
Zero u qirq anvo'i i'jozidan yolg’iz bittasiniki, jazolati nazmidir; Ishorot-ul I'jozda sig’madi tibyoni.
Yuz sahifa tafsirim unga kofiy kelmadi. Sen kabi ruhoniy ilhomlari ziyoda. Men istayman sendan tafsil bilan bayonni!
Ulashmaz Dasti adabi g’arb-i havasbari havokori dahodor
Dab'-i adab, abad-muddat. Qur'oni ziyobari shifokori hudodor.
Komiliyn insonlarning zavqi ma'oliysini xushnud etgan bir holat, boladek bir havasga, safih bir tabiat sohibiga xush kelmas,
Ularni ovuntirmas. Bu hikmatga binoan, bir zavqi sufliy, safih, ham nafsiy va shahvoniy ichida tom oziqlangan, zavqi ruhiyni bilmas.
Ovrupadan tarashshuh etgan shu hozir adabiyot romanvoriy nazar bilan, Qur'onda bo’lgan latoifi ulviyat, mazoyayi hashmatni ko’rolmas, ham totolmas.
O’zidagi o’lchovni unga andaza qilolmas. Adabiyotda bordir uch maydoni javalon; ular ichida kezar, xorijiga chiqolmas:
Yo ishq bilan husndir, yo hamasat va shahomat, yo tasviri haqiqat. Xullas, begona adab bo’lsa hamasat nuqtasida haqparastlikni qilmas.
Balki zolim navi basharning g’addorliklarini olqishlash bilan quvvatparastlik hissini talqin etar. Husn va ishq nuqtasida, ishqi haqiqiy bilmas.
Shahvatangiz bir zavqni nafslarga ham zark etar. Tasviri haqiqat moddasida, koinotga san'ati Ilohiy suratida qaramas,
Bir sibg’a-i Rahmoniy suratida ko’rolmas. Balki tabiat nuqtasida tutar, tasvir etadi, ham undan ham chiqolmas.
Shuning uchun talqini ishqi tabiat bo’lar. Moddaparastlik hissi, qalbga ham yerlashtirar, undan osonlik bilan o’zini qutqarolmas.
Yana undan kelgan, zalolatdan nash'at etgan ruhning iztiroblariga u adabsizlangan adab musakkin, ham munavvim; haqiqiy foyda bermas.
Yagona dorini topgan; u ham romanlari ekan. Kitob kabi bir hayyi mayyit, kino kabi bir mutaharrik amvot! Mayyit hayot berolmas.
Ham teatr kabi tanosuxvoriy, moziy deyilgan keng qabrning sharpalari kabi shu uch navi romanlari bilan hech ham uyalmas.
Basharning og’ziga yolg’onchi bir til qo’ygan, ham insonning yuziga fosiq bir ko’z taqqan, dunyoga bir alufta fistanini kiydirgan, husni mujarrad tanimas.
Quyoshni ko’rsatsa, sariq sochli go’zal bir aktrisani qoriga ixtor etar. Zohiran der: "Safohat yomondir, insonlarga yarashmas."
Natija-i muzirrani ko’rsatar. Holbuki safohatga shunday mushavviqona bir tasvirni qilarki, og’iz suvini oqitar, aql hokim qololmas.
Ishtahani shishirar, havasni hayajonlantirar, his ortiq so’z tinglamas. Qur'ondagi adab bo’lsa havoni aralashtirmas.
Haqparastlik hissi, husni mujarrad ishqi, jamolparastlik zavqi, haqiqatparastlik shavqi berar; hamda aldatmas.
Koinotga tabiat jihatida boqmaydi; balki bir san'ati Ilohiy, bir sibg’a-i Rahmoniy nuqtasida bahs etar, aqllarni chalg’itmas.
Ma'rifati Sone'ning nurini talqin etar. Har narsada oyatini ko’rsatar. Har ikkisi riqqatli bittadan huzun ham beradi, faqat bir-biriga o’xshamas.
Yevropazoda adab bo’lsa faqd-ul ahbobdan, sohibsizlikdan nash'at etgan g’amli bir huzun beradi; ulviy huzun berolmas.
Zero kar tabiat, hamda bir ko’r quvvatdan mulhimona olgan bir hissi huzni g’amdor. Olamni bir vahshatzor deb taniydi, boshqa tarzda ko’rsatmas.
U suratda ko’rsatar, hamda mahzunni tutar, sohibsiz ham bo’lib begonalar ichida qo’yar; hech bir umid qoldirmas.
O’ziga bergan shu hissiy hayajon bilan bora-bora ilhodga qadar ketar, ta'tilga qadar yo’l berar, qaytishi mushkul bo’lar, balki ortiq qaytolmas.
Qur'onning adabi esa: Shunday bir huzunni berarki, oshiqona huzundir, yetimona emasdir. Firoq-ul ahbobdan kelar, faqd-ul ahbobdan kelmas.
Koinotda nazari, ko’r tabiat o’rniga shuurli, ham rahmatli bir san'ati Ilohiy uning madori bahsi, tabiatdan bahs etmas.
Ko’r quvvatning o’rniga inoyatli, hikmatli bir qudrati Ilohiy unga madori bayon. Shuning uchun koinot, vahshatzor surat kiymas.
Balki muxotobi mahzunning nazarida bo’ladi bir jamiyati ahbob. Har tarafda tajovub, har tomonda tahabbub; unga aziyat bermas.
Har burchakda istinas, u jamiyat ichida mahzunni vaz' etadi. Bir huzni mushtoqona, bir hissi ulviy berar; g’amli bir huzunni bermas.
Ikkalasi bittadan shavqni ham beradi: U begona adab bergan bir shavq bilan nafs tushar hayajonga, havas bo’lar munbasit; ruhga faroh berolmas.
Qur'onning shavqi esa: Ruh tushar hayajonga, shavqi ma'oliy berar. Mana bu sirga binoan, Shariati Ahmadiya (S.A.V.) lahviyotni istamas.
Ba'zi oloti lahvni tahrim etib, bir qismni halol deya izn berib.. Demak huzni Qur'oniy yoki shavqi Tanziliy bergan vosita, zarar bermas.
Agar huzni yetimiy yoki shavqi nafsoniy bersa, vosita haromdir. O’zgarar shaxslarga ko’ra; hamma bir-biriga o’xshamas.
***
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ وَالصَّلَاةُ عَلٰى سَيِّدِ الْمُرْسَل۪ينَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
Tavhidning Ikki Burhoni Muazzami va Sura-i Ixlosning bir Nukta-i i'joziyasi
Shu koinot batamom bir burhoni muazzamdir. Lisoni g’ayb shahodat bilan musabbihdir, muvahhiddir. Ha, tavhidi Rahmon bilan, baland bir ovoz bilan zokirdirki: La ilaha illa Hu
Butun zarrot hujayroti, butun arkonu a'zosi bittadan lisoni zokirdir; u baland ovoz bilan barobar derki: La ilaha illa Hu
U tillarda tanavvu' bor, u ovozlarda marotib bor. Faqat bir nuqtada to’plar, uning zikri, uning ovoziki: La ilaha illa Hu
Bu bir insoni akbardir, baland ovoz bilan etar zikrni; butun ajzosi, zarroti pastgina ovozlari bilan, u yuksak ovoz bilan barobar derki: La ilaha illa Hu
Shu olam halqa-i zikri ichida o’qiydi ashrni, shu Qur'on mashriqi nurni. Barcha ziyruh qilar fikrniki: La ilaha illa Hu
Bu Furqoni Jalilushshon, u tavhidga notiq burhon, butun oyot sodiq lison. Shuooti bariqa-i iymon. Barobar derki: La ilaha illa Hu
Quloqni gar yopishtirsang, shu Furqonning siynasiga, chuqur-chuqurlardan yaqqol eshitasan, samoviy bir sado derki: La ilaha illa Hu
U ovozdir g’oyatan ulviy, nihoyat daraja jiddiy, haqiqiy g’oyat samimiy, ham nihoyat munis va muqni' va burhon bilan mujahhazdir. Mukarrar derki: La ilaha illa Hu
Shu burhoni munavvarda, jihoti sittasi shaffofki, ustida munaqqashdir muzahhar sikka-i i'joz. Ichida porlagan nuri hidoyat derki: La ilaha illa Hu
Ha, ostida to’qilgan muhafhaf mantiq va burhon, o’ngida aqlni istintoq; murafraf har taraf, azhon "Sodaqta" derki: La ilaha illa Hu
Yamin bo’lgan shimolida etar vijdonni istishhod. Amomida husni xayrdir, hadafida saodatdir. Uning miftahidir har damki: La ilaha illa Hu
Amom bo’lgan varosida unga masnad samoviydirki, vahyi mahzi Rabboniy. Bu shish jihat ziyodordir; burujida tajallidorki: La ilaha illa Hu
Ha vasvasa-i sariq, bovahm shubha-i tariq, ne haddi borki u mariq, kira olsin bu bariq qasrga. Ham shariqki, qal'a suralar shahiq, har kalima bir malaki notiqki: La ilaha illa Hu
U Qur'oni Azimushshon qanday bir bahri tavhiddir. Birgina qatra, misol uchun birgina Sura-i Ixlos.. faqat qisqa birgina ramzi nihoyatsiz ramzlaridan. Butun anvo'i shirkni rad etar, hamda yetti anvo'i tavhidni etar isbot; uchi manfiy, uchi musbat shu olti jumlada birdan:
Birinchi jumla: قُلْ هُوَ qorinasiz ishoratdir. Demak itloq bilan ta'yindir. U ta'yinda taayyun bor. Ey اَىْ لاَ هُوَ اِلاَّ هُوَ
Shu tavhidi shuhudga bir ishoratdir. Haqiqat-bin nazar tavhidga mustag’raq bo’lsa, derki:
لاَ مَشْهُودَ اِلاَّ هُوَ
Ikkinchi jumla: اَللهُ اَحَدٌ dirki, tavhidi uluhiyatga tasrihdir. Haqiqat, haq lisoni derki: لاَ مَعْبُودَ اِلاَّ هُوَ
Uchinchi jumla: اَللهُ الصَّمَدُ dir. Ikki javhari tavhidga sadafdir. Birinchi durri: Tavhidi Rububiyat. Ha, nizomi kavn lisoni derki: لاَ خَالِقَ اِلاَّ هُوَ
Ikkinchi durri: Tavhidi Qayyumiyat. Ha, sarosar koinotda, vujud va ham baqoda, muassirga ehtiyoj lisoni derki: لاَ قَيُّومَ اِلاَّ هُوَ
To’rtinchi: لَمْ يَلِدْ dir. Bir tavhidi jaloliy mustatirdir; anvo'i shirkni rad etar, kufrni kesar biishtiboh.
Ya'ni tag’ayyur, yo tanosul, yo tajazzi etgan albat; na Xoliqdir, na Qayyumdir, na Iloh...
Valad fikri, tavallud kufrini لَمْ rad etar, birdan kesar otar. Shu shirkdandirki, bo’lgandir bashar aksarisi gumroh...
Ki Iso (A.S.) yo Uzayrning (A.S.), yo maloik, yo uqulning tavallud shirki avj oladi nav'i basharda goh ba-goh...
Beshinchisi: وَلَمْ يُولَدْ Bir tavhidi sarmadiy ishorati shundaydir: Vojib, qadiym, azaliy bo’lmasa, bo’lmas Iloh...
Ya'ni: Yo muddatan hodis bo’lsa, yo moddatan tavallud, yo bir asldan munfasil bo’lsa, albatta bo’lmas shu koinotga panoh...
Asbobparasti, nujumparastlik, sanamparasti, tabiatparastlik shirkning bittadan nav'idir; zalolatda bittadan choh...
Oltinchi: وَلَمْ يَكُنْ Bir tavhidi jome'dir. Na zotida naziri, na af'olida sherigi, na sifotida shabihi لَمْ lafziga nazargoh...
Shu olti jumla ma'nan bir-biriga natija, ham bir-birining burhoni, musalsaldir barohin, murattabdir natoij shu surada qarorgoh...
Demak shu Sura-i Ixlosda o’z miqdori qomatida musalsal, ham murattab o’ttiz sura mundarij; bu bularga sahargoh...
لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللهُ
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu parcha ham Ilovaga, ham I'jozi Qur'onning oxiriga yoziladi. Bir necha kun so’ngra ahamiyatli bir parchani ham yuboramiz.
Muborak Ramazonning Layla-i Qadr sirri bilan, sakson uch yil bir umri ma'naviy qozontirishi sirri hikmati bilan va Risola-i Nurning shogirdlaridagi sirri ixlos bilan hamjihatlik va uxroviy ishlarda sherikchilik dasturi bilan har bir sodiq shogird o’sha favqulodda ma'naviy qozonchni qo’lga kiritishiga g’oyat quvvatli bir dalili budirki: Bu doira ichida qirq ming, balki yuz ming xolis, haqiqiy mo’minlarning ichida haqiqati Layla-i Qadrni qo’lga kiritadigan bir-ikki, o’n-yigirmata emas, balki yuzlab qo’lga kiritishi ehtimoli kuchlidir.
Sirri ixlos bilan va uxroviy ishlarda sherikchilik dasturining sirri bilan biz va siz bu haqiqatga yuzlanib, bu Ramazoni Sharifda har birimiz umumning hisobiga va umum do’stlari ichida o’zini faraz qilib, nuni mutakallimi ma'alg’ayr, ya'ni doimo
اَجِرْنَا اِرْحَمْنَا وَاغْفِرْلَنَا وَوَفِّقْنَا وَاهْدِنَا
وَاجْعَلْ لَيْلَةَ الْقَدْرِ ف۪ى هٰذَا الرَّمَضَانَ خَيْرًا ف۪ى حَقِّنَا مِنْ اَلْفِ شَهْرٍ
kabi kalimalarda نَا ichida umum qardoshlarini niyat qilishdir. Va ayniqsa eng zaif bo’lgan bu qardoshingizni, og’ir vazifasida u xususiy niyat bilan yordam berishdir.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Ham sizni, ham bizni, ham Risola-i Nur doirasini va xususan qahramon Tohirni, bu Vird-ul A'zami Qur'oniyning bu tarzda chiqishi bilan tabriklaymiz. Ha, buning chop qilinishida ikki buyuk ish bor.
Biri: Mo’jizotli Qur'oni Hakiymning va karomatli Risola-i Nurning chop qilinishlariga matbaada ko’rilmagan bir yo’l ochdi.
Ikkinchisi: Tohirga va Hofiz Aliga va do’stlariga qozontirgan favqulodda bir savob nuqtasidirki; bu sirga dalili zohir, xuddi shunday matbaada, chop vaqtida ko’rilmagan bir tarzda, aynan Tohirning xati fotoapparat bilan olingan kabi, kim ko’rayotgan bo’lsa, "Bu Tohirning yozuvidir, bosilgan emasdir" deydi.
Ham qog’oz, ham vaqt oz bo’lganidan, qolgan umumga salom.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu Ramazoni Sharifda atrofga qaramaslik va dunyoni unutishga juda muhtoj bo’lganim holda; afsuski, dunyoga ora-sira qarashga bizni majbur qilyaptilar. Inshaalloh, bu qarashda niyatimiz xizmati iymoniya bo’lganidan; u ham bir navi ibodat sanaladi.
Ha, sizga yopishganlari kabi, bizni ham boshqa-boshqa suratlarda tajovuzlarini sezdiryaptilar. Faqat Janobi Haqqa shukrki, ularning tajovuzlari, zid ta'sir navidan, Risola-i Nurning futuhotiga yordam beryaptilar. Istanbuldagi keksa odamning e'tirozi munosabati bilan qahramon Nazif yozyaptiki; o’sha e'tiroz Risola-i Nurning Istanbulda fathlar qilishiga va porlashiga vasila bo’ldi. Va bizga qarshi boshqa jihatlarda kichkina tajovuzlar ham shunday natija beryapti. Ammo hozir bechora ba'zi domlalarni va so’fiylarni Risola-i Nurga qarshi bir chekinish, bir sovuqlik berish uchun hech xotirga kelmagan bir vasilani topganlar. Shundayki:
Deydilar: "Said yonida boshqa kitoblarni saqlamaydi. Demak ularni yoqtirmaydi. Va Imom G’azzoliyni ham (r.a.) to’liq yoqtirmaydiki, asarlarini yoniga keltirmaydi". Mana bu ajib ma'nosiz so’zlar bilan aynitishni istaydilar. Bu navi hiylalarni qilgan, parda ostida ahli zindiqodir; ammo sofdil domlalarni va ba'zi so’fiylarni vosita qilyaptilar.
Bunga qarshi deymizki: Aslo, yuz marta aslo! Risola-i Nur va shogirdlari, Hujjat-ul Islom Imom G’azzoliy va meni Hazrati Ali bilan bog’lagan yagona ustozimni yoqtirmaslik emas, balki bor quvvatlari bilan ular ta'qib qilgan maslakni ahli zalolatning hujumidan qutqarish va muhofaza qilishdir.
Ammo ularning zamonida bu dahshatli zindiqo hujumi iymon ruknlarini buzmas edi. O’sha muhaqqiq va alloma va mujtahid zotlarning asrlariga ko’ra munozara-i ilmiyada va diniyada iste'mol qilgan qurollari ham kech qo’lga kiritiladi, ham bu zamon dushmanlariga birdan g’alaba qilolmaganidan; Risola-i Nur Qur'oni Mo’jiz-ul Bayondan ham tez, ham keskin, ham to’liq dushmanlarning boshini yo’q qiladigan qurollarni topgani uchun, o’sha muborak va qudsiy zotlarning tazgohlariga murojaat qilmaydi. Chunki umum ularning marji'lari va manbalari va ustozlari bo’lgan Qur'on Risola-i Nurga to’liq mukammal bir ustoz bo’lgan. Va ham vaqt oz, ham bizlar oz bo’lganimiz uchun, vaqt topomayapmizki, u nuroniy asarlardan ham istifoda qilsak.
Ham Risola-i Nur shogirdlarining yuz mislidan ziyoda zotlar u kitoblar bilan mashg’uldirlar va u vazifani qilyaptilar. Biz ham u vazifani ularga qoldirganmiz. Bo’lmasa, yo’q va aslo, u qudsiy ustozlarimizning muborak asarlarini ruhu jonimiz qadar yaxshi ko’ramiz. Ammo har birimizning bittadan boshi, bittadan qo’li, bittadan tili bor; qarshimizda ham minglab tajovuzkorlar bor. Vaqtimiz kam. Eng oxirgi qurol, pulemyot kabi Risola-i Nur burhonlarini ko’rganimizdan, majburiyat bilan unga yopishib qanoat qilyapmiz.
Latif bir tavofuq:
Bu maktubni boshda بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ شَهْرِ رَمَضَانَ deb, ko’plab ishlar sodir bo’ldi, ortiq yozolmadik. Oxiri muborak Atifning muborak maktubi keldi. Boshida بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِشَهْرِ رَمَضَانَ kalimalari maktubimizning boshiga tavofuq qilish uchun bizni kuttirdi. U karomatkor qalami bilan bu mamlakatga oldin yuborgan porloq yozuvlarni Risola-i Nurni, bu atrofda yordamimizga yuborish niyati, juda buyuk bir xizmati nuriya bo’lib bir fidokorlikdir; ammo o’ziga ham juda lozimdir.
Hozirdan, bu yerdagi Risola-i Nur shogirdlari nomidan unga minglab tashakkur va u xizmatda uni tabriklaymiz. Va uning karomatli qalami, jozibador tavofuqdagi sirlardan yuzini o’girib to’g’ridan to’g’riga Risola-i Nurning nashriga yopishishi, bizni juda minnatdor va masrur ayladi. Janobi Haq u kabi xolis, muxlis talabalarni ko’paytirsin, omin.
Maktubingizda ora-sira Siddiq Sulaymonning, eski zamonda otashin sadoqati va aloqadorligi va quvvatli shoirdligi bilan bahsi o’tadi. Men o’lgungacha uning sadoqati va salomati qalbini va menga va Risola-i Nurga xolisona xizmatini unutolmayman.
***
Aziz, siddiq, xolis, muxlis qardoshlarim va xizmati Qur'oniyada jiddiy, haqiqiy do’stlarim.
Bu yaqinda ham Ispartada, ham bu atrofda Risola-i Nurning Ixlos Yog’dulari yoyilishni boshlagani munosabati bilan va bir-ikki kichik hodisa jihati bilan shiddatli bir eslatma qalbga keldi. Riyoga doir uchta nuqta yoziladi:
Birinchisi: Farz va vojiblarda va Islom ramzlarida va Sunnati Saniyaga ergashishda va haromlarning tarkida riyo kirolmaydi. Izhori riyo bo’lolmaydi. Magar g’oyat iymon zaifligi bilan barobar fitratan riyokor bo’lmasa. Aksincha Islom ramzlariga aloqador bo’lgan ibodatlarning izhorlari, yashirilishidan ko’p daraja yanada savobli bo’lganini, Hujjat-ul Islom Imom G’azzoliy (r.a.) kabi zotlar bayon qilyaptilar. Boshqa nafllarning yashirilishi juda savobli bo’lgani holda; ramzlarga aloqador bo’lgan, xususan bunday bid'atlar zamonida Sunnatga ergashishlikning sharafliligini ko’rsatgan va bunday katta kaboir ichida, haromlarning tarkidagi taqvoni izhor qilish, riyo emas, aksincha yashirilishidan juda ko’p daraja yanada savobli va xolisdir.
Ikkinchi nuqta: Riyoga insonlarni chorlagan sabablarning
Birinchisi: Iymon zaifligidir. Allohni o’ylamagan sabablarga parastish etadi, odamlarga xudfurushlik bilan riyokorona vaziyat oladi. Risola-i Nur shogirdlari, Risola-i Nurdan olgan quvvatli iymoni tahqiqiy darsi bilan; sabablarga va insonlarga ubudiyat nuqtasida bir qiymat, bir ahamiyat bermaydiki, ubudiyatlarida ularga xo’jako’rsinchilik bilan riyo qilsinlar.
Ikkinchi sabab: Hirs va ochko’zlilik, zaiflik va faqirlik nuqtasida insonlar e'tiborini jalbiga sabab riyokorona vaziyat olishga chorlaydi. Risola-i Nurning shogirdlari iqtisod va qanoat va tavakkal va qismatiga rizo kabi, Risola-i Nurning darsidan olgan izzati iymoniyalari, inshaalloh ularni riyodan va dunyo manfaatlari uchun maqtanchoqlikdan man qiladi.
Uchinchi sabab: Hirsi shuxrat, mansabsevarlik, maqom sohibi bo’lish, tengqurlaridan o’zish kabi hislar va insonlarga yaxshi ko’rinish, soxtakorona haddidan ortiq o’ziga ahamiyat berdirish va sun'iy tarzda loyiq bo’lmagan yuksak maqomlarda ko’rinish tarzini olish bilan riyo qiladi.
Risola-i Nur shogirdlari anani nahnuga almashtirganlari, ya'ni anoniyatni tashlab, Risola-i Nur doirasining shaxsi ma'naviysining hisobiga ishlashi, men o’rniga biz deyishlari va ahli tariqatning "fano fish-shayx", "fano fir-rasul" va nafsi ammorani o’ldirish kabi riyodan qutqargan vositalarning bu zamonda birisi ham "fano fil-ixvon", ya'ni shaxsiyatini qardoshlarining shaxsi ma'naviysi ichida eritib o’shanday harakat qilgani uchun, inshaalloh, ahli haqiqatning riyodan qutulishlari kabi, bu sir bilan ular ham qutuladilar.
Uchinchi nuqta: Vazifa-i diniya e'tibori bilan, insonlarga go’zal qabul qildirish, u maqom taqozo qilgan yuksak xatti-harakatlar va vaziyatlar xudfurushlik va riyo sanalmaydi va sanalmasligi kerak. Magar u odam o’sha vazifani o’z anoniyatiga tobe etib iste'mol qilmasa.
Ha, bir imom imomlik vazifasida tasbehotlarni izhor qiladi, eshittiradi. Hech bir jihatdan riyo bo’lolmaydi. Ammo vazifa xorijida, o’sha tasbehotlarni oshkora odamlarga eshittirishga riyo kira olgani uchun, yashirini yanada savoblidir.
Risola-i Nurning haqiqiy shogirdlari, nashriyoti diniyalarida va sunnatga ergashishdagi ibodatlarida va katta gunohlardan saqlanishdagi taqvolarida, Qur'on hisobiga vazifador sanaladilar. Inshaalloh riyo bo’lmaydi. Magarki, Risola-i Nurga boshqa bir maqsadi dunyoviya uchun kirmagan bo’lsa.
Yana yozilar edi, faqat bir to’xtash holi to’xtatdi.
***
Kichik Xusrav Fayzining bir istixroji.
(O’ttiz uchinchi Oyatdan Hofiz Alining istixrojining bir zayli va ilovasi.)
Sura-i Zumarda اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لْلاِسْلاَمِ فَهُوَ عَلَى نُورٍ مِنْ رَبِّهِ oyati azimaning ochiq ma'nosidan boshqa bir ma'no-i ishoriy tabaqasining kulliyatida doxil bir fardi Risola-i Nur va tarjimoni bo’lganiga kuchli bir dalil topdim.
Chunki, اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لْلاِسْلاَمِ فَهُوَ
jumlasi, hisobi jifriy va abjadiy va riyoziy bilan bir ming uch yuz yigirma to’qqiz (1329) yoki sakkiz (1328) bo’ladi. Demak مَنْ kulliyatida va فَهُوَ ishorasida doxil va diqqat bilan qarashga sabab bir fard, inshirohi sadr
{(Hoshiya) Bu sadrning kengayishiga munosabatdor bir tavofuqdirki, Ustozimdan tushundim. Yigirma besh yildir doimo va eng muhim bir duolari اَللَّهُمَّ اشْرَحْ صَدْرِى لِْلاِيمَانِ وَ اْلاِسْلاَمِ munojoti bo’lgan.}
nuri bilan boshqa bir holatga kirib, eski zahmatdan qutulib, nuroniy bir maslakka kirgan bir shaxsni Birinchi va Ikkinchi Jahon Urushining kelishga hozirlanishlari bo’lgan o’sha dahshatli tarixga va u fardning vaziyatiga ramzan qaraydi.
فَهُوَ عَلَى نُورٍ مِنْ رَبِّهِ dagi نُورٍ مِنْ رَبِّهِ kalimasi, Risola-i Nur ismiga va ma'nosiga ham jifri, ham surati, ham ma'nosi tavofuq qilgani kabi, اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ صَدْرَهُ لْلاِسْلاَمِ فَهُوَ jumlasining ham maqomi jifriysi ko’rsatgan tarixda Risola-i Nurning tarjimoni bo’lgan Ustozimning - tahqiqotim bilan - aynan vaziyatiga tavofuq qiladi.
Chunki o’sha zamonda Jahon Urushining boshlanishlarida, Ustozim eski odatini va boshqa ulumi falsafani va ulumi aliyani tashlab, tom bir sadr kengayishi bilan Risola-i Nurning fotihasi va birinchi martabasi bo’lgan Ishorot-ul I'joz tafsirini boshlab, bor himmatini, fikrlarini Qur'onga sarf qilishni boshlaganiga tavofuqi kuchli bir alomatdirki, bu asrda o’sha kulliy ma'no-i ishoriyda diqqat bilan qarashga sabab bir fardi, Risola-i Nurning tarjimoni va shogirdlarining shaxsi ma'naviysini tamsil qilgan mumassilidir.
Ha, modomiki Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon har asrda har fardga xitob qiladigan bir ilmi muhit va bir iroda-i shomila bilan hamma narsaga qaray oladi; va modomiki ulamo-i Islomning ittifog’i bilan, oyatlarning ochiq ma'nosidan tashqari ishoriy va ramziy va yashirin ko’plab tabaqalarda ma'nolari bor.
Va modomiki يَا اَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا kabi xitoblarda, har asr kabi, bu asrdagi ahli iymon, Asri Saodatdagi mo’minlar kabi doxildir.
Va modomiki Islomiyat nuqtasida bu asr g’oyat ahamiyatli va dahshatlidir. Qur'on va Hadis, g’aybiy xabarlar bilan, ahli iymonni uning fitnasidan saqlash uchun shiddat bilan xabar bergan.
Va modomiki hisobi jifriy va abjadiy va riyoziy, eskidan beri sog’lom bir dasturdir va kuchli bir alomat bo’lishi mumkin.
Va modomiki Risola-i Nur va tarjimoni va shogirdlari, iymon va Qur'on xizmatida porloq va ta'sirli vazifalari g’oyat ahamiyat kasb etgan.
Va modomiki bu buyuk oyat hisobi jifr bilan bu asrga va ikkita jahon urushiga qaraydi. Birinchi jahon urushining o’t olishiga va Risola-i Nurning chiqishiga tavofuq qilgani kabi, ma'nan ham ko’rsatadi. Albatta, mazkur haqiqatlarga va kuchli alomatlarga binoan, ikkilanmasdan hukm qilamizki: Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi va tarjimoni, bu oyati azimaning ma'no-i ishoriy tabaqasining kulliyatida doxil va diqqat bilan qarashga sabab bir fardidir. Va bu oyat unga ishorat qiladi. Va ma'no-i ramziy bilan undan ham xabar beradi. Va g’aybdan xabar navidan bir i'joz yog’dusini ko’rsatadi deb bo’ladi va deymiz.
Tahlil: Bir ش ikki ر yetti yuz; ف م ن ل ikki yuz; ص د ه ا yuz; س م yuz; Ismi Jalol oltmish yetti; ikki ل oltmish; فَهُوَ to’qson bir; لِْلاِسْلاَمِ ham ikki yoki uch alif, ikki yoki uch. ح sakkiz; نُورٍ مِنْ رَبِّهِ, "Risola-i Nur" Har ikkisida نُور bor. "Risola"da ر , رَبِّهِ dagi ر' ga muqobildir. Agar نُورٍ dagi tanvin sanalsa, النُّور da ham shaddali ن sanaladi, yana ittihod qiladilar. نُورٍ dan boshqa مِنْ به to’qson yetti bo’lib, Risola-i Nurda qolgan ه ل س ikki Alif ham to’qson yetti bo’lib, to’liq tavofuq qiladi. Turkcha talaffuzda Risola-i Nur hamza bilan o’qilishi zarar bermaydi.
Sura-i Moidaning o’n to’rtinchi oyati
قَدْ جَاءَكُمْ مِنَ اللَّهِ نُورٌ وَ كِتَابٌ مُبِينٌ يَهْدِى بِهِ اللَّهُ
Sura-i Nisoning oxirida
يَا اَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَكُمْ بُرْهَانٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَاَنْزَلْنَا اِلَيْكُمْ نُورًا مُبِينًا
oyati kabi, Risola-i Nur ma'no va jifr jihati bilan, ma'no-i ishoriy fardlaridan bo’lganiga kuchli bir alomat topdim.
Ikkinchi oyat bo’lgan Sura-i Niso oyati, Birinchi Shu'la bo’lgan Ishoroti Qur'oniyada, Ustozim ishorasini bayon qilganlar. Birinchi oyat bo’lgan Sura-i Moidaning o’n to’rtinchi oyati ham buning ishorasini quvvatlantiradi, hamda اَفَمَنْ شَرَحَ اللَّهُ oyatining ishorasini tasdiq qiladi.
Ha, bu asrda ma'no-i ishoriy tabaqasidan tom bu oyatning qudsiy ma'nosiga bir fard Risola-i Nur bo’lganiga, kim insof bilan qarasa tasdiq qiladi.
Modomiki Risola-i Nur bir fardi bo’lganiga ma'naviy munosabat kuchlidir. Modomiki bu oyatning maqomi jifriysi bir ming uch yuz oltmish oltidir (1366), agar maddalar va o’qilmagan hamzalar sanalmasa oltmish ikkidir (1362). Va modomiki Risola-i Nur, Qur'oni Mubin nurini va hidoyatini nashr etgan bir kitobi mubindir. Va modomiki zohiran undan yanada oldin, u vazifani og’ir sharoit ostida qilganlarni ko’rmayabmiz. Va modomiki oyatlar, boshqa kalomlar kabi juz'iy bir ma'noga maxsus bo’lolmaydi. Va modomiki yashirin va ishoriy dalolat bilan qoidaga ko’ra kalomning ma'nosida doxil bo’lyapti. Va modomiki Najmiddini Kubro va Muhyiddini Arabiy (r.a.) kabi juda ko’p ahli valoyat, ma'no-i zohiriydan tashqari botiniy va ishoriy ma'nolar bilan aksar oyatlarni tafsir qilganlar; hatto tafsirlarida Muso (A.S.) va Fir'avndan murod, qalb va nafsdir deganlari holda, ummat ularga e'tiroz qilmagan; buyuk ulamodan ko’plari ularni tasdiq qilganlar. Albatta, oyatning yashirin dalolat bilan Risola-i Nurga kuchli alomatlar bilan ishorasi qat'iydir, shubha qilmaslik kerak.
