Risola-i Nur Kulliyotidan
Yigirma Yettinchi Maktubdan
AMIRTOG’ ILOVASI-II
Muallifi
Badiuzzamon Said Nursiy
[Amirtog’ Ilovasi 1 bilan Amirtog’ Ilovasi 2 orasida Nur Muallifi Ustozimiz Hazratlari ba'zi talabalari bilan Afyon qamog’iga jo’natilib, u yerda muhokama qilingan va Afyon qamog’ida qolgan yigirma oy ichida yozgan maktub va mudofaalari "Shu'lalar"da va qisman "Hayot Yo’li"da nashr qilingan.]
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bayram tabrigi bilan birga har biringizni darajasiga ko’ra bir Said, vorisim va mening o’rnimda Nurlarning bir posbon muhofizi sifatida ko’raman. Ma'naviy bir xotiraga binoan qabul qilganimni xabar berganimdek, hozir ham sizga bayon qilyapman. Modomiki haddimdan juda ortiq husni zonningiz bilan menga iymon ilmlari va Qur'on xizmatida ustozlik bergan ekansiz, men ham har biringizga darajasiga nusbatan eski davr ustozlarining ijozat olishga loyiq talabalariga ilmiy ijozat berganlaridek ijozat beraman. Butun ishonchim, ruhu jonim bilan sizni tabriklayman. Inshaalloh hozirgacha sadoqat va ixlos doirasida favqulotda nurlarni tarqatganingizdek, yanada porloq tarzda davom etib bu ojiz, zaif, uzlatdagi Saidning o’rniga minglar iqtidorli, kuchli vazifaparvar Saidlar bo’lasiz.
Said Nursiy
* * *
AFYON QAMOG’IDAN KEYIN YOZILGAN MAKTUBLAR
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Har biringiz mening o’rnimga Diyonat Riyosatiga borib, mening salom va hurmatimni Ahmad Hamdi Afandiga yetkazib, "Hazratlari ikki yil avval Nur Kulliyoti to’plamini so’ragan edingiz. Men tayyorlatdim. Lekin bu orada qamashdi, tahrir qila olmadim, jo’nata olmadim. Endi ularni tahrir qilyapman. Zaharlanish xastaligim sababli juda abgorligim tufayli tez bitira olmayman. Bitirib, inshaalloh taqdim etiladi. "Hadya olmagan kishi albatta hadya bera olmaydi", qoidasiga binoan, ushbu qiymatli Qur'onning ma'naviy tafsiri bu Islomiy mamalakatning olimlar raisi bo’lgan zoti oliyingizga Nurlarning erkinligiga mumkin bo’lgan darajada yordam berishingizga va namuna uchun sizga uch juzni avvalroq ko’rsatgan Qur'onimizning chop qilinishiga himmat va harakat qilishingizga muqaddas evaz bo’ladi.
Sizga qat'iyyan bayon qilaman: Bizga haqiqat ilmiga va iymon haqiqatlariga qarshi tarixda hech qachon bu daraja g’arazli, hiylali tajovuz bo’lmagan. Sizning ilmiy doirangiz va riyosatingiz hamma narsadan avval ushbu diniy va ilmiy vazifani qilishingiz iqtizo qiladi. Men oxirgi zaharlangan paytim o’lishimni o’ylab, "Mening o’rnimga Nurlarni Ahmad Hamdi yelkasiga oladi", deb ko’nglim xotirjam, tasalli topgan edim. Mahkama mudofaamizdan ba'zi qismlarni avvalroq tashkilotingizga jo’natgan edik. Hozir to’liq, mukammal va ayni haqiqat nusxasini jo’natyapman. Unga asosan, sizning dalolatingiz bilan Nurlarning erkinligiga harakat qiladigan kishilarga manba sifatida ko’rsatish niyatida jo’natdik.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim Safranbolu, Afloniy atrofi Nur shogirdlari!
Sizga jo’natgan Nur bo’limlarining hadyasiga ming barakalloh, mashaalloh deymiz. Janobi Haq sizni ikki jahonda baxtiyor aylasin, omin. Nurning muborak fidokor shogirdlarining har biri bir qism risolalarni chiroyli qilib yozib, menga hadya qilishlari va bir qism shirin tabarruk bilan birga, qattiq xastaligim va muammolarim ichida g’arib tarzda kelishi, eskidan beri hadyani evazsiz qabul qilmaslik qoidamga qarshi kamoli sevinch va mamnuyat bilan qabul qilishimga sabab, uch ma'nodor va g’arib hodisa bo’ldi:
Birinchisi:Bir qancha pulimga olgan mashinkam mahsuli bo’lgan o’n bir majmua va olmos qalamli Nurning uch qiymatli shogirdining yozgan to’liq bir to’plam Risola-i Nurni Diyonat Riyosati besh olti marta to’xtamay so’ragani uchun, tayyorlagan paytim bir daraja begona qolgan muftiylar va domlalarga ma'naviy hadya va tarqoq holda jo’natiladigan paytim, bu juda ahamiyatli vazifani bajarish uchun Xusravni bu yerga kelishini aytgan edim. Holbuki holatim mushkul holda juda xavotirlanayotgan edim. O’sha vaqtda kichik Xusrav bo’lgan qahramon Sungur keldi. Meni ko’p xavotir, qayg’u va xarajatlardan qutqardi. Bu vazifa ikki yil davomli yonimda xizmat qilganidek qiymatli bo’lgani uchun, bu ham Nurning tarqalishidagi muvaffaqiyatning karomati ekaniga qat'iy qanoat hosil qildim.
Ikkinchi hodisa:Men o’zimning nusxalarimni Diyonat Riyosatiga jo’natgan paytim, aynan kam-ko’pi yo’q tarozida tortilsa Nurning Safranbolu, Afloniy atrofidagi kichik qahramonlari jo’natgan muborak hadyalari hol tili bilan menga: "Xavotirlanmang, biz ketganlarning o’rniga keldik. Ularning o’rnini to’ldirdik.", dedi. Men ruhu jon bilan qabul qildim va jo’natganlarni tabriladim. Tabarruklari botmadi.
Uchinchi hodisa:Muborak hadyalar xonamga kelgan vaqtdan o’n daqiqa avval, chumchuqqa o’xshagan bir qush yotog’imning oyog’i ostida ko’rdim. Holbuki derazalar va eshik yopiq. Qush kira oladigan hech qanday teshik yo’q edi. Qaradim, mendan qochmayapti. Bir bo’lak non berdim, yemadi. Qalban: Uch-to’rt yil avval bu yerda qushlarning xushxabar berishi kabi, bu ham xushxabar beryapti." dedim. Haqiqatdan ayni paytda muborak nurli hadya kelgani kabi, uch yildan beri xabar olmagan muftiy qardoshim Abdulmajiddan chiroyli bir maktub oldim. Menga xizmat qilgan Halil keldi. "Bu qushga qara, bu ham eski qushlardek bir xushxabarchidir." dedim. Keyin ketishi uchun derazani ochdik, ketmadi. Yuqorida besh-olti marta uchdi, ketmadi. So’ng Sungur ham keldi, "Sen ham ko’r", dedik. Yarim soat o’tib kelgani g’arib bo’lganidek, ketishi ham g’aroyib bo’ldi. Derazadan chiqmay Halil bilan qidirdik, topa olmadik, yo’qoldi. Hatto bu ma'naviy hadyaning kelishi va Xusravning o’rniga Sungurning yordamga kelishi, ahamiyatini ko’rsatganiga bir aniq hodisa shuki: Sungur kelishidan ikki kun avval (uyidan chiqqan kuni ekan) Halil tushida Sungurning Mustafo Usmon bilan bu yerga kelganini, katta bir hodisa va muhtasham marosim qilinganini ko’rgan. Mengan "Ta'biri nima?" deb so’radi. Men qiziqib, "Nega menga bu tushni aytding? Ularning boshiga tashvish tushdimi, ajabo?" deb bir kecha tonggacha xavotirlanib chiqdim. Sodiq tush oz ta'bir bilan chiqdi.
* * *
[Sungurning Anqaradan Ustozimizga yozgan maktubining nusxasi.]
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
Juda aziz, juda muborak, o’ta mushfiq, juda sevgili Ustozimiz Afandimiz Hazratlari!
Muborak, maqbul, qiymatli maktubingizni Diyonat Riyosati Boshlig’i Ahmad Hamdi Afandiga berdik. Sevinchlar ichida muborak majmua va Nurlarni o’z xususiy kutubxonasiga qo’ydi. "Inshaalloh bularni o’z xususiy va xos qardoshlarimga o’qish uchun beraman. Shu tarzda tadrijiy ravishda tarqatishga harakat qilamiz." dedi.
Juda sevgili Ustozim Afandim! Muborak maktubingizda aytganlaringizni qilishini aytdi. "Lekin bularning tarqalishi hozir birdan bo’lmaydi. Men bu asarlarni xos qardoshlarimga o’qitib, qiziqishlarga ko’ra kelajakda tarqatamiz. Inshaalloh kelajakda to’liq va porloq shaklda tarqatishga harakat qilinishini", aytdi.
Sungur
* * *
Yigirma To’qqizinchi Maktubning Ikkinchi Maqomining bosh sahifasidagi savol-javobdan keyin quyidagi bo’lim yoziladi:
"Bu risolaning yozilish sababi shuki, masjidlarda Qur'on tarjimasini Qur'onning o’rniga oq’tishni xohlagan dahshatli suiqasdga qarshi bir jihatdan javob hisoblanadi. Ko’p tafsilot va keraksiz mavzular kirgan. Lekin mujohidona va hayajonli javobda qiymatli g’aybiy kalitni his qilib majzub holda qidirtirib keraksiz tafsilot, zaif va juda nozik belgilar ham kiribdi.
Qalbimga keldiki: Yigirma To’qqizinchi Maktubning Birinchi o’ta ahamiyatli, kerakli, o’tkir va iyjozli Maqomi ushbu Ikkinchi Maqomning kamchiligini va isroflarini afv ettiradi."
Men ham kamoli sevinch bilan shukr qildim, kamchiliklarni unutdim.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Muhtaram Ahmad Hamdi Afandi Hazratlari!
Bir ruhiy hodisamni sizga bayon qilyapman: Ancha avval hazratlari va sizning kasbingizdagi domlalarning zaruratga binoan ruxsatga tobe bo’lib, shar'iy azimatni tark etgan fikrlar, mening fikrimga muvofiq kelmayotgan edi. Men ham ularga, ham sizga g’azab qilar edim. "Nima uchun azimatni tark qilib, ruhsatga tobe bo’lishyapti?" deb, sizlarga Risola-i Nurni to’g’ridan-to’g’ri jo’natmagan edim. Lekin uch-to’rt oy avval yana qalbimga sizni qattiq tanqidli afsus keldi. Birdan:
"Sening eski madrasa do’stlaring: Boshda Ahmad Hamdi kabi zotlar, dahshatli va shiddatli buzg’unchilikka qarshi "ahvanu-sh shar" dasturi bilan mumkin bo’lganicha bir daraja bir qism ilmiy vazifani, muqaddas narsalarning muhofazasiga sarf qilib, tahlikani to’rtdan birga tushirishlari, ularning majburiyat bilan ba'zi kamchiliklarga va qusurlariga inshaalloh kafforot bo’ladi", deb qalbimga shiddatli eslatma qilindi. Men ham sizni va siz kabilarni, o’sha paytdan beri eski madrasa qardoshlarim va dasr o’rtoqlarim deb haqiqiy birodarlik nazari bilan qarashni boshladim. Shuning uchun mening bu qattiq zaharlanish xastaligim vafotim bilan natijalanadi deb, sizni Nurlarga mening o’rnimga haqiqiy sohib, homiy va muhofiz bo’lishlarini o’ylab, uch yil avval Risola-i Nurning mukammal bir to’plamini sizga berishni niyat qilgan edim. Lekin endi ham mukammal emas, ham tamomi emas, lekin ko’pchilik bo’limlari Nur shogirdlaridan o’ta muhim uch kishining o’n-o’n besh yil avval bir to’plamni siz uchun, xastaligim ichida bir daraja tahrir qildim. Ushbu uch kishining qalamining mening yonimda o’n to’plamchalik qiymati bor. Sizdan boshqa bu to’plamni hech kimga bermayman degan edim. Buning evaziga uning ma'naviy bahosi uch narsa:
Birinchisi: Siz mumkin bo’lganicha Diyonat Riyosatining sho’'balariga berish uchun mumkin bo’lsa eski harf, yo’qsa yangi harf bilan va xos do’stlarimdan tahrirga yordam uchun bir kishi boshda bo’lish sharti bilan, mamlakatdagi Diyonat Riyosatining sho’'balariga yigirma-o’ttiz dona ko’paytirib berishdir. Chunki xorijiy dinsizlik jarayoniga qarshi bunday asarlarni nashr qilish, Diyonat Riyosatining vazifasidir.
Ikkinchisi: Modomiki Nur Risolalari madrasa mulki ekan, siz ham madrasalarning ham asosi, ham boshdagilari, ham shogirdlarisiz, ular sizning haqiqiy mulkingizdir. Munosib ko’rmagan risolani hozircha ortga qoldiring.
Uchinchisi: Tavofuqli Qur'onimiz mumkin bo’lsa fotograf matbaasida chop qilinsinki, muvofiqlikdagi i'joz yog’dusi ko’rinsin. Yana boshdagi turkcha ta’riflari Qur'on bilan birga chop qilinmasin, balki alohida bir kichik risolacha bo’lib yo turkcha yo arabcha chiroyli qilib o’girib chop qilinsin.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
O’ta qiymatli, fidokor Nur qahramoni akamiz Xusrav Afandi!
Besh safardan beri Diyonat Raisi Nurdan bir to’plamni qayta-qayta so’radi. Ustoz qattiq xasta bo’lsada, tahrir qilib (hozir bitirish arafasida) Diyonat Raisidan uning ma'naviy bahosi sifatida uch modda istadi: Birinchidi: Siz yozgan g’aroyib mo’jizali Qur'onni fotograf orqali chop etish. Bu moddani qabul qilibdi. Faqat "boshidagi turkcha ta'rifini mustaqil risola sifatida chop etilsa munosib bo’ladi", debdi. Ustozimiz javoban: Ham bir to’plam Riola-i Nurni, ham mashinka bilan chiqqan majmualarni unga jo’natish va Xusrav kabi bu ishda eng ko’p aloqador bir qardoshimizning qo’li bilan berish jihatini mashvaratingizga havola qilyapti." dedilar.
Siz ham to’liq mashvarat bilan sizning bu masalada u yerga borishingizga holatingiz to’g’ri kelsa va munosib ko’rsangiz, muayyan vaqtda u yerga tez boring va manzilingizni bildiring. Biz esak to’plam va majmualarni sizga Anqaraga yetkazamiz. Hatto istasangiz o’z hisobingizga, muftiylar nashr qilishi uchun Diyonat Raisiga bering.
Xizmatida bo’lgan
Halil, Sodiq, Ibrohim
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Ham Madrasatu-z Zahro shogirdlarini, xususan Muboraklar Hay'atini va Isparta viloyatini marhum Hofiz Mustafoning vafoti bilan ta'ziya bildirib, Hofiz Mustafo o’z vazifasini to’liq qildi. Ikinchi bir Hofiz Ali sifatida yigirma yildan beri charchamay, qaytmay Nurlarning nashriga xizmat qilishini butun ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz. Ham uni, ham Isparta viloyatini, ham Madrasatu-z Zahroni tabriklaymiz. Haqiqatdan ushbu marhum qahramon qardoshimiz aynan Hofiz Ali kabi vazifasini bitirdi, nur va barzoh olamiga Hofiz Ali va Hasan Fayzi kabi qardoshlarimizning yoniga ketdi. Janobi Haq Risola-i Nurning harflari sanog’icha uning hasanot daftariga xayrlar yozsin va ruhiga rahmat aylasin, omin!
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Sizga sahxsimga oid bir qancha masalani bayon qilish qalbimga eslatildi.
Avvalo: Ba'zi xos qardoshlarimning shaxsimga xizmat qilishda diqqatsizlik qilishgani uchun, ularning menga achinishi kamchilik deb bilganim uchun, ba'zan jahl qilib koyigan paytim qalbimga: Bu bechoralar qattiq husni zon bilan, "Ustozimiz istasa, balki ba'zi ruhoniy borliqlar, jinlar ham xizmat qiladi, balki qilayotgan bo’lsa kerak. Nuriy Xizmatda inoyatning oshkor jilvasi ko’rsatyaptiki, uning shaxsining abgorligiga yo’l ochilmaydi va shafqatimizga muhtoj emas.", deb taxmin qilishib, ba'zi kamchiliklari bo’ladi. Hatto bugun biri avtomobil olib kelishi kerak edi, e'tiborsizligi sababli yayov chiqdim. Bir soatda o’n soatchalik qiynaldim. Men bir necha kun avval bunday kamchilik qilganlarga aytgan edim, takrorlayman, siz ham tinglang:
Risola-i Nurni va iymon xizmatini, dunyoviy mansablarga va shaxsim uchun uxroviy maqomlarga vosita qilishdan ixlos sirri shiddat bilan meni man qilganidek, o’z shaxsimning istirohatiga va dunyoviy hayotimning chiroyli, qiyinchiliksiz o’tishiga, muqaddas xizmatni vosita qilishdan jiddan chekinaman. Chunki uxroviy hasanotning boqiy mevalarini foniy hayotga kichik lazzat uchun sarflash, ixlos sirriga muxolif bo’lgani uchun, qat'iyyan bildiramanki: Dunyo yo’li riyozat ahlining istak va qabul qilgan ruhoniy, jinniy xodimlar menga har kuni ochligimda va yarali bo’lgan vaqtimda eng go’zal darmon olib kelsa, haqiqiy ixlos uchun qabul qilmaslikka o’zimni majbur deb bilaman. Hatto barzohdagi avliyodan bir qismi ko’rinib menga holva pahlavalari iymoniy xizmatga hurmatan bersalar, yana ularning qo’lini o’pib qabul qilmaslik va uxraviy, boqiy mevalarni dunyoda foniy suratda yemaslik uchun nafsim ham qalbim kabi qabul qilmaslikka rozi bo’ladi. Lekin qasd va niyatimiz xorijida inoyat jihatida kelgan barakat kabi Rabboniy ikromlar xizmatning maqbuliyatiga belgi bo’lgani uchun, nafsi ammora aralashmaslik sharti bilan, ruhim ila qabul qilaman. Nima bo’lganda ham... bu masala bu qadar yetadi.
Ikkinchidan: Eski Umumiy Harbda Pasinlar frontida shahid Mulla Habib bilan birga Rusyaga hujum qilish niyatida ketayotgan edik. Ularning to’pchilari bir-ikki daqiqa oraliq bilan bizga uch to’p otar edi. Uch to’p boshimizning ikki metr ustidan o’tib, orqada dara ichida yashiringan askarlarimiz ko’rinmasada qochishdi. Tajriba uchun: "Mullo Habib nima deysan, men bu kofirning to’pidan yashirinmayman", dedim. U javoban, "Men ham sizning orqangizdan qolmayman", dedi. Ikkinchi to’p juda yaqinimizga tushdi. Hifzi Ilohiy bizni muhofaza qilganiga qanoat hosil qilib Mulla Habibga, "Qani ketdik! Kofirning to’pi bizni o’ldira olmaydi. Orqaga chekinish darajasiga tushmaylik." dedim.
Bitlis qamali va qo’shinning old safida Rusning uch to’pi o’ldiradigan joyimga tegdi. Bittasi shalvarimni teshib ikki oyog’imning orasidan o’tib tahlikali vaziyatda okopga yotishni ep ko’rmaydigan ruhiy holatda bo’lganim uchun, orqadan qo’mondon Kal Ali, hokim Mamduh Beylar eshitdi. "Tez chekinsin yoki okopga tushsin!", deyishsada, "Kofirning to’plari bizni o’ldira olmaydi", dedim va hech qanday ehtiyot va tadbirga ahamiyat bermay, yosh bo’lsamda hayotimni saqlashga urinmadim.
Endi sakson yoshga kirib, o’ta ehtiyot va hayotimni muhofaza qilish, hatto vasvasa darajasida tahlikalardan chekinish holatini ajib qarshilik bo’lib ko’ringani uchun albatta u yoshligini parvosiga keltirmay fido qilish, bir-ikki yil keksalik va lazzatsiz hayotini bu daraja muhofaza qilish katta hikmat uchun bo’lgan ekan. Bunda ikki-uch muqaddas maqsad bor:
Birinchisi: Yashirin, g’ayri rasmiy va bir qancha rasmiy, insofsiz dushmanlarimizning hiylalari bilan Nur shogirdlarining o’rniga butun hujumlari mening shaxsimga qilinishi va jasadim bilan mashg’ul bo’lishi va o’zlari bexabar e'tiborni mendan deb bilib, Nur shogirdlarining bir daraja hiyla va hujumlardan qutulishiga bu keksa va abgor hayotim sabab bo’lgani uchun, Eski Saidning o’nta yoshligicha qardoshlarimning hurmati uchun hozircha vaqtincha ahamiyat bermayman. Agar men o’rtadan chekinsam, menga berilgan qiyinchilik, o’zimdan ko’ra ko’proq sevgan xos qardoshlarimga berilar edi. Demak, bir qiyinchilik, yuz adad qiyinchilik bo’lar edi.
Ikkinchisi: Xos qardosharimning har biri mukammal Said o’rnida Nurga sohib bo’lsada, ixlosdan so’ng eng katta kuchimiz birdamlikdadir. Yo’llarning ayrilishi (qamoqda bo’lganidek) bir daraja birdamlik kuchining ketishi bilan Nur xizmatiga katta zarar bo’lishi ehtimoli bo’lgani uchun, bu bechora keksa xasta hayotim "Yog’dular", "So’zlar" majmualari chiqqunicha va qo’rqoqlik va ko’rolmaslik hislari orqali domlalarni Nurlardan qo’rqitish balosi daf bo’lgunicha va birdamlik to’liq qaror topgunicha hayotimni muhofaza qilishga majburiyat his qilyapman. Chunki uzun imtihonlarda mahkamalar, dushmanlarim mening yashirin va mavjud kamchiliklarimni ko’rmagani uchun, hifzi Ilohiy sababli meni batamom obro’sizlantira olishmagani uchun, Risola-i Nur ustidan g’alaba qozona olishmayapti. Lekin ijtimoiy hayotda ko’p tajribalar bilan mohiyati noaniq, vorislarim yosh Saidlarning bir qanchasini Nurning zarariga tuhmatlar bilan obro’sizlantirishdi degan xavotirdan bu ahamiyatsiz hayotimni ahamiyat bilan saqlashga urinyapman. Hatto yonimda bir to’pponcha bo’lsada, ikkinchi to’pponcha olish kerak deb bildim. Dushmanlarning zaharlari qardoshlarimning duosi bilan ketganidek, boshqa suiqasdlari ham inshaalloh yarim qoladi.
Jumladan: Oy ikki soat tutilgan kecha yashirin dushmanlarim Anqaradan bizdan Nur majmualarini so’ralgani uchun bu yerga ikki odam keldi.
O’ttiz olti majmua jo’natganimizdan bir kun o’tib taxminlariga asosan hali yuborilmagan kitoblarning joyini bilish,
Afyondagi bir-ikki mansabdor masonga xabar berish,
tintuv qildirish,
qulfloq xonamda kosa, piyolalarimga zahar solish uchun g’ayritabiiy tarzda tomga chiqib, ikki xonaning har birning bir derazasini sindirmay ajib shaklda ochib ichkariga kirishibdi. Yotadigan xonam orqasidan surguli bo’lgani uchun, menga suiqasd qila olishmabdi.
Hifzi Ilohiy va Inoyati Rabboniy ularning qo’liga hech narsa bermadi. Yana kerakli narsalar yozar edim. Lekin bezovtalik "Bo’ldi yetadi!" dedi.
Har doim ehtiyot, ixlos, birdamlik, sabot, matonat va vazifamizni qilib Ilohiy vazifaga aralashmaslik, "sirran tanavvarat" dasturiga ko’ra harakatlanish, xavotirlanmaslik va xafa bo’lmaslik kerak va shartdir.
Yana takroran aytaman: Tarixda Nur shogirdlari kabi juda oz qiyinchilik bilan juda qiymatli xizmat va juda ko’p ma'naviy daromadni qo’lga kiritganlar o’tmagan. O’g’ir sharoitda ba'zan bir soat navbat - bir yil ibodat o’rniga o’tganidek, inshaalloh Nurchilarning iymon va Qur'on xizmatidagi soatlari yuzlar soat o’rnida xayrlar qozontiradi.
Umum qardoshlar va singillarga salom aytib, ikki jahonda salomatlariga duo qilgan va duolarini kutgan qardoshingiz
... Haqiqiy fidokor Zubayr, eng kerakli va xizmatda qattiq ehtiyojim bo’lganda, bu yerga yordamga keldi. Yo’qsa Ispartadan o’sha tizimda bir kishi so’ragan bo’lar edim.
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Laylatu-l Me'rojingizni tabriklayman. Unda qilgan duolarning maqbuliyatini rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz. Bu atrofda Me'roj kechasidan bir kun avval va bir kun o’tib rahmatning istisnoiy tarzda yog’ishi, bu vatanda umumiy rahmat tajalliy etishiga ishoratdir, inshaalloh.
Ikkinchidan: Vandagi eski talabalarim bilan ko’p aloqador, men xavotirlangan va so’nggi kunlarda Kastamonuning Sulaymon Rushdusi bo’lgan Choychi Amin Vanda bo’lib eski muborak talabalarning qo’liga Nurlarning yetishishiga harakat qilishi va muborak eski qardoshlarimning hayotda ekanini bilmagan va ularning birga hayotda va Nurlarga ishtiyoqmand bo’lgan maktub bilan xabar berishi meni qattiq xursand qildi. Shundan xavotirlangan edim. Ko’p farohli huzn va eski hazin xursandchilik xotirasini eslatdi. Men bu yer bilan xabarlasha olmaganim uchun, mening o’rnimga Safranbolu qahramonlari xabarlashsa, yaxshi bo’ladi.
Uchinchidan: O’ttiz yildan beri siyosatni tashlab, hodisalarga qiziqmasamda, mo’'jizotli Qur'onimizni ikki yarim yil avval musodara qilib bizga qaytarmaslik bilan birga dunyoda tenggi ko’rilmagan holda Afyon mahkamasi bizni azoblab, kitoblarimizni nashr qilishga to’siq bo’lishi meni qattiq ranjitdi. Besh-o’n kunda ikki-uch marta siyosat dunyosiga qaradim. Ajib bir holatni ko’rdim. Mudofaalarimda aytganimdek, mutlaq istibdod va mutlaq poraxo’rlik bilan harakat qilgan dinsizlik jarayoni masonlik, komunistlik hisobiga bizni bunday iskanjalar bilan ezishga urindi. Endi bu vatanda u kuchni ketkazadigan boshqa bir jarayon chiqishni boshlaganini ko’rdim. Ko’p qarash yo’limga asosan ruxsat bo’lmagani uchun boshqa qaramadim.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
Jalol Bayar
Cumhuriyat Raisi;
Hazratlarini tabriklaymiz. Janobi Haq sizni Islomiyat, vatan va millat xizmatida muvaffaq aylasin.
Nur Talabalarindan ularning nomiga
Said Nursiy
* * *
Raisi Jumhur Jalol Bayar va Deputatlar Hay'atiga
Anqara
Biz Nur Talabalari yigirma yildan beri misli ko’rilmagan azob va iskanjalarga nishon bo’ldik. Sabr qildik. Natijada Janobi Haq sizni yordamga jo’natdi. Qiynoqlarning sababini on besh yildan beri uch mahkama haqiqiy va qonuniy deb xulosalagan bir yuz o’ttiz kitob va ming maktublarda topa olmadi. Bunga Oliy Sud bilan Dengizli Mahkamasini guvoh qilib ko’rsatamiz. O’ttiz yildan beri men siyosatni tark etganman. Bu safar bir necha kun ichida Ahrorlarga boshliq bo’lib millatning kelajagini yelkasiga olishi sababli Raisi Jumhur va Deputatlat Hay'atini tabriklab, bir haqiqatni ochaman. U quyidagicha:
Bizga hujum qilgan va mahkamalarda azob berganlar: "Nur talabalarining dinni siyosatga vosita qilish ehtimoli bor, balki qilayotgandir ham", deyishgan. Biz u zolimlarga qarshi mudofaalarimizdagi minglab hujjatlar bilan aytganmiz va aytamizki:
Biz dinni siyosatga vosita qilmaymiz, balki rizo-i Ilohiydan boshqa hech narsaga, hatto dunyoga va saltanatga vosita qilmaslik yo’limiz asosini tashkil qiladi. Dushmanlarimiz aytishyaptiki: Uch yildan beri uch xaltadan ko’proq ayblov jildlarimizni g’araz bilan tekshirishsada, bizga jazo bera olishmadi. Qilgan o’zboshimcha va vijdosiz hukmiga ham bahona topa oilishmadi. Oliy Sud hukmni rad qildi. Ha, biz dinni siyosatga vosita qilmaymiz, balki vatan va millatga dahshatli zarar berivchi siyosatni mutaassib dinsizlikka vosita qilganlarga qarshi, bizning siyosatni kuzatishimizga qat'iy majburiyat bo’lgan paytda, uch yuz ellik million qardoshlarning birodarligini bu vatandagi qardoshlarga qozontirishga sabab bo’lishi uchun, vazifamiz siyosatni dinga vosita va do’st qilish bo’ladi.
Demak: Bizni qiynaganlarga siyosat jaholati bilan dinsizlikka vosita qilishlariga javoban, bu vaqtgacha biz siyosatni dinga vosita va do’st qilib, bu vatan va millatning saodatiga harakat qildik.
Qardoshlarim, men shuni munosib deb bildim, sizning mashvaratingizga havola qilaman.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Sakson yildan ortiq ibodatli boqiy umrni ta'minlagan Ramazoni Sharifingizni butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Har kechasi biz uchun bir nav Laylatu-l Qadrni manfaatli bo’lishini niyoz qilamiz. Vazifani bo’lishish sirri bilan, har bir xos Nurchi umum Nurchilarning ma'naviy daromadiga hissador bo’ladi. Ma'nan minglab til bilan ibodat, duo, istig’for, tahbehot qilishga haqiqiy birodarlik va ixlos bilan sazovor bo’lishingizni rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz va shunday bo’lishidan umidvormiz.
Ikkinchidan: Risola-i Nurning ma'nan to’liq g’alabasi bilan birga mason qismining dinsizlari va komunistlarning ateist qismi pashshani fil qilib, bahonalar bilan Nurlarning ozodligiga mone bo’lishga urinishyapti. Bu safar ham ma'nosiz, sud majlisimizni sababsiz o’ttiz besh kun kechiktirishdi. Hatto Qur'onimizni bermaslik uchun advokatimizga ham baqirib chaqirishibdi. Lekin inoyati Ilohiy ularning butun rejalarini yarim qoldiryapti. Nurlar kamoli ehtishom bilan Istanbul va Anqara bilimli yoshlarida katta ishtiyoq hosil qilib, o’zini o’zi yoyib shogirdlariga dars beryapti. Ushbu ma'naviy g’alabasining natijasi sifatida Azoni Muhammadiyning aytilishiga harakat qilgan senatorga yuzlab imzo bilan bilimli yoshlar tashakkur aytib, tabriknoma yozishyapti.
Uchinchidan: Bu yerdagi talabalar ham Ramazoni Sharifingizni tabriklab, juda ko’p namunalar ichida eski komunistlarning qiynoqlaridan bir-ikki namuna yozib qoshimcha sifatida sizga taqdim qilishyapti. Balki vaqti kelib bu ma'noda gazetalarda maqola ham nashr qilishar.
Umum qardoshlarim va singillarimga salom aytib, duo qilgan va xastalik sababli qullik vazifasini to’liq qila olmagan, Nurchilarning ma'naviy yordamlariga muhtoj va evaziga duo qilishlarga va ma'naviy daromadlariga muhtoj, xasta qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Xalq Firqasi iqtidor partiyasi sifatida Ustozimizga qilingan og’ir zulm bilan yuzlab qonunsiz iskanjalardan birinchi namunasi:
Zamin yuzida bu asrdagichalik tenggi ko’rilmagan ateist jarayonining rejalari bilan Ustozimizga yigirma besh yildan beri mutlaq istibdod bilan qilingan zulmning bir namunasi quyidagicha:
Nafas olish uchun yopiq avtomobil bilan qirlarga borishi uchun tashqariga chiqqan vaqti, bu yerning katta mansabdori kiyinish tarziga aralashmoqchi bo’libdi. Bu besh tomondan qonunsiz va besh jihatdan vijdonsiz hisoblangan haddini bilmagan jur’atkorlikka qarshi aytamizki:
Podishohning kichik bosimini ko’tara olmagan, Mashrutiyat e'lon qilinganda va Devoni Harb-i O’rfiyda mahkama raisi Hurshid Poshoga va mahkama a'zolariga javoban:
"Agar Mashrutiyat bir firqaning istibdodidan iborat bo’lsa, butun insu jin guvoh bo’lsinki, men murtajiyman. Shariatning bitta masalasi uchun ming ruhim bo’lsa, fido qilishga tayyorman!" degan;
va Deputatlar Majlisida Mustafo Kamolga qarshi: "Namoz o’qimagan kimsa xoin hisoblanadi. Xoinning hukmi mardud-qabul qilinmaydi!" deb, Islomiy kiyimini qat'iyyan va aslo o’zgartirmagan;
kiyinishiga aralashishni xohlagan kimsaning natijada o’zini-o’zi o’ldirib ta'zirini yegan Navzod ismli Anqara hokimiga: "Bu salla bosh bilan birga olinadi" javobini berib, salobatiga hech kim qarshi kela olmagan zotga,
ham Isparta, ham Eskishahar, ham Dengizli mahkamalari ham boshini ochtira olmagan va (oxirgi Afyon mahkamasi mustasno) minglab odamlar va yigirma politsiyachi bo’lgan joyda boshini ochishi aytilmagan;
o’zlari uzlatda bo’lib, kaltafahm mansabdorlarning ma'nosiz xiyonat uchun bosim niyati, to’g’ridan-to’g’ri anarxiya hisobiga vatan va millatga tahlika keltirishiga urinish hisoblanadi.
Yana batamom qonunsiz bo’lishi bilan birga... yillardan beri tenggi uchramagan o’z haqqidan voz kechgan;
fidokorlik bilan eng og’ir sharoitda bir yuz o’ttiz bo’limdan tashkil topgan muazzam va g’aroyib asar kulliyoti bilan vatan va millatning ma'naviy qutulishini ta'minlagan zotga bu tarzda bosim qilish, albatta millat va yoshlarning mahvu parishon bo’lishiga uringan yashirin vatan dushmanlariga yordam berish va vosita bo’lish hisoblanadi.
Afyonda bir-ikki qaysar, ateist masonning ishtiroki va tashviqi bilan xiyonat fikriga hech qanday xiyonatni qabul qilmagan Ustozimizning chidashi va ahamiyat bermasligi sababli ushbu haqiqatni qat'iyyan angladik: Bu vatan va millatga o’zlari orqali zarar kelmasligi uchun e'tibori, sharafi, nafsi, ruhi, tinchligini ham fido qilgan.
Konyalik Zubayr
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Ham sizning, ham bu mamlakatning, ham olami Islomning muhim bayramining muqaddimasi bo’lgan, bu yurtda sha'oiri Islomiyaning yangidan porlashining xushxabarchisi bo’lgan Azoni Muhammadiyning (A.S.M.) kamoli sevinch bilan o’n minglab minoralarda aytilishini tabriklaymiz. Va sakson yildan ortiq ibodatli umrni qozontirgan Ramazoni Sharifdagi ibodat va duolaringizning maqbuliyatiga omin deb, rahmati Ilohiyadan har bir Ramazon kechasini bir Laylatu-l Qadr o’rniga o’tishini, sizga savob qozontirishini niyoz qilamiz. Bu Ramazonda qattiq zaiflik va xastaligim sababli to’liq xizmat qila olmaganim uchun, sizdan ma'naviy yordamni iltimos qilaman.
Ikkinchidan: Mening so’nggi hayotimni Isparta atrofida o’tkazish katta orzuimdir. Nur Yigitining aytganidek: "Isparta toshi, tuprog’i bilan men uchun muborak hisoblanadi. Hatto yigirma besh yildan beri meni qiynoq bilan azoblagan eski hukumatga qachon qalban g’azablangan bo’lsamda, hech qachon Isparta hukumatiga g’azablanmay bu muborak vatandagi hukumatning hurmati uchun, boshqalarini ham unutar edim. Xususan u yerdagi eski buzg’unchilikni ta'mirlashni boshlagan haqiqiy vatanparvar demokrat nomli hamiyatli Ahrorlar, ya'ni hurriyatparvarlar, Nurchilarni taqdir qilgani uchun, juda minnatdorman. Ularning muvaffaqiyatiga ko’p duo qilaman. Inshaalloh Ahrorlar, mutlaq istibdodni yo’q qilib to’liq shar'iy hurriyatga erishishga sabab bo’lishadi.
Uchinchidan: Bayramdan keyin bu yerda yana bir oz qolishim bir sababga binoan kerak. Bir-ikki oy keyin Madrasatu-z Zahro ruknlarining qarori bilan va Istanbul va Anqara universitetlaridagi yosh Saidlarning ham roziligi menga qayerni munosib ko’rsangiz, o’sha joyni qabul qilaman. Modomiki haqiqiy vorislarim siz ekansiz va vazifamni shaxsimdan ming marta ko’proq dunyoda qilayotgan ekansiz, bu foniy hayotdagi so’nggi manzilimni sizning ra'yingizga qoldiraman.
To’rtinchidan: Ham tabriklarini, ham qattiq aloqalarini ko’rsatgan Ahmad Nazif, Ahmad Fayzi, Halil Ibrohim, Hazan Atif va Bujoq, Afloniy va Istanbuldagi Nurchilarning maktubiga mening o’rnimga siz javob bersangiz, sizlarni vakil qilaman.
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Hadisi sharifning sirri bilan Ramazoni Sharifning so’nggi yarmida, xususan oxirgi o’n kunida, boxusus toq kechalarda, asosan yigirma yetinchi kechasi - sakson yildan ortiq ibodatli umrni qozontiradigan Laylatu-l Qadrni ihyo qilishga har biringiz umum Nur talabalari bilan birga, xususan bu bechora kamchiligi ko’p, xasta, zaif qardoshingizni hissaador qilishingizni va duolaringizning minglab ma'naviy ominlarning tasdig’i bilan dargohi Ilohiyda qabul bo’lishini rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz.
Ikkinchidan: Universitetdagi yosh Saidlarning haqiqatdan Madrasatu-z Zahroning Istanbul va Anqaradagi vazifasini qilishganiga va bu bechora Saidga ehtiyoj qoldirmaganlariga va Risola-i Nurning har bir jihatdan kifoya qilganini bitta namunasi sifatida hozir sizga konvertda jo’natgan, ularning deputatlarga yozgan bayonnomalarini va yana ularning bir asari bo’lgan "Hayot Yo’li"ning yetmish nusxasining bosh tomoniga qo’yib yetmish deputatga jonatish uchun kelgan bayonnomalarini ma'lumot sifatida sizga jo’natdik. Munosib ko’rsangiz uni va avval jo’natilgan Sungurning Ma'orif Vazirligiga mudofaasi va Mustafo Usmonning Adliya Vaziriga arizasi bilan birga "Hayot Yo’li"ga bir nav ilova sifatida qo’lyozma yoki mashinka bilan Ineboludagi yangi harf bilan ellik-oltmish nusxa ko’paytirishni ra'yingizga havola qilamiz.
Uchinchidan: Madrasatu-z Zahro ruknlari mening o’rnimga ham haqiqiy vakillarimdir. Menga kelgan maktublarga ular mening o’rnimga javob berishsin. Xususan Xusravning maktubida ismlari bo’lgan kishilarga munosib javob beringlar. Ahmad Fayzining sizga yozgan maktubiga javobning bir qismini konvertda sizga jo’natyapmiz.
Umum qardosh va singillarimning muborak Ramazonlarini ba umum kechalarini, ma'naviy Laylatu-l Qadrlarini tabriklab, salom aytib duo qilaman va duolarini iltimos qilamiz.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
[Haq va haqiqatning noshiri Sabilurrashodga, amalda Xalq Partiyasi nomidan qilingan yuz jihatdan qonunsiz muomalani arz qilyapmiz:]
Ustozimiz Badiuzzamon Said Nursiy shiddatli zaharlarning natijasida xastaligi og’irlashib hayotdan umidini uzgani uchun, nafaqa puliga olgan sakkiz adad kitobini muhofaza qilish uchun muftiy qardoshiga jo’natgan edilar. Amirtog’ pochtaxonasi go’yo zobitlar ma'muri vazifasini qilayotgandek, yashirin maqsadga binoan kitoblarni olib jandarma bo’limiga o’zi kirib, hokimlikka, adliyaga va telefon orqali Afyonga eshittirib, ishni bo’rttirib kitoblarning barchasini adliyaga berdirgan.
Kitoblar shu mohiyatda: Besh bo’limi mahkamadagi mudofaa va ilovalardan iborat. Keyingi uch kitob, hozirgi adliya vakili Halil O’zyoruqning uch-marta oqlanishiga hukm qilgan asarlar bo’lib, Dengizli mahkamasi ushbu asarlarning bo’limlarini qaytarib bergan. Afyon mahkamasining ham hukmini buzib, bu asarlarning oqlanishiga hukm qilgan.
Eski adliya vakili komunist Fuat Sirman eski deputatlar hay'atiga xabar beribdi va Qur'onning o’ta haq va manfaatli tafsiri bo’lgan "Zulfiqor" majmuasining to’rt yuz sahifasi ichida o’ttiz yil avval yozilgan ikki oyatning tafsiriga doir ikki sahifani bahona qilib ushbu juda muhim asarni ta'qiqlashga urindi. Holbuki hozir millat va vatanga o’ta zararli komunist va masonlarning asarlariga ruxsat berildi. Lekin yuz minglab insonlarning iymonini qutqargan, Qur'onning o’ta haq va juda ko’p manfaati bo’lgan bir tafsiri ekanini besh yuz ming odamning shahodati bilan isbot qilgan asarlarimizga zararli varaqalar deb muomala qilish, ustozimizga bu xasta, nozik davrda o’z qardoshlariga bu hazin qayg’uga solish, yuz jihatdan qonunsiz deb arz qilamiz.
Ikkinchidan: Bu masalaning o’ta ayyor va g’oyat yashirin haqiqati quyodagicha: Ustozimiz talabalarini ma'nan va moddatan Demokrat Partiyasiga yordam berishga yengil tashviq qilgan edilar. Buni Xalq Partiyasining qaysar mustabidlari tushungani uchun, ma'nosiz bahona bilan pashshani fil qilib muomala qilishdi. Yo’qsa har tarafda kitoblar pochta orqali olinib-berilyapti, bu yerga ham Istanbul va boshqa joylardan kelyapti, bunga hech kim aralashmayapti. Bu holat juda ayyorona va umid qilinmagan rejadir.
Uchinchidan: "Zulfiqor"da mavzui o’tgan ikki oyatning tafsiridan ming mislida muxolafat bilan amalda matbuotda eski hukumatga hujumlar qilinyapti. Hozir u oyatlarning tafsiri zarra miqdor ayblana olmaydi. Bundan anglashilyaptiki, bu muomalalar Xalq Partiyasi hisobiga qilinishda davom etgan o’zboshimcha ishlardir. Xalq Partiyasi a'zolarining "Saltanat demokratlarda bo’lsa, hukm, ijro va boshqaruv bizda", degan iddio va vahimalarining namunasidir.
Amirtog’ Nur talabalari nomidan
Mahmud, Ibrohim, Ziyo va boshqalar...
* * *
Jumhuriyat Raisi, Deputatlar Hay'ati, Boshvazirlikka, Adliya Vazirligi Yuqori Qismiga, Diyonat Riyosatiga
Anqara
Haqiqiy adolat va hurriyat uchun harakat qilgan kishilarga bir necha nuqtani bayon qilaman:
Birinchi nuqta: Ham Dengizli mahkamasi, ham Anqara og’ir jazo mahkamasi butun Risola-i Nur bo’limlarini tekshirib, ekspertlar hay'atining ishtirokida oqlanishiga va egalariga qaytarib berishda muammo yo’qligiga hukm qilib Saidni do’stlari bilan oqlab, qamoqdan chiqarib, ikki yil qo’llarda va mahkamalarda qolgan Nur Risolalarining to’lig’ini Said va do’stlariga qaytarib berilgani va o’sha hukmni Oliy Sud ham to’g’riligini tasdiqladi. Endi Afyonning Saidning shaxsiga qarshi ikki g’arazkorning o’sha kitoblarni, ham o’ta antiqa mo’'jizotli yozuvdagi Qur'onni batamom qonunga xilof ravishda musodara qilib, Said va do’stlariga qilgan aslsiz hukmini yana ayni Oliy Sud buzib, hozir vatan va millat eski partiyasining g’arazli istibdodidan qutqargan ba'zi hamiyatkor, vatanparvar demokrat boshliqlari o’sha risolalarni to’liq maqtab qabul qilib sohib bo’lishdi. Lekin uch yildan beri bizdek faqirlarga sababsiz minglab lira zarar keltirish, uch marta oqlagan mahkamani uch yil cho’zib (ajib zulm ichida shaxsiy g’araz bor) yigirma oy yakka hujrada xizmatchisi bilan ko’rishtirishmadi.
Chiqqandan keyin eshigi oldiga ikki polotsiyachi qo’yishdi. Yana o’ta taqvodor Nur shogirdlarini qasddan, sababsiz, faqat taqvolari uchun xoyinat uchun shom namozi vaqti sudga chiqarib namozlarini qazoga qoldirib ajib bir zulm qilishdi. Ham butun Risola-i Nur asarlarini bir marta Ispartada tamoman musodara qilib tekshishdan keyin takroran boricha qaytarib berishdi.
Demokratlar davrida:
modomiki Azoni Muhammadiy va din darslari kabi sha'oiri Islomiya bilan Qur'onga xizmat qilish va eski hukumatning Qur'onning zarariga buzg’unchiliklari ta'mirlanishi boshlandi.
Modomiki dinsizlar, masonlar va komunistlarning asarlari tarqalayotgan ekan, albatta olami Islomning Makka, Shom kabi yerlarida buyuk olimlarning taqdir va tahsinlariga sazovor bo’lgan,
Diyonat Riyosatida domlalarga o’qittirilgan "Zulfiqor", "Asoy-i Muso" va "Sirojun Nur" kabi faylasuflarni mot qilgan muborak majmualarni musodara qilish,
Uch yil ular bilan birga bahosi minglar lira qiymatidagi qadrli, mo’'jizotli, Jalol Ismi oltin harf bilan yozilgan, Diyonat Raisi to’liq taqdir qilib chop etishga harakat qilgan Qur'onni musodara qilgan kimsalar, albatta adolat, adliya va haqiqat uchun emas, balki komunist, masonlik uchun g’arazkorlik qilishyapti.
Men zaharli xastalik bilan qattiq og’riganim va o’z huquqimni mudofaa qila olmaganim uchun, Sungurni o’zimga vakil qilaman. Eski hukumatning menga qarshi yigirma yillik qiynoq bilan buzg’unchilikni to’xtatishini yangi adolatparvar hukumat vazirlaridan kutaman. Qardoshlarimdan Mustafo Sungurni vakil qilaman.
Nur Shogirdlari nomidan
Said Nursiy
* * *
[Muhim bir haqiqat va Demokratlar bilan universitet Nurchilarining murojaati.]
Hozir odamlarning istagi bilan sha'oir-i Islomiyaning ozod bo’lishiga sabab bo’lgan Demokratlar ham mavqelarini saqlash, ham vatan va millatni xursand qilishning yagona chorasi - o’zlariga Islom birdamligi jarayonini tayanch nuqtasi qilishlari bo’ladi. Eski davrda Ingliz, Fransuz, Amerika siyosatlari va manfaatlari bunga qarshi bo’lishar edi.
Endi esa manfaati va siyosati bunga qarshi emas, balki muhtojdir. Chunki komunistlik, masonlik, ateistlik, dinsizlik to’g’ridan-to’g’ri anarxistlikka olib boradi. Bu dahshatli buzg’unchilarga qarshi faqat va faqat Qur'oniy haqiqat atrofida Islom ittifoqi tura oladi. İnsonni bu tahlikadan qutqalishga sabab bo’lganidek, bu vatanni ajnabiy istilosidan va bu millatni anarxiyadan qutqaradigan narsa faqat udir. Shunga binoan, Demokratlar butun kuchi bilan bu haqiqatga tayanib, komunist va masonlik jarayoniga qarshi turishlari kerak.
Bir Azoni Muhammadiyning (A.S.M.) erkin aytilishi o’z kuchlaridan yigirma marta ko’proq quvvat qozonishdi. Millatni o’zlariga isintirishdi, minnatdor qildilar. Ma'nan eski Ittihodi Muhammadiydan (A.S.M.) bo’lgan yuz minglar Nurchilar bilan, eski davr kabi farmason va Ittihodchilarning mason qismiga qarshi birlashishlari kabi, hozir ham aynan Islom Ittifoqidan bo’lgan Nurchilar ko’pchilikni tashkil qiladi. Demokratlarga bir tayanch nuqtasi bo’lishadi. Lekin Demokratlarga qarshi eski partiyaning haddidan oshgan va mason yoki komunist zehnli qismi Demokratlarga ikki midhish zarba urishga tayyorlanishyapti. Eski vaqtlar Ahrorlar ikki marta boshga kelib, qisqa vaqtda ularni yiqitganidek, ularning ittifoqdoshi bo’lgan Ittihodi Muhammadiy (A.S.M.) a'zolarining ko’pini osdilar. Ahror deyilgan Demokratlarni o’zlaridan ham dinsiz qilib ko’rsatishga urinishdi. Aynan shuning kabi: Hozir bir qismi dindorlik pardasiga kirib Demokratlarni dinga qarshi qo’yish yoki o’zlari kabi buzg’unchilikka yo’naltirishni istaganlari qat'iyyan aniqlashdi. Hatto ulamolarning rasmiy qismini o’zlariga jalb qilib, Demokratlarga qarshi qo’yish va Nurchilar vositasida ulamolar Demokratlar tomonga o’tmasligi uchun ularga teng keladigan Nurchilarni ezishni istashyapti. Chunki Nurchilar qaysi tomonga o’tishsa, ulamolar ham o’sha tomonga tarafdor bo’ladi. Chunki kirishlari uchun ulardan kuchliroq jarayon yo’q.
Modomiki bu haqiqat ekan, yigirma besh yildan beri ahli ilmni, ahli tariqatni ezgan yoki maddohlikka majbur qilgan eski partiyaning haddidan oshgan, mason va komunist qismi bu nuqtadan foydalanib, Demokratlarni yiqitishni istashadi. Demokratlar ham Nurchilarni, ham ulamolarni, ham millatni xursand va minnatdor qilish, Amerika va uning ittifoqdoshlarining yordamini yo’qotmaslik uchun butun kichi bilan Azon masalasi kabi sha'oir-i Islomiyani qayta tiklash uchun mumkin bo’lganicha ta'mirlashga harakat qilishga majbur, kerak va shartdir.
Afsuski ba'zi haddidan oshgan, mason va komunistlar Demokratlarga qarshi bo’lsada, Demokratlarni buzg’unchilikka yo’naltirib, dinga qarshi ko’rsatib, ularni yiqitishi uchun o’zini Demokrat qilib ko’rsatishyapti.
Nur Talabalari va Nurchi Universitet yoshlari nomidan
Sodiq, Sungur, Ziyo
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq, fidokor qardoshimiz Hoji Ali!
Siz jo’natgan qiymatli va xususan Hazrati Ustozni juda sevintirgan maktubingizni oldik. Ustozimiz aytyaptilarki:
"Risola-i Nur bu davrda kifoya qiladi. O’n yil madrasada o’qiganlar, Risola-i Nur bilan bir yilda ayni natijaga erishganiga minglab ahli ilm guvoh. Modomiki Hoji Qilich Ali bir yarim yil butun Risola-i Nur bo’limlarini yelkasiga olgan, qisman o’qigan ekan, bizning nazarimizda yigirma yillik Nur talabasi kabidir. Men har tong xoslar ichida amal daftariga o’tishi uchun uni ismi bilan butun ma'naviy daromadlarimga hissador qilaman. Shunday ekan, u ham butun hayotini Ridola-i Nurga berishga mukallafdir.
Demak hozirgacha Jome'u-l Azharga borishga muvaffaq bo’la olmasligi ahamiyatli bir hikmat uchun ekanki, Nurlar unga kifoya qildi. Hozir Shomga, Halabga yaqin bo’lgan Urfada kelajakda bir Madrasa-i Nuriya tashkil etilishidan qattiq umidvormiz. Qilich Ali bilan birga Eski Saidning o’ta qiymatli talabasi bo’lgan Shomdagi Mulla Abdulmajid Urfadagi Nur talabalaridan Sayyid Solih va u kishining yoniga borgan Nurning fidokor talabasi bilan xabarlashishsin. Men Mulla Abdulmajidga, yana Hoji Aliga, ham Shomdagi Risola-i Nurga aloqador bo’lganlarga ko’p salom aytaman. Va duolarini istab, u muborak yerdan menga duo qilishlarini iltimos qilaman", dedilar.
Ha qahramon qardoshimiz Hoji Ali, Hazrati Ustoz doim sizning fidokorligingizni aytadilar. Biz ham sizni tahsinlar bilan tabriklaymiz.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Ustozning xizmatidagi qusurli
Sungur, Zubayr, Ziyo
* * *
Aziz qardoshim!
Avvalo: Ming mashaalloh, "So’zlar" majmuasida yanglishlar yoq hisobi. Chiqqan bir necha so’z, qo’shimcha qilib jo’natildi.
Ikkinchidan: Agar munosib deb bilsangiz, men jo’natgan ushbu ellik lirani mening hisobimdan mahkamadagi majmualar evaziga men uchun olib jo’nating. Agar munosib ko’rmasangiz, bu safargi jo’natgan majmualarning menga tegishli qismining bahosiga olinglar.
Uchinchidan: Hozircha "Hayot Yo’li"ni deputatlarga evazsiz bermaslik munosib. Sotib olishni xohlaganlarga berilsin. Lekin Anqarada o’n-yigirma musxa bo’lsa, munosib bo’ladi.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Muazzam va g’aroyib Risdola-i Nur kulliyotidan ikki katta majmuaning yo’q qilinishi haqida dahshatli bir xabar eshitdik. O’ta haq va haqiqatli, faylasiflarni mot qilgan majmualar Risola-i Nurning boshqa bo’limlari bilan birga Dengizli va Anqara mahkamalarida oqlanib, oqlangani tasdiqlanib qaytarib berilgan va ikki marta Oliy Sud oqlagan edi. Misr, Shom, Halab, Makka-i Mukarrama va Madina-i Munavvara kabi olami Islomning muhim markazlarida favqulotda taqdir va tahsinga loyiq ko’rilgan va qabul qilinganiga hurmatan Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vasallamning qabri sharifi va Hajaru-l Asvad ustiga qo’yilgan bu asarlar haqidagi mudhish muomala, Xalq partiyasining qilgan boshqa katta jinoyatlari kabi, tarixda o’xshashi ko’rilmagan ayb hisoblanadi.
Biz Nur talabalari zolim ayyorlardan haqqimizni oson ola bilar edik. Lekin Islomiyatning asrlardan beri bayroqdorligini qilgan qahramon turk millatining ma'sun farzandlari va keksalariga Risola-i Nurning bizda hosil qilgan kuchli shafqat sababli va Qur'oni Hakimning bizni kurashishdan man qilib, qo’limizda to’p o’rniga Nur bo’lishi fazilati bilan, butun kuchimiz bilan yo’limiz iqtizo qilgan osoyishtalikni ta'minlash asosiga binoan, zolimlarga moddiy javob bermadik. Yo’qsa Alloh ko’rsatmasin, qat'iy majburiyat bo’lsa, komunist va masonlar hisobiga unga sabab bo’lganlar ming marta pushaymon bo’lar edi. Biz ko’rganimizdan chiqargan qat'iy xulosamiz shuki:
Risola-i Nurga dinsizlik va ateistlar hisobiga kavlangan payt umumiy musibat keladi. Hujum qilingan onda to’rt marta katta zilzila boshlanishi va ko’p hodisalarning ayni daqiqada sodir bo’lishi bu fikrimizni tasdiqlagan. Shu e'tibordan bunday qarorning ijrosi tufayli iymon ahlining g’ayri tabiiy va qiymatli, muborak majmualarni yo’q qilish jinoyati, bu millat va mamlakat ichida ma'naviy zilzilalar, to’fonlar, vabo va bo’ronlar kelishining kuchli ehtimolidan qo’rqyapmiz. Zero Risola-i Nurga to’rt marta bosim va hujum qilingan vaqt shiddatli zilzilalarning muvofiq kelishi, bu haqiqatni ko’r ko’zlarga ham ko’rsatgan.
Hatto mahkamada da'vo qildik. Mufassirlarnign uch yuz ellik ming tafsirlariga ergashib, ikki sahifada Qur'onning ikki oyatini tafsir qilgani bahonasi bilan yuz minglar kishilarning iymoniga qattiq ahamiyat berib va ta'sir bilan xizmat qilgan to’rt yuz sahifalik "Zulfiqor" majmuasini musodara va yo’q qilish, dunyoda hech bir qonunda yo’q. Bu faqatgina dinsizlikka vosita qilingan fojiali g’arazli kimsalarning haq, haqiqat va adolatdan qanchalik uzoqligining ochiq ravshan dalili bo’lganini, zarra miqdor vijdoni bo’lganlar biladi va yuzsiz yuziga la'natlab va nafratlanishadi. Xalq partiyasi mustabid, fundamentalist zolimlar davrida qilingan bu qo’rqinchli muomalaga qahramon Demokratlar hukumati qarshilik qilib, Afyon mahkamasida uch yildan beri qamoqda bo’lgan va zarracha aybi bo’lmagan asarlarni va eng boshda oltin muqovali va tavofuqli mo’'zijali Qur'onimizni darhol qaytarib berishlarini qattiq umid qilib, tegishli organlardan iltimos qilamiz.
Nur Talabalari nomidan
Xusrav, Sungur
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Aziz, qahramon akamiz!
Avvalo: Buyuk majmualarning yo’q qilinishiga qat'iyyan yo’l qo’yilmasligi uchun o’ta ahamiyatli masalani aytamiz. Qanday bahoga bo’lsa ham, qutraqiladi. Faqat yo’q qilish qarori hozirmi, yo’qsa eskidan qaror qilinganmi va sizga yo’q qilish qarori rasman bormi? Bu jihatni boricha bilib bizga tez va darhol bildiring.
Ikkinchidan: Bu xususda Anqaradagi qahramon Sungurga va Davlat Vaziriga yozilgan murojaatni ma'lumot uchun taqdim qilyapmiz. Minglar salom va hurmat bilan qo’llaringizdan o’pamiz.
Ziyo, Zubayr
* * *
Aziz va juda qiymatli qahramon qardoshimiz Sungur!
Avvalo: Minglar salom aytib, Janobi Haqdan Nur xizmatingizda xayrli muvaffaqiyatlaringizni tilaymiz.
Ikkinchidan: Juda ahamiyatli va mahram ishni bildiramiz. Xabar olganimizga ko’ra, Isparta adliyasida olib qo’yilgan bir yuz yetmish jild "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" majmualari hozirgi Adliya Vazirining oqlashini, qaytarib berishini tasdiqlab avvalroq Dengizlida Ustozimizga berilgan kitoblardir. Bularni yo’q qilish uchun qaror qilinibdi. Zamin va osmonlarni g’azabga keltiradigan va mavjudotni yig’latadigan bu mudhish qarorning Demokratlarga qarshi Xalq partiyasining haddidan oshgan a'zolari tomonidan tuzilgan reja ekaniga qat'iyyan shubhamiz yo’q. Chunki Nur talabalarining Demokratlarni kuchli tayanch yeri ekanini haddini bilmagan shaytonlar tushunishibdi. Nur talabalarini Demokratlardan bu shaklda nafrat ettirib, hukumatni yiqitishga urinishyapti. Bu rejaning yarim qolishi va majmualarimizning qutulishi va Afyondagi kitoblarimizning to’liq qaytarilishi uchun juda ko’p ahamiyat va g’ayrat bilan yozilishini Ustozimiz sizga havola qiladilar.
Ziyo, Zubayr
* * *
Davlat Vazirligiga!
Sizga vatan va millatning kelajagi mavzuida o’ta ahamiyatli, shayton ham o’ylashga qiynaladigan tarzda tuzilgan, Demokratlargta qarshi bir rejani oshkor qilamiz. Jumladan:
Bu vatanda dinsizlik bilan, mutlaq istibdod va ashaddiy zulmga qarshi yigirma yetti yildan beri parda orqasidagi xususiy nashriyot bilan g’ayritabiiy, o’zini o’ylamay kurashgan Badiuzzamon Said Nursiyning o’rtaga chiqargan muazzam Nur Talabalari jamoatining Demokratlar partiyasini qo’llaganini Xalq partiyasining haddidan oshgan hiylachilari tushunibdi. Hatto bir vaqtlar Nur talabalari ko’p sonda yig’ilgan mintaqalarda o’ta yashirin tekshiruv va josuslik qilishga Ismat chiqarilgan edi.
Onadoluning har tarafida g’aroyib bir iymoniy kuch bilan favqulotda fidokorlik bilan bu millatning iymon va Islomiyatga xizmat qilib, zolimlar saltanatining asosidan va tomiridan qulatishga sabab bo’lgan Nur talabalarini Demokratlardan nafrat qildirish uchun uxroviy va dunyoviy hayotlarining xaloskori bo’lgan, yuz minglab ahli iymonni va bir qism oliy ma'lumotli yoshlarni nurlantirib, irshod qilgan va Arabistonda, Misrda katta taqdir va tahsinga loyiq ko’rilgan va muborakligiga hurmatan Payg’ambarimizning qabri sharifi va Hojaru-l Asvad ustigo qo’yilgan "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" majmualarining Isparta Adliyasi tomonidan yoqilishiga qaror qilish kabi, yer va osmonlarni g’azabga keltiradigan va mavjudotni yig’latadigan darajada hukm qilingani xabarini oldik.
Holbuki, bir yuz o’n to’qqiz bo’limdan tashkil topgan Risola-i Nur Kulliyotidan bo’lgan o’n katta majmualarning qismlari ham Risola-i Nur Kulliyoti bilan 1944 yil Dengizli Og’ir Jazo Mahkamasida bir ovozdan oqlangan. Oliy Sud bu hukmni tasdiqlagan. Tasdiqlanib, butun asarlar muhtaram muallifiga va egalariga qaytarib berilgan. So’nggi Afyon makamasida ham Xalq partiyasi hukumatining komunist deputatining xususiy buyrig’i bilan qilgan g’arazli hukmi qahramon Demokratlarning adliya vakili eski Oliy Sudning adolatli muhtaram raisi asosidan buzgan. Nihoyat afv qonuni bilan amalga oshirmoqchi bo’lgan va hal qila olgan hiylali tuhmat va bo’htonlari ustiga parda tortib, afv bilan bitirishgan.
Haqiqat bu markazda ekan va hozir eski hukumatda minglar kichik nashriyotlar ishlarini bemalol davom ettirayapti. To’rt yuz sahifalik o’ta haq va haqiqatli majmuaning ikki sahifasida bir oyatning tafsirini, g’araz bilan bahona qilib javobgarlikka tortiladigan qilib, yo’q qilish qarorigacha borishibdi.
To’g’ridan-to’g’ri eski zolim partiya uchun va shu maqsadga bog’liq:
Yuzminglab Nur talabalarini Demokratlarga qarshi qo’yib, Demokrat partiyasining sassiz- sadosiz, lekin dindorligi uchun o’ta metin tayanch yerini yo’q qilish va Demokrat hukumatini ag’darishdir. Bu mudhish va shaytoniy rejaning yarim qolishi uchun siz muhtaramga ahamiyat bilan xabar berib, hurmatimizni bildiramiz.
Universitet Nur Talabalari nomidan
Yusuf Ziyo Orun
* * *
(Ma'lumot uchun sizga jo’natildi.)
Buyuk Sharqning yigirma to’qqizinchi kuni "Lozannaning Asl yuzi" degan maqoladan:
Ingliz boshqaruv hay'ati raisi Lord Gurzon oxiri eng ma'noli gapini gapirdi:
"Turkiya Islomiy aloqasini va Islomni ko’rsatish ro’lini o’z qo’li bilan hal qilib, tashlasa, biz bilan samimiy birlashib Xristian dunyosining hurmat va minnatdorligini qozonadi, biz unga istaganini beramiz."
Lozannada turk boshqqaruv hay'ati boshlig’i va amalda haqiqiy maqsadlarini anglamagan Ismat Posho bir ora Xristian istaklarining Turkiyani o’tmishdagi ruh va muqaddas narsalarini ildizidan qo’porish ekanini sezsada, bu yashirin evaz va va'da berib aytyaptiki:
"Eskidan beri ildiz otgan va qo’hna to’siqlardan (ya'ni Islomiy an'analardan) qutulish xususida harakatlari (ya'ni Ismatning urinishi) inkor qilinmas dalildir."
Harfi harfiga iqtibos keltirilgan so’zlarda turk bosh boshqaruvchining ya'ni Ismatning eskidan beri ildiz otgan va eskirgan to’siqlardan qutulish xususida turk millatiga qilgan ishlarini nimani ko’zlaganini va buni qaysi maqsadda Islomiyat dushmanlariga evaz deb berganini so’rash kerak.
Konferensiyaning birinchi bosqichida turk bosh vakili, shaxsan qaror qilmasligi kerkaligi va tepadagi odamga, ya'ni Mustafo Kamolga bildirishga majbur bo’lgani uchun yurtiga qaytib, o’zini Haydarpashadan Anqaraga ketadigan poyezd va davlat raisini (Mustafo Kamol) Izmirdan Anqaraga boradigan poyezdda Eskishaharda ko’rishgan. Bir joyda va birga bir sayohat... Keyin Anqara yashirin majlis yig’ilishlari... Lekin asos masalalarda doim birga bir. Mustafo Kamol bilan Ismat birga yig’lishi va qaror: "Din o’ldiriladi."
Lozanna konferensiyasining ikkinchi sahifasi: ...Endi hamma narsa Turkiya uchun sumkada tayyor. Ya'ni dinni tark ettirib hamma narsa qildiriladi. Yangi partiyaning (Kamolizm va Ismat hukumati) bundan so’ng bu millatga Islomiyatni qatl qilish dasturi bilan harakatlanib, dushman tomonning qo’mondonlaridan, ya'ni dushman salbchi qo’mondonlaridan dinni o’ldirishga qattiq istakli ekani va o’rnaklar berib, xususan hudud tashqarisi emas, hudud ichi va milliy g’oya sarlavhasi ostida ishlaydigan shubhadan qutuladi."
So’nggi Vasiqa
Lozanna Kelishuvidan so’ng Angliya Oliy Majlisida, "Turklarning mustaqilligini nima uchun tan oldingiz?" degan e'tirozlarga Lord Gurzonning bergan javobi:
"Asl bundan keyingi turklar boshqa eski kuch va shavkatiga qovusha olmaydilar. Zero biz ularni ma'naviyat va ruh frontlaridan o’ldirdik." Ya'ni, Mustafo Kamol va Ismatning qilgan qarori, turk millatini Islomiyat va din jihatidan o’ldirish qaroridir.
Endi bunga asosan hamma narsa ochiq oydin anglashilmadimi?..
Yashirin kelishuvning o’yini:
Turklarga dinlarini va din vakilligini fido qildirish sharti bilan, sun'iy istiqlol ishida yashirin kelishuvning orqasida bir so’z bilan aytsak, Yahudiylik turibdi. Bu ish yelkasiga yuklangan shaxs hozirgi Misr Hahamboshisi Hayim Naumdir. Bu hayim Naum qo’rqinchli tashabbusga avvalo Amerikada turklarga foydali bir asar haqida konferensiya tashkil qilib, imperializm boshliqlariga turklarga oid moddani erkin qo’yishlarini, buning evaziga ich ichidan ruhini o’z odamlariga yiqitish fikrini berib boshlagan. Ya'ni, mason bo’lgani uchun Qur'onning hukmlarini olib tahslash, millatni dinsiz qilishdir. Hayim Naum mudhish rejaning zaminini Amerikada tayyorlagand so’ng Angliyaga borib, xolis yahudiy bo’lgan Lord Gurzon bilan gaplashib shu taklifni aytgan:
"Siz Turkiya turoqlarini to’liq qabul qiling. Ularga men Islomiyatni va Islomning vakilligini, oyoq ostiga olinishini va'da beraman." O’sha Hayim Naum turk boshqaruv hay'atiga maslahatchi sifatida sizib kirishning ham yo’lini topgan. Ya'ni Mustafo Kamol va Ismatni o’ziga do’st qilgan. Shuning uchun uchalovi birlashgani uchun orada hech qanday stansiyaning ishlashiga hech qanday to’siq qolmagan.
Hayim Naum o’sha vaqtda Anqaragacha kelib rejaning muvaffaqiyati uchun kerakli eng muhim va markaziy shaxs nazdida (ya'ni Mustafo Kamol yonida) ishongan ta'sirining darajasini o’lchashni xohlaydi. Bu ta'sir va'da qilingan masalada Hayim Naumdan ham havaskor va g’ayratli Islomiyat dushmaniga tasodif qilib murodiga yetgan. Natijada turkni ichidan o’ldirishning rejasini amalga oshirish uchun hamma narsa tayyor holga kelgan.
Bu muhim vasiqa to’liq Risola-I Nur tarjimonining qirq yil avval hadisi sharifning xabariga doir bayon qilgan hodisani tasdiqlagani va Shariati Ahmadiyaga xiyonat qilgan dahshatli shaxsning muhim bir kuchi Yahudiy ekani, Yahudiy Lord Gurzon bilan hayim Naum o’sha xabarning haqiqatini ko’rsatishgani va yigirma besh yildan beri Nurchilarni yo’qotishga o’zboshimcha qonunlar bilan dahshatli zulmlarning hikmatini to’liq ko’rsatadi.
* * *
Juda aziz, muborak, sevgili, mushfiq Ustozimiz Afandimiz Hazratlari!
Mo’'jizotli va Jalol Ismi oltin bilan yozilgan, yaltiroq muqovali Qur'onni Diyonat Riyosati, Afyon Mahkamasidan keltirib, kecha Istanbul Musxaflarni Tekshirish hay'atiga jo’natilgan. Hay'at tekshirib nashr qilish kerak va shartligini tasdiqlab, qaytarib berar ekan.
Oqshaharli qahramon Ahmad Oltin qardoshimizning avvalroq bir nusxasini siz sevgili Ustozimizga jo’natgan va Diyonat Boshqarmasiga yozgan murojaatini Diyonat Riyosati Mushovara Hay'ati tekshiribdi. Bunga siz sevgili Ustozimiz Diyonat Riyosatiga hadya qilgan ikki to’plamning birini mushovara hay'atiga tekshirish uchun berishar ekan. Diyonatda Nurlarning foydasiga harakat qilgan muhtaram qardoshimiz bor. Haqiqatdan sevgili Ustozimiz, boshidan oxirigacha zulmatli, qoraygan Anqara hozir qattiq o’zgargan va tobora o’zgaryapti. Sochilgan zaharlar yoshlarga ta'sirini yo’qotgan.
Sungur
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Ming barakalloh, "So’zlar" majmuasining chiroyli va xatosiz chiqishi va musodara qilingan majmualarning yo’q qilinishdan qutulishiga namuna sifatida bir qismini qo’lga kiritishingizga minglar mashaalloh va alhamdulillah deymiz.
Ikkinchidan: Mening nomimga kelgan maktublarga Madrasatu-z Zahro ruknlari munosib tarzda mening o’rnimga javob berishlarini ularga havola qilaman. Jumladan: Anqarada Usmon Nuriy qardoshimiz u yerning bir Hasan Fayzisi o’rnida Nurlarga ta'sirli xizmati va men uchun uyining yonida bir manzil qilishi va xastalik vaqtimda go’yo Hasan Fayzi kabi xastaligimning yengillashishiga yordam bergandek, o’z xastaligiga rozi bo’lishidan juda minnatdorman. Qur'onimizni va ba'zi majmualarimizni chop qilinayotganda, u yerda bo’lishni istayman. Lekin hozir bu yerda juda kerakli ishlar bo’lgani uchun bora olmayapman, xafa bo’lishmasin. Agar u o’sha yerda bo’lmaganida, mening borishim kerak bo’lar edi. Lekin u menga ehtiyoj qoldirmayapti. Alloh rozi bo’lsin, Nur xizmatida uni muvaffaq etsin.
Halabda Ixvoni Muslimin a'zosining menga yozgan tabrigiga javoban uni va Ixvoni Musliminni ruhu jonimiz bilan tabriklab "Minglar barakalloh!" deymiz. Islom birdamligining Onadoluda Nurchilar (eski Ittihodi Muhammadiyning vorislari sifatida) va Arabistonda Ixvoni Muslimin bilan birga haqiqiy qardosh bo’lgan muqaddas Hizbu-l Qur'oniy va Ittihodi Islom jamiyati doirasida ko’p saflardan ikki bir-biriga to’g’ri keladigan va do’st saf tashkil qilishlari bilan va Risola-i Nur bilan jiddiy aloqador va bir qismini arab tiliga tarjima qilib nashr qilish niyatlari bizni juda qattiq xursand va minnatdor ayladi. Mening o’rnimga Ixvoni Muslimin Jamiyati nomiga menga tabriknoma yozgan odamga javob yozinglar. U tomondagi Nur shogirdlari va Nur bo’limlarini himoya qilishsin.
Uchinchidan: Otabeyli metin va jiddiy bir qardoshimiz Abdulloh Chovushning yozgan maktubini tasdiqlayman. Qirq yil avval sharhlagan hadislarimning ta'vili endi ko’rinyapti. Qaysarlar ham e'tirof etishga majbur bo’lyapti. Mutlaq istibdodning jahannamiy azobini dunyoda ham chekishlari, "Siroju-n Nur"ning Beshinchi Shu'lasi bilan bergan xabarlarini davr tasdiqlayapti.
Yana Samsunlik Ehsonning samimiy maktubi ko’rsatyaptiki, bu yerga kelgan bir to’plam Nur bo’limlarini o’ziga olgan Samsunning bir deputati u atrifda nurli uyg’onish va xushyorlikka sabab bo’libdiki, Ehsonlar yetishyapti. Ehsonni u kishi bilan birga duolarimizga kiritamiz.
To’rtinchidan: "Yigirma To’qqizinchi So’z"ning aliflari karomati haqiqatdan g’aroyib bo’lganidek, mashinka bilan bu tarzda chiroyli chiqishi yozgan kishining ham bir favqulotdaligidir. Umumga salomlar.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta va xursand qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Nurchilarga ahamiyatli bir xushxabar!
Avvalo: Qirq yildan beri men ergashgan va Sulton Rashodning yigirma ming oltin va eski mustabidlar hukumatining Millat Majlisiga yuz oltmish uch deputatning imzosi bilan bir yuz ellik ming banknotni ochish uchun tayinlagan, ham Islom olamining, ham sharqning, ham bu millatning eng muhim ishi bo’lgan Van viloyatida Jome'u-l Azhar kabi Islom Dorilfununi va katta universiteti bo’lgan Madrasatu-z Zahroning qurilishi kerakligini yangi hukumatning raisi ham tushunibdiki, buyuk mamlakat ishlari ichida sizga xushxabar sifatida jo’natgan quyidagi xabarni beribdi. Amalda bajarilmasada, bu ma'noning anglashilishi uchun katta xayrli alomatdir.
Majlisda Jumhuriyat Raisi katta ishlar orasida ahamiyatli nutqida: "Van atrofida Sharq Universitetining tashkil topishi uchun Maorif Vazirligi tekshirishni boshlagani"ni aytgan Jalol Bayar: "Sharq viloyatlarimizdan Vanda bunday irfon muassasasining qurilishi uchun butun qiyinchiliklar hal qilinishi kerak va oldimizdagi byudjet yilida ishni boshlash kerak", debdi. Demak "Hayot Yo’li"ni bergan yosh universitetliklar bir daraja Nur Risolalarini qiymatini raisga his ettirishibdi.
Ikkinchidan: Jumhuriyat Raisining juda ahamiyatli gapi Risola-I Nurning bu viloyat va bu vatanda qilgan va qiladigan juda qiymatli xizmatlarining anglashilganining belgisidir. Nurchilarning chekkan butun qiyinchiligi va Nurning musodaralari bu buyuk natijaga sabab bo’lishi jihatidan shikoyat emas, shukr qilish kerak.
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarimiz Ziyo va Abdulmuhsin!
Ustozimiz aytyaptilarki:
"Ashraf Adib qirq yildan beri iymon xizmatida mening do’stim va Sabilurrashodda maqola yozgan, hozir vafot etgan juda qiymatli qardoshlarimning vakili va haqiqiy Islomiyat mujohidlaridan bir qardoshimdir va Nurning bir homiyidir. Men vafot etsam ham, Ashraf Adib Nurchilar ichida bo’lishidan katta tasalli topyapman.
Lekin Nur Risolalari va Nurchilarning siyosatga aloqasi yo’q va Risola-i Nur rizo-i Ilohiydan boshqa hech narsaga vosita qilinmagani uchun, mumkin bo’lganicha Risola-i Nur a'zolari ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga aralashishni istamaydi. Faqat Sabilurrashod, Sharq kabi mujohidlar iymon haqiqatlarini zalolatdagilarning tajovuzlaridan muhofaza qilishga uringani uchun, ruhu jonimiz bilan ularni taqdir va tahsin qilib, ularga do’st va qardoshmiz, lekin siyosat nuqtsida emas.
Chunki iymon darsi uchun kelganlarga tarafgirlik nazari bilan qaralmaydi. Do’st-dushman darsda farq etilmaydi. Holbuki siyosat tarafgirligi bu ma'noni yo’qotadi. Ixlos ketadi. Shuning uchun Nurchilar tenggi yo’q qiynoq va azoblarga chidab Nurni hech narsaga vosita qilishmadi. Siyosat to’piga qo’l uzatishmadi. Nur Risolalari mutlaq kufrni yo’qotgani uchun, mutlaq kufrning ostidagi anarxiya va ustidagi mutlaq istibdodni ketkazgani uchun, bir jihatdan siyosatga aloqasi bor deb vahima qilingan. Holbuki Nurning tarjimoni bitta iymoniy masalani dunyo saltanatiga almashmaganini mahkamalarda da'vo qilib, yigirma besh yillik hayot tarzi bilan va harakatlari bilan isbot qilgan."
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshlaringiz
Sodiq, Ibrohim, Zubayr
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Butun ruhu jonimiz bilan sizning faoliyatingizni va muvaffaqiyatingizni tabriklaymiz. Mening butun azob va xastalilarimga darmon, Madrasatu-z Zahroning faoliyatidan va muvaffaqiyatidan kelib chiqadi.
Ikkinchidan: "Asoy-i Muso"ning arab tiliga chiroyli tarjimasi uchun qog’ozcha yozgan edim. Bugun Anqaraga ketayotgan Zubayr bilan Sayyid Solihga jo’natmoqchi edim. Ham Tarsusda nafaqadagi bir zobitning samimiy maktubi bilan Risola-i Nurdan bir kitobni so’raganiga doir maktubini ham Anqara yo’lida sizga jo’natmoqchi edim. Lekin Antaliya Olmalining o’ta xolis Nurchilari nomidan ham o’z ayoli bilan birga Afyongacha kelgan va u yerda Nurlarning nashriga vosita bo’lgan Ibrohim Afandi kutilmaganda keldi, men u orqali sizga jo’natdim. Umumga salom.
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Madrasatu-z Zahro ruknlariga ahamiyatli bir masalani havola qilaman.
Sayyid Solih "Arabistonda "Asoy-i Muso"ning juda kerakli va ko’p foyda berganini, u yerga qilgan sayohatimda tushundim. Arab tiliga tarjimasi kerak ekan." dedi. Mening holatim va xastaligim to’g’ri kelmagani uchun, o’rnimga Madrasatu-z Zahro ruknlari to’rt joyga, arabchaga chiroyli tarjimasi uchun xabarlashishsin.
Bir maktubni Jome'u-l Azharga Amirtog’li Qilich Ali vositasida u yerda bir necha adiblar tarjima qilsinlar. Bir maktubni Anqara Diyonat Idorasida Risola-i Nurni jiddiy taqdir qilgan aloqador bo’lgan bir-ikki olim arabchaga tarjima qilishsin.
Bittasini Qaysari qishloqlaridan Urgup muftiyi qardoshim Abdulmajidga yozishsin. Yigirma yil butun kuchi bilan Nurga xizmat qilishi kerak edi. Qilmagani uchun, uning o’rniga butun kuchi bilan arab tiliga tajima qilsin. Birini Isparta atrofiga Nur doirasidagi olimlar ham "Asoy-i Muso"ni berib har biri bir qismini tarjima qilsinlar.
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Eng katta xushxabar va Risola-i Nurning to’liq ozodligiga muqaddima sifatida, bashoratingizga juda sevindik. Isparta adliyasining uch yil bir manzilda yashirishlari, u manzilning kirasi sifatida uch yuz lira o’rniga yangi yozuvli "Hayot Yo’li"ni menga qoldirilgan ikki besh yuzdan lira baho bilan uch yuz liraga bahosini to’g’rilab "Hayot Yo’li"dan ellik dona jo’nating. To’rt yil qamalgan muborak "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" majmualari nazdimda juda qiymatli bo’lgani uchun menga ellik liralik jo’nating. Sizga hozir ellik lira jo’natyapman.
Ikkinchidan: Nazifga ming barakalloh, ming mashaalloh. Ikkinchi Xusrav, Inebolu ikkinchi Isparta ekanini isbotlyapti. "Hayot Yo’li"ning eng muhim masalasi Madrasatu-z Zahro bo’lgani uchun Nazifning nashriyoti, Jumhuriyat Raisining Madrasatu-z Zahro ma'nosida Sharq Universiteti nomli Sharq Jome'u-l Azhariga jiddiy harakatiga bir sabab bo’lgan deb o’ylayapmiz.
Uchinchidan: Dinorning Baroqli imomi Sulaymonning ahamiyatli maktubiga javoban yozing: Turklar haqida Payg’ambar sanosi aniq. Bir necha joyda turklardan ahamiyat bilan bahs etilgan. Hadis bor. Lekin bu hadisning haqiqiy surati nimaligini, yonimda hadis kitoblari bo’lmagani uchun bilmayman. Lekin ma'nosi haqiqat va turk millatining Payg’ambar sanosiga sazovorligi haqiqat. Bir namunasi Sulton Fotih haqidagi hadisdir.
Nurning birinchi talabalaridan Xulusiy Beyning Anqarada do’stlariga Risola-i Nur doirasiga kirishiga tashviq qilgan ma'nodor va go’zal maktubi ham ko’rsatyaptiki, yigirma besh yildan beri Nur xizmatini matonat bilan qilishiga namunadir. Umum qardoshlarim va singillarimga minglar salom.
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsin, mahkamada uch yil qamalgan "Asoy-i Muso" Risolasidan va "G’aybiy Muhr" Risolasidan besh nusxani kamoli sevinch bilan oldik. Janobi Haq sizlardan abadiyyan rozi bo’lsin. Omin.
Ikkinchidan: Mahkamadan berilgan "Zulfiqor" nusxasida tahrirlangan xatolar, bu nusxada tahrirlanmabdi. "Mo’'jizot-i Qur'oniya"ning To’rtinchi Zaylining bir yuz o’ninchi sahifasida sakkizinchi satrda "ham lomning" degan so’z xato, "ham laning" bo’ladi. Chunki Qur'onda "lom" o’ttiz ming, "la" o’n to’qqiz ming.
Uchinchidan: Yangi harf bilan Isparta Sumerbank fabrikasida bir kishi bir maktubida savol so’ryapti. Mening o’rnimga siz unga "Qadar Risolasi"ni tavsiya qiling. Men ham bezovtaman, ham xususiy maktublar yoza olmayman. Ham Zubayr Anqaraga ketibdi, ham yangi harfni bilmayman. Ma'lumot uchun sizga jo’natdim.
To’rtinchidan: Haydovchi Abdurrahmon bilan o’z nafaqam ellik lirani ham jo’natdim. Menga yuborgan kitoblarni va "So’zlar" majmuasini qolgan qarzimga hisoblaysiz. Juda tez bo’ldi. Umumga juda ko’p salom aytaman.
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Sizni tabriklayman. Bu safargi Xuzravning vazirlarga yozgan murijaati, juda mukammal tarixiy vasiqa o’rnidadir. Lekin bir-ikki kun avval Sungurdan olgan xabarimizda, bir yuz sakson besh asarning berilishiga buyruq berilibdi. Bu sonli jumlani tushunmadik. Telegrafda mudirdan so’radik. U "Xodimimiz uni yanglish yozibdi. Komutatorda men qulog’im bilan eshitdim. Butun asarlarning qaytarib berilishi demakdir." dedi.
Ajabo, bir yuz o’ttiz risolaning ba'zilarini qaytalangan bo’limlari bittadan risola qilingani esimizga kelib, bir yuz sakson beshga chiqarishdimikin degan ehtimol qildik va tushunmadik. Yangi Sabah gazetasi yozganidek, Madrasatu-z Zahroni Sharq Universiteti nomli katta Islom Dorulfununni Jumhuriyat Raisi ta'biri bilan: "Har qanday muammo hal qilinib, qurishlarini", xabarini oldik. Inshaalloh qirq yildan beri ko’zlagan muhim maqsadimiz, vatan va millatning manfaati uchun qilishga majbur bo’lishadi.
Ikkinchidan: Siz jo’natgan, uch yil bizdek qamalgan "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ning ahamiyatli joylarga bir necha dona jo’natdim. Jumladan: Jazirada masjid imomi Vastonlik Abdurrahim mening eski talabalarimdan bo’lib, bu yergacha keldi. Men o’n adad muhim kitoblardan berdim. Lekin "Zulfiqor"ning Mo’'jizot-i Qur'oniyyaning To’rtinchi Zaylining ikki joyida (biri sakkizinchi satrda, ikkinchisi o’n ikkinchi satrda) "la"ning o’rniga "lom" yozilgani esimga keldi. Holbuki "lom" Qur'onda o’ttiz ming, "la" o’n to’qqiz ming. Bu xato boshqa nusxalarda qisman tahrir qilingan. Lekin mahkamada qolgan "Zulfiqor"larda tahrir qilinmagan. Men bu yerda unutdim. Siz Jaziraning muftiyi vositasida imom Abdurrahimga muharrirning bu xatosini tahrir qilishni yozing. Madrasatu-z Zahroning ruknlari bu vosita bilan Jazira bilan ham aloqa qilsin deb sizga havola qilaman.
Bu safar Xusravning maktubida Zubayrning Nazifga jo’natadigan qog’ozchani u yerga xato qilib jo’natganini angladim. Xusravning ham kichik xatosi bor. Chunki Yigirma To’rtinchi Maktub emas, Yigirma To’rtinchi So’zning O’ninchi Asliga doir Nazifga qisqa maktubim bor edi. Nusxasi bu yerda qolmagan edi. O’ninchi Aslning nusxasini Nazifga jo’natib qog’ozchaning nusxasini bizga jo’natishini aytgan edim.
Holbuki O’ninchi Aslni xato qilib sizga jo’natibdi. Lekin o’ta o’tkir, uzun murojaati bu kichik xatosini yo’qqa chiqardi, afv ettirdi. Bu masalaning sirri shuki: Nazif katta xayr qilish uchun Nurchilarning ahamiyatli bir birdi bo’lgan "Javshanu-l Kabir"ni mashinka bilan ko’paytirtibdi. Buning savobiga doir hoshiyasidagi juda horiqo va mutashabih hadislardan fazilatiga doir bo’lgan qismni birga ko’paytirish uchun menga yozgan edi. Javoban dedim: O’ttiz besh yildan beri har kuni "Javshan"ni oqisamda, u hoshiyani uch-to’rt martadan ko’p o’qimadim. Dushman va ateistlar e'tiroz barmoqlarini uzatmasligi uchun uning ayni munosib bo’lmaydi. Inshaalloh yaqinda muborak "Javshanu-l Kabir" Nurchilarni shavqi bilan nurlanadi.
Uchinchidan: Anqara va Istanbul Nurchilari Istanbulda ikki ming adad "Rahnamo"ni chop etishyapti. Bilishimcha katta "Rahnamo" bo’lishi kerak. Yanada yaxshi. Inshaalloh yoshlarga katta rahnamo bo’ladi. Qilich Hoji Aliga Madrasatu-z Zahro bilan aloqador bo’lish uchun yozingki: Tarjima orqali Islom olamining ustozlari Nurlarga aloqador bo’lishlari uchun, "Asoy-i Muso"ni adib olimlar chiroyli tarjima qilsinlar.
To’rtinchidan: Hajga ketgan qardoshimiz Duradgor Ahmad salomat borib keldimi, qiziqyapman. Ham "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ning oxirida Xusrav va uning yordamchilariga bo’lgan ayni duoni Mustafo Gul va uning do’stlarini qo’shimcha qilib "So’zlar" majmuasining oxirida yozing. Qolgan umumingizga salom.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
"Bu muallim Usmon, Jaylonning qamoqdagi do’stidir. Ikkinchi Jaylon bo’lishga qobiliyati bor. Hayratlanarli tomoni shundaki, duoimda Nurchilar doirasida har kuni ismlari yod etgan ikki sofiy tazrida o’zlarini yaxshi ko’rsatish uchun mening hayotim va Nur xizmatiga aralashganiga doir maktub keldi. Men jahl qilmadim. Ularni duoimga yanada ko’proq oldim. Eski vaqtlar Istanbulda eski partiyaning hiylalari bilan ishimizga aralashgan ma'lum keksa shayx kabi ularni ham o’zimga yaqin, ham muborak qardosh ham do’st bildim, qilgan ishlariga rozi bo’ldim. Lekin ikki "Ixlos Yog’dilari"ni o’qishlarini istayman. Qardsohlarim, siz ham bundaylarga jahlingiz chiqmasin, munoqasha qilmang."
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ
[Mahkama-i Kubroga Shikoyat va Mudofaaning hoshiyasi.]
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bu ma'noda adolatparvar Demokratlarga murojaat yozing. Men xastaman, siz qanday munosib ko’rsangiz, shunday qiling. Advokatimizdan bir kun avval kelgan maktubda, "Kitoblarimizning javobgarlikka tortiladigan va tortilmaydiganlarini ajratishyapti", deb xabar berilyapti.
Hozirgacha qilganlaridek yana hech qanday qonunga asoslanmagan, minglar so’z ichidan risolada bitta so’zni bahona qilib, risolani bermay, Nurlarning yoyilishiga g’arazkorlik bilan to’siq bo’lish niyatida aybdor qilishdi... Oliy Sud ularning hukmini asossiz deb buzdi. Ular jinoyat deb ko’rsatgan, bizga g’arazi bo’lmagan prokurorning aybloviga qarshi to’g’rilash ilovasida sakson bir xatosini va g’arazi borligini qat'iy isbot qilgan bo’lsakda, yana o’sha g’arazkorlik bilan to’rt yuz sahifalik "Zulfiqor" Risolasini, bir necha satr tasattur-o’ranish va irsiyat haqidagi ma'noni yuz ming tafsirlar aynan aytishgan. O’ttiq qirq yil avval yozilgan jumlalarni aybdor deb azim majmualarni musodara qilib, qaytarmaslikni dunyoda qaysi qonun tasdiqlaydi?
Afyon mahkamasidagi (Qur'onning takrorlari va farishtalar haqidagi ikki qism mustasno) butun asarlar ularning qo’lida ikki yil turdi. Ham Dengizli, ham Anqara Og’ir jazo mahkamasi oqlashga hukm qildi.
Ichida ayb topa olmagani uchun, qaytarib berishga hukm qilishdi. Yana ushbu asarlarni Isparta hukumati musodara qilib, to’liq qo’lga kiritgan bo’lsada, hammasini egalariga qaytarib berishdi.
So’ng "Zulfiqor" bilan "Asoy-i Muso"ni ruxsatsiz eski yozuv bilan nashr qilingan degan bahona bilan musodara qilib to’rt yil o’tib, hech kamchiliksiz 170 adad majmuada ayb topa olishmagani uchun, bizga to’liq qaytarib berishdi.
Bizning eng muhim aybimiz sifatida ko’rsatishgan hozirgi majmualardan, rasmiy gazetalar eski partiyaning bir qancha boshliqlariga haqiqat nomiga e'tirozimizdan yuz marta qattiqroq e'tiroz bildirishdi.
Hadisning haqiqatini sharh qilgan Risola-i Nurning bir mahram bo’limi hozir to’liq yuzaga chiqdi. Hech qachon hech bir Musulmon haqiqiy turkni, Nasroniyatga, Yahudiylikka va boshqa dinga kirmagan va Islom qahramonlari bo’lgan turklarni boshliqlarning boshi Lozanna kelishuvida ma'lum hahamboshi bilan birlashib Protestant qilishga rozi bo’lgan.
U kimsa, butun Islom ulamolari "ruxsat yo’q" deb ittifoqan hukm qilishgan bo’lsada, o’n tomondan qonunlar bilan bu vatandagi butun ma'sum Musulmonlarga majburan kiydirgan va bashariyat tarixida bunday ma'nosiz ajib umumiy jabr va hech qanday qonunga to’g’ri kelmagan o’zboshimchalik qonun nomidan qonun bilan Islom millatiga majburan kiydirish, albatta u kimsaga, Lozanna kelishuvida aytgan daxshatli fikrini isbotladiki, Islom diniga o’ta zararli bo’lgan, hadis xabar bergan kimsa bu davrda o’sha boshliqdir.
Demak haqiqat bu ekan, Afyon mahkamasi adolat nomidan emas, balki o’lgan kimsaga mutaassib muhabbat nomiga, eski harf bilan ham nashr qilingan qarornomaning oxirida bizni qamash uchun eng muhim sabab, prokurorning g’arazi sababli, mahkama hay'ati: "Said va uning do’stlari Mustafo Kamolni dinni yiqitgan, sufyon degan va odamlarning ko’nglidagi sevgisini buzishga urinishgan. Shuning uchun qamoq jazosi tayinlaymiz." degan.
Ajabo, o’lib ketgan kimsaning shaxsiga ming marta e'tiroz qilinsa ham, shaxsiy da'vo bo’ladi. Adolat mahkamasi bunga doir shu hukmni qilishi, albatta juda ajib ma'no va buning orqasida boshqa ish bor.
Hozir bunday kimsalarning qo’lida Nur asarlari to’rt marta oqlangani, Adliya Vaziri uch marta Nur asarlarini oqlashga va asarda ayb yo’qligiga, bizni aybdor degan Afyon hukmini buzishga hukm qildi. Endi butun millat adolat, shafqat va diyonatga xizmat qilishlarini kutgan Demokrat hukumati davrida, eski a'zolarining dahshatli rejalari bilan Risola-i Nurga g’arazkorlarning hushiga qoldirish, qoldirilsa Demokrat hukumatiga qarshi katta xiyonat bo’lib, millatning tasalli umidini o’ldirish hisoblanadi.
Menga Anqarada bir vakilim Mustafo Sungurning 17.11.950 yilda jo’natgan telegrafda, "Barcha risolalarning bizga qaytarib berilishiga hukm qilingan", deb xushxabar berdi. Adolatli Adliya vaziri uch marta oqlagan, hozir ham Sungurning maktubiga ko’ra qaytarib berilishiga buyruq berilgan, yana telefonda xabar beraman deb aytishibdi.
O’n olti yildan beri bizga qarshi tuhmat va josuslarning yetkazgan xabarlari, Eskishahar va Dengizli mahkamalaridan butun jildlarni Afyon mahkamasi ma'nosiz to’plash va avf qonuni chiqib, mahkamalarning oqlashi, bu muborak asarlarni jildlar ichiga aralashtirib obro’sizlantirish uchun yer osti omboriga tashlab, uch yuz yildan beri bizni aldagan ba'zi shaxslarga Nurlarning ishlarini tashlamasligi kerak bo’ladi.
Bosh vazir va Adliya vaziriga ushbu o’ta muhim masalani e’tiborlariga havola qilamiz.
Said Nursiy
(Hoshiya):Ajib bir hodisa yuz berdi. Adolat va dindan xorij zolimona namunalardan biri - uch yildan beri musodara qilishgan Qur'onimizni ko’p narta so’rashimizga qaramay berishmagan edi. Ikki ming sakkiz yuz Jalol Lafzi oltin bilan yozilgan, ko’z bilan ko’riladigan Qur'oniy mo’'jizani ko’rsatgan muborak Qur'onimizni bizga berishmadi. Hozir advokat: "Qaytarib berilishi uchun Diyonat Raisiga bir murojaatnoma yozinglar", deyapti. Bu kabi yuzlab namunalar bor. Faqatgina g’arazga va ajnabiy qo’li bilan bizga qarshi ishlar qilinyapti. Bizni va Islom olamini juda sevintirgan Demokratlar diqqat qilishsin.
Nurlar va Nurchilarni bu qiynoqdan qutqarishsin.
Nur talabalari nomidan
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Mening Abdurrahmonim va kichik Xusrav nomini olgan Jaylon, o’z vazifasini ikki-uch joyda to’liq bajarib, keldi. Endi yanada katta vazifa uchun Anqaraga Sungurdek vakilim sifatida jo’natyapman.
Ikkinchidan: Ba'zi kishilarning maktubini ma'lumot sifatida sizga jo’natdim.
Uchinchidan: Mening "So’zlar" majmuasidan va Ineboludan kelgan yangi harfli "Hayot Yo’li" va eski harfda "Javshan"dan menga jo’natiladigan nusxalarning evazi sizga qancha qarz bo’laman, bildirsangiz.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
Aziz siddiq qardoshim Usmon Nuriy!
Modomiki Janobi Haq sizning muqaddas niyat va ixlosingizga Anqarada eng muhim yosh Saidlarni atrofingizga to’plabdi. Modomiki Anqarada mening bo’lishimni kerakli deyayotgan ekansiz. Men hozir nafaqam bilan tayorlagan nusxalarni, kichik Madrasa-I Nuriyamga o’zimning o’rnimga jo’natyapman. Ularning sonicha Saidlar sizga qo’shni bo’ladilar. Har biri bir Said bo’lib, besh-o’n Abdurrahmonlarning o’rnida sadoqatda hozirgacha xizmatlari bilan fidokor farzanddan o’rtiq Sungur, Jaylon, Tillolik Said, Solih, Andulloh, Ahmad, Ziyo kabi yosh va harakatchan Saidlarni yoningizga ham vakilim, ham talabalaringiz bo’lib, kichik Madrasa-i Nuriyaga nazorat va bir nav darsxona sifatida ra'yingizga qoldiraman.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
Aziz, siddiq va muborak qardoshlarim!
Avvalo: Xusravning imzosi bilan Jumhuriyat Raisiga jo’natilgan telegraf (Anqarada kichik Xusravlar, Xusravning qalami bilan yozilgan Qur'onni fotograf vositasida chop qilish ehtimoli esimizga keldi) siz Isparta pocha bo’limidan olib biling, nima haqida ekan? Menga ham ma'lumot bering. Qiziqdim.
Ikkinchidan: Konyadagi Rifat Filiz qardoshimizning maktubida ba'zi so’fiylarning bizga yengil tanqidining umuman ahamiyati yoq. Umuman xafa bo’lishmasin. Hech qanday javob bermasinlar. Hozir ahli iymonning, xususan tariqat ahlining, xususan shaxsimga oid tanqidlarini bir jihatdan nasihat va iltifot deb qabul qilaman. Ulardan roziman. Hozir dinsizlarning bizga qattiq zarariga qarshi, qardoshlarimiz hisoblangan ahli iymonning o’ta yengil, shaxsimga qarshi tanqidlarini bir tomondan eslatma va bizni ehtiyot bo’lishga chaqirgan do’stlik deb qabul qilaman.
Uchinchidan: Yaqinda Afyonda haftalik gazetalar, yashirin munofiqlarning kuchi bilan meni ham aloqamiz bo’lmagan bir narsaga munosabati bor deb ko’rsatishibdi. Bu yerdagi Nurchilar ham uni yolg’onga chiqarishdi. Xavotirlanadigan narsa yo’q. Madrasatu-z Zahro ruknlarining g’aroyib, ta'sirli va Islom olamiga manfaatli Nuriy xizmatlarini butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Umum qardosh va singillarimizga minglar salom aytib, duo qilaman va duolaringizni istayman.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Muboraklar qishlog’idan Ali bilan Hoji Sulaymon, Dinor tomonidan Abdurrahmon va Himmat, yana avval kelgan ahamiyatli Nurchi hamshahri yonimga kelishdi. Janobi Haqqa ko’p shukrlar qilamanki, Muboraklar qishlog’i Kuleonuda eskisi kabi Nurlarga qattiq aloqalarini muhofaza qilishyapti. Ularning sadoqat va ixlosining bir karomati shuki: Menga tegishli o’n majmua kitoblarimni kerakligi uchun Anqaraga jo’natgan va juda ahamiyatli va uzoq joylardan mendan kitoblarni so’rashgan vaqtda Kuleonu muboraklari o’zlarining Nur majmualarini, jo’natgan miqdorimcha Madrasatu-z Zahroning hadyasi sifatida menga olib kelishdi. Xususan ichida Birinchi Abdurrahmon bo’lgan Katta Mustafoning o’q qo’lyozmasi bo’lgan to’liq "Maktubot" va "Ilova"larni ko’rdim. Janobi Haq har biriga u kitoblarning harflari sanog’icha ming rahmat ehson etsin. Omin.
Ikkinchidan: Qamoqda O’n bir oy Xusravning ta'tiliga favqulotda xolis xizmat qilgan va mudofaa qilishda o’ta chiroyli javob bergan Nurning kichik qahramonlaridan Mustafo, kecha mening yonimga kelib, "Men akam Xusravning yoniga ziyoratga boraman." dedi. Javoban: "Ziyorat - ham sening, ham uning haqqi bo’lsada, bugun to’rt talaba kelishdi. Ispartaga ketishdi, shuning uchun ehtiyoj qolmadi. Sen Risola-i Nur hisobiga muhim bir qishloqda imom bo’lganing uchun, u xizmat Nurlarga menga qilgan xizmatingdan ham ko’proq foydali bo’lgani uchun, Xusravning ziyoratidan hozircha qiymatliroq. Agar u qishloqda Nur xizmati bo’lmaganida, Mustafo kabi xolis va vafodor xizmatkorga ehtiyojim bo’lardi. Shunday ekan, hozircha ziyoratni kechiktir.
Uchinchidan: Yonimga Konyalik Hoji Sabri qardoshimiz keldi. Men, Sodiq, Xayri, Mustafo bor edi. Juda ahamiyatli suhbatimiz Hoji Sabriga muhim bir dars bo’ldi. Xususan, Madrasatu-z Zahro ruknlarining, xususan Xusravning bu vatan va millat, Islom olamiga iymoniy xizmatlari va buzg’unchi dinsizlarning hiylalariga to’siq qo’yishlari shunchalik buyuk hasanaki, minglar gunoh borligini faraz qilsak, afv ettiradi.
Shunday ekan, boshda Xusrav va ruknlarning hech bir harakatlarini tanqid qilmaslik, kamoli ixlos va samimiyat bilan ularga birdamlik va to’liq qardosh bo’lish kerak degan ma'noda bir dars bo’ldi. Inshaaloh Hoji Sabri ham Ho’ja Sabri va Rushdu va ularga o’xshaganlar kabi ruhu jon bilan aloqador va Xusrav bilan tom qardosh bo’ladi. Tutgan yo’lining ixtilofi boshqa ta'sir qilmaydi.
Xasta qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim, Madrasatu-z Zahro ruknlari, Nur noshirlari!
Avvalo: Biz bir masalani munosib ko’rdik, sizga asl Nur haqida so’z huquqi Madrasatu-z Zahro ruknlari ra'yiga havola qilish uchun qalbga quyidagi fikr keldi:
So’nggi kunlarda menga xizmat qilgan uch do’stimizning vaqtincha bir necha kun mendan dars olishga ishtiyoqlariga binoan va eski davrda talabalarimga bergan qiymatli xotirani eslash ishtiyoqiga binoan, chop etilgan "Lama'at"dan har kun bir sahifa dars berayotgan edim. Ham men, ham ular juda hayrat va taqdir qilayotgan edik. Shunda bir fikr keldi: Ushbu chop etilgan risolaning boshqa chop etilgan risolalar kabi nusxalari qolmaganining sababi, bu asarning juda qiymatli ekanini bilgan dushmanlar yoyilishiga to’sqinlik qilganiga, dos’tlar esa qiymati uchun qo’ldan chiqarmaganiga xulosa qildik.
Yana ko’rdikki: "Lama'at" Risola-i Nurning muhim qismining urug’lari, tuhumlari bo’lgan o’ta chiroyli vajizalarga va hech bir adib va mutafakkir muvaffaq bo’la olmagan o’xshashi taqlid etilmaydigan buyuk ijtimoiy haqiqatlarni kichik hikmatda va nazm holida bir kitobni nasrda yozilgandek, nazmni eslatmay oson o’qiladigan tarzda ekani, o’ttiz yetti yil avval Ramazon-i Sharifning yigirma kunida, har kun bir ikki soat yozib chiqilgan. Bu bir katta kitobchalik uzun masnaviy yozilishi va ichida yigirma joyda g’aybiy xabar berganlarini o’ttiz-qirq yil avval o’tib ma'nosi aytilgnidek yuzaga chiqqandek, qo’limizga kelgan nusxaga ishorat qo’ydik.
"Lama'at" Ridola-i Nirning xushxabarchisi, mundarijasi va unib chiqaradigan issiqxona namunasi ekaniga qanoat hosil qildik.
Ikkinchidan: "Lama'atning ishorat qilgan qismlari "O’ttizinchi So’z" nomli "So’zlar"ning oxiriga yozilishi, Nur qahramoni Xusrav va Madrasatu-z Zahro ruknlarining ra'yiga havola qilamiz. Umum qardosh va shingillarimga salom aytamiz, duo qilib, duolarini istaymiz.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
(Hoshiya): Agar qabul qilsangiz, mendagi "Lama'at" keyinroq yuboriladi.
* * *
Aziz, siddiq, sodiq, muxlis va xolis qardoshlarim va singillarim!
Butun ruhu jonimiz bilan bayramlaringizni, ham bu yil hajga bemalol xolisona ketganlarning bayramlarini tabriklaymiz. Bu vatandagi istibdodning sinishi sababli bu millatning sha'riy ozodlikka erishishni boshlaganini va bu millatning ma'naviy bayramini tabriklaymiz. Islom olamining birgalikga uyg’onishining ma'naviy bayramlarini tabriklaymiz. Risola-i Nurning Qur'oniy haqiqatlarga doir bergan xabarlarini davr tasdiqlayotgani va insonlarning eng keng doirasi ma'naviy Qur'on nurlariga ehtiyoj his etayotganini tabriklaymiz.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Sayyid Solihning Halab va atrofidagi juda ahamiyatli Ixvoni Muslimin jamiyati uchun sizdan so’ragan Nur majmualaridan, berishingiz uchun o’nta o’zimnikidan jo’natdim.
Ikkinchidan: Dengizli va Dengizlidagi Nur qardoshlarimiz bilan juda aloqadorman. Marhum Hasan Fayzining do’stlari qanday holdalar? Eski do’stimiz Yoqub Jamol yaxshimi, qay holda, qayerda ekanini qiziqayotgan paytim uning Dengizli Nurchilari nomidan go’zal bayram tabrigi meni juda sevintirdi. Meni xayolan sog’inib, ishtiyoq bilan Dengizlida aylantirdi, "Mashaalloh, Barakalloh!" dedim.
Uchinchidan: Yigirma yildan beri Nurchilarga azob bergan va qamatgan badbaxtlarning ba'zilari, har kuni bir oy bo’yicha bizni qiynagani qadar ma'naviy azob chekishyapti. Biz u zolimlarni Jahannamga havola qilib sabr etdik. Lekin iymoniy xizmat muqaddasligi u badbaxtlarga dunyoda ham Ilohiy adolatdan bir nav jahannamni istabdi. Ba'zilari bir yilda mutlaq istibdoddan olgan lazzatni yo’qqa chiqarganini ko’rdik, davr ko’rsatdi. Demak Ilohiy adolat va inoyat himoyasi bizga kifoya qiladi!
To’rtinchidan: Ali Usmonning vafoti sababli ham qarindoshlarini, ham Madrasatu-z Zahro va Nur doirasiga ta'ziya bildiraman. Uni esa tabriklayman, vazifasini to’liq bajardi. Hozir Nur qahramoni Hofiz Ali va Hofiz Mustafolarning yonida duoimga kirgan. Umum qardoshlarimga minglar salom.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
* * *
[Mahram. Hozircha Madrasatu-z Zahro ruknlariga maxsus.]
(Keksa ayollarga ahamiyatli xushxabar hamda turmushga chiqmagan va oila qurishni istamagan yosh qizlarga eslatma.)
Hadisi sharifda عَلَيْكُمْ بِدِينِ الْعَجَائِزِ so’zi ko’rsatyaptiki, oxirzamonda kuchli iymon, keksa ayollarda bo’ladi. Shuning uchun hadisi sharifda, "Dindor keksa ayollarning diniga ergashing", deyilgan. Risola-i Nurning ham to’rt asosidan birishafqatbo’lib, ayollar shafqat qahramoni bo’lgani uchun, hatto eng qo’rqog’i ham bolasi uchun ruhini qahramonlarcha fido qiladi.
Bu davrda qiymatli volidalar va singillar, buyuk hodisa bilan qarsilashyapti. Ruhimga mahram va ochish munosib bo’lmagan bir fitriy haqiqatini Nur shogirdlaridan yakka qolishni istagan yoki majbur bo’lgan qizlar qismiga bayon etish kerak deb eslatildi. Aytamanki:
Qizlarim, singillarim! Bu davr eski zamonlarga o’xshamaydi. Yarim asrga yaqin ijtimoiy hayotda Islomiy tarbiya o’rniga madaniyat tarbiyasi joylashgani uchun, bir erkak bir ayolni abadiy rafiqa va dunyoviy hayot saodatiga sabab va o’zini boshqa gunohlardan muhofaza qilish uchun olishi kerak. Lekin bechora zaifani doim bosim ostida, faqat dunyoviy vaqtincha yoshligida sevadi. Ba'zan unga bergan rohatidan o’n marta ko’p qiyinchilik beradi. Agar shar'an nazarga kufuvv deyilgan o’zaro tenglik bo’lmasa, shar'iy huquqqa e'tibor berilmagani uchun, hayoti doim azob ichida o’tadi. Hasad ham aralashsa, yanada barbod qiladi. Turmush qurishga uch sabab bor:
1. Naslni davom ettirish uchun Ilohiy hikmatga muvofiq fitriy xizmatga bir mukofot sifatida fitriy mayl va istak bergan. Holbuki o’n daqiqa lazzat bersa, agar shariat doirasida bo’lsa, erkak bir soat qiynalishi mumkin. Lekin ayol o’n daqiqalik lazzat uchun bolaning o’n oy o’z vujudida qiyinchiligini tortadi. O’n yil bolaning hayotiga yordam berib qiynaladi. Demak o’n daqiqalik fitriy mayl uzun mashaqqatlarga olib kelgani uchun, ahamiyati qolmaydi. His va nafs turmush qurishga turtki bo’lmasligi kerak.
2. Ayol kishi fitratan zaif bo’lgani uchun, tirikchilik tomondan bir yordamchiga muhtoj. Bu ehtiyoj sababli hozirgi Islomiy tarbiyadan dars olmagan, yaramaslikka, bosim o’tkazishga o’rgangan kimsalardan kichik tirikchiligining hurmati uchun bosim ostiga kirib, xo’jako’rsinga erining roziligini olish uchun dunyoviy va uxroviy hayotining asosi bo’lgan qulligini va axloqini buzish o’rniga, qishloq ayollari kabi o’z nafaqasini o’zi ishlab topishi o’n marta osonroq.
Razzoqi Haqiqiy farzandlarining rizqini sut bilan berganidek, ularning ham rizqini Xoliqi Rahim beradi. Rizq uchun benamoz va axloqini yo’qotgan er qidirish, xo’jako’rsinga ishlab, bosim ostiga kirish, albatta Nur talabasining ishi emas.
3. Ayollar fitratida bola erkalash va sevish mayli bor. Bir farzandni dunyoda unga xizmati va oxiratda shafoati, volidasi vafot etgandan so’ng hasanoti bilan yordam berishi, o’sha fitriy maylni quvvatlab, turmush qurishga olib kelgan. Holbuki hozir Islomiy tarbiya o’rniga madaniyat tarbiyasi bilan o’ntadan bir-ikki haqiqiy avlod, o’z volidasining shafqatiga javoban fidokorlik bilan xizmat qilyapti. Dindor bo’lib duolari bilan, hasanotlari bilan onasining amal daftariga hasanalar yozdirib, oxiratda solih bo’lsa volidasiga shafoat qilish ehtimoli bo’lgani uchun, o’ntadan sakkizi unday holatda emas. Demak, bu fitriy mayl va nafsoniy shavq bilan bechora zaifalar bunday og’ir hayotga qat'iy majbur bo’lmay kirmasligi kerak. Biz ishorat qilgan haqiqatga binoan yolg’iz qolishni xohlagan qiz Nur shogirdlariga aytamanki: To’liq muvofiq, dindor va axloqli zavj topmay, o’zlarini ochiq-sochiqlikka sotishmasin. Topilmasa, loyig va abadiy do’st bo’ladigan va Islomiy tarbiya olgan vijdonli sherik chiqishigacha Nurning bir qism fidokor shogirdlari kabi yakka qolishsin. Abadiy saodati, vaqtincha dunyoviy kayf uchun buzilmasin va madaniyatning gunohlari ichida bug’ilmasin.
Said Nursiy
Hoshiya: Singillar va yosh qizlar "Tasatur Risolasi"ni o’qishlari kerak.
* * *
QAMOQNING HUSH BIR XOTIRASI
Qamoqlarda, xususan Afyon qamog’ida eski zolim mustabidlar aldash uchun ora-sira afv mavzuini ichishar edi. Bechora mahkumlar mendan: "Afv beriladimi ajabo?" deb so’rashar edi. Men javoban: "Bu zolimlar aldashyapti. Lekin Nur shogirdlari, modomiki mahkumlarga tasalli berish va yuzda to’qsonini namoz o’qitish hikmati uchun uch marta qamalishdi. Rahmati Ilohiyadan qamalganlarning tom afv bilan chiqishiga bir belgi ekaniga qattiq umid qilaman va xushxabar beraman." der edim. Ko’p marta ko’p odamlarga bu tasallini berar edim. Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, qahramon Demokratlar umid va xabarlarimni tasdiqlatib ba'zi qonunlarning o’zboshimcha tarafgirona bahonasi va ba'zi g’arazchi mansabdorlar tarafgirlik uchun bahonalar bilan ezilgan ko’p ma'sum mahkumlarni azobdan qutqarishga sabab bo’lishdi.
Millatning jur'atli qismini o’ziga va osoyishtalikka tarafdor etishdi. Shu sababli juda ko’p mahkumlar Nurlar va Nurchilarga jiddiy aloqador bo’lishdi. Shu sabab hollari to’liq tuzalib vatan va millatga nafaqat zararli, balki jamiyatning sog’lom va foydali a'zosiga aylanishdi.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Juda sevgili Ustozimiz Afandimiz!
"Risola-i Nur yo’q qilinmaydi", deb yozilgan haqiqatni Bosh vazir Adliya vaziriga uyi manziliga, yana boshqa vazirlarning ham rasmiy manzillariga jo’natdik. Ko’rishgan deputatlarimizga beryapmiz. Hammasi ham bu xususda yordam berishini aytyapti. Isparta deputati Senirkentli Tahsin To’la qattiq aloqador va "Hukumat hozir komunizm bilan kurashishni boshladi. Bu mujodala faqat zobitlar bilan bo’lmaydi. Nurchilar yigirma yildan beri kurashib kelyapti. Hukumatga katta yordam qilishyapti. Bugun mamlakatdagi turli jarayonlarning eng xayrlisi va eng ta'sirlisi Nurchilardir." dedi.
Voiz va deputat Umar Bilgan boshqa deputat Hasan Fahmi Ustao’g’li va Fahmi Cho’pono’g’li ismli keksalar sizni qattiq hurmat qilishlarini va salomlarini aytishyapti. Har ikkalalari ham Risola-I Nurning ma'naviy shaxsi nomiga sevgili Ustozimizni bu asrning haqiqiy murshidi deb, "Ularning himmatidan kutilmagan zafar qozonildi", deyishyapti. Siz sevgili Ustozimizdan ko’p jihatdan yordam ko’rganini aytgan bu muhtaram deputatlarni sizning duoingiz va Risola-i Nurning xizmatiga ishonib kelajakka katta umid bilan qarayotganlarini va "Islomiyatning butun ehtishomi bilan insoniyat olami miqyosida porlashini Janobi Haqning rahmatidan kutyapmiz", deyishyapti. Kechagi chorshanba kuni uch deputat vaqt topib Ustozimizni ziyorat qilishlarini kelishib olishibdi.
Abdulloh, Sungur
* * *
MAHKAMA-I KUBROGA SHIKOYAT VA MUDOFAANING HOSHIYASI BO’LGAN BO’LIMNING XULOSASIDIR
[Sizga bu safar Oliy Sudga jo’natgan (advokatning Oliy Sudga yuborgan) murojaatnomaning nusxasi. Ushbu dahshatli qarornomaga qarshi xulosasi siz tomondan bu ma'noda, musodara qaroriga javoban dindor deputatlarga aytgansiz:]
Bunday musodara qay darajada qonunga xilof, Demokrat hukumatini tan olmaslik hamda Adliya vazirining buyrug’ini mensimaganini va e'tibor bermaganini ko’rsatadi. Adliya adolati xorijida dahshatli g’araz hukm qilyapyi. Kitoblarimizning tortib olinganining hammasi minglar so’zlardan bir-ikki so’zni javobgarlik mavzui bahonasi bilan qaytarishni istashmaganini va bu tarzda Nurlarning nashriga mone bo’lishni xohlaganini, aybdor qilib ko’rsatgan joylari biz tomonimizdan mudofaamizda ularning sakson bir xatosini to’g’rilash jadvalida isbot qilib, ochiq g’arazkorlik ko’rsatganlarini, hozir man etilmagan yuz minglar tafsirlarda yozilgan tasattur va irsiyat haqidagi ikki oyatning bir necha satrlik tafsiri sababli dunyoda hech qanday qonun ruxsat bermagan ajib zulm bilan to’rt yuz sahifalik "Zulfiqor" majmuasini musodara qilib bizga bermaslik surati bilan zulm qilishdi.
Afyonda ikki yil qo’lida turgan butun Risola-i Nur qismlari avvaldan ham Dengizli, ham Anqara, ham Isparta mahkamalarida oqlanib egalariga qaytarib berilganini, so’ng "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ni ruxsatsiz nashr qilindi degan bahona bilan Isparta hukumati musodara qilib to’rt yil tutub, butun bir yuz yetmish majmuani bizga qaytarib berishganini va bizning eng muhim aybimiz Risola-i Nurning mahram qismlarida ellik yil avval bir hadisning sharhida, majburiy qonun bilan shapkani kiydirgan va Islom dinini bu muborak turk millatidan yo’qotish uchun Lozanna kelishuvida so’z bergan va juda shiddatli va dahshatli hujumlarga qaramay hech bir haqiqiy musulmon turkni protestant qila olmagan va Islom millati uchun juda ko’p zararli ekanini ishlari bilan isbotlagan, hadisi sharif xabar bergan mudhish shaxs o’zi ekanini hayot va o’limi bilan ko’rsatgan Mustafo Kamolga bir mahram asarda "Dinni ag’daruvci Sufyon" deganimizni va "insonlar qalbidagi sevgini buzishga uringanimizni" ayb deb qamalishimizga hukm qilinganini va Oliy Sudning Afyon mahkamasining haqsiz qarorini buzib yangidan ko’rib chiqishni boshlagan da'vo, afv qonuni chiqib, jildlari bilan va butun Nur asarlari bilan obro’sizlantirish uchun ost qavat omboriga tashlanganini, oxiri Adliya vazirligi qaroriga asosan Sungurning jo’natgan telegrafida aytilganidek butun asarlarning berilishiga buyruq berganiga qaramay hech biri qaytarilmay, yangidan javobgarlikka tortish kerak bo’lganlarini ajratish, balki to’lig’ini javobgarlikka tortishni istashdi. Risola-i Nurning to’liq ozodligiga to’siq bo’lishga urinishganini bildirgan va ush yildan beri bizni aldagan bunday shaxslarga, Nurning ishlarini berib qo’ymaslik uchun Bosh vazir va Adliya vazirining e'tiborlariga havola qilib, ushbu ma'noda adolatparvar Demokratlarga murojaat yozilishi, vatan va millat manfaati uchun kerak.
Jalol Lafzi ustida I'jozi ko’z bilan ko’rilgan Qur'onimizni olish uchun murojaat qilib Diyonat Riyosatiga murojaat qilinganidek faqat g’araz va ajnabiy qo’li bilan bizning zararimizga qilingan ishlardan va qiynoqlardan bizni va Islom olamini juda ko’p sevintirgan Demokratlarning diqqat qilib Nurchilarni qutqarishlarini, hurriyatparvar hukumatdan iltimos qilamiz.
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Butun ruhu jomin bilan o’tgan Mavlud-i Nabaviyangizni tabriklaymiz.
Ikkinchidan: Sizning Nurning nashridagi muvaffaqiyatingizni Islom olami tabriklab olqishlaydi. Hozir belgilari ko’rinyapti. Jumladan bir namunasi:
Pokiston Maorif vaziri Nurlar uchun mening yonimga keldi, Risola-i Nurning bir qismini oldi. "To’qson million Musulmonlar ichida nashr qilishga harakat qilaman." dedi. Olib, ketdi. Yana bizga qarshi munofiqlar harakat qilayotgan ekan, ham Orupoda, ham Osiyoda uzoq joylarga Risola-i Nurni olib borishgan. Berlinda olmonlar "Zulfiqor"ni olishgan vaqt bir gazetada olqishlab e'lon qilishgan. Ichkarida ahli iymon eng qattiq qarshilardan bo’lgan eski bosh vazir va ichki ishlar vaziri "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor"ning ta'qiqlaganiga qaramay kamoli shavq bilan o’qishyapti. Anqarada o’qiganlar juda ko’p. Yana qamoqxona mudirlari ikki-uch viloyatda: "Biz qamoqxonalarni Madrasa-i Nuriya qilishimiz kerak. Mahkumlar Dengizli, Afyon qamoqlari kabi Nurlar bilan isloh bo’lishsin." deb qaror qilishgan.
Uchinchidan: Marhum Burhon Nurning ummiy va yashirin qahramoni edi. Uning ham qarindoshlari, ham Usparta, ham Madrasatu-z Zahro shogirdlariga ta'ziya bildiraman. Besh-olti kun avval xabar olgan edim. Hozirgacha besh-olti kun ichida unga balki ming marta duo qildim. Chunki olti kunda virdlarimda to’rt yuzga yaqin اَجِرْنَا مِنَ النَّارِ deganimda uni ham niyat qilaman. Butun o’qiganlarimni Burhonga hadya qilaman.
To’rtinchidan: Nurlar maktablarni to’liq nurlantirishni boshladi. Maktab shogirdlarini madrasa talabalaridan ko’ra ko’proq Nurlarga sohib, noshir va shogird ayladi. Inshaalloh madrasa ahli sekin-sekin haqiqiy mulklari va madrasa maxsuli hisoblangan Nurlarni yelkalariga olishadi. Hozir ham ko’p muftiylardan va ko’p ulamolardan Nurlarga qattiq ishtiyoq ko’rilyapti va istashyapti. Endi eng muhim takyalar ahli - ahli tariqatdir. Butun kuchlari bilan Nur Risolalarini nurlantirishlarini va yelkalariga olishlari kerak va shartdir. {(Hoshiya) Mana muhim bir namunasi: Saydishaharlik Hoji Abdullohning barcha mansublari, ham Kastamonuda, ham Ispartada, ham Eskishaharda Risola-i Nur doirasini o’z tariqat doiralari deb bilganlarki, ulardan Nurlarga uchraganlar, taqdirkorona sohib chiqmoqdalar. Ularga ming barakalloh!} Bugungacha men faqat iymon haqiqatini maqsad qilib "Hozir tariqat davri emas, bid'atlar to’siq bo’lyapti", dedim. Lekin hozir Payg’ambariy sunnat doirasida, barcha o’n ikki tariqatning xulosasi hisoblangan va yo’llarning eng buyuk doirasi bo’lgan Risola-i Nur doirasi ichiga, har bir tariqat ahli o’z yo’li doirasi kabi ko’rib kirishi kerak va shart ekanini bu davr ko’rsatdi. Tariqat ahlining eng gunohkori ham dinsizlikka tez kirmaydi, qalbi mag’lub bo’lmaydi. Shuning uchun ular metin, haqiqiy Nurchi bo’ladilar. Faqat mumkin bo’lganicha bid'atlarga kirmaslik va taqvoni ketkazgan buyuk gunohlarni qilmaslik kerak bo’ladi.
Beshinchidan: Hozirgi davrda eng kata tahlika bo’lgan ateistlik, dinsizlik, anarxiya va moddaparastlikka qarshi faqat va faqat bitta chora bor: U ham Qur'onning haqiqatlarini mahkam tutishdir. Yo’qsa katta Xitoyni qisqa vaqtda komunistga aylantirgan bashariy musibat, siyosiy, moddiy kuchlar bilan to’xtamaydi. Uni to’xtatadigan narsa, Qur'oniy haqiqatdir.
"Rahnamo" Risolasidagi Laylatu-l Qadr masalasi hozir ham Amerika, ham Ovrupoda belgilari ko’rinyapti. Shuning uchun hozirgi hukumatimizning haqiqiy quvvati Qur'on haqiqatlariga tayanish va xizmat qilishdan iborat. Ehtiyot kuchi bo’lgan uch yuz ellik million Islomiy birodarlik bilan Islom birdamligi doirasida qardoshlarni qozonadi. Eski davrda Hristian davlatlari ushbu Islom birdamligiga tarafdor emas edi. Lekin hozir komunizm va anarxiya chiqqani uchun ham Amerika, ham Ovrupo davlatlari Qur'onga va Islom birdamligiga tarafdor bo’lishga majbur bo’ldi.
Oltinchidan: Yonimga deputat Nur talabasi kelib, menga:
"Men Adliya vazirligiga bordim. Afyonda Nurlarni musodara qilish qarorini aytdim. Adliya vaziri O’zyo’ruq aytdiki: "Men Afyon mahkamasiga Nurlarning to’liq qaytarilishiga buyruq berdim. Hatto mendagi "Asoy-i Muso"ni ham muallifiga qaytarib beraman." dedi. Halil O’zyoruqning bu gapi Demokratlarga va Nurlarga tarafdorligini ko’rsatadi.
Barchaga minglar salom.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim va Nurning yosh qahramonlari!
Avvalo: Ruhu jonimiz bilan sizning Anqaradek joyda g’aroyib tarzda Nur xizmatingizni tabriklaymiz. Haqiqatdan umid qilganimizdan ham ko’proq ahli maorif va maktabliklar qismida juda ahamiyatli uyg’onishga sabab bo’ldingiz. Bu yil Anqara kabi joyda xizmatingiz o’n yilda zo’rg’a qilinadi. Qisqa vaqtda iymoniy vazifangizni qilganingizga qanoat qilib ma'naviy kuchingiz ahamiyatsiz hodisalar sababli ketmasin. Balki yanada qattiqroq harakat qilishingizga vasila bo’lsin. Unday joylarda ichdan va tashqaridan kelgan yigirmatacha siyosiy va ijtimoiy jarayonlarning xudbinlarcha va g’araz bilan to’qnashgan davrda Qur'on va iymonga xizmatingiz va Universitetliklarning Nurlarga taqdir bilan yelkalariga olishlari, butun Nurchilarni sevintirganidek, kelajakda inshaalloh Islom olamini ham sevintiradi. Sizning oz xizmatingizda mukofot ko’p. Ba'zan askarlikda og’ir sharoitda bir soat navbat, bir yil ibodat o’rniga bo’lgani kabi, siz va Istanbul Universitetidagi Nurchilari ham qisqa vaqtda ko’p vazifani bajardingiz. Qilgan ishingizning samarasi oz bo’lsa ham, qanoat qiling. Urush frontida ba'zi zaif kishilarning ortga chenishi, jasurlarda yanada ko’proq qahramonlik hissini jo’shtirganidek. Nur fidokorlari vahimachilarning chekinishi bilan yanada ko’proq g’ayrat qilgani, sabot ko’rsatishi, balki shavq bilan yanada ko’proq xizmat qilishga sabab bo’lishi kerak. Ha, Risola-i Nurning muhim bir haqiqatidan siz fitratan dars oldingiz. Yana quyidagi haqiqatni e'tiborga olinglar:
Bizning vazifamiz ixlos bilan iymon va Qur'onga xizmat qilishdir. Lekin bizni muvaffaq qilish va odamlarga qabul qildirish, dushmanlarni qochirish Ilohiy vazifadir. Biz bunga aralashmaymiz. Mag’lub bo’lsak ham, ma'naviy kuch va xizmatimizni nuqson keltirmaydi. Bu nuqtada qanoat qilish kerak. Masalan: Bir kuni Islomning buyuk qahramoni Jaloliddin Xorazmshohga: "Chigizxonga qarsi kurashib muzaffar bo’lasiz", deyishadi. U zot javoban: "Bizning vazifamiz jihod qilishdir. Bizni g’olib qilish vazifa-i Ilohiyadir. Unga aralashmayman." deydi. Siz hozirgacha qaytmay xolis xizmatingizning dalolati bilan, siz ham bu qahramonga iqtido qilgansiz. Mingdan bir-ikki kishi sizdan qabul qilsa ham, qaytmaslik kerak. Ba'zan bir-ikki odam mingga teng bo’ladi.
Ikkinchidan: Anqarada so’nggi kunlarda insonlar nazari dunyoga qattiq qaragan. Boshqaruvdagilar esa to’liq dasturini qabul qilishga vaqt topa olishmagan. Ko’p partiyalar o’ziga tarafdor topish uchun yoki ayblarini yopish uchun albatta ko’p urinishyapti. Islomiyat va Qur'onga qarshi xorijdagi jarayonlar albatta ichkarida ba'zi kishilarni topgan. Ular Qur'on foydasi uchun jiddan harakat qilayotganlarni ketkazish, qochirish, vahima qilib qo’rqitish kabi targ’ibotlar bilan haqiqiy fidokor bo’lmagan yoki dunyo bilan va ko’p do’stlar bilan aloqador bo’lganlarni vahimalantirishyapti. Nurchilarning ma'naviy kuchini ketkazishga urinishyapti.
Said Nursiy
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Men sizga bugun maktub yozmoqchi edim. Ko’p bezovtaligim sababli qiynalib turgan paytimda Mustafo Gul va Ibrohim Gul kelishdi. Ham menga dori ham tasalli ham katta sevinchga sabab bo’lishgani uchun bu ikki muborak qardoshimni vakillarim va bir maktub sifatida sizga yuboryapman. Ular sizni Said sifatida mening o’rnimga ziyorat qilib, tabriklashadi. Boshqa narsalarimni ham sizga aytishsin.
Said Nursiy
* * *
[Ustozimizning tabrik telegrafiga Jumhuriyat Raisi Jalol Bayarning telegraf orqali bergan javobi.]
Badiuzzamon Said Nursiy
Amirtog’
Samimiy tabriklaringizdan favqulotda ta'sirlanib tashakkurlar aytaman.
Jalol Bayar
* * *
Aziz, siddiq va muborak qardoshlarim!
Avvalo: Nurdan menga juda kerakli Madrasatu-z Zahroning futuhotchi mahsulotini va qahramon Tohiriyning marhuma oilasi bilan va marhuma ikki qizi nomidan jo’natgan majmualarni va ikki hafta avval marhum Hofiz Alining xayrli xalafi Mustafoning butun "Maktubot"ni tom vaqtida va Nurning metin qo’mondoni Ra'fat Beyning o’z qalami bilan yozgan muborak majmuasini, juda chiroyli va ma'noli tushi yozilgan maktubini oldim va juda sevindim. Ularning har bir harfiga Janobi Arhamur Rohimiyn har biringizga ming hasana ehson qilsin. Marhuma Hadicha va marhuma Hijratning va marhuma Oyshaning ruhlariga va qabrlariga minglar rahmat aylasin, omin.
Ikkinchidan: Ikkinchi Xusrav hisoblangan Mustafo Usmonning maktubida Sabri nomli qardoshimizning xizmatimni qilishga yonimga kelishini istagani meni juda xursand qildi. U kelib, bir necha oy xizmat qilgandek qabul qilaman. Lekin hozir mening xizmatimga tashqaridan kelishga ehtiyoj qolmadi. Qachon ehtiyoj bo’lsa, o’shanda xabardor qilaman. Haqiqatdan Afloniy atrofida, Isparta qahramonlari mohiyatida kichik qahramonlar yetishishni boshlabdi.
Uchinchidan: Nurning eski kotibi va shogirdi Kotib Usmonning Risola-i Nur bog’idan jo’natgan yangi uzum tabarrukini va Madrasatu-z Zahroning juda ahamiyatli sho’'basi va markazi bo’lgan Savning o’ta muborak tabarruklarini qoidamga xilof qilib ularning hurmati uchun qabul qildim. Kimga yedirsam, ularning ehsoni sifatida yediraman.
To’rtinchidan: Nur qahramoni Xusravning men Amirtog’daligimda yozgan barcha maktublaridan muhim qismlarni, xususan men yozgan maktublarning xulosalari kiritilgan qismlarni bir daftarga yozgan edim. Lekin qamoqdaligimda bir kishiga yoqib, olibdi. Shu bilan yo’qoldi. Hozir eski maktublaridan qirqtacha bor. Ularni inshaalloh ishoratlab beraman; bu yerda yozdirmasam sizga jo’nataman. Bir daftarda to’planib, balki ahamiyatiga ko’ra ko’paytirilar.
Beshinchidan: "So’zlar" majmuasidan o’n besh donasini Anqaraga jo’natdim. Ko’p foyda beribdi. U yerdagi Nurchilar qahramonlarcha ehtiyot pardasi ostida xizmat qilishyapti.
Oltinchidan: Sizda bo’lmagan va Xusrav so’ragan "Maktubot"ni tahrir qildim. Bir kishi orqali jo’nataman. Bu safar "Yigirma To’rtinchi Maktub"ni juda qiymatli, juda nozik, juda chuqur ayni haqiqat ekanini ko’rdim.
Umumga minglar salom.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
* * *
Aziz, siddiq va muborak qardoshlarim!
Avvalo: Qardoshimiz Inebolu Xusravi Nazif Chalabiy menga yozyaptiki: "Hizbi Nuriya" va "Salavot"ni nashr qilish tugagandan so’ng qaysi asar munosib bo’lsa, nashr qilaman", deb so’rayapti. Menimcha siz qaysini munosib ko’rsangiz "Xastalar" va "Keksalar" Yog’dulari va "O’n Yettinchi Maktub" bo’lgan qisqa bola ta'ziyanomasi va "Yigirma Birinchi Maktub" (Keksalarga xizmat haqidagi qisqa maktubni) nashr qilish munosib. Madrasatu-z Zahroning ruknlari qaysi jumla va qaysi fikr munosib ko’rishsa o’chirib tashlashsin va to’g’rilashsin. Yana boshqa qisqa risolalar bo’lsa qo’shishlari mumkin." Shu ma'noda qahramon Nazifga tez javob jo’natinglar. Haqiqatdan u qardoshimizning "Javshanu-l Kabir" va "Hizbu Nuriya"ni "Salovot" bilan birga nashr qilishi, Nurchilarga va ahl-i iymonga buyuk xizmat bo’ladi. Janobi Haq har bir harfi evaziga unga va yordam berganlarga ming savob ehson etsin, omin.
Ikkinchidan: Yangi hukumatdagilar kuch Qur'ondaligini va Islomiyat birodarligi bilan va iymon haqiqatlari bilan buzg’unchi dushmanlarga qarshi tura olishlarini sekin-sekin tushunyapti. Ha, bir buzg’unchi yigirma ta'mirchini xavotirlantirishi va ba'zan mag’lub qilishi mumkin. Katta Xitoyni o’ziga tobe qilgan kuchni bu yerdagi yigirma million Musulmonga qarshi xuddiki mag’lub vaziyatda tajovuzdan to’xtatgan, moddiy kuchlar, tashqi-ichki tayyorgarliklar, ittifoqlar emas, balki faqat Qur'on va iymon haqiqatlari, ularning eng buyuk kuchi hisoblangan qalb ma'naviyatini buzishiga qarshi to’siq qo’yishi va ma'naviy yaralarini davolashi hisoblanadi.
Yangi hukumatning Maorif Vaziri bu haqiqatni his etibdiki, avvalgilariga qarshi iymon haqiqatlarining nashriga, din darslariga qattiq ahamiyat beryapti. Hatto hozir katta ahamiyat bilan Sharq Dorilfununi (ularning tilida Sharq Universiteti) uchun ming lira ajratganini gazetalar yozyapti.
Mazkur haqiqatni ham Anqara, ham Istanbul Universitetlari dahshatli buzgunchi kuchga qarshi ham vatanni, ham yoshlarni qutqaradigan Qur'oniy va iymoniy haqiqatlar ekanini qat'iyyan bilishdi. Anqaradagi Universitet talabalari bir ming yetti yuz imzo bilan Maorif Vazirining din darslarini maktablarga majburan qo’ygani uchun tabriklashgan. Istanbul Universitetida yangi hukumatning eng muhim bir mansabdoriga aytishibdiki:
Onado’luda din foydasi uchun kuchli jarayon bor.. Ularga ham chap tomondagilar kabi bir daraja yo’l qo’ymaymiz, deyishiga javoban, universitet vakili dinni nashr qilganlarga qarshi bo’lsada, u mansabdorga aytibdiki:
- Agar aytganingizdek o’sha jarayon Risola-i Nur bo’lsa, na siz, na Ovrupa uni mag’lub qila olmaysizlar.
Bu masala munosabati bilan yo’lim va yo’nalishimga qarshi Eski Saidning boshini bir-ikki daqiqa boshimga olib aytamanki:
Kufr bilan iymonning o’rtasi yo’q. Bu yurtda Islomiyatga qarshi komunist kurashining o’rtasi bo’lmaydi. O’ng, chap va o’rtasi uch yo’l bo’ladi. Fransuz deyishsa, haqqi bor. O’ng Islomiyat, chap komunistlik, o’rtasi Nasroniyat deyish mumkin. Lekin bu vatanda mutlaq kufrga qarshi iymon va Islomiyatdan boshqa bir din, mazhab bo’lishi mumkin emas. Bo’lsa ham, dinni tashlab komunistlikka kirishdir. Chunki haqiqiy bir Musulmon hech qachon Yahudiy va Nasroniy bo’la olmaydi. Bo’lsa ham, dinsiz bo’lib, tom anarxist bo’ladi.
Inshaalloh, Maorif va Adliya vazirlari kabi boshqa mansabdorlar ham ushbu ahamiyatli haqiqatni to’liq tushunadi. O’ng-chap deyish esa, haq va haqiqat, Qur'on va iymon kuchiga tayanib, bu vatanni mutlaq kufrdan, anarxistlikdan, ateistlikdan va ularning dahshatli buzg’unchiliklaridan qutqarishga harakat qilayotganini rahmat-i Ilohiyadan butun ruhu jonimiz bilan niyoz va iltimos qilamiz.
* * *
...Bir ikki hafta avval Misrning Jome'u-l Azharning bir katta mudarrisi Ali Rizo bu yerga bir kishini maxsus jo’natdi. Ikki kun avval asli Buxorolik va Madina-i Munavvarada muhojir va Misrda buyuk olimlar bilan, xususan eski Shayxu-l Islomimiz va Doru-l Hikmatda mening do’stim Mustafo Sabri Afandiga aloqador bu tomonga kelishiga doir ular bilan gaplashgan va bir daraja ularning nomidan yonimga muhim bir olim keldi.
Men hadya-i vaqfiyam sifatida 11 dona xususiy majmualarimni u kishi vositasida Islom olamining buyuk madrasasi bo’lgan va u olimning xabariga ko’ra hozir yigirma yetti ming talabasi bo’lgan Jome'u-l Azharga hadya sifatida u kishiga berdik. Yana aytdikki: "Boshda Mustafo Sabri, Ali Rizo va Mahmud Zohid Kavsariylar Nur majmualariga mening o’rnimga sohib, homiy va voris bo’lishsin. Arab tiliga tarjima qilishga harakat qilishsin." dedik. Maktub ham yozdik. U kishi olib ketdi.
Umum qardoshlarimga va singillarimga salom aytaman, duolarini istayman.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
* * *
Avvalo: Hadsiz shukr bo’lsinki, hozir Anqara ichida kichik bir Madrasa-i Nuriya ma'nosida kichik Saidlar va Nurning fidokorlari har kecha biri bir majmuani o’qishi, boshqalari dars olayotgandek tinglashyapti. Ba'zan konferensiya vaqti ba'zi muhim shaxslar ham ishtirok etishyapti. Bu safar Afyon gazeta muxbirining tuhmati munosabati bilan Senator, Ichki Ishlar Vazirligi va Nur Talabalariga ba'zi deputatlar aytishibdi. Adnan Mandaras bilan Ichki Ishlar Vaziri juda do’stona javob berib: "Umuman xavotir olmasin va umidsiz bo’lmasin." deb, xabar jo’natishibdi. Afyondagi gazeta muxbiri: "Men Amirtoqqa boraman va Ustozdan ikkita tilagim bor. Ularni iltimos qilaman va uzr so’rayman." debdi. Bizga qarshi nashr qilingan gazetalarning bir yuz oltmishtasini talabalarim olib yo’q qilishgan.
Yana ko’proq yozar edim. Bezovtaligim tufayli yoza olmadim. Vaqt ham tig’iz bo’lgani uchun qisqa qilyapman. Umumingizga salom.
* * *
Haqiqatdan Afloniy va Safranbolu aynan Isparta qahramonlari kabi tinmay Nurlarga xizmat qilyapti. Hatto bu safar "Rahnamo"larning bir qismida "Munojot" yo’q edi. Afloniy qisqa vaqtda eski harf bilan yetmish adad "Munojot"ni yozib bizga jo’natdi. Biz ham u "Munojot"larni "Rahnamo"larning orqasiga ilova qildik. Inshaalloh u yerda ham ko’p Sungurlar chiqyapti va chiqadi.
* * *
Mudofaalarning bir hoshiyasi
Quyidagi ma'noda adolatparvar Demokratlarga murojaat yozing. Men xastaman. Siz qanday munosib ko’rsangiz, shunday qiling.
Advokatimizdan bir kun avval olgan maktubimizda, kitoblarimizning aybdor deb topilganlari va topilmaganlari, hech qanday qonun doirasida bo’lmagan minglar so’z ichida bir risolada bitta so’zni bahona qilib aybdor qilish, o’sha risolani bermay, Nurlarning yoyilishiga g’araz bilan mone bo’lish maqsadida ham hukmini Oliy Sud buzgan qarorda aybdor sifatida ko’rsatgan bizga qarshi bo’lmasada va prokurorning aybloviga qarshi xatolarni tog’rilash jadvalida sakson bir xatosini va g’arazkorligini qat'iy isbotlasakda, yana o’sha g’arazi bilan va to’rt yuz sahifalik "Zulfiqor Risolasi"ni bir necha satr tasattur-yopinish va irsiyat haqidagi yuz ming tafsirlar ayni ma'noni aytganiga binoan, o’ttiz qirq yil avval yozilgan jumlalarni ayblov mavzui qilib, u majmuani musodara qilib bizga qaytarmaslik dunyoda qaysi qonun doirasiga to’g’ri keladi?
Afyon mahkamasidagi asarlar ("Takrorot-i Qur'oniya" va "Farishtalar Haqida"gi ikki qism mustasno) butun asarlar ikki yil ham Dengizli ham Anqara Og’ir jazo mahkamasi oqlashiga hukm chiqarib, ichida aybdorlik mavzui topa olmaganini va bizga qaytarib berishga qaror qilganini va ayni asarlar Isparta hukumatining eski vaqt musodara qilib tamoman olib qo’ygan bo’lsada, egalariga to’liq qaytarib berishgan, so’ng "Zulfiqor" bilan "Asoy-i Muso"ni ruxsatsiz, eski yozuv bilan nashr qilingan degan bahona bilan, to’rt yil musodara qilingan va kamchiliksiz 170 adad qaytarib berilgan majmuada hech qanday aybdorlik belgisi topa olishmagani uchun bizga to’liq qaytarib berishgan va bizning eng muhim aybimiz sifatida ko’rsatishgan - eski partiyaning bir qism boshliqlariga haqiqat nomidan e'tiroz bildirganimizdan, yuz marta og’irroq shaklda hozirgi diniy majmualar, rasmiy jaridalar o’sha e'tirozni shiddat bilan urishayotgan bo’lsada, Risola-i Nurning bir mahram bo’limi, hozirgi davrni to’liq aniqlagan bir haqiqatni sharhida isbotlaganki "o’lib ketgan bir boshliq", degan.
Haqiqat bu ekan, Afyon Mahkamasi adolat nomiga emas, balki o’lib ketgan odamga mutaassib muhabbat bilan, eski harf bilan nashr qilingan hukmning oxirida, bizni qamash uchun eng muhim sabab prokurorning g’arazi sababli mahkama hay'ati aytishganki:
"Said va uning do’stlari Mustafo kamolni dinni yo’qotuvchi, sufyon deyishgan. Insonlar qalbidagi sevgini buzishga uringan. Shuning uchun aybdor deb topilsin." Ajabo, o’lib ketgan odamning shaxsiga qarshi ming marta bunday e'tiroz bo’lsada, umumiy da'vo bo’ladi. Adolat mahkamasi bunga doir bunday hukm chiqarishidan tushunish mumkinki, bu ishning ichida albatta juda ajib ma'no bor.
Bundaylarning qo’lidagi to’rt marta Nur asarlari oqlangani va hozir Ichki Ishlar vaziri, avvalroq adliya vaziri uch marta oqlanishiga va ayblashga sabab yo’qligiga va bizni aybdor deb topgan Afyon hukmini buzib, ayb yo’qligiga hukm qilgan bo’lsada, hozir butun xalq adolat, shafqat va diyonatga xizmat kutayotgan Demokrat hukumati davrida eski mustabidlarning daxshatli rejalari bilan Risola-i Nurga qarshi g’arazi bo’lganlarning qosh-qovog’iga qo’yib berish, Demokrat hukumatiga qarshi buyuk xiyonatdir. Va millatning tasalli topish umidini ketkazishdir.
Mening Anqarada bir vakilim Mustafo Sungurdir. U 11.11.1950 yil jo’natgan telegrafda, umum risolalarning bizga qaytarib berilishiga qaror qilingani xushxabarini berdi. Odil adliya vaziri uch marta oqlagan va hozir ham Sungurning maktubiga ko’ra ham qaytarilishiga buyruq berilgani va hozir telefonda xabar beraman deb aytishganiga qaramay,
o’n olti yildan beri bizga qarshi bo’lgan tuhmatlar va yashirin bo’htonlar sababli,
ham Eskishahar, ham Dengizli mahkamasida butun jildlarni Afyon mahkamasi to’plab,
avf qonunining chiqishi,
mahkamalarning oqlashi sababli muborak asarlarni, jildlar ichiga aralashtirib chiritish uchun yerosti omboriga tashlash,
uch yildan beri bizni aldagan ba'zi kimsalarga Nurlar bilan o’ralashishni tashlattirish kerak bo’lyapti.
Bosh vazir, Maorif vaziri va Ichki Ishlar vaziri ushbu o’ta muhim masalani e'tiborlariga havola qilaman.
Said Nursiy
* * *
Papalik Oliy Idorasi Maxsus Kanselyariyasi Statistika Bosh Boshqarmasi
Tartib raqami:232247
Vatikan
22 Fevral 1951 yil
Hazrat!
"Zulfiqor" nomli go’zal qo’lyozma asaringiz Istanbuldagi Papalik vakolat idorasi vositasida Papa Hazratlariga taqdim etildi. Ushbu nozik hurmatingiz bois o’ta ta'sirlanganini bildirib, sizga Janobi Haqning lutflarini tilaganini yetkazishga beni tayinlaganini bildiraman. Ushbu vasila orqali hurmatlarimni bildiraman afandim.
Imzo
Vatikan Bayn Bosh Kotibi
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Butun ruhu jonimi bilan Rajab-i Sharifingiz va uch oylaringizni tabriklab Janobi Arhamur rohimiyndan sizu-bizga sakson yillik ma'naviy boqiy umr qozontirishiga ushbu uch oylarni vasila aylashini niyoz qilamiz, omin.
Ikkinchidan: O’ttiz-qirq kundan beri haqiqiy iymon ahliga bir nav hujum ichida uch dindor deputatning Islomiyat shiorlarini bir daraja ta'mirlashga yo’l qo’yilmasligi uchun zarba berildi. Iymoniy xizmat ichida eng katta kuchni Nurchilarda topishdi. Bahonalar bilan ularni bezdirish, shavqini ketkazish uchun ko’p hiylalar qilindi. Tarsus, Istanbuldagidek Amirtog’da ham ajib hiylalar bilan meni g’azablantirib muammo chiqarishni xohlashdi.
Holbuki Janobi Haqning rahmati bilan menga favqulotda sabr va chidam berildi. Ularning rejasi ham zeru-zabar bo’ldi. Hatto Afyon va bu yerda uch katta mansabdorning balki ishdan bo’shashi ehtimoli bor. Uch deputat ham mening tarafimni olishgan. Demak inoyat-i Ilohiya doim bizni himoya qilyapti, alhamdulillah. Bu kabi narsalardan xavotirlanmang. Faqat ehtiyot har doim yaxshi.
Uchinchidan: Risola-i Nurning ma'naviy advokati va qahramoni Ahmad Fayzi Izmirda Nurni ko’paytirishi, xushyor Izmir holati bilan Ahmad Fayzi shug’ullanadigan bo’libdi. Ko’paytirishdagi tahrirni bo’yniga olibdi. Qamoqda Nurning kichik qahramoni bo’lgan Bayram Mahmud Yaylo va Abdurrahmon kabi va yordam bergan qardoshlar kabi Izmirda Nurni ko’paytirishda aloqalarini davom ettirishlariga doir maktubni olib keldi. Ahmad Fayzi u orqali bir miqdor zaytun va zaytun yog’i jo’natibdi. Men Abdumajid qardoshimning hadyasini qabul qilmagan bo’lsamda, Ahmad Fayzi qardoshimni o’zimga yanada yaqinroq ko’rganim uchun, hadyasini qabul qilishga majbur bo’ldim. Lekin qoidam buzilmasligi uchun, hadya evaziga hisobimdan bir "So’zlar" majmuasi, besh dona "Javshanu-l Kabir", uchta Nazifning maktubida yozgan menga oid nusxalardan va Istanbuldan sizga keladigan "Hizbu Nuriya"ni unga jo’nating.
Ikki Nurchi Anqaraga ketishdi. Ham Bosh Vazir, ham Ichki Ishlar Vaziri, ham Maorif Vaziri biz tomonda. Bizga xishxabar keldi. Shuning uchun mendan xavotirlanmang. Men kelgan muammodan ma'naviy sevinch olyapman.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
[Sayyid Solihning maktubidan bir qism.]
Bu yil o’n besh talaba bilan birga Hijozga borishadi. Hijozdagi xarajatlarni ham Hijoz olmaydi. O’z xarajatlar juda oz bo’ladi. Qaytishlarida Solih bilan bir-ikki do’sti Eron va boshqa hukumatlarni aylangandan keyin Pokistonga Islom Yoshlar Konferensiyasiga a'zo sifatida borishadi. Balki ularning yo’l xarajatlarini hukumat beradi. Bu xususda buyrug’ingizni kutamiz.
Ali Akbar Shoh, Said Ramazoniy, Abdurrahim Zapsu ko’ribdi, Pokistonda ko’p hurmat qilishibdi. Ustozimiz o’rniga qo’llarini o’pishdi, duoingizni iltimos qilishdi.
Sayyid Solih
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Avvalo: Hol-ahvolingizni so’rash bilan qo’l oyoqlaringizdan o’pib, sihhat va tinchligingizni Janobi Haqdan tilayman va juda muhtoj bo’lgan duoingizni kutaman afandim.
Ikkinchidan: Bu yerdan xavotirlanadigan hech narsa qolmadi. 5-martdagi ish 18 aprelda hal bo’ldi. Politsiya idorasi Nur doirasi bo’ldi. Tarsus prokurori o’shanda tekshirib, "Bu kitoblarni qaytarib bering", degan edi. Komisar Bey menga "Borib Mersindagilarni ham olib keling, hammasini birdan beraylik", deb meni Mersinga jo’natdi. Mersin Ischki Ishlar Mudirligida "Biz sizning kitoblaringizni Anqaraga jo’natdik, kelsa beramiz, kelmasa bu yerda kitobingiz yo’q", deyishdi. Qaytib takroran Tarsus komisari oldiga bordim. Komisar Bey bo’ynini bukib: "Domla, biz buyruq qulimiz, jahlingiz chiqmasin, aybga buyurmang. Biz sizning kitoblaringizni buyruqsiz bera olmaymiz." deb javob berdi. 18 aprelda "Kitoblaringiz keldi. Borib olib keling", deyishdi. Tez bordim. "Zulfiqor", "Tasdiq Muhri", "Tilsim", "Afyon Mudofaamiz", "Xulosa"lar jami besh kitobimizning ustidagi o’ralgan qog’ozdan Anqaraga borib kelganini angladim.
Xullas, kitoblar ichida "sotilmasligi uchun hech qanday asos yo’q", deb bir vasiqa bilan birga kitoblarimizni qaytarishdi. Men komisar beyga bir "Tilsim Majmuasi", ichki ishlar xodimi Adham Beyga bir "Xulosa", yana bir yangi harfli "Hayot Yo’li"ni hadya etdim, juda xursand bo’lishdi. Ular ham Nurchi bo’lishdi.
Ustozim Afandim! "Bu tomonning vazifasi senga" degan edingiz. So’z bergan edim, Ispartadan ketganimda martda kelaman degan edim. G’oziantep va Marashga bora olmaganim uchun ruhim "Sen vazifangni to’liq bajarmading", deyapti.
Ustozim Afandim! Eskishaharga borishdan bir yil avval ilk ko’rishganimizdan uch-to’rt oy o’tib tushda Ustozim uyimizga kelgan edingiz. Menga: "Seni bir joyga jo’natsam, borasanmi?" dedingiz. Men "Boraman, afandim!" dedim. Siz "Seni uch oylik joyga jo’nataman", dedingiz. Men o’sha onda yurib ketdim. Menga "To’xta!" deb buyruq berdingiz. Men to’xtadim. "Men senga hozir bor degan buyruq berdimmi?" dedingiz. O’sha on uyg’ondim. O’shandan beri qiziqyapman. "Ajabo bu yil buyruq berdimi, uch oylik yo’l bizga ham nasib bo’larmikan", deb kechayu-kunduz ko’z yosh to’kayotgan edim. Demak taqdir hozirga ekan.
اَلْحَمْدُ لِلَّهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى
Afandim! Qo’l va oyoqlaringizdan hurmat va hasrat bilan o’paman.
Kamchiligi ko’p qulingiz Sulaymon Qoya
21.4.1951
* * *
Bu yil Misr radiosi payshanba kechasi juda ko’p Me'rojdan gapirishi sabab ham payshanba, hamda juma kechasi Me'roj qildim.
Ikkinchidan: Bizdan musodara qilingan "Ishoratu-l I'joz" Afyon jandarma qo’mondonlaridan biri bu kabi ilmiy va eski vaqtlar yozilgan asarni qaysi haqqa tayanaib musodara qilishyapti deb, g’azablanibdi. Afyon prokuraturasi qaytarib berishga qaror qilibdi. Bizga juma va Me'roj kuhi Xayrini chaqirib qaytarib berishibdi. Buni Tarsusdagi qaytarib berilganidek Nurlarning tarqalishiga to’siq qo’yilmasligiga Me'rojiy ishorat deb qabul qildik. Inshaalloh Qur'onimiz va boshqa risolalarimizni Afyondan olamiz. Istanblda prokuraturaga berilgan bir qancha "Rahnamo"larimiz, boshda Eski Saidning muhim bir talabasi Advokat Mahmud Mihriy va da'vo vakili kuyovi Osimlar aytishibdiki: "Bu masala uchun mahkamaga ellik advokat bilan birga boraman. Lekin inshaalloh unga ehtiyoj qolmay va mahkamaga tushmay olaman."
Uchinchidan: "Hashrdagi Mahkama-i Kubroga Shikoyat" nomli va yigirma sakkiz yil avval Senatorlar Majlisiga qarata yozilgan va o’sha vaqt chop etilgan o’n moddalik namozga doir qism va Mustafo haqida ham to’rt yil avval jumhuriyta raisiga yozilgan uch moddalik qism, endi Anqarada ba'zi deputatlarning e'tiboriga va iymonli hukumat mansabdorlariga ko’rsatish niyatida Anqaraga jo’natilibdi. Sizga ham ma'lumot sifatida jo’natyapmiz.
To’rtinchidan: Yonimga Dinor Baroqli qishlog’idan Mahmud Chovush va uning ukasi bir kishi bilan birga kelishdi. Juda jiddiy qabul qildim. So’ng menga bir maktubida bir narsa yozayotgan va kichik maktubini konvertda jo’natyapman. Bu qardoshimiz ba'zi narsalarni soryapti. Risola-i Nur savollarga ehtiyoj qoldirmaydi va mening o’rnimga hamma narsaga javob beradi. Faqat bola ta'ziyasiga doir risolada يَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ ga doir mavzuida bir qancha eski tafsirlar: "Jannatda boladan keksagacha hamma o’ttiz uch yoshda bo’ladi." degan. Buning haqiqati Allohu a'lam shu bo’ladi: Oyatda ochiq ravshan وِلْدَانٌ ta'biri, shariat farzlarini bajarishga majbur bo’lmagan va yosh bo’lgani uchun ham qila olmagan, voyaga yetmay vafot etgan bolalar Jannatga loyiq va sevimli bola sifatida qolishadi. Lekin shar'an yetti yoshga yetgan bolaga namoz kabi farzlarga ota-onalari o’rgatish uchun, tashviq bilan buyurishi kerak. Shariatda o’n yoshga kirgandan keyin majburan namoz o’qitish va o’rgatish bor.
Demak vojib bo’lmasada, nafl o’rnida yetti yoshidan balog’atga yetguncha kattalar kabi namoz o’qib, ro’za tutgan bolalar, dindor kattalar kabi kattalarning mukofotini olishi uchun o’ttiz uch yoshda bo’lishadi degan bir qism tafsirlar bu mavzuni izohlamay umum bolalarga qo’llashgan. Xoslarni ham omma deb o’ylaganlar.
* * *
Aziz, siddiq, mutafakkir qardoshlarim!
Avvalo: Ko’p belgilarga asoslanib qat'iyyan shu xulosaga keldimki, yashirin dinsizlar ba'zi mansabdorlarni aldab Nurning katta mahram risolalari ichida faqat "Rahnamo"ni qayta-qayta ayblaganlari va bir yarim yildan beri menga muammo chiqarishlarining sababi "Rahnamo"dagi "Huva Nuqtasi" ekan.
Chunki "Huva"ning kashf qilgan tavhid sirri, juda qat'iy va ochiq suratda mutlaq kufrni yo’qotadi. Hatto bir qismida umuman vasvasa va shubha qoldirmaydi. Yashirin dinsizlar bunga qarshi chora topa olmagani uchun, yoyilishiga rasmiy ta'qiq bilan to’siq qo’yish uchun urinishdi. "Huva Nuqtasi"ning bir kun avval Madrasatu-z Zahro ruknlariga dasr sifatida aytgan ko’p nuqtalarimdan faqat uch nuqtasini sizga bayon qilaman.
Birinchi Nuqta:Havo unsurining yuksak va ahamiyatli vazifasi اِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ oyatining sirri bilan go’zal, ma'nodor, iymoniy va haqiqatli kalimalarning qadar qalami bilan to’g’rilanishi va izni Ilohiy bilan yoyilishi sababli butun atmosferadagi farishtalar va ruhoniy borliqlarga eshittirish va Arshi A'zam tomon yo’naltirish uchun qudrati Ilohiy qalamining o’zgaruvchan sahifasi bo’lgani uchundir. Modomiki bu havoning muqaddas vazifasining, yaratilishining eng muhim hikmati ekan, ro’yi zaminni radiolar vositasida bitta manzilga aylantirib bashariyatga juda buyuk Ilohiy ne'mat ekan, albatta va albatta ushbu juda buyuk ne'matga javoban bir umumiy shikr sifatida radiolarni hamma narsadan avval kalima-i toyyibalar - boshda Qur'oni Hakim, Kalomulloh va uning haqiqatlari, iymonning va go’zal axloqlarning darslari va insonga kerakli va zaruriy manfaatlariga doir so’zlarni gapirishi kerak. Agar ne'mat bunday shukr ko’rmasa, basharga zararli bo’ladi.
Darhaqiqat, inson haqiqatga muhtoj bo’lgani kabi, ba'zi rohat beradigan havaslarga ham ehtiyoji bor. Lekin ushbu rohat beruvchi havas beshda bir bo’lishi kerak. Yo’qsa havoning hikmati sirriga teskari bo’ladi. Va insonning tanballashishiga, kayf-safoga berilishiga va qilishi shart bo’lgan vazifalarini nuqsonli qolishiga sabab bo’lib, bashariyatga ne'mat bo’lgan narsa nikmat bo’ladi. Insonga kerak bo’lgan ishlash shavqini ketkazadi.
Hozir ko’z o’ngimizdagi mashina va radio kabi, Qur'onni tinglash uchun xonamga olib kelingan edi. Qaradim, kalima-i toyyibaga o’ndan bir hissa berilyapti. Buni ham inson xatosi deb tushundim. Inshaalloh inson bu xatosini ta'mirlaydi. Va butun zamin yuzini munavvar majlis, oliy manzil va iymon maktabi holatiga keltirishga sabab bo’lgan radio ne'matiga shukr sifatida basharning abadiy hayotiga sarflanadigan kalima-i toyyiba beshda to’rti bo’ladi.
Ikkinchi Nuqta:Nur Risolalarida aytilganki: "Koinotni yarata olmagan, bir zarrani yarata olmaydi. Bir zarrani tom joyida yaratib intizom bilan vazifasida ishlatgan, faqat koinotni yaratgan zot bo’la oladi."
Bu jumlaning kulliy hujjatlaridan bir juz'iy hujjati shuki: So’zlar turlarining idishi va muhofazachisi bo’lgan mendagi radio uskunasidagi bir hovuch havo, qat'iyyan ko’rsatadiki, bizdagi radiostansiya jadvali degan ro’yxatda yozilgan ikki yuzga yaqin markazdan bir soatdan bir yilgacha uzoq va turli masofalardan ayni daqiqada bitta Qur'on kalimasi, masalan "Alhamdulillah" kalomi to’liq harflari, shevasi va gapirganning maxsus sadosining tarzida, bu uskunadagi bir hovuch havo zarralari vositasida umuman o’zgartirmay qulog’imizga kelishi uchun va turli Qur'on kalimalarini ayri-ayri sado bilan, turli-tuman sheva bilan va umuman o’zgartirmay, buzmay qulog’imizga olib kelish uchun bir hovuch havoning har bir zarrasida shunday hadsiz kuch va qamrovli iroda va butun ro’yi zamindagi markazlarda Qur'onni o’qigan qorilarning tirli-tuman shevalarini biladigan ilm va ularni ko’radigan, eshitadigan qamrovchi ko’z va hamma narsani eshita oladigan quloq bo’lmasa, albatta ushbu qudrat mo’'jizasi vujudga kelmaydi.
Demak bu bir hovuchdagi havo zarralari, faqat va faqat butun koinotni qamragan ilm va irodaning, sam'-eshitish va basar-ko’rishning sohibi bo’lgan zotning va hech narsa unga og’ir bo’lmagan va eng katta narsa eng kichik narsa kabi qudratiga oson bo’lgan Qodiri Mutlaqning qudrati, irodasi va ilmi bilan ushbu qudrat mo’'jizasiga sazovor bo’lishyapti. Yo’qsa havo mavjlarida borligi tasavvur qilingan bebosh tasosif, ko’r kuch va kar tabiatning ijodiga joy berish, har bir zarrani butun zamin yuzidagi atmosferadagi hamma narsani ko’radigan, biladigan va qiladigan hakim-i mutlaqqa aylantirish hisoblanadi. Bu esa aqldan yuz ming daraja uzoq, ilojsizliklar ichida imkonsiz xurofotdir. Zalolatdagilar kelib, tutgan yo’li qanchalik aqldan uzoq va xurofotligini ko’rishsin.
Uchinchi nuqta:Radio uskunasida va ma'naviy so’zlar gullariga tuvaklik qilgan ushbu piyoladagi bir hovuch havo ko’rsatgan qudrat mo’'jizasidan ushbu haqiqat anglashiladiki: Har bir zarra Janobi Haqni zoti va sifati bilan ta'riflaydi va isbotlaydi. Butun koinotni taftish qilgan hakim va olimlar katta va keng dalillar bilan Zoti Vojibu-l Vujudning borligini va birligini isbotlash uchun butun koinotni e'tiborga olishgan. So’ng ma’'rifatullohni to’liq qo’lga kiritishgan. Holbuki quyosh chiqqanda bir zarra oyna, aynan dengiz yuzi kabi quyoshni ko’rsatadi va unga ishorat qiladi. Xuddi shuning kabi ushbu bir hovuch havodagi har bir zarra ham mazkur haqiqatga binoan aynan koinot dengizidagi tahvid jilvasini, sifat va kamoli bilan o’zida ko’rsatadi.
Qur'oni Hakimning ma'naviy mo’'jizasining bir yog’dusi bo’lgan Risola-i Nur ushbu haqiqatni izohlari bilan isbotlagani uchun, mudaqqiq Nurchi, doimiy huzur qozonish va har doim ma’'rifatullohni eslash uchun va doimiy huzur hurmati uchun "La mavjuda illa Hu" deyishga majbur bo’lmaydi. Yana bir qancha ahl-i haqiqatning doimiy huzurni topish uchun "La mashhuda illa Hu" deganlaridek, Nurchi buni aytishga muhtoj bo’lmaydi. Balki unga porloq وَ فِى كُلِّ شَيْءٍ لَهُ آيَةٌ تَدُلُّ عَلَى اَنَّهُ وَاحِدٌ haqiqatining muqaddas derazasi kifoya qiladi. Ushbu muqaddas arabiy fikrning qisqa izohi quyidagicha:
Har bir insonning bu olamda bir olami bor, koinoti bor. Xuddiki shuur sohiblari sanog’icha bir-biri ichida hadsiz koinotlar, olamlar bor. Hammaning xususiy olamining, koinotining va dunyosining tayanchi o’z hayotidir. Kishining qo’lida bir oyna bo’lib, katta bir saroyga qaratsa, bir jihatda oynasi ichida saroyga sohib bo’ladi. Shunindek, hammaning xususiy dunyosi bor. Bir qancha ahl-i haqiqat ushbu xususiy dunyosini "La mavjuda illa Hu" deb inkor qilib, mosivoni tark etish sirri bilan Janobi Haqqa nisbatan doimiy huzur va ma’'rifati Ilohiyni topgan. Bir qism ahl-i haqiqat esa yana doimiy ma’'rifat va huzurni topish uchun "La mashhuda illa Hu" deb, o’z xusuiy dunyosini unutish qamog’iga tiqadi. Ustiga foniylik pardasini tortadi, huzur topib butun umrini bir nav ibodatga aylantirgan.
Hozirgi davrda Qur'onning ma'naviy I'jozi bilan yuzaga chiqqan وَ فِى كُلِّ شَيْءٍ لَهُ آيَةٌ تَدُلُّ عَلَى اَنَّهُ وَاحِدٌ sirri bilan, ya'ni zarralardan yulduzlargacha hamma narsada tahvid derazasi bor va to’g’ridan-to’g’ri Zoti Vohidi Ahadni sifati bilan bildirgan oyatlarni, ya'ni dalolatlar va ishoratlari bor. Ushbu "Huva Nuqtasi" vositasida mazkur muqaddas, iymoniy va huzuriy haqiqatga mujassam ishoratlar bor.
"Huva Nuqtasi" bilan mazkur muqaddas, iymoniy va huzuriy haqiqatga qisqa ishoratlar bor. Risola-i Nur bu haqiqatni izohlari bilan isbotlagan. Eski davrdagi ahl-i haqiqat bir daraja qisqa va muxtasar bayon etgan edilar. Demak bu dahshatli davr yanada ko’proq bu haqiqatga muhtojki, Qur'oni Hakimning I'jozi bilan bu haqiqat tafsiloti bilan ehson etligan. Nur Risolalari ham bu haqiqatga bir noshir bo’lgan.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
Dindor, hamiyatkor, vatanparvar deputatlarga shuni arz qilaman:
Makka-i Mukarramada Hajaru-l Asvadning yonida hurmat uchun qo’yilgan;
hojilar ko’rgan "Zulfiqor" "Mo’'jizot-i Qur'oniyya" majmuasi bilan birga Madina-i Munavvarada ham Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning qabrlari ustiga qo’yilganini ko’rishgan "Asoy-i Muso" majmuasi kabi,
Risola-i Nurning ba'zi bo’limlari olam-i Islomning biz bilan haqiqiy birodarligini ta'minlashga vasila bo’lishiga qaramay, musodara qilinib, to’rt yildan beri zararli varaqalar kabi jildlar ichida mahkama ost qavat omborida chiritilib, yo’q qilishga urinilgani;
to’rt mahkama oqlagan va erkinligiga hukm chiqargan,
biz ham ko’p marta idoraga ariza bilan murojaat qilib ozod qilinishini istaganimiz;
men Bosh vazirning "Din targ’iboti sababli hozirgacha bu vatanga umuman zarar kelmagani"ni aytishiga qaramay,
dindorlarning ozodligi haqidagi qonunni tasdiqlashni tezlatish va taqdim qilish kerak ekan kechiktirilishi dindor deputatlar haqida xalq "bo’ynidagi eng ahamiyatli diniy vazifalarini bajarishmayapti" deb xavotirlanyapti.
Biz ham xavotirlanyapmiz, ichki yashirin dinsizlar va komunizm hisobiga ishlagan xoinlar bu vaziyatdan foydalanishi uchun, quyidagi haqiqatni sizga bayon qilishga hamiyat uchun majbur bo’ldim. O’sha haqiqat:
Demokrat dindor deputatlarga haqiqat bo’lgan eslatma:
So’nggi kunlarda xastaligim tufayli qishning juda qattiq ayoziga chiday olmadim. Ko’p tajribalarim vositasida umumiy bir xato natijasida havo bilan, zamin zilzila bilan, dovul bilan g’azabi Ilohiyni xabar navidan jahl qilayotgandek, xuddiki qarshi bo’lgandek vaziyat ko’rsatdi. Men ham bir ma'naviy dovul bo’lishiga alomatni his qildim. Qalbimga "Ajabo, yana Islomiyat va iymon haqiqatlari zarariga bir umumiy xato sodir qilindimi?" degan fikr keldi. Odatim bo’lmasada va dunyo siyosatini tark qilganimga qaramay bu masala uchun "Nima bo’lyapti? Gazetalar nimalarni yozyapti?" deb so’radim.
Menga: "Din targ’iboti qilgan dindorlarning ozodlikka chiqarish qonuni kechikibdi. Faqat chap tomondagilar haqidagi qonun tezlashib tasdiqlashibdi." deyishdi.
Qalbimga: Bu vatan va Islomiyatning foydasi, hamma narsadan avval dindorlarning ozod qilinishi haqidagi qonunning ham tezlashishi, ham tasdiqlanishi, hamda maktablarda tez tatbiq qilinishi shart. Chinki tasdiqlash bilan Rusiyadagi qirq millionga yaqin Musulmon, to’rt yuz million Islom olamining ma'naviy quvvatini ehtiyot kuchi sifatida bu vatanga qozontirish bilan birga, komunizmning ma'naviy buzg’unchiligiga qarshi hozirgacha Rusning Amerika va Angliyaga qarshi tajovuzlardan ko’ra ko’proq, ming yillik adovati sababli eng avval bizga tajovuz qilishi adovati iqtizo qilsada, u tajovuzni to’xtatgan narsa - shubhasiz Qur'oniy va iymoniy haqiqatlardir.
Shunday ekan bu vatanda hamma narsadan avval o’sha ajib kuchga qarshi Qur'oniy va iymoniy haqiqatlarni amalda qo’lda tutib, dinsizlikning oldiga kuchli bir Sadd-i Zulqarnayn kabi Qur'oniy to’siq qo’yilishi kerak va shartdir. Chunki dinsizlik Rusni hozirgacha Xitoyning yarim va yarim Ovruponi istilo etganiga qaramay bizga qarshi tajovuz qildirmay to’xtatgan narsa - iymon va Qur'on haqiqatlaridir. Yo’qsa Ruslarning buzg’unchi ma'naviy kuchiga qarshi, adliyaning mingdan biriga moddiy jazo berib, beboshlar va miskinlarga boylarning molini berib yuborgan va havasli yoshlarga nomuslilarning qizlari va oilalarini muboh qilgan va qisqa vaqtda Ovruponing yarmini qo’lga kiritgan kuchga qarshi faqat va faqat ma'naviy bombalar kerak. Qur'oniy va iymoniy haqiqatlar atom bombasi bo’lib, dahshatli chap tomon jarayonini to’xtatadi. Yo’qsa adliya vositasida yuzda biriga berilgan moddiy jazo bilan katta kuch to’xtatilamdi.
Dindor deputatlar tezlashtirilishi kerak bo’lgan haqiqatni orqaga surishgani uchun, ko’p marta tajribalar bilan ko’rganimizdek, bu safar ham atmosferada havoning qattiq sovug’i bilan bunga e'tiroz qilyapti.
Ikki dahshatli jahon urushi natijasida bashariyatda hosil bo’lgan kuchli xushyorlik va insonlarning to’liq uyg’onishi ko’rsatadiki, hech bir millat dinsiz yashay olmaydi. Rus ham dinsiz qolmaydi, orqaga qaytib Xristian ham bo’la olmaydi. Bo’lsa faqat mutlaq kufrni ketkazib, haq va haqiqatga tayangan, hujjat va dalilga asoslangan, aql va qalbni ko’ndirgan Qur'on bilan kelishadi yoki tobe bo’ladi. O’sha vaqt to’rt yuz million Qur'on ahliga qilich torta olmaydi.
Said Nursiy
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Mavludi Sharifingizni ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Muvaffaqiyatingizni va Nurlarning favqulotda ta'sirli yoyilishini sizga xushxabar beramiz. Nurlarni tabriklaymiz.
Ikkinchidan: Ushbu muborak kechada qalbimga juda qattiq bir eslatma keldi: Istanbuldagi Universitetda o’qiydiganlar Eski Said bilan Yangi Saidning Hayot Yo’lidagi g’aroyib hodisalarni yozishlari munosabati bilan ikki fikr yuzaga keldi:
1. Do’stlarda mening haddimdan ortiq, bir jihatda favqulotda valiylik kabi husni zon hosil bo’libdi. Qarshilarda va falsafaga oshno kimsalarda juda g’aroyib bir daho degan tasavvur, hatto ba'zilarda kuchli sehr tasavvuri bilan haddimdan ming daraja ortiq bir tasavvur hosil bo’libdi. Bu ma'noga doir ko’p joylarda mendan "Buning haqiqati nima?" degan moddiy-ma'naviy izohi so’ralgan edi. Men bu kecha qattiq eslatma olganim bois ko’p muqaddimalari bor haqiqatni bayon qilishga majbur bo’ldim.
Birinchi Muqaddima:Archa daraxtining bug’doy donasichalik urug’i katta archa daraxtiga boshlang’ich bo’lganidek, qudrat-i Ilohiy u ajib daraxtni urug’dan yaratadi. Urug’da faqat milliondan faqat bir hissa bor xolos. Urug’ qadar qalami bilan yozilgan ma'naviy mundarija bo’lgan. Yo’qsa u ajib daraxt, shoh-butoqlari bilan tashkil etilishiga bir qishloqchalik zavodlar kerak bo’ladi. Demak bir zarradan tog’dek narsalarni yaratish Ilohiy azamat va qudratning bir dalilidir. Xuddi shuning kabi hech qanday mahviyat va tavozu' niyatida emas, borini e'lon qilamanki: Mening xizmatim va hayot yo’lim bir jihatdan urug’ hukmida o’tdi. Inoyat-i Ilohiya bilan bu davrda ahamiyatli iymoniy xizmatga boshlang’ich bo’lish uchun Qur'ondan kelgan va oliy mevali daraxt hisoblangan Nur Risolalarini ehson qildi. Qasam bilan ishontiramanki, butun hayotimda o’tgan g’aroyib hodisalar sababli men o’zimda qat'iy qobiliyat, ustunlik va favqulotda hodisalarga layoqat ko’rmayman. Hayrat ichida hayratda qolaman. Nafaqat favqulotda daho yoki favqulotda valiylik, balki o’z-o’zimni idora qiladigan va ijtimoiy hayotga munosabatdor bo’ladigan qobiliyatni ham ko’rmayman. Zohiran hayotimda obro’talablik kabi ba'zi holatlar bo’lgan. Ular ixtiyorim xorijida odamlarning husn-i zonnini yolg’onga chiqarmaslik uchun bir nav obro’talablikka o’xshab ketadi. Lekin odamlar husn-i zoni kabi haqiqatda bo’lmaganini va dunyoga yaramaganini, haddimdan ming daraja e'tiborga loyiq bo’lganimni batamom haqiqatga ters deb bilaman. Lekin Janobi Haqqa yuz ming shukr bo’lsinki yetmish-sakson yillik hayotimning oxirida uning hikmatini ehsoni Ilohiy bilan bir daraja bildik. Bir qismiga qisqacha ishorat qilaman. Ko’p namunalaridan bir qancha namunalarini bayon qilyapman:
Birinchi namuna:Madrasa usuliga asosan, din haqiqatlari va Islomiy ilmlarni to’liq qo’lga kiritish uchun hech bo’lmasa o’n besh yil ilm tahsili kerak. O’sha paytda Saidda nafaqat g’aroyib zako yoki bir ma'naviy kuch bor edi. Balki butun iste'dod va qobiliyatlari xorijida ajib tarzda bir-ikki yil Sarf va Nahv mabhaslarini o’qigandan keyin uch oyda ajib tarzda qirq-ellik kitobni o’qib, ijozat olgandek holat bo’ldi.
Bu hol oltmish yil o’tib, o’sha holat iymon ilmlarini uch-to’rt oylik qisqa vaqtda qo’lga beriladigan Qur'on tafsiri chiqishini, bechora Said esa uning xizmatida bo’lishi ishorati bilan to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatdi. Yana bir davr keladiki, nafaqat o’n besh yil balki iymon ilmlarini dars oladigan madrasalar topilmaydigan va kamayadigan davrga bir nav g’aybiy ishorat kabi ma'nolar kelyapti.
Ikkinchi Namuna:Eski paytda Saidning yoshligida buyuk olimlar bilan munozarasini va olimlarning savollariga javob berishini, hatto o’zi umuman savol so’ramay olimlarning eng mushkul savollariga to’g’ri javob berishini, men qat'iy e'tirof qilaman va ishonamanki: U hol na g’aroyib zakovatimdan, na ajib iste'dodimdan chiqmagan. Men bechora, mubtadi, bebosh, janjalkash bola bo’lsamda, nafaqat bunday buyuk olimlarga javob berish, balki kichik domlalarga, hatto kichik talabalarga ham mag’lub bo’ladigan holda bo’lsamda, to’g’ri javob berishim, qat'iyyan iste'dodimdan va zakovatimdan bo’lmaganiga qat'iy qanoatim bor. Yetmish yildan beri hayratlanar edim.
Endi ehsoni Ilohiy bilan bir hikmatini tushundim. Urug’ kabi madrasa ilmlariga bir daraxt ehson qilinadigan va u daraxtning xizmatini qilganlarga qarshi juda ko’p raqiblari va dushmanlari bo’ladi. O’sha vaqtda musulmonlar ichida turli yo’l va yo’nalish sohiblari bir-birini tanqid qilib, asariga javoban asar nashr qilish, Mo’'tazila va Ahli Sunnat kabi bir-birini yo’qotish odati bilan bu davrda Nur daraxtining xizmatkorining yuziga soladi va raqobat yoki yo’nalishi boshqaligi uchun eng ta'sirli va eng mudhishi madrasa domlalari bo’lishi kerak edi. Janobi Haqqa yuz ming shukr bo’lsinki, eskidan beri davom etayotgan odatga muxolif Risola-i Nur eng ko’p ulamolarning og’ir kelsada domlalar Nurlarga qarshi tanqid mohiyatidagi asar yozmaganining sababi:
O’sha vaqtda yosh Said ulamolarning savollariga qarshi to’g’ri javob berishi, ulamolarning jasoratini ketkazganki, hech bir joyda ko’ra olmaydigan domlalardan, tutgan yo’li Saidga qattiq muxolif bo’lishsada Nur Risolalariga qarshi chiqmasliklari, bu holning hikmati ekaniga qanoat hosil qildim. Yo’qsa bunday ajib davrda ahl-i madrasaning e'tirozi boshlaganida, dinsizlik tarafdorlari bo’lgan yashirin dushmanlarimiz ham Nurlarni, ham ulamolarni obro’sizlantirish uchun ahamiyatli bir sabab qilishgan bo’lar edi. Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, eng ko’p Nurlarga aloqador bo’lgan rasmiy olimlar, unga qarshi chiqa olmadi.
Uchinchi Namuna:Eski Saidning yoshligidan beri ham o’zi, ham otasi faqir bo’lishsada, boshqa kishilarning sadaqa va hadyalarini olmaganim va ola olmaganimning va qattiq muhtoj bo’lsam ham, hadyalarni evazsiz qabul qilmaganimning va Qurdiston odati bo’yicha talabalarning tayin-stipendiya aholi uylaridan berilgani va zakot bilan xarajatlari to’lanar edi. Said hech qachon tayin olishga bormaganining va zakotni ham bilib olmaganining hikmati endi aniq tushundim: umrimning oxirida Risola-i Nur kabi faqat muqaddas iymoniy va uxroviy xizmatni dunyoga vosita qilmaslik, shaxsiy manfaatlariga vasila qilmaslik uchun maqbul odatga va zararsiz fazilatga nisbatan menga Risola-i Nurning haqiqiy kuchi bo’lgan haqiqiy ixlos qo’ldan chiqmasligi uchun nafrat, qochish, qattiq faqru-zaruratni qabul qilib qo’lini insonlarga uzatmaslik holati berilgani edi. bunda ma'naviy ishorat his qilar edimki: Kelajakda tirikchilik uchun ahli ilmning mag’lubiyati ushbu ehtiyojdan kelar ekan.
To’rtinchi Namuna:Yangi Said keksaligida o’zini siyosat va dunyodan batamom tortishga harakat qilsada, ahl-i dunyoning qonunga, insofga, vijdonga hatto odamgarchilikka butunlay teskari ashaddiy zulm qilib, yigirma sakkiz yil qiynoqlar bilan ezishganiga va bir chivinning chaqishiga chidamagan bechora Saidning boltalar bilan boshiga urishganiga va xiyonatning eng achchiqlarini qilishganiga qarshi misoli yo’q sabr va chidam ehson qilinishi va o’ta asabiy va ta'sirchan bo’lsada, qo’rqoq fe'lli bo’lmay "Ajal birdir, o’zgarmaydi" degan haqiqatga iymonida kelgan buyuk jasorat bilan birga eng qo’rqoq, eng miskin vaziyatda sukut saqlab sabr qilishi, hatto vaqt o’tib qiynoqlarning oxirida ruhiga osoyishtalik berilishining hikmatini aniq ishonch bilan aytamanki:
Qur'oni Hakimning iymoniy haqiqatlarini tafsir qilgan Risola-i Nurni hech narsaga va shaxsiy manfaatlar va ma'naviy kamolotlarga vosita qilmaslik va haqiqiy ixlosni boy bermaslik uchun siyosatchilar Said haqida "dinni siyosatga vosita qilyapti" degan vahimasi bilan uni qiynoqlar, qamoqlar bilan dinni siyosatga vosita qilmasin deb siyosatchilarning zolim hukmlari ostida qadar-i Ilohiy Nurdagi haqiqiy ixlosni yo’qotmaslik uchun Saidga shafqatli ta'zirlar berib,
"Diqqat, ehtiyot bo’l! Iymoniy haqiqatlar tafsiri Risola-i Nurni o’z sahxsiy manfaatlaringga, hatto ma'naviy kamolotlaringga, balolardan va zararli narsalardan qutulishingga vosita qilma. Toki Nurning eng buyuk quvvati hisoblangan haqiqiy ixlos yo’qolmasin!" deb qadar-i Ilohiyning shafqatli ta'zirlari ekaniga qat'iy qanoat hosil qildim.
Hatto qachon faqat oxiratimga shaxsiy ibodat bilan ko’p mashg’ul bo’lganim sababli Nurning xizmatkorligini tashlagan paytim ahl-i dunyo menga bosim o’tkazib azob berganiga qat'iy qanoat hosil qilganman. Ushbu to’rtinchi namunaning izohini yozilgan eng oxirgi maktublardan, siyosatchilar, Saidni dinni siyosatga vosita qiladi degan qamatishi, so’ng Said uning hikmatini ya’ni qadarning shafqat ta'ziri ekanini tushunib yetishi ulardan rozi bo’lishi va o’z matonatining hikmatini anglashiga doir maktibga havola qilamiz.
Beshinchi Namuna:Bu bechora Saidning o’ta muhtoj bo’lgan va yetmish yildan beri u ish bilan shig’ullanishi va ba'zan ikki yuz sahifagacha tahrir qilishga majbur bo’lishi bilan birga, o’n yoshli zakiy bolaning o’n kunda muvaffaq bo’ladigan yozuvchalik yozishga molik bo’lmaganiga hayratlanar edi. Holbuki Said batamom iste'dodsiz emas. Hamda nasabiy ukalarining barchasi chiroyli yozuvlari bo’lsada, bunchalik yozuvga muhtoj bo’lib, yarim ummiy holatining hikmatini qat'iy tushundim:
Bir davr keladi, kichik va shaxsiy iqtidorlar, kuchlar turib bera olmaydigan dahshatli va ma'naviy dushmanlarning hujumi vaqti chiroyli yozuv sohiblarini ruhu joni bilan qidirish va xizmatiga sherik qilish va o’sha urug’ning atrofida suv, havo, nur kabi ma'naviy daraxtga xizmat qilish uchun shaxsiy va juz'iy xizmati, kulliy, umumiy va kuchli va bir qalamga muqobil minglar qalamni topish hikmati bilan va muz bo’lagiga o’xshagan "men"ligini muborak hovuz ichida eritib, haqiqiy ixlosni qo’lga kiritishi va bu suratda iymonga xizmat qilish hikmati bilan bo’lgan ekan.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
* * *
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Ruhu jonimiz bilan muborak bayramingizni tabriklaymiz. Inshaalloh Islom olamining ham buyuk bir bayramiga yetasiz. Jamohiri Muttafiqa-i Islomiyaning muqaddas asosiy qonunlarining manbai bo’lgan Qur'oni Hakim kelajakka to’liq hokim bo’lib bashariyatga to’liq bayram olib kelishiga ko’p belgilar bor.
Ikkinchidan: Shubha qolmadiki, Nur Risolalari va Talabalari hifz-u inoyati Ilohiyaga sazovor bo’lib, bu davrning hassosiyati va ba'zi o’zboshimcha qonunlar bilan juda qattiq qaysarlik bilan uzun vaqtdan beri Nur Talabalariga faqat yuzda bir nisbatida zarar bera olishdi.
Nurning faol talabalaridan olti yuz talabasining mahkamalarda mashg’ul qilinishiga dahshatli reja bo’lsada, olti talabaga vaqtincha tortqilashdi. Hatto Nur qahramonlarining yozganidek, yigirma besh adliya mahkamalari yuz minglar nusxalarida va yuz minglar talabalarida javobgarlikka tortiladigan narsa topa olishmadi va ko’p sonli adliya xodimlarining "Nurlarda ayb yo’q, topa olmayapmiz", deyishi qat'iy dalildir. Chunki mening Istanbul va Afyon kabi mahkamalarimda ularning hassos va suiste'mol qilishi mumkin bo’lgan qonunlariga tamoman teskari aytgan bo’lsamda, meni aybdor qila olishmaganidek, Nurlar ham madaniyatning zolim qonunlarini zeru-zabar qildi. Shunda ham aybdorlikka asos topa olishmagani qat'iyyan ko’rsatadiki: Nurlardagi haqiqat, qarshisidagi dushmanlarni mag’lub qiladigan adliya xodimlarini ham insofga keltirdi. Inoyat-i Ilohiya Qur'onning bir ma'naviy mo’'jizasi bo’lgan Risola-i Nurni dushmanlaridan muhofaza qilyapti. Dushmanlarning hujumi esa Nurlarning porlashiga va yoyilishiga vasila bo’lyapti.
* * *
Ustozimiz aytyaptilarki:
"Yigirma sakkiz yil ichida hukumatning rasmiylardan menga uchraganlar, faqat zug’um qilishgan bo’lsada, zobitlarning menga umuman bosim qilishmadi. Ba'zan himoya qiladigan holat ko’rsatishining hikmatini endi izhor qilamanki: Nur Talabalari va Risolalari ma'naviy zobit hukmida osoyishtalik va tinchlikni muhofaza qilishga (ham muqaddas shaklda) harakat qilgani va hammaning qalbida nasihatlari bilan iymon jihatidan posbon qo’yishgani aniqlangan. Zobitlar buni ma'nan his qilib bizga har doim do’st bo’lib ko’rindi. Buning sirri shuki:
Qur'onning bir asosiy qonuni shuki: bir ma'sumga zarar kelmasligi uchun o’n jinoyatchi sababli osoyishtalikni buzishga uringanlarni man qiladi. Bir kishining gunohi sababli boshqa odam javobgar bo’lmaydi. Bu sirga binoan hozir osoyishtalikni buzishga uringan ma'naviy, dahshatli kuchlar bo’lsada, Fransiya, Misr, Marokash, Eron kabi joylardan bu muborak yurtda buzishga yanada ko’proq urinishsada, tinchlik va osoyishtalikni buza olishmaganining eng katta sababi, olti yuz Nur nusxalari va besh yuz ming Nur Talabalari zobitlarga bir ma'naviy quvvat bo’lib, ma'naviy buzg’unchilikka qarshi turishganini zobitlar ma'nan his qilishganki, yigirma sakkiz yildan beri mansabdorlarga qarshi bo’lib, Nurlarga insof va marhamat bilan muomala qilishyapti."
Yana Ustozimiz aytyaptilarki:
"Aytamanki: Bu davrda domlalardan, hatto so’fiylardan ko’ra ko’proq zobit xodimlari ahli taqvo bo’lib kaboirdan o’zini muhofaza qilish, farzlarni qilishini vazifalari taqozo qiladi. Qarshisidagi ma'naviy buzg’unchilarga qarshi osoyishtalik va umumiy tinchlikka oid vazifalarni to’liq qilishlari uchun unga qattiq ehtiyoj bor."
Xizmatidagi Nur Talabalari
* * *
[Ustozimizning ancha avval yozgan quyidagi maktubi, shaxsiy nufuz olish va dinni siyosatga vosita qilish tuhmatlariga tom bir javob bo’lgani uchun qarorga ilova qilingan.]
GAPIRGAN FAQAT HAQIQATDIR
Risola-i Nurda isbotlanganki: Ba'zan zulm ichida adolat tajalliy etadi. Ya'ni inson bir sabab bilan haqsizlikka, zulmga uchraydi, boshiga falokat keladi, qamoqqa mahkum bo’ladi, zindonga tushadi. Sabab haqsiz bo’ladi, bunday hukm zulm hisoblanadi. Lekin shu voqea adolatning tajalliyiga bir vosita bo’ladi. Qadar-i Ilohiy boshqa sabab orqali jazoga, mahkumiyatga loyiq kimsani bir zolimning qo’li bilan jazolaydi, falokatga uchratadi. Bu - Ilohiy adolatning bir jihatdan tajalliyidir.
Endi tushunyapmanki, yigirma sakkiz yildan beri viloyatma viloyat, qishloqma qishloq yuribman. Mahkamadan mahkamaga tortqilanyapman. Meni qiynaganlarning ayblovlari nima? Dinni siyosatga vosita qilishmi? Bu aybni nega isbotlay olishmayapti? Chunki haqiqatda bunday narsa yo’q. Bir mahkama oylarcha, yillarcha ayb topib meni aybdor qilishga urinyapti. U qo’yib, boshqa mahkama xuddi shu masalada takroran surishtiruvni boshlayapti. U ham bir muddat harakat qilyapti, tazyiq qilib, turli-tuman qiynoqqa solyaspti. U ham biror natijaga erisha olomay qo’yib yuboryapti. Keyin uchinchisi yoqamga yopishyapti. Bu shaklda musibatdan musibatga, falokatdan falokatga tortqilanib ketyapman. Yigirma sakkiz yil umrim shunday o’tdi. Nihoyat ayblovining asli va asosi yo’qligini o’zlari ham tushunishdi.
Ular bu tuhmatni qasddan qilishdimi, yo’qsa bir vahimaga asir tushdimi? Xoh qasddan bo’lsin, xoh vahima bo’lsin men bunday aybga munosabat va aloqam yo’qligiga ishonchim komil va vijdonan bilaman. Dinni siyosatga vosita qiladigan odam emasligimni butun insofi kishilar biladi. Hatto menga bu aybni tuhmat qilganlar ham bilishadi. Shunday ekan, nima uchun zulmdan voz kechishmadi? Aybim yo’q, ma'sum bo’lsamda, mina uchun to’xtamay zulm va qaysar qiynoqqa uchradim? Nega bu musibatlardan qutula olmadim? Bu holatlar Ilohiy adolatga ters emasmi?
Chorak asrdan beri bu savollarning javobini topa olmayotgan edim. Menga zulm va iskanja qilishganining haqiqiy sababini endi tushundim. Men butun hissiyotim bilan aytamanki: Aybim - Qur'oniy xizmatimni moddiy va ma'naviy taraqqiyotim, kamolotimga vosita qilish ekan.
Buni endi anglab yetdim, his qildim. Allohga minglar shukr bo’lsinki:
Uzun yillardan beri ixtiyorim xorijida iymoniy xizmatimni moddiy-ma'naviy kamolot va taraqqiyotimga, azobdan va Jahannamdan qutulishimga, hatto abadiy saodatimga vosita qilishimga yoki har qanday maqsadga vosita qilishimga o’ta kuchli ma'naviy mone'lar man qilgan edi. Ushbu ichki kechinmalar va ilhomlar meni hayratda qoldirgan edi. Hamma xushlangan ma'naviy maqomlar va uxroviy saodatlarni solih amallar bilan qozonish va bu yo’lga yo’nalish ham shariat doirasida, hamda hech kimga hech qanday zarari bo’lmasada, men ruhan va qalban man etilgan edim.
Menga rizo-i Ilohiydan boshqa tabiiy ilmiy vazifa taqozosi bilan faqat va faqat iymonga xizmat xususi ko’rsatildi. Chunki hozirgi davrda hech narsaga vosita va tobe bo’lmagan va har qanday maqsaddan ustun bo’lgan iymon haqiqatlarini bilmagan va bilish ehtiyoji bo’lgan insonlarga tabiiy qullik bilan ta'sirli suratda bildirish, ushbu aralash dunyoda iymonni qutqaradigan ba qaysarlarni qat'iy ishontiradigan tarzda, ya'ni hech narsaga vosita bo’lmaydigan shaklda Qur'on darsi berish kerakki, mutlaq kufr va qaysar va qaytmas zalolatni sindirsin, barchani ishontirsin. Bu xulosa esa bu davrda, bunday sharoitda, dinning hech qanday shaxsiy, uxroviy va dunyoviy, moddiy va ma'naviy narsaga vosita qilinmaganini bilish bilan yuzaga keladi. Yo’qsa qo’mitachilik va jamiyatchilikdan kelib chiqqan dahshatli dinsizlikning ma'naviy shaxsiga qarshi chiqqan bir shaxs eng buyuk ma'naviy martabada bo’lsa ham, vasvasalarni batamom yo’qota olmaydi. Chunki iymonga kirishni xohlagan qaysar kimsaning nafsi va "men"ligi "U shaxs g’aroyib maqomi bilan bizni aldadi." deb, ichida shubhasi qoladi.
Allohga minglar shukr bo’lsinki, yigirma sakkiz yildan beri vosita qilish tuhmati ostida qadar-i Ilohiy ixtiyorim xorijida, dinni hech qanday shaxsiy narsamga vosita qilmasligim uchun insonlarning zolim qo’li bilan to’liq adolat sifatida menga ta'zir beryapti, ogohlantiryapti. Diqqat! Iymonga muhtoj bo’lganlar faqat haqiqat gapirayotganini tushunishi uchun iymon haqiqatlarini o’z shaxsingga vosita qilma, nafsning vahimasi, shaytonning hiylalari qolmasin, mot bo’lsin, deyapti.
Ha, Nur Risolalarining katta dinsizlarning ulkan to’lqinlari kabi ko’ngillarda yuzaga keltirgan hayajonning qalblar va ruhlarga qilgan ta'sirining sirri bu, boshqa narsa emas. Risola-i Nurning bahs etgan haqiqatlarining aynini minglarcha olimlar, yuz minglab kitoblar balog’atliroq nashr qilishgan bo’lsada, mutlaq kufrni to’xtata olmayapti. Mutlaq kufr bilan kurashishda og’ir sharoitda Risola-i Nur bir daraja muvaffaq bo’layotgan bo’lsa, buninng sirri shuki: Said yo’q, Saidning kuchi va iqtidori ham yo’q. Gapirgan faqat haqiqatdir, iymon haqiqatidir. Modomiki haqiqat nuru iymonga muhtoj ko’ngillarga ta'sir qilayotgan ekan, nafaqat bir Said, balki ming Said fido bo’lsin. Yigirma sakkiz yil chekkan aziyat, jafolar, uchragan qiynoqlarim, kelgan musibatlarning barchasiga roziman, halol bo’lsin. Menga zulm qilganlarga, meni qishloqma qishloq tortqilaganlarga, turli-tuman tuhmatlar bilan ayblashni istaganlarga, zindonlarda menga joy tayyorlaganlarga, barchasidan roziman, haqqimni halol qildim.
Odil qadarga esa aytamanki: Men sening ushbu shafqatli ta'zirlaringga loyiq edim. Yo’qsa hamma kabi halol va zararsiz yo’l tutib shaxsimni o’ylaganimda, modddiy-ma'naviy fayzlar uchun hislarimni fido qilmaganimda, iymon xizmatida bu buyuk ma'naviy kuchni yo’qotgan bo’lar edim. Men bor moddiy va ma'naviy narsamni fido qildim, har musibatga uchradim, barcha qiynoqlarga sabr qildim. Bu orqali Nur irfon maktabining yuz minglar, balki millionlarcha talabalari yetishdi. Endi bu yo’lda, iymon xizmatida ular davom etishadi. Mening hamma moddiy va ma'naviy behojat bo’lish yo’limdan ayrilmaydilar. Faqat va faqat Alloh rizosi uchun xizmat qilishadi.
Men bilan birga ko’p talabalarim ham turli-tuman musibatlarga, aziyat va jafolarga uchradi, o’gir imtihonlar o’tkazishdi. Mendek ular ham butun haqsizliklarga va haqsiz harakat qilgan kimsalardab rozi bo’lshi, haqlarini halol etishlarini istayman. Chunki ular bilmay, aqli yetmay qadar-i Ilohiyning sirlariga, chuqur tajalliylarga bizning da'voimizga, iymon haqiqatlarining yoyilishiga xizmat qilishdi. Bizning vazifamiz ulaga hidoyat istashdan iborat. Bizga aziyat va jazo qilganlarga nisbatan, hech bir talabamning qalbida zarracha intiqom orzusida bo’lmaslikni va buning o’rniga Risola-i Nurga sadoqat va matonat bilan xizmat qilishini tavsiya qilaman.
Men juda xastaman. Na yozishga, na gapirishga toqatim bor. Balki bular so’nggi so’zlarim bo’lar. Madrasatu-z Zahroning Risola-i Nur Talabalari bu vaziyatimni unutmasin.
* * *
[Qardoshlarim! Munosib ko’rsangiz Bosh vazir va dindor deputatlarga berish uchun eslatmaga binoan yozdirilgan o’ta ahamiyatli haqiqat.]
Muqaddima:Qirq yilga yaqin siyosatni tark qilganim va aksariyat hayotim bir jihatdan uzlatda o’tgani uchun, ijtimoiy va siyosiy hayot bilan mashg’ul bo’lmaganim uchun, katta bir tahlikani ko’ra olmayotgan edim. So’nggi kunlarda tahlikaning ham Islom millati, hamda bu yurt va Islomiy hukumatga katta zarar berishga zamin tayyorlanayotganini his qildim. Majburan Islom millati va hokimiyati, mamlakatning salomati uchun xizmat qilayotgan siyosatchilar va insonlar jamiyatiga hamiyat bilan xizmat qilganlar uchun menga ma'naviy eslatma berilgani uchun, uch nuqtani bayon qilaman:
Birinchi Nuqta:Gazetalarni tinglamasamda, bir-ikki yildan beri "eskichilik bilan tuhmat" so’zi to’xtamay takrorlanganini eshitayotgan edim. Eski Said boshi bilan e'tibor berdim, qat'iyyan ko’rdimki: Siyosatni dinsizlikka vosita qilgan va insondagi eng dahshatli qo’rquv va badaviylikning asos qonuniga qarshi chiqmoqchi bo’lgan, hamiyat maskasini taqqan yashirin Islom dushmanlari ayyorona tuhmat bilan, Islom ahllari va diniy hamiyatni, iymon quvvati tomonidan nafaqat dinni siyosatga vosita qilish, balki siyosatni dinga vosita va tobe qilib, Islomiyatning ma'naviy kuchidan bu Islomiy hukumatni kuchga to’ldirish va to’rt yuz million haqiqiy qardoshni orqasida ehtiyot kuchi qilib, zolim Ovrupodan tilanchilik qilishdan bir oz qutulish uchun xizmat qilganlarga juda haqsiz shaklda eskichilik tamg’asini bosib ularni yurtga zararli deb tasavvur qilishlari, yerdan ko’kkacha chegarasiz haqsizlikdir. Buning namunalaridan birinchi namunasi, bu asrning dahshatli zulmiga qarshi to’siq sifatida Ikkinchi Nuqtada bayon qilish vaqti keldi. Manbai ikki asosiy qonunga tayangan ikki eskichilik bor:
Biri:Siyosiy va ijtimoiy eskichilik bo’lib, bu haqiqiy eskichilikdir. Uning asosiy qonuni ko’p suiiste'mol va zulmga sabab bo’lgan.
Ikkinchisi:Eskichilik deb nomlagan haqiqiy taraqqiyot va adolatning asosidir.
Ikkinchi Nuqta:Bashariyatning vahshiy va badaviy davridagi asosiy qonunga madaniyat nomidan dinga hujum qilib, eskichilik bilan vahshiylikka va badaviylikka qaytishyapti. Insoniyatning salomati, adolati va umumiy kelishuvini dahshatli vahshiy asos qonun hozir bizning bu bechora yurtimizga kirishni istayapti. G’araz bilan qaysar partiyachilik kabi ba'zi jarayonlarni qayrashni boshlashi kabi ixtilof ko’rinyapti. Asosiy qonuni quyidagicha:
Bir toifadan, jarayondan , ashiratdan bir kishining xatosi sababli u toifaning, jarayonning, ashiratning butun a'zolari ayblanib, dushman va javobgar deb tasavvur qilinadi. Bir xato ming xatoga aylantiriladi. Ittifoq va birdamlikning tamal toshi bo’lgan birodarlik va vatandoshlik, muhabbat va qardoshlikni zeru-zabar qiladi. Bir-birga qarshi qaysar va dushman kuchlar, quvvatsiz bo’lishyapti. Kuchi qolmay zaiflagani uchun millatga, yurtga, vatanga odilona xizmatga muvaffaq bo’la olmagani uchun bir nav moddiy va ma'naviy pora berishga majbur bo’lishyapti. Bu bilan dinsizlarni o’zlariga tarafdor qilish uchun... Ayyor, inkvizisiyadek va badaviycha, mazkur asosiy qonunga qarshi vahshiyona, ayni adolat bo’lgan samoviy va muqaddas وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى qat'iy nassi Qur'onning asosiy qonuni muhabbat va haqiqiy uxuvvat-aka ukalikni ta'minlagan va ushbu Islom millati va yurti katta tahlikadan qutqargan ushbu asosiy qonun shuki:
Bir kishining xatosi tifayli boshqa odam javobgar bo’lmaydi. Ukasi bo’lsa ham, ashirati va toifasi bo’lsa ham, partiyasi bo’lsa ham u jinoyatga sherik hisoblanmaydi. Bol’sa ham jinoyatga tarafgirlik bilan faqat ma’nan gunohkor bo’ladi, oxiratda javobgar bo’ladi, dunyoda emas. Agar ushbu asosiy qonun tez asosiy dastur qilinmasa, ijtimoiy hayot ikki jahon urushi ko’rsatgani kabi, buzg’unchilikning misoli bilan asfal-i sofiliyn bo’lgan vahshiy eskichilikka kiradi.
Demak Qur'onning bu kabi muqaddas asosiy qonuniga eskichilik deb nom qo’ygan badbaxtlar, vahshiylik va badaviylikning asosiy qonuni sifatida qabul qilgan hozirgilarning siyosatining tayanch nuqtasi "Jamoat salomati uchun bir kishi fido qilinadi. Vatanning salomati uchun shaxslarning huquqiga e'tibor berilmaydi. Davlat siyosatining salomati uchun kichik zulmlarga e'tibor berilmaydi." deb bir jinoyatchi sababli bir qishloqni yo’q qilib, ming ma'sumning haqqini nazarga olmaydi. Bitta jinoyatchi sababli ming kishining qilichdan o’tkazilishini joiz deb biladi. Bir odamning yaralanmasi bois minglab ma'sumga azob berdiradi. Va shu bahona bilan ikki yuz odamni otib tashlashga rozi bo’lmaydi.
Birinchi jahon urushida uch ming kimsaning jinoyatkor siyosati xatosi tufayli bechora o’ttiz million kishi yo’q qilingan. Bunga o’xshagan minglab misollar bor. Demak bu vahshiy eskichilikning dahshatli zulmiga qarshi turgan Qur'on shogirdlarining Qur'onning yuzlab asosiy qonunlaridan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى oyati dars bergan asosiy qonuni bilan haqiqiy adolatni, birdamlikni va birodarlikni ta'minlashga harakat qilgan ahli iymonning fidokorlariga "eskichi" degan nom qo’yib, ularni mutahham qilish, adolat-i Umariyaning o’rniga mal'un Yazidning zulnimi tanlashga o’xshaydi. Bu eng vahshiy va zolim inkvizisiya qonunini basharning eng yuksak taraqqiyotiga va adolatiga asos bo’lgan Qur'onning mazkur asosiy qonuni o’rniga olish hukmida bo’ladi. Islomiy hukumat bilan bu yurtning salomatiga xizmat qilgan siyosatchilarning mazkur haqiqatni e'tiborga olishi kerak. Yo’qsa uch yoki to’rt jarayonning qaysar tortishuvlari sababli kuchi zaiflaydi. Mamlakat manfaati va ososyishtaligiga sarf etiladigan zaif kuchi bilan hokimiyatini (hatto istibdod bilan bo’lsa ham) osoyishtalik va umumiy tinchlikni muhofaza qilishga yetarli bo’lmaydi. Bu Fransuz katta qo’zg’oloni urug’larini bu muborak Islom mamlakatida ekilishiga yo’l qo’yish deb xavotirlantiradi.
Modomiki bu ittifoqsizlik sababli zaiflik va quvvatsizlik hosil bo’lib, ajnabiylarninig siyosatiga va ahamiyatsiz vaqtincha yordamlariga javoban ajib ma'naviy poralar berilyapti. To’rt yuz million qardoshning birodarligi, milliardlar ajdodlarning yo’liga ahamiyat berilmayotgandek ma'no hukm qilyapti. Osoyishtalik va siyosatga zarar kelmasligi uchun buncha isrof bilan katta maosh suratida kuch olishga o’zini majbur bilib poralar berilyapti. Millatning faqir holati e'tiborga olinmayapti. Albatta va albatta, qat'iyyan hozir bu yurtdagi siyosatchilar g’arbga va ajnabiylarga bergan siyosiy va ma'naviy poraning o’n barobarini Islom olamining kelajakda ittifoq qilgan jumhuriyatlari o’rnida bo’ladigan to’rt yuz million musulmon qardoshlarga, mamalakat va millatning, bu Islom davlatining salomati uchun o’ta katta sadaqa va zararsiz pora berishi kerak va shart.
Demak maqbul, kerak va juda manfaatli joiz va vojib pora shuki: Islom yordamlashishining asosi va Qur'on hadyasining samoviy dasturi, robitasi va muqaddas asos qonunini:
اِنَّمَا الْمُوءْمِنُونَ اِخْوَةٌ * وَ اعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا * وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى * وَ لاَ تَنَازَعُوا فَتَفْشَلوُا وَ تَذْهَبَ رِيحُكُمْ
harakat dasturi qilishdir.
Uchinchi Nuqta hozircha kechiktirildi.
Said Nursiy
Hoshiya:Qardoshlarim! Avvalo siz ko’rgan qattiq eslatmaning bir daraja o’zgarishiga uch narsa sabab bo’ldi.
Birinchisi: Nur qahramoni Xusravning bayoniga asosan yigirma besh adliya mahkamalarining "Risola-i Nurda ayb yo’q" degan e'tirofidir.
Ikkinchisi: Nurning qahramon advokati "Anqara hukumati Saidga qarshi bo’lmagani uchun, og’ir so’zlar bilan to’g’rilansa, munosib bo’ladi", deyishidir.
Uchinchisi: Aniq xabarlarga ko’ra Afyon Mahkamasi "Nurning olti yuz ming fidokor talabasi bor", deganiga binoan Malatiya hodisasi bahonasi bilan hech bo’lmasa Nur talabalaridan olti yuz faol va iqtidorlilarini mahkamaga berish rejasi bor edi. Lekin faqat o’n olti kishini chiqarilishi va ularning ichidan faqat olti kishiga, ularning ichidan bitta odamga bir yil qamoqqa hukm qilishi, Nurchilarga qarshi zolim tazyiqning yengillashi va daf bo’lishining alomatidir. Shuning uchun bir daraja og’ir so’zlar to’grilandi.
* * *
[Hazrati Ustozning Stansiya Sabri, Siddiq Sulaymonga Arabiy "Ishoratu-l I'joz"dan bergan dars]
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
اَلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ وَ الصَّلاَةُ وَ السَّلاَمُ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِهِ وَاَصْحَابِهِ اَبَدًا دَائِمًا
"Ishoratu-l I'joz"ning birinchi juzidir. To’lig’i yetmish juz bo’lishi kerak edi. Lekin Risola-i Nur Qur'onning ma'naviy tafsiri bo’lgani uchun aytdiki: Bu davrda menga ko’proq ehtiyoj bor. Boshqa juzlar o’rniga ular yozildi. Ha, "Ishoratu-l I'joz" umum Risola-i Nurning bir mundarijasi, ro’yxati va Nur bog’ining niholxonasi va Qur'onning i'joz sirrining bir manbai ekanini ko’rsatadi. O’ta nozik va chuqur bo’lgani uchun olimlar hozirgacha juda oz qismini tushunishdi. Lekin kimning qo’liga tushgan bo’lsa, favqulotda taqdir qildi va tenggi yo’q degan. Eski dahshatli urushda old piyoda safda, ba'zan ot ustida iyjozdagi i'jozning eng nozik munosabatini ko’rish va ular bilan to’liq mashg’ul bo’lish va katta dahshatli harbning tahlikasi uni tarqoq holda bo’lmasligi va muzlatadigan sovuqda old safda nozik i'joz munosabatlarini hamma narsadan ham ahamiyatli deb ko’rish, Eski Saidning haqiqatdan Qur'oniy xizmatda g’aroyib fidokorligidir.
Hatto Yangi Saidning o’ttiz besh yilda bu davrda gazetalarni o’qimay, o’n yil bilmay, so’ramay va qatl niyatida qamalganda Qur'on sirlarini yozishdan voz kechmadi. Butun tahlikalarni yo’q hisoblanishiga nisbatan Eski Said ajib vaziyatida dahshatlarga ahamiyat bermay "Ishoratu-l I'joz" mavzularini yozgan vaqti ko’rsatgan ilmiy va ma'naviy fidokorligini Yangi Saidning o’ttiz yillik fidokorligidan ham g’aroyib deb bilamiz.
Ikkinchidan: "Ishoratu-l I'joz"ning chop etilgan nusxasida haqiqatdan bir karomati bor. Tasodif bo’lish ehtimoli yo’q. Shuning uchun bir marta yana ayni tarzda va karomatli qit'ada chop etish va Arabiston va Pokiston kabi joylarga jo’natish munosib ko’rildi. Lekin Eski Said iyjozdagi i'jozni bayon qilgan va eng nozik balog’at munosabati bayoni ichida o’ta nozik va qisqa, iyjozli jumlalarni bir daraja izoh va turk tiliga tarjima qilish kerak bo’ladi.
"Ishoratu-l I'joz" g’aroyibliklaridan biri shuki:
Har bir oyatning boshqa oyatlar bilan munosabatini,
har oyatdagi jumlalarning bir-biriga nisbatini va nizomini,
har jumladagi qurulishi,
harflardan ko’zlangan ma'noga nisbatlarini va tavajjuhlarini ko’rsatib, oyatlarning intizomidan va jumlalarning nizomidan va har bir jumla tuzilishining nazmidan i'joz yog’dusini ko’rsatgan.
Xuddiki bir soatning soniyalarini hisoblagan mili, daqiqalarni hisoblagan ko’rsatkichi va soatlarni ko’rsatgan ko’rsatgichi kabi nazmdagi nozik ma'nolarni bayon qilib, undagi haqiqatni burhonlar bilan izohlagan. Hatto ba'zan bir dona harfda katta haqiqatni ifodalagan.
Har bir oyatning haqiqatini g’oyat mo’'jiza bilan va qat'iy hujjatlar bilan isbot qilgan. Hozir bir yuz o’ttiz risolaning urug’lari va xulosalari o’rnidadir. Jumla, jumla tuzilishi va harflarning nozik ma'nolarini, ifodalagan yashirin hukmlarini istisnosiz balog’at ilmining nozik qoidalari bilan va nahv va sarf ilmining qoidalari bilan, mantiq ilmi, usulu-d din va boshqa ilmlarning qonunlari bilan bayon qiladi.
Hatto ma'naviy mikroskop bilan ko’rinmagan nozik balog’at munosabatini bayon qiladi va belgilarini ko’rsatadi. Qur'onning kulliy nazar bilan qaragani uchun bayon etilgan butun haq ma'nolarga va nozik ma'nolarga albatta muqaddas Qur'oniy lafzlar zimniy, ramziy ishora va dalolat qiladi deyish mumkin.
Xusrav, Sungur, Xayri, Sodiq, Sabri, Siddiq Sulaymon
* * *
اِفَادَةُ الْمَرَامِ
اقول لما كان القرآن جامعا لا شتات العلوم وخطبة لعامة الطبقات فى كل الاعصار لا يتحصل له تفسير لائق من فهم الفرد الذى قلما يخلص من التعصب لمسلكه ومشربه اذ فهمه يخصه ليس له دعوة الغير اليه الا ان يعديه قبول الجمهور. واستنباطه لا بالتشهي له العمل لنفسه فقط ولايكون حجة على الغير الا ان يصدقه نوع اجماع فكما لا بد لتنظيم الاحكام واطرادها ورفع الفوضى الناشئة من حرية الفكر مع اهمال الاجماع وجود هيئة عالية من العلماء المحققين الذين بمظهريتهم لامنية العموم و اعتماد الجمهور يتقلدون كفالة ضمنية للامة فيصيرون مظهر سر حجية الاجماع الذى لاتصير نتيجة الاجتهاد شرعًا و دستورًا الا بتصديقه و سكته، كذلك لا بد لكشف معانى القرآن و جمع المحاسن المتفرقة فى التفاسير وتثبيت حقائقه المتجلية بكشف الفن و تمخيض الزمان من انتهاض هيئة عالية من العلماءالمتخصصين المختلفين فى وجوه الاختصاص ولهم مع دقة نظروسعةُ فكر لتفسيره نتيجة المرام: انه لا بد ان يكون مفسر القرآن ذا دهاء عال و اجتهاد نافذ و ولاية كاملة وما هو الآن الا الشخص المعنوى المتولد من امتزاج الارواح و تساندها و تلاحق الافكار و تعاونها وتظافر القلوب و اخلاصها و صميميتها من بين تلك الهيئة. فبسر للكل حكم ليس لكل كثيرا ما يرى آثار الاجتهاد و خاصة الولاية و نوره و ضيائها من جماعة خلت منها افرادها. ثم اني بينما كنت
منتظرا و متوجها لهذا المقصد بتظاهر هيئة كذلك وقد كان هذا غاية خيالي من زمان مديد (اذ سنح لقلبي من قبيل الحس قبل الوقوع تقرب (١) زلزلة عظيمة، فشرعت) مع عجزي و قصوري و الاغلاق فى كلامي فى تقييد ما سنح لي من اشارات اعجاز القرآن فى نظمه و بيان بعض حقائقه، و لم يتيسر لي مراجعة التفاسير فان وافقها فبها و نعمت و الاّ فالعهدة عليّ. فوقعت هذه الطامة الكبرى ففى اثناء اداء فريضة الجهاد كلما انتهزت فرصة فى خط الحرب قيدت ما لاح لي فى الاودية و الجبال بعبارات متفاوتة باختلاف الحالات. فمع احتياجها الى التصحيح و الاصلاح لا يرضى قلبي بتغييرها و تبديلها اذ ظهرت فى حالة من خلوص النية لا توجد الآن فاعرضها لانظار اهل الكمال لا لانه تفسير للتنزيل بل ليصير لو ظفر بالقبول نوع ماءخذ لبعض وجوه التفسير. وقد ساقني شوقي الى ما هو فوق طوقي فان استحسنوه شجعوني على الدوام.
و من اللَّه التوفيق
سعيد النورسى
------------------
(١) وقد اخبرنا مرارًا فى اثناء الدرس وقوع زلزلة عظيمة (بمعنى الحرب العمومية) فوقعت كما اخبر
حمزه محمد شفيق محمد مهري
Qisqa tarjimasi
Bundan qirq bir yil avval eski umumiy harbdan biroz avval boshlagan "Ishoratu-l I'joz"ning "Ifodatu-l Marom"ida aytilganki:
Modomiki Qur'oni Mo’'jizu-l Bayon haqiqiy ilmlarning turlarini qamragan va umum asrlarda bashariyatning umumiy tabaqalariga yo’nalgan azaliy xutbadir. Albatta bir kishining fahmi unga loyiq va mukammal tafsir qila olmaydi va mumkin emas. Chunki bir kishi o’z qarashlarini xususiy yo’l va y’onalishining ta'siridan saqlab qolishi nodir. Xususiy yo’li ta'sir qilganda haqiqatni sof aniq idofa eta olmaydi.
Kishining qarashlari va ma'nosi unga xos bo’ladi. Odam uni qabul qiladi. Lekin boshqalarni unga chaqira olmaydi. Agar jumhuri ulamo uning qarashini qabul qilib, boshqalarga ta'sirini ko’rsatsa, boshqa kishini o’sha ma'noga chaqirishi mumkin va haqiqiy to’liq tafsir bo’ladi. Kishining hukm qilishda istinboti va ijtihodida (hislari aralashmaslik sharti bilan) o’z nafsi uchun amal qilishi mumkin. Lekin ijmo o’sha hukmni tasdiqlamaguncha boshqalarga hujjat qila olmaydi. Masalan shar'iy hukmlarni tatbiq, tanzim, ijro va fikr hurriyatidan kelib chiqqan ma'naviy anarxiyani yo’qotish kerak bo’ladi. Buning sharti: muhaqiq ulamolardan oliy hay'at bo’lishi kerak. Jamiyat u hay'atga ishonishi, jumhur ulamolar ularga tayanishi kerak bo’ladi. Ular ummat uchun bir nav yashirin kafolat va advokat o’rnida bo’lsagina ijmo-i ummat hujjatining sirriga sazovor bo’lishadi. O’shanda ijtihodning natijasi ijmo bilan shar'an dastur bo’ladi. Ijmoning tasdiq va muhri bilan umumga tegishli hisoblanadi. Shu bilan birga:
Qur'onning ma'nolarining kashfi va tafsirlada ayri-ayri mahosinining to’plami, davr o’zgarishi va fanlarning kashflari bilan jilvalangan, yuzaga chiqqan Qur'onning haqiqatlarini aniqlash uchun - muhaqqiq ulamolarning har biri bir fanda mutaxassis, dunyoqarashi keng, nazari nozik ma'noni qamraydigan allomalardan tashkil topgan hay'at bo’lishi shart, bu hay'at bu vazifani yelkasiga ola oladi.
Xulosa: Qur'onni tafsir qilgan kishi - o’ta oliy daho, nufuzli chuqur ijtihod va bir nav muqaddas his sohibi bo’lishi kerak. Bu davrda unday zot faqatgina bir ma'naviy shaxs bo’lishi mumkin. Ma'naviy shaxs ko’p kishilarning birlashishi, ixlosi va samimiyatlaridan tashkil topgan hay'atdan chiqishi mumkin. U hay'atning ma'naviy ruhi hukmiga o’tadi. Ha "jamoada bo’lgan xossa bir kishida topilmaydi" dasturi bilan, ko’p marta ijtihodning asari, valiylik nuri xislatlari va ziyosi bir jamoatda ko’rinadi. Holbuki u jamoat a'zosida u xislat bo’lmaydi.
Demak, omi odamlarning ixlos bilan birlashishi, valiylik xislatini beradi. Ushbu haqiqatga binoan, bir maqsad uchun bir hay'at chiqishiga muntazir edim va doim kutar edim. U umid kichikligimdan beri orzuim edi. Avvaldan sezish hissi bilan qalbimda quyidagi ma'no tug’ildi: Moddiy va ma'naviy ikki katta zilzila yaqinlashayotgan edi.
{(1) Ha, Ustozimiz qayta-qayta Birinchi Jahon Urushidan avval ko’p marta bizga arabiy ilmlarni dars bergan vaqti qat'iyyan "Katta va umumiy zilzila yaqinlashyapti, tayyorlaning. U vaqtda hamma mendek kishilarga hasad qilishadi." deb aytar edilar. Juda qisqa vaqtda, u kishining qayta-qayta bergan xabari aytganidek chiqdi.
Xorxordagi eski talabalari nomidan Madrasatu-l Voizin bitiruvchilaridan:
Mahmud Sodiq, Sabri, Mahmud Shafiq, Mahmud Mihri, Hazma}
Men ojizligim va qusurim bilan so’zlarimdagi izohsizlik va yopiqlik bilan Qur'onning nazmidagi i'zojning ishoratlarini va qalbimga xotirlatilgan nozik ma'nolarni qayd qilib qalamga olish va oyatlarning ba'zi iymoniy haqiqatlarini yozishga qattiq g’aybiy eslatma his etdim.
Holbuki urushda ajib vaziyatda bo’lganim uchun tafsirlarga murojaat qilish mumkin emas edi. Qur'ondan boshqa manba yo’q edi. Men ham yozdim. Yozganlarim tafsirlaga muvofiq bo’lsa, chiroyli bir ne'mat va muvaffaqiyat... yo’qsa mas'uliyat mening bechora fahmimga oiddir.
Ayni paytda katta zilzila mohiyatida bo’lgan Birinchi umumjahon urushi va u azim zilzilaning oxirlarida mazkur hay'atning uylarini buzgan katta ma'naviy zilzila yuzaga chiqdi. Bunday oliy ilmiy hay'at va bunday vazifani bajarish uchun butun eshiklar yopildi. Men nuqsonli fahmimga eski Harbi umumiyda farz bo’lgan jihodda old piyodalar safida qancha fursat topsam, qalbimda yongan nozik ma'nolarni yozar, daralarda, tog’larda hujum qilayotib qayd qilar edim. Lekin u ajib farqli holatlar ta'sirida turli-tuman bo’lgani uchun, tahrir va to’g’rilashga ehtiyoj ko’p edi. Lekin qalbim almashtirish va o’zgartirishga rozi bo’lmadi. Chunki har daqiqa shahid bo’lishga tayyorlanganimiz uchun, xolis niyat bilan yozilgan edi. Unday holat esa har doim topilmaydi. Men yozuvlarimni "Tanzil"ga tafsir sifatida emas, balki tafsirning ba'zi vajhlariga bir navi manba sifatida ahli kamol va muhaqqiq ulamolarning e'tiborlariga havola qilaman. Haqiqatdan mening shavqim, toqatimdan ancha yuqori nuqtaga yo’naltirdi. Agar ahli tahqiq xush ko’rsalar, meni davom ettirishga va ilgarilashga shijoatlantirgan va targ’ib qilgan bo’ladilar.
Said Nursiy
* * *
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
اَلرَّحْمَنُ * عَلَّمَ الْقُرْآنَ * خَلَقَ اْلاِنْسَانَ * عَلَّمَهُ الْبَيَانَ * فنحمده مصلّيا على نبيه محمّد الّذى ارسله رحمة للعالمين * و جعل معجزته الكبرى الجامعة برموزها و اشاراتها لحقائق الكائنات باقية على مر الدهور الى يوم الدين * و على آله عامة و اصحابه كافة.
اَما بعد فاعلم اولاً: ان مقصدنا من هذه الاشارات تفسير جملة من رموز نظم القرآن. لاءن الاعجاز يتجلى من نظمه. وما الاعجاز الزاهر الاّ نقش النظم.
و ثانيًا: ان المقاصد الاءساسية من القرآن و عناصره الاءصلية اربعة: التوحيد و النبوة و الحشر و العدالة. لاءنه لما كان بنو آدم كركب و قافلة متسلسلة راحلة من اودية الماضى و بلاده، سافرة فى صحراء الوجود و الحياة، ذاهبة الى شواهق الاستقبال، متوجهة الى جنّاته فتهتزّ بهم المناسبات و تتوجه اليهم الكائنات. كاءنه ارسلت حكومة الخلقة فن الحكمة مستنطقا و سائلا منهم ب يا بني آدم: من اءين؟ الى اِين؟ ما تصنعون؟ مَنْ سلطانكم؟ مَنْ خطيبكم؟ فبينما المحاورة اذ قام من بين بني آدم (كاءمثاله الاءماثل من الرسل اولى العزائم) سيّد نوع البشر محمّد الهاشمي صلّى اللَّه عليه و سلم و قال بلسان القرآن: ايها الحكمة. نحن معاشر الموجودات نجيء بارزين من ظلمات العدم بقدرة سلطان الازل الى ضياء الوجود، و نحن معاشر بني آدم بعثنا بصفة الماءمورية ممتازين من بين اخواننا الموجودات بحمل الاءمانة، و نحن على جناح السفر من طريق الحشر الى السعادة الاءبدية، و نشتغل آن بتدارك تلك السعادة و تنمية الاستعدادات التي هي راءس مالنا، و انا سيّدهم و خطيبهم. فها دونكم منشوري. وهو كلام ذلك السلطان الازلي يتلاءلاء عليه سكّة الاعجاز" و المجيب عن هذه الاءسئلة الجواب الصواب ليس الا القرآن ذلك الكتاب. كان (١) هذه الاءربعة عناصره الاءساسية.
----------
(١) جواب لما.
Tarjimasining bir xulosasi:
Insonni yaratib Qur'onni unga ta'lim bergan Zoti Zuljalolning Rahmon ismi bilan tajalliyi kubrosiga, rahmatning tajalliyoti adadicha hamdu sano aytib, Sayyidu-l Bashar Muhammad Alayhissalotu Vasallami Rahmatan lil olamiyn qilib jo’natilgan, risolatning samaralari adadicha Rasuli Akramiga va ol-u ashobiga salot va salom aytamiz. Yana hadsiz shukr qilamizki: U zotning mo’'jiza-i kubrosi va koinotning ramz va ishoralari bilan tamomila jamlangan Qur'oni Azimushsha'n asrlar o’tsada doim, boqiy va bashariyatga murshid, to qiyomatgacha qoladigan va Rasuli Akramni ularga Ustozi A'zam ayladi.
Amma ba'd bilinglar: Avvalo biz yozmoqchi bo’lgan ishoratlar va nozik ma'nolardagi maqsadimiz Qur'onning nazmidagi bir qism ramzlarning tafsiridir. Chunki yetti tur i'jozning eng nozigi, lekin kuchli va lafziy, faqat haqiqatli i'joz - Qur'onning nazmidan tajalliy etadi. Ha, porloq i'joz albatta nazmning naqshidan chiqadi.
Ikkinchidan:Qur'onning asosiy maqsadlari va asliy unsurlari to’rt haqiqatdan iborat:Tavhid, Nubuvvat, Hashr va Adolatdir. Chunki, koinot sahrosida bani Odam ajib va buyuk karvon bo’lib, boshqa toifalar bilan birga bir-biri orqasida asrlar ustida o’tgan zamonning daralaridan, shahar va ko’rgazmalaridan safar qilib, vujud va hayot sahrosida yurib, istiqbolning yuksak tog’lariga azimat bilan u yerdagi bog’larga ko’zi tushib zamin xalifaligiga sazovor boldi. Boshqa hayot egalari ustidan tasarruf qilish jihatidan ro’yi zaminda aksariyat ashyolarning inson sinfi bilan munosabati iqtizo qildi. Ular hayajonga kelgani uchun koinot ham ularga yuzini o’girib inson sinfi bilan jiddiy aloqador bo’ladi.
Bani Odam bitta toifa ekan yuz minglar toifalarga aralashib koinot zamin kabi ularga olamning yaratilish natijasi sifatida qaraydi. Go’yo koinot yaratilish hukumati va uning zobit xodimi hukmida hikmat fanini, gapiruvchi va so’rovchi sifatida musofir karvonga jo’natib undan savol so’rayapti: "Ey Bani Odam! Qayerdan kelyapsiz va qayerga ketasiz? Nima qilasiz? Hamma narsaga aralashyapsiz va ba'zan aralashtiryapsiz. Sultoningiz va xatibingiz, raisingiz va kattangiz kim? Menga javob bersin."
Suhbat ichida Bani Odam jamoasidan Muhammadu-l Hoshimiy (Sallallohu Alayhi va Sallam) va u zot kabi ulu-l 'azm payg’ambarlar kabi hikmat faniga qarshi chiqishdi. Qur'onning tili bilan aytishdi:
"Ey gapirayotgan hikmat! Biz mavjudot karvoni, yo’qlik qorong’uliklaridan Sulton-i Azaliyning qudrati bilan chiqdik. Vujud ziyosiga kirdik. Borliq nurini topdik. Har bir toifa bir vazifaga kirdi. Biz Bani Odam toifasi esa omonat-i kubro rutbasi va zamin xalifaligi vazifasi bilan boshqa mavjudot qardoshlarimiz ichida imtiyozli va xodimlik sifati bilan ushbu koinot ko’rgazmasiga jo’natildik. Biz har doim yo’lga chiqishga muhayyo vaziyatdamiz. Hashr yo’li bilan abadiy saodatni qozonishga harakat qilish bilan mashg’ulmiz. Bizning sarmoyamiz bo’lgan iste'dodlarimizning urug’larini unib chiqishiga, iymon va Qur'on bilan rivojlantirish bilan shig’ullanyapmiz. Karvon raisi va xatibi menman. Qo’limdagi bu farmonni moddiy-ma'naviy havo, bitta til kabi butun koinotga u farmonning har bir so’zini bir onda milliardlarga aylantirib eshittiryapti. O’sha yoyilgan farmon Azal va Abad Sultonining kalomidir. Amrlari va xitoblari ekaniga qat'iy dalil - ustida porlagan shohona muhri va sarmadiy tamg’asiga qara, ko’r, bor, ayt!"
Ha eng qiyin, eng umumiy va butun mavjudotdan so’ralgan ushbu o’ta ajib uch-to’rt savolga eng to’g’ri va mukammal javob beruvchi faqat va faqat Qur'oni Mo’'jizu-l Bayondir. U buni boshda ذَلِكَ الْكِتَابُ لاَ رَيْبَ فِيهِ farmoni bilan e'lon qilgan.
Modomiki boshdan shu yergacha bir haqiqatni tushungan ekansan, albatta bu haqiqatdan anglashiladiki, Qur'onning asosiy unsurlari aytilgan to’rt haqiqatdir. Ya'nitavhid, nubuvvat, hashr va adolat.Ushu to’rt haqiqat butun Qur'onda to’rt rukn hisoblanadi. Shunday ekan, bu to’rt maqsad ko’p suralarning har birida mavjud. Har bir sura kichik Qur'on bo’ladi. Balki ko’p jumlalarning ichida ham bu to’rt maqsadga talmeh bilan ishora qilingan.
Balki ba'zan bitta so’zda to’rt asosga ramzlar bor. Chunki Qur'onning juzlari, kalima va oyatlari, tamomiga nisbatan bir-bir oyna o’rniga o’tadi, bir-biridan ask oladi. Go’yo Qur'on silsila holida oyat, jumla va kalimalariga bu maqsadlarning nurini sochadi. Oynada quyosh kabi ba'zan bir so’z, bir jumla kichik bir Qur'onni ko’rsatadi. Demak ushbu Qur'onga maxsus nozik ma'no, ya'ni qism, butun kabi ayni maqsadni ko’rsatishi uchun, mantiq ilmida Qur'on bir butun a'zo bo’lsada, ko’p a'zolari bo’lgan bir butun deb ta'rif etiladi.
Demak Qur'onda ming Qur'onlar bo’lib, butun shaxs bo’lgan. Shunday bo’lishi ham kerak. Chunki hadsiz va o’ta muxtalif toifalarga dars bo’lgani uchun, ayni darsda hadsiz toifalar sanog’icha darslar bo’lishi kerak bo’ladi.
Savol:Agar "Bu to’rt asl maqsadni bizga Bismillah va Alhamdulillah jumlasida ko’rsating", deyilsa.
Javob:Aytamizki: Modomiki Bismillah Allohning qullariga dars sifatida nozil bo’lgan ekan, Bismillahning ichida albatta gapirish ma'nosida bo’lgan قُلْ kalimasi mavjud. Bu sarf ilmida "muqaddar" deyiladi. Demak Bismillahdagi قُلْ taqdiri, butun Qur'ondagi قُلْ قُلْ (ayt, ayt) lafzlarining asosi ve onasi - ushbu Bismillahdagi قُلْ bo’ladi. Bunga binoan قُلْ kalimasida risolatga ishorat mavjud. Bismillahda ham uluhiyatga ramz bor va بِسْمِ dagi با ning kelishi, قُلْ ning Basmalaning oxirida muqaddarligi hasr va faqat ma'nosini ifodalagani uchun tavhidga ishorat qiladi. Ya'ni faqat Uning ismi bilan boshla va madad ol.
Rahmon ismida adolatning nizomiga va rahmatning jilvalariga ishorat bor. Chunki muxtalif, aralash mavjudor intizomi bilan go’zallashgan. Rahmatning jilvalariga sazovor bo’ladi.
Rahimda hashrga ishorat bor. Chunki ma'nosida ham afv etish, ham rahmat va shafqat qilish va bu foniy dunyoda to’rt ma'noning haqiqati bilan umumiy suratda ko’rmagani uchun, u ma'nolar albatta bir boshqa diyorda to’liq yuzaga chiqadi. Ham rahmat va shafqatning haqiqati, tirilmaydigan bo’lib o’lish to’g’ri emas. Demak Rahimdagi shafqat, barmog’ini Jannatga uzatgan, ko’rsatyapti.
Endi اَلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ * الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ * مَالِكِ يَوْمِ الدِّينِ ga qarang. "Alhamdulillah"da uluhiyatning ochiq-oydin ishorati bor. Chunki butun hamdlar Allohga maxsusdir. Uluhiyati uluhiyatni ko’rsatganidek, tavhidni ham ko’rsatadi. Ha, "lillah"dagi "lom" sarf ilmida bir ma'nosi - ihtisos va istihqoqdir. "Alhamdu"dagi "alif lom"ning bir ma'nosi istig’roqdir. Demak, butun hamdlar Allohga maxsusdir. Demak, tavhidni qat'iy ifodalayapti. "Robbu-l Olamin" lafzida ham adolatga, ham nubuvvatga ishorat mavjud. Chunki o’n sakkiz ming olamning zarradan va zarralardan, pashshalardan to yerdan ming marta katta sayyoralar va yulduzlargacha o’ta mukammal muvozanat, intizom, mukammal tarbiya, o’ta mukammal adolat-i kubroni ko’rsatadi.
Nubuvvatga ishoratiga kelsak: Modomiki bashariyatning tabiiy hislari boshqa hayvonlardek chegaralanmagan. Shuning uchun tajovuzlar chiqqan. Inson moddiy bo’lgani kabi, ma'naviyat jihatida ham butun koinotga aloqador. Shuning uchun koinot yaratilishidagi insoniy oliy hikmat, "Robbul Olamiyn"dagi "Olamiyn" ichidagi yuksak maqomini topishi va xalifa-i zamin bo’lib farishtalardan ustunligini ko’rsatishi uchun nizom va intizom ostidagi urug’ hukmida bo’lgan iste'dodlarni rivojlantirib omonat-i kubro vazifasini bajarish uchun nubuvvat zaruriydir.
"Maliki yavmi-d din" jumlasi, hashrni ko’rsatyapti. Chunki "Yavmiddin" ya'ni, din kuni, jazo kuni va ma'naviyat kuni demakdir. Dunyo moddiyat va moddiy harakatning va amallarining kuni bo’lgani kabi, albatta o’sha harakatning natijalarini va xizmatlarinng mukofotlarini va ma'naviyatning samaralarini, balki foniy va zoye narsalarning boqiy va doimiy natijalarini va misol olami sinemasi va fotografi bilan olingan barcha foniy va zoye ketgan narsalarning amal sahifalarini ko’rsatadi va nashr qiladigan kun keladi deb ifoda qilyapti.
Bismillah, Alhamdulillah jumlalari kabi Qur'onning aksar joylarida bu to’rt asosiy unsur mavjud. Masalan: اِنَّا اَعْطَيْنَاكَ الْكَوْثَرَ ning ichida sadaf kabi to’rt javohir bor. E'tibor bersang, ko’rasan. "Biz senga Kavsarni berdik." Ya'ni Zot-i Zuljaloling seni nubuvvat bilan va moddiy-ma'naviy adolat bilan ta'minlagani kabi, Jannatda Kavsarni ehson qilyapti.
Ey so’rovchi! Juda uzun haqiqatni qisqa qilib ushbu uch misolni dastgoh uskuna qo’llari qil, ustidagi munosabat va ishoratni to’qishni boshla. Biz ham hozir Bismillah bilan boshlaymiz. Izohi, tafsiloti Risola-i Nur, "Birinchi So’z", "Basmala Yog’dusi" va boshqa Risola-i Nurdagi Bismillahning haqiqatlariga doir hujjatlarga havola qilib, faqat nazm e'tibori bilan kichik bir imo qilamiz. Quyidagicha:
Bismillah quyosh kabidir. Boshqalarni nurlantirganidek, o’zini ham ko’rsatadi. Har nafas va har daqiqa ruhlar unga havo va suvdek muhtoj bo’lgani uchun, hammaning ruhi uning haqiqatini his qiladi. Qalb va xayol bilmasada, ahamiyati yo’q. Shuning uchun bayon va ta'rifdan behojat.
Harflar va juzlaridan avvalo بَا ning sarf fanidagi bir ma'nosi isti'onadir. Urfdagi bir ma'nosi tabarruk bo’lgani uchun ushbu بَا ning marji'i muta'alliqi o’z ma'nosidan chiqqan اَسْتَعِينُ va اَتَيَمَّنُ fe'llariga bog’lanadi. Yoki Bismillahdagi pardasida قُلْ (ayt)dan chiqqan اِقْرَاْ (o’qi) fe'liga ta'alluqli. Ya'ni: "Yo Robbi, men sening ismingning yordami va uning barakati bilan o’qiyman. Hamma narsa sening qudrating, ijoding va tavfiqing bilan bo’lganidek, faqat va faqat sening isming bilan boshlayman."
Demak Bismillahdan keyin اِقْرَاْ o’qish lafzi, oxirida muqaddar bo’lgani uchun ham ixlos, ham tavhidni ifodalaydi. Lekin اِسْم kalimasi: Bilinglarki, Zoti Vojibu-l Vujudning ming bir asmosidan bir qismiga "Asmo-i Zotiya" deyiladi. Ular har jihatda Zoti Aqdasni ko’rsatadi. Uning oti va uning unvonidir. "Alloh, Ahad, Samad, Vojibu-l Vijid" kabi ko’p asmo bor. Bir qismini "Asmo-i Fe'liya" deb ta'bir etiladi. Ularning ko’p navlari bor. Maslan: "G’affor, Razzoq, Muhyi, Mumit, Mun'im, Muhsin."
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Ham o’tgan, ham keladigan, ham moddiy, ham ma'naviy bayramlaringizni va muborak kechalaringizni butun ruhu-jonim bilan tabriklayman. Qilgan ibodat va duolarning maqbuliyatini rahmati Ilohiyadan butun ruhu-jonimiz bilan niyoz qilib, istab, muborak duolarga omin deymiz.
Ikkinchidan: Ko’p marta ma'naviy, ko’p jihatlardan ahamiyatli ikki savollariga mahram javob berishga majbur bo’ldim.
Birinchi savol: Nima uchun eski vaqtda hurriyat boshida siyosatga harorat bilan mashg’ul edingiz? Endi esa qirq yilga yaqin batamom tark etdingiz?
Javob: Bashariy siyosatning eng tamal qonuni asosiysi: "Millat salomatligi uchun yakka kishilar fido qilinadi. Jamoat salomati uchun shaxslar qurbon qilinadi. Vatan uchun hamma narsa fido qilinadi." deb, insoniyat tarixidagi butun dahsxhatli jinoyatlar bu qonunning suiiste'molidan kelib chiqqanini qat'iy angladim. Bu bashariyatning asosiy qonunining aniq chegarasi bo’lmagani uchun ko’p suiiste'mollarga yo’l ochgan. Ikki jahon urushi bu ayyor qonunning suiiste'molidan chiqib, ming yillik bashar taraqqiyotini zeru-zabar qildi. O’nta jinoyatchi sababli to’qson ma'sumni o’ldirishga fatvo berdi. Umumiy manfaat pardasi ostida shaxsiy g’arazlar, ming jinoyatchi sababli bir qishloqni xarob etdi. Risola-i Nur bu haqiqatni ba'zi majmua va mudofaalarda isbotlagani uchun, ularga havola qilaman.
Mana bashariyat siyosatlarining bu ayyor asos qonuniga qarshi Arshi A'zamdan kelgan Qur'oni Mo’'jizu-l Bayonda kelgan qonuni asosiyni topdim. Bu qonunni shu oyat ifoda qilyapti:
وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى
مَنْ قَتَلَ نَفْسًا بِغَيْرِ نَفْسٍ اَوْ فَسَادٍ فِى اْلاَرْضِ فَكَاَنَّمَا قَتَلَ النَّاسَ جَمِيعًا
Ya'ni, bu ikki oyat, quyidagi asosni dars beryapti: "Bir odamning jinoyati uchun boshqa kishilar javobgar hisoblanmaydi. Bir ma'sum kishi rozi bo’lmasa, butun jamoaga fido qilinmaydi. O’z roziligi bilan o’zini fido qilsa, fidokorligi shahidlik hisoblanadi. Bu esa boshqa masala." deb, haqiqiy insoniy adolatni ta'sis etyapti. Buning tafsilotini ham risola-i Nurga havola qilmaan.
Ikkinchi savol: Siz eski vaqtlar sharqdagi badaviy ashiratlar ichida sayohat qilgan vaqtingiz, ularni madaniyat va taraqqiyotga ko’p tashviq qilar edingiz. Nima uchun qirq yilga yaqinki, hozirgi madaniyatni "mim"siz deb, ijtimoiy hayotdan chekindingiz, yakka yashashni boshladingiz?
Javob: Hozirgi g’arb madaniyati samoviy asos qonunlarga qarshi harakat qilgani uchun, yomonliklari yaxshiliklaridan, xato, zararlari foydalaridan ortdi. Madaniyatdagi haqiqiy maqsad bo’lgan umumiy osoyishtalik va baxtli dunyoviy hayot buzildi. Tejamkorlik, qanoat o’rniga isrof va kayf-safo, sa'y va xizmat o’rniga tanballik va istirohat istagi g’alaba qilgani uchun, bechora insonni ham o’ta faqir, ham o’ta tanbal qildi. Samoviy Qur'onning asos qonuni
لَيْسَ لْلاِنْسَانِ اِلاَّ مَا سَعَى * كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لاَ تُسْرِفُوا
farmoni asosiy bilan: "Insonning baxtli hayoti - tejamkorlik va sa'yu-g’ayratda ekanini va u bilan insonning avom va xos tabaqasi bir-biri bilan kelishadi." Risola-i Nur bu asosni izohlagani uchun, bir-ikki qisqa ma'nosini aytaman:
Birinchisi: G’arb madaniyati kelishidan avval inson uch-to’rt narsaga muhtoj edi. Uch-to’rt ehtiyojini ta'minlamaydiganlar o’ndan faqat bir-ikki kishi bo’lar edi. Hozirgi g’arb zolim madaniyati suiiste'mollar, isroflar va hislarni jo’shtirgani uchun zaruriy bo’lmagan ehtiyojlarni zaruriy darajasiga chiqardi. Xo’jako’rsin va yomon odatlarga qaramlik hozirgi madaniy insonning to’rtta asosiy hojati o’rniga bu davrda yigirma narsaga muhtoj bo’lyapti. Yigirma ehtiyojni halol shaklda ta'minlashga esa yigirmadan faqat ikki kishi muvaffaq bo’lyapti. O’n sakkiz kishi muhtoj bo’lib qolyapti. Demak hozirgi madaniyat insonni juda faqir qilyapti. Ehtiyoj uchun insonni zulmga va harom topishga yo’naltirgan. Bechora avom va xos tabaqasini doim bir-biriga qarshi chiqishga tashviq qilgan. Qur'onning asos "zakotning shart ekani va sudxo’rlikning haromligi" qonuni vositasida avomning xoslarga itoatini va xoslarning avomga shafqatini ta'minlaydi. Bu muqaddas qonunni tashlab burjualarni zulmga, faqirlarni isyon chiqarishga majbir qilgan. Xalq osoyishtaligini zeru zabar etdi!
Ikkinchi ma'no: Hozirgi madaniyat yutuqlari, insonga Rabboniy ne'mat bo’lgani uchun, haqiqiy shukr istaydi. Ular inson manfaati uchun qo’llanishi kerak. Lekin, ahamiyatli bir qism insonlarni tanballikka va kayfu-safoga mubtalo qilib, sa'y-g’ayratni tashlab rohat ichida hislarining istagini bajarish maylini uyg’otgani uchun, harakat qilish xohishini yo’qotgani kuzatilyapti.
Qanoatsizlik va tejamaslik yo’li bilan kayf-safoga, isrofga, zulmga, haromga yo’naltiryapti. Masalan: Risola-i Nurdagi "Nur Kaliti"da aytilganidek: "Buyuk ne'mat bo’lgan radio, inson manfaatiga sarflansa, ma'naviy shukr qilingan bo’ladi. Lekin beshdan to’rt qismi hoyu-havasga, keraksiz moloya'ni narsalarga sovurilgani uchun, tanballikka, radio tinglashga yo’naltirib, ishlash istagini ketkazyapti. Haqiqiy vazifasini bajarmayapti. Hatto juda manfaatli qismi bo’lgan g’aroyib vositalar, sa'y, amal va inson manfaatining haqiqiy ehtiyojlariga ishlatilishi kerak. Lekin o’ndan bir-ikki zaruriy ehtiyojlarga sarf qilish o’rniga o’ndan sakkiz qismi kayf-safo, havas, keraksiz sayohat, tanballikka majbur qilayotganini o’zim ko’rdim. Ushbu ikki kichik masalaga minglab misollar bor.
Xulosa: Hozirgi g’arb madaniyati, samoviy dinlarga to’liq quloq solmagani uchun, insonni faqirlashtirib, ehtiyojlarini ko’paytirgan. Tejamkorlik va qanoat asosini buzib, isrof, hirs va tama'larni orttirishga, zulm va haromga yo’l ochgan. Insonni kayf-safo vositalariga tashviq qilib, bechora muhtoj basharni to’liq tanbal qildi. Harakat va amal qilish istagini ketkazdi. Hoy-havas, kayf-safoga yo’naltirib umrini foydasiz zoye qilyapti.
Yana muhtoj va tanballashgan insonni xasta qilgan. Suiiste'mol va isroflar bilan yuz turdagi xastalikning yuqishiga, tarqalishiga sabab bo’ldi.
Uch qattiq ehtiyoj, kayf-safo istagi va har doim o’limni esga solgan ko’p xastaliklar, madaniyatning ichida dinsizlik jarayonlari yoyilgani uchun, uyg’ongan insonning ko’z o’ngida o’limni abadiy qatl suratida ko’rsatib, har doim tahdid qilyapti. Bir nav jahannam azobi beryapti.
Demak, ushbu dahshatli bashariy musibatga qarshi Qur'oni Hakimning to’rt yuz million talabasining uyg’onishi va ichida samoviy, muqaddas asos qonuni bilan bir ming uch yuz yil avval ko’rsatganidek, yana bu to’rt yuz million kishining o’z asosiy muqaddas qonunlari bilan uch dahshatli yarasini davolashi kerak. Agar yaqinda qiyomat qo’pmasa, insonning ham baxtli dunyoviy hayotini, ham uxroviy saodatli hayotini qozontirishini va o’limni abadiy qatldan chiqarib, nur olamiga jo’natilish hujjatini ko’rsatishini va undan kelib chiqqan madaniyatning yaxshiliklarini yomonliklari ustidan g’alaba qozonishini va hozirgacha bo’lganidek, dinning bir qismini, madaniyatning bir qismini qozonish uchun nafaqat pora sifatida berish, balki madaniyatni unga, u samoviy qonunlarga bir xizmatkor, yordamchi qilishini Qur'oni Mo’'jizu-l Bayonning ishorat va ramzlaridan anglashilgani kabi, hozirgi uyg’ongan bashar rahmat-i Ilohiyadan kutyapti, qidiryapti!
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq, fidokor qardoshlarim!
Ko’p joylardan telegraf va maktublar bilan bayram tabriklari oldim. Juda xasta bo’lganim uchun, vorislarim bo’lgan Madrasatu-z Zahro ruknlari mening o’rnimga ham o’zlarini, ham xos qardoshlarimizning bayramlarini tabriklayman.
Olam-i Islomning buyuk bayramining arafasi bo’lgan va hozircha Osiyo va Afrikada tarqalishni boshlagan va to’rt yuz million Musulmonlarni bir-biriga qardosh, moddiy-ma'naviy yordamchi qilgan Ittihod-i Islomning yangi tashkil topgan Islom davlatlarida ta'sis qilishni boshlashini va Qur'oni Hakimning muqqaddas qonunlarining yangi Islomiy davlatlarda asosiy qonun bo’lgani uchun katta Islomiy bayramni tabriklaymiz.
Dinlar ichida butun hukmlar va haqiqatlarni aqlga va hujjatlarga asoslangan Qur'oni Hakimning, yuzaga chiqqan kufr-i mutlaqni yakka o’zi yo’qotishiga ko’p belgilar ko’rindi. Inson kelajagining ham ushbu bayramini tabriklash bilan birga, Madrasatu-z Zahroning va butun Nur Talabalarining ham ichkarida, ham tashqarida Nurlarning ham arabcha, ham turkcha nashr qilishga harakatlari, dindor Dekmokratlarning muhim qismi Nurlarning erkinligiga tarafdor chiqishlarini butun ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz...
Bu yil hojilarning ozligiga ko’p sabab bor ekan, bir yuz sakson mingdan ko’proq hojilarning muqaddas farzni va dini Islomning muqaddas va samoviy kongresi hisoblangan hajj-i akbarni buyuk bir bayram arafasi sifatida butun ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
AMIRTOG’NING MA'NODOR XOTIRASI
Besh yildan beri toza havo olishga Amirtog’ atrofida foytunda aylangan vaqtim, g’arib tarzda, bir yoshdan yetti yoshgacha kichik bolalar ota-onalariga ko’rsatgan aloqadan ko’ra ko’proq istiyoq bilan foytunimga yugurib kelib qo’limni o’pishga yopishishdi. Hatto bir-ikki marta foytun ostiga yiqilib g’aroyib tarzda zarar ko’rmay qutulishdi.
Hatto meni ko’rmagan, bilmagan bir, ikki, uch yoshida bolalar yalang oyoq bilan, tikanlar ichida yugura-yugura foytunga yetishdi. Katta odamlar kabi iltimos bilan qo’lingizni o’paylik der edilar. Bu holga ham men, ham qardoshlarim va ko’rganlar hayratlandik. Bu hol bir mahallaga maxsus emas, har tomonda, hatto qishloqlarda ayni hol davom etdi.
Meni aldamagan haqiqat bo’lgan xotira bilan men va do’stlarimning qanoatimiz keldiki, ma'sum toifaning pokligi jjihatidan, tabiiy yo’naltirish deyilgan avvaldan sezish hissi bilan Risola-i Nurning bu yurtda ma'sum bolalarga va o’zlariga juda manfaati bo’lishini aql va fikrlari anglab yetmasada, ma'sum his bilan Risola-i Nurning ma'nosi e'tibori bilan tarjimoniga, onasiga yolvorishidan ham ko’proq ishtiyoq bilan yugurishgan edi.
Biz ham avvaldan sezish hissi bilan kelajakda bu kichik ma'sum maxluqlardan buyuk Nurchilar chiqishini his qilyapmiz. Kelajakda Nurning xos shogirdlari bo’lish holatini ko’rsatishyapti.
Men bunday kichik ma'sumlarni farzandim bo’lmagani uchun ma'naviy avlodim sifatida barchasini duolarimga kiritdim. Har tong duolarimda ularni Nur talabalari bilan birga yod etaman.
Qirq yoshdagi loqayd odam o’rniga ulardan bir yoshli ma'sumni tanlashimga sabab, gunohsiz va samimiy aloqa ko’rsatishgani uchun, albatta ularni yo’naltirgan bir haqiqat bor. Men o’sha jihatdan kattalarga salom berganimdek, ularning salomlariga ham jiddiy javob beraman.
Ham ma'sumliklari, ham kelajakda Nurchi bo’lishlariga binoan, menga qilgan duolarini maqbul bo’ladi deb ularga aytdim: "Modomiki siz mening ma'naviy avlodim bo’lgan ekansiz, men ham sizga duo qilaman. Siz ham gunohingiz yo’qligi uchun, menga qilgan duoingiz inshaalloh maqbuldir. Menga duo qiling. Chunki juda xastaman." dedim.
Men va yonimdagi do’stlarimning kuchli ehtimol bilan xulosa qildik, masonlar va ateistlarning rejasi asosida yoshlarni bolshevfizm tarzida tarbiyalash uchun vaqtida ba'zi maktablar ochilgan edi. Keyin o’zgargan maktablar vositasida yoshlarni buzishga urinishganiga javoban Islomiyatning qahramon bayroqdori bo’lgan turk millatining kichik ma'sum bolalari, nuroniy uyg’onish va avvaldan sezish hissi bilan Nurlardan dars olishlari, yoshlarning boshiga kelgan baloga javob bo’ladi. Inshaalloh bolalarning ham o’zlari, ham yoshlar mason va ateistlarning yomonliklaridan qutulishiga bir ishorat bo’lgani uchun, bu holatni ko’rsatishyapti.
Said Nursiy
* * *
18.11.1951
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim va ma'naviy Madrasatu-z Zahroning Nur shogirdlari.
Men Ispartaga kelgan vaqtim bu yerda Imom-Xatib va Voizlar Maktabining ochirish xabarini oldim. U maktabga yoziladigan talabalarning aksariyati Nurchi bo’lishlari munosabati bilan, maktab atrofida g’ayrirasmiy suratda bir Nur Madrasasi ochilib, u maktabni bir jihatdan Madrasa-i Nuriya qilish fikri bilan qalbimga bir xotira keldi.
Bir-ikki kun o’tib go’yo bir dars beraman deb atrofda gap tarqalgani uchun, darsimni tinglash uchun atrofdan erkak-ayol guruhlari kelishdi. Agar yarim rasmiy va umumiy Madrasa-i Nuriya ochilsa, shu darajada ko’pchilik bo’ladi. Unga hujumlar boshlanadi. Shunga binoan, ochish mumkin emasligi anglashildi. Afyonda mahkamaga borgan paytimizdagidek, juda ko’p keraksiz yig’ilishlar bo’lish ehtimoli bo’lgani uchun, u niyat tark etildi. Quyidagi ikkinchi haqiqat:
"Har bir kishi agar uyida to’rt-besh bola chaqasi bo’lsa, o’z uyini kichik Madrasa-i Nuriyaga aylantirsin. Agar bo’lmasa, yolg’iz bo’lsa, aloqador qo’shnilardan uch-to’rt kishi bilan birlashsin. Bu hay'at bo’lgan uyni kichik Madrasa-i Nuriya deb bilishsin. Hech bo’lmasa, ishlari va vazifalari yo’q vaqtda bech-o’n daqiqa bo’lsa ham, Risola-i Nurni o’qish, tinglash yoki yozish bilan mashg’ul bo’lishsa, haqiqiy talaba-i ulumning savoblariga va sharaflariga sazovor bo’lishadi. "Ixlos Risolasi"da yozilgan besh turdagi ibodatga ham erishishadi. Haqiqiy ilm talabalari kabi ularning tirikchiligini ta'minlash xususidagi oddiy muomalalari ham bir nav ibodat o’rniga o’tadi", deb qalbga eslatildi. Men esam qardoshlarimga bayon qilyapman.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
29.11.1951
Eskishahar
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalan: Butun ruhu jonim bilan Qur'on va iymon xizmatingizni tabriklayman. Bu maktubda bir nozik masalani mashvarat qilib fikringizni bilish uchun jo’natdik. Munosib bo’ladimi? Yo’qsa to’grilaysiz.
Ikkinchidan: Risola-i Nurda isbotlaganmizki, insonlarning qilgan zulmlarining ichida qadar-i Ilohiy adolat qiladi. Ya'ni insonlar ba'zi sabablar bilan haqsiz zulm qilishadi, birovni qamaydi. Lekin qadar-i Ilohiy o’sha qamoqda haqiqiy aybiga binoan boshqa sababga binoan hukm o’qib, adolat qiladi. Hozir bu haqiqatni ko’rsatgan, boshimga kelgan ajib bir misol shuki: Yigirma sakkiz yildan beri ko’p viloyat va mahkamalarda meni ayblash, jazolash va qamalishim kabi zolimona qiynoq va jazolarga ko’rsatgan sabablar, hech qanday belgisini topa olishmagan mavhum bir aybim shu. Aytishadiki:
"Said dinni siyosatga vosita qilishni xohlayapti va qilyapti." Holbuki ularning da'vosiga o’ttiz yillik musibatli yangi hayotimda va o’ttiz buyuk majmualarimda bu aybni isbotlaydigan dalil topa olishmadi. Holbuki bunday masalalarda bir mahkama topa olmagan va aybdor demagan ekan, boshqa mahkamalar bu masalani qayta-qayta asos olishlari, qonunga va aqlga tamoman zid va odatga muxolif holatdir.
Balki siyosatni dinsizlikka vosita qilganlar qismi o’zlarini bu parda bilan yopib, bizga ushbu tuhmatni qilishyapti. Shu bilan birga, dinga xizmat e'tibori bilan, men aralashgan siyosatni, dunyoni va butun ijtimoiy jarayonlarni dinga xizmatkor, vosita va tobe qilish dasturi bilan harakat qilganimga eski oltmish yillik ilmiy hayotim qat'iy hujjat va aniq dalil bo’ladi.
Mahkamalarda ham da'vo, ham isbot qilganmanki, nafaqat dinni siyosatga vosita qilish, balki bitta iymoniy haqiqatni dunyo saltanatiga almashmaganimni qat'iy dalillar bilan isbotlaganman. Shunga qaramay yigirma tomondan haqiqatga qarshi va devonacha katta mansabingizni egallagan bir qancha adliya xodimlari va siyosatchilar bu ajib xurofot kabi masalani haqiqat deb, yigirma sakkiz yil menga zulm qilishganining haqiqiy sababini endi angladim. Sababi quyidagicha:
Ushbu "men"lik davridagi iymon xizmatida eng katta tahlikam va eng buyuk ma'naviy aybim va jinoyatim - bu davrda Qur'oniy xizmatimni shaxsimga oid moddiy-ma'naviy yuksalishga va kamolotga vosita qilish ekan. Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamanki, bu uzun zamonda ixtiyorim xorijida iymoniy xizmatimni, nafaqat moddiy-ma'naviy taraqqiyot va kamolotimga, azobdan va Jahannamdan qutulishimga, hatto abadiy saodatimga vasila qilishimga, balki hech qanday maqsadga qat'iyyan vosita qilmasligim uchun o’ta kuchli, ma'naviy to’siq ko’rar edim. Hayrat ichida hayratlanar edim.
Ajabo, hamma xushlangan ma'naviy maqom va uxroviy saodatlarni solih amal bilan qozonish va ularga yuzlanish, ham shariatga uyg’un, ham hech qanday zararli tomoni bo’lmasada, nima uchun ruham man etilyapman. Rizo-i Ilohiydan boshqa tabiiy ilmiy vazifa yo’llashi bilan faqat va faqat iymonga xizmatning o’zi ayni mukofot sifatida ko’rsatilgan ekan.
Chunki hozirgi dahshatli davrda hech narsaga vosita va tobe bo’lmagan, har qanday maqsaddan ustun bo’lgan iymon haqiqatlarini fitriy qullik bilan muhtojlarga ta'sirli suratda bildirishning yagona chorasi va iymonni qutqaradigan va qat'iy qanoat hosil qiladigan tarzda, ya'ni hech narsaga vosita bo’lmagan Qur'oniy dars kerakki, mutlaq kufrni va qaysar, mutakabbir zalolatni yo’qotsin va hammada qat'iy qanoat hosil qildirsin.
Bu davrda bunday darsga bu sharoitda hech qanday shaxsiy, uxroviy, dunyoviy va moddiy-ma'naviy narsaga vosita qilinmaganini bilib qat'iy qanoat hosil qiladi. Yo’qsa qo’mitachilikdan va jamiyatchilikdan tug’ilgan dahshatli dinsizlikning ma'naviy shaxsiyatiga qarshi chiqqan bir shaxsning eng buyuk ma'naviy martabasi bo’lsa ham, vasvasalarni to’liq yo’qota olmaydi. Chunki iymonga kirishni istagan qaysar kimsaning nafsi va "men"ligi: "Bu muqaddas shaxs dahosi va g’aroyib maqomi bilan bizni aldadi" degan shubhasi qoladi.
Janobi Haqqa shukrki, yigirma sakkiz yil dinni siyosatga vosita qilish tuhmati ostida qadari Ilohiy mening ruhimni ixtiyorim xorijida dinni hech qanday shaxsiy narsa uchun vosita qilmaslikka insonlarning zolim qo’li bilan ayni adolat qilib ta'zir beryapti. Ya'ni qara, diqqat qil, deb eslatyapti. Iymonga muhtoj bo’lganlar faqatgina haqiqat gapirayotganini tushunishi uchun iymon haqiqatlarini o’z shaxsingga vosita qilma, deyapti. Nafsning vahimalari, shaytonning hiylalari qolmasin, ovozi o’chsin.
Haqiqatdan Risola-i Nur bahs qilgan haqiqatlarning ayni ma'nosida millionlar kitoblar balog’at bilan nashr qilishsada va munglar haqiqiy olimlar dars berib bu yurtda dahshatli mutlaq kufrni to’liq to’xtata olishmadi. Nurlar mazkur sirga binoan, bir jihatda g’alaba qilganini dushmanlar ham tasdiqlashadi.
Ha, mutlaq kufrga qarshi ushbu og’ir sharoit ichida Nurlar bu ishni bajardi, maydonda turibdi. Demak Nurlarning quvvati bu azim sirdan kelib chiqyapti. Men ham butun ruhu jonim bilan yigirma sakkiz yil iskanjali musibatlarimga rozi bo’ldim. Haqqimni halol etdim. Odil qadarga aytdim: Sening bu shafqatli ta'zirlaringga loyiq edim... Yo’qsa shariat doirasida, zararsiz, hammaning Alloh uchun ergashgan yo’lga kirganimda, ya'ni moddiy-ma'naviy hislarimni to’liq fido qilmaganimda, iymoniy xizmatda bu ajib ma'naviy quvvatni yo’qotar edim.
Bu quvvatning ajib namunasi shuki, bir kishi men eng kichik talabasi bo’ladigan ba'zi kishilarning iymoniy haqiqatlarga doir bir kitobini o’qibdi. Risola-i Nurning ham bir sahifasini o’qibdi. Risola-i Nurning bir sahifasi bilan iymonini ko’proq qutqarganiga iqror bo’lgan.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Duoingizga muhtoj qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
Ustozimiz aytyaptilar: Mahkamalarning kechiktirilishida xayr bor. Hozirgacha Nurga va Nurchilarga berilgan zahmatlar rahmatlarga aylanishi ko’rsatadiki, ushbu kechiktirishda ham xayrlar borki, biri shu bo’lish ehtimoli bor:
Xorijdagi Islom olamida Nur ahamiyatli ta'sirni boshlashi, rivojlanishi, tarqalishi va bu yerning siyosiylari Ovrupoga pora sifatida bir daraja Ovrupolashishga moyilligi, mahkamalar xorijda deb o’ylagan Nurning to’liq erkinligi uchun hukm chiqarganida, tashqi Islom olamida Nurlarning haqiqiy ixlosiga shubha kelar edi. Natijada yo Nurchilar riyokorlikka majbur bo’lishdi yoki madaniylashish fikrida bo’lgan kishilarga aralashmayapti, zaiflik qilishyapti deb Nurning qiymatiga katta zarar bo’lar edi. Shuning uchun, kechiktirish vahimalarini yo’qotadi. Bu esa o’ttiz yildan beri Islomiyatning shioriga muxolif narsalarga bosh egishmaganini isbotlaydi.
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Ustozimiz eslatma tarzida aytdilar, biz esak qalamga oldik.
Bu yil ikki mahkamaning mohiyatini bayon qilish kerak bo’ldi. Bu yerdagi mahkama:
Ellik yil avval Sufyon va shapka haqidagi bir hadisni sharhlagan edim. So’ng mahkamalar buni bir qo’mondonga tajovuz deb mavzu qilishdi. Afyon mahkamasi menga qattiq jazo berishga sabab shu tajovuzga o’sha sharhni asos qilib ko’rsatgan. Holbuki faraz qilaylik endi yozdim, qo’mondon esa sog’ bo’lsin. Dini va rejimida mutaassib Angliyaning hukmi ostida yuz million musulmon yuz yilda Angliyaning ham rejimini, ham dinini inkor qilishgan ekan, qonunan adliyasi ularni javobgar deb bilmagan ekan... ham hozir eski partiya boshliqlari farazan o’sha qo’mondonning uchdan biricha bo’lishsa (balki u kabi qo’mondon edilar) mening o’sha qo’mondonga hadis bilan tushirgan kaltakning yigirma mislini hozirgi gazetalar yanada shiddatli tarzda o’sha boshli, eski qo’mondonlarga tushirishyapti. Buni esa javobgar deb bilishmayapti, ozod yurishibdi.
Holbuki ellik yil avval bir hadisning toshini otgan edim, yigirma yil o’tib bir qo’mondon unga boshini tutdi, boshi yorildi. O’lib ketdi, hukumat va dunyodan aloqasi uzildi. Eski partiyaning boshliqlari deputat yoki mansabdaligida hukumat bilan aloqasi bo’lsada, ularga kelgan tajovuz, Risola-i Nur tushirgan kaltakdan o’n, balki yuz daraja ko’p ekan, erkin tarzda gazetalar tarqalmoqda.
Kitoblar haqida musodara qilishning mohiyati shuki: U ta'zir haqida Risola-i Nurning bir yuz o’ttiz uch kitobidan bitta kitobning bir-ikki sahifasida yozilgan. Shu sabab bir yuz o’ttiz uch kitobni musodara qilish bir kishining xatosi bilan bir yuz o’ttiz odamni jazolash kabi ajib hiylali zulm ekani va hozir kutubxonalarda, kitobchilarda va qo’lda yurgan, xususan vatan va dinga qarshi bo’lgan dinsizlarning, mulhidlarning, ateistlarning, komunistlarning kitoblari, hatto boshidan oxirigacha Islomiyatga qarshi Doktor Duzining kitobi ba'zi qo’llarda yurishi ko’rsatadiki: Risola-i Nurni musodara qilish, yerdan osmongacha haqsiz zulm va hiyladir.
Chunki Risola-i Nur aksar Islom olamining muhim markazlarida so’nggi yiigirma sakkiz yilda bu vatanda ulamolarning qo’lida yuribdi. Hech bir olim, faylasuf e'tiroz etmadi. Mahkamalar va siyosiylar faqat bit tasattur-o’ranishga, boshqasi esa oxirzamonda bir qo’mondon boshiga shapka qo’yadi va majburan kiydiradi, degan ikki masalani ushlab olishdi. So’ng bu masalalar uchun to’rt-besh mahkama mazkur masalalar dohil va oqlangan bo’lsada, bir-ikki sahifa uchun yigirma ming sahifani javobgar deb topib jazolash hukmiga Risola-i Nurni musodara qilish quyidagi misolga o’xshaydi:
Bir kishining boshqa odamga haqsiz emas, balki haqli hujum qilishi sababli (boshqalar ham uni javobgar deb topmagan va besh mahkama ham jinoyat hisoblamagan bo’lsada) mavhum ayb bilan yigirma ming odamni aybdor qilish kabi, yigirma ming Nur sahifalarini bir-ikki sahifa sababli musodara qilish va to’rt yarim yil Afyonda qamab qo’yish, o’sha hujumdan yuz marta kattaroq xatodir, jinoyatdir va bu vatanga ham suiqasddir.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamizki, ellik besh yillik orzuim va hayotimning natijasi bo’lgan Madrasatu-z Zahroning ma'naviy haqiqatini siz Madrasatu-z Zahro ruknlari to’liq ko’rsatyapsiz.
Ikkinchidan: Qattiq xastalik va boshqa sabablarning ta'sirida men Nurchi qardoshlarim bilan gaplasha olmaganim uchun va hisoblashdan mahrum bo’lganim uchun, mening o’rnimga sizlar va Risola-i Nurning Qur'on madrasasida Yangi Said bergan dars va Eski Saidning "Xutba-i Shomiya" va uning ilovalari kabi ijtimoiy hayot madrasasida olgan darslari va nutqlari bu bechora qardoshingiz o’rniga istiyoqmand qardoshlarim bilan gaplashishingizga vakil qilaman.
Uchinchidan: Bir kichik madrasa-i Nuriyani o’z uyida ta'sis etib qahramon Tohiriy kabi xos, xolis Nur noshirini Nur doirasiga bergan Tohiriyning marhum otasining vafotini eshitib ham uning qarindoshlarini, ham Ispartani, ham Nur doirasiga ta'ziya bildiraman. Janobi Haq Nurning harflari adadicha ruhiga rahmat aylasin, omin.
To’rtinchidan: Inebolu "Zuhratu-n Nur"ning uch yuz donasi mening hisobimga yozilibdi. Men javoban: Bir yuz elligi Ispartaga va bir yuz elligi menga jo’natilsin. Menga keldi. Sizga borgani, keyinchalik menga beradigan "Maktubot" majmuasi evaziga va sizga qarzim bo’lsa unga hisoblaysiz.
Beshinchidan: Iroq tomonda, xususan Bag’doddagi Ustozi A'zamning maqbara xodimiga va qardoshlarimga salomimni yetkazing. Hayot bo’lsam, butun ruhu jonim bilan u atrofga borishni istayotganimni bildiring.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Aziz qardoshlarim!
Eski Saidning chop etilgan eski asarlaridan biri qo’limga tushdi. Qiziqib, diqqat bilan o’qidim. Qalbga shunday fikr keldi. Munosib bo’lsa, oxiriga yozilsin.
Avvalo: Hurriyatning uchinchi yili ashiratlar orasida qonuniy mashrutiytni to’liq tushuntirish va qabul qildirish uchun Ertush ashirati ichida, xususan Qudan va Mamhuron ashiratlariga bergan dars va 1329 yili Abu-z Ziyo matbaasida qirq bir yil avval chop etilgan, lekin afsuski yigirma-o’ttiz yildan beri qidirib, topa olmayotgan edim. Bu safar bir kishi bir nusxasini topib menga jo’natibdi. Men Eski Said aqlini olib Yangi Said dunyoqarashi bilan diqqat bilan mutolaa qildim.
Eski Said ajib tarzda avvaldan sezish hissi bilan o’ttiz-qirq yil o’tib hozirgi yuzaga kelgan moddiy-ma'naviy hodisalarni his qilgan ekan. Badaviy Qurdlar ashiratlari pardasi orqasida bu davrning madaniy pardasini o’zlariga maska qilgan va vatanparvarlik pardasi orqasida dinsiz va haqiqiy badaviy va haqiqiy eskichi, ya'ni bu millatni Islomiyatdan avvalgi odatlariga yo’naltirgan xoinlarni ko’rgandek gaplashib boshiga uryapti.
Ikkinchidan: Chop etilgan asarning bir yuz beshinchidan bir yuz to’qqizinchi sahifasigacha bo’lgan qismiga diqqat qildim. O’sha vaqtda ashiratlarga bergan darsim, savol-javoblar vaqtida ichlarida muhim bir valiy bo’lgan ekan. Mening xabarim yo’q edi. U maqomda qattiq e'tiroz bildirdi. Aytdiki:
"Sen haddan oshyapsan, xayolni haqiqat deyapsan. Bizni esa tahqir qilyapsan. Hozir oxirzamon, tobora yomonlashib boradi." O’shanda unga chop etilgan kitobda shunday javob bergan ekan:
"Barcha uchun dunyo taraqqiy etyapti. Faqat biz uchun tubanlashadimi?! Shundaymi?! Men siz bilan gaplashmayman, shu tomonga qarab, istiqboldagi insonlar bilan gaplashaman.
Ey yuzdan uch yuz yilgacha keladigan yuksak asrning orqasida yashirin, meni jim tinglayotgan va bir yashirin g’aybiy nazar bilan meni tomosha qilgan (Said, Hamza, Umar, Usmon, Yusuf, Ahmad va b.) sizga xitob qilyapman.
Tarix deyilgan moziy daralaridan sizning yuksak istiqbolingizga uzangan simsiz telegraf bilan siz bilan gaplashyapman. Nima qilayin, shoshdim, qishda keldim. Siz inshaalloh jannatdek bir bahorda kelasiz. Hozir ekilgan urug’lar zaminingizda gul ochadi. Sizdan iltimos qilaman, moziy qit'asiga o’tish uchun borganingizda qabrimga kelib keting. O’sha gullardan bir nechasini mozor toshi deyilgan, suyaklarimni musofir qilgan tuproq posbonining boshiga taqing. (Ya'ni "Keksalar Risolasi"ning O’n uchinchi Rijosida bayon qilinganidek, Madarasatu-z Zahroning boshlang’ich maktabi va Van yakka toshi bo’lgan qal'asining ostidagi Xo’rxo’r Madrasamning vafot etishi va Onado’luda barcha madrasalarning yopilishi bilan vafot etishlariga ishorat qilib, umumining mozor-i akbari hukmida bo’lishiga alomat sifatida, o’sha azamatli qabrga Van qal'asi mozor toshi bo’lgtan. Ey yuz yil o’tib kelganlar! Shu qal'aning boshida bir Madrasa-i Nuriya gulini eking. Jisman tirilmagan, lekin ruhan boqiy va keng hay'atda yashagan Madrasatu-z Zahroni jismoniy suratda bino eting, demakdir.)
Zotan Eski Said aksar hayoti o’sha madrasaning orzusida o’tdi. Chop etilgan risolaning bir yuz qirq yettinchidan bir yuz ellik yettinchi sahifasigacha Madrasatu-z Zahroning ta'sisiga va foydalariga doir ahamiyatli haqiqatlarni yozgan ekan.
Bu yigirma besh yillik dahshatli va madrasalarni o’ldirgan istibdodning sinishi bilan Maorif vaziri Tavfiq, Vanda Sharq universiteti nomli Madrasatu-z Zahroni insho etilishiga qaror qilishi va umid qilinmagan tarzda Jalol rais ham muhim masalalar ichida Tavfiqning fikriga qo’shilishi, Eski Saidning qirq yil avvalgi gapi va iltimosi to’g’ri chiqishini ko’rsatgan yaxshi alomatdir.
Endi qirq besh yil avvalgi javobning izohida uch haqiqat bayon qilinadi.
Birinchisi:Eski Said avvaldan sezish hissi bilan ikki ajib hodisani his qilgan. Lekin sodiq tush kabi ta'birga muhtoj ekan. Qizil parda bilan oq yoki qora narsaga qaralganda, qizil bo’lib ko’ringanidek, u Islom siyosati pardasi bilan haqiqatga qaragan edi. Haqiqatning surati bir daraja shaklini o’zgartirgan ekan. Hozirgi buyuk valiy ham o’sha yanglishni ko’rib o’sha tomondan qattiq e'tiroz bildirgan edi. U haqiqat ikki qism:
1. Bu Usmonli o’lkasida katta bir nur chiqadi, hatto hurriyatdan avval juda ko’p marta talabalarga tasalli berish uchun "Bir nur chiqadi, ko’rgan butun yomonliklaringizga qarshi bu vatanga baxt olib keladi", der edi. Demak qirq yil o’tib Risola-i Nur o’sha haqiatni ko’r ko’zga ham ko’rsatdi.
Nurning zohiran, son jihatidan kam ekaniga qaramay haqiqiy sifat jihatida keng va favqulotda manfaatini his etib, hamda siyosat tomonlama butun Usmonli mamalakatida bo’ladi deb aytgan edi. Buyuk valiy uning tor doirani keng tasavvur qilganiga e'tiroz bildirgan. Ham u zot haqli, ham Eski Said bir daraja haqlidir. Chunki Risola-i Nur iymonni qutqarishi jihatida tor doirasi boqiy va abadiy hayotni iymon bilan qutqaradi. Bir million talabasi bir milliard o’rnidadir. Ya'ni bir million emas, balki ming insonning abadiy hayotini ta'minlashga urinish, bir milliard insonning foniy dunyo hayotiga va madaniyatiga xizmatdan ham qiymatdor va ma'nan keng hisoblanadi.
Eski Saidning sodiq tushga o’xshagan avvaldan sezish hissi bilan tor doirani butun Usmonli mamlakatini qamrashini ko’rgan ekan. Balki inshaalloh u qarash, yuz yil o’tib Nurlarning ekkan urug’larining unishi bilan aynan u keng doira Nur doirasi bo’ladi, uning yanglish ta'birini to’g’ri ko’rsatadi.
Ikkinchi haqiqat:Qirq yil avval Eski Said ushbu chop etilgan kitoblarida "Ishoratu-l I'joz"ning boshidagi ifoda-i maromda va boshqa asarlarida talabalariga qayta-qayta ta'kidlar ediki: Ham moddiy, ham ma'naviy buyuk ijtimoiy zilzila bo’ladi. Mening dunyoni tark etishim bilan yakka yashashimni, bo’ydoq qolishimga hasad qilishadi, der edi. Hatto hurriyatning birinchi yili Istanbulda Jome'u-l Azharning Ulamolar Raisi Shayx Bohid Hazratlari (R.H.) Istanbulda Eski Saiddan so’radi:
مَا تَقُولُ فِى حَقِّ هذِهِ الْحُرِّيَّةِ الْعُثْمَانِيَّةِ وَ الْمَدَنِيَّةِ اْلاَوْرُوبَائِيَّةِ
Said javoban:
اِنَّ الْعُثْمَانِيَّةَ حَامِلَةٌ بِدَوْلَةٍ اَوْرُوبَائِيَّةٍ فَسَتَلِدُ يَوْمًا مَا وَ اْلاَوْرُوبَا حَامِلَةٌ بِاْلاِسْلاَمِيَّةِ فَسَتَلِدُ يَوْمًا مَا
Ya'ni: Usmonli hukumatidagi hurriyat haqida fikring qanday va Ovrupo haqida nima deb o’ylaysan? O’shanda Eski Said: Usmonli hukumati Ovrupoga homila, Ovrupodek hukumatni tug’adi. Ovrupo esa Islomiyatga homila, u ham bir kun Islom davlati tug’adi, deb javob bergan edi. Alloma, "Men ham tasdiqlayman", degan. Yonidagi domlalarga: Men bu bilan munozara qilib g’alaba qila olmayman, degan.
Birinchi tavalludni ko’zimiz bilan ko’rdik. Chorak asrdan beri Ovrupodan ham dindan uzoq.
Ikkinchi tavallud esa inshaalloh yigirma-o’ttiz yil o’tib chiqadi. Ovrupo ichida ko’p belgilar bilan ham sharqda, ham g’arbda Islom davlati chiqadi.
Uchinchi haqiqat:Ham Eski Said, ham Yangi Said Usmonli mamalakatida katta moddiy-ma'naviy hodisa - dahshatli, buzg’unchi bashariy zilzila bo’ladi deb avvaldan sezish hissi bilan takror batakror xabar bergan edi. Holbuki u his bilan nur masalasining aksi bilan o’ta keng doirani tor ko’rgan edi. Davr uni ikkinchi jahon urushi bilan to’liq tasdiqladi. Uning juda keng doirani Usmonli mamlakatida ko’rganini shunday ta'bir qilyapti:
Ikkinchi jahon urushi insoniyatga yetkazgan katta buzg’unchiligi juda keng bo’lsada, dunyoviy hayot va o’tkinchi madaniyatga qaragan Usmonli yurtidagi buzg’unchilikka nisbatan tor.
Usmonli tuprog’idagi ma'naviy zilzila abadiy hayot va boqiy saodatga zarar keltiradigan buzg’unchilik va Islomiy ma'naviy zilzila ma'nan ikkinchi jahon urushidan ham dahshatli bo’lgani uchun, Eski Saidning xatosini to’grilaydi va sodiq tushini to’liq ta'bir qiladi va avvaldan sezish hissining sodir bo’lishini ko’zga ko’rsatadi. E'tiroz bildirgan valiyni zohiran haqli, lekin haqiqatda Eski Saidning avvaldan sezish hissi haqliroq ekanini isbotlab, valiy zotning e'tirozini to’liq rad qiladi.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!
Avvalo: Madrasatu-z Zahro ruknlarininig xohishi bilan berilgan darsning xilosasini sizga ham aytishni munosib deb bildik. Mavzusi: Umum koinot mavjudoti hisobidan Me'roj kechasi Fahr-i Koinot va olam yaratilishining natijasi Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam, huzur-i Ilohiyda bashariyatning, balki umum hayotdorlar, balki umum maxluqlat nomidan salom o’rnida اَلتَّحِيَّاتُ اَلْمُبَارَكَاتُ اَلصَّلَوَاتُ اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deyishi va uning ichida bir butun ma'no bo’lgani uchun butun ummat har kuni ko’p marta namozida zikr qilib, iymon ahli ichida har bir martaba sohibining hissasi borligi, bundan avval "Huva Nuqtasi"ning hoshiyasida radio vositasida havo unsurining g’aroyib qudrat mo’'jizasini ko’rsatganiga oid qalbga eslatildiki:
Bir iymonli kishi abadiy saodatda dunyochalik boqiy mulkni natija beradigan ushbu qisqa dunyoviy umrda qilgan ibodatida bir butun ibodat, xuddiki o’z xususiy dunyosi bilan birga ibodat qilgandek bo’ladi. Shunga yarasha mukofot olishini Qur'on ishoratlaridan anglashiladi deb "Hujjatu-z Zahro"ning Ikkinhci Maqomida Ilmi Ilohiy mavzuida اَلتَّحِيَّاتُ اَلْمُبَارَكَاتُ to’lig’i ruhimga kulliy ma'nolarni keltirib, tashahhudda اَلتَّحِيَّاتُ deganda, birdan xayolimga hususiy dunyoimning to’rt unsuri bo’lgan tuproq, suv, havo, nur unsurlari, to’rt kulliy tilga aylandi. Har bir til milliardlar, hatto trillionlar, katrionlar adadicha xayolan اَلتَّحِيَّاتُ اَلْمُبَارَكَاتُ اَلصَّلَوَاتُ اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ kalimalarini hol tili bilan aytayotganini ko’rdim.
Bulardan tuproq unsuri bir til bo’lib butun hayotdorlarning har biri bir tirik kalima bo’lib اَلتَّحِيَّاتُ deyishadi. Chunki har bir hovuch tuproq aksariyat nabototga tuvaklik qiladi va manba bo’ladigan vaziyatda. Demak har bir hovuch tuproqda yo butun insoniyatning yuzaga keltirgan zavodlari sonicha kichik miqyosli ma'naviy zavodlar (har bir hovuch tuproqda) bo’lishi kerak, bu esa cheksiz darajada imkonsiz... yoki bir Qodir-i Mutlaqning hadsiz qudrati, nihoyasiz ilmi va irodasi bilan bo’ladi. Demak tuproq unsuri butun qismlari, zarralari bilan sazovor bo’lgani uchun cheksiz اَلتَّحِيَّاتُ لِلَّهِ deydi. Ya'ni: Azaldan abadgacha butun hayotdorlarning hayot hadyalari Zot-i Vojibu-l Vujudga xosdir.
So’ng barchaning xususiy dunyosida bo’lganidek, mening ham dunyoimning ikkinchi suv unsuri ham, kulliy til bo’lib butun zarralari bilan, xususan hayot egalarining manbalariga va yashashiga xizmat qilgani uchun, trillionlar, katrionlar adadicha muborakاَلْمُبَارَكَاتُ kalimasini koinotga hol tili bilan tarqatyapti.
Chunki suv qatralarining bajargan vazifalari, xususan nutfalar, urug’larning va tuxumlarning uyg’onishida va fitriy vazifasini bajarish uchun o’ta ajib, chiroyli va g’aroyib kichik va yangi tug’ilgan maxluqlarning katta, o’ta intizomli va mukammal vazifalarni bajarishga kirishishini butun shuur egalariga tabrik bilan barakalloh dedirgan va hadsiz barakalloh, mashaalloh dedirishga vasila bo’lishga loyiq bo’lgan muboraklar holatlari, suv unsurining har bir zarrasi minglar Aflotunchalik ilmi va minglar Luqmoni Hakim qadar hikmati va irodasi bo’lishi kerak. Bu esa suvning zarralari adadicha imkonsizdir.
Shunday ekan, bir Qodir-i Zuljalolning va bir Rahmon-i Rahimning hadsiz qudrat, rahmat, hikmat va irodasi bilan muboraklarning hadsiz mo’'jizalarga sazovor bo’lgani uchun butun muboraklar sanog’ichaاَلْمُبَارَكَاتُ لِلَّهِ kalimasini kulliyati bilan aytishgani uchun, Me’roj kechasi butun maxluqot nomidan, olamning yaratilishining natijasi bo’lgan Payg’ambarimiz Alayhissalotu Vassalamاَلْمُبَارَكَاتُ لِلَّهِ deganlar. Ya'ni: Butun tabriklab, mashaalloh, barakalloh deyishga asos bo’lgan holatlar va san'atlar Zot-i Zuljalolning qudratiga xos bo’lgani uchun, butun hadsiz اَلْمُبَارَكَاتُ لِلَّهِ larni Janobi Haqqa, huzuri bilan hadya qilyapti.
So’ng, hammaning xususiy dunyosidagi havo unsuri ham bir "huva"chalik har bir hovuch havodagi har bir zarra, stansiyalikka sazovor bo’lishgani uchun, olish va tashish vazifalari ichida butun duolar, salovotlar, iltimosu ibodatlarni ifoda qilganاَلصَّلَوَاتُ لِلَّهِ jumlasini hol tillari bilan aytishgani uchun, havo unsuri kulliy tilga aylanib hadsiz kalimalarni katrionlar, balki kentrionlar adadicha aytib Sone'lariga, Xoliqlariga taqdim etishyapti. Ularning nomidan kulliy ma'no bilan Rasul-i Akram Alayhissalotu Vassalam Janobi Haqqa اَلصَّلَوَاتُ لِلَّهِ deb taqdim qilganlar. Ya'ni: "Butun duolar va ehtiyojlardan kelgan iltimoslar va ne'matlardan chiqqan shukrlar, ibodatlar va namozlar Xoliq-i Kulli Shayga maxsus."
Chunki "Huva Nuqtasi"ning hoshiyasida aytilganidek:
Yo "huva"chalik bir hovuch havoning har bir zarrasi umum tillarni bilishi,
gapirganlarning joyini ko’rishi,
yaqin-uzoq hamma narsani eshitishi,
har bir sheva va har harfning tarzini to’liq bilishi,
ko’p ishlarni birga, adashtirmay qilishi uchun -
bir mutlaq qudrat va tom irodaga ega bo’lishi kerak bo’ladi.
Bu esa havoning zarralari adadicha imkonsiz bo’lgani uchun, albatta va albatta shubhasiz va qat'iy zarurat bilan zarralarning har biri Sone'i Hakimni butun sifati bilan, xuddiki kichik miqyosda olamning katta shahodati qadar guvohliklari bordek ko’rsatib shahodat qiladi.
Demak, havo zarralari adadicha salovotlarni ifodalagan (Me'roj-i Ahmadiyda Alayhissalotu Vassalam) اَلصَّلَوَاتُ لِلَّهِ deyilgan.
So’ngاَلطَّيِّبَاتُ kalima-i toyyibani aytganda, "nor" bilan "nur" unsurini ya'ni, haroratli va haroratsiz moddiy-ma'naviy nur unsuri bir kulliy til bo’lib hadsiz va nihoyatsiz suratda hol tili va hadsiz tillar bilan اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deydi. Ya'ni: "Butun go’zal so’zlar, chiroyli ma'nolar, g’aroyib chiroydagi jamollar va butun koinot yuzida husni ko’ringan azaliy asmo-i husnaning jilvalari va boshda anbiyolar, avliyolar, asfiyolar butun ahli iymonning iymonlaridan chiqqan go’zal so’zlar, hamdlar, shukrlar, tavhidlar, tahlillar, tasbehlar, tabriklar اِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ sirri bilan arsh-i a'zam tomon ketgan kalima-i toyyibalarni va dunyoning uch yuzidan o’ta chiroyli bo’lgan asmo-i Ilohiyaga oynalik qilgan birinchi yuzidagi hadsiz go’zalliklar, toyyibalar va dunyoning oxirat ekinzori hisoblangan ikkinchi yuzidagi sanoqsiz hasanalar, xayrlar va ma'naviy mevalar va go’zalliklarning barchasi azal-abad sultoni Qodir-i Zuljalolga maxsus." deb olov va nur unsurining ushbu kulliy tili bilan ushbu kulliy qullikni Ma'bud-i Zuljalolga taqdim etish ma'nosida Faxr-i Koinot Alahissalotu Vassalam umum maxluqot hisobidan اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deganlar. Chunki moddiy-ma'naviy nur unsuri bajargan vazifalarining umumi ham birga, ham ayri ayri Zot-i Vojibu-l Vujudga ishorat va shahodat etishgan milliardlar namunalar bor.
Ha, nur va olov unsuri tuproq, havo va suv unsurlari kabi o’ta qat'iy, badihiy va zaruriy suratda namunalar bilan ko’rsatadiki: Butun sabablar faqat bir parda hisoblanadi. Butun ijod va ta'sirlar Zot-i Qodir-i Zuljalolga tegishli. Chunki nur, aynan vujud va hayot kabi Ilohiy qudratning pardasiz shaxsan qilishga loyiq bo’lgani uchun, zohiriy sabablar hech bir jihatda parda bo’lmagani uchun, vohidiyat ichida ahadiyatni ko’rsatadi. O’ta juz'iy va kichik vazifada kulliy va keng ahadiyat daliliga ishorat qiladi. Buni "Huva Nuqtasi" hoshiyalari bilan o’ta qisqa isbotlagan. Milliardlar namunalaridan ikki kichik namunasi quyida:
Biri:Ma'naviy nurning (ilm suratida) inson boshidagi jilvasining bir juz'i tirnoqchalik xotiraga ega odamning boshida to’qson kitobning so’zlari yozilgan. Uch oyda har kuni uch soat mashg’ul bo’lsa, xotira sahifasining faqat o’sha qismini zo’rg’a to’ldiradi. Shu odam sakson yillik umrida ko’rgan, eshitgan, qiziqqan va xush kelgan ma'nolar, so’zlar, suratlar, ovozlarni tirnoqdek xotirasining sahifasidan istagan vaqti murojaat qilib katta kutubxonadek, esida saqlangan hamma narsaning aynisini mavjud va muntazam yozilgan va tizilganini ko’radi.
Ushbu tirnoqdek xotiraning bahri ummon kabi kengligi, quyoshdek qamrovli nuri, ma'naviy ziyosi va zamin yuzichalik keng sahifalari bo’lmasa bu hol yuzaga kelmaydi. Bu esa yuz minglar daraja imkonsizlik ichida ilojsiz bo’lgani uchun, albatta va albatta ushbu kichik tirnoqdek xotira, Lavh-i Mahfuz, qadar va qudrat sahifasi bo’lgan Aliym-i Mutlaqning ilmi, hikmati va qudrati bilan Lavh-i Mahfuzning bir namunasini insonning boshida yaratishiga muqaddas shahodat qiladi.
Ikkinchi juz'iy va kichik namunasi:Elektr hisoblanadi. Bir kishi elektr chirog’ining ajib vaziyatini tekshiribdi. Qarasa, yuzlab tugmalardagi, markazlardagi, temir va simli iplardagi zarralar va moddalar qattiq, shuursiz, harakatsiz bo’lsada, juda kichik tegish natijasida o’n kilometr joyga ketgan qorong’ulik darhol ketadi, o’rnini yarim soniyada to’ldirgan nur yuzaga keladi.
Ko’z bilan ko’ringan qorong’ulikning birdan yo’qolishi va yana ko’z bilan ko’rilgan zulmat qadar nurning yuzaga kelishi, albatta xayol emas. Yo tegingan qattiq, shuursiz zarralar, hadsiz kuch va nurni ustida tashish bilan birga, bir onda yuz kilometrgacha qo’lini uzatib, qorong’ulikni supirib tozalab nurlarni to’ldiradi. Bu esa butun shaytonlar, dinsizlar va moddaparastlar to’plansa ham, bir sofistga qabul qildira olishmaydi. {(Hoshiya) Faqat aldash uchun ba'zi chuqur va muhim haqiqatlarga nom berib, go’yo haqiqat anglashgandek oddiylashtirishadi. Masalan: Elektr kuchi deb, nozik va chuqur haqiqatni ahamiyatsiz qilib past ko’rsatishadi. Holbuki qudrat mo’'jizasining hikmatlari ikki sahifa bilan zo’rg’a ifoda qilinsada, bitta ism berib u haqiqatni va kulliy hikmatni yashirib, o’ta kichik va oddiy bir pardasini joyiga qo’yib, u mo’'jizali asarni ko’r kuchga, yaramas tasodifga va mavhum tabiatdan deb tasavvur qilib, Abu Jahldan ham johilroq darajaga tushishadi. Demak Ilohiy irodaning nomuslarining unvonlari bo’lgan Allohning koinotga o’rnatgan qonunlarining biriga, insonning ojizligidan mohiyatini anglay olmagan qonunning mohiyatiga elektr deb nomlab, nurlatishdagi g’aroyib qudrat mo’'jizasini tubanlashtirib, ma'lum narsa emish kabi elektr kuchi deb nomlab, bunga o’xshagan g’ayritabiiy Ilohiy qudrat mo’'jizalarini johilona tubanlashtirishadi.} Yoki butun koinotga hukmi o’tgan va barcha nurlar, Uning Nur ismidan fayz olgan va Nuru-n Nur va Xoliqu-n Nur va Mudabbiru-n Nur bo’lgan Qodiri Zuljalol va Allamu-l G’uyubning va Aliym-i Mutlaqning qudrati va hikmati bilan bo’ladi. Ushbu ikki namunaga qiyosan sanoqsiz namunalar bor.
Demakاَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ butun koinotdagi nurlar, go’zalliklar, toyyibalar va kalmia-i toyyibalarni, xayrlar va kamolotlarni koinot Zot-i Zuljalolga nur unsuri tili bilan taqdim qilganidek, koinot yaratilishining natijasi bo’lgan Muhammad Alayhissalotu Vassalam ham (ularning nomidan) vakil bo’lib, koinotdagi butun mavjudot hisobiga Me'roj kechasida kulliy ma'no bilan اَلطَّيِّبَاتُ لِلَّهِ deganlar.
Rasul-i Akram (Alayhissalotu Vassalam bi'adadi zarroti-l anam) bu to’rt go’zal so’zni salom o’rnida aytgandan so’ng (Risola-i Nurda izohlanganidek) Janob-i Haq اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ deb, butun ummati ham shunday deyishiga ishorat qilib, ma'naviy amru farmon va qabul o’rnida javob bergan. Pay’gambar اَلسَّلاَمُ عَلَيْنَا وَ عَلَى عِبَادِ اللَّهِ الصَّالِحِينَ deb, muqaddas salomi ham o’ziga, ham o’zlaridan avvalgi butun payg’ambarlarni to’ldirib, kulliy va umumiy salom suratida ko’rsatib, butun maxluqlarning vakili bo’lishi nuqtasida ularni ham salomi ichiga olgan.
Ummati esa har namozda اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ deyishlari, salom-i Ilohiydagi amru farmonga ergashish hisoblanadi. Yana u zotga bay'at berish va har kuni bay'atini, ya'ni amrga bo’ysunganini qabul qilib, olib kelgan farmonlarga itoatini yangilash va almashtirish hisoblanadi. Ham risolatini tabriklashdir. Ham umum Islom olami har kuni bu kalima bilan u zot keltirgan abadiy saodat xushxabariga bir tashakkurdir.
Ha, har bir inson o’z vujudining yo’q bo’lishi bilan azob chekkanidek, uyining xarob bo’lishi bilan ham azob chekadi. Vatani buzilsa qattiq xafa bo’ladi. Do’stlarining firoq va vafotidan qalbining tubi achiydi. Dunyo qadar katta xos va xususiy dunyosining zavol topishi, ayrilishi va oxiri tamoman yo’qolishini o’ylashi ma'naviy jahannam kabi ruhi va vijdonini yondiradi.
Demak, aqli joyida bo’lgan har bir kishi ruhsiz, qalbsiz, aqlsiz bo’lmaslik sharti bilan bilsinki: Muhammad-i Arabiy Alayhissalotu Vassalam Me'roj kechasi ko’zi bilan ko’rgan abadiy saodatning xushxabarini va ahli iymonning jannatdagi boqiy hayotining bashoratini va inson aloqador bo’lgan sevgan kishilarining yo’q bo’lmaganini va ularning ketishidan so’ng yana ko’rishish aniq ekanini o’ta shuurli ma'naviy hadyasiga javoban umum Islom olami har kuni ko’p marta اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ deganidek, u kishi olib kelgan ma'naviy hadyasi bilan ham koinot sahifalari va tabaqalari Samadoniy maktublar ekani, ham maxluqotning haqiqiy qiymati va kamoloti u zotning risolati bilan yuzaga chiqishiga javoban butun maxluqot ma'nan haqiqatning tili bilan اَلسَّلاَمُ عَلَيْكَ اَيُّهَا النَّبِىُّ mazkur deyishadi. Ummat o’rtasida Islomiy sha'oirdan bo’lgan اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ ni bir-birlariga aytishi sunnatligi, bu buyuk haqiqatning shu'lasi ekanidandir.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Birinchidan: Sakson yillik ma'naviy boqiy umrni qozontirgan uch oylaringizni, muborak muqaddas kechalaringizni, laylatu-r rag’oibingizni, laylatu-l me'rojingizni, laylatu-l baro'atingizni va laylatu-l qadringizni ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Har bir Nurchining ma'naviy daromadlari va rahmat-i Ilohiyadan umum qardoshlariga qilgan duolari maqbuliyatini iltimos qilib, Nuriy xizmatda muvaffaqiyatingizni tabriklaymiz.
Ikkinchidan: Zaharlanish sababli mutlaqo unutish xastaligi musibati menga bir ne'mat, marhamat hukmida bo’lib, ba'zi haqiqatlarni kashf qilishga kalit bo’lganini menga achinmasligingiz uchun xabar beryapman. Lekin yana duoingizni ruhu jonim bilan iltimos qilaman.
Ha, hozir "Siroju-n Nur"ning boshidagi munojotni o’qidim. O’rganib qolish, odatlanish va bir xillik pardalari ostida g’aroyib haqiqatlar yashiringanini ko’rdim. Xususan g’aflatdagilar, tabiatparast va falsafaning dinsiz qismi, Allohning koinotga o’rnatgan qonunlarining pardasi ostida ko’p Ilohiy qudrat mo’'jizasini ko’rmay, tog’dek haqiqatni zarradek past sabablardan deb biladi, yuklaydi. Qodir-i Mutlaqning hamma narsadagi ma'rifat yo’lini to’sadi. Undagi ne'matlarni ko’r bo’lib ko’rmay, shukr va hamd eshigini yopadi.
Masalan: Bir so’zni ayni onda million, balki milliard kalima sifatida qudrat jilvasi havo sahifasida yozib ko’paytiradi. Shuningdek اِلَيْهِ يَصْعَدُ الْكَلِمُ الطَّيِّبُ oyatining ramzi bilan har bir kalima-i toyyiba butun atmosferada birdan, xuddiki zamonsiz, qudrat qalami bilan yozib ko’paytirilganidek, ma'naviy va maqbul haqiqatlarning yozar-o’chirar taxtasiga o’xshagan atmosferada qudratning ajib mo’'jizasining zamon-i Odamdan beri o’rganib qolish pardasi ostida g’afalatdagilar nazarida yashirinadi. Bu kabi hozir radioning ichida sanoqsiz ilm, hikmat va iroda bo’lgan bitmas-tuganmas azaliy qudratning jilvasi, har bir havo zarrasida hozir-nozir bo’lib, turli-tuman hadsiz har bir havo zarrasining kichik qulog’iga kirib, nozik tilidan chiqqani holda aralashib ketmaydi, buzilmaydi, adashmaydi.
Demak butun sabablar to’plansa, bitta zarraning ushbu fitriy vazifasidagi muqaddas qudrat jilvasini hech bir jihatda qila olmaydi. Har bir zarraning hadsiz nozik kichik qulog’i va tilida o’ta g’aroyib san'atga hech bir jihatda hech qanday qo’l aralashmagani uchun zalolatdagilar va g’aflatdagilar o’rganib, odatlanib qolgan, tabiiy qonun degan, bir xillik pardasi bilan yashirib, past nom qo’yib, o’zlarini vaqtincha aldashadi.
Masalan: "O’n Tortinchi So’z"ninf Zaylining hoshiyasida aytilganidek: O’ta ko’p mo’'jizalarga ega usta bir tirnoqchalik o’tindan turli-tuman yuz o’qqalik taomlarni, yuz arshin har xil matolarni yasasa, bir kishi o’tin bo’lagini ko’rsatib "Bu ishlar tabiiy va tasodifan shundan yuzaga keldi", desa, u ustaning g’aroyib san'atlarini, mahoratlarini yo’qqa chiqarsa, qay darajada ahmoq va zalolatda xurofot va telbalik hisoblanadi. Aynan shunga o’xshab:
Archa va anjir daraxti kabi minglar g’aroyib san'atlarni ichiga olgan bir qudrat mo’'jizasini no’xatdek ikki urug’ni ko’rsatib, "Bular shundan kelib chiqdi", deyish
yoki atmosferani konferensiya maydoni,
zamin yuzini bir darsxona va irfon maktabiga aylantirgan,
hadsiz ne'matlarni ichiga olgan,
cheksiz shukrlar bilan javob berish kerak bo’lgan,
insonning abadiy saodatida Ilohiy ehsonlarning hozir {(Hoshiya) Bu so’zda katta haqiqat xazinasining kalitiga ishorat bor.} namunasi,
hech qanday shubha qoldirmagan,
to’g’ridan to’g’ri rahmat xazinasidan ehson etilgan Rahmoniy hadyani - radio deb nomlab,
elektr va havoning mavjlari degan ot qo’yib,
yuz ming ne'matlarga kufron pardasini tortish (aynan o’sha misol kabi) moddaparastlar va zalolatdagilarning hadsiz telbaligi bo’lib, cheksiz jinoyat hisoblanadi, ularni cheksiz azobga loyiq qiladi.
Qardoshlarim, bugun haqiqatdan "Siroju-n Nur"ning boshidagi munojotni tahrir qilish niyatida o’qidim. Xotiram yomonlashgani uchun, birdan u munojotning haqiqatlariga nisbatan (go’yo sakson yoshda endi dunyoga kelgandek) birdan o’rganib qolish va odatiy narsalarni bilmagan kishidek ma'lum odatlanib qolishlar parda bo’lmadi.
Kamoli shavq bilan to’liq istifoda qilib o’qidim. Juda g’aroyibligini ko’rdim va tushundimki: yashirin dushmanlarimiz bir qancha mansabdorlarni aldab "Siroju-n Nur"ning oxirini bahona qilib musodara qildirishga, ya'ni boshidagi munojotning tarqalmasligiga uringaniga qanoat hosil qildim. "Rahnamo"dagi "Huva Nuqtasi" kabi bu munojot ham "Siroju-n Nur"ga dinsizlar tomonidan hujum qilinishining bir sababidir.
Uchinchidan:Sizga butun ruhu jonimiz bilan xushxabar beramizki, Nurchilardagi tom ixlos, haqiqiy saodat va metin birdamlik vasilada boshimizga kelgan butun musibatlar, iymoniy xizmatimiz nuqtasida buyuk ne'matlarga aylandi. Parda ostida Nurning aqlu xayolga kelmagan futuhotlari bo’lyapti.
Masalan, Ispartadan bu yerga, ya'ni Istanbulga mahkamaga kelishim uchun avtomobilga majburan yuz banknot berildi. Ishontirib aytamanki, faqat bu masala va faqat "Rahnamo"ga oid va faqat mening shaxsimga oid yuzaga kelgan va chiqishni boshlagan xizmat natijasiga ikki ming banknot berganimda, yana arzon degan bo’lar edim. Umumga oid natijalarni ham bunga qiyos qilinsin.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Duoingizga muhtoj xasta qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
NUR OLAMI KALITINING BIR HOSHIYASI
Ushbu Nur Kalitining radio mavzuiga doir, ikki universitetli yigit bilan bir kun avtomobilda ketayotgan edik. Undagi radiodan mavlid-i sharif tinglayotib, ikki Nurchi universitetli yigitga aytdim:
Nurda ham hayot, vujud kabi to’g’ridan to’g’ri Ilohiy qudratning pardasiz tajalliyi ochiq oydin ko’ringaniga bir dalil shuki: Ushbu mashinadagi tirnoqdek havo ozgina ma'naviy nur, faqat bu mavluddan kelgan so’zlarni olib uzatish emas, balki minglar, millionlar so’zlarni ayni onda tinglaydi, gapiradi. Bu esa minglab stansiyalardagi ayri-ayri so’zlarni hozirgi biz eshitgan so’zlarimiz kabi eshitadi va eshittiradi. Bizga gapiradi. Demak, eng juz'iy narsa kulliy bo’ladi.
Ham u kichik bo’lak havo atmosferachalik vazifani bajaradi. Eng kichik narsa eng katta atmosfera qadar kattalashadi.
Agar azaliy qudrat jilvasidan deb qabul qininmasa, ajib xurofotga to’la aksilik bo’ladiki, hech qanday aqlga sig’maydi. Bir narsaning aksiga aylanishi inmkonsiz bo’lgani uchun, minglar daraja eng juz'iyning eng kulliy bo’lishi... eng kichikning eng katta bo’lishi... eng qattiq, johil, shuursiz, ojizning eng qodir, irodali va shuurli bo’lishi kerak bo’ladi. Bu esa aks, imkonsiz va xurofotlar ichida tenggi topilmaydigan xurofotdir.
Demak, ochiq oydin qudrat-i azaliyaning bir jilvasidir. U jilvaning butun atmosferada ko’rsatgan quyidagi hadisi sharifning ma'nosi ko’rsatadi:
Bir farishta bor, qirq ming boshi bor. Har boshida qirq ming til bor. Har tilda qirq ming tasbehot aytadi. Oltmish to’rt trillion tasbehotni ayni onda so’ylaydi. Demak, atmosfera ushbu farishta kabidir. Ya'ni, bu farishtaning tasbehoti sanog’icha har kalima-i toyyiba havo sahifasida yoziladi.
Atmosfera aytadiki: "Bu hadis mendan yoki meni nazorat qilayotgan malakdan xabar beryapti. Chunki insondagi butun suhbatlar va boshqa butun son-sanoqsiz ovozlar qorishmasi ichida aralashtirmay to’liq harflari bilan va gapirganlarning shevalari bilan, unga xos xususiyatdagi saslari bilan gapirilishi ko’rsatadiki, kulliy shuur bilan qilingan bu ish, faqat tek bir zarraning vazifasi, na menga (yoki atmosferaga) na butun sabablardan tasavvur qilishning hech bir jihatda imkoni yo’q. Demak, har joyda hozir-nozir ahadiyat jilvasi bilan va ichida ihotali iroda, keng ilm bo’lgan bir azaliy qudratning jilvasidir. Bunga millionlar guvohlardan biri - radiodir."
"O’ninchi So’z"da Qur'on hikmati bilan falsafa hikmati solishtirilgan mavzuda aytilgan masalaning ma'nosi quyidagicha: Inson falsafasi o’ta g’aroyib Ilohiy qudrat mo’'jizasining rahmat mo’'jizasi ustiga oddiylik pardasini tortadi. Oddiylik pardasi ostidagi vahdoniyat dalillarini va g’aroyib ne'matlarini ko’rmaydi, ko’rsatmaydi. Lekin odatiylikdan ajrab chiqqan ba'zi xususiy juz'iyotni ko’radi, ahamiyat beradi.
Masalan: Insonning yaratilishidagi qudrat mo’'jizalarini ko’rmaydi, ahamiyat bermaydi. Lekin qoidadan chiqqan ikki boshli, uch oyoqli insonni ko’rib, o’zini yo’qotib hayratdan o’zini tuta olmay e'tiborni jalb qiladi. Kulliy, umumiy mo’'jizalarni odatiylik pardasi orqasiga yashiradi. Juz'iy va qonundan chiqqan va toifasidan ayrilgan moddalarni ibratga sabab qiladi.
Yana bir misol: (Hayvondan, insondan) bolalarining juda g’aroyib, o’ta mo’'jizali oziqlanishlarini oddiylashtirib ahamiyat bermaydi. Amerikada bir gazeta yozishicha, toifasidan chiqqan, millatidan ayrilgan, dengiz tubiga tushgan bir qo’ng’izning og’ziga rizq sifatida bir yashil bargning berilganini ko’rgan baliqchilar yig’lab, olamga doston qilishgan.
Holbuki eng kichik bir bolaga berilayotgan obi kavsar kabi rizqida, u kabi minglar rahmat mo’'jizasi va ehson bor. Bashar falsafasi Rahmonur rahiymni tanib, shukr bilan javob berishi uchun buni ko’rmaydi.
Qur'oyniy hikmat esa oddiylashtirish pardasini yirtadi. Kulliy, umumiy g’aroyib mo’'jizalarni va favqulotda ne'matlarni insonga dars beradi, Allohni tanitadi. Kulliy shukr nomidan qullikka chaqiradi.
Inson falsafasining eng ajib, eng antiqa xatolaridan biri shuki: Juz'iy ixtiyori va irodasi eng zohiriy va kichik ishi hisoblangan gapirishga yetmaydi, ijod qila olmaydi. Faqat havoni xarflar maxrajiga soladi. Bu kichik kasb bilan Janobi Haq uning ishiga binoan so’zni yaratadi. Havoga ham minglar nusxa yozadi. Bu qadar ijoddan insonning qo’li qisqa bo’lib, butun koinot sabablari ojiz qolgan g’aroyib kulliy qudrat mo’'jizasiga, inson ijodi degan nom berish naqadar katta xato ekanini zarracha shuuri bo’lgan kishi tushunadi.
Buni bir misoli yuz ming g’aroyibliklarga ega Ilohiy qonundan inson foydalanishiga vasila bo’lishi uchun ixtiro qilinadi. Ya'ni insonning fe'liy duolari bir jihatdan qabul qilinadi. Bunga ilhomi Ilohiy bilan kashf qilingan radio misoldir. Unga sabab bo’lgan bechora mutlaq ojiz insonga, "Mana!... Radioni falonchi ixtirochi ijod qildi va elektr kuchini topdi deyish qanchalik ahmoqlik?!. Ba'zi ixtirochilar ham insonning aqlini o’qish uchun modda ijod qilishga urinishyapti."
Janobi Haq (bu koinot ichida insonga kerak va loyiq hamma narsani yaratgan musofirxona bo’lib) ziyofatlar turidan ba'zi yillar va asrlarda yashirin qolgan ne'matlarni fe'liy duo bilan bilim va tajriba natijasida sa'y-g’ayrati uchun ehson qiladi. Bunga javoban shukr qilish kerak bo’ladi. Kufron-i ne'mat deyilgan noshukrlik qilib oddiylashtirib, ojiz inson ijodi, hunari deb tasavvur qilib, kulliy shuur, ilm, iroda, rahmat va ehsonning natijasi bo’lgan g’aroyibliklarni unuttirib, faqat nozik pardasini ko’rsatib, shuursiz tasodifga va qattiq moddalardan deb tasavvur qilish, ahsan-i taqvimda bo’lgan insonning mohiyatiga zid jahl-i mutlaq eshigini ochish hisoblanadi. Shunday ekan وَ فِى كُلِّ شَيْءٍ لَهُ آيَةٌ تَدُلُّ عَلَى اَنَّهُ وَاحِدٌ dasturiga asosan maxluqotga ma'noy-i harfiy bilan qarash shartki inson, inson bo’lsin.
سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ وَ بِهِ نَسْتَعِينُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo: So’nggi kunlarda Ankabut surasida
مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ اَوْلِيَاءَ كَمَثَلِ الْعَنْكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتًاوَاِنَّ اَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنْكَبُوتِ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ
oyatini o’qir ekanman, birdan qattiq vahima keldi. "Eng zaif uy o’rgimchak uyidir. Allohga sherik qo’shganlar farazan bilishsa, ya'ni iymon keltirmagan Quraysh raislari agar bilsalar..." ma'nosidagi bu oyatning balog’atiga munosib bir holat ko’rinmadi.
Ayni paytda "Zulfiqor" "Mo’'jizot-i Ahmadiya"ni tahrir qilish uchun ochdim. Birdan ushbu satrlar diqqatimni tortdi: "Birinchi Hodisa: Ma'naviy tavotur darajasida bir shuhrat bilan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Abu Bakri Siddiq bilan kufforning tazyiqidan qutulish uchun saqlangan Hiro go’rining eshigida ikki navbatchi kabi ikki kabutar kelib navbat turishi va o’rgimchak ham pardador kabi g’aroyib tarzda qalin og’ bilan g’or eshigini yopishi hisoblanadi.
Hatto Quraysh raislaridan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning qo’li bilan Badr g’azotida o’ldirilgan Ubay Ibni Xalaf g’or ichiga qaragan. Yonidagilar: G’orga kiraylik, deyishganda u, "Qanday kiramiz? Bu yerda bir og’ ko’ryapman, u Muhammad (A.S.M.) tavallud qilishidan avval yasalgandek." degan.
Bu oyati karimaning ikki harfida ya'ni لَوْ harflarida bir mo’'jiza ko’rdim. U mening vahimam o’rnini yuksak bir i'joz yog’dusi oldi:
Ankabut surasi Makkada nozil bo’lgani uchun Qurayshlilarning iymonga kelmagan raislari Payg’ambar (A.S.M.)ga suiqasd qilishlarini va suiqasd ichida eng zaif va eng kichik hayvon bo’lgan o’rgimchak ularning shiddatli hujumlariga qarshi javob sifatida g’alaba qiladi.
Ya'ni o’rgimchakning og’i eng zaif parda kuchli raislarni mag’lub qilishini ko’rsatib, oyat aytadiki: "Eng zaif hayvonga mag’lub bo’lishlarini farazan bilishsa edi, bu jinoyatga va suiqasdga tashabbus qilishmas edi." Demak اَلْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ oyatida bir so’z bilan tarixiy mo’'jizani ko’rsatganidek,
{(Hoshiya) Mo’'jizot-i Qur'oniyada اَلْيَوْمَ نُنَجِّيكَ بِبَدَنِكَ oyatida g’arq bo’lgan Fir'avnga aytadiki: "Bugun g’arq bo’lgan jasadingga najot beraman, deb umum Fir'avnlarning tanosuh-ruhning jasaddan jasadga ko’chishi tushunchasiga asosalanib mayyitlarini mumlab moziydan istiqbolga kelajak avlodning ko’rgazmasiga jo’natilgan mavtolud, ibratnamo hayot dasturini ifodalagan. So’nggi asrda g’arq bo’lgan Fir'avnning o’z jasadi sifatida kashf etilgan bir jasad, g’arq bo’lgan dengizdan sohilga otilgani kabi, davr dengizidan asrlarning mavjlari ustida ushbu asr sohiliga otilishi mo’'jizona bir g’aybiy ishoratni ifoda qiladi.
Hoshiyaning xoshiyasi: Bu asrda ajnabiylar Fir'avnning ayni jasadini topishgan. Muzeyga olib ketib, gazetalarda nashr qilishgan }
Makkada nozil bo’lgan bu suraning ham لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ oyatida ko’ringan ramz bilan Hiro g’ori hodisasida g’aroyib bir Ilohiy hifzga va g’aybiy xabar turidan bir Nabaviy mo’'jizaga ishorat bilan i'joz yog’dusini ko’rsatib u surani Ankabut deb nomlash va uning ahamiyatsiz og’iga ahamiyat berish tom joyida bo’lib, bu oyatda kelgan shubha va vahimalarini asosidan rad qilganini ko’rdim. Qur'on suralari va oyatlarida, hatto jumlalari va so’zlarida ham i'joz yog’dulari bo’lganidek, harflarida ham borligini bilganim uchun Janobi Haqqa hadsiz shukr qildim.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq, metin, sobit, fidokor qardsohlarim!
Avvalo: وَ الْفَجْرِ وَ لَيَالٍ عَشْرٍ sanosiga sazovor kechalaringizni va bayramingizni ruhu jonim bilan tabriklayman. Shu bilan birga qattiq xastaligimning shifosi uchun duolaringizni istayman.
Ikkinchidan: Nurlarning porloq futuhotiga bir daraja mone bo’lish fikri bilan yashirin dinsizlar bir qancha mansabdorlar vositasida o’zboshimcha qonunlarni qo’llanyaptilar. Va xos Nurchilarning oz qismi xizmatiga putur yetkazishga urinishyapti. Jumladan bu muborak kunlarda menga Istanbuldan "Rahnamo" haqida dinsizlik tushunchasida yozilgan {(Hoshiya1) Sizga ma'lumot sifatida jo’natiladi.} ekspertlar xulosasini jo’natishdi. Men og’ir va zaharli xastaligim uchun ularga javob berishni sizga havola qilaman.
O’n ikki yil avval yozilgan,
avf etilgan,
oqlangan,
besh mahkama qo’liga tushib tegilmay qaytarib berilgan,
o’n ming kishiga, xususan yoshlarga zarar tegish emas, manfaat bergan,
zayllari bilan birga katta mudofaalarimda bu vatanga buyuk foydasi borligi isbotlangan ushbu asar haqida Madrasatu-z Zahro va uning sho’'balari ekspertlarni mot qilish,
qonun nomidan butunlay qonunsiz harakatlari,
adliyada adolat hisobiga dahshatli zulm qilishgani,
"Rahnamo" haqida dinni siyosatga vosita qilyapti deyishlariga javoban, kaltabin ekspertlar siyosat va adliya vazifalarini dinsizlikka vosita qilishni istaganini dalillar bilan ko’rsatish vazifasini Nurchi qardoshlarga havola qilaman.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
EKSPERTLAR XULOSASIGA YENGIL E'TIROZ TARZIDA HAQIQATNING BAYONI
Meni dinni siyosatga vosita qilayotganim haqidagi tuhmatlariga aytamizki:
Butun hayotimni va meni taniganlarni guvoh qilamanki, nafaqat dinni siyosatga vosita qilish, balki siyosat bilan shug’ullangan paytimda ham butun kuchim bilan siyosatlarni dinga vosita va tobe qilishga harakat qilganimni butun hayot tarixim va do’stlarim shahodat qilishadi. Hurriyatning boshida shariatni istagan kishilarni osishgan davrda Harakat qo’shinining dahshatli O’rfiy harbiy devonida bir kunda o’n besh odam osilgan davrda O’rfiy harbiy devoni raisi va a'zolari aytishdi: "Sen eskichisan, shariat istayapsan", degan gapiga javoban: "Shariatning bitta masalasiga ruhimni fido qilishga tayyorman. Agar Mashrutiyat bir firqaning istibdodidan iborat va Shariatga xilof bo’lsa, butun dunyo shohid bo’lsinki men eskichiman", degan odam, qatl qilinishni bir tiyinga ham olmagan va dunyosini, hamma narsasini Shariatga fido qilgan zot hech mumkinmiki: Dinni, shariatni bir narsaga, bir siyosatga vosita qilsin. Bunga ehtimol bergan kishi sofist emas.
Bu vatanda bir ma'sumning uchun o’n zolim ayyorlarga siyosat yo’li bilan aralashish katta xato hisoblanadi. U kishini o’n zolim jinoyatchilar qiynaganiga javob bermagan, hatto badduo qilmagan, osoyishtalikka aralashmaslikni hayot dasturi qilgan kishini, dinni siyosatga va osoyishtalikka xavf soladi deb tuhmat qilish albatta dahshatli g’araz hisoblanadi. Yigirma sakkiz yil tenggi yo’q xiyonatlar, qiynoqlar, azoblar berilsada, mahkamalarning tekshirishi natijasida yuz minglar fidokor do’stlari bo’lsada, olti viloyat va olti mahkamaning tekshiruv xulosasi shuki - hech bir talabada hech qanday hodisa ko’rilmagan. Bu kishini osoyishtalikka yoki vatanga, siyosatga zarari bor degan odam albatta yerdan ko’kkacha haqsizdir.
Men bu zolim tuhmatlarga javobim o’zimni javobgarlidan yoki qamalishdan qutqarish uchun deb o’ylmasinlar. Sizga ishontirib aytamanki: Meni yaxshi bilgan do’stlarim ham tasdiqlaydiki, yigirma sakkiz yil, menga o’lim hayotdan ham foydali, qabr esa qamoqdan o’n marta yaxshi ekani, qamoq esa tinchligim uchun bunday ozodlikdan o’n marta foydali ekaniga qat'iy qanoat hosil qilganman. Agar ba'zi do’stlarim xafa bo’lmaganida, men doimiy qamoqda qolar edim.
Agar shar'an o’z joniga qasd qilish joiz bo’lganida, albatta Rusning Bosh qo’mondonining va Istanbulni ishg’ol qilgan dushmanlar Bosh qo’mondoni qatl qilishi mumkin bo’lgani va Riyosat devonida ellik deputat huzurida ilk Jumhuriyat Raisining qattiq g’azabiga qarshi xorlik darajasiga tubanlashmagan odam, albatta juda ko’p marta past jandarma, soqchilar va oddiy xodimning tahqirli xiyonatlari, tuhmatlari, azoblari va og’ir jazolarini ko’rgan odamga, albatta hayotdan ko’ra o’lim yuz marta ko’proq xush keladi.
Modomiki "Rahnamo"ni bahona qilib umuman xayolga kelmaydigan vahima bilan tuhmat qilinayotgan ekanman, men va qardoshlarim "Rahnamo"ning haqiqati bilan ham iymonimizni, ham axloqimizni tahlikadan qutqarganimiz uchun aytamizki: "Rahnamo" o’n besh yil avval ta'lif etilgan, uch marta chop etilish bilan birga minglar nusxasi va qo’lyozmasi bilan o’n minglar nusxasi bu vatanda ishtiyoq bilan o’qilib tarqalgan. O’qigan o’n minglar odamdan hech kimdan qonunga ergashgan, muxolif, dindor, dinsizdan hech biri "undan zarar ko’rdik" yoki "vatan va millatga zararli", deganini eshitmadik. Agar zarari bo’lsa edi, ahamiyatli bir masala bo’lgani uchun tarqalar edi. Holbuki bundan yuz mingga yaqin guvoh ko’rsatamiz. Biz undan iymonimizni qutqardik. Milliy g’ururimizni u orqali tuzatdik, foydalandik, deb kerak bo’lsa bu da'voimizga yuz ming shohid ko’rsatamiz.
Ajabo, bir kishining o’n yaxshili bo’lib, bir kichik yanglishi e'tiborga olinmay, yuz ming hasana va foyda sohibi bo’lgan asarning uydirma, asli yo’q kamchilik vahima qilinib javobgarlikka tortiladimi? Dunyoda ijtimoiy hayotga tegishli hech qanday qonun bu holatga ayb deya oladimi?
U asarni tekshirgan Islomiy va diniy bilimga ega bo’lmagan ekspertlarning ayblov deb ko’rsatgan narsasi:
Birinchisi:"Dunyoviylikka qarshi, dinni siyosatga vosita qilyapti."
Holbuki muallifi o’ttiz besh yildan beri siyosatni tark etib, biror gazetani o’qimagan va shogirdlariga ham doim "siyosat bilan mashg’ul bo’lmang", deb aytishi bu ayblovni to’liq yo’qqa chiqaradi.
Ikkinchisi:"Diniy dars berishga tarafdor bo’lish." degan ayblov ko’rsatilgan.
Bunga qarshi aytamiz: Dunyoda bunga ayb degan hech qanday iymonli kishi topilmaydi. Xususan qamoqdagi kishilar ichidagi bechoralarga tasalli berish uchun dars bergan. Darsga tarafdorligini o’sha vaqtda aytgan edi. Bu esa u jumlani ham batamom ma'nosiz ekanini ko’rsatadi. Hatto qamoqdagi uch yuz kishining qisqa vaqtda Risola-i Nur vositasida tuzalishi, jinoyatidan tavba qilib, barchasi namoz o’qishni boshlashi xodimlarning e'tiborini jalb qilgan. Biq qancha xodimlar: "O’n besh hafta ichida Risola-i Nur o’n besh yil qamoqda o’tirishining foydasidek foyda berdi", deyishgan. Buni qamoqdagi "Rahnamo"ni yozganlarga aytgan. Muallifi javoban: "Bir yuz o’ttiz kitobdan iborat Risola-i Nur va uning kichik bo’limi bo’lgan "Rahnamo"ni to’liq bo’lmasada o’qigan kishi, albatta o’n besh yil qamoqdagi jazodan, madrasada dars olishchalik istifoda etadi, tuzaladi, yomonliklardan tavba qiladi. Ajabo, bunday istak, tashviq va meni qamatganlar ham tasdiqlaganiga qaramay ayb hisoblanadimi?
Uchinchisi:"Tasattur-yopinish va Islomiy tarbiya tarafdori", degan ayblov ko’rsatilgan.
Bu esa ham Eskishahar, ham Dengizli, ham Afyonda va Afyon mahkamasining hukmida nashr qilingani kabi, o’n besh yil avval Eskishaharda tasatturga tarafdorligim uchun sud kavlagan edi. Men mahkamaga va Oliy Sudga ushbu javobni bergan edim:
Bir ming uch yuz yil ichida har asrda uch yuz ellik million musulmonlarning muqaddas ijtimoiy hayoti dasturi va uch yuz ellik ming tafsir ma'nolarining ittifoqiga ergashib va bir ming uch yuz ellik yilda o’tgan ajdodlarimizning e'tiqodiga tobe bo’lib tasattur-o’ranish haqidagi bir oyati karimani tafsir qilgan kishiga tuhmat qilgan mahkama, albatta zamin yuzida adolat bo’lsa, bu tuhmatni qattiq rad qiladi va unga asoslanib hukm qilinsa, uni buzishi va rad qilishi kerak.
Bu oyati karimaning tasattur amri ayollarga buyuk bir marhamat ekanini va ularni abgor bo’lishdan qutqarganini Risola-i Nur qat'iy isbot qilgani kabi, Sabilurrashodning 115-sonidagi: "Ahli iymon bo’lgan oxiratlik singillarimga" sarlavhali maqolam isbot qiladi.
To’rtinchisi:"Shaxsiy nufuz ta'minlash", degan ayblov ko’rsatilgan. Sababi "Risola-i Nurning ma'naviy shaxsi nomidan gapiryapman", degani va "qalbga eslatildi", "esimga keldi", "qalbimga keldi", "Risola-i Nur ham maktab, ham madrasa, ham (tariqat) takkasi foydasini beryapti." Ekspertlar bu jumlalarni ayblovga asos olishgan.
Javoban aytamizki:U kishi shunday odamki: qabr eshigida sakson yoshdan o’tgan, qirq yildan beri o’zini inzivoga o’rgatgan, yigirma sakkiz yildan beri yakka yashab va qamoqda, ajratib qo’yilib, dunyodan batamom nafratlangan, o’ttiz besh yildan beri gazeta o’qimagan, xabarlarni tinglamagan, umri bo’yicha evazsiz hadya qabul qilmagan, hurmatdan, omma e'tiboridan qochish uchun odamlar bilan zarurat bo’lmasa, ko’rishmaslikni o’ziga dastur qilgan. Butun do’stlarining maqtovlarini o’z shaxsiga olmay, yo Nurchilar hay'atiga, yo Risola-i Nurning ma'naviy shaxsiga havola qilgan. "Men loyiq emasman. Haddim yetmaydi. Men bir xizmatkorman, urug’ kabi chirib ketdim. Risola-i Nur esa Qur'oni Hakimning tafsiri, ma'nosidir." degan.
Hamma aytganidek esimga keldi yoki fikrimga keldi, yoki fikrimga eslatildi, degan ta'birlarni barcha iste'mol qiladi. Men bunday gapirishimdan maqsadim shuki: "Mening mahoratim, mening zakovatim emas. Shunuhot qabilidan demakdir. Bu ham har kim aytgan so’zdir. Agar bilimsiz ekspertlar bergan ma'no ilhom bo’lsa ham, hayvonlardan fatishtalargacha, insonlargacha va hamma bir jihatdan ilhom va sunuhotga sazovor bo’ladi. Bunga fan olimlari va ahli ilm ittifoq qilgan. Bunga ayb degan odam ilm va bilimni inkor qilishi kerak bo’ladi.
Beshinchisi:Muallif jozibador fitnaning asiri bo’lish ehtimoli bo’lgan naslni Risola-i Nurdan madad kutganlarga bergan javoblari bilan qutqarishga ishonchi komil. Ekspertlar bu jumlani ham ayblovga asos qilishgan. "Yuz ming guvoh bilan isbot qilingan va yuzaga kelgan zohiriy haqiqatga qanoat qildim", degan gapini ayblovga asos qilish qay darajada ma'nosiz ekanini diqqat qilgan kishi anglaydi.
Oltinchisi:"Siyosatchilar, ijtimoiyotchilar, axloqchilarning qulog’i jaranglasin!" deyishini ayblovga asos qilib ko’rsatishgan. Holbuki yoshlarni tahlikalardan qutqarish uchun qisqa va tinch chorani kashf qilganini siyosatchilar, ijtimoiyotchilar, axloqchilar ham rivojlantirishi maqsadida "Quloqlari jaranglasin!" degan. Buni ayb degan kishi odamgarchilik tomonidan qattiq aybdor hisoblanishi kerak.
Yettinchisi:Fitnani olovlantirgan va o’rgatgan isyonchilar ma'naviy shaxsning mavjudligini va bu ma'naviy shaxsning hayoliga ko’ringanini aytishyapti. Lekin kim ekanini bildirshmayapti. Holbuki ekspertlar buni tuhmatga asos qilishgan. Ajabo, dunyoda insiy va jinniy shaytonlar hech bo’sh turishadimi? Ular doim yomonlik qilish va qildirish bilan mashg’ul bo’lishadi. Ushbu bilimi yo’q ekspertlar umuman xabari yo’qmiki, ma'nosiz aralashishyapti? Modomiki ma'naviy degan ekan, modomiki kim ekanini bildirmagan ekan, dunyoda hech bir mahkama bunday ma'naviy odamga, ya'ni shaytonga haqorat qilding deb, sizni mahkamaga beramiz degan odam, albatta so’ziga zarrachalik ahamiyat berilmaydigan uydirma hukmida bo’ladi.
Sakkizinchi:To’g’ridan to’g’ri Qur'oni Mo’'jizul Bayonning ma'naviy i'jozidan suzilib chiqqan va tavallud etgan Risola-i Nur asoslariga tayangan muallif tomonidan takror-takror urg’u berib bayon etgan, iddio qilinayotgan va bu targ’ibot diniy dalillarga, sharhlarga tayanganini aytib, ayb unsuri sifatida ko’rsatilyapti.
Buni butun Risola-i Nurni o’qigan kishilarning tasdig’i bilan, xususan mashhur Misr, Shom, Bag’dod, Pokiston va Diyonat Riyosati boshqarmasining tasdig’i bilan Risola-i Nur to’g’ridan to’g’ri haqiqiy Qur'on tafsiridir va Qur'onning mulki va yog’dularidir, deyishlariga qaramay, bu gapni ayblov asosi qilganlardan bu xatosining sababi hashr mahkama-i kubrosida so’raladi.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xasta
Said Nursiy
* * *
[1952 yil Istanbulda bo’lib o’tgan "Yoshlarga Rahnamo" mahkamasida, ekspertlarga javoban qilingan e'tiroznoma.]
Birinchi Og’ir jazo Mahkamasiga
Risola-i Nur bo’limlaridan "Yoshlarga Rahnamo"ning chop etilib, tarqalishi munosabati bilan muallifi Badiuzzamon Said Nursiyning mahkamaga berilganini va "Yoshlarga Rahnamo"ning mohiyatini tekshirish uchun olim o’rnida haqiqatlarni tamoman o’zgartirib dinsiz va Islomiyat dushmanlari mohiyatida mutolaa qilib ayblov asosi chiqargan ekspertlarning xulosasini o’qidik.
130 qismdan iborat bo’lgan iymon, ilm va fazilar xazinasi bo’lgan Risola-i Nur Kulliyotidan "Yoshlarga Rahnamo" bir qismi bo’lgani va Risola-i Nurdagi yuksak haqiqatlarga ruhu joni bilan bog’langan asarlar xazinasini bu millatning moddiy-ma'naviy hayotiga saodat rahbari ekanini isbot qilib bilganimiz uchun "Rahnamo"ga qarshi o’sha bilimli odamning isnodlarini rad qilamiz. Ekspertlarning bilimsizligini butun kuchimiz bilan yuzlariga urib e'lon qilib, isbotlaymiz.
Mahkama hay'atiga arz qilamizki:
Chiqarilgan ekspertlar xulosasi vatan va millatning hayotiga, tarixiga, an'anasiga, muqaddas narsalariga, qonunlariga batamom begona, holi hozirdagi qonunlarga tuhmat qilgan, hukumatni tahqirlagan, bu millatning ming yillik tarixini zaiflashtirish orqali butun millat ajdodini tahqir qilgan va bugun bu vatanda yashagan yigirma million qardoshlarimizning ma'naviyatiga hujum qilgan bu suiqasdning o’rnagi hisoblanadi. Adolat mahkamasi buni e'tiborga olishi mumkin emas.
Mana biz, bilimli kishi nomidan bu suiqasd hujjatini imzolaganlarga aytamizki: Bu millat, Xudo saqlasin, dinsizmi? Bu millat yuz yillar davomida din va iymondan, Xudo saqlasin, maxrum qolgan safih millatmi? Bu millat va uning porloq tarixini oltin bilan ziynatlagan ajdod, butun hayotida dunyoga safohat va zalolat tarqatgan kufr yo’lidan yurganmi?
Istanbulni fath qilib dunyo hayotida yangi davr ochgan, sharqu g’arbga Qur'onning bayroqdorligi vazifasida nuri hidoyat, ilm va fazilat sochgan, Ovrupoga haqiqiy madaniyatni dars bergan va Islomiy madaniyatning ziyosi bilan bashariyatni oydinlatgan va kap-katta tarix, ularning qahramonligiga to’la bo’lgan Yidirimlar, Fotihlar, Salimlar va Sulaymonlar va ular mansub bo’lgan millat, yozganining butunlay aksiga, ma'naviyati so’ngan, dindan xabari yo’q, Islomiyatni nashr qilgan boshqa millat, qo’mondonlar boshqa millat tarixida, tarix yolg’on gapiryapti, turklar Islomiyatning qahramoni sifatida Qur'onning bayroqdorligini butun millatlar ustida sharaf toji sifatida tashigani yolg’on, shundaymi?!
Yoki bu millat Islomiy haqiqatlardan olgan dars bilan ayol va qizlarni Qur'oniy odob ziynati bilan ziynatlab, ayollikning qiymat va sharafini muhofaza qilib, ularning past va qiymatsiz bo’lishiga mone bo’lgani, yolg’on! Uzoq asrlar davomida Islom-turk qahramonlari nomi bilan tanilgan, biz axloq va nomusning, qiymat va sharafning kamoliga yetgan deb bilgan va iftixor qilgan ajdodimiz, onalarimiz, iftixorimiz aksiga Qur'on amriga ergashmagan, go’zallikning haqiqatini Islomiy tarbiya doirasida Qur'oniy odob ziynati bilan ziynatlanish emas, vujudlarini yalang’och qilib ko’z-ko’z qilishda deb bilishgan, shundaymi?!
Ey insoflilar, ey tarixi, muqaddas narsalari, qahramon va muborak ajdodi bilan iftixor qilgan hozirgi nasl! Keling, ko’ring.
Tarixingizni va Islomiyatingizni haqoratlagan suiqasd hujjatini yozgan, imzolagan kimsalarga:
hayotingizning hayoti, ruhingizning ruhi deb bilgan Islomiyatingiz nomidan,
koinotni o’n to’rt asr ziyolantirgan,
muqaddas va Ilohiy dasturlari bilan ming yildan beri millionlab ajdodingizni nurlantirgan,
abadiy saodatga yonaltirgan Qur'oningiz nomidan,
Qur'on dasturiga ergashgan yuz millionlab ajdodingiz nomidan,
axloqi hasana va nomus muhofazasi yo’lida Islomiy tarbiyaning ziyosi bilan nurlangan va tarbiya olgan,
ayollikning haqiqiy ma'nosini, haqiqiy go’zalligini hayoti, kiyinishi, yashash tarzi bilan ko’rsatgan onalarimiz, momolarimiz va singillarimizning nomidan o’sha tuhmatchilarga, zaiflatgan va haqorat qilganlarga noroziligingizni, koyishingizni va rad qilishingizni bildiring.
Tuhmatchilar, yoshi saksonga yetgan, zaharlangan og’ir xasta, diniy xizmati tufayli umri qamoqxonalarda sovrulgan Islom qahramonimiz, butun ulamolar va ko’p adiblar va murabbiylarning, vatan va millatparvarlar shikoyat qilgan axloqsizlik va fahsh tahlikasidan muhofaza qilish uchun yoshlarga yaxshi axloq, yuksak nomus, iymon va fazilat darsi bergan, vatanga-millatga foydali a'zo holiga kelishlarini ta'minlagan, adolat va osoyishtalik uchun foydali ilk kuch sifatida yurt va millatning saodatiga xizmat qilgan "Yoshlarga Rahnamo" nomli asarni musodara qilish va muhtaram muallifini qamashga sabab sifatida ko’rsatishyaptiki:
Badiuzzamon tasattur-yopinish tarafdoridir. Ayollarning yarim yalang’och, ochiq-sochiq yurishlariga, Islomiyatga qarshi urushlarda shayton buyrug’i ostidagi bo’linmalar sifatida tasvirlab, ayollarning bugungi ijtimoiy hayotda oyoqlarini ochib yurishi va yarim yalang’och kiyinishini gunoh deyapti.
Badiuzzamon hozirgi ochiq, yarim-yalang’och kiyinishlarni turmush qurishga mone bo’lib, fahshga tashviq qiladigan mohiyatda deb biladi. Yana Badiuzzamon fikrisha, ayolni go’zallashtirgan narsa va ayolning haqiqiy va doimiy go’zalligi ijtimoiy hayotda joy olgan ziynatlanish, vujudini ko’z-ko’z qilish emas, Islomiy tarbiya doirasida Qur'oniy odob ziynatidir.
Badiuzzamon diniy ta'lim tarafdoridir. Risola-i Nur nomli diniy ta'lim ta'sirida mahkumlarning o’n besh haftada tuzalishini (Dengizli va Afyon qamoqxonalari, adliyaning soqchi va mudirlari guvohligi bilan tasdiqlangan) aytyapti.
Badiuzzamon, jozibador fitnaga asir bo’lgan yoshlarni din haqiqati va Nurning iymoniy darslari bilan qutulishiga ishonadi. Mana shu fikrlari uchun aybdor. Qonunan mahkum qilinishi kerak deyishyapti. Bular go’yo ekspertlar nomi bilan mamlakat yoshlariga adolat, haq va hurriyat darsini beradigan professor yoki huquq dotsentlaridir.
Ey haqiqiy adolat vakillari bo’lgan umumiy huquq va milliy g’ururni muhofaza qilgan sudyalar! "Yoshlarga Rahnamo"ning iymoniy darslari va axloqiy darslari, ekspertlar xulosasidagidek ayblov mavzui sifatida qabul qilinsa va muallifi bu buyuk xizmati tufayli aybdor deb topilsa, agar shunday bo’lsa, yuqorida aytganimizdek, bu millatga, ming yillik tarixiga, an'anasiga, boshqaruv va urf-odati qonunlariga, bu millatning abadiy iftixoriga asos bo’lgan muqaddas diniga, muqaddas Islomiyat haqiqatlariga, qudsiy Qur'on darslariga va muqaddas haqiqatlarini mahkam tutib Islomiy madaniyatni kamoli ko’rkamligi bilan dunyoga e'lon qilgan aziz ajdodlarga, ularning g’ururiga, huquqiga, ma'naviyatiga qilingan tahqir, mensilmagan, urilgan zarbalarni va aytilgan yomon iflos tuhmatlarni qabul qilishingiz kerak. Bu buyuk ma'naviy jinoyatlardan xushlanib qabul qilinsagina, nomi ekspert bo’lganlar ayblagan "Yoshlarga Rahnamo" aydor bo’ladi. Va faqat shu jihatda muallifini qamash va "Rahnamo"ni nashr qilgan talabalarni jazolash mumkin. Yo’qsa qonun adolati, fikr hurriyati, vijdon dasturi bilan qamalishi va jazolanishi mumkin emas. Fikr hurriyati va vijdon erkinligi dasturini eng keng ma'nosida tatbiq qilgan Jumhiriyat boshqaruvining demokratik qonunlariga aslo uyg’un kelmaydi.
Agar "Yoshlarga Rahnamo"ning yoyilishi orqali diniy tarbiyani ta'lim beryapti, bu dunyoviylikka ters deb ayblansa, dunyoviylikning ma'nosi nima? Biz ham so’raylik. Dunyoviylik Islomiyatga dushmanlikmi?! Dunyoviylik dinsizlikmi?! Dunyoviylik dinsizlikni din deb topinganlarning dinga hujum qilish erkinligimi?! Dunyoviylik din dhaqiqatlarini bayon qilganlarning, iymon darslarini nashr qilganlarning og’ziga qulf, qo’liga kishan taqqan mutlaq istibdod dasturimi?!
Dunyoviylik vijdon va fikr hurriyati bo’lganiga asoslanib, dinsizlar va din dushmanlari Islomiyatga qarshi har qanday hujum, bosqinlarni qilishi, anarxist fikrlarini vijdon va fikr erkinligi bahonasi bilan nashr qilishi mumkin. Ammo bir Islom olimi fikr erkinligi dasturiga tayanib ming yildan beri Islomiyatning sardori bo’lgan millat ichida va ming yillik an'anasiga, qonunlariga asoslanib, yana u millatning saodati uchun, axloq va nomusning muhofazasi yo’lida diniy dars bayon qilishi dunyoviylikka ters deb, aybdor qilish, davlatning nizomlarini diniy e'tiqodga bo’ysundirishni istayapti deb mensilmagan holga ko’rsatiladi. Biz bunday imkonsiz ishning qilinishiga ehtimol bermaymiz. Adolatning bunga yo’l qo’ymasligini shubhasiz bilamiz.
Haqiqatda o’tgan mahkamalarning oqlab, to’liq qaytarib bergan Risola-i Nurning 130 qismidan biri bo’lgan "Yoshlarga Rahnamo", vatan va millat saodatida eng birinchi sabablardan biridir. Bu asarlarni o’qib, ularning darsi bilan kayf-safo va zalolat girdoblaridan qutulganini mahkamalarda aytgan yuzlab Nur talabalari va hozirgi shaxsan bu asarlar vositasida vatan va millatga foydali a'zo holiga kelishganini hayot va xizmatlari bilan isbotlagan minglab turk yoshlari bo’lgan bizlar, ushbu asli yo’q isnodlarni, tuhmatchilarning yuziga solamiz.
Haqiqatdan naqadar achinarli hol. Osoyishtalikni saqlashga sabab bo’lgan, adliya va zobitlarga minglar foydasi tekkan asar, bugun haqiqatga tamoman zid holda aybdor deb ko’rsatilib zararli deb vahima qilinish istanilyapti. Endi buncha ochiq oydin ziddiyat qarshisida insof va vijdon egalarining vijdonlariga va insofiga havola qilib, ustozimiz haqida ekspertlarning, dinni siyosatga vosita qilyapti degan gapiga javoban aytamizki: Ekspertlar adliyani dinsizlikka vosita qilyapti.
Mutaxassis xulosasida yana bir ayb ko’rsatilgan. Muallif Risola-i Nur ma'naviy shaxsi nomidan gapiryapti. Qalbga eslatildi, Laylatu-l Qadrda qalbga kelgan muhim masala kabi, degan ba'zi jumlalarni olib bu orqali shaxsiy nufuz orttirish maqsadining muallifda borligidir.
Buncha asli yo’q va ma'nosiz isnod qarshisida inson, mutaxassis nomiga ega kimsalar ixtisoslikda batamom uzoqligiga xulosa qilib, jaholatlari va bilimsizligi qarshisida hayratda qoladi. Hech bo’lmasa ekspertlar, hurmatan bu jihatni diqqat bilan o’qishsa, o’zlari bu daraja jaholat darasiga otilishdan balki bir daraja qutular edi.
Bu aslsiz isnodga qarshi avvalo: Butun Risola-i Nur asarlari, maktublari va ustozimizning butun hayoti eng qat'iy dalildir. U aziz zot butun g’ayratini, butun xizmatini haq yo’lida va faqat haq uchun qilgan va faqat Haqning xotiri uchun gapirgan. Ekspert suratidagilar Risola-i Nurning faqat kichik bir qismini o’qib, dinsizlikda mutaassibligini bildirib faqatgina aybdor qilish uchun bu tuhmatni qilishgan. Holbuki u aziz zot Risola-i Nur darsini izohlar ekan, "Eng katta darsimiz, ojizlik, faqirlik, shafqat va tafakkurdir", deydilar.
Haqiqatda u aziz zot, buyuk va kulliy xizmatlari bilan, eng jinoyatkor qiynoqlarga sabr va matonat bilan ma'naviy kurashida davom etib, kufr va zalolatning beomon hujumlarini, moddaparast va tabiatparastlarning kufr yo’llarini Qur'on-i Hakimning iymoniy haqiqatlaridan olgan Nur haqiqatlari bilan parchalaganlar. Nurning 130 risolasining yuz minglab ishtiyoqmand talabalari bilan har tomonga yoygan... dinsizlikning, xususan komunistlikning bu vatandagi hujumiga mone bo’lgan iymon haqiqatlarini eng qat'iy dalil va burhonlar bilan isbotlab kufr va zalolatning botil yo’llarini Qur'onning olmos qilichi hukmidagi iymoni billoh va vahdoniyat-i Ilohiya hujjatlari bilan parcha-parcha qilgan va nur asarlari hozir Islom olamining katta markazlarida kamoli taqdir va xush qabul bilan nashr qilingan va o’tgan yil Turkiyani ziyorat qilishga kelgan Pokistonlik bir deputat qirq-ellik universitet talabasiga:
"Qardoshlarim, men Islom olamida qidirganimni Turkiyada topdim. Badiuzzamon faqat sizning emas, butun Islom olaminikidir. Va yaqinda butun Islom olami uni anglaydi. Siz Nur asarlariga diqqat bilan qarang. Men bu asarlarni to’qson million musulmon ichida nashr qilaman. Mening Islom olami haqida juda ko’p xavotirlarim va Ustozga juda ko’p savollarim bor edi. Yonida bir soatcha tinglab butun xavotirlarim ketdi. Butun savollarimga javob olgandan so’ng, Pokistonga Islom olami kelajagi haqida buyuk xushxabarlar bilan ketyapman.
Men turk va Islom tarixini tadqiq etdim. Juda ko’p qahramonlar, ko’p Islom fidoiylari va ko’p vatanparvarlar kelgan ekan. Barchasi buyuk fidokorlik va qahramonlik bilan millatga, vatanga xizmat qilishgan ekan. Xizmati natijasida loyiq bo’lgan mukofot berilgan. Har biri bittadan mukofotga loyiq bo’lgan. Lekin bugun Ustoz, yigirma yildan oshdiki bu millatning dunyoviy-uxroviy saodati uchun ta'riflab bo’lmaydigan zulm va qiynoqlar ichida bu asarlarni ta'lif va nashr qilib millat ichida dinga qarshi jarayonlarning tarqalishiga mone bo’layotgan Badiuzzamonning uyida hatto chirog’i yo’q. U zot hamma narsani tark etib, faqat va faqat dinga xizmat uchun harakatda. Albatta Islom olami yaqinda bunday bir zotni asarlari bilan taniydi." deb Ali Akbar Shohdek Islom olimi va mutafakkirining taqdir va tahsiniga sazovor bo’lgan.
Hozir Demokratlar deputatlarining ba'zilari: "Badiuzzamonning Nur Risolalarini o’qigan, dars olgan va ularni nashr qilgan Nur Talabalari bu xizmati bilan mamlakatda komunistlikning yoyilishiga to’siq bo’lishdi. Modomiki hukumatimiz komunizmga qarshi ekan, Nurchilarga xizmatlari sababli minnatdordir." deb deputatlar ham xizmatni taqdir qilgan.
Risola-i Nur bo’limlari boshdan oyoq har bir nusxasi, minglar so’z va jumlalari bilan u zotning mohiyatiga, xizmatiga, yigirma besh yillik faoliyatiga va nashriyotining kulliy foydalariga shahodat va ishorat qilingan zot... ha, u kishi ojizlik va faqirlik darsini o’ziga asos qilib, talabalariga dars bergan zot, haqiqatda yuqorida bir daraja aytganimizdek kulliy xizmatlari natijasida talabalarining va butun ahl-i iymonning eng buyuk madhu sanosiga, hurmat va muhabbatiga eng loyiq, eng munosib va qabul qilinishi kerak ekan, buning aksiga u aziz zot ziyoratga kelganlarga va Risola-i Nur asarlarini o’qib ularni ilm va iymon haqiqatlari darsida, asrning butun ilm va isbotlari ustida ko’rib mahliyo bo’lganlarning eng samimiy hurmat va sanolaridan davomli qochgan va ko’p marta maktublarida: "Men ham sizning Qur'oniy darsingizda darsdoshingizman. Eng ko’p men muhtoj va faqir bo’lganim uchun, bu muqaddas haqiqatlar eng avval menga ehson qilingan. Men maqom sohibi emasman. Men o’zimdan xushlanmayman. Shaxsimni yaxshi ko’rganlarni ham xush ko’rmayman. Qardoshlarim, sizni batamom qochirmaslik uchun nafsimning juda ko’p yashirin kamchiliklarini aytmayman." deb, o’zlariga qilingan madh va hurmatlarni rad qilganlar.
Hayotdagi maqsadi faqat iymon haqiqatlarini tarqatish xizmatida deb bilgan. Butun dunyoviy manfaatlarni, shu xizmati uchun fido qilganlar. Butun hayoti istisnosiz dunyoga qo’l siltash va bu haqiqatga guvohlik qilgan kishiga, eng haqsizlar ham qila olmaydigan isnodni ekspert nomidagi kimsalar qilishdi. Hatto "Rahnamo"da "Laylatu-l Qadrda Eslatilgan Muhim Masala" degan juda muhim haqiqatga nazar solmay, "eslatma" so’zidan ham shaxsiy nufuz olishga harakat qilganiga dalil deb ko’rsatishgan.
Holbuki "eslatma" so’zi yuksak haqiatlarning ahamiyatiga shunday qamrovi borki, u haqiqatni o’qish kerak bo’ladi. U bo’lim ikkinchi jahon urushi oxirida bashariyatning dahshatli zulmlari va buzg’unchiliklari natijasidagi dahshatli umidsizlik bilan vijdon azoblari va dunyo hayotining batamom foniy va o’tkinchi ekani, madaniyat havaslarining uxlatuvchi va aldovchi ekanini hammaga ko’ringani sababli inson tabiatidagi yuksak iste'dodlarning qattiq yaralanishini va Qur'onning olmos qilichi ostida g’aflat va zalolatning parchalanganini va bu sabab bilan dunyo hayotining o’tkinchi va vaqtincha bo’lgani uchun bashariyat boqiy hayotni qidirishini va abadiy hayotni va doimiy saodatni faqat Qur'on xushxabar berganini isbotlab o’ta porloq izohdan keyin aytadilar: "Albatta insoniyat aqlini batamom yo’qotmasa, boshiga moddiy-ma'naviy qiyomat qo’pmasa, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Angliyaning Qur'oinni qabul qilishga harakat qilgan xatiblari va Amerikaning haq dinni qidirgan muhim jamiyati kabi ro’yi zaminning katta qit'alari va buyuk hukumatlari Qur'oni Mo’'jizu-l Bayonni qidirishadi va haqiqatlarini tuhungandan so’ng butun ruhu jonlari bilan mahkam tutishadi. Chunki bu haqiqat nuqtasida qat'iyyan Qur'onning misli yo’q va bo’la olmaydi va hech narsa bu buyuk mo’'jizaning joyini ola olmaydi.
Ey muhtaram sudyalar! Faqat so’nggi jumlasini namuna qilib sizga aytgan bu ahamiyatli fikrning boshida yozilgan "eslatma" so’zi biror aybga manba bo’la oladimi?! Bu yozuv shaxsiy nufuz olish uchun yozilganmi? Yo’qsa insoniyatning Qur'on haqiqatlarini qidirishni boshlaganini bayon qilib kelajakda Qur'onning bashariyatga hokim bo’lishini xabar berib, isbot qilyaptimi?! Bu xususni yuksak taqdirlashingizga havola qilamiz.
Ha Risola-i Nur muallifi, Qur'onning darsidan olgan va ayni haqiqat bo’lgan ushbu "eslatma"larni bayon qilishi, aytib, isbotlagan darslarning va mavzularning haqqoniyatiga hujjat uchundir.
Ha, ayni haq va haqiqat ekanini diqqat bilan qaraganlar ko’radi. Bir iymon daryosi, tavhid xazinasi va hikmat ummoni holida jo’shgan g’aroyiblikning, kelajakning nasllariga va millionlar qalb va ko’ngillarda kamoli ihtishomi bilan yashashini va olqishlanishini his qiladilar. Turk millatining ming yillik muqaddas milliy iftixorini ko’rsatgan narsa yana turk millatining dunyoga o’rnak qahramon ajdodi o’rnida Islomiyat haqiqatlarini mahkam tutib yana Qur'onning bayroqdorligi vazifasi bilan istiqbolning qit'alarida hakimi ma'naviy bo’lishini his qilishadi.
Bu o’ta yuksak va juda ahamiyatli haqiqatlarni to’liq tushunish uchun Badiuzzamonning bundan qirq yil avval 1327 yil Shomda Ummaviy Jome'ida ichida yuz ahli ilm bo’lgan o’n ming kishilik jamoatga xitoban aytgan "Xutba-i Shomiya" asarini oqish kerak. Hozir o’sha asarning tarjimasini qilishni lutf qilgan u aziz zot, o’sha vaqtda abgor va asoratda bo’lgan Islom olamiga juda azim xushxabarlar bilan madaniyatning yomonligi yaxshiligi ustidan g’olib bo’lgani evaziga kelajakda Islomiyatning quvvati bilan madaniyatning yaxshiliklari g’alab qozonib Islomiyat Quyoshining buyuk millatlar va qit'alarga hokim bo’lishini bayon va isbot qilib xabar bergan.
Modomiki ekspert nomini olganlar "qalbga eslatilgan bir masala" jumlasida haqiqatni tushunmay yanglish ma'no chiqargan ekan, 1327 - 1371 yillardan keyingi Islom olamining kelajagiga nazar solgan "Xutba-i Shomiya"dagi haqiqatlar ham (mutaxassislarning yanglish tushungan yoki yanglish ma'no bergan) ushbu "eslatildi" so’zining haqiqatini va keng ma'nosini juda yuksak haqiqat holida ko’rsatilgani uchun "Xutba-i Shomiya" asarining tarjimasini mahkamaga taqdim qilamiz. Va faqat bu yerda asarda isbotlangan masalalarning oxirida zikr qilingan bir necha jumlani yozib taqdim qilamiz:
"Ha, men o’zim olgan darsimga binoan ey Islom jamoati! Xushxabar beramanki: Hozirgi olam-i Islomning dunyoviy saodati, boxusus Usmoniylarning saodati va xususan musulmonlar taraqqiyoti, uyg’onishi va xushyor turishi bilan arablar saodatining fajri sodiqining belgilari chiqishni boshlyapti va baxt quyoshining ham chiqishi yaqinlashdi. Men dunyoga eshittiradigan darajada qat'iy ishonch bilan aytaman: Istiqbol faqat va faqat Islomiyatniki bo’ladi. Sudya - Qur'oniy va iymoniy haqiqatlar bo’ladi. Shunday ekan, hozirgi Ilohiy taqdir va qismatimizga rozi bo’lishimiz kerak. Bizga porloq kelajak, ajnabiylar hisobiga qorishiq moziy tushgan."
"Agar biz Islomiy axloq va iymoniy haqiqatlarning kamolotini ishlarimiz bilan ko’rsatsak, boshqa dinlarning tobelari albatta jamoat-jamoat bo’lib Islomiyatga kirishadi. Balki yer yuzining ba'zi qit'alari va davlatlari ham Islomiyatga daholat qiladilar."
"Ey bu Ummaviy Jome'idagi qardoshlarim kabi Islom olamining jome'i kabiridagi qardoshlarim! Siz ham ibrat oling. Ushbu qirq besh yilda bo’lgan hodisalardan ibrat olinglar. Aqlingiz to’liq joyiga kelsin.
Ey mutafakkir, aql egasi va o’zini bilimli deb bilganlar! Hosili kalom: Biz Qur'on shogirdlari bo’lgan Musulmonlar burhonga ergashamiz, aql, fikr va qalbimiz bilan iymon haqiqatlariga kiramiz. Boshqa dinlarning tobelari kabi rohiblarni taqlid qilish uchun burhonni tashlamaymiz. Shuning uchun aql, ilm va fan hukm qiladigan kelajakda, albatta aqliy burhonga tayangan va barcha hukmlarini aql bilan tekshirtirgan Qur'on hukm qiladi."
"Hozir bo’lmasa ham, o’ttiz-qirq yil o’tib fan va haqiqiy ma'rifat va madaniyatning go’zalliklari uch quvvatni to’liq jihozlab, jihozlari bilan to’qqiz moneni mag’lub qiladi. Uni tarqatish uchun haqiqatni qidirish istagi, insof va insonparvarlik to’qqiz dushman toifaga qarshi frontga jo’natgan. Inshaalloh yarim asr o’tib ularni yer bilan yakson qiladi."
"Amerika va Ovrupo ekinzorlari bunday dohiy muhaqqiqlarni (Mister Karlayl va Bismakr kabi) mahsulot berganiga tayanib men to’liq ishonchim bilan aytaman: Ovrupo va Amerika Islomiyatga homila. Bir kun kelib Islomiy davlat tug’adi."
"Hamda Islomiyat quyoshining tutulishiga (kusufiga) va insonni nurlantirishiga mone bo’lgan pardalar ochilishni boshladi. Mone bo’lganlar chekinishni boshlyapti. Qirq besh yil avval o’sha fajrning belgisi ko’rindi. 71-yil fajri sodiqi boshladi yoki boshlaydi."
"Ey Ummaviy Jome'idagi qardoshlarim! Va yarim asr keyingi Islom olami Jome'idagi aka-ukalarim! Boshdan bu yergacha bo’lgan muqaddimalar, kelajak qit'alarida haqiqiy, ma'naviy hakam, insoniy, dunyoviy-uxroviy saodatga olib boradigan narsa faqat Islomdir. Islomiyatga aylangan va o’zgartirishlar va xurofotdan qutulib Isaviylarning haqiqiy dini Qur'onga tobe bo’ladi, ittifoq etishini natija bermayaptimi?!"
Muhtaram hakamlar hay'ati! Risola-i Nur muallifiga qarshi butun tuhmat va isnodlarga qarshi eng aniq huquqiy javob shuki, uch mahkama va uch ekspertlar tekshiruvidan o’tgan asarlarni qaytarib berilishi bo’ladi.
Yana Ustozimizning yigirma yetti yillik hayoti va bir yuz o’ttiz bo’limdan iborat kitob va maktublarni, uch mahkama va hukumat xodimlari tomonidan to’liq tekshirilib, unga qarshi zolim, murtad va munofiqlarga qarshi majbur bo’lgan, hatto o’ldirishga yashirin buyruq berilganiga qaramay dinni siyosatga vosita qilganiga doir eng kichik belgi ham topa olishmagani qat'iy isbot qiladi. Hayotini yaqindan tanigan biz Nur shogirdlari ushbu favqulotda holga qarshi hayron qolib, Risola-i Nur doirasidagi haqiqiy ixlosga dalil deb hisoblayapmiz.
Bu e'tibor bilan u kishini ba'zi tuhmatlar bilan obro’sizlantirishni istagan vatan va millatning saodatiga foydali xizmatlariga qarshi yashirin, zolim dushmanlarning rejalarini odilona hukmingiz bilan yo’qotishingizni va tuhmatchilarning yanglish isnodlarini yuziga urishingizni adolat va vijdoningizdan kutib, hurmatlarimizni bildiramiz.
Eskishahar Nur Talabalaridan:
Yashar, Usmon, Tuproq, Ahmad,
Usmon, Jaylon, Shukru, Bayram, Sungur, Husnu
* * *
SOLG’LIQNI SAQLASH HAY'ATIGA
O’n besh yil avval "Rahnamo"ning boshida yozilganidek, ba'zi yoshlar o’zlarining diniy va uxroviy hayotini muhofaza qilish uchun yonimga kelishdi. Men ularga Alloh uchun "Rahnamo"dagi darsni berdim.
U Risola bir-ikki hoshiya mustasno
ham Isparta Hukumati
ham Dengizli mahkamasida
ham Anqaraning Og’ir Jazo va Oliy Sudlarining ikki yil qo’lida qolishi natijasida oqlanishi va
"Rahbar" ham ichida Risola-i Nur Kulliyotining hammasini qaytarib berilishi va
bir nusxasi Anqara Ichki Ishlar Mudirining qo’liga tushishi ("Rahnamo"ning boshida yozilganidek) bitta so’zini kavlashtirishi oqibatida oxirida kelgan jumlani o’qib tushunishi va yoyilishiga mone bo’lmasligi,
Yana minglab nusxa yoyilayotgan bo’lsada hech bir joyda zarar, e'tiroz ko’rilmasligi, hatto Mersinning Tarsus qishlog’ida bir necha Nur kitoblarini musodara qilib "Yoshlarga Rahnamo" ham ichida dohil, Anqaraga jo’natilib, tekshirilgandan keyin, viloyatning buyrug’i bilan to’liq ozod deb, rasmiy hujjat berishlari va Istanbulda chop qilingan vaqtda qonunan bech-olti idoraga jo’natilib, qo’llarda besh-olti oy qolsada, hech kim kavlashtirmagani, "Rahnamo"ning ahamiyatini va qonunan erkinligini isbot qiladi.
So’ng mingdan ko’proq yoshlar Anqara va boshqa viloyatlarning maktablarida undan vatan, millat, ahloq jihatida foydalangan va hech kim zarar ko’rmagan bo’lsada, birdan hech qanday aybi yo’q bir-ikki so’zga yanglish ma'no berish, masalan "Yoshlarga Rahnamo" deb nomlab ayblov mavzui qilishgan.
Bittasi muallifi chop qilmagan, o’zi bechora xasta yotog’ida bo’lib, yoshlar chop qilgan bo’lsada, shaxsiy obro’ olish uchun yozilgan deb, ayblov mavzui qilib, chop qilganga emas, muallifiga og’ir jazo berishdi, majburan u yerga chaqirishdi. Holbuki o’n besh yil aval yozilgan va avf qonuni chiqishi va vaqt o’tishi bilan oqlangan. Shunday ekan batamom qonuunsiz g’arazga binoan muallifini tinmay kavlashtirishyapti.
Javoban aytamanki: O’n tomondan qonunsiz, tinmasdan, xastaligim vaqtida meni iqtidorim xorijida mahkamaga berishning sababi - "Rahnamo"ning vatan, millat, osoyishtalikka juda kata foydasi bo’lgani uchun, anarxistlik va dinsizlik hisobiga kavlashyapti degan ehtimol bor.
Qonun nomidan g’arazli qonunusizlik hisobiga meni majburan, zo’rlik bilan Istanbulda mahkamaga yo’llash, mening juda keksaligim, zaifligim va zaharli qattiq xastaligim qat'iyyan tibbiyot, fan nuqtai nazaridan qat'iy uzrim bo’lib, to’rt marta buning xulosasini olib ularga jo’natgan bo’lsada, qayta-qayta meni majburlashgani ruhimga qattiq bordi. Mening boshqa mahkama va boshqaruv huzurida gapirish iqtidorim xorijidadir. Gapirsam ham vatan, millat va osoyishtalikka zarar berish maqsadida harakatlangan va meni qonunga qarshi muhokama qilganlarning yuziga solishga majbur bo’laman. Boshqa zulmni ko’tara olmayman. Bu esa boshqa ahamiyatli xastalikdir. Vatanga ham ushbu ma'naviy xastalik zarar berish ehtimoli bor.
Sog’liqni Saqlash Hay'atidan iltimosim shuki, meni taniganlar va men bilan yaqindan aloqador bo’lganlar bilishadiki, yashirin dushmanlarim meni ko’p marta zaharlashdi. Ovqat yeya olmayman. Hatto xizmatchim bilan besh daqiqadan ko’p gapira olmayman.
Yana boshimda qattiq va davomli shamollash bor. Bir ko’zim bu shamollashdan og’rib, yosh oqadi. Xronik qulunch bezgagi bilan xastalanganman.
Yigirma sakkiz yil g’urbatda qolganim va boshqalarning yordamini qabul qilmaganimdan, qattiq zaruratda yashaganim uchun juda zaifman. Hatto zinapoyadan qiynalib chiqaman. Qat'iy zarurat bo’lmasa, besh daqiqa gapira olmayman, charchayman.
Men eski mahkamalarda ham Risola-i Nur, ham Risola-i Nur talabalari uchun chidar edim. Tom haqiqatni izhor qilmas edim. Zulmlarini bir daraja ko’tarib, ma'sumlarga, osoyishtalikka zarar kelmasin deb sabr qilar va har qanday zulm va qiynoqlarni ko’tarib, haqsizliklarini yuzlariga solmas edim.
Endi esa Risola-i Nurni Islom olami yelkasiga oldi. Nur Talabalari esa mening bag’rikengligim va dushmanlarim bilan ovora bo’lmaganim va zulmlariga sukut qilishimga ehtiyoji qolmadi. Shuning uchun menga og’ir botganda, iroda va ihityorim xorijida qarshimga chiqqan yashirin dushmanlarim menga zarar qilishiga sabab bo’lgan, meni jazolashga uringanlarga haqiqatni ochiq-oydin gapiraman. Sukut endi... Izhor qilinmaydi.
Modomiki haqiqat bu ekan, Sog’liqni Saqlash Hay'ati mening
ham moddiy-ma'naviy, ham asab, yurak, shamollagan bosh xastaliklarim
ham qulunch va bezgak,
mahkamalarda gapirishga iqtidorim yo’qligi
ham vakillarim va chop qilganlar rasman u yerda ekan, vakillar vositasida ko’rsatma olinishi uchun tibbiy va tahlikali xastaligi bor degan xulosa berilishini iltimos qilaman.
Amirtog’da
Said Nursiy
* * *
Aziz va muborak, mushfiq Ustozim!
Bu arizamni Nurga aloqali va haj do’stlarimdan Qoraqochonli Hoji Sabri qardoshim bilan taqdim qilaman.
Avvalo:Muborak qo’llaringizni kamoli ehtirom bilan o’pib, bu ojiz va aybi ko’p qardoshingiz va talabangizni mustajob va muborak duoingizga dohil qilishingizni iltimos qilaman.
Ikkinchidan:Hoji Sabri qardoshingizni va boshqa yangi aloqador kishilarni duolaringizga kiritishingizni iltimos qilaman.
Uchinchidan:Ukam Xusrav kerak bo’lsa zoti oliylarining, kerak bo’lsa boshqa qardoshlarning maktublarini amrlaringizga bo’ysunib jo’natishda davom etayotgani uchun, lillahilhamd vaziyatlardan xabardor bo’lyapmiz.
To’rtinchidan:Kerak bo’lsa Xusrav qardoshimning va kerak bo’lsa Jaylonning jo’natgan asarlarni qardoshlarga berdim va pulini ularga jo’natdim. Urfadan yana biroz istadim. Kelsa, inshaalloh ularni ham talabalarga beraman. Asarlardan bir to’plamini Sabri olibdi.
Beshinchidan:Jumhuriyat raisi nutqidan kelgan xushxabar xulosasining amalga oshishini Ilohiy lutfdan niyoz qilamiz.
Oltinchidan:Nurning nashri va futuhoti uchun Rahim va Karim Robbimiz muvaffaq qilgan nisbatida istihdomimiz lillahilhamd davom etyapti.
Kechqurunlari Nurli jamoatdan tahskil topgan faqirxonamizga kelgan jamoatga Nurdan dars berishda davom etilyapti.
Malatiya sayohatida u yerdagi aloqador kishilarning ishlash tarzlarini aytdim. Buyuk Sharqchilarning bu faqirni o’z jamoatiga kiritish xususidagi takliflariga: "Katta Sharqchilik siyosiy to’plam emasmi?" deb so’radim. "Ha" deyishgani uchun, "Sizning faqat iymoniy va Qur'oniy masalalardagi tushunmagan va izohini istagan nuqtalaringizni Risola-i Nurning yordami bilan hal qilishga harakat qilaman.
Mening yo’lim, ixtiyor va shuurim taalluqli bo’lmay Risola-i Nur doirasida istihdom-Alloh tomonidan bu ishni qildirishdan iboratdir. Iymon va Qur'on masalalaringizga hamfikrman. Lekin siyosat bilan shug’ullana olmayman." ma'nosida javob berdim. Lekin bu jamoatdan Nurlarga aloqador bo’lganlar bor. Ularning qo’lini qo’liga berib ham asarlarni o’qishlarini va tushunmagan joylarini so’rashlsarini, Qur'oniy xatni o’rganishga g’ayrat qilishlarini iltimos qildim. Malatiya, Urfa, Ayntebdagilarni asarlarni singdirishga va aloqalarini orttirishga ojizona yozuvlarim bilan tashviq qilyapman. Hozircha Nuriy ishim bundan iborat.
Janobi Haqqa nihoyatsiz hamd va shukr bo’lsinki, hisobsiz kamchiliklarim bilan birga, Qur'oniy va iymoniy xizmatda istihdomga loyiq ko’ribdi. Albatta muborak va mushfiq Ustozimning duolari barakoti bilan Nuriy jamoatning ojiz a'zosi bo’lishda davom etib Livau-l Hamd Alayhissaslotu Vassalaom taxtida to’planganlardan bo’laman.
Takror batakror muborak qo’llaringizni kamoli ta'zim bilan o’pib, aloqador qardoshlarimning ham salom, duo va ehtiromlarini arz qilaman. U yerdagi moddiy-ma'naviy yaqin bo’lgan butun do’stlarga arz va ehtirom qilaman. Arhamur-r Rohimiyn bo’lgan Robbimizdan doimiy niyozim - aziz, muhtaram va mushfiq Ustozimdan abadiyyan rozi bo’lsin va butun maqsadlarini hosil aylasin. Omin.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Al hubbub fillah muhibbi muxlisingiz
Xulusiy
* * *
Juda sevgili, mushfiq Ustozim Afandim Hazratlari!
Avvalo:Ham muborak o’n kechangizni ham muqaddas bayramingizni ruhu jonim bilan tabriklab, hurmatlarimni aytib, Nur tarqatgan qo’llaringizdan o’pib, kamchiligimning avfini iltimos qilaman.
Ikkinchidan:Bu gunohkor, oddiy, ojiz, kamchilikli, layoqatsiz, miskin, tanbal talabangizni Risola-i Nurning muqaddas iymon va Qur'oniy haqiqatlariga va sevgili Ustozning ma'naviy-moddiy tarbiyalariga sazovor qilgan Janobi Arhamu-r Rohimiynga hadsiz shukr qilaman. (Alhamdulillahi haza min fazli Robbi.)
Sevgili Ustozim! Ma'naviy tarbiyangizning belgisini har doim bizga his ettirgan Rabbi Rahimimga naqadar shukr qilsam, yana oz. Tahdisi ne'mat bo’lishi uchun shuni ham arz etishni istayman: Xastaligimdan shikoyatchi emasman. Chunki lillahil hamd ko’z nurim, ruhimning sururi va qalb ozuqam bo’lgan Risola-i Nurning haqiqatlarini amalda va tajriba bilan dars olishimga sabab bo’ldi.
Haqiqatdan umrining qirqinchi yilida
mudhish moddiy va ma'naviy xastaliklarimga har bir "umid"ida ruh va qalbga minglar nuru tavhidni va tasalli ziyosini sepgan "Keksalar Risolasi",
bir davosida nihoyatsiz ma'naviy shifosi bo’lgan "Xastalar Risolasi",
o’n bir tavhid kalimasining juda g’aroyib va o’xshashi yo’q tarzda tilsimlarini kashf qilgan,
har bir jumlasidan nuri tavhid otilib chiqqan "Yigirmanchi Maktub",
iymon haqiqatlarining eng oxirgi, eng qiyin, eng chuqur va butun faylasuflarni, hatto Islom hakimlarini ham hayratda qoldirgan juda muhim tilsimlarni ochgan "Yigirma To’rtinchi Maktub",
qalbning butun ma'naviy yaralariga muqaddas davo bo’lgan "O’n Yettinchi So’z" va unga o’xshagan risolalar juda g’aroyib tarzda yordamga keldi va davolashni boshladi.
Men qat'iy qanoat hosil qildimki: Go’yo Risola-i Nur, jumladan mazkur risolalarni ham men, ham xastalik munosabati bilan yonimga kelganlar dars olishsin deb rahmati Ilohiya tomonidan xastalantirilibman.
Ha, xuddiki sevgili, mushfiq Ustozimiz "Keksalar Risolasi"ni yoshlarga, "Xastalar Risolasi"ni sog’lom kishilasrga yozganlar.
Uchinchidan:U yerdagi va sevgili Uslozimizning qiymatli xizmatidagi muhtaram do’stlarimizga, ham bir-bir salom aytaman, ham bayramlarini tabriklayman. Sevgili Ustozimizning qo’llaridan, qardoshlarimizning ko’zlaridan o’paman.
Al Baqiy Huva-l Baqiy
Kamchiligi ko’p va xasta talabangiz
Mahmud Fayziy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Bir kishi menga yangi harf bilan uzun maktub yozibdi, o’zining kim ekanini bildirmabdi. Uch nuqtada shubha qilib e'tiroz bildirgandek yanglish ma'no bergani uchun go’yo bizni ogohlantiribdi. Yo’limiz munoqasha va munozara bo’lmagani va kamchiligimizni haqiqiy ko’rsatganlardan xursand bo’lganimiz uchun, ushbu majhul kishining maktubida uch asosning haqiqatini ko’rsatib yanglishini to’g’rilashni istadim:
Birinchi asos:Risola-i Nurning ustozi va manbai, Saidning ham ko’p vaqtdan beri bir virdi bo’lgan ba'zi oyatlar, bir hizbi Qur'oniy suratida bir qism talabalarning istagi bilany qalamga olindi. So’ng chop etildi. To’rt-besh mahkamaning ham ko’rsatgan ekspert olimlar, hatto Diyonat Riyosati doirasi va Istanbulning fatvo doirasidagi diniy kitoblar tadqiqi hay'atidan hech bir olim va ekspert olimlar e'tiroz bildirishmadi. Balki taqdir qilib tahsin etishdi. Chunki boshda sahobalar va chop qilingan "Majmuatu-l Ahzob"dagi Hazrati Usoma Raziyallohu Anhuning hizbi Qur'oniyini har kuni bir qismini oqish uchun taqsimlangan. Ayni kitobda va "Majmuatu-l Ahzob"ning o’sha jildida Imom G’azzoliyning Raziyallohu Anhu bir hizbi Qur'oniyi va juda ko’p valiylarning o’z yo’liga muvofiq ba'zi suralar va oyatlarni maxsus hizbi Qur'oniy qilishgan.
O’n yil avval shahid bo’lib vafot etgan marhum Hofiz Ali kabi Nurning qahramonlaridan, mening xususiy virdimni va Risola-i Nurning ustozlari va manbalari bo’lgan muhim oyatlarni jamlashni istashdi. So’ng ularga jo’natdim. Ular chop etishdi. Chunki hamma butun Qur'onni o’qishga vaqt topa olmaydi. Lekin bunday hizbi Qur'oniy qo’liga tushsa, har doim istifoda qiladi degan maqsadda, ham savoblari juda ko’p bo’lgan oyatlar va suralar, ichida yozilgan. Zotan Qur'oni Hakimning bir mo’'jizasi shuki, ahl-i haqiqat va kamolotdan har bir yo’l sohibi, yo’liga muvofiq, Qur'onda bir Qur'onini, maxsus hizbini, ustozini topadi. Go’yo bitta Qur'onda minglar Qur'on bor.
Bu mo’'jizaning sirri shuki: Qur'oni Hakimning oyatlarining va kalomlarining munosabatlari faqat birga bo’lganlarga emas, balki juda ko’p oyatlarga, kalomlarga va kalimalarga munosabati bor, qaraydi. Nuriy "Ishoratu-l I'joz" tafsirida bu sir bir daraja ko’rsatilgan. Demak boshqa kalomlarga o’xshamaydi. Har bir oyat, minglar oyatlarga qaragan bir-bir yuzi va ko’zi bor. Bu Qur'oniy vaziyat ko’p haqiqatlarga asosdir. Ahl-i tariqat va ahl-i haqiqatning har bir qismi o’z yo’liga ko’ra, kulliy Qur'on ichida maxsus hizblari bor.
Rısola-i Nurning "Hizb-i Qur'oniy"i ham o’sha turdan. Buni bunday nashr qilish uchun avliyolardan bo’lgan marhum Hofiz Ali buni tez chop etishni istadi. Chunki butun Qur'onning Risola-i Nurning kashfi bilan xatida bir nav tavofuq mo’'jizasi borligidan uni chop etib chiqarish uchun ushbu hizb-i Qur'oniyning bir muqaddimasi, xushxabarchisi sifatida bosib chiqarishdi. Hozirgi Xusravning qalami bilan yozilgan, juda g’aroyib va tavofuq jihatida mo’jizotli Qur'onimizning o’n besh yildan beri chop etilishga harakat qilyapmiz. Lekin aksar Nurchilar faqir bo’lishgani va fotograf bilan chop etish kerak bo’lgani uchun, yigirma besh ming banknot xarajat kerak bo’lgani uchun, Hizb-i Qur'onimiz muqaddima sifatida avvalroq, mo’'jizali Qur'onimizning xushxabarchisi sifatida chop etildi. Bu mo’'jizali Qur'onimizni ham Diyonat Riyosati tekshiribdi, juda yoqibdi. Istanbuldagi fatvo doirasidagi musxaflar tadqiqi ulamolari o’ta chiroyli deyishgan. O’ta go’zal tadqiq etib tahrir qilingan holda qaytarib berishdi. Inshaalloh yaqinda ushbu Qur'onimiz bosilib, Nuriy hadya sifatida Islom olamiga nashr qilinadi.
O’zini bildirmagan kishi shubhalangan:
Ikkinchi Masala:Juda ko’p Nurchilarning haddimdan yuz daraja ortiq husn-i zonlari bilan mendan deb bilishgan fahrlanadigan sifatlarni yuz marta ularning yuzi-ko’zi demay rad etganman. Lekin yigirma sakkiz yil siyosatchilar, Risola-i Nurning faqat iymoniy va uxroviy yo’lini madaniylashish fikriga to’g’ri kelmagani uchun qamoqlar, mahkamalar, bosimlar, aslsiz bo’htonlar bilan Nurchilarni ko’rqitib, meni obro’sizlantirish maqsadida Risola-i Nurni nashr ettirmaslik uchun, tenggi yo’q vaziyatga solishdi.
Yarim ummiy, tuhmat ostida va Nur shogirdlarini batamom qochirmaslik uchun menga madhini shaxsimdan rad qilaman. Ular Nurlarga oid. Siz ko’rgan ustunliklar meniki emas, Risola-i Nurnikidir. U esa Qur'oni Hakimning bir haqiqatining tafsiridir. Har asrda dinga va iymonga to’liq xizmat qilgan mujaddidlar kelishgani kabi, bu ajib va qo’mitachilik va zalolatning ma'naviy shaxsining tajovuzi vaqtida bir ma'naviy shaxs mujaddid bo’lishi kerak. Eski davrga o’xshamaydi. Shaxs qanchalik g’aroyib bo’lsa ham, ma'naviy shaxsga qarshi mag’lub bo’lishi mumkin. Risola-i Nurning bu jihatda bir nav mujaddid bo’lishi kuchli ehtimoli bo’lgani uchun, u sifatlar, xosho-Xudo saqlasin, mening haddim emas. Balki ko’p marta yozganimdek, mening hayotim Risola-i Nurga bir jihatdan urug’ bo’lishi mumkin. Qur'onning fayzi bilan, Janobi Haqning ehsoni bilan shu urug’dan Ilohiy ijod bilan Risola-i Nurning mevali, qiymatli daraxt hukmiga o’tishidir. Men bir urug’ edim, chiridirm ketdim. Butun qiymat Qur'oni Hakimning ma'nosi va haqiqatli tafsiri bo’lgan Risola-i Nurga oiddir.
O’zini bildirmagan kishining uchinchi shubhasi:Katta Jihodning va Sabilu-r Rashodning nashr etganidek men e'lon qilibman: dinga, iyimonga xizmatni va Risola-i Nurni emas dunyo siyosatiga, balki ma'naviy kamolot va oliy maqomlarga vosita qilmaganim kabi... hamma qabul qilgan uxroviy saodat va Jahannamdan qutulishga vasila qilmaslik va faqat Ilohiy amr va rizo-i Ilohiydan boshqa hech narsaga vosita qilmaslik, bu davrda Nurning haqiqiy kuchi hisoblangan haqiqiy ixlosni muhofaza qilishga meni majbur qilganki: Siddiqi Akbar (R.A.) "Mo’'minlar Jahannamga tushmasligi uchun, ularning o’rniga azob chekish uchun Allohdan vujudimni Jahhamda kattalashtirshini istayman", deb aytgan muqaddas fidokorligining bir zarrasini o’zimga qozontirish uchun, iymon bilan Jahannamdan bir necha kishining qutulishi uchun Jahannamga kirishni qabul qilaman deganman. Zotan ibodat, Jannatga kirish va Jahannamdan qutulish uchun qilinmaydi, buziladi. Balki rizo-i Ilohiy va amr-i Rabboniy uchun bajariladi.
Yana Hizb-i Qur'onimizning mavzuiga qaytamiz:
Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning buyuk qo’mondoni Hazrati Usoma Raziyallohu Anhu bir kun "hamd"ga oid, bir kun "istig’for"ga oid oyatlar, bir kun "tasbeh"ga oid, bir kun "tavakkul"ga, bir kun "salom" lafziga, bir kun "tavhid" va "La ilaha illa hu"ga oid, bir kun "Rab" kalimasiga tegishli butun Qur'onning turli suralaridan hizbi Qur'oniy chiqarib, o’ziga vird qilganlar. Demak bunday hizblarga Payg’ambariy izn (Alayhissalotu Vassalam) bor.
Bizning hizb-i Qur'onimiz iymon haqiqatlariga doir oyatlarni, xususan suralarning boshidagi oyatlarni jamlagani uchun boshda بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ yozilgan. Bu hizb, to’liq Qur'onni o’qishga katta shavq beradi. Nuqson keltirmaydi. Yigirma kunda o’qilishi istalgan ba'zi iymoniy oyatlarni ushbu hizbda bir-ikki kunda o’qilgani uchun, vaqti kelib butun suralarning boshida bir qancha oyatlari bilan birga Risola-i Nurning asoslari bo’lgan ba'zi iymoniy oyatlarni o’zimga vird qilgan edim. So’ng bir hizb suratiga kirdi.
Majhul kishi, ilmiy izzatni fir'avnchalarga qarshi muhofazamni xudbinlik deb tasavvur qilibdi. Nur talabalari haqida husn-i zonlarini batamom rad qilmaganimni "men"lik deb xayol qilibdi. Iymon haqiqatlariga doir bayonlarimga talabalarning to’liq ishonishi va qanoat hosil qilishi uchun valiylar va ba'zi oyatlardan olgan mingga yaqin belgi va ishoratlarni izhor qilishga majbur bo’lganim uchun, bir qanchasini xos qardoshlarimga bayon qilishimni bir nav obro’talablik deb o’ylabdi.
Bu davrda dinsizlik hisobiga, "men"lik fir'avnlashgan darajada, iymon va Risola-i Nurga hujumlari davrida ularni yo’qotishga harakat qilgan holatimda tavozu' va kamtarlik qilish katta jinoyat va xiyonatdir. Tavozu', kamtarlik o’rnida yomon axloq bo’ladi. Ularga qarshi diniy izzatni va ilmiy sharofatni muhofaza qilish uchun qahramonlarcha matonat bilan ma'naviy quvvat ko’rsatilsa, hech obro’talablik bo’ladimi?! U kishi tasavvur qilganidek, shuhratparastlik va xudbinlik bo’ladimi?!
Risola-i Nurga muhtoj, iymonini quvvatlash va qutqarish uchun Nurlarni qidirgan kishilarga, o’ntadan uch yoki to’rt kishi shaxsimga qaramay Nurdagi qat'iy hujjatlar bilan kifoyalangani kabi, besh-olti dona hujjatlarning qiymatini bilmagani uchun, mening shaxsimga qaraydi. "Bizni aldadimi ajabo, yo’qsa haqiqat gapiryaptimi?" deb, sahxsimga husn-i zonlarini rad etmaslikka majbur bo’lganim uchun, shaxsimning yashirin yomonliklariga parda tortish xudbinlik bo’ladimi?!
وَمَا اُبَرِّىءُ نَفْسِى اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّوء اِلاَّ مَا رَحِمَ رَبِّى
oyati karimasining sirri bilan, nafs-i ammoramga ishonmayman.
Nafs kamchiliksiz bo’lmaydi. Lekin hozirgi davrda ajdarholar, ifritlar hukmida dinsizlik qo’mitalarining hujumlari va buzg’unchiliklari paytida mudofaamda, menda ko’rilgan pashsha qanotichalik kamchiliklarni aytish, hujum qilganlarga yordam berish hisoblanadi. O’nta muhtoj kishidan besh-olti bechorani Nurning dorilaridan mahrum qilishdir. Bu nuqta uchun men o’z kuchimga, ustunligimga umuman ishonmay, faqat Qur'oniy haqiqat va uning tafsiri bo’lgan iymon haqiqatlaridagi kuchga tayanib, dunyoga e'lon qilamanki: Butun dinsizlar to’plansa, men ularga qarshi chekinmay kurash e'lon qilaman. Boshimni egmayman va ilmiy izzatni ketkazmayman. Agar bu bir "men"lik bo’lsa, u hech bir jihatda menga oid emas va xudbinlik bo’lmaydi. Iymoniy salobat bo’ladi. Zotan men tabiatni ijod tomonidan inkor etaman va Risola-i Nur buni qat'iy isbotlagan. Shuning kabi, insonni g’ururga, xudbinlikka, fir'avnlikka olib borgan iqtidorni ham tabiat kabi inkor qilaman.
Lekin insonning duosi, fe'liy duo turidan samimiy ehtiyoj bilan juz'iy kasbi, maqbul duo hukmiga o’tadi. Uni ham Janobi Haq qabul qiladi, kashf deb nomlangan insonga kerakli g’aroyibliklarni ehson qiladi deb qat'iy dalillar bilan usulu-d din ilmi ulamolari, qadar va juz'iy ixtiyor mavzuida isbotlagani kabi... men ham ayna-l yaqin darajasida qat'iy xulosam bilan, Qur'oniy fayz bilan Risola-i Nurning hujjatlari bilan avvalo o’z nafsimda, so’ng har kimda bo’lgan "men"lik va iqtidorning, ijod, ehson va tavfiqi Ilohiyning faqat bir pardasi ekanini qat'iy bilganim uchun, Nurlar va qardoshlarimga e'lon qilganmanki: Men urug’ edim, chiridim. Ojizlik, ehtiyoj, samimiy istash va fe'liy duo qilganim natijasida Janobi Arhamu-r Rohimiyn Risola-i Nurni shu urug’dan yaratib ehson etdi.
Nurning maktublaridagi butun maqtovli fikrlar o’sha nuroniy daraxtga oiddir. Mening hissam qat'iyyan hech bir jihatda fahr bo’lolmaydi. Balki faqat va faqat shukr bo’ladi. Shunday ekan, koinot sanog’icha "Ash-shukru lillah, Alhamdulillah"...
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Avvalo:Ko’p belgilar va ba'zi hodisalar bilan qat'iyyan yuzaga chiqqanki, nurning xos talabalaridan ba'zilarining zaif tomonini topib Nuriy xizmatdan voz kechirish yoki zaiflashtirish uchun Nurning va Nur talabalarining dushmanlarining ko’p rejalari bor. Ibrat olinadiga bir-ikki namunani bayon qilamiz.
Birinchi Namunasi:Nurlarga qattiq aloqasi bo’lgan bir necha xos qardoshimizning e'tiborini, fikrini boshqa tomonga yoki zavqli va ruhoniy yo’l bilan mashg’ul qilishyapti. Iymon xizmatini zaiflatish uchun ba'zi shaxslar jodu deyilgan o’liklar bilan gaplashish nomi ostida jinlar bilan xabarlashish, hatto ba'zi buyuk avliyolar bilan, hatto payg’ambarlar bilan go’yo gaplashyapmiz deb, eski davrda kohinlik deyilgan, hozir ruhlar bilan gaplashish deyilgan bu masala bilan ba'zi qardoshlarimizni mashg’ul qilishyapti. Holbuki:
Bu masala, falsafadan va ajnabiylardan kelgani uchun, ahl-i iymonga ko’p zarari bor va ko’p suiiste'mollarga manba bo’lish bilan birga, ichida bir to’grisi bo’lsa, o’n yolg’on aralashadi. Chunki to’g’ri bilan yolg’onni ajratadigan o’lchov, miqyos bo’lmagani uchun, habis ruhlar va shaytonga yordam bergan jinlarning bu vasila bilan ham u bilan mashg’ul bo’lgan qalbiga, hamda Islomiyatga zarar berish ehimoli bor. Chunki ma'naviyat nomiga Islomiyat haqiqatlariga va omma aqidasiga muxolif xabarlar bo’ladi. Habis ruhlar bo’lsada, o’zini toyyib ruhlardan deb ko’rsatib, balki o’zlariga ba'zi buyuk valiylar nomini berib, Islomiyatning asoslariga muxolif so’zlar bilan zarar berishga urinadi. Haqiqatni o’zgartirib, sofdil kishilarni to’liq alday olishadi.
Masalan: Quyosh kichik oyna parchasida ziyosi, harorati, shakli bilan ko’rinadi. Lekin kichik oyna ichidagi quyoshning kichik timsoli agar o’z nomidan gapirib, "Mening ziyoim dunyoni istilo qılyapti, haroratim hamma narsani isityapti va yer yuzidan bir million martadan ham kattaroqman", desa, qay daraja xilofi haqiqat ekani anglashiladi.
Aynan bu misol kabi: Bir payg’ambar quyosh kabi haqiqiy maqomida bo’lib, jodu yoki sehrning oyna parchasi kabi iste'dodiga ko’ra bir jilvasining yuzaga chiqqani uchun haqiqat nomidan gapira olmaydi. Agar gapirsa, yuz daraja muxolif bo’ladi. Jodu yoki sehrning qisman jilvasi, vahiyga sazovor bo’lgan ma'naviy quyoshning muqaddas mohiyatiga hech bir jihat bilan qiyos qilinmaydi. Chunki asfal-i sofilindagi oyna parchasi, ma'nan a'lo-i illiynda bo’lgan ma'naviy quyoshning haqiqatining yoniga keltira olmaydi. Keltirishga urinish hurmatsizlikdan boshqa narsa emas. Faqat uning maqomiga yaqinlashish uchun Jaloliddin Suyutiy va bir qancha avliyolar kabi sayr-u suluk bilan taraqqiy etib, ma'naviy quyoshning suhbatiga sazovor bo’linadi. Lekin bunday taraqqiy Risola-i Nurning isbotlaganidek Payg’ambarning valiyligi bilan bir nav’ suhbat o’z darajasiga ko’ra va o’z iste'dodlari darajasida bo’ladi.
Lekin nubuvvat haqiqati valilikdan qay daraja yuksak bo’lsa, jodu vositasida yoki ruhiy taraqqiyot jihati bilan sazovor bo’lingan suhbat va xabarlashish ham, hech bir jihatda haqiqiy Payg’ambar bilan xabarlashishga yetisha olmagani uchun, shariatning yangi hukmlariga sabab bo’lgan hukm bo’la olmaydi.
Dindan kelib chiqmagan, balki falsafaning xossalaridan kelgan ruhlarni chaqilish ham xilofi haqiqat, ham xilofi odob harakatdir. Chunki a'lo-i illiynda va muqaddas maqomlarda bo’lgan zotlarni asfal-i sofiliyn hukmidagi xonasiga va yolg’onlar joyi hisoblangan o’yinchoq tahtasiga keltirish, tom xiyonat va hurmatsizlikdir. Xuddiki bir podishohni, kulbachasiga chaqiirib olib kelishga o’xshaydi.
Balki ayn-i haqiqat, adab, hurmat va istifoda shuki - Jaloliddin Suyutiy, Jaloliddin Rumiy va Imom Rabboniy kabi zotlarning sayr-u suluki ruhoniylari kabi sayr-u suluk bilan yuksalib u muqaddas zotlarga ergashish va istifoda qilish hidoblanadi.
Sodiq tushda habis ruhlar va shayton, payg’ambar suratida tamassul qila olmaydi. Lekin ruhlarni chaqirishda, habis ruhlar, balki payg’ambarlarning lisonan ismini taqib, sunnat-i saniyya va shar'iy ahkomlarga muxolif gapirishi mumkin. Agar bu gapirishi shariatning hukmlari va sunnat-i saniyyaga muxolif bo’lsa, to’liq dalildirki, papirgan toyyib ruh emas, mo’'min va musulmon jin ham emas, habis ruhdir. Bu ko’rinishda taqlid qiladi.
Ikkinchidan:Hozir Nur talabalari bunday masalalarda darsga muhtoj emas. Risola-i Nur hamma narsaning haqiqatini bayon qilgan. Boshqa izohlarga ehtiyoj qoldirmagan. Risola-i Nur ularga kifoya qiladi. Lekin Nur talabasi bo’lmaganlar ayni xabarlashuvda shariat ahkomi va sunnat-i saniya asoslariga muxolif talqinlarni tinglamasliklari kerak va shartdir. Yo’qsa katta xato bo’ladi.
Bir Eslatma:Bu maktubdagi ruhlar bilan gaplashish masalasiga qarshi qilingan qattiq tanqid, ajnabiylarning fan va falsafadan, sehr va jodudan kelib chiqqan va ma'naviy shakl kiygan yo’nalishga qarshidir. Yo’qsa Islomiyat, tasavvuf, ahl-i tariqatdan kelib chiqqan va bir daraja ruhlar bilan xabarlashishga o’xshagan va noahl kishilarning kirishi bir daraja suiiste'mol etilgan va juda oz so’fiylarning so’fiyligiga qarshi emas.
Garchi ularda ham bir jihatda ba'zilar uchun zarar bo’ladi. Lekin narigisidek hech bir jihatda aldaydigan emas va Islomiyatga hech bir jihatda zarari yo’q. Ajnabiylardan kelgan yo’nalish esa ham tariqat, ham Islomiyatga qarshi bo’lgani uchun, sofiylarning yo’lini ham buzishga urinyapti va tubanlashtiryapti. Ahl-i tasavvufning zaif va to’liq sunnatini bajarmagan qismi e'tiborli bo’lishsin, o’zlarini ularga o’xshatishmasin.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Mahkama Raisiga:
Juda uzun va mazlum hayot mojarolarimga doir quyida o’ta qisqa ifodamni tinglashingizni iltimos qilaman. Yigirma sakkiz yil mislsiz xiyonatlarning, bosimlarning, qamoqlarning ko’rsatgan sabablaridan
Birtinchisi:Meni rejimga qarshi, deb ayblashdi. Bunga javoban aytamizki:
Har bir hukumatda muxoliflar bo’ladi. Osoyishtalikka xavf solmaslik sharti bilan, har kim vijdoni, qalbi bilan qabul qilgan usuli, fikri bilan javobgar bo’lmaydi. Chunki dinida eng mutaassib va zolim hukumat bo’lgan Angliyaning yuz yil hokimiyati ostida bo’lgan yuz milliondan ko’proq Musulmonlar, Angliyaning kufriy rejimlarini Qur'on bilan rad qilishgan va qabul qilishmagan bo’lsada, Ingliz mahkamalari hozirgacha ularga bu jihatda aralashmadi.
Bu millatda va ushbu Islomiy hukumat ichida eskidan beri bo’lgan Yahudiylar va Nasroniylar bu millatning diniga va muqaddas rejimiga muxolif, zid va qarshi bo’lishsada, hech qachon mahkama qonunlari bilan ularga o’sha jihatda teginmagan. Hazrati Umar (R.A.) xalifalik davrida oddiy Xristian bilan birga mahkamada muhokama bo’lganlar. Holbuki u oddiy Xristian Musulmonlarning ham muqaddas rejimiga, diniga, qonunulariga muxolif bo’lsada, mahkamada uning muxolifligi e'tiborga olinmasligi ko’rsatadiki mahkama hech qachon hech bir jarayonga vosita bo’lmaydi, hech bir tarafgirlik ichiga kirmaydi; Xalifa-i ro’yi zamin oddiy kofir bilan muhokama bo’lgan.
Men ham yuzlab Qur'oniy oyatlarga tayanib Qur'onning muqaddas qonunlari o’rniga, madaniyatning buzuq qismidan anarxistlik hisobiga va bir nav bolsheviklik nomiga mutlaq istibdod ma'nosida Jumhuriyatdagi hurriyat pardasi ostida dindorlar uchun ashaddiy zulmga vosita bo’ladigan vaqtinchalik rejimga nafaqat men, balki butun vijdoni borlar muxolifdir. Muxolafat hech bir hukumatda ayb hisoblanmaydi.
Ikkinchisi:Osoyishtalikni buzish, tinchlikka xavf solish bahonasi bilan menga o’ttiz yil jazo chektirishdi. Bunga javoban aytamanki:
Mahkama tekshirishi natijasi, besh yuz ming fidokor Nur talabalari bo’lsada, yigirma sakkiz yil ichida buncha zolim xiyonatlarga uchragan bo’lsakda, Nurchilarga aloqador bo’lgan olti viloyat, olti mahkama hech bir muammo chiqarganini qayd qilishmagani, ko’rsata olishmagani isbotlaydiki: Nurchilar - osoyishtalikning muhofizlaridir. Iymon darsi bilan hammaning boshiga bir posbon qo’yishadi. Osoyishtalikni muhofaza qilishadi. Uch viloyatning insofli zobitlari buni tasdiqlaganlar.
Uchinchisi:Dinni siyosatga vosita qilishni istayapti, deb meni aybdor qilishyapti. Sabilu-r Rashodning 116-sonidagi "Haqiqat Gapiryapti" nomli maqolam bunga qat'iy javobdir. Maqolaning xulosasi quytidagicha:
Javob:Butun dunyosini, hatto kerak bo’lsa o’z shaxsiy oxiratini dinga fido qilishga butun hayoti guvohlik qilgan va o’ttiz besh yildan beri siyosatni tark etgan va besh mahkama bu masalaga doir qat'iy dalil topa olmagan bo’lib, sakson yoshdan o’tgan, qabr eshigida, dunyoda hech narsaga egalik qilmagan odam haqida dinni siyosatga vosita qilyapti deganlar, yerdan ko’kkacha haqsiz, insofsizdirlar. Bu tuhmatlari bilan birga u kishi haqida go’yo osoyishtalik va tinchlikni buzishni istayapti deyaptilar. Holbuki u kishining Qur'oni Hakimdan olgan haqiqat darsi va talabalariga bergan darsi quyidagicha:
Bir uy yoki kemada bitta ma'sum va o’n jinoyatchi bo’lsa, Qur'oniy adolat ma'sumning haqqiga zarar kelmasligi uchun uyni buzishni va kemani cho’ktirishni man qiladi. To’qqiz ma'sumni bitta jinoyatchi sababli yo’q qilish suratida uyni yoqish va kemani cho’ktirish eng azim zulm, xiyonat, haqsizlik bo’lgani uchun, ichki osoyishtalikni buzish suratida yuzda o’n jinoyatchi sababli to’qson ma'sumni tahlika va zararlarga uchratish, Ilohiy adolat va Qur'oniy haqiqat bilan qattiq man qilingani uchun, biz butun kuchimiz bilan, shu Qur'oniy dars asosida osoyishtalikni muhofaza qilishga o’zimizni dinan majbur deb bilamiz.
Ushbu uch-to’rt modda bilan bizni ayblaganlar va keraksiz, mahkamalarni biz bilan mashg’ul qilgan yashirin dushmanlarimiz shubha yo’qki, siyosatni ham dinsizlikka vosita qilishni istayapti. Yoki komunist pardasi ostida bu muborak vatanda bilib yoki bilmay anarxistlikni joylashtirishni xohlashyapti. Chunki bir musulmon Islomiyat doirasidan chiqsa, murtad va anarxist bo’ladi, ijtimoiy hayotga zaharga aylanadi. Chunki anarxiya hech qanday haqni tan olmaydi, insoniyat sifatlarini jonivor hayvonlar fe'liga aylantiradi. Oxirzamonda keladigan Ya'juj va Ma'jujning qo’mitasi, anarxistlar ekaniga Qur'on ishorat qiladi.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarimiz!
Avvalo:Qur'onning harflari naqshidagi bir nav mo’'jizasini ko’zga ko’rsatadigan tarzda yozdirilgan va bu davrda izhor qilingan mo’'jizali va tilla muqovali Qur'onimiz avval chop etilish uchun Olmoniyaga jo’natilgan va Istanbulda ham g’ayrat qilinsada, uch rangda chop qilish ko’p xarajati talab qilgani uchun, to’xtab qolgan edi. Bu safar matbaa ishlarida rivojlangan Italiyaga namuna uchun bir juz' jo’natildi. Istanbulda mumkin bo’lsa chop etishga takror tashabbus qilindi. Hozircha bir rangda ayni tavofuqni muhofaza qilib chop etilishiga boshqa yerda boshlanadi. Undan so’ng inshaalloh to’liq tilla muqovali va uch rangda Misr va Olmoniya yoki Italiya kabi joylarda chop etiladi.
Ikkinchidan:Qur'onning arabiy tafsiri va Risola-i Nurning Arabiy "Masnaviy-i Sharif"i bo’lgan "Zulfiqor" kattaligida va oltin bilan yozilishga loyiq majmua ham inshaalloh ko’paytiriladi. Ushbu juda g’aroyib, o’ta ahamiyatli, g’oyat muhim, har bir mavzui bir kitob va risola bo’ladigan darajada o’ta i'zojli, qirq yil avval ta'lif etilgan bu asarlarni o’sha davrning haqiqiy, mashhur, buyuk ulamo va mashoyixlari ham to’liq taqdir va tahsin etishgan. U risolalardan bittasi haqida "Bu bir qatra emas, dengizdir", deb favqulotdaligini izhor qilish bilan birga, to’liq tushunishdan ojiz ekanliklarini idrok etishgan. Risola-i Nurning ushbu o’ta muhim ikki ishini xushxabar beraman. Muvaffaq bo’lish uchun duolaringizni kutamiz. Umumingizga juda ko’p salom aytib, muvaffaqiyatlar tilaymiz.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshlaringiz
Jaylon, Zubayr
* * *
[Bu maktub Samsunda tarqalgan Katta Jihod gazetasida chiqqan. Tuhmatchilarning qistovi bilan Samsunda sud qilinishga sabab bo’lgan. Sudlash oqlanish bilan tugagan.]
Islom Olamining xaloskori, ahl-i iymonning sartoji, Risola-i Nurning tarjimoni
Ustozimiz Badiuzzamon Said Nursiy Hazratlariga!
Bu safar dindor Demokratlarning dalolati bilan Afyon Mahkamasi xulosasiga ko’ra Risola-i Nurning ozodligiga, butun risolalar, maktub va majmualar aybdor deb topilmagani uchun, qaytarib berishga hukm qilinishini yillar avval siz e'lon qilgan "Risola-i Nur meniki emas, Qur'onning mulkidir. Qur'onning fayzidan kelgan. Hech qanday kuch uni Onado’lining siynasidan sug’urib ola olmaydi. Rislola-i Nur Qur'onga bog’liq, Qur'on esa Arsh-i A'zamga bog’langan. Uni u yerdan chiqarishga kimning haddi sig’adi?" degan haqiqatli bayonotingizning ochiq ko’rinishi va ushbu ulug’ xizmatingizning Ilohiy va Qur'oniy ekanining porloq dalili deb bilib, ushbu oqlanish hukmining Islom olami, xususan bu Islom millatining saodatlarining boshlanishi bo’lgani uchun, boshda butun borligi bilan bu vazifalarni kutgan va Nur oilasiga rais va haqiqatlar daryosiga kapitan tayin etilgan va kufr zulmati bilan tug’yonga ketgan bashariyatga yo’lboshchi ehson etilgan aziz, sevgili Ustozimiz va bunga vasila bo’lib ahli iymonni o’zlariga do’st va tarafdor aylagan dindor Demokratlarni va odil sudyalar hay'atini so’ngsiz minnatdorliklar bilan tabriklab, arz qilamizki:
Siz uzun yillardan beri taraqqiy va yuksalish uchun harakat qilgan va bu yo’lda nafsu jonini fido qilgan Qur'oniy haqiqatlarning bugun bir mamlakat, millat miqyosida iymon ahlining qalblariga sevinchlar keltirgan favqulotda yoyilishi, xizmatiga xodim qilingan va amalda muvaffaq bo’lgan qudsiy da'vo va xizmatingizning naqadar yuksak va porloq ekanini quyosh kabi isbot qiladi.
Yigirma besh-o’ttiz yildan beri butun monelar va qiynoqlarga qaramay, bu qadar sabr va matonatingiz, Qur'ondan munavvar qalbingizga kelgan Risola-i Nurning nashri uchun bu qadar xizmat va kurashlaringiz, kelajak nasllarga va Islomning qahramon mujohidlariga iqtido va o’rnak namunasidir.
Qur'on quyoshining so’nmagan nurlari va abadiy yog’dulari bo’lgan Nur shu'lalari bilan jahl-u zalolat qorong’uliklarini ketkazib, millionlab qalblarni, shu nur bilan nurlantirib, ahl-i iymonni o’zingizga minnatdor ettirdingiz. Bu vatan va bu millat, bu tarih va bu tuproq sizning bu xizmatingizni, bu fidokorligingizni hech qachon unutmaydi. Abadiyat olamiga ko’chganingizda ham, sizning bu xizmatingiz urug’ bo’lib, undan otilib chiqqan oliy shajara kabi har tomonni qoplaydigan va nur daraxtining atrofiga to’plangan buyuk jamoatlar va Risola-i Nurning yuksalgan abadiy shu'lalari xizmatigizni ilal abad va yanada porloq va ehtishom bilan davom etishadi.
Siz Risola-i Nurning tarjimoni sifatida va iymon xizmatingizning Islom ufqlarida porlashi jihati bilan bu asrning hidoyat sardorisiz.
Qur'oni Karimning o’n to’rtinchi asr-i Muhammadiydagi aziz dalloli va mudhish davrning dahshatli zulmatlariga qarshi nuri Qur'on bilan javob bergan buyuk fidokori va Risola-i Nurni yuz minglar nusxalarini yuz minglar talabalarining qalamlari bilan har tarafga tarqatib dinsizlikka va mutlaq kufrga qarshi Qur'oniy to’siq ta'sis etgan muhtasham qahramon sevgili Ustozimiz!
Olamlarga rahmatlar va saodatlar keltirgan va bashariyatga salomat va tasallilar baxsh etgan muqaddas xizmatingizda ahli iymonga chiqishini xushxabar berib isbot etganingiz va belgilari ko’rinishni boshlagan va butun qit'alarga yoyilgan Islom hokimiyatining nurli va buyuk bayramini butun ruhimiz bilan tabriklab, Janobi Haqdan uzun umrlaringizga duolar qilib, qo’llaringizdan ta'zim bilan o’pamiz.
Anqaqa Universiteti
Nur Talabalari
* * *
Qalbga eslatilgan ijtimoiy hayotimizga oid bir haqiqat
Bu vatanda hozir to’rt partiya bor. Xalq, Demokrat, Millat va Ittihod-i Islom partiyalari.
Ittihod-i Islom partiyasi:Yuzda oltmish-yetmishi to’liq dindor bo’lish sharti bilan, hozirgi siyosat boshiga o’tishi mumkin. Dinni siyosatga vosita qilmaslikka, balki siyosatni dinga vosita qilishga harakat qilishi kerak. Lekin ko’p vaqtdan beri Islomiy tarbiyaning zaiflashi sabab va hozirgi siyosatning jinoyatiga qarshi dinni siyosatga vosita qilishga majbur bo’ladi. Shuning uchun hozircha bu partiya boshga kelmasligi kerak.
Xalq partiyasi:Qonunlar pardasida ba'zi mansabdorlarga haqiqatdan ajib va zavqli bir umumiy pora berishgani uchun, yigirma sakkiz yillik butun jinoyati bilan boshqalaring jinoyati, Ittihodchilarning va masonlarning yomonliklari ham bu partiyaga yuklangan bo’lsada, Demokratlarga bir jihatda g’olib kelyapti. Chunki qullikning nuqsonlari bilan "men"lik kuchga to’ladi, namrudchalar ko’payadi. Ushbu "men"lik davrida mansab haqiqatda xizmatkorlik bo’lsada, bir qancha xodimlarga hokimiyat, kattalik, namrudchilik bilan nafsga shirin hokimiyat martabasini pora sifatida bergani uchun, butun ajib jinoyatlar va o’zidan bo’lmagan gazetalarning nashriyoti bilan birga menga qilingan muomalalaridan his qildimki, bir jihatda ma'nan Demokratlarga go’lib kelishyapti. Holbuki Islomiyatning bir asosiy qonuni bo’lgan hadisi sharifda سَيِّدُ الْقَوْمِ خَادِمُهُمْ ya'ni, mansab amirlik, raislik emas, millatga xizmatkorlikdir. Demokratlik, vijdon erkinligi, Islomiyatning ushbu asosiy qonuniga tayanadi. Chunki kuch qonunda bo’lmasa, shaxsga o’tadi. Istibdod - mutlaq istakka bog’lanadi.
Millat partiyasi:Agar turkchilik, Ittihod-i Islomdagi asos bo’lgan Islomiyat millati ichida birlashgan millatga aylansa, u Demokratlar bo’ladi. Dindor Demokratlarga qo’shilishga majbur bo’ladi. Farang illati deb ta'bir etilgan irqchilik, unsurchilik fikri bilan Ovrupo, Islom olamini parchalash uchun ichimizga ushbu farang illatini emlagan. Lekin bu kasalllik va fikr, o’ta shirin va jozibador ruhiy holat bergani uchun, juda ko’p zararlari va tahlikalari bilan birga, zavq uchun har millat katta-kichik bu fikrga istiyoq ko’rsatishyapti.
Hozirgi Islomiy tarbiya zaiflagani va madaniy tarbiya g’alaba qilgani uchun, aksariyat ovoz berib boshga o’tsa, kamchilik va faqat yuzda o’ttizi haqiqiy turk bo’lgan va yuzda yetmishi boshqa unsurlarga mansublar, ham haqiqiy turklarning, ham Ilomiy hokimiyatga qarshi urush ochishga majbur bo’ladi. Chunki Islomiyatning bir asosiy qonuni bo’lgan ushbu oyati karima: وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى hisoblanadi. Ya'ni bir kishining aybi bilan boshqa odam javobgar va mas'ul bo’lmaydi. Holbuki irqchilik hissi sababli bir kishining jinoyati bilan ma'sum qardoshini, balki qarindoshini, balki ashiratidagi kishilarni o’ldirishga o’zini haqli deb biladi. O’sha vaqt haqiqiy adolat qilinmagani uchun, qattiq zulmga yo’l topadi. Chunki Islomiyatning bir asosiy qonuni "Bir ma'sumning haqqi, yuz jinoyatchiga fido qilinmaydi" deydi. Bu esa juda ahamiyatli vataniy masala hisoblanib, Islomiy hokimiyatga katta tahlikadir.
Modomiki haqiqat bunday ekan, ey dindor va dinga hurmatkor Demokratlar! Siz bu ikki partiyaning o’ta kuchli, zavqli va jozibali tayanch nuqtasiga javoban yanada moddiy-ma'naviy jozibaliroq tayanch nuqtasi hisoblangan Islomiy haqiqatlarni tayanch nuqtasi qilishga majbursiz. Yo’qsa eski vaqtlar siz qilmagan jinoyatlarni eski partiyaga yuklashgani kabi, bo’yningizga yuklab Xalq partiyasi tarafdorlari irqchilikni qo’lga kiritib, sizni to’liq mag’lub qilish ehtimoli kuchli ekanini his etdim va Islomiyat uchun xavotir olyapman.
(Hoshiya):Eskilarning keraksiz o’zboshimcha qonunlari va suiiste'mollari natijasida, balki qistovlari bilan yuzaga chiqqan Tijani masalasini va og’ir jazolarini dindor Demokratlarga yuklamaslik va Islom olami nazarida Demokratlarni yiqitmaslikning yagona chorasi, o’zimcha quyidagicha deb o’ylayman:
Azon-i Muhammadiy (A.S.M.) nashri bilan Demokratlar o’n daraja kuchga to’lgani kabi, Ayasofiyani ham besh yuz yil davom etgan muqaddas vaziyatiga aylantirish bo’ladi. Islom olamida juda yaxshi ta'sir qilgan va bu vatan aholisiga Islom olamining chiroyli qabulini qozontirgan, yigirma yil mahkamalar bir zararli tomonini topa olishmagani va besh mahkama oqlashga hukm qilishgan - Risola-i Nurning rasman erkinligini dindor Demokratlar yaraga malham qo’yib, e'lon qilishlari kerak. O’shanda Islom olamining e'tiborini qozonishgani kabi, boshqalarning zolimona yomonligi ham ularga yuklanmaydi degan fikrdaman.
Dindor Demokratlar, xususan Adnan Mandaras kabi kishilarning hurmati uchun o’ttiz besh yildan beri men tark qilgan siyosatga bir-ikki kun qaradim va buni yozdim.
Said Nursiy
Bu haqiqatga yaqindan guvoh bo’lib, tasdiq qilgan Risola-i Nur talabalari:
Mahmud Chalishkan, Mustafo Ajat, Hamza, Sodiq, Halim
Rashid, Ahmad Xusrav, Sungur, Tohiriy, Nuriy va boshqalar...
(Hoshiya):Ustoz aytadilarki: Ushbu ijtimoiy, siyosiy masala qisqacha eslatildi. Buzg’unchilikda keraksiz zararli so’zlarni siz almashtirarsiz. Markazlardan munosib ko’rgan joylaringizni yomon ta'sir qilmaslik sharti bilan jo’nata olasiz.
* * *
[Ustozimiz Badiuzzamon Said Nursiy Samsunda tarqalgan Buyuk Jihod gazetasida nashr etilib, u yerda sudga berilgan ushbu mudofaani Istanbul mahkamasida o’qigan va mahkama oqlab nihoyasiga yetgan.]
Yashirin dushmanlarimiz ushbu Ramazon-i Sharifda takroran adliyani menga qarshi qayrashdi. Masala esa bir yashirin komunist qo’mitasiga aloqadordir.
Bir masala quyidagicha:Batamom qonunga qarshi, meni bir o’zim va yolg’iz qirda va tog’da o’tirganimda, yonimga uch qurolli jandarma bilan bir katta serjantni jo’natishdi. "Sen boshingga shapka kiymayapsan", deb majburan ichki ishlar bo’limiga olib ketishdi. Men adolatni ko’zlagan butun adliyalarga aytamanki:
Besh tomonlama qonunsizlik qilib, qonun nomidan besh tomondan Islom qonunlarini toptagan haqiqiy qonusizlik bilan ayblanish kerak ekan, ularning ajib qonunsizligi va bahonasi bilan ikki yildan beri vijdoniy azob chektirishgani uchun, albatta hashr mahkama-i kubrosida buning jazosini chekishadi.
Dunyoda qaysi qonun o’ttiz besh yildan beri yakka bo’lsada, hech bozor va qishloqlarda aylanmagan kishini, "Farang bosh kiyimini kiymayapsan" deb ayblashga ruxsat beradi? Yigirma sakkiz yildan beri besh viloyat, besh mahkama va besh viloyat zobitlari boshiga aralashmagan bo’lsa, xususan bu safar Istanbul odil mahkamasida yuzdan ko’p politsiyachining ko’z o’ngida, yana ikki oyda hamma joyni yayov aylanganida hech bir politsiyachi va Oliy Sud "kuloh man etilmagan" deb hukm qilgan, yana barcha ayollar va boshi ochiq yurganlar va butun askarlar, xodimlar kiyishi majburiy bo’lmagan va kiyilishida hech qanday foyda bo’lmagan va mening rasmiy vazifam bo’lmagani uchun (u esa rasmiy libos) kulohni kiyganlar ham ayblanmaydi deyilgan bo’lsada, xususan yakka yashaydigan va insonlar orasiga kirmaydigan va Ramazon-i Sharifda qonunga xilof eng xunuk narsa bilan ruhini mashg’ul qilmaslik va dunyoni esga olmaslik uchun xos do’stlari bilan ham ko’rishmagan, hatto qattiq xasta bo’lsada, ruhi va qalbi vujudi bilan mashg’ul bo’lmasligi uchun, dorilarni ichmagan va hakimlarni chaqirmagan odamga shapka kiydirish, ajnabiy rohiblarga o’xshatish uchun majburlash va adliya qo’li bilan tahdid qilish, albatta zarracha vijdoni bo’lganlar bundan nafratlanadi. Masalan: U kishiga majburlagan kimsa: "Men buyruq quliman", debdi. Buyruq quliman deyish uchun o’zboshimcha majburlash qonun bilan buyruq bo’ladimi?!
Qur'oni Hakimda, boshda Yahudiy va Nasroniylarga o’xshamaslikka doir oyat bo’lib, يَا اَيُّهَا الّذِينَ آمَنُوا اَطِيعُوا اللَّهَ وَ اَطِيعُوا الرّسُولَ وَ اُولِى اْلاَمْرِ مِنْكُمْ oyati, kattalarga itoat qilishni buyuradi. Alloh va Rasulining itoatiga zid bo’lmaslik sharti bilan, itoatning buyruq quliman deb harakatlanishi kerak. Holbuki bu masalada Islomiy an'ana qonunlari xastalarga shafqat bilan muomala qilish, g’ariblarga shafqat qilish, Alloh uchun Qur'on va iymon ilmiga xizmat qilganlarga qiyinchilik tug’dirish va xafa qilmaslik buyurilgan bo’lsada, xususan yakka yashaydigan, dunyoni tark etgan kishiga ajnabiy rohiblarning bosh kiyimini kiyishga majburlash o’n tomondan emas, yuz jihatdan qonunga muxolif va Islomning an'anaviy qonunlariga qarshi qonunsizlik va o’zboshimcha buyruq hisobiga muqaddas qonunlarni toptash hisoblanadi.
Mendek qabr eshigida, o’ta xasta, juda keksa, faqir, yakka yashaydigan, sunnat-i saniyaga qarshi chiqmaslik uchun o’ttiz besh yildan beri dunyoni tark etgan odamga bunday muomalalar qat'iyyan shak-shubha qolmadiki - komunist pardasi ostida anarxistlik hisobiga vatan, millat, Islomiyat va dinga qarshi mudhish suiqasd belgisi bo’lganidek, Islomiyatga va vatanga xizmat qilishni niyat qilgan, mudhish xorijiy buzg’unchilikka qarshi urush ochgan dindor deputatlar va Demokratlarga ham buyuk suiqasddir. Dindor deputatlar diqqat qilishsin. Ushbu dahshatli suiqasdga qarshi mudofaada meni yakka qoldirishmasin.
(Hoshiya):Rusning Bosh qo’mondoni qastdan oldidan uch marta o’tgan bo’lsada tik turmagan, past ketmagan va uning qatl qilish tahdidiga nisbatan Islomiyat izzatini muhofaza qilish uchun unga boshini egmagan, Istanbulni istilo qilgan Ingliz bosh qo’mondoniga va u orqali fatvo berganlarga qarshi Islomiyat sharafi uchun qatl tahdidini bir tiyinga olmagan va "Zolimlarning hayosiz yuziga tupuring!" jumlasi va matbuot tili bilan qarshilagan, Mustafo Kamolni ellik deputat ichida g’azabiga ahamiyat bermay, "Namoz o’qimagan kishi xoindir" degan, Devoni Harbi O’rfiyning dahshatli savollariga "Shariatning tek bir masalasiga ruhimni fido qilishga tayyorman"deb, maddohlik qilmagan va yigirma sakkiz yil kofirlarga o’xshamaslik uchun yakka yashashni tanlagan Islom fidoiyi va Qur'oniy haqiqatlarning fidokor xizmatkoriga foydasiz, qonunsiz: "Sen Yahudiy va Xristian rohiblariga o’xshaysan, ulardek boshingga shapka kiyasan, butun Islom ulamolari ijmoiga qarshi chiqasan, yo’qsa jazolaymiz" deyilsa, albatta hamma narsasini Qur'oniy haqiqatlarga fido qilgan odam nafaqat dunyoviy qamoq yoki jazo va qiynoq, balki pichoq bilan bo’lak-bo’lak to’g’ralsa, jahannamga tashlansa ham qat'iyyan yuz ruhi bo’lsa, fido qilishiga butun hayot yo’li guvohlik qiladi.
Ajabo, bu vatan va dinning yashirin dushmanlari ushbu ashaddiy namrudona zulmiga juda ko’p ma'naviy quvvati bo’lgan bu fidokor zotning chidashi va moddiy kuch va manfiy harakat bilan javob bermasligining hikmati nima? Buni sizga va umum iymon ahliga e'lon qilamanki, yuzda o’n ateist dinsiz sababli to’qson ma'sum odamga zarar kelmasligi uchun butun kuchi bilan ichki tinchlik va osoyishtalikni saqlash uchun Nur darslari bilan hammaning qalbiga qo’riqchi qo’yish uchun u kishiga Qur'oni Hakim o’sha darsni bergan. Yo’qsa bir kunda yigirma sakkiz yillik zolim dushmanlarimdan intiqomimni olishim mumkin edi. Shuning uchun ma'sumlar uchun osoyishtalikni muhofaza qilish uchun hurmati, sharafini tahqirlaganlarga qarshi mudofaa qilmay: Men nafaqat dunyoviy hayotni, kerak bo’lsa oxirat hayotimni ham Islom millati uchun fido qilaman, deydilar.
Said Nursiy
* * *
[Bag’dodda chiqqan "Ad difa" gazetasining muharriri Iso Abdulqodirning arabiy maqolasining tarjimasi]
Bag’dodda chiqqan "Ad difa" gazetasi Risola-i Nur talabalaridan gapirib aytadiki:
Turkiyadagi Nur Talabalarining Ihvon-i Muslimin jamiyati bilan qanday aloqalari bor? Bir-birdan farqi nima? Turkiyadagi Nur Talabalari Misrda va arab o’lkalarida Ihvon-i Muslimin nomli Islom birdamligiga harakat qilgan jamiyatlar kabi mustaqil jamiyatmi? Ular ham ulardanmi? Javob beraman:
Nur Talabalari va Ihvon-i Muslimin jamiyatining garchi maqsadlari - Qur'oniy va iymoniy haqiqatlarga xizmat va Islom birdamligi doirasida Musulmonlarning dunyoviy va uxroviy saodatlariga xizmat qilishdir. Lekin Nur Talabalarining besh-olti jihatdan farqi bor:
Birinchi Farq:Nur Talabalari siyosat bilan shug’ullanmaydi, siyosatdan qochadi. Agar majbur bo’lishsa, siyosatni dinsizlikka vosita qilganlarga qarshi dinning muqaddasligini ko’rsatish uchun siyosatni dinga vosita qilishadi. Siyosiy jamiyatlari aslo mavjud emas.
Ihvon-i Muslimin esa: Mamlakat va vaziyat sababli siyosat bilan, din foydasi uchun shug’ullanishadi va siyosiy jamiyat ham tashkil qilishadi.
Ikkinchi Farq:Nurchilar ustozlari bilan birlashmaydi. Bunga majbur ham emas. O’zlarini ustozlari bilan birlashishga majbur deb bilmaydi. Dars olish uchun birga bo’lishni kerak deb bilishmaydi. Balki katta bir mamlakat, bir darsxona hukmida. Risola-i Nur kitoblari ularning qo’lida bo’lsa, ularga ustoz o’rnida dars beradi. Har bir risola bir Said hukmiga o’tadi.
Qo’llaridan kelganicha evazsiz nusxa ko’chirishadi. Muhtoj kishilarga o’qishi va tinglashlari uchun evazsiz {(*) 25 yil mudat davomida qo’l bilan yozilib Onado’luda nashri bu shaklda bo’lgan.} berishadi. Shu suratda katta mamlakat buyuk darsxona hukmida bo’ladi.
Ihvon-i Muslimin esa: Umumiy markazlarda murshid va raislar bilan ko’rishish, buyruq va dars olish uchun ziyoratga borishadi. U umumiy jamiyatng sho’'balarida katta ustoz, noib va vakillari bo’lgan kishilar bilan ko’rishishadi, dars olishadi, buyruq olishadi.
Umumiy markazlarda chiqqan gazeta va jurnallarning sotib olib, ulardan dars olishadi.
Uchinchi Farq:Nur Talabalari aynan oliy madrasaning va universitet dorulfununining talabalari kabi, ilmiy xabarlashish vositasida dars olishadi. Katta viloyat bir madrasa hukmiga o’tadi. Bir-birini ko’rmay, tanimay uzoq bo’lsalarda, bir-biriga dars beradi va birga dars oqishadi.
Ammo Ihvon-i Muslimin esa: Yurtlari va vaziyatlari iqtizosiga ko’ra jurnal va kitoblarni chiqarishadi, jahonga yoyishadi, bu orqali bir-birini tanib dars olishadi.
To’rtinchi Farq:Nur Talabalari bu davrda va bugun aksar Islom mamlakatlarida tarqalgan va soni ko’p. Bu yoyilishida boshqa-boshqa hukumatlarda bo’lib, birga to’planib xizmat qilishga ruxsat olishga muhtoj emas. Chunki yo’li siyosat va jamiyat bo’lmagani uchun, hukumatlardan ruxsat olishga o’zlarini majbur deb bilishmaydi.
Lekin Ihvon-i Muslimin esa: Vaziyati e'tibori bilan siyosatga aloqa qilish, jamiyat tashkil etish, sho’'ba va markazlar ochishga muhtoj bo’lgani uchun, hozir bo’lgan joylardagi hukumatdan izn va ruxsat olishga muhtoj. Nurchilar kabi bilinmaydigan emaslar. Bu asosda umumiy markazlari bo’lgan Misr, Suriya, Lubnon, Falastin, Urdun, Sudan, Mag’rib va Bag’dodda ko’p sho’'ba ochishgan.
Beshinchi Farq:Nur Talabalari ichida turli-tuman tabaqalar bor. Yetti-sakkiz yoshda, masjidlarda Qur'on o’qish uchun alifboni dars olayotgan boladan to sakson-to’qson yoshli keksalargacha erkak-ayol, ham qishloqli, hammoldan to katta deputatgacha toifalar bor. Butun Nurchilarning ushbu ko’p toifalarining umumiy butun maqsadi Qur'oni Majidning hidoyatidan va iymoniy haqiqatlar bilan nurlanishdan iborat. Butun harakatlari ilmu irfon va iymoniy haqiqatlarni yoyish-nashr qilishdir. Bundan boshqa narsa bilan shug’ullanishgani aniqlanmagan. Yigirma sakkiz yildan beri dahshatli mahkamalar ayyor va ko’ra olmaydigan dushmanlar ularda bu muqaddas xizmatdan boshqa maqsad topa olishmagani uchun ularni jazolay olishmayapti va tarqata olmayaptilar. Nurchilar o’zlarini mijozlar va o’z tarafdorlarini qidirishga muhtoj deb bilishmaydi. "Bisning vazifamiz xizmat, mijoz qidirmaymiz, ular kelib bizni qidirsin, topsin." deyishadi. Sonlarining qancha ekaniga ahamiyat berishmaydi. Yuz odam o’rniga haqiqiy ixlosga ega kishini tanlashadi.
Lekim Ihvon-i Muslimin: Ular ham Nurchilar kabi Islomiy ilmlar, Islomiy ma'rifat va iymoniy haqiqatlarni mahkam tutish uchun odamlarni tashviq qilib chaqirishadi. Lekin vaziyat, yurt va siyosatga aralashish taqozo qilgani uchun, ko’payishga va songa ahamiyat berishadi, tarafdorlar qidirashadi.
Oltinchi Farq:Haqiqiy ixlosli Nurchilar:
moddiy manfaatga ahamiyat berishmaganidek,
bir qismi a'zamiy tejamkorlik,
qanoat va faqir bo’lishi bilan birga,
sabr va insonlardan behojatlik bilan,
Qur'oniy xizmatda haqiqiy ixlos va fidokorlik bilan,
ko’p sonli va shiddatli ahl-i zalolatga mag’lub bo’lmaslik uchun,
muhtoj insonlarni haqiqatga va ixlosga chaqirishda shubha qoldirmaslik uchun,
rizo-i Ilohiydan boshqa muqaddas xizmatni hech narsaga vosita qilmaslik uchun bir jihatda ijtimoiy hayot foydalaridan chekinishadi.
Ammo Ihvon-i Muslimin esa: Ular ham haqiqatdan maqsad e'tibori bilan ayni mohiyatda bo’lishsada, makon, mavzu va ba'zi sabablar tufayli Nur Talabalari kabi dunyoni tark qila olishmaydi. A'zamiy fidokorlikka o’zlarini majbur deb bilishmaydi.
Iso Abdulqodir
* * *
[Bag’dodda chiqqan ahamiyatli, siyosiy "Ad difa" gazetasining nuharriri Iso Abdulqodir aytadiki:]
Nur Talabalarining murshidi Badiuzzamon Said Nursiy haqida "Ad difa" gazetasini oqiganlar mendan "Turkiyadagi Nur Talabalaridan va Ustozlari Said Nursiydan bizga ma'lumot bering" deb so’rashyapti. Ular haqida qisqa javob beraman. Chunki Ustozning, Nurning va Nur Talabalarining arablarda haqqi bo’lgani uchun arablar ulardan jiddiy gapirishsin. Zero Islomiyatning tamal unsuri arablar, risola-i Nurdan ortig’i bilan foyda ko’rishni boshlashdi.
Nur Talabalari Risola-i Nur bilan ham Turkiyada, ham arab o’lkalarida komunistlikka qarshi metin to’siq ta'sis qilishadi.
.........
Risola-i Nur esa, keng miqyosda yoyilyapti. Nafaqat Turkiya va Islom o’lkalarida, hatto ajnabiy mamlakatlarda ham ishtiyoq bilan talab bo’lyapti. Nurning Talabalarining shavqini hech narsa ketkaza olmaydi. Demak Nur Talabalari bilan Nur Risolalari va ularning bu buyuk Qur'oniy xizmatlari Demokrat hukumatining buyuk hasanasi bo’lib, muborak Islom olamidagi Islomiy harakat bu demokratik hukumatni taqdir va tahsin bilan kutib olyapti. Butun Iroq musulmon aholisi arab, turk, qurd, eron millatlari ushbu Islomiy xizmat va muqaddas kurashni kamoli rohat bilan qarshilashyapti. Turkiyadagi turk qardoshlarimiz g’arbning yanglish ta'sirlariga qarshi bular bilan tayanishyapti degan fikrda.
Iso Abdulqodir
* * *
[Risola-i Nurning vatanga, millatga va Islomiyatga katta xizmatini qabul qilib, maqtagan Bosh Vazir Adnan Mandarasga Ustozning yozgan maktubi]
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Men juda xasta bo’lganim va siyosatga aloqam bo’lmagani uchun, Adnan Mandaras kabi Islom qahramoni bilan suhbatlashishni istar edim. Hol va vaziyatim ko’rishishga to’g’ri kelmagani uchun, moddiy ko’rishish o’rniga bu maktub o’rnimga gapirsin deb yozdim.
O’ta qisqa bir necha asosni Islomiyatning qahramoni Adnan Mandaras kabi dindorlarga bayon etaman:
Birinchisi:Islomiyatning juda ko’p asosiy qonunlaridan biri: وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى oyati karimasining haqiqati bo’lib, bir kishining jinoyati bilan boshqa odam, qarindosh va do’st javobgar bo’lmaydi. Holbuki hozirgi siyosat partiyachilik tarafdorligi bilan bir jinoyatchi sababli juda ko’p ma'sumlarning zarariga rozilik ko’rsatilyapti. Bir jinoyatchining jinoyati sababli tarafdorlari yoki qarindoshlari ham yomon mish-mish qilinib, obro’sizlantirilib, bitta jinoyat yuz jinoyatga aylantirilgani uchun, o’ta dahshatli kin va adovati odamlarga og’ir botib, kin va g’arazga, qilinganidek javob qaytarishga majbul qilinyapti. Bu esa ijtimoiy hayotni tamoman zer-u zabar qilgan zahardir va tashqi dushmanlarning aralshishiga to’liq zamin tayyorlash hisoblanadi. Eron va Misrda his etilgan hodisa va burhonlar ushbu asosdan kelib chiqqani anglashilyapti. Lekin u yerlar bu yer kabi emas, bizga nisbatan juda yengil, yuzda bir nisbatidadir. Alloh ko’rsatmasin, bu holat bizda bo’lsa, juda dahshatli bo’ladi.
Bu tahlikaga qarshi yagona chora: Islomiy uxuvvat-birodarlikni va asos Islom millatini shu kuchning tamal toshi qilib, ma'sumlarni himoya qilish uchun jinoyatchilarning jinoyatlarini o’zlariga ta'alluqli qilish kerak.
Yana tinchlik va osoyishtalikning tamal toshi, yana ushbu asosiy qonundan kelib chiqadi:
Masalan:Bir uyda yoki kemada bir ma'sum bilan o’n jinoyatchi bo’lsa, haqiqiy adolat, tinchlik va osoyishtalikning asosiy dasturi bilan u ma'sumni qutqarib tahlikaga tushirmaslik uchun ma'sum chiqqunicha kema va uyga teginmaslik kerak.
Demak bu Qur'onning asosiy qonuni hukmiga ko’ra osoyishtalik va ichki tinchlikka xavf solish, o’n jinoyatchi sababli to’qson ma'sumni tahlikaga tushirish, g’azab-i Ilohiyning kelishiga sabab bo’ladi. Modomiki Janobi Haq bu tahlikali davrda bir qancha haqiqiy dindorlarning boshga kelishiga yo’l ochgan. Qur'oni Hakimning ushbu qonuni asosiyini o’zlariga tayanch nuqtasi va ularga g’arazkorlik qilganlarga qarshi qalqon qilish kerakligini vaqt eslatyapti.
Islomiyatning ikkinchi asosiy qonuni ushbu hadis-i sharifdir:
سَيِّدُ الْقَوْمِ خَادِمُهُمْ haqiqatiga asosan, mansab - xizmatkorlik hisoblanadi. Hokimiyat va "men"lik uchun bosim vositasi emas. Bu davrda Islomiy tarbiya kamchiligi va qullikning zaifligi sababli "men"lik va xudbinlik kuchga to’lgan. Mansabni xizmatkorlikdan chiqarib, hokimiyat va mustabid martaba holiga keltirilgani uchun, tahoratsiz, qiblasiz namoz o’qish kabi, adolat bo’lmaydi, asosi bilan buzilib, odamlar huquqi zer-u zabar bo’ladi. Kishilar haqlari, haq bo’lishi uchun huququlloh o’rniga o’tmaydi, balki nafsoniy haqsizliklarga sabab bo’ladi.
Hozir Adnan Mandaras kabi "Islomiyat va dinning shartlarini bajaramiz" deb, mazkur asosiy qonunga qarshi chiqib unga ters ikki jarayon, o’ta katta pora bilan insonlarni aldab, ajnabiylarning aralashishiga yo’l ochish vaziyatida hujum qilish ehtimoli kuchli.
Birinchisi:Birinchi asosiy qonunga qarshi bir jinoyatchi sababli qirq ma'sumni so’ygan, bir qishloqni yoqqan. Bu darajadagi mutlaq istibdod har nafsning istagiga bo’ysunib mansab uchun hokimiyat suratida pora berib, dindor hurriyatparvarlarga hujum qilinyapti.
Ikkinchi hujum:Muqaddas Islomiyat millatini tashlab (avvalgisi kabi) bir jinoyatchi sababli yuz ma'sumning haqqini toptagan, zohiran millatchilik va haqiqatda irqchilik hissi bilan:
ham hurriyatparvar dindor Demokratlarga
ham bu vatandagi yuzda yetmishi boshqa millatdan bo’lganlarga
ham hukumatga qarshi
ham bechora turklarga qarshi
ham Demokratlarning siyosatiga qarshi ishlaydigan bebosh va xudbin nafslarga o’ta zavqli pora sifatida irqchi birodarlikni beryapti.
U zavqli qardoshlikning ichida, zavqli foydadan ming marta ko’proq haqiqiy qardoshlarni dushmanlikka aylantirish kabi ajib tahlikani, sarxushligi bilan his qila olmaydi.
Masalan: Islomiyat millati bilan to’rt yuz million haqiqiy qardoshning har kuni umumiy اَللَّهُمَّ اغْفِرْ لِلْمُوءْمِنِينَ وَ الْمُوءْمِنَاتِ duosi bilan ma'naviy yordam olish o’rniga, irqchilik to’rt yuz million muborak qardoshlarni, to’rt yuz bebosh va yaramaslarga faqat dunyoviy va juda kichik manfaat uchun tark ettiradi. Bu tahlika ham bu vatanga, ham hukumatga, hamda dindor Demokratlar va turklarga katta tahlikdir. Buni qilganlar esa haqiqiy turk emaslar. Najib turklar bunday xatodan chekinishadi.
Ushbu ikki toifa hamma narsadan foydalanishga urinib dindor Demokratlarni yiqitishga harakat qilishgani va qildirilganlari, o’rtadagi belgilar bilan yuzaga chiqyapti. Bu ajib buzg’unchilikka va ikki kuchli dushmanlarga qarshi qirq sahoba bilan dunyoning qirq davlatiga qarshi kurashga chiqqan va g’alaba qilgan va bir ming to’rt yuz yil ichida va har asrda uch yuz-to’rt yuz million shogirdi bo’lgan Qur'oniy haqiqiatning metin kuchiga tayanish, undagi dunyoviy va uxroviy abadiy saodatning lazzatlariga, jozibali haqiqat bilan birga tayanch nuqtasi qilish, mazkur dushmanlarga va ham ichki va tashqi yovlarga qarshi eng kerakli, shart va zaruriy yagona choradir. Yo’qsa insofsiz ichki va tashqi dushmanlarimiz sizning bir jinoyatingizni mingga chiqarib, eskilarning ham jinoyatlarini qo’shib boshqalarning boshiga yuklaganlaridek, sizga ham yuklashadi. Sizga ham, vatanga ham, millatga ham tuzatib bo’lmaydigan tahlika bo’ladi. Janobi Haq sizni Islomiyat uchun foydali xizmatlaringizda muvaffaq qilsin. Mazkur tahlikalardan muhofaza aylasin deb men va Nurchi qardoshlarimiz, qiladigan xizmatingizga va aytilgan haqiqatni qabul qilishingiz evaziga duo qilishga qaror qilamiz.
Uchinchisi:Islomiyatning ijtimoiy hayotga doir asosiy qonuni ham ushbu hadis-i sharifning اَلْمُوءْمِنُ لِلْمُوءْمِنِ كَالْبُنْيَانِ الْمَرْصُوصِ يَشُدُّ بَعْضُهُ بَعْضًا haqiqati hisoblanadi. Ya'ni tashqi dushmanlarning tajovuzlariga qarshi ichki adovatni unutish va to’liq birdam bo’lishdir. Hatto eng badaviy toifalar ham ushbu asosiy qonunning manfaatini tushunishganki, xorijda dushman chiqqan vaqti bir-birining otasini, ukasini o’ldirgan bo’lsada, ichki dushmanlikni unutib tashqi dushman daf bo’lgunicha birdam bo’lishgan.
Minglar afsus deymizki, "menlik"dan, obro’talablikdan, g’ururdan va ayyor siyosatdan kelib chiqqan tarafgirlik fikri bilan o’z tomoniga shayton yordam bersa rahmat ayttiradi, muxolifiga farishta yordam etsa la'nat aytadigan hodisalar ko’rinyapti. Hatto bir solih olim siyosiy fikriga qarshi bir buyuk solih olimni takfir darajasida g’iybat qilgan. Islomiyatga qarshi biz ateistni o’z fikriga to’g’ri kelgani va tarafdor bo’lgani uchun harorat bilan maqtaganini ko’rdim. Shaytondan qochgandek o’ttiz besh yildan beri siyosatni tark etdim.
Hozir bir kishi:
ham Ramazon-i Sharifga
ham Islom shiorlariga
ham bu dindor millatga katta jinoyat qilgan vaqti muxoliflarining uning holatidan hushlangani ko’rildi.
Holbuki kufrga rozilik kufr bo’lgani kabi, zalolatga, fisqqa, zulmga rozilik ham fisq, zulm, zalolatdir. Ushbu ajib holatning sirrini ko’rdimki, o’zlarini millat nazarida qilgan jinoyatlarini ma'zur ko’rsatish hissi bilan muxoliflarini o’zlaridan dinsizroq, jinoyatchiroq ko’rish va ko’rsatishni istayaptilar. Bunday dahshatli haqsizliklarning natijalari juda tahlikali bo’lgani kabi, ijtimoiy axloqni ham zer-u zabar qilib bu vatan, millat va Islomiy hokimiyatga katta suiqasd hukmidadir.
Yana yozar edim, lekin ushbu uch asosiy nuqtani hozircha dindor hurriyatparvarlarga bayon qilib kifoyalanam.
Said Nursiy
* * *
[Adnan Mandarasga jo’natilish niyatida avvalroq yozilgan ichtimoiy hayotimizga doir bir haqiqatning hoshiyasini takroran taqdim qilamiz]
Hoshiya:Eskilarning keraksiz o’zboshimcha qonunlari va suiiste'mollari natijasida, balki turtkisi bilan yuzaga chiqqan Tijoniy masalasini dindor Demokratlarga yuklamaslik va Islom olamining nazarida Demokratlarni yiqitmaslikning yagona chorasi menimcha shunday:
Azon-i Muhammadiy (A.S.M.)ning yoyilishi bilan Demokratlar o’n daraja kuch topgani kabi, Ayasofiyani besh yuz yil davom etgan muqaddas holatiga qaytarish va hozir Musulmonlarda husni ta'sir qilgan va bu vatan aholisiga Islom olamining husni e'tiborini qozontirgan, yigirma sakkiz yil mahkamalarning zararli tomonini topa olmagan va besh mahkama oqlashga hukm qilgan Risola-i Nurning rasman erkinligini dindor Demokratlar e'lon qilishi kerak va bu yaraga malham surishlari kerak. Shunda Islom olamining e'tiborini qozonishganidek, boshqalarning zolim yomonliklari ularga yuklanmaydi degan fikrdaman. Dindor Demokratlar, xususan Adnan Mandaras kabi kishilarning hurmati uchun men o’ttiz besh yildan beri tark etgan siyosatga bir-ikki soat qaradim va buni yozdim.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Samsun Mahkamasidan tergovchi va prokurorning Buyuk Jihod gazetasida tarqalgan bir shikoyatimga doir meni Samsun Og’ir jazo mahkamasiga berishganiga doir chaqiriq qog’ozi keldi. Menga o’qib berishdi. Ichida faqat to’rt masala e'tiborga olinishi mumkin deb topdim:
Birinchisi:Buyuk Jihodning mas'ul mudiri mahkamada bosh prokurorga aytibdiki: "Said Nursiy u maqolani menga jo’natdi. Men ham nashr etdim."
Bu masalaning haqiqati quyidagicha: Men xastaligimda yonimga Amirtog’dagi qardoshlarim kelishdi. Amirtog’da boshimga kelgan zolim hodisaga doir gaplashdik. Ham xasta, ham g’azabnok, ham Anqaraga shikoyat suratida bir narsalar aytgan edim. Yonimdagi xizmatchim qalamga oldi. Nur talabalari munosib ko’rib Anqaradagi bir-ikki Nur talabasiga ba'zi dindor deputatlarga ko’rsatishlari uchun jo’natishdi. Xastaligimda menga muammo tug’dirmasin. Jo’natibdi ham. Ba'zi deputatlar ko’rishibdi. Biz bilmagan bir kishiga yoqib, Buyuk Jihod mudiriga jo’natibdi. Men qasam ichamanki, o’shandan hozirgacha kim jo’natganini bilmagan edim. Nashr etilganidan keyin bu yerga bir nusxa keldi. Yangi harflarni bilmaganim uchun bir kishi o’qib berdi. Men mamnun bo’ldim. Nashr qilganlardan Alloh rozi bo’lsin dedim. O’ttiz besh yildan beri siyosatni tark etgan bo’lsamda, Buyuk Jihod kabi dinga xolis xizmat qilgan gazeta va uning sohibi va muharrirlariga din nomidan minnatdor bo’ldim va Alloh rozi bo’lsin dedim. Men bexabar va pul bermasamda u muborak gazeta doim menga jo’natilar edi.
Ikkinchi Masala:Mening Samsundagi Og’ir jazo mahkamasiga jo’natilishimga doir. Bu masalada shuni qat'iyyan bayon qilamanki, Samsun atrofidagi, xususuan Buyuk jihod doirasiga mansub muborak oxiratli qardoshlarim va Nur talabalarini ziyorat qilib ko’rishga borgim kelar edi. Lekin doktorlarning xulosasi bilan qat'iy quvvatsizligim shu darajaga kelganki, oldimdagi besh daqiqalik, bu masalaning boshlang’ichi va asosi bo’lgan mahkamaga, bir yarim yildan beri menga xabar berishgan bo’lsada, bora olmayotgan edim. Majburan bosh prokuror va sudya vazifasidagi tergov sudyasi yonimga kelishdi. Tergov asosi bo’lgan Buyuk Jihod gazetasini ham olib kelishdi. Gazetaning ba'zi so’zlarini mening so’zlarim ichiga aralashtirilibdi. Men ularga javoblarimni berdim. Farazan Og’ir jazo bu ahamiyatsiz masalaga ahamiyat bersa, sog’liqni saqlash hay'atidan ikki oylik xulosasi bo’lgan zaharlanish xastaligi bilan qattiq kasallanganim uchun shaxsan borishim uchun mening mahkamamni Eskishaharga o’tkazishga ruxsat bersin. Yo’qsa imkoni yo’q.
Uchinchi Masala:Prokuror va tergovchi sudya 163-moddaga asosan Said Nursiyni, dinni siyosatga vosita qilib, osoyishtalikka tahdid soladigan tashviqot qilyapti, deb ayblashyapti. Bu masalaning haqiqatini yigirma to’qqiz yildan beri besh-olti mahkama, besh-olti viloyat zobitlari, 133 qism kitoblarimni va minglab maktublarimning barchasini qo’lga kiritishgan bo’lsada va dinsiz qo’mitalarning turtkisi bilan ba'zi sofdil mansabdorlarni aldab qat'iyyan ikki masaladan boshqa javobgarlikka asos topa olishmadi. Bunga dalil: Ikki yil barcha maktub va kitoblarim Dengizli Og’ir jazo mahkamasi bilan Anqara Og’ir jazo mahkamasi va Oliy Sud ham bir ovozdan ham meni oqlashga, ham butun kitoblarni qaytarib berishga hukm chiqarishi va besh-olti viloyatda faqat tasattur-o’ranishga doir yozilgan bir oyat tafsiri bahonasi bilan bitta mahkama yengil jazo berishni xohladi. Aniq va kuchli javobimga nisbatan masalani vijdoniy xulosa chiqarishga majbur bo’lishdi. Demak ular ham javobgarlikka asos topa olishmadi. Bu masalani izohlash uchun Afyon mahkama raisiga murojaat jo’natdim. Ma'lumot uchun sizga ham ma'lumot sifatida jo’natyapman.
Xulosa:Bitta naqarot besh-olti mahkamada takrorlangan va javobgarlikka asos topa olishmagan. Endi Samsun prokuror va tergovchisi yigirma sakkiz yillik naqarotni aynan takrorlayapti: "Shaxsiy o’bro’ orttirish uchun tashviqot qilib dinni siyosatga vosita qilyapti."
Mening o’rnimga besh mahkamada to’rt yuz sahifalik rad qilinmagan mudofaamni havola qilaman. Meni gapirtirmay unga qarashsin.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Samsundan kelgan chaqiruv qog’oziga qisqacha javobimni Sudyalar hay'atiga taqdim qilaman:
Birinchisi:Men maqolamni o’zim jo’natmaganman. Bu yerdagi barcha do’stlarim bilishadi.
Ikinchisi:Yashirin dushmanlarimning suiqasdi bilan zaharlanib qattiq xastalanganman. Yonimdagi masjidga ontadan bir martagina bora olyapman. Samsun mahkamasini yonimizdagi Eskishahar mahkamasiga o’tkazishni qonunan talab qilaman.
* * *
[G’oyat ahamiyatli bir hodisa, bir ariza va bir shikoyatdir]
Qo’limizga Pokistonda chiqqan "As Siddiq" nomli muhim majmua tushdi. Ellik sahifalik majmuaning yarmigacha Risola-i Nurning ba'zi maqolalari borligini ko’rdik. Xususan boshida Risola-i Nurdan "Yigirma Ikkinchi Maktub"ning birinchi mavzuini Islom olamiga o’ta ahamiyat va taqdir bilan اِنَّمَا الْمُوءْمِنُونَ اِخْوَةٌ oyatiga chaqiriq hukmida yozilganini ko’rdik. Hozir o’sha tarjima qilingan arabiy majmuaning asli turkchasini afkori ommaga, xususan ushbu Islomiy hukumatning raislariga va deputatlariga bir yil avval berilganidek, yana ma'lumot uchun taqdim etishga ikki-uch sabab bor:
Birinchisi:Risola-i Nurdan "G’aybiy Muhr" majmuasida yozilgan yuzlab qat'iy ishorat va belgilarning dalolati va ko’p hodisalarning dalolati va tasdiqi bilan aniqlanganki:
Risola-i Nur ma'naviy buzg’unchilikka va anarxistlik va bolshevizm, tabiatparast va moddapastlarga, shak-shubha va mutlaq kufrga qarshi Qur'oniy to’siq xizmatini loyig’idek bajarishi bilan bu vatanni tahlikali dunyo bo’roni ichida muhofaza qilishga sabab bo’lgani va bir maqbul sadaqa o’rniga o’tib ikkinchi jahon urushi balosiga va boshqa yurtlarda sodir bo’lgan balolarning bu mamlakatga kirishiga monelik qiladigan ma'naviy qalqon tashkil etgani ochiq-ravshan ayon bo’lgan.
Risola-i Nurga nazar solgan eng qaysar faylasuflar ham bu iddioni tasdiqlashga majbur qolgan. Demak Risola-i Nur besh yuz ming talabasi va olti yuz ming nusxasi bilan hammaning qalbida iymon darsi bilan bir qo’riqchi qo’yib osoyishtalikni ta'minlaydi. Qur'onning وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى ya'ni bir kishining gunohi bilan boshqa birov javobgar bo’lmaydi degan asosiy qonunini tatbiq qilishga harakat qilishi bilan va o’qigan millionlar insonlar ichida hech biri uni o’qishdan zarar ko’rmagani, bu davrda bir Qur'oniy mo’'jiza va bu vatan va millat uchun balolarni daf qilish vasilasi ekani isbot qilingan bo’lsada, yigirma besh yildan beri yashirin, buzg’unchi, anarxist hisobiga ishlagan qo’mitalar hiylalari bilan mahkamalarni dushmanga aylantirishga uringani, besh viloyatda besh katta mahkama Risola-i Nurning juz'larini ikir-chikirigacha tekshirib javobgarlikka asos bo’ladigan bitta masala topa olmay oqlagani, so’ng yigirma joyda adliya alohida aloqador bo’lib javobgarlikka vaj b’olmagani uchun aybi yo’q hukm qilgani va Afyon mahkamasi ham ikki marta qaytarib berishga hukm qilgan bo’lsada, risolalarni qaytarib berishga hukm chiqarib risolalarni qaytarishni va to’liq tarqalishini taqozo qilgan qonunni, huquqiy kerakli sabablar bo’lsada, besh yildan beri yashirin qo’mitaning aldashi, hiylalari va bahonalari bilan Afyon mahkamasida besh yildan beri muborak risolalarni egalariga qaytarilishi kechikyapti.
Holbuki katta ichki ishlar idoralarida, zobitlar aniqlagan yuz minglar Nir talabalari va yuz minglab Nur nusxalarida hech qanday zarar, muammo chiqqani kuzatilmagani, qayd etilmagani ko’rsatadiki, Risola-i Nur osoyishtalikning tamal toshiga xizmat qilgan maqbul sadaqa hukmidadir. Bu yurtni moddiy-ma'naviy tahlikalardan muhofaza qilishga sabab bo’lgani yuzaga chiqqan Qur'oniy haqiqatdir.
Risola-i Nurning ahamiyatli qismi bo’lgan va minglab yoshlarni vatan, millat va osoyishtalik manfaatiga tarbiya qilgan "Yoshlarga Rahnamo"ning mahkamasi sababli Ustozimiz xasta holida ikki marta Istanbulga mahkamaga borib bir yuz yigirma politsiyachining to’plangan odamlarni tarqatishga uringan mahkamada "Yoshlarga Rahnamo"ning ham muallifini, ham yoyilishini bir ovozdan oqlashga hukm chiqarilishi va xossatan ichida "Rahnamo"ning bo’lgan umum risolalarni besh mahkama oqlab, o’n besh kunda qaytarib berilishi kerak bo’lgan "Yoshlarga Rahnamo"ning o’n besh oydan beri qaytarilmasligi, Dengizli va Anqara og’ir jazo mahkamasi besh oyda oqlab, qaytarishga qaror qilishgan bo’lsada, Afyon mahkamasi qaytarishni besh yil kechiktirishi, Diyorbakr atrofida, sharqiy viloyatlarda iymon, din va osoyishtalik tomonidan yuz voizchalik manfaati bo’lgan bir kishining o’z puliga olgan Nur nusxalarini (u haqida besh mahkamaning hukmi bo’lishiga qaramasdan) musodara qilib vatanga, millatga foydali xizmatiga mone bo’lishi maqbul sadaqa hukmidagi balolarni daf qilish vasilasi bu suratda yashirilgani uchun, bir yarim milliard zararga vasila bo’lgan balo fursat topib keldi deyish mumkin.
Agar besh mahkamaning va Istanbulning chiqargan oqlashi natijasida "Yoshlarga Rahnamo" yoyilganida uning darsi bilan uyg’ongan va xushyor bo’ladigan Musulmon yoshlar albatta boshqa insonlarning yoki isyonchilarning buzg’unchiligiga yo’l bermaydigan bir yarim milliard lira zarardan bu millatni qutqarishga sa'yu g’ayrat qilar edilar. Bir yarim milliard liralik ushbu kirning chiqishiga yo’l bermas edilar...
Ha, Ustozimiz eski jahon urushida Rusiyadagi asirligida anglaganlarki, ma'naviy buzg’unchilik bilan yoshlarni buzgan tahlika yurtimizga ham keladi deb o’sha vaqtdan beri xavotirlanib butun kuchi bilan ma'naviy buzg’unchilikka qalqon bo’lish uchun "Yoshlarga Rahnamo" kabi ko’p asarlar yozdilar. Qur'oni Hakimning darslarini tarqatdilar. Lillahi-l hamd juda ko’p yoshlarni qutqarishga vasila bo’ldi... hozir siyosatchilar umumiy tinchlik va milliy birdamlikni istayotgan ekan, Pokiston ham ahamiyat bilan e'tiborga olib, "As Siddiq" majmuasida nashr etgan risolaning yoyilishiga tez ruxsat berishsin.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Qur'oni Hakimning asosiy qonuni bo’lgan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى sirri bilan bir kishining xatosi bilan boshqa odam, ukasi bo’lsa ham, javobgar bo’lmaydi. Bir yuz o’ttiz risolada bitta risolaning yuz sahifasidan bittasi qaysar insofsizlarning nazarida xato bo’lsada, dunyoda yuz ming sahifalik bir yuz o’ttiz kitobni javobgarlikka tortadigan qonun bormi?
Holbuki o’ttiz yil ichida besh mahkama o’sha kitoblarni oqlagan. Malatiya masalasi munosabati bilan yigirma mahkama aloqador bo’lishdi. Yigirma sud hech ayb topa olmayapmiz deb, olti yuz ming nusxasi yurtda va xorijda tarqalib hech kimga zarar bermasligi va Ovrupoda eng yuksak maktabda Nur darsxonasi deb ayirgan joyda Xristianlar ham ularni o’qishi va Islom olamida ko’p taqdir bilan yoyilishi, hatto Pokistonda chiqqan "As Siddiq" majmuasining Risola-i Nurning bir risolasini nashr qilib Diyonat Riyosatiga jo’natishi va bu qadar tarqalishi bilan birga hech qanday olim unga e'tiroz bildirmasligi kabi haqiqatlar ko’rsatadiki, albatta Diyonat doirasining haqiqiy vazifasi Nurlarni himoya qilishdir.
Diyonat idorasi Mashihat-i Islomiya kabi faqat Turkiyaning din muallimi emas, balki umum Islom olamiga Mashihat-i Islomiya o’rniga aloqasi, nazorati, munosabati bor. Islom olami Diyonat idorasiga husn-i zon qilish, noto’g’ri tushunmaslik, xususan bu davrda juda ko’p kerak. Hamda Turkiya bilan ittifoq qilmagan Islomiy hukumatlarda muborak idoraga nisbatan noto’g’ri tishuncha kelmasligiga sabab bo’lgan va Islom olamining har tomonida, balki Ovrupoda maqtovga sazovor bo’lgan Risola-i Nur Diyonat idorasini ham sharafini muhofaza qilyapti, ham Islom olamiga nisbatan u idoraning bir asari sifatida tarqalishi o’ta kerak va shart ekanini, bu masalani ekspertlar to’liq e'tiborga olishsin.
Shuning uchun Risola-i Nur dinsizlarning hujumiga qarshi muhofaza va himoya qilinishi uchun bechora Said Nursiy va Nur talabalaridan yuz daraja ko’proq Diyonat Riyosati a'zolari, domlalari aloqador bo’lishi kerak. Takror-takror oqlanganiga qaramay tarqalishiga mone bo’lgan hiylakorlarni lol qilish kerak.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Anqarada bir qardoshimizning "Asoy-i Muso" va "Yoshlarga Rahnamo"ni bahona qilib umum Nur risolalarini olish uchun kelishgan. Qardoshimiz Og’ir jazo mahkamasining "Asoy-i Muso" haqidagi oqlash hukmini ko’rsatilgandan so’ng "Asoy-i Muso"ni olishdan voz kechishdi. Topgan va olib ketish oldidan ko’z o’ngiga qo’ygan o’ntacha "Yoshlarga Rahnamo"ning ham ustiga o’zlari farqiga bormay ba'zi kitoblarni qo’yishgan. Ketayotib "Yoshlarga Rahnamo"ni qancha qidirishsa ham topa olishmabdi. Shu shaklda "Yoshlarga Rahnamo" o’z karomati bilan o’zini muhofaza qilgan. "Asoy-i Muso" va "Yoshlarga Rahnamo"dan tashqari bitta-bitta olgan majmua va risolalarni ham ichki ishlardan takroran qaytarib berishgan.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
* * *
SENATORLAR HAY'ATI VA TAVFIQ ILERIGA
Ma'lum qilamizki: Sharq Universiteti haqida juda qiymatli xizmatingizni Ustozimizga aytdik. U kishi: Men xasta bo’lmaganimda, o’sha masala uchun sharqiy viloyatlarga borgan bo’lar edim. Men butun ruhu jonim bilan Maorif vazirini tabriklayman. Ellik besh yildan beri Madrasatu-z Zahro nomli Sharq universitetini ta'sis qilishga harakat qilayotgan edik. Universitetni biri Vanda, biri Diyorbakrda, bir esa Bitlisda uch yoki hech bo’lmasa bir dona Vanda asos solish uchun Hurriyatdan avval Istanbulga borgan edim. Hurriyat chiqib u masala qolib ketdi.
So’ng Ittihodchilar davrida Sulton Rashodning Rumeliga sayohati munosabati bilan Kosovaga bordim. O’shanda Kosovada katta Islomiy dorulfununga asos solishga tashabus qilingan edi. Men u yerda ham Ittihodchilarga, ham Sulton Rashodga aytgan edim:
Sharqninng bunday dorulfununga ko’proq ehtiyoji bor va Islom olami markazi hukmidadir. O’shanda menga va'da berishgan edi. So’ng Bolqon harbi chiqdi, madrasa joyi istilo qilindi. Men, "Unday bo’lsa, eski yigirma ming oltin lirani Sharq dorulfununiga bering", dedim. Qabul qilishdi.
Men Vanga ketdim. Ming lira bilan Van ko’li bo’yida Artemitda tamalini qo’ygandan so’ng jahon urushi chiqdi. Takroran qolib ketdi.
Asirlikdan qutulgandan so’ng Istanbulga keldim. Milliy Harakatga xizmatim sababli Anqaraga chaqiirishdi. Bordim. Ularga, "Butun hayotimda bu dorulfunun harakatidaman. Sulton Rashod va Ittihodchilar yigirma ming oltin lira berrishdi. Siz ham o’shancha qo’shing." dedim. Ular bir yuz ellik ming banknot berishga qaror qilishdi. Men, "Buni deputatlar imzolashi kerak." dedim.
Ba'zi deputatlar, "Siz madrasa usuli bilan faqat Islomiyat tomondan ketyapsiz. Holbuki hozir g’arbliklarga o’xshash kerak." deyishdi.
Javoban: "Sharq viloyatlari Islom Olamining bir nav markazi bo’lib, yangi fanlar yonida diniy ilmlar ham kerak va shart. Chunki aksariyat anbiyolar sharqda va aksariyat hakimlar g’arbda chiqishi ko’rsatadiki, sharqning taraqqiyoti din bilan turadi.
{(Hoshiya) Hatto u zamondan avval Turk bo’lmagan bir talabam bor edi. Eski madrasamda hamiyatli va g’oyat zakovatli o’sha talabam diniy ilmlardan olgan hamiyat darsi bilan har vaqt derdi: Solih bir Turk albatta fosiq qardoshimdan, otamdan menga yanada ziyoda qardosh va qarindoshdir. So’ngra ayni talaba tole'sizligidan faqat moddiy yangi fanlar o’qigan. So’ngra men to’rt yil o’tib u bilan ko’rishdim. Hamiyati milliya bahsi bo’ldi. U dediki: Men hozir rofiziq bir Qurdni, solih bir Turk domlasidan afzal ko’raman. Men ham eyvoh dedim. Sen qanchalar buzilibsan. Bir hafta harakat qildim, uni qutqardim, eski haqiqatli hamiyatiga o’girdim. So’ngra Millat Majlisidagi menga muxolafat qilgan deputatlarga dedim: O’sha talabaning avvalgi holi Turk millatiga qanchalar zarurati bor va ikkinchi holining qanchalar vatan manfaatiga uyg’un bo’lmaganini fikringizga havola qilyapman. Demak farzi mahol bo’lib siz boshqa yerda dunyoni dindan ustun qo’yib siyosat jihatidan dinga ahamiyat bermasangiz ham, har holda sharq viloyatlarida din tadrisoyiga a'zamiy ahamiyat berisj lozim. O’sha payt menga muxolif deputatlar ham chiqib u loyhamni bir yuz oltmish uch deputat imzoladilar. Buncha imzoni tashigan bir arizani, albatta yigirma yetti yil istibdodi mutlaq uni buzolmagan.}
Boshqa viloyatlarda faqat yangi fanlar o’qitsangiz ham, sharqda millat, vatan foydasi uchun, diniy ilmlar asos bo’lishi kerak. Yo’qsa turk bo’lmagan musulmonlar turkka haqiqiy qardoshligi his etilmaydi. Hozir buncha dushmanlarga qarshi bir-birimizga yordam berish va birdamlikka majburmiz.
Hozir men zaharlanib xastalanganim uchun juda bezovta va qattiq keksalik sababli ellik besh yillik hayot maqsadimni amalga oshirishdan mahrum bo’lganim kabi, Anqaraga borib sharq taraqqiyotining kaliti bo’lgan bunga harakat qilayotganlarni ruhu jonim bilan tabriklashdan ham mahrumman.
O’ttiz besh yil avval Abu-z Ziyo matbaasida chop etilgan "Munozarat" va "Sayqalu-l Islpomiya" nomli asarim albatta Maorif vazirining nazaridan qochmabdi. Mening o’rnimga u asar gapirsin. Men hayotimdan umidim uzilgandek his qilyapman. Faqat u katta universitetning tamallari, asosi va muazzam ta'lim uslubi sifatida Risola-i Nurning bir yuz ellik risolasini o’zimga vakil qilaman. Bu vatan va millatning istiqbolining fidokor yosh universitet talabalariga va maorif idorasiga aytib bu masalada muvaffaq bo’lgan Tavfiq Ilerining bu bechora Saidning o’rniga Risola-i Nurni himoya qilib, yelkasiga olishini rahmat-i Ilohiydan niyoz qilaman.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Juda xasta, o’ta keksa, g’arib, yakka holda
Said Nursiy
* * *
Sharq Universiteti haqida fitnachi gazetaga javob:
Muxolif bir patiyaning qattiq va tanqidchi a'zosi tomonidan, ya'ni Ulus gazetasining 01.04.1954 yilgi nusxasida yozilgan Otaturk Universiteti haqidagi maqolaga javob o’rnida universitetning haqiqatini bayon qilamiz. Quyidagicha:
Hozirgi Otaturk Universiteti deb nomlangan bu dorulfununni ochishga Ustozimiz Said Nursiy 50 yildan beri qattiq g’ayrat bilan harakat qilganlar. Ustozimiz Ittihodchilarga muxolif bo’lsalarda, ular va Sulton Rashod bu dorulfununni qurish uchun 19 ming oltin bergan. Vanda ustozimiz tamalini qo’ygan edilar. Lekin jahon urushi chiqib qolib ketgan edi. So’ng jumhuriyat davrining boshlang’ichida Ustozimiz Said Nursiyning Anqarada deputatlar majlisiga chaqirilganda, takroran tashabbus qilgan edilar.
U yerda ustozimiz o’sah davr boshqaruviga to’liq muxolif va siyosatni batamom tark etgani va ba'zi jihatdan muxolif bo’lganini va dunyoingizga aralashmayman deganlar. Mustafo Kamolga "namoz o’qimagan xoin bo’ladi" deb, uning taklif qilgan katta boylik, maosh, sharq umumiy voizi bo’lish kabi katta takliflarni qabul qilmaganlar. Sharq dorulfununiga asos solish uchun 200 deputatdan 163 tasi imzolagan, Mustafo Kamol tasdiqlasa, 150 ming banknot berishga qaror qilingan edi. Demak sharqning eng muhim masalasi u davrda o’sha universitet edi. Hozir esa yigirma marta ko’proq ehtiyoj bor. Nihoyat yana ustozimizning moddiy-ma'naviy g’ayrat va tashviqlari natijasida ushbu Islomiy hukumat davrida qurilishiga qaror qilindi.
Ushbu Sharq Universitetining jahonsumul qiymat va ahamiyatini bir ummondan qatra olgandek ikki-uch masala sifatida aytamiz:
Birinchisi:Bu dorulfunun ham Eron, ham Arabistob, ham Misr va Afg’oniston, ham Pokiston va Turkiston va Onado’lining markazida qalb hukmidadir. Ham bir Jome'u-l Azhar, bir Madrasatu-z Zahrodir.
Ikkinchisi:Hozir bashariyatda umumiy sulh uchun, ya'ni bashariyatning buzilmasligi uchun choralar qidirilyapti, paktlar qurilyapti. Modomiki bu Islomiy hukumat xalq foydasi va hukumatning salomatligi uchun Yugoslaviyadan Ispaniyagacha ularga dastak beradigan do’stlik qurishga urinyapti. Bularning yagona chorasining bir dalili sifatida ko’rsatamizki, asos solinadigan Sharq Dorulfununining ilk tashabbuschilaridan bir dars kitobi bo’gan va tabiiy fanlar bilan iymon ilmlarini kelishtirgan va o’ttiz yildan beri butun faylasuflarga urush ochgan va rasmiy olimlarga tegingani va eski hukumat bilan rasman tortishsada, ular tomonidan taqdir va tahsinga sazovor bo’lgan va mahkamalarda oqlangan Risola-i Nur bu vatan va millatga osoyishtalik va tinchlikni ta'minladi. Islom mamlakatlarida, xususan Marokash, Misr, Suriya va Eron kabi joylarda sodir bo’lgan ichki qarshiliklarning bu vatanda kuzatilmasligidir. Bu vatan va millatga Risola-i Nur (tinchlik va osoyishtalikni buzishga boshqa yurtlardan ko’proq sabab borligiga qaramay) osoyishtalikni ta'minlashi ko’rsatadiki, Sharq Universitetiga asos solish xalq tinchligiga sazovor qiladi. Chunki hozirgi buzg’unchilik ma'naviy bo’lgani uchun, unga muqobil ma'naviy atom bombasi kerak.
Davrimizda buzg’unchilik ma'naviy bo’lgani va unga qarshi javob berish ham faqat ta'mirchi ma'naviy atom bombasi bilan mumki bo’lishiga qat'iy dalil sifatida universitetning manba va urug’i bo’lgan Risola-i Nurning o’ttiz yil ichida Ovrupodan kelgan dahshatli zalolat, falsafa va dinsizlik hujumlariga to’siq tashkil qilishidir. U ma'naviy buzg’unchilikka qarshi Risola-i Nur ta'mirchi va ma'naviy atom bombasi bo’lgan.
Uchinchisi:Ha, Sharq Universiteti bir markaz sifatida Islom olami va bugungi Osiyo aloqador qiladigan mohiyat va ahamiyatda bo’lgani uchun, oltmish million emas, oltmish milliard ham xarajat qilinsa, loyiqroqdir.
Yangi Ulusgazetasi muxolif bo’lgani uchun, bu masalani parda qilib yangi boshqaruvning ba'zi katta mansabdorlaridan bu masala blan shug’ullanayotganlarga bır navi eskichilik tamg’a bosishni xohlayapti. Holbuki bu masala eng yuksak taraqqiy va umumiy sulhning asosidir. Bu muassasa bu Islomiy hukumatga ba'zi Islom shiorlarini Arabiy azoni Muhammadiy va din darslari kabi juda ko’p quvvat beradi. Balki bu hukumatning kelajakda tarixlada kamoli taqdir va tahsin bilan yod etilishiga eng porloq vasila bo’ladi.
Bu masalaning jonlantirishi bilan hosil bo’lgan nur va fayz Demokrat hukumatning eng buyuk va jahon bahosida xizmati sifatida abadgacha tenggi ko’rilmagan porloqlik bilan nur sochadi. Va millatlararo e'tiborni ta'minlaydi.
Ustozimizning xastaligi munosabati bilan xizmatida bo’lgan Nur Talabalari
* * *
Mahkamamizning kechiktirilishi sababli ishlarning Anqara Mahkamasiga havola qilinishida ko’p xayrlar bor. Hozir ham Isparta mahkamasi, ham Vanda Mullo Hamidning va Diyorbakrda Mahmud Qoyaning kitoblari qaytarib berilishi Afyon; hammasi Anqaraga qarayapti. Anqarada bo’ladigan xayrli natija bilan inshaalloh har tomonda birdan ishlarimiz hal bo’lgan bo’ladi. Bunday vaqtda Nurlardagi iymoniy haqiqatlar, xususan Anqarada e'tibor qaratilishi kerak ekan. Inshaalloh bu masalamizning u yerga jo’natilishi, muhim uyg’onishga vasila bo’ladi.
Qardoshingiz
Zubayr
* * *
Ustozning ziyoratchilarga doir maktubi
Umum do’stlarimga, xususan ziyoratchilarga doir bir istagimni bayon qilishga majbur bo’ldim:
Aksar hayotim yakka holda o’tgani kabi, o’ttiz-qirq yildan beri bosim va hujumlarga uchraganim uchun, zarurat bo’lmasa suhbatlashishdan chekinib qochaman. Eskidan beri moddiy-ma'naviy hadyalar menga og’ir kelar edi. Hozir ziyoratchilar, do’stlar ko’paygan, bunga ma'naviy evaz kerak. Hozir moddiy luqma hadyasi meni xasta etganidek, ma'naviy hadya bo’lgan ziyorat qilish, ko’rishish, xususan boshqa joylardan qo’l olish uchun zahmat chekib kelish ziyorati ham ahamiyatli ma'naviy hadyadir.
Unga javob bera olmayman. Hamda arzon emas, ma'nan qimmat. Men o’zimni u hurmatga loyiq deb bilmayman. Ma'nan javob ham bera olmayman. Shuning uchun hozircha aynan moddiy hadya kabi bir ehson sifatida menga ma'naviy hadya bo’lgan suhbatdan zarurat bo’lmay man etildim. Ba'zan meni xasta qiladi. Moddiy hadyaning evazini to’liq bermagan vaqtim meni xasta qilganidek. Shuning uchun ko’nglingiz og’rimasin, jahlingiz chiqmasin.
Risola-i Nurni o’qish men bilan ko’rishishdan o’n marta foydaliroq. Zotan men bilan ko’rishish; oxirat, iymon, Qur'on hisobigadir. Dunyo bilan aloqamni uzganim uchun, menga ehtiyoj qoldirmagan. Xususan "Hayot Yo’li"dagi maktublar. Hatto xizmatimdagi xos qardoshlarimga ham zarurat bo’lmasa, ko’risha olmayman. Faqat ba'zan Risola-i Nurning futuhotiga va nashriyotiga oid ba'zilar uchun ko’rishishni istasam, o’shanda ko’rishish joiz bo’ladi va menga qiyinchilik tug’dirmaydi.
Bu masalani bilmagan ziyoratga kelganlarga xabar beramanki, bir necha yildan beri gazetalarda e'lon qilganmanki, men bilan ko’rishishni istaganlar, xususan uzoq joydan kelib ko’rishmay ketganlarni, xususiy duolarimga dohil qilaman. Har tong duo qilaman. Shuning uchun ranjimasinlar.
Said Nursiy
* * *
Juda muhtaram qardoshimiz Solih,
Ustozimiz sizga va ikki haqiqiy deputatlarga ko’p salom aytib duo qiladilar. Sizga va ularga "Ming barakalloh" deyaptilar.
Ustozimiz aytyaptilarki:
"Urfa tomonda Nurlarga nisbatan kuchli qo’llar sohib bo’lishini ko’p vaqt avval kutayotgan edim. Chunki u yer ham Onado’lining, ham Arabistonning, ham Qurdistonning bir nav markazi hukmidadir. Nurlar u yerda joylashsa, uch mamlakatga tarqalishiga vasila bo’ladi. Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamanki, Sayyid Solih kabi yoshlarning bir qahramoni va u atrofning ikki juda qiymatli, hamiyatli va dindor deputati Nurlarni yelkasiga olishni boshladi.
Men ham o’z pulimga olgan va zaharlanganim uchun juda bezovta bo’lib tahrir qilgan o’zimning bir qancha majmualarimni ularga jo’natyapman. Ko’p joylardan va juda muhim kishilar tomonidan istashganiga qaramay men Urfani hamma joydan ustun qo’yaman. Inshaalloh ularga yana bir qancha jo’nataman.
Sayyid Solih va g’uruli deputatlar u yerda inshaalloh Qur'on va iymonga to’liq xizmat qiladigan va u yerni Ispartadagi Madrasatu-z Zahro va Misrdagi Jome'u-l Azharning kichik namunasiga aylantirishga sabab bo’lishga va Shom va Bag’doddagi Islom madrasasining namunasini ochishga yo’l berishlarini rahmati Ilohiyadan umid qilyapmiz.
Modomiki Risola-i Nurning yo’li hillat-samimiy va jonu ko’ngildan bo’lgan do’stlik ekan, Urfa esa Ibrohim Halilullohning manzilidir, inshaalloh hillat-i Ibrohimiya porlaydi. Bu dahshatli zaharlanish kasalligimdan qutulish ehtimolim kuchli. Keladigan qishda borishni jiddan istayman."
Ustozimizning so’zlari bitti. Biz ham takroran salom va hurmatlarimizni bildiramiz.
Risola-i Nur xizmatidagi qardoshingiz
Ziyo va Mahmud
Butun Urfa xalqiga, bola-chaqa va qabrda yotganlarga har tong duo qilaman. Va butun Urfaliklarga salom aytaman. Urfa toshi, tuprog’i bilan muborakdir. Men juda xastaman. Ular ham menga duo qilishsin.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Islom olamida Laylatu-l Qadr deb taxmin qilingan bu Ramazoni Sharifning yigirma yettinchi kechasida bir jihatdan zaharlanish bilan qattiq me'da xastaligi ichida asablarim, vijdon va qalbimni bosib olgan boshqa dahshatli xastalik his qildim. Bu ikki dahshatli moddiy va ma'naviy xastalik ichida shafqat hissi bilan butun hayotdorlarnng azoblari esimga keldi.
Xastaligimdan ham ko’proq azobli ruhiy holatni his qildim. Bu bilan birga sakson yildan oshgan umrimning oxirida sakson yil ma'naviy ibodatni qozontirgan eng so’nggi Laylatu-l Qadrga loyiq xizmat qila olmayman deb sobiq ikki dahshatli xastalikdan ham qattiqroq hazin bir mas'uliyat ichida asabga kelgan va nafs-i ammoraning vazifasini bajargan azobli bir his meni ezayotgan paytda Oyat-i Hasbiyaning bir sirri yordamga keldi. Bu uch xastalikni ketkazib Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, umid qilinmagan tarzda chidadim. Uch xastaligimga quyidagi malham surildi:
Moddiy ("Xastalar Risolasi"da isbotlanganidek) bir soat xastalik, sabr va tavakkal qilgan kishilarga hech bo’lmasa o’n soat ibodat va Laylatu-l Qadrda esa yanada ko’proq ibodat o’rniga o’tgani kabi, mening ham Laylatu-l Qadrdagi xastaligim, iqtidorsizligim bilan qila olmagan Laylatu-l Qadrdagi xizmat o’rniga o’tib, to’liq shifo bergan malham bo’ldi.
Butun hayotdorlarning xastalik va azoblaridan shafqat sirri bilan menga kelgan azob beradigan xastalikni birdan rahimiyat-i Ilohiyaning tajalliyi bilan maxluqlarni yaratganning shafqat va rahimiyati va rahmati to’liq kifoya qilgani uchun azoblarni rahmat-i Ilohiyadan ham ko’proq shafqatni surish ma'nosiz va haqsiz bo’lgani uchun, shafqatdan kelgan azobni ma'naviy sevinch va lazzatga aylantirdi. Faqat malham emas, balki shifo ham berdi. Umrimning oxirida eng ko’p qiymatdor ma'naviy xazinani yo’qotishdagi ma'naviy azobga qarshi Nurning xos shogirdlarining har biri ma'naviy shirkat sirri bilan umum nomiga ham duo bilan va amal-i solih bilan ishlagani uchun, ham "Al Hujjatu-z Zahro"da, ham "Nur Kaliti"da ozihlangan tashahhud va Fotihada butun mavjudot va hayotdorlar jamoatining duolariga va tavhiddagi da'volariga ishtirok etish surati bilan, xususan tuproq, havo, suv va nur unsurlari bir-bir til bo’lishga tuproqdan chiqqan butun hayot hadyalari va suvdan muborak va tabarruk narsalar va havodan shukr va ibodatning tamassullari va Nur unsuridan moddiy va ma'naviy yaxshiliklar, go’zallilar tarzida, tashahhudda va Fotihada koinotdagi butun ne'matlardan kelgan shukrlar, hamdlar va butun maxluqotning, xususan hayotdorlarning kulliy idobatlari va butun tayanchlari va to’g’ri yo’ldagi butun ahl-i haqiqatga va ahl-i iymonning yo’lidan ketayotganlarga ma'naviy do’stlik qilib ularning duolariga va da'volariga tasdiq suratida ominlar bilan ishtirok etib, omin deb hissador bo’lishning kulliy siri o’sha kecha menga yordamga keldi. O’ta xasta, zaif, xafa holda kichik ishni qila olmaganim uchun ma'naviy azob, xastaligimga shunday darmon bo’ldiki, men haqiqatdan eng sog’lom holatimda va yoshligimda, eng zavqli va lazzatli virdlarimda topa olmagan ma'naviy sevinchni his qildim. Va hadsiz shukr qilib dahshatli xastaligimga rozi bo’ldim. "Alhamdulillahi bi'adadi ashiroti daqoiqi shahri Ramazon fi kulli zaman", dedim.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Ustozimiz aytadilar:
"Men bilan ko’rishishni istagan aziz qardoshlarimga bayon qilamanki: Insonlar bilan ko’rishishga zarurat bo’lmasa ko’tara olmaganim uchun, yana zaharlanishdan, zaiflikdan, keksalik va xasta bo’lganim uchun ko’p gapira olmayman. Buning o’rniga sizga qat'iyyan xabar beramanki: Risola-i Nurning har bir kitobi bir Saiddir. Siz qaysi kitobga qarasangiz men bilan yuzma-yuz gaplashishdan o’n marta ko’proq foydalanasiz. Men bilan haqiqiy gaplashgan bo’lasiz. Men shunga qaror qilganmanki, Alloh uchun men bilan ko’rishishni istaganlarga ko’rishmaganim evaziga har tong o’qiganlarimga, duolarimga dohil qilaman va qilishda davom etaman."
Bir-ikki oydan beri Ustozimiz hech bir xizmatkori bilan gaplasha olmayaptilar. Gapirgan vaqti harorat chiqishni boshlyapti. Buning hikmatini bir eslatmaga binoan aytdilar: Risola-i Nur menga umuman ehtiyoj qoldirmaydi. Gapirishga kerak qolmadi. Men ojiz shaxsim bilan minglab do’stlarimdan yigirma-o’ttiz do’st bilan gaplasha olaman. Yigirma kishining hurmati uchun minglar odamning e'tiborini ranjida qilmaslik uchun gaplashishdan man etilganim ehtimoli kuchli. Xususiy ko’rishishmaganim uchun ma'zur tutsinlar. Hatto bayramda qo’l berib ko’rishish va u kishiga qarashni ko’tara olmaydi. {(Hoshiya) Hozir ham Anqara, ham Istanbul, ham Samsun, ham Antalya Risola-i Nurning nashrini boshlagani jihat bilan; yashirin din dushmani komitelar u nashriyotga qarshi bir vahima bermaslik uchun, hozircha xos do’stlarni ham qabul qilmaslikka majbur bo’ldi. So’zlarning chop chiqlinishi tugagunga qadar.} Shuning uchun ranjimasinlar.
* * *
[To’rt yil avval Ustozimiz xastaligi sababli meni Anqarada Risola-i Nurning mahkamalari bilan aloqali ishlarini kuzatish uchun vakil qilgan paytlari, ba'zi deputatlarga jo’natgan tegishli maktublarimizni yangidan sizga va muhtaram deputatlarning e'tibori irfonlariga taqdim qilamiz. Bunga sabab, bitta masalaning davom etayotganidir. Xususan so’nggi oylarda sharq viloyatlarida qurilishi uchun tashabbus qilingan yangi universitetdir.]
Risola-i Nurning o’ttiz yillik davrda favqulotda ichki va tashqi tarqalishi bilan har tomonda husni ta'siri va sharq viloyatlarida ellik besh yildan beri katta dorulfunun qurulishiga harakatim, bir-biriga ulanib ketgan va bir-birini tamomlaydigan bu davrda Islomni olami qattiq aloqador etgan ikki muhim masaladir. Bu ikki azim natija ham bu millatni, ham to’rt yuz million Islom millatlarini, ham umumiy tinchlikka muhtoj Xristianlik dunyosini ham aloqador qiladi va ta'sirini ko’rsatgan fahrlanadigan ikki ahamiyatli hodisadir. Islom Dinining va Qur'on haqiqatlarining kulliy va umumiy noshiri va e'lon qiluvchisidir.
Ustozimiz ellik besh yildan beri a'zamiy g’ayrat va turli vasilalar bilan sharqiy Onado’lida Jome'u-l Azharga muhofiq Madrasatu-z Zahro nomli bir Islom universitetining qurilishi uchun harakat qilgan va buning qat'iy kerakligini doim ilgari surganlar. Jumhiroyat raisiga va Bosh vazirga xitoban ularni bu masaladan tabriklagan Ustozimizning murojaatiga aytilganidek, Sharq dorulfununi Islom olamining bir jihatdan markazida bo’lgan musulmonlar ichida iftixor qiladigan maqom qozonadi.
U viloyatlarda dafn etilgan juda aziz va muborak minglab ulamolar va oriflar, shuhado va muhaqqiqiyn ajdodimizning moziydagi juda qiymatli va muqaddas diniy xizmatlari ma'naviy, boqiy fazilatlari bu dorulfununda ham jismga kirib iymoniy vazifalarini yana keng miqyosda qiladilar.
Sharq Universitetining bir nav dasturi bo’lishga loyiq ussu-l asos darsi-Qur'oni Hakimning iymoniy haqiqatlarini tafsir qilgan va butun masalalarini aqliy fanlar va mantiqiy va tabiiy dalillar aniqlagan va aqlga uyg’un dars bergan Risola-i Nurdir. U yangi asrning universitetlari va maktablarida o’qitilishga loyiq.
Risola-i Nur sharqiy Onado’lida vaqti-vaqti bilan qurilgan va yuz yillardan beri u atrofda ma'naviy obi hayot manbalari vazifasini bajargan madrasalarning va ustozlarning talabasi vositasida yuzaga chiqqan. Bu so’nggi munavvar mevalari bilan u muhtaram ustozlar, yangidan vazifa boshiga o’tib nurlantirish vazifasini va Qur'oniy xizmatlarini bu surat bilan jahonshumul kenglikka aylantirishlarini butun ruhimiz bilan umid qilib, rahmat-i Ilohiyadan yolvorib niyoz qilamiz. Bu duoimizga zamon va zaminning hayotiy sharoiti va umumiy tinchlikning kerakligi ham "omin, omin" deyapti va deydi.
Sharqdagi ilm va irfon faoliyatining bir samarasi va kulliy natijasi bo’lgan Risola-i Nur sharq dorulfununining Islomiyat nuqtasida bir dasturi bo’lgani uchun Islomiyatga, bu millatga va Islom olamiga xizmat qilganlarni qattiq aloqador qilishdir. Hozir Amerika va Ovrupoda Nur Risolalarini istashlari va u yerlarda tarqalishi bu iddaomizning favqulotda ahamiyatini ko’rsatadi.
Mustafo Sungur
* * *
Menga yozgan narsalari besh tomondan tuhmat va yolg’on ekanini ko’rgan bir gazetani o’qib berishdi. Bunday tuhmatlarning ham Ispartaga, ham nashr qilganlarga katta zarari bor.
Birinchi yolg’on:Nur Risolalarini o’qiganlarga murid va tariqat deb meni tariqat darsi berganim bilan ayblashyapti. Holbuki meni taniganlar bilishadiki: Mahkamalarda ham aniqlanganidek, men tariqat darsi emas, iymonning, Qur'onning haqiqatlarini dars beraman. Darsimni tinglaganlarga Nur Talabasi deyiladi. Yo’limiz tariqat emas, iymonning haqiqatlaridir.
Ikkinchi yolg’on:Tuhmat qilgan gazeta boshqa gazetani o’ziga sherik qilib, ba'zi yanglish ta'birlarni aralashtirib aytyaptiki: "Eg’irdir yoshlari Said va muridlari bilan kurashni boshladi." Buning asli yo’qligini butun Isparta va Eg’irdir yoshlari qat'iyyan bilishadi. Hatto Isparta va Eg’irdir yoshlari buni eshitgan paytlari g’azablanib rad qilishyapti. Faqat Anqaradagi Eg’irdirlik yosh bo’lmagan odam, o’ttiz yil avval men bilan ko’rishganini oz tanqid bilan yozgan edi. Buni "Yoshlar kurashni boshladi" deb nomlash naqadar ochiq yolg’on hisoblanadi. Holbuki kim bo’lsa bo’lsin, butun yoshlarga nisbatan hech bir yoshning kurashini eshitmadim.
Uchinchi tuhmati:Tuhmat qilgan gazeta boshqa odamning tili bilan aytyaptiki: "Said va muridlari yashirin siyosat yurityapti. Tinchlikni buzish uchun qonun-qoidalarni o’zgartirishga urinyapti." Buning yolg’onligiga yigirma sakkiz yil ichida besh mahkama oqlagani ko’rsatadiki, siyosat bilan hech qanday aloqam yo’q. Hech qanday belgi topilmasligi, buning naqadar tuhmat ekanini ko’rsatadi. Hatto o’ttiz besh yildan beri siyosatdan uzilganimni butun do’stlarim bilishadi. Bu haqiqat mahkamalar tomonidan ham aniqlangan.
To’rtinchi tuhmati:Said Nursiy ba'zi ayollarga shayton degan. Bu tuhmatning asli: "Eski vaqtlar katta ko’chalarda ochiq-sochiq, yalang’onchlik darajasida, xususan yarim yalang’och Xristian qizlari shayton boshqaruvida Islomiy ahloqqa zarar berishar edi." Bir necha ochiq yurganlar haqidagi so’zni boshqa suratga aylantirib butun ayollarga taalluqli qilib, ta'birni xunuklashtirib iste'mol qilishi, juda xunuk va ochiq tuhmatdir. Ayolla bilan suhbat nomli risolamda: Ayollarni qattiq hurmat qilganimni, ahamiyat va qiymat berganimni, hatto shafqat jihatida erkaklardan juda oldinda bo’lishgani uchun Risola-i Nurning muhim asosi shafqat bo’lgani uchun, bu muborak singillarimni "Muhtaram singillarim" deb yod etaman. Ularning samimiyat va ixloslarini ko’p ko’raman...
Beshinchi haqoratli tuhmati:Eski davrga qaytish va eskichilik, ya'ni Islomiyat hukmlariga, axloqiga qaytish ma'nosida "mal'un fikr" ta'birini ishlatishi, yer yuzini titratadigan kofirona tuhmat bo’lgani kabi, faqat Ispartaliklarga va Nur talabalariga emas, balki Islom olamiga qarshi xiyonatdir.
Juda xasta va o’ta keksa
Said Nursiy
* * *
[Ustozimizning qishloqlarda aylanganiga doir chiqarilgan uydirma xabarga qarshi javob bo’lib, xavotirlanadigan narsa yo’q.]
Ustozimiz Said Nursiyning ikki yildan beri musofir bo’lgan Isparta ichki ishlar bo’limiga uzrimiz.
1. Ustozimiz Said Nursiy o’ttiz yildan beri Onado’li mamlakatida aylangan butun viloyat va qishloqlarda o’zini zobitlarning musofiri deb tasavvur qilgan va zobit xodimlari doim do’stona va hamiyat bilan muomala qilganlar. Qur'onning haqiqiy va porloq tafsiri bo’lgan Risola-i Nurni Ispartada o’ttiz yil avval ta'lif qilishni boshlagan Ustozimiz iymoniy haqiqatlarga o’ta ta'sirli suratda xizmat qilib, to’liq oxiratga yo’nalgan bu xizmatning dunyoviy foydasi sifatida, iymon sababi bilan qalblarda yomonlikka qarshi doimiy qo’riqchi qo’yishidir. Uning natijasida osoyishtalikni ta'nimlashga vasila bo’lgan. Ha, Ustozimiz haqiqiy adolatni ifodalagan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى ya'ni "Bir kishining xatosi sababli boshqa odam javobgar bo’lmaydi" Qur'oniy oyat va "Bir ma'sumning haqqi yuz yomon kishi uchun fido qilinmaydi deyilgan Qur'oniy dastur asosida, yuzda o’n zolim sababli to’qson ma'sumga zarar keltirish haqiqiy adolatga, Qur'on amrlariga batamom zid deb hamma tomonga yoyilgan va u kishiga zulm qilinishiga qarshi Islom millatining salomati uchun "Men nafaqat dunyo hayotimni, balki oxirat hayotimni ham fido qilaman", deb javob bergan va beryaptilar.
Risola-i Nurning iymoniy haqiqatlar darslari bilan va butun mahkamalarda mudofaalari natijasida oqlangan Qur'oniy haqiqatlar bilan ijtimoiy hayotning uxroviy va dunyoviy saodatga rahbar bo’lgan haqiqatlarni dars bergan va osoyishtalikni vositali muhofazasiga va amniyati umumiyni ta'minlashga eng katta bir vasila Ustozimiz bo’lganini, ijtimoiy hayotning saodatiga aloqador hamiyatparvar kishilarning tasdiqi bilan aniqlangan. O’ttiz yildan beri turli tekshirishlar va mahkamalarning oqlash qarori berishlari, hozir esa to’liq ozod qilinishi va asarlari katta miqyosda katta tarafda, Onado’lida va Islom olamining markazlarida, g’arb mamlakatlarining ba'zilarida yoyilib maqtov va tabriklarga sazovor bo’lib, eng nozik sirlarigacha katta diqqat va ahamiyat bilan har holati tekshirilgan Ustozimizning hech qanday holati javobgarlikka asos sifatida ko’rsatilmagan.
Bir tomonda komunizm kabi din, axloq va an'anaga qarshi bo’lgan juda mudhish buzg’unchilik bilan yarim Ovruponi, Xitoyni istilo qilgan, umum dunyoga qarshi buzg’unchi, yirtucvhi kufr rejimi evaziga, millatlar davlatlar mobaynida tadbir oldirgan va bu bilan birga xorijiy, yashirin buzg’unchilik qo’mitalari ham bu vatanga qarshi mudhish harju marj harakat qilgan paytlari, biz o’ttiz yillik o’ta xolis va ta'sirli keng xizmatni qilgan.
Ustozimiz Said Nursiyning asarlari bo’lgan Risola-i Nurning yuz minglab nusxalarining tarqalishi va yuz minglardan oshgan oquvchilarining husni holini ko’rsatib, zobitlar Nur Talabalarining asoyishtalikka qarshi biror hodisa kuzatilmaganini guvoh qilib aytamiz va qat'iyyan aniqlanganki, Risola-i Nur buzg’unchi jarayonni to’xtatgan Qur'oniy va iymoniy to’siqdir. Insofli zobitlar ham ko’rilgan bu haqiqatga guvohlik berishyapti.
Iymon xizmatining ma'naviy, uxroviy foydalaridan tashqari dunyoviy, millatga oid muhim foydasini vaqtida Ustozimiz shu suratda ifodalaganlarki, davr buning naqadar to’g’ri ekanini ko’rsatdi. O’shanda: "Hozir bu mamlakatning, vatan va millatning hayot va abadiy saodati uchun ikki mudhish jarayon bor:
Biri:Shimolda chiqqan dahshatli dinsizlik jarayonining bu vatanni ma'naviy istilo qilishga qarshi Qur'onning haqiqatlari va iymonning nurlari bilan javob berish kerak. Chunki dinsizlik jarayoni ma'naviy buzg’unchilik bo’lgani uchun, uning qarshisida ma'naviy javob berish kerak bo’ladi. Qur'oniy haqiqatlarning yog’dulari bo’lgan Risola-i Nur ma’naviy ta'mirchi bo’lgan atom bombasi sifatida, zalolat jarayonlariga javob beradi va berghan.
Ikkinchisi:Ming yildan beri Islomiyatning qahramon qo’shini va bayroqdori bo’lgan turk millatiga Islom olamining adovatini ketkazish. Turklar yana eskisi kabi Islomiyatning qahramonidir degan tasavvur hosil qilish. Bu suratda to’rt yuz million haqiqiy qardoshlari bu millatga qozontirib hayot saodatlariga eng ahamiyatli xizmatni bajarish bo’lib, bu vatanda Risola-i Nur iymon haqiqatlarini yoyib bu azim foydani amalda ko’rsatgan.
Risola-i Nurning bir talabasi avvalo qo’lida Nur Risolalari bilan va u yerdan chiqargan mav'izalar bilan sharq hududida Ruslarning o’sha vaqtda u yerdagi tashviqotlarini to’xtatgan edi. Bu suratda bitta talaba bir qo’shinchalik vatanga, millatga va osoyishtalikka xizmat qilgani uchun, natija bergan boshqa dunyoviy yaxshiliklar, undan tashqari ijtimoiy hayotga oid foydasi hisoblanadi.
2. O’ttiz-qirq yildan beri yakka holda yashab, xastalik va qamoq kabi sabablar bilan zarurat bo’lmagunicha insonlar bilan ko’rishishga chidamagani uchun xorijdan kelgan do’stlarini doim ko’nglini og’ritib qaytarishi va shomdan keyin ertasi kun tonggacha xizmatchilarini ham yoniga qabul qilmasligi zohiriy va ko’zga ko’ringan haqiqat qarshisida boshqa gap gapirishga kerak qolmaydi. Ustozimiz Said Nursiyning eskidan beri fe'li yakka yashash va insonlar bilan zarurat bo’lmasa ko’rishmaslik hayot dasturlari holiga aylangan. Hatto hayotda qolgan bitta ukasini ham yaqin shaharda ekan, o’ttiz yildan beri ko’rmagan bo’lsada, ko’rishishga yonlariga chaqirmaganlar. Xizmatchilari ham shomdan ertasi kun tonggacha zarurat bo’lmasa, honalariga kira olmaydi. Qattiq xastaligi va ko’rishishni ko’tara olmasligi sababli, tashqaridan kelgan ko’p do’stlarining ko’nglini og’ritib ko’rishmay qaytarib yuboradilar. Ustozimiz bilan o’ttiz yildan beri aloqador bo’lib, do’stona muomala qilgan zobitlarga osoyishtalik nuqtasida Risola-i Nur bilan juda ahamiyatli g’aroyib xizmati aniqlangan Ustozimizning hech bir holati yashirin qolmay mahkamalarda tekshirilgan. Ba'zi yashirin din dushmanlarining u kishi haqidagi uydirmalari bilan o’ttiz yillik hayotiga tayangan musbat xulosani buzmaslik, umumiy huquqni ta'minlashga uringanlarning vazifasi iqtizo qiladi.
3. Ustozimiz xastalar. Hatto jumaga ham chiqmaydilar. Ora-sira havo almashtirishga juda qattiq muhtoj bo’ladilar. Shu sababli juda nodir, o’ziga maxsus xonasi bor. O’ttiz yil avval o’n yil yashagan Barla qishlog’iga borar, bir muddat qolib qaytar edilar. Ba'zan esa bu yerda yozda insonlar yo’q, shahar tashqarisidagi mahallalarga borib ikki-uch soat tanaffus qilib keladilar. Keksaligi, xastaligi sababli yayov yura olmaganlari uchun va odamlarning hurmatkor vaziyati bilan bezovta qilmasliklari uchun bu oddiy borib-kelish avtomobilda bo’ladi. Buning xorijida hech qanday qishloqqa, odamlar yashaydigan mahallaga, hatto o’ttiz yillik do’stlari bo’lgan joylarga ham mazkur sabablar tufayli bormaydilar. Holat va vaziyatlari bundan iborat. Haqiqati hol bu.
Xizmatidagi
Tohiriy, Zubayr
Hoshiya:Ko’p joylarda nashr qilingan va iddiochining huzursizlik tuhmatining yo’qligini ko’rsatgan va Anqara Ichki Ishlar Mudirligiga berilgan haqiqatdir.]
Nur Talabalari Osoyishtalik qo’riqchilaridir
Osoyishtalikni muhofaza qilganining qat'iy dalili: Olti viloyatning olti zobitlar idorasi, olti yuz ming talabaning yigirma sakkiz yil ichida haqsiz muomalalarga uchrasada, hech qanday muammo chiqarganini qayd etishmagani, hatto Afyon prokurorining osoyishtalikni buzyapti degan tuhmatiga javoban, Ustozimiz Afyonda: "Yigirma sakkiz yilda bitta muammo chiqarganimizni ko’rsata olasizmi? Modomiki ko’rsata olmadingiz, qanday qilib bunday tuhmat qilyapsiz? Faqat kichik talabaning, boshqa masaladan kichik voqeadan boshqa va olti yuz ming talabadan hech qanday voqea sodir bo’lmagani qat'iy isbot qiladiki, Nur Talabalari osoyishtalikni muhofaza qilishadi." deb mot qilganlar.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Aziz qardoshlarim!
Bu safar motorli qayiqda Eg’rdirdan Barlaga ketayotib dengizning avval ko’rilmagan dahshatli bo’roni, Laylatu-l Qadrdagi dahshatli xastalik kabi zahmatini tashlab buyuk rahmatga vasila bo’lganini sizlarga xushxabar beraman. Olti do’st bilan birga shahid bo’lish, yettidan olti ehtimol bor edi. Dengiz bizga keng qabr bo’lishga zamin tayyorladi. Lekin o’sha holda takror-takror tajribalar bilan yomg’irning Risola-i Nurga aloqadorligi va ko’p vaqtdan beri yomg’irga qattiq ehtiyoj bo’lgan paytda, Risola-i Nurning yashirin dushmanlarining tahlikasidan va keng rejasidan qutulishga ishorat bo’lgan dahshatli holatimiz bir maqbul sadaqa o’rniga o’tganini ramz qildi. Rahmati Ilohiydan kelgan amr-i Rabboniy misolidagi ishtiyoq bilan yomg’irning onasi bo’lgan bu dengiz, rahmatga doir amr-i Iloiyni o’ta hayajon va ishtiyoq bilan tez keltirish uchun, shafqat ta'ziri sifatida Nur Talabalari bo’lgan boshimizni ta'zir, yuz-ko’zimizni shafqat yomg’iri bilan siladi. Biz bu holatni zohiran g’azab, ma'nan shafqatli silash sifatida qabul qildik. Men yana bo’ron va yomg’ir boshlamasidan avvaldan sezish hissi bilan bilganim uchun to’xtamay "Javshan"ni va Shohi Naqshbandiyning virdini o’qidim. Dengizning dahshati ichida kamol-i shavq bilan muborak dengizni qabr deb qabul qildim.
Bunday qazo bilan vafot etgan kishi shahid hukmida bo’lganidek, shahid esa valiy darajasida bo’lgani uchun, olti do’stimga masalani aytmadim. Faqat bir bolaga bir oz achindim. Dengiz mavjlari ham juda katta, avvalo qayiqqa va zohiran bizga hujum qilishi bilan birga qayiqning ichiga kirmagani uchun kamoli sabr va shukr bilan qarshiladik va sohilga salomat chiqdik. "Alhamdulillai a’la kulli hal" dedik...
Said Nursiy
* * *
Ustozimiz aytaptilarki:
Men ellik-oltmish yildan beri mutlaq kufrga qarshi, xalqni iymonga xizmat qilish va mutlaq kufrning natijasi bo’lgan anarxistlikdan qutqarish uchun butun kuchim bilan iymon xizmatidagi ixlosning natijasi bo’lgan sharafimni, haysiyatimni, hatto kerak bo’lsa hayotimni fido qilish bilan har bir tazyiqqa, ma’nosiz, keraksiz narsalarga qarshi sabr va bardosh qildim. O’ttiz-qirq yildan beri iymoniy xizmat uchun, men haqimda pashshani fil qilib bir piyola suvda bo’ron chiqarib menga azob berishgan bo’lsada, faqat iymoniy xizmatning bir natijasi bo’lgan osoyishtalik uchun sabr qilib, bardosh berdim. Masalan:
Besh mahkama huzurida kiyinishimga umuman aralashilmadi. Men davomli shaharlarni aylanib yuraman. Hatto Istanbulda mahkamada bir yuz yigirma politsiyachi bo’lsada, kiyimlarimga aralashishmadi. Ikki oy Istanbulda yayov yurganimda ham man etishmadi. Aralashishga hech kimning haqqi yo’q. Chunki ham yakka yashayman, hamda masjidga bormayman. Jamoat joylarida yurmayman, ya'ni avtomobil bilan chiqaman. Zarurat bo’lmasa odamlar bilan gaplashmayman... faqat havo almashtirish uchun tog’lar boshiga va xoli joylarda yuraman. Ahli dunyoning holatimga, ko’rinishimga aralashishga hech qanday haqqi yo’q.
Istanbulga eng muhim iymoniy masala uchun avtomobilda borayotganlarida, hozirgi Istanbulning ba'zi rasmiy odamlari yigirma jihatdan qonunsiz razda qonun nomiga Ustozimizni bir piyola suvda bo’rion qo’ptirib millionlar fidokor talabali bo’lgan zotga, pashsha qanotichalik ahamiyati bo’lmagan masala uchun rasmiy odamlarni jo’natish yuz jihatda ahamiyatsiz, ma'nosiz va pashshani fil qilish hisoblanadi. Ustozimiz aytadilarki: "Modomiki iymon xizmatida to’liq ixlos bilan anarxistlikni to’xtatib, osoyishtalikni saqlashga sabr va bardosh kerak. Men shu sababli tinchligimni, haysiyatimni fido qilaman. Ulardan roziman, halol etaman."
Ustozimiz bu safar Istanbulga borishi munosabati bilan Istanbul prokuraturasidan tergov qilish uchun yoniga kelgan ikki xodimga: "Men avval ham bu masala uchun mahkamada tergov qilingan edim. Mahkama tekshirgan, natijada oqlagan edi. Boshqa so’zim yo’q." deb Samsun mahkamasiga borgan va Istanbul mahkamasida o’qigan ko’rsatmalarini takroran aytdilar. Eskidan beri olgan bir necha xulosa borki, xastalagi tufayli boshini o’rashga majbur va qattiq burun oqishi sababli va xastaligi bois tinchlikka va havo almashtirishga ehtiyoji bor. Bir yerda doimiy qolishi sihhatiga zarar qiladi. Avval ham kerak bo’lmagani uchun, bu xulosalarni ko’rsatish darajasiga tushmagan edilar, kerak deb bilmagan edilar.
Xizmatida bo’lgan Nur Talabalari
Tohiriy, Zubayr, Sungur, Husnu, Bayram
* * *
USTOZIMIZNING VASIYATNOMASI
Ham mening shaxsim, ham Risola-i Nurning ma'naviy shaxsining sarmoyasini, o’zlarini Risola-i Nurning xizmatiga vaqf qilganlarga maosh sifatida berish, xususan nafaqa olmaydiganlarga berish kerak.
Hozirgacha bir necha yildan beri maoshlari berilgan Nur talabalari, xoslarga ma'lum bo’lgan. Men yonimdagi qardoshlarimni o’zimga voris qildim. Ular mening vazifanmi bajarishlari kerak. Birdamlikni ham to’liq muhofaza qilishsin.
Ha, bu vasiyatnomani tasdiqlayman.
Said Nursiy
VASIYATNOMANING HOSHIYASI
Ustozimiz umrining oxirida insonlarning suhbatidan man etilganini shundan tushundilar: bu davrda shaxsiyat jihatidan insonlarga zarar beradigan holatlar bor. Risola-i Nurning yo’lidagi a'zamiy ixlos uchun bu xastalik berildi. Chunki bu davrda shon-sharaf pardasi ostida riyokorlik joy olgani uchun a'zamiy ixlos bilan "men"likni batamom tark etish kerak.
Do’stlar uzoqdan ruhiga Fotiha o’qishsin, ma'naviy duo qilib, ziyorat qilsinlar. Qabrimning yoniga kelishmasin. Uzoqdan Fotiha o’qilsa ham ruhimga keladi. Risola-i Nurdagi a'zamiy ixlos bilan "men"likni batamom tark qilish uchun bunga ma'naviy sabab his qilyapman. O’zini Risola-i Nurga vaqf qilgan yonimdagi talabalar navbat bilan qabrimning yaqinida bo’lib, bu ma'noni keraksiz ziyoratga kelganlarga bildirishsin.
Said Nursiy
* * *
Mandarasning Koniya nutqiga doir izohi
Bosh vazir gapini tafsirlarga maqsadli tobe ekanini aytyapti. (Xususiy xabarchimizdan.)
Anqara: Bosh vazir Adnan Mandaras Koniyada gapirgan nutq sababli nashr etilgani sababli Zafar gazetasining bergan savollariga quyidagicha javob berdi:
"Koniyada Hukumat maydonida katta jamoat holida to’plangan juda muhtaram Koniyalik vatandoshlarimga gapiradigan nutqning laiklik tasavvurimiz haqidagi qismini yomon niyatli kimsa qalamga olganida qanday so’z o’yini qilinganini men ham ko’rib afsuslandim. Bulardan bir qancha so’zlarimning akani ukaga qirdiradigan mohiyatda ekanini, bir qismi o’ngchi siyosatdonlarga yo’l ochganini va muqaddas narsalarni man etish olib tashlanganini, natijada turk inqilobining katta asoslaridan biriga ziyon yetkazganini ifodalagan.
Bu xabarlarda e'tiborimni tortgan jihat shuki Koniyadagi gaplarimning ko’zlangan maqsadlarga va qo’lga kiritilishi istalgan natijalarga ko’ra o’zgartirilganidir. Masalaning yaxshilab tushunilishi uchun avvalo Koniyadagi gaplarimni yana bir karra va o’sha kungi Onado’li agentligi nashr qilganidek takrorlashni istayman. O’shanda shunday degan edim:
Hozir sizga laiklik tushunchamizdan gapirishni istayman. Laiklik bir tomondan din bilan siyosatning bir-biridan ayrilishi, boshqa tomondan esa vijdon erkinligi ma'nosidadir. Din bilan siyosatning qat'iy suratda bir-biridan ayrilishi asnosida eng kichik shubhani ham qabul qilmaymiz. Vijdon erkinligi mavzuiga kelsak, Turk millati Musulmondir va Musulmon sifatida qoladi. Avvalo o’ziga va kelajak avlodlarga dinini o’rgatishi, uning asosini va qoidalarini ta’lim berishi, abadiyyan Musulmon bo’lib qolishi tortishilmas asosdir.
Holbuki maktablarda din darsi bo’lmagunicha bolasiga dinni tuishuntirish va o’rgatishni istagan vatandoshlar bu imkonlardan mahrum etilgan bo’lishadi. Musulmon bolasi dinini o’rganishdek o’ta tabiiy haqdan mahrum qilinmasligi kerak. Bunday mahrumlik va imkonsizlik vijdon erkinligiga uyg’un deyilmaydi. Demak, o’rta maktablarimizga din darslari qo’yish o’rinli ish bo’ladi.
Dinsiz jamiyatning, millatning mavjudligini saqlab qolishiga ishonmaymiz. Eng rivojlangan millatlarning ham din bilan siyosat va dunyo ishlarini bir-biridan ayirgandan so’ng qay darajada dinlariga bog’liq qolganini bilamiz. Bugungi saviya bilan asl millatimizga mutaassiblik tuhmati qabul qilib bo’lmas ish. Millatimiz diniga qattiq bog’langanichalik, umuman dinni eng pok tuyg’ular bilan qabul qiladi. Musulmonlik millatimizning vijdonida eng musaffo holiga yetgan.
Musulmonlikni va uning asoslarini, farzlar va qoidalarni kiyinish bilan ko’rsatib o’rgatadigan o’qituvchilarimizning yetishtirilishiga alohida g’ayrat sarf etiladi. Keladigan yil litsey darajasida ilk bitiruvchilarini chiqaradigan Koniya Imom Xatib Maktabining yuqori saviyada din tahsili bergan ta'lim muassasasi holiga keltirilishi va bunga o’xshagan o’quv dargohlari yurtda ko’paytirilsa, yaxshi bo’ladi." degan.
"Koniya nutqining bu qismini muhtaram turk ziyolilariga takrorlagandan so’ng, shuni ahamiyat bilan bildirishni istaymanki: Bayonotim, har qanday o’xshatishga joy qoldirmaydigan darajada ochiq. Qilinadigan sharhlarda, iddaolarda ushbu ochiq matnga sodiq qolish asos bo’lishi kerak. Hech kim mening aytgan gaplarimni o’zgartirish haqqiga ega bo’lmaganidek, hech qachon aqlimdan o’tmagan maqsad va niyatlarni menga tayantirishga hech kimning haqqi yo’q."
(Hoshiya):Bosh vazirning Koniyadagi ahamiyatli nutqi uchun umum Nur talabalari va maktab o’quvchilari nomidan bir tabrik yozmoqchi edim. Hozir qalbimga: Risola-i Nurning erkinligiga doir mudofaalarimizning va ahamiyatli advokatimizning ekspertlarga javobining orqasida shu nutqni Risola-i Nurning erkinligiga tegishli sabab va hujjat qilib, Onado’lidagi Musulmonlar va Nurning butun talabalarini unga ma'naviy kuch va duogo’y qilish, Azon-i Muhammadiyning e'loni ularga qanday ma'naviy quvvat bo’lgan bo’lsa, bu nutq bilan Risola-i Nurning erkinligi ham unha ma'naviy kuch o’rniga o’tishi uchun unga tabrik o’rniga, advokatimizning haqli mudofaasida bir hoshiya qildik. (*)
"Rahnamo"ni musodara qilish bahonalarini rad qilgan advokat Muhrining mudofaasi kabi Koniyada Bosh vazirning bu nutqi ham o’sha bahonalarni rad qilgan haqiqat bo’ldi.
(*) Bu mudofaa, Ashraf Adibning nashr qilgan kichik "Hayot Yo’li"dadir.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Ustozimiz Said Nursiy aytyaptilarki:
"Modomiki Isparta mening haqiqiy yurtim ekan. Men ruhu-jonim bilan ushbu haqiqiy mamlakatimga va insonlariga xayr qozontirishni istayman. Hozir juda muhim bo’lgan xayr quyidagicha:
Afyon butun Risola-i Nur Kulliyotini qaytarib berib Islom olami, hatto insoniyat olamida juda katta xayrga sabab bo’ldi. Sakkiz yildan beri qilinayotgan xatoni yo’qqa chiqarib avf ettirdi. Muborak Isparta ham Islom olami nazarida Misr Jome'u-l Azhari va eski Shomi Sharif muborakligiga sazovor bo’ldi. Albatta Risola-i Nurni egalariga qaytarib berish orqali hosil bo’ladigan buyuk sharaf uchun Afyondan orqada qolmaydi. Balki yigirma marta oldinlab ketadi.
Ispartaning odil adliyasi vatanparvat demokrati va dindor xalqi ushbu xayr-i azimni yurtlariga qozontirish va Afyon sazovor bo’lgan sharafdan yuz marta ko’proq sharafni o’ziga olish uchun muborak Ispartaning mahsuli bo’lgan Nur Risolalarini qaytarib berishga harakat qilsin. Isparta deputati Tahsin To’la Anqara va Afyonning Risola-i Nurni qaytarib berib yuz kishichalik foyda berib, ushbu xayr-i azimning yarmini Ispartaliklarga qozontirdi."
Xizmatida bo’lgan
Nur Talabalari
* * *
Ustozimiz ilm izzatini muhofaza qilish uchun eski vaqtlardan beri eng katta raislarga xorlanmadi. Ham odamlarning hadyasini qabul qilmas edilar. Endi esa Ustozimiz ham zaif, ahli ilmga ruxsati bo’lgan hadyani xasta bo’lgani uchun ola olmaydilar. Hatto biz xizmatkorlaridan ham eng kichik narsani evazsiz yeya olmaydilar. Yesalar, xastalanadilar. Bu holati, hech narsaga vosita bo’lmagan Risola-i Nurdagi a'zamiy ixlosni muhofaza qilish uchun, xastalik suratini oldi va xastalik bilan bu qoidasini buzishdan man qilyapti degan e'tiqoddamiz.
Hatto Risola-i Nurning har tarafga nashr va tarqalishining katta bayrami munosabati bilan ahl-i ilmga kerak bo’lgan qo’l bilan ko’rishishdan, suhbatdan, ushbu muborak bayramda ham eng xos talabalari va qardoshlari bilan va u kishiga qaralishidan ham qattiq siqilib, a'zamiy ixlosni muhofaza qilish uchun xastalik holatiga tushib man qilingani eslatildi.
Hatto muborak bayramda qattiq xastalangani uchun talabalariga: "Mening qabrimni o’ta yashirin joyda, bir-ikki talabamdan boshqa hech kim bilmasligi shart. Buni vasiyat qilaman. Chunki dunyoda suhbatdan meni man qilgan haqiqat, albatta vafotimdan so’ng ham shunday qilishga majbur qildi." deganlarini ko’rdik.
Biz Ustozimizdan: "Qabrni ziyoratga kelganlar Fotiha o’qiydi, xayr qozonadi. Qanday hikmatga binoan qabringizni ziyorat qilishni man qilyapsiz?" deb so’radik.
Javobiga Ustozimiz: "Bu dahshatli davrda eski vaqtdagidek Fir'avnlarning dunyoviy shonu-sharaf orzusida haykal, rasm va mumlashlar bilan inson e'tiborini o’zlariga qaratishgani kabi, "men"lik va xudbinlik sababli g’aflat bilan haykal, rasm va gazetalar vositasida e'tiborni, ma'no-i harfiydan ma'no-i ismiy bilan o’zlariga to’liq qaratish va uxroviy istiqbol emas, dunyoviy kelajakni maqsad qilib, eski davrdagi Alloh uchun ziyorat o’rniga ahli dunyo qisman bu haqiqatga muxolif o’likning dunyoviy shonu-sharafiga ko’proq ahamiyat beradi, bu shaklda ziyorat qilishadi. Men Risola-i Nurdagi a'zamiy ixlosni yo’qotmaslik uchun va ixlos sirri bilan qabrimni bildirmaslikni vasiyat qilaman. Ham sharqda, ham g’arbda kim bo’lsa bo’lsin, o’qigan Fotihalar ruhga boradi.
Dunyoda meni suhbatdan man qilgan haqiqat, albatta vafotimdan so’ng ham bu suratda meni savob jihatidan emas, dunyo jihatidan man qilishga majbur qiladi." dedilar.
Xizmatida bo’lgan Talabalari
* * *
[Ustozimizning Afyon Mahkama Hay'atiga jo’natgan murojaatning nusxasi.]
Bugun sizni tabriklab, tashakkur qilishga Afyonga keldim. Ko’pdan beri kitoblarimizning zoye bo’lmasligi uchun yaxshi saqlangani uchun tashakkur bildiraman. Endi Anqaraga jo’natayotgningiz uchun sizni tabriklayman. O’n yil avval xususiy shaklda bir kishining boshqa birovga yozgan va ba'zan mening nomim bilan yozilib imzoim bo’lmagan va nashr qilinmagan xususiy maktublar avvalroq mahkamangizda tekshirilib, javobgar bo’ladigan ayb topa olmaganingiz uchun e'tibor berilmagan edi.
Vaqt o’tishi bilan, nashr qilinmagan va avf qonunlari qo’llanilgan, ma'lumotim bo’lmadi va Risola-i Nur kitoblari bilan aloqasi bo’lmagan maktublarni, yangidan e'tiborga olish, ham adolatlilar ham ekspertlarni keraksiz mashg’ul qiladi. Shuning uchun unga vaqt sarflamasligi va ishimizni kechiktirilishi uchun mazkur xususiy maktublarim, muborak kitoblarga qo’shilmasligini adolatingizdan umid qilamiz.
Ushbu muborak adliya ikki marta kitoblarni oqlab, qaytarishga hukm qilgan bo’lsada, ba'zi sabablarga binoan qolgan xuddi o’sha kitoblarning ba'zan hammasini ba'zan qo’lga tushgan qismini besh mahkama qaytarib bergani va besh Ichki Ishlar idorasi egalariga qaytarib berganini sizga xabar beramiz. Inshaalloh adolatingiz va husni zonningiz bu safar ham qaytarib berishga sabab bo’lar.
Xasta
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Hurmatli Adnan Mandaras!
O’ttiz besh yildan beri siyosatni tark etgan Ustozimiz Badiuzzamon Hazratlari, hozir Qur'on, Islomiyat va vatan uchun butun kuchi va talabalari bilan, darslari bilan demokrat partiyaning boshqaruvda qolishini muhofaza qilishga harakat qilayotganini, biz Demokrat partiya mansublari va Nur Talabalari qat'iy xulosa qildik.
Ustozimizdan, nima uchun Demokrat partiyani muhofaza qilishga harakati sababini so’radik. Javoban shunday dedilar:
"Agar Demokrat partiya ketsa, yo Xalq partiyasi yoki Millat partiyasi boshqaruvga keladi. Holbuki Xalq partiyasi, Ittihodchilarning buzuq qismining jinoyatlari va jumhuriyatning birinchi raisining Savr Kelushuvi bilan o’ta siyosiy hiylalari sababli, o’n besh yilda qilgan ishlarining katta qismi to’liq eski partiyaga yuklangani uchun, bu asl turk millati ixtiyori bilan u partiyani qat'iyyan boshqaruvga keltirmaydi. Chunki xalq partiyasi boshqaruvga keladigan bo’lsa, komunist kuchi xuddi shu partiyaning ostida bu vatanga hokim bo’ladi. Holbuki Musulmon qat'iyyan komunist bo’la olmaydi, anarxist bo’ladi. Musulmon hech qachon ajnabiylar bilan qiyoslanmaydi. Shuning uchun ijtimoiy hayot va vatanimizga dahshatli tahlika tashkil qilgan bu partiyaning boshqaruvga kelmasligi uchun Demokrat partiyani, Qur'on, vatan va Islomiyat uchun muhofaza qilishga harakat qilyapman."
"Millatchilarga kelsak: Agar bu partiyada faqat Islomiyat asos bo’lsa, {(Hoshiya) Islomiyat millati hamma narsaga kifoyadir. Din, til bir bo’lsa, millat ham birdir. Din bir bo’lsa ham, millat birdir.} Demokrat partiyaga yordam berganidek, muxolif va dushman bo’lmay, boshqaruvga kelishiga urinmaydi. Agar partiyada: Irqchilik va turkchilik fikri asos bo’lsa, haqiqiy turk bo’lmagan bu vatandagi xalqning faqatgina o’nda uchi turk, qolgan qismi boshqa millatlarga aralashgan. Agar hurriyatning boshida bo’lganidek, bu asl va ma'sum turk millati zarariga millatchilik taragirligi yuzaga kelsa, haqiqiy turklarni ajnabiylar bo’yinturug’i ostiga kirishga majburlaydi. Yoki turklashgan boshqa qismdan bo’lgan va bu vatanda mavjud irqchilik va toifachilik hissi bilan bir ajnabiyga tayanib ma'sum turk millatini bosimi ostiga olishadi. Bu holat esa dahshatli, tahlikali bo’lgani uchun, Qur'on, vatan va millat uchun dindor va dinga hurmatkor Demokrat partiyaning boshqaruvda qolishini ta'min qilishlari uchun dars beryapman." dedilar.
Hurmatli Adnan Mandaras,
Butun maqsadi vatan va millat salomati uchun uringan va dars bergan Ustozimiz Badiuzzamon kabi muborak va muhtaram zotning Demokrat partiyasiga qilgan yordamini ko’ra olmagan Xalq partiyasi va Millat partiyasi a'zolari boshqaruv partiyasi qilayotgan ko’rsatib turli-tuman bahona va aziyat qilib Ustozimizni Demokrat partiyasidan sovutish uchun bor kuchi bilan harakat urinayotganiga qanoat hosil qildik.
Sizdek "Dinning amrlarini bajaramiz, din bu yurt uchun hech qanday tahlika tashkil qilmaydi", degan bosh vazirdan, vatan, millat, Islomiyat uchun partiyamizga buyuk moddiy va ma'naviy yordami tekkan muborak Ustozimizning kitoblarining va o’zlarining to’liq ozod qilib, boshqa umuman bezovta qilinmasligini ta'minlanishini hurmat va ehtiromlarimiz bilan iltimos qilamiz.
Demokratlar a'zolaridan Nur talabalari:
Mastafo, Nuriy, Nuriy, Hamza, Sulaymon, Hasan,
Saydo, Rajab, Ibrohim, Foruq, Muzaffar, Tohir, Sodiq, Mahmud
* * *
Demokratlarga buyuk haqiqat bo’lgan eslatma:
Hozir Qur'on, Islomiyat va bu vatan uchun zararli uch jarayon bor:
1. Komunist, dinsizlik jarayoni. Bu jarayon yuzda o’ttiz-qirq kishiga zarar berishi mumkin.
2. Eskidan beri mustamlakachilarning turklarga aloqalarini uzish uchun Turkiya doirasiga dinsizlikni yoyish uchun buzg’unchilik qo’mitasi nomli qo’mita. Bu ham yuzda o’n-yigirma odamni buzishi mumkin.
3. G’arblashish va Xristianlarga o’xshash va bir nav Purutlik yo’nalishini musulmonlar ichiga joylashtirishga uringan va dinda hissasi bo’lmagan bir qancha siyosatchilar hay'atidir. Bu jarayon yuzda, balki mingdan bir kishini, Qur'on va Islomiyatga qarshi qo’yishi mumkin.
Biz Qur'on xizmatkorlari va Nurchilar avvalgi ikki jarayonga qarshi doim Qur'on haqiqatlarini muhofaza qilishga harakat qilganmiz. Mumkin bo’lganicha dunyo va siyosatni kuzatmaslikka yo’limiz majbur qiladi. Hozir qarashga majbur bo’ldik. Ko’rdikki:
Demokratlar avvalgi ikki dahshatli jarayonga qarshi bizga (Nurchilarga) yordamchi hukmida bo’lishadi. Ularning dindor qismi doim ikki dahshatli jarayonga qarshi bo’lishni yo’llari taqozo qiladi. Faqat dinda hissasi kam bo’lgan bir qancha g’arblashish va g’arblilarga to’liq o’xshash yo’lini tutganlar, uchinchi jarayonga yordam qilishyapti.
Modomiki u jarayonning yuzda faqat birini, balki mingdan birini Purutlar va Xristian kabi qilishga aylantirishi mumkin. Chunki Angliya ikki yuz yilda bosib olgan ikki yuz million kishidan hatto ikki yuz kishini ham Purutlikka aylantira olmagan va olmaydi. Tarixda hech qachon bir Musulmon xristian bo’lgani va o’zi ishonib boshqa dinni Islomiyat o’rniga tanlagani eshitilmagan. Boshqaruv partiyasidagi oz qism, din zarariga siyosat nomidan uchinchi jarayonga yordam bersa ham, modomiki Demokratlar partiyasing yo’li narigi ikki katta jarayonning to’xtashiga va daf qilishga majburiy vazifasi bo’lgani uchun, bu vatan va Islomiyatga katta foydasi tegishi mumkin.
Bu jihatdan biz Demokratlarni boshqaruvda qoldirishda Qur'on manfaati uchun o’zimizni majbur deb bilamiz. Ulardan yaxshilik kutish emas, balki dahshatli, boshdagi ikki jarayonga ularning siyosati bo’yicha qarshi bo’lgani uchun, ularning oz qismi dinga qilgan zarari, vujudning bo’linishi evaziga, faqat bir barmoqni kesish kabi juda kichik zarar bilan kulliy zarardan qutulishimizga sabab bo’lishadi, deb bilganimiz uchun, boshqaruv partiyasi foydasi uchun ahl-i dinni yordamga chaqiramiz. Dinga hurmati yo’q qismini ham jiddan ogohlantirib, "Diqqat! Tez Islom haqiqatlarini tuting", deb eslatamiz. Vatan, millat va ularning hayoti, baxti, Qur'on haqiqatlariga tayanish va butun Islom olamini orqasiga ehtiyot kuchiga aylantirish va Islomiy birodarlik bilan to’rt yuz million qardoshni topish va Amerika kabi din foydasi uchun jiddiy harakat qilayotgan ulkan davlatni o’ziga haqiqiy do’stga aylantirish, iymon va Islomiyat orqali bo’ladi.
Biz barcha Nurchilar va Qur'on xizmatkorlari, ularga ham xabar beramiz, ham Islomiyatga xizmatda muvaffaqiyatlariga duo qilamiz. Hamda iltimos qilamizki: Bu yurtning ahaiyatli mahsuli va vatanda va hozir Islom olamida juda katta foydasi va xizmati bo’lgan Risola-i Nurni, musodara qilinishdan qutqarib nashr qilinishiga xizmat qilishsin. Bu vatandagi dindorlarni o’zlariga tarafdor qilishsin va salomat topishsin.
Said Nursiy
* * *
Ibrat, hayrat va shukrga sazovor narsa:
Yigirma to’qqiz yil bo’ldi, ellik yildan beri menga qarshi yashirin dushman qo’mitalar butun hiylalari bilan adliyani, hukumatni menga qarshi harakatlantirishga urinib, har hiylani qo’llab qarayapti... bir yuz o’ttiz kitobimni, minglab maktublarimni tekshirib tadqiq qilish uchun adliyaning e'tiborini qaratdi. Besh adliya qat'iy oqlab, barcha kitoblarni aybi yoq deb, qaytarib berishga hukm qilishdi. O’tgan Malatiya hodisasi munosabati bilan yana yashirin dushmanlarimiz hukumat va adliyaning e'tiborini bizga qaratishga urinishsada, yigirma uch mahkama "Ayb topa olmayapmiz", deyishgan.
{(Hoshiya): Dengizlida butun Risola-i Nur qismlarining qaytarib berilishi,
Istanbul va Anqarada qo’lga tushgan butun risolalarni qaytarib berishi,
Tarsus-Mersinda qo’lga tushgan barcha risolalarni qaytarishlari,
to’rt oy Anqarada butun risolalarni tekshirib, qaytarishga va oqlashga hukm chiqarishlari va o’sha oqlanish va qaytarilishni Oliy sud to’rt marta tasdiqlashi,
eng ko’p uringan Afyon to’rt yil o’tib ikki marta oqlab, qaytarishga hukm chiqarishi ko’rsatadiki, adliyalar to’liq haqiqiy adolat bilan ish qilishdiki, yangi narsalarning ahamiyati qolmayapti.}
Mendek dunyo ahli bilan munosabati juda kam va Risola-i Nur kabi haqiqatni hech narsaga fido qilmagan, bir yuz o’ttiz kitobida bizga qarshi buncha bahona qidirganlar bo’lsada, hech qanday ayb topa olmasligi va faqat Eskishaharning bitta masala bo’lgan tasattur-yopinishdan boshqa ayb topa olmasligi va u masalaga ham javob berilgandan so’ng vijdonan xulosa chiqarishi... holbuki, Nur talabalari kabi taqvoga tarafdor bo’lgan kishilardan bitta odamning o’n maktubida o’n kunda javobgarlikka tortiladigan ba'zi moddalar topilishi kerak. Buncha ko’p narsada adliyalar javobgarlikka tortiladigan narsa ko’rsata olmasligining sababi ikki narsadan xoli bo’lmaydi:
Yo qat'iyyan inoyat va hifzi Ilohiy bor, bu tomondan marhamatini, rahimiyatini Nur talabalari, Qur'on xizmatkorlariga ko’rsatyapti. Ishimizni ko’rgan butun adliyalarni g’aroyib adolatga va hech qanday jihatda haqsizlik qilmaslikka va bizga qarshi minglar sabablar bo’lsada, Qur'oniy muqaddas haqiqatning xizmatiga yordam berishdi. Biz ham butun ruhu-jonimiz bilan ularga tashakkur bildiramiz.
Eski davr adliyalari oldida podshohlar, fuqarolar bilan birga tiz cho’kib muhokama qilinishi, Hazrati Umar (R.A.) adolati davrida oddiy Xristian bilan Hazrati Ali (R.A.) oddiy yahudiy bilan mahkamaga chiqishi bilan ko’rsatilgan, adliyadagi haqdan boshqa hech narsaga vosita bo’lmasligini ko’rsatgan adliya adolatining ushbu azim sirriga bizga aloqador adliyalar (bizga tegishli tomonidan) sazovor bo’lgan. Shuning uchun sakkiz yildan beri buncha qiynoqlar, qamoqlar, tazyiqlar ko’rgan bo’lsamda, hech bir adliya xodimiga ushbu azim sirga binoan nafaqat achchiqlanish va badduo, aksincha qalban minnatdorlik, bir jihatdan tashakkur, tabrik bor.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq, vafodor, fidokor qardoshlarim!
Avvalo:Butun ruhu jonimiz bilan favqulotda nuroniy iymon xizmatingizni tabriklayman.
Ikkinchidan:Anqarada dindor Ahrorlarning majlisida menga Diyonat Riyosati idorasida mansab berilishiga qattiq istashlari, Madrasatu-z Zahroning Nur Talabalarini, bu masalada menga qabul qildirish uchun vosita qilishlariga qarshi aytamanki:
Majlisda buni taklif qilgan deputatlarga va dindor do’stlarga ko’p tashakkur bildirib, ko’p salom aytamiz va muvaffaqiyatlariga ko’p duo qilamiz. Men juda zaif, og’ir xasta, keksa, qabr eshigida va abgor bo’lganim uchun, muqaddas vazifani qilishga iqtidorim yo’q. Mening o’rnimga Risola-i Nurning ma'naviy shaxsi Nur shogirdlarining xos, xolis va Islomiyatning haqiqiy fidokorlarning ma'naviy shaxsiyati, muqaddas vazifani hozirgacha g’ayri rasiy, parda ostida qilishgani kabi, inshaalloh rasmiy shaklda ham qilishadi. Ularga havola qilamiz.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Duoingizga muhtoj qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
[Iymonning dunyoda ham bir nav Jannat lazzatini shaxsiy hayotimda ta'minlaganiga doir:]
Men to’qqiz yoshimdan beri shafqatli volidamni ko’rmaganim uchun suhbatida bo’la olmadim.
Hurmatli muhabbatdan mahrum qolganim,
uch singlimni ham o’n besh yoshimdan so’ng ko’rmaganim,
Alloh rahmat qilsin, volidam bilan birga barzoh olamiga ketishgani uchun, dunyoning juda zavqli, lazzatli birodarlik suhbatlaridan, marhamat va hurmatdan mahrum qolganim uchun,
uch ukamdan ikkitasini ellik yildan beri ko’rmaganim uchun (Alloh ularni rahmat qilsin),
ikki qiymatli, dindor, olim ukamning suhbatlaridan,
hurmatkor muhabbat, marhamatli shafqatdagi sevinchdan mahrum qolganim uchun
- bu dunyoda Risola-i Nurdan iymonda Jannat urug’i bo’lganini ko’rsatgani kabi, bugun xizmatimdagi to’rt fidokor ma'naviy avlodlarim bilan bir sayohat qilgan vaqtim, qalbimga iymondagi Jannat urug’ining bir zarrasi qat'iyyan eslatildi.
Umrimda yakka qolganin uchun, dunyoda farzandlarim bo’lmagani uchun, bolalarga shafqatli lazzatlaridan, xursandchiliklardan ham mahrum qolganim bilan birga, bu kamchilikni his qilmas edim. Bugun to’rt yaram evaziga Janobi Haq o’ta zavqli ma'noni ehson etdi. Uch jihatdan davoladi.
Birinchisi:Risoal-i Nurda bayon etilgan hadis-i sharifdagi عَلَيْكُمْ بِدِينِ الْعَجَائِزِ sirri bilan, keksa ayollarning Risola-i Nur tomondan g’aroyib foydalanishlari va ruhoniy lazzatlari marhuma volidamning marhamatli xususiy shafqatidan kelgan lazzat evaziga menga kulliy va umumiy shaklda minglar volidalarni rahmat-i Ilohiya ehson qildi. Shuning kabi, uch marhuma singillarimning shafqatli, qardoshona sevinch va xursandchiliklari evaziga, yuz minglar yosh ayollarni menga singil sifatida Risola-i Nur jihatidan berib, duolari bilan va Nurlar bilan aloqalari bilan singillarim sababli men yo’qotgan uch foyda o’rniga minglar ma'naviy foyda va ruhiy sevinch ehson etdi.
Ikkinchi qismning haqiqat ekaniga ko’p dalil va belgilari bor, qardoshlarim bilishadi. Ham marhum qardoshlarim vafoti bilan fidokorlik bilan dunyodagi moiddiy-ma'naviy yordamlaridan, muhabbat va shafqatlaridan mahrum bo’lganim evaziga, rahmat-i Ilohiya xususiy ikki uch qardosh o’rniga yuz minglar haqiqiy qardosh kabi haqiqiy shafqat, yordam bergan, hatto nafaqat dunyo hayotini, balki uxroviy hayot sarmoyasini ham Risola-i Nurning xizmatida menga yordam berish uchun fidoiy qardoshlarni ehson etdi.
Dunyoda farzandlarim bo’lmagani uchun, bolalarga nisbatan o’ta zavqli shafqat ustunligidan mahrum bo’lghanim evaziga, bir-ikki bola shafqati o’rniga kelajakda Risola-i Nur bilan oziqlanishlari jihatidan xususiy, juz'iy uch shafqatli holatni yuz minglar ma'sumlarga aylantirdi. Bunga doir ko’p belgilar bor. Hatto menga xizmat qilganlar bilishadiki, ma'sum bolalarning menga nisbatan Bolvadinda va Amiqrtog’dagi aksar yo’llarda ota-onasidan o’ta ko’proq shafqat, hurmat, bog’liqlik ko’rsatishlari juz'iy, shaxsiy, xususiy zavq, lazzat va shafqatli hurmatni minglar kulliy va umumiy suratga aylantirganiga ko’p misollar bor.
Bir qancha muborak ruh sohiblarida avvaladan sezish hissi kabi, ma'sum bolalarning avvaldan sezish hissi bilan Risola-i Nurninig ularga dunyoviy, uxroviy otalik bilan tarbiya qilish va muhofaza qilishini ruhlari his qilganki, Nurning xizmatkoriga ota-onalaridan ham qattiq hurmat ko’rsatishdi.
Hatto men umuman ko’rmagan, tanimagan uch yoshli qizcha yalang oyoq bilan tikanlarni bosib, yugurib keldi. Hatto juda ko’p do’stlarim Bolvadinda bo’lgani uchun, avtomobil bilan juda tez ketayotgan bo’lsakda, qutula olmadik. Hatto hamma joyda meni umuman eshitib-ko’rmagan bo’lishsada, ota-onasiga ko’rsatgan aloqani ko’rsatishlari men haqimda, nafsim, havasim jismoniy jihatda ham iymonda Jannat urug’i borligini ko’rdim.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Ustozimizni ziyorat qilish uchun kelib ko’risha olmagan kishilar va biz ko’rishmay ketganlarninig hurmatini ketkazmaslik uchun Ustozimizga yashirin g’aroyib bir ruhiy holatlarini bayon qilishga majbur bo’ldik. Hatto bugun bir oz e'tiborsizligimiz tufayli, o’ta muhtoj bo’lgan xizmatimizni tugatishga niyat qilgan bo’lsada, hozirgi yozadigan narsa esga keldi, bizni ham avf ettirdi, halol qildi. Haqiqat quyidagicha:
Biz qat'iyyan angladikki: Ustozimiz aksar hayotini yakka holda o’tkazgani kabi, butun hayotida hadyalarni qabul qilmaslik va evazsiz hadyalar u kishini xasta qilgani kabi, hozir hurmat va do’stlik jihatidan u kishi bilan ko’rishish o’ta og’ir keladi. Hatto takror-takror tushuntirdik: Qo’l bilan ko’rishish, qo’lini o’pish u kishiga musht urish kabi ruhan ta'sir qiladi. U kishiga qarashdan, razm solishdan ham qattiq ta'sirlanadilar. Hatto biz xizmatlarida bo’lsakda, zarurat bo’lmasa, qaray olmaymiz. Buning sirri va hikmatini qat'iyyan angladik:
Risola-i Nurning asos yo’li haqiqiy ixlos hisoblangani uchun, hozir Ustozning boshda ko’rinishi, u kishi bilan suhbat qilish, qattiq hurmat ko’rish, ushbu "men"lik davrida nafsparastlik, riyokorlik, sun'iylik alomati bo’lib, u kishiga qattiq botadi. Chunki: "Men bilan ko’rishishni istagan kishi, agar oxirat uchun, Risola-i Nur uchun bo’lsa, Risola-i Nur menga qat'iyyan ehtiyoj qoldirmagan. Millionlar nusxasining har biri o’n Saidchalik foyda beradi. Agar dunyo tomonlama va unga oid ishlar uchun bo’lsa: U kishi dunyoni shiddat bilan tark etganlari uchun, unga oid narsalar moloya'ni, vaqt zoye qilish bo’lgani uchun, jiddan siqiladilar. Agar Risola-i Nurning xizmatiga, tarqalishigva oid bo’lsa, menga xizmat qilgan haqiqiy fidokor talabalarim, ma'naviy avlodlarim va qardoshlarim mening o’rnimga ko’rishishlari kifoya qiladi, menga umuman ehtiyoj yo’q. Uzoq joylardan, olis yurtlardan kelganlar bilan birga boshqa qardoshlarimiz ham ranjimasinlar. Chunki o’n yildan beri har tong o’qigan va boshqalar u kishini vakil qilgan virdlarni o’qishlarida savobni bag’ishlagan vaqtlari aytadilarki:
"Ya Robbi! Men bilan ko’rishish uchun kelib, ko’risha olmay ketganlarning amal daftariga ham yozilsin." deb ruhlariga hadya qiladilar. Ustozimizning bu holini qardoshlarimizga bayon qilamiz.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Xizmatidagi
Nur Talabalari
* * *
[Ileri Gazetasining 13 Aprel 1957 yildagi nusxasidan olindi:]
Ustoz Badiuzzamonning barakatli qo’li bilan yangi masjidning tamali qo’yildi.
Ustoz Badiuzzamon Said Nursiy "3-Ta'lim Tumani" jome'i tamalini qo’ydi. (Isparta xususiy muxbirimiz bildirdi.)
Ispartaning o’tgan yillarda tashkil qilingan Uchinchi Ta'lim Tumani uchun qurilishiga qaror chiqarilgan masjidning tamali, tashkil etilgan katta marosimda qo’yildi. Tadbirga Ispartadagi Risola-i Nur muallifi Ustoz Badiuzzamon Said Nursiy Hazratlari ham taklif qilingan edilar. Buyuk aloqa bilan qarshilangan Ustoz, tabdirdan so’ng barakotli qo’llari bilan ilk tamal toshini qo’ydilar va duo qildilar.
* * *
Husayn Avniy va Tahsin To’laga murojaat
Biz Nur shogirdlari Ustozimizning xizmatida va yo’lida bo’lganimiz uchun siyosat bilan aloqamiz yo’q. Lekin Demokratlar Nurlarning nashriga ruxsat berishgani va eskidan beri Nurni man qilishga doir zulm qilishmagani uchun, ularning hurmati uchun saylovga aloqador bo’ldik. Avvalgidek bu safar ham Demokratlarga Nurchilarning ko’p foydasi tegdi. Ustozimiz va Nurlarga eng ko’p foydasi tekkan eski Adliya Vaziri Husayn Avniy va Senirkent deputati Tahsin To’la barchadan ham ko’ra ko’proq yutishlari kerak edi. Lekin yuta olishmagani bizni juda xafa qildi, deb Ustozimizga aytdik. U kishi javoban aytdilarki:
"Xafa bo’lmanglar. Men ham siz bilan birga ularni tabriklashimiz kerak. Chunki ikki yil ichida hukumatga, vatanga, millatga, dinga, osoyishtalikka ellik yilchalik xizmat qilishganiga qat'iy dalil shuki, Ustozimizning karomat bilan murojaat qilmay "Rahnamo"ning qutulishini istagan onda musodara qilingan ikki yuz "Rahnamo"ning qaytarib berilishi bo’ladi. Undan ikki yuz ming kishi "Rahnamo"dan foydalanib duo qilishdi. Tahsin To’laning ahamiyatli xizmati bilan "So’zlar" majmuasi rasman Anqarada chop etilishi, ham osoyishtalikka, ham Demokratga, ham bu vatan va millatga yuz yil deputatlik qilgandek foydasi tegdi.
Ularga buncha ma'naviy, haqiqiy, xususan boqiy va uxroviy foyda yetadi. Bir ikki yil mansab va deputat bo’lish boqiy olmos kabi xizmatlarini, sinadigan foniy shishaga vosita qilmaslik kerak. Shuning uchun men ularni tabriklayman. Siz ham ularni tabriklang, duo qilinglar. Hatto men Tahsin To’laning yana Nurlarga xizmat qilishi uchun deputat bo’lishini istadim. Lekin avvalgi xizmati kifoya qiladi. Eshikni ochdi, boshqa ehtiyoj qolmadi."
Nur Talabalaridan
Mahmud Qoya, Xusrav, Tohiriy, Sungur, Zubayr, Jaylon, Bayram
(Hoshiya):Ustozimiz aytdilarki: Dunyo jihatidan deputat bo’lmagani uchun bir miqdor banknot yo’qotdi. Uning xizmati bilan "So’zlar" majmuasining nashri orqali millionlab insonlar ichida faqat mening hissam evaziga biror narsa kerak bo’lganda, (ellik ming liralik foydasi tegdi) agar pulim bo’lganda, katta qismini bergan bo’lar edim. Bu haqiqatni e'tiborga olib, yana deputat bo’lganida, bu haqiqat e'tiborga olinmas edi. Shuning uchun ba'zi dinsiz zolimlarning qo’li bilan yutmagani uchun xafa bo’lmasin.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Vasiyatnomaning Bir Zayli
Ashraf Adib nashr qilgan "Hayot Yo’li"ning o’ttizinchi sahifasidagi Saidning xususiyatlaridan oltitadan yettinchi namunasi bo’lgan umrida hadyani evazsiz qabul qilmaslik, qanoat va tejamkorlik asosida, o’ta faqirligi bilan birga oltmish-yetmish yil avvalgi o’z talabalarining maoshini ham o’zlari bergan ajib holatning hozirgi misoli va bir sirri necha yildan beri anglashildi deb, buni vasiyatnomaning oxiriga yozish vaqti keldi.
Ha, o’ta faqirlik va behojatlik va hadya olmaslik bilan birga, Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, man etilmagan daktilo mashinkasi orqali yoyilgan Risola-u Nur bergan sarmoya bilan hozir ma'naviy Madrasatu-z Zahroning to’rt-besh viloyatda hayotini Risola-i Nurga vaqf qilgan va nafaqasi uchun ishlarga vaqt topa olmagan fidokor Nur talabalarining maoshiga ajib barakat bilan kifoya qilgan va Nur nusxalarining bahosi bo’lgan muborak sarmoyani men vafot etganimdan so’ng xolis, fidokor qardoshlarimga vasiyat qilaman. Oltmish-yetmish yil avvalgi qoidamni yetmish yil keyingi hozirgi dasturlarimga aynan tatbiq qilishsin. Inshaalloh Risola-i Nur erkin chop etilsa, u dastur yana ko’proq kengayadi.
Hayratlanarlisi shundaki, eski vaqtlar Avqofdan besh talabaning maoshini Vanda Eski Said qabul qilgan edi. O’sha oz pul bilan ba'zan talabasi yigirmaga, o’ttizga, oltmishgacha chiqsada, o’z talabalarining maoshini o’zi berar edi. Qanoat va tejamkorlik barakoti va besh-olti mavzer to’pponchasini sotib behojatlik qoidasini buzmadi. O’shanda mashhur Tohir Posho kabi ko’p yordamchilar bo’lsada, qoidasini buzmagan edi. Oltmish-yetmish yillik hayot dasturini g’aybiy ishorat bilan oltmish-yetmish yil o’tib qanoat va behojatlikning mevasi sifatida Ilohiy inoyat bilan ehson etildi. Buncha mahkamalar, man qilinishlar, musodaralar va eski harflarga ruxsat berilmaslik bilan birga, necha yildaki to’rt-besh viloyat kengligidagi ma'naviy Madrasatu-z Zahroninig fidokor talabalarining maoshini Risola-i Nurning o’zi hadya qildi.
Holbuki o’sha nusxalarning muhim qismi hadya sifatida atrofga evazsiz va Islom olami va Ovrupoga jo’natgan va qo’lidagi nafaqasini Nurni ko’paytirishga sarf qilgan bo’lsada, Nurning nusxalari ajib tarzda ham o’ziga, ham xolis fidokorlariga kifoya qilishi eski davrdagi g’aybiy ishoratining chiroyli mevasi va hikmati borligiga qat'iyyan xulosa qilganim uchun, vasiyatnomamning oxirida bayon qilaman.
Bu vasiyatnoma mendan keyin qoladigan maosh ichiga ham qo’yilsin. Ba'zi insofsiz kishilar "Said kuniga besh-o’n tiyin bilan yashagan va hech kimdan pul olmagan bo’lsada, bu merosi yuzlar lira chiqyapti, qayerdan oldi?" demasligi uchun, bu haqiqatni izhor qilish munosib bo’ladi.
Ma'naviy avlodlarim, fidokor xizmatkorlarim bo’lgan Zubayr, Jaylon, Sungur, Bayram, Husnu, Abdulloh, Mustafolar kabi va xos, xolis Nurning qahramonlari bo’lgan Xusrav, Nazif, Tohiriy, Mustafo Gul kabi kishilar nazoratida dasturimning muhofaza qilinishini vasiyat qilaman.
Said Nursiy
* * *
[Ba'zi gazetalarda chiqqan yolg’onlarni sizga ma'lumot uchun jo’natyapmiz.]
Ba'zi muxolif gazetalar Risola-i Nur talabalariga takroran "tariqat qurdi" degan tuhmat qilganini ko’rdik. Buning haqiqat bilan hech qanday aloqasi yo’q. Bu xusus Risola-i Nur ishini olib borgan yaqin Og’ir Jazo Mahkamasining uzil-kesil hukmi bilan aniqlangan. Tariqatga doir eng kichik belgiga, o’z vaqtida musodara qilinib so’ng hech qanday shartlarsiz egalariga qaytarib berilgan Risola-i Nur kitoblari va maktublari orasida uchramagan.
Aksincha Ustozimiz Said Nursiyning maktulari va mudofaalarida qat'iy til bilan aytganlaridek: "Davr tariqat davri emas, iymonni qutqarish davridir. Tariqatsiz Jannatga kirganlar ko’p, faqat iymonsiz Jannatga kirganlar yo’q." ifodasi bor. Bu ochiq-oydin va butun mahkama a'zolari va prokurorlarning o’ttiz yildan beri tariqat xususida eng kichik dalilga ham uchramaganiga javoban, dinni yo’qotishni istagan va bugungi Islomning yoyilishini hazm qila olmagan, dinga loqayd, hatto qarshi guruh Islom haqiqatlarini tariqat deb nomlab o’z qarashi foydasiga bu vatanda zamin tayyorlash harakatidadir. Albatta har safar bo’lganidek, yashirin dinsizlarning o’yinlari bilan, rejalari bilan tayyorlangan bu hodisa, vatan va millat foydasiga aks etadi. Oydin va Nazilli mahkamalari ham eski adolatli hamkasblariga ergashib, Nur shogirdlarini oqlashadi.
Risola-i Nurning butun vatanda, hatto Islom olami va Ovruponing juda ko’p joylarida husni qabulga sazovor bo’lishi va Turklarni olami Islomda eski birdamligiga muvaffaq qiladigan dunyoviy samarasi Nur shogirdlarining niyatida bo’lmay natija berishi va hukumatning shaxsan Islomiyatga, dinga, vijdon hurriytiga to’liq baho berib eski hukumatning buzg’unchiliklarini ta'mirlashga harakati va muqaddas narsalarga tajovuz qilganlarni jazolash haqida qonun chiqarishga tashabbus qilishi kabi juda ko’p musbat va rohatlantiruvchi hodisalar bo’layotgan paytda, aslsiz masala bilan muammo chiqarish, hukumat va Islomiyatga qarshi bo’lgan kimsalarning mahsuli ekaniga aslo shubha qilmaymiz.
Yolg’onlarning bir necha dalili:
Ustozimiz Said Nursiy uchun vijdonsizlar "Bir shoh va podishoh kabi yashayapti, kelgan yordamlar bilan tirikchilik qilyapti", deb ochiq-oydin tuhmat qilishdi. Said Nursiy, amakisining sho’rvasini ham ichmay, hayotida hech kimning minnati ostida qolmay, besh ming lira hadyaga besh tiyinchalik baho bermay rad qilgan, qaytargan, hayotida behojatlik dasturini eng zolim muomalalar va mahrumliklar ichida qolgan vaqtlar ham buzmagan va bu shaklda Islomiy izzat va diniy sharafni muhofaza qilgan zotdir.
Ustozimiz odamlarning hadyasini qabul qilmaslik dasturi, sakson yillik hayoti orqali isbotlangan va o’ttiz yillik turli-tuman mahkamalarda ham hujjatlar bilan aniqlangan. Do’st va dushmanning ko’z o’ngida yuzaga chiqqan. Ushbu ochiq-ravshan haqiqat hamma tomonidan bilingan vaqtda, tuhmat qilganlar naqadar dahshatli g’arazkor bo’lganini vijdoni bor kishilarga havola qilamiz...
Anqara hukumati adolati bilan Ustozimiz Said Nursiyning Risola-i Nur asarlari chop etilmoqda. U kishining hissasi bo’lgan bir qancha kitoblarning pulini Ustozimiz, hayotini Nurlarga vaqf qilib, nafaqasi uchun ishlamagan Nur talabalariga maosh sifatida beryaptilar. O’zlari ham bugun hamma tomonidan bilingan a'zamiy tejamkorlik va qanoat bilan yashayaptilar. Butun umri bo’yicha favqulotda tejamkorlik doirasida o’z tirikchiligini o’tkazganiga sakson yillik hayotini ishonchli guvoh sifatida ko’rsatamiz.
Xalqni Demokrat hukumatga qarshi qo’yish rejalarini amalga oshirishga uringan turli gazetalarning boshqa ochiq yolg’oni shuki, Nazillida ikki muborak kishining Ramazoni Sharif haqidagi murojaatini "Islomiy davlat qurish" deb siyosatga aloqasi bor holga o’zgartirishi, soxta siyosat manfaatparastlarning, bolalarni ham alday olmaydigan ahmoqona tuhmat va uydurmadan iborat. Bunday yolg’onlarni qaysi maqsadda qilishganini bilmagan odam yo’q...
Nazillida umuman bormagan, u yerda hech kimni tanimagan,
qirq yildan beri "A'uzu billahi mina-sh shaytoni va-s siyasa" deb, siyosat bilan aloqasini uzgan,
faqat va faqat Qur'on va iymon haqiqatlari bilan iymonni qutqarish da'vosiga umrini bag’ishlagan,
bundan tashqari dunyoviy narsalar bilan aloqador bo’lmagan,
sakson yetti yoshga kirgan,
doim yotoqda bo’lgan,
zaharli xastaliklar ta'sirida o’lim navbatlari o’tkazib "Qabr eshigidaman" degan,
sokinlik va istirohatga juda muhtoj bo’lgan Said Nursiy kabi Islom muallifini siyosiy tuhmatlar bilan mavzu darajasiga chiqarish, ko’p tomondan vijdonsizlik, mudhish ayyorlik, pastkash yolg’onchilik tubanligiga tushish hisoblanadi.
Har qanday din olimiga bahona bilan payg’ambarlik bo’htoni qilish, to’g’ridan-to’g’ri Islomiyatga hujum va Qur'onga xiyonatdir.
Ustozimiz Said Nursiy butun umri davomida sunnat-i saniyaga ergashgan va bir sunnat-i saniyaga muxolif harakat qilmaslik uchun qatl jazolarini hech hisoblab, sunnat-i saniyani ihyo va iymonni muhofaza qilish uchun bir yuz o’ttiz bo’lim asar ta'lif qilgan. Xunxo’r din dushmanlariga qarshi hayotiga ahamiyat bermay kurashib, nihoyat muvaffaq va muzaffar bo’lganlar. Sunnat-i Ahmadiyaga tobe bo’lishga doir yozgan asari esa, o’ttiz yildan beri minglarcha nusxa nashr qilingan. Faxri koinot Rasuli Akram (A.S.M.) afandimizning so’nggi va haq payg’ambar ekaniga doir muazzam bir asar "Mo’'jizot-i Ahmadiya" kitobi ham o’rtada. Haqiqat bu ekan, Said Nursiyga tuhmat qilgan kimsalarning haq va haqiqatdan, insof va vijdondan naqadar uzoq ekani qiyos qilinsin. Bu tuhmatni qilish, shaytonlarning ham esiga kelmaydi.
Bu hodisaning bir sababi shu bo’lish ehtimoli kuchli: Risola-i Nur oila hayotiga katta foyda berib ayollarning iffat, nomus, ismat va saodat bilan hayot kechirishlarini ta'minlaydi. Ayollar Risola-i Nurga ko’pchilik bo’lib rag’bat ko’rsatishyapti. Bunga go’zal o’rnak sifatida ayollarning nashr etilgan bir necha maqolasini din dushmanlari ko’rib, bolsheviklik hisobiga bir qancha uydirma bahonalar bilan hujumga o’tishgan. Lekin aslo muvaffaq bo’la olmaydilar. Ularning maqsadlarining tom aksiga, Risola-i Nur nashriyoti erkak va ayollar orasida bir tarzda tarqalyapti va yoyiladi.
Xastaligi munosabati bilan xizmatida bo’lgan
Tohiriy, Zubayr, Jaylon, Bayram, Sungur, Rushdu
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Eng muhim bir mahkamada so’nggi so’zim sifatida "Mahkama-i Kubroga Shikoyat" nomli yozilgan va "Hayot Yo’li"da bir necha marta nashr qilingan va mahkamadaligida Anqara idorasiga, Oliy Sudga va mahkama raislariga yo’natilgan shikoyatning sababi u hodisaning ajib, g’arib, kichik namunasi shuki, bu safar ham boshimga kelgani uchun, Mahkama-i Kubroga shikoyatga hoshiyacha sifatida bayon qilaman:
Ikki kun avval men juda ishtiyoqmand bo’lgan va eski vaqtlar Onado’li ilm madrasasi o’rnida bo’lgan Koniyaga uch sabab bahonasi bilan;
1. Ikki haqiqatli hur qardoshim faqir hollari bilan birga katta xarajat qilib Izmir mahkamasiga borishibdi. Qaytayotib yonimga kirishdi. Men ularni qisman xarajatdan qutqarish uchun, xususiy avtomobilim bilan Koniyagacha birga olish.
2. O’n besh yil mening oldimda o’qigan va yigirma yilga yaqin muftiylik qilgan va qirq yildan beri bir martadan boshqa men ko’rmagan va butun qardoshlarim, qarindoshlarim ichida hayotda bir o’zi qolgan qardoshimni va farzandlarini ziyorat qilish va ular bilan ko’rishish.
3. Eski Said va Yangi Saidning muhim ustozlaridan va uning muridlari bo’lgan Mavlaviylarning hamma joyda Risola-i Nurga aloqadorliklari uchun men ko’p aloqador bo’lgan va Imom Rabboniy, Imom G’azzoliy kabi muhim ustozim bo’lgan Mavlono Jaloliddinni ziyorat uchun borgan edim. Ham "Hayot Yo’li"da insonlar bilan ko’rishmaganimga doir nashr etilganki, ziyoratchilar bilan ko’risha olmayman.
Hadyalardan man qilish uchun Janobi Haq xastalik berganidek, hurmat bilan ziyorat ham bir tur ma'naviy hadya bo’lgani uchun, ovozim o’chib inoyat belgisi sifatida gapirishdan man qilinganim uchun, qardoshimning uyiga ham gapirmasligim uchun bora olmadim.
Hech bo’lmasa Koniyada ikki-uch kun qolish zarur edi. Lekin majburan bir soat ichida namozimni o’qib qaytdim. Lekin u yerda birdaniga shunday holat berildiki, butun gazetalarda yozishdi. Qirq yilda bir marta ko’risha olmagan ukamning uyiga ham borib ko’risha olmagan va gapira olmagan bo’lsamda, xuddiki minglab kishilar bilan ko’rishgan kabi muomala ko’rdim.
Garchi politsiya olgan buyrug’iga binoan harakati jiddiy xato edi. Lekin ushbu qattiq xasta holatimga muvofiq bo’lgani uchun, ulardan xafa bo’lmadim. Aksincha halol etdim. Alloh rozi bo’lsin dedim, tashakkur etdim. Men havo almashtirishga juda muhtoj bo’lganim uchun, yozda tog’larda, qishda kiralagan turli manzillarda aylanishga majbur bo’laman. Bir joyda tura olmayman. Xastaligim qattiqlashadi. Takror ora-sira Koniya kabi joylarga borishni niyat qildim. Hatto kirasini bergan Amirtog’da ham ikki manzilim, Eskishaharda bir manzilim bo’lsada, ma'nosiz holat meni havo almashtirishdan, manzillarni ziyorat qilishdan man qilinishimga sabab bo’lganini Koniyadagi holatdan his qilgan edim. Men qat'iyyan hech kim bilan ko’rishmayman. Bunga o’xshagan odatimga qarshi menga qilingan juda o’gir g’ayri qonuniy muomalalar bor. Bu safargi holatni bayon qilgan ushbu ifodalarim avval yozilgan "Mahkama-i Kubroga Shikoyat"ga zayl sifatida nashr qilinsin.
Said Nursiy
* * *
Jumhuriyat Raisi va Bosh vazirga
Qabr eshigida, sakson yoshdan oshganda, bir necha xastalik bilan kasallangan va o’zini o’limga yaqin deb bilgan bechora g’arib keksa aytadiki: Sizga ikki haqiqatni bayon qilaman:
Avvalo:Sizning Pokistonning va Iroq bilan o’ta muvaffaqiyatli ittifoqini, bu millatga kamoli sammiyat, sevinch va rohatlikda qozonishingizni butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Bu ittifoqingizni ruhimda inshaalloh to’rt yuz million Musulmonlarning umumiy sulhiga va omma salomatligini ta'minlashga qat'iy muqaddima bo’lishini his qildim. Buni sizga Namoz tasbehotidagi kuchli eslatma bilan yozishga majbur bo’ldim. O’ttiz-qirq yildan beri dunyo va siyosatni tark etganim uchun, qattiq aloqa bilan ushbu qalbiy eslatmaning sababi quyidagicha:
Ellik yildan beri iymonni qutqarish uchun o’ta qisqa yo’l topgan va Qur'onning bu davrda ma'naviy mo’'jizasi bo’lgan Risola-i Nurning Arabiston va Pokistinda boshqa joylarga nisbatan ko’proq ta'sir qilgani va maqbul bo’lishi, hatto olgan xabarimizga ko’ra, mahkamada ham aniqlangan miqdorning u atrofda uch misli Risola-i Nur talabalarining bo’lishlaridir. Bu sir uchun hayotimning oxirida qabr eshigida bu azim natijani ko’rish va bayon qilishga ruhan majbur bo’ldim.
Ikkinchidan:Irqchilik fikri Ummaviylar davrida katta tahlikaga sabab bo’lgani va hurriyatning boshida "quluplar" ko’rinishida buyuk zarar qilishi va birinchi jahon urushida yana irqchilik iste'mol qilinib muborak qardosh arablarning mujohid turklarga qarshi zarar berganidek, hozir ham Islomiy birodarlikka qarshi iste'mol qilinishi mumkin. Tinchlik dushmanlari yashirin dushmanlar, yana o’sha irqchilik bilan katta zarar berishga uringanining belgilari ko’rinyapti. Holbuki manfiy harakat bilan boshqa birovga zarar qilish bilan oziqlanish, irqchilikning tabiiy fe'li hisoblanadi. Avvalo turk millati dunyoning har tomonida musulmon bo’lgani uchun ularning irqchiliklari Islomiyat bilan birlashgan, ajratib bo’lmaydi. Turk musulmon demak. Hatto Musulmon bo’lmagan qismi, turklikdan chiqqan. Turkdek arablarda ham arablik va arab millati Islomiyat bilan birlashgan va birlashishi kerak. Haqiqiy millati Islomiyatdir. U kifoya qiladi. Irqchilik butun boshli azim tahlikadir. Sizning bu safargi Iroq va Pokiston bilan juda qiymatli ittifoqingiz, inshaalloh tahlikali irqchilikning zararini daf qiladi va to’rt-besh million irqchi o’rniga, tort yuz million qardosh Musulmonlarni va sakkiz yuz million sulh va umumiy tinchlikka qattiq muhtoj Xristian va boshqa dinlar sohiblarining do’stligini bu vatan millatiga qozontirishga to’liq vasila bo’lishiga, ruhimda qanoat hosil qilganimni sizga bayon qilaman.
Uchinchidan:Oltmish besh yil avval bir hokim bir gazeta o’qidi. Bir dinsiz mustamlaka noziri Qur'onni qo’liga olib konferensiya o’tkazibdi. "Bu, Musulmonlarning qo’lida bo’lar ekan, biz ularga haqiqiy hokim bo’la olmaymiz. Hokimligimiz ostida tuta olmaymiz. Yo Qur'onni darajasidan tushirishimiz yoki Musulmonlarni unda sovutishimiz kerak." debdi.
Bu ikki fikr bilan dahshatli fasod qo’mitasi bu bechora, fidokor, ma'sum, hamiyatkor millatga zarar berishga urinyapti. Men oltmish besh yil avval bu jarayonga qarshi Qur'oni Hakimdan yordam istadim. Haqiqatga qarshi qisqa yo’l va katta Islomiy Dorulfunun tasavvuri bilan, oltmish besh yildan beri oxiratimizni qutqarish va uning foydasi sifatida dunyoviy hayotimizni ham mutlaq istibdoddan va zalolatning halokatidan qutqarishga va Islom qavmlari o’rtasidagi aka-ukalikni kengaytirishga ikki vasila topdik:
1. Risola-i Nur bo’lib, iymoniy birodarlikning kengayishiga iymon quvvati bilan xizmat qilganiga qat'iy dalil shuki, tenggi yo’q zulm va ojizlik holatida yozilishi va hozir Islom olamining aksariyat joylarida, Ovrupo va Amerikaga ham ta'sirini ko’rsatishi va isyonchilarga, dinsiz falsafaga va o’ttiz yildan beri dahshatli suratda moddaparastlik, tabiatparastlik kabi dinsizlik fikriga qarshi g’alaba qilishi va hech qanday mahkama va ekspertlar ham sindira olmasligi bo’ladi. Inshaalloh vaqti kelib sizdek Islomiy aka-ukalikning kalitini topgan zotlar ushbu Qur'oniy mo’'jizaning jilvasini Islom olamiga eshittirasiz.
2. Oltmish besh yil avval Jome'u-l Azharga borishni xohlagan edim. Islom olamining madrasasi deb, men ham u muborak madrasada dars olishni niyat qildim. Lekin nasib bo’lmadi. Janobi Haq rahmati bilan ruhimga bir fikr berdi: Jome'u-l Azhar Afrikada bir umumiy madrasadir. Osiyo Afrikadan naqadar buyuk bo’lsa, Islom qavmlarini, masalan Arabiston, Hindiston, Eron, Kavkaz, Turkiston, Qurdistondagi xalqlarni, manfiy irqchilik buzmasligi uchun, Osiyoga buyuk bir dorulfunun, Islom universiteti kerak. Haqiqiy, musbat, muqaddas va umumiy haqiqiy millat bo’lgan Islomiyat millati bilan Qur'onning asosiy اِنَّمَا الْمُوءْمِنُونَ اِخْوَةٌ qonunining to’liq kengayishiga sazovor bo’lsin. Falsafa fanlari bilan diniy ilmlar bir-biri bilan kelishsin va Ovrupo madaniyati, Islomiyat haqiqatlari bilan to’liq isloh bo’lsin. Onado’lidagi maktab va madrasa ahli bir-biriga yordam berib ittifoq etsin deb sharq viloyatlari markazida ham Hindiston, ham Arabiston, ham Eron, ham Kavkaz, ham Turkistonning o’rtasida Madrasatu-z Zahro ma'nosida, Jome'u-l Azhar uslubida dorilfunun, ham maktab, ham madrasa sifatida bir universitet uchun tom ellik besh yildan beri Risola-i Nurning haqiqatlariga xizmat qilganimdek, unga ham harakat qildim.
Buning qiymatini eng avval (Alloh rahmat qilsin) Sulton Rashod maqtab bir binosini qurish uchun yigirma ming oltin bergan edi. So’ng men eski jahon urushidagi asirligimdan qaytgan vaqtim Anqaradagi 200 deputatdan 163 tasining imzosi bilan o’sha vaqt pul qiymatli bo’lganda 150 ming lira universitet uchun berishni qabul qilib, imzolagan edi. Mustafo Kamol ham ularning ichida edi. Demak hozirgi pul bilan besh million liraga yaqin pul berib, o’sha davrda hamma narsadan ko’ra ko’proq bu qiymatli universitetga asos solishga ahamiyat berishdi. Hatto dinda juda loqayd va g’arblashish va an'anadan ajralish tarafdorlari bo’lgan bir qancha deputatlar ham imzoladi. Faqat ulardan ikki kishi, "Biz hozir an'anaviy va diniy ilmlardan ko’ra ko’proq g’arblashishga va madaniyatga muhtojmiz." dedi. Men javoban aytdimki:
"Farazan siz hech bir jihatda ehtiyoj bo’lmasada, aksariyat anbiyolar Osiyoda, sharqda chiqishi va aksariyat hakimlar va faylasuflar g’arbda kelishining dalolat bilan, Osiyoni haqiqiy taraqqiy ettiradigan, fan va falsafaning ta'sirlaridan ko’ra ko’proq diniy his bo’lib, ushbu fitriy qonunni nazarga olmay g’arblashish nomi bilan Islomiy an'analarni tashlasangiz va dinsiz asos qo’ysangiz ham, to’rt-besh buyuk millatlarning markazidagi sharqiy viloyatlar, vatan salomati uchun dinga, siz Islomiyat haqiqatlariga qat'iyyan tarafdor bo’lishingiz kerak, shart. Minglar misollaridan bir kichik misolni aytaman:
Vandaligimda, hamiyatli qurd talabamga: "Turklar Islomiyatga ko’p xizmat qilgan. Sen ularga qaysi ko’z bilan qaraysan?" dedim. "Men fosiq bir ukam o’rniga musulmon turkni tanlayman. Balki otamdan ko’ra unga ko’proq aloqadorman. Chunki iymonga to’liq xizmat qilyapti. " dedi. Vaqt o’tdi (Alloh rahmat aylasin) u talabam men asirlikdaligimda Istanbulda maktabga kiribdi. Asirlikdan kelgandan so’ng ko’rdim. Ba'zi irqchi muallimlaridan olgan ters darsi orqali qurdchilik hissi bilan boshqa yo’lni tanlabdi. Menga, "Hozir solih turk o’rniga o’ta fosiq, hatto dinsiz bo’lsa ham, qurdni tanlayman." dedi. So’ng men uni bir necha suhbatda qutqardim. Turklar Islomiyat millatining qahramon qo’shini ekaniga to’liq qanoat hosil qildi.
Ey savol so’ragan deputatlar! Sharqda besh millionga yaqin qurd bor. Yuz millionga yaqin eronli va hindlar bor. Yetmish million arab bor. Qirq million kavkaz bor. Bir-biriga qo’shni, qardosh va bir-biriga muhtoj bo’lgan qardoshlarga, bu talabanin Vandagi madrasadan olgan diniy darsi kerakliroqmi yoki u millatlarni qorishtiradigan va irqdoshlaridan boshqa hech kimni o’ylamaydigan va Islomiy uxuvvatni tan olmaydigan, faqat falsafa bilimlarini o’qish va Islomiy ilmlarni nazarga olmaydigan marhum talabaning ikkinchi holati yaxshimi? Sizdan so’rayapman!
Bu javobimdan keyin an'anaga qarshi va har tomonlama g’arblashish fikridagi kishilar turib imzolashdi. Ismlarini aytmayman, Alloh kamchiliklarini avf etsin, hozir vafot etishgan.
To’rtinchidan:Modomiki Jumhuriyat raisi o’ta muhim siyosiy masala ichida sharq universitetini eng ahamiyatli masala qilib, hatto g’aroyib shaklda universitet uchun million lira sarf qilishga qonun chiqarish darajasida favqulotda xizmat bilan madrasaning iftixori va o’ziga buyuk sharaf olib bergan Islomiy madrasaga, eski domlalik hissiyoti bilan boshlashi, butun sharq domlalarini minnatdor qilibdi. Hozir o’rta sharqda umumiy sulhning tamal toshi va birinchi qal'asi bo’lgan bu universitetni yana katta siyosiy masala ichida qaytadan e'tiborga olishi, albatta bu vatan, davlat, millatga azim foydali natija beradi.
Universitetda diniy ilmlar asos bo’ladi. Chunki xorijdagi kuch ma'naviy, iymonsilik bilan buzg’unchilik qilyapti. Ma'naviy buzg’unchilikka qarshi atom bombasi, faqat ma'naviy tomondan ma'naviyatdan kuch olib buzg’unchilikni to’xtata oladi.
Modomiki ellik besh yil bu masalaga butun hayotini sarf qilgan va butun daqiqligi va natijalari bilan tadqiq qilgan kishining bu masalaga ra'yini olish va fikrini so’rash kerak. O’zingizni Amerikada, Ovrupoda bu masalaga doir maslahat qilishga majbur deb bilganingiz uchun albatta mening ham bu masalada gap gapirishga haqqim bor. Hamiyatkor bo’lgan millat nomidan sizdan kutib qolamiz.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Aziz, siddiq, fidokor, xolis, muxlis qardoshlarim va Qur'on xizmatida haqiqiy, jiddiy, matonatli do’stlarim!
Sizga o’ta ahamiyatli holatimni va dahshatli bir zahmat, faqat Ilohiy inoyat bilan katta rahmatni ichiga olgan zohiriy xastalikning ma'naviy istirohat va vazifamning tugashiga bir belgi sifatida xastaligimni bayon qilaman. Shikoyat emas, tashakkur qilyapman. Lekin sizdan chidash uchun duo istayman. Holatim quyidagicha:
Men so’zlarni gapirar ekanman, birdan ma'naviy to’siq kabi qattiq harorat boshlaydi. Eski vaqtlar kuniga bir-ikki marta suv ichar edim. Hozir esa ovqatni juda kam yeyishimga qaramay, yigirma-o’ttiz marta suv ichishga majbur bo’lyapman. Ikki kun avval juda shiddatlandi. Men zahar deb o’yladim. Bir shubha sabab yonimdagi qardoshlarimga masalani ochdim. Ushbu o’ta qattiq xastaligimga sabr va matonat so’radim. Rahmat-i Ilohiyadan yolvordim, birdan qalbimga "Aksar hayotimdagi qiyinchiliklarda inoyat va rahmat jilvasi bo’lgani kabi, inshaalloh bunda ham rahmat jilvasi bor ekanki, jinniy va insiy shaytonlar, dinsizlarning seni zaharlashi va lol qilishga urinishlari vazifangning tugashiga va istirohatingga rahmat-i Ilohiya vasila bo’ldi. O’tgan yili "Ishoratu-l I'joz" tafsiri va "Masnaviy-i Arabiy"ni bir yil muddatda dars berishni boshlagan edim. Yashirin dushmanlarim jinniy va insiy shaytonlar, meni lol qilishga hiylalari bilan urinsada, rahmat-i Ilohiya ham "Ishoratu-l I'joz"ning va "Masnavi-yi Arabiy"ning tukrchasini ehson qilgani uchun va Risola-i Nur ham aksariyat tasdig’i bilan o’zi o’ziga dars berib muallimlarga ehtiyoj qoldirmagani uchun, ushbu mudarrislik vazifamdan ehson-i Ilohiy sifatida bu ajib xastalik menga istirohat va tabrik ko’rinishida sabab bo’ldi.
Yana ruhimga keldiki: Sening o’rningga minglar, balki yuz minglar Saidchalar dars beradigan va gapiradiganlar bor. Ehson-i Ilohiy bilan Risola-i Nur boshqa ilmlar kabi mashaqqatli darslarga muhtoj emas. G’avsi Jiyloniyning (Q.S.) karomatli فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ jumlasi eng dahshatli davr kabi bunda ham ayni haqiqat ekani ko’rildi.
Yana a'zamiy ixlosga zarar bermaslik uchun hozir dushmanlar ham do’stlarga aylangan vaqtda suhbat qilish, gapirish, bu dunyoda ham uxroviy xizmatlarning chiroyli va foniy mevalariga vasila bo’ladi. O’shanda a'zamiy ixlos, hech narsaga vosita bo’lmaydi. Ilohiy vazifaga aralashmaslik uchun qadar-i Ilohiy menga shiddatli holatni zararimga emas, foydamga fatvo berdi, ruxsat etdi. Men yonimdagi vasiyatnomamdagi avlod deb qabul qilgan kichik bolalarni vakil qilaman. Ular bilan gaplashgan kishi men bilan gaplashgan kabi qabul qilaman...
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshingiz
Said Nursiy
Ustozimizning bu xastaligi ko’rsatyaptiki, yashirini dinsizlar gapirtirmaslik uchun dori topib, yedirishibdi. Xulosa shuki, Ustozimiz qo’l berish ko’rishishdan, suhbatdan va gapirishdan man qilinganini biz ham kor’yapmiz.
Ustozimizning xizmatidagi
Tohiriy, Zubayr, Jaylon, Husnu, Bayram
* * *
Ma'lumot uchun ham rasmiy kishilarga, ham do’stlarga muhim haqiqatni bayon qilamiz:
Ustozimiz yoshligida va hatto bolaligidan e'tiboran ilm izzatini muhofaza qilish uchun odamlardan qattiq behojat edi. Zakot va sadaqani qat'iyyan olmas edi. "Ikkinchi Maktub"da ham bayon qilinganidek, hadyani qabul qilmas edilar. Bu holati hozirgi keksalik va zaif vaqtida davom etishi uchun, Janobi Haqning rahmati bilan behojatlik dasturi xastalikka aylandi. Ya'ni evazsiz bir luqma olsalar, darhol xasta bo’ladilar. Luqmani yeya olmaydilar. Ustozimiz yoshligida bunchalik muhtoj emas edilar. Yolg’iz yashagan paytlarda juda oz xarajat yetar edi. Hozir juda ko’p talabalariga maosh berib, bir necha xastalik bilan kasallangan vaqtda, behojatlik dasturini muhofaza qilish uchun, rahmat-i Ilohiya u kishini evazsiz hadyalardan xasta qiladi. Xuddi shuning kabi: Ustozimizga hurmat ham ma'naviy hadya kabi bo’lgani uchun, insonlarning hurmatidan va qo’lini o’pishlaridan qattiq qochadilar.
"Hayot Yo’li"ning va "Keksalar Yog’dusi"ning guvohligi bilan, yoshligida o’rtoqlaridan ustun holda Siirtning Tillo qishlog’ida uzlatga chekingan edilar. Ag’ri viloyatida Shayx Ahmad Haniy Hazratlarining maqbarasiga chillaga kirgan edilar.
Rusiyaga asir tushganlarida, to’qsonta asir zobit u kishidan diniy darslarni shavq bilan tinglasada, asirlar kampida tatarlarning kichik xoli bir masjidida joy topib, u yerda yolg’iz qoldilar. Istanbulda Doru-l Hikmatu-l Islomiya a'zoligi kabi jozibali va obro’li hayot ichida, Yusha tepasida yakka bo’lishni tanladilar. Vanga qaytganlarida esa juda ko’p eski va yangi talabalari orasida baxtli umrni istamay, Erak tog’idagi bir g’orda yashadilar. Oxirgisi o’ttiz yil ko’rgan tenggi yo’q zulmlar natijasi sifatida qamoqxonalarga jo’natilganlarida, qonunan yakka qolish muddati o’n besh kun bo’lishiga qaramay, yigirma oy, hatto butun qamoq muddatida yakka tutilsada, hech kimga shikoyat qilmadilar.
Ushbu holatlar ko’rsatadiki: Ustozimizning tabiatida yakka qolish doim hokim bo’lgan. Lekin keksaligida juda ko’p yordamga, xizmatga, suhbatga muhtoj bo’lgan vaqti bu holatning davom etishi uchun bir nav xastalik holati berilgan. Besh daqiqa gapirsalar, qattiq harorat boshlaydi, ovozi chiqmaydi. Hatto Shofe'iy mazhabida bo’lgani uchun, namozda Fotihani o’zi eshitadigan darajada o’qishi kerak ekan, xastalik sababli ovozi chiqmagani uchun Hanafiy mazhabida o’qiyaptilar. Xastaligiga doir ikki muhim doktorning ikki tashxisi bor. Xohlaganlar ko’rishi mumkin.
Hozir Risola-i Nurning favqulotda futuhoti va Islom olamida ham favqulotda husn-i qabulga sazovor bo’lishi hangomida, dushmanlar ham do’stga aylangan paytda, Risola-i Nurning a'zamiy ixlosini (riso-i Ilohiydan boshqa hech qanday dunyoviy, uxroviy rutbaga, mansabga vosita qilmay) muhofaza qilish uchun dahshatli mardumgiriz, ya'ni insonlardan qo’rqish va ovozi chiqmaslik, gapira olmaslik xastaligi va qo’lini o’pish u kishiga xuddi musht urgandek og’ir kelish holati, istihdomi Rabboniy ekaniga bizga qat'iyyan qanoat berdi.
Hatto bu haqiqatlarni izhor qilishga sabab bo’lgan bir shaxsdan ham ustozimiz rozi bo’ldilar.
(Hoshiya):Ustozimizdan: Nima uchun Risola-i Nurning porloq tarqalishi va dushmanlarning ham mag’lub bo’lishi do’stona holatga aylangan payti odamlar bilan ko’rishmayapsiz? deb soradik.
Javoban aytdilarki: "Men bilan ko’rishishni istagan kishilar yo dushman yoki do’stsir. Do’st bo’lsa, Risola-i Nurning yuz minglar nusxasi mening o’rnimga to’liq gapiryapti. Menga qat'iyyan ehtiyoj qoldirmaydi. Ko’rishishni istagan dushman bo’lsa, o’ttiz yil ichida juda ko’p mahkamalar va ekspertlar tekshirishsada, na Nur Risolalarida va na Nur Talabalarida hech qanday ayb topa olishmadi. Yigirma to’rt mahkama "Risola-i Nurda ayb topa olmayapmiz", deb xulosa bergan. To’rt mahkama esa umum Nur Risolalariga qat'iyyan oqlab rad etilmaydigan darajasidagi hukmi butun kitoblarni, maktublarni egalariga qaytarib berishi, menin o’rnimga dushmanlarga to’liq javob beradi. Menga ehtiyoj qoldirmaydi. Agar shaxsiy ko’rishish xohlansa, butun Nur Talabalari bir jihatda bu bechora Saidning advokatlari bo’lgani kabi, Istanbul va Anqarada advokati bo’lgani uchun, xohlaganlar ular bilan ko’rishishi mumkin."
Qattiq xastaligi va juda keksaligi uchun zaruriy ishlarini qilgan xizmatkorlari.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Ustozimiz aytdilarki:
Bizga qarshi bo’lgan Jumhuriyat gazetasi mudofaamni juda yanglish va o’ta yomon tarzda o’zgartiribdi. Hatto "Bir jinoyatchi sababli o’n ma'sumga zarar kelmasligi uchun", jumlasining o’rniga "Bir jinoyatchi sababli o’n ma'sumni zulmatdan qutqarish uchun", degan uydirmalar aralashtiribdi. Hamda yozgan javobimni besh-olti yil avval Istanbul 2-Sulh Jazo Mahkamasida aynan aytilgan. Eng muhim masalam meni oqlagan mudofaa bo’lib, bir-ikki oy avval bir piyola suvda bir to’fon qo’porish degandek, Istanbul sayohatimda o’ta ma'nosiz, g’arazli prokuror Isparta prokuraturasiga havola qilib meni tergov qilishga ikki rasmiy politsiya xodimini jo’natdi. Ularga aytdimki: U masalaga besh yil avval javob berilgan. O’sha davrdagi javobim bunday, dedim. Ular ham qabul qilishdi. Hamda mashinka bilan chiqarishdi, o’sha yaramasga ham jo’natishdi.
Hozir uzoqda qaytadan ma'nosiz, bizdan uzoq bir mahalla raisiga boshqa odam beribdi. Tuhmatchi gazeta esa "Uni mahalla raisi prokurorga beribdi." degani uchun, Risola-i Nurning bir qancha zaif shogirdlarini vasvasa qilib va vahimaga tushirishni xohlagan. Bu ma'lumotning yolg’onligini Nurning ko’p advokatlari yozishsin. Mavzuga doir Istanbul sog’liqni saqlash hay'atidan to’rt xulosa bor. Lekin keraksiz bo’lgani uchun, hech kimga ko’rsatish darajasiga tushmadim. Hamda kerak bo’lmadi...
Said Nursiy
Anqaradagi ikki ichki ishlar mudiriga ko’p salom aytaman. Bunday narsalarga ahamiyat berishmasin.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللَّهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarimiz!
Avvalo:Ustozimiz baroat kechangizni tabriklayaptilar. Salom va duo qilyaptilar.
Ikkinchidan:Diyorbaqirdan kech olgan maktubimizda ifoda etilganiga ko’ra, Diyorbaqir atrofi bilan birga sharqda hozir ikki yuztacha Nur darsxonalari ochilibdi. Ayricha Diyorbaqirda ayollarga maxsus to’rt-besh nuriy darsxona bor ekan. Inshaalloh bu buyuk xayrning alomatidir.
Ustozimiz o’n yil avval ishorat qilgan va katta manfaatini bayon etganidek, Nur madrasalarining hozirgi davrda ochilishi, to’liq amalga oshgan bo’lyapti. O’shanda aytgan edilar: "Hozir rasman din darslari uchun xususiy darsxonalar ochilishiga ruxsat berilishiga binoan, Nur shogirdlari mumkin bo’lganicha hamma joyda kichik nuriy darsxona ochishi kerak. Garchi hamma o’zi o’ziga bir daraja istifoda qilsada, har kim har bir masalasini to’liq tushunmaydi. Iymon haqiqatlarining izohi bo’lgani uchun, ham ilm, ham ma'rifatulloh, ham huzur, ham ibodatdir. Eski madrasalarda besh-o’n yil o’rniga inshaalloh Nur madrasalari besh-o’n haftada o’sha natijaga erishadi va yigirma yildan beri bu ishni qilyapti."
Ustozimiz Barladagi to’qqiz yillik yashash joyi bo’lgan Risola-i Nurning birinchi darsxonasi, yana olti viloyat kengligidagi Madrasatu-z Zahroning urug’i bo’lgan uyini "Madrasa-i Nuriya sifatida" Risola-i Nurga vaqf qilgan edilar. Hozir uning davomi sifatida Isparta va atrof tumanlari va ba'zi qishloqlarida, yana Diyorbaqir va shaqrda Nur darsxonalari ochilyapti.
Bu suratda darsxonalarda Nurlarning o’qilishi va Nurlar bilan shug’ullanishda davom etgan kishilarga va dars olganlarga talaba-i ulum sharafini qozontiryapti. Talaba-i ulumning esa oddiy harakatlari, hatto uyqusi ham ibodat hukmiga o’tganini ba'zi buyuk mujtahidlar bayon qilishgan.
Uchinchidan:Nurlarning radio vositasida Onado’li va Islom olamiga tarqalishining ilk muqaddimasi muborak laylatu-l baroatga to’g’ri kelishi bu vatan va Islom olami uchun Risola-i Nur foydasiga buyuk xayrning alomati va ishoratidir.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshlaringiz
Tohiriy, Zubayr, Sungur, Jaylon, Bayram
(Hoshiya):Bu maktub ayni paytda telegraf yoki maktub bilan Ustozimizning laylatu-l baroatini tabriklagan qardoshlarimizga javob hisoblanadi.
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Umum do’stlarim va Nur qardoshlarimga ushbu vasiyatni e'lon qilaman: Men shaxsim e'tibori bilan Nuriy vazifani bajarishga toqatim qolmadi. Balki ehtiyoj ham qolmagan. Ko’p sonli zaharlanishlar va qattiq keksalik holati va xastalik bilan hozirgi hayotda qolishga matonatim qolmagandek. Shoyad men kutayotgan o’lim kelib, ushbu vasiyatimni zohiriy hayotimda o’lgandek yozyapman.
Xoliqi Rahimga hadsiz shukr bo’lsinki, bundan oltmish-yetmish yil avval odatga xilof ilm tahsili, xususan iymon ilmi yo’lida odamlardan yordam istash va tamoman faqirligi bilan Eski Said bolalik, yoshlik davrida talabalariga maoshini o’zi berishga harakat qilganu va faqat qisqa vaqt besh maosh qabul qilib qolgan talabalariga ba'zan yigirma-o’ttiz talabasiga maosh bergani uchun, talabalar ilmni vosita qilishga majbur bo’lishmadi. Tejamkorlik va qanoat bilan o’shanda muvaffaq bo’lganlaridek, Janobi Arhamu-r Rohimiynga hadsiz shukr bo’lsinki, Eski Said kabi hozir Risola-i Nurning o’zi nashriyoti bilan haqiqiy talabalarining maoshini to’liq berishni boshladi. A'zamiy ixlosni ketkazmaslik uchu Risola-i Nur xos talabalariga, xususan nafaqaga muhtojlarga to’liq kifoya qiladigan darajada Risola-i Nurning sotilgan nusxalarining beshdan biri Risola-i Nurning haqqi bo’lgani uchun, hozir ellik-oltmish talabasiga yetarli sarmoya chiqyapti. Mening (bechora Saidning) ichida hech qanday haqqi yo’q. Faqat Risola-i Nurning qiymatli xosiyati va shogirdlarining ma'naviy shaxsining kamoli sadoqati ushbu ma'naviy Nur bayramiga vasila bo’ldi.
Hozir butun talabalardan ustun demaylikda, mening eng yaqinimda xizmatda bo’lib, harakat tarzini to’liq bilgan va yaqindan ko’rganlar ichida, to’rt-besh kishini mutlaq vakil qilaman. Men vafot etsam yoki hayotda shuursiz qolsam, Nurlarga xizmat tarzimni bilib to’liq qilishadi. Hozircha Tohiriy, Sungur, Jaylon, Husnu va yana bir-ikki kishi mutlaq vakilim deb vasiyat qilaman. Hozir Risola-i Nurning sotilgan nusxalarining sarmoyasi, Risdola-i Nurning mulki ekan. Said ham bir xizmakordir. Hayotda maoshini olishi mumkin. Hatto so’nggi kunlarda o’lim menga juda yaqin ko’rindi. Men olti viloyatdagi ellik-oltmish talabani ikki-uch yil Nur sarmoyasidan maoshini berishga qat'iyan niyat qilgan edim. Balki ba'zilarini ba'zi monelar talabalik xizmatidan voz kechirar deb voz kechdim. Hozir vasiyatimni yozdim.
Said Nursiy
(Hoshiya):G’avsi A'zam Shayh Jiyloniy (R.A.) Risola-i Nur va muallifiga ishorat qilgan g’aybir karomatidagi bir jumlada تَعِيشُ سَعِيدًا deb tirikchilik xususida saodatda yashashini va eng baxtiyor bo’lishini xabar bergan. Holbuki biz Ustozimizning faqru behojatligini hozirgacha zohiran bunga muxolif deb bilar edik. G’avsi A'zamning g’aybiy xabari Ustozimizning hayotida hozir amalda ko’rildi. Kichikligida o’n yoshida amakisining sho’rvasini ichmas, minnat ostiga kirmas edi. Dars bergan eski talabalarining tirikchiligini ham o’zi berar edi. Xuddi shuning kabi, hozir ham ellik-oltmish talabaning maoshini berishi, g’aybiy xabarning to’liq ro’yobga chiqqanini va amalga oshganini ko’rsatdi.
Tohiriy, Sungur, Jaylon
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Ajal aniq bo’lmagani uchun, mening qattiq xastaligim har doim kelishi mumkin deb, avvalo yozgan vasiyatnomalarimni qayta tasdiqlab bu vasiyatnoma ham qattiq, ichki xastaligim tufayli eslatildi. Uni bayon qilaman: Vafotimdan so’ng, qo’limdagi omonat bo’lgan Risola-i Nur sarmoyasi, ham mo’'jizotli Qur'onimizni chop ettirish uchun Eskishaharda saqlangan sarmoya, Qur'onning tavofuq bilan fotografli chop etilishiga oiddir. (*) Qo’limizdagi sarmoya esa, Risola-i Nurning sarmoyasidir. U sarmoya Janobi Arhamu-r Rohimiynga hadsiz shukr bo’lsinki, yetmishdan ko’proq yil avval, u davrning odatiga qarshi o’zim faqir bo’lsamda, ularning maoshini berganim, bir ehson va lutfi Rabboniy bo’lib, o’sha vaqtdan ellik-oltmish yil o’tib Janob-i Arhamu-r Rohimiynning urf-odatga muxolif qoidamni ma'naviy va keng Madrasatu-z Zahroning xolis va nafaqasini ta'minlay olmagan va vaqtini Risola-i Nurga sarf qilgan talabalarimga aynan va eski davr ehsoni Ilohiy natijasi sifatida hozir qo’limizdagi sarmoya ularning maoshidir. Maoshlariga sarf qilinadi va necha yildan beri men qilganimdek ma'naviy avlodlarim, vorislarim aynan bajarishlarini vasiyat qilaman.
Inshaalloh tom Risola-i Nur yoyilishni boshlasa, u sarmoya hozirgi fidokor, o’zini Risola-i Nurga vaqf qilgan shogirdlardan o’ta fidokor talabalarga kifoya qiladi va ma'naviy Madrasatu-z Zahro va Madrasa-i Nuriya ko’p joylarda ochiladi. Mening o’rnimga bu haqiqatga, bu holatga ma'naviy avlodlarim, xos va fidokor xizmatkorlarim va o’zini Nurga vaqf qilgan va hamma bilgan qardoshlarim bu vasiyatni tatbiq qilishga yordam berishlarini iltimos qilaman.
Risola-i Nurda menga umuman ehtiyoj qolmagani uchun, barzoh olamiga ketish men uchun sevinch sababidir. Siz mahzun bo’lmang. Balki meni tabriklang, zahmatdan rahmatga ketyapman.
Juda xasta
Said Nursiy
Ha, biz Ustozimizning bu vasiyatiga shohidmiz.
Amirtog’li Chalishkan, Mustafo Ajat,
Safranbolulik Husnu, Armanakli Zubayr, Cho’g’olli Bayram
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Aziz, muhtaram qardoshimiz Tahsin Bey!
Laylatu-l Qadringizni tabriklab, muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ustozimiz sizga xususiy salom aytdilar. Aytdilarki:
"Tahsin nashr qilgan "Hayot Yo’li" yigirma buyuk majmuachalik foyda berdi, futuhot qildi. Hozir bir oz kavlashtirilayotgani uchun, qat'iyyan xavotir olmasin. E'tiborni jalb qilgani uchun, katta e'lonnoma o’rniga o’tdi.
Hozirgacha yigirma yildan beri yigirma katta majmua parda ostida yoyilishi sababli juda katta futuhotga vasila bo’ldi. "Hayot Yo’li"ning ham parda ostida yoyilishi inshaalloh ayni natijani beradi."
Ikkinchidan:Modomiki Janobi Haq sizni Anqarada Risola-i Nurning bosh qo’mondoni sifatida ehson qilgan ekan, Risola-i Nurning, Qur'onning qirq i'joz tomonidan bir tomoni bo’lgan nazmini bayon qilgan "Ishoratu-l I'joz" tafsirining nashr qilinishi ham sizga muyassar bo’ldi. Nazm tomoni yetti qismdir. Bir qismi tavofuqotdir. Tavofuqotning bir navi esa Lafzi Jalolda ko’rilgan zohiriy tavofuqlardir.
Ushbu mo’'jizotli Qur'onimiz bu tavofuqlarni ko’rsatyapti. Inshaalloh mo’'jizotli Qu’ronning nashr va chop qilinishi ham sizga nasib bo’ladi. Avvalroq Ustozimiz sizga o’n ming lira jo’natgan edilar. Hozir ham Qur'onning oyatlriga tom muvofiq 6666 lira jo’natyaptilar. Bu pul talabalarning ikki yillik maoshidan ortib qolgan puldir. Bunda bir azim sir bor. Oltin pul kabi muborak hisoblanadi. Boshqa narsaga sarf qilmaslik kerak. Sizga Qur'onning ba'zi juz'lari bilan birga jo’natyapmiz va juda ko’p salom aytamiz.
اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى
Qardoshlaringiz
Tohiriy, Zubayr, Jaylon, Sungur
* * *
بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ
Bu safar Anqaraga kelganimning muhim sababi, Islomiyatga jiddiy tarafdor Ichki Ishlar vaziri Namiq Gedikni ko’rish va Islomiyat qahramoni Adnan Beyga va Tavfiq Ileri kabi muhim kishilarga bir haqiqatni aytish kerak:
Demokratga ham azoni Muhammadiy kabi ko’p quvvat berish va Risola-i Nurning nashriga ruxsat berishi kabi qattiq tarafdor bo’lish va Islom olamine, hatto bir qism Xristian davlatlarini ham xursand qilish uchun, Ayasofiyani axlatlardan tozalab ibodat joyi qilish kerak. Bu masala uchun o’ttiz yil siyosatni tark qilgan bo’lsamda, uning hurmati uchun Namiq Gedikni ko’rishni istadim va keldim. Adnan Bey, Namiq Gedik va Tavfiq Ileri kabi kishilarning hurmati uchun, boshqa joyga bormadim.
Risola-i Nur Qur'onning asosiy qonunlari bilan butun Onado’li va sharqiy viloyatlarda osoyishtalikni ta'minlayotganiga bir dalil shuki: O’n yildan ko’proq vaqt avval Afyon Prokuraturasi "Olti yuz ming fidokor talabasi bor. Risola-i Nurdan besh yuz ming nusxa nashr qilgan, balki osoyishtalikka zarar kelishi mumkin." dedi. Unga qarshi Said aytganki: Modomiki olti yuz ming fidokor talabasi bor ekan, o’n besh yildan beri menga buncha zulm qilinayotgan ekan, bitta muammo chiqarganini hech bir zobit va mahkama ko’rsata olmadi.
Yana aytdimki: Ey prokuror! Agar ming prokuror, ming ichki ishlar mudirichalik osoyishtalikni ta'minlashga Risola-i Nur xizmat qilmagan bo’lsa, Alloh menga qahr qilsin. Siz ham menga nima jazo bersangiz bering deyman. U bu so’zimga qarshi hech qanday chora topa olmadi.
Faqat bir-ikki yil avval Nurning kichik bir talabasi Risola-i Nurga zarar keladi deb, chop qilgan bir kichik risolaga zarar kelmasligi uchun, o’zini o’ldirmoqchi bo’ldi. So’ng Ustozi uni man qildi va kichik hodisa bo’ldi, ikkalovi ham kelishtirildi.
Holbuki bir Ustozning o’n dona fidokor talabasi bo’lsa (hatto biri salom bersa musht yegandek, biri qo’lini o’pib g’azabga uchradi) hech bir fidokori osoyishtalikka xavf solmaslik uchun sukut qilishdi. Saiddan eshitishganki: Mening yuz ruhim bo’lsa, ularni osoyishtalikka fido qilaman. Shuning uchun وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى asosiy qonuniga binoan besh jinoyatchi sababli to’qson ma'sumga zarar kelmasligi, bir jinoyatchi sababli o’n ma'sum bola-chaqa, ota-onalariga zulm qilmaslik uchun, Risola-i Nur iymon xizmati bilan birga osoyishtalikni to’liq ta'minlab hammaning qalbida yomonlikka qarshi qo’riqchi qo’yadi. Men ham ming ruhim bo’lsa, Qur'onning bu asosiy qonuniga fido qilganimni hayot yo’lim isbotlaydi va o’rtada. Buni mahkamalar ham qabul qilgan.
Hatto xizmatning boshida ko’rinishni, riyokorlik, xudbinlik, "men"lik ma'nosida deb odamlar bilan ko’rishishni ham tark etgan. Do’stlar bilan ko’rishishga majbur bo’lmasin, hurmatlari ketmasin deb rahmat-i Ilohiyaning ehsoni bilan ovozi ham chiqmay qolgan.
Said Nursiy
* * *
[Prokurorlar haqida Ustozimizning g’arib ruhiy holatini bayon qilish payti keldi.]
Menga aytdilarki:
"O’ttiz-qirq yil tazyiqda, huququlloh ma'nosidagi omma huquqi nomli vazifalardagi prokurorlar aksar qamoqlarda, surgunlarda qiynoqlarini ko’rgan bo’lsamda, menga ularga g’azab, jahl qilish holati kelmadi.
Keyin qaraganimda:
Ularning zohiriy qiynog’iga sabab bo’lgan kamchililarimni ko’rmagan edim. Lekin ko’p marta vaqt o’tib qadar-i Ilohiyning boshqa kamchiliklarimga binoan shafqat ta'zirining prokurorlar qo’li bilan kelganini ko’rdim. Taqdir adolat qilgani uchun, shafqat ta'zirini ruh va qalbim bilan qabul qildim. Zohiriy sababga binoan prokurorlarning g’azabini halol etdim.
Janobi Haqqa shukrki, prokurorlarning bir qanchasi vazifalari bo’lgan umumiy huquqni himoya qilish huququlloh turidan bo’lgani uchun, menga qarshi qiynoq emas, aksincha adolat nuqtasida, umum Islomiyatga va balki bashariyatga ham manfaati bo’lgan Risola-i Nurning iymon xizmati jihatidan qiynoqni tahslab qadar-i Ilohiyning shafqat ta'ziriga qarab, zohiriy azob, haqiqatda yordam bo’lgani uchun, men ham bu azim sir munosabati bilan barcha prokurorlarga do’stlik va duo qilishni boshladim. Menga zohiran qiynoq bo’lib ko’ringan holatlar, iymoniy xizmatga e'lonnoma o’rniga o’tdi.
Men ham ularga omma huquqining huququlloh o’rniga o’tganini bilganlarga, barchasiga salom va duo qilaman. Menga qilgan qiynoqlarining barchasini halol qilaman."
Said Nursiy
Ustozimizning sizga yozgan haqiqat bo’lgan bu maktubini taqdim qilaman.
Talabasi
Sungur
* * *
Badiuzzamon Said Nursiyning gazetalarga maktubi
(Bizga oid masalalarni yozga gazetalarga qarata yozgan bu murojaatni nashr qilsalar, so’nggi kunlarda bizga qarshi bo’htonlarini halol etaman. Bizni o’ylagan qardoshlarim xafa bo’lmasligi uchun qattiq xastaligimga binoan ushbu qisqa maktubimni gazetalar nashr qilishsin.)
Avvalo:So’nggi kunlarda bo’lgan masalalar uchun xavotir olmang. Bizga tajalliy etgan Ilohiy rahmat va inoyat bilan bu buyuk xayrdir. Ham xasta bo’lganim uchun gapirish va ko’rishishga ham chiday olmayapman. Hozirda Risola-i Nurning ichki va tahsqi favqulotda yoyilishi va keng futuhoti bilan dushmanlar do’st bo’ldi. Hammaning gaplashishni istashi evaziga Risola-i Nur menga boshqa ehtiyoj qoldirmagani uchun, inoyati Ilohiya bilan ovozim ham yo’qoldi, ko’rishib gaplasha olmayapman.
Meni olti viloyatdan chaqirishgani uchun ketayotib oldimizga kelgan va Risola-i Nur va yo’lining haqiqatini tushungan do’st mansabdorlar, Amirtog’da istirohat qilishimni va hozircha Amirtog’da qolishimni hukumat iltimos qilganini bildirishdi. Zotan ko’rishib gaplashishga chiday olmaganim uchun, men haqimdagi bu do’stona taklif va holat inoyat bo’ldi. Meni chaqirgan ko’p viloyatlardagi haqiqiy qardoshlarimning ko’ngli o’ksimasin. Yana ba'zi viloyatlarga borib boshqalariga bora olmasam, yuz minglab haqiqiy fidokor talabalarimning jahli chiqmasin.
Ikkinchidan:Mening ushbu sayohatlarimda qat'iyyan siyosat bilan aloqam yo’qligiga bir dalil shuki, qirq yildan beri siyosatni tark etganim uchun, faqat va faqat Qur'onning bu davrga tom muvofiq tafsiri bo’lgan Risola-i Nur - mutlaq kufrni sindirgani uchun anarxistlikka va b’uzg’unchi jarayonlarga qarshi to’siq qo’yganidek, Qur'onning Risola-i Nurga bergan darsida asosiy qonun bo’lgan وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى sirri bilan, "Osoyishtalikni buzish, besh jinoyatchi sababali to’qson ma'sumga zulm qilish" deb, uxroviy xizmatimiz vatan, millat va osoyishtalikka ham katta foydasi borligi uchun, meni kuzatgan josuslar yoki qiynagan politsiyachilar va zobitlardan ham roziman, haqqimni halol etaman. Ularning osoyishtalikning mujohid himoyachilari deb qardosh kabi xursandchilik bilan qabul qildim. Meni Anqaradan to’xtatishlarini ham qabul qilganimdek, men uchun inoyati Ilohiyaga vasila bo’lishlari jihatidan Allohga shukr qildim. Va kamoli sevinch bilan Anqaraga borishdan qaytdim.
Uchinchidan:Hamma joyda Risola-i Nurning yoyilishi, o’qilishi va juda ko’p ishtiyoqmandlari borligi sababli men bilan ko’rishish, gaplashish va chaqirishni istayotgan edilar. Bu holatda, yigirma viloyatga borishim zarurat edi. Lekin Risola-i Nur chop etilgan joylar bo’lgan Anqara, Istanbul va Koniyaga bordim.
Meni Amirtoqqa yo’naltirgan do’stlarga shuni aytamanki:Menga bo’lgan bu muomala bir inoyat va rahmati Ilohiyaga sabab bo’ldi. Siqilmayapman. Faqat mening yigirma yil qolgan Isparta viloyatida ikki yillik kiralagan uyim va ba'zi narsalarim bor. U yerning havosi ham xastaligimga bir oz foydali. Hukumatning ruxsati bilan bir oy Amirtog’da, bir oy kiralagan Ispartadagi uyimda bo’lishni istayman.
Badiuzzamon Said Nursiy
* * *
[Umum Nur Talabalariga Ustoz Badiuzzamonning vafotidan avval bergan eng so’nggi dars.]
Aziz qardoshlarim!
Bizning vazifamiz musbat harakat qilishdir. Manfiy harakat emas. Rizo-i Ilohiyga asosan faqat iymoniy xizmat qilish, vazifa-i Ilohiyaga aralashmaslikdir. Biz osoyishtalikni saqlashni natija bergan musbat imyon xizmati ichida har qanday muammoga sabr bilan shukrga mukallafmiz. Masalan:
O’zimni misol olib aytamanki: Men eskidan beri bosim va pastkashlikka bo’yin egmaganman. Hayotimda bosimni ko’tara olmaganimga ko’p hodisalar bor. Masalan: Rusiyada qo’mondonga oyoqqa turmaslik, Devoni Harbi O’rfiyda qatl etilish tahdidiga qarshi mahkamadagi polkovniklarning savollariga bir tiyinlik ahamiyat bermaganim kabi, to’rt qomondonga qilgan bu muomalam bosimlarga bo’yin egmaganimni ko’rsatadi. Lekin o’ttiz yildan beri musbat harakat qilish, manfiy harakat qilmaslik va Ilohiy vazifaga aralashmaslik haqiqati uchun, menga qilingan muomalalarga sabr bilan, rizo bilan javob berdim. Jirjis (A.S.) kabi va Badr, Uhud muhorabalarida ko’p marta aziyat tortganlardek sabr va rizo bilan kutib oldim.
Ha masalan: Sakson bir xatosini mahkamada isbot qilgan bir prokurorning xato iddiolari bilan bizga qarshi hukmiga qarshi hatto badduo ham qilmadim. Chunki asl masala, bu davrning ma'naviy jihodidir. Ma'naviy buzg’unchiligiga qarshi to’siq tortishdir. Bu bilan ichki osoyishtalikka butun quvvatimiz bilan yordam berishdir.
Yo’limizda kuch bor. Lekin bu kuch osoyishtalikni muhofaza qilish uchun. وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى dasturiga asosan: "Bir jinoyatchi sababli uning ukasi, xonadoni, bola-chaqasi javobgar hisoblanmaydi." Shuning uchun, butun hayotimda bor kuchim bilan osoyishtalikni muhofaza qilishga harakat qildim. Bu kuch ichkariga qarshi emas, faqat xorijiy tajovuzga qarshi iste'mol etilishi mumkin. Mazkur oyatning dasturiga asosan vazifamiz - ichki osoyishtalikka butun kuchimiz bilan yordam berishdir. Shuning uchun, Islom olamida osoyishtalikni buzadigan ichki kurashlar faqat mingda bir bo’lgan. U ham oradagi bir ijtihod farqi tufayli yuzaga kelgan. Ma'naviy jihodning eng katta sharti - vazifa-i Ilohiyaga aralashmaslikdir. "Bizning vazifamiz xizmat, natija Janobi Haqqa oiddir. Biz vazifamizni bajarishga majbur va mukallafmiz."
Men ham Jaloliddin Xorazmshoh kabi, "Mening vazifan iymon xizmatidir. Muvaffaq qilish yoki qilmaslik Janob-i Haqning vazifasidir." deb ixlos bilan harakat qilishni Qur'ondan dars olganman.
Tashqi tajovuzga qarshi javob beriladi. Chunki dushmanning mulki, bola-chaqasi g’animat o’rniga o’tadi. Ichkarida esa unday emas. Ichki harakat musbat shaklda ma'naviy buzg’unchilikka qarshi ma'naviy, ixlos sirri bilan harakat qilishdir. Tashqi jihod boshqa, ichki jihod boshqadir. Janobi Haq menga millionlar haqiqiy talabalarni berdi. Biz butun kuchimiz bilan ichkarida faqat osoyishtalikni muhofaza qilish uchun harakat qilamiz. Bu davrda ichki va tashqi ma'naviy jihoddagi farq juda katta.
Yana bir masala bor. U ham juda ahamiyatlidir. Qur'on hukmiga ko’ra bu davrda "mim"siz madaniyat zaruriy ehtiyojlarni tortdan yigirmaga chiqardi. O’rganib qolish, xo’jako’rsin va qaramlik bilan zaruriy bo’lmagan ehtiyojlar zaruriy ehtiyoj darajasiga chiqdi. Oxiratga iymon keltirsada, zarurat bor deb, shu tushunchada dunyo manfaati va tirikchilik darsi uchun oxirat o’rniga dunyoni tanlaydi.
Qirq yil avval bir bosh qo’mondor meni bir oz dunyoga o’rgatish uchun ba'zi qo’mondonlar, hatto domlalarni yonimga jo’natdi. Ular kelib: "Hozir biz majburmiz. اِنَّ الضَّرُورَاتِ تُبِيحُ الْمَحْظُورَاتِ qoidasiga asosan Ovruponing ba'zi usullarini, madaniyatini taqlid qilishga majburmiz." deyishdi. Javoban: "Qattiq aldanibsiz. Zarurat su-i ixtiyordan kelsa qat'iyyan to’g’ri emas. Haromni halol qilmaydi. Su-i ixtiyordan kelmasa, ya'ni zarurat harom yo’li bilan bo’lmasa, zarari yo’q. Masalan: Bir kishi su-i ixtiyori bilan harom tarzda o’zini sarxush qilsa va sarxush bo’lib jinoyat qilsa, hukm uning zarariga chiqariladi. Urzli hisoblanmaydi, jazo oladi. Chunki su-i ixtiyori bilan bu zarurat yuzaga keldi. Lekin jinni bola majzub holatida bir kishini o’ldirsa, ma'zur hisoblanadi, jazo olmaydi. Chunki ihtiyori dohilida emas." dedim.
Men qo’mondon va domlalarga: Non yeyish, yashash kabi zaruriy ehtiyojlar xorijida boshqa qanday zarurat bor? Su-i ixtiyordan, g’ayri mashru' mayllardan va harom muomalalardan kelib chiqqan harakatlar, haromni halol qilishga asos bo’la olmaydi. Sinema, teatr, raqs kabi narsalarga qaram bo’lganlar, mutlaq zarurat bo’lmagani va su-i ixtiyordan chiqqani uchun, haromni halol qilishga sabab bo’lmaydi. Inson qonuni ham bu nuqtalarni e'tiborga olganki, ixtiyori xorijida qat'iy zarurat bilan su-i ixtiyordan kelib chiqqan hukmlarni ayirgan. Ilohiy qonunda esa bu asoslar, yanada asosli va muhkam shaklda ayirilgan.
Shu bilan birga davrning zo’rlashi bilan zaruratlar yuzaga chiqdi degan tasavvurda ba'zi domlalar bid'atlarga tarafdorligi tifayli ularga hujum qilmanglar. Bilmay "zarurat bor" degan tushuncha bilan harakat qilgan bechoralarga teginmanglar. Shuning uchun kuchimizni ichkarida sarf qilmaymiz. Bechora, zarurat darajasiga kirgan, bizga muxolif bo’lganlardan, domla bo’lsa ham, ularga aralashmang. Men o’zim avvalroq bizga qarshi bir talay dushmanlarga qarshi turdim. Iymon xizmatiga zarracha zarar keltirmadim. Muvaffaq bo’ldim. Hozir millionlar Nur Talabasi bo’lsada, yana musbat harakat qilib, ularning barcha tahqirlariga, zulmlariga chidayapman.
Biz dunyoga qaramaymiz. Qaragan vaqtimiz ularga yordam berish uchun harakat qilamiz. Osoyishtalikni muhofaza qilishga musbat shaklda yordam qilamiz. Bu kabi haqiqatlar uchun bizga zulm qilishsa ham xush ko’rishimiz kerak.
Risola-i Nurning nashri hamma tomonda Demokratlar dinga tarafdorligini ko’rsatdi. Endi risolani kavlashtirish vatan, millat foydasiga tamoman ziddir.
Bir mahram risola bor edi. Uni nashr qilishni man qilgan edim. "Vafot etganimdan so’ng nashr qilinsin", degan edim. So’ng mahkamalar olib o’qishdi, tekshirishdi, so’ng oqlashdi. Oliy Sud oqlanish hukmini tasdiqladi. Men ham uni ichki osoyishtalikni ta'minlash uchun va yuzda to’qson besh ma'sum insonlarga zarar kelmasligi uchun mashr qilganlarga ruxsat berdim. "Said mashvarat bilan nashr qilishi mumkin." dedim.
Uchinchi masala:Mutlaq kufr, shunday bir ma'naviy jahannamni tarqatishga urinyaptiki, koinotda hech bir kofir unga rozi bo’lmaydi. Qur'onning "Rahmatan lil Olamiyn" ekanining bir sirri quyidagicha: Musulmonlarga rahmat ekani - oxiratga iymon, Allohga iymon keltirish ehtimolini berishi butun dinsizlar, butun olam va bashariyatga rahmat ekaniniga urg’u, ishorat bo’lib, dunyoda ham ularni ma'naviy jahannamdan bir daraja qutqargan. Holbuki hozir fan va falsafaning zalolatdagi qismi mutlaq kufrni komunistlar tarzida tarqatishni boshladi.
Munofiqlar, ateistlar va ba'zi haddidan oshgan siyosatchilar vositasida komunistlik pardasida anarxistlikni keltirib chiqaradigan suratda tarqatib, singdirishga boshlagani uchun, hozirgi hayot dinsiz mavjud bo’la olmaydi, yashamaydi. "Bir millat dinsiz yashamaydi" hukmi bu nuqtaga ishoratdir. Mutlaq kufr bo’lgan vaqtda haqiqati holda yashalmaydi. Shuning uchun Qur'oni Hakim bu asrda ma'naviy mo’jizasi sifatida mutlaq kufr va anarxistlikka to’siq tortishi uchun Risola-i Nur shogirdlariga ushbu darsni bergan. Tosiq tortishdi ham. Ha, Xitoy, Ovruponing yarmi va Bolqonlarni istilo etgan bu jarayonga qarshi bizni muhofaza qilgan Qur'oni Hakimning ushbu darsi, shu hujumga qarshi to’siq tortib, tahlikaga qarshi chora topgan.
Demak bir musulmon boshqa dinga kirishi, Xristian yoki Yahudiy, xususan bolshevik kabi bo’lishi mumukin emas... Chunki Isaviy musulmon bo’lsa, Iso Alayhissalomni yanada ko’proq sevadi. Musaviy musulmon bo’lsa, Muso Alayhissalomni yanada ko’proq sevadi. Lekin Musulmon Muhammad Alayhi-s Salotu Vassalamning zanjiridan chiqsa, dinini tashlasa, boshqa hech qanday dinga kirmaydi, anarxist bo’ladi, ruhida kamolotga eltadigan hech qanday holat qolmaydi. Vijdoni buziladi, ijtimoiy hayotga zahar bo’ladi.
Shuning uchun Janobi Haqqa shukr Qur'oni Hakimning g’aybiy ishorati bilan qahramon turk va arab millatlari ichida tirk va arab tilida bu asrni qutqaradigan Qur'oniy mo’'jizani Risola-i Nur nomi bilan darsi yoyilishni boshladi. O’n olti yil avval olti yuz ming kishining iymonini qutqargani kabi, hozir millionlardan o’tgani yuzaga chiqdi. Demak Risola-i Nur insonni anarxistlikdan qutqarishga bir daraja vasila bo’lgani kabi, Islomning ikki qahramon qardoshi bo’lgan turk va arabni birlashtirishga, Qur'onning asosiy qonunlarini yoyishga vasila bo’lganini dushmanlar ham tasdilayapti.
Modomiki bu davrda mutlaq kufr Qur'onga qarshi chiqyapti. Mutlaq kufrda dunyoda jahannamdan ham kattaroq jahannam bor. Chunki o’lim o’ldirilmaydi, har kuni bashariyatda o’ttiz ming mayyit o’lim davom etayotganiga guvohlik qilyapti. O’lim - mutlaq kufrga tushganlar yoki tarafdorlarga ham shaxsan abadiy qatli va butun o’tmish, kelajak qarindoshlarining ham abadiy qatl etilishi sifatida tasavvur qilingani uchun, Jahannamdan o’n marta ko’proq dahshatli Jahannam azobi chekadi.
Demak qalbida Jahannam azobini mutlaq kufrda his qiladi. Chunki har bir inson qarindoshlarining saodati bilan baxtli, azobi bilan qiynalgani kabi, Allohni inkor qilganlarning e'tiqodiga ko’ra, butun baxtlari yo’q bo’ladi, o’rniga azoblar keladi. Demak bu davrda, bu dunyoda insonlar qalbidan ma'naviy jahannamni yo’qotadigan tek bir chora bor: U esa Qur'oni Hakimdir. U bu darning tushunchasiga ko’ra uning ma'naviy mo’'jizasi bo’lgan Risola-i Nur bo’limlaridir.
Hozir Allohga shukr qilamizki, siyosiy partiyalar ichida bir partiya buni bir oz his qildiki, asarlarni nashr qilishga monelik qilmadi. Iymon haqiqatlarining iymon ahliga dunyoda ma'naviy jannatni qozontirganini isbotlagan Risola-i Nurga monelik qilmadi, nashriga ruxsat tarzida muomala qildi, yoyilishini ham tazyiq qilishdan voz kechdi.
Qardoshlarim! Xastaligim juda qattiq, balki juda yaqinda vafot etarman yoki batamom gapirishdan (ba'zan man etilganim kabi) man qilinarman. Shuning uchun mening Nur oxirat qardoshlarim, yomonlikning yengili deb, ba'zi bechora yanglishganlarning xatosiga aralashmanglar. Doim musbat harakat etishsin. Manfiy harakat vazifamiz emas. Chunki ichkarida manfiy harakat qilinmaydi. Modomiki siyosatchilarning bir qismi Risola-i Nurga zarar bermayotgan ekan, bir oz ruxsat beryapti, masalaga yomonlarning yaxshisi sifatida qarang. Katta yomonliklardan qutulish uchun, ularga zararingiz tegmasin, ularga foydangiz tegsin.
Ichki ma'naviy jihod - ma'naviy buzg’unchiliklarga qarshi chiqish hisoblanib, moddiy emas ma'naviy xizmatlar kerak. Shuning uchun siyosatchilarga aralashmaganimiz kabi siyosatchilar ham biz bilan mashg’ul bo’lishiga hech qanday haqqi yo’q.
Masalan: Bir partiya minglar tomondan muammo chiqarsada, hatto o’ttiz yillik qamoqlar, tazyiqlar bo’lsada, haqqimni halol etdim. Bergan azoblari evaziga bechoralarning yuzda to’qson beshini xo’rlash va e'tirozlariga, zulmlariga uchrashdan qutulishga vasila bo’ldim. وَ لاَ تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرَى oyati hukmiga asosan yomonlik faqat yuzda beshga tushdi. Bizga qarshi bo’lgan partiyaning hozir hech bir jihatdan bizga qarshi shikoyat qilishga haqqi yo’q.
Hatto bir mahkamada yanglish xabarchi va josuslarning vahimasi bilan bizni, yetmish kishini ayblash uchun Risola-i Nurning ba'zi bo’limlariga badbinligi, e'tiborsizligi bilan yanglish ma'no berib, sakson xato bilan meni aybdor qilishga urinsada, mahkamalarda isbot qilingani kabi, hujumga eng ko’p uchragan qardoshingiz, mahkumligida derazadan prokurorning uch yoshli bolasini ko’rib, so’radi. "Bu prokurorning qizi." deyishdi. U ma'sumning hurmati uchun prokurorga badduo qilmadi. Balki u tug’dirgan qiyinchiliklar, Risola-i Nurning ma'naviy mo’jizasining yoyilishiga, e'lon qilinishiga bir vasila bo’lgani uchun, rahmatlarga aylandi.
Qardoshlarim balki men vafot etarman. Bu davrning yana bir xastaligi bor, u - "men"lik, xudbinlik, obro’talablik, hayotini madaniyat kayfu-safosida chiroyli o’tkazish ishtahasi, qaramlik kabi xastaliklardir. Risola-i Nurning Qur'ondan olgan darsining eng birinchi asosi: Haqiqiy ixlos bilan iymonni qutqarishga xizmat qilish uchun "men"lik, xudbinlik, obro’talablikni tark etish lozim.
Janobi Haqqa shukr, a'zamiy ixlosni qozonganlarning juda ko’pi yuzaga chiqdi. "Men"ligini, shon-u sharafini eng kichik iymon masalasiga fido qilgan kishilar ko’p. Hatto Nurning bechora bir shogordining dushmanlari do’st bo’lgan vaqtda u bilan suhbat qilish ko’paygani uchun, rahmat-i Ilohiy jihatida ovozi yo’qolgan. Hamda unga taqdir bilan qaraganlar, nazar tegishi o’rniga o’tib uni xafa qiladi. Hatto qo’l berib ko’rishish musht tushirgandek qiynaydi. "Sening bu holating nima?" deb so’raldi, "Modomiki millionlab do’stlarim bor, nima uchun bularning hurmatini muhofaza qilmayapsiz?" Javoban aytdilarki:
Modomiki yo’limiz a'zamiy ixlos ekan, nafaqat "men"lik, xudbinlik, dunyo saltanati berilsa ham, saltanat o’rniga boqiy iymoniy masalani tanlsh a'zamiy ixlosning taqozosidir. Masala: Harb ichida, okopda, dushmanning to’plari orasida Qur'oni Hakimning bitta oyatining, bitta harfining, bitta nuktasini tanlab, to’plar ichida Habib degan kotibiga "Daftarni chiqar!" deb, ot ustida o’sha masalani yozdirgan. Demak Qur'onning bir harfining bir nuktasini, dushmanning to’plariga qarshi tark qilmagan, o’zining joni o’rniga tanlagan.
O’sha qardoshimizdan so’radik: "Bu ajib ixlosi qayerdan dars oldingiz?"
Quyidagi ikki nuqta tufayli, dedilar:
Bittasi:Islom olamining eng ajib harbi bo’lgan Badr Harbida namoz vaqtida jamoatdan hissasiz qolmaslik uchun, dushmanning hujumi bilan birga mujohidlarning yarmi qurollarini tashlab jamoat xayriga sherik bo’lish, ikki rakat so’ngra ular ham hissador bo’lsin deb Fahri Olam Alayhissalotu Vassalom bir hadisi sharifi bilan amr qilishlaridir. Modomiki harbda ruxsat bor ekan va modomiki jamoat xayri ham sunnat bo’lib, sunnatga rioya qilish eng buyuk dunyoviy hodisa o’rniga tanlagan. Mutlaq Ustozning ishoratidan bir nuqta olib, biz ham ruhu jonimiz bilan ergashamiz.
Ikkinchisi:Islom qahramoni Imom Ali Raziyallohu Anhu "Jaljalutiya"ning ko’p joylari va oxirida namozda huzuriga g’aflat kelmasligi uchun bir himoyachi istaganlar. Dushmanlari tomonidan u kishiga hujum qilinish ma'nosi hotiriga kelmaslik, faqat namozdagi huzuriga juda ko’p dushmanlari tomonidan hujum tasavvuri bilan namozdagi huzuriga mone bo’linmasligi uchun bir muhofiz ifritni dargohi Ilohiyda niyoz qilganlar.
Bu bechora, umri va davrda obro’talablik ichida yumalagan bechora qardoshingiz, ham Xilqat-i Olam Sababidan ham Islom Qahramonidan ushbu kichik ikki nuktani dars oldim. Bu davrda juda kerak bo’lgan Qur'onning sirlariga ahamiyat berib, harb ichida jonini muhofaza qilishga urinmay, Qur'onning bir harfining bir nuktasini bayon qilgan.
Said Nursiy
* * *
2