Risale-i Nur · Oʻzbekcha

Ishorot-ul I'joz

Kitobni ochish ↗

indeks

Risola-i Nur Kulliyotidan

ISHOROT-UL I'JOZ

Muallifi

Badiuzzamon Said Nursiy

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَ بِه۪ نَسْتَع۪ينُ

Tanbeh:

Ishorot-ul I'joz Tafsiri eski Harbi Umumiyning birinchi yilida, jabha-i harbda, ma'hazsiz va kitob mavjud bo’lmagani holda ta'lif qilingan. Harb zamonining zaruratidan boshqa, to’rt sababga binoan g’oyat muxtasar va ijozli bir tarzda yozilgan; Fotiha va nisfi avval yanada mujmal, yanada muxtasar qolgan.

Avvalo: U zamon izohga muso'ada etmas edi. Eski Said ijozli va qisqa ta'birot bilan ifoda-i marom etgan edi.

Soniyan: G’oyat zakiy bo’lgan o’z talabalarining daraja-i fahmlarini o’ylar edi, boshqalarning tushunishlarini hisobga olmagan edi.

Solisan: Eski Said, eng daqiq va eng nozik bo’lgan nazmi Qur'ondagi ijozli bo’lgan i'jozni bayon qilgani uchun, qisqa va nafis chiqqan. Faqat hozir Yangi Said nazari bilan mutolaa etdim. Haqiqatdan, Eski Saidning butun xatioti bilan barobar, bu tafsirdagi tadqiqoti oliyasi uning bir shoh asaridir. Yozgan vaqti doimo shahid bo’lishga tayyorlangani uchun, xolis bir niyat bilan va balog’atning qonunlariga va ulumi Arabiyaning dasturlariga tatbiq qilib yozgani uchun, hech birini rad qilolmadim. Balki Janobi Haq bu asarni unga kafforati zunub qiladi va bu tafsirni ham to’liq tushunadigan odamlarni yetishtiradi inshaalloh.

Agar Birinchi Harbi Umumiy kabi monelar bo’lmasaydi, tafsirning bu birinchi jildi, i'joz vujuhidan bo’lgan i'jozi nazmiyni bayon qilgani kabi, boshqa juzlar va maktublar ham mutafarriq haqoiqi tafsiriyani ichiga olsaydi, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonga go’zal bir tafsiri jome' bo’lardi. Balki inshaalloh, shu juzi tafsir va oltmish olti adad, balki bir yuz o’ttiz adad "So’zlar" va "Maktubot" Risolalari bilan barobar ma'haz bo’lsa, kelajakda baxtiyor bir hay'at shunday bir tafsiri Qur'oniy yozar, inshaalloh...

Said Nursıy

Hoshiya:

Bu horiqo tafsirda, munofiqlar haqida bo’lgan o’n ikki oyat bilan muannid kofirlar uchun bo’lgan ikki oyatning izohot va tafsilotining ichida ko’p munosaboti balog’atni ko’plar tushunmaydigan va istifoda qilmaydigan ahamiyatsiz nuktalarning zikr qilinishining sirri va boshqa oyatlardagi tahqiqga va izohga muxolif bo’lib mohiyati kufriyaning tafsilotiga va ahli nifoq tamassuk etgan shubhalariga juda oz to’xtalib o’tilishining hikmati va yolg’iz alfazi Qur'oniyaning nozik ishorot va dalolatlarining ahamiyat bilan bayon qilinishining sababi uch nuktadir:

Birinchi Nukta: Bidoyati zuhuri Islomiyatda muannid va kitobsiz kofirlarning va nifoqqa kirgan eski dinlarning munofiqlari kabi, aynan bu zamoni oxirda bir nazirasi chiqishini, darsi Qur'oniydan kelgan bir sunuhot bilan Eski Said his qilgan. Munofiqlar haqidagi oyatlarni izoh bilan eng nozik nuktalarni bayon qilgan, faqat mutolaachilarning zehnini bulg’atmaslik uchun mohiyati maslaklarini va istinod nuqtalarini mujmal qoldirgan, izoh qilmagan. Zotan Risola-i Nurning maslagi shuki; zehnlarda bir iz qoldirmaslik uchun, boshqa ulamoga muxolif bo’lib, muorizlarning shubhalarini zikr qilmasdan shunday bir javob beradiki, ortiq vahm va vasvasaga yer qolmaydi. Eski Said bu tafsirda, Risola-i Nur kabi, zehnlarni bulg’atmaslik uchun, yolg’iz balog’at nuqtasida lafzning dalolatiga va ishorotiga ahamiyat bergan.

Ikkinchi Nukta: Modomiki Qur'oni Hakimning har harfining o’qilganda shunday bir qiymati bo’ladiki; bir harf o’n, yuz, ming va minglab savobni va boqiy meva-i uxroviyni beradigan mohiyatdadir; albatta Eski Saidning bu tafsirida bir soch kabi, bir zarra kabi, Qur'onning kalimotiga aloqador bo’lgan nuktalarni izoh qilishi isrof emas, ahamiyatsiz emas. Balki qovoqlarning kipriklari va balki ko’z qorachig’ining zarralari kabi qiymatli bo’lganini his qilganki, u dahshatli harb ichida bu nozikkina tola kabi munosabatlarni yozishdan va o’ylashdan, ovchi xattida dushman o’qlari uni chalg’itmagan, undan voz kechirmagan.

{(Hoshiya) Ajabo, bunday bir odam, hech mumkinmidirki; dinni siyosatga, dunyoga vosita qilsin. Bu ittihomni qilganlarning qay daraja adolatdan xorij bir zulm qilganlari anglashiladi.

Nur Talabalaridan Zubayr, Bayram}

Uchinchi Nukta: Turkchaga tarjimasi Arabchadagi jazolat, balog’at va horiqo qiymatini muhofaza qilolmagan. Ba'zan esa muxtasar ketgan. Inshaalloh Arabcha tafsir bu tarjimaning oxirida bir mone bo’lmasa nashr qilinadi, tarjimadagi nuqsonlarini izola qiladi. Faqat Arabcha tafsirda tavofuqning anvo'idan ko’p horiqolar bor, bashar ixtiyori qo’shilmagan. Shuning uchun u matbu'ning ayni tarzida -imkoni bo’lsa- mumkin bo’lgan qadar harakat qilish lozimki, alomati maqbuliyat bo’lgan u horiqolar yo’qolmasin.

Said Nursiy

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Qirq yil avval Harbi Umumiyda, jabhada ovchi xattida ba'zan ot ustida ta'lif qilingan bu Ishorot-ul I'joz Tafsirining bir qismini Ustozimizdan dars oldik. Ilmi Balog’atni va qavoidi Arabiyani bilmaganimiz holda, olgan darsimiz bilan bundagi bir sirri azimni fahm ettikki, bu Ishorot-ul I'joz Tafsiri haqiqatdan horiqodir. Bu Tafsir Qur'onning vujuhi i'jozidan yolg’iz nazmidagi i'jozni horiqo bir tarzda ko’rsatishi munosabati bilan to’rt nuqtani bayon qilamiz:

Birinchisi: Modomiki Qur'on kalomullohdir; umum asrlar ustida va orqasida o’tirgan muxtalif tabaqa-tabaqa bo’lib safga tortilgan butun navi basharga xitob qiladi, dars beradi. Ham bu koinot Xoliqi Zuljalolining kalomi bo’lib Rububiyatning eng yuksak martabasidan chiqib, bu minglab muxtalif tabaqa muxotoblar bilan gapiradi, umumining butun savollariga va ehtiyojlariga javob beradi; albatta ma'nolari kulliy va umumiydir. Bashar kalomi kabi maxsus bir zamonga, muayyan bir toifaga va juz'iy bir ma'noga inhisor etmaydi. Butun jin va insning minglab muxtalif tabaqada bo’lgan afkor va uqul va qulub va arvohining har birisiga loyiq g’idolarni beradi, tarqatadi.

Ikkinchisi: Kalomi Azaliydan kelgan va butun asrlarni va butun tavoifi navi basharni muxotob ittihoz etgan Qur'oni Hakimning g’oyat kulliy ma'nolarining, javharlarining sadafi hukmida bo’lgan lafzi Qur'oniy, albatta kulliydir. Yolg’iz qiroatida har bir harfining o’n, yuz, ming va minglab va ayyomi muborakada o’ttiz mingga qadar savobi uxroviy va meva-i Jannat bergan hurufi Qur'oniyaning har birida mavjudiyati qat'iy bo’lgan i'jozning bir qismini bu tafsirda ko’rdik.

Uchinchisi: Bir narsaning husn va jamoli u narsaning majmuida ko’rinadi. Juzlarga ayrilgan vaqt, majmuida ko’ringan husn va jamol parchalarida ko’rinmaydi. U narsaning umumida tazohur etgan naqsh va go’zallik har bir qismida qidirilmaydi. Ko’rinmagan vaqt, ko’rinmasligi uning sababi qusuri tavahhum etilmaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, Qur'oni Hakimning sura va oyatlarida ko’ringan mo’'jiza-i nazm, hay'at va holat e'tibori bilan tahlil etilgan vaqt, boshqa bir tarzda yana o’zini ahli tadqiqqa ko’rsatadi. Xullas, bu Ishorot-ul I'joz Arabcha Tafsiri, i'jozi Qur'oniyning yetti manbaidan bir manbai bo’lgan nazmidagi jazolatni eng nozik asroriga qadar bayon va izoh qiladi. Qur'oni Hakimning o’n, yuz, ming va minglab va ayyomi muborakada o’ttiz mingga qadar samara-i uxroviy bergan hurufotining har biriga oid, Ishorot-ul I'jozning a'zamiy ihtimom bilan ulardagi i'jozni ko’rsatishga harakat qilishi, albatta isrof emas, ayni haqiqatdir.

To’rtinchisi: Qur'oni Hakimning Kalomi Azaliydan kelgani va butun asrlardagi butun tabaqoti basharga xitob qilishi e'tibori bilan, ma'nosida bir jome'iyat va kulliyati horiqo bordir. Insondagi aql va lison kabi, bir onda yolg’iz bir masalani o’ylash va yolg’iz bir lafzni aytish kabi juz'iy emas, ko’z kabi qamrovli bir nazarga sohib bo’lish kabi, Kalomi Azaliy ham butun zamonni va butun toifa-i insoniyani nazarga olgan bir kulliyatda bir kalomi ilohiydir. Albatta Uning ma'nosi, bashar kalomi kabi juz'iy bir ma'noga va xusisiy bir maqsadga munxasir emas. Bu sababdan, butun tafsirlarda ko’ringan va sarohat, ishorat, ramz, imo, talvih, talmih kabi tabaqalar bilan mufassiriyn bayon qilgan ma'nolar, qavoidi Arabiyaga va usuli nahvga va usuli dinga muxolif bo’lmaslik sharti bilan, u ma'nolar u kalomdan bizzot muroddir, maqsuddir.

Tohiriy, Zubayr, Sungur, Ziyo, Jaylon, Bayram

Ifodat-ul Marom

Qur'oni Azimushshon butun zamonlarda kelib o’tgan navi basharning tabaqalariga, millatlariga va kishilariga xitoban Arshi A'lodan irod etilgan Ilohiy va shumulli bir nutq va umumiy, Rabboniy bir xitoba bo’lgani kabi; bilinishi, bir kishining yoki kichik bir jamoatning iqtidoridan xorij bo’lgan va ayniqsa bu zamonda, dunyo moddiyotiga oid juda ko’p fanlarni va ilmlarni o’zida jamlagan.

Bu e'tibor bilan zamon jihatidan, makon jihatidan, ixtisos jihatidan doira-i ihotasi juda tor bo’lgan bir kishining fahmidan va qorihasidan chiqqan bir tafsir, bihaqqin Qur'oni Azimushshonga tafsir bo’lolmaydi. Chunki Qur'onning xitobiga muxotob bo’lgan millatlarning, insonlarning ahvoli ruhiyalariga va moddiyotlariga, jome' bo’lgan nozik fanlarga, ilmlarga bir kishi voqif va sohibi ixtisos bo’lolmaski, unga ko’ra bir tafsir qila olsin. Ham bir kishining maslagi va mashrabi taassubdan xoli bo’lolmaski, haqoiqi Qur'oniyani ko’rsin, betarafona bayon qilsin. Ham bir kishining fahmidan chiqqan bir da'vo unga xos bo’lib, boshqasi u da'voning qabuliga da'vat qilinolmaydi. Agarki bir turdagi ijmo'ning tasdiqiga mazhar bo’lsa.

Shu sababli Qur'onning nozik ma'nolarining va tafsirlarda tarqoq bir suratda bo’lgan mahosinining va zamonning tajribasi bilan fanning kashfi soyasida tajalliy etgan haqiqatlarining tasbiti bilan, bir tafsir har biri bir necha fanda mutaxassis bo’lgan muhaqqiqiyni ulamodan yuksak bir hay'atning tadqiqoti bilan, tahqiqoti bilan qilinishi lozim. Haqiqatdan, qonuniy hukmlarning tanzim va ittirodi bir kishining fikridan emas, yuksak bir hay'atning nazari diqqat va tadqiqotidan o’tishi lozimki, umumiy bir amniyatni va jumhuri nosning e'timodini qozonish uchun millatga qarshi bir kafolati zimniya maydonga kelsin; va ijmo'-i millat hujjatni qo’lga kirita olsin.

Ha, Qur'oni Azimushshonning mufassiri yuksak bir daho sohibi va nafiz bir ijtihodga molik va bir valoyati komilaga ega bir zot bo’lishi kerak. Ayniqsa bu zamonlarda bu shartlar faqatgina yuksak va azim bir hay'atning tasonudi bilan va u hay'atning talohuqi afkoridan va ruhlarining tanosubi bilan bir-biriga yordam berishidan va hurriyati fikrlaridan va taassublaridan ozoda bo’lib tom ixloslaridan tug’ilgan dohiy bir shaxsi ma'naviyda bo’ladi. Xullas, Qur'onni faqat shunday bir shaxsi ma'naviy tafsir qila oladi. Chunki "Juzda bo’lmagan kullda bo’ladi" qoidasiga binoan, har kishida bo’lmagan bu kabi shartlar hay'atda bo’ladi. Bunday bir hay'atning zuhurini ko’pdan beri kutarkan, hissi qoblal vuqu' turidan bo’lib, mamlakatni buzib yondiradigan buyuk bir zilzilaning arafasida bo’lganimiz zehnga keldi.

{(Hoshiya1) Ha, Vanda Xorxor Madrasamizning tomida asnoyi darsda buyuk bir zilzilaning kelayotganini aytdi. Haqiqatdan aytgani kabi, oz bir zamon so’ngra Harbi Umumiy boshlandi.

Hamza, Mahmad Shafiq, Mahmad Mihri}

"Bir narsa butunicha qo’lga kiritilmagan taqdirda u narsani tamomila tark qilish joiz emas" qoidasiga binoan, ojizligim va qusurim bilan barobar; Qur'onning ba'zi haqiqatlari bilan nazmidagi i'joziga doir ba'zi ishoratlarni bir o’zim qayd qilishni boshladim. Faqat Birinchi Harbi Umumiyning o’t olishi bilan Erzurumning Pasinlarning tog’ va daralariga tushdik. U qiyomatlarda, u tog’ va tepalarda fursat topish bilan, qalbimga kelganlarni, bir-biriga mos kelmagan iboralar bilan u dahshatli va muxtalif hollarda yozar edim. U zamonlarda, u kabi yerlarda, murojaat qilinadigan tafsirlarning, kitoblarning bo’lishi mumkin bo’lmaganidan; yozganlarim yolg’iz sunuhoti qalbiyamdan iborat qoldi. Shu sunuhotim agar tafsirlarga muvofiq bo’lsa, nurun ala nur; shoyat muxolif jihatlari bo’lsa, mening qusurlarimga isnod qilinishi mumkin. Ha, tasxixga muhtoj yerlari bor, faqat xatti harbda buyuk bir ixlos bilan, shahidlar orasida yozilib kiydirilgan u yirtiq iboralarning tabdiliga (shahidlarning qon va kiyimlarining tabdiliga ruxsat berilmagani kabi) ruxsat berolmadim va qalbim rozi bo’lmadi. Hozir ham rozi emas, chunki u zamondagi ixlos va xulusni hozir topolmayapman.

{(Hoshiya2) Yangi Said Risola-i Nurdagi haqiqiy ixlos bilan yana u ixlosni topdi. Yangi Said ayni ixlos bilan qaradi, tasxix yerini topolmadi. Demak, sunuhoti Qur'oniya bo’lganidan, i'jozi Qur'oniya uni xatolardan himoya qilgan.

Nur Talabalari}

Shu bilan birgalikda, qalamga olganim shu Ishorot-ul I'joz nomli asarimni haqiqiy bir tafsir niyati bilan qilmadim; faqat ulamo-i Islomdan ahli tahqiqning taqdirlariga mazhar bo’lgan taqdirda, uzoq bir istiqbolda qilinadigan yuksak bir tafsirga bir o’rnak va bir ma'haz bo’lish uchun u zamonlarning insonlariga bir tuhfa maqsadi bilan qildim.

Said Nursiy

Qur'on Nedir? Ta'rifi Qandaydir?

Qur'on:

Shu kitobi kabiri koinotning bir tarjima-i azaliyasi.. va oyoti takviniyani o’qigan mutanavvi' tillarining tarjiymoni abadiysi.. va shu olami g’ayb va shahodat kitobining mufassiri.. va zaminda va ko’kda yashirin asmo-i Ilohiyaning ma'naviy xazinalarining kashshofi.. va suturi hodisotning ostida muzmar haqoiqning kaliti.. va olami shahodatda olami g’aybning lisoni.. va shu olami shahodat pardasi orqasida bo’lgan va olami g’ayb jihatidan kelgan iltifototi abadiya-i Rahmoniya va xitoboti azaliya-i Subhoniyaning xazinasi.. va shu Islomiyat olami ma'naviysining quyoshi, tamali, handasasi.. va avolimi uxroviyaning muqaddas xaritasi.. va zot va sifot va asmo va shuuni Ilohiyaning qovli sharihi, tafsiri vazihi, burhoni qat'iysi, tarjiymoni sati'i.. va shu olami insoniyatning murabbiysi.. va insoniyati kubro bo’lgan Islomiyatning ma va ziyosi.. va navi basharning hikmati haqiqiyasi.. va insoniyatni saodatga chorlagan haqiqiy murshidi va hadiysi... va insonlarga ham bir kitobi shariat, ham bir kitobi duo, ham bir kitobi hikmat, ham bir kitobi ubudiyat, ham bir kitobi amr va da'vat, ham bir kitobi zikr, ham bir kitobi fikr, ham insonning butun hojoti ma'naviyasiga marji' bo’ladigan ko’p kitoblarni tazammun etgan yagona, jome' bir kitobi muqaddas.. ham butun avliyo va siddiqiynning va urofa va muhaqqiqiynning muxtalif mashrablariga va boshqa-boshqa maslaklariga, har biridagi mashrabning mazaqiga loyiq va u mashrabni tanvir etadigan va har bir maslakning masaqiga muvofiq va uni tasvir etadigan bittadan risola ibroz etgan muqaddas bir kutubxona hukmida bir kitobi samoviydir.

Qur'on Arshi A'zamdan, Ismi A'zamdan, har ismning martaba-i a'zamidan kelgani uchun, O’n Ikkinchi So’zda bayon va isbot qilingani kabi; Qur'on butun olamlarning Robbi e'tibori bilan Allohning kalomidir. Ham butun mavjudotning Ilohi unvoni bilan Allohning farmonidir. Ham butun samovot va arzning Xoliqi nomiga bir xitobdir. Ham Rububiyati mutlaqa jihatidan bir mukolamadir. Ham saltanati omma-i Subhoniya hisobiga bir xutba-i azaliyadir. Ham rahmati vase'a-i muhita nuqtai nazaridan bir daftari iltifototi Rahmoniyadir. Ham Uluhiyatning azamati hashmati e'tibori bilan, boshlarida ba'zan kalit so’z bo’lgan bir muxobara majmuasidir. Ham ismi a'zamning muhitidan nuzul bilan arshi a'zamning butun muhatiga qaragan va taftish etgan hikmat-fashon bir kitobi muqaddasdir. Va shu sirdandirki, "Kalomulloh" unvoni kamoli layoqat bilan Qur'onga berilgan va doimo ham beriladi. Qur'ondan so’ngra boshqa anbiyoning kutub va suhuflari darajasi keladi. Boshqa nihoyatsiz kalimoti Ilohiyaning esa bir qismi ham xos bir e'tibor bilan, juz'iy bir unvon bilan, xususiy bir tajalliy bilan, juz'iy bir ism bilan va xos bir rububiyat bilan va maxsus bir saltanat bilan va xususiy bir rahmat bilan zohir bo’lgan ilhomot suratida bir mukolamadir. Malak va bashar va hayvonotning ilhomlari kulliyat va xususiyat e'tibori bilan ko’p muxtalifdir.

Qur'on asrlari muxtalif butun anbiyoning kitoblarini va mashrablari muxtalif butun avliyoning risolalarini va maslaklari muxtalif butun asfiyoning asarlarini ijmolan tazammun etgan va jihoti sittasi porloq va avhom va shubahotning zulumotidan musaffo va nuqta-i istinodi bilyaqiyn vahyi samoviy va kalomi azaliy.. va maqsadi va g’oyasi, bilmushohada saodati abadiya.. ichi, bilbedaho xolis hidoyat.. usti, bizzarura anvori iymon.. osti, biilmalyaqiyn dalil va burhon.. o’ngi, bittajriba taslimi qalb va vijdon.. chapi, biaynalyaqiyn tasxiri aql va iz'on.. mevasi, bihaqqalyaqiyn rahmati Rahmon va dori jinon.. maqomi va qiymati, bilhads-is sodiq maqbuli malak va insu jon bir kitobi samoviydir.

Said Nursiy

* * *

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اَلرَّحْمٰنُ ٭ عَلَّمَ الْقُرْاٰنَ ٭ خَلَقَ الْاِنْسَانَ ٭ عَلَّمَهُ الْبَيَانَ

فَنَحْمَدُهُ مُصَلّ۪ينَ عَلٰى نَبِيِّه۪ مُحَمَّدٍ الَّذ۪ى اَرْسَلَهُ رَحْمَةً لِلْعَالَم۪ينَ وَ جَعَلَ مُعْجِزَتَهُ الْكُبْرَى الْجَامِعَةَ بِرُمُوزِهَا وَ اِشَارَاتِهَا لِحَقَائِقِ الْكَائِنَاتِ بَاقِيَةً عَلٰى مَرِّ الدُّهُورِ اِلٰى يَوْمِ الدّ۪ينِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ عَامَّةً وَ اَصْحَابِه۪ كَافَّةً

Avvalo:

Shu Ishorot-ul I'joz nomli asardan maqsadimiz; Qur'onning nazmiga, lafziga va iborasiga oid i'joz ishoratlarini va ramzlarini bayon qilishdir. Chunki i'jozning muhim bir vajhi nazmidan tajalliy etadi. Va eng porloq i'joz, Qur'onning nazmidagi naqshlardan iboratdir.

Soniyan:

Qur'ondagi anosiri asosiya va Qur'on ta'qib qilgan maqsadlar; Tavhid, Nubuvvat, Hashr, Adolat bilan Ibodat bo’lib to’rtdir. Bu to’rt unsurni bayon qilamiz.

S: Qur'onning shu to’rt maqsadga to’g’ri yurgani nimadan ma'lumdir?

J: Ha, bani odam katta bir karvon va azim bir qofila kabi moziyning daralaridan kelib, vujud va hayot sahrosida musofir bo’lib, istiqbolning yuksak tog’lariga va muzayyan bog’lariga mutavajjihan qofila-qofila mutasalsilan yurayotgan ekan, koinotning nazari diqqatini jalb qildi: "Shu g’arib va ajib maxluqlar kimlar? Qayerdan kelyaptilar? Qayerga ketyaptilar?" deya ahvollarini anglash uchun xilqat hukumati fanni hikmatni qarshilariga chiqardi. Va oralarida shunday bir muhovara boshlandi:

Hikmat: Qayerdan kelyapsiz? Qayerga ketyapsiz? Bu dunyoda ishingiz nima? Raisingiz kim?

Bu savolga bani odam nomidan, o’xshashi bo’lgan buyuk payg’ambarlar kabi, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam navi basharga vakolatan qarshisiga chiqib shunday javob berdi:

Ey hikmat! Bu ko’rgan insonlaring, Sultoni Azaliyning qudrati bilan yo’qlik qorong’iliklaridan ziyodor borliq olamiga chiqarilgan maxluqlardir. Sultoni Azaliy butun mavjudoti ichida biz insonlarni tanlagan va omonati kubroni bizga bergan. Biz hashr yo’li bilan saodati abadiyaga mutavajjihan ketyapmiz. Dunyodagi ishimiz ham, u saodati abadiya yo’llarini ta'min qilish bilan, ra's-ul molimiz bo’lgan iste'dodlarimizni rivojlantirishdir. Va shu azim inson karvoniga, bundan so’ngra Sultoni Azaliydan risolat vazifasi bilan kelib rayosat etgan menman. Mana, u Sultoni Azaliyning risolat baroati bo’lib menga bergan Qur'oni Azimushshon qo’limda. Shubhang bo’lsa ol, o’qi!

Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam bergan shu javoblar Qur'ondan muqtabas va Qur'on lisoni bilan aytilganidan, Qur'onning anosiri asosiyasi shu to’rt maqsadda tamarkuz etgani tushuniladi.

S: Shu maqosidi arbaa Qur'onning qaysi oyatlarida mavjud?

J: U anosiri arbaa Qur'onning hay'ati majmuasida bo’lgani kabi; Qur'onning suralarida, oyatlarida, kalomlarida, hatto kalimalarida ham sarohatan yoki ishoratan yoki ramzan mavjuddir. Chunki Qur'onning kulli juzlarida ko’ringani kabi, juzlari ham Qur'onning kulliga oynadir. Shuning uchunki, Qur'on mushahhas bo’lgani holda, afrod sohibi bo’lgan kulliy kabi ta'rif qilinadi.

S: بِسْمِ اللّٰهِ va اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ kabi oyatlarda maqosidi arbaaga ishoratlar bormidir?

J: Ha قُلْ kalimasi Qur'onning ko’p yerlarida mazkur yoki muqaddardir. Bu mazkur va muqaddar bo’lgan قُلْ kalimalariga asos bo’lib بِسْمِ اللّٰهِ dan avval قُلْ kalimasi muqaddardir. Ya'ni, "Yo Muhammad! Bu jumlani insonlarga aytgin va ta'lim bergin." Demak basmalada Ilohiy va zimniy bir amr bor. Shu sababli, shu muqaddar bo’lgan قُلْ amri risolat va nubuvvatga ishoratdir. Chunki Rasul bo’lmasaydi, tablig’ va ta'limga ma'mur bo’lmasdi. Shuning kabi, hasrni ifoda qilgan "jar va majrurning taqdimi" tavhidga imodir. Va shuningdek اَلرَّحْمٰنِ nizom va adolatga, اَلرَّح۪يمِ ham hashrga dalolat qiladi. V a shuningdek اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ dagi ل ixtisosni ifoda qilganidan, tavhidga ishoratdir.

رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

adolat bilan nubuvvatga ramzdir. Chunki tarbiya rasullar vositasi bilan bo’ladi.

مَالِكِ يَوْمِ الدّ۪ينِ

zotan sarohatan hashr va qiyomatga dalolat qiladi.

Va shuningdek

اِنَّٓا اَعْطَيْنَاكَ الْكَوْثَرَ

sadafi ham u maqosidi arbaa javharlarini tazammun etgan.

بِسْمِ اللّٰهِ : Bu kalom quyosh kabidir. Ya'ni, quyosh boshqalarni ko’rsatgani kabi, o’zini ham ko’rsatadi, boshqa bir quyoshga ehtiyoj qoldirmaydi. بِسْمِ اللّٰهِ boshqalarga qilgan vazifani o’ziga ham qiladi, ikkinchi bir بِسْمِ اللّٰهِ yana lozim emas. Ha, بِسْمِ اللّٰهِ shunday mustaqil bir nurki, bu nur hech bir narsaga bog’liq emasdir. Hatto bu nurning "jar va majrur"i ham hech bir narsaga muhtoj emasdir. Faqat ب harfidan mustafad bo’lgan اَسْتَع۪ينُ yoki urf jihatidan ma'lum bo’lgan اَتَيَمَنُّ va yoxud muqaddar bo’lgan قُلْ istilzom etgan اِقْرَاْ fe'llaridan biriga mutaalliqdir.

Ixtor:

بِسْمِ اللّٰهِ dagi "jar va majrur"ga mutaalliq bo’lib mazkur bo’lgan fe'llar basmaladan so’ngra taqdir etiladiki, hasrni ifoda qilish bilan ixlos va tavhidni tazammun etsin.

اِسْمٌ : Janobi Haqning zotiy ismlari bo’lgani kabi, fe'liy ismlari ham bor. Bu fe'liy ismlarning G’affor va Razzoq, Muhyi va Mumit kabi juda ko’p navlari bor.

S- Bu fe'liy ismlarining kasrat bilan tanavvu'i nima uchun sodir bo’ladi?

J- Qudrati Azaliyaning koinotdagi mavjudotning navlariga, fardlariga bo’lgan nisbat va taalluqidan hosil bo’ladi. Bu e'tibor bilan, بِسْمِ اللّٰهِ qudrati azaliyaning taalluq va ta'sirini jalb qiladi. Va u taalluq abdning kasbiga va ishiga yordam beruvchi bir ruh kabi bo’ladi. Shunday ekan, hech kim hech bir ishini basmalasiz qoldirmasin!

اَللّٰهِ lafzi jaloli butun sifoti kamoliyani tazammun etgan bir sadafdir. Chunki lafzi jalol Zoti Aqdasga dalolat qiladi, Zoti Aqdas ham butun sifoti kamoliyani istilzom etadi. Shunday ekan, u lafza-i muqaddasa dalolati iltizomiya bilan butun sifoti kamoliyaga dalolat qiladi.

Ixtor:

Boshqa ismi xoslarda bu dalolat yo’q. Chunki boshqa zotlarda sifoti kamoliyani istilzom etish yo’q.

اَلرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ : Bu ikki sifatning lafzi jaloldan so’ngra zikrlarini ijob etgan munosabatlardan birisi shudirki: Lafza-i jaloldan jalol silsilasi tajalliy etgani kabi, bu ikki sifatdan ham jamol silsilasi tajalliy etadi. Ha, har bir olamda amr va nahiy, savob va azob, targ’ib va tarhib, tasbeh va tahmid, xavf va rijo kabi juda ko’p furuot jalol va jamolning tajalliysi bilan tasalsul etib kelyapti. Ikkinchisi: Janobi Haqning ismi Zoti Aqdasiga ayn bo’lish jihati bilan, lafza-i jalol sifoti ayniyaga ishoratdir. الرَّح۪يمِ ham fe'liy bo’lgan sifoti g’ayriyaga imodir. اَلرَّحْمٰنِ ham na ayn, na g’ayr bo’lgan sifoti sab'aga ramzdir. Zero Rahmon Razzoq ma'nosidadir. Rizq baqoga sababdir. Baqo takarruri vujuddan iboratdir. Vujud esa; birinchisi mumayyiza, ikkinchisi muxassisa, uchinchisi muassira bo’lib "Ilm, Iroda, Qudrat" sifatlarini istilzom etadi. Baqo ham, samara-i rizq mahsuli bo’lgani uchun, "Basar, Sam', Kalom" sifatlarini iqtizo etadiki; marzuq istagan vaqt ehtiyojini ko’rsin, istagan vaqt eshitsin, oralarida vosita bo’lgan taqdirda u vosita bilan gapirsin. Bu olti sifat, shubhasiz birinchi sifati bo’lgan hayotni istilzom etadilar.

S- Rahmon katta ne'matlarga, Rahim kichik ne'matlarga dalolat qilgan jihatlari bilan, Rahimning Rahmondan so’ngra zikri, yuqoridan pastga tushish ma'nosida bo’lgan "San'at-ut tadalli" qoidasiga dohildir. Bu esa balog’at jihatidan maqbul emas?

J- Ha, qosh ko’zni, yugan otni mutammim bo’lganlari va ularning nuqsonlarini ikmol etganlari kabi; kichik ne'matlar ham katta ne'matlarga mutammimdirlar. Bu e'tibor bilan mutammim bo’lgan haddi zotida kichik bo’lsa ham, foydani ikmol etganidan, kattadan yanada katta bo’lishi ijob etadi. Va shuningdek, kattadan kutilgan manfaat kichikka mutavaqqif bo’lsa, u kichik katta qatoriga o’tadi, u katta ham kichik hukmida qoladi. Qulf bilan kalit, lison bilan ruh kabi.

Va shuningdek, bu maqom ne'matlarning sanog’i yoki ne'matlar bilan imtinon maqomi emas. Faqat insonlarni yashirin va kichik ne'matlarga tanbeh va iqoz maqomidir. Avvalgi maqomlardagi "tadalli" shu "tanbeh" maqomida taraqqiy sanaladi. Chunki yashirin va kichik ne'matlarni insonlarga ko’rsatish va insonlarni ularning vujudi haqida iqoz etish loyiqroq va lozimroqdir. Bu e'tibor bilan, shu masalamizda tadalli emas, taraqqiy bordir.

S: Mabda va ma'haz e'tibori bilan riqqat-ul qalb ma'nosini ifoda qilgan bu ikki sifatning Janobi Haq haqida ishlatilishi joiz emas. Agar ma'no-i haqiqiylarining lozimi va natijasi bo’lgan in'om va ehson qasd qilinsa, majozda qanday hikmat bor?

J: Bu ikki sifat "yad" kabi ma'no-i haqiqiylari bilan Janobi Haq haqida ishlatilishi mahol bo’lgan mutashabehotdandir. Mutashabehotda ma'no-i majoziyning ma'no-i haqiqiyning lafzi bilan, uslubi bilan ko’rsatilishidagi hikmat, insonlarning ma'luf va ma'lumlari bo’lmagan ma'nolarni va haqiqatlarni zehnlariga yaqinlashtirib qabul qildirishdan iborat. Masalan "yad"ning ma'no-i majoziysi insonlarga ma'nus bo’lmaganidan, ma'no-i haqiqiyning shakli bilan, lafzi bilan ko’rsatish zarurati bor.

اَلْحَمْدُ

Avvalo

bu kalimani maqobliga bog’lattirgan jihati munosabat; "Rahmon" "Rahim" dalolat qilgan ne'matlarning hamd va shukr bilan qarshilanishi luzumidan iboratdir.

Soniyan:

Shu اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ jumlasi, har biri ni'ami asosiyadan biriga ishorat bo’lish tarzida, Qur'onning to’rt surasida takarrur etgan. U ne'matlar ham; nash'a-i ula bilan nash'a-i ulada baqo, nash'a-i uxro bilan nash'a-i uxroda baqo ne'matlaridan iboratdir.

Solisan:

Bu jumlaning Qur'onning boshlang’ichi bo’lgan Fotiha Surasiga fotiha, ya'ni boshlang’ich qilinishi nimaga binoan?

J: Koinotning va natijada insonlarning xilqatidagi hikmat va g’oya,

وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْاِنْسَ اِلَّا لِيَعْبُدُونِ

farmoni jaliliga ko’ra, ibodatdir. Hamd esa, ibodatning ijmoliy bir surati va kichik bir nusxasidir. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ ning bu maqomda zikri, xilqatning g’oyasini tasavvur qilishga ishoratdir.

Robian:

Hamdning eng mashhur ma'nosi, sifoti kamoliyani izhor qilishdir. Shundayki: Janobi Haq insonni koinotga jome' bir nusxa va o’n sakkiz ming olamni ichiga olgan shu ulkan olamning kitobiga bir mundarija qilib yaratgan. Va asmo-i husnadan har birining tajalliygohi bo’lgan har bir olamdan bir o’rnak, bir namuna insonning javharida vadi'a qoldirgandir. Agar inson moddiy va ma'naviy har bir a'zosini Alloh amr qilgan yerga sarf qilish bilan hamdning sho’'balaridan bo’lgan shukri urfiyni ado va shariatga imtisol etsa, insonning javharida vadi'a qoldirilgan u o’rnaklarning har birisi o’z olamiga bir deraza bo’ladi. Inson u derazadan u olamga qaraydi. Va u olamga tajalliy etgan sifat bilan u olamdan tazohur etgan ismga bir mir'at va bir oyna bo’ladi. U vaqt inson ruhi bilan, jismi bilan olami shahodat va olami g’aybga bir xulosa bo’ladi. Va har ikki olamga tajalliy etgan, insonga ham tajalliy etadi. Xullas, bu jihat bilan inson sifoti kamoliya-i Ilohiyaga ham mazhar bo’ladi, ham muzhir bo’ladi.

Haqiqatdan, Muhyiddin Arabiy,

كُنْتُ كَنْزًا مَخْفِيًّا فَخَلَقْتُ الْخَلْقَ لِيَعْرِفُون۪ى

hadisi sharifining bayonida: "Maxluqotni yaratdimki, menga bir oyna bo’lsin va u oynada jamolimni ko’ray." degan.

لِلّٰهِ : ل bu yerda ixtisos uchundir. Hamdning Zoti Aqdasga xos va munxasir bo’lganini ifoda qiladi. Bu ل ning mutaallaqi bo’lgan ixtisos hazf bo’lgandan so’ngra unga intiqol etganki, ixlos va tavhidni ifoda qilsin.

Ixtor:

Mushahhas bo’lgan bir narsaning umumiy bir mafhum bilan mulohaza qilinganiga binoan; Zoti Aqdas ham mushahhas bo’lgani holda, Vojib-ul Vujud mafhumi bilan tasavvur qilinishi mumkin.

رَبِّ : Ya'ni, har bir juzi bir olam masobasida bo’lgan shu olamni butun ajzosi bilan tarbiya va yulduzlar hukmida bo’lgan u juzlarning zarrotini kamoli intizom bilan tahrik etadi. Ha, Janobi Haq hamma narsa uchun bir nuqta-i kamol ta'yin etgan. Va u nuqtani qo’lga kiritish uchun o’sha narsaga bir mayl bergan. Hamma narsa u nuqta-i kamolga to’g’ri harakat qilish uchun, xuddi ma'naviy bir amr olgandek muntazaman u nuqtaga mutavajjihan harakat qilmoqda. Harakat asnosida ularga yordam bergan va monelarini daf qilgan, shubhasiz Janobi Haqning tarbiyasidir. Ha, koinotga diqqat bilan qaralgan vaqt, insonlarning toifa va qabilalari kabi, koinotning zarroti munfaridan va mujtami'an Xoliqlarining qonuniga imtisolan, muayyan vazifalariga yugurayotgani his qilinadi.'' Yolg’iz badbaxt insonlar mustasno!''

الْعَالَم۪ينَ : Bu kalimaning oxiridagi ينَ yolg’iz i'rob alomatidir, عِشْر۪ينَ ، ثَلَاث۪ينَ kabi. Yoki jam' alomatidir. Chunki olam ixtivo etgan juzlarning har birisi bir olamdir. Va yoxud yolg’iz manzuma-i shamsiyaga munxasir emas. Janobi Haqning shu g’ayri mutanohiy fazoda ko’p olamlari bordir. Ha

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ كَمْ مِنْ فَلَكٍ ٭ تَجْرِى النُّجُومُ بِه۪ وَالشَّمْسُ وَالْقَمَرُ

رَاَيْتُهُمْ ل۪ى سَاجِد۪ين

da bo’lgani kabi, bu yerda ham uqaloga maxsus jam' siyg’asi bilan aqlsizlar jamlangan. Bu esa qavoidga muxolifdir?

Ha, olam o’z ichiga olgan a'zolarning bittadan aql, bittadan mutakallim suratida tasavvur qilinishi, balog’atning eng maqbul bir tamoyilidir. Zero koinotning "olam" bilan tasmiyasi, koinotning Sone'iga bo’lgan dalolati, shahodati, ishorati uchun. Shunga binoan, koinotning a'zolari ham Sone'ga bo’lgan dalolatlari, shahodatlari uchun bittadan olam bo’lishlarini ijob etadi. Shunday ekan, Sone'ning u a'zolarni tarbiyasidan va a'zolarning ham Sone'ni i'lam etishlaridan tushuniladiki; u a'zolar bittadan hayy, bittadan oqil, bittadan mutakallim suratida tasavvur qilingan. Shuning uchun bu jam'da qavoidga muxolafat yo’q.

اَلرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ : Maqobli bilan bu ikki sifatning nazmini ijob etgan shunday bir munosabat borki; biri manfaatlarni jalb, boshqasi mazarrotlarni daf qilish maqsadida tarbiyaning ikki asosi bordir. Razzoq ma'nosida bo’lgan اَلرَّحْمٰنِ birinchi asosga, G’affor ma'nosini ifoda qilgan الرَّح۪يمِ ham ikkinchi asosga ishoratlari uchun bir-biri bilan bog’langan.

مَالِكِ يَوْمِ الدّ۪ينِ : Maqobli bilan shu sifatning nazmini iqtizo etgan sabab shuki; shu sifat rahmatni ifoda qilgan maqobliga natijadir. Zero qiyomat bilan, saodati abadiyaning kelishiga eng buyuk dalil, rahmatdir. Ha, rahmatning rahmat bo’lishi va ne'matning ne'mat bo’lishi faqat va faqat hashr va saodati abadiyaga bog’liqdir. Ha, saodati abadiya bo’lmasa, eng buyuk ne'matlardan sanalgan aqlning insonning boshida ilon vazifasini qilishdan boshqa bir ishi qolmaydi. Shuning kabi, eng latif ne'matlardan sanalgan shafqat va muhabbat, abadiy bir ayriliq tushunchasi bilan, eng ulkan alamlar qatoriga o’tadilar.

S: Janobi Haqning hamma narsaga molik bo’lgani bir haqiqat ekan, bu yerda hashr va jazo kunining taxsisi nimaga binoandir?

J: Shu olamning insonlar tomonidan haqir va xasis sanalgan ba'zi narsalariga qudrati azaliyaning shaxsan mubosharati, azamati Ilohiyaga munosib ko’rilmaganidan, joriy qilingan zohiriy sabablarning u kun raf'i bilan, hamma narsaning shaffof, porloq ichki mohiyati bilan tajalliy etib Sone'ini, Xoliqini vositasiz ko’rishiga ishoratdir.

يَوْمِ ta'biri esa, hashrning sodir bo’lishini ko’rsatgan alomatlardan biriga ishoratdir. Shundayki:

Soniya, daqiqa, soat va kunlarni ko’rsatgan haftalik bir soatning millaridan birisi aylanishini tugatgan zamon, mutlaqo boshqalar ham aylanishlarini ikmol etishlariga qanoat hosil bo’ladi. Shuning kabi yavm, yil, umri bashar va umri dunyo ichida ta'yin qilingan ma'naviy millardan bittasi aylanishini tugatganda, boshqalarning ham (hatto uzun bir zamondan keyin bo’lsin) aylanishlarini ikmol etishlariga hukm qilinadi. Va shuningdek, bir kun yoki bir yil mobaynida sodir bo’lgan kichik-kichik qiyomatlarni, hashrlarni ko’rgan bir odam, saodati abadiyaning (hashrning tulu'i fajri bilan, shaxsiy bir nav hukmida bo’lgan) insonlarga ehson qilinishiga shubha qilolmaydi.

د۪ينْ kalimasidan maqsad; yo jazodir, chunki u kun xayr va sharlarga jazo beriladigan bir kundir.. yoki haqoiqi diniyadir. Chunki haqoiqi diniya u kun tom ma'nosi bilan o’rtaga chiqadi. Va e'tiqod doirasi sabablar doirasiga g’alaba qiladigan bir kundir. Ha, Janobi Haq musabbabotni sabablarga bog’lash bilan intizomni ta'min qilgan bir nizomni koinotda joriy qilgan. Va hamma narsani u nizomga muro'at etishga va u nizom bilan qolishga tavjih etgan. Va ayniqsa insonni ham u sabablar doirasiga muro'at va marbutiyatga mukallaf qilgan. Dunyoda har qancha sabablar doirasi e'tiqod doirasiga g’olib bo’lsa ham; oxiratda haqoiqi e'tiqodiya tamoman tajalliy etish bilan, sabablar doirasiga g’alaba qiladi. Bunga binoan, bu doiralarning har biri uchun boshqa-boshqa maqomlar, boshqa-boshqa hukmlar bor. Va har maqom iqtizo etgan hukmga ko’ra harakat lozim. Aks holda, sabablar doirasida ekan tabiati bilan, vahmi bilan, xayoli bilan doira-i e'tiqodga qaragan Mo’'tazila bo’ladiki, ta'sirni sabablarga beradi. Va shuningdek, doira-i e'tiqodda ekan, ruhi bilan, iymoni bilan sabablar doirasiga qaragan ham sabablarga qiymat bermasdan, Jabriya Mazhabi kabi dangasalarcha bir tavakkal bilan nizomi olamga muxolafat etadi.

اِيَّاكَ نَعْبُدُ : ك olmoshida ikki nukta bordir. Birinchisi: Maqoblida zikr qilingan sifoti kamoliyaning كَ olmoshida mustatir va mutazammin ekaniga ishoratdir. Chunki u sifatlarning alohida-alohida ta'dadidan hosil bo’lgan buyuk bir shavq bilan g’aybdan xitobga, ya'ni ismi zohirdan shu كَ olmoshiga iltifot va intiqol bo’lgan. Demak كَ olmoshining marji'i, o’tgan sifoti kamoliya bilan mavsuf bo’lgan zotdir. Ikkinchisi: Alfaz o’qilarkan, ma'nolarini tushunish balog’at mazhabida vojib bo’lganiga ishoratdir. Chunki ma'nolar tushunilsa, nozil bo’lgani kabi o’qiladi va u o’qilish; tabiati bilan, zavqi bilan xitobga injiror etadi. Hatto اِيَّاكَ نَعْبُدُ ni o’qigan odam, xuddi اُعْبُدْ رَبَّكَ كَاَنَّكَ تَرَاهُ jumlasidagi amrga imtisolan o’qiyotgandek bo’ladi.

Jam' siyg’asi bilan zikr qilingan نَعْبُدُ dagi olmosh uch toifaga ishoratdir. Birinchisi: Insonning vujudidagi butun a'zo va zarrotga roji'dirki, bu e'tibor bilan shukri urfiyni ado etgan bo’ladi. Ikkinchisi: Butun ahli tavhidning jamoatlariga oiddir. Bu jihat bilan shariatga itoat qilgan bo’ladi. Uchinchisi: Koinot ixtivo etgan mavjudotga ishoratdir. Bu e'tibor bilan, shariati fitriya-i kubroga tobe bo’lib hayrat va muhabbat bilan qudrat va azamatning arshi ostida sajid va obid bo’lgan bo’ladi.

Bu jumlaning maqobli bilan vajhi nazmi, نَعْبُدُ ning اَلْحَمْدُ ga tafsir va bayoni bo’lish bilan مَالِكِ يَوْمِ الدّ۪ينِ ga ham bir natija va bir lozim bo’lishidir.

Ixtor:

اِيَّاكَ ning taqdimi, ixlosni viqoya etish uchundir va zamiri xitob ham ibodatning sabab va illatiga ishoratdir. Chunki xitobga injiror etgan o’tgan sifot bilan muttasif bo’lgan zot, albatta ibodatga mustahaqdir.

وَاِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ : نَسْتَع۪ينُ da mustatir olmosh, نَعْبُدُ ning foili kabi, u uch jamoatdan har biriga roji'dir. Ya'ni: Bizning vujudimizning zarroti yoki ahli tavhid jamoati va yoxud koinot mavjudoti, butun hojot va maqsadlarimizga, ayniqsa eng ahamm bo’lgan ibodatimizga, sendan i'ona va tavfiq istaymiz.

اِيَّاكَ kalimasining takrorlanishidagi hikmatning birinchisi, xitob va huzurdagi lazzatning ortirilishiga; ikkinchisi, ayon maqomining burhon maqomidan yanada yuksak bo’lganiga; uchinchisi, huzurda sidq bo’lib kizbning ehtimoli bo’lmaganiga; to’rtinchisi, ibodat bilan istio'naning boshqa va mustaqil maqsadlar bo’lganiga ishoratdir.

Bu ikki fe'lni bir-biri bilan bog’lagan munosabat, ujrat bilan xizmat orasidagi munosabatdir. Zero ibodat, abdning Allohga qarshi bir xizmatidir. I'ona ham, u xizmatga qarshi bir ujrat kabidir. Yoki muqaddima bilan maqsud orasidagi aloqadir. Chunki i'ona va tavfiq ibodatga muqaddimadir.

اِيَّاكَ kalimasining taqdimidan tug’ilgan hasr, abdning Janobi Haqqa qarshi qilgan ibodat va xizmat bilan, vositalar va sabablarga bo’lgan tazalluldan qutulishiga ishoratdir. Lekin sabablarni tamoman ihmol va tark etish yaxshi emas. Chunki u vaqt Janobi Haqning hikmat va mashiati bilan koinotda joriy qilingan nizomga qarshi bir tamarrud chiqadi. Ha, sabablar doirasida ekan, tavakkal qilish bir navi tanballik va atolatdir.

اِهْدِنَا : Hidoyatni talab qilish bilan i'onani istash orasida qanday munosabat bor?

Ha; biri savol, boshqasi javob bo’lganidan, bir biri bilan bog’langan. Shundayki:

نَسْتَع۪ينُ bilan i'ona talab qilinarkan maqom iqtizosi bilan "Nima istaysan?" deya vorid bo’lgan muqaddar savol, اِهْدِنَا bilan javoblantirilgan. اِهْدِنَا bilan istanilgan narsalarning boshqa-boshqa va mutaaddid bo’lishi, اِهْدِنَا ma'nosining ham boshqa-boshqa va mutaaddid bo’lishini ijob etadi. Xuddi اِهْدِنَا to’rt masdardan tashkil topgan. Masalan: Bir mo’'min hidoyatni istasa, اِهْدِنَا sabot va davom ma'nosini ifoda qiladi. Boy istasa, ziyoda ma'nosini; faqir istasa, i'to ma'nosini; zaif istasa, i'ona va tavfiq ma'nosini ifoda etadi. Va shuningdek, "Hamma narsani yaratgan va hidoyat etgandir" ma'nosida

وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍ وَهَدٰى

oyati jalilasining hukmiga ko’ra, zohiriy va botiniy tuyg’ular, ofoqiy va xorijiy dalillar, anfusiy va dohiliy burhonlar, payg’ambarlarning irsoli bilan, kitoblarning inzoli kabi vositalar e'tibori bilan ham hidoyatning ma'nosi taaddud etadi.

Ixtor:

Eng buyuk hidoyat, hijobning olib tashlanishi bilan haqni haq, botilni botil ko’rsatishdir.

اَللّٰهُمَّ اَرِنَا الْحَقَّ حَقًّا وَارْزُقْنَا اِتِّبَاعَهُ ، وَاَرِنَا الْبَاطِلَ بَاطِلًا وَارْزُقْنَا اِجْتِنَابَهُ . اٰم۪ينَ

الصِّرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ : Siroti mustaqim; shijoat, iffat, hikmatning mazjidan va xulosasidan hosil bo’lgan adl va adolatga ishoratdir. Shundayki:

Tag’ayyur, inqilob va falokatlarga ma'ruz va muhtoj shu inson badanida iskan etilgan ruhning yashay olishi uchun uch quvvat ihdos etilgandir. Bu quvvatlarning birinchisi: Manfaatlarni jalb va jazb uchun quvva-i shahaviya-i bahimiya. Ikkinchisi: Zararli narsalarni daf uchun quvva-i sabu'iya-i g’azabiya. Uchinchisi: Naf' va zararni, yaxshi va yomonni bir-biridan tamyiz uchun quvva-i aqliya-i malakiyadir.

Lekin insondagi bu quvvatlarga shariat tomonidan bir had va bir nihoyat tayin qilingan bo’lsa ham, fitratan tayin qilinmaganligidan, bu quvvatlarning har biri tafrit, vasat, ifrot nomi bilan uch martabaga ayriladilar. Masalan: Quvva-i shahaviyaning tafrit martabasi xumud bo’lib; na halolga va na haromga shahvati, kuchli xohishi bo’ladi. Ifrot martabasi fujur bo’lib; nomuslarni va irzlarni oyoq osti qilishga kuchli xohishi bo’ladi. Vasat martabasi esa iffat bo’lib; haloliga shahvati bor, haromga yo’q.

Ixtor:

Quvva-i shahaviyaning yeyish, ichish, uxlash va gapirish kabi furuotida ham bu uch martaba mavjuddir.

Va shuningdek, quvva-i g’azabiyaning tafrit martabasi jabonat bo’lib, qo’rqilmaydigan narsalardan ham qo’rqadi. Ifrot martabasi tahavvurdirki, na moddiy va na ma'naviy hech bir narsadan qo’rqmaydi. Butun istibdodlar, tahakkumlar, zulmlar bu martabaning mahsulidir. Vasat martabasi esa shijoat bo’lib; huquqi diniya va dunyoviyasi uchun jonini fido qiladi, mashru' bo’lmagan narsalarga qo’shilmaydi.

Ixtor:

Bu quvva-i g’azabiyaning furuotida ham shu uch martabaning o’rni bor.

Va shuningdek, quvva-i aqliyaning tafrit martabasi g’abovat bo’lib, hech bir narsadan xabari bo’lmaydi. Ifrot martabasi jarbaza bo’lib; haqni botil, botilni haq suratida ko’rsatadigan darajada aldovchi bir zakovatga molik bo’ladi. Vasat martabasi esa hikmat bo’lib; haqni haq bilib imtisol etadi, botilni botil bilib ijtinob etadi.

وَمَنْ يُؤْتَ الْحِكْمَةَ فَقَدْ اُوتِىَ خَيْرًا كَث۪يرًا

Ixtor:

Bu quvvatning shu uch martabaga inqisomi kabi, furuoti ham u uch martabani ichiga olgan. Masalan: Fe'llarning yaratilishi masalasida Jabr mazhabi ifrotda bo’lib, batamom insonni mahrum qiladi. I'tizol mazhabi ham tafritda bo’lib, ta'sirni insonga beradi. Ahli Sunnat mazhabi vasatdir. Chunki bu mazhab bayna-baynadirki; u fe'llarning bidoyatini iroda-i juz'iyaga, nihoyatini iroda-i kulliyaga beradi. Va shuningdek, e'tiqodda ham ta'til ifrotdir, tashbeh tafritdir, tavhid vasatdir.

Xulosa:

Shu to’qqiz martabaning oltitasi zulmdir, uchtasi adl va adolatdir. Siroti mustaqimdan murod shu uch martabadir.

صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ : Qur'onning marvarid kabi lafzlarining tizilishi; bir xaytga, bir turga, bir naqshga munxasir emas. Balki zuhur jihatidan, xofa jihatidan, yaqinlik jihatidan, uzoqlik jihatidan mutafovit ko’p tanosublardan hosil bo’lgan juda ko’p naqshlar ustiga tizilgan, nazm etilgandir. Zotan i'jozning asosi, ixtisordan keyin faqat shunday naqshlardadir.

Ha,

صِرَاطَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ

bilan maqoblidagi har bir kalima orasida bir munosabat bor. Masalan: اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ bilan munosabati bor. Chunki ne'mat hamdga dalil va ishoratdir. رَبِّ الْعَالَم۪ينَ bilan munosabatdordir. Chunki tarbiyaning kamoli, ne'matlarning tavoli va ta'oqubi bilan bo’ladi. اَلرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ bilan aloqadordir. Chunki اَلَّذ۪ينَ dan iroda etilgan "anbiyo, shuhado, sulaho, ulamo" rahmatdirlar. مَالِكِ يَوْمِ الدّ۪ينِ bilan aloqasi bordir. Chunki ne'mati komila, faqat dindir. نَعْبُدُ bilan aloqasi bor. Chunki, ibodatda imomlar bulardir. نَسْتَعِينُ bilan bor. Chunki, tavfiqga va i'onaga mazhar bulardir. اِهْدِنَا bilan bor. Chunki, hidoyatda muqtado-bih ulardir. صِرَاطَ الْمُسْتَق۪يمَ bilan bor. Chunki, to’g’ri yo’l faqat ularning maslagidir.

"Tariq" yoki "sabil" kalimalariga "sirot" kalimasining tarjihi, maslaklarining atrofi mahdud va gavjum bir yo’l bo’lganiga va u yo’lga kirganlarning boshqa chiqmasliklariga ishoratdir.

Ma'hud va ma'lum bo’lgan narsalarda ishlatilishi usul ittihoz etilgan asmo-i mavsuladan اَلَّذ۪ينَ ta'biri ularning zulumoti bashariya ichida olmos kabi porlaganlariga ishoratdirki; ularni taharriy va talab etishga va qidirishga luzum yo’q. Ular hammaning ko’z o’ngida hozir bo’lganliklarini ta'min etgan bir uluvvi shonga molikdirlar. Jam' siyg’asi bilan اَلَّذ۪ينَ ning zikri, ularga iqtido va tobe bo’lish imkonining mavjudiyatiga va ularning maslaklarida butlan bo’lmaganiga ishoratdir. Chunki fardiy bo’lmagan bir maslakda tavotur bordir; tavoturda butlan yo’q.

Moziy siyg’asi bilan اَنْعَمْتَ ning zikri; takror ne'matni talab qilishga bir vasila bo’lganiga va Allohga roji' bo’lgan olmoshi ham bir yordamchi va bir shafoatchi vazifasini qilganiga ishoratdir. Ya'ni: "Ey Robbim! Modomiki in'om sening fe'lingdir va avval ham in'omni qilgansan; istihqoqim bo’lmagani holda in'omni takrorlash, sening sha'ningdir."

عَلَيْهِمْ dagi عَلٰى anbiyoga yuklatilgan risolat va taklif yukining juda og’ir bo’lganiga va sahrolarni foydalantirish uchun yomg’ir, qor va bo’ronlarning shadoidiga ma'ruz qolgan yuksak tog’lar kabi, payg’ambarlarning ham ummatlarini fayzlantirish uchun risolat zahmatlariga ma'ruz qolganlariga ishoratdir.

Ixtor:

Boshqa bir surada zikr qilingan

فَاُولٰٓئِكَ مَعَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمَ اللّٰهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيّ۪ينَ وَالصِّدّ۪يق۪ينَ وَالشُّهَدَٓاءِ وَالصَّالِح۪ينَ

oyati karimasi bu yerdagi

اَلَّذ۪ينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ

oyati jalilasini bayon qiladi. Zotan Qur'onning bir qismi bir qismini tafsir qiladi.

S: Payg’ambarlarning maslaklari bir-biriga muvofiq kelmagani kabi, ibodatlari ham bir-biriga muxolifdir. Buning sabablari nimada?

J: E'tiqod va amalda, usul va ahkomi asosiyada payg’ambarlarning hammasi doimdirlar, sobitdirlar, muttahiddirlar. Ixtilof va tafovutlari faqat furuotdadir. Zotan, zamonlarning tabadduli bilan furuotning ham tabaddul va tag’ayyuri tabiiy narsa. Ha, mavosimi arbaada tadoviy va talabbus kabi ko’p narsalar tabaddulga uchraydi. Masalan, qishda kiyilgan qalin kiyim yozda tabaddulga uchraydi; yoki qishda yaxshi ta'siri bo’lgan bir dorining yozda yomon ta'siri bo’ladi, ishlatilmaydi. Shuning kabi, qalb va ruhlarning g’idosi bo’lgan ahkomi diniyaning furuoti ham umri basharning davrlari e'tibori bilan tabaddulga uchraydi.

غَيْرِ الْمَغْضُوبِ عَلَيْهِمْ : Xavf va firor maqomi bo’lgan shu sifatning maqoblidagi maqomlar bilan munosabati esa: Bu maqomning hayrat va dahshat nazari bilan jalol va jamol bilan muttasif bo’lgan maqomi rububiyatga qaratishi; va iltijo va daxolat nazari bilan نَعْبُدُ dagi maqomi ubudiyatga qaratishi; va ajz nazari bilan نَسْتَع۪ينُ dagi tavakkal maqomiga qaratishi; va tasalli nazari bilan rafiqi doimiy bo’lgan maqomi rijoga qaratishidir. Chunki qo’rqinch bir narsani ko’rgan odam, qo’rquv va hayrat ichida qoladi; so’ngra firor etishga mayl qiladi. Ojiz bo’lgan taqdirida tavakkal qiladi, so’ngra tasalli yo’llarini qidiradi.

S- Janobi Haq G’aniyyi Mutlaqdir; olamda bu qadar zalolatlarni va juda xunuk yomon narsalarni qilgan navi basharning yaratilishida qanday hikmat bordir?

J- Koinotda maqsudi bizzot va kulliy va shumulli qilib yaratilgan faqat kamollar, xayrlar, husnlardir. Sharlar, qubhlar, nuqsonlar esa; husnlarning, xayrlarning, kamollarning orasida ko’rilmaydigan darajada tarqoq va juz'iyat turidan taba'i bo’lib yaratilganlarki; xayrlarning, husnlarning, kamollarning martabalarini, navlarini, qismlarini ko’rsatishga vasila bo’lsinlar va haqoiqi nisbiyaning vujudiga yoki zuhuriga bir muqaddima va bir vohidi qiyosiy bo’lsinlar.

S- Haqoiqi nisbiyaning nima qiymati borki, u uchun sharlar istehson etiladi?

J- Haqoiqi nisbiya deyilgan narsalar, koinotning ajzosi orasida bo’lgan robitalardir. Va koinotdagi nizom faqat haqoiqi nisbiyadan tug’ilgan. Va haqoiqi nisbiyadan koinotning anvo'iga bir vujudi vohid in'ikos etgan. Haqoiqi nisbiya katta bir o’lchovda haqoiqi haqiqiyadan ko’p. Hatto bir zotning haqoiqi haqiqiyasi yetti bo’lsa, haqoiqi nisbiyasi yetti yuzdir. Shu sababli qubh va sharda shar bo’lsa ham qolildir.

Ma'lumdirki, sharri qolil uchun xayri kasir takr etilmaydi. Tark qilinsa, sharri kasir bo’ladi. Zakot va jihodda bo’lgani kabi.

Ha

اِنَّمَا تُعْرَفُ الْاَشْيَاءُ بِاَضْدَادِهَا

mashhur hukmidan maqsad, bir narsaning ziddi, u narsaning haqoiqi nisbiyasining vujud yoki zuhuriga sababdir. Masalan: Qubh bo’lmasaydi va husnlarning orasiga kirmasaydi, husnning g’ayri mutanohiy bo’lgan martabalari tazohur etmasdi.

S- اَنْعَمْتَ fe'l, مَغْضُوبِ ism-i maf'ul, ضَٓالّ۪ينَ ismi foil bo’lib, zikrlarida va shuningdek uchinchi parchaning sifatini va ikkinchi parchaning sifatiga tarattub etgan oqibatini va birinchi parchaning unvoni sifatini aynan zikr qilishda qanday bir hikmat bor?

J- Ne'mat unvoni, nafs doimo mayl qilgan bir lazzat bo’lganidan ixtiyor qilingandir. Fe'li moziy bo’lib zikridagi sabab, avval bayon qilingandir. Ikkinchi parcha esa, quvva-i g’azabiyaning g’alaba va tajovuzi bilan tajovuz qilib ahkomning tarki bilan zulm va fisqqa tushgan. Yahudiylarning tamarrudi kabi. Zulm va fisqda xasis va xayrsiz bir lazzat ko’ringanidan, ulardan nafs tanaffur etmaydi. Qur'oni Karim u zulmning oqibati bo’lgan g’azabi Ilohiyni zikr qilganki, nafslarni u zulm va fisqdan tanfir ettirsin. Istimror va davom sha'nida bo’lgan ismlardan ism-i maf'ul bo’lib zikr qilinishi esa, shar va isyonlarning davom qilib, tavba va avf bilan inqito' etmaganlari taqdirda, qat'iylashishiga va o’chirilmaydigan bir tamg’a shakliga kelishiga ishoratdir. Uchinchi parcha esa, vahm va havo-i nafsning aql va vijdonlariga g’alabasi bilan, botil bir e'tiqodga tobe bo’lib nifoqqa tushgan bir qism nasorodir. Zalolat nafslarni tanfir va ruhlarni og’ritgan bir alam bo’lganidan; Qur'oni Karim u parchani ayni u sifat bilan zikr qilgan. Va ismi foil bo’lib zikr qilinishiga sabab esa; zalolatning zalolat bo’lib davom etishiga mutavaqqif bo’lib, inqito'ga duchor bo’lgan zamon avfga dohil bo’lishiga ishoratdir.

Ey do’stim! Butun lazzatlar iymonda bo’lgani kabi, butun alamlar ham zalolatdadir. Buning izohi esa; bir shaxs, qudrati azaliya tarafidan, adam zulumotidan shu qo’rqinchli dunyo sahrosiga o’tkazilar ekan ko’zini ochadi, qaraydi. Bir lutf kutgan vaqti, birdaniga dushmanlar kabi xastaliklar, alamlar, balolar hujum qilishni boshlaydilar. Bir madad, bir yordam uchun mustarhiymona tabiatga va anosirga qaragan vaqti, qasovati qalb bilan, marhamatsizlik bilan qarshilanadi. Ajromi samoviyadan istimdod etish niyatida boshini havoga ko’taradi. U ajrom atom bombalari kabi dahshatli va haybatli hollarida ko’ziga ko’rinadi. Hamon ko’zini yumadi, boshini egadi, o’ylashni boshlaydi. Qaraydiki, hayotiy hojatlari baqirib chaqirishni boshlaydilar. Butun-butun tavahhush etib hamon quloqlarini yopadi, vijdoniga iltijo qiladi; qaraydiki: Vijdoni minglab amol (umidlar) va omoniy bilan to’la shovqinlaridan jinnat keltiradigan bir holga keladi. Ajabo, hech bir jihatdan hech bir tasalli chorasini topolmagan u bechora shaxs, mabda bilan ma'dni, Sone' bilan hashrni e'tiqod etmasa, uning u vaziyatidan Jahannam yanada salqin bo’lmaydimi?

Ha, u bechora xavf va haybatdan, ajz va ra'shatdan, vahshat va ko’ngil torligidan, yetimlik bilan ma'yusiyatdan tashkil topgan bir vaziyat ichida bo’lib qudratiga qaraydi, qudrati ojiz va noqis.. hojatlariga qaraydi, daf qilinadigan bir holatda emas. Chariqib yordam istasa, yordamiga keladigan yo’q. Hamma narsani dushman, hamma narsani g’arib ko’radi. Dunyoga kelganiga ming marta nadomat etadi, la'nat o’qiydi. Faqat u shaxsning siroti mustaqimga kirib, qalbi va ruhi nuri iymon bilan nurlansa, u zulmatli avvalgi vaziyati nuroniy bir holatga inqilob etadi. Shundayki:

U shaxs hujum qilgan balolarni, musibatlarni ko’rgan vaqti Janobi Haqqa istinod etadi, mustarih bo’ladi. Yana u shaxs abadga qadar uzanib ketgan umidlarini, iste'dodlarini o’ylagan vaqt, saodati abadiyani tasavvur qiladi. U saodati abadiyaning ma-ul hayotidan bir qultum ichadi, qalbidagi umidlarini taskin etadi. Yana u shaxs boshini ko’tarib samoga va atrofga qaraydi; hamma narsa bilan unsiyat paydo qiladi. Yana u shaxs samodagi ajromga qaraydi; harakatlaridan dahshat emas, unsiyat va amniyat paydo qiladi.. va ularning u harakatlarini ibrat va hayrat bilan tafakkur qiladi. Yana u shaxs ajromi ulviya bilan shunday bir kasbi muorafa etadiki, qaysi bir jirmga qarasa qarasin, u jirmlardan: "Ey do’stim! Bizdan tavahhush etma! Harakatlarimizdan qo’rqma! Hammamiz bir Xoliqning ma'murlarimiz" deya ma'nus va amniyat beruvchi ovozlarni qalban eshitishni boshlaydi.

Xulosa:

U shaxs avvalgi vaziyatida vijdonidagi u dahshatli va vahshatli va qo’rqinch alomi shadidadan qutulish uchun tasallilar bilan hissini yo’q qilish va sarxushlik bilan u hollarni unutishni istaydi. Ikkinchi holatida esa, ruhida yuksak lazzatlarni va saodatlarni his qiladi; qalbini iqoz, vijdonini tahrik etib ruhini ihsos etgan sari, u saodatlar ziyodalashadi va unga ma'naviy Jannatlarning eshiklari ochiladi.

اَللّٰهُمَّ بِحُرْمَةِ هَذِهِ السُّورَةِ اجْعَلْنَا مِنْ اَصْحَابِ الصِّرَاطِ الْمُسْتَقِيمِ آمِينَ

* * *

Sura-i Baqara

S: Ijoz bilan i'joz sifatlarini ichiga olgan Qur'oni Azimushshonda

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

va

فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا‌الخ

va

وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ‌الخ

kabi juda ko’p oyatlar takarrur etyapti. Holbuki bu takrorlar balog’atga ziddir, zerikish beradi?

J: Ey birodar! Har porlagan narsa yoquvchi otash emasdir. Ha, takror va takarrur ba'zan zerikish beradi, faqat umumiy emas. Har yerga, har kalomga va har kitobga shomil emas. Zerikish beruvchi deb o’ylangan juda ko’p zohiriy takrorlar balog’at jihatidan istehson va taqdir qilinadi. Ha, inson yegan ovqatlar; biri g’ido, boshqasi tafakkuh (meva) bo’lib ikki qismdir. Birinchi qism takarrur etgan sari mamnuniyat beradi, quvvat beradi, juda ko’p tashakkurlarga sabab bo’ladi. Ikkinchi qismning takarrurida zerikish, tajaddudida lazzat bor. Shuning kabi, kalomlar ham ikki qismdir. Bir qismi ruhlarga qut, fikrlarga quvvat beruvchi haqiqatlardirki, takarrur etgan sari quyoshning ziyosi kabi, ruhlarga, fikrlarga hayot beradi. Meva kabi ishtahani ochgan qismda takarrur maqbul emas, istehson etilmaydi. Bunga binoan, Qur'on hay'ati majmuasi bilan qalblarga qut va quvvat bo’lib, takrori zerikish emas, halovat va lazzat bergani kabi, Qur'onning oyatlarida ham shunday bir qism borki, u quvvatning ruhi hukmida bo’lib takarrur etgan sari yanada ziyoda porlaydi, haq va haqiqat nurlarini sochadi.

هُوَ الْمِسْكُ مَا كَرَّرْتَهُ يَتَضَوَّعُ

Azjumla:بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ kabi oyatlarda bo’lgan uqda-i hayotiya va nuroniy asoslar takarrur etgan sari ishtahalarni ochadi; mushk kabi, aralashtirilgan sari hid chiqaradi. Demak, takarrur deb o’ylangan, haqiqatda takarrur emas. Faqat وَاُتُوا بِه۪ مُتَشَابِهًا kabi, boshqa-boshqa hikmatlarni, nuktalarni, g’oyalarni ifoda qilgan takrorli kalomlar yolg’iz ibora jihatidan, lafz jihatidan bir-biriga o’xshaganlari uchun takror deb o’ylanadi. Hatto qissa-i Muso ko’p maziyatlarni va hikmatlarni o’z ichiga olgan. Har maqomda o’sha maqomga munosib bir vajh bilan zikr qilinishi ayni balog’atdir. Ha, Qur'oni Azimushshon u qissa-i mashhurani, kumush ekan yadi bayzosiga olib oltin shakliga aylantirishi bilan shunday bir naqshi balog’atga mazhar etgandirki, butun ahli balog’at uning balog’atiga hayron bo’lganlar, sajda qilganlar. Va shuningdek, tayammun, tabarruk va istio'na kabi ko’p vajhlarni ichiga olgan; va tavhid, tanzih, sano, jalol va jamol va ehson kabi ko’p maqomlarni tazammun; va tavhid va nubuvvat, hashr va adolat kabi maqosidi arbaaga ishorat qilgan Basmala, zikr qilingan yerlarning har birida bu vajhlardan, bu maqomlardan biri e'tibori bilan zikr qilingan va qilinmoqda. Shu bilan barobar, qaysi surada takarrur bo’lsa, u suraning ruhi bilan munosib bo’lgan bir vajh bizzot qasd qilinish bilan, boshqa vajhlarning istidrodiy va taba'i zikrlari balog’atga zid emas.

الٓمٓ : Suralarning boshlarida bo’lgan hurufi muqatto'aga oid izohotni "To’rt Mabhas"da zikr qilamiz.

Birinchi Mabhas:الٓمٓ bilan, suralarning avvallarida bo’lgan hurufi muqatto'adan tanaffus etgan i'joz haqida. I'joz marvarid kabi nafis latoifi balog’at yog’dularining imtizoj va ijtimo'idan tajalliy etgan bir nurdir. Bu mabhasda bu nurni bir nechta latoif zimnida izoh qilish bilan porlatamiz. Faqat har bir latifa nozik va ziyosi oz bo’lsa ham, latoifning hay'ati majmuasidan hosil bo’lgan tom bir ziyo bilan fajri sodiq chiqadi.

1- Hijo harflarining adadi -alifi sokina xorij qolish sharti bilan- yigirma sakkiz harfdir. Qur'oni Azimushshon, suralarning boshida bu harflarning yarmini zikr qilgan, yarmini tark qilgandir.

2- Qur'on olgan nisf tark qilgan nisfdan ziyodaroq kasir-ul iste'moldir.

3- Qur'on suralarning boshida zikr qilgan qism ichida lison ustiga yanada suhulatli bo’lgan "alif, lom"ni ko’p takror qilgan.

4- Qur'on olgan harflarni hijo harflarining adadicha suralarga tavzi' etgan.

5- Hijo harflarining mahmusa, majhura, shadida, rahva, musta'liya, munhafiza, muntabiqa, munfatiha kabi juftli jinslarining har biridan yana nisf olgan.

6- Jufti, ya'ni o’xshashi bo’lmagan -avtar- qismida saqildan ozni, xafifdan ko’pni olgan. Qalqala, zalaqa kabi.

7- Qur'oni Azimushshonning, suralarning boshidagi hurufi muqatto'aning zikr qilingan minval ustiga tansiflari haqida ixtiyor qilgan tariq, besh yuz to’rt ehtimoldan intihob etilgan. Va intihob etilgan shu tariqdan boshqa hech bir ehtimol bilan mazkur tansif mumkin emas. Chunki taqsimlar juda ko’p bir-biriga kirgan va juda mutafovitdir. Bu kabi i'joz yog’dularidan hissa ololmagan, zavqiga malomat etsin va koyisin.

Ikkinchi Mabhas:

Bu mabhasda ham bir nechta latoif bordir:

1- الٓمٓ bilan amsolida ko’zga urilgan g’arobat, bu harflarning juda g’arib va ajib bir narsaning muqaddimasi va kashf guruhi bo’lganlariga ishoratdir.

2- Bu suralarning boshlaridagi taqti'i huruf bilan ismlarni hijolash, musammoning ma'haziga va nimadan nash'at etganiga ishoratdir.

3- Bu harflarning taqti'i; musammoning vohidi e'tiboriy bo’lib, tarkibi majziy emasligiga ishoratdir.

4- Bu harflarning taqti' va ta'dadi, san'atning modda va ma'hazini muxotobga ko’rsatilish bilan muorazaga tolib bo’lganlarni maydonga chaqirib, "Mana, i'joz san'atini shu ko’rgan harflaringizning nazm va naqshlaridan qildim. Maydonga marhamat!" deya ularning tahqirona tabkidlariga (takdirlariga) ishoratdir.

5- Ma'nodan chiqarilgan shu hijo harflarining zikri, muorizlarni hujjatsiz qoldirishga ishoratdir. Ha, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon shu ma'nosiz harflarning lisoni holi bilan e'lon qiladiki: "Men sizdan balig’ ma'nolarni, hukmlarni, haqiqatlarni ifoda qilgan yuksak xutbalarni va nutqlarni istamayman. Yolg’iz shu sanab o’tgan harflarimdan bir nazira qiling, hatto bo’hton va hikoyalardan ham iborat bo’lsa bo’lsin!"

6- Harflarni ta'dad bilan hijolash, endi qiroatni va kitobatni boshlagan mubtadilarga maxsusdir. Bundan tushuniladiki: Qur'on ummiy bir qavmga va mubtadi bir muhitga muallimlik qiladi.

7- ا، ل، د kabi harflarni, masalan "alif, lom, dol" kabi ismlari bilan ta'bir va zikr qilish, ahli qiroat va arbobi kitobat ittihoz etgan bir usuldir. Bundan tushuniladiki, ham aytgan, ham tinglagan ummiy bo’lganlariga nazaran, bu ta'birlar aytgandan chiqmayapti va uning moli emas; faqat boshqa bir yerdan unga kelyapti.

Ey birodar! Bu latoifning yupqa iplaridan to’qilgan yuksak naqshi balog’atni ko’rolmagan odam, balog’at ahlidan emas. Arbobi balog’atga murojaat etsin.

Uchinchi Mabhas:الٓمٓ i'jozning asoslaridan ijozning eng yuksak va eng nozik darajasiga bir misoldir. Bunda ham bir nechta latoif bor:

1- الٓمٓ uch harfi bilan uch hukmga ishoratdir. Shundayki: Alif, هٰذَا كَلَامُ اللّٰهِ الْاَزَلِىِّ hukmiga va qoziyasiga; lam, نَزَلَ بِه۪ جِبْر۪يلُ hukmiga va qoziyasiga; mim عَلٰى مُحَمَّدٍ ع.ص.م hukmiga va qoziyasiga ramzan va imoan ishoratdir.

Ha, qandayki Qur'onning hukmlari uzun bir surada, uzun bir sura qisqa bir surada, qisqa bir sura bir oyatda, bir oyat bir jumlada, bir jumla bir kalimada, u kalima ham "sin, lom, mim" kabi hurufi muqatto'ada irtisom etadi, ko’rinadi. Shuning kabi الٓمٓ ning har bir harfida mazkur hukmlardan biri tamassul etib ko’rinadi.

2- Suralarning boshlaridagi hurufi muqatto'a Ilohiy bir kalit so’zdir. Bashar fikri unga yetisholmaydi. Kaliti faqat Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamdadir.

3- Kalit so’z kabi shu hurufi muqatto'aning zikri Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning favquloda bir zakovatga molik bo’lganiga ishoratdirki: Muhammad Alayhissalotu Vassalam ramzlarni, imolarni va eng yashirin narsalarni sarih kabi qabul qiladi, anglaydi.

4- Shu harflarning taqti'i; harf va lafzlar ichiga olgan qiymat, yolg’iz ifoda qilgan ma'nolarga ko’ra bo’lmasdan, ilmi asror-ul hurufda bayon qilingani kabi, adad va sonlari kabi, harflarning orasida fitriy munosabatlar bo’lganiga ishoratdir.

{(Hoshiya) Qirq yildan keyin Risola-i Nur bu lam'a-i i'jozni ko’rlarga ham ko’rsatgandir.}

5- الٓمٓ taqti'i bilan, butun harflarning asos mahrajlari bo’lgan "halq, vasat, shafa" maxrajlariga ishoratdir. Va zehnlarning nazari diqqatini shu maxrajlarga o’giradiki; zehnlar, kerak bo’lsa bu uch maxrajda, kerak bo’lsa bularga bog’liq kichik-kichik maxrajlarda lafzlarning va harflarning qanday vujudga kelganlarini hayrat va ibrat bilan mutolaa etsinlar.

Ey zehnini balog’atning rangi bilan ranglagan birodar! Bu latoifni siqadigan bo’lsang, هٰذَا كَلَامُ اللّٰهِ ichidan chiqadi.

To’rtinchi Mabhas:الٓمٓ amsoli bilan barobar, tarkib shaklidan taqti' suratida zikrlari, bu shaklning mustaqil bo’lib hech bir imomga tobe bo’lmaganiga va hech kimni taqlid qilmaganiga va uslublari ajib, turlari g’arib yangi soha-i vujudga kelgan bir badi'a bo’lganiga ishoratdir. Bu mabhasda ham bir nechta latoif bordir.

1- Xatib va balig’larning odatidanki, maslaklarida doimo bir misolga tobe bo’ladilar va bir o’rnak ustida naqsh to’qiydilar va bosib o’tilgan bir yo’lda yuradilar. Holbuki bu harflardan anglashilganiga nazaran, Qur'on hech bir misolga tobe bo’lmagan va hech bir naqshi balog’at o’rnagi ustida naqsh qilmagan va bosib o’tilmagan bir yo’lda yurgandir.

2- Qur'on boshdan oxiriga qadar nozil bo’lgan hay'at ustida boqiydir. Bu qadar Qur'onni taqlid qilishga mushtoq bo’lgan do’stlar va mutahajim dushmanlarga qaramasdan, hozirga qadar Qur'onnning na taqlidi qilingan va na bir misoli ko’rsatilgan. Ha, Qur'on millionlab Arabcha kitoblar bilan muqoyasa qilinsa, o’xshashi topilolmaydi. U holda Qur'on yo hammasining ostidadir, bu esa maholdir; Shunday ekan hammasidan ustundir... shunday ekan Allohning kalomidir.

3- Basharning san'ati bo’lgan bir narsa, bidoyatda xunuk va g’ayri muntazam bo’ladi, so’ngra asta-asta intizomga kiradi. Qur'on esa, ilk zuhurida ko’rsatgan halovatni, go’zallikni, yoshlikni hozir ham shunday holda muhofaza qilmoqda.

Ey balog’at latofatining iforini hidlagan birodar! Zehningni shu mabohisi arbaaga yuborki, asalarisi

اَشْهَدُ اَنَّ هٰذَا كَلَامُ اللّٰهِ

asalini chiqarsin.

ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ف۪يهِ هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ : Birodar! Kalomlarning husnini orttirgan va go’zalligini ortiqcha porlattirgan balog’atning asoslaridan biri ham shudirki: Bir hovuzni to’ldirish uchun atrofidan sizilgan suvlar kabi, balig’ kalomlarda ham zikr qilingan kalimalarning, qaydlarning, hay'atlarning tamoman u kalom ta'qib qilgan asos maqsadga nazir bo’lish bilan uning taqviyasiga xizmat qilishlari, balog’at mazhabida lozimdir.

Birinchi Misol:

وَلَئِنْ مَسَّتْهُمْ نَفْحَةٌ مِنْ عَذَابِ رَبِّكَ

bo’lgan oyati karima nazari diqqatga olinsa, ko’riladiki: Bu kalomdagi maqsad va asos, juda oz bir azob bilan ortiqcha qo’rqitishdir. Va bu kalomda bo’lgan mazkur kalimalar va qaydlar tamoman u maqsadni taqviya uchun xizmat qilyaptilar.

Azjumla: Shak va ehtimolni ifoda qilgan اِنْ shartiya bo’lib, azobning ozligiga va ahamiyatsizligiga ishoratdir.

Va shuningdek, نَفْحَةٌ siyg’asi bilan va tanvini bilan, azobning ahamiyatsizligiga imodir.

Va shuningdek, مَسَّ kalimasi, azobning shadid bo’lmaganiga ishoratdir.

Va shuningdek, tab'izni ifoda qilgan مِنْ va shiddatni ko’rsatgan "nakal" kalimasiga badal, hiffatni imo etgan عَذَابِ kalimasi va رَبِّ kalimasidan imo etilgan shafqat, hammasi ham azobning qillat va ahamiyatsizligiga ishorat qilish bilan, shu she'rni lisoni hollari bilan tamassul etadilar:

عِبَارَاتُنَا شَتّٰى وَحُسْنُكَ وَاحِدٌ وَكُلٌّ اِلٰى ذَاكَ الْجَمَالِ يُش۪يرُ

Ya'ni: "Iboralarimiz boshqa-boshqa bo’lsa ham, husning birdir. Hammasi ham u husnga ishorat qiladilar."

Ikkinchi Misol:

الٓمٓ ٭ ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ف۪يهِ هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ

bo’lgan oyati karimadir. Bu oyatda maqsadi asos, Qur'onning yuksakligini ko’rsatishdir. Va bu maqsadni taqviya etgan,

الٓمٓ ، ذٰلِكَ ، الْكِتَاب ، لَا رَيْبَ ف۪يهِ

qaydlaridir. Ha, bu qaydlar istinod etgan juda nozik va yashirin dalillariga ishorat qilish bilan barobar, u maqsadning taqviyasiga yuguryaptilar.

Azjumla:الٓمٓ qasam bo’lish jihati bilan, Qur'onning azamatiga va ostida mustatir, yashirin u mazkur latoif jihati bilan ham da'voning isbotiga ishorat qiladi.

Va shuningdek, ذٰلِكَ zot bilan sifatni ko’rsatgan bir ishorat bo’lishi e'tibori bilan ham Qur'onning azamatiga, ham azamatni isbot qilgan sifoti kamoliyaga ishorat qiladi.

Va shuningdek, ذٰلِكَ ishorati hissiyaga maxsus ekan, ishorati aqliyada ishlatilishi, ta'zim va ahamiyatni ifoda qilgani kabi, ma'qul bo’lgan Qur'onni maxsus suratida ko’rsatishi, Qur'onni azhan va anzorning nazari diqqatiga arz qilish bilan, tasatturni ijob etgan hiyla, za'fiyat va boshqa xunuk narsalardan munazzah bo’lganini izhor va e'tirof ettirishdir.

Va shuningdek ذٰلِكَ ning ل vositasi bilan ifoda qilgan bu'd, Qur'onning kamoliga dalolat qilgan uluvvi rutbasiga ishoratdir.

Va shuningdek, الْكِتَاب dagi اَلْ hasri urfiyni ifoda qilganidan, Qur'onning azamatiga va boshqa kitoblarning mahosinini jam' qilish bilan ulardan ustun bo’lganiga ishoratdir.

Va shuningdek, "kitab" ta'biri, ahli qiroat va kitobatdan bo’lmagan bir ummiyning mahsuli emasligiga ishoratdir.

Va shuningdek, لَا رَيْبَ ف۪يهِ olmoshining har ikki ehtimoliga binoan Qur'onning kamolini isbot yoki ta'kid qiladi. Va shuningdek, istig’roqni ifoda qilgan لَا Qur'onning har burchagida rakz va har yerida zikr qilingan dalillar, burhonlar, hujum qilgan shak va shubhalarni daf bilan, Qur'onning unday qusurlardan munazzah ekanini e'lon qiladi. Va lisoni holi bilan shu she'rni o’qiydi:

وَكَمْ مِنْ عَائِبٍ قَوْلًا صَح۪يحًا وَاٰفَتُهُ مِنَ الْفَهْمِ السَّق۪يمِ

Ya'ni: Qur'onda ta'yib etilaigan hech bir nuqta yo’qdir. Qur'on kabi sahih qovllarni ta'yib etish, faqat fahmlarning saqomatidan kelib chiqadi. Va shuningdek, zarfiyatni ifoda qilgan فِى ta'biri, Qur'onning sathiga va zohiriga qo’ngan shak va shubha bo’lsa, ichidagi haqoiq bilan daf qila olishiga ishoratdir.

Birodar! Tahlil vositasi bilan tarkibning qiymatini va kull bilan juzlar orasidagi farqni idrok qila olgan bo’lsang, bu misollardagi quyud va hay'otga diqqat qil. Va u kalimalardan jo’shib chiqqan ziloli balog’atni va kavsari fasohatni to’ygunga qadar ich, "Alhamdulilloh!" de.

S-

الٓمٓ ٭ ذٰلِكَ الْكِتَابُ لَا رَيْبَ ف۪يهِ هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ

oyati karimasining jumlalari atf bilan bir-biri bilan bog’lanmagan bo’lishi nimaga binoan?

J- U jumlalar orasidagi shiddati ittisol, bog’lanish va quchoqlashishdan bir farqlilik yo’qki, bir-biri bilan bog’lanishga luzum bo’lsin. Zero u jumlalarning har birisi o’rtoqlariga ham otadir, ham o’g’il. Ya'ni, ham dalildir, ham natijadir.

Ha, الٓمٓ lisoni holi bilan ham muorazaga chaqiradi, ham mo’'jiz bo’lganini e'lon qiladi. ذٰلِكَ الْكِتَابُ ham butun kitoblarga faiq bo’lganini tasrih etadi, ham mustasno va mumtoz bo’lganini izhor etadi. لَا رَيْبَ ف۪يهِ ham Qur'onning shak va shubha yeri bo’lmaganini tasrih etadi, ham mustasno va mumtoz bo’lganini izhor etadi. هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ ham tariqi mustaqimni ko’rsatish bilan muvazzaf bo’lganini ko’rsatadi, ham mujassam bir nuri hidoyat bo’lganini e'lon qiladi. Xullas, bu jumlalardan har birisi, ifoda qilgan birinchi ma'nosi bilan o’rtoqlariga dalil bo’lgani kabi, ikkinchi ma'nosi bilan ham ularga natijadir. So’ngra bu oyatning shu jumlalari orasida i'jozga manba, balog’atga mador bo’lgan o’n ikki munosabat, aloqa va bog’liqlik bor. Bulardan misol tariqasida uch donani zikr qilib, boshqalarni senga havola qilaman.

1- الٓمٓ butun muorizlarni muorazaga da'vat qiladi. Shunday ekan, eng yuksak bir kitobdir. Shunday ekan, bir yaqiyn sadafidir. Zero kitobning kamoli yaqiyn bilandir. Shunday ekan, navi bashar uchun mujassam bir hidoyatdir.

2- ذٰلِكَ الْكِتَابُ ya'ni amsoliga tafavvuq etgandir. Shunday ekan, mustasnodir. Chunki shak va shubha yeri emas. Chunki muttaqilarga to’g’ri yo’lni ko’rsatadi. Shunday ekan, mo’'jizdir.

3- هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ Ya'ni, tariqi mustaqimga irshod etadi. Shunday ekan, yaqiyniyatdandir. Shunday ekan, mumtozdir. Shunday ekan, mo’'jizdir.

Ey birodar! Shu هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ jumlasidagi nuri balog’at va husni kalom to’rt nuqtadan tazohur etgan.

1- Bu jumlada ega mahzufdir. Bu hazf; (jumlani tashkil qilgan ega bilan kesim orasidagi ittihod shunday bir darajaga borganki, xuddi ega hazf bo’lmasdan kesimning ichiga kirgan) xorijan ikkisi muttahid bo’lganlari kabi, zehnan ham muttahid bo’lganlariga ishoratdir.

2- هَاد۪ى o’rnida هُدًى ya'ni, ismi foil mavqeida masdarning ishlatilishi, tajassum etgan nuri hidoyatdan javhari Qur'onning hosil bo’lganiga ishoratdir.

3- هُدًى dagi tanvini tankirdan tushunilyaptiki, hidoyati Qur'on shunday nozik bir darajaga borganki, haqiqati idrok etila olmaydi va shunday keng bir maydonni ishg’ol qilganki, ihotasi ilman mumkin emas. Chunki ma'rifaning ziddi bo’lgan "nakra"; yo shiddati xofadan bo’ladi yoki kasrati zuhurdan nash'at etadi. Bunga binoan, "tankir" ba'zan tahqirni, ba'zan ta'zimni ifoda qiladi, deyilgan.

4- Mutaaddid kalimalarga badal ismi foil siyg’asi bilan ixtiyor etilgan مُتَّق۪ينَ kalimasi bilan qilingan ijoz, hidoyatning samarasiga va ta'siriga ishorat bo’lgani kabi, hidoyatning vujudiga ham bir dalili inniydir.

S: G’oyat mahdud, oz bir nechta nuqtadan basharning iqtidoridan xorij deyilgan i'jozning tug’ilish ehtimoli bormi?

J: Moddiy va ma'naviy hamma narsada yordamning va ijtimo'ning buyuk quvvat va ta'siri bor. Ha, in'ikos sirri bilan, uch narsaning husni ijtimo' etsa, besh bo’ladi. Besh ijtimo' etsa, o’n bo’ladi. O’n ijtimo' etsa, qirq bo’ladi. Chunki hamma narsada bir navi in'ikos va bir navi tamassul bor. Qandayki bir-biriga muqobil tutilgan ikki oynada ko’p oynalar ko’rinadi; shuning kabi, ikki-uch nukta yoki ikki-uch husn ijtimo' qilgan vaqtlari juda ko’p nuktalar, juda ko’p husnlar tavallud etadi. Bu sirga binoan, har husn sohibining va har bir sohibi kamolning amsoli bilan ijtimo' etishga fitriy bir mayli borki, ijtimo'lari zamonida husnlari, kamollari bir ekan, ikki bo’ladi. Hatto bir tosh, toshligi bilan barobar gumbazli binolarda ustaning qo’lidan chiqar-chiqmas boshini egadi, o’rtoqlari bilan birlashishga mayl qiladiki, yiqilish tahlikasidan qutulsin. Afsuski insonlar taovun sirrini idrok qilisholmagan. Hech bo’lmasa, toshlar orasidagi yordam vaziyatidan dars olishsin.

S: Balog’at va hidoyatdan maqsad, haqiqatni vazih bir shaklda ko’rsatib fikrlarni va zehnlarni ixtiloflardan qutqarish ekan; mufassirlarning bu kabi oyatlarda qilgan ixtilofoti, ko’rsatgan ehtimollari, bayon qilgan boshqa-boshqa bir-biriga to’g’ri kelmagan vajhlari ostida haq va haqiqat qanday suratda ko’rilishi mumkin?

J: Ma'lumdirki, Qur'oni Azimushshon yolg’iz bir asrga emas, butun asrlarga nozil bo’lgandir. Ham bir tabaqa insonlarga maxsus emas, butun tabaqoti basharga shumuli bor. Ham bir sinf insonlarga oid emas, butun basharning sinflariga roji'dir. Shunga binoan, hamma, har tabaqa, har zamon fahmiga, iste'dodiga ko’ra Qur'onning haqoiqidan hissa olishi mumkin va hissadordir. Holbuki navi bashar daraja e'tibori bilan muxtalif va zavq jihati bilan mutafovit va shuningdek mayl, istehson, lazzat, tabiat e'tibori bilan bir-biriga uyg’un emas. Masalan: Bir toifa istehson qilgan bir narsa boshqa toifaning zavqiga muxolifdir. Bir qavm mayl qilgan bir narsadan boshqa qavm nafrat qiladi. Bu sirga binoan, Qur'oni Karim gunohlarning jazosi yoki xayrlarning mukofoti haqida zikr qilgan oyatlarda taxsisot qilmagan; umumiy bir shaklda qoldirganki, hamma zavqiga ko’ra fahm etsin.

Xulosa: Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon oyatlarini, jumlalarini shunday bir shaklda nazm etgan va vaz' etganki, har jihatdan ehtimol yo’llari bo’lsinki, muxtalif fahmlar va iste'dodlar zavqlariga ko’ra hissalarini olib bilsinlar. Shuning kabi, ulumi Arabiyaning qoidalariga muvofiq va balog’atning dasturlariga uyg’un va ilmi usulga mutobiq bo’lish sharti bilan, mufassirlarning bir-biriga muxolif bo’lgan bayonoti va ehtimollari; zamonlarga, tabaqalarga va fahmlarga ko’ra murod va joizdir deya hukm qilinishi mumkin. Bu nuktadan tushunildiki, Qur'onning i'joz vajhlaridan biri, nazmi shunday bir uslubdaki, butun asrlarga, tabaqalarga intiboq eta oladi.

اَلَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ : Bu jumlaning avvalgi jumla bilan nazmini ijob ettirgan munosabat vajhlari esa: Bu jumla mo’'minlarni madh etadi, avvalgi jumla esa Qur'onni madh etadi. Shu har ikki madh orasida bir insibob (to’kilish) bordirki; bu uni istaydi, u buni istaydi. Chunki ikkinchi madh birinchi madhning natijasi va birinchi madhga bir burhoni inniydir va hidoyatning samarasi va shohididir. Va ayni zamonda hidoyatga bir yordamchi vazifasini bajaradi. Chunki mo’'minlarni madh qilishda iymonga kelish uchun bir tashviq bor. Tashviq esa bir navi hidoyatdir.

اَلَّذ۪ينَ bilan مُتَّق۪ينَ orasidagi munosabatga kelsak: Bularning biri taxliya تَخْلِيَه , boshqasi tahliya تَحْلِيَه dir. Taxliya تَخْلِيَه tathir etish va tozalashdir. Tahliya تَحْلِيَه esa, tazyin etish va bezash ma'nosidadir. Bular bir-biri bilan o’rtoq bo’lib bu yerda bo’lgani kabi, doimo bir-birini ta'qib qiladilar. Shuning uchun, qalb taqvo bilan sayyiotdan poklanar poklanmas hamon, uning orqasidan iymon bilan tazyin etilgan va bezatilgandir.