Tahlil: قَدْ جَاءَكُمْ 169, مِنَ اللَّهِ 157, نُورٌ tanvin bilan barobar 306. وَ كِتَابٌ مُبِينٌ tanvinlar bilan barobar 631; يَهْدِى بِهِ اللَّهِ 103; Yig’indisi 1366. Agar maddalar va o’qilmagan hamzalar sanalmasalar, bu yilgi Muharram tarixiga; ya'ni 1362ga to’liq tavofuq qiladi. Agar مُبِينٌ dagi tanvinda vaqf etilsa, bir ming uch yuz o’n oltidir (1316) ki; ham Risola-i Nurning muqaddimalariga, ham tanvin bilan takomillashishiga va Birinchi Shu'lada bayon qilingani kabi, ko’p oyatlarning ahamiyat bilan ko’rsatgan ayni mashhur sanaga tavofuq qiladi.
***
(Ahamiyatli bir domlaning Ustoz haqlarida haddan ortiq yaxshi gumonini to’g’rilash munosabati bilan yozilgan, balki sizga ham foydasi bo’ladi deb yuborildi.)
بِاسْمِهِ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ شَهْرِ رَمَضَانَ
Aziz, sodiq, muhtaram qardoshimiz Domla Hashmat!
Sening mujaddid haqidagi maktubingni hayrat bilan o’qidik va Ustozimizga ham aytdik. Ustozimiz deydilarki:
Darhaqiqat, bu zamon ham iymon va din uchun, ham hayoti ijtimoiya va shariat uchun, ham umumiy huquq va siyosati Islomiya uchun g’oyat ahamiyatli bittadan mujaddid istaydi. Ammo eng ahamiyatlisi, iymon haqiqatlarini muhofaza nuqtasida tajdid vazifasi, eng muqaddas va eng buyugidir. Shariat va hayoti ijtimoiya va siyosiya doiralari unga nisbatan ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi darajada qoladi.
Hadis rivoyatlarida, tajdidi din haqida ziyoda ahamiyat esa, iymoniy haqiqatlardagi tajdid e'tibori bilandir. Ammo xalq tushunchasida, hayotparast insonlarning nazarida ko’rinishdan keng va hokimiyat nuqtasida jozibador bo’lgan hayoti ijtimoiya-i Islomiya va siyosati diniya jihatlari yanada ziyoda ahamiyatli ko’ringani uchun, u durbin bilan o’sha nuqta-i nazardan qaraydilar, ma'no beradilar.
Ham bu uch vazifalarni birdan bir shaxsda, yoxud jamoatda, bu zamonda bo’lishi va mukammal bo’lishi va bir-birini rad qilmasligi juda uzoq, go’yo mumkin ko’rilmaydi. Oxirzamonda, Oli Bayti Nabaviyning (S.A.V.) jamoati nuroniyasini tamsil etgan Hazrat Mahdiyda va jamoatidagi shaxsi ma'naviyda faqat birlasha oladi. Bu asrda, Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, Risola-i Nurning haqiqatiga va shogirdlarining shaxsi ma'naviysiga, iymon haqiqatlarini muhofaza qilishda tajdid vazifasini qildirgan. Yigirma yildan beri o’sha vazifa-i qudsiyada ta'sirli va fotihona nashri bilan g’oyat dahshatli va quvvatli zindiqo va zalolat hujumiga qarshi to’liq qarshilik ko’rsatib, yuz minglab ahli iymonning iymonlarini qutqarganiga qirq minglab odam guvohlik qiladi.
Ammo men kabi ojiz va zaif bir bechoraning, bunday minglab daraja haddimdan ortiq bir yukni yuklash tarzida, shaxsimni diqqat bilan qarashga sabab qilmaslik kerak deyaptilar va sizga salom aytyaptilar. Biz ham zotingizga va u yerdagi Risola-i Nur bilan aloqador bo’lganlarga salom aytamiz.
Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi, Komil
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Qardoshlarim!
Qur'onning birgina oyatining birgina ishorasi g’aybiy xabar navidan bir i'joz yog’dusini tavofuq surati bilan ko’rsatganini ma'naviy bir eslatma bilan ko’rdim.
اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا Bu oyati karimaning maqomi jifriysi -shadda va tanvin sanalmasa- bir ming uch yuz ellik bir (1351), مَيْتًا ning asli مَيِّتًا bo’lishidan
bir ming uch yuz oltmish bir (1361) bo’lib; bu sanada, azim ishlardan bir dahshatli g’iybatni, bu oyatning ma'no-i ishoriy kulliyatida doxil qiladi. Azim ishlardan bunday bir ajib g’iybat ayni tarixda, ayni yilda sodir bo’ldi. Shundayki:
O’n sakkiz yil muddatida Sunnati Saniyani muhofaza uchun boshiga shapka qo’ymaganidan, o’n sakkiz yildir yakka qamoq hukmida ko’rishishdan man va yolg’iz bir uyda hayotini o’tkazishga majbur qilingan va xususiy ibodatgohida azoni Muhammadiyni o’qib "Allohu Akbar" deganidan va "La ilaha illalloh" haqiqatini quyosh kabi ko’rsatganidan, yuzta birodari bilan qamoqqa olingan va mahkum qilingan bir odamni, yuzlab alomat va ishoratlarga tayanib inoyati Ilohiyadan kelganiga qat'iy bir qanoati bilan ishorati Qur'oniyadan bir xushxabarni ham o’ziga, ham musibatzada birodarlariga bir tasalli niyati bilan bayon qilgani uchun, uni g’iybat va qo’pol ta'birlar bilan e'lon qilish va uning darslari bilan iymonlarini qutqargan ma'sum shogirdlarini undan nafratlantirib shubhalar berish; go’yo atrofda inkorga sabab hech narsa yo’q va hech bir munkirotni va jinoyatni ko’rmayotganday, faqat o’sha bechoraning mavhum bir xatosini, sakkiz yilda saksonta mudaqqiqlarning nazarida yashiringan va yuzaki va qaysarona nazariga ko’ra bir ijtihodiy xatosini ko’rayotgan fikri bilan qo’pol ta'birlar bilan yomonlash; albatta bu asrda, bu mamlakatda Qur'oni Mo’jiz-ul Bayonning qasddan ishorasiga sabab bo’la oladigan azim bir hodisadir. Menimcha, Qur'onning qandayki har sura va ba'zan bir oyat va ba'zan bir kalimasi bir mo’'jiza bo’ladi; xuddi shuning kabi, bu oyatning yagona ishorasi, g’aybiy xabar navidan bir i'joz yog’dusidir.
Bu oyatning bu ishorasi, bu asrda, Risola-i Nur shogirdlari haqidagi g’iybatga qaraganiga uch alomat bor.
Birinchisi: Birinchi Shu'la bo’lgan Ishoroti Qur'oniya Risolasida, Risola-i Nurga va tarjimoniga ham ishorat qilgan beshinchi oyat bo’lgan اَوَمَنْ كَانَ مَيْتًا فَاَحْيَيْنَاهُ وَجَعَلْنَا لَهُ نُورًا يَمْشِى بِهِ فِى النَّاسِ g’oyat quvvatli alomatlar bilan مَيْتًا kalima-i qudsiyasi jifr va abjad hisobi bilan va uch ma'no jihati bilan Said Nursiyga tavofuq qilishidir.
Ikkinchi alomat: اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ ila oxir... oyatning maqomi jifriysi va riyoziysi bir ming uch yuz oltmish bir (1361) bo’lishidirki; ayni sanada o’sha ajib hodisa bo’ldi.
Uchinchi alomat:..............
Ixtiyorim xorijida, besh jihat bilan yomonlashni yomonlagan va mo’'jizona g’iybatdan olti jihat bilan qaytargan اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخِيهِ مَيْتًا oyati qarshimda o’zini ko’rsatib tamassul etdi. Ma'nan, "Menga qara" dedi. Men ham qaradim, birdan tasbehot ichida ko’rdimki: 1351 dan to 1361 sanasini ko’rsatdi. Holimizga qaradim; parda ostida 51 dan to 61 ga qadar Risola-i Nur madad kutgan Istanbul ufqlarida, parda ostida bir navi hujum bo’lgan va 61 da birdan portlashidir.
Tahlil: ت خ ming. م م ى ى yuz. ل ل ك ك yuz. Uchinchi ن ى م yuz. ح ح ح ب د o’ttiz. To’rtinchi ى o’n. Besh alif, bir ه bilan barobar o’n. Oxirdagi tanvin vaqfan alif bo’lgani uchun, yig’indisi bir ming uch yuz ellik bir (1351). مَيْتًا asli yo-i mushaddada bo’lganidan, bir ming uch yuz oltmish bir (1361) bo’ladi.
(Hoshiya): Bu oyat bizni shiddat bilan g’iybatdan man qilganidan, bizni g’iybat qilganlarni unutishimiz kerak, g’iybatga sabab qilmasligimiz kerak. InshaAlloh, ortiq takrorlanmaydi.
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رَسَائِلِ النُّورِ الْمَقْرُوئَةِ وَالْمَكْتُوبَةِ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizga Uch Nuqtani bayon qilishga qalbda bir ehtiyoj bo’ldi:
Birinchisi: "Bir hodisada ham inson qo’li, ham qadar aralashuvi bo’lganidan; inson zohiriy sababga qarab, ba'zan haqsiz hukm qilib, zulm qiladi. Qadar o’sha musibatning yashirin sababiga qaragani uchun adolat qiladi" degan, Risola-i Nurda bir qoida-i asosiyadir.
Ham hozirga qadar Risola-i Nurning boshiga kelgan hodisalarda bir inoyat qo’li, bir rahmat jihati bo’lgani tajribalar bilan sobitdir.
Bu ikki jihatda qalbdan bir savol chiqdi. "Ajabo, Nur haqidagi bu yangi Istanbul hodisasida adolat va rahmat jihati nima?" Xotirga bunday bir javob keldiki:
Risola-i Nurga ahli ilm va ahli diqqatni jiddiy tarzda qarashga va tadqiq qilishga chorladi. Albatta Risola-i Nurni tadqiq qilgan bir olim, insofi bo’lsa tarafdor bo’ladi. Va Risola-i Nur ulamo doirasida va Istanbul ufuqlarida namoyon bo’ladi. Mana rahmat va inoyat jihati!
Ammo, qadari Ilohiyning adolat jihati shudirki:
Risola-i Nurning haqiqati bilan va shogirdlarining shaxsi ma'naviysi bilan namoyon bo’lgan favqulodda iymoniy xizmatlarning ahamiyatli bir qismini bechora tarjimoniga berish va ahli dunyo va ahli siyosat va avomning nazarida birinchi daraja va haqiqat nazarida, iymonga nisbatan faqat o’ninchi darajada bo’lgan siyosati Islomiya va hayoti ijtimoiya-i ummatga doir xizmati, koinotda eng buyuk masala va vazifa va xizmat bo’lgan iymon haqiqatlari bilan mashg’uliyatini ustun ko’rganlaridan; o’sha tarjimonga qarshi do’stlarining juda ortiq yaxshi gumonlari ahli siyosatga, inqilobchi bir siyosati Islomiya fikrini berish jihatida, Risola-i Nurga qarshi hayoti ijtimoiya nuqtasida jabha olish va fathlariga mone bo’lish juda kuchli ehtimoli bor edi. Bunda ham xato, ham zarar ulkandir. Qadari Ilohiy bu xatoni to’g’rilash va u ehtimolni yo’qotish va unday umidi bo’lganlarning umidlarini isloh qilish uchun, eng ziyoda unday jihatlarda yordam va qo’shilishga yuguradigan ulamodan va sayyidlardan va mashoyixdan va ahbobdan va hamshahridan birisini e'tirozchi qilib chiqardi; u ifrotni isloh qilib adolat qildi. "Sizga koinotning eng buyuk masalasi bo’lgan iymon xizmati yetar" deya bizni marhamatkorona o’sha hodisaga mahkum ayladi. So’ngra, lillahilhamd, o’sha e'tiroz qilganni jim qildi; o’sha otashni so’ndirdi. Ammo munofiqlar so’ndirmaslik uchun harakat qilyaptilar.
Ikkinchi nuqta: Bu dahshatli chayqovchilikdan chiqqan qurg’oqchilik va qimmatchilik va ochlik va qashshoqlik, yashash tomirini shiddat bilan yaralantiryapti. Bu yara hissiyoti ulviya-i diniyani bir daraja jim qilishga vasila bo’lib, ahli zalolatga yordam beradi. Hamma me'dasini o’ylashni boshlaydi. Qalb, haqiqatdan ziyoda nonni o’ylab hayotga, yashashga yordamga yugurib, vazifa-i haqiqiyasini ikkinchi darajada qoldiradi. Bunga qarshi Risola-i Nurning shogirdlari bir uzun Ramazon nazari bilan qarab, kafforat-uz zunub va bir riyozati shar'iyaga aylantira oladilar. Ochiqchasiga ro’zani buzish bilan Ramazonning hurmatini sindirgan badbaxtlarga kelgan o’sha musibat, ma'sumlarga ham ziyon yetkazadi. Ammo Risola-i Nur shogirdlari va ma'sumlari o’sha musibatni foydalariga o’girib, xayrli bir riyozatga aylantiradilar. Qanoat va iqtisod bilan qarshilaydilar.
Uchinchi nuqta: Ikki Masaladir.
Birinchisi: Mudaqqiq Domla Sabri, Fayzining istixrojiga doir Fayziga yozgan maktubi go’zaldir. Ilovaga kirgandan so’ng, domlalar فِيهِ نَظَرٌ demasliklari uchun ba'zi kalimalari to’g’rilandi.
Ikkinchi masala: Istanbul ulamosining eng buyugi va eng mudaqqiqi va ko’p vaqt Mufti-ul Anom bo’lgan eski fatvo amini, mashhur Ali Rizo Afandi; Birinchi Shu'la, Ishoroti Qur'oniya va Oyat-ul Kubro kabi risolalarni ko’rgandan so’ng, Risola-i Nurning muhim bir talabasi bo’lgan Hofiz Aminga deganki:
"Badiuzzamon shu zamonda dini Islomga eng buyuk xizmat qilganini va asarlarining to’liq to’g’ri bo’lganini; va bunday bir zamonda, mahrumiyat ichida farog’ati nafs etib, ya'ni dunyoni tark etib, bunday bir asar maydonga keltirish hech kimga muyassar bo’lmaganini va har surat bilan tabrikka loyiq bo’lganini va Risola-i Nur mujaddidi din bo’lganini va Janobi Haq uni muvaffaq-un bilxayr aylasin, omin" deb; ba'zilarining soqol qo’ymaganlariga e'tirozlari munosabati bilan; Mavlono Jaloliddin Rumiyning padarlari bo’lgan Sulton-ul Ulamoning bir qissasi bilan uni mudofaa qilib degan:
"Bu kabi, Badiuzzamonning ham albatta bir ijtihodi bordir. E'tiroz qilganlar haqsizdir." degan va Domla Mustafoga amr qilgan, "Aytganlarimni yoz!"
Badiuzzamonga kamoli hurmat bilan salom yo’llayman. Ta'lifotingizning tugashiga hirzi jon bilan duo qilyapman (ya'ni, ruhga nusxa bo’lish qadar qiymatdordir). Ba'zi ulamo-us su'ning tanqidiga uchraganiga xafa bo’lma. Zero mevali daraxtga tosh tashlanadi.
{(Hoshiya) Ya'ni, muborak, shirin mevalari bo’lgan daraxtlarga tosh tashlaganlar, aqllari bo’lsa ta'mini ko’rsinlar va yesinlar. Rad etishga loyiq va mumkin emaslar, demakdir.
Fayzi}
hukmi mashhurdir. Mujohadalaringizga davom qiling. Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq tez murod va matlubingizga muvaffaq-un bilxayr aylasin! Boqiy Haqning birligiga omonat bo’ling.
Eski Fatvo Amini
Ali Rizo
Mana bunday mudaqqiq va ilm va shariat va Qur'on jihatida bu zamonda so’z sohibi eng buyuk olim bunday hukm qilgan. Risola-i Nurning talabalari, bu masalani -ehtiyotan- begonalarga uning ismini berish bilan ko’rsatmasliklari kerak va duolariga uni doxil qilishlari lozimdir.
Umum qardoshlarimizga salom.
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq, mustaqim qardoshlarim!
G’oyat jiddiy bir eslatma bilan bir haqiqatni bayon qilishga ehtiyoj bor. Jumladan:
لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ الاَّ اللَّهُ sirri bilan, ahli valoyat g’aybiy bo’lgan narsalarni bildirilmasa bilmaydilar. Eng buyuk bir valiy ham, dushmanining haqiqiy holini bilmaganlari uchun, haqsiz bo’lib kurashishini Ashara-i Mubashshara mobaynidagi urush ko’rsatyapti. Demak, ikkita valiy, ikkita ahli haqiqat bir-birini inkor qilish bilan maqomlaridan tushmaydilar. Magar, butun-butun zohiri shariatga muxolif va xatosi zohir bir ijtihod bilan harakat qilmagan bo’lsa. Bu sirga binoan
وَ الْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَ الْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ
dagi oliyjanob dasturiga ergashib va avom mo’minlarning shayxlariga qarshi yaxshi gumonlarini sindirmaslik bilan, iymonlarini buzmasdan muhofaza qilish va Risola-i Nurning arkonlarinining haqsiz e'tirozlarga qarshi haqli, faqat zararli g’azablaridan qutqarish ehtiyojiga binoan; va ahli ilhodning ikki toifa-i ahli haqning mobaynidagi xusumatdan istifoda etib, birining quroli bilan, e'tirozi bilan boshqasini yaralab va boshqasining dalillari bilan bunisining obro’yini to’kib ikkisini ham yerga urish va obro’yini to’kishdan saqlanib, Risola-i Nur shogirdlari bu mazkur to’rt asosga binoan, e'tiroz qilganlarga hiddat va tahavvur bilan va muqobala-i bilmisl bilan qarshilamaslik kerak. Faqat o’zlarini mudofaa uchun sulh tarzida, e'tirozga sabab nuqtalarni izoh qilish va javob berish kerak.
Chunki bu zamonda anoniyat juda ilgarilab ketgan. Harkas, qomati miqdorida bir muz parchasi bo’lgan anoniyatini eritmasdan buzmaydi; o’zini uzrli deb biladi, undan nizo chiqadi. Ahli haq zarar qiladi, ahli zalolat foydalanadi.
Istanbulda ma'lum e'tiroz hodisasi imo qilyaptiki; kelajakda, mashrabini juda yoqtirgan ba'zi zotlar va xudg’am ba'zi so’fiy-mashrablar va nafsi ammorasini to’liq o’ldirmagan va shuhratparastlik tahlikasidan qutulmagan ba'zi ahli irshod va ahli haq, Risola-i Nurga va shogirdlariga qarshi o’z mashrablarini va maslaklarining rivojini va ergashuvchilarining yaxshi e'tiborlarini muhofaza qilish niyati bilan e'tiroz qiladilar, balki dahshatli qarshilik qilish ehtimoli bor. Bunday hodisalarning sodir bo’lishida bizlarga sovuqqonlik va tebranmaslik va adovatga kirmaslik va o’sha e'tiroz qilgan toifaning ham raislarining obro’yini to’kmaslik kerak.
Fosh qilish xotirimga kelmagan bir sirni fosh qilishga mashbur bo’ldim. Jumladan:
Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi va u shaxsi ma'naviyni tamsil etgan xos shogirdlarining shaxsi ma'naviysi "Farid" maqomiga sazovor bo’lganlari uchun, xususiy bir mamlakatning qutbi emas, balki -aksariyati mutlaqa bilan- Hijozda bo’lgan qutbi a'zamning tasarrufidan xorij bo’lganini... va uning hukmi ostiga kirishga majbur emas. Har zamonda bo’lgan ikki imom kabi, uni tanishga majbur bo’lmaydi. Men avvallari Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysini o’sha imomlardan birisi deb o’ylar edim. Hozir tushunayabmanki; G’avsi A'zamda qutbiyat va g’avsiyat bilan barobar "fardiyat" ham bo’lganidan, oxirzamonda shogirdlari bog’langan Risola-i Nur o’sha fardiyat maqominiga sazovordir. Bu yashirinishga loyiq bo’lgan bu sirri azimga binoan, Makka-i Mukarramada ham - farzi mahol bo’lib - Risola-i Nurga qarshi bir e'tiroz qutbi a'zamdan kelsa ham; Risola-i Nur shogirdlari tebranmasdan, o’sha muborak qutbi a'zamning e'tirozini iltifot va salom suratida faraz qilib, e'tiborini ham qozonish uchun e'tirozga sabab nuqtalarni o’sha buyuk ustozlariga izoh qilish, qo’llarini o’pishdir.
Ha qardoshlarim; bu zamonda shunday dahshatli jarayonlar va hayotni va jahonni larzaga soladigan hodisalar ichida hadsiz bir matonat va sovuqqonlik va nihoyasiz bir fidokorlik tashish kerak. يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا عَلَى اْلآخِرَةِ oyatining sirri ishoriysi bilan, oxiratni bilganlari va iymon keltirganlari holda, dunyoni oxiratdan sevib ustun qo’yish va sinadigan shishani boqiy bir olmosga, bilib turib rizo va sevinch bilan ustun qo’yish va oqibatni ko’rmagan ko’r hissiyotning hukmi bilan, tayyor bir dirham zaharli lazzatni kelajakda bir botmon sof lazzatdan ustun qo’yish, bu zamonning dahshatli bir marazi, bir musibatidir. O’sha musibat sirri bilan, haqiqiy mo’minlar ham ba'zan ahli zalolatga tarafdor bo’lish kabi dahshatli xatoda bo’ladilar. Janobi Haq ahli iymonni va Risola-i Nur shogirdlarini bu musibatlarning yomonligidan muhofaza aylasin, omin.
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Risola-i Nurning tarqalishiga va fathlariga qarshi kelgan biri samoviy, biri aroziy ikkita musibatga qarshilik qiladigan boshqa bir inoyati Ilohiya jilvasi ko’rinishni boshladi.
Aroziy va insoniy bo’lgan musibat: Ispartada va Istanbulda bo’lgani kabi; Kastamonuning atrofida ham, ahli zalolat Risola-i Nurning tarqalishiga to’siq qo’yish uchun, xos talabalarning va jiddiy xizmat qilganlarning shavqlarini sindirish va ularga sustlik berish uchun, boshqa-boshqa tarzlarda, umumiy bir reja doxilida hujum qilinyapti. Xolislarga sustlik berolmaganliklaridan, boshqa ishlar topish bilan ishlariga zarar beryaptilar.
Samoviy musibat esa: Chayqovchilik natijasida, hayot va yashash hissi hissiyoti diniyaga g’alaba qilib, aksar kishilar me'dasini, tirikchiligini doimo o’ylaydi. Hatto aksar faqirlar qismidan bo’lgan Risola-i Nur talabalari, bu musibatga qarshi g’ayrat ko’rsatish majburiyati bilan haqiqiy va eng muhim vazifasi bo’lgan nashr xizmatini tashlashga majbur bo’lyapti.
Ham insonlarning zehnlari, fikrlari qasddan va shaxsan iymon haqiqatlariga qarshi bu sababli bir daraja loqaydlik bir vaziyati olishidan, bir turg’unlik davri kelishiga muqobil; Janobi Haqning inoyat va rahmati bilan boshqa bir tarzda Risola-i Nurning tarqalish va fathlariga maydon ochgan. Jumladan: Istanbul ufqlaridan yuksak ulamoning; eski fatvo Amini Ali Rizo, Ahmad Shironiy va porloq voizlardan Shamsi kabi zotlar, Risola-i Nur bilan jiddiy va taqdirkorona munosabatdor bo’lishga boshlashlaridir.
Ham xotirimizda bo’lmagani holda, yangi harflar bilan chop qilish uchun- boshda Oyat-ul Kubroning eng muhim parchasi- yettita parcha, bir majmuada chop qildik; va yoshlarni uyg’otgan uch-to’rtta parcha alohida bir risolada, Hofiz Mustafo bilan barobar chop qilish uchun matbaaga yubordik.
Ham muhim bir zot tashabbus qilyaptiki: Muhim parchalardan bir qismini Anqarada, katta mansabli birisining yordami bilan chop qilish niyati bor. Men hozircha uyg’un topmadim.
Qisqasi, bir eshik yopilsa, inoyati Ilohiya yanada porloq eshiklarni Risola-i Nur tufayli ochyapti, yo’l beryapti. Risola-i Nurning yozilgan va talaffuz qilingan harflari adadicha Janobi Arhamurrohimiynga hamdu sano va shukr bo’lsin. هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى
Bunga binoan, bu turg’unlik va vaqtinchalik sustlik haqida xavotirlanmang. Zotan hozirga qadar xizmatlar danaklar navidan, istiqbolda yetarli nihollar bera oladi. Farzi mahol bo’lib, hech xizmat qilinmasa ham yana kifoya qiladi. Qat'iyan qaror topganki; Risola-i Nur haqiqatlariga, ozuqaga ehtiyoj kabi bu zamonda ehtiyoj bor. Bu ehtiyoj esa uni turg’unlikda qoldirmaydi, ishlattiradi inshaAlloh.
Hofiz Mustafo bilan umumingizga badal ko’rishdik, faqat juda oz bir zamonda. Janobi Haq uni va Tohiriyni chop masalasida muvaffaq aylasin, omin.
Hofiz Alining maktubida, Madrasa-i Nuriyaning ustozi bo’lgan Hoji Hofiz bilan g’oyat samimona va qardoshona ko’rishishlari va mashvaratlari bizlarni juda masrur ayladi.
Said Nursiy
***
Nur fabrikasining sohibi, Birinchi Shu'laning To’rtinchi Oyati bahsida, haqiqati Islomiyatning yetti asosi porloq bir suratda isbot etilgan jumlasiga doir so’rayaptiki: Islom ruknlarini beshta deb bilamiz. Ham zakotning farzligi rukni risolalarda qay suratda izoh qilinganini so’rayapti.
Javob: Islomning ruknlari boshqadir, haqiqati Islomiyatning asoslari yana boshqadir. Haqiqati Islomiyatning asoslari; oltita iymon ruknlari bilan {(Hoshiya) "Barobar" kalimasi Shu'lada bo’lmagani uchun shubha qilingan.} va asosi ubudiyat-ki, Islomning besh rukni bo’lgan (ro’za, namoz, haj, zakot, kalima-i shahodat) majmuining xulosasidir. Risola-i Nur olti rukni iymoniya bilan bu asosi ubudiyatni isbot qilib سَبْعَ الْمَثَانِى jilvasiga mazhariyati muroddir. Zakotning farzligining izohidan murod esa, zakotning ikir-chikirlari tafsiloti emas; aksincha zakotning hayoti ijtimoiyada zarurat darajasi va ahamiyatli qiymati isbot qilingan deganidir. Ha, Risola-i Nurdan avval yozganimiz risolalarda, hamda Risola-i Nurning ko’plab yerlarida zakot farzligining hayoti ijtimoiyada qay daraja ahamiyatli bo’lgani qat'iyan va ochiqchasiga isbot qilingan deganidir.
Ispartada, Risola-i Nurning dars va nashriga ikkita uyini bir vaqt bergan qardoshimiz Shukru Afandining ikkita yosh bolasining vafoti meni xafa qildi. Chunki besh-olti yoshda ekan, ma'suma qiz bolasi yonimga kelganda, har safar "Isming nima?" deb so’rardim. Ma'sumona, kamoli faxr bilan, "Xoyrunniso" derdi, meni shafqat bilan kuldirar edi. Janobi Haq o’sha muborak ma'sumani birdan Jannatiga oldi, shu dunyo Jahannamidan qutqardi. Va marhum o’g’li Hayotni esa, xastalik inshaAlloh uni ham Xoyrunniso kabi gunohsiz, ma'sum qildi. Barobar Jannat tarafiga ketdilar. Bu nuqta-i nazardan, men o’sha ikkita bolani tabriklayman. Va padar va volidalarini-da ham ta'ziya, ham ma'nan tabrik qilamanki; o’sha ikkita farzandlari وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ sirriga mazhar bo’ldilar. Men o’sha ikkalasini Risola-i Nurning vafot qilgan shogirdlari ichida duolarimizga doxil qildik.
Rushdu Afandi men tarafimdan Shukru Afandiga, ta'ziyanomasi bo’lgan O’n Yettinchi Maktubni mening o’rnimga o’qisin.
Risola-i Nurning kapitani Sabri, Nis Orolidagi bir qardoshimiz va O’ninchi So’zning chop qilinishidan so’ngra tahlikadan muhofaza uchun necha oy uyida saqlagan va padar va volidasi bilan, biz bilan jiddiy aloqador bo’lgan Vali Afandining padar va volidasining vafot xabarlarini yozyapti. Janobi Haq ularga rahmat aylasin. Men inshaAlloh ko’p vaqt ularni ma'naviy yutuqlarimga sherik qilaman.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu zamonda, xususan bu qatorlarda, Risola-i Nurning shogirdlari tom bir matonat va hamjihatlik va diqqat qilishga muhtojdirlar. Lillahilhamd, Isparta va atrofi qahramonlari temir kabi bir matonat ko’rsatishi bilan, boshqa yerlarga ham go’zal misol bo’ldi.
Ey Xusrav! Ta'sirli va go’zal maktubingni oldim. Vazifaning boshiga o’tishing bizni favqulodda masrur etdi. Minglab xush kelding. Sen bu bir yarim yil moddiy qalaming ishlamaganidan xavotirlanma. Sening o’rningga va karomatli qalamingning yodgori bo’lgan Mo’'jizoti Ahmadiyaning biri sharqiy viloyatlarda faol tarzda kezyapti. Boshqa oxirgi yozgan nusxang ham Istanbulda sening o’rningda ishlab, inshaAlloh fathlar qiladi. Sen yozgan mo’'jizali ikkita Qur'oni Azimushshonning bu atrofda, xususan Ramazoni Sharifda senga qozontirgan savoblari va tahsin va tabriklarini, inshaAlloh yaqinda nashrga kirishi bilan, olami Islomdan sening ruhingga yog’adigan rahmat duolarini o’yla, Allohga shukr ayla.
Hofiz Alining maktubida, Islomko’ydagi domlalarga muhabbatga va do’stlikka qaror berishi bizni mamnun ayladi. Ha, Islomko’y, qandayki Risola-i Nurga juda ortiq aloqadorlikda imtiyoz va sabot qozongan. Xuddi shuning kabi, men u yerda ekan, boshqa domlalarga nisbatan Islomko’y domlalari ham yanada ortiq insofli va Risola-i Nurni taqdirlaganlarini ko’rganimdan, bu atrofdagi domlalarning loqaydliklariga qarshi ularni go’zal misol tariqasida ko’rsatyapman. InshaAlloh ulardan zarar kelmaydi. Men Islomko’yni Nurs qishlog’i kabi bilaman, u domlalarga ham qarindoshlarim nazari bilan qarayman, ularga ham salom yuboraman. Ha, ularning insofi va Risola-i Nurga qarshi do’stliklari bilan, Nur Fabrikasi o’sha qishloqda to’polonsiz yerlashdi deb taxmin qilaman.
