Risale-i Nur · Oʻzbekcha

Amirtog’ Ilovasi-I

Kitobni ochish ↗

indeks

Risola-i Nur Kulliyotidan

Yigirma Yettinchi Maktubdan

AMIRTOG’ ILOVASI-I

Muallifi

Badiuzzamon Said Nursiy

Taqdim

Bu Ilova maktublari "Yigirma Yettinchi Maktub" hisoblanadi. Risola-i Nurning ilk ta'lifi bilan boshlab davom etib kelgan. Risolalar Barlada yozilishni boshlab Isparta va atrofidagi qiymatdor talabalari bu risolalarni o’qish va yozish bilan istifoda va istifoza qilganlarida hissiyotlarini, ishtiyoq va ehtiromlarini shukrona qarzi sifatida muhtaram muallifi Ustoz Hazratlariga maktublar bilan taqdim qilishgan. Ba'zi mushkul masalalar va savollarining hal qilinishini iltimos qilganlar. Shu tariqa ham Ustoz Hazratlarining, ham talabalarining maktublari bilan"Barla", "Kastamonu"va"Amirtog’"Ilova maktublari vujudga kelgan.

Barla Ilovalari:Risola-i Nurning Barlada ta'lif qilingani va qo’lda yozib, ko’paytirilib nashrni boshlaganidan Eskishahar qamog’i zamoniga qadar bo’lgan davrda Nurning ilk mushtoq talabalarining, Nurlarning hamon ta'lifi zamonida, ilk o’qib yozganlarida his qilgan samimiy hissiyotlarini, qalbiy va ruhiy istifoda va istifozalarini tilga keltirgan bayonlarini va Ustoz Hazratlarining ham ba'zi maktublarini ichiga olmoqdadir.

Kastamonu Ilovalari esa:Eskishahar qamog’idan bo’shatilishdan keyin Nur Muallifi Kastamonuga surgun qilingan, Denizli qamog’i zamoniga qadar u yerda surgun holda qolganlar. Bu muddat mobaynida Nur Muallifi Ispartadagi talabalari bilan doimiy xabarlashib Nurlarning Qur'on xati bilan yozilib ko’payishi, nashri va inkishofi va eski yozuvni bilmagan yoshlarning istifodasi uchun ham, Risola-i Nur Kulliyotidan ba'zi bahslarning yozuv mashinkasi bilan ko’paytirilishi xususida shiddatli aloqa ko’rsatganlar hamda Risola-i Nurning mohiyati, qiymati, zimmasiga olgan muqaddas vazifa-i iymoniyasi va sazovorligi, hamda talabalarining xizmat tarzlari, tajovuzkor dinsizlar qarshisida sabot va matonatlari va ahli Islomning bir-biri bilan muomalalarida ta'qib qiladigan ixlosli harakatlari kabi, bir qancha ichki va tashqi masalalarga to’xtalib o’tgan. Bu e'tibor bilan Kastamonu Ilova maktublari ayniqsa yozilgan zamon e'tibori bilan ham buyuk ahamiyat kasb etgan bir davrning mahsuli bo’lishi va bir qancha ijtimoiy masalalarni va to’liq iymoniy haqiqat nazari bilan mutolaa, mulohaza va butunlashishi kabi jihatlarda buyuk qiymatga egadir.

Amirtog’ Ilova Maktublari, birinchi qismi:1944 yil 15 iyunda Denizli qamog’idan oqlanish bilan bo’shatilishlaridan keyin Vakillar Kengashining qarori bilan Amirtog’ga surgun qilingan Risola-i Nur muallifi Said Nursiy Hazratlari 1947 yilning oxirlariga qadar, ya'ni uchinchi katta qamoq bo’lgan Afyon qamog’iga qadar Amirtog’da yashagan muddatlari davomida Isparta, Kastamonu, Istanbul, Anqara va universitet talabalari, Anadoluda Nurlar nashrni boshlagan joylardagi talabalariga xizmatga taalluqli ba'zi maktub va savollariga javoban yozgan maktublaridir.

Ikkinchi qism esa:1948-1949 yillarda Afyon Qamoqxonasida yigirma oy qamalib bo’shatilishlaridan keyin takror Amirtog’ga qaytib u yerda bir muddat qolgandan keyin 1951 yili Eskishaharda ikki oy qolganlaridan so’ng, u yerdan ham "Yoshlarga Rahnamo" mahkamasi munosabati bilan ikki marta Istanbulga kelib uch oydan Istanbulda qolgan 1952-1953 yillarida va keyinchalik yana Amirtog’da ekanlar, talabalariga yozgan maktublari hamda mahkamalarga va da'volarga aloqador masalalarga doir ko’plab bahslardir.

1953 yildan keyin istiqomat qilgan Ispartada ham ora-sira yozgan maktublari ham bor. Eskishahar, Denizli va Afyon Qamoqxonalarida ekanlar, qamoqdagi talabalariga yozgan juda qiymatdor qamoqxona maktublari esa, yana muhtaram muallif Ustoz Hazratlarining nashrini munosib ko’rishlari bilan Shu'lalar Majmuasida aynan nashr qilingandir. Bu Ilovalarda o’tgan talabalarning maktublari, Nurlardan olgan iymon fayzi, ixlos va sadoqatlarini, iymonlari bergan botirliklarini ifoda qilish bilan ustozlariga izhor qilish va tashakkurlarini bildirish bilan bu davrda chiqqan Qur'oniy darsning tinglovchilari bo’lganlarini izhor qiladi. Va Risola-i Nurning haqqoniyatiga va Ustoz Hazratlarining da'vosiga bir-bir shohid hukmida bo’ladi.

Risola-i Nurning yozilishi va nashri bilan birga ushbu Ilova maktublarining chiqishi, davomi va nashri shaxsan muhtaram muallifi tarafidan qilinishi va munosib ko’rilishi, ko’plab maktublarda bu Ilovalarning qiymatini ifoda qilishlari va e'tiborni qaratishi, har holda bu Ilovalarning ahamiyatini ko’rsatishga kifoyadir.

Ha, Risola-i Nurning ta'lifi, chiqishi va nashri bilan birga Nur xizmatining va Qur'on darsining ta'limida va amalga oshirilishida va Nur maslagining o’qib o’zlashtirilishida va uzun vaqt xizmatning davomida sodir bo’ladigan minglab vaziyatlar va hujumga uchragan talabalarning jarayonlar qarshisida sabot, matonat va ixlos bilan harakatlarida ularga yo’l ko’rsatadigan, Qur'on xizmatining tarqalishida osonlikka sabab bo’ladigan ogohlantirish va eslatmalarga, albatta ehtiyoj zarur, qat'iy va yaqqoldir.

Xullas, Ustoz Hazratlarining bu kabi shubhasiz haqiqatlarga va masalalarga to’xtalish bilan ishora qilib diqqatni tortishlari, talabalarini ogohlantirib turishlari, albatta bu muqaddas xizmat ahamiyatining taqozosidandir. Hamda bu Ilovalarning bir qismi, ehtiyojga binoan yozilgan va yozdirilgan eslatmalar bo’lishi va ayni ehtiyojning har zamon takrorlanishi mumkin bo’lganidan, doimo murojaat qilinadigan hikmatlar va dasturlarni ichiga olgan. Haqiqatdan, yuzlab voqealar, hodisalar va masalalarda bu ehtiyoj o’zini ko’rsatgan.

Nurlarning birinchi talabasi Xulusiy Bey Ustoz Hazratlariga yozgan bir maktubida "Dunyoni unutishni istasangiz, boshqa hech bir sabab bo’lmasa ham, faqat muborak "So’zlar" bilan aloqa paydo qilgan insonlar iltimos qilib so’ragan izohlarni berishni istaysiz va javobsiz qoldirmaysiz... Alloh uchun sizni sevganlarga va sizdan izoh istaganlarga yozgan juda qiymatli yozuvlarlaringiz bilan ilm majlisingizda anglatganingiz xilma-xil va "So’zlar"ga o’tmagan masalalar, qat'iyat bilan ko’rsatadilarki, ehtiyoj ham, xizmat ham tugamagan" demoqda va Nurlarning xizmatida ogohlantirish, eslatma va irshodlarga ehtiyoj bo’lishini ifoda qilmoqdadirki, undan keyin chiqqan ehtiyojga muvofiq Ilovalar u muborak zotning o’rinli so’zini quvvatlantirgan.

Bu Ilovalarda, Nur Muallifi Aziz Ustozimiz Risola-i Nurning nashri, o’qilib yozilishi kabi shaxsan Nurlar bilan mashg’ul bo’lishga ahamiyat bermoqda, talabalarini doimo tashviq qilmoqdalar. Buning zarurat va hikmati esa, shubhasiz izohdan uzoqdir. Zero asrimizda koinot fanlari va moddiy ilmlar rivojda bo’lib, yangi yetishgan nasllar bu ilm va fanlarni o’qiganlari, hamda tabiiyyun va moddiyyunning din va ma'naviyatga qarshi nashriyoti, ham kufri mutlaq jarayoni-ki, hech bir din va ma'naviyatni tanimagan va Allohga iymon haqiqatiga qarshi muoraza qilib dinsizlikni nashr qilgan, Islomiy fikrni buzgan va butun bashariyatni tahlikaga solgan, yangi nasllarga va yoshlarga iymonsizlik fikri kufriysini singdirish istagan kitob, risola, gazeta kabi nashr vositalarining Islom va iymon dushmanlari tomonidan asosiy reja qilib olingan bunday ajib va dahshatli bir zamonda, albatta Risola-i Nurga, o’qilishiga, nashr qilinishiga shiddat bilan ehtiyoj va zarurat bor.

Chunki, Risola-i Nur Qur'oni Hakimning bir ma'naviy mo’'jizasi va bu zamonning dinsizligiga qarshi ma'naviy atom bombasi sifatida komunizm jarayonlarining qalb ma'naviyatini buzishiga javoban, kitobxonlarning qalblariga qalb ma'naviyatini ta'mirlab, birma-bir tahqiqiy iymondan kelgan muazzam quvvat va qudratga tayanishni qozontirmoqda. Bu vazifani muqaddas Qur'onimizning ilhom, irshodi va darsi bilan ado qilmoqda.

Iymoniy tafakkur darsi bilan tabiatparast va moddaparastlar bo’g’ilgan ayni masalalarda tavhid nurini ko’rsatadi, iymon haqiqatlarini modda olamidan misollar va dalillar ko’rsatib izohlaydi. Litseylarda, universitetlarda o’qitilgan ilm va fanlarning ayni masalalarida iymon haqiqatlarining isbotini quyosh ko’rinishida ko’rsatadi. Bu kabi ko’p jihatlar bilan Risola-i Nur bu davrda iymon va Islom ahli uchun birinchi navbatda qo’lga olinishi zarur bo’lgan, ularning qo’lida ma'naviy olmos qilichdir. Asrning idrokiga, zamonning fahm qilishiga, tushunishiga xitob qilgan, ehtiyojga eng muvofiq tarzni ko’rsatgan, dars bergan va to’g’ridan to’g’ri fayz va ilhom yo’li bilan oyatlarning yulduzlaridan kelgan Qur'oniy darsdir, to’liq ma'rifatulloh burhonlaridir.

Asrimiz insonlarining tushunishiga va idrokiga xitob qiluvchi mohiyati va Qur'oni Hakimning davrimiz aqllariga dars bo’lishi nuqtasidan Nur Risolalari, ayniqsa bu mamlakatda buyuk ahamiyat qozongan. Asrlarcha Qur'onga bayroqdorlik qilgan va dunyoni diyonati bilan oydinlatgan bu zotdor millat, yana dunyoga o’rnak, axloq va fazilatda ustoz bo’lib insoniyat o’tkazgan mudhish inqirozlardan xalos bo’lish uchun najot chorasini ko’rsatmoqda. Bashariyatni dahshatli zarbalarga yo’liqtirgan, tahlikaga solgan anarxistlikning vayrongarchilik va buzg’unchiligining yagona chorasi faqat va faqat Ilohiy, samoviy dinning azaliy va abadiy haqiqatlari, Islomiyat haqiqati bo’la oladi. Risola-i Nur Islomiy va Qur'oniy haqiqatilarni musbat va dalilli bir shaklda insoniyatning tahqiq nazariga arz va ifoda qilmoqda.

Hamda, Nur Muallifi bir maktubida "Ichki tarafkashona adovat va tortishuvlarga vasila bo’lgan ikkinchi darajadagi masalalarni emas, balki butun bashariyatning eng ahamiyatli masalasi bo’lgan iymonning ruknlarini va insonning saodatiga sabab va umum musulmonlarning asos va qardoshlik robitasi bo’lgan Qur'onning iymon haqiqatlarini topish va muhtojlarga toptirishga hayotimni vaqf qildim", degan Islom xizmatining va diniy masoilning barchasini ichiga olgan kenglik va jome'iyatga ega bo’lganini, diniy xizmatlarning har turdagisini qo’llab-quvvatlagan va tashviq qilganini va bir katta Qur'oniy yo’l bo’lgan Risola-i Nur doirasining umum iymon va Islom ahlini ichiga olganini ifoda qilmoqda.

Va yana ayni maktublarida davom etib "Hatto Musulmonlar bilan emas, balki dindor Xristianlar bilan ham do’st bo’lib adovatni tashlashga harakat qilyapman. Jahon Urushi va komunizm ostidagi anarxistlik tahlika va buzg’unchiliklarining hol tili bilan "Dunyo foniydir, ayriliqlar bilan to’la. Ey insonlar, adovatni tashlanglar, Qur'on darsini tinglab birlashinglar, bo’lmasa sizni mahv qilamiz", degan bayoni bilan bu davrning sharoiti va zaruratlari qarshisida xizmat tarzini yana Qur'onning nuri bilan ko’rsatib hikmatli shakldagi irshodning va Ilohiy tavfiqiqa muvofiq harakat bilan xizmat qilish tomonlama Risola-i Nurning lozimligi va ahamiyatini ko’rsatadi.

Xullas, Ilova maktublari bu kabi xususlarga ham ishora qiladi. O’zgargan dunyo hodisalari, keng va kulliy masalalar va sharoitga mos Qur'oniy xizmatning asoslarini dars beradi.

Badiuzzamon Said Nursiy Hazratlarining Xizmatkorlari

Tohiriy, Zubayr, Husnu Bayram, Mustafo Sungur, Bayram

* * *

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ رَسَائِلِ النُّورِ

Amirtog’dagi qardoshlarimga!

Men haqimda vahimaga tushganlarga aytingki: Biz xizmat qilgan bu odamning yigirma yillik hayotining barcha mahram, mahram bo’lmagan maktublarini, kitoblarini va sirlarini hukumat shiddatli tintuvlar bilan qo’lga kiritdi. To’qqiz oy ham Isparta, ham Denizli, ham Anqara adliyalari tekshirishdan so’ngra, bir kun jazoni, bitta talabasiga berishni shart qilgan bir modda (besh sandiq kitoblarida va varaqlarida) topilmadi. Anqara Ekspertlar Hay'ati va Denizli Sudi birga oqlanishiga qaror qildi.

Ham bu zaruriy ishlarini keksaligiga hurmat sifatida qilgan odamimiz, sudda da'vo qilgan va u yerdagi barcha birodarlarini shohid ko’rsatib, tasdiqlatganki:

Yigirma yildan beri hech qanday gazetani va siyosiy asarlarni na o’qidi, na so’radi, na gapirdi. O’n yildan beri, hukumatning ikki raisidan, bir hokim va bir deputatidan boshqa hech bir idorachini va katta ma'murlarini bilmadi, tanimadi va tanishga qiziqmadi. Uch yildan beri jahon urushini na so’radi, na bildi, na qiziqdi, na radio tingladi. Tarqalgan bir yuz o’ttiz asarlarini yigirma yil mobaynida yuz ming odam diqqat bilan o’qisada na idoraga, na osoyishtalikka, na vatanga, na millatga hech qanday zarar qilganini hukumat ko’rmadi. Beshta viloyatning diqqatli zobitalari, tintuv bo’limi xodimlari, uchta viloyat sudi va boshqaruv markazining to’rt adliyasi, jinoiy ishlar sudlari eng kichik bir ayb topmadi, ularni ozod qilishga majbur bo’lishdi. Agar bu odamning dunyo ishtahasi va siyosatga mayli bo’lsaydi, bir iz va belgilari topilmasligining hech imkoni bormi? Holbuki sud bosqichlarida hech bir belgi topolmadilarki, qaysar bir prokuror majbur bo’lib voqe'ni ko’rganlar o’rniga bo’lish ehtimoli bor narsalarni takror-takror aybnomasida "qila oladi" deb yozgan, "qilgan" demagan. Qila oladi qayerda? Qilgan qayerda? Hatto sudda Said unga: "Har bir odam qotillik qila oladi, bu iddaongiz bilan hammani va sizni sudga berish kerak bo’ladi!" dedi.

Xulosa: Bu odam bu daraja dahshatli dunyo ishlariga nisbatan loqayd qolyapti. U yo batamom devona, yoxud bu vatanning va bu millatning eng buyuk saodatiga ixlos bilan xizmat qilish uchun, hech bir narsaga past ketmayapti va ahamiyat bermayapti. Shunday ekan, unga azob berish, tazyiq qilish, vatan va millatga va osoyishtalikka bir nav' xoinlikdir. U haqida bunday vahima, bir devonalikdir.

***

AHAMIYATLI BIR SAVOLGA HAQIQATLI BIR JAVOB

Katta ma'murlardan bir necha kishi mendan so’radi: "Mustafo Kamolning senga uch yuz lira maosh berib, Kurdistonga va sharqiy viloyatlarga Shayx Sunusiy o’rniga bosh imom qilish taklifini nima uchun qabul qilmading? Agar qabul qilsayding, qo’zg’olon tufayli o’ldirilgan yuz ming odamning hayotlarini qutqarishga sabab bo’larding?" deyishdi.

Ularga javoban aytdimki: U odamlarning yigirma-o’ttiz yillik dunyoviy hayotini qutqarmaganim evaziga, yuz minglab vatandoshlarga, har biriga millionlab yil uxroviy hayotni qozontirishga vasila bo’lgan Risola-i Nur, yo’qotish o’rniga minglab daraja ish qildi. Agar men u taklifni qabul qilsa edim, hech narsaga vosita bo’lmagan va tobe bo’lmagan, ixlos sirriga ega Risola-i Nur yuzaga kelmasdi. Hatto men qamoqda muhtaram qardoshlarimga aytgan edim: Risola-i Nurning shiddatli ta'zirlari uchun meni o’limga mahkum qilgan kishilar, agar Anqaraga yuborilgan Risola-i Nur bilan iymonlarini qutqarib abadiy qatl qilinishdan najot topsalar, siz shohid bo’ling, men ularni ham ruhu jonim bilan kechiraman!

Oqlanishimizdan so’ngra Dengizlida meni kuzatib azob berganlarga, katta amirlariga va politsiya mudiri bilan tekshiruvchilarga aytdim: Risola-i Nurning inkor qilib bo’lmaydigan karomati shuki, yigirma yil mazlumlik hayotimda, yuzlab risola va maktublarimda, minglab shogirdlarda to’qqiz oy tadqiqot natijasida hech qanday muammo, hech qanday jamiyat bilan, hamda hech qanday ichki va tashqi komitet bilan hech bir vasiqa, aloqa, topilmasligidir. Bu hayratomuz holat biror fikr va tadbirning haddiga sig’adimi. Bir odamning, bir necha yillik mahram sirlari o’rtaga chiqsa, albatta uni mas'ul qiladigan va uyaltiradigan yigirmata modda topiladi. Modomiki haqiqat bu ekan, yo "Juda hayratomuz va mag’lub bo’lmaydigan bir daho bu ishni qilyapti" yoki "O’ta inoyatli bir hifzi Ilohiydir", deysiz. Albatta bunday bir daho bilan urushish xatodir, millatga va vatanga katta zarardir. Bunday hifzi Ilohiy va Rabboniy inoyatga qarshilik qilish, fir'avnona qaysarlikdir.

Agar: "Seni erkin qoldirsak va kuzatmasak va nazorat qilmasak, darslaring bilan va yashirin sirlaring bilan ijtimoiy hayotimizning osoyishtaligini buzasan", desangiz.

Javoban aytdimki: Mening darslarim istisnosiz hammasi, hukumatning va adliyaning qo’liga tushgan, hatto bir kun qamoq jazosi beradigan biror modda topilmagan. Qirq-ellik ming nusxa risola va darslardan odamlarning qo’lida diqqat va qiziqish bilan yurgan bo’lsada, hech kimga manfaatdan boshqa hech qanday zarari bo’lmagani, ham eski sud, ham yangi sud javobgarlikka tortishga biror modda topolmagani jihatidan, yangi sud ittifoq bilan oqlanishimizga, va eskisi, dunyo jihatidan bir kattaning hurmati uchun bir yuz o’ttiz risoladan besh-o’nta so’zni bahona qilib, faqat vijdoniy his bilan bir qamoqqa olingan yuz yigirma qardoshlarimdan faqatgina o’n beshta odamga olti oydan jazo bera olishi, menga va Risola-i Nurga hujum, ma'nosiz vahima bilan xunuk zulm ekaniga qat'iy hujjatdir. Nazorat qilib to’g’rilashga urinishingizga boshqa yangi darsim yo’q va bir sirrim yashirin qolmadi.

Hozir ozodlikka juda muhtojman. Yigirma yildan beri keraksiz, haqsiz va foydasiz kuzatuvlar endi yetar! Mening sabrim tugadi. Keksalik zaifligidan, hozirgacha qilmagan badduomni qilish ehtimolim bor. "Mazlumning ohi Arshgacha ketar", degan quvvatli bir haqiqat bor. So’ngra u zolim, dunyoda katta maqomlarda bo’lgan badbaxtlar, "Sen yigirma yildan beri bir marta bo’lsa ham shapkamizni boshingga qo’ymading, eski va yangi sudlarning huzurida boshingni ochmading, eski kiyimingda keldimg. Holbuki o’n yetti million odam bu qiyofaga kirdi", deyishdi. Javoban, "O’n yetti million emas, balki yetti million ham emas, balki roziligi bilan va qalban qabuli bilan faqat yetti ming Ovrupaparast sarxushlarning qiyofalariga shar'iy ruxsat va qonun bilan majburlash jihati bilan kirgandan ko’ra, shar'iy azimat va taqvo bilan, yetti milliard zotlarning qiyofalariga kirishni tanlayman. Men kabi yigirma besh yildan beri ijtimoiy hayotni tark qilgan odamga, "qaysarlik qilyapti, bizga muxolif", deyilmaydi. Boringki, qaysarlik deylik, Mustafo Kamol u qaysarlikni sindirolmadi, ikki sud olib tashlay olmadi va uch viloyat hukumatlari uni buzmadi, siz kim bo’libsizki, ham millatning, ham hukumatning zarariga, u qaysarlik sinishiga behuda urinyapsiz? Boringki, siyosiy muxolif bo’lsa ham, siz tasdiqlagan yigirma yildan beri dunyo bilan aloqasini uzgan va ma'nan yigirma yildan beri o’lgan odam, qaytadan tirilib, foydasiz, o’ziga o’ta zararli siyosiy hayotga aralashib, siz bilan ovora bo’lmaydi. Bu holda uning muxolafatidan vahimaga tushish, devonalikdir. Devonalar bilan jiddiy so’zlashish ham bir devonalik bo’lgani uchun, siz kabilar bilan so’zlashishni tark etaman, "Nima qilsangiz qiling!" deganim ularni g’azablantirdi, ham mot qildi. So’ng so’zim

حَسْبُنَا اللّٰهُ وَنِعْمَ الْوَك۪يلُ ٭ نِعْمَ الْمَوْلٰى وَ نِعْمَ النَّص۪يرُ

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu qismni sizlar ham Risola-i Nurning maqbuliyatiga imzo bosgan risolalar va maktublar majmuasining boshida yozarsiz. Agar majmualar bo’lmasa "Birinchi Shu'la"ning boshida yozarsiz. Men haqqimda qayg’urmang. Savobning ko’payishi menga mashaqqatlarni bir jihatda sevdiradi va Nurlarning tarqalishiga boshqa sohalarda joy ochadi. Hammalaringizga bir-bir salom...

"Risola-i Nurning maqbuliyatini tasdiqlagan va g’aybiy ishoralar bilan undan xabar bergan sakkiz qismdan birinchi qismdir. Ayni masalaga, ayni da'voga ittifoqlari yaqqollik darajasidadir. Masala birligi jihati bilan belgilar bir-biriga kuch beradi, tasdiqlaydi. Sakkizdan uch donasi, Imom Alining uch g’aybiy karomati bilan Risola-i Nurdan xabar berishiga doirdir. Bu sakkiz qismni Anqara tadqiq hay'ati tadqiq etgan, e'tiroz qilmagan. Faqat: "Bu yozilmasligi kerak edi. Karomat sohibi, karomatini yozmaydi." degan.

Men ularga javob berdimki:

Bu meniki emas, Risola-i Nurning karomatidir. Risola-i Nur esa, Qur'onning molidir va tafsiridir dedim. Ular jim bo’lishdi, demak qabul qildilar. Garchi bu tur ikromlar yozilmasligi munosibroq edi, faqat bunchalik sanoqsiz qarshi chiquvchilar va juda kuchli, ko’p dushmanlar qarshisida oz, faqir va zaif bo’lgan bizlarga ma'naviy kuch, g’aybiy madad, shijoat, sabot va matonat berish uchun qat'iy majburiyat bo’ldi, men ham yozdim. Bu "men"ligim uchun obro’talablik hisoblanib tubanlashishimga sabab bo’lsa ham, ahammiyati yo’q. Bu xizmatga, ya'ni ahli iymonni mutlaq zalolatdan qurtarishga (kerak bo’lsa) dunyoviy hayot kabi, uxroviy hayotimni ham fido qilishni bir saodat bilaman, minglab do’stlarim va qardoshlarimning Jannatga kirishlari uchun Jahannamni qabul qilaman."

* * *

ANQARA TADQIQ HAY'ATI ITTIFOQ BILAN BERGAN RAPORTLARINING NUSXASIDAN.

Jami kitobga to’la besh sandiq tarafimizdan ochilib o’qildi.

{(Hoshiya) Tadqiq hay'ati raportidagi tanqid qismi, sudda qat'iy javoblari berilgani uchun, mudofaalarimning oxirida yozilgani uchun, bu yerda yozilmadi. Zotan u tanqidlar, uch-to’rt risolada o’nta juz'iy masaladir. Siyosiy ham emas, ilmiy masaladir. E'tirozlar, sahv va xato bo’lgani, hujjatlar bilan sudda isbot qilingan.}

Said Nursiy tarafidan ta'lif etilgan, bosilgan, bosilmagan Risola-i Nur qismlari va Risola-i Nurga qo’shilgan Said Nursiy bilan ba'zi shogirdlari tarafidan yozilgan qisman ilmiy va diniy maktublar bilan, shogirdlarning bir-biri bilan va Said Nursiy bilan oddiy xabarlashish maktublari va bosmaqoliplar, o’rganib chiqish uchun biz tomonimizdan ko’rilib tadqiq qilindi. Ularning mohiyatini aniqlash uchun bu risola va maktublarni ikki turga ayirish kerak:

Risolalar: Bir oyatning tafsiri va bir hadisning sharhi maqsadida yozilgan din, iymon, Alloh, Payg’ambar, Qur'on va oxirat aqidalarini, iboralarini tushuntirish uchun misollar bilan yozilgan ilmiy mulohazalari va keksalar bilan yoshlarga qaratilgan axloqiy o’gitlar va qisman hayot tajribasidan olingan ibratli voqealar va xalq tabaqalariga oid foydali qissalarni ichiga olgan, asarlarining to’qson foizini tashkil qilgan risolalar bo’lib, (ularda) barcha risolalarda muallif ham samimiy, ham beminnat va hamda ilm yo’lidan va diniy asoslardan hech ayrilmagan. Bu asarlarda dinni vosita qilish va jamiyat tashkil qilish bilan tinchlikni buzish harakatining yo’qligi yaqqol. Shogirdlarning bir-biri bilan va Said Nursiy bilan oddiy xabarlashish maktublari ham bu turdan.

1. Said Nursiy, Istanbuldaligida qozongan ahamiyatli shon sharafning, qalin bir uyqudan iborat og’ir bir tush, vaqtinchalik adashish bo’lganini aytadi. Istanbulda bir-ikki yil g’aflat bilan siyosatga qo’shilgani uchun buni dunyoning o’limi deya tasvirlaydi. Bu munosabat bilan "Eski Said", "Yangi Said" deb ikki shaxsiyat bo’lganini va bu shaxsiyatlarning bir-biridan boshqa bo’lganliklarini aytadi. So’ngra, to’qqiz adad birinchida, yigirma qadar risola bo’lgan majmuasining oxirida, Ispartada Risola-i Nur shogirdlariga yozilgan maktubning ichida, siyosatga aralashish tubanlikka tushish deb, xato bo’lganini aytadi.

2. qismida: "Bu dunyo foniydir. Eng buyuk da'vo, boqiy olamni qozonishdir. Insonning e'tiqodi sog’lom bo’lmasa, da'voni yutqazadi. Haqiqiy da'vo - bu. Bundan boshqa da'volarga qo’shilish zararlidir. Siyosat bilan mashg’ul bo’lgan kishi, ahamiyatli xizmatlaridan orqada qoladi. Hamda siyosat kurashlariga berilganlar, qalb osoyishtaligini yo’qotadi", deydi.

3- "Yigirma Oltinchi Yog’du"da "Keksa dunyoda mening haqiqiy vazifam, Qur'on sirlarini tarqatishdir". (Sahifa: 45). Bu mamlakat bilan, hamiyati Islomiya nuqtasida aloqadorman. Bo’lmasa mening na uyim bor, na avlodim". (Sahifa: 59).

4. "Yigirma Birinchi Yog’du"da qardoshlariga bergan o’gitlaridan birinchi dastur: "Amalingizda Allohning roziligi bo’lishi kerak, moddiy manfaat maqsad qilinmasligi kerak", deyilgan. Bu yozuvlarda: "Men so’fiy emasman", "Maslagimiz tariqat emas" (Sahifa: 8). "Mansabsevarlik va nazarni o’ziga jalb qilmoq, ruhiy bir marazdir. Bunga yashirin shirk deyiladi". "Agar yo’limiz shayxlik bo’lsa edi, maqom bir bo’lardi, u maqomga ko’p nomzodlar bo’lardi. Maslagimiz - uxuvvatdir. Qardosh qardoshga ota bo’la olmaydi, murshid vaziyatini ola olmaydi..."

* * *

DENGIZLI MAHKAMASI ITTIFOQ BILAN BERGAN QAROR NUSXASIDAN

Guvohlar ifodalarida, sudlanuvchilarga qo’yilgan va gumon qilingan aybni qilishmaganini bayon qilganlar, ayniqsa Anqara Jinoiy Ishlar Sudidan Amin Bukening raisligi ostida tadqiq hay'ati qilib tanlangan Anqara Diyonat Ishlari Kengan Hay'ati a'zosidan ommaga dars berish, professor Yusuf Ziyo Yoriqxon, Anqara Til-Tarix Fakulteti Sharqshunoslik Instituti Mudiri Najoti Lugal, Turk Tarix Jamiyati, Turk-Islom Kitoblari To’plash Hay'ati a'zosidan Yusuf Ayqut tarafidan tartiblangan varaqlar orasida mavjud raportlarda: Said Nursiyning bitta-bitta tadqiq qilingan risola va kitoblarida xalqni, dinni va muqaddas qadriyatlarni vosita qilib davlatning tinchligini buzishga tashviq qilish yoki jamiyat qurish qasdida bo’lganini ko’rsatadigan ochiq oydin chaqiriq, belgilar yo’qligini...

Qamalganlardan Said Nursiyga mansublarga kelsak: Ular Said Nursiyning ilmiy va bilingan asarlariga, din masalalarini va Qur'on haqiqatlarini o’rganamiz deb orqasiga tushganlar, bular husni niyat sohibi bo’lib, faqat diniy e'tiqod tomonidan Saidga va o’qigan risolalariga bog’liqlik ko’rsatganlar.

Bu maqsaddagi xabarlashish maktublarining ichida hukumatga qarshi yomon maqsadlari bo’lmagani va bir jamiyat yoki tariqat qurish fikri bilan harakat qilmaganliklari ayon bo’lgan.

Ishga doir ko’rilgan, va ko’p varaqlar orasida mavjud tergov boshqarmasi tomonidan Dengizli Ekspertlar hay'ati raportida Said Nursiyning ba'zi asarlaridan dalil ko’rsatish yo’li bilan va u va mansublarining hukumatga qarshi yomon maqsadda bo’lganliklari asossiz ekani bayon qilinayotgan bo’lsa ham, tekshiruv natijalari ichida va guvohlarning, sudlanuvchilarga qo’yilgan va ulardan deb taxmin qilingan ishlar qilishmaganiga va Anqara Jinoy Ishlar Sudi Ekspertlar guruhi raporti xulosasiga ko’ra e'tiborga molik va dalil ko’rsatishga loyiq ko’rilmagan, va asosan sudlanuvchilarning deyarli aksariyati o’qish yozishni bilmaydigan, boshqa qismi o’zlarini ibodatu toatga berganlari, shunga binoan davlatning tinchligini buzadigan imkon va xususiyati yo’q kishilardan bo’lganlari aniqlashdi va ayon bo’ldi.

Mahkamaning vijdonan xulosasi mazkur xulosalarni tasdiqlab, prokurorning jazo berish haqidagi talabi, aytilgan va sanab o’tilgan dalillarga qarshi asossiz ko’rilgani uchun rad qilinsin. Gumonlanuvchilarni oqlanishlariga, boshqa sabab bilan qamalgan bo’lmasalar, ozod qilishga ittifoqan qaror berildi. 15.6.944

A'zoA'zo Rais Ali Rizo

(Rahmatullohi Alayhi)

[Dengizli Jinoiy Ishlar Sudi ittifoq bilan oqlanishlariga qarorlari hukmi bilan imzolaydi.]

* * *

O’Z-O’ZIM BILAN DARDLASHISH

[Bu hasbiholni Anqara idorachilariga eshittirishni, islohdan so’ngra sizga havola qilaman.]

Hakamning o’zi qoralovchi bo’lsa, albatta men kabi bechoralarga "Kimdan kimga shikoyat qilay, hayron qoldim", dediradi. Ha, hozirgi vaziyatim qamoqdan ham haddan ortiq mashaqqatlidir. Bir kuni, bir oy yakka qamoq qadar meni ezadi. Bu g’urbat, keksalik, xastalik, kambag’allik va zaiflik bilan, qishning shiddati ichida hamma narsadan man qilindim. Bir bola bilan bir kasalmand odamdan boshqa hech kim bilan ko’rishmayman. Zotan bir yakka qamoqda yigirma yildan beri azob chekmoqdaman. Bu holdan ortiq meni yakkalash va kuzatuvlari bilan aziyat berish esa, "g’ayratulloh"ga og’ir kelib, bir baloga vasila bo’lishidan qo’rqish kerak. Mahkamada aytganimdek, to’rt marta dahshatli zilzilalar, bizga zulm bilan qilingan hujum vaqtida kelishiga o’xshagan juda ko’p hodisalar bor. Hatto taxmin qilamanki, mening huquqimni muhofaza qilish va meni himoya qilmoq uchun men qattiq ishongan Afyon Adliyasi, Dengizli Mahkamasidagi Risola-i Nur haqida murojaatimga ahamiyat bermadi, meni xafa qildi, adliyaning yong’iniga bir vasila bo’ldi degan ehtimol bor.

Aytamanki: Men haqimda vijdonli va odamgarchiligi bo’lgan bu tuman hukumati, zobit va adliyasi bilan birga meni to’liq himoya qilishlari, eng muhim bir vazifalaridir. Chunki barcha yigirma yillik asarlarimni va maktublarimni, uch adliya va boshqaruv markazi to’qqiz oy tekshiruvdan keyin oqlanishimizga va ozodligimizga hukm qildi. Ammo ajnabiy manfaati hisobiga, bu millat va bu vatanning juda buyuk zarari uchun harakat qilgan bir yashirin komitet, bizning oqlanishimizni buzish uchun, hamma tarafda chumolini fil qilib bir qism mansabdorlarni menga qarshi vahimaga soldi. Bir maqsadi, mening sabrim tugasin, yetar ortiq dedirish edi. Zotan ularning mendan g’azablanganlarining bir sababi, jim o’tirishimdir, dunyoga qo’shilmaslidimdir. Go’yo, "Nima uchun qo’shilmayapsan, qo’shil maqsadimiz amalga oshsin", deydilar.

Menga qarshi hukumatning bir qancha mansabdorlarini vahimaga solishda ishlatgan bir-ikki hiylalarini bayon qilaman.

Aytishdiki: "Saidning hurmati bor. Asarlari ham ta'sirli, ham ko’p. Unga yaqinlashgan odam, do’st bo’ladi. Shunday ekan, uni hamma narsadan uzoqlashtirish, xoinlik bilan, ahamiyat bermaslik bilan va hammani undan qochirish bilan, do’stlarini qo’rqitish bilan nufuzini sindirish kerak" deb, hukumatni zaharlashdi, meni ham dahshatli mashaqqatlarga solishdi. Ualrga javoban aytamanki:

Ey bu millat va vatanni sevgan qardoshlar! Ha, u munofiqlarning aytganlari kabi, hurmat bor. Ammo meniki emas, balki Risola-i Nurnikidir. U ketmaydi, unga hujum qilingan sari quvvati ortadi. Millat va vatanga qarshi hech qachon ishlatilmagan, ishlatilmaydi va ishlatib bo’lmaydi. Ikki adliya, o’n yil oraliq bilan yigirma yillik varaqlarimni shiddatli va g’azabnok tadqiqot natijasida, bizni jazolashga hech qanday haqiqiy sabab topmagani, bu da'voga rad qilinmas guvoh bo’ladi.

Ha, asarlar ta'sirlidir. Ammo millat va vatanning manfaatiga hech qanday zarari tegmaydigan yuz ming odamga kuchli tahqiqiy iymon darsi berib, to’liq saodat va abadiy hayotlariga xizmat qilishda ta'sirlidir. Dengizli qamoqxonasida, qisman jinoiy ish bilan hukm qilingan yuzlab odam faqat "Meva Risolasi" bilan o’ta odobli va dindor holatga kirishlari, hatto ikki-uch odamni o’ldirganlar, uning darsi bilan taxtakanani ham o’ldirishdan chekinishlari va qamoqxona mudirining iqrori bilan, qamoqxonaning bir tarbiya madrasasiga aylanishi, bu iddaoga rad qilinmas isbot, hujjat bo’ladi.

Ha, meni hamma narsadan uzoqlashtirish, qiynoqli azob berish haddan ortiq zulm va bu millatga achinmas bir xiyonatdir. Chunki o’ttiz-qirq yil hayotmini bu millat ichida o’tkazganim holda, men bilan muomaladan hech kim zarar ko’rmaganiga va bu dindor millat juda muhtoj bo’lgan ma'naviy kuch, tasalli va iymon quvvati manfaati topishlarining qat'iy dalili, menga qarshi bo’lgan buncha shiddatli tashviqotlarga qaramay, hamma tomonda Risola-i Nurga haddan ortiq e'tibor va rag’bat ko’rsatishlari.. (hatto e'tirof qilaman) men loyiq bo’lmagan haddimdan yuz daraja ko’p iltifot etishlaridir.

Eshitdimki, mening ovqatlanishim va istirohat olishim uchun bu yerdagi hukumat murojaat qilgan, ijobiy javob kelgan. Men ularning odamgarchiligiga tashakkur bilan birga, aytamanki:

Eng ko’p muhtoj bo’lgan va hayotimda eng asosli dastur bo’lgan narsa hurriyatimdir. Aslsiz vahimalar deb, o’xshovsiz tarzda hurriyatimning cheklov va istibdod ostiga olinishi haqiqatdan meni hayotdan bezdirmoqda. Qamoq va zindonni emas, balki bu holdan qabrni ustun qo’yaman.

Ammo iymon xizmatida ko’p mashaqqat chekish, ko’p savobga sabab bo’lishi menga sabr va bardosh beradi. Modomiki odamgarchiligi bor kishilar men haqimda zulmni istamas ekan, eng avval mening shar'iy doiradagi hurriyatimga teginishmasin. Men nonsiz yashayman, hurriyatsiz yasholmayman.

Ha, ushbu o’n to’qqiz yil g’urbatda faqat ikki yuz banknot bilan, qattiq tejash va kuchli riyozatda o’zini idora qilib, hurriyatini va ilmiy izzatini muhofaza qilish uchun hech kimga hojatini izhor qilmagan va minnatga qolmagan, sadaqa, zakot, maosh va hadyalarni qabul qilmagan odam, albatta tirikchilikdan ko’ra ko’proq adolat ichda hurriyatga muhtojdir. Ha, tenggi yo’q tazyiq ostidaman. Bir-ikki kichik namunasini bayon qilaman:

Birinchisi:Sud hukmiga ko’ra,

Risola-i Nurning ilmiy mudofaanomasi va Anqaraning yetti davlat doirasi xulosasi,

Jumhuriyat Raisiga mudofaalarim bilan birga yuborilgan,

natijada Anqara Ekspertlar Hay'atining xulosasi bilan oqlanishimizga sabab bo’lgan

va qamoqdoshlarimning menga esdalik va xotira uchun go’zal yozuvlari bilan bir necha nusxasi yozilgan

va qo’limda bo’lgan

va Denizli zobit organi ko’rib tegmagan

va Afyon politsiya idorasida bir tun va bu yerning zobitlarida ochiq holda bir tun qolgan "Meva Risolasi" bilan "Mudofaanoma"ni, har kun xavotirlar ichida, bularni ham qo’limdan olmasinlar deb saqlayotgan edim.

Balki tintuv qilishadi degan xavotirda, bu g’urbatda tanimagan odamlarimga, bularni saqla deya olmaganim uchun, juda xafa bo’layotgan edim.

Ikkinchisi:Dengizli Sudi umuman qarshi chiqmagan va Eskishahar Sudi faqat bir so’ziga qarshi chiqib, bitta harf bilan javobini olgan "Keksalar Risolasi"ni Istanbulli bir odam, bu yerda bir odamdan olib Istanbulga olib borgan. Kutilmaganda, menga qarshi bo’lgan dinsizning qo’liga tushgan. Chumolini o’n fil qilib viloyat zobitasini qayragan. Natijada "Kim bilan ko’rishyapti, yoniga kimlar boryapti?" deb meni siqishni boshlashdi. Nima bo’lganda ham.. bular kabi juda achchiq namunalar bor. Ammo eng ma'nosizi shuki, meni gapirtirmaslik uchun, xizmatimda bir bola bilan bir kasalmand odamdan boshqa harkasni qo’rqitib, mendan qochirishlaridir. Javoban aytamanki:

O’n odamning mendan chekinishlari o’rniga, o’n minglab, balki yuz minglab Musulmon, hech bir mone'ga ahamiyat bermasdan Risola-i Nur darsini olishda davom etishyapti. Ham bu mamlakatda, ham tashqi Islom olamida juda kuchli haqiqatlari va juda qiymatli foydalari uchun tom rivoj bilan tarqalgan Risola-i Nurning minglab nusxalaridan har biri, mening o’rnimga mendan mukammalroq gaplashyapti. Mening jim bo’lsamda, ular jim bo’lmaydi va jim qilinmaydi.

Modomiki sud xulosalariga ko’ra isbot qilinganki, yigirma yildan beri siyosat bilan aloqamni yo’qligi va hech qanday aks belgisi ko’rinmagani holda, albatta men bilan ko’rishishlaridan shubhalanish juda ma'nosizdir.

{(Hoshiya) G’arib va ajib bir hodisa: Bu oy bir kun hovliga tushdim, qaradim. Kelgan qor ustida, Risola-i Nurning qismlarida tavofuqlariga ishora qilgan ranglar, qizil-sariq siyohlar kabi, qorning ustida sochilgan qatralar va nuqtalarni ko’rdim. Bunga juda hayratlandim. Boshqa yerlarga qaradim, hovlimdan boshqa yerlarda yo’q edi. Qiziqdim, qalban aytdimki: Risola-i Nur umum mamlakat bilan, balki Qur'on hisobiga Yer Kurrasi bilan shu daraja aloqadorki, uning boshiga kelgan balodan, musibatdan bulutlar ham qon yig’lamoqda. Bir-ikki odamni chaqirdim, ular ham hayratlandi. Mening qiziqish va xavotirimni ko’rgan uy sohibining jiyani Mahmud Afandi, men qorning ko’pligi sabab yo’lni yopishidan xavotirlanyapti deb o’ylabdi. Men yuqori chiqqandan so’ng, u yo’lni ochish uchun o’sha qorni ikki tarafga otib u ishorali ma'nodor qizil-sariq havo hodisasini yopibdi. Unga aytdimki: Tegmasa eding, yaxshiroq bo’lar edi. O’sha kun Risola-i Nurga qarshi uch hodisa ro’y berdi:

Birinchisi: Afyon Adliyasi bilan bu yerdagi zobitlar bo’linmasi kitoblarimning qaytirilishiga doir murojaatimga javoban, "Hali kassatsiyadan tasdiq kelmagani uchun aralashmang" deb, mening umidimni so’ndirdi.

Ikkinchisi: O’sha kuni, mening holatimni yashirincha o’rganish uchun Afyon idorasi maxsus politsiyani yuborganini bildik.

Uchinchisi: O’sha kun Istanbulda bir munofiq "Keksalar Risolasi"ni bahona qilib bizga qarshi tashviqot qilgan. Bu holat adliyaga ta'sir qilgan. Bu kabi hodisalardan yangi qiziqqan kishilar chekinishni boshladi. Men ham

لِكُلِّ مُص۪يبَةٍ قَالُٓوا اِنَّا لِلّٰهِ وَ اِنَّٓا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

dedim, "Hasbunallohu va ni'mal vakil" himoyasi ostiga kirdim.}

* * *

[O’z-o’zim bilan dardlashish nomli qismga ilova]

ADLIYA VAKILI VA RISOLA-I NUR BILAN ALOQADOR SUDLARNING HAKAMLARI BILAN DARDLASHISH

Janoblar! Siz nima uchun sababsiz biz va Risola-i Nur bilan ovora bo’lyapsiz! Qat'iyan sizga xabar beramanki: Men va Risola-i Nur, siz bilan kurashish emas, hatto sizni o’ylash ham vazifamiz xorijidadir. Chunki Risola-i Nur va uning haqiqiy shogirdlari, ellik yil so’ngra keladigan kelajak naslga o’ta buyuk bir xizmat qilib, ularni buyuk xatardan, millat va vatanni buyuk tahlikadan qutqarishga urinmoqda. Hozir biz bilan ovora bo’lganlar o’sha payt qabrda albatta tuproq bo’ladilar. Saodat va salomat xizmati kurash deb faraz qilinsa ham, qabrda tuproq bo’lgan kimsalarni aloqador etmasligi kerak.

Ha, hurriyatchilarning ijtimoiy axloqda, dinda va milliy g’ururda bir daraja e'tiborsizlik ko’rsatishlari natijasida yigirma-o’ttiz yilda din, axloq, nomus masalalari hozirgi holatiga keldi. Endi ellik yil so’ngra bu dindor, nomusli, qahramon xislatiga ega millatning kelajak nasli, diniy g’urur va ijtimoiy axloqda qay holatga kelishini albatta tushunyapsiz. Ming yildan beri bu fidokor millat, butun ruhu joni bilan Qur'onning xizmatida tenggi yo’q qahramonlik ko’rsatgan bo’lsada, ellik yil so’ngra porloq o’tmishini qattiq bulg’aydigan, balki yo’q qiladigan kelajak naslning qo’liga albatta Risola-i Nur kabi bir haqiqatni berib, dahshatli tubanlashishdan qutqarish, eng buyuk milliy va vatan vazifasi deb bilganimiz uchun, bu davr insonlarini emas, kelajak insonlarini o’ylayapmiz.

Ha janoblar! Garchi Risola-i Nur faqat oxiratga yo’nalgan bo’lsada, g’oyasi Allohning roziligi, iymonni qutqarish bo’lib, shogirdlarining vazifasi, o’zlarini va vatandoshlarini abadiy o’ldirilishdan, abadiy yakka qamoqdan qutqarishga harakat qilishdir.

Dunyoga oid ikkinchi vazifasi, o’ta ahamiyatli xizmat bo’lib, bu millat va vatanni anarxistlik tahlikasidan va kelajak naslning bechoralar qismini mutlaq zalolatdan qutqarishdir. Chunki bir musulmon boshqa dindagilarga o’xshamaydi. Dinni tark qilib Islom fe'lidan chiqqan muslim, mutlaq zalolatga tushadi, anarxist bo’ladi, boshqa uni boshqarib bo’lmaydi.

Ha, eski Islomiy tarbiyani olganlarning ellik foizi bor ekan va milliy, Islomiy an'analarga nisbatan ellik foiz loqayd bo’lishgani uchun, ellik yil so’ngra yuzdan to’qsoni nafsi ammoraga tobe bo’lib millat va vatanni anarxistlikka olib borishlari ehtimoli bor. U baloga chora topish, yigirma yil avval meni siyosatdan va bu asrdagi insonlar bilan mashg’ul bo’lishdan qat'iyyan man qilgani kabi, Risola-i Nurni, shogirdlarini, bu davr bilan aloqalarini uzgan, ular bilan na kurash, na mashg’uliyat yo’q.

Modomiki haqiqat bu ekan, adliyadagilarning eng birinchi vazifasi bizni ayblash emas, balki Risola-i Nur va shogirdlarini himoya qilishdir. Chunki ular bu millat va vatanning eng buyuk huquqini muhofaza qilishgani uchun, ularning qarshisida, bu millat va vatanning haqiqiy dushmanlari Risola-i Nurga hujum qilib, adliyadagilarni aldab, dahshatli haqsizlikka va adolatsizlikka chorlashyapti. Ikki kichik namunasini bayon qilaman:

Jumladan: Qamoqdagi birodarlarimdan, salom-kalomdan iborat va Arabcha bir risolamning qiymati o’n banknotni, bu yerdagi bir odamga yuborib, toki Ispartada nashr xarajatini bergan o’sha nusxalar sohibiga berilsin degan maktubi sababli, ham adliya, hukumat menga ham qiyinchilik tug’dirdi, ham vosita bo’lgan odamni qidirdi. Chivin qanotidek ahamiyati bo’lmagan oddiy bir maktubni, ham olti oy mobaynida bitta oddiy xabarlashishni shunchalik katta masala holiga keltirish, albatta adliyaning hurmatiga, obro’yiga yarashmaydi.

Ikkinchi Namuna: Men kabi g’arib, keksa, zaif va oqlangan musofirga, hammani hatto xizmatchilarini rasman tashviqot bilan qo’rqitish, o’zini esa abgor holga solish bu viloyatdagi hukumatning milliy g’ururiga yarashmagani uchun, chivin qanoti qadar mavhum bir zararga tog’ kabi ahamiyat berib menga qarshi rasman tashviqot qilish, "Kim bilan ko’rishyapti, yoniga kim boryapti?" deb hammani qo’rqitish.. hukumatning hikmati va boshqaruvi, albatta bu ajib holatga tushmasligi kerakdir. Nima bo’lganda ham... Bu ikki modda kabi, xabari borlarni hayratga solgan ko’p moddalar bor.

Janoblar! Zalolat va yomonliklar johillikdan kelsa, daf qilinishi oson. Ammo fandan, ilmdan kelgan zalolatning yo’qotilishi juda mushkuldir. Bu davrda zalolat fandan, ilmdan kelgani uchun, ularni yo’qotishga va kelajak naslning baloga uchragan qismini qutqarishga, qarshilarida tayanishga Risola-i Nur kabi har jihatdan mukammal bir asar lozim.

Risola-i Nurning bu qiymatda ekaniga dalil shuki: Yigirma yildan beri, mening qattiq va ko’p sonli dushmanlarim, qattiq ta'zirlarini yegan faylasuflarning hech biri Risola-i Nurga qarshi chiqmadi, rad qila olmadi va chiqa olmaydi ham. To’qqiz oy, uch adliya va boshqaruv markazi ekspertlar hay'ati, yuz kitobdan iborat risolalarda, bizni javobgarlikka tortadigan biror modda ham topa olmasliklaridir. Minglab ahli diqqat bo’lgan Risola-i Nur shogirdlariga qat'iy qanoat bergan, "Ishoroti Qur'oniya" va "Ixboroti G’aybiya-i Alaviya va G’avsiya"ning, bu asrda Risola-i Nurning ahamiyatiga va maqbuliyatiga imzo bosishlaridir.

Ha, adliyaning vazifasi huquqni muhofaza qilishi va haqsizlarni tajovuzdan to’xtatish bo’lgani uchun, Risola-i Nurning yuz risolasi, yigirma yilda yuz ming odamning saodatlari uchun xizmat qilgani aniqligi bilan birga, o’n yildan beri, ikki mahkama va boshqaruv markazi, bir necha viloyatning zobit organlari, Dengizli Sudi to’qqiz oy barcha mahram va mahram bo’lmagan varaqlarimizda, risolalarda millat va vatanga zararli moddani va jazonlanishga loyiq xato ko’rishmagani uchun, albatta Risola-i Nurning bu vatanda o’ta kulliy va buyuk huquqi bor. Bu kulliy va juda ahamiyatli huquqni nazarga olmay, oddiy varaqlar kabi musodara qilib, millatga va iymonni quvvatlantirishga muhtoj bechoralarga juda buyuk bir haqsizlikni nazarga olmay, oddiy bir odamning juz'iy va kichik haqqini ahamiyat bilan nazarga olish, adliyaning mohiyatiga va adolatning haqiqatiga umuman yarashmaydi, deb sizga eslatyapmiz.

Doktor Duzining va boshqa zindiqlarning asarlariga qarshi chiqmaslik, Risola-i Nurga qarshi chiqish, g’azabi Ilohiyning jalbiga bir vasila bo’lishi mumkin deb qo’rqayapmiz. Janobi Haq sizga insof, marhamat, bizga esa sabr va bardosh ehson aylasin. Omin!

Norasmiy shaklda tamoman yakka ajratib qo’yilgan

Said Nursiy

* * *

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

وَ شَاوِرْهُمْ فِى الْاَمْرِ amri bilan, qardoshlarim bilan bir mashvaratga muhtojman.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Hozir bir beriladigan hukm qarshisida turibman. Mening ozuqlanishim uchun har kun ikki yarim banknot, boshqa odamdan men uchun bir uy (narsalari bilan birga va istagan tarzimda) berish uchun buyruq kelgan. Holbuki ellik-oltmish yillik hayot dasturim buni qabul qilmaslikni taqozo qiladi. Garchi Dor-ul Hikmat-ul Islomiyada bir-ikki yil maoshni qabul qildim, ammo u pulni ham kitoblarimning chop qilinishiga sarf qilib va aksarini muhtojlarga berib, odamlarning molini yana ularga qaytarib berdim. Hozir agar majbur bo’lsam ham sizga va Risola-i Nurga zarar kelmasligi uchun qabul qilsam, kelajakda yana odamlarga qaytarib berish uchun saqlayman. Qat'iy zarurat darajasida o’zimga faqat oz bir qism sarf qilaman.

Eshitdimki, agar rad qilsam, mening foydamga tirikchilik uchun harakat qilganlar xafa bo’lishadi. Menga qarshi bo’lganlar aytishadiki: "Bu odam boshqa yerdan ta'minlanyapti". U badbaxtlar tejamkorlikning hayratomuz barakasini bilmaydilar va menga ikki kunda besh kurushlik non kifoya qilishini ko’rmaganlar. Shu sabab asossiz vahimaga tushishyapti. Agar qabul qilsam, yetmish yillik hayotim buziladi, va bu vaqtdan xabar bergan, ochko’zlik va maosh sababli bid'atlarga ruxsat bergan va ixlosni yo’qotgan olimlarni ta'zirlagan Imom Ali Roziyallohu Anh ham mendan ranjish ehtimoli bor. Risola-i Nurning ham haqiqiy va pok ixlosi meni ixlossizlik bilan ayblash jihati bor. Men, haqiqatdan hayron qoldim.

Eshitdimki, agar qabul qilmasam, yanada ko’proq siqishadi va balki Risola-i Nurning to’liq erkinligiga monelik qiladilar. Hatto hozirgi tazyiqlari, meni ta'minlash takliflariga majbur qilish uchun ekan. Modomiki hol bu ekan,

اِنَّ الضَّرُورَاتِ تُب۪يحُ الْمَحْظُورَاتِ

qoidasi bilan, zarurat darajasida bo’lsa, inshaalloh zarar bermaydi. Ammo men rad qildim, sizga havola qilaman.

Aziz qardoshlarim!Men haqqimda xavotirlanmang. Men har zahmatda bir rahmat belgisi va bir inoyat yog’dusi ko’rganim uchun, siqilmayman. Sizning g’ayratingiz, jiddiyligingiz va yordamingiz har qanday mashaqqatni yo’qotadi, doimiy sevinch beradi.

Bu yerda, Risola-i Nurga Abdulmajid ukam o’rnida bo’lgan, xonadoni ham mening xonadonim bo’lgani uchun eng mehnatkash, fidokor Mustafo Ajet va kichkina Xusrav, ham kichkina Abdurrahmon o’rnida Jaylon ismli juda mehnatkash bir bola to’liq xizmat qilmoqda.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizga farishtalarga oid "Mevalar"ning bir qismsini yana jo’natdim. Sud raisi kitoblarimni menga berishini aytgani uchun, Dengizliga ikki vakolatnoma yubordim. Bu yerda meni yakka qoldirilib va qattiq tazyiq qilishganidan tashvishlanmang, inoyati Rabboniya davom etyapti.

Ibrat olinadigan joyi shuki, bu yerda Risola-i Nur erkin o’qilib yozilarkan (odatga xilof tarzda) boshda bu qish yoz kabi bo’lganini ko’p odamlardan eshitdim. Men va Risola-i Nurga hujum qilingan, yozdirilmagan payti to’xtash bo’lganda o’ta qattiq qish boshladi. Afyonga shikoyat suratida yozilgan ariza va zilzilalar, Risola-i Nurning to’xtashiga aloqasi borligini ko’rsatgan jihatini ishonmaganlarga go’yo ishontirish uchun hujum qilingan payti boshlab hozirgacha ora-sira yengilgina tebratyapti, ogohlantiryapti, deb eshitdim.

Qachon Risola-i Nurga hujum qilingan bo’lsa, bir jihatdan umumiy qo’rquv boshlaganini ko’rildi.Demak, Risola-i Nur - bu vatanga balolar kelishidan muhofaza qilishga qat'iy vasiladir. Modomiki bunday ekan, millat va vatanni sevgan kishilar Risola-i Nurni erkin qoldirsin, o’qishsin va o’qitsinlar.

Ta'minot pulidan, faqat xarajat qarzlarini berish uchun bir marta sakkiz kunlik ajratilgan pulni qabul qildim, boshqa istamayman dedim.

* * *

Aziz, siddiq tom metin qardoshlarim!

Shahid marhumning barzohda baxtiyor holatda o’qigan Nur Risolalarini hayotligida o’zi mashg’ul bo’lgan payti meni ham ishlatish uchun yozilgan risolalalar kabi o’z vaqtida yetishdi va Madrasa-i Yusufiyaning uch shirin mevasini va Qur'onning qudsiy, Firdavsiy minglab mevalar bergan uch hizbini birga olib keldi.

Ikki muborak qahramon yozgan go’zal ikki "Meva"lari tarzida "O’n Birinchi Masala"sini ham yozib to’rt-besh nusxa "Hizbi Nuriya" bo’lsa besh-olti "Hizbi Qur'oniya" bilan birga yuborilsa munosib bo’ladi.

Xusravning bayoni O’n Birinchi Masalaning oxirida qayd qilinsin. Sizga bu safar Oyat-ul Kursiyning birodari va qo’shimchasi ikki-uch oyatning bir nukta-i i'joziyalariga doir bir qism yubordim, hali tugatishga eslatma olmadim, nuqsonli holda qoldi, juda shoshib yozildi. Ahamiyatli sirlar ko’rindi, ammo dunyoga qaramaslik uchun to’liq va ochiq yozdirilmadi. Agar sizga yoqsa, O’n Birinchi Masalaning Hoshiyasining ilovasi sifatida qayd qiling va "I'jozi Qur'on Risolasi"ning zayllarida ham Al-Falaq nuktasini ham yozing.

Qardoshlarim!Hech xavotirlanmang. Qat'iy qanoat hosil qildimki, bizlar inoyat ostida, o’ta ahamiyatli xizmatda hamda ixtiyor va iqtidorimiz xorijida g’aybiy qo’l tarafidan ishlatilyapmiz. Ko’p marta عَسٰٓى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ sirriga sazovor bo’lyapmiz. Bu ishda zahmat juda oz, mukofot juda ko’p.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizning o’ta muborak va Jannat mevalari kabi shirin hadyalaringizni, Dengizli tomondan bashoratingizni oldim. Hozir bu daqiqada juda ko’p ishlar meni uzun gapirtirmaydi, tugatishga majbur bo’ldim. Chunki hadyani keltirgan tez ketadi, deb shoshib yozdim.

Birinchidan: Oxirgi qismda, boshda بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقٰى 1344 xato. Agar o’qilmagan ikki hamza va madda sanalmasa, xato bo’lmaydi, ham juda ma'nodordir. To’g’risi 1347 bo’lib, bo’lim oxirida takrori to’g’ri yozilgan. Qolgan qismi ham ahamiyatli, ham dunyoga aloqali bo’lgani uchun "Alaq"dagi اِنَّ الْاِنْسَانَ لَيَطْغٰى u qismdagi tog’utga tegishli bo’lib, hozircha yozdirilmadi.

Ikkinchidan: Mundarijada Oyati Hasbiya bo’lgan "To’rtinchi Shu'la"ning mundarijasi, "Keksalar Yog’dusi"ning O’n To’rtinchi Umidi o’rnida yozilsin. Haqiqatdan munosib ko’rinmoqda, tom bir umiddir.

Uchinchidan: Yigirma Sakkizinchi Yog’duning Yigirma Sakkizinchi Nuktasining ayni (mundarijasi emas), O’n Beshinchi So’zning oxirida yozilsin. Chunki ikkisi ayni haqiqatdan bahs etgan.

To’rtinchidan: Marhum Hofiz Alining Yog’dularini tahrir qildim. Yaqinda inshaalloh jo’natiladi.

So’nggi kunlarda muborak qahramonlarning Firdavsiy va Yusufiy mevalarini tahrir qilayotgan edim. U risola menga shu daraja kuchli va qiymatli ko’rindiki, bor ovozim bilan: "Barcha chekkan qamoq mashaqqatlarimiz yuz marta ko’proq bo’lsa ham, Meva Risolasi undan yuz daraja ko’proq ish qilgan. Eng qaysarlarni ham iymonga keltirib keng doiralarda o’zini zavq bilan o’qitmoqda.

Ey menga mashaqqat bergan badbaxtlar! Menga nima qilsangiz qiling, besh tiyinlik ahamiyat bermayman. Boshimizga nima kelsa ham arzon, ayni inoyatdir va mahzi rahmatdir", deb to’liq tasalli topdim.

Umum Risola-i Nur talabalariga salom va salomatlari uchun duo qilamiz.

Said Nursiy

* * *

BU ARIZA UCH BOSHQARUV IDORALARIGA JO’NATILGAN. U YERDAGI QARDOSHLARIMGA BIR MANBA BO’LISHI UCHUN YUBORILDI.

Yigirma yildan beri sabr qilib sukut saqlagan bir mazlumning shikoyatini eshitishingizni istayman!

Erkinlikning eng keng suratini bergan Jumhuriyat Hukumatida har qanday erkinlikdan man qilinish bilan birga, dushmanlarim har tomondan meni istaganidek ezmoqda. Vijdon erkinligi va ilmiy fikrlash erkinligini ta'minlagan Jumhuriyat Hukumati, yo meni to’liq himoya qilib, g’arazli, vahimali dushmanlarimni to’xtatsin yoki menga, dushmanlarim kabi yozish erkinligi berib, mudofaalarimni man etmasin.

Chunki rasman, parda ostida xabarlashishdan man qilinishim uchun pochtaxonalarga yashirin buyruq berilgan. Suv va nonimni keltirgan bir boladan boshqa hech kim bilan meni ko’rishtirmaslik uchun ogohlantirishlar berilgan vaqtda, eskidan beri dushmanlarim fursat topib, endi Apellyatsiya Sudining oqlanishimizni tasdiqlab, suddagi tadqiq hay'ati oqlagan kitoblarimni olishni kutayotgan edim. Dushmanlarim, munosabatim bo’lmagan bir-ikki mahram risolalarimni berib, yo’l jihatidan menga qarshi bo’lgan bir-ikki tadqiq hay'atining qo’liga yetkazib, menga qarshi salbiy hisobot tayyorlaganlarini eshitdim. Boshqa sabr va bardoshim qolmadi. Men Jumhuriyat Hukumatining barcha raislariga, balki dunyoga e'lon qilamanki:

Qur'oni Hakimning sirri haqiqati va i'jozining tilsimi bilan, mening va Risola-i Nurning dasturimiz, maslagimiz, amalda samarasini ko’rgan, shug’ullangan, harakat g’oyamiz va mo’ljalimiz - o’limning abadiy qatlidan tahqiqiy iymon bilan bechoralarni qutqarish va bu muborak millatni har qanday qonunsizlikdan muhofaza qilishdir.

Xullas, Risola-i Nur uch tadqiq hay'atining va uch mahkamaning tekshirishidan o’tib, ikki qudsiy vazifadan tashqari, qasddan dunyoga, boshqaruvga, osoyishga zarar keltiradigan jihati yo’qligiga, yigirma yillik hayotim va bir yuz o’ttiz Risola-i Nur o’rtada inkor etilmas hujjatdir.

Ha, mahkamada da'vo qilgan va men bilan munosabati bo’lgan barcha do’stlarimning tasdig’i ostida, yigirma yildan beri hech bir gazetani o’qimagan, tinglamagan va bu qadar muhtoj bo’lgani holda shaxsiy istirohati uchun hukumatga umuman murojaat qilmagan va o’n yildan beri hukumat raislarini (bir nechtasi mustasno) bilmagan va to’rt yildan beri dunyo urushidan va hodisalaridan hech xabar olmagan va qiziqmagan bu bechora mazlum Said, ahli siyosat bilan ovora bo’lishi, boshqaruvga qarshi chiqishi va osoyishtalikni buzishga moyilligining hech imkoni bormi? Agar zarra miqdor bo’lsa edi, "Qarshimda kimlar bor, dunyoda nimalar bo’lyapti, menga kim yordam beradi?" deb so’ragan bo’lar edi, qiziqardi, qo’shilardi, hiylalar bilan kattalar orasiga kirar edi. Eng alamli juz'iy bir hodisa shuki:

Hayotimning sarmoyasi, natijasi va o’ta ziynatli bir suratda bezalgan Risola-i Nurdan, Dengizlida mahkamadagi kitoblarimga yaqin bo’lish va qaytarib olishga harakat qilish uchun, "Tamoman yakka ajratib qo’yilib, har qanday xabarlashuvdan uzilgan vaziyatimdan qutulish uchun meni qamoqqa olishsin, bu azobdan xalos bo’lay bir bahona toping", deb ba'zi do’stlarimga bir kishi orqali yashirin maktub yuborgan edim. Afsuski menga qarshi bo’lgan u yerdagi tadqiq hay'atidan bir odam meni mudofaa qilayotganda, maktubimni ko’rib, qamoqqa kirishim uchun menga qarshi hukm berishga majbur bo’lgan.

Meni qamoqlarga tiqqan dushmanlarimning bir bahonalari (sudda oqlangan ayb) "tariqatchilik"dir. Holbuki Risola-i Nurda doimo da'vo qilib aytganmanki: "Davr tariqat davri emas, balki iymonni qutqarish darvidir. Tariqatsiz Jannatga kirganlar ko’p, iymonsiz Jannatga kirgan yo’q." deb bor kuchimiz bilan iymon uchun xizmat qilganmiz. Men domlaman, shayx emasman. Dunyoda uyim yo’q. Tariqat manzilim qayerdan bo’lsin? Yigirma yil mobaynida, bir kishi chiqib, "Menga tariqat darsini berdi", demadi. Mahkamalar va zobitalar topmaganlar. Eskida yozgan tariqatlarning haqiqatlarini ilman bayon qilgan "Talvehot Risolasi" - bir haqiqat darsidir va yuksak bir ilmiy darsdir, tariqat darsi emas. Vijdon erkinligini asos qilgan Jumhuriyat Hukumatining, albatta bu millatning milliardlab ajdodining ruhlari bog’langan haqiqatga va uning yo’lida dunyoni qarshisiga olgani va tahqiqiy iymonni falsafaga qarshi g’olibona isbot qilgan bir asarni va xodimlarini himoya qilish, ahamiyatli vazifasidir. Jumhuriyatning dasturlari zaif xodimning qo’llarini bog’lab, minglab dushmanlarini unga hujum qilishga hech bir jihatdan ruxsat bermaydi. Jumhuriyat meni tinglaydi deb shikoyatimni yozdim. Ha, "Hasbunallohu va ni'mal vakil" deyman.

* * *

VAKILLAR KENGASHIGA VA DEPUTATLAR RAYOSATIGA JUZ'IY, AMMO AHAMIYATLI ARIZAM.

O’ttiz yildan beri siyosiy hayotdan chekinganman. Bu safar istisnoiy shaklda vatanga, millatga va osoyishtalikka oid bir masalani bayon qilyapman:

Ko’p belgilar bilan qat'iy xulosa qildikki, anarxistlik hisobiga menga va Amirtog’ tumaniga va demakki bu vatanga bir suiqasd mavjud. Chumolini fil va chivin qanoti qadar ahamiyatsiz hodisani tog’dek ko’rsatib, osoyishtalikka muhtoj bu vatanda meni bahona qilib, anarxistlik hisobiga va bir ajnabiy rejasi bizga, ya'ni bechora vatandoshlarimizni abadiy qatl va uxroviy shubhalardan qutqarishga harakat qilgan Nur shogirdlariga, batamom qonunsiz va o’zboshimchalik bilan hujum qilindi. Juda yaqqol bir g’araz bilan, vahimalar sababli, poroxga olov tashlash kabi bu vatanga va osoyishtalikka meni bahona qilib suiqasd qilindi:

Uch mahkama, yigirma yillik maktublarim, kitoblarim va holatimni ikir-chikirigacha tekshirganidan so’ngra, bizni va kitoblarimni oqladi. Men uch yildan beri asar yozishni tark qilganman. Haftada faqat bir maktub yoza olaman va majbur bo’lmasam har biri bir kun navbat bilan zaruriy xizmatimni qilgan uch-to’rt tikuvchi shogirdidan boshqa hech kimni qabul qilmayman. Menga erkinlik berilganidan keyin mamlakatimga ketmagan bo’lsamda, umrimda hech ko’rmagan va meni rasman g’azabga keltirib bir hodisa chiqarish uchun, haqorat va xoinlik qasdi bilan, qonunsiz va g’araz bilan, tintuv o’tkazishga eshigimning qulfini sindirib, Qur'onimni va Arabcha lavhalarimni zararli varaqlar kabi olib ketib, adliyaning muhim bir xodimi, rasman bu yerdagi ma'murlarga buyruq bilan ahamiyatli bir majlisda va haq ifodamni o’qigan vaqti: "Saidni ikki jandarma bilan hammaning ko’z o’ngida, boshiga majburan shapka kiydirib, so’roq qilishga keltirishingiz kerak edi. Unga yaqinlashganlarni ham qamoqqa olinglar." deb aytgan. Bunda menga haqorat va xoinlik qilib, g’azabga keltirib, osoyishni buzish g’arazi borligiga shak-shubha qolmadi.

Minglab obro’ va sharafimni bu vatandagi bechoralarning istirohati uchun va ulardan balolarni daf qilishga fido qilish uchun menga bir holati ruhiyani ehson aylagan Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsin. Men ularning haqorat va xoinliklar qilgan va bu kabi niyatiga qarshi bardosh qilishga qaror berganman. Bu millatning osoyishiga, xususan ma'sum bolalarning, muhtaram keksalarning, bechora xastalarning va faqirlarning dunyoviy istirohatlariga va uxroviy saodatlariga minglab hayotimni va minglab sharafimni fido qilishga tayyorman.

Chivin qanotini tog’ qilganlarining bir belgisi shuki, men kabi g’urbatda, xasta, keksa, zaif, yakka o’zi bo’lgan odam uchun, o’n kun mobaynida besh marta Afyon Hokimi, Ichki Ishlar Mudiri va ikki marta Afyon Prokurori bu yerga kelishdi. Ikki kunda, har kuni besh tayyora men kezgan yerlarda meni nazorat ostiga olishi va besh politsiya josusining bu yerda meni kuzatganlarga qo’shimcha, ahvolimni bilish uchun yuborilishi va pochtaxonalarga, menga oid maktublarning musodarasi uchun rasman buyruq berilishi ko’rsatmoqdaki, o’n marta kattaroq Shayx Said va Manaman hodisasi chiqadi deb vahima qilishgan. Chumolini fil qilib ularga o’xshayapti bular, deyishgan. Eski hayotimni o’ylab, xoinlik bilan g’azabga keladi, deb taxmin qilganlar. Lekin ular aldandi. Biz, bor kuchimiz bilan anarxistlikka saddi Zulqarnayn kabi bir saddi Qur'oniy ta'sis qilishga harakat qilayapmiz. Bizga qarshi chiqqanlar, anarxistlik va balki komunistlikka zamin tayyorlamoqda.

Ha, agar eski hayotim kabi, izzati ilmiyani muhofaza qilish uchun hech bir haqoratni qabul qilmaslik bo’lganida, haqiqiy vazifam musulmonlarni oxirat va o’limning abadiy qatlidan qutqarish vazifasi bo’lmaganida, menga hujum qilganlar kabi faqat dunyo va manfiy siyosat uchun ishlash bo’lganida anarxistlik hisobiga ishlaganlar o’n Manaman, o’n Shayx Said Hodisasi kabi hodisaga sabab bo’lar edi.

Ham uchta sud va yigirma yilda necha viloyatning zobitlari, kiyimishimga qonunan qarshi chiqmaganlari, uzrli ekanim va yolg’iz yashaganim uchun, kiyimimni o’zgartirishga hech qanday eslatma bo’lmagan. Bu shaklda o’zboshimchalik bilan, qonunsiz, majburan, aholi ichida boshimga shapkani kiydirishga urinish, qirq yildan beri bu vatanda, xususan tahqiqiy iymon darsida qardoshona aloqador bo’lgan yuz minglab odam, juda buyuk bir hayajon ichida zaminni g’azabga keltirib, o’xshovsiz yig’lashga vasila bo’ladi.

Zotan ajnabiy qo’li bilan, go’yo men haqqimda odamlarning e'tiborini ketkazish maqsadida asabimga tegadigan qonunsiz muomalalarning mazkur maqsadda qilinganiga, ko’p belgilar bilan qat'iy qanoat hosil qildik. Ammo Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, men kabi qabr eshigidagi, aloqasiz, dunyodan zerikkan, hurmatdan, odamlar e'tiboridan qochgan, shonu sharaf va xudfurushlik kabi riyokorliklarga umuman mayli qolmagan holatimda, bularning menga qarshi qonunsiz xoinliklarining hech bir ahamiyati qolmadi, Janobi Haqqa havola qilaman.

Menga vahima sababli aziyat berganlarning yaqinda o’lim bilan abadiy qatlga giriftor bo’lishlarini o’ylab, haqiqatdan achinmoqdaman. Ey Robbim, ularning iymonini Risola-i Nur bilan qutqar! Abadiy qatldan, Qur'on sirri bilan ozodlik ruxsatnomasiga aylantir! Men ham ularga haqqimni halol qilaman!

Said Nursiy

* * *

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

MENGA XIZMAT QILGAN KICHIK BIR RISOLA-I NUR TALABASINING KO’PLAR NOMIDAN SO’RAGAN SAVOLIGA JAVOB.

Savol: Ustozim, yomg’ir duosi va namozning natijasi ko’rinmadi, foydasiz qoldi, ikki-uch marta bulut to’plandi, yomg’ir bermasdan tarqaldi. Buning sababi nima?

Javob: Yomg’irsizlik, bunga o’xshagan narsalar duo va namozning vaqtidir, illati va hikmati emas. Quyosh va oy tutilganda kusuf va husuf namozi o’qiladi. Quyosh botganda shom namozi o’qiladi. Shuning kabi yomg’irsizlik, qurg’oqchilik yomg’ir namozining va duosining vaqtidir.

Ibodat va duoning sababi va natijasi, amr va rizo-i Ilohiydir, foydasi uxroviydir.Agar namozdan, ibodatdan dunyoviy maqsadlar niyat qilinsa va faqat ular uchun qilinsa, u namoz botil bo’ladi. Masalan: Shom namozi quyoshning botmasligi uchun va husuf namozi oyning ochilishi uchun o’qilmaydi. Xuddi shuning kabi: Bu nav' ibodat, yomg’irni keltirish uchun qilinsa, xato bo’ladi. Yomg’irni berish, Janobi Haqning vazifasidir. Biz vazifamizni qildik, uning vazifasiga aralashmaymiz. Garchi yomg’ir namozining ko’rinishdagi natijasi yomg’irning kelishi bo’lsada asl haqiqiy, eng manfaatli natijasi va eng go’zal va shirin mevasi shuki: Harkim o’sha holat bilan anglaydiki, uning rizqini bergan otasi, uyi, do’koni emas, balki uning ulushini va ovqatini bergan, ulkan bulutlarni suvpurkagich kabi va zamin yuzini bir ekinzor kabi tasarrufida saqlagan bir zot uni boqyapti, rizqini beryapti. Hatto eng kichkina bir bola ham (doimo och bo’lgan vaqt volidasiga yolvorishga o’rgangan ekan) o’sha yomg’ir duosida kichkina fikrida katta va keng bu ma'noni tushunadiki: Bu dunyoni bir uy kabi idora qilgan bir zot, ham meni, ham bu bolalarni, ham volidalarimizni boqyapti, rizqlarini beryapti. U bermasa, boshqalarining foydasi yo’q. Shunday ekan unga yolvorishimiz kerak deydi, to’liq iymonli bir bola bo’ladi. Bu munosabat bilan qisqacha olti nuqta bayon qilinadi.

Birinchi Nuqta: Ne'mat va rahmati Ilohiyaning narxi - shukrdir. Biz shukrni loyig’idek bermadik. Ha, rahmatning narxini shukr bilan bermaganimiz yetmagandek, zulmimiz bilan, isyonimiz bilan g’azabni jalb qilyapmiz. Hozir zamin yuzida zulm va buzg’unchilik, kufr va isyon bilan insoniyat o’zini to’liq ta'zirga haqdor qildi va dahshatli ta'zirlar yedi. Albatta bizning ham bir oz hissamiz bo’ladi.

Ikkinchi Nuqta: Hadisda, "Hatto dengiz tubidagi baliqlar ham gunohkor va zolimlardan shikoyat qiladilar. Ular tufayli yomg’ir to’xtaydi, hatto bizning ham nafaqamiz kamayadi deyishadi", deyilgan. Ha, bu davrda shunday gunohlar, zulmlar bo’lyaptiki, rahmat istashga yuzimiz qolmadi, ma'sum hayvonlar ham azob chekayapti.

Uchinchi Nuqta: Oyatda aytilganki: "Kelgan vaqti zolimlarga maxsus qolmaydigan, ma'sumlar va mazlumlar ham ichida yonadigan musibatdan qoching!". Chunki ommaviy musibatda ma'sumlar hayratomuz yong’in ichida salomatda qolishsa, hikmati diniya buziladi. Chunki, din - bir imtihon, bir tajribadir. Hikmati diniya buzilsa Abu Jahl kabi yomonlar, Abu Bakr Siddiq Roziyallohu Anh kabi aynan tasdiq qiladilar. Shuning uchun, ommaviy musibatda ma'sumlar ham balo chekadi.

To’rtinchi Nuqta: Hozir mol-mulkda va rizqda hiylalar bilan, suiiste'mol qilib, pora ko’p xarom qo’shilgani va dehqonlar o’z moliga loyig’idek sohib bo’lmagani va o’n odamdan ikki-uchtasi to’liq rahmatga haqdor bo’lsa, dehqonlarning molidan foydalanganlardan besh-oltitasi yo zulm bilan (xarom qo’shib) yo noshukrlik bilan rahmatga loyiqligini yo’qotadi.

Beshinchi Nuqta: Risola-i Nur, Anadoluga keladigan balolarning daf bo’lishiga ahamiyatli bir vasiladir. Sadaqa baloni daf qilganidek, uning tarqalishi va o’qilishi kulliy bir sadaqa navidan samoviy va aroziy balolarning daf bo’lishiga ko’p belgilar va ko’p hodisalar bilan ayon bo’lgan. Hatto Qur'onning ishorasi bilan amalga oshgan.

Uning yozilishi va tarqalishi man qilgan paytlarda to’rt marta zilzilalarning boshlashi va tarqalishi bilan to’xtashi

va Anadoluda ko’p o’qilganda, Ikkinchi Jahon Urushining Anadoluga kirmasligiga bir vasila bo’lganini Sura-i وَ الْعَصْرِ ishora qilgani,

bu ikki oy qurg’oqchilik paytida sudning Risola-i Nurning oqlanishiga va vatanga manfaatli bo’lganiga doir qarorini Apellatsiya Sudi tasdiq qilib to’liq erkinlik bilan Risola-i Nurning tarqalish va o’qilishini kutayotganda, tamoman aksiga man qilinishi va suddagi risolalarning egalariga qaytarib berilmasligi va bizni ham u jihat bilan gapirishdan man qilishlari jihati bilan, balolarning daf bo’lishiga vasila bo’lgan bu kulliy ma'naviy sadaqa qarshi chiqolmadi, gunohimiz natijasi sifatida qurg’oqchilik boshlandi.

Oltinchi Nuqta: Yomg’irsizlik bir musibatdir va amalning jazosi bo’lgan azobdir. Bunga qarshi yig’i bilan, huzn bilan, qayg’u bilan, niyoz bilan, hazin yolvorish bilan, juda jiddiy nadomat bilan, tavba va istig’for bilan qarshilash, sunnati saniya doirasida, bid'at qilmay shariat tayin qilgan tarzda dargohi Ilohiyaga iltijo qilish, duo va o’sha holga maxsus qullik bilan javob qaytarish kerak bo’ladi.

Bunday umumiy musibatlar, aksar odamlarning xatosidan kelib chiqqani uchun insonlarning ko’pi, (aksariyati) tavba va nadomat va istig’for bilan daf bo’ladi.

Biz Risola-i Nur shogirdlari dunyoga ko’p ahamiyat bermaganimiz, dunyoga faqat Risola-i Nur uchun qaraganimiz uchun ushbu yomg’irsizlikda ham o’sha nuqtadan qaraymiz. Dengizlida sudga berilgan juz'iy bir qism Risola-i Nur, sohiblariga qaytarilgan payt va bu yerda ham bir qism kishilar yozishni boshlashgan ayni vaqtida, bu yomg’irsizlikda bir daraja rahmat yog’di, ammo Risola-i Nurning erkinligi juz'iy bo’lgani uchun rahmat ham juz'iy qoldi. Inshaalloh yaqinda mening ham risolalarim qaytarib beriladi, to’liq erkin va tarqalishi kulliylashadi va rahmat ham to’liq bo’ladi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

"Hizb-ul Qur'on-ul Muazzam"ning

ham haddan ortiq ahamiyati,

ham foydalari,

ham o’qilishida hech qanday vasvasa kelmasligi,

ham butun Qur'onning eng savobli oyatlarini ichiga olishi,

ham Risola-i Nuriyaning barcha asoslarini va haqiqatlarini jam qilishi,

ham hammaga xususan har doim butun Qur'onni o’qishga fursat topolmagan va hofiz bo’lmaganlarga butun Qur'onning bir namuna-i qudsiysi,

ham butun Qur'onning tavofuqli chop etilishida bir kichik namunasi va xushxabarchisi,

ham moddiy, lafziy va ma'naviy porloq bir i'joz ko’rsatishi kabi, juda ko’p xususiyatlari bor

va bu muborak oylardagi juda ko’p barakalarga va nurlarga va savoblarga sabab

va uning chop qilinishiga va nashriga harakat qilganlarga juda buyuk xayrlar qozontiradi.

Risola-i Nurning ikki porloq va muqaddas tayanch nuqtasi va obi hayot chashmasi bo’lgan

شَهِدَ اللّٰهُ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ وَالْمَلٰٓئِكَةُ

oyati bilan

قُلِ اللّٰهُمَّ مَالِكَ الْمُلْكِ oyati, kutilmaganda xato qilinib, Oli-Imron Surasidan olingan oyatlarda yozilmagan. U ikki oyatni ham yozib ichiga qo’shing. Bu kunlarda o’n ikkinchi sahifani o’qirkan birdan

اِنَّ الْمُنَافِق۪ينَ فِى الدَّرْكِ الْاَسْفَلِ مِنَ النَّارِ

oyati ko’zimga ilashdi. Oldingi oyatga qaradim

وَمَنْ اَحْسَنُ د۪ينًا مِمَّنْ اَسْلَمَ وَجْهَهُ لِلّٰ

(oyatning to’lig’i)ni ko’rdim. Orqa sahifasiga qaradim, Risola-i Nurga ishora qilgan to’rt oyat bor va ular "Birinchi Shu'la"da izoh qilingan. Qalbimga keldi: har holda bu daxshatli oyat xususiy tartibda bu daxshatli, zulumatli va munofiqligi kuchli bo’lgan asrimizga ham qaraydi. E'tibor berdim, qanoat hosil qildim. Bir alomati shuki:

اِنَّ الْمُنَافِق۪ينَ فِى الدَّرْكِ الْاَسْفَلِ مِنَ النَّارِ

jifr va abjad hisobi bilan, to’liq munofiqlikning to’rt martabasining yillariga muvofiq kelib ishora qiladi:

Shaddalar sanaladi, agar o’qilmagan hamzalar va ف۪ى dagi o’qilmagan ى sanalmasa, to’liq 1362 bo’lib bu yilga ishora qiladi. Agar مِنَ النَّارِ dagi shadda bir nun bir lomi asliy hisoblansa 1342 bo’lib Birinchi Jahon Urushining dahshatli nifoqlarini natija bergan yiliga to’liq muvofiq kelib xabar beradi. Agar shadda ikki nun sanalsa, o’qilmagan hamzalar va ى ham sanalsa 1376 bo’lib, bu zulumatli nifoqning inqiroz martabasiga va ko’p oyatlarda "Nur" bilan qarshilashtirilgan الظُّلُمَاتِ kalimasining jifriy hisobi bo’lgan 1372 ga to’rt farq bilan muvofiq kelib xabar beradi. Agar o’qilmaganlar sanalsa va النَّارِ dagi shadda lomi asliy bo’lsa, aynan 1306 bo’lib kufr va nifoqning dahshatli to’fonlarining yiliga tavofuq bilan ishora qilganini ko’rdim.

Ha, ikki "ro" 400, uch "fa" , ikki "lom" 300, bir "kof" , ikki shaddali "nun" lar 300, bir "mim" bir "sin" 100, boshqa "mim", bir "ye", bir "nun" u ham 100, ikki "nun" u ham 100, to’plami 1300 bo’ladi. Bir "lom", bir "kof" 50, shaddali "dol" 8 va ikki madda, ikki hamza 4, majmui 1362 bo’ladi. Boshqa uch adadi ham qiyos qilinsin.

Ham o’n ikkinchi va o’n uchinchi sahifalarga diqqat bilan qaradim, ko’rdimki: Risola-i Nurga, shogirdlariga va dushmanlariga shu daraja uyg’un kelmoqdaki, faqat bir ishoriy ma'no bilan bir ramz emas, balki bu asrga qaragan ochiq ma'nosi bilan xususiy shaklda qaraydi, kulliy ma'nosiga mumtoz bir fard bo’lib doxil qiladi deb qat'iy angladim, hadsiz shukr qildim. Bu xizmati nuriyada hozirgacha boshimizga kelgan balolar yuz daraja ko’paysa ham yana arzon tushadi, biz yutyapmiz. U balolar, ahamiyatsiz foniy shishalarimizni va oyna parchalarimizni sindirib, boqiy va uxroviy olmoslarni bizga qozontiradi deb sabr ichida shukr qilishimiz kerak va sevinishimiz kerak deb bildim.

Ham meni bu sakkizinchi martadagi zaxarlashlari ham yaga natijasiz qolganini sizga bashorat beryapman. فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ G’avsi A'zamning kafilligi yana namoyon bo’ldi.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom va duo qilaman va duolarini bu muborak shuhuri salosada istayman.

Doira-i nuriyada ko’p sonli ma'sumlarning va qo’llari bo’sh qaytmagan muborak keksalarning ma'sumona duolarini butun ruhim bilan orzu qilgan qardoshlaringiz

Said Nursiy

* * *

Aziz qardoshlarim!

Sizga ikki xatni Rag’oyib kechasidan olti soat avval yozdim. "Hizb-un Nuriya" qog’oz bilan qaytarilganidan keyin, bir navi mo’'jiza-i Ahmadiya sifatida, ikki oydan beri doimiy qurg’oqchilik va yomg’irsizlik, har tarafda doim namozlardan so’ngra juda ko’p duolarning natijasiz qolgan edi. Hamma xafalikdan, tirikchilik dardi xavotiri bilan qalban yig’larkan, birdan Rag’oyib kechasi (butun umrimda hech o’xshashini eshitmagan va boshqalar ham eshitmagan) uch soatda yuz marta, balki undan ham ko’proq takrorlangan momoqaldiroq malagining yuksak va shiddatli tasbehoti bilan shunday bir rahmat yog’diki, eng qaysar kimsaga ham Rag’oyib kechasining muqaddasligini bildirganiga qat'iy qanoat hosil qildim. Hazrati Risolatning, bir jihatda olami shahodatga tashrifining umum koinot bo’yicha va butun asrlarda diqqat markazida va Rahmatan-lil olamiyn ekanlarini isbotladi va koinot u tunni olqishlaydi deb ko’rsatdi.

Duolarimizda Isparta bu mamlakat bilan birga edi, bu yomg’irda hissasi bormikan ajabo, qiziqyapman. Hozirgacha ko’p belgilar bilan Risola-i Nur bir vasila-i rahmat bo’lgani uchun, bu rahmat imo qiladiki, har holda parda ostida ahamiyatli fathlari bordir va balki erkinligiga bir ishoradir. Ham bu yerda "Yog’dular" bergan ishtiyoq bilan yozuvchilarning ko’payishi, inshaalloh bir navi maqbul duo hukmiga o’tdi.

* * *

Aziz, siddiq, tebranmas qardoshlarim va vorislarim!

Menga qilinayotgan hozirgi tazyiqlarning uch sababi bor:

Birinchisi:Vakillar Kengashining qarori bilan, tirikchiligim uchun har kun ikki yarim banknot va boshqa xarajatlar uchun ajratilgan miqdor va istagan tarzimda bir xonani menga qurib berish haqida bu yerga amr kelgan edi. Men qabul qilmadim. Faqat yo’l xarajati uchun Dengizlida yuborilishim uchun berilgan bir qismini qabul qildim. Ular g’azablandi, kuzatishni boshlashdi.

Ikkinchi Sabab:Denizli atrofidagi aholi Risola-i Nur hisobiga menga nisbatan haddimdan juda ko’p ortiq jonu ko’ngildan bog’langanlari va bu yerlarda ham ayni hol boshlanishi g’araz qilganlarning vahimasini qo’zg’agani uchun.

Uchinchisi:Ma'lum, o’lgan odamning hisobiga mendan qasdini olish uchun Afyon Hokimining g’arazli bahonasidir. Ammo qadari Ilohiy ularning bu zulmlarini biz haqqimizda marhamatlarga va foydalarga aylantiryapti. Siz xavotirlanmang. Bir foydasi shuki: Ular Risola-i Nur o’rniga meni jim qilmoqdalar. Holbuki mening o’rnimga Risola-i Nur yuzlab tillar bilan va shogirdlari minglab lisonlari bilan mukammal gapirmoqda, Nurlarni zulmatli boshlarga dars beryaptilar. Eng katta mansabdorlarga yuborilgan Risola-i Nurning mudofaasi - "Meva"ning ta'siri bilan boshqa risolalari ham (ayniqsa "Hujjatillohi-l Balig’a Majmuasi"ni mukammal qiziqish bilan tadqiq qilishni boshlashlari, ularning qaysarliklarini sindirganiga ko’p belgilar bor.

Ular shaxsim bilan mashg’ul bo’lishlari, Risola-i Nurning bir daraja erkinligiga va tarqalishiga foyda bo’lganidek qardoshlarim bilan ko’rishtirmaslik ham ahamiyatli bir foydadir. Hatto bir marta ko’rishish uchun yuz lirasini sarf qilib bu yergacha kelgan bir qardoshimizning ko’rishmasdan qaytib ketishi, to’liq bir foyda bo’ldi. Agar eshik ochilganda, hamma tomondan ziyoratchilarning kelishi ham g’arazkor va vahimachilarning vahimasini qo’zg’ab, ham sirri ixlosga va yo’limiz dasturiga zarari tegar edi. Demak yakka qoldirilishim biz haqqimizda bir inoyatdir.

Bu muborak oylarda qozonish birga yuzdir. Muborak qardoshlarim erkagu ayol, ma'sumlar va muhtaram keksalar duolari bilan bizga yordam berishlariga juda ko’p ehtiyojimiz bor. Inshaalloh boshqa hech qanday to’fon sizlarni bo’shashtirmaydi, po’lat kabi matonatingiz sinmaydi.

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

[Ham ma'naviy, ham moddiy bir necha jihatda so’ralgan bir savolga javob berishga majburiyat ostida bir javobdir.]

Savol: Nima uchun na ichkarida, na tashqaridagi jarayonlarga ayniqsa siyosatli jamoatlarga hech qanday munosabat paydo qilmaysiz? Risola-i Nur va shogirdlarini mumkin bo’lgancha o’sha jarayonlarga qo’shilishdan man qilasiz. Holbuki agar qo’shilib, aloqador bo’lsangiz, birdan minglab odam Risola-i Nur doirasiga kirib o’tkir haqiqatlarini nashr qilar edi, ham buncha sababsiz mashaqqatlarga nishon bo’lmas edingiz!

Javob: Bu aloqasizlik va chekinishning eng muhim sababi: Yo’limizning asosi bo’lgan "ixlos" bizni man qiladi. Chunki bu g’aflat davrida, xususan tarafgirona mafkuralar sohibi, hamma narsani o’z yo’liga vosita qilib, hatto dinini va uxroviy harakatlarini ham dunyoviy yo’liga vosita o’rniga keltiradi. Holbuki iymoniy haqiqatlar va muqaddas nur xizmati koinotda hech narsaga vosita bo’lmaydi. Rizo-i Ilohiydan boshqa hech qanday g’oyasi yo’q. Holbuki hozirgi jarayonlarning tarafgirona to’qnashuvlari hangomida ixlos sirrini muhofaza qilish, dinini dunyoga vosita qilmaslik qiyinlashgan. Eng yaxshi chora, jarayonlarning kuchi o’rniga, inoyat va tavfiqi Ilohiyaga tayanishdir.

Chekinishimizning ko’p sabablaridan yana bir sababi, Risola-i Nurning to’rt asosidan birisi bo’lgan "shafqat qilish", zulm va zarar qilmaslikdir. Chunki,

وَ لَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ اُخْرٰى

Ya'ni "Bir kishining xatosi bilan boshqa odam yoki qarindoshi aybdor bo’lmaydi, jazoga loyiq bo’lmaydi", dasturi Ilohiy irodaga qarshi, bu zamonda

اِنَّ الْاِنْسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ

sirri bilan qattiq zulm bilan javob beradi. Tarafgirlik hissi bilan, bir jinoyatchining xatosi bilan, faqat qarindoshiga emas, balki tarafdorlariga ham adovat qiladi. Qo’lidan kelsa zulm qiladi. Qo’lida hokimiyat bo’lsa, bir odamning xatosi bilan bir qishloqqa bomba tashlaydi. Holbuki bir ma'sumning haqqi, yuz jinoyatchi uchun fido qilinmaydi, ular tufayli unga zulm qilinmaydi. Hozirgi vaziyat bir necha jinoyatchi uchun yuz ma'sumga zarar qiladi. Masalan: Aybdor kishiga aloqador bechora keksa ota-ona va ma'sum bola-chaqalarni ezish, abgor qilish, tarafgirona adovat qilish, shafqatning asosiga ziddir. Musulmonlar ichida tarafgirona jarayonlar sababli, bunday ma'sumlar zulmdan qutulolmaydi. Xususan qo’zg’olonga sabab bo’lgan vaziyatlar batamom zulmni tarqatadi, kengaytiradi. Diniy jihodda esa, kofirlarning bola-chaqalarining vaziyatlari bir xildir. G’animat bo’lishi mumkin, Musulmonlar ularni o’z mulkiga olishi mumkin. Ammo Islom doirasida bir kishi dinsiz bo’lsa uning bola-chaqasi hech bir jihatdan mulk qilib olinmaydi, huquqiga tajovuz qilinmaydi. Chunki u ma'sumlar dinsiz padariga emas, balki Islomiyat bilan va Islom jamoati bilan bog’liq. Kofirning bolalari garchi ahli najot bo’lsada huquqda, hayotda otasiga tobe va aloqador bo’lishgani uchun, jihodda ma'sumlar mamluk va asir bo’lishlari mumkin.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom va minglab foydasi bo’lgan Me'roj kechangizni tabriklayman. Marhum Hoji Ibrohimning, Ra'fat Bey kabi aloqadorlariga men tarafimdan ta'ziya bildirib, "Marhum - Risola-i Nur talabalari doirasi ichidadir, doimo ularga bo’lgan duolarga sazovordir. Biz ham xususiy unga duo qilamiz", deb ayting.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Savol: Qardoshlarimizdan birining "Tavofuqda karomat qanday chiqadi?" degan savoliga kichik javob.

Javob: Bir narsada tavofuq bo’lsa, kichik bir alomat bo’ladi. Unda bir qasd, iroda bo’ladi, taxminiy tasodif bo’lmaydi. Ayniqsa tavofuq bir necha jihatda bo’lsa, u belgi to’liq quvvatlashadi. Ayniqsa yuz ehtimol ichida ikki narsaga maxsus va u ikki narsa bir biri bilan to’liq munosabatdor bo’lsa, u muvofiqlik natijasidagi ishora ochiq dalolat hukmiga o’tadi, bir qasd va iroda bilan va bir maqsad uchun u tavofuq bo’lgan bo’ladi, tasodifga ehtimoli berilmaydi.

Ushbu Me'roj masalasi ham aynan shunday bo’ldi. To’qson to’qqiz kun ichida faqat Rag’oyib va Me'roj kechalrida yomg’ir rahmatining tavofuqi va ikki kecha va kunga maxsus bo’lishi, undan avval va undan so’ngra bo’lmasligi va qattiq ehtiyojning vaqtiga to’liq uyg’unligi va "Me'rojiya Risolasi"ning bu yerda ko’plar tarafidan shavq bilan o’qilishi, kitobat va nashriga to’g’ri kelishi, u ikki muborak kechaning bir-biri bilan bir necha jihatda nuvofiq kelishi va mavsumi bo’lmagani uchun ajib shovqinlar bilan, aytilmaydigan moddiy-ma'naviy zamin shovqinlari bilan faryodlariga tahdidkorona va tasallidorona tavofuq qilishi va ahli iymonning ma'yusiyatidan tasalli qidirishlariga va zalolatning hujumidan kelgan vasvasa va zaifligiga ma'naviy quvvatning kuchayishini istashlariga tom tavofuqi, ushbu kechalar kabi Islomiy shiorlarga nisbatan hurmatsizlik qilganlarning xatolariga bir tanbeh sifatida, koinot bu kechalarga hurmat ko’rsatadi, "nima uchun siz ko’rsatmayapsiz?" degan ma'noda, ko’p rahmat bilan Islomiy shiorlarga nisbatan, hatto samovot va fazo-i olam hurmatlarini ko’rsatishi bilan muvofiq kelishini zarra miqdor insofi bo’lgan biladiki, bu ishda xususiy qasd, iroda va ahli iymonga xususiy inoyat va marhamatdir, hech qanday tasodif ehtimoli bo’lmaydi.

Demak Me'roj haqiqati bir mo’'jiza-i Ahmadiya (ASV) va karomati kubrosi bo’lgani va Me'roj zinapoyasi bilan osmonga chiqishi bilan Zoti Ahmadiyaning (ASV) samovot ahliga ahamiyatini va qiymatini ko’rsatgani kabi, bu yilgi Me'rojda zaminga va bu mamlakat aholisiga koinotning hurmatini va qiymatini ko’rsatib karomat ko’rsatdi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ishoroti G’aybiya-i G’avsiya va Alaviyada, oltmish to’rtinchi yil Risola-i Nur ta'lifi tugaydi. Demak u yildan so’ngra, faqat izohlar va hoshiyalar va qo’shimchalar bo’ladi. Bu munosabat bilan ikki nuqta eslatmoq qalbimga keldi:

Birinchisi:Risola-i Nurning fitratan va davr jarayonlariga ko’ra talabasi bo’ladigan, boshdama'sum bolalardir.Chunki bola yoshligida kuchli iymoniy dars olmasa, keyin Islomiyat va iymonning ruknlarini ruhiga juda qiyin va mushkul bir tarzda olib biladi. Xuddi, g’ayri muslim kishining Islomiyatni qabul qilish darajasida qiyin bo’ladi, begona bo’ladi. Ayniqsa ota-onasini dindor ko’rmasa va zehni faqat dunyoviy fanlar bilan tarbiya topsa, yanada ko’proq begonalashadi. Keyin o’sha bola, dunyoda ota-onasini hurmat qilish o’rniga yoqtirmasdan tez o’lishlarini xohlab ularga bir jihatdan balo bo’ladi. Oxiratda esa ularga shafoatchi emas, balki "Nima uchun iymonimni Islomiy tarbiya bilan qutqarmadingiz?" deb da'vochi bo’ladi.

Xullas, ushbu haqiqatga binoan, Risola-i Nur doirasiga kirib dunyoda padar va volidasiga hurmat va xizmat va hasanoti bilan ularning amallar daftariga vafotlaridan so’ngra hasanotni yozdirgan va oxiratda ularga darajasiga ko’ra shafoat qilib baxtiyor avlod bo’lgan farzandlar eng baxtiyor bolalardir.

Risola-i Nurning ikkinchi qism talabalari: Fitratan Risola-i Nurga muhtoj, bir daraja ham dunyodan qo’rqqan yoki ranjiganayollardir.Xususan bir daraja keksa bo’lsa Risola-i Nur unga haqiqiy ma'naviy ozuqa bo’ladi. Chunki Risola-i Nurning to’rt asosidan birisishafqatbo’lib, Rahim ismiga sazovor bo’lgan. Ayollarning eng asosli xislati va fitriy vazifalarining asosi - shafqatdir.

Uchinchi qism: Fitriy bo’lmasa ham, vaziyati e'tibori bilan Risola-i Nurga non va dori kabi muhtoj bo’lganxastalar va keksalardir.Chunki Risola-i Nur boqiy hayotni quyosh kabi ko’rsatadi. Dunyoviy hayotning foniylik jihatida mohiyatini to’liq ochib beradi. Dunyoviy hayotlariga yo xastalik yoki keksalik bilan zarba yegan va g’aflat yoki zalolat tufayli o’limni qatl deb o’ylagan xastalar va keksalar Risola-i Nurga shu daraja muhtojdirlar va shunday bir tasalli, nur oladilarki, ularning xastalik va keksaligini sihat va yoshlikdan ustun qo’ydiradi.

Eslatilgan Ikkinchi Nuqta:Modomiki arabcha taqvimga ko’ra oltmish to’rtga kirgan ekanmiz, g’aybiy ishora kelishi bilan Risola-i Nur takammul etgan bo’ladi. Agar Rumiy yili bo’lsa, hali ikki yilimiz bor. Holbuki juda ahamiyatli yerda yozilmay qoldirilgan risolalar bor. Masalan: O’ttizinchi Maktub, O’ttiz Ikkinchi Maktub va O’ttiz Ikkinchi Yog’dular kabi ahamiyatli martabalar bo’sh qolgan. Qalbimga eslatilganki: Eski Saidning eng muhim asari va Risola-i Nurning fotihasi, Arab tilida chop qilingan "Ishorot-ul I'joz" Tafsiri O’ttizinchi Maktub bo’ladi va bo’lgan.

Eski Saidning eng oxirgi yigirma kun ramazonda ta'lif qilingan, o’z-o’ziga manzum kelgan "Lama'at" Risolasi O’ttiz Ikkinchi Yog’du bo’lishi va Yangi Saidning eng avval haqiqatdan shuhud darajasida qalbiga zohir bo’lgan va Arabcha iborasida "Qatra", "Habba", "Shamma", "Zarra", "Hubob", "Zuhra", "Shu'la" va ularning zayllaridan iborat kattagina bir majmua O’ttiz Uchinchi Yog’du bo’lishi eslatildi.

"Meva" O’n Birinchi Shu'la bo’lgani kabi, Dengizli Mudofaanomasi ham O’n Ikkinchi Shu'la va qamoqda va so’ngra Kichik Maktublar Majmuasi O’n Uchinchi Shu'la bo’lishi eslatildi. Men ham aziz qardoshlarimning uyg’un topishlariga havola qilaman. Demak bir necha martabada eshik ochiqdir, bizlarga hali yaxshi qo’shimchalar yozdirishi mumkin.

Aziz qardoshlarimga bir-bir salom yo’llayman. Qastamonu va atrofidagi qardoshlarimni ham (eski zamonda bo’lgani kabi) doimo birga ko’raman. Hech xavotirlanishmasin, Risola-i Nur to’xtab qolmaydi, parda ostida buyuk fathlari bor. Mashaqqatlarimizning natijalari, Risola-i Nurning darslariga yanada ko’proq e'tiborni jalb qilib keng bir doirada o’zini o’qitmoqda. Shuning uchun o’ta mehnatkash ikki qardoshimiz ota va o’g’ilning otasi ko’p mashaqqat chekkani uchun faxrlansin, u yerda vaqtinchalik to’xtashdan xafa bo’lmasinlar. Nazarimizda ular eski mavqelarini to’liq muhofaza qilmoqdalar.

Boshda Risola-i Nurning fitriy talabalari ma'sum bolalar degan edik. Bir namunasi, ushbu maktubimni xastaligim sabab o’zim yozolmaganim uchun men aytib turdim, Jaylon yangi harflar bilan yozdi. Biri unga maktub yozgan ma'sum Kichik Ali, biri da bu dafa menga mukammal va mudaqqiq maktub yozgan Madrasa-i Nuriyaning kichik shogirdi Kichik Mahmuddir. Men ularga "Barakalloh baxtiyor bolalar" deyman, padar va volidalarini esa tabriklayman.

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

[Bir savolga majburiy javobning qo’shimchasi.]

Bu yoz mavsumi, g’aflat payti va tirikchilik dardi mashg’uliyati hangomida shuhuri salosaning juda savobli ibodat vaqti va zamin yuzidagi to’fonlarning qurol bilan emas, diplomatiya bilan to’qnashuvlari vaqti bo’lgani uchun, o’ta quvvatli matonat va muqaddas nuriy vazifada sabot bo’lmasa, Risola-i Nurning xizmati zarariga bir tanballik, bir sustlik va to’xtash boshlaydi.

Aziz qardoshlarim,siz qat'iy bilingki:Risola-i Nur va shogirdlari mashg’ul bo’lgan vazifa, ro’yi zamindagi barcha muazzam masalalardan ham buyukdir.Shuning uchun dunyoviy qiziq masalalarga qarab, boqiy vazifangizda sustlik qilmanglar. Mevaning To’rtinchi Masalasini juda ko’p o’qing, ma'naviy kuchingiz ketmasin.

Ha, ahli dunyoning barcha muazzam masalalari, foniy hayotda zolimona "hayot kurashdan iborat" qonuni doirasida rahm-shafqatsiz, marhamatsiz va dinning muqaddas narsalarini dunyoga fido qilgani uchun, qadari Ilohiy jinoyatlari ichida ularga ma'naviy jahannam beryapti. Risola-i Nur va shogirdlari shug’ullangan va vazifador bo’lgan foniy hayot evaziga, boqiy hayot pardasi - o’limni va dunyoviy hayotga mahliyo bo’lganlarga o’ta dahshatli ajal jallodining, abadiy hayotga parda va ahli iymonning abadiy saodatlariga vasila ekanini ikki karra ikki to’rt darajasida qat'iy isbot qilgan. Hozirgacha u haqiqatni ko’rsatdik.

Bir so’z bilan: Ahli zalolat vaqtinchalik hayotga qarshi jang qilmoqda. Bizlar o’limga qarshi nuri Qur'on bilan urushdamiz. Ularning eng katta masalasi (vaqtinchalik bo’lgani uchun), bizning masalamizning eng kichigiga (baqoga qaragani uchun) teng kelmaydi.

Modomiki ular telbaliklari bilan bizning muazzam masalalarimizga tanazzul etib qo’shilmayotgan ekan, biz nima uchun muqaddas vazifamizning zarariga ularning kichik masalalarini qiziqish bilan kuzatyapmiz. Bu oyat

لَا يَضُرُّكُمْ مَنْ ضَلَّ اِذَا اهْتَدَيْتُمْ

va usuli Islomiyaning ahamiyatli bir dasturi bo’lgan

اَلرَّاض۪ى بِالضَّرَرِ لَا يُنْظَرُ لَهُ

Ya'ni: " Sizlar ularning keraksiz zalolatlari bilan mashg’ul bo’lmasangiz, boshqa kishining zalolati sizning hidoyatingizga zarar bermaydi." Dasturning ma'nosi: "Zararga o’zi rozi bo’lgan odamning foydasiga qaralmaydi. Unga shafqat qilib achinilmaydi". Modomiki bu oyat va bu dastur bizni zararga bilib turib rozi bo’lgan kimsalarga achinishdan man qilar ekan, biz ham bor kuchimiz va qiziqishimiz bilan vaqtimizni muqaddas vazifaga bag’ishlashimiz kerak. Uning xorijidagilarni foydasiz bilib, vaqtimizni zoye qilmasligimiz kerak. Chunki qo’limizda nur bor, to’qmoq yo’q. Biz tajovuz qilolmaymiz. Bizga tajovuz qilinsa, nur ko’rsatamiz. Vaziyatimiz bir navi nuroniy mudofaadir.

Bu qo’shimchaning yozilishining sabablaridan biri:

Risola-i Nurning bir talbasini sinadim. Ajabo bu hayajon, hozirgi siyosatga nisbatan qanday fikrda, deb bo’g’ozlar haqidagi bir tortishuvdan bir-ikki narsa so’radim. Qarasam, aloqadorona va bilib javob berdi. Qalban "afsus" dedim. Bu qiziqish vazifa-i Nuriyada zarari bo’ladi. So’ngra, "A'uzu billahi minash shaytoni vas siyosa" degan dasturimiz bor. Agar insonlarga achinayotgan bo’lsang, o’tgan dastur ularga marhamatga loyiqlikni olib tashlaydi. Jannat odamlar istagani kabi, Jahannam ham odam istaydi, deb shiddat bilan tanbeh berdim.

(Beshinchi Shu'la yana qisman bergan xabarlar ko’rinmoqda.)

Said Nursiy

* * *

DENGIZLI SAVDOGARI ASLI BURDURLI HOFIZ MUSTAFOGA XITOB.

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ رَسَائِلِ النُّورِ

Aziz, Siddiq Qardoshim Va Xizmati Qur'oniyada Muvaffaqiyatli Birodarim!

Minglab xush kelding. Meni abadiyan minnatdor qilding va sodiq birodarlaring bilan Risola-i Nurning erkinligi uchun xizmatingiz shu daraja buyuk va qiymatli. Faqat bizni va Risola-i Nurning shogirdlarini emas balki bu mamlakatni balki Islom olamini ma'nan minnatdor qildingiz. Ahli iymonning yordamiga yetishishga Risola-i Nurning yo’lini ochdingiz. Bir yildan beri seni va sen bilan birga bu erkinlikka harakat qilganlarni, Marhum Hofiz Ali va Xusrav kabi Risola-i Nurning qahramonlari bilan birga ma'naviy yutuqlarimga, duolarimga sherik qilib, davom etyapman. Bu yerga qadar yo’ldagi har bir daqiqa, Risola-i Nurning xizmatida bir kun bo’lganing kabi meni minnatdor aylading. Hokimi odil nomini olgan ma'lum zotni va biz tomonda u bilan birga xizmat qilganlarni, ushbu haqiqiy adolatga xizmatlari uchun oxir umrimgacha unutmayman. Olti-yetti oydan beri ularni ham aynan ma'naviy yutuqlarimga sherik qilyapman.

Menga qaytarib berilgan Risola-i Nurning bir qismini, qardoshlarimga javob beraman, hammasini yozsinlar, ularga hadya qilaman. Chunki ular Risola-i Nurning bundan keyingi xizmatiga to’liq hissadorlar. Bu masalada men Dengizli shahrini o’z qishlog’imga do’st qilib barcha o’lganlarini va ahli iymonning hayotda bo’lganlarini ham o’zim, ham Risola-i Nurning talabalari, ma'naviy yutuqlarimizga hissador qilishga qaror qildik. Dengizli qamoqxonasini ham, bir imtihon madrasamiz deb qabul qilamiz. Biz bilan aloqador ham Dengizlida, ham qamoqdagilarga va xususan to’liq adolat qilgan sud hay'atiga ko’p salom aytamiz va duolar qilamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Qat'iyan shak va shubhamiz qolmadiki,

bu xizmatimizning natijasi bo’lgan Risola-i Nurning erkinligini nafaqat yolg’iz biz, Onadolu va olami Islom olqishlamoqda, taqdirlamoqda, balki koinot xursand bo’lib javvi samo, fazo-i olam olqishlamoqda,

uch-to’rt oyda yomg’irga qattiq ehtiyoj borligida kelmadi

Dengizlida sudning amalda qaytarib berishiga hukm qilishi,

Me'roj kechasi aynan Risola-i Nurning bir rahmat ekaniga ishora qilib Rag’oyib kechasiga muvofiq kelib ko’p momoqaldiroq malagining olqishlashi

rahmatning Amirtog’da kelishining qaytarib berish qaroriga muvofiq kelishi

va bir hafta so’ngra Dengizlida vakillarning qo’li bilan olingan payti yana Me'roj va Rag’oyib kechalariga muvofiq kelishi

o’sha Juma kechasi ko’p rahmat va yomg’irning bu mamlakatda kelishi muvofiq kelishlari bilan qat'iy qanoat hosil qildikki, Risola-i Nurning musodarasiga va hibsiga to’rt zilzilalarning muvofiq kelishi Yer kurrasi tomonidan e'tiroz bo’lgani kabi,

Amirtog’ viloyatida to’rt oy mobaynida faqatgina uch juma kechasida (biri Rag’oyib, ikkinchisi Me'roj kechalari, uchinchisi Sha'boni Muazzamning birinchi juma kechasida) rahmatning ko’p kelishi va Risola-i Nurning erkinligining uch davriga batamom muvofiq kelishi, Yer iqlimining tabrigi, xushxabaridir

va Risola-i Nurning ham ma'naviy bir rahmat va yomg’ir ekaniga quvvatli bir ishoradir.

Eng nozik bir belgi shuki, kecha birdan bir chumchuq kelib o’zini derazaga urdi. Biz uchirish uchun ishora qildik, ketmadi. Majbur bo’lib Jaylonga "Derazani och, nima deyapti?" dedim. Kirdi, bu tonggacha turdi, so’ngra xonani unga qoldirdik, yotoqxonamga keldim. Bu tong chiqdim, eshikni ochdim, yarim daqiqada qaytdim. Qaradim, xonamda bir qush "Quddus Quddus" zikrini qilayotganini ko’rdim. Kulib: "Bu musofir nima uchun keldi?" dedim. To’liq bir soat menga qaradi, uchmadi, qo’rqmadi. Men o’qiyotgan edim, non tashladim, yemadi. Yana eshikni ochdim chiqdim, yarim daqiqada keldim, u musofir yo’q edi. So’ngra menga xizmat qilgan bola kelib, "Men bu kecha tushimda, Hofiz Alining qardoshi yonimizga kelganini ko’rdim", dedi. Men javoban: Hofiz Ali va Xusrav kabi bir qardoshimiz bu yerga keladi. Bir kunda, ikki soat so’ngra bola kelib, "Hofiz Mustafo keldi", dedi. Ham Risola-i Nurning erkinligining xushxabarini, ham suddagi kitoblarimni ham qisman olib keldi, ham qushchaning va sening, ham musichaning ta'birini isbot qildiki, tasodif emasligini isbotladi. Ajabo, o’xshovsiz bir tarzda ham qushcha ajib bir suratda, ham musicha kelib g’arib suratda qarashi, so’ngra yo’qolishi va ma'sum bolaning tushining ko’rganidek chiqishi, Risola-i Nurning Hofiz Ali kabi bir kishining qo’li bilan bu yerga kelishining ayni vaqtga muvofiq kelishi hech tasodif bo’lishi mumkinmi? Bir g’aybiy bashorat bo’lmasligiga hech bir ehtimoli bormi?

Ha, bu masala kichik bir masala emas, koinot va hayvonot bilan aloqadordir. Men Risola-i Nurning bir shogirdi bo’lganim uchun, o’z hissamga tushgan bu foyda va natijani, minglab oltin liraga teng qozonchim bor degan xulosadaman. Boshqa yuz minglab Risola-i Nur shogirdlari va iymonni quvvatlashga muhtoj ahli iymonning foydalanishlari bunga qiyos qilinsin.

Ha,

dinning, shariatning va Qur'onning yuzdan ko’proq tilsimlarini, muammolarini hal va kashf qilgan,

eng qaysar dinsizlarni mot qilib lol qilgan,

Me'roj va jismoniy hashr kabi aqldan juda uzoq deb o’ylangan Qur'on haqiqatlarini eng qaysar va eng o’jar faylasuflarga va zindiqlarga quyosh aniqligida isbot qilgan,

ularning bir qismini iymonga keltirgan Risola-i Nur bo’limlari, albatta Kurra-i Arz va yer iqlimini o’zi bilan aloqador qiladi

va bu asrni, istiqbolni o’zi bilan mashg’ul qiladigan Qur'oniy haqiqatdir

va ahli iymon qo’lida bir olmos qilichdir.

* * *

Aziz qardoshim!

Risola-i Nurning advokati Ziyoni biz tarafimizdan ham ko’p tashakkur, ham tabriklangiz. Ko’pdan beri ruhimga eslatilganki, Ziyo ismli bir kishi, Risola-i Nurga buyuk xizmat qiladi. Bu masala ko’rsatdiki, o’sha Ziyo, bu Ziyodir. Bizlarni abadgacha minnatdor ayladi. Sudda zobit kotibni va a'zolardan Hasna xonim va tergovchi kabi vijdonli zotlarga tashakkur qilamiz. Ularni unutmasligimni, ayniqsa boshda Mufti Usmon, Hasan Fayzi bo’lib juda ahamiyatli qardoshlarimga salomimizni va minnatdorligimizni bildiring. Adolatli sudyaga Risola-i Nurning aksar bo’limlarini hadya qilish uchun yozdirishga qaror qilganimni ayting. Risola-i Nurning faxriy advokati Ziyoga, ahamiyatli qismini yozdirib unga hadya qilish niyatidaman.

Chop qilingan "Oyat-ul Kubro" Risolasining besh yuz bosilgan nusxalari ham chop qilganlarga beriladimi? Qiziqyapman.

Biri Istanbulda musodara qilingan qancha Risola-i Nur bo’lsa, menga oid. Ichida yigirma risola bo’lgan majmua men uchun ko’p ahamiyati bor.

Ham Dengizlidan ayrilarkan, omonat Mo’'jizoti Ahmadiya Risolasini, u yerda ba'zilariga qoldirgandim, u ham menga juda lozim, balki Domla Muso Afandi biladi.

* * *

Risola-i Nurning kuchsiz yoki yangi shogirdlarini vasvasadan qutqarish uchun bayon qilaman: "Yashirin qo’mitaning hiylasi bilan ba'zi sofdil domlalar yoki bizga qarshi bo’lgan bid'at tarafdorlari, Risola-i Nurning kamaymaydigan ba'zi haqiqatlariga qarshi chiqish uchun yigirma yildan beri kamchiligi (e'tirof qilaman), xatosi ko’p shaxsimning nuqsonlari va xatolarini hammaga tarqatib, obro’yimni to’kib Risola-i Nurga hujum qilib, zarba urishni istaganlarini isbotlaydigan yigirmata ahamiyatli hodisasi bor. Hatto ikki marta qamalishimizga bir jihatdan sabab bo’lgani uchun, do’stlarim va Risola-i Nur shogirdlariga e'lon qilaman: "Men Janobi Haqqa shukr qilamanki, nafsimni menga yaxshi ko’rdirmadi va kamchiliklarimni o’zimga bildirdi. Maqsadim obro’ topish uyoqda tursin, aytganimni boshqalarga qildirish, balki to’liq mahjubiyat bilan Risola-i Nurning muborak shogirdlari ichida, ularning samimiyati va ixlosi bilan o’zimni afv ettirish, ma'naviy shafoatlari bilan gunohlarimga kafforat qidirishdir. E'tiroz etganlar, yashirin ayblarimni bilishmaydi. Faqat ba'zi zohiriy xatolarimni bahona qilib, yanglishib Risola-i Nurni meniki deb o’ylab, uning nurlariga parda tortish, yoyilishiga raqobat qilib, "Said juma namoziga kelmaydi, soqol qo’ymaydi", deb tanqid qilishadi.

Ularga javob shuki: Men ko’p kamchiliklarni qabul qilish bilan birga aytamanki: Ushbu ikki masalada katta uzrim bor.

Avvalo: Men Shofe'iyman. Shofe'iy mazhabida jumaning shartlaridan biri - qirq kishi imomning orqasida Fotiha o’qishi kerak. Yana boshqa shartlar ham bor. Shuning uchun bu holatda juma farz emas. Men Imomi A'zam mazhabiga taqlid qilib, ba'zan sunnat qilib o’qiyman.

Ikkinchidan: Yigirma yildan beri meni insonlar bilan gaplashishdan haqsiz man qilishgani uchun, (so’nggi kunlarda, rasman to’rt oy avval parda ostida insonlarga aloqaga chiqarmaslik uchun ko’rsatma kelgan) ham yigirma besh yildan beri yakka holda yashaganim uchun, yig’in joylarda bezovta bo’laman va mazhabimga ko’ra hammaga iqtido qilib namoz o’qiy olmayman. O’qisam ham yeta olmayman. Fotihani yarmiga kelganimda, imom ruku'ga ketadi. Bizda Fotihani o’qish farz.

Soqol masalasiga kelsak: Bu sunnat bo’lib, domlalarga maxsus emas. Kichikligimdan beri to’qson foizi soqol qo’ymaganlar ichidaman. Yigirma yildan beri menga rasmiy hujumlarda ba'zi do’stlarimning soqolini majburan oldirishdi. Mening soqol qo’ymaganim Allohning hikmati, inoyati ekanini isbotladi. Agar soqolim bo’lib oldirilganida, Risola-i Nurga katta zarar bo’lar edi. Chunki o’lgan bo’lardim, chiday olmasdim. Ba'zi olimlar, "Soqolni olish joiz emas", deyishgan. Bundan murodi soqol qo’ygandan keyin olib tashlash xarom deganidir. Aksincha umuman qo’ymagan kishi, bir sunnatni tark etgan bo’ladi. Lekin bu davrda, juda ko’p dahshatli gunohi kabiralardan uzoq turish uchun, bu tarki sunnat evaziga, Risola-i Nur irshodi bilan, yigirma yil yakka qamoq o’rnida qiynoqli hayot o’tkazdik, inshaalloh sunnat tarkiga kafforot bo’ladi.

Shuni ham qat'iy e'tirof qilamanki: Risola-i Nur - Qur'onning mulkidir. Kamchiliklarim unga ta'sir qilishiga, unga sohib bo’lishga, haddim yetmaydi. Balki Nurning qusurli xodimi va olmos javharlar do’konining bir dalloliman. Mening aralash hayotim unga ta'sir qilmaydi, unga tegmaydi. Zotan Risola-i Nurning bizga bergan dars ham, ixlos haqiqati, "men"likni tark etish, inson o’zini doim kamchilikka to’la deb bilish va obro’talab bo’lmaslikdir. Ahli iymonga o’zimizni emas, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviyini ko’rsatyapmiz. Biz kamchiligimizni ko’rib, o’zimizga bildirgan kishiga (haqiqat bo’lishi sharti bilan) minnatdor bo’lamiz. Alloh rozi bo’lsin deymiz. Bo’ynimizda bo’lgan chayonni chaqtirmay olib tashlasa, xursand bo’lganimizdek, kamchiligimizni (g’arazli va qaysarlik aralashtirmaslik sharti bilan va bid'at va zalolat yo’liga yordam bermaslik qaydi bilan) qabul etib minnatdor bo’lamiz.

* * *

Aziz qardoshlarim!

Hazrati Ali Raziyallohu Anhu

وَ بِالْاٰيَةِ الْكُبْرَى اَمِنِّى مِنَ الْفَجَتْ

ifodasi bilan "Oyatu-l Kubro" sababli shogirdlari musibatga tushib, uning barakoti bilan omonlik va salomatga chiqishlarini karomat bilan xabar berganidek, "Oyatu-l Kubro Risolasi" Nurlar ichida yuzlab chop qilingan nusxalari bilan erkinlik nuqtasida yanada ko’proq mavqe olishi jihatidan bu yurtda uch buyuk yomg’ir rahmatiga ilk vasila bo’ldi. Men dunyo jarayonlarini bilmayman, lekin eskidan beri bo’ynimizni bug’gan, doim bizni istilo etishga fursat kutayotgan, dahshatli kuch olgan va o’ziga tarafdor topgan, bizni tayanch nuqtasi yo’q deb o’ylab fursat kutgan kimsalarning istilosi va asoratidan "Oyatu-l Kubro" va do’stlarining ozob etilishi juda ko’p hodisalar va belgilar bilan hozirgacha Risola-i Nur (sadaqa kabi) balolarni daf bo’lishiga vasila bo’lgani uchun, bu ham baloga qarshi vasila deyish mumkin.

Imom Ali Raziyallohu Anhuning

وَ اسْمُ عَصَا مُوسَى بِهِ الظُّلْمَتُ انْجَلَتْ

iborasida bir jihatdan "Oyatu-l Kubro Risolasi" maqsud bo’lganidek, Dengizli Mevasining o’n bir masalasi, "Hujjatullohi-l Balig’a" o’n bir hujjati bilan "Aso-i Muso"ning o’n bir mo’jizasiga muvofiq keldi. Bu iborada qalbimga "Oyatu-l Kubro Risolasi" kabi Imom Alining (R.A.) diqqatini tortgani xotirlatildi. Demak "Meva Risolasi" "Aso-i Muso" kabi ko’p fir'avnlarni mot qiladi, mag’lub etadi. "Oyatu-l Kubro Risolasi"ni chop qilgan qahramon va muborak qardoshlarimiz, juda katta Nuriy xizmat qilishdi. Marhum Hofiz Alining (R.H.) Nuriy xizmati, bu bilan ham davom etyapti.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

"Oyatu-l Kubro"ning chop etilgan nusxalari parda ostida katta xizmat qilishdi. Boshdagi eslatmaning oxirida (oq joyda) hoshiya sifatida sizga olti satr nusxasini jo’natdik. Munosib ko’rsangiz yozdirasiz, ham to’grilab, tahrir qilasiz. Men qat'iy qanoat hosil qildimki: Bu safar "Oyatu-l Kubro"ni diqqat bilan qarshi chiqqanlarni e'tiborga olib o’qidim. Shubham qolmadiki, Risola-i Nurning qattiq zarbalariga qarshi chiqqanlar zaif bahonalar va pashsha qanotichalik ahamiyatsiz kamchiliklar bilan ayblashdi. Bu dahshatli zarbalarni e'tiborga olmay ham oqlanishimizni, ham Risola-i Nurning erkin qo’yilishini qabul qilishlarining sababi: Boshda "Oyatu-l Kubro" va Risola-i Nurning "Meva" va "Nujjatullohi-l Balig’a" kabi juz'laridagi g’aroyib va sinmas haqiqatlar, ularning dahshatli qaysarliklarini sindirishi bo’ldi. Ilojsiz, majbur bo’lib erkin qo’yishni, bizni oqlashni rasman qabul qilishdi. Lekin zindiqlar qo’mitasi yana qo’lidan kelgancha o’zlarini xalqning la'natiga, nafratiga qolmaslik uchun, ayblarimizni qidirishyapti va hukumatni aldashga urinishyapti. Shuning uchun biz, eskisi kabi ehtiyot bo’lishimiz kerak.

{(Hoshiya) "Oyatu-l Kubro"ning boshidagi eslatmaning oxirida, e'tiborni tortgan jumlasiga hoshiya:

Ha, Imom Alining (R.A.) "Oyatu-l Kubro" haqida bergan xabarni, to’liq Dengizli hodisasi tasdiqladi. Chunki bu risolaning yashirin chop etilishi qamalishimizga sabab bo’ldi. Uning muqaddas va juda kuchli g’alabasi bilan oqlandik, chiqishimizga ahamiyatli sabab bo’ldi. Imom Alining (R.A.) g’aybiy karomatini ko’rlarga ham ko’rsatdi.

وَ بِالْاٰيَةِ الْكُبْرَى اَمِنِّى مِنَ الْفَجَتْ

biz haqimizdagi duosining qabul bo’lganini isbot qildi.}

Umum qardoshlarimizning kelayotgan Ramazoni Sharifingizni va o’tgan Baro'at kechalaringizni butun ruhu jonimiz bilan tabrik etamiz. Janobi Haq ular va bizni ushbu Ramazondagi Laylatu-l Qadrimizni ming oydan xayrli va ming oychalik savoblarga sabab qilsin, ummati Muhammadiyga (S.A.V.) saodat va salomat bersin, omin!

Jumlangizga bir-bir salom aytgan qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq, metin, qaytmas, sabotli, fidokor, vafodor qardoshlarim!

Bilasizki Anqara mahkamasi ekspertlar guruhi Risola-i Nurga oid karomatlar va g’aybiy ishoratlarni inkor qila olmagan. Faqat yanglishib karomatlarda meni hissador deb o’ylab e'tiroz bildirishdi. "Bunday narsalar kitobda yozilmasligi kerak edi, karomat izhor qilinmaydi." deb yengil tanqid qilishgan. Men mudofaalarimda ularga javoban aytgan edim:

"Ular menga oid emas, karomatlarga ega chiqish mening haddim emas. Balki Qur'onning ma'naviy mo’'jizasining tarashshuhoti va ziyolari bo’lib haqiqiy tafsiri bo’lgan Risola-i Nurda karomatlar shaklini olib (shogirdlarining ma'naviy quvvatlarini quvvatlash uchun) Ilohiy ikrom sinfiga kiradi. Ikromni izhor qilish shukrdir, joizdir maqbul hamdir. Hozir ahamiyatli sababga binoan bir qismini izohlayman. "Nega izhor qilyapman, nima uchun bu nuqtada bunchalik urg’u beryapman, nima sababdan bir necha oydan beri bu mavzuda chuqurlashdim. Aksariyat maktublar ushbu karomatga yo’nalgan?" deb savol berildi.

Javob: Bu davrda minglab buzg’unchilarga qarshi Risola-i Nurning iymon xizmatida yuz minglab ta'mirotchilar kerak ekan, ham men bilan loaqal yuzlab kotib va yordamchilar bo’lishi lozim ekan, chekinish va aralshmaslik uyoqda tursin, balki millat va boshqaruvchilar taqdir bilan, tashviq bilan yordam berishi zaruriydir. Ahli iymonga iymon xizmati boqiy hayotga ta'alluqli bo’lgani uchun foniy hayotning ishlariga va foydalariga almashtirish vojib ekan, o’zimni misol keltirib aytamanki:

Meni hamma narsadan, aloqadan, yordamchilardan man qilish bilan birga bizga qarshi bo’lganlar butun kuchi bilan do’stlarimning ma'naviy kuchini ketkazish, mendan va Risola-i Nurdan sovutish, men kabi keksa, xasta, zaif, g’arib, hech kimi yo’q bechoraga minglab odam qilishi kerak bo’lgan vazifani (yelkasiga) yuklash va mening yakka hayot kechirish va tazyiqlarda moddiy xasta kabi insonlar bilan aloqa qilish va aralashishdan chekinishga majburligim va insonlarni mendan qattiq qo’rqitib, ko’p aloqador do’stlarni menga salom berdirmaslik, hatto ba'zan namozni ham tark ettirish darajasida qo’rqitib ma'naviy quvvatlarini ketkazish jihati va sababi bilan ixtiyorim xorijida barcha monelarga qarshi Risola-i Nur shogirdlarining ma'naviy quvvatlarini quvvatlashga sabab bo’lgan Ilohiy ikromlarni bayon qilib Risola-i Nur atrofida ma'naviy urg’u berish, Risola-i Nur o’z-o’ziga, bir o’zi (boshqalarga muhtoj bo’lmay) bir qo’shinchalik kuchli ekanini ko’rsatish hikmati bilan bunday narsalar menga yozdirildi.

Yo’qsa Alloh saqlasin, obro’ talabi, gapimizni o’tkazish, maqtanish, xudbinlik Risola-i Nurning ahamiyatli asosi bo’lgan ixlos sirrini buzishga kiradi. Inshaalloh Risola-i Nur o’z-o’ziga, ham o’zini mudofaa qilgani, ham qiymatini to’liq ko’rsatganidek, bizni ham ma'nan mudofaa qilib kamchiliklarimizni afv ettirishga vasila bo’ladi.

* * *

Aziz qardoshlarim!

Risola-i Nur chiqishidan qirq yil avval, keng bir oldindan sezish hissi bilan ajib tarzda, ham menda ham bizning qishloqda ham nohiyamizda chiqqanini ma'naviy eslatma bilan endi qat'iy qanoat hosil qildim. Shafiq va ukam Abdulmajid kabi eski talabalarimga bu sirni ochishni istagan edim. Janobi Haq sizlarda ko’p Abdulmajidlarni va ko’p Abdurrahmonlarni bergani uchun sizga bayon qilaman:

O’n yoshimda, katta iftixor hatto ba'zan o’zimni maqtashga o’xshagan his bor edi. Istamasamda juda katta ish va buyuk qahramonlik holatiga kirar edim. O’z-o’zimga aytardim: Sening bir tiyinlik qiymating yo’q. Bunday o’zingni maqtash, xususan katta jasorat ko’rsatayotganingning sababi nima? Bilmas edim hayratda edim. Bir-ikki oydan beri o’sha hayratga: "Risola-i Nur chiqishidan avval o’zini his qildirgan edi. Sen oddiy o’tin bo’lagi kabi bir urug’ ekansan, firdavs mevalarini amalda o’z mulking deb oldindan sezish hissi bilan xudbinlik qilar eding", deb javob berildi.

Ham eski talabalarim, ham hamshaharlarim biladilarki bizning Nurs qishlog’imiz, riyokorlik va jasoratni yaqqol ko’rsatish uchun maqtovni juda yaxshi ko’rishar edi, go’yo buyuk mamlakatni fath qiladigandek qahramonona holatni istashar edi. Men, ham o’z o’zimga ham ularga juda hayratlanar edim. Hozir haqiqiy eslatma bilan bildimki:

U ma'sum Nursli insonlar Nurs qishlog’i Risola-i Nurning nuri bilan iftixor qozonishadi. Bu viloyatning, nohiyaning ismini eshitmagan kishi qolmaydi. U insonlar Nurs qishlog’ini ahamiyat bilan tanishadi deb oldindan sezish hissi bilan Ilohiy ne'matga tashakkurlarini maqtov suratida ko’rsatishgan ekan.

Ham nohiyamiz bo’lgan Hizon tumaniga qarashli Shayx Abdurrahmon Tog’iyning himmati bilan shunchalik ko’p talabalar, domlalar va olimlar chiqishdiki, butun Qurdiston ular bilan iftixor qildi. Ularning ichida ilmiy munozara, juda katta himmat bilan va juda keng ilm va tariqat doirasi ichida bo’lar edi. Bu domlalar go’yo ro’yi zaminni fath qiladi degan holat his qilar edim. Men to’qqiz-o’n yoshda mashhur eski ulamo, avliyo, alloma va qutblardan mavzular tinglar edim. Qalbimga bu talabalar, olimlar ilmda, dinda buyuk futuhot qilishgandek ko’rinar edi. Bir talabaning biroz zakovati yuqori bo’lsa, unga katta ahamiyat berilar edi.

Hatto ham nohiya, ham tuman, ham viloyatimizda tariqat shayxlari va doiralarida hayratlanarli musobaqalar bo’lar edi. Bunday holatlarni boshqa joylarda unchalik ko’ra olmadim. Hozir eslatma bilan qat'iy qanoat hosil qildimki:

Talaba do’stlarim, ustozlar o’rnidagi ho’jalarim, murshidlarim, avliyo va shayxlarim, ruhlari oldindan sezish hissi bilan o’zlari idrok qilmay (eng kerakli vaqtda) talabalar va domlalarning shogirdlari ichida kelajakda porloq nur chiqishini, iymon ahliga yordam berishini his qilishgan.

Ilohiy ne'matga o’ta og’ir va ajib sharoitda,

sanoqsiz e'tirozchilar qarshisida

va ming yildan beri kuchga to’lgan zalolatga javoban

va o’ta vahimachi, g’arazchi dushmanlarimizning hiylalari o’rab olgan payti,

ikki dahshatli mahkamaning uzun tekshirishlarida Risola-i Nurning g’aroyib g’alabasi

va parda ostida g’ayri tabiiy nurlantirishi

va dushmanlarini majbur qilib erkinligini qozonishi ko’rsatadiki, o’sha mavqega loyiq ekan.

Imom Ali Raziyallohu Anhu va G’avsi A’zam (Quddisuhu sirruhu) undan xabar berganlaridek, ular qishloq, nohiya va viloyatim men bilan birga g’ayrishuuriy kelishini his qilib sevinishgan.

{(Hoshiya) Ha, Risola-i Nurning tarjimoni ham faqir, ham sodda ekan, shon-shuhratsiz omi xonadondan bo’lgani uchun, hayotida yozilganidek, insonlardan favqulotda behojat, hadya va sadaqalarni qabul qilmaslik va o’xshashi yo’q ilmiy izzat bilan hech kimga bosh egmay, boshqalarning darajasiga tushmay, haddidan ming daraja ko’p ishlarga kirishi, mazkur sirdan kelib chiqqan.}

Sizni eski talabalarim, do’stlarim, ukam va jiyanim Abdulmajid va Abdurrahmonlar deb qaraganim uchun, ushbu mahram sirni ochdim.

Ha, men yigirma to’rt soat avval hislarim va asab-tomirlarim namlik ta'sirida rahmat va yomg’irning kelishini his etganimdek, o’zim, qishlog’im, nohiyam ham qirq to’rt yil avval Risola-i Nurdagi rahmat yomg’irini oldindan sezish hissi bilan his qilgan ekanmiz.

Umum qardoshlarimizga va singillarimizga salom aytamiz, duo qilamiz va duolarini iltimos qilamiz.

* * *

OLDINDAN SEZILGAN NARSALARGA QO’SHIMCHA

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Risola-i Nurning chiqishini oldindan sezish hissi bilan hammaning his qilganidek, xos talabalarining bir qismining e'tirof qilishi va bir qismining hayot tarzi Risola-i Nur xizmatiga nomzodligini ko’rsatgani uchun, ushbu qo’shimchani yozyapman:

Ha, oldindan sezish hissi hammada kam-ko’p bo’ladi. Hatto hayvonlarda ham bor. Sodiq tushlarning ahamiyatli bir qismi, ushbu oldundan sezish hissining turlaridandir. Ba'zi kishilarda o’tkir bo’lgani uchun karomat darajasiga chiqadi. Mening asab-tomirlarimning o’tkirligidan yomg’ir yog’ishidan yigirma to’rt soat avval havoning namligidan yomg’irning kelishini his qilishim, bir jihatda oldindan sezish hissi hisoblanadi, bir jihatda hisoblanmaydi.

Men Risola-i Nurga ahamiyatli xizmat qilgan qardoshlarimning hayot tarzlariga e'tobor berdim, ko’rdimki, o’zimning hayot yo’lim kabi, Risola-i Nur kabi natijaga ko’ra tayyorlanib yo’naltirilgan ekan.

Ha, Xusrav, Fayzi, Hofiz Ali, Nazif kabi ko’p qardoshlarimizning o’tgan hayot tarzlari Xizmati Nuriyaga ko’ra holat berilganini his etishganidek, men ham bir necha xos qardoshlarimda, hatto bu yerda mening hayot tarzim kabi nuroniy mevani berish uchun tartib etilganini ko’ryapman. Bilmaganlar e'tibor berishsa, ko’rishadi. O’zim butun hayotimning g’aroyib qismini, avvalo G’avsi A'zamning karomatlar silsilasi deb tasavvur qilar edim. Endi esa Risola-i Nurning karomat silsilasi ekani aniqlashdi. Jumladan: Hurriyatdan avval Istabulga kelayotib yo’lda qo’limga (bir-ikki muhim) Kalom ilmiga oid kitoblar tushdi. Diqqat bilan mutolaa qildim. Istanbulga kelgandan keyin besabab ham olimlar, ham maktab muallimlarini munozaraga taklif qilib "Kim nima xohlasa so’rasin" deya e'lon qildim. Hayratlanarlisi shuki, munozaraga kelganlarning so’ragan barcha savollari men mutolaa qilgan va xotiramda qolgan masalalardan edi. Faylasuflar haqidagi savollari ham esimda qolgan masalalardan edi. Endi ayon bo’ldiki, o’sha favqulotda muvaffaqiyat va haddimdan ko’p ustida obro’talablik va ma'nosiz fazilat izhori, kelajakda Risola-i Nurning butun Istanbulda, ulamolar ichida qabul qilinishiga va ahmiyatiga zamin hozirlash bo’lgan ekan.

Ikkinchisi: Men faqir, muhtojligim, zohid, so’fiy va riyozatdagi inson bo’lmaganim, katta bir sharaf va e'tibor, ajdodlari hurmatli, shonu-sharafidan hissador bo’lmasamda (hayot yo’limda yozilganidek) yoshligimdan beri odamlarning haqlarini, hadyalarini qabul qilmas edim, ehtiyojimni aytish darajasiga tushmas edim. Meni bilganlar kabi, men ham juda hayratlanar edim. Hozir xossatan bir necha yil ichida ayon bo’ldiki, Risola-i Nurning dahshatli mujodalasida tama' va mol-mulk sababli mag’lub bo’lmaslik va e'tiroz kelmasligi uchun bizga o’sha ruhiy holat ehson qilingan ekan. Yo’qsa dushmanlarim, o’sha tomondan katta zarba urishar edi.

Yana: Eski Said siyosatda chuqur ketgan edi. Yangi Said tarafdor topish uchun juda muhtoj bo’lgan paytida butun insonlarni mashg’ul etgan so’nggi besh-olti yildagi inson to’fonlari, siyosat dovullari ichida meni qat'iy va aslo mashg’ul qilmadi va qiziqtirib mag’lub etmadi. Besh yildan beri hatto bilishga ham qiziqmadim.

Meni bilganlar kabi, men ham bu holatga juda hayratlandim. Hatto o’z-o’zimga: "Butun dunyoni o’ziga qaratib mashg’ul etgan ushbu hodisalarga qaramayapman, ahamiyat bermayapman, ajabo men devona bo’ldimmi yoki boshqalarmi?" deb hayrat ichida so’rar edim.

Endi ham ma'naviy eslatma bilan ham mazkur avvaldan sezish hissi bilan ham o’rtadagi Risola-i Nurning g’alabasi va erkinligi bilan yuzaga chiqdiki: Risola-i Nurdagi ixlos haqiqati, rizo-i Ilohiydan boshqa hech narsaga vosita va tobe bo’lmaydi va Qur'ondan boshqa hech qanday tayanch nuqtasi yo’qligini isbotlash uchun o’sha ajib ruhiy holat berilgan ekan.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

"Meva"ning To’rtinchi Masalasidagi bir haqiqatni izoh qilishda Eski Said nazarini tashqariga qaratish va menga xizmat qigan kotibning Ramazon oyi boshlarida Sharqda bir hodisaning ta'sirida hayajon bilan bayram belgisini aytishi va Ramazoni sharifdagi qiymatdor vaqtni radyodagi moloya'nilar bilan zoye qilmasligi uchun qalbimga bir necha marta u keng va aralash dovulli haqiqatning qisqa zararlarini bayon qil deb ma'nan eslatildi. Shunda o’ta ba'zi muxtasar ishoratlar nav'idan Risola-i Nur shogirdlarining qiziqishlarini to’g’rilash niyatida bayon qilyapman. Lekin masala juda keng, vaqtim esa yo’q, holim abgor bo’lgani uchun tushunushga qiynalmaysiz, zakovatingizga ishonyapman.

"Meva"ning To’rtinchi Masalasida aytilganki, "Jahon siyosatiga qiziqmaganimning sababi: Unday keng va katta doirada vazifa oz va kichik bo’lishi bilan birga, jozibasi qiziquvchilarni o’ziga jalb qilib band qiladi. Haqiqiy va buyuk vazifalarini insonlarga unuttiradi yoki nuqsonli qildiradi. Ham har holda tarafdorlik istagini berib, zolimlarning zulmlarini to’g’ri dediradi, sherik bo’ladi" ma'nosida bayon qilingan.

Yana aytamanki: Qiziqib tashqi hodisalar bergan sarxush g’aflatdan lazzat olgan bechoralar! U hodisalar insonning fitratidagi qiziqish, insonlik tomonidan sizning farz ishlarni va qilinishi shart bo’lgan vazifangizning zarar tomon yo’naltiryapti. Bu ham ma’naviy ehtiyoj, tabiiy desangiz, javoban aytamanki:

Qat'iyyan bilingki: Insonning ko’p mo’’jizali xilqatiga qiziqmay, e'tibor bermay ikki boshli yoki uch oyoqli inson ko’rganda qattiq qiziqib tamosha qilganingiz kabi, ushbu asrda insoniyatning vaqtincha va foniy, buzg’unchi keng hodisalari, zamin yuzida yuz ming maxluqot va inson sinfi kabi juda ajib hodisalarga sazovor maxluqlar har bahorda bitta ari sinfiga va uzum toifasiga qarasangiz, insonlar hodisalaridan yuz marta qiziqroq va ruhiy, ma'naviy lazzatlarga arziydigan hodisalar bor.

Ushbu haqiqiy lazzatlarni bee'tibor qoldirib, basharning zararli, sharli, yerli jarayonlariga bunchalik qiziqish va zavq bilan bog’lanish - dunyoda abadiy qolish va u hodisalar doimiy bo’lsa edi va hammaga o’sha jarayonlardan bir manfaat yoki zarar kelishi, ularni chiqarganlarni haqiqiy qiluvchisi va ijod qiluvchisi sharti bilan bo’ladi. Holbuki bular havo dovullari kabi o’tkinchi holdirlar. Sabab bo’lganlarning ta'siri juda kichik. U vaziyat senga sharqdan, Tinch okeanidan zarar va manfaatni jo’natmaydi. Senga sendanda yaqin va qalbing Uning tasarrufida, jisming Uning tadbir va ijodida bo’lgan bir Zoti Aqdasning rububiyati va hikmatini e'tiborga olmay, dunyoning narigi tomonidan zarar va manfaat kutish, qanday darajada devonalik ekanini ta'rifga til ojiz!

Ham iymon va haqiqat tomonidan bunday qiziqishlarning buyuk zararlari bor. Chunki g’aflatga tushiradigan, dunyoga cho’ktiradigan, haqiqiy insonlik vazifasini va oxiratni unuttiradigan eng keng doira - siyosat doirasidir. Xususan bunday umumiy va kurash hodisalari qalbni ham buzadi. Kishining zulm zulmatida cho’kmasligi, iymonining so’nmasligi, aqli tabiat va tasodifga aldanmasligi uchun hamma narsada, har vaziyatda, har bir harakatda Ilohiy qadar va Rabboniy qudratning izini, belgisini ko’rish uchun quyoshdek iymon kerak.

Hatto haqiqat ahli, haqiqat va ma'rifatullohni topish uchun, qalb chalg’imasligi va kerakli, qiymatli narsalarga sarflanishi kerak bo’lgan qiziqishni, zavq shavqni keraksiz foniy narsalar bilan zoye ketmasin deb ko’plik doiralarini unutishga harakat qilishadi. Hatto ushbu ahamiyatli sirdan, ko’pchilik xulosa qilganki, bir siyosatchi, din dasturlarining to’liq muttaqiy bir xodimi (iymoni quyosh kabi bo’lgan sahobalar va ularga o’xshagan mujohidindan, salafi solihiyndan boshqa) bo’la olmaydi. To’liq va haqiqiy dindor, taqvoli kishilar siyosatchi bo’la olishmaydi. Ya'ni asl maqsadi siyosat bo’lganlarda din ikkinchi darajada qolib, birinchi maqsadga qo’shimcha bo’ladi. Haqiqiy dindor "Butun koinotning eng buyuk g’oyasi inson ubudiyati-qulligidir" deb siyosatga mukkasidan ketmay, ikkinchi-uchinchi darajaga qo’yadi. Uni din va haqiqatga vosita qilishi (agar mumkin bo’lsa) mumkin. Yo’qsa boqiy olmoslarni, sinadigan arzon shishalarga vosita qiladi.

Alhosil: Sarxushlik haqiqiy vazifalardan kelgan azoblarni va ehtiyojlarni vaqtincha unuttirgani uchun, harom va qisqa lazzat bergani kabi, bunday foniy urushlar va jarayonlarni qiziqib kuzatish, bir jihatda sarxushlik hisoblanib, haqiqiy vazifalarning ehtiyojlari va harakatsizlik natijasidagi azoblarni vaqtincha unuttirgani uchun, harom lazzat beradi yoki tahlikali umidsizlikka tushirib

لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللّٰهِ

oyatidagi Ilohiy amrga muxolafat qiladi, ta'zirga loyiq bo’ladi. Yoki

لَا تَرْكَنُوا اِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ

oyatidagi shiddatli Ilohiy tahdid ta'ziriga uchraydi. Zolimlarning zulmiga evazsiz ma'nan ishtirok etadi. Loyiq bo’lgan jazosini esa duyoyu oxiratda chekadi.

Qalbimga ahamiyatli bir xavotir va tasalli kelyaptiki, ushbu keng doira urushlari natijasida eski xarbi umumiydan chiqqan zararlar yanada kattaroq zarar beradi, madaniyatning tayanchi, manba'i bo’lgan Ovrupada dajjolona vahshat tug’diradi. Bu xavotirga tasalli - Olami Islomning to’liq uyg’onishi va Yangi dunyoning, Hristianlarning haqiqiy dinini harakat dastur qilishi, Islom olami bilan ittifoq etishi va Injil Qur'onga ittihod etib tobe bo’lishi bilan keladigan ikki dahshatli jarayonga qarshi samoviy yordam bilan qarshi turib inshaalloh g’alaba qiladi.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom. Kelgan yoki o’tgan Laylatu-l qadrlaringizni tabriklaymiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Dengizlining bir Xusravi Hasan Fayzining uzun, tafsilotli bir maktubini sizning vositangizda oldim. Ko’p danaklarni yetishtirishi uchun bir danak tuproq ostiga ko’milgani kabi, shahid marhum Hofiz Ali ekinzorda, tuproq ostiga kirdi. Natijada o’ttiz-qirq Hofiz Alilarni ko’kartirdi va yana ko’kartiradi degan xulosaga keldim. Siz men tomonimdan unga va Risola-i Nurga xizmat qilganlarga yozingki: Bir-ikki yil ichida Dengizli qahramonlari, Risola-i Nurga yigirma yilchalik xizmat qilishgani uchun, biz Risola-i Nur shogirdlari, ularning bu yaxshiliklarini abadgacha unutmaymiz. Dengizli bizning nazarimizda ikkinchi Isparta o’rniga o’tgani uchun, qamoqxonasini ham bir Madrasa-i Nuriya ma'nosida bilamiz.

Fayzining maktubida isimlari bo’lgan, xususan Hokimi odil bilan birga haqiqiy adolatga harakat qilganlar (J.H.M.) va Advokat Ziyo kabi barcha, faqat bizni emas balki Onado’li va olami Islomni ma'nan minnatdor qilishdi. Ular bizdek Risola-i Nurga sohib hisoblanishadi. Agar kerak bo’lsa menga qaytarib berilgan bir qancha majmualarni ularga o’qitish uchun omonat qilib jo’nataman. U yerdagi kitoblar, kerak bo’lsa o’qilmay qolmasligi sharti bilan qolishi mumkin. Qo’lida katta kitobi bo’lib tashlab qo’ymay, boshqalarga o’qitish va mumkin bo’lsa qamoqxonani o’qishga sherik qilish sharti bilan unda qolsin. Yana xohlasa, boshqa kitoblarni ham jo’nataman.

Men Dengizli kabi, qisqa vaqtda bizga va Risola-i Nurga metin qahramon sohiblarni va qardoshlarni bergani uchun, qo’limdan kelsa, qolgan umrimni to’liq surur va sevinch bilan ularning muborak qamoqxonasida o’tkazishni istayman. Biz bilan ko’p aloqador va qamoqxonada gaplashgan kishilar yoki menga xizmat qilgan Beylerbeyli Sulaymon va Tavasli Chovush kabi qancha do’stlar bo’lsa barchasiga ko’p salom aytaman. Ular har doimgi ma'naviy daromadlarimiz va duolarimizga dohil. Fayzining maktubida ismlari o’tgan kishilarga (xususiy) bir-bir salom aytaman va umumlarining Ramazonlarini va Laylatu-l qadrlarini ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz.

Milasli Halil Ibrohim haqiqatdan Risola-i Nurning temirdek metin va qaytmas shogirdidir. Qishlog’i u bilan iftixor qilishi kerak. Ham u kishining, ham Hasan Fayzining haddimdan yuz daraja husni zonlari natijasida yozgan ikki o’tkir nazmiy qismni Risola-i Nurga xitob qilishyapti, mening ahamiyatsiz shaxsimni parda va o’tkinchi unvon sifatida aytishgan deb qabul qilaman. Yo’qsa u fazilatlarga sohiblikka haqqim yo’q. Ham unga, ham Risola-i Nur advokati Ahmad Fayzi va uning do’stlariga, eski qahramon qardoshlarimizdan Shafiqqa ko’p salom aytib, duo qilamiz.

Qardoshlarim! "Oyatu-l Kubro" Ramazonda chiqqanidek, taxminimcha matbaada Ramazonda bosilishi, Ispartaga kelishini va Ramazoni sharifda erkin o’qilishi va jome'larda o’qitish uchun kirishi kabi, ushbu Ramazoni sharifda "Oyatu-l Kubro"dan chiqqan va "bir soat tafakkur bir yil ibodat" ma'nosiga ega "Nizbi Nuriya" "Oyatu-l Kubro"dan chiqqanidek, tasbehlarimizdagi o’ttiz uch marta "La Ilaha Illalloh" "Oyatu-l Kubro"ning barakoti va fayzi bilan o’n daqiqada tavhid haqiqatiga ega ikki sahifasi Ramazonning nuri bilan qalbga eslatildi. Men o’n daqiqada "Oyatu-l Kubro"ni to’liq o’qiyotgandek va har bir martabada, muqaddimasida aytilganidek Kurra-i arzning kulliy tili mening xayolan lisonim bo’lib "La Ilaha Illalloh" deyayotgani, dengizlar, tog’lar va unsurlarning, inson tabaqalarining hol tillari mening tillarim bo’lib "La Ilaha Illalloh"ni zikr qilayotgani, men har bir "La Ilaha Illalloh" deganda yo Yer tili, yo Samovot, yo Havo tili bilan yoki unsurlar lisoni bilan aytayotgandek... bo’ldim. Inshaalloh keyin sizga jo’natiladi.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

IKROMNI IZHOR QILISH MAKTUBIGA QO’SHIMCHA

[Ishorati Qur'oniyaning boshiga yozdik.]

Risola-i Nurning maqbuliyatini tasdiqlab imzo qo’ygan va g’aybiy ishoratlar undan xabar bergan sakkiz qismning birinchisi. Ayni masalaga ushbu risolada yigirma to’qqiz ishorat bor. Boshqa qismlar bilan birga mingga yaqin ishoratlar, ramzlar, imolar, belgilar, ayni masalaga, ayni da'voga qaragani sarih-ochiq oydin darajasiga chiqqan. Yakka masala bo’lgani uchun, belgilar bir birini quvvatlaydi, tasdiqlaydi. Sakkiztadan uchini "Imom Ali Raziyallohu anhu" uch g’aybiy karomati bilan Risola-i Nurdan xabar bergan.

Ushbu sakkiz qismni Anqara mahkamasi ekspertlar guruhi tekshirib, e'tiroz bildirishmagan. Faqat, "Karomat sohibi karomatini yozmaydi", deyishgan. Men ularga javob tariqasida, "Bu meniki emas, Risola-i Nurning karomatidir. Risola-i Nur Qur'onga bog’liq va tafsiridir", dedim. Ular jim bo’lishdi, demak qabul qilishdi. Garchi bunday ikromlar yozilmasa yanada munosib bo’lar edi. Lekin son-sanog’i yo’q, kuchli va ko’p dushmanlar qarshisida oz, zaif va faqir bo’lgan bizlarga ma'naviy quvvat, g’aybiy yordam, shijoat, sabot, matonat berish uchun qat'iy majburiyat bo’ldi, men ham yozdim. Mening "men"ligimga xudbinlik berib yiqilishimga sabab bo’lsada, muhim emas. Bu xizmatda, ya'ni iymon ahlining mutlaq zalolatdan qutqarishga ehtiyoj bo’lsa dunyoviy hayot kabi, uxroviy hayotimni ham fido qilishni saodat deb bilaman. Minglab do’stlarim va qardoshlarim Jannatga kirishlari uchun Jahannamni qabul qilaman.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizni boshqa sabablar ta'sirlantirmasin deya, bir holatimni sizga bayon qilish kerak bo’lyapti. Holatim shuki:

Yigirma yillik tazyiq natijasida, ahamiyatli va xronik xastalik bilan og’riyman. Zotan eskidan beri menda xastalik asosi - mardumgirizlik, ya'ni insonlardan uzoqda bo’lish, muomalaga kirishmaslik, aloqadan ta'sirlanish bor edi. Hatto hozir ruhim eng yengil ruhli bir qardoshim, bir shogirdim bilan gaplashishga (faqat Risola-i Nur xizmatiga oid bo’lmaslik sharti bilan) chidamaydi. Hatto do’stona nazardan ham jiddiy ta'sirlanaman. Bu ahamiyatli holatda insonlarning menga zulm va jinoyatlari bir vosita bo’lganidek, Ilohiy inoyat, qadarning adolati, iymon xizmatidagi ixlosni muhofaza qilish eng muhim sabab bo’lib, insoniy zulm va jinoyatlarni yo’qqa chiqaradi, ham menga ushbu hastalikni to’liq yaxshi ko’rdiradi, sabru-matonat beradi.

Insonlar vahima sababli meni muomaladan man eta-eta asablarimni zaiflatishgani kabi, Ilohiy inoyat ham

iymon xizmatidagi ixlosni buzmaslik

sun'iy obro’talablikka majbur bo’lmaslik

haddan ortiq husni zon qiluvchilarning qarshisida meni takalluflar va xo’jako’rsinlarga majbur bo’lmaslik

bu davrda juda ta'sir qiladigan, odamlarni shaxsimga qaratish

muhabbat va xizmatga zarar qiladigan o’zini maqom sohibi qilib ko’rsatish vaziyatidan qutqarish

Qur'ondan kelgan Risola-i Nurning olmos kabi haqiqatlarini menga oid qilib shisha parchalari darajasiga tushirish hikmatlari bilan Janobi Arhamur Rohimiyn menga bu xastalikni bergan.

Men Janobi Haqqa shukr qilaman. Siz xafa bo’lmang, xursand bo’ling. Lekin fitriy azoblarga chidashim uchun duolaringizga muhtojman.

Aziz qardoshlarim! Bizga berilgan kitoblarimning (zarrin muqovali katta majmualardan) bir qismini o’qidim.

Nur, gul fabrikasining olmos qalamlari bilan yozilgan risolalar, zarli muqovalar ichida ba'zan on besh-yigirma risola ichidagi majmualar bir-bir go’zal olmos qilich o’rnida dushmanlariga qarshi o’zlarini yuksak doiralarda va mahkamalarda mudofaa qilgan. Ushbu hikmat bilan, hech sababsiz, qamalishimizdan besh oy avval birdaniga Risola-i Nurni buyuk majmualar holiga keltirishni boshladik. Bunda buyuk Ilohiy inoyat borligiga shubham qolmadi va faylasuflar mag’lub bo’lganining hikmatini tushundik. Chunki to’planganda, xususan mudofaa vaqtida to’plam va birdamlikda majmualar juz'larning kuchidan ko’ra ko’proq quvvatga ega bo’ladi.

Qardoshlarim! Sizga ko’pdan beri aytishim kerak bo’lgan narsani unutibman. Karomatli "Yigirma to’qqizinchi So’z" u So’zning faqat birinchi maqomidir. U So’zning ikkinchi maqomi esa, ahamiyatiga binoan bir jihatdan unga ham "Oyatu-l Kubro" nomini Imom Ali (R.A.) bergan "Yigirma to’qqizinchi Lam'a-i Arabiyya" bo’lib, "Allohu akbar" kabi boshqa tasbehlarning martabalaridagi nurlarni bayon qiladi va "Hizbi Nuriya"ning ham bir manbaidir.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytib, duo qilaman. Yashirin bo’lib, har kecha bo’lish ehtimoli bo’lgan Laylaru-l Qadrlaringizni tabrik etaman.

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshim!

Biz ham Ramazoningizni birgalikda bo’lishini tabriklaymiz. Tushlaringiz juda muborakdir. Inshaalloh Janobi Haq sizni buyuk ehsonlarga sazovor qiladi, degan bir ishoratdir.

Bu davrda eng buyuk ehson, vazifa - iymonni qutqarishdir, insonlarning iymoniga kuch beradigan suratda harakat qilishdir. Qat'iyyan, "men"lik va g’ururga sabab bo’ladigan narsalardan uzoq turing. Tavozu', mahviyat va "men"likni tark etish hozir ahli haqiqatga lozim va alzamdir. Chunki bu asrda eng katta tahlika, "men"lik va obro’talablikdan kelgani uchun, ahli haq va haqiqat mahviyat bilan doim o’z kamchiligini ko’rishi, nafsini ayblashi kerak. Siz kabilarning og’ir sharoitda iymoni va qulligini qahramonona muhofaza qilishi - buyuk maqomdir.

Sening tushlaringning ta'biriga kelsak, bu nuqtada yaxshi xabardir. Risola-i Nur qismlarida tariqat haqiqatiga doir "Talvihoti Tis'a" nomli risolani olib o’qing. O’zingiz kabi metin, iymonli va haqiqatli zotlar Risola-i Nur doirasiga kiringlar. Chunki bu asrda Risola-i Nur butun hujumlarga qarshi mag’lub bo’lmadi. Eng qaysar dushmanlarga ham, erkinligini rasman qabul qildirdi. Hatto ikki yildan beri buyuk doiralar va adliyalar, tadqiqot natijasida Risola-i Nurning erkinligini tasdiqlashdi va barcha mahram va g’ayri mahram qismlarini egalariga qaytarib berishga qaror chiqarishdi.

Risola-i Nur yo’li boshqa tariqatlar, yo’nalishlar kabi mag’lub bo’lmadi. Balki g’alaba qilib juda ko’p qaysarlarni iymonga keltirdi. Juda ko’p hodisalarning guvohligida bu asrda Qur'onning bir ma'naviy mo’'jizasi ekanini isbotladi. Uning doirasi xorijida, aksariyat hodisalardan bu yurtda xususiy va juz'iy, faqat shaxsiy xizmat, yo mag’lub holda parda ostida bo’ladi yoki bid'atlarga ruxsat beradi. Ular kinoya bilan bir jihatda o’zgargan holda diniy xizmat to’liq bo’lmaydi deb, xulosa qilganmiz.

Modomiki sizda buyuk himmat va kuchli iymon bor ekan, minglab, balki yuzminglab shogirdlarning uxroviy ma'naviy shirkatidan hissador bo’lish va qilgan xayrli ishlaring, yaxshiliklaring juz'iyatdan chiqib kulliylashsin, oxiratga to’liq foydali tijorat bo’lishi uchun to’liq ixlos va tom mahviyat bilan, matonat bilan Risola-i Nurga shogird bo’l.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ikki yillik tadqiqotdan keyin mahkama tomonidan menga qaytarib berilgan majmualardan bugun, ma'sumlar toifasining va ummiy keksalar jamoatining menga yodgorlik sifatida yuborishgan qismlardan tashkil topgan katta va zarrin jildli majmuani ko’rdim. Aqlimga bu majmua boshida Kastamonuga yozgan bir mavzuni sizga jo’natish keldi. Balki eski vaqtda sizga bir nusxasi jo’natilgandir. Shunday xulosa qildim:

Qo’limdagi, faylasuf va qaysarlarga qarshi yosh bolalar va ummiylarning ma'sum va xolisona yozilgan majmuasi, eng katta g’alaba vositasidir. Qaysarliklarni ketkazib insofsizlarni insofga keltirgan. Ko’p joylardan menga yuborilgan majmualar va ummiylarning nusxalarini uch majmuaga jam etgan edik. Majmualarning boshida ushbu kelgan qism yozilgan edi, sizga jo’natyapman.

Shu bilan birga, Risola-i Nurning maqbuliyatiga dalolat qilgan sakkiz qismdan to’plagan majmuamiz va Karomati G’avsiya va Alaviya, Ishorati Qur'oniyadan boshqa, "Ilova" va boshqa qismlardan uch-to’rt qismni ham qo’shilgan majmuaning boshida yozilishga loyiq bir bo’limni birga jo’natyapman.

Umum qardoshlarimga, xususan ma'sum va ummiylarga salom aytamiz, duo qilamiz va duolarini istaymiz. Ularga ming mashaalloh va barakalloh deymiz. Ularning yozganlarini kim ko’rsa, maqtab maftun bo’lyapti.

Risola-i Nurning kichik va ma'sum shogirdlaridan ellik-oltmish talabaning yozgan nusxalarini bizga yuborishgan, u qismlarni uch jild ichiga jamladik. Bu majmuadagi qismlarni yozganlarni namuna sifatida bir qismi ushbular:

Umar 15 yosh, Mustafo 13 yosh, Hofiz Nabi 14 yosh, Hijrat 15 yosh, Husayn 11 yosh, Ahmad Zaki 13 yosh, Oysha 11 yosh, Hofiz Ahmad 12 yosh, Mustafo 14 yosh, Bakir 9 yosh, Ali 12 yosh, Oysha 11 yosh.

Usbu majmuadagi risolalar, ma'sum bolalarning Risola-i Nurdan dars olib, yozganlarining bir qismidir. Ularning bu davrda jiddiy harakatlari ko’rsatadiki: Risola-i Nurda shunday bir ma'naviy lazzat va jozibador nur borki, u maktablarda bolalarni oqishga qiziqtirishga ijod qilgan o’yin va tashviqlar ustidan g’alaba qozonadigan lazzat, sevinch, yo’naltirgani uchun bolalar o’qishga qattiq qiziqadi.

Bu holat ko’rsatadiki: Risola-i Nur ildiz otyapti. Inshaalloh, boshqa uni hech narsa qo’para olmaydi, kelajak nasllar davom ettirishadi. Aynan ushbu ma'sum bolalar kabi Risola-i Nurning jozibali doirasiga kirgan ummiy keksalardan ham qirq-ellik yoshdan so’ng Risola-i Nur hurmati uchun yozishni boshlagan qirq-ellik qism, ikki-uch majmua ichiga to’plandi. Bu ummiy keksalarning va qisman cho’pon va yigitlarning bu davrda, bu ajib sharoitda Risola-i Nurni hamma narsadan ustun qo’yib bu shakldagi harakatlari ko’rsatyaptiki: Bu davrda Risola-i Nurga nondan ham ko’proq ehtiyoj bor ekanki, xirmonchilar, dehqonlar, cho’ponlar, qahramon yigitlar zaruriy ehtiyojlardan ko’ra ko’proq zaruriy ehtiyojni Risola-i Nur haqiqatlari deb bilishyapti.

Bu jildda oz va boshqa olti jildda ma'sumlarning va keksa ummiylar yozuvlarining tahririda juda qiynaldim, vaqt yo’q edi. Aqlimga keldi va ma'nan aytildiki: Siqilma! Bularning yozganlari tez o’qilmagani uchun, shoshqaloqlarni sekin-sekin o’qishga majbur qilgani uchun, Risola-i Nurning ozuqa va taom o’rnidagi haqiqatlaridan ham aql, ham qalb, ham ruh, ham nafs, ham his o’z hissalarini oladi. Risola-i Nur boshqa ilmlar va kitoblar kabi o’qilmasligi kerak. Chunki undagi tahqiqiy iymon ilmlari, boshqa ilmlarga va ma'lumotlarga o’xshamaydi. Ular aqldan boshqa ko’p insoniy hislarning ozuqa va nurlaridir.

Alhosil: Ma'sumlar va ummiy keksalarning nuqsonli yozuvlarida ikki foyda bor:

Birinchisi: Shoshilmay diqqat bilan o’qishga majbur qilish.

Ikkinchisi: Ma'sum, xolis, samimiy va shirin tillaridan, darslaridan Risola-i Nurning shirin va chuqur masalalarini lazzatli hayrat bilan tinglash va dars olish.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Alhamdulillah, bu yil Ispartadagi talabalarimizni dunyoviy ishlar qattiq g’aflatga tushirmadi. Xizmati Nuriyadagi g’ayratlarimiz jiddiy shaklda davom etyapti. Har birimizning qalblarimizdagi Nurga mahliyo bo’lish, siymolarimizda o’qilyapti. Xuddiki bu talabalaringizning qalblari sevinch bilan to’la. Ha sevgili Ustozimiz, butun talabalaringiz bir ovozdan aytishyaptiki: Layoqatsizligimiz, hechligimiz bilan birga ushbu Xizmati Nutiyada biz istihdom etilgan, badi' bir Ustozga ham talaba, ham kotib, ham tinglovchi, ham noshir, ham mujohid, ham xalqqa nasihatchi, ham Haqqa obid bo’lishdek dunyo qiymatidagi go’zalliklarning barchasini bizga birdan bergan Hazrati Allohga qancha chukr qilsak, chuncha oz. Qilishni xohlagan shukrlar ham Xoliqimizning fazli bilan qalbimizga kelgan bir ehson ekanini xotirlatgan biz talabalaringizning qalblarini surur va sevinch to’ldiryapti. Ma'sum Nursliklarning Ustozimizning yoshligida o’tkazgan hayotining tashakkur qilgan holati hol va harakatlarimizda ko’rinyapti. Zoti Zuljalolga cheksiz shukrlar, behisob sanolar bo’lsinki,bizni mutlaq jaholat daralaridan, isyon va kufr botqoqliklaridan lutfu karami bilan chiqarib, ko’zni qamashtiradigan eng porloq nurga talaba qilibdi.

Sevgili ustozimiz agar "iqtiron" deyilgan ikki ne'matning birga kelganini avvaldan bizga izohlamaganida, ko’p minnatdorliklarimizni qalblarimizga tarjimon bo’lgan qalamlarimizdan o’qir edilar.

Ha sevgili ustozimiz! Biz o’zimizga qarasak Risola-i Nurga tinglovchi bo’la olmaymiz. Shunga qaramay, ehtiyoj qattiqlashgani sari Xoliqi Rahimning marhamatli tajalliylarini ko’rayapmiz. Ustoz qalbi porloq bir oyna, bir mazhar, bir aks ettiruvchi... ustoz lisoni oliy bir tablig’chi, bir muallim, bir murshid... usroz holati jismlashgan eng chiroyli bir o’rnak, bir namuna, bir misol bo’lyapti. Inson toifalarining ehtiyojlari yozilyapti, ko’rsatilyapti. Yetti yildan beri olov sochgan zolim basharning holati bugun yanada iztirobli holga keldi. Har bir idrok sohibi, ertaga nima bo’ladi degan o’yda qulog’ini radio og’ziga qo’ygan, hayratda qolgan. Sharqda Yaponlar mag’lubiyatga uchrashi, dunyoning qutulish va o’ziga kelishiga, tinchlik-xotirjamlikni qo’lga kiritishi kutilayotgan edi. Shimolda dajjolona harakat o’zini ko’rsatdi. Bu holat hammani hayajonga, xavotirga soldi. Hamma kelajak zulmatga ketishini taxmin qilib, qiziqib radyo kuzatishyapti. Lillahilhamd Risola-i Nur oliy bayonoti bilan ruhlarimizni taskin qilyapti, haqiqiy darslari bilan qalblarimizni xotirjam qilyapti. Bugun yuzaga chiqqan bu dahshatli jarayon, faqat va faqat Hristianlik olamining Musulmonlik bilan birlashishi, ya'ni Injil Qur'on bilan birlashib, Qur'onga tobe bo’lishi natijasida samoviy kuchga mag’lub etilishini xabar beryapti. Hazrati Iso Alayhissalomning ham kelishini intizor bo’lish vaqti kelganini ishoriy ma'nosi bilan eslatyapti. Aytishlaricha, bugungi Amerika dunyoning hamma tomoniga tadqiqot uchun jo’natgan hay'atdan birini bugungi bashariyat saodatinin ta'minlaydigan sog’lom dinni topish vazifasini topshirgan. Bu esa mujaddidligini mahkama tili bilan hamma tomonga e'lon qilgan Risola-i Nur ushbu iztirobli, abgor bashariyatning eng buyuk saodati ekaniga iymonimiz komil.

Sevgili ustozimiz boshimizda, eng oliy haqiqatlarga ega, Qur'onning eng yuksak va muborak tafsiri bo’lgan Risola-i Nur qo’limizda ekan, sevinchlarimiz haddu hisobi yo’q.

Bu haqiqatlarning har bir juz'i faoliyatni boshlasa, hamma tomonda qiziqish, zavq bilan o’zini o’qittiradi. Bunga ochiq dalillar ko’p. Xususan hashrni inkor mafkurasini mag’lub qilgan "O’ninchi So’z"ning chop etilgan nusxalari, xususan yashirin chop etilsada erkin o’qitgan va iymonni quvvatlashda juda yuksak g’aroyibliklari bo’lgan "Oyatu-l Kubro" risolalari, Allohni inkor qilish mafkurasini ziru zabar qilgan Kulliyoti Nur "Hujjatul Balig’a" va "Meva" kabi juz'lari maydonda... Inshaalloh Qur'onning atrofini o’rashni xohlagan iymonsizlikning omonsiz surini, Risola-i Nur ildizidan qo’poradi, iymonsizlikning omonsiz olovini so’ndirib, obi hayot baxsh qilgan kavsar sharobini butun dunyoga omonli iymon berib ichiradi.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Kamchiligi ko’p talabangiz

Xusrav

* * *

Sizning shaxsimga haddimdan ortiq husni zoningizni Risola-i Nurning shaxsi ma'naviyi nomiga qabul qilaman. Yo’qsa o’zimni u maqomlarda ko’rish mening haddim emas.

Ham "Risola-i Nur yo’li tariqat emas, haqiqatdir, sahobalar yo’lining bir jilvasidir. Bu davr tariqat davri emas, iymonni qutqarish davridir." Risola-i Nur bu xizmatni lillahilhamd eng mushkul va og’ir davrlarda qilgan va qilyapti. Risola-i Nur doirasi, Hazrati Ali, Hasan va Husayn Raziyallohu Anhum va G’avsi A'zamning Quddisuhu Sirruhularning (g’aybiy xabarlari bilan) shogirdlarining bir doirasidir. Chunki Hazrati Ali (R.A.) uch g’aybiy karomati bilan Risola-i Nurdan xabar berganidek, G’avsi A'zam (Q.S.) ham kuchli suratda Risola-i Nurdan xabar berib, uning tarjimonini shijoatlantiradi. Ushbu to’rt mahram risola Karomati Alaviya va G’avsiyaga oid to’rt risola inshaalloh vaqti kelib sizga jo’natiladi. Mahkama ekspertlar guruhi ularga e'tiroz bildira olmagan. Faqat "Bu yozilmasligi kerak edi", deb kichik tanqid qilishgan. Men ularga javob berdim, ular jim bo’lishdi. Zotan Uvaysiy suratda to’g’ridan to’g’ri G’avsi A'zamdan (Q.S.) haqiqat darsini va Zaynulobidiyn (R.A.) va Hasan, Husayn (R.A.) vositasida Imomi Alidan (R.A.) olgan edim. Shuning uchun xizmat qilgan doiraimiz ularning doirasidir.

Janobi Haqqa hadsiz shukrlar bo’lsinki, duoingizning himmati bilan o’n besh kundan ko’proq qattiq harorat bilan tahlikali va zaharli xhastalikning, ikki kun bo’ldi, tahlikasi o’tdi. Xastalik vaqtida bir soat ibodat bir kun o’rnida bo’lgani uchun, bu xastalik inshaalloh qila olmagan ko’p xayrlarning o’rnini to’ldirdi va ko’p kamchiliklarimga kafforot bo’ldi. Lekin zaiflik va xastalik davom etyapti.

Latif va ma'nodor bir muvofiqlik - kechagi kun ma'sumlarning majmuasi qo’limga tushdi, ochdim. Majmua boshida, ma'sumlarning bir qo’mondoni o’rnida va Madrsa-i Nuriyaning qahramonlaridan Duradgor Ahmadning o’ta ziynatli, naqshli va diqqatli yozgan "Kichik So’zlar"ini boshiga qo’yilganini ko’rdim. Mashaalloh Duradgor Ahmad dedim, ma'sumlarning serjanti bo’libdi. O’sha kuni bir maktubi qo’limga tushdi, ochdim. Duradgor Ahmadning biz jo’natgan maktublarini do’stlarga tunda o’qiyotgan paytimda, maktub boshiga ikki chigirtka kelib, bitirgunimcha tinglaganlarini ko’rdim. Bir necha kun avval maktubni yozayotganimizda ikki kabutar, maqbuliyatini va xushxabarchi chumchuq va musichalarning xushxabarlarini tasdiq etishdi. Shuning kabi Duradgorning ikki chigirtkasi, kabutarlari va xushxabarchi kuchlarini tasdiqlab biz ham Risola-i Nurni taniymiz deya, hol tillari ifoda qilyapti deya latif va ma'nodor muvofiqlik bo’ldi.

Bu munosabat bilan, u majmua ichida muborak qahramonlardan Kichik Alining jiyani ma'sum va kichik bir Abdurrahmon bo’lgan Hofiz Ahmad yozgan "Sakkizinchi Shu'la"sining Sakkizinchi Ramzidan bir sahifa avvalgi bir fikra e'tiborimni tortdi. Bir-ikki oydan beri sizga Risola-i Nurning maqbuliyatiga doir yozilgan maktublarida shaxsimning sharaf hissasi va hunari emasligini, u faqat bir Ilohiy ikrom ekaniga doir yozilgan qismni ushbu fikraga aloqasi borligini ko’rdim, sizga jo’natyapman. Ularga munosib yerda yetkazarsiz. U fikra "Jaljalutiya"ning Risola-i Nurga bergan favqulotda ahamiyatining bir ziyosi, hunari emasligiga doirdir. Ularga aytgan edim:

Men e'tirof etamanki: Bunday maqbul asarga sazovor bo’lish, hech bir jihatdan u maqomga layoqatim yo’q. Lekin kichik, ahamiyatsiz bir urug’dan katta tog’dek daraxtni yaratish, Ilohiy qudratning sha'nidandir, adolatidir va azamatiga dalildir. Men qasam bilan ishontiramanki: Risola-i Nurni maqtashdan maqsadim, Qur'onning haqiqatlarini va iymonning ruknlarini tasdiqlash, isbot qilish va nashr qilishdir. Meni o’zimga yaxshi ko’rdirmagan, nafsimning ayblari va kamchiliklarimni menga ko’rsatgan va nafsi ammorani boshqalarga yaxshi ko’rdirish istagini qoldirmagan Xoliqi Rahimimga cheksiz shukr bo’lsin.

Ha, qabr eshigida kutayotga bir kishi, orqasidagi foniy dunyoga riyo bilan qarashi, achinarli ahmoqlik bo’lib, dahshatli yo’qotish hisoblanadi. Janobi Haq meni bunday yo’qotishlardan muhofaza aylasin, omin!

Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytib, duo qilamiz va duolarini iltimos qilamiz.

* * *

Aziz, siddiq, muborak qardoshlarim!

Sizning muborak Ramazoningizni, Laylatu-l Qadringizni va bayramingizni butun ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz va qutlaymiz. Janobi Arhamur Rohimiyn bunga o’xshagan ko’p bayramlarga sizlarni musharraf aylasin, omin!

Ushbu Ramazoni Sharifda zaharlanish natijasida ko’p qiynalgan va iztirob chekkan bo’lsamda Janobi Haqqa cheksiz shukr bo’lsinki, sabr va matonat ehson ayladi. Xastalikning ahamiyatli savobi esa iztirobning tushirgan g’aflat nuqtalarini yo’qqa chiqardi. Duolaringiz barakoti bilan bu safar ham zahardan to’liq qutuldim. Lekin qolgan zaiflik va zarbasi ora-ora qiynayapti.

Sizga yozgan edimki: "Hizbi Nuriya" Risola-i Nurning va "Oyatu-l Kubro"ning bir xulosasi bo’lgani kabi, o’n daqiqada "Hizbi Nuriya"ning bir xulosasi ushbu Ramazoni Sharifning fayzidan va Ramazonda ta'lif etilgan va yangi tarqalgan Ramazoniya Risolasi bo’lgan "Oyatu-l Kubro"ning ottiz uch martaba-i vujud va tavhid, ottiz uch kulliy lisonlar bilan yuzaga chiqqanidek, ruh, xayol va qalb u nuqtadan shunday bir kenglik va inkishof etdiki har bir martabaning "La Ilaha Illalloh" degan shahodatini aytgan vaqtim kulliy tillar meniki bo’lgandek azamatli bir tavhidni his qildim. "Oyatu-l Kubro" quyosh kabi iymon nurlarini ruhlarga talqin qilishiga shak-shubhasiz qanoat qildim, ko’rdim va Imom Alining (R.A.) unga bergan ahamiyatining sirrini bildim.

Bu safar Isparta umum shogirdlarining hissiyoti bilan Risola-i Nur qahramoni Xusravning yozgan maktubi, haqqim bo’lmasada menga ko’p hissa bergan. Lekin Isparta va uning atrofidagi qahramon shogirdlarining tom aloqalari darajasini va Risola-i Nurning to’liq qiymatini ko’rsatgani uchun va maktublarning ichida va "Ilova"ga, siz munosibroq deb bilgan maqomlarda yozishga loyiq. Sizga yangi harflar bilan yozilgan bir nusxasi jo’natilyapti. Men juda aloqador bo’lgan Kastamonu va u yerdagi ahamiyatli qardoshlarim, Isparta shogirdlari bilan aloqa vositalari - Mustafa Usmon, haqiqatdan qisqa vaqtda juda ahamiyatli ishni qilgani uchun, birinchi safdagi xoslar ichiga kirishga haq qozongan. Demak ixlosi tom ekanki, qisqa paytda uzun vaqtda qilinadigan ishni qildi. Janobi Haq u atrofda unga o’xshaganlarni ko’paytirsin va salomat bersin, omin.

Umum qardoshlarimga va singillarimga bir-bir salom aytaman, tabriklayman va duo qilaman.

Said Nursiy

* * *

[O’ta ahamiyatli ikki masalani sizga (zakovatingizga ishonib) Risola-i Nurda birlashgan qismlari bo’lgani uchun, o’ta muxtasar qilib gapiraman.]

Birinchisi: Risola-i Nurning haqiqiy va haqiqatli shogirdi bo’lgan va Qur'oni Mo’'jizu-l Bayonning kotibi bu safargi maktubida haddimdan ming daraja ortiq husni zoniga tayanib bir haqiqatni so’rayapti. Risola-i Nurning ma'naviy shaxsining o’ta muhim va muqaddas vazifasini, nubuvvat xilofatining ham o’ta ulug’ vazifalaridan birini mening oddiy shaxsimda, ustozida bir jilvasini ko’rgani uchun, menga ma'naviy xilofatga sazovor degan nazarda qarashni xohlayapti.

Avvalo: Boqiy haqiqat foniy shaxsiyatlar ustiga bino etilmaydi. Qurilsa, haqiqatga zulm bo’ladi. Har tomondan mukammal va davom etayotgan vazifa obro’si to’kiladigan va to’ktirilishi mumkin bo’lgan shaxsiyatlarga bog’lanmaydi. Bog’lansa, vazifaga muhim zarar bo’ladi.

Ikkinchidan: Risola-i Nurning yuzaga chiqishi faqat tarjimonining fikri bilan yoki uning ma'naviy ehtiyoji yili bilan Qur'ondan kelgan, faqat tarjimonining iste'dodiga tegishli fayzlar emas, balki tarjimonning tinglovchilari va Qur'on darsidagi do’stlari bo’lgan xolis, metin va sodiq kishilarning fayz olishni ruhan xohlashlari, qabul qilib, tasdiqlab, hayotga tatbiq qilishlari kabi ko’p jihatlar bilan, Nurlarning chiqishiga tarjimonining iste'dodidan ko’proq sabab bo’lishgani kabi, ular Risola-i Nurning va shogirdlarining ma’naviy shaxsining haqiqatini tashkil qiladilar. Tarjimonining ham ularning uchida hissasi bor. Agar ixlossizlik bilan buzilmasa, oldinga o’tish shrafi bo’lishi mumkin.

Uchinchidan: Bu davr - jamoat davridir. Yakka shaxslarning dahosi, qanchalik g’aroyib bo’lsada, jamoatning ma'naviy shaxsi dahosiga mag’lub bo’lishi mumkin. Shu sabab, muborak qardoshimning yozganidek, Islom olamini bir jihatda nurlantiradigan va muqaddas bir dahoning nurlari hisoblangan iymon vazifasi, bechora, zaif, mag’lub, sanoqsiz dushmanga ega, xiyonat va haqorat qilinib obro’sizlantirishga urinayotgan qaysar dushmanlari bo’lgan shaxsga yuklanmaydi. Yuklansa, qusurli shaxs xiyonat zarbalari bilan dushmanlari tomonidan da'vosidan qaytarilsa, u yuk tushib, yo’q bo’ladi.

To’rtinchidan: Eski vaqtlarda ko’p kishilar ustozini, murshidini, muallimini yoki raisini shaxsiyati qiymatidan ko’ra haddan ortiq husni zon qilishlari, uning darsi va irshodidan istifoda qilishga vasila bo’lgani uchun, ko’p husni zonlar bir daraja qabul qilingan, hayotga zid deb tanqib qilinmas edi.

Lekin hozir Risola-i Nur o’z shogirdlariga loyiq ustozga muvofiq ulug’ martaba va fazilatni, ushbu bechora, qusurli shaxsimda qabul qilishgani sababli g’ayrat va shavq bilan ishlashlari bu nuqtada haddimdan ko’ra ko’proq husni zonlari qabul qilinishi mumkin. Lekin qo’limda Risola-i Nurning ma'naviy shaxsiyatiga tegishli mulk turibdi deb bilish kerak. Boshqa zindiqlar, zalolatdagilar, siyosatdagilar, g’aflatdagilar, hatto qalbi sof ahli diyonat shaxsga ko’p ahamiyat berishgani uchun, hoqqi yo’q kimsalar u shaxsni obro’sini to’kib haqiqatlarga zarba urish va Nurlarga, meningdek bir bechorani ma'dan deb o’ylab butun kuchi bilan obro’sizlantirib, nurlarni so’ndirishga va sof qalblarni ham ishontirishga urinishyapti. Jumladan, Ikkinchi masaladagi bir hodisa ushbu haqiqatni ko’rsatadi.

Ikkinchi masala: Bayramning ikkinchi kuni, tanaffus uchun qirlarga chiqqan vaqtim, ahamiyatli bir mansabdor tomonidan besh tomonlama qonunsiz hujumga uchradim. Janobi Haq rahmat va karami bilan yelkamga, boshimga yuklangan Risola-i Nur juz'larini, ruhim va qalbimga yuklangan shogirdlarining hurmat, izzat va tinchligini buzmaslik uchun, favqulotda matonat va sabr ehson ayladi. Yo’qsa reja asosida, meni g’azablantirib Risola-i Nurning, xususan "Oyatu-l Kubro"ning futuhotiga qarshi parda tortishni maqsad qilishgan ekan. Diqqat, umuman xafa bo’lmang, o’zingizni yo’qotmang, menga esa achinmang. Shak-shubhasiz Ilohiy inoyat parda ostida bizni muhofaza qilyapti.

عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ

oyatiga sazovor etsin.

Ularning rejasi yana qisir qoldi. Lekin bu viloyatda to’g’ridan-to’g’ri buyuk bir mansabdan kuch olib shaxsiyatim bilan o’ralashganlar bor. Mumkin bo’lsa, bu yerning havosiga o’rgana olmaganim uchun, munosibroq joyga jo’natishlarini so’rab Dengizli mahkamasi va Anqara Oliy Sudiga murojaat qilish kerak bo’lyapti. O’zim qila olmaganim uchun, ishini mengan yaxshi bilgan Dengizlidagi do’stlar qilishishsa yaxshi bo’lar edi. Hech bo’lmaganda bir bahona bilan u yerning qamoqxonasiga qamashsin.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq, juda muborak, juda faol, o’ta xolis, o’ta qiymatli qardoshim Xusrav!

Bayramning ikkinchi kuni qo’limga kelgan maktubingni bir musicha o’sha kuni xabar bergandek kelishi, meni qattiq xafa qilgan hujumlarning azobiga, qiyinchiliklarimga malham, darmon o’rniga o’tdi. Va qalbimga "Senga xiyonat qilgan ahamiyatsiz odamlarga qarshi Gul va Nur fabrikasi qahramonlarining g’ayri tabiiy hurmat va ehtiromlari bor ekan, bunday bir ikki vijdonsizlarning haqoratiga emas, millionlarcha dushmanlarning xiyonatiga qarshi tura oladi va harakatini yo’qqa chiqaradi." degan ma'no keldi. Lekin o’z shaxsimga qarasam qurigan, bitgan, vazifasi bitgan bir xurmo urug’iga o’xshar ekan, Risola-i Nur bog’ida bir daraja o’sha urug’dan chiqqan mevali, muhtasham katta daraxt nazari bilan qaraganini ko’rdim. Sizning favqulotda husni zoningiz mazkur daraxtdan chiqqanini va urug’ning ham bir jihatda vasila bo’lgani uchun husni zonga sazovor bo’lganini ko’rdim.

Maktubning birinchi sahifasi chiroyli chiqqan, men ham ishtirok etaman. Ikkinchi sahifaning bir necha joyiga qalamni aralashtirdim, to’g’riladim. Jumladan: Hazrati Hasan Raziyallohu Anhuning olti oylik xalifaligi bilan birga Risola-i Nurning "Javshanul Kabir"dan va "Jaljalutiya"dan olgan kuch va fayzi bilan xalifalikning eng ahamiyatlisi bo’lgan iymon haqiqatlari nashri nuqtasida Hazrati Hasan Raziyallohu Anhuning qisqa muddatini uzun vaqtga aylantirib tom beshinchi xalifa nazari bilan qaraymiz.

Chunki haqiqiy adolat bilan bu asrda insonlarni baxtli qiladigan iste'dodda bo’lgan, Risola-i Nurdir. Uning ma'naviy shaxsi Hazrati Hasan Raziyallohu Anhuning muovini, to’ldiruvchisi, ma'naviy farzandi hukmidadir, deb maktubingni to’g’riladim. Bunga o’xshagan senga vakolat bilan bir-ikki joyiga qalam aralashtirdim. Lekin o’sha kuni mahkama kitoblarim ichida menga berilgan maktublarning qoralamalari va ularning ustida yashil qalam bilan qo’yishgan ishoratlariga qaraganda qattiq ahamiyat berishgan va qoralamalar ichida ushbu sizga yozgan nuqsonli bo’lakchani ko’rdim. Fasubhanalloh dedim. Maktubingga menga javob bering degan ma'noni tushundim.

Balki ushbu bo’lakcha "Ilova"ga kirgan, sizga ham bir nusxasini yozyapman. Bo’lakcha shuki:

"Mening kamchiligi ko’p shaxsimga husni zon bilan bergan maqomlaringiz jihatidan emas, balki vazifaga, xizmatga tegishli tomondan qarashingiz kerak. Parda ochilsa, mening boshdan oyoq kamchilikka to’la mohiyatim, mendan qochishga vasila bo’ladi. Sizni qardoshligimdan qochirmaslik, pushaymon qilmaslik uchun aloqangizni shaxsiyatimga haddimdan juda ortiq tasavvur qilgan maqomlarga bog’lamang. Men sizga nisbatan qardoshman, murshidlik qilish mening haddim emas. Ustoz ham emasman, balki dars o’tog’ingizman. Men sizning kamchiliklarimga qarshi shafqat bilan duo qilishingiz va himmatingizga muhtojman. Mendan himmat kutishingiz emas, menga himmat qilishingizga haqliman. Janobi Haq ehson va karami bilan sizga o’ta muqaddas va o’ta ahamiyatli va har bir iymon ahliga manfaatli xizmatda ish taqsimi qoidasi bilan ishtirok etyapsiz. Birdamligingizdan hosil bo’lgan bir ma'naviy shaxsiyatning favqulotda ahamiyat va qiymati va ustozligi va irshodi bizga kifoyadir.

Modomiki bu davrda

iymon xizmati hamma narsadan ustun muqaddas vazifa ekan,

son esa sifatga nisbatan ahamiyati oz ekan,

vaqtinchalik va o’zgaruvchan siyosat doiralari, abadiy, doimiy, sobit iymon xizmatiga qiyoslanib bo’lmaydigan nisbatda ahamiyatsiz ekan,

Risola-i Nur doirasida bizga baxsh etgan fayzli maqomlarga qanoat qilishimiz kerak. Mening haddimdan ortiq favqulotda husni zon bilan bo’rttirib oliy maqomga qo’yish o’rniga, favqulotda sadoqat va sabot, haddan ortiq aloqa va ixlos lozim. Bu masalalarda taraqqiy etishimiz kerak." Haqiqatdan ushbu masalalarda taraqqiy etgansiz. (Bitti)

* * *

Aziz, siddiq, metin, muxlis qardoshlarim!

Ham moddiy, ham ma'naviy, ham nafsim, ham men bilan muomala qilganlar o’ta ahamiyatli savol berishyapti: "Nima uchun hammaga qarshi (hech kim qilmagan) sizga yordam bermoqchi bo’lgan juda ahamiyatli kishilarga qaramayapsiz? Behojatligingizni bildiryapsiz? Hamma kutgan, tolib bo’lgan va Risola-i Nurning tarqalishiga, futuhotiga ko’p xizmat qilishlariga Risola-i Nur shogirdlarining xoslari ittifoq qilgan va sizdan qabul qilgan buyuk darajalarni qabul qilmayapsiz? Qattiq chekinyapsiz?

Javob: Umum iymon ahlining ming yildan beri yig’ilgan zalolat fikridagilarning hujumiga qarshi xalqning iymonini muhofaza qilinsihi uchun bu davrda iymon ahli- koinotda hech narsaga vosita, tobe va zina bo’lmaydigan, hech qanday g’araz va maqsad kir qila olmaydigan va hech qanday shubha, falsafa mag’lub qila olmaydigan tarzda iymon haqiqatlarini dars beradigan haqiqatga muhtojlar.

Shuning uchun, Risola-i Nur avom iymon ahli nazarida, dunyoviy hayotning ba'zi maqsadlariga vosita bo’lmasligi va to’g’ridan to’g’ri boqiy hayotdan boshqa nech narsaga vosita bo’lmagani favqulotda kuchi va haqiqati, hujum qilgan shubha va ikkilanishlarni yo’q qilishi uchun ichki va tashqi yordam beruvchilarga va ahamiyatli kishilarga, ahamiyat bermaydi, ularni izlab tobe bo’lmaydi.

"Ammo ma'naviy, maqbul, zararsiz, butun iymon va haqiqat ahli istagan nuroniy maqomlar va uxroviy rutbalardan xolis qardoshlarimizning husni zon bilan berilgan va ixlosingizga zarar keltirmay, qabul etsangiz rad qilinmaydigan darajadagi hujjatlar bo’lsada, tavozu va mahviyat bilan, balki shiddat va g’azab bilan sizga maqom bergan qardoshlaringizning hurmatini qadrlamay u rutbalar va maqomlardan qochyapsiz?"

Javob: Hamiyatli bir kishi do’stlarining hayotini qutqarish uchun o’zini fido qilgani kabi, iymon ahlining abadiy hayotlarini tahlikali dushmanlardan muhofaza qilish uchun, kerak bo’lsa (hozir juda kerak) bir o’zim loyiq bo’lmagan maqomlarni, balki haqiqiy abadiy hayotning maqomlarini ham fido qilishga, Risola-i Nurdan olgan shafqat darsidan tark etaman. Ha, har doim, xususan bu davrda va alalxusus falsafianing g’alabasi vaqtida, "men"lik va xudbinlikning hayajonga kelgan asrida, buyuk maqomlar hamma narsani o’ziga tobe va vosita qiladi. Ma'naviy maqomlar bo’lsa yanada ko’proq vosita qilishadi. Umumning nazarida o’zini muhofaza qilish va u maqomlarga o’zini loyiq deb bilish uchun ba'zi muqaddas xizmatlarini va haqiqatlarni vosita va vasila qilyapti degan tuhmatga qolib, nashr qilgan haqiqatlari ham ikkilanishlar bilan rivojlana olmaydi. Shaxsga, maqomga bir foydasi bo’lsa, rivojlanmagani uchun umumga zarari ming bo’ladi.

Xulosa: Ixlos haqiqati meni - shonu sharafga, moddiy-ma'naviy rutbalarga vasila bo’ladigan narsalardan man qiladi. Aksi esa Nur xizmatiga katta zarar keladi, son sifatga nisbatan ahamiyatsiz bo’lgani uchun, xolis xodim sifatida ixlos haqiqati bilan, hamma narsaning ustida iymon haqiqatlarini o’n kishiga dars berishni buyuk qutblik bilan ming odamni irshod qilishdan ahamiyatliroq deb bilaman. Chunki o’n kishi haqiqatlarni hamma narsaning ustida deb bilishgani uchun sabot qilib, urug’lar o’rnida bo’lgan qalblari, daraxt bo’la oladi. Lekin u ming odam dunyodan va falsafadan kelgan shubhalar va vasvasalar bilan, qutbning darslarini xususiy maqomidan va xususiy hissiyotidan kelib chiqqan degan nazarda qarab, mag’lub bo’lib tarqalib ketishlari mumkin. Bu ma'no uchun maqomlar o’rniga xizmatkorlikni tanlayman.

Hatto bu safar meni besh tomondan qonunsiz shaklda, bayram vaqti, dushmanlrimning rejasi bilan menga xiyonat qilgan ma'lum odamga hozircha bir balo kelmasin deb xavotirlandim. Chunki masala bo’rttirilgani uchun to’g’ridan to’g’ri avom kishilar menga maqom berib g’aroyib karomat hisoblaydilar deb, "Ya Robbi, bu kimsani isloh qil yoki jazosini ber. Lekin karomatli tartibda bo’lmasin", duo qildim. Munosabati keldi, bir narsani bayon qilaman:

Bu safar menga mahkamadan qaytarib berilgan talabalarning maktublari ichida ustida ko’p izmolar bo’lgan bir maktubga ko’zim tushdi. Balki "Ilova"ga kirgandir. Risola-i Nur shogirdlarining tirikchilik jihatidan barakotiga va ba'zilarining ta'zir yeyishlariga doir edi. Bu yerda aynan Kastamonuda ta'zir yeganlar kabi bu yerda besh kishi ta'zir yeganiga shubha qolmadi.

{(*) Ha biz ko’zimiz bilan ko’rdik, umuman shubhamiz qolmadi.

Bu yerning talabali nomidan Jaylon, Ibrohim}

Risola-i Nur kotibi, "Nega do’stlarning kamchiligiga ta'zir keladi. Hujum qilgan dushmanlarga bunday bo’lmaydi?" deb so’radi.

Javob: Xodim bo’lmagan yoki xususiy, shaxsiy hurmati bilan xiyonat qilgan kimsa xususiy ta'zir yeydi. Bunday holatlar ko’p. To’liq sadoqatlilarga tirikchiligidagi barakot va qalbidagi xotirjamlik jihatidan ikromlarga sazovor bo’lgan kishilar ham juda ko’p. Agar xodim bo’lsa qonun nomidan qonunsiz xiyonat qilgan, hujum qilgan kimsa yurtga, bechora aholiga umumiy ta'zir kelishiga vasila bo’ladi. Yo zilzila, yo yomg’ir yog’masligi, yo kasallik yoki dovul kabi ymumiy balolar kelishiga sabab bo’ladi. O’zi zohiran xususiy ta'zir yemagandek ko’rinishi mumkin.

Lekin agar dinsizlik hisobiga, iymoniy xizmatimizga hujum qilganlar bo’lsa

اَلظُّلْمُ لَا يَدُومُ وَالْكُفْرُ يَدُومُ

qoidasiga binoan, unday kimsalarning kufr darajasiga kelgan zulmlari (buyuk bo’lgani uchun) oxiratga kechiktiriladi. Aksariyat kichik zulmlar kabi jazosi dunyoda berilmaydi.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy

* * *

ANQARADAGI ICHKI ISHLAR MUDIRIGA!

[Yigirma yildan beri g’ayri rasmiy holda, ham yakka qamoq, ham odamlardan ajratib qo’yilib, sababsiz vahimalar sababli tengi yo’q tazyiq ko’rgan bo’lsamda, sukut qilgan bechora bilan rasmiy emas, haqiqiy va jiddiy gaplashishni xohlasangiz, siz bilan bir oz gaplashaman.]

Avvalo: Ikki yilda ikki mahkama yigirma yillik asarlarimni, maktublarimni tadqiq qilgandan keyin, boshqaruv va ososyishtalikka qarshi hech qanday dalil topilmagani va topa olishmaganiga dalil shuki: barcha mahram va g’ayri mahram kitoblarimni oqlanishim bilan birga qaytarib berishlari inkor qilib bo’lmas hujjatdir, tasdiqdir.

Yigirma yildan avvalgi hayotim, bu vatan va millat foydasiga fidokorlik bilan sarf etilganiga dalil shuki, eski harbi umumiyda ko’ngilli bo’linma qo’mondoni sifatida boshqo’mondonning maqtovi ostidagi xizmatlarim bilan va milliy harakatda favqulotda xizmatimni Anqaradagi hukumat raislari taqdirlab, Oliy Majlis meni u yerda ko’rishganida olqishlashlaridir.

Demak menga yigirma yil berilgan azob, batamom qonunsiz va o’zboshimcha muomaladir. Yigirma yil qirq bayramimni yakka holda, yolg’iz o’tkazdim. Endi yetar! Qabr eshigi qarshisidaman, meni dunyoga qaratmang.

Osoyishtalik raisi bo’lganingiz uchun mening xizmatimga tarafdor bo’lishingiz kerak. Chunki mahkamalar xulosasiga ko’ra Risola-i Nurning darslari, dunyoga qaragan vaqti bor kuchi bilan osoyishtalik tamallarini muhofaza qilish, tinchlikni asrash va buzg’inchilik va qo’zg’olonlarning oldini olish bo’lganini uch viloyat zobitlik sho’balari tushungani muqaddas va ma'naviy askariy politsiya komisarlari o’rnida ekaniga dalildir.

So’nggi kunlarda mansabdorlar aholini men bilan ko’rishishdan qattiq qo’rqitganlari uchun men haqqimda haddimdan ortiq va loyiq bo’lmagan insonlar e'tiborini ketkazishga urinishganini tushundim. Sizga buni qat'iyyan bayon qilaman va qardoshlarimga yozgan mahram maktublarimda omma e'tiborini qat'iyyan (tutgan yo’limiz va ixlosimizga zid bo’lgani uchun) shaxsimga qabul qilmayman va rad qilaman. U xususda juda xos qardoshlarimning ham hurmatini ketkazganman. Faqat Qur'oni Hakimning haqiqatini mislsiz suratda tafsir qilgan Risola-i Nurning qiymatini ko’rsatgan eski zotlarning g’aybiy xabarlarini qabul qilib yozgan edim. O’zim oddiy xizmatkor ekanimni isbotlagan edim. Omma e'tiborini qabul qildim ham deyaylik, bu osoyishtalik foydasiga xizmat qiladigan va sizning kabi tinchlik xodimlariga foydasi tegadi.

Modomiki o’lim o’ldirilmas ekan, u hayotdan ko’ra ko’proq ahamiyatli masala ekan, to’qson foizi hayotning salomatligiga harakat qilishayotgan ekan, biz Risola-i Nur shogirdlari hammaning boshiga aniq keladigan o’limning dahshatli hujumiga qarshi mujodala qilyapmiz. Hadsiz shukr bo’lsinki, hozirgacha o’limning abadiy o’ldirilishini Risola-i Nur yuz minglab odamga xizmatdan bo’shash ruxsatnomasiga aylantirganiga yuz minglab guvohlar ko’rsata olamiz. Ushbu haqiqat nuqtasini siz kabi vatanparvar, millatparvarlarning bizni tashviq bilan olqishlashi kerak ekan, vahimalar bilan tuhmat qilib bosimlar bilan qo’rqitish insof va hamiyatdan qanchalik uzoqligini insofingizga havola qilaman.

G’ayri rasmiy ajratib qo’yilgan va yakka qamoqdagi

Said Nursiy

* * *

AFYON ICHKI ISHLAR MUDIRLIGIGA

Men sizning odamgarchilik va vijdoningizga tayanib, mahram ishlarimizni sizga bayon qilaman. Ham vazifa e'tibori bilan siz biz bilan juda aloqadorsiz. Chunki Risola-i Nurning osoyishtalik nuqtasida yigirma yildan beri yuz ming shogirdlari hech qanday buzg’unchilik voqea bo’lmagani kabi, juda ko’p zobit xodimlarning e'tirofi bilan va zararimizda hech qanday qayd etilmagani buni isbot qiladi. Bu yerga Anqara Ichki Ishlar Vaziri kelganini bir boladan eshitdim. Har holda mening holimni so’radi deb bir narsalarni qalamga oldimki, bezovtaligim sababli u bilan gaplashish o’rnida taqdim qilay. Birdan ketganini eshitdim. Sizga konvertda jo’natyapman, munosib ko’rsangiz ma'lumot uchun jo’nating. Men dunyo ishlarini bilmayman, odamlar bilan gaplasha olmayman. Fikrini olishga bu yerda sendan boshqa kishim yo’q. Shaxsimga oid masala juda ahamiyatsiz, kishik bo’lsada, Risola-i Nurga oid masala bu vatan va millatga juda katta ahamiyati bor.

Sizga qat'iyyan, ko’p belgilar bilan va qat'iy qanoat bilan bayon qilamanki, yaqin kelajakda bu vatan, bu millat va bu yurtdagi hukumat Islom olamiga va dunyoga qarshi o’ta shiddat bilan Risola-i Nur kabi asarlarga muhtoj bo’ladi, mavjudiyatini, haysiyatini, sharafini, tarixiy iftixorini uni o’rtaga chiqarib ko’rsatadi.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Aliko’yda Risola-i Nur shogirdlaridan Ali Afandi munofiqlar haqida bir oyati karimani soryapti. Hozir izohlashga vaqtim bo’lmagani uchun, ikki jumla bilan qisqacha bayon qilaman.

"Munofiq o’lganidan keyin janoza namozi o’qilmaydi" ma'nosidagi oyat, o’sha vaqtdagi Ilohiy xabar bilan bilingan qat'iy munofiqlar demakdir. Yo’qsa gumon bilan, shubha bilan munofiq deb janozasini o’qimaslik, bo’lmaydi. Modomiki "La Ilaha Illalloh" desa ahli qibla bo’lar ekan, ochiqdan ochiq kufr so’zini aytmasa yoki tavba qilsa, namozi o’qiladi. U Aliko’yda Alaviylar ko’p ekanini va bir qismi Rofiziylikkacha borishlari nazari bilan, ularning eng yomoni munofiq haqiqatiga dohil bo’lmaslik kerak bo’ladi. Chunki munofiqning e'tiqodi bo’lmaydi, qiblasiz va vijdonsizdir, Payg’ambarimizga (A.S.V.) qarshidir. (Hozirgi ba'zi zindiqlar kabi.) Alaviy va Shialarning haddidan oshganlariga kelsak, Payg’ambarga (A.S.V.) qarshi emas, balki Oli Baytning muhabbatidan, haddidan oshib muhabbat qilishadi. Munofiqlarning qarshiligiga muqobil bular haddidan oshishadi.

Haddi Shariatdan chiqqan vaqtlari, munofiq emas, bid'atchi, fosiq bo’lishadi, zindiq darajasiga yetib bormaydi. Hazrati Ali Raziyallohu Anhu yigirma yil hurmat qilgan va ularga shayxulislom martabasida ularning hukmini qabul qilgan Abu Bark, Umar, Usmon Razyallohu Anhumlarni yomonlamasa, Hazrati Ali Raziyallohu Anhu uch xalifaga hurmat qilganidek, ular ham hurmat qilishsa va farz bo’lgan namozlarni qilishsa, yetadi.

Modomiki Risola-i Nur shogirdlarining eng buyuk ustozi, Payg’ambardan (A.S.V.) so’ng "Jaljalutiya"ning shahodati bilan Imom Ali Raziyallohu Anhu hisoblanadi. Uning muhabbatini da'vo qilgan Shialar, Alaviylar, Risola-i Nurning darslarni Sunniylardan ko’p tinglashmasa, Oli Baytga muhabbat da'volari yanglish bo’ladi. Zotan necha yil avval Alaviy qishlog’ida uch Alining himmati bilan ma'sumlar Risola-i Nurni shavq bilan yozishlarini eshitdim. Hatto o’sha davrda, u qishloqni ham duoimga dohil qilganman. Inshaalloh yana u yerda imom bo’lishni xohlagan qardoshimiz Alining himmati bilan va Hofiz Alining (R.A.) vorisi Kichik Ali kabi qardoshlarimizning g’ayrati bilan ular haqidagi duolarim bo’sh ketmaydi, u qishloqdagi ikki qism Sunniy, Alaviy ittifoq qiladi.

* * *

O’tgan xiyonat hodisasidan xavotirlanmang. U hodisa so’ndi, rejalari qisir qoldi. Qilgan odam ham, hozir o’zini umumiy nafratdan qutqarish uchun, qasam bilan inkor qilyapti. Men uni, u ekanini bilmadim. Yo’qsa ishim yo’q edi. Zotan qilmagan. Qo’lini uzatdi, boshimdagi ro’mo’lchani ochdi, ham bu yerga Anqara Ichki Ishlari muhim mansabdorlar bilan bu yerga kelishini xabar olgani uchun xiyonat qilishga jasorat qildi. U katta mansabdorlar bu yerga kelishdi. Menga qarshi bo’lgan viloyat hokimi Rumelili bo’lgani uchun men bilan gaplashmadi. Men sizga jo’natgan gaplashishni xohlagan qismni Afyon Ichki Ishlar mudiri vositasida Anqarada unga jo’natish uchun konvertga solib Afyon Ichki Ishlar bo’limiga jo’natdim. Men qat'iyyan xafa emasman. Zotan ahamiyati ham qolmadi. Siz ham xavotir olmang. Hamma narsada bo’lganidek, bunda ham qadari Ilohiy menga ularning zulmini ahamiyatli marhamatga aylantirganini qat'iyyan ko’rdim, Allohga shukr qildim.

Kechagi bayram, bayramdan keyin menga jo’natadigan omonatlarni kutayotib, maktubingizni oldim: "Bir ma'lumot bo’lmasa o’n kun keyin beramiz", jumlasini ko’rdim. Demak xavotirlangansiz, shuning uchun jo’natmagan ekansiz. Xavotir olinadigan narsa yo’q. Lekin bu yerga ahamiyatli mansabdorlar kelgan vaqti jo’natmaslik, omonatning bu yerga kelmasligi, beixtiyor bir chiroyli ehtiyot bo’lgan.

* * *

Salohiddinning meni xursand qilgan va bu dovullar sadoqatiga, sabotiga umuman ta'sir qilmaganini va doim bir Abdurrahmon o’rnida bo’lganini va u atrofdagi qardoshlarimiz to’xtamay ishlayotganlarini juda uzun va o’n maktubchalik maktubini oldim, mashaalloh dedim. Ota-o’g’il Isparta qahramonlari kabi metin turishibdi. Lekin hozir Risola-i Nurning chop etilishi suratidagi tarqalishi, haqiqiy ixlos va kuchli birdamlik, kamchiliklarga o’zaro ko’z yumish kerak bo’lgani uchun, Kastamonu viloyatidagi qardoshlarimiz, Ispartaliklarga ixlos va birdamlikda o’xshashga majburlar. Inshaalloh ular ham shaxsiy hissiyotlarini bu muqaddas xizmatning zarariga iste'mol qilishmaydi.

Garchi Risola-i Nur porloq va kuchli haqiqatlari bilan erkinligini qozondi va dushmanlrini bir jihatda mag’lib qildi. Lekin eski vaqtdan ko’ra ehtiyot bo’lishga ehtiyojimiz bor. Chunki munofiq dushmanlar to’xtamayapti, bahonalar qidirishyapti, hukumatni aldashga urinishyapti.

Salohiddin xususiy, o’ziga oid bir masalani so’ryapti. Dunyoga ijtimoiy hayotga bog’lanishni xohlayapti. Modomiki u xoslar ichida ekan, qat'iyyan Risola-i Nur xizmatiga zarari bo’lsa, kirmaydi. Agar bilsa, rafiqasini ba'zi xos qardoshlarimiz kabi Risola-i Nurning xizmatiga yordam berishga harakat qilsa, u hayotga kirishi mumkin. Chunki xoslarning hayoti Risola-i Nurga oiddir va shaxsi ma'naviyini tamsil qilgan shogirdlarining uyg’un ko’rishi ila qayd ostiga kirishi mumkin. Ota-onasining ra'ylari ham bo’lsa, inshaalloh zarari yo’q.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Xavotir olmang, o’zini yo’qotadigan narsa yo’q. Faqat bayramdan keyin Anqara Ichki Ishlar mudiri, muhim ma'murlar bilan bu yerga kelishlari va bir jihatda men bilan ham yashirin aloqa bilan kelishidan avval bir qo’mondon, ularning kelishidan jasorat olib menga yana yopishdi.

Lekin keyin pushaymon bo’lishdi. U katta ma'murlar kelgandan keyin, xavotirlanadigan narsa bo’lmadi. Taxminimcha menga oid masala bir daraja qardoshlarimga ta'sir qilmasligi jihatida, Fayziga zohiran, yengil hujum qilgan. Lekin qiziqdim, uni kovlashga nimani bahona qilishibdi? Nimani qidirshgan? Tafsiloti qanday? Modomiki ikki yillik tadqiqotdan keyin uch mahkama kitob va maktublarimizni istisnosiz qaytarib berishgan ekan, ular ham bizni dunyo siyosatiga aloqador bo’lmaganimizni bilishdi. Yana nima qidirishyapti? Bu xususiy, balki ko’ra olmaslikdan yo g’araz yoki yashirin zindiqlarning turtkisi bilan ba'zi qonunsizliklar qonun nomidan qilinyapti. Bunday holatlarga javoban to’liq matonat, birdamlik, qaytmaslik va xavotir qilmaslik kerak.

* * *

Aziz, siddiq qardoshim!

Masjidda oz gaplashdik, ba'zi kerakli narsalar aytaman, esingizda qolsin.

Avvalo: Badradagi yuz yilik vazifani o’n yil ichida qilgan Sabri qardoshimizning samimiy do’stlari bo’lgan Haqqi, Xulusiy پ Mahmud va Barlada Shomli, Sulaymon, Bahri kabi qiymatli qardoshlarimizga men tomonimdan ko’p salom ayting.

Ikkinchidan: Kichik Alining katta qardoshi muborak Mustafoning Abdurrahmondan irsiyatdan olgan vazifasini, qahramon qardoshi va muborak xodimi u vazifani to’liq qilyapti. Uning vazifasi va xizmati davom etyapti, xavotirlanmasin. Hofiz Mustafo haqiqatdan marhum Hofiz Ali davrida u bilan birga ekkan nuroniy urug’lari juda muborak mahsullar berdi.

Ham Hofiz Ali (R.A.) vafotidan keyin qamoqda uning o’rniga menga xizmati har doim uni xotiramga keltiradi. Marhum Lutfining ahamiyatli vorislaridan Abdulloh Chovush, qahramon Tohiriy bilan uning Otabey qishlog’ini Nurs qishlog’im darajasiga chiqarishdi. Islomko’yli Abdulloh, Hofiz Ali (R.H.) davrida Risola-i Nurga ko’p xizmat qilgan edi. Ularning barchasiga salom aytaman. Muborak Tohiriyning kichik Madrasa-i Nuriya hisonblangan uyidagi muboraklarga duo qilaman. Yangi bir Hofiz Alining (R.A.) namunasini ko’rsatgan va Milosli Halil Ibrohimning sadoqatini eslatgan Islomko’yli Halil Ibrohim va u yerda unga o’xshagan qardoshlarimga ham ko’p salom aytaman. Xususan Ispartada qahramon Rushduning qahramon qardoshi Burhon bizni ko’p minnatdor qilganini va oz ish bilan bizga va Risola-i Nurga juda ko’p ish qilganini ayting. Zotan senga og’zaki aytgan edim, unutma, xususan Zakoiy bilan ko’rishib "Janobi Haqqa shukr qilaman. Yana Zakoiy nomida va o’xshagan jiyanim Abdurrahmonni berdi." degin. Yana og’zaki aytgan narsalarimni bilasan, sen mening maktubimsan.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Sizning bu safar baxtiyor chiroyli maktublaringiz, Risola-i Nurning erkinligi va matbaa eshigi bilan tarqalishi xabari meni juda masrur ayladi. Qahramon Tohiroyning yana bir ahamiyatli ishda ishlashi uchun bu yerga kelishi meni dunyoga qattiq qarashga yo’naltirdi. Qalban aytdimki: Modomiki qardoshlarim bu daraja istashyapti, chorasini qidiramiz. Tunda qalbimga keldiki: Ikki ahamiyatli sababdan Ilohiy inoyat to’liq ozod bo’lishi va hammasini eski harflar bilan chop etishga to’liq izn bermayapti.

Birinchi sabab: Imom Alining (R.A.) ishorat qilganidek, parda ostida har bir xohlagan odam o’z qalami bilan yoki boshqa qalamni ishlatib buyuk ibodat va oxiratda shahidlarning qoni bilan teng tarozida tortilgan siyoh bilan mujohada hukmidagi kitobat bilan iymon nurlarini nashr etishdir. Agar chop etilsa, hamma osonlik bilan qo’lga kiritgani uchun, qattiq harakat qila olmaydi. Nashr qilinishiga amaliy xizmat vazifasini yo’qotadi.

Ikkinchi sabab: Risola-i Nurning muhim vazifasi, Islom olamining aksariyatining yozuvi va xati bo’lgan Arab harflarini muhofaza qilish bo’lgani uchun, chop etish yo’li bilan ishga kirishilsa, hozir xalq faqat yangi harflarni biligani uchun, aksariyat risolalarni yangi harflar bilan chop etish kerak bo’ladi. Bu esa Risola-i Nurning yangi harflarga bir fatvosi bo’lib, shogirdlari ham oson yozuvni tanlashiga sabab bo’ladi. Shuning uchun hozirgacha eng loyiq va munosib ekan, Risola-i Nurga erkinlik berilmagan edi. Lillahilhamd hozir haqiqatlarning kuchi bilan erkinligini qozondi. Hatto eski harf bilan chop etish man etilgan ekan, "Oyatu-l Kubro"ning bizga qaytarib berdirib, bir karomati akbar ko’rsatdi.

Hozir biz o’ta muhim va hammaga kerak bo’lgan "Meva" va "Hujjatul Balig’a"ni bir jildda yangi harflar bilan chop etish uchun Tohiriy bilan Istanbulga jo’natdim. Faqat "Meva"ning O’ninchi va O’n birinchi Masalalarini vaqt topa olmay tahrir qilmay berdim. Agar chop etilsa, u ikki masalani to’liq tahrir qilib unga jonatasiz.

U ikki risola ichkarida yo xorijda, oshkora yoki yashirin, Istanbulda yoki tashqarida eski harflar bilan chop etish lozim.

"Mo’'jizoti Qur'oniya" zayllari bilan va "Mo’'jizoti Ahmadiya (A.S.V.)" ham zayllari bilan birga ikkalovi bir jild holida eski harflar bilan imkon doirasida yo Istanbul yoki boshqa joyda eski harflar bilan, muvofiqli "Hizbun Nuriya", "Hizbul Qur'on" kabi chop etilishiga harakat qilish kerak. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ko’zga ko’ringan muvofiqlik mo’'jizasining muhofaza qilinishi bilan chop etilishiga muqaddima bo’lsin. Faqat shoshilmasdan, mashvarat bilan, ehtiyot bo’lib bu muqaddas masalaga harakat qilish kerak bo’ladi.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytib, salomatliklariga duo qilamiz. Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, eng eski shogirdlardan Kotib Usmon va Halil Ibrohim umuman qaytmay, sadoqatlarida o’zgarmay temirdek davom etib, ko’pchilikka go’zal namuna bo’lyaptilar.

* * *

YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING ILOVASI ZAYLI

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu safar shahid marhum Hofiz Alining ahamiyatli bir vorisi va Dengizli talabalarining yuksak bir vakili va Dengizli shahrining Risola-i Nurga favqulotda yo’nalganlarining tarjimoni qardoshimiz Hasan Fayzining Risola-i Nur haqida favqulotda sano bilan juda uzun yozilgan adibona maktubini oldim.

{(*) Bu uzun maktubning hammasi, Konferensiya nomli kitobda nashr qilingan.}

Risola-i Nurning menga qaytarib berilishi munosabati bilan, qardoshimiz Hofiz Mustafoning harakati haqida yozgan maktubimning ichida ushbu maktub Risola-i Nurning juda ahamiyatli qiymatini muxtasar shaklda bayon qilinishiga va avvaldan sezish hissi maktublarimdagi ahamiyatli da'volarimga mos izoh va Dengizli shahrining Risola-i Nur foydasiga kuchli shahodati va bir guvohi bo’lish jihatidan, ham bu kishi maktab fanlari bilan qattiq aloqador bo’lib tajribali muallim va olim bo’lgani uchun, Risola-i Nur haqidagi ushbu o’tkir guvohligini juda muhim ko’rdim.

Faqat menga tegishli qismlari yo hatlanishi yoki to’g’rilashni munosib ko’rdim. Bir, ikki, uch joyda esa hammaga ko’rsatishni munosib ko’rmaganim uchun, ustini chizdim va sizga ham Yigirma Yettinchi Maktubning yoki uning Ilovasining zayli sifatida jo’natdim. Bu qism maktubimni uning maktubining boshiga yozasiz. Hasan Fayzi qardoshimiz, uning ba'zi jumlalarini hatlaganim uchun, jahli chiqmasin. Chunki umum talabalarga hatlangan qism kerak emas, xususiy shaxslarda qolishi mumkin.

Bu kishi to’g’ridan to’g’ri iymon va Qur'on haqiqatlarini bir ma'naviy shaxs mohiyatida Risola-i Nur ma'naviy shaxsining jasadiga kirgan va juz'larining libosini kiygan holda favqulotda sano bilan xitob qilyapti. Oq’gan sari e'tiroz bilan "buning husni zoni haddan ortiq" deb o’ylab turganimda, Qur'on haqiqati ma'nan, "Jasadga, libosga qarama, menga boq. U men haqimda aytyapti. To’g’ri gapiryapti." dedi. Men boshqa aralashmadim. Faqat Risola-i Nur tarjimoni haqida ochiqdan ochiq yo ishorat bilan yoki kinoya bilan uning haddidan ortiq sano bilan ta'bir qilinishini to’g’rilash kerak. Boshqalar, xususan tanqidchilar nazarida bechora shaxsimga bu nav' husni zonini qabul qilmaslik yo’limizga lozim, to’g’rilashimga jahli chiqmasin.

* * *

U (Badiuzzamon), Nurning xodimidir. Agar dunyoni istasa va tilasa edi, unga taklif qilingan hadya va chiroyli narsalarni, zakot va sadaqalarni, sovg’a va meroslarni olganida, bugun millioner bo’lar edi. Lekin u Jabobi Umarning (R.A.) aytganidek:"Ustimga ko’p yuk olsam, Koinotning Gapiruvchi Ruhi va Allohning habibi Muhammadi Arabiy Alayhissalotu vasallamga va u zotning yoroni bo’lgan komil va vosillarga yeta olmay, yarim yo’lda qolaman",deganlar.

"Hamma narsa va olamlarni sen uchun yaratdim, habibim" farmoniga, "Men ham siz uchun ularning hammasini tark etdim va fido qilaman", deb bergan javobi Hazrati Risolatpanohiga tobe bo’lish va namuna olib, u kishi ham dunyo va uning ichidagi hamma narsani, muhabbat va savdosini tark etib, hatto tarkni ham tark qilib butun xizmat va himmatini va ushbu nozik hayotini Qur'on nurlarining yoyilishiga sarf etib, bag’ishlagan.

Buning uchun hozir chekkan butun qiyinchiliklar rahmat, qilgan xizmatlari hikmat bo’lgan. Jaloli sabab jamolini ko’rsatib, olam bir gulzori kamol topgan.

"Lutfu qahri bir narsa bilmagan chekti azob,

U azobdan qutulib, sulton bo’lgan anglar bizni."

Niyozi Misriy kabi gapirgan bir tarjimon hamma narsani hush ko’rib, qatrani ummon, odamni inson va nurini olamga sulton aylagandir.

Unga "Qurdiy" deyilishi va "Qasida-i Hazrat-i Imom Ali (R.A.)" da ko’rilgan يَا مُدْرِكًا so’zi hazf va o’zgartirishda "Qurd"ga imo va ishorati borligi, haqiqatdan Qurdligiga dalolat qilmaydi va uning sharafli shajarasi va sayyidlikdan tushirish va uzoqligini bildirmaydi. Bu hujjat va izofa faqatgina Qurdistonda tug’ilib katta bo’lgan va bu laqab bilan tanilib, mashhur bo’lgan zotning Risolat-in Nurning tarjimoni ekanini dunyoga e'lon qilish uchundir. Yo’qsa Qurdligini isbotlash uchun emas. Qurdcha bilishi, milliy kiyimda yurishi va shunday ko’rinishi o’zini satr va yashirish uchun bo’lib, haqiqiy shaxsiyat va millatini toptash, inkor qilish ma'no va maqsadida emas, deb tushunaman. Islom Olami va bashariyatga, Haramayni Sharifaynga asrlar davomida xizmat qilgan bu qahramon Turk millatini uning qattiq yaxshi ko’rishida va hayotining muhim qismini asosan Turklar bilan yashagan bu viloyatda o’tkazishida buyuk hikmatlar, ma'no va mulohazalar bo’lsa kerak.

Obi ro’yi Habib Akram uchun

Karbaloda ravon bo’lgan qon uchun

Ayriliq tunida yig’lagan ko’z uchun

Ishqing yo’lida sudralgan yuz uchun

Risola-i Nurga, Ustozga va Islomga zafar ber ya Robbi! Omin!

Ey Risola-i Nur! Seni so’ndirishni xohlagan badbaxtlarning kelajak yulduzi so’nsin. Izzat va istiqboli, shon sharafi aksiga aylansin. Sen so’nmas va o’lmas nursan.

Bo’ying baland, ko’zing shahlo majnun seni laylo

So’zing yerda, ko’zing Arshda, ko’ngil maftun senga jonga

Niqobing nur, nigohing nur, kitobing nur sening ey nur

Bog’ing Nursiy, fe'ling munis, o’zing idris tek raqibsiz

Ochilgan gul, sayrar bulbul, yuzida bor zarif bir tul

Yozilgan ustingga nurdan قَابَ قَوْسَيْنِ اَوْ اَدْنَى

Senga jonin fido qilmasmi sendan ko’rganlar haq

So’zing haq, o’zing haq, yo’ling haq, maqoming Ka'batul Ulyo.

يُرِيدُونَ لِيُطْفِوءُا نُورَ اللّٰهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللّٰهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

Ustozim Afandim Hazratlari!

Men bu yozuvlarni Risolat-un Nurning qo’li, qalami va tili bilan bu haqir qalbimga undan sachragan kichik cho’g’ parchasi bilan yozdim. Qabulini, yordam va ilhomning uzilmasligini iltimos qilib, hurmat bilan qo’llaringizdan o’paman va duolaringizni kutaman afandim.

Duoingizga muhtoj talabangiz

Hasan Fayzi

(Rahmatullohi Alayh)

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Qalbimga sizga to’rt masalani bayon qilish eslatildi:

Birinchisi: Ham hol tili, ham qol tili bilan va boshqa tazohurlar bilan so’ralgan savolga javobdir.

So’ralyaptiki: Modomiki Risola-i Nur ham karomatli, ham tariqatlardan ortiq iymon haqiqatlarining inkishofida taraqqiy ettiradi, uning sodiq shogirdlari qisman bir jihatda valiylik darajasidalar. Nima uchun avliyolar kabi ma'naviy zavq va kashfiyotlarga, moddiy karomatlarga sazovorliklari ko’rinmaydi, uning talabalari unday narsalarni qidirishmaydi. Buning hikmati nimada?

Javob: Ilk sababi - ixlos sirridir. Chunki dunyoda vaqtinchalik zavqlar, karomatlar nafsini to’liq mag’lub qilmagan insonlarga bir maqsad bo’lib, uxroviy amaliga sabab tashkil qiladi, ixlosi ketadi. Chunki uxroviy amal bilan dunyoviy maqsadlar, zavqlar qidirilmaydi. Qidirilsa, ixlos sirrini buzadi.

Ikkinchidan: Karomatlar, kashflar, tariqatda suluk etgan omi va yolg’iz taqlidiy iymoni bo’lgan, tahqiqiy darajasiga chiqmaganlarga ba'zan zaif bo’lganlarni quvvatlash va vasvasali shubhali kishilarga qanoat berish uchun beriladi. Holbuki Risola-u Nur iymoniy haqiqatlarga ko’rsatgan hujjatlari, hech bir jihatda vasvasalarga yo’l bermagani kabi, qanoat berishi jihatida karomatlarga, kashflarga umuman ehtiyoj qoldirmaydi. U bergan tahqiqiy iymon kashflar, zavqlar va karomatlarning ko’p ustida bo’lgani uchun, haqiqiy shogirdlari unday karomat kabi narsalarni qidirishmaydi.

Uchinchidan: Risola-u Nurning bir asosi - kishi o’z kamchiligini bilib, mahviyat bilan faqat rizo-i Ilohiy uchun raqobatsiz xizmat qilishdir. Holbuki karomat sohiblari va kashflardan zavq olgan ahli tariqatning ichidagi ixtilof, bir jihatda raqobat va ushbu "men"lik davrida g’aflatdagilarning nazarida su-i zon qilib u muborak zotlarga, "men"lik va xudbinlik tuhmatini qilishlari ko’rsatadiki, Risola-u Nur shogirdlari o’z shaxsi uchun karomat va kashflar istamasligi, orqasidan quvmasligi lozim va shart. Uning yo’lida shaxsga ahamiyat berilmaydi. Ma'naviy shirkat va qardoshlar bir-birida foniy bo’lish nuqtasida Risola-u Nur sazovor bo’lgan minglab ilmiy karomat va xizmat intishoridagi yengillik va ishlaganlarining tirikchiligidagi barakot kabi Ilohiy ikromlar umumga kifoya qiladi, boshqa shaxsiy kamolot va karomatni qidirishmaydi.

To’rtinchidan: Dunyoning yuz bog’i, foniy bo’lgani uchun, oxiratning boqiy bir daraxtiga teng kelmaydi. Holbuki hozir lazzatga maftun ko’r insoniy hissiyot tayyor foniy bir mevani, boqiy uxroviy bir bog’ga almashtirgani uchun, nafsi ammora o’zining fitriy holatidan foydalanmasligi uchun, Risola-u Nur shogirdlari dunyoda ruhoniy zavqlar va ma'naviy kashflarni qidirishmaydi.

Eski davrda Risola-u Nur shogirdlariga bu nuqtada o’xshagan bir kishi oilasi bilan birga buyuk maqomda bo’lishgan edi. Tirikchilik muammosi sababli oilasi unga, "Qattiq ehtiyojimiz bor", deydi. Shunda birdan oltin g’isht paydo bo’ladi. Ayoliga, "Mana bizning Jannatdagi qasrimizning bir g’ishti", deydi. U muborak ayol javoban, "Bu yerda juda muhtoj bo’lsak ham, oxiratda bunday g’ishtlarimiz bor ekan, foniy suratda zoye qilmaymiz, qasrimizning bir g’ishti nuqsonli bo’lmasin. Duo qiling, joyiga qaytib ketsin, bizga kerak emas." deydi. Shunda g’isht g’oyib bo’lib joyiga ketadi. Buni kashf bilan ko’rishgan degan rivoyat bor.

Bu ikki qahramon ahli haqiqat, Risola-i Nur shogirdlarining dunyoga oid karomat zavqlarini qidirishmaganiga bir husni misoldir.

Ikkinchi masala: Agar muvofiqlik ko’p sonli va turli jihatda bir-birini quvvatlaydigan tartibda bo’lsa, qat'iy va ochiqdan-ochiq darajasiga chiqadi.

Qamoqdan keyin yozilgan bir qism maktublarimiz ham maqbul, ham juda ahamiyatli, ham bu davrda xalq ularga juda muhtoj bo’lganining bir belgisi shuki - yozgan vaqtimiz (g’ayriodatiy tarzda) chumchuq va musicha qushlari va kabutarlarning g’arib tarzda xonamga bir biriga muvofiq kelishi bo’ldi.

Milosda ahamiyatli qardoshimiz Halil Ibrohimning kabutardan bahs etgan maktubini olgan vaqtida g’ayriodatiy shaklda qulfloq xonasini ochayotib ichkarida musichaning uchishga intilishi, ham ichidagi maktubni ham bizning qushlarimizga muvofiq keldi.

Madrasa-i Nuriyadagi shogirdlarning maktublarimizni o’qigan paytlari maktub boshiga ikki chigirtkaning kelib tinglashi, sobiq qushlarning muvofiqligini tasdiqlashi ham muvofiq keldi.

Ineboludagi sodiq qardoshlarimizning tasdig’i bilan ham maktubimizni tunda o’qigan paytlari kecha qushi o’ta hayajonli tarzda ularni qo’rqitib, derazaga ikki qanoti bilan urishi hol tili bilan, "men ham u maktubga aloqadorman, bizni aloqasiz deb o’ylamang", deb yana sobiq masala va sobiq qushlarning aloqadorligiga, buyuk qush ham to’liq muvofiq kelib tasdiqlayapti.

Ayni masalaga buncha muvofiqlik

{(Hoshiya) Bu maktubni Ustozimizdan oldik. Men, ya'ni Xusrav o’qiyotgan edim, do’stim Tohiriy yozayotgan edi. Gul qahramoni qushi xonamiz derazasiga qo’nib Xusravning boshini ko’rib ketib qoldi.

Xusrav, Tohiriy}

va maktublardagi qisqa aytilgan haqiqatlarning o’ta muhim bo’lgani uchun va bashariyatning bu asrdagi vaziyatiga yuzlangan vaziyatida, koinot kitobining hodisalari va masalalari bir-biri bilan munosabatdaligini o’ylagan va xayoli keng bir qalb va fikr ahlining, "Go’yo inson o’ta ko’p tayyoralari bilan va inson qushlari bilan, qushlar olami bo’lgan osmondagi qushlarni ham qo’rqitib, ham qushlar olamida ajib hayajon bilan insoniyatning kelajagiga qushlar ham aloqador bo’lsa, insonlarning bu zolim, buzg’unchi jonivor qushlariga qarshi kimlar javob berib ularni zulmdan, buzg’unchilikdan voz kechirib kimlar inson manfaatiga va saodatiga harakat qilgan deb Risola-i Nur masalalariga aloqador bo’lishyapti deyish o’rinsizmi? Ehtimoli yo’qmi? Ma'nosiz uydirma deyish mumkinmi?

Uchinchi masala: Uch yil avval Ramazonda ta'lif etilgan va yana bu yil Ramazonda erkin tarqalgan "Oyatu-l Kubro"ning bir xulosasi "Hizb-i Nuriya"ni o’qidim. Bir soatdan ko’proq ketdi. Birdan xulosaning ham bir xulosasi, o’n yoki-o’n besh daqiqa o’sha Ramazonda yuzaga chiqdi. Unga o’qib berayotgan vaqtim butun "Oyatu-l Kubro"ni oqiyotgandek iymonim inkishof etdi va

تَفَكُّرُ سَاعَةٍ خَيْرٌ مِنْ عِبَادَةِ سَنَةٍ

sirriga sazovor ikki yoki uch sahifalik arabcha ibora oq’iyman. Sizga o’z qalamim bilan yozishga vaqt topa olmayman. Inshaalloh vaqti kelib yozaman. U bo’limni mendek tushunganlar o’ziga maxsus nusxalardan yo "Oyatu-l Kubro"ga yo "Hizbu-n Nuriya"ning oxiriga yozsin. Tasbehlar va duodan keyin o’ttiz uch marta "La Ilaha Illalloh" tasbehimizning o’rnida (faqat bomdod namozi tasbehida) ma'nosini sinchiklab o’qisin.

To’rtinchisi: Ikki nuqtadir:

Birinchisi: Ispartadagi qardoshlarimiz, xususan Gul Nur qahramoni Xusrav qish bo’lgani uchun moddiy ehtiyojlarim bilan qiziqishyapti, yordam berishni istashyapti. Men ularga tashakkur bilan birga aytamanki, "Ularning Risdola-i Nurga xizmati, har bir shogirdning abadiy saodatiga manfaati bo’lganidek, mening ham haqiqiy qishim suratida bo’lgan qabrimdan keyingi qishda ehtiyojimga shu daraja mukammal yordam berishyaptiki, bu foniy vaqtinchalik qishning ehtiyojiga yordam berishdan ming marta ziyodadir. Agar qo’limdan kelganda, butun ruhu jonim bilan, kamoli ishtiyoq bilan ularning butun moddiy ehtiyojlarini ta'minlar edim. Mendan xavotirlanmang. Tejamkorlik va qanoat, menga ikki xazinadir, tugamaydi bitmaydi.

Ikkinchi nuqta: Bir kuni Kichik Isparta nomini olgan va boshqa joylarga qaraganda, o’tgan masalamizda qamoq musibatini chekkan Inebolu va uning atrofidagi qardoshlarimning o’ta chiroyli va samimiy maktublari, meni juda baxtiyor qildi. Faqat Risola-i Nur qahramonlaridan ota-o’g’ilning yo’li boshqa boshqa bo’lgani uchun, bir-biri bilan to’liq birlasha olmaganlari uchun xavotirlanayotgan edim. Ota qanchalik haqsiz bo’lsada, o’g’il uning roziligini olishga majbur. O’g’il ham naqadar sarkash bo’lsa, ota fitriy shafqatini qizg’anmaydi va qismasligi kerak. Nafaqat bunday ota-bola, mumtoz fazilatli, Risola-i Nurning bosh shogirdlari, balki bir-biridan juda uzoq va dushman bo’lsalar ham, Risola-i Nurning hurmati uchun shogirdlari ichida "foniy bo’lish", o’zaro tanqid qilmaslik, aybini kechirish dasturi bilan ushbu ikki qardoshim dunyoviy, juz'iy va hissiy narsalarni tortishuvga sabab qilishmasin.

Otalik va farzandlik taqozo qilgan hurmat va shafqat bilan birga, Nurning shogirdligi iqtizo qilgan aybga buyurmaslik, kechirimlilik va mening qattiq yaxshi ko’rgan ikki qardoshim (mening hurmatim uchun) bir-birini tanqid qilmasligi kerak bo’ladi.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytib, duo qilamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ma'nan so’ralgan ikki savolning javobidir:

Birinchisi:"Nima uchun shaxsingiz haqida haddan ortiq husni zon qilgan va buyuk maqom bergan, Risola-i Nurga kuchli bog’langan va siz ham ularni juda yaxshi ko’rgan insonlarning Nur xizmati xorijida shaxsingiz bilan ko’rishishlarini istamaysiz. Siz haqqingizda qattiq husni zonda bo’lmagan kishilar bilan gaplashishni xohlaysiz, ko’p iltifot ko’rsatasiz. Buning sababi nima?"

Javob: "O’ttizinchi So’z"ning Ikkinchi maktubida aytganimdek: Bu davrda insonlar ehsonini muhtojlarga juda qimmatga sotishadi. Maslan: Mendek bechorani solih yoki valiy deb o’ylab, bir non berishadi, evaziga esa qabul bo’ladigan duo istashadi. Bunday narxli ehsonni istamayman, deb hadyalarni qabul qilmaslikka sabab qilaman.

Insonlar meni (Risola-i Nurning xos shogirdlari mustasno) buyuk maqomda deb bilib, kuchli aloqa va xizmat qilishadi. Evaziga esa dunyoda valiylar kabi nuroniy natijalarni xohlaydilar. So’ng bizga xizmati va aloqasi bilan ma'naviy ehson istashadi. Unday kishilarning bu turdagi ehsonlari evaziga istagan qiymatga ega bo’lmaganim uchun uyalib qolaman. Ular mening ahamiyatim yo’qligini bilsalar, o’zini yo’qotib qo’yishadi, balki xizmatda to’xtab qolishar.

Uxroviy ishlarda hirs va qanoatsizlik bir jihatda maqbul bo’lsada, yo’limiz va xizmatimizda (ba'zi kamchiliklar sabab) o’zini yo’qotish jihatidan, shukr o’rniga, xafa bo’lib shikoyat qilishiga sabab bo’ladi. Balki xizmatdan ham voz kechar.

Shuning uchun yo’limiz natijasida qanoat doim shukrni, matonatni va sabotni natija bergani uchun; ixlos doirasida, xizmat nuqtasida qattiq hirs va qanoatsizlik qilgan paytimiz natija va samaralarda qanoat qilishimiz kerak. Maslan Risola-i Nur xizmati bilan Isparta va uning atrofida minglab ahli iymonga favqulotda iymon quvvatini ta'minlash bo’lgan bu natija, bizning favqulotda xizmatimizga kifoya. Bir kishi o’n qutb darajasiga chiqsa va ming kishini valiylik darajasiga yo’naltirsa ham bu natijani pastga tushira olmaydi. Nurning haqiqiy shogirdlari bu kabi natijalarga qanoat qilishadi. Buyuk qutbning muridlarining qalb qanoatlarini ta'minlagan ustozlarining favqulotda maqomi va masalalardagi hukmlari o’rniga, Risola-i Nurning metin hujjatlari (muridlarining qanoatidan ziyod) shogirdlariga qanoat berganidek, bu holat va e'tiqod boshqa odamga ham yuqadi, manfaat beradi. Muridlarning qanoati esa, xususiy va shaxsiy doirasida qoladi.

Ilmi Mantiqda "qoziya-i maqbula", yani buyuk zotlarning so’zlarini dalilsiz qabul qilish deyiladi. Mantiqda aniqlik va qat'iyatni ifodalamaydi, balki ko’pchilining qarashi bilan qanoat hosil qildiradi. Ilmi Mantiqda aniq dalil, husni zonga va maqbul shaxslarga qaramaydi, balki inkor qilinmas dalilga qaraydi. Butun Risola-i Nur hujjatlari ushbu aniq dalil qismiga kiradi. Chunki valiylarning amal, ibodat, suluk va riyozatda ko’rgan haqiqatlari, pardalar orqasida mushohada etgan iymon haqiqatlari, aynan ular kabi ibodat o’rniga Risola-i Nur, ilm ichida haqiqatga yo’l ochgan. Suluk va virdlar o’rnida mantiqiy burhonlar bilan ilmiy hujjatlar ichida haqiqatga yo’l oschgan. Va tasavvuf ilmi va tariqat o’rniga to’g’ridan to’g’ri Ilmi Kalom, Ilmi Aqida va Usulud Din ichida bir valoyati kubro yo’lini ochgan. U bu asrning haqiqat va tariqat jarayonlariga g’alaba qilgan falsafiy zalolatlarni mag’lub qilayotgani maydonda.

O’xshatishda xato bo’lmasin, Qur'onning o’ta kuchli va mantiqiy haqiqati, boshqa dinlarni tabiatparast falsafasining hamla va g’alabasidan qutqarib, ularga bir tayanch nuqtasi bo’ldi. Taqlidiy va aqlga sig’maydigan usullarini ham bir daraja muhofaza qildi. Xuddi shuning kabi:

Bu davrda uning bir mo’'jizasi va nuri bo’lgan Risola-i Nur ham moddaparastlik falsafasi chiqargan dahshatli ilmiy zalolatga qarshi avom ahli iymonning taqlidiy iymonini, ilmiy zalolat hujumidan qutqaradi. Umum ahli iymonga tayanch nuqtasi, qat'iy qanoat va uzoqdagilarga ham zabt etilmas qal'aga aylangan. Bu o’xshashi yo’q dahshatli zalolatlar ichida yana avom mo’'minning iymonini shubhalardan va Islomiyatni haqiqatsizlik vasvasalaridan muhofaza qilmoqda.

Ha har tomonda, hatto Hind va Xitoyda ahli iymon bu davrning dahshatli zalolatining g’alabasidan, Islomiyatda bir haqiqatsizlik bormi ajabo, mag’lub bo’ldi deya shubha va vasvasaga tushgan vaqti birdan eshitadiki risola chiqibdi, iymonning butun haqiqatlarini qat'iy isbot qilyapti, falsafani mag’lub etib, zindiqlarni mot qilyapti, deb anglaydi. Shubha va vasvasa yo’q bo’lib iymoni qutuladi va kuchga to’ladi.

Ikkinchi savol:"Siz bir maktubingizda, (maktublarni yozish va o’qish vaqtida qushlarning siz va shogirdlaringizning yoniga kelishini) qardoshlaringizga maktubda shoirona yozdingiz. Holbuki qushlar dunyo jarayonlarini va Risola-i Nurning hodisalarga foydasini biladigan mohiyatdan uzoq. Bunga nima deysiz?"

Javob: Amr va izni Ilohiy, havl va quvvati Rabboniya bilan umum hayvonotning maloikadan bir cho’poni, nazoratchisi bo’lganidek qushlar sinfining ham bir cho’poni bor. Ular bilmasada Ilohiy amr va Rabboniy ilhom bilan cho’poni ularni yo’llaydi. Fitriy yo’naltirish esa qushlarga kelgan ilhomga tayanadi. Qushlar ilhomga sazovor bo’lib, tug’ilganiga bir kun bo’lgan asalari, bir kunlik masofaga uchib boradi, fitriy ilhom bilan, savqi Rabboniy bilan yo’lini yo’qotmay uyiga qaytib keladi.

Yer yuzi Risola-i Nur va shogirdlariga kelgan zulmga e'tiroz qilganidek

havo yomg’irsizlik bilan va sovuqda Risola-i Nurga kelgan tazyiqlar va musodarani tanqid qilganidek

bulutlar ozodligini yomg’irlar bilan olqishlaganidek

albatta qushlar sinfi ham aloqador bo’ladi.

Ha, insonning bir qism sun'iy qushlarining bir bomba tuxumi bilan bir qishloqni xarob qilib, ming kishini yo’q qilgan jinoyatiga va jahannamiy zaqqum urug’larini tashigan insoniy qushlarning buzg’unchi qismini, ham yer yuziga, ham bashariyatga mustabidlik bilan qilingan marhamatsiz buzg’unchiliklarga qarshi qushlar ta'sirli suratda istiqbolni nurlantiradigan Risola-i Nurni albatta ma'nan tabriklab olqishlaydilar, deb yozilgan hodisa, o’ta kichik arzimas bo’lsada, ichida nozik haqiqat mavjud.

* * *

Qardoshlarim!

Bu safar "Meva Risolasi"ning to’liq qiymatini bilgan va o’ziga Mevachi nomini bergan Risola-i Nur markazining yozgan maktubi, meni juda mamnun ayladi. Chunki Xulusiy, Haqqi kabi yigirma yilga yaqin samimiy do’stlik va qardoshlikda to’liq davom va sabot etgani kabi, ularning Risola-i Nurga nisbatan aloqa, bog’liqligi va sadoqatlari, o’rtalaridagi xolis munosabatlari kabi ham davom etyapti, ham matonat kasb etgan, nuqsonlar bilan buzilmayapti.

Doimiy haqda xolislik bilan va Nur xizmatida sabr ichida shukr qilgan xolis, muxlis va boshqalarga husni misol bo’lgan sodiq shogirdlarni Risola-i Nurga bergan, Janobi Haqqa shukr qilaman. Mevachining atrofida ismini zikr qilmagan ma'lum va juda aloqador qardoshlarim, xususan Barla siddiqlari, meni ko’p marta xayolan eski davrga va u viloyatga jalb qilishyapti. Barla va tog’larida kezdirmoqdalar. Men ular bilan va u yerlari bilan juda aloqadorman, unutmayman. Ularga minglab salom aytaman.

Ko’zja hatibi Hasan Shukruning maktubi meni baxtiyor ayladi, salom aytaman. Ma'sumlar, ummiylar, opa-singillar, boshda qalam bilan xizmat qilganlar va umum qardoshlarimga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Sud tarafidan menga qaytarib berilgan, hali qo’limga kelmay pochtaxonadan musodara qilingan muboraklar hay'atining pahlavoni Kichik Alining bir maktubini ko’rdim. U butun Risola-i Nurni ikki yilda yozib tugatishga qaror qilib, amalda bajargan. Bu qahramonligi bilan mening, Risola-i Nurning birinchi shogirdi bo’lgan katta Mustafoda haqiqiy bir Abdurrahmonni va orqasida ko’p Abdurrahmonlarni ko’raman degan kashfilarimni to’liq tasdiq qildi. U muborak Mustafoning vazifasini to’liq qildi. Hofiz Mustafo ham, Hofiz Ali zamonida tom bir yordamchi va vafotidan so’ngra tom bir vorisi bo’lganini qamoqda ko’rsatdi. Demak muborak oliy hay'atida, o’n sakkiz yil avval men umid qilgan xizmati Nuriyani to’liq qilishgan va qilyaptilar. Ekkan urug’lari, ular ishlamasalar ham, ularning o’rniga mahsulot beradi. Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Sizning o’n muborak kechalaringizni va muqaddas bayramingizni ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Janobi Haq, rahmati, karami va hifzu himoyasi bilan, tavfiq va hidoyati bilan, Risola-i Nurning nashr va yoyilishiga, Qur'oni Mo’'jizu-l Bayonning tavofuqli nashriga sizlarni muvaffaq aylasin, omin!

Ikkinchidan: Risola-i Nurning bir xulosasi bo’lgan "Oyatu-l Kubro" va "Hizbi Nuriya"ning bir xulosatu-l xulosasi hukmida o’ttiz uch tavhid kalimasining namoz tasbehotidagi men eskidan beri o’qigan va Risola-i Nurning aksar haqiqatlari namoz tasbehotida inkishof etishi bilan xayolim yanada kengayib, o’ttiz uch kalima-i tavhidning har birini koinotdagi bir maxluqot tabaqasining hol tili bilan men bilan birga aytayotgandek kulliy hol tili mening juz'iy tilimning ayni bo’ladi. Men, kamoli zavq bilan o’qiyapman. Sizga ham suratini yuboryapman. "Hizbi Nuriya"ning ushbu xulosatu-l xulosasi to’liq تَفَكُّرُ سَاعَةٍ sirrini jamlaganini, o’n besh daqiqada to’liq qanoat hosil qildim.

Arabcha bilmaganlar Oyatu-l Kubroning martabalarini chiroyli tarzda anglasalar, Arabcha bo’lim to’liq anglashiladi. Arabcha bilmagan kishi ikkalasiga bir necha marta qarasa, to’liq anglaydi. Buni men yigirma to’rt soatda bir marta, yo bomdod namozining tasbehotida yoki boshqa vaqtda eng ko’p zerikkan va siqilgan paytimda o’qiyman. Menga ulviy bir inshiroh beradi, zerikishni ketkazadi. "Oyatu-l Kubro" va "Hizbi Nuriya"ning oxirida yozilsa, munosib bo’ladi. "Oyatu-l Kubro" va Risola-i Nurning aksar haqiqatlari, Ramazonda va tasbehotida o’rtaga chiqishi kabi, ushbu "Xulosatu-l Xulosa" ham Ramazonda va tasbehotda o’rtaga chiqishi juda ma'nodordir.

Uchinchidan: So’nggi kunlarda xabar oldimki, vakillar kengashi, meni Kastamonudan olib Amirtog’ga o’tkazishga qaror qilishibdi. Anglashilmoqdaki, Risola-i Nurga va talabalariga ayblashga bahona topolmayaptilar.. faqat ahammiyatsiz shaxsimga ahamiyat berib, qayd ostiga olishyapti. Sizni bor quvvatim bilan ishontiramanki, men ruhu jonim bilan, ularning Risola-i Nur va talabalariga emas, menga hujum qilishlarini iftixor bilan qabul qilaman. Go’yoki boshqa yerlardagi insonlar menga qo’shilyapti. Buni man qilishga chora topolmayaptilar. Ammo bu yerda yo’lini topib, qasddan shunday muomala qilishyapti, siz hech xafa bo’lmang.

Mening bu holatim, Risola-i Nur shogirdlarining fathlariga bir vasiladir. Inoyat va marhamati Ilohiya, menga ahli dunyoning haqsizliklarini buyuk bir xayrga aylantiradi deb o’ylayman.Zotan yo’limizda - zamon, makon suhbatlashishimizga mone bo’lolmaydi.Sharqda, g’arbda, hatto oxiratda, barzohda bo’lsa ham, birgamiz. Masalan, barzohdagi Hofiz Ali (RH), har kuni ma'nan yonimizdadir. Bu haqiqatga binoan, yuzaki ayrilishga, hatto o’limga ahamiyat bermasligimiz kerak.

To’rtinchidan: Madrasa-i Nuriya qahramonlaridan Duradgor Ahmadning bulbuli, gul fabrikasining muborak gulchi kotibining bulbulini latiflik bilan tasdiqlagan. Zotan bahorda nabotot karvonlarining hayvonlarning rizqlarini keltirishlariga umum qushlar nomidan bulbullar xatib bo’ladi. Ularni qushlar nomidan olqishlaydi. Risola-i Nurning qushlar tomonidan aloqadorliklari ichida albatta yana boshda bulbul ko’rinishi lozim keladiki, ko’rindi.

Safranboluli muxlis, metin qardoshimiz Mustafo Usmon, bu yerdagi qardoshlarimga bir-ikki maktub yubordim deydi, maktublarning javobini ololmaganidan xavotirlangan. Xavotirlanmasin. Ehtiyotga binoan va Isparta vositasida xabarlashishga ishonib unga alohida maktub yozilmagan, xavotirlanmasin. Kastamonulik qardoshlarimiz ham xavotirlanmasin. Mening bu yerga o’tkazilishim, Kastamonu bilan, ular bilan aloqamni bo’shashtirmaydi, aksincha meni ular bilan yanada kuchliroq bog’laydi. Men, aksar vaqtda xayolan va ma'nan o’zimni Kastamonuning muborak tog’larida va qardoshlarimning yonida topaman.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim va haqiqiy vorislarim!

Bayram tabriklariga oid ko’p maktublarni oldim. Har biriga javob berishga vaqtim, holim izn bermaydi. Har bir maktubni, ko’p qardoshlarim nomidan bir xos qardoshimiz yozgan. U maktublarda, tabrikdan tashqari ba'zi ahamiyatli nuqtalar ham bor, meni baxtiyor, minnatdor ayladi.

Jumladan: Gul va Nur fabrikasi nomidan Xusravning tabrik maktubi, meni sevinch bilan yig’latdi. Zotan Xusravning mumtoz bir xususiyati shuki, hozirgacha menga kelgan barcha maktublarining hech biri meni ranjitmaydi.. qayg’uli vaqtlarimda ham yumshoq keladi, ruhimni erkalaydi. Bu jihatdan ham unga shaxsim e'tibori bilan juda minnatdorman. Xulusiyi soniy Sabrining, ma'lum qardoshlari hisobiga tabriknomasi meni juda ham sevintirdi. Xos qardoshimizning taqdir va tahsinda peshqadamligi, Xusrav va Hasan Fayzi haqida juda go’zal taqdirlari, meni haqiqatdan baxtiyor ayladi. Hasan Fayzining Dengizli shogirdlari hisobiga tabrigi ham uning yuksak irtibotini, quvvatli aloqasini ko’rsatdi.

Kastamonu fidokorlari nomidan Kastamonuning Xusravi va Rushdusi bo’lgan Fayzi va Aminning tabrikli maktubi va Fayzining ma'lum hodisada hech qanday xavotir beradigan hol sodir bo’lmaganini, aksincha tashviq qamchisi o’rniga o’tganini yozishi, bizning xavotirimizni yo’qotdi.

Nazifning o’sha atrofdagi qardoshlarimiz nomidan tabrigi, Nazifning tebranmas sadoqati, aloqasi va quvvatli umidlari bizga to’liq nafas oldirdi. Uning xususiy raqiblari bo’lgani uchun xavotirda edim.

Sadoqati hayratomuz bo’lgani kabi, jasorati ham o’sha nisbatda bo’lgan Halil Ibrohimning (RH) to’g’ridan-to’g’ri manzilimga yuborgan tabrigini oldim. Boshda Nurning diqqatli advokati ularning umumiga salom va bayramlarini tabriklaymiz.

Madrasa-i Nuriya qahramonlaridan Shukru Efening, qushlarning va chumchuqlarning aloqalarini ko’rsatgan maktubi, qahramon duradgorning tasdiqini tasdiqladi, bizni ham xursand qildi.

Otaboyli qardoshlarimizdan, Lutfu vorislaridan Ali Usmonning maktubidagi savoliga javob berishga vaqt topolmadik.

Mazkur qardoshlarimizning har biriga va birodarlariga alohida-alohida ruhu jonimiz bilan moddiy ma'naviy bayramlarini tabriklaymiz. Katta Ra'fat qardoshimizga, minglab xush kelding deymiz.

Ichida ma'sumlar toifasi va ummiy keksalar va fidokor xonimlar bo’lgan umum qardoshlarimga, bir-bir uchinchi bayramlaringizni tabriklayman va salom aytaman. Sihhatlari va saodatlariga duo qilib so’zni tugataman.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Marhum shahid Hofiz Alining (RH) kitoblari bilan birga kelgan muboraklarning pahlavoni va Abdurrahmonlarning qahramoni buyuk ruhli Kichik Alining "G’aybiy Tasdiq Muhri" nomli majmuasi juda chiroyli va munosibdir. Ammo "Ilova"da va ayniqsa Amirtog’ bo’limida, Risola-i Nurning karomatlariga aloqador zilzila, yomg’ir va qushlar mavzulari kabi munosib ko’rganingiz maktublar u "Muhr"ning oxiriga kirsa, yanada chiroyli bo’ladi. Bu munosabat bilan, Muboraklar Hay'atining bayramlarini takror tabrik bilan Kichik Aliga ming barakalloh deyman.

Safranbolu bahodiri fidokor Mustafo Usmonning bu yerdagi shogirdlarga yuborgan go’zal maktubini o’qidim. Bu kishi ham Hasan Fayzi kabi hayratomuz sadoqatini va husni zonnini adibona yozgan, ammo Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi o’rniga meni haddimdan ko’p ortiq maqomga qo’ygan. Ustozini o’zining porloq oynasida juda porloq ko’rgan. Men ham uning husni zonnini ma'naviy duo o’rnida qabul qildim. Ham uning, ham atrofidagi qardoshlarimizning bayramlarini tabrik qilamiz.

* * *

Muhtaram, sevgili, muborak qardoshlarim - Risola-i Nur talabalariga bayon qilamanki:

Risola-i Nur nurdan to’qilgan ip bo’lib, unda koinot va butun mavjudotning tasbehotlari tizilgan.

Risola-i Nur oluvchi va tashuvchilar jihozlangan Qur'oniy radio bo’lib, uning sim va chiroqlari, oyna, sim va batareyalari bo’lgan satrlari, so’zlari, harflari shunday intizomli va iyjozli joylashtirilganki, ertaga har bir ilm va fan olimlari hamda har bir yo’l va yo’nalish sohiblari ilm va iqtidorlari miqdorida g’ayb olami, shahodat olami, ruhoniyot olami va koinotdagi jarayon etgan har bir hodisalardan xabardor bo’lishi mumkin.

Risola-i Nur mo’minlarga - Qur'ondan hidoyat hadyalari, ikki dunyo saodati, shafoatga sazovor va Rahmoniy fayzdir.

Risola-i Nur koinotga, bahorning fayzini bergan obi hayot, ayni rahmat, haqiqatning asosi va gulzor gulistonidir.

Risola-i Nur lutfi Yazdon, kamoli iymon, tafsiri Qur'on va barakati ehsondir.

Risola-i Nur kofirga xazon, munkirga to’fon, zalolatga dushmandir.

Risola-i Nur bir maxfiy xazina, bir javhar sanduqchasi va nurlar manbaidir.

Risola-i Nur Qur'on haqiqatlari va iymon me'rojidir.

Risola-i Nur Qur'on va Hadisdan keyin avliyolar bosh toji, asarlar sultonu va ma'nolar qaymog’i va Ilohiy va Subhoniy hadyalar atosi va Rahmoniy fayzlardan iboratdir.

Risola-i Nur bir haqiqatlar dengizi, Qur'on va iymonning nozik haqiqatlarining sirri va maorif xazinasi va karam-yaxshiliklar dengizidir.

Risola-i Nur xastalarga hikmat shifoxanasi, zamzam suvi, sog’larga haqiqat ozuqasi, rayhon isi va mushki anbardir.

Risola-i Nur Ahmadiy (ASV) joy, Haydariy (RA) mujda, bashorat va G’avsiy (QS) yordami, G’azzoliy (QS) tavsiyasi va Faruqiy (QS) xabardir.

Risola-i Nur Qur'oni Mo’'jizu-l Bayon quyoshining yetti rangi ekani, Risola-i Nurning nashr qilingan haqiqatida tom tajalliy qilgan. U ham bir shariat kitobi, ham bir duo kitobi, ham bir hikmat kitobi, ham bir ubudiyat kitobi, ham bir amru da'vat kitobi, ham bir zikr kitobi, ham bir fikr kitobi, ham bir haqiqat kitobi, ham bir tasavvuf kitobi, ham bir mantiq kitobi, ham bir Ilmi Kalom kitobi, ham bir Ilmi Ilohiyot kitobi, ham bir kasb-hunarga tashviq kitobi, ham bir balog’at kitobi, ham bir vahdoniyat isboti kitobi, dushmanlarni mot va lol qiladigan kitobdir.

Risola-i Nur Qur'on samolaridan bir m'anaviy osmonning quyoshlari, oylari va yulduzlaridir. Zohiran, sabablar pardasi bo’lgan Quyoshdan, Oydan va nur sochuvchi sayyoradan butun koinot nurlanib va ziynatlanadi, butun ashyo unib ko’karadi va hayot topadi.

Risola-i Nur ham Qur'oni Mo’'jizu-l Bayondan olib sochgan shu'lalar bilan butun olamga hayot va odamga komil inson va qalblarga iymon sevinchi va aqllarga isbot bir qanoat, fikrlarga iymon inkishofi, nafslarga taslimi rizo va jondir . U ma'naviy samoni ba'zan zohiran hikmat sababli tashqi bulut to’dasi qoplaydi. U salmoqli bulutdan shunday bir fayzi rahmat boroni yog’adiki, unib chiqishga iste'dodli danak, urug’, tuxumlar siquvchi va tor olamda iztirob cheksalarda, ustlaridagi po’stloqlarni yorib va yirtadi, u onda bulutlar ham ufuqlarga chekinib soqchi kabi kutishi bir Rabboniy imtihon, bir fayazoniy inkishof va bir nuroniy rahmat bo’lib avvalgi bir danak, urug’ qaytadan yangi hayotga ishtiyoq bilan va ko’karish sevinchi bilan ulkan mevador daraxt suratini oladi va يُبَدِّلُ اللّٰهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ sirriga sazovor bo’ladi.

Ha, yigirma yildan beri davom etgan ushbu qish inshaallohu taolo tugagan bo’lsin... Dunyoga yangi va fayzli bir fasli navbahor kelsin va olamning yuzi nur bilan kulsin...

Risola-i Nur Qur'oni Mo’'jizu-l Bayonning tasarrufi ostida bo’lgani uchun unga uzangan, hujum qilishni istagan har qanday qo’l sinadi va har bir til quriydi. Qur'oni Mo’'jizu-l Bayonning

وَمَا اَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ اِلَّا بِلِسَانِ قَوْمِهِ

kalomi sharifining bu davrda imo va ishoratlaridan Turk tiliga kelgan musibatlarga qaralsa, "Risola-i Nur", Turk tilida ham imom bo’lishiga, ya'ni ertaga sof Turkcha Risola-i Nur tili imtiyoz qozonib boshqalarni tark qilishlariga doir ishorati Qur'oniyadandir desam, xato qilmagan bo’laman deb o’ylayman.

Boshda Ustozimiz va barcha qardoshlarimizga samimiy salomlarim bilan arz va hurmatlar aylayman, muborak bayramlarini tabriklayman va qutlayman. Ustozim haqida hech narsa yoza olmadim. Chunki varosati Muhammadiya (ASV) maqomida bo’lgan bir zoti oliyqadr haqida nima deya olaman? Unga Hasan Fayzi Afandi qardoshimizning so’zlarini takrorlashdan boshqa narsa bilmayman.

Milas va atrofi Risola-i Nur talabalari nomidan duongizga muhtoj

Halil Ibrohim (RH)

[Halil Ibrohimning Risola-i Nur haqidagi o’tkir bayonining oxirida qayd qilinib, ikkalasini birga Amirtog’ maktublarining oxirlarida qayd qilasiz. Bu kishi, Risola-i Nurning juda eski va juda sodiq va juda fidokor shogirdidir, Risola-i Nurga xitob qilib bu maktubni yozgan. هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Said Nursiy

* * *

RISOLA-I NUR

Asmo-yu sifatga sazovor Badiuzzamondir bu

Risolat joyidan bizga fazli ehsondir bu

Maxfiy xazinada keng irfon maktabidir bu

Zulmat havosida porlagan shamsi tobondir bu

Mishkati misbahdan nashr etilgan Qur'on haqiqatidir bu

Asarlar mavsumida yakto bir gulistondir bu

Fathi kashf irshodida saranjomi hidoyatdir bu

Najot kemasida manzil sirriga yetishga kapitandir bu

Jaholatning zulmatli kechasida nuri chirog’i Yazdondir bu

G’amgin ko’ngillarda farah sevinchi, shodmon fazosi bu

Shamsi Qur'ondan aks etgan nuri irfondir bu

Asarlar sultoni va ma'onlar qaymog’i, tafsiri Furqondir bu

Sharafi Ahli Bayt va G’avsi A'zam shijoat berishidir bu

Ahli Sunnat yo’lidagilar va iqlimi ma'rifatda sultondir bu

Ma'rifat ma'dani va shafqat ko’rsatishda jonlilar onasidir bu

Valiylar jismida avliyolarga ko’ngil olamining ruhidir bu

Muhaqqiqiyn sayyorasida mo’minlarga atoyi Subhondir bu

Vahdati mavjud va rohining samosida somonyo’lidir bu

Ilmu ma'rifat dengizida durri yakto-yi marjondir bu

Haqiqat ilmida shu'lador oxirzamon oy nuridir bu

Safo nurlariga g’arq bo’lib kelgan bahordandir bu

Taslimi rizo va istig’no pokligida ayni anglab yetishdir bu

Risola-i Nur talabalariga qibla-i iymon haqiqatidir bu!..

Halil Ibrohim (RH)

***

RISOLA-I NUR

Bu Nur asar tafsiridir ul samoviy kitobning

E'lon qilar haqiqatni, haq amrini bildirar

Isyonlarga, zulmlarga uchragan jahonning

Bu asrda ko’zyoshini nur sochib to’xtatadi.

Bu asardir jabrdiyda ko’ngillarga tasalli

Bu qarorsiz olamning har buhronida nur sochar

Bu asardir har zulmatda salomatning rahbari

Ahli iymon bu soyada, bu asarla hur yashar...

Ma'sumlarga bir o’gitdir, yoshlarning ham rahbari

Har mazlumga "Yig’lama" der, kulasan ertaga sen

Tasallisi juda ulug’, ibratlidir darslari

Beli bukuk keksaga mujda berar batamom!

Bu asar insonlarni dahshatlardan uzoq qilgan

Qudrat qo’li homiyidir, hayrat bergan hukmi bor

Dushmanlar taslim bo’lar hukmiga mag’rur ekan

Har bir telba faylasufni maftun qilgan nuri bor!

Bu nur asar har olimning, har mo’minning bosh toji

Dardlilarning darmonidir, har munkirni ta'zirlar

Shirklarni yo’qotuvchi, ham har qayg’u dorisi

Zindiq, zolim hujum qilsa boshida vulqon portlar!

Ey kuch yetmas dahshat bergan holatlardan yig’lagan

Foniylarga aldanib singandan so’ng baqirma

Ey o’tkinchi, ojizlardan madad kutib bog’langan

Kir bu Nurning olamiga, foniylarni chaqirma...

O’zingga kel endi g’aflat sarxushligidan, turma uyg’on

Havaslaring bir ajdardir, qalbingni kemiradi

Erta baxtiyor bo’lar, yo’qlikda Haqni topgan

Nurga ber naqdi umrni, erta senga berilar

Huzuringga uxroda ehtishomlar to’shalar.

Risola-i Nurning qusurli xodimi

Zakoiy

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Hozirgacha yashirin munofiqlar, Risola-i Nurga qonun bilan, adliya bilan va osoyishtalik va boshqaruv nuqtasidan hukumatning ba'zi peshvolarini aldab tajovuz etaishdi. Biz musbat harakat qilganimiz uchun, majbur bo’lgan vaqtda mudofaa qilish vaziyatida edik. Hozirga kelib ularning rejalari natijasiz qoldi. Aksincha tajovuzlari Risola-i Nurning doirasini kengaytirdi. Endi esa yangi harflar bilan "Aso-yi Muso"ni chop qilish niyatimiz, ixtiyorimiz xorijida, Risola-i Nurga tajovuz berilayotgandek. Bu hodisaning ahamiyatli bir hikmati shu bo’lishi kerak:

Risola-i Nur bu muborak vatanning ma'naviy bir xaloskoridir. Hozir ikki dahshatli ma'naviy baloni daf qilish uchun matbuotda ko’rinishni boshlab, dars berish vaqti keldi yoki keladi deb o’ylayman.

Dahshatli baloning biri: Xristiyan dinini mag’lub qilgan va anarxistlikni yetishtirgan shimolda chiqqan dahshatli dinsizlik jarayoni, bu vatanni ma'naviy istilosiga qarshi Risola-in Nur, saddi Zulqarnayn kabi bir saddi Qur'oniy vazifasini bajaradi. Qalbimga Islom olamining bu muborak vatanning aholisiga qarshi juda qattiq e'tiroz va ayblovlarini ketkazish uchun matbuot tilida gapirish kerak deb eslatildi.

Men dunyoning holini bilmayman, ammo Ovrupada istilo bilan hukm qilgan va samoviy dinlarga tayanmagan dahshatli jarayonga qarshi Risola-i Nur haqiqatlari qal'a bo’lgan. Islomi olami va Osiyo qit'asining hozirgi e'tiroz va ayblovini ketkazish va avvalgi muhabbat va uxuvvatini qaytarishga vasila bo’lgan bir Qur'oniy mo’'jizadir. Bu yurtning vatanparvar siyosatchilari tez aqlini yig’ib, ikki baloga qarshi qalqon bo’lishi uchun Risola-i Nurni chop qilib rasman nashr qilishlari lozim.

Ajabo, yigirma yil mobaynida tahqiqiy iymonni juda kuchli suratda yoygan Risola-i Nur bo’lmaganida, bu dahshatli asrda ajib inqilob va portlashlarda bu muborak vatan Qur'onini, iymonini dahshatli zarbalardan to’liq muhofaza qila olarmidi? Nima bo’lganda ham...

Endi Risola-i Nurga, vatanga, idoraga zarari tegadi degan bahona bilan tajovuz qilinmaydi. Endi hech kimni u bahona bilan ishontirolmaydilar. Ammo rejani o’zgartirib, Risola-i Nurga qarshi din pardasi ostida ba'zi sofdil domlalarni yoki bid'at tarafdori yoki anoniyatli so’fiylarni ba'zi hiylalar bilan (ikki yil avval Istanbulda va Denizli atrofida bo’lgani kabi) qo’llanishadi. Risola-i Nurga va shogirdlariga boshqa tomondan tajovuz qilishga munofiqlar harakat qilishyapti. Inshaalloh unga erisha olmashmaydi. Risola-i Nur shogirdlari, to’liq ehtiyot bo’lib, hujum bo’lgan vaqtda tortishmasin, ahamiyat bermasinlar. Aldangan ahli ilm va iymon bo’lsa, do’st bo’lishsin. "Biz sizga e'tiroz bildirmaymiz. Siz ham bizga e'tiroz bildirmang. Biz ahli iymon bilan qardoshmiz." deb tugatishsin.

Ikkinchidan: Muboraklarning pahlavoni ham Abdurrahmon, ham Lutfi, ham Katta Hofiz Ali ma'nolariga ega buyuk ruhli Kichik Ali qardoshimiz bir savol so’rayapti. Holbuki savolning javobi Risola-i Nurning yuz joyida bor. "Risola-i Nurning iymon ruknlari mavzusi ustida ko’p to’xtalishlarining sababi nima? "Omi mo’minning iymoni buyuk bir valiyning iymoni kabidir", deb eski domlalar bizga dars berganlar?" deydi.

Javob: Boshda "Oyatu-l Kubro" iymon martabalari mavzuida oxiriga yaqin mujaddidi alfi soniy Imom Rabboniyning bayon va hukmini keltirgan: "Barcha tariqatlarning oxiri va eng buyuk maqsadlari, iymon haqiqatlarining inkishofidir. Bir iymoniy masalaning qat'iyyan, ochiq va tushunilishi ming karomat va kashflardan yaxshiroq." "Oyatu-l Kubro"ning eng oxirida va "Ilova"dan olingan maktubning bo’limi va to’liq bayonoti javob bo’lganidek, "Meva Risolasi"ning Takroroti Qur'oniya haqida "O’ninchi Masala"si, tavhid va iymon ruknlari haqida takrorli va ko’p sonli Qur'oniy urg’uning hikmati, butunlay uning haqiqiy tafsiri bo’lgan Risola-i Nurda ham borligi javobdir.

Tahqiqiy, taqlidiy, qisqa va batafsil iymon hamda iymonning barcha hujumlarga va vasvasalar va shubhalarga qarshi dosh berib tebranmasligini bayon qilgan Risola-i Nur bo’limlarining izohlari, buyuk ruhli Kichik Alining maktubiga shunday bir javobki, bizga ehtiyoj qoldirmaydi.

Ikkinchi Jihat: Iymon, faqat qisqa va taqlidiy bir tasdiqqa maxsus emas. Bir urug’dan ulkan xurmo daraxtigacha va qo’ldagi oynada ko’ringan misoliy quyoshdan dengizdagi aksiga qadar, quyoshga qadar martabalari va inkishoflari bo’lgani kabi, iymonning shu daraja ko’p haqiqatlari borki, ming bir Asmo-i Ilohiya va boshqa iymon ruknlarining koinot haqiqatlariga aloqador ko’p haqiqatlari bor. Haqiqat ahli, "Barcha ilmlarning, ma'rifatlarning va kamoloti insoniyaning eng buyugi iymondir va iymoni tahqiqiydan kelgan izohli va burhonli muqaddas ma'rifatdir", deb ittifoq qilganlar.

Ha, taqlidiy iymon shubhalarga tez mag’lub bo’ladi. Undan juda kuchli va juda keng bo’lgan tahqiqiy iymonda juda ko’p martabalar bor. U martabalardan ilmalyaqiyn martabasi, ko’p burhonlarining quvvatlari bilan minglab shubhalarga qarshi turadi. Holbuki taqlidiy iymon bir shubhaga qarshi ba'zan mag’lub bo’ladi.

Ham tahqiqiy iymonning bir martabasi aynalyaqiyn darajasi bo’lib, juda ko’p martabalari bor. Balki asmo-i Ilohiya adadicha ko’rinish darajalari bor. Bu martabaga chiqqan odam butun koinotni Qur'on kabi o’qiy oladigan darajaga keladi. Bir martabasi esa haqqalyaqiyndir. Uning ham ko’p martabalari bor. Bunday iymonli zotlarga shubha qo’shinlari hujum qilsa ham, hech narsa qila olmaydi. Kalom Ilmi ulamolarining minglab jild kitoblari, aql va mantiqqa tayangan holda ta'lif qilinib, faqat o’sha ma'rifati iymoniyaning burhonli va aqliy bir yo’lini ko’rsatishgan.

Haqiqat ahlining esa yuzlab kitoblari kashfga, zavqqa tayanib ma'rifati iymoniyani boshqa jihatda izhorlaydi. Ammo Qur'onning mo’'jizakor jadda-i kubrosi, va ko’rsatgan iymoniy haqiqatlari va muqaddas ma'rifati, ulamo va avliyolardan ancha ustun kuch va yuksaklikdadir.

Risola-i Nur bu jome', kulliy va yuksak ma'rifat yo’lini tafsir qilib, ming yildan beri Qur'onga qarshi yig’ilgan Islomiyat va insoniyat zarariga va yo’qlik olamlari uchun buzg’unchi kulliy jarayonlarga qarshi Qur'on va iymon nomidan javob qaytarmoqda, mudofaa qilmoqda.

Albatta uning hadsiz urg’u berishga ehtiyoji borki, Qur'on nuri bilan sanoqsiz dushmanlarga qarshi tayanib ahli iymonning iymonini muhofaza qilishga vasila bo’lsin. Hadisi Sharifda, "Bir odamning sen sababli iymonga kelishi, sahro to’la qizil qo’ylardanda xayrlidir." "Ba'zan bir soat tafakkur, bir yil ibodatdan ham xayrliroq." deyilgan. Hatto Naqshbandiylar bu turdagi tafakkurga yetishish uchun xafiy zikrga katta ahammiyat berishgan. Umum qardoshlarimga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

"Ixlos" risolasi va maktub nusxalarining ayg’oqchilar tomonidan olinishi, sizni xafa qilmasin. Zotan maktublar, "Ixlos" va Ixbori Alaviyani ularga o’qitish, Risola-i Nur uchun va fathlariga kerak edi. Bu hodisa vaqti Istanbulda bolshevizmga qarshi bo’lgan namoyish, Risola-i Nurga qarshi parda ostida hujum qilgan ikki kuchning bir-biri bilan kurashishni boshlagani, Risola-i Nurning fathlariga buyuk vasila bo’ladi. Bizga qarshi vaqtinchalik ba'zi hujumlar bo’lsa ham, umuman ahammiyati yo’q. Chunki bolshevizmning, musulmonlar ichida anarxistlik mohiyatida mutlaq kufr va tabiatparastlik fikri bilan joylashtirilishiga javoban faqat va faqat Risola-i Nurning hayratomuz kuchli haqiqatlari chiqa olgani uchun, millatparvarlar, vatanparvarlar, siyosatchilar va dindorlar Risola-i Nurning orqasiga o’tishga va u bilan yarashishga, uni qalqon qilishga yo’l ochilmoqda degan nazarda qarayapmiz.

Said Nursiy

* * *

AFYON ICHKI ISHLAR BOSHQARMASIGA!

Sizni shaxsan tanimasdan bir marta ko’rganimda insofli va adolatli deb o’ylaganim uchun, hammadan avval sizga men aloqador bo’lgan bir haqiqatni bayon qilaman. Bu haqiqatni tegishli idoralarga vazifangiz e'tibori bilan bildirishni, sizga qoldiraman. Haqiqat shuki:

Mening hozirgi holatimning tarixda o’xshashi yo’q. Hamma narsadan tamoman ajratib qo’yilib, hammadan, hatto masjiddagi jamoatdan va har qanday munosabatdan man etilgan edim. Keksalik, xastalik, faqirlik ichida birdan qalbimga keldiki: Modomiki men ham bu vatanning bir avlodi ekanman, bu vatanning saodati uchun xizmat qilish men uchun farzdir. Moddiy jihatdan qo’limdan hech narsa kelmaydi. Lekin Qur'ondan anglagan va qalamga olgan "Meva Risolasi" bilan "Hujjatu-l Balig’a"ni yangi harflar bilan chop etish uchun ba'zi qardoshlarimga izn berdim. Ikki risolani ikki yilga yaqin tegishli Anqara idoralari va ekspertlar hay'ati, ham Dengizli Sudi tekshiruvidan so’ng javobgarlikka tortiladigan hech narsa topolmay, bizga rasman qayratib berdilar. Javoban yubordimki, tsenzura va katta muharrirlarga ko’rsatgandan so’ngra chop qilsinlar. Chop etilgandan so’ng rasman hukumatning o’n ikki idorasiga berish bir usuldir. So’ngra "Ixlos Risolasi" bilan "Iqtisod Risolasi"ni o’sha ikki risolaning oxiriga qo’shib yangi harflar bilan chop qilinsin.

Sizga qat'iyyan bayon qilamanki mening maqsadim, uni chop qilish bilan, bu muborak millat va vatanni moddiy ma'naviy anarxistlikdan muhofaza qilish hamda osoyishtalik va tartibni muhofaza qilishga ma'naviy yordam berish va anarxistlikni uyg’otgan xorijiy bir jarayonning qaynashiga ma'naviy to’siq qo’yish va olami Islomning bizga qarshi e'tiroz va ayblovini ketkazishga va avvalgi muhabbat va birodarligini jalb qilishga harakat qilishdir. Lekin afsuski men dunyo bilan aloqador bo’lmaganim uchun va boshqaruvdagilar bilan ham ko’rishmaganim va dunyo jarayonlarini bilmaganim uchun va qonunsiz duhsmanlik balosiga uchraganim uchun, eskidan beri menga parda ostida dushmanlik qilgan ba'zi insonlar, fursat topib zobitlarni, yo adliyani vahimaga solmoqda.

Jumladan: Ajib tasodif bilan eshitdimki, to’rt risolam bilan ikki yil mobaynida yozgan maktublarimning nusxasini tintuv bo’limi xodimlari poyezdda tutishgan. Risolalarning ikkitasi, "Ixlos"dir. Garchi bir daraja mahram bo’lsada, sud, ham Anqara tadqiq hay'ati tekshiruvdan so’ng zararsiz deb xulosa qilib, bizga qaytarib berishdi.

Tsenzura va katta muharrirlarga ko’rsatish uchun Istanbulga yuborilgan "Iqtisod", bu zamonda hammaga lozim. O’n sakkizinchi Yog’du bo’lgan "Karomati Alaviya" esa, yanglish sabab ularga, birga jo’natilgan. U risolani chop qilish uyoqda tursin, balki eng mahram qardoshlarimga ham faqatgina o’qilishiga izn beraman. U dunyoga tegishli emas. Ham ekspertlar hay'ati va sud, tadqiq qilib, bizga qaytarib berishdi.

O’n yil avval Eskishahar Qamoqxonasida juda mashaqqatli vaqtda, tasalliga juda muhtoj bo’lgan paytimda ma'naviy bir hushxabar qalbimga keldi, uni qalamga oldim. Ammo mening bu ikki yil, balki to’rt-besh yilda yozgan maktublarimning nusxalari, risolalar bilan birga chop va nashr qilish emas, balki mahram bir-ikki do’stimning xohishi bilan o’qilishini qiziqib birga yuborilgan. Bu maktublarni o’zim yozganimning sababi, men sababli qamoqda mashaqqat chekkanlarga bir tasalli, bir suhbat, bu vatan va millatga dunyo va oxiratlariga yigirma yildan beri buyuk manfaati tekkan Risola-i Nur haqida fikr almashish uchundir.

Balki sizga va Anqara idoralariga yozgan ba'zi dardlashishlarim ichida bo’lgandir. Bu ma'nodagi risola va maktublar, tintuv bo’limi xodimlari tarafidan olingan, balki sizga ham kelgan yoki keladi degan ehtimol bilan bu haqiqatni bayon qildim. Mening hozir juda og’ir besh-olti qiyinchiligimga vahima sababli qonunsiz hujum qildirishga yo’l qo’ymasligingizni, sizning vazifaparvarligingizdan va jiddiyligingizdan umid qilaman.

* * *

(Istanbuldagi hodisani ko’rgan Risola-i Nur talabalarining maktubidan bir bo’lim.)

Aziz qardoshlarimiz!

"Lahulhamdu valminna" kecha, Nurning ma'naviy fathlari, butun azamat va dahshati bilan Istanbulda ko’rindi.

Mutlaq kufrni dunyoga, xususan Islomi olamiga qo’yishni istagan jamiyat va

uning fikrlarning noshiri va

harakatining rivojlantiruvchisi bo’lgan bir-ikki gazeta bosmaxonasi va kutubxonasini ostin-ustun qilib,

dinsiz qildik,

komunist qildik deb o’ylangan

yoshlar va maktablilarning og’zi bilan va

harakatlari va fe'llari bilan norozilik bildirildi.

"Qahr bo’lsin komunistlik" deb badduolar qilindi. Bu jamiyatning minglab lira moddiy va millionlab lira ham ma'naviy zarari tegdi. Ranjiganimiz uchun, qalbimiz va ruhimizga juda aloqador bir shaxsi ma'naviy:

Ey Nurchilar! Hozir moddiy imkon hosil bo’lmayapti deb xafa bo’lmang. Nurning fathlari keng maydonda davom etyapti. Kulliy muvaffaqiyat hosil bo’lmoqda. Va boshqa va boshqa deb bor ovozi bilan aytdi.

هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Risola-i Nurning talabalari bilan, Risola-i Nurga va "Oyatu-l Kubro"ning karomati bilan avval umuman ko’rmagan ajib porlash bo’ldi. Ahli dunyoning hujum niyatiga tegishli hukumat idoralaridan biri undan qutula olmadi. Bu esa ajib va ma'nodordir.

Kechaning eng sovuq paytri uch soat davomida Jahannam kabi yondi. Risola-i Nurning Chalishkanlar oilasidan bir talabaning uyi tomi unga yonma yon edi. Yana ikki qardoshining va ma'sum Jaylonning sarmoyalarining katta qismi bo’lgan katta do’konlari, yong’in joyiga ikki kichik do’kon oraliq bilan joylashgan edi. Olov shiddati bilan do’konga qarab kelayotganda bechora Jaylon yonimga kelib, "Biz yonyapmiz, mahv bo’ldik." dedi. Men ikki kun avval do’konlarida bo’lgan "Oyatu-l Kubro"ning chop qilingan bir qancha nusxalarini yonimga olib kelishini aytdim, lekin olib kelmadi. Demak o’sha olovni so’ndirish uchun u yerda qolgan ekan. Men Risola-i Nurni va "Oyatu-l Kubro"ni shafoatchi qilib: " Rabbim kutqar!" dedim. Uch soat o’tib dahshatli yong’in hujumida katta idorani tamomini yo’q qildi. Ostida va yonma-yon bo’lgan do’konlarni hammasini yoqdi, yiqitdi. Risola-i Nurning va "Oyatu-l Kubro"ning himoyasidagi do’konga qat'iyyan olov tegmadi. Uning ostidagi shogirdning do’koni ham istisnoiy holda omon qoldi. Faqat aholi oynalarini sindirishibdi. Agar odamlar tegimaganida, narsalarini olmaganida, umuman zarar ko’rmasdi.

Xullas Isparta gilamxonasining yong’ini bilan, uylaridan Risola-i Nur darslariga joy ajratgan kishilarning dahshatli yong’inda ikki qardoshining yonma-yon ikki uyining najot topishi, Risola-i Nurning bir karomati bo’ldi.

Kastamonuda Amirtog’ yong’ini kabi, qarshimdagi dahshatli yong’in yonidagi Risola-i Nur shogirdlaridan Hofiz Ahmadning uyi ham hayratomuz suratda najot topdi.

Uning singlisining uchinchi qavat yong’in ichida hayratomuz bir tarzda, ham olmos va oltin javohirlari, ham joni Risola-i Nurning barakoti bilan najot topdi. Bu yerda, Risola-i Nurning g’ayratli talabalaridan va Chalishkan Xonadonidan uch aka-uka to’rt kishining dahshatli yong’indan najot topishi, Risola-i Nurning va Oyatu-l Kubroning bir karomati ekaniga ham men, ham ular, ham boshqa qardoshlarimiz qat'iy qanoat hosil qildik.

Bu yerdagi shamol u yerda bir oz esganda bozor do’konlarining aksariyatini yondirdi. Hatto "Oyatu-l Kubro" do’konidan uzoqdagi o’n-o’n besh do’kon narsalarini chiqarib tashib qolishdi.

Ba'zi belgilar bilan, Sandiqli, Afyon, Kutahya o’rtasida, Risola-i Nurga va yangi maktublarimni qo’lga olishlari bilan menga qarshi bir hujum belgilari ko’rindi. Ikki hodisada, Istanbul hodisalari bilan ta'zir yedi. Bu safargi ta'zir menga hujum qilish niyatiga jazo sifatida keldi, inshaalloh niyatdan ularni voz kechirdi va qo’rqitib lol qildi.

Qardoshlarim!Zakovatingiz va tadbiringiz, mening birdam bo’lish haqida nasihatimga ehtiyoj qoldirmaydi. Ammo so’nggi kunlarda his qildimki, Risola-i Nur shogirdlarining birdamligiga zarar berish uchun bir-biringizni ayblashingiz uchun o’rtangizga su-i zon tashlashyapti. Bo’linish yuzaga kelishi uchun, "Balki falon talaba bizga josuslik qilayotgan bo’lsa kerak", degan shubha solishyapti. Diqqat qiling, ko’zingiz bilan ko’rsangiz ham pardani yirtmang. Yomonlikka qarshi yaxshilik bilan javob bering. Lekin juda ehtiyot qiling, sir bermang. Zotan sirimiz yo’q, ammo vahimachilar ko’p. Agar bir talaba dushmanlarga ayg’oqchilik qilayotgani ma'lum bo’lsa, isloh qilishga harakat qiling, pardani yirtmang.

Sizning, xususan Isparta madrasasidagi birdamligingiz ham Risola-i Nurni, ham shogirdlarini, ham bu mamlakatning yuzini oq qildi. Va har tarafda Risola-i Nurga xizmat qildirgan ahamiyatli bir sabab - birdamligingiz, shavq va g’ayratingizdir. Janobi Haq sizlarni bu xizmati iymoniyada doim va muvaffaq aylasin, omin omin.

Umum qardoshlarimga toifa toifa, bir-bir salom aytaman. Duo qilib, duolarini so’rab qolamiz.

Said Nursiy

Yong’in haqida Ustozimiz yozgan haqiqatni aniq bilamiz va ko’zimiz bilan ko’rdik.

Usmon, Mahmad, Hasan, Jaylon va yordam bergan Ibrohim

* * *

Aziz qardoshim!

Maktublaring haqida yaxshi fikrdaman. Ammo hozirgi jurnalist va boshdagilar haqiqatlarni to’liq baholay olmaydi. Risola-i Nur yalinmaydi! Ular yolvorishi va qidirishi kerak. Qiymatini taqdir etib, xaridor bo’lgandan keyin ularning yordamini qabul qiladi.

Hozir e'tiborni Risola-i Nur shogirdlariga jalb qilmaslik kerak deb o’ylayman. Lekin yetti yil jahon urushiga qaramagan va yigirma besh yil gazetalarni o’qimagan, eshitmagan bu qardoshingizning fikri, bu masalada so’ralmaydi. Asl fikr sohibi, sizlar va Risola-i Nurning xos shogirdlari va mudaqqiq noshirlari mashvarat bilan, xususan Ispartadagilar bilan, nima foyda bo’lsa shuni qiling. Sening go’zal maktubingni "Ilova"ga yozdik.

Risola-i Nurning "Ilova" Risolasida Fayzi bilan Amin ahamiyatli mavqe qozonganlar, ajabo qay holdalar? O’sha ahamiyatli mavqega muvofiq vaziyatga muvaffaq bo’lyaptilarmi? G’amlari yo’qmi? Ham qamoqxonada haqiqatdan mardona va fidokorona istirohatim uchun xizmat qilgan va o’n yil menga xizmat qilnagchalik minnatdor qilgan Toshko’priklik Sodiq, Hilmi va Ehson qay holdalar? U atrofda, xususan Ineboludagi qardoshlarimni unuta olmayman, men haqimda xavotirlanmasinlar. Risola-i Nurning (ba'zan vaqti-vaqti bilan) ba'zi yerlarda to’xtab qolishi evaziga, juda ta'sirli va ahammiyatli tarzda parda ostida fathlari bor. Xavotirlanishmasin, ehtiyot bo’lish bilan birga sabot, matonat va yozishda davom etishsin.

Barchaga minglab salom aytamiz va duo qilamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Sizlarni, birinchi vazifa-i Nuriyani, "Asoyi Muso"ga oid hizmatni boshlaganingizni tabriklayman. Ispartangizni diyonatda va Islomiy odobda orqa qolmagan, balki ilgari ketganini ruhu jonimiz bilan tahsin va tabrik qilamiz.

Ikkinchidan: Dengizlining Xusravi Hasan Fayzining Risola-i Nur haqida va Risola-i Nurning asli, asosi va ma'dani bo’lgan Qur'on haqiqati, iymon sirri va nuri Ahmadiy ta'rifida yozgan nazmiy bayonida to’liq samimiyat va metin iymoniy qanoat bor. U hamma narsani tez qabul qilmagan va dalilsiz taslim bo’lmagan olim, xususan muallim bo’lsada, Risola-i Nurning haqqoniyatini ham o’z nomidan, ham atrofidagi birodarlarining ma'naviy shaxsi uchun bir daraja hayratomuz, xolis ta'rif qilgan "G’aybiy Tasdiq Muhri"ning oxirida, "Ilova"dan olingan bo’limlarning oxiriga yozilsin. Bundan tashqari "Ilova"da ham qayd qilinishini va Halil Ibrohimning oxirgi Risola-i Nur haqidagi tavsifnomasini va "G’aybiy Tasdiq Muhri"ning orqasida yozilishini munosib ko’rdik va bu yerda ham shunday qildik. Chunki buncha kuchli va samimiy bir qanoat, G’aybiy Muhrdagi imolar navida haqqoniyatiga bir imo, bir belgi bo’lishi mumkin.

Uchinchidan: Hasan Fayzining maktubida aytilgan barcha qardoshlarimizga juda ko’p salom aytamiz, tabriklaymiz. Qamoqxonalari bir Nur darsxonasi bo’lgani kabi, inshaalloh Dengizli viloyati ham bir nav Madrasat-uz Zahro hukmiga o’tadi. Ko’pchilikning yuzini oq qilgan, Nurni zulmlardan qurtarishga harakat qilgan va ma'nan Nur shogirdlarining har biriga hadya qilingan risolalardan ham kattaroq hadya bergandek hadyasi bor. Bu Nurning tabrigi, unga minnatdor bo’lganlarning xotiralaridir. Yuzlab misli muqobili olingan bir adolatli xotiradir.

To’rtinchidan: Ishorati g’aybiya bilan, oltmish to’rtinchi yilda Risola-i Nur ta'lif jihatidan tugaydi degan g’aybiy xabarni ikki hol tasdiqlaydi:

Birinchisi: Juda muhim nuqtalar xotirga kelsada, risola ta'lif qilinmaydi.

Ikkinchisi: Risola-i Nurni muhofaza qilish va nashri uchun hamda ega bo’lish va himoya qilishga harakat qilish uchun hayot istardim. Ammo hadsiz shukr bo’lsinki, bir bechora keksa Said o’rniga ko’p yosh Saidlar ushbu vazifani bajarmoqda. Xususan Xusravlar, Fayzilar, Ahmadlar, Mahmudlar, jiyanim kabi ko’p Abdurrahmonlar va hokazo Hofiz Alini qabrida masrur, xursand qilganlari kabi, inshaalloh qabrimda ham shunday xursand qilishadi.

Umum qardoshlarimga, ma'sumlarga, ummiylar, opa-singillar kabi har toifaning har biriga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz. Risola-i Nurning barakasi bilan yong’indan ziyon ko’rmagan Chalishkan xonadoni ham, sizlarga arzi hurmat va salom aytib qo’llaringizdan o’padilar.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bir necha oydan beri menga qarshi uyushtirilgan hiylalari o’rtaga chiqdi. Hifzi Ilohiy bilan u musibat, yigirmadan birga tushdi.

Bo’sh vaqtimda masjidga borgan edim. Men bexabar talabalar sovqotmasligim uchun, majlis yerida bir kulbacha qurishgan edi. Men to’rt-besh kundan beri o’z-o’zimga boshqa u yerga bormaslikka qaror qildim. Ma'lum zobit vosita bo’lib kulbachani olib tashlashdi. Menga ham rasman: "Boshqa masjidga bormaysiz." deyishdi. Lekin ma'nosiz, chumolini fil qilib yurakni siqishdi. Hech ahammiyati yo’q, hech ham xavotirlanmang. Taxminimcha, har tarafda haddimdan ko’p ortiq odamlarning e'tiborini ketkazish uchun, ba'zi bahonalar bilan xoinlik qiladilar. Eski vaqtlarimni o’ylasam bardosh bera olmaydigandekman. Holbuki (Risola-i Nurning sihhati va yoyilishiga zarar kelmaslik sharti bilan) har kun ming xoinlik va azob berishlar ham kelsa, Allohga shukr qilaman. Men ahamiyat bermaganim kabi, bu yerdagi talabalar ham hech qaytishmayapti. Biz ko’pdan beri kutgan bu hodisa ham inoyati Ilohiya bilan yengil o’tdi.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Nuri Muhammadiya va sahobaga tegishli to’rt sahifa juda chiroyli chiqqan. Oxirida, Risola-i Nurga va bu orqali bizga tegishli qismlarda Hasan Fayzining husni zoni juda hadidan oshgan. Garchi qasidasining oxirida Risola-i Nurning haqiqatini va shaxsi ma'naviyini murod qilgan bo’lsada, yana to’g’rilashga muhtoj ko’rdim. Ba'zi kalimalarni ilova va bir nechtasini o’zgartirsamda, mening haddimdan ming daraja ortiq deb qo’rqdim. Modomiki shogirdlarni shavq va g’ayratga keltirgan ekan, sizga havola qilaman. Siz, ham bu davrdagi vahimachilarni, maslagimizning zarurati bo’lgan kamtarinlik, ixlos va "men"likni tark qilish nuqtalarini e'tiborga oling, munosib ko’rgan so’zlaringizni to’g’rilang. Sustlik vaqtida bu ahamiyatli tashviq qamchisidir, birodarlarga yuboring.

U qiymatli qardoshimiz, marhum Hofiz Alining (RH) vorisi va xalafi o’rnida Risola-i Nurga haddan ortiq aloqadorlik va sadoqat bilan bog’liqdir. Mening to’g’rilashimdan ranjimasin.

O’ta samimiyat va kuchli tayanch bilan, chuqur ilm va porloq iymon bilan Risola-i Nurning mohiyatini ikki safardan beri ta'rif qilgan Risola-i Nurning xos shogirdlaridan va ahamiyatli eski muallimlaridan Hasan Fayzining "G’aybiy Tasdiq Muhri"dan olgan ilhomi bilan Risola-i Nur haqida, uning manbai va asosi Nuri Muhammadiy (ASV) va haqiqati Qur'on hamda sirri iymon ta'rifida bu qasidani yozgan.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

يُرِيدُونَ لِيُطْفِوءُا نُورَ اللّٰهِ بِاَفْوَاهِهِمْ وَاللّٰهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

Ahmad yaratilgan buyuk Nuri Ahaddan

Har zarrada nurdir u azaldan ham abaddan

Bir nur-ki ham ulug’ ham tuganmas

U Faxri Jahon Hazrati Mahbubi Ilohiy

Porlatdi jahonni bu go’zal Nuri Muhammad (ASV)

Yaratilmaganda bo’lmas edi bir zarra va bir fard

Uning nuri, hamma yer har zarrani o’ragan

Boshdan oyoq har dam bu qattiq zulmatni yorgan

Bir nurki udir sodda va ham qaytmas

Toza va pok jumladan ustun va mukammal

Bir nur-ki barcha zarrada faqat u namoyon

Bir nur-ki berar qalblarga ham ishq ila iymon

Bir nur-ki agar bo’lmasa u hech bir on

Boshdan oyoq zulmatda qolar ham da bu akvon

Bir nur-ki emas shunday qamraganki, hech yer qolmagan

Bir nur-ki qilar qalbni ham pur-nur, chashmni ham pur-nur

Bir yog’dudir undan, shu ulkan shams va qamarlar

Faqat u nurdan bu ajoyib ulkan olam

Yaratildi u nurdan yana Jannat ila Jahannam

Shak yo’q u nurdir o’qilgan Hazrati Qur'on

U nuri azal ham sababi xilqati inson

Har narsaga udir mabda', asl va asos ham

Undan ko’rinar bashariyat mukarram

Bir zarra emas, bahri muhit u bahri munirdan

Ham inson hech bo’lar hammasi birdan

Shak yo’q jahon, u nurning qatra-i nuridan

Shak yo’q bu jon, u nurning zarra-i nuridan

So’nsin deya puflansa, dengiz kabi jo’sh urar

So’ndirishga kimda ajab zarra majol bor

So’ndirishga uringandi asrlar to’la kuffor

Qahr ayladi hammasini ul Hazrati Qahhor

Doim so’ngan asrlar, yonadi so’nmasdan ul

Tarixdan so’rang, kimdir u nur, ham kim ekan manfur

Peshanasida yongan Nuri Muhammad Halilning

Yetmasdi kuchi, qarashga har yig’lagan xasta chashm

Ko’rsaydi Rasulning u go’zal nurini, Namrud

Yoqmasdi u dam, norini ul kofiri matrud

Bir chivin o’ldiradi u shohi jahonni (!)

Otgandi Halilni otashga chunki u jinoyatchi

Bir parda ochib so’yladi Haq yashirin kalomdan

U otashga bahs ayladi ham bardu salomdan

"Do’stim va Rasulim ulug’ Ibrohimni ey nor

Ot odatingni, yoqma bugun, sen uni zinhor!"

Bir yashirin xitob keldi da ul dam Haqdan

Bir abdi mukarram qutuldi pichoqdan

U nurdan uchun Yunusni hifz ayladi hut

U nur bilan qahr ayladi ham qavmini Lut

U husni jamol, ayladi olamlarni hayron

Qaydan uni topgan, ajabo Yusufi Kan'on

Hikmat nedir, u dardlarfa sabr ayladi Ayyub

Ham sirri nadir, Yusuf uchun yig’ladi Ya'qub

O’lganda tirilganda nega his qilmadi bir his

U nomli nabiy, shonli shahid Hazrati Jarjis

Hasratla nechun yig’ladilar Odam va Havvo

Kimdan edi bu yillarcha davom etgan ulkan da'vo

Ham oh, nechun tark etilip Ravza-i Jannat

Bir dori qaror bo’ldi nega olami mihnat

Nur shahri bo’lgan Turda u on Hazrati Muso

Asrori kalom faqat yechilib topdi tajallo

Bir qism Zaburdan o’qisa Hazrati Dovud

Boshlardi hamon xuddi ulkan mahshari majlis

Bilmam-ki nechun, shamol va suvlar faqat uni tinglar

Bilmam-ki nechun, eshitgan oh! deya ingrar

Maxluqni butun o’ziga rom qildi Sulaymon

Qayerdan edi bu quvvat, unga kimdan edi bu farmon

Shamollar ila uchgan shonli ulkan taxti muqaddas

Asrori azaldan u ham eshitgan yana bir sas

U qaysi ajib sir-ki, chiqar ko’klarga Iso

Kimdir tortilgan chormixga, kimdir yana Yuda

Nur dardi uchun taxtini tark ayladi Adham

Bir boshqaning taxti bo’lar dardiga malham

Ko’p shaxsi valiy, nur ila ham qildi qanoat

Ko’p shaxsi pastlar, nur ila ham topdi karomat

Hammasi ham parvonasi, oshig’i nurning

Hammasi muammo, kuchi yetmas bu shuurning

Fillar bilan borib Ka'bani Abraha zolim

Istardiki qilsin qancha ming turli mazolim

Istardiki u uy yiqilib shuhrati so’nsin

Xalq Ka'bani tark qilib cherkovga qaytsin

Istardiki qo’ysin chiqadigan nurga bir to’siq

Ham tug’ilmay o’lsin deya Mahbubi Muabbad

Kunlarcha borib Ka'baga yaqinlashgan qo’shin

Birdaniga bir tahlika sezgandek to’xtadi

Tezlik bilan kelib bir poda qush, dengiz tarafidan

Tosh jangini boshlar juda ajib hammasi birdan

Tushgancha havodan u muammo kabi toshlar

Jonsiz yiqilib yerlarga yotgan qancha boshlar

Shohi bilan birga kattakon qo’shinni Mavlo

Bo’lsin deya Mahbubga nishon, ayladi mavtga

Ham qavmi Quraysh, so’ndiraylik derkan u nurni

Erkak va ayol, jumlasining qochdi huzuri

Mushriku muvahhid, ikki firqa bo’lib qabilalar

Yillarcha to’kilgan yana ustiga bir qon

Yorildi Qamar, Faxri Bashar, ul ulug’ Sarvar

Har yerda va har onda uning nuri muzaffar

Qur'on edi qovli, nur edi yo’li, ummati baxtli

Ummat bo’lganning qalbi butun nur bilan to’ldi

Chekmasdi g’am, ul so’zi javhar, mag’zi kavsar

Sura-i Kavsar, dedi dushmaniga "abtar!"

Shamsi Azaldan qochgan quruq boshlar

G’oya-i Jahannamda barcha yoqqan otashlar

Tugagandi nafas, chiqmadi sas, to’ygandi harkas

U nurga borib bosh egib ham dedilar pas

Idroki bo’lgan karvon ayrildi Qurayshdan

Fayz olish uchun chiqqan shonli quyoshdan

Kavsri Ahmaddan ichib har biri kosa-kosa

Bo’ldi u kun xuddi mujallo bittadan olmos

U boshlarga toj, dardga darmon, murshidi olam

Aylardi nazar bularga nuri ila tez-tez

Bular edi u dushmanni bug’gan bir guruh arslon

Haq yo’liga, nur yo’liga bo’lgan ko’pi qurbon

Bulardan u kun ahli nifoq hammasi qochardi

Mushrik esa, ul aqli uning qolmas uchardi

Bular edi u Payg’ambarning asxobi va oli

Dunyoda va uqboda ham shonlari oliy

Tavsif qiladi bularni faqat ana shunday Qur'on:

Sulh vaqti qo’y, urushda o’kirar arslon

Faqat yuzlari pok, so’zlari haq, yo’llari haq edi

Markablari shamollardek Duldul, Buroq edi

Bir jazba-i "Yo Hayy!" ila sellar kabi oqdi

Dushmanga borib har biri chaqmoq kabi chaqdi

Bular edi u kun halqa-i tavhidni qurganlar

Bular edi u kun bolta bilan kufrni sindirganlar

Bular edi muborak ulug’ maslahat jamiyati

Bular edi u nurdan tizilgan halqa-i kubro

Bular edi olgan Suriya, Iroq, o’lka-i Kisro

Bular ila ziyodor u qorong’u ulkan sahro

Bular edi bergan xasta, aliyl ko’zlarga bir nur

Bular edi u tarixga o’tgan shonli qahramon

Hammasi bir zarra-i nuri u Habibning

Har on ko’rinar ko’zlarga undan qancha yuz ming

Nur ostiga kirgan turli jamoat

Ham topdi baqo, hamda butun ko’rdi adolat

Ajdodi i'zomning buyuk ruhlari ranjigan

Zero ne kufrlar o’qilar ularga har kun

Yog’gandi u kun oh ne g’amlar, ne alamlar

Ojiz uni umumin yozishga, qo’llar va qalamlar

Minglarcha yetimning yiqilgan qalbini sen qil

Afv et yetar endi, u Habib hurmati yo Rab!..

Derkan yetar endi, bizni afv et go’zal Alloh

Tebrandi jahon, o’ldi da bir gum-gum birdan

Muz parchasi holida bulut, bir yerga tushgan

Erkagu ayol hammasi u tomonga yig’ildi

Darhol ochilib ko’k yuzi ham porladi ul nurdan kelgan Risola-in Nur

Xalloqi Rahiym ayladi maxluqini baxtiyor

Zulmat tarqalib boshladi bir yap-yangi kunduz

Bir sevinch his qilib jim bo’lsi biroz yig’lagan u ko’z

Bir on ham tushmas ekan uning ohi tilidan

Qutuldi, dardman bashar dardning qo’lidan

U yangi quyosh, o’lkaga sochib shu'lalar

Faqat shod bo’ladi, shavq topadi qalbi siniqlar

Har qalbga surur, har ko’zga nur to’ldi bu kundan

Bir xushxabar beradi xuddi u bir shonli to’ydan

Arz qilaylik ul ulug’ Allohga shukrlar

Ketar bu qahru johilligu zalolat, shirku kufrlar

U nuri Xudo soldi ziyo, qalbga safo ham

Ko’rsatdi baqo, ko’chdi fano, topdi vafo ham

Chiqqandi shaqiy, keldi naqiy ko’rdi adovat

Aylardi nafiy, bo’ldi xafiy nuri hidoyat

Otildi Risola-i Nur, ufuqdan nuri Risolat

U nuri Risolat beradi ishonch adolat

Allohga shukr, ketmoqda barcha qorong’ulik

Allohga shukr, to’lmoqda faqat qalbga farohlik

Allohga shukr, mana bugun parda ochildi

Olamlarga ortiq yana bir nash'a sochildi

Endi bu so’niq jonlarga jon ufladi jonon

Endi bu ko’ngil dardiga u ayladi darmon

Bir fasli bahor boshlandi viloyatlarda bugundan

Bir suhbati gul boshlandi tillarda bu kundan

Mendan menga borishga Risola-i Nur dedim

Nur dardiga tushdim da dengizlar kabi jo’shtim

Bir zarracha bo’lsin topay deb qidirib

Tushdim yana daryo kabi nurga bugun men

Berdim unga ko’nglimni boshdan oyoq ortiq

Ma'shuqim udir hozir mening, men unga oshiq

U nuri azal qoraygan qalblarga loyiq

U nurdan olar fayzini jumla xaloyiq

Qahr ayladi u zulmatni Risola-i Nurga oqqan

Nur qahriga yo’liqar, unga dushmanona qaragan

Kufrning butun majlisi hujum qilsa ham ey nur

Qilmas seni uzoq, o’zi bo’lar balki mag’lub

Sensan yana hozir, yana sensan bizga nozir

Ey nuri Rahiym, ey abadiy, jilva-i qudrati Fotir

Bir sevinch e'lon qilding iymonla sirri azaldan

Bir xushxabar keltirding bizga ul mashhur go’zaldan

Modomiki ichirding bizga obi hayotdan

Bir zarra qadar qolmadi xavf hozir mamotdan

Hasrat yashadik nuringga yillarcha butun biz

Ma'sum va xasta, turli balo chekdi sababsiz

Yillarcha oqqan, qon to’la ko’zyoshlari tinsin

Zolim yerga botsin, u zulm bir yerda sinsin

Yillarcha, asrlarcha bu nuring yana yonsin

Kimsasiz va yetim, bevayu xastalar barchasi to’ysin

Ey nur guli, nur chehrangni o’psam dudog’ingdan

Qalb bog’ining qalbiga eksam butog’ingdan

Har dam hidlab ham u go’zal royihasidan

Chiqsam yana men foniy olam dardidan

Nur gullarini ochsin, yana mushklar kabi tutsin

Siynamda bu jon bulbuli tavhid ila sayrasin

Sensan bizga bir nash'a bergan ul guli xolis

Sensan bizga ham jumladan a'lo, yana muxlis

Ey Nuri Risolatdan kelgan bir burhoni Qur'on

Ey sirri Furqondan chiqqan hujjat-i iymon

Sen eding bizga matlub, yana sen eding bizga va'da

Soyangda bugun hamma bo’lar zinda va mas'ud

Har on seni kutar va sog’ib eslardi bu dunyo

Haq o’zini ko’rsatdi, bugun bitdi u ro’yo

Ming uch yuz yildir tuproqqa aylangan qancha milliard

Mo’min va muvahhid seni kutardi faqat ey yor

Barcha seni qo’llab aytardi kalomni

Barcha har on senga aylardi salomni

Nur chehrangni ochsang, olib pardani yuzdan

Aytar menga ruhim yana مَا ازْدَدْتُ يَقِينًا

Valloh, azaldan buni men ayladim yod

Risola-in Nurdir valloh o’sha so’nggi mujaddidi akbar

Yuzlarcha hujjat, yana qancha yuz ishorat

Aylar bu muqaddas ulkan da'voga shahodat

Eng boshda kelgan shohidi adl Hazrati Qur'on

Ko’rsatgan ayonan o’ttiz uch yerda u burhon

يَا مُدْرِكًا ning qalbiga ko’mgan Asadulloh

Ko’p sirki, bilganlar bo’ladi doim senga ogoh

كُنْ قَادِرِىَّ الْوَقْتِ degan ul piri muazzam

Minglarcha valiy ham yana qilgan bunga ming ilova

Mo’'jizdir u so’z, haqdir u mag’z, ko’rmadi har ko’z

Endi bu muammolarni kel sen bizga qil hal

Oltinchi So’zing oldi barcha fe'lu sifotni

Berdim da poklandim unga ham zotu hayotni

Muflisu faqir kutar edim hozir eshigingda

Tavhidga erishtir meni, kel boringni ber-da

Men men deya, yozgan bo’lsam-da sensan yana u men

Hechdan ne chiqar, ham menga menlik yana sendan

Afv et meni ey afvi buyuk, lutfi buyuk Risola-in Nur

Bir dam ham ham aylama sendan meni yo Robbana uzoq

Nur haqqi, Haq hurmati, do’st sababli ey nur

Nuring ila sirring ila bugun qil bizni masrur

Ey Nuri Azaldan kelgan Nuri Muhammad (ASV)

Ey sirri iymondan kelgan nuri muabbad

Minlarcha yetimning eshitilgan ohini bir to’xtat

Tebratar u buyuk arshni ham valloh bu chiqqan ovoz

Valloh jamilsan, yetar ortiq bu jaloling

Ko’rsat bizga ey Nuri Muhammad, bir karra jamoling

Dargohingni och, qil bizga ehson, yana ey nuri Risolat

Biz dardli qulmiz, qil bizga darmon, yana ey nuri haqiqat

Ammora bo’lgan nafsimizning amriga ergashdik

Ber bizlarga sen nur ila dalil, yana ey Nuri Qur'on

Hirs otashi so’nsin-da ko’ngil aylansin gulshan

Soch nuringni, ham fayzingni har on, ey nuri iymon

Sen nuri Badi', Nuri Rahiymsan bizga lutf et

Faqat istagimiz ishq ila iymon, yana ey Nuri Ilohiy

Dining chekinib, dev kabi tashlanmoqda vahshat

Rahm qil bizni g’arq qilishga to’fon, ey Nuri Rahmoniy

Pur-nurga bo’yalsin butun ofoqi jahoning

Har yerda o’qilsin bu Qur'on, yana ey Nuri Subhoniy

Mahbubingga ergashdik, hammamiz ummati bo’ldik

Yig’latma yetar, qil bizni xandon, yana Ey Nuri Rabboniy

Ul Ravza-i Poki Ahmadni (ASV) ko’rsat bizga bir on

Bo’laylik faqat unga qurbon, yana Ey Nuri Samadoniy

Islomga zafar ber, bizni qutqar, bizni kuldir

Yovimizni qil haq ila yakson, yana ey Nuri Furqoniy

Har shahri Islom ila, bo’lsin bu yashil yurt

To hashra qadar jannati jonon, yana ey Nuri iymoniy

Ul Faxri Jahon, Oli Aba haqqi uchun yo Rab

Hifz et bizni ofatu balodan, yo Nuru-l Anvor, bihaqqi ismika-n Nur!

Ojiz, bechora talabangiz

Hasan Fayzi (Rahmatullohi Alayh)

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

G’oyat ahammiyatli (bundan avval sizga qisqacha bayon qilgan) bir masalani takroran aytishimga quvvatli, ma'naviy bir eslatma oldim. Masala quyidagicha:

Parda ostidagi dushmanimiz munofiqlar, hozirga qadar qilganlari kabi, adliyani va siyosat va boshqaruvni zohiriy dinsizlikka vosita qilib, bizga hujumlari natijasiz qolgani, va Risola-i Nurning fathlariga manfaati bo’lgan eski rejalarini tashlab, yanada munofiqona va shaytonni ham hayratda qoldiradigan reja tuzishganiga doir bu yerlarda belgilari ko’rindi.

Rejalarning eng muhim asosi, xos, metin qardoshlarimizni sovutish, sustlik berish, mumkin bo’lsa Risola-i Nurdan voz kechirishdir. Bu nuqtada ajib yolg’onlarni va hiylalarni ishlatishyapti, Isparta va uning atrofi, gul va nur fabrikasining qahramon shogirdlari kabi, po’lat va temir kabi sabot, sadoqat va matonat lozimki, bardosh qila olsin.

Ba'zan do’st suratida kirib, qo’rqitish uchun chumolini fil qilib vahima qilishadi. "Ey voh, ey voh Saidga yaqinlashmang! Hukumat ta'qib qilyapti", deb zaiflarni voz kechirishga urinmoqdalar. Hatto ba'zi yosh talabalarga, havaslarini qo’zg’ash uchun, ba'zi yosh qizlarni yo’liqtirishyapti. Ular Risola-i Nur peshqadamlariga qarshi, shaxsimning kamchiliklarini, xunuklillarini ko’rsatib, zohiran dindor ahli bid'atdan ba'zi shuhratli zotlarni ko’rsatib, "Biz ham musulmonmiz, din faqat Saidning yo’liga maxsus emas" deb, bizga qarshi parda ostida muxolafat qilib zindiqlarga va anarxistlik hisobiga sofdil ahli diyonat va domlalarni vosita qilib iste'mol qilishadi. Inshaalloh bularning bu rejalari ham natijasiz qoladi. Bunday yaramaslarga:

"Biz Risola-i Nurning shogirdlarimiz. Said ham biz kabi bir shogird. Risola-i Nurning manbai, ma'dani, asosi esa Qur'ondir. U yigirma yildan beri tenggi yo’q tekshiruv va kuzatishlar bilan birga, qiymatini va g’alabasini eng qaysar dushmanga ham isbot qilgan. Uning tarjimoni va bir xizmatkori bo’lgan Said qay holda bo’lsa bo’lsin, hatto Said ham (Al'iyazu billah) Risola-i Nurga qarshi bo’lsa, bizning sadoqatimiz va aloqamizni inshaalloh buzmaydi." deb, u eshikni yopinglar. Ammo mumkin bo’lgancha Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’lish, qo’lidan kelsa yozish va mubolag’ali targ’ibotlarga hech ahamiyat bermaslik va avvalgidek tom ehtiyot bo’lish kerak.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

Said Nursiy

* * *

Bu vatandagi millatning eng buyuk kuchi bo’lgan Islom olamining e'tiborini, hamiyatini va birodarligini ketkazish va nafrat berdirish uchun, siyosatni dinsizlikka vosita qilib, parda ostida kufri mutlaqni o’rnatishni istaganlar, hukumatni aldab va adliyani ikki marta adashtirishdi. "Risola-i Nur shogirdlari, dinni siyosatga vosita qiladi, xavfsizlikka zarar berish ehtimoli bor." deyishyapti. Holbuki, bu mamlakatga moddiy-ma'naviy barakaga, hayratomuz xizmati va umum Islomi olamiga taalluqli haqiqatlarni jamlagan o’ttiz uch Qur'on oyatlarining ishorasi bilan, Imom Alining (RA) uch g’aybiy karomati bilan va G’avsi A'zamning qat'iy xabarlari bilan haqligi ko’ringan Risola-i Nurning, siyosat bilan aloqasi yo’qdir.

Ammo kufri mutlaqni yo’q qilgani uchun, kufri mutlaqning tamali bo’lgan anarxistlik va usti istibdodi mutlaqni asosi bilan buzadi, rad qiladi. Xavfsizlikni, osoyishtalikni, hurriyatni va adolatni ta'minlaydi.

Risola-i Nurga bundan buyog’iga vatanga, boshqaruvga zarari tegilish bahonasi bilan tajovuz qilinmaydi. Ortiq hech kimni u bahona bilan ishontirolmaydilar. Ammo munofiqlar balki hiylani o’zgartirib, din pardasi ostida ba'zi sofdil domlalarni, bid'at tarafdorlari yoki xudbin so’fiylarni, ba'zi hiylalar bilan, Risola-i Nurga qarshi ikki yil avval Istanbulda va Dengizli atrofida bo’lgani kabi iste'mol qilishga urinar. Inshaalloh muvaffaq bo’lolmaydilar.

* * *

Qardoshlarim!

Hozir to’liq namoyon bo’ldiki, rasman menga xoinlik va haqorat qilish, bu orqali omma e'tiborini ketkazish uchun yashirin tadbir qilingan. Mening barcha do’stlarimni (parda ostida) sovutish va qo’rqitishga urinishyapti. Holbuki "G’aybiy Tasdiq Muhri" ularning barcha targ’ibotlarini chil-parchin qilmoqda.

Garchi dinsizlik hisobiga menga bo’lgan haqorat, bir daraja meni siqsada, Eski Saiddan qolgan ba'zi tuyg’ularimga og’ir kelyapti. Ammo Risola-i Nurning hayratomuz fathlari va shogirdlarining ahli haqiqat nazarida, ruhoniy borliqlar va maloikalar nazdida hurmat va marhamat bilan qarshilanishlari, shaxsimga kelgan xoinlik va haqoratlarning chivin qanotichalik ahamiyati qolmaydi.

Badbaxt xiyonatchilar, dindorlik jihatidan ahli din va ahli ulumi din olimlarining hurmatini ketkazish, dinga bir xoinlik bo’lgani uchun, ruhoniy borliqlar, farishtalar va ahli iymon va ahli haqiqatning nazarida mal'un bo’lgani kabi, mingdan faqat bir-ikki telba yoki zindiqning ofarinini qozonadilar. U badbaxtlar menga haqorat qilib, go’yo Risola-i Nurning nufuzini sindirayapman deb o’ylaydi, shaxsimni manba deb o’ylab meni obro’sizlantirib, Risola-i Nur o’z qiymatini yo’qotadi degan ahmoqona bir o’y bilan shaxsimga tajovuz bo’lmoqda.

Men javoban aytamanki: Ey menga dinsizlik hisobiga xoinlik va haqorat qilgan badbaxtlar! Sizga qat'iyyan xabar beraman, yaqinda (tavba qilmaslik sharti bilan) ajal jallodi orqali sen, abadiy qatl qilinishga o’lim doriga osilasan! Buning umuman qutulish chorasi yo’q! Yomonlikka to’la ruhing abadiyyan yakka qamoqqa mahkum bo’lib, ahli iymon va ruhoniylarning nafrat va la'natini qozonasan! (Tavba qilmaslik sharti bilan) mening intiqomim, sendan, juda ortig’i bilan olinayotganini bilganim uchun, g’azab emas, senga achinaman hatto!

Sen kabi pashshachalik ahamiyati yo’qlarning Risola-i Nurga parda tortishi, uning nufuzini zarra qadar ketkazmaydi. Yuz minglab inson u bilan iymonlarini qutqarganlari uchun, ruhu jon bilan hurmat qilishadi, mahliyo bo’ladilar.

Ammo shaxsimga kelsak, bir-ikki daqiqa asabiylik bilan bir ranjishim evaziga birdan shunday bir tasalli topamanki, sizlarning haqorat va xoinligingiz ming marta ko’paysa ham u tasallini ketkaza olmaydi. Chunki Risola-i Nurning qat'iy kashfi bilan, dinsizlik hisobiga bizga hujum qilganlar, abadiy azoblar, yakka qamoqda va abadiy qatl bilan xoinligining jazosini ko’rganlaridek, Risola-i Nur bilan iymonini qutqargan shogirlari, o’lim bilan ozodlik ruxsatnomasi va abadiy saodat hujjatini olib, abadiy hurmat, marhamat va ikromga sazovor bo’lishlarini, faylasuflarni mot qilgan minglab hujjatlar bilan bayon qilganmiz.

Ham Yangi Said, Eski Said kabi o’ziga hurmat va e'tibor qozonish, shonu sharaf topishga qat'iyyan qarshidir, qat'iyyan qabul qilmaydi. Shuning uchun, yigirma yildan beri yakka yashashni tanlagan.

Agar osoyishtalik va boshqaruv hisobiga nufuzimni ketkazish va xalq nazdida obro’sizlantirish uchun qilayotgan bo’lsangiz, juda katta bir xato qilasiz. Ikki yilda uch mahkama, yigirma yillik hayotimning bir yuz yigirma asarida, bir yuz yigirma ming Risola-i Nur shogirdlaridan osoyishtalikni buzadigan, javobgarlikka tortiladigan, vatan va millatga qarshi hech bir narsa topmay oqlandik. Risola-i Nur bo’limlarining barchasini qaytarishlari berishganini aytib qat'iyan sizga bayon qilamanki, dinsizlik hisobiga bizni ezgan sizlar, vatan va millat, osoyishtalik va boshqaruvga qarshi, anarxistlik foydasiga va mudhish ajnabiy hisobiga meni siqib, muammo chiqarishni istaysiz. Shuning uchun, barcha xoinlik va haqoratlaringizga besh tiyinlik qiymat bermayman, osoyishtalik, boshqaruvning foydasiga, sabr va bardosh qilishga qaror qildim.

Albatta dunyo boqiy bo’lmagani kabi, hodisalari ham to’fonli, doim o’zgaradi. Bir necha soat jinoyatning natijalari dunyoviy va uxroviy minglar zaqqum va azobdir. O’sha paytda, foydasiz "yuz minglab afsuslar" deysiz! Men, rasmiy boshqaruv irodalariga va biz bilan tom aloqador vazifalilarga yozganimdek, siz kabi badbaxtlarga ham: "Biz, Risola-i Nur bilan, bu mamlakatning va istiqbolining eng katta ikki tahlikasini daf qilishga harakat qilyapmiz va amalda ko’p belgilar bilan, hatto sudda ham qisman isbot qilganmiz." deyman.

Birinchi tahlika: Bu mamlakatda, xorijdan kuchli suratda kirishga uringan anarxistlikka qarshi to’siq qo’yish.

Ikkinchisi: Uch yuz ellik million musulmonlarning nafratlarini qardoshlikka aylantirib, bu mamlakatning eng katta tayanch nuqtasini ta'minlashdir.

* * *

AFYON ICHKI ISHLAR MUDIRIGA SO’ZIM:

Mudir Bey! Dunyoda, menga eski davrdan beri ko’rilmagan bu daraja qonunsiz, ma'nosiz va foydasiz tajovuzlar qilinsada, nima uchun ahamiyat bermayapsiz? Bir misoli:

Masjidga, bo’sh paytda, jamoat savobini olish uchun, ba'zan bir-ikki odamdan boshqa hech kimni yonimga qabul qilmaganim holda, rasman "Qat'iyyan masjidga bormaysiz!" deb, bu g’urbatda, xastalik, keksalik va faqirlik ichida bu xoinlik qaysi qonunga asoslangan? Nima foyda bor? Men bexabar, bir kishi masjidning bo’sh joyida ikki-uch taxta, bir sholcha bilan meni shamollatmaslik maqsadida tayyorlagan ikki kishilik joy sababli, muhim masala kabi, ham menga, ham umum xalqqa ma'nosiz xavotir berish qaysi qonunga binoan qilindi? Foydasi nima? So’rayapman?!.

Menga bu xoinliklarni qilganlarning hech qanday bahonalari yo’q. Faqat odamlarning e'tiborini bahonasi ichida, "Bu surgundagi odamni nima uchun hurmat qilyapsiz?" degan ma'no bor. Javoban aytamanki:

Barcha do’stlarim biladilarki, men shaxsimga nisbatan hurmatni va odamlarning e'tiborini istamayman, rad qilaman. Men haqqimda boshqalarning husni zonini qabul qilmaganman. Ixtiyorim va rizoim xorijida, odamlarning husni zonni uchun menga xoinlik qilinishini qaysi qonun meni javobgar deb topadi.

Faraz qilaylik, odamlar hurmati haqiqat bo’lsin. Buning vatanga, millatga foydasi bor, zarari yo’q. Agar, bir qismini qabul qilsam ham, keksalik, xastalik, faqirlik va sovuq xona ichida, dahshatli yakka qamoqda, zaruriy xizmatlarimni qilish uchun bir-ikki insonning do’stligini qabul qilishimda qanday yomonlik bor? Qaysi qonun man qiladi? Bir-ikki ishchi boladan boshqa men bilan ko’rishtirmaslik qaysi qonunga asoslangan? Ishchi bolalar har doim bo’lmagani uchun, o’zim ehtiyojlarimni bajarolmayman. Bu dahshatli vaziyatni, albatta bu mamlakatda tartibni saqlash, hukumat va idora odamlari e'tiborga olishi qarzdir. Haqiqatdan aloqador qilar deb sizga bayon qilyapman.

Amirtog’da tamoman yakka qoldirilgan

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, Konya ulamosidan ko’pdan beri men kutgan bir ahamiyatli yordam ko’rilishni boshladi.

Ha, Risola-i Nur madrasadan chiqqan, ilm ichida haqiqatga yo’l ochgan. Haqiqiy sohiblari va tarafdorlari madrasadan chiqqan domlalar bo’lgani, umum Onadoluning eskidan beri o’tkir va faol madrasasi Konya shahridir. Muborak madrasaning shogirdlari o’z mulki bo’lgan Risola-i Nurga sohib chiqishga va mahkam tutishni boshlaganini Sabrining maktubidan angladim. Bu yer, ya'ni Konyaga yaqin kelganimdan ruhu jonim bilan xursand bo’ldim. Menga kelgan barcha mashaqqatlarga surur bilan javob qaytarib bardosh qilyapman.

Boshda, juda muborak tafsirning juda muhtaram va qiymatdor sohibi Domla Vahbi Afandi bo’lib, Risola-i Nurni taqdirlab aloqadorlik ko’rsatgan barcha Konya va atrofidagi ulamolarini, barcha qozonchlarimga va duolarimga sherik qildim. Va xos qardoshlarim doirasi ichida ismlarini bilgan kishilarimni, ismlari bilan duo vaqtida yod qilaman. Risola-i Nur shogirdlaridagi ma'naviy shirkat bo’lgani uchun, mening juda nuqsonli qozonchimdan hissa oladilar. Barcha shogirdlarning barcha qozonchlaridan ham hissa olishga yo’l ochilganini, men tarafimdan ularga hurmatlarim bilan salomimni ularga yetkazing. Isparta qahramonlari kabi, Konyaning muborak olimlari Risola-i Nurga sohib chiqqanlaridan, dunyoda vazifa-i Nuriyaga xavotirim qolmadi. Risola-i Nurni muborak va kuchli qo’llarga omonat qilib, qalb xotirjamligi bilan qabrimga keta olaman.

Ikkinchidan: Darhaqiqat, oz vaqtda Risola-i Nurga juda ko’p foydasi tekkan va o’n yildan beri Risola-i Nurga xizmat qilgandek xoslar doirasidagi Mustafo Usmonning, Amirtog’dagi qardoshlariga, yong’in munosabati bilan Allohdan sabr tilab, insoniyat yong’inini bahs qilib, go’zal bir maktub yozgan. Maktubining bir qismini ham "Ilova"da, ham "G’aybiy Muhr"da qayd qilamiz, so’ngra suratini sizga yuboramiz. Men tarafimdan ham unga, ham yonidagilarga, ham xabarlashish vositasi bo’lgan Kastamonu va Ineboludagi qardoshlarimizga juda ko’p salomlar bilan barobar, xati go’zal, vaqti bo’lganlar, Isparta va atrofidagidek "Asoyi Muso" Majmuasini yozsalar, juda munosib bo’ladi. Bu vazifa-i Nuriya, inshaalloh bosmaxonadan ancha ko’p ish qiladi.

Uchinchidan: Hofiz Aminning Risola-i Nurga ko’p xizmati bor. Uning tumani bo’lgan Kure, o’tgan hodisadan avval Nuri, Haqqi, Ehson va marhum Muallim Usmon kabi kishilarning himmati bilan bir madrasa-i Nuriya hukmiga o’tib porloq bir suratda Nurga xizmat qilayotgan edi. Inshaalloh qiymatdor xizmatni, mumkin bo’lganda yana qiladi. Garchi o’tgan musibatda eng ko’p ular ranjigan bo’lsada, unga muqobil Risola-i Nurning keng muzaffariyatida u tumanning va fidokor qardoshlarimizning hissalari juda ahammiyatlidir.

Hofiz Amin maktubida aytadiki: "Men suddan kitoblarimni ololmadim. Sizga kelganmi, kelmaganmi?" deb mendan so’rayapti. Siz unga salomim bilan birga yozingki: Seniki menga kelmaganidek, Istanbulga yuborgan kitoblarimdan ham hech biri qo’limga kelmadi. Ayniqsa Istanbulga yuborgan "katta kitob" nomli ichida yigirma risoladan ko’proq bo’lgan majmuani ko’p qidirgan bo’lsam ham, topolmadim. Modomiki Risola-i Nur o’z-o’zidan tarqalayotgan va muhtoj bo’lganlarga o’zini o’qitayotgan ekan, demak Hofiz Amin va bizlarga savob qozontirmoqda.

Hofiz Amin ham, men kabi, kitoblarining boshqa qo’llarga tushganidan mamnun bo’lishi kerak. Kureda erkak va xonim qancha kishi Risola-i Nur bilan aloqador bo’lsa, ularga salom aytaman. Avvalgidek hozir ham Kurega bir Madrasa-i Nuriya nazari bilan qarayman. Xususan Ehson, Abdulloh, Abdurrahmonga salom aytaman, ahvoli yaxshimi? Inshaalloh eski o’tkir xizmati davom etayotgandir. Tom bir Abdurrahmon bo’lganini isbot qilganidek, davom etadi.

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Hadsiz shukr bo’lsinki, Risola-i Nur o’rniga meni siqishyapti, men bilan mashg’ul bo’lmoqdalar. Hech xavotirlanmang,

عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ

sirri bilan inshaalloh ushbu yangi hodisada ham bir xayr bo’ladi.

Hodisa shuki: Jaylonni va uning ikki birodarini, (menga xizmat qilayotgan edilar) yonimga kelishlarini man qildilar. Kalitni ulardan olib, posbonlarga berdilar. Posbonlardan biri keladi, suv va non kabi ishlarimni qiladi. Men buning sababini bila olmadim. Ammo bu tumanda bir partiya tortishuvi bor. Bolaning bir amakisi {(Hoshiya) Marhum Abdulloh Chalishkan Demokrat Partiyasiga muxolafatda bo’lib bog’langan edi.} bir tarafda. Uning dushmanlari qilayotgani ehtimoli bor.

Bunga har tarafda Risola-i Nurning fathlari va xorijdan kelgan anarxistlik aralashuvi sabab bo’ldi deb o’ylayman. Sandiqlida qo’lga kiritilgan maktublarning xabarlashish vositasi degan bahona bilan, aziyat berdilar. Siz hech xavotirlanmang, buning ham hech ahammiyati yo’q. Siz yana avvalgidek menga yozasizlar. Men o’zim bo’lsam ko’p yozolmayman. Go’yo meni, xoinlik va haqorat qilib obro’sizlantirish orqali Risola-i Nurning fathlariga to’siq qo’yiladi. Bu devonaliklaridan, puflash bilan millionlab elektr kuchiga ega Risola-i Nur kabi haqiqat quyoshi so’nadi deb, (ziyoda savobni menga qozontirish uchun) meni haddan ortiq siqmoqdalar.

Ibrat va diqqatga sazovor bir tavofuq bo’ldi. Kecha zobitlar ota-bolani chaqirib so’roq qilgan daqiqada, ahamiyatli bir hodisani, zobitlar telefoni xabar berib, barcha idorachilarni xavotirga tushirtirdi. Voqea joyiga borishga majbur bo’lishdi. Ularga ma'nan: "Siz, pashsha qanoti qadar zarari bo’lmaganni tashlang, burgutlar, balki ajdarholar kabi zararlarga qaranglar." deyildi.

Ham masjiddan man qilingan vaqtida, man qilishga buyruq bergan yangi rais, Afyonda xastalik amaliyotiga tushdi. Hol tili bilan unga: "O’lim bor! Uning qatlidan qutulishga harakat qilgan kishini tazyiq emas, balki ko’p taqdir va tahsin etish kerak." dedi.

Umum qardosh va opa-singillarimga bir-bir salom aytaman va duo qilaman va duolarini istayman.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim va muborak vorislarim va amin vakillarim!

Birinchidan: Sizga qat'iy xabar beramanki, biz haqimizda va Risola-i Nur xizmatida, inoyati Rabboniya va tavfiqoti Samadaniya davom etyapti. Zohiran xunuk pardalar ostida, g’oyat go’zal natijalar bor. Bir zararimiz evaziga, yuz manfaat ehson qilinmoqda. Shuning uchun o’tkinchi, vaqtinchalik qiyinchilik va larzalarga ahamiyat bermaslik lozim.

Ikkinchidan: Mumkin bo’lgancha "Asoyi Muso" majmuasini yozishda sustlik qilinmasin va to’xtalmasin. U birinchi muqaddas vazifaning juda ko’p ahamiyati bor. U haqida Imom Ali (RA) بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ deganlar.

Sizga ikki Alining o’n to’rt parcha muborak risolalarini tahrir qilib pochta orqali jo’natdim. Bu yerda ham meni, ham talabalarni shavq bilan to’liq ishlatdi. Kastamonuda yordam qilishgani kabi, bu yerda ham u ikki qahramon yana yordamga kelishdi.

Uchinchidan: Men bu yerda garchi juda ko’p siqilsamda, sizlarning sustlik qilmasdan xizmat qilishingizni o’ylagan sari, ishtiyoq bilan kutgan muloyim va tasalli beradigan maktublaringizni ko’rgan sari, siqilishlar ketadi, ba'zan sevinchlarga aylanadi. Maktublarimni yozgan kishi hozircha yonimga garchi kela olmaydi, ammo shaxsiy xizmatdan boshqa, Risola-i Nurga oid uch-to’rt vazifasi bor. Ularni mukammal bajaryapti. Mening xususiy ishlarimni bu yerga kelib oladi va borib ularni ham qiladi.

To’rtinchidan: Boshqa yerlardagi qardoshlarimiz "Asoyi Muso"ni yozishni boshladilarmi? Bu birinchi vazifani eskida qilgan va yonida bo’lgan kishilar, bir jild ichiga olib, ikkinchi iymoniy vazifa bo’lgan mo’'jizalarni zayllari bilan birga tayyorlashni boshlashsin yoki orqada qolganlarga yordam bersinlar. Qo’lidan kelgani qadar go’zal va tahrirli yozilishi kerak.

Beshinchidan: Olimlardan so’ngra muallimlar risolaga ehtiyojlarini his qilishni boshlaganlariga ko’p belgi bor. Bir belgi shuki:

Istanbulda din anjumanida o’qish uchun "Oyatu-l Kubro" risolasini so’ragashdi.

Ra'fat Qardosh!Sen ham xush kelding va Risola-i Nurni yozish ishing meni haqiqatdan sevintirdi. Xulusiy va Sabri kabi sening ham savollaringning Risola-i Nurda ahamiyatli natijalari va shirin mevalari bor. Yoningdagi va risolalarda qayd qilinmagan ilmiy bo’limlarni munosib yerlarda yoki "Ilova"da yozarsiz.

Qardoshlarim!"Asoyi Muso" majmuasining yozilishida bir tadbir esimga keldi. Ishni taqsimlab besh-olti kishi, ayni qit'ada har biri bir qismini yozsin. Bu yanada tez va yanada oson bo’ladi. Ham zeriktirmaydi, ham (kattaligi uchun) yozish jasoratini ketkazmaydi. Taxmin qilamanki, bu juda ahamiyatli vazifa-i Nuriyaning to’liq ilgarilamagani bu sababdan. Yozuvi chiroylilar, har holda yangi tadbir bilan u vazifaga kirishsinlar.

Qardoshlarim!Qattiq diqqat qiling va ehtiyot bo’linglar. Qat'iyyan va aslo domlalar bilan tortishmanglar. Mumkin bo’lgancha kelishib harakat qiling, "men"lilarini qo’zg’amang, bid'at tarafdori bo’lsa ham qarshi chiqmanglar. Qarshimizda dahshatli zindiqlar turgan ekan, mubtadi'lar bilan ovora bo’lib ularni dinsizlar tomonga yo’llamaslik kerak. Agar sizga qarshi chiqish uchun yuborilgan domlalarga to’qnashsangiz, mumkin bo’lgancha tortishuv eshigini ochmanglar. Ularning ilm qiyofasidagi e'tirozlari, munofiqlarning qo’llarida bir hujjat bo’ladi. Istanbulda keksa domlaning hujumi qancha zarar berganini bilasiz. Qo’ldan kelgancha Risola-i Nur tomonga o’tkazishga harakat qilinglar.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom.

* * *

Juda aziz, siddiq, qahramon, baxtiyor Amirtog’li qardoshlarim!

Siz o’tkazganingiz juda katta ofatni xabar bergan, muborak afandimiz hazratlarining, juda ahamiyatli va juda qiymatli va parda ostida juda xushxabar bergan lutfnomalarini oldik. Har biringizga, xususan bu yong’inda yanada ko’p tahlikani o’tkazgan qardoshlarimga, bu yerning va atrofdagi talabalari nomidan Alloh sabr bersin deymiz.

Bu vasila bilan dahshatli kufri mutlaq yong’inining mahallamizni o’ragani va qizil uchqunlarining uyimizga sachrashga uringan hangomda, umum ahli iymon va xususan Nurchilar nomidan, moddiy yong’inda yosh Jaylonning yig’lab madad istaganidek, bir ma'naviy Jaylon bo’lib, buyuk va juda shafqatli Ustozga "Madad! Biz yonyapmiz, mahv bo’ldik" deb niyoz qilaman.

Amirtog’ yong’inida,

bugun hamma yerni egallayotgan qizil Rusyadan chiqib,

qizil olov va qizil uchqunlar sochgan,

dunyo shahrining mahallalarini bir-bir o’ragan,

vodiylarni yoqib qovurgan,

ba'zi yerlarda ham nizo va bo’linish olovi sochib,

qardoshiga, "Qardoshingni o’ldir" deb baqirgan,

eng oxiri nasroniylik olamini yoqib, qovurib, xirmon kabi sovurgandan so’ng,

Islom olami mahallasini qurshagan,

uchqunlari uyimizning pardalariga sachragan,

juda katta va juda dahshatli bir balo bo’lgan -komunizmva

bu azim yong’inda o’t o’chiruvchi vazifasini ustiga olgan Risola-i Nurga va

Risola-i Nurning kunning eng buyuk o’t o’chiruvchisi,

eng buyuk sig’inish joyi va

eng buyuk yordam beruvcisi va panohi bo’lgani va

shaxsi ma'naviysi duolarining dargohi Ahadiyatda qabul bo’lganiga ochiq bir ishora bor.

Go’yo unga hujum qilganlarga va qilishni istaganlarga qorong’u tunda qizil tili bilan shunday xitob qiladi:

"Faxri Olam ko’rsatgan to’g’ri yo’ldan adashganlar!

Dunyoning foniy mollari bilan g’ururlanib toshganlar va ey dunyomizga zarari bo’ladi degan qo’rquv bilan, Nuri Qur'ondan qochganlar!

Sizlar, dunyoingizning jarliklarga ketgan deb o’ylagan, boqiy va shirin deb o’ylagan foniy va haqiqatda juda achchiq lazzatlaringizning zavol topish, shiddatli va qiynaydigan azob va iztiroblarga almashishini taxmin qilib ma'nosiz radio eshitishga boryapsiz. Bu g’iybatlarni tinglashda nima foyda bor?

Zavol topuvchi kayfu-safo va lazzatlar bilan ko’rlashgan, ko’zlaringiz qarashi yetar endi, bir oz haqiqatni ko’rsin! Kar bo’lgan quloqlaringiz, bir oz haqiqatni eshitsin.

Ushbu

ajib, dahshatli va misli ko’rilmagan davrda,

xususan ahli iymonning ko’p ruhiy zarbalar o’tkazgan,

ko’p dahshatli dushmanlar qarshisida turgan,

kufri mutlaq otashi mahallamizni o’ragan bir zamonda,

faqat va faqat bugunning eng mustahkam, kuchli, yiqilmas, tebranmas quvvat beradigan Risola-i Nurning nuroniy qo’rg’onlariga iltijo qilib, uning qudsiy doirasiga kirish bilan najot topasiz va

iymoningizni qutqarib,

abadiy qatl deb o’ylaganingiz o’limni, boqiy bir hayotga o’zgartirasiz.

Xullas Nurning mubarak tarjimonining va muborak shaxsi ma'naviysining

اَجِرْنَا وَ اَجِرْ وَالِدَيْنَا وَ اَجِرْ طَلَبَةَ رَسَائِلِ النُّورِ وَوَالِدَيْهِمْ مِنَ النَّارِ

va shunga o’xshash duolarining qabuli va shafoati bilan va

haqqi-hurmati tufayli mening dahshatli, ammo Jahannam otashi oldida umuman ahamiyati bo’lmagan otashimdan,

uning shogirdlarining, xodimlarining va risolalarining qo’riqchisi bo’lgan do’konlari ozod bo’lgan, najot topganidek,

sizlar ham muborak shogirdlar kabi, muborak qudsiy doiraga kirganingizda

dunyoviy va uxroviy dahshatli otashlardan najot topasiz va

bola-chqangizning bir nav cho’poni bo’lganingiz uchun, u sevgililaringizni ham qutqarasizlar. Va har birlaringiz moddiy-ma'naviy qutulish va saodatga noil bo’lasiz.

Qarab ham ko’rmagan va ko’rib ham ko’rishni istamaganingizdan yopgan ko’zlaringizni ochinglar, ko’ringlar va azim tahlikalarning juda yaqin ekanini his qiling.

Xavotir va e'tirozingizni orritishdan boshqa ishga yaramagan dunyo hodisalarini eshittirgan radio oldiga emas,

oyoqlaringizdagi barcha darmon va kuchi bilan Risola-i Nur oldiga va uning natijasi omonlik, salomat va saodat bo’lgan nuroniy doirasi tomon boringlar!"

Bizlarga esa: Ey Nurchilar!

Alloh sizlarga ehson qilgan azaliy lutfi oldida sajdadan boshlaringizni ko’tarmanglar.

Tunning sovuqligiga ahamiyat bermang.

Lutfini sizga hech bir xususda ayamagan Rabbi Rahimga, tunning bu muborak soatlarida turib vazifa-i shukrni ado qilinglar.

Ba'zilardagi, kelajak xavotiri bilan aqlni, maoshni abgor qilgan hodisalar qarshisida titramanglar, qo’rqmanglar.

Nurning muqaddas karomati va yordamini mushohada qiling.

Dunyo foniydir, minglar yil hayot bo’lsa ham, boqiy, uxroviy hayot oldida, yo’qlik ichidagi yo’q darajasidadir. Lekin foniy bo’lishi bilan birga, boqiy hayotning boqiy mevalarini beradigan ekinzordir.

To’fonlarning shiddati, havoning dahshati sizlarni larzaga solmasin, qo’rqitmasin.

Ushbu muborak ekinzorga eng muborak, nuroniy, unumdor va barakali Nur danaklarini ekinglar. Zero "Ekkan o’radi" hikmati ota-bobolarimizdan qolgan muborak bir so’zdir.

Ey Nurchilar! Sizning haqiqiy vazifangiz, dunyoni kuzatish emas. Faraz qilaylik, dunyo hodisalarini kuzatsangiz ham, qarang, ko’ringlar va chiqish mumkin bo’lgan dahshatli yong’inlar sababli yuzlashishingiz ehtimoli bo’lgan tahlikalar natijasida o’z fikringizda sobit turing, zerikmanglar. Harakat qiling, harakat qiling, harakat qiling va qat'iyyan ishoningki, Nurning shafoati, Nurning duosi, Nurning himmati sizlarni qutqaradi.

Bu da'voga guvoh Amirtog’li Nurchilarning dahshatli otashdan zararsiz qutulishlaridir. Hozirdan hammangizga xushxabarlar bo’lsin.

Qardoshingiz

Mustafo Usmon

* * *

VASIYATNOMAM

Aziz, siddiq qardoshlarim va vorislarim!

Ajal yashirin bo’lgani uchun, vasiyatnoma yozish sunnatdir. Mening me'roslarim va Risola-i Nurdan iborat xususiy kitoblarim, go’zal jildlangan majmualarim va boshqa narsalarimning barchasini, Gul va Nur fabrikalarining hay'atiga, boshda Xusrav va Tohiriy bo’lib, u hay'atdan o’n ikki {(*) Ukam Abdulmajid, Zubayr, Mustafo Sungur, Jaylon, Mahmad Qoya, Husnu, Bayram, Rushdu, Abdulloh, Ahmad Oytemur, Atif, Tilloli Said, Mustafo, Mustafo, Sayyid Solih.} qahramon qardoshlarimga vasiyat qilaman. Ularga qoldiraman. Amri haq hisoblangan ajalim kelgan paytda, orqamda me'roslarim, mening o’rnimga sodiq va muborak qo’llarda Nuriy va iymoniy xizmatda ishlasin va iste'mol qilinsin.

Qardoshlarim!Bu vasiyatdan xavotirlanmang. Men, iztiroblardan va to’qqiz marta zaharlanishdan, juda ham zaif bo’lish bilan birga, yashirin munofiqlarning hiylalar bilan ko’plab suiqasdlari uchun bu vasiyatni yozdim. Xavotirlanmang, inoyati Rabboniya va hifzi Ilohiy davom etyapti.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim va iymoniy xizmatda azimkor qardoshlarim!

Birinchidan: Birinchi Nuriy vazifa, inshaalloh bosmaxonadan ham ko’proq ish bajaradi. Hozir shogirdlariga buyuk savoblar va quvvatli iymon xizmatlarini qilyapti. Ajabo, bu vazifa rivojlanyaptimi, yo’qsa qishning og’ir sharoiti bilan orqada qolyaptimi?

Ikkinchi vazifa: "O’ninchi So’z" zayllari bilan birga, ikki mo’'jizalar risolalari va zayllarining oxirida bo’lishi kerak. Birinchi vazifasini tugatgan, borini bir jildga jildlashga harakat qilishsin yoki o’zlariga olishsin. Chunki Islom olamining hozirgi uyg’onib, Islom birligi uchun harakat qilgani sababli, har holda Risola-i Nur kabi asarlarni qidiradi. Katta doiralarning keng nazarlariga albatta katta majmualar lozim.

Ikkinchidan: Sizning menga yordamingiz ikki jihat bilan juda kerak va o’ta buyuk:

Birinchisi: Sizning xizmati Nuriyada berilib harakat qilishingiz, mening barcha musibatlarimni va mashaqqatlarimni ketkazib, sururlarga aylantirmoqda.

Ikkinchi Jihat: Qat'iyyan bilingki, duoingiz ularning og’ir va iskanjali zulmlarini menga inoyatkor, foydali marhamatlarga aylantirishiga sabab bo’lganiga qat'iyyan shubham qolmadi. Jumladan:

Mansabdorlar va odamlarni mendan qo’rqitishlari, meni katta xatalardan, soxtakorliklardan va ixlosga zid holatlardan va vaqtimni zoye qilishdan qutqarib, qadari Ilohiyning menga odamlar zulmi ichida to’liq adolatini va inoyatini ko’rsatdi.

Bunga qiyosan, boshimga nima kelsa, ostida bir rahmat bor. Lekin men bilan ovora bo’lishlari sababli o’n dirham zarar, Risola-i Nurning o’n ming lirasini qutqaradi. Shuning uchun, siz men haqqimda hech xavotirlanmang. Hatto asablarimga tegadigan xoinliklariga qarshi badduo qilishni istagan paytimda, ularning yaqinda o’lim qatli bilan qabr yakka qamog’ida azoblanishi va bu xoinliklarining natijasida menga oid foydalari va xizmatimizga manfaatlarni o’ylagan sari, badduodan voz kechaman.

Uchinchidan: Har hafta bir-ikki maktubingiz menga ham shifo, ham tasalliga sabab va ma'naviy bir suhbat bilan siz bilan gaplashishga vasila bo’lgani uchun, kamoli shavq bilan pochtani kutayotgan edim.

Hammalaringizga bir-bir salom ayib, duo qilaman.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim va haqiqat yo’lida birodarlarim!

Bu safar sizning besh-olti muborak maktublaringizga faqat bitta chalkash maktub bilan javob berishimdan ranjimang.

Avvalo: Halil Ibrohimning maktubi, shaxsimga bergan haddan ortiq vasflarni yo’limizga ko’ra qabul qilmaslik kerak. Lekin ikki ma'nodor tavofuqi menga ham o’zini qabul qildirdi, ham "Ilova"ga kirdi. Ammo shaxsimga oid qismini ba'zan tashlab o’tdim va ba'zisining ustida "Risola-i Nur" kalimasini yozdim, iboradagi savollariga javob bo’ldi.

Birinchi tavofuq: Mendan odamlar hurmatini ketkazish uchun bir yuzboshi menga nisbatan besh jihatdan qonunsiz haqorat va xoinlik qilgan paytda, balki o’sha soatda, ahli haqiqat nazarida yuz yuzboshidan ahamiyatliroq va Risola-i Nurning yetakchilaridan bir qardoshimiz, bu yangi maktubni, haddimdan yuz daraja ziyoda ehtirom ko’rsatib unday xoinliklarni yo’qqa chiqardi. Shogirdlarning muhim yetakchilaridan to’rt kichi, ayni masalaga ishtirok qilib imzo qo’ygan. Men bu g’arib tavofuqning hurmati uchun, yo’imizga muxolif maqtov maktubini qabul qilib tog’rilab "Ilova"ga kiritdim va sizga ham qoralama bo’lgan ilk nusxasini yubordim.

Ikkinchi tavofuq: Men tunda "Asoyi Muso" Risolasini yozganlarni o’yladim va yangi maktublarda u mavzuni qidirdim. Ushbu og’ir qishda va munofiqlarning ora-sira menga qilingan fitnalarining bularga sustlik berish ehtimoli bor. Yozuvchilarga bir tashviq qamchisi lozim. Hasan Fayzi va Halil Ibrohimning ikki adibona ta'rifnomalari ko’plarni yozuvga tashviq bilan chorladi deb, bir tashviq vasilasini qidirdim, birdan ertalab mening o’limimni mavzu qilgan va shogirdlarni qo’rqitgan va sa'yda va yozuvda shoshilishlariga sabab o’sha maktubni olib, "Ibrohim Halilning sadoqati, karomat darajasiga chiqdi", dedim.

Ikkinchidan: Fayzi va Aminning maktubi, mening ko’p xavotirlarimni ketkazdi. Ha, bu ikki qardoshimizning sadoqatlari, xizmatlari va Risola-i Nurga sohibliklarining katta ahamiyati bor. Qamoqxonada to’qqiz oyda, to’qqiz yilchalik qiymatdor xizmat qilgan Hilmi, Sodiq, Ehson va Besh Qardosh ismli Risola-i Nurga qalami bilan ko’p xizmat qilgan keksa Tahsin kabi, Fayzi va Aminning maktubida ishora qilingan o’sha atrofda juda aloqador bo’lgan umum qardoshlarimning xizmati Nuriyada davom ertishlari, meni sevinch bilan yig’latdi.

Tug’ishgan ukam Abdulmajid, men haqqimda juda ham xavotirda. Bu yerning muftisidan holimni bilishga harakat qilyapti. Lekin men u odam bilan gaplasha olmadim. Bundan so’ngra Fayzi va Aminning uchinchisi Abdulmajid bo’lsin. Safranbolu qahramonlaridan olgan kerakli maktublarni unga ham yuborsinlar.

Men tarafimdan unga yozsinlarki: Eski Saidning birinchi talabasi bo’lganing kabi, Yangi Saidning ham Xulusiy bilan birga yana birinchi safda talabalarisizlar.

Men haqqimda musibat va yomon xabarlarni olgan vaqti, marhum padarim Mirzo (RH)ga o’xshasin, marhuma volidam Nuriya (RH) kabi bo’lmasin. Chunki eski vaqtlar, g’avg’oli hayotimda padar va volidamga men haqqimda ajib hodisalar xabar qilinardi. "O’g’lingiz o’ldi, otildi yoki qamaldi", kabi yomon xabarlarni padari buzrukvorim eshitganda, quvonardi, kulardi. "Mashaalloh, o’g’lim yana bir ahammiyatli ish, qahramonlik ko’rsatibdiki, hamma uni gapiryapti." der edilar. Volidam esa, u kishining sevinchining aksiga qattiq yig’lar edilar. Vaqt - ko’p marta padari buzrukvorimning haq ekanini ko’rsatardi.

Uchinchidan: Lutfining metin, haqiqiy vorisi Abdulloh Chovush, va Islomko’ylik marhum Hofiz Alining shogird va vorislaridan Mustafoning maktublarini umum Nur fabrikasining qahramonlari hisobiga qabul qildim. Janobi Arhamurrohimiynga hadsiz shukr bo’lsinki, qishloqlarni ham Sav va Kuleo’nu kabi Madrasa-i Nuriya o’rniga keltirdi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bu safar sizning ko’plab maktublaringizga, xastalik majburiyati bilan, bitta maktub bilan kifoyalanyapman.

Birinchidan: Risola-i Nurning qahramoni Xusrav, mening o’rnimga o’lishni va mening o’rnimda kasal bo’lishni samimiy va jiddiy istaydi. Men javoban: Hozir ta'lif davri emas, nashr zamonidir. Yozuving, mening yozuvimdan qay daraja ziyoda va nashrga foydali bo’lsa, hayoting ham Nuriy xizmatda mening bu azobli hayotimdan shu darajada foydalidir. Agar qo’limdan kelganida, sizga hayotim va sihatimdan mamnuniyat bilan bergan bo’lar edim.

Ikkinchidan: Shahid marhum Hofiz Alining tom vorisi Hasan Fayzining, Dengizli hisobiga va o’sha atrofda haqiqiy qardoshlarimiz nomiga yozgan yuksak qasidasi va to’rtinchi shohnomasi, u yerdagi shogirdlarning Nurga amaliy xizmatlari, mening zaharli, shiddatli xastaligimga bir malham bo’ldi. Janobi Arhamurrohimiynga hadsiz shukr bo’lsin, Dengizlini ikkinchi bir Isparta va katta bir Islomko’yi qilmoqda.

Ha Hokimi Odil, Muharram va Fayzi va Hofiz Mustafo, bir-ikki yilda, yigirma yilchalik xizmati Nuriyani qilishdi. Nurning shogirdlarini abadga qadar minnatdor ayladilar. Janobi Haq ulardan va ular bilan birga Nurga xizmat qilganlardan abadan rozi bo’lsin, omin!

Uchinchidan: Madrasa-i Nuriyaning qahramonlaridan va Barlali duradgor Mustafo Chovush va Hofiz Mahmadning tom vorisi Duradgor Ahmadning Madrasa-i Nuriya nomli juda samimiy va g’amgin ta'ziyanomasi, meni sevinch bilan yig’latdi. Men javoban: Modomiki muborak madrasada katta-kichik ko’p Saidlar bor ekan, keksa, ojiz, vazifasi tugagan bir Said kamaysa, ahamiyati yo’q. Modomiki boqiy hayotda birga ekanmiz, vaqtinchalik ayriliq sizni xafa qilmasin, dedim.

To’rtinchidan: Hokimi odildan so’ng haqiqiy adolatga eng ko’p harakat qilib Risola-i Nurning erkinligi uchun xizmat qilgan م ح ر م eng xolis shogirdlar ichida, ukam va birinchi talabam Mullo Mahmud ismi bilan uning nomi, duolarim va ma'naviy daromadlarimda birgadirlar.

Beshinchidan: Konyalik Sabri (Halil Ibrohim va Hasan Fayzi kabi vasiyatnomam munosabati bilan) qisqa, faqat chiroyli bir qasida yozib, ustoziga haddan ortiq qiymat bergan. Husni zonining porloq oynasida, bu bechora qardoshiga haddan ortiq ahamiyat bergan. U yerning olimlari Nur bilan juda jiddiy mashg’ul bo’lganlarini yozyapti.

Men javoban: U ustoz degan va ko’p qiymat bergan shaxs, Risola-i Nurning shaxsi ma'naviyi bo’lishi mumkin. Men ham uning nomidan qabul qildim, "Ilova"ga qo’shdim, sizga ham bir nusxasini jo’natdim.

Xavotirlanmang, xastaligim borgan sari yengillashmoqda. Ispartalik Mustafo ismli bir qardoshimizning samimiy, ammo g’aroyib bir maktubi bor edi. Bu kishi qaysi Mustafo, bila olmadim. Unga ham ko’p salom aytaman. Ajib tushi xayrli, hozir ta'bir qilolmayman.

Barcha qardosh va opa-singillarimizga bir-bir salom aytamiz va duo qilamiz, maqbul duolarini istaymiz.

Hasan Fayzining go’zal qasidasini, ba'zi kalimalarni qo’shib, "Ilova"ga kiritdik va sizga ham yubordik.

Said Nursiy

* * *

Juda aziz, juda siddiq va sodiq qardoshlarim!

Risola-i Nur jihatidan ishonchli va xolis vorislarim!

Kuchli bir tavofuq va shogirdlarning sadoqatlariga dalil bo’lgan yaqqol karomati Nuriyani bayon qilishimga juda ma'nodor bir eslatma oldim. Quyidagicha:

Men vasiyatnomamni yozgan paytim, yashirin munofiqlar, men ishongan xizmatchilarimni zobitlar tarafidan yonimga kelishdan man qilishdi. Ayni vaqtda, fursat topib, men tanimagan odam vositasida menga eskisidan to’qqiz marta ta'sirliroq zahar yuttirishdi.

Ayni vaqtda, Tunislik olim qardoshlarimizdan va bu yergacha o’tgan yil meni ko’rish uchun kelib ko’rishmay ketgan Domla Hoshmat, Yozg’atdan bu yerga, "Said vafot etdi, Risola-i Nurning bir yuz o’ttiz risolasi muhofaza qilinsin. Kelajakda chop qilamiz." deb yozibdi.

Ayni paytda Halil Ibrohim vafotim haqida qayg’uli marsiyali o’tkir maktubi, shogirdlarni yig’latdi.

Shu paytga juda yaqin, Xusravning o’z odatiga muxolif, mening vafotimga doir bir-ikki maktubida, ikki-uch kun umr qolgani ta'birlari bilan ajalimga ishoralari, meni bir oz xafa qildi. Ajabo, men ketyapmanmi deb xavotirlandim.

Bu hangomda, dunyoviy hayotdagi eng ko’p vazifamni o’ylab vafotimdan so’ngra shogirdlar bu dahshatli davrda o’rnimga bu vazifani qila oladilarmi deb juda xavotirlandim. Birdan Dengizli, Milas, Isparta, Inebolu umidimdan yuz daraja ustun, yelkasiga olish va lozimligini sevip u vazifani bajarishi boshqalarni ham, muallim va olimlarni xizmat qilishi, meni hayrat ichida qoldirdi.

Xillas kalom: Ushbu besh tavofuq, Nurning zohiriy karomatidir.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Qardoshlarim!Xavotirlanmang, "Javshan" va "Avrodi Bahoiya" bu safar ham dahshatli zaharning tahlikasiga g’alaba qildi, tahlika o’tdi, ammo xastalik davom etyapti.

Umum qardoshlarimga bir-bir salom va salomatlari uchun duo qilib, shubhasiz maqbul bo’lgan duolarini istayman. Inebolu va u atrofda ham ko’p xonimlarning, ham kichik bolalarning Risola-i Nurni yozishni boshlashlarini, Qur'on darsini ko’p ma'sumlarning olishini butun ruhu jonim bilan tabriklaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Duoingizga muhtoj qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Qardoshlarim!

Siz xafa bo’lmang, xavotirlanmang. Duo bilan menga yordam beringlar. Chunki bir necha kundan beri chap qo’lim juda og’riyapti, kechqurun bezovta qilmoqda. Hech kimni yonimga qo’ymaganim uchun, xona ichidagi zaruriy ishlarimni qilishda qiynalyapman. Eskidan beri qilunch kasalligimning asorati bu yerning tabiatimga ko’p ta'sir qilgan moddiy havosi va qishi, insofsizlarning vahimalari, tazyiqlari va ma'naviy qishi, asabimga tegadi. Go’yo yarim falaj bo’lgandek iztirob chekdim. Ammo lillahilhamd sizning maqbul duolaringiz, tahlikani ham yengillashtirdi. Inshaalloh bu ham o’tadi, o’rnida juda savobli foydasi qoladi.

Qardoshlarim!Salohiddinning yozishiga ko’ra, u atrofda ham "Asoyi Muso Majmuasi" faoliyatda, fathlar qilmoqda. Demak u tarafda juda ahamiyatli Nuriy vazifani qilyapti. Yuz ming alhamdulilloh, yozganlarga ham yuz mashaalloh, barakalloh!

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Hadsiz shukr bo’lsinki, qahramon talabalarining bu og’ir sharoit ostida to’la to’kis faoliyatlari Isparta, tom bir Madrasat-uz Zahro va Jome'u-l Azhar ekani va bo’lishni boshlaganini isbot qiladi. Diyonat jihatidan, Qur'on va Risola-i Nurga istiyoq bilan xizmatlari, hatto Aliko’yda, Alilarning g’ayrati bilan ko’p bolalarning talabalikka kirishlari, boshqa bir qishloqning umum yoshlari kechasi Qur'on bilan shug’ullanishlari va masjidlarning jamoatga to’lishi, Nur shogirdlari chekkan barcha mashaqqatlarni yo’qqa tushiradi.

Ikkinchidan: Haddan ortiq sadoqat va aloqador Halil Ibrohimning to’rtinchi shohnomasi, mening Nurga xodimligim nuqtasida haddimdan juda ortiq ta'rifnomasi juda go’zal bo’lsada, Risola-i Nurdan ko’ra shaxsimga oid bo’lgani uchun, hozircha sizga yubormadim, to’g’rilanib jo’natiladi. Ham unga, ham uning birodarlariga xususiy salom aytamiz.

Uchinchidan: Siz menga qilingan suiqasdlardan xavotirlanmang, balki bir jihatdan xursand boling. Risola-i Nur va shogirdlari o’rnida, mening juz'iy va vazifasi tugagan shaxsimga hujum qilishmoqda, azob bermoqdalar. So’nggi kunlarda bu yerning katta mansabdorlari, ba'zilarga uyalmay: "Said o’ldirilishi kerak", degan.

Xullas, yashirin dushmanlarim bu kabi fikrlaridan foydalanib, ishonchli xizmatchilarimni tarqatib, fursat topib meni zaharlashdi. Bunday mansabdorlardan kuch olishyapti. Lekin Ilohiy hifz va inoyat, bu suiqasdlarni ham natijasiz qoldirdi. Inshaalloh doimo inoyat himoya qiladi, barcha rejalarini natijasiz qoldirdi, qoldiradi.

* * *

ICHKI ISHLAR VAZIRIGA MUROJAATDAN BIR PARCHA

Tarixda va zamin yuzida o’xshashi sodir bo’lmagan zulmga va o’n jihatdan qonunsiz xoinlik va tazyiqqa nishon bo’ldim. Chunonchi:

Ham shiddatli suiqasd asorati bo’lgan zaharlanishdan xasta,

ham o’ta zaif, yetmish bir yoshda keksa,

ham kimsasiz, achinadigan g’urbatda,

ham chakmon, ham pijama va oyoq kiyimini sotib tirikchiligini o’tkazgan faqir holda,

ham yigirma besh yil yakka holda yashashidan, mingdan faqat tom sodiq bir odam bilan ko’risha olgan bir mardumgurez, qo’rqqqan,

ham yigirma yil hayotini va asarlarini uch mahkama va Anqara ekspertlar hay'ati juda chuqur tadqiqdan so’ngra ittifoq bilan oqlanishiga hukm qilgan,

asarlari vatanga, millatga zararsiz deb, manfaatli ekaniga qaror qilingan bir ma'sum,

ham Birinchi Jahon Urushida ahamiyatli xizmat qilgan bir vatan avlodi,

ham hozir bu millatni, bu vatanni anarxistlikdan va ajnabiy buzg’unchiliklaridan qutqarish uchun, maydondagi ta'sirli asarlari bilan bor quvvati bilan xizmat qilgan bir hamiyatparvar,

mahkamada yetmish guvoh bilan isbot qilinganidek, yigirma besh yilda bir gazetani o’qimagan, qiziqmagan va yetti yil jahon urushini kuzatmagan, so’ramagan, bilmagan,

asarlarida kuchli dalillar bilan siyosatdan batamom aloqasini uzganini isbot qilgan,

dunyongizga qo’shilmaganini adliyalaringiz rasman e'tirof qilgan zararsiz odam,

ham oxiratiga va ixlosiga zarar kelmasligi uchun odamlar e'tiboridan shiddat bilan uzoq turgan,

qardoshlarining u haqidagi husni zonlaridan va madhlaridan chekingan, yoqtirmagan bu bechora Saidga,

boshda Ichki Ishlar Vaziri bo’lgan siz, Afyon Hokimini va Amirtog’ zobitlarini hujum qildirib, har kun bir oy yakka qamoq azobini chektirish,

tamoman yakkalik ichida bir o’zini bir yakka qamoqda turishga majbur qilishda nima foyda bor? Qaysi qonun bu dahshatli beshafqatlikka ruxsat beradi deb, ommaviy huquqni muhofaza qilgan adliyaning yuksak doirasi vositasida Ichki Ishlar Vaziriga bayon qilyapman.

Zulman barcha fuqarolik va inson

haqlaridan va yashash huquqidan mahrum qilingan

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim va bu g’urbatda mening samimiy qarindoshlarim Usmon, Mahmad, Hasan Afandilar!

Sizning menga xolis va

Risola-i Nurga bo’lgan hech unutilmaydigan xizmatingizga oldindan bir mukofot tarzida

Hasan Fayzi va boshqa talabalarning, Chalisahkan Xonadoniga qarata haddan ortiq e'tiborlari,

umum mamlakatda sizning sharafingizni yoyishlari,

ahli haqiqatni sizga do’st qilishgani uchun,

mendan ko’ra Risola-i Nur va shogirdlarini himoya va muhofaza qilish,

ahli siyosatning va meni zaharlagan dushmanlarimning hiylalaridan qutqarish uchun qattiq ehtiyot,

tom bir sadoqat va mening o’rnimda qattiq diqqat qilishga vazifadorsizlar.

Ozgina xato, faqat menga emas, balki minglab ma'sum shogirdlarga va hozir porlagan sharafinizga tegadi. Mening vaziyatim va berilgan mashaqqatlar olti jihatdan qonunsiz bo’lib, kelajakda javobgarlikdan qurtarish uchun insofsiz va qonunsiz azob berganlar, o’zlariga bahona, bir vasila qidirishyapti. Juda ham diqqatli bo’lishingiz lozim.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Bir-ikki kun avval murojaatning bir qismi asos qilib, kerak bo’lgan payt yo murojaatnoma yoki vazirga, mahkamaga berish yoki boshqa boshqaruv idoralariga murojaat qilishingiz uchun, qardoshlarimiz ham usbbu asosga binoan o’zlarini munofiqlarga qarshi mudofaa qilish uchun sizga yuborildi. Demak, hozirgacha menga g’araz bilan ishkanjali aziyatlarni berganlarning eng boshida u turgan ekan. Nima bo’lganda ham.. siz mashvarat bilan nima kerak bo’lsa qilasizlar. Faqat ehtiyot bilan, sovuqqonlik bilan harakatlanib, hayajonga solmaslik kerak.

Ikkinchidan: Bu safar men bilan gaplashishdan qo’rqqan bu yerning muftiyi vositasida, Xulusiyning Qarsdan yozgan maktubini jiyanim Nihodning maktubi bilan birga oldim. Haqiqatdan qardoshimiz, doim haddan ortiq sadoqatini va Nurlarga kuchli aloqasini muhofaza qilyapti. Ma'nodor bir tavofuq shuki, men bexabar, Nihodning u yerda bo’lish ehtimoli bilan, Sabriga oid ifodada aytgan edim: Nihod Qarsda bo’lsa, Xulusiy bilan gaplashar ma'nosida bu yerda aytgan va so’ngra sizga yozgan paytim, u ikkalasi hozirga qadar sukut qilganlari holda, birga menga maktub yozishibdi.

Uchinchidan: Ra'fat qardoshimizning kamoli sadoqatini, aloqasini va Xulusiy kabi Nurlarning qo’mondoni bo’lganini ko’rsatgan maktubi, Xulusiyning maktubini olgan paytga muvofiq kelishi, latif va sevinchli bo’ldi. Ikkalasi "Ilova"ga kirsin.

Ra'fatning ma'sumlarga Qur'on o’qitishi, o’zi esa "Yog’dular"ni yozish va o’qish bilan mashg’ul bo’lishi, xastaligimning shifosi uchun ma'sumlar bilan duo qilishlari, bir malham kabi xastaligimni ketkazdi va yengillatdi.

To’rtinchidan: Yozuvda marhum Osimga o’xshagan Yoqub Jamolning hayotda ekanini, hayotda bo’lsa Nurlarga go’zal qalami bilan xizmat qilyaptimi bilmaganim uchun, ko’p safar g’amgin va xafa holda o’ylar edim. Hadsiz shukr bo’lsinki, ham hayotda, ham Nurlar bilan xizmatda, ham sadoqatda bo’lganini ko’rsatgan maktubini oldim, alhamdulillah dedim.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Menga yuz martadan ko’proq, o’ta qiymatli iymoniy haqiqat ko’rindi. Ta'lif vaqti tugashi hikmati bilan, qancha urinmay, juda ahamiyatli haqiqatni ovlay olmadim. Ochiq-ravshan ifoda va his qildirish uchun kutdim, muvaffaq bo’la olmadim. Endi o’ta qisqa bir ishora bilan, juda keng va uzun haqiqatdan qisqacha bahs qilaman:

اِنَّ اللّٰهَ خَلَقَ الْاِنْسَانَ عَلَى صُورَةِ الرَّحْمَنِ

hadisi, ham javomiu-l kalimdan, ham mutashobeh hadislardandir. Juda buyuk va kulliy nuktasi, qalbimga, "Xulosatu-l Xulosa" bilan "Javshanu-l Kabir"ni o’qigan vaqtim zohir bo’ldi. Men ajib va juda go’zal nuktani qochirmaslik uchun, kalit so’zlar, ishoralar sifatida "Xulosatu-l Xulosa"ning o’n yettinchi martabasi bo’lgan "Qur'on lisoni bilan guvohlik" va o’n sakkizinchi martabasi bo’lgan "koinot lisoni bilan guvohlik" o’rtasida kalit so’zli ishoralarni shunday qo’ydim:

لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الْوَاحِدُ الْاَحَدُ بِلِسَانِ الْحَقِيقَةِ الْاِنْسَانِيَّةِ بِكَلِمَاتِ حَيَاتِهَا وَ حِسِّيَّاتِهَا وَ سَجِيَّاتِهَا وَ مِقْيَاسِيَّتِهَا وَ مِرْآتِيَّتِهَا وَ بِكَلِمَاتِ صِفَاتِهَا وَ اَخْلَاقِهَا وَ خِلَافَتِهَا وَ فِهْرِسْتِيَّتِهَا وَ اَنَانِيَّتِهَا وَ بِكَلِمَاتِ مَخْلُوقِيَّتِهَا الْجَامِعَةِ وَ عُبُودِيَّتِهَا الْمُتَنَوِّعَةِ وَ اِحْتِيَاجَاتِهَا الْكَثِيرَةِ وَ فَقْرِهَا وَ عَجْزِهَا وَ نَقْصِهَا الْغَيْرِ الْمَحْدُودَةِ وَ اِسْتِعْدَادَاتِهَا الْغَيْرِ الْمَحْصُورَةِ

Xullas bu qisqa kalit so’zni, yana g’oyat muxtasar bir kalit so’z bilan tarjuma va izoh qilaman. Buni "Xulosatu-l Xulosa"ga hoshiya qilinglar.

Ha men, "Xulosatu-l Xulosa"ni o’qigan vaqtim, ulkan koinot, nazarimda bir halqa-i zikr bo’ladi. Lekin har navning tili juda keng bo’lganidan, fikr yo’li bilan Allohning sifat va ismlarini ilmalyaqiyn bilan anglab yetish yetish uchun aql ko’p harakat qiladi, keyin to’liq ko’radi.

Inson haqiqatiga qaragan vaqti, qamrovli miqyosda, kichik xaritachada, to’g’ri namunachada, hassos me'zonchada, xudbinlik hassosiyatida qat'iy, shuhudiy va idrok qiladigan vijdon, ishonch, iymon bilan sifat va ismlarni tasdiq qiladi.

Juda oson, yonidagi oynasida, uzun bir sayohati fikriyaga umuman muhtoj bo’lmasdan tahqiqiy iymonni qozonadi va

اِنَّ اللّٰهَ خَلَقَ الْاِنْسَانَ عَلَى صُورَةِ الرَّحْمَنِ

hadisining haqiqiy ma'nosini tushunadi. Chunki Janobi Haq haqida surat mahol bo’lishidan, suratdan murod siyrat, axloq va sifatlardir.

Ha, qandayki ahli tariqat, ichki-anfusiy va tashqi-ofoqiy sayr bilan ma'rifati Ilohiyada ikki yo’ldan ketgan. Eng qisqasi, osoni, quvvatli va ishonchli yo’lni anfusiyda, ya'ni qalbida zikri xofiyyi qalb bilan topganlar. Aynan shuning kabi: Yuksak ahli haqiqat ham, ma'rifat va tasavvur emas, balki undan juda oliy va qiymatli bo’lgan iymon va tasdiqda, ikki yo’l bilan harakat qilgan:

Biri: Koinot kitobini mutolaa qilib, "Oyatu-l Kubro" va "Hizbu-n Nuriya" va "Xulosatu-l Xulosa" kabi tashqariga qarashdir.

Ikkinchisi: Eng kuchli va haqqalyakiyn darajasida vijdoniy, hissiy, bir daraja shuhudiy haqiqati insoniya xaritasini va inson "men"ligi mundarijasini va nafsining mohiyatini mutolaa bilan, iymonning shubhasiz va vasvasasiz martabasiga chiqish bo’lib, aqrabiyat-yaqinlik sirriga va nubuvvat vorisligiga tegishli. Anfusiy tafakkuri iymoniy haqiqatining bir qismi, "O’ttizinchi So’z"ning va "ana va anoniyat" mavzusida, "O’ttiz Uchinchi Maktub"ning Hayot va Inson Derazasida, ba'zi parchalari ham boshqa Nur parchalarida bir daraja bayon qilingan.

Bu ham "Ilova"ga, ham "G’aybiy Muhr"ga, ham "Xulosa"ning oxiriga yozilsin.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Holatim to’g’ri kelmagani uchun ko’plab maktublaringizga bitta tarqoq fikrdagi maktubim bilan javob berganimdan ranjimang.

Birinchidan: Yashirin dushmanlarimiz hukumatning muhim va bir necha mansabdorlarini qo’lga olib meni tazyiq qilishyapti. Manaman va Shayx Said hodisasi kabi hodisa chiqarish uchun bor kuchi bilan eng nozik asablarimga tegadigan tarzda har hiylani ishlatishdi. Ko’rishdiki Eski Said yo’q, yangisi esa hamma narsaga bardosh beryapti. U rejani boshqachasiga, suiqasdlarga jumladan zaharlashga almashtirishdi. Hifzi Ilohiy uni ham natijasiz qoldirdi.

Bu yerda munofiqlar rasmiy hukumatni qo’llanib odamlarni mendan qo’rqitish va voz kechirish uchun dahshatli bir targ’ibot qilishyapti. Lekin siz hech xavotirlanmang. Inoyati Rabboniya davom etyapti. Futuhoti Nuriya tobora kengaymoqda.

Ikkinchidan: Bu safar Hasan Fayzining va bir hafta avval Halil Ibrohimning shaxsimga haddan ortiq husni zon bilan marsiyalari va samimiy va g’amgin vidonomalari, oz o’zgartirilish bilan uch sabab uchun qabul qilindi:

Birinchisi: Ular shaxsimga emas, balki Qur'onga, iymonga va Nurlarga xodimligim va qudsiy vazifaga qarab yozganlar.

Ikkinchisi: Ularning va ular ko’rsatgan atrofdagi xolis qardoshlarimizning haddimdan juda ustun ta'riflarini, bir nav samimiy duolari, oliy alomat, yuksak xayr istagi, iste'dodlarining, e'tiqodlarining va Nurlarga juda jiddiy aloqalarining aks etishidir.

Uchinchisi: Men ularning nazarida Risola-i Nur va shogirdlardagi shaxsi ma'naviyning vakili va namunasi bo’lganim uchun, ularning tashviq sabablari bo’lgan hayratomuz husni zonlarini va ma'naviy quvvatlarini ketkazish zarardir. Ikkaloviga va birodarlariga, xususan Ahmad Fayzi, Dengizli qamog’idagi qardoshlarimizga va biz haqqimizda adolat qilishga harakat qilganlarga minglab salom.

Uchinchidan: Ko’p marta mening mashaqqatlarimga malham bo’lgan va yonimda saqlagan qahramon Xusravning ko’p maktublari va ularning har biridan bittadan ahamiyatli bayonni olib hammasini "Ilova"ga kiritish uchun vaqt topolmayapman. Inshaalloh bir istirohat paytim tadqiq qilaman. Ahmad Nazifning Inebolu talabalari nomidan yozgan va Halil Ibrohimning yig’latadigan marsiyasidan ishtiroklarini ko’rsatgan maktubi, mening u atrofdagi metin qardoshlarim haqida xavotirlarimni ketkazdi. Janobi Haq ulardan rozi bo’lsin.

To’rtinchidan: Cho’pon Iso qishlog’ida Ahmadning maktubida ismlari o’tgan eski va yangi qardoshlarimizning Risola-i Nur bilan mashg’ul bo’lishi va bolalarni Qur'on va Nurlar bilan mashg’ul qilishlari, bu vaqtda Nurlarga buyuk bir xizmatdir. Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin, omin!

Beshinchidan: Munofiq dushmanlarimning moddiy-ma'naviy zaharlariga qarshi "Javshan" va "Avrodi Qudsiya-i Shohi Naqshband" meni o’lim tahlikasidan, balki yigirma safar qudsiyatlari bilan qutqargan bo’lsada, afsuski asabimda, nervlarimda va sezuchanligimda, zulmdan qattiq asorat, hayajon, alam, nafrat qoldi. Eng samimiy do’stimni va tom sodiq qardoshimni bir soat yonimda bo’lishiga chiday olmayman, ruhim ko’tarmaydi. Hatto birov menga qarasa ham siqilaman. Oldin menda bo’lgan oz mardumgurezlik xastaligi, zolimlarning makkor aziyatlari bilan va ta'qiblari bilan juda shiddatlashgan. Go’yo o’lmasdan avval ijtimoiy hayot jihatidan o’lgan edim. Bu haqiqat va bu sir uchun men haqqimda, xos qardoshlarim vafot marsiyalarini yozishyapti.

Bu yerning havosi ham, asabimga juda og’ir keladi. Qishning bir kuni, Dengizli qamog’ida o’tkazgan qishimizchalik menga og’ir kelmoqda, ranjitmoqda.

Ha, ko’z bir sochni ko’tarmaganidek, hozirgi ruhim va o’sha vaziyat, bir soch qadar yukdan, og’irlikdan ta'sirlanadi. Risola-i Nur va shogirdlarining salomatlari uchun, ularning evaziga va o’rniga tog’dek og’ir tazyiqlat va mahsaqqatlarni mamnuniyat bilan yelkaga olaman. Ruhim bardosh qiladi va shukr, sabr qiladi. Buni sizga qat'iy xabar beraman.

Ammo ojizlik, zaifligim va qayg’ularim haddan ziyod ekan, xos qardoshlarim meni madh qilib yuklarimni og’irlashtirish o’rniga duolari, shafqatlari, himmatlari, rahmlari bilan yordam berib, yukimni yengillashtirishlari kerak. Inoyati Rabboniyaning bir jilvasi shuki, shiddatli mardumgurezlik xastaligi bilan, zolimlarning tamoman yakka qoldirishlarini hechga tushirmoqda.. menga azob bermaydi, bir jihatda xursand qiladi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim, bu dahshatli asrda mukammal tasallilarim va vorislarim!

Sizning haddan ortiq sa'yu g’ayratingiz Isparta va atrofini keng bir Madrasat-uz Zahroga, Jome'u-l Azharga aylantirganiga bir dalil shuki, bu safar matbaachilarni ham hayratda qoldirgan siz yozgan "Asoyi Muso" majmuasidan yigirmadan ziyoda mukammal tavofuqli nusxalarini yarim ummiy qardoshingizga yuborishingiz bo’ldi. Janobi Arhamurrohimiyn sizlarga, yozganlarga va yordam berganlarga har bir harfi evaziga ming rahmat aylasin, minglab meva-i Jannat ehson qilsin va amallar daftaringizda yuzlab hasanot yozdirsin, omin omin omin!

Men ularga qaradim, qalbimga keldiki: Bu qahramonlarga hozir mukofot berilmaydimi?

Eslatildiki: Ular, bu majmuani yozib, faylasuflarni mot qilgan, iymonga keltirgan kuchli iymoniy darsini eng avval oz’i-o’ziga to’liq o’qimoqda, ma'naviy bir xazina qozonmoqdalar. Ularning nusxalari, juda ko’plarning iymonlarini qutqaradi yoki iymonga keladilar. Bir hadisda: "Bir odam sening vositangda iymonga kelishi, sen uchun sahro to’la qizil qo’ydan ham xayrlidir." deyilgan. Ular, bu muborak qalamlari bilan, eski davrda Islomiyatning buyuk mujohid qahramonlarining qilichlarining muqaddas xizmatlarini qilishyapti. Albatta istiqbol, ularni va Nurchilarni ko’p olqishlaydi.

Ikkinchidan: "Asoyi Muso" majmuasining boshida, kelgan va chiziq bilan ishora qilingan fikr yozilsa munosib bo’ladi. Istagan kishi, bu maktubning boshidagi qismini ham birga yozsin.

Yigirma sakkizinchi Yog’du bilan Sakkizinchi Shu'la Imom Ali Roziyallohu Anh "Jaljalutiya"sida juda kuchli va ochiq-ravshanga yaqin tarzda Risola-i Nurdan va ahammiyatli risolalaridan xuddi o’sha raqam bilan xabar berganini to’liq isbot qilgan.

Imom Ali Roziyallohu Anh, Risola-i Nurning eng oxirgi risolasini "Jaljalutiya"da

وَ اسْمُ عَصَا مُوسَى بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ

iborasi xabar bermoqda. Biz bir-ikki yil avval "Oyatu-l Kubro"ni eng oxirgi risola deb o’ylagandik. Holbuki hozir oltmish to’rtinchi yil ta'lif jihatidan Risola-i Nurning tugashi va bu jumla-i Alaviyaning ma'nosini, ya'ni qorong’ulikni tarqatadigan, asoyi Muso (AS) kabi yorug’lik beradigan,sehrlarni yo’q qiladiganrisoladan xabar bergan.

Bu majmuaning "Meva" qismi mudofaa o’rnida boshimizga tushgan dahshatli, zulmli zulmatlarni tarqatdi. "Hujjatlar" qismi esa Nurlarga qarshi dushman vaziyatini olgan falsafa qorong’uliklarini yo’qotdi. Yana Anqara ekspertlar hay'atini taslim bo’lishga va tahsinga majbur qildi. Istiqbolda zulmatlarni tarqatadigan ko’p belgilarning borligi va Asoyi Muso (Alayhissalomning) bir toshda o’n ikki chashma chiqarishi kabi o’n bir mo’'jizaga sabab bo’lishiga ushbu oxirgi majmua javob bo’ldi va o’xshadi. "Meva"ning o’n bir nuroniy masalasi va "Hujjatulloh-il Balig’a" risolallarining o’n bir qat'iy hujjati, Imom Ali Roziyallohu Anh, u jumla bilan to’g’ridan to’g’ri "Asoyi Muso" nomli majmuaga qarashini va uni tahsin bilan xabar berganiga bizda to’liq qanoat hosil qildi.

Uchinchidan: Nur stansiyasi, Yigirma yettinchi Maktubda juda ahamiyatli bayonlari bo’lgan Sabrining bu safargi marsiyasini "Ilova"ga kiritdik, sizga ham yubordik. Va peshqadam muboraklardan va Nurlarning nashriga ko’p xizmat qilgan Hofiz Mustafoning yetti yoshda "Oltinchi Shu'la"ni va menga maktub yozgan tom muborak, ma'sum o’gli, bu yerda, ma'sumlar ichida Nurlarga bir ishtiyoq uyg’otadi. Uning ismi, Said Nuriy bo’lishi kerak, Nursiy qishloqdir, ma'nosiz bo’ladi. Nurlarga aloqasini ko’rsatishi uchun (Sin) bo’lmasin, faqat (ye) bo’lsin. Yana ko’p narsalar yozar edim, ammo boshimda ko’p vazifalar va ishlar borligi uchun tugatishga majbur bo’ldim.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Birinchi "Mo’'jizot Majmuasi" vazifasini tugatganlar ikkinchi vazifani boshlaganlarini xushxabar berishingiz, sizlarni bu xizmati iymoniyada menga haqiqiy qardosh qilib bergan Arhamurrohimiyn, meni hadsiz shukrga chorladi. Qur'oniy xat foydasiga birinchisining bir karomati, markazda Qur'on xattining bir kursi ochilishi bo’lgani kabi, inshaalloh ikkinchisi, yanada mo’'jizali bir karomat ko’rsatadi.

Ikkinchidan: Konyalik Sabri siz orqali men bilan xabarlashsa, yanada foydaliroq va munosib bo’ladi. Chunki aksariyat fikricha siz mening o’rnimga istaganini qila olasiz. Masalan, tahrir uchun u yerdagi olimlar to’liq yordam berishgani uchun, u yerda tahrir qilinsin, qilsinlar. Siz mening tahririmdan o’tgan ba'zi nusxalarni, ularga yuboring. Haqiqatdan tahrir masalasi ahamiyatlidir. Ba'zan bir harfning va bir nuqtaning xatosi, qiymatli ma'noni buzadi. Eng avval, yozganlar bir karra go’zal tarzda o’qishsin. So’ngra tahrir qiladigan kishilarga va menga berishsin. Mashaalloh, bu safar menga kelgan "Asoyi Muso" majmualarida ham xatolar kam, ham bir daraja tahrir qilingan. Janobi Haq ham yozganlardan, ham tahrir qilganlardan abadan rozi bo’lsin, omin.

Uchinchidan: Yozg’atda yashaydigan, Risola-i Nur bilan aloqador Tunislik Domla Hashmat, avval vafotimni, so’ngra hayotda bo’lganimni eshitib samimiy ikki maktub yozibdi, unga men tarafimdan salom yuboringlar.

To’rtinchidan: Rushduning ko’p safardan beri xususiy salom aytgan qahramon birodari Burhon (avvaldan beri) ummiyligi bilan birga, Nurlarga kerakli vaqtda ahamiyatli xizmatlari, uni ham xoslar qatorida har kun ismi bilan daromadlarimizga hissador qilyapmiz.

Ma'nodor bir tavofuq bo’ldi. Men, Xusravning va Sabrining maktublari kelmagani uchun kulliy xavotirlarimni yozarkan, ayni paytda kutilmaganda eng qamrovli va barcha xavotirlarimni ketkazgan ko’plab maktublari keldi.

Umum qardoshlarimga salom.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim, abad va haq yo’lida haqiqatli birodarlarim!

Kastamonu yigitlaridan, Nurning qahramonlaridan va Safranbolu fidokorlaridan sizga bu yerga kelgan xususiy maktublariga xususiy javob berishga haqdor va loyiq. Ammo holim, vaqtim izn bermagani uchun, siz orqali qisqa javob berganimga ranjimasinlar.

Birinchidan: Hilmi, Ehson, Aminning, Toshko’priklik Sodiqning maktublari, meni juda xursand qildi. Haqiqatdan qardoshlarimiz, qamoqxonada to’qqiz oyda to’qqiz yil qadar Nuriy xizmati qilib Isparta qahramonlari bilan yelkama-yelka bo’lishdi. Men, ularning ham istirohatim, ham qamoqdagi birodarlarimizning ittifoqlari va yangi Nurlarning xizmati uchun tom sa'y-harakatlarini hech qachon unutmayman. Janobi Haq ulardan va sizdan abadan rozi bo’lsin. Men xayolan, ko’p safar eski davrga, Kastamonu va Barladagi ma'lum yerlarga, sayrgohlarga shavq bilan boraman. U yerlarda o’tirib yig’layman. U do’stlarimni xayolan ko’raman.

Qahramon Sodiqning kuchli ifodasiga va chiroyli yozuviga o’xshagan qisqa maktubda, Mustafo Usmon va Hifzi (RH) Safranbolu shogirdlarining salomini ham yozishgan. Shubhalandim, ajabo Sodiq u yerga bordimi, ular u yerga borishganmi yoki boshqa Sodiq ismli bir qardoshimizmi?

Barla siddiqlari Nurlarni yozishga to’liq sa'y-harakatlari, hammadan avval ularning vazifasidir. Chunki Barla, birinchi madrasa-i Nuriya sharafini qozongan. U muborak madrasani talabasiz qoldiridh joiz emas. Inshaalloh takror jonlanadi. Xizmat qilganlarga barakalloh deymiz. Janobi Haq tavfiq bersin, omin.

Ikkinchidan: Safranboluning sodiq shogirdlaridan Usmon va Ahmadning ikki maktubi, ularning haddan ortiq sadoqat va Nurlarga aloqadorliklarini ko’rsatadi. Mashaalloh, Usmon qisqa vaqtda ham Qur'onni dars olgan, ham Nurlarni yozgan. Hozir esa "Asoyi Muso"ni yozmoqda. Fidokor Mustafo Usmon va Hifziga tom bir qardosh bo’lgan. Ahmad ham tom aloqadordir. Maktubida imlosi chala yozilgani uchun nima demoqchi bo’lganini bila olmadim. Ularga, Safranboluda, Kastamonu va atrofidagi qardoshlarimga ko’p salom va duo qilamiz, duolarini istaymiz. Madrasat-uz Zahrodagi Isparta va atrofi umum qardoshlarimizga bir-bir salom va salomatlari uchun duo qilamiz.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan:

Bir-ikki hafta Xusrav yozgan maktubini olmaganim uchun,

Konyaga yuborgan majmualarning javobi kelmagani uchun,

boshda Ichki Ishlar Vaziri,

dushmanlarimiz anarxistlar bilan birga meni mislsiz tazyiqlaridan

bu yerdagi munofiqlar ba'zi sofdil do’stlarimizdan ham Eskishaharga, ham Konyaga kitoblar yuborganimni va "Asoyi Muso" majmualarini olganimni xabar olganlaridan xavotirlangan paytim,

birdan hech misli ko’rilmagan bir yarim metr qor va dahshatli to’fon va sovuq bu mavsumda kelishi,

jahl, g’azab, to’rt safar zilzilalar va o’tgan yil yomg’irsizlik kabi,

Risola-i Nur va shogirdlari bilan munosabatdor bo’lishi mumkin deb so’radim:

"Bu balo umumiymi, yo’qsa Afyon va Eskishahar Viloyatlariga maxsusmi?"

"Ikki viloyatga maxsus." deyildi. Alhamdulillah dedim. Demak Risola-i Nurga va shogirdlariga umumiy bir hujum yo’q. Balki faqat menga va qo’limdagi Nurlarga... Juda ishonganim Eskishahar, Dengizli kabi bir Madrasa-i Nuriya bo’lishini taxmin qilgan bo’lsamda, Dengizlidan o’n daraja nuqson qolishining sababi, ularni ham, Afyon va Amirtog’ kabi qo’rqitishdir. Nima bo’lganda ham, xavotirlanmang, inshaalloh bu havo hodisasi, ayni Istanbul maktablarining hodisasi kabi, yashirin masonlar ko’zlagan yangi hujumdan voz kechirdi, inoyati Rabboniya himoya qilmoqda.

Ikkinchidan: Bu safar yetti-sakkiz maktubingizni oldim. Xususiy javoblarga holim, qalamim va vaqtim izn bermagani uchun ranjimanglar. Mahmud Fayzi va Aminning maktublarini, o’zgartirmay "Ilova"ga qo’shdik. Ikkalasi, sakkiz yil xususiy xizmatimda bo’lishgani uchun, haddimdan juda ortiq vasflarini bir navi ma'naviy duo, tashviq sababi, husni zonlari, tarjimoni Nur munosabati bilan ustozlariga sadoqat belgisi, ishonch va bog’lianish hujjati deb tegmadim. Fayzining marhuma volidasining Risola-i Nur darslari bilan go’zal va nuroniy vafoti, Nurlarning, shogirdlariga sakarot vaqtida va mashaqqatli zamonlarida yordam berishiga porloq namuna sifatida "Ilova"ga kirsa munosib bo’ladi.

Halil Ibrohimning bu safargi maktubida: "Qazo va qadari Ilohiydan qancha? Nima uchun?" degan ko’p savollarining birdan javobi - barchaning Nurlarga e'tiborini jalb qilib umumga o’qitish bizlarga ko’p mujohidona hasanot qozontiradi.

Ammo bir daraja qazo va qadarga e'tiroz ma'nosini xayolga keltirgani uchun, hozircha "Ilova" bilan umumiylashtirilishi munosib bo’lmas. Maktub oxiridagi, "Javshanu-l Kabir"dan olingan parchalar, duolar juda chiroylidir.

Uchinchidan: Xusravning maktubida, Otaboylik Qo’turum Ali va Eg’irdirlik Kozimning Nurlarga tom shavq bilan xizmatlari, hatto ruhoniylarni ham tabrikka va tahsinga chorladi. Aliko’ydan menga maktub yozgan o’n to’rt yoshli Mustafo Yashil, padari bilan ham Qur'onga, ham Nurlarga xizmatlari, uch Alilarning g’ayrat va himmatlari bilan qishloq ma'sumlari Risola-i Nurga xizmatlari, faqat meni emas, balki umum Nur shogirdlarini tahsinga va shukrga chorladi.

To’rtinchidan: Salohiddin (Abdurrahmon) va Fayzining volidasining vafoti munosabati bilan yozgan maktubning oxiridagi Fayziga ta'ziya bildirganman. Hoshiyada mening o’limimni qabul qilmasligi va G’avsi A'zamning bir qism himoyasi "Asoyi Muso Risolasi"ga kirishi meni sevinchdan yig’latdi. Safranbolu qahramonlari Mahmud Fayzi va Aminning shohnomalariga ishtiroklari va hukumat markazida umumiy arabcha xat va harf kursi ochilishi, "Asoyi Muso Risolasi"ning fathlariga va karomatiga alomat xushxabarini berishlari, qattiq shod qildi. Bu qishda barcha chekkan mashaqqatlarni hechga tushirdi.

Dengizli fidokor peshqadamlaridan Tavaslik Mullo Mahmudning suratan qisqa, ammo ma'nan uzun maktubida, u ham o’limimga rozi bo’lmaganini va haddimdan ko’p ortiq qiymat berayotganini ko’rdim.

Ham unga, ham qamoqda ko’rishgan qardoshlarimizga, ham Hasan Fayzi va Hofiz Mustafo va birodarlariga minglab salom...

Umum qardoshlarga salom aytib, duolaringizning darmondek ta'sirini ko’rgan qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Birinchidan: Madrasa-i Nuriyaning eski ma'sumlaridan Ahmadning bu go’zal va xolis bayonini umum Sav ma'sumlari va qahramonlari nomidan "Ilova"ga yozdik. Mashaalloh, Hoji Hofiz Mahmudning unga to’liq o’xshagan qiymatli nevarasi ekanini ko’rsatdi.

Ikkinchidan: Safranboluda Nurning ahamiyatli shogirdlaridan Hifzining ikki ma'sum o’g’illari biri o’n, biri ham sakkiz yoshda "Asoyi Muso" majmuasini yozgani va tugash arafasida deb ma'sumlar menga bir maktub yozishlari, meni haddan ziyod sevintirdi.

Uchinchidan: Bu qishda menga berilgan alamli mashaqqatlarning bir sababi: Selanikliklar qilinayotgan mutlaq istibdodni, bemalol gapirib sinishiga yordam bermasligim uchun meni hammadan ajratib qo’yishdi. Risola-i Nur, mening o’rnimga minglab tilda gapiryapti, kufri irtidodni sindiryapti, anarxistlikni buzyapti.

* * *

ICHKI ISHLAR VAZIRI HILMI URAN BEYGA SOLIH YASHIL TOMONIDAN YOZILGAN MAKTUBNING NUSXASI

[Yozganlari yanglish tushunilgan va salbiy izohlar qilinib yillardan beri to’siq ichida yashatilgan, sof, samimiy inson va musulmonlikdan boshqa hech qanday maqsadi bo’lmagan Badiuzzamon Said Nursiy nomli ma'sumning yo bo’lgan joyida yoki Anqaraga o’tkazilishi orqali u yerda hayot va huzurini muhofaza qilish uchun faqat insoniyat nomiga yozilgan ushbu mahram iltimosnomani shaxsan o’qishga muyassar bo’lib, yoshligida qilgan hozirda esa unutilgan xizmatlari mukofot sifatida keksayganida u zotni ozod o’lim hayotiga qovushtirish lutfini ko’p ko’rmasangiz, siz muhtaramga eng qattiq hurmatimni aytib minnatdorligimni izhor qilaman.]

MULLA SAID KIM?

Hozir Afyonning Amirtog’ tumanida yashashga majbur bo’lgan Mulla Said, tug’ilganidan e'tiboran Turk qardoshlari orasida yashab, Turk fe'lli bo’lib ulg’aydi. Umumiy harbda Kavkazning qorli tog’larida qahramon askarlarimiz orasida ko’ngilli otryad qo’mondoni sifatida urush va irshod qilib, katta harb medalini oldi. Sariqamish hujumida Bitlisning yiqilishida yaralangan holda asir tushib yillar davomida Rus garnizonlarida mashaqqat tortdi. So’ng qochib Istanbulga keldi. Kuchli ilmi uchun Doru-l Hikmatu-l Islomiya a'zosi sifatida Kuvvai Milliya huzurida xalqni kurashga tashviq qildi. Buyuk Millat Majlisining ilk yillari Anqaraga kelib, Hoji Bayram musofirxonasida bir qancha kishilarga vatanning mudofaasining ahamiyatini tushuntirish xizmatini qildi. Bu haqiqiy vatanparvar insonning avvalo ibodatga, iymonga, e'tiqodga tegishli yozgan va hozir ham yozishda davom etayotgan asarlari, din va dindorlardan xushlanmagan ba'zi kimsalarning, xususan Ichki Ishlar Vazirligidagi manfaatparast Shukri Qoyaning mazhab va rejimiga to’g’ri kelmadi. Natijada asossiz tuhmat va bo’hton hisobotlarida bu bechora kimsa yigirma yildan beri qamoq va ajratib qo’yilish jazolari bilan abgor qilindi. Ikki yil avval yana eski asarlarini bahona qilib Kastamonudagi chillaxonasidan qo’liga kishan solinib, u kishiga salom bergan oltmish olti odam bilan birga Dengizli Jazoni ijro etish muassasasiga olib kelindi va o’n bir oy qamoqda tutildi. So’ng zararli deb gumon qilingan asarlari, avvalo Istanbul muftiyligidagi hay'at tomonidan, keyinroq Anqara Diyonat Rayosati va Til tarix Instituti a'zolaridan tashkil topgan komissiya tomonidan tekshirilgandan keyin ushbu asarlarning hech qaysisida davlat siyosatini va osoyishtalikni buzadigan eng kichik narsa ham topilmadi.

Mulla Said, Nur shogirdlari va asarlarini o’qigan kishilar, mahkama hukmi bilan ozod etildi va Dengizlida yashashiga ruxsat berildi. Lekin afsuski ushbu keksa zot, qisqa vaqt o’tib Dengizlidan Afyonga, u yerdan esa Amirtog’ tumaniga uzoqlashtirildi va har qanday Tukr qardoshi bilan ham muomala qilishdan man etildi.

Hurmatli boshliq! Jumhuriyat ozodligidan, Tashkiloti Asosiya Qonunining mustaqilligidan mahrum bo’lgan bu bechora keksa zot, har tomonlama himoyaga loyiq, qaralishga muhtoj, qarindosh-urug’lari yo’q, faqatgina bir Islom hukumatining himoyasiga muhtoj Islom mutafakkiridir. Mashhur shoir marhum Akif Bey aytishiga ko’ra, Misrning eng tanilgan ulamolaridan va g’arbning turli tillar va falsafalarida bilimi bo’lgan ustozi a'zam Abdulaziz Chavishning yigirma yil avval "Al Arham" gazetasidagi Said haqida yozgan "Fotihu-l Asr" maqolasini o’qib, o’zi bilan shaxsan gaplashgan olimlar, bu kishining fitratan ilmiy qudratini va Ilohiy yo’lini taqdir qilishgan.

Muhtaram boshliq! Qurdlik bahonasi bilan turli haqoratlarga nishon bo’lgan Mulla Saidning fe'li taqdirga loyoq bir Turk oshig’i va Islomiyat xodimidir.

{(Hoshiya) Ha, har biri yuz kishiga teng minglab Turk yoshlari, ma'sumlari, keksalari Risola-i Nurga shogird bo’lib, bu ajib asrda Turk millatining Abbosiylar davlati inqirozi sabab Islomga yordam berganlari kabi, ushbu shogirdlar ham o’sha ishni qilishdi. Faqat Said emas, balki butun haqiqat ahli buni tahsin etadi, Turkka do’st bo’ladi.}

Undan mamlakatimiz zarar emas, foyda ko’radi. Men nomus va sharafim bilan qasam ichamanki, Mulla Said qat'iyyan toza inson. U kishiga siz kabi millatning ichki boshqaruv va taqdiri qo’lida bo’lgan zakovatli kishilardan inson sifatida iltimosim shuki: Noto’g’ri tushunchali jurnalistlar gapi bilan ozodlik ne'matidan, sof havo olishdan, Turk qardoshi bilan ko’rishishdan mahrum etlgan bu kishini, hukumatning adolati, mansabingizning ahamiyati nomiga va adolat va ehson qaroriga munosib ko’rilib, adolat va o’zi ila hech bo’lmasa bir marta yaxshi niyatda ko’rishib, keyin qoldirish yoki ozod qilishga hukm qilsangiz. Bu bilan albatta ahamiyatli vazifangizni qonun doirasida bajargan bo’lib, hayotingizda taqdirga loyiq fasl ochgan, adolatparvarligingizni xalqqa ko’rsatgan, ojizlardek oyog’i kesik, burchakda qolgan hurfikrli tarixchilarga eshittirgan bo’lasiz.

Millati, mamlakatini jondan sevgan, tanida, qonida Qurdlik, Arnavutlik, Bosniyalik qonining hidi ham bo’lmagan, Erzurumning eski deputatlaridan oyog’i kesik

Yashilo’g’li Mahmud Solih

Muhtaram din qardoshim!

Qirq kundan beri yotoqda siz bilan mashg’ulman. Xayolim va eshitishinga qaraganda huzuringiz buzilgan degan xulosadaman. اَلْمُوءْمِنُ بَلَوِىٌّ Taxminan o’n kun avval, ko’chada "Toza Afyon saryog’im bor", degan kishini derazamdan chaqirib, biroz yog’ oldim. Maqsadim sizni so’rash edi. Afyondan Amirtog’ tumaniga surgun qilinganingizni, aholining siz bilan ko’rishishini man qilinganini eshitib, qattiq ta'’sirlandim.

Muhtaram dim qardoshim! Bu maktubni sizga yozgan kishi, o’ttiz bir yil avval siz bilan Erzurumning As'ad Pasha Madrasasida umumiy harbda Kavkazning qorli tog’larida va yigirma to’rt yil avval deputatligimda Van hokimi Haydar Bey do’stingiz bilan Millat Majlisi zalida ko’rishgan Erzurumning sobiq deputatlardan Yashilo’g’li Mahmud Solihdir.

Mahmud Solih (R.A.)

* * *

Yashil Solihga yozilgan maktub.

Aziz qardoshim Hasan Afandi! Siz men tomonimdan qiymatli qardoshimiz Solih Afandiga yozinki, uning qilgan odamgarchiligini o’lgunimcha unutmayman. Undan juda minnatdorman va ko’p salom aytaman va duo qilaman. Men har qanday muammoga chidashga qaror qilganman. Yaxshilikni raislardan kutmayman.

Said Nursiy

* * *

Menga jo’natgan "Asoy-i Muso"dan bir nusxangiz jildsiz (faqat sariq qog’oz jild bo’lgan), Xursavning yozuviga o’xshaydi, lekin ustida Mustafo ismi yozilgan. U kim, qaysi Mustafo? Ham nusxaning ustida "o’n uch yoshli Xadicha, Ahmadning qizi" deb yozilgan. Bu Ahmad qaysi Ahmad? Ham unga, ham qiziga ming barakalloh. Bu yoshda katta kitobni ham diqqatli, muvofiqli, ham chiroyli sihhatli yozish ma'sumlar sinfining qahramonligidir. Kim ko’rsa, mashaalloh deyapti. Bu yerdagi maktabda o’qigan ayollarda shavq uyg’otadi.

* * *

Nazif qardoshimizning maktubi, ahamiyatlidir. Haqiqatdan Amerikada siyosatga vosita emas, balki dinni din uchun mutaassibona lozim deb bilganlar ko’p edi. Inshaalloh "Asoy-i Muso"ni olgan kishi o’sha dindorlardandir. Kecheli Salohiddin to’liq bir Abdurrahmondir. Qahramonlikda otasidan orqada qolishni istamayapti. Bizni ham ora-sira odatimizga xilof qilib dunyoga qaratyapti. Agar u Amerikali muhim olim Risola-i Nurni so’rasa va nashr qilishga so’z bersa, sizning mashvaratingiz bilan unga to’liq kulliyotni beramiz.

Nazifning maktubi bilan birga nafaqadagi afandining vasvasaga doir savoli bor. Agar u kishining Nurlarga jiddiy aloqasi bo’lsa, bunday savollarga umuman ehtiyoji yo’q. "Hikmatu-l Isti'oza" Lam'asini va "Yigirma To’qqizinchi So’z"ning farishtalar vu ruhoniy borliqlarning borligiga doir qismini o’qisin. Uning ma'nosiz va yuz joyda javobi bo’lgan vasvasasi, zindiq moddaparastlarning hozirgi dahshatli holatidan fursat topib qiyrashganki, u kishi ta'sirlanib u savolni so’ragan. Unga salom aytaman. Risola-i Nur uning har qanday mushkul masalasini hal qiladi. Xolis, taslim bilan harakat qilsin, uni tinglasin.

Madrasa-i Nuriyaning eski va yangi qahramonlaridan Duradgor Ahmadning maktubi uch-to’rt jihatdan meni xursand va minnatdor ayladi. U madrasaning bosh talabasi nomini bergan Ahmad, ham shahid Hofiz Alining vazifasini qilganini, ham Sulaymon kabi qiymatli ukasi va kichik singlisi bilan uch "Asoy-i Muso"ni yozishlari va muborak Hasan Tog’aning nabirasi bo’lgani meni xavotirdan qutqardi, ham juda xursand qildi. Janobi Haq unga shifo va ularga muvaffaqiyat va saodat bersin, omin, omin!

Marhum Hofiz Mahmudning ikki ukasi u marhumning vazifasini qilishlari va Mustafoning yozuvi Xusravning shirin xatiga to’g’ri kelishi, mening nazarimda yangidan ikki Hofiz Mahmudni topgandek xursand bo’ldim.

Qahramon duradgorning g’ayrati bilan Ko’kdarali xatib Risola-i Nurga uch o’g’li bilan birga talaba bo’lib yozib ko’chirishni boshlaganlari uchun ham ularni, ham duradgorni, ham qishloqlarini tabriklaymiz. Duradgorning ularga aytgan she'rini "Ilova"ga qo’ydik.

Otabeyli xasta (falj) Ali Usmonning yozgan uzun maktubi, "Asoy-i Muso" Risolasi va Nurlarning tarqalishida jiddiy qilayotgan ta'sirli ishlari, xizmati Nuriyada juda harakatchan Chilingir Ali bilan uning tog’asi Hasanning unga yordam berishi, muborak orzulari va tavofuqlari bizni rohatlatdi. Eg’irdir qishlog’ini bizga qattiq sevdirdi. Janobi Arhamur Rohimiyn ulardan rozi bo’lsin.

* * *

BIR DARAJA MAHRAM

O’tgan qishda menga qarshi suiqasdlarning inoyati Ilohiya bilan va duolaringiz yordamida kelgan sabr va matonat natijasida amalga oshmagan rejasi juda keng ravishda bo’lganiga dalil shuki, yaqinda Jumhuriyat raisi Afyonda, "Bu viloyatda diniy boshboshdoqlik ciqishini kutayotgan edik..." debdi.

Demak, yashirin qo’mita meni majburlab favqulotda holat chiqarishni xohlagan edi. Bir ajnabiy aralashuvi hisobiga va musulmonlar va vatanning zarariga batamom qonunsiz va shaxslarning istagi bilan hislarim bilan o’ynaydigan xiyonatlar va muammolar bilan azoblashi, ularga dunyoda aniq zarar, oxiratda Jahannam va saqar, bizga esa dunyoda mukammal savob va zafar, oxiratda inshaalloh Jannat va obi kavsarni qozintiradi. Demak, ushbu yashirin rejani ekspertlar hay'ati va rais bu yerlarda barcha mansabdorlar, hatto viloyat va tuman hokimi, zobitlar men bilan gaplashishdan qochayotganini va qo’rqayotganini his etishibdi. Men ham hayrat qilar edim. Lekin qo’limizda faqat Nur bo’lgani va siyosat to’qmog’i bo’lmaganini zarra qadar aqli bo’lgan kishilar tushunishadi. Hayratlanarli tomoni shundaki, eng ko’p foydam uchun harakat qilishi kerak bo’lgan ba'zi mansabdorlar, zararim uchun qo’llanilidi va vazifalantirildi.

Nurchilar, juda ehtiyot, diqqat va og’ir bosiq bo’lishlari lozim. Chunki ma'naviy dovullar bor, ba'zi ayyor munofiqlar hamma tomonga suqiladi. Mutlaq istibdod dinsizlikka tarafdor ekan, ularni buzish va sirlarini bilib, fosh qilish uchun hurriyat firqasiga kiradi.

Salohiddinning "Asoy-i Muso"ni Amerikaga berishi munosabati bilan aytamizki:

"Missionerlar, Hristian ruhoniylari va Nurchilar juda e'tiborli bo’lishlari zarur. Chunki shimoldagi jarayon Islom va Isaviy dinlarining hujumiga qarshi o’zini mudofaa qilish maqsadida, musulmon va missionerlarning ittifoqini buzishga urinadi. Avom xalqqa keng fe'lli, zakotning zaruriyati va foizning haromligi bilan burjualarni xalqqa yordam berishga chaqirishi va zulmini to’xtatish jihatidan musulmonlarni aldab ularga bir imtiyoz berib, bir qismini o’z tomoniga o’tkazishi mumkin." Nima bo’lganda ham, bu safar hurmatingiz uchun qoidamni buzdim, dunyoga qaradim.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Juda hamiyatli maktublaringizga bitta muxtasar javob berishga majburman.

Avvalo: Savollari juda nurli haqiqatlarning chiqishiga sabab bo’lgan Raf'atning ma'sumlarga Qur'on va Nurlarni dars berayotgani, o’zi esa Nur Lam'alari bilan mashg’ul bo’lishi, tahrir qilishda men va Xusravga yordam berishi va Istanbulda "Asoy-i Muso"ning insofli olimlarga yetkazishga urinayotgani ko’p tabrikka shoyon. Yangi savoliga hozir javob berilmaydi, hali vaqti kelmagan.

Qahramon Burhonning Ozodlik Firqasi raisiga chiroyli javob bergan. Ha, Nurchilar siyosatga aloqasi yo’q. Lekin butun hayotlari iymon haqiqatlari bilan bog’liqdir. Hozirgacha yashirin qo’mitadan, siyosatni dinsizlikka va zindiqlarga vosita qilganlar mutlaq istibdod bilan Nurchilarni ezishdi. Inshaalloh bir sabab chiqadi {(Hoshiya) Demokratlar chiqdi, bir daraja ketkazdi.} istibdodni ketkazadigan, ma'sum va mazlum Nurchilarni qutqaradi. Faqat qattiq diqqat va ehtiyot bo’lish kerak. Risola-i Nur dunyoda har qanday jarayonning ustida ekani va umumning mulki bo’lgani uchun bir tomonga tobe va dohil bo’lmaydi. Balki tajovuzkor dinsizlarga qarshi haqli tomonga yordam beradi, do’st boladi va ehtiyot kuchi hukmida ularga bir tayanch nuqtasi bo’ladi. Lekin siyosat hisobiga emas, balki Nurlarning tarqalishi va foydasi uchun ba'zi qardoshlar, Nurlar nomidan emas, o’z shaxsi nomidan kirishi mumkin. Xususan muborak Ispartaning hozirgacha Nurlar madrasasi bo’lgani va dushmanlarning ham u bilan ko’p ishi bo’lmasligi nuqtasida, ichkarida taragirlik qilmaslik, e'tiroz qilganlarning nadomatiga va haqiqatga qaytishlariga sabab bo’lishi mumkin. Siz yanada yaxshiroq bilasiz.

Salohiddinning maktubi, bir qancha jihatda ahamiyatli. Amerika olimlari albatta "Asoy-i Muso" Risolasiga loqayd qolmaydilar. Agar dinni din uchun sevgan qismining qo’liga tushsa, futuhot qiladi. Yo’qsa, ba'zi xudbin domlalarimiz kabi, ko’ra olmaslik hissi bilan tarqalishi va rivojiga urinishlarida shubha bor. Nima bo’lsa ham.. inoyati Ilohiyaga havola qilamiz.

***

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Tohiriyning Istanbulga ketishi, inshaalloh xayrlidir. Xusravning juda ko’p vazifalarini to’liq bajarishiga qanoat hosil qildim. Barlada bo’lgan vaqtimda barcha nusxa ko’chiruvchilarning tahriri va ta'lif xizmatini qilganimda amalga oshgan buyuk inoyat va g’aroyib muvaffaqiyat, Xusrav va uning yordamchilarida ham namunasi bor.

Ikkinchidan: Tohiriyning Dengizli qamog’ida unutilmas xolis xizmati bilan va Nurlarga metin sadoqati, xatosiz zakovati va monandi yo’q bahodirligi bilan Nur doirasida ahamiyatli maqomi uchun bu safargi butun maktubini "Ilova"ga kiritdik. Boshda Nur shogirdlaridan volidasi Zubayda bo’lob, qarindoshlari va do’stlariga salom aytaman. Janobi Haq ulardan abadan rozi bo’lsin, omin!

Uchinchidan: Nasli Qurayshlilardan bo’lgan Ahmad Qurayshiy muhtaram otasi va jiyani Ahmad bilan Nurlarning xos noshir va talabalaridan bo’lishi, u atrofdagi shogirdlar nomiga Nurlar uchun chiroyli she'rli fikralari "Ilova"ga kirdi. Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin, omin.

To’rtinchidan: Eg’iridir qishlog’ida isimlarini men yozmagan o’ta muhim qardoshlarimiz bor. Ularga va Mahmud Sabri kabi buyuk stansiyaga tayanib va Sabrining yozuviga o’xshatgan harakatchan va jiddiy qardoshlarimizdan hisoblangan Chilingir Alidan diqqatli va chiroyli ifodalangan maktub oldim. Uning istagi bilan hammasini "Ilova"ga kiritdik. U va uni ishlatgan kishiga mashaalloh va vaffaqakumulloh deymiz.

* * *

Aziz, siddiq, oliyjanob eski va yangi qardosh Yashil Solih!

Mendan o’tkazgan hayotimga oid so’ragan nuqtalarga o’ta qisqa va ikki og’iz ishorat qilinadi. Vaqt o’tib inshaalloh boshqalar izoh bilan javob berishar. Lekin tarixda qolish va bu asr olimlari ichida oddiy shaxsimni kelajak nasllarga ko’rsatish, bildirishga na istagim va na layoqatim bor. Meni o’zimga yaxshi ko’rdirmagan, dahshatli kamchiliklarimni ko’rsatgan Janobi Haqqa hadsiz shukr qilaman.

Insonlarga o’zini tanitish shuxratparastlik bo’lgani uchun, bir "men"lik, xubdinlik, riyokorlik bo’lish ehtimoli bor. Bu esa biz kabilarga tom zarardir.

Bu asrda moddatan va ma'nan yakka yashashga va ijtimoiy hayotdan uzoq turishga majbur bo’lgan ekanman, albatta ijtimoiy hayot kechirganlar ichida tarixga minib istiqboldagilarga ko’rinay. Faqat shunisi borki, Risola-i Nur bu vatanga va bu millatga juda katta manfaati borligini mahkamalarning va ekspertlarning ittifoq bilan qilgan hukmi bilan yuzaga chiqqan. Bu nuqtai nazarda mening ahamiyatsiz, bechora, abgor, juda qusurli shaxsiyatim emas, balki Qur'onning mulki va ma'nosi bo’lgan Risola-i Nur uchun savollaringizga javob bo’lishi uchun ishoratlar qilaman, keyin Risola-i Nur va shogirdlari izoh bilab javob berishsin.

Avvalo: O’ttiz yil avvalgi hayotimni marhum Abdurrahmon yozgan, chop qilingan.

Ikkinchidan: Risola-i Nurning chiqish vaqtini Eskishahar qamog’ining mudofaanomasi bilan (Yigirma Yettinchi Lam'a) va Dengizli qamog’idagi Mudofaa Risolalari bilan (O’n Birinchi va O’n ikkinchi Shu'la) "Keksalar Lam'asi", "Oyat-i Hasbiya Risolasi", "O’n Oltinchi Maktub" bilan "Hujumoti Sitta", "Ishorati Salosa", "Ishorati Sab'a" risolalari kabi Nurning bo’limlari savollaringizga batafsil javob berishi uchun mahkama menga qaytarib berdi. Hozir qo’limda bo’lmagan risolalar, vaqti kelib sizga keladi. Inshaalloh sizni hech unutmayman. Shu holatimda bunday aloqadorligingiz juda og’ir muammolarimni yengillatdi. Alloh sendan rozi bo’lsin, omin!

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bir bechora vasvasali, hissiyotli va dinsizlar bilan gaplashgan bir kishi mahshur Nabaviy duo bo’lgan "Javshanu-l Kabir" haqida va aqlga sig’maydigan savob va fazilatiga doir bir hadisni ko’rib shibhaga tushibdi. "Roviy Ahli Baytning imomlaridan. Bunda haddan ortiq mubolag’a bor. Masalan: Bu duoga Qur'ochalik savob beriladi. Ham osmonlardagi buyuk farishtalar, bu duo savobini ko’rib kursilaridan tushib unga katta tavozu' bilan hurmat qilishadi. Bu esa aql va mantiqqa sig’maydi" deb, Risola-i Nurdan yordam istadi. Men Qur'ondan, Javshandan va Nurlardan o’ta qat'iy va to’liq aql va hikmatga to’g’ri keladigan javob berdim. Sizga qisqachasini bayon qilaman. Unga aytdimki:

Avvalo: Yigirma To’rtinchi So’zning Uchinchi Shoxida o’nta usul bor, bunday shubhalarni tomiri bilan yulib oladi. Unga qara, javobingni ol.

Ikkinchidan: Har kun butun ummatchalik hasanot qilgandek, butun ummatining saodatiga yordam bergan, ismi a'zamga sazovor, koinotning asliy urug’i, eng mukammal va jamlovchi mevasi bo’lgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam u duoning o’zi haqida azim martabasini ko’rib, u kishiga xabar bergan Jabroil Alayhissalomdan eshitib, boshqalarni o’ziga qiyos qilganlar yoki qilingan.

Demak, juda g’aroyib va ajib savob Zoti Ahmadiya (A.S.M.) valoyati kubrosidan kelgan. Kulliy va umumiy emas. Balki u duoning mohiyatida bunday g’aroyib qiymati bor va ismi a'zamga sazovor bo’lgan zotga tobe bo’lish bilan boshqalarga ham savob qozontiradi. Lekin o’ta ahamiyatli shartlari bor, faqat o’qish kifoya qilmaydi. Yo’qsa hukmlar muvozanasini buzadi, farzlarga ta'alluqli bo’ladi.

Uchinchidan: U duo Zoti Ahmadiyaga ta'alluqli bo’lgan vaqt mubolag’adan xoli va ayni haqiqat bo’lganidek, u duodagi yuzlab asmo-i husnaning haqiqatlariga tegishi bo’lganda mubolag’a emas, balki ularning nihoyatsiz tajalliylaridan kelishi mumkin. Kelgan fayzlarning nihoyasizligini ko’rsatish uchun juda oz qismini Muxbiri Sodiq (A.S.M.) xabar berganlar. Tashviq uchun mubham va mutlaq qoldirganlar. Vaqt o’tishi bilan mumkin va mutlaq hukm amalda bo’ldan va barchaga tegishli deb tasavvur qilingan.

To’rtinchidan: "Yigirmanchi Ixlos Lam'asi"da bir kishiga besh yuz yillik kenglikda Jannat berilishiga doir hoshiya bor. Unga ham qara. U katta Jannatning berilishi, biz bilmagan tarzda egalik emas, balki inson xususiy uyiga ko’p jihatdan ega, sohib bo’lsada, zamin yuzidagi narsalarga ko’p hislari bilan bir nav' molikdir, tasarruf qiladi, foydalanadi. Katta dunyoni mening uyim, menga bergan, quyosh chirog’im deya oladi. Demak, ba'zi haddan ortiq, g’aroyib va aqlga sig’maydigan bir qism savoblar mazkur haqiqatga tegishlidir.

Islomda har bir savobning, har bir amal fazilatining eng avval hissadori va bizning bir duoda, bir zarra savobimizda, tog’dek savob va fayzni qozongan Zoti Ahmadiya (A.S.V.) xususiy virdlar, duolar, shariat va risolat tomonlama emas, balki valoyat-i Ahmadiya nuqtasida va umumiy bo’lmagan darslarida, u kishiga berilgan eng yuksak martabani bayon qiladilar. U kishiga to’liq ergashgan xos vorislarini u nuqtalarga tashviq qiladilar.

وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ * لَا يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلَّا اللّٰهُ

deyman. Vasvasa qilib shubhalarga tushgan odam, lillahilhamd qutuldi, to’liq qanoat hosil qildi. Balki ba'zilaringizga foydasi bo’lar deb jo’natdim. Barchangizga minglab salom.

* * *

BU BO’LIM BIR DARAJA MAHRAM, FAQAT XOSLARGA MAXSUS.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ko’p marta aqlimga: "Nima uchun hammadan ko’ra ko’proq madrasada o’qiganlar Risola-i Nurga kirishlari kerak ekan, aksiga eng ko’p chekingan, ulardan rasmiy mansablarni olishgan?

Hozir birdan kelgan javobning bir oz qismini bayon qilish kerak bo’ldi.

Avvalo: Yashirin munofiqlar bizga zarar qilishga katta mansabdagilarning bir qismini qo’llanib rasmiy tarzda qattiq targ’ibot qilishgani uchun, butun rasmiy mansabdorlar qo’rqishga, chekinishga majbur bo’lishdi. Ular ichida xudbin, vahimachi va bid'atlarni qabul qilgan domlalar, yanada ko’proq chekinishni boshladi. Buni o’zlariga bir uzr, bahona qidirishdi. Risola-i Nurdan "Ishorat-i Sab'a"ning bid'atchilarga qattiq ta'ziri va "Sakkizinchi va O’n Sakkizinchi Lam'a"da Imom Alining (R.A.) "Arjuza"sida ulamou-s su' haqida qattiq ta'ziri va bid'atlarga bir daraja va bir jihatda mos bo’lgan Vahhobiylik yo’lining parda ostida qabul qilganlar, "Yigirma Sakkizinchi Maktub"ning Vahhobiylar haqidagi masalaning ta'ziri va Qur'on o’rniga tarjimasining o’qilishiga ruxsat berganlarga Risola-i Nurning qattiq ta'zirlari va tirikchilik dardi zarurati va ijtimoiy mavqe'larini o’ylab domlalar, hatto Istanbulning eski vaqtlar do’st domlalari qochishga va oz qismi tanqid qilishga urinishdi. Hatto Ol-i Bayt va Imom Aliga adovati bo’lgan haddidan oshgan Vahhobiylik hisobiga Risola-i Nurning Ol-i Bayt va Imom Alining bir ma'naviy hadyasi va asari bo’lgani uchun e'tiroz qilishni boshlashgan. Lekin biz Istanbul olimlaridan g’azablanmaymiz, balki bir jihatda xursandmiz. Chunki boshqalarga nisbatan hujum qilishmayapti.

Marhum Fatvo Amini Ali Rizo, marhum Ahmad Shironiy, marhum Shavkat Afandi, marhum Mahmud Akif kabi insofli Risola-i Nurni favqulotda taqdir va tahsin qilgan muhtaram va marhum zotlarning hurmati uchun biz Istanbul domlalariga do’stmiz, ularga g’azab qilmaymiz. Inshaaloh vaqti kelib "Yigirmanchi Ixlos Lam'asi" ularga o’zini oq’tadi, eski do’stlarni ham yangi do’stga aylantiradi.

Qardoshlarim!Hamma sizdek metin bo’lmaydi. Parda ostida Nurchilarning ma'naviy quvvatlarini ketkazish uchun ba'zi domlalar vosita bo’lishyapti. Ularga aldanmang va qaytmang. Ular bilan tortishmang. Mumkin bo’lganicha do’stona muomala qiling. Biz ularga qardoshmiz deng va sizni aldamasliklari uchun bu yo’nalishdagi nuqtalarni unutmang.

Xusravning himmati bilan doiraga kirgan va Nurning yangi shogirdlaridan menga maktub yozgan Xadicha va Robia xoslar ichiga qabul qilindilar. Men ko’p aloqador bo’lgan Barlada qaynoq Bahri va uning o’g’li, Ayyub, Ali, Mahmud va Sulaymonlarning g’ayratlari bilan Nurlar darsini qilishlari, meni sevinch bilan yig’latdi. Men butun Barla xalqiga, xususan Sulaymonlar, Bahri va Mahmudlar, Mustafolar eski vaqtlarda Nurlarga qiymatli xizmat qilgan Shomli Hofiz Tavfiq, muborak Hofiz Xolid va imom Haqqi Afandi, Muhojir Hofiz Ahmad va uning o’g’li, nabiralari, Shami', menga ko’p xizmat qilgan Abdulloh Chovush, u yerdagi erkagu-ayol qo’shnilarimga minglab salom aytaman, duo qilaman va muborak oylarda duolarini istayman.

Bahri va uning farzandlari uch dona "Asoy-i Muso" yozishganini hozir xabar oldim. Muhojir Ahmad bilan Barlada qardoshlarimiz hisobiga ham Kozimning, ham sartarosh Mahmudning jiddiy xolis maktublari "Ilova"ga kirishga haq qozondi. Bahrining chiroyli she'ri kichik Madrasa-i Nuriya o’rniga to’liq kiradi.

Hayratlanarli latif bir inoyat shuki, Katta Mustasfoni (R.H.) aynan marhum Abdurrahmon kabi Nurlarga ham sadoqati bilan, ham qalami bilan, ham iqtidori bilan xizmat qilishi qalbimga eslatilishi bilan o’sha vaqtda Abdurrahmonning vafotini unutishga urindim. Haqiqatdan Kichik Ali u g’aybiy eslatmani qalami bilan ham to’liq tasdiqlatdi. Ukasining qalamini o’zi oldi. Sariq pichoqni olmos qilichga aylantirdi. Demak o’shanda uni muborak Mustafoning ruhida his qilgan ekanman.

Men Muhojir Hofiz Ahmadni ham menga, ham Nurlarga aloqa va sadoqati nuqtasida Nurlarning birinchi talabasi va fidokor bir noshiri qalban his qilgan edim. Lekin qalam bilan xizmat qilishga muvaffaq bo’la olmadi. Ko’p marta g’aybiy hisimni eslar edim. Keyin birdan men his qilib, umid qilgan metin xizmatni o’g’li Kozim, kiyovi Bahri, boshqa kiyovi sartarosh Mahmudlar favqulotda aloqa va sadoqat bilan to’liq bajarishga, harakatga tushdilar. Hatto qiz nevaralari ham ma'sum shogirdlar ichiga kirishdi. Hamma salom aytaman.

Said Nursiy

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq, baxtiyor, vafoli, faol va metin qardoshlarim!

Avvalo Takroran ham sizning Rajab-i sharifingiz va Rag’oyib kechangizni tabriklayman, ham Safranbolulik qardoshlarimizning tabriklariga javoban muqaddas uch oyingizni, to’rt muborak kechalaringizni va Nurlarga o’ta jiddiy aloqangizni tabriklaymiz. U yerning shogirdlari nomidan yozilgan tabriknomada mening kamchiligi ko’p shaxsimga bergan unvonlaru-maqtovlarni Halil Ibrohimning ba'zi maktublari kabi to’g’rilab "Risola-i Nur"ga aylantirib "Ilova"ga kirishini istadim. Lekin shaxsim ochiq ravshan tilga olingani uchun munosib ko’rmadim, hozircha boridek qoldi.

Qardoshlarim!Qat'iyyan biling: Shonu-sharaf, xudbinlik, o’ziga ishonish, obro’parastlikdan qo’rqaman va qochaman. Shaxsimga qilingan madhlardan xushlanmayman. Faqat Risola-i Nurga sadoqat va qanoat belgisi bo’lsa ba'zi haddan ortiq ta'birlarni yo hurmatlari uchun, yoki husn-i zonlarini ketkazmaslik fikri bilan qisman to’g’rilab qabul qilaman, sukut saqlayman. Faqat ikki "Ixlos Lam'a"si va yo’limizning "xillat", "ixlos" va "birodarlik" asoslari bunday maqtovlarga yo’l bermaydi. Usbu xudbinlik va "men"lik asrida, shuxratparastlar nazarida Nurlarning sofligiga va xolisligiga zarar qilishi mumkin.

Ikkinchidan: Hifzining ikki ma'sumi yozgan "Asoy-i Muso", "Rahbar" va "Kichik So’zlar"i bizni baxtiyor ayladi. Yuz mashaalloh. Bunday minglar Nurchi ma'sumlar istiqbolni nurlantiradilar.

Said Nursiy

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ushbu muborak oylarda Nurchilarninig ma'naviy shirkatiga inshaalloh juda ko’p muqaddas sarvat kiradi. Har bir Nurchi minglab til bilan, yuzlab qalam bilan ishlagandek foyda qozonadi. Ushbu muborak va juda barakotli oylarda besh jihatda ibodat hisoblanadigan qalam bilan "Zilfiqor-i Mo’'jizot" majmuasiga xizmat qilgan kishilar tom baxtiyorlar. Lekin yozishdan ham ko’ra to’g’riligiga e'tibor berish lozim va shart! Bugun ikki shirin ma'nodor muvofiqlikni ko’rdim. So’nggi kunlarda qiyinchiliklar ichida "Asoy-i Muso"ni tahrir qilishda muammolarim evaziga inoyat-i Ilohiya mukofotim va maoshimni shirin suratda berganiga qanoat hosil qildim.

Biri: Qahramon Tohiriyning mozorbosdi sifatida olib kelgan shirin luqmalar ajib barakot bilan har kuni ikkitadan-uchtadan yegan bo’lsamda, bitmayotgan edi. Bunga hayratlanar edim. Bugun odatim bo’yicha ikkita olmoqchi edim, qarasam faqat ikki dona qolibdi, tejash uchun bittasini oldim. O’sha soatda Hifzining ikki ma'sum farzandi bir quti ichida yozgan nusxalari ostida shirinlikdan, nondan aynan Tohiriyning luqmalari kabi ham o’sha miqdorda qolimga berildi. Bu shirin muvofiqlikdan zavq olayotib, kechagi kun o’sha soatda haroratim baland bo’lgani uchun ko’p suv ichgan edim. Jonim ola olcha sharbati istadi. Men bilmas edim, unutgan edim. Qo’limga qattiq istagan, quti ichida haroratimni tushiradigan eski vaqtlar o’rgangan va juda ko’p yegan ola olcha bilan Oyshaning xos do’stlaridan Nurchi Sharifa Honimning shirinligi bilan berildi. Bu juda shirin muvofiqlikning hurmati uchun ham ma'sumlarning ham ularning tabarruklarini yuz mislicha qabul qildim. Barchangizga minglab salom.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq, qaytmas, charchamas, chekinmas, metin qardoshlarim!

Avvalo: Ushbu yoz tirikchilik dardida va uch oylar, ibodat uchun bir daraja Nurlarning yozilishiga putur yetkazishi mumkin deganlarga bayon qilamiz:

Bilaks, yozishga shavq beradi va berishi kerak. Chunki Nurning xizmati ham tirikchilik, ham qalb xotirjamligiga barakot bilan yordam berganidek, tafakkuriy ibodat turidan hisoblangani uchun, muborak oylarning savoblariga katta yordami bor.

Ikkinchidan: Nurning shogirdi menga aytdiki: O’tgan yili hali Nurlar bizga qaytarib berilmasdan, xususiy qaytarib berish natijasida bu yerda rahmat ham xususiy darajada ko’rindi. Shunda: "Nurlar qachon to’liq erkinlik bilan o’qilsa, yozilsa va bizga qaytarib berilsa, yomg’ir bilan rahmat to’liq keladi", degan edim. Haqiqatdan bu bahor ham "Asoy-i Muso" har tarafda qiziqib yozilishi va o’qilishi, ham "Zulfiqor-i Mo’'jizot"ning yozilishi shavq bilan boshlanishi ushbu tenggi yo’q rahmatga vasila bo’lganiga qat'iy qanoat hosil qildim, dedi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Xusrav bilan bir ruh ikki jasad, o’zi bahodir ukasi bilan Nur xizmatida juda ahamiyatli mavqe olgan qahramon Rushduning ajib qo’l mashinkasini Nurlar uchun ishlatayotgani muhim Nur futuhotining muqaddimasidir. Inshaalloh yana Nurlar Nurchilarning loyiq qo’llari bilan qalamlari kabi chop etilib tarqaladi. Begona va loyiq bo’lmaganlarga muhtoj bo’lmaydi. Lekin hamma narsadan avval mashinka bilan sihhatli va xatosiz chiroyli shaklda, agar mumkin bo’lsa, eski harflar bilan yozilib, keyin yangi harf bilan yozilsa, munosibroq bo’ladi.

Ikkinchidan: Konyalik Sabrining Ra'fatga yozgan maktubini ko’rdim, undan bildimki, bu Sabri narigi Sabri kabi o’ta xolis va samimiy va harakatchan Nurchidir. Ham unga, ham uni tashviq qilgan va shijoatlantirgan domlalarning yuzini oq qilgan Konya olimlariga ming barakalloh. Ularga boshda mufassir muborak Ho’ja Vahbi va u yerdagi Nur shogirdlariga ko’p salom aytamiz va bu muborak uch oylarda duolarini istaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Menga sakkiz yil bola-chaqasi bilan sadoqat bilan xizmat qilgan, farzand, nabira, rafiqa va kiyovlari bilan Nurlar hisobiga jiddiy ishlagan va dars va va'azlarini to’liq Nurlardan qilgan va vafotidan o’n daqiqa avval dunyoviy eng muhim vasiyati o’zining Nur Risolalarini to’ldirish uchun Shomli Hofizga iltimos qilgan, vafotidan ikki kun avval menga maktub yozib, mening ayni vaqtda Barlani o’rniga Savni tanlab, sizga Sav qabristonida dafn qilinishimni xohlaganimni yozganimni sadoqatining karomati bilan his qilib menga javoban e'tiroz tarzida maktubida menga: "Siz Barlani ikkinchi vatanimdir degansiz, lekin nega kelmayapsiz. Boshqa joylarni tanlayapsiz? Nurning boshlang’ich madrasasi Barla hisoblanadi. Qabringiz ham u yerda bo’lishi kerak." deb, eslatdi. Ikki kun o’tib (sizga yozgan maktubim yetib bormasdan) u kishining maktubini ham Shomli Hofiz ikkinchi sahifasida yozgan vafot xabarini olgan marhum Muhojir Hofiz Ahmadning (R.H.) dunyodan ko’chishi aynan Abdurrahmon kabi meni ko’p bezdirdi, yig’latdi, اِنَّا لِلّٰهِ وَ اِنَّا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ dedirdi. Uning ruhiga minglar rahmat bo’lsin, omin! Qabri ham o’zi kabi Qur'on va Nurning bir manzili bo’lsin, omin! Ushbu zohiriy sadoqatning karomati Nurchilarning iymon bilan qabrga kirishlarini isbotlaganiga va husni xotimaga sazovor bo’lishlariga shubham qolmadi. Men tomonimdan uning qarindoshlariga ta'ziya bildiring. Ularga, men butun duolarimda uni hissador qilayotganimni yetkazing.

Ikkinchidan: Qardoshimiz Ra'fat menga yozyaptiki: "Istanbulda Nurlarga ko’p ehtiyoj bor va nondek muhtojdir. Qardoshlarimizdan, Nurlarga ko’p aloqador, ko’p o’qigan va Nurchi Yashil Shamsiddin Nurning haqiqatlaridan dars bergani uchun, minglab odam va'azida yig’iladi.

Yana Ra'fat aytyaptiki: "Bundan tushunilyaptiki, Risola-i Nur bu millatga har kuni nondek lozim".

Yana bir qism Nurlarni ahamiyatli kishilarga bergan va "Zulfiqor-i Mo’'jizot"ning mening tahririmdan o’tgan nusxasini istayapti.

Umumga bir-bir salom aytib, duo qilamiz va duolarini istaymiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy

* * *

Xusravni tahrirda, tarqatishda, tadbirda, xabarlashishlarda, Nurlarning nashr va yetkazayotganida tabriklaymiz va muvaffaqiyatiga duo qilamiz. Bu ahamiyatli vazifalar bilan birga yana shirin va o’tkir qalamining yozuvlarini ko’p nusxalarda ko’ryapmiz, ham mustaqil nusxalarni ham yozayotganini maktubidan tushundim.

Hozir birdan Sav madrasa-i Nuriyasidan Hoji Hofizni va marhum Hofiz Mahmudni, ukalarini, Mahmudlarini, Ahmadlarini, ma'sum Nurchilarni, muborak keksalar va boshqa qahramon shogirdlarini o’yladim. Hayotim bo’yicha unga yaqin bo’lish uchun butun jonim bilan istadim va vafotdan keyin ularning qabristonida dafn qilinishimni orzu qildim. Birdan eslatildiki: "Madrasatu-z Zahroning markazi bo’lgan Isparta viloyatida jismonan bo’lish ko’p jihatdan foydali, saodatlidir. Lekin Nur yo’li va Nurchilarning yo’nalishi jihatidan doim birgasiz. Zamon va makon parda bo’la olmaydi. Sharqda, g’arbda, shimolda, janubda, dunyoda, barzohda bo’lsangiz ham, ma'nan bir majlisda birga hisoblanasiz. Ularning ma'naviy yordamlari doim bir-biriga boradi va senga ham keladi." deya meni taskin etdi.

Men: Modomiki hozir Nurlarga hamma tomonda kuchli va ko’p sonli qo’llar dastak bo’layotgan ekan va to’liq muhofaza qilib, nashr qilishga harakat qilayotgan ekanlar, albatta men bir oz istirohat qilsam, tanballik bo’lmas.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: O’tgan muborak Baroat kechangizni va keladigan Ramazoni Sharifingizni tabriklaymiz. Bu yil Baroat kechasi Nurchilar uchun juda barakatli va karomatli bo’lganining bir belgisini ko’rib hayratlandik. U quyidagicha:

Men Baroat kechasidan bir oz avval "Asoy-i Muso"ni tahrir qilayotgan edim, derazaga bir kabutar kelib menga qaradi. Men unga: "Xushxabar olib keldingmi?" dedim. U ichkariga kirib, go’yo eski do’stlardek umuman qo’rqmadi. "Asoy-i Muso"ning

{(Hoshiya) Ha, biz ko’zimiz bilan ko’rdik.

To’g’ri Nuriddin, to’g’ri Mahmud, to’g’ri Ismoil}

ustiga chiqib, uch soat o’tirdi. Non, guruch berdim, yemadi, kechgacha qoldi, so’ng ketib yana keldi. Baroat kechasida tonggacha yonimda qoldi. Yotayotganimda boshimga keldi, Allohga topshirdim degan ma'noda boshimni silab, chiqib ketdi. Ikkinchi kuni afsuslanib o’tirgan edim, yana keldi, yana bir kecha qoldi. Demak, bu muborak qush ham "Asoy-i Muso"ni, ham baroatimizni tabriklashni xohlagan ekan.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Kastamonu Xusravi va Sulaymon Rushdusi bo’lgan Mahmud Fayzi va Aminning ustozlarining Kastamonudagi hayotini husni zon bilan haddimdan juda ko’p maqtashlarini o’zgartirmay qabul qilishimning sababi shuki: So’nggi kunlarda Afyonning katta mansabdori, bu viloyat Dengizli va Isparta kabi Nurlarni yelkasiga olmasin va Nurlar porlamasin degan maqsadda bir serjanti menga xiyonatga vosita qilib go’yo mendan xalq e'tiborini ketkazishga urindi. Men chidagan bo’lsamda bu yerning yangi shogirdlarining ta'sirlanganidan xafa bo’ldim. Buni o’ylar ekanman, Mahmud Fayzining ushbu samimiy va olimlarcha, hurmatli maktubi, o’sha yaramasning va xodimning xiyonatini yuzlariga urib, yo’qqa chiqardi. Xafaligimni to’liq ketkazdi, supurib tashladi. O’sha ikki badbaxtdan ming daraja yuksak ikki Nurchining bunday madh va hurmati ularning qonunsiz jabr va xiyonatini ayni paytga to’gri kelishi, Fayzi va Aminning sadoqatlarining bir karomati ekaniga qanoat hosil qildim.

* * *

Qardoshlarim!

Meni uchastka noziri xonasiga, keraksiz bahonalar bilan hukumatga, xiyonat qilish va xalq nazarida ahamiyatimni tushirish, aybdor vaziyatini berish maqsadida chaqirishgani ayon bo’ldi. Boshqa matonatim qolmadi. Mumkin bo’lgancha u yerga meni chaqirmaslik kerak. Jinoyat ishlari sudyasi bilan ko’rishinglar. Menga bir advokat topinglar. Mening o’rnimga kerak bo’lsa uchastka noziriga borsin. Yigirma besh yil yakka yashagan odam bunday xiyonatchi kimsalar bilan gaplashish, qiynaydigan azobdir. Men sakkiz yil Kastamonuda bir marta hokimning iltimosi bilan yoniga bordim. Yana ikki marta ichki ishlar bo’limiga bordim. Bu yerda sababsiz o’n martadan o’tdi. Boshqa bormayman. Doktorlardan hujjat oling, yo’qsa bu shaharga moddiy-ma'naviy zarar bo’ladi.

Bu kecha bo’lgan, Xusravning meni mudofaa qilish uchun yozgan to’rt zilzila masalasini tasdiqlagan zilzila, menga, Nurlarga va bu yurtga qat'iy suiqasd belgisi sifatida hukumat ichida xizmatchimga baqirib meni tahqirlovchi xiyonati va so’kib "Borib ayt unga" degan. Tuman raisining majburiy buyrug’i bilan "Kasal bo’lsa ham bu yerga olib keling" deb posbon va jandarma xodimlariga buyruq bergan. Afyonning parda ostidagi katta mansabdoriga tayangan uchastka noziri serjant ham Nur shogirdlarining shavqiga, ham Nurlarning bu yerda yoyilishiga, ham menga qattiq azob bergan vaqtida, avval bu yerda hech bo’lmagan ushbu qattiq zilzila bo’lishi ko’rsatyaptiki, Risola-i Nur baloni daf qilishga bir vasiladir. To’xtab qolgan paytida balo fursat topib keladi.

Qisqa vaqtda Nurlarga ko’p xizmat qilgan Mustafo Usmonning o’ta tavozu'li va kamtarin maktubi, uning to’liq xolis sadoqatini va ixlosini isbotlab o’n besh yillik xoslar bilan yelkama-yelka kelganini ko’rsatadi. Zotan yozgan "Asoy-i Muso" majmuasi kuchli dalil hisoblanadi. Hozir shuni yozayotganimda yana yengil zilzila boshladi.

* * *

AMIRTOG’ ZOBITLARIGA MUROJAAT

"Ham insoniy huquqimga qilingan hayratlanarli bir muomalaning sababi nima?" degan savolim bor.

Birinchisi: Bir yildan beri shikoyatimni yashirib, bermadim. Endi zobitlar vositasida Anqara bo’limiga berish uchun bir kishiga berdik. Afyon Ichki Ishlar Mudiri insofli odam dedim. Unga ham qo’ldan bir nusxa jo’natdim. Undan tinchligim uchun biror buyruq kutayotgan edim. Lekin aksincha menga bosim qilgan kishilarga, "Bu chiroyli yozuv uniki emas, kim yozganini toping", debdi. Juda kuchli va haqiqatning o’zi shikoyatni e'tiborga olmay keraksiz, ahamiyatsiz bir yozuvni bahona qilish, tinchimni buzish, ming liraga ahamiyat bermay bir tiyinga qattiq ahamiyat berishdek bo’lmaydimi? Bir yuz o’ttiz risoladan minglab nusxalari turli-tuman yozuvlar bilan uch mahkama chuqur tekshirganidan keyin va ularni yozgan kishilarning muhim qismini men bilan birga mahkamada bo’lishlari va zarrachalik ayb topilmagan bo’lsada, "Unga kim yozib beryapti, tekshiring", deyish qonunga asoslanadimi, bunda foyda bormi? Bir bechorani bu bahona bilan uchastka noziri xonasiga chaqirish, xavotir solish, xususan meni tergov qilishning nima keragi bor. Bunga javoban sizga aytamanki: Agar xohlasam, minglab odam yozishga yordam berishadi, ham har tomonga millat va vatan manfaati uchun yozishadi.

Ikkinchisi: Inson sifatida sizdan bayramgacha e'tiborimni dunyoga qaratmasligingizni istayman. Men sizni o’ylamaganim kabi, siz ham meni unuting. Bu muborak oylarda mendek dunyodan sovugan bir bechorani oxiratda zarar beradigan o’ta ahamiyatsiz dunyo ishlari bilan mashg’ul qilishga majbur qilmang.

* * *

Sodir bo’lgan ushbu ma'noli zilzilaga qiziqdim. Qalban aytdimki: Agar boshqa joylarda bizdagidek qattiq bo’lgan bo’lsa, har holda Nur shogirdlariga ham yana bir tajovuz qilishgan. "Yo’qsa mening maktubimga aloqadormi?" deb so’radim. Javoban: Anqarada yengil, Afyon, Eskishahar, bu Amirtog’da va eng qattig’i ushbu qishloqda bo’ldi. Hayratlanarlisi shuki, to’rt marta qattiq silkingan bo’lsada, hech qanday ziyon ko’rmadi. Buning bir hikmati shuki: "Said majburan hukumatga olib keling!" degan qat'iy buyruq berilgan. Posbonlar va bir serjant kelishdi. Eshigimni yopgan edim, qulflamagan edim. Ular, "Ishadan bo’shaymiz, u kishining eshigini buzmaymiz", deb, qaytib ketishgan. Demak ushbu xususiy zilzila, mudofaamdagi zilzilalar kabi Risola-i Nur bilan aloqador bo’lgani uchun bu safar xusisiy qoldi. Qattiq bo’lishiga qaramay, zararsiz o’tdi. Agar Nurning bu yerdagi kichik madrasasining eshigini buzishganda, albatta ta'zir jiddi bo’lar edi, faqatgina eslatma bo’lib qolmas edi. Menga bo’lgan hujum kichik bo’lsada, bu safargidek qattiq botganini yashirmayman. Lekin Nur va Nurchilarning hurmati uchun g’aroyib matonat qildim. Chunki u badbaxt hukumatda mansab kursisida meni so’kib xizmatchisiga, "Borib ayt unga!" degan. Hukumatning nufuzini telba shaxsining mulki deb o’ylab katta ketgan. Bu esa Eski Saidning irsiy saqlanib qolgan hislarimga qattiq tegdi. Lekin favqulotda muhim sukunat, og’ir bosiqlilik, sovuqqonlilik, sabr va bardoshning kerakligi meni to’xtatdi.

Uchinchidan: Duradgor marhum Barlalik g’aroyib sadoqatli Mustafo Chovushning o’rnini to’liq bosgan, Madrasa-i Nuriyaning to’liq harakatchan qahramonlaridan Duradgor Ahmadning men uchun Savning Davroz tog’ida barzohiy va uxroviy manzil, qabrni o’ylab yozishi meni juda sevintirdi va hazin yig’latdi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Takroran muborak Ramazoningizni tabriklaymiz. Ikki qahramon aka-ukaning, "Mo’'jizot-i Ahmadiya"da yetti bolaning bir jihatda mashinka bilan "Zulfiqo-i Mo’'jizot"ni chiqarishi. Xusrav va Tohiriyning shirin va diqqatli yozuvlarini ko’paytirishga fidokorlik bilan bo’ynilariga olishini butun ruhu- jonimiz bilan tabriklaymiz. Hozirgacha favqulotda Nurlarga qilgan eski qiymatli va samarali xizmatlari evaziga Risola-i Nur hisobidan minglab mashaalloh, barakalloh va vaffakakumulloh deymiz.

{(Hoshiya) Nozik bir muvofiqlik sodir bo’ldi. U quyidagicha: Bir oydan beri bu yerda umuman yomg’ir yog’mayotgan edi. Qalbimiz ham ma'lum bosimdan Nurchilarga yetgan puturdan yig’layotgan edi. Birdan Xusravning ikki kun avval mashinka xushxabari va Nazifning bugun tafsilotli maktubi va mashinka yozuvining namunasi qolimga kelgan paytda (xizmat qilayotganlar) Eskishahar azoni Muhammadiyni aytishni boshlashi va ma'lum serjantga menga xoinona majburlov buyrug’i bergan odam ta'zir yeganini aytishgan payti rahmat yomg’iri bilan ko’pdan beri yig’lagan mahzun qalblarimizning katta xursandchiliklariga, sevinch va xotirjamligiga to’liq muvofiq va to’gri kelishi, inshaalloh bir yaxshi belgidir.}

* * *

Aziz, siddiq, fidokor qardoshlarim!

Inebolu qahramonlaridan tabrik maktublarida ikki muvofiqlik va ikki qushning g’arib ziyorati juda ma'nolidir. Ha, mening bir maktubimni yozgan bir kishining hukumat tomonidan tekshirilishi va ahamiyat bilan qarab tazyiq qilgan paytda, mening shaxsimdan minglar daraja ko’p gapirgan va ta'sirli dars bergan Risola-i Nurning "Zulfiqor-i Mo’'jizot"ning bir nusxasi, ming til bilan minglab maktublari bilan hozirgacha ko’p raqiblari bo’lgan, o’zi kuzatuvda bo’lgan, o’zini boshqalarning fikriga qo’shilayotgandek ko’rsatish darajasiga tushmagan Ahmad Nazifning qalami bilan erkin va mone'larsiz yozilishiga, nafaqat qushlar, balki farishtalar va ruhoniylarning bir qismi ko’rinib bu g’aroyib muvaffaqiyatni tabriklasa ham, yana kam bo’ladi. Biz ham u kichik Isparta qahramonlariga minglar barakalloh, mashaalloh va vaffakakumulloh deymiz. Butun ruhu jonimiz bilan ularni tabriklaymiz va ushbu buyuk vazifada ehtiyot va diqqatning lozimligini eslatamiz.

* * *

Inebolu atrofidagi va Nurlarga chiroyli qalami bilan ko’p xizmat qilgan qardoshlarimizdan Mahmud Zakariyoning bir maktubini oldim. Xavotirlarimni ketkazib, meni xursand qildi. Endi Nurlarning bir vazifa bo’lgan bolalarga Qur'on o’qitish va iymon darslarini berish xizmati bilan mashg’ul ekanini yozyapti. Unga, "Bu xizmating aynan eski vaqtdagi Nurlarga xizmatingiz kabi qiymatli", deb yozing.

Sen yozgan ko’p risolalaring o’rnigga Nurlarning tarqalishiga xizmat qiladi. Xavotirlanmasi, eski maqomini muhofaza qilyapti.

* * *

So’nggi kunlarda bezovtaligim sababli "Avrod-i Bahoiyya"ni yoddan emas, kitobga qarab o’qidim. Oxirgi bo’limi bo’lgan xotimasini bilmaganim uchun, avvallari o’qimas edim. Qani, buni ham bir marta oqiy, dedim. Qarasam: Bir sahifada va uzun olti yarim satrda, o’n to’qqiz marta "nur nur nur" so’zlari... Shohi Naqshband, G’avsi A'zam kabi Risola-i Nurni va muqaddas xizmatini kashf bilan ko’rib, tahsin qilib, xabar berib, unga ishoratlar qilayotganiga qanoat hosil qildim. Men faqat olti satrni, boshdagi satr va oxiridagi satir bilan ottiz yillik Bahoiyya vardimga, malaklarning, Nurlarning yoyilishiga yordamlari niyatida qo’shdim.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Ispartaning ajib yong’inda jabrdiydalarning azoblariga men jiddiy ishtirok etaman. Chunki men ko’p tomonlama Ispartalik bo’lganim kabi, u muborak shahar toshi-tuprog’i bilan mening nazarimda juda ahamiyati bor va Nurlarning Jome'u-l Azhari va Madrasatu-z Zahrosining markazi hukmidadir.

Men tomonimdan musibatzadalarga: "Hadis matnida, bunday musibatlilarga iymon ahlining zoye bo’lgan mol-mulki to’liq sadaqa o’rniga o’tadi. Xususan bu davrda yuz sadaqachalik foniy mollari, boqiy va ko’p abadiy mollarga aylanadi. Shuning uchun sabr ichida bir jihatda shukr qilish kerak. Inshaaloh dunyoda ham kafforatu-z zunub bo’lgan narsalar o’rniga boshqalarini Arhamurrohimiyn ehson qiladi. Alloh sabr bersin, bandachilik, foydasiz xavotirlanmanglar", deb yozing.

Ikkinchidan: Bu turdagi qazolarning bir sababi, insonning xunuk bir xatosi bo’lgani uchun, ushbu Ramazoni Sharifning hurmatini va qiymatini muhofaza qilish va Nurlarni himoya qilishga hamma joydan ko’ra ko’proq Nurlarning manba'i va madrasasi bo’lgan Isparta qarzdor va bu uning vazifasidir. Gunohlarga qarshi sha'oir-i Islomiyani muhofaza qilishga mukallafdir.

* * *

Yana masalan: لَوْلَاكَ لَوْلَاكَ لَمَا خَلَقْتُ الْاَفْلَاكَ bayonida "Ushbu xitob zohiran Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vasallamga tegishli bo’lsada, yashirin tarzda hayotga va jonlilarga oid", ifodasi to’g’rilanishga muhtoj.

Chunki kulliy haqiqati Muhammadiya (A.S.V.) ham hayotning hayoti, ham koinotning hayoti, ham ism-i A'zamning tajalliy-i a'zamiga sazovor va butun ruh sohiblarining nuri va koinotning asliy urug’u va yaratilishining g’oyasi va mukammal mevasi bo’lganlari uchun, u xitob to’g’ridan-to’g’ri u kishiga yo’nalgan. So’ng hayotga, shuurga va qullikka u kishining hisobidan nazar qiladi.

Yana masalan: Falsafaga tegishli, "Vaqt o’tishi bilan zanglab, tuproqqa aylangan, keyin esa nabotot hosil bo’lgan, keyin hayvonot vujudga kelgan", degan ba'zi jumlalar, ijod va xilqati Ilohiy nuqtasida falsafiy hisoblanib, Risola-i Nurning san'at va ijod-i Ilohiy jihatidagi bayonlariga munosib emas.

Qardoshim Abdulmajid!Nima bo’lsa ham, ushbu kichik kamchilik bilan birga sen, hashr haqida Nurning tenggi yo’q hujjatlaridan to’liq dars olib, Eski Saidning mumtoz shogirdi bo’lganing kabi, inshaalloh Risola-i Nurning ham mukammal shogirdi va diqqatli muallimi bo’lishingga kuchli hujjatdir. Men vaqtim bo’lganda ba'zi so’zlarni yo to’grilab, tahrir qilib "Hashr Masalasiga Bir Izohli Hoshiya" nomli "Ilova"ga qo’shishga sendek Nurdan to’liq dars olgan kishilarga jo’nataman. Sen farzandlaring bilan birga Fuad, har kuni duolarimda va ma'nan yonimdasiz. Sening hozirgi rasmiy vazifang jihatidan bolalarga Qur'oni Azimushsho'nni o’qitishingni butun ruhu jonim bilan tabriklayman. Ming barakalloh deyman.

Atrofingizda va vataningizdagi butun do’stu-aqrabolarga salomimni yetkazing. Hozir "Zulfiqor Mo’'jizot" va "Asoy-i Muso" majmualari ko’paytirish mashinkasi bilan markazda chop etilishi bois, sen butun kuching bilan va tahrirlovchi chiroyli qalaming bilan va diqqatli ilming bilan shig’ullan.

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Ra'fat jarrohlik amaliyoti bo’ldimi? Holi qanday? Qiziqayapman. Unga ko’p duo qilindi. Savli qahramon Ahmadning singlisi Xadichaning yozgan "Asoy-i Muso" majmuasini qahramon Tohiriy Istanbulda bir kishiga omonat qilib qoldiribdi. U nusxa ayollarni Nurchilikka tashviq qilgani uchun zoye bo’lmasin. Yarim qolgan bo’lsa, ehtiyoj bo’lmasa, menga jo’natilsin.

Ramazoningizni, laylatu-l qadringizni, ham bayramingizni tabriklayman. Kastamonudaligimda har kuni duolarim va ma'naviy qozonchlarimda Nurning xos shogirdlaridan Osiyo, Ulviya, Lutfiyalar, Zahrolar, Sharifalar, Xojarlar, Najmiyalar, Ne'matlar, Oliyalar hissador bo’lish uchun ma'nan yonimda bo’lganlaridek, hozir ham ular aynan o’shanday. Men sizlarni unuta olmayman. Hatto so’nggi kunlarda birdan Ulviya, Lutfiyaning holini qiziqdim. Ikkinchi kun ikkalovining maktubini, hadyalarini oldim. Ularning sadoqatiga bir belgi bo’ldi. Eskidan beri odatim - hadyalarni qabul qilmaslik bo’lsada, sizning chakmon va nimchangizni bu kechadagi Laylatu-l Qadrda kiyib Osiyo bilan birga Kastamonudagi butun Nur shogirdlari nomiga qabul qildim. Lekin qoidamga qarshi bo’lmalik uchun, uning evaziga Amindagi risolalarimdan Lutfiya, Ulviyalar xohlaganini olishsin yoki mening hisobimdan Mahmud Fayzi va uning do’stlari ularga yoqqanlarini yozishsin.

Yonimga ko’p marta kelgan bu singillarimning ma'sum avlodlari Nur shogirdlaridan ma'sumlar doirasiga dohillar va ko’p marta eslayman.

* * *

Cheksiz shukr va hamd qilamanki, sizning ushbu maktublaringiz ham Xusravga, uning do’stlariga, ularning mashinkalariga va Nazifga, uning yordamchilariga, mashinkasiga, ushbu muqaddas yangi xizmatda davom eta olishiga oid siquvchi ko’p xavotirlarimni ketkazdi. Minglar alhamdulillah.

Hatto maktublaringizni olishimdan bir kun avval, avtomobilda aylanishga chiqqan edim. Birdan Qur'onning madhiga sazovor bo’lgan hudhud-i Sulaymoniy qushi xushxabar berishni istayotgandek, biz avval ko’rmagan bu ajib holda o’n besh daqiqa yo’limizni kuzatib o’ngga chapga qo’nib, uchib, yana kelishidan xulosa qildimki, ertaga meni xursand qiladigan bir xabar olaman. Meni aylantirgan Nuriddinga aytdim. U ham mendek u qushning o’sha g’arib holatidan hayratlandi. Birdan biz uning sirrini fosh qilganimiz uchun yo’qoldi.

Ikkinchi kun:

ham Nazifning tasalli beruvchi maktubini va mashinkasining yangi mahsulini

ham Abdurrahmon Salohiddinning ajoyib maktubini

va menga shapka uchun Anqarada bosim qilgan hokim Navzodning o’ziga suiqasd qilgan xabari bilan, o’z ta'zirini va jazosini o’z qo’li bilan berilishini

va Zulfiqor xizmatiga hech qanday hujum bo’lmaganini va davom etayotganini

ham Madrasatu-z Zahroning qahramonlari umuman xavotirsiz "Zulfiqor"ni davom ettirayotganini va asl hollarini bayon qilishganini

va men ko’p aloqador bo’lgan Otabey qahramonlarining, Lutfining vorislarining va marhum Hofiz Alining vakil va vorisligi, Nur xizmatini qilayotgan do’stlari Tohiriy va Abdulloh Chovushning tabriknomalarini

va Aliko’yining imomi Alining sodir bo’lgan yangi hujumda juda mardona turgani va Nur shogirdlariga loyiq tarzda va hukumatda savollarga qarshi ma'noli va haqiqatli javoblarini olib, "Mana, hudhudning xushxabari to’g’ri chiqdi", dedim.

"Asoy-i Muso Risolasi" tabiatparastlikda adashganlarni zaolatdan qutqaradi va bu davrda hammaga, xususan shubhaga tushganlarga va inkorgacha ketganlarga lozim va darmon hisoblanganidek, "Zulfiqor" ahli iymon va ahli ilmga, xususan hofiz-qorilarga shartdir. Har bir hofiz-i Qur'on bu majmuaga bu davrda qattiq ehtiyoji bor. Qur'onning qirq tomonlama i'jozi-mo’'jizasini bayon qilgan bu asar har bir hofizning qo’lida bo’lishi kerak!

Tarix ko’rsatyaptiki, hech qachon bugungacha Risola-i Nurdek juda ko’p toifalar va yo’llarga hujum qilingan, bu daraja juda oz va yengil tanqidlar bilan qutulmagan. Hatto yuz daraja oz zahmat bilan, yuz daraja muqaddas xizmat va mujodala muqobilida kichik, muvaqqat va natijasi xayrli bir-ikki qamoq va ikki-uch inoyatli va futuhotli musibat ko’rishdi.

Barchaga minglab salom va muvaffaqiyatlariga duo qilamiz.

* * *

So’nggi paytlarda biz "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ni juda ko’p ko’paytirishga majbur bo’lgan paytimiz va toza bo’lmagan matbaachilar ham chekingan vaqtda ushbu ajoyib mashinka qo’limizga oson yo’l bilan berilishi, ikki majmuaning maqbuliyatiga bir g’aybiy ishorat va inoyat-i Ilohiyaning g’aroyib ikromi va Nurlarning karomatidir.

Ha, oddiy bir maktubni "Kim yozgan?" deb sakkiz marta menga rasman bosim va aziyat qilishgan paytda, sakkiz yuz sahifani bir ming besh yuz nusxaga va bir million sahifaga chiqargan mashinka, albatta g’aybdan yordamga kelgan Nurchi va ming qalamli kotibdir! Shuning uchun ba'zi sahifalar xira chiqsa ham, zarari yo’q. Yaxshi chiqqan qismi bizga hozircha yetadi. Yaxshi o’qilmagan qismi ajratilsin, keyin olmos qalamlar, har biri bir-ikki nusxani to’g’rilasin.

Bu yerga poyezd kelganida, aravachilar xavotirlanib, "Bizning kasbimiz bitti", deyishgan, holbuki poyezdning kelishi mamlakatga ish faoliyatlari ko’paygani uchun, foytunchilarga ehtiyoj ikki qatga o’shgan. Inshaalloh, bu kabi Nur yozuvchilari nafaqat to’xtash, balki yanada ko’proq yozuv bilan amal daftarlariga hasanot yozishadi.

* * *

Men siyosatchilarning har qanday azoblariga "Hasbunallohu va ni'mal vakil" deb, sabr-bardosh qilishga qaror qilganman. Kozim Qorabakir bilan eskidan munosabatim bor edi. Hozir ham o’sha munosabat sababli yo’lini mardona muhofaza qilyaptimi ajabo? Agar eskidagidek bo’lsa, Nurlarga zarari tegmasa, Nurga foydasi tegish ehtimoli bo’lsa va do’st bo’lsa mening salomimni yetkazing. Lekin modomiki siyosatchilar boqiy hayoti uchun Risola-i Nurga murojaat qilishgacha borishmayaptimi, u hayotga nisbatan bir tiyinlik bu foniy hayot uchun ularga murojaat qilish darajasiga men ham tushmayman va tinchligim uchun shikoyat, iltimos qilmayman.

* * *

Marhum Buyuk Alining to’liq vorisi, uning tiziminidan ketayotgan, marhum Abdurrahmonning o’zi va orqasida qolgani va muboraklarning pahlavoni va qahramoni Kichik Alining ikki katta va juda chiroyli Nuriy hadyasini oldik. Lekin "Zulfiqor"ning oxirida "Hizb-i Nuriya"ning qismi yozilmabdi, u qismni ham u g’aroyib qalami bilan yozib, menga jo’natsin.

* * *

(Hoshiya):Yurtimizda madrasa talabalaridan biri bir kitobni bitirganda yoki boshlasa "maftuhona" yoki "maftumona" deb shirinlik berish odati bor. Aynan bu qoidani Kotib Usmonning uzumida ko’rdik. Uning yozgan "Asoy-i Muso"ning tahririni bitirgan vaqtim mahtumonasi sifatida ushbu uzumning kelishi, shirin latifa va shirin madrasa hayoti xotirasi bo’ldi.

Nurda shafqat asos bo’lgani uchun, ayollar bu jihatda oldinda hisoblanadi. Ular Nurlarga jiddiy ergashishadi. Men "qardoshlarim" degan vaqtim, ayol singillarimni qardoshlar ichida niyat qilaman. Butun maktublarimda ular ham tinglovchimdir.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Umuman xavotirlanmang. Lekin duolaringizni olish uchun hozircha qattiq va suiqasd belgisi sifatida avvalroq sizga yozganimdek, xastaligimni bayon qilaman. Ammo qat'iyyan xavotirlanmang. Cheksiz shukr bo’lsinki, ham virdlarimga, ham tahrir vazifamga mone bo’lmayapti.

Inshaalloh ichida buyuk savob va xayr bor. Men o’zim bundan bir jihatda xursandman, siz ham hech ta'sirlanmang. Zotan mening vazifam bitishi yaqin. Risola-i Nur, xususan majmualari, har bir nusxasi, Saidga qarshi husn-i zoningizning ustida uning vazifasini qiladi va qilayapti. Nur shogirdlarining xoslardan har bir fidokori Saidning vazifasini mukammal qiladi. Inshaalloh kelajakda to’liq bajarishadi. Ichingizda bir Said kamaysa, yuzlab ma'naviy Said bo’lgan majmualar va minglab moddiy Saidlar u vazifani xolis va mukammal qilishadi va qilayapti. Ushbu haqiqatga binoan mening shaxsimga va boshimga kelgan hodisalarga ko’p ahamiyat bermang. Faqat ko’p duo qiling... zaiflik, keksalik va ta'sirlanganimga menimcha maqbuliyatlari shubhasiz bo’lgan duolaringiz bilan yordam bering.

Qahramon Tohoriyning Nurchi ma'suma, marhuma muborak Hijrati dunyodan Jannatga hijrat qilishi, haqiqatdan meni mahzun etdi. Bunday bir Nur shogirdi va ma'sum toifasining ahamiyatli peshqadamining ketishi, Nur hisobiga meni ham xafa qildi. Inshaalloh uning o’rniga ko’plar keladi, joyini bo’sh qoldirishmaydi. Hozirdan Ushoqlik kichik Xaydar o’rtaga chiqdi, hijrat qilgan singlimning vazifasini qilaman deb bizni xursand qildi. Janobi Haq Hijratning ota-onasi va qarindoshlariga sabri jamil ehson qilib, Hijratni ularga shafoatchi qilsin va marhumani ham marhuma singlim Honim bilan Jannatda baxtiyor aylasin, omin.

Ushoqlik Xaydarga men tomonimdan uni tabriklang. Nur xizmatida tavfiqiga duo qilganimni va Nurning ma'sumlar toifasi ichiga kirganini bildiring. Uning domlasi Izzatga ham juda ko’p salom aytaman.

* * *

Nur shogirdlari umuman siyosatga aralashishmaydi, hech qanday partiyaga a'zo bo’lmadi. Chunki iymon umumiy mulkdir. Har toifada muhtojlari va sohiblari bor. Tarafdorlik kirmaydi. Faqat kufrga, zindiqlarga, zalolatga qarshi urush ochadi. Nur yo’lida mo’minlarning uxuvvat-birodarligi asos hisoblanadi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bir masalani ko’pdan beri sizga aytish kerak ekan unutibman. Bu quyidagicha:

"Mo’'jizot-i Qur'oniya Risolasi"dagi aksar oyatlarning har biri yo mulhidlar tomonidan tanqid qilingan yoki bilim olimlari tominidan e'tiroz qilingan. Yana jinniy, insiy shaytonlarning vasvasa va shubhalariga nishon bo’lgan oyatlardir. "Yigirma Beshinchi So’z" u oyatlarning haqiqatlarini va nuktalarini shunday bayon qilganki, mulhidlar va fan olimlarining kamchilik degan nuqtalar, i'jozning lama'oti va Qur'on balog'ati kamolotining chiqish joyi ekanini, ilmiy qoidalari bilan isbotlagan. Bezdirmaslik uchun ularning shubhalarini zikr qilmay qat'iy javob berilgan.

وَ الشَّمْسُ تَجْرِى * وَ الْجِبَالَ اَوْتَادًا

kabi... faqat "Yigirmanchi So’z"ning Birinchi Maqomida uch-to’rt oyatda shubhalarni aytgan.

Ham "Mo’'jizot-i Qur'oniya Risolasi" o’ta muxtasar, shoshilib yozilgan bo’lsada, balog’at ilmi va ulum-i arabiya nuqtasida olimlarni hayratda qoldiradigan darajada olimona, chuqur va kuchli tarzda bayon qilingan. Garchi har bir mavzuni har bir diqqat qilgan kishi tushunmaydi, istifoda qila olmaydi. Lekin u bog’da hammaning muhim hissasi bor. Shoshilinch va parokanda holatlar ichida ta'lif qilingani uchun, ifoda va iborasida kamchilik bo’lishi bilan birga, ilm nuqtasida juda ahamiyatli masalalarning haqiqatini bayon qilgan.

* * *

Modomiki Risola-i Nur mashinka bilan to’liq bosilishni boshladi va modomiki falsafa va yangi hikmatni oqigan maktabliklar va muallimlar ko’pchiligi Risola-i Nurga kirishayotgan ekan, albatta bir haqiqatni bayon qilish kerak. U quyidagicha:

Risola-i Nurning qattiq ta'zir bergan va hujum qilgan falsafa esa mutlaq emas, balki zararli qismiga qaratilgan. Chunki falsafaning ijtimoiy hayotga, axloqqa, inson va san'atning taraqqiyotiga xizmat qilgan qismi esa, Qur’on bilan kelishgan. Balki Qur'onning hikmatiga xodimdir, qarshi chiqmaydi. Bu qismiga Risola-i Nur tegmaydi. Ikkinchi qism falsafa - zalolat, ilhod, tabiat botqoqligiga tushurishga sabab bo’lganidek, natijasi harom-xarij kayfu-safo bilan g’aflat va zalolat bo’lgani uchun, sehr kabi g’aroyibliklari bilan Qur'onning mo’'jizakor haqiqatlari bilan kurashgani uchun, Risola-i Nurning aksar bo’limlarida mezonlar bilan, kuchli va dalilli muvozanalar bilan falsafaning yo’ldan chiqqan qismiga qarshilik qiladi, ta'zirini beradi. Mustaqim, manfaatli falsafaga tegmaydi. Shuning uchun maktablilar Risola-i Nurga e'tirozsiz chekinmay kirishyapti va kirishlari kerak. Lekin yashirin munofiqlar bir qism domlalarni umuman ma'nosiz va haqsiz shaklda, ahli madrasaning va xo’jalarning haqiqiy mulki bo’lgan Risola-i Nurning zarariga ishlatishi ehtimoli bo’lgani uchun, ushbu haqiqatni "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" majmualarining boshida yozilsa, munosib bo’ladi.

* * *

Safranbolu Afloniy nohiyasi Muloyim qishlog’i nafaqadagi muallim qardoshimiz va Nurning xos shogirdi Nurlarning nashri va chop qilinishi uchun sarmoyasining asosiy qismini hadya qilishni xohlayapti, qabul qilinishini iltimos qilyapti. Men bu xolis va xos qardoshimizning fidokor va xolis iltimosini rad qilmayman. Va dunyo mollari shaxsiy qoidamga kirmagani uchun va yordamlarni o’zimga qabul qilmaganim uchun, bu ishdagi foydani ham bilmayman. Ispartaning ikki qahramonlariga hamda Xusrav va Tohiriyga, ularning do’stlariga, Nazif va o’rtoqlariga bu masalani havola qilaman. Nurning nashri uchun bunday buyuk bir xayr va savobga mone bo’lmayman. Siz yo niyat qilingan butun miqdorni yoki bir qismini ikki hissa bilan, biri katta Ispartaning, ikkinchisi kichik Ispartaning mashinkalariga berilsin. Uning istaganidek yo hadyasini yoki kelajakda yordam berganlar kabi evazini yo Nurlardan yoki boshqa istagan nimasi bo’lsa berib, u xos qardoshimizni xursand qilasiz.

* * *

"Rumuzot-i Samoniya"ni yozgan paytim ham juda shoshilib ta'lif qilingan, ham mening eski xotiramga ishonib taqriban ikki miqyos qildim. U bilan ham eski ulamolarning hisobiga binoan Qur'on harflarining i'joz jihatida sirlarini yozdim. So’ng mashhur Qomusu-l Lug’at sohibi Majdiddin Firuzobodiyning "Al Miqyos" nomli mashhur va maqbul tafsirining Qur'oniy harflar va kalimalarga doir bayonlariga qaradik, yuzda to’qsoni bizning hisobimizga muvofiq keldi. Faqat besh-o’n joyida muxolafat ko’rdik. So’ng haqiqiy hisob qildim. Bizniki to’g’ri, uniki matbaaning yanglishi ekani o’rtaga chiqdi. Modomiki bunday katta hisoblardagi muvofiqliklarda kichik kamchiliklar va oz farqlar zarar bermas ekan deb, yanada aniq tekshirish tarzida butun Qur'onni, butun harflari bilan, kalom va kalimalari bilan hisoblashga va i'jozning latifliklarini u bilan to’liq quvvatlashga vaqt topa olmadim. Zolimlar menga vaqt qoldirishmadi. Men o’sha taqribiy miqyoslarim, xotiram bilan, eski ulamolarning hisoblariga va "Kanzu-l Arsh" Duosidagi adadlarim bilan kifoyalandim.

* * *

Nazif Chalabiyning Ineboludagi xolis qardoshlarimiz nomidan bayram tabrigi bilan va "Zulfiqor"ning o’ta diqqat, ahamiyat, ehtiyot bilan davom etayotgan xizmati; "Mo’'jizot-i Qur'oniya"ni ham bitirib zayllaridan bir qismini ham tamomlashi; Abdurrahmon Salohiddinning Amerika missionerlariga to’rt besh oy o’qitgan "Asoy-i Muso" va "Mo’'jizot-i Ahmadiya"ni ishonchli vosita bilan bizning nomimizdan Jome'u-l Azharga hadya sifatida jo’natishi va ahamiyatli bir Nur shogirdi Ahmad Qurayshi ularning mashinkasining xarajatlari uchun yuz banknot berishini bayon qilgan maktubini oldim. Ushbu qahramon Nazif qardoshomizga, o’ta jiddiy, metin, to’liq aloqador Inebolu Nurchilariga, Ahmad Qurayshiy va uning do’stlarining ham bayramlarini, ham davomli xizmatlarini, ham yuksak sadoqatlarini, ham "Zulfiqorning chop etilishini, muvaffaqiyatini, ham Salohiddinning Jome'u-l Azhar bilan Madrasatu-z Zahroning munosabatini ta'minlashga harakat qilganini ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin, omin. Bu xizmatlarini to’liq qabul qilsin, omin.

* * *

Jome'u-l Azhar ulamolariga jo’natilgan ikki nusxa mening tahririmdan o’tmagani uchun, ba'zi harakalar va arabiy kalimalarda kamchiliklar albatta bor. Xususan oxiridagi arabiy "Xulosatu-l Xulosa" harakalarida Nahv ilmiga asosan boshqa nusxalarda ko’p kamchiliklar ko’rdim. Shuning uchun to’liq arapcha domlalarning tekshiruvidan o’tgan bir nusxa "Asoy-i Muso" {(Hoshiya) Yonimdagi va tahririmdan kamchilik bilan o’tgan bir "Zulfiqor" bilan bir "Asoy-i Muso"ni sizga jo’nataman. To’liq birga o’qilgandan keyin, siz istasangiz, o’z nusxalaringizni Misrga jo’natasiz.} bir nusxa "Zulfiqor"ni munosib ko’rgan paytingiz Jome'u-l Azharga jo’nating. Qoshimchasiga, "Nur Risolalarining Madrasatu-z Zahrosi, Jome'u-l Azharning shafqatiga juda muhtoj va uning xodimidir, talabasidir. Shiddatli dushmanlarning hujumiga nishon bo’lgan bir shogirdidir va Islom olamini doim nurlantirgan katta Jome'u-l Azharning kichik bir doirasi va sho’'basidir. Shuning uchun oliyqadr ustoz va mushfiq ota va hamiyatli murshidi a'zam, bechora farzandiga va shogirdiga to’liq yordam berishini ularning ulug’ himmatidan kutamiz. Buyuk ustozga taqdim etilgan ikki kitob - bir talabaning darsini qay darajada tushunganini kechqurun otasiga va ustoziga yozib berishiga o’xshab, u ikki darsimiz, shafqatli allomalarning bag’rikeng nazariga taqdim etildi." deb bu maktubni yozasiz.

* * *

Men juda aloqador bo’lgan va Risola-i Nurning o’ta ahamiyatli markazi va qisqa vaqtda juda ko’p Nur ishini qilgan Dengizli Xusravi va uning o’ta jiddiy va sodiq do’stlari, xususan adolatli hokim, Muharram, Hofiz Mustafo va boshqalarga bayram tabrigi bilan, Hasan Fayzining qattiq va tahlikali xastaligini bayon qilgan maktubini juda ahamiyatli bir qardoshimiz Muhammaddan oldim. Hasan Fayzi aynan shahid Hofiz Ali kabi, mening o’rnimga musibatimning katta qismini o’ziga olib ma'naviy fidokorlik qilgan. Hofiz Ali mening o’rnimga bir necha sabab tufayli barzohga ketganidek, Fayzi ham xastaligimda bir xil vaqtda, bir xil muddatda, bir xil tarzda, tashqariga chiqmasligi bir xilda muvofiq kelishi, menga qattiq hamdard va shafqat ko’rsatgan qardoshimiz ma'nan xastaligimni o’ziga olgani ehtimoli kattaligiga qat'iy qanoat hosil qildim. Ushbu to’rt tomonlama muvofiqlik ichida faqat bir farq bor. Meniki zahardan, zaharlanishdan, uniki sovuqdan kelib chiqqan. Albatta "Xastalar Risolasi" o’rnimizga unga tasalli berib, xasta ziyorati kabi holini so’rash va xastalikdagi buyuk savoblar va muammolarni sevinchga aylantirdi. Janobi Haq tez shifo ehson aylasin, omin!

* * *

Bir kuni Barlada misol uchun yozgan bir risolamda: Ikki kishi Istanbulga borishadi. Birining yuzda to’qson to’qqiz do’sti Istanbuldadir. Shuning uchun u yerga ishtiyoq bilan ketadi. Narigisi uning aksi, so’ngiga qadar... ma'nosida mavzu yozilgan edi. Hozir aynan bu xastaligimning eslatmasi bilan, o’tgan zamonga bordim va o’sha paytlarda hayot o’tkazgan joylarda xayolan aylandim. U shirin hayotimning davrlarida, har bir joyda yuz do’stimdan faqat bir-ikkitasini ko’ra oldim. Qolganlari barzoh mamlakatlarida edi... hatto o’z Nurs qishlog’imda bir jiyanim va talabam Mulla Dovud ham (R.H.) eski do’stlarim, qarindoshlarim yoniga barzohga ketganini ko’rdim. Yigirma yillik boshqa-boshqa ikkinchi vatanim hisoblangan Barla, Kastamonu kabi joylarda uch qism do’stlardan faqat ikki qismini ko’rdim, boshqalari ham ketish taraddudida edi. Bu xayoliy haqiqatga binoan, haqiqatdan Nurlarning ziyosi bilan ko’rgan barzohga ketish, menga nafaqat og’ir keladi, balki ishtiyoq berdi. Mening o’rnimga ham vazifamni qilib, ham savob qozontiradigan yuzlab Xusravlar, Tohiriylar, Mustafolar, Naziflar, Usmonlar, Abdurrahmonlar, Alilar, Sabrilar, Fayzilar, Ahmadlar, Mahmudlar, Atiflar, Mustafolar, Sodiqlar, Usmonlar va hokazo Nurlarning bahodirlari dunyoda orqamda qolishi, o’limni ko’p yengillashtirishyapti. Faqat gunoh jihatida o’lyapman, hasanot jihatida yashayapman deb, Allohga hadsiz shukr qilaman.

* * *

Avvallo:

لِكُلِّ مُصِيبَةٍ اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Risola-i Nurning qahramonlaridan va Hofiz Alining o’rniga o’tgan marhum Hasan Fayzining vafoti Dengizliga Risola-i Nur doirasiga, bu yurtga va Islom olamida katta yo’qotish bo’ldi. Lekin o’zi juda samimiy, xolis, favqulotda bayonlari va darslari bilan inshaalloh o’rniga ko’p Hasan Fayzilarning yetishishiga zamin hozirlab, keyin ketdi. Aynan jiyanim Abdurrahmon kabi, bir-ikki yilda Nurlarga o’n yildagidek qiymatli xizmat qildi. Go’yo u ham, Abdurrahmon ham dunyodan tez ketamiz deb o’n yillik vazifani bir-ikki yilda qilishdi. Men marhum Hasan Fayzining vafotini uning shaxsi e'tibori bilan tabriklayman. Va Dengizlini, Nur doirasini va bu viloyatga jiddiy ta'ziya bildiraman. Bunday zuljanohayn-ikki qanotli va haqiqiy mo’min va mudaqqiq bir olim, yuksak adib, muallim va ta'sirli voiz va mudarrisni yo’qatgani katta musibatdir. Janobi Haq inshaalloh Dengizli kabi qahramonlar o’chog’idan ko’p Hasan Fayzi ruhida Nurlarga ega va noshirlar chiqaradi. Bitta danak tuproq ostiga kiradi, vafot etadi, lekin yuz danaklar ko’karib, unib chiqqanidek, Hasan Fayzi ham shunday muqaddas sunbul berishiga rahmat-i Ilohiyadan umidvormiz. Ko’p Hasan Fayzilar Nur doirasida yetishishadi, uning o’rniga vazifasini yanada ko’proq bajarishadi.

Ikkinchidan: Ushbu qahramon qardoshimizning hayotda qolgandek hasanot daftariga har birimiz ma'naviy daromadlarimizni (hammada bo’lganidek, xususiy suratda ham) qardoshimizga hadya qilishimiz kerak. O’zim uni, Hofiz Ali, Hofiz Mahmud va Savli Ahmad va Mahmud Zuhduning beshinchi o’laroq, avliyo-i azimlarning xos doirasida ma'naviy daromadlarimni unga ham bag’ishlashga qaror qildim. U kishining og’ir sharoitda Nurlarning tarqalishiga buyuk xizmatlar qilgan Nur haqidagi fikrlari "Ilova"da bo’lganidek, munosib ko’rgan ba'zi majmualaringizning oxiriga ham o’sha ta'sirli maktublarning har birini kiriting. "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" ham yozilayotgan ekan, jonli fikrlari uning o’rniga Nurlarga xizmat qilsin.

Mening o’rnimga uning kichkina Madrasa-i Nuriyasi hisoblangan uyidagi qarindoshlariga, Dengizli va uning atrofidagi katta Madrasa-i Nuriyadagi do’stlariga, talabalariga va Nur shogirdlariga ta'ziyamizni yetkazib, "Men butun umr bir vafotdan bu daraja xafa bo’lib yig’lamagan edim", deb ayting.

Ham sizga bundan avval yozgan maktubimdagi qattiq g’azabim va miyamdagi abgorlik, o’sha qahramon qardoshimizning vafot etgan kunidan boshlagani ayon bo’ldi. Hatto uning ta'siri ixtiyorimni qo’limdan olgan edi. O’laman deb xizmatchimga vasiyatimni aytgan edim. Demak ikkinchi bir ruhim o’rnida bo’lgan Hasan Fayzi mening o’rnimga o’libdi va o’lyapti. Hatto uning vafot maktubi odatimga zid qo’limda bir yarim soat turdi, ocha olmadim. Nima bo’lganda ham... Ushbu butun qattiq azoblar evaziga inoyat-i Ilohiya yordamga keldi. Ham meni, ham uni, ham Nurchilarni xursand qilib ta'ziya ichida ruhu jonimiz bilan tabrikladim. Ming barakalloh va minglab rahmatulloh dedim, hayot vazifasidan nafaqaga chiqqanini olqishladim.

Uchinchidan: Marhum Hasan Fayzining barzohga ketishi, joyining bo’sh qolishi va maktablilarni Nurlarga jalb qilgan yuksak muallimlik va fanlarda bilimdonlik sifatlari ko’p maktablilarga ergashishga o’tkir namuna bo’lish jihatini xafa bo’lib o’ylayotgan paytim, birdan ayni tizimda ham muallim, ham ikki o’g’li bilan Nurchi, ham Hasan ismli, ham bu ikki Hasanlar kabi mustasno va fidokor muallim bo’lgan Ahmad Fuadni Nur doirasiga kirishiga sabab bo’lga Dadaulik Hofiz Hasanning uch yildan beri umuman maktubini olmagan va holini, Nurlarda davom etayotganini bilmagan holimda, uning bir maktubini oldim. Aytdimki: Bir muallim Hasan ketdi, o’rniga bir muallim Hasan va juda fidokor boshqa bir muallim Ahmad keldi.

O’sha vaqt yonimga hajga ketib endi kelgan Bolvadinlik bir Hasan keldi. Nur doirasiga kirdi, risolalarni oldi, nurlanishni boshladi.

Uch-to’rt soat o’tib, yonimga Amirtog’ning Xusravi va Fayzisi juda xayrli tabib Xayri keldi. "Bu yerning ahamiyatli bir maktab muallimi Abdurrahmon (Bu muallim aynan Fayzidek Nurga xizmat qildi) Nurlarga talaba bo’lishni xohlayapti. Qabul qilsangiz "Asoy-i Muso"ni beramiz", dedi. Bering, dedim.

Marhum Hasan Fayzi kabi qisqa vaqtda ko’p xizmat qilgan qardoshimiz Mustafo Usmonning o’sha kuni kelgan maktubini ko’rdim. Kastamonu litseyini bir jihatda qisman sharaflantirgan va endi Doru-l Fununni nurlantirishga harakat qilayotgan maktabli Mustafo, Nur uskunasi munosabati bilan Nurlarga zarar kerlmasligi uchun matbuot qonunini eslatib, ehtiyot bo’lib xabar beryapti.

{(Hoshiya1) Komunizm, dinsizlik, anarxistlikning asoslarini nashr qilgan ba'zi gazetalarga matbuot qonunlari aralashmaydi. Bu vatan va millatning tamal toshini muhofaza qilishga urinib, juda ta'sirli xizmat qilayotgan "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" majmualarining mashinkalariga nega aralashyapti, sababi nima? Haqiqatdan hayratlanyapman.}

Javoban: Hadsiz shukr bo’lsinki, bir muallim bo’shatildi, uning o’rniga ikki Hasan, ikki Mustafo, uch muallim va bir harakatchan muallim vazifalari ichida Dengizli qahramonlarining vazifasini qilishyapti. Bu holat ishorat qilyaptiki: Hofiz Ali ketib, Dengizli uning o’rniga kelib, alamini unuttirganidek Hasan Fayzi ketdi, o’rniga bir doru-l funun keladi, inshaalloh alamini ketkazadi.

Umum qardoshlarimga salom.

* * *

Birinchidan: Qahramon nazifning va haqiqatdan Nazif ruhida va sadoqatida o’z do’stlarining mashinka va boshqa jihatda Nurga xizmatlari bu mamlakatni jiddan minnatdor qiladigan holatdadir. Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin, omin. Xususan mashinkalarining mahsuloti ham ziynatli, ham ochiq, ham sihhatli {(Hoshiya2) Bu safargi yigirma to’rt sahifada faqat ikki nuqtada خ , ح bo’lgan, boshqa yo’q. Bir "ko’p" so’zi yo’q, ma'nosini tushunsa bo’ladi, hali to’lig’iga qaray olmadim.} bo’lgani katta muvaffaqiyatdir. Janobi Haq Nazifga ko’p Salohiddinlar, Ibrohimlar berdi.

Mening o’z xatim bilan "Zulfiqor"ning boshiga yozuv yozishimni xohlayapti. Jonatgan yo’gli to’rt sahifani o’z yozuvim bilan bu bezovtaligim payti shaxsan yoza olmaganim uchun, men aytib turaman, doimiy kotibim yozsin. Ba'zi so’zlarni o’zim yozaman.

Nazif qardoshimizning ham Istanbul, ham Inebolu Nurchilar nomiga bayram va yangi yil tabarruki hisobiga jo’natgan moddiy uch turdagi tabarrukini oldim. Ularning umumi nomiga odatimga muxolif qilib oldim. Alloh ulardan rozi bo’lsin, omin. Ularning hurmati uchun qoidamni buzdim. Va ma'naviy va firdavsiy Nur "Zulfiqor"ni ikkinchi Salohiddin bo’lgan Kichik Ibrohim nomiga va aksariyati "So’zlar"ni o’ta chiroyli suratda yozgan va Nazif sadoqatida va aloqasida bo’lgan qardoshimiz Mustafo Usmonning umum Safranbolu Nurchilari nomiga jo’natilgan ikki majmuani ham birga oldik. Janobi Haq "Zulfiqor"ning va ikki majmuaning harflari sanog’icha ularning, Ibrohim, Mustafo, Izzat va uning do’stlarining va yordamchilarining amal daftarlariga hasanotlar yozsin va har bir harfi evaziga yuz rahmat aylasin, omin.

Haqiqatdan Mustafo Usmon, ahamiyatli va juda g’ayratli ikki qanot topdi. Nazifning Salohiddini va Ibrohimi kabi, muallim Ahmad Fuadi va doru-l funundagi Mustafo O’rujni topibdi. Bu ikki qanot bilan inshaalloh Nur xizmatida ko’p ish qiladi. Hatto Mustafo O’ruj bilan muallim Ahmad Fuad kabi kishilarning so’nggi ta'sirli suratda Nur xizmariga o’tishlari, Dengizli qahramoni Hasan Fayzining vafot alamini bir daraja ketkazishdi. Kichik Ibrohim, Nazifga ikkinchi Salohiddin o’rniga o’tib bola-chaqasi bilan, ukasi va rafiqasi bilan Nurga va mashinkaga juda jiddiy ishlashi, maktubida nomlari bo’lgan Solih va Gulchi Husayn, Usmon, Zuhdu, Izzat, Umar va u yerdagi boshqa Nurchilarning sabot bilan, qaytmay Nur xizmatida taraqqiy etishlari bizlarni juda xursand qilgani kabi, bu viloyatni ham kelajakda ko’p minnatdor qiladilar. Mashaalloh, Inebolu kichik Isparta va to’liq bir madrasa-i Nuriya ekanini isbot qildilar.

Ikkinchidan: Nurs qishlog’i, Nursiy kuniyam bilan, Nurlarga munosabatdor universitet maktabining juda g’ayratli Nurchisi va bir Abdurrahmoni, bir Salohiddini qobiliyatida Mustafo Usmonga avvalroq eski harf bilan jonatgan majmualaringizdan keyin, yangi harf bilan sakkiz- to’qqiz bo’limni ham istashi va "Universitet talabalari juda muhtoj va mushtoq", degani uchun jo’natdik. Lekin u yosh shogirdning tajribasi oz bo’lgani uchun, Nurlarni himoya qilishga yetmagani uchun va loyiq bo’lgan qo’llarga berish va yarim qolmasligi uchun, Nur shogirdlari, xususan Istanbulga yaqin yo borgan, yoki Istanbuldagilar Nurning nashr va himoyasida unga yordam birishlari kerak.

Uchinchidan: Dengizlining bir ma'naviy qahramoni marhum Hasan Fayzining (R.H.) Isparta qahramoni marhum Hofiz Alining (R.H.) yoniga ketishi garchi bizni juda xafa qilsada, lekin uning o’ta xos talabasi va Nurning xolis shogirdi siddiq Muharramning aytganidek deymizki: U bir jihatda o’lmagan, balki vazifasini tez bitirdi, barzoh olamida istirohat qilishga ketdi, bo’shatildi. Hofiz Ali bilan birga, ma'nan shafoatlari bilan va qoldirib ketgan ta'sirli Nur haqidagi asarlari bilan yordam berishyapti, yana ma'nan Nurga ishlayaptilar. Albatta ma'naviy shahid o’rnida bo’lishgani uchun, "Meva"ning "O’n Birinchi Masalasi"dagi Nahv ilmi talabasi o’zini madrasada deb bilgani kabi, Hofiz Ali bilan Nur haqiqatlarining muzokarasi va vafot etgan Nurchilarning doirasida mashg’ul ekanlarini marhamati Ilohiyadan qattiq umidvormiz. Inshaalloh Janobi Haq uning vazifasini dunyoda qiladigan Nur doirasida ko’p Hasan Fayzilarni yetishtiradi.

{(Hoshiya) Bu marhum qardoshimizning Nurga oid ko’plab vazifalarini tamoman qiladigan va shogirdlarning uyg’un ko’rishi bilan va mashvarati bilan tanlanadigan yangi bir qahramon topilgunga qadar, u vazifalarni ishni taqsim qilish suratida har bir shogird bir vazifasini qilishni boshlasin. Temirbosh Ali Usmon, bu vazifa Ispartada senga tushdi. Ham u yerdagi qardoshlarning mashvarati bilan, uning o’rni bo’sh qolmaslik uchun Nur bilan u kabi juda aloqador birisi, hozircha Dengizli Xusravi vaziyatini olsin. Unga hadya qilgan takkamni haqiqiy sohib chiqqunga qadar muhofaza qilsin.}

Faqat u muborak qardoshimiz mendek rasmiy dorilardan chekinmagani bir kamchilikdir. Men undan ham iztirobliroq ekanman, "Nurchilarning duosi yetadi" deb, moddiy dorilarni qidirmadim. Xastalik haqida hech kimning fikrini bilib vahimaga tushmadim. U marhum qardoshimiz bu nuqtada menga ergashishga muvaffaq bo’la olmabdi. Nurlar haqida o’tkir fikrlarida bu bechora qardoshiga o’zini qurbon qilishga so’z bergani va Nur vazifasini tez qilgani uchun, istirohat olamiga ketdi. Men ham uning qarindoshlariga, ham Muharram kabi qiymatli, jiddiy talabalarga va Dengizli va uninu atrofidagi Nurchilarga takroran ta'ziya bildirib, biz kabi ular ham marhumni hasanotlariga hissador qilib, hasanot jihatida o’lmagandek, hasanot daftariga hasanotlar yozdirishsin deb, ularning barchasiga minglab salom aytamiz va unga minglab rahmat aytamiz.

To’rtinchidan: Bir kuni qalam bilan Nurlarga ishlagan Sav qahramonlaridan va Nurning ahamiyatli shogirdlaridan Mustafo Yulduzning hudhudmisol qushi "Hudhud-i Sulaymoniy" kabi Nur ishlari haqida g’aroyib holatlarni ko’rsatishi ajib emas, ko’p misollari bor. Qushlarning Nurlarga aloqadorliklari ko’p hodisalar bilan yuzaga chiqqan.

Qamoqxonada haqiqatdan shaxsimga, Nurchilarning birdamligiga va mahbuslarning Nurchilarga ergashishiga unutilmaydigan darajada Hilmi bilan xizmat qilgan va yurtida qamoqdan avval va keyin qahramonlarcha ishlagan va ismiga to’liq mos Sodiq Beyning qarindoshlari bilan, volidasi bilan tabriklashga va mening nomimdan u yerda qurbonlik so’yish o’rniga ming barakalloh va mashaalloh deymiz. U bilan Risola-i Nurga ham talaba va bizga salom jo’natgan Solih o’g’li Usmonga ham salom aytamiz, ham Nur doirasiga qabul qilindi deymiz.

* * *

يُوزَنُ مِدَادُ الْعُلَمَاءِ بِدِمَاءِ الشُّهَدَاءِ

مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّتِى عِنْدَ فَسَادِ اُمَّتِى فَلَهُ اَجْرُ مِاَةِ شَهِيدٍ

Bu ikki hadisi sharifdan olingan ilhom bilan Risola-i Nurni yozishning dunyoviy va uxroviy juda ko’p foydalaridan, Risola-i Nurda bayon etilgan va shogirdlarining tajribalari bilan tasdiq etilgan bir nechasini bayon qilamiz.

Besh turdagi ibodat:

1- Eng muhim mujodala bo’lgan zalolatdagilarga qarshi ma'nan mujodala qilishdir.

2- Ustoziga haqiqatni tarqatish jihatida yordam berib xizmat qilishdir.

3- Musulmonlarga iymon jihatida xizmat qilishdir.

4- Qalam bilan ilm tahsil qilishdir.

5- Ba'zan bir soati bir yil ibodat o’rniga o’tgan - tafakkuriy ibodat qilishdir.

Besh turdagi yana dunyoviy foydasi bor:

1- Rizqda barakat.

2- Qalbda xotirjamlik va sevinch.

3- Tirikchilikda yengillik.

4- Ishlarida muvaffaqiyat.

5- Talabalik fazilatini anglab, butun Risola-i Nur talabalarining xos duolariga hissador bo’lish.

Qalam bilan Nurlarga xizmat va sadoqat bilan talabasi bo’lishning ikki muhim natijasi bor:

1- Qur'on oyatining ishorati asosida, iymon bilan qabrga kirish.

2- Butun shogirdlarning ma'naviy daromadlariga Nur doirasidagi ma'naviy shirkat sirri bilan ularning umum hasanotlariga hissador bo’lish.

Ham bu talabasizlik vaqtida farishtalarning hurmatiga sazovor bo’lgan {(Hoshiya) Ba'zi ahl-i kashfning qat'iy mushohadasi bilan isbotlangan.} talaba-i ulumi diniya sinfiga dohil bo’lib, barzoh olamida (baxti kulgan bo’lsa, to’liq muvaffaq bo’lgan bo’lsa) Hofiz Ali va "Meva"da bahsi o’tgan mashhur talaba kabi, shahidlar hayotiga sazovor bo’lishdir.

* * *

Mashinkadan chiqqan majmualarning boshida yoziladigan bo’lim quyidagicha:

Risola-i Nurning butun juz'larini ikki yil ham Anqara, ham Dengizli mahkamalari va ekspertlari tekshirganidan keyin ham oqlanishimiz, ham umum Risola-i Nur bo’limlarini menga qaytarib berishga bor ovozdan hukm qilishlariga bonian, nashriga ham mone yo’q. Qaytarib berilgan Risola-i Nurdan biri bu majmuaning qismlaridir.

Ispartada ham mahkamalarda, ham jome'larda dinga foydali ijrootlar, "Zulfiqor"ning ma'naviy futuhoti hisoblanadi. Inshaalloh Isparta Nurlarning madrasasi bo’lganidek, boshqa viloyatlarda ham dars beryapti, inshaalloh sha'oir-i Islomiyada ham birinchi husni misol va ergashishga namuna bo’ladi.

{(Hoshiya1) Siyosatni umuman kuzatmasamda, bugun tasodifan qulog’imga keldiki, ba'zi jome'larni yopish uchun bir majlisda bir qancha dinsiz deputatlar gapiribdi. Ayni vaqtda meni zaharlashi va Hasan Fayzining o’lim xastaligi tasodifga o’xshamaydi. Ushbu uch suiqasd bir vaqtda bir-biri bilan bog’liq ko’rinyapti. Ikkitasi hozircha qisir qoldi, bittasi bir qahramonni oldi.}

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Ushbu qattiq moddiy a ma'naviy qishning mashaqqatli moddiy-ma'naviy xastaligi vaqtida dunyodan ayrilish va men qattiq aloqador bo’lgan Nurchi qardoshlarimdan ayrilish ehtimolidan kelgan azoblar meni siqayotgan edi. Birdan Siddiq Sulaymon, Nur stansiyasi Sabri u atrofdagi barcha qardoshlarim nomidan va nasabdan qarindoshlarimning ham hisobiga, Abdulmajid va Abdurrahmon ma'nosida bu yerga kelishdi. Janobi Haqqa shukr qilamanki, ularning kelishi bir zahar kesuvchi o’rnida menga darmon bo’ldi. Men bu yerdagi odatimga muxolif, nima bo’lsa ham yonimga chaqirdim, kelishdi. Ikki-uch soatcha butun xavotirlarimni, xususan Barladagi do’stlarimning hollarini bilib, Barladagi eski vaqtlarimga baxtiyor bir xayoliy ma'naviy sayohat qildik. Undan ko’ngilga bir rohatlik, ochilish kelib, alamli siqilishlarimni ketkazdi. Ularni bir-ikki kun bu yerda qoldirishni istadim. Lekin bu yomon vaqt va bu yerning vahimali vaziyati to’g’ri kelmadi. Bu ikki qardoshimizni barchalaringizning nomidan qabul qildim. Va o’z o’rnimga hammangizga ikki jonli maktub sifatida jo’natdim.

Ikkinchidan: Ikkinchi kuni qattiq xavotirlangan va men aloqa paydo qilgan doru-l funun yoshlarining, universitet talabalari nomidan hozirdan to’qqizta haqiqiy Nurchi va kichik Salohiddinlar, Abdurrahmonlar kabi doru-l fununning nurlanishiga jiddiy urinishayotganini bildirgan bir maktub oldim. Kichik Abdurrahmon: Mustafo O’ruch, Konyalik Ziyo va Sabrining o’gli Fayzi va Bahouddin, Abdurrahim va Kastamonulik Umar, Aziz, Shukru va Sabri kabi jiddiy yosh Nurchilar Nurlarga sohib bo’lishlari, marhum jiyanim Abdurrahmon va Fuadlarning yangidan o’nta bo’lib dunyoga kelib, Nur vazifasini boshlashi kabi meni ham sevintirdi, ham xastaligimni yengillatdi.

Uchinchidan: "Zulfiqor"ning mashinka bilan tugashiga yaqinlashishi nafaqat Nurchilar, balki butun mamlakat uchun baxtdir. Bu saodatni qo’ldan chiqarmaslik uchun qancha ehtiyotli tadbirlar bo’lsa, qiling. Agar mabodo (inshaalloh bo’lmas) "Oyatu-l Kubro"ga qilingan tajovuz kabi tintuv bo’lsa, butun nusxalar tajovuzga uchramasin. Hozir tajovuz qilmaydilar va qila olmaydilar, balki kelishishga urinayotgan bo’lsalarda, yashirin zindiqlar o’zlarini kelajakning la'natidan qutqarish uchun albatta bahonalar qidirishyapti va gapi o’tadigan mansabdorlarni aldashyapti. Shuning uchun hifzu inoyat-i Ilohiyaga to’liq suyanib ehtiyot bo’lish kerak. Inshaalloh "Zulfiqor" o’zini tajovuzdan muhofaza qiladi va tajovuzchilarni yo’q qiladi yoki iymonga keltiradi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshim va bu foniy dunyoda hamiyatli va jiddiy do’stim!

Avvalo: Butun do’stlarim va singillarimdan eng ko’p siz va ba'zi Erzurumli kishilar, mening bu qiynoqli va mazlum holatimda shafqat bilan jiddiy aloqadorligingizga va fikran yordamingiz uchun jiddan juda minnatdorman. Umrimning oxirigacha unutmayman. Sizga ming mashaalloh va barakalloh deyman.

Ikkinchidan: Yo’limga va Risola-i Nurdan olgan darsimga batamom qarshi va o’n yildan beri foniy dunyoning o’tkinchi, ahamiyatsiz hodisalarini kuzatmaslik bo’lgan hayot dasturimga ham qarshi faqat sening hurmating va qiziqqaning, bu safargi uzun maktubing uchun holatimga va zolimlarning qiynoqlariga oid bir necha moddani bayon qilaman.

Birinchisi: Ottiq yil avval Doru-l Hikmat a'zosi ekanimda, bir kuni do’stlarimizdan va Doru-l Hilmat a'zosidan Sayyid Sa'diddin Pasha: "Aniq vosita orqali xabar oldim, ildizi ajnabiy, o’zi bu yerdagi biz zindiqlar qo’mitasi, sizning bir asaringizni o’qibdi. "Bu asar sohibi dunyoda qolsa, biz bu millatga kasbimizni (ya'ni zindiqoni, dinsizlikni) qabul qildira olmaymiz. Uni yo’q qilishimiz kerak", deb sizni o’ldirishga hukm qilishibdi. O’zingizni muhofaza qiling." dedi. Men javoban, "Tavakkaltu Alalloh, ajal birdir, o’zgarmaydi", dedim.

Bu qo’mita o’ttiz yil balki, qirq yildan beri ham kengaydi, ham men bilan kurashayotganda har bir hiylani qo’llashdi. Ikki marta yo’q qilish uchun qamashdi va o’n bir marta zaharlashga urinishibdi (hozir o’n to’qqiz marta bo’ldi.) Eng oxirgi dahshatli rejasi, sobiq Ichki Ishlar Vazirini va Afyonning sobiq hokimini, Amirtog’ning sobiq hokimini menga qarshi gijgijlab, rasmiy hukumatning kuchini butun shiddati bilan menga qarshi qo’lladi. Mendek zaif, keksa, mardumgiriz, faqir, g’arib, xizmatga juda muhtoj bir bechoraga o’sha uch rasmiy mansabdor menga qarshi shunaqa tashviqot qilib hammani qo’rqitib, shu daraja kelibdiki, bir mansabdor salom berganini bilishsa, almashtirganlari uchun, josuslikdan boshqa hech bir xodim oldimga kelmaganini va qo’shnilarimning ham ba'zisi qo’rquvidan hech salom bermayotganini ko’rdim. Inoyati Ilohiy menga sabr va bardosh berdi. Usbu tengi yo’q qiynoq, tazyiq meni ularga aralashishga majbur qilmadi.

Ikkinchisi: Balki eslarsan, Anqara oliy majlisida Mustafo Kamol bilan munoqasha qilgan paytda, unga: "Namoz qilmagan kimsa xoin bo’ladi. Xoinning hukmi marduddir." dedim. Yuziga qattiq javob bergan bo’lsamda, menga qarshi xoinlik va haqorat qilishga jasorat qila olmagan edi. Bu yerda kichik zobit bilan bir serjant xiyonat va haqorat qilishdi. Maqsadi, meni g’azablantirib muammo chiqarish bo’lgani uchun, hifz va inoyat-i Ilohiya menga sabr va bardosh berdi.

Uchinchisi: Ikki yil, ikki mahkama, qo’lida tekshirgan butun Risola-i Nur majmualarida qonunga zid narsa topa olmay

{(Hoshiya) Yo hech bir jihatda hech qanday qonun, hatto ularning o’zboshimcha qonunlari bizga va Risola-i Nurga tegmayapti yoki hozirgi ba'zi qonunlar teginayotgan bo’lsada, yuqori adliyalar va uch katta mahkama, kelajakda qattiq nafrat va la'natdan qochish uchun Nurni va bizni mahkum qilishga jasorat qila olmay ittifoq bilan hammamizni oqlashga va butun Risola-i Nur majmualarini qaytarib berishga hukm qilishdi. Va qollaridagi qonun ularga qalqon bo’ladi. Tog’dek kuchli adliya doiralari chekinib, vaqtincha mansab olgan hiylakor shaxsiyatlar bu zulmni qilishi, albatta samovotni va yerni g’azablantiryapti, mening jahl qilishimga o’rin qoldirishmayapti.}

bizni va Risola-i Nurni oqlaganidan keyin, zindiqlar qo’mitasi, ba'zi munofiq mansabdorlarni vosita qilib, hukumat markazida rasmiy reja tuzib meni qonunga batamom zid do’st va talabalarimdan ajratib, sihat va hayotim uchun eng yomon joyga surgun qilib, yakka qamoq va mutlaq uzlatda saqlash uchun, Amirtoqqa jo’natishdi. Endi ayon bo’ldiki, bu muomalani ikki maqsadda qilishyapti:

Biri: Eskidan beri xiyonatni qabul qilmaganim uchun, meni g’azablantirib muammo chiqarib, yo’q qilishga yo’l ochish ekan. Bundan hech narsa chiqara olishmagani uchun zaharlab, o’ldirishga kirishishdi. Lekin inoyat-i Ilohiya bilan, Nur shogirdlarining duolari darmon kabi, zahar kesuvchi kabi, sabru-bardoshim to’liq dori bo’lib reja yarim qoldi. Moddiy-ma'naviy zaharning tahlikasini ketkazdi. Garchi hech qachon, hech qanday hukumatda bu tarzda iskanjali zulmlar qonun nomidan, hukumat nomidan qilinmagan bo’lsada, nafsoniyatimga tegadigan davomli kuzatuvlar bilan hammani qo’rqitishi meni g’azablantirar edi. Lekin birdan qalbimga eslatildiki:"Bu zolimlarga g’azab emas, achinishing kerak. Ularning har biri, juda qisqa vaqtdan so’ng senga bergan vaqtinchalik azobi evaziga ming daraja ko’p boqiy azoblarga va moddiy-ma'naviy jahannamlarga uchraydi. Sening qasosing ming marta ko’pi bilan olinadi. Bir qismi, aqli bo’lsa, dunyoda qolgan muddati bo’yicha, o’lib ketguncha vijdon azobi va abadiy qatl qo’rquvi bilan qiynoq ichida bo’ladi."Men ham ularga qarshi g’azabni tark etdim, ularga achindim. Alloh isloh qilsin, dedim.

Bu azob va qiynoqlarda juda katta savob qozonish bilan birga Risola-i Nur shogirdlari o’rniga va ularning badaliga men bilan mashg’ul bo’lib, faqat menga azob berishlari Nurchilarga katta foyda va salomatlariga xizmat bo’lgani uchun, ham Janobi Haqqa shukr qilaman va mudhish qiyinchiliklar ichida sevinch his qilyapman.

To’rtinchisi: Sening maktubingda mening tinchligimni va agar kuchim yetsa, mening Shom va Hizoj tomonga ketishimga sizning joriy hukumatga murojaat qilingan moddasiga kelsak:

Avvalo: Biz iymonni qutqarish va Qur'onga xizmat uchun Makka bo’lsam ham, bu yerga kelish kerak edi. Chunki bu yerda qattiq ehtiyoj bor. Minglab ruhim bo’lsa ham, minglar xastaliklarga mubtalo bo’lsam va qiynalsam ham, yana bu millatning iymoni va saodatiga xizmat qilishga bu yerda qolishga Qur'ondan olgan darsim bilan qaror qildim va qilganmiz.

Ikkinchidan: Menga qarshi hurmat o’rniga haqorat eshitish nuqtasini maktubingizda bayon qilyapsiz. "Misrda, Amerikada bo’lganingizda, tarixlarda hurmat bilan yod qilinar edingiz", deyapsiz.

Aziz, diqqatli qardoshim!Biz insonlarning hurmat va ehtiromidan, shaxsimizga oid husn-i zon, ikrom va tahsinlardan yo’limiz e'tibori bilan jiddiy qochamiz.Xususan, ajib riyokorlik bo’lgan shuhratparastlik va jozibali xudbinlik bo’lgan tarixlarga ehtishom bilan kirish va odamlarga yaxshi ko’rinish Nurning asosi va y’oli bo’lgan ixlosga zid va teskaridir.Uni istash emas, bilaks shaxsimiz e'tibori bilan undan hayiqamiz. Faqat,

Qur'onning fayzidan kelgan,

Ma'naviy i'jozining lama'oti bo’lgan,

haqiqatlarining tafsiri hisoblangan va tilsimlarini ochgan Risola-i Nurning rivojini

va hammaning unga ehtiyojini his qilishini,

juda yuksak qiymatini barchaning taqdir etshini,

uning ociq-oydin ma'naviy karomatlarini,

iymon nuqtasida zindiqlarning butun dinsizliklarini mag’lub qilganini va qilishini bildirish, ko’rsatishni xohlaymiz va uni rahmat-i Ilohiyadan kutamiz.

Shaxsimga oid ahamiyatsiz va bir moddani hoshiya sifatida qisman bayon qilaman:

Modomiki Rajab Bey va Qora Kozim sen bilan do’st va bilishimcha Eski Said bilan ham munosabatlari bo’lgan ekan, ulardan yaxshilik istash emas, balki menga qarshi eskilari kabi ma'nosiz, keraksiz tazyiq va zulmga yo’l berishmasin. Haqiqatdan bu yerning moddiy-ma'naviy havosi bilan butunlasha olmayapman. Qiyinchiliklarim juda ko’p. Yashash joyimni ham tashqaridan, ham ichkaridan qulflayman. Har tomonlama yolg’izman. Bir jihatda qo’shnisiz, siquvchi xonada, xasta holda hayotimni o’tkazyapman. Ba'zan bir kuni Dengizlida bir oy qamoqdan ko’ra ko’proq siqyapti. Ushbu yigirma yil dahshatli zulm bilan hurriyatimga va ozodligimga aralashish yetar endi. Zotan ikki yil mahkamalarning tekshiruvi va munofiqlarning menga qarshi rejalari yarim qolgani ayon bo’ldi. Shaxsimda va Nurlarda bu vatan va millatga zarar bor deb vahima qilib hech kimni alday olishmaydi. Men ham hamma kabi hurriyatimga ega bo’lsam, balki havo almashtirish uchun iqlimi mo’'tadil bo’lgan bu tumanning ba'zi qishloqlariga borishimga ruxsat berilgan ma'lumotnoma bo’lsa, munosib bo’ladi. Sizga va u yerdagi Nur do’stlarimga ko’p salom aytaman va duo qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy

* * *

Haqiqatdan marhum Hasan Fayzi kabi qisqa vaqtda ko’p xizmat qilgan va Nurlarga juda jiddiy aloqador Mustafo Usmonning xizmatining maqbuliyatiga dalil sifatida, Hasan Fayzi va uning ruhi va sadoqatida ikki muallim Ahmad Fuad va Mustafo Sungur, yana ikki yuksak talaba Mustafo O’ruj va Rahmini topishi, ularning Risola-i Nurning kuchli qo’llar bilan xizmat qilishi, u atrof uchun katta saodatdir.

Ham ba'zi jumlalari to’g’rilanib "Ilova"ga kiritilgan Mustafo Usmonning va muallim Mustafo Sungurning birgalikdagi ajib maktublari ko’rsatyaptiki, u yerda marhum Hasan Fayziga o’xshagan urug’ ko’karishni boshlabdi, inshaalloh ko’p bechoralarning iymonini qutqaradi. Xususan ularning mohiyatida va Ispartaning kichik ma'sum qahramonlariga o’xshagan Rahmi nomli o’n to’rt yoshli maktabda o’qiydigan bolaning Nur darslarini fidokorlik bilan yashash g’oyasi deb bilishi bizni va Nurchilarni jiddan sevintiryapti. U atrofdagi yoshlarning qutulishiga yaxshi alomatdir.

Risola-i Nurning "Zulfiqor" va boshqa majmualarning tarqalishi uchun katta yordam qilgan va marhum shahid Hofiz Alining eng mukammal yozgan va Nur fabrikasida to’liq ishchan do’sti, sodiq vorisi bo’lgan Hofiz Mustafoning qo’liga omonat qilib topshirilgan butun Risola-i Nur bo’limlarini bergan Ahmad Fuadni, omonatni unga bergan qardoshimiz Hofiz Mustafoni va Safranbolu viloyatini va u yerdagi qardoshlarimizni ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz. Inshaalloh "Zulfiqor" uchun bergan har bir banknot evaziga ming foyda oladi, minglar xayrlarga sabab bo’ladi.

Boshda Mustafo Usmon, Hifziga, ham unga va qardoshlaridan xatib Ibrohimga, ham yangi fidokor muallim Mustafo Sungurga va kichik Salohiddin bo’lgan Rahmiga va u yerdagi butun qardoshlarimizga salom aytamiz.

* * *

Muhtaram, muborak, aziz, shafqatli va fazilatli Ustozimiz Afandimiz Hazratlariga!

Avvalo: Bu safar

لِكُلِّ مُصِيبَةٍ اِنَّا لِلّٰهِ وَاِنَّا اِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Risola-i Nur qahramonlaridan shahid marhum Hofiz Ali Afandining ma'naviy do’stligiga yetishgan Hasan Fayzi akamizning rixlati, bizni jiddan xafa qildi. Boshda siz Ustozimiz Afandimiz va butun Risola-i Nur talabalariga, u kishining moddiy-ma'naviy oila a'zolariga, madrasa-i Nuriyasiga va Dengizli xalqiga ta'ziyalarimizni bildirib, xafaligingizga ishtirok etaman. Va ahamiyatsiz ma'naviy hadyalarimni dargohi Ilohiyaga taqdim qilib, g’ariqi rahmatlar ehson qilishini niyoz qilaman. كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ qoidasiga asosan bu olamdan ruhlar olamiga olib ketgan,

وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَنُبَوِّئَنَّهُمْ مِنَ الْجَنَّةِ غُرَفًا تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا نِعْمَ اَجْرُ الْعَامِلِينَ

oyati subhoniy ishorat qilgan ajr-i na'im, ko’p Hasan Fayzilar berishini Allohning lutfidan tazarru va niyoz aylayman.

Muhtaram afandim!Eshitishimcha, Dengizlida bundan yetmish-sankson yil avval buyuk avliyolardan Hasan Fayzi nomli zot bir kuni talabalariga: "Bugun Qurdistonda bir avliyo dunyoga keldi." deb, zoti davlatlariga ishorat bilan bashorat qilgan. Keyin Dengizlida turli xil holatlarda tashrifingiz, u zotning ruhini shod va hurmat qilish uchun bo’lgan deb o’ylagan edim. Oz vaqt o’tib ayni ismda vafot etgan Hasan Fayzi Afandining Risola-i Nurga hurmat bilan birinchi Hasan Fayziga o’xshab kutib olishi va Nurlarga oshiq bo’lib xizmatiga kirishi ushbu fikrimni qat-qat ziyodalashtirdi. Endi tushundimki: Birinchi Hasan Fayzining vafotidan keyin Said yetishdi va nomiga munosib ikkinchi Hasan Fayzi ham vazifasini qildi va nurlarga g’arq bo’lib, o’rniga ko’p Hasan Fayzilarni vazifa boshiga chaqirib hayot bilan vidolashdi. Janobi Arhamur Rohimindan tazarru va niyoz qilamanki, Risola-i Nurga va ustozimizga bu Hasan Fayzining alamini unuttiradigan ko’p Hasan Fayzilar ehson qilsin. Uning rahmat daryosidan, fazlidan, inoyatidan va ehsonidan, ikromidan, in'omidan, lutflaridan umidvor bo’lib, ularning boshida ustozimizni mas'ud, baxtiyor va uzoq umr ko’rishimizni tazarru va niyoz qilaman.

Gunohkor, ojiz, qusurli talabangiz

Halil Ibrohim

(Rahmatullohi alayhi va 'ala Hasan Fayzi)

* * *

Ushbu muammoli davrda nafsim meni sabrsizlik bilan jazolayotgan payda, bu masala uni to’liq lol qildi, shukr qildirdi. Sizga ham foydasi bo’lar deb, jo’natilgan bu masalaning asli bosh tomonimda turadi.

1- Ey nafsim! Yetmish uch yil, yuzda to’qson odamdan ko’proq zavqlardan hissangni olding. Boshqa haqqing qolmadi.

2- Sen oniy va foniy zavqlarning doimiyligini izlayapsan, shuning uchun uning zavoli bilan yig’lashni boshlayapsan. Ko’r hissiyoting bilan bu yanglishning to’liq ta'zirini yeyapsan. Bir daqiqa kulish o’rniga o’n soat yig’layapsan.

3- Boshingga kelgan zulm va musibatlarning orqasida qadarning adolati bor. Odamlar sen qilmagan ish bilan zulm qilishyapti. Lekin qadar sening yashirin xatolaringga binoan, musibat qo’li bilan seni ham tarbiya, ham xatolaringga kafforat qilyapti.

4- Ey sabrsiz nafsim, yuzlab tajriba qilgansan! Zohiriy musibatlar ostida va natijasida inoyat-i Ilohiyaning juda shirin natijalari borligiga qat'iy qanoat hosil qilgansan.

عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ

qat'iyyan bir haqiqatni dars beryapti. U darsni doim xotiraga keltiryapti. Falak charxini aylantirgan Ilohiy qonun sening hurmating uchun, (u juda keng qadar qonuni) o’zgartirilmaydi.

5- O’zingga مَنْ آمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ muqaddas dasturini rahbar qil! Aqlsiz, havasli bolalardek vaqtincha, ahamiyatsiz lazzatlar orqasidan quvma! Foniy lazzatlar senga ma'naviy azoblar, afsuslar qoldirishini o’yla. Muammolar, azoblar esa bilaks ma'naviy lazzatlar va uxroviy savoblar beradi. Sen telba bo’lmasang, vaqtincha lazzatli, faqat shukr uchun qidirishing mumkin. Zotan lazzatlar shukr uchun berilgan.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Nafsim bilan g’arib munozarani, menga maxsus, aqlimga ma'lumot uchun sizga yozish keldi. Quyidagicha:

Bilasizki, bosh tomonimdagi lavha nafsimni toliq lol qilgan. Bu kecha nafs-i ammoraning qurolini qayta-qayta qo’llangan ko’r hissiyotim, nafsoniyatimga qattiq tegib, zaharlanish va kasallikdan kelgan qattiq og’riq, siqilish va shaytondan kelgan vasvasa va fe'liy hayotni yaxshi ko’rgan ajib holat bilan, ikkinchi nafs-i ammora o’rnidagi ko’r hissiyot mening o’lish ehtimolimdan qattiq xafalik, azob, kuchli hirs, zavq, lazzat bilan qalb va ruhimga og’ir botdi. "Nega osoyishtaligingga harakat qilmayapsan, balki rad qilyapsan. Nur doirasida zavqli va ma'sum lazzatli hayot va umr qidirmayapsan. O’lishga qaror qilib rozi bo’lyapsan?" dedi va aytishdi. Birdan ikki o’ta kuchli haqiqat, ikkinchi nafs-i ammorani shayton bilan birga lol qildi.

Bilinchisi: Modomiki Risola-i Nurning muqaddas iymoniy vazifasi mening o’limim bilan yanada xolis kengayadi va hech bir jihatda dunyo ishlariga, "men"lik va anoniyatga vosita bolyapti deb ayblanmaydi. Yana raqobatni harakatlantirgan shaxsiy hayotim bo’lmagani uchun, yanada mukammal va ixlos bilan u vazifa davom etadi. Men dunyoda qolgan muddatimda garchi bir daraja yordam berishim mumkin, lekin oddiy shxsiyatimning ahamiyatli raqiblari, tanqidchilari u shaxsiyatni ayblashi mumkin. Risola-i Nurga ixlossizlik bilan osilishi mumkin va bir daraja chekinadi, qochiradi.

Yana bir daraja posbonlik qilgan shaxsiyatning yotishi, u nuroniy doiradagi butun g’ayrat qilayotganlar xushyor harakatlanadi. Bir navbatchi o’rniga, minglab posbon chiqadi. Albatta o’lim kelsa, "bosh ustiga kelding" deyish kerak.

Yana modomiki Nur shogirdlarining ko’pi ham molini, ham tinchligini, ham dunyo lazzatlarini, ham kerak bo’lsa hayotini Nur xizmatiga fido qilishyapti, sen ey nafsim, nima uchun fidokorlikda eng oxirida qolishni istayapsan.

Yana qat'iyyan bilginki: Ko’p bechoralarning boqiy hayotini Nurlar bilan qutqarish xizmatida, foniy va qiyin keksalik hayotingni xursandchilik bilan tashlashga kerak bo’lsa yoki vaqti kelsa rozi bo’lish o’ta lazzatli bir sharafdir.

Ikkinchisi:

Ojiz, zaif, bir botmon yukni ko’tara olmaydigan odamning ustiga o’n botmon yuk yuklansa,

yana do’stlari uni juda kuchli deb o’ylab yashirin kamchiligiga yordam berish o’rniga unda yordam istasa,

u bechora ularning husn-i zonini ketkazmaslik yoki o’zini juda past ko’rsatish uchun o’ta og’ir va sovuq hisoblangan xo’jako’rsin va takalluflar bilan o’zini yuksak va kuchli ko’rsatishga urinishi juda achchiq va zavqsiz bo’lgani kabi:

Ey ko’r hissiyoting ichiga kirgan nafs-i ammora!Bu oddiy shaxsiyatimning va urug’chalik ahamiyati bo’lmagan iste'dodimdan yuz daraja ustida

va faqat inoyat-i Rabboniya bilan bu qorong’u va juda xasta asrda Qur'onning muqaddas dorixonasidan chiqqan

va rahmati Ilohiya bilan qo’limizga berilgan Risola-i Nurdagi haqiqatlarga u shaxs masdar, manba va asos bo’la olmaydi.

Balki faqat juda bechora, muhtoj va Qur'on eshigida bir tilanchi, muhtojlarga yetkazishga vosita bo’lganim uchun, Nurning muxlis va xolis, siddiq va sodiq, sof va fidokor shogirdlari bechora shaxsiyatim haqida yuz daraja husn-i zonlarini ketkazmaslik

va hissiyotlarini ranjitmaslik, Nurlarga shavq bilan harakatkariga aralashmaslik

va Ustoz deb nomlashgan bechora shaxsni ularning hurmati uchun juda past ekanini ko’rsatmaslik, og’ir, azob beruvchi takalluflarga, sun'iyliklarga majbur bo’lmaslik uchun,

va yigirma yil ajratib qo’yilgani uchun, odamlardan qochish fe'li uchun, hatto do’stlar bilan ham (xizmat-i Nuriya bo’lmasa) ko’rishishni tark qilaman va qilishga ruhan majbur bo’laman

va takallufga, qiymatidan ko’ra ko’proq o’zini ko’rsatishga

va haddan ortiq husn-i zon qilganlarga xush ko’rinish uchun o’zini maqom sohibi qilib ko’rsatish

va ixlos siriga batamom teskari - o’zini katta ko’rsatish va viqor pardasi ostida "men"likning zararli va foniy lazzatini qidirish, ey nafsim, sen maftun bo’lgan lazzatlarni yo’qqa chiqaradi.

Ey nafs! Ey lazzatga mubtalo badbaxt ko’r hissiyot! Minglab dunyoviy lazzatga ega bo’lsang ham, ushbu vaziyatda yana buziladi, u zavq ayni azob bo’ladi. Modomiki o’tmishdagi yuzda to’qson do’stlar go’yo meni barzohga chaqirayotgan ekan, ushbu hozir zamondagi o’n dostdan qochishga majbur bo’lyapman. Albatta, ushbu keksalik va yolg’iz hayot o’rniga barzohning ma'naviy hayoti ming daraja yaxshiroq... deb ushbu ikki haqiqatga, hadsiz shukrlar bo’lsin, ikkinchi nafs-i ammorani to’liq lol qildi, qalb va ruhdan kelgan lazzatga rozi bo’ldi, shayton ham jim bo’ldi. Hatto tomirlarimdagi moddiy xastalik ham o’ta yengillashdi.

Al-hosil: O’lsam, vazifa-i Nuriya yanada ko’proq ixlos bilan raqobatsiz, ayblovlarsiz tarqaladi. Yana bu davrda juz'iy, vaqtinchalik lazzatni qidirmaganim uchun, hayot va dunyo ko’zi bilan Nur fathlaridan kelgan lazzatning o’rniga, juda o’gir, sovuq, noxush takalluflarning azoblaridan, xudbinlik zahmatlaridan va sun'iylik zararlaridan qutulish bor.

Yana bu yil bir marta ey nafs, ruh va qalb bilan birga juda mushtoq bo’lgan eski zavqli va yashagan viloyatlarni va bog’langan do’stlarni va ayrig’idan mahzun bo’lgan qardoshlarni ko’rish uchun o’tgan moziyda birgalikda qisman haqiqatdan, qisman xayolan aylanding. Sen ham ko’rdingki, sevimli, turli vatanlarimda, yuzda faqat bir-ikki do’stni topa olding. Boshqa hammalari barzoh olamiga ko’chishgan va sevimli hayot lavhalari o’zgargan, alamli va hazin vaziyatga kirgan. Inson do’stsiz joylarni boshqa ko’rishni istamaydi. Shuning uchun bu hayot va bu dunyo bizni quvishidan avval va "Qani, tashqariga" demay turib, biz kamoli izzat bilan Allohga topshirdik deb hurmatimiz bilan bu foniy lazzatlarni tashlashimiz kerak.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Barcha qardoshlarimizga minglar salom va

duo qilgan xasta, lekin juda baxtiyor qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Sizlarni va umum Risola-i Nur shogirdlarini, xususan Madrasa-i Nuriya talabalarini va bilxossa marhumning qarindoshlarini Mardrasa-i Nuriyaning muborak ustozi Hoji Hofiz Mahmudning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildiramiz. Nurlar hisobiga butun ruhu jonimiz bilan biz dunyoda qolgan muddat davomida unga rahtam duosi qilishga va Hofiz Ali va Hasan Fayzi o’rtasida doim butun ma'naviy daromadlarimizga hissador qilishga qat'iy qaror qildik.

Juda ahamiyatli va Nur xizmatida muvaffaqiyatli marhum muborak zotning mukammal vazifasini bitirib yuzlab ma'naviy avlod va xayru-l xalaf qoldirib ketgani va hayot vazifasidan bo’shatilgani, rahmat va istirohat olamiga ketgan payti, buyuk ustozlarim doirasiga qozonchlarimni bag’ishlagan paytim, Hofiz Ali, Hofiz Mahmud, Mahmud Zuhdu va Savli Ahmad va Hasan Fayzi ichida beixtiyor Hoji Hofiz Mahmud hali hayotdaligida o’n kundan beri ularning ichida ko’rayotgan edim. "Vafot etganlar ichida bu ham bor ekanda", dedim, aralashmadim. Ham hayotdagilar ichida, ham ustozlar doirasida bo’lishiga hayratlandim. Endi bu maktubingizdan anglashildiki, uning xolisona muqaddas xizmatining bir karomati, o’z vafotini his qilgan edi. Hofiz Ali, Hasan Fayzi o’rtasida maqomim bor deb e'lon qilgan edi. Janobi Haq uning amal daftariga Sav madrasa-i Nuriyasida o’qilgan va yozilgan risolalarning harflari adadicha ruhiga rahmatlar va qabriga nurlar ehson aylasin, omin. Ayni tizimda to’liq xayru-l xalaf o’g’li Hofiz Mahmud va nabirasi Ahmad Zakiyni uning vazifasini davom ettirishga muvaffaq aylasin, omin! Ularning umumiga sabr-i jamil ehson aylasin, omin.

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim va Nur shogirdlarining kichik pahlavonlari!

"Asoy-i Muso"ning oxirlarida (ba'zi nusxalarda) muboraklar pahlavoni buyuk ruhli Kishik Ali nomli bir qardoshimizning savoliga bergan javobim dor. Uni o’qinglar. U kishiga ba'zi e'torizchilar Risola-i Nurning qiymatini bir daraja ketkazish uchun "Hamma Allohni biladi. Oddiy odam bir valiy kabi Allohga iymon keltiradi", deb Nurlarning bu mavzu ustida o’ta yuksak va juda qiymatli va g’oyat kerakli qayta-qayta urg’u berib to’xtalishining ortiqchaligini ko’rsatishni xohlashgan.

Hozir Istanbulda (yanada dahshatli bir fikrda) anarxist tushunchali mutlaq kufrga ketgan bir qism munofiqlar, Risola-i Nurdek non va suvga ehtiyoj darajasida hamma muhtoj bo’lgan iymoniy haqiqtlarga ehtiyojni kamaytirish hiylasi bilan, "Har millat, har kim Allohni biladi. Uni boshqatdan dars olishga ko’p ehtiyojimiz yo’q", deb javob berishni istashyapti.

Holbuki: Allohni bilish:

butun koinotni qamragan rububiyatiga

va zarralardan yulduzlargacha hamma juz'iy va kulliy narsa qabza-i tasarrufida, qudrat va irodasi bilan bo’lganiga qat'iy iymon keltirish

va mulkida hech qanday sherigi yo’qligiga

va muqaddas "La Ilaha Illalloh" kalimasiga, haqiqatlariga iymon keltirish, qalban tasdiqlash bilan bo’ladi.

Yo’qsa "Bir Alloh bor", deb:

butun mulkini sabablarga va tabiatga taqsimlab, ularga tayangan, Xudo saqlasin, hadsiz sheriklar o’rniga sabablarni qo’ygan va manba deb bilgan

va hamma narsaning yonida hozir iroda va ilmini bilmagan

va shiddatli amrlarini tan olmagan

va sifatlarini

va jo’natgan elchilarini, payg’ambarlarini bilmagan kimsada

albatta, hech bir jihatda Allohga iymon haqiqati yo’q! Balki u gaplarni mutlaq kufrdagi ma'naviy jahannamning dunyoviy azobidan o’zini bir daraja tasalli qilish uchun aytgan.

Ha, inkor qilmaslik boshqa, iymon keltirish tamoman boshqadir!

Ha, koinotda hech bir shuur egasi, uning qismlaricha guvohlari bo’lgan Xoliq-i Zuljalolni inkor qila olmaydi. Qilsa, butun koinot uni yolg’onchiga chiqarishini bilib jim turadi, loqayd bo’ladi. Ammo unga iymon keltirish: Qur'on-i Azimushsha'n dars bergani kabi, Xoliqni sifatlari bilan, ismlari bilan umum koinotning shahodatiga tayanib qalbdan tasdiqlash va elchilari orqali jo’natgan amrlarga bo’ysunish, gunoh va buyruqqa qarshi chiqqanda qalban tavba va nadomat qilish bilan bo’ladi!Yo’qsa, buyuk gunovlarni bemalol qilib, istig’for aytmaslik va pushaymon bo’lmaslik, iymondan hissasi yo’qligiga dalil bo’ladi.Nima bo’lganda ham... Farzandlarim, ahamiyatli bir hodisa sizga bu uzun masalani qisqacha bayon qilishga sabab bo’ldi. Hozircha sizga Risola-i Nurning ahamiyatli shogirdlari nazari bilan qarayapman. Mustafo O’ruch juda omadli, o’z tizimida, ruhida va jiddiyatida qisqa vaqtda sizni topdi. Bir ekan, o’n Mustafo bo’ldi.

Said Nursiy

* * *

Aziz, muhtaram qardoshim!

Avvalo sizning bir risolachalik to’liq, uzun, mudaqqiq, haroratli maktubingizni kamoli qiziqish bilan o’qidim. Peshin vaqti sizga shuni bayon qilamanki: Risola-i Nurning ustozi va Risola-i Nurga "Jaljalutiyya Qasidasi"da ramzli ishoratlari bilan juda aloqador bo’lgan va mening iymon haqiqatlarida xususiy ustozim Imom Alidir (R.A.). Va

قُلْ لَا اَسْئَلُكُمْ عَلَيْهِ اَجْرًا اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبَى

oyati nassi bilan, Oli Baytning muhabbati, Risola-i Nurda va yo’limizda asos ekan, vahhobiylik tushunchasi hech bir jihatda Nurning haqiqiy shogirdlariga bo’lmasligi kerak. Lekin modomiki bu davrda zindiqlar va zalolatdagilar ixtilofdan foydalanib, ahl-i iymonni adashtirib, sha'oirni buzib, Qur'on va iymonga qarshi kuchli harakatlari bor ekan, albatta bu mudhish dushmanga qarshi juz'iy tafarru'otga doir ixtilofli munoqashalarning eshigini ochmaslik kerak bo’ladi.

Yana o’lgan insonlarni ayblashning umuman keragi yo’q. Ular dor-i oxiratda, jazo yoki mukofot yeriga ketishgan. Ularning keraksiz, zararli kamchiliklarini gapirish, amr qilingan ol-i baytning muhabbati iqtizosi emas, kerak ham emas, deb Ahli Sunnat va-l Jamoat sahabolar davridagi fitnalardan mavzu ochishdan man etishgan. Chunki Jamal voqeasida Ashara-i Mubashsharadan Zubayr, Talha va Oyisha-i Siddiqa Raziyallohu Anhumlar bo’lgani uchun, Ahli Sunnat va-l Jamoat u xarbni ijtihod natijasi deb, Hazrati Ali (R.A.) haqli, narigi tomon haqsiz, lekin ijtihod natijasi bo’lgani uchun avf qilinadi. Vahhoibiylar, haddidan oshgan Rofiziylar yo’li Islomiyatga zarar qilmasin deb Siffiyn Harbidagi bog’ylardan ham mavzu ochishni zararli deb ko’rishadi.

Hajjoj-i Zolim, Yazid va Valid kabi nusxalarga Kalom Ilmining buyuk allomasi Sa'diddin Taftazoniy, "Yazidga la'nat joizdir", degan. Lekin "La'nat vojib", demaganlar. "Xayrdir va savobi bor", demagan. Chunki ham Qur'onni, ham Payg’ambarni, ham butun sahabolarning muqaddas suhbatlarini inkor etgan hadsiz. Hozir ulardan yuzaga kelganlar ko’p. Shar'an bir odam mal'unlarni umuman eslamay la'nat aytmasa, hech qanday zarari yo’q. Chunki ayb va la'nat, madh va muhabbat kabi emas, amal-i solihga dohil bo’lmaydi. Agar zarari bo’lsa, yanada yomonroq...

Hozir yashirin munofiqlar, Vahhobiylik bilan Islomiyatni eng ko’p va Qur'on haqiqatlarini muhofaza qilishga ma'mur va mukallaf bo’lgan bir qism domlalarni o’zlariga og’dirib, ahl-i haqiqatni Alaviy deb ayblab bir-biriga qarshi qo’llab Islomiyatga dahshatli zarba uroshga uringanlar bor. Sen ham bir oz maktubingda yozyapsan.

Hatto bilasanki, mening va Risola-i Nurga qarshi qo’llanilgan kuchli vositani domlalardan topishgan. Hozir Haramayn-i Sharifaynga hukm qilgan Vahhobiylar va mashhur, kuchli dohiylardan Ibnu-t Taymiyya va Ibnu-l Qayyim Javziyning juda ajib, jozibali asarlari Istanbulda ko’pdan beri domlalarning qo’liga tushgan. Xususan avliyolarga qarshi va bir daraja bid'atlarga ruxsat beradigan yo’llarini o’zlariga parda qilishni istagan, bid'atlarga aralashgan bir qism domlalar sizning Ol-i Baytga muhabbat tufayli va hozir izhor qilish kerak bo’lmagan ijtihodingizni sabab qilib ham senga, ham Nur shogirdlariga zarba urishlari mumkin. Modomiki ayblamaslik va takfir qilmaslikda shar'iy amr yo’q, lekin ayblashda va takfir qilishda shar'iy hukm mavjud. Agar ayblov va takfir nohaq bo’lsa, katta zarari bor, agar haqli bo’lsa hech qanday xayr va savob yo’q. Chunki takfir va ayblovga loyiq hadsizdir. Ayblamaslik, takfir qilmaslikda hech qanday shar'iy hukm yo’q, umuman zarari ham yo’q. Demak, bu haqiqat uchun ahl-i haqiqat, boshda A'imma-i Arba'a, Ahl-i Baytning A'imma-i Isna 'Ashar bo’lgan Ahli Sunnat mazkur haqiqatga asoslangan muqaddas qonunni o’zlariga rahbar qilib, Musulmonlar ichida eski davr fitnalaridan mavzu ochish, bahs va tortishishni joiz deb ko’rishmagan, manfaatsiz, zarari bor deyishgan.

Yana harblarda juda ahamiyatli sahobalar, ikki tomonda ham bo’lishgan. U fitnalardan gapirganda, qalbga haqiqiy sahobalarga, Talha va Zubayr (R.A.) kabi Ashara-i Mubashsharaga ham tarafgirona inkor, e'tiroz keladi. Xato bo’lsada, tavba ehtimoli kuchli. Eski davrga borib keraksiz, zararli, shariat amr qilmay u holatlarni tadqiq qilish o’rniga hozirgi davrda amalda Islomiyatga dahshatli zarbalarni urgan, minglar la'natga, nafratga loyiq bo’lganlarga ahamiyat bermaslik - mo’min va mudaqqiq kishining muqaddas vazifasiga muvofiq bo’lmaydi...

Hatto Sabri bilan kichik munoqashangiz ham Risola-i Nurga, ham iymon haqiqatlarining yoyilishiga ahamiyatli zarar qilganini sendan yashirmayman. O’sha vaqtda bu yerda his qildim, ta'sirlandim va azoblandim. Keyin sendek ahli tahqiq olimning Risola-i Nurga u yerda ahamiyatli xizmatga sabab bo’ladigan Sabrining borishi, ikkkingizdan buyuk Nur xizmati kutayotgan edim. Lekin aksincha uch jihatda Nurga zarar kelganini his qildim va ko’rdim. Ajabo, nega bu zarar bo’ldi, deb ikki-uch kun o’tib xabar oldimki, Sabri sen bilan ma'nosiz, keraksiz munoqasha qilibdi, sening jahling chiqibdi.

Eyvoh dedim, "Yo Rab! Erzurumdan yordamga kelgan usbu ikki kishining munoqashalarini kelishuvga aylantir!" deb duo qildim. Risola-i Nurning "Ixlos Lam'alari"da aytilganidek, hozir ahli iymon nafaqat musulmon qardoshi bilan, balki hristianlarning dindor ruhoniylari bilan ittifoq qilish va ixtilofli masalalarni e'tiborga olmaslik, nizo qilmaslik kerak. Chunki mutlaq kufr hujum qilyapti. Sening diniy hamiyating va ilmiy tajribang, Nurlarga aloqangizdan iltimos qilamanki, Sabri bilan o’tgan mojaroni unutishga harakat qil va uni afv et, kechir. Chunki u o’z aqli bilan gapirmagan, eskidan beri domlalardan eshitgan narsalarni, keraksiz munoqasha bilan aytgan. Bilasanki, buyuk bir hasana va yaxshilik, ko’p gunohlarga kafforat bo’ladi. Ha, hamshaharimiz Sabri, haqiqatdan Nurga va Nur vositasida iymonga shunday bir xizmat qilganki, ming xatosini afv ettiradi. Sizning oliyjanobligingizdan Nur xizmatlari hurmati uchun bir do’st hamshahari va Nur xizmatida do’st nazari bilan qarashingiz kerak.

Sahobalarning bir qismi, u harblarda izofiy va nisbiy adolat, shar'iy ruxsatni o’ylab tobe bo’lish, Hazrati Ali (R.A.) ergashgan haqiqiy adolat va shar'iy azimat bilan birga zohidlik, behojatlik, tejamkorlik yo’lini tark qilib qarshi tarafga bu ijtihod natijasida kirganlarini, hatto Imom Alining (R.A.) ukasi Uqayl va "Habru-l Umma" unvonini olgan Abdulloh Ibni Abbos ham bir vaqt qarshi tarafda bo’lishgani uchun, haqiqiy Ahl-i Sunnat val Jamoat

مِنْ مَحَاسِنِ الشَّرِيعَةِ سَدُّ اَبْوَابِ الْفِتَنِ

bir asosiy shar'iy dasturga binoan

طَهَّرَ اللّٰهُ اَيْدِيَنَا فَنُطَهِّرُ اَلْسِنَتَنَا

deb fitnalarning eshigini ochishni, gapirishni joiz ko’rishmagan. Chunki bir necha e'tirozga loyiq kishi bo’lsa, tarafgirlik hissi bilan buyuk sahobalarga, hatto qarshi tomonda bo’lgan Ol-i Baytning bir qismiga, Talha va Zubayr (R.A.) kabi Ashara-i Mubashsharadan buyuk zotlarga e'tirozni boshlaydi, ayblov va adolat mayli uyg’onadi deb, Ahli Sunnat u eshikni yopish tarafdoridir. Hatto Ahl-i Sunnatning va Kalom ilmining azim imomlaridan mashhur Sa'diddin Taftazoniy, Yazid va Validlarni la'natlash va to’g’rilashga ruxsat berishgan.

Sayyid Sharif Jurjoniy kabi Ahl-i Sunnat val Jamoatning allomalari, "Yazid va Validlar zolim, ayyor va fojir bo’lsalarda, sakarotgacha iymonsiz ketishgani noma'lum. Va qat'iyyan bilinmagani uchun, u shaxslarning qat'iy nass va aniq dalil bo’lmagan vaqtda, iymon bilan ketish ehtimoli va tavba qilish ehtimoli bo’lgani uchun, xususiy shaxsga la'nat aytilmaydi. Balki

لَعْنَةُ اللّٰهِ عَلَى الظَّالِمِينَ وَ الْمُنَافِقِينَ

kabi umumiy unvon bilan la'nat joiz bo’lishi mumkin. Yo’qsa zararli, keraksiz bo’ladi." deb, Sa'diddin-i Taftazoniyga javob berishgan. Sening mudaqqiq va olimona maktubinga uzun yozmaganimning sababi va ahamiyatli, xastaligim va muhim ishlarim ichida shoshilib shuncha yoza oldim.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Jannatu-l Firdavsning mevalari va Madrasatu-z Zahroning faol hay'atining amal sahifalari va hasanot daftarlari bo’lgan "Zulfiqor" va do’stlarining salomat bilan juma kechasi chumchuqning bergan xushxabaridan ikki soat o’tib kamoli sevinch bilan oldik. Sizga ularning harflari sanog’icha "Barakalloh, vaffakakumulloh va as'adakumullohu fid dorayn", deb ruhu jonimiz bilan tabriklaganimiz kabi, bu viloyatni ham tabriklaymiz. "Zulfiqor"ning chiqish muqaddimasi boshlashi bilan dinga tarafdor kuchli jarayonlar va qarshi tajovuzlarning to’xtashi va bir qismi qaytib eski xatolarini tuzatishga kirishishi ko’rsatadiki, hozir o’zi chiqqan va nashr qilinishi, inshaalloh yurt uchun Islomiyat jihatida buyuk foydasi bo’ladi va zulmatlarni tarqatadi degan ishorat beryapti.

Ha, shimoldan kelgan mutlaq kufr jarayonini to’xtatadigan narsa faqat Risola-i Nurdir. Siyosat, diplomatiya bu vazifani bajara olmaydi. Shuning uchun vatanparvar, millatparvar va siyosatchilar Nurlarni mahkam tutishga majbur. "Zulfiqor"ning yuzaga kelishi uchun harakat qilganlarning ma'naviy shaxsining, balki har bir kishining qiyomatdagi hasanot daftariga yetti yuz sahifasi bilan bitta hasanot sahifasi bo’lishini rahmat-i Ilohiyadan niyoz qilamiz.

Modomiki iymon haqiqatlari yuksak ibodat va hasana ekan va u bilan ko’plarning iymonini qutqarish minglab hasana hukmida ekan, uning chiqishiga harakat qilgan kishilarning har biri uni o’qib, tinglab e'tiqod qilishi bilan aynan qilgan boshqa xayrlar daftari kabi uxroviy hujjat hisoblanadi. Albatta ularning va ma'naviy shaxsining oxiratda hasanot daftaridan yetti yuz sahifasi bilan "Zulfiqor" bitta sahifa bo’lib, aynan nashr qilinishi va bir sahifasi hukmiga o’tkazish had-hisobsiz rahmatning sha'nidir.

Ikkinchidan: Garchi Nurlar kirgan joyda g’alaba qilsada, qaysar va inkorida turib olgan zindiqlar, moddaparastlar qo’lidan kelgancha futuhotiga ziyon qilish uchun hiylalar bilan siyosatchilarga vahima qilishga urinishyapti. Inshaalloh hech narsa qila olishmaydi. Lekin ehtiyot har doim yaxshi. "Sirran tanavvarat" dasturi davom etyapti. Bu kabi bir necha majmua chiqqunicha og’ir va ehtiyot bo’lishlari kerak. Bu safar "Sirr-i Inna a'toyna"ning ramzli risolasini o’n uch yildan beri ko’rmagan bo’lsamda, bu yerga jo’natish bir daraja ehtiyot qoidasiga teskari bo’lgani kabi, hamma ham tushunmaydi, ham ta'vil va tafsir qilish kerak. Chunki "Ilova"da bir maktubda yozgan edimki, ikki haqiqat qisqacha eslatildi:

Biri: Bir daraja tor doirada bir nur ko’rsatilgan edi, keng doirada deb ma'no berib, qirq yil avval "Bir nur ko’ramiz" deb, xushxabar bergan edim. Hatto hurriyatdan avval, eski talabalarimga ham takror-takror gapirgan edim. Uni keng siyosat doirasida bo’ladi deb o’ylagan edim. Holbuki bu yurtning eng ko’p muhtoj bo’lgan iymoniy va Islomiy va Islomiy ijtimoiy hayoti doirasida Risola-i Nurni ko’rasiz, deb menga haqiqatdan eslatilgan edi. Men ham avvaldan sezish hissi bilan urg’u berib va takror-batakror gapirgan edim. Lekin u haq va haqiqatli masalaning suratini o’zgartirgan ekanman.

Ikkinchisi: Menga Sha'oir-i Islomiyaga va Islomiy siyosatga zarba urganlar o’n ikki, o’n uch, o’n to’rt, o’n olti yil ichida katta-katta zarba yeyishadi, deb eslatildi. Avvalgi masalaning aksiga, keng doirada sodir bo’lgan hodisalarni va buyuk jamoatlarga kelgan ta'zirlarni, kichik doirada shaxslarga keladigan ta'zirlar suratida ma'no bergan edim. O’n ikki yil o’tib, aynan ikki doirada ham kichik, ham katta eng mudhishi dunyoni tark etganidek, katta doirada ham unga o’xshab dahshatli jamoatlar, o’n ikki, o’n uch, o’n to’rt, o’n olti yil o’tib ayni ta'zirlani yeyishdi va yeydilar, deb eslatildi.

Men ta'vilim bilan bu katta doirani faqat kichikka tatbiq qilganimdek, avvalgi nur masalasida ham bil'aks kichik doirani va faqat iymoniy Nur hodisasini juda keng siyosat doirasida ta'vilim bilan ma'no bergan edim. Shuning uchun "Sirr-i Inna A'toyna"ni hamma birdan tushunmaydi. Ham shaxsiy ismlari bunday ilmiy masalalarga kirmasligi kerak bo’lgani uchun, u risola hatto o’n uch yildan beri qo’limga tushmagani to’g’ri. Qardoshlarim unga qiziqishmasin. Agar juda qiziqsa, "Sirr-i Inna A'toyna"ning boshida hozirgi "Ikkinchidan" deb boshlangan bo’limni va bu masalaga doir "Ilova"ga kirgan bo’limni o’qishi kerak, yo’qsa umuman o’qimasin. Ikkinchi umumiy urush va dahshatli shaxsning dunyodan ketishi bilan va hozir uning tizimi orqaga qaytgani va bir qismi u yo’lga qarshi rasman din foydasiga harakat qilishi va iymon ahlining mutlaq istibdoddan bir daraja qutulishi va oz ta'vil bilan u risolachaning bergan xabarlari aytilgan yillarda sodir bo’lishi, u suraning bir i'joz lam'asi hisoblanadi. Lekin hayajonli ta'villarim parda tortgan, haqiqat yashiringan ekan.

* * *

Aziz, muhtaram qardoshim!

Bir ming uch yuz qildan beri Islom olamini yig’latgan va butun haqiqatlarga "Eyvohlar! Ming afsus!" dedirgan Islom olamining eng dahshatli buyuk yarasini teshish, o’ylash, mening xususiy yo’limda chidab bo’lmaydigan darajada azob beradi. Xususan, yigirma besh yildan beri ixlos bilan haqiqiy iymon xizmati, meni bir jihatda siyosatga kirishdan tortgani va yigirma yil ichida bir gazetani oqitmagani kabi, yigirma yil ushbu iskanjali asirligimda siyosiy hayotni kuzatmaslik uchun hukumatga qamalish mudofaasidan boshqa murojaat qilmagan va iymon vazifasiga kamchilik kelmasligi uchun, ixlosni ketkazmaslik, siyosatga aralashmaslik uchun o’n yildan beri ushbu dahshatli jahon urushini kuzatmagan va kuzattirmaydigan ruhiy holatda bo’lishga majburman. Endi esa dahshatli ajdarholar iymon haqiqatlariga qarshi iymon ahliga ko’z o’ngimizda hujum qilishgani uchun va ko’pchilik ahli iymonni ularning chaqishidan qutqarish majburiyatini Qur'on amr qilgan ekan, bu davrni tashlab, eski davrga borib, Ahl-i Baytga kelgan dahshatli zulmlarni tomosha qilishi, ruhimni yanada ezadi va ma'naviy quvvatni ketkazib ruhimga azob ustiga azob beradi.

Zolim siyosatning "jamoat uchun fard fido qilinadi" degan ayyorona dasturi o’ta zolim juda ko’p sodir etilishi, ahvanu-sh shar deb, bir jihatda izofiy adolat nomli hokimiyatiga foyda deb ko’rsatishgan. Hatto bu asrda u hiylali dasturning hukmi bilan bir kishining xatosi bilan bir qishloqni yo’q qilishadi. Besh-o’n odam ularning siyosatiga zarar beradi degan taxmin bilan minglab odamni abgor qiladi.

Eski davrda bir daraja siyosatning bu ayyor dasturi Musulmonlar ichiga kirgani uchun, bu mudhish dasturlar siyosatda salaf-i solihiyn majburan sukut qilib va Ahl-i Sunnat val Jamoat imomlari u eshiklarni yopishgan va

طَهَّرَ اللّٰهُ اَيْدِيَنَا فَنُطَهِّرُ اَلْسِنَتَنَا

deb ochishmaydi.

Modomiki Ahl-i Baytga zulm qiganlar hozir oxiratda jazosini ko’rishyaptiki, bizning ularga hujum qilib yordamimizga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Mazlum Ahl-i Bayt vaqtinchalik azob va qiyinchilik evaziga shu daraja yuksak mukofot olishganki, aqlimiz qamray olmaydi. Hozir nafaqat ularga achinish, balki ularga hadsiz rahmatga sazovorliklari nuqtasida minglar tabriklashimiz kerakki, bir necha yil qiyinchilik bilan oxiratda millionlar martabalar va boqiy saodatlar qozongalari kabi, dunyoda qolgan muddatlari davomida ahamiyatsiz, dunyoning foniy saltanati va vaqtinchalik hokimiyati va aralash siyosat badaliga bittadan ma'naviy sulton va haqiqat olamida bittadan shoh, bittadan ma'naviy podshoh maqomini qozonishdi. Valiylar o’rniga avliyolar, aqtoblarga qo’mondon bo’ldilar. Daromadlari birga ming emas, millionlar bo’ldi.

Ushbu sir uchun, Yangi Saidning xususiy ustozi Imom Rabboniy, G’avs-i A'zam va Imom G’azzoliy, Zaynulobidiyn (R.A.) (xususan "Javshanu-l Kabir" munojotini ushbu ikki imomdan dars olganman) va Hazrati Husayn va Imom Alidan (Karramallohu Vajhahu) olgan darsim, o’ttiz yildan beri, xususan ularga doim ma'naviy irtibotimda "Javshanu-l Kabir" bilan o’tgan haqiqatni va hozirgi Risola-i Nurdan bizga kelgan yo’lni olganman.

Yo’limizda zolimlarning hiylalarini nafaqat yo’qotish, kuzatish balki, o’ylash ham yo’q. Chunki ular jazosini va mazlumlar mukofotini, bizning aqlimizga sig’maydigan darajada olishgan. U masalalar bilan mashg’ul bo’lish, hozirgi diniy musibatga qarshi biz mukallaf bo’lgan vazifa-i Qur'onga zarari tegadi. Kalom ilmi ulamolari, Ususlu-d Din allomalari va Ahli Sunnat val Jamoatning ham muhaqqiqiynlarining Islomiy aqidalarga doir ko’p tadqiq va muhokamalar, oyat va hadislarni muvozana bilan qabul qilgan Usulu-d Din dasturlari, hozirgi Risola-i Nurning yo’lini muhofaza qilishga buyuradi, quvvat beradi. Hatto hech qayerda, hatto ahli bid'at qismi ham yo’limizga aralashmaydilar.

Ixlos haqiqati to’liq muhofaza qilingani uchun, har qanday ahli Islom ichiga kiradi. Shialikda mutaassib va Vahhobiylikda haddan oshgan, faylasuflarning eng moddiyi va bilim olimlarini va mutaassib domlalarning eng anoniyatlisi, barobar Nur doirasiga kirishni boshlaganlar va qisman hozir ham birodardirlar. Hatto ba'zi missionerlar ham Iso (A.S.) dinining haqiqiy ruhoniysi ham u doiraga kirishlariga belgilar bor. Bir-biriga hujum emas, balki tayanish, kelishish kerakligini his qilib munoqashali mavzularni ochishmayapti. Demak Imom Alining (R.A.) ottiz- qirq ishorati bilan ochiq-oydin xabar bergan Risola-i Nur bu davrning mudhish yaralariga to’liq darmondir. Shuning uchun u doira bizga kifoya qilgan, tashqariga chiqmaymiz.

Imom Alining (Karramallohu Vajhahu) shaxsiga, hayotiga va haqiqiy adolat asosida olib borgan siyosatiga aralashish, zarba urish boshqadir. Zohiriy shaxsiyatidan, dunyoviy hayotidan va ijtimoiy siyosatidan minglab daraja yuksak ma'naviy shaxsiyatiga va ilmiy kamolotiga, valiylik maqomlariga va vorisligiga zarba bormaydi, bormagan va bora olmaydi. Kimning haddi sig’adi? Shuning uchun, ikki jihatni birlashtirish farazi bilan qarshisida tortishishga uringanlarning hujumi juda dahshatli ko’rinadi. Ahl-i iymon o’rtasida bunday hodasi nega sodir bo’ladi? deb hayratlantiradi. Holbuki Yazid va Valid kabi iflos nusxalar mustasno, boshqalarning aksariyati Imom Alining (R.A.) g’aroyib kamolotiga, karomatlariga va vorisligiga aralashish emas, faqat ijtimoiy hayotga oid boshqaruviga zarba urishga urinib, xato qilishgan.

Tashqi katta dushmanning hujumi paytida, ichki kichik dushmanliklarni tashlash shart bo’ladi. Yo’qsa hujum qilgan katta dushmanga yordam bergandek bo’ladi. Shuning uchun Islom doirasida eskidan beri tarafgirlik bilan bir-biriga qarshi bo’lgan ahli Islom, ichki dushmanliklarni vaqtincha unutishini Islom manfaati iqtizo qiladi.

* * *

Aziz, siddiq, bahtiyor qardoshim Sulaymon Rushdu!

Seni, ukang qahramon Burhonni, ikki muborak, ma'sum farzandingni, oila a'zolaringni Risola-i Nur nomidan va umum shogirdlar hisobidan ruhu-jonimiz bilan tabriklaymiz. Bunday muqaddas va doimiy savob keltiradigan uxroviy xizmatda muvaffaqiyatingizni kelajakda Isparta va bu yurt olqishlaydi. Sizga juda xayrli duolarni qozontiradi. Inshaalloh "Zulfiqor" kabi yana ko’p risolalar yozishga muvaffaq bo’lasiz. Bu ajib sharoit ichida favqulotda muvaffaqiyat ham "Zulfiqor"ning, ham sadoqatingizning karomatidir. Sening juda muborak tushing amri Ilohiy bilan Qur'onni Hazrati Payg’ambarimiz Alayhissalotu vas Salomga berish, Hazrati Jabroilning vazifasining bir jilvasidir. Xizmatimiz ham rizo-i Ilohiyga, ham rizo-i Payg’ambariyga (A.S.V.) muvofiqligiga ishoratdir. Tushing, "Mo’'jizot-i Qur'oniya"ni "Mo’'jizot-i Ahmadiya" vositasida ummati Muhammadiyaga (A.S.V.) yetkazish ma'nosida ta'bir qilinadi.

Kichik oyna parchasida quyoshning timsoli ziyosi bilan oynani tutgan odamga munosabati bo’lgani, bir jihatda xabarlashgani kabi, xususiy tajalliy bilan tushlarda (salafi solihiynda bunday tushlar bo’lgan) maqbuliyat va rizo alomatidir. Hazrati Payg’ambarning (A.S.V.) yonida ko’rgan kishing Nur va Risola-i Nur shogirdlarining ma'naviy shaxsiyatidir.

* * *

Vazifamiz ixlos bilan, sabot va birdamlik bilan mumkin bo’lgancha ehtiyot bilan "sirran tanavvarat" irshodi Alaviyani amalda tasdiqlash, unga asosan harakat qilishdir. Yo’qsa dushmanlarga javob qaytarish va ularning hujumidan o’zini yo’qotish emas. Mivaffaqiyat va futuhot-i Nuriyani, rivoj bilan yoyilishi, vazifa-i Ilohiyadir. Biz vazifamizni qilib vazifa-i Ilohiyaga aralashmasligimiz kerak, deb ham menga, ham sizning o’rningizga tasalli topdim.

* * *

Besh Ahmaddan Safranboluda Hasan Fayzining to’liq o’rniga o’tgan to’liq vorisi Safranbolulik Ahmad Fuadning o’ta samimiy va fidokor maktubida, mening o’rnimga aynan Hasan Fayzi, Hofiz Ali kabi qolgan hayotini menga berib, mendan avval barzohga ketish uchun duo qilyapti. Holbuki hozir uning hayoti Nurlarga foydaliroq.

Menga nisbatan yosh, faol qardishim mendan keyin qardoshlarim kabi vazifa-i Nuriyamni qilishyapti deb mukammal qalb xotirjamligi bilan ajalimni kutdim. Janobi Haq Nurlarga u kabi ko’p fidokorlarni qovishtirsin.

* * *

Yana juda eski, juda sodiq, ham juda iqtidorli, matonatli Madrasa-i Nuriya qahramonlaridan Duradgor Hamadning va madrasa ustozi marhum Hoji Hofizning karomatli vafotiga doir chiroyli, hazin maktubida Madrasa-i Nuriya shogirdlarining marhum ustozlariga dindor holatlari va yomg’irning qiyinchilik tug’dirmasligi va ularni ho’l qilmaslik va sovuq yedirmaslik uchun to’xtashi, ish bitgandan keyin boshlashi marhum zotning ruhiga buyuk rahmatlarning tushishiga belgi bo’lib... Janobi Haq u rahmat qatralari sanog’icha unga va ularga rahmat etsin, omin.

* * *

Kastamonuda sakkiz yil mubirak o’g’li va marhum rafiqasi bilan Risola-i Nurga favqulotda sadoqat bilan xizmat qilgan va qalami bilan Risola-i Nurga ko’p xizmat qilgan va ko’plarni Nur doirasiga olib kelgan va o’zidek qahramonlardan bo’lgan Sodiq Beyga va mening ham istirohatimga, ham Nur shogirdlarining birdamligiga ahamiyatli xizmat qilgan va Fayzi, Amin, Ehson va Ahmadlar kabi xos qardoshlarimiz bilan Kastamonuda ham Nurlarga xizmat qilgan "Kishik Shayx" nomli Hilmi Bey menga yozgan maktubida, Nurchi rafiqasining vafotini bildiryapti. U marhuma haqida shukr qilish kerakki, bir-ikki oydan beri duolarimda Zahrolar degan vaqtim Hojarlar ham der edim, ichida u marhumani ham niyat qilar edim. Vafotini bilmas edim. Janobi Haq unga minglar rahmat aylasin, qarindoshlariga sabri jamil ehson etsin, omin!

* * *

So’nggi kunlarda tahrir qilar ekanman, Risola-i Nur doirasida bo’lgan va amalda ishlagan domlalardan va Konya domlalaridan boshqa domlalarga jahlim chiqdi. Chunki arabcha o’qimagan Nur shogirdlarining fidokorlari, arabcha bilmagani uchun sahvlar, xatolar bo’ladi. Men ham qiynalganim uchun yana eski talabalarimdan bo’lgan domlalarga va qardoshimga, yana hozirgi Anqara va Istanbuldagi rasmiy domlalarga bor ovozim bilan:

"Ey insofsizlar! Nima uchun ham vazifangiz, ham madrasa mahsuli, ham sizga farzi ayn bo’lgan iymon xizmatida menga yordam bermayapsiz. Balki sizning loqaydligingiz tufayli ko’pchilikning qochishiga sabab bo’lyapsiz. Qalbga, "Imom Alining (R.A.) oxirzamonning bir qism domlalariga urgan ta'ziridan hissador bo’lyapsiz", deb dahshatli e'tiroz kelgan ekan, birdan qalbini buzmagan domlalarni mudofaa qilish uchun uch ma'no eslatildi:

Birinchisi: Rasman ikki katta markazda ikki ilmiy hay'at, aytilishi munosib bo’lmagan sabablarga binoan har vosita bilan domlalarning Risola-i Nurdan chekinishga ko’p vositalarni qo’llashyapti. Mansab kabi tirikchilik dardi balosi bilan bechora doiralariga tortib Nurlardan uzoqlashtirishyapti. Bechora domlalar Nurlarning qiymatini bilmaydi dema, balki tirikchilik yoki ulamolar hay'atidagi katta domlalarga tayanib, o’qigan diniy ilmi bilan o’z iymonini qutqaradigan darajada degan taxmin bilan loqaydlik qilib, o’zlariga ruxsat bilan amal qilishga fatvo topishgan.

Ikkinchi ma'no: Bunday dahshatli hujum va tazyiqqa uchragan Risola-i Nur shogirdlarini vahima sababli go’yo Manaman va Shayx Said voqealari kabi voqea chiqaradi degan ehtimol bilan ikki marta yo’q qilish uchun urinishdi. Parda ostidagi eski dushmanlarimning va rasman qonun, boshqaruv va siyosat bilan marhamatsiz ravishda ba'zi mansabdorlarning bizni ikki marta qamatdi va aybladi. Rasmiy va g’ayri rasmiy targ’ibotlar bilan hammani bizdan va Nurlardan qo’rqitib hassos va bir daraja zaif domlalarni qattiq qo’rqitishi bahona bo’ldi. Shuning uchun aksariyat emas, balki faqat favqulotda jasoratli, g’ayratli domlalar Nurlar doirasiga kirib, kirmaganlarni ham bir daraja afv ettirishdi.

Uchinchi ma'no: Hozircha kechiktirildi. Ba'zi domlalar, "Minorachalik yuksak bir odamni", "Peshonasida o’qiladigan yozuv bo’ladi", "Birdan qo’li suv bilan teshiladi", degan haqiqatning pardasi bo’lgan tashbehlarni haqiqat degan bahona bilan, Nurning ba'zi g’aybiy xabarlari, yuzaki nazariga muvofiq emas... unga ham rozi bo’lmayapti. Janobi Haqqa cheksiz shukr bo’lsinki, bu davrda Risola-i Nurda tayanch nuqtasi bo’ladigan avomi mo’miniynlar qattiq muhtoj bo’lgan va Nurda topgan shunday haqiqatki, hech narsaga vosita bo’lmaydigan ve hech qanday g’araz va maqsad ichiga kirmay va hech qanday shubha va vasvasaga o’rin qoldirmaydigan va uni hech qanday dushman bahona topib obro’sizlantira olmaydi va faqat haq va haqiqat uchun unga xizmat qiladiganlar chiqadi, uzoqdagi ahli iymon u haqiqatga va sodiq noshirlariga to’liq ishonib iymonlarini zindiqlar va dinsizlarning dinga qarshi dahshatli faylasuflarning e'tirozidan va inkoridan qutqarish uchun dunyo maqsadlari unga aralashmaydi.

Ha, ahli iymon hol tili bilan aytadiki: Modomiki bu haqiqatni bunchalik qattiq dushmanlari obro’sizlantira olmagan va e'tiroz qila olmayotgan ekan, shogirdlari uning xizmatiga haqdan boshqa hech qanday maqsadi yoq ekan, albatta u haqiqat ayni haq va asl haqiqatdir deb ming burhonchalik dalil o’rnida iymonini quvvatlaydi va qutqaradi. Va "Islomiyatda biror haqiqatsizlik bormi" deb boshqa ikkilanmaydi.

Ikki safardan beri himmati uzun, qo’li kalta Abdurrahmon Salohiddin, "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor"ning bir qismini Jome'ul Azharga jo’natishni istabdi, aksiga olib kerakli va ahamiyatli joyga ba'zi sabablarga binoan ketmabdi.

اَلْخَيْرُ فِى مَا اخْتَارَهُ اللّٰهُ

qoidasiga asoslanib, balki ikki nusxani tekshirmaganim va tahrir qilmaganim uchun, qalbimga hamma narsani ikir-chikirigacha tadqiq qiladigan ulamolar hay'atiga, tahrir qilingandan so’ng, "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" bilan birga jo’natish munosib degan narsa keldi. Balki ahamiyatli va ulamolar e'tiroz qilishi mumkin bo’lgan sahvlar bordir. Shuning uchun Salohiddin ushbu ikki risolani menga jo’natsin, men qarayman. Keyin inshaalloh ham to’liq "Zulfiqor"ni ham "Asoy-i Muso" bilan yana "Tilsim Majmuasi" bilan ahamiyatli bayonnoma bilan birga jo’natamiz.

Ustozlarimdan biri hisoblangan Mavlono Jaloliddin Rumiyning (Q.S.) mansublaridan ekani anglashilgan dorixonachi Hoji Abdulatifning maktubidan aniqlandiki, bilib, to’liq taqdir qilib Nurlarga xizmat qiladi. Men zotan, Mavlaviylardan ba'zi qahramonlar chiqishini kutayotgan edim. Inshaalloh biri bu bo’ladi. Unga ko’p salom aytaman. Xususiy maktub yozishga holatim to’g’ri kelmagani uchun og’ir botmasin. Boshda Xo’ja Vahbi Hazratlari, domlalariga va u yerda Sabri, uning o’g’illari va Nur shogirdlariga ko’p salom aytamiz, duolarini kutamiz.

* * *

Sizga hayotimda vafotdan keyin qo’lingizga tushadigan ma'naviy mulkimni va huquqimni berishga va مُوتُوا قَبْلَ اَنْ تَمُوتُوا sirriga binoan, o’limdan avval sizni amalda voris qilishga doir Nur shogirdi "Buning hikmati nima? Sizni oramizda yana ko’p vaqt ko’rishni istaymiz. Inshaalloh shunday qolasiz", deb so’radi.

Men javoban: Agar mulkim vafotdan keyin ushbu haqiqiy va haqiqatli vorislarning qo’liga tushsa, dunyo moli kabi bir daraja taqsimlanadi, darajasiga ko’ra har biri uning bir qismiga haqiqiy molik bo’ladi, hammasiga ega bo’la olmaydi. Lekin o’limdan avval vorislarga berilsa, uxroviy mollar kabi har biri u molga, u nur chirog’iga darajasiga ko’ra molik hisoblanadi, har biri kichik Said bo’ladi, bir navbatchi o’rniga minglar navbatchilar bo’ladi. Saidning irsiyatiga faqat mingdan bir hissaga ega bo’lgan Nurchi bo’la olmaydi, balki to’liq yosh Said bo’ladi. Maslan u mulk, Nuriy mollar farazan xazinachalik bo’lsa, minglab Nurchilarga berishda, taqsimlashda yigirmattadan, yuztadan oltin tushishi mumkin, lekin ularga vafot etmasdan berish, bir azim sirga binoan har biriga iste'dodiga ko’ra xoslarga birdan bir million tushadi. Bu sirning bir siri bor, hozir izohlay olmayman.

U shogird yana, "U buyuk mulkni hammasini birdan olishga har bir xos shogirdning sizdek hayotini va bor tinchligini fido qila oladimi?" dedi. Men javoban, "Inshaalloh birdamlikning azim sirri bilan (uch alifni birlashtirganda bir yuz o’n bir quvvatida bo’lganini ko’rsatganidek) xos shogirdlarning o’rtasidagi haqiqiy birdamlik bergan quvvat, mendek bir bechoraning sizningcha favqulotda taxmin qilingan fidokorligidan kam bo’lmaydi inshaalloh." dedim.

* * *

Sav Madrasa-i Nuriyasi qahramonlaridan Mahmud Chovush men uchun yozgan "Zulfiqor"ni Ichki Ishlar Mudirining qo’lida ko’rib, "Bu meniki, bering", debdi. Mudir javoban, "Menga yoqdi, bir-ikki hafta o’qiyman", debdi. U esa, "Sizda qolsin", debdi. Agar munosib deb bilsangiz, men tomonimdan u Ichki Ishlar Mudiriga va olgan komisarga, "Said sizga salom aytib, mening xattim chiroyli bo’lgani uchun, u kishi men uchun yozgan", deb ayting.

Men Ispartani tuprog’i, toshi, butun aholisi bilan muborak deb bilganim uchun, u yerdagi hukumatga, xususan zobitlariga jiddiy do’st nazari bilan qarayman. Xususan ko’p tajribalar bilan, uch viloyat zobitlarining e'tirofi va uch viloyat mahkamasi bir ovozdan oqlashga hukm qilishi va uch ilmiy jamiyat va ekspertlarning tahsin va maqtovlari bilan aniqlanganki - Risola-i Nur qismlari va shogirdlari Ichki Ishlar Mudiri va zobitlarning vazifasi hisoblangan osoyishtalikni saqlash, boshqaruv, tartibni nazorat qilish, axloqsizlikka qarshi komisarlardan ko’ra ko’proq sarkashlarni bo’ysundirish va osoyishtalikni ta'minlashda, ma'naviy va ta'sirli ma'naviy tartibni saqlash xodimlaridir. Shuning uchun zobitlar, Ichki Ishlar Mudiri vahima bilan emas, kamoli taqdir bilan qarashi kerak. Chunki "Zulfiqor" haqida, "Juda chiroyli, yaxshi ko’rdim, oqiyman... yoqdi." degan. Nima bo’lganda ham... Siz yana nimani munosib ko’rsangiz, o’shanday qiling.

Yana Ichki Ishlar Mudiriga, "Qardoshingiz Said aytyaptiki: Agar "Zulfiqor" to’liq yoqqan bo’lsa, u meniki, unga hadya qilaman. Yana unga o’xshagan muhim "Asoy-i Muso"ni ham hadya qilaman", deb ayting.

Dengizli va Tavasdan kelgan chiroyli maktubga xusuiy javob berishga qat'iyyan vaqtim yo’q va holatim to’g’ri kelmagani uchun xususiy javob bermaganimga jahllari chiqmasin. Chaqir Yusufning maktubidan to’liq jiddiyligi va tom Hasan Fayzining bir vorisi ekanini ko’rsatyapti.

* * *

Qardoshimiz va Nurning qo’mondonlaridan Isparta Xulusiyi Ra'fat Beyning to’qqiz yoshli muborak ma'sumining (bu darajada) Risola-i Nurdan "Birinchi So’z"ni yozishi ko’rsatadiki, muborak Husni, Safranboluning o’n bir yoshli Husnisi kabi yana ma'sumlardan kichkina bir qahramoni bo’lishga nomzoddir. Janobi Haq uni Nurlarga bag’ishlasin va muvaffaq aylasin, omin. Inshaalloh, yozgan nusxasini oxirigacha tahrir qilib jo’nataman.

* * *

ESKI ICHKI ISHLAR VAZIRI, HOZIRGI PARTIYA UMUMIY KOTIBI HILMI BEY!

Avvalo: Yigirma yil davomida Ichki Ishlar Vaziri bo’lgan paytingiz sizga bir dona ariza yozdim. Lekin yigirma yillik qoidamni buzmadim, bermadim. Yana eski Ichki Ishlar Vaziri, ham hozir umumiy kotib mansabida bo’lganingiz uchun gaplashaman. Yigirma yil hukumat bilan gaplashmagan, bir marta hukumat hisobiga hukumatning katta mansabdori bilan gaplashgan odam, o’n soat gapirsa, yana kam. Shuning uchun gapirishimga bir-ikki soat ruxsat bering.

Ikkinchidan: Hozir partiyaning umumiy kotibi bo’lganingiz uchun sizga bir haqiqatni bayon qilishga o’zimni majbur deb bilaman. U quyidagicha:

Siz umumiy kotibi bo’lganingiz Halq Firqasining millat oldida o’ta ahamiyatli vazifasi bor:

Ming yildan beri Islom olamini qahramonligi bilan xursand qilgan,

Islom birligini muhofaza qilgan

Bashariyat olamini mutlaq kufr va zalolatdfan shonli qutulishiga katta sabab bo’lgan turk millati va turklashganlarning din qardoshlari, agar hozir eski davrdagidek qahramonlarcha Qur'onga va iymon haqiqatlariga sohib chiqmasangiz

Sizlardek hamiyatlilar, eski vaqtlar yanglishib va dinning zarariga madaniyat targ’iboti o’rniga to’g’ridan to’g’ri Qur'on va iymon haqiqatlarini rivojlantirishga harakat qilmasangiz

Sizga qat'iyan xabar beraman va qat'iy hujjatlar bilan isbot qilamanki, Islom olamining muhabbat va birodarligi o’rniga dahshatli nafrat va qahramon qardoshi va qo’mondoni bo’lgan turk millatiga adolat va hozir Islom olamini yo’q qilishga urinayotgan mutlaq kufr ostidagi anarxistlikka mag’lub bo’lib,

Islom olamining qal'asi va shonli qo’shini bo’lgan turk millatining parcha-parcha bo’lishiga sherik bo’lasiz va

Shimoliy sharqdan chiqqan dahshatli ajdarhoning istilo etishiga sabab bo’ladi.

Ha, xorijda ikki dahshatli jarayonga qarshi bu qahramon millat, Qur'on kuchi bilan tayana oladi. Mutlaq kufrni, mutlaq istibdodni, mutlaq harom kayf safoni va nomuslilarning boyligini yaramaslarga halol qilish vositasida dahshatli kuch bilan kelgan jarayonni to’xtatadigan narsa, faqatgina Islomiyat haqiqati bilan qorishgan, birlashgan va moziydagi butun sharafini Islomiyat bilan topgan bu millat tayana oladi. Bu millatnining hamiyatparvar va millatparvarlari hamma narsadan avval bu birlashgan, singigan jon tomiri hukmida bo’lgan Qur'on haqiqatlarini madaniyat tarbiyasini o’rnida asos qilmoq va harakat dasturi qilish bilan u jarayonni to’xtatadi inshaalloh.

Ikkinchi jarayon: Islom olamidagi mustamlaka bo’lgan davlatlarni xayrixoh qilish va to’liq qaram qilish uchun bu vatandagi kuchli Islom markazini dinsizlikda ayblab buzish va Islom olamining bog’ini ma'nan uzish va birodarligini bu millatga adovatga aylantirish rejasi bilan hozirgacha bir daraja muvaffaq ham bo’ldi. Agar istibdodchilarning aqli joyida bo’lsa, ushbu dahshatli rejani o’zgartirib xorijdagi Islom olami boshini silaganidek, bu markazdagi Islomiyat dinini erkalatsa, ham u ko’p foydalanadi, ham azim futuhotini bir darajada muhofaza qiladi, ham bu vatan va millat dahshatli balodan qutuladi.

Agar siz umumiy kotib bo’lgan hamiyatparvar, millatparvar odamlar hozirgacha jarayon etgan va madaniyat hisobiga muqaddas narsalarni oyoq osti qilgan usullarni muhofaza qilishga harakat qilib, uch-to’rt shaxsning inqilob deb nomlagan ishlarini asos olib mavjud hasanalarni va inqilob yaxshiliklarini ulardan deb, mavjud dahshatli kamchiliklari xalqqa yuklansa, uch-to’rt kishining yomonligi uch-to’rt million yomonlik hisoblanib, bu qahramon va dindor millatni va Islom qo’shini bo’lgan turk millatining o’tgan asrlardagi milliardlab marhum sharafli qo’shinlariga va millionlab shahidlariga va millatiga katta muxolafat va ruhlariga ma'naviy azob va sharafsizlik bo’lish bilan birga, u uch-to’rt inqilobchi odamning juda oz hissasi bo’lgan va millat va qo’shinning kuch va himmati bilan yuzaga kelgan hasanalari ularga oid qilinsa, uch-to’rt million yaxshiliklar, uch-to’rt hasana bilan cheklanib kichrayadi, yo’qqa chiqadi, keyin esa dahshatli kamchiliklarga kafforot bo’la olmaydi.

Uchinchidan: Sizga qarshi albatta ko’p tomonlama ichki va tashqi dushmanlar bor. Men dunyo va siyosatni kuzatmaganim uchun bilmayman. Lekin menga bu yil ko’p bosim o’tkazishgani uchun, majburan sababiga qarasam, sizga qarshi bir dushman chiqibdi. Agar u dushman mukammal bir rais topib iymon haqiqati nomiga chiqsa edi, birdan sizni mag’lub qilgan bo’lar edi. Chunki bu millatning yuzda to’qsoni ming yildan beri Islom an'anasi bilan, ruh va qalb bilan bog’langan. Zohiran buyruqqa muxolif fe'lli sababli boshini egsada, qalban bog’lanmaydi.

Yana bir musulmon boshqa millatlarga o’xshamaydi. Agar dinini tashlasa, anarxist bo’ladi, hech qanday qonunga bo’sunmaydi, mutlaq istibdoddan, mutlaq poradan boshqa hech qanday tarbiya va tadbir bilan boshqarib bo’lmaydi. Bu haqiqatning ko’p hujjatlari, ko’p misollari bor. Qisqa qilib, sizning zakovatingizga havola qilaman.

Bu asrning Qur'onga qattiq ehtiyojini his qilib, siz Shvetsiya, Norvegiya va Finlandiyadan orqada qolmasligingiz shart. Balki sizning vazifangiz, ular va ularga o’xshaganlarga rahbar bo’lishdir. Siz hozirgacha kelgan inqilob kamchiliklarini uch-to’rt odamdan deb bilib, umumiy harb va boshqa inqiloblar majburlovi bilan qilingan buzg’unchiliklarni (xususan diniy an'ana haqida) ta'mirlashga harakat qilsangiz ham, sizga kelajakda juda katta sharaf va oxiratda buyuk kamchiliklaringizga kafforot bo’lib, ham vatan va millatga xizmat qilib millatparvar, hamiyatparvar degan nomga loyiq bo’lasiz.

To’rtinchidan:

Modomiki o’limni o’ldirishning iloji yo’q va qabr eshigi yopilmas ekan,

modomiki siz ham hamma kabi qabr sari ketayotgan ekansiz,

modomiki qat'iy o’lim zalolatdagilar uchun abadiy qatl ekan, yuz ming hamiyatchilik, dunyoparastlik va siyosatchilik uni o’zgartira olmas ekan,

modomiki Qur'on o’sha abadiy qatlni ahli iymon uchun hayot vazifasidan bo’shatilish hujjatiga aylantirganini quyoshdek isbot qilgan Risola-i Nur qo’lingizga tushgan ekan,

yigirma yildan beri hech bir faylasuf, hech bir dinsiz unga qarshi chiqa olmayotgan ekan,

aksincha diqqat qilib o’qigan faylasuflarni iymonga keltirayotgan ekan,

o’n ikki yil ichida to’rt katta mahkamalaringiz va faylasuf, olimlardan tashkil topgan ekspertlar guruhingiz Risola-i Nurni tahsin, tasdiq va taqdir qilib, iymon haqidagi hujjatlariga e'tiroz qila olishmagan,

bu millat va vatanga hech qanday zarari yo’qligi bilan birga hujum qilgan dahshatli jarayonlarga qarshi sadd-i Zulqarnayn kabi sadd-i Qur'on ekaniga, turk millatidan, xususan maktab ko’rgan yoshlardan yuz ming guvoh ko’rsata olaman,

albatta mening sizga aytgan ushbu fikrimni e'tiborga olish muhim vazifangiz hisoblanadi.

Siz ko’p dunyoviy diplomatlarni har doim tinglaysiz, bir oz oxirat hisobiga gapirgan mendek qabr eshigida vatandoshlarning holiga yig’lagan bir bechorani ham tinglashingiz kerak.

Kichik hoshiya:

Hilmi Bey! Omadlisiz. Qamoqda va bu yerda ekanligimda men haqimda sizni marhamatsiz ko’rdim. Qachon g’azablansam badduoni niyat qildim. Hilbi Bey nomli bir qardoshim va Nurning xos bir shogirdini har doim xayrli duoimda ismi bilan zikr qilganim uchun, sizga badduoni niyat qilgan ekanman, ushbu xayrli duoga erishgan Hilmi Bey ismi xuddiki shafoatchi bo’ldi, meni man qildi. Men ham u niyatdan voz kechdim. Siz meni azoblagan mansabdorlardan kelgan aziyatga chidab badduodan voz kechdim. Ko’p marta hayrat qilar edim. Menga buncha sababsiz azob qilish bilan birga sizga g’azab qilar edim. Demak oxiri siz bilan do’st bo’lamiz degan avvaldan sezish hissi bilan qalbga keldi.

Bu ariza yigirma yildan beri umuman murojaat qilmagan bo’lsamda, g’azablangan paytim bir matra meni azoblagan Ichki Ishlar Vaziri Hilmi Beyga xitoban yozilgan, ma'lumot uchun Afyon Ishki Ishlar Mudiriga jo’natildi. Ma'nosiz, keraksiz to’rt-besh marta meni qiynashdi. "Sening yozuving bunday emas, kim yozib berdi?" deb meni rasman uchastka noziri xonasiga chaqirishdi. Men ularga: "Bundaylarga murojaat qilinmaydi, yigirma yillik sukutim haqli ekan!" dedim.

Ey Amirtog’ hukumati va zobitlari! Bu murojaatni bir yil avval yozgan edim. Lekin bermadim, saqlab qo’ydim. Hozir meni xususiy yashash joyimda besh jihatdan qonunsiz, bir xizmatchidan man qilib va bostirib kirishlari dunyoda ko’rilmagan mutlaq istibsdod ostida saqlashyapti. Qonun nomi bilan qonunsizlik qilganlarni insofga kelish fikri bilan izhor qilyapman.

ICHKI ISHLAR VAZIRIGA MUROJAATDAN BIR QISM

.........

Hech qachon va yer yuzida tengi ko’rilmagan zulmga va o’n jihatdan qonunsiz zulm va tazyiqqa nishon bo’ldim. U quyidagicha:

Shiddatli suiqasd belgisi sifatida zaharlanmay, xasta

ham o’ta zaif, yetmish bir yoshli keksa

ham kimsasiz, achinadigan g’urbatda

ham palto, ichki jemfer va oyoq kiyimini sotib tirikchiligini ta'minlagan faqir hol

ham yetmish besh yil yakka g’urbatda bo’lgani uchun, mingdan faqat bitta sodiq odam bilan gaplasha olgan bir mardumgiriz, qo’rqadigan

ham yigirma yil hayotini va asarlarini uch mahkama va Anqara ekspertlar guruhi ikir- chikirigacha tekshirgandan keyin bir ovozdan oqlanishiga va asarlari vatanga, millatga zararsiz deb, manfaatli bo’lishiga qaror qilingan bir ma'sum

ham eski umumiy harbda ahamiyatli xizmat qilgan vatan avlodi

ham hozir bu millatni, bu vatanni anarxistlikdan va ajnabiy fasodlaridan qutqarish uchun maydondagi ta'sirli asarlari bilan butun quvvati bilan harakat qilgan hamiyatparvar

mahkamada yetmish shahid bilan isbotlangandek, yetmish besh yilda bir gazetani ham o’qimagan, qiziqmagan

yetti yil umumiy harbni kuzatmagan, so’ramagan, bilmagan

asarlarida kuchli dalillar bilan siyosatdan batamom aloqasini uzganini isbotlagan

dunyoingizga aralshmaganini adliyalaringiz rasman e'tiroz etgan zararsiz odam

ham oxiratiga va ixlosiga zarar kelmasligi uchun odamlar e'tiboridan qattiq qochgan

qardoshlarining u haqidagi husni zonlaridan va madhlaridan chekingan, xushlanmagan bu bechora Saidga boshda Ichki Ishlar Vaziri bo’lgan sen Afyon Hokimini va Amirtog’ zobitlari orqali azoblab, har kuni bir oy yakka qamoq azobini chektirish

ajratib qo’yilib o’z boshi bilan yakka qamoqda turishiga majburlashga qanday foyda majbur qiladi?

Qaysi qonun bu dahshatli zulmga ruxsat beradi deb, umumiy huquqni muhofaza etgan adliyaning yuksak doirasi vositasida Ichki Ishlar Vaziriga bayon qilaman.

Zulman butun madaniyat va insoniylik huquqidan va yashash haqqidan mahrum qilingan

Said Nursiy

* * *

So’ngi kunlarda Ustozimizning yoniga ahamiyatli ikki polkovnik (ikkalasi ham jandarma qo’mondonlaridan), biri ahamiyali deputat (partiya ekspertlaridan), Ustozning yoniga kelishdi. Uzun suhbatdan keyin, uchchalovi ham to’liq taslimiyat bilan, Ustozga do’st bo’lishga qaror qilishdi. Bittasi hozirdan Risola-i Nur talabasi bo’lgan. U deputat (umumiy ekspert) Eski Saidning dosti ekan. Ketgandan keyin bu kishi orqali eski Ichki Ishlar Vaziri va hozir partiyaning umumiy kotibi bo’lgan Hilmi Bey, xususan alohida Ustozning ziyoratiga keladi va do’stona gaplashishini xabar oldik. Shuning uchun Ustoz sizga jo’natgan nusxani aynan u kishining qo’liga berishni, u mavzuda gaplashish uchun qalamga olindi. Ustoz bizga u kelmay ma'lumot uchun sizga jo’natishga ruxsat berdi.

Yana Ra'fat Beyning muborak o’g’li Husnuning kichik risolasining oxiriga duosini yozdi, uni ham qo’shimcha qilib jo’natyapmiz. Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, ham Nurchi ham jiddiy do’st, ham dindor tuman hokimi endi bu yerga hokim bo’libdi. Eskida sizga jo’natilgan "Ichki Ishlar Vaziriga murojaatnoma" nomli bo’limni ham jo’natyapmiz. Ustoz uni ham unga oq’iydilar.

* * *

Qahramon Nazifning va Yoqub Jamolning shimoliy-g’arbda uch davlatning Qur'onni qabul qilishi "Zulfiqor"ning tarqalishiga muvofiq kelishi, va o’tgan yil, "Zulfiqor" chiqsa, ichkari va tashqarida buyuk futuhotga sabab bo’ladi degan gapini tasdiqlashi buyuk yaxshi ishoratdir, deb biz ham u ikki qardoshimizning fikriga qo’shilamiz. Ushbu bo’ronli va ilhodli asrda biri yashirin Olmon, uchi oshkor davlatlarning, insoniyatning bu asrda Qur'onga qattiq ehtiyojini his qilishi va amalda qabul qilishi buyuk bir Qur'oniy hodisadir. Nafaqat uch davlat, balki faqat o’n mashhur odam, o’n faylasuf ham (birdan) uzoq mamlakatlarda Qur'onni tasdiqlashi, bizga va Islom olamiga buyuk xushxabar va avom ahli iymonga buyuk ma'naviy quvvat ta'minlaydi.

* * *

Risola-i Nurning "Yigirma To’qqizinchi Maktub"ida "Hujumot-i Sitta", uning "Zayl"i, "Ishorat-i Sab'a" va "Talvihot-i Tis'a" kabi risolalarning Qur'oniy ramzlar va Nuriy tavofuqotlar aralash bo’lishining hikmati, mahkama va ekspertlarni mot qilishiga va bizni ularga mas'ul qilishiga vasila bo’lish edi. Go’yo ramzlar u chuqur nozik masalalar, hol tili bilan ularga: "Insof qiling, Qur'onning bu daraja sirlari uchun ishlaganlarga aralashmang!" debdi. Hozir esa aralash vaziyati umuman munosib emas. Chunki ramzlar va muvofiqliklarga yigirmatadan faqat bittasi muhtoj bo’ladi, tushunadi. Ichidagi boshqa risolalarga yigirmatadan o’n to’qqizi muhtoj bo’lib tushunadi.

Bu yerdagi Nur shogirdlari aytishyaptiki: "Mo’'jizot-i Qur'on"imizga uch yil Dengizlilik qardoshimiz qarashdi, ular ruxsat berishsin, biz ham uch oy qaraymiz. Yana bu yerdan Istanbulga xabar berib, fotograf bilan "Hizb-i Nuriya", "Hizb-i Qur'oniya" kabi chop qilishga harakat qilamiz."

* * *

Istanbuldagi Amerika elchisi vositasida Amerikadagi musulmon hay'atiga "Zulfiqor"ni va bir "Asoy-i Muso"ni jo’natishni istagan do’stimiz va qardoshimizga aytingki: Elchilarning kallasi siyosat bilan mashg’ul bo’lgani uchun va Risola-i Nur siyosatga aloqasi bo’lmagani uchun, siyosiy kalla qadrini tez bilmaydi. Risola-i Nur mijozlarni qidirmaydi, mijozlar uni qidirishi, yolvorishi kerak. Amerika bu yerning eng kichik hodisasini ham qiziqib kuzatadi. Bu yerning buyuk bir hodisasi bo’lgan Risola-i Nurni albatta qidiradi. Bundan keyin har masalamizda amr Risola-i Nurning ma'naviy shaxsini ko’rsatgan xos shogirdlari va sizlarnikidir. Mening ham hozir bir ra'yim bor.

Umum qardoshlarimizga minglar salom va salomatlariga duo qilgan va duolarini istagan qardoshingiz...

* * *

Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamizki, Madrasatu-z Zahroning arkonlari, haqiqiy birdamlik va qaytmas ittifoq karomati bilan, barcha qiyinchiliklarga va monelarga g’alaba qilib, Nurning olmos "Zulfiqor"larini va g’aroyib mo’jizotli hujjatlarini muhtoj bo’lganlarga yetkazishga muvaffaq bo’lishyapti. Bu natijadan chekkan zahmatlarimiz ming daraja ko’p bo’lsa ham, arzon tushadi, ahamiyati yo’q.

Qardoshimiz Ra'fatning maktubida Munavvara, Nazmiya, Saim nomli uch ma'sumlarning uch oyda alifdan boshlab Qur'on-i Hakimni xatm qilishga muvaffaq bo’lishgani uchun va Qur'on darsi bilan birga Nur haqiqatlarini va iymon haqiqatlarini ma'sumcha, mushtoq holda tinglaganlari uchun ularni, ustozlarini, ota-onalarini tabriklaymiz. Munavvara va Nazmiya, Abdulboqiy va Mahmud Jalolning Nur xizmatida chala qolgan vazifalarni inshaalloh to’ldiradilar.

* * *

Biz va Risola-i Nurni juda minnatdor qilgan qahramon Burhonning maktubida yozilgan xastaga Janobi Haq shifo bersin va qardoshimiz Zakoiyning vafot etgan volidasiga ko’p rahmat aylasin, omin.

Nurning arkonlaridan va domlalarning yuzini oq qilgan Nurning stansiyasi Sabrining maktubida marhum Hofiz Ali, Hasan Fayzi va ularga ergashgan va vazifalarini qilgan Ahmad Fuadning keksa va vazifasi bitayotgan bu bechora ustozlari o’rniga umrini fido qilish, uning o’rniga tez barzohga ketgan, Sabri qardoshimiz ham to’rtinchi bo’lib va umrini kerak bo’lsa menga berish, nafs va qalbini qondirib menga yozyapti. Men juda eski, qaytmas va Nurlar uchun hayoti juda foydali qardoshimizga minglar barakalloh deb, menga bergan umrini qabul qilib (unga aynan Ahmad Fuad kabi) u qolgan ikki umrini ikki qardoshimga va ikki yangi Saidga omonat berib mening o’rnimga iymon va Nuriy xizmatda ishlasinlar.

Uning maktubida Barla madrasa-i Nuriyaning bosh kotibi Shomli Hofiz Tavfiqning dars halqasida Siddiq Sulaymonning o’g’li Yusuf va marhum Mustafo Chovushning va Ahmadning o’g’illari kabi Qur'on darsi bilan Qur'on yozuvini va Nurlarni o’rganishi, Xulusiy va Hofiz Haqqining Nurlarni shavq bilan yozishlari Barlaga mening umidimni quvvatladilar va to’liq xotirjamlik va sevinch berishdi. Janobi Haq muvaffaq aylasin, omin. Tavfiqqa tavfiqni rafiq aylasin, omin!

Sabrining maktubi ichida, men Barladaligimda menga ko’p xizmat qilgan va ko’p marta esimga kelgan Siddiq Sulaymonning jiyani Husaynning maktubi meni juda sevintirdi. Yana u haqidagi xavotirimni ketkazdi. Mashaalloh, to’liq Siddiq Sulaymonning mohiyatida eski aloqadorligini muhofaza qilyapti.

Yana Sabrining maktubi bilan birga Eg’irdir Jiyra qishlog’i Risola-i Nur talabalaridan Shukru, Sulaymon, Usmon Chovushning Nurlarga nisbatan samimiy va jiddiy aloqalarini ko’rsatgan maktublariga "Barakalloh, Janobi Haq sizlarni muvaffaq etsin", deymiz.

Kastamonuninh Xusravi va Rushdusi bo’lgan Mahmud Fayzi va Amin mening Kastamonuda qolgan bir muncha risolalarni jo’natgan omonatlarini oldim. Sizga jo’natgan "Asoy-i Muso"ning lug’atnomasini xasta bo’lsada, juda chiroyli va olimona yozgan, lug’atnomaning boshida chiroyli fikr yozib jo’natgan va alohida maktub yozgan Risola-i Nurning bosh kotibi Mahmud Fayzining u yerda ko’p qiyinchilik va monelarga qaramay g’aroyib sadoqatini va Nurlarga yuksak aloqasini, iymonga bir necha jihatda metin xizmat qilayotganini ko’rsatadi. Kichik Xusrav bo’lganidek, tom bir Hasan Fayzidir.

Lekin men u yerdaligimda juda ahamiyatli va eski mansabdorlardan xudbin so’fiy kishi va o’ta muhim ma'lumotli, dunyo bilan ko’p aloqador va siyosiy tijoratchi domla, menga aralashmagani uchun, men ham ularni Nur doirasiga kiritishga urinmadim, ularga ham aralashmadim. Hozir Mahmud Fayzi Kastamonuni ularning nufuzidan qutqarib Dengizli kabi muvaffaq bo’la olmayapti. Bu qishloqlarda Hilmi, Sodiq va Ahmad Qurayshiy kabi Nurning qahramonlari bo’lgani uchun, Fayzining xizmati bir daraja xususiy bo’lib qolyapti. Inshaalloh vaqti kelib to’liq muvaffaq bo’ladilar.

Kastamonuning Zahrolari, Hojarlari, Lutfiyalari, Ulviyalari, Najmiyalari boshqa sohada (ayollar olamida) Nur xizmatida do’stlik qilishyapti.

Fayzining maktibida Risola-i Nur shogirdlarining tashabbusi bilan rasmiy Qur'on maktabi ochilib, eng avval Nurning ma'sumlari, xususan maktabga eng birinchi Aminning o’gillari kirib, Qur'onni birinchilardan xatm qilib qisman yodlashni boshlaganlari uchun ularni, otalarini va u yerdagi shogirdlarni tabriklaymiz va ma'sumlarga minglar barakalloh deymiz.

Nurning xizmati uchun bu yerga ikki marta kelgan qiymatli singlimiz Zahroning Madrasatu-z Zahroning qog’oz xarajatiga ikki yuz lira berishi, xonimlar qismida ham Xusravlar, Fayzilar, Ahmadlar borligini ko’rsatadi.

Kastamonuda Hofiz Ehsonning imzosi bilan, Nur qahramonlaridan Hilmi Bey va Aminning birgalikda yozgan maktubini oldim. Men ikki eski, qiymatli, qaytmas, metin qardoshlarimga, Ehsonlarga, u yerdagi Nur shogirdlariga ko’p hasrat va ishtiyoqlar bilan salom aytaman. Qamoqda biz bilan birga va bizga u yerda ko’p xizmat qilgan Ehson qayerda, qiziqayapman?

Safranbolu atrofi haqiqatdan Mustafolar, Ahmad Fuad (R.H.), Hifzi (R.H.) va Rahmi kabi g’aroyib sadoqat va aloqadorliklari bilan Kastamonudagi sakkiz yil bizning Nur xizmatimizning yarim qolmaganini va Safranbolu ham porloq madrasa-i Nuriya bo’lishini moddatan isbot qilyapti. Bu safar Mustafo Usmonning maktubida ikki soatga yaqin Qorabuk fabrikalar shahridagi yuzga yaqin yosh va ishchilar ichida Nurlar futuhot qilishini bildirganini ahamiyatli xushxabar deb o’ylaymiz.

Nurning kichik qahramonlaridan Mustafo Sungur va Rahmining chiroyli maktublarida, ularning qishloqlarida Ahmad Fuadning jiddiy g’ayrat bilan dars berishi va Afloniy nohiyasining Barla nohiyasi kabi madrasa-i Nuriya o’rniga o’tganini va u yerning aholisi Nurlarni ishtiyoq bilan tinglashi va yangidan ikki yosh muallim eski yozuv bilan Nurlarga kirishi va bolalarning Qur'on harflarini o’rganishni boshlab Risola-i Nurlarni ham yozishni boshlashi katta yaxshilik alomatidir. Janobi Haq u ma'sumlarni muvaffaq qilsin va ularning ustozlari, ota-onalaridan rozi bo’lsin. Ular duoda ma'sumlar doirasiga kirishdi. Boshda Ahmad Fuad, Mustafo va Rahmi, Afloniy nohiyasini tabriklaymiz.

Nurning kichik qahramonlaridan Mustafo Sungur va Rahmining qisqa vaqtda eski harf bilan Mustafo Sungurning "Meva"ning O’n birinchi Masalasi Xotimasi bilan va Rahmining "Yoshlarga Rahnamo"ni eski harf bilan go’zal, mukammal yozishlari va Kastamonudan kelgan kitoblarim ichida bizga jo’natishlari, haqiqatdan meni yangi jiyanlarim Abdurrahmon va Fuad dunyoga kelgandek xursand qildi.

* * *

Erdem Ho’ja nomli Balikesirda muhojir va Jaloliddin Rumiyga mansublardan, yigirma yilga yaqin qishloqda domlalik va bolalarga Qur'on o’qitish bilan mashg’ul bo’lgan, hozir ham Balikesir va Qirqog’och atrofida Risola-i Nurga xizmat qilgan va uzun maktublari bilan qo’rqoq domlalarni Nurlarga da'vat qilgan va jasorat bergan, "Balikesir, Qirqog’och atrofi Nur shogirdlari nomiga Sandiqli Alamasjid qishlog’i imomi Ibrohim Adham" imzosi bilan yozgan maktubida, juda ahamiyatli, chiroyli fikrlari va qo’rqoq domlalarga ta'zirlari bor. U kishini jiddan tabriklayman. Janobi Haq muvaffaq aylasin. Ham unga, ham maktubida ismlari bo’lgan yangi va ko’p Nurchilarga salom aytaman. Uning uzun maktubini, xastaligim tufayli tahrir qilib, to’g’rilay olmadim. Men haqimda juda ko’p maqtovlarini yo olib tashlash yoki to’g’rilash kerak. "Ilova"ga kiritishga nusxasini sizga jo’natyapman. Inshaalloh Hasan Fayzi, Ahmad Fuad, muallimlarni Nurlarga yo’naltirishganidek, bu g’ayratli qardoshimiz ham domlalarni Nurlarga yo’naltiradi.

Dengizli mehmonxonasida bo’lganimda, menga o’g’li bilan ora-sira non, o’choq yoqish ishlarida xizmat qilgan va Tohir Chovush orqali menga jo’natgan novvoy Mustafoga ham salom aytaman.

Hammaga minglar salom aytib salomatliklariga duo qilamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

[So’ralgan moddiy va ma'naviy savol munosabati bilan xotiramga kelgan bir javob.]

So’ralyaptiki:

Nima uchun nur shogirdlarining kuchli husni zonlari va qat'iy fikrlari sizning Nurlarga shavqlari ortishiga sabab bo’lgan maqom va komillikni shaxsingizga qabul qilmayapsiz? Faqat Risola-i Nurga ta'alluqli qilib, o’zingizni kamchiligi ko’p bir xodim deb ko’rsatyapsiz?

Javob: Hadsiz hamd va shukr bo’lsinki, Risola-i Nurning shunday kuchli va metin tayanch nuqtalari va shunday porloq va keskin hujjatlari borki shaxsimdan deb bilingan ustunlikka, iste'dodga ehtiyoji yo’q. Boshqa asarlar kabi muallifining qobiliyatiga qarab, qabul qilinishni va kuchni undan olmaydi. Mana o’rtada yigirma yildan beri qat'iy hujjatlariga tayanib, shaxsimning moddiy va ma'naviy dushmanlarini taslim bo’lishga majbur qilyapti. Agar shaxsiyatim unga ahamiyatli tayanch nuqtasi bo’lganda edi, dinsiz dushmanlar va insofsiz qarshi chiqqanlar kamchiligi bo’lgan shaxsimni obro’sizlantirib Nurlaga katta zarba urgan bo’lishar edi. Holbuki u dushmanlar telbaliklari sababli yana har qanday hiylalar bilan meni obro’sizlantirishga va omma e'tiborini qoldirishga urinishayotgan bo’lsada, Nurlarning futuhotiga va qiymatiga zarar qila olmayaptilar. Faqat ba'zi zaif va yangi ishtiyoqmandlarni ikkilantirishyapti, lekin voz kechira olmayaptilar.

Usbhu haqiqat uchun ham, bu davrda "men"lik qattiq hukm qilgani uchun, haddimdan juda ortiq husni zonlarni o’zimga olmayman. Men qardoshlarim kabi o’z nafsimga husni zon qilmayman. Yana qardoshlarimning bu bechora qardoshlariga bergan uxroviy maqom haqiqiy, diniy maqom bo’lsa, "Maktubot"da Ikkinchi Maktubning oxiridagi qoidaga asosan, "Shaxsimga bergan ma'naviy hadya - komillikni, Xudo ko’rsatmasin, agar o’zimni oshanday deb bilsam, unday emasligiga dalil bo’ladi, unday deb bilmasam, ularning hadyasini qabul qilmaslik kerak bo’ladi." Yana o’zini maqom sohibi deb bilganda anoniyat-"men"lik aralashadi.

Yana bir narsa qoldi. Dunyo jihatida iymon haqiqatlarining nashrida vazifador bo’lgan odam, maqom sohibi bo’lsa, yaxshiroq ta'sir qiladi deyish mumkin. Bunda esa ikki mone bor:

Birinchisi: Faraz qilaylik, valiylik bo’lsa ham bilib, istab maqomga erishish, valiylik mohiyatidagi ixlos va kamtarinlikka teskaridir. Nubuvvatning vorislari bo’lgan Sahobalar kabi izhor va da'vo qila olishmaydi, ularga qiyos qilinmaydi.

Ikkinchi mone: Juda ko’p jihatlardan obro’sizlantirish mumkin bo’lgan, foniy, juz'iy, vaqtincha, kamchilikka ega shaxs sohib bo’lsa, Nurlarga va iymon haqiqatlarining futuhotiga zarar keladi.

Lekin bir nuqta borki, shukr qilish kerak: Siyosatchi dushmanlarim, mazkur haqiqatlarni bilishmagani uchun, sharafli, izzatli Eski Said deb o’ylab, tinmay Nurlar o’rniga mening shaxsimga xiyonat qilib, noqis ko’rsatish bilan mashg’ul bo’lishyapti. Ba'zi mutaassib xudbin domlalarni ham shaxsimga qarshi qo’yishyapti, go’yo Nurlarni so’ndirishga urinishyapti. Holbuki Nurlarni yanada porlatishga vasila bo’lishyapti. Nurlar oddiy shaxsimdan emas, nurlarni Qur'on quyoshining manbaidan olyapti.

* * *

Olamasjid qishlog’i Domlasi Ibrohim Adhamning xolis maktubi bilan, ahamiyatli va Nurning ma'sum shogirdlarining muborak domlaning darsidan to’liq hissa olgan va Nur doirasiga kirgan olti kichkina ma'sumlarning o’z-o’zlari o’ylab domalalariga aytib, olti majmuani qalamlari bilan yozib, bu keksa, xasta Saidga, ma'sum muboraklar har biri umrlaridan bir qismini berishi, haqiqatdan o’ta ha’yratga va maqtovga loyiq Nuriy hodisadir. Men ham ma'sumlarning muborak hadyalarini qabul qilib, yana kichik Saidlarga hadya qilib, mening o’rnimda ishlash uchun bag’ishlayman. Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin. U kichkina Saidlar ma'lumoti: Ibrohim to’qqiz yosh, Mustafo o’n bir yosh, Halil Ibrohim o’n ikki yosh, Amin Yilmaz o’n to’rt yosh, Mahmud o’n bir yosh, Abdulloh o’n ikki yoshda.

Madrasa-i Nuriya qahramonlaridan va u madrasaning muborak ustozi marhum Hoji Hofizning o’g’li va vorisi Hofiz Mahmudning, madrasaning umum shogirdlari nomidan yozgan maktubida "Nur bilan shug’ullanish o’limdan boshqa har qanday baloga, xastaliklarga davo bo’ladi. Dahshatli o’limni ham Jannat eshigi qilib ko’rsatib ahli lymonni hayajon bilan shavqqa keltiradi." degan fikri haqiqat ekaniga juda ko’p hodisalar bor. Ma'sum o’g’li ham qorilikni boshlashi, inshaalloh muvaffaq bo’ladi, bobosi va otasining muborak qorilik unvonlarini doimiy qiladi.

Madrasa-i Nuriyaning olmos qalami qahramonlaridan Mustafo Yulduzning suratan qisqa, ma'nan uzun va qiymatli maktubida madrasa-i Nuriyaning qahramonlariga havola qilingan "G’aybiy Muhr"ni yog’li qog’ozga yozilishini, uch-to’rt hudhudning ma'nan olqishlashi ko’rsatadiki, inshaalloh "G’aybiy Muhr" Nur madrasasida porlab chiqadi va chiroyli futuhot qiladi.

Qahramon Tohiriy jo’natgan qisqa munojot, xatosiz yozilgan. Lekin boshdagi qismning tarjimasi bor. Hozir to’liq tarjima qilishga holatim to’g’ri kelmaydi, boridek yozilsin. Bu qisqa munojot ko’rsatyaptiki, nafs anoniyat-"men"ligi va hayot hissiyotlari risola-i Nurning yozilish vaqtida hukm qilmagan. Nurlarning ixlos va sofligini aynitmagan. Eski umumiy harbda doim shahid bo’lishga muntazir bo’lganim uchun, "Ishoratu-i I'joz" tafsiri to’liq, xolis yozilganidek ushbu munojotdagi robita-i mavtning to’liq kuchli ko’rinishi ham Nurlarning sof va xolis mohiyatda bo’lishiga vasila bo’lgan. Inshaalloh nafsoniy hissiyot aralashmagan.

Nurlarning birinchi madrasasi bo’lgan va men ruhan ko’p aloqador bo’lgan Barlaning ahamiyatli yosh shogirdlaridan, aynan Dengizlidan kelgan Ahmad kabi, bu yerga Mahmud kabi bir Ahmad va Mahmud kelishdi. Eski davrda men qattiq aloqador bo’lgan va menga sakkiz yil sadoqat bilan xizmat qilgan muhojir Hofiz Ahmad, Mustafo Chovush hisobiga, marhum Mustafo Chovushning o’g’li Ahmad marhum otasi hisobiga, sartarosh Mahmud esa qaynotasi marhum Muhojir Hofiz Ahmadning o’rniga, Barladagi Nur shogirdlari nomidan yonimga kelishdi. Haqiqatdan men Barlaga va eski davrga borgandek sevindim. Mashaalloh Barla, birinchi madrasa-i Nuriya ekanini his qilishni boshlabdi. Jiddiy bir uyg’onish, bir aloqadorlik ko’rsatyapti. Hatto eski vaqtlar "O’ninchi So’z"ni chop qilgan Hoji Bakir, mening u yerda yashagan honamni hamma harajatini to’lab, sotishdan man qilibdi. Nur shogirdlarining bir musofirxonasi o’rnida muhofaza qilinsin deb Barlaga xabar jo’natibdi.

Nur stansiyasi qardoshimiz Ho’ja Sabrining eskidan beri u kabi Nurchi rafiqasining va muborak o’g’li Nuriddinning (Yashar) kichik maktubini oldim. Janobi Haq ularga sihhat, ofiyat va saodat ehson aylasin, omin.

Hamma joyda yomg’irga ehtiyoj bo’lgan paytda, istisno holda faqat Amirtoqqa qattiq yomg’ir yog’ishi g’arib holat bo’lib, avval kuzatilmagan findiqdek katta tomchilari ekinlarga juda foydali bo’ldi. Hozir yonimda ikki Nurchi qardoshlar aytishyaptiki: "Ham mo’'jizotli Qur'onning kelishi va Afyondan bir nusxa "Zulfiqor"ning musodara qilinishi munosabati bilan muihim bir hujum kutilayotgan edi. Lekin Ichki Ishlar Mudiri oqib, maqtabdi. Uchtasi ushbu yomg’irga, Ismoil nomli uch muhim xodimning ayni vaqtda Nurlarga to’liq shogird va noshir bo’lishlari vasila bo’ldi.

Chunki hozirgacha ko’p tajribalar bilan Risola-i Nurning ekrin tarqalishi sababli balolarning ko’tarilishi va unga bosim qilinganda, to’xtatilganda balolarning kelishi aniqlangan. Hatto mahkamada isbot etilgan. Bundan anglashiladiki, bu bahor dovulida ikki tashqi, ikki ichki - to’rt jarayon har biri bir maqsad uchun va Nurchilarning shavqiga va sa'y-g’ayratini to’xtatish va yuzlarini dunyoga va siyosatga o’girishni istaganlari uchun, qurg’oqchilik boshladi, inshaalloh yaqinda ko’tariladi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Bir Nur shogirdi odatimga muxolif, bashariyat tarixida umuman misli ko’rilmagan va Lut qavmining boshiga yog’gan samoviy toshlardan ham dahshatli toshlarning dinsizlik hisobiga millionlab ahli iymonni va ma'sumlarni samoviy dinlar va Ilohiy qonunlardan chiqarishga dahshatli vositalar bilan undagan mamlakatga samoviy toshlar bilan ta'zir berishining bir muqaddimasi sifatida rasmiy gazetalar qat'iy xabar bergan samoviy hodisani aytdi. Yigirma besh yil gazetalarning xabarlariga qiziqmadim. Lekin bu toshlar Risola-i Nurning dinsizlarga ma'naviy ta'zirlarini misol sifatida va besh-olti yil avval buni aytgan shogirdga, "Borib, faqatgina o’sha hodisani to’lig’ini o’qi, tekshir." dedim. U borib tekshirib, keldi. "Bu bahorda Rusiyaning Vladivostok o’rmonlarida, osmondan yer yuziga misli ko’rilmagan kattalikda toshlar tushibdi. Eng kattasining uzunligi yigirma besh metr, bo’yi o’n metr ekan. Tushganda atrofidagi daraxtlarni qo’porgan va o’ttiztacha chuqur hosil qilgan. Tekshirilgan parchalarida temir, po’lat va boshqa aralash moddalar aniqlangan.

Rasmiy gazetalar bergan bu xabar, 1360 yil avval Fil surasining mo’'jizona تَرْمِيهِمْ بِحِجَارَةٍ jumlasi bilan, 1359 yil dinni dunyoga almashtirishni asos olgan, bir jihatdan madaniyat hisobiga bashaiyatni yo’ldan chiqargan boshiga Abobil qushlari kabi samoviy tayyoralardan bombalar tushadi va samoviy toshlar yog’dirishga muqaddima bo’ladi, deb xabar beryapti. فِى تَضْلِيلٍ ning hisobi 1360-yilni ko’rsatib, zalolatning jazosi sifatida Lut qavmining boshiga kelgan samoviy toshlarni eslatib, u yildan keyin kelishini xabar berib, tahdid qilyapti. Risola-i Nurning Fil surasi mavzusiga oid bayonlari ichida hoshiyada quyidagi jumla bor: "Ha, bu sura bir ishoriy ma'no bilan bu ta'zirlardan pur shar bashar, shirkdan shukrga qaytmasa va Qur'onga ruxsat bermasa, boshiga maloika qo’li bilan ham samoviy tosh yog’ishini tahdid qilyapti.

Demak bu fikr to’g’ridan-to’g’ri toshlarga ishorat qilayotganiga ikki sabab bor:

Birinchisi: Hozirgacha kelgan samoviy toshlar bir-ikki qarich bo’lib, yigirma besh metr uzunligida va o’n metr kengligida tog’dek toshlar, albatta samovotning dinsizlikka qarshi g’azabining alomatidir. Fil surasi unga mo’'jizona qarashi, uning tafsirining ishorat qilishi haqiqat. U hodisa o’sha xabarga ta'alluqli. Chunki misoli ko’rilmagan.

Ikkinchi belgisi: Butun zamin yuzini va bashariyatni tahdid qilgan dahshatli dinsizlik markazlarida bo’lgan. Dinsizlar buni his qilib, kichik hodisalarni ahamiyat bilan nashr qilib, bir-ikki oydan beri ushbu ajib dahshatli hodisani, qo’lidan kelgancha bo’rttirmaslikka urinishgan.

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim Tohiriy, Sabri, Salohiddin, Mahmud, Mustafo!

Avvalo: Ushbu kelgan uch oylarning hurmatiga va Nur shogirdlarining sadoqat va ixlosi hurmatiga, men haqimda juda ahamiyatli koyish va ta'zirga sabab bo’lgan hodisani ta'mirlashga harakat qilamiz. Bunga jahlingiz chiqmasin. U quyidagicha: Bugun tunda avval ko’rmagan koyish va ta'zir suratida qattiq ma'naviy eslatma bilan aytildiki: "Dunyo, lazzat, kayf safo darajasiga tushmay Nurlardagi ixlos va behojatlikni muhofaza qilishga mukallaf eding. Sening vazifang Nur vositasida bu asrda

يَسْتَحِبُّونَ الْحَيَوةَ الدُّنْيَا sirri bilan dinni dunyoga va bilib turib olmosni shishaga almashtirish kasalligini davolash edi. Yuzlab tajribangiz bilan tushundingki, insonlarning hadyasi, ehsoni, yordamlari senga og’ir kelyapti. Hatto xasta qilyapti. Har kun buning belgisini ko’ryapsan, tajriba qilyapsan. Sen qattiq tayangan va Risola-i Nurning fidokor qahramonlarining yuzini Risola-i Nur xizmati o’rniga o’z istirohating tomonga yo’nalishiga sabab bo’lding... oxirigacha... deb ma'nan aytildi." deb meni qattiq koyidi. Hatto hozir bir ma'naviy ta'zirdan qo’rqyapman. Bu hodisaning yagona chorasi, avtoulovni olganingizni, "Qardoshimiz Said, buni qabul qila olmadi, ma'naviy, daxshatli zararni his qildi." deb, e'lon qilasiz.

Ikkinchisi: Avtoulov hozir Konyalik Sabriga jo’natilishi kerak, u yerga borsin. U rozi bo’lmasa, Madrasatu-z Zahroning arkonlariga borsin. Sabri xavotirlanmasin, uning har oy Nurlarga g’aroyib xizmati, bir avtoulov bahosidan ko’p. Shuning uchun, jahli chiqmasin.

Ikkinchidan: Qat'iyyan bilinglarki, qattiq koyilganimning sababi, istirohatni istab va orzu qilib, avtoulovda aylanishga chiqqan paytimda, shofyor, "Kichik avtoulovlar chiqibdi, ming lira bahoga sotilyapti", dedi. Men orzu qilib, "Koshki shunday kichik avtoulov qo’limizga tushsa, boshqa joydagi Nurchi qardoshlarimni ziyorat qilsam edi", degan edim. Bunga haqiqatda va jiddiy qaror qilgan edim. Bu bir orzu edi. Lekin be yerdagi ikki xos qardoshimiz buni jiddiy qaror deb o’ylab ming emas, to’rt ming lira topishibdi. Bu yerga kelganlarida, yetti soat xursand bo’lib, o’sha orzuni maqbul duo deb o’ylagan edim. Lekin birdan bu kecha ma'naviy e'tiroz qilindi va koyildim. U orzuimning xatosini tushundim. Hech ko’rmagan bunday koyilishning uch sababi bor, boshqa vaqt izohlanadi.

Bu avtoulovni olgan besh qadoshimiz qat'iyyan bilishsinki, nafaqat beshtasi bir avtoulovni sadaqa, ehson va hadya qilishgan, balki menda ma'nan ularning xayrli niyati Risola-i Nur doirasi xizmatida har biri bir avtoulov bahosidek hadya qilgandek qabul qilinganiga ishorat va xulosa bor. Qardsohlarim, modomiki sizning ushbu xolis xizmatingiz haqida bunday maqbullik bor ekan, xafa bo’lmanglar. Meni ham ushbu ma'naviy koyilishdan qutqaring.

Yana mening hayot dasturimga, ham Risola-i Nurning ixlos sirriga kelishi mumkin bo’lgan zararni tez ta'mirlang. U avtoulov bu yerda qolmasin, eng ko’p hissa bergan kishiga borsin. Uch ahamiyatli sababini izohlagan paytimda, bu xavotirning haqiqatini tushunasiz. Zotan, ham shuhuri salosa, ham uch oy muhim majmualarning chiqishigacha butun dunyo saltanati berilsa ham, tashlashga majburman. Shoyadki avtoulovga bergan pulingiz chiqmasa, kamchiligini men hamma narsamni sotib to’ldirishga qaror qildim. Hammangizga salom aytaman. Rozi bo’linglar. Men ham roziman.

* * *

Aziz, siddir qardoshlarim!

Xavotirlanmang, inoyat-i Rabboniya davom etyapti. Qilgan hujumlari inhsalloh yarim qoladi, yana Nurning futuhotiga yordam beradi. Hozir qo’rqmay, haqqimizdagi qonun doirasida qonunsiz muomalani yo’qotish uchun bir qardoshimiz Anqaraga borsin. Eski partiyaning inspektori Hilmi Uran va Afyon viloyati inspektori deputat Jalolni va Diyonat Riyosatida Ahmad Hamdi va ekspert idorasidagi Yusuf Ziyo kabi kishilar bilan gaplashsin, bizga qilingan qonunsiz va o’zboshimcha muomalani o’zgartirishga urinsin.

Musodara qilingan "Zulfiqor", "Asoy-i Muso" va mashinka uchun mahkamaga va zobitlarga: "Bularning nusxalarini ko’paytirish, tashqari uchun, xorijga jo’natiladi.

Modomiki shimolda uch davlat Qur'onni qabul qilib maktablarida dars berishni boshlagan ekan,

modomiki Hindiston bu hukumatdan ikki million liralik Qur'oni Karim istagan ekan,

modomiki "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" risolalarini ikki yil uch mahkamangiz va faylasuf olimlaringiz tekshirgandan keyin bir ovozdan oqlanishimizga hukm qilib, kitoblarni taqdir va tahsin etishgan ekan,

modomiki bu ikki kitob Qur'onning ikki keskin qilichi va ikki kuchli hujjati va eng qaysarlarni ham taslim bo’lishga majbur qilayotgan ekan,

modomiki bu ikki asar dahshatli buzg’unchi va anarxistlikni yetishtirgan, shimoldan kelgan dinsizlik jarayoniga qarshi to’liq tura oladigan quvvatda ekaniga minglab tekshiruvchilar va fan olimlari guvohlik bergan ekan,

modomiki hozirgi hukumat Qur'on maktablarini ochayotgan va yurtda diniy darslar berishga buyruq bergan ekan

albatta bizga qarshi bumuomala, tengi ko’rilmagan, o’zboshimcha zulm- vatan, millat, osoyishtalikka va vijdon erkinligiga qarshi jinoyat hisoblanadi. Biz dunyo siyosati bizga yuqishini xohlamaymiz. Yo’qsa habaringiz bo’lsinki, biz haqqimizni to’liq mudofaa qila olamiz. Bizni majbur qilmang!

Barchalaringizga minglar salom...

Men uchun munosib vaqtda jildlagan "Asoy-i Muso"ingizni jo’nating. Xusravning vazifasini to’liq qilgandan keyin kelgan ushbu moddiy zararning umuman ahamiyati yo’q. "Zulfiqor"lar to’liq tarqaldi. "Asoy-i Muso" ham oz yo’qotish bilan inshaalloh juda ko’p ma'naviy manfaati bo’ladi. Faqat Nurchilar sabot va birdamliklarini muhofaza qilib qo’rqmasinlar, shavqlari ketmasin.

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Modomiki Isparta Nur darsxonasi o’rniga o’tgan ekan va hozirgacha hamma joydan ko’ra u yerning hukumati va zobitlari bag’rikeng, balki Nurchilarga do’st nazari bilan qarashgan, qattiq xafa qilishmagan. Biz ham Ispartaning muborakligi hisobiga, ularning bu hodisaga qo’shilganidan xafa bo’lmaymiz va Nur bo’limlarini vazifasi jihatidan tekshirishga, o’qishga va istifoda qilishga muvaffaq bo’lishgani uchun, bir jihatda ularni tabriklaymiz. Zotan ularning haqqi bor. Eng avval ular o’qisinlar. Iymoni kuchli zobit yoki adliya xodimining millat va vatanga o’n odamchalik foydasi bo’ladi. Shuning uchun moddiy yo’qotishingiz, ushbu ma'naviy foydaga nisbatan umuman ahamiyati yo’q. Munosib bo’lsa, men tomonimdan ham Ichki Ishlar mudiri va bosh prokurorga salom aytib, "Men ularga badduo emas, aksincha duo qilamanki: Yo Rabbi! Ularga iymoni komil va husni xotima ber va Nurlardan foydalantir." deb ayting.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Garchi hozir turli qishloqlarda qardoshlarimni ko’rib, bir jihatda Nur xizmatida yordam berish uchun besh qardoshimizning men uchun minnatsiz olgan avtoulovlari, bir tomondan qirq ming lirachalik foydasi bor va kerak ekan, qabul qilmaganim uchun zohiran zarar deb o’ylandi. Natijada Nur shogirdlarining qo’lida qat'iy hujjat bo’ldiki, dunyo uchun ilmga va dinga zarurat bor deb zarari tekkan e'tirozchi domlalarni va siyosiylarni, Risola-i Nurning yuksak haqiqati dunyoning hech qanday manfaati darajasigacha tushmay, vosita qilinmasligini qat'iyyan bu hodisani dalil qilib ularni mot qilishga kuchli hujjat bo’lgan g’aroyib karomatlaridan, ham quvvatli burhon o’rniga o’tdi.

Hatto qattiq vahima qilgan va Nurdan qochgan va Nurning dunyoning biror manfaat darajasiga tushmaganiga ishonmaganlar, endi mukammal bo’ysunib Nurlarning haqiqatiga va hamma narsadan ustun ekanini tan olishga majbur bo’ldi. Demak, zararni ham inoyat-i Haq biz haqqimizda muhim bir rahmatga aylantirdi.

(Hoshiya): Avtoulov sotilgandan keyin uning bahosidan Amirtog’ga uch ming lira jo’natilgan edi. Toki Risola-i Nur xizmatiga sarflansin. Men telegrafdan egalariga jo’natdim. Bugun eshitdimki, bu hodisani do’st ma'murlar qarshi bo’lganlarga aytishibdiki: Uch ming-besh ming lira darajasiga tushmagan odam du davrda eng ko’p ishonchli odam bo’lib, hech narsa uni aloqador qilmaydi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Butun ruhu jonimiz bilan o’tgan rahmatli, barakatli, karomatli, yomg’irli Me'roji Sharifingizni tabriklayman. Yana ko’plab bu kabi kunlarga musharraf bo’lishingizni rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz. Bu yil o’tgan yildek Me'roj kechasidan avvalgi tunda, misoli ko’rilmagan yomg’ir yog’ishi va Me'roj kechasi va kunduzi davom etishi, koinot va unsurlar bu muborak kechani olqishlaganiga alomat bo’lganidek, "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ning futuhotlariga (xususan rasmiy doiralarda) bir belgisi ekaniga qat'iy qanoat hosil qildik. Ushbu muborak kechaning yarmigacha qattiq va ishlashga bir daraja mone bo’lgan bezovtalik va sanchiq birdaniga yo’qolishi, bu muborak kechada qardoshlarim sihhat va ofiyatim uchun qigan duolarining maqbul bo’lganining belgisi ekaniga qanoat hosil qildim. Yana kechaning bir miqdorida qattiq xastalik sababli har bir soati o’n soatchalik savobli ekanini bir nav ma'naviy xushxabar oldim, Allohga shukr qildim. "Arhamur Rohimiynga hadsiz shukr bo’lsin", dedim.

Ikkinchidan: Nurning bir qo’mondoni qardoshimiz Ra'fat Beyning Anqara sayohati Nurlarga qisqa vaqtda katta xizmat qilishga muvaffaq bo’lganiga shubha yo’q. Inshaalloh yaqinda belgisi ko’rinadi. Xususan Diyonat Riyosatining xodimlari "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" majmualarini to’liq taqdir va tahsin bilan qabul qilishi va tanqid emas, balki himoya va mudofaa qilishga so’z berishlari, juda ahamiyatli hodisa va "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ga porloq e'lonnomadir.

* * *

Muhtaram Ustozim, Afandim Hazratlari!

Qardoshimiz Mutaahhid Ismoil Afandi, Hilmi Bey bilan har doim xususiy ko’rishgani uchun, bu xususda kerak bo’lgan izohlashni unga havola qilib, biz to’g’ri Diyonat Riyosatiga bordik. U yerda avvalo Ispartadaligimizda tanigan mudarris Hasan Husnu Bey bor ekan. U Diyonat Riyosati Hay'ati Mushovara a'zolaridan. U bilan bir muddat xususiy gaplashdim va izohladim. Keyin birga mushovara hay'ati xonasiga borib, Anqara ekspertlar hisobotida imzosi bo’lgan mudarris Yusuf Ziyoni ko’rdim. Qarasam, oldida "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" majmualari bilan biz haqimizda yozilgan hujjatlar turibdi. Yonidan joy ko’rsatdi, tafsilotlari bilan izohlab, aytdimki: "Sizning hisobotingiz, Dengizli mahkamasining qarori va Oliy Sud tasdig’i bor ekan, kitoblarimizga bo’lgan hujum va bizga tug’dirilgan qiyinchilik nimaga asoslangan? Modomiki jumhuriyat boshqaruvida qonun hamma narsadan ustuvor ekan va uning hukmi ijro etilishi kerak ekan, biz qonun oldida oqlangan ekanmiz, bundan keyin bizga aralashishmaslik kerak. Bunday holat man etilgani sizning qaroringizda yozilgan. Biz haqqimizni talab qilishimiz mumkin." dedim. U qo’shimcha qilib, "Bu, u yerdagi adliya xodimlari bilan zobitlarning sizning masalangizni to’liq tushunmagani uchun bo’lgan. Hozir hujjatlar oldimda turibdi. Yomon gumonga uchragan mutolaalariga bir-bir javob beraman." dedi va asarlarni taqdir qilganini gapirdi. Men Ustozimizning salomini aytdim, javoban salom aytib, duoingizni istayotganini bildirdi.

Keyin u yerdan chiqib, Diyonat Raisining oldiga kirdim. U bilan ham bir muddat gaplashdim va izohladim. Javoban: "Men Ho’ja Hazratlarini Doru-l Hikmatdan beri taniyman, hurmat qilaman. U kishiga salom aytib, hurmatlarimni yetkazing." va bizga "Kerak bo’lgan javobni beramiz, inshaalloh yaxshi bo’ladi", dedi va barcha Diyonat xodimlari asarlarni taqdir bilan qarshilashdi. Bunday noqonuniy ishlarning faqat diniy asarlar yaxshi niyatda o’qilmasligi, o’z kallasiga ko’ra ma'no chiqarishgani sabab bo’lganini tushundim. Ertasi kun Mahmud Afandi qardoshimiz, Erzurum deputati Vahbi Pashani ko’ribdi. U kishi ham, "Men bu xususda Ichki Ishlar Vaziri bilan batafsil gaplashaman. Ustoz Hazratlariga hurmat va salomlarimni yetkazing", debdi. Bunga asoslanib, partiya mansabdorlari bilan gaplashishni Ismoil Afandiga havola qilib Anqaradan qaytdik.

Qusurli, ojiz talabangiz

Ra'fat

* * *

Bu go’zal {(Hoshiya) Bu yilning tenggi yo’q rahmatli yomg’iri va qo’shin boshidan shapkaning qisman olinishi va Qur'on maktablarining rasman ochilishi va "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso"ning iymonni qutqarish uchun ta'sirli suratda tarqalishi, bu kabi ko’p rahmatli natijalar berishiga dalildir. Umum qardoshlarimizga minglar salom aytamiz va duo qilamiz.} bahor gullarini tomosha qilish uchun avtoulov bilan bir-ikki soat aylanar edim. Hayotimda umuman ko’rmagan guli ochilgan butun o’tlar, favqulotda kattalashibdi, gullar ochibdi, tabassum bilan tasbehot qilib, hol tili bilan Sone'i Zuljalollarining san'atini taqdir qilib olqishlayotganlarini haqqa-l yaqiyn his qilganim uchun, dunyoviy hayotga mushtoq hissiyotim va g’ofil, chidamsiz nafsim bu holdan foydalanib, dunyodan nafrat, xasta, siqilgan hayotimdan charchash va barzohga ketishga va u yerdagi yuzda to’qson do’stlarini ko’rishga ishtiyoq bilan qaror qilgan qalbimga va foniy narsalarda boqiy lazzat qidirgan nafsimga e'tiroz qildi. Birdan hissiyotim va tuyg’ularimga ham ta'sir qilgan iymon nuri e'tiroziga qarshi ko’rsatdiki: Modomiki tuproq bunchalik chiroy, rahmat, hayot va ziynatlarga moddiy jihatdan sazovor bo’lgani uchun, sanoqsiz rahmatning pardasidir va ichiga kirgan hech narsa nazoratsiz qolmaydi.. albatta ushbu barcha zohiriy, moddiy ziynat va go’zalliklarning, husn, jamol, rahmat - hayotning ma'naviy markazlarining bir qism stollarining faol bir nav tuproq pardasi ostida va orqasidadir. Albatta bu himoyali onamiz bo’lgan tuproq ostiga kirish va quchog’ida bo’lish va haqiqiy, doimiy, ma'naviy gullarni tomosha qilish yanada ko’proq seviladi va istiyoqqa loyiq... deb ko’r hissiyotning va dunyoparast nafsning e'tirozini batamom yo’qotdi va daf qildi. "Alhamdulillahi 'ala nuri-l iymani min kulli vajhin" dunyoparast nafsimga ham ayttirdi.

Said Nursiy

* * *

Aziz ma'sum avlodlarim!

Qur'onni o’rganish uchun dars olishga harakat qilyapsiz. Siz bilgan yangi harfda kamchiliklar bo’lgani uchun, mumkin bo’lganicha yangi harfdan o’qimaslik kerak.

Qur'onni o’qishning foydasi, faqat qori bo’lish va dunyoda u bilan maqom qozonish, maosh olish emas, balki har bir harfi hech bo’lmasa o’n xayrdan to yuz, minglargacha Jannat mevalarini, oxirat foydalarini berishini o’ylab, abadiy hayotning rohati va saodatini ta'minlash niyatida o’qish kerak.

Ha, maktablarda dunyo tirikchiligi, yo mansab uchun fanlarni o’qish, bu qisqa dunyoviy hayotda darajasi, foydasi bir bo’lsa, abadiy hayotda Qur'on va Qur'onning muqaddas kalimalarini, nurli, iymoniy ma'nolarini o’rganish minglar daraja qiymatliroqdir. Ular shisha bo’lsa, bular olmos hukmidadir.

Ota-onangizga ham haqiqiy va foydali avlod bo’lasiz. Siz modomiki ma'sum, hali gunohingiz yo’q ekan, bunday muqaddas niyat bilan o’qisangiz, sizni Risola-i Nurning ma'sum shogirdlari ichiga qabul qilib, umum shogirdlarning duolariga hissador bo’lasiz, nurli va muborak talabalar bo’lasiz.

Ham ustozingizni, ham sizni, ham ota-onangizni, ham yurtingizni tabriklayman.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Butun ruhu jonimiz bilan o’tgan Baroat kechangizni tabriklaymiz.

Ikkinchidan: Nurning ahamiyatli bir qo’mondoni va noshiri Ra'fat Beyning Nur xizmati uchun Isbanbulga borishi juda yaxshi, o’ta go’zal. Zotan u yerga uningdek bir Nurchi kerak. Janobi Haq muvaffaq aylasin, omin.

Uchinchidan: Men ikkitasini Jomeu-l Azhar ulamolariga, ikkitasini Madina-i Muvavvaraning Ravza-i Mutohhara atrofidagi olimlarga, ikkitasini Shom-i Sharif ulamolar hay'atiga jo’natish uchun uch "Asoy-i Muso", uch "Zulfiqor"ni tayyorladim. Boshiga avvalo Jomeu-l Azhar ulamolariga qarata sizga jo’natgan maktubda yozilgan. Mumkin bo’lgancha tez jo’natamiz inshaalloh.

To’rtinchidan: Men ikki jihatdan ma'naviy xizmatingizga va duolaringizga va mening o’rnimga qila olmagan ma'naviy daromadlaringiz yordamiga qattiq ehtiyojim bor:

Birinchi sabab: Butun hayotimda hozirgi holsizlik va tobora ko’payayotgan zaiflikni his qilmagan edim. Ko’p muammolar bilan doimiy virdlarimni ba'zan nuqsonli o’qidim. Holbuki bu kunlar va muborak kechalarda yuz daraja ko’proq harakat qilishim kerak. Sizning ma'naviy shirkatingizga hissa qo’shib yordam berish va duolaringizga ming daraja ominlar bilan ishtirok etish kerak edi. Lekin bu iqtidorsizligim ma'naviy shirkatga juda oz yordam qila olyapti. Buning chorasi, Nuriy vazifada mening vazifam sizga berilgani kabi, shirkatdagi vazifani ham sizning ma'naviy yordamlaringizga tayanib haddimdan va iste'dodimdan ancha ko’p bu ojiz qardoshingizdagi husni zoningizga muvaffaq harakat qilishni rahmati Ilohiyadan niyoz qilaman.

Ehtiyojning ikkinchi sababi: Ham siz, ham sizdan bo’lmagan bir qism kishilar Risola-i Nurning haqiqatlaridan va shogirdlarining ma'naviy shaxsida ko’ringan favqulotda hollarni va natijalarni bu bechora qardoshingizdan deb bilishgani uchun, buyuk natijalarga juda katta iqtidor, chidam kerak. Lekin mening juda kichik va shaxsiy harakatim bu xastalik va zaiflik bilan birga albatta meni ma'naviy yordamingizga qattiq muhtoj qilyapti. Men bu ma'naviy yordamingizni o’zimga qo’shtirish uchun اَجِرْنَا اِرْحَمْنَا kabi butun mutakallimi ma'a-l g’ayr deyilgan kalimalarda sizni niyat qilaman. Xuddiki barchangiz bilan birga ishlayotgandekman. Omin degan vaqtimda, butun duolaringizga deb niyat qilaman. Inshaalloh Arhamur Rohimiynning rahmati bilan nuqsonli va oz harakatimni katta ishlaringizga mukammal bir omin o’rnida qabul qilar.

To’rtinchidan: O’tgan hodisadan qanday holatda ekaningizni juda bilgim kelayotgan edi. Janobi Haqqa shukrki, maktubingizda Qahramon Tohiriyning Istanbulga mashinka va qog’oz olish uchun borishi ko’rsatyaptiki, u hodisa so’nyapti va Nurlarning nashriga mone bo’lmaydi, balki boshqa joylarda bo’lganidek, u yerda ham g’olibona futuhoti bor, inshaalloh.

Ravza-i Mutohhara (Ala Sohibiha afzalu-s solati va-s salam) atrofidagi muborak ulamolar hay'atiga "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" risolasi taqdim etildi. Ham bir shafoat vasilasi, ham muqaddas joyda xayrli duolariga sazovor bo’lish uchun muallifning o’rniga muborak joylarni va qo’llarni ziyorat qilish uchun jo’natildi.

Bu fikr Shom, Misr va Hindga ketganlardan Ravza-i Mutahhara o’rniga Jomeu-l Azhar, Shom va Hind jamoati Islomiyasiga yozilgan. Ham to’rt "Zulfiqor", ham to’rt "Asoy-i Muso"ning boshida yozganimizdek, ikkitadan nusxa Misrdagi Jomeu-l Azhar, ham Shom ulamosiga, ham Hindistonda ikki million liraga teng keladigan Qur'onlarni istagan hay'atga jonatdik.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

"Asoy-i Muso" va "Zulfiqor" Mo’'jizot-i Ahmadiya va Qur'oniya majmaualridan munosib ko’rgan paytingiz Ravza-i Mutahhara atrofidagi ulamolarga jo’natish bilan birga, ularga, "Nur risolalarining Madrasatu-z Zahro"si {(Hoshiya) Madrasatu-z Zahroning moddiy ta'sis qilinishiga ko’p to’siqlar bo’lgani uchun, hozircha u Nur shogirdlarining hay'ati doirasidan iborat.} Ravza-i Matahharaning (Ala Sohibiha afzalu-s soalati va-s salam) atrofidagi ulamolarning shafqatiga juda muhtoj ma'naviy farzandidir, bir talabasidir. U shiddatli dushmalar hujumiga uchragan shogirdidir. Islom olamini doim nurlantirgan sizning buyuk madrasangizning kichik doirasi va sho'basidir. Shuning uchun oliyqadr ustoz, mushfiq ota, hamiyatkor murshidi a'zam bo’lgan zotlar bu bechora avlodiga tom ma'naviy yordam berishini, ularning oliy himmatidan kutamiz. Juda buyuk ustozlarimizga taqdim etilgan ikki kitob, bir talaba darsini qay darajada tushungan deb, kechqurun ustoziga va otasiga yozib berishi kabi, ushbu ikki darsimiz shafqatli allomalarning bag’rikeng nazarlariga topshirildi." deb bir maktub yozing va salom, ehtiromlarimni va qo’llaridan o’pishimni yetkazing. "Bu risolalarning muallifi Said Nursiy, yigirma ikki yildan beri uzlatda. Mutlaq ajratib qo’yilgani uchun, odamlar bilan gaplasha olmaydi. Faqat zarurat darajasida boshqalar bilan qisqa vaqt suhbat qiladi. Yonida hech qanday kitob yo’q. Barcha yozganlari, yuz o’ttiz qism risolalarning manba'lari, ma'hazlari faqat Qur'ondir." deyapti.

Biz ham butun kuchimiz bilan tasdiqlaymiz. O’zlari ham xasta, ham g’urbatda, ham abgor holda ba'zan juda tez yozgan risolalarda sahvlar bo’lishi mumkin deb, sizdek allomalardan bag’rikenglik bilan qarashingizni iltimos qilganini bizga aytdilar. Biz iltimosini yetkazib, qo’llaringizdan o’pamiz.

Nur shogirdlaridan

Tohiriy, Xayri, Mustafo, Sodiq, Usmon, Xusrav, Tohir

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Shimolning Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya davlatlari maktablarida Qur'onni eng buyuk kitob sifatida qabul qilishgani kabi, Islom arkonining birinchisi bo’lgan Ramazon ro’zasini tutish niyatida Jome'u-l Azharhdan, "Shimolning juda uzun kunlarida yengillik chorasi va kechiktirish yo’qmi?" deb so’rashibdi. Demak Ovruponing faqat kichik hukumatlari emas, balki siyosiy ma'no berilmaslik uchun o’zini izhor qilmaydigan shaklda eskida buyuk va dunyoning yuksak mavqe'ida bo’lgan, dunyoning o’ta dahshatli va foniyligini qattiq ta'zir yeb yuksak martabaning ketganini ko’rib haqiqiy tasalli faqat va faqat Qur'on haqiqatlarida topgani uchun, kichik davlatlar bilan ma'nan birga deb taxmin qilish mumkin.

Ha, dunyoning mohiyati anglashilgandan keyin, o’zini yo’qotganini davolaydigan albatta bashariyatning abadiy hayotdan boshqa Qur'ondan boshqa narsa yo’q.

* * *

Juda aziz va siddiq, qahramon Sabri!

Janobi Haq Islom qo’shinida Go’lib Bey kabi ko’p fidokorlarni yetishtirsin. Xulusiy Bey sharqdagidek bu kishi g’arbda iymonga xizmat qilyapti. Tariqat jihatida ahli iymonni zalolatdan tortishga harakat qilibdi. U kishi eskidan beri Risola-i Nurni ko’rmay Nur yo’liga harakat qilishga uringan, keyin Nurlarga munosabat quvvatlashgan paytda yanada ko’proq xizmat qiladi. Lekin Nurning yo’lida haqiqat va Sunnati Saniya, farzlarga diqqat, buyuk gunohlardan uzoq turish asos hisoblanadi. Tariqatga ikkinchi, uchinchi darajada qaraydi. G’olib qardoshimiz Alaviylar ichida Qodiriy, Shozaliy, Rufa'iy tariqatlarining xulosasini Sunnati Saniya doirasida Xulafo-i Roshidiyn, Ashara-i Mubashsharaga aralashmaslik sharti bilan Ol-i Baytga muhabbat doirasida bir tariqat darsi berishni o’ylayapti. Haqiqat nomiga, iymonni qutqarish va bid'atlardan muhofaza qilish hisobiga ahamiyatli uch-to’rt foydasi bor:

Birinchisi: Alaviylarni boshqa yomon jarayonlarga aralashtirmaslik va haddan oshgan Rofiziylik va siyosiy Bektoshiylikdan bir daraja muhofaza qilish uchun ahamiyatli foydasi bor.

Ikkinchisi: Ahli Baytni yaxshi ko’rishni alohida yo’l qilgan Alaviylar naqadar haddan oshsada, Rofiziy bo’lsa ham, zindiqlarga, mutlaq kufrga qo’shilmaydi. Chunki ruhida Oli Bayt muhabbari asos bo’lgan muddatda, Payg’ambar va Ol-i Baytga adovat qiladigan mutlaq kufrga kirmaydi. Islomiyatga o’sha muhabbat vositasida qattiq bog’lanishadi. Undaylarni sunnat doirasiga tariqat nomi bilan tortish katta foydadir.

Bu davrda ahl-i iymonning birligiga qattiq zarar qilgan ba'zi siyosiy jarayonlar Alaviylarning fitriy fidokorliklaridan foydalanib o’zlariga vosita qilmaslik uchun Nur doirasiga tortish katta foyda bo’ladi. Modomiki Nur shogirdlarining ustozi Imom Ali (R.A.) va Nur yo’lida Ol-i Baytni sevish asos ekan, albatta haqiqiy Alaviylar kamoli ishtiyoq bilan bu doiraga kirishlari kerak.

Bu davr iymonni qutqalish davridir. Sayri suluki qalbiy bilan tariqat yo’lida bu bid'atlar davrida ko’p mushkulot bo’lgani uchun Nur doirasi haqiqat yo’liga tariqatlarning foydasini ta'minlaydi, deb u qardoshimizga Ramazonini tabriklab, salomim bilan birga yozing. U ham bizga duo qilsin.

* * *

Safranboludagi xolis qardoshlarimizdan Hifzining kichik madrasa-i Nuriyasi bo’lgan uyidagi kichik va juda harakatchan ma'sumlari yetti yoshli Yilmaz, o’n uch yoshli Husnu va ular kabi Nurga xizmat qilayotgan muhtaram volidalarining muborak qalamlari bilan yozgan tabriklarini, umum Safranbolu va Afloni madrasa-i Nuriyasi nomidan bu Ramazonning bir Firdavsiy tabarruki husibiga qabul qildik. Yilmazning tushi ko’rganidek chiqqan.

Afloniyning haqiqatdan kichik qahramonlaridan Mustafo Sungurning chiroyli va samimiy maktubining bir qismi "Ilova"ga kiradi. Haqiqatda Mustafo Usmonning, Mustafo O’ruch va Mustafo Sungur kabi ikki nomdosh, Nur xizmatida juda jiddiy do’st topishi, sadoqati va muvaffaqiyatining bir karomati hisoblanadi. Xususan Safranbolu Hasan Fayzisi bo’lgan Ahmad Fuad va boshqa maktubda ismlari borlarga bir-bir salom va duo qilamiz. Ularning favqulotda g’ayratlarini tabriklaymiz. Umum qardoshlarimizga minglab salom aytamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: "Siroju-n Nur"ning xatosiz, mukammal, chiroyli chiqishi Madrasatu-z Zahroning o’ta ahamiyatli yangi darsi hisoblanib, keng Nur doirasida qiziqish bilan o’qiladi, inshaalloh.

Ikkinchidan: Kastamonuning Xusravi Mahmud Fayzining Nurlarga qaytmay kamoli istiyoq bilan xizmati, ishlatilishi va o’qitishini ko’rsatgan Nihad va Abdurrahmon Ehsonning maktublari ko’rsatganidek, u yerdan kelganlar ham ayni xabarni berishyapti. Tom shogirdligini qilyapti, Alloh muvaffaq aylasin, omin! Nurning qahramonlaridan Mustafo Usmonning Qorabukda parda ostida faoliyat bilan Nurga qilayotgan xizmatini, u yerdagi va Afloniydagi shogirdlarning shavq va g’ayratini Laylatu-l Qadrlari bilan birga tabriklaymiz.

(Hoshiya): "Siroju-n Nur"ni tahrir qilib, bu Ramazonda ahamiyatli virdlarimga to’liq vaqt topa olmaganim uchun xafa bo’ldim. Birdan, "O’qigan mavzularing bir jihatda ibodat bo’lganidek, ayni ma'rifatulloh, zikrulloh, qalb huzuri, iymoniy muhabbat bo’lgani uchun, nuqsonli qolgan virdlaring o’rnini to’liq to’ldiradi", deb eslatildi. Men ham Alhamdulillah dedim.

* * *

Agar oson bo’lsa Istanbulga jo’natilgan kitoblar bu yerga ham kelsa munosib bo’ladi. Men uchun ham yigirma-o’ttiz nusxa jildlanib, o’zimga yuborilsa yaxshi bo’ladi. Jo’natay desam hozircha qo’limda narxi yo’q. Ham ko’pchilikka hadya berishga majbur bo’lyapman.

Nurlarning arkonlaridan bir-ikki doktor, xastaligimning shiddati bilan xolis, sodiq kishilarga xastalik tomonlama murojaat qilmay, dorilarini ichmay, juda og’ir kasalliklar ichida ular bilan maslahat qilmasdan va qattiq ehtiyojim va azoblarim ichida yonimga kelishganda, xastalikka doir mavzu ochmaganimdan xavotirlanganlari uchun ular kelganda sirli bir haqiqatni izhor qilishga majbur bo’ldim. Balki sizga ham foydasi bo’lar deb yozyapman. Ularga aytdimki:

"Ham yashirin dushmanlarim, ham nafsim shayton vasvasasi bilan meni ularga tutib berib Nurlarga tom ixlos bilan xizmat qilishimga zarar kelishi uchun zaif tomonimni qidirishyapti. Eng zaif tomon va dahshatli mone xastalikdir. Xastalikka ahamiyat berilgan sari nafsi jism hissi g’alaba qiladi, zarurat, majbursan deb, ruh va qalbni gapirtirmaydi, doktorni mustabid hokim qiladi va tavsiyalari va ko’rsatgan dorilariga itoat qilishga majbur qiladi. Bu esa fidokor, ixlosli xizmatga zarar qiladi.

Yana yashirin dushmanlarim ham bu zaif tomonimdan foydalanishga urinishdi va urinayapti. Qo’rquv va tama, shonu sharaf tomonlama harakat qilishyapti. Chunki insonning eng zaif tomoni bo’lgan qo’rquv bilan hech narsa qila olishmadi, qatl bilan qo’rqitishlarini bir tiyinga olmaganimizni tushunishdi.

Keyin insonning zaif tomoni - tirikchilik dardi, tama jihatidan ko’p so’rashdi. Nihoyat bu zaif tomondan biror narsa qila olishmadi. So’ng xulosa qilishdiki, ular muqaddas narsalarini fido qilgan dunyo moli, bizning nazarimizda umuman ahamiyati yo’qligini ko’p voqealar bilan aniqlaganlar. Hatto so’nggi o’n yil ichida yuz martadan ko’proq rasman "Nima bilan tirikchilik qilyapti?" deb mahalliy hukumatdan so’raqshgan.

Keyin menga insonning eng zaif tomoni hisoblangan shonu sharaf, mansab istagi bilan juda alamli shaklda tutish uchun buyruq berilgan xiyonatlar, tahqirlar, g’ururimga botadigan qiynoqlar bilan ham hech narsaga muvaffaq bo’la olmadi. Qat'iyan tushunishdiki, biz ular mahliyo bo’lgan dunyo shon-sharafini riyokorlik va zararli xudbinlik deb bilamiz, ularning favqulotda ahamiyat bergan dunyoviy mansab va shon-sharaf sevgisini bir tiyinga olmaymiz, balki ularni bu jihatda telba deb bilamiz.

Keyin bizning xizmatimiz e'tibori bilan nozik tomonimiz hisoblangan, lekin haqiqat nuqtasida barcha qabul qilgan, hamma uni qozonishga intilgan ma'naviy maqom sohibi bo’lish, valiylik martabalarida taraqqiy etish va u Ilohiy ne'matning insonlarga manfaatdan boshqa hech qanday zarari yo’qligini bilish kerak. Lekin bunday faqat o’zini o’ylash, "men"lik, manfaatparastlik, nafsini qutqarish hissi g’alaba qilgan davrda albatta ixlos sirriga ve hech narsaga vosita qilmaslik ustiga qurilgan iymon xizmati bilan ma'naviy maqomni qidirmaslikni taqozo qiladi. Harakatida ularni istamaslik va o’ylamaslik kerakki, haqiqiy ixlosning sirri buzilmasin. Shuning uchun hamma qidirgan kashf-u karomat va ruhiy komillikni Nur xizmati tashqarisida qidirmaganimni, zaif tomonimni tutishga uringanlar tushundi. Bu nuqtada ham mag’lub bo’lishdi."

Umum qardoshlarimizga bir-bir salom va kelayotgan Laylatu-l Qadrni har bir Nurchi uchun sakson yil ibodat bilan o’tgan umr o’rniga o’tishini Laylatu-l Qadr haqiqatini shafoatchi qilib rahmati Ilohiyadan niyoz qilamiz.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Ushbu Ramazonning oxirgi o’n kunligida har kecha, xususan toq kechalarda Laylatu-l Qadr borligi ehtimoli kuchli ekanini hadis-i sharif farmon qilyapti. Shuning uchun Nurchilar, u nuri a'zamdan istifodaga harakat qilish kerak.

Ikkinchidan: Xusrav va Tohiriy kabi vazifalarini to’liq qilgan va ming Xusrav va besh yuz Tohiriyni qoldirgan ikki qardoshimiz va ularning tizimida bir Nurchini sulh mahkamasiga berish... Inshaalloh buning natijasida buyuk inoyat va futuhot bo’ladi, hech xavotirlanmang.

عَسَى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ

sirri bilan bu hodisa, zulm qilganlarga moddiy-ma'naviy jahannamni va Nurchilarga dunyoviy-uxroviy jannatni qozontirishga bir sabab bo’ladi, inshaalloh.

Uchinchidan: Bu maktub munosabati bilan kecha yonimga kelgan muhim bir rasmiy mansabdorga aytdimki: Hozir Eski Saidning o’tgan hayotida uch g’aroyib voqea amalga oshdi. Kelajakda chiqadigan Risola-i Nurning karomati ekan. U quyidagicha:

31 Mart hodisasida Harakat Qo’shinining Bosh qo’mondoni Mahmud Shavkat Posho menga nisbatan qattiq g’azablangan va Devoni Harbi O’rfida meni mahkamaga chiqarishdi. Oldimda o’n besh kishi dorda osilgan vaziyatda Devoni Harbi O’rfi raisi Hurshid Posho mendan: "Sen shariatni xohladingmi? Mana shariatni xohlaganlar osildi." deb so’radi. Men, "Shariatning bir masalasiga ming ruhim bo’lsa ham fido qilaman." dedim. Bundan tashqari (xabarchilarning tuhmati bilan) meni mahkum qilishga juda ko’p sabablar bor bo’lsa ham, istisnoiy suratda bir ovozdan oqlanishimga hukm qilishdi.

Eski umumiy harbning oxirida Istanbulda Inglizlarning bosh qo’mo’ndonining qo’liga mening Inglizlarga qarshi qattiq yozgan "Hutuvot-i Sitta" va bosh rohibga tahqirli so’zlarim tushgan edi. Meni o’ldirishi yuzda yuz ehtimoli bor edi, lekin g’azabini yutib orqaga chekinib, aralashmadi.

Anqarada devon rayosatida juda ko’p deputatlar oldida Mustafo Kamol qattiiq g’azab bilan kirib menga baqirib: "Seni bu yerga oliy fikrlar berasan deb chaqirdik. Sen kelib namozga doir narsalar yozib ichimizga ixtilof tashlading", dedi. Men uning g’azabiga javoban: "Namoz o’qimagan xoin bo’ladi. Xoinning hukmi marduddir." dedim. Qattiq gapirib tashladim. U yerdagi deputat do’stlarim o’zini yo’qotib qo’yishdi. Har holda meni ezishlarini taxmin qilishgan paytda menga rozi bo’lgandek majlisda g’azabini yutdi. Xuddiki dahshatli bir kuch va haqiqatni his qilib orqaga chekindi. Ikkinchi kun xususiy riyosat xonasida: Unga bir soat davomida "Hujumot-i Sitta"ning "Birinchi Hiyla"si ichidagi "Masalan: Ayasofiya Jome'i ahl-i fazl va kamoldan... to oxirigacha" jumlasidan boshlab to "Ikkinchi Hiyla"gacha gapirdim. Butun hissiyotini va qoidalarini ranjida qilgan bo’lsamda, menga hech narsa qilmadi. Hatto ko’gil olishga qattiq harakat qildi. Ushbu uch zolim qo’mondonlarning bu uch ajib holatlari xuddiki Eski Saiddan qo’rqishi, shibhasizki Risola-i Nurning kelajakda qahramon shogirdlarining ma'naviy shaxsining g’aroyib kuchi va Risola-i Nurning porloq karomatidir.

To’rtinchidan: Qardoshimiz Yoqib Jamolning Dengizli shogirdlari nomidan

Ramazon va Laylatu-l Qadr tabrigiga javoban ming barakalloh,

nafsiga qarshi kurashishi vaffakakalloh

Ingliz davlarining poytaxtida xatib kursisida "Endi Angliyaning Islomiyatni qabul qilishi kerak", deb bor ovozi bilan aytishi

Bashariyatning butun haqiqiy ehtiyojlarini jamlagan Furqon-i Hakim oyatlarini bir-bir o’qib tafsir va bayon qilganini, do’stlari so’nggi gazetani o’qiganini eshityapmiz deb qardoshimizning bu hodisalariga ming alhamdulillah deymiz.

Ha, u davlatning ham dunyosi, ham saltanati, ham saodati u bilan qutuladi.

Muboraklar pahlavoni va Nurning buyuk Abdurrahmoni buyuk ruhli Kichik Alining "Lama'at"dagi muvaffaqiyatiga minglar barakalloh, ma'sum o’g’li Nur Mahmudning qoriligiga ming mashaalloh vaffakakalloh deymiz. Lekin "Yog’dular" majmuasida "Siroju-n Nur"ga, "G’aybiy Muhr"ga va "Tilsimlar"ga kirgan bo’limlar takrorlanmasligini sizga havola qilamiz. Umumingizga minglar salom.

* * *

Shaxsim haqida aytayapsanki: Qat'iyyan aniqlandiki, bu odam olti-yetti oy qattiq kasal bo’lsada, o’z jismiga nazar solmaslik, e'tibor bermaslik uchun o’ta yaxshi ko’rgan doktorlarga qat'iyyan na murojaat qildilar, na dorilar oldilar. Yana dunyoga qaramaslik hamda iymoniy xizmatda ixlosiga zarar kelmaslik uchun o’n yil ichida (mahkama tomonidan isbotlangan) harbi umumiyni kuzatmagan, qiziqmagan. Yana siyosat va dunyoga mayl uyg’onmaslik uchun, yigirma besh yil biror gazetani o’qimadi va tinglamadilar. Tirikchilik tomonlama yolg’iz va keksa bo’lsada vahima tufayli u kishiga yetkazilgan aziyatlarga chidab, dunyoga qaramadilar. Yigirma yildan tinchligi uchun hukumatga murojaat qilmagan, zaruriy xizmat bo’lmasa hech kimni qabul qilmaydilar va hech kimning yordam va ehsonini qabul qilmaydilar. O’zlari deydilarki:

Men bu milat va bu vatanga eng buyuk, eng keralki xizmat deb bilgan iymoniga quvvat berish uchun Qur'oni Hakimning bu davrda bir ma'naviy mo’jizasi sifatida ba'zi iymon haqiqatlaridan dardlarimga davo topgan paytim, darhol qalamga oldim. Ikki yil uch mahkama va Anqara ekspertlar hay'ati tekshirgandan keyin, bu millat va vatanga hech qanday zarar yo’qligiga doir ittifoq qilib oqlanishga hukm qilingani uchun, bu iymoniy xizmatni davom ettirish maqsadida do’stiga ba'zi risolalarni ko’paytirishga izn bergan. Yana biz bu odamdan eshitamizki: Bu yurt, millat va hukumat bu asarlarga qattiq muhtoj.

Hukumat mansabdorlarining ba'zilari bu asarlarni himoya qilishini kutayapman.

Chunki men, yaqinga o’laman. Qo’lim bog’liq, himoya qila olmayman. Inshaalloh Ahmad Hamdi kabi dindor, qo’lidan keladigan zotlar o’rnimga himoya qilishlari umidida tasalli topyapman. Bu vatanning va Islom jamiyatiga qiladigan bu muqaddas vazifangizning mahkama-i kubroda shafoatchi bo’lishiga duo qilib, hamda bilxossa u ikki zotga salom aytaman.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Laylatu-l Qadrda qalbga kelgan juda uzun va keng haqiqatga juda qisqa ishorat qilamiz. Quyidagicha:

Bashariyat ushbu so’nggi umumiy harbning qattiq zulm va istibdodi bilan

mahramatsiz buzg’unchiligi bilan

dushman tufayli yuzlab ma'sumlarni abgor qilishi

mag’lublarning qattiq xafaligi va g’oliblarninig qattiq qayg’usi

hokimiyatini saqlash va katta buzg’unchiligini ta'mirlay olishmagani natijasida dahshatli vijdon azobi bilan qiynalayotgan

dunyo hayotining batamom foniy va vaqtincha ekani

madaniyat xomhayollarining yolg’on va uxlatuvchi ekanining hammaga ko’rinishi

inson fitratidagi yuksak iste'dodlarning, inson mohiyatining umumiy suratda qattiq yaralanishi bilan

abadparast hissiyot-i boqiya va fitriy insoniy ishqning hayajonlanib uyg’onishi

g’aflat va zalolatning eng qattiq, kar tabiatning Qur'onning olmos qilichi ostida parshalanishi

g’aflat va zalolatning eng bo’g’uvchi, eng keng aldovchi pardasi bo’lgan siyosatning yer yuzida juda xunuk, juda hiylakor haqiqiy surati ko’rinishi albatta hech shubhasiz.

Shimolda, g’arbda, Amerikada belgilari ko’ringaniga binoan, bashariyatning majoziy ma'shuqi bo’lgan dunyoviy hayoti xunuk va o’tkinchi bo’lgani uchun, fitratan basharning haqiqiy sevgan va qidirgan boqiy hayotini butun kuchi bilan qidiradi.

Albatta hech shubha yoqki:

Bir ming uch yuz oltmish yildan beri, har asrda uch yuz ellik million shogirdi bo’lgan

har bir hukmiga va da'vosiga millionlab ahli haqiqat tasdiqlab imzolagan

har daqiqada millionlab qorilarning qalbida muqaddasligi bilan saqlanib, tillari bilan insonga dars bergan

hech qanday kitobda o’xshashi bo’lmagan, bashar uchun boqiy hayotni

abadiy saodatni xushxabar berib butun insoniyatning yaralarini davolagan Qur'oni Mo’'jizul Bayonning shiddatli, quvvatli va minglab takror batakror oyatlari bilan,

balki ochiqdan ochiq va ishorat bilan o’n minglab marta da'vo qilib, xabar berib,

o’zgarmas qat'iy dalillar bilan, shubhasiz sanoqsiz hujjatlar bilan boqiy hayotni qat'iyyat bilan xushxabar bergan

abadiy saodatni dars berishi, albatta bashariyat agar aqlini to’liq yo’qotmasa

boshida moddiy-ma'naviy qiyomat qo’pmasa,

Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Angliyaning Qur'onni qabul qilishga harakat qilgan mashhur hatiblari

haq dinni qidirgan Amerikaning juda ahamiyatli diniy jamiyati kabi ro’yi zaminning qit'alari va hukumatlari Qur'oni Mo’'jizul Bayonni qidiradi va haqiqatlarini tushungandan keyin butun ruhu jonlari bilan yopishishadi.

Chunki bu haqiqat nuqtasida qat'iyyan Qur'onning misli yo’q va bo’lmaydi va hech narsa bu mo’jiza-i akbarning joyini ola olmaydi.

Ikkinchidan: Modomiki Risola-i Nur buyuk mo’'jizaning qo’lida olmos qilich bo’lib xizmatini ko’rsatdi. Eng qaysar dushmanlarni taslim bo’lishga majbur qildi. Ham qalbni, ham ruhni, hatto hissiyotni to’liq nurlantiradigan dorilarni beradigan Qur'on xazinasining dallolligini qildi. Undan boshqa ma'haz va manba bo’lmagan ma'naviy mo’'jizasi bo’lgan Risola-i Nur o’sha vazifani qilyapti. Unga qarshi dahshatli targ’ibotlar va o’ta qaysar zindiqlar ustidan to’liq g’alaba qozondi. Zalolatning eng qalin, bo’g’uvchi, yer yuzida keng doirada, bilimning eng keng pardalarida "Asoy-i Muso"dagi "Meva"ning Oltinchi Masalasi, Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi va Sakkizinchi Hujjatlari bilan o’ta o’tkir tarzda g’aflatni tarqatib tavhid nurini ko’rsatdi.

Albatta bizga kerak va millatga shart: rasman izn berilgan diniy darslar uchun xususiy darsxonalar ochilishi va ruxsat berilishiga binoan, Nur shogirdlari mumkin bo’lganicha hamma joyda kichik Nur darsxonasi ochishi kerak. Hamma o’z-o’ziga bir daraja foydalansada, barcha har bir masalasini to’liq tushunmaydi. Yana iymon haqiqatlarining izohi bo’lgani uchun ham ilm, {(Hoshiya) Agar birov bilsa, azoblanishga muhtoj bo’lmasa ibodatga muhtoj yoki ma'rifatga ishtiyoqmand yoki huzur istaydi. Shuning uchun bu hammaga kerakli dars hisoblanadi.} ham ma'rifat, ham ibodatdir. Eski madrasalarda besh o’n yil o’rniga, inshaalloh Nur madrasalari besh o’n haftada hamda o’sha natijani ta'min qiladi va yigirma yildan beri buni qilayapti. Ham hukumat, millat, vatan ham dunyoviy, siyosatiga va uxroviy hayotiga juda ko’p foydasi bo’lgan Qur'on yog’dularidan va uning dalloli hisoblangan Risola-i Nurdan nafaqat ayb qidirish, balki o’tgan dahshatli gunohlarga kafforat, keladigan balolarga va anarxistlikka to’siq bo’lishi uchun rivojlanishi va nashriga to’liq harakat qilishlari shart.

Uchinchidan: Bu Ramazoni Sharifda Qur'onni zavq shavq bilan o’qishga qattiq ehtiyojim bor edi. Lekin azobli xastalik, moddiy-ma'naviy qiyinchiliklar, toliqish va ishlarning ta'sirida o’zimni yo’qotdim. Birdan Xusravning shirin qalami bilan yozilgan mo’'jizotli juzlar va Hofiz Ali va Tohiriyga juda ko’p savob qozontirgan o’tkir va karomatli "Hizbu-l Akbar-i Qur'oniya"ni bir-biri orqasidan o’qishni boshlar ekanman shunday bir zavqu shavq berdiki, butun charchoqlarni ketkazdi, hech qanday vasvasaga joy qoldirmay juda porloq suratda Qur'oniy darsni ulardan tinglab, mumkin bo’lgancha ushbu "Hizbu-l Akbar-i Qur'oniya" kabi fotograf bilan mo’’jizotli Qur'onimizni chop qilamiz, inshaalloh deb butun ruhu jonim bilan orzulab, qasd va azm qildim.

Said Nursiy

* * *

Bu safar Nurlarning g’alabasi va ma'naviy futuhoti bilan musodara qilingan kitoblarimizni Anqaraning buyrug’i bilan sizga qaytarib berilishi, buyuk xayrli ishoratdir. Risola-i Nurning to’liq ozodligiga sabab bo’lgan, buyuk Nuriy futuhot va foyda bo’ldi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هَذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى

Kasal Ali Usmon va Chilangar Ali, Nurning juda mehnatsevar qardoshlarimizning tabriklarini ruhu jonimiz bilan ham bayramlarini, ham Laylatu-l Qadrlarini, ham g’aroyib va qiymatli va juda savobli Nuriy xizmatlarini tabriklaymiz va muvaffaqiyatlariga va mahfuziyatlariga duo qilamiz. Ular bir jihatda Nur doirasini abadgacha minnatdor qilishdi, Alloh rozi bo’lsin, omin! Ali Usmon, maktubida ismlari bo’lgan qardosh va singillarimizga bir-bir salom aytib, duo qilamiz va duolarini istaymiz. Muborak bir qardoshimiz Kozimning ruhiga Janobi Haq minglar rahmat aylasin va qabrini po’rnur etsin, omin!

Jo’natgan o’n besh bo’lim risolachalar, ayni vaqtda Konya Madrasa-i Nuriyaning ikki muhim shogirdi kelib, ayni o’sha risolalar bizga kerak deyishlari va ularga berilgani Ali Usmonning muborak qalamining bir karomatidir. Ali Usmonga yanada keng sohada savob qozontiradi.

Umumga bir-bir salom va duo qilamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Nurning kichik qahramonlaridan muallim Mustafo Sungur ham Afloniylik, ham Safranbolulik, ham Kastamonulik, ham Inebolulik, ham Dadaylik, ham Arachlik qardoshlarimiz nomidan bayram tabrigi uchun yoninizga keldi. Biz uni kichik Said sifatida ham sizga, ham u qardoshlarimizga moddiy-ma'naviy bayramlarini tabriklash uchun jo’natdik. Amirtog’ning Sulaymon Rushdusi bo’lgan Chalishkan Mahmudni "Siroju-n Nur"ni olish uchun va xorijga ketgan kitoblarni tushunish niyatida Istanbulga jo’natdik.

Nurlarning dushmanlari har jihatdan mag’lub bo’lgandan keyin, zohiran bizga xush ko’rinmagan va haqiqatdan Nurlarga yanada manfaatli reja tuzishgan. Go’yo Nurchilarning birdamligini buzib bilinmaydigan tarzda ba'zi muhim ruknlarini boshqa joylarga ketishlariga sabab bo’lishyapti. Holbuki ularning ketishi bilan birdamlik buzilmaganidek, boradigan joylarda ularga ehtiyoj bor.

Jumladan: Muharramni Tavasga, Mustafo Usmonni Qorabukka, Ra'fatni Istanbulga kabi... ba'zi qardoshlarimizni tarqatishga sabab bo’lyapti. Qardoshlarimiz ham ularga bildirmay, go’yo o’z ixtiyori bilan ketgandek qilishsin. Haqiqatda umuman his qilinmaydigan tarzda, birdamlikka zarar qilish niyatida bunday zamin hozirlanyapti.

Ushbu rejalari, ularning usuliga ko’ra qamoqqa loyiq bo’lsakda qamoqqa olishmayapti, ehtiyot bo’linglar qamoqqa tushishmasin deyishyapti. Sababi: Dengizli qamog’i birdan Nur madrasasiga aylanganidir. U yerdan boshqa qamoqxonalarga ketganlar u yerlarni nurlantirishga harakat qilishlari, yashirin dushmanlarimizni batamom o’zlarini yo’qottirib qo’ydi. Shuning uchun ular ham qamoqdan chiqishimizga tarafdor bo’lishdi. Yana adliyalar Risola-i Nurning haqligiga bir jihatda bo’yin egib, kelajakda bo’ladigan qattiq e'tirozlardan qochish uchun chekinishdi. O’zboshimcha qonunlarning bizga qarshi hukmini e'tiborga olishmadi. Ba'zi qaysar dinsizlar Nurning haqiqatiga qarshi mag’lub bo’lib qaysarlikni tark etishdi. Yashirin dushmanlar ham, "Tez qamoqdan chiqishsin! Yo’qsa qamoqxonalar Nur madrasalariga aylanadi.", deb, uch qismi bir ovozdan oqlanishimizga tarafdor bo’lishdi. Bu ham inoyat-i Ilohiyaning Risola-i Nurga bergan karomatidir. Bu asrning eng dahshatli uch katta qo’mondonlarini g’aroyib tarzda qo’rqitgani, ham Mart hodisasida Harakat Qo’shinining Bosh Qo’mondoni, ham Istanbulni istilo qilgan dahshatli ajnabiy qo’mondonni qo’rqitgani va bizga hujum qila olmagani, ham Anqarada devon riyosatida eng dahshatli raisning g’azabini rozilikka o’zgartirganidek, uch adliyaning ham og’ir, shiddatli mudofaalarga qarshi ming bahona topa olishi mumkin bo’lsada, haqiqat va kelishuv bilan bir ovozdan oqlanishga hukm qilishlari - albatta Qur'onning ma'naviy mo’'jizasi bo’lgan Risola-i Nurning karomati deb bu kecha qat'iy eslatma his qildim va qalamga oldim. Lekin o’ta tarqoq bo’lgani uchun sizga tahrir qilinmay va to’g’rilanmay jo’natildi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: "Siroju-n Nur"ning bittasi bo’ldi, qolganini (ikki qism) oldik. Xatolari juda kam. Xatolarini to’g’rilash jadvalini xat qilib jo’natyapmiz.

Ikkinchidan: Modomiki Isparta ma'naviy Madrasatuz Zahro ekan, modomiki muborak darsxonadagi hukumatni hozirgacha mumkin bo’lganicha ruxsat berayotgan ekan va boshda Ichki Ishlar Mudiri bo’lib Risola-i Nurga taqdir bilan qarayotgan ekanlar, biz u yerning hukumatiga dos’t nazari bilan qarashimiz kerak, nima qilishsa ham og’ir botmasin, jahlimiz chiqmaydi.

Hozirgacha ularning bizga oz tazyig’i natijasida ahamiyatli xayrlar bo’ldi. Endi bir foyda uchun to’liq erkin bo’lib har tomonda nashr qilish, balki "Sirran tanavvarat" siriga teskari bo’lgani uchun, bir daraja ehtiyot bo’lish kerak degan tavsiyada xayr bor.

Uchinchidan: Dadaylik ahamiyatli muallimlardan va qiymatli Nur noshirlaridan Hofiz Hasanning va ikki muborak Nurchi o’gillarining, Doktor Haqqi va Husnu, Arachlik Tohirning va Dadaydagi Fuad kabi qiymatli qardoshlarimizning bayram tabriklariga javoban ruhu jonimiz bilan ham o’tgan bayramlarini, ham Nur xizmatida sobit muvaffaqiyatlarini tabriklaymiz. Maktubini "Ilova"ga kiritish uchun konvertda jo’natyapmiz.

To’rtinchidan: Nur qahramonlaridan Ra'fat qardoshimiz Istanbulda o’z tizimida o’ta ahamiyatli Abdulahad degan buyuk domlaning Risola-i Nurga to’liq bog’liq ukasini topibdi. Janobi Haq ikkalovlarini ham doim muvaffaq aylasin, omin!

Beshinchidan: Ikkidan o’n yoshgacha bo’lgan bolalarning qattiq aloqa bilan, ko’pdan beri ko’rmagan ota-onalariga haroratli ishtiyoq bilan qo’llarini o’pishga intilishlariga o’xshagan holatni ko’pdan beri ko’rmagan edim. Foytunda aylangan vaqtim meni ko’rishlari bilan uzoqdan yugurib kelib qo’limga yopishishlarining qanday hikmati bor deb hayratlanar edim. Birdan: Bu kuchkina ma'sumlar toifasi avvaldan sezish hissi bilan kelajakda Risola-i Nur bilan saodat topishlarini va ma'naviy tahlikadan qutulishlarini, balki ularning ko’pi shogird bo’lishini va bu yerning moddiy-ma'naviy havosiga ko’nika olmaganim uchun manfiy kishilarga erkinlik berilgani munosabati bilan bu yerdan ketmasligim uchun loqayd kattalarning o’rniga, "Biz Nur doirasidamiz, bizni tashlamang, ketmang", degan ma'no borligini his qildim.

* * *

HUVA NUKTASI

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Juda aziz va siddiq qardoshlarim!

[Qardoshlarim, لَا اِلَهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّٰهُ dagi هُوَ lafzida fikr bilan faqat moddiy jihatda xayoliy sayohat qilganda havo sahifasining mutoalasi natijasida oniy suratda ko’ringan zarif tavhid nuqtasida, iymon yo’lining hadsiz darajada oson va qulayligini qabul qilish shart darajasida ekanini va shirk va zalolat yo’lida sanoqsiz mushkul, rad qilingan minglab imkonsizliklar borligini ko’rdim. O’ta qisqa ishorat bilan ushbu keng va uzun mavzuni bayon qilaman.]

Bir hovuch tuproq yuzlab gullarga navbat bilan tuvak bo’lishini agar tabiatga, sabablarga havola qilinsa,

tuvakda kichik miqyosda yuzlab, balki gullar sanog’icha ma'naviy uskunalar, fabrikalar bo’lishi

yoki bir qism tuproqdagi har bir zarra turli-tuman gullarning barchasining farqli xususiyatlarini va hayotdor jihozlari bilan yasashni bilishi, xuddiki bir ilohdek hadsiz ilmi va nihoyatsiz iqtidori bo’lishi kerak bo’ladi.

Xuddi shu kabi: Amr va irodaning arshi bo’lgan havo:

shamolning har bir qismi, bir nafas va tirnoqchalik هُوَ lafzidagi havoda kichik miqyosda butun dunyodagi telefon, telegraf, radiolar va

sanoqsiz va turli gaplashish markazlari, stansiyalari oluvchi va beruvchilari bo’lishi va

son sanoqsiz ishlarni hammasini bir onda qilishi yoki هُوَ dagi havo balki havo unsurining har bir parchasining har bir zarrasini butun telefon operatorlari va

boshqa boshqa telefraf operatorlari va

radioda gapirganlar sonicha ma'naviy shaxsiyatlari va qobiliyatlari bo’lishi va

barchasining tillarini bilishi va

ayni paytda boshqa zarralarga bildirishi, tarqatishi kerak bo’ladi. Chunki u ish amalda qisman ko’rinadi va havoning parchalarida o’sha qobiliyat bor.

Demak kufr ahli, tabiatparast va moddaparastlarning yo’lida nafaqat bir imkonsizlik, balki zarralar sanog’icha imkonsizliklar, monelar va qiyinchiliklar oshkora ko’rinadi.

Agar Sone-i Zuljaloldan deb qabul qilinsa, havo butun zarralari bilan uning amriga tobe xodimi bo’ladi. Bitta zarra sanoqsiz barcha vazifalarini Xoliqining izni va quvvati bilan, Yaratganiga bog’lanib, tayanib va Sone'ining qudrat jilvasi bilan bir onda chaqmoq tezligida va هُوَ talaffuzi va havoning mavjlanishidek bitta intizomli vazifasichalik oson qiladi. Ya'ni qudrat qalamining sanoqsiz, g’aroyib va intizomli yozuvlariga bir sahifa bo’ladi. Zarralari qalamning uchlari vazifalari esa qadar qalamining nuqtalari bo’ladi. Bitta zarraning harakati darajasida oson ishlaydi.

Men لَا اِلَهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّٰهُ dagi fikriy sayohatimda havo olamini tomosha, u unsurning sahifasini mutolaa qilganimda ushbu zich haqiqatni to’liq ochish va tafsilotini aynal yaqin ko’rdim va هُوَ ning lafzida, havosida bunday o’tkir burhon, vohidiyat yog’dusi borligi kabi, ma'nosi va ishoratida o’ta nuroniy ahadiyat jilvasi va o’ta kuchli tavhid hujjati va هُوَ zamirining mutlaq va noaniq ishorati qaysi zotga qarayotgani ishoratini aniqlashga yordam bergan dalili bo’lgani uchun ham Qur'oni Mo’'jizul Bayon, ham ahli zikr tavhid maqomida ushbu muqaddas kalimani ko’p takrorlashadi deb ilma-l yaqin bildim.

Masalan, bir nuqtasi bor oq qog’ozga ikki uch nuqta qo’yilganda, aralashadi. Bir kishi ko’p turli vazifalarni birgalikda qilganda, yanglishadi. Bir kichik jonliga ko’p yuk yuklansa, ostida eziladi. Bir til va bir quloq ayni paytda ko’p sonli so’zlar kirib chiqishi intizomini buzadi, aralashadi.

لَا اِلَهَ اِلَّا هُوَ nin kaliti va yo’l ko’rsatgichi bilan fikran sayohat qilganimda havo unsurida har bir parchasi, hatto har bir zarrasi ichiga turli xil minglab muqtalar, harflar, so’zlar qo’yilgan yoki qo’yiladigan holida aralashmaganini, intizomini buzmaganini;

Yana boshqa-boshqa ko’p vazifalar qilinsada, umuman adashmay bajarilganini va u parcha va zarraga juda ko’p og’ir yuklar yuklansada hech zaiflamay, ortda qolmay intizom bilan tashishini;

Yana minglar ayri-ayri so’z, turli xilda, ma'noda o’sha kichik quloq va tillar bilan mukammal intizom bilan kelib chiqib, umuman aralashmay, buzmay kichik quloqqa kirib, o’ta nozik tillardan chiqqan va har zarra va parcha ajib vazifalarni bajarishi bilan birga mukammal erkinlik bilan jozibador hol tili bilan va mazkur haqiqatning guvohligi va tili bilan لَا اِلَهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ deb kezadi, dovul, chaqmoq, momaqaldiroq, ko’k ovozi kabi havoga ta'alluqli qorishtiruvchi to’lqinlar ichida intizomini buzmay, vazifalarini umuman buzmay, adashtirmay va bir ish boshqa ishga mone bo’lmayotganini aynal yaqin ko’rdim.

Demak yo har bir zarra va har bir parcha havoda nihoyatsiz hikmat va cheksiz ilmi, irodasi va tuganmas quvvati, qudrati va butun zarralarga mutlaq hokim xossalari bo’lishi kerakki, bu ishlarga asos bo’lsin. Bu esa zarralar sanog’icha imkonsiz va botildir. Buni hech bir shayton ham aqliga keltira olmaydi. Demak, ushbu havo sahifasining haqqal yaqin, aynal yaqin, ilmal yaqin darajasida ochiq-ravshan Zoti Zuljalolning cheksiz tuganmas ilmi va hikmati bilan ishlagan qudrat va qadar qalamining o’zgaruvchan sahifasi va Lavh-i Mahfuzning o’zgarishlar olamida va almashishlar shuunotida bir Lavh-i Mahv va Isbot nomli yozib-o’chiruvchi taxtasi hukmidadir.

Havo unsurining faqat ovozlarni tashish vazifasida mazkur vahdoniyat jilvasini va ajoyibliklarni ko’rsatgan va zalolatning cheksiz imkonsizligini izhor qilganidek, havo unsurining boshqa ahamiyatli vazifalaridan biri ovoz tashishdagi vazifani qilgan paytining o’zida tok, magnit, ziyo kabi boshqa latifalarni tashishda charchamay muntazam vazifalarni bajargan vaqti, butun nabotot va hayvonotni nafas olishi va vaksinaga o’xshagan kabi hayotga kerakli narsalarni mukammal intizon bilan yetishtiradi. Amr va Ilohiy irodaning bir arshi ekanini qat'iy suratda isbot qiladi. Yaramas tasodif, ko’r quvvat va sag’ir tabiat, aralash, bemaqsad sabablar va ojiz, jonsiz, johil moddalar bu havo sahifasining kitobida va vazifalariga aralashishi hech bir jihatda ehtimol va imkoni bo’lmaganini aynal yaqin darajasida isbotlaganiga qat'iy qanoan hosil qildim. Har bir zarra, har bir parcha hol tili bilan لَا اِلَهَ اِلَّا هُوَ va قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ deyayotganini bildim va bu هُوَ kaliti bilan havoning maddiy g’aroyibliklarni ko’rganimdek, havo unsuri ham bir هُوَ bo’lib misol va ma'no olamiga bir kalit bo’ldi.

Qolgani hozircha yozdirilmadi. Hammaga minglar salom.

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

Qardoshlarim!

Xavotirlanmang va Nurning favqulotda parda orqasidagi futuhotiga qanoat qiling. Hozirgacha hech qanday asarning bunday og’ir sharoitda bu daraja ta'sirli tarqalishini tarix ko’rsatmagan. Yana to’liq erkinlik berilmasligining sababi va hikmati: Nurlarning favqulotda kuchidan qo’rqishyapti. Balki zarba uradi deb to’liq taqdir va qabul qilish bilan birga hozircha rasman tarqalishidan qo’rqishganini, Diyonat Raisi katta rais bilan gaplashganini xabar olinibdi. Eskidagidek hujum yo’q, balki kelishishni istashyapti. Lekin Nurlar foydasiga kuchli jarayonlar Inshaalloh o’sha qo’rquvni ishtiyoq bilan rasman tarqalishiga aylantiradi. Yana juda ko’p xudbinlar asarlarini rivojlantirish uchun Nurlarning yuzaga chiqishiga hasad qilib tarafdor bo’lishmayapti. Xavotirlanmang, Nur g’alaba qiladi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Madrasatu-z Zahroning yigirma darslarini va hadyasini oldim. Uning evaziga Doru-l Hikmatda ilmiy vazifada ishlaganimda maoshim bo’lgan, qo’limga berilgan va o’sha vaqt chop ettirgan risolalarning xarajatidan ortib qolgan va u bilan hajga borishni niyat qilganim va yigirma-o’ttiz yilga yaqin bir vaqtda mening ehtiyot arzoqim bo’lgan to’qson banknotning ming banknot qiymati bor edi. Madrasatu-z Zahroning muqaddas darslariga sabab bo’lish uchun Nurning ahamiyatli bir noshiri va Hofiz Alining (R.H.) mehnatsevar vorisi Hofiz Mustafo (R.H.) bilan sizga jo’natdim. Ushbu yangi darslarning narxi, "Siroju-n Nur" va "G’aybiy Muhr" kabi men uchun yetti yarim lira bo’lsin. Chunki ko’plarga hadya berishga majbur bo’lyapman. Bu bilan birga har bir dars va nusxani Madrasatu-z Zahroning ustunlaridan ming hadya o’rnida qabul qilaman.

Ikkinchidan: Risola-i Nur hojilar bilan tashqi Islom olamiga yoyilyapti, o’zi o’zini loyiq qo’llarga yetishtiryapti. Biz Shomga jo’natgan qo’lyozma "Asoy-i Muso" va "Zulfiqor"ni ilmiy hay'at o’n besh kun tekshirdi. Natijada to’liq maqtashlariga belgi sifatida: "Biz buni majmualar holida qism-qism chop etaylik", deyishibdi. Buni birdan chop etishga juda ko’p pul kerak. Yana hozirdan birdan arab tiliga tarjima qilish uchun uzoq vaqt kerak, imkon bo’lmayapti. Uning uchun u yerdagi eski talabam va oxirgi jo’natgan shogirdim pul topish uchun chop qilishmasin deb, kitobni ularning qo’lidan olishga harakat qilishibdi. U qardoshlarim, o’z qo’lida ishtiyoqmandlarga o’qitishyapti. Holbuki men chop qilish uchun ruxsatim yo’q edi. Hozir vaqti emas. Yana arab tiliga tarjima qilish kerak. Misr ulamolarining ishtirokida ahamiyatli va yuksak ilmiy hay'at kerak. Nima bo’lganda ham, shoshilinibdi.

Uchinchidan: Tashqariga jo’natish uchun Istanbulga jo’natilgan bir qism nusxalar boshqa jo’natilmasligining sababi, hajga borish uchun ko’pchilik harakat qilmagani uchun va "Hududda qattiq e'tibor berilyapti va bir bahona bilan aylantirilyapti", deb, qo’lida bo’lgan omonat, hajga boradigan kishi, bizga: "Buni pochta orqali to’g’ridan-to’g’ri Makka-i Mukarramada Mahmud Ali Molikiy, Vaziya Mahall-i Shomiya manziliga jo’natilsin." deyishni munosib bilibdi. Uni bahona bilan hududdan o’girilmaslik uchun birga olib ketmabdi. Juda yaxshi bo’libdi. Chunki mening va Nur shogirdlarining nomidan hozir ushbu majmualarni jo’natish har holda yoyilishni boshlagan Islom birlik fikri va Islom birdamligi siyosati Risola-i Nurni o’zimga bir kuch, bir vosita qilishga uringan bo’lar edi va bizni Islom siyosatini kuzatishga majbur qilgan bo’lar edi. Holbuki Risola-i Nur yo’lidagi ixlos sirri, iymon, Qur'on haqiqatlaridan boshqa hech narsaga vosita, tobe bo’lmagani...

Ham mijozlarni qidirish emas, balki mijozlar haqiqiy ehtiyojini his qilib va yarasini davolash uchun Risola-i Nurni qidirishi kerakligi... Holbuki jo’natiladigan muborak markazlar hozircha Nurlarga haqiqiy ehtiyojini emas, balki Islom olamining diniy hayotiga oid jihatlaridan o’ylashga majbur bo’lishi...

Ham Nur madrasasida "men"lik va ho’jako’rsin, bir jihatda shuhratparastlik hisoblangani va rad qilingan. Ushbu xudbinlik davrida obro’talablik va izzattalablik juda rivojlangan. Nur shogirdlari mashhur mavqelarga o’zlarini katta imtiyozi bordek ko’rsatishi bir jihatdan ho’jako’rsin bo’lgani uchun Qadar-i Ilohiy Nur shogirdlarini tom ixlosning muhofazasi uchun hozirdan ruxsat bermayapti.

To’rtinchidan: Qaharamon va sadoqatda hech qaytmay, qardoshi bilan ma'sum bo’lishlari va qisqa vaqtda juda ko’p qiymatli xizmat qilgan Sulaymon Rushduga Janobi Haq dunyoda, oxiratda moddiy- ma'naviy tijoratida doim ehsoniga sazovor aylasin, omin!

Bechinchidan: "Huva Nuqtasi" juda nozik, qisqa va muxtasar bo’lsada, har kim undan juda kuchli iymon nurini his qiladi deb sizga ham jo’natildi. Lekin u nuqtaning oxirlarida "Har zarra, jazavada hol tili bilan لَا اِلَهَ اِلَّا هُوَ قُلْ هُوَ اللّٰهُ اَحَدٌ deb aylanadi", jumlasiga "hol tili va mazkur haqiqatning shahodati va tili bilan" so’zlari qo’shimcha qilinadi. Ushbu "Huva Nuqtasi" bilan Yigirma To’qqizinchi Maktubning Beshinchi qismi

اَللّٰهُ نُورُ السَّمَوَاتِ oyati munosabati bilan xayoliy sayohat va yana Yigirma To’qqizinchi Maktubning Birinchi Qismida "Nun-i Na'budu" eshigi bilan jamoat sirrini ko’rsatgan xayoliy sayohat ham birga "Gaybiy Muhr"ning oxiriga yoki munosib ko’rgan joyingizga qo’yilsin. Agar "Inoyat" "Gaybiy Muhr"ga qo’shilmagan bo’lsa, uning ham bir xulosasini qo’yilishini sizga havola qilaman.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Eshitishimcha, Shamsi va ismlarini aytishimizni munosib ko’rmagan mualliflar "Zulfiqor" va boshqa Risola-i Nurdan ba'zi bo’limlarini o’z nomidan nashr qilishlariga roziman, halol bo’lsin, xursand bo’laman. Ular ham Nurning shogirdi, bu suratda Nurlarni nashr qilishadi. Yigirma yildan ko’pchilik, hatto katta domlalar, asarida va mualliflar ham Nurning masalalarining ko’pini olishgan va olishyapti. Hatto nafaqat do’stlar balki rasmiy mansabda bo’lgan, kitob yozgan, Nurlarning yoyilishiga tarafdor bo’lmagan odamlar asarini rivojlanishi niyatida Nurning nashriga mone bo’lganlardan ham rozimiz. Chunki ularning man qilishi boshqa tarzda va yanada foydali yoyilishiga va futuhotiga sabab bo’lyapti. Men hozirgi holatni kuzatmaganim uchun bilmayman. Istamay eshitdimki: Asar yozgan va Nurdan o’g’rilagan katta rasmiy kishilar "Risola-i Nurni o’qishingiz mumkin, boshqalarga bermang", degan. Go’yo Nurlar ularning asarlarini yopadi. Holbuki Nurlar o’sha asarlardagi haqiqatlarni tasdiqlaydi, ularga kuch va rivoj beradi. Inshaalloh vaqti kelib rasman nashr qilishga majbur bo’lishadi. Lekin Izmirli sudyaning aytganidek, "Risola-i Nur yashirilmaydi. Boshqa kitoblarga o’xshamaydi va xususiylashtirilmaydi. Qayerda bo’lsa bo’lsin, men Nurdan kelganman deydi".

Yana Risola-i Nurning sakkiz yildan beri eng muhim bo’limlari Istanbulga ketayotgan va mualliflar kamoli sahvq bilan oqiyotgan edi. Asosan Risola-i Nur unga shogird bo’lish sharti bilan hammaning o’z mulki kabidir.

Ispartadan hajga ketgan va mening o’rnimga ham ma'nan haj qilishni va'da bergan muborak qardoshimizni xos shogirdlar doirasida butun ma'naviy daromadlarimizga hissador qilishga qaror qildik. Janobi Haq ularni ikki jahonda baxtiyor aylasin, omin!

Madrasatu-z Zahroning menga jo’natgan bu safargi "Asoy-i Muso" bahosidan qolgan oltmish banknotni yaqinda jo’nataman.

Yana Nur Tijoratxonasini tabriklayman. Inshaalloh yaqinda xabarlashishimiz Nur Tijoratxonasi egasi vositasida bo’ladi. Umumga bir-bir salom.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: "Rahbar"ning yuz donasini noshirlardan ellik banknotga oldim va o’z "Asoy-i Muso" nusxalarimdan sotganimdan ularga berdim. Sizning menga oxirgi jo’natgan "Asoy-i Muso"ning bahosidan qarzim oltmish banknotning o’rniga sizga jo’natdim. Yigirma-o’ttiztasi Madrasatu-z Zahroning ichida va qolgani Dengizli, Milos, Burdur, Antaliya, Oydin, Izmir kabi joylarga munosib ko’rgan miqdoringizda jo’nating. Bularning ahamiyatli haqiqiy bahosi, olgan kishi hech bo’lmaganda o’n kishiga o’qib berishidir. Chunki nusxalari kam.

Ikkinchidan: Mahkamadagi mudofaalaringiz menga yoqdi, chiroyli. Tishriiyn oyining yigirma ikkinchi kunigacha qoldirilgani xayrli. Zotan ularning qo’lidagi qismi, rasmiy kishilarning bir jihatda hissalari bo’lib, o’qishsin. O’qimasa ham yaqinlaridagi doiralarda bo’lishi va ular vazifasi sifatida ularning haqiqatlari bilan qisqa bo’lsada mashg’ul bo’lishsa, ma'naviy dars olishadi. Hech xavotirlanmang, Nurlarning yoyilishi va futuhoti tobora ko’payyapti, rasmiy xizmatdagilarning ko’pini ichiga olyapti. Rasmiy mansabdorlar ichiga qiziqish tushgan, qidirishyapti. Topgan vaqti ta'zirni yesa ham, qo’lini o’pishyapti.

Uchinchidan: Kichik Ispartaning qahramonlaridan kichik Ibrohim bilan Solihning maktublari meni favqulotda baxtiyor qildi, ming barakalloh. U ikki qardoshimiz, atrofdagi ahamiyatli qardoshlarimzni ziyorat qilib sihhat va salomatlarini yozishganidek, Qoradengiz sohillarida O’rdu, Sinop, Gerze, Ayanjiq, Bartin, Zonguldak kabi joylar Nurlar bilan munavvar bo’lganini va Istanbulning Uskudar tomonidan Nurchi voiz domlalar Nurga xizmat qilganini va Gerzedan muhim tijorat va Nurlarga juda ishtiyoqmand va qattiq xizmat qilishga azm qilgan yangi bir qardoshimizning chiroyli maktubini oldik, Ibrohim, Solih va u kishini ko’p salomimiz bilan birga tabriklaymiz, muvaffaqiyatlariga duo qilamiz.

To’rtinchidan: Olamasjid imomi faol qardoshimiz Ibrohim Adhamning o’z tizimida topgan to’liq Nurchi voiz Ali Shenturkning va voiz Usmon Nurining samimiy va fodikor va Nur xizmatida azmu sabotli maktubida istagan shaklida xos shogirdlar doirasiga qabul bo’lishdi. Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin, omin! Ali Shenturkning maktubida ismi bo’lgan qishloq muftiyi Ali Rizoga juda ko’p salom aytib, Ali Rizo nomli juda ahamitali qardoshlarimiz ichida Nur doirasiga kirganini va ko’pchilikka husni misol bo’lishini yetkazing. Umumga minglar salom.

* * *

Mo’'jizali Qur'onimizdan Rahmon surasining latif tavofuqlari ichida bo’lgan juz bilan (go’zal tavofuqli bir juz bilan) Istanbulda matbaachi Azizga ko’rsatish uchun jo’natgan edik. Unga yoqibdi, "Qachon istasangiz, buni ham "Hizb-i Qur'oniya" va "Hizb-i Nuriya"ga o’xshab fotograf orqali chop qilaman. Hindistonga bir million Qur'onni jo’natishga so’z berganim uchun ularga ushbu mo’'jizali Qur'onni ham birga jo’natish yaxshi bo’ladi", debdi. Janobi Haq inshaalloh Nurchilarni muvaffaq qiladi.

* * *

Noshirlardan "G’aybiy Muhr"ning bahosi sifatida ellik "Rahbar"ning pulini berdim, oldim, sizga jo’natyapman. Yana u muborak majmuaning bir muborak baho sifatida menga xizmat qilgan va hozir uncha shart bo’lmagan va men boshqalarga ham berishni xohlamangan qozon va o’n besh yil kiygan paxtali chakmonni va o’ta muborak kitob evaziga bir choynak va yigirma to’rt yildan beri soqol olgan ustara va ko’p vaqtdan beri menga xizmat qilgan choyshabni bu yerdagi Kilich Alining otasidan Ahmad Rosixning taxmini va munosib ko’rsa: qozon - to’qqiz lira, choynak ham - to’qqiz lira, ustara - to’qqiz lira, paxtali chakmon, choyshab bilan ikki qo’l sochig’i va bir nimcha bilan paxtali ko’ylak to’plam bahosi 125 lira taxmin qilindi. Be yerdagilar bu bahoni to’g’ri deyishdi. Men yanada kamroq baholadim, bu narx ko’p dedim. Umumga salom.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarimiz!

Avvalo: O’n kechangizni tabriklash bilar birga, sizga Nurning ikki karomatini bayon qilamiz. Quyidagicha:

So’nggi kunlarda ko’p tomondan, xususan mashinka bilan Nurlarning tarqalishi, yashirin dushman zindiqlarni karaxt qilib qo’ydi. Kichik lekin beshafqat reja bilan qattiq vahima va tuhmatlarga sabab bo’ladigan hodisani, bir bechora kalta fikrlaydigan kimsa vositasida qildirishdi. U kimsa bu yerda Nurning eng muhim va vazifasi eng ahamiyatli shogirdining uyi yonida to’rt granatadan yaralandi. Doktor "yuzda yuz o’ladi", deyapti. Majruh tomonidan da'vo qiladigan, ko’p rasmiy va g’ayri rasmiy kishilar bo’lib, shogirdning bo’yniga yuklash yuzda to’qson ehtimoli bor edi. Bu orqali uyidagi butun Nur Risolalari va maktublarini tekshirish bahonasi bilan qo’lga tushirish ehtimoli yuzda to’qson edi. Uni sabab qilib meni va Nurchilarni bu ishga bog’lash va ma'sum shogirdga ham ajib tuhmatlar chaplashni istashdi. Bunga ko’p sabab bo’lsada, فَاِنَّكَ مَحْرُوسٌ بِعَيْنِ الْعِنَايَةِ sirri bilan yana inoyati Ilohiya yordamga keldi.

U kimsa yuzidan tom to’rt to’p bilan yaqindan urilgan bo’lsada, o’lmadi. G’aroyib suratda hech qanday guvoh topilmadi. Umuman daliliy ashyo ham yo’q. Urilgan odam, na mahkamaga, na otasiga, na ukalariga kim urganini qattiq qistashlariga qaramay aytmadi, ya'ni ayttirilmadi. Agar aytganida, pashshani fil qiladigan munofiqlar ajib tuhmatlar qilgan bo’lar edi. Janobi Haq ehson va karami bilan Nurlar va Nurchilarni himoya qilib, o’sha hodisa granatanig portlashi bizga zarar bermadi. Buning Nurning bir karomati ekaniga qat'iy qanoat hosil qildik. U kimsa yana Nurlarning bir qismini o’qigani uchun, uning karomati bilan hayotini qutqardi. Undan qisman olgan haqiqat darsi hissi bilan, azobli holati va qaysar tabiatida yana Nurlarga zarar kelmasligi uchun lol qoldirildi. Na mahkamaga, na qarindoshlariga ayttirilmadi. Lekin mening yonimga bir marta kelib, to’g’ri turishga so’z berib, yanglish harakat qilgani uchun ta'zir yedi. Hatto tuhmatga qolishi mumkin bo’lgan shogird ham kamoli sadoqat va ixlos bilan ba'zi loqaydliklari sababli bir shafqat ta'ziri yeganini tushundik.

* * *

BU BO’LIM "HUVA NUQTASI"NING OXIRIDA YOZILADI

Misol olami, nihoyatsiz fotograflar va har bir fotograf sanoqsiz dunyoviy hodisalarning suratini ayni vaqtda umuman aralashtirmay olayotganini ko’rdim.

Minglar dunyochalik katta, keng uxroviy sinema

foniylarning foniy, yo’q bo’ladigan hollari va vaziyatlarini

o’tkinchi hayotlarining mevalarini

doimiy tomosha yerlarida va Jannatda abadiy saodat asxoblariga dunyo sarguzashtlarini

eski xotiralarini lavhalari bilan ko’zlariga ko’rsatish uchun juda katta forograf uskunasi deb qaradim.

Yana Lavh-i Mahfuzning ham misol olamining ikki hujjati,

ikki kichik namunasi,

ikki nuqtasi - insonning boshidagi xotira va hayol hissi marjimakdek kichik bo’lsada, umuman aralashtirmasdan,

kamoli intizom bilan,

ichida katta kutubxonachalik ma'lumotning yozilishi qat'iy isbot qiladiki,

o’sha ikki hisning katta va ulug’ namunasi - misol olami bilan Lavh-i Mahfuzdir.

Havo va suv unsurlarining, xususan nutfalarning suvi va havo unsuri tuproq unsurining ustida

yanada ko’proq hikmat bilan,

iroda bilan

qadar va qudrat qalami bilan yozilganini,

tasodifning,

ko’r quvvatning,

sag’ir tabiatning,

jonsiz va maqsadsiz sabablarning aralashishi yuz daraja imkonsizligini

hech bir jihat bilan mumkin emasligini,

Hakim-i Zuljalolning qadar qalami va hikmatining sahifasi ekaniniilma-l yaqinbilan qat'iy bilindi.

Qolgani hozircha yozdirilmadi.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

Qardoshimgiz

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim va Qur'on xizmatida faol, metin do’stlarim!

Avvalo: Bu yil hajj-i akbar ma'nosiga ega o’n kechangizni ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz.

Ikkinchidan: Ham ichkarida, ham tashqarida Nurning futuhoti davom etyapti. Lekin yashirin dushmanlarimiz bo’lgan zalolatdagi va kayfu safoga berilganlar ba'zi hodisalar bilan Nur talabalarini qo’rqitishga va pashshani fil qilib chekintirishyapti. So’nggi kunlarda aksar kitoblarim va uch yillik xabarlashish maktublarim o’rtadagi ahamiyatli bir shogirdning uyiga yaqin, tunda bir hodisa yuz berdi. Undan foydalanib shogirdning uyini tekshirish yuzda to’qson ehtimoli bor edi. Janobi Haq inoyati va hifzu himoyasi bilan uyni tekshirishdan qutqardi. Agar ertalab ikki sofdil qardoshimizni jiddiy ogohlantirmaganimda va kitob va maktublarni u yerdan olmaganimda, yana Nur doirasi ichida katta masala bo’lar edi. U hodisada bir nav siyosat qo’rquvi ham bor.

Garchi inoyati Ilohiya bizni muhofaza qilgan bo’lsada, bu kunlarda majmualar chiqib, tarqalyapti. Biz ham to’liq sokinlik va ehtiyot bo’lishga majbur bo’lsakda, bunday hayajonli hodisa pashshani fil qilgan dushmanlarimiz bizga xavotirga solib qo’rqitgan bo’lar edi. Inoyati Ilohiya u rejani ham daf etdi, bizni muhofaza qildi. Lekin kutilmaganda ushbu hodisadan ruhimga kelgan hayajon va ma'naviy zarba, Nur xizmatiga ahamiyatli zarar kelishini o’ylab umrimda umuman ko’rmagan siqilish va asablarimda ma'naviy yaralar chiqdi.

Beixtiyor ta'sirlanish meni qattiq ezayotgan edi. Ikkinchi kuni Janobi Arhamur Rohimiyn kamoli marhamatidan ma'naviy ta'sirldan chiqqan yaralarimga juda fidokor Nuri Benlini va Kastamonu qahramoni Sodiq Bey va Inebolu qahramonlaridan Ismoilni to’liq malham va darmon sifatida jo’natdi. Ham o’n besh yildan beri shahid bo’lgan deb eshitgan va doim Ubayd kabi shahid talabalarim ichida duo qilganim, ham "Ishoratu-l I'joz"ni, ham "O’ninchi So’z"ni chop qilgan Mullo Hamza hayotda, Iroqda ekanini va Nurlarni qidirganini... yurtiga borgan qardoshimiz Aminning maktubida u xushxabar tamoman yaramni davoladi. Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsin dedim.

Umum qardoshlarimizga minglar salom aytamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Sizga ham ajib, ham alamli, ham nozik bir hayot sarguzashtimni, dushmanlarimning ham pastkash, ham mingdan bir ehtimol bilan hech qanday shayton hech kimni alday olmagan tuhmatlarni va Nurga qarshi qo’llagan hech bir qurollari qolmaganini bayon qilishga bir munosabat keldi. U quyidagicha:

Hayot tariximni bilganlarga ma'lumki: Ellik besh yil avval men yigirma yoshlarda Bitlisda marhum hokim Umar Posho qistovi va ilmga qattiq hurmati sababli uyida ikki yil yashadim. Olti qizi bor edi. Uchi kichik, uchi katta. Men uch kattalarini, ikki yil bir uyda qolgan bo’lsakda, bir-biridan ayirib tanimas edim. Bilish darajasida e'tibor bermas edim. Hatto yonimga bir olim musofirim kelib, ikki kunda ularni bir-birdan ajratdi, tanidi. Hamma, men ham bu holatga hayratlanar edik. Mendan: "Nega qaramaysan?" deb so’rashganda, "Ilmning izzatini muhofaza qilish, meni qaratmaydi." deb javob bergan edim.

Qirq yil avval Istanbulda Qog’itxonaning maxsus bayram kuni Ko’prikdan to Qog’itxonagacha Halichning ikki tarafida minglar oshiq-sochiq Rum va Armani, Istanbulning xotin-qizlari tizilgan payti men va marhum deputat Mullo Sayyid Toha va deputat Hoji Ilyos bilan birga qayiqqa mindik. U xotinlarning yonidan o’tdik. Mening hech xabarim yoq, Mullo Toha va Hoji Ilyos meni sinashga kelishib navbat bilan meni bir soat kuzatishganini oxiri e'tirof qilib, "Sening holatingga hayratlandik, umuman qaramading", deyishdi. "Keraksiz, o’tkinchi, gunohli lazzatlarning oqibati azoblar, afsuslar bo’lgani uchun, qarashni xohlamayman", dedim.

Yana butun hayot tariximda hadyalarni qabul qilib minnatda qolib odamlarning sadaqa va ehsonlarini olishdan uzoq turganimni do’stlarim bilishadi. Nurlar, iymon va Qur'on xizmatining sharafini, salomatini himoya qilish uchun dunyoning butun moddiy, ijtimoiy, siyosiy lazzatlarini va qiziqishlarini tark qilganim, qatl kabi g’arazchilarning butun tahdidlariga bir tiyinlik ahamiyat bermaganimni, yigirma yil iskanjali asirligimdagi ikki dahshatli qamog’imda va mahkamalarimda qat'iy ko’rindi.

Rasmiy mansabni egallagan odam, yetmish besh yil avval davom etgan hayot dasturimga qaramay, Risola-i Nurning favqulotda qiymatini ketkazish niyatida shaytonlarning ham aqliga- xayoliga kelmagan tuhmatni qildi. "Tunda patnislarda baqlavalar bilan buzuq va nomussizlar borishyapti", debdi. Holbuki eshigim tunda tashqaridan va ichkaridan qulflanadi, tonggacha bir posbon u badbaxtning buyrug’i bilan ehigimda soqchilik qilar edi. Yana bu yerdagi qo’shnilar va butun do’stlar bilishadiki, men xufton namozidan keyin bomdodgacha yonimga hech kimni qabul qilmayman. Bunday tuhmatga bir safih, ahmoq odam eshshak bo’lsa, keyin shayton bo’lsa, bunga ehtimol bermaydi. U kimsa tushunib, unday rejalardan voz kechdi, bu yerdan boshqa joyga jahannamlik bo’lib ketdi. U rasman meni emas, balki Nurchilarni yomonotliq qilish uchun tuzgan rejasi bilan ushbu yangi hodisani sabab qilib, shogirdlarga chaplash istanildi. Lekin hifzu himoya va Ilohiy inoyat rejani ham g’aroyib shaklda yarim qoldirdi. Ushbu bayon bilan men o’zimni oqlamoqchi emasman, balki "muqaddas iymon xizmati, nafsning butun havaslaridan voz kechirgan va xizmatdagi ma'naviy lazzat unga kifoya qiladi", deyishni istayman va Nurchilarning ehtiyot va diqqat qilishlarini bayon qilyapman.

Ikkinchidan: Sizga mashinka ishida tajribali va qo’lidan keladigan xususiy kotibni jo’natyapman. O’zim qiynalib yozganim uchun, bundan keyin qisqacha yozaman, jahlingiz chiqmasin.

Uchinchidan: Afloniy tomonlarda Xatib Mahmudga, Tavfiqqa salom aytaman, ko’rgan tushi muborakdir.

To’rtinchidan: Hozir Kastamonu Xusravi Mahmud Fayzining tabrigi va Nur futuhotining hushxabarini ichiga olgan porloq, go’zal maktubini oldim va u qiymatli qardoshimiz boshda Hilmi, Amin, Beshqardoshlar, Ulviyalar, Zahrolar, Lutfiyalar kabi Nurchi singillarimizning ham o’n kechalarini, ham bayramlarini ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz. Ham Xulusiy, ham Fayzining maktublarini qo’shib jo’natyapmiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Nurning ahamiyatli va juda xayrli bir shogirdi, ko’plarning nomidan mendan soradi: Nurning xolis va ahamiyatli bir qism shogirdlari sizni, chekinsangiz ham, oxirzamonda keladigan Ol-i Baytning buyuk murshidi degan fikrda qattiq turib olishgan. Siz buncha qattiq turishlariga qaramay, ularning fikrini qabul qilmayapsiz, chekinyapsiz. Albatta ularning qo’lida bir haqiqat va qat'iy hujjat bor, siz ham bir hikmat va haqiqatga binoan ularga rozilik bermayapsiz. Bu esa bir bir-biriga qarshi, buni hal qilinishini xohlaymiz.

Men ham u kishining aytgan ko’p masalalariga javoban aytamanki: U xos Nurchilarning qo’lida bir haqiqat bor. Lekin ikki jihatda ta'bir va ta'vil qilish kerak:

Birinchisi: Ko’p marta maktublarimda ishorat qilganimdek, muqaddas jamoatning vakili Mahdiy-i Ol-i Rasul ma'naviy shaxsining uch vazifasi bor. Agar tez qiyomat qo’pmasa va odamzod batamom yo’lini yo’qotmasa, u vazifalarni uning jamiyati va sayyidlar jamoati qilishini rahmat-i Ilohiyadan kutyapmiz. Uning uch buyuk vazifasi bo’ladi:

Birinchisi: Fan va falsafaning bosimi bilan moddaparastlik va tabiatparastlik vabosining insonlar ichida yoyilishi sabab, hamma narsadan avval falsafani va moddaparastlik fikrini to’liq mot qiladigan shaklda iymonni qutqarish kerak bo’ladi. Ahli iymonni zalolatdan muhofaza qilish va bu vazifa ham dunyo, ham hamma narsani tashlab ko’p vaqt tadqiqot bilan shug’ullanishni iqtizo qilgani uchun, Hazrati Mahdiyning vazifasini shaxsan o’zi qilishga vaqt va holati to’g’ri kelmaydi. Chunki xilofati Muhammadiya (A.S.M.) jihatidagi saltanati u bilan shug’ullanishga vaqt qoldirmaydi. Har holda vazifani undan avval bir toifa bir jihatda qiladi. U zot u toifaning uzun tadqiqoti bilan yozgan asarni o’ziga hozirlangan reja qiladi, u bilan birinchi vazifani to’liq qilgan bo’ladi. Bu vazifa tayangan kuch va ma'naviy qo’shini faqat ixlos, sadoqat va birdamlik sifatlariga to’liq ega bo’lgan bir qism shogirdlar bo’ladi. Qanchalik oz bo’lishsada, ma'nan bir qo’shinchalik kuchli va qiymatli hisoblanishadi.

Ikkinchi vazifasi: Xilofat-i Muhammadiya (A.S.M.) unvoni bilan Islomiy shiorlarni tiriltirishdir. Olami Islomning birligini tayanch nuqtasi qilib bashariyatni moddiy-ma'naviy tahlikalardan va g’azabi Ilohiydan qutqarishdir. Bu vazifaning tayanch nuqtasi va xodimligiga millionlab a'zolari bo’lgan qo’shinlar kerak.

Uchinchi vazifasi: Davr o’zgarishi bilan ko’p Qur'oniy hukmlarning zarar ko’rishi va shariati Muhammadiyaning (A.S.M.) qonunlari bir daraja to’xtab qolishi sababli, u zot butun ahli iymonga ma'naviy yordam berib va Islom birligining yordami bilan va butun ulamolar va avliyolarning, xususan Ol-i Baytning naslidan har asrda kuchli va ko’p sonli millionlar fidokor sayyidlarning qo’shilishi bilan u buyuk vazifani bajarishga harakat qiladi.

Demak, hol haqiqati shunday ekan, eng birinchi vazifasi va eng yuksak yo’li bo’lgan iymonni qutqarish va iymonni tahqiqiy suratda umumga dars berish, hatto avomning ham iymonini tahqiqiy darajasiga chiqarish vazifasi - ma'nan va haqiqatdan hidoyatga boshlovchi, irshod qiluvchi ma'nosini to’liq ifodalagani uchun, Nur shogirdlari bu vazifani tamomi bilan Risola-i Nurda ko’rishgani uchun, ikkinchi va uchinchi vazifalar bunga nisbatan ikkinchi va uchinchi darajada deb, Risola-i Nurning ma'naviy shaxsiyatini haqli bo’lib bir nav Mahdiy deb o’ylashyapti.

U ma'naviy shaxsning bir vakili Nur shogirdlarining birdamligidan kelgan ma'naviy shaxsi va u ma'naviy shaxsda bir jihatda vakil bo’lgan bechora tarjimoni deb o’ylashgani uchun, ba'zan u ismni unga taqishyapti. Garchi bu bir noaniqlik va sahv bo’lsada, ular unda javobgar emas.

Eskidan beri ko’p husni zon bo’lib kelyapti va e'tiroz etilmayapti. Men ham qardoshlarimning qattiq husni zonlarini bir nav duo va istak o’rnida ko’rib, Nur talabalarining kamoli e'tiqodlarining bir tarashshuhini ko’rganim uchun, ularga ko’p aralashmagan edim.

Hatto eski avliyolarning bir qismi g’aybiy karomatlarida Risola-i Nurni ayni oxirzamonning hidoyat qiluvchisi degan kashflari, bu tahqiqot bilan ta'vili tushuniladi. Demak, ikki nuqtada noaniqlik bor, ta'vil kerak:

Birinchisi: Oxirgi ikki vazifa, garchi haqiqat nuqtasida birinchi vazifa darajasida bo’lmasada, xilofat-i Muhammadiya (A.S.M.) va Islom birligi qo’shinlari bilan zamin yuzida Islom salatanatini davom ettirish uchun hammaga, xususan avomda, xususan siyosatchilarda, xususan bu asrning dunyoqarashida birinchi vazifadan ming daraja keng hisoblanadi. Bu ism bir kishiga berilsa, ikki vazifa esga keladi, siyosat ma'nosiga xoslanadi, balki obro’talablik ma'nosini esga keltiradi, balki shonu-sharaf va mansabparastlik va shuxratparastlik istaklarini ko’rsatadi. Eskidan beri va hozir ham ko’p sofdil va mansabparast kishilar Mahdiy bo’laman deb da'vo qilishadi. Garchi har asrda hidoyat qiluvchi bir nav Mahdiy va mujaddid kelsada va kelgan, lekin har biri uch vazifalardan birini bir jihatda qilishi e'tibori bilan, oxirzamonning Buyuk Mahdiysi unvonini olishmagan.

Yana mahkamada Dengizli ekspertlar guruhi ba'zi shogirdlarning ushbu tushunchasiga asoslanib men haqimda: "Agar Mahdiylik da'vo qilsa, butun shogirdlari qabul qilishadi", deyishgan. Men javoban ularga: "Men o’zimni sayyid deb bila olmayman. Bu davrda nasllar bilinmaydi. Holbuki oxirzamonning buyuk shaxsi Ol-i Baytdan bo’ladi. Garchi men ma'nan Hazrati Alining (R.A.) bir ma'naviy avlodi o’rnida u zotdan haqiqat darsini olganman. Ol-i Muhammad Alayhissalom bir ma'noda haqiqiy Nur shogirdlarini ichiga olgani uchun, men ham Ol-i Baytdan hisoblanaman. Lekin bu davr ma'naviy shaxs davri bo’lgani uchun va Nurning yo’lida hech bir jihatda "men"lik va shaxsiyat va shaxsiy maqomlarni xohlash, shon-sharaf qozonish yo’q va ixlos sirriga to’liq muxolif bo’lgani uchun, Janobi Haqqa hadsiz shukr qilamanki, meni o’zimga xush ko’rsatmagani uchun, men unday shaxsiy va haddimdan cheksiz daraja ortiq maqomlarga ko’zimni tikmayman. Nurdagi ixlosni buzmaslik uchun uxroviy maqomlar berilsa ham, o’zimni uni tashlashga majbur deb bilaman." dedim. Ekspertlar hay'ati jim qoldi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Umum Nurchilarning muborak bayramlarini va hajju-l akbarda bo’lgan Nur shogirdlari bilan hajdagi Nur tarafdorlarining bayramlarini tabrik ichida va ko’p vaqtdan beri asirlikda qolgan va mustaqilligini yo’qotgan Hindistob, Arabiston kabi Islom olamining buyuk mamlakatlarini bir-bir Islom davlati sahklida Hindda yuz million davlat-i Islomiya, Javada ellik milliondan ko’proq davlat-i Islomiya va Arabistonda to’rt-besh hukumat birlashgan jamohir kabi Arab birligi bilan Islom birligini birlashtirishidagi Islom olamining bu buyuk bayramining boshlanishini tabrik bilan, bu bayram bizga xushxabar beryapti.

Ikkinchidan: Istanbulda Ra'fat Bey va Mustafo O’ruchning yozganiga ko’ra, ko’p vaqt Islom qo’shinini boshqargan, keyin doru-l fununga aylangan Harbiya Nazorati va Bobi Saraskariy muazzam binoning peshtoqida Qur'on xatti bilan ma'noli

اِنَّا فَتَحْنَالَكَ فَتْحًا مُبِينًا * وَ يَنْصُرَكَ اللّٰهُ نَصْرًا عَزِيزًا

oyati yozilgan ekan. Keyin esa ustini koshinlar bilan yopib u nurlarni yopishgan ekan. Hozir yangidan Qur'on xatti bilan chiroyli namuna va Risola-i Nurning borayotgan maqsadiga vasila va Universitet kelajakda Nur Madrasasi bo’lishiga ishorat bo’lganidek, Dengizli Nurchilaridan Ahmadning mashhur olim va o’n to’qqizinchi asrning eng buyuk mutafakkiri, ijtimoiy faylasuflarning olimi Bismarkning asaridan olgan fikrda, buyuk Bismark asarida aytadiki: "Qur'onni har tomondan tadqiq qildim, har bir so’zida buyuk hikmat ko’rdim. Buning o’xshashi va bashariyatni boshqaradigan hech qanday asar yo’q va bo’lmaydi.

Payg’ambarga qarata:

"Yo Muhammad! Sizga asrdosh bo’la olmaganim uchun juda xafaman. Bashariyat sizdek mumtoz qudratni bir marta ko’rdi, bundan so’ng ko’ra olmaydi. Shunga binoan sizning huzuringizda kamoli hurmat bilan egilaman."

Bismark

deb imzo otgan.

U bayonida o’zgargan va nashr qilingan samoviy kitobni ko’p tanqid qilgani uchun, u jumlalar yozilmasligi kerak, men ishorat qo’ydim.

U kishi o’n to’qqizinchi asrning eng aqlli va eng buyuk faylasufi, siyosat va ijtimoiy bilimlarning eng muhim shaxsiyati bo’lishi, yana Islom olami mustaqilligini bir daraja qo’lga kiritishi va ajnabiy hukumatlarning Qur'on haqiqatlarini qidirishi va g’arb va shimoliy g’arbda Qur'on foydasiga buyuk jarayonning borligi, ham Amerikaning eng yuksak va mashhur faylasufi Mister Karlayl ham aynan Bismark kabi:

"Boshqa kitoblar hech bir jihatda Qur'onga yeta olmaydi. Haqiqiy so’z ubir, uni tinglahimiz kerak." deb, qat'iy qarorini aytishi {(Hoshiya) O’ttiz yil avval Risola-i Nurdan Arabiy "Ishoratu-l I'joz" tafsiri uning bu to’g’ri qiymatli bahosiga ishorat qilgan.} va Nurlarning ham hamma tomonda futuhoti va rivojlanishi, katta bir yaxshilik alomati bo’lib, xorijda ko’p Bismarklar va Mister Karlayllar chiqadi. Buning belgilari bor deb Nurchilarga bayram hadyasi sifatida taqdim qilamiz va Bismarkning fikrini qo’shimcha qilib jo’natyapmiz.

Inebolu qahramonlaridan sartarosh Ali Usmonning ma'sum o’g’ilining chiroyli yozuvida jo’natgan maktubini o’qidim, birdan xayolimga keldi: Nur markazida uch muhim sartarosh bir-biriga to’liq o’xshash holda Nurga buyuk xizmatlari, yana har bir farzandlari bilan xizmat qilishlari meni baxtiyor qildi. Sartarosh Burhon, sartarosh Hifzi, sartarosh Ali Usmonlarning har biri Nurning qiymatli qahramonlaridir. Alloh ularni bola-chaqalari bilan dunyoyu oxiratda baxtiyor aylasin, omin!

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Madrasatu-z Zahroning uch shogirdining bir oy yengil qamoq jazosi, o’ta haqsiz, juda ma'nosiz va sovuq sudyaning g’azabiga uchradi. Buning evaziga, qat'iy xulosa va ko’p belgilarning quvvati bilan xushxabar beramizki, shogirdlar va ularga yordam berganlar, u odamning bergan kichkina jazosi va ma'nosiz g’azabi evaziga ruhoniylar, farishtalar va kelajakda keladigan avlodlar millionlar olqish bilan bunday shogirdlarni tabriklashyapti. Yana abadiy qamoqning millionlar yil jazolaridan qutulishga vasila bo’lishgani uchun, pashsha qanotichalik ahamiyati bo’lmagan bu kabi jazo va azoblarni yo’qqa chiqaradi, balki iftixor bilan sevintiradi.

Ha, bir asr avval dunyoning eng aqlli, eng mudaqqiqi, faylasufi va boy hokimi deb o’ylangan, o’zi Xristian bo’lib, eski dinlarni va kitoblarni yo’qqa chiqargan, balki inkor qilishga jur'at qilgan o’ta xudbin va mashhur Prins Bismarkning Qur'oni Hakimning oldida o’z imzosi bilan va butun kuchi bilan tasdiq bilan sajda qilishini yozgan.

Qaysarlik va "men"ligini, dinsizligini tashlab, Qur'onga taslim bo’lganini olamga e'lon qilganini gazetalarda nashr qilgan paytda va butun samoviy dinlarni inkor qilgan va shimoliy sharqdagi hozirgi dahshatli hukumatning tashviqi bilan ko’p musulmonlarni hajga jo’natgan. Islom olami nazarida dinsizligini va qaysarligi va adovatini tashlab go’yo Qur'onni inkor qila olmagan. Azamatiga bir nav taslimiyat va tobe bo’lgandek bu yerdagilardan ham ko’proq Qur'onni ahamiyatli deb bilaman deb, bu mavzuda ular mendan ham orqada qolishyapti, menchalik hoji jo’natmayapti degan. Uning gapiga javoban, bu yerdagilar ham mashaalloh to’liq ruhsat berishgan bo’lsada, siyosiy targ’ibot qilingan paytda, Madrasatu-z Zahroning Nur shogirdlari, "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" kabi g’aroyib risolalar bilan o’sha mohiyat va azamatdagi Qur'oni Mo’'jizu-l Bayon haqiqatlarining mo’'jizalarini qalamlari bilan nashr qilishdi. Bu bilan eng qaysar dinsizlarni tasdiqqa majbur qilishlariga javoban zalolatdagilarning hujumi nafaqat ahl-i haqiqat insonlarni, balki ruhoniylarni, balki farishtalarni ham albatta yig’latadi, yeru samoni g’azabga keltiradi.

Modomiki ikki yillik tekshiruvdan keyin "Oyatu-l Kubro" eski harflar bilan chop qilingan ming nusxa va Nurning butun risolalarni bir ovozdan oqlanib hammasi qaytarib berildi. Aynan qaytarib berilgan ba'zi risolalarning eski harflar bilan ko’paytirishni jinoyat hisoblab jazo berish adliyalarni jiddan aloqador qilib adolat sharafini ketkazyapti.

Ikkinchidan: Hozir mening xususiy kotibim yo’q. Boshqa kotiblar ham tilimni yaxshi tushunishmaydi, men ham bezovta, hamda sekin va og’irlik bilan yozaman. Holbuki kechadan beri yigirmaga yaqin maktublar keldi. Ichida ham juda ko’p qardoshlarimiz va singillarimizning ismlari bor. Biz ularning barchasining ham bayramini tabriklaymiz, ham yangi shogird bo’lishni xohlaganlarni ruhu jonimiz bilan qabul qilamiz. Ularni yo’naltirgan kishilardan ham Alloh rozi bo’lsin, qalblarida nimani murod qilgan bo’lsihsa, Janobi Haq ularni muvaffaq aylasin deymiz.

Uchinchidan:

Nur stansiyasi Sabrining (R.H.) "Ilova"ga kiradigan chiroyli maktubi va Ali Usmon va Chilangar Alining Nurlarning nashridagi muqaddas xizmatlari,

Ibrohim Adhamning Balikasir va boshqa tomonlarda ta'sirli faoliyati, uning irshodi bilan ko’pchilikning Nur doirasiga kirishi,

Ahmad Fuadning ham Afloniy atrofida Hasan Fayzi kabi faoliyati, qattiq aloqasi,

Konyalik Sabrining yosh maktablilarning ko’plashib Nur doirasiga kirishlariga urinishi,

boshda mufassir hoji va domla Vahbi Afandi, Konya ulamolarining Nurlarni hurmat bilan maqtashlari va tasdiqlab muomala qilishlari,

muallim Abdurrahmon Ehsonning murojaat maktubidagi Nurga samimiy va jiddiy aloqasi,

Tavshanlik Voizi Usmonning maktubida juda samimiy va ikki uch jiddiy kishilarning Nur shogirdligiga kamoli jiddiyat bilan kirishlari,

Eg’irdir qishloqlarida Ali Usmonning va Halil Ibrohimning tasdig’i bilan juda xolis Nurchilarning yetishishi,

Anqara dorulfununida Nurga ahamiyatli xizmat qilgan va Kastamonuda maktab yoshlaridan birinchi bo’lib Nurlarga kirgan,

Anqaradagi Abdurrahmonning o’g’li Vahdatni himoya va muhofaza qilishga harakat qilgan Arachli Abdullohning maktubida tom iymonli va dindor, xushxabar bilan yozishi va u yerda o’quvchilarning ko’pligidan qo’llaridagi risolaning yetmayotganiga,

Konyalik do’sti Mahmud bilan birga yoshlar ichida Nurni yoyishlari, Oydin tarafda inshaalloh chiroyli va samimiy maktubidagi duolari va tavsiflari, Nurning ta'sirlarini his qilishi,

ma'nosidagi fikrlar biz va Nur doirasini to’liq xursand qilganidek, bu bayramda ham katta bir ma'naviy hadya sifatida qabul qilamiz. Janobi Haq ularning barchasidan rozi bo’lsin. Xususiy va ayri-ayri maktub yoza olmaganim uchun jahllari chiqmasin.

Xusravning Oliy Sudga tegishli maktubini umuman tegmasdan qabul qilganim uchun uning sizdagi nusxasini Oliy Sudga jo’nating. Modomiki sizda nusxasi bor ekan, bu maktubni jo’natmang, "Ilova"ga kirsin. Hozir kelgan maktubda "Yoshlarga Rhanamo"ning narxini siz mendan yaxshi bilasiz. Bir yoki bir yarim banknotdan kam bo’lmasin. Xusravning qalami "To’rtinchi So’z"ni boshlashiga ming barakalloh deymiz. Alloh muvaffaq aylasin, omin!

Safranbolu qahramoni sartarosh Hifzi, Husnu, Yilmaz ikki ma'sum Nurchi o’g’lining bayram tabriklariga javoban salom aytamiz, yana muvaffaqiyatlariga duo qilamiz.

* * *

Aziz, siddiq qardoshrim Ra'fat Bey!

Avvalo: Bizga tegishli ba'zi kichik hodisalar munosabati bilan ruhimga bir haqiqatni bayon qilish qattiq eslatildi. Quyidagicha:

Risola-i Nur hech narsaga vosita qilinmasligini, rizo-i Ilohiyadan boshqa hech qanday maqsadga vasila bo’lmasligini, hamma narsadan avval to’g’ridan-to’g’ri iymon haqiqatlarini dars berish va bechora zaiflarning, shubhaga tushganlarning iymonini qutqarish ekanini albatta sizdek Nurning xos shogirdlari bilishadi.

Ikkinchidan: Risola-i Nurning buncha dushmanlariga eng katta kuchi ixlos bo’lgani uchun, dunyoning hech narsasiga vosita qilinmagani kabi, tarafgirlik ustiga qurilgan jarayonlarga, xususan siyosatga tegishli jarayonlar bilan aloqador bo’lmaydi. Chunki tarafgirlik hissi ixlosni ketkazadi, haqiqatni o’zgartiradi. Mening o’ttiz yildan beri siyosatni tark qilganimga sabab, bir muborak olimning kuzatgan jarayonning tarafgirlik hissi bilan solih va buyuk bir olim uning fikriga muxolif bo’lgani uchun fosiqqa chiqarib tahqirlashi va jarayoniga va o’z fikriga qo’shilgan mashhur, tajovuzkor munofiqni boshiga chiqarib madhu-sano qildi. Bundan men butun ruhim bilan qo’rqdim. Demak, tarafgirlik hissiga siyosatchilik ham aralashsa, bunday ajib xatolarga sabab bo’lar ekan deb "A'uzu billahi minash shaytoni va-s siyasa", dedim. O’shandan beri siyosatni tark etdim.

O’sha holatimning natijasi sifatida, sizdek qardoshlarim bilasizki, yigirma besh yildan beri na biror gazetani oqidim, na tingladim, na qiziqdim. O’n yil umumiy harbni kuzatmadim, bilmadim va qiziqmadim. Yigirma ikki yil ushbu iskanjali asirligimda tarafgirlikka va siyosatga aralashmaslik uchun va Nurlardagi ixlosga zarar kelmasligi uchun mudofaatimdan boshqa tinchligim uchun umuman murojaat qilmaganimni bilasiz. Yana bilasizki, qamoqda sizga yozganimdek, meni o’ldirishga uringan odamlar, qiynoqli azob berganlar, Risola-i Nur bilan iymonini qutqarsa, shohid bo’ling, men roziman, haqqimni halol qilaman. Tarafgirlik hissi bilan ixlosga zarar kelmasligi uchun so’nggi ikki-uch yilda ichkari va tashqaridan kelgan bo’ronli jarayonlarga umuman aralashmadik va qardoshlarimni ham bir daraja ogohlantirdim.

Uchinchidan: Risola-i Nurning ixlosiga dunyo manfaati kirmasligi, biror zarar bermasligi va boshqa qardoshlar ham ibrat olib hech narsaga vosita qilmasliklari uchun o’zim sadaqa va yordamlarni qabul qilmaganim kabi, bunday yordamlarga ham sabab bo’lmaganim uchun, o’z kiyimlarimni va kerakli narsalarimni sotib, puli bilan o’z kitoblarimni, yozgan qardoshlarimdan sotib olishimni bilasiz.

To’rtinchidan: Nurning haqiqiy shogirdlariga Nur kifoya qiladi. Ular ham qanoat qilishsin. Boshqa sharaflarga yoki moddiy-ma'naviy manfaatlarga ko’zini tikmasin. Nurga qarshi g’arazlilar chiqmasligi uchun, diniy masalalarda tarafgirlik bilan hislarga qattiq tegadigan munoqasha, nizo va bahs qilmaslik kerak. Hatto avvaldan sezish hissi bilan Mustafo O’ruch qardoshimizning bir kishi bilan Risola-i Nur yo’liga muxolif ravishda bahs qilayotgan daqiqada unga o’ta qattiq g’azab va jahl qildim. Hatto u Nurdan qozongan ko’p ahamiyatli maqomidan chiqarish istagi keldi. Qalban xafa bo’ldim. U men uchun bir Abdurrahmon edi, nega qattiq g’azablandim. Keyin bu bayramda yonimga keldi, Janobi Haqqa shukrki, juda ahamiyatli dars tingladi va katta xatosini ham tushundi. Men bu yerda g’azabnok bo’lgan paytimda ayni xatosini e'tirof qildi. Inshaalloh u kafforot bo’ldi, to’liq poklanib qutuldi.

Bechinchidan: To’rt-besh oydan beri bir kishi menga bu yerga bir gazeta jo’natayotgan ekan, menga jo’natilayotganini endi xabar oldim. Bu yerdagi do’stlarim odatimni bilishgani uchun, nafaqat gazeta, balki Nurdan boshqa hech qanday kitobni, hech bir majmuani qabul qilmayman. Shu bilan birga yangi yozuvdan hech qanday harfni bilmaganim uchun qo’rqishib, menga xabar berishmabdi va ko’rsatishmabdi. Bir kishi, bir maktub ichida bir sahifasi men bilan gaplashgan jurnalistning faqat do’st va bir hamshahrining maktubini ko’rsatdi. "Ko’pdan beri sizning nomingizga gazeta jo’natayotgan edi, bir sizga ko’rsatishga qo’rqdik", deyishdi. Men, "U kishiga men tomonimdan ko’p salom ayting. U do’stning eski bilgan Saidi o’zgargan, dunyo bilan aloqasi uzilgan. Ham xasta, ham qardoshimga xususiy maktub yoza olmaganim uchun, u kishining jahli chiqmasin." deb javob beraman.

U yerdagi umum do’stlarga, xususan Hofiz Amin va Hofiz Fahriddin kabi qardoshlarimizga salom aytib, bayramlarini takroran tabriklaymiz.

* * *

Risola-i Nurning advokati, Oydin tumanining Hasan Fayzisi, u atrofning Xusravi qardoshimiz Ahmad Fayzi uch yildan beri "G’aybiy Tasdiq Muhri"ning Risola-i Nurga bergan yuzlar ishorat bilan tasdiqlaganini, to’liq qat'iy burhon sifatida ham hadislardan, ham oyatlardan ma'no va jifrning muvofiq kelishiga asosan, Risola-i Nurning ma'naviy shaxsini juda kuchli suratda isbotlayapti.

Risola-i Nurning ma'naviy shaxsining bir vakili bo’lgan Nur shogirdlarining ma'naviy shaxsida hadisning ba'zi ishoratlari Nurning tarjimoniga qarayapti. Haqiqat shuki - tarjimon bir daraja ta'lif e'tibori bilan ma'naviy shaxsning bir nav vakili bo’lgani uchundir. Yo’qsa men muqaddas ishoratga asos bo’lishga haddim va haqqim yoq. Nima bo’lganda ham, men boshqa tadqiq qila olmadim. Uning uch yarim yilda va u kabi favqulotda zakiy qardoshimizning nozik tadqiqotini vaqtim va xastaligim izn bersa, tadqiq va to’g’rilab sizga jo’nataman. Uni "Tilsimlar Majmuasi"ning qo’shimcha yoki "Yog’dular" majmuasiga Risola-i Nurning haqligiga bir hujjat sifatida yozasiz. Qardsohimizning Nur advokati Ahmad Fayzining anjir tabarruki evaziga, menga og’ir botmasligi uchun mening nomimga bir "G’aybiy Muhr" majmuasini unga jo’nating. Chunki so’nggi kunlarda qat'iyyan evazsiz hadyalar meni xasta qilgani, ko’p tajribalar bilan aniqlashdi.

Qardoshimizning ikki muborak ayoli, muhtaram volidasi va Said, Nuri degan farzandlarining menga yozgan samimiy maktublariga javoban ham ularga, ham avlodlariga ko’p duo qilaman. Bunday qahramon Nurchining haqiqatli, muhtaram dindor rafiqasining Nurlarga fidoiy va xodim sifatida bergan ma'sum farzandlarini ruhu jonimiz bilan Nurning ma'sumlar doirasiga qabul qilamiz. Mahmud Amin, Ali Oqtog’, Ahmad Fayzi va umum qardsohlarimizga salom aytib, duo qilamiz.

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Keraksiz oziq-ovqat va kiyimlarimni sotib juda muborak yuz lira, Doru-l Hikmatdan olgan maoshim (hajga bormoqchi bo’lgan pulim), yana yigirma ikki yil oziq-ovqatdan orttirgan o’n lirani ham ustida surat bo’lgani uchun takroran muborak o’n lirani ham "Yog’dular" majmuasining bahosi sifatida birga jo’natyapman.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Hadsiz shukr bo’lsinkli, Risola-i Nurning Haramayn-i Sharifaynda qabul qilinishining bir belgisi shuki: Dengizli qahramoni Hofiz Mustafo Istanbuldan olgan "Zulfiqo", "Asoy-i Muso" va "Siroju-n Nur"ni (Hindiston ulamolariga jo’natilishi kerak bo’lgan) olib yo’lda ba'zi hojilarga o’qib berib, birgalikda Madina-i Munavvarada o’ta mashhur Kashmirli olim va turk tilini ham bilgan kishiga beribdi.

U kishi ham juda maqtab Hindiston ulamolari markaziga jo’natishini qat'iy va'da beribdi. Madina-i Munavvaraga maxsus majmualar ham yetib borgani va boshqa joylarga ham jo’natilgan majmualar butun holda yetib boribdi. Ushbu xushxabarni ikki Afyonli, Dengizli Hofiz Mustafoga do’st bo’lgan va yo’lda Nurlarni o’qib ketgan ham yosh, ham Nurchi hoji va boshqa hojilar olib kelishdi. Tashqarida Risola-i Nurning ahamiyatli rivojini va maqbuliyatini xushxabar berishdi. Faqat Jome'u-l Azharga yuboriladigan uch majmuadan "Zulfiqor" bu yerda qoldi, jo’nata olmadik. Ikki kitob ketdi. Buning hikmati shuki: "Zulfiqor" ilmiy keng darsdir. Islom olamining katta madrasasi bo’lgan Jome'u-l Azharga dars suratida jo’natish munosib bo’lmagani kabi, yana u yerda sitma xastaligi tarqalgani uchun, albatta bu vaziyatda "Zulfiqor"ga loyig’idek e'tibor berilmagan bo’lar edi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Nurning ahamiyatli qahramonlaridan, Nurning ahamiyatli majmualarini Makka-i Mukarramaga olib borib o’ta buyuk Hindli olim Ahmad Ali Shimshiriyga berib, ham Hind tiliga tarjima qilishga va Hindga jo’natishiga va'dasini olgan qardoshimiz Hofiz Mustafoga minglar barakalloh, mashaalloh va as'adakalloh deymiz. Madrasatu-z Zahro Makka-i Mukarramadagi buyuk zot bilan xabarlashsin. Manzili: "Makka-i Mukarramada Bobu-s Salomda Ahmad Ali Shimshiriy", deb maktub yozing.

Ikkinchidan: Bu safargi hodisa, pashshani vahima bilan fil qilishganini bildik. Bir belgisi shuki: Ichki Ishlar Vazirining buyrug’i bilan tunda Afyon hokimi, Ichki Ishlar mudiri bilan bu yerga kelib, tunda uyimni bosishni xohlabdilar. Prokuror ruxsat bermagani uchun tonggacha kutishib, bizga qattiq qarshi bo’lgan ikki kishini tayinlab, qulfimni sindirib kutilmaganda bosqin qilishlari, ham o’sha kuni

{(Hoshiya) Ha, bu yerdagi Nur shogirdlari nomidan tasdiqlaymiz, hodisa aytilganidek sodir bo’ldi.

Ha Chevar Mustafo, Ha Ismoil, Ha Mustafo, Ha Xizmatkori Nuri, Ha Xayri, Ha Halil}

faytonda chiqqan vaqtim (bu yerda unga o’xshagan hodisa ko’rilmagan) beshta tayyora juda past uchib faytonimni bilishgani uchun, atrofimda ikki marta aylanishi, ikkinchi kun boshqa tomonda ko’p ko’rinmagan yashirin dara tomonda faytonda ketayotgan edim. Pastda uchgan besh tayyorani bir narsa qidirayotganini ko’rdik. Avvalgi kuni kabi, atrofimizda va qishloq ustida besh tayyora aylandi. Xonamizga kirgan paytimiz ular ham ketishi, pashshani fil qilishganiga kuchli belgidir.

Bu yerda ma'nosiz, vahima sababli menga aziyat berilishi va Madrasatu-z Zahroning qahramonlariga bu yerga nisbatan uch yilda o’n darajadan faqat bir daraja aziyat berishi jihatidan Isparta hukumatiga va adliyasiga tashakkurimni va minnatdorligimni va ular bergan aziyatlarini ham halol qilganimni bildiring.

Uchinchidan: Bu safargi musibatda har doim bo’lganidek yana qadar adolatiga va Ilohiy inoyatning fayziga qaradim, ko’rdimki: Boshqa viloyatlarga nisbatan bir daraja Nurdan orqada qolgan va Nur doirasiga yaqin Kutahiya viloyati, adliyasi va hukumatini Dengizli, Kastamonu kabi Risola-i Nurga aloqador qilish... Ha, fikri va vazifasi qanchalik bizga qarshi bo’lsa ham, har holda qalbi, ruhi Risola-i Nurdan iymon jihatida ko’p foydalanish va Nurchilarga ham savob qozontirish hikmati bilan u viloyatga jo’natildi. Qadari Ilohiy ham bunga bir shafqat ta'ziri sifatida, Ichki Ishlar Vaziri Erzurumli va hamshahrim, Afyon hokimi (Antaliyalik) va hozirgacha menga aralashmagani uchun, "Bunday insofli hokimni endi topdim, ozod bo’lgan bo’lsamda, Amirtog’dan ketmayman." deb, sevinch va ehtiyotsizligimga jazo sifatida ikki odamning qo’li bilan qadari Ilohiy menga bir musht tushirdi, adolat qildi.

Afyon hokimi, ichki Ishlar mudiri va bu yerdagi hay'ati bilan bizning masalamizga doir Anqaraga: "Jamiyat, tariqat tuzish degan masalalar yo’q. Lekin Said Nursiyning bir so’zi bilan o’zini fido qiladigan ikki yuz ming Nurchi qardoshlari bor." deb, boshqa jihatda yana hukumatni qattiq vahimaga tushirishgan. Lekin ularning bu ma'lumoti Nurga va na Nurchilarga foyda va mening shaxsimga ham balki ziyon qilishi mumkin. Foydaning bir jihati shuki: Bunchalik o’g’ir sharoit ichida temirdek metin haqiqat bor. U haqiatning Ikki yuz ming turk ruhini unga fido qiladigan mijozi bor. Bu nuqtada iymoni zaif bo’lganlarning iymonini quvvatlantiradi. Siyosatdagilar ham iymonini yo’qotganlar ularni surishtirishdan qo’rqishadi, tez hujum qila olishmaydi. Menga tegadigan ziyoni esa (Janobi Haq Hofizdir) obro’sizlantirish va qardoshlarimni qochirish, birodarligimizni ketkazish uchun shaytonning ham xayoliga kelmaydigan tuhmatlar va isnodlar bilan mening ahamiyatimni ketkazishga urinishlari ehtimoli bor.

Ekspertlar hay'ati va Diyonat Riyosatining mushovirlaridan Yusuf Ziyo va u yerdagi domlalar Risola-i Nurning to’liq majmualarini xohlashyapti. Yana zarralarga oid "O’ttizinchi So’z" va "O’ttiz Ikkinchi So’z"ning Birinchi Mavqifining boshidagi zarra mavzusi va "Huva Nuqtasi" va "Tabiat Risolasi"ning zarra mavzusi kabi qismlari iltimos suratida va hurmat bilan u yerga jo’natgan Hasan Chalishkan orqali javob jo’natishgan. Go’yo

وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

ma'nosini tushunishni xohlashyapti. Bu qismlar bilan tushuniladi va hozir erkin buzg’unchilikni boshlagan moddaparastlarni mot qiladi.

Said Nursiy

* * *

Qonuniy tergov qilish kerak bo’lsada, ko’rsatma olishmadi. Men hozir ko’rsatmamni adliyaning ma'naviy shaxsiga va Ichki Ishlar vaziriga ma'lumot sifatida bayon qilaman:

Qirq yil ichida:

bu vatan va millatga umuman zarar qilmagan,

juda ko’p manfaati tekkan,

jumladan Mart Isyonida bosh ko’targan sakkiz bo’linmani bir nutq bilan itoat qildirgan va ko’p zobitlarni qutqargan,

milliy harakatda "Xutuvot-i Sitta Risolasi" bilan ulamolarni, Shayxul Islomni va Istanbulni ishg’ol qilgan ajnabiy tarafdorlaridan qutqargan,

eski umumiy harbda marhum Anvar Poshoning ko’p maqtov, tahsini bilan fidokorlik qilib xizmat qilgan,

uch dahshatli qo’mondon u kishiga g’azab qilishsada, biror narsa qilishga jasorat qila olmagan,

yashirin zindiqlarning tuhmatlariga binoan qonunlar uni javobgar deb topsada, uch mahkama u kishi ergashgan haqiqatga mag’lub bo’lib, qamoq jazosi berishga jasorat qila olmagan,

risolalari bilim va ilm olimlari nazdida ko’p taqdir va tahsinlar bilan kutib olingan,

risolalar hisobidan gapirgan odamni bir soat eshitishingi bu mansabda bo’lganingiz uchun kerak va shartdir.

Endi boshlayman. Qo’limizda haq bor. Haqqimizni kuch bilan boshqa suratda olishga Janobi Haq majbur qilmasin, omin!

So’nggi yigirma yilda tajriba bilan Ilohiy inoyat bizni himoya qilgani va dahshatli zulmlardan qutqargani kabi, yangi ma'nosiz, batamom qonunsiz, ayyor zulmdan ham qutqarishiga qat'iy qanoat hosil qilishimiz kerak. Shoyadki kichik muammo, zahmat, zarar ko’rsakda, qiyinchilikdan minglar daraja ko’proq rahmat va ehsoni Ilohiyga sazovor bo’lamiz va savob qozonish bilan birga juda ko’p iymon ahlining iymonlariga boshqa tarzda muqaddas xizmat o’rniga o’tishini rahmat-i Ilohiyadan qattiq umid qilamiz.

Bu hodisaning o’n tomonlaman qonunsiz ekanini bayon qilaman:

Birinchisi: Uch mahkama, uch ekspertlar hay'ati, Anqaraning yetti davlat idorasidan adliyaning qo’lida Risola-i Nur ikki yil tekshiruv bilan nazoratdan o’tgan bo’lsada, bir ovozdan hech qanday e'tiroz qolmay, umum risolalarning oqlanishi, Said bilan birga yetmish besh do’sti oqlangani va bir kun bo’lsada jazo berilmagani holda, yana boshqatdan zararli varaqalar kabi ularga qo’l uzatish qay darajada qonunsiz ekanini zarrachalik insofi bo’lgan kishi biladi.

Ikkinchisi: Oqlanganidan so’ng uch yarim yil Amirtog’da yakka holda, g’arib, eshigini ham tashqaridan qulflaydigan, ham ichkaridan surgi bilan yopgan, yuzda bir odamni zaruriy bir ish bo’lmasa qabul qilmagan, yigirma yildan beri davom etgan ta'lifini ham tashlab, boshqa ta'lif qilmagan odamga dunyo siyosati uchun ehigining qulfini buzib kirgan tintuvchilar arab tilidagi virdlaridan, yonidagi iymoniy lavhasidan boshqa hech narsa topa olishmagani uchun, bu aziyatning qay daraja qonunga xilof ekanini zarra qadar aqli bo’lgan kishi anglaydi.

Uchinchisi: Mahkamada yetmish guvohning tasdig’i bilan, yetti yil harbi umumiyni bilmagan va qiziqmagan, so’ramangan kishi hozir o’n yildan beri shu holda bo’lgan va yigirma yildan beri hech qanday gazetani o’qimagan va tinglamagan, o’ttiz yildan beri "A'uzu billahi minash shaytoni vas siyasa", deb siyosatdan bor kuchi bilan qochgan va yigirma ikki yildan beri iskanjali azoblar chekib, siyosatdagilarning diqqat-e'tiborini o’ziga jalb qilmaslik va siyosatga aralashmaslik uchun bir marta tinchligi uchun hukumatga murojaat qilmagan bir odamga qo’rqinchli siyosiy kabi va siyosiy fitnachi kabi uyini va yakka yerini bosib xasta holida tenggi ko’rilmagan azob berish, biror qonunga muvofiq keladimi? Zarra qadar vijdoni bo’lgan odam bu holatga achinadi.

To’rtinchisi: Eskishahar mahkamasida olti oy tekshiruvdan keyin, jamiyat, tariqat tuzish gumonini vahima qilib katta bir raisning shaxsiy g’arazi bilan unga qarshi ba'zi adliya xodimlarini tashviq qilgan edi. Jamiyat, tariqat tuzish va Risola-i Nurning ayblovlarini olib tashlab, oqladi. Faqat Risola-i Nurning bir kichik bo’limi bo’lgan "Tasattur Risolasi"ni bahona qilib, qonunan emas, vijdoniy qanoat bilan yuz shogird ichida besh-o’n shogirdga olti oy jazo berishdi. Tekshirish vaqtida to’rt oy qamoqda tutishdi. Yana bir yarim oy qamoqda qolishdi. O’n yil o’tib Dengizli mahkamasi yana to’qqiz oy jamiyat va tariqat tuzish degan bir qancha bahona bilan yigirma yillik butun maktublar va asarlarini ikir-chikirigacha tekshirib, Anqara va Dengizli mahkamasida tekshirishda qoldi. Mahkamalar bir ovozdan jamiyat va tariqat tuzish

{(Hoshiya) Nurlarning asosi va maqsadi, tahqiqiy iymon va Qur'oniy haqiqatlardir. Shuning uchun uch mahkama tariqat tuzyapti degan gumondan oqlashgan. Yigirma yilda hech kim, menga tariqatni o’rgatdi demagan. Ham ming yildan beri bu millatning aksar ajdodi bog’langan yo’l javobgarlikka sabab bo’lmaydi. Yana yashirin munofiqlar Islomiyat haqiqatiga tariqat nomini berib, bu millatning diniga hujum qilganlarga qarshi turganlar tariqatchi deb ayblanmaydi. Jamiyat tuzishga kelsak, Islomiy birodarlik jihatidan uxroviy qardoshlikdir. Siyosiy jamiyat emasligiga uch mahkama hukm qilgan.}

va boshqa bahonalaridan oqlab, kitob va maktublarni egalariga qaytarib berishgan. Saidni do’stlari bilan birga oqlagan bo’lishsada "siyosiy jamiyat tuzuvchi" nazari bilan va "fitnachi siyosiy odam" ma'nosida uni ayblash va adliya xodimlarini unga qarshi jamiyat va tariqat tuzayapti deb aldash, naqadar qonunsiz ekanini odamgarchiligi yo’qolmagan kishilar biladi.

Beshinchisi: Men Risoa-i Nur yo’lining asosi va o’ttiz yildan beri hayot dasturim bo’lgan shafqat e'tibori bilan bir ma'simga zarar kelmasligi uchun, menga zulm qilgan jinoyatchilarga nafaqat e'tibor qaratish, hatto badduo ham qilmayman. Hatto eng qattiq g’araz bilan menga zulm qilgan fosiq, balki dinsiz zolimlarga g’azablangan bo’lsamda, nafaqat moddiy balki ma'naviy badduo bilan javob berishdan meni shafqat man qiladi. Chunki u ayyor zolimning yo ota onasi kabi keksa bechoralarga yoki farzandi kabi ma'sumlarga moddiy va ma'naviy zarba kelmasligi uchun, to’rt ma'sumlar hurmatidan zolimga hech narsa qilmayman. Ba'zan rozi bo’laman. Ushbu shafqat uchun, boshqaruv va osoyishtalikka qat'iyyan aralashmaganimizdek, butun do’stlarimizga ham buni tavsiya qilganman. Uch viloyatning insofli zobitlarining bir qismi e'tirof qilib:

"Nur shogirdlari ma'naviy zobitlardir. Boshqaruv va osoyishtalikni muhofaza qilishadi." deyishgan. Bu haqiqatga minglar guvoh mavjud. Yana yigirma yillik hayoti bilan tasdiqlagan va minglar shogirdlarning zobitlar hech qanday hodisa qayd qilmagani bilan tasdiq va ta'yid etganlari holda, u bechora odamni isyonchi va insofsiz bir guruhbozga o’xshatib uyini bosish va insofsiz odamlar u kishiga xiyonat qilishi, uyida hech narsa topilmagani bilan birga, yuz jinoyati bo’lgan bir kishi kabi hatto Qur'oni va boshidagi lavhalarni zararli varaqalar kabi olib ketishiga dunyoda qaysi qonun ruxsat beradi, ajabo?

Oltinchisi: Hadsiz shukr bo’lsinki,

bundan o’ttiz yil avval Janobi Haqning inoyati bilan dunyoda vaqtincha shonu sharafni, xudbin obro’paratlik va shuxratparastlikning naqadar zararli, qanchalik foydasiz va ma'nosiz ekanini Qur'onning fayzi bilan tushungan odam,

o’sha vaqtdan beri butun kuchi bilan nafs-i ammorasi bilan kurashib,

kamtarinlik va "men"likni tashlash,

sun'iylik, riyokorlik qilmaslik uchun qo’lidan kelganicha harakat qilganiga unga xizmat qilgan yoki do’stlar qat'iy bilishadi.

Yigirma yildan beri hamma o’zi haqida hushlangan qattiq husni zon,

odamlar e'tiboridan, shaxsini madhu sanodan, o’zini ma'naviy maqom sohibi ekanini bilishdan hammaga qarchi chiqib butun kuchi bilan qochganini,

xos qardoshlarining u haqidagi husni zonlarini rad qilib ularni xafa qilishi,

yozgan javob maktublarida ularning o’zi haqidagi madhlarini va ko’p husni zonlarini olib tashlashi,

o’zini fazilatdan mahrum ko’rsatib butun fazilatni Qur'on tafsiri bo’lgan Risola-i Nurga, keyin Nur shogirdlarining ma'naviy shaxsiga berib, o’zini oddiy xizmatkor deb bilishi qat'iy isbot qiladiki,

obro’talablikka urinmagani, istamagani va rad qilsada, uning roziligisiz ba'zi do’stlari uzoq joydan u haqida husni zon qilib madh etib, maqom berishi,

Kutahiya atrofida tanimagan bir voizning ba'zi so’zlari bilan

Kutahiyaga o’zim hech qanday maktub jo’natmagan bo’lsamda

mening imzoimni taqlid qilib javobgarlikka tortiladi deb vahima qilingan bir maktub bilan,

Balikasirda kimniki ekani noma'lum og’ir kitob topilishini ajabo qaysi qonunga asosan javobgarlikka tortiladi.

U bechora, xasta, juda keksa, g’arib va uzlatdagi odamning xonasiga jinoyat qilgan odamnikiga kirgandek tintuv xodimlarini tiqish, virdlaridan va lavhalaridan boshqa bahona topilmagani, ajabo dunyoda hech bir qonun, hech bir siyosat bu hujumga ruxsat beradimi?

Yettinchisi: So’nggi kunlarda ichkarida ichki-tashqi hayajonli partiya jarayonlari shunchalik ko’p va bundan to’liq foydalanish, ya'ni chegaralangan bir necha do’stlari evaziga ko’p diplomatlarni o’ziga tarafdor qilishga zamin hozir bo’lsada, faqat siyosatga aralashmaslik va ixlosiga zarar bermaslik uchun va hukumatning e'tiborini o’ziga jalb qilmaslik va dunyo bilan mashg’ul bo’lmaslik uchun butun do’stlariga "Diqqat qiling, jarayonlarga berilmang, siyosatga kirmang, osoyishtalikni buzmang!" deb yozgan. Ushbu ikki jarayon ushbu chekinishidan unga zarar berishgani, eski vahimasi sababli, yangidan "Bizga yordam bermayapti" deb, ko’p muammo qilishgan bo’lsada, ahli dunyoning dunyosiga umuman aralashmay o’z oxirati bilan mashg’ul bo’lgan va yurtida, Nurs qishlog’ida ukasiga yigirma ikki yil ichida bitta maktub ham yozmagan, u viloyatdagi do’stlariga yigirma yil ichida o’n maktub ham yozmagan bechoraga, uning oxirat ishlariga bunchalik aralashishga qaysi qonun ruxsat beradi? Bu vatanga va millatga axloqqa juda zararli bo’lgan dinsizlarning kitoblar yoyilishiga va komunistlarning nashriyotlari erkinligi qonuni asosida hech kim aralashmagan. Uch mahkama javobgar qiladigan narsa topmagan. Yigirma yildan beri millat va vatanning ijtimoiy hayotini, axloqi va osoyishtaligini ta'minlashga harakat qilgan va millatning haqiqiy tayanch nuqtasi Islom olamining birodarligini va bu millatga ham do’stligini qaytarib, quvvatlanishiga ta'sirli suratda uringan va Diyonat Riyosatining ulamolar tanqid niyatida Ichki Ishlar vazirining buyrug’i bilan uch oy tekshirishdan keyin, tanqid o’rniga qiymatini to’liq taqdir qilib, "Qiymatli asar" deb Diyonat kutubxonasida qo’yilgan "Zulfiqor" va "Asoy-i Muso" kabi Nur kitoblarini zararli varaqalar kabi to’plab mahkamaga berishga ajabo hech bir qonun, hech bir vijdon, hech bir insof bunga ruxsat beradimi?

Sakkizinchisi: Yigirma yil azobda va sababsiz surgundan keyin to’liq ozod etilgan bo’lsamda, minglar qarindosh va do’sti bo’lgan tug’ilgan mamlakatiga bormay, g’urbatni, kimsasizlikni tanlab... toki, dunyo va ijtimoiy-siyosiy hayotga aralashmasin.

Va juda savobli bo’lgan jome'dagi jamoatning xayrini tashlab faqat namozini o’qib yashashni tanlagan,

Ya'ni xalqning hurmatidan chekingan ruhiy holatda bo’lgan,

yigirma yillik hayotining guvohligi bilan yuz minglar qiymatli turk kishilarning tasdig’i bilan, bir dindor, muttaqiy turkni, ko’p loqayd kurdlardan ustun qo’ygan,

hatto mahkamada Hofiz Ali kabi kuchli iymoni bo’lgan turk qardoshlarini, yuz kurdga almashmaganini isbotlagan,

hurmat va ehtirom ko’rmaslik uchun, zarurat bo’lmasa, odamlar bilan gaplashmagan,

masjidga bormagan, qirq yildan beri butun kuchi va asarlari bilan Islomiyatning birodarligiga va musulmonlarning bir-biriga muhabbatli bo’lishiga harakat qilgan,

shadid dushmaniga qarshi manfiy harakat qilmagan, hatto ular bilan mashg’ul bo’lmagan, badduo ham qilmagan,

turk millati Qur'onning bayroqdori va Qur'onning sanosiga sazovor bo’lgani uchun, bu millatni juda yaxshi ko’rgan,

hayotini ularning ichida o’tkazgan odam haqida rasmiy til bilan xiyonat qilish, tashviqot qilish, do’stlarini qo’rqitish uchun: U kurd, siz turksiz, u Shofe'iy, siz Hanafiysiz", deb odamlarni qo’rqitib undan qochirishga urinishgan,

yigirma ikki yil ichida va ikki mahkamada kiyinish tarzini o’zgartirishga majbur qilinmagan,

askarlarning yarmidan shapka olinishi bilan birga, yakka yashagan odamga zo’rlik bilan shapka kiydirishga majburlashga qaysi qonun ruxsat beradi?

To’qqizinchisi: Juda muhim, {(Hoshiya) Islom hukumatlarida Hristian va Yahudiy bo’lishi hamda Hristian va Majusiy hukumatlarda musulmonlarning borligi ko’rsatadiki, boshqaruv, osoyishtalikka amalda aralashmagan muxoliflarga qonun bo’yicha tegilishmaydi. Ham taxmin javobgarlikka asos bo’lmaydi. Yo’qsa har kim odam o’ldirishi mumkin. Barchani bu ehtimol bilan mahkamaga berish kerak bo’ladi.} o’ta kuchlidir. Lekin siyosatga tegishli bo’lgani uchun sukut saqlayman.

O’ninchisi: Bu ham hech qanday qonun ruxsat bermagan va hech qanday foydasi yo’q, faqat ma'nosiz vahima sababli pashshani fil qilib, hech qanday qonunga kirmagan hujumdir. Bu yo’limizga asosan biz kuzatmaydigan siyosatga aralashmaslik uchun sukut saqlab, o’n tomonlama qonunsiz muomalaga javoban faqat "Hasbunallohu va ni'mal vakil" deymiz.

Said Nursiy

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Janobi Haqqa hadsiz shukr bo’lsinki, ushbu yangi hujumda va juda keng va o’ta vahimali hujum yuzda birga tushdi. Kecha mahkamada to’rt soat tergov qilishdi. Avvalroq men sizga jo’natgan ko’rsatmaning o’zini va izohlari bilan javob berdim. Alloh Isparta Adliyasidan ko’p rozi bo’lsin, ularning bu yerga bizning foydamizga yozma bildirgisi bizga juda yordam berdi. Yo’qsa Afyondagi vahima va bu yerdagi ba'zi mansabdorlar yashirin dushmanlarimizga ham yordam berishar, biz ko’p zahmat chekkan bo’lar edik.

Musodara qilgan Qur'onimizni Diyonat Raisiga jo’natishibdi. Biz Istanbulga jo’natgan ikki juz va boshdagi juz bilan birga Diyonat Raisiga bir maktub yozdik. Maktubda "Buni fotograf bilan chop qilishni istaymiz. Diyonat Raisi munosib ko’rishi va yordamini umid qilamiz." deb yozdik.

Bu safar mahkamada mendan so’ragan juda ko’p ma'nosiz savollar ichida "Nima bilan yashayapsan?" degan savolga, "Tejamkorlik barakasi bilan", deb javob berdim. Hatto ko’p vaqt Ispartada bir Ramazonda bir non, bir kilo suzma, bir kilo guruch bilan yashagan odam, tirikchiligi uchun dunyoga kirib past ketmaydi va hadyani ham qabul qilishga majbur bo’lmaydi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Avvalo: Sizning muvaffaqiyatingizni, matonatingizni va Yigirma To’qqizinchi So’zning aliflar karomatini muhofaza qilib mumli qog’ozlarga yozilishini, ishingizga sustlik kelmasligini ruhu jonimiz bilan tabriklaymiz.

Ikkinchidan: Meni to’rt soat tergov qilib, tenggi ko’rilmagan bir qiyinchilik chekkanimdan o’n soat o’tib, xuddiki o’sha paytda ikki million lira zarar bergan, ma'orif yong’ini ko’rsatdiki, Risola-i Nur balolarni daf qilishga vasila bo’lib, Nurlarga hujum qilingan paytda balo yo’l topib keldi.

Uchinchidan: Risola-i Nurning karomati - yong’inga doir yozilgan bir parcha, bir haftadan beri sizga jo’natish uchun kutayotgan edi. Chunki ko’p vahimalardan pochtaxonalarga qattiq tekshirishgani sababli pochta orqali jo’natmadik. Sizning ham mahkamada haqiqiy holatingizga qiziqyapmiz. Qardsohinmiz Burhonning kichik musibati bor ekan deb yozyapti, u musibat qanday? Xavotirlandik. Janobi Haq daf qilsin. Ham Ra'fat Bey, ham Abdulloh Chovushning maktubidan ko’p xursand bo’ldim. Ularga xususiy salom aytaman. Umumga salom.

Qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

JUMHURIYAT RAISIGA JO’NATILGAN ARIZANING ILOVASI

YOZISHGA MAJBUR BO’LDIM

Menga hujum qilgan g’arazchilarning eng asosli sababi - Mustafo Kamolning do’stligi va tarafgirligi uchun azob berishyapti. Men u g’arazkorlarga: O’lib ketgan, dunyo va hukumatdan aloqasi uzilgan odam haqida o’ttiz yil avval bir hadisi sharifning xabari bilan, Qur'onga zararli shunday odam chiqadi, deganimni va vaqt o’tib Mustafo Kamol o’sha odam ekianini vaqt ko’rsatdi.

Men ham besh yuz yildan beri qahramonligi va haqparastligi bilan dunyo bilan urushaman degan qahramon qo’shinning sharafini va zafarini, haqiqatga xilof qilib M. Kamolga bermaganim uchun, g’arazchi do’stlari yigirma yildan beri menga bahonalar bilan azob berishyapti.

Ha, (mahkamada isbotlaganim kabi) "Sharaflar, musbat xayrlar, moddiy-ma'naviy g’animatlar qo’shinga, jamoatga berilib, topshirilib, kamchiliklar, manfiy ijrootlar boshga, raisga beriladi", deb haqiqat bo’lgan qoidaga, qahramon qo’shinning va amaliy askar va askar boshida ishlagan jasur zobitlarning zafarlari va sharaflari Mustafo Kamolga berilmaydi. Balki kamchiliklar, xatolar faqat unga beriladi, deb meni uni xushlamaslikda ayblaganlarni, qahramon qo’shinni yomon ko’rishda va sharaflarini ketkazish bilan ayblab ularga millat xoini nazari bilan qarayman.

Bu haqiqatni mahkamada isbot qilganimdek, uning qaysar do’stlariga ham isbot etishga tayyorman. Men bu muborak millatning bahodir qo’shinining millionlar a'zolari va zobitlarini yaxshi ko’raman. Hurmatlarini, fazilatlarini qo’limdan kelganicha muhofaza qilaman. Qarshimdagi g’arazli dushmanlarim, bitta odamni sevish yo’lida, millionlar a'zolarga ma'nan xiyonat, balki adovat qilishadi. Ha, ko’p belgilar bilan bildikki, menga hujum qilganlarni qo’llagan, Mustafo Kamolga e'tirozim va unga do’st bo'lmaganimdir. Boshqa sabablar bahonadir.

Shuning uchun dushmanlarimga aytishga majbur bo’ldim: U menga lutf qilish va butun sharqiy viloyatga umumiy voiz qilish uchun Anqaraga chaqirtirdi. Men u yerga bordim. Quyidagi uch modda meni unga do’st bo’lishdan voz kehirdi. Yigirma yil yakka holda azob chekdim, ularning dunyosiga aralashmadim.

Birinchi modda: Bir hadisi sharifning, oxirzamonda Islomiy an'anaga zarar qilishga urinadi deb xabar bergan odam, bu ekanini harakatlari bilan ko’rsatishidir. Men o’ttiz olti yil avval bu hadisni tafsir qilgan edim. Ma'nosi bu odamga tegishli bo’lib chiqdi. Mahkamadagi mudofaamning "Uchinchi asosi"da izohi bor.

Ikkinchi modda: Bir narsaning vujudi, ta'miri va hayoti unga oid butun ruknlar va sharoit bo’lishi va o’sha narsaning yo’qligi, buzilishi va o’lishi bitta shartning buzilishi bilan bo’lishi bir haqiqat qoidasidir. Barchaning tilida "Buzish, ta'mirlashdan juda oson", degan so’z zarbul masal bo’lgan. Ushbu qat'iy qoidaga binoan, o’rtada ko’ringan muhim kamchiliklar va buzg’unchiliklar u qo’mondon xatosidan chiqadi. Muhim sharaflar va zafarlar esa qo’shin qo’mondonligidan kelgani uchun, yomonliklarni unga, yaxshiliklarni qo’shinga berish kerak edi. Lekin buning batamom aksiga jamoatning yaxshiliklarini boshdagi bir kishiga va u odamning yomonliklarini jamoatga berish, dahshatli haqsizlik bo’ladi.

Uchinchi modda: Jamoatning yaxshiligini va qo’shinning zafarini boshdagi odamga berish va uning kamchiligini jamoatga isnod qilish, minglar xayrlarni bir dona xayrga tushirish va bitta kamchilikni minglar qusur qilish hisoblanadi. Chunki bir bo’linma bir dahshatli dushmanni o’ldirsa, har bir nafari g’oziylik rutbasini oladi va faqat mingboshisiga berilsa, mingdan birga tushadi, bir dona g’oziy bo’ladi. Mingboshining xatosi bilan zolimona bir qatl qilinsa va unga berilmay bo’linmaga berilsa, bitta qatl ming jinoyat o’rniga o’tib, ming xodimni javobgar qiladi va jazolaydi.

Xuddi shuning kabi: Yuzada ko’ringan ahamiyatli kamchiliklar ularni qilgan, o’lgan odamga berilmasa, besh yuz, balki ming yildan beri g’oziyligini va haqparastligini dunyoga ko’rsatgan, sharaf farmonini va Qur'on bayroqdorligini qilichlari va qonlari bilan imzolagan qo’shinga havola qilinsa, kamchiliklar minglar darajaga chiqib, ruknlari sanog’icha ko’payadi. Qo’shinning juda porloq moziyini qattiq qoraytiradi va bu asrning qo’shinini, o’tgan asrlarning ayni qo’shinlari oldida uyatda qoldirib, javobgar qiladi. Mavjud sharaflar, zafarlar bir kishiga berilsa, minglar daraja kichrayadi, ruknlar va a'zolar sanog’icha g’oziylik va xayrlar bitta xayrga aylanadi, so’nadi, keyin esa kamchiliklarga qarshi kafforatu-z zunub bo’lmaydi. Ushbu sirga asosan, men uning do’stligini tashlab, o’rniga, ahamiyatli davrda bo’lganim va men ta'sirli xizmat qilgan qo’shinning do’stligini oldim va minglar daraja ahamiyatliroq sharafini muhofaza qilishga Risola-i Nur bilan harakat qildim.

Amirtog’da

Said Nursiy

* * *

Yigirma yilda necha viloyatning zobitlari kiyinishimga aralashmadi. Faqat yigirma besh yil avval Anqara hokimi Navzod Bey majburan kiyinishimga teginishni xohladi. Lekin muvaffaq bo’la olmadi. Ham o’zini o’zi o’ldirib, ta'zirini yedi.

Yana Afyon hokimining katta mansabdori majburan kiyinishimga buyruq berishi evaziga, Amirtog’ning kichik bir adliya xodimi unga javoban "Qonun xorijida hech narsa qila olmaymiz", deb qonunga itoatini ko’rsatibdi. Bu yerning hokimi ham vahima orqali menga zulm qilmagani uchun u vijdonli kishining joyini o’zgartirishga urinishdi. Yana jumaga jome'ga borishga meni man qilgan mardumgirizlik xastaligi bilan birga bir necha moddiy kasallik tufayli bir hafta izn hujjati berib meni tergovga chaqirmaslik uchun doktorlik qonuni bilan amal qilganim uchun, Afyondan ikki doktor jo’natib uning hujjatini buzib, uni ham mahkamaga berish darajasida o’zboshimcha qonunlarga uchradik.

* * *

[Adliyaning ma'naviy shaxsi va Ichki Ishlar vaziriga ma'lumot sifatida taqdim etilgan va

Amirtog’dagi tergovda bergan ko’rsatmaning hoshiya va ilovasidir.]

Yigirma besh yildan beri hech qanday gazetani o’qimagan, tinglamagan edim. Kecha menga xizmat qilgan bir kishi biroz gazetadan o’qidi. Unda aytilishicha 1) Anqara maorif doirasi (ikki million zarar bilan), 2) Anqaradagi avtomobil garaji ayni vaqtda Izmirda muhim fabrika, 3) ayni vaqtda Adada katta bir binoning to’liq yonganini eshitgan vaqtim, qattiq xafa bo’ldim. Afsuslar bilan bu faqir millatga achinib turgan edim. O’sha kuni butun umrimda chekmagan azob bilan, hech qanday mahkamada mendek keksa va xasta holimda to’rt yarim soat tinmay tergovda savollarga javob berishga majbur bo’lgan paytim, agar bu yerning adliyasining odamgarchiligi va bir daraja shafqati bo’lmaganida, qat'iyyan chiday olmas edim. Og’ir so’z aytib bu sovuqda, xasta holimda qamalishni bo’ynimga olgan edim. Bu qat'iy qarorda edim. Hatto menga xizmat qilgan bir kishini xonamga joylashtirishni, biriga musht tushirib mening xizmatim uchun qamalish, yonimga kelish uchun qaror qilgan edik. Lekin bu yerning adliyasining odamgarchiligi va inoyat-i Ilohiya menga sabr berdi, chidadim.

Ushbu ajib holat va aslsiz vahimaning sababiga qiziqdim. "Yoshlarga Rahnamo"ning rasman chop qilinishi va tarqalishi juda ko’p maktablilarni nurlantirdi. Hatto Anqara va Istanbul Dorulfununlarida qiymatdor yoshlarning Risola-i Nur asoslarini, bu vatan millatining saodatiga bir sabab ekanini bilishdi. Juda ko’p muallimlar ham milliy va vatan g’ururi, ilmiy fazilat tomondan Risola-i Nurga kamoli ishtiyoq bilan aloqador bo’lishlari, ma'orif bo’limining e'tiborini jalb qilgan. Nurlarni bir daraja xush ko’rmay tinchligini buzishni xohlashibdi. Hatto bu yerda "Yoshlarni qo’lga olyapti. Chop etilgan "Yoshlarga Rahnamo" bilan maktab talabalarining e'tiborini dinga tortayapti." deb xabar berishibdi. Bunga asosan ham meni, ham aksar Risola-i Nur shogirdlarini ba'zi viloyatlarda tergov qilishibdi.

Holbuki men madrasadan chiqqanim uchun domlalardan yordam kerak. Butun kuchim bilan ma'orif bo’limi va maktablilarga ishonib ularga tayanishni istayman. Chunki Nur doirasiga kirganlarning ko’pi maktablilardir. Domlalar kam, ko’pi chekindi. Maktablilar esa kamoli taqdir bilan Nurlarni himoya qilishgani uchun, qalbimdan: Inshaalloh ma'orif bo’limi Nur shogirdlarini himoya qiladi deb, ularning yordamini kutayotgan edim. Lekin bu yangi hujumning sababi, chop qilingan "Yoshlarga Rahnamo"ning oxirida "Nur shogirdlari hukumatning ruxsatiga binoan mumkin bo’lganicha Nur darsxonalarini ochishi munosib", deb yashirin dushmanlarimiz ma'orif bo’limini dushmanga aylantirishiga sabab bo’ldi.

Hozirgacha dushmanlarimiz hiylalar bilan necha marta adliya tomondan bizni abgor qilishni istashdi. Lekin muvaffaq bo’la olishmadi, hech narsa chiqara olmadilar. Keyin mutaassib, xudbin va rasmiy mansabdagi domlalarni bizga qarshi qo’yishga urinishdi. Unda ham hech narsaga muvaffaq bo’la olmadi. Endi esa eng ko’p men yordam berishiga ishongan ma'orif idorasini bizga qarshi qo’yib, hukumatning ba'zi mansabdorlarini, uch mahkamada qat'iy oqlangan aybimiz - jamiyat va tariqat tuzish bahonasi bilan keng doirada bechora ma'sum Nur shogirdlariga va meni Risola-i Nurning mutolaasidan mahrum qilishga urinishdi.

Mening to’rt yarim soat qattiq tergov qilinayotgan paytimda ma'orif doirasining besabab yonishi va o’chirishga hech qanday imkon bo’lmagani va tamoman yonishi, tasodifga o’xshamaydi, g’azab belgisi sifatida ko’rinyapti.

Tergovimning oxirida va ayni paytda: "Meni g’urbatda, yolg’izlikda kitoblarim mutoalasidan mahrum qilmang. Yo’qsa ham menga, ham bu vatanga yomon bo’ladi. {(Hoshiya) Ming afsus, boshiga keldi.} Balki zamin yana zilzila bilan g’azab qiladi", deganimdan bir necha daqiqa o’tib uch soniya davom etgan zilzila va shu fikrni mahkamada yana takrorlagan paytim (yo kecha, yo kunduz) zamin olov bilan ma'orif bo’limiga urdi.

Mahkamada to’rt marta isbot etilgan ko’p zilzilalarning Risola-i Nur va shogirdlariga hujum bo’lgan vaqtda kelishi, albatta tasodif bo’la olmaydi. Demak bu vatan va millatning, osoyishtalikning katta tamal toshi bo’lgan Risola-i Nurning haqiqatlari, bunday ta'zirli hodisalar bilan bu millatning e'tiborini Qur'onning haqiqiy, haqiqatli va kuchli tafsiri bo’lgan Risola-i Nurga qaratadi. Millatni unga tashviq qilib, dushmanlariga shafqat ta'ziri uradi.

Sadaqa baloni daf qilganidek, Risola-i Nur bu yurtda baloning daf bo’lishiga vasila bo’lgani ko’p hodisalarda ko’ringan. Bu safar Risola-i Nurga hujum qilingan paytda yong’in balosining kelishi, Risola-i Nur baloning daf bo’lishiga vasila ekanini isbot qildi.

* * *

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Eg’irdirda "Asoy-i Muso"ni musodara qilib, mahkamaga bergan kishining o’zi ikki yil qamoq jazosi bilan ta'zir yedi. Xusravga g’azab bilan bir oz jazo bergan sudya ham nafaqaga chiqishga majbur bo’ldi. Uning rafiqasi ajrashib bir nav ta'zir yegani kabi, bu yerda ham sizga konvertda jo’natgan xabarda yozilgan ta'zirlar qat'iy ko’rsatadiki - biz bir himoya va inoyat ostidamiz. Bizga zarar qilganlar oxiratda shiddatli ta'zir yeyishlari kabi dunyoda ham bir qismi tez baloga uchraydi. Bu safar bizga hujum vaqti qish juda qattiq g’azab qildi. Qattiq sovuq va bo’ron bilan havoning jahli chiqqanini ko’rsatganidek, hujum to’xtaganda va Nurchilarning qo’yib yuborilishi bu ayoz kunlar navruz kunlari kabi kulishni boshladi. Bu tabassum, davomiy tarzda ma'naviy xushxabar va tasalli beryapti degan fikrdamiz. Bu safar xabarda yozilganidek, hech qanday shaytonning ham hech kimni alday olmagan ajib va masqarali tuhmat qilib omma hurmatini bizdan ketkazishga uringan rasmiy politsiya xodimlarining ayni paytda ta'zirini yeyishi ko’rsatadiki, bizga hujum qilganlar, tuhmatdan boshqa hech qanday chora topa olmayapti, boshqa yo’li qolmagan. Biz ham juda diqqat va ehtiyot bo’lishga, bunday mishmishlarga ahamiyat bermaslikka majburmiz.

* * *

20

Kitobni ochish ↗