Qur'oni Karim taxliya-i sayyiotni uch martabasi bilan zikr qilgan.

Birinchisi, shirkni tark;

ikkinchisi, ma'osiyni tark;

uchinchisi, mosivoullohni tark qilish.

Tahliya تَحْلِيَه esa hasanot bilan bo’ladi. Hasanot ham yo qalb bilan bo’ladi yoki qolip va badan bilan bo’ladi va yoxud mol bilan bo’ladi.

A'moli qalbiyning shamsi, iymondir.

A'moli badaniyaning mundarijasi, namozdir.

A'moli moliyaning qutbi, zakotdir.

S-

اَلَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ

hol iqtizosiga ko’ra ijoz bo’lsa ham, ayni ma'noni ifoda qilgan اَلْمُؤْمِنُونَ kalimasiga nazaran itnobdir (uzundir). Ha, اَلْ harfi اَلَّذ۪ينَ bilan; مُؤْمِنُونَ kalimasi يُؤْمِنُونَ fe'li bilan almashtirilgan. Bu itnobning ijozga tarjih sababi nima?

J- اَلَّذ۪ينَ asmo-i mubhamadan bo’lganidan, uni ta'yin va tamyiz etgan yolg’iz silasidir. Demak, butun qiymat silasiga oid. Boshqa sifatlarida hech qanday qiymat yo’q. Bu esa, bu yerda silasi bo’lgan iymonga buyuk bir azamat berish bilan insonlarni iymon keltirishga tashviq qiladi. Ammo مُؤْمِنُونَ kalimasiga badal fe'l siyg’asi bilan يُؤْمِنُونَ ning tarjihi; iymon fe'lini xayol nazariga ko’rsatib vaziyatning tasvir etilishiga, dohiliy va xorijiy dalillarning tajalliysi bilan iymonning istimror va davom bilan tajaddud etishiga ishoratdir. Ha, daloilning zuhuri nisbatida iymon ziyodalashadi, tajaddud etadi.

بِالْغَيْبِ Ya'ni, nifoqsiz ixlosi qalb bilan iymon keltiradilar. Yoki iymon keltiriladigan narsalar g’ayb bo’lish bilan barobar, iymon keltiradilar. Va yoxud, g’oyibga yoki olami g’aybga iymon keltiradilar.

Iymon, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam tablig’ etgan zaruriyoti diniyani tafsilan va zaruriyotning g’ayrisini ijmolan tasdiq qilishdan hosil bo’lgan bir nurdir.

S: Avomi nosdan haqoiqi diniyani ta'bir etgan faqat yuzdan birdir?

J: Ta'bir etmasligi, bilmasligiga dalil bo’lolmaydi. Ha, ko’p marta lison, insonning tasavvurotidan nozik tomonlarini ta'birdan ojiz bo’lgani kabi, qalbidagi va vijdonidagi nozik tomonlar ham aqlga ko’rinmaydi. Hatto balog’at dohiylaridan Sakkokiy kabi bir zot Imriul-Qays yoki boshqa bir badaviy ibroz etgan balog’at nozik tomonlarini qamray olmagan. Shu bilan barobar, iymoning bor-yo’qligi so’roq bilan tushuniladi. Masalan, omi bir odamga, butun jihatlari bilan, ajzosi bilan qudratida va tasarrufida bo’lgan Sone' yaratgan bu olamning bir jihatda Sone'i bor-yo’qligi haqida bir savol so’ralgan zamon, "Hech bir jihatdan yoq! Bo’lolmaydi!" desa, kifoyadir. Chunki inkor jihatining, ya'ni Sone'siz bo’lolmasligi uning vijdonida sobit bo’lganiga dalolat qiladi. Chunki nafiy jihatining ya'ni, Sone'siz bo’lolmasligining uning vijdonida sobit bo’lganiga dalolat qiladi.

Iymon, Sa'diy Taftazoniyning tafsiriga ko’ra: "Janobi Haq istagan qulining qalbiga, juzi ixtiyoriyning sarfidan so’ngra, ilqo etgan bir nurdir." deyilgan. Shunday ekan, iymon, Shamsi Azaliydan vijdoni basharga ehson qilingan bir nur va bir shuadirki, vijdonning ich yuzini tamomi bilan nurlantiradi. Va bu soyada butun koinot bilan bir unsiyat, bir amniyat paydo bo’ladi. Va hamma narsa bilan kasbi muorafa etadi. Va insonning qalbida shunday bir quvva-i ma'naviya hosil bo’ladiki, inson u quvvat bilan har musibatga, har hodisaga qarshi muqovamat eta oladi. Va shunday bir vus'at va kenglik beradiki, inson u vus'at bilan o’tgan va kelasi zamonlarni yuta oladi.

Va shuningdek, iymon Shamsi Azaliydan ehson qilingan bir nur bo’lgani kabi; saodati abadiyadan ham bir yog’dudir. Va u yog’du bilan vijdonda bo’lgan butun umid va iste'dodlarining urug’lari bir shajara-i tubo kabi nashvu namoni boshlaydi, abad mamlakatiga tog’ri harakat qiladi, ketadi.

وَيُق۪يمُونَ الصَّلَاةَ : Bu jumlaning avvalgi jumla bilan bog’liqlik va munosabati kunduz kabi oshkoradir. Ammo badaniy ibodat va toatlardan namozning taxsisi, namozning butun hasanotga mundarija va o’rnak ekaniga ishoratdir. Ha, qandayki Fotiha Qur'onga, inson koinotga mundarijadir; namoz ham hasanotga mundarijadir. Chunki namoz, savm, haj, zakot va boshqa haqiqatlarni ichiga olgani kabi, idrokli va idroksiz maxluqotning ixtiyoriy va fitriy ibodatlarining namunalarini ham o’z icjhiga olgan. Masalan: Sajdada, rukuda, qiyomda bo’lgan maloikaning ibodatlarini, ham tosh, daraxt va hayvonlarning u ibodatlarga o’xshagan vaziyatlarini eslatgan bir ibodat.

S- يُق۪يمُونَ ning fe'l siyg’asi bilan zikrida qanday hikmat bor?

J- Ruhga hayot bergan namozning u keng harakatini va olami Islomga yoyilgan u intibohi ruhoniyni muxotobga ixtor etib ko’rsatishdir. Va u go’zal vaziyatni va u muntazam holatni xayolga olib tasvir qilish bilan sami'larni namozga maylini iqoz etib orttirishdir.

Ha, tarqoq bir vaziyatda bo’lgan afrodni buyuk bir sevinch bilan ijtimo'ga yo’naltirgan ma'lum jihozning ovozi kabi, olam sahrosida tarqalgan insonlarni jamoatga da'vat qilgan azoni Muhammadiyning (S.A.V.) o’sha shirin ovozi bilan ibodatga va jamoatga bir mayl, bir shavq hosil bo’ladi.

S- يُصَلُّونَ kalimasiga badal itnobli يُق۪يمُونَ الصَّلَاةَ ning zikrida qanday hikmat bor?

J- Namozda lozim bo’lgan ta'dili arkon, mudavomat, muhofaza kabi iqomaning ma'nolarini muro'at etishga ishoratdir.

Birodar! Namoz, qul bilan Alloh orasidagi yuksak bir nisbat va ulviy bir munosabat va nazih bir xizmatdirki, har ruhni jalb va jazb etish namozning sha'nidandir. Namozning arkoni, ''Futuhoti Makkiya''ning sharx qilgani kabi, shunday asrorni ichiga olganki, har vijdonning muhabbatini jalb qilish, namozning sha'nidandir. Namoz, Xoliqi Zuljalol tarafidan har yigirma to’rt soat mobaynida ta'yin etilgan vaqtlarda ma'naviy huzuriga qilingan bir da'vatdir. Bu da'vatning sha'nidandirki, har qalb kamoli shavq va ishtiyoq bilan ijobat etsin. Va me'rojvoriy bo’lgan u yuksak munojotga mazhar bo’lsin.

Namoz, qalblarda azamati Ilohiyani tasbit va idoma.. va aqllarni unga tavjih ettirish bilan adolati Ilohiyaning qonuniga itoat.. va nizomi Rabboniyga imtisol ettirish uchun yagona Ilohiy bir vasiladir. Zotan inson madaniyatli bo’lish jihati bilan, shaxsiy va ijtimoiy hayotini qutqarish uchun, u qonuni Ilohiyga muhtojdir. U vasilaga muro'at etmagan yoki tanballik bilan namozni tark qilgan va yoxud qiymatini bilmagan; naqadar johil, qay daraja xasir, naqadar zararli bo’lganini oxirida anglaydi, ammo kech bo’ladi.

وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ : Bu kalomning maqobli bilan nazmini ijob ettirgan munosabat esa: Namoz عِمَادُ الدّ۪ينِ ya'ni, dinning ustuni va asosi bo’lgani kabi, zakot ham Islomning qantarasi, ya'ni ko’prigidir. Demak, birisi dinni, boshqasi osoyishni muhofaza qilgan Ilohiy ikki asosdirlar. Shuning uchun bir-biri bilan bog’langanlar.

Zakot bilan sadaqaning loyiq bo’lgan mavqelarini topish uchun bir nechta shart bor:

1- Sadaqani berishda isrof bo’lmasligi.

2- Birovdan olib boshqasiga berish surati bilan xalqning molidan bo’lmasdan, o’z molidan bo’lishi.

3- Minnat bilan in'omning buzilmasligi.

4- Faqir bo’lish qo’rquvi bilan sadaqaning tark qilinmasligi.

5- Sadaqaning yolg’iz molga va pulga munxasir bo’lmagani bilinishi bilan ilm, fikr, quvvat, amal kabi narsalarda ham muhtoj bo’lganlarga sadaqaning berilishi.

6- Sadaqani olgan odam u sadaqani safohatda emas, hojoti zaruriyasida sarf qilishi lozim.

Qur'oni Karim bu shartlarni, bu nuktalarni insonlarga sadaqa bo’lib ehson va ihsos etish uchun يُزَكُّونَ yoki يَتَصَدَّقُونَ va yoxud يُؤْتُونَ الزَّكَاةَ kabi ijozli bir ifodani tark qilib, وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ kabi itnobli bir jumlani ixtiyor qilgan.

1- Tab'izni ifoda qilgan مِنْ isrofning raddiga.

2- مِمَّا ning taqdimi, sadaqaning o’z molidan bo’lganiga.

3- رَزَقْنَا minnatning bo’lmasligiga. Chunki bergan Allohdir, qul esa bir vositadir.

4- Rizqning نَا ga bo’lgan isnodi, faqirlikdan qo’rqilmasligiga.

5- Rizqning umumiy va mutlaq bo’lib zikr qilinishi, sadaqaning ilm va fikr kabi narsalarni ham qamrashiga.

6- نَفَقَ moddasi; olganning safohatga emas, hojoti zaruriyasiga sarf qilishiga ishoratlardir.

Butun muovanat va yordam navlarini ichiga olgan zakot haqida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan

اَلزَّكَاةُ قَنْطَرَةُ الْاِسْلَامِ

sahih hadisi sharifi marvidir. Ya'ni, musulmonlarning bir-biriga yordamlari faqat zakot ko’prigi ustidan o’tish bilan qilinadi. Zero yordam vositasi, zakotdir. Insonlarning jamiyatida intizom va osoyishni ta'min qilgan ko’prik, zakotdir. Olami basharda hayoti ijtimoiyaning hayoti muovanatdan tug’iladi. Insonlarning taraqqiyotiga to’siq bo’lgan isyonlardan, ixtilollardan, ixtiloflardan kelib chiqqan falokatlarning tiryoqi, dorisi muovanatdir.

Ha, zakotning vujubi bilan riboning harom bo’lishida buyuk bir hikmat, yuksak bir foyda, keng bir rahmat bordir. Ha, agar tarixiy bir nazar bilan sahifa-i olamga qaraydigan bo’lsang va u sahifani kirlatgan basharning masaviysiga, xatolariga diqqat qilsang, jamiyatda ko’ringan ixtilollar, fasodlar va butun axloqi razilaning ikki kalimadan tug’ilganini ko’rasan.

Birisi: "Men to’q bo’lay, boshqasi ochligidan o’lsa o’lsin, menga nima."

Ikkinchisi: "Sen zahmatlar ichida bo’g’ilki, men ne'matlar va lazzatlar ichida rohatlanay."

Olami insoniyatni zilzilaga mahkum qilish bilan parokandalikka yaqinlashtirgan birinchi kalimani o’chirgan faqatgina zakotdir.

Bashariyatni umumiy falokatlarga olib borgan va bolsheviklikka yo’naltirib taraqqiyotni, osoyishni mahv etgan ikkinchi kalimani ildizidan sug’urib tashlagan narsa, riboning harom qilinishidir.

Birodar! Jamiyatning hayotini saqlagan intizomning eng katta sharti, insonlarning tabaqalari orasida bo’shliq qolmasligidir. Xoslar qismi avomdan, boy qismi fuqarodan xatti muvosalani uzadigan darajada uzoqlashmasliklari lozimdir. Bu tabaqalar orasida muvosalani ta'min qilgan, zakot va muovanatdir. Holbuki vujubi zakot bilan riboning haromligiga muro'at etmaganlaridan, tabaqalar orasi borgancha keskinlashadi, xatti muvosala uziladi, sila-i rahm qolmaydi. Shu sababdandirki, past tabaqadan yuqori tabaqaga ehtirom, itoat, muhabbat o’rniga ixtilol sadolari, hasad baqiriqlari, kin va nafrat dod-faryodlari yuksaladi. Shuning kabi, yuqori tabaqadan past tabaqaga marhamat, ehson, taltif o’rniga zulm otashlari, tahakkumlar, chaqmoq kabi tahqirlar yog’adi. Afsuski, xoslar tabaqasidagi maziyatlar tavozu va tarahhumga sabab ekan, takabbur va g’ururga sabab bo’ladi. Faqirlar tabaqasidagi ajz va faqirlik ehson va marhamatni mujib ekan, asorat va safolatni keltirib chiqaradi. Agar bu aytganlarimga bir shohid istasang, olami madaniyatga qara, istaganingcha shohidlar mavjud.

Xulosa: Tabaqalar orasida musolahaning ta'mini va munosabatining ta'sisi, faqat va faqat arkoni Islomiyadan bo’lgan zakot va zakotning bolalari bo’lgan sadaqa va tabarru'otning jamiyat miqyosida yuksak bir dastur ittihoz etilishi bilan bo’ladi.

وَالَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ بِمَٓا اُنْزِلَ اِلَيْكَ وَمَٓا اُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ وَبِالْاٰخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ

Qur'oni Karim bu oyat kabi ko’p oyatlarda tarkiblarning, kalomlarning muhtamal bo’lgan ehtimollardan, vajhlardan bir ehtimolini yoki bir vajhini bir alomat bilan ta'yin qilmaslik bilan, nazmi kalomni mursal va mutlaq qoldirgan. Bu ham i'jozni keltirib chiqargan ijozga mansha' bo’lgan latif bir sirdir. Shundayki:

Balog’at, muqtazo-i holga mutobaqatdan iboratdir. Qur'onning muxotoblari muxtalif asrlarda mutafovit tabaqalardir. Bu tabaqalarga muro'atan, muhovara va mukolamani u asrlarga tashmil etish uchun ko’p yerlarda ta'mim uchun hazf qiladi, ko’p yerlarda nazmi kalomni mutlaq qoldiradiki; ahli balog’at va ulumi Arabiya jihatidan go’zal ko’ringan vajhlar, ehtimollar ko’paysinki, har asrda har tabaqa fahmlariga ko’ra hissasini olsin.

Bu oyatni maqobli bilan nazm va rabt etgan munosabat: Qur'oni Karim avvalgi oyat bilan ta'mim qilgandan so’ngra, bu oyat bilan taxsis qilgan. Ha, bu oyat ahli kitobdan iymon keltirganlarni taxsis bilan sharaflarini e'lon va iymonga kelmaganlarni iymonga tashviq qiladi. Abdulloh Ibn Salom qo’lga olinib boshqalarining Abdulloh Ibn Salom kabi bo’lishlari uchun qilingan tashviq kabi.

Va shuningdek, Qur'oni Karimning butun ummatlarga va risolati Muhammadiyaning butun millatlarni qamraganini tasrih etish uchun, har ikki اَلَّذ۪ينَ bilan مُتَّق۪ينَ ning har ikki qismiga tansis etilgan.

Va shuningdek, يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ sadafida bo’lgan iymonning ruknlarini bayon qilish uchun ijmoldan so’ngra tafsilga o’tgan. Chunki bu oyat kitoblarga, qiyomatga sarohatan; rusul va maloikaga zimnan dalolat qiladi.

Qur'oni Azimushshon bu yerda

وَالْمُؤْمِنُونَ بِالْقُرْاٰنِ

kabi ijozli ifodalarni tark qilib,

وَالَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ بِمَٓا اُنْزِلَ اِلَيْكَ

bilan itnobni ixtiyor qilgan. Shu itnob bu maqomni yuksak nukta va latoif bilan tazyin etish uchun ixtiyor qilingan.

1- Asmo-i mavsula va mubhamadan bo’lgan اَلَّذ۪ينَ bu yerda hukmning madori va maqsadning asosi iymon sifati bo’lganiga va mavsufi bilan boshqa sifatlarni iymon sifatiga tobe va ostida ko’rinmaydigan bir holatda bo’lganlariga ishoratdir.

2- Yolg’iz zamonlarning birida subutni ifoda qilgan مُؤْمِنُونَ kalimasiga badal fe'l siyg’asi bilan يُؤْمِنُونَ ta'biri, nuzul va zuhur takarrur etgan sari iymonning tajaddud etganiga ishoratdir.

3- Ibhomni ifoda qilgan مَا iymoni ijmoliyning kifoya bo’lganiga va iymonning hadis kabi botiniy va Qur'on kabi zohiriy vahiylarni qamraganiga ishoratdir.

4- اُنْزِلَ moddasi e'tibori bilan; Qur'onga iymon, Qur'onning Allohdan nuzuliga iymon deganini ko’rsatadi. Shuning kabi, Allohga iymon; Allohning vujudiga iymon, oxiratga iymon, oxiratning kelishiga iymon deganidir.

5- اُنْزِلَ moziyga dalolat qilgan hay'ati e'tibori bilan, hanuz nozil bo’lmaganning nuzuli, nozil bo’lganning nuzuli qadar muhaqqaq bo’lganiga ishoratdir. Shu bilan barobar, يُؤْمِنُونَ dagi istiqbol اُنْزِلَ ning moziyligidan nash'at etgan nuqsonni bartaraf qiladi. Ya'ni, hanuz nozil bo’lmagan qism اُنْزِلَ ning shumuli dohilida bo’lmasa ham, يُؤْمِنُونَ ning shumuli ostidadir. Bu tanzil masalasi Qur'onning ko’p yerlarida vuqu' topgan. Ba'zan moziy istiqbolga musofir bo’lib ketadi. Ba'zan esa muzoriy moziyning mamlakatiga keladi. Bunda juda latif bir balog’at bor. Shundayki:

Bir odam o’ziga ko’ra hanuz o’tmagan bir narsani moziyga dalolat qilgan bir siyg’a bilan eshitgan vaqti, zehni hayajonga keladi, o’ziga keladi; anglaydiki, muxotob yolg’iz u emas. Balki orqasida muxtalif masofalarda juda ko’p boshqa-boshqa toifalar, saflar bo’lish bilan, o’ziga tavjih etilgan xitoblarni, nidolarni, Ilohiy xitoblarni orqasida bo’lgan butun u toifalar zehni eshitayotganday bo’ladi.

عَلَيْكَ ga badal اِلَيْكَ ning zikri: Rasuli Akram (S.A.V.) ning taklif qilingan risolat vazifasini juzi ixtiyoriysi bilan haml va qabul qilganiga va bu xizmat Jabroil tarafidan qilinganidan, Rasuli Akramning (S.A.V.) yanada yuksak bo’lganiga ishoratdir. Chunki عَلٰى da ixtiyor bo’lmagani kabi, vosita-i nuzulning yanada yuksak bo’lganiga dalolat qiladi. اِلَيْكَ dagi olmoshning ismi zohirga tarjih sababi, Qur'on va Qur'onga oid xususot xususida Hazrat Muhammad (S.A.V.) yolg’iz muxotob bo’lib, kalom Allohning kalomi ekaniga ishoratdir.

Bu kalomning ijoz darajasi shu zikr qilingan latoifdan anglashiladi.

وَمَٓا اُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ : Bu kabi sifatlarda bir tashviq bordir. Va u tashviqdan sami'larni imtisolga chorlagan amrlar va nahiylar vujudga keladi. Bu jumlaning maqobli bilan nazmiga doir "to’rt latoif" bor.

1- Bu jumlaning maqobliga atfi, madlulning dalilga bo’lgan bir atfidir. Shundayki:

Ey insonlar! Qur'onga iymon keltirganingiz kabi, kutubi sobiqaga ham iymon keltiring. Chunki Qur'on ularning sidqiga dalil va shohiddir.

2- Yoxud u atf, dalilning madlulga bo’lgan atfidir. Shundayki:

Ey ahli kitob! O’tib ketgan anbiyo va kitoblarga iymon keltirganingiz kabi, Hazrat Muhammad (S.A.V.) bilan Qur'onga ham iymon keltiring! Zero ular, Hazrat Muhammadning (S.A.V.) kelishini tabshir etganlari kabi, ularning va kitoblarining sidqiga bo’lgan dalillar, haqiqati bilan, ruhi bilan Qur'onda va Hazrat Muhammadda (S.A.V.) mavjuddir. Shunday ekan, Qur'on Allohning kalomi va Hazrat Muhammad (S.A.V.) ham rasuli bo’lganini tariqi ula bilan qabul qiling va qilishingiz kerak.

3- Zamoni Saodatda Qur'ondan nash'at etgan Islomiyat xuddi bir shajaradir. Ildizi zamoni saodatda sobit bo’lish bilan, tomirlari u zamonning obi hayot manbalaridan quvvat va hayot olib, har tarafga intishor etganlari kabi, shox va shodalari ham istiqbol samosiga qadar uzanib, olami basharga moddiy va ma'naviy samaralarni yetishtiradi. Ha, Islomiyat moziy bilan istiqbolni qanotlari ostiga olgan, soyalantirib istirohati umumiyani ta'min etadi.

4- Qur'oni Karim u jumlada ahli kitobni iymonga tashviq qilish bilan, ularga bir unsiyat, bir suhulat ko’rsatadi. Shundayki:

"Ey ahli kitob! Islomiyatni qabul qilishda sizga bir mashaqqat yo’q. Sizga og’ir kelmasin! Zero sizga tamoman diningizni tark qilishingizni amr qilmayapti. Faqat e'tiqodingizni ikmol va yoningizda bo’lgan asosoti diniya uzra bino qiling", deya taklif qilyapti. Zero Qur'on, butun kutubi salifaning go’zalliklarini va eski shariatlarining qavoidi asosiyalarini jam etganidan, usulda mua'ddil va mukammildir. Ya'ni, ta'dil va takmil etuvchidir. Yolg’iz zamon va makonning tag’ayyur etishi ta'siri bilan tahavvul va tabaddulga ma'ruz bo’lgan furuot qismida muassisdir. Bunda aqliy va mantiqiy bo’lmagan bir jihat yo’q. Ha, mavosimi arbaada kiyiladigan, yeyiladigan va boshqa dorilarning tabadduliga luzum va ehtiyoj hosil bo’lgani kabi, bir shaxsning yashash bosqichlarida ta'lim va tarbiya holati tabaddul etadi. Shuning kabi, hikmat va foydaning iqtizosi sababli, umri basharning martabalariga ko’ra ahkomi far'iyada tabaddul bor. Chunki, far'iy hukmlardan biri, bir zamonda foyda ekan, boshqa bir zamonga ko’ra mazarrot bo’ladi. Yoki bir dori bir shaxsga davo ekan, boshqa insonga xastalik bo’ladi. Bu sirdandirki, Qur'on far'iy hukmlardan bir qismini nasx etgan. Ya'ni, "Vaqtlari tugadi, navbat boshqa hukmlarga keldi", deya hukm qilgan.

مِنْ قَبْلِكَ : Qur'onda hech bir kalima yo’qki, mavqeyi bilan munosabatdor bo’lmasin. Va yoxud mavqeining boshqa bir kalimaga munosabati ko’proq bo’lsin. Ha, Qur'onning har qaysi o’rnida bo’lgan bir kalima u mavqening boshida bir toji zarrin kabi ko’rinadi. Va oralaridagi munosabatlar sababli, oralarida ixtilof yeri yo’q.

Azjumla: مِنْ قَبْلِكَ kalimasiga qara! Bu oyatning har tarafidan uchib bu kalimaning boshiga qo’ngan latoifni ko’r. Zero, bu oyat nubuvvat haqidadir. Nubuvvat masalasida "Besh Maqsad" bor. Bu maqsadlar besh nukta va latoifdan in'ikos etgan. Bu besh latoif, مِنْ قَبْلِكَ ning sadafidadir. Maqsadlar esa:

1- Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam rasuldir.

2- Akmal-ur Rasuldir.

3- Xotam-ul Anbiyodir.

4- Risolati a'mmadir.

5- Shariati boshqa shariatlarning mahosinini jamlash bilan ularning nasixidir.

Birinchi maqsadning مِنْ قَبْلِكَ dan vajhi in'ikosi: Maslaklari va yo’llari bir bo’lgan bir jamoat, مِنْ قَبْلِكَ kalimasidan imoan fahm qilinadi. Shunga binoan, Hazrat Muhammadning (S.A.V.) مِنْ قَبْلِكَ dagi olmoshga marji' bo’lishi, u jamoatdan ma'dud bo’lishini iqtizo etadi. Va ularning maslaklari bo’lgan nubuvvatlariga va kitoblarining sidqiga bo’lgan butun dalillar, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolatiga va Qur'onning Allohdan nozil bo’lganiga bir hujjati qat'iya bo’lgani kabi, ularning mo’'jizalari ham Hazrat Muhammadning (S.A.V.) da'vosiga bir mo’'jiza hukmiga o’tadi.

Ikkinchi maqsadning vajhi in'ikosi: Uch qoidadan tazohur etadi.

1- Sultonlar doimo xalqning, jamoatning, qo’shinning oxirida chiqadilar.

2- Navi basharda takammul bordir. Bu takammul qonuni ikkinchi murabbiyning va ikkinchi mukammilning avvalgi murabbiylardan yanada akmal bo’lishini iqtizo etadi.

3- Aksariyat bilan, xalafning mahorati salafidan yanada ziyodadir.

Mana shu uch qoidadan, Hazrat Muhammadning (S.A.V.) akmali anbiyo bo’lgani tazohur etadi.

Uchinchi maqsadning vajhi in'ikosi: Mashhur bir qoida borki; bir vohid ko’paysa tasalsul etadi, borgancha boraveradi, bir yerda turmaydi. Faqat ko’plar va kasir bo’lganlar ittihod etsa, quvvatlanadi, istiqror paydo qiladi, joyida qoladi, ortiq o’zgarmaydi. Demak, Muhammad Alayhissalotu Vassalam xotam-ul anbiyodir. Mafhumi muxolifi bilan ishmom etadiki, undan so’ngra payg’ambar kelmaydi. Xotamiyatiga xotam va izmo bosadi.

To’rtinchi maqsadning vajhi in'ikosi: مِنْ قَبْلِكَ kalimasining ifoda qilgani kabi, Hazrat Muhammad (S.A.V.) ularning xalafidir. Va ular tamoman u hazratning salaflaridir. Shunga binoan, xalafning salafga oid vazifani tamomiyla bo’yniga olib ularning o’rniga qoim bo’lishi, u hazratning butun salaflariga noib va butun ummatlariga rasul bo’lganini iqtizo etadi.

Ha, bu qoida hukmiga uyg’un fitriy bir qoidadir. Zero zamoni saodatdan avval inson olami ixtivo etgan ummatlar, millatlar orasida moddatan va ma'nan, iste'dodan va tarbiyatan juda muxtalif va keng masofalar bor edi. Shuning uchunki, tarbiya-i vohida va da'vati munfarida kifoya qilmas edi. Qachonki olami insoniyat zamoni saodatning shamsi saodati bilan uyg’ondi va mudovala-i afkor bilan, an'analarining tarki bilan, tabdili bilan va qavmlarning bir-biriga ixtilotlari bilan ittihodga mayl ko’rsatdi va oralarida munaqola va muxobara boshlandi; hatto kura-i arz bir mamlakat, balki bir viloyat, balki bir qishloq kabi bo’ldi; bir da'vat va bir nubuvvat umum insonlarga kifoya ko’rildi.

Beshinchi maqsadning vajhi in'ikosi:

مِنْ قَبْلِكَ dagi مِنْ ibtido ma'nosini ifoda qiladi. Ibtido esa bir intihoga qaraydi. Intiho adami ehtiyojga dalolat qiladi. Shunday ekan, u hazrat Xotam-ul Anbiyodir va olami insoniyatning boshqa bir rasulga ehtiyoji yo’qdir.

مِنْ قَبْلِكَ kalimasining bu besh latoifga ma'kas va mazhar bo’lishiga nazari balog’at jihatidan dalolat qilgan alomat shudirki: Bu besh maqsad bir daryo kabi shu oyatlarning ostida oqish bilan, oyatdan oyatga intiqol natijasida, مِنْ قَبْلِكَ hovuzida ijtimo' etgan. Ha, kalimaning sathida ko’ringan bir tarashshuh, bir namlik kalimaning ostida hovuzning bo’lganiga dalolat va imo qiladi. Shu bilan barobar, bu maqsadlarning bayoniga boshqa-boshqa oyatlar taxsis etilgandir.

وَبِالْاٰخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ : Bu oyat hashr masalasiga ishoratdir. Hashrning isboti haqida fayzi Qur'ondan fahmlaganim va boshqa bir risolada tafsiloti bilan zikr qilganim o’n burhonning xulosasiga bu yerda ishorat qilamiz. Shundayki: Qasd va irodadan vujudga kelgan bir nizomi akmal bor. Xilqat va yaratilishda tom bir hikmat hukmfarmodir. Olamda abas yo’q. Fitratda isrof yo’q. Bu shohidlarni tazkiya etgan, istiqro-i tomdirki; har fan mavzusi bo’lgan navning nizomiga bir shohidi odildir.Va shuningdek, yavm va sana va boshqalar kabi har navda nav'iy bir qiyomati mukarrara bor. Va shuningdek, bashardagi iste'dod qiyomatga bir ramzdir. Va shuningdek, basharning g’ayri mutanohiy mayl va umidlari qiyomatni istaydi. Va shunigdek, Sone'-i Hakimning rahmat xazinasining mahalli sarfi faqat qiyomat va hashrdir. Va shunigdek, sidq va omonat bilan ma'ruf Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam sarohatan e'lon qiladi. Va shunigdek, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon

وَقَدْ خَلَقَكُمْ اَطْوَارًا ٭ وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِلْعَب۪يدِ

oyatlari bilan va bu oyatlarning amsoli bilan hashrning vuqu'ini qat'iyat bilan isbot qiladi. Xullas, tom unga yetishgan shohidlar saodati abadiyaning kaliti bo’lib, u Jannatning eshiklarini ochadilar.

Birinchi Burhon:

Ha, koinot saodati abadiyani intoj etmasa, aqllarni hayratda qoldirgan koinotda ko’ringan eng bariz, eng mukammal shu nizom aldovchi zaif bir suratdan iborat bo’lib qoladi. Va butun ma'naviyat va aloqalar, robitalar va nisbatlar butunlay foydasiz bo’ladi. Shunday ekan, u nizomning nizom bo’lishi, faqat va faqat saodati abadiyani intoj etish bilan bo’ladi. Ya'ni, u nizomdagi ma'naviyat va nuktalar faqatgina olami oxiratda unib chiqadi. Bo’lmasa butun ma'naviyat so’nadi, robitalar uziladi, nisbatlar tor-mor bo’ladi, nizom ham barhavo bo’ladi. Holbuki u nizomda bo’lgan quvvat butun quvvati bilan u nizomning barhavo etilmasligini e'lon qiladi.

Ikkinchi Burhon:

Har bir navda, har bir fardda hikmatlarga, manfaatlarga rioya qilgan va inoyati azaliyaning timsoli bo’lgan hikmati tomma saodati abadiyaning kelishini tabshir etadi. Chunki aks holda, badohat bilan iqror va tasdiq qilganimiz shu hikmatlarni va foydalarni inkor qilishimiz lozim bo’ladi. Chunki u foydalarning, u hikmatlarning, u manfaatlarning har biri ziddiga inqilob etadi. Bu hol esa safsatadir.

Uchinchi Burhon:

Ikkinchi burhonni tafsir qiladi. Fanning ham shahodat qilgani kabi, Sone'-i Hakim hamma narsada eng qisqa yo’lni, eng yaqin jihatni, eng go’zal va eng xafif suratni ixtiyor qilgan. Bu ixtiyor koinotda abasiyatning bo’lmaganiga dalolat qiladi. Bu esa jiddiyatga dalolat qiladi. Jiddiyat esa saodati abadiyaning kelishi bilan bo’ladi; bo’lmasa bu borliq adam sanaladi va hamma narsa abasiyatga tahavvul etadi. Holbuki, abas va isrof kabi botildan pok va munazzah bo’lganini shu

سُبْحَانَكَ مَا خَلَقْتَ هٰذَا بَاطِلً

kalomi bilan i'lom va ta'lim bergan Zoti Zuljalol so’ziga qanday muxolafat qiladi?

To’rtinchi Burhon:

Uchinchi Burhonni izoh qiladi. Butun fanlarning shahodati bilan, fitratda isrof yo’qdir. Agar insoni akbar deyilgan olamdagi hikmatlarni idrokdan ojiz bo’lsang, olami asg’ar deyilgan insondagi nuktalarga, hikmatlarga diqqat qil. Ha, "Fanni Manafi'-ul A'zo" sharh va bayon qilgan vajh bilan, insonning jismida, har biri bir manfaat uchun taqriban ikki yuzdan ortiq suyak bor. Va har biri bir foyda uchun olti ming tomir bor. Va hujayrotga xizmat qilgan yigirma to’rt ming masama va deraza bor. U hujayrotda joziba, dafi'a, mumsika, musavvira, muvallida nomi bilan har biri bir foyda uchun besh quvvat ishlaydi. Olami asg’ar shunday ekan, insoni akbar undan orqada qoladimi? Ruhga nisbatan ahamiyatsiz bo’lgan jasad bu daraja isrofdan uzoq bo’lsa, qanday qilib javhari ruh bilan asarlarida, umidlarida, afkorida va ma'naviyatida isrof bo’ladi. Chunki saodati abadiya bo’lmasa, butun ma'naviyat quriydi. U haqiqatlar isrof mamlakatiga qochadi. Ajabo, dunyo qadar qiymatli bo’lgan bir javharga molik bo’lish bilan, ham doimo uning jildini va g’ilofini muhofaza qilgandan so’ngra, u javharni birdaniga yerga urib sindirish ehtimoli bormi? Qaysi aql qabul qiladi? Ham bir shaxsning tuzilishidagi quvvat, a'zosidagi sihat, iste'dodidagi qobiliyat u shaxsning yashashiga va takammuliga dalil bo’lgani kabi, koinotning ruhiga qadar nufuz etgan haqiqati sobita va davomli yashashini imo etgan intizomidagi quvvati komila va takammuliga ketgan nizomidagi kamol, ajabo hashri jismoniy yo’li bilan saodati abadiyaga dalil bo’lmaydimi? Zero intizomini ixtiloldan va buzilishdan qutqargan, saodati abadiyadir. Va takammulga vosita bo’ladi. Va u quvvatni inkishof ettirgan udir.

Beshinchi Burhon:

Ha, har navi maxluqotda bir navi qiyomatning va bir tur hashrning takror bilan sodir bo’layotgani katta qiyomatning sodir bo’lishiga va kelishiga ishoratdir. Bunga bir misol: Ha, haftalik soatga qara. U soatda soniyalarni, daqiqalarni, soatlarni, kunlarni sanagan ibralardan va millardan soniyalarni sanagan ibra daqiqalarni sanagan ibraning harakatini ixbor etadi. Daqiqalarni sanagan ibra soatlarni sanagan ibraning harakatini e'lon qiladi. Soatlarni sanagan ibra ham kunlarni ko’rsatgan ibraning harakatini hosil qiladi va i'lam etadi. Xullas, birinchisining harakatining tamom bo’lishi ikkinchisining ham harakatining tamom bo’lishiga va ikkinchining tamomi harakat etishi uchinchining ham itmomi harakat etishiga ishoratdir.

Shuning kabi, Sone'-i Hakimning koinot deyilgan katta bir soati bordir. Bu soatning millari falaklarning turli-tuman davaronidan iboratdir. Mana bu davaronlar; kunlarni, yillarni, umri basharni, dunyoning baqo muddatini ko’rsatadilar. Shunga binoan, har kechadan so’ngra tongning, har qishdan so’ngra bahorning kelishi kabi, hashrning tongi u katta soatdan vujudga kelishiga dalil va ishoratdir.

S: Koinotda ko’ringan shu navi qiyomatlarda ashyo ayni bilan i'oda etilmaydi. Holbuki katta qiyomatda nima uchun ajsom ayni bilan i'oda etiladi?

J: Insonning bir fardi boshqa maxluqotning bir navi kabidir. Zero insondagi u nuri fikr umidlariga, ruhiga shunday bir inkishof, shunday bir inbisot berganki, butun zamonlarni yutsa, to’ymaydi. Zero, undagi u yuksak fikr insonning mohiyatini ulviy, qiymatini umumiy, nazarini kulliy, kamolini g’ayri mahsur, lazzat va alamini doimiy qilgan. Boshqa navlarning fardlari esa bunday emas. Ularning mohiyatlari juz'iy, qiymatlari shaxsiy, nazarlari mahdud, kamollari mahsur, lazzat va alamlari oniydir. Bundan tushunilyaptiki, insonning bir fardi boshqa maxluqotning bir navi hukmidadir. Shunga binoan, u navlarda ko’ringan shu qiyomatlarning va hashr va nashrlarning holatlari qanday bo’lsa, afrodi insoniya ham shundaydir.

Oltinchi Burhon:

Saodati abadiyaga ishorat qilgan burhonlardan biri ham, insondagi g’ayri mutanohiy iste'dodlardir. Ha, Janobi Haq tarafidan mukarram qilingan insonning javhari ruhida ekilgan va raqamlarga sig’magan iste'dodlar bor. Bu iste'dodlarning ostida hisobsiz qobiliyatlar bor. Va bulardan nash'at etgan nihoyatsiz mayllar bor. Va bulardan hosil bo’lgan g’ayri mutanohiy afkor va tasavvurot bor. Bularning har biri hashri jismoniyning orqasidagi saodati abadiyaga shahodat barmoqlarini uzatib ko’rsatadilar.

Yettinchi Burhon:

Ha, Rahmon va Rahim bo’lgan Sone'-i Hakimning rahmati rahmatlarning eng buyugi bo’lgan saodati abadiyaning kelishini tabshir etadi. Zero, rahmat faqat saodati abadiya bilan rahmat bo’ladi. Va ne'mat faqat u saodat bilan ne'mat bo’ladi. Ha, butun ne'matlarni niqmatlarga aylantirgan abadiyan ayrilishdan vujudga kelgan va umumiy motamlardan yuksalgan o’sha balolardan koinotni, xususan shuurli bo’lgan maxluqotni qutqargan narsa, saodati abadiyaning kelishidir. Chunki butun ne'matlarning, rohatlarning, lazzatlarning ruhi bo’lgan saodati abadiya kelmasa, umum koinotning shahodati bilan sobit bo’lgan va quyosh kabi porlagan rahmat va shafqati Ilohiyaning badohatiga qarshi mukobara bilan inkor lozim bo’ladi.

Ey Habibi Shafiq va ey Shafiqi Habib! Ey Saidi Majid va ey Majidi Said! Rahmati Ilohiyaning eng latifi, eng zarifi, eng lazizi bo’lgan muhabbat va shafqatiga qaranglar. U muhabbat va shafqatni firoqi abadiy va hijroni layozaliy bilan qarshilaganingiz taqdirda; vijdon, xayol va ruh nima holga kiradilar. U muhabbat va u shafqat eng buyuk, eng shirin bir ne'mat ekan, eng azim bir musibatga, bir baloga inqilob etadi. Ajabo, ko’z o’ngida bilbedaho ko’ringan rahmati Ilohiya firoqi abadiyning muhabbat va shafqatga qarshi hujum qilishiga muso'ada etadimi?

(Vallohi, yo’q!..) لَا وَاللّٰهِ

Faqat u rahmatning sha'nidandirki, firoqi abadiyni hijroni layozaliyga, hijroni layozaliyni firoqi abadiyga va adami mutlaqni ham har ikkisiga yo’liqtiradiki, u firoqlarning, u hijronlarning ildizlari yo’q bo’lsin.

Sakkizinchi Burhon:

Butun olamda har xususda sidqi va to’g’riligi ma'lum va musallam bo’lgan Hazrat Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalam barmog’i bilan qamarni shaqq etgani kabi, lisoni bilan ham saodati abadiyaning eshiklarini ochgan. Va butun anbiyo-i i'zomning bu haqiqat ustida ijmo'lari bir hujjati qat'iyadir.

To’qqizinchi Burhon:

O’n uch asrdan beri yetti vajh bilan i'jozi tasdiq qilingan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning hashr haqidagi bayonoti saodati abadiyaning kelishiga kifoya bir dalil emasmi? Boshqa bir dalilga ehtiyoj bormi?

O’ninchi Burhon:

Bu burhon minglab burhonlarni jamlagan. Bu burhonlarni ko’p oyatlar tazammun etgan. Ha, Qur'oni Karim ko’p oyatlaridan hashrga qaragan derazalar ochgan. Azjumla:

وَقَدْ خَلَقَكُمْ اَطْوَارًا

oyati bilan saodati abadiyaga yo’l ochgan bir qiyosi tamsiliyga ishorat qilgan. Shuning kabi

وَمَا رَبُّكَ بِظَلَّامٍ لِلْعَب۪يدِ

oyati karimasi bilan saodatni ko’rsatgan bir qiyosi adliyga ishorat qilgan.

Birinchi oyat bilan ishorat qilingan qiyosi tamsiliy: Avvalo insonning vujudiga qara. Qanday holatdan holatga, ya'ni nutfadan alaqaga, alaqadan mudg’aga, mudg’adan go’sht va suyakka, go’sht va suyakdan inson suratiga bir qasd, bir iroda va bir ixtiyor ostida maxsus qonunlar bilan, muayyan nizomlar bilan, muntazam harakatlar bilan intiqol etganini va qolipdan qolipga kirib chiqqanini ko’r. So’ngra insonning baqosiga diqqat qil. Inson bu vujud libosini har yil o’zgartiradi. Bu vujud o’zgarishi badandagi hujayrotning buzilib yaratilishi bilan bo’ladi. Bu ta'mirot ham butun a'zoning arzoq mahzani hukmida bo’lgan, Janobi Haq bir qonuni maxsus bilan ihzor etgan u modda-i latifadan olingan ajzo bilan qilinadi. So’ngra u modda-i latifaning ahvoliga qara. Qanday a'zoning ehtiyojlariga ko’ra muayyan bir qonun bilan taqsim qilinadi va badanning har tarafiga maxsus bir nizom bilan muntazaman tarqaladi. Yana shoyoni diqqatdirki; u modda-i latifa to’rt matbaxda pishirilgandan so’ngra va to’rt inqilobdan o’tgandan so’ngra va to’rt suzgichdan tasfiya etilgandan so’ngra rizq qilib taqsim qilinadi. Ham yana shoyoni diqqatdirki, u modda-i latifa ovqatlarning ruhi va xulosasidir. U ovqatlar olami anosirda tarqoq manbalardan muntazam bir dastur bilan, maxsus bir nizom bilan jam' va tahsil etiladi.

Xullas, butun bu nizomlar, bu qonunlar, bu intizomlar; umumiy bir qasd, bir iroda, bir hikmatdan chiqadi. Ha, masalan Habibning ko’zida joylashgan bir zarraning, unsuri havodan yoki unsuri turobdan o’sha g’arib, ajib holatlarda, inqiloblarda qilgan muntazam harakatidan tushuniladiki; u zarra, tuproqda ekan Habibning ko’ziga ta'yin qilingan va bir ma'mur kabi mahalli ma'muriyatiga muntazaman i'zom qilingan (yuksaltirilgan).

Ha, fanniy bir nazar bilan diqqat qilinsa anglashiladiki, u zarraning harakati ko’r-ko’rona, tasodif asari emas. Chunki u zarra, qaysi martabaga kirsa, u martabaning nizomiga tobe bo’ladi. Va qaysi bir holatga intiqol etgan bo’lsa, uning muayyan qonuni bilan amal qilgan. Va qaysi bir tabaqaga musofir bo’lgan bo’lsa, muntazam bir harakat bilan yo’naltirilgan.

Xulosa:

Nash'a-i ulaga diqqat qilganning nash'a-i uxro haqida taraddudi qolmaydi. Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning amr qilganlari kabi: "Nash'a-i ulani ko’rgan odam nash'a-i uxroni inkor qila oladimi?" Chunki: Ikkinchi tashakkul, ya'ni ikkinchi yaratilish birinchi tashakkuldan osonroq. Buni bajargan uni yanada oson qiladi.

Masalan: Bir guruh askarning ilk tashakkulida, afrodning bir-biri bilan unsiyatlari, mu'orofalari bo’lmaganidan va ta'lim va tarbiya ko’rmaganlaridan, sayqallanmagan toshlardek bo’lganlaridan, u afrod u guruh tuzilgunicha ko’p zahmatlar bo’ladi. Faqat ba'dat tashakkul tarhis etilib yana bir bor taxti silohga da'vat qilingan zamon, juda oson ijtimo' etadi va guruhni tashkil qiladi. Bu tashakkul avvalgi tashakkuldan ancha oson bo’ladi.

Shuning kabi, bir-biri bilan ulfat paydo qilgan va har biri yerini tanigan va bir daraja ishlov berilgan toshlar kabi kasbi latofat etgan badanning zarroti, o’lim bilan tarqalgandan so’ngra, hashrda Xoliqning izni bilan, Isrofilning suri bilan u zarroti asliya va asosiya ijtimo'ga da'vat qilinganlari zamon, juda oson ijtimo' etadilar va badani insoniyni yana eskisi kabi tashkil qiladilar. Shuning kabi, qudrati azaliyaga nisbatan eng katta, eng kichik kabidir; hech bir narsa u qudratga og’ir kelolmaydi.

Birodar! Zohirga nazaran, hashrda ajzo-i asliya bilan ajzo-i zoida birlikda i'oda etiladi. Ha, junub ekan tirnoqlarning, sochlarning kesilishi makruh va badandan ayrilgan har bir juzning bir yerga ko’milishi sunnat bo’lgani bunga ishoratdir. Faqat tahqiqga ko’ra, nabototning urug’lari kabi "Ajb-uz zanab" ta'bir etilgan bir qism zarralar insonning urug’i hukmida bo’lib, hashrda u zarralar ustida badani insoniy nashvu namo bilan tashakkul etadi.

Ikkinchi oyat bilan ishorat qilingan dalili adliy esa: Ha, ko’ryapmizki; ko’pincha g’addor, fojir zolimlar lazzatlar, ne'matlar ichida mazza qilib yashayaptilar. Yana ko’ryapmizki; ma'sum, mutadayyin, faqir mazlumlar zahmatlar, zillatlar, tahqirlar, tahakkumlar ostida jon beryaptilar. So’ngra o’lim kelyapti, ikkisiga ham yetyapti. Bu vaziyatdan bir zulm hidi keladi. Holbuki, koinotning shahodati bilan, adolat va hikmati Ilohiya zulmdan pok va munazzahlar. Shunday ekan, adolati Ilohiyaning tom ma'nosi bilan tajalliy etishi uchun hashrga va mahkama-i kubroga luzum bordirki; biri jazosini, boshqasi mukofotini ko’rsin.

وَ بِالْاٰخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ : Bu jumladagi kalimalarning orasida bo’lgan nazm va nizom:

1- Bu jumlaning maqobli bilan bog’lanishini ifoda qilgan و bu rukni iymoniyaning bu yerda sarohatan zikr qilinishi uchun umumiy bo’lib zikr qilingan avvalgi jumladan bu jumlaning taxsis luzumiga binoan atf qilingan.

2- Taqdimi bilan hasrni ifoda qilgan بِالْاٰخِرَةِ kalimasi, ba'zi ahli kitob iymon keltirgan oxirat haqiqiy bir oxirat bo’lmaganiga ta'rizdir. Chunki ularning

لَنْ تَمَسَّنَا النَّارُ اِلَّا اَيَّامًا مَعْدُودَةً

oyati karimasi hikoya qilgani kabi: "Jahannam otashi bizni doimo yoqmaydi?! Faqat bir necha kun yoqadi." kabi so’zlari bilan va bir jihatdan lazoizi jismoniyani nafiy va inkor qilganlaridan anglashilganiga ko’ra, bilganlari oxirat, majoziy bir oxirat ekan.

3- Ma'lum va ma'hud bo’lgan narsaga ishorat uchun qo’yilgan اَلْ adati, butun kutubi samoviyaning lisonlarida davaron etgan ma'hud oxiratga ishoratdir. Va yoxud mazkur daloili fitriya bilan aqllarning ko’zlari qarshisida hozir bo’lgan va oxirat bilan eslangan haqiqatga ishoratdir.

4- Muqaddar bo’lgan nash'aning sifatiga oxirat ta'biri zehnlarni nash'a-i ulaga o’girib, undan nash'a-i uxroga bil-intiqol imkon yo’lini ko’rsatish uchun ixtiyor qilingandir.

5- Yaqiyn bilan barobar tasdiqni birlikda ifoda qilgan يُؤْمِنُونَ kalimasiga badal يُوقِنُونَ ta'biri, hashr masalasi shak va shubhalarga bir mahshar va bir majma' bo’lgani uchun, tasdiqdan ortiq iqon va yaqiyn yanada ahamiyatli bo’lganiga ishoratdir. Yoki ahli kitob iddi'o etgan iymon, yaqiyndan xoli bo’lganidan, ularning iymoni, iymon emasligiga ishoratdir.

اُولٰٓئِكَ عَلٰى هُدًى مِنْ رَبِّهِمْ : Bu jumladagi nuktalarga ishorat qilgan ma'hazlar shulardir:

1- Avvalgi jumla bilan bu jumlaning nazmi.

2- اُولٰٓئِكَ bilan ishorati hissiya.

3- اُولٰٓئِكَ dagi uzoqlik.

4- عَلٰى dagi ulviyat.

5- هُدًى dagi tankir.

6- مِنْ

7- رَبِّهِمْ dagi tarbiyadan iborat yetti ma'hazdir.

Birinchisi:

Bu jumlani maqobli bilan bog’lagan munosabatlardir.

Birinchi munosabat:

Bu jumla maqoblidan nash'at etgan uch savolga javobdir.

Birinchisi:

Hidoyatdan nash'at etgan u go’zal vasflarni labis o’laroq hidoyat taxti ustida o’tirgan u shaxslarni ko’rish istagan sailga javobdir.

Ikkinchisi:

"U odamlarning hidoyatga istihqoq va ixtisoslari nima sababdan?" deya so’ragan sami'ga javobdir. Ya'ni, illat va sabab, اُولٰٓئِكَ bilan ishorat qilingan vasflardir.

S- Sobiqan mazkur vasflarning tafsilan zikrlari, اُولٰٓئِكَ kalimasidagi ijmoldan yanada vazih bir suratda sababni ko’rsatadi?

J- Ijmol ba'zan tafsildan yanada vazih bo’ladi. Xususan matlub bir nechta narsadan tarkib topgan bo’lgan zamon, sami'ning g’abovati yoki nisyoni sababli u tarkib topgan narsaning ajzosini mazj etish bilan sababni chiqarish mushkul bo’ladi.

Uchinchisi:

"Hidoyatning natijasi, samarasi va hidoyatdagi lazzat va ne'mat nima?" deya so’ragan sailga javobdir. Ya'ni, hidoyatda saodati dorayn bordir. Hidoyatning natijasi, hidoyatning o’zidir. Hidoyatning samarasi, ayni hidoyatdir. Zero hidoyat haddi zotida buyuk bir ne'matdir va vijdoniy bir lazzatdir va ruhning jannatidir (qandayki zalolat ruhning jahannamidir). Alal oqibat oxiratning falah va saodatini intoj etadi.

Ikkinchi ma'haz:

اُولٰٓئِكَ bilan qilingan ishorati hissiya. Bir narsaning mutaaddid sifatlarini zikr qilish, u narsaning zehnlarda tajassum etishiga va aqlda hozir va xayolda mahsus bo’lishiga sabab bo’lganiga ishoratdir. Shu bilan barobar, sobiqan zikrlaridan bir ma'hudiyat chiqadi. Bu ma'hudiyati zikriya ma'hudiyati xorijiyalariga eshik ochadi. Xorijiy bo’lgan ma'hudiyatlaridan, mumtoz va mustasno insonlar bo’lganlari taboruz etadiki, navi bashar ichida ko’zini ochib qaraganlarning ko’zlariga eng avval ularning yog’dulari uriladi.

Uchunchi ma'haz:

Uzoqlikni ifoda qilgan اُولٰٓئِكَ : Ularning filjumla yaqin bo’lganlari holda uzoq ko’rsatilishlari, uluvvi martabalariga majoziy bir ishorat ekaniga ishoratdir. Chunki uzoqda bo’lganlarga qaralgan zamon, bo’yi eng uzunlar ko’rinadi. Shu bilan barobar, zamoniy va makoniy bo’lgan bu'di haqiqiy qasd qilinsa, balog’atga yanada uyg’un bo’ladi. Chunki butun asrlar asri saodat kabi bu oyatni zikr qiladilar. Shunday ekan, اُولٰٓئِكَ bilan qilingan ishorat saflarning avvallariga ishoratdir. Va bu e'tibor bilan bu'd haqiqiy bo’ladi, majoziy emas. Shunga binoan, ularning haqiqatdan zamon va makon e'tiboridan uzoq bo’lganlari holda ishorati hissiya bilan ko’rsatilishlari, azamatlariga va uluvvi martabalariga ishoratdir.

To’rtinchi ma'haz:

Ulviyatni ifoda qilgan عَلٰى kalimasidir.

Birodar! Ashyo va narsalar orasida shunday munosabatlar borki; ularni oyna kabi qiladi. Har biri boshqasini ko’rsatadi. Bittasiga qaralgan zamon boshqasi ko’rinadi. Masalan: Bir parcha oyna katta bir sahroni ko’rsatgani kabi, ba'zan bir kalima uzun va xayoliy bir mojaroni senga ko’rsatadi. Bir kalima juda ajib bir vuqu'otni sening ko’z o’ngingga keltiradi, tamassul ettiradi. Yoxud bir kalom zehningni oladi, misoliy olami misollarga qadar etadi, kezdiradi. Masalan: بَارَزَ kalimasi muhoraba maydonini; ثَمَرَةٌ kalimasi katta bir meva bog’ini insonning fikriga keltiradi. Bunga binoan, bu yerdagi عَلٰى kalimasi tamsiliy bir uslubga deraza ochish, ko’rsatish qasdi bilan zikr qilingan. Shundayki:

Xuddi hidoyati Ilohiy, bir buroq bo’lib mo’'minlarga yuborilgan. Mo’'minlar tariqi mustaqimda unga minib arshi kamolotga yurishadi.

Beshinchi ma'haz:

هُدًى dagi tankirdir. Bir nakra ma'rifa bo’lib mukarraran zikr qilinsa, u ma'rifa u nakraning ayni bo’ladi. Faqat u nakra nakra bo’lib zikr qilingan taqdirda, aksariyat hollarda bir-birining ayni bo’lolmaydi. Bu qoidaga ko’ra, nakra sifatida takarrur etgan هُدًى avvalgi هُدًى ning ayni emas. Faqat avvalgi هُدًى masdardir. Ikkinchisi hosili bilmasdardir va birinchisining samarasi hukmida maxsus va sobit bir sifatdir.

Oltinchi ma'haz:

Hidoyatning Allohdan ekanini ifoda qilgan مِنْ kalimasidan bu yerda bir jabr his qilinayotgan bo’lsa ham, haqiqatda jabr emas. Chunki ularning juzi ixtiyorlari bilan hosili bilmasdar bo’lgan hidoyatga yurishlari sababli, Janobi Haq u sifati sobita bo’lgan hidoyatni yaratgan va ehson etgan. Demak, ihtido, ya'ni hidoyatga to’g’ri yurish ularning kasb va ixtiyorlari dohilidadir. Faqat sifati sobita bo’lgan hidoyat Allohdandir.

Yettinchi ma'haz:

Tarbiyani ifoda qilgan رَبِّ kalimasidir. Bu kalimaning bu yerda ixtiyor qilinishi; ularning rizq bilan tarbiyalari rububiyatning sha'nidan bo’lgani kabi, hidoyat bilan ham tag’addilari rububiyatning sha'nidan ekaniga ishoratdir.

وَاُولٰٓئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ : Bu jumladagi nuktalarning ma'hazlari:

1- و bilan atf.

2- اُولٰٓئِكَ ning takrori.

3- Zamir-ul fasl bo’lgan هُمْ

4- اَلْ adati.

5- Falah yo’llarining adami zikri bilan مُفْلِحُونَ ning umumiy va mutlaq qoldirilishi kabi "Besh Ma'haz"dan iboratdir.

Birincisi:

و bilan qilingan atf, har ikki jumla orasida bo’lgan munosabatga binoan qilingan. Zero birinchi اُولٰٓئِكَ saodati a'jila عَاجِلَه bo’lgan hidoyat samarasiga ishoratdir. Ikkinchi اُولٰٓئِكَ hidoyatning samara-i ajilasiga اٰجِلَه ishoratdir.

Ha, har bir اُولٰٓئِكَ maqobliga bir fazlaka, bir ijmoldir. Faqat arkoni Islomiya ma'haz tutilish bilan, birinchi اُولٰٓئِكَ ni birinchi اَلَّذ۪ينَ ga rabti va ikkisining ham ummiy mo’'minlarga taxsisi; va shuningdek arkoni iymoniya bilan yaqiyn ma'haz tutilish bilan ikkinchi اُولٰٓئِكَ ni ikkinchi اَلَّذ۪ينَ ga rabti va ikkisining ham ahli kitob mo’'minlarga irjo'i yanada yaxshiroqdir.

Ikkinchisi:

اُولٰٓئِكَ ning takrori, har ikki saodatning kerak bo’lsa hidoyatga, kerak bo’lsa ularning madh va sanolariga mustaqil va boshqa-boshqa g’oyalar va sabablar bo’lganliklariga ishoratdir. Faqat ikkinchi اُولٰٓئِكَ ning hukmi bilan barobar, birinchi اُولٰٓئِكَ ga ishorati yanada ma'qulroq.

Uchinchisi:

Zamir-ul fasl bo’lgan هُمْ ahli kitobdan bo’lib Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamga iymon keltirmaganlarga bir ta'riz bo’lib, bu jumla bilan qilingan hasrni ta'kid qilish bilan barobar, go’zal bir nuktani tazammun etgandir. Shundayki:

Ega bilan kesim orasida bo’lgan هُمْ olmoshi egani ko’p kesimlarga ega qiladi. Va bu kabi kesimlarning ta'yinini ham xayolga havola qiladi. Ya'ni, kesimlarning mahdud va muayyan bo’lmaganini xayolga arz qilish bilan; xayoliy, munosib kesimlarni taxarri etishga tashviq qiladi. Qandayki Zaydni qo’lga olish bilan "Zayd olimdir, Zayd fozildir, Zayd chiroylidir." kabi Zaydning sifatlaridan ko’p hukmlarni tiza olasan. Shuning kabi, اُولٰٓئِكَ dan so’ngra kelgan هُمْ olmoshi xayolni harakatga keltirish bilan "Ular otashdan qutuladilar", "Ular Jannatga kiradilar", "Ular ru'yatga mazhar bo’ladilar..." va yana shu kabi sifatlariga munosib ko’p hukmlarni va jumlalarni xayolga keltiradi.

To’rtinchisi:

اَلْمُفْلِحُونَ kalimasidagi اَلْ haqiqatni tasvir qilishga ishoratdir. Xuddi lisoni holi bilan deydiki: "Agar muflihlarning haqiqatini ko’rishni istasang, اُولٰٓئِكَ ning oynasiga qara, senga tamassul qiladi." Yoxud ularning ta'yin va tamyizlariga ishoratdir. Xuddi: "Ahli faloh bo’lganlarni tanishni istasang, اُولٰٓئِكَ ga qara. Ichidadirlar." deydi. Yoki hukmning zohir va badihiy ekaniga ishoratdir.

Beshinchisi:

Falah va najot yo’llarini ta'yin qilmagan اَلْمُفْلِحُونَ kalimasidagi itloq ta'mim uchundir. Shundayki:

Qur'onga muxotob bo’lgan matlublari va istaklari muxtalif juda ko’p tabaqalardirki, bir qismi otashdan najot istaydilar, bir qismi Jannatga kirishni istaydilar, bir qismi ru'yatga mazhar bo’lishni istaydilar. Va bular kabi u tabaqalarning juda ko’p tuynuklari bor. Qur'oni Karim اَلْمُفْلِحُونَ kalimasini umumiy va mutlaq qoldirganki, hamma istaganini ta'qib qilsin.

اِنَّ الَّذ۪ينَ كَفَرُوا سَوَٓاءٌ عَلَيْهِمْ ءَاَنْذَرْتَهُمْ اَمْ لَمْ تُنْذِرْهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

Bu jumlaning maqobli bilan jihati nazmi:

Birodar! Janobi Haqning sifoti azaliya olamida biri jaloliy, boshqasi jamoliy ikki xil tajalliysi bordir. Jalol bilan Jamolning sifoti af'ol olamida tajalliysidan lutf va qahr, husn va haybat tazohur etadi. Af'ol olamiga tajalliy etganda tahliya تَحْلِيَه bilan taxliya تَخْلِيَه (tazyin bilan tanzih) tug’iladi. Osor va a'mol olamidan olami oxiratga intibo' etganda, lutf Jannat va nur bo’lib; qahr ham Jahannam va nor bo’lib tajalliy etadi. So’ngra olami zikrga in'ikos etganda, biri hamd, boshqasi tasbeh bo’lib ikki qismga ayriladi. So’ngra olami kalomda tajalliy etganda, kalomning amr va nahiyga taqsimiga sabab bo’ladi. So’ngra olami irshodga intiqol etganda, irshodni targ’ib va tarhib, tabshir va inzorga taqsim qiladi. So’ngra vijdonga tajalliy etganda, rijo va xavf hosil bo’ladi. So’ngra irshodning iqtizosidandirki, xavf bilan rijo orasidagi muvozana davom bilan muhofaza qilinsinki, rijo bilan to’g’ri yo’llarga suluk etilsin, xavf bilan ham egri yo’llarga ketilmasin. Na Allohning rahmatidan ma'yus, va na azobidan amin bo’linsin.

Mana shunday qilib tasalsul etgan shu hikmat sababli Qur'oni Karim a'laddavom targ’ibdan so’ngra tarhib va abrorni madh qilgandan so’ngra fujjorni zamm etgan.

S- Bu jumla bilan

اِنَّ الْاَبْرَارَ لَف۪ى نَع۪يمٍ ٭ وَاِنَّ الْفُجَّارَ لَف۪ى جَح۪يمٍ

jumlasi orasida qanday bir farq borki, u yerda atf bor, bu yerda yo’qdir?

J- Atfning husni munosabatning husniga qaraydi. Husni munosabat har ikki jumladan ta'qib qilingan g’araz va maqsadning bir bo’lishiga mutavaqqifdir. Holbuki u yerdagi maqsad bu yerda yo’q. Bu yerda birinchi jumladagi maqsad, Qur'onning madhiga injiror etgan mo’'minlarning madhidir. Ikkinchi jumladan maqsad, yolg’iz taxvif va tarhib uchun kofirlarning zammidir. Bu esa Qur'onning madhi bilan aloqador emas.

So’ngra bu jumla ixtivo etgan ajzoning nazmida tazohur etgan latoif jihatiga qaraylik:

اِنَّ bilan اَلَّذ۪ينَ mavqelarga ko’ra ifoda qilgan nuktalardan ma'ada, balog’at jihatidan qiymatli sanalgan ikki nuktani yana tazammun etganki, Qur'on juda ko’p yerlarida اِنَّ bilan اَلَّذ۪ينَ ni mukarraran zikr qilgan. Tahqiqni ifoda qilgan اِنَّ dagi nukta shunday tasvir qilinishi mumkinki: اِنَّ har qaysi bir jumlada bo’lsa, u jumlaning tomini teshadi, haqiqatga nufuz etadi. Va u da'voni yoki hukmni pastga tushiradi, haqiqatga yopishtirish bilan, u hukmning xayoliy yoki zonniy yoki mavzu' yoki xurofot hukmlardan emasligini va faqat haqoiqi sobitadan bo’lganini isbot qiladi.

Bu jumlada اِنَّ ning xususiy nuktasi: Bu oyatning muxotobi bo’lgan Hazrat Muhammadda (S.A.V.) shak va inkor bo’lmagani holda, shak va inkorni raf' etish sha'nida bo’lgan اِنَّ bilan qarshilanishi, ularning iymon keltirishi uchun Payg’ambarning (S.A.V.) shiddati hirsiga ishoratdir.

اَلَّذ۪ينَ kalimasi esa, ko’zga ko’rinmasdan avval aqlga ko’ringan g’arib va yangi haqiqatlarga bir vosita-i ishoratdir. Shuning uchun, haqiqatlarni tabdil va tajdid etgan inqiloblarni tasvir uchun ishlatilgan ishorat va vositalardan eng ko’p ishlatilgan اَلَّذ۪ينَ va amsolidir.

Qur'onning tajalliysi bilan ko’p navlar o’chirildi, haqiqatlar yiqildi. Ularga badal yangi-yangi navlar, haqiqatlar tashakkul etdi. Ha, zamoni johiliyatga qara! U zamonda butun navlar milliy robitalar ustida tashakkul etgani kabi, ijtimoiy haqiqatlar ham taassubi qavmiy ustida bino qilingan edi. Qur'onning tajalliysi bilan u robitalar kesildi, u haqiqatlar taxrib etildi. Ularga badal, diniy robitalar ustida yangi navlar va haqiqatlar ihdos etildi. Ha, Shamsi Qur'onning tulu'i bilan, ba'zi qalblar uning ziyosi bilan tanavvur etdi. Va mo’'minlarning navini tamyiz va ta'yin etgan bir haqiqati nuroniya o’rtaga chiqdi. Shuning kabi, u keskin ziyo qarshisida mazbalaga o’xshagan ba'zi iflos qalblar ham yonib ko’mir bo’ldilar. Va u kofirlarning navini e'lon qilgan zaharli bir haqiqati kufriya hosil bo’ldi. Xullas, bu haqiqati kufriyaga ishorat uchun اَلَّذ۪ينَ zikr qilingan.

Shu bilan barobar, har ikki اَلَّذ۪ينَ orasida tom bir munosabat bor. Chunki har birisi bir-biriga zid bo’lgan bir haqiqatga ishoratdir.

Va shuningdek, harfi ta'rif bo’lgan اَلْ ifoda qilgan besh ma'noni, اَلَّذ۪ينَ da ifoda qiladi. U ma'nolarning eng mashhuri, ahddir. Ya'ni, kerak bo’lsa اَلْ dan, kerak bo’lsa اَلَّذ۪ينَ dan ma'hud va ma'lum bir narsa qasd qilinadi. Shunga binoan, Abu Jahl, Abu Lahab, Umayya Ibn Xalaf va boshqalar kabi ma'hud va mashhur katta kofirlarga اَلَّذ۪ينَ bilan ishorat qilingan bo’lgani ehtimoli juda qoviydir. Bu ehtimolga binoan, shu oyat g’aybdan ixbor etgan oyatlardan biri bo’ladi. Chunki ular kufr ustida o’lganlar. Va ayni zamonda, i'jozi ma'naviyning to’rt navidan bir navi shu g’aybiy ixborlardan tazohur etadi.

S: Qur'on zaruriyoti diniyadandir. Zaruriyotda ixtilof bo’lolmaydi. Holbuki mufassirlar tomonidan berilgan muxtalif ma'nolarning ba'zilari bir-biriga muxolif?

J: Azizim! Qur'onning har bir kalomi uch qoziyani qamragan:

Birinchisi:

Bu Allohning kalomi.

Ikkinchisi:

Alloh tomonidan murod bo’lgan ma'no haq.

Uchinchisi:

Ma'no-i murod bu.

Agar Qur'onning u kalomi boshqa bir ma'noga ehtimoli bo’lmagan muhkamotdan bo’lsa yoki Qur'onning boshqa bir yerida bayon qilingan bo’lsa, birinchi va ikkinchi qoziyalarni aynan qabul qilish lozim va inkorlari ham kufrdir. Shoyad Qur'onning u kalomi boshqa bir ma'noga ehtimoli bo’lgan bir nass yoki zohir bo’lsa, uchinchi qoziyani qabul qilish lozim bo’lmagani kabi, inkori ham kufr emas. Xullas, mufassirlarning ixtiloflari faqat va faqat shu qismga oid.

Ixtor:

Mutavotir hadislar ham, bu xususda, oyatlar kabidir. Yolg’iz birinchi qoziya, taammul yeridir. Chunki هٰذَا bilan ishorat qilingan hadisning haqiqatdan hadis bo’lib bo’lmaganida taraddud o’rni bor.

S- Kufr jahldir. Holbuki kofirlar Hazrat Muhammadni (S.A.V.) avlodlari qadar tanir edilar?

J- Kufr ikki qismdir. Bir qismi bilmagani uchun inkor qiladi; ikkinchisi bilgani holda inkor qiladi. Bu ham bir nechta sho’'badir. Birinchisi; biladi, lekin qabul qilmaydi. Ikkinchisi; yaqiyni bor, lekin e'tiqodi yo’q. Uchinchisi; tasdiqi bor, lekin vijdoniy iz'oni yo’q.

S: Shaytonning qalbida ma'rifat bormi?

J: Yo’q. Chunki san'ati fitriyasi iqtizosicha, qalbi doimo izlol bilan talqin etgani uchun, fikri doimo kufrni tasavvur qilish bilan mashg’ul bo’lganidan, qalbida yoki fikrida bo’sh bir yer ma'rifat uchun qolmaydi.

S- Kufr qalbga oid bir sifatdir. Qalbda u sifat bo’lmagan taqdirda, zunnor bog’lashdan yoki unga qiyos qilingan bosh kiyim kiyishdan nima uchun kufr hosil bo’lsin?

J- Yashirin bo’lgan ishlarga shariat alomatlarga ko’ra hukm qiladi. Hatto illat bo’lmagan zohiriy sabablarni illat o’rnida qabul qiladi. Shunga binoan, itmomi ruku'ga mone bo’lgan bir qism zunnorlarning bog’lanilishi va sajdaning ikmoliga mone bo’lgan ba'zi bosh kiyimlarning kiyilishi, ubudiyatdan istig’no va kufrga tashabbuh etish alomatlaridir. Yashirin bo’lgan u sifati kufriyaning yo’qligiga qat'iyat bilan hukm qilib bo’lolmaganidan, bu kabi alomatlarga ko’ra hukm qilinadi.

S- Inzor qilinmagancha taklif qanday qilinadi?

J- Inzor qilinmagan taqdirda taklif ham qilinmasa, adami tajziyalariga bir hujjat bo’ladi. Zero, "Biz nima qilaylik. Na tablig’ot qilindi va na taklifdan xabarimiz bor." deya mujozotdan qutulishlariga bir mador bo’ladi.

S- Janobi Haqning ularning kufr va tamarrudlaridan qilgan ixbor, ularning iymonga kelishlarini imtino' darajasiga chiqaradi. Mumtani' va mahol bir narsa taklif qilinadimi?

J- Janobi Haqning ixbori, ilmi va irodasi, sababni inobatga olmasdan yolg’iz kufrlariga taalluq etmaydi. Faqat ixtiyorlari bilan kufrlariga birlikda taalluq etadi. Bu esa ixtiyorlarini nafiy etmaydiki, taklifi bilmahol bo’lsin. Bu bahsning tafsiloti hali keladi.

S- Iymon keltirmasliklarini ifoda qilgan لَا يُؤْمِنُونَ va o’xshash oyatlarga ularni iymon keltirishga da'vat qilishdan adami iymonga iymon chiqyapti. Bu esa, maholi aqliydir?

J- Ularga taklif qilingan iymon ijmoliydir, tafsiliy emas. "Har bir oyatga, har bir hukmga alohida-alohida, birma-bir iymon keltiring!", deya taklif qilinmayaptiki, bu mahzur lozim kelsin. So’ngra kufrlarini siyg’a-i moziy bilan zikr qilish, haqning tabayyunidan so’ngra ularning kufrni quchoqlab qabul qilishlariga ishoratdir. Shuning uchun, ularga qarshi inzorning adami inzor kabi foydasiz qolganiga, سَوَٓاءٌ kalimasi bilan ishorat qilingan.

So’ngra favqoniyatni ifoda qilgan عَلَيْهِمْ dagi عَلٰى ularning yuzlari yerga yopishgandek boshlarini ko’tarib amirlarining so’zini tinglay olmaganlariga ishoratdir.

Va shuningdek, ma'noga bir zarar va bir xalal iros etmagan va tarkiga tarjih etilgan عَلَيْهِمْ ning zikri, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamga nazaran inzorning adami inzor kabi bo’lmaganiga ishoratdir. Zero inzorda ajru savob bor.

ءَاَنْذَرْتَهُمْ اَمْ لَمْ تُنْذِرْهُمْ jumlasidagi hamza bilan اَمْ musavotni ifoda qilganidan, سَوَٓاءٌ kalimasiga ta'kiddir. Yoxud سَوَٓاءٌ kalimasidan musavotning bir ma'nosi, hamza bilan اَمْ dan ikkinchi ma'nosi iroda qilinadi. Chunki musavotning madori yo adami foydadir yoki mujibning adami vujudidir.

S- Istifhom shakli bilan musavotni ifoda qilishda qanday ma'no bor?

J- Qilgan fe'lida bir foydasi bo’lmagan muxotob fe'lining foydasiz ekaniga latif va muqni'ona bir vajh bilan ogohlantirilishi faqat istifhom bilan bo’ladiki, muxotob fe'lini o’ylagandan so’ngra, yomon natijasini nazarga olib qalbi mutmain bo’lsin.

S- سَوَٓاءٌ kalimasi inzor va adami inzordan majoz bo’lsa, oralarida qanday aloqa bor?

J- Istifhomning musavotni tazammun etishidir. Zero istifhom etgan odamning fikriga ko’ra, vujud bilan adam mutasoviydir. Shu bilan barobar, bu kabi istifhomlarga berilgan javoblar, asosan shu musavoti zimniya bilan beriladi.

S- Moziy siyg’asi bilan inzordan qilingan ta'bir nimaga ishorat?

J- Ikkinchi va uchinchi inzorlarga luzum qolmaganiga ishorat bo’ladi. Ya'ni, qilgan inzoring foyda bermadi, bundan so’ngra ham foydasiz qoladi.

S- Inzor etmaslikda foydaning bo’lmasligi zohirdir. اَمْ لَمْ تُنْذِرْهُمْ qaydida qanday foyda bor?

J- Sukut, ba'zan muxotobning insofga kelib matlub ishga muvofaqatiga sabab bo’ladi.

S- Qur'oni Karim, boshqa maqomlarda tarhibdan so’ngra targ’ib ham qilgani holda, bu yerda targ’ibni tark qilgan. Buning sabablari nimada?

J- Kufr maqomiga faqat tarhib va taxvif munosibdir. Hamda kufr kabi mazarrotlarni daf qilish, Jannatni qozonish kabi manfaatlarning jalbidan yanada yaxshiroq va yanada ta'sirlidir. Shu bilan barobar, bu yerdagi tarhib targ’ibni ham eslatadi. Chunki inzor va adami inzorni ko’rgan xayol, ziddiyat munosabati bilan, darhol tabshir va adami tabshirga intiqol etadi.

Azizim! Har bir hukmning boshqa narsalarga xizmat qilgan ko’p ma'nolari borligi va har bir hukmdan ta'qib qilingan yashirin maqsadlar borligi va bu kalomning ham Hazrat Muhammadga (S.A.V.) ishorat qilgan ma'nolari bo’lgani kabi; kufrni taqbih etish maqsadi bilan, katta o’lchovda tankirotda bo’lgandir. Azjumla:

Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam ko’rayotgan zahmatlarning taxfifiga va ko’rsatayotgan hirs va shiddatning tahviniga mador bo’lish uchun, ma'no-i harfiy turidan ba'zan imolar qilgan va eski rasullarning hollarini nazarga olib, ularga iqtido bilan tasalli yo’llarini ko’rsatgan bo’lsa ham; bu qonuni fitriy bo’lib, tahammul va inqiyod lozim deya lisoni hol bilan e'lon qilgan.

Bu oyat وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظ۪يمٌ jumlasiga qadar butun ajzosi bilan kufrni taqbih va tanfir bilan man qiladi. Va ahli kufrni tahdid va taxvif bilan kufrdan tarhib etadi. Va shuningdek, butun kalimoti bilan, kufrning buyuk bir musibat ekani barobarida, lazzati yo’q alami bor, ne'mati yo’q niqmati bor deya e'lon qiladi. Va shuningdek, butun jumlalari bilan, kufrning hamma narsadan zararli ekanini tasrih etadi. Ha, ular iymon keltirmaganidan va javhari ruhni ifsod va butun alamlarni ichiga olgan kufr musibatiga ma'ruz qolganlaridan لَمْ يُؤْمِنُوا ga badal كَفَرُوا ta'biri bilan ishorat qilingan. Va shuningdek لَا يَتْرُكُونَ الْكُفْرَ kalimasiga badal لَا يُؤْمِنُونَ ta'biri bilan, ularning buyuk musibatga ma'ruz qolganlari kabi, olmos kabi javhari iymoniyni ham yo’qotganlariga ishoratdir.

Va shuningdek خَتَمَ اللّٰهُ عَلٰى قُلُوبِهِمْ jumlasi bilan qalb bilan vijdon, nuri iymon soyasida haqoiqi Ilohiyaning tajalliysiga mazhar bo’lish bilan manba-i kamolot, hayotdor va ziyodor bo’lganlari holda, kufrning ixtiyor qilinishi bilan zulmatli, yovvoyi, hashoroti muzirra uyasiga inqilob etganlari uchun muhrlangan, qulflanganki; u qo’rqinch uyadagi chayonlardan yoki ilonlardan ijtinob etilishiga ishorat qilingan.

Va shuningdek, وَعَلٰى سَمْعِهِمْ kalimasi bilan, kufr sababi bilan quloqqa oid juda buyuk bir ne'matni yo’qotganlariga ishorat qilingan. Hatto quloqdagi parda, nuri iymon bilan nurlangan zamon, koinotdan kelgan ma'naviy nidolarni eshitadi. Lisoni hol bilan qilingan zikrlarni, tasbehotlarni fahm etadi. Hatto u nuri iymon soyasida, shamollarning tarannumotini, bulutlarning na'ralarini, dengizlar to’lqinlarining nag’amotini va hokazo yomg’ir, qush va boshqalar kabi har navdan Rabboniy kalomlarni va ulviy tasbehotni eshitadi. Xuddi koinot, Ilohiy bir musiqa doirasidir. Turli-tuman ovozar bilan, xilma-xil tarannumot bilan qalblarga huzunlarni va Rabboniy ishqlarni intibo' ettirish bilan qalblarni, ruhlarni nuroniy olamlarga etadi, juda g’arib misoliy lavhalarni ko’rsatish bilan, u ruhlarni va qalblarni lazzatlarga, zavqlarga g’arq etadi. Faqat u quloq kufr bilan tiqilgan zamon, u laziz, ma'naviy yuksak savtlardan mahrum qoladi. Va u lazzatlarni iros etgan ovozlar motam ovozlariga inqilob etadi. Qalbda u ulviy huzunlar o’rniga ahbobning fiqdani bilan abadiy yetimliklar, molikning adami bilan nihoyatsiz vahshatlar va so’ngsiz g’urbatlar hosil bo’ladi.

Bu sirga binoandirki, shariat bo’yicha ba'zi savtlar halol, ba'zilari esa harom qilingan. Ha, ulviy huzunlarni, Rabboniy ishqlarni iros etgan ovozlar haloldir. Yetiymona huzunlarni, nafsoniy shahvatni tahrik etgan ovozlar haromdir. Shariat ta'yin qilmagan qism esa, sening ruhingga, vijdonigga qilgan ta'sirga ko’ra hukm oladi.

وَعَلٰى اَبْصَارِهِمْ غِشَاوَةٌ : Bu jumla bilan ru'yatga, ya'ni ko’zga oid buyuk bir ne'mati basariyaning kufr bilan yo’qolganiga ishorat qilingandir. Zero ko’zning nuri nuri iymon bilan nurlansa va qoviylashsa, butun koinot gul va rayhonlar bilan muzayyan bir Jannat shaklida ko’rinadi. Ko’zning ko’z qorachig’i ham, asalari kabi, butun koinot safhalarida manqush gul va chechak kabi dalillaridan, burhonlaridan oladigan ibrat, fikrat, unsiyat kabi sharbat va shiralaridan vijdonda u shirin iymon asallarini qiladi. Agar u ko’z kufr zulmati bilan ko’r bo’lsa, dunyo kengligi bilan barobar bir hibsxona shakliga kiradi. Butun haqoiqi kavniya nazaridan yashirinadi. Koinot undan tavahhush etadi. Qalbi ahzan va akdar bilan to’ladi.

وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظ۪يمٌ jumlasi bilan, kufr shajarasining oxiratga oid zaqqum kabi samarasiga ishorat qilingan.

لَا يُؤْمِنُونَ kalimasi esa, inzor bilan adami inzor orasidagi musavotga nass etib سَوَٓاءٌ kalimasiga ta'kiddir.

* * *

خَتَمَ اللّٰهُ عَلٰى قُلُوبِهِمْ وَعَلٰى سَمْعِهِمْ وَعَلٰٓى اَبْصَارِهِمْ غِشَاوَةٌ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظ۪يمٌ

MUQADDIMA:

Bu oyatning ustida to’xtash ijob etadi. Ahli i'tizol, ahli jabr, ahli sunnat va jamoat kabi Ahli Kalomning shu oyati azimaning ostida qilgan muhoraba-i ilmiyalarini tinglaylik. Zero bu kabi fikriy harblar ahli nazarni diqqatga da'vat qiladi. Shunga binoan, ularning bu oyatda ta'qib qilgan jihatlarni tekshirish lozim. Ha, ahli sunnat va jamoatning siroti mustaqim ustida ekanini, boshqalarning yo ifrotga yoki tafritga ma'ruz qolganlarini isbotlash uchun ba'zi munosabatlarning zikri lozim:

Birinchisi:

Tahaqquq etgan haqoiqdanki, ta'siri haqiqiy yolg’iz va yolg’iz Allohnikidir. Shunday ekan, ahli i'tizol abdga bergan ta'siri haqiqiy xilofi haqiqatdir.

Ikkinchisi:

Alloh hakimdir, shunday ekan savob va i'qob abas emas, faqat istihqoqga ko’radir. Shunday ekan, izdiror va jabr yo’q.

Uchinchisi:

Hamma narsaning biri mulk, boshqasi malakut; ya'ni biri tashqi, boshqasi ichki bo’lib ikki jihati bor. Mulk jihati ba'zi narsalarda go’zal, ba'zi narsalarda esa xunuk ko’rinadi; oynaning orqa yuzi kabi. Malakut jihati esa, hamma narsada go’zal va shaffof. Oynaning tashqi yuzi kabi. Shunday ekan, xunuk ko’ringan narsaning yaratilishi xunuk emas, go’zaldir. Va ayni zamonda u kabi xunuklarning yaratilishi, mahosinni ikmol uchundir. Shunday ekan, xunukning ham bir navi go’zalligi bor. Shunga binoan, bu xususda ahli i'tizolning "Xunuk narsalarning yaratilishi Allohga oid emas" degan safsatalariga mahal qolmadi.

To’rtinchisi:

Masalan zarb va qatlga tarattub etgan alam va o’lim kabi hosili bilmasdar bilan ta'bir qilingan narsa, maxluq va sobit bo’lish bilan barobar, jomiddir. Sarf ilmida ma'lumki, jomidlardan ismi foil kabi sifatlar yasalmaydi. Faqat kasbiy, nisbiy, e'tiboriy bo’lgan ma'no-i masdariydan yasalishi mumkin. Shunday ekan, o’limning yaratilishi qatl emasdir. Shunday ekan, ahli i'tizolning xatolariga xato nazari bilan qaralishi kerak.

Beshinchisi:

Insonning qatl kabi zohiriy va ixtiyoriy bo’lgan fe'llari nafsning mayaloniga intiho etadi. Juzi ixtiyoriy deyilgan shu nafs mayaloni ustida munoza'alar davaron etadi.

Oltinchisi:

Odatulloh sababli, iroda-i kulliya-i Ilohiya abdning iroda-i juz'iyasiga qaraydi. Ya'ni, buning bir fe'lga taalluqidan so’ngra u taalluq etadi. Shunday ekan, jabr yo’qdir.

Yettinchisi:

Ilm ma'lumga tobedir. Bu qoziyaga ko’ra, ma'lum ilmga tobe emas; chunki davr lozim keladi. Shunday ekan, bir inson amal bilan qilgan bir fe'lning sabablarini qadarga havola qilish bilan, ta'allul va bahonalar ko’rsatolmaydi.

Sakkizinchisi:

O’lim kabi hosili bilmasdar deyilgan narsa kasb kabi bir masdarga mutavaqqifdir. Ya'ni, odatulloh sababli u hosili bilmasdardan vujudiga shart qilingan. Kasb deyilgan masdarda urug’ va uqda-i hayotiya mayalondir. Bu tugunning ochilishi bilan masaladagi tugun ham ochiladi.

To’qqizinchisi:

Janobi Haqning af'olida tarjih etuvchi bir g’arazga, bir illatga ehtiyoj yo’q. Faqat tarjih etuvchi Janobi Haqning ixtiyoridir.

O’ninchisi:

Bir amrning, bahamahol bir muassirning ta'siri bilan vujudga kelishi lozimki, tarajjuh bila murajjih lozim kelmasin. Ammo e'tiboriy amrlarda taxsis etuvchi bir narsa bo’lmasa ham, mahol lozim kelmaydi.

O’n Birinchisi:

Bir narsa, vujudi vojib bo’lmagancha vujudga kelmaydi. Ha, iroda-i juz'iyaning taalluqi bilan iroda-i kulliyaning taalluqi bir narsada ijtimo' etgan vaqtlari, u narsaning vujudi vojib bo’ladi va darhol vujudga keladi.

O’n Ikkinchisi:

Bir narsani bilish bilan mohiyatini bilish lozim kelmaydi. Va bir narsani bilmaslik bilan u narsaning adami vujudi lozim kelmaydi. Shunga binoan, juzi ixtiyoriyning mohiyatining ta'bir qilinolmasligi, vujudining qat'iyatiga zid emas.

Nazari diqqatingizga arz etganim shu asoslarni tom ma'nosi bilan anglagandan so’ngra, shu ma'ruzotimni ham tinglangiz:

Biz Ahli Sunnat va Jamoat Ahli I'tizolga qarshi deymizki: Abd, kasb deyilgan masdardan nash'at etgan, hosili bilmasdar bo’lgan asarga xoliq emasdir. Abdning qo’lida faqat va faqat kasb bordir. Zero Allohdan boshqa muassiri haqiqiy yo’q. Zotan tavhid ham shunday istaydi.

So’ngra Ahli jabrga o’girilib aytamizki: Abd, bir daraxt kabi butun-butun izdiror va jabr ostida emas. Qo’lida kichik bir ixtiyor bor. Chunki Janobi Haq hakimdir, jabr kabi zulmlarni intoj etgan narsalardan munazzahdir.

S- Juzi ixtiyoriy deyilgan narsa nima? Naqadar atrofi qazilsa, ostidan jabr chiqadi! Bu nima o’zi?

J- Birincisi:

Fitrat bilan vijdon ixtiyoriy amrlarni izdiroriy amrlardan tafriq etgan yashirin bir narsaning vujudiga shahodat qiladi. Ta'yin va ta'biriga bo’lgan ajz vujudiga xalal keltirmaydi.

Ikkinchisi:

Abdning bir fe'lga bo’lgan mayaloni Ash'ariylarning mazhabi kabi mavjud bir amr bo’lsa ham, u mayalonni bir fe'ldan boshqa bir fe'lga o’girish bilan qilingan tasarruf, e'tiboriy bir amr bo’lib abdning qo’lidadir. Agar Moturidiylarning mazhabi kabi, u mayalonning bizzot bir amri e'tiboriy bo’lganiga hukm qilinsa, u amri e'tiboriyning subut va ta'yini o’zining bir illati tomma ekanini istilzom etmaydiki, iroda-i kulliyaga ehtiyoj qolmasin. Chunki ko’p daf'alar mayalonning vuqu'idan fe'l hosil bo’lmaydi.

Xulosa:

Odatullohning jarayoni sababli hosili bilmasdarning vujudi masdarga mutavaqqifdir. Masdarning asosi esa mayalondir. Mayalon yoki mayalondagi tasarruf mavjudotdan emaski, bir muassirga ehtiyoji bo’lsin. Ma'dum ham emaski, hosili bilmasdar kabi mavjud bo’lgan bir narsaning vujudiga shart qilinishiga yoki savob va i'qobga sabab bo’lishiga ruxsat bo’lmasin.

S- Ilmi azaliyning yoki iroda-i azaliyaning bir fe'lga taalluqlari ixtiyorga mahal qoldirmaydi?

J- Birinchisi:

Abdning ixtiyoridan nash'at etgan bir fe'lga ilmi azaliyning taalluqi u ixtiyorga zid va mone emas. Chunki muassir ilm emas, qudratdir. Ilm ma'lumga tobedir.

İkincisi:

Ilmi azaliy muhit bo’lgani uchun, musabbabot bilan sabablarni birlikda abluqa etadi, ichiga oladi. Bo’lmasa ilmi azaliy, o’ylangani kabi uzun bir silsilaning boshi emaski, sabablardan tasodif bilan, yolg’iz musabbabot u mabdaga isnod etilsin.

Uchinchisi:

Ma'lum qanday bir holatga ko’ra bo’lsa, ilm ham shunday taalluq etadi. Shunday ekan, ma'lumning maqoyisini va sabablarini qadarga isnod qilib bo’lmaydi.

To’rtinchisi:

Tasavvur qilinganidek, iroda-i kulliyaning bir marta musabbabga, bir marta ham sababga boshqa-boshqa taalluqi yo’qdir. Faqat musabbab bilan sababga bir taalluqi bor.

Bu mazhablarning nuqtai nazarlarini bir misol bilan izoh qilaylik:

Bir odam bir asbob bilan bir shaxsni o’ldirsa, sababning ma'dum bo’lganini faraz qilsak, musabbabning vaziyati qanday bo’ladi? Ahli jabrning nuqtai nazarlari: "O’lar edi." Chunki ularning fikricha taalluq ikkidir va sabab bilan musabbab orasida inqito' joiz. Ahli i'tizol fikricha: "O’lmas edi." Chunki ularning fikricha murodning irodadan taxallufi joiz. Ahli sunnat va jamoat fikricha, bu misolda sukut va tavaqquf lozim. Chunki iroda-i kulliyaning sabab bilan musabbabga bir taalluqi bor. Bu e'tibor bilan sababning adami faraz qilinsa, musabbabning ham farzi adami lozim keladi. Chunki taalluq bir. Jabr va i'tizol ifrot va tafritdir.

Ikkinchi bir muqaddima:

Ahli tabiat sabablarga haqiqiy bir ta'sir beradi. Majusiylar; biri shar, boshqasi xayr bo’lib ikki xoliqqa e'tiqod qiladilar. Ahli i'tizol ham, "Af'oli ixtiyoriyaning xoliqi abddir" deydi. Bu uch mazhabning asosi; botil bir vahmi mahz, bir xato va hududdan tajovuzdir. Bu vahmni izola uchun, bir nechta masalani tinglash lozim.

Birinchisi:

Insonning tinglashi, gapirishi, o’ylashi juz'iy bo’lgani uchun, ta'oqub surati bilan ashyoga taalluq etgani kabi, himmati ham juz'iydir. Navbat bilan, ashyo bilan mashg’ul bo’lishi mumkin.

Ikkinchisi:

Insonning qiymatini ta'yin etgan mohiyatidir. Mohiyatning qiymati esa, himmati nisbatidadir. Himmati esa, hadaf ittihoz etgan maqsadning daraja-i ahamiyatiga qaraydi.

Uchinchisi:

Inson qaysi bir narsaga tavajjuh etsa, u bilan bog’lanadi va unda foniy bo’ladi. Bu sirga binoan, insonlar xasis va juz'iy narsalarni buyuk odamlarga isnod etmaydilar. Faqat sabablarga va vasilalarga atf etadilar. Xuddi xasis ishlar bilan ishtig’ol ularning viqoriga munosib bo’lmagani kabi, juz'iy narsalar ham ularning azim himmatlarini ishg’ol etishga loyiq emasdir.

To’rtinchisi:

Inson bir narsaning ahvolini muhokama qilgan zamon, u narsaning robitalarini, sabablarini, asoslarini avvalo o’z nafsida, so’ngra abno-i jinsida, so’ngra atrofdagi mumkinotda taharriy etadi. Hatto hech bir surat bilan mumkinotga mushobahati bo’lmagan Janobi Haqni o’ylaydigan bo’lsa, quvva-i vahimasi bilan bir insonning maqoyisini, asosotini, ahvolini miqyos qilib Janobi Haqni o’ylashni boshlaydi. Holbuki Janobi Haqqa bu kabi miqyoslar bilan qarab bo’lmaydi. Zero, sifoti inhisor ostida emasdir.

Beshinchisi:

Janobi Haqning qudrat, ilm, irodasi; shamsning ziyosi kabi butun mavjudotga a'mm va shomil bo’lib, hech bir narsa bilan muvozana qilinmaydi. Arshi A'zamga taalluq etganlari kabi, zarralarga ham taalluq etadilar. Janobi Haq shams va qamarni yaratgani kabi, chivinning ko’zini ham U yaratgan. Janobi Haq; koinotda joriy qilgan yuksak nizom kabi, xurdabini hayvonlarning ichaklarida ham juda nozik va latif bir nizom joriy qilgan. Samodagi ajromni bir-biri bilan rabt etgan joziba-i umumiy qonuni kabi, javohiri fardni ham, ya'ni zarrotni ham u qonunning bir misli bilan nazm etgan. Xuddi bu zarrot olami u samoviy olamga kichik bir misoldir. Xulosa, ajzning mudohalasi bilan qudrat martabalari ayriladi. Ajzi mumtani' bo’lgan qudratga ko’ra katta, kichik bir.

Oltinchisi:

Qudrati Azaliya, eng avval ashyoning malakut, ya'ni mohiyatiga taalluq etadi. Bu yuz esa, umumiyat bilan go’zal va shaffofdir. Ha, shams va qamarning yuzlari porloq bo’lgani kabi, kechaning va bulutlarning ham mohiyatlari ziyodordir.

Yettinchisi:

Basharning zehni va fikri Janobi Haqning azamatiga bir miqyos, kamolotiga bir me'zon, avsofining muhokamasiga bir vosita topish vus'atida emas; faqat jami' masnu'otidan va majmu'i osoridan va butun af'olidan tahassul va tajalliy etgan bir vajh bilan qaralishi mumkin. Ha, zarra mir'at bo’ladi, faqat miqyos bo’lolmaydi. Bu masalalardan taboruz etgan vajh bilan, Janobi Haqning mumkinotga qiyos qilinishi va mumkinotning uning shuunotiga miqyos qilinishi eng katta jaholat va hamaqotdir. Chunki oralaridagi farq, yerdan osmonga qadardir. Ha, vojibni mumkinga qiyos qilishdan juda g’arib va kulgili narsalar chiqadi. Masalan: Ahli tabiat u aldovchi qiyos bilan, ta'siri haqiqiyni sabablarga; Ahli i'tizol ishlarning yaratilishini abdga; Majusiylar sharni ikkinchi bir xoliqqa isnod etishga majbur bo’lishgan. Go’yo zu'mlaricha Janobi Haq, azamati kibriyo va tanazzuhi sababli, bu kabi xasis va xunuk narsalarga tanazzul etmaydi. Demak, aqllari vahmlariga asir bo’lganlar bu kabi kulgili narsalarni keltirib chiqaradilar.

Ixtor:

Mo’'minlardan ham vasvasa jihati bilan bu vahmga ma'ruz qolganlar bor, diqqat qilish lozim.