Ey Sabri qardosh! Boshing sog’ bo’lsin. Janobi Haq u volidamizni mag’firat aylasin! Omin. Mening, nasabiy yaqinlikni sezdirgan barmoqlaringdagi nishon va bu yetti-sakkiz yil Abdulmajiddan yanada qizg’in faolona qardoshlik vazifasini qilganingizdan, albatta sening marhuma volidang mening ham volidamdir. Uni ham volidam yoniga ma'naviy yutuqlarimga va duolarimga hissador qilaman. Janobi Haq senga sabri jamil ehson va u marhumani ham g’ariqi rahmat aylasin! Omin.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Men juda qat'iy bir suratda va mingga yaqin tajribalarim natijasida qat'iy qanoatim kelgan va aksar kunlarda his qilamanki: Risola-i Nurning xizmatida bo’lgan kunimda, o’sha xizmatning darajasiga ko’ra qalbimda, badanimda, dimog’imda, tirikchiligimda bir inkishof, inbisot, sevinch, baraka ko’raman. Ham u yerda ekan, ham bu yerda ko’p qardoshlarimdan ayni holatni his qildim va qilyapman. Va ko’plari e'tirof qilyaptiki, "Biz ham his qilyapmiz" deydilar. Hatto sizga o’tgan yil yozganim kabi, mening juda oz ozuqa bilan yashaganimning sirri, o’sha baraka ekan.
Ham Imom Shofe'iydan (r.a.) rivoyat borki: "Xolis talaba-i ulumning rizqiga men kafolat bera olaman", deganlar. Chunki rizqlarida kenglik va baraka bo’ladi." Modomiki haqiqat budir va modomiki xolis talaba-i ulum unvoniga Risola-i Nur shogirdlari bu zamonda to’liq layoqat ko’rsatganlar; albatta, hozirgi ochlik va qahatchilikka muqobil Risola-i Nur xizmatini tashlash va maishat qiyinchiligi uzri bilan, maishat orqasidan yugurish o’rniga eng yaxshi chora, shukr va qanoat va Risola-i Nur talabaligiga to’liq yopishishdir.
Ha, har tarafda bu tirikchilik dardi hammani parishon qilyapti. Ahli zalolat bundan foydalanadi. Ahli diyonat ham o’zini uzrli deb biladi, "Zaruratdir, nima qilaylik" deydi.
Demakki, Risola-i Nur shogirdlari bu ochlik va qashshoqlik musibatiga qarshi, yana Nur bilan javob qaytarishi kerak. Har shogirdning vazifasi, faqat o’z iymonini qutqarish emas; aksincha boshqasining iymonlarini ham muhofaza qilishga vazifadordir. U ham xizmatda jiddiy davom bilan bo’ladi.
Sizga yozgandikki, e'tiroz qilganlarga adovat bilan javob qaytarmanglar. Mumkin bo’lganicha, ahli taqvo, ahli ilmga nisbatan do’stona vaziyat olinglar. Faqat bu nuqtaga diqqat qilingki, Risola-i Nurning zarariga va shogirdlarining salobat va matonatlariga tegiladigan bir tarzda doirangiz ichiga kiritmang. Undaylar niyati xolisa bilan kirmasa, balki sustlik beradilar. Agar anoniyatli va xudfurush bo’lsa, Risola-i Nur shogirdlarining matonatlarini sindiradilar, nazarlarini Risola-i Nurning xorijiga tortib tarqatadilar. Hozir ko’p diqqat va matonat va ehtiyot lozimdir.
Bu atrofda, haqiqatdan umidimdan ustun, Risola-i Nur talabalaridan ikkita qahramon yetishdilar. Ota, o’g’il; Ahmad Nazif, Salohiddin. Bu ikki zot Risola-i Nurning nashrida ikki yuz odam qadar xizmat qilayotganlarini ko’ryapmiz. Jumladan: Birisi, ya'ni o’g’li, Karsda turib ham Vanga, ham Erzurumga, ham Konyaga, ham bu yerlarga -sizga qo’shib yuborganim maktub kabi- xabarlashishlar bilan ta'sirli bir suratda xizmat qilyapti; to’liq bir Abdurrahmondir.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
Risola-i Nur, tariqat emas, haqiqatdir. Qur'on oyatlaridan sizib chiqqan bir nurdir. Na sharqning ilmlaridan va na g’arbning fanlaridan olingan. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning bu zamonga maxsus bir i'jozi ma'naviysidir. Manfaati shaxsiya yo’qdir. Risola-i Nurning -hech bo’lmasa- So’z va Maktublarini batamom o’qiganda bir qancha haqiqatlar namoyon bo’lishidan, bugungi tushunchangizdan, ya'ni Risola-i Nurni yozishdan chekinish va chekilishdan darhol yuz o’girasiz.
Muhtaram qiymatli qardoshim! Darhol yozishni boshlanglar, qo’rqmanglar. Xizmati Qur'on, inshaAlloh muhofaza qiladi. Boshqa kishilarni ziyoratga ketganlarga va Risola-i Nurni yozgan o’sha atrofdagi qardoshlarimizga xayrli o’tgan bo’lsin.
{(Hoshiya) Qardoshimiz Salohiddin bu yerda, Ispartada bo’lgani kabi, bularga ham Risola-i Nurni qidirish uchun uylarini tintuv qilib siqqan paytlari, hifzi Ilohiy bilan hech narsa topolmaganlari zamondagi hodisaga ishorat qiladi.
Fayzi}
Hofizi Haqiqiy inshaAlloh muhofaza qiladi.
Imom Alining (R.A.) تُقَادُ سِرَاجُ النُّورِ سِرًّا بَيَانَةً تُقَادُ سِرَاجُ السُّرْجِ سِرًّا تَنَوَّرَتْ amriga bo’yin egish kerak bo’lganidan, Risola-i Nurni yashirin o’qish, yashirin yozish, yashirin nashr qilish lozim edi. O’sha qardoshlarimizning bu amrga rioya qilmasligidan kelib chiqqanidan, yengil shafqat ta'ziri yeganlaridan, takror xayrli o’tgan bo’lsin.
Hech xavotirlanmasinlar, hech narsa qilinmaydi va qilolmaydi va ko’rolmaydilar. Bu hodisadan xafa bo’lib chekinmanglar. Aksincha ishlashingizni ziyodalashtiringki, tajriba-i maydoni imtihonda muvaffaq bo’linglar. Risola-i Nurga tez-tez hujum qiladilar, faqat hech narsa qilolmaydilar. Chunki G’avsi A'zam (Q.S.) va Imom Ali (R.A.) kabi zotlarning himoyalari va duolari barakasi bilan Hofizi Haqiqiy hifz qiladi. اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى Ruhoniy siqilish inshaAlloh o’tadi. Risola-i Nur لِلَّذِينَ آمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ sirriga sazovordir. Undan madad so’ra. Risola-i Nur talabalari bir-birining ibodatidan hissador bo’lganlaridan, doimiy virdlari bo’lgan bu oyati azima sizga ham shifo beradi. Risola-i Nurni yozinglar. Ehtiyotga rioya qilinglar.
Barcha qardoshlarimga salom va hurmatlar. Risola-i Nur bilan dars qilishingizni takror tavsiya qilaman, qardoshlarim.
Qardoshingiz
Salohiddin
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Aziz qardoshlarim!
Bu safar maktub o’rniga bu mevani yuboryapmiz.
QORATOG’NING BIR MEVASI
Bir oyatning ma'no-i ishoriysining kulliyatidan bir fardi, Hurriyatdan bu onga qadardir. Noyabr o’ttizinchi kun, bir ming uch yuz ellik sakkizda (1358), Qoratog’ boshiga chiqayotgan edim. "Insonlarning, xususan Musulmonlarning bu ketma-ket halokatlari va zararlari qachon boshlandi, qachongacha davom qiladi?" xotirga keldi. Birdan, har mushkulimni hal qilgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon Sura-i Val Asrni qarshimga chiqardi. Dedi: "Qara." Qaradim. Har asrga xitob qilgani kabi, bu asrimizga yanada ziyoda qaragan وَ الْعَصْرِ اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَفِى خُسْرٍ oyatidagi اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَفِى خُسْرٍ (shadda va tanvin sanaladi) maqomi jifriysi bir ming uch yuz yigirma to’rt (1324) bo’lib, hurriyat inqilobi bilan boshlagan saltanatning o’zgartirilishi va Bolqon va Italiya Urushlari va Birinchi Jahon Urushi mag’lubiyatlari va dahshatli kelishuvlari va Islom ramzlarining buzilishlari va bu mamlakatning zilzilalari va yong’inlari va Ikkinchi Jahon Urushining zamin yuzida to’fonlari kabi, samoviy va aroziy musibatlar bilan insoniyat zarari bilan اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَفِى خُسْرٍ oyatining bu asrga ham bir haqiqati, moddatan ayni sanasi bilan ko’rsatib, bir yog’du-i i'jozini ko’rsatyapti.
اِلاَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ (oxirdagi ت , ه sanaladi, shadda sanalsa) maqomi jifriysi bir ming uch yuz ellik sakkiz va to’qqiz (1358-1359) bo’lgan bu yilning va kelasi yilning ayni tarixini ko’rsatish bilan o’sha zararlardan, xususan ma'naviy zararlardan qutulishning chora-i yagonasi, iymon va amali soliha bo’lgani kabi va zid ma'nosi bilan, o’sha zararning ham sababi yagonasi kufr va kufron, shukrsizlik ya'ni iymonsizlik, fisqu safohat bo’lganini ko’rsatdi. Sura-i وَ الْعَصْرِ ning azamatini va qudsiyatini va qisqaligi bilan barobar g’oyat keng va uzun haqiqatlarning xazinasi bo’lganini tasdiq qilib, Janobi Haqqa shukr qildik.
Ha, olami Islomning, bu asrning eng buyuk zarari bo’lgan bu dahshatli Ikkinchi Jahon Urushidan qutulishining sababi: Qur'ondan kelgan iymon va amali soliha bo’lgani kabi; faqirlarga kelgan achchiq ochlik va qahatchilikning sababi ham, ro’zaning shirin ochligini chekmaganlari; va boylarga kelgan zarar va yo’qotishlarning sababi ham, zakot o’rniga chayqovchilik qilishlaridir. Va Onado’lining bir urush maydoni bo’lmasligining sababi; اِلاَّ الَّذِينَ آمَنُوا kalima-i qudsiyasining haqiqatini favqulodda bir suratda yuz ming insonning qalblariga tahqiqiy bir tarzda dars bergan Risola-i Nur bo’lganini, juda ko’p alomatlar va shogirdlaridan minglab ahli haqiqat va diqqatning qanoatlari isbot qiladi.
Jumladan: Alomatlardan biri, Risola-i Nurga aziyat bergan va yoxud xizmatidan chekingan juda ko’p odamlarning ta'zir yeyishlari kabi; bu yil, bu mamlakatning atrofida umumiy bir tarzda Risola-i Nurning tarqalishiga to’siqlik qilib hozirgi bir navi turg’unlik davri berish xatosi bilan, hozirgi umumiy aziyatning bir sababi bo’lganini ko’rsatishidir.
(Sura-i Val-Asrning Tog’ Mevasi nomli nuktasiga bir hoshiyadir.)
اَلصَّالِحَاتِ dagi ت, oxirdagi "ta"lar aksariyatcha vaqfga uchrashi bilan, jifr jihatidan ه sanala oladi, اِلاَّ barobardir. Bu nuqtada (1358) bu zamonimizni ko’rsatadi. Va talaffuz jihatidan ه o’qilmaganidan ت qola oladi. Bu nuqtadan, shaddalar sanalmasa va اِلاَّ barobar emas, ikki yuzdan ortiq yil zamonga qadar iymon va amali solih bilan barobar bir ulkan jamoat ulkan zararlarga qarshi mujohadaga davom qilishiga ishorat qilib, Fotihaning oxirida صِرَاطَ الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ bir ming besh yuz qirq yetti (1547) yoki bir ming besh yuz yetmish yetti (1577) ko’rsatgan zamonga; ham
لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّتِى ظَاهِرِينَ عَلَى الْحَقِّ حَتَّى يَاْتِىَ اللَّهُ بِاَمْرِهِ
birinchi jumla, bir ming besh yuz (1500) maqomi bilan oxirzamonda bir mujohidlar jamoasining oxirgi zamonlariga; va ikkinchi jumla bir ming besh yuz olti (1506) maqomi bilan, g’olibona mujohadaning sanasiga; va uchinchi jumla bir ming besh yuz qirq besh (1545) maqomi bilan juda oz bir farq bilan ham Fotihaning, ham Val Asri Surasining ikki jumlasining g’aybiy ishoratlariga ishorat qilib, tavofuq qiladi. Demak, bu hadisi sharifning uch jumlasidan har birisi, bir ming besh yuz yiliga va mujohadaning qancha davom qilishiga doir ishoratlariga, aynan bu اَلَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ - shadda sanalmasa, bir ming besh yuz oltmish bir (1561) maqomi bilan, ham وَتَوَاصَوْا بِالْحَقِّ وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ (shadda sanaladi faqat بِالصَّبْرِ lomdir) bir ming besh yuz oltmish (1560) maqomi bilan ishtirok qilib, u ulkan jamoatning mujohadalari qancha davom qilishini ma'no-i ishoriy va jifriy bilan ko’rsatadilar. Va Fotiha va hadis ko’rsatgan tarixga, maqomi abjadlari bilan yaqinlashib, farqli bir daraja tavofuq qiladilar va ma'nolari bilan ham to’liq uyg’un bo’lib, porloq bir yog’du-i i'joziya-i g’aybiyani ko’rsatyaptilar.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Eski Said ko’p vaqt Madrasatuz-Zahroni g’oya-i xayol qilib harakat qilgan. Janobi Haq kamoli marhamatidan, Ispartani o’sha Madrasat-uz Zahro hukmiga keltirdi. Va nohiyamiz bo’lgan kichkina Ispartaning sanoqli qarindosh va do’stlar o’rniga, muborak Isparta viloyatini berib minglab qardoshlarni ehson ayladi. Balki ehtimol borki, o’sha kichik Ispartaning asli, bu katta Ispartadan ketgan. Mening vatani aslim, bu Isparta bo’lishi joizdir. Hatto Ispartali kim bo’lsa bo’lsin, boshqalarga nisbatan men bilan va Risola-i Nur bilan ortiq aloqador ko’ryabman. Hatto bu yerdagi barcha zobitlar ichida biri mustasno, eng ko’p bizga va Risola-i Nurga jiddiy aloqador, bu maktub tashigan Ispartalik Hilmi Beyni ko’rdim. Uni Risola-i Nurning xos shogirdlari ichida qabul ayladik.
Ispartada va Savadagi hujum bir daraja umumiydir. Risola-i Nur tarqalgan har tarafda bu vaqtlarda, hozirga qadar bir reja doxilida Risola-i Nurning fathlariga qarshi tajovuz bor. Bir daraja shavq va nash'aga zarar berdi, bir turg’unlik davrini ochdi. Hozirgi qurg’oqchilikka o’sha turg’unlik sabab bo’lyapti. Faqat Janobi Haqqa shukr, Isparta va atrofi qahramonlari po’lat kabi bir matonat ko’rsatishlari, boshqa yerlarning ham ma'naviy kuchlarini quvvatlantiryaptilar. Ba'zi ixtiyorsiz va diqqatsizlar sababli juz'iy zararlar bo’lganidan, ehtiyot va diqqat har vaqt lozimdir.
Barlada Risola-i Nurning vaqtinchalik to’xtashi sababi bilan yomg’irsizlik boshlangani kabi va Risola-i Nurning aralashuvi bilan yomg’irning Barla atrofidagi doiraga maxsus bo’lib kelishi va Ispartaning Risola-i Nurga qarshi ishtiyoqlari bilan, -Xusravning degani kabi- yomg’ir favqulodda bir suratda yordamga kelishi kabi, juda ko’p alomatlar bilan va bu yerda Risola-i Nur munosabati bilan vujudga kelgan yuzlab hodisalarning dalolati bilan deymizki: Bu Onado’liga ayni rahmat bo’lgan Risola-i Nurga qarshi, bu ajib zamonda bunday umumiy va keng bir hujum bilan va ba'zi yerlarda to’xtashga majbur bo’lishi, bu qurg’oqchilik va qahatchilikni va bu ajib chayqovchilikni va barakasizlik va ochlikni natija berganiga bizga qanoat berdi. Hozir yonimdagi Amin va Fayzi kabi boshqa do’stlarim ham ayni qanoatdadirlar.
Said Nursiy
***
(Risola-i Nur shogirdlari tarafidan so’ralgan savolga javob)
Savol: O’tgan yil sizdan so’ragandikki; ellik kundir qiziqib dunyo jarayonlariga qaramadingiz va so’ramadingiz, o’sha payt bizga bir javob berdingiz. Garchi o’sha javob haqiqatdir va kifoyadir. Faqat Risola-i Nurning tarqalishi va xizmati va olami Islomiyatning manfaati nuqtasida bir daraja qarashingiz lozim ekan, hozir o’n uch oy bo’lyapti, ayni hol davom qilyapti. Qiziqib hech so’ramayabsiz.
Javob: اِنَّ اْلاِنْسَانَ لَظَلُومٌ oyatiga eng a'zam bir tarzda hozirgi urushgan insonlar sazovor bo’lishlaridan, ularga tarafdor bo’lish yoki qiziqish bilan o’sha jarayonlarni ta'qib qilish va ularning yolg’on, aldatuvchi tashviqotlarini tinglash va xafa bo’lib kurashlarini tomosha qilish emas, balki o’sha ajib zulmlarga qarash ham joiz emas. Chunki zulmga rizo zulmdir; tarafdor bo’lsa, zolim bo’ladi.
Mayl qilsa وَ لاَ تَرْكَنُوا اِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ oyatiga sazovor bo’ladi.
Ha, haq va haqiqat va din va adolat hisobiga bo’lmaganiga va balki qaysarlik va millatchilik tomiri va manfaati jinsiya va nafsning anoniyatiga tayangan dunyoda o’xshashi sodir bo’lmagan g’addorona bir zulm hisobiga bo’lganiga qat'iy bir dalil shudirki:
Ming ma'sum bola-chaqa, keksa, xasta bo’lgan bir yerda, bir-ikkita dushman askari bo’lish bahonasi bilan, bombalar bilan ularni mahv qilish va bashar tabaqalari jarayonlari ichida, burjualarning eng dahshatli mustabidlari va sotsialistlarning va bolsheviklarning eng mufritlari bo’lgan anarxistlar bilan ittifoq qilish va minglab, millionlab ma'sumlarning qonlarini zoye qilish va barcha insonlarga zarar bo’lgan bu urushni davom qilish va sulhni rad qilishdir.
Mana bunday hech bir qonuni adolatga va insoniyatga va hech bir dasturi haqiqatga va huquqqa muvofiq kelmagan urushlardan, albatta olami Islom va Qur'on yuz o’giradi. Yordamchiliklariga tanazzul etib zillatga tushmaydi. Chunki ularda shunday dahshatli bir fir'avnlik, bir xudg’amlik hukm qilyapti; Qur'onga, Islomga yordam emas, aksincha o’ziga tobe va vosita qilish bilan qo’lini uzatadi. Unday zolimlarning qilichlariga tayanish, haqqoniyati Qur'oniya albatta tanazzul qilmaydi.
Va millionlab ma'sumlarning qoni bilan qorilgan bir quvvat o’rniga, Xoliqi Koinotning qudrat va rahmatiga tayanish, ahli Qur'onga farz va vojibdir. Garchi zindiqo va dinsizlik o’sha urushganlarning birisiga tayanib ahli diyonatni ezadi. O’sha zindiqoning tazyig’idan qutulish, uning aksi jarayoniga tarafdor bo’lish bir choradir. Ammo hozirga qadar o’sha tarafdorlik bir manfaat bermasdan ko’p zararlari tegilgan.
Ham zindiqo, munofiqlik xususiyati bilan har tarafga o’giriladi. Sening do’stingni o’ziga do’st qilib, senga dushman qiladi. Sening tarafdorlik jihati bilan qozongan gunohlaring, foydasiz bo’yningda qoladi. Risola-i Nur shogirdlarining vazifalari iymon bo’lganidan, hayot masalalari ularni ko’p aloqador qilmaydi va qiziqish bilan qaratmaydi. Mana bu haqiqatga binoan, o’n uch oy emas, aksincha o’n uch yil {(Hoshiya) Ham to’liq yetti yildir ayni hol davom qildi. Na qiziqdilar va na so’radilar va na bildilar.} ham qaramasam, haqqim bor. Sizlar qaradingiz, gunohlardan boshqa nima qozondingiz? Men qaramadim, nima yo’qotdim?
Ikkinchi savol: Ishoroti Qur'oniya risolasida, Fotihaning oxirida siroti mustaqim sohiblariki, الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ oyati bilan ta'rif qilingan toifa ichida, ham لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ اُمَّتِى ila oxir... hadisining oxirzamonda ko’rsatgan mujohidlari ichida va ham Val-Asri Surasining اِلاَّ الَّذِينَ آمَنُوا dan boshlangan uch jumlaning ma'no-i ishoriysida xususiy bir suratda bir fardi, Risola-i Nurning xos shogirdlari bo’lganiga sabab nima va maxsus tarzda tanlanish sababi nima?
Javob: Sababi esa; Risola-i Nur yuzga yaqin din tilsimlarini va Qur'on haqiqatlarining muammolarini hal va kashf qilgandirki; har bir tilsimning bilinmasligidan ko’p insonlar shubhalarga va shaklarga tushib, ikkilanishlardan qutulolmasdan, ba'zan iymonini yo’qotardi. Hozir barcha dinsizlar to’plansalar, o’sha tilsimlarning kashfidan so’ng g’alaba qilolmaydilar. Yigirma Sakkizinchi Maktubdagi Inoyati Sab'ada bir qismiga ishorat qilingan. InshaAlloh bir vaqt kelib o’sha tilsimlar mustaqil bir risolada jam qilinadi.
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Qahramon Tohiriy va Hofiz Mustafo qilgan xizmat juda go’zaldir. Ularning tadbirlari o’rinlidir, haqdir. Nur fabrikasining devonida bergan qarorlaringiz, nima bo’lmasin qabulimizdir. Ishoroti Qur'oniya tobe bo’lganlari bilan barobar juda go’zal. Faqat Sayyid Shafiqqa ketgan maktub, shaxsiga oid qismi kirmasligi kerak edi. Ilovadan olgan parchalaringiz ham juda go’zal. Katta Ali tizimida, kichik va ikkinchi Alining ma'nodor yozuvi yaxshidir, faqat muxtasardir.
Eng avval yoshlarga oid uch-to’rtta dars, - Hofiz Mustafoga bergandik- qo’l mashinasi bilan, mumkin bo’lsa eski harflar bilan, bo’lmasa yangi harflar bilan {(Hoshiya) Risola-i Nurning bir vazifasi; Qur'on harflarini muhofaza bo’lganidan, yangi harflarga zarurat darajasida inshaAlloh ruxsat bo’ladi.} Nur fabrikasining devonidagi hay'at munosib ko’rsa va vaziyat ruxsat bersa, yozilsin. Bizga ham ba'zi nusxalar yuborilsin. Muboraklarning Ishorot-ul I'jozlariga badal bir nusxamni pochta bilan yubordik. Juma kuniga to’g’ri kelgan bu bayram, juda qiymatdor bo’lgan hajj-ul akbar bo’lganidan, hajga bu yil borganlar ko’p qozonganlar. Janobi Haq bizni ham ularning xayrli duolariga hissador aylasin, omin. Takror batakror o’sha bayramingizni va umum Risola-i Nur shogirdlarining bayramlarini va Nur va Gul fabrikalarining jamoatlarini va madrasa-i Nuriya shogirdlarining va ustozlarining va Barla siddiqlarining va ma'sumlarning va ummiy keksalarning, erkaklarning va ayollarning hammalarining birma-bir bayramlarini tabriklaymiz.
Said Nursiy
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ مَاكَتَبْتُمْ وَطَبَعْتُمْ
Aziz, siddiq, iqtidorli, diqqatli qardoshlarim!
Sizning muborak o’n kechalaringizni va Qurbon Bayramingizni tabriklaymiz. Nur fabrikasi sohibi Hofiz Alining hashri jismoniy haqidagi xotiriga kelgan masala ahamiyatlidir va maktubning oxiridagi misoli g’oyat go’zal va ma'nodordir. U xotira bilan To’qqizinchi Shu'laning Muqaddima-i Hashriyadan keyingi to’qqizta burhoni hashriyani istayapti deb tushundim. Faqat afsuski bir-ikki yildir ta'lif vazifasi to’xtab qolgan. Risola-i Nurning masalalari ilm bilan, fikr bilan, niyat bilan va qasdiy bir ixtiyor bilan emas; aksariyati mutlaqa bilan sunuhot, zuhurot, ixtorot bilan bo’ladi. Bu to’qqizta burhonlarga hozir ehtiyoji haqiqiy qolmaganki, ta'lifga chorlanmayapmiz.
Ha, iymon ruknlari ichida "Iymoni Billoh" va "Iymoni Bilyavm-il axir" Olami Islomiyatning ikki qutbi va ikki quyoshidir.
Birinchisini; Risola-i Nur batamom burhonlarini izoh qilgan.
Ikkinchi qutb esa: qisman mustaqil bo’lib O’ninchi So’z, Yigirma To’qqizinchi So’z, Yigirma Sakkizinchi So’z, xususan jismoniy lazzatlarning isbotida va Muqaddima-i Hashriya kabi risolalarda g’oyat quvvatli hashri jismoniyni isbot qilgan, qaysarlarni ham jim qilgan. Va iymoni billoh kabi, bu dunyodagi mavjudot, zohir bir suratda uni ko’rsatmaganidan, qismi aksarisi esa, boshqa iymon ruknlari ichida hashrni quvvatli bir suratda isbot qiladi.
Jumladan: Qur'oni Mo’jiz-ul Bayonning haqqoniyatini isbot qilgan barcha hujjatlari, ikkinchi darajada hashri jismoniyni, minglab Qur'on oyatlarining tasvir va izohotlari bilan isbot qiladi. Ajabo, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning mo’'jizona Jannatning jismoniy lazzatlaridan bahslari va izohlari darajasidan yana boshqa bir izohga ehtiyoj qoladimi?
Ham Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning haqqoniyatini isbot qilgan barcha mo’'jizalari, hujjatlari ikkinchi darajada hashri jismoniyni va Jannat va Jahannamning jismoniy lazzat va alamlarini hayratomuz balog’ati bilan tasvir va izoh qiladi. Va u izohdan keyin yana izohga ehtiyoj qoladimi?
Ham Janobi Haqning vujubi vujudini va rahimiyat va hakiymiyatini va ilm va qudratini va odiliyat va hofiziyatini va sifati qudsiyasini isbot qilgan barcha burhonlar, hujjatlar, bir jihatda hashrni isbot qilgani kabi; rububiyatning zarurati bo’lgan rasullarni yuborish va kitoblarni tushurish jihati bilan, ham risolati Muhammadiyani (S.A.V.) lozim qiladi...
Ham Qur'on, Uning gapirishi va kalomi bo’lganini isbot qilish bilan, hashri jismoniyni tafsiloti bilan bu ikki nuqtadan yana isbot qiladi.
Xullas kalom: Risola-i Nurda iymoni Billoh va iymoni bilyavm-il axir bo’lgan ikkita qutbi iymoniy, to’liq bir-biriga teng keladigan bir darajada isbot qilingan. Faqat bu qadar borki, hashri jismoniy qisman ochiqcha va qisman yashirin va ikkinchi darajada isbot qilingan. Chunki bu olami shahodat, Sone'ini g’oyat ochiq va yaqqol ko’rsatadi; va hashrni yashirin va pardali xabar beradi. InshaAlloh bir vaqt kelib, Risola-i Nurning shogirdlaridan birisi yoki bir nechtasi o’sha to’qqizta maqomni va burhonlarni ta'lif qiladi va Muqaddima-i Hashriyaning boshidagi eng buyuk oyatlarning to’qqizta parchasining xazinalarini, Risola-i Nurda nashr qilingan hashri jismoniy burhonlari bilan va qalblariga kelgan sunuhot va ilhomot bilan ochib; To’qqizinchi Shu'lani O’ninchi So’zdan yanada porloq, yanada quvvatli bir tarzda to’ldiradilar.
Barcha qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va bayramlaringizni tabriklaymiz.
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ sirri bilan; ko’p tajribalarning natijasida, ko’p marta zohiriy muvaffaqiyatsizlik, haqqimizda bittadan inoyat pardasi bo’lganiga bir alomati, balki bir dalili ham; bu yil biz, har tarafda bir navi hujum, o’sha hujumdan bir navi juz'iy turg’unlik, ham matbaalarning eshiklari hozircha Risola-i Nurga - hatto yangi harflar bilan ham - yopilishi xayrdir. Bir necha jihatdan inoyatdir va himoyadir.
Birinchidan: Bu yil - parda ostida - insonlar, eng shiddatli zulm bilan rizq haqida bir dahshatli amaliyot; va qadari Ilohiy hakiymona bir adolat bilan, ko’pdan beri yig’ilgan zakotlarni va jizyalarni olish va haddan ko’p ortiq tajovuz qilgan hirsni va chayqovchilikni jazolantirish uchun, umumiy bir amaliyoti jarrohiya hangomida, albatta faqat iymonga va oxiratga bor diqqatini jamlagan va vazifa nuqtasidan hayoti ijtimoiyaga ko’p qaramagan va ixlosi tomni qozonish uchun hech bir maqsadga vosita va hech bir dunyoviy jarayonga tobe bo’lmagan Risola-i Nurning porloq va quvvatli xizmati, berkinish pardasi ostidan chiqib oshkora bir tarzda bo’lsaydi, har holda birinchi amaliyoti insoniya unga yopishar edi. Va ikkinchi amaliyoti qadariya rizq va me'da ustida bo’lishi jihati bilan; yo insonlarning nazarlarini u xizmatdan qaytarar edi, me'dalari bilan mashg’ul qilar edi, va yoxud o’sha xizmatning ixlosini bir daraja sindirib, tirikchilik dardining bir hissasi unda bo’lar edi.
Ikkinchidan: Yozilishiga hozircha ehtiyoj yo’q.
Uchinchidan: Izhoriga bu zamonda izn yo’q... Faqat modomiki shogirdlarning g’ayrat va shavq va himmatlari hozirga qadar matbaalarga ehtiyoj qoldirmaganlar. Inshaalloh o’sha qudsiy xizmatda davom qilib, o’sha olmos qalamlar bilan nurlarni nashr qiladilar. Modomiki butun-butun maslagimizga muxolif bo’lgan yangi harflarni, bir-ikkita risola uchun qabul qilganimiz holda matbaachilar chekindilar, o’sha xayri azimni yo’qotdilar. Siz o’sha ikkita risolani bizning hisobimizga, qahramon qardoshlarimizdan yigirma-o’ttizta zotga tarqatib, yigirma-o’ttizta nusxani eski harflar bilan yozdiringlar. Yozgan qalam sohiblariga doimiy hasanot qozontirgan o’sha juda buyuk xayrni siz qozoninglar. Agar yangi harflar bilan, qo’l mashinasi bilan o’sha ikkita risoladan yozilgan nusxalar bo’lsa, bizga ba'zi nusxalar yuboringlar.
***
(Ishoroti Qur'oniya va uchta Karomati Alaviya va Karomati G’avsiya haqidagi Sikka-i G’aybiya risolasiga bir tanbeh va eslatmadir)
Bu g’oyat mahram risolalar, allaqanday qaysar bir nomahramning qo’liga bu risolalardan biri o’tgan. G’oyat yuzaki va qaysarlik nazari bilan bir-ikkita yeriga haqsiz bir e'tiroz bilan ahamiyatli bir hodisaga sababiyat berganidan; bu majmua, Risola-i Nurning xos talabalariga, balki xoslarning xoslariga maxsus bo’lgani holda va mening vafotimdan so’ng tarqalishiga ruxsat bo’lishi bilan barobar; hozir mazkur hodisaning sababi bilan hammaga emas, balki ahli insof va Risola-i Nur bilan aloqador va talabalaridan bo’lganlarga xoslardan bir nechta shogirdning uyg’un ko’rishlari bilan ko’rsatila oladi fikri bilan yozdik.
Ikkinchi Nuqta: Bu risola (Sikka-i G’aybiya) boshdan oyoq birgina natijaga qaraydi. Mingga yaqin alomatlar bilan, Risola-i Nurning maqbuliyatiga g’aybiy bir imzo bosilganini isbot qiladi. Bunday birgina da'voga bu daraja ko’plab va boshqa-boshqa jihatlarda minglab alomatlar va imolar uni ko’rsatishi ilmalyaqiyn emas, balki aynalyaqiyn, balki haqqalyaqiyn darajasida u da'voni isbot qiladi.
