BARLA ILOVASI
Muallifi
Badiuzzamon Said Nursiy
Taqdim
Bu Ilova maktublari "Yigirma Yettinchi Maktub" hisoblanadi. Risola-i Nurning ilk ta'lifi bilan boshlab davom etib kelgan. Risolalar Barlada yozilishni boshlab Isparta va atrofidagi qiymatdor talabalari bu risolalarni o’qish va yozish bilan istifoda va istifoza qilganlarida hissiyotlarini, ishtiyoq va ehtiromlarini shukrona qarzi sifatida muhtaram muallifi Ustoz Hazratlariga maktublar bilan taqdim qilishgan. Ba'zi mushkul masalalar va savollarining hal qilinishini iltimos qilganlar. Shu tariqa ham Ustoz Hazratlarining, ham talabalarining maktublari bilan"Barla", "Kastamonu"va"Amirtog’"Ilova maktublari vujudga kelgan.
Barla Ilovalari:Risola-i Nurning Barlada ta'lif qilingani va qo’lda yozib, ko’paytirilib nashrni boshlaganidan Eskishahar qamog’i zamoniga qadar bo’lgan davrda Nurning ilk mushtoq talabalarining, Nurlarning hamon ta'lifi zamonida, ilk o’qib yozganlarida his qilgan samimiy hissiyotlarini, qalbiy va ruhiy istifoda va istifozalarini tilga keltirgan bayonlarini va Ustoz Hazratlarining ham ba'zi maktublarini ichiga olmoqdadir.
Kastamonu Ilovalari esa:Eskishahar qamog’idan bo’shatilishdan keyin Nur Muallifi Kastamonuga surgun qilingan, Denizli qamog’i zamoniga qadar u yerda surgun holda qolganlar. Bu muddat mobaynida Nur Muallifi Ispartadagi talabalari bilan doimiy xabarlashib Nurlarning Qur'on xati bilan yozilib ko’payishi, nashri va inkishofi va eski yozuvni bilmagan yoshlarning istifodasi uchun ham, Risola-i Nur Kulliyotidan ba'zi bahslarning yozuv mashinkasi bilan ko’paytirilishi xususida shiddatli aloqa ko’rsatganlar hamda Risola-i Nurning mohiyati, qiymati, zimmasiga olgan muqaddas vazifa-i iymoniyasi va sazovorligi; hamda talabalarining xizmat tarzlari, tajovuzkor dinsizlar qarshisida sabot va matonatlari va ahli Islomning bir-biri bilan muomalalarida ta'qib qiladigan ixlosli harakatlari kabi, bir qancha ichki va tashqi masalalarga to’xtalib o’tgan. Bu e'tibor bilan Kastamonu Ilova maktublari ayniqsa yozilgan zamon e'tibori bilan ham buyuk ahamiyat kasb etgan bir davrning mahsuli bo’lishi va bir qancha ijtimoiy masalalarni va to’liq iymoniy haqiqat nazari bilan mutolaa, mulohaza va butunlashishi kabi jihatlarda buyuk qiymatga egadir.
Amirtog’ Ilova Maktublari, birinchi qismi:1944 yil 15 iyunda Denizli qamog’idan oqlanish bilan bo’shatilishlaridan keyin Vakillar Kengashining qarori bilan Amirtog’ga surgun qilingan Risola-i Nur muallifi Said Nursiy Hazratlari 1947 yilning oxirlariga qadar, ya'ni uchinchi katta qamoq bo’lgan Afyon qamog’iga qadar Amirtog’da yashagan muddatlari davomida Isparta, Kastamonu, Istanbul, Anqara va universitet talabalari, Anadoluda Nurlar nashrni boshlagan joylardagi talabalariga xizmatga taalluqli ba'zi maktub va savollariga javoban yozgan maktublaridir.
Ikkinchi qism esa:1948-1949 yillarda Afyon Qamoqxonasida yigirma oy qamalib bo’shatilishlaridan keyin takror Amirtog’ga qaytib u yerda bir muddat qolgandan keyin 1951 yili Eskishaharda ikki oy qolganlaridan so’ng, u yerdan ham "Yoshlarga Rahnamo" mahkamasi munosabati bilan ikki marta Istanbulga kelib uch oydan Istanbulda qolgan 1952-1953 yillarida va keyinchalik yana Amirtog’da ekanlar, talabalariga yozgan maktublari hamda mahkamalarga va da'volarga aloqador masalalarga doir ko’plab bahslardir.
1953 yildan keyin istiqomat qilgan Ispartada ham ora-sira yozgan maktublari ham bor. Eskishahar, Denizli va Afyon Qamoqxonalarida ekanlar, qamoqdagi talabalariga yozgan juda qiymatdor qamoqxona maktublari esa, yana muhtaram muallif Ustoz Hazratlarining nashrini munosib ko’rishlari bilan Shu'lalar Majmuasida aynan nashr qilingandir. Bu Ilovalarda o’tgan talabalarning maktublari, Nurlardan olgan iymon fayzi, ixlos va sadoqatlarini, iymonlari bergan botirliklarini ifoda qilish bilan ustozlariga izhor qilish va tashakkurlarini bildirish bilan bu davrda chiqqan Qur'oniy darsning tinglovchilari bo’lganlarini izhor qiladi. Va Risola-i Nurning haqqoniyatiga va Ustoz Hazratlarining da'vosiga bir-bir shohid hukmida bo’ladi.
Risola-i Nurning yozilishi va nashri bilan birga ushbu Ilova maktublarining chiqishi, davomi va nashri shaxsan muhtaram muallifi tarafidan qilinishi va munosib ko’rilishi, ko’plab maktublarda bu Ilovalarning qiymatini ifoda qilishlari va e’tiborni qaratishi, har holda bu Ilovalarning ahamiyatini ko’rsatishga kifoyadir.
Ha, Risola-i Nurning ta'lifi, chiqishi va nashri bilan birga Nur xizmatining va Qur'on darsining ta'limida va amalga oshirilishida va Nur maslagining o’qib o’zlashtirilishida va uzun vaqt xizmatning davomida sodir bo’ladigan minglab vaziyatlar va hujumga uchragan talabalarning jarayonlar qarshisida sabot, matonat va ixlos bilan harakatlarida ularga yo’l ko’rsatadigan, Qur'on xizmatining tarqalishida osonlikka sabab bo’ladigan ogohlantirish va eslatmalarga, albatta ehtiyoj zarur, qat'iy va yaqqoldir.
Xullas, Ustoz Hazratlarining bu kabi shubhasiz haqiqatlarga va masalalarga to’xtalish bilan ishora qilib diqqatni tortishlari, talabalarini ogohlantirib turishlari, albatta bu muqaddas xizmat ahamiyatining taqozosidandir. Hamda bu Ilovalarning bir qismi, ehtiyojga binoan yozilgan va yozdirilgan eslatmalar bo’lishi va ayni ehtiyojning har zamon takrorlanishi mumkin bo’lganidan, doimo murojaat qilinadigan hikmatlar va dasturlarni ichiga olgan. Haqiqatdan, yuzlab voqealar, hodisalar va masalalarda bu ehtiyoj o’zini ko’rsatgan.
Nurlarning birinchi talabasi Xulusiy Bey Ustoz Hazratlariga yozgan bir maktubida "Dunyoni unutishni istasangiz, boshqa hech bir sabab bo’lmasa ham, faqat muborak "So’zlar" bilan aloqa paydo qilgan insonlar iltimos qilib so’ragan izohlarni berishni istaysiz va javobsiz qoldirmaysiz... Alloh uchun sizni sevganlarga va sizdan izoh istaganlarga yozgan juda qiymatli yozuvlarlaringiz bilan ilm majlisingizda anglatganingiz xilma-xil va "So’zlar"ga o’tmagan masalalar, qat'iyat bilan ko’rsatadilarki, ehtiyoj ham, xizmat ham tugamagan" demoqda va Nurlarning xizmatida ogohlantirish, eslatma va irshodlarga ehtiyoj bo’lishini ifoda qilmoqdadirki, undan keyin chiqqan ehtiyojga muvofiq Ilovalar u muborak zotning o’rinli so’zini quvvatlantirgan.
Bu Ilovalarda, Nur Muallifi Aziz Ustozimiz Risola-i Nurning nashri, o’qilib yozilishi kabi shaxsan Nurlar bilan mashg’ul bo’lishga ahamiyat bermoqda, talabalarini doimo tashviq qilmoqdalar. Buning zarurat va hikmati esa, shubhasiz izohdan uzoqdir. Zero asrimizda koinot fanlari va moddiy ilmlar rivojda bo’lib, yangi yetishgan nasllar bu ilm va fanlarni o’qiganlari; hamda tabiiyyun va moddiyyunning din va ma'naviyatga qarshi nashriyoti; ham kufri mutlaq jarayoni-ki, hech bir din va ma'naviyatni tanimagan va Allohga iymon haqiqatiga qarshi muoraza qilib dinsizlikni nashr qilgan, Islomiy fikrni buzgan va butun bashariyatni tahlikaga solgan, yangi nasllarga va yoshlarga iymonsizlik fikri kufriysini singdirish istagan kitob, risola, gazeta kabi nashr vositalarining Islom va iymon dushmanlari tomonidan asosiy reja qilib olingan bunday ajib va dahshatli bir zamonda, albatta Risola-i Nurga, o’qilishiga, nashr qilinishiga shiddat bilan ehtiyoj va zarurat bor.