Bu oyatning kalimalari orasida nazmni ijob etgan munosabatlarga kelaylik:

خَتَمَ ning لَا يُؤْمِنُونَ bilan irtiboti va uning orqasida zikr qilinishi, jazoning jurmga tarattubi turidandir. Ya'ni, ular qachonki juzi ixtiyoriylarini ifsod etish bilan iymonga kelmadilar, qalblarining xatmi bilan tajziya etildilar.

خَتَمَ ta'biri ularning zalolatlarini tasvir etgan tamsiliy bir uslubga ishoratdir. Shundayki:

Qalb ko’zi, xuddi javohirga bir xazina bo’lish uchun Janobi Haq tarafidan yaratilgan bir binodir. Qachonki sui ixtiyori bilan ifsodga duchor bo’ldi va javharlar uchun yaratilgan yerlar ilonlar va chayonlar bilan to’ldi; eshigi xatm etildiki, u yuqumli xastalikdan boshqalar mutazarrir bo’lmasin.

اَللّٰهُ : Zamiri mutakallimin o’rniga ismi zohirning kelishi, takallumdan g’aybatga iltifotdir. Va bu iltifotda latif bir nukta bor. Shundayki:

لَا يُؤْمِنُونَ dan so’ngra بِاللّٰهِ muqaddar va manviy (maqsud) bo’lganiga nazaran, xuddi nuri ma'rifat ularning qalblarining eshiklariga kelgan zamon qalblarini ochib qabul qilmaganlaridan, Alloh ham g’azabga kelib qalblarini xatm etdi.

عَلٰى : خَتَمَ o’timli fe'l bo’lgani holda عَلٰى bilan zikr qilinishi, xatm etilgan qalbning dunyoga qaragan eshigi emas, faqat oxiratga nazir bo’lgan eshigi berkitilganiga ishoratdir. Va shuningdek, xatmning "alomat" ma'nosini ifoda qilgan vasmni (tamg’a) tazammun etganiga ishoratdir. Xuddi u xatm, u muhr qalblarining ustida sobit bir tamg’adir va o’chmas bir alomatdirki, doimo maloikaga ko’rinadi.

S- Bu oyatda qalbning sam' va basarga taqdimidagi hikmat nima?

J- Qalb iymonning mahalli bo’lgani kabi, eng avval Sone'ni qidirgan va istagan va Sone'ning vujudini daloili bilan e'lon qilgan, qalb bilan vijdondir. Zero qalb hayot malzamasini o’ylarkan, eng buyuk bir ajzga ma'ruz qolganini his qilar-qilmas, darhol bir nuqta-i istinodni; shunday qilib umidlarining tanmiyasi (namalantirmoq) uchun bir chora qidirarkan, darhol bir nuqta-i istimdodni qidirishni boshlaydi. Bu nuqtalar esa, iymon bilan qo’lga kiritilishi mumkin. Demak, qalbning sam' va basarga haqqi taqaddumi bor.

Ixtor:

Qalbdan maqsad; sanavbariy (qarag’ay g’uddasi) kabi bir go’sht parchasi emas. Faqat bir latifa-i Rabboniyaki, mazhari hissiyoti, vijdon; ma'kasi afkori aqldir. Shunga binoan, u latifa-i Rabboniyani tazammun etgan u go’sht parchasiga qalb ta'biridan shunday bir latofat chiqadiki; u latifa-i Rabboniyaning insonning ma'naviyatiga qilgan xizmati, jismi sanavbariyning jasadga qilgan xizmat kabidir. Ha, qandayki butun aqtori badanga ma-ul hayotni nashr etgan u jismi sanavbariy bir uskuna-i hayotdir va moddiy hayot uning ishlashi bilan qoim; to’xtab qolgan vaqt jasad ham sukutga duchor bo’ladi; shuning kabi, u latifa-i Rabboniya umidlar va hollar va ma'naviyatning hay'ati majmuasini haqiqiy bir nuri hayot bilan jonlantiradi, nurlantiradi; nuri iymonning so’nishi bilan mohiyati, mayyiti g’ayri mutaharrik kabi bir haykaldan iborat bo’lib qoladi.

وَعَلٰى سَمْعِهِمْ da عَلٰى ning takrori, qalb bilan sam'ga urilgan xotamlarning har biri mustaqil bir navi daloilga oid bo’lganiga ishoratdir. Ha, qalbning xatmi daloili qalbiya va vijdoniyaga oid. Sam'ning xatmi daloili naqliya va xojiriyaga oid. Va shuningdek, har ikki xatmning bir jinsdan emasligiga bir ramzdir.

S- Qalb bilan basarning jam' siyg’asi bilan, sam'ning mufrad suratida zikrlarida qanday hikmat bor?

J- Qalb bilan basar taalluq etgan narsalar mutaxolif, yo’llari mutabayin, dalillari mutafovit, ta'lim va talqin qiluvchilari mutanavvi'dir. Sam' esa, qalb va basarning xilofiga, masdardir. Eshittirgan farddir. Jamoatning eshitganlari, farddir. Eshitgan fard, fard bo’ladi. Shuning uchun mufrad bo’lib ikki jamning orasiga tushgan.

S- Qalbdan so’ngra tarjihan sam' nimaga binoan zikr qilingan?

J- Malakot va ma'lumoti qalbiya, asosan quloq derazasidan qalbga kiradi. Bu e'tibor bilan sam' qalbga yaqindir. Va ayni zamonda, jihoti sittadan ma'lumot olish jihati bilan qalbga o’xshaydi. Zero ko’z yolg’iz old jihatni ko’radi. Bular esa har tarafni ko’radilar.

وَعَلٰٓى اَبْصَارِهِمْ غِشَاوَةٌ da, uslubning tag’yiri bilan, jumla-i fe'liyaga tarjihan jumla-i ismiyaning ixtiyor qilinishi, basar bilan ko’ringan dalillarning sobitligiga; qalb yoki sam' bilan olingan dalillar esa, mutajaddid va g’ayri sobit ekaniga ishoratdir.

S- خَتَمَ bilan غِشَاوَةٌ orasida nima farq bordirki, خَتَمَ اللّٰهُ isnod etilgandir. غِشَاوَةٌ isnodsiz qoldirilgan?

J- خَتَمَ Alloh tarafidan ularning kasblariga bir jazodir. غِشَاوَةٌ esa, Alloh tarafidan bo’lmasdan, ularning maksubidir.

Va shuningdek, mabda e'tibori bilan ru'yatda bir izdiror bor; sama'da, taxatturda ixtiyor bor. Ha, ko’zning ochilishi bilan ashyoni ko’rmaslik mumkin emas. Faqat masmu'otni tinglashda yoki xotirotni taxattur etishda bu izdiror yo’qdir.

غِشَاوَةٌ ta'biri, ko’zning yolg’iz old jihatga hokim va nazir bo’lganiga ishorat bo’ladiki, agar bir parda bilan u jihatdan aloqasi kesilsa, batamom ko’r bo’lib qoladi. Tankirni ifoda qilgan غِشَاوَةٌ dagi tanvin, ularning ko’zlari ustidagi parda, ma'lum bo’lmagan bir parda bo’lib, undan saqlanish ular uchun mumkin emasligiga ishoratdir. Jar va majrurning غِشَاوَةٌ ga taqdim etilishi, eng avval nazari diqqatni ularning ko’zlariga qaratish bilan, qalblaridagi sirlarni ko’rsatish uchundir. Zero, ko’z qalbning oynasidir.

وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظ۪يمٌ : Bu jumlaning maqobli bilan jihati munosabati shudirki; avvalgi jumladagi kalimot bilan shajara-i kufriyaning dunyoga oid achchiq samaralariga ishorat qilingan. Bu jumla bilan u mal'un shajaraning oxiratda beradigan samarasi zaqqumi Jahannamdan iboratligiga ishorat qilingan.

S- Uslubning majrayi tabiiysi

وَعَلَيْهِمْ عِقَابٌ شَد۪يدٌ

jumlasi ekan, uslubning muqtazosi bo’lgan shu jumlaning tarki bilan

وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظ۪يمٌ

jumlasi ixtiyor qilingan. Holbuki bu jumladagi kalimalar ne'mat va lazzatlar haqida ishlatilgan kalimalardir?

J- Shu go’zal kalimalarni ichiga olgan shu jumlaning ularga qarshi zikr qilinishi, bir tehekkum (istehzo), bir tavbix, yuzlariga kulishdir. Ya'ni, ularning manfaatlari, lazzatlari va buyuk ne'matlari faqatgina i'qobdir. Manfaat va foydani ifoda qilgan وَ لَهُمْ dagi ل lisoni hol bilan "Amalingizning foydali bo’lgan ujratini olinglar!", deya yuzlariga kulyapti.

"Totli" ma'nosini tazammun etgan عَذَابٌ lafzi, ularning kufr va musibatlari bilan istilzoz etganlarini tazkir bilan, xuddi lisoni hol bilan "Totli amalingizning azobini torting!", deya tavbix etadi.

Asosan buyuk ne'matlarga sifat bo’lgan عَظ۪يمٌ kalimasi Jannatda ne'mati azim sohiblarining hollarini u kofirlarga tazkir ettirish bilan yo’qotgan ne'mati azimalariga badal aliym alamlarga tushganlarini ixtor etadi.

So’ngra عَظ۪يمٌ kalimasi ta'zimni ifoda qilgan عَذَابٌ dagi tanvinga ta'kiddir.

S- Bir kofirning ma'siyati kufriyasi mahduddir; qisqa bir zamonni ishg’ol qiladi. Abadiy va g’ayri mutanohiy bir jazo bilan tajziyasi, adolati Ilohiyaga uyg’un bo’lmagani kabi, hikmati azaliyaga ham muvofiq emas. Marhamati Ilohiya muso'ada etmaydi?

J- U kofirning jazosi g’ayri mutanohiy bo’lgani taslim qilingan taqdirda, qisqa bir zamonda irtikob etilgan u ma'siyati kufriyaning g’ayri mutanohiy bir jinoyatligi olti jihat bilan sobitdir:

Birinchisi:

Kufr ustida o’lgan bir kofir abadiy bir umr bilan yashaydigan bo’lsa, u g’ayri mutanohiy umrini bahamahol kufr bilan o’tkazishi shubhasizdir. Chinki kofirning javhari ruhi buzilgan. Bu e'tibor bilan u buzilgan qalbning g’ayri mutanoniy bir jinoyatga iste'dodi bor. Shunga binoan, abadiy jazosi adolatga muxolif emas.

Ikkinchisi:

U kofirning ma'siyati; mutanohiy bir zamonda bo’lsa ham, g’ayri mutanohiy bo’lgan umum koinotning vahdoniyatga bo’lgan shahodatlariga g’ayri mutanohiy bir jinoyatdir.

Uchinchisi:

Kufr, g’ayri mutanohiy ne'matlarga kufron bo’lganidan, g’ayri mutanohiy bir jinoyatdir.

To’rtinchisi:

Kufr, g’ayri mutanohiy bo’lgan zot va sifoti Ilohiyaga jinoyatdir.

Beshinchisi:

Insonning vijdoni, zohiran mutanohiy bo’lsa ham, botinan abadga qaraydi va abadni istaydi. Bu e'tibor bilan, g’ayri mutanohiy hukmida bo’lgan u vijdon, kufr bilan ifloslanib mahv bo’lib ketadi.

Oltinchisi:

Zid ziddiga mua'nid bo’lsa ham, ko’p xususlarda mumasil bo’ladi. Shunga binoan, iymon lazoizi abadiyani ismar etgani kabi, kufr ham alomi aliymani va abadiyani oxiratda intoj etishi sha'nidandir.

Bu olti jihatdan chiqqan natija va g’ayri mutanohiy bo’lgan bir jazo, g’ayri mutanohiy bir jinoyatga qarshi ayni adolatdir.

S- Kofirning u jazosining adolatga uyg’un ekanini taslim etdik. Faqat azoblarni intoj etgan sharlardan hikmati azaliyaning g’aniyligiga nima deysan?

J- Qavoidi asosiyadanki, ora-sira sodir bo’lgan sharri qolil uchun xayri kasir tark qilinmaydi. Tark qilingan taqdirda, sharri kasir bo’ladi. Shunga binoan, haqoiqi nisbiyaning subutini izhor qilish, hikmati azaliyaning iqtizosidandir. Bu kabi haqoiqning tazohuri, faqat sharning vujudi bilan bo’ladi. Shardan, hadni tajovuz etmaslik uchun, tarhib va taxvif lozim. Tarhibning vijdon ustida ta'siri, tarhibni tasdiq qilish bilan bo’ladi. Tarhibning tasdiqi esa, xorijiy bir azobning vujudiga mutavaqqifdir. Zero vijdon, aql va vahm kabi, xorijiy va abadiy haqiqat hukmiga o’tgan bir azobdan qilingan tarhib bilan mutaassir bo’ladi. Shunday ekan, dunyoda bo’lgani kabi, oxiratda ham otashning vujudidan qilingan tarhib, taxvif ayni hikmatdir.

S- Juda yaxshi, u abadiy jazo hikmatga muvofiqdir, qabul qildik. Ammo marhamat va shafqati Ilohiyaga nima deysan?

J- Azizim! U kofir haqida ikki ehtimol bor. U kofir, yo adamga kiradi yoki doimiy bir azob ichida mavjud qoladi. Vujudning, hatto Jahannamda bo’lsin, adamdan yanada xayrli bo’lgani vijdoniy bir hukmdir. Zero adam, sharri mahz bo’lgani kabi, butun musibat va ma'siyatlarning ham marji'idir. Vujud esa, hatto Jahannam bo’lsa ham, xayri mahzdir. Shu bilan barobar, kofirning maskani Jahannamdir va abadiy bo’lib u yerda qoladi.

Faqat kofir, o’z amali bilan bu holatga kasbi istihqoq etgan bo’lsa ham, amalining jazosini olgandan so’ngra, otash bilan bir navi ulfat paydo qiladi va avvalgi shiddatlardan ozoda bo’ladi. U kofirlarning dunyoda qilgan a'moli xayriyalariga mukofot tarzida, shu marhamati Ilohiyaga mazhar bo’lishlariga doir ishoroti hadisiya bor.

Shu bilan barobar, jinoyatning dog’ini izola yoki xijolatini taxfif va yoxud ijroyi adolatga ishtiyoq uchun jazoni husni rizo bilan qabul qilish, ruhning fitriy sha'nidir. Ha, dunyoda ko’p nomus sohiblari, jinoyatlarining hijobidan qutulish uchun, o’zlariga jazoning tatbiqini istaganlar.. va istaganlar ham bor.

* * *

وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ اٰمَنَّا بِاللّٰهِ وَبِالْيَوْمِ الْاٰخِرِ وَمَا هُمْ بِمُؤْمِن۪ينَ

Bu oyatning maqobli bilan vajhi nazmi:

Qandayki bir hukmda ikki mufradning ishtiroki yoki bir maqsadda ikki jumlaning ittihodi atfni ijob ettiradi. Shuning kabi, bir hadafni, bir g’arazni ta'qib qilgan ikki qissaning ham atflari balog’atning iqtizosidandir. Shunga binoan, o’n ikki oyatning xulosasini tazammun etgan munofiqlarning qissasi kofirlar haqida o’tgan ikki oyatning maoliga atf etilgan.

Darhaqiqat, qandayki eng avval Qur'onning sanosi bilan boshlandi. So’ngra mo’'minlarning madhiga intiqol etildi. So’ngra kofirlarning zammiga injiror etdi. Insonlarning qismlarini ikmol etish uchun munofiqlarning qissasi ham zikr qilindi.

S- Kofirlarning zammi haqida yolg’iz ikki oyat bilan kifoyalangan. O’n ikki oyatning xulosasi bilan munofiqlar haqida qilingan itnob nimaga binoan?

J- Munofiqlar haqida itnobni, tatvilni ijob ettirgan bir nechta nukta bor:

Birinchisi:

Dushman majhul bo’lgan zamon yanada zararli bo’ladi. Firib beruvchi bo’lsa, yanada xabis bo’ladi. Aldatuvchi bo’lsa, fasodi yanada shiddatli bo’ladi. Dohiliy bo’lsa, zarari yanada azim bo’ladi. Chunki dohiliy dushman quvvatni tarqatadi, jasoratni kamaytiradi. Xorijiy dushman esa, aksincha, g’ayratni shiddatlashtiradi, salobatni orttiradi.

Nifoqning jinoyati Islom ustida juda buyukdir. Olami Islomni zilzilaga ma'ruz qoldirgan nifoqdir. Shuning uchundirki, Qur'oni Azimushshon ortig’i bilan ularga tashni'ot va taqbihotda bo’lgan.

Ikkinchisi:

Munofiqning mo’'minlar bilan ixtiloti sababli, asta-asta unsiyat kasb etadi, iymon bilan ulfat paydo qiladi. Kerak bo’lsa Qur'ondan, kerak bo’lsa mo’'minlardan nifoqning yomonligi haqidagi so’zlarni eshita-eshita isqirt holatdan nafrat etadi. Eng nihoyat, lisonidan kalima-i tavhidning qalbiga tomishiga zamin hozirlash uchun itnob qilingandir.

Uchinchisi:

Istehzo, xud'a, ikkiyuzlamalik, hiyla, kizb, riyo kabi yomon axloqlar munofiqda bor. Kofirda u darajada yo’qdir. Bu jihatdan munofiqlar haqida itnob qilingandir.

To’rtinchisi:

Asosan munofiqlar, ahli kitobdan bo’lganlari uchun, shaytoniy bir zakovat sohiblari bo’lib, yanada hiylakor, dasisachi bo’ladilar. Mana bu holatdagi munofiqlar haqida intob, ya'ni tatvili kalom ayni balog’atdir.

Bu oyatning kalimalari orasidagi munosabatlarga kelaylik:

مِنَ النَّاسِ jar va majruri, munofiqlarni ta'bir etgan مَنْ kalimasiga kesim bo’lgan taqdirda, shunday bir savol vorid bo’ladiki: Munofiqlarning nosdan bo’lganlari badihiydir. Bu hukm ma'lumni i'lam etishdan iborat qoladi?

Aljavob:

Ma'lumdirki, bir hukm badihiy bo’lgan zamon, u hukmning lozimi qasd qilinadi. Bu yerda qasd qilingan, u hukmning lozimi bo’lgan taajjubdir. Xuddi Qur'oni Azimushshon, zimnan "Munofiqlarning nosdan bo’lganlari ajib bir narsadir" deb, xalqni taajjub etishga da'vat qilgan. Zero inson mukarramdir. Mukarram bo’lgan inson nifoqqa tanazzul etmaydi.

S- Modomiki مِنَ النَّاسِ kesim, nima uchun مَنْ ustiga taqaddum etgan?

J- Modomiki u hukmdan taajjub qasd qilingan; taajjubi inshoiyning sha'ni, kalomning avvalida bo’lishdir.

So’ngra نَاس ta'biridan bir nechta latoif chiqadi.

Birinchisi:

Qur'on; munofiqlarning shaxslarini ta'yin etmasdan umumiy bir sifat bilan ularga ishorat qilishi, Rasuli Akramning (S.A.V.) siyosatiga ko’proq munosibdir. Zero shaxslarining ta'yini bilan qabohatlari yuzlariga urilsaydi, mo’'minlar nafsning dasisasi bilan vasvasaga tushardilar. Holbuki vasvasa xavfga, xavf riyoga, riyo nifoqqa injiror etadi.

Va shuningdek, agar Qur'on ularni ta'yin bilan taqbih etsaydi, "Rasuli Akram (S.A.V.) mutaraddiddir, atba'iga amniyati yo’q" deyilardi.

Va shuningdek, ba'zan yomonlik ifsho etilmasa, tadrijan zoil bo’lish ehtimoli bor. Faqat tashhir etilgan taqdirda, sohibining hiddatini tahrik etadi. Yanada ko’pini qilishiga bois bo’ladi.

Va shuningdek, نَاس kabi umumiy bir sifatning nifoqqa zid bo’lishi, xususiy sifatlarning yanada ziyoda zid bo’lishiga dalolat qiladi. Zero, inson mukarramdir. Bu kabi razolatning shonida emasdir.

So’ngra اٰمَنَّا va shuningdek نَاس ta'biri: Nifoqning bir toifa yoki bir tabaqaga maxsus bo’lmasdan, inson navida bo’ladi, qaysi toifa bo’lsa bo’lsin.

Va shuningdek, نَاس ning ta'biri, nifoq butun insonlarning haysiyat va sharaflarini ixlol etgan bir razolat bo’lganidan, anzori ommani nifoqqa qarshi o’girtirish bilan izola va adami intishoriga harakat qilishlari kerakligiga ishoratdir.

S- يَقُولُ bilan اٰمَنَّا ning marji'lari bir ekan, birisining mufrad, boshqasining jam' siyg’asi bilan zikrlarida qanday hikmat bor?

J- Zarif bir latofatga ishoratGdirki, iymonning mavsufi jam' bo’lsa ham, talaffuz qilgani mufraddir.

يَقُولُ اٰمَنَّا jumlasi, ularning iymon da'volarini hikoyadir. Bu jumlada da'volarining raddiga ikki jihat bilan ishorat qilingani kabi, da'volarining taqviyasiga ham ikki vajh bilan imo qilingandir. Shundayki: يَقُولُ kalimasi, modda jihati bilan ularning iymon da'vosining ayni e'tiqod bo’lmasdan, faqat so’zdan iborat bir qovl bo’lganiga ishoratdir. Shuning kabi, muzoriy siyg’asi bilan ularning davomli bo’lib qilgan mudofaalariga yo’naltirgan, vijdoniy bir sabab emas, faqat xalqqa qarshi bir riyokorlik bo’lganiga ishoratdir.

Da'volarining taqviyasiga qilingan ishoratlar esa:

اٰمَنَّا fe'li moziyning hay'atidan "Biz ahli kitob jamoatlari, eskidan beri mo’'minmiz. Hozir iymondan orqada qolishimizga imkon yo’q" kabi taqviya etuvchi bir dalil tarashshuh etgani kabi, jam'ga roji' bo’lgan نَا olmoshidan ham "Bizlar bir fard kabi emasmiz, faqat muhtasham bir jamoatmiz. Yolg’onga tanazzul etmaymiz" kabi ikkinchi bir taqviya yana chiqyapti.

بِاللّٰهِ وَبِالْيَوْمِ الْاٰخِرِ

Qur'oni Karim hikoya qilgan narsalarni yo ayni bilan oladi yoki maolining axzi bilan va yoxud iborasining talxisi bilan bir tasarruf qiladi.

Birinchi ehtimolga ko’ra, ularning arkoni iymoniyadan yolg’iz bu ikki ruknni ixtiyor qilishlari; ruknlarning eng muhimlarini izhor qilish bilan sadoqatlarini ko’rsatishga ishoratdir. Va ayni zamonda, ulardan eng ziyoda qabulga shoyon, gumonlari bo’yicha bu ikki rukndir.

Ikkinchi ehtimolga nazaran, Janobi Haqning iymonning ruknlari ichida qutb sanalgan bu ikki ruknni taxsis etishi, ularning quvvat bilan iddi'o qilgan iymonlari, dinga iymon bo’lmaganiga ishoratdir. Chunki bu ikki ruknning ham muqtazosiga amal va e'tiqod qilishmagan. ب ning takrori, har ikki ruknga bo’lgan iymonning bir jihatdan bo’lmaganiga ishoratdir. Chunki, Allohga iymon, Allohning vujud va vahdatiga iymondir. Yavmi oxiratga iymon esa, u kunning haq bo’lganiga va muhaqqaq kelishiga iymondir.

وَمَا هُمْ بِمُؤْمِن۪ينَ

S- اٰمَنَّا ga mushabih bo’lgan وَمَا اٰمَنُوا ga tarjihan وَمَا هُمْ بِمُؤْمِن۪ينَ jumla-i ismiya bilan aytilishida qanday hikmat bor?

J- Birinchisi:

Har ikki اٰمَنَّا orasida ko’rilgan zohiriy tanoquzdan ijtinob etish uchundir.

Ikkinchisi:

اٰمَنَّا ixbor emas, inshodir. Insho nafiy bilan takzib qilinolmaganidan وَمَا اٰمَنُوا deyilmagan.

Uchinchisi:

اٰمَنَّا jumlasidan zimnan istifoda etilgan نَحْنُ مُؤْمِنُونَ jumlasiga nafiy va takzibni irjo' uchun وَمَا هُمْ بِمُؤْمِن۪ينَ deyilgan.

To’rtinchisi:

Ularning adami iymonlarining davomiga dalolat qilish uchun jumla-i ismiya ixtiyor qilingan.

S- Nafiyni ifoda qilgan مَا jumlaning avvalida bo’lgani holda, jumladan istifoda qilingan davomni nafiy qilishga dalolat qilmaganining hikmati nima?

J- Nafiy, kasif bir harfning madlulidir. Davom esa, jumla-i ismiyaning hay'ati xafifasidan istifoda qilingan bir ma'nodir. Shunga binoan, kasif kasifga, ya'ni nafiy iymonga yanada qoribdir.

S- وَمَا هُمْ بِمُؤْمِن۪ينَ dagi kesim ustiga harfi jar bo’lgan ب ning duxuli nimaga ishorat qiladi?

J- Ularning zohiran iymonlari bo’lsa ham, haqiqatda iymonga ahil va loyiq insonlar bo’lib mo’'miniyn sinfidan sanalmaganlariga dalolat uchun مَا ning kesimi ustiga ب dohil bo’lgan.

يُخَادِعُونَ اللّٰهَ وَالَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَمَايَخْدَعُونَ اِلَّٓا اَنْفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ ٭ ف۪ى قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ فَزَادَ هُمُ اللّٰهُ مَرَضًا وَلَهُمْ عَذَابٌ اَل۪يمٌ بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ

Bu oyat butun jumlalari bilan nifoqqa hujum qilib, munofiqlarni tavbix, taqbih, tahdid, ta'yib etish bilan, avvalroq اٰمَنَّا degan qovllarini nima maqsadda va nima illatga binoan aytganlarini va nifoqning eng birinchi jinoyati bo’lgan xud'a va hiylalarini bayon qilyapti.

Avvalo, nifoqning birinchi jinoyati bo’lgan xud'aga oid يُخَادِعُونَ dan يَكْذِبُونَ ga qadar yetti jumlaga tarattub etgan mutasalsil natijalarni nazarga olish lozim.

Birinchisi:

Allohni aldash kabi mahol bir narsaning talabida bo’lganlari uchun tahmiq etilishgan.

Ikkinchisi:

Manfaat niyati bilan o’zlariga zarar yetkazganlari uchun tasfih etilishgan.

Uchinchisi:

Manfaatni mazarrotdan tafriq qilolmaganlari uchun tajhil etilishgan.

To’rtinchisi:

Tiynatlari iflos, sihatlarining ma'dani xasta, hayot manbalari o’lgan va boshqalar kabi razolatlari bilan tarzil etilishgan.

Beshinchisi:

Shifoning talabi bilan marazlarini ziyoda qilganlari uchun tazlil etilishgan.

Oltinchisi:

Alamdan boshqa bir narsani intoj etmagan kuchli bir azob bilan tahdid etilishgan.

Yettinchisi:

Insonlar tomonidan alomatlarning eng iflosi bo’lgan kizb bilan tashhir etilishgan.

So’ngra bu yetti jumlaning orqasidagi intizom, irtibotning shunday bir tasvir bilan tinglanishi lozim:

Bir shaxs bir shaxsni nasihat bilan yomon bir narsadan man qilish uchun shunday tavjihi kalom qiladi:

"Ey kishi! Aqling bo’lsa, shu qilishni istagan narsang maholdir. Ham nafsingga zarardir. Yaxshi-yomonni tafriq etadigan bir hissing yo’qmi? Anglashilgani, haqiqatni xurofot, totlini achchiq ko’rsatadigan xulqingda bir xastalik bor. Shubhasiz, u xastalikdan qutulib shifoyob bo’lishni istaysan. Faqat sening bu holing u xastalikni izola emas, tazyid etadi. Agar bu holing bilan bir lazzat, bir zavq istasang, eng shiddatli bir alamni intoj etgan bir azob qo’lingga o’tadi. Eng oxiri agar sarxushligingdan ayrilib, yomon holingdan voz kechmagan taqdiringda, fasoding boshqalarga o’tmasligi uchun, xartuming ustiga bir tamg’aning urilishi bilan seni tashhir va e'lon qilish lozim."

Shunday qilib, Janobi Haq munofiqlarni nifoqdan zajr va man uchun yomon hollarini shunday tarzda naql qilish bilan yuzlariga uryapti:

يُخَادِعُونَ اللّٰهَ : Ya'ni, hiyla bilan Allohni aldashni istaydilar. Zero Rasuli Akram (S.A.V.) Allohning elchisidir. Unga qilingan hiyla Allohga roji'dir. Allohga qilingan hiyla esa maholdir. Maholni talab qilish hamaqotdir. Bunday hayvonlardek hamaqot, taajjubi mujibdir.

وَمَا يَخْدَعُونَ اِلَّا اَنْفُسَهُمْ : Ya'ni, ular faqatgina nafslariga hiyla qiladilar; zero fe'llarida naf emas, zarar bordir. Bu zarar ham nafslariga roji'dir. Nafslariga zarar bergan, faqatgina sufaho qismidir.

وَمَا يَشْعُرُونَ : Ya'ni, naf va zararni tafriq etadigan bir hisga molik emaslar. Bu esa jaholatning eng adno va eng past bir darakasiga tushishlariga ishoratdir.

ف۪ى قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ : Ya'ni, nifoq va hasaddan qalblarida, ruhlarida shunday bir maraz borki, haqni botil, haqiqatni xurofot talaqqiy etishga sababdir. Zotan fosid bir qalbdan, buzuq bir ruhdan bunday razolatning chiqishi tabiiydir.

فَزَادَهُمُ اللّٰهُ مَرَضًا : Ya'ni, agar ular qilgan yomonliklari bilan g’ayz va hasadlarini izola uchun bir davo, bir dori talabida bo’lsalar, u o’ylagan dorilari qalblarini, ruhlarini buzgan bir zahardir. Zahar bilan o’zini davolashga uringan, albatta zalildir. Ha, singan va yarali bir qo’l bilan intiqomini olishni istagan, yarasining ortishiga xizmat qilgan bir miskindir.

وَلَهُمْ عَذَابٌ اَل۪يمٌ : Ya'ni, agar ular bir zavq, bir lazzat talabida bo’lsalar, shu nifoqlarida juda ko’p ma'asiy bo’lgani kabi, muvaqqat bir lazzat ham yo’qdir. Atigi dunyoda shiddatli bir alamni, oxiratda esa eng shiddatli bir azobni intoj etadigan bir zalolatdir.

بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ : Ya'ni, qilgan kizblaridan pushaymon bo’lib, nadomat qilmagan taqdirlarida, baynannos yolg’onchilik bilan tashhir va bir alomat bilan tavsimlari lozimki, boshqalar ularga e'timod etib, marazlariga ma'ruz qolmasinlar.

Mazkur jumlalarning ajzolari orasida bo’lgan irtibot va intizomning bayoniga kelaylik:

Munofiqlar qilgan hiyladan ta'qib qilingan g’oyaning mahol bo’lganiga va u maholiyatni ko’z o’ngiga keltirib xunuk bir shaklda ko’rsatilishiga tasrih etilish maqsadida

يُخَادِعُونَ اللّٰهَ وَالَّذِينَ اٰمَنُوا

jumlasida munofiqlarning amalidan (mushorakat bobidan) muzoriy siyg’asi bilan xud'a unvoni bilan ta'bir etilgandir.

Va shuningdek, maqomning iqtizosi xilofiga اَلنَّبِىُّ ga badal اَللّٰه va اَلْمُؤْمِن۪ينَ ga badal وَالَّذ۪ينَ اٰمَنُوا zikr qilingandir.

Chunki يُخَادِعُونَ ning moddasidan nafrat chiqadi. Siyg’asidan davom va istimror chiqadi. Bobidan mushorakat chiqadi. Mushorakat esa mushokalatni, ya'ni muqobala-i bilmislni ijob etadi. Mushokalat esa ularning sayyialariga qarshi sayyia bilan muqobala etilishini istilzom etadi. Demak, ular davom bilan qilgan shu yomon fe'llari, nafslarni titratgan bir nafratni intoj etgani kabi, ta'qib qilgan g’arazlarining ham natijasiz qolganiga dalolat qiladi.

اَللّٰهُ kalimasining tasrihidan ham g’arazlarining mahol ekaniga dalolat bordir. Chunki Rasuli Akramga (S.A.V.) qilingan xud'a Allohga roji'dir. Ma'lumki, Alloh bilan urushishni istagan qulaydi.

وَالَّذ۪ينَ اٰمَنُوا : اَلَّذ۪ينَ ning ibhomini izola etish uchun bog’lovchi sifatida iymon sifatining ixtiyor qilinishi, ularning iymon jihati bilan o’zlarini sevdirib mo’'minlardan hisoblanishni ishtashlariga ishoratdir. Va shuningdek, nuri iymon bilan aqllari munavvar bo’lgan mo’'minlarning diroyatidan hiylaning yashirin qolmasligiga bir imodir.

وَمَا يَخْدَعُونَ اِلَّا اَنْفُسَهُمْ : Bu jumladagi hasr, kamoli safohatlariga ishoratdir. Zero mo’'minlarga zarar berdirish uchun qilgan muomalalari ma'kusa bo’lib, boltani nafslariga urish bilan, xuddi u xud'ani bizzot nafslariga qilish bilan safohatlarini e'lon qilishgan.

يَخْدَعُونَ ning يَضُرُّونَ ga tarjihi, yana safohatlariga ishoratdir. Chunki asxobi uqul orasida qasddan nafsiga zarar bergan bordir. Faqat a'mdan o’zi bilan xud'a etgan yo’qdir, magar inson suratidagi eshak bo’lsa...

اَنْفُسَهُمْ Bu unvon ularning juda aziz, sevgili bo’lgan nafslarini mamnun qilish maqsadida bir hazzi nafsoniy qozonish niyati bilan qilgan nifoqlari aksul amal turidan bir zaqqum ismar etganiga ishoratdir.

S- Bu jumladagi hasrdan tushuniladiki, ulaning xud'a va nifoqlari Islomiyatga va olami Islomga zarar bermagan. Holbuki olami Islomning unsurlarida o’ldiruvchi zahar kabi intishor etgan nifoq sho’'balaridan ko’rgan zararlarni hech bir narsadan ko’rmagan.

J- Olami Islomda ko’ringan zarar faqat ularning buzilgan tabiatlaridan, tafassuh etgan fitratlaridan, taaffun etgan vijdonlaridan nash'at va intishor etgan. Bo’lmasa ularning orzu va ixtiyorlari bilan qilgan xud'a va hiylalarining natijasi emas. Chunki ularning hiylalari Janobi Haqqa, Payg’ambarga (S.A.V.), jamoati muslimiynga qilingan bir muomaladir. Ma'lumdirki, Alloh u muomaladan xabardordir. Payg’ambar (S.A.V.) ham vahiy bilan voqifdir. Jamoati muslimiyn tomonidan ham iymoniy bir shiddati zako soyasida u kabi hiylalar tasattur etib yashirin qololmaydi. Demak, ular urgan boltalari qaytib o’z boshlarini parchalagan. Chunki aldangan jamoati muslimiyn emasdir. Faqat aldaganning o’zi aldangandir.

وَمَا يَشْعُرُونَ : Ya'ni, qilgan hiylalarining nafslariga roji' bo’lganini his qilmaydilar. Bu fazlaka ularning jaholatini e'lon qiladi. Chunki uqalodan emaslar. Chunki ularning bu ishi uqalo ishi emasdir. Va shuningdek, hayvon sinfiga ham o’xshamaydilar. Chunki hayvonlar zararli bo’lgan narsalarni his qilganlaridan chekinadilar. Demak, bular hissi hayvoniydan ham hamrumdirlar. Unday bo’lsa, ixtiyor va shuuri bo’lmagan jamodot naviga dohildirlar.

ف۪ى قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ : Bu jumlaning maqobli bilan vajhi irtiboti: Qachonki ular shuur hissini istihdom etib muhokama-i aqliya bilan amal qilmadilar. Anglashildiki, ruhlarida bir maraz bordir. Va loaqal uning zararli bir maraz bo’lganini bilishlari lozimdirki, u marazdan sodir bo’lgan hukmlarga e'timod etmasinlar. Chunki u maraz haqiqatlarni tag’yir etish bilan achchiqni totli, xunukni go’zal ko’rsatish shonidandir.

Zarfiyatni ifoda qilgan ف۪ى kalimasidan tushuniladiki, ularning marazlari qalbning sathida emas. Faqat qalbning malakutida, ya'ni mohiyatida kain bir marazdir.

قَلْب unvonidan tushuniladiki, qalbning sathida bo’lgan bir xastalik butun a'moli badaniyani to’xtatgani kabi, qalbning mohiyati ham nifoq bilan xastalangan zamon, af'oli ruhiya tamoman istiqomat ustida lozim bo’lgan harakdan tushadilar. Chunki hayotning o’qi va uskunasi faqat qalbdir.

ف۪ى قُلُوبِهِمْ ning مَرَضٌ kalimasi ustida taqdimi ikki jihat bilan hasrni ifoda qiladi.

Biri: Maraz boshqa a'zolarda emas, faqat qalblarga munxasirdir. Boshqasi: U qalblar ham faqat munofiqlarning qalbi bo’lib, boshqalarning qalblari emasdir.

U ikki hasrdan ta'riz surati bilan anglashiladiki, nuri iymon insonning butun af'ol va osoriga sihat va istiqomatni berish, shonidandir.

Va yana tushuniladiki, fasod qalbdadir. Ma'lumki, bir narsaning asosi, qalbi buzuq bo’lsa, tafarruotini ta'mir qilish bir foyda bermaydi.

Va yana tushuniladiki, fitratdan haqiqat chiqadi. Va fitrat haqiqatlarga marji' bir masdardir. Fasod va xarob esa ariziy bir marazdir. Chunki ashyoda asl sihatdir. Maraz esa ariziydir. Shunga binoan, "Nifoq va fasodimiz fitriydir. Ixtiyoriy bo’lmaganidan, mujibi jazo emasdir" deya i'tizorda bo’lolmaydilar.

Tankirni, majhuliyatni ifoda qilgan tanvin esa, marazning juda yashirin bo’lganidan na ko’rinishi va na tadoviysi mumkin bo’lmaganiga ishoratdir.

Beshinchi jumlani tashkil qilgan

فَزَادَهُمُ اللّٰهُ مَرَضًا

ning maqobli bilan vajhi irtiboti bilan ajzosi orasidagi jihati intizom:

Ha, qachonki munofiqlar qilgan amallaridan bir maraz bo’lgani qanoati bilan ijtinob etmadilar. Aksincha u amallarini istehson etib ko’proq talabida bo’ldilar. Janobi Haq ham talablariga ko’ra orttirdi.

S- فَزَادَ dagi ف maqoblining mab'adiga sabab bo’lganini ifoda qiladi. Holbuki bu yerdagi marazning vujudi, marazning ziyodasiga sabab emas?

J- Qachonki, ular marazlarini tashxis qilib tadoviysi talabida bo’lmadilar. Xuddi beparvolik yuzidan ziyodasini talab qilganlar. Janobi Haq ham mo’'minlarning zafari bilan ularning umidlarini ya'sga o’girgan. Va Musulmonlarning g’alabasi bilan ularning xusumatlarini hasad va kinga aylantirgan. So’ngra esa ma'ruz qolganlari u ya's; kindan vujudga kelgan qo’rquv, zaifiyat, zillat marazlarini qalblariga istilo ettirish bilan marazlarini ziyodalashtirdi.

S- Qur'oni Karimning bu jumlada maraz kalimasini maf'ul emas, tamyiz shaklida ishlatishi nimaga ishoratdir?

J- Munofiqlarning botiniy va qalbiy bo’lgan marazlari, xuddi zohirga chiqqan va butun amallariga va fe'llariga siroyat etish bilan vujudlari tamomi bilan maraz holiga kelganini ifoda qilish uchun مرض kalimasi tamyiz sifatida ishlatilgan. Ha, مرض kalimasi maf'ul bo’lgan taqdirda, bu ma'noni ifoda qilolmaydi. Chunki u vaqt ziyoda yolg’iz marazga taalluq etadi.

Oltinchi jumlani tashkil qilgan وَلَهُمْ عَذَابٌ اَل۪يمٌ ning vajhi irtiboti:

Darhaqiqat, manfaatni ifoda qilgan ل dan anglashiladiki, munofiqlarning manfaati yo dunyoda aliym bir azobdir va yoxud oxiratda shiddatli bir alamdir. Bular esa manfaat emas. Shunday ekan, manfaatlari maholdir.

S- اَل۪يمٌ "mutaallim" ma'nosidadir. Mutaallim esa shaxsning sifatidir. Shunga binoan, azobning aliym bilan vasflantirilishida qanday hikmat bor?

J- Azob ularning vujudlarini shunday qoplaydi va jasadlarini shunday ihota etadi va botinlariga shunday nufuz etadiki, xuddi vujudlari bir azob quymasi holiga keladi. Azobdan ma'ada bir narsa ko’rinmaydi. Hatto u azob quymasidan jo’sh urgan nolonlar, faryodlar, taallumlar, xuddi nafsi azobdan nash'at etadilar. Ya'ni, chaqirgan, baqirgan, mutaallim bo’lgan ayni azob ekani hisoblanadi.

Yettinchi jumlani tashkil qilgan

بِمَا كَانُوا يَكْذِبُونَ

ning vajhi irtiboti:

Munofiqlarning azoblarining mazkur jinoyatlari orasida yolg’iz kizb bilan vasflantirilishi, kizbning shiddati qubh va iflosligiga ishoratdir. Bu ishorat ham, kizbning naqadar ta'sirli bir zahar bo’lganiga bir shohidi sodiqdir.

Zero kizb, kufrning asosidir.

Kizb, nifoqning birinchi alomatidir.

Kizb, qudrati Ilohiyaga bir bo’htondir.

Kizb, hikmati Rabboniyaga ziddir.

Axloqi oliyani taxrib etgan, kizbdir.

Olami Islomni zaharlantirgan, faqat kizbdir.

Olami basharning ahvolini fasodga solgan, kizbdir.

Navi basharni kamolotdan orqada qoldirgan, kizbdir.

Musaylima-i Kazzob bilan amsolini olamda razil va rusvay etgan, kizbdir.

Shu sabablar tufayli, butun jinoyatlar ichida tal'inga, tahdidga taxsis etilgan, kizbdir. Bu oyat insonlarni, xususan musulmonlarni diqqatga da'vat qiladi.

S: Bir foydaga binoan kizbning joiz bo’lgani aytilmoqda. Shundaymi?

J: Ha, qat'iy va zaruriy bir foyda uchun masag’iri shar'iy bor. Faqat haqiqatga qaralsa, foyda degan narsalari, botil bir uzrdir. Zero usuli shariatda taqarrur etgan vajh bilan, mazbut va miqdori muayyan bo’lmagan bir narsa hukmlarga illat va mador bo’lolmaydi. Chunki miqdori bir had ostiga olinmaganidan suiste'molga uchraydi. Shu bilan barobar, bir narsaning zarari manfaatiga g’alaba qilsa, u narsa manhus va g’ayri mo’'tabar bo’ladi. Foyda, u narsani tark qilish bilan bo’ladi.

Ha, olamda ko’ringan bu qadar inqiloblar, chalkashliklar, zararning uzr deb o’ylangan foydaga g’alaba qilishiga bir shohiddir.

Faqat kinoya yoki ta'riz surati bilan, ya'ni g’ayri sarih bir kalima bilan aytilgan yolg’on, kizbdan sanalmaydi.

Xulosa, yo’l ikkidir:

Yo sukutdir. Chunki aytilgan har so’zing tog’ri bo’lishi lozim.

Yoki sidqdir. Chunki Islomiyatning asosi, sidqdir.

Iymonning xossasi, sidqdir.

Butun kamolotga isol etuvchi, sidqdir.

Axloqi oliyaning hayoti, sidqdir.

Taraqqiyotning o’qi, sidqdir.

Olami Islomning nizomi, sidqdir.

Navi basharni ka'ba-i kamolotga isol etgan, sidqdir.

Asxobi Kiromni butun insonlarga tafavvuq ettirgan, sidqdir.

Muhammadi Hoshimiy alayhissalotu vassalamni marotibi bashariyaning eng yuksagiga chiqargan, sidqdir.

وَاِذَا ق۪يلَ لَهُمْ لَاتُفْسِدُوا فِى الْاَرْضِ قَالُٓوا اِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ ٭ اَلَٓا اِنَّهُمْ هُمُ الْمُفْسِدُونَ وَلٰكِنْ لَايَشْعُرُونَ

Bu oyatning avvalgi oyat bilan vajhi irtiboti: Qachonki, munofiqlarning nifoqidan nash'at etgan jinoyatlarning birinchisini tashkil qilgan nafslariga zulm qilish bilan huququllohga tajovuzlari bo’lgan jinoyat zikr qilingandan so’ng mazkur jinoyatlarning ikkinchisini tashkil qilgan huquqi ibodga tavojuz bilan oralariga fasodni ilqo etish bo’lgan jinoyat ham mavqe-i munosibida zikr qilingandir.

So’ngra وَاِذَا ق۪يلَ jumlasi munofiqlarning qissasiga va hikoyasiga dohil bo’lish jihati bilan وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ dagi يَقُولُ ga bog’liqdir, ma'no va maol jihatidan يُخَادِعُونَ ga nazirdir. Haddi zotida ham يَكْذِبُونَ ga marbutdir. Uslubning tag’yiri esa, ya'ni qoziya-i hamliya o’rniga qoziya-i shartiya irodi يَكْذِبُونَ bilan وَاِذَا ق۪يلَ orasida bir nechta jumlaning muqaddar bo’lganiga bir alomatdir. Taqdiri kalom shunday bo’lsa kerakdir:

"Yolg’on aytganlari zamon fitnani iqo' etadilar. Fitnani iqo' etganlari zamon ifsod etadilar. Nasihat qilinganlari vaqt, qabul qilmaydilar. Fasod qilmanglar deyilgan zamon, "Biz faqat islohga harakat qilyapmiz", deydilar."

Bu oyat ichiga olgan mazkur va g’ayri mazkur jumlalar orasidagi vajhi irtibot bir misol bilan izoh qilinadi. Shundayki:

Bir inson tahlikali bir yo’lga suluk etgan zamon, eng avval "Sening bu yo’ling seni falokatga etadi, bu yo’ldan voz kech" deya nasihat qilinadi. U inson voz kechmagan taqdirda, shiddat bilan zajr va nahiy etiladi. Va ayni zamonda "Umum xalqning nafrat va qahriga uchraysan" deya tahdid qilingani kabi, "abno-i jinsingga zulm qilgan bo’lasan" deya shafqati jinsiyaga ham da'vat qilinadi.

Agar u inson, sarxushlar kabi qaysar va aqlsiz bo’lsa, o’ziga qilingan nasihat va zajr va nahiylarni mudofaa bilan muqobala etadi va "Mening maslagim haqdir; na sening haqqi e'tirozing bor va na mening sening nasihatlaringga ehtiyojim bor" deya sarkashlikni boshlaydi.

Agar u inson ikkiyuzlamachi bo’lsa, tabiiyki bir jihatdan nasihat qilganlarni aldaydi va ilzomga harakat qiladi. Boshqa jihatdan ham "Men isloh qiluvchi bir insonman" deya maslagini haq ko’rsatishni davom etadi. Va ayni zamonda "Isloh mening haqiqiy bir sifatim bo’lib, keyinchalik hosil bo’lgan bir sifat emas" deya da'vosini ta'kid va tayid etadi.

Bundan keyin agar u inson maslagida qat'iyat bilan nasihatlarni qabul qilmasa, tushuniladiki, uning islohiga hech bir chora va bir davo yo’q. Yolg’iz uning fasodi xalqqa siroyat etmasligi uchun, maslagining muzir va yomon ekanini e'lon qilish lozimki, hamma undan tahaffuz etsin. Zero aqlini ishlatmaydi, shuurini istihdom etmaydiki, bunday zohir bo’lgan bir narsani his qila olsin.

Bu misoldagi jumlalarning orasidagi munosabatlarga diqqat qilinsa, mazkur oyatning jumlalari orasida bo’lgan munosabat halqalari go’zal ravishda ko’rinadi. Ha, oralarida shunday fitriy bir nizom borki, ijoz va ixtisoridan i'jozning yuksak ovozlari eshitiladi.

Mazkur oyatning har bir jumlasining hay'atidagi vajhi intizom:

Ha, qat'iyatni ifoda qilgan وَاِذَا ق۪يلَ لَهُمْ dagi اِذَا yomon va nojo’ya narsalarni man va nahiy etish lozim va vojib bo’lganiga ishoratdir.

Foilning tarki bilan, siyg’a-i majhul bilan zikr qilingan ق۪يلَ yomon bir narsani nahiy etish, farzi kifoya ekaniga ishoratdir.

Manfaat va lutfni ifoda qilgan لَهُمْ dagi ل qilinadigan nahiylarning tahqir va tahakkum surati bilan emas, faqat nasihat tarzi bilan lozim bo’lganiga ishoratdir.

لَا تُفْسِدُوا shunday bir qiyosi istisnoiyga ishoratki: "Bunday qilmanglar, aks holda chalkashliklar sodir bo’ladi. Insonlar orasida itoat robitasi uziladi. Adolat ixtilolga inqilob etadi. Ittifoq va ittihodning iplari uziladi. Fasod vujudga kelishni boshlaydi. Shunday ekan, bunday qilmangki, fasod bo’lmasin."

فِى الْاَرْضِ nahiyni ta'kid, zajrni idoma ettiradi. Chunki nasihat muvaqqat bo’lgani uchun inzijorning davomi lozimdir. Bu ham vijdonning hayajonga keltirilishi bilan bo’ladi. Bu ham yo shafqati jinsiyaning uyg’otilishi bilan yoki nafrati umumiyaga ma'ruz qolish qo’rquvi bilan bo’ladi. Ha فِى الْاَرْضِ kalimasi har ikki jihatni ham ta'min qiladi. Zero "arz" kalimasi lisoni holi bilan, "Sizning bu fasodingiz navi basharga siroyat etadi. Navi basharning, xususan faqir fuqaro, ma'sumlarning sizlarga yomonligi nimaki, ularga qarshi bunday yomonlik qilyapsiz? Shafqati jinsiyangiz yo’qmi, nima uchun marhamat etmaysiz? Ha, taslim qildikki, sizning shafqati jinsiyangiz yo’q. Hech bo’lmasa nafrati umumiyadan qo’rqinglar", deya ularga tanbeh beradi.

S- Ularning maqsadlari umum insonlar emasdir. Nima uchun ularning fasodi butun insonlarga siroyat etsin?

J- Ha, qora bir ko’zoynakni taqqan odam hamma narsani qora va xunuk ko’radi. Shuning kabi, basirat ko’zi ham nifoq bilan pardalansa va qalb kufr bilan to’silsa, butun ashyo xunuk va yomon ko’rinadi. Va butun insonlarga, balki koinotga qarshi bir bug’z, bir adovatga sabab bo’ladi. Hamda kichik bir charxning sinishi bilan katta bir uskuna mutaassir bo’lgani kabi, bir shaxsning nifoqi bilan hay'ati bashariyaning intizomi mutaassir bo’ladi. Zero adolat, intizom, Islomiyat itoat bilan bo’ladi. Afsuski, ular sochgan zaharlar tabaqadan tabaqaga intiqol eta-eta bu zillat, safolatni ismar etgan.

قَالُوا اِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ : Ya'ni, "Xalqni ifsod etmangiz", deyilgan zamon, "Bizlar faqat isloh qiluvchi insonlarmiz", iddi'osida bo’ldilar."

اِنَّمَا da ikki xususiyat bor:

Birinchisi: Dohil bo’lgan hukmning haqiqatdan yoki iddi'oan ma'lum bo’lishi lozim. Bu xususiyatdan, nasihat qilganlarni tazyif etishga va jaholatlariga bo’lgan sabotlarini izhor etishga bir ramz bordir. Ya'ni, "Bizning isloh qiluvchi ekanimiz ma'lumdir, shunga binoan maslagimizda sabot qilamiz, nasihatlarga quloq solmaymiz."

Ikkinchi xususiyat, hasrdir. Bu hasrdan ham ularning salohlariga hech bir fasodning qo’shilmagan bo’lganiga bir ramz bordir. Va bu ramzdan mo’'minlarga bir ta'riz borki, ularning salohlariga fasod qo’shilmoqda.

Sabot va davomni ifoda qilgan ismi foil siyg’asi bilan مُصْلِحُونَ ning نُصْلِحُ ga tarjih etib zikr qilinishi, salohlarining sobit va doimiy bir sifat bo’lganidan hozirgi hollari ham ayni saloh ekaniga ishoratdir. So’ngra ular bu kalomlarida ham munofiqlik qiladilar. Zero, botinan fasodlarini saloh sanaganlari kabi, zohiran "Bu amalimiz mo’'minlarning saloh va manfaatlari uchun" deya muroilik qiladilar.

اَلَا اِنَّهُمْ هُمُ الْمُفْسِدُونَ وَلٰكِنْ لَا يَشْعُرُونَ : Bu oyatning maqobli bilan vajhi irtiboti:

Ha, avvalgi oyatda munofiqlardan hikoya qilingan ba'zi ma'nolar va iddi'olar bor. Masalan, Maslaklarini tarvij va tashviq etishgan. Salohni o’zlariga isbot va salohning doimiy bir sifatlari bo’lganini iddi'o etishgan. Va amallarining salohga munxasir bo’lgani va salohlariga hech bir fasodning qo’shilmagani va bu hukmning ma'lum hukmlardan bo’lgani iddi'osida bo’lganlar. Va mo’'minlarga ta'rizda bo’lib, nasihat qilganlarni tajhil etishgan.

Qur'oni Karim ham munofiqlarning shu mazkur iddi'olarini jarh va akslarini isbot qilish maqsadida shu jumlada ba'zi hukmlar sard etgan. Azjumla:

Fasod munofiqlarga isnod va isbot etilgan. Va ularning, mufsidlarning haqiqati bilan ittihod qilganlariga ishorat qilingan. Va fasodning munofiqlarga munxasir bo’lganiga va bu hukmning sobit bir haqiqat bo’lganiga ishoratlar qilingan. Va ularning muzir bo’lganlariga xalq iqoz etilgan. Va hislari nafiy etilish bilan tajhil etilishgan.

Ha, yomon bir narsaga tushmaslik uchun ishlatilayotgan iqoz asbobi deyilgan اَلَا bilan ularning da'volari xalqning nazarida tazyif va bekor qilingan. Tahqiqni ifoda etgan اِنَّ bilan da'volarida iddi'o etgan haqqoniyat va ma'lumiyatlari rad qilingan. Hasrni ifoda qilgan هُمْ ularning اِنَّمَا va نَحْنُ bilan mo’'minlarga qarshi qilgan ta'rizlarni jarh etuvchi bir muqobaladir.

Jins va haqiqatni ifoda qilgan اَلْمُفْسِدُونَ dagi harfi ta'rifdan anglashiladiki, ular mufsidlarning haqiqati bilan ittihod etishgan.

Shuurdan mahrum bo’lganlarini ifoda qilgan وَلٰكِنْ لَا يَشْعُرُونَ jumlasi, ularning gumonlari bo’yicha da'volarining ma'lumligi sababli nasihatga ehtiyojlari bo’lmaganiga va nasihat qilganlarni tazyif etganlariga qarshi bir mudofaadir.

وَاِذَا ق۪يلَ لَهُمْ اٰمَنُوا كَمَٓا اٰمِنَ النَّاسُ قَالُٓوا اَنُؤْمِنُ كَمَٓا اٰمَنَ السُّفَهَٓاءُ اَلَٓا اِنَّهُمْ هُمُ السُّفَهَٓاءُ وَلٰكِنْ لَا يَعْلَمُونَ

Ya'ni, "Xalqning iymonga kelganlari kabi, siz ham iymonga keling", deya iymonga da'vat qilinganlari zamon, "Sufaho jamoasining iymonga kelgani kabi biz ham iymonga kelamizmi?", deya javob berishdi. Faqat sufaho jamoasi faqat va faqat ulardir. Lekin bilmaydilar.

Bu oyatni maqobli bilan rabt va nazm etgan jihatlar:

Ha, bu ikki oyat munofiqlarning jinoyatlarini hikoya qilganlari kabi, ularga nasihat va irshod vazifasini ham bajaryapti. Shunga binoan, bu ikki oyatning orasidagi atf, yo mo’'minlarga isnod etganlari safohat jinoyati, arzda qilganlari ifsod jinoyatiga atfdir yoki amri bilma'rufni tazammun etgan ikkinchi oyat, nahyi anilmunkarni ifoda qilgan birinchi oyatga atfdir. Demak, bu ikki oyat orasidagi jihat-ul vahdat yo jinoyatdir yoki irshoddir.

Bu oyatdagi jumlalarning orasidagi jihati irtibot:

Ha, qachonki

وَاِذَا ق۪يلَ لَهُمْ اٰمِنُوا كَمَٓا اٰمَنَ النَّاسُ

jumlasi bilan farzi kifoya bo’lgan nasihat vazifasi ado etilish uchun komil insonlardan iborat bo’lgan jumhuri nosga ittiboan, xolis bir iymonga da'vat qilinganlari zamon, anoniyati johiliyalari hayajonga kelib

قَالُٓوا اَنُؤْمِنُ كَمَٓا اٰمَنَ السُّفَهَٓاءُ

deb g’urur va qaysarliklarida isror etish bilan va "Da'vomiz haqdir va bizlar haq uzramiz" deya botil va qaysarlarning odati kabi botil da'volarini haq va jaholatlarini ilm iddi'o etdilar. Chunki nifoq bilan qalblari fasodga duchor bo’lgan. Shubhasiz, fosid bo’lgan bir qalb g’ururli bo’ladi va ifsodotga mayl etadi. Shunga binoan, qalblarining fosid bo’lishidan tamarrud va qaysarlik qiladilar. Va hadaf ittihoz etgan ifsodlari iqtizosi bilan, yakdigarlariga xalqni izlol etishni tavsiya qiladilar. Va g’urularining hukmi bilan, diyonat va iymonni safohat va safolat talaqqiy etadilar. Va nifoqlarining ijobi bilan, bu so’zlarida ham munofiqlik qiladilar. Zero bu so’zlarining zohiridan "Biz devonalar emasmiz, qanday safihlar kabi bo’lamiz?" kabi bir ma'no chiqadi. Botinidan esa "Qanday aksariyati fuqaro va nazarimizda safih bo’lgan mo’'minlar kabi bo’lamiz?" kabi boshqa bir ma'no chiqadi.

So’ngra Qur'oni Karim ularning mo’'minlarga otgan safohat toshlarini

اَلَٓا اِنَّهُمْ هُمُ السُّفَهَٓاءُ

jumlasi bilan i'oda etish bilan o’zlariga yuttirgan. Chunki qaysarlik va jaholatlari bu darajaga vosil bo’lganning haq va mustahaqi, baynannos tashhir etilish bilan safohatning o’ziga munxasir bo’lganini e'lon qilishdir.

So’ngra

وَلٰكِنْ لَايَعْلَمُونَ

jumlasi bilan ularning jahli murakkab bilan johil bo’lishganiga ishorat etganki, bu kabi johillarga nasihat ta'sir qilmaganidan, ulardan tamomi bilan i'roz etish lozimdir. Chunki nasihatni tinglagan faqat johilligini bilganlardir. Bular johilliklarini ham bilmaydilar.

Bu oyat ixtivo etgan jumlalarning ajzosi orasida bo’lgan vajhi irtibot:

Ha,

وَاِذَا ق۪يلَ لَهُمْ اٰمِنُوا كَمَٓا اٰمَنَ النَّاسُ

Jumlasidagi اِذَا qat'iyatni ifoda qilganidan, amri ma'ruf bilan xalqni irshod qilish luzumiga ishoratdir. Siyg’a-i majhul bilan zikr qilingan ق۪يلَ nasihatning yetarli darajada vojib bo’lganiga ishoratdir.

Va

اَخْلِصُوا ف۪ى ا۪يمَانِكُمْ

kabi, "ixlos" lafzini ixtivo etgan bir jumlaga badal اٰمِنُوا lafzining zikr qilinishi; ixlosi bo’lmagan iymonning iymondan sanalmasligiga ishoratdir.

Va كَمَا اٰمَنَ النَّاسُ lafzi bilan go’zal bir misol, bir namuna, bir o’rnak ko’rsatilgandirki, unga ittibo etib ixlosli bir iymonga kelsinlar.

نَاس lafzida ikki nukta bor. Va u ikki nukta vijdonlarni amri ma'rufga ijbor etgan omillardandir.

Birinchisi: نَاس unvoni hammani jumhuri nosga tobe bo’lishga da'vat qiladi. Chunki jumhurga muxolafat shunday bir xatoki, u xatoni irtikob etish qalbning, vijdonning shonidan emas.

Ikkinchisi: كَمَٓا اٰمَنَ النَّاسُ ta'biridan tushunilyaptiki, iymoni bo’lmaganning nosdan sanalmasligi lozim. Faqat نَاس ta'biri mo’'minlarga maxsusdir. Bu ham yo iymonning xususiyati bilan insoniyatning haqiqati mo’'minlarga munxasirdir, yoki iymonsiz bo’lganlar insoniyatning martabasidan sukut etganlar.

قَالُٓوا اَنُؤْمِنُ كَمَٓا اٰمَنَ السُّفَهَٓاءُ

Ya'ni, "Bizlar nasihatlarni qabul qilmaymiz. Shu miskinlarning jamoatiga qanday kiramiz? Biz kabi asxobi joh va martaba ularga qiyos qilinolmaydi."

قَالُوا nafslarini tazkiya, maslaklarini tarvij, nasihatdan istig’no, mag’rurona da'vo shaklida mudofaa etishlariga ishoratdir.

Inkoriy bir istifhomni ifoda qilgan اَنُؤْمِنُ kalimasi, ular jaholatda ko’rsatgan tamarrud va qaysarlikka ishoratdir. Xuddi istifhom bilan nasihat qilgandan so’raydilarki: "Maslagimizni tark qilishmizga vijdoning rozi, insofing qabul qiladimi?"

S- Ular u so’zlarida kimlarni muxotob etishgan?

J- Avvalo nafslariga, soniyan abno-i jinslariga, solisan nasihat qilganlarga tavjihi xitob etishgan.

Ha, birovga nasihat qilinarkan, u odam avvalo nafsiga murojaat qiladi. So’ngra birodarlari bilan gaplashadi. So’ngra nasihat qilganiga o’giriladi. Qilgan murojaatlarining natijasini unga aytadi. Bunga binoan, qachonki munofiqlar iymonga da'vat qilindilar. Fasodga duchor bo’lgan qalblariga, tafassuh etgan vijdonlariga qilgan murojaatlarida inkor javobini olib, qalblaridagi narsani tashqariga chiqardilar. So’ngra ifsod birodarlariga murojaat etdilar. Yana inkor javobini olib, yashirin-yashirin so’zlashuvlarni boshladilar. So’ngra, i'tizor shaklida nasihat qilganga o’girilib shunday bir safsata sotishadi: "Hoy, oramizda ko’p farq bor. Biz ularga qiyos qilinolmaymiz. Chunki biz boymiz, ular faqirlar. Ular majburiyat sababli iymonga kelishgan. Ularning diyonati izdiroriydir. Biz esa asxobi izzat, sarvat insonlarmiz."

Xulosa: Ular g’ururlarining hukmi bilan murshidni insofga da'vat qildilar. Xud'a va hiylalari bilan ikkiyuzlama bir so’zlashuvda bo’ldilar. Shundayki: "Ey murshid! Bizlarni sufaho deb o’ylama! Bizlar sufaho kabi bo’lolmaymiz. Faqat xolis mo’'minlarning qilganlari kabi qilyapmiz" deya murshidni aldashni istadilar. Holbuki qalblarida, "Bu faqir va qiymatdan sukut etgan mo’'minlar kabi emasmiz" kabi boshqa bir ma'noni izmar qilganlar.

Xulosa: اَنُؤْمِنُ lafzida ularning fasodlariga, ifsodlariga, g’ururlariga, nifoqlariga yashirin bittadan ramz bor.

كَمَٓا اٰمَنَ السُّفَهَٓاءُ : Ya'ni, "Komil deb o’ylaganingiz mo’'minlar; nazarimizda zalil, faqir bir jamoatdir. Har biri bir qavmning safihidir."

Ular tajviz etgan qiyosda bir nechta ishorat bor:

Birinchisi:

Majma-ul masokin, malja-ul fuqaro, haqni himoya, haqiqatni muhofaza, g’ururni man, takabburni daf qilgan yagona Islomiyatdir. Ha, kamol va sharafning miqyosi Islomiyatdir.

Ikkinchisi:

Nifoqni intoj etgan; g’araz, g’urur, takabburdir.

Uchinchisi:

Islomiyat; ahli dunyo, asxobi marotib qo’llarida tahakkum va tag’allubga vasila bo’lolmaydi. Faqat boshqa dinlarning xilofiga, ahli faqr va hojat qo’lida ihqoqi haq uchun sinmas olmos bir qilichdir. Bu haqiqatga tarix go’zal bir shohiddir.

اَلَا اِنَّهُمْ هُمُ السُّفَهَٓاءُ : Bilinishi lozimki, Qur'oni Karimning kasrat bilan nifoqqa qarshi qilgan shiddatli tahdidlari, taqbihlarining sababi, faqat va faqat olami Islomning nifoq sho’'balaridan ko’rgan zarbalaridir.

اَلَا iqoz vositasi bo’lib, safohatlarini tashhir va afkori ommani safohatlariga istishhod etish uchun zikr qilingan. Haqiqatni ko’rsatish uchun bir oyna va haqiqatga dalolat uchun bir dalil vazifasini bajargan اِنَّ lisoni holi bilan, "Haqiqatga qaranglar", deya "Ularning zohiriy safsatalarining asli yo’q, aldanmangiz", deydi.

Hasrni ifoda qilgan هُمْ kalimasi nafslariga iddi'o etgan tazkiyalarini rad va mo’'minlarga isnod etgan safohatlarini daf qiladi. Ya'ni, bir lazzati foniya uchun oxiratini tark qilgan safihdir. Boqiy bir mulkni havasoti foniyasining tarki bilan sotib olgan safih emas.

اَلسُّفَهَٓاءُ dagi alif va lom hukmning ma'lumiyatiga va kamoliga ishoratdir. Ya'ni, ularning safohati ma'lum. Va safohatning oxirgi tizimi ulardadir.

وَلٰكِنْ لَا يَعْلَمُونَ jumlasida uch ishorat bordir:

Birinchisi:

Haqni botildan, iymon maslagini nifoq maslagidan tamyiz etish faqat ilm va nazar bilan bo’ladi. Faqat qilgan fitnalari va fasodlari zohir bo’lgani uchun, adno bir shuuri bo’lgan farqida bo’ladi. Bunga binoan, Qur'oni Karim birinchi oyatni وَلٰكِنْ لَايَشْعُرُونَ bilan zayllantirgan.

Ikkinchisi:

لَايَعْلَمُونَ kabi oyatlarning oxirida zikr qilingan اَفَلَا يَعْقِلُونَ va اَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ va اَفَلَا يَتَذَكَّرُونَ kabi jumlalari bilan, Islomiyatning aql, hikmat, mantiq ustida muassas ekaniga ishoratdirki, har bir aqli salim qabul qilish shonidandir.

Uchinchisi:

Ulardan i'roz etish va ularga e'timod etmaslik lozim. Chunki johilliklarini bilmaganlaridan, nasihatning ularga ta'siri bo’lmaydi.

وَاِذَا لَقُوا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا قَالُٓوا اٰمَنَّا وَاِذَا خَلَوْا اِلٰى شَيَاط۪ينِهِمْ قَالُٓوا اِنَّا مَعَكُمْ اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ ٭ اَللّٰهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ وَيَمُدُّهُمْ ف۪ى طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ

Istehzo va istihfof kabi, munofiqlarning to’rtinchi jinoyatlarini bayon qilgan shu oyatning fasod, ifsod, tasfih kabi oldin o’tgan jinoyatlariga atfini iqtizo etgan, ayni munosabat bilan bu oyatning maoli bilan maqoblining maoli orasida irtibot va intizom hosil bo’lgan.

Bu oyatning jumlalari orasidagi vajhi irtibot esa:

Ha, insonning musibat va alamlarga qarshi nuqta-i istinodi va ehtiyoj, umidlarini tasviya uchun nuqta-i istimdodi bo’lgan iymonning uch xossasi bor.

Birinchisi:

Nuqta-i istinodidan nash'at etgan izzati nafsdir. Izzati nafsi bo’lgan, boshqalarga o’zini zalil ko’rsatishga tanazzul etmaydi.

Ikkinchisi:

Shafqatdir. Shafqati bo’lgan, hech kimni tahqir va tazlil etmaydi.

Uchinchisi:

Haqiqatlarga ehtirom etish va yuksak narsalarning qiymatini bilish bilan istihfof etmaslikdir.

Shuning kabi, iymonning ziddi bo’lgan nifoqning ham uch xossasi bor.

Birinchisi:

Zillatdir.

Ikkinchisi:

Ifsodotga mayl etishdir.

Uchinchisi:

Boshqalarni tahqir etish bilan g’urulanib zavq olishdir.

Shunga binoan, iymon izzati nafsni intoj etgani kabi, nifoq ham uning aksiga zillatni intoj etadi. Zillati bo’lgan, hammaga qarshi o’zini zalil ko’rsatadi. Bu esa riyodir. Riyo esa mudohanadir. Mudohana ham kizbdir. Qur'oni Karim shu silsilali kizbga

وَاِذَا لَقُوا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا قَالُٓوا اٰمَنَّا

bilan ishorat qilgandir. Ya'ni, "Mo’'minlar bilan uchrashgan vaqtlari, "Biz ham iymonga keldik", deydilar."

So’ngra nifoq, iymonning xilofiga, qalblarni ifsod etadi. Qalbning fasodi esa, yetimlikni intoj etadi. Ya'ni, buzuq bo’lgan bir qalb o’zini sohibsiz, moliksiz, yetim deb biladi. Bundan qo’rquv nash'at etadi. Qo’rquv ham uni qochib yashirinishga ijbor etadi. Qur'on shu hollariga وَاِذَا خَلَوْا bilan ishorat etgandir. Ya'ni, "Qochib xilvatlarga ketganlari zamon..."

So’ngra nifoq iymonning aksiga, aqrabo va boshqalar orasidagi sila-i rahmni qat' etadi, kesadi. Bu esa shafqatni izola etadi. Shafqatning zavoli esa ifsodotga sabab bo’ladi. Ifsoddan fitna chiqadi. Fitnadan xiyonat vujudga keladi. Xiyonat ham za'fiyatni lozim qiladi. Za'fiyat ham himoya qiladigan bir zohirga, bir orqaga iltijo qilishni ijbor etadi. Qur'oni Karim bunga اِلٰى شَيَاط۪ينِهِمْ bilan ishorat qilgan. Ya'ni, "Shaytonlariga qochib, himoyalariga kiradilar."

So’ngra iymonning xilofiga, nifoqda taraddud bordir. Ya'ni, munofiq bo’lgan kishi qat'iy bir hukm sohibi emas. Bu esa sabotsizlikni intoj etadi. Bu ham maslaksizlikni, bu ham amniyatsizlikni tavlid etadi. Bu esa -qonunan maznunlarning har kun isboti vujud etishlari luzumi kabi- doimo shaytonlariga borib kufrlarini, ahdlarini yangilashlarini ijob ettiradi. Qur'oni Karim bu silsilaga قَالُٓوا اِنَّا مَعَكُمْ bilan ishorat qilgan. Ya'ni, "Bizlar siz bilan barobarmiz", deya ahdlarini yangilashadi.

So’ngra mo’'minlarga borib kelishganidan hosil bo’lgan shubhani izola uchun, uzr so’rashga majbur bo’ldilar. Va iymonning xilofiga, haqiqatlarga adami hurmat va istihfofda bo’lib qiymatdor narsalarga xiyonat qildilarki, ularga atf etilgan ayblarni daf qilsinlar. Mana, Qur'oni Karim bunga

قَالُٓوا اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ

bilan ishorat qilgan. Ya'ni, "Bizning mo’'minlar bilan bo’lgan ixtilotimiz, istehzo uchundir. Oramizda samimiyat yo’q. Faqat yuzlariga kulamiz."

So’ngra munofiqlarning shu ketish va gaplarini eshitgan sami'ning mo’'minlarning ham muqobalada bo’lishlarini intizor etayotgani siyoqi kalomdan anglashildi. Shuning uchun Qur'oni Karim ham mo’'minlarga badal اَللّٰهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ deya muqobalada bo’lgan. Ya'ni, "Janobi Haq ularning istehzolari sababli qattiq jazo bilan dunyo va oxiratda tajziya etadi va etajak."

Janobi Haqning shu muqobalasi, mo’'minlarning sharafiga va munofiqlar qilgan istehzoning, Janobi Haqning tajziyasiga qarshi adam hukmida qolganiga va ularning hamaqotlariga ishoratdir.

So’ngra Qur'oni Karim

وَيَمُدُّهُمْ ف۪ى طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ

jumlasi bilan jazolarini istehzo surati bilan tasvir etgan. Ya'ni, "Ular zalolat va tug’yonni intoj etgan sabablarga sui ixtiyor va orzulari bilan tavassul etish bilan, xuddi lisoni hol bilan zalolatning talabida bo’lishgan. Janobi Haq ham ularning talablari sababli, istaklariga yordam bergan."

Bu oyat tazammun etgan jumlalarning hay'atlari orasida intizom jihati:

Ha, dohil bo’lgan hukmning qat'iyatini ifoda qilgan وَاِذَا لَقُوا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا dagi اِذَا ularning mo’'minlarga bo’lgan muloqotlarini a'mdan va qasddan jazm etganlariga ishoratdir.

Ko’pincha yo’llarda uchrashish ma'nosini ifoda qilgan لَقُوا ularning yo’llarda xalq ichida mo’'minlarga duch kelishlarini ta'ammud etishganiga ishoratdir.

اَلْمُؤْمِن۪ينَ kalimasiga tarjihan اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا kalimasining zikri, ularning mo’'minlar bilan jihati irtibotlari, yolg’iz iymon sifati sababi bilan bo’lganiga va butun sifatlar ichida eng mumtoz va madori nazar yolg’iz iymon sifati bo’lganiga imodir.

قَالُوا Bu unvon, ularning so’zlari bilan qalblari bir emasligiga va aytgan so’zlari yolg’iz riyo va mudohana pardasi ostida o’zlariga qilingan ayblovlarni daf qilish va mo’'minlardan jalbi manofi bilan sirlariga voqif bo’lish azmida bo’lishganiga ishoratdir.

اٰمَنَّا maqomning iqtizosi bilan bu kalimaning ta'kidlar bilan muakkad bo’lib zikr qilinishi lozim ekan, ta'kidsiz zikri, qalblarida tahrik etuvchi bir shavqning, bir ishqning bo’lmaganidan, so’zlarini shiddatsiz va ta'kidsiz, sarsariyona aytganlariga ishoratdir.

Va shuningdek, ularning ta'kidlari adam hukmida bo’lib, mo’'minlarni ishontira olishmaganiga ishoratdir.

Va shuningdek, اٰمَنَّا kalimasi bilan; nifoqlariga berkitgan pardalari juda zaif bo’lganidan, ta'kid va tashdid etilgan taqdirda, yirtilish ehtimoli borligiga ishoratdir. Chunki ta'kid, tashdid shubhaga da'idir. Shubha esa tahqiqotga boisdir. Tahqiqot qilingan taqdirda, ranglari maydonga chiqadi.

اٰمَنَّا ning jumla-i fe'liya bilan zikri esa, iymonlarining sobit va davomli ekanini mo’'minlarga ishontirish imkonini topolmaganlariga; yolg’iz manfaatlarni jalb, asrorga muttali' bo’lish maqsadi bilan mo’'minlarga mudohana va tasannu qilish bilan ihdosi iymon etganlariga ishoratdir.

وَاِذَا خَلَوْا اِلٰى شَيَاط۪ينِهِمْ قَالُٓوا اِنَّا مَعَكُمْ

Avvalgi oyat bilan bu oyatning bir-biriga bo’lgan atflari, ularning maslaksiz, sabotsiz bo’lishganiga ishoratdir.

اِذَا ifoda qilgan jazmiyat, i'tiyod etganlari fasod va ifsod iqtizosi bilan shaytonlariga ketishlarini zaruriy bir vazifa deb bilishganiga ishoratdir.

خَلَوْا ta'biri, jinoyatlaridan qo’rqqanlaridan tasattur va yashirinishni istaganlariga ishoratdir.

اِلٰى kalimasining خَلَوْا kalimasi bilan yanada uyg’un bo’lgan مَعَ kalimasiga tarjihan zikr qilinishi, ikki narsa uchun: Birisi, ajz va za'aflari sababli iltijo qilishga majbur bo’lishlaridir. Ikkinchisi, fitna va ifsod iqtizosi bilan, mo’'minlarning sirlarini kofirlarga isol etishdir. Bu ikki ma'noni مَعَ ifoda qilolmaydi.

شَيَاط۪ينِهِمْ Bu unvon, raislarining shaytonlar kabi yashirinib vasvasalarni ilqo etganlariga va shaytonlar qadar muzir bo’lganlariga va shaytonlar kabi shardan ma'ada bir narsa tasavvur qilishmaganiga ishoratdir.

قَالُٓوا اِنَّا مَعَكُمْ Ya'ni, "Siz bilan birgamiz." Bu jumla bilan nafslarining tazkiyasiga, ahdlarining tajdidiga, maslaklarida sobit qolganlariga ishorat qilishgan. Yolg’iz bu jumlaning muxotoblarida munofiqlarning munkirlari bo’lmagani holda, jumla ta'kidlagan.

وَاِذَا لَقُوا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا قَالُٓوا اٰمَنَّا

jumlasining muxotoblari faqat munkir bo’lganlari holda, ta'kidsiz qoldirilgan. Buning sabablari, birinchi jumlani shavqsiz, ishqsiz; ikkinchi jumlani esa ishq va shavq bilan aytganlariga ishoratdir.

Shaytonlariga aytgan jumlalarini ismiya shaklida, mo’'minlarga qarshi aytganlarini jumla-i fe'liya suratida zikr qilishlari; maqsadlarining bu yerda ahdlariga sobit va davomli qolganlarini isbot, u yerda esa yolg’iz iymonga kelganlarini ihdos etishganiga ishoratdir.

اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ

Ya'ni, "Bizlar mo’'minlarga qarshi faqat istehzo qiluvchi insonlarmiz."

Bu jumlaning avvalgi jumlaga atf etilmaganining sabablari:

Ha, ikki kalima yoki ikki jumla orasida yo kamoli ittisol va ittihod bor yoki kamoli inqito', infisol bor. Bu ikki suratda bir-biriga atflari joiz emas. Faqat oralarida o’rta darajada bir inqito' va bir ittisol bo’lgan yerlarda atflari joizdir. Bu jumla esa اِنَّا مَعَكُمْ jumlasiga bir jihatdan ta'kiddir, bir jihatdan ham badaldir. Bu ikki suratda har ikki jumlaning orasida kamoli ittisol bor. Boshqa bir jihatdan ham muqaddar bir savolga javobdir. Bu suratda ham oralarida kamoli inqito' bor. Chunki ko’pincha savol insho, javob ixbor bo’ladi. Mana shuning uchun oralarida atf qilinmagan.

S: Bu jumlaning اِنَّا مَعَكُمْ jumlasiga ta'kid yoki badal bo’lganining tavjihi?

J: اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ jumlasi kerak bo’lsa haq va haqiqatga va kerak bo’lsa ahli haq, hidoyatga xiyonatga doirdir. Ma'lumki, bundan zalolat va ahli zalolatga ta'zim chiqadi. Bu esa اِنَّا مَعَكُمْ jumlasining maolidir. Demak, har ikki jumlaning maollari birdir yoki bir-birini ta'kid etadi.

Muqaddar bir savolga javob bo’lganining tavjihi esa:

Ha, xuddi shaytonlari tarafidan shunday bir savol vorid bo’lganki, "Hoy, agar siz biz bilan barobar va bizning maslagimizda bo’lgan bo’lsaydingiz, mo’'minlarga muvofaqat etmasdingiz. Yo siz ularning mazhablariga o’tgansiz yoki siz uchun muayyan bir mazhab yo’qdir." Bu savolga qarshi

اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ deya, musulmonlardan bo’lmaganlarini sarohatan aytganlari kabi, hasrni ifoda qilgan اِنَّمَا bilan, muayyan bir mazhabi bo’lmaganlardan bo’lmaganlariga ishorat qilishgan.

Va shuning kabi, davomni ifoda qilgan ismi foil siyg’asi bilan مُسْتَهْزِؤُنَ deyishlari, mo’'minlarga qarshi qilgan istehzolarining doimiy bir sifatlari bo’lib, keyinchalik ariz bo’lgan bir sifatlari bo’lmaganiga ishoratdir.

اَللّٰهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ Ya'ni, "Alloh ularni istehzo etadi." Bu jumlaning avvalgi jumlalarga atf etilmasdan atfsiz zikr qilinishining sabablari:

Agar atf etilgan bo’lsaydi, yo اِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِؤُنَ jumlasiga atf bo’lardi. Bu esa bu jumlaning ham اِنَّا مَعَكُمْ jumlasiga ta'kid bo’lishini ijob etadi.

Yoki اِنَّا مَعَكُمْ jumlasiga atf bo’lardi. Bu ham bu jumlaning ularning so’zlaridan biri bo’lganini iqtizo etadi.

Va yoxud قَالُوا ga atf bo’lardi. U vaqt Allohning ularga bo’lgan istehzosi xilvat zamoni bilan muqayyad bo’lardi. Holbuki Allohning istehzosi doimiydir.

Yoki وَاِذَا لَقُوا jumlasiga atf qilinardi. Bu esa har ikki tarafdan, ya'ni ma'tuf va ma'tuf-un alayhdan maqsadning bir bo’lganini istilzom etadi. Holbuki, birinchi jumla amallarini bayon qiladi. Ikkinchi jumla ham jazolari haqidadir. Demak, mahzursiz, munosib bir ma'tuf-un alayh bo’lmaganidan musta'nifa bo’lib, ya'ni maqobli bilan bog’liq bo’lmasdan muqaddar bir savolga javob qilingan.

Ha, munofiqlarning yaramasligi, yomonligi shunday bir darajaga yetgandirki, hollariga voqif bo’lgan har ruh, "Ajabo, bunday yomon bo’lganlarning jazosi nima? Va jazolari beriladimi?" deya so’rashga majbur bo’ladi.

Xullas, Qur'oni Karim اَللّٰهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ jumlasi bilan shu muqaddar savolga javob bergan. Demak, bu jumlaning istinofi atfidan muhimroqdir.

So’ngra, maqomning iqtizosi bilan ularning istehzolariga qarshi mo’'minlarning muqobalada bo’lishlari ijob etarkan, Janobi Haqning muqobalada bo’lishi, mo’'minlarning tashrif va tarahhumlariga ishorat bo’lgani kabi, munofiqlarni istehzo etishdan zajr va man qilish uchundir. Zero, istinodlari Allam-ul G’uyubga bo’lganlar istehzo qilinolmaydilar.

So’ngra Janobi Haqning tankil va ta'ziblaridan istehzo bilan ta'bir qilish sha'ni uluhiyatga yarashmaganidan, istehzoning lozimi bo’lgan tahqir iroda qilingandir.

S: Munofiqlarning istehzosi, davomni ifoda qilgan ismi foil siyg’asi bilan bo’lgani holda; Janobi Haqning muqobil istehzosi tajaddudni ifoda qilgan fe'li muzoriy siyg’asi bilan qilinish hikmati nimada?

J: Ta'zib, tahqirlar; tabaddul va tajaddud bilan ta'sirlari ko’payadi. Zero bir tarz ustida davom qilgan bir alamning ta'siri bora-bora kamayadi. Yangilangan sari ta'siri ko’p bo’ladi. Bu ma'noni ifoda qilgan, faqat fe'li muzoriydir. Ismi foil esa yolg’iz davomni ifoda qiladi.

وَيَمُدُّهُمْ ف۪ى طُغْيَانِهِمْ يَعْمَهُونَ

Ya'ni, "Zalolat sabablariga tavassul etish bilan zalolatning talabida bo’lishgan. Alloh ham ularga zalolat bergan."

Alloh tarafidan yordamning qilinishini ifoda qilgan يَمُدُّ kalimasi, abdning xoliqi af'ol bo’lganini iddi'o etgan I'tizol mazhabining raddiga ishoratdir. Va ularning lisoni hol bilan istaklariga qarab Allohning ularga yordam berganiga dalolat qilgan

يَمُدُّ tazammun etgan يَسْتَمِدُّ jumlasi; abdning qo’lida hech narsa yo’q, doim Allohdan kelganini iddi'o etgan mazhabi Jabrning raddiga ishoratdir. Zero, ular sui ixtiyor va orzulari bilan istaganlar, Alloh ham ularning istaklarini bergan.

طُغْيَانٌ kalimasining هُمْ olmoshiga izofasi; tug’yon jinoyati ularning ixtiyorlari bilan hosil bo’lib, jabr bilan aloqador bo’lmagani uchun, "Bizlar Allohning jabri bilan bu tug’yonni qilyapmiz" deya ma'zaratlarining raddiga ishoratdir.

طُغْيَانٌ unvoni esa ularning zarari, to’fon kabi, butun mahosin va kamolotni taxrib etganiga imodir.

يَعْمَهُونَ Ya'ni, "Tug’yon va zalolatlarida mutahayyir va mutaraddid shaxslardir. Na maslaklari bor va na muayyan bir maqsadlari bordir."

اُولٰٓئِكَ الَّذ۪ينَ اشْتَرَوُا الضَّلَالَةَ بِالْهُدٰى فَمَا رَبِحَتْ تِجَارَتُهُمْ وَمَا كَانُوا مُهْتَد۪ينَ

Ya'ni: "Ular, hidoyatni berib, zalolatni sotib olgan bir guruh aqlsizlarki, tijoratlaridan bir foyda ko’rmaganlari kabi, u zarardan qutulish uchun yo’l ham topolmaydilar."

Bu oyatning maqobli bilan jihati irtiboti:

Ha, bu oyat o’tgan tafsillarga bir fazlaka, bir xulosadir. Va u tafsillarni yuksak va muassir bir uslub bilan tasvir qilgan. Lekin muxotoblarining saffi avval va tabaqa-i ulasidagilar qishda Yaman tomon, yozda esa Shom tomonlariga ketib qilgan tijoratlarining foyda va zararini, lazzat va alamini ko’rganlaridan, tasvir uchun tijorat uslubi intihob etilgan. Shundayki:

Navi basharning dunyoga yuborilishi, doimiy bir tavattun uchun emas. Faqat sarmoyasi bo’lgan iste'dod va qobiliyatlarini tanmiya va inkishof ettirish uchun tijorat uchun kelganlar. Faqat munofiqlar bu tijoratlarida sarmoyalarini boy berib, olam oldida razil bo’ldilar.

So’ngra bu oyatning jumlalari orasida jihati nazm va intizom:

Ha, bu oyatning jumlalari orasida tijorat uslublaridagi tartiblar kabi g’oyat fitriy, solis, muntazam bir tartib bor. Shundayki:

Bir tujjorga yuksak bir sarmoya beriladi. U ham u sarmoya bilan zararli, zaharli narsalarni olib sotsa, oxirida oldi-berdisidan na bir foyda ko’radi va na bir daromad ko’radi. Aksincha, xasorat ichida bo’g’ilish bilan, qochish uchun yo’lni ham yo’qotadi. Xullas, munofiqlar ham qilgan muomala aynan shunga o’xshaydi.

So’ngra mazkur oyatdagi jumlalarning hay'atlari esa:

اُولٰٓئِكَ kalimasi, uzoqlarda bo’lgan narsalarni ihzor etib maxsus va mashhud bo’lib ko’rsatish uchun ishlatilgan bir ishorat vositasidir.

S: Munofiqlarning اُولٰٓئِكَ bilan ihzorlarida nima foyda bor?

J: Ularning mazkur jinoyatlarini eshitgan sami'ning qalbida hosil bo’lgan nafrat va adovat shunday bir darajaga yetdiki, ularni ko’zi bilan ko’rishni va yuzlariga tupurgisi keladiki, yuzlariga tupurish bilan qalbi tinchlansin. Mana shuning uchun ular اُولٰٓئِكَ durbini bilan ihzor etilganlarki, sami' yuzlariga tupursin.

S: Munofiqlarning maxsus va mashhud bo’lmaganlari holda اُولٰٓئِكَ bilan maxsus tarzda ko’rsatilishlari qanday surat bilan bo’ladi? Va qanday bir foydasi bor?

J: Munofiqlarning mazkur jinoyat va ajib sifatlar bilan ittisoflari ularni shunday tajassum ettirganki, xayolan maxsus va mashhud va hozir ko’rinyaptilar. Va shu maxsusiyatlaridan, ularga isnod etilgan hukmning illati ham anglashiladi. Ha, hidoyatni berib zalolatni olish kabi bir hukmga albatta bir illat va bir sabab lozim. U illat esa, ularning oldin o’tgan jinoyatlari va sifatlaridir. Xullas, Qur'oni Karim ularni u sifatlar bilan muttasif qilib اُولٰٓئِكَ bilan ihzor etganki, bu oyatda ularga yuklatilgan hukmning illat va sababi sami' tomonidan ma'lum bo’lsin.

S: Uzoqlik jihatini ham ifoda qilgan اُولٰٓئِكَ bilan munofiqlarni uzoq ko’rsatishdan maqsad nima?

J: Ularning tariqi haqdan uzoqlashishlariga va qaytib to’g’ri yo’lga ruju'lari mumkin bo’lmaganiga ishoratdir. Chunki ketish ularning qo’lida bo’lsa, kelish ularning qo’lida emas.

Yangi in'iqod va tashakkul etishni boshlagan haqiqatlar haqida ishlatilgan اَلَّذ۪ينَ unvoni, hidoyatni sotib zalolatni olish kabi shu iflos muomalaning -bir navi tijorat bo’lish bilan- zamonning insonlari uchun asosli bir maslak bo’lishni boshlaganiga ishoratdir.

اِشْتَرَوُا unvoni esa, munofiqlarning "Hidoyatni tark, zalolatni olganimiz, fitratimizning iqtizosidir, ixtiyorimiz bilan emas", deya qiladigan ma'zaratning raddiga ishoratdir. Ha, xuddi Qur'oni Karim ularga deydiki:

"Janobi Haq ra's-ul mol o’laroq sizga uzun bir umr bergan. Va ruhlaringizda ham kamolot iste'dodini qoldirgan. Va hidoyati fitriyaning urug’i ham vijdoningizga ekilganki, saodat topasiz. Holbuki saodatga badal, lazoizi foniya va manofi'-i dunyoviyani olyapsiz. Demak, sui ixtiyoringiz bilan, zalolat maslagini hidoyat maslagiga ixtiyor va tarjih etish bilan hidoyati fitriyangizni ifsod va ra's-ul molingizni ham zoye etgansiz."

اَلضَّلَالَةَ بِالْهُدٰى Munofiqlarning ikki xusronga ma'ruz qolganlariga ishoratdir. Birisi: Zalolat xusronidir. Ikkinchisi: Hidoyat kabi buyuk bir ne'matni yo’qotishdir.

فَمَا رَبِحَتْ تِجَارَتُهُمْ Ya'ni, "Tijoratlarining daromadi bo’lmadi."

S: Munofiqlarning bu tijoratlarida ra's-ul mollari ham zoye bo’lgani holda, yolg’iz daromadning bo’lmasligidan bahs qilinishi nimaga ishoratdir?

J: Aqlli bir tujjorning daromadi bo’lmagan bir oldi-berdiga kirishmasligi lozim bo’lganiga va daromadi bo’lmasligi bilan barobar, ra's-ul molning ham zoye bo’lishi ehtimoli bo’lgan tijoratlarga kirishmasligi juda lozim va yanada yaxshi ekaniga ishoratdir.

S: Ribh fe'li haqiqatdan munofiqlarning fe'li bo’lgani holda, bu jumlada tijoratga isnod etilgan bo’lgani nimaga ishoratdir?

J: Ularning na bu tijoratlarida, na ajzosida va na ahvolida va na vasoitida na juz'iy va na kulliy bir foyda bo’lmaganiga ishoratdir. Ha, ba'zi tijoratlarda matlub daromad bo’lmasa ham, ahvolida yoki vasoitida oz-ko’p bir foyda bo’lishi mumkin. Faqat bu tijorat esa sharri mahzdir, foydalardan mahrum bir zarardir.

وَمَا كَانُوا مُهْتَد۪ينَ Ya'ni, "Ra's-ul mollarini zoye qilish bilan xusronga ma'ruz qolganlari kabi, yo’llarini ham yo’qotganlar." Bu jumlada suraning boshidagi

هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ jumlasiga yashirin bir ramz borki, Qur'oni Karim hidoyatni bermagan emas. Hidoyatni bergan-u bular qabul qilmaganlar.

مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ الَّذِى اسْتَوْقَدَ نَارًا فَلَمَّٓا اَضَٓاءَتْ مَا حَوْلَهُ ذَهَبَ اللّٰهُ بِنُورِهِمْ وَ تَرَكَهُمْ ف۪ى ظُلُمَاتٍ لَا يُبْصِرُونَ ٭ صُمٌّ بُكْمٌ عُمْىٌ فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ ٭ اَوْ كَصَيِّبٍ مِنَ السَّمَٓاءِ ف۪يهِ ظُلُمَاتٌ وَ رَعْدٌ وَ بَرْقٌ يَجْعَلُونَ اَصَابِعَهُمْ ف۪ٓى اٰذَانِهِمْ مِنَ الصَّوَاعِقِ حَذَرَ الْمَوْتِ وَاللّٰهُ مُح۪يطٌ بِالْكَافِر۪ينَ ٭ يَكَادُ الْبَرْقُ يَخْطَفُ اَبْصَارَهُمْ كُلَّمَٓا اَضَٓاءَ لَهُمْ مَشَوْا ف۪يهِ وَاِذَٓا اَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا وَلَوْ شَٓاءَ اللّٰهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَاَبْصَارِهِمْ اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Bu uzun oyat bilan maqobli orasida va jumlalari orasida va jumlalarining holatlarida bo’lgan jihati irtibot, intizom:

Ha, Qur'oni Karim avvalo munofiqlarning hollarini; soniyan jinoyatlarini sarohatan qayd qilgani kabi, muomalalarining yomonligini aqlga qabul qildirgandan so’ngra xayolga, vahmga, hisga ham ko’rsatib, ularga ham qabul ettirilishini bu tamsil bilan ta'min qilgandir.

Ha, aqliy narsalardan ko’proq tamsillar bilan xayoliy narsalarni qabulga xayol yaqinroqdir. Va shuningdek, aqlga muxolif bo’lgan va ham g’ayri maluf bo’lgan bir narsaning ma'nus bir shaklda ko’rsatilishi bilan xayol tez qabul qiladi.

Va shuningdek, g’oyib bir narsani hozir ko’rsatish bilan, aql bilan his orasida mutobaqat hosil bo’ladi. His ham qabul qiladi.

Xulosa:

Munofiqlarning yomonligi shu tamsil bilan aqlga tasdiq ettirilgani kabi, xayolga, vahmga, hisga ham qabul ettirilishi ta'min qilingandir.

Va ayzan, munofiqlarning boshqa-boshqa jinoyatlari va muxtalif sifatlari orasida haqiqiy bir irtibotning bo’lishi shu tamsil bilan ko’rsatilgandir.

Va ayzan, munofiqlarning muomalasini xayolning ko’z o’ngiga shu tamsil bilan keltirishdan maqsad, lison aytolmagan nozik jihatlarni bizzot xayol qarasin, ko’rsin, olsinki, bir e'tirozi qolmasin:

So’ngra bu tamsilning jumlalarining maoli, hay'ati majmuasi bilan munofiqlarning hikoyalarining maoliga muvofiq kelgani kabi, boshqa-boshqa hikoyalarining ham jumlalariga uyg’un keladi.

Ha, munofiqlarning hikoyasi bunday: Zohiran iymonga kelganlar, so’ngra qalban kufr va inkor etganlar. So’ngra hayrat va taraddud ichida qolganlar. So’ngra haqni talab etmaganlar. So’ngra u zalolatdan ruju'ga qodir bo’lishmaganki, haqni qidirsinlar.

Tamsilning maoli esa: Avvalan otash yoqqanlar. So’ngra u otashni muhofaza qilolmaganlar. So’ngra otashlari so’ngan. So’ngra zulmat ichida qolganlar. So’ngra hamma narsa ularga ko’rinmaydigan bo’lgan. Kechasi sas-sado bo’lmaganidan, xuddi kar bo’lganlar. Otashlari so’nganidan, a'mo kabi bo’lganlar. Bir muxotob yoki bir yordamchilari bo’lmaganidan, xuddi lol bo’lganlar. Va u zulmatdan chiqib ruju'ga qodir bo’lmaganlaridan, xuddi ruhsiz, haykal kabi qotganlar.

Xullas, tamsildagi jumlalar bilan hikoyadagi jumlalar orasida muvofaqat taboruz etish bilan, oralarida bir muxolafat qolmagani tabayyun etdi.

Ixtor:

Tamsildagi zulmat, hayrat, otash; hikoyadagi kufr, adami sabot va fitnalariga ishoratdir.

S: Tamsilda nurdan bahs qilingan. Munofiqlarning nuri qayerda?

J: O’zida nur bo’lmagan bir inson atrofida bo’lgan nurdan istifoda etadi. Atrofida bo’lmasa qavmida, qavmida bo’lmasa navida, navida bo’lmasa fitratida, fitratida mumkin bo’lmasa, dunyo manfaatlari uchun lisonida bordir. Bu ham bo’lmasa, boshda iymon keltirib, so’ngra irtidod etganlarning avvalgi nurlariga ishoratdir. Bu ham bo’lmasa, dunyoga oid ko’rgan istifodalariga ishoratdir. (Qandayki otash fitnalariga ishoratdir). Bu ham bo’lmagan taqdirda doira-i imkonda bo’lgan nurlari vujud doirasiga tushirilgan.

اِشْتَرَوُا الضَّلَالَةَ بِالْهُدٰى

dagi hidoyat kabi.

So’ngra jumlalarning orasidagi jihati intizom:

مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ الَّذِى اسْتَوْقَدَ نَارًا

Ya'ni, "Ularning masalasi, otash yoqqan odamning masalasi kabidir." Bu jumlaning mavqe va maqomga bo’lgan munosabati shunday tasvir qilinishi mumkinki:

Oyatda bayon qilingan shaklga ko’ra, otash yoqqan odamning holi, Jazirat-ul Arabda xuddi Qur'onning muxotoblaridan birinchi tabaqadagi odamlarning hollariga tatobuq etadi. Zero u tabaqadagi odamlar bu otashni yoqqan odamning holini yo bizzot ko’rganlar yoki eshitganlar. Va u holning qay daraja muassir va faji' bo’lganini his qilganlar. Zero ular ham ko’p marta quyoshning zulmidan kechaning zulmatiga qochib, kechaning salqinligida yo’llarini davom qilgan vaqtlarida, shiddatli yomg’irlarga uchrab ko’p zahmatlarga tushganlar. Va shuningdek, ko’p marta yo’llarini yo’qotib muzir hayvonlar bilan to’la g’orlarga kirganlar. Va do’stlarini ko’rib ular bilan farohlanish va ashyolarini ko’rib muhofaza qilish yoki muzir hayvonlarni ko’rib ulardan tahaffuz etish uchun otash yoqqanlar. Otashning ziyosidan istifoda etarkanlar, samoviy bir ofat bilan otashlari so’nadi. Va rijo, umidlari tamoman ya'sga, xusronga inqilob etadi.

Xullas, Qur'oni Karim ularning bu vaziyatiga

فَلَمَّا اَضَٓاءَتْ مَا حَوْلَهُ ذَهَبَ اللّٰهُ بِنُورِهِمْ

jumlasi bilan ishorat qilgandir. Ya'ni, "Qachonki u otash atrofni yoritdi. O’sha on Janobi Haq nurlarini so’ndirib, ziyolarini zulmatga o’girdi."

فَلَمَّا dagi ف kalomning siyoqi, kalomning shu shaklda bo’lganini iqtizo etganiga ishoratdirki: Ziyosidan istifoda uchun otash yoqdilar. Otash ularni ziyolantirdi. Ular ham mutmain va mufarrah bo’ldilar. So’ngra bir xusronga duchor bo’lib yuz tuban yerga tushdilar.

So’ngra bu jumla-i shartiyaning shart va jaza deyilgan har ikki jumlasi orasida luzumning vujudi lozim ekan, izoa bilan nurning zahobi orasida hech bir luzum ko’rinmaydi. Shunga binoan, bu yashirin luzumni tashqariga chiqarib ko’rsatish uchun ba'zi muqaddar jumlalarga ehtiyoj bor. Shundayki:

Qachonki otash yoritdi. Ular ham yorishdilar. Faqat otashga ahamiyat berib muhofaza qilmadilar. Va u ne'matning qadrini bilib davom ettirmadilar. U ham so’nib ketdi. Ha, ziyoni muhofaza qilishdan g’aflat, adami davomini istilzom etadi. Adami davom esa intifosini, ya'ni so’nishini istilzom etadi.

Nurlarning so’nishi bilan duchor bo’lgan xusronlaridan so’ngra

وَتَرَكَهُمْ ف۪ى ظُلُمَاتٍ

jumlasi bilan zulumotga tushish kabi ikkinchi bir xusronga ma'ruz qolganlariga ishorat qilingan.

لَا يُبْصِرُونَ jumlasi esa uchinchi bir xusronlariga ishoratdir. Chunki inson zulmatga tushish bilan yo’lini yo’qotgan zamon, do’stlarini va ashyosini ko’rish bilan bir daraja mutasalli bo’ladi. Faqat bularni ham ko’rmagani kabi, uning u qorong’ilikda turishi, yurishi kabi bir musibat va bir vahshatdir.

صُمٌّ بُكْمٌ عُمْىٌ فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ

Ya'ni, "Kar, lol, ko’r bo’lib qaytolmaydilar."

Bir inson bunday bir baloga tushgan vaqti, to’rt jihat bilan umidvor va mutasalli bo’lishi mumkin.

Birinchisi:

Qishloq xalqidan yoki o’tgan yo’lovchilardan bir ovoz keladi-da, u ovoz vositasi bilan bir oydinlik yo’lini ko’rish umidida bo’lishi mumkin. Holbuki kechasi sokit va sokin, ovozsiz, sadosiz bir kecha bo’lganidan, u odam bilan bir karning orasida farq qolmaydi. Bu jihatdan umidining uzilgan bo’lganiga ishoratan Qur'oni Karim صُمٌّ kalimasini degandir.

Ikkinchisi:

Agar chaqirib yordam istasa, balki eshitgan bo’ladi-da, uning qutulishi uchun keladigan bo’ladi deya umid qilishi mumkin. Faqat kechasi kar bo’lgani uchun tilli, tilsiz birdir. Bu rijosini ham kesish uchun بُكْمٌ deyilgandir.

Uchinchisi esa:

Ketadigan jihatning yo’lini taxminan ta'yin va ko’rish uchun bir alomat, bir otash, bir yulduzni qidiradi, mutasalli bo’ladi. Holbuki tun shunday zulmatliki, ko’zli-ko’zsiz bir bo’ladi. U odamning bu umidini so’ndirish uchun عُمْىٌ deyilgandir.

To’rtinchisi:

U balodan qutulib ruju' etish uchun bor quvvati bilan harakat qilishdan ma'ada bir chora qolmaganini ko’rar-ko’rmas, quvvatiga ishonadi va umidvor bo’ladi. Holbuki zulmat har tarafdan shunday qurshagandirki, quvvati bilan, harakat qilishi bilan qutulish imkonini topolmaydi. O’z sui ixtiyori bilan botqoqlikka kirgandan so’ng ortiq qaytib chiqish mumkin bo’lmagan bir eshak kabi ichida qoladi. Ha, ko’p narsalar borki, inson ixtiyori bilan kiradi, ammo chiqishi mumtani' bo’ladi. Inson uni tashlaydi, u insonni tashlamaydi.

Xullas, ularning shu vaziyatlariga qarshi فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ deyilgandirki, u musibatdan qutulib ruju'lariga bir chora qolmaganiga va oxirgi umidlarining ham kesilganiga binoan vahshat, ya's, qo’rquvlar ichida qolganlariga ishoratdir.

Jumlalarning hay'atlariga kelsak:

Ha,

مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ الَّذِى اسْتَوْقَدَ نَارًا

jumlasi nuktalarga bir dafina hukmidadir. Shundayki:

Lisonlar ustida davaron bilan baynannos g’arib va ajib narsalarda ishlatilgan va "hikmat-ul avom", "falsafat-ul umum" bilan eslangan مَثَلُ kalimasi munofiqlarning vaziyatlari bir ug’ruba va qissalari bir ajuba ekaniga ishoratdir. Bu ishoratdan ularning sifatlari nafrat, la'nat lisonlari ustida ilalabad zarbulmasal kabi davaron etish shonida bo’lganiga bir ramz bordir.

S: Tashbehni ifoda qilgan har ikki masal orasidagi ك ning hazfi balog’at jihatidan yanada maqbul bo’lgani holda, nima uchun hazf etilmagan?

J: Bu maqomda adati tashbehning zikri hazfidan ko’proq balig’dir. Zero sami' tashbeh adatini ko’rar-ko’rmas, tashbeh bilan aloqador bo’ladi. Mushabbahun-bihda bo’lgan har nuqtadan mushabbahdagi naziriga tatbiq etadi. Faqat adati tashbehning mahzufi taqdirda, tashbehdan g’aflat bilan har ikki tarafni bir-biriga tatbiq etish fikriga kelmasligi ehtimoli bor. Ikkinchi masal kalimasi esa, otash yoqqan u odamning vaziyati, afkori omma jihatidan bir zarbulmasal hukmiga o’tganligiga ishoratdir.

S: Otash yoqqanlar bir jamoat ekan, mufrad ishorati bo’lgan اَلَّذ۪ى bilan ishorat qilingani nimaga binoan?

J: Fard qiladigan bir ishga jamoatning ishtiroki bilan bir ziyoda, nuqsonlik hosil bo’lmagan taqdirda, fard nav, juz kull bir bo’ladi. Shu bilan barobar اَلَّذ۪ى ning ifrodi, ulardan har bir fardning dahshatni tamassul va qabohatni tasvir qilishda mustaqil ekaniga ishoratdir. Shu bilan barobar اَلَّذ۪ى nin اَلَّذ۪ينَ dan ixtisor etilgani ehtimoli bordir.

اِسْتَوْقَدَ dagi س otash yoqishlarining qiyinchilik va axtarib chiqish bilan hosil bo’lganiga ishoratdir.

اِسْتَوْقَدَ ning ifrod siyg’asi bilan نُورِهِمْ dagi jam' olmoshi, bir jamoat uchun bir fardning otash yoqishi odat bo’lganiga ishoratdir.

Chiroq va boshqa oydinlatish vositalari orasida نَارٌ ning intihob etilishi, taklifning juda shiddatli bir nur bo’lganiga va ular izhor qilgan zohiriy nur ostida fitna otashini yoqqanlariga ishoratdir.

Ixtor:

Nakra bo’lib نَارٌ kalimasining zikri, ularning shiddati luzumi sababli har qaysi va qanday bir otash bo’lsa -bo’lsin, hamon yoqish ehtiyojida ekanliklariga ishoratdir.

فَلَمَّا اَضَٓاءَتْ مَا حَوْلَهُ ذَهَبَ اللّٰهُ بِنُورِهِمْ

Ta'qibni ifoda qilgan فَلَمَّا dagi ف ularning ya'sdan so’ngra umid va rijo zamonlari kelganiga ishoratdir.

لَمَّا esa, qiyosi istisnoiy bilan eslangan, dohil bo’lgan jumlalardan birinchi jumlaning tahaqquq va vujudga kelganiga dalolat qilish bilan, ikkinchi jumlaning ham vujudga kelganini intoj etganiga va ularning tasalli va umidlarining batamom kesilganligiga ishoratdir.

اَضَٓاءَتْ kalimasi ularning isinishga emas, oydinlanishga ehtiyojlari bo’lganiga ishoratdirki, atrofida bo’lgan zararli narsalarni ko’rib ulardan tahaffuz etsinlar.

مَا حَوْلَهُ dahshatning har to’rt tarafdan ihota etilganiga va ziyo bilan jihoti sittadan hujum qilgan zararlardan tahaffuz etish luzumiga ishoratdir.

ذَهَبَ Bu bilan اَضَٓاءَتْ orasidagi luzum masalasi o’tgandir. U yerga qaralsin.

ذَهَبَ اللّٰهُ Zahobning Allohga isnodi, ikki jihatdan rijo va umidlarining kesilganiga ishoratdir.

Birinchisi:

Ofat, samoviy bo’lganidan, daf qilish mumkin emas.

Ikkinchisi:

U ofat, qusurlarining jazosi bo’lganidan, Janobi Haqdan marhamat ham rijo qilinolmaydi. Chunki ibtoli haq uchun harakat qilgan odam Haqdan yordam, marhamat talab qilolmaydi.

بِنُورِهِمْ dagi harfi jar bo’lgan ب nur va ziyoning boshqa qaytmasligiga ishoratdir.

Chunki ذَهَبَ اللّٰهُ بِنُورِهِمْ ning ma'nosi, "Alloh ularning nurlarini olib ketgan." Ma'lumdirki, Alloh olgan bir narsani hech kim rad qilolmaydi.

نُورٌ unvoni esa, sirot ustidagi hollarini eslatadi. Ixtisosni va hasrni ifoda qilgan نُورٌ ning هُمْ olmoshiga bo’lgan izofasi, ularning shiddati taassurlariga ishoratdir. Zero xalqning otashlari yonarkan, insonning otashi so’nsa, inson juda mutaassir bo’ladi.

وَتَرَكَهُمْ ف۪ى ظُلُمَاتٍ لَا يُبْصِرُونَ

Harfi atf bo’lgan و ularning ikki zararni jam qilganliklarini ifoda qiladi. Birisi: Ziyolarining yo’qotilib so’ndirilishidir. Ikkinchisi esa: Zulmatning ularga ilbos va kiydirilishidir.

تَرَكَ unvoni, ularning ruhsiz bir jasad, ichsiz bir qobiq hukmida bo’lganliklaridan, bu kabilarning holi, aloqani kesib butun-butun tark etishga dalolat qiladi.

ف۪ى adati ifoda qilgan zarfiyatdan tushuniladiki, zulmatning shiddatidan, ularning nazarida hamma narsa adamga ketgan, yolg’iz zulmat qolgan. Ular ham dahshatlaridan, u zulmatni o’zlariga qabr qilib, ichiga kirib yashiringanlar.

ظُلُمَاتٍ jam'i esa, tunning qorong’iligi bilan bulutlarning zulmatidan, ularning ruhlarida ya's va xavfning yerlarida vahshat va dahshatning, zamonlarida ham sukun va sukunatning zulmatlari kabi turli-tuman zulmatlar vujudga kelganlar.

ظُلُمَاتٍ kalimasidagi tankir esa, u kabi zulmatlarning o’xshashini ko’rishmaganidan, o’zlaricha majhul, ulfat etmagan bir qator zulmatlar bo’lganlariga ishoratdir.

لَا يُبْصِرُونَ jumlasi musibatlarning eng kattasini ko’rsatadi. Zero ko’zi ko’rmagan odam yanada ko’p balolar chekadi. Ko’zlarini yo’qotganlar eng yashirin musibatlarni ko’radilar.

لَا يُبْصِرُونَ ning siyg’a-i muzoriy bilan zikri, ularning vaziyatlarini tasvir bilan xayolning ko’z oldiga keltirib ihzor etadiki, sami' xayoli bilan dahshatlarini ko’rsin, vijdoni bilan bir ibrat olsin.

لَا يُبْصِرُونَ ning maf'ulsiz qoldirilishi, ta'mim uchundir. Shundayki: Ular manfaatlarini ko’rishmaydiki, jalb va muhofaza qilsinlar. Tahlikalarni ko’rishmaydiki, ijtinob etsinlar. Do’stlarini ko’rishmaydiki, bir parcha farohlansinlar. Xuddi har biri bir o’zi bir u zulmat ichida qoladi.

صُمٌّ بُكْمٌ عُمْىٌ فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ

Ya'ni, "Kar, lol, ko’r shaxslar kabi u zulmatdan chiqib qutulolmaydilar." Bu jumlada bo’lgan sifati arbaa, munofiqlar bilan otash yoqqanlar orasida mushtarak bo’lib, har ikki tarafdan xabar beradi. Va vaziyatlarini bildiradi. Va oyna kabi hollarini ko’rsatadi.

Ha, otash yoqqanlarga qarshi ishoroti shundayki:

Bunday bir zulmat musibatiga duchor bo’lgan bir odam avvalan qutqaradigan bir ovozni eshitish uchun atrofni tinglaydi. Lekin tunning sassiz, lol bo’lishi uning karligini intoj etgan. So’ngra yordamiga keladigan bir odamni chaqirishni istaydi. Lekin tunning sokit va karligi uning lolligiga sabab bo’lgan. So’ngra yo’lini topish umidi bilan bir alomat, bir nishon qidiradi. Faqat tunning ziyosizligi va ko’rligi, uning ko’rligini mujib bo’lgan. So’ngra avvalgi yeriga qaytishni istaydi. Faqat eshiklar bog’langan, ruju'ga imkon yo’qdir. Botqoqlikka tushgan kabi titragancha botadi.

Munofiqlarga nazir jihati esa:

Ha, munofiqlar kufr va nifoq zulmatiga tushgan vaqtlari, to’rt jihat bilan qutulishlari mumkin edi. Zero u nifoqdan boshlarini ko’tarib haqni tinglash, Qur'onning irshodiga quloq solish bilan najotlari mumkin edi. Faqat nafslarining shaytoniy havosi Qur'onning sadosini quloqlariga yetkazadigan havoni aralashtirish bilan mone bo’lgandir. Qur'oni Karim bu jihatdan umidlari inqito' etganiga ishoratan صُمٌّ degandir. Va bu ishoratdan, xuddi quloqlari kesilgan, quloqlari kesilgan itlarning quloqlarini eslatgan juda xunuk teshiklar qolganiga bir ramz bordir.

Soniyan: Boshlarini pastga tushirib vijdonlari bilan mushovara etish bilan to’g’ri yo’lni, haqni so’rashdan najot javobini olish imkoni bor ekan, qalblaridagi qaysarlik, so’yilgan tovuq kabi, tillarini ichkari tarafga tortib, gapirishlariga va nadomat bilan tavba qilishlariga mone bo’lgan. Qur'oni Karim bu eshikning yopiq ekaniga ishoratan بُكْمٌ degandir. Va bu ishoratdan, tillari yulib tashlangan va og’izlari chivin uyasi kabi xunuk teshikka o’xshab qolganiga ramz qiladi.

Solisan: Ibrat nazari bilan dohiliy va xorijiy dalillarni ko’rish bilan haqqa ruju'lari mumkin ekan, g’aflatlari ko’zlari oldidagi parda bo’lib, ko’rlik ham qovoqlarini yopish bilan yana najotdan mahrum qolishgan. Qur'oni Karim bunga ishoratan عُمْىٌ degandir. Ya'ni, shaytonlarga bir uya insho qilinish maqsadida ko’zlari o’yilgan shaytonlarning boshlarini eslatgan, boshlarida xunuk va qo’rqinchli ikkita g’or shaklini xayolga arz qiladilar.

Robian: Iflos va xunuk vaziyatlariga qarab nadim bo’lib tavba qilishlari mumkin bo’lgani holda, nafslarining havosiga, buzuq fitratlarining iqtizosiga inzimom etgan shaytonning ig’vosi bilan qilgan u xunuk hollari ko’zlariga go’zal ko’ringanidan, tark qila olishmadi. Xullas, Qur'oni Karim bunga ham فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ deyish bilan, ularning oxirgi umidlarining ham suvga tushganiga va qum daryosiga ixtiyorlari bilan kirgan va boshqa ixtiyorlari bilan chiqa olmaydigan badbaxt insonlar ekanliklariga ishorat qilgan.

Ikkinchi bir tamsil:

اَوْ كَصَيِّبٍ مِنَ السَّمَٓاءِ ف۪يهِ ظُلُمَاتٌ وَ رَعْدٌ وَ بَرْقٌ يَجْعَلُونَ اَصَابِعَهُمْ ف۪ٓى اٰذَانِهِمْ مِنَ الصَّوَاعِقِ حَذَرَ الْمَوْتِ وَاللّٰهُ مُح۪يطٌ بِالْكَافِر۪ينَ ٭ يَكَادُ الْبَرْقُ يَخْطَفُ اَبْصَارَهُمْ كُلَّمَٓا اَضَٓاءَ لَهُمْ مَشَوْا ف۪يهِ وَاِذَٓا اَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا وَلَوْ شَٓاءَ اللّٰهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَاَبْصَارِهِمْ اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Yoxud munofiqlarning masali; samodan yog’gan shiddatli, bo’ronli yomg’irda qolgan yo’lovchilarning masalasi kabidir. U yomg’irning shiddatini orttirgan zulmatlar, shovqinlar, chaqmoqlar ichida bor. Chaqmoqlarning chaqishi bilan o’limning qo’rquvidan barmoqlarini quloqlariga tiqadilar. Janobi Haq qudrati bilan kofirlarni ihota etgan. Kufr jazosidan qutulgan yo’q. Chaqqan chaqmoqlar shiddatlari bilan qariyb ko’zlarni ko’r qiladigan shonidadir. Chaqmoqlarning chaqishi bilan atrof oydinlangan zamon yuradilar. Qorong’iliklar cho’kkan vaqt to’xtaydilar. Agar Janobi Haqning mashiati bo’lsaydi, quloq va ko’zlarini olib ketar edi. Janobi Haq hamma narsaga qodirdir."

Bu oyatda bayon qilinadigan uch nuqta bor.

Birinchisi:

Bu oyatning maqobli bilan vajhi irtiboti.

Ikkinchisi:

Jumlalari orasidagi jihati intizom.

Uchinchisi:

Jumlalarning hay'atlari, ajzolari, kalimalaridagi nizom.

Ha, bu oyatning jumlalari orasidagi nizom, irtibot aynan soniya, daqiqa, soatlarni sanagan millar orasidagi irtibot kabidir.

Avvalo, bu oyatni avvalgi oyat bilan rabt etgan jihat:

Qur'oni Karim munofiqlarning vaziyatini tasvir uchun itnob va tatvil bilan, ya'ni uzun iboralarni ichiga olgan misol va tamsillarni takror qilgan. Bu ham munofiqlarning vaziyatiga tarattub etgan dahshat va hayratning ikki qismga ayrilganidan kelib chiqqan. Zero; birinchi tamsilning xulosasiga ko’ra; munofiq bo’lgan kishi, o’zini vujud sahrosida do’stlaridan ayrilgan, bir o’zi qolganini va koinot jamiyatidan quvilgan sohibsiz qolganini bilgani kabi, hamma narsani ham ma'dum deb biladi. Va vahshat bilan qrshalgan sukun va sukunat ichida butun maxluqotga ajnabiy nazari bilan qaraydi.

Munofiqning shu qarashi bilan mo’'minning qarashi orasida tog’lar bor. Zero, mo’'min bo’lgan zot nuri iymon bilan butun mavjudlarni o’ziga do’st va oshino deb biladi. Va koinot bilan tavahhush emas, tom unsiyati, muorafasi bordir.

Ikkinchi tamsilning xulosasiga ko’ra: Munofiq bo’lgan odam, olamni musibatlari bilan o’ldiruvchi, balolari bilan tahdid etuvchi, hodisoti bilan na'ra tortuvchi, shadoidi bilan siquvchi bir shaklda ko’rish bilan butun dunyoning anvo'i bilan barobar adovatiga ittifoq qilishgan deb o’ylaydi. Uning bu fikriga ko’ra, olamda unga manfaat beradigan hech bir narsa yo’q. Butun ashyo unga qarshidirlar.

Holbuki, mo’'min bo’lgan zot iymonning iqtizosi bilan, koinot qilgan tasbehlarni, tabshirlarni ham eshitadi.

Va shuningdek, Qur'oni Karimning tamsil xususida qilgan takrori, munofiqlarning ikki qismga ayrilganliklariga ishoratdir.

Birisi: Sufliy, omi bo’lgan tabaqadir. Bu tabaqaning holiga uyg’un birinchi tamsildir.

Ikkinchisi: Kibrli, mag’rur, go’yo yuksak tabaqasidir. Bunga munosib ikkinchi tamsildir. Demak, tamsillarning takrori, qismlarning taaddudiga ishoratdir.

So’ngra shu ikkinchi tamsilning munofiqlarning nazariga ko’ra, bu maqom bilan munosabati nima?

Ha, Qur'oni Karimning muxotoblaridan tabaqa-i ulada yoki saffi avval odamlari doimo sahrolarda kezgan cho’l odamlaridir. Bular hammalari bu hodisani yo ko’rganlar yoki abno-i jinslaridan eshitganlar. Hatto bunday otash yoqish masalasi afkori omma bilan aloqadordir. Va bu hodisa ularga bir zarbulmasal qadar ta'sir qiladi.

So’ngra ikkinchi tamsilning birinchi tamsil bilan munosabati o’ta oshkoradir. Zero u unga ikmol etuvchi bir tatimmadir. Hatto ko’p nuqtalarda ham ittihodlari bor.

So’ngra bu ikkinchi tamsilning munofiqlarning holiga besh jihatdan munosabati bor.

Birinchisi:

Har ikki taraf ham shunday hayratga tushganlarki, o’zlariga qutulish yo’llari tamoman yopilgan, najot vasilalari yo’qolganlar.

Ikkinchisi:

Har ikki taraf ham qo’rquv shiddatidan, butun mavjudot dushman deb o’ylaydilar. Bir daqiqa ham o’lim tahlikasidan amin bo’lmaydilar.

Uchinchisi:

Har ikki taraf ham dahshatning shiddatidan aqllarini yo’qotgan devonalar kabi bo’ladilar. Hatto qilichlarning yarqirashini ko’rib ko’zlarini yumish bilan yoki miltiqlarning ovozlarini eshitib quloqlarini berkitish bilan o’limdan tahaffuz etishni istagan yoki quyoshning g’urubini istamaganidan, soatining zambaragini qisqartirgan ahmoqlar kabi bir vaziyat ko’rsatadilar. Holbuki quloqlarini berkitish bilan yoki ko’zlarini yumish bilan momaqaldiroqdan yoki chaqmoq chaqishidan qutulolmaydilar.

To’rtinchisi:

Quyosh, yomg’ir, suv, ziyo gullarga isobat etsa, hayot beradilar. Nabototga bo’lsa, tarbiya va tanmiya ettiradilar. Iflos narsalarga isobat etsa, yomon-yomon hidlarni ihdos etadilar. Mavot va o’liklarga qarasalar, ufunat tavlid etadilar. Shuning kabi, rahmat va ne'mat ham loyiq va ularni intizor etib qiymatlarini bilmagan mavqelarga isobat etsalar, zahmatga va niqmatga inqilob etadilar.

Beshinchisi:

Ikkinchi tamsilning maoli bilan munofiqlarning qissasining maoli orasida ajzolariga qaralmasdan munosabat bo’lgani kabi, har ikki tarafning ajzolari orasida ham munosabatlar bor. Azjumla, صَيِّبٍ nabototga hayot bergani kabi, Islomiyat ham arvohga hayot beradi. Chaqmoq, momaqaldiroq (va'd, va'id), ya'ni xayrli zararli, Allohning amrlariga; zulumot ham kufrning shubhalariga, nifoqning shaklariga ishoratdir.

So’ngra bu tamsilning jumlalari orasidagi munosabatlar:

Ha, Qur'oni Karim اَوْ كَصَيِّبٍ مِنَ السَّمَٓاءِ jumlasi bilan, "Munofiqlar; kimsasiz, qo’rqinch, vahshatli bir sahroda, qorong’i bir tunda, har bir qatrasi bir o’q kabi shiddatli bir yomg’irda qolgan yo’lovchilar kabidir" degan vaqt, sami' darhol o’ziga keldi va savol berdiki: "Yomg’irlar marg’ub va matlub bir rahmat ekan, nimaga ular uchun qo’rqinch bir musibatga aylangan?"

Qur'oni Karim u savolga qarshi u yomg’irning dahshatini tasvir etish bilan, ف۪يهِ ظُلُمَاتٌ degandir. Va ظُلُمَاتٌ ning jam'i bilan, bulutlarning zulmatiga va yomg’irning kasofatidan hosil bo’lgan zulmatga va ihotali, kasratli bo’lganidan, xuddi tunda bulut kabi, bulut yog’dirgan qora-qora qatralarning zulmatiga zarf bo’lganini bildirgandir.

So’ngra zulmatli, yomg’irli tunlar asosan shovqinli bo’ladilar. Sami' yana savol berib dedi: Ajabo, ularning ham bu tunlarida shovqin bormi?

Qur'oni Karim bunga ham javoban وَرَعْدٌ deya, vaziyatning dahshat va qo’rqinchli bo’lganiga ishorat qilgan. Xuddi mavjudotning bir zohiriy podshohi bo’lgan samo ularni falokatga, halokatga chorlash uchun chaqirib, baqiradi. Zero dahshatli bir musibatga duchor bo’lgan odam, sukuni ichida koinotning har tarafidan zararli harakatlarni va sukuti ichida har tarafdan qo’rqinch hayqiriqlarni taxayyul etadi. Shu bilan barobar, ra'd ovozini eshitgan vaqt, uning hayqiriqlarini o’ziga qarshi qattiq na'ralar deb o’ylaydi. Zero, qo’rqqan va xoin bir odam har hayqiriqni o’ziga qarshi deb o’ylaydi.

So’ngra ra'd, barq orasida bir rafoqati zikriya bo’lganidan, birisidan bahs qilingan zamon, boshqasi ham hatto tufayliy, ya'ni da'vatsiz bo’lsin zehnga keladi. Undan ham bahs qilinadi. Xullas, bu munosabat bilan, Qur'oni Karim رَعْدٌ dan so’ngra وَبَرْقٌ degan va tankiri bilan barqning juda g’arib va ajib bo’lganiga ishorat qilgan. Ha, barqning chaqishi bilan zulumot olami o’ladi, o’rtadan olib tashlanib, adam daryosiga otiladi. Va oniy o’laroq barqning o’limi bilan ham zulumot olami tiriladi, maydoni hashrga keladi. Xuddi barq so’ngan zamon olamni tamoman tutuni bilan to’ldirgan haqiqati majhul bir otashdirki, ko’rgan odam satxiy bir nazar emas, im'on bilan diqqati lozimdirki, qudratning osori azamatini ko’rsin.

So’ngra sami', "Munofiqlar shu musibatning boshi berk ko’chasiga kirganlarida qanday bir tadbirda bo’ldilar?" deya o’zidan-o’zi o’ylashni boshlarkan, Qur'oni Karim o’ylashiga ehtiyoj qoldirmasdan

يَجْعَلُونَ اَصَابِعَهُمْ ف۪ى اٰذَانِهِمْ مِنَ الصَّوَاعِقِ حَذَرَ الْمَوْتِ

deya ularga bir malja, bir qutulish chorasi qolmaganiga ishorat qilgan. Hatto cho’kayotgan odam dengizning o’rtasida bir xasga iltijo qilgani kabi, bular ham sarosimaliklaridan barmoqlarining uchini emas, barmoqlarini tamoman quloqlariga tiqadilar. Xuddi musibatlari dahshat xipchini bilan ularning qo’llarini uradi. Ular ham og’rig’idan barmoqlarini cho’ntaklariga emas, sarosimaliklaridan quloqlariga tiqadilar.

Xulosa, soi'qaning isobatidan qutulish o’yi bilan qilgan shu ablahona harakatlaridan nima bo’lganlari anglashiladi.

So’ngra sami'ning zehniga keldiki: "Ajabo, bu musibat umumiymidir, yoxud ularga maxsusmidir?" Bunga qarshi Qur'oni Karim

وَاللّٰهُ مُح۪يطٌ بِالْكَافِر۪ينَ

degan. Ya'ni, bu musibat ularning ne'matlarga qarshi qilgan kufronlarining jazosidir. Ularni bu musibat bilan tajziya etadi. Chunki ular jumhur uchun joriy qilingan qonuni Ilohiydan xuruj etishgan.

So’ngra sami', "Ra'dning shiddatiga muqobil barqning ularga bir foydasi bo’lmadimi?" deya nafsi bilan so’zlasharkan, Qur'oni Karim

يَكَادُ الْبَرْقُ يَخْطَفُ اَبْصَارَهُمْ

jumlasi bilan, barqning ularga bir foydasi emas, aksincha yorug’igi bilan ularning ko’zlarini qariyb ko’r qiladigan darajada bir shiddat ko’rsatyapti, deya sami'ga javob bergan. Xuddi ra'd quloqlariga, barq ham ko’zlariga e'loni xusumat etishgan.

Sami' qaradiki, ra'd va barq va boshqalar kabi koinotning ajzosi muttafiqan ularga qarshi bo’lib ularni itlaf etish uchun bir-biriga yordam beradilar. Bularga qarshi ularning nima qilishlarini o’ylashni boshladi. Qur'oni Karim,

كُلَّمَٓا اَضَٓاءَ لَهُمْ مَشَوْا ف۪يهِ وَاِذَٓا اَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا

jumlasi bilan ularning hayrat doirasida taraddud ichida sarosima bir vaziyatda yo’llarini ko’rib, yo’lda davom qilish uchun juz'iy bir fursat kutayotganlariga va barqning ziyosi bilan yo’l ko’ringan zamon davomidan umidsiz, mazbuhona bir harakatga o’tib bir-ikki qadam otganlariga, faqat zulmat birdaniga istilo etganida, yerlarida muzlab qolgandek bir vaziyatda qolganlariga ishorat bilan javob bergan.

Sami' bu vaziyatni ko’rib: "Bu qadar ta'ziblar ostida ezilishdan ko’ra, birdaniga o’lib ketishlari yoki butun-butun kar va ko’r bo’lishlari yanada yaxshi emasmi?" deya so’radi. Qur'oni Karim

وَلَوْ شَٓاءَ اللّٰهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَاَبْصَارِهِمْ

jumlasi bilan, "Ularning o’lim bilan azobdan, iztirobdan qutulishga istihqoqlari yo’qdir. Shuning uchun mashiati Ilohiya ularning o’limiga taalluq etmagan. Taalluq etsaydi, ko’zlarini ko’r, quloqlarini kar qilishga taalluq etardi. Bunga ham taalluq etmaydi. Chunki qonuni Ilohiydan xorij qolgan bu kabi badbaxtlarning ko’zlari, quloqlari doimo sog’ qolsinki, azoblarni eshitishdan va chayonlarni ko’rishdan zavq olsinlar", deya sami' janobga javob bergan.

So’ngra bu qissa ixtivo etgan azamat va qudrati Ilohiya bilan Janobi Haqning umum koinotda tasarruf sohibi bo’lgani va xususan osori qudratidan ra'd, barq, sahab mo’'jizalari ko’rinib sami' tomonidan tahaqquq etish bilan "Koinot haybatining bir tajalliy va bu musibatlar ham g’azabining bir qahri bo’lgan Zotning qudrati naqadar buyukdir, سُبْحَانَ اللّٰهِ " deya tasbehotni boshlagan. Qur'oni Karim ham uni tasdiqan

اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

degan.

Mazkur oyat ixtivo etgan jumlalarning hay'atlaridagi munosabatlar:

Ha, اَوْ كَصَيِّبٍ dagi اَوْ sufliy va g’ayri sufliy munofiqlarning ikki qismga munqasim bo’lganliklariga ishoratdir. Va har ikki tamsilning bir-biriga munosib va munofiqlarning holiga uyg’un bo’lganiga ramzdir. Va oralarida mushobahatning bo’lishi ma'lum va musallam bo’lganiga imodir. Va shuningdek, hurufi atfdan taraqqiyni ifoda qilgan بَلْ kalimasining ma'nosini mutazammindir. Chunki ikkinchi tamsil birinchi tamsildan yanada shadiddir.

كَصَيِّبٍ dagi ك munofiqlarni yomg’irga tashbeh etish uchundir. Holbuki bir-biriga mushabih emas. Oralarida mutobaqat yo’q. Shunday ekan, mushabbahun-bih bo’ladigan narsa muqaddardir. Zikr qilinmasligi, lafzning ijoz va ixtisori uchundir. Lafzidagi ijoz ham ma'noni itnob va uzatilishi uchundir. Ma'noning bu uzatilishi ham sami'ning vus'ati xayoliga havola qilinadiki, maqomga munosib jumlalarni ta'yin qila olsa qilsin.

Masalan,

اَوْكَالَّذ۪ينَ سَافَرُوا ف۪ى صَحْرَٓاءَ خَالِيَةٍ وَلَيْلَةٍ مُظْلِمَةٍ فَاَصَابَتْهُمْ مُص۪يبَةٌ بِصَيِّبٍ

kabi, munofiqlarga mushabbahun-bih bo’lishga uyg’un va uzun bir jumlani taqdir qilishi mumkin. Ya'ni, "Munofiqlar xoli bir sahroda, zulmatli bir tunda chiqib yomg’ir musibatiga tutilgan yo’lovchilar kabidir."

Ixtor:

Hamma bilgan مَطَرٌ kalimasiga maluf bo’lmagan صَيِّبٌ kalimasining tarjihan zikr qilinishi; u yomg’irning qatralari go’yo bittadan musibat bo’lib, ularning ruh va jonlariga o’q kabi qasddan otilganiga ishoratdir.

So’ngra yomg’irning ochiq samo jihatidan yog’gani hammaga ma'lum bo’lgani holda مِنَ السَّمَٓاءِ qaydi bilan taqyid etilishi, itloq uchundir. Ya'ni, "samo" qaydi bilan qilingan taxsis ta'mim uchundir. Ha, samoning qaydidan anglashiladiki, u yomg’ir butun samoning ufqini tutgan, umumiy bir shaklda yog’adi. Hech bir yer undan xoli qolgani yo’q. Ha,

وَمَا مِنْ دَٓابَّةٍ فِى الْاَرْضِ وَلَا طَٓائِرٍ يَط۪يرُ بِجَنَاحَيْهِ

jumlalarida ham دَابَّةٍ ning فِى الْاَرْضِ bilan, طَٓائِرٍ ning يَط۪يرُ ila oxir bilan taqyidlari, itloq va ta'mim uchundir.

Mufassir unvonini olgan ba'zi odamlar yomg’ir va boshqalar kabi yog’gan narsalarning samoning jirmidan yog’ganiga zahib bo’lganlar va ulkan bir dengizning ham samoda bo’lganini ilova qilganlar. Ularni bu zahobga yo’llagan, Qur'oni Karimning bir nechta yerida مِنَ السَّمَٓاءِ kalimasining bo’lishidir. Holbuki, asxobi tahqiq va arbobi balog’atcha eng uyg’un ma'no مِنْ bilan سَمَٓاءِ orasida جِهَةِ lafzining taqdiri bilan, yomg’irlarning samo jirmidan emas, samo jihatidan nozil bo’lganiga hukm qilishdir.

Shu bilan barobar, samo kalimasining yuqorida bo’lgan hamma nasaga itloq etila olinganiga binoan, bulutga ham samo deyilishi mumkin. Va bulut ham samo kalimasining shumuliga dohildir.

Bu maqomning tahqiqi shunday izoh qilinishi mumkin: Agar qudrati Ilohiyaning azamatiga qaralsa, jihatlar hammasi birdir. Qaysi jihatdan va qaysi narsadan bo’lsa bo’lsin, yomg’irning yog’ishi mumkin. Agar hikmati Ilohiyaga qaralsa, yomg’irning nuzuli, faqat kura-i havoiyada muntashir va kura-i havoiyaning o’ndan bir juzini tashkil qilgan buhari maining takosufidan hosil bo’ladi.

Zero, hikmati Ilohiya butun ashyoda eng go’zal bir nizom tashkil etgan. Bu nizom ashyodagi muvozana-i umumiyaning muhofazasiga xizmat qiladi. Bu muvozananing muhofazasi ham eng yaqin, oson, qisqa yo’llarni tarjih etishga qaraydi.

Yomg’ir masalasi haqida eng qisqa yo’l shunday ta'rif qilinishi mumkin:

Tabaqa-i havoiyada muntashir buhari maining zarralariga iroda-i Ilohiya amr qilgan vaqt, har tarafdan "Labbayk!" deb to’planishni boshlaydilar. Va bulut shaklida, iroda-i Ilohiyaga amrbar bo’lib tayyor turadilar. Yana iroda-i Ilohiyaning amri bilan bir qism zarralar shiddati tazyiq va takosufdan qatralarga inqilob etadilar. So’ngra qonunlar mumassili va nizomot ma'kaslari deyilgan, u qatralarga munosib yaratilgan maloikalar vositasi bilan u qatralar muzohamatsiz, musodamasiz nuzul etadilar, yerga tushadilar. Lekin javvi havoda muvozananing muhofazasi uchun yog’gan qatralardan bo’sh qolgan yerlar dengizlardan, yerlardan ko’tarilgan bug’lar bilan to’ldiriladi.

Ixtor:

Samoda ulkan bir dengizning borligiga qilingan zahob, majozning haqiqat deb o’ylanganidan kelib chiqqandir. Darhaqiqat, javvi havo dengizning rangini eslatadi. Va kura-i havoiyada muntashir bahri muhitdan ko’proq suv bor. Shunga binoan, javvi havoni dengizga tashbeh etish baid emas. Faqat ma'no-i haqiqiy bilan qaralsa, xatodir.

S:

وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَٓاءِ مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ

oyati karimasining zohiriga ko’ra yomg’irning nuzuli, do’ldan mutashakkil samoda bo’lgan tog’lardandir. Buning izohi?

J: Bir kalomning na balog’atga uyg’un va na aqlga muvofiq va na mantiqqa mutobiq ma'no-i zohiriysiga yopishib, zohiridan ayrilmaslik bir jumud va bir xiralikdir. Zero, Jannatning ovqat idishlarining vasflari haqida

قَوَار۪يرَ مِنْ فِضَّةٍ

jumlasi bir istiora-i badiiyani tazammun etgani kabi

مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ

ham bir istiora-i badiiyani ixtivo etyapti. Shundayki:

Jannatning idishlari na shishadan va na kumushdan bo’lganidan, bu jumlaning ma'no-i zohiriysiga hamli joiz emas. Chunki u idishlarga "kumushdan qilingan shishalar" deyilmaydi. Zero, har ikki unsur orasida mutobaqat yo’q. Faqat

قَوَار۪يرَ مِنْ فِضَّةٍ

dan ma'no-i majoziy bilan shishaning shaffofiyati, kumushning oqligi qasd qilingandir. Ya'ni "U idishlar shisha kabi shaffof, kumush kabi oqdirlar."

Shuning kabi,

مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ

jumlasi ham ikki istiorani tazammun etgan. Bu istioralar sami'ning shoirona bir xayoliga muassasdir. Bu xayol ham olami sufliy bilan olami ulviy orasida bir navi mushobahat va mumosalatni mulohaza etishga mabnidir.

Ya'ni, olami sufliy deyilgan arz, mavosimi arbaada, xususan bahor mavsumida qanday turli-tuman shakllarga kiradi va anvo'an ziynatli, naqshli ko’ylaklarni kiyadi, boshqa-boshqa manzaralarni ko’rsatadi. Olami ulviy bo’lgan samovot ham, xususan bulutlari bilan juda g’arib, ajib holatlarga, suratlarga, ranglarga kiradi, chiqadi. Xuddi har ikki olam bir-biriga raqobat qiladilar.

Bu ikki olam orasida shunday bir mushobahat va mumosalatning tushunilishi ham oralarida bir musobaqa va raqobatni taxayyul etishdan nash'at etadi. Shundayki:

Arz, samo go’zallik musobaqasiga kirish uchun lozim kelgan ziynatlarni taqib tayyorgarliklar qilganlari zamon, arz qish mavsumida qordan ma'mul oq kiyimlarini kiyadi. Bahor mavsumida zumrud kabi yashil gilamlarini sahrolariga to’shaydi. Yashil liboslarini tog’lariga kiydiradi. Boshlariga oq sallalarini o’raydi. Va bu go’zal inqilob va manzaralari bilan qudrati Ilohiyaning mo’'jizalarini hikmati Ilohiyaning nazariga arz etadi.

Bunga qarshi javvi samo ham azamati Ilohiyani izhor qilish uchun ulkan tog’larni, tepalarni, soylarni va boshqa g’arib, ajib narsalarning shakllarini va oq, qora, qizil kabi bo’yoqlar bilan bo’yalgan paxta yig’inlarini eslatgan bulut qofilalarini oldinga yetaklab nazari hikmatga taqdim qiladi.

Xullas, bu ikki olam orasidagi xayoliy mushobahat sababli, xususan yoz mavsumidagi bulutlarning Arablar tarafidan tog’larga, kemalarga, bo’stonlarga, soylarga, tuya qofilalariga qilingan tashbehlari, uslublari nazari balog’atda juda go’zal ko’rinadi.

Shuning kabi, olami ulviy bilan olami sufliy orasidagi va demakki bulutlar bilan tog’lar orasidagi mushobahat va munosabatga binoan

وَيُنَزِّلُ مِنَ السَّمَٓاءِ مِنْ جِبَالٍ ف۪يهَا مِنْ بَرَدٍ

oyati karimaning ma'no-i balig’onasi, "Tog’larning kattaligida, do’lning rangida bo’lgan samodagi bulutlardan yomg’irlarni inzol etamiz" deyishdan iboratdir.

Bu go’zal va balog’at jihatidan maqbul, aql va mantiqqa mutobiq ma'no turarkan, oyatning zohiriga yopishib, "Besh yuz yillik masofaqan ikki daqiqalik bir zamon mobaynida yomg’irni jirmi samodan yer yuziga tushirish" kabi noto’g’ri bir ma'noga zahib bo’lish, kori aql emasdir. Hikmat va iqtisod va adami abasiyat rad qiladi.

Yo’lovchilar tunining qo’rqinchli bo’lganini ko’rsatish uchun zikr qilingan ف۪يهِ ظُلُمَاتٌ dagi ف۪يهِ ning taqdimi, u musibatli tunning shiddati zulmatidan dahshat olganlarcha go’yo ko’p tunlarning zulmatlari to’planib, u tunning zulmatiga inzimom etganiga ishoratdir.

S: ف۪يهِ dagi olmoshning صَيِّبٍ ga roji' bo’lishidan, yomg’irning zarf, zulmatning mazruf bo’lgani tushuniladi. Holbuki qoziya ma'kusadir, yomg’ir zulmatning ichidadir.

J: Yomg’irning kasratidan dahshat olgan yo’lovchilarning fikri bilan go’yo shu bo’shliq yomg’ir bilan to’la bir hovuzdir. Va zulmatning zarralari ham o’sha yomg’irning qatralari orasiga tarqalganlar. Xullas, bunday fikrga binoan, yomg’ir zarf, zulmat mazruf bo’lishi mumkin.

ظُلُمَاتٌ ning jam' siyg’asi bilan zikri esa, bulutlarning qorong’iliklaridan, kasofatidan va a'mm bo’lganidan va yomg’ir qatralarining kasofatlaridan hosil bo’lgan mutaaddid zulmatlarga ishoratdir.

Tankir va majhuliyatni ifoda qilgan ظُلُمَاتٌ dagi tanvin, yo’lovchilarga haqiqatlari majhul bir qator zulmatlar bo’lganiga ishoratdir. Demak, u tanvin yo’lovchilarning ilmiga parda bo’lib, bir zulmatni yana ilova etgandir. U holda, bu tanvin yo’lovchilarning ko’zlariga parda bo’lgan zulumotga bir ta'kiddir.

وَرَعْدٌ وَبَرْقٌ

Ya'ni, momaqaldiroq bilan chaqmoq Janobi Haqning azamatiga, qudratiga dalolat qilgan juda oshkora ikki oyatdirki, olami g’aybdan bulutlarning idora va tadvirlariga muakkal va nizom, intizom qonunlarining mumassillari va ma'murlari bo’lgan malaklarning yadi salohiyatlariga berilgandir.

So’ngra musabbabotning sabablar bilan zohirda bog’liq bo’lganiga binoan, havoda muntashir bo’lgan buhari maidan izni Ilohiy bilan tashakkul etadilar. Bu bulutlarning hikmati Rabboniy bilan bir qismi manfiy elektrni olib yuradi. Bir qismi ham musbat elektrni olib yuradi. Bu qismlar bir-biriga yaqinlashib, oralarida tasodum bo’lganida, iroda-i Xoliq bilan barq tavallud etadi. Bir qismi hujum, bir qismi ham firor etganlari zamon, oralarida havosiz qolgan yerlarni to’ldirish uchun amri Rabboniy bilan tabaqoti havoiya harakat va hayajonga kelganida ra'd sadosi, ya'ni momaqaldiroq hosil bo’ladi. Faqat bu hollarning jarayoni bir nizom, bir qonun ostida bo’ladiki, u nizomni, u qonunni tamsil etgan ra'd va barq malaklaridirlar.

S: Ra'd va barqning "zulumot" kalimasiga atflaridan anglashiladiki, bularning zarfi yomg’irdir. Holbuki zarflari bulutdir, yomg’ir emas.

J: Dahshatidan hushdan ketgan sami' fikricha, u yomg’irning hamma narsani ihota etgani o’ylanganiga ko’ra, ra'd va barq ham yomg’ir ichiga olgan narsalarga dohildir.

S: Zulumotning aksiga, ra'd va barqning mufrad siyg’asi bilan zikrlari nimaga ishoratdir?

J: Yo’lovchilarning eng ko’p nazari hayratlarini jalb qilgan, samovotning qichqirishi bilan mavjudotni oniy o’laroq yoritishdir. Bular esa ma'no-i masdariydir. Ma'no-i masdariy mufrad bo’ladi va ifrod bilan ifoda qilinadi. Va shuningdek, ra'd bo’lsin, barq bo’lsin, samoviy oyatlardan afrodi ko’p bittadan navdirlar. Bu yerda ulardan maqsad navlaridir, afrodlari emas. Shuning uchun ifrod bilan zikr qilinganlar.

S: Ra'd va barqdagi tanvin nimaga ishoratdir?

J: Yo mahzuf bir sifatga i'vazdir. Taqdiri kalom

﴿رَعْدٌ قَاصِفٌ﴾ ﴿بَرْقٌ خَاطِفٌ﴾

dir. Yoxud ra'd va barqning nakra va majhuliyatlarini ifoda uchundir. Chunki yo’lovchilar ko’zlarini yumgan, quloqlarini berkitishganidan, ularni ko’rgan va eshitgan emaslarki, ularni bilishsin.

يَجْعَلُونَ اَصَابِعَهُمْ ف۪ى اٰذَانِهِمْ مِنَ الصَّوَاعِقِ حَذَرَ الْمَوْتِ

Bu jumla musta'nifadir. Ya'ni, maqobli bilan bog’liq emasdir. Faqat muqaddar bir savolga javobdir. Shundayki:

Qachonki sami' shu ikkinchi qissa-i tamsiliyani eshitdi. Shubhasiz, musibatning holatini anglash uchun shiddatli bir mayli uyg’ondi. Qachonki Qur'oni Karimning tasviridan ma'lumot oldi. Musibatzada bo’lgan yo’lovchilarning ham hollarini va u musibatga qarshi nima qilganliklarini anglashni istadi. Qur'oni Karim

يَجْعَلُونَ اَصَابِعَهُمْ ف۪ى اٰذَانِهِمْ ‌ الخ

deyish bilan ularni qutqaradigan bir malja qolmaganiga -va najot topish xayoli bilan dengizda qo’llarini xaslarga uzatgan cho’kayotganlar kabi- samoviy to’p va manjaniqlardan qutulish uchun quloqlarini berkitishdan ma'ada choralari qolmaganiga ishorat qilgan.

S: Maqomning iqtizosi xilofiga يُدْخِلُونَ ning o’rniga يَجْعَلُونَ ning ishlatilishi nimaga binoandir?

J: Yo’lovchilar najotlarini intoj etadigan haqiqiy sabablarni qidirib topishdan ma'yus bo’lgandan so’ngra quloqlarini berkitish kabi ja'li va zanniy narsalarga murojaat etish majburiyatida qolganliklariga ishoratdir.

S: O’tgan voqealarni zamoni holga ihzor uchun ishlatilgan muzoriy siyg’asi bilan يَجْعَلُونَning zikri nimaga ishoratdir?

J: Hayratlarni orttirgan shu maqomning sami'ga bergan dahshat sababli yo’lovchilarning hodisasini -garchi xayoliy bo’lsin- ko’rish orzusida bo’lgan sami'ning orzusini qondirish uchun (siyg’a-i muzoriy bilan) o’tgan u voqea zamoni holga keltirilib sami'ning xayoliga tasvir etilgandir. Va shuningdek, muzoriy siyg’asi, ko’pincha kesilib yangilanish bilan barobar, istimror va davomni iqtizo etadi. Va buning istimroridan bulutning shovqinining ham davomiga imo bordir.

اَصَابِعَهُمْ Quloqlarga suqib bo’ladigan faqat barmoq uchlari ekan, bu yerda barmoq ma'nosida bo’lgan اَصَابِعَ ning ishlatilishi, ularning hayrat va dahshatlari sababli sarosimali holatda ekanlariga ishoratdir.

ف۪ى اٰذَانِهِمْ Ra'dning sadosidan ular yo’liqqan shunday bir shiddati xavfga ishoratdirki, agar ra'd quloqlarining derazasidan ichkari kiradigan bo’lsa, darhol ruhlari og’izlarining eshigidan tashqariga qochadi.

Va shuningdek, bu qaydda juda go’zal va latif bir imo bordirki: Qachonki ular o’zlariga qilingan nasihatlarni, nido-i haqni quloqlarini ochib ichiga olmadilar. Samovot jihatidan quloqlar jabhasi ra'd va barqning to’p va manjaniqlariga tutildi. Ular u zamon xayr uchun berkitgan quloqlarini hozir ham shar va azob uchun berkitishga majbur bo’ldilar.

اَلْجَزَاءُ مِنْ جِنْسِ الْعَمَلِ

Ha, qo’l bilan sirqat qilinganidan, qo’l kesiladi. Yomon so’zlar og’iz bilan aytilganidan, og’izga uriladi. U ham nadomat uchun o’ng qo’lini og’ziga, xijolat uchun chap qo’lini ko’zlariga qo’yadi.

مِنَ الصَّوَاعِقِ Ra'd va barqning yo’lovchilarga zarar berishda muttahid bo’lishganiga ishoratan, yolg’iz barqning sifati bo’lgan soi'qaning zikri bilan kifoyalanib ra'dning sifati tark qilingandir. Shu bilan barobar, soi'qa shiddatli bir savt bilan yoquvchi bir otashdan iborat bo’lish jihati bilan, ra'dning shovqinini ham tazammun etgan bo’ladi. Bu e'tibor bilan ra'dning sifati ham zikr qilingan deganidir.

حَذَرَ الْمَوْتِ Ya'ni, yo’lovchilarning soi'qalarga qarshi barmoqlari bilan qilgan u kulgili mudofaalari mol, avlod va boshqa ashyoning qo’rquvidan emas. Faqat jonlarini Jahannamga taslim qiladigan o’lim qo’rquvidandir. Chunki musibatning pichog’i suyakka tiralgandir. Boshqa narsalarning g’amida, maroqida bo’lmasdan, yolg’iz o’lim va hifzi hayotni o’ylaydilar.

وَاللّٰهُ مُح۪يطٌ بِالْكَافِر۪ينَ Bu jumlada bo’lgan kalimalarning bir-biri bilan munosabatlariga va ifoda qilgan nuktalari:

Ha, و oralarida munosabat bo’lgan ikki narsani bir-biriga atf etgan bir vositadir. Bu yerda maqobli bilan maba'di orasida bir munosabat ko’rinmaydi. Yolg’iz birinchi tamsil bilan ikkinchi tamsilning orasidagi munosabatga qarab shunday silsilali bir nechta jumlani ixtor etadi:

Ular gavjum bo’lgan yerlardan firor, shaharlilikdan nafrat, tunning istirohat zamoni bo’lganiga doir qonunga muxolafat etganlari kabi, nasihatlarga itoat qilmasdan, xuddi najotlari cho’llarda ekandek sahrolarga tushdilar. Eng oxiri xaybat va xusronga duchor bo’lib Allohning balosiga muhat va ma'ruz qoldilar.

اَللّٰهُ Bu kalima-i muboraka, ularning oxirgi umid va rijolarining kesilganiga ishoratdir. Chunki musibatzada bo’lgan bir odam, avval va oxir Allohning marhamatiga iltijo qilish bilan mutasalli bo’ladi.

Shunga binoan, Allohning qahr va g’azabiga mustahaq bo’lganning, albatta va albatta najotidan umid va rijosi kesiladi.

مُح۪يطٌ kalimasi ularni qamragan musibatlarning, Allohning osori azamati bo’lganiga ishoratdir. Ya'ni, ko’klarning, bulutlarning, yomg’irlarning, tunlarning ularga jihoti sittadan hujum qilganlari kabi, Allohning ham g’azab va baliyyoti har tarafdan ularni ihota etgan.

Va shuningdek, Allohning butun koinotni ihota etgan ilm va qudrati va butun zarrotni qamragan amrlari ko’z oldiga keltirilsa مُح۪يطٌ kalimasidan shunday bir ixtor otilib chiqishni boshlaydi:

"Ey kofirlar! Samovot va arzning tashqarisiga chiqolmaysizlar. Dohilda esa har qayerga qochsangiz qoching, u yerda Alloh ilm va qudrati bilan hozir va nazirdir."

بِالْكَافِر۪ينَ Bu kalimani مُح۪يطٌ lafziga bog’lagan ب harfi jarri, Allohning g’azabidan qochgan kofirlar yana Allohning g’azabiga uchrab musibat o’qlariga nishon bo’lishganiga ishoratdir.

كَافِر۪ينَ unvoni esa uch ishoratni tashiydi.

Birinchisi:

Tamsil ichida mumassalni, ya'ni munofiqlarni ko’rsatish bilan, sami'ning tamsil bilan mashg’ul bo’lib mumassaldan, maqsaddan g’ofil bo’lmasligini ta'min qilish uchundir.

Ikkinchisi:

Tamsil bilan mumassal; ya'ni yo’lovchilarning vaziyati bilan munofiqlarning vaziyati orasida oxirgi tizimda bo’lgan mushobahatning quvvati sababli, bir-birining sifatini, yakdigarining laqabini, nasabini tashiy olishlariga ishoratdir.

Uchinchisi:

Kofirlarning qalblari kabi, ularning ham qalblari zulmat va azob ichida ekaniga ishoratdir. Zero qilgan jinoyat va qusurlaridan, vijdonlari ham ularni ta'zib etishdan orqa qolmaydi. Darhaqiqat, bizzot qilgan jinoyatining jazosini ko’rgan bir odamning vijdoni mustarih bo’lmaydi.

يَكَادُ الْبَرْقُ يَخْطَفُ اَبْصَارَهُمْ

Bu jumladagi kalimalar ishg’ol qilgan yerlar bilan munosabatlari va har biri tashigan ishoratlari:

Ha, avvalo bu jumla musta'nifadir. Ya'ni, maqobli bilan bog’liq emas. Istinofi esa muqaddar bir savolga javobdir.

S: Barq, zulmatlarni tarqatgan ziyodor bir otashdir. Ular uning ziyosidan istifoda etmadilarmi?

J: Bir foyda va bir manfaat ko’rishlari shunday tursin, barqning zararidan, balosidan qo’rqdilar deya Qur'oni Karim bu jumla bilan u muqaddar savolga javob bergan.

Qurbiyatni va yaqinlikni ifoda qilgan يَكَادُ kalimasining bu jumlada dalolat qilgan ma'no shundan iboratdirki: Ko’zlarini qamashtiradigan va ko’r qiladigan sabablar mavjud bo’lganiga qaramasdan, nima bo’lganda ham bir mone sababli hanuz ko’r bo’lishmagan.

Imkon berish ma'nosini ifoda qilgan يَخْطَفُ kalimasida juda go’zal va latif bir balog’at bor. Shundayki:

Ashyoning suratlarini olib keltirish uchun ko’z yuborgan ziyo, yo’lovchilik asnosida ashyoga yetishishdan avval, birdaniga chaqmoq chaqadi; ilib ketuvchi bir qush kabi u ziyoni olib ketadi. Yoki ko’zning shuasi ashyoning shakllarini olib keltirarkan, tunning ko’zi hukmida bo’lgan chaqmoq mukammal tezlik bilan hujum qilib qo’lidan u shakllarni olib ketadi. Xuddi, zulmatni olib tashlash bilan ashyoni ko’rsatgan chaqmoq, u badbaxtlarning ashyoni ko’rishlariga rozi bo’lmaganidan, ko’zning shuaidan u shakllarni olib ketadi.

عُيُونٌ kalimasiga tarjihan zikr qilingan اَبْصَارَهُمْ unvoni, Qur'on bayon qilgan qat'iy burhonlarga qarshi ko’rlik ko’rsatgan munofiqlarning basirat va qalblaridagi yomon niyatlarini, amallarini eslatish bilan tashhir etish uchundir. Zero, ko’z qalbning oynasidir. Qalbning muzmaroti ko’zda ko’rinadi.

كُلَّمَٓا اَضَٓاءَ لَهُمْ مَشَوْا ف۪يهِ وَاِذَٓا اَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُوا

Bu oyatni tashkil qilgan kalimalarning ishoratlari:

Ha, avvalo, bu jumla yana musta'nifa bo’lib, maqobli bilan aloqador emasdir. Faqat, sami'ning xotiriga kelgan shu savolga javob beradi.

S: Ularning musibati tabaddul va taaddud etgan. Ajabo, har ikki holatda hollari nima bo’ldi?

J: "Chamoqning ziyosi bilan yo’llari ko’ringan zamon yurarkanlar. Zulmat ham cho’kkan zamon to’xtarkanlar", deya Qur'oni Karim shu jumla bilan sami'ning u shubhasini izola etgan.

S: كُلَّمَا istig’roq va istimrorni, ya'ni umumiyat va davomni ifoda qilgan bir adatdir.

اِذَا esa na umumiyatni va na davomni ifoda etmaydi. Bu e'tibor bilan chaqmoqning ziyolantirilishida كُلَّمَا ning, zulmat cho’kkanida اِذَا ning ishlatilishi nimaga binoan?

J: Ularning ziyoga ortiqcha hirs va ehtiyojlari bo’lgani uchun eng oz bir ziyoni ham fursat bilib qochirish istamaganlariga ishoratan, ziyo ustida كُلَّمَا iste'mol qilingan.

Sababiyat va manfaatga dalolat qilgan اَضَٓاءَ لَهُمْ dagi ل harfidan tushuniladiki, hushidan ketish darajasida bir musibatzada nafsiga oid narsalardan ma'ada hech bir narsani o’ylamaydi. Hatto qudrati Ilohiyaning minglab hikmatlari uchun koinotda nashr etgan ziyoning manfaati tamoman o’ziga oid bo’lganini va o’zi uchun yuborilgan deb o’ylaydi.

Ziyoning adami davomi yuzidan jadal bir yurish bilan yo’llarini davom qilishlari muqtazo-i hol va maqom ekan, sekin, oddiy bir yurishni ifoda qilgan مَشَوْا ta'biri, musibatning shiddatidan nash'at etgan za'fiyat sababli, tez yurishga qodir bo’lmaganlariga ishoratdir.

S: Insonlar yerda yurganlari kabi, ularning ham yurishlari yerda bo’lishi kerak. Holbuki ف۪يهِ dagi olmoshning ziyoga roji' bo’lishi jihati bilan, ularning yurishlari ziyoda bo’lgani anglashiladi.

J: Ularning ziyo xorijida yurishlari mumkin bo’lmagani uchun, xuddi masofa va madori harakatlari yolg’iz ziyoga munxasirdir.

وَاِذَا dagi و yo’lovchilarning avval ko’rgan zulmat musibatlarini yangilash uchun ikkinchi bir zulmat yana atf va ilova qilinganiga ishoratdir.

اِذَا ifoda qilgan juz'iyat va qillat esa, yo’lovchilarning zulmatga qarshi his qilgan nafrat va ko’rsatgan ko’rlik shiddatlaridan, fikrlariga zulmatni keltirmaganlariga, faqat alad davom ziyo uchun bir fursat kutarkanlar, birdaniga zulmatning hujumiga ma'ruz qolganlariga ishoratdir.

اَظْلَمَ ning barqqa bo’lgan isnodi, barqning ziyosidan so’ngra hujum qilgan zulmatning boshqa zulmatlardan shadid bo’lganiga ishoratdir.

Va shuningdek, musibatzada bo’lgan yo’lovchilarning taxayyullariga ko’ra, go’yo barqning ziyosidan so’ngra shu bo’shliqni to’ldirgan zulmatlar faqat barq otashining so’nishidan hosil bo’lgan tutunlar bo’lganiga ham xayoliy bir imodir.

Zarar uchun ishlatilgan عَلَيْهِمْ dagi عَلٰى kalimasi zulmat musibatining tasodifiy bo’lmasdan, faqat ularning jazo-i amallari bo’lganiga ishoratdir. Va musibatzada bo’lgan yo’lovchilarning, shu bo’shliqni to’ldirgan zulmatlar butun insonlar ichidan ularni qasd va ularga zarar berish uchun yuborilganliklarini taxayyul etganlariga bir ramzdir.

Zulmat cho’kkan vaqt sukunat bilan turib takrorlanmasliklari ijob etarkan, "oyoqqa turdilar" ma'nosini ifoda qilgan قَامُوا ta'biri, musibatning shiddatidan va musibat bilan ko’p mashg’ul bo’lganlaridan, ruku vaziyatini eslatgan bellarida bir taqavvus paydo bo’lganiga va zulmatning oniy hujumidan hazar qilib oyoqqa turib qochganlar kabi, bellarini to’g’rilaganlariga ishoratdir.

وَلَوْ شَٓاءَ اللّٰهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَاَبْصَارِهِمْ

Bu jumladagi kalimalarning ishoratlari:

Ha, avvalgi jumlalarda ko’zlarini ko’r, quloqlarini kar qilish shonida bo’lgan sabablar zikr qilingandan so’ngra, bu jumlada musabbabotni mashiati Ilohiya bilan bog’lagandan so’ng avvalgi jumlalarga atf etgan و harfi sabablar pardasi ostida tasarruf qilgan faqat yadi qudrat va butun sabablar va illatlar ustida muroqaba etgan nazari hikmat bo’lganiga ishoratdir.

لَوْ Bu kalima tazammun etgan (qiyosi istisnoiy) shunday tasvir qilinishi mumkin: Mashiati Ilohiyaning bo’lmasligi; zahobi sam' va basarning bo’lmasligiga illatdir. Zahobi sam' va basarning bo’lmasligi ham mashiatining bo’lmaganini bildirishga bir dalil va bir illatdir.

Va shuningdek, mashiati Ilohiyadan ma'ada butun sabablarning takammul etishiga va yolg’iz mashiati Ilohiyaning taalluqi bilan ko’z va quloqlarining ishi tugashiga ishoratdir.

شَٓاءَ ta'biri, musabbabotni sabablar bilan bog’lagan mashiat va iroda-i Ilohiya ekaniga dalolat qiladi. Shunday ekan, ta'sir qudratnikidir. Sabablar esa, yadi qudratning nazari zohiriyda umuri xasisa bilan mubosharati ko’rinmasligi uchun vaz' etilgan pardalardir.

اَللّٰهُ Lafza-i Jalolning sarohat bilan zikri, xalqni ortiqcha sabablarga ahamiyat berishdan zajr va man qilish bilan, sabablar pardasi ostida tasarruf etgan yadi qudratni ko’rishga fikrlarni da'vat qiladi.

شَٓاءَ fe'lining bir maf'ul bilan taqyid etilmasdan mutlaq qoldirilishi, mashiat va iroda-i Ilohiyaning koinotning ahvolidan mutaassir bo’lmaganiga va mavjudotning sifoti Ilohiyaga ta'sirlari bo’lmaganiga ishoratdir. Ya'ni, basharning irodasi va boshqa sifatlari mavjudotning husn qubh, kattalik kichiklik kabi ahvolidan mutaassir bo’lgani kabi, sifoti Ilohiya mutaassir bo’lolmaydi. Sifoti Ilohiyaga ko’ra hammasi mutasoviydir.

Olib borish ma'nosini ifoda qilgan ذَهَبَ dan anglashiladiki, sabablar musabbabot ustida musallat va mustavliy emas. Ya'ni, sabablarning irtifo'i zamonida, ular bilan qoim va bog’liq bo’lgan musabbabotning adam daryosiga tushishi ehtimoli yo’q. Faqat sabablarning orqasida hozir bo’lgan yadi qudrat u musabbabotni hifz etadi. Va hikmati Ilohiya muvozana va nizom qonuni mujibicha boshqa mavqelarga yuboradi, ihmol etmaydi. Ha, harorat suvni qaynatish bilan tuzilishini taxrib etgan zamon, ichidagi bug’ adamga ketmaydi, balki nizomoti havoiya mujibicha muayyan bir majrada muayyan bir mavqega yo’naltiriladi.

Va shuningdek, ذَهَبَ ta'biridan tushuniladiki, "havassi xamsa" deyilgan tuyg’ular; tabiatdan nash'at etgan emas va quloq, ko’z a'zolariga ham lozim emaslar. Faqat u tuyg’ular Janobi Haqdan ehson qilingan hadyalardir. Shu quloq, qovoqlar ham oddiy shartlardir.

Va shuningdek, ذَهَبَ ning harfi jar bo’lgan ب bilan barobar kelishidan anglashiladiki, musabbabot sabablardan ayrilgan zamon o’z holicha qoldirilmasdan, yana bir nizom ostiga olinadi. Chunki ذَهَبَ بِه۪ "birgalikda olib ketish" ma'nosini ifoda qiladi. Ma'lumki, birgalikda olib ketilgan bir narsa sohibsiz, o’z holicha qoldirilmaydi.

Ixtor:

Sam'ning mufrad bo’lib, basarning jam' bo’lib zikirlari; eshitilgan bir, ko’ringan ko’p bo’lganiga ishoratdir. Ha, aytilgan so’zlar birma-bir quloqqa kiradi, eshitiladi. Faqat ko’p narsalar daf'atan ko’zga ko’rinishi mumkin.

اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Bu jumladagi nukta va ishoratlar:

Ha, avvalo bu jumla munofiq va yo’lovchilarni istilo etgan dahshatning tahqiqi uchun bir fazlaka va bir xulosadir. Va bu xulosadan anglashiladiki, yo’lovchilarning ahvoli munofiqlarning ahvolini tamomi bilan tamsil etganlari va har bir hollari yo’lovchilarning hollarida ko’ringani kabi, har bir zarrada va har bir holda qudrati Ilohiyaning ham tasarrufi ko’rinadi.

Tahqiqni ifoda qilgan اِنَّ dohil bo’lgan hukmning sobit va tebranmas haqiqatlardan bo’lganiga dalolat qilgani kabi, masalaning azamatiga, vus'atiga, diqqatiga va navi basharning bu kabi masalalarda ojiz, zaif, qasir bo’lganiga ramzan ko’rsatadi. Chunki bu kabi yaqiyniy masalalarda taraddudni intoj etgan vahmlardir. Vahmlarni tavlid etgan za'fiyat, ajz, qusurdir. Bular ham insonning tiynati bilan qorilgan sifatlardir.

اَللّٰهُ Lafza-i Jalolining u yerda sarohatan zikr qilinishi, bu jumladagi hukmni isbot qilgan dalilga ishoratdir. Chunki butun mavjudot taxti tasarrufida va doira-i shumulida bo’lgan qudrat boshqa sifatlar kabi uluhiyatning lozimasidir.

عَلٰى kalimasidan anglashiladiki, adamdan ashyoni chiqargan qudrat, u ashyoni e'tiborsiz va o’z holicha qoldirmaydi. Faqat hikmatning muroqaba va nazorati ostida tarbiya qildiradi.

كُلِّ adatidan anglashiladiki, sabablarning butun asarlari va hosili bilmasdar deyilgan af'oli ixtiyoriyaga tarattub etgan asarlar tamoman qudratga bog’liqdir.

Mavjud va mavjudotga narsa va ashyo deyilishi mashiati Ilohiyaning taalluqidan nash'at etganiga nazaran شَىْءٍ ta'biridan anglashiladiki, ashyo vujudga kelgandan so’ngra ham Sone'dan aloqalari kesilmaydi. Vujudning takarruridan iborat bo’lgan baqolari uchun doimo Sone'ga muhtojdirlar.

قَادِرٌ kalimasiga badal subut va davomni ifoda qilgan قَد۪يرٌ siyg’asidan anglashiladiki, qudrat maqdurot nisbatida bo’lmasdan, doira-i tasarrufi juda kengdir. Va qudrat zotiyadir, tag’ayyurni qabul qilmaydi. Va qudrat lozimadir, ziyoda va nuqsonga qobiliyati yo’qdir. Ham qudrat "Razzoq, G’affor, Muhyi, Mumit" kabi sifoti fe'liyaning marji'i va mezonidir.

* * *

يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا رَبَّكُمُ الَّذ۪ى خَلَقَكُمْ وَ الَّذ۪ينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ ٭ اَلَّذ۪ى جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ فِرَاشًا وَالسَّمَٓاءَ بِنَٓاءً وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاَخْرَجَ بِه۪ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ فَلَا تَجْعَلُوا لِلّٰهِ اَنْدَادًا وَ اَنْتُمْ تَعْلَمُونَ

Ya'ni: "Ey insonlar! Sizlarni va sizlardan avval o’tganlarni yaratgan Robbingizga ibodat qilingki, taqvo martabasiga vosil bo’lasiz. Va yana Robbingizga ibodat qilingki; Arzni sizga to’shak, osmonni binongizga shift qilgan va osmondan suvlarni tushirganki, sizlarga rizq sifatida yerdan meva va boshqa g’idolarni chiqarsin. Shunday ekan, Allohga misl va sherik qilmanglar. Bilib qo’yingki, Allohdan boshqa ma'bud va xoliqingiz yo’qdir."

Muqaddima

Aqoidiy va iymoniy hukmlarni quvvatli va sobit qilish bilan malaka holiga keltirgan faqat ibodatdir. Ha, Allohning amrlarini bajarish va ta'qiqlaridan saqlanishdan iborat bo’lgan ibodat bilan, vijdoniy va aqliy bo’lgan iymoniy hukmlar tarbiya va taqviya qilinmasa, asarlari va ta'sirlari zaif bo’lib qoladi. Bu holga Olami Islomning holi hozirdagi vaziyati shohiddir. Va shuningdek, ibodat dunyo va oxirat saodatlariga vasila bo’lgani kabi, maosh va maada, ya'ni dunyo va oxirat ishlarini tanzimga sababdir va shaxsiy va nav'iy kamolotga vositadir va Xoliq bilan abd orasida juda yuksak bir nisbat va sharafli bir robitadir.

Ibodatning dunyo saodatiga vasila ekanini izoh etgan jihatlar:

Birisi: Inson butun hayvonlardan mumtoz va mustasno bo’lib, ajib va latif bir mizoj bilan yaratilgandir. U mizoj sababli insonda turli-tuman mayllar, orzular hosil bo’lgan. Masalan: Inson eng muntahob narsalarni istaydi, eng go’zal narsalarga mayl ko’rsatadi, ziynatli narsalarni orzu qiladi, insoniyatga loyiq bir maishat va bir sharaf bilan yashashni istaydi.

Shu mayllarning taqozosi o’laroq yeyiladigan, kiyiladigan va boshqa hojatlarini istagani kabi go’zal bir shaklda qondirishda ko’p san'atlarga ehtiyoji bor. U san'atlarni bilmaganidan, abno-i jinsi bilan hamkorlik qilishga majbur bo’ladiki, har biri samara-i sa'yi bilan o’rtog’i bilan almashtirish surati bilan yordam bersinlar va bu soyada ehtiyojlarini maromga sola olsinlar.

Faqat insondagi quvva-i shahaviya, quvva-i g’azabiya, quvva-i aqliya Sone' tarafından tahdid qilinmaganidan va insonning juzi ixtiyoriysi bilan taraqqiysini ta'min qilish uchun bu quvvatlar erkin qo’yilganidan, muomalotda zulm va tajovuzlar sodir bo’ladi. Bu tajovuzlarning oldini olish uchun, jamoati insoniya mehnatlarining samaralarini almashtirishda adolatga muhtojdir. Ammo har fardning aqli adolatni idrokdan ojiz bo’lganidan, kulliy bir aqlga ehtiyoj bordirki, kishilar u kulliy aqldan istifoda etsinlar. Unday kulliy bir aql ham faqat qonun shaklida bo’ladi. Unday bir qonun faqat shariatdir.

So’ngra u shariatning ta'sirini, ijrosini, tatbiqini ta'min qiladigan bir marji', bir sohib lozim. U marji' va u sohib ham faqat Payg’ambardir. Payg’ambar bo’lgan zotning ham zohiran va botinan xalqqa bo’lgan hokimiyatini davom ettirish uchun, moddiy va ma'naviy bir ulviyatga va bir imtiyozga ehtiyoji bo’lgani kabi, Xoliq bilan bo’lgan dajara-i munosabat va aloqasini ko’rsatish uchun ham bir dalilga ehtiyoji bor. Bunday bir dalil ham faqat mo’'jizalardir.

So’ngra Janobi Haqning amrlariga va ta'qiqlariga itoat va inqiyodni ta'sis va ta'min etish uchun Sone'ning azamatini zehnlarda mustahkamlashga ehtiyoj bor. Bu mustahkamlash ham faqat aqoid bilan, ya'ni ahkomi iymoniyaning tajalliysi bilan bo’ladi. Iymoniy hukmlarni taqviya va inkishof ettirilishi faqat takror bilan tajaddud etgan ibodat bilan bo’ladi.

Ikkinchisi: Ibodat, fikrlarni Sone'-i Hakimga qaratish uchundir. Abdning Sone'-i Hakimga bo’lgan tavajjuhi itoat va inqiyodini keltirib chiqaradi. Itoat va inqiyod esa, abdni intizomi akmal ostiga soladi. Abdning intizom ostiga kirishi bilan va nizomga rioya qilishi bilan hikmatning sirri tahaqquq etadi. Hikmat esa, koinot sahifalarida porlagan san'at naqshlari bilan taboruz etadi.

Uchunchisi: Inson markaz kabi, butun xilqatning nizomlariga va fitratning qonunlariga va koinotdagi navomisi Ilohiyaning shualariga bir markazdir. Shuning uchun insonning u qonunlarga intisob va irtibot etishi va u nomuslarning etaklariga yopishib tamassuk etishi lozimki, umumiy jarayonni ta'min etsin. Va tabaqoti olamda aylanib yurgan chig’irlarning harakatlariga rioya qilmaslik bilan u chig’irlarning charxlari ostida ezilmasin. Bu ham faqat u amr va man qilinganlardan iborat bo’lgan ibodat bilan bo’ladi.

To’rtinchisi: Amrlarga rioya qilish, man qilinganlardan saqlanish soyasida bir kishi jamiyatda ko’p martabalar bilan bog’ paydo qiladi va aloqador bo’ladi. Ayniqsa ahkomi diniya va masolihi umumiya xususida bir kishi bir nav hukmiga o’tadi. Ya'ni, juda ko’p huquqlar, haysiyatlar, irshodlar, ta'limlar, islohlar kabi vazifalar bir shaxsga yuklanadi. Agar u amrga rioya, man qilinganlardan saqlangan u shaxs bo’lmasa; u vazifalar tamoman poymol bo’ladi.

Beshinchisi: Inson Islomiyat soyasida, ibodat sababli butun musulmonlarga qarshi sobit bir munosabat paydo qiladi va kuchli bir irtibot va aloqadorlik qo’lga kiritadi. Bular esa mustahkam bir uxuvvatga, haqiqiy bir muhabbatga sabab bo’ladi. Zotan jamiyatning kamoliga va taraqqiysiga ilk va eng birinchi zinapoyalar uxuvvat bilan muhabbatdir.

Ibodatning shaxsiy kamolotga sabab bo’lganining izohi:

Inson jisman kichik, zaif va ojiz bo’lish bilan barobar, hoyvonotdan sanalgani holda, juda yuksak bir ruhni tashiydi va juda buyuk bir iste'dodga sohibdir va hasr etilmaydigan darajada mayllari bordir va so’ngsiz orzular sohibidir va hisobga olib bo’lmas fikrlari bordir va chegarasiz shahaviya va g’azabiya kabi tuyg’ulari bordir va shunday ajoyib bir yaratilishi bordirki, xuddi butun anvo' va olamlarga mundarija bo’lib yaratilgan.

Mana bunday bir insonning u yuksak ruhini inbisot ettirgan ibodatdir; iste'dodlarini inkishof ettirgan ibodatdir; mayllarini tamyiz va tanzih ettirgan ibodatdir; orzularini tahaqquq ettirgan ibodatdir; fikrlarini tavsi' va intizom ostiga olgan ibodatdir; shahaviya va g’azabiya quvvalarini had ostiga olgan ibodatdir; zohiriy va botiniy a'zolarini va tuyg’ularini kirlatgan tabiat zanglarini ketkazgan ibodatdir; insonni muqaddar bo’lgan kamolotiga yetishtirgan ibodatdir; abd bilan Ma'bud orasida eng yuksak va eng latif bo’lgan nisbat faqat ibodatdir. Ha, kamoloti bashariyaning eng yuksagi shu bog’ va munosabatdir.

Eslatma: Ibodatning ruhi ixlosdir. Ixlos esa, qilingan ibodatning yolg’iz amr qilingani uchun qilinishidir. Agar boshqa bir hikmat va bir foyda ibodatga asl sabab qilib ko’rsatilsa, u ibodat botildir. Foydalar, hikmatlar yolg’iz murajjih bo’lishlari mumkin, asl sabab bo’lolmaydilar.

Qur'oni Karim qachonki

يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا ‌ الخ

amri bilan insonlarni ibodatga da'vat qildi; xuddi lisoni hol bilan: "Nima uchun ibodat qilaylik, asl sababi nedir?" deya so’ralgan savolni, Qur'oni Karim

رَبَّكُمُ الَّذ۪ى خَلَقَكُمْ ‌ الخ

jumlalari bilan javoblantirish maqsadida Sone'ning vujudu vahdatiga doir burhonlarni zikr qilishni boshladi.

Muqaddima

Otashning tutunga bo’lgan dalolati kabi, muassirdan asarga qilingan istidlolga "burhoni limmiy" deyilgani kabi; tutunning otashga bo’lgan dalolati kabi, asardan muassirga bo’lgan istidlolga ham "burhoni inniy" deyiladi. Burhoni inniy shubhalardanda salimroqdir.

Bu oyatning Sone'ning vujud va vahdatiga ishorat qilgan dalillaridan biri ham, "Inoyat Dalili"dir. Bu dalil; koinotni va koinotning ajzosini va anvo'ini ixtiloldan, ixtilofdan, tarqalishdan qutqarib, butun xususotini intizom ostiga olish bilan koinotga hayot bergan nizomdan iboratdir. Butun g’oyalarning, hikmatlarning, foydalarning, manfaatlarning mansha'i bu nizomdir. Manfaatlardan, g’oyalardan bahs qilgan butun oyoti Qur'oniya bu nizom ustida yuradi va bu nizomning tajalliysiga mazhardir. Shunga binoan, butun masolihning, favoidning va manofi'ning marji'i bo’lgan va koinotga hayot bergan bir nizom; albatta va albatta bir nozimning vujudiga dalolat qilgani kabi, u nozimning qasd va hikmatiga dalolat qilish bilan, ko’r tasodifning vahmlarini inkor qiladi.

Ey inson! Agar sening fikring, nazaring shu yuksak nizomni topishdan ojiz bo’lsa va istiqro-i tom bilan, ya'ni umumiy bir tadqiq qilish bilan ham u nizomni qo’lga kiritishga qodir bo’lmasang, insonlarning talohuqi afkor deyilgan fikrlarining birlashishidan vujudga kelgan va navi basharning havassi (tuyg’ulari) hukmida bo’lgan funun bilan koinotga qara va sahifalarini o’qiginki, aqllarni hayratda qoldirgan o’sha yuksak nizomni ko’rasan.

Darhaqiqat, koinotning har bir naviga doir bir fan tashakkul etgan yoki etyapti. Fan esa qavoidi kulliyadan iboratdir. Qoidaning kulliyati esa, nizomning yuksakligiga va go’zalligiga dalolat qiladi. Zero nizomi bo’lmaganning kulliyati bo’lolmaydi. Masalan: ''Har olimning boshida bir oq salla bor''. Kulliyat bilan aytilgan shu hukm, ulamo navida intizomning borligiga qaraydi. Shunday ekan, umumiy bir taftish natijasida fununi kavniyaning har biri, qoidalarining kulliyati bilan koinotda yuksak bir nizomning borligiga bir dalildir. Va har bir fan nurli bir burhon bo’lib, mavjudotning silsilalarida shingillar kabi osilib silkingan g’oyalar samaralarini va ahvolning o’zgarishida yashirin foydalarni ko’rsatish bilan Sone'ning qasd va hikmatini e'lon qiladi. Xuddi vahm shaytonlarini quvish uchun har bir fan bittadan najmi soqibdir. Ya'ni, botil vahmlarni teshib yoqqan bittadan yulduzdir.

Ey birodar! U nizomni topish uchun umum koinotni tadqiq qilishdan ko’ra, shu misolga diqqat qil, matlubing hosil bo’ladi: Ko’z bilan ko’rinmagan bir mikrob, bir hayvoncha, kichikligi barobarida juda nozik va g’arib bir uskuna-i Ilohiyani ichiga olgan. U uskuna mumkinotdan bo’lgani uchun, vujud va adami mutasoviydir. Illatsiz vujudga kelishi mahol. U uskunaning bir illatdan vujudga kelgani zaruriydir. U illat esa, tabiatdagi sabablar emas. Chunki u uskunadagi nozik nizom bir ilm va shuurning asaridir. Tabiatdagi sabablar esa ilmsiz, shuursiz, jomid narsalardir. Aqllarni hayratda qoldirgan u nozik uskunaning tabiatdagi sabablardan nash'at etganini iddi'o etgan odam, sabablarning har bir zarrasiga Aflotunning shuurini, Galileyning hikmatini berish barobarida; u zarrot orasida bir muxobaraning ham mavjud bo’lishini e'tiqod qilishi kerak. Bu esa, shunday bir safsata va shunday bir xurofotdirki, mashhur sofistaiyni ham uyaltiradi. Shu bilan barobar, moddiy sabablarda asos ittihoz etilgan quvva-i joziba bilan quvva-i dafi'aning inqisomga qobiliyati bo’lmagan bir juzda birlikda ijtimo'lari iltizom etilgan. Holbuki bular bir-biriga zid bo’lganidan, ijtimo'lari joiz emas. Faqat joziba va dafi'a qonunlaridan maqsad, "Odatulloh" bilan ta'bir qilingan qavonini Ilohiya esa va tabiat bilan tasmiya etilgan shariati fitriya esa, joizdir. Lekin qonun bo’lishdan tabiatga, vujudi zehniydan vujudi xorijiyga, umuri e'tiboriyadan umuri haqiqiyaga, vosita bo’lishdan muassir bo’lmaslik sharti bilan maqbuldir. Aks holda joiz emas.

Ey birodar! Misol sifatida ko’rsatganim u kichik xurdabini hayvonchaning, ya'ni mikrobning katta fabrikasidagi nizom va intizomni aqling bilan ko’rgan taqdiringda boshingni ko’tar, koinotga qara! Amin bo’lki, koinotning vuzuh va zuhuri nisbatida u yuksak nizomni, koinotning sahifalarida juda zohir va ravshan bir shaklda ko’rib o’qiysan.

Ey birodar! Koinotning sahifalarida "Dalil-ul Inoya" bilan eslangan nizomga oid oyatlarni o’qiy olmagan bo’lsang, sifati kalomdan kelgan Qur'oni Azimushshonning oyatlariga qaraginki; insonlarni tafakkurga da'vat qilgan butun oyatlari shu dalil-ul inoyani tavsiya qiladilar. Va ne'matlarni va foydalarni sanagan oyatlar ham dalil-ul inoya deyilgan u yuksak nizomning samaralaridan bahs etadilar. Azjumla: Bahsida bo’lganimiz shu oyat

اَلَّذ۪ى جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ فِرَاشًا وَالسَّمَٓاءَ بِنَٓاءً وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاَخْرَجَ بِه۪ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ

jumlalari bilan, o’sha nizomning foydalarini va ne'matlarini uzib insonlarga beryaptilar.

Dalili Ixtiroiy: Mazkur oyatning Sone'ning vujud va vahdatiga ishorat qilgan dalillaridan biri ham,

اَلَّذ۪ى خَلَقَكُمْ وَالَّذ۪ينَ مِنْ قَبْلِكُمْ

jumlasi bilan ishorat qilgan "Dalili Ixtiroiy"dir. Dalili ixtiroiyning xulosasi shunday izoh qilinishi mumkin:

Janobi Haq xususiy asarlariga mansha' va o’ziga loyiq kamolotiga ma'haz bo’lish uchun, har fardga va har navga xos va mustaqil bir vujud bergan. Azal jihatiga so’ngsiz bo’lib uzanib ketgan hech bir nav yo’q. Chunki butun anvo' imkondan vujub doirasiga chiqmagan. Va tasalsulning ham botil ekani ayondir. Va olamda ko’ringan shu tag’ayyur va tabaddul bilan bir qism ashyoning hudusi, ya'ni yangi vujudga kelganini ham ko’z bilan ko’rsa bo’ladi. Bir qismining ham hudusi zarurati aqliya bilan sobitdir. Demak, hech bir narsaning azaliyati jihatiga ketib bo’lmaydi.

Va shuningdek, ilm-ul hayvonot va ilm-un nabototda isbot qilingani kabi, anvo'ning sanog’i ikki yuz mingdan ziyodadir. Bu navlar uchun bittadan adam va bittadan avval-ota lozimdir. Bu avval-otalarning va adamlarning doira-i vujubda bo’lmasdan, faqat mumkinotdan bo’lganliklariga nazaran, har holda vositasiz qudrati Ilohiyadan vujudga kelganlari zaruriydir. Chunki bu navlarning tasalsuli, ya'ni so’ngsiz uzanib ketishlari botildir. Va ba'zi navlarning boshqa navlardan hosil bo’lishlari tavahhumi ham botil. Chunki ikki navdan tug’ilgan nav, ko’pincha yo aqiymdir yoki nasli inqito'ga duchor bo’ladi. Tanosul bilan bir silsilaning boshi bo’lolmaydi.

Xulosa:

Bashariyat va boshqa hayvonot tashkil qilgan silsilalarning mabdai eng boshda bir otada kesilgani kabi, eng nihoyati ham oxirgi bir o’g’ilda kesilib tugaydi.

Darhaqiqat, shuursiz, ixtiyorsiz, jomid, oddiy bo’lgan tabiatdagi sabablarning butun aqllarni hayratda qoldirgan u anvo' silsilalarining ijodiga qobiliyati bo’lgani doira-i imkondan xorijdir. Va shuningdek, qudrat mo’'jizalaridan bittadan naqshi g’arib va bittadan san'ati ajib tashigan u anvo' ichiga olgan afrodning ham ixtiro va yaratilishlarini u sabablarga isnod etish, yolg’iz bir maholning emas, maholotning eng xurofotidir. Shunga binoan, u silsilalarni tashkil qilgan anvo' bilan afrod, hudus va imkon lisoni bilan, Xoliqlarining vujubi vujudiga qat'iy bir shahodat bilan shahodat qiladilar.

S: Butun silsilalarning Xoliqning vujubi vujudiga qat'iy shahodatlari ko’z o’ngingda bo’lgani holda, ba'zi insonlarning modda bilan moddaning harakatining azaliyati jihatiga zahib bo’lish bilan zalolatga tushganlarining sabablari nima?

J: Qasd va diqqat bilan emas, satxiy va diqqatsiz bir nazar bilan, mahol va botilga mumkin nazari bilan qarash mumkin. Masalan:

Bir bayram oqshomi, ko’kda oy va hilolni qidirganlar ichida keksa bir zot ham bo’ladi. Bu zot ko’kdagi hilolni ko’rish uchun butun qasd va diqqati bilan nazarini ko’kka tavjih etib hilolni qidirish bilan mashg’ul ekan, ko’zining kipriklaridan uzangan va ko’z qorachig’ining ustiga egilgan oq bir qil qanday qilibdir ko’ziga yopishadi. U zot darhol "Hilolni ko’rdim" deydi. "Mana bu ko’rganim Oydir" deya hukm qiladi.

Xullas, satxiy va diqqatsiz nazarlar bu kabi xatolarga tushganlari kabi, yuksak bir javharga va mukarram bir mohiyatga molik bo’lgan inson, qasdi va diqqati bilan doimo haq va haqiqatni qidirarkan, ba'zan satxiy va diqqatsiz bir nazar bilan botilga qaraydi. U botil ham ixtiyorsiz, talabsiz, da'vatsiz fikriga keladi. Fikri ham chor-nochor oladi, saqlaydi, asta-asta qabul va tasdiqiga ham mazhar bo’ladi. Faqat uning u botilni qabul va tasdiqi, butun hikmatlarning marji'i bo’lgan nizomi olamdan g’aflat etishidan va modda bilan harakatining azaliyatga zid bo’lishiga ko’rlik ko’rsatganidan kelib chiqqanki, shu g’arib naqshlarni va ajib san'at asarlarini jonsiz sabablarga isnod etish majburiyati bilan u zalolatlarga tushishgan.

Husayn Jisriyning degani kabi, osori madaniyat bilan muzayyan va butun ziynatlarni mushtamil bir uyga kirgan bir odam, uy sohibini ko’rolmaganidan u ziynatni, u asosotni tasodifga va tabiatga isnod etishga majbur bo’lgan.

Shuning kabi, nizomi olamdagi butun hikmatlarning, foydalarning tom bir ixtiyorga va shomil bir ilmga va komil bir qudratga qilgan shahodatlaridan g’aflat etgan g’ofillar, satxiy nazarlaricha, ta'siri haqiqiyni jonsiz sabablarga berishga majbur qolishgan.

Ey birodar! Janobi Haqning juda nozik osori san'atidan va juda yuksak ajoyibi qudratidan sarfi nazar etib, yolg’iz tabiat deyilgan shu asarlar va sabablardan eng zohir bo’lgan in'ikos va irtisom holatiga qara. Masalan: Bir oynani samoga qarshi tutgan vaqting samoni irtifo'si bilan, naqshlari bilan, yulduzlari bilan jalb etib oynada in'ikos va irtisom ettirgan illati muassiraning oynaning yuzidagi xususiyat bo’lishiga qanoat hosil qilishing mumkinmi? Xosho! Va yoxud haqiqatda bir amri vahmiydan iborat bo’lgan joziba-i umumiyaning, arz bilan yulduzlarni shu bo’shliqda muntazam tahrik va tadbiriga illati muassira o’laroq talaqqiy va qabul qilishing mumkinmi? Xosho! Bular faqat shart va sabab bo’la oladilar, illati muassira bo’lisholmaydi.

Xulosa:

Inson satxiy va g’ayri qasdiy bir nazar bilan botil va mahol bir narsaga qaragan vaqti, haqiqiy illatini topolmagan taqdirida, chor-nochor sihatiga yoki inkoriga qoil bo’lish bilan qabul qilish ehtimoli bor. Faqat tolib va mushtariy sifati bilan qasddan va bizzot diqqat bilan qaraydigan bo’lsa, ularning hikamiyat deganlari u botil masalalardan hech birisini ham qabul qilmaydi. Faqat butun siyosiylarning hikmatini va hukamoning aqllarini zarralarda faraz qilish bilan ablahona qabul qiladi.

S- Ularning doimo iftixor bilan bahs qilganlari tabiat, navomis va quva nimaki, o’zlarini ular bilan ishontirishga urinadilar?

J- Tabiat degan narsalari bir matbaadir, tabi' emasdir. Tabi' faqat qudratdir. Qonundir, quvvat emasdir. Quvvat faqat qudratdadir. Yoxud qandayki bilganimiz shariat, insonlardan sudur etgan af'oli ixtiyoriyani bir nizom va bir intizom ostiga olib tahdid etgan qoidalarning xulosasidir yoki davlatning ishlarini tanzim etgan nizomlarning, dasturlarning, qonunlarning majmuasidir. Shuning kabi, tabiat deyilgan narsa ham, olami shahodatning a'zolaridan va ajzolaridan sudur etgan af'ol orasida bir nizom va bir intizomni iqo' etgan Ilohiy bir shariati fitriyadir. Shunga binoan, shariat bilan davlat nizomi, ma'qul va e'tiboriy amrlardan bo’lganlari kabi; tabiat ham e'tiboriy bir amr bo’lib, xilqatda, ya'ni yaratilishda joriy bo’lgan Odatullohdan iboratdir. Ammo tabiatning bir mavjudi xorijiy bo’lganini tavahhum etish, bir guruh askarning, mashq va ta'lim asnosida qilgan u muntazam harakatlarini ko’rgan bir vahshiyning, "Oralaridagi u nizomni idora qilib bir-biri bilan bog’lagan ip kabi bir narsa mavjuddir" deya vahshiycha qilgan vahmga o’xshaydi. Shunga binoan, vijdoni va aqli vahshiy bo’lgan bir odam, satxiy va taba'i bir nazar bilan, davom va istimrorini muhofaza qilgan tabiatning muassir bir mavjudi xorijiy bo’lishiga ehtimol berishi mumkin. Xulosa: Tabiat, Allohning san'ati va shariati fitriyasidir. Navomis esa, uning masalalaridir. Quva ham u masalalarning hukmlaridir.

Tavhidga o’tamiz. Qur'oni Karim Sone'ning vahdatiga doir dalillardan hech birini tark qilmagan. Xususan "Arz va samoda Allohdan boshqa ilohlar bo’lsa edi, shu ko’ringan intizom fasodga duchor bo’lardi" ma'nosida bo’lgan

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا

oyati tazammun etgan Burhonut Tamonu' Sone'ning vohid va mustaqil bo’lishiga yetarli bir dalildir. Va istiqloliyat uluhiyatning zotiy bir xossasi va zaruriy bir lozimi ekaniga nurli bir burhondir.

Ey birodar! Bahsida bo’lganimiz oyatning avvalida bo’lgan اُعْبُدُوا amri, Ibn Abbosning tafsiriga nazaran, insonlarni tavhidga da'vat qilgan bir amrdir. Va ayni zamonda bu oyat, hay'ati majmuasi bilan tavhidga ishorat qilgan juda latif va go’zal bir burhonni tazammun etgan. Shundayki:

Navi bashar bilan boshqa hayvonotning madori maishatlari bo’lgan samarotning tavlidi uchun, arz bilan samo orasidagi muovanat va munosabatlarni va osori olamning bir-biriga mushobahatlari va atrofi olamning bir-biri bilan quchoqlashishlari va bir-birining qo’lini tutib ehtiyojlarini ta'min qilishlari va yakdigarining istagiga javob berib yordamiga yugurishlari va tamomiyla bir nuqta-i vohidaga qarashlari va bir nizomi Vohidning o’qi ustida harakat qilishlari kabi hollarni ichiga olgan bunday g’arib bir uskuna, sohib va sone'ning bir bo’lganini qat'iy bir shahodat bilan e'lon qilish bilan, "Har bir narsada Sone'ning vahdatiga dalolat qilgan bir oyat va bir alomat bordir" ma'nosida bo’lgan shu bayt bilan tanin-andoz bo’ladilar:

وَ ف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰٓى اَنَّهُ وَاحِدٌ

Ey birodar! Sone'-i Zuljalol, vohid va vojib-ul vujud bo’lgani kabi, butun sifoti kamoliya bilan ham muttasifdir. Zero olamda va masnu'otda bo’lgan kamolot tamomi bilan Sone'ning kamolidan tajalliy etgan soyadan muqtabasdir. Shunday ekan, Sone'da bo’lgan jamol, kamol, husn; umum koinotda bo’lgan umum jamollardan, kamollardan, husnlardan g’ayri mutanohiy darajalar bilan yuksakdir. Zero ehson in'om qilganning sarvatidan vujudga keladi va sarvatiga dalildir. Ijod, ijod qilganning vujudiga dalolat qiladi. Ijob, mujibning vujudiga burhondir. Berilgan husn, berganning husniga dalildir. Va shuningdek, Sone'-i Zuljalol, butun navoqisdan pok va munazzahdir. Chunki nuqsoniyat moddiyotning mohiyatlaridagi iste'dodning qillatidan kelib chiqadi. Holbuki Janobi Haq moddiyotdan emas. Va shuningdek, Sone'-i Qadimi Azaliy koinot ixtivo etgan ashyoning jismiyat, jihatiyat, tag’ayyur, tamakkun kabi istilzom etganlari lavozim va avsofdan bariy va munazzahdir. Qur'oni Karim shu ikki haqiqatga "Allohga misl qilmang!" ma'nosida bo’lgan

فَلَا تَجْعَلُوا لِلّٰهِ اَنْدَادًا

oyati bilan ishorat qilgan.

Dalili Imkoniy: Bu oyatning Sone'ning vujudiga ishorat qilgan dalillaridan birisi ham "dalili imkoniy"dirki,

وَاللّٰهُ الْغَنِىُّ وَاَنْتُمُ الْفُقَرَٓاءُ

oyati bilan ishorat qilingan. Bu dalilning xulosasi: Koinot ixtivo etgan zarralardan har birining kerak bo’lsa zotida, kerak bo’lsa sifatida, kerak bo’lsa ahvolida va kerak bo’lsa vujudida g’ayri mutanohiy imkonlar, ehtimollar, mushkulotlar, yo’llar, qonunlar bor ekan; birdaniga u zarra g’ayri mutanohiy yo’llardan muayyan bir yo’lga suluk etadi. Va g’ayri mahdud hollardan bir vaziyatga kiradi. Va g’ayri ma'dud sifatlardan bir sifat bilan vasflanadi va to’g’ri bir qonun asosida muqaddar bir maqsad uchun harakatni boshlaydi va vazifa o’laroq mas'uliyatiga topshirilgan har qaysi bir hikmat va bir g’oyani darhol intoj etadiki, u hikmat va u g’oyaning hosil bo’lishi, faqat u zarraning u tur harakati bilan bo’lishi mumkin. Ajabo, shu qadar yo’llar va ehtimollar orasida u zarraning mojarosi, lisoni holi bilan Sone'ning qasd va hikmatiga dalolat qilmaydimi?

Xullas, har bir zarra, -mustaqillan- bir o’zi Sone'ning vujudiga dalolat qilgani kabi, kichik-katta har qaysi bir tashakkulga kirsa yoki qaysi bir murakkabga juz bo’lsa, kirgan va juz bo’lgan u maqomlarda qozongan nisbatga ko’ra Sone'iga bo’lgan dalolatini muhofaza qiladi.

Bu oyatning maqobli bilan jihati irtibotiga kelsak:

Qachonki Qur'oni Karim: Birinchisi, muttaqi mo’'minlar; ikkinchisi, qaysar kofirlar; uchinchisi, ikkiyuzlamachi munofiqlar bo’lib insonlarni uch qismga ayirdi.. va oralarida taqsimot va tashkilot qildi. Va har bir qismning sifotini va oqibatini bayon qildi. So’ngra

يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا

oyati bilan har uch qismga tavjihi xitob etib ularni ibodatga amr va da'vat qildi. Demak, bu oyatning avvalgi oyatlarga tarattubi va ularni ta'qib qilishi; xona va binoning muhandisning chizmasiga, amalning ilmga, qazoning qadarga tarattubi va bir-birini ta'qib qilishlari kabidir. Darhaqiqat, avvalgi oyatlarda qilingan tashkilot va taqsimot, chizma va rejadan so’ngra bu oyatda ibodat binosining qilinishiga amr berilgan. Va u oyatlarda berilgan xabar va ma'lumotdan so’ngra, bu oyatda amal va ibodatga amr qilingan. Va ularda yozilgan sifot va istihqoqlarga ko’ra, bu yerda amr va nahiylar bilan hukmlar berilgan. Va shuningdek, avvalgi oyatlarda insonlarning taqsimoti, ahvol va sifoti zikr qilingandan so’ngra, maqomning iqtizosi bilan, bu oyat ularni ta'qib etgan.

Qachonki Qur'oni Karim insonlarning har uch guruhidan bahs qildi va har bir guruhning sifotini va oqibatini aytdi; sami'ning orzusi va maqomning iqtizosiga binoan, Qur'oni Karim g’aybdan xitobga intiqol etib ularga qarshi shu xitobda bo’ldi. Darhaqiqat, ba'zi odamlar haqida g’oyibona gapirganlar oxirida gaplarini xitobga aylantirishlarida ana shunday bir nukta-i umumiya bor:

Masalan: Bir shaxsning yaxshiligidan yoki yomonligidan bahs qilinarkan xoh gapirganda, xoh tinglaganda, yo tahsin yoki tal'in uchun bir mayl uyg’onadi. So’ngra bora-bora u mayl shunday kasbi shiddat etadiki, sohibini u shaxs bilan ko’rishib so’z bilan gapirishga quvvatli bir orzu uyg’otadi. Bu yerda sami'larning u mayllarini qondirish bilan, maqomning iqtizosiga binoan Qur'oni Karim ularni sami'larning huzuriga olib borib o’zlariga xitob bilan tavjihi kalom etgan. Bu oyatda g’aybdan xitobga qilingan iltifot va intiqolda xususiy bir nukta ham borki; ibodat bilan qilingan taklifdan hosil bo’lgan mashaqqat, xitobi Ilohiydan nash'at etgan zavq va lazzat bilan qarshilanadi va insonlarga og’ir kelmaydi. Va shuningdek, xitob surati bilan ibodatni taklif qilish, abd bilan Xoliq orasida vosita bo’lmasligiga ishoratdir.

Ey birodar! Bu oyatning jumlalarini bir-biri bilan nazm etgan munosabatlar esa:

يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا

jumlasida amr va xitob, o’tgan har uch guruhni tashkil qilgan mo’'min, kofir va munofiqlarning moziy, hol va istiqbolda vujudga kelgan yoki keladigan butun afrodini ixtivo etgan tabaqalarga xitobdir. Shunga binoan, اُعْبُدُوا vovining marji'ida dohil bo’lgan komil mo’'minlarga ko’ra اُعْبُدُوا ibodatga davom va sabot etishga amrdir. O’rta darajadagi mo’'minlarga nazaran, ibodatning orttirilishiga amrdir. Kofirlarga ko’ra, ibodatning sharti bo’lgan iymon va tavhid bilan ibodatning qilinishiga amrdir. Munofiqlarga nazaran, ixlosga amrdir. Shunga binoan, اُعْبُدُوا ifoda qilgan ibodat kalimasi, mukallafiynga ko’ra mushtaraki ma'naviy hukmidadir.

رَبَّكُمْ Ya'ni: Sizni tarbiya qilgan va o’stirgan Udir. Va sizning murabbiyingiz Udir. Shunday ekan, siz ham Unga ibodat qilish bilan abd bo’ling!

Ey birodar! Qachonki Qur'oni Karim ibodatni amr qildi. Ibodat esa uch narsadan so’ngra bo’lishi mumkin. Birinchisi: Ma'budning mavjud bo’lishi. Ikkinchisi: Ma'budning vohid bo’lishi. Uchinchisi: Ma'budning ibodatga istihqoqi borligidir. Qur'oni Karim u uch muqaddar savolga ishorat qilish bilan birga shartlarining dalillarini ham zikr qilarkan, Ma'budning vujudiga doir bo’lgan dalillari ikki qismga ayrilgan:

Birisi:

Xorijdan olingan dalillardirki, bunga ofoqiy deyiladi.

Ikkinchisi:

Insonlarning nafslaridan olingan burhonlar. Bunga anfusiy tasmiya etiladi. Anfusiy bo’lgan qismi ham biri nafsiy, boshqasi usuliy bo’lib, ikki qismga taqsim qilingan.

Demak, Ma'budning vujudiga uch xil dalil bordir: Ofoqiy, nafsiy, usuliy.

Avvalo, eng zohir va eng yaqin bo’lgan nafsiy dalilga اَلَّذ۪ى خَلَقَكُمْ jumlasi bilan, usuliy dalilga ham وَالَّذ۪ينَ مِنْ قَبْلِكُمْ jumlasi bilan ishorat qilgan. So’ngra, ibodat insonlarning xilqat va yaratilishiga ta'liq etilgan.

Ibodatning xilqati basharga tarattubi ikki narsadan kelib chiqadi: Yo insonlar ilk yaratilishida ibodatga iste'dodli va taqvoga qobiliyatli tarzda yaratilganlar. Va u iste'dodni va u qobiliyatni ularda ko’rgan, ularning ibodat va taqvo vazifalarini qilishlarini qoviyyan umid qiladi. Va yoxud insonlarning xilqatidan va ma'mur bo’lgan vazifalaridan va tavajjuh etgan kamollaridan maqsad, ibodatning kamoli bo’lgan taqvodir.

لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ Shu jumla har ikki nuqtaga ham tatbiq qilinishi mumkin. Ya'ni: "Iste'dod va qobiliyatingizda ekilgan yoki vazifa va xilqatingizdan qasd qilingan taqvoning quvvadan fe'lga chiqarilishi lozim''.

So’ngra, Qur'oni Karimda Ma'budning vujudiga oid ofoqiy dalillarning eng qoribiga

جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ فِرَاشًا

jumlasi bilan ishorat qilingandir. Va bu ishoratdan, Arzning bu shaklga keltirilishi bilan navi basharga va boshqa hayvonotga qobili sukna tarzida hozir saqlanishi, faqat Allohning ja'li bilan (yaratishi bilan) tabiatning va sabablarning ta'siri bilan bo’lmaganiga bir ramz bor. Chunki ta'siri haqiqiyning sabablarga berilishi, bir navi shirkdir.

وَالسَّمَٓاءَ بِنَٓاءً jumlasi bilan, Sone'ning vujudiga bo’lgan ofoqiy dalillardan eng oddiy va eng yuksagiga ishorat qilingan.

So’ngra, murakkabot va mavalidning vujudi Sone'ga vajhi dalolatlariga,

وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً ‌الخ

jumlasi bilan ishorat qilingan.

So’ngra, o’tgan dalillarning har birisi alal infirod, ya'ni bitta-bittalab Sone'ning vujudiga dalolat qilgani kabi, hay'ati majmuasi ham Sone'ning vahdatiga ishoratdir.

So’ngra, ne'matlarning mansha'i va manbai bo’lgan olamning nizomiga ishorat qilgan u jumlalarning surati tartibi رِزْقًا لَكُمْ ning dalolati bilan barobar, Ma'budning ibodatga mustahaq ekaniga dalolat qiladi. Chunki ibodat, shukrdir. Shukr mun'imga qilinadi; ya'ni, ne'matlarni bergan zotga shukr qilish vojibdir.

So’ngra, رِزْقًا لَكُمْ jumlasidan, Arz va Arzdan chiqqan mavalid, ya'ni Arzning samaralari insonlarga xodim bo’lganlari kabi, insonlar ham ularning Sone'iga xodim bo’lishlari lozimligiga bir ramz bor.

فَلَا تَجْعَلُوا لِلّٰهِ اَنْدَادًا jumlasi esa, o’tgan jumlalarning har biri bilan aloqadordir. Ya'ni: Robbingizga ibodat qilganingizda sherik qilmanglar. Zero Robbingiz faqat Allohdir. Sizni navingiz bilan barobar yaratgan Udir. Va Arzni sizga maskan sifatida tayyorlagan Udir. Samoni sizning binongizga shift qilib yaratgan Udir. Va sizning rizq maishatingizni tadorik uchun suvlarni yuborgan Udir. Xulosa, butun ne'matlar unikidir; shunday ekan, butun shukrlar va ibodatlar ham faqat Ungadir.

Birodar! Bu oyat tazammun etgan jumlalarning holat va nuktalariga kelaylik:

Avvalo: Qur'oni Karimda kasrat bilan zikr qilingan يَٓا اَيُّهَا bilan qilingan xitob va nido uch vajh bilan va uch adat bilan ta'kid qilingan.

Birisi:

Iqozni ifoda qilgan va iqoz uchun ishlatilgan يَا harfidir.

Ikkinchisi:

Alomatlarni qidirish bilan bir narsani topish uchun ishlatilgan اَىُّ kalimasidirki, turkchada "qaysi" kalimasi bilan tarjima qilinadi.

Uchinchisi:

G’aflatdan uyg’otish uchun ishlatilgan هَا harfidir. Bu ta'kidlardan anglashiladiki, bu yerda shu tarz bilan qilingan nido va xitob ko’p foydalarga va nuktalarga ishoratdir.

Azjumla, birinchisi: Insonlarga ibodatlarning taklifidan hosil bo’lgan mashaqqatning, xitobi Ilohiyga mazhariyatdan nash'at etgan zavq va lazzat bilan taxfif etilishidir. Ikkinchisi: Insonning g’oyibona bo’lgan past martabasidan huzurning yuksak maqomiga chiqishi faqat ibodat vositasi bilan bo’lishiga ishoratdir. Uchinchisi: Muxotobning uch jihatdan ibodatga mukallaf bo’lishiga ishoratdir. Qalbi bilan taslim va inqiyodga, aqli bilan iymon va tavhidga, badani bilan amal va ibodatga mukallafdir. To’rtinchisi: Muxotobning mo’'min, kofir, munofiq bo’lib uch qismga ayrilishiga ishoratdir. Beshinchisi: Insonlarning yuksak, o’rta, avom tabaqalariga xitobning shomil bo’lishiga ishoratdir. Oltinchisi: Insonlar orasida qilingan nido va xitoblarda odat bo’lgan narsalarga ishoratki; inson avvalo ko’rgan odamini chaqiradi va to’xtatadi. So’ngra kim bo’lganini anglash uchun alomatlariga diqqat qiladi. So’ngra maqsadini tushuntiradi. Xulosa: Mazkur xitob o’tgan uch jihatdan ta'kid qilingan shu nuktalarga ishoratdir.

يَا bilan nido qilingan insonlar g’ofil, g’oyib, hozir, johil, mashg’ul, do’st, dushman kabi ko’p muxtalif tabaqalarni qamragan. Bu muxtalif tabaqalarga ko’ra يَا ning ifodasi o’zgaradi. Masalan: G’ofilga qarshi tanbehni ifoda qiladi; g’oyibga ihzorni; johilga ta'rifni; do’stga tashviqni; dushmanga tavbix va taqri'i kabi har tabaqaga munosib bir ifodasi bor. So’ngra maqom qurbni iqtizo qilgani holda, uzoqlarga maxsus bo’lgan يَا adatining ishlatilishi bir nechta nuktaga ishoratdir:

1- Taklif qilingan omonat va ibodatning juda katta bir yuk ekaniga;

2- Daraja-i ubudiyatning martaba-i Uluhiyatdan juda uzoq ekaniga;

3- Mukallaflarning zamon va makon e'tiboridan xitobning vaqt va mahallidan iroq bo’lishiga;

4- Insonlarning daraja-i g’aflatlariga ishoratdir.

Muzafun ilayhsiz zikr qilinganidan umumiy bir tavassumni ifoda qilgan اَىُّ kalimasi; xitob umum koinotni qamraganini, yolg’iz farzi kifoya surati bilan hamli omonatga va ibodatga insonlarning taxsis etilganlariga ishoratdir. Shunday ekan, ibodatda insonlarning qusurlari, umum koinotga tajovuzdir.

So’ngra اَىُّ kalimasida bir ijmol va bir ibhom bor, chunki izofasiz zikr qilingan. Uning u ibhom va ijmoli نَاسْ kalimasi bilan izola va tafsil qilinganidan, oralarida bir ijmol va tafsil jazolati hosil bo’lgan.

هَا : اَىُّ ning muzafun ilayhiga i'vaz bo’lish bilan barobar, يَا adati bilan chaqirilganlarni tanbeh uchundir.

نَاسْ aslida nisyondan olingan bir ismi foildir, vasfiyati asliyasi mulohazasi bilan insonlarni tanbeh qilishga ishoratdir. Ya'ni: Ey Insonlar! Nima uchun miysoqi azaliyni unutdingiz... Faqat bir jihatdan ham insonlarga bir ma'zarat yo’lini ko’rsatadi. Ya'ni: Sizning u miysoqni tark qilishingiz a'mdan emas, balki sahv va nisyondan kelib chiqqandir.

اُعْبُدُوا nidoga javobdir. Mo’'min, kofir, munofiq bo’lgan o’tgan tabaqalar nido bilan chaqirganlaridan; اُعْبُدُوا amri davom, itoat, ixlos, tavhid kabi har tabaqaga munosib bir ma'noni ifoda qiladi.

رَبَّكُمْ : Rob unvoni اُعْبُدُوا bilan taklif qilingan ibodatga bir illat va bir sababga ishoratdir. Ya'ni: Sizning tarbiyangiz Robbingizning qo’lida bo’lganidan, doimo unga muhtojsiz. Va tarbiyangizga lozim bo’lgan butun lavozimotni bergan Udir. Uning u ne'matlariga shukr lozim. Shukr esa faqat ibodatdir.

اَلَّذ۪ى خَلَقَكُمْ : اَلَّذ۪ى Asmo-i mubhamadan bo’lgani uchun, marji' va madluli faqat sila deyilgan dohil bo’lgan jumla bilan ma'lum bo’ladi. Masalan: اَلَّذ۪ى جَٓاءَكَ deyilgan zamon, kelgan odamning yolg’iz senga kelish bilan ma'lumiyati bor, boshqa jihatdan ma'lumiyati yo’q. Shunga binoan, bu yerda رَبَّ kalimasining اَلَّذ۪ى bilan vasflantirilishi Janobi Haqning ma'rifati, haqiqati bilan bo’lmasdan, faqat af'ol va osori bilan bo’lishiga ishoratdir.

Ijod, insho yoki boshqa bir kalimaga tarjihan yaratilishning go’zal shaklini ifoda qilgan خَلَقَ ta'biri, insonlardagi iste'dodning to’g’ri va istiqomatli ibodatga munosib ekaniga ishoratdir. Va shuningdek, ibodat yaratilishning ujrati va natijasidir. Be e'tibor bilan savob, ibodatning ujrati bo’lmasdan, faqat Janobi Haqning karamidan ekaniga ishoratdir.

وَالَّذ۪ينَ مِنْ قَبْلِكُمْ : Marji' va madlulining adami ma'lumiyatiga dalolat qilgan اَلَّذ۪ينَ avvalgi insonlarning o’lim bilan mahv bo’lib ketganlariga va ularning ahvolini bildiradigan bir ma'lumot bo’lmaganiga va yolg’iz siz kabi bir qism maxluqlar ularning yerlariga kelish bilan, o’sha mahv bo’lgan insonlarning ta'riflari mumkin bo’lishiga ishoratdir.

لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ : لَعَلَّ kalimasi umid va rijoni ifoda qiladi. Faqat bu ma'no -haqiqati bilan- Janobi Haq haqida iste'mol qilinolmaydi. Shunga binoan, yo majozan iste'mol qilinadi. Yoki muxotoblarga va yoxud sami' va mushohidlarga isnod qilinadi. Ma'no-i majoziy bilan Janobi Haq haqida isnod etilishi shunday tasvir qilinadi: Qandayki bir inson bir ish uchun bir odamni tajhiz qilgan vaqti, u ishning u odamdan qilinishini umid qiladi. Shuning kabi -bila tashbeh- Janobi Haq insonlarga kamol uchun bir iste'dod, taklif uchun bir qobiliyat va bir ixtiyor bergan. Bu e'tibor bilan Janobi Haq insonlardan u ishlarning qilinishini intizor etadi, deyish mumkin. Bu tashbeh va istiorada xilqati bashardagi hikmatning taqvo ekaniga va ibodatning ham natijasi taqvo ekaniga va taqvoning ham eng buyuk martaba bo’lishiga ishorat bor.

Rijo ma'nosining muxotoblarga atf etilishi shunday izoh qilinadi:

Ey muxotob bo’lgan insonlar! Xavf va rijo o’rtasida bo’lish bilan, taqvoni rijo etib Robbingizga ibodat qilinglar. Bu e'tibor bilan inson ibodatiga e'timod etmasligi kerak va doimo ibodatining ortishiga harakat qilishi kerak.

Rijo ma'nosi sami' va mushohidlarga ko’ra bo’lsa, shunday ta'vil etiladi:

Ey mushohidlar! Arslonning panjasini ko’rgan odam, u panjaning iqtizosi bo’lgan parchalashni arslondan umid va rijo qilgani kabi; siz ham insonlarni ibodat tajhizoti bilan mujahhaz bo’lganini ko’rganingizdan, ulardan taqvoni rijo va intizor etib bilasiz. Va shuningdek, ibodatning fitriy bir iqtizo natijasi ekaniga ishoratdir.

تَتَّقُونَ : Taqvo, tabaqoti mazkuraning ibodatlariga tarattub etganidan, taqvoning butun qismlarini, martabalarini ham shomildir. Masalan: Shirkdan taqvo, kaboirdan, mosivoullohdan qalbini hifz etish bilan taqvo, i'qobdan ijtinob etish bilan taqvo, g’azabdan tahaffuz etish bilan taqvo. Demak, تَتَّقُونَ kalimasi bu kabi martabalarni tazammun etadi. Va shuningdek, ibodatning faqat ixlos bilan ibodat bo’lishiga va ibodatning yolg’iz vasila bo’lmasdan maqsudi bizzot bo’lishiga va ibodatning savob va i'qob uchun qilinmasligi luzumiga ishoratdir.

اَلَّذ۪ى جَعَلَ لَكُمُ الْاَرْضَ فِرَاشًا وَالسَّمَٓاءَ بِنَٓاءً

Qur'oni Karim bu jumla bilan bayon qilgan qudrati Ilohiyaning azamati bilan insonlarni ibodatga tashviq qilib hayajonga keltiradi. Shundayki:

Ey insonlar! Arz va samoni sizlarga mute' va xizmatkor qilgan Zot, qilgan shu yaxshilikka badal ibodatga mustahaqdir; ibodatini qilinglar. Va shuningdek, insonlarning fazilatiga va yuksak bir qiymatga molik bo’lganiga va indalloh mukarram ekaniga bir imodir. Xuddi basharga amr qiladi: Ey bashar! Yuksak va past butun ajromni sizning istifodangizga taxsis etish bilan sizlarga bu qadar e'zoz va ikromlarda bo’lgan Janobi Haqqa ibodat qiling! Va sizlarga qilgan ikromiga qarshi layoqatingizni izhor qiling. Va shuningdek, sabablar va tabiatga ta'sirning berilishini rad qiladi. Shundayki:

Ey inson! Shu ko’rganingiz yerlar, ko’klar; sifatlari bilan barobar, bir Xoliqning yaratishi bilan, qasdi bilan, taxsisi bilan va bir nozimning nazmi bilan hosil bo’lib bu intizomni topganlar. Ko’r tabiatning bu qadar katta narsalarda yeri bo’lmagani kabi, eng kichik narsalarda ham yeri yo’q. Va shuningdek, sifatlar ham mumkinotdan bo’lish jihatlari bilan, Sone'ga dalolat qilganlariga ishoratdir. Zero jismlarni tashkil qilgan zarralar, kattalik-kichiklik, xunuklik-go’zallik kabi g’ayri mutanohiy ahvol va vaziyatlarni qabul qilishda teng. Ya'ni, bir zarraning ming vaziyatni qabul qilishga qobiliyati bor; va bir holat minglab zarralarga hol bo’lishi mumkin. Shunga binoan, go’zallik kabi bir sifat minglarcha zarralarga va demakki jismlarga sifat bo’la olgani holda, shu qadar imkonot va ehtimollar ichida muayyan bir jismga ta'yin qilingan vaqt; har holda bir qasd bilan, bir hikmat ostida, bir zotning iroda va taxsisi bilan, minglarcha jismlar orasida u jism u sifatga mavsuf qilingan.

لَكُمُ : Bu ل ixtisos uchun emasdir, faqat sababiyatni ifoda qiladi. Ya'ni, Arzning tafrishiga sabab, ya'ni vasila, insondir. Bu musofirxonadagi ziyofat uning nomiga berildi. Faqat istifoda insonlarga maxsus va munxasir emas. Shunday ekan, insonlarning ehtiyojidan, istifodasidan ortiq qolganga abas deb bo’lmaydi.

فِرَاشًا : Bu ta'bir g’arib bir nukta-i balog’atga ishoratdir. Chunki Arzning siklati sababli suvga botib yo’qolishi tabiatining ijobotidan bo’lgani holda, Janobi Haq marhamati bilan bir qismini tashqarida qoldirib, insonlar uchun bir maskan va ne'matlariga bir moida, ya'ni bir dasturxon bo’lish uchun tafrish etgan.

Va shuningdek, فِرَاشًا ta'biridan anglashilyaptiki: Arz bir xonaning poydevori kabi inson va hayvonlarga farsh va bast etilgan. Shunday ekan, Arzdagi nabotot va hayvonot, xonadagi afrodi oila bilan arzoq va boshqalar kabi lavozimi baytiya hukmidadir.

Va shuningdek, فِرَاشًا ta'biridan anglashiladiki, Arz tosh kabi zarang va qattiq emaski, qobili sukna bo’lmasin va suv kabi mayi' ham emaski, ziroat va istifodaga qobil bo’lmasin. Balki o’rta bir vaziyatda yaratilganki, ham maskan, ham mazraa bo’lsin. Bu ikki foydaning taxti ta'minga olinishi, albatta va albatta bir maqsad, bir hikmat va bir nizom bilan bo’lishi mumkin.

وَالسَّمَٓاءَ بِنَٓاءً : Samoning insonlarga bir shift, bir tom kabi yaratilishi, yulduzlarning u tomda osilgan qandillar kabi bo’lishlarini istilzom etadiki, tashbeh tamom bo’lsin. Shunday ekan, g’ayri mutanohiy shu bo’shliqda tarqoq bir shaklda yulduzlarning borligini, aqllarni hayratda qoldirgan nizom va intizomli vaziyatlarini ko’r tasodifga isnod etib bo’lmaydi.

S: Inson Arzga nisbatan bir zarradir; Arz ham koinotga nazaran bir zarradir; va shuningdek, insonning bir fardi naviga nisbatan bir zarradir; navi ham boshqa sheriklari bo’lgan anvo' ichida bir zarra kabidir. Va shuningdek, aql tushuna olgan g’oyalar, foydalar hikmati azaliya va ilmi Ilohiydagi foydalarga nisbatan bir zarradan yanada pastdir. Shunga binoan, bunday bir olamning insonning istifodasi uchun yaratilgani aqlga sig’maydi?

J: Darhaqiqat, zohirga qaralsa inson bir zarra hukmidadir. Faqat inson tashigan ruhga, boshiga taqqan aqlga, qalbida olib yurgan iste'dodlarga nazaran bu olami shahodat tordir, isti'ob etolmaydi. Faqat u ruhning orzularini va u aqlning fikrlarini va u iste'dodlarning mayllarini tatmin va ta'min qiladigan, olami oxiratdir. Va shuningdek, istifoda xususida muzohama, mumona'a va tajazzi yo’q; bir kulliyning juz'iyotiga nisbati kabi. Qandayki bir kulliy butun juz'iyotida mavjud bo’lgani holda, na u kulliyda tajazzi va inqisom bo’ladi va na juz'iyotida muzohama va mudofaa bo’ladi. Kura-i Arzdan ham minglarcha mustafid bo’lsa, na oralarida bir muzohama bo’ladi va na Kura-i Arzda bir nuqsoniyat paydo bo’ladi. Yolg’iz insonning indalloh mukarram ekani uchun, olami shahodatning yaratilishida inson illa-i g’oya manzilasida ko’rsatilgan. Va insonning xotiri uchun butun anvo'ga bir umumiy ziyofat berilgan. Bu esa, butun olamning foydalari insonga munxasir bo’lib, boshqalarga hech bir foydasi yo’q degani emas.

وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاَخْرَجَ بِه۪ مِنَ الثَّمَرَاتِ رِزْقًا لَكُمْ

Inzolning Janobi Haqqa bo’lgan isnodidan anglashilyaptiki, yomg’irning qatralari sohibsiz emas; faqat bir hikmat ostida va bir nizomi qasdiy bilan tushadi. Chunki u masofa-i ba'idadan kelish bilan barobar; shamol va havo ham musodamalariga yordamchi bo’lgani holda, qatralarning oralarida musodama bo’lmaydi. Shunday ekan, u qatralar sohibsiz bo’lmasdan, yuganlari ularni tamsil etgan malaklarning qo’lidadir.

مِنَ السَّمَٓاءِ : Samo kalimasining zikri o’tganiga nazaran, maqom olmoshning yeri bo’lgani holda ismi zohir bilan zikr qilinishi, yomg’irlarning samo jirmidan emas, samo jihatidan kelganiga ishoratdir. Chunki, o’tgan samo kalimasidan maqsad, jirm emas, jihatdir.

مَٓاءً : Samodan kelgan qorlar, do’llar, suvlar bo’lgani holda yolg’iz suvlarning zikr qilinishi, eng katta istifodani ta'min qilgan, suv ekaniga ishoratdir. مَٓاءً kalimasida tankirni ifoda qilgan tanvin esa, yomg’ir suvining ajib bir suv bo’lib, nizomi g’arib, imtizojoti kimyoviyasi sizga majhul ekaniga ishoratdir.

فَاَخْرَجَ dagi ف muddat va muxlat bo’lmasdan, ta'qibni ifoda qiladi. Bunga binoan, samarotning ixroji, yomg’irning inzoli orqasidan bir muddat ora bermasdan hosil bo’lishi lozim. Holbuki ixroj bilan inzol orasida ancha zamon bor. Shunday ekan اَخْرَجَ، اَنْزَلَ ga atf emas. Lekin, inzolni ta'qib qilgan fe'llarning silsilasi olib tashlanib, u fe'llarning natijasi hukmida bo’lgan اَخْرَجَ، اَنْزَلَ ga atf etilgan. Taqdiri kalom shunday bo’lsa kerak:

وَاَنْزَلَ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَاهْتَزَّتِ الْاَرْضُ وَرَبَتْ وَاَخْضَرَتْ وَاَنْبَتَتْ فَاَخْرَجَ بِه۪ مِنَ الثَّمَرَاتِ

Bu e'tibor bilan inzolni ta'qib qilgan اِهْتَزَّتْ fe'lidir. ف ning ham asl mavqei اِهْتَزَّتْ dir.

بِه۪ dagi ب harfi, sababiyat bilan aralash ilsoq ma'nosidadir. Ya'ni: Suv samarotning hosil bo’lishiga sabab bo’lgani kabi, samarotga mulsaq, aralash, yopishganligidan ham, samarotning tarovat va yangiligini muhofaza qilishga vasiladir.

مِنَ الثَّمَرَاتِ dagi مِنْ bayon bilan aralash ibtidoni ifoda qiladi. Bu e'tibor bilan اَخْرَجَ ga maf'ul bo’lolmaydi. Faqat sami'ning fahmiga ko’ra tayin qilingan maf'uli muqaddardir.

مِنَ الثَّمَرَاتِ esa, u maf'ulga bayondir. Taqdiri kalom

فَاَخْرَجَ بِه۪ اَنْوَاعًا مِنَ الثَّمَرَاتِ

shaklidadir.

Nakra o’laroq رِزْقًا ning zikr qilinishi, bu rizqning qayerdan va nima bilan hosil bo’lgani sizga majhul ekaniga ishoratdir.

لَكُمْ dagi ل ajliyat va sababiyat uchundir. Ya'ni: Siz rizqning kelishiga sababsiz, ammo istifodasi sizga maxsus va munxasir emas va boshqalar ham tobe bo’lib istifodaga sherikdirlar. Va shuningdek, Janobi Haq sizlarga ne'matlarini taxsis etgani kabi, siz ham shukringizni unga taxsis etishingiz lozimligiga ishoratdir.

فَلَا تَجْعَلُوا لِلّٰهِ اَنْدَادًا : Boshda bo’lgan ف o’tgan to’rt bandga qaraydi. Ya'ni: Udir Ma'bud, sherik qo’shmang. Udir Qodiri Mutlaq, sherigi bor deb e'tiqod qilmang. Udir Mun'im, shukriga sherik qo’shmang. Udir Xoliq, boshqa bir xoliq taxayyul etmang.

تَجْعَلُوا : Bu ta'birning تَعْتَقِدُوا ta'biriga tarjihi, ular Allohga isnod etgan sheriklarning va misllarning asli va haqiqati bo’lmagani uchun, u uydirma sheriklarning e'tiqod qilinadigan narsalar bo’lmaganiga.. faqat uydirma ja'li narsalar ekaniga ishoratdir.

لِلّٰهِ : Lafza-i jalolning اَنْدَادًا ustiga taqdimi, Allohning doimo hozir bo’lganini o’ylash luzumiga; va nahiyning mansha'i, sherikning Alloh uchun qilinishi bo’lganiga ishoratdir.

اَنْدَادًا : Andad, "Nidd"ning jam'idir. "Nidd" esa, "misl" ma'nosidadir. Holbuki, Janobi Haqqa qilingan misl, uning ziddi bo’ladi. Bir narsa ham zid, ham misl bo’lolmaydi va bir narsaning ziddi unga misl bo’lolmaydi. Shunday ekan, misl bo’lishi, mislning maholiyatini istilzom etadi. "Andad"ning siyg’a-i jam' bilan zikri, mushriklarning jaholatiga ishoratdir. Ya'ni: "Hech bir jihatdan bir o’xshashi bo’lmagan Janobi Haqqa nega bir to’da misl va zid keltiryapsiz?" Va shuningdek, butun anvo'-i shirkning raddiga ishoratdir. Ya'ni: "Na zotida va na sifotida va na af'olida sherigi, shabihi yo’q." Va shuningdek, vasaniy, sobiiy, ahli taslis, ahli tabiat kabi zalolatdagi firqalar tavahhum etgan sheriklarning tabaqalariga ishoratdir.

Ixtor:

Vasaniy mazhabining mansha'i; yulduzlarni iloh deb e'tiqod qilish, hululni taxayyul etish, jismiyatni tavahhum etish kabi kulgili narsadir.

وَ اَنْتُمْ تَعْلَمُونَ : Bu jumla bilan oyatlarning oxirida zikr qilingan o’xshash jumlalar, Islomiyatning mansha'i ilm, asosi aql ekaniga ishorat qiladi. Shunga binoan, haqiqatni qabul va safsatali avhomni rad qilish Islomiyatning shonidandir.

تَعْلَمُونَ ga bir maf'ulning tarki ko’p maf'ullarning taqdiriga sabab bo’lgan. Demak, ijoz va ixtisor qilish bilan itnob va uzatishdan qochar ekan, yanada ziyoda itnobga, tatvilga sabab bo’lgan. Ya'ni: Allohdan boshqa ma'budingiz yo’qligini, boshqa xoliq mavjud emasligini, boshqa bir qodiri mutlaq va mun'imingiz mavjud emasligini bilingiz. Shuningdek bilinglarki, ular uydirgan aliha va asnam biror narsaga qodir emas, ular ham maxluq va maj'ul narsalardir.

* * *

Nubuvvat Haqida

وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا عَلٰى عَبْدِنَا فَاْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِه۪ وَادْعُوا شُهَدَٓاءَكُمْ مِنْ دُونِ اللّٰهِ اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ ٭ فَاِنْ لَمْ تَفْعَلُوا وَلَنْ تَفْعَلُوا فَاتَّقُوا النَّارَ الَّت۪ى وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ اُعِدَّتْ لِلْكَافِر۪ينَ

G’oyat qisqa bir maoli: Ya'ni "Abdimiz ustiga inzol etgan Qur'onimizda bir shubhangiz bo’lsa, Qur'onning mislidan bir sura keltiring; hamda Allohdan boshqa, ishlaringizda o’zlariga murojaat qilgan shuhado va muinlaringizni ham chaqiring, yordam bersinlar. Agar so’zingizda sodiq bo’lsangiz, hammangiz barobar harakat qilinglar, Qur'onning mislidan bir sura keltiringlar. Agar bir misl keltirolmagan taqdiringizda, tabiiyki keltirolmaysiz ham, shunday bir otashdan saqlaningizki, o’tini insonlar bilan toshlardir."

Muqaddima

Kitobning avvalida bayon qilingani kabi, Qur'oni Karim ta'qib qilgan asos maqsad to’rttadir. Birinchi maqsadi bo’lgan "tavhid" avvalgi oyat bilan bayon qilingan. Bu oyat bilan ham ikkinchi maqsad bo’lgan "nubuvvat" bayon va izoh qilingan. Yolg’iz bir narsa borki, bu oyat nubuvvati Muhammadiyaning (S.A.V.) isboti haqidadir; nubuvvati mutlaqa haqida emas. Holbuki maqsad, mutlaq nubuvvatdir. Faqat kulliy juz'iyda dohildir. Juz'iyning isboti bilan kulliy ham isbot qilingan bo’ladi. Bu oyat Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning nubuvvatini eng buyuk mo’'jizasi bo’lgan i'jozi Qur'ondan bahs bilan isbot qiladi. U zotning (S.A.V.) nubuvvatiga doir daloil boshqa risolalarimizda bayon qilingan. Bu yerda yolg’iz bir qismini xulosatan olti masala ichida bayon qilamiz:

Birinchi Masala:

Anbiyo-i solifinda nubuvvatga mador va asos tutilgan nuqtalar va ularning ummatlari bilan bo’lgan muomalalari haqida -yolg’iz zamon va makonning ta'siri bilan ba'zi xususot mustasno bo’lish sharti bilan- qilinadigan to’liq bir taftish va tekshirish natijasida, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamda yanada akmal, yanada yuksagi bo’lgani tahaqquq etadi. Shunga binoan, nubuvvat martabasiga noil bo’lganlarning hay'ati majmuasi, mo’'jizalari bilan va boshqa ahvollari bilan, lisoni hol va qol bilan, navi basharning sinni kamolga kelganida Ustoz-ul Bashar unvonini tashigan Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning sidqi nubuvvatiga e'loni shahodat qilganlar. U Hazrat ham (S.A.V.) butun mo’'jizalari bilan Sone'ning vujud va vahdatini nurli bir burhon o’laroq olamga e'lon qilgan.

Ikkinchi Masala:

U zotning (S.A.V.) avval va oxir butun ahvol va harakoti nazari diqqatdan o’tkazilsa, har bir harakati, har bir holi horiquloda bo’lmasa ham, uning sidqiga dalolat qiladi. Azjumla: G’or masalasida Abu Bakr-is Siddiq bilan barobar xalos va qutulish umidi tamomi bilan kesilgan bir onda,

لَا تَخَفْ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا

"Qo’rqma, Alloh biz bilan barobar" deya Abu Bakr-is Siddiqqa bergan tasalli va tavqi bashardan ustun bir jiddiyat bilan, bir matonat bilan, bir shijoat bilan, xavfsiz, taraddudsiz ko’rsatgan vaziyati; albatta sidqiga va nuqta-i istinodi bo’lgan Xoliqiga e'timod etishiga quyosh kabi bir burhondir. Shuning kabi, saodati dorayn uchun ta'sis qilgan asoslarida isobat etgani va izhor qilgan qavoidining haqiqat bilan muttasil va haqqoniyat bilan yopishgani, butun olamda mazhari qabul va tasdiq etilgan va etilyapti.

Ixtor:

U zotning (S.A.V.) ahvol va harakoti alohida-alohida, ya'ni bir-bir uning sidq va haqqoniyatini ko’rsatsa; hay'ati majmuasi uning sidqi nubuvvatiga shunday bir dalil bo’ladiki, shaytonlarni ham tasdiqqa majbur qiladi.

Uchinchi Masala:

U zotning (S.A.V.) sidqi nubuvvatini yozib tasdiq qilgan bir nechta sahifa bor. Hozir u sahifalarni o’qiymiz:

Birinchi Sahifa:

U hazratning zotidir. Faqat bu sahifani mutolaadan avval to’rt nuktaga diqqat lozimdir:

Birinchi Nukta:

لَيْسَ الْكَحَلُ كَالتَّكَحُّلِ

Ya'ni: Fitriy odamlarni kuldirish fe'li sun'iy kuldirish kabi emas. Ya'ni, yasama va sun'iy narsa qanchalik go’zal va naqadar komil bo’lsa bo’lsin, fitriy va tabiiy narsalarning martabasiga yetisholmaydi va uning o’rnida qoim bo’lolmaydi. Har holda sun'iylikning xatolari uning ahvolidan, atvoridan ma'lum bo’ladi.

Ikkinchi Nukta:

Axloqi oliyani va yuksak xulqlarni haqiqatga jipslashtirgan va u axloqni doimo yashattirgan, jiddiyat bilan sidqdir. Agar sidq ko’tarilib oraga kizb kirsa, shamollarga o’yinchoq bo’lgan yaproqlar kabi, u odam ham insonlarga o’yinchoq bo’ladi.

Uchinchi Nukta:

Mutanosib bo’lgan ashyo orasida mayl va jazba bor. Ya'ni, bir-biriga tamoyul etadilar va yakdigarlarini jalb qiladilar. Oralarida ittihod bo’ladi. Faqat bir-biriga zid bo’lgan ashyoning oralarida nafrat bor, hasad bo’ladi.

To’rtinchi Nukta:

Jamoatda bo’lgan quvvat fardda yo’q. Masalan, ko’p iplarning hay'ati majmuasi tashkil qilgan arqondagi quvvat, iplar bir-biridan alohida bo’lgan vaqt bo’lmaydi.

Bu nuktalar ko’z o’ngiga keltirilish bilan u hazratning sahifasi o’qilishi kerak. Ha, u zotning butun ishlari, siyratlari, tarixcha-i hayoti va boshqa ahvoli uning juda buyuk, azim axloq sohibi bo’lganiga shahodat qiladilar. Hatto dushmanlari ham uning axloq jihatidan juda yuksakligi sababli Muhammad-ul Amin bilan laqablantirganlar.

Ma'lumdirki, bir zotda ijtimo' etgan axloqi oliyaning imtizojidan izzati nafs, haysiyat, sharaf, viqor kabi; xasis, tuban narsalarga tanazzul etishga muso'ada etmagan yuksak hollar hosil bo’ladi. Ha, maloika uluvvi shonlaridan shaytonlarni rad qiladilar, qabul qilmaydilar. Shuning kabi, bir zotda ijtimo' etgan axloqi oliya; kizb, hiyla kabi tuban hollarni rad qiladi. Ha, yolg’iz shijoat bilan ishtihor etgan bir zot osonlikcha yolg’onga tanazzul etmaydi. Butun axloqi oliyani jam etgan bir zot qanday qilib yolg’onga va hiylaga tanazzul etadi, imkoni bormi?

Xulosa:

Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam o’z-o’ziga quyosh kabi bir burhondir. Va shuningdek, u zotning (S.A.V.) to’rt yoshdan qirq yoshga qadar o’tkazgan yoshlik davrida bir hiylasi, bir xiyonati ko’rilmagan va bir yolg’oni eshitilmagan. Agar u zotning yaratilishida, tabiatida bir nojo’yalik, bir yomonlik hissi va mayli bo’lgan bo’lsaydi; har holda yoshlik saiqasi bilan tashqariga chiqardi. Holbuki butun yoshini, umrini kamoli istiqomat bilan, matonat bilan, iffat bilan, bir ittirod va intizom ustida o’tkazgan, dushmanlari ham hiylaga ishorat qilgan bir holini ko’rmaganlar. Va shuningdek, yosh qirqqa yetganda yaxshi bo’lsin, yomon bo’lsin va qanday bir axloq bo’lsa bo’lsin rusux paydo qiladi, malaka holiga keladi, ortiq tarki mumkin bo’lmaydi. Bu zotning tom qirq yoshining boshida ekan qilgan u inqilobi azimni, olamga qabul va tasdiq ettirgan va olamni jalb va jazb ettirgan, u zotning (S.A.V.) avval va oxir hammaga ma'lum bo’lgan sidq va omonati edi. Demak, u zotning (S.A.V.) sidq va omonati da'vo-i nubuvvatiga eng buyuk bir burhon bo’lgandir.

To’rtinchi Masala:

Ikkinchi sahifani o’qiymiz. Bu sahifa moziy, ya'ni zamoni saodatdan avvalgi zamondir. Shu sahifa ichiga olgan anbiyo-i solifinning ahvol va qissalari u zotning sidqi nubuvvatiga bittadan burhondir. Yolg’iz to’rt nuktaga diqqat qaratish lozim:

Birinchi Nukta:

Inson bir fanning asoslarini va u fanning hayotiga taalluq etgan nuqtalarni bilish bilan, o’z o’rnida ishlatishga voqif bo’lgandan so’ngra da'vosini u asoslarga bino qilishi, u fanda mohir va mutaxassis ekaniga dalildir.

Ikkinchi Nukta:

Fitrati bashariyaning iqtizosidandirki; oddiy bir inson bo’lsa ham, hatto bola bo’lsa ham, hatto kichik bir qavm ichida bo’lsa ham, juda qiymatsiz bir da'vo xususida jumhurga muxolafat etib yolg’on aytishga jasorat qilolmaydi. Ajabo, juda buyuk bir haysiyat sohibi, olamshumul bir da'voda, juda qaysar va kasratli bir qavm ichida, ummiy, ya'ni o’qib-yozadigan sinfidan bo’lmagani holda, aqlning bir o’zi idrokdan ojiz bo’lgan ba'zi narsalardan bahs qilib kamoli jiddiyat bilan olamga nashr va e'lon qilishi uning sidqiga dalil bo’lgani kabi, u masalaning Allohdan ekaniga ham bir burhon bo’lmaydimi?

Uchinchi Nukta:

Ma'lumki, madaniy insonlarga ma'lum va maluf juda ko’p ilmlar, sifatlar, fe'llar borki, badaviylarga majhul bo’ladi va u kabi narsalardan xabarlari yo’q. Shunga binoan, ayniqsa o’tgan zamonlardagi badaviylarning ahvolidan bahs qilishni istagan bir odam, xayolan u zamonlarga, u cho’llarga borib ular bilan ko’rishishi kerak. Zero, ularning ahvolini yoddan, ularni ko’rmasdan muhokama qilish bilan istagan ma'lumotini qo’lga kiritolmaydi.

To’rtinchi Nukta:

Ummiy bir odam, bir fanning ulamosi bilan munoqashaga kirishib, baynal-ulamo ittifoqli bo’lgan masalalarni tasdiq va ixtilofli bo’lganlarni ham tasxix etsa; u odamning bu horiqo bo’lgan holi, uning juda ham yuksakligiga va ilmining ham vahbiy ekaniga dalolat qilmaydimi?

Bu to’rt nuktani ko’z o’ngingga keltir, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamga qara: U zot hamma tomonidan musallam ummiyligi bilan barobar, o’tgan anbiyo bilan qavmlarining ahvollarini ko’rgan va mushohada etgandek Qur'onning lisoni bilan aytgan. Va ularning ahvolini, sirlarini bayon qilib olamga nashr va e'lon qilgan. Ayniqsa, naql qilgan ularning qissalari, butun zakiylarning nazari diqqatini jalb qilgan da'vo-i nubuvvatini isbot qilish uchundir. Va naql qilgan asoslari, baynal-anbiyo ittifoqli bo’lgan qismni tasdiq, ixtilofli bo’lganni ham tasxix etib da'vosiga muqaddima qilgan. Xuddi u zot, vahyi Ilohiyning ma'kasi bo’lgan ma'sum ruhi bilan zamon va makonni tayy etib, u zamonning eng chuqur daralariga kirgan va ko’rganidek aytgan. Shunga binoan, u zotning bu holi uning bir mo’'jizasi bo’lib nubuvvatiga dalil bo’lgani kabi, avvalgi anbiyoning ham nubuvvat dalillari ma'naviy bir dalil hukmida bo’lib, u zotning nubuvvatini isbot qiladi.

Beshinchi Masala:

Asri saodatga va ayniqsa Jazirat-ul Arab masalasiga doirdir. Bunda ham to’rt nukta bor.

Birinchi Nukta:

Olamga ma'lumdirki, oz bir qavmning odatlaridan haqir, ahamiyatsiz bir odatni yo’qotish yoki zalil, miskin bir toifaning juz'iy, zaif xulqlarini raf' etish; buyuk bir hukmdorga, uzun zamonda, ham ko’p zahmatlarga bog’liqdir. Ajabo, hokim bo’lmaslik bilan barobar, oz bir zamonda, nihoyat darajada odatlariga mutaassib, qaysar va kasratli bir qavmda rusux va quvvat paydo qilgan odatlarni raf' va qalblarda istiqror paydo qilgan va zamonlar osha davom va istimror etgan axloqlarini tark ettirgan; ham yerlariga g’oyat yuksak odatlarni, go’zal axloqlarni ta'sis etgan bir zot horiquloda bo’lmaydimi?

Ikkinchi Nukta:

Yana olamga ma'lumki, davlat bir shaxsi ma'naviydir. -Bola kabi- tashakkuli, o’sishi tadrijiydir. Va shuningdek, yangi tashakkul etgan bir davlatning, bir millatning ruhigacha nufuz etgan eski bir davlatga g’olib bo’lishi yana tadrijiydir, zamonga mutavaqqifdir. Ajabo, Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning butun asosoti oliyani ichiga olgan va moddiy-ma'naviy butun taraqqiyot va madaniyati Islomiyaning eshigini ochgan, qisqa bir zamonda daf'atan tashkil qilgan bir davlat bilan dunyoning butun davlatlariga g’olib bo’lib moddiy-ma'naviy hokimiyatini muhofaza va ibqo ettirgan, horiqulodaligidan emasmi?

Uchinchi Nukta:

Ha, qahr va jabr bilan zohiriy bir hokimiyat, satxiy bir tahakkum, qisqa zamonda ibqo etilishi mumkin. Faqat butun qalblarga, fikrlarga, ruhlarga ijro-i ta'sir etib, zohiran va botinan o’ziga qabul qilish sharti bilan vijdonlar ustida hokimiyatini muhofaza va ibqo etish, -eng buyuk horiqo bo’lish bilan- faqat nubuvvatning xususiyatlaridan bo’lishi mumkin.

To’rtinchi Nukta:

Ha, tahdidlar bilan, qo’rquvlar bilan, hiylalar bilan afkori ommani boshqa bir majraga o’girtirish mumkin bo’ladi. Faqat ta'siri juz'iydir, satxiydir, muvaqqat bo’ladi. Muhokama-i aqliyani oz bir zamonda berkita oladi. Ammo irshodi bilan qalblarning tubigacha nufuz etish, hissiyotning eng noziklarini hayajonga keltirish, iste'dodlarning inkishofiga yo’l ochish, axloqi oliyani ta'sis va tuban xulqlarni imho va izola etish, javhari insoniyatdan pardani ko’tarib haqiqatni tashhir etish, hurriyati kalomga erkinlik berish, faqat shua-i haqiqatdan muqtabas horiquloda bir mo’'jizadir.

Ha, asri saodatdan avvalgi zamonlarda qalb qattiqligi va marhamatsizlik shunday darajaga yetgan ediki, erga berishdan or qilib qizlarini tiriklayin tuproqqa ko’mar edilar. Asri saodatda Islomiyat vujudga keltirgan marhamat, shafqat, insoniyat soyasida, avvallari qizlarini ko’markan mutaassir bo’lmagan odamlar, Islomiyat doirasiga kirgandan so’ngra chumolini ham bosmaydigan bo’ldilar. Ajabo, bunday ruhiy, qalbiy, vijdoniy bir inqilob hech bir qonunga tatbiq etilishi mumkinmi?

Bu nuktalarni jaybi qalbingga solgandan so’ngra, bu nuqtalarga ham diqqat qil:

1- Tarixi olamning shahodati bilan sobitki; barmoq bilan ko’rsatilgan eng buyuk bir dohiy, faqat umumiy bir iste'dodni ihyo va umumiy bir axloqni iqoz va umumiy bir hisni inkishof ettira oladi. Agar bunday bir hisni ham iqoz etolmagan bo’lsa, barcha harakatlari behuda ketadi.

2- Tarix bizga ko’rsatyaptiki; eng buyuk bir inson, hamiyati milliya, hissi uxuvvat, hissi muhabbat, hissi hurriyat kabi hissiyoti umumiyadan bir yoki ikki va yoxud uch hisni iqoz etishga muvaffaq bo’ladi. Ajabo, avvalgi zamonlarning jaholat, shaqovat, zulm zulmatlari ostida yashirin qolgan minglarcha hissiyoti oliyani, Jazirat-ul Arab mamlakatida, badaviy va tarqoq bir qavm ichida inkishof ettirish horiquloda emasmi? Ha, shamsi haqiqatning ziyosidandir.

Bu nuqtalarni aqliga sig’dira olmaganning Jazirat-ul Arabni biz ko’ziga tiqamiz. Ey muannid! Jazirat-ul Arabga bor, eng buyuk faylasuflardan yuztasini ham intihob et, barobar olib bor. Ular ham u yerda axloqning va ma'naviyatning inkishofi xususida harakat qilishsin. Muhammadi Arabiyning vahshatlar zamonida u vahshiy badaviylarga bergan jiloni sening faylasuflaring shu madaniyat va taraqqiyot davrida yuzda bir nisbatida bera oladilarmi? Chunki u zot bergan jilo; Ilohiy, sobit, layatag’ayyar bir jilodir va uning buyuk mo’'jizalaridan biridir.

Va shuningdek, bir ishda muvaffaqiyat qozonishni istagan odam, Allohning odatlariga qarshi safvat va muvofaqatini muhofaza etsin va fitratning qonunlariga kasbi muorafa etsin va hay'ati ijtimoiya robitalariga munosabat paydo qilsin. Aks holda fitrat adami muvafaqat bilan javob beradi.

Va shuningdek, hay'ati ijtimoiyada umumiy jarayonga muxolafat qilmaslik lozim. Muxolafat qilingan taqdirda, javonning ustidan yiqiladi, ostida qoladi. Shunga binoan, u jarayonlarda tavfiqi Ilohiyning muso'adasiga mazhariyati sababli, u javonning ustida Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamning haq bilan mutamassik bo’lgani sobit bo’ladi.

Ha, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam keltirgan shariatning haqoiqi fitratning qonunlaridagi muvozanani muhofaza qilgan. Ijtimoiyotning robitalariga lozim bo’lgan munosabatlarni ixlol etmagan. Zamon uzangan sari, oralarida ittisol paydo bo’lgan. Bundan tushuniladiki; Islomiyat navi bashar uchun fitriy bir dindir va ijtimoiyotni tazalzuldan viqoya etgan yagona bir omildir.

Bu nuktalar bilan shu nuqtalarni nazarga ol, Muhammadi Hoshimiy Alayhissalotu Vassalamga qara. U zot ummiyligi barobarida, bir quvvatga molik emasdi. Na uning va na ajdodining bir hokimiyatlari sabqot etmagandi; bir hokimiyatga, bir saltanatga mayllari yo’q edi. Bunday bir vaziyatda ekan, muhim bir maqomda, tahlikali bir mavqeda, kamoli vusuq va itminon bilan buyuk bir ishga tashabbus etdi. Butun afkori ommaga g’alaba qildi, butun ruhlarga o’zini sevdirdi, butun tabiatlarning ustiga chiqdi. Qalblaridan butun vahshat odatlarini, xunuk axloqlarni olib tashlab juda yuksak odot va go’zal axloqni ta'sis etdi. Vahshatning cho’llarida so’ngan qalblardagi qasovatni nozik hissiyot bilan tabdil ettirdi va javhari insoniyatni izhor etdi. Ularni u vahshat burchaklaridan chiqarib, avji madaniyatga yuksaltirdi va ularni u zamonga, u olamga muallim qildi. Va ularga shunday bir davlat tashkil qildiki, sahirlarning sehrlarini yutgan asoyi Muso kabi, boshqa zolim davlatlarni yutdi va navi basharni istilo qilgan zulm, fasod, ixtilol, shaqovat robitalarini yoqdi, yiqitdi va oz bir zamonda davlati Islomiyani sharqdan g’arbga qadar tavsi' ettirdi. Ajabo, u zotning shu mojarosi uning maslagi haq va haqiqat bo’lganiga dalolat qilmaydimi?

Oltinchi Masala:

Bu masala istiqbol sahifasiga qaraydi. Bu sahifada ham to’rt nukta bordir:

Birinchi Nukta:

Bir inson naqadar yuksak bo’lsa bo’lsin, faqat to’rt-besh fanda mutaxassis va malaka sohibi bo’lishi mumkin.

Ikkinchi Nukta:

Ba'zan bo’ladiki, ikki odam aytgan bir so’z, bir kalom mutafovit bo’ladi; birisining jahliga satxiyligiga, boshqasining ilmiga mahoratiga dalolat qiladi. Shundayki:

Bir odam o’ylamasdan, g’ayri muntazam bir suratda aytadi; boshqasi u so’zning avval va oxiriga qaraydi, siyoq va siboqini o’ylaydi va u so’zning boshqa so’zlar bilan munosabatlarini tasavvur qiladi va munosib bir mavqeda, munbit bir yerda zar' etadi. Xullas, bu odamning shu tarzi harakatidan daraja-i ilm va ma'rifati tushuniladi. Qur'oni Karim fanlardan bahs qilarkan, olgan fazlakalari bu kabi kalomlardandir.

Uchinchi Nukta:

Bu zamonda vositalar, asbob-uskunalar, sanoatning takammuli bilan bolalarning o’yinchoqlari kabi oddiylashgan ko’p narsalar borki, agar ular bundan ikki-uch asr avval vujudga kelgan bo’lsaydilar, horiqolardan sanalardilar. Shuning kabi, kalomlarda, so’zlarda ham zamonning ta'siri bor. Masalan, bir zamonda qiymatli bir so’zning boshqa bir zamonda qiymati qolmaydi. Shunga binoan, shu qadar uzun zamonlar, asrlar bo’yicha yoshligini, go’zalligini, totliligini, g’arobatini muhofaza qilgan Qur'on, albatta va albatta horiqodir.

To’rtinchi Nukta:

Irshodning tom va nafi' bo’lishining birinchi sharti, jamoatning iste'dodiga ko’ra bo’lishi lozim. Jamoat avomdir. Avom esa haqoiqni ochiq-oydin ko’rolmaydi, faqat ularga ma'lum va maluf uslub va ko’ylak ostida ko’ra oladi. Shuning uchunki, Qur'oni Karim yuksak haqoiqni mutashabehot deyilgan tashbehlar, misollar, istioralar bilan tasvir qilib, jumhurga, ya'ni avomi nosning fahmlariga yaqinlashtirgan. Va shuningdek, takammul etmagan avomi nosning tahlikali g’olatlarga tushmasligi uchun, hissi zohiriy bilan ko’rgan va e'tiqod etgan Quyosh, Arz kabi masalalarda ijmol va ibhom etgan bo’lsa ham, yana haqiqatlarga ishorat navidan ba'zi alomatlar, ishoratlar vaz' etgan.

Bu nuktalarni aqlingga qo’ygandan so’ngra, shu kelgan fazlakaga diqqat qil: Shariati Islomiya aqliy burhonlar ustida muassasdir. Bu shariat ulumi asosiyaning hayotiy nuqtalarini tamomi bilan tazammun etgan ulum va funundan mulaxxasdir. Ha, tahzib-ur ruh, riyozat-ul qalb, tarbiyat-ul vijdon, tadbir-ul jasad, tadvir-ul manzil, siyosat-ul madaniya, nizomot-ul olam, huquq, muomalot, odobi ijtimoiya va boshqalar kabi ulum va funun ixtivo etgan asosotning mundarijasi, shariati Islomiyadir. Va ayni zamonda, luzum ko’rilgan masalalarda, ehtiyojga ko’ra izohotda bo’lgan. Luzumli bo’lmagan yerlarda yoki zehnlarning iste'dodi bo’lmagan masalalarda va yoxud zamonning qobiliyati bo’lmagan nuqtalarda bir fazlaka bilan ijmol etgan. Ya'ni, asoslarni vaz' etgan, faqat u asoslardan olinadigan hukmlarni yoki asosotga bino qilinadigan furuotni aqllarning mashvaratiga havola qilgan. Bunday bir shariat ixtivo etgan fanlarning uchdan biri ham; shu zamoni taraqqiyda, eng madaniy yerlarda, eng aqlli bir insonda ham bo’lishi mumkin emas. Shunga binoan, vijdoni insof bilan ziynatlangan zot, bu shariat haqiqatining butun zamonlarda, ayniqsa eski zamonda, toqati bashariyadan xorij bir haqiqat ekanini tasdiq qiladi. Ha, zohiran Islomiyat doirasiga kirmagan dushman faylasuflari ham bu haqiqatni tasdiq qilganlar. Azjumla, Amerikalik faylasuf Karlayl -Olmon adibi shahiri Gyotedan naql qilib- Qur'onning haqoiqiga diqqat qilgandan so’ngra, "Ajabo, Islomiyat ichida olami madaniyatning takammuli mumkinmi?" deya so’ragan. Yana bu savolga javoban: "Ha, muhaqqiqlar hozir u doiradan istifoda etyaptilar." degan. Yana Karlayl: "Haqoiqi Qur'oniya tulu' etgan zamon otash kabi butun dinlarni yutdi. Zotan bu uning haqqi edi. Chunki Nasoro va Yahudiylarning xurofotlaridan bir narsa chiqmadi." degan. Xullas, bu faylasuf,

فَاْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِه۪ ‌ فَاِنْ لَمْ تَفْعَلُوا وَلَنْ تَفْعَلُوا فَاتَّقُوا النَّارَ ‌ الخ

bo’lgan oyati karimaning maolini tasdiq qilgan.

{(Hoshiya) Qirq yildan keyin nashr bo’lgan Risola-i Nurda Karlayl, Gyote va Bismark kabi qirqta mashhur faylasuflarning tasdiqlari bayon qilingan. Inshaalloh bu kitobning zaylida ham yoziladi.}

S- Xoh Qur'oni Karim bo’lsin, xoh tafsiri bo’lgan hadisi sharif bo’lsin; har fandan, har ilmdan bittadan fazlaka olganlar. Bir kitob yoki bir shaxsning yolg’iz fazlakalarni ihota etish bilan horiqo bo’lishi lozim kelmaydi. Bir shaxs juda ko’p fazlakalarni ihota qila oladi?

J- Bahs qilgan fazlakamiz, sallamahussalam fazlakalar emas. Faqat husni isobat bilan munosib bir mavqeda va munbit bir yerda, eshitilmagan ko’p ishoratlarni tazammun etish bilan iste'mol va zar' etilgan fazlakalardir. Qur'on yoki hadis olgan fazlakalar bu kabi fazlakalardir. Bu kabi fazlakalar tom bir malaka va ittilo'dan so’ngra hosil bo’lishi mumkinki, har bir fazlaka, ma'hazi bo’lgan fan yoki ilmning hukmida bo’ladi. Bu esa bir shaxsda bo’lolmaydi.

Aziz birodar! Bu masalalarda yozilgan muhokamalarning natijasi o’laroq shu kelgan qoidalarni ham ko’nglingga ol, senga lozim bo’ladi.

1- Bir shaxs ko’p fanlarda ixtisos sohibi bo’lolmaydi.

2- Ikki shaxsdan sudur etgan bir so’z, iste'dodlariga ko’ra tafovut etadi. Ya'ni, birisiga ko’ra oltin, boshqasiga nazaran ko’mir qiymatida bo’ladi.

3- Funun fikrlarning birlashishidan hosil bo’lib, zamonning o’tishi bilan takomul etadi.

4- Eski zamonda nazariy bo’lib, bu zamonda badihiy bo’lgan juda ko’p masalalar bor.

5- Zamoni moziy bu zamonga qiyos qilinolmaydi; oralarida ko’p farq bor.

6- Sahro va cho’l odamlari sodda va sof insonlar bo’lganidan, shaharliklarning madaniyat pardasi ostida yashira olgan hiyla va dasisalarni bilmaydilar va yashira olmaydilar. Har ishlari mardonadir, qalblari va lisonlari birdir.

7- Ko’p ilm va fanlar borki, odatlarning talqini bilan, vuqu'otning ta'limi bilan va zamon bilan, muhitning yordami bilan hosil bo’ladi.

8- Basharning nazari istiqbolga nufuz etolmaydi, xususiy holat va ahvolni ko’rolmaydi.

9- Bashar uchun bir umri tabiiy bo’lgani kabi, qilgan qonunlari uchun ham bir umri tabiiy bor; uning nihoyati bo’lgani kabi, buning ham nihoyati bor.

10- Insonlarning sifatlarida, tabiatlarida, ahvolida zamon va makonning ko’p ta'siri bor.

11- Eski zamonlarda horiqo deb sanalgan ko’p narsalar borki, mabadi va vasoitning takomuli bilan oddiy narsalar hukmiga o’tgan.

12- Daf'atan bir fanning ijodiga va ikmol etilishiga, bir zako-i horiqo bo’lsa ham, muqtadir bo’lolmaydi. U fan faqat bola kabi tadrijan kamolga erishadi.

Aziz birodarim! Bu qoidalarni alohida-alohida sanab boshingga qo’ygandan so’ngra, zamonning xayol va xulyalaridan, muhitning avhom va xurofotlaridan tajarrud et, ulardan tozalan; bu asrning sohilidan sho’ng’i, Jazirat-ul Arab yarim oroliga chiq; u yarim orolning mahsulotidan bo’lgan insonlarning qiliq va qiyofatlariga kir, fikrlarini boshingga taq, juda keng bo’lgan u sahroga qara. Ko’rasanki: Bir inson bir o’zi... Na muini bor va na yordam bergani; na saltanati bor va na dafinasi. Maydonga chiqqan, butun dunyoga qarshi muboraza etyapti. Va umum insonlarga hujum qilishga tayyorlangan. Va yelkalariga Kura-i Arzdan yanada katta bir haqiqat olgan. Qo’lida ham insonlarning saodatini ta'min qilgan bir shariat tutganki, libosga o’xshamaydi; jild va teri kabi yopishqoq bo’lib, iste'dodi basharning inkishofi nisbatida tavassu' va inkishof etish bilan, saodati doraynni intoj va navi basharning ahvolini tanzim etadi. U shariatning qonunlari, qoidalari qayerdan kelgan va qayergacha davom qilib ketadi deya so’ralgan vaqt, yana u shariat lisoni i'jozi bilan javoban deydiki: Biz Kalomi Azaliydan ayrildik, navi basharning fikri bilan barobar abadga qadar davom etib ketamiz. Faqat navi bashar dunyodan aloqani uzgandan so’ngra, biz ham suratan taklif jihati bilan insonlardan ayrilamiz, faqat ma'naviyatimiz va asrorimiz bilan navi basharning do’stligiga davom qilib, ularning ruhlarini oziqlantirib, ularga dalil bo’lishdan ayrilmaymiz.

Ey birodar! Bu ko’rganing g’arib, ajib sahifaning boshdan oxiriga qadar ixtivo etgan hollar, inqiloblar, vaziyatlar;

فَاْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِه۪

dagi amri tajiziyni navi basharga takror-takror e'lon qiladilar.

Aziz qardoshim! Bir eshik yana ochildi, u yerga qaraylik.

وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا‌ الخ

bo’lgan oyati karima ishorat qilgani kabi, jamoatning iste'dodiga ko’ra irshodning qilinishi luzumidan va Shari'ning jumhurni irshod qilishda ta'qib qilgan maqsaddan g’aflatlari va johilliklari sababli ba'zi insonlar Qur'on haqida ko’p shak va shubhalarga ma'ruz qolganlar. U shak va shubhalarning mansha'i uch amrdir:

1- Deydilarki: Qur'onda "mutashabehot va mushkulot" deyilgan, haqiqiy ma'nolari tushunilmagan ba'zi narsalarning bo’lishi, i'joziga ziddir. Zero Qur'onning i'jozi balog’at ustida muassasdir; balog’at ham faqat ifodaning zuhur va vuzuhiga mabnidir.

2- Deydilarki: Yaratilishga oid masalalar mubham va mutlaq qoldirilgan. Va shuningdek, koinotga doir funundan juda oz bahs qilingan. Bu esa, ta'lim va irshod maslagiga zid.

3- Deydilarki: Qur'onning ba'zi oyatlari zohiran aqliy dalillarga muxolif. Bundan, u oyatlarning haqiqatga zid bo’lganlari zehnga keladi. Bu esa Qur'onning sidqiga muxolif.

U kimsalarning gumonlaricha, Qur'onga bir noqisa va shak va shubhalarga sabab deb bilgan shu uch amrlari Qur'oni Karimga bir noqisa tashkil etmaydi. Faqat Qur'onning i'jozini bir bor yana isbot qilishga va irshod xususida Qur'onning eng balig’ bir ifoda bilan eng yuksak bir uslubni ixtiyor etishiga sodiq shohid va qat'iy dalildir. Demak, qabohat ularning tushunishlarida, xosho, Qur'oni Karimda emas.

Ha,

وَكَمْ مِنْ عَائِبٍ قَوْلًا صَح۪يحًا ٭ وَاٰفَتُهُ مِنَ الْفَهْمِ السَّق۪يمِ

shoirning degani kabi, fahmlashlari xasta bo’lganidan, sog’lom so’zlarni ta'yib etadilar yoki ayiq kabi qo’llari uzum shingiliga yetisholmaganidan, nordon deydilar. Bularning ham tushunishlari Qur'onning u yuksak i'joziga yetisholmaganidan, ta'yib etadilar.

Qur'oni Karimda mutashabehot bor deganbirinchi shubhalariga javob:Ha, Qur'oni Karim umumiy bir muallim va bir murshiddir. Halqa-i darsida o’tirgan, navi bashardir. Navi basharning aksariyati avomdir. Murshidning nazarida kamchilik ko’pchilikka tobedir. Ya'ni, umumiy irshodini kamchilikning xotiri uchun tahsis etolmaydi. Shu bilan barobar, avomga qilingan so’zlashuvlardan xoslar hissalarini oladilar. Aks holda avom yuksak so’zlashuvlarni tushunolmaganidan mahrum qoladi. Va shuningdek, avomi nos ulfat etgan uslublaridan va ifodalarning turlaridan va doimo xayollarida bo’lgan alfaz, ma'ani va iboralardan fikrlarini ayirolmaganlaridan, yaqqol haqiqatlarni va aqliyotni tushunolmaydilar. Faqat u yuksak haqoiqning ular ulfat etgan ifodalar bilan anglatilishi lozim. Lekin Qur'onning bunday ifodalarining haqiqat ekaniga e'tiqod qilmasliklari kerakki, jismiyat va jihatiyat kabi mahol narsalarga zahib bo’lmasinlar. Faqat u kabi ifodalarga, haqoiqqa o’tish uchun bir vasila nazari bilan qaralishi kerak. Masalan, Janobi Haqning koinotda bo’lgan tasarrufining holati, faqat bir sultonning taxti saltanatida qilgan tasarrufi bilan tasvir qilinishi mumkin. Shunga binoan;

اِنَّ اللّٰهَ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوٰى

da kinoya tariqi ixtiyor qilingan.

Hissiyoti bu markazda bo’lgan avomi nosga qilingan irshodlarda, balog’at va irshodning iqtizosidan, avomning fahmlashlariga muro'at, hissiyotiga ehtirom, fikrlariga va aqllariga ko’ra yurish lozim. Qandayki bir bola bilan gaplashgan odam, o’zini bolalarcha tutadi va bolalar kabi chala-chulpa gapiradiki, bola tushuna olsin. Avomi nosning fahmlashlariga ko’ra ifoda qilingan Qur'oni Karimning nozik haqiqatlari,

اَلتَّنَزُّلَاتُ الْاِلٰهِيَّةُ اِلٰى عُقُولِ الْبَشَرِ

bilan eslanmoqda. Ya'ni, insonlarning fahmiga ko’ra Janobi Haq xitobotida qilgan bu tanazzuloti Ilohiya, insonlarning zehnlarini haqoiqdan tanfir etib qochirmaslik uchun Ilohiy bir erkalashdir. Shuning uchun, mutashabehot deyilgan Qur'oni Karimning uslublari, haqiqatlarga o’tish uchun va eng chuqur nozikliklarni ko’rish uchun, avomi nosning ko’ziga bir durbin yoki bittadan optik ko’zoynakdir. Shu sirga binoan; bulag’o buyuk bir o’lchovda nozik haqiqatlarni tasavvur va tarqoq ma'nolarni tasvir va ifoda uchun istiora va tashbehlarga murojaat etyaptilar. Mutashabehot ham nozik va mushkul istioralarning bir qismidir. Zero mutashabehot nozik haqiqatlarga suratlardir.

Qur'onda mushkulot bor deganbirinchi shubhalarining ikkinchi qismiga javob:Ishkal degan narsalari yo uslubning juda yuksak va muxtasar bo’lishi bilan ma'noning juda chuqur va nozikligidan kelib chiqadi, Qur'onning mushkuloti bu turdandir. Yoki iborada chalkash va tugunli nuqtalarning bo’lishidan nash'at etadi; Qur'oni Karim bu qism mushkulotdan mubarro va munazzahdir. Ajabo, jumhurning zehnidan uzoq va juda chuqur haqiqatlarni oson va qisqa bir surat bilan avomi nosning fahmiga yaqinlashtirish ayni balog’at emasmi? Balog’at, muqtazo-i holni muro'atdan iborat emasmi? Ko’zing ko’r bo’lgur yaramas!

Yaratilishda va moddiyotga doir masalalarda Qur'on mubham o’tgan deganikkinchi shubhalariga javob,shundayki:

Shajara-i olamda mayl-ul istikmol bor. Ya'ni, koinotning bir daraxt kabi butun zarroti va ajzosi kamolga mayl etadi va kamolga to’g’ri yurmoqda. U umumiy mayl-ul istikmoldan alohida bo’lib, insonda ham mayl-ut taraqqiy bor. Bu mayl-ut taraqqiy urug’ kabidir; nashvu namosi juda ko’p tajribalar vositasi bilan bo’ladi; va ko’p fikrlarning maxsuli bo’lgan natijalarning ijtimo'i bilan tashakkul va tavassu' etish bilan fununni intoj etadi. Bu funun ham murattabadir. Ya'ni, har ikkinchi fan birinchisining natijasidir. Birinchisi bo’lmasa, u bo’lolmaydi. Birinchisining unga muqaddima va ulumi muta'arifa hukmida bo’lishi shart. Bunga binoan, bundan o’n asr avval kelgan insonlarga fununi hozirani dars berish yoki g’arib masalalardan bahs qilish; ularning zehnlarini adashtirishdan va u insonlarni safsatalarga otishdan boshqa bir foyda bermasdi. Masalan: Qur'oni Karim, "Ey insonlar! Shamsning sukuniga, Arzning harakatiga

{(Hoshiya1) Xasta holimda, navm bilan yaqazo orasida ixtor etilgan bir nuktadir: Shamsning mavlaviyvoriy qilgan samoviy harakati, quvva-i jozibani tavlid etish uchundir. Quvva-i joziba ham manzuma-i shamsiya bilan eslangan quyoshga bog’liq yulduzlarni tushish tahlikasidan qutqarish uchundir. Demak, Shamsning o’qida dairavoriy jarayon va harakati bo’lmasa, yuzduzlar tushadilar.

Said Nursiy

Muhtaram muallif boshqa bir risolasida shunday deydi:

Ha, quyosh bir mevadordir, silkinar toki tushmasin sayyor bo’lgan oziqlari.

Agar sukuni bilan sukunat aylasa, jazba qochar, yig’lar fazoda muntazam majzublari.

Mutarjim}

va bir qatra suv ichida minglarcha hayvonotning borligiga diqqat qilingki, azamati Ilohiyani anglagan bo’lasiz." degan bo’lsaydi, butun u zamonlarning insonlarini takzibga yo’llagan bo’lardi. Chunki hissi zohiriyga muxolifdir. Shu bilan barobar, o’n asrdan beri kelib o’tgan insonlarni adashtirish, yolg’iz fununi jadidaning zuhuridan so’ngra kelgan insonlarni mamnun etish; maqomi irshodga muxolif bo’lgani kabi, ruhi balog’at bilan ham qobili ta'lif emas.

S- Kashfiyoti fanniya va fununi hozira eski insonlarga majhul va g’ayri maluf bo’lganidan, bularni ularga dars berish xato deyapsan. Ayniqsa oxiratga oid ahvol kabi, mustaqbaldagi nazariyot ham shunday emasmi? Ular ham bizga majhul va g’ayri malufdirlar. Ulardan bahs qilish nima uchun xato bo’lmaydi?

J- Mustaqbaldagi nazariyot, ayniqsa oxiratga oid ahvolga hech bir jihat bilan hissi zohiriy taalluq etmaganki, u hisning xilofini aytish adashish bo’lsin. Shunga binoan, u kabi narsalar doira-i imkondadir. Shunday ekan, ularga e'tiqod va ular bilan itminon paydo qilish mumkindir. Shunday ekan, u kabi narsalarning haqqi sarihi, ularni tasrih etishdir. Lekin kashfiyoti fanniya; eski insonlarga ko’ra, imkon va ehtimol doirasidan chiqib, mahol va imtino' darajasiga kirgan. Chunki ko’zlari bilan ko’rgan narsalari, ularda badohat darajasiga kirish bilan, uning xilofi ularda maholdir. Shunday ekan, ularning hissiyotiga hurmatan, u kabi masalalarda balog’atning iqtizosi, ibhom va itloqi, ularga bir adashtirish bo’lmasin. Faqat Qur'oni Karim irshodini nuqson qoldirmagan. Bu zamonning fan mutaxassislarini ham istifodadan mahrum qilmaslik uchun, ko’p ishorat va alomatlarning vaz' qilinishi bilan, haqiqatlarga ishoratlar qilgan.

{(Hoshiya2) Mo’'jizoti Qur'oniya risola-i nuriyasi tamomi bilan bu haqiqatni isbot qilgan.

Mutrajim}

Ey insofsiz! Seni insofga da'vat qilaman. Bir marta

كَلِّمِ النَّاسَ عَلٰى قَدَرِ عُقُولِهِمْ

bo’lgan mashhur dasturni nazarga olish bilan, zamonlari bilan muhitlarining muso'adasizligini o’ylab, talohuq etgan minglarcha afkorning natijalaridan tug’ilgan shu kashfiyoti fanniyani u zamonlardagi insonlarning aql me'dalari olib hazm qilolmaganlariga diqqat qilsang tushunasanki; Qur'oni Karimning u kabi masalalarda ixtiyor qilgan ibhom va itloq yo’li, ayni balog’at bo’lgani kabi, yuksak i'jozini ham isbotga oshkora bir dalil bo’lganini ko’zing ko’r bo’lmasa, ko’rasan.

Qur'onda daloili aqliyaga va fanning kashfiyotiga muxolif ba'zi oyatlar bor deganuchinchi shubhalariga javob:

Qur'oni Karimda ta'qib etilgan maqsadi asliy; isboti Sone', nubuvvat, hashr, adolat bilan ibodat asoslariga jumhuri nosni irshod va isol etishdir. Shunga binoan, Qur'oni Karimning koinotdan qilgan bahsi taba'idir, qasdiy emas. Ya'ni, lig’ayrihidir, lizotihi emas. Ya'ni, Qur'oni Karim Janobi Haqning vujud, vahdat va azamatiga istidlol surati bilan koinotdan bahs qilgan. Bo’lmasa koinotning bizzot holatini izoh qilish uchun emas. Chunki Qur'oni Karim geografiya, astronomiya kabi qasddan koinotning holatidan ma'no-i ismiy bilan bahs qilgan bir fan, bir kitob emas. Faqat koinot sahifasida yozilgan san'ati Ilohiyaning naqshlari va qudratning xilqat mo’'jizalari va astronomlarni hayratda qoldirgan nizom va intizom bilan, ma'no-i harfiy bilan Sone' va Nazzomi Haqiqiyga istidlol holatini o’rgatish uchun nozil bo’lgan bir kitobdir. Shunga binoan, san'at, qasd, nizom koinotning har zarrasida mavjud, matlub hosil bo’ladi. Tashakkuli qanday bo’lsa bo’lsin, bizning matlubimizga taalluqi yo’q. Fabinaan a'la zalik modomiki Qur'onning koinotdan bahsi istidlol uchundir va dalilning ham muddaodan avval ma'lum bo’lishi shartdir va dalilning muxotoblarga vuzuhi mustahsandir; ba'zi oyatlarning ularning hissiyotiga va adabiy ma'lumotlariga imola etishi va o’xshatishi, muqtazo-i balog’at va irshod bo’lmaydimi? Faqat bu oyatlarning hissiyotlariga imola etishi masalasi, u hissiyotga qasddan dalolat qilish uchun emas. Faqat kinoya qobilidan u hissiyotni erkalash uchun. Shu bilan barobar, haqiqatga ahli tahqiqni isol uchun, ishorat va alomatlar vaz' etilgan. Masalan, agar Qur'oni Karim maqomi istidlolda shunday degan bo’lsa edi: "Ey insonlar! Quyoshning zohiriy harakati bilan haqiqiy sukuniga va Arzning zohiriy sukuni bilan haqiqiy harakatiga va yulduzlar orasida joziba-i umumiyaning g’aribalariga va elektrning ajibalariga va yetmish unsur orasida hosil bo’lgan imtizojotga va bir hovuch suv ichida minglab mikrobning bo’lishiga diqqat qilingki, bu kabi horiqo narsalardan Janobi Haqning hamma narsaga qodir bo’lganini anglagan bo’lasiz." desaydi; dalil muddaodan minglab daraja yanada xafiy, yanada mushkul bo’lardi. Holbuki dalilning muddaodan yanada xafiy bo’lishi, maqomi istidlolga muvofiq bo’lmaydi. Shu bilan barobar, ularning hissiyotiga imola etilgan oyatlar kinoya turidan bo’lib, ifoda qilgan zohiriy ma'nolari sidq yoki kizbga mador bo’lolmaydi. Ha, ko’rmayapsan قَالَ dagi ا hiffatni ifoda etadi. Asli و bo’lsin, ى bo’lsin, nima bo’lsa ham, bizga taalluq etmaydi.

Xulosa:

Modomiki Qur'on butun zamonlardagi butun insonlarga nozil bo’lgan, shu shubha deb bilgan umuri salosalari Qur'onga noqisa emas, Qur'onning yuksak i'joziga dalillardir. Ha, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonni ta'lim bergan Janobi Haqqa qasam ichamanki; u Bashir va Nazirning (S.A.V.) basar va basirati haqiqatni xayoldan tafriq etolmaslikdan munazzahdir, jalildir, jaliydir yoki insonlarni aldab mag’latalarga tushurishdan maslaki oliylari g’aniydir, oliydir, tozadir, tohirdir.

Yettinchi Masala

Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam izhor etgan mahsus va zohiriy va insonlar orasida mashhur va ma'lum bo’lgan horiqo va mo’'jizalarining aksarisi, Tarix va Siyar kitoblarida mazkurdir va ayni zamonda, muhaqqiqiyni ulamo tarafidan izoh va bayon qilingandir. Shunga binoan, tafsilotini u kitoblarga havola qilib yolg’iz u horiqolarning navlarini ijmolan izoh qilamiz. Ha, Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning zohiriy horiqolarining har biri ahadiy bo’lib mutavotir bo’lmasa ham, u ahadiylarning hay'ati majmuasi va ko’p navlari mutavotiri bilma'nodir. Ya'ni, lafz va iboralari mutavotir bo’lmasa ham, ma'nolari ko’p insonlar tarafidan naql qilingan. U horiqolarning navlari uchta:

Birinchisi:

"Irhosot" bilan nomlanyaptiki, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning nubuvvatidan avval zuhur etgan horiqolardir. Majusiy millati sig’ingan otashning so’nishi, Sava Dengizi suvlarining qaytishi, Kisro Saroyining yiqilishi va g’aybdan qilingan tabshirlar kabi narsalardir. Xuddi u hazratning (S.A.V.) zamoni valodati hassos va karomat sohibi ekandek u zotning qudum va kelishini shu kabi hodisalar bilan tabshirotda bo’lgan.

Ikkinchi Nav:

Ixboroti g’aybiyadirki, keyinchalik sodir bo’ladigan juda ko’p g’arib narsalardan bahs qilgan. Azjumla; Kisro va Qaysarning dafinalarining Islom qo’liga o’tishi, Rumliklarning mag’lub qilinishi, Makkaning fathi, Konstantinoplning olinishi kabi hodisotdan xabar bergan. Xuddi u zotning jasadidan tajarrud etgan ruhi, zamon va makonning qaydlarini sindirib istiqbolning har tarafiga uchib kezgan va ko’rgan vuqu'otini aytgan va aytganidek ham sodir bo’lgan.

{(*) Diyorbaqirda Van Voliysi Javdat Beyning uyida 19/Fevral/1331 tarixida Juma kechasi bu tafsirning ilk Arabcha nusxasini tabyiz etarkan, shu shakli g’arib tavofuqan sodir bo’lgan. Va u kecha sodir bo’lgan Bitlisning yiqilishi bilan muallif Badiuzzamonning asoratiga to’g’ri keladi. Xuddi shu shakli g’aribning, shu mo’'jizalar va horiqolar bahsida u kecha sodir bo’lishi, muallifning Ruslarga asir tushganiga va barobarida bo’lgan ba'zi talabalarining shahid bo’lib qonlarining to’kilishiga horiqo bir ishoratdir.

Saidning ukasi, yigirma yillik talabasi Aldulmajid

Va shuningdek bu naqsh boshi kesilgan bir ilonning dumi muallif Badiuzzamonni o’rab olganiga va muallifning yarali bo’lib o’ttiz soat o’limga muntaziran suv arig’ining ichida qolgan yerga o’xshaydi va u vaziyatni eslatadi.

Eski Saidning ahamiyatli talabasi Hamza}

Uchinchi Nav:

Hissi horiqolarki, muoraza zamonlarida o’zidan talab qilingan mo’'jizalardir. Toshning gapirishi, daraxtning yurishi, Oyning ikki parchaga bo’linishi, barmoqlaridan suv oqishi kabi... Tafsiri Kashshofning muallifi Zamaxshariyning aytishicha, u hazratning bu navi horiqolari mingga yetgan. Va bir qismi ham mutavotiri bilma'nodir. Hatto Qur'onni inkor qilganlardan bir qismi inshiqoqi Qamar ma'nosida qo’llamaganlar.

S- Inshiqoqi Qamar butun insonlar nazdida kasbi shuhrat etishi lozim bir mo’'jiza ekan, olam aro u qadar shuhrat topmagan. Sabablari nima?

J- Matla'larning ixtilofi va havoning bulutli bo’lishining ehtimoli va u zamonda rasadxonalarning bo’lmasligi va vaqtning uyqu kabi g’aflat zamoni bo’lishi va inshiqoqning oniy bo’lishi kabi sabablar tufayli, hamma tomonidan u voqeaning ko’rinishi va ma'lum bo’lishi lozim kelmaydi. Shu bilan barobar, Hijoz matla'i bilan matla'lari bir bo’lgan yerlarda, u kecha yo’llarda bo’lgan karvon va qofilalardan naqlan, inshiqoqning sodir bo’lgani haqida ko’p rivoyatlar bordir.

Uchinchi nav mo’'jizalarning raisi va eng buyugi, Qur'oni Azimushshondirki, yetti vajh bilan mo’'jiza bo’lganiga mazkur oyat bilan ishorat qilingan.

Birodar! Shu masalalarni yetarlicha fahmlading. Hozir bu oyatning maqobli bilan bo’lgan jihati irtibotiga qaraylik:

Ha, Ibn Abbosning (R.A.)

يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا

oyatidagi "ibodat"ni tavhid bilan tafsir qilganiga nazaran, avvalgi oyat isboti tavhid haqida bo’lib, bu oyat ham isboti nubuvvat haqidadir. Nubuvvati Muhammadiya (S.A.V.) esa, tavhidning eng buyuk bir dalilidir. Demakki, bu ikki oyat orasida jihati irtibot, oralaridagi dalliyat va madluliyat aloqasidir. Ya'ni, biri dalil, boshqasi madluldir. Nubuvvatning isboti faqat mo’'jizalar bilan bo’ladi. Eng buyuk mo’'jizasi esa, Qur'oni Karimdir. Ha, Qur'onning mo’'jizaligi olami Islom tomonidan qabul va tasdiq qilingan bir haqiqatdir. Ammo muhaqqiqiyni ulamo tarafidan Qur'onning vujuhi i'jozi haqida ixtilof sodir bo’lgan. Ya'ni, i'jozini intoj etgan jihatlar ko’p. Har bir muhaqqiq bir jihatni tarjih va ixtiyor qilgan; oralarida muxolafat, musodama yo’q. I'jozning vajhlari:

1- G’aybdan, istiqboldan xabar berishi.

2- Oyatlarida tanoquz, taxoluf, xato bo’lmasligi.

3- Nazm bilan nasr orasida adiblarcha g’ayri ma'lum bir uslubni ixtiyor qilishi.

4- O’qib yozishni bilmagan bir zotdan sudur etishi.

5- Toqati bashariyadan ustun ulum va haqoiqni ihota etishi kabi juda ko’p narsalardir.

Lekin i'jozining eng yuksak vajhi, nazmidagi balog’atdan tug’ilgan. Ha, Qur'onning bu navi i'jozi basharning toqatidan xorij darajadadir. Bu haqiqatni tafsilan tushunib qanoat hosil qilishni istagan bu tafsirni va o’xshash asarlarni va "Yigirma Beshinchi So’z"ni zayllari bilan barobar mutolaa qilsin. Faqat ijmoliy bir ma'lumotni qo’lga kiritishni istaganlar ham, balog’atning imomlari bo’lgan Abdulqohir Jurjoniy, Zamaxshariy, Sakkokiy, Johizning bu qism i'joz haqida -uch tariq bilan- bayon qilgan ma'lumotlaridan miqdori kofiy ma'lumot qo’lga kiritishi mumkin.

Birinchi Tariq:

Arab qavmi ma'orifsiz, badaviy bir millat edi. Muhitlari ham, ular kabi badaviy bir muhit edi. Devonlari she'r edi. Ya'ni, madori iftixor bo’lgan hollarini she'r bilan qayd va muhofaza qilardilar. Ilmlari balog’at edi. Madori iftixorlari fasohat edi. Boshqa qavmlardan ko’proq bir zakovatga molik edilar. Boshqa insonlarga nisbatan javvol fikrlari bor edi. Xullas, Arab qavmi bunday bir vaziyatda ekan va zehnlari ham bahor gullari kabi yangi-yangi ochilishni boshlarkan, birdaniga Qur'oni Azimushshon yuksak balog’ati bilan, horiqo fasohati bilan mala-i a'lodan yer yuziga tushdi. Arablarning madori iftixorlari va timsoli balog’atlari bo’lgan va ayniqsa Ka'ba devorida tashhir etilish uchun oltin suvi bilan yozilgan "Muallaqoti Sab'a" unvoni bilan tilga olingan eng mashhur adiblarning eng balig’ va eng fasih asarlarini iftixor ro’yxatidan o’chirtirdi. Shu bilan barobar, Hazrat Muhammad (S.A.V.), Qur'on bilan muorazaga va Qur'onga bir nazira qilinishiga ularni shiddat bilan da'vat qilishdan chekinmadi. Jahllarini chiqarardi, tajhil va tarzil etardi. U hazrat qilgan bunday shiddatli hujumlarga qarshi, u umaro-i balog’at va hukkami fasohat unvoni bilan tilga olingan Arab adiblari, bir kalima bilan ham muqobalada bo’lolmadilar. Holbuki kibr va azamatlari, anoniyatlari va ko’klarga qadar chiqqan g’ururlari iqtizo qilgan, kecha-kunduz harakat qilib Qur'onga bir nazira qilishlari kerak ediki, olamga razilu rasvo bo’lmasinlar. Demak, bu masalaning uddasidan chiqolmaganlaridan, ya'ni Qur'onning bir o’xshashini keltirishdan ojiz qolganlaridan, sukutga majbur bo’lganlar. Xullas, ularning bu izdiroriy sukutlari ajzlarini maydonga chiqardi. Va bularning ajzlaridan ham i'jozi Qur'onning quyoshi tulu' etgan.

Ikkinchi Tariq:

Kalomlarning xosiyatlarini, qiymatlarini, maziyatlarini bilib oltinlarini misidan tafriq etgan butun ahli tahqiqdan, tadqiqdan, tanqiddan, do’st va dushmanlar tarafidan Qur'oni Karim sura-sura, oyat-oyat, kalima-kalima sinovdan o’tkazilib, oltindan ma'ada bir mis asari ko’rilmagan. Bu og’ir imtihondan keyin, Qur'oni Azimushshon ixtivo etgan mazoya, latoif, haqoiqning hech bir bashar kalomida bo’lmaganiga shahodat etganlar. Ularning sidqi shahodatlari shunday tarzda isbot qilinishi mumkin: Qur'onning inson olamida qilgan buyuk inqilob va tabaddul; va sharq va g’arbni ichiga olgan ta'sis qilgan dini, diyonati; va zamonning o’tishi bilan yoshlik va shababiyati va takarrur etgan sari halovatini muhofaza etishi kabi horiqo hollari,

اِنْ هُوَ اِلَّا وَحْىٌ يُوحٰى

oyatini o’qib e'lon qiladilar.

Uchinchi Tariq:

Balog’at imomlaridan mashhur Johizning tahqiqotiga ko’ra: Arab adib va balig’larining Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning da'vosini qalam bilan yo’q qilishga ta'rif qilib bo’lmaydigan darajada ehtiyojlari bor edi. Va u hazratga qarshi bo’lgan kin, adovat va qaysarliklari bilan barobar; eng oson, eng yaqin, eng salim bo’lgan qalam va yozuv bilan muorazani tark va eng uzun, eng mushkul, eng tahlikali va shubhali sayf va harb bilan muqobalaga majburan iltijo etishdi. Surati qat'iyada bundan tushunildiki, Qur'onning o’xshashini keltirishdan ojiz qolganlar. Zero har ikki yo’lning orasidagi farqni bilmaganlardan emas edilar. Shunga binoan, birinchi yo’l ibtoli da'vo uchun yanada uyg’un ekan, uni tark qilib, ham mollarni, ham jonlarni tahlikaga otgan boshqa bir yo’lga suluk etgan yo safihdir -holbuki musulmon bo’lgandan so’ngra siyosati olamni qo’liga olganlarga safih deyilmaydi- yoki birinchi yo’lga sulukdan o’zlarini ojiz ko’rishgan. Shuning uchun qalam o’rniga sayfga murojaat qilishgan.

S- Qur'onga bir nazira qilish mumkinotdan ekan, lekin nega qilinmagan?

J- Mumkinotdan bo’lsaydi, jahllari chiqarilgan, har holda muorazani orzu qilardilar. Va muoraza orzusida bo’lgan bo’lsaydilar, muoraza qilardilar. Chunki ibtoli da'vo uchun muorazaga ehtiyojlari juda shadid edi. Muoraza qilgan bo’lsaydilar, yashirin qolmasdi, tazohur etardi. Chunki tazohuriga rag’bat ko’p bo’lgani kabi, sabablar ham ko’p edi. Tazohur etsaydi, olamda shuhrat topardi. Shuhrat topgan bo’lsaydi, Musaylimaning safsatalari kabi har holda tarixda bo’lar edi. Modomiki tarixda bo’lmagan ekan, demak qilinmagan. Modomiki qilinmagan ekan, demak Qur'on mo’'jizadir.

S- Musaylima fusaho-i Arabdan bo’lgani holda, so’zlari nima uchun olamga masxara bo’lgan?

J- Chunki uning so’zlari, ming daraja ustun bo’lgan so’zlarga qarshi muqobalaga chiqqanidan, xunuk va kulgili bo’lgan. Ha, go’zal bir odam Hazrat Yusuf (A.S.) bilan barobar go’zallik imtihoniga kirsa, albatta xunuk va kulgili bo’ladi.

S- Qur'oni Karim haqida shak va shubhalari bo’lganlar, Qur'onning ba'zi tarkib va kalimalari go’yo Nahv ilmining qoidalariga muxolafat qilgandek shubha iqo' etganlar?

J- Bu kabi kimsalarning Ilmi Nahvning qoidalaridan xabarlari yo’q. Sakkokiyning degani kabi; afsohi fusaho bo’lgan Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam, Qur'oni Karimni uzun-uzun zamonlarda takror-takror o’qigani holda, u xatolarni bilmaganu, bu johil kimsami bilsin? Bu qaysi aqlga sig’adi va qaysi boshga kiradi? Sakkokiy "Miftah"ining oxirida, bu kabi johillarga yaxshigina tosh otgan. Ha, bir shoirning degani kabi,

لَوْ كُلُّ كَلْبٍ عَوٰى اَلْقَمْتَهُ حَجَرًا ٭ لَمْ يَبْقَ ف۪ى هٰذِهِ الْكُرَةِ اَحْجَارُ

har akillagan itning og’ziga bit tosh otadigan bo’lsang, dunyoda tosh qolmaydi.

Bu oyatni maqobli bilan rabt etgan ikkinchi vajh esa:Avvalgi oyat qachonki ibodatni amr qildi, xuddi ibodatning holati qanday deya sami'ning zehniga bir savol keldi, "Qur'on ta'lim qilgani kabi" deya javob berildi. Takror, Qur'onning Allohning kalomi bo’lganini qanday bilamiz deya ikkinchi bir savolga yana eshik ochildi. Bu savolga javoban

وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا

oyati bilan javob berildi. Demak, har ikki oyatning orasidagi jihati irtibot, bir savol-javob va bir oldi-berdidir.

Birodar!Bu oyat ixtivo etgan jumlalarning orasiga kiraylik, qaraylik, oralarida qanday munosabatlar bor?

Ha,

وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا

jumlasi muqaddar bir savolga javobdir. Chunki, Qur'on avvalgi oyatda ibodatni amr qilgan vaqt, "Ajabo, ibodatga bo’lgan bu amrning Allohning amri bo’lib bo’lmaganini qanday anglaymizki, imtisol etaylik?" degan bir savol sami'ning xotiriga keldi. Bu savolga javoban deyildiki: "Agar Qur'onning va demakki bu amrning Allohning amri bo’lganida shubhangiz bo’lsa, o’zingizni tajriba qiling va shubhangizni izola eting."

Va ayzan qachonki Qur'on, suraning avvalida

لَا رَيْبَ ف۪يهِ هُدًى لِلْمُتَّق۪ينَ

jumlasi bilan o’zini sano etdi, so’ngra mo’'minlarning madhiga, so’ngra kofir va munofiqlarning zammiga intiqol etdi, so’ngra ibodat va tavhidni amr qilgandan so’ng suraning boshiga qaytib لَا رَيْبَ ف۪يهِ jumlasini ta'kid qilib وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ ‌ الخ jumlasini zikr qildi. Ya'ni, "Qur'on shak va shubhalarga mahal emas. Sizning shubhalaringiz, faqat qalblaringizning xastaligidan va tabiatingizning saqomatidan nash'at etadi." Ha, ko’zi xasta bo’lgan quyoshning ziyosini inkor qiladi, og’zi achchiq bo’lgan totli suvni achchiq deydi.

فَاْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِه۪ : Ya'ni "Qur'onning mislidan bir sura keltiring."

Birodar! Bu jumlani وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ jumlasi bilan bog’lagan اِنْ adati shartdir. Shart adatlari doimo -harorat bilan otash kabi- biri sabab, boshqasi musabbab ikki jumlaga dohil bo’ladilar. Ilmi Nahvcha birisiga fe'lush-shart, ikkinchisiga jazo-ush shart deyiladi. Bu ikki jumla orasida, harorat bilan otash orasida bo’lgani kabi, "luzum" lozimdir. Holbuki bu ikki jumla orasida luzum ko’rinmayapti. Shunga binoan, oyatning ixtisori sababli, o’rtadan olib tashlangan jumlalarga murojaat lozimdir. Muqaddar jumlalar esa,

تَشَبَّثُوا ، وَجَبَ التَّشَبُّثُ ، تَعَلَّمُوا ، جَرِّبُوا

amrlaridir. Bular navbat bilan, ikkinchisi birinchisiga lozimdir. Ya'ni, ityan (dalil keltirish) tajribaga lozim; tajriba ta'allumga, ta'allum vujubi tashabbusga, vujubi tashabbus ham tashabbusga, tashabbus ham raybga lozimdir. Demak, bu qadar luzumlarning taqdiri lozimki, "Qur'onning bir mislini keltiring" bilan "Qur'onda shubhangiz bo’lsa... " orasida luzum tazohur eta olsin.

وَادْعُوا شُهَدَٓاءَكُمْ مِنْ دُونِ اللّٰهِ

Bu jumlaning uch vajh bilan maqobli bilan irtiboti bor.

Birinchi Vajh:

"Qur'onga muoraza etishdan zohir bo’lgan ajzimiz butun insonlarning ajzini istilzom etmaydi. Biz qilolmadik, ammo boshqalari qila oladilar" deya zehnlariga kelgan vasvasani daf qilish uchun Qur'oni Karim bu oyatning lisoni bilan: "Buyuklaringizni, raislaringizni ham chaqiring, sizga yordam bersinlar", deya ularni ilzom etgan.

Ikkinchi Vajh:

"Agar biz muoraza tashabbusida bo’lsak, bizni dastaklagan, mudofaa qilgan yo’q", deya ilgari surgan zu'mlarini ham rad qilganki; har qaysi bir maslak bo’lsa bo’lsin, mutaassiblari ko’p. Muoraza etgan taqdiringizda, sizni mudofaa qilgan ko’p bo’ladi, deya ularni iskat etgan.

Uchinchi Vajh:

Qur'oni Karim xuddi ularga istihzoan deydiki: "Muhammad Alayhisalotu Vassalam butun insonlarga nubuvvatini tasdiq ettirish uchun Allohidan yordam istadi. Allohi ham Qur'oniga sikka-i i'jozni bosib juda ko’p insonlarga tasdiq ettirdi. Sizning alihalaringizdan bir foydangiz bo’lsa, siz ham ularni chaqiring, sizga yordam bersinlar."

فَاِنْ لَمْ تَفْعَلُوا : Ya'ni "Tajribadan so’ngra qarang. Muorazaga qodir bo’lmagan taqdiringizda, ajzingiz zohir bo’ladi va muoraza qilgan ham bo’lmaysiz."

وَلَنْ تَفْعَلُوا : Ya'ni: "Moziyda qilolmaganingiz kabi, bundan so’ngra ham qat'iyat bilan qilolmaysiz." Shunga binoan, "Bizning moziyda qilolmasligimiz, istiqbolda basharning qilolmasligini istilzom etmaydi." deya izhor qilgan u bahonalarini ham, لَنْ تَفْعَلُوا bilan daf qilgan. Va ayni zamonda uch vajh bilan i'jozga ishorat qilgan:

Birinchi Vajh:

G’aybdan xabar bergan va ixbor etgani kabi ham muoraza sodir bo’lmagan. Qarang, millionlab arabcha kitob bor va butun mualliflar, do’st bo’lsin, dushman bo’lsin, Qur'onning uslubini taqlid qilishga favquloda mushtoq bo’lganlari holda, hech bir muallif, hech bir kitobida Qur'oni Karimning uslubini taqlid qilishga muvaffaq bo’lolmagan. Xuddi Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon,

نَوْعٌ مُنْحَصِرٌ فِى الشَّخْصِ

ya'ni, bir shaxsda inhisor etgan bir navdir. Shunga binoan, Qur'oni Karim yo butun kitoblarning ostidadir -bu kulgili bir so’zdir- yoki butun kitoblardan ustun, favqal-kull bir nodiradir.

Ikkinchi Vajh:

Bunday buyuk bir da'voda va mushkul bir maqomda ularning a'soblarini tahrik, izzati nafslarini sindirish surati bilan "qilolmaysizlar" deya qat'iyat bilan bergan hukmi; uning amin, mutmain, e'timodli ekaniga dalildir.

Uchinchi Vajh:

Xuddi Qur'oni Karim deydiki: "Sizlar fasohatning umarosi va hammadan ziyoda fasohatga muhtoj bo’lganingiz holda, muorazaga qodir bo’lolmadingiz. Bashar ham Qur'onning muorazasiga qodir bo’lolmaydi." Va shuningdek, Qur'onning natijasi bo’lgan Islomiyatga bir nazira qilinishiga zamoni moziy qodir bo’lmagani kabi, istiqbol zamoni ham uning mislidan ojiz qolishiga bir ishoratdir.

فَاتَّقُوا النَّارَ الَّت۪ى وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ اُعِدَّتْ لِلْكَافِر۪ينَ

Ya'ni: "Kofirlarga tayyorlangan bir otashdan saqlaningizki, o’tini insonlar bilan toshlardir."

فَاتَّقُوا jumlasi اِنْ لَمْ تَفْعَلُوا jumlasiga jazo-ush shart bo’lish jihati bilan, oralarida luzumning bo’lishi lozim. Holbuki muorazaning qilinmasligi, otashdan saqlanishni istilzom etmaydi.

Shunga binoan, ixtisor uchun o’rtadan olib tashlangan jumlalarga murojaat qilish bilan, bu luzumni qidirib topamiz. Shundayki:

1- Muorazaning qilinmasligidan, Qur'onning i'jozi lozim bo’ladi.

2- Qur'onning i'jozidan, Allohning kalomi bo’lgani lozim bo’ladi.

3- Allohning kalomi bo’lganidan, amrlariga imtisol lozim bo’ladi.

4- Amrlariga imtisoldan, ibodatning qilinishi lozim bo’ladi.

5- Ibodatning qilinishi, otashga kirmaslikka vasiladir.

Mana bu jumlalarning orasida bo’lgan luzumlarning silsilasidan, فَاتَّقُوا bilan اِنْ لَمْ تَفْعَلُوا orasidagi u yashirin luzum tazohur etadi. Va bu qilingan ijoz va ixtisordan i'jozning bir shuasi hosil bo’ladi.

اَلَّت۪ى وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ : Qur'oni Karim ularni فَاتَّقُوا النَّارَ jumlasi bilan tahdid etgandan so’ngra نَارْ kalimasining bu jumla bilan vasflantirilishi bilan ham u tahdidni ta'kid va tashdid etgan. Zero o’tini insonlar bilan toshlar bo’lgan bir otashning haybati, dahshati va xavfi yanada shadiddir. Va shuningdek, bu jumla bilan sanamlarga ibodat qilganlarni zajr va man qilishga ishorat qilingan. Shundayki: "Ey insonlar! Allohning amrlariga imtisol etmasdan, ayniqsa toshlarga va jomid narsalarga ibodat qilsangiz, muhaqqaq bilingki, sig’inganlar bilan sig’ingan narsalarini yeb yutadigan bir otashga kirasiz."

اُعِدَّتْ لِلْكَافِر۪ينَ : Bu jumla فَاتَّقُوا bilan اِنْ لَمْ تَفْعَلُوا jumlalari orasidagi luzumni izoh qiladi va qarorlashtiradi. Ya'ni, shu otash azobi Qur'onga imtisol etmagan kofirlarga tayyorlangan. Ham bu otash to’fon va boshqa musibatlar kabi yaxshi-yomon butun insonlarni shomil musibatlardan emas. Faqat bu musibatni jalb qilgan, kufrdir. Bu balodan qutulish chorasi, faqat Qur'oni Karimga imtisoldir.

Moziy siyg’asi bilan zikr qilingan اُعِدَّتْ kalimasi, Jahannamning al-an maxluq va mavjud bo’lib, Ahli I'tizolning keyinchalik vujudga kelishiga zahoblari kabi emasligiga ishoratdir.

Ey birodar! Otash unsuri koinotning butun qismlarini istilo qilgan juda buyuk bir unsurdir. Bir tomir kabi koinotning yaratilishidan boshlab har tarafga shox-shoda solib kelgan shu shajara-i noriyaga nazari hikmat bilan diqqat qilinsa, bu shajaraning boshida, ya'ni natijasida katta bir mevaning borligi anglashiladi. Ha, tuproqning ichida katta va uzun bir tomirni ko’rgan odam, u tomirning boshida qovun kabi bir mevaning borligini bilganidek, olamning har tarafida tomirlari bo’lgan shu shajara-i noriyaning ham Jahannam kabi bir mevasining borligiga bilhads, ya'ni sur'ati intiqol bilan hukm qila oladi.

S- Jahannam hozir mavjud bo’lgan taqdirda, yeri qayerda?

J- Biz Ahli Sunnat va Jamoat al-an Jahannamning vujudiga e'tiqod qilamiz, ammo o’rnini tayin qilolmaymiz.

S- Ba'zi hadislarning zohiriga ko’ra, Jahannam taxt-al Arzdir; ya'ni yerning ostidadir. Va shuningdek, bir hadisga nazaran, Jahannam otashining dunyo otashidan ikki yuz daraja ortiq harorati bor. Bu nuqtalarning izohi qanday?

J- Kuraning taxti markazidan iborat. Bunga binoan, Arzning taxti markazidir. Nazariyoti hikamiyacha sobit bo’lish vajhi bilan, Arzning markazida harorati ikki yuz ming darajaga yetgan bir otash bor. Chunki har o’ttiz uch ziro' chuqurligida, taxminan bir daraja harorat ortadi. Bunga binoan, markazga qadar ikki yuz ming darajali bir harorat hosil bo’ladi. Mana bu nazariyaga mazkur hadisning maoli mutobiq keladi. Bunga binoan, Kura-i Arzning markazida bo’lgan ikki yuz ming daraja haroratli bir otash, Jahannamga bir urug’ hukmida bo’lib, qiyomatda qobig’i hukmida bo’lgan tabaqa-i turobiyani yorib, butun dahshati bilan chiqadi, tavassu' etishni boshlaydi va to’liq tajhizoti bilan Jahannam shakllanadi, deb bo’ladi. Va shuningdek, bir hadisga nazaran, "zamharir" nomli, burudat bilan yoqqan bir otash bor. Bu hadis ham u nazariyotga mutobiqdir. Zero markazi Arzdan sathiga qadar daraja-daraja ortgan yoki tanoqus etgan otash, zamharir ham dohil bo’lib, otashning butun martabalarini qamragan. Hikmati tabiiyada taqarrur etgani kabi, otash ba'zan shunday bir darajaga keladiki, yaqinida bo’lgan narsalardan haroratlarni tamoman jalb va jazb etish bilan, ularni burudat bilan yoqadi va suvni injimod ettiradi.

S- Mazkur hadisga ko’ra; Jahannam Arzning markazida. Holbuki Arz Jahannamga nisbatan bir tuxum qadardir. U ulkan Jahannam Arzning qornida qanday joylashadi?

J- Ha, olami mulk, ya'ni olami shahodat, ya'ni bu ko’rayotgan olamimizga ko’ra, Jahannam Arzning ichida deya, Jahannamni kichik ko’rsatyapmiz. Ammo, olami oxiratga nazaran, Jahannam shunday azamat paydo qiladiki, minglarcha Arzlarni ichiga oladi, to’ymaydi. Bu olami shahodat bir parda kabi uning tavassu'iga mone bo’lgan. Shunga binoan, Arzning ichidagi Jahannamdan maqsad, Jahannamning qalbi va Jahannamning urug’idir. Va shuningdek, Jahannamning Arzning ostida bo’lishi, Arzning qornida yoki Arz bilan muttasil, yopishgan bo’lishini istilzom etmaydi. Zero shams, qamar, yulduz, Arz kabi kuralar, hammasi shajara-i xilqatning mevalaridir. Ma'lumki, meva ostining butun shoxlarning oralariga shumuli bor. Shunga binoan, Allohning mulki juda keng. Shajara-i xilqatning shoxlari ham har tarafga uzanib ketgan; Jahannam qayerga ketsa, yeri bor. Va shuningdek, bir hadisga ko’ra, Jahannam matviydir, ya'ni bukilgan, ya'ni to’liq ochiq emas. Demak, Jahannamning bir tuxum kabi Arzning markazida mavjud va keyinchalik tazohur etishi mumkinotdandir.

Ixtor:

Jahannamning hozir mavjud bo’lmaganiga Mo’'tazilalarni yo’naltirgan bu hadis bo’lsa kerak.

Birodar!Bu oyatning jumlalarini ko’rib chiqaylik, qaraylik; u zarflar qanday sadaflardir, ichlarida qanday javharlar bor:

Ha,

وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا عَلٰى عَبْدِنَا

jumlasining boshidagi و harfi atfdir. Ma'lumki, bir narsaning boshqa bir narsaga atfi, oralarida bir munosabatning bo’lishiga mutavaqqifdir. Holbuki اِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ bilan يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا jumlalari orasida munosabat ko’rinmaydi. Bularning oralaridagi munosabat faqat ikki savol va javobning taqdiri bilan tazohur etadi. Shundayki:

Avvalgi oyatda ibodatga amr qilinganida, "Ibodat qanday?" deya vorid bo’lgan savolga javoban: "Qur'on ta'lim bergani kabi" deyildi. "Qur'on Allohning kalomimidir?" deya berilgan ikkinchi savolga javoban وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ deyildi. Xullas, har ikki jumla orasida bu surat bilan munosabat tazohur etadi va harfi atfning ham muqtazosi sodir bo’ladi.

S- اِنْ shak va taraddudni ifoda etadi. اِذَا esa, jazm va qat'iyatga dalolat qiladi. Ularning shak va rayblari Qur'on haqida qat'iydir. Shunga binoan, maqomning iqtizosi xilofiga اِنْ kalimasining اِذَا kalimasiga tarjihan zikrida qanday bir ishorat bor?

J- Ha, ularning shak va rayblarini izola etadigan sabablarning zuhuri sababli, u kabi shubhalarning vujudiga qat'iyat bilan hukm qilinmasligiga, faqat u shaklarning vujudiga yana shak va shubha bilan hukm qila olishiga ishoratdir.

Ixtor:

اِنْ kalimasi ifoda qilgan shak va taraddud, uslubning iqtizosiga ko’radir. Xosho, mutakallimga oid emas.

اِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ bilan اِنِ ارْتَبْتُمْ jumlalari bir ma'noni ifoda qilganlari va ikkinchi jumla birinchi jumladan qisqa bo’lishi uslubga yanada uyg’un bo’lgani holda, birinchi jumlaning ikkinchi jumlaga tarjihan zikri, ularning rayblarining mansha'i; xasta tabiatlari bilan, yomon ekanliklariga ishoratdir.

S- Ular rayblarga zarf va mahal bo’lganlari holda, ularni mazruf, raybni ularga zarf ko’rsatish nimaga binoan?

J- Ha, qalblaridagi raybning zulmati butun badanlariga, qoliplariga intishor va istilo etganidan, o’zlarining rayb ichida deb hisoblanishlariga ishoratdir.

Nakra o’laroq رَيْبٍ kalimasining zikri, ta'mim uchundir. Ya'ni, qaysi raybingiz bo’lsa, javob birdir; har bir raybingziga qarshi maxsus bir javob lozim emas. Qaysi choraga murojaat qilsangiz, oladigan javobingiz, Qur'onning i'jozidir. Ha, bir chashma boshida suv ichib totliligini anglagan bir odam, butun u chashmadan tasho'ub etgan ariqlarni tajriba qilishga haqqi yo’q; zero manbai birdir. Shuning kabi, bir suraning muorazasidan ojiz qolgan odamning, butun Qur'onni tajribaga haqqi yo’q. Chunki kotib bir.

مِمَّا dagi مِنْ bayonni ifoda qilganidan, ف۪ى شَىْءٍ kalimasining taqdirini istaydi. Taqdiri kalom,

وَاِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ ف۪ى شَىْءٍ مِمَّا نَزَّلْنَا

bo’lsa kerak.

نَزَّلْنَا ta'biridan anglashiladiki; ularning shubhalarining manshai nuzul sifati bo’lib, qat'iy javoblari ham, isboti nuzuldir.

Tadrijan, ya'ni oyat-oyat, sura-sura, hodisalarga ko’ra nuzulni ifoda qilgan taf'il bobidan نَزَّلْنَا kalimasining, daf'atan nuzulga dalolat qilgan if'ol bobidan اَنْزَلْنَا kalimasiga tarjihan zikr qilinishi; ularning da'volarida "Nima uchun Qur'on daf'atan nozil bo’lmagan?" deya dalil keltirishganiga ishoratdir.

عَبْدِنَا : Abd lafzining nabiy yoki Muhammad (S.A.V.) lafzlariga jihati tarjihi; abd ta'biri Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning azamatiga va ibodatining uluvvi darajasiga ishorat bo’lgani kabi,

اُعْبُدُوا amrini ta'kiddir va Rasuli Akram haqida vorid bo’lgan vahmlarni daf qilish bo’lib, u zot butun insonlardan ziyoda ibodat qilgan va Qur'onni o’qigan.

فَاْتُوا : Bu amr, ta'jiz uchundir. Ya'ni, amrdan maqsad, muxotobdan bir narsa talab emas. Faqat boshlariga urish bilan muorazaga, tajribaga da'vat qilishki, ajzlari namoyon bo’lsin.

بِسُورَةٍ ila oxir... Bu ta'birdan tushuniladiki; ularning ilzomlari, ajzlari oxirgi hadga yetgan. Zero to’qqiz darajaga yetgan tahaddining, ya'ni muorazaga da'vat qilishning ta'birlari, tabaqalari bor.

1- Yuksak nazmi bilan, ixboroti g’aybiyasi bilan, ixtivo etgan ulum va oliy haqoiqi bilan barobar to’liq bir Qur'onning mislini ummiy bir shaxsdan keltiring.

2- Agar bunday mislini keltirish toqatingizdan ustun bo’lsa, balig’ bir nazmi bilan uydirma narsalardan bo’lsada keltiring.

3- Agar bunga ham qudratingiz yetmasa, o’n sura qadar bir mislini keltiring.

4- Bu ham mumkin bo’lmagan bo’lsa, uzun bir suraning mislini keltiring.

5- Agar bu ham sizga oson bo’lmasa, qisqa bir suraning misli bo’lsin.

6- Agar ummiy bir shaxsdan imkon topmagan bo’lsangiz, olim va kotib bir odamdan bo’lsin.

7- Bu ham bo’lmagan taqdirda, bir-biringizga yordam berish surati bilan qiling.

8- Bunga ham imkon topilmagan taqdirda, butun ins va jinlardan yordam istanglar va butun afkorning natijalaridan istimdod etinglar. Natijalari tamoman yoningizda bo’lgan kutubi Arabiyada mavjud. Butun kutubi Arabiya bilan Qur'on orasida bir muqoyasa qilinsa, Qur'on muqoyasa qilinmaydi. Chunki hech biriga o’xshamaydi. Shunday ekan, Qur'on yo hammasidan past yoki hammasidan yuqoridir. Birinchi ehtimol botil va maholdir. Shunday ekan, hammasidan yuqori, favqal-kull bir kitobdir. O’n uch asrdan beri misli vujudga kelmagan, bundan so’ngra ham vujudga kelmaydi, vassalom.

9- "Bizning shohidlarimiz yo’q. Agar muorazaga kirishsak, bizni qo’llaydigan hech kim yo’q." deya ko’rsatgan u bahonalarini ham daf qilish uchun, "Shohidlaringizga ham muso'ada qilingan. Ularni ham chaqiring, sizga yordam berishsin."

Xullas, bu tabaqalarga diqqat qilinsa, muorazaning shu martabalariga ishoratan, Qur'oni Karim qilgan ijoz bilan ko’rsatgan i'jozga bir shua ko’rinadi.

Birodar! Qur'oni Karimdan eng qisqa bir suraga muoraza qilishdan basharning ajzi mazkur izohot bilan sobit bo’ldi. Ammo i'jozning limmiyat jihati qoldi. Ya'ni, basharning ajzini intoj etgan illat va sabab nima? Ha, Qur'on bilan muoraza va muborazaga chiqqan insonlarning quvvati Janobi Haq tarafidan ko’rlashtirilib, muorazani qila oladigan qobiliyatdan sukut ettirilgan. Faqat Abdulqohir Jurjoniy, Zamahshariy, Sakkokiy kabi balog’at imomlariga ko’ra basharning quvvati Qur'onning yuksak uslub va nazmiga yetisholmaganidan, ajzi tazohur etgan. Yana Sakkokiy deganki: "I'joz zavqiydir, ta'rif va ta'bir qilib bo’lmaydi.

مَنْ لَمْ يَذُقْ لَمْ يَدْرِ

Ya'ni, fikri bilan i'jozni zavq qilmagan, ta'rif bilan voqif bo’lolmaydi.. asal kabidir." Lekin Abdulqohir iltizom etgan vajhga ko’ra, i'jozni ta'rif va ta'bir etish mumkin. Biz ham bu vajhni qabul qilamiz.

S- "Toifa", "najm", "navbat" kalimalari "sura" kalimasining vazifasini ado qila oladilar. "Sura" kalimasining ularga tarjihan zikrida nima bor?

J- Ularni shubhalarining mansha'i bilan ilzom va cho’ktirishdir. Shundayki:

Ularni shubhaga tushirgan, go’yo Qur'onning daf'atan nozil bo’lmaganidir. Demak, Qur'on daf'atan nozil bo’lgan bo’lsaydi, Allohning kalomi bo’lganida shubhalari bo’lmasdi. Lekin parcha-parcha nozil bo’lganidan, shubhalariga bois bo’lib; "Bu basharning kalomidir, parcha-parcha qilinishi osondir, biz ham qila olamiz." deya shubhaga tushdilar. Qur'oni Karim ham ularning oson deb o’ylagan yo’llarini, بِسُورَةٍ ta'biri bilan ixtor va "Qani, mislini keltiring va siz oson deb o’ylagan parcha-parcha shaklida bo’lsin" deya, ularni oson deb o’ylagan yo’llarida bo’g’gan. Va shuningdek, Zamahshariyning bayoni vajhi bilan, Qur'oni Karimning suralarga taqsim qilingan bir shaklda nozil bo’lishida ko’p foydalar bor. Ha, ko’p g’arib latoifni ichiga olgani uchun, shu uslubi g’arib ixtiyor qilingan.

مِنْ مِثْلِه۪ dagi zamir yo Qur'onga roji'dir, ya'ni "Qur'onning mislini keltiring" yoki Hazrat Muhammadga (S.A.V.) oiddir. Ya'ni, bir surani u zotning (S.A.V.) misli bo’lgan ummiy bir shaxsdan keltiring. Lekin birinchi ehtimolga ko’ra iboraning haqqi مِثْلِ سُورَةٍ مِنْهُ ekan, iqtizoning xilofiga بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِه۪ deyilgan. Buning sabablari: Chunki birinchi ehtimolda ikkinchi ehtimolning ham mulohazasi va ri'oyati lozim. Zero, yolg’iz Qur'onning mislini keltirish bilan masala tugamaydi. Faqat ummiy bir shaxsdan keltirilishi lozim va muorazaning tamomiyatiga shartdir. Shuning uchun ham مِنْ مِثْلِه۪ dagi zamirning Qur'onga roji' bo’lishi lozim, ham iboraning tabdili lozimki, har ikki ehtimol mar'i bo’lsin. Va shuningdek, muorazaning tamomiyati, yolg’iz bir suraning mislini keltirish bilan bo’lmaydi. Faqat Qur'onning tamomiga misl bo’ladigan bir majmu'dan, bir kitobdan olingan bir suraning mislini keltirish shart bo’lganiga ishoratdir. Va shuningdek, nuzulda Qur'onning amsoli bo’lgan kutubi samoviyaga zehnlarni o’giradiki, oralarida qilinadigan muvozana bilan Qur'onning uluhiyati tushunilsin.

وَادْعُوا Bu ta'birning "istio'na" yoki "istimdod" kalimalariga jihati tarjihi, "da'vat" kalimasining ishlatilish yerlaridan anglashilish vajhi bilan; ularni balolardan, zahmatlardan qutqarib yordam berganlar hozir bo’lib, yolg’iz chaqirishlari lozimdir, ortiqcha bir zahmatga ehtiyoj bo’lmaganiga ishoratdir. "Istio'na va istimdod" kalimalari esa yordamchilarning hozir bo’lganliklariga dalolat qilmaydilar.

شُهَدَٓاءَ Bu ta'bir uch ma'noga tatbiq qilinishi mumkin:

Birinchisi:

Buyuk adiblar. Bu ma'noga ko’ra, ularning muoraza ma'nosida "Bizning quvvatimiz muorazaga kifoya bo’lmasa ham, buyuk adib va ho’jalarimizning muorazaga qudratlari bor" deya aytgan yolg’onlarini ham Qur'oni Karim وَادْعُوا amri bilan kesib otgan.

Ikkinchisi:

Muorazani dastaklab shahodat qilganlar. Bu ehtimolga nazaran, ularning "Biz muorazaga kirishsak, bizni dastaklagan, guvohlik qilgan yo’q", deya ko’rsatgan bahonani ham Qur'oni Karim, muso'ada berish surati bilan "Qani, shohidlaringizni ham chaqiring, sizni taqviya etsinlar" deya u bahonani ham yolg’onga chiqargan.

Uchinchisi:

Aliha ma'nosida. Bu ma'noga nazaran, xuddi Qur'oni Karim ularga qarshi "Hoy, bu qadar sig’ingan ilohlaringiz bor ekan, bunday tang va mashaqqatli bir vaqtingizda nima uchun ulardan yordam istamaysiz? Ularni chaqiringki, bu muoraza balosidan sizni qutqarsinlar." deya bu jumla bilan ularga istehzo etgan, yuzlariga kulgan.

شُهَدَٓاءَكُمْ : Ixtisosni ifoda qilgan shu izofa شُهَدَٓاءَ kalimasining har uch ma'nosiga ham qaraydi. Shundayki:

1- Modomiki buyuk adib va domlalaringiz bor, tabiiyki orangizda irtibot, hurmat va muhabbat bor va yoningizda hozir bo’lib, g’oyib ham emaslar. Agar ularning bu dahshatli muorazaga qudratlari bo’lsaydi, har holda yordam berardilar. Demak, ular ham sizlar kabi ojizdirlar, aybga buyurmang.

2- Muorazada sizlarni qo’llaydigan, shahodat qiladigan har kim bo’lsa bo’lsin, qabul qilamiz, chaqiring. Ammo ular bunday badihul-butlan bir da'voda yolg’on shahodatga jasorat qilolmaydilar.

3- Ma'bud ittihoz etgan alihalaringiz nega sizga yordam bermayaptilar? Ularni ham chaqiring, ko’raylik. Faqat ularda jon yo’q, shuurlari ham bo’lmagani kabi, hech bir narsaga ham qodir emaslar. Ularni ham ma'zur ko’ring.

مِنْ دُونِ اللّٰهِ Ya'ni: Allohdan ma'ada. Bu qayd shuhadoning birinchi ma'nosiga ko’ra ta'mimni ifoda qiladi.

Ya'ni: "Allohdan ma'ada, dunyoda naqadar arbobi fasohat bo’lsa, chaqiring." Shuhadoning ikkinchi ma'nosiga nazaran, ojizliklariga ishoratdir. Chunki bir masalada ojiz va mag’lub bo’lgan qasam ichadi, shohidlarni ko’rsatadi. Bu ojizlar uchun bir usuldir. Shuhadoning uchinchi ma'nosiga ko’ra, ularning Rasuli Akram bilan muorazalari, xuddi shirk bilan tavhid yoki jamodot bilan Xoliqi Arz va Samovot orasida bir muoraza bo’lganiga ishoratdir.

اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ : Bu jumla, "Biz istasak Qur'onning mislini qilamiz" deya avvalroq sarf qilgan so’zlariga ishoratdir. Va shuningdek, ularning yolg’onchi ekaniga bir ta'rizdir. Ya'ni: Sidq arbobi emassiz, faqat safsatachi odamlarsiz. Ha, siz haqni talab qilarkan rayb, shubha qudug’iga tushmadingiz; faqat rayb, shak va shubhalarga yugurarkan, ichiga tushgan aqlsiz odamlarsiz.

Ixtor:

اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ

jumlasining jazo-ush sharti, maqoblining xulosasidir. Taqdiri kalom:

اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ تَفْعَلُوا

Ya'ni: "So’zingizda sodiq bo’lsaydingiz, qilar edingiz."

فَاِنْ لَمْ تَفْعَلُوا وَلَنْ تَفْعَلُوا فَاتَّقُوا النَّارَ

Birodar! اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ تَفْعَلُوا jumlasi ularga qarshi bir qiyosi istisnoiyni tazammun etgan. U qiyosning surati tashakkuli: "Agar sodiq bo’lsaydingiz, qilardingiz; biroq qilolmadingiz, Shunday ekan sodiq emassiz." Faqat Qur'oni Karim, muqaddima-i istisnoiya o’rnida, ya'ni "Biroq qilolmadingiz"ga badal, فَاِنْ لَمْ تَفْعَلُوا ila oxir jumlasini shakni ifoda qilgan اِنْ bilan aytgan. Buning sabablari esa, ularning "qilamiz" deya qilgan gumonni bir daraja erkalash uchundir. Va shuningdek, u qiyosning natijasi bo’lgan "sodiq emassiz" o’rniga ham, u natijaning uchinchi darajada lozimining illati bo’lgan فَاتَّقُوا النَّارَ degan. Taqdiri kalom: "Agar sodiq bo’lsaydingiz qilardingiz, lekin qilolmadingiz. Shunday ekan, sodiq emassiz. Shunday ekan, xasmingiz bo’lgan Rasuli Akram sodiqdir. Shunday ekan, Qur'on mo’'jizdir. Shunday ekan, iymon va tasdiqingiz lozimki, otashga tushmangiz."

فَاتَّقُوا النَّارَ Bu amri Ilohiy ularga qilingan tahdidlarni dahshatga tishiradi.

اِنْ لَمْ تَفْعَلُوا jumlasidagi تَفْعَلُوا kalimasi, fe'li muzoriydir. Bu fe'l zamoni hol bilan istiqbol orasida mushtarakdir. Hurufi shartiyadan bo’lgan اِنْ zamoni holdan istiqbol tog’lariga otyapti. Hurufi jazimadan bo’lgan لَمْ istiqboldan moziy daralariga uloqtiryapti. Bechora تَفْعَلُوا har ikki adatning qo’llarida to’p kabi o’yinchoq bo’lgan. Bu adatlarning bu vaziyatlari zehnlarni ham moziyga, ham istiqbolga yuboradiki; moziyni bezatgan balig’ xitobalari, oltin bilan yozilgan muallaqotlari Qur'onning yaqiniga ham kelolmaganlarini ko’rsinlar. U sahifani ko’rgandan so’ngra, istiqbol sahifasini ham unga qiyos qilsinlar.

تَفْعَلُوا ning تَاْتُوا kalimasiga tarjihida ikki nukta bordir:

Birisi: Qur'onning i'jozi, ularning ajzidandir. Ajzlari esa, asardan bo’lmasdan fe'ldan ekaniga ishoratdir. Ya'ni, ajzlarining mansha'i; Qur'onning misli emasdir, u mislni qilishdandir.

Ikkinchisi esa: Ilmi Sarfda ف ع ل butun fe'llarning tarozisi bo’lgani kabi; uslublarda ham uzun hikoyalarni, ishlarni, voqealarni, qissalarni bir lafz bilan ifoda qilgan bir fazlakadir. Xuddi kinoya turidan jumlalarni ta'bir qilgan bir zamirdir.

وَلَنْ تَفْعَلُوا dagi لَنْ hurufi nasibadan bo’lib, dohil bo’lgan fe'lni istqibolga naql qiladi, muakkad yoki muabbad bo’lib istiqbolda nafiy etadi. Demak, bu jumlaning qoili juda buyuk bir itminon va jiddiyat bilan, shak va shubha qilmasdan bu hukmni bergan. Bundan tushuniladiki, u zotning ishlarida hiyla yo’q.

S- فَاتَّقُوا Ittiqo bilan tajannub, ikkisi ham bir ma'noni ifodalaydi. Ittiqoning tajannubga jihati tarjihi nima?

J- Ha, ittiqo iymonga tobedir. Ya'ni, ittiqo iymon bo’lgandan so’ngra hosil bo’ladi. Tajannubda bu tobeiyat yo’q. Shunga binoan, ittiqo kalimasi iymonni eslatadi va ittiqo lafzi bilan iymonga imo va ishorat qilinishi mumkin. Faqat tajannub kalimasi bu ishni qilolmaydi. Shuning uchun, اِنْ لَمْ تَفْعَلُوا ning haqiqiy jazosi bo’lgan

اٰمَنُوا ning o’rnida تَجَنَّبُوا ga tarjihan فَاتَّقُوا ixtiyor va iqoma etilgandir.

اَلنَّارَ : Norning اَلْ bilan ta'rifi, norning ma'hudiyat va ma'lumiyatiga ishoratdir. Chunki anbiyo-i i'zomdan eshitilish surati bilan, zehnlarda ma'lumiyati taqarrur etgan.

S- اَلَّت۪ى asmo-i mavsuladandir. "Sila" dohil bo’lgan jumlaning avval ma'lum bo’lganini iqtizo etadi. Holbuki silasi bo’lgan

وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ

avvalroq muxotoblarga ma'lum emas ekan?

J- نَارًا وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ oyati bu oyatdan avval nozil bo’lganiga nazaran muxotoblar undan kasbi ma'lumot etganlariga binoan, bu yerda اَلنَّارَ bilan اَلَّت۪ى orasida tavsif muomalasi qilingan.

وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ : Bu qaydlardan maqsad, tahdiddir. Tahdidlarning ta'kid va tashdid etilganiga binoan, bu yerda اَلنَّاسُ kalimasi bilan ta'kid etilgan; حِجَارَةٌ lafzi bilan ham tashdid va tavbix etilgan. Shundayki: "Manfaat, najot umidi bilan toshdan ma'mul ma'bud ittihoz etgan sanamlaringiz sizga ta'zib vositasi, ya'ni sizni yondirib yoqqan otashga o’tin bo’lishgan. Bechoralar! Nima uchun buni o’ylamaysiz?"

S- اُعِدَّتْ لِلْكَافِر۪ينَ Jumlada maqomning iqtizosi xilofiga لَكُمْ o’rniga لِلْكَافِر۪ينَ deyilishi nimaga binoan?

J- Ha, Qur'oni Karim ta'qib qilgan usul, ko’pincha oyatlarning oxirida kulliy qoidalarni, fazlakalarni aytganiga ko’ra, Qur'oni Karim ularning Jahannamlik ekanini isbot qilgan dalilning ikkinchi muqaddimasiga ishorat qilish uchun, ismi zohirni zamir o’rniga, ya'ni لِلْكَافِر۪ينَ jumlasini لَكُمْ o’rniga iqoma bilan ta'mim qilgan. Taqdiri kalom:

اُعِدَّتْ لَكُمْ لِاَنَّكُمْ مِنَ الْكَافِر۪ينَ وَالنَّارُ اُعِدَّتْ لِلْكَافِر۪ينَ

Ya'ni: "Sizlar Jahannamliksiz, chunki kofirlardansiz. Jahannam ham kofirlar uchun."

* * *

وَبَشِّرِ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْر۪ى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هٰذَا الَّذ۪ى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِه۪ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ ف۪يهَٓا اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ ف۪يهَا خَالِدُونَ

Ya'ni: "Iymon keltirgan va solih amallar qilgan mo’'minlarga bashorat berki, ostida anhorlar oqqan Jannatlar ularnikidir. U Jannatlardan bir meva yegan vaqt, bular bundan avval yegan mevalarimiz derlar. Bir-biriga o’xshash bir suratda rizqlar keltirib beriladi. Va u Jannatlarda ular uchun pokiza ayollar bordir. Va ular Jannatlarda ham doimiy bir shaklda qoladilar."

Birodar!Bu oyatning avvalo maqobli bilan bo’lgan irtibotidan bahs qilamiz.Shundayki:

Bu oyatning o’tgan oyatlar bilan mutafovit ko’p irtibotlari bor. Ya'ni, mazkur jumlalarga to’g’ri bu oyatdan uzanib ketgan muxtalif xatlar bor. Qarang, Qur'oni Karimning bu oyat bilan ishorat qilgan natijasi, iymon bilan amali solihning samarasi, suraning boshida mo’'minlarga qilgan madhu sanoga qaraydi.

Va yana, suraning boshida, kofir va munofiqlarga qilgan zamm va tahqirlaridan so’ngra tutgan yo’llarining ularni abadiy bir shaqovatga yo’llashini bayon qilgan. Bu oyat bilan tasrih etgan saodati abadiyaning nurini ko’rsatib, ularning bu buyuk ne'matlarni yo’qotganlaridan chekkan hasratlarini tazyid va orttirgan.

Va yana, يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اعْبُدُوا bilan amr qilgan bir qism dunyo lazzatlarining tarkiga bois bo’lgan ibodatdan nash'at etgan zahmat va mashaqqatlarga qarshi, bu oyat bilan Jannatning eshigini ochib, Jannatning lazoizini ko’rsatish bilan mo’'minlarning qalblarini tatmin va ta'min etgan.

Va yana, taklifning asosi va iymonning birinchi rukni bo’lgan tavhidni avvalroq isbot qilgan. Bu oyatda ham tavhidning samarasini va rahmatning unvonini Jannat va saodati abadiya bilan ko’rsatgan.

Va yana, yuqorida nubuvvati Muhammadiya (S.A.V.)

اِنْ كُنْتُمْ ف۪ى رَيْبٍ ‌ الخ

oyati bilan ishorat qilingan i'joz bilan isbot qilingan. Bu yerda ham, tabshir va inzor kabi nubuvvat vazifalariga lisoni Qur'on bilan ishorat qilingan.

Va yana, yuqorida i'od va inzor; ya'ni taxvif va tahdidlar qilingan. Bu yerda ham va'dalar, rag’batlar, bashoratlar qilingan. Bularning orasidagi munosabat tazodiy bir munosabatdir.

Va yana, nafsni va vijdonni, aqlning hukmlariga itoatlarini davom ettirgan targ’ib va tarhib, ya'ni umid va qo’rquv hislari lozimdir. Bu hislarning vujud topib davom etishlari faqat targ’ib va tarhib, ya'ni umidlantirish va qo’rqitish bilan bo’ladi. Targ’ib va tarhibning davomi faqat vijdonda mavjud tahrik etuvchi bir amirning vujudi bilan bo’ladi. Xullas, bu oyat bilan targ’ib hissi uyg’otilgan. Avvalgi oyatlar bilan esa tarhib hissi tahrik etilgan. Bu e'tibor bilan oralarida tazodiy bir munosabat bor. Va yana, o’tgan oyatlarda oxiratning bir shiqqiga, ya'ni Jahannamga ishorat qilingan. Bu oyatda ikkinchi shiqqi bo’lgan Jannatdan xabar berilgan. Bu e'tibor bilan oxiratning har ikki shiqqi ham zikr qilingan bo’lyapti.

Birodar! Jannat va Jahannam shajara-i xilqatdan abadga to’g’ri uzanib ketgan ikki shoxdan tazohur etgan ikki samaradir va koinotning tasalsulan kelayotgan silsilalarining ikki natijasidir va abadga to’g’ri oqib ketgan koinot saylining ikki mahzani va ikki hovuzidir. Ha, Janobi Haq g’ayri mutanohiy hikmatlar uchun bu olamni imtihonga sahna qildi; yana so’ngsiz hikmatlar uchun tag’ayyurotga, tahavvulotga, inqiloblarga mahal bo’lishini iroda qildi; va yana so’ngsiz g’oyalar uchun xayr bilan sharni, naf' bilan zararni, husn bilan qubhni, xulosa yaxshilik bilan yomonlikni aralash bir shaklda Jannat va Jahannamga urug’ bo’lish uchun koinotning shu mazraasiga sochdi. Ha, modomiki bu olam navi basharning imtihon maydonidir va musobaqa yeridir; yaxshilik bilan yomonlikning bir-biridan tafriq qilib bo’lmaydigan darajada muxtalit va aralash bo’lishi lozimki, insonlarning darajalari tazohur etsin. Imtihon va tajriba zamonlari tugagandan so’ng yomon insonlar:

وَامْتَازُوا الْيَوْمَ اَيُّهَا الْمُجْرِمُونَ

"Ey mujrimlar! Bir tarafga ajraling" deya dahshatga soluvchi, saiqavoriy, shiddatli amri Ilohiyga ma'ruz qolishlari kabi; yaxshi insonlar ham

فَادْخُلُوهَا خَالِد۪ينَ

"Doimiy qolish uchun Jannatga kiring", deyilgan Janobi Haqning mun'imona, shafiqona, lutfkorona amrlariga mazhar bo’ladilar. Insonlar bu ikki qismga ayrilgandan so’ngra, koinot ham tasfiya amaliyotiga duchor bo’ladi. Yomonlikni, sharni, zararni tavlid etgan moddalarning bir tarafga chekinishi bilan Jahannamning; yaxshilikni, xayrni, naf'ni vujudga keltirgan moddalarning ham boshqa tarafga chekinishi bilan Jannatning tajhizotlari ikmol etiladi.

Muqaddima

Bu oyat maqobli bilan barobar qiyomatga, hashrga ishorat qiladi. Shunga binoan, bu masalada nazarga olinadigan to’rt nuqta bor:

Birinchisi:Olamning imkoni xarobiyati bilan o’limi.Ikkinchisi:Xarobiyatning sodir bo’lishi.Uchunchisi:Ta'mir va ihyosi.To’rtinchisi:Ta'mirining imkoni va sodir bo’lishi.

Avvalo:

Xarobiyati olam imkon doirasida bo’lib-bo’lmaganidan bahs qilamiz. Ha, olamda takomul qonuni bordir. Bu qonunga tobe bo’lgan nashvu namo qonuniga dohildir. Bu qonunga dohil bo’lganning bir umri tabiiysi bor. Umri tabiiysi bo’lganning ajali fitriysi bor; ajalning panjasidan qutulolmaydi. Ha, koinot ixtivo etgan anvo'ning va bu anvo' ihota etgan afrodning qismi aksariysi bu qonunlarga tobedirlar. Shunga binoan, olami sag’ir deyilgan inson o’limdan va xarobiyatdan qutulolmagani kabi, insoni kabir deyilgan olamning ham o’limdan najoti yo’q. Va shuningdek, koinotning bir daraxti o’limdan, tarqalishdan xalos bo’lmagani kabi, shajara-i xilqatdan bo’lgan koinot silsilasining ham xarobiyatdan qutulishi yo’q. Ha, agar koinot umri fitriysidan avval xorijiy bir taxribotga yoki Sone'i tarafidan bir hadm va qiyomatga ma'ruz qolmasa ham, fanniy bir hisob bilan koinotning shunday bir kuni keladiki;

اِذَا السَّمَٓاءُ انْشَقَّتْ ٭ اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ٭ اِذَا النُّجُومُ انْكَدَرَتْ

kabi oyatlarga masadaq bo’ladi va insoni kabir deyilgan ulkan koinot shu bo’shliqni sakarotining baqiriqlari bilan to’ldiradi.

Ikkinchi Nuqta:

Xarobiyati olamning sodir bo’lishi. Ha, butun samoviy dinlar olamning xarob bo’lishida muttafiqdirlar. Ham har bir fitrati salima olamning o’lishiga shahodat qiladi. Va koinotda ko’z bilan ko’ringan shu qadar nav'iy, fardiy, yavmiy, shahriy, sanaviy tag’ayyurot, tahavvulot, inqiloblarning yolg’iz ishorati bilan emas, sarohatlari bilan qiyomatning kelishi sobitdir. Agar bu ijmol bilan qanoat hosil qilolmagan bo’lsang, bir parcha izohot beraylik.

Birodar! Koinot deganimiz shu imorati Ilohiy shunday ulviy, yuksak, chuqur, nozik nizomlarga tobe va shunday ajib-g’arib robitalarga bog’liqki, agar bir devori yoki bir toshi, "O’rningdan chiq!" amriga hadaf bo’lsa; darhol olam o’lim xastaligiga tushadi, sakarotni boshlaydi; yulduzlar orasida musodamalar, ajrom orasida muhorabalar sodir bo’ladi. Shu g’ayri mutanohiy bo’shliq; juda shiddatli hayqiriqlar, juda dahshatli chaqmoqlar, juda qo’rqinch ovozlar, sadolar, shovqinlar va guldurashlar bilan to’ladi. Ha, insoni kabirning o’limi, kichik bir o’lim emas. Sakarotni boshlagan zamon, milliardlab kuralarning to’qnashuvidan hosil bo’lgan bo’ronning na tasavvuri va na ta'rifi va na ko’rilishi imkon doirasidadir.

Mana bu shiddatli o’lim bilan xilqat hushdan ketadi, koinot yoyiladi, xilqatning yog’i bilan ayroni bir-biridan ajraladi. Jahannam moddasi bilan, qabilasi bilan bir tarafga chekinadi; Jannat ham latofati bilan, lazoizi bilan va butun go’zal unsurlari bilan tajalliy va injilo etadi.

S: Koinot ilk yaratilishida abadga mos tarzda sobit bir shaklda yaratilsaydi; bunday tag’ayyurotli, inqilobli, moili inhidom bir suratda yaratilib, keyinchalik taxribdan so’ngra abadiyatga daxldor, metin bir shaklda qilinishidan yanada yaxshi va yanada qisqa bo’lmasmidi?

J: Qachonki Janobi Haq, hikmati azaliya bilan inoyati azaliyaning iqtizosi bilan, insonlarning qobiliyatlarining tazohurini va iste'dodlarining nashvu namosini iroda qilish bilan, navi basharni imtihon va tajribaga tobe tutdi, zararlarni manfaatlarga qo’shdi, sharlarni xayrlarning ichiga otdi, go’zalliklarni xunukliklar bilan jam etdi; hammasini bir-biriga aralashtirib koinotning xamiri bilan barobar yaratilish tog’orasida qorgandan so’ngra, koinotni tag’ayyur, tabaddul, takomul qonunlariga tobe tutdi.

Qachonki imtihon pardasi yopiladi va tajriba zamoni nihoyat topadi va koinot dalasining vaqti hasadi hulul etadi. Sone'-i Hakim inoyati bilan, bir-biri bilan aralash qorgan zidlarni tasfiya etadi, ichlaridan tag’ayyurni vujudga keltirgan sabablarni ayiradi va ixtilof moddalarini tafriq etadi. So’ngra Jahannam abadga mos tarzda metin va qoviy bir jism bilan tashakkul etib, وَامْتَازُوا xitobiga hadaf bo’ladi. Jannat esa asosoti bilan barobar abadiy va muhkam bir shaklda tajalliy etadi va munjaliy bo’ladi. Ha, kerak bo’lsa Jahannamni, kerak bo’lsa Jannatni tashkil qilgan ajzo va moddalar orasida munosabat bor, ziddiyat yo’q. Munosabat intizomning shartidir, nizom ham davomga sababdir. Va shuningdek, bu ikki manzilning yaratilishi ham, abadiy bo’lganlari uchun, vujudlarini tashkil qilgan ajzo tag’ayyurga ma'ruz emas. Chunki dunyodagi jismlarining tarkib va tahlillari orasida muvozana yo’q. Ya'ni, jism binolariga kirganlarning, chiqqanlarning orasida nisbat yo’q. Shuning uchun inhilolga yüz tutadilar. Faqat oxiratdagi jismlarning qurilishi unday emas. Ajzolari orasida tom ma'nosi bilan muvozana bordirki; inhilolga mahal qolmaydi.

Uchinchi va To’rtinchi Nuqtalar:

Ya'ni, dunyoning ikkinchi ta'miri bilan hashrning sodir bo’lishi. Ha, tavhid va nubuvvatning isbotlari yolg’iz dalili naqliy bilan sahih emas. Chunki davr lozim keladi. Ha, Qur'on va hadisdan iborat bo’lgan naqliy dalillarning sihhati, nubuvvatning sihhat va sidqiga bog’liq. Agar nubuvvat ham dalili naqliy bilan isbot qilinsa, mahol lozim keladi. Shuning uchun Qur'oni Karim tavhid bilan nubuvvatni daloili aqliya bilan isbot qilgan. Ammo hashr masalasining ham aqliy, ham naqliy dalillar bilan isboti sahihdir.

Dalili aqliy bilan isboti,

وَبِالْاٰخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ

oyati karimasining bahsida bayon qilingan. Xulosasi:

Vujudlarida shak va shubha bo’lmagan nizom, rahmat va ne'mat faqat va faqat hashrning kelishi bilan va ikkinchi bir hayotning tahaqquqi bilan nizom, rahmat, ne'mat bo’la oladilar. Agar hashr kelmasa va ikkinchi bir hayot tahaqquq etmasa, bularni asmo-ul azdoddan sanash lozim bo’ladi.

Dalili naqliy esa:Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon bilan butun anbiyo hashrning kelishiga ittifoq qilganlar.

Aqliy va naqliy dalillar esa:Faxriddin-ar Roziyning tafsirida bu kabi dalillarni bildirgan oyatlar bayon qilingan. Xulosa: Ayniqsa hayvonot va nabototda doimo sodir bo’lgan hashrlarga diqqat qilib taammul etgan odam, qo’lga kiritadigan mutafarriq alomatlar bilan hashrning sodir bo’lishiga hads bilan, ya'ni bir sur'ati intiqol bilan hukm qiladi.

Hozir bu oyatning jumlalarini bir-biriga bog’lagan munosabatlarga kelaylik. Ha, bu oyatning javharlarini nazm etgan va jumlalarining silsilasiga madori bahs bo’lgan nuqta, saodatdir. Shundayki

Saodati abadiya ikki qismdir:

Birinchi va eng birinchi qismi:Allohning rizosiga, lutfiga, tajalliysiga, qurbiyatiga mazhar bo’lishdir.

Ikkinchi qismi esa, saodati jismoniyadir.Buning asoslari; maskan, akl, nikoh bo’lib uchdir. Va bu uch asosning darajalariga ko’ra saodati jismoniya tabaddul etadi. Va bu qism saodatni ikmol va itmom etgan, xulud va davomdir. Chunki saodat davom qilmasa, ziddiga inqilob etadi.

Birinchi qism saodatning aqsomi tafsildan mustag’niydir yoki imkonsizdir.

Ikkinchi qism saodatning aqsomi esa: Ha, "maskan"ning eng latifi, eng jozibador shakli; atrofi arbaasi turli-tuman gul va chechaklar bilan muzayyan, bog’-bo’stonlar bilan o’ralgan, ostida suvlar, anhorlar oqqan qasr va ko’shklardir. Ha, jomid qalblarni ishq va shavq bilan ihyo etgan, so’ngan ruhlarni xushnud va shod etgan, shoirlarga sarmoya o’laroq shoirona tashbehlarni, tamsillarni, uslublarni ilhom etgan; suvlar bilan hazravot va nabototdir. Saodatning ikkinchi asosi bo’lgan "akl" esa, ma'kulot (yeyiladigan) quvvat berish jihati bilan, eng yaxshisi, eng lazizi, ma'luf bo’lgan qismdir. Ya'ni, insonga g’arib, vahshiy bo’lmagan narsalardir. Chunki ulfat bilan u ne'matning daraja-i qiymati bilinadi; lazzat berish jihati bilan ham lazzatning eng buyuk lazzati, tajaddud va tabaddulidandir. Va shuningdek, akl lazzatini ikmol etgan sabablardan biri ham, u rizqning o’z amalining ujrati ekanini bilishdir; ikkinchi bir sabab ham u rizq manbaining doimo ko’z o’ngida hozir bo’lishiki, qalbi mutmain bo’lsin, rizq uchun xavotirlanmasin. Saodatning asoslaridan "nikoh" esa: Ha, insonning eng ko’p ehtiyojini tatmin etgan, qalbiga muqobil bir qalbning mavjud bo’lishiki, har ikki taraf sevgilarini, ishqlarini, shavqlarini mubodala etsinlar va lazoizda bir-biriga sherik, g’am va qayg’uli narsalarda ham yakdigariga muovin va yordamchi bo’lsinlar. Ha, bir ishda mutahayyir qolgan yoki bir narsaga sho’ng’ib tafakkur qilgan odam hatto zehnan bo’lsin, istaydiki; birisi kelsin, o’zi bilan u hayratni, u tafakkurni bo’lishsin. Qalblarning eng latifi, eng shafiqi; qismi soniy bilan ta'bir qilingan ayol qalbidir. Faqat ayol bilan ruhiy imtizojni (turmushni) ikmol etgan, qalbiy unsiyat va ulfatni itmom etgan, suriy va zohiriy bo’lgan do’stlikni samimiylashtirgan; ayolning iffati bilan, axloqi sayyiadan toza va pok bo’lishi va xunuk kamchiliklardan xoli bo’lishidir.

S- Yeyish, ichish shaxsiy vujudni ibqo etish uchundir. Chunki vujuddan erib ayrilgan narsalarning o’rnini to’ldirib ta'mir qilish, ovqat va g’ido bilan bo’ladi. Nikoh ham, navning baqosi uchun. Holbuki oxiratda ashxas abadiy bo’lganidan, vujudlarida erib ayrilgan bir narsa yo’qki, g’idoga ehtiyoj bo’lsin va oxiratda tanosul yo’qki, nikohga luzum bo’lsin?

J- Yeyish, ichish va nikohning foydalari, yolg’iz baqoga va tanosulga munxasir emas.

Ha, shu alamli, qayg’uli olamda bo’lganlarda juda katta lazzat va foydalar bo’lsin-u, lazzatlar yeri bo’lgan olami saodatda nima uchun yanada nazih lazzat va foydalari bo’lmasin?

S- Bu olamda lazzat alamning daf qilinishidan hosil bo’ladi. Holbuki oxiratda alam yo’q?

J- Alamning daf qilinishi, lazzatning sabablaridan biridir. Bo’lmasa lazzat unga munxasir emas. Va shuningdek, olami abadiyning bu olamga o’xshatilishi, qiyosi ma'alfariqdir. Ya'ni, oralarida ko’p farqlar bo’lganidan, bir-biriga o’xshamaydi. Jannat bilan Xorxor Bog’ining {(Hoshiya) Xorxor Vandagi muallifning madrasasining nomidir.} orasida qanday nisbat bo’lsa, Jannatning lazzatlari bilan dunyoning lazzatlari orasida ham aynan shunday nisbat bor. Jannatning Xorxor Bog’idan darajalari naqadar ko’p yuksak bo’lsa, uxroviy lazzatlar ham dunyo lazzatlariga ko’ra shundaydir. Har ikki olam orasida bu katta tafovutga Ibn Abbos

لَيْسَ فِى الْجَنَّةِ اِلَّا اَسْمَائُهَا

jumlasi bilan ishorat qilgan. Ya'ni, "Jannatda dunyo mevalarining yolg’iz ismlari bordir."

Ya'ni, ismlari birdir, faqat lazzatlari boshqadir.

Jannatda lazzatning davomi masalasi esa: Ha, lazzatning haqiqiy lazzat bo’lishi, zavol ko’rmasdan davom etishidadir. Zero, alamning zavoli lazzat bo’lgani kabi, lazzatning zavoli ham alamdir; hatto zavolining tasavvuri ham alamdir. Ha, butun majoziy oshiqlarning ingrashlari, baqirib chaqirishlari bu qism alamdan va butun devonlari bilan qilgan yig’ilari, dod-faryodlari, doim mahbublarning firoq va zavollarining tasavvuridan nash'at etgan alamdandir. Ha, juda ko’p muvaqqat lazzatlar borki, zavollari doimiy alamlarni intoj etgani kabi; ko’p alamlarning zavoli ham laziz lazzatlarga bois bo’ladi. Lazzat va ne'mat esa, davom qilish sharti bilan, lazzat va ne'mat sanalishi mumkin.

Xulosa: Inson abad uchun yaratilgan. Uning haqiqiy lazzatlari faqat ma'rifatulloh, muhabbatulloh, ilm kabi umuri abadiyadadir.

Bu oyatning jumlalari orasidagi robitalarni ko’rdik.Hozir jumlalar ishg’ol qilgan yerlar bilan munosabatlariga qaraymiz:

Ha,

وَبَشِّرِ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ

bu jumlaning bu mavqe bilan munosabati: Ha, Janobi Haq ibodatni taklif qildi va nubuvvatni isbot qildi va Payg’ambarimizni (S.A.V.) tablig’ ishlariga ma'mur qildi va dunyoviy ba'zi lazzatlarga ruxsat bermagan va mashaqqatlarni tazammun etgan ibodatga mo’'minlarning imtisollarini ta'min qilish uchun, mo’'minlarga va'da qilingan tabshirlarni tablig’ etishni Rasuli Akramga (S.A.V.) amr qildi. Chunki u Hazrat (S.A.V.) inzor va taxvifga (qo’rqitish) ma'mur bo’lgani kabi; Allohning rizosini, lutfini, qurbiyatini va saodati abadiya kabi tabshirotini ham tablig’ga ma'murdir.

اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْر۪ى : Insonning ehtiyojoti zaruriyasi ichida eng avval lozim bo’lgan, makon va maskandir. Makonning eng go’zali, nabotot va ashjarga mushtamil bo’lgan yerlardir; va eng latifi, nabotlari orasida suvlarning majrasi bo’lgan bog’lardir; va eng komil qismi, daraxtlarning orasidan oqqan anhorlarning ko’p bo’lishidir. Qur'oni Karim bu qismga تَجْر۪ى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ jumlasi bilan ishorat qilgan.

Maskandan so’ngra inson eng ko’p muhtoj bo’lgan; jismoniy lazzatlardan yeb-ichishdir. Bu qismga ham جَنَّة , نَهْر kalimalari bilan ishorat qilingan. So’ngra rizqning eng akmali, ma'luf qismi bo’lib, daraja-i qiymati bilinsin. Mevalarning lazzati, tajaddud va tabaddulidandir. Lazzatning eng sofi, hozir va yaqin bo’lgani va eng lazizi, amalining ujrati bo’lganini bilishdir. Qur'oni Karim bu qismga ham

كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هٰذَا الَّذ۪ى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ

jumlasi bilan ishorat qilgan.

مِنْ قَبْلُ : Ya'ni "Bundan oldin yegan mevalarimiz yoki dunyoda yegan mevalarimizdir." Chunki Jannatning mevalari bir-biriga o’xshagani kabi, dunyo mevalariga ham zohiran o’xshaydilar.

وَاُتُوا بِه۪ مُتَشَابِهًا : Ya'ni, rizqlari bir-biriga mutashabeh o’laroq keltiriladi. Hadisda ham vorid bo’lganiga ko’ra, Jannatning mevalari rang jihatidan birdir; ammo totlari, taomlari bir emas. Bu jumlada majhul siyg’asi bilan zikr qilingan اُتُوا kalimasidan anglashilgani kabi, rizqning insonga yetkazilishi, buyuk bir sharaf va ikromga dalolat qilganidan, buyuk bir lazzatni intoj etadi.

وَلَهُمْ ف۪يهَٓا اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ : Joy va taomdan keyin inson eng ziyoda muhtoj bo’lgan, juftidir. Bu ehtiyojining Jannatda ta'min qilinganiga bu jumla bilan ishorat qilingan. Ha, inson bir rafiqaga yoki bir rafiqqa muhtojdirki, tarafayn oralarida hayotlariga lozim bo’lgan narsalarni muovanat surati bilan qila olsinlar va rahmatdan nash'at etgan muhabbat iqtizosi bilan, yakdigarining zahmatlarini taxfif etsinlar va g’amli, qayg’uli zamonlarini faroh va sururga tabdil eta olsinlar. Zotan dunyoda insonlarning tom unsiyati, faqat rafiqasi bilan bo’ladi.

وَهُمْ ف۪يهَا خَالِدُونَ : Inson bir ne'matga yoki bir lazzatga mazhar bo’lgan zamon, eng avval fikrini buzgan, vasvasa bergan; u ne'matning yoki u lazzatning davom qilib-qilmasligi tushunchasidir. Bu vasvasali tushunchaga yer qolmaslik uchun, Qur'oni Karim bu jumla bilan ularning azvoji bilan, lazoizi bilan barobar Jannatda davomli bo’lib qolishlarini tabshir etish bilan, u qayg’uli tushunchadan qutqargan.

Bu oyatdagi jumlalarning sadaflarida bo’lgan javharlarni ko’rsatamiz:

وَبَشِّرِ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ

jumlasining boshida bo’lgan وَ harfi atfdir. Atfning har ikki tarafi orasida munosabat lozim. Holbuki bu yerda tabshir bilan maqobli orasida munosabat ko’rinmayapti. Faqat maqoblida inzor bor. Shunday ekan, bu tabshir u maqoblidan tarashshuh etgan inzorga atfdir.

بَشِّرْ : "Bashorat" ta'biri; Jannatning Janobi Haqning fazli karamidan bir hadya-i Ilohiya bo’lib, amalning ujrati muqobilida vojib bir haq bo’lmaganiga ishoratdir. Chunki haq va ujratning berilishi bashorat bilan ta'bir qilinolmaydi. Bunga binoan, qilingan ibodat Jannat uchun bo’lmasligi kerak.

Tabshirning siyg’a-i amr qiyofasi bilan zikri, tablig’ning taqdiriga ishoratdir. Chunki Rasuli Akram (S.A.V.) tablig’ga ma'murdir, tabshirga mukallaf emas. Taqdiri kalom: "Xushxabar berib tablig’ qil" deganidir.

S- اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا Bu sila va mavsula ta'biri ismi foil siyg’asi bo’lgan اَلْمُؤْمِن۪ينَ dan yanada uzun bo’lgani holda nimaga ishorat qiladi?

J- Suraning boshida tafsilan zikr qilingan اَلَّذ۪ينَ يُؤْمِنُونَ bo’lgan sila va mavsula ishoratdirki, u yerda qilingan tafsil bu yerda qilingan ijmolga bayon bo’lsin.

S- Suraning boshida اَلَّذ۪ينَ ning sila deyilgan dohil bo’lgan jumlasi, muzoriy siyg’asi bilan zikr qilingani holda, bu yerda moziy siyg’asi bilan zikr qilingan. Sabablari nima?

J- U yerda maqom, iymon va amalga tashviq va madh maqomidir. Bunga munosib, muzoriy siyg’asidir. Bu yerda maqom, mukofot va ujratni berish maqomidir. Bunga ham munosib, moziy siyg’asidir. Chunki ujrat xizmatdan so’ngra beriladi.

وَعَمِلُوا : Bu وَ harfi atfdir. Atfning tarafayni orasida munosabat lozim bo’lgani kabi, mug’oyarat ham lozim. Bu yerda oralarida bo’lgan mug’oyarat, Mazhabi I'tizolning xilofiga, amalning iymonga dohil bo’lmaganiga va amalsiz iymonning ham kifoya qilmaganiga dalolat qilgani kabi, عَمَلْ ta'biri ham tabshir etilganning ujrat kabi bo’lganiga ishoratdir.

اَلصَّالِحَاتِ : Bu kalima bir narsa bilan taqyid va taxsis etilmasdan, mutlaq va mubham qoldirilgan. Misr Muftiysi Shayx Muhammad Abduhning qarashiga ko’ra: "Yaxshi narsalar ma'nosida bo’lgan "solihat" kalimasi, baynannos mashhur va ma'lum bo’lganidan, mutlaq qoldirilgan." Men ham deymanki: Suraning boshiga e'timodan bu yerda mubham qoldirilgan. Chunki sura boshida zikr qilingan

يُق۪يمُونَ الصَّلٰوةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ

oyati bu yerdagi صَالِحَاتِ ni bayondir.

اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْر۪ى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ : Bu oyatdan maqsad, mukofotdan nash'at etgan nash'ali lazzat va sururdir. Bu maqsadning taqviyasiga ishorat qilgan qaydlar:

1- اَنَّ ning ta'kidi.

2- ل ning ixtisosi.

3- لَهُمْ ning taqdimi.

4- "Jannat"ning jam'i bilan tankiri.

5- "Jarayon"ning zikri.

6- تَحْتَ bilan barobar مِنْ ning zikri.

7- "Anhor" ta'biri bilan ta'rifidir.

Bu qaydlarning u maqsadning tahaqquqiga harakat qilganlariga bir parcha izohot beramiz. Shundayki:

Juda katta bir narsa tabshir qilingan zamon, aql taraddud etadi, ishonmaydi; ishontirish uchun ta'kidga ehtiyoj bo’ladi. Va shuningdek, nash'a va surur maqomlari avhomdan xoli bo’lishi kerak. Chunki adno bir vahm bilan surur zoil bo’ladi. Bunga binoan, bu yerda u katta tabshirot, اَنَّ bilan ta'kid qilinganki; ham aql ishonsin, ham u sururni izola qiladigan hech bir avhom qolmasin. Va shuningdek, bu tabshirotning yolg’iz bir va'dadan iborat bo’lmasdan, bir haqiqat ekaniga ishoratdir.

Ixtisosni ifoda qilgan لَهُمْ dagi ل tabshir etilgan narsaning ularga maxsus va ularning mulki va ularning fazliy istihqoqlari bo’lganiga dalolat qiladiki; lazzatlari to’liq, sururlari muzdad bo’lsin. Va xususan, bir podshoh bir faqirni musofir qilsa; modomiki u musofirlik va u suhbat abadiy emas, qiymati yo’q.

لَهُمْ ning taqdimi hasrni ifoda etganidan, baynannos Jannatning ularga taxsis qilinganiga va demakki ahli norning ham parishon hollarini ularning ko’z o’nglariga keltirishga sabab bo’lganiga dalolat qiladi. Va bu e'tibor bilan Jannatning lazzati ortadi va qiymati tazohur etadi.

Jannatning jam'i, Jannatlarning taaddudiga va amallarga ko’ra Jannatning martabalariga ishoratdir. Va shuningdek, Jannatning har bir juzi Jannat kabi bir Jannat ekaniga va har bir mo’'minga tushgan qism, kattaligiga nazaran to’liq bir Jannat kabi ko’rinishiga ishoratdir.

Jannatning tankiri esa, go’zalligining qobili ta'rif va tavsif qilib bo’lmasligiga yoki sami'larning ishtaha va istehsonlarining favqulodaligiga ishoratdir.

تَجْر۪ى : Bog’larning eng go’zali, ichida suvi bo’lganidir. Bularning ham eng go’zali, ichlaridan suvlari oqqanlardir. Bularning ham eng yaxshisi, oqimi davomli bo’lganlardir. Xullas, jarayonning siyg’a-i muzoriy qiyofasida zikr qilinishi, u jarayonlarni tasvir qilish bilan, davomli ekanligiga ishoratdir.

مِنْ تَحْتِهَا : Hazravot (ko’kat) va nabotot ichida jarayon etgan suvlarning eng yaxshisi; qaynab chiqish surati bilan bog’ning ichidan chiqish bilan yuksak ko’shklarning ostidan o’ziga maxsus tarannumoti bilan o’tgan, ashjar va nabototga tarqalgan suvlardir. مِنْ تَحْتِهَا kalimasi bu qism suvlarga ishoratdir.

الْاَنْهَارُ : Suvlarning ko’pligi bog’larga yanada ziyoda manfaat, porloqlik va go’zallik beradi. Shuning kabi, kichik-kichik ariqlardan tajammu' etgan anhorlar yanada go’zal manzaralarni tashkil qiladi. Ayniqsa suvlari tiniq, zilol, totli, sovuq bo’lsa, favquloda bir qiymat, bir lazzat beradi. Xullas, الْاَنْهَارُ kalimasi jam'i bilan, ta'rifi bilan, moddasi bilan bu kabi suvlarga ishorat qiladi.

كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هٰذَا الَّذ۪ى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ

Bu katta jumla ko’p kichik-kichik jumlalarni tazammun etgan. Ha, bu jumla maqobli bilan bog’liq emas, musta'nifadir; vazifasi muqaddar bir savolni javoblantirishdir. Muqaddar savol bo’lsa, sakkiz savolning mamzuj va ma'junidir. Shundayki: Qachonki iymon keltirganlar va amali solih qilganlar Jannat kabi yuksak bir maskan bilan tabshir etildilar, birdaniga sami'ning zehniga keldi: "Ajabo, u maskanda rizq bo’ladigan biron narsa bormi? Bo’lsa, u rizq qayerdan hosil bo’ladi va qayerdan keladi? U rizqlar u Jannatdan hosil bo’lgan taqdirlarida, qayerdan nash'at etadi? Samarotidan hosil bo’lsa, dunyo samarotiga o’xshaydimi? O’xshagan taqdirda, bir-biriga ham o’xshaydimi? Bir-biriga mushabih bo’lsalar, totlari birmi, bo’lmasa boshqa-boshqami? Totlari muxtalif bo’lgan taqdirlarida, uzilgan vaqtlari yerlari bo’sh qoladimi, bo’lmasa darhol to’ladimi? Tabaddul etgan taqdirlarida, davomiymi? Davomiy bo’lsalar, ularni yeganlar sevinishadimi? Sevingan vaqtlari nima deydilar?"

Birodar! Bu savollarni hovuchingga qo’y. Men ham bu jumlalarni ochaman, ichlariga qarayman. Sen ham diqqat qil, ko’raylikchi mutobiq bo’ladimi?

كُلَّمَا kalimasi davom va tahqiqga dalolat qiladi.

رُزِقُوا siyg’a-i moziysi bilan sodir bo’lishining tahaqquqiga dalolat qilgani kabi, moddasi bilan ham dunyodagi rizqlarini ixtor etadi. Va bino-i majhul siyg’asi bilan zikr qilinishi, u rizqda mashaqqatning bo’lmasligiga va ularning (raislar va beklar kabi) rizqlari oyoqlariga kelganiga dalolat qiladi.

مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ deyilgandan ko’ra مِنْ ثَمَرَاتِهَا deyilgan bo’lsaydi, yanada muxtasar va yanada go’zal bo’lardi. Faqat mazkur savollardan ikki savolga javob bo’lganidan, مِنْهَا alohida مِنْ ثَمَرَةٍ alohida aytish ijob etgan.

مِنْ ثَمَرَةٍ dagi tankir, ta'mimni ifoda qilish jihati bilan, Jannatning butun samaralari rizq bo’lishga shoyon ekaniga ishoratdir.

رِزْقًا kalimasining tankiri esa, ochlikni ketkazish uchun yeganingiz ko’rganingiz rizq emasligiga ishoratdir.

قَالُوا tafo'ul bobining ma'nosi bo’lgan shirkatni eslatadi. Ya'ni, "U rizqning ajib holatidan qilgan taajjub va istig’roblarni bir-biriga aytishni boshladilar."

هٰذَا الَّذ۪ى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ : Bu jumlada mubham qoldirilib, bayon qilinmagan "rizq" kalimasining to’rt ma'noga ehtimoli bor:

Birinchisi:

Rizqdan maqsad, amali solihdir. Ya'ni "Bu dori dunyoda rizq o’laroq bizga nasib qilingan amali solih, ya'ni hozir yegan rizqlarimiz dunyoda qilgan amali solihlarimizning natijasidir." Ya'ni, amal bilan jazo orasida shu qadar ittisol (bog’liqlik) bordirki; xuddi dunyodagi amal oxiratda tajassum etib savob bo’lgan. Ularning sevinchlari bu nuqtadan hosil bo’lgan.

Ikkinchisi:

Rizqdan maqsad, dunyoning taom va ovqatlaridir. Ya'ni: "Dunyoda rizq o’laroq bizga berilgan taomlar bulardir. Ammo zavqlari, totlari orasida tog’lar qadar farq bor." Xullas, ularning istig’roblari bu nuqtadandir.

Uchinchisi:

Bu samaralar biroz avval yeganimiz samaralar kabidir, ammo suratlari bir, ma'nolari, totlari boshqa. Demak, suratan, shaklan bir bo’lganidan, ulfat lazzatini beradi; totlarining boshqa bo’lishi bilan ham tajaddud lazzati hosil bo’ladi. Xullas, sevinchlari bu nuqtadandir.

To’rtinchisi:

Mana hozir yegan mevalarimiz bu shoxlardagi mevalardir. Demak, bir meva uzilgan vaqt, o’rni bo’sh qolmaydi, darhol o’rniga bir meva paydo bo’ladi. Mana shundan, Jannatning mevalarida nuqsoniyat bo’lmaydi.

وَاُتُوا بِه۪ مُتَشَابِهًا : Bu jumla e'tiroziyadir. Ya'ni, yangi bir hukmni ifoda qilish uchun zikr qilishga luzum bo’lmagani holda, هٰذَا الَّذ۪ى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ jumlasidagi hukmni tasdiq va illatini bayon qilish uchun, avvalgi jumlaga bir zayl va bir fazlaka o’laroq zikr qilingan.

Bino-i majhul siyg’asi bilan اُتُوا ning zikr qilinishi, ahli Jannatning ishlari xizmatkorlari tarafidan qilinishiga ishoratdir.

مُتَشَابِهًا : Ya'ni, zohiran va shaklan bir bo’lganidan, ulfat lazzatini beradi; botin tomondan va taom sifatida ham boshqa bo’lish jihati bilan tajaddud lazzatini beradi. Bu e'tibor bilan مُتَشَابِهًا kalimasi har ikki lazzatga ishora qiladi.

وَلَهُمْ ف۪يهَٓا اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ : Bu jumla, لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْر۪ى ‌ الخ jumlasiga atfdir. Atfning tarafayni orasida lozim bo’lgan munosabatning iqtizosicha, taqdiri kalom shunday bo’lsa kerak: "Ular o’z jismlari uchun bir maskanga muhtoj bo’lganlari kabi, ayollari uchun ham bir maskanga muhtojdirlar."

لَهُمْ kalimasi ixtisosni ifoda qilish jihati bilan, u azvojning ularning mulki va ularga maxsus bo’lganlariga dalolat qilgani kabi, dunyo ayollaridan boshqa حُورٌ ع۪ينٌ bilan ta'bir qilingan bir qism ayollar ham ular uchun yaratilganini imoan ko’rsatadi.

ف۪يهَا : Jannat u ayollarga zarf va maskan bo’lganidan anglashiladiki, u ayollar u yuksak Jannatga loyiqdirlar va ayni zamonda Jannat darajalarining yuksakligi nisbatida ularning husnlari ham yuksaladi. Va shuningdek, Jannatning ham ular bilan muzayyan bo’lganiga yashirin bir imo bor.

مُطَهَّرَةٌ taf'il bobidan ism-i maf'ul bo’lganidan, har holda tathir etuvchi bir foil bor. U foil ham faqat yadi qudratdir. Shunga binoan, yadi qudrat tathir va tanzih etgan ayollarning tavsiflari mumkin emas.

Va shuningdek, مُطَهَّرَةٌ kalimasi muta'addi bo’lganiga nazaran, u ayollarning tahoratlari o’zlaridan bo’lmasdan, boshqasidan ularga siroyat etgani anglashiladi. Shunga binoan, dunyo ayollari ham Jannatga kirgandan so’ngra bir tatahhur va tasfiya va tasayqul amaliyoti bilan go’zallikda huriylarning darajalariga chiqishlariga dalolat qiladi.

وَهُمْ ف۪يهَا خَالِدُونَ : Ya'ni: Ular ham, azvojlari ham, Jannat ham, Jannatning lazoizi ham faqat abadiydir.

* * *

اِنَّ اللّٰهَ لَا يَسْتَحْي۪ٓى اَنْ يَضْرِبَ مَثَلًا مَا بَعُوضَةً فَمَا فَوْقَهَا فَاَمَّا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا فَيَعْلَمُونَ اَنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّهِمْ وَ اَمَّا الَّذ۪ينَ كَفَرُوا فَيَقُولُونَ مَاذَٓا اَرَادَ اللّٰهُ بِهٰذَا مَثَلًا يُضِلُّ بِه۪ كَث۪يرًا وَ يَهْد۪ى بِه۪ كَث۪يرًا وَمَا يُضِلُّ بِه۪ٓ اِلَّا الْفَاسِق۪ينَ ٭ اَلَّذ۪ينَ يَنْقُضُونَ عَهْدَ اللّٰهِ مِنْ بَعْدِ م۪يثَاقِه۪ وَ يَقْطَعُونَ مَٓا اَمَرَ اللّٰهُ بِه۪ٓ اَنْ يُوصَلَ وَ يُفْسِدُونَ فِى الْاَرْضِ اُولٰٓئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ

G’oyat qisqacha bir maoli: Ya'ni, "Janobi Haq qullarini irshod va iqoz etish uchun, pashsha kabi haqir, qiymatsiz bir hayvon bilan yoki bir maxluq bilan misol keltirishni, kofirlarning istagi uchun tark qilmaydi. Iymoni bo’lganlar uning Roblaridan haq ekanini biladilar. Ammo kofirlar, Alloh bu kabi haqir misollardan nimani iroda qilgan deydilar. Alloh u bilan ko’plarini zalolatga va ko’plarini ham hidoyatga boshlaydi. Faqat fosiqlardan ma'ada zalolatga ketgani yo’q. Fosiqlar ham u odamlarki; Allohning toatidan xuruj bilan, miysoqi azaliydan so’ngra ahdlarini buzadilar va Allohning qarindoshlar orasida yoki mo’'minlar ichida amr qilgan xatti muvosalani uzadilar; yer yuzida ishlari ifsoddir; dunyo va oxiratda zarar va xusronga ma'ruz qolgan faqat ulardir."

Bu oyatning ham boshqa birodarlari kabi mavzu'i bahs bo’ladigan vujuhi irtiboti va jihoti nazmiyasi uchta. Shu bilan barobar, bu oyatning maoli hammaqobliga,hammaba'diga,hamQur'onning umumigaqaraydi.

Maba'diga bo’lgan vajhi irtiboti:

Ha, qachonki Qur'oni Azimushshon chivindan, o’rgimchakdan misol keltirdi, chumoli bilan asalaridan bahs qildi; mushriklar, munofiqlar, Yahudiylar e'tiroz uchun fursat topib ahmoqona:

"Alloh azamati bilan barobar, bunday xasis, haqir narsalardan bahs qilishga tanazzul etadimi? Holbuki asxobi kamol bu kabi qiymatsiz narsalardan bahs qilishga tanazzul etmaydilar, hayo qiladilar", deyishdi. Qur'oni Karim bu oyat bilan og’izlariga urib yopdi.

Maqobliga jihati nazm va irtiboti:

Ha, Qur'on ixtivo etgan sifot va mazoya hech bir kalomda, hech bir kitobda, hech bir shaxsda bo’lmagani sura boshida isbot qilingani kabi, Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning nubuvvati ham Qur'onning i'jozi bilan isbot qilindi. Qur'onning i'jozi ham tahaddi bilan, ya'ni muxoliflarni muoraza, muboraza maydoniga da'vat qilish bilan isbot qilindi. Chunki muorazaga qilingan da'vatga sukut bilan javob berildi. Bunday jahonshumul bir inqilobni so’ndirish uchun qilingan da'vatga javoban muboraza maydoniga bormasdan sukut etish, albatta asari ajzdir. Qur'oni Karimning bu isbotlariga qarshi kofirlar habt bo’lib og’izlarini ocholmaganlari kabi, shoh tomirlari ham falaj bo’ldi. Faqat, Qur'on har xususda haddi kamolga yetishganidan, uzoq uzoqlardan ba'zi kichkina e'tiroz toshlarini otganlar.

Azjumla:

كَمَثَلِ الَّذِى اسْتَوْقَدَ نَارًا

va

اَوْ كَصَيِّبٍ مِنَ السَّمَٓاءِ

kabi oddiy, qiymatsiz misollardan Qur'on keltirgan tamsillar yuksak kalomlarning kamoliga yarashmaydi. Bu kabi tamsillar, baynannos qilingan mukolamalarga, so’zlashuvlarga o’xshaydi, deya mug’olata bilan xalt etganlar. Qur'oni Karim ularning u xaltlarini bu oyat bilan boshlariga urgan.

Birodar! Shoshilma, bu yerda bir oz to’xtash ijob etadi. Ularning umuman ma'nosiz va zaif shubhalari bor. Bu shubhalar mutasalsil ba'zi vahmlardan nash'at etgan. U vahmlar ham ba'zi mug’olatalardan hosil bo’lgan.

Ularning Qur'onning kamolini tanzil etish uchun, Qur'onning tamsillarini insonlarning tamsillariga qiyos qilishlari, "qiyosi ma'alfariq"dir; oralarida dunyolar qadar farq bor. Ularni mug’olata bilan bu qiyosga yo’llagan nuqtalar:

1- Ular hamma narsaga ma'luflariga qaragan nazar bilan qarashadi.

2- Ular insonning zehnining, fikrining, lisonining, sam'ining juz'iy bo’lganlarini va juz'iy bo’lishganidan, qasddan va bizzot ikki narsaga barobar taalluq etolmaganlarini nazarga olishgan.

3- Himmatning yuksak va past qismlarini tafriq etgan miqyosning ishtig’ol va ihtimomdan iborat bo’lganini o’ylashgan. Ya'ni, yuksak narsalarga ihtimom etganning himmati yuksak, past ishlarda ishtig’ol etganning himmati past bo’ladi.

4- Qiymat va azamatning himmat nisbatida bo’lganini o’ylaganlar. Hatto kichik yoki past bir narsani yuksak va buyuk shaxslarga isnod etmaydilar. Go’yo azim insonlar qiymati bo’lmagan narsalarga tanazzul etmaydilar va zaif, kichik bir narsa u buyuk himmat va azamatni tahammul etolmaydi.

Xullas, u aqlsizlar bu nuqtalarga istinodan Janobi Haqni ham insonlarga qiyos qilib deydilarki:

"Alloh jalol va azamati bilan insonlarning gapirganlari kabi qanday insonlar bilan takammul etishga tanazzul etadi? Va bu juz'iy va haqir narsalardan qanday bahs qiladi? Azamatiga yarashadimi?" Ajabo, u sufaho jamoasi; Allohning irodasi, ilmi, qudrati kabi boshqa sifatlarining ham kulliy, umumiy, shomil, muhit bo’lganlarini bilishmaydimi? Va yana bilishmaydimiki; Janobi Haqning azamatiga miqyos, faqat majmu'osoridir, yolg’iz bir asar miqyos bo’lolmaydi! Va yana, bilishmaydimiki; Janobi Haqning tajalliysiga mezon bo’ladigan, kaffa-i kalimotidirki; ashjar qalam, dengizlar siyoh bo’lsa, u kalimotni yozib tugatolmaydilar.

{(Hoshiya) Bu maoldagi oyatda bir mubolag’a, bir muzoyada ko’rinadi. Ammo haqiqatga, voqe'ga qaralsa, ziyodalik yo’q. Chunki "kalima" bir ma'noni ifoda qilgan narsaga deyiladi. Ammo Nahviylarning lafz bilan taqyid va taxsis qilganlari, ularga maxsus bir istiloh. Ha, biri qol, boshqasi hol bo’lib ikki lison bor. Lisoni qolning kalimoti alfaz bo’lsa, lisoni holning kalimoti ham ahvoldir. Shunga binoan, qudsiy shoirning

وَف۪ى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰى اَنَّهُ وَاحِدٌ

degani kabi; kitobi kabiri koinotda yaratilgan har qaysi bir narsa Xoliqning azamatiga dalolat qilgan bir kalima-i holiyadir. Ashjar bilan dengizlar koinot kitobida mavjud kalimoti holiyalarning yozilishiga kifoya kelgan taqdirda, u dengizlarning qatralari, u daraxtlarning zarralari bittadan holiy kalima bo’lganidan, ularning ham yozilishi uchun siyoh, qalam lozimdir. Shunday ekan, ular uchun ham ular qadar boshqa ashjar va dengizlar lozim. Va shuningdek, har bir birinchining qatralari va kalimoti yozilgandan so’ngra, unga ham ular qadar ikkinchi bir guruh ashjar va dengizlar lozim. Hol shunday qilib ila g’ayrin-nihoya tasalsul etib ketadi. Janobi Haqning kalimoti, ya'ni Janobi Haqning azamatiga dalolat qilgan kalimoti holiyasi cheksiz. Demak, haqiqatda

اَنْ تَنْفَدَ كَلِمَاتُ رَبّ۪ى وَلَوْ جِئْنَا بِمِثْلِه۪ مَدَدًا

oyati ifoda qilgan ma'noda hech bir jihat bilan mubolag’a, muzoyada yo’q, balki tanoqus bordir.

Mutarjim Abdulmajid}

Masalan: Shams aql, ixtiyor va iroda sohibi deb faraz qilinsa, ziyosini butun olamga nashr qilgan bir vaqtda iflos, mulavvas bir zarra ham uning ziyosidan istifoda qilgan payt, shamsga qarshi "Nima uchun bu iflos, bu mulavvas zarra bilan mashg’ul bo’ldi va nima uchun unga ziyosini berdi" deya e'tiroz qilinishi mumkinmi? Xosho! Shamsning azamatiga bir noqisa keladimi? Yo’q.

Shunga binoan, g’oyat buyuk bo’lgan bu olamni, buyuk bir san'at bilan va buyuk bir ihtimom bilan yaratgani kabi, javhari fard bilan ta'bir qilingan zarra ham uning dastgohi qudratidan chiqqan bir asari san'atidir. Chunki u buyuk qudratning nazarida javohiri fard, ya'ni zarralar bilan nujumi sayyora, ya'ni kezuvchi yulduzlar musoviydirlar. Zero u buyuk Allohning qudrati, ilmi, irodasi, kalomi zotiy sifatlaridir. Zoti Aqdasga lozimdirlar. Ularda tajaddud yo’q, ziyoda va nuqson bo’lishga qobiliyat yo’q, tag’ayyurlari yo’qki, martabalari bo’lsin. Shu bilan barobar, ajz bu sifatlarning ziddi bo’lganidan, ularning ichiga kirib o’tirolmaydi. Shunga binoan, qudrati Ilohiyada zarra bilan shams orasida farq yo’qdir. Masalan, tarozining har ikki pallasida ikki quyosh yoki ikki zarra bo’lgani faraz qilinsa, oralarida musovot va muvozana bo’lganidan, xorijdan bir quvvat bir pallasini bossa, narigi palla havoga ko’tariladi. Xoh u pallada zarra bo’lsin, xoh quyosh bo’lsin, u quvvatga ko’ra farqlari yo’q, ikkisi ham bir. Shuning kabi, mumkin bo’lgan bir narsaning tarafayni, ya'ni vujud va adami orasida, tarozining pallalari kabi musovot bo’lganidan, qudrati azaliya qaysi tarafni bossa, narigi taraf haba kabi havoga ko’tariladi. Quyosh, chivin, zarra bu xususda hammasi ham birdir.

Xulosa:

Zarra kabi kichik narsalar yoki oddiy fe'llar, Xoliqning yaratishi bilan vujudga kelganlari uchun, uning doira-i ilmida dohil bo’lganlari badihiydir. Bu e'tibor bilan, ulardan bahs qilishda bilbedaho mushahat (munoqasha etish) yo’qdir. Qur'oni Karim

اَلَا يَعْلَمُ مَنْ خَلَقَ وَهُوَ اللَّط۪يفُ الْخَب۪يرُ

oyati bilan bu sirga ishorat qilgan. Ya'ni, yaratgan Xoliq maxluqini bilmasmi va bilmasligining imkoni bormi? Shunday ekan, maxluqidan nima uchun bahs qilmasin, nima uchun maxluqi bilan so’zlashmasin?

Ikkinchi Mug’olata:

Ular: "Qur'onning uslublari va shevasi ostida bir insonning timsoli ko’rinadi", deydilar. Chunki Qur'onda bahs qilingan oddiy ishlar va haqir narsalar, insonlar orasida qilingan muhovara va so’zlashishlar kabidir. Bu johil kimsalar bilmasmiki, aytilgan bir kalom bir jihatdan mutakallimiga qarasa, bir nechta jihatdan ham muxotobiga qaraydi. Chunki muxotobning ahvolini nazarga olish lozimki, aytilgan so’z u ahvolning iqtizosiga ko’ra aytilsin. Shunga binoan, Qur'onning muxotobi bashardir. Qur'onning maqsadi ham tafhimdir. Ya'ni, bashar bilmagan narsalarni bildirishdir. Shunga binoan, balog’atning iqtizosiga ko’ra, Qur'on basharning hissiyoti bilan mamzuj bo’lgan uslublarini kiyadi va shevasi bilan aytadiki, basharning fahmi aytilgan so’zdan tavahhush etib qo’rqmasin. Ha, katta odam bir bola bilan gaplashgan vaqti bolalarning shevasi bilan gapirsa, bolaning zehnini erkalagan bo’ladi. Bolaning fahmi uning chala-chulpa aytgan so’zlari bilan unsiyat paydo qiladi, aytganlarini tinglaydi va tushunadi. Aks holda, u inson bilan u bola orasida bir ma'lumot oldi-berdisi bo’lolmaydi. Alloh bilan bashar orasidagi ahzu i'tolar ham shundaydir. Agar Janobi Haq basharga i'to etadigan ma'lumotni basharning tarozisi bilan tortib bermasa, bashar qat'iyan na qaraydi va na oladi. Chunki bashar faqat o’rganib qolgan tarozisining tilidan anglaydi, bu fanniy tarozilarning tilidan anglamaydi.

S- Haqiqatdan, ashyoning qiymaysizligi, xissati; qudratning azamatiga, kalomning nazohat va nazokatiga ziddir?

J- Ba'zi narsalarda yoki ishlarda ko’ringan qiymatsizlik, xunuklik ashyoning mulk jihatiga oiddir. Ya'ni, tashqi yuziga nozirdir va bizning nazarimizda shunday ko’rinadi. Va shuning uchun, ashyo bilan yadi qudrat orasiga parda o’laroq zohiriy sabablar vaz' etilganki, sathiy nazarimizda yadi qudratning u kabi ashyo bilan mubosharati ko’rinmasin. Faqat malakut jihati, ya'ni ich yuzi esa shaffof va yuksakdir. Qudrat taalluq etgan bu jihatda, hech bir narsa qudratning taalluqidan xorij emas. Ha, azamati Ilohiya zohiriy sabablarning o’rnatilishini iqtizo etgani kabi, vahdat va izzati Ilohiya ham qudratning butun ashyoni qamraganini va kalomning hamma narsani ihotasini iqtizo qiladi. Shu bilan barobar, bir zarra ustida zarralar bilan yozilgan bir Qur'on sahifa-i samoda yulduzlar bilan yoziladigan Qur'ondan husn va go’zallikda past emas. Va shuningdek,

{(Hoshoya1) Pashshaning boshida nayza kabi bir xartum bor. Filning boshiga qo’nadi, xartumini filning xartumiga suqadi, fil qochishni boshlaydi, hech bir tarzda qo’lidan qutulolmaydi. Demak, Janobi Haq pashshani filga g’olib va hokim qilgan. Shunga binoan, xilqat jihatidan dun bo’lsa ham, jasorat xususida faiqdir.

Mutarjim Abdulmajid}

bir pashshaning yaratilishi, san'at jihatidan filning xilqatidan past emas. Kalom sifati ham aynan qudrat sifati kabidir. Bir bola bilan gaplashib so’z tushintirish, bir faylasuf bilan gaplashishdan past emas.

S- Shu tamsillarda qiymatsiz ko’ringan narsa nimaga oid bo’ladi?

J- U kabi hollar tamsil keltirganga oid emas, faqat mumassali lahga oiddir. Ya'ni, kimga va qaysi narsaga tamsil keltirilgan bo’lsa, unga oiddir. Zotan, kalomning go’zalligi, balog’ati; mumassali lahga mutobaqati nisbatidadir. Ha, bir podshoh bir cho’ponga cho’ponlarga maxsus bir aba, bir palto va itiga ham bir suyak bersa, "Podshoh yaxshi qilmadi", deya hech kim e'tiroz qilolmaydi. Chunki hamma narsani loyig’iga bergan bo’ladi. Shunga binoan, mumassali lah naqadar haqir bo’lsa, tamsili ham shu qadar haqir bo’ladi va naqadar buyuk bo’lsa, tamsili ham shu qadar buyuk bo’ladi. Ha, sanamlar juda oddiy, haqir bo’lganlaridan; Janobi Haq chivinni

{(Hoshiya2) Bir arabning sig’inadigan bir sanami bor ekan. Bir kun ibodatga boradi. Qarasa, bir tulki sanamning boshiga bavl etgan. Bu holni ko’rib,

اَرَبٌّ يَبُولُ الثَّعْلَبَانُ بِرَاْسِه۪

deb sanamni sindirib tashlagan. Demak, sanamlarning qiymatsizliklaridan, yolg’iz chivinlar emas, tulkilar ham boshlariga chiqadi, talvis etadi.

Mutarjim Abdulmajid}

ularga musallat qilgan; va ibodatlari ham shu qadar xunukki, nasjul-ankabut bilan, ya'ni o’rgimchakning to’ri bilan ta'bir qilingan.

Uchinchi Mug’olata:

Ular deydilarki: "Haqiqatni izhor qilishda, ajzni imo qilgan bu kabi tamsilotga qanday ehtiyoj bor?"

Aljavob: Qur'onni inzol etishdan maqsad, jumhuri nosni irshod qilishdir. Jumhur esa avomdir. Avomi nos ochiq bo’lgan haqoiqni ko’rolmaydi; ulfat paydo qilmagan aqliyoti mahzani va mujarradotni fahmlari ololmaydi. Shuning uchun Janobi Haq lutf va ehsoni bilan haqiqatlarni ular ulfat etgan bir libos bilan, bir sheva bilan ko’rsatgandirki, tavahhush etib qo’rqmasinlar. Bu bahs mutashabehot bahsida o’tgan.

Bu oyatning jumlalari orasidagi irtibotga kelsak:

Ha,

اِنَّ اللّٰهَ لَا يَسْتَحْي۪ٓى اَنْ يَضْرِبَ مَثَلًا مَا بَعُوضَةً فَمَا فَوْقَهَا

jumlasi ular irod etgan pastdagi mutasalsil e'tirozlarni rad qiladi.

1- Allohning bashar bilan gaplashishida va ularga qahr va i'tob etishda va ulardan shikoyat qilishda qanday hikmat bor? Holbuki bu kabi narsalardan tushuniladiki, olamda insonning ham boshqa bir tasarrufi, bir ta'siri bor.

2- Insonlar orasida jarayon qilgan so’zlashishlar kabi tamsillarning keltirilishi... Zero bu Qur'onning bashar kalomi bo’lganiga alomatdir.

3- Kalomning orqasida, uslublarning orasida insonning timsoli ko’rinadi.

4- Haqoiq tamsilot bilan tasvir qilinadi. Bu esa, haqiqatni izhor qilishdan ojiz bo’lganiga dalolat qiladi.

5- Keltirilgan tamsillar, oddiy tamsillardir. Bu esa, mutakallimning zehni inhisor ostida bo’lganiga alomatdir.

6- Haqir va qiymatsiz narsalardan tamsillar keltiriladi. Bu ham mutakallimning zaif bo’lganiga dalildir.

7- Keltirilgan tamsillarga majburiyat bo’lmaganidan, tarki zikridan avlodir.

8- Ayniqsa, ahli izzat hayo qilib tanazzul etmagan narsalardan tamsil keltirilgan.

Qur'oni Karim bu e'tiroz silsilasini

اِنَّ اللّٰهَ لَا يَسْتَحْي۪ٓى اَنْ يَضْرِبَ مَثَلًا مَا ‌ الخ

jumlasi bilan bir zarbada sindirgan va yiqitgan.

1- Ashyoning ich yuzlari yuksak va shaffof bo’lganidan, bu yuzlardan bahs qilish azamat va jalolga zid bo’lmagani kabi, uluhiyatning iqtizosiga ko’ra tashqi yuzlari xunuk ko’ringanlarning bahs qilinishdan, zikr qilinishdan xorij tutilishlari, uluhiyat qonuniga muxolifdir. Chunki bir hokim taba'asidan Lo’lilarni huquqi madaniyadan ixroj etmaydi.

2- Balog’at va hikmatning iqtizosiga ko’ra, haqir ma'nolarni ifoda uchun haqir tamsillarning zikrida bir muxolafat yo’q.

3- Oddiy tamsillarda bir zarar yo’q, tarbiya va irshod shunday istaydi.

4- Inoyati Ilohiyaning iqtizosiga ko’ra, haqoiq tamsilot bilan tasvir qilinadi.

5- Rububiyat va tarbiyaning iqtizosiga binoan, insonlarni o’z oralarida jarayon etgan muhovaralari, uslublari, shevalari bilan irshod etish lozim.

6- Hikmat va nizomning iqtizosiga ko’ra, Janobi Haqning insonlar bilan so’zlashishi zaruriydir.

Xulosa:

Janobi Haq insonlarga juzi ixtiyoriy berish bilan, ularni olami af'olga masdar qildi. U olami af'olni bir nizom ostiga olish uchun kalomini, ya'ni Qur'onini ham u olami af'olga yubordi. Shunga binoan, tanzif va tanzim uchun qilingan Ilohiy bir dastur e'tirozlarga mahal bo’lolmaydi.

فَاَمَّا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا فَيَعْلَمُونَ اَنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّهِمْ

Bu jumlani avvalgi jumla bilan bog’lagan aloqaga kelsak:Avvalgi jumladagi hukmni isbot uchun bu jumla bir dalilning yo’lini ko’rsatadi va zehnga kelgan vahmlarni ham daf qiladi. Shundayki:

Har kim inoyati azaliya bilan rububiyati Ilohiyani ko’z oldiga keltirib Alloh tomonidan, qudratning azamati ostida qarasa بَعُوضَةً va o’xshashi bilan keltirilgan tamsillarning balog’at qonunlariga muvofiq va Janobi Haqdan haq bo’lganini tasdiq qiladi. Faqat har kim nafsining amri ostida mumkinotni nazarga olib qarasa, shubhasiz vahmlar uni havolantiradi, zalolatning botqoqligiga otadi. Bu ikki toifa insonlarning masali shunday ikki shaxsning masaliga o’xshaydiki: Ulardan birisi yuqoriga, boshqasi pastga ketadi. Har ikkisi ham juda ko’p suv ariqlarini ko’radilar. Yuqoriga ketgan shaxs to’g’ri chashmaning boshiga boradi, suvning manbaini topadi; totli, toza bir suv bo’lganini anglaydi. So’ngra u chashmadan tasho'ub etib tarqalgan butun ariqlarning toza va totli ekanligiga hukm qiladi va qaysi ariqqa duch kelsa, totli va toza ekaniga taraddud etmaydi. Xullas, bu e'tibor bilan, o’ziga vahmlar tasallut etmaydi. Pastga ketgan ikkinchi shaxs esa ariqlarga qaraydi, suvning manbaini ko’rolmaganidan, duch kelgan ariq suvining totli bo’lib bo’lmaganini bilish uchun dalillarni, alomatlarni qidirishga majbur bo’ladi. Shu sababli vahmlarga ma'ruz qoladi. Adno bir vahm u aqlsizni yo’ldan chiqaradi.

Yoxud u ikki toifaning misoli, qo’llarida bir oyna bo’lgan ikki shaxsning misoliga o’xshaydiki; birisi oynaning shaffof yuziga qaraydi, ichida o’zini ko’rgani kabi, ko’p narsalarni ham ko’ra oladi. Narigi odam esa, oynaning rangli yuziga qaraydi, hech narsani tushunolmaydi.

Xulosa:

Allohning sun'iga, af'oliga, kalomiga, tamsilotiga, uslublariga; inoyat va rububiyatini mulohaza qilish bilan barobar Alloh tomonidan qarash lozimdir. Bu qarash ham faqat nuri iymon bilan bo’ladi. Bu e'tibor bilan vahmlar bo’lsa ham, faqat o’rgimchak to’rining qiymat va quvvatida bo’ladi. Agar mumkinot jihatidan juz'iy fikri bilan, mushtariy nazari bilan qarasa, zaif bir vahm ham uning nazarida bir tog’ kabi bo’ladi. Judi Tog’ini ko’zning ru'yatidan man qilgan chivinning qanoti kabi; zaif, kichik bir vahm ham haqiqatni uning ko’zining ko’rishidan satr etadi.

وَاَمَّا الَّذ۪ينَ كَفَرُوا

Bu jumlaning avvalgi jumla bilan jihati irtiboti:

Ha, tamsiloti Qur'oniyadagi hikmatni fahm etish uchun Alloh tomonidan nuri iymon bilan qarash lozim bo’lganiga avvalgi jumla bilan ishorat qilingan. Bu jumlada esa, mazkur tamsilotdagi hikmatning adami fahmini intoj etgan va ayni zamonda avhom va bahonalar uyasiga ketgan yo’l ko’rsatilgan. Shundayki:

Tuban nafs tarafidan hamma narsani zim-ziyo ko’rsatgan kufr zulmati bilan tamsiloti Qur'oniyaga qaraydigan bo’lsa, tabiiyki, u tamsilotning hikmatini tushunolmaydi, avhomga tushadi. Qalbidagi marazning yordami bilan, har bir vahm uning nazarida bir devga o’xshaydi, tariqi haqni yo’qotadi, taraddudlarga ma'ruz qoladi. So’ngra istifhomni, ya'ni so’rab surishtirishni boshlaydi; ichidan chiqolmaydi, eng oxirida ish inkorga tayanadi, inkorning ichida qoladi. Qur'oni Karim ixtisor va kinoya tariqi bilan ularning inkorni tazammun etgan istifhomlariga, مَاذَٓا اَرَادَ اللّٰهُ بِهٰذَا مَثَلًا jumlasi bilan ishorat qilgan. Va bu ishorat uchunki, avvalgi jumlada mazkur bo’lgan يَعْلَمُونَ ga mutobaqat uchun, bu yerda لَا يَعْلَمُونَ ning zikri lozim ekan مَاذَٓا اَرَادَ اللّٰهُ بِهٰذَا مَثَلًا deyilgan.

يُضِلُّ بِه۪ كَث۪يرًا وَيَهْد۪ى بِه۪ كَث۪يرًا

Bu jumla ularning tamsilotining sababini, illa-i g’oyasini anglash uchun مَاذَا bilan qilgan istifhomlariga javob bo’ladi. Faqat Qur'oni Karim usul ittihoz etgan ijoz va ixtisorga binoan, tamsilotning oqibatini, ya'ni tamsilotga tarattub etgan zalolat va hidoyatni illa-i g’oya manzilasida ko’rsatgan. Ha, zalolat va hidoyat tamsilotga illat bo’lolmaydi. Agar illat bo’lsa, jabr bo’ladi. Faqat tamsilotning sabab va illa-i g’oyasi, jumhuri avomni iqoz va irshoddir. Xuddi ular "Nima uchun bunday bo’ldi? Nima uchun i'joz badihiy bo’lmadi? Nima uchun Allohning kalomi bo’lgani zaruriy bo’lmadi? Nima uchun bu tamsilot sababli vahmlarga yo’l qo’yildi?" deya bir qancha savollarni o’rtaga chiqardilar. Qur'oni Karim

يُضِلُّ بِه۪ كَث۪يرًا وَيَهْد۪ى بِه۪ كَث۪يرًا

jumlasi bilan u savol to’dasini tarqatdi. Shundayki:

U tamsilotni nuri iymon bilan tafakkur qilganning nuri iymoni inkishof etadi, quvvat topadi. Kufr zulmati bilan va tanqid hirsi bilan qaraganning ham zulmati ziyodalashadi va ko’zi ko’r bo’ladi. Chunki nazariydir, badihiy emas. Ha, bu tamsilot toza va yuksak ruhlarni mulavvas va tuban ruhlardan tafriq uchundir. Bu ham yuksak iste'dodlarni nashvu namolantirish bilan iflos iste'dodlardan tamyiz uchundir. Bu ham sog’lom fitratlarni mujohada bilan buzuq va xasta fitratlardan ayirish uchundir. Buni ham imtihoni bashar istilzom etadi. Buni ham sirri taklif iqtizo etgan. Taklif esa saodati bashar uchundir. Saodat esa takammuldan keyindir.

S- Deysanki, taklif saodat uchundir. Holbuki aksari nosning shaqovatiga sabab, taklifdir. Taklif bo’lmasaydi, bu qadar tafovuti shaqovat ham bo’lmasdi?

J- Janobi Haq bergan juzi ixtiyoriy bilan af'oli ixtiyoriya olamini kasbi bilan tashkil qilishga insonni mukallaf qilgani kabi, ruhi basharda vadi'a o’laroq ekilgan g’ayri mutanohiy urug’larni sug’orish va nashvu namolantirish uchun ham basharni taklif bilan mukallaf qilgan. Agar taklif bo’lmasaydi, ruhlardagi u urug’lar nashvu namo topolmasdi.

Ha, navi basharning ahvoliga diqqat bilan qaralsa, ko’riladiki; ruhning ma'nan taraqqiysini, vijdonning takomulini, aql va fikrning inkishof va taraqqiysini talqih etgan, ya'ni emlagan, shariatlardir; vujud bergan, taklifdir; hayot bergan, payg’ambarlarning yuborilishidir; ilhom bergan, dinlardir. Agar bu nuqtalar bo’lmasaydi, inson hayvon bo’lib qolardi va insondagi bu qadar kamoloti vijdoniya va axloqi hasana tamoman yo’q bo’lardilar. Faqat insonlarning bir qismi orzu va ixtiyori bilan taklifni qabul qilgan. Bu qism, saodati shaxsiyani qo’lga kiritgani kabi, navning saodatiga ham sabab bo’lgandir. Ammo insonlarning katta bir qismi o’z ixtiyori bilan kufrni qabul va takolifi Ilohiyani rad qilgan bo’lsalar ham, taklifning ba'zi navlaridan sizilgan tarbiyaviy, axloqiy va boshqa go’zal narsalarni olganlaridan, taklifning u navlarini zimnan va izdiroran qabul qilgan hisoblanadilar. Xullas, bu e'tibor bilan, kofirning har sifati va har holi kofir emas.

S- Insonlardan katta bir qismning shaqovati o’rtada ekan, yolg’iz kichik bir qismning saodati qanday navning saodatiga sabab bo’ladiki, "Shariat rahmatdir" deyapsiz. Holbuki navning saodati, yo butun afrodning yoki qismi aksariysining saodati bilan bo’lishi mumkin?

J- Ostiga yuzta tuxum qo’yilgan tovuq, u tuxumdan yigirmatasini jo’ja chiqarib, saksonini ifsod etsa, bu tovuq tuxum naviga xizmat qilgan bo’ladi. Chunki bir jo’ja mingta tuxumning onasi bo’lishi mumkin. Yoki yuz dona urug’ tuproqqa ekilsa va suv bilan sug’orilib oxirida yigirmatasi nashvu namo topib xurmo daraxti bo’lsa va saksoni chirib mahv bo’lsa, yigirmata urug’ning ko’karib daraxt bo’lishiga sabab bo’lgan suv, albatta urug’ naviga xizmat qilgan bo’ladi. Va yoxud bir ma'dan otashda eritilsa, beshdan biri oltin, qolgani tuproq chiqsa; albatta otash u ma'danning kamoliga, saodatiga sabab bo’ladi. Shunga binoan, taklif ham insonlarning beshdan birini qutqarsa, u beshdan birining saodati nav'iyaga sabab va omil bo’lganiga qat'iyat bilan hukm qilinishi mumkin.

Shu bilan barobar, yuksak hissiyot bilan go’zal axloqning nashvu namosi faqat mujohada va ijtihod bilan bo’ladi. Ha, o’ng qo’l doimo ishlagani uchun chap qo’ldan quvvatliroqdir. Va bir hukumat mujohada etgan sari, jasorati ortadi, tark qilgan vaqti jasorati kamayadi va binnatija jasorat ham, hukumat ham so’nadi, mahv bo’ladi. Va shuningdek, har narsaning va har ishning takomuli, zidlarining muqobala va raqobat qilishlari bilan bo’ladi. Masalan, hidoyatning takomuliga zalolat yordam bergani kabi, iymonning takomuliga ham kufr yordam beradi. Chunki, kufr va zalolatning qay daraja iflos va zararli bo’lganini ko’rgan bir mo’'minning iymoni va hidoyati birdan mingga chiqadi. Bu ikki jihat taklifning asar va samarasidir. Va bu ikki jihat e'tibori bilan taklif, saodati nav'iyaning yagona omilidir.

وَمَا يُضِلُّ بِه۪ٓ اِلَّا الْفَاسِق۪ينَ

Bu jumlaning maqobli bilan munosabati:Ha, Qur'oni Karim يُضِلُّ بِه۪ كَث۪يرًا jumlasida zalolatga otilganlar kimlar ekanini bayon qilmasdan mubham qoldirganidan, sami' qo’rqdi. "Ajabo, u zalolatga otilganlar kimlar? Sababi nima? Qur'onning nuridan zulmat qanday keladi?" deya so’ragan bu uch savolga shu jumla bilan javob berilganki: "Ular fosiqlardir. Zalolatga otilishlari, fisqlarining jazosidir. Fisq sababi bilan, fosiqlar haqida nur norga, ziyo zulmatga inqilob etadi." Ha, shamsning ziyosi bilan iflos moddalar taaffun etadi, sasiydi, barbod bo’ladi.

اَلَّذ۪ينَ يَنْقُضُونَ عَهْدَ اللّٰهِ مِنْ بَعْدِ م۪يثَاقِه۪ وَيَقْطَعُونَ مَٓا اَمَرَ اللّٰهُ بِه۪ٓ اَنْ يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِى الْاَرْضِ

Bu jumlaning avvalgi jumla bilan vajhi nazmi:Ha, bu jumla bilan fisq sharh va bayon qilingan. Shundayki: Fisq haqdan udul, ayrilish, haddan tajovuz, hayoti abadiyadan chiqib tark qilishdir. Fisqning mansha'i; quvva-i aqliya, quvva-i g’azabiya, quvva-i shahaviya deyilgan uch quvvatning ifrot va tafritidan nash'at etadi. Ha, ifrot yoki tafrit, dalillarga qarshi bir isyondir. Ya'ni, sahifa-i olamda yaratilgan daloil, uhudi Ilohiya hukmidadir. U daloilga muxolafat qilgan, Janobi Haq bilan fitratan qilgan ahdini buzgan bo’ladi. Va shuningdek, ifrot va tafrit hayoti nafsiya va ruhiyaning maraz va xastaligini intoj etgan sabablardandir. Bunga fisqning birinchi sifati bo’lgan

يَنْقُضُونَ عَهْدَ اللّٰهِ

jumlasi bilan ishorat qilingan.

Va shuningdek, ifrot va tafrit hayoti ijtimoiyaga qarshi isyon otashini yoqqan ikki omildir. Ha, bu omillar hayoti ijtimoiyani nizom va intizom ostiga olgan robitalarni, qonunlarni kesib otadi. Ha, shahvat yoki g’azab haddini oshsa, irz va nomuslar poy-mol bo’ladi, ma'sumlar mahv bo’ladi. Bunga ham, fisqning ikkinchi sifati bo’lgan

وَيَقْطَعُونَ مَٓا اَمَرَ اللّٰهُ بِه۪ٓ اَنْ يُوصَلَ

jumlasi bilan ishorat qilingan.

Va shuningdek, dunyo nizomining buzilishini intoj etib fasod va ixtilolga sababiyat bergan ikki ixtilolchidirlar. Bunga ham, fisqning uchinchi sifati bo’lgan وَيُفْسِدُونَ فِى الْاَرْضِ jumlasi bilan ishorat qilingan.

Ha, fosiq bo’lgan kishining quvva-i aqliya va fikriyasi i'tidolni yo’qotib safsatalarga tushsa, e'tiqodotga oid robitalarni kesish bilan, hayoti abadiyasini yirtib otadi.

Va shuningdek, quvva-i g’azabiyasi haddi vasatni tajovuz etsa, hayoti ijtimoiyaning ham yuzini, ham astarini yirtadi, ostin-ustun qiladi.

Va shuningdek, quvva-i shahaviyasi hadni oshsa, havo-i nafsga tobe bo’ladi, qalbidan shafqati jinsiya zoil bo’ladi, o’zi barbod bo’lishi kabi, boshqalarini ham barbod qiladi. Bu e'tibor bilan, fosiqlar ham navining zarariga, ham Arzning fasodiga harakat qilgan bo’ladi.

اُولٰٓئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ

Bu jumla avvalgi jumlaning natijasi va ayni zamonda ta'kiddir. Shundayki:

Avvalgi jumlada ahdni buzish, sila-i rahmni kesish, Arzda fasod qilish kabi fosiqning jinoyatlarini qo’rqinch bir shaklda aytgandan so’ng, bu jumlada avvalgi tahdid va qo’rquvni ta'kid uchun, fosiqning jinoyatlarining natija va jazosini shunday bayon qilgan: U fosiqlar oxiratlarini berib dunyoni olganlari kabi, hidoyatni zalolat bilan tabdil etgan aqlsiz odamlardir.

Hozir uchinchi vazifaga keldik. Ya'ni, bu oyat ixtivo etgan jumlalarning hay'atlaridan bahs qilamiz:

Avvalo shuni bilish lozimki, Qur'oni Karimning oyatlari va oyatlarining jumlalari va jumlalarning hay'atlari; soniya, daqiqa, soatlarni sanagan soatning millari kabidir. Millarning har ikkinchisi birinchisiga yordam bergani kabi, bir oyat bir maqsadni ta'qib qilgan vaqt, jumlalari ham u maqsadning atrofida yuradilar; jumlalarning hay'atlari ham jumlalarning izini ta'qib qiladilar. Vaziyatlari shunday bir nuqtaga keladiki; hollari lisoni hol bilan shu baytni o’qiydi:

عِبَارَاتُنَا شَتّٰى وَحُسْنُكَ وَاحِدٌ وَكُلٌّ اِلٰى ذَاكَ الْجَمَالِ يُش۪يرُ

Ya'ni: "Aytgan so’zlarimiz boshqa-boshqa bo’lsa ham, sening husning birdir. Butun so’zlarimiz u husni jamolga ishorat qiladi." Shuning uchunki, Qur'oni Karimning salosati va yuksak balog’ati va naqshidagi nozikligi tabaqa-i i'jozga vosil bo’lgandir.

اِنَّ اللّٰهَ لَا يَسْتَحْي۪ٓى اَنْ يَضْرِبَ مَثَلًا مَا بَعُوضَةً فَمَا فَوْقَهَا

Bu jumladagi kalimalarning nuktalaridan bahs qilamiz:

اِنَّ kalimasi ham hukmning haqiqatga bog’liq bo’lganiga, ham hukmdan chiqqan taraddud va inkorlarning daf qilinishiga dalolat qiladi. Shunday ekan, bu اِنَّ oyatning boshida zikr qilingan mutasalsil taraddudlarga ishoratdir.

اَللّٰهَ kalimasi bundan oldin zikr qilingan Janobi Haq bilan mumkinot orasida qilgan qiyosdagi xatolarini zehnning ko’ziga tiqadi. Ya'ni, "Qanday Alloh deyapsiz va qanday Allohni mumkinotga qiyos qilyapsiz, Alloh unvonidagi zot mumkinotga qiyos qilinishi mumkinmi?"

S- لَا يَسْتَحْي۪ى Hayo, nafsning uyalishi bilan yuzda paydo bo’lgan qizarishdan iborat bo’lganidan, Janobi Haq haqida bu kalimaning ishlatilishi maholdir; maholni inkor qilishda foyda yo’q. Shunga binoan لَا يَسْتَحْي۪ى o’rnida لَايَتْرُكُ aytilgan bo’lsaydi, maholiyatga mahal qolmasdi?

J- Bau'da bilan qilingan tamsilni iqtizo etgan va husnini taqdir etgan hikmat, balog’at va boshqalar kabi sabablarga qarshi tamsilni tark qilishni istagan, hayodan ma'ada birgina sabab yo’q. Hayo ham Janobi Haq haqida maholdir. Shunday ekan, u tamsilni tark qilishga aslo sabab bo’lmaganiga ishoratan لَا يَسْتَحْي۪ى kalimasi لَايَتْرُكُ kalimasiga tarjih etilgandir. Chunki لَايَتْرُكُ kalimasi bu ma'noni ifoda qilolmaydi.

Yoxud يَسْتَحْي۪ى ning zikri, ularning ahmoqona aytgan

اَمَا يَسْتَحْي۪ى رَبُّ مُحَمَّدٍ اَنْ يُمَثِّلَ بِهٰذِهِ الْمُحَقَّرَاتِ

ya'ni "Muhammadning Robbi bu haqir narsalardan tamsil keltirishga hayo qilmaydimi?" deya aytgan so’zlaridagi يَسْتَحْي۪ى kalimasiga mushokalat va mushobahat uchundir. Qur'oni Karim balog’at jihatidan qiymatli bo’lgan مُشَاكَلَةً فِى الصُّحْبَةِ uslubiga binoan, ular ishlatgan يَسْتَحْي۪ى kalimasini aynan ishlatgan.

Ularning bu so’zlariga mushokalat va mushobahat nuqtai nazaridan اَنْ يَضْرِبَ o’rnida مِنَ الْمَثَلِ الْحَق۪يرِ deyilishi mushobahatni saqlash uchun yanada munosib bo’lardi. Faqat bu munosabatning nazarga olinmasligi latif bir uslubga ishorat bo’lib: Tamsillar, muhr yoki imzolar kabi tasdiq va isbot uchundir. Qandayki yozilgan bir narsa muhrlanish bilan tasdiq qilingan bo’ladi; aynan shuning kabi, aytilgan bir so’z ham bir misol bilan tasdiq va isbot qilingan bo’ladi.

Yoxud اَنْ يَضْرِبَ bilan pulning zarbiga imo qilingan. Ya'ni, tamsillarning zarbi va zarbulmasallar sikkaning zarbi qadar kalomga qiymat beradi. Ya'ni, qandayki sikka kumush va oltinga qiymat beradi, zarbulmasallar ham kalomlarga u nisbatda qiymat va e'tibor beradi. Va bu ishorat bilan, vahmlarni daf qilish uchun tamsillarning go’zal bir vosita bo’lganiga va tamsillarning bid'at bo’lmasdan balog’at sohasida unumdor va go’zal bir yo’l bo’lganiga imo qilingan. Ha, zarbulmasallar ma'lum qoidalardandir. Yanada qisqa va muxtasar bo’lgan ضَرْبٌ masdari ustiga اَنْ يَضْرِبَ ning fe'l siyg’asi bilan tarjihan zikr qilinishi, e'tirozlarining mansha'i bizzot tamsil bo’lmasdan, bau'daning qiymatsizligi ekaniga ishoratdir. Chunki tamsillar haddi zotida qiymatli bo’lib, e'tirozlarga mahal emas. Zero اَنْ يَضْرِبَ fe'ldir. Fe'l, mustaqil va sobit bo’lmaganidan, xuddi latifdir. Mutakallimning qasdi unda turmaydi, maf'ulga o’tadi. Masdar bo’lgan ضَرْبٌ esa otdir. Ot, mustaqil va sobit bo’lgani uchun xuddi kasifdir. Mutakallimning qasdini jazb qilib maf'ulga bermasligi ehtimoli bordir.

Shunga binoan,

اِنَّ اللّٰهَ لَا يَسْتَحْي۪ى ضَرْبَ الْبَعُوضَةِ مَثَلًا

aytilgan bo’lsaydi, istihya mahalli "zarb" bo’lardi. Holbuki istihyaning mahalli "bau'da"dir.

مَثَلًا : Bundan murod, tamsilning xosiyati bo’lgan aqliy bir narsani hissiy bir narsa bilan va asliy bo’lmagan mavhum bir narsani muhaqqaq va mavjud bo’lgan bir narsa bilan va g’oyib bo’lgan bir narsani hozir bir narsa bilan tasvir qilishdir.

مَثَلًا dagi tankirdan tushuniladiki, bu yerda madori nazar, bizzot masalning zotidir, sifatlari emas. Sifatlari esa maqomning iqtizosiga yoki mumassali lahning holiga havola qilingan.

مَا ta'mimni ifoda qilganidan, qoidaning umumiy bo’lganiga ishorat bo’lib, javob yolg’iz ular e'tiroz qilgan narsalariga munxasir qolmasin.

بَعُوضَةً : Juda ko’p kichik va haqir narsalar va hayvonlar bo’lgani holda bau'daning taxsisi, indal-bulag’o tamsil uchun iste'moli ko’p bo’lganiga binoandir.

فَمَا فَوْقَهَا : Ya'ni: Qiymat va balog’at jihatidan bau'daning (chivin) mafavqi yoki kichiklikda bau'daning maduni va yoxud ham qiymatda, ham kichiklikda bau'daning maduni bo’lgan narsalar. Faqat مَا فَوْقَهَا ta'biri, kichik narsaning balog’at jihatidan yanada g’arib, xilqat jihatidan yanada ajib bo’lganiga ishoratdir.

فَاَمَّا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا فَيَعْلَمُونَ اَنَّهُ الْحَقُّ مِنْ رَبِّهِمْ وَاَمَّا الَّذ۪ينَ كَفَرُوا فَيَقُولُونَ مَاذَٓا اَرَادَ اللّٰهُ بِهٰذَا مَثَلًا

Bu jumlaning avvalgi jumladan tafarru' va tasho'ub etganini ifoda qilgan ف bu jumlani har ikki shiqqi bilan intoj etgan zimniy va yashirin bir dalilga ishoratdir. Tasviri shunday bo’lsa kerak:

Janobi Haq tamsilni tark qilmaydi. Chunki balog’at iqtizo etgan bir tamsildir. Balog’at iqtizo etgan narsa tark qilinmaydi. Shunday ekan, Janobi Haq bu tamsilni tark qilmaydi. Shunga binoan, insofi bo’lgan odam u tamsilning balig’, haq va Allohdan ekanini biladi. O’jarlik bilan qaragan kishi esa hikmatini bilmaydi, taraddudga tushadi, so’raydi, surishtiradi, eng oxiri istihqor bilan inkorga kiradi.

Xulosa: Mo’'min insofli bo’lgani uchun, Allohdan ekanini tasdiq qiladi. Kofir qaysar bo’lganidan, "Bunda nima foyda bor?" deydi.

اَمَّا : Bu اَمَّا shart adatidir. Dohil bo’lgan har ikki jumlani birinchisi malzum, ikkinchisi lozim; yoki avvalgisi shart, keyingisi mashrut bo’lib, ikkinchisini birinchi bilan bog’laydi. Ha, bu اَمَّا ikki jumla orasida luzumni ta'sis etish uchun vaz' etilgan. Shunga binoan, bu yerda فَيَعْلَمُونَ اَنَّهُ الْحَقُّ jumlasining اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا jumlasiga lozim va zaruriy bo’lganiga dalolat qiladi. Ya'ni, iymoni bo’lganning sha'ni, uning haq bo’lganini bilishdir.

O’zidan qisqaroq bo’lgan اَلْمُؤْمِنُونَ kalimasiga badal اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا deyilishi, uning haq bo’lganini bilish iymon sababi bilan bo’lganiga va shuningdek, uning haq bo’lganini bilish iymon borligiga ishoratdir.

Balog’at nuqtai nazarida maqomga munosibroq bo’lgan اَنَّهُ الْبَل۪يغُ jumlasiga tarjihan اَنَّهُ الْحَقُّ deyilishi, ularning e'tirozlaridan qasd qilgan oxirgi natijaga ishoratdir. Chunki ularning maqsadlari, Allohdan bo’lganini inkor qilishdir.

اَنَّهُ الْحَقُّ haqqoniyatning u tamsilga hasr etilishidan tushuniladiki, taqbih etilmasdan istehson etilgan yolg’iz bau'da tamsilidir. Bau'dadan boshqasi va bau'dadan yaxshirog’i, ayblardan xoli bo’lsa ham, balog’at jihatidan bau'daning o’rnini ololmaydi. Chunki yolg’iz ayblardan salomat, kamolga dalil bo’lolmaydi.

مِنْ رَبِّهِمْ : U tamsilning Roblaridan nozil bo’lganini ifoda qilgan bu qayd ularning e'tirozlariga nishon ittihoz etgan, u tamsilning nuzuli ekaniga ishoratdir.

وَاَمَّا الَّذ۪ينَ كَفَرُوا : Bu اَمَّا avvalgi اَمَّا kabi maqobllaridagi ijmolni tafsil etish bilan, tahqiq va ta'kidni ifoda qiladi.

اَلَّذ۪ينَ كَفَرُوا ning اَلْكَافِرُونَ kalimasiga tarjihan zikr qilinishi, ularning bu inkori, qalblarida rusux paydo qilgan kufrdan nash'at etganiga va shuning uchun ularni yana kufrga olib borganiga ishoratdir.

Avvalgi jumladagi يَعْلَمُونَ ning mutobaqati uchun bu yerda فَلَا يَعْلَمُونَ deyilishi munosib ekan, uning o’rniga zikr qilingan فَيَقُولُونَ ijoz va ixtisor uchun muqaddar bo’lgan hollardan kinoyadir. Taqdiri kalom: "Kufri bor odam haqiqatni bilmaydi, taraddudga tushadi, inkorga kiradi, istifhom shaklida istihqor etadi, haqir ko’radi." Va shuningdek, o’zlari zalolatda bo’lganlari kabi, og’izlari bilan xalqni ham zalolatga sudraganlariga ishoratdir.

يُضِلُّ بِه۪ كَث۪يرًا وَيَهْد۪ى بِه۪ كَث۪يرًا

Bu jumladan avvalgi jumlada اَلَّذ۪ينَ اٰمَنُوا muqaddam bo’lganiga nazaran, bu yerda unga munosib bo’lgan يَهْد۪ى بِه۪ ning taqdimi lozim ekan, يُضِلُّ بِه۪ taqdim etilgan. Chunki bu kalomdan maqsad, inkor qilganlarning e'tirozlarini rad qilishdir. Bunga binoan يُضِلُّ بِه۪ kasbi ahammiyat etganidan, taqdim haqqini qozongan.

S- Zalolat o’rniga يُضِلُّ , hidoyato’rniga يَهْد۪ى ya'ni, masdardan fe'lga bo’lgan uduldan maqsad nima?

J- Fe'li muzoriy tajaddud va istimrorga dalolat qilganidan; yigirma uch yil davom qilgan nuzuli Qur'onning parcha-parcha tajaddudi nisbatida, ularning zulmati kufriyalariga qat-qat zulmatlarning ilovasiga sababiyat berganiga, mo’'minlarning ham nuzulning tajaddudi nisbatida nuri iymonlarining daraja-daraja yuksalishiga bois bo’lganiga ishoratdir. Va shuningdek, bu jumla مَاذَٓا اَرَادَ اللّٰهُ ‌ الخ jumlasi bilan ishorat qilingan istifhomga javob bo’lgani uchun, har ikki guruhning vaziyatlarini bayon qilish ijob etgan. Va bu ijobga binoan, masdarga tarjihan fe'l zikr qilingan. Ya'ni, bir guruhning vaziyati zalolat, boshqasiniki hidoyatdir.

كَث۪يرًا : Avvalgi كَث۪يرًا dan miqdor va adad jihatidan ko’plik iroda qilingan. Ikkinchi كَث۪يرًا dan holat va qiymat jihatidan ko’plik qasd qilingan. Va ayni zamonda, Qur'onning navi basharga rahmat bo’lganining sirriga ishoratdir. Ha, insonlarning oz bir qismining fazilat va hidoyatlarini ko’p ko’rish va ko’rsatish, Qur'onning basharga qarshi marhamatli va lutfkor ekanini ko’rsatadi. Va shuningdek, bir fazilat sohibi ming fazilatsizga muqobildir. Bu e'tibor bilan, fazilatni tashigan oz bo’lsa ham, ko’p ko’rinadi.

وَمَا يُضِلُّ بِه۪ٓ اِلَّا الْفَاسِق۪ينَ : Avvalgi jumlada mutlaq va mubham o’laroq zikr qilingan كَث۪يرًا dan hosil bo’lgan vasvasalarni, qo’rquvlarni, taraddudlarni bu jumla bilan shunday daf qilganki: Zalolatga ketganlar, fosiqlardir. Zalolatlarining mansha'i ham fisqdir. Fisqning sababi esa, kasblaridir. Ayb ulardadir, Qur'onda emas. Zalolatni yaratish, qilganlarining jazosi uchundir.

Yana bilish lozimki; bu jumlalarning har biri maqoblini sharh va bayon qiladi; maba'di ham uni tafsir qiladi. Demak, har jumla maqobliga dalil, maba'diga natijadir. Ikki silsila bilan buni izoh qilamiz:

1- Alloh u tamsildan hayo qilmaydi. Chunki u tamsilni tark qilmaydi. Ham u tamsil balig’dir. Ham u tamsil haqdir. Ham u tamsil Allohning kalomidir. Buni ham mo’'min bo’lgan kishilar biladi.

2- Alloh munkirlar deganlari kabi, u tamsildan hayo qilmaydi. U munkirlar, "U tamsilning tarki lozimdir" deydilar. Chunki u tamsilning hikmatini bilmaydilar, ham "Bunda nima foyda bor" deydilar. Ham inkor qiladilar, chunki haqir ko’radilar. Ham eshitishlari bilan zalolatga tushdilar, chunki Qur'on ularni zalolatga otdi. Ham ular fisq bilan qoliplaridan chiqdilar, ham Allohga bo’lgan ahdlarini buzdilar, ham sila-i rahmni kesdilar, ham Arzda Allohning nizom va intizomini ifsod etdilar. Shunga binoan, xasir va zararli bo’lganlar ulardir. Dunyoda vijdon, qalb va ruhning azobi bilan, oxiratda ham Allohning g’azabi bilan abadiy bir azob ichida qolgan ulardir.

اَلَّذ۪ينَ يَنْقُضُونَ عَهْدَ اللّٰهِ مِنْ بَعْدِ م۪يثَاقِه۪ وَيَقْطَعُونَ مَٓا اَمَرَ اللّٰهُ بِه۪ٓ اَنْ يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِى الْاَرْضِ

Avvalo bilish lozimki, Qur'oni Karimning i'joz va nazmidagi shak va shubhalarni iqo' etgan fosiqlarning ayniqsa bu maqomda, bu jumlada mazkur sifatlar bilan tavsiflari juda yuksak va latif bir munosabatni ichiga olgan. Ha, xuddi Qur'oni Karim deydiki: "Qur'oni akbar deyilgan koinotning nizomida qudrati azaliyaning i'jozini ko’rolmagan yoki ko’rishni istamagan u fosiqlarning; Qur'oni Karimning ham nazm va i'jozida taraddudlarni va ko’r ko’zlari bilan i'jozini ko’rolmasdan inkor qilishlari, ba'id va g’arib emas. Zero ular koinotdagi nizom va intizomni tasodifga va tahavvuloti g’aribaga va inqiloboti ajibani abasiyatga va tasodifga isnod etganlaridan, buzilgan ruhlarining ko’zidan u nizom tasattur etib ko’rinmagani kabi, iflos fitratlari bilan ham, Qur'onning mo’'jiz bo’lgan nazmini chalkash, muqaddimalarini natijasiz, samaralarini achchiq ko’rdilar.

يَنْقُضُونَ : O’ralgan qalin bir arqonni ochib tarqatish ma'nosini ifoda qilgan "naqz" ta'biri yuksak bir uslubga ishoratdir. Xuddi Janobi Haqning ahdi; mashiat, hikmat, inoyatning iplari bilan o’ralgan nuroniy bir arqonki, azaldan abadga qadar uzangan. Bu nuroniy arqon, koinotda nizomi umumiy shaklida tajalliy etib silsilalarini koinotning anvo'iga tarqatar ekan, eng ajib silsilasini navi basharga uzatgan va ruhi basharda juda ko’p iste'dod va qobiliyatlarning urug’larini ekkan. Lekin u iste'dodlarning tarbiyasini va natijasini juzi ixtiyoriyning qo’liga bergan. U juzi ixtiyoriyning egari ham shariatning va daloili naqliyaning qo’liga berilgan. Shunga binoan, Janobi Haqning ahdini buzmaslik va ifo etish, faqat u iste'dodlarni loyiq va munosib yerlariga sarf qilish bilan bo’ladi. Ahdning naqzi esa, buzish va parchalashdan iboratdir. Masalan: Ba'zi anbiyoga iymon va tasdiq, ba'zilarini inkor va takzib; ba'zi hukmlarni qabul, ba'zilarini rad; ba'zi oyatlarni tahsin, ba'zilarni qobih va xunuk ko’rish kabi. Zero bunday tarzda qilingan naqzi ahd; nazmni, nizomni, intizomni ixlol etadi, buzadi.

وَيَقْطَعُونَ مَٓا اَمَرَ اللّٰهُ بِه۪ٓ اَنْ يُوصَلَ

Bu jumladagi amr ikki qismdir:

Birisi, tashri'iydirki, sila-i rahm bilan ta'bir qilingan qarindosh va mo’'minlar orasida shar'an amr qilingan muvosala chizig’idir.

Boshqasi, amri takviniydirki, fitriy qonunlar bilan odatulloh tazammun etgan amrlardir. Masalan, ilmning i'tosi ma'nan amalni amr qiladi; zakovatning i'tosi ilmni amr qiladi; iste'dodning bo’lishi zakovatni; aqlning berilishi ma'rifatullohni; qudratning berilishi ishlashni; jasoratning berilishi jihodni ma'nan va takvinan amr qiladi.

Xullas, u fosiqlar bu kabi narsalarning orasida shar'an va takvinan ta'sis etilgan muvosala chizig’idan o’tyaptilar. Masalan, aqllari ma'rifatullohdan, zakovatlari ilmdan ranjigani kabi; qarindoshlardan va mo’'minlardan ham darg’azab bo’lib, borib kelmaydilar.

وَيُفْسِدُونَ فِى الْاَرْضِ : Ha, fisq bilan buzilgan bir odam botqoqlikka tushib chiqolmagan bir shaxs kabi ko’plarning ham u botqoqlikka tushishlarini istaydiki, ma'ruz qolgan u dahshatli holati bir oz yengil bo’lsin. Chunki musibat umumiy bo’lsa, yengil bo’ladi. Va shuningdek, bir shaxsning qalbida bir ixtilol, bir yomonlik hissi uyg’onsa; yuksak hissiyoti, kamoloti sukut etishni boshlaydi; qalbida taxribotga, yomonlikka bir mayl, bir zavq paydo bo’ladi. Asta-asta u mayl qalbida kattalashadi; keyin u shaxs butun lazzatini, zavqini taxribotda, yomonlikda topadi. Xullas, u vaqt u shaxs tom ma'noda Arzda yirtqich bir hayvon, ixtilolni chiqarib kattalashtirgan bir balo, fasodni to’xtamasdan chalkashtirgan bir ofatga aylanadi.

S- Bir fosiqning fisqi bilan Arzning mutaassir bo’lishi aqldan uzoqdir?

J- Modomiki Arzda nizom bor, muvonaza ham bo’lishi kerak. Hatto nizom muvozanaga tobedir. Shunga binoan, bir uskunaning tishlari orasiga kichik bir narsa tushsa, uskuna mutaassir bo’ladi, balki faoliyati ham to’xtaydi. Yoki farazan ikki tog’ bir tarozi bilan tortilarkan, tarozi muvoziy bo’lgan vaqt bir pallasiga bir yong’oq ilova qilinsa, muvozanasi buziladi. Dunyoning ham ma'naviy nizom uskunasi shunday. Mutamarrid bir fosiqning fisqi Arzning muvozana-i ma'naviyasining buzilishiga vasila bo’lishi mumkin.

اُولٰٓئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ : اُولٰٓئِكَ uch narsani ifoda qiladi. Birisi ihzor, ikkinchisi mahsusiyat, uchinchisi uzoqlik. Demak bu اُولٰٓئِكَ g’oyib bo’lgan u fosiqlarni ihzor etadi, mahsus bir shaklda ko’rsatadi.

S- Ularning ihzorini ijob etgan sabab nima?

J- Sami'ning talab va istagidir. Ha, ularning iflos ahvolini eshitgan sami' ularga qarshi his qilgan hiddat va nafratini izola uchun; xusron bilan tajziya va tavsiflarida, xuddi ularni qarshisida hozir tarzda ko’rishni istaydi, toki "Oh! oh!" deyish bilan qalbi tinchlansin. Mushohadalari mumkin bo’lmagani holda اُولٰٓئِكَ bilan maxsus ko’rsatilishlari; go’yo iflos ahvollari, xabis sifatlari va shuxrat va kasratlari shunday bir hadga yetganki, hammaning nazari nafrati qarshisida ularning u hollarini tajassum ettirib maxsus bir shaklda ko’rsatadi. Va bu ishoratdan xasoratga mahkum bo’lganliklarining sababi ham anglashilgan bo’ladi.

U fosiqlarga roji' bo’lgan اُولٰٓئِكَ ifoda qilgan uzoqlik esa, ularning tariqi haqdan uzoqliklari shunday bir darajaga yetganki, boshqa tariqi haqqa ruju'lari mumkin bo’lmasdan, bu sababli zammga, tahqirga mustahaq bo’lishganiga ishoratdir.

Hasrni ifoda qilgan هُمْ xasoratning ularga munxasir bo’lganiga dalolat qiladi. Hatto mo’'minlarning ba'zi dunyo lazzatlaridan xasoratlari, xasorat sanalmaydi; va yana mo’'minlardan ahli tijoratning tijoratlarida sodir bo’lgan zararlari xasorat emas.

اَلْخَاسِرُونَ dagi harfi ta'rif jinsni va haqiqatni ifoda qiladi. Ya'ni, xusron ko’rganlarning haqiqatini, jinslarini ko’rishni istagan bo’lsa, ularga qarasin. Va shuningdek, ularning maslaklari mahzi xasoratdir, boshqa xasoratlarga o’xshamaydi.

اَلْخَاسِر۪ين : Xasoratning mutlaq qoldirilishi, ya'ni bir narsa bilan taqyid etilmasligi, xasoratning butun anvo'ini qamraganiga ishoratdir. Masalan: Vafo-i ahdda naqz bilan xasorat etdilar, sila-i rahmda kesish bilan, islohda ifsod bilan, iymonda kufr bilan, saodati abadiyada shaqovat bilan qilgan xasoratlari kabi.

* * *

كَيْفَ تَكْفُرُونَ بِاللّٰهِ وَكُنْتُمْ اَمْوَاتًا فَاَحْيَاكُمْ ثُمَّ يُم۪يتُكُمْ ثُمَّ يُحْي۪يكُمْ ثُمَّ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

Ya'ni: "Qanday qilib Allohni inkor qilyapsiz? Holbuki sizning hayotingiz yo’q edi, u sizga hayotni berdi; so’ngra sizni o’ldiradi, so’ngra yana hayot beradi, so’ngra unga ruju' etib borasiz."

Oyatlarning nazmiga oid uch vajh bu oyatda ham joriydir:

Bu oyatning maqobli bilan irtiboti:

Ha, Qur'oni Karim, qachonki insonlarni ibodatga va Allohga iymon keltirishga da'vat qildi va iymonning e'tiqod qilinadigan asoslari bilan qilinadigan hukmlarini ijmolan, dalillariga ishoratan zikr qildi, avvalroq mujmalan ishorat qilingan dalillarni tazammun etgan ne'matlarning ta'dadi bilan bu oyatda ham zikr qilishga qaytdi.

Ha, bu oyat bilan eng buyuk ne'mat bo’lgan hayotga ishorat qilingan. Ikkinchi oyat bilan baqo ne'matiga ishorat qilingan. Ha, samovot va Arzning tanzimoti hayotning kamol va saodatini ta'min qiladi. Uchinchi oyat bilan basharning koinot ustida tafzil va takrimiga ishoratdir. To’rtinchi oyat bilan, basharga ta'limi ilm ne'matiga ishorat qilingan. Bu ne'matlarning suratlariga, ya'ni ne'matlik jihatlariga qaralsa; inoyati Ilohiyaga dalil bo’lganlari kabi, ibodatga ham dalildirlar. Chunki ne'matlarni berganga shukr, vojibdir; kufroni ne'mat aqlan ham haromdir. Agar u ne'matlarning haqiqatlariga qaralsa, mabda va ma'adni isbot qilgan dalillardir.

Va shuningdek, bu oyat o’tgan kofir va munofiqlarning bahsiga ham nazirdir. Shuning uchun taajjubni ifoda qilish bilan inkorni tazammun etgan كَيْفَ bilan qilingan istifhom, ularning tahdidlariga ishoratdir.

Hozir bu jumlalar oralaridagi irtibot va munosabatlardan bahs qilamiz:

Ha, Qur'oni Karim avvalroq g’oyibona qilgan hikoyasidan so’ngra bu yerda xitobni boshladi. Bu ham balog’at jihatidan ma'lum bir nukta uchundir. Shundayki:

Inson bir odamning yomonligidan, ayblaridan bahs qilarkan, hiddati, g’azabi shu qadar g’alaba qiladiki; xayolan, xayoliy bir ihzor bilan, xitob surati bilan o’ziga tavjihi kalom etishni boshlaydi. Yoki yaxshiliklaridan bahs qilarkan, shavqi va ishqi g’alayonga keladi, hamon xayolining qarshisiga keltiradi, o’ziga xitob bilan gapirishni boshlaydi. Bu "iltifot" bilan tasmiya etilgan bir qoidadir. Bu qoidaning lisoni Arabda buyuk bir mavqei bor. Xullas, Qur'oni Karim bu qoidani ta'qib qilib

كَيْفَ تَكْفُرُونَ

deb, siyg’a-i xitob bilan ularga tavjihi kalom etgan.

So’ngra qachonki bu maqomda ta'qib qilingan maqsad; iymon, ibodat qilish va kufroni ne'mat qilmaslik, kufrni rad qilish kabi o’tgan usul va asoslarni isbot uchun lozim bo’lgan dalillarni zikr qilish va dalillarning eng vazihi, ahvoli bashar silsilasidan istifoda qilingan dalillardir va ne'matlarning eng buyugi, u silsilaning uqda va tugunlaridandir. Qur'oni Karim

وَكُنْتُمْ اَمْوَاتًا فَاَحْيَاكُمْ ثُمَّ يُم۪يتُكُمْ ثُمَّ يُحْي۪يكُمْ ثُمَّ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

bo’lgan oyati karima bilan, besh tugunli murattab u silsila-i ajibaga ishorat qilgan. Biz ham u besh tugunni besh masalada hal va bayon qilamiz.

Birinchi Masala:

كُنْتُمْ اَمْوَاتًا uqdasini, tugunini ochadi. Shundayki:

Insonning jasadini tashkil qilgan zarralar, olamning zarroti ichida jomid, tarqoq bir shaklda ekan, qaraysanki maxsus bir qonun bilan, muayyan bir nizom bilan intizom ostiga olinib olami anosirga yuboriladi. Olami anosirda sokit, sokin, yashirin bir vaziyatda ekan, birdaniga qofila-qofila, muayyan bir dastur bilan, yavmiy bir intizom bilan, bir qasd va hikmat ostida olami mavolidga intiqol etadi.

Olami mavolidda ham, sukut ichida ekan, birdaniga ajib, g’arib bir tarz bilan nutfaga inqilob etadi. So’ngra mutasalsil inqiloblar bilan alaqa bo’ladi; so’ngra mudg’a bo’ladi, so’ngra go’sht, suyak bo’ladi. Bu inqiloblarning har biri avvalgisiga nisbatan yanada mukammal bo’lsa ham, loyig’iga ko’ra mavotdir, ya'ni hayotsizdir.

S- Mavt hayotning zavolidir. Holbuki u zarralarda hayot yo’qki, zavoli mavt bo’lsin?

J- Mavtning u zarralarga itloq etilishi, majozdir. Sababi esa; uchinchi, to’rtinchi tugunlarni zehnga qabul qildirish uchun, zehn uchun bir tayyorgarlikdir.

Ikkinchi Masala:

فَاَحْيَاكُمْ tugunini ochadi. Ha, hayot, qudrati azaliyaning eng buyuk va eng nozik va eng ajib bir mo’'jizasidir va butun ne'matlardan ustundir va mabda va ma'adning burhonlaridan eng zohir burhondir.

Ha, hayot navlarining eng adnosi nabot hayotidir. Hayoti nabotiyaning boshlang’ichi, urug’da yoki donda hayot tugunining uyg’onib ochilishidir. Buning holati shu qadar zohir, shu qadar umumiy, shu qadar ma'luf ekan, zamoni Odamdan hozirga qadar hikmati bashardan va falsafasidan yashirin qolgan. Xullas, hayotning qay daraja nozik bo’lgani anglashildi.

Va shuningdek, hayoti bo’lmagan bir jism, eng katta bir tog’ ham bo’lsa yolg’izdir, yetimdir, makonidan boshqa bir narsa bilan munosabati yo’q. Lekin asalari kabi kichik bir jism, hayotga mazhar bo’lgan vaqti, butun koinot bilan munosabatdor bo’ladi va hamma narsa bilan oldi-berdi qiladi; hatto: "Koinot mening mulkimdir, mening yerimdir." deya oladi. Koinotning har tarafiga boradi, hislari bilan tasarruf qiladi, butun ashyo bilan kasbi muorafa etadi. Ayniqsa, hayoti insoniya tabaqasiga chiqqan hayot aqlning nuri bilan olamlarni kezgan bo’ladi. Olami jismoniyda tasarruf qilgani kabi, olami ruhoniyda kezadi, olami misolga sayohat qiladi; o’zi u olamlarni ziyoratga ketgani kabi, u olamlar ham, uning ruhining oynasida tamassul etish bilan io'da-i ziyorat etgan kabi bo’ladi. Hatto inson "Olam Allohning fazli bilan men uchun yaratilgan" deya oladi. Hayoti insoniya; har birisi ko’p tabaqalarni qamragan bo’lib, hayoti moddiya, hayoti ruhoniya, hayoti ma'naviya, hayoti jismoniya kabi navlarga ayriladi, inbisot etadi. Demak, ziyo, rang va jismlarning ko’rinishiga sabab bo’lgani kabi; hayot ham mavjudotning koshifi va sababi zuhuridir. Ha, hayot bir zarrani bir kura kabi qiladi; asxobi hayotning har birisi, olam menikidir deya oladi. Oralarida muzohama va munoqasha ham bo’lmaydi; muzohama va munoqasha yolg’iz navi basharda bo’ladi. Xullas, hayotning qanday buyuk bir ne'mat ekani anglashildi.

Va shuningdek, jomid, tarqoq ba'zi zarralarning birdaniga bir vaziyatdan chiqib, ma'qul bir sabab bo’lmagani holda, boshqa bir vaziyatga kirishi, Sone'ning vujudiga zohir bir dalildir. Hatto hayot; haqiqatlarning eng ashrafi, eng tozasidir; hech bir jihat bilan xissati yo’q, xunuk bir dog’i yo’q. Hayotning tashi ham, ichi ham, har ikki yuzi ham latifdir. Hatto eng kichik va xasis bir hayvonnig hayoti ham yuksakdir. Shuning uchun, hayot bilan qudrat orasida zohiriy bir sabab tavassut etmaydi. Hayotga bizzot qudratning mubosharati, izzatga zid emas. Holbuki qiymatsiz ishlarga qudratning zohiran mubosharati ko’rinmasligi uchun zohiriy sabablar o’rnatilgan. Demak, hayotda xissat yo’q. Xullas, bundan anglashildiki; hayot, Sone'ning vujudiga eng zohir bir dalildir.

Va shuningdek, eng oddiy bir jismning o’tkazgan inqilobot va tahavvulotiga diqqat bilan qaralsa, ko’riladiki; olami zarrotdagi zarralar olami anosirga intiqol etganda boshqa suratga kiradi, olami mavolidda boshqa suratga aylanadi, nutfada boshqa vaziyat oladi, so’ngra alaqa bo’ladi, so’ngra mudg’a bo’ladi, so’ngra bir inson suratini kiyadi, o’rtaga chiqadi. Bu qadar inqiloboti ajiba asnosida, zarralar shunday muntazam harakot va muayyan dasturlar ustida jarayon qiladilarki; xuddi bir zarra, masalan olami zarrotda ekan vazifalantirilgan va Abdulmajidning ko’zida yer olib vazifa bajarish uchun yo’lga chiqarilgan. Bu holni, bu vaziyatni, bu intizomni ko’rgan bir zehn, bila-taraddud hukm qiladiki; u zarralar bir qasd bilan va bir hikmat ostida yuboriladi. Xullas, zarrotning hayotga mazhariyati uchun o’tkazgan bu qadar ajib va g’arib vaziyatlari, insonga ikkinchi bir hayotning bu hayotdan yanada oson va yanada sahil ekaniga ham bir qanoat keltiradi. Xullas, hayotning mabda va ma'adi dalil bo’lgani bu haqiqatlardan anglashildi. فَاَحْيَاكُمْ jumlasi ثُمَّ يُم۪يتُكُمْ jumlasiga bir dalil kabidir. Hammasi ham birlikda كَيْفَ dan istifoda etilgan inkorga dalildir.

Uchinchi Masala:

ثُمَّ يُم۪يتُكُمْ tugunini ochadi. Ha, mavtning ham hayot kabi maxluq ekaniga, mavtning i'dom va adami mahz emasligiga dalolat qiladi. Mavt, faqat ruhning jasad qafasidan chiqishi bilan tabdili makon etishidan iboratdir. Va shuningdek, navi basharda mavjud amorot va ishoroti kasiradan qat'iyat bilan anglashiladiki, inson o’lgandan so’ng bir narsasi boqiy qoladi; u narsasi ham, faqat ruhdir. Demak, ruhning baqosi, xossa-i zotiyadir. Bu xossa-i zotiyaning bir fardda mavjud bo’lishi, navning tamomida mavjud bo’lishini istilzom etish bilan; mujiba-i juz'iyaning mujiba-i kulliya hukmida bo’lganiga bir misol tashkil qiladi. Shunga binoan, mavt hayot kabi bir mo’'jiza-i qudratdir. Bo’lmasa hayot shartlari bo’lmaganidan adamning doirasiga kirgan emas.

S- O’lim qanday qilib ne'mat bo’ladi va qay suratda ne'matlarning qatoriga dohil etilgan?

J- Avvalo: O’lim saodati abadiyaga muqaddimadir; bu e'tibor bilan ne'mat sanalishi mumkin. Chunki ne'matning muqaddimasi ham ne'matdir. Haqiqatdan, vojibning muqaddimasi, vojib; haromning muqaddimasi, haromdir.

Soniyan: O’lim, muzir hayvonlar bilan to’la bir hibsdan keng bir sahroga chiqish kabidir. Shunga binoan, ruh jasad qafasidan chiqsa, najot topadi.

Solisan: O’lim bo’lmasaydi, kura-i Arz navi basharni isti'ob etolmasdi va navi bashar mudhish parishoniyatlarga ma'ruz qolardi.

Robian: Keksalik sababli shunday darajaga kelganlar borki, takolifi hayotiyaga qodir bo’lolmaydi, doimo o’limini istaydilar.

Xullas shuning uchun, o’lim ne'matdir.

To’rtinchi Masala:

ثُمَّ يُحْي۪يكُمْ tugunining bayonidadir. Ha, bu hayot ikkinchi hayotki; o’limdan so’ngra, hashrdan avval sodir bo’ladi. Demak, hayoti uxroviya bu ikkinchi hayot bilan boshlanadi. Shunga binoan, bu يُحْي۪يكُمْ dagi xitob yolg’iz insonlarga oid emas, biljumla koinotga roji'dir. Chunki bu hayoti uxroviya butun koinotning natijasidir. Agar bu hayot bo’lmasa, koinotda haqiqat deyilgan hamma narsa ziddiga inqilob etadi. Masalan: Ne'mat niqmat bo’ladi, aql balo bo’ladi, shafqat ilon bo’ladi.

Beshinchi Masala:

ثُمَّ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ ning tuguni haqidadir. Ha, Janobi Haq olami kavnu fasod deyilgan shu olamda husn, qubh, naf', zarar kabi zidlarni ko’p hikmatlarga binoan aralash bir tarzda yaratgan. Hamda izhori izzat uchun vositalar va sabablarni vaz' etgan. Hashr va qiyomatda koinot tasfiya amaliyotini qilgan vaqt zidlar bir-biridan ayriladi va sabablar bilan vositalar ham o’rtadan ko’tariladi; o’rtadagi parda va hijob ko’tarilgandan so’ngra hamma Sone'ini ko’radi va haqiqiy Molikini biladi.

* * *

Tatimma

Mazkur oyatdagi jumlalarning orasidagi irtibotning xulosasiga bir zayldir

Janobi Haq, qachonki ularning kufrini, istifhom ifoda etgan كَيْفَ bilan rad qildi va xalqni ham taajjubga da'vat qildi va undan so’ngra kelgan to’rt buyuk inqilobni ko’rsatgan to’rt jumla bilan burhon keltirib isbot qildi; u inqiloblarning har biri ko’p holatlarni, vaziyatlarni va martabalarni qamragani kabi, o’zidan so’ngra kelgan inqiloblarni hozirlaydigan bittadan muqaddima bo’ldi. Birinchi inqilobga وَكُنْتُمْ اَمْوَاتًا jumlasi bilan ishorat qilingan. Ya'ni, bir insonning jasadini tashkil qilgan zarralarning olami zarrotda o’tkazgan vaziyatlardan oxirgi vaziyatiga ishorat qiladiki, فَاَحْيَاكُمْ jumlasi bilan ishorat qilingan ikkinchi inqilobga muqaddima bo’ladi. Haqoiqi kavniyaning eng ajibi bo’lgan shu ikkinchi inqilob ham ko’p martabalarni, ko’p holatlarni qamraydiki; oxirgi holati, vaziyati ثُمَّ يُم۪يتُكُمْ jumlasi bilan ishorat qilingan uchinchi inqilobga muqaddima bo’ladi. Bu inqilob ham juda ko’p barzohiy holatlarni qamragan bo’lib, oxirgi vaziyati ثُمَّ يُحْي۪يكُمْ jumlasi bilan ishorat qilingan to’rtinchi inqilobda tugaydi. Bu to’rtinchi inqilob ham, bir qancha qabriy va hashriy vaziyatlarni qamragan bo’lib, eng oxirgi vaziyati ثُمَّ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ jumlasi bilan xitom topadi.

Demak, bir zihayotning jasadi, birinchi inqilobning birinchi vaziyatidan boshlanib doimo tajaddud etadi, yangilanadi; ya'ni bir libosdan, bir qiyofadan chiqadi, yanada go’zal bir libosga, boshqa qiyofaga kiradi. Va hokazo mana shunday saodati abadiyaga mazhar bo’lgunga qadar davom qiladi. Shunga binoan, bir zihayotning shu mutasalsil vaziyatlariga qaragan bir odam qanday inkorga jasorat qilishi mumkin.

Hozir mazkur oyatdagi jumlalarning hay'atlardan bahs qilamiz:

Birinchi Jumla:

كَيْفَ تَكْفُرُونَ بِاللّٰهِ

Bu jumla bilan qilingan istifhom u kofirlarning zehnlarini, ko’zlarini; qilgan yomonliklariga, yaramas ishlarga o’giradi. Toki, bizzot shaqovatlarini ko’rishsin; balki insofga kelib iqror etarlar.

تَكْفُرُونَ

dagi xitob, Janobi Haqning shiddati g’azabiga ishoratdir. Chunki g’aybatdan xitobga qilingan iltifot; yo shiddati hiddatga yoki kasrati muhabbatga ishoratdir. تَكْفُرُونَ ga badal لَا تُؤْمِنُونَ ning zikr qilinmasligi, ularning shiddati inodlariga ishoratdir. Chunki, ular haqqoniyati daloil bilan sobit bo’lgan iymonni tark va butlani burhonlar bilan sobit bo’lgan kufrni qabul qildilar.

وَكُنْتُمْ اَمْوَاتًا : Bu jumladagi و

, vovi holiyadir, ya'ni maba'dining maqobliga hol bo’lganiga dalolat qiladi. Demak كُنْتُمْ اَمْوَاتًا، تَكْفُرُونَ ning foiliga holdir. Holning zavilholning omili bilan barobar bo’lishi shartdir. Holbuki bu yerda to’rtta jumla bor. Bulardan ikkitasi moziy, ikkitasi mustaqbal bo’lganidan, zavilholning omili bo’lgan تَكْفُرُونَ bilan zamon jihatidan muqorin emas. Shunga binoan, و ning holiyati bir muqaddarga ishoratdir.

Taqdiri kalom:

وَتَعْلَمُونَ اِنْ كُنْتُمْ اَمْوَاتًا

Bu e'tibor bilan تَكْفُرُونَ ning foiliga تَعْلَمُونَ jumlasi hol bo’ladi. Boshqa jumlalar اِنْ ga kesim bo’ladilar.

S- Ular birinchi o’lim bilan bir hayotni bilsalar ham, Allohdan ekanini bilmaydilar, inkor qiladilar. Ikkinchi hayot bilan Allohga ruju'ni zotan inkor qiladilar?

J- Jahlni izola etadigan dalillar zohir ekan, u vajh bilan jahl deyilmasligi, balog’atning qoidalaridan biridir. Bunga binoan, birinchi mavt bilan birinchi hayotning atvor va ahvoliga qilingan diqqat, Sone'ni iqror va tasdiq qilishga ijbor etadi va ayni zamonda avvalgi hayot va mamotning Allohdan ekanini bilish, ikkinchi bir hayotning bo’lishiga ham zehnni iqno' va ijbor etadi. Haqiqat bu ekan, johil deb o’ylaganing u kofirlar olimlar qatoriga dohildirlar.

كُنْتُمْ dagi xitobdan, ularning olami zarrotda ham bir navi vujud va taayyunlari bo’lgani tushuniladi. Bo’lmasa u zarrot tasodif bilan uchragan muayyan jismlarni tashkil qilolmaydi.

اَمْوَاتًا ta'biri لَمْ يَكُنْ شَيْئًا مَذْكُورًا ning maoliga imodir.

فَاَحْيَاكُمْ : Bu ف ta'qib va ittisolni ifoda qiladi. Ya'ni, maqobli bilan maba'dining orasida masofa bo’lmaydi. Holbuki, bu yerda mavt bilan hayot orasida uzun bir masofa bor. Ha, faqat bu ف Sone'ni isbot qilgan dalillarning mansha'iga ishorat bo’lib; u zarrotning hech bir vosita va sabablar bo’lmasdan jamodiyatdan hayvoniyatga daf'atan intiqol etishi, zehnni Sone'ni iqror etishga majbur qiladi. Va shunindek, u zarrot mavot holida ekan, vaziyatlari sobit bo’lmaganidan, sha'nlari va iqtizolari, oraliqsiz ta'qibdir.

S- اَحْيَاكُمْ ning o’rniga nima uchun صِرْتُمْ اَحْيَٓاءً deyilmagan?

J- اَحْيَاكُمْ hayotning Janobi Haq tarafidan i'to etilganiga sarohatan dalolat qiladi. صِرْتُمْ اَحْيَٓاءً da u dalolat yo’q. Yolg’iz "Hayot sohibi bo’ldingiz" ma'nosiga dalolat qiladi.

ثُمَّ يُم۪يتُكُمْ : Buning o’rniga تَمُوتُونَ zikr qilinmasligi; mavtning qadarning taqdiri bilan qudratning buyuk bir tasarrufi ekaniga ishoratdir. Ha, umri tabiiysini tugatib so’ngra o’lganlar juda oz. Qismi a'zami umri tabiiysi asnosida o’ladilar. Demak, mavt tabiiy bir natija emas; balki jasadning inhiloli bilan tarqalishidan iboratdir, bo’lmasa ruhning fanosi bilan emas. Mavt bilan jasad tarqaladi, ruh boqiy qoladi.

ثُمَّ يُحْي۪يكُمْ : Maqobli bilan maba'di orasida bu'di masofani ifoda qilgan ثُمَّ imota bilan ikkinchi ihyo orasida ulkan olami barzohning oraliq ekaniga ishoratdir.

ثُمَّ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ : Bu ثُمَّ esa ikkinchi ihyo bilan ruju' orasida mavjud katta bir parda va hijobning borligiga ishoratdir.

تُرْجَعُونَ Ya'ni: Sabablar pardasining kashfi bilan, vositalarning tardi bilan Allohga ruju' etasiz.

S- Allohga ruju' etish, Allohdan kelishni iqtizo etadi. Shuning uchun, bir qism insonlar Alloh bilan inson orasida ittisolni tavahhum etganlar va ba'zi so’fiylar ham shubhaga tushganlar?

J- Dunyoda insonning vujud va baqosi bo’lgani kabi, oxiratda ham vujud va baqosi bor.

Dunyodagi vujud, vositasiz dasti qudratdan chiqadi. Dunyoda tarkib, tahlil, tasarruf, tahavvul bilan aralash baqo masalasi sobiqan zikr qilingan hikmat sababli sabablar, vositalar, illatlar masalaga mudohala etib oraga kiradilar. Oxiratda esa vujud va baqo, har ikkisi ham lavozimoti bilan, tarkiboti bilan bizzot dasti qudratdan chiqadilar va hamma haqiqiy Molikini biladi. Xullas, buni anglagan, ruju'ning nimaligini anglaydi.

* * *

هُوَ الَّذ۪ى خَلَقَ لَكُمْ مَا فِى الْاَرْضِ جَم۪يعًا ثُمَّ اسْتَوٰٓى اِلَى السَّمَٓاءِ فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ

Bu oyatning sobiq oyat bilan jihati irtiboti:

Avvalgi oyatda kufr bilan kufron daloili anfusiya bilan inkor qilingan. Bu oyatda daloili ofoqiyaga ishorat qilingan. Va shuningdek, avvalgi oyatda vujud va hayot ne'matlariga ishorat qilingan, bu oyatda baqo ne'matiga ishorat qilingan. Va shuningdek, avvalgi oyatda, Sone'ning vujudiga dalil bo’lish bilan hashrga bir muqaddima bo’lganiga ishorat qilingan; bu oyatda esa, oxiratning tahqiqi bilan shubhalarning izolasiga ishorat qilingan. Ha, xuddiki ular: "Insonga bu qadar qiymat va ahamiyat berilishi qayerdan va nimaga binoan? Va Allohning nazdida mavqei qandayki, u uchun qiyomatni qo’poradi?" deydilar. Ularga javoban Qur'oni Karim bu oyatning ishorati bilan deydiki: "Insonning juda yuksak bir qiymati bo’lmasaydi, samovot va arz uning istifodasiga mute' va musahhar bo’lmasdi. Va shuningdek, inson ahamiyatsiz bo’lsaydi, maxluqot u uchun yaratilmasdi. Agar inson ahamiyatsiz va qiymatsiz bo’lsaydi, u vaqt inson maxluqot uchun yaratilardi. Va shuningdek, insonning Xoliqi yonida mavqei juda katta bo’lgani uchun; olami dunyoni o’zi uchun emas, bashar uchun; basharni ham ibodati uchun yaratgan.

Xulosa:

Inson mumtoz va mustasnodir; hayvonlar kabi emas. Shuning uchun inson وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ javhariga bir sadaf bo’lgandir.

Bu oyatdagi jumlalarning nuktalariga o’tamiz:

Ey birodar! Birinchi jumlada جَم۪يعًا , ikkinchi jumlada ثُمَّ , uchinchi jumlada سَبْعَ kalimalari uchun bir tahqiqot lozim. U tahqiqotni olti nuqtada izoh qilamiz:

Birinchi Nuqta:

Quyida bayon qilingani kabi, hayotning shunday bir xosiyati borki, hayot juzni kull, juz'iyni kulliy, fardni nav, muqayyadni mutlaq, bir shaxsni bir olam kabi qiladi. Shunga binoan, birgina inson, "Dunyo mening uyimdir. Dunyodagi anvo' mening qavmimdir va mening qabilamdir va butun ashyo bilan muorafam va munosabatim bor." deya oladi.

Ikkinchi Nuqta:

Bilasanki; olamda sobit bir nizom bor, mustahkam bir irtibot bor va doimiy dasturlar, asosli qonunlar bor. Bu e'tibor bilan olam bir soat yoki muntazam bir uskuna kabidir. Har bir charxning, har bir buramaning, har bir mixning; uskunaning nizom va intizomida bir hissasi va uskunaning natija va foydalarida bir ta'siri bo’lgani kabi, ahli hayot uchun va ayniqsa bashar uchun ham bir foydasi bor.

Uchinchi Nuqta:

Quyida eshitadiganing kabi, istifodada muzohamat va munoqasha yo’q. Qandayki Zayd deya oladiki: "Shams mening chiqog’imdir, dunyo mening uyimdir." Umar ham shunday deya oladi va oralarida munoqasha ham bo’lmaydi. Ha, Zayd, masalan, dunyoda yagona faraz qilinsa, istifodasi qanday bo’lsa, butun insonlar ichida ekan istifodasi yana shunday, na ko’p bo’ladi, na kam. Faqat g’oraynga oid bo’lgan qism mustasnodir. Zero yeyiladigan, ichiladigan va boshqa narsalarida munoqasha bo’ladi.

To’rtinchi Nuqta:

Olam uchun birgina yuz, bir jihat emas, juda ko’p umumiy va muxtalif vajhlar bor. Va foydalarni ta'min qilgan, kasrat bilan umumiy va mutadohil, ya'ni bir-biri ichida jihatlar bor. Va istifoda yo’llarining ham anvo'an turli-tuman tariqlari bor. Masalan, sening go’zal bir bog’ing bor. U bog’ bir jihatdan sening istifodangga taxsis etilgani kabi, boshqa bir jihatdan ham xalqni foydalantiradi. Masalan, u bog’ning husniga, go’zalligiga qaragan odam bir zavq oladi, bir inshiroh paydo qiladi; bunda bir mone yo’q. Shuning kabi, insonning besh zohiriy, besh botiniy o’n dona xossasi va tuyg’usi bor. Inson bu tuyg’ulari bilan va shuningdek jismi bilan, ruhi bilan, qalbi bilan dunyoning har bir juzidan istifoda qila oladi; mone yo’q.

Beshinchi Nuqta:

Bu oyat bilan boshqa ba'zi oyatlardan anglashiladiki; bu katta dunyo inson uchun yaratilgan. Va yaratilishida insonning istifodasi illa-i g’oya o’laroq nazarga olingan. Holbuki Arzdan juda katta bo’lgan Zuhalning, masalan bashariy foydalaridan, yolg’iz ziynati va zaif bir ziyosidir. Bu juz'iy foyda uchun qay suratda bashar unga illa-i g’oya bo’ladi?

Aljavob:

Bir foydani ta'qib etgan odam butun fikrini, xayolini u foydaga hasr etadi va undan ma'ada bir narsaga qaramaydi va hamma narsaga o’z hisobiga qaraydi, hech kimni nazarga olmaydi, hatto o’zini illa-i g’oya deb o’ylaydi. Shunga binoan, bu kabi odamga qarshi maqomi imtinonda aytilgan u kabi kalomlarda mubolag’a yo’q. Ha, minglab hikmatlar uchun yaratilgan Zuhalning har bir hikmatida minglab jihatlar va har bir jihatida minglab istifoda qilganlar bo’lgani holda, "Xilqatida u odamning istifodasi, illa-i g’oyadan bir juz o’laroq o’ylangan" deyishga qanday mone bor? Chunki illa-i g’oya doimo oddiy bir narsadan iborat emas.

Oltinchi Nuqta:

Imom Alining

وَتَزْعُمُ اَنَّكَ جِرْمٌ صَغ۪يرٌ ٭ وَف۪يكَ انْطَوَى الْعَالَمُ الْاَكْبَرُ

amr qilgani kabi, inson kichik bir jism bo’lsa ham, katta olamni ichiga oladigan darajada kattadir. Shunday ekan, juz'iy istifodasi kulliy bo’ladi, Shunday ekan, abasiyat yo’q.

Ikkinchi Masala:

ثُمَّ haqidadir.

Ey birodar! Bu oyat Arzning samodan avval yaratilganiga dalolat qiladi va

وَالْاَرْضَ بَعْدَ ذٰلِكَ دَحٰيهَا

oyati ham samovotning Arzdan avval yaratilganligiga dalildir. Va

كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَاهُمَا

oyati esa ikkisining bir moddadan barobar yaratilgan va so’ngra bir-biridan ajratilganligini ko’rsatadi. Shariatning naqliyotiga nazaran, Janobi Haq bir javharani, bir moddani yaratgan. So’ngra u moddaga tajalliy etish bilan bir qismini buhor, bir qismini ham mayi' qilgan; so’ngra mayi' qismi ham, tajalliysi bilan takosuf etib zabadga (ko’pik) aylangan; so’ngra Arz yoki yetti kura-i arziyani u ko’pikdan yaratgan. Bu e'tibor bilan har bir arz uchun havo-i nasimiydan bir samo hosil bo’lgan. So’ngra u modda-i buhoriyani bast etish bilan yetti qavat samovotni tasviya etib yulduzlarni ichiga zar' etgan va u yulduzlar tuxumini mushtamil bo’lgan samovot in'iqod etgan, vujudga kelgan.

Hikmati jadidaning nazariyoti esa shu markazdadirki: Biz ko’rayotgan manzuma-i shamsiya bilan ta'bir qilingan quyosh bilan unga bog’liq yulduzlar jamoati, oddiy bir javhara ekan; so’ngra bir navi buhorga inqilob etgan; so’ngra u buhordan mayi'i noriy hosil bo’lgan; so’ngra u mayi'i noriy burudat bilan tasallub etgan, ya'ni qattiqlashgan; so’ngra shiddati harakati bilan ba'zi katta parchalarni uloqtirgan. U parchalar takosuf etib sayyorot bo’lishgan; shu Arz ham ulardan biridir. Bu izohotga tavfiqan, shu ikki maslak orasida mutobaqat hosil bo’lishi mumkin. Shundayki:

"Ikkisi ham bir-biri bilan birlashgan edi, so’ngra ajratdik" ma'nosida bo’lgan

كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَاهُمَا

ning ifodasiga nazaran, manzuma-i shamsiya bilan Arz, dasti qudratning modda-i efiriyadan qorilgan bir xamir shaklida ekan. Modda-i efiriya mavjudotga nazaran oqar bir suv kabi mavjudotning oralariga nufuz etgan bir moddadir.

وَكَانَ عَرْشُهُ عَلَى الْمَٓاءِ

oyati shu modda-i efiriyaga ishoratdirki, Janobi Haqning Arshi suv hukmida bo’lgan shu efir moddasi ustida ekan. Efir moddasi yaratilgandan so’ngra, Sone'ning ilk ijodlarining tajalliysiga markaz bo’lgan. Ya'ni, efirni yaratgandan so’ngra, javohiri fardga aylantirgan. So’ngra bir qismini kasif qilgan va bu kasif qismidan maskun tarzida yetti kura yaratgan. Arz bulardandir. Xullas, Arzning -hammasidan avval takosuf va tasallub etish bilan tez qobiq hosil qilib, uzun zamonlardan beri mansha'i hayot bo’lishi e'tibori bilan- xilqati tashakkuli samovotdan avvaldir. Faqat Arzning bast etilishi bilan navi basharning ta'ayyushiga munosib bir vaziyatga kelgani, samovotning tasviya va tanzimidan so’ngra bo’lish jihati bilan, xilqati samovotdan so’ngra boshlasa ham bidoyatda, mabdada ikkisi barobar ekanlar. Shunga binoan, u uch oyatning oralarida bo’lgan zohiriy muxolafat bu uch jihat bilan mutobaqatga inqilob qiladi.

Ikkinchi bir javob:

Ey birodar! Qur'oni Karim tarix, jo’g’rofiya muallimi emas. Faqat olamning nizom va intizomidan bahs bilan, Sone'ning ma'rifat va azamatini jumhuri nosga dars bergan murshid bir kitobdir. Shunga binoan, bunda ikki maqom bor:

Birinchi Maqom:

Ne'matlarni, ehsonlarni, marhamatlarni ko’rsatish bilan daloili zohiriyani bayon qilishdan iboratdir. Bu e'tibor bilan Arz samovotdan avvaldir.

Ikkinchi Maqom:

Azamat, izzat, qudrat dalillarini ko’rsatadigan bir maqomdir. Bu jihat bilan samovot Arzdan avvaldir.

ثُمَّ maba'dining maqoblidan bir zamon so’ngra vujudga kelganiga dalolat qiladiki, bunga "taraxiy" deyiladi. Demak, bu yerda Arz bilan samovot orasida bir uzoqlik bor. Bu uzoqlik Arzning samovotdan avval yaratilganiga ko’ra zotiydir. Aks holda rutabiy va tafakkuriydir. Ya'ni, samovotning xilqati birinchi bo’lsa ham, tafakkur jihatidan rutbasi ikkinchidir; Arzning xilqati ikkinchi bo’lsa ham, tafakkuri birinchidir. Ya'ni, avvalo Arzning tafakkuri, so’ngra samovotning tafakkuri lozim. Bunga ko’ra ثُمَّ bilan اِسْتَوٰى orasida اِعْلَمُٓوا وَ تَفَكَّرُوا muqaddardir. Taqdiri kalom:

ثُمَّ اِعْلَمُٓوا وَ تَفَكَّرُوا اَنَّهُ اسْتَوٰى

ila oxirdir.

Uchinchi Masala:

سَبْعَ kalimasi haqida.

Ey birodar! Samovotning to’qqiz tabaqadan iborat bo’lgani, eski hikmatning xurofotlaridan biridir. Ularning u xurofotvoriy fikrlari afkori ommani istilo qilgandi. Hatto ba'zi mufassirlar ba'zi oyatlarning zohirini ularning mazhablariga mayl ettirishgan. Hikmati jadida esa, fazo deyilgan shu bo’shliqda yolg’iz yulduzlarning muallaq bir vaziyatda turganlarini aytadi. Bularning mazhabidan samovotning inkori chiqadi. Va bu ikki hikmatning bittasi ifrotga borgan bo’lsa ham boshqasi tafritda qolgan. Shariat esa, Janobi Haqning yetti tabaqadan iborat samovotni yaratganiga hokimdir va yulduzlarning ham baliq kabi u samolar dengizlarida suzayotganlarini aytadi. Hadis esa, samoning مَوْجٌ مَكْفُوفٌ dan iborat bo’lganini amr qiladi. Shu haq bo’lgan mazhabning olti muqaddima bilan tahqiqotini qilamiz.

Birinchi Muqaddima:

Shu keng bo’shliqning efir bilan to’la bo’lgani fannan va hikmatan sobitdir.

Ikkinchi Muqaddima:

Ajromi ulviyaning qonunlarini rabt etgan va ziyo va haroratning amsolini nashr va naql etgan fazoni to’ldirgan bir modda mavjud.

Uchinchi Muqaddima:

Modda-i efiriyaning yana efir bo’lib qolish sharti bilan, boshqa moddalar kabi muxtalif tashakkuloti va boshqa-boshqa navlari bor. Buhor bilan suv va muzning tashakkulotlari kabi.

To’rtinchi Muqaddima:

Ajromi ulviyaga diqqat qilinsa, tabaqalari orasida muxolafat ko’rinadi. Ha, yangi tashakkul va in'iqodni boshlagan milliardlab yulduzlardan iborat Kahkashon deb nomlangan tabaqa-i efiriya sobit yulduzlarning tabaqasiga muxolifdir. Bu ham manzuma-i shamsiyaning tabaqasiga va hokazo yetti tabaqaga qadar bir-biriga muxolif tabaqalar bor.

Beshinchi Muqaddima:

Tadqiqotlar natijasida sobit bo’lganki: Bir moddada tashkil, tanzim, tasviyalar sodir bo’lsa, bir-biriga muxolif tabaqalar hosil bo’ladi. Bir ma'dandan kul, ko’mir, olmos paydo bo’ladi; otashdan olov, tutun hosil bo’ladi. Muvallidul ma bilan muvallidul humuzaning imtizojidan suv, muz, buhor tavallud etadi.

Oltinchi Muqaddima:

Shu mutaaddid alomatlardan tushunildiki; samovot mutaaddiddir, shariat sohibi ham yettidir degan, Shunday ekan yettidir. Shu bilan barobar, yetti, yetmish, yetti yuz sonlari Arab uslublarida kasrat uchun ishlatiladi.

Birodar! Juda keng bo’lgan Qur'oni Karimning xitoblariga, ma'nolariga, ishoratlariga diqqat qilish bilan bir omidan to bir valiyga qadar butun tabaqoti nosga va umum afkori ommaga bo’lgan muro'atlari, erkalashlari favquloda hayratga, taajjubga mujibdir. Masalan: سَبْعَ سَمٰوَاتٍ kalimasidan ba'zi insonlar havo-i nasimiyaning tabaqalarini fahm etgan. Boshqa ba'zilar esa Arzimiz bilan do’stlari bo’lgan hayotdor kuralarni ihota etgan nasimiy kuralarni fahm etgan. Bir qism sayyoroti sab'ani fahm etgan. Bir qismi manzuma-i shamsiya ichida efirning yetti tabaqasini fahm etgan. Bir qism shu bilganimiz manzuma-i shamsiya bilan barobar olti dona yana manzuma-i shamsiyani fahm etgan. Bir qism efirning tashakkuloti yetti tabaqaga inqisom etganini fahm etgan.

Xulosa:

Har bir qism insonlar, iste'dodlariga ko’ra fayzi Qur'ondan hissalarini olganlar. Ha, Qur'oni Karim butun shu mafhumlarni qamragan deya olamiz.

Birinchi Jumla:

هُوَ الَّذ۪ى خَلَقَ لَكُمْ مَا فِى الْاَرْضِ جَم۪يعًا : Bu jumlaning besh vajh bilan maqobli bilan irtiboti bor:

Birinchi Vajh:

Avvalgi oyat vujud va hayot ne'matlariga ishoratdir. Bu oyat baqo va baqoning sabablar va lavozimotiga ishoratdir.

Ikkinchi Vajh:

Qur'oni Karim qachonki avvalgi oyat bilan bashar uchun martabalarning eng yuksagi bo’lgan ruju'ni isbot qildi, sami'ning zehniga shunday bir savol keldi: Shu zalil insonlarning bu yuksak martabaga layoqatlari qayerdan kelgan? Qur'oni Karim bu jumla bilan u savolni shunday tarzda javoblantirgan: Butun dunyo dasti itoat va tasxiriga berilgan insonning, albatta Xoliqining yonida buyuk bir mavqei bor.

Uchinchi Vajh:

Avvalgi oyat bashar uchun hashr va qiyomatning vujudiga ishorat qilishi, sami' nazarida go’yo "Basharning qanday qiymati borki, uning saodati uchun qiyomat qo’padi?" deya vorid bo’lgan savol bu oyat bilan: "Arz butun mushtamiloti bilan istifodasi uchun yaratilgan va butun anvo' itoat va amriga berilgan inson, natija-i xilqatdir. Albatta va albatta uning saodati uchun qiyomat qo’pajak." deya javob bergan.

To’rtinchi Vajh:

Avvalgi oyat, qiyomatda sabablar va vositalarning yo’qolishi, insonning marji'i yolg’iz Janobi Haqqa munxasir qolishiga ishorat qilgan. Bu oyat esa, dunyoda ham insonning marji'i haqiqiysi Janobi Haqqa munxasir bo’lganini aytyapti. Zero sabablar va vositalarning orqasida qudratning shuasi ko’rinadi; ta'sir uniki, sabablar esa pardadir.

Beshinchi Vajh:

Avvalgi oyat saodati abadiyaga ishoratdir. Bu oyat ham, saodati abadiyaning insonga berilishini iqtizo etgan va sabab bo’lgan Janobi Haqdan sabqot etgan fazl va in'omga ishorat bo’lib; o’ziga Arzning mushtamiloti ehson qilingan insonning albatta saodati abadiyaga layoqati bor.

ثُمَّ اسْتَوٰٓى اِلَى السَّمَٓاءِ : Buning maqobli bilan jihati irtiboti to’rtta:

Birinchi Jihat:

Arz va samo tav'am, ya'ni ekizak bo’lib, bir-biridan ayrilmaydi; zikrda, fikrda doimo barobar kezadi. Bu jumladan avvalgi jumlada Arz zikr qilingani kabi, bu jumlada ham samo zikr qilingan.

Ikkinchi Jihat:

Basharning Arzdan istifodasini ikmol va itmom etgan, faqat samovotning tanzimidir.

Uchinchi Jihat:

Avvalgi oyat ehson va fazl dalillariga ishorat qilgan. Bu oyat ham qudrat va azamatga ishorat qiladi.

To’rtinchi Jihat:

Bu jumla, basharning istifodasi yolg’iz Arzga munxasir bo’lmaganiga, samo ham uning istifodasiga tasxir etilganiga ishoratdir.

فَسَوّٰيهُنَّ سَبْعَ سَمٰوَاتٍ : Bu jumlaning maqobli bilan irtiboti uch xildir:

1- كُنْ bilan فَيَكُونُ orasidagi irtibot kabidir. Qandayki ma'murning husuli كُنْ amriga bog’liq; samovotning tasviyasi ham اِسْتَوٰى ga bog’liqdir.

2- Qudratning taalluqi bilan irodaning taalluqi orasidagi irtibot kabidir. Yani "istivo" irodaning taalluqiga, "tasviya" ham qudratning taalluqiga o’xshash bir irtibotdir.

3- Natija bilan muqaddima orasida bo’lgan irtibot kabidir. Chunki samovotning tasviyasi, muqaddimasi bo’lgan "istivo"ga tarattub etadi.

وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ : Bu jumla maqobli bilan ikki vajh bilan marbutdir:

Birinchi Vajh:

Bu jumladagi ilmi kulliy, samovotning tanzim va tasviyasiga dalil bo’lgani kabi, tanzim va tasviyaning vujudi ham ilmi kulliyning vujudiga dalildir.

Ikkinchi Vajh esa:

Avvalgi jumla qudrati komilaga, bu jumla esa kulliy va shumulli ilmga dalolat qiladi.

Jumlalarning nuktalarini bayon qilamiz:

هُوَ الَّذ۪ى ‌ الخ

Bu jumla maqobli bilan bog’liq emas. Faqat musta'nifa bo’lib besh savol bilan javoblariga ishoratdirki, bundan oldin bayon qilinganidan, takroriga luzum yo’q.

هُوَ الَّذ۪ى dagi هُوَ ega, اَلَّذ۪ى silasi bilan barobar kesimdir. Bu jumlada ega bilan kesimning ta'riflari tavhidga ishorat bo’lgani kabi, hasrga ham dalolat qiladi. Ya'ni, mushtamiloti Arziyaning yaratilishi Janobi Haqqa munxasir bo’lgani kabi, Xoliqi ham yolg’iz Janobi Haqdir. Bu hasr, ثُمَّ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ jumlasida اِلَيْهِ ning taqdimi bilan hosil bo’lgan hasrga dalildir. Ya'ni, mushtamiloti Arziyaning yaratilishi Janobi Haqqa munxasir bo’lgani uchun, qiyomatda marji'iyat ham Janobi Haqqa munxasirdir. اَلَّذ۪ى silasi bilan barobar kesimdir. Kesimning asli va mustahaqqi, nakra bo’lishdir. Bu yerda ma'rifa bo’lib kelishi, hukmning zohir va ma'lum bo’lganiga ishoratdir. Ya'ni: "Janobi Haqning mushtamiloti Arziyaning Xoliqi bo’lgani ma'lum va zohirdir."

Manfaat uchun ishlatilgan لَكُمْ dagi ل ashyoning xilqatan muboh, halol, manfaatli tarzda yaratilib, ba'zi nuqsonlar sababli harom bo’lganlariga ishoratdir. Masalan, boshqalarning moli, ismati shar'iya uchun harom bo’lgan. Insonning go’shti, hurmat va ikrom uchun; zahar zarar uchun; o’limtik go’shti, najosat bo’lgani uchun harom bo’lgan. Va shuningdek, har bir narsada bir foyda, bir manfaat borligiga ramzdir. Va shuningdek, bashar uchun hamma narsada bir manfaati borligiga ramzdir. Ha, qaysi narsa bo’lsa bo’lsin, basharga bir jihatdan bir istifodani ta'min qiladi, hatto ibrat olish uchun bo’lsin. Va shuningdek, Arzning qornida istiqbol insonlarini kutyotgan juda ko’p rahmatning xazina va dafinalarining borligiga ramzdir.

لَكُمْ jar va majrurining مَا فِى الْاَرْضِ ustida taqdimi, basharga oid istifodalarning har g’oyadan avval va avlo bo’lganiga ishoratdir.

Umumni ifoda qilgan مَا hamma narsada manfaatlarni qidirishga insonlarni targ’ib va tashviq uchundir.

فِى الْاَرْضِ dagi ف۪ى ning عَلٰى ga tarjihi, eng ko’p manfaatlarning Arzning qornida bo’lganiga va Arzning qornidagi ashyoning taharriysiga insonlarni tashji' etganiga ishoratdir. Va shuningdek, Arzning ichidagi ma'dan va moddalarning istifoda-i bashar uchun yaratilishi, Arzning ichida hanuz kashf qilinmagan anosir va moddalardan -takolifi hayotning zahmatlaridan mustaqbal insonlarini qutqaradigan- ba'zi g’idoiy va boshqa moddalarning vujudi mumkin ekaniga dalolat qiladi.

جَم۪يعًا : Arzdagi ba'zi ashyoning abas va foydasiz ekaniga oid avhomni daf qilish uchundir.

ثُمَّ اسْتَوٰى dagi ثُمَّ Arzning xilqati bilan samovotning tasviyasi orasidagi Janobi Haqning af'ol va shuunotining silsilasiga ishoratdir. Va shuningdek, basharga manfaat xususida, samovotning tasviyasi Arzning xilqatidan rutba jihatidan uzoq bo’lganiga dalolat qiladi. Ijoz va ixtisor uchun اَرَادَ اَنْ يُسَوّ۪ى o’rnida اِسْتَوٰى deyilgan.

اِسْتَوٰى kalimasining iste'moli bu yerda majozdir. Ya'ni, mo’ljalga olishini hasr etib chalg’imasdan, samovotning tasviyasini iroda etgan.

اِلَى السَّمَٓاءِ : Bu samodan maqsad, samovotning moddasi bo’lgan buhordir.

فَسَوّٰيهُنَّ dagi ف tafri'ni ifoda qilganiga nazaran, tasviyaning istivoga bog’lanishi; فَيَكُونُ ning كُنْ amriga yoki qudratning taalluqi irodaning taalluqiga yoki qazoning qadarga bo’lgan tarattublariga o’xshaydi va tarkibni ifoda qilganiga ko’ra, muqaddar ba'zi fe'llarga imodir.

Taqdiri kalom:

نَوَّعَهَا وَنَظَّمَهَا وَدَبَّرَ الْاَمْرَ بَيْنَهَا فَسَوّٰيهُنَّ‌الخ

dan iboratdir. Ya'ni: "Navlarga ayirdi, tanzim etdi, oralarida lozim kelgan amrlarni, tadbirlarni qildi; so’ngra yetti tabaqaga tasviya etdi."

سَوّٰى : Ya'ni "Muntazam, mustavi; anvo'ni, ajzolarni mutasaviy qilib yaratdi."

هُنَّ : Bu olmoshning jam'i, samovot bo’ladigan moddaning navlarga munqasim ekaniga ishoratdir.

سَبْعَ ta'biri, samovot tabaqalarining kasratiga ishoratdir va bu tabaqalarning tashakkuloti Arziyaning advori sab'asi bilan sifoti sab'aga munosabatdor bo’lganiga imodir.

سَمٰوَاتٍ : Bu samolarning bir qismi, sayyorot baliqlariga dengizdir; bir qismi ham sobit yulduzlarga ekinzordir; bir qismi ham samo gullari hukmida bo’lgan "daroriy" yulduzlarga bog’ va bo’stondir.

وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ : Bu و atf uchundir. Holbuki bu yerda atfning tarafayni orasida munosabat yo’q. Shunday ekan, bu munosabatni topish uchun taqdirga ehtiyoj bor. Shundayki:

وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

"Shunday ekan, bu katta ajromning Xoliqi udir."

وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ

"Shunday ekan, u ajromdagi san'atni tanzim, tahkim etgan udir."

Ilsoqni ifoda etgan بِكُلِّ kalimasidagi ب ilmning ma'lumdan infikok va infisolining mumkin bo’lmaganiga ishoratdir.

كُلِّ ta'mimni ifoda qilgan bir adatdir. Bu yerda ifoda qilgan ta'mimdan hech bir narsaning, hech bir fardning taxsisi va doira-i shumulidan ixroji yo’qdir. Bu e'tibor bilan

مَا مِنْ عَامٍ اِلَّا وَقَدْ خُصَّ مِنْهُ الْبَعْضُ

bo’lgan qoida-i kulliyani taxsis qiladi. Chunki o’zi bu qoidaning shumulidan xorij qolgandir.

شَىْءٍ : Bu kalima; vojib, mumkin, mumtani'ni qamragan.

عَل۪يمٌ : Ya'ni, zotiy bilan ilm orasida zaruriy, luzumiy bir subut bor.

* * *

وَ اِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلٰٓئِكَةِ اِنّ۪ى جَاعِلٌ فِى الْاَرْضِ خَل۪يفَةً قَالُٓوا اَتَجْعَلُ ف۪يهَا مَنْ يُفْسِدُ ف۪يهَا وَ يَسْفِكُ الدِّمَٓاءَ وَ نَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَ نُقَدِّسُ لَكَ قَالَ اِنّ۪ٓى اَعْلَمُ مَالَا تَعْلَمُونَ

Ya'ni: O’yla, Robbing maloikaga xitob etgan zamon: "Men yerda bir xalifani yarataman!" dedi. Maloika ham: "Yerda fasod qiladigan, qon to’kadigan kimsalarni yaratasanmi! Holbuki, biz hamding bilan seni tasbeh va taqdis etamiz." dedilar. Robbing ham: "Siz bilmaganni men bilaman!" deya ularga javob berdi.

Birodar! Maloikaning vujudini tasdiq va qabul qilish iymonning ruknlaridan biridir. Bir nechta maqomda bu ruknni isbot va izoh qilamiz.

Birinchi Maqom:

Arzning ajromi ulviyaga nisbatan juda kichik va sufliy bo’lgani holda, jonli maxluqot bilan to’la bo’lganini ko’rib, olamning ham nizom va intizomiga diqqat qilgan inson, ajromi ulviyaning ham u yuksak burjlarida hayotli sokinlari bo’lganiga qat'iy bir shaklda hukm qiladi.

Ha, u burjlarda maloikaning vujudini qabul qilmagan odamning masali shunday bir odamning masaliga o’xshaydi: U odam katta bir shaharga borarkan, shaharning bir burchagida juda kichik bir binoga duch keladi. Qaraydiki, insonlar bilan to’la. Va hovlisiga qarasa, jonli maxluqot bilan to’la. Va g’idolariga qarasa; nabotot, baliq va boshqalar kabi hayot shartlari joyida. So’ngra qaraydiki; juda uzoqda millionlab binolar, ko’shklar bor. Oralarida, uzun-uzun maydonlar, tanazzuhgohlar mavjud. Faqat u kichik binodagi insonlarning hayot shartlari u katta binolarda bo’lmaganidan; u yuksak, muzayyan saroylarni sokinlardan bo’sh, xoli deb o’ylaydi.

Maloikaning vujudini tasdiq qilgan odamning masali esa shunday bir shaxsning masali kabidir: U odam u kichik xonaning insonlar bilan to’la bo’lganini ko’rar-ko’rmas, bila-taraddud u yuksak qasrlarning ham hayot yeri va ularda ham ularga munosib sokinlar bo’lganiga hukm qiladi. Va u yuksak qasrlarga maxsus va munosib hayot shartlari bor. Faqat ularning sokinlari juda uzoq bo’lganlaridan ko’rinmasliklari, yo’q bo’lganlariga dalolat qilmaydi.

Shunga binoan, Arzning zavil hayot bilan to’la bo’lishidan qat'iyat bilan anglashiladiki; bu keng bo’shliqda turgan samolarda, yulduzlarda, burjlarda va ko’p qismlarga munqasim va mushtamil samovotda, shariat maloika bilan tasmiya etgan zihayotlar mavjud.

Ikkinchi Maqom:

Bundan avval isbot va izoh qilingani kabi; hayot, mavjudotning kashshofidir, balki mavjudotning natijasidir. Shunga binoan, bu keng fazoning sokinlardan va shu yuksak samovotning shodiyonalardan bo’sh bo’lishining imkoni bormi? Ha, butun uqola-i aql va naql, ma'naviy bir ijmo' va ittifoq bilan maloikaning ma'no va haqiqatlariga hukm qilganlar; faqat ta'birlari turli-tuman. Masalan: Mashaiyyun, anvo'i mavjudotni idora qilgan ruhoniy mohiyati mujarrada bilan; Ishrokiyyun esa, uqul va arbob-ul anvo' bilan; dinlar ham malak-ul jibal, malak-ul bihar, malak-ul amtar kabi ta'birlar bilan ta'bir qilganlar. Hatto aqllari ko’r ko’zida bo’lgan moddiyun toifasi ham, maloikaning ma'nosini inkor qilishga majol topolmaganlaridan, fitratning nomuslariga nufuz etgan quvayi sariya bilan ta'bir qilganlar.

S- Koinotning irtibotini, hayotini ta'min uchun, xilqatda jarayon etgan nomuslar, qonunlar kifoya emasmi?

J- Sen aytgan u sariy qonunlar, nomuslar; e'tiboriy va vahmiy amrlardir. Muayyan vujudlari, mushahhas huviyatlari faqat ularni tamsil etgan va ularning ma'kasi bo’lgan va ularning egarlarini qo’lga olgan maloika bilan sobit bo’ladi.

Va shuningdek, tashakkuli arvohga munosabati bo’lmagan shu jomid olami shahodatga vujudning munxasir bo’lmaganiga, aql va naql muttafiqan hukm qilgan. Shunga binoan, arvohga munosib va muvofiq ko’p olamlarni mushtamil bo’lgan olami g’ayb maloika bilan to’la va olami shahodatning hayotiga mazhardir.

Xulosa:

Maloikaning ma'no-i haqiqati bu izoh qilingan amrlardan taboruz etdi. Shunga binoan, maloikaning suratlari, ashkallari orasida, uquli salima qabul qilgan vajh bilan, shariat izoh va bayon qilgan shakldirki: Malaklar mukarram abddirlar, amrlarga muxolafatlari yo’qdir va muxtalif qismlarga munqasim va latif va nuroniy jismlardir.

Uchinchi Maqom:

Birodar! Maloika masalasi shunday masalalardandirki; bir juzning subuti bilan kull sobit bo’ladi; bir fardning vujudi bilan nav tahaqquq etadi. Zero inkor qilgan kullini inkor qiladi. Shunga binoan, zamoni Odamdan hozirga qadar butun din odamlari har asrda ijmo' va ittifoq bilan maloikaning vujudiga va oralarida muhovaraning subutiga va mushohadalarining tahaqquqiga va ulardan qilingan rivoyatlarning naqliga hukm qilganlari holda maloikaning hech birining insonlarga ko’rinmagani yoki vujudlari his qilinmagani albatta maholdir. Shuning kabi, basharning aqoidiga qo’shilib hech bir zamonda, hech bir inqilobda e'tirozlarga ma'ruz qolmasdan davom qilgan maloika e'tiqodining bir haqiqatga, bir aslga tayanmasligi va mabadi-i zaruriyadan tavallud etmasligi maholdir. Har holda basharning bu umumiy e'tiqodi, mabadi-i zaruriyadan nash'at etgan va mushahadot voqealaridan hosil bo’lgan va muxtalif alomatlardan tavallud etgan hadsiy bir hukmning natijasidir. Ha, bu e'tiqodi umumiyning sababi; qat'iy bir suratda ma'naviy bir tavotur quvvatini bergan, juda ko’p marta sodir bo’lgan maloikaning mushohadalaridan hosil bo’lgan zaruriy va qat'iy dalil va alomatlardir. Chunki maloika masalasi, basharning ma'lumoti yakuniyasidandir. Agar bunda shubha bo’lsa, basharning yaqiyniyatida amniyat qolmaydi.

Xulosa:

Ruhoniylardan bir fardning bir zamonda vujudi tahaqquq etsa, bu navning vujudi tahaqquq etadi. Navning vujudi tahaqquq etsa, har holda shariat bayon qilgani kabi bo’ladi.

Bu oyatning sobiq oyat bilan to’rt vajh bilan irtiboti bor:

Birinchi Vajh:

Bu oyatlar basharga berilgan buyuk ne'matlarni ta'dad etadi. Birinchi oyat bilan eng buyuk ne'matga ishorat qilinganki; bashar xilqatning natijasidir va Arzning mushtamiloti unga tasxir etilgan, istagani kabi tasarruf qiladi. Bu oyat bilan ham, basharning Arzga hokim va xalifa qilinganiga ishorat qilingan.

Ikkinchi Vajh:

.........

Uchinchi Vajh:

Avvalgi oyat bilan, jonli maxluqotning maskanlari bo’lgan Arz va samovotga ishorat qilingan. Bu oyat bilan ham, u maskanlarning sokinlari bo’lgan bashar va maloikaga ishorat qilingan. Va shuningdek, u oyat xilqatning silsilasiga; bu oyat esa zavil arvohning silsilasiga ishorat qilgan.

To’rtinchi Vajh:

Avvalgi oyatda xilqatdan maqsad bashar bo’lgani va Xoliqning yonida basharning bir mavqe sohibi bo’lgani tasrih etilganida sami'ning zehniga keldiki: "Bu qadar fasod, shurur va yomonlikni qilgan basharga bu qadar qiymat nimaga berildi? Janobi Haqqa ibodat va taqdis uchun shu fasodchi basharning vujudiga hikmatning iqtizosi va rizosi bormi?" Sami'ning bu vasvasasini daf qilish uchun shunday bir ishoratda bo’ldiki: Basharning u shurur va fasodlari, unda vadi'a qoldirilgan sirga muqobala etolmaydi, kechiriladi. Va Janobi Haq uning ibodatiga muhtoj emas. Faqat Allam-ul G’uyubning ilmidagi bir hikmat uchundir.

Jumlalarning orasidagi irtibotga keldik:

وَاِذْ : Bu kalima وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ jumlasiga atfdir. Holbuki oralarida munosabat bo’lmagani kabi اِذْ boshqa bir اِذْ ni iqtizo etadi. Shunga binoan, bunday bir taqdirga luzum bor:

اِذْ خَلَقَ مَا خَلَقَ مُنْتَظَمًا وَاِذْ قَالَ رَبُّكَ ‌ الخ

Bu taqdirda, ikkinchi اِذْ birinchisiga atf bo’ladi va har ikki jumla orasida ham munosabat bo’ladi.

اِنّ۪ى جَاعِلٌ فِى الْاَرْضِ خَل۪يفَةً : Janobi Haq mushovara yo’lini o’rgatish bilan basharning xilofatidagi hikmatning sirrini maloikaga istifsor ettirib bu jumlani aytdi. Sami'ning zehni uch nuqtani nazarga olib harakatga o’tdi:

1- Maloika nima dedilar?

2- Taajjub bilan hikmatni so’radilar.

3- Jinlarga xalifa bo’lish bilan barobar, basharda ham quvva-i g’azabiya va shahaviya taratilgandir. Bular jinlardan yanada ko’proq fasod qiladi.

Xullas, Qur'oni Karim

قَالُٓوا اَتَجْعَلُ ف۪يهَا مَنْ يُفْسِدُ ف۪يهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَٓاءَ

jumlasi bilan u uch nuqtaga ishorat qilgan. Maloikaning savoli taajjub va istifsorlari tugagandan so’ngra, sami' Janobi Haqdan beriladigan javobni kutarkan Qur'oni Karim

قَالَ اِنّ۪ٓى اَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ

jumlasi bilan javob bergan. Ya'ni, "Ashyo va ahkom sizning ma'lumotingizga munxasir emas. Adami ilmingiz ularning vujudga kelmasliklariga sabab bo’lolmaydi. Mening basharning xilqati haqida bir hikmatim bor; u hikmatning xotiri uchun fasodlarini nazarga olmayman." deya farmon etgan.

Jumlalarning hay'at va nuktalariga keldik:

وَاِذْ قَالَ رَبُّكَ ‌ الخ

Atfni ifoda qilgan bu و munosabati atfiyaning iqtizosiga binoan وَاِذْ قَالَ رَبُّكَ ‌ الخ jumlasiga ma'tuf-un alayh bo’lib اِذْ خَلَقَ مَا خَلَقَ مُنْتَظَمًا jumlasining taqdiriga ishoratdir.

Va shuningdek اِذْ zamoni moziyni ifoda qilgan jihati bilan, xuddi zehnlarni o’tgan zamonlarning silsilasiga etadi yoki u silsilani bu zamonga keltiradi, ihzor etadiki; zehnlar u zamonlarda sodir bo’lgan hodisalarni ko’rsinlar.

رَبُّكَ : Bu ta'bir maloikaga qarshi bir hujjat va bir dalildir. Ya'ni, Alloh seni tarbiya qilgan, haddi kamolga erishtirgan va seni basharga murshid qilganki, fasodlarini izola qilasan. Demak, navi basharning eng buyuk hasanasi sensanki, ularning mafsadatlarini berkityapsan.

لِلْمَلٰٓئِكَةِ : Janobi Haqning mushovara shaklida maloika bilan qilgan muhovarasi, maloikaning bashar bilan ortiqcha bir irtibot va aloqa va munosabatlari borligiga ishoratdir. Chunki maloikaning bir qismi insonlarni hifz etadi, bir qismi kitobat ishlarini qiladi. Demak, insonlar bilan aloqalari ziyoda bo’lganidan, insonlarning ahvoliga ahamiyat beradilar.

اِنّ۪ى : Maloikaning اَتَجْعَلُ bilan qilgan istifhomlaridan anglashilgan taraddudlarini rad qilish bilan, masalaning azamat va ahamiyatiga ishoratdir.

اِنّ۪ى : Bu yerda ى mutakallimi vahda bilan وَاِذْ قُلْنَا da mutakallimi ma'alg’ayr olmoshining zikrlaridan shunday bir ishorat chiqadiki: Janobi Haqning yaratish va ijod fe'lida vositaning bo’lmaganiga, kalom va xitobida vositalarning bo’lganiga ishoratdir. Bu nuktaga dalolat qilgan boshqa oyatlar ham bor.

Azjumla:

اِنَّٓا اَنْزَلْنَٓا اِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَٓا اَرٰيكَ اللّٰهُ

oyati karimasida azamatga dalolat qilgan نَا zamiri jam'i, vahiyda vositaning bo’lganiga ishorat bo’lgani kabi; بِمَٓا اَرٰيكَ اللّٰهُ da mufrad hukmida bo’lgan Lafza-i Jalol, ma'nolarni ilhom qilishda vositaning bo’lmaganiga ishoratdir.

جَاعِلٌ kalimasining خَالِقٌ kalimasiga tarjihan zikri: Maloikaning madori shubha va mujibi istifsorlari, yaratish va ijod fe'li emas. Zero vujud xayri mahz, yaratish Allohning fe'li, Allohning fe'li layus'aldir. Faqat maloikani shubhaga da'vat qilgan va istifsorlariga mujib bo’lgan ja'ldir. Ya'ni, Janobi Haqning basharni Arzning ta'miriga taxsis etishidir.

فِى الْاَرْضِ dagi ف۪ى ning عَلٰى ga tarjihi: Basharning yer ustida bo’lgani, عَلٰى kalimasining ma'nosiga muvofiq va munosib ekan tarjihan ف۪ى ning zikr qilinishi; basharning bir ruh kabi Arzning jasadiga nafx va nufuz etganiga va basharning o’lib inqiroz etish bilan Arzning yiqilishiga ishoratdir.

خَل۪يفَةً : Bu ta'bir, Arzning insonlarning hayotiga mos keladigan sharoitga sohib bo’lmasdan avval Arzda idrokli bir maxluqning bo’lganiga va u maxluqning hayotiga u zamondagi Arzning avvalgi vaziyatlari muvofiq va uyg’un bo’lganiga ishoratdur. خَل۪يفَةٌ ta'birining bu ma'noga dalolati, muqtazo-i hikmatdir. Ammo mashhur bo’lgan ma'noga nazaran, u idrokli maxluq jinlardan bir nav ekan; qilgan fasodlari sababli insonlar bilan mubodala etilishgan.

قَالُٓوا اَتَجْعَلُ ف۪يهَا مَنْ يُفْسِدُ ف۪يهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَٓاءَ : Bu jumla musta'nifadir. Bu istinofdan tushuniladiki; Janobi Haqning maloika bilan bo’lgan xitobi sami'ni shunday bir savolga majbur qilganki: "Ajabo, maloikalar qo’shnichiliklariga keladigan insonlarni qanday qarshilaydilar? Ham ular bilan barobar bo’lishga va qo’shni bo’lishga rizolari bormi? Ham fikrlari nima?" Qur'oni Karim قَالُٓوا اَتَجْعَلُ jumlasi bilan u savolga javob bergan.

S- قَالُٓوا اَتَجْعَلُ ‌ الخ jumlasi اِذْ قَالَ jumlasiga jazo bo’lganiga nazaran, oralarida luzum lozimdir. Holbuki luzum ko’rinmayapti?

J- Maloika Arzning muakkallari bo’lish jihatlari bilan, Arz ularning idorasida bo’ladi. Bu e'tibor bilan insonlarning Arzga xalifa qilinishi haqida maloikaning fikrlarini izhor qilish luzumi bor.

قَالَ - قَالُوا ta'birlari, muqovala va muhovara shaklida mushovara uslubini insonlarga o’rgatish uchun.

Bo’lmasa Janobi Haq mushovaradan munazzahdir.

Maloikaning اَتَجْعَلُ bilan qilgan istifhomlaridan maqsad, ja'lga e'tiroz, ja'lni inkor qilish emas.

Chunki Janobi Haqning fe'llariga e'tiroz qilishga ismatlari monedir. Faqat ja'lning sababi maxfiy bo’lganidan, taajjub bilan sabab va hikmatini so’raganlar. Ja'l ta'biridan tushunilyaptiki; insonning ahvoli, vaziyatlari na tabiatning iqtizosidir va na fitratning ijobidir, faqat bir ja'ilning ja'li bilandir.

S- ف۪يهَا : Masofa juda qisqa bo’lgani holda, ikkinchi ف۪يهَا ning zikriga qanday ehtiyoj bor?

J- Birinchi ف۪يهَا bilan, basharning bir ruh kabi Arzga nufuz etishi bilan Arzni ihyo etishiga; ikkinchi ف۪يهَا esa, basharning fasodi ham Azroil kabi Arzning qalbiga qadar panjasini suqib Arzni imotasiga ishoratdir.

Demak, bashar bir tarafdan Arzning shifosi uchun bir dori ekan, boshqa tarafdan o’limini intoj etgan bir zahardir.

مَنْ : Bashardan kinoyadir. Kinoyaning tasrihga sababi tarjihi: Maloikaning maqsadi, basharning shaxsiyati bo’lmasdan, faqat o’zlariga saqil, og’ir kelgan bir maxluqning Allohga isyon etishiga ishoratdir.

يُفْسِدُ : Fasodning "isyon"ga badal zikri, isyonlarining nizomi olamning fasodiga sabab bo’lishiga ishoratdir. Davom bilan tajaddudni ifoda qilgan muzoriy siyg’asi bilan fasodning zikr qilinishi, maloikaning asl istamagan va inkor qilgan, faqat isyonlarining davom va istimror bilan sodir bo’lishiga oid ekaniga ishoratdir. Maloika basharning isyonlarining davom va istimrorini, yo Janobi Haqning i'lami bilan bilganlar yoki Lavhi Mahfuzga qarab undan olganlar va yoxud insonlardagi quvva-i g’azabiya va shahaviyadan anglaganlar.

ف۪يهَا : Quvva-i shahaviya bilan Arzda fasod hosil bo’ladi, quvva-i g’azabiyaning tajovuzi bilan qatl va qitalga mahal bo’ladi. Holbuki Arz, taqvo ustida ta'sis etilgan bir masjid hukmidadir.

و esa fasod bilan safk kabi ikki razilani bir-biriga atf va jam etadi. Chunki fasod safki dima'ga sababdir.

يَسْفِكُونَ ning يَقْتُلُونَ ga tarjihan zikridan tushuniladiki; safk, zulman qilingan qatldir. Bu esa fasodga ko’proq munosibdir. Chunki qatl ifoda qilgan ma'no, qatlning muboh qismini ham qamragan. Jihodda yoki bir jamoatni qutqarish uchun qilingan qatllar kabiki; bu qatl fasodga munosib bo’lmaydi.

اَلدِّمَٓاءَ : Safk kalimasi dalolat qilgan iroqa-i damdagi damni ta'kiddir.

وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ : Basharning ja'lidagi hikmatni so’ragan maloikaga, xuddi shunday bir e'tiroz vorid bo’lgan: "Basharning Allohga qiladigan ibodat va taqdisi, uning ja'liga sababi kofiy bo’lmaydimiki, ja'lining hikmatini so’rayapsiz?" Xullas, "vovi holiya" bilan zikr qilingan وَنَحْنُ نُسَبِّحُ ‌ الخ jumlasi, go’yo u e'tirozni daf qilishga ishoratdir.

نَحْنُ : Ma'asiydan ma'sum maloikaning jamoatlaridan kinoyadir. Jumlaning jumla-i ismiya shaklida zikr qilinishi; tasbehning maloikaga bir xislat bo’lganiga va maloikaning tasbehotga mulozim va mudavim bo’lganlariga ishoratdir.

نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ : Bizlar, butun ibodatlarning senga maxsus bo’lganini koinotga e'lon va Janobi Uluhiyatingga loyiq bo’lmagan narsalardan munazzah ekaniga iymon va butun avsofi azamat va jalol bilan muttasifligiga e'tiqod qilamiz.

وَنُقَدِّسُ لَكَ : Bu ل yo siladir, bir ma'noni ifoda etmaydi yoki ta'lil va sababiyat uchundir. Birinchi ehtimolga ko’ra, نُقَدِّسُكَ taqdirida bo’ladi. Ya'ni "Seni taqdis va tathir etamiz" deganidir. Ikkinchi ehtimolga nazaran, نُقَدِّسُ لِاَجْلِكَ taqdirida bo’ladi. Ya'ni, biz nafslarimizni, fe'llarimizni gunohlardan tozalash bilan barobar, qalblarimizni mosivodan o’giramiz deganidir.

Bu و esa, ikki razilani jam' va bir-biriga atf etgan يَسْفِكُ dagi و ning aksiga va xilof ravishda, biri taqdis, boshqasi tasbeh ikki fazilatni jam' va bir-biriga atf etadi.

قَالَ اِنّ۪ٓى اَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ : Bu jumla maloikaning istifsoridan so’ngra, ajabo Janobi Haq istifsorlariga qanday javob berdi va taajjublarini nima bilan izola etdi va basharning ularga tarjihidagi hikmat nima deya sami'ning qalbiga kelgan savolga ijmoliy bir javobdir, tafsili so’ngra keladi.

اِنّ۪ٓى اَعْلَمُ dagi اِنَّ tahqiqni ifoda qilish bilan taraddud va shubhani daf qilish uchundir. Bu esa, musallam bo’lmagan nazariy hukmlarda bo’ladi. Holbuki bu yerda Alloh xalqning bilmaganlarini bilishi musallam va badihiy bir hukmdir; xosho maloikaning bu hukmda taraddudlari yo’qdir. Shunga binoan bu yerdagi اِنَّ Qur'oni Karimning ijoz uchun ixtisoran ijmol etgan bir nechta jumlaga ishoratdir:

1- Bashardagi foydalar va basharning xayri kasirga nisbatan mafsadatlari, sharri qolildir. Sharri qolil uchun xayri kasirni tark etish, hikmatga muxolifdir.

2- Basharning xilofatga bo’lgan sirri layoqati maloika tomonidan majhul, Xoliq tomonidan ma'lumdir.

3- Basharning ularga tarjih haqqini bergan hikmat, maloika tomonidan majhuldir.

4- اِنَّ ifoda qilgan tahqiq, ba'zan sarih hukmga emas, jumlaning bir qaydidan istifoda etilgan zimniy bir hukmga roji' bo’ladi. Bu yerda اِنَّ ning tahqiqi لَا تَعْلَمُونَ qaydidan istifoda etilgan hukmi zimniyga roji'dir. Ya'ni, "Sizlar muhaqqaq bilmaysiz va shuningdek Allohning ilmi lozim, basharning vujudi malzumdir." Bu jumlada ilmi Ilohiyning vujudiga dalolat qilgan اَعْلَمُ dan basharning vujudga kelishi taboruz etadi. Chunki اَعْلَمُ ning dalolatiga ko’ra, ilmi Ilohiy taalluq va tahaqquq etgan. Shunday ekan, basharning vujudi har holda bo’ladi.

Maloikaga berilgan u ijmoliy javobning tahqiqi haqida

اِنَّ اللّٰهَ عَل۪يمٌ حَك۪يمٌ

oyatidan shunday bir izohot olinishi mumkinki: Janobi Haqning af'oli hikmatlardan, foydalardan xoli emas. Shunday ekan, mavjudot xalqning ma'lumotida munxasir emas. Shunday ekan, maloikaning adami ilmlari, basharning adami vujudiga dalil bo’lolmaydi. Va shuningdek, Janobi Haq xayri mahz o’laroq maloikani yaratgan, sharri mahz o’laroq ham shaytonni yaratgan, xayr va shardan mahrum o’laroq bahaim va hayvonotni yaratgan. Hikmatning iqtizosiga ko’ra, xayr va sharga qodir va jome' o’laroq to’rtinchi qismni tashkil etgan basharning yaratilishi ham lozimki; basharning shahaviya va g’azabiya quvvatlari quvva-i aqliyasiga munqad va mag’lub bo’lsa, bashar mujohadasi sababli maloikaga tafavvuq etadi. Aks holda, hayvonotdan yanada past bo’ladi, chunki uzri yo’q.

* * *

وَعَلَّمَ اٰدَمَ الْاَسْمَٓاءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلٰٓئِكَةِ فَقَالَ اَنْبِئُون۪ى بِاَسْمَٓاءِ هٰٓؤُلَٓاءِ اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ ٭ قَالُوا سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ ٭ قَالَ يَٓا اٰدَمُ اَنْبِئْهُمْ بِاَسْمَٓائِهِمْ فَلَمَّٓا اَنْبَاَهُمْ بِاَسْمَٓائِهِمْ قَالَ اَلَمْ اَقُلْ لَكُمْ اِنّ۪ٓى اَعْلَمُ غَيْبَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنْتُمْ تَكْتُمُونَ

Janobi Haq butun ashyoning ismlarini Odamga (A.S.) o’rgatdi. So’ngra u ashyoni maloikaga ko’rsatib dediki: "Agar da'vongizda sodiq bo’lsangiz, bularning ismlarini menga aytingiz." Maloika dedilarki: "Seni har naqoisdan tanzih va butun sifoti kamoliya bilan muttasif bo’lganingni e'tirof qilamiz. Sen bizga o’rgatgan ilmdan boshqa bir ilmimiz yo’qdir, hamma narsani biluvchi va har kimga layoqatiga ko’ra ilm va irfon ehson etuvchi Sensan." Janobi Haq dediki: "Ey Odam! Bularning ismlarini ularga ayt." Qachonki Odam ismlarini ularga aytdi. Janobi Haq dediki: "Sizga aytmadimmi, samovot va Arzning g’aybini bilaman va sizning Odam haqida lison bilan izhor qilganingiz va qalban yashirganingizni bilaman."

Muqaddima

Bu ta'limi asmo masalasi yo Hazrat Odam Alayhissalomning maloikaning inkorlariga qarshi mo’'jizasi bo’lib, maloikani inkordan iqrorga ijbor etgan; yoxud maloikaning, xilofatiga e'tiroz etganlari navi basharning xilofatga layoqatini maloikaga qabul ettirish uchun izhor etgan bir mo’'jizasidir.

Ey birodar! Hamma narsaning Kitobi Mubinda mavjud bo’lganini tasrih etgan

وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا ف۪ى كِتَابٍ مُب۪ينٍ

oyati karimasining hukmiga ko’ra: Qur'oni Karim zohiran va botinan, nassan va dalolatan, ramzan va ishoratan har zamonda vujudga kelgan yoki keladigan hamma narsani ifoda qiladi. Bunga binoan, xoh anbiyoning qissa va hikoyalari, xoh mo’'jizalari haqida Qur'oni Karimning ishorotidan fahm etganimga ko’ra,

{(Hoshiya) Agar muallifning Tanzilning nazmidan chiqargan latoifda shubhang bo’lsa, deymanki: Ibn-ul Farid kitobidan tafa'ul etarkan shu bayt chiqdi:

كَاَنَّ كِرَامَ الْكَاتِب۪ينَ تَنَزَّلُوا عَلٰى قَلْبِه۪ وَحْيًا بِمَا ف۪ى صَح۪يفَةٍ

Habib}

mo’'jizoti anbiyodan ikki g’oya va hikmat ta'qib etilgan:

Birinchisi:

Nubuvvatlarini xalqqa tasdiq va qabul ettirish.

Ikkinchisi:

Taraqqiyoti moddiya uchun lozim bo’lgan o’rnaklarni navi basharga ko’rsatib, u mo’'jizalarning o’xshashlarini vujudga keltirish uchun navi basharni tashviq va tashji' etishdir. Xuddi Quroni Karim anbiyoning qissa va hikoyalari bilan taraqqiyotning asoslariga, tamallariga barmoq bilan ishorat qilib: "Ey bashar! Shu ko’rgan mo’'jizalaring bir qator o’rnak va namunalardir. Talohuqi afkoringiz bilan, say-harakatlaringiz bilan shu o’rnaklarning o’xshashini qilasiz", deya ixtor etgan. Ha, moziy istiqbolning oynasidir; istiqbolda vujudga keladigan ijodlar moziyda qurilgan asos va poydevorlar ustida bino qilinadi. Ha, shu taraqqiyoti hozira tamomiyla dinlardan olingan ishoratlardan, vajizalardan hosil bo’lgan ilhomlar ustida vujudga kelgan. Ha:

1- Ilk soat va safina, mo’'jiza qo’li bilan basharga berilgan.

2- Koinot ixtivo etgan butun navlarning ismlarini, sifatlarini, xossalarini bayonida nazarda tutilgan; basharning talohuqi afkori bilan vujudga kelgan minglarcha funun soyasida

وَعَلَّمَ اٰدَمَ الْاَسْمَٓاءَ كُلَّهَا

oyati bilan ishorat qilingan Hazrat Odamning mo’'jizasiga mazhar bo’lgan.

3- Butun san'atlarning madori bo’lgan temirning yumshatilib ishlatilishi soyasida ijod etilgan bu qadar taraqqiyot bilan navi inson,

وَاَلَنَّا لَهُ الْحَد۪يدَ

oyati bilan ishorat qilingan Hazrat Dovudning mo’'jizasiga mazhardir.

4- Yana talohuqi afkor bilan tayyora kabi ijod qilingan taraqqiyoti havoiya soyasida navi bashar

غُدُوُّهَا شَهْرٌ وَرَوَاحُهَا شَهْرٌ

oyati bilan tezligi bayon qilingan Hazrat Sulaymonning mo’'jizasiga yaqinlashyapti.

5- Unumsiz va qumli yerlardan suvlarni chiqargan parmalash jihozi,

اَنِ اضْرِبْ بِعَصَاكَ الْحَجَرَ

oyati bilan ishorat qilingan Hazrat Musoning (A.S.) hassasidan dars olgandir.

6- Tajribalar soyasida va talohuqi afkor bilan hosil bo’lgan taraqqiyoti tibbiya, Hazrat Isoning (A.S.) mo’'jizasining ilhomotidandir. Haqiqatdan, shu mo’'jizalar bilan bu taraqqiyot orasida juda katta munosabat va muvofaqat bor. Ha, diqqat qilgan odam, bila-taraddud u mo’'jizalar bu taraqqiyotga bittadan miqyos va namunalardir deya hukm qiladi.

Va shuningdek,

يَا نَارُ كُون۪ى بَرْدًا وَسَلَامًا

oyati karimasining dalolatiga ko’ra, Hazrat Ibrohim otashga otilgan vaqt, otashning harorati burudatga inqilob etishi; bashar kashf qilgan yoquvchi bo’lmagan martaba-i noriyaga o’rnak va ma'hazdir.

7- لَوْلَٓا اَنْ رَاٰ بُرْهَانَ رَبِّه۪ oyati karimasining -bir qovlga ko’ra- ishorat qilgani kabi, Hazrat Yusufning (A.S.) Kan'onda bo’lgan otasining timsolini ko’rar-ko’rmas Zulayhodan orqaga chekinishi; va karvonlari Misrdan qaytganida Hazrat Ya'qubning

اِنّ۪ى لَاَجِدُ ر۪يحَ يُوسُفَ

ya'ni, "Men Yusufning hidini sezyapman" deyishi; va bir ifritning Hazrat Sulaymonga "Ko’zingni ochib yummasdan avval Bilqisning taxtini keltiraman" deyishiga ishorat etgan

اَنَا اٰت۪يكَ بِه۪ قَبْلَ اَنْ يَرْتَدَّ اِلَيْكَ طَرْفُكَ

oyati karimasi; juda uzoq masofalardan jalbi savt, surat va boshqalar kabi bashar kashf qilgan yoki qiladigan ijodotga namuna va ma'hazdirlar.

8- Hazrat Sulaymonga qush tilini o’rgatdik ma'nosida

عُلِّمْنَا مَنْطِقَ الطَّيْرِ

bo’lgan oyati karima; basharning kashfiyotidan radio, to’tiqush, kabutar kabi jihozlar va hayvonlarning gapirishlariga va muhim ishlarda ishlatilishiga ma'hazdir.

Bu oyatning nazmida ham o’xshashi kabi uch vajh bordir:

Birinchi Vajh:

Avvalgi oyat bilan irtibotidir. Shundayki:

1- Insonning xilqati haqida maloikaning e'tirozlariga, avvalgi oyatda umumiy, fahmi oson, iqno' etuvchi bir javob berilgan. Bu oyat bilan, avom va havasni iqno' etgan tafsilotli bir javob berilgan.

2- Avvalgi oyatda basharning xilofat masalasi tasrih etilgan; bu oyatda esa, navi basharning maloikaga qarshi ko’rsatgan mo’'jizasi bilan, da'vo-i xilofati isbot etilgan.

3- Avvalgi oyatda basharning maloikaga tarajjuh etishiga ishorat qilingan; bu oyatda tarajjuhining illatiga ishorat qilingan.

4- Basharning Arzda xilofati kubroga mazhar bo’lishiga avvalgi oyat bilan dalolat qilingan; bu yerda esa, butun tajalliyotga mazhar bir nusxa-i jome'a o’laroq ko’rsatilgan. Bu ham boshqa-boshqa iste'dodlarga molik va ilm va istifodalarining yo’llari ko’p bo’lganidandir. Ha, bashar zohir va botin havas va tuyg’ulari bilan, ayniqsa chuqurligiga nihoyat bo’lmagan vijdoni bilan koinotni ihota etgan bir qobiliyatdadir.

Ikkinchi Vajh:

Jumlalarning bir-biri bilan irtibotlaridir. Shundayki:

وَعَلَّمَ اٰدَمَ الْاَسْمَٓاءَ

jumlasi

اِنّ۪ٓى اَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ

jumlasining mazmunini tahqiq va ijmolini tafsil va ibhomini tafsirdir. Va shuningdek, Janobi Haqning Arzida basharning xalifa bo’lishi, Allohning hukmlarini ijro va qonunlarini tatbiq etishi uchundir. Bu esa tom bir ilmga mutavaqqifdir. Va shuningdek, birinchi oyatda kalomning savqiyoti iqtizosiga ko’ra shunday bir taqdir bo’ladi: Odamni yaratdi, tasviya etdi, jasadiga nafhi ruh etdi, tarbiyaladi, so’ngra asmoni ta'lim etdi va xilofatga nomzod qildi. So’ngra qachonki Odamni maloikaga tarjih etish bilan rujhon masalasida va xilofat istihqoqida ilmi asmo bilan mumtoz qildi; maqomning iqtizosiga ko’ra, ashyoni maloikaga topshirib, ulardan muorazani talab qildi; so’ngra maloika ajzlarini his qilish bilan Janobi Haqning hikmatini e'tirof etdilar. Qur'oni Karim bunga ishoratan

ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلٰٓئِكَةِ فَقَالَ اَنْبِؤُن۪ى بِاَسْمَٓاءِ هٰٓؤُلَٓاءِ اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ

degandan so’ngra, قَالُوا oldinroq iblisning anoniyat va kibriga ishonib qilgan istifsorlaridan pushaymon bo’lib

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

dedilar. So’ngra qachonki iste'dodlarining adami jome'iyati sababli maloikaning ajzi zohir bo’ldi; maqomning iqtizosiga ko’ra Odam iqtidorining bayoni ijob etdiki, muoraza tamom bo’lsin. Shuning ichun

قَالَ يَٓا اٰدَمُ اَنْبِئْهُمْ بِاَسْمَٓائِهِمْ

xitobi bilan Odamga farmon etdi. So’ngra qachonki masala tabayyun etdi va hikmatning sirri zohir bo’ldi; o’tgan javobi ijmoliyning bu tafsilotga natija qilinishi maqomning iqtizosidan bo’lganiga binoan

قَالَ اَلَمْ اَقُلْ لَكُمْ اِنّ۪ٓى اَعْلَمُ غَيْبَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنْتُمْ تَكْتُمُونَ

ya'ni "Siz yashirayotgan narsani bilaman."

Shu muqovala va mukolamadan anglashilyaptiki; iblisning anoniyati, kibri maloikaga siroyat etgan va qilgan istifsorlariga bir toifaning e'tirozi ham qo’shilgan.

Uchinchi Vajh:

Jumlalarning hay'at va nuktalari:

وَعَلَّمَ اٰدَمَ الْاَسْمَٓاءَ كُلَّهَا

Ya'ni: Janobi Haq Odamni (A.S.) butun kamolotning maba'dini tazammun etgan oliy bir fitrat bilan tasvir etgan va butun ma'aliyning tuxumlariga ekinzor bo’lib yuksak bir iste'dod bilan yaratgan va mavjudotni ihota etgan ulviy bir vijdon va ihotali o’n tuyg’u bilan tajhiz etgan; va bu uch maziyat soyasida, butun haqoiqi ashyoni o’rgatishga tayyorlagan, so’ngra butun asmoni o’ziga o’rgatgan. Demak, bu jumlaning avvalidagi و shu muqaddar bo’lgan uch jumlaga ishoratdir.

عَلَّمَ : Bu kalimaning ixtiyor etilishi, ilmning uluvvi qadriga va qadrining yuksak darajasiga va xilofatga markaz bo’lganiga ishoratdir. Va shuningdek, asmoning tavqifiga, ya'ni Shari' tarafidan bildirilganiga ramzdir. Zotan asmo bilan musammayot orasida ta'qib qilingan munosaboti vaz'iya buni tayid etadi. Va shuningdek, mo’'jizaning vositasiz Allohning fe'li ekaniga imodir. Faqat faysaluflarga ko’ra horiqolar, arvohi horiqoning fe'lidir.

اٰدَمَ : Xilofati iroda qilingan va Odam ismi bilan tasmiya etilgan Kura-i Arzning sohibi shaxsi ma'huddir. Ismining tasrihi, tashrif va tashhiri uchundir.

الْاَسْمَٓاءَ : Ism va sifat va xosiyat kabi ashyoni bir-biridan ayirib tamyiz va ta'yin etgan alomat va nishonlardir; yoxud insonlar orasida munqasim bo’lgan lug’atlardir.

عَرَضَهُمْ : Topshirilgan ashyo bo’lgani holda olmoshning asmoga ruju'idan; ismning ayni musammo bo’lganini aytgan Ahli Sunnatning mazhabiga ishoratdir.

كُلَّهَا : Odamning maloikadan jihati imtiyozi va maloikaning muorazadan sabab va madori ajzi, asmoning hay'ati majmuasi ekaniga ishoratdir. Bo’lmasa asmoning bir qismini, balki qismi a'zamini malaklar ham biladilar.

ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى الْمَلٰٓئِكَةِ فَقَالَ اَنْبِئُون۪ى بِاَسْمَٓاءِ هٰٓؤلَٓاءِ اِنْ كُنْتُمْ صَادِق۪ينَ

ثُمَّ : Taroxiy va bu'di masofani ifoda qilish jihati bilan, shunday bir taqdirga ishoratdir:

هُوَ اَكْرَمُ مِنْكُمْ وَاَحَقُّ بِالْخِلَافَةِ

Ya'ni: Odam sizdan ko’proq karim va xilofatga ko’proq mustahaq va loyiqdir.

عَرَضَهُمْ : Mushtariylarga ko’rsatish uchun gazlama to’plarining ochilib ko’rsatilgani kabi, ashyoning anvo'i ham bast etilib anzori maloikaga ko’rsatilgan. Bu ta'birdan shunday bir ishorat chiqadiki:

Mavjudot mudrik va olimning molidir. Ilm bilan oladi, ism bilan axz etadi, suratlarining tamassuli bilan sohib bo’ladi.

هُمْ muzakkar va aqllar jamoatidan kinoyadir. Bu yerda muzakkarning muannasga va aqlning g’ayri aqlga tag’lib va tashmili bilan, majozan anvo'i ashyoga irjo' etilgan. Bu e'tibor bilan هُمْ kalimasida bir majoz, ikki tag’lib bor. Bu majoz bilan u tag’liblarni ijbor etgan sabablar عَرَضَ kalimasi ishorat qilgan uslubdir. Chunki maloikaga anvo'i ashyoning arz qilinishi, ma'naviy bir namoyish manzarasini eslatadi. Ma'lumki, namoyishlarni qilgan, muzakkar va aqlli insonlardir. Shuning uchun, bu yerda ikki tag’libga va natijada bir majozga majburiyat hosil bo’lgan.

عَلٰى : Arz etilganning lavhi a'loda naqsh qilingan suratlar ekaniga ishoratdir.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

(Hoshiya) Intihobim bo’lmasdan, ixtiyorsiz bir tarzda, go’yo umum So’zlarning va Maktublarning oxirlarida shu oyat

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

menga ayttirilgan. Hozir angladimki; tafsirim ham shu oyat bilan xitom topadi. Demak, inshaalloh butun So’zlar haqiqiy bir tafsir va shu oyatning bahridan bittadan ariqdir. Eng nihoyat yana u dengizga borib quyiladilar. Shu tafsirning xitomida, go’yo har So’z ma'nan shu oyatdan boshlaydi. Demak, u zamondan beri yigirma yilki, hali shu oyatni tafsir qilyapman; tugata olmadimki, tafsirning ikkinchi jildini yozsam.

Said Nursiy

Allohning avnu inoyati bilan umidimdan, iqtidorimdan ustun shu tarjimani yaxshi-yomon qildim; nuqsonlari ko’pdir, muallif tomonidan islohlari lozim. Zotan uning himmati bilan bu qadarini zo’rg’a qila oldim. Bo’lmasa nazmi Qur'ondagi ijozli bo’lgan i'jozni qisqa va vajiz o’laroq bayon etgan bu tafsirni so’niq, ko’r bir fikr bilan tarjima qilish, Aldulmajidning ishi emas. Yana uning farti shafqatidan himmati yetishdi, ikmoliga muvaffaq bo’ldim.

Muallifning ukasi va Nur talabasi Abdulmajid

وَاٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

* * *

Ajnabiy faylasuflarining Qur'onni tasdiqlariga doir shahodatlari

(BU FAYLASUFLARNING QUR'ON HAQIDAGI SANOLARINING BIR XULOSASI KICHIK TARIXCHA-I HAYOTDA VA NUR CHASHMASI MAJMUASIDA YOZILGAN)

SHAXZODA BISMARKNING BAYONOTI

Senga hamasr bir vujud bo’lolmaganimdan mutaassirman, ey Muhammad! (S.A.V.)

Muxtalif davrlarda bashariyatni idora qilish uchun tarafi lahutiydan kelgani da'vo qilingan butun munzal samoviy kitoblarni to’liq va atroflicha tadqiq qilgan bo’lsam ham, tahrif qilinganlari uchun, hech birida qidirganim hikmat va tom isobatni ko’rolmadim. Bu qonunlar nafaqat bir jamiyat, balki bir uy odamlarining saodatini ta'min qiladigan mohiyatdan juda uzoqdir. Lekin Muhammadiylarning Qur'oni bu qayddan ozodadir. Men Qur'onni har jihatdan tadqiq qildim, har kalimasida buyuk hikmatlar ko’rdim. Muhammadiylarning dushmanlari, bu kitob Muhammadning (S.A.V.) zoda-i tab'i bo’lganini da'vo qilsalar ham, eng mukammal, hatto eng mutakomil bir aqldan bunday horiqoning zuhurini da'vo qilish, haqiqatlarga ko’z yumib kin va g’arazga vosita bo’lish ma'nosini ifoda qiladiki; bu ham ilm va hikmat bilan qobili ta'lif emas. Yana shuni da'vo qilamanki; Muhammad (S.A.V.) mumtoz bir quvvatdir. Dastgohi qudratning bunday ikkinchi bir vujudni imkon maydoniga keltirishi ehtimoldan uzoqdir.

Senga hamasr bir vujud bo’lolmaganim sababli mutaassirman ey Muhammad (S.A.V.)! Muallimi va noshiri bo’lganing bu kitob seniki emas; u lahutiydir. Bu kitobning lahutiy bo’lganini inkor qilish, uydirma ilmlarning butlanini ilgari surish qadar kulgilidir. Shuning uchun, bashariyat sen kabi mumtoz bir qudratni bir marta ko’rgan, bundan so’ngra ko’rmaydi. Men huzuri mahobatingda kamoli hurmat bilan ta'zim qilaman.

Shaxzoda BISMARK

* * *

Eng Toza va Eng To’g’ri Din Musulmonlikdir

Mashhur muharrir, mustashriq, Adabiyoti Arabiya mutaxassisi va Qur'oni Karimning mutarjimi Doktor Moris shunday deydi:

Vizantiya Nasroniylarini, ichiga tushgan botil e'tiqodlarining berk ko’chasidan faqat Arabistonning Hiro Tog’ida yuksalgan ovoz qutqara olgan. Ilohiy kalimani eng ulviy maqomga yuksaltirgan ovoz, bu ovoz edi. Faqat Rumlar bu ovozni eshitolmagandilar. Bu ovoz insonlarga eng toza va eng to’g’ri dinni ta'lim berardi. U yuksak dinki, u haqida Gundo Firey Hasin kabi muhaqqiq bir fozil shu soz'larni juda haqli o’laroq aytadi: "Bu dinda muqaddas suvlar, shoyoni tabarruk ashyo, asnam va azizlar, yoxud a'moli solihadan mujarrad iymonni mufid tanigan aqidalar, yoxud sakaroti mavt asnosida nadomatning bir foyda berishini ifoda qilgan so’zlar, yoxud boshqalar tarafidan qilinadigan duo va niyozlarning gunohkorlarni qutqarishiga doir ifodalari yo’q. Chunki bu kabi aqidalar ularni qabul qilganlarni tubanlashtirdi."

* * *

Zamonlar O’tish Bilan Qur'onning Ulviy Sirlari Inkishof Etyapti

Doktor Moris, Lo’parle Franses Roman nomli gazetada Qur'onning Fransuzcha mutarjimlaridan Salmon Ruhonning tanqidotiga bergan javobida deydiki:

Qur'on nedir? Har tanqiddan ustun bir fasohat va balog’at mo’'jizasidir. Qur'onning, uch yuz ellik million Musulmonning ko’ksini haqli bir g’urur bilan to’ldirgan maziyati, uning har ma'noni husni ifoda etishi e'tibori bilan, munzal kitoblarning eng mukammali va azaliy ekanidir. Yo’q, yanada oldin boramiz: Qur'on, qudrati azaliyaning, inoyat bilan insonga baxsh etgan kutubi samoviyaning eng go’zalidir. Bashariyatning farovonligi nuqtai nazaridan Qur'onning bayonoti, Yunon falsafasining ifodotidan ziyoda ulviydir. Qur'on, arz va samoning Xoliqiga hamdu shukron bilan to’ladir. Qur'onning har kalimasi, hamma narsani yaratgan va hamma narsani o’z qobiliyatiga ko’ra yo’naltirgan va irshod qilgan Zoti Kibriyoning azamatida mundamijdir. Adabiyot bilan aloqador bo’lganlar uchun Qur'on, bir kitobi adabdir. Lison mutaxassislari uchun Qur'on, bir alfaz xazinasidir. Shoirlar uchun Qur'on, bir ohang manbaidir. Bundan boshqa bu kitob; ahkom va fiqh sohasida bir muhiti maorifdir. Dovudning (A.S.) zamonidan Jon Talmus davriga qadar yuborilgan kitoblarning hech biri Qur'oni Karimning oyatlari bilan muvaffaqiyatli bir shaklda raqobat qilolmagan. Shu sababli, Musulmonlarning yuksak sinflari, hayotning haqiqatini qamrash nuqtai nazaridan naqadar tanavvur etsalar, shu daraja Qur'on bilan aloqador bo’ladilar va unga shu qadar ta'zim va hurmat ko’rsatadilar.

Musulmonlarning Qur'onga hurmatlari doimo tazoyud etyapti. Islom muharrirlari, Qur'on oyatlarini iqtibos bilan yozuvlarini bezaydilar va u yozuvlar u oyatlardan mulham bo’ladilar. Musulmonlar, tahsil va tarbiya e'tibori bilan yuksalgan sari, fikrlarini u nisbatda Qur'onga istinod ettiradilar. Musulmonlar kitoblariga oshiqdirlar va uni qalblarining butun samimiyati bilan muqaddas deb biladilar. Holbuki kutubi Ilohiyaga noil bo’lgan boshqa millatlar na kitoblariga ahamiyat beradilar va na ularni hurmat qiladilar. Musulmonlarning Qur'onga hurmatlarining sababi; bu kitob poydor bo’lgan sari, boshqa bir diniy rahbarga arzi ehtiyoj qilmasliklarini anglashlaridir.

Darhaqiqat, Qur'onning fasohat, balog’at va nazohat e'tibori bilan mumtoziyati, Musulmonlarni boshqa balog’at qidirishdan vorasta qilyapti. Adabiy daholarning va yuksak shoirlarning Qur'on huzurida ta'zimlari bir haqiqatdir. Qur'onning har kun yanada ko’proq tajalliy etayotgan go’zalliklari, har kun yanada ko’proq anglashilgan, faqat tugamagan asrori, she'r va nasrda ustoz bo’lgan musulmonlarni, uslubining nazohat va ulviyati huzurida tiz cho’kishga majbur qilyapti. Musulmonlar, Qur'onni to ro’zi hashrga qadar poydor qoladigan bebaho xazina deb biladilar va u bilan juda haqli tarzda iftixor etadilar. Musulmonlar Qur'onni eng fasih so’zlar bilan, eng raqiq ma'nolar bilan jo’shgan bir daryoga o’xshatadilar. Agar Mesye Reno, Islom olami bilan aloqada bo’lish fursatini qo’lga kiritadigan bo’lsa, munavvar va tarbiyali Musulmonlarning, Qur'onga eng yuksak hurmat ko’rsatganlarini va uning avomiri axloqiyasiga favquloda rioyatkor bo’lganlarini va buning xorijiga chiqmaslikka g’ayrat qilganlarini ko’rardi. Yangi nasllar va asriy maktablarning ma'zunlari ham Qur'on va Musulmonlikka qarshi mustahziyona bir jumlaning sarfiga dosh bermayaptilar. Chunki Qur'on ikki sifat bilan bu ahliyatga sohibdir:

Bularning birinchisi:Bugun qo’llarda tadovul etgan Qur'onning Hazrat Muhammadga (S.A.V.) vahiy qilingan kitobning ayni bo’lishidir. Holbuki Injil bilan Tavrot haqida bir qancha shubhalar ilgari surilmoqda.

Ikkinchisi:Musulmonlar, Qur'onni Arabchaning eng quvvatli muhofizi va asosoti diniyaning amaliy bir mohiyat olishining eng quvvatli manbai talaqqiy etadilar. Shunga binoan, Mesye Reno asarini tasxix etadigan bo’lsa, bu tarjimasi bilan, insonlarni tanvir xususida insoniyatga buyuk bir muovanatda bo’ladi va botil e'tiqodlarning hududlarini tor-mor etishga xodim bo’ladi.

Doktor MORIS

* * *

(Nur Chashmasida va Risola-i Nurda yozilgan bu navi faylasuflardan qirq oltinchisi.)

Zoti Kibriyo haqidagi oyatlarning ulviyati va Qur'onning qudsiy nazohati

Janob Jon Davenport, "Hazrat Muhammad (S.A.V.) va Qur'oni Karim" nomli asarida Qur'oni Karimdan bahs etarkan, shu so’zlarni aytadi:

Qur'onning behisob xususiyatlari ichida ayniqsa ikkitasi favquloda muhimdir:

1- Zoti Kibriyoni ifoda etgan oyotning ohangidagi ulviyat. Qur'oni Karim bashariy zaaflardan har qaysi birini Zoti Kibriyoga isnoddan munazzahdir.

2- Qur'on -boshidan oxiriga qadar- g’ayri balig’, g’ayri axloqiy, yoxud tarbiyaga muxolif fikrlardan, jumlalardan va hikoyalardan tamoman munazzahdir.

Holbuki butun bu noqisalar Nasroniylarning qo’llaridagi muharraf kitobi muqaddasda mabzuliyat bilan bordir.

JON DAVENPORT

* * *

Qur'on boshdan-oyoq samimiyat va haqqoniyat bilan to’ladir

Karlayl shunday deydi:

Qur'onni bir marta diqqat bilan o’qisangiz, uning xususiyatlarini izhoylay boshlaganini ko’rasiz.

Qur'onning go’zalligi boshqa butun adabiy asarlarning go’zalliklaridan qobili tamyizdir. Qur'onning asosiy xususiyatlaridan biri, uning asliyatidir. Mening fikr va qanoatimga ko’ra, Qur'on boshdan-oyoq samimiyat va haqqoniyat bilan to’ladir. Hazrat Muhammad (S.A.V.) jahonga tablig’ etgan da'vat, haq va haqiqatdir.

KARLAYL

* * *

Musulmonlik tajassud va taslis aqidasini rad qiladi

Angliyaning eng mashhur va eng buyuk muarrihlaridan Edvard Gibon "Rim Imperatorligining Inhitot va Sukuti" nomli asarida shunday deydi:

Ganga Daryosi bilan Bahri Muhiti Atlasiy (Atlantika Okeani) orasidagi mamlakatlar, Qur'onni bir qonuni asosiy va tashri'iy hayotning ruhi o’laroq tanishgan. Qur'on oldida kuch bilan bosim o’tkazuvchi (jabbor) bir hukmdor bilan bechora bir faqir orasida farq yo’q. Qur'on bu kabi asoslar ustida shunday bir tashri' vujudga keltirganki, dunyoda boshqa naziri yo’q. Musulmonlikning asosoti; taslisiyat va Allohning tajassudiyatini va vahdati vujud aqidasini rad qilmoqda. Bu mutasavvifona aqidalar uch quvvatli uluhiyatning mavjudiyatini va Masihning Allohning o’g’li -xosho- bo’lganini o’rgatmoqda. Faqat bu aqidalar, faqat mutaassib Nasroniylarni tatmin etishi mumkin. Holbuki Qur'on bu kabi chalkashliklardan, ibhomlardan ozodadir. Qur'on, Allohning birligiga eng quvvatli dalildir. Faylasufona bir aqlga molik bo’lgan bir muvahhid Islomiyatning nuqtai nazarini qabul qilishda hech taraddud etmaydi. Musulmonlik balki bugungi inkishofi fikrimizning saviyasidan yanada yuksak bir dindir.

EDVARD GIBON

* * *

Xoliqning huquqi bilan maxluqotning huquqini eng mukammal suratda faqat Musulmonlik ta'rif etgan

Qur'on talqin va Hazrat Muhammad tablig’ etgan asosotdan mukammal bir axloq majallasi vujud topadi. Asosoti Qur'oniyaning muxtalif mamlakatlarda insoniyatga qilgan yaxshilikni va qilgandan so’ngra Allohga taqarrub etishni istagan insonlarni Janobi Haqqa rabt etganini inkor qilish mumkin emas. Xoliqning huquqi bilan maxluqning huquqi faqat musulmonlik tarafidan mukammal bir suratda ta'rif qilingan. Buni yolg’iz Musulmonlar emas, Nasroniylar ham, Musaviylar ham e'tirof qiladilar.

Marmaduk Piktol

* * *

Qur'on bilan qavonini tabiiya orasida tom bir ohang bordir

Yangi kashfiyotning va yoxud ilm va irfonning yordami bilan hal qilingan yoxud hal qilishga harakat qilingan masoil orasida bir masala yo’qdirki; Islomiyatning asosoti bilan ta'aruz etsin. Bizning, Nasroniylikni qavonini tabiiya bilan ta'lif uchun sarf qilgan sa'y-harakatimizga muqobil, Qur'oni Karim va Qur'onning ta'limi bilan qavonini tabiiya orasida tom bir ohang ko’rilmoqda. Qur'on har hurmatga shoyon bo’lgan asardir.

Lovazon

* * *

Qur'on butun yaxshilik va fazilat asoslarini muhtaviydir. Insonni har qanaday zalolatlardan asraydi.

Qur'on, insonlarga huququllohni tanitgan, maxluqotning Xoliqdan nima kutishini, maxluqotning Xoliq bilan munosabotini eng sarih shaklda o’rgatgan. Qur'on axloq va falsafaning butun asosotini jamlagandir. Fazilat va razilat, xayr va shar, ashyoning mohiyati haqiqiyasi, xulosa har mavzu Qur'onda ifoda qilingan. Hikmat va falsafaning asosi bo’lgan adolat va musovotni o’rgatgan va boshqalariga yaxshilik qilishni, fazilatli bo’lishni ta'lim bergan asoslar.. bularning hammasi Qur'onda bor. Qur'on, insonni iqtisod va i'tidolga yo’llaydi, zalolatdan himoya qiladi, axloqiy zaifliklarning qorong’iligidan chiqaradi, ta'oliyi axloq nuriga yetkazadi; insonning qusurlarini, xatolarini i'tilo va kamolga aylantiradi.

Mustashriq SEDIO

* * *

Qur'on shunday bir Payg’ambar ovozidirki, uni butun dunyo tinglay oladi. Bu ovozning aksi saroylarda, cho’llarda, shaharlarda, davlatlarda jaranglaydi!..

Qur'on she'rmi? Emasmi, faqat uning she'r bo’lib-bo’lmaganini tafriq etish mushkul. Qur'on she'rdan ancha yuksak bir narsadir. Shunday bo’lish bilan barobar, Qur'on na tarixdir, na tarjima-i holdir, na Isoning (A.S.) tog’da irod etgan mav'iza kabi bir majmua-i ash'ardir. Hatto Qur'on na Buddaning talqinoti kabi bir maba'dat-tabiiya yoxud mantiq kitobi, na Aflotun harkasga irod etgan nasihatlari kabidir. Bu bir Payg’ambarning ovozidir. Shunday bir ovozki, uni butun dunyo tinglay oladi. Bu ovozning aksi saroylarda, cho’llarda, shaharlarda, davlatlarda jaranglaydi! Bu ovoz tablig’ etgan din, avvalo noshirlarini topgan, so’ngra tajaddudparvar va i'mor etuvchi bir quvvat shaklida tajalliy etgan. Bu soyada Yunoniston bilan Osiyoning birlashgan nuri Ovrupaning abadiy zulmatlari bo’lgan qorong’iliklarini yorgan va bu hodisa Nasroniylik eng qorong’ilik davrlarini yashagan zamon sodir bo’lgan.

Dr. JONSON

* * *

Qur'onning jahonshumul haqiqati:

Qur'on Allohning birligiga ishonish haqiqati kubrosini e'lon qilad

i

Inglizcha-Arabcha, Arabcha-Inglizcha lug’atlarning muharriri Doktor Citi Yongest Qur'on haqida shu so’zlarni aytadi:

Qur'on, insonlarning yadi istifodasiga o’tgan asarlarning eng buyuklaridan biridir. Qur'onda buyuk bir insonning xayol va xislati eng vazih shaklda ko’rilmoqda. Karlayl "Qur'onning ulviyati, uning jahonshumul haqiqatidandir" degan vaqti, shubhasiz to’g’ri aytgandi. Muhammadning (S.A.V.) to’g’riligi, faoliyati, haqiqatni taharriyda samimiyati, mustahkam azmi, iymoni, o’zini eshitishni istaganlarga azaliy haqiqatni eshittirish yo’lidagi saboti; menga qolsa uning u jasur va azmkor payg’ambarning xotami risolat bo’lganining eng qat'iy va eng amin dalillaridir. Qur'on aqoid va axloqning, insonlarga hidoyat va hayotda muvaffaqiyat ta'min etgan asosotning mukammal majallasidir. Butun bu asosotning ussul asosi, olamning butun muqaddarotini yadi qudratida tutgan Zoti Kibriyoga iymondir.

Allohning birligiga iymon keltirish haqiqati kubrosini e'lon qilarkan, Qur'on lisoni balog’atning eng yuksagiga va nazohatning shohiqasiga boradi. Qur'on Allohning irodasiga itoatni, Allohga isyonning natijalarini izoh qilarkan, insonlarning muxayyilasini elektrlagan eng sayyol lisonni ishlatadi. Rasuli Kibriyoga tasalli berish va uni tashviq etish, yoxud xalqni boshqa payg’ambarlarning ahvoli bilan, millatlarining oqibati bilan qo’rqitish ijob etgan vaqt, Qur'onning lisoni eng qat'iy jiddiyatni olmoqda. Modomiki Qur'onning bir-biriga dushman qabilalarni, yakdigari bilan mujodala etgan unsurlarni batartib bir millat holiga keltirganini, ularni eski fikrlaridanda yuksak bir saviyaga yuksaltirganini ko’rgan chog’imizda balog’ati Qur'oniyaning mukammaliyatiga hukm qilishimiz kerak. Chunki Qur'onning bu balog’ati vahshiy qabilalarni madaniy bir millat holiga keltirgan; dunyoning eski tarixiga yangi bir quvvat ilova etgan. Zamon va makon e'tibori bilan bir-biridan juda uzoq bo’lganlari kabi, fikriy inkishof e'tibori bilan ham bir-biridan juda farqli insonlarga horiquloda bir hassosiyat ilhom etgan va muxolafatni hayratga va istehsonga aylantirgan Qur'on, eng shoyoni hayrat asar bo’lib tanilishga loyiqdir. Qur'on, basharning muqaddaroti bilan mashg’ul olimlar uchun tatabbu'ga shoyon eng foydali mavzu sanaladi.

DOKTOR CITI YONGEST

* * *

Qur'onning lisoni nazohat va balog’at e'tibori bilan naziri yo’q. Qur'on bizotihi muhtasham bir mo’'jizadir.

Qur'onning mutaassib munaqqidi va mutarjimi Korsel deydiki:

Qur'on, Arabchaning eng mukammal va juda mavsuq bir asaridir. Musulmonlarning e'tiqodiy vajhi bilan; bir inson qalami bu i'jozkor asarni vujudga keltirolmaydi. Qur'on bizotihi doimiy bir mo’'jizadir; ham shunday bir mo’'jizaki, o’liklarni tiriltirishdan yanada yuksakdir. Bu muqaddas kitobning o’zi mansha'ining samoviy ekanini isbot qilishga kifoyadir. Muhammad (S.A.V.) bu mo’'jizaga istinodan, bir payg’ambar bo’lib tanilishini istagan. Arabistonning yalang’och va unumsiz cho’llarini oydinlatgan, shoir va xatiblarga qarshi chiqqan Qur'on bir oyatiga bir nazira istagan; hech kim bu tahaddiga qarshi kelolmagandi. Bu yerda yolg’iz bir misol irod etib, butun buyuk odamlarning, Qur'onning balog’atiga bosh egganlarini ko’rsatishni istayman.

Hazrat Muhammadning (S.A.V.) zamonida, Arabiston shoirlarining shahriyori Shoir Labid edi. Labid, muallaqotdan birining nozimidir. U zamon butparast bo’lgan Labid Qur'onning balog’ati qarshisida lol qolgan, bu balog’atni eng go’zal so’zlar bilan ifoda qilgandi. Qur'onning balog’ati qarshisida hayron qolgan Labid Muslmonlikni qabul qilgan, Qur'onning faqat bir payg’ambar lisonidan eshitilishini aytgan.

Qur'onning lisoni balig’ va horiquloda sayyoldir. Janobi Haqning shon va jalolatini, azamat sifatlarini ifoda qilgan oyatlarning aksarisi mustasno bir go’zallikka sohibdir. Qur'onni betarafona tarjimaga g’ayrat qilgan bo’lsam ham; qorilar Qur'onning matnini sadoqatkorona bir ifodaga muvaffaq bo’lolmaganimni ko’radilar. Bu qusurimga qaramasdan qorilar tarjimamda bahs mavzusi qilganim muhtasham oyatlarning ko’pchiligini o’qiydilar.

KORSEL

* * *

Qur'on bashariyatga Ilohiy bir lutfdir.

Qur'on muzaffar jumhiriyatlarni maydonga keltirgan.

Qur'on oyatlarini nuzul tarixiga ko’ra tarjima qilgan va tartiblagan Angliyaning eng mutaassib ruhoniylaridan Radvel shu haqiqatlarni e'tirof qiladi:

Qur'on Arabistonning oddiy badaviylarini shunday bir istiholaga duchor qildiki, bularning go’yo masxur bo’lganlarini o’ylaysiz. Nasroniylarning talaqqiysiga ko’ra Qur'onning nozil bo’lgan bir kitob bo’lganini aytadigan bo’lsak ham, Qur'on butparastlikni imho, Allohning vahdoniyat aqidasini ta'sis, jinlarga, parilarga, toshlarga ibodatni ilg’o, bolalarni tiriklayin ko’mish kabi vahshiy odatlarni izola, butun xurofotlarni istisol, taaddudi zavjotni tahdid bilan, butun Arablar uchun Ilohiy lutf va ne'mat bo’lgan. Qur'on butun koinotni yaratgan, yashirin va oshkora hamma narsani bilgan Qodiri Mutlaq sifati bilan Zoti Kibriyoni taqdis va tabjil etganidan, har sitoyishga shoyondir. Qur'onning ifodasi vajiz va mujmal bo’lish bilan barobar; eng chuqur haqiqatni, eng quvatli va mulham hikmatni taqrir etgan alfaz bilan aytgan. Qur'on, davomli mamlakatlar bo’lmasa ham, muzaffar jumhuriyatlar vujudga keltirishga xodim bo’ladigan asoslarni muhtaviy bo’lganini isbot qilgan. Qur'onning asoslari bilan; faqru safolatlari faqat jaholatlari bilan qobili qiyos bo’lgan, suvsiz va yalang’och bir yarim orolning sakanasi, yangi bir dinning, haroratli va samimiy soliklari bo’lishgan, davlatlar qurishgan, shaharlar insho etishgan. Darhaqiqat, Musulmonlarning haybati; Fasdod, Bog’dod, Kordova, Dehli butun Nasroniy Ovrupani titratgan bir azamat va hashmat ihroz etgan.

Radvel

* * *

Musulmonlik dunyoning qivomi bo’lgan bir dindir; jahon madaniyati istinod etgan asoslarni muhtaviydir.

Fransiyaning eng ma'ruf mustashriqlaridan Gaston Kar 1913 yili Figaro Gazetasida, yer yuzidan Musulmonlik ko’tariladigan bo’lsa, musolamatning muhofazasiga imkon bo’lib-bo’lmasligi haqida maqolalar silsilasi yozgan va u zamon bu maqolalar Sharq gazetalari tarafidan tarjima qilingandi. Fransuz mustashriqi deydiki:

"Yuz millionlab insonning dini bo’lgan Musulmonlik, butun soliklariga nazaran, dunyoning qivomi bo’lgan bir dindir. Bu aqliy dinning manbai va dasturi bo’lgan Qur'on, jahon madaniyati istinod etgan asoslarni muhtaviydir. Shu qadarki, bu madaniyatning Islomiyat tarafidan nashr qilingan asoslarning imtizojidan vujud topganini ayta olamiz. Darhaqiqat, bu oliy din; Ovrupaga, dunyoning i'morkorona inkishofi uchun lozim bo’lgan eng asosli manbalarni ta'min etgan. Islomiyatning bu faiqiyatini taslim qilib, undan qarzdor bo’lganimiz shukronni bilmasakda, haqiqatning bu markazda bo’lganida shak va shubha yo’q."

Fransuz muharriri keyinroq Qur'onning umumiy musolamatni muhofaza xususidagi xizmatini bahs mavsuzi qilib deydiki:

Islomiyat yer yuzidan ko’tariladigan va bu yo’l bilan hech bir Musulmon qolmaydigan bo’lsa, tinchlikni davom qildirishga imkon qoladimi? Yo’q.. bunga imkon yo’qdir!

GASTON KAR

* * *

Qur'on Butun Diniy Kitoblardan Ustundir

Olmon olimlaridan va mustashriqlaridan Yohaym Dyu Raf Qur'onning sihat-salomatlikka bergan ahamiyatidan bahs etarkan shu so’zlarni aytadi:

Islomiyatning hozirga qadar Ovrupa muharrirlaridan hech birining nazari diqqatini jalb qilmagan bir tarafini bahs mavzusi qilishni istayman. Islomiyatning bu tarafini, uning sihat-salomatlikni muhofaza uchun sodir bo’lgan amrlaridir. Avvalo shuni e'tirof qilish lozim: Qur'on, bu nuqtai nazardan butun diniy kitoblardan ustundir. Qur'on ta'rif qilgan oddiy, faqat mukammal sihhiy qoidalarni nazari diqqatga olsak; bu muqaddas kitob soyasida butun dunyoning ba'zi qismlari bilan, hasharot mahshari bo’lgan Osiyoning mudhish bir tahlika bo’lishdan qutulganini ko’ramiz. Musulmonlik nazofatni, tozalikni, nazohatni butun soliklariga farz qilish bilan bir qancha taxribkor mikroblarni imho etgan.

YOHAYM

* * *

Qur'on oyatlari Islomiyatning muhtasham tuzilishida oltin bir arqon kabi qilinga

n

Sembires Encyclopedia nomi bilan intishor etgan Inglizcha muhit-ul maorifda, Musulmonlikdan shu tarzda bahs qilinmoqda:

Islom Payg’ambarining xislatini oydinlatgan Qur'on oyatlari juda ham mukammal va bag’oyat muassirdir. Bu qism oyatlar Musulmonlikning axloqiy qoidalarini ifoda qiladi. Faqat bu qoidalar bir-ikki suraga munxasir emas. Bu oyatlar Islomiyatning muhtasham tuzilishida oltin bir arqon kabi qilingan. Insofziklik, yolg’onchilik, hirs, isrof, fuhush, xiyonat, g’iybat; bularning hammasi Qur'on tarafidan eng shiddatli suratda taqbih qilingan va bular razilatning o’zginasi bo’lib tanilgan. Boshqa tarafdan husni niyat sohibi bo’lish, boshqalarga yaxshilik qilish, iffat, hayo, musomaha, sabr va tahammul, iqtisod, to’g’rilik, istiqomat, sulhparvarlik, haqparastlik, hamma narsadan ko’proq Janobi Haqqa e'timod va tavakkal, Allohga itoat... Musulmonlik nazarida haqiqiy iymon asoslari va haqiqiy bir mo’'minning eng muhim sifatlari o’laroq ko’rsatilgan.

* * *

Rasuli Akram idrok va shuur timsolidir

Professor Eduard Monte, "Nasroniylikning Intishori va Xasmi Bo’lgan Musulmonlar" nomli asarining 17 va 18 inchi sahifalarida deydiki:

Ratsionalizm, ya'ni aqliya kalimasining ifoda etgan ma'nosini va tarixiy ahamiyatini tavsi' eta olsak, Musulmonlikning aqliy bir din bo’lganini ayta olamiz. Aql va mantiq misdaqi bilan aqoidi diniyani muhokama etgan maktab, ratsionalizm kalimasining, Islomiyatga tamomiyla mutobiq bo’lganini taslim qilishda taraddud etmaydi. Rasuli Akram shuur va idrok timsoli bo’lgani, aqlining iymon nurlari va komil bir yaqiyn bilan pur-nur bo’lgani muhaqqaqdir. Rasuli Akram muasirlarini ayni hayajon bilan olovlagan, bu sifatlar bilan tajhiz etgan. Hazrat Muhammad (S.A.V.) uddalashni istagan islohotni Ilohiy bir vahiy o’laroq taqdim etgan. Bu Ilohiy bir vahiydir. Hazrat Muhammadning (S.A.V.) dini esa, aql qoidalarining ilhomlariga tamomi bilan muvofiqdir. Ahli Islomga ko’ra Islomiyatning asos aqoidi shu surat bilan xulosa qilinishi mumkin: Alloh birdir, Muhammad (S.A.V.) uning payg’ambaridir. Darhaqiqat, Islomiyatning asoslarini sukunat bilan va chuqur bir taammul bilan tadqiq qilgan vaqtimiz, bularning Allohning birligiga va Muhammadning (S.A.V.) risolatiga, so’ngra hashr va nashrga e'tiqodga muntahiy bo’lganlarini ko’ramiz. Bizzot dinning asoslari tanilgan bu ikki aqida butun dindor insonlar tomonidan aql va mantiqqa mustanid talaqqiy qilinish bilan va bular Qur'on aqidalarining xulosasi hisoblanmoqda. Qur'onning ifodasidagi oddiylik va tiniqlik, Musulmonlikning intishor va i'tilosini bila-tavaqquf tamadiy ettirgan saiq quvvat bo’lgan. Rasuli Islom tarafidan tablig’ qilingan muqaddas ta'limotning jahonshumul taraqqiysiga qaramasdan, Musulmonlarning ilhom manbai va eng quvvatli iltijogohi Qur'on bo’lgan. Eng taqdiskor va qanoatbahsh bir lison bilan, boshqa bir kitobi munzalin tafavvuq qilolmasligi bir ifoda bilan taqrir etgan kitob, Qur'ondir. Bu qadar mukammal va asrorangiz, har insonning tadqiqiga bu qadar ochiq bo’lgan bir din; muhaqqaq insonlarni o’ziga majlub etgan i'jozkor qudratga sohibdir. Musulmonlikning bu qudratga sohib bo’lganiga shubha yo’q.

EDUARD MONTE

* * *

BIR NECHA MARTA BAROAT QOZONGAN RISOLA-I NURNING BIR NECHTA VILOYATDA HAQSIZ MUSODARASIGA DOIR, NURNING YUKSAK BIR TALABASINING MAHKAMASIDAGI MUDOFAASIDAN BIR PARCHADIR.

(Bu mudofaa bir taqriz sifatida, bu yerga ilhoqi munosib ko’rilib kirgizilgan.)

DIYORBAKIR SULH JAZO MAHKAMASI YUKSAK MAQOMIGA:

Mahkama-i odilangizning huzuriga chiqishdan favquloda mamnunman. Odil mahkamalar; Koinot Xoliqining Haq ismining, Odil ismining va yana ko’p asmo-i Ilohiyaning tajalliygohidir. Haq nomiga hukm qilgan, Odili Mutlaq hisobiga adolat qilgan va haqiqiy, Islomiy bir adolat bo’lgan kursi-i muallo qandayam yuksakdir, qandayam mubajjaldir... Haq tanimas mag’rur zolimlarni huzurida sarfuru ettirgan, haqsizlarni haqni taslimga ijbor etgan odil mahkamalar eng yuksak tabjilga va eng oliy ehtiromga sazodirlar.

Zulm va g’adr bilan huquqi ixlol etilgan, haysiyat va sharafi poy-mol qilingan mazlumlarning, huzurida ahzi mavqe bilan tazallumi hol etgan bechoralarning shu dunyo-i foniyda ihqoqi haq uchun masnadi ra'slari, mahkamalardir. Shu holda qandayam sharafbaxsh bir taxti oliy bo’lib; mazlumlarga malja va panoh, zolimlarga ham xusron va tabah bo’ladi.

Insonlarning abrorini ham, ashrorini ham jam' qilgan huzuri mahokim, unaqa qo’rqiladigan bir yer emas. Balki muhabbatga, hurmatga loyiqdir.

Sultonlar bilan qullarni, aslzodalar bilan ahadi nosni musoviy tutgan shu maqom saltanatdan ham mubajjaldir. Xususan, butun olami insoniyatga davrlarning, asrlarning oqishi davomida adolat darsini bergan Islom mahkamalari; aqvomi sairaning inkvizitsiyalariga muqobil, adolat nurini bechora basharning qora sahifasiga hashmat bilan aks ettirgan. Adliya va adolat tariximiz buning minglarcha misoliga shohiddir.

Azjumla, bu muborak, adolatli mahkamaning huzurida iftixor bilan arz qilishni istaymanki; mashhur Islom sayyohi va tarixchisi Avliyo Chalabiy Sayohatnomasida deydiki: "Ilk Istanbul qozisi (hokimi) bo’lgan Hizir Bey Chalabiyning huzurida hashmatli podshoh Fotih bilan bir Rum me'mori orasida shunday bir muhokama jarayon etadi:

Katta bir obidaning inshosida ishlatiladigan ikki marmar ustunni Fotih bir Rum me'moriga topshiradi. Me'mor ham Fotihning istagining xilofiga, bu ustunlarni uch arshindan kesib qisqartiradi. Fotih jazo tarzida Rum me'morining qo’lini kestiradi. Rum me'mori ham Fotihga qarshi da'vo ochadi. Shu sababli mahkamaga jalb qilingan buyuk podshoh to’rga o’tishni istagan vaqtda, birdaniga hokimning shunday ixtoriga duch keladi:

-O’tirma hukmdorim! Xasming bilan murofa'a-i shar'iy bo’lasan, oyoqda barobar tur!

Hizir Bey Chalabiy bu buyuk shonli podshohi maznunga, haqsiz qo’l kestirgani uchun, o’zining ham qisosga tobe bo’lganini va qo’lining kesilishini bildiradi. Faqat me'mor qisosni istamagani uchun, buyuk Fotih kuniga o’n oltin tazminotga mahkum bo’ladi va hatto qisosdan qutulgani uchun bu tazminotni belgilanganidan yigirma oltinga chiqaradi."

Islom mahkamasining adolatining shonli misollaridan biri bo’lgan bu misol, bizga eng hashmatli hukmdorlar bilan eng ojiz fardlarning huzuri mahokimda musoviy bo’lganini ko’rsatadi.

Xullas, men ham bugun, Fotih qadar shonli, qahramon Islom hokimi Hizir Bey Chalabiyning maqomining mumassili bo’lgan va haqiqiy adolati Qur'oniyani asos tutgan bir maqomning o’rnida bo’lgan bir mahkamaning huzurida turibman. Butun qalbimni huzur va sururga aylantirgan mamnuniyatim budir.

Qarhamon ajdodimizning bu qadar ulviyatining sirri; qalblarida ALLOH qo’rquvining mavjudiyati bilan Qur'on nurining va nihoyatsiz fayzining ruhlarida joylashgan bo’lishi va qudsiy haqoiqqa qarshi so’ngsiz va nihoyatsiz darajada marbutiyatlaridir. U muborak ajdoddan bizga tavorus etgan, ALLOH va QUR'ON uchun oqitgan qudsiy qonlarining hozir ham izlari bo’lgan bu yurtda va aziz jonlarini fido etganlari shu mamlakatda: "Qur'onning qudsiy haqiqatlariga xizmat qilyapti, Qur'onning tafsirini o’qiyapti, uyida saqlayapti." qaydi bilan mahkamaning huzuriga jalb qilindim.

Ha, muhokamamiz shaxsim bilan aloqador bo’lishdan ziyoda, RISOLA-I NURning muhokamasidir. Risola-i Nur esa, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning samoviy va qudsiy haqoiqining tarashshuhoti bo’lish e'tibori bilan, u yuksak asarlardagi qiymat, to’g’ridan to’g’ri Qur'onga oiddir. Shu holda muhokama ham Qur'onning muhokamasidir. Ahli tavhidning kitobi bo’lgan KALOMULLOH butun oyot va bayyinoti bilan Xoliqi Koinotning vahdoniyatini va ahadiyatini e'lon qiladi. Qur'onning ahli uqulni hayratda qoldirgan i'jozi, balog’at va fasohati, nihoyat darajadagi yuksak uslubi, salosati bayoni, alhosil so’ngsiz badayi' va jome'iyati bilan ins va jinning qiyomatga qadar keladigan ehtiyojotiga akmaliyat bilan kifoya qilishi, dunyo va oxirat saodatining rahbari bo’lishi va butun asrlardagi tabaqoti basharga xitob qilishi va koinot Xoliqining marziyotini qullariga bildiradigan oyot va bayyinotni tafsir va izoh qiladigan mutaxassis ahli ilmning bo’lishi zaruratiga binoan har asrda kelgan minglab mudaqqiq ahli ilm yuz minglarcha Qur'on tafsirlarini vujudga keltirishgan; butun asrlarni Qur'onning nuri bilan nurlantirishgan.

Xullas, Risola-i Nur ham bu asrda Qur'onning fayzi bilan vujud topgan, basharning takammulotiga uyg’un bo’lib Qur'on ko’rsatgan mo’'jizali haqiqatlarning, bu takomul bilan soha-i fe'lga qo’yilganini bildirgan va asrning idrokiga xitob etgan g’oyat qudsiy bir tafsirdir. Qur'on boshdan oyoq tavhidi Ilohiyni e'lon qiladi. Risola-i Nur ham iymoni billohni ko’rsatgan va haqoiqi iymoniyani dars bergan oyatlarni tafsir qiladi.

Xullas, muhokamaning asl mavzusi bu:

O’ttiz yildan beri yashirin din dushmanlarining, komunistlarning va masonlarning tahrikoti bilan, Risola-i Nur shogirdlari bir qancha mahkamalarga jalb qilinganlar. Odil mahkamalar ham u xoin, yashirin din va Qur'on dushmanlari qilgan bo’htonlarni juda ham chuqur tadqiq qilganlar, "Bularda bir ayb yo’q, kitoblar esa foydali kitoblardir" deb, ko’p mahkamalar baroat bilan natijalanganlar.

Tamyiz Mahkamasi ham uch marta mahkamalarning baroat qarorini tasdiq etgan. Hukm qoziya-i muhkama holiga kelgani holda, mamlakatni umumiy bir dinsizlikka sudrash uchun parda orqasidagi din dushmanlari; faoliyatlarini mutamodiyan yangilaganlar, sukun va osoyishga juda ham muhtoj bo’lgan mamlakatimizni bu jihatdan zaiflikka duchor etish uchun adliyalarni, mahkamalarni doimo xoinona aldovchi hiylalar bilan mashg’ul qilishgan.

Avvalroq ham aytib arz etganim vajh bilan; Salafi Solihin qoldirgan qudsiy tafsirlar ikki qismdir: Bir qismi ahkomga doir tafsirlardir. Boshqa bir qismi ham oyoti Qur'oniyaning hikmatlarini va iymon haqiqatlarini tafsir va izoh qiladilar. Salafi Solihinning bu turdagi tafsirlari ko’p. Xususan G’avsi A'zam Shohi Jiyloniy, Imom G’azzoliy, Muhyiddin Arabiy, Imom Rabboniy kabi zavoti kiromning asarlari bu qism tafsirlardir. Ayniqsa Mavlono Jaloliddin Rumiy Hazratlarining Masnavi-i Sharifi ham bu tarz bir navi ma'naviy tafsirdir. Xullas, Risola-i Nur bu tarz tafsirlarning eng yuksagi, eng mumtozi va eng mustasnosidir. Demakki bu tarz tafsirlar mutadovildir, hech kim qarshi chiqmaydi, Risola-i Nurga ham qarshi chiqmaslik lozimdir. Qarshi chiqqanlar, QUR'ONGA va ajdodga dushmanliklaridan qarshi chiqadilar.

Risola-i Nur, arkoni iymoniyani va oyoti Qur'oniyani tafsir qilib shunday bir tarzda bayon qiladiki; hech bir munkir, hech bir dinsiz u haqiqatlarni inkor qilolmaydi. Ham riyoziy bir qat'iyat bilan isbot qiladi, ko’zga ko’rsatadi, aqlni to’ydiradi, latoifni ishontiradi; ortiq hech bir iymoniy va Qur'oniy haqiqatni inkorga majol qolmaydi. Shu sababli; dinsizlar, komunistlar, bu mamlakatda Risola-i Nur bor ekan, mal'unona fikrlarini soha-i tatbiqqa qo’yolmaganlaridan va bir ma'naviy qo’riqchi kabi Risola-i Nur doimo qarshilariga chiqqanidan, Risola-i Nurning har tomonlama nashriga to’siq qo’yishni g’oya qilib olishgan.

Risola-i Nur tahqiqiy iymon darslari beradi. Shogirdlarini har qanday yomonlikdan saqlaydi. Qalblarga to’g’rilik singdiradi. Uni haqqi bilan anglagan, boshqa yomonlik qilolmaydi. Shuning uchun, bugun mamlakatning har tarafidagi Risola-i Nur talabalari, osoyishning ma'naviy muhofizi hukmidadirlar. Hozirga qadar hech bir haqiqiy Nur talabasida osoyishga zid bir harakat ko’rilmagan, go’yo Nur talabalari zobitalarning ma'naviy yordamchisi bo’lganlar. Risola-i Nur talabalarining rizo-i Ilohiydan boshqa, a'moli uxroviyaga mutavajjih bo’lishdan boshqa o’ylari yo’q. Shu holda Risola-i Nurga g’arazkor aldovchi hiylalar tayyorlaganlar, parda orqasidagi ma'lum din dushmanlaridan boshqasi emas.

Yuqoridagi taqdim qilganlarimizda bir qancha mahkamalarning baroat qarorlarining mavjudiyatini arz qilgandim. Qo’lga kirita olganim tarix va raqamlarini bayon qilib, u odil va yuksak mahkamalarga millionlab Nur shogirdlari nomidan minnatdorligimizni bildirishni istayman. Umum Risolalarning baroat va iodasi haqida Denizli Og’ir Jazo Mahkamasining 15/Iyun/1944 tarix bilan baroat qarori bilan, Istanbul Amino’ni Og’ir Jazo Mahkamasining 1953 tarix va 1951/137 asos va 1952/27 qarori bilan; Sabilurrashod Gazetasining taqdim etganim nusxasida o’tgan majlisda bildirilgan baroat qaroridir. Bundan tashqari mahkama-i oliyingizga surati maxsusada arz va taqdim etganim Asoyi Muso dohil umum Risola-i Nur Kulliyotining Mersin Og’ir Jazo Mahkamasining 1954/17 asos 1954/421 qaror va 9/4/954 tarixli baroat qarorining mavjudligi, mahkamalarning ta'minida bo’lib hech bir qo’lning Risola-i Nurga qarshi chiqmasligini tazammun etgani holda, mastur dushmanlarning xoinona faoliyatlari bilan bu safar ham taxsisan Asoyi Muso qasd qilinib odil va yuksak mahkamaga keldik.

Risola-i Nur, iymoni billoh bilan tavhidni eng yuksak darajada, aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn bir suratda ko’zga ko’rsatib butun latoifni a'zamiy darajada to’ydirishi bilan iymonni taqliddan qutqarib, daraja-i tahqiqqa yuksaltiradi. Asoyi Musoda esa bu ulviy va qudsiy iymon darsi eng porloq bir suratda, ham ko’rilmagan ehtishom bilan isbot qilinganidan, bir yuz o’ttiz jildga yaqinlashgan Risola-i Nur tafsirining go’yo xulosasi hukmidadir.

Butun samoviy kitoblarning va butun payg’ambarlarning eng buyuk da'vosi Xoliqi Koinotning uluhiyat va vahdoniyatini e'lon qilishdir. Qur'on boshdan oyoq tavhidni ko’rsatadi. Xullas, Asoyi Muso ham; Musulmonlarga va umum bashariyatga Janobi Haqning birligini va daloili vahdoniyatini quyosh kabi ko’rsatishidan, eng buyuk bir mutafakkir bilan bir dinsizni va bir faylasufni haqoiqi iymoniyani tasdiqqa majbur qilgani kabi; eng omi bir odamning ham eng yuksak haqiqatlarni eng katta bir suhulat bilan anglashini ta'min etgan, tavhidni ko’rsatgan oyoti Qur'oniyaning eng qudsiy bir tafsiridir. Aynan ismi kabidir. Qandayki Muso Alayhissalom qo’lidagi hassasi bilan qora toshlardan, mevasiz vodiylardan, otash sochgan cho’llardan obi hayotni sochtirgani kabi, Asoyi Muso ham, vahdoniyati Ilohiyani isbot qilishi bilan dunyo va oxirat olamlarini ziyodor qiladigan tavhid nurlarini sochtiryapti; tosh kabi qalblarni mum kabi erityapti, shavqi bilan ko’ngillarni tasxir etyapti.

Ham modomiki mahkamalarning baroati mavjud va vijdon hurriyati bor va hech bir mamlakatda ilm bilan mashg’ul bo’lganlarga qarshi chiqilmaydi; shu holda ulumi avvalin va oxirinni jamlagan Risola-i Nurga ham qarshi chiqilmaslik lozim.

Risola-i Nur yurtning osoyishiga, sukun va salomatiga xizmat qilganiga dalil: Millionlab talabalarining hech birisida bir voqeaning ko’rilmasligi bilan barobar, hammasining ham nomuskorona faoliyatlari bilan mustaqim ko’rilganlaridir. Risola-i Nur Kulliyoti, Asoyi Muso bilan birlikda kutubxona-i masa'imning harimidan olinishi bilan, har qanday ayb unsurining mavjudiyatini bizzot raf' etadi. Zero har munavvar odam kutubxonasida har navi kitobni saqlaydi, o’iydi, tadqiq etadi. Mal'unona fikrlarni nashr etgan va anarxistlikni talqin etgan kitoblar ham kutubxonalarda ochiqchasiga tadqiqqa tobedir.

Xulosa:

Risola-i Nur, Qur'onning bu asrda eng yuksak va eng qudsiy bir tafsiridir. Haqiqatlari samoviydir, Qur'oniydir. Shunday ekan Qur'on o’qilarkan, u ham o’qiladi. Risola-i Nur, mujavharoti Qur'oniya haqiqatlarining namoyishgohidir, bozoridir. Bu ulviy bozorda hamma istagani kabi tijorat qiladi. Uxroviy, ma'naviy boyliklarga mazhariyatni ta'min qiladi.

Bu qadar taqdim qilganlarimiz bilan ifoda etmoq istadimki: Maqsadimiz; iymonimizni qutqarmoqdir, iymonga xizmatdir, Qur'onga xizmatdir. Oxiratga mutavajjih bo’lgan bir hol esa, hech bir tur ayb mavzusi bo’lolmaydi. Mutamodiyan shikoyatda bo’lganimiz u yashirin din dushmanlari, turli-tuman nayranglar bilan, aldovchi hiylalar bilan, iz'ojlar bilan bizlarni bu qudsiy vazifadan man qilishga harakat qilyaptilar. Bizlar esa bu qudsiy yo’lda Qur'on va iymon uchun hamma narsamizni fido qilishga seva-seva hozirmiz. Nafaqat dunyoviy iztiroblar, jahannamiy azoblar ham berilsa, pichoqlar bilan ham poralansak, eng mudhish o’limlarga ham ma'ruz qoldirilsak, asrlar bo’yicha millionlab muborak ajdodimiz fidoyi jon etganlari bu qudsiy haqiqatga bizning jonimiz ham fido bo’lsin. Bir emas, ming ruhim ham bo’lsa, Qur'on uchun, iymon uchun hammasini fido qilishga har zamon tayyorman.

Shu aziz vatanning toshlari, tuproqlari, obidalari, qubbalari, masjidlari, minoralari, mozor toshlari, maqbaralari; Qur'on tablig’ etgan zamzama-i tavhidni hayqiryaptilar. Iymon va Qur'onning azaliy nurini atom zarrotiga qadar nufuz etib e'lon etgan tavhid haqiqatini, hech bir quvvat bu vatanning va bu millatning siyna-i pokidan o’chirolmaydi.

Muhtaram mahkamangizdan, yuksak adolatingizdan; haqoiqi Qur'oniyani va vahdoniyati Ilohiyani hashmat bilan e'lon qilgan va tavhidni a'zamiy darajada ko’rsatgan Risola-i Nur Kulliyotining i'odasiga va baroatiga qaror berishingizni iltimos qilaman.

Risola-i Nur Qur'onning molidir. Arshni farshga bog’lagan Kalomulloh bilan moziy tomonidagi milliardlab ahli iymon, avliyo va anbiyo aloqador bo’lganlari kabi, Risola-i Nur mahkamasi bilan ham ma'nan aloqadordirlar. Juda ham keksaygan Arzning, to’rt yuz million Musulmon sakanasi Risola-i Nurning baroatiga va erkinligiga va intishoriga muntazirdirlar.

Moziy tarafidan parda-i g’ayb orqasiga chekingan muborak ajdodimizning nuroniy qofilalari, ulviy maqomlaridan Risola-i Nur mahkamasiga ma'nan nazirdirlar.

Mustaqbal jabhasining fayzli nasllari baroat {(Hoshiya) Bu mudofaa tilga olingan muhokama baroat bilan natijalangan.} qarorini kutyaptilar.

Nafaqadagi Yuzboshi

Mahmad Kayalar

* * *

DUO

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

يَا اَللّٰهُ يَا رَحْمٰنُ يَارَح۪يمُ يَا فَرْدُ يَا حَىُّ يَا قَيُّومُ يَا حَكَمُ يَا عَدْلُ يَا قُدُّوسُ

Ismi A'zam haqqi uchun, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon hurmati uchun va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam sharafi uchun, bu "Ishorot-ul I'joz"ni bostirganlarni va muborak yordamchilarini va Risola-i Nur talabalarini Jannat-ul Firdavsda saodati abadiyaga mazhar ayla. Omin! Va xizmati iymoniya va Qur'oniyada doimo muvaffaq ayla. Omin! Va daftari hasanotlariga bu Ishorot-ul I'jozning har bir harfiga muqobil ming hasana yozdir. Omin! Va Nurlarning nashrida sabot va davom va ixlos ehson ayla... Omin! Omin! Omin!

Yo Arhamurrohimin! Umum Risola-i Nur shogirdlarini ikki jahonda mas'ud ayla. Omin! Insiy va jinniy shaytonlarning sharlaridan muhofaza ayla. Omin! Va bu ojiz va bechora Saidning qusurotini avf ayla... Omin! Omin! Omin!

Umum Nur shogirdlari nomiga

Said Nursiy

* * *

MUNDARIJA

1) Tanbeh

2) Ifoda-i Marom

3) Qur'onning Ta'rifi

4) Ibtido-i Tafsir

5) Fotiha Surasi

6) Hurufi Muqatto'a

7) Iymoni Bilg’ayb

8) Sadaqa va Zakot

9) Iymoni Biloxirat

10) Daloili Hashr

11) Mohiyati Kufr

12) Muhrlangan Qalblar

13) Munofiqlar Bahsi

14) Ibodatning Haqiqati

15) Tavhidning Isboti

16) Nubuvvatning Tahqiqi

17) I'jozi Qur'on

18) Qiyomat va Oxirat

19) Nukati I'joziya

20) Ihyo-i Arvoh

21) Sab'a Samovot

22) Sirri Xilofati Insoniya

23) Ajnabiy Faylasuflarning Qur'on haqidagi bayonotlari

24) Mahmad Kayalarning bir mudofaasi

Hz. Ustozning noshirlarga duosi

* * *

117

Kitobni ochish ↗