Uchinchi nuqta: Bu risolani mutolaa qilgan zotlar, chuqurdan-chuqur, xususan jifriy hisoblari bilan mashg’ul bo’lishga ehtiyoj yo’q. Ham bir qismi tushunilmasa ham, zarari yo’q. Ham hammasini o’qish ham kerak emas. Ham Karomati G’avsiyaning oxirida, ikki yuz yigirma to’rtinchi sahifada, Shomli Hofiz Tavfiqning ifodasidan boshlab oxirga qadar mutolaadan so’ng va boshdagi muqaddimani ham o’qigandan so’ng istagan parchasini o’qisin.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Ham Kotib Usmonning, ham muboraklardan Ibrohimning, ham Nur fabrika sohibining, ham Xulusiyi Soniyning maktublari bir-ikki kunda keldilar. Qiziqish bilan mahzun qalbimizni shod ayladilar. Kotib Usmonning maktubida, xususiy salomlarini yuborgan zotlarning, xususan qahramon Rushdu, Zuhdu Badaviy va Nuriy qardoshlarimizga xossatan va umumga salom va salomatlariga duo. Va Xusravning yaqinda kelishining xushxabari u haqidagi xavotirimizni ketkazdi. MashaAlloh, Kotib Usmon ham, Xusrav kabi qiziqishga sabab nuqtalarni yozyapti. Uning maktubini keltirgan gilamfurush Ibrohim deganki: "Siddiq Sulaymon, Rushdu bu yerga kelish ehtimoli bor". O’sha qahramon qardoshim yaqiynan bilsinki, men undan ziyoda unga mushtoqman. Faqat u har kun, xos doirasining birinchi safida ma'nan yonimizdadir, ma'naviy yutuqlarimzga ham hissador bo’lyapti. Bizning maslagimizda yuzaki suhbatning ahamiyati ozdir. Ham bu dahshatli ichki ishlarning amaliyoti hangomida va yo’l xarajati ko’p ortiq bo’lganidan, kelish munosib bo’lmaydi. Va vahimachi ahli dunyo bu yerda haddan ortiq bizga diqqat qilyaptilar. Hatto bu bayramda eshigimni ziyoratchilarga yopdik.
Hofiz Alining maktubida Rushduning bir tashabbusi borki; yoshlarga oid to’rt-besh parcha darski, Hofiz Mustafoga bergandimki chop qilsin. Janobi Haqqa shukr, sizning ko’plab qalamlaringiz matbaaga ehtiyoj qoldirmayapti. Agar osonlik bilan, arzon tarzda mumkin bo’lsa, eski yoki yangi harflar bilan qilarsizlar.
Hofiz Alining maktubida, Risola-i Nurga qarshi kamoli mahviyat bilan kamoli ixlosi va aloqasi, uning eskidan beri taqdir etganim bir mumtoz xususiyatini ko’rsatish bilan barobar, men kabi bir bechorani ham shafoatchi qilib, men ham uning kamoli samimiyatini shafoatchi qilib, duosiga omin deyman.
Muborak qishlog’idan, muboraklar jamoatidan, muborak Ibrohimning barakali maktubini o’qidim. Meni mamnun qilgan ko’p so’zlar bor ichida. Va ayniqsa mening boshimga yog’gan yomg’irdan tushda ichishi va jiyani Usmonning kelajakda Risola-i Nurga talaba bo’lishi uchun o’zini o’qitishi bizni masrur ayladi. Janobi Haq unday muboraklarni o’sha qishloqda ko’paytirsin. Omin.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim.
Risola-i Nurning haqqoniyatiga va ahamiyatiga doir bir imzo-i g’aybiy hukmida bo’lgan yozganingiz Majmua-i Ishorotga, Ilovadan tanlaganingizdan ikki mislni yana qo’shdik. Agar siz ham o’zingizga unday bir majmua yozgan bo’lsangiz, qo’shgan miqdorimizni sizga ham yuboramiz. Bu majmua ko’rsatgan qiymat Risola-i Nurda bo’lganini, bu zamonning dahshatli to’fonlari isbot qiladi.
Ha qardoshlarim, Hazrat Iso Alayhissalom Injili Sharifda deganki: "Men ketyapman, toki sizga tasallichi kelsin." Ya'ni Ahmad Alayhissalotu Vassalom kelsin, deyishi bilan Qur'onning basharga g’oyat buyuk bir natijasi, bir g’oyasi, bir hadyasi; tasallisidir.
Ha, bu dahshatli koinotning to’fonlari va zavol va buzg’unchiliklari ichida va bu bo’shliq nihoyatsiz fazoda hamma narsa bilan aloqador bo’lgan inson uchun haqiqiy tasallini va tayanch va madad nuqtalarini faqat Qur'on beradi. Eng ziyoda o’sha tasalliga muhtoj bu zamonda, bu asrda eng ziyoda quvvatli bir suratda o’sha tasallini isbot qilgan, ko’rsatgan Risola-i Nurdir. Chunki zulmatlar va vahmlarning manbai bo’lgan tabiatni, u teshgan o’tgan, haqiqat nuriga kirgan. O’n Oltinchi So’z kabi aksar parchalarida, iymon haqiqatlarining yuzlab tilsimlarini kashf va izoh qilib, aqlni inkordan va ikkilanishlardan qutqargan. Mana bu haqiqat uchundirki; bu juda zeriktiruvchi va dahshatli zamonda, zeriktirmaydigan bir tarzda, ko’p takror bilan barobar, aqli boshida bo’lganlarni Risola-i Nur bilan mashg’ul qilyapti. Ra'fat Beyning maktubida degani kabi, "Risola-i Nurning eng yaqqol xususiyati, zeriktirmaslik. Yuz marta o’qinsa, bir yuz birinchi marta yana zavq bilan o’qilishi mumkin" deb juda to’g’ri degan.
Risola-i Nurning tarjimoni, haqiqiy vazifasining xorijida dunyodagi istiqbollarga ora-sira qarashi, bir daraja zohiriy bir chalkashlik beradi. Masalan: Bundan o’ttiz-qirq yil avval der edi: "Bir nur keladi, bir nuroniy olamni ko’ramiz" deb, o’sha ma'no keng bir doirada va siyosatda tasavvur qilingan.
Ham bundan o’n to’rt, o’n besh yil avval, "Dinsizlikni aylantirganlar mudhish samoviy ta'zirlar yeydilar" deb katta, keng, kurra-i arz doirasidagi bu dahshatli hodisani tor bir mamlakatda va sanoqli insonlarda tasavvur qilgan. Holbuki istiqbol o’sha ikkita g’aybiy xabarni tasavvuridan juda ustun tafsir va ta'bir ayladi. Ha, Eski Saidning "Bir nur olami ko’ramiz" deyishi, Risola-i Nur doirasining ma'nosini his qilgan; keng bir doira-i siyosiya tasavvur qilgani kabi; Sirri Inna A'toynaning ramzi bilan, o’n uch-o’n to’rt yil so’ngra, "Dinsizlikni, zindiqlikni tarqatganlar juda mudhish ta'zirlar yeydilar" deb; o’sha haqiqatni tor bir doirada tasavvur qilgan. Hozir zamon o’sha ikkita haqiqatni to’liq ta'bir va tafsir qildi.
Ha, boshda Isparta Viloyati bo’lib Risola-i Nur doirasi, birinchi haqiqatni juda porloq va go’zal bir suratda ko’rsatgani kabi; ikkinchi haqiqatni ham, buzuq madaniyatning tug’yonini va moddiyunlik {(Hoshiya) Ha, moddiyunlik vabosining xastaligi nav'-i basharga bu dahshatli bezgakni va kurra-i arzga bu titrashni bergandir.} vabosining singishini aylantirgan va idora qilgan yovuz ruhlarning boshlariga kelgan bu dahshatli samoviy ta'zirlar, keng bir doirada o’sha sirri Inna A'toynaning haqiqatini batamom isbot qilgan.
Risola-i Nur qat'iy burhonlarga tayanib hukmlari boshqa haqiqatlarda aynan, ta'vilsiz, ta'birsiz haqiqat chiqishi va faqat tavofuqdagi ishoratlar va qalbiy sunuhotga ishongan holdagi bayonoti, bunday dunyoviy bo’lgan istiqboliy masalalarda nima uchun ba'zan ta'bir va ta'vilga muhtoj bo’ladi deb xotirimga keldi.
Bunday bir javob eslatildiki: G’aybiy istiqboli dunyoviyda va dunyo ishlarida boshga kelgan hidisalarni bildirmaslikda; Janobi Arhamurrohimiynning juda buyuk bir rahmati saqlanganini va g’aybni yashirishda juda ahamiyatli bir hikmati bo’lgani jihat bilan, g’aybiy narsalarni xabar berishdan man qilib, faqat noaniq va lo’nda bir suratda, yo ilhom yoki eslatma bilan bir alomatni vasila qilib, kashfiyotda va sodiq tushda bir qism g’aybiy haqiqatlarni sezdiradi. U haqiqatlarning xususiy suratlari sodir bo’lishdan keyin bilinadi.
Qardoshlarim, bu dafa Hilmi Bey bilan kelgan Ra'fat va Rushduning maktublari bizni juda ham sevintirdi. Zotan Xusrav, Ra'fat, Rushdu Risola-i Nurga bog’lanishda eskidan beri barobar bo’lishlaridan, men birisini eslasam, uchovi birdan xotirga keladi. Janobi Haqqa hadsiz shukrki, bu dahshatli to’fonlar ularni va sizlarni tebratmadi. MashaAlloh, Ra'fat hozir ham eski sadoqatini va to’liq aloqasini batamom muhofaza qilganini tushundik. Bir-ikki yildir undan hech bir maktub va xizmati Qur'oniyadagi vaziyatidan bir xabar ololmagandim, qiziqayotgan edim. Bu dafa maktubida, "Qachon bir oraga kelsak, So’zlardan birini ochib o’qiymiz.. shirin-shirin istifoda qilib, Ustozimiz bilan ko’rishamiz" deyishi, bizni surur bilan shukrga chorladi. Sadoqatda nomdor Rushduning maktubida qiziqqan nuqtalarimni bayon qilishi va xizmati Nuriya to’xtab qolmasligi va sizlarga mashaqqat bo’lmasligi bizni juda ham masrur ayladi.
Latif bir tavofuq: Ahmad Nazifning bu dafa ko’p mashg’uliyatlar ichida yozgan, faqat O’n To’qqizinchi Maktubda (Mo’'jizoti Ahmadiya (S.A.V.)) tavofuqotning majmui, to’qqiz ming sakkiz yuz o’ttiz uch (9833) adadga yetishganini ko’rdik. O’sha maktubdagi Mo’'jizoti Ahmadiyaning (S.A.V.) bir karomatidir deb hukm qildik.
***
(Risola-i Nur shogirdlaridan Amin va Fayzining bir ifodasi.)
Ham Risola-i Nurning tumanlarga va jamoatlarga barakaga sabab bo’lishi va unga zarar berganlarga ta'zir kelishi kabi; shaxslarga ham, juda yaqqol bir suratda ham baraka va chiroyli tirikchilik (u bilan mashg’ul bo’lganlarga); va g’aybiy ta'zirlar, unga qarshi bo’lganlarga kelishi.. bu atrofda ko’p hodisalari bor. Biz o’zimizda; mashg’ul bo’lgan paytimiz juda yaqqol bir suratda go’zal bir tirikchilik, bir inoyat ko’rganimiz kabi, Risola-i Nur yoki shogirdlariga qarshi harakat qilganlarga shiddatli ta'zirlar kelganini ko’ryapmiz. Jumladan:
Risola-i Nurning arkonidan birisi, qat'iy bir suratda xabar beradiki: Uch-to’rtta odam, dunyo sarvati deb to’planib, munofiqona tadbir qurganlari hangomda; uch kun so’ngra o’sha uch-to’rtta odamning uylari va birining do’koni yonib, har biri minglab lira zarar bilan ta'zir yedilar.
Ham bir makkor josus odam, Risola-i Nur shogirdlariga qarshi harakat qilayotgan ediki, ularni qamoqqa tashlattirsin. Bir kun -bemalol- "Men bir alomat topolmadimki, bularni qamoqqa tiqsam. Agar bir alomat topsam, ularni qamoqqa tiqaman." deb e'lon qilgan vaqtdan ikki kun so’ng bir ish qilib, Risola-i Nur shogirdlari o’rniga, u odam ikki yil qamoqqa kirdi.
Ham badbaxt, qaysar bir odam, Risola-i Nurga qarshi ham shogirdlarining bir rukniga qarshi tajovuzkorona bo’lgan hangomda, bir-ikki kun o’tib mayxonaga borib ichib-ichib bo’kib, u yerda o’lgan. Bu navdan ko’p hodisalar bor. Demak Risola-i Nur do’stlarga tiryoq bo’lgani kabi, dushmanlarga ham chaqmoq bo’ladi.
***
(Risola-i Nur shogirdlaridan Hofiz Tavfiq, Mehmed Fayzi, Amin, Hilmi, Komilning bir ifodasi)
G’avsi A'zamning Ustozimiz haqida فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ ifodasi bilan, inoyat va yengillashishga sazovor bo’lganiga; va tavofuq, Risola-i Nurning karomatining bir ma'dani bo’lganiga juda ko’p alomatlardan, bu bir-ikki kun mobaynida, kichik va latif, faqat qat'iy qanoat bergan juz'iy hodisalar tavofug’ida ko’zimiz bilan ko’rganimiz inoyati Rabboniyaning namunalaridan besh-oltitasini bayon qilyapmizki, ular bu ikki kun mobaynida barobar sodir bo’lgan:
Birinchisi: Kecha Ustozimizga, Risola-i Nurga oid uch xizmat lozim keldi. Hech kim ham yo’q. Biz ham uzoqdamiz. Zinapoyadan tushib, bir bolani topib, bizlarga yuborish niyati bilan eshikni ochdi. Risola-i Nurning o’sha xizmatini qiladigan favqulodda bir tarzda, o’sha daqiqada uchta shogirdi eshikka keldilar.
Ikkinchisi: Ikki yildan ziyoda Risola-i Nurning muhim parchalari, Risola-i Nurning barakasi bilan uyi yong’indan qutulgan Hofiz Ahmad o’ziga yozdirib, boshqa bir tuman va nohiyada bo’lgan bir-ikki zot ularni ko’chirish uchun oldilar. Ikki yildan beri qo’llaridan qochirib, uyalganlaridan xabar bermaganlari uchun ham biz, ham Hofiz Ahmad xavotir, ham hiddat etayotgandik. U kitoblar bugun kelgan ayni vaqtda, kecha xuddi shu soatda; ustozimizga, besh yildan beri, har bir necha kun mobaynida osonlik uchun bir oz ovqat pishirish bilan ahvolidan xabar olar edi. Ikki yildan beri o’sha odatni tark qilgandi. Ham qo’shnilikdan ham boshqa yerga ko’chishi bilan, ikki yildir o’sha odat tark qilingan ekan, yana kecha o’sha ayni soatda, ikki yil avvalgi ayni odati bilan, o’sha zotning xonasidan aynan eskisi kabi kichkina bir ahvol so’rash navidan o’g’li keltirdi. Ustozimiz: "Ikki yil avvalgi odatga ehtiyoj qolmagan, siz ham qo’shnilikdan ketgansiz" dedilar. Bugun ayni vaqtda, o’sha Hofiz Ahmad yozdirgan yo’qolgan kitoblar mukammal bir suratda ko’chirilgani bilan barobar keldi. Bizda shubha qoldirmadiki, bu tavofuq ham, Risola-i Nur haqidagi inoyatning bir jilvasidir.
Uchinchisi: Ustozimiz, aynan yana bugun Aminga: "Uch-to’rt oydir har hafta qishlog’idan bu yerga kelgan uy sohibasi kelmadi, kirosini to’rt oydir olmadi. Har holda javob yuboring kelsin, olsin" deganlari ayni daqiqada, to’rt oydan beri yonlariga kelmagan o’sha uy sohibasi eshikni urdi, keldi. Besh oylik kirosini oldi. Ustozimiz, bu hodisa-i inoyatdan mamnuniyatlari uchun, uzoq bir nohiyadan kelgan, aylana, hech ko’rmaganimiz va bu yerda bo’lmagan bir kichik nonni o’sha uy sohibasiga berdilar. Ayni vaqtda, yigirma daqiqa mobaynida, bu yerda bo’lmagan ayni nondan, ikki yil Risola-i Nurning ikkita kitobini olib mutolaasining ma'naviy haqqidan mingdan bir haq bo’lib keldi. Va biroz ashuro sho’rvasini ham yana o’sha uy sohibasiga berdi. Aynan o’sha ashuroning o’n misli qadar, latif uchta non, yana ikki yil ikkita kitobning o’qilishiga mingdan bir haqqi deb keldi. Ko’zimiz bilan ko’rdik.
Ham yana Ustozimiz, bugun o’sha uy sohibasiga, yetti yildir ismini bilmaganlari uchun "Isming nima?" deb so’raganlar. U ham: "Xayriya", degan. Xayriya ismli bo’lish tavofug’i bilan, ikki soat o’tib, Xayri ismli Risola-i Nurning bir shogirdi, xabarimiz yo’q ekan Istanbulga ketgan. Ham tijorat munosabati bilan ikki muhim shogirdlar ham ketib kech qoldilar. Moddiy, ma'naviy to’fonlar munosabati bilan Ustozimiz ular haqida, ham u yerdagi muhim bir shogird haqida juda xavotirlanayotgan edilar. Bugun o’sha Xayri, ikki soat Xayriyadan keyin keldi; o’sha uchta shogird haqidagi xavotirni ketkazgandan keyin, to’rt oydan beri davom qilgan taforiq nomli Ustozimizning bir atiri bugun tugagandi. Xayrining qo’lida bir kichik shisha... "Sizga taforiq keltirdim", dedi. Biz ham bu kichik, latif taforiqdagi tavofuqqa BarakAlloh dedik.
Bu ikki kun mobaynida bu kichkina namunalar kabi, Ustozimiz Mo’'jizoti Ahmadiyaning tahrirlari bilan mashg’ul bo’lganlari uchun, bulardan boshqa ko’p namunalarni ko’rganlar. Modomiki ikki kunda bunday inoyatning jilvalarini ko’ryapmiz. Risola-i Nur doirasi ichida diqqat qilinsa, hamma - o’zida - xizmati darajasida bunday namunalarni ko’ra oladi.
Risola-i Nur shogirdlaridan:
Hofiz Tavfiq (Ha), Hilmi (Ha), Komil (Ha), Xayri (Ha), Mehmed Fayzi (Ha), Amin: (Ha)
Ko’zimiz bilan ko’rdik.
Ha, men ham tasdiq qilaman.
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu shiddatli qishda va ma'naviy, dahshatli boshqa tarz bir qishda va nav'-i bashar ijtimoiy hayotida mudhish, qonli boshqa tarz bir qishda tipirchilagan bechoralarga, jinsdoshiga achinish va turdoshiga shafqat qilish jihatidan g’oyat darajada bir huzn va alam his qildim. Ko’p yerlarda bayon qilganim kabi, yana Arhamurrohimiyn va Ahkamulhakimiyn bo’lgan ularning Xoliqi Karim va Rahiymning hikmat va rahmati, mening qalbimning yordamiga yetishdi. Ma'nan deyildiki: "Sening bu shiddati ranjishing u Hakiym va Rahiymning hikmatini, rahmatini bir navi tanqid hukmiga o’tadi. Rahmati Ilohiyadan oldin shafqat qilinmaydi. Hikmati Rabboniyadan yanada akmal hikmat doira-i imkonda bo’lolmaydi. Osiylar jazolarini; ma'sumlar, mazlumlar zahmatlaridan o’n daraja ziyoda mukofotlarini olishlarini o’yla. Sening doira-i iqtidoring xorijida bo’lgan hodisalarga Uning marhamat va hikmat va adolati va rububiyati nuqtasida qarashing kerak!" Men ham o’sha keraksiz, shiddatli alami shafqatdan qutuldim.
O’ttiz yil avval qabilalarda kezarkan, bunday savol so’radilar: Ajabo, shu zamon va davrning shikoyatidagi, hatto buyuk zotlar va avliyolar ham falakdan va zamondan shikoyat qiladilar. Undan Sone'-i Zuljalolning san'ati badi'yiga e'tiroz chiqmasmi?
Javob: Yo’q va aslo!.. Balki ma'nosi shudir: Go’yo shikoyatchi deydiki: "Istagan amrim va orzu qilgan narsam va xohlagan holim; hikmati azaliyaning dasturi bilan tartiblangan olamning mohiyati iste'dodli emas va inoyati azaliyaning sirkuli bilan naqsh qilingan falakning qonuni uyg’un emas va mashiati azaliyaning matbaasida chop qilingan zamonning tabiati muvofiq emas va umumiy foydalarni ta'sis qilgan hikmati Ilohiya rozi emasdirki; shu olami imkon, Fayyozi Mutlaqning qudrat qo’lidan, shu aqllarimizning loyihasi bilan va havaslanishimizning ishtahasi bilan istaganimiz har bir samaralarni uzsin. Bersa ham tutolmaydi, tushsa ham ko’tarolmaydi. Ha, bir shaxsning havaslanishi uchun ulkan bir qamrovchi doira harakati muhimmasidan to’xtatilmaydi.
Xullas, o’ttiz yil avvalgi javobga Risola-i Nur ham zilzilalar bahsida, bunday kichik bir hoshiya qo’shadiki:
Har bir unsurning, moddiy va ma'naviy qish va zilzila kabi hodisalarning yuzlab xayrli natijalari va g’oyalari bor ekan; yomon va zararli birgina natijasi uchun uni vazifasidan to’xtatish, o’sha yuzlab xayrli natijalarni tark qilish bilan, yuzlab yomonlik qilish, toki birgina yomonlik kelmasin kabi hikmatga, haqiqatga, rububiyatga zid bo’ladi. Faqat kulliy qonunlarning tazyig’idan faryod qilgan fardlarga, inoyati xossa va imdodoti xususiya bilan va ehsonoti maxsusa bilan Rahmonurrahiym har bechoraning yordamiga yetisha oladi. Dardlariga darmon yetishtiradi. Faqat o’sha fardning havasi bilan emas, haqiqiy manfaati bilan yordam beradi. Ba'zan dunyoda istagan bir shishasiga muqobil, oxiratda bir olmos beradi.
***
Ustozimizning va Risola-i Nurning jiddiy haqiqatlari ichida eng shirin bir mevasi tavofuq bo’lgani uchun, qardoshlarimizga yana bu ikki kun mobaynida kichik bir-ikkita tavofuqni, sizga bundan avvalgi tavofuqqa hoshiya sifatida yozyapmiz:
Ha, qandayki kalimalarda va yozilgan kalimalarda tavofuq; bir qasd, bir inoyati xususiyani ko’rsatadi. Ba'zan hayratomuz bo’lib karomat darajasiga chiqadi. Ba'zan latif bir zariflik beradi. Aynan shuning kabi, Risola-i Nurga oid va Ustozimizga oid hodisalarda ham aynan qasdiy va inoyatkorona tavofuqni so’zlardagi u ishlarda ham ko’ryapmiz. Jumladan:
Sizga yozilgan, to’rt oy kelmagan uy sohibasi uchun Amin qardoshimizga dedilar: "Xabar yubor" aytayotganlarida, uning eshikni qoqishi tavofuq qilgani kabi; ayni jumla, ikki marta o’qilgan payt, "Aminga degani" kalimasi o’qilgan onda, pastdagi eshikni Amin ochdi. Kelish payti kelmasdan keldi. Ikkinchi kun, yana boshqa bir odamga o’qilgan payt, "Aminga degani" kalimasini o’qigan payt, ayni onda yuqori eshikni Amin ochdi, kelish odatiga muxolif bo’lib keldi, kirdi. Bu ikkita tavofuq, uy sohibasining tavofug’iga tavofug’i ko’rsatyaptiki; eng oddiy ishlarimiz ham tasodif emas, qasdiy tavofuqdir.
Ham to’rt oy avval bizga biroz tarhana yeguligi keltirgan Risola-i Nur shogirdlaridan Fuadning Istanbulga ketib, o’ttiz kun qoldirilishidan kech qolishidan xavotirlanganimiz ayni kunda, uning tarxana yeguligi tugagan ayni kunda kelishi tavofuq qildi.
Ham ayni kunda, bir parcha sariyog’, - biz va Ustozimiz ham buning barakasini his qilayotgandik - tugagan daqiqada uning miqdoriga tavofuq qilib, fikrimizcha ayni yerda, ayni miqdor, ayni zamonda kelgani kabi; ham bu yerlarda, qishloqlarda, kul ichida qilingan bir non, Ustozimiz yoqtirganlari uchun tong va oqshom undan yeb va o’n besh kun davom qilib, tugagan ayni kunda, ayni nondan uning qarindoshidan birisi keltirdi. Bu tavofuqning xotiri uchun orqa qaytarmadilar, qabul qildilar. Evaziga bir tabarruk berdilar. Ko’zimiz bilan bu latif tavofuqdagi shirin inoyati Ilohiyaning juz'iy jilvalarini ko’rdik va tushundikki, ko’r tasodif ishimizga qo’shilmaydi. Ma'nodor tavofuq, Risola-i Nurning kalimalarida va harflarida bo’lgani kabi, unga munosabatdor bo’lgan harakat va fe'llarda ham unday ma'nodor tavofuqlar bor. Inoyatga munosabatdor bo’lgani uchun, eng juz'iy bir narsa ham bo’lsa, qiymati buyukdir. Bunday uzun yozish va ziyoda ahamiyat berish isrof bo’lmaydi. Chunki ma'nosi bo’lgan inoyat va iltifoti rahmat muroddir. Va u bahs ham ma'naviy bir shukrdir.
Risola-i Nur shogirdlaridan
Amin, Fayzi
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Nur fabrikasining sohibi bilan qahramon Tohiriy bizni g’oyat masrur qilgan xushxabarlar beryaptilar, ham ba'zi masalalarni so’rayaptilar. Sizlardagi arkonlar bergan qarorlar va munosib ko’rgan tarzlar mening fikrimdan ustun inshaAlloh nishonga tegadilar. Modomiki mening fikrimni ham olishni istaydilar. Hozircha, oldin nozlangan matbaachilarga ehtiyoj yo’q. Ham maslagimizga muxolif yangi harflarga, Risola-i Nurning bir navi ruxsati hukmiga o’tgani uchun, lozim emas. Sizlar qo’l mashinkasi bilan yozganingiz miqdor yetadi. Zotan Nazif ham qo’l mashinkasi bilan bir daraja ishlayapti. Tahririga juda diqqat qilish lozim. Eski harflar bilan olmos qalamli qardoshlarim matbaaga ehtiyoj qoldirmaydilar. Bizga yordam bersinlar.
So’raganingiz ikkinchi jihat esa, Hofiz Mustafoga bergan yangi harflar bilan ikkita risolam, ko’pchiligi boshqa-boshqa bo’lsin, ba'zan esa barobar bo’lsin. Yoshlarga oid risolachaning boshida ism bo’lib "Sirojul-G’ofiliyn" yoxud "Yoshlarga Rahnamo" nomi; tavhidga oid risolaga "Hujjatullohil-Balig’a" nomini yoxud "Misbahul-Iyman"; Karomat majmuasining nomi esa, "Sikka-i Tasdiqi G’aybiy" yoki "Tasdiqi G’aybiyning Xotami" nomini boshida yozarsiz. Arabcha "Virdul-Akbari Nuriya" chop qilingan bo’lsa, arabcha bilmagan Risola-i Nur shogirdlariga osonlashtirishlar bo’lishi uchun Yettinchi Shu'la Oyat-ul Kubro va Yigirmanchi Maktubda izoh va tarjima qilingan sahifalarining raqamlari, Vird-ul Akbarning burchaklariga raqam bilan bir hoshiyacha kabi yozilsa yaxshi bo’ladi. Ya'ni "Bu arabcha maqom falon risolada, falon sahifada izohi bor" deb ishorat qilinsa va olmos qalamli qardoshlarimiz buni tarqatib, har biri ba'zi nusxalarni bunday ishoratlar bilan qayd etsa va ham qo’l mashinkasi bilan qilganingiz yoki matbaadan kelgan risolalardan namuna uchun bir-ikki nusxasini bizga yuborsangiz yaxshi bo’ladi.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu shiddatli moddiy va ma'naviy qishdagi qimmatchilik va borliq ichida qahatchilik va tirikchilik dardi faqirlarga og’ir botishi jihatidan, aksari faqir holda bo’lgan Risola-i Nur shogirdlarining bu dahshatli holga qarshi ta'sirlanishlari va hamjihatliklari buzilishi ehtimoli bilan ziyoda xavotirlanayotgandim. Sizlar ham zamondan ziyoda bu to’fonda hamjihatligingizni va birdamligingizni va bir-birining kamchiligiga qaramasligi, bir-birini tanqid qilmasligi, Risola-i Nurning vazifa-i qudsiya-i iymoniyasi hisobiga vazifador va muhtojsizlar.
Aslo bir-biringizdan xafa bo’lmanglar va tanqid qilmanglar. Bo’lmasa oz bir zaiflik ko’rsatsangiz, munofiqlar foydalanib sizlarga katta zarar bera oladilar. Tirikchilik dardi zaruratiga qarshi iqtisod va qanoat bilan qarshi turishga zarurat bor. Manfaati dunyoviya ko’p ahli haqiqatni, ahli tariqatni ham bir navi raqobatga chorlagani uchun xavotirlanaman. Risola-i Nur shogirdlari ichida hozirga qadar bu jihat ularga ziyon yetkazmagan. InshaAlloh yana ziyon yetkazolmaydi. Ammo hamma bir axloqda bo’lolmaydi. Ba'zilari shar'iy doirada rohatini istasa ham, e'tiroz qilinmasligi kerak. Muhtoj holga tushgan bir shogird zakotni qabul qila oladi. Risola-i Nurning xizmatiga bor vaqtini ajratgan ruknlarga va xizmat qilganlarga zakot bilan yordam berish ham, Risola-i Nurga bir navi xizmatdir.
Ham yordam berilishi kerak. Ammo hirs va ochko’zlik va hol tili bilan istash bo’lmasligi kerak. Bo’lmasa, ahli zalolat-ki, hirs va ochko’zlik yo’lida dinini fido qilgan. Ular nazarida o’zi bilan qiyoslash jihati bilan, "Risola-i Nurning bir qism shogirdlari ham, dinini dunyoga vosita qilyaptilar" deb xunuk bir ayblov bilan hujumlariga maydon ochadi.
Sizlar ora-sira Ixlosni va Iqtisod Yog’dularini va ba'zan Hujumoti Sitta Risolasini mobayningizda barobar o’qishingiz kerak. Sizning hozirga qadar favqulodda sabot va matonat va hamjihatlik va ittifog’ingiz bu mamlakatga sababi iftixor bo’ladigan va istiqbolini qutqaradigan darajadadir. Diqqat qilinglar! Bu yangi to’fon sizning hamjihatligingizni buzmasin. Arabcha Virdul-Akbari Nuriyaga doir xushxabaringiz va qahramon Tohirlarning va muboraklarning yuqumli va dahshatli xastaliklarga tiryoqlar va dorilar yetishtirishlari va doimiy ravishda ishlashlari bizni, balki ruhoniylarni va rijalul-g’ayb zotlarni ham sevintiryapti. Xulusiyning, Val-Asri nukta-i i'joziyasiga qarshi to’liq taqdiri va tasdiqi va Konyaga aylantirishi, xizmati Nuriya nuqtasida meni mamnun ayladi. Ha, Risola-i Nur shogirdlarining birinchilaridan faol birisi o’sha ahamiyatli shaharga ketishi lozim edi.
Qardoshlarim! Mudofaalar Yog’dusida Isparta muxbirlari unvoni bilan bizni hibsga chorlagan Anqaradagi zolimlar iroda qilingan. Majburiyat taxtida unday deganmiz. Hozir, Isparta mening muborak bir vatanim va juda qiymatdor qardoshlarimning ham suyukli vatanlari bo’lganidan, Isparta muxbirlari kalimasini o’sha maqomlardan olib tashladim, ularning o’rinlariga "mulhid zolimlar" yozdim. Siz ham shunday yozing.