Chunki, Risola-i Nur Qur'oni Hakimning bir ma'naviy mo’'jizasi va bu zamonning dinsizligiga qarshi ma'naviy atom bombasi sifatida komunizm jarayonlarining qalb ma'naviyatini buzishiga javoban, kitobxonlarning qalblariga qalb ma'naviyatini ta'mirlab, birma-bir tahqiqiy iymondan kelgan muazzam quvvat va qudratga tayanishni qozontirmoqda. Bu vazifani muqaddas Qur'onimizning ilhom, irshodi va darsi bilan ado qilmoqda.
Iymoniy tafakkur darsi bilan tabiatparast va moddaparastlar bo’g’ilgan ayni masalalarda tavhid nurini ko’rsatadi, iymon haqiqatlarini modda olamidan misollar va dalillar ko’rsatib izohlaydi. Litseylarda, universitetlarda o’qitilgan ilm va fanlarning ayni masalalarida iymon haqiqatlarining isbotini quyosh ko’rinishida ko’rsatadi. Bu kabi ko’p jihatlar bilan Risola-i Nur bu davrda iymon va Islom ahli uchun birinchi navbatda qo’lga olinishi zarur bo’lgan, ularning qo’lida ma'naviy olmos qilichdir. Asrning idrokiga, zamonning fahm qilishiga, tushunishiga xitob qilgan, ehtiyojga eng muvofiq tarzni ko’rsatgan, dars bergan va to’g’ridan to’g’ri fayz va ilhom yo’li bilan oyatlarning yulduzlaridan kelgan Qur'oniy darsdir, to’liq ma'rifatulloh burhonlaridir.
Asrimiz insonlarining tushunishiga va idrokiga xitob qiluvchi mohiyati va Qur'oni Hakimning davrimiz aqllariga dars bo’lishi nuqtasidan Nur Risolalari, ayniqsa bu mamlakatda buyuk ahamiyat qozongan. Asrlarcha Qur'onga bayroqdorlik qilgan va dunyoni diyonati bilan oydinlatgan bu zotdor millat, yana dunyoga o’rnak, axloq va fazilanda ustoz bo’lib insoniyat o’tkazgan mudhish inqirozlardan xalos bo’lish uchun najot chorasini ko’rsatmoqda. Bashariyatni dahshatli zarbalarga yo’liqtirgan, tahlikaga solgan anarxistlikning vayrongarchilik va buzg’unchiligining yagona chorasi faqat va faqat Ilohiy, samoviy dinning azaliy va abadiy haqiqatlari, Islomiyat haqiqati bo’la oladi. Risola-i Nur Islomiy va Qur'oniy haqiqatilarni musbat va dalilli bir shaklda insoniyatning tahqiq nazariga arz va ifoda qilmoqda.
Hamda, Nur Muallifi bir maktubida "Ichki tarafkashona adovat va tortishuvlarga vasila bo’lgan ikkinchi darajadagi masalalarni emas, balki butun bashariyatning eng ahamiyatli masalasi bo’lgan iymonning ruknlarini va insonning saodatiga sabab va umum musulmonlarning asos va qardoshlik robitasi bo’lgan Qur'onning iymon haqiqatlarini topish va muhtojlarga toptirishga hayotimni vaqf qildim", degan Islom xizmatining va diniy masoilning barchasini ichiga olgan kenglik va jome'iyatga ega bo’lganini; diniy xizmatlarning har turdagisini qo’llab-quvvatlagan va tashviq qilganini va bir katta Qur'oniy yo’l bo’lgan Risola-i Nur doirasining umum iymon va Islom ahlini ichiga olganini ifoda qilmoqda. Va yana ayni maktublarida davom etib "Hatto Musulmonlar bilan emas, balki dindor Xristianlar bilan ham do’st bo’lib adovatni tashlashga harakat qilyapman. Jahon Urushi va komunizm ostidagi anarxistlik tahlika va buzg’unchiliklarining hol tili bilan "Dunyo foniydir, ayriliqlar bilan to’la. Ey insonlar, adovatni tashlanglar, Qur'on darsini tinglab birlashinglar, bo’lmasa sizni mahv qilamiz", degan bayoni bilan bu davrning sharoiti va zaruratlari qarshisida xizmat tarzini yana Qur'onning nuri bilan ko’rsatib hikmatli shakldagi irshodning va Ilohiy tavfiqiqa muvofiq harakat bilan xizmat qilish tomonlama Risola-i Nurning lozimligi va ahamiyatini ko’rsatadi.
Xullas, Ilova maktublari bu kabi xususlarga ham ishora qiladi. O’zgargan dunyo hodisalari, keng va kulliy masalalar va sharoitga mos Qur'oniy xizmatning asoslarini dars beradi.
Badiuzzamon Said Nursiy Hazratlarining Xizmatkorlari
Tohiriy, Zubayr, Husnu Bayram, Mustafo Sungur, Bayram
(Hoshiya):Barla Ilovasi oldin Qur'on xati bilan qo’lyozma daftarlar holida tartiblangan va nizomga solingan bo’lib, bulardan ba'zilari shaxsan Ustozimiz Hazratlari taraflaridan tahrir qilingan.
Qo’limizda mavjud bo’lgan nusxalarda Ustoz Hazratlari tahrir bilan birga ahamiyatlariga ishora qilgan maktublarning ustiga ikki, uch, to’rt va yana ko’proq ishoralar qo’yganlar.
Bundan tashqari, Ustozimiz munosib ko’rgan, 1956 yilda Istanbulda nusxa ko’paytirish dastgohi bilan nashr qilingan va bosh tarafiga Maktubotdan "Inoyati Sab'a" qo’yilgan kichik Barla Ilovasi ham. Mazkur qo’lyozma nusxalardagi maktublar va Amirtog’ Ilovalaridan ham bir nechta maktub qo’shilgan.
Nashr qilingan ushbu Barla Ilovasini tayyorlashda yuqorida zikr qilingan va Ustozimiz Hazratlarining tahrirlaridan o’tgan qo’lyozma nusxalar va nusxa ko’paytirish uskunasi bilan nashr qilingan nusxa asos qilib olidi.
Umuman qo’lyozma nusxalardagi tartib va nizomga solish bir-biriga muvofiq qilindi. Deyarli ayni maktublar ayni ketma ketlik bilan qo’yildi.
Faqat oxirgi qismlarga borib qo’lyozmalarda bo’lmagan Xulusiy va Ra'fat Og’alar kabi qiymatdor Nur ruknlari bo’lgan talabalariga Ustozimiz Hazratlarining yozgan bir qism xususiy maktublari ham ahamiyatiga va qamragan ilmiy haqiqatlari bilan Nurning ilk talabalari bo’lgan qiymatdor zotlarning hurmatlariga binoan nashr qilindi. Bu mavzuga doir Amirtog’ Ilovasi-I jildida bir maktubda Ustozimiz Hazratlari bu maktublarning nashrini orzu qilganlar:
"Ra'fat qardosh! Sen ham xush kelding va Risola-i Nurni yozish bilan mashg’ul bo’lishing meni jiddan sevintirdi. Xulusiy va Sabri kabi sening savollaringning ham Risola-i Nurda ahamiyatli natijalari va shirin mevalari bor. Sening yoningdagi va risolalarda qayd qilinmagan ilmiy parchalarni munosib yerlarda yoki Ilovada yozarsiz."
(Yigirma Sakkizinchi Maktubdan)
Yettinchi Risola bo’lgan Yettinchi Masala
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
قُلْ بِفَضْلِ اللّٰهِ وَبِرَحْمَتِه۪ فَبِذٰلِكَ فَلْيَفْرَحُوا هُوَ خَيْرٌ مِمَّا يَجْمَعُونَ
Bu masala "Yetti Ishora"dan iborat.
Avvalo, tahdisi ne'mat suratida bir nechta inoyat sirrini izhor qilgan "Yetti sabab"ni bayon qilamiz:
Birinchi sabab:Birinchi Jahon Urushidan avval va urushning avvalida, bir sodiq voqeada ko’rdimki: Ararat Tog’i deyilgan mashhur Ag’ri Tog’ining ostidaman. Birdan tog’ mudhish ravishda portladi. Tog’lar kattaligidagi parchalarni dunyoning har tarafiga uchirdi. Dahshat ichida qarasam, marhum volidam yonimdalar. "Onajon, qo’rqmang! Bu Janobi Haqning amridir. U Rahimdir va Hakimdir", dedim. Birdan o’sha holatda, muhim bir zot menga amirona: "I'jozi Qur'onni bayon qil", dedi. Uyg’ondim, angladimki:
Ulkan bir portlash bo’ladi. O’sha portlash va inqilobdan keyin Qur'on atrofidagi qal'alar yiqiladi. To’g’ridan-to’g’ri Qur'on o’zini-o’zi mudofaa qiladi. Qur'onga hujum qilinadi, i'jozi uning po’lat zirhi bo’ladi. Shu i'jozning bir navini bu davrda izhoriga, haddimdan ortiq bo’lib, men kabi bir odam nomzod bo’lishini va nomzod ekanimni angladim.
Modomiki i'jozi Qur'onni bir daraja bayon "So’zlar" bilan bo’ldi. Albatta, i'joz hisobiga o’tgan va uning rashahoti va barakoti navidan bo’lgan xizmatimizdagi inoyatlarni izhor qilish, i'jozga yordam va izhor qilmoq kerak.
Ikkinchi sabab:Modomiki Qur'oni Hakim murshidimizdir, ustozimizdir, imomimizdir, har bir odobda rahbarimizdir. U o’zini-o’zi madh qilmoqda.
Biz ham uning darsiga ergashgan holda, uning tafsirini madh qilamiz.