Ham qahramon Tohirning menga yozgan Mudofalar Risolasida, Keksalar Yog’dusida Anqaraga oid bahsida Sakkizinchi Umid yozgan. Holbuki Yettinchi Umiddir. Uni ham to’g’rilanglar. Tohiriy kabi qahramon bir o’g’ilga sohib bo’lgan va xonasida Risola-i Nurning olti shogirdi bo’lgan qardoshimiz Husni Afandiga javoban salom aytamiz va tabriklaymiz.
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
Aziz qardoshlarim!
Qur'onga oid eng juz'iy, eng kichik bir nuktaning ham qiymati buyuk bo’lganidan; Qur'on ishoratlarining bu zamonimizga munosabatdor bo’lgan kichik bir shu'lasi bugun Sura-i Val-Asri nukta-i i'joziyasi munosabati bilan, Sura-i Fildan ma'no-i ishoriy tabaqasidan tavofuq dasturiga tayanib bir nuktasini bayon etishim eslatildi. Jumladan:
Sura-i اَلَمْ تَرَ كَيْفَ mashhur va tarixiy bir hodisa-i juz'iyani bayon bilan, kulliy va har asrda fardlari bo’lgan u kabi va unga o’xshagan hodisalarni eslatish va tabaqa-i ishoriyadan har tabaqaga ko’ra bir ma'noni ifoda qilish, umum asrlarda, umum nav'-i bashar bilan so’zlashgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning balog’atining taqozosi bo’lishidan, bu qudsiy sura bu asrimizga ham qarayapti, dars beryapti, yomonlarni ta'zirlayapti. Ma'noyi ishoriy tabaqasida, bu asrning eng buyuk hodisasini xabar berish bilan barobar; dunyoni har jihat bilan dindan ustun qo’yish va zalolatda ketishning jazosi bo’lib, jifr va hisobi abjad bilan uch jumlasi, ayni hodisaning zamoniga mos kelib ishorat qiladi.
Birinchi jumlasi: Ka'ba-i Muazzamaga hujum qilgan Abraha askarlarining boshlariga Abobil tayyoralari bilan samoviy bombalar yog’dirishini ifoda qilgan تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ jumla-i qudsiyasi bir ming uch yuz ellik to’qqiz (1359) bo’lib, dunyoni dindan ustun qo’ygan va nav'-i basharni yo’ldan chiqargan madaniyatchilarning boshlariga samoviy bombalar va toshlarni yog’dirishiga tavofuq bilan ishorat qiladi.
Ikkinchi jumla: اَلَمْ يَجْعَلْ كَيْدَهُمْ فِى تَضْلِيلٍ kalima-i qudsiyasi, eski zamon hodisasidagi Ka'baning nurini so’ndirish uchun, hiylalar bilan hujum qilganlarning o’zlari yo’qlik, zulmat zalolatida zid natija bilan ularga qarshi aylanishi bilan ta'zir yeganlari kabi; bu asrning aynan hiylalar bilan, dasisalar bilan, zulmlar bilan Samoviy Dinlar Ka'basini, qiblagohini zalolat hisobiga buzishga uringan jabbor, mag’rur ahli zalolatning tadlil va idlollariga samoviy bombalar ta'ziri bilan jazolanishiga ayni sanasi فِى تَضْلِيلٍ kalima-i qudsiyasi bir ming uch yuz oltmish (1360) maqomi jifriysi bilan tavofuq qilib ishorat qiladi.
Uchinchisi: اَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِاَصْحَابِ الْفِيلِ jumla-i qudsiyasi Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomga xitoban: "Sening muborak vataning va qiblagohing bo’lgan Makka-i Mukarramani va Ka'ba-i Muazzamani hayratomuz bir suratda dushmanlaringdan qutqarishini va u dushmanlaring qanday bir ta'zir yeganlarini ko’rmayapsanmi?" deb ochiq ma'nosi bilan ifoda qilgani kabi, bu asrga ham xitob qilgan o’sha jumla-i qudsiya ma'no-i ishoriysi bilan deydiki: "Sening dining va Islomiyatning va Qur'onning va ahli haq va haqiqatning jabbor dushmanlari bo’lgan dunyoparast va dunyoning manfaati uchun muqaddas narsalarni toptagan o’sha asxobi dunyoga sening Robbing qanday ta'zirlar bilan jazolarini berganini ko’rmayapsanmi? Ko’r, qara!" deb ma'no-i ishoriysi bilan, bu jumla aynan maqomi jifriysi bilan to’liq bir ming uch yuz ellik to’qqiz (1359) sanasi bilan aynan samoviy ofatlar navida samoviy ta'zirlar bilan Islomiyatga xoinlik jazosi bo’lib, deb ma'no-i ishoriy ifoda qiladi.
Faqat "Asxob-il Fil" o’rnida "Asxob-id Dunyo" keladi. "Fil" ketadi, "Dunyo" keladi.
{(Hoshiya) Bu fil lafzi olinishining sirri: Eski zamonda, dahshatli Fili Mahmudiy azamatiga, haybatiga tayangan, hujum qilganlar. Hozir esa, dunyo sarvatiga va moliga va u sarvat bilan flotlar tashkil qilib, hatto qirq millionlik bir millat o’sha fil kabi flotlar bilan nav'-i basharni asorat ostiga olgan va Yevropa madaniyatchilari madaniyatning go’zalliklari bilan, yaxshiliklari bilan, manfaatlari bilan emas, aksincha madaniyatning yomonliklari bilan va safohati bilan va dinsizligi bilan uch yuz ellik million musulmonlarning har tarafda hokimiyatlarini yo’q qilib, istibdodiga bosh eggan va bu musibati samoviyaga sabab bo’lgan. Va dunyoparast g’addor zolimlar, zulmlariga jazo o’laroq ta'zirlar kelishni hamda faqir va ma'sumlar va mazlumlarga, foniy mollarini va hayotlarini oxiratlariga o’girish va qiymatdor qilish va dunyodagi gunohlariga kafforat-uz zunub qilishga qadari Ilohiyga fatvo berdilar. Men bir yarim yildir dunyoparastlarning bu musibatda vaziyatlarini va holatlarini va Ikkinchi Jahon Urushi sahifalarini qat'iyan bilmayman. Faqat ikki yil avvalgi vaziyatlari, bu sura-i qudsiyaning ma'no-i ishoriy tabaqasidan kelgan ta'zirlar, aynan ularning boshlariga tushyaptilar va suraning bir ma'no-i ishoriysini to’liq tafsir qilyapti.}
Tahlil: تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ : Ikki ت sakkiz yuz. Ikki ر to’rt yuz. Ikki م , bir ب , bir ح , bir ى yuz. Tanvin vaqf bo’lmaganidan ن dir, ellik. Bir ه , bir ج , bir (madda Alif) to’qqiz. Umumi bir ming uch yuz ellik to’qqiz (1359).
فِى تَضْلِيلٍ : ض sakkiz yuz. ف sakson. ت to’rt yuz. Ikki ى yigirma. Ikki ل oltmish. Tanvin vaqfga to’g’ri kelgan, sanalmaydi. Yig’indisi bir ming uch yuz oltmish (1360).
اَلَمْ تَرَ كَيْفَ فَعَلَ رَبُّكَ بِاَصْحَابِ الْفِيلِ : Ikki "re", bir "te" sakkiz yuz. Ikki "fe", ikki
ك ikki yuz. Ikki ل , bir م yuz. Bir ع , bir ص bir yuz oltmish. To’rt ب uch alif, bir ى , bir ح yigirma to’qqiz. الْفِيلِ o’rniga kelgan الدُّنْيَا dagi ikki د , bir alif to’qqiz. Bir ن ellik. Bir ى o’n. Bir alif, bir. Bu yig’indi, bir ming uch yuz ellik to’qqiz (1359), agar o’qilmagan alif sanalmasa bir ming uch yuz ellik sakkiz (1358) bo’ladi. Ham arabcha, ham rumiy sanasi bilan bu samoviy ta'zirlarning boshqa-boshqa turlarining zamonlariga tavofuq bilan ishorat qiladi. {(Hoshiya) Ha, bu ta'zirdan, purshar bashar shirkdan shukrga kirmasa va Qur'ondan kechirim so’ramasa, maloika qo’llari bilan ham samoviy toshlar boshlariga yog’ishini bu sura bir ma'no-i ishoriy bilan tahdid qilyapti.} Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytaman va duolar qilaman.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!
Sabrining ta'biri bilan, Risola-i Nurning zulfiqori bo’lgan Hizb-ul Akbari Nuriy darhaqiqat kutganimizdan ortiq g’oyat porloq va go’zal va diqqatli va to’g’ri va xatolari juda oz bir tarzda Janobi Haqning inoyati bilan vujudga kelgan. Hofiz Ali, Tohiriy, Hofiz Mustafo bu vazifada darhaqiqat tom ma'noda g’ayrat qilganlar. Risola-i Nurning qo’liga bir olmos qilich berdilar.
Qardoshlarim! Bu qudsiy hadyangiz bu shaharga kirgan ayni zamonda, hali bir xabar olmasdan, mamlakatimizda talabalar bir kitobni boshlagan payt, kurdcha maftixona nomli bir ziyofat berganlariga tom bir misol bo’lib, Risola-i Nurning beshta talabasi, boshqa-boshqa qishloqlarda, na biz, na ular pochtadan xabarimiz yo’q ekan, go’yo bu qudsiy kitobning maftixonasi bo’lib har biri, boshqa-boshqa taomdan tashkil topgan bir kichik ziyofat keltirganlari navida, hech bir sabab yo’q ekan, butun-butun odatimga muxolif bir tarzda o’sha beshlarning bu nuqtada ittifog’i va tavofuqlari, beshimiz (Men, Amin, Fayzi, Hilmi, Tavfiq) ittifoqan qaror berdikki, tasodif qat'iyan imkoni yo’q. Demak, bu yerdagi madrasa-i nuriyaning maftixonasi o’laroq, rahmati Ilohiya tarafidan bir karomati nuriyadir.
Ham o’ttiz kundan beri Ineboludan har hafta bir-ikki marta kelganlari holda; hech biri kelmasdan, birdan, sababsiz, bir xos talaba uch kunda piyoda bo’lib Hizb-ul Akbar bilan barobar keldi. Ikkinchi kun, go’yo u uchun yuborilganday, chop qilingan Hizb-ul Akbari Nuriyaning bir qismini oldi, etdi.
Aziz qardoshlarim! Bu Hizbi Nuriya mening shaxsimga oid juda buyuk bir karomati ma'naviyasi bor. Hozir bayon qilish vaqti keldi:
Yigirma uch yil avval, Eski Said Yangi Saidga o’zgargan vaqt, tafakkur maslagida ketgani uchun تَفَكُّرُ سَاعَةٍ خَيْرٌ مِنْ عِبَادَةِ سَنَةٍ sirrini qidirdim. Har bir-ikki yilda o’sha sir yo arabcha, yo turkcha bir risolani natija berib surat almashtirayotgan edi. Arabcha Qatra Risolasidan to Oyat-ul Kubro Risolasiga qadar o’sha haqiqat davom etib suratlar almashtirib, oxiri Hizb-ul Akbari Nuriya surati doimasiga kirdi. Yigirma yildan beridirki, qachon siqilsam hamda fikr va qalbga charchoqlik va zerikish kelsa, bu hizbning bir qismini mutafakkirona o’qigan bo’lsam, o’sha siqilishni va zerikish va charchoqlikni ketkazar edi. Hatto, istisnosiz, har tun tongga yaqin to’rt-besh soat mashg’uliyatdan kelgan zerikish va charchoqlik, o’sha hizbning oltisidan birini o’qish bilan hech bir asari qolmagani ming marta takrorlangan.
Muhim bir haqiqati bu haqiqat munosabati bilan bu zamonda ahli madrasaga va domlalarga taalluq etgan bir masalani bayon qilaman. Jumladan:
Eski zamondan beri aksar yerlarda madrasa toifasi takyalar toifasiga bosh eggan; ya'ni itoat qilib ularga valiylik samaralari uchun murojaat qilganlar. Ularning do’konlarida iymon zavqlarini va haqiqat nurlarini qidirganlar. Hatto madrasaning buyuk bir olimi takyaning kichik bir valiy shayxining qo’lini o’par, tobe bo’lardi. U obi hayot chashmasini takyada qidirganlar. Holbuki madrasa ichida yanada qisqa bir yo’l haqiqatning nurlariga ketganini va iymon ilmlarida yanada sof va yanada xolis bir obi hayot chashmasi bo’lganini hamda amal va ubudiyat va tariqatdan yanada yuksak va yanada shirin va yanada quvvatli bir tariqi valoyat; ilmda, iymon haqiqatlarida va Ahli Sunnatning Ilmi Kalomida bo’lishini Risola-i Nur Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning mo’'jiza-i ma'naviyasi bilan ochgan, ko’rsatgan, maydondadir.
Xullas, Risola-i Nurga harkasdan ziyoda kamoli shavq bilan tarafdor bo’lib va faxrlanib madrasa toifasidan bo’lgan ulamolarning yugurishlari lozim va juda lozim ekan, afsuski hali madrasa ahlining aksari o’z madrasasidan chiqqan bu obi hayot chashmasini va bu qiymatdor boqiy xazinasini tanimayapti, qidirmayapti, muhofaza qilolmayapti. Lillahilhamd hozir batamom boshladilar. So’zlar majmuasi ham domlalarni, ham muallimlarni Nurlarga tortdi.
Hizbi Nuriya boshidagi turkcha parchasining "to’liq arabcha bilgan" kalimasidan keyin bu yozilsin: "Va yoxud Oyat-ul Kubro va Munojot va Yigirmanchi Maktub Risolalari yonida bo’lgan va o’qigan." Ham to’rtinchi sahifaning oxiridan ikkinchi satrning boshidagi لِْلاَوْقَاتِ , و oldinga o’tgan, لِْلاَقْوَاتِ yozilsin, qutning jamidir.
Ham yigirma ikkinchi sahifaning to’rtinchi satrida فِى صَحِيفَةِ حَسَنَاتِنَا وَ فِى صَحِيفَةِ kalimasidan keyin Hofiz Ali va Tohiriy va Hofiz Mustafo va Nazif ilova qilinadi. وَ اَمْثَالِهِ kalimasi ham وَ اَمْثَالِهِمْ yoziladi.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki: Isparta viloyatini, eskidan beri bir g’oya-i xayolim bo’lgan bir Madrasat-uz Zahro, bir Jome'-ul Azhar qilgan. Sizning qalamlaringiz Risola-i Nurni matbaaga muhtoj qilmasligini, bunday qisqa bir zamonda bu qadar mukammal tavofuqli nusxalarni ko’paytirishi, bugun ertalab aytganim bir da'voga, peshinga yaqin sizning bu jannat bog’larining mevalari kabi shirin va go’zal hadyangizni Amin keltirdi, tongdagi da'voni to’liq isbot qildi. Da'vo ham budir:
Degandim: Risola-i Nur xizmat qilgan iymon haqiqatlari hamma narsadan ustun bo’lgani kabi, bu zamonda hamma narsadan ziyoda ularga ehtiyoj bor. Ammo qalbini o’ldirgan, nafsini havaslar bilan taltaytirgan mulhidlar, iymondagi haqiqatning daraja-i ehtiyojini inkor qilganlaridan, "Ahli diyonat va ahli ilmni chorlagan, harakatga keltirgan dunyoviy maqsadlar va ehtiyojlaridir" deb ayblaydilar. U ayblovga ko’ra ham, juda insofsizchasiga ularga yopishyaptilar. Bu badbaxt mulhidlarni qat'iy bir suratda jim qilish, bilfe'l -moddiy jihatdan- shunday fidokorlar lozimki, dunyoning eng muhim ishlari, balki ulkan zararlari, ularning iymon haqiqatlari ehtiyojlarini so’ndirmaydi.
Ajabo, undaylari bormi? deb xotirlariga keldi. Ha, bor. Mana Isparta Viloyati va atrofi. Mana, Sandiqli tarafidan uch-to’rt oy mobaynida Risola-i Nurni hamma narsadan ustun qo’ygan yigitlari va mujohidlari deb da'vo qilgandim. Ikki soat so’ngra, hech kutmaganimiz bir tarzda, Rahmatulloh nomini olgan Amin, ikki sandiq bilan o’sha da'voga ikkita hujjat ko’rsatdi.
Qardoshimiz Kotib Usmonning maktubi boshqa-boshqa ko’p xavotirlarimga bir malham bo’ldi. Janobi Haq u kabi Risola-i Nurga minglab shogirdlarni o’sha madrasa-i nuriyada yetishtirsin, omin.
Atifning ham Sandiqli tarafiga ketishi, muvaffaqiyat qozonishi, nafaqat bizlarni, maloikalarni ham sevintirdi. Irfon qishlog’i nomi inshaAlloh bir madrasa-i Nuriya bo’ladi. Zotan Atifdagi ixlos unday natija berishini his qilayotgan edim.
Gul, Nur, Muborak, Madrasa-i Nuriya, Ma'sum, Keksalar hay'atiga minglab salom va salomatlari uchun duo qilamiz.
O’n uch yil avval Barlada, besh misl baraka bilan karomat darajasiga chiqqan shirin luqmalarni va o’sha luqmalarni hadya qilgan, juda muborak Hoji Hofizni surur bilan xotirimizga keltirgan bu yangi kelgan shirin luqmalari, besh xil shirinlik keldi. Har bir donasiga sizlarga Janobi Haq Jannatda minglab Jannat shirinliklari bersin, omin.
***
Aziz qardoshim Xusrav!
Janobi Haq marhumani mag’firat aylasin va senga va uning avlodlariga sabri jamil ehson aylasin! Men ham motamingizga rostdan hissadorman.
Sening yig’lashingga va yig’lagan maktubingga ishtirok qildim. Ha, sen ham men kabi, dunyo bilan ikki jihat bilan aloqang kesilyapti. Ham shunday lozim. Sen kabi Risola-i Nurning bir fidoiysi aloqasi bo’lmasligi kerak va aloqa paydo qilmasligi kerak. Aloqali bo’lsa, favqulodda bir sabot, bir ixlosning lozimligi bilan barobar; ba'zi nuqsonlar ichida tebranadi, to’liq fidokorlik qilolmaydi. O’sha atrofning qahramonlari haqiqatdan mustasnodirlar. Aloqalar ularni tebratmaydi. Faqat ba'zilari; Xusrav kabi, Said kabi va Atif va o’xshashi kabi butun-butun aloqasiz ham bo’lishlari lozim.
O’sha marhuma hozirga qadar, Risola-i Nurning xos talabalari ichida doimo, har kun yuz martaga yaqin va xususiy ismi bilan ham, bir marta fajrda ma'naviy qozonchlarimizga o’n yildir hissadordir. Hozir vafotidan so’ng ismi bilan har kun, ko’p marta xususiy duolarda hissador bo’lgan zamon kabi, yana yuz marta hissador bo’lyapti.
Aziz qardoshim Xusrav! Sen bilan ko’p gaplashishni istayman. Faqat bu daqiqada shunchalar vaqtim ozdirki, ziyoratga kelgan do’st to’rt-beshta odamga "Meni mashg’ul qilmanglar" deb keraksiz hiddat qildim. Nima bo’lganda ham... U yerdagi qardoshlarimizga hasrat va ishtiyoq bilan juda ko’p salom va salomatlariga duo qilaman. Bu yerdagi qardoshlaringiz ham sizni ta'ziya va u yerdagi qardoshlariga hurmatlarini arz qilib salom aytyaptilar.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Hizbi Nuriyda; ham تَفَكُّرُ سَاعَةٍ sirri, ham kulliy bir ubudiyat bo’lganidan; hozir bu vaqtda, quvvatli bir alomatni mushohada etdim. Bugun Risola-i Nurning Hizbi Nuriysidan bir qismini va Javshan-ul Kabirdan ham bir qismini o’qirkan ko’rdimki; koinotning navlarini va olamlarini Yigirma To’qqizinchi Maktubning oxir qismi اَللَّهُ نُورُ السَّمَوَاتِ وَاْلاَرْضِ oyatining bayonida, sayohati qalbiya bilan, har bir ismi Ilohiy bu koinotdagi bir olamni nurlantirganini va zulmatni tarqatganini ko’rganim kabi; aynan va yana boshqa bir shaklda, Javshan-ul Kabir va Risola-i Nur va Hizbi Nuriy ham koinotni boshdan oyoq nurlantiradi, zulmatlar qorong’uliklarini tarqatadi.. g’aflatlarni, tabiatlarni parcha-parcha qiladi. Ahli g’aflat va ahli zalolat ostida saqlanishni istagan pardalarni yirtayotganini ko’rdim. Koinotni navlari bilan paxta kabi titayotganini, taroqlar bilan tarayotganini mushohada qildim. Ahli zalolat bo’g’ilgan eng oxirgi va eng keng koinot pardalarining orqasida, tavhid nurlarini ko’rsatyapti.
Jumladan: Ikki kun avval, Ismi Hakam nuktasini o’qigan bir Naqshiy darveshi, quyoshning va manzumasining bahsini Risola-i Nur maslagiga tatbiq jihatini tushunmagan. Degan: "Bu ham ahli fan va astronomlar kabi bahs qiladi" deb o’ylagan. Yonimda unga o’qildi, o’ziga keldi. "Bu butun-butun boshqadir" dedi. Demak astronomlar kabi, ahli fanning eng oxirgi va keng tayanch nuqtalari va g’aflatga sabablari bo’lgan pardalarda nuri ahadiyatni ko’rsatadi. U yerda ham dushmanlarini ta'qib qiladi. Eng uzoq panogohlarini buzadi. Har yerda huzurga bir yo’l ko’rsatadi. Agar quyoshga qochsa, unga: "U bir o’choq, bir chiroqdir. O’tinini, kerosinini bergan kimdir? Bir o’zingga kel!", deydi. Boshiga uradi.
Ham koinotni boshdan oyoq oynalar hukmida tajalliyoti asmoga sazovorliklarini shunday ko’rsatadiki, g’aflatning imkoni bo’lmaydi. Hech bir narsa huzurga mone bo’lmaydi. Ahli tariqat va haqiqat kabi huzuri doimiy qozonish uchun, koinotni yo rad qilish yoki unutish, ortiq xotirga keltirmaslik emas; aksincha koinot qadar keng bir martaba-i huzurni qozontirganini hamda keng va kulliy va doimiy koinot kengligida bir ubudiyat doirasini ochganini ko’rdim. Yana bor. Faqat hozir bu qadar yozdirildi.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu safar Hofiz Alining va Halil Ibrohimning va Lutfining bir vorisi Abdullohning ahamiyatli uchta maktublarini oldim. Hofiz Alining Hizbi Qur'oniy va Hizbi Nuriydagi xatolardan xafaligini bildiryapti. Qat'iyan u bilsinki; u va Tohiriy va Hofiz Mustafo va do’stlarining g’ayratlari bilan chop qilingan o’sha ikkita hizb, bu zamonda, bu sharoit ichida g’oyat porloq bir muzaffariyati nuriyadir. Ularning amallar daftariga, har tarafda hasanotlari o’tkaziladi. Kim o’qisa, ularning hissasi bor. Xatolari, taxminimizdan juda kamdir. Lillahilhamd, osonlik bilan tahrir qildik. Loyiq qo’llarga kirgan.
Halil Ibrohimning Risola-i Nur haqida g’oyat shirin va go’zal va uyg’un misoli va tavsifi, - ichida - samimiy ixlosidan va qanoatidan kelgani jihat bilan, bizningcha g’oyat porloq va adibona bo’lgan. Risola-i Nurga oid qismini Ilovaga yozamiz. Haqiqatdan, Risola-i Nurning muhim va sabotli va doimiy bir rukni bo’lganiga shubha qolmagan. Unga va rafiqlariga har kun xususiy duolarimizga, qozonchlarimizga, xususan Inje Mehmed hissador bo’lishlarini va salomimizni yetkazarsiz.
Marhum Lutfining jiddiy va haqiqiy bir vorisi bo’lgan Abdullohning maktubida, Risola-i Nur bilan aloqador bo’lgan boshda Tohiriy va otasi va Ali va Vahbi, Shukru, Mustafo, Mehmed, Husan, Mehmed, Haqqi va ayniqsa avvaldan Risola-i Nurda mavqe'i bo’lgan Katta Zuhdu kabi qardoshlarimizning salomlari meni haddan ortiq masrur ayladi. Men ham o’sha qardoshlarimizga ham salom, ham duo, ham iltimos qilib so’rayman. Uning maktubidagi savollari esa, hozir bu daqiqada esa zehnim boshqa yer bilan mashg’ul, ularning javobiga qarolmaydi.
...
Uchinchi masala: Bir qardoshimiz qusurini ko’rmagani munosabati bilan, uni ogohlantirish uchun yozilgan nozik bir masaladir. Balki sizga foydasi bo’ladi deb yozdik.
Bir vaqt buyuk avliyodan nafsi ammorasidan qutulganlardan bir qancha zotdan, shiddatli mujohada-i nafsiyalar va nafsi ammoradan shikoyatlarini ko’rdim. Juda hayrat qilar edim. Ancha zamon o’tib, nafsi ammoraning o’z dasisalaridan tashqari, yanada shiddatli va yanada ziyoda so’z tinglamas va yanada ziyoda yomon axloqni davom ettirgan va havas va tomir va asab, tabiat va hissiyot qorishmasidan chiqqan va nafsi ammoraning oxirgi panogohi bo’lgan va nafsi ammorani poklashdan so’ng uning eski yomonlik qilish vazifasini bajargan va mujohadani oxir umrga qadar davom qildirgan, bir ma'naviy nafsi ammorani ko’rdim. Va tushundimki, o’sha muborak zotlar haqiqiy nafsi ammoradan emas; aksincha majoziy bir nafsi ammoradan shikoyat qilganlar. So’ngra ko’rdimki, Imom Rabboniy ham bu majoziy nafsi ammoradan xabar beradi. Bu ikkinchi nafsi ammorada shuursiz ko’r hissiyot bo’lgani uchun, aql va qalbning so’zlarini tushunmaydi va tinglamaydiki, ular bilan isloh bo’lsin va nuqsonini tushunsin. Faqat ta'zirlar va alamlar bilan nafrat qilib yoki to’liq bir fidoiylikka har hissini maqsadiga fido qilsin. Va Risola-i Nurning arkonlari kabi, hamma narsasini, anoniyatini tashlasin.
Bu ajib asrda dahshatli bir yuqtirish va emlash bilan ham haqiqiy, ham majoziy ikkita nafsi ammora ittifoq qilib; shunday yomonliklarga, shunday gunohlarga sevib kiradiki, koinotni hiddatga keltiradi. Hatto o’zim, bir daqiqa mobaynida yarim kurushlik bir aziyat bilan oltmish liralik bir hasanadan ustun qo’yishga urindim. Ham o’n daqiqa mobaynida, ulkan bir mujohada-i ma'naviyda, mening jabhamda qirq ikki dyumlik bir zambarak kabi dushmanlarimga tashlab yo’l ochgani holda; o’sha ikkita nafsi ammoraning vaqtinchalik bir g’aflat fursatida, xudg’amlik va boshqalardan o’zish mayli kabi g’oyat zulmli va zulmatli hissi bilan, buyuk bir shukr va tashakkur o’rniga, "Nima uchun men tashlamadim?" deb eng xunuk bir riyo va raqobat tomirini his qildim.
Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamakni, Risola-i Nur va ayniqsa Ixlos Risolalari o’sha ikkita nafsning barcha hiylalarini yo’qotgan va ular ochgan yaralarni davolagani kabi, o’sha bir daqiqa va o’n daqiqadagi holatlarni birdan ketkazdi. Va ma'naviy bir istig’for bo’lgan nuqsonimni bildim. O’sha xatoning naqd berilgan jazosi bo’lgan ichidagi alamdan va azobdan qutuldim.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Birdan ruhimga kelgan bir xavotirni bayon qilyapman.
Ahli zalolat, Risola-i Nurning olmos qilichlariga qarshilik qilolmaganlari uchun, shogirdlari ichida tirikchilik dardi jihatidan va bahor mavsumi g’aflatidan foydalanib; - mashrablar yoki hissiyotlari muxolifliklaridan- zaif tomirlarni topib shogirdlar ichidagi hamjihatlikni zaiflantirish istaganlarini his qildim va tushundim. Aslo! Juda diqqat qiling, ichingizda bir kelishmovchilik bo’lmasin. Inson xatodan xoli bo’lolmaydi, ammo tavba eshigi ochiqdir. Nafs va shayton, sizni qardoshingizga qarshi e'tirozga va haqli bo’lib tanqidga chorlagan vaqti, aytingki: "Biz bunday juz'iy huquqimizni emas, balki hayotimizni va sharafimizni va dunyoviy saodatimizni, Risola-i Nurning eng kuchli aloqasi bo’lgan hamjihatlikka fido qilishga vazifadormiz. U bizga qozontirgan natija e'tibori bilan dunyoga, anoniyatga oid hamma narsani fido qilish vazifamizdir" deb nafsingizning ovozini o’chiring! Sababi nizo bir masala bo’lsa, mashvarat qilinglar. Juda qattiq tutmang, hamma bir mashrabda bo’lmaydi. Kamchiliklarni ko’rmaslikka olish bilan bir-biriga qarash hozir juda lozimdir.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki; bu g’aflat mavsumi bo’lgan bahorda va tirikchilik dardi balosida, Risola-i Nur fathlarida davom qilyapti. Istanbuldan yozyaptilarki; u yerga ketgan, boshda Xusravning Mo’'jizoti Ahmadiyasi bo’lib, risolalarni kimiki ko’rgan va o’qigan bo’lsa, boshda Fatvo Amini Ali Rizo bo’lib harkas hayrat va tahsin bilan "Bu tarzi ifoda va isbot va bayon hech bir kitobda topmaganmiz. Bu sharoit ichida bunday asarlar hech kishiga muyassar bo’lmagan" deb, kamoli ishtiyoq bilan qarshilayaptilar. Va Anqarada, dunyo jihatidan yuksak maqomlarda, askarlik hay'atida kamoli ishtiyoq va taqdir bilan Risola-i Nurni yozib o’qittiryaptilar. Boshda Polk Qo’mondoni Mehmed Yumni bo’lib, muhim askariy poshsholari, "Risola-i Nur iymon qutqaruvchidir" deb taqdirkorona to’liq taslimiyat bilan o’qib istifoda qilyaptilar. Hatto bu yerda ham juda ko’p boshqa-boshqa tarzda Risola-i Nurga qarshi qilgan hiylalari va tadbirlari hamda shogirdlarni sovutish va bo’shashtirish rejalari, xususan tirikchilik dardi balolari, Risola-i Nurning inkishofini to’xtatmayapti. Kundan kunga kengayapti. Hatto eng ko’p hujum qilganlar ham, parda ostida istifoda qilishga harakat qilyaptilar. Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, inoyati Ilohiya va himoyati Rabboniya davom qilyapti. Faqat yolg’iz ahamiyatli bir reja bilan, boshqa bir jabhada, qaysar munofiqlar tarafidan bir hujum bor. Juda ehtiyot va diqqat va sabot va hamjihatlik lozimdir, toki ularning bu rejasi ham natijasiz qolsin. Reja ham budir:
"Risola-i Nur talabalari ichida hamjihatlikni buzish." O’n sakkiz yildan beri haqqimizda dasturlari, xos talabalarni bizdan qochirish, sovutish edi. Bu rejalari natijasiz qoldi. Hozir hamjihatlikni buzish va ba'zi manfaatparast, faqat ahli ilm va ahli dindan, Risola-i Nurning jarayoniga qarshi raqib chiqarish surati bilan yoyilishiga zarar berishga urinyaptilar.
Ham Ramazon Risolasining oxirida nafsi ammorani har navi azobdan ziyoda, ochlik bilan qaysarligini tark qilgani kabi; hozirgi munofiqlarning qaysarona safohatining jazosi o’laroq umumga va ma'sumlarga ham kelgan bu ochlik va tirikchilik dardi balosidan ahli zalolat istifoda qilib, Risola-i Nurning faqir shogirdlariga qarshi iste'mol qilish ehtimoli bor. Modomiki hozirga qadar aksariyati mutlaqa bilan Risola-i Nur shogirdlari Risola-i Nur xizmatini har baloga, har dardga bir chora, bir dori deb topganlar. Biz har kun xizmat darajasida, tirikchilikda osonlik, qalbda sevinch, mashaqqatlarga kenglik his qilyapmiz, ko’ryapmiz. Albatta bu dahshatli yangi balolarga, musibatlarga qarshi ham, yana Risola-i Nurning xizmati bilan qarshilik qilishimiz lozimdir.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.