Ham modomiki yozilgan So’zlar uning bir navi tafsiridir va u risolalardagi haqiqatlar, Qur'onning mulki va haqiqatlaridir.
Va modomiki Qur'oni Hakim aksar suralarda, xususan الٓرٰ larda, حٰمٓ larda o’zini-o’zi kamoli hashamat bilan ko’rsatmoqda, kamolotini aytmoqda, loyiq bo’lgan madhni o’ziga-o’zi qilmoqda.
Albatta, So’zlarda in'ikos etgan Qur'oni Hakimning lamaati i'joziyasidan va xizmatning maqbulligiga alomat bo’lgan Rabboniy inoyatlarning izhoriga vazifadormiz. Chunki ustozimiz shunday qiladi va shunday dars beradi.
Uchinchi Sabab:"So’zlar" haqida tavoze suratida emas, aksincha bir haqiqatni bayon qilish uchun aytamanki: "So’zlar"dagi haqiqatlar va kamolot meniki emas, Qur'onnikidir va Qur'ondan sizib kelgan. Hatto "O’ninchi So’z" yuzlab Qur'on oyatlaridan sizilgan ba'zi qatralardir. Boshqa risolalar ham batamom shunday. Modomiki men shunday deb bilaman va foniyman, ketaman. Albatta, boqiy qoladigan narsa va asar menga bog’lanmasligi va bog’lanilmasligi kerak.
Va modomiki ahli zalolat va tug’yon ishlariga to’g’ri kelmagan asarni, asar sohibini obro’yini tushirish bilan asarni qadrini tushirish odatlari ekan, albatta, samo-i Qur'onning yulduzlari bilan bog’langan risolalar men kabi ko’p e'tirozlarga va tanqidlarga sabab bo’lishi va tubanlashishi mumkin bo’lgan chirik tirgak bilan bog’lanmasligi kerak.
Hamda, modomiki insonlar urfida, bir asardagi ustun xususiyatlar, asarning masdari va manbai deb o’ylangan muallifining fe'l-atvorlarida qidiriladi va bu urfga ko’ra, oliy haqiqatlarni va qimmat javohirni men kabi bir qashshoqqa va ularning mingdan birini o’zida ko’rsatolmagan shaxsiyatimga bog’lash, haqiqatga nisbatan buyuk bir haqsizlik bo’lgani uchun, risolalar meniki emas, Qur'onning mulki bo’lib, Qur'onning rashahoti maziyatiga sazovor bo’lganlarini izhor qilishga majburman. Darhaqiqat, lazzatli uzum shingillarining xususiyatlari quruq cho’pchasida qidirilmaydi. Men ham shunday bir quruq cho’pcha hukmidaman.
To’rtinchi sabab:Ba'zan tavoze, kufroni ne'matni keltirib chiqaradi, balki kufroni ne'mat bo’ladi. Ba'zan esa tahdisi ne'mat iftixor bo’ladi. Ikkalasi ham zarardir. Buning yagona chorasi: Na kufroni ne'mat chiqsin, na iftixor bo’lsin. Ustun vasf va kamolotlarni egalik qilmasdan e'tirof qilib, Mun'imi Haqiqiyning in'omi sifatida ko’rsatish to’g’ri bo’ladi. Masalan: Qandayki bir ko’z qamashtiradigan murasso' va ziynatlangan ko’ylakni birov senga kiydirsa va u bilan juda ham go’zallashsang, odamlar senga: "Moshoalloh, juda ham go’zalsan, juda ham go’zallashding", desa. Sen kamtarlik qilib: "Yo’q!.. Men kim bo’libman, hech. Bu nimasi, go’zalli yo’q?", desang, kufroni ne'mat bo’ladi va ko’ylakni senga kiydirgan mohir san'atkorga nisbatan hurmatsizlik bo’ladi. Agar faxrlanib: "Ha, men juda ham go’zalman, men kabi go’zal qayerda bor, mendek birovni ko’rsating", desang, mag’rurona bir faxr bo’ladi.
Xullas, faxrdan, kufrondan qutulish uchun: "Ha, men go’zallashdim, lekin go’zallik libosnikidir. Demak libosni menga kiydirganniki, meniki emas", deyishi kerak.
Shuning kabi, men ham ovozim yetsa, butun Yer kurrasiga bor ovoz bilan aytamanki: "So’zlar go’zaldirlar, haqiqatdirlar. Lekin meniki emas, Qur'oni Karimning haqiqatlaridan yarqiragan shu'lalardir."
وَ مَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَت۪ى ٭ وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَت۪ى بِمُحَمَّدٍ
dasturi bilan aytamanki:
وَ مَا مَدَحْتُ الْقُرْاٰنَ بِكَلِمَات۪ى ٭ وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ كَلِمَات۪ى بِالْقُرْاٰنِ
Ya'ni: "Qur'onning i'joz haqiqatlarini men go’zallashtirolmadim, go’zal ko’rsatolmadim. Aksincha Qur'onning go’zal haqiqatlari mening ta'birlarimni ham go’zallashtirdi, ulug’lashtirdi." Modomiki shunday ekan, haqoiqi Qur'onning go’zalligi nomidan, "So’zlar" nomidagi oynalarining go’zalliklarini va o’sha oynadorlik natijasida chiqqan inoyoti Ilohiyani izhor qilish, maqbul bir tahdisi ne'matdir.
Beshinchi sabab:Ancha payt oldin bir avliyolardan eshitdimki, u zot eski valiylarning g’aybiy ishoralaridan istixroj qilgan va xulosa qilgan ekanki: "Sharq tarafidan bir nur chiqadi, bid'atlar zulmatlarini tarqatib yuboradi." Men bunday nurning chiqishini ko’p kutdim va kutyapman. Lekin gullar bahorda keladi. Muqaddas gullarga zamin tayyorlash kerak bo’ladi. Angladikki, ushbu xizmatimiz bilan o’sha nuroniy zotlarga zamin tayyorlayapmiz. Demak o’zimizga oid emas ekan, albatta "So’zlar" nomli nurlarga oid Ilohiy inoyatlarni bayon qilishda faxr va g’ururga sabab bo’lolmaydi, aksincha hamd va shukrga sabab hamda tahdisi ne'mat bo’ladi.
Oltinchi sabab:"So’zlar"ning yozilgani uchun Qur'onga xizmatimizga oldindan berilgan mukofot va tashviq vositasi hisoblangan Rabboniy inoyatlar, bir muvaffaqiyatdir. Muvaffaqiyat esa, izhor qilinadi. Muvaffaqiyatdan o’tsa, bo’lsa bir Ilohiy ikrom bo’ladi. Ilohiy ikromning izhori esa, ma'naviy shukr hisoblanadi. Undan ham o’tsa, ixtiyorimiz xorijida Qur'oniy karomat bo’ladi. Biz unga sazovor bo’lganmiz xolos. Bu tur ixtiyorsiz va xabarsiz kelgan karomatning izhori zararsizdir. Agar oddiy karomatdan yuqori chiqsa, Qur'onning ma'naviy i'jozining otashlari bo’ladi. Modomiki i'joz izhor qilinar ekan, albatta i'jozga yordam bergan kishining izhori ham i'joz hisobiga o’tadi. Faxr va g’ururga umuman asos bo’lolmaydi, aksincha hamd va shukrga sababdir.
Yettinchi sabab:Inson sinfining sakson foizi haqiqatni tushunadigan va haqiqatni haqiqat deb tanib qabul qiladigan olim emas. Aksincha suratga, husni zonga binoan, maqbul va ishonchli insonlardan eshitgan masalalarini taqlid qilib qabul qiladilar. Hatto kuchli bir haqiqatni zaif odamning qo’lida zaif ko’rsa va qiymatsiz masalani qiymatdor odamning qo’lida ko’rsa, qiymatdor deb o’ylashadi. Shunga binoan, men kabi zaif va qiymatsiz bir bechoraning qo’lidagi iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarning qiymatini, aksar insonlarning nuqtai nazarida obro’yini tushirmaslik uchun, majbur bo’lib e'lon qilamanki: Ixtiyorimiz va xabarimiz bo’lmay, birisi bizni xizmat qildirmoqda. Biz bilmay, bizni muhim ishlarda ishlatmoqda. Dalilimiz shuki: shuurimiz va ixtiyorimiz tashqarisida bir qancha inoyatlarga va yengillashtirishlarga sazovor bo’lyapmiz. Shunday ekan, inoyatlarni bor ovoz bilan e'lon qilishga majburmiz.
Xullas, o’tgan yetti sabablarga binoan, bir nechta kulliy Rabboniy inoyatga ishora qilamiz.
Birinchi ishora:Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Birinchi Nuktasida bayon qilingandirki, "tavofuqot"dir. Jumladan: Mo’'jizoti Ahmadiya Maktubotida, Uchinchi Ishorasidan O’n Sakkizinchi Ishorasiga qadar oltmish sahifa; biz bexabar, bilmasdan bir nusxa ko’chiruvchining nusxasida ikki sahifa mustasno qolgan barcha sahifalarda, kamoli muvozanat bilan, ikki yuzdan ortiq "Rasuli Akram alayhissalotu vassalom" kalimalari bir-biriga qaramoqda. Kim insof bilan ikki sahifaga diqqat qilsa, tasodif emasligini tasdiqlaydi. Holbuki tasodif, bo’lsa-bo’lsa bir sahifada ko’p o’xshash kalimalar bo’lsa, yarimga yarim tavofuq bo’ladi, faqatgina bir-ikkita sahifada to’laligicha tavofuq etishi mumkin. Barcha sahifalarda Rasuli Akram alayhissalotu vassalom so’zi, ikki bo’lsin, uchta bo’lsin, to’rtta bo’lsin yoki yana ko’proq bo’lsin, mukammal mezon bilan bir-birining yuziga qarasa, albatta tasodif bo’lishi mumkin emas. Hamda, sakkizta xar hil nusxa ko’chiruvchilar buzolmagan tavofuqning ichida kuchli g’aybiy ishora bo’lganini ko’rsatadi.