***
Aziz, siddiq, muborak, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning bir i'joz jihatini hayratomuz qalami bilan ko’rsatgan va doimiy ravishda daftari hasanotiga o’sha yozgan Qur'onlarni o’qiganlarning savoblari yozilgan qiymatdor Xusrav!
Menga yuborgan ikkita muborak nusxangdan birinchisini sizga Hilmi Bey bilan yubordim. Bir oldindan sezish hissi bilan, sen Ispartadan ayrilasizlar deb ikkalasini birdan bizga yuborganding. Juda ham yaxshi bo’ldi. Hozir Isparta Madrasat-uz Zahro-i Akbar va Madrasa-i Nuriya-i Kubro bo’lganidan; bu qudsiy asar u yerda, xususan shuhuri salosa kelayotgan bir zamonda lozimdir. Inshaalloh u yerda ham biz kabi juzlari bilan taqsim bilan xatmlar o’qiladi.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu safar Hofiz Alining maktubida buyuk bir bashorat his qildikki, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonimizni chop qilinadigan sabablar bor, monelar yo’q. Modomiki muborak Xusrav keldi; eng birinchi haq, bu masalada unikidir. Va modomiki ikkita Ali bilan Tohiriy, Hofiz Mustafo, hayratomuz hamjihatliklari bilan va hozirga qadar barcha Risola-i Nur talabalarini sevintirgan va ahli iymonni mamnun va minnatdor qilgan maydondagi xizmatlari bilan va qahramon Rushduning tebranmas sadoqati bilan, Xusrav bilan barobar bu buyuk va og’ir va qiymatdor xizmati Qur'oniyaga kamoli tasonud bilan xizmat qilish lozimdir. Aslo! Diqqat qilinglar! Ixtilofi mashrabingizdan va zaif tomirlaringizdan va tirikchilik dardi zaruratingizdan ahli zalolat istifoda qilib, bir-biringizni tanqid qildirishga yo’l qo’ymanglar. Mashvarati shar'iya bilan fikrlaringizni tarqoqlikdan muhofaza qilinglar. Ixlos Risolasining dasturlarini har vaqt ko’z o’ngingizda saqlanglar. Bo’lmasa oz bir ixtilof bu vaqtda Risola-i Nurga ulkan zarar bera oladi. Hatto sizdan saqlamayman, mana hozir Fayzi ham, Amin ham biladilarki; mobayningizda g’oyat ahamiyatsiz bir tanqid, bizga bu yerda zarar berayotganday, sizga, hech bilmaganim holda, bu nuqtaga doir ikkita maktub yozdim va ruhan juda ham xavotirlanayotgan edim. "Ajabo, yangi bir hujum bormi?" deb iztirob chekayotgan edim.
Ham o’sha zarardandirki, muborak Xusravning kelishi bilan yangi bir shavq va tezlik bilan bizga Hizbi Nuriyning orqasiga qo’shilgan munojot parchasi o’n besh kun kechikishga yo’liqdi. O’n besh kun avval bizga kelishini taxmin qilayotgandim. Inson nuqsonsiz bo’lmaydi va raqibsiz ham bo’lmaydi. Risola-i Nurning qahramon shogirdlari har qiyinchilikka g’alaba qilganlari kabi; inshaalloh bu ahamiyatli va dahshatli mavsumda yana g’alaba qiladilar. Soflik va ixloslarini buzmaydilar va xizmatlariga sustlik keltirmaydilar. Siz tadbiri moddiyani mendan yanada yaxshi bilasiz. Faqat modomiki Xusrav bilan Rushdu Risola-i Nurda juda ahamiyatli ruknlardir. Ham atroflarida Risola-i Nurning juda ahamiyatli shogirdlari bor. Va modomiki Hofiz Ali, Tohiriy, Hofiz Mustafo, Kichik Ali Risola-i Nur xizmatida to’liq muvaffaqiyatlari bilan to’liq maqbul bo’lganlari ayon bo’lgan. Bu ikki jarayon boshdagi ikki ko’z kabi bo’lishi kerak. Tom ma'noda hamjihatlik lozimki, bu og’ir xazinaga yelkalari tayana olsin.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.
***
Sava Madrasa-i Nuriyaning qiymatdor bir talabasi Duradgor Ahmadning go’zal va xolis manzumasi bizni mamnun qilib Ilovaga kirdi. Xususan Risola-i Nurning o’rindig’idan ma'sumlari tushmaganlari va "U nurli o’rindiqda o’tirgan yong’inlar, tug’yonlardan qutuladi" deb so’zlari go’yo tom Madrasat-uz Zahroning haqiqiy bir talabasi, istiqboldan zamonimizga kelgan bizga tasalli beryapti va ma'sum talabalarning ko’payishini xushxabar beryapti.
Risola-i Nurning ta'lifi boshida bosh kotib Shomli Hofiz Tavfiqning xotini marhuma Zahro, men Barlada ekan, Shomli Hofiz Risola-i Nurni yozishi uchun, u marhuma Hofizning badaliga belida o’tin tashish bilan o’tin keltirar edi va Hofizning ishlarini qilar edi.. toki nurlarni yozsin. Biz ham o’sha marhumani o’sha yaxshiligiga muqobil, Risola-i Nurning vafot qilgan xos talabalari ichida o’sha vaqtdan beri duomizda sherik qilyapmiz, ham duo qilamiz.
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu safar meni juda masrur qilgan va shukrga chorlagan va bu vaqtlarda hosil bo’lgan xavotirimni ketkazgan va Isparta Viloyati ma'naviy Madrasat-uz Zahro bo’lganini va Isparta shogirdlari sabotda va sadoqatda har yerdan ustun bo’lganlarini ko’rsatgan, Risola-i Nur arkonlaridan uch-to’rt maktub va o’sha maktubda ismlari bo’lgan xos qardoshlarimning, Risola-i Nurga xizmat va qalamlari bilan yordam jihatidan bizga ko’rsatganlari fidokorona oliyjanoblik, bunday bir zamonda va bunday bir mavsumda g’oyat porloq bir inoyati Rabboniya bo’lganiga qanoatimiz bor.
Nur fabrikasidagi Alilar va Tohiriy istagan mo’'jizali Qur'onimiz bilan i'jozi Qur'on ilovalari bilan barobar Istanbulda Hofiz Aminning yonidadir, o’qittiryaptilar va yozdiryaptilar. Istasangiz mening nusxamni Hofiz Amindan oling, uning o’rniga go’zal ravishda ilovali nusxangizdan birisini bering, yonida qolsin.
Qur'onning oxirgi yozilgan nusxasini ham ehtiyoj bo’lgani va amalda chop qilish uchun kelgan vaqtingiz Istanbulga yuboraman. Xusravning uzun va ta'sirli va qiymatdor maktubi va hoshiyasida qahramon Rushduning kichkina maktubi va juda ko’p aloqador bo’lgan ahamiyatli qardoshlarimizning qalamlari bilan bizga yordamlari va Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’lishni hamma narsadan ustun qo’yishlari va Xusravning ham doimiy ravishda kelganidan beri ishlashi isbot qilyaptiki; Isparta batamom Risola-i Nurga sohib bo’lgan va bitta Said o’rnida mingta Saidni topgan. Janobi Haqqa nihoyatsiz shukr, sano va hamd bo’lsin. Mo’'jizali Qur'onimizning matbaa va jildlash xarajati o’ttiz ming liraga chiqishi jihati bilan, bu azim masala hozircha qoldirilishiga majburiyat bor. Ra'fat Beyning bizni hayratga tushirgan hayratli va g’arib maktubining boshdagi qismni, Ilovaga sababi ibrat bo’lib yozyapmiz. Va ayniqsa "Ana va Zarra" nomli O’ttizinchi So’zni har mo’min yodlashi zaruriydir deyishi; va u asarning qiroatidan so’ng Barlada Abdurrahim nomini qozongan va "yo Rahiym, yo Rahiym" zikrini bizga eshittirgan muborak mushukning bir qardoshi bo’lib boshqa muborak bir mushuk, Azoni Muhammadiyni (S.A.V.) mushtoqona, inson kabi tinglashi, bizga ham siz qadar hayrat va surur berdi. Va azoni Muhammadiyni (S.A.V.) to’liq chiqishiga ishorat xushxabari deb qabul qildik. Va Kotib Usmon va Mehmed Zuhdu kabi xizmati Qur'oniyada eski va ahamiyatli va qiymatdor Tunukachi Mehmedning ham tushi ahamiyatlidir. Alloh xayrli qilsin. Isparta uchun juda xayrdir, uning ichida ahamiyatli bir xushxabar bor.
Ra'fat qardoshimizning maktubi to’rt jihat bilan meni mamnun qilgan. Zotan eskidan beri Xusrav, Ra'fat, Rushdu; xayolimda, tasavvurimda birlashganlar. Janobi Haqqa shukrki, ulardan umid qilganim kamoli sadoqat va sabot davom qilyapti.
Ham Xusravning va Hofiz Alining maktublarida ismlari bo’lgan sabotkor qardoshlarimga va Kotib Usmon va Mehmed Zuhdu va Isparta Hofiz Alisi va Sava qahramonlariga bir-bir salom va duo qilamiz. Hozir bu maktubni yozarkan, Risola-i Nur stansiyasi Sabrining maktubini Amin keltirdi. Ochdik, yomg’irsizlik bahsiga doir Risola-i Munojotning ko’plab yozilishi barakasi bilan yomg’irning kelishi va rahmati Ilohiyaning faqirlarga yordam berishini yozganini ko’rdik. Men uchun ahamiyatli bir masalani hal qildi.
Bu yerda ham yomg’irga shiddatli ehtiyoj bor edi. Yomg’ir keladigan hech bir alomat his qilmayotgan edik. Bu qahatchilik zamonida yomg’irsizlik faqirlarga juda og’ir kelgandi. Men uch marta namozdan keyin, ma'sum faqirlarni va och qolgan hayvonlarni Risola-i Nurni shafoatchi qilib duo qildik. Birdan, ayni kecha, kutganimizdan ortiq, duoning to’liq qabulini ko’rdik. Men hayrat bilan, bu juz'iy duomiz bu kulliy masalaga qay daraja dahli bo’lganini bilolmadim. "Har holda juda muhim duolarga, duomiz ham, mingdan bir hissasi bo’lgan", dedim. Hozir ayon bo’ldiki; Isparta nuroniylari, nurli ma'naviy duolari, bizni ham o’sha rahmatdan hissador ayladi. Hatto o’sha duomga orqamdan omin deganlardan Fayziga, bu ma'noni, bu hayratimni ham unga hozir aytdim. Oldin aytsaydim, uning yaxshi gumonini o’zgartirolmasdim. Chunki u Ustoziga eng katta hissa beradi.
Sabrining maktubida, Siddiq Sulaymon va Barladagi qardoshlarimizning salomlari va eski aloqalarini to’liq muhofaza qilishlari, Barladagi hayotimni hasrat bilan xotirlattirdi. Men ham ularga ko’p salom aytaman.
Muborak Xusrav maktubida, xos qardoshlarimizdan Ra'fat, Rushdu, Kotib Usmon, Usmon Nuri, Atif va Fayzining bir xotirlash esdaligi bo’lib bittadan nusxa yozuvlarini bizlarga hadya qilinishlarini yozyapti. Janobi Haq ularga yozgan har bir harflariga muqobil ming hasana bersin, omin.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Har vaqt ehtiyot yaxshidir. Zotan Hazrat Imom Ali (Roziyallohu Anh) ham karomatkorona bizga ehtiyotni tavsiya qiladi. Hozir sharq tarafida yangi bir hodisa:
Bir shayx tarafidan, o’z muridlari va xalifalari vositasi bilan din foydasiga, eskidan beri mashhur bo’lgan Shayx Ahmad ismli turbadori Nabaviy tarafidan vasiyatnoma-i Payg’ambariy (S.A.V.) nomli bir asar o’sha atrofda kezgan, tarqalgan. U yerlarda xizmat qilgan qahramon Salohiddinni bir daraja ehtiyotga chorlab, barcha siyosatlardan ustun va siyosatlarga tanazzul qilmagan Risola-i Nur jarayoni, shunday siyosatga munosabatdor bo’la oladigan jarayonlar bilan ishtiroki ko’rinmasligi uchun, yanada ziyoda ehtiyot va to’xtashga majbur bo’lgan. Bugun, besh oy, Anqaraga bir vazifa bilan ketish uchun bu yerga keldi. Bir josus uni ta'qib qilib u ham orqasidan kirdi. Men o’sha josusga, Salohiddin turgandan so’ng dedimki:
Risola-i Nur va undan to’liq dars olgan biz shogirdlari, dunyo siyosatlariga emas, balki butun dunyoga qarshi ham Risola-i Nurni vosita qilolmaymiz va hozirga qadar ham qilmaganmiz. Biz ahli dunyoning dunyolariga qo’shilmaymiz. Bizdan zarar tavahhum qilish devonalikdir.
Birinchidan: Qur'on bizni siyosatdan man qilgan; toki olmos kabi haqiqatlari ahli dunyoning nazarida shisha parchalariga tushmasin.
Ikkinchidan: Shafqat, vijdon, haqiqat bizni siyosatdan man qiladi. Chunki ta'zirga haqdor dinsiz munofiqlar o’ntadan ikkita bo’lsa, ular bilan aloqador yetti-sakkizta ma'sum, bechora, bola-chaqa, zaif, xasta, keksalar bor. Balo va musibat kelsa, o’sha sakkizta ma'sumlar o’sha baloga tushadilar. Balki o’sha ikkita munofiq dinsiz yanada oz zarar ko’radi. Shuning uchun, siyosat yo’li bilan, idora va osoyishni buzish tarzida natijaning chiqishi ham shubhali bo’lgani holda kirish, Risola-i Nurning mohiyatidagi shafqat, marhamat, haq, haqiqat shogirdlarini man qilgan.
Uchinchidan: Bu vatan, bu millat va bu vatandagi ahli hukumat qay shaklda bo’lsa bo’lsin, Risola-i Nurga eng shiddatli ehtiyoj bilan muhtojdirlar. Qo’rqish yoxud adovat qilish emas, eng dinsizlari ham uning dindorona, haqparastona dasturlariga tarafdor bo’lishlari kerak. Magar butun-butun millatga, vatanga, hokimiyati Islomiyaga xiyonat bo’lmasa. Chunki bu millat va vatan, hayoti ijtimoiyasi va siyosiyasi anarxistlikdan qutulish va buyuk tahlikalardan xalos bo’lish uchun, besh asos lozim va zaruriydir: Birinchisi: marhamat.. ikkinchisi, hurmat.. uchinchisi, xavfsizlik.. to’rtinchisi, harom va halolni bilib haromdan chekinish.. beshinchisi, beboshlikni tashlab itoat qilishdir. Xullas, Risola-i Nur hayoti ijtimoiyaga qaragan vaqti, bu besh asosni ta'min etib, ham osoyishning poydevorini tayin va ta'min qiladi. Risola-i Nurga qarshi chiqqanlar qat'iyan bilsinlarki; ularning qarshi chiqishi, anarxistlik hisobiga, vatan va millatga va osoyishtalikka dushmanlikdir. Mana buning xulosasini o’sha josusga aytdim. Dedimki: Seni yuborganlarga bunday ayt.
Ham deki: "O’n sakkiz yildir bir marta o’z istirohati uchun hukumatga murojaat qilmagan va yigirma bir oydir dunyoni ostin-ustun qilgan urushlardan hech bir xabar olmagan va juda muhim maqomlarda juda muhim odamlarning do’stona aloqalarini istig’no ko’rsatib qabul qilmagan bir odamga, undan qo’rqib, faraz qilib, dunyongizga qo’shilish ehtimoli bilan vahimaga tushib kuzatuvlar bilan aziyat berishda qaysi ma'no bor? Qaysi foyda bor? Qaysi qonun bor? Devonalar ham biladilarki, unga yopishish devonalikdir" dedik. U josus ham turdi ketdi.
Umum qardoshlarimizga, xususan arkonlarga va matbaachilarga, xususan Hizbi Nuriyaning noshirlari bo’lgan Hofiz Ali, qahramon Tohiriy va Hofiz Mustafo va rafiqlariga bir-bir salom aytamiz.
***
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!
Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamanki, bu ajib zamonda, siz kabi xolis, muxlis, kamtarin, fidokor qardoshlarni bizga ehson aylamish.
Bu safar Xusravning, Hofiz Alining, Hofiz Mustafoning, Kichik Alining bir-biriga xitoban yozgan to’rt maktublarini o’qidim. Eng chuqur qalbimda bir surur, bir hissi shukron, bir mamnuniyat his qildim. Bu juda qiymatdor qardoshlarimning qay daraja oliyhimmat va yuksak ruhli, Risola-i Nur xizmatida qay daraja fidokor bo’lganliklarini tushundim. Va Risola-i Nur bunday quvvatli va xolis qo’llarga qoldirilganidan, bizga qat'iy qanoat berdiki; Risola-i Nur mag’lub bo’lmaydi. Bu quvvatli hamjihatlik uni doimo yashattirib porlattiradi.
Ha qardoshlarim, sizlar ixlos sirrini to’liq muhofaza qilyapsiz. Buncha ayrilish sabablari ichida birligingizni muhofaza, haqiqatdan bir horiqodir. Hofiz Alining haqiqatdan mustasno bir kamtarinlik va tavozesi ichida ixlosni va birodarlarda foniy bo’lish dasturini muhofaza qilishi; va Xusravning haqiqatdan tadbir jihatidan menga ehtiyoj qoldirmaydigan bir darajada tadbir va diroyati va Hofiz Ali kabi yuksak ixlosi va kamtarinligi; Hofiz Mustafoning xizmati nuriyada buyuk iqtidori ichida quvvatli bir sadoqati va fidokorona taslimiyati; va ham Abdurrahmon, ham Lutfi, ham Hofiz Ali ma'nosini tashigan buyuk ruhli Kichik Ali, Risola-i Nur xizmatini dunyoda hamma narsadan ustun qo’yib hayotining eng buyuk maqsadi qilishi va sababi ixtilofga qarshi quvvatli bardoshi bo’lganini bu to’rt maktubingiz menga bildirdi. Ayni tizimda, masalada aloqador qahramon Tohiriy va qahramon Rushduning ham ayni haqiqatda va ayni axloqda bo’lganliklarini hech shubha qilmaymiz. Bu olti ruknning, bu vaqtinchalik tebranishdan, haqiqiy bir tasonud bilan bir biriga qo’lni qo’lga, yelkani yelkaga, boshni boshga berishi, olti yuz, balki olti ming qiymati ma'naviyani oladi.. deb, Janobi Haqqa Risola-i Nur hisobiga hadsiz shukr qilamiz va sizni ham tabriklaymiz. Isparta ichidagi xos va xolis qardoshlarimizdan, bu oxirgi maktublarda; Mehmed Zuhdu, Isparta Hofiz Alisidan xabar ololmaganimdan xavotirlandim. Kasal emaslarmi?
Sandiqli tarafidan, kamoli shavq bilan va jiddiyat bilan faoliyatda bo’lgan Hasan Atif qardoshimizning bir maktubidan tushundimki; u yerda parda ostida faoliyatini to’xtatish uchun, ba'zi domlalar, bir qism tariqatga mansub odamlarni vosita qilib sustlik beryaptilar. Holbuki maslagimiz, musbat harakat qilishdir. Bahslashish emas, aksincha boshqalarni o’ylashga ham maslagimiz ruxsat bermaydi. Ham xaridorlarni ham qidirishga majbur emasmiz, xaridorlar yolvorishi kerak.
U qardoshimiz, haqiqatdan xolis va to’liq sodiq. Qalami kabi, qalbi, ruhi ham go’zal. Ammo birdan hamma narsani mukammal istaydi, shuning uchun biroz aziyat tortadi. Mumkin bo’lgani qadar ham ehtiyot qilsin, hamda bid'atchi domlalarga bahs eshigini ochmasin. Inshaalloh Janobi Haq uni muvaffaq qiladi. U mintaqada o’zi kabi xolis ruknlarni topadi, balki topgandir. Biz boshda uni va uning atrofidagi Risola-i Nur shogirdlarini tabriklaymiz. Ularning oz xizmatlariga ko’p nazari bilan qarayapmiz. Men bu yerdan ular bilan xabarlasholmaganimdan va maslahatlasholmaganimdan; sizlar mening badalimga u qardoshlarimizga ham salomimizni, ham ma'naviy qozonchlarimizga xoslar doirasida, Atifning sodiq rafiqlari unvoni ostida doxildirlar. Har tong yonimizda ma'nan borlar.
***
Aziz, siddiq, uyg’oq, samimiy, muttahid, muborak qardoshlarim!
Men ham sizni tabrik qilamanki, shaytoni jinniy va insiyning hiylalarini natijasiz qoldirdingiz. Janobi Haq sizni bu xizmati Nuriyada doimo muvaffaq aylasin, omin. Va sizdan abadiyan rozi bo’lsin, omin.
Avvallari bir zamon Barlada, barcha tariqatlarning shajara-i kulliyasini tartibga solish va yozish uchun Hofiz Ali bilan Xusrav o’sha vaqt u ishda bo’ldilar, ishladilar. Hali o’sha vaqtda bu ikki zot, kelajakda Risola-i Nurga ahamiyatli xizmatda bo’lishlarini va boshda ikki ko’z kabi, ikkita qaraydi bitta ko’radi, deb kuchli bir orzu bilan umid qilgandim. Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki; o’sha umidim o’sha zamondan beri tahaqquq etdi va etyapti va hozir to’liq bo’ldi.
Qardoshlarim! Sizda sodir bo’lgan kichkina nuqsonlarni ko’p kattalashtirmang. Yolg’iz men emas, balki o’ylaymanki, haqiqatdan xabardor bo’lgan harkas tasdiq qiladiki; Isparta va atrofidagi Risola-i Nur shogirdlarida favqulodda bir sadoqat va sabot va qardoshlik va ixlos va qahramonlik borki; bu ajib zamonda minglab buzuvchi va fasod chiqaruvchi sabablar ichida birliklarini va ittifoqlarini va xizmatda jiddiyliklarini muhofaza qilyaptilar. Buncha to’fonli hodisalar ichida, Risola-i Nurni tark qilmadingiz, so’ndirmadingiz; balki shunday porlattirdingizki, bizni ham oydinlatib g’ayratga keltirdingiz. Va ayniqsa bahor mavsumida, umumiy g’aflatda va tirikchilik dardi bergan dahshatli balo ichida bunday kamoli shavq va g’ayrat bilan Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’lish, haqiqatdan bir inoyati Ilohiyadir. Sizlarni butun ruhimiz bilan tabriklaymiz. Va qalamlarini bizning hisobimizga ishlattirishga qaror bergan oltita birlashgan qahramon, bitta ruh oltita jasad va oltita Yangi Said o’rnida va yigirma bitta qardoshimni yigirma bitta Abdurrahmon va Abdulmajid o’rnida qabul qilaman. Janobi Haq u qalamlarning qora nur bo’lgan siyohlarini, hadisi sahihning ochiq ifodasi bilan, har bir dirhamini yuz dirham shahid qoni qiymatida hashr kuni va mezonda daftari hasanotlariga ilova aylasin, omin.
Naqqosh Mehmed va Osimning vorisi Bobojon, ham hayotda, ham Risola-i Nur xizmatida bo’lishlari meni masrur ayladi.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Marhum Mehmed Zuhduning vafoti, haqiqatdan Risola-i Nur jihatidan buyuk bir yo’qotishdir. Faqat Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki; u muborak zot oz bir zamonda Risola-i Nurga juda ko’p xizmat aylamish. Qirq-ellik yil vazifa-i nuriyasini, sakkiz-o’n yilda batamom qilgan. Va ma'nan ichimizda, doiramizda u favqulodda xizmati bilan, porloq bir suratda yashayapti. Hasanot jihatidan o’lmagan; doimo daftari a'moliga, yanada ko’p hasanot yozilyapti.
Hatto men ham, avvallari ochiq ismi bilan bir necha marta, Risola-i Nur talabasi unvoni bilan yuzlab marta uni va uni Risola-i Nurga bergan marhum padarini ma'naviy yutuqlarimga sherik qilganim kabi; hozir ochiq ismi bilan ba'zi kunlar ellik martaga yaqin hissador bo’ladi. Demak, uning hayot qozonchi ziyodalashgan. Janobi Haq uning yaqinlariga sabri jamil va unga mag’firati komila ehson aylasin, omin.
U muborak qalamini bizga bergandi; men ham uni ham Abdurrahmon, ham Abdulmajid o’rnida qabul qilgandim. Uni vafot qilmagan kabi, doimo qalami ishlayotgandek qabul qilamiz. Ikki yuzga yaqin ma'sumlarni uyida Qur'onni va Risola-i Nurni dars bergan u muborak zot, aynan Abdurrahmon kabi, oz zamonda uzun bir umrning vazifasini tez qilgan, tugatgan, ketgan. Qardoshimiz Kotib Usmonning u haqida yozgan porloq ifodasi Ilovaga kirdi. Haqiqatdan u zot u ifodaga loyiqdir. InshaAlloh Ispartada u tizimda ko’plar yana chiqadi. Bu g’amni unuttiradi. Men tarafimdan uning volidasiga va bolalariga ta'ziya bildiring.
Risola-i Nurning g’oyat ahamiyatli bir shogirdi bo’lgan Xulusiy Beyning ahamiyatli bir maktubini ko’rdim. Darhaqiqat, u qardoshimiz birinchiligini doimo muhofaza qilyapti. Men uni doimo qalam qo’lida, Risola-i Nurning ishi boshida deb bilaman. Ham barcha xabarlashishlarimda birinchi safda muxotobdir. Uning savollari bilan yozilgan Maktubot Risolalari va u yozgan samimiy maktublar uning o’rnida juda ko’p insonlarni Risola-i Nur doirasiga jalb qilgan va qilyapti. U aytgani kabi, bizdan uzoq emas. Har kun ko’p marta barobarmiz. Xabarlashishimiz hech to’xtamagan. Sizlar bilan gaplashgan vaqtim Xulusiyni ichida topaman. Sabri, qanday uning hisobi bilan men bilan gaplashadi; mening badalimga ham u bilan gaplashsin.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizning juda muborak va juda foydali bo’lgan nuroniy hadyalaringizni va olmos qalamlaringizning yodgorlarini oldik. Janobi Haq ularni yozgan o’sha qalam sohiblariga, har bir harfiga muqobil o’n rahmat aylasin, omin. Bu nurli Keksalar Risolasining bir navi karomati shudirki: Omonat eshikka kelarkan, sakkiz yildan beri faqat ikki marta yonimga kelgan bu yerning keksa muftiysi, tuman raisi bilan kutilganga xilof bir suratda kelishlari onida, Amin ham omonatni eshikka keltirishi; ham ayni kunda, Keksalar omonati kelgan vaqt, bu shaharda, Risola-i Nurning savodsiz keksalarning boshida ikkita g’oyat keksa zot, boshqa-boshqa yerdan, har ikkisi qo’llarida bir parchadan qatiq tabarruk keltirishlari; va ayni kunda Isparta qahramonlarining bir tamsilchisi va yonimizga faqat uch marta kelgan Hilmi Bey, bir kunlik masofadan kelarkan, kutilganning aksiga bo’lib, omonat qo’llarimizda ekan, go’yo hadyani tomosha qilish uchun kelganday kirishi; ham ayni vaqtda, bir-ikki karomati Nuriyaga sabab Xayri ismli bir shogird va Risola-i Nurning ahamiyatli bir shogirdi va Daday tumanidan kelgan Fuad bilan barobar kirishlari bilan, qo’limizdagi omonatlardan, Istanbulda o’qitish uchun uch nusxani Fuadning olishi; albatta tasodifiy va noxosdan emas, balki bu Keksalar omonatiga chiroyli kutib olishdir va bu atrofda go’zal ta'siriga bir ishoratdir.
Qardoshlarim, oltita arkonlardan ikkita Ali bilan Tohiriy va Hofiz Mustafo, bu ikki-uch yilda va ayniqsa bu atrofda menga yordamlari va fathlari, yo favqulodda ixloslaridan yoki yuksak iqtidor va faoliyatlaridan shu darajadadirki; bu viloyatda Risola-i Nur shogirdlarini abadiyan minnatdor qilib, Risola-i Nurni ham bu yerlarda abadiyan yerlashtirdilar. Janobi Haq ulardan va sizlardan abadiyan rozi bo’lsin, omin.
Qalamlarini savodsizligimga yordamga bergan Madrasa-i Nuriyaning ustozi Hoji Hofiz va o’g’li va ikki qardosh Mustafo va Solih va ikki qardosh Ahmad va Sulaymon va besh qardosh barobar talaba bo’lib, uchovi bizga yordam berishlari; va Bobojon ham Osimning ruhini shod qilib, u tizimda yordamimizga yugurishi; va Zakoiy ham Lutfuning ruhini masrur qilib, eski Zakoiy kabi vazifasiga yopishishi va Duradgor Ahmad va Kotib Usmon va Mehmed Zuhdu va Nuri va Tunukachi Mehmed kabi, eski qiymatdor xizmatlari bilan Ispartani nurlantirgan boshqalari kabi, Kastamonuning nurlanishiga ham yugurishlari; va hozir taniganim Mustafo va Mustafo va Mustafo va Ayyub, qalamlari bilan, eski do’st kabi savodsizligimga yordam berishlari; albatta shubhasiz فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ xushxabarini to’liq tasdiq qiladilar.
***
Aziz, siddiq, mujohid qardoshlarim Hasan Atif va sodiq rafiqlari!
Birinchidan: Bu shuhuri salosa-i muborakangizni tabriklaymiz. Sizning qalamlaringizning yodgorlari va Risola-i Nurdan ayrilmaslik va sabot qilish isbotlari bo’lgan yozuvlaringizni va diningizni dunyodan juda ustun tutishingizga ishorat bergan dunyo surati ustidagi chiziqlaringizni va iymon xizmatida doimo sabot qilishingizga hujjatlar hukmidagi imzolaringizni kamoli mamnuniyat bilan oldik, qabul qildik. Janobi Haq sizlarga xazina-i rahmatidan ularning harflari adadicha amallar daftaringizga hasanalar yozsin, omin.
Aziz qardoshlarim! Bu dafa yozuvlaringizda Ixlos Risolalarini ko’rganim uchun, sizni u kabi risolalarning darsiga havola qilib, ziyoda bir darsga ehtiyoj ko’rmadim. Faqat buni eslatamanki:
Maslagimiz, sirri ixlosga tayanib, iymon haqiqatlari bo’lgani uchun; hayoti dunyoga, hayoti ijtimoiyaga majbur bo’lmasdan qo’shilmaslik hamda raqobat va tarafgirlikka va bahslashishga chorlagan holatlardan ayrilishga maslagimiz e'tibori bilan majburmiz. Minglab afsuski; hozir mudhish ilonlarning hujumiga ma'ruz bechora ahli ilm va ahli diyonat, chivinlarning chaqishi kabi juz'iy nuqsonlarni bahona qilib, bir-birini tanqid bilan ilonlarning va zindiq munofiqlarning buzg’unchiliklariga va o’zlarini ularning qo’li bilan o’ldirishiga yordam beryaptilar. G’oyat muxlis qardoshimiz Hasan Atifning maktubida, bir keksa olim va voiz, Risola-i Nurga zarar beradigan bir vaziyatda bo’lgan. Men kabi minglab nuqsonlari bo’lgan bir bechoraning, ahamiyatli ikkita uzriga binoan, bir sunnatni (saqol) tark qilganim bahonasi bilan shaxsimning obro’yini to’kib, Risola-i Nurga hujum qilishni istagan.
Birinchidan: Ham u zot, ham sizlar bilib qo’yingki: Men Risola-i Nurning bir xizmatkoriman va o’sha do’konning bir jarchisiman. U esa (Risola-i Nur) Arshi A'zam bilan bog’liq bo’lgan Qur'oni Azimushshon bilan bog’langan bir haqiqiy tafsiridir. Mening shaxsimdagi nuqsonlar unga o’tolmaydi. Mening yirtiq jarchilik ko’ylagim uning boqiy olmoslarining qiymatini tushirolmaydi.
Ikkinchidan: U voiz va olim zotga men tarafimdan salom yetkazing. Mening shaxsimga bo’lgan tanqidini, e'tirozini bosh ustiga qabul qilaman. Sizlar ham u zotni va u kabilarni bahslashish va munozaraga chorlamanglar. Hatto tajovuz qilinsa ham badduo bilan ham javob qaytarmanglar. Kim bo’lsa bo’lsin, modomiki iymoni bor, u nuqtada qardoshimizdir. Bizga dushmanlik qilsa ham, maslagimiz e'tibori bilan javob qaytarolmaymiz. Chunki yanada mudhish dushman va ilonlar bor.
Ham qo’limizda nur bor, to’qmoq yo’q. Nur hech kimga ozor bermaydi, yorug’ligi bilan erkalaydi. Va ayniqsa ahli ilm bo’lsa, ilmdan kelgan anoniyati ham bo’lsa, anoniyatlarini qo’zg’atmanglar. Mumkin bo’lgani qadar, وَاِذَا مَرُّوا بِاللَّغْوِ مَرُّوا كِرَامًا dasturini rahbar qilinglar.
Ham, Hasan Avni ismli zot, modomiki avval Risola-i Nurga kirgan va yozuvi bilan ham ishtirok qilgan, u doira ichidadir. Uning fikran bir xatosi bo’lsa ham kechiringlar. Biz, emas ular kabi ahli diyonat va tariqatga mansub musulmonlar, hozir bu ajib zamonda, iymoni bo’lgan va hatto zalolat firqasidan ham bo’lsa, ular bilan ovora bo’lmaslik; va Allohni tanigan va oxiratni tasdiq qilgan, nasroniy ham bo’lsa, ular bilan nizoga sabab nuqtalarni bahslashishga sabab qilmaslikni; ham bu ajib zamon, ham maslagimiz, ham qudsiy xizmatimiz taqozo qiladi. Va Risola-i Nurning olami Islomda tarqalishiga qarshi, hayoti ijtimoiya va siyosiya jihatidan monelar chiqmasligi uchun, Risola-i Nur shogirdlari sulhkorona vaziyatni olishga vazifadordirlar. Aslo domlalarning Juma va jamoatlariga qarshi chiqmanglar. Ishtirok qilmasangiz ham, ishtirok qilganlarni tanqid qilmanglar. Garchi Imom Rabboniy deganki: "Bid'at bo’lgan yerlarga kirmanglar." Maqsadi, savobi bo’lmaydi deganidir. Bo’lmasa namoz botil bo’ladi emas. Chunki, salafi solihiyndan bir qismi, Yazid va Valid kabi shaxslarning orqasida namoz o’qiganlar. Agar masjidga borib kelishda katta gunohlarga ma'ruz qolsa, xilvatxonasida bo’lishi lozimdir.
Uchinchidan: Hasan Atifning maktubida, jasur va sabotkor zotlardan -ki yigitlar ta'bir qiladi - bahs bor. Biz o’sha jasur va sabotkor yangi qardoshlarimizni ruhu jon bilan qabul qilamiz. Ammo Risola-i Nur doirasiga kirganlar, shaxsiy jasoratlarini qiymatlashtirish uchun, tebranmas bir sabot va matonatga va birodarlarining hamjihatliklariga jiddiy ravishda harakat qilishga sarf qilib, u shisha parchasi hukmida shaxsiy jasoratini haqiqatparastlik siddiqiyatidagi fidokorlik olmosiga o’girish kerakdir.
Ha, maslagimizda ixlosi tommadan keyin eng buyuk asos, sabot va matonatdir. Va o’sha matonat jihati bilan hozirga qadar ko’p hodisalar borki; undaylar, har biri yuzga muqobil bu xizmati Nuriyada muvaffaq bo’lgan. Oddiy bir odam va yigirma-o’ttiz yoshda ekan, oltmish-yetmish yoshdagi valiylardan ustun bo’lganlar bor.
Ham bir odam, bir o’zi jasorati go’zal ham bo’lsa, bir hamjihat jamoatga kirgandan so’ng, ularning istirohatini va tebranmasliklarini muhofaza qilish uchun, u shaxsiy jasoratni iste'mol qilolmaydi. سِيرُوا عَلَى سَيْرِ اَضْعَفِكُمْ hadisi sharifining sirri bilan harakat qilish, ham hozircha bu chalkash vaziyatlarda juda zararli ham domlalarni, ham ahli siyosatni Risola-i Nurga qarshi jabha olishga va tajovuz qilishga sababiyat bergan shapka va azon masalalari va dajjol va sufyon unvonlari, Risola-i Nur shogirdlari begonalarga qarshi keraksiz sababi bahs va tortishish qilinmasligi kerak va ehtiyot qilish juda lozimdir va sovuqqonlikni muhofaza qilish vojibdir. Hatto sizda juz'iy bir ehtiyotsizlik, bu yerga qadar bizga ta'sir qiladi.
Risola-i Nur bir doira emas, ichma-ich doiralar kabi tabaqalari bor. Arkonlar va sohiblar va xoslar va noshirlar va talabalar va tarafdorlar kabi tabaqalari bor. Arkon doirasiga layoqati bo’lmagan, Risola-i Nurga muxolif jarayonga tarafdor bo’lmaslik sharti bilan, doira xorijiga tashlanmaydi. Xoslarning xususiyati bo’lmagan, zid bir maslakka kirmaslik sharti bilan talaba bo’lishi mumkin. Bid'at bilan amal qilgan, qalban tarafdor bo’lmaslik sharti bilan do’st bo’lishi mumkin. Shuning uchun, oz bir kamchilik bilan dushman sinfiga qo’shilmaslik uchun, tashqariga tashlamanglar. Faqat Risola-i Nurning arkonlarida va sohiblaridagi sirlar va nozik tadbirlarga ularni sherik qilmaslik kerak.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu ikki kunda ikki kichik hodisalar, to’rt-beshta masalalarni eslattirdi:
Birinchisi: Salohiddin Anqaradan yozyaptiki, tariqatga qarshi tajovuzni boshlaganlar. Ham Anqarada, ham sharqda u masalada qamoqqa olish bor ekan. Risola-i Nur shogirdlari har tarafda inoyati Rabboniya ostida himoyada qolyaptilar. Ularning quvvatli ixlosi va hamjihatliklari va ehtiyotlari o’sha inoyatni haqlarida davom qildiryapti.
Ikkinchisi: Bu kunlarda harkas aziyatdan shikoyat qilyapti. Go’yo ma'naviy havoning buzuqligidan, moddiy va umumiy bir aziyat xastaligini bergan. Hatto menga ham bir kun siroyat qildi. Bizning har dardimizga dori bo’lgan Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’lganlarda o’sha aziyat xastaligi yo yo’q yoki juda kamdir.
Uchinchisi: Marhum Mehmed Zuhduning vafoti Risola-i Nurning xizmati nuqtasida bizni juda xafa qildi. Faqat birdan, o’tgan yil Hofiz Mehmedning barcha musodara qilingan risolalarini o’n kun mobaynida qishlog’idagi Risola-i Nur shogirdlari tarafidan yozib unga berish, juda mardona kafolatlari xotirimga keldi va angladimki; asrlonlar yotog’i bo’lgan Isparta va atrofi, Mehmed Zuhduning xizmatini ortig’i bilan qiladilar va o’sha bo’shliqni to’ldiradilar.
To’rtinchisi: Ilovaga kirgan Ispartali qardoshlarimizning maktublarining ba'zilarida, ustozlari haqida ifrot bilan tavsiflar ko’rdim. O’zimga qaradim, o’sha vasflardan zakoti ham menga oid emas, mening haqqim emas. "Ajabo, bu haqiqatparast qardoshlarim ko’p ogohlantirishlarim bilan barobar, bu yaxshi gumon ifrotida ham davomlarida foydalari nima?", dedim. Qalbga eslatildiki: "Ular va mamlakatlari Isparta atrofi, ularning eng katta yaxshi gumonlari darajasida yaxshi gumonlarining barakasini ko’rganlari uchun, Beshqazali Usmoni Xolidiy va Oqsoq Shukru kabi ahli valoyatga iqtido qilib, o’sha nuqta-i nazardan ifrot qilmaganlar, bir haqiqat ko’rganlar. Faqat qandayki kashfiyot ta'vilga va tushlar ta'birga muhtojdir; xususiy hukmlar umumiylashtirilsa, bir jihatda xato ko’rinadi. Xuddi shuning kabi, ular Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysining o’zlariga va mamlakatlariga qilgan foydani, u shaxsi ma'naviyning tamsilchilaridan birisi bo’lgan ustoz deganlari bu qardoshlariga berib, u mamlakat hodisasini umumiy bir hodisa nazari bilan qarab umumiylashtirib, ifrotona bir yaxshi gumon suratida ko’rindi."
Beshinchisi: Xotirga keldiki, Risola-i Nurning parchalari ko’p. Harkas muhtoj bo’lgani holda, hammasini qo’lga kiritolmaydi. Birdan "Hujjatulloh-il Balig’a" majmuasi xotirga javob bo’lib keldi.
Ha, Risola-i Nurdan ko’plab majmualar chiqadiki, har biri kichik, faqat kuchli Risola-i Nur bo’ladi. Har muhtojning qo’liga o’ta oladi. Bu munosabat bilan, Yigirma Beshinchi So’zning zayllarini o’yladim. Hozir mening yonimda to’rt-beshta nusxa bor, zaylsizdirlar. Muboraklarning bu dafa yuborgan nusxaning zaylida Rumuzoti Samoniya mundarijasidan nuqson olingan Sura-i اِذَا جَاءَ نَصْرُ اللَّهِ va اِنَّا اَعْطَيْنَا dagi o’n uchta alif, barmoq bilan va Fotihada o’n uchta qo’l bilan ishoratlari va اِنَّا اَنْزَلْنَا ishorasi kabi ahamiyatli parchalar yo’qdir. Kechagi kun اَللَّهُ نُورُ السَّمَوَاتِ oyatiga doir Yigirma To’qqizinchi Maktubning oxirida, sayohati xayoliya va sayri qalbiy risolachasini o’qidim. Va Birinchi Shu'lada bu oyat Risola-i Nurga ishorasini xotirladim. Dedim: Bu ikki nukta-i Nuriya va تَغْرُبُ (الشَّمْسُ) فِى عَيْنٍ حَمِئَةٍ hujjat, nukta va hoshiyasi bilan barobar Mo’'jiza-i Qur'oniya zayllari ichiga kirsa munosib bo’ladi. Siz ham munosib ko’rsangiz yozilsin. I'jozi Qur'on nuktalariga oid muhim parcha topsangiz ilova eta olasiz.
Oltinchisi: Saksondan ortiq yil ma'naviy va boqiy bir umrni qozontirish sirrini tashigan shuhuri salosangizni va Layla-i Rag’oyibingizni butun ruhim bilan tabriklayman. Ikki-uch kun avval, Yigirma Ikkinchi So’z tahrir qilinarkan tingladim. Ko’rdimki; ichida ham kulliy zikr, ham keng fikr, ham ko’plab tahlil, ham quvvatli iymon darsi, ham g’aflatsiz huzur, ham qudsiy hikmat, ham yuksak bir ibodati tafakkuriya kabi nurlar bor. Bir qism shogirdlarning ibodat niyati bilan risolalarni yo yozish yoki o’qish yoki tinglashlikning hikmatini bildim. Barakalloh dedim. Tasdiqladim.
Bu maktubdagi besh-oltita masalani yozarkan, Nur fabrikasi sohibi Hofiz Alining maktubi bilan, ixlosda va ishlashda va nozik o’ylashda mumtoz Hasan Atifning maktubini oldik. Hofiz Alining maktubida, Risola-i Nur shogirdlarida sirri ixlosning qay daraja yuksak bir anoniyatni tark va nafsoniy zavqdan uzoqlashish kabi, ixlosning eng yuksak xislatlari Risola-i Nur shogirdlarida namoyon bo’ladi deb bir dalil bo’ldi.
Jumladan, Hofiz Ali deydiki: Xusrav qardoshimiz o’z qalami bilan yozilgan "Mo’'jizotli Qur'on"ni fotoapparat bilan chop qilinishiga tarafdor bo’lmasligi va temir harflar bilan ruxsat bo’lishga qadar kutishga tarafdor bo’lishi, uning favqulodda ixlosiga va nafsning zavqlaridan uzoqligiga qat'iy dalildir. Chunki fotoapparat bilan chop qilinsa, uning o’z xati bo’lgani uchun, minglab Qur'on nusxalarini o’z qo’li bilan yozgandek olami Islomning ma'naviy nazarida va uxroviy savob jihatida buyuk va ma'sumona va zararsiz bir maqomni tark qilib, ixlosning sirri uchun zavqini unutib, temir harflarga tarafdor bo’lgan. Va ko’rsatgan xatolari bo’lishi sababi esa, temir harflarda uch marta chop bo’lishga kirish nuqtasida ham u xatolar bo’lishi mumkin.
Xullas kalom: Hofiz Alining ixlosidan kelgan ifodasi va Xusravni favqulodda ixlos nuqtasida taqdir etishi; va Xusrav ham g’oyat buyuk va boqiy bir hissasini tashlab, mening eskidan beri takror qilganim bir da'vom-ki; "Risola-i Nurning haqiqiy shogirdlari xizmati iymoniyani hamma narsadan ustun ko’radi, qutbiyat ham berilsa ixlos uchun xizmatkorlikni tanlaydi" meni o’sha da'voda amalda tasdiq qilishi jihatidan, bor quvvatimiz bilan bu kabi qardoshlarimizni tabriklaymiz.
Qardoshimiz Hasan Atifning maktubidan angladikki, haqiqatdan chinakkam harakat qilyapti. O’z ta'biri bilan, Risola-i Nurning mujohidlarining va yigitlarining qalam yodgorlarini bizga hadya tariqasida yuborganiga muqobil deymiz: Janobi Haq abadiyan ulardan rozi bo’lsin. Va yanada ko’p ma'nodor yozgan jumlalari ichida, bir parchada ahli bid'atga shiddat ko’rdim. Zamon, zamin, Risola-i Nurning musbat maslagi, ahli bid'at bilan emas fe'lan, balki fikran va zehnan ham mashg’ul bo’lishga ruxsat bermaydi. Ehtiyot har vaqt lozim. U xolis qardoshimiz, inshaAlloh u yerlarda o’zi kabi ko’p xolis shogirdlarni yetishtiradi. Biz bu yerdagi duomizda, Atif bilan barobar u yerdagi barcha rafiqlarini sherik qilamiz. Men shaxsan ular bilan xabarlashishni istayman, ammo modomiki Isparta u vazifani yanada mukammal qilyapti. U vazifani ularga qoldiraman.
Hofiz Alining maktubining oxirida, madrasa-i Nuriya qahramonlaridan va Xusrav tizimida Ahmad va qardoshi Sulaymon haqida taqdirlari bizni masrur ayladi. Zotan u Madrasa-i Nuriya shogirdlari mening nazarimda, eskidan beri bir g’oya-i xayolim bo’lgan Madrasat-uz Zahroning talabalari suratida o’ylar edim. Va der edim: "Ular bular bo’ldi yoki bular ularning yordamchilaridir."
***
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizning me'rojingizni tabrik va Me'roj Sohibining (S.A.V.) sunnati saniyalariga sizni va bizni to’liq muvaffaq aylashiga rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz. Sizga, bu bir-ikki kun mobaynida, nazari diqqatni jalb etgan bir-ikki kichik masalani yozyapman:
Avvalo: Risola-i Nur shogirdlarining bir qismi bo’ydoq qolishlarining ko’p sabablaridan bir sababini ko’rsatgan bir hodisa:
Bu kunlarda, yoshlik zarbasini yegan va bo’ydoq qolgan va tasalli topish uchun Risola-i Nur bilan aloqadorlikka uringan va muhim bir maktabda dars olishga mashg’ul va ahamiyatli bir odamning qizi bo’lgan xonimga qisqacha bir haqiqatni aytdim. Balki o’sha atrofda ba'zilarga foydasi bor deb yozyapman.
Dedimki: Modomiki yoshlik zarbasini yeding, bir vazifa-i fitriya bo’lgan nasl qoldirish qonuniga boshqa kirma. Chunki o’sha vazifaning evaziga haq sifatida erkak olgan vaqtinchalik lazzat va kayf bir daraja boshlang’ichda kifoya keladi. Ammo bechora ayol, o’sha vazifa-i fitriyada bir yil og’ir yukni tortishga hamda bir-ikki yil bolaning mashaqqatiga, boqilishiga hamda ochiq-sochiqlik sababi bilan erining nazarida sadoqatsizlik ayblovi va erining ham ko’zi tashqarida bo’lish ehtimoli va unga samimiy marhamat qilmasligi jihati bilan, doimiy mashaqqatlarga va vijdoniy azoblarga muqobil; uylanishda olgan vaqtinchalik bir kayf va lazzat, bu buzilgan zamonda unga o’sha vazifaga muqobil yuzdan birisiga teng kelolmaydi. Va ayniqsa kufuvvi shar'iy ta'bir etilgan, bir-biriga xulq va din nuqta-i nazaridan layoqat bo’lmaganidan, yanada ziyoda azob chektiradi. Va ayniqsa tarbiya-i Islomiya xorijida, musulmon nomi ostida bo’lganlar, iymondan kelgan o’zaro hurmat va marhamatni topolmaganlaridan, butun-butun saodati hayotiyani mahv etadi, Jahannam azobini chektiradi.
Ham padar, ham volida, nasl qoldirish qonunidagi vazifada chekkan ko’p mashaqqatlari va qilgan ko’p xizmatlariga muqobil; faqat bolaning dunyoda kamoli hurmat va itoat bilan shafqatlariga va xizmatlariga badal, xolis bir hurmat va sodiqona bir itoat va vafotlaridan so’ng solihligi bilan va xayrli ishlari bilan va duolari bilan ularning amallar daftariga hasanot yozdirish va o’n-besh yoshdan oldin ma'sum tarzda o’lgan bo’lsa ularga qiyomatda shafoatchi bo’lish va Jannatda ularning quchog’ida sevimli bir bola bo’lishdir. Hozir esa, tarbiya-i Islomiya o’rniga mimsiz madaniyat tarbiyasi yuzidan, o’ntadan, balki yigirmatadan, balki qirqtadan bitta bola faqat padar va volidasining juda ahamiyatli xizmat va shafqatlariga muqobil mazkur vaziyati farzandonani ko’rsatadi. Qolgani, tashvishlar bilan shafqatlarini doimo ranjida etib, o’sha haqiqiy va sodiq do’stlar bo’lgan padar va volidasiga vijdon azobini chektiradi va oxiratda ham da'vochi bo’ladi: "Nima uchun meni iymon bilan tarbiya qildirmadingiz?" Shafoat o’rniga shikoyatchi bo’ladi.
Ikkinchi Masala: Kechagi kun, beshta latif tavofuqlardan qat'iy bir qanoat bizga keldiki; eng juz'iy va ahamiyatsiz ishlarimizda ham inoyatkorona bir diqqat ostidamiz.
Birinchisi: Men eshikka chiqqanim vaqtim, kutilganga xilof tarzda, Risola-i Nur shogirdlaridan to’rtta Ahmadlar -menga aloqador bittadan maqsadni qiladi- birdan barobar eshikka keldilar. Ikki dona qishloqlardan, ikkitasi ham bu yerda boshqa-boshqa mahallalardan.
Ham yana, Risola-i Nurning muhim bir talabasi Ko’ro’g’li Ahmadga bir miqdor qatiq ham tabarruk, ham ulush sifatida berdik. Hali qo’lida qatiqni tutarkan, Risola-i Nurning ma'sum talabalaridan Hilmining o’g’li Ahmad, qo’lida boshqa Ahmadga berganim miqdor qatiq bilan eshikni ochdi. Risola-i Nur talabalaridan oltita Ahmadning bir kunda bu tur tavofuqlari tasodifga o’xshamaydi, balki u Ahmadlarga nazari diqqatni jalb qilgan bir ishoratdir.
Ikkinchisi: Muxojir, faqir bir ayol mendan bir tabarruk istadi. Men ham bir ko’ylak berdim. Besh daqiqa so’ngra, ayni ismli bir ayol bir ko’ylakni menga qabul ettirish uchun muhim bir vositani topib yubordi. Tavofuq xotiri uchun qabul qildim.
Ham ayni kun, ba'zi haqdor zotlarga yarim yog’imni berarkan idish ko’p olgan, juda oz menga qoldi. Aynan, ular hali u yog’ni olmasdan -mening niyatimda- menga qoladigan miqdor qadar, uzoq bir qishloqdan kitoblarimni o’qish evaziga keldi. Uni ham, o’sha tavofuq xotiri uchun qabul qildim.
Uchinchisi: O’sha kuni men, ot ustida sayohatga (kezishga) borarkan, orqamda bir otliq tezlik bilan kelyapti. Tushdi, oyog’imga uzangiga yopishdi. Tanimaganim bir odam. "Sen kimsan? Buncha do’stlik ko’rsatyapsan", dedim. "Men Kozja hatibiman", dedi. Holbuki Kastamonuda hech bu ismli bir qishloq bo’lganini bilmas edim. So’ngra keldim. Ikki Ispartalik askarlar yonimga keldilar. Birisi: "Men Kozja hatibidan senga maktub keltirdim", dedi. Bu ajib tavofuq menga, bu ikki boshqa-boshqa viloyatda, ham bunday tavofuq qilishlari, Risola-i Nur xizmatida sadoqat bilan xizmat qilishlariga bir ishoratdir. Bu munosabat bilan Sabri Kozja hatibiga mening tarafimdan ko’p salom aytsin. Uni xos talabalar ichida ma'naviy yutuqlarga sherik qilamiz. Xususiy maktub yozish odatimiz bo’lmaganidan, unga alohida maktub yozolmaganimizdan xafa bo’lmasin.
Shirin bir tavofuqning mevasini ayni kunda yanada shirin bir tarzda ko’rdim. Jumladan:
Ikkita askar, kamoli sevinch bilan g’oyat do’stona "Sen Ispartalisan, bizning hamshahrimizsan." Men ham dedim: "Iftixor bilan, har jihat bilan Ispartalikman. Isparta toshi bilan, tuprog’i bilan mening nazarimda muborakdir, mening vatanimdir. Va har biri yuzga muqobil yuzlab va minglab haqiqiy qardoshlarimning kindik qonlari to’kilgan joylaridir."
Ha, bu atrofga kelgan Ispartaliklar askar bo’lsin, boshqalar bo’lsin, mutlaq aksariyat bilan meni hamshaharlari deb biladilar. Qaysisi men bilan ko’rishsa, "Siz Ispartalikmisiz?" Men ham deyman: "Iftixor bilan, men Ispartalikman". Va Ispartada shu qadar haqiqiy qardoshlarim va yaqinlarim borki, kindik qonim to’kilgan joy bo’lgan Nurs Qishlog’idan juda ko’p jihatlar bilan ustun qo’yaman. Va buyuk Ispartaning bir kichik avlodi hukmida bo’lgan Isparta tumanimizdan buyuk Ispartaning birgina qishlog’ini ustun qo’yaman. Shu qadar xolis, qahramon qardoshlarni menga bergan Isparta toshi ham, tuprog’i ham menga va balki Anadoluga muborak bo’lgan. InshaAlloh ham Anadoluga, ham olami Islomga nashr qilgan Nur tuxumlari bittadan rahmatga sazovor bo’ladi, kurtak ochadi. Ham ozuqa, ham ziyo, ham davo bo’lib; ma'naviy qimmatchilik va vabo va zulmni va zulmatni tarqatadi.
To’rtinchisi: Sobiq uchta tavofuqni yozgandan so’ng, katta Hofiz Alining g’oyat go’zal maktubi bilan, Xulusi-i solis Abdulloh Chovushning ma'nodor maktubi va Xulusiy Beyning va Kotib Usmonning qiymatli maktublarini oldim. Hofiz Ali maktubida yozgan shu ifoda, Konya olimlarining Risola-i Nurni yozayotganlarini va taqdir qilayotganlarini va tafsir sohibi Domla Vahbining (r.h.) Risola-i Ixlos qarshisida mag’lubiyat bilan barobar, Risola-i Nur oldida hayron va taqdirkor bo’lishi munosabati bilan, Hofiz Ali degan:
"Risola-i Nurning bir karomatidir; ho’kizga go’sht va arslonga o’t tashlamaydi. Ho’kizga o’t beradi, arslonga go’sht beradi. U arslon Domlaning eng avval Ixlos Risolalari qo’liga o’tgan."
Xullas, Hofiz Alining bu maktubini olganimdan yo olti, yo yetti kun avval, Qoratog’dan tusharkan, birdan der edim: "Xoy, otga go’sht, arslonga o’t tashlama. Arslonga go’sht, otga o’t ber." Bu kalimani besh-olti marta menga yoqqan, takror qilardim. Yo Hofiz Ali mendan avval yozgan, menga ham ayttirdi yoxud men avval aytganman, unga yozdirilgan. Faqat bu g’arib tavofuqda bir farqimiz bor. U ho’kizga o’t degan; men otga o’t deganman.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim va xizmati iymoniyada quvvatli, metin, jiddiy, tebranmas, fidokor do’stlarim va sayohati barzoxiya va uxroviyada nuroniy yo’ldoshlarim!
Sizning, har bir dirhami yuz dirham shahidlar qoni qadar qiymatdor siyoh nuri oqitgan muborak qalamlaringizning bu dafagi qudsiy hadyalarning har bir harfiga muqobil, Janobi Arhamurrohimiyn sizlarga ming rahmat aylasin, omin. Bu g’aflat va mashaqqatli va zerikarli mavsumda va dunyo mashg’uliyatlari ichida bu fidokorona g’ayratingiz va sa'yingiz, haqiqatdan bir inoyati xossadir va bir karomati nuriyadir. Janobi Haq sizlardan abadiyan rozi bo’lsin, omin.
Olmos qalamlarini bizga yordam uchun, yigirma bir Abdurrahmon va Abdulmajidlarning bu qadar tez nusxalarni yetishtirishlari va qabri purnur bo’lgan Mehmed Zuhduning, barzohda ham qalamini bizning hisobimizga iste'mol qilishi hukmida, uning me'roslaridan nusxalari yuborilishi; bizni juda qattiq surur bilan shukrga chorladi. Eski talabaligim zamonida ishonchli zotlardan, ular ham muhim imomlardan naql qilib eshitdimki: "Jiddiy, mushtoq, xolis tolibi ilm, tahsilda ekan vafot qilgan vaqtlari, barzohda ayni tahsil misoli va bir madrasa-i ma'naviyada bo’lganday; u olamga muvofiq bir vaziyat ehson qilinadi" deb o’sha vaqt tolibi ilm ichida ko’p marta bahsga sabab bo’lar edi. Hozir bu vaqtda, tolibi ilmning eng xolislari Risola-i Nur talabalari bo’lganidan; albatta marhum Mehmed Zuhdu, Osim va Lutfi kabi zotlarning vazifalari davom qilyapti. Amallar daftariga hasanot yozish uchun, ma'naviy qalamlari inshaAlloh ishlayaptilar.
Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamizki; sizdagi favqulodda g’ayrat va ishlash, matbaaga ehtiyoj qoldirmaydi. Bu dafa yuborgan risolalaringiz juda chiroyli, juda mukammal, juda ham kerakli. Faqat men xato qilganman. O’n Birinchi Yog’du bilan Talvehoti Tis'ani yozmaganimiz holda, yozganman deb o’ylayotgan edim.
Minhoj-us Sunna bizda bor. O’n bir nuktadan iborat bo’lgan O’n Birinchi Yog’du, Mirqot-us Sunna va Talvehoti Tis'a bilan va unga zayl bo’lib to’rtta qadamdan iborat, Risola-i Qadarning zayli ekan, O’n Yettinchi So’zning zayliga kirgan parcha ham Talvehotga zayl o’laroq yozilsa munosib bo’ladi. اَللَّهُ نُورُ السَّمَوَاتِ وَاْلاَرْضِ oyatining tajalliysiga qaragan bir sayohati qalbiya-i xayoliyaga doir ikki-uch sahifalik Yigirma To’qqizinchi Maktubning oxir qismlaridagi parcha ham ichlarida bo’lsa, chiroyli bo’ladi.
Hozir sizga, musibat yuzidan bir inoyati xossani, ko’proq duo qilishingizga vasila bo’lish uchun yozyapman.
Bugun, to’rt soat avval men yolg’iz, Qoratog’ning xoli o’rmonlari ichida edim. G’oyat hurkak bir otga mingandim. Men minarkan, birdan tizgin tasmasi uzildi. U ham yomon qo’rqdi, changalzorga kirib qoldi. Meni shunday yomon bir tarzda tepib yerga tushirdi. Men u holda chap qo’lim va chap oyog’im singanday ehtimol berganim kabi, vaziyat ham shunday ko’rsatayotgan edi. Ot ham boshqasining moli. U xoli o’rmon ichiga kirib ketdi. Atrofda hech kim yo’qki, yordamga yetishsin. Janobi Haqqa hadsiz shukr qilaman, qo’l-oyog’im sinmagan, haddan ortiq lat yegan ekan, yana shamsiya bilan yura oldim. U hurkak ot ham o’rmonga sho’ng’ib, yo’lsiz bir istiqomatga, mening yurishim bilan yurib, o’n besh daqiqalik bir masofaga bir soatda yetishdik. Ot suv ichayotgan ekan, Nuriya ismli bir ayol keldi. Qo’lida non, bir parcha nonni otga berib, tutildi. Men ham, Janobi Haqqa shukr, u vaqt minib bildim, uyga keldim. Birdan shunday bir to’fonli yomg’ir bo’ldi, hujramning qarshisida bir sel bo’lib ko’rdik. Agar o’sha suv, o’sha Nuriyaga uchramasaydi; o’sha xoli yerda, o’sha yomg’ir ostida, ot ham boshqasining moli, yo’qolish kabi ko’p musibatlardan Janobi Haq muhofaza ayladi. Bu kichik musibatda to’qqiz jihatda ne'mat bo’lganini tasdiq qildik. Va bu navi hifzu himoya, sizlarning samimiy duolaringizning bir natijasi bo’lgani qanoatidamiz. Va bu to’qqiz jihat bilan shukrga sabab hodisa, kecha olganimiz hadya-i nuriyaning juda foydali bo’lganiga ishoratdir. Chunki zarbulmasalda mashhurdirki: Bir narsada zahmat va mashaqqat, alomati maqbuliyatdir.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va duolarini istaymiz.
***
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!
Bu muborak ayyom va sharif kechalarda muborak duolaringizga yanada ziyoda ehtiyojimni ko’rsatish uchun, bundan avvalgi maktubda, hurkak ot sababli kelgan musibat garchi o’ndan to’qqizi ne'matga aylandi. O’ndan biri, eskidan beri menda bo’lgan qulunch illatiga va revmatizm xastaligiga qo’shilib, meni yotoqqa tushirdi. Ammo xavotirlanmang, men turib kezyapman. Qat'iyan -bugun yuborgan risolalaringizni tahrir qilarkan- qanoatim keldiki; o’sha musibatning boqiy qolgan o’ndan biri, o’n daraja bir ne'mat hukmida bo’ldi. Va o’n adaddan ziyoda foydalaridan bir foydasi shudirki:
Men tahrirda garchi zerikmasdim, ammo har tahrirda yana dars olib istifoda qilish bir odatim edi. Ba'zan juda ko’p zavq olardim. Bu mavsumda tog’larda, bog’lardagi chiroyli san'ati Ilohiyani tomosha zavqi, o’sha tahrirdagi zavqimga g’alaba qilayotgan edi. Bu yangi musibatdagi doimo o’zini his qildirgan xastalik, kamoli zavqu shavq bilan Hazrat Ayyub Alayhissalomning Yog’dusi bilan, Xastalik Yog’dusini har nusxada yangidan ko’rayotgandek o’qib tahrir qilayotgan edim. Qat'iyan shubham qolmadiki; u zahmatli xastalik, u lazzatli, rahmatli vazifa-i nuriya uchun berilgan. Garchi harakatlarimda, namoz va tahoratda aziyat beradi; ammo xastalik bilan ubudiyat ikki baravar savobi bo’lgani kabi, bu nurlarning tahriridagi zavq, o’sha aziyatlarni hechga tushirdi.
اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى كُلِّ حَالٍ سِوَى الْكُفْرِ وَ الضَّلاَلِ
Ikkinchidan: Sizning nusxalaringizda ba'zan bitta xato, bir necha nusxada aynan topiladi. Demak ma'no yaxshi tushunilmagan, o’shanday qolgan. Masalan: Iqtisodning oxirlarida Xusravning hoshiyasida beshinchi qatorida: "Ulamo esa, masraflaridan mollarining qiymatini bilmaganlari" jumlasi xato. To’g’risi esa, "Ulamo esa, ma'rifatlaridan mollarining qiymatini bilganlari uchun." Ham bu qatorning orqasidagi, "orqasida" kalimasi xato, to’g’risi "orasida".
***
Aziz, siddiq, muborak, fidokor qardoshlarim!
Kecha oltita ahamiyatli maktublaringizni oldim. Har maktubingizga uzun bir maktub yozishni haqiqatdan orzu qilardim, hamda haqqingizdir. Ammo bu harflarni yozgan Fayzi shohiddirki; olti kechadir, olti soat yotolmadim. Faqat bu oltinchi kecha, bir yarim soat qadar yota oldim. Shuning uchun, bu ahamiyatli maktublarga qisqacha bittadan jumla bilan qanoat qilyapman.
Birinchidan: Risola-i Nur stansiyasi va Xulusiy, Haqqi, Sulaymonni tamsil etgan Sabri qardoshim. Ushr, shar'iy zakotdir. Zakot esa, haqdorlargadir.
Ikkinchidan: Gul fabrikasi gulistonlarini va marhum badaviy bulbullarini gapirtirgan Xusrav qardosh! Risola-i Nur Ispartani samoviy va aroziy ofatlardan muhofazasiga sabab bo’lganini ko’p hodisalar bilan barobar, bu yangi zilzila hodisasi va qarshi chiqqan domlaning do’llar bilan boshining ta'zirlanishi yangi bir hujjati bo’lyapti. Va Mo’'jizoti Qur'oniya ilovasini sizning uyg’un fikringizga havola qilamiz. Ham siz yozgan miqdoringizni yuboring. Biz bu yerda tugatib, sizga ham keyin xabar beramiz.
Uchinchidan: Nur fabrikasining sohibi Hofiz Ali qardosh! Sening Risola-i Nurga bo’lgan hayratomuz ixlos va aloqa va e'tiqoding, inshaAlloh u nurlarni u atrofda doimo porlattiradi. Sening u buyuk zilzilaning shovqinini eshitmasliging va zilzilani his qilmasliging; ta'zirini yegan domla kabi, Risola-i Nurning bir navi karomatidir. Demak, shogirdlarga zarar berish emas, balki inoyatkorona, vujudini ham ba'zi xoslarga bildirmaydi, qo’rqitmaydi.
To’rtinchidan: Bizni va Kastamonu shogirdlarini qiyomatga qadar minnatdor qilgan va mustasno qalami bilan Risola-i Nurning deyarli hammasini bu atrofga yetishtirgan hamda avlod va padar va volidalari va rafiqasi bilan Risola-i Nurga xizmat qilgan qahramon Tohiriy qardoshim! Janobi Haq uyingizdagi singlimga, ham menga shifo ehson aylasin. Xastaligimga oid bir parcha sizga kelyapti. Padar va volidangizga ham mening tarafimdan dengki: "Tohiriy kabi qahramon bir shogirdni Risola-i Nurga yetishtirgan va u vosita bilan amallar daftarlariga doimo hasanot yozdirgan bir shogirdni bizga qardosh qilib bergan u muborak zotlar, inshaAlloh bu saodatni doimo davom ettiradilar. Dunyoning shisha parchalarini u olmoslardan ustun qo’ymaydilar. Ular xususiy duomizda doxildirlar."
Beshinchidan: Mujohidlarning ustozi va yigitlarning haqiqiy bir nasihatchisi va Risola-i Nurning xolis muxlis bir shogirdi bo’lgan Hasan Atif qardoshim! Sening uzun va ta'sirli va ahamiyatli maktubing ichidagi adibona, g’oyat nozik hissiyoting va senga maxsus latif ta'birlaring menga yoqdi. Qardoshim, bid'atchilarning va xudfurushlarning va mulhidlarning qarshi chiqishlaridan iztiroblaring, meni sening hisobingga iztirobga soldi. Bundan oldin sizga yozgan maktubim, inshaAlloh o’sha iztiroblarni ketkazadi. Risola-i Nurning maslagi esa: Vazifasini qiladi, Janobi Haqning vazifasiga qo’shilmaydi. Vazifasi, tablig’dir. Qabul qildirish, Janobi Haqning vazifasidir.
Ham, miqdorga ahamiyat berilmaydi. Sen o’sha atrofda birgina Atifni topsang, yuztani topgan kabidir. Xavotirlanma. Ham, mumkin bo’lgani qadar xorijdan kelgan kichik hujumlarga ahamiyat berma. Faqat ehtiyot bilan, bu tanballik mavsumi va g’aflat zamoni va tirikchilik dardi bandiligi zamonida, juz'iy bir mashg’uliyat ham ahamiyatlidir. Turg’unlik emas, muvaffaqiyatsiz mag’lubiyat yo’q! Risola-i Nurning har tarafda g’olibona fathlari bor.
Oltinchidan: Eski do’st va qardosh va Risola-i Nurning o’sha zamonda jiddiy bir talabasi va Isparta hayotimda menga go’zal xizmat bilan samimiy bir do’st va himmati uzun, qo’li qisqa aziz qardoshim Mehmed Jalol!
Seni o’sha vaqtdan beri unutmadim. Ko’p vaqt Risola-i Nur doirasida qalami bilan xizmat qilganlar ichida isming bilan hissador bo’layotgan eding. Sening yuksak iste'dodingni va oliyhimmatligingni Risola-i Nurda iste'mol qilishni orzu qilayotgan edim. Demak, tirikchilik dardi sizni bir daraja qayd ostiga oldi. Boshda muborak otang, uyingizda bo’lganlarga men ham salom aytaman. Va ayniqsa Mehmed Sayroniy Hayyotga ko’p salom bilan barobar; agar mening u yerda ekan taniganim va Xusrav tizimida deb o’ylaganim Mehmed Sayroniy bo’lsa, uning ming salomiga salom bilan javob berib; u Sayroniy u zamondan beri Risola-i Nurning bir juziga bahsi kirgani va o’chirilmagani kabi, xotiramda ham o’chirilmagan. Ko’p marta kutayotgan edimki; Sayroniy Xusravning orqasida yugurib ishlasin. Demak uni ham tirikchilik dardi bog’lagan.
Yettinchidan: Risola-i Nurning muhim arkonlaridan Halil Ibrohimning o’n to’rt yoshdagi avlodi ma'naviysi, Risola-i Nur doirasidagi ma'sum shogirdlarning doirasida inshaalloh ahamiyatli mavqe oladi. Va u kichik shaxsiyatda porloq, buyuk bir shogird ruhi ko’rinyapti. Maktubida bolalarcha gapirmagan; g’oyat mudaqqiqona buyuk bir olim kabi gapirishi bizni juda sevintirdi. Mashaalloh, barakalloh ayttirdi.
Sakkizinchidan: Avvalcha xabar olganingiz xastaligimga doir bir nuqson parcha, duolaringizga va o’tgan Ramazon kabi ma'naviy yordamlaringizga vasila bo’lish uchun u xastalik munosabati bilan yonimizga kelgan ba'zi zotlarga aytganim va nuqson qolgan bir ifodani yozyapman. Jumladan:
Holimni so’raganlarga dedimki: Ham nazar, ham arvohi g’ayri toyyiba jihatidan boshimga kelgan bu musibat, rahmati Ilohiya bilan o’n adaddan birga tushdi; to’qqiztasi ne'mat bo’ldi. Qolgan bittasi ham, to’qqizta manfaati bo’ldi:
Birinchi manfaati: Xastalikda har soat ibodatni to’qqiz soat ibodat hukmiga keltirdi.
Ikkinchi foydasi: O’n beshta Xasta Risolasini, tom zavq bilan tahrir qilish va bu xastalik zamonida xastalarga va muhtoj bo’lganlarga tez yetishtirishga sabab bo’ldi.
Uchinchi foydasi: Eski Saidni Yangi Saidga o’zgartirgan eski bir xastalik kabi, hozir ham, Risola-i Nurning porloq bir tarzda tarqalishi, Yangi Saidni ham dunyo bilan bir daraja aloqador qilgani jihat bilan, u holning zararidan qutulishga sabab bo’ldi.
To’rtinchisi: Bu muborak oylarda, juda ko’p ishtiyoq va ehtiyoj bilan ortiq uxroviy ishlarda bo’lish orzusi bilan barobar; mavsum va ba'zi sabablar jihati bilan muvaffaq bo’lolmasdan haddan ortiq xafa edim. Bu xastalik tom bu oylarga loyiq bir tarzda, xastalikdan kelgan ixlos va savob ko’pligi jihati bilan azim bir manfaati bo’ldi. Meni kunduzi tog’ va bog’larni aylanishdan man qilgani kabi; tungi uyqu va g’aflatdan qutqarib, kamoli tazarru va niyoz bilan kechalarni bedor o’tkazishga sabab bo’ldi.
Beshinchisi: O’tgan Ramazondagi xastalik kabi, bu xastalik ham fidokor qardoshlarimning shafqatlarini hayajonga keltirib, mening hisobimga uxroviy amallarining bir navi zakotini berish; noqis, qusurli sarmoyamni birdan o’nga, balki yuzga va mingga chiqarishga sabab bo’lishidir.
Oltinchi foydasi: Xastalarga yigirma besh davo-i iymoniy bergan risolaning dorilarini nafsimda tatbiq qilib, ayni haqiqat bo’lganini tasdiq qilib, asablardan kelgan ziyoda ta'sirchanligimdan qiymatsiz, foniy ishlarni keraksiz va xavotirli qayg’urishdan va foydasiz va zararli aloqadan bir daraja qutulishga sabab bo’lishidir.
Umum qardoshlar va opa-singillarimizga bir-bir salom aytgan va salomatliklari uchun duo qilgan va duolarini so’ragan qardoshingiz
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizga, xastalikning to’qqiz foydasidan qolgan uchtasini yozyapmanki, o’sha xastalikning bir mevasi sobiq arabcha ifodadir.
Yettinchi foydasi: Risola-i Nurning ahamiyatli bir shogirdining ahamiyatli bir xatosini ta'mir qilishidir. Hozircha bu ahamiyatli foydani izoh qilish munosib emas.
Sakkizinchi foydasi: G’oyat nozikdir, izoh qilinmaydi; faqat qisqa bir ishorat qilamiz: Qandayki Xusrav, yozgan Qur'onining foto nusxa bilan chop qilinishini qabul qilmasdan minglab jozibador Qur'onlar o’z xati bilan Olami Islomda tarqalishi bilan, qutbiyat darajasida bir martaba-i ulviyani va yuksak bir sharafi imtiyozni tashlab, Risola-i Nur doirasidagi sirri ixlosni muhofaza va nafsning zavqidan uzoqlashgan. Aynan shuning kabi: Bu xastalik ruhimda shunday bir inqilob qildiki; Risola-i Nurning porloq fathlarini mutashakkirona tomosha qilish va savobdorona, mujohidona, bir navi qo’mondon xizmatida bo’lishdan kelgan uxroviy zavqni va sharafni va dunyoda uxroviy mevasini ko’rsatgan xizmati iymoniyaning shaxsimga oid lazzatni va imtiyozni, u sirri ixlos uchun tashlash va qardoshlarimga havola qilish va ularning sharaf va zavqlari bilan qanoat qilishga nafsi ammoram ham rozi bo’lib, dunyoning bu uxroviy va go’zal yuzida ko’zini yumish va ajalni va mavtni farah bilan qarshilashga to’liq qabul qilishidir.
To’qqizinchi foydasi: Ko’pdan beri mening xususiy bir virdim va hech qalamga olinmagan va maslagimizning to’rt asosidan eng buyuk asosi bo’lgan shukrning eng keng va eng yuksak martabasini qamragan va menda ko’p marta moddiy va ma'naviy xastaliklarning bir navi shifosi bo’lgan va ismi a'zam va basmala bilan to’qqizta eng buyuk oyatlarni ichiga olgan va o’n to’qqiz marta shukr va hamdni a'zamiy bir tarzda ifoda bilan, tahmidotning adadlari bilan u ashyoning lisoni holi bilan qilganlari hamdu sanoni niyat qilib, u hadsiz hamdlarning yig’indisini o’z hamdlari ichiga olib azamatli va keng bir tahmidnoma va tashakkurnoma bo’lgan va Sakinadagi oltita ismning muazzam yangi bir darsini izhor qilishga sabab bo’lishidir.
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz va barotlarini tabriklaymiz.
***
(Ibrat va hayratga sabab bir hodisa)
Risola-i Nurning muhim arkonlaridan bir zot yozyaptiki: "Adapazari zilzilasining ayni kunida, zilziladan bir necha soat avval, umumiy va hammaga ko’rsatish uchun, bir katta teatr tashkil qilinishi bilan va o’yinchi qizlardan to’rtta chiroylisini yarim yalang’och bo’lib dabdaba bilan bozor va rastalar aro kezdirib, o’sha jozibadorlarga berilib teatr binosida to’plangan ming kishidan ortiq tomoshabinlar, o’yin boshlarkan, birdaniga arz kamoli hiddat va g’azab bilan ularning hayosiz yuzlarini dahshatli ta'zirladi, mahv qilib chil-parchin qildi. Va u binoni haq bilan yakson ayladi." Men dunyoning bu kabi hodisalaridan ikki yildir hech xabarim yo’q edi, qaramayotgan edim. Faqat bu kunlarda ham Xusrav va ham qahramon Chalabiy zilziladan xabar berishlari; va Xusrav va rafiqlarining qanoati bilan, Ispartaning shovqinli zilzilasi, qarshisida Risola-i Nurni kuchli bir qalqon sifatida topishi bilan hech bir zarar bermasligi; va Risola-i Nurga qarshi chiqqan bir domlaning barcha hosillarini mahv qilgan do’l o’sha e'tirozchiga xos qolishi, boshqasiga tegilmasligi bir daraja qanoat beradiki; aksar viloyatlarga kirgan va Adapazarga kirmagan Risola-i Nurning ahamiyatli bir asosi bo’lgan tasattur ramzini bu daraja ochiq xoinligi bilan, Risola-i Nur ularning yordamlariga yugurmagan deb, faqat bu hodisaga qaradim.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Risola-i Nur dunyo ishlariga vosita bo’lolmaydi, dunyo ishlariga qalqon qilinmaydi. Chunki, ahamiyatli bir ibodati tafakkuriya bo’lish jihati bilan, dunyoviy maqsadlar u bilan qasddan istanilmayli, istanilsa ixlos sinadi, u ahamiyatli ibodat shakli o’zgaradi. Ya'ni, bolalar kabi, urushgan vaqtlari Qur'onni boshiga qalqon qiladi. Boshiga kelgan zarar Qur'onga kelgani kabi; Risola-i Nur bunday qaysar dushmanlarga qarshi qalqon qilinmasligi kerak. Ha, Risola-i Nurga qarshi chiqqanlar ta'zirlar yeydilar, yuzlab voqealar guvohdir. Faqat Risola-i Nur ta'zirlarda iste'mol qilinmaydi hamda niyat va qasd bilan ta'zirlar kelmaydi. Chunki sirri ixlos va sirri ubudiyatga ziddir. Bizlar bizga zulm qilganlarni, bizni himoya qilgan va Risola-i Nurda ishlattirgan Robbimizga havola qilamiz.
Ha, dunyoga oid hayratomuz natijalar ba'zi ahamiyatli virdlar kabi, Risola-i Nurda ko’p bo’ladi. Lekin ular istanilmaydi, balki beriladi. Asl sabab bo’lolmaydi, bir foyda bo’lishi mumkin. Agar istash bilan bo’lsa, asl sabab bo’ladi, ixlosni sindiradi, u ibodatni qisman yo’qotadi. Tez bu hodisani bostiring. Bo’lmasa munofiqlar istifoda qiladilar, balki ularning qo’li bor.
Ha, Risola-i Nurning shu qadar dahshatli qaysarlarga qarshi g’olibona qarshilik ko’rsatishi, sirri ixlosdan va hech bir narsaga vosita qilinmasligidan va to’g’ridan to’g’ri saodati abadiyaga qarashidan va xizmati iymoniyadan boshqa bir maqsad ta'qib qilmasligidan va ba'zi ahli tariqat ahamiyat bergan kashf va karomati shaxsiyaga ahamiyat bermaslikdan va valoyati kubro sohiblari bo’lgan Sahobiylar kabi, nubuvvat vorisligi sirri bilan, yolg’iz iymon nurlarini nashr qilish va ahli iymonning iymonlarini qutqarishdir.
Ha, Risola-i Nur bu dahshatli zamonda qozontirgan ikki muhaqqaq natijasi hamma narsadan ustundir, boshqa narsalarga va maqomlarga ehtiyoj qoldirmaydi.
Birinchi natijasi: Sadoqat va qanoat bilan Risola-i Nur doirasiga kirgan, iymon bilan qabrga kirishiga g’oyat quvvatli dalillar bor.
Ikkinchi natijasi: Risola-i Nur doirasida, ixtiyorimiz bo’lmasdan, xabarimiz yo’q ekan qaror topgan va sodir bo’lgan shirkati ma'naviya-i uxroviya jihati bilan, har bir haqiqiy sodiq shogirdi; minglab tillar bilan, qalblar bilan duo qilish, istig’for aytish, ibodat qilish va ba'zi malaklar kabi qirq ming lison bilan tasbeh aytishdir. Va Ramazoni Sharifdagi haqiqati Layla-i Qadr kabi qudsiy va ulviy haqiqatlarni yuz ming qo’l bilan qidirishdir. Xullas, bu kabi natija uchundirki; Risola-i Nur shogirdlari xizmati nuriyani valiylik maqomidan ustun qo’yadilar; kashfu karomatni qidirmaydilar; va oxirat mevalarini dunyoda uzishga urinmaydilar; va vazifa-i Ilohiya bo’lgan muvaffaqiyat va xalqqa qabul qildirish va rivoj berish va g’alaba qildirish va haqdor bo’lgan shonu sharaf va zavqlar va inoyatlarga savozor qilish kabi o’z vazifalarining xorijida bo’lgan narsalarga qo’shilmaydilar va harakatlarini ularga bino qilmaydilar. Xolisan, muxlisan xizmat qiladilar, "Vazifamiz xizmatdir. U yetadi" deydilar.
Va ikkinchidan: Saksondan ortiq yil qiymatida bo’lgan va Ramazoni Sharifning majmuida yashiringan haqiqati Layla-i Qadrni qozonish uchun, Risola-i Nur shogirdlarining shirkati ma'naviya-i uxroviyalari taqozosicha, har biri mutakallimi maalg’ayr negizi bilan اَجِرْنَا اِرْحَمْنَا وَاغْفِرْلَنَا kabi ta'birlarda "biz" degan vaqtlari, Riola-i Nurning sodiq shogirdlarini niyat qilishlari kerak. Toki har bir shogird umumning nomiga murojaat qilib harakat qilsin. Va bu bechora va oz ishlay olgan va haddidan ko’p ortiq xizmat undan kutilgan bu qardoshingizga o’sha yaxshi gumonlarni xato chiqarmaslik uchun, o’tgan Ramazon kabi yordamingizni iltimos qilaman.
***
(Birdan xotirga kelgan bir masala)
Har narsada, har musibatda, xususan bashar qo’li bilan kelgan zulmli musibatlarda, Risola-i Qadarda bayon qilingani kabi, ikkita sabab bor:
Biri: Zohiran sabablarga qaragan bashardir.
Boshqasi: Qadari Ilohiydir. Bashar zohiriy sabablarga qaraydi, ba'zan xato qiladi, zulm qiladi. Faqat qadar boshqa nuqtalarga qaraydi, adolat qiladi. Xullas, bu kunlarda alamli bir xavotir bilan Risola-i Nur doirasiga aloqador bo’lgan uch masala adolati qadariya nuqtasida ma'naviy savolga javoban eslatildi.
Birinchi Savol: Nima uchun fidokor, yuksak bir shafqatni tashigan volida; bu zamonda valadining molidan me'ros olishidan mahrum qilindi? Qadar izn berdi?
Kelgan javob shu: Volidalar bu asrda, bir emlash suratida shafqatlarini xato bir tarzda sarf etishlaridirki; bolam shon, sharaf, maqom, mansab qozonsin deb bor quvvatlari bilan farzandlarini dunyoga, maktablarga yuboryaptilar. Hatto dindor ham bo’lsa, Qur'oniy ilmlarni o’qishdan tortib dunyo bilan bog’laydilar. Xullas, bu shafqatning bu xatosidan, qadar bu mahrumiyatga mahkum qildi.
Ikkinchi savol: Risola-i Nur bilan munosabatdor ba'zi zotlarga achindim. "Nima uchun padarining molidan haqqi uchdan ikki qism ekan, u haqdan qisman mahrumiyatga qadari Ilohiy nima uchun izn berdi?"
Kelgan javob: Shu asrda shunday ajib bir emlash bilan, ota-onasiga hurmat hamda padar va volidasining shafqatlariga muqobil qayd va shartsiz kamoli hurmat va itoat lozim ekan; aksariyat bilan u haqiqiy hurmat va itoat buzilganidan, uchdan ikki qism olishdan zulman mahrum qilindilar. Qadar ularning qusuriga binoan izn berdi. Qizlar esa; garchi boshqa jihatlarda qusurlari ko’p, faqat zaifliklariga binoan, himoyatkor va shafqatkor qo’llarga ziyoda muhtoj bo’lganliklaridan hurmatlarini, padar va volidalariga qarshi ehtiyojlarini hassoslik bilan bir jihatda ziyodalashtirganliklaridan, basharning zolim qo’li bilan, qardoshlarining qisman haqlarini vaqtinchalik ularga berishga izn berdi.
Uchinchi savol: Ba'zi dindor zotlarning dunyodor ayollari yuzidan ziyoda mashaqqat chekishlarining sababi nima? Bu atrofda bu kabi hodisalar ko’p.
Kelgan javob: U dindor zotlar, diyonatlarining taqozosi, bunday ayollar hurriyati zamonida unday erkin ayollarning vositasi bilan dunyoga kirishlari xatolaridan, o’sha ayollarning qo’li bilan ta'zir yeyishlariga qadar izn berdi. Qolgani bir muborak xonimning shuursiz aralashuvi bilan ortda qoldi.
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Bu muborak Ramazoni Sharifdagi duolar, ixlos bo’lish sharti bilan, inshaAlloh maqbuldir. Faqat afsuski, aksariyatcha Risola-i Nur shogirdlarning nazarlarini dunyoga o’girish va huzuri qalbni buzish uchun ba'zi hujumlar sababli o’sha ixlos, o’sha huzuri tom bir daraja ziyon ko’radi. Xavotirlanmang, hamma narsani Janobi Haqqa havola qilib unday hujumlarga ahamiyat bermang. Atifga ham yozing, xavotirlanmasin va xafa bo’lmasin. U ham bir qazo-i ilohiydir. InshaAlloh, Sava Hofiz Mehmedning hodisasi kabi, Risola-i Nur tomon qaytadi.
{(Hoshiya) Atif bilan tortishgan va hujum qilgan tariqatchi muftiy va taassubli voiz va domla va ahli tariqat, ahamiyatli ahli ilm va tariqat, bu tortishuvda, eng oxirgi pardasi tizim hisobiga va tarafgirligiga va himoyasiga tayanib, Atif mudofaa qilgan sunnati saniya maslagiga hujum suratiga kirganini; va Risola-i Nurga qarshi chiqqan, bilib turib yoki bilmasdan zindiqoga yordam berganiga bir dalil, bu dafa adliya tomonidan mendan so’radilarki:
Kurd Atif tizimga qarshi harakat qilyapti. Demak unga qarshi bo’lganlar tizimga tayandilar.
Men ham dedim: Tizimni rad qilish na vazifamizdir, na quvvatimiz bor va na o’ylayapmiz va na Risola-i Nur izn beryapti. Faqat biz qabul qilmayapmiz, amal qilmayapmiz, istamayapmiz. Rad boshqa, qabul qilmaslik boshqadir, amal etmaslik yana boshqadir. Hazrati Umarning (r.a.) taxti hukmida, qonuni adolati shar'iyasini rad qilmagan va qarshi chiqmagan Yahudiylarga, Nasroniylarga tegilmas edilar. Demak, qabul qilmaslik, tasdiq qilmaslik, idora jihatidan bir ayb tashkil qilmaydiki; u tur muxoliflar va munkirlar, eng quvvatli podshohlarning idorasi va siyosati ostida bo’lganlar. Xullas, bu nuqta-i nazardan, Risola-i Nurning shogirdlaridan eng mudhish bir muxolif va tizim muassisini la'natlasa ham, amalda idoraga qarshi chiqmasa, uning mafkurasiga qonunan tegilinmaydi. Hurriyati vijdon va hurriyati fikr ularni oqlaydi.}
Ham Atifning porloq xizmati to’xtab qolishi
{(Hoshiya1) Hozir olgan xabarimiz: Denizli voliysi, ahamiyatli bir kalit so’z bilan bu yer hokimiga, Atif masalasini kattalashtirib kalit so’z yozgan. Hofizi Haqiqiyning hifziga tayanib xavotirlanmang, faqat ehtiyot qiling. Qamalgan Atif va do’stlariga tasalli beringlar. Va xavotirlanmasinlar, Alloh Karimdir va Rahiymdir.}
va orqa ketishi; va marhum Mehmed Zuhdu Badaviyning yuksak va keng xizmatining pardalanishini o’ylashi meni ziyoda mahzun qilgan hangomda, qo’limga bir maktub berildi. U maktub o’sha xavotirimni ketkazdi. Risola-i Nur xizmatida bir eshik yopilsa, yanada muhim eshiklar ochiladi, degan qoida yana hukmini ijro qildiki; Sabri kabi Risola-i Nurning g’oyat buyuk bir ruknining katta amakisi va Risola-i Nurning bir qahramoni bo’lgan Tohiriyning yaznasi va Risola-i Nurning saffi avvalida va shogirdlarining boshida bir zamon nozirlik vazifasini bajargan va hozirga qadar ham Risola-i Nur haqida qalbini buzmagan Katta Hofiz Zuhduning samimiy kamoli sadoqat va ixlosni ko’rsatgan maktubi bilan; va Xulusi-i Solis Abdulloh Chovushning hoshiyasida tasdiq bilan, bu eski va yangi g’ayratli qardoshimiz Katta Zuhdu, rasmiyatga qaramasdan, Risola-i Nurning muhim vazifalaridan bo’lgan ma'sumlarga Qur'on darsini berish bilan ko’rsatildiki, marhum Zuhdu Badaviy o’rniga bu Katta Zuhduni yangi beryapti. Va Atifning to’xtab qolishi o’rniga, bu mudaqqiq va muqtadir va xatib Katta Hofiz Zuhduni faoliyatga keltirdi. Janobi Haqqa shukr qilamiz. Bugundan e'tiboran, Risola-i Nurning xos shogirdlari ichida shirkati ma'naviya-i Nuriyadan hissador bo’lishini va ismi bilan duoga kirganini salomim bilan barobar yetkazinglar.
***
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ اَلْحَمْدُ لِلَّهِ عَلَى نَعْمَائِهِ
Risola-i Nurning karomat silsilalaridan Mo’'jizoti Ahmadiya va karomatli Yigirma To’qqizinchi So’z va Ishorot-ul I'jozning himoyakorona va mo’'jizona yangi bir karomatlari shudirki: Bu Ramazoni Sharifning boshida doktorning xabari bilan va quvvatli alomatlarning dalolati bilan va birdan harorat qirq darajadan o’tishi bilan ayon bo’lgan, zaharlashdan kelgan shiddatli xastalik hangomida, qardoshimiz Atifning chumoli kabi hodisasini xorij valiylar fil qilib, bu yerning ham adliya, ham zobita, ham viloyatga kalit so’zlar bilan Risola-i Nurga qarshi chorlangan ayni zamonda, ikki soat avval, Mo’'jizoti Ahmadiya Istanbuldan yugurib yordamga kelgan. Stolda ekan, Yigirma To’qqizinchi So’z va karomatli Ishorot-ul I'joz Tosya tumanidan yordamga kelganday, ayni vaqtda zarrin jildlari bilan stol ustida turarkan, ularning musodara xavotiri va ellikdan ziyod boshqa risolalarning ham namozsiz qo’llarning qaydiga o’tish ehtimoli va shiddatli xastalikning gapirtirmaslik vaziyati bilan barobar; Risola-i Nurning o’sha uchta karomatli risolalari shunday hayratomuz bir himoya va muhofazaga vasila va u zaharlantirishga zaharga qarshi darmon va taryoq bo’ldiki, bu holdan xabardor bo’lgan bizlar hozir ham hayratdamiz. Go’yo hech bir xastalik bo’lmaganday, g’oyat quvvatli, ham shiddatli ta'zirlar urib, u dushmanlik vaziyati do’stlikka aylantirildi.
Ham adliyaning katta ma'murlari va qidiruv inspektorlari, shiddatli qidiruv va musodara uchun kelganlari holda; ellikdan ziyoda kitoblardan hech biriga qo’l uzatmasdan, faqat o’sha risolalarning karomatlarini qisman tinglab ularning ma'naviy himoyasi ostida risolalar muhofaza qilindi. Faqat Mudofaalar va O’n Oltinchi Maktub va Ramazoniya Risolasini mutolaa qilish uchun biz berdik. Uchinchi kunda, yanada shiddatli qidiruv va tintuv qilish, zobitaning siyosiy inspektori bir qidiruv inspektori bilan kelgan vaqtdan ikki-uch soat avval, uchta karomatli risolalarning qo’mondonligida butun risolalar o’zlarini qo’llarga bermaslik uchun o’rtada ko’rinmadilar. Butun ikki soat o’sha qidiruv natijasida, Anqaradan kelgan bir Ramazon tabrigi bilan, bir Ramazoniya Risolasini qo’lga kiritdilar. Mutolaadan so’ng qaytarib berish va'dasi bilan oldilar. Barcha bu hollar yuksakda turgan Mo’'jizotli Qur'oni Azimushshon bilan barobar, i'jozli Hizbi Qur'oniyning nusxalari va Hizbi Nuriyning risolalari bu hayratomuz vaziyatni ko’rsatdilar. Janobi Haqqa ularning harflari adadicha va shahri Ramazonning daqiqalarining ashiralari sanog’icha hamdu sano aytamiz. Alhamdulillahi a'la kulli hal.
Ham xastalikdan kelgan g’am va Atifning hodisasi bilan qalbimga kelgan alam va ularga achinish va Ispartaga siroyat qilish xavotiridan kelib chiqqan aziyat va bu muborak shaharda Risola-i Nurning "Sirran tanavvarot" pardasi ostiga kirishi va uchinchi kunda o’sha ikkita qidiruvdan so’ng, oqshomga qadar kelgan va ketganlarning doimiy ravishda kuzatilishi va Aminning uyi ham bir narsa topilmasdan tintuv qilinishi jihati bilan ziyoda iztirobli va alamzada ekan; Janobi Arhamurrohimiynning rahmati bilan, hozirga qadar davom qilgan inoyati Ilohiya himoyasi va rizo, taslim, tavakkal va ixlos bergan tasalli barcha o’sha aziyat bergan narsalarni natijasiz qoldirdi.
Kamoli faroh va istirohat bilan "Ko’raylik Mavlo naylar. Naylarsa go’zal aylar" deb, kamoli taslimiyat bilan xotirjam bo’ldik. Siz ham shunday bo’ling, sustlik qilman
Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.
Xastalik davom qilyapti, faqat bardosh xorijida emas. U musibat ham Risola-i Nurning porloq nashriyotiga to’xtashlik berish uchun edi.