Balog’at olimlarining kitoblarida balog’atning darajalari bo’lgani holda, Qur'oni Hakimdagi balog’at i'joz darajasiga chiqqan. Unga yetish hech kimning haddida emas. Xuddi shuning kabi, mo’'jizoti Ahmadiyaning bir oynasi bo’lgan O’n To’qqizinchi Maktub va mo’'jizoti Qur'oniyaning bir tarjimoni bo’lgan Yigirma Beshinchi So’z va Qur'onning bir navi tafsiri bo’lgan Risola-i Nur qismlarida tavofuqot, umum kitoblardan ustun bir antiqalik darajasini ko’rsatadi. Shundan tushunilyaptiki, mo’'jizoti Qur'oniya va mo’'jizoti Ahmadiyaning bir tomondan karomati bo’lib, o’sha oynalarda tajalliy va tamassul etmoqda.
Ikkinchi ishora:Qur'oniy xizmatga oid Rabboniy inoyatlarning ikkinchisi shuki, Janobi Haq men kabi qalamsiz, yaxshi yozishni bilmaydigan, begona diyorda, hech kimi bo’lmagan, odamlar bilan ko’rishishdan man qilingan sharoitda kuchli, jiddiy, samimiy, serg’ayrat, fidokor va qalamlari olmos qilich hisoblangan qardoshlarni menga muovin sifatida ehson qildi. Zaif va ojiz yelkamga juda og’ir Qur'oniy vazifani kuchli yelkalarga qo’ydi. Kamoli karamidan yukimni yengillashtirdi. Muborak jamoat (Xulusiyning ta'biri bilan) simsiz telegrafning qabul qiluvchilari hukmida va (Sabrining ta'biri bilan) nur fabrikasining elektrlarini ishlab chiqaradigan generatorlar hukmida turli-tuman ustun vasflari va qiymatdor farqli xususiyatlari bilan birga, (yana Sabrining ta'biri bilan) g’aybiy tavofuqot navidan bo’lib, shavq, sa'yu g’ayrat va jiddiylikda bir-biriga o’xshab Qur'on sirlarini va iymon nurlarini atrofga nashr etishlari va hamma joyga yetkazishlari va bu davrda (ya'ni, harflar almashgan, nashriyot yo’q, hamma iymon nurlariga muhtoj bo’lgan davrda), sustlik beradigan va shavqni sindiradigan ko’p sabablar mavjud ekan, ularning berilib, kamoli shavq va g’ayrat bilan xizmatlari, to’g’ridan-to’g’ri Qur'oniy karomat va yaqqol bir Ilohiy inoyatdir.Ha, valiylikning karomati bo’lgani kabi, xolis niyatning ham karomati bor. Samimiyatning ham karomati bor.Xususan, Alloh uchun bo’lgan qardoshlik doirasidagi qardoshlarning ichida jiddiy, samimiy yordamlashishning ko’p karomatlari bo’lishi mumkin. Hatto shunday bir jamoatning shaxsi ma'naviysi bir valiyyi komil hukmiga o’tadi, inoyatlarga sazovor bo’ladi.
Xullas, ey qardoshlarim va ey xizmati Qur'onda birodarlarim! Bir qal'ani fath qilgan harbiy bo’linmaning yuzboshisiga barcha sharaf va harbiy o’ljani berish qanday zulm, xato hisoblanadi. Shuning kabi shaxsi ma'naviyingizning kuchi va qalamlaringiz bilan hosil bo’lgan fathlardagi inoyatlarni men kabi bir bechoraga berolmaysizlar. Albatta, bunday muborak bir jamoatda tavofuqoti g’aybiyadan ham kuchli bir g’aybiy ishorat bor va uni ko’ryapman. Lekin har kimga va umumga ko’rsatolmayman.
Uchinchi ishora:Risola-i Nur qismlari barcha muhim iymoniy va Qur'oniy haqiqatlarni hatto eng qaysar kimsaga ham porloq bir suratda isbotlashi juda kuchli g’aybiy ishorat va Ilohiy inoyatdir. Chunki iymoniy va Qur’oniy haqiqatlar ichida shundaylari borki, eng buyuk dohiy deb qabul qilingan Ibn Sino ham tushunishida ojizligini e'tirof qilgan, "Aql bunga yo’l topolmaydi!" degan. "O’ninchi So’z" Risolasi u zot dahosi bilan yetisholmagan haqiqatlarni avomga ham, bolalarga ham bildiradi.
Yana, masalan: Sirri qadar va juz'i ixtiyoriyning hal qilinishi uchun buyuk Sa'd Taftazoniy kabi alloma qirk-ellik sahifada, mashhur Muqaddimoti Isna 'Ashar Talvih nomli kitobida zo’rg’a hal qilgan va faqatgina olimlarga bildirgan ayni masalalarni Taqdirga doir Yigirma Oltinchi So’zda, Ikkinchi Qismning ikki sahifasida to’lig’icha, hamma tushunadigan shaklda bayoni, asari inoyat bo’lmasdan nima?
Yana, barcha aqllarni hayratda qoldirgan va hech bir falsafaning qo’li bilan kashf qilinmagan va olam yaratilishining sirri, koinot koinot tilsimi deyilgan va Qur'oni Azimushshonning i'jozi bilan kashf qilingan o’sha ochilishi qiyin bo’lgan tilsimi va hayratda qoldiradigan topishmoq Yigirma To’rtinchi Maktub va Yigirma To’qqizinchi So’zning oxiridagi ramzli nuktada va O’ttizinchi So’zning zarralar o’zgarishiga doir olti hikmatida kashf qilingan. Koinotdagi xayratli faoliyati tilsimini, koinot yaratilishining va oqibatining topishmog’ini va zarralar o’zgarishidagi harakatlaridagi hikmatining sirrinin kashf va bayon qilgan, istaganlar uchun o’rtada turibdi qarashlari mumkin.
Yana, ahadiyat sirri bilan, sheriksiz rububiyatning vahdati; yana nihoyasiz Allohning bizga yaqinligi bilan birga nihoyatsiz uzoqligimiz hayratlanarli haqiqatlarni kamoli ochiqlik bilan O’n Oltinchi So’z va O’ttiz Ikkinchi So’z bayon qilganlari kabi; Allohning qudratiga nisbatan zarralar va sayyoralar teng bo’lganini va buyuk hashrda barcha ruh sohiblarining tiriltirilishi, bir nafsning tiriltirilishi qadar qudratga oson ekanini va shirkning koinotni yaratilishida aralashuvi imkonsizlik darajasida aqldan uzoq ekanini ochiq-ravshan bilan ko’rsatgan Yigirmanchi Maktubdagi وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ kalimasi bayonida va uch tamsilni ichiga olgan uning zayli shu azim vahdat sirrini kashf qilgan.
Yana, iymoniy va Qur’oniy haqiqatlarda shunday bir kenglik borki, eng buyuk insoniy zako qamray olmagani holda, men kabi zehni chalkash, vaziyati parishon, murojaat qilinadigan kitob yo’q ekan, qiynalib va tez yozadigan bir odamda o’sha haqiqatlarning mutlaq aksariyati tafsilotlari bilan chiqishi, to’g’ridan-to’g’ri Qur'oni Hakimning ma'naviy i'jozining asari va Rabboniy inoyatning bir jilvasi va kuchli bir g’aybiy ishoratidir.
To’rtinchi ishora:Ellik-oltmish risolalar {(*): Hozir bir yuz o’ttizta.} shunday bir tarzda ehson qilinganki, men kabi kam fikrlaydigan va zuhurotga tobe bo’lgan va tadqiqqa vaqt topolmagan insonning emas, aksincha buyuk zakolardan tashkil topgan tadqiqotchining sa'yu g’ayrati bilan qilinmagan bir tarzda ta'liflari, to’g’ridan-to’g’ri bir inoyat belgisi bo’lganini ko’rsatadi. Chunki barcha risolalarda hamma chuqur haqiqatlar tamsillar vositasida eng omi va savodsiz kishilargacha dars berilmoqda. Holbuki u haqiqatlarning ko’pini buyuk olimlar "tushuntirib bo’lmaydi" deb, avomga emas, balki olimlarga ham bildirolmaydilar.
Xullas, eng uzoq haqiqatlarni eng yaqin ko’rinishda, eng omi odamga dars beradigan darajada men kabi turkchani kam biladigan, so’zlari qiyin tushuniladigan, ko’pi anglashilmaydigan va yaqqol haqiqatlarni ham qiyinlashtiradi deya eskidan beri nom qozongan va eski asarlari o’sha yomon obro’yni tasdiq qilgan shaxsning qo’lida bu hayratomuz yengillashtirishlar va bayon qilishda osonlik, albatta shubhasiz bir asari inoyatdir va uning hunari bo’lolmaydi va Qur'oni Karimning i'jozi ma'naviysining bir jilvasidir va Qur'on tamsilotining bir ko’rinishi va in'ikosidir.
Beshinchi ishora:Risolalar umumiy bo’lib juda ko’p tarqalgani holda, eng buyuk olimdan tortib eng omi odamgacha va ahli qalb bo’lgan buyuk valiydan tortib eng qaysar dinsiz faylasufgacha odamlar tabaqasi va ular risolalarni ko’rgan, o’qigan va bir qismi ta'zirlarini yeganlari holda tanqid qilinmasligi va har toifa darajasiga ko’ra istifoda qilishi, to’g’ridan-to’g’ri bir Rabboniy inoyat belgisi va bir Qur'oniy karomati bo’lib, ko’p tadqiqlar va faqat o’rganishlar natijasida hosil bo’lgan risolalar hayratomuz tezlikda, ham idrokimni va fikrimni chalkashtirgan mashaqqatli qamalish vaqtlarida yozilishi ham, bir inoyat belgisi va bir Rabboniy ikromdir.
Ha, aksar qardoshlarim va yonimdagi umum birodarlarim va nusxa ko’chiruvchilar biladilarki; O’n To’qqizinchi Maktubning besh qismi bir necha kun mobaynida, har kun ikki-uch soatda va majmui o’n ikki soatda, hech qanday kitobga murojaat qilinmasdan yozilishi; hatto eng muhim bir qismda "Rasuli Akram" alayhissalotu vassalom lafzida yaqqol bir nubuvvat xotamini ko’rsatgan to’rtinchi bo’lim uch-to’rt soatda, tog’da, yomg’ir ostida yoddan yozilgan.
O’ttizinchi So’z kabi muhim va daqiq bir risola, olti soat ichida bir bog’da yozilgan. Yigirma Sakkizinchi So’z Sulaymonning bog’ida bir, uzog’i ikki soat ichida yozilgani kabi, aksar risolalar bu shklda yozilishi, eskidan beri qiynalgan va qamalgan vaqtim, eng yaqqol haqiqatlarni ham bayon qilolmaganimni, aksincha bilolmaganimni yaqin do’stlarim biladilar. Xususan, o’sha qiynalishga kasallik ham qo’shilsa, meni yanada ko’proq darsdan, yozishdan man qilish bilan birga, eng muhim "So’zlar" va risolalar eng qiynalgan va kasalmand vaqtlarimda eng tez tarzda yozilishi; to’g’ridan-to’g’ri bir Ilohiy inoyat va bir Rabboniy ikrom va bir Qur'oniy karomat bo’lmasdan nima?
Ham qaysi kitob bo’lsa bo’lsin, bunday Ilohiy va iymoniy haqiqatlardan bahs qilgan bo’lsa, baribir bir qism masalalari bir qism insonlarga zarar beradi va zarar berganlari uchun, har bir masala nashr qilinmagan. Holbuki bu risolalar hozirgacha hech kimda, (ko’plardan so’raganim holda) yomon ta'sir va aks-ul amal va zehnlarni yaralash kabi zarar bermagani, to’g’ridan-to’g’ri g’aybiy ishorati va Rabboniy inoyat ekani bizningcha aniqdir.
Oltinchi ishora:Menda qat'iyat paydo qildiki; aksar hayotim ixtiyor va iqtidorim, shuur va tadbirim xorijida shunday tarzda o’tgan va g’arib suratda jarayon berilganki, Qur'oni Hakimga xizmat qiladigan bu tur risolalarni natija bersin. Go’yo, butun ilmiy hayotim tayyorgarlik muqaddimasi hukmiga o’tgan. So’zlar bilan i'jozi Qur'onning izhori, uning natijasi bo’ladigan suratda yozilgan. Hatto bu yetti yil surgun va g’urbatimda, sababsiz va istagimga qarshi ajratib qo’yilishim va tutgan yo’limga muxolif qishloqda yolg’iz hayot o’tkazganim; eskidan beri o’rganib qolganim ijtimoiy hayotning ko’p aloqalaridan va qoidalaridan nafrat qilib tark qilishim; bu vaziyat to’g’ridan-to’g’ri Qur'on xizmatini xolis, sof suratda qildirish uchun berilganiga shubham qolmadi.
Hatto ko’p marta menga berilgan aziyat va zulmlar menga qarshi tazyiqlar pardasi ostida, "bir inoyat qo’li tarafidan marhamatkorona, Qur'onning sirlariga butun fikrni jamlash va nazarni tarqatmaslik uchun qilingan" degan xulosadaman.
Hatto avvallari mutolaaga juda mushtoq bo’lganim holda; menga butunlay boshqa kitoblarning mutolaasidan ta'qiq, chekinish berilgan edi. G’urbatda menga tasalli va ovunishga sabab bo’lgan mutoalani tark qildirilishi, to’g’ridan-to’g’ri Qur'on oyatlariningmutlaq ustozbo’lishi uchun ekan.
Ham yozilgan asarlar, risolalar (aksariyati) xorijdan hech bir sababsiz, ruhimdan tavallud topgan hojatga binoan, oniy va daf'atan ehson qilingan. So’ngra ba'zi do’stlarimga ko’rsatgan vaqtim: "Davrning yaralariga davo", deyishgan. Tarqalgandan so’ng aksar qardoshlarimdan angladimki, bu davrdagi ehtiyojlarga muvofiq va dardga loyiq to’liq darmon hukmiga o’tmoqda.
Xullas, ixtiyor va shuurimning doirasi xorijida, mazkur holatlar, hayot sarguzashtim va ilmlarni odatga xilof shaklda ixtiyorsiz tadqiq qilib o’rganishlarim, shunday muqaddas natija bilan yakunlanish uchun, kuchli Ilohiy inoyat va Rabboniy ikrom bo’lganiga menda shubha qoldirmagan.
Yettinchi ishora:Xizmatimiz davrida, besh-olti yil mobaynida, mubolag’asiz yuzlab Ilohiy ikrom belgisi, Rabboniy inoyat va Qur'oniy karomatni ko’zimiz bilan ko’rdik. Bir qismiga O’n Oltinchi Maktubda ishora qildik; bir qismini Yigirma Oltinchi Maktubning To’rtinchi Qismining farqli masalalarida; bir qismini Yigirma Sakkizinchi Maktubning Uchinchi Masalasida bayon qildik. Yaqin do’stlarim buni biladilar. Doimiy birodarim Sulaymon Afandi ko’plarini biladi. Xususan So’zlarning va risolalarning nashrida va tahrirlarida, o’rinlariga joylashtirishda, ilk nusxa va oqlama nusxa ko’chirishda umid qilingandan ortiq karomatli osonlliklarga sazovor bo’lyapmiz. Bu esa Qur'oniy karomat bo’lganiga shubhamiz qolmayapti. Bu kabi yuzlab misollar keltirish mumkin.
Tirikchilik xususida ham shu qadar shafqat bilan parvarish qilinyapmizki; eng kichik qalb orzuimizni qondirish uchun, bizni ishlatgan inoyat sohibi umid qilingandan ortiq suratda ehson qilmoqda. Va hokazo... Xullas, bu hol g’oyat kuchli bir g’aybiy ishorat bo’lib, biz ishlatilyapmiz. Ham rizo doirasida, ham inoyat ostida bizga Qur'on xizmati qildirilmoqda.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَاةً تَكُونُ لَكَ رِضَاءً وَ لِحَقِّه۪ اَدَاءً وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ تَسْل۪يمًا كَث۪يرًا اٰم۪ينَ
* * *
Mahram bir savolga javob
[Bu inoyat sirri oldin mahram tarzda yozilgan, O’n To’rtinchi So’zning oxiriga qo’shilgan edi. Nima bo’lganda ham, aksar nusxa ko’paytiruvchilar unutib yozmagan edi. Demak, munosib va loyiq joyi bu yer ekanki, yashirin qolgan.]
"Nima uchun sizning Qur'ondan yozgan So’zlaringizda quvvat, ta'sir borki, mufassirlarning va oriflarning so’zlarida kamdan-kam topiladi. Ba'zan bir satrda bir sahifa qadar quvvat bor; bir sahifada bir kitob qadar ta'sir mavjud?", deb mendan so’rayapsan.
Javob: Go’zal bir javobdir. Sharaf, i'jozi Qur'onga oid bo’lganidan va menga oid bo’lmagani uchun, parvosiz aytamanki: Ko’pchilikning fikricha shunday. Chunki:
"Yozilgan So’zlar tasavvur emas, tasdiqdir; taslim emas, iymondir; ma'rifat emas, shahodatdir, shuhuddir; taqlid emas, tahqiqdir; iltizom emas, iz'ondir; tasavvuf emas, haqiqatdir; da'vo emas, da'vo ichida burhondir.Bu sirning hikmati shuki:
Avvallari iymon asoslari muhofaza qilingan edi, taslim kuchli edi. Tafsilotlarda oriflarning ma'rifatlari dalilsiz ham bo’lsa, izohlari maqbul, yetarli edi. Lekin bu davrda fandan kelgan zalolat qo’lini asoslarga va ruknlarga uzatganidan, har dardga loyiq davoni ehson qilgan Hakimi Rahim Zoti Zuljalol Qur'oni Karimning eng porloq i'jozi mazharidan bo’lgan tamsillaridan bir shu'lasini ojizligu zaifligimga, faqirligu ehtiyojimga achinib xizmati Qur'onga oid yozuvlarimga ehson qildi. Falillahilhamd, tamsil sirri durbini bilan, eng uzoq haqiqatlar g’oyat yaqin qilib ko’rsatildi. Yana, sirri tamsil jihat-ul vahdati bilan eng tarqoq masalalar to’platildi. Yana, sirri tamsil narvoni bilan eng yuksak haqiqatlarga osonlik bilan yetishtirildi. Yana, tamsil sirri derazasi orqali g’aybiy haqiqatlarga, Islomiy asoslarga shuhudga yaqin bir iymoniy yaqiyn hosil bo’ldi. Aql bilan birga vahm va xayol, hatto nafs va havo taslimga majbur bo’lgani kabi, shayton ham yengilganini qabul qilib qurolini taslim qilishga majbur bo’ldi.
Qisqacha aytganda: Yozuvlarimda qanchalar go’zallik va ta'sir bo’lsa, faqat tamsiloti Qur'oniyaning yog’dularidandir. Mening hissam, faqat qattiq ehtiyojim bilan talabdir va g’oyat ojizligim bilan yolvorishimdir. Dard menikidir, davo Qur'onnikidir.
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Muqaddima
Xulusiy Bey va Sabri Afandining maktublarida Risola-i Nur haqidagi bayonlarining bir maktub suratida Risola-i Nur bo’laklari ichiga kiritilishining besh sababi bor:
Birinchisi:Oxirdagi "So’zlar"ning va aksar "Maktubot"ning yozilishiga Xulusiyning g’ayrati va jiddiyligi eng muhim sabab bo’lishi... O’n To’qqizinchi Maktub kabi Maktubotning uchdan birining yozilishiga sabab, Sabrining samimiy va jiddiy ishtiyoqi bo’lishidir.
Ikkinchi sabab:Bu ikki zot bilmas ediki, vaqti kelib ushbu bayonlar nashr qilinadi. Bilmaganlari uchun g’oyat samimiy, soxtakorliksiz, xolisona va zavq darajalarini va bu haqiqatlarga bo’lgan shavqlarini ifoda qilish uchun, xususiy suratda yozganlar. Shuning uchun maqtovlari taqriz sinfidan emas, to’g’ridan-to’g’ri mubolag’asiz, ko’rgan va zavq tuygan haqiqatlarini ifoda qilishlaridir.
Uchinchi sabab:Bu ikki zot haqiqiy talabalarimdan va jiddiy birodarlarimdan...
Va xizmati Qur'onda birodarlarim ichidatalabalikvaqardoshlikvabirodarlikninguch xossasi borki, bu ikki zot uchovida ham birinchilikni qozonishgan.
Birinchi xossa:Menga mansub hamma narsaga o’z mulklari kabi sohib chiqmoqdalar. Bir So’z yozilsa, o’zlari yozgan va ta'lif qilgan kabi zavq oladilar, Allohga shukr qiladilar. Go’yo jasadlari farqli, ruhlari bir hukmida haqiqiy ma'naviy vorislardir.
Ikkinchi xossa:Barcha hayot maqsadlari ichida eng buyuk, eng muhim maqsadlarini, nurli "So’zlar" vositasida Qur'onga xizmat deb biladilar. Dunyo hayotining haqiqiy natijasining va dunyoga kelishdagi fitriy vazifalarining eng muhimi, iymon haqiqatlariga xizmat deb bilishlaridir.
Uchinchi xossa:O’z nafsimda tajriba qilgan va Qur'onning muqaddas dorixonasidan olgan dorilarni, ular ham o’z yaralarini his qilib o’sha dorilarni malham suratida tajriba qilishdi. Ayni hissiyotim bilan hislandilar. Iymon egalarining iymonlarini muhofaza qilish g’ayratlarini eng yuksak darajada ko’rsatishlari va iymon egalarining qalbiga kelgan shubhalar va gumonlardan hosil bo’lgan yaralarni davolash ishtiyoqini yuksak shafqat darajasida his qilishlaridir.
To’rtinchi sabab:Xulusiy Bey mening yagona ma'naviy avlodim va tasalli manbaim va haqiqiy vorisim va bir daho-i nuroniy egasi bo’lishi mumkin bo’lgan jiyanim Abdurahmonning vafotidan keyin, uning o’rniga o’tib u marhumdan kutgan xizmatni u kabi qilishni boshlashi bilan.. va men uni ko’rmasdan ancha vaqt avval "So’zlar"ni yozar ekan, uning ayni vazifasi bilan vazifador bir shaxsi ma'naviy menga tinglovchi bo’lgandek, aksariyat tamsillarim uning vazifasiga va maslagiga ko’ra yozilgan. Demak, bu shaxsni Janobi Haq menga Qur'on va iymon xizmatida bir talaba, bir muovin qilib tayin etgan. Men ham bilmasdan uni ko’rmasdan avval gaplashayotgan, dars berayotgan ekanman.
Sabrida esa, tabiatan menda mavjud xos bir nishon bor. O’tgan barcha yerlarimda uni hech kimda ko’rmadim. Sabrida ayni tug’ma nishon bor. Barcha talabalarim ichida, u o’zida nasliy yaqinlikdan ham ko’proq yaqinlik his qilgan. Va shu atrofda men eng oz umid qilgan va u ham kech uyg’ongan bo’lsada eng oldinga ketishi bir ishora bo’lib, u ham ikkinchi Xulusiyidir, tanlangandir. Janobi Haq tarafidan menga talaba va Qur'on xizmatida birodar qilib tayin qilingan.
Beshinchi sabab:Men o’z shaxsimga oid maqtovlar va madhni qabul qilmayman. Chunki ma'nan buyuk zarar ko’rdim. Shuning uchun shaxsimga nisbatan maqtovlardan, faxr va g’ururga sabab bo’lgani uchun, shiddat bilan nafrat qilib qo’rqaman. Lekin Qur'oni Hakimning dalloli va xizmatkori bo’lishim jihatidan va bu muqaddas vazifa nuqtasida maqtovlar va madh menga oid bo’lmasdan, nurli "So’zlar"ga va balki to’g’ridan to’g’ri iymoniy haqiqatlarga va Qur'on sirlariga oid bo’lgani uchun, uni faxrlanib emas, Janobi Haqqa shukr qilib qabul qilaman.
Xullas, bu ikki shaxs bu haqiqatni harkimdan ko’ra ko’proq anglagani uchun, bilmay vijdonlarining chorlashi bilan yozgan maqtov va madhlarini Risola-i Nur qismlari ichiga kiritilishga sabab bo’lgan. Janobi Haq bularning o’xshashini ko’paytirsin va ularni ham muvaffaq qilsin va haq yo’lidan ayirmasin, omin.
اَللّٰهُمَّ وَفِّقْنَا وَ اِيَّاهُمَا وَ اَمْثَالَهُمَا مِنْ اِخْوَانِنَا لِخِدْمَةِ الْقُرْاٰنِ وَ الْا۪يمَانِ كَمَا تُحِبُّ وَ تَرْضٰى بِحَقِّ مَنْ اَنْزَلْتَ عَلَيْهِ الْقُرْاٰنَ عَلَيْهِ اَفْضَلُ الصَّلَاةِ وَ اَتَمُّ التَّسْل۪يمَاتِ مَا اخْتَلَفَ الْمَلَوَانِ وَ مَا دَارَ الْقَمَرَانِ
Said Nursiy
***
Yigirma Yettinchi Maktub va Zayllari
O’ttiz Uchinchi So’zning Yigirma Yettinchi Maktubi bo’lib, "Maktubot-un Nur"ning birinchi tinglovchisi Xulusiy Beyning xususiy maktublaridan Risolat-un Nur haqidagi maqtovlarini ko’rsatgan bayonlardir.
Yigirma Yettinchi Maktubning ikkinchi qismi "Zayl"ni ham haqiqatdan ikkinchi Xulusiy bo’lgan Sabri Afandining Risolat-un Nur haqidagi maqtovlarini ko’rsatgan xususiy maktublaridagi bayonlardir.
{(*): Ustozimiz Yigirma Yettinchi Maktubni birinchi marta bu shaklda uyg’un ko’rganlar. Keyinchalik ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi zayllar qo’shib kengaytirganlar. Oxirgi shaklida esa; Kastamonu va Amirtog’ Lahiqalari ham Ustozimiz tarafidan Yigirma Yettinchi Maktubga kirgizilib, Yigirma Yettinchi Maktub tugatilgandir. Bu e'tibordan Xulusiy Bey va Sabri Afandining maktublari Yigirma Yettinchi Maktubning boshlanishini tashkil qilgan.}
***
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ ذَرَّاتِ الْكَائِنَاتِ اَبَدًا
(Xulusiyning birinchi bayoni.)
Ey muhtaram Ustoz!
O’zlarini faqir va xor ko’rishdan zavq olgan oliy zotlari kabi emas, aksincha bo’lgani kabi ko’rinishni istagan va talabam, qardoshim, jiyanim unvonlari bilan iltifot ko’rsatgan bandangiz, haqiqatda ma'nan tushkun vaziyatda va jiddiy ravishda duongizga muhtoj holdaman. Boshdan oyoq Nurga to’la Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning haq va haqiqatini, bu asr insonlarining, ayniqsa zalolat firqalarining ko’zlariga tiqadigan darajada ba'zi Qur'on yog’dularining ko’rinishiga murodi Ilohiy taalluq etgan va bu muhim ishga, falillahilhamd, muhtaram ustozimiz vosita bo’lganlar.
Xullas, hich andar hich bo’lgan bu talabangizga ham yana lutf va fazl va inoyati Ilohiy bilan bu oliy mamuriyatini ado qilgan aziz va muhtaram muallimiga va Hazrati Qur'on hisobiga juda oz xizmatkorlik qildirilgan. Shu sababli, qanchalar shukr qilsam shuncha oz, faxrga zarra qadar haqqim yo’q. Aksincha ehtimol xizmatkorlikda qilgan xatolar va kamchiliklarim sababli afvimni niyoz va iltijo qilaman. Yomon shaxsiyatimni ta'rif qilishim garchi ma'nosiz. Ammo yozishmoq va muloqotda bu bobda juda ham buyuk iltifotlaringizni ko’rganimdan uchun xijolat chorlovi bilan biroz bezovta qildim. Oxirgi ikkita maktubingizda so’ralgan xususga javob berishim qistovli shaklda amr qilindi. سَمِعْنَا وَاَطَعْنَا lekin bu og’ir savolga, ojizlik va faqirlikning eng cho’qqisida bo’lgan bu qardoshingiz haq va haqiqatga muvofiq va uyg’un javob bera olish uchun inoyat va karami Ilohiy va madadi ruhoniyati Payg’ambariyga iltijo qildi. Jumladan:
Muborak So’zlar shubhasiz Kitobi Mubinning nurli yog’dularidir. Ichida izohga muhtoj joylar yo’q bo’lmaslik bilan birga butun holida kamchiliksiz va nuqsonsizdir. Insoniyatning har bir tabaqasi o’zining tabiiy anglashlari nisbatida hissador va manfaatdor bo’ladilar. Hozirgacha tanqid qilinmasligi, har bir maslak, mazhab va mashrab ahliga xush kelishi va dinsizlarning til uzatolmay lol qolishlari, fikrimizning to’g’riligiga dalolat qilishga kifoyadirlar.
Vazifangizning tugamaganiga doir men mulohaza qila olgan burhonlar:
Birinchidan:Bid'atlar ko’paygan davrda olimlar sukut saqlamasliklari lozim ekaniga doir bayon qilingan hadisdagi amr va ta'qiq;
Ikkinchidan:Payg’ambarimizga ergashishga vazifador bo’lganingiz uchun, ular kabi hayotingiz davomida vazifani davom ettirish majburiyati borligi;
Uchinchidan:Modomiki bu xizmat qo’lingizda emas - siz ishlatilyapsiz. Muballig’i Qur'on, Faxri Jahon, Habibi Yazdon Salollohu Alayhi va Sallam Afandimiz Hazratlari bir kun اَلْيَوْمَ اَكْمَلْتُ لَكُمْ د۪ينَكُمْ farmoni jalilini tablig’ qilib, ayni vaqtda risolat vazifasining tugashiga ramzan ishora qilgan edi. Muhtaram Ustozning ham xizmatlari kifoya ko’rilsa, bildiriladi degan fikrdaman;
To’rtinchidan:So’zlar haqida bugungacha sukut saqlanishi va tanqidga jur'at qilinmasligi, oxirigacha bu holning davom etishiga dalil bo’lolmaydi. Hayotlik chog’ingizda ehtimoli bo’lgan hujumlarga birinchi bo’lib va shaxsan zoti fozilonalari javob berasiz;
Beshinchidan:Dunyoni unutishni istasangiz, boshqa hech bir sabab bo’lmasa ham, muborak "So’zlar" bilan aloqa paydo qilgan insonlar iltimos qilib so’ragan izohlarni berishni istaysiz va javobsiz qoldirmaysiz;
Oltinchidan:Alloh uchun sizni sevganlarga va sizdan izoh istaganlarga yozgan juda qiymatli yozuvlaringiz bilan ilm majlisingizda tushuntirgan xar hil va xatto "So’zlar"ga kirmagan masalalaringiz qat'iyat bilan ko’rsatmoqdalarki: Ehtiyoj ham, xizmat ham tugamagan.
Bir nechta fikrlar: Nurli So’zlarni jamoatga o’qish nasib bo’lgan vaqtda menda bir hissiyot hosil bo’ladi. Shunday holatda gapirishga ruxsat berishingizni iltimos qilaman.
Birinchidan:Muhtaram Ustozimga arz qilish uchun qalamni qo’limga olgan vaqtim ruhimda buyuk bir inkishof his qilaman va ixtiyorsiz qalamim o’sha ondagi vaqtinchalik tuyg’ularimga tarjimon bo’lganini ko’raman;
Ikkinchidan:Shunday o’ylar edim. Agar faqat eng katta dushman bo’lgan nafsning hiylasidan hamda jin, inson va shaytonlarning makridan amin bo’lay deb harkim boshini qorong’ulikka tortsa va o’zi unutilish burchagiga chekinsa yoki chekinishni istasa va insonlar va Islom olami e'tiborsiz qoladi, hech kimning hech kimga foydasi tegmaydigan davr bo’lsa; men din qardoshlarimga nurli haqiqatlarni yetkazay-da, Allohu Zuljalol sha'ni uluhiyatiga qanday yarashsa, shunday muomala qilsin. Nafsimni o’ylamaslikni o’sha vaqtda juda foydali ko’rardim. Bundagi hikmat nima?
Uchinchidan:Asmo-i husnadan Rahmon va Rahim ismlari eng a'zam martabada bo’lganidanmi yoki boshqa sabab va hikmat bilanmi, "Bismillahirrohmanirrohiym" kalimasi ichiga kirgan? Bu savol maktubni yozarkan qalbimga keldi, shuning uchun so’rayapman.
Aziz va muhtaram Ustozim, sizga faqat bizlar emas, butun olami Islom muhtojdir. Chunki mo’minlarning iymoniga quvvat bergan, g’ofillarni uyg’otgan, zalolatga tushganlarga hidoyat yo’lini ko’rsatgan, faylasuflarni hayron va hayratda qoldirgan Qur'oni Mubindan qaynab va porlab chiqqan muqaddas "So’zlar"ga vosita bo’ldingiz. Janobi Arhamurrohimin aziz ustozimizni sihat va salomatlikda doim va ummati Muhammad uzra qoim qilsin, omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Xulusiy
* * *
Risola-i Nur maktublaridan bu maktubingizning mendagi ta'sirlarini xulosa qilib bayon qilay:
Sihat va salomatligingizning davomi, shukrimni,
bu masalalarning hal qilinishini istaganlarning borligi, umidimni;
nazarimda ilm hisoblangan hamma narsani sizdan o’rganganim uchun haqiqat sohasidagi ma'lumotimni;
insonlik taqozosidan sustlik hosil bo’layotgan bo’lsa, shavqimni;
kasal bir talabangiz bo’lganimdan Qur'onning dorixonasidan bergan bu dorilaringiz bilan sihatimni,
Qur'on oshxonasidan tanlagan ozuqalar bilan barcha hassalarimning quvvatini,
hayotning besh darajasini ham ta'lim,
o’limning e'tiboriy holat ekanini tushunib, abadiy yo’qlikni tasavvur qilib bo’lmasligiga qalbimni taqvim qilgandan so’ng, Alloh uchun muhabbatning hayot darajalarida ham davom etib boqiy hayotda boqiy mevasini berishini ishora qilib, hayotim muddatini nihoyasiz orttirishga sabab bo’ldi.
Risola-i Nur bilan hadya qilgan duolaringiz, zotan har kun sevgili Ustozni o’ylashga kifoya qilyapti. Qur'onning nihoyasiz fayzlaridan, tuganmas xazinasidan Haq inoyati bilan egallagan va yetkazishga izningiz bo’lgan ma'nolarni, javharlarni ko’rsatib, bildirib bu bechora va mushtoq talaba va qardoshingizga oxirigacha dars berishni istaganingizni izhor qilyapsiz. Bu shaklda ham abadiyan va tashakkur bilan ko’z o’ngimdan, xayolimdan ayrilmasligingiz ta'min qilinmoqda.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Xulusiy
* * *
Borgan ilk tunim otam mehmonlari uchun tayyorlagan xonasiga qatnagan kishilarga, Allohga tavakkal qilib, shom bilan xufton orasida Risola-i Nurni o’qishni boshladim.
Sevgili Ustozim! Oldin aytganimdek, men endi bir narsa uchun yashayapman deb o’ylayapman. U ham, ustozim bo’lgan dalloli Qur'onning ma'naviy xizmatkorlik vazifasini ado qilishda o’zlariga juda juz'iy yordam va Qur'on hisobiga juz'iy xizmatkorlikdan iboratdir. Ayniqsa u yerda bo’lgan vaqtingiz Hazrati Qur'ondan iymon va Islom haqiqati hisobiga sodir bo’ladigan istixroj va tajalliylardan mahrum qoldirilmasligimni yolvorib so’rayman.
Inshoalloh ijobat bo’ladigan duongiz bilan Allohu Zuljalol, Risola-i Nur xizmatida umid va orzu qilgan natijamga yetkazadi. Marhum va rahmatli Abdurahmon kabi oxir nafasda iymon va tavfiq va saodati boqiyada ikki jahon sarvari Nabiyyi Akramimiz Muhammadan-il Mustafo (Sallolohu Taolo Alayhi va Sallam) Afandimizga va siz muhtaram ustozimning orqalarida va yaqinlarida qo’shni bo’lish bilan haqiqiy amallarga noil qiladi.
Risola-i Nur garchi ko’rinishdan sizning asaringiz bo’lsada, Qur'oni Mubin Allohning kalomi ekan, Sayyidi Koinot, Ashrafi Maxluqot Afandimiz odamlarga tablig’ga vosita bo’lganlari kabi, siz ham bu asrda Furqoni Azimning nurlaridan bugunning mantiqsiz sarxush odamlariga Haq amri bilan xitob qilyapsiz. Shunday ekan, Hakimi Rahim sizga bu asarni yozdi, u Nurlarni oyoq ostida qoldirmaydi. Albatta va albatta foniylardan balki umuman umid qilinmagan kishilardan sohiblar, hofizlar, ikkinchi, uchinchi, hatto o’ninchi darajada muballig’lar, noshirlar yaratadi degan e'tiqoddaman.
Xulusiy
* * *
Ha, Islomiyat kabi oliy bir tariqatim, ojizlik va faqirlikni Allohga nisbatan bilish kabi mashrabim, Sayyid-ul Mursaliyn kabi rahbarim, Qur'oni Azimushshon kabi yo’l boshlovchim, daqiqada valiylik martabasiga erishish kabi oliy natijani olish mumkin bo’lgan askarlik kabi kasbim bor.
Ustozim menga va tinglagan har aql sohibiga: "Xozir tariqat davri emas, iymonni qutqarish vaqtidir. Besh vaqt namozingni loyig’idek ado et, namozning oxiridagi tasbehlarni ayt, sunnatga ergash, yetti gunohi kabirani qilma!" darsini berganlar. Men kerak bo’lsa bu darsga, kerak bo’lsa Risolat-un Nur bilan berilgan darslarga, Qur'ondan istinbot qilib ko’rsatgan haqiqatlariga Allohning tavfiqi bilan jonu dildan "ha" dedim, tasdiq qildim va menga bunday haqiqat darsini bergan zotga umrimda ilk marta "Ustoz" dedim. Xato qilmadim, nishonga urdim.
Xulusiy
* * *
Bu safar yuborilgan Maktubot-un Nur zayllari, boshqalari kabi yoqimli, go’zal va betakrordir. Asarlarning Nur ismi azimining tajalliysi bo’lganiga, ehtiyojga va olamning holiga ko’ra yozdirilganiga menimcha aslo shubha qolmagan. Buni kichik misol bilan asoslashni istayman. Dinsizlar juda ham hadlaridan oshishmoqda. Masalan:.......
Xullas, bu ahmoqlarning safsatasiga, har xil aldovlariga, ko’rinishdan chiroyli so’zlariga ishonmay, iymon va e'tiqodida sobitqadam bo’lishlari uchun iymon sohiblariga quvvat va tug’yon ahliga qahr va shiddat bilan ibrat darsi beradigan qattiq munosabati bo’lgan so’zlar, bahs etilgan asarlarda ochiqchasiga ko’rilmoqda.
Afsuski, Nurlar hozircha {(Hoshiya): Bundan o’ttiz besh yil avval.} bir hikmatga binoan o’ta chegaralangan hududda va faqat mo’minlar ichida nashr qilinishi mumkin.
اَلصَّبْرُ مِفْتَاحُ الْفَرَجِ ٭ اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ
Xulusiy
* * *
O’ttiz Ikkinchi So’zning Uchinchi Mavqifini Haqqi Afandi qardoshimiz bilan qiziqib, diqqat bilan o’qidik. Haqiqatdan juda buyuk ma'nosi bor. Vasflashga bu ojizning qudrati bo’lsa, balki ikkinchi nuqta uchun juda ko’p bezovta qilishga jasorat qilardim. Afsuski, boshqa xususlarda bo’lgani kabi, bunda ham qo’lim bo’sh. Faqat xolislik, soflik bilan qisqacha aytamanki: Balki boshqa barcha So’zlardan yanada baland porlagan najmi nur-afshondir.
(Doktordan Me'roj haqida fikrini so’radim. Doktor Kamol: "Asarning juda buyuk qiymatini taqdirlash uchun musulmon bo’lish ham kerak emas, inson bo’lish kifoya" deb javob berdi.)
Xulusiy
* * *
Bizlar, alhamdulillahi taolo, oxirat qardoshingiz, Qur'on xizmatida ojiz xizmatkoringiz, Qur'on sirlarining bayonida, ashshukru lillahi taolo "Asxobi Kahf" kabi suhbatdoshingizmiz. Layoqat va foydaliligimizdan juda ustun faqatgina lutf va Samadoniy inoyati sifatida talabangiz sanalamiz. Bundagi Subhoniy ne’matlarga hamd va shukrdan ojiz sanalamiz.
Xulusiy
* * *
O’ttiz Ikkinchi So’zning Birinchi Mavqifini, Ramazon hadyasini tugatishga muvaffaq bo’ldim. Tavfiqi Xudo yo’ldoshim bo’lsa, boshqalarini ham inshoalloh amr qilgan muddatingizda yozaman. Bu qadar qiymatli va nurli So’zlarning eng chiroyli xat bilan va hatto oltin bilan yozilishi loyiq va lozim ekan, taqdir taqozosi bilan bu bechora qardoshingizning xunuk, balki zo’rg’a o’qib bo’ladigan, xatoli xati bilan yozilishi ham, hamd va shukrimni orttirishga vasila bo’lmoqda va har vosita bilan olgan sevinch sevinchbaxsh salom va iltifototi fozilonalarining va har biri Risola-i Nurga bir zayl, tafsir va hoshiya maqomidagi jahonqiymat amrnoma-i orifonalaridan jismonan uzoq bo’lishim sabab juda xafa bo’laman.
Lekin ma'naviy jihatni bunday o’ylamayman va qayerda bo’lsam bo’lay, inoyati Bari’ bilan olgan darsimni eshittiradigan suhbatdosh topishga harakat qilaman va haqiqatni yoyish yo’lida ojizlik va faqirligimga qaramasdan, duongiz bilan qo’limdan kelgan har choraga murojaat qilganim uchun tasalli topmoqdaman.
Faqat, dunyoviy vazifalar bilan ovora bo’lish, tabiatan men yoqtirgan va haqiqatlariga oshiq bo’lgan nurli So’zlar bilan mashg’ul bo’lishimga qisman mone bo’lmoqda. Bunga xafaman, lekin qo’limdan hech narsa kelmaydi. Har o’tgan kun dunyoning yomon va foniy yuzini yanada asl yuzini ko’rsatmoqda va bu hayotda boqiy va doimiy hayot uchun bir narsa qozonilmasdan o’tgan vaqtlarga iztirob hosil qildirmoqda. Suratan ayrilganimizga uncha xafa emasman. Ayniqsa sevgili Ustozning oxirgi darsi, bu foniy dunyoning eng zavqli holidan juda ham yuqori darajada bir boqiy hayot bo’lganini qat'iyat bilan xushxabar bermoqda.
Xulusiy
* * *
Ko’ngil istaydiki, muazzam So’zlarga so’niq yozuvlarim bilan biroz uzun javob yozay. Lekin bunga muvaffaq bo’lolmayapman. Qobiliyatimning ozligi, iste'dodimning qisqaligi, iqtidorimning noqisligi bilan birga zimmamga yuklatilgan bir qancha moddiy vazifalarning ta'siri ostida miyam mashg’ul va go’yo to’q bo’lganidan, u muborak javharlaringizga muqobil oddiy munchoq ham ko’rsatolmayman.
Bilasizki, ko’p ifodalarimda sizni taqlid qilganimning birinchi sababi, xolisona bog’liqligimning; ikkinchi sababi, yozishga kuchimning kifoyasizligidir. Lekin muborak "Yigirma To’rtinchi So’z"da misoli o’tgan faqir kabi aytamanki: Ey sevgili Ustozim, agar kuchim yetsa, qo’limdan kelsa, barcha "So’zlar" andazasidagi so’zlardan tashkil topgan jumlalar bilan sizga arz qilishni istayman. Lekin bilasizki, yo’q. Niyatimga ko’ra muomala qiling.
Xulusiy
* * *
Asar, o’xshashlari kabi nurli va hikmatlidir. Inshoalloh siz istaganingiz uchun, ummati Muhammadning ijtimoiy va juda muhim bir yarasiga qat'iy davo bo’ladi. To’g’ridan to’g’ri Qur'on nuri bo’lgan muborak So’zlar qasd va ishora qilinishni istaganini aytdim va tasdiq maqomida hozirgacha bir nechta So’zni o’qidim va imkon topishim bilan yana o’qiyman.
Hadsiz hisobsiz Subhoniy ne’matlarga sazovor bo’lgan Allohu Zuljalol Tabaroka va Taolo va Taqaddas Hazratlariga hamd va shukrdan ojiz, isyon bilan bulg’angan ekan, zoti ustozonalari bizni Rabboniy izn bilan, muborak munavvar So’zlar bilan irshod qilib zulmatdan nurga chiqardingiz.
Haqiqatni izlash bilan umr o’tkazar ekan, muqaddarot bu osiy bechorani ham besh yil avval Shohi Naqshband Hazratlaridan Muhammad-ul Kufraviy Hazratlariga qarab ochilgan tariqi Naqshbandiyga doxil aylagandi. So’ngra vaqtinchalik bir kusuf natijasi sifatida yo’l yo’qolgan, zulmat va tikanlar ichida qolgan ekan, nurli "So’zlar"ingiz bilan zulmatdan nurga, girdobdan salomatga, falokatdan saodatga chiqdim. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى Marhamat qilyapsizki: "Iymonni qutqarish zamonidir."
عَلَى الرَّاْسِ وَالْعَيْنِ
Xulusiy
* * *
Bu safar bechora talabasiga ehson qilgan hadyasini, g’oyibona oshiqlaridan Fathi Bey ismli qo’shnimiz bilan o’qimoqdaman. Boshdan oyoq mo’'jiza-i kubro-i Ahmadiyani e'lon qilgan O’n To’qqizinchi Maktubning bandangizga maxsus yuborilishi, yangidan hayotga qaytishdek ta'sirli va mutolaasi achinish hislarimni qo’zg’ab jiddiy ko’z yoshi to’kishga vasila bo’ldi.
Xulusiy
* * *
Ruhni koinot fazosida yulduzlar orasida tez harakat bilan sayohat qildiradigan haqiqat manzumasi, ayniqsa bizlar uchun buyuk mazhariyatdir. Naqshbandiy tariqati haqidagi parchaga javoban "ajz, faqr, shafqat va tafakkur tariqati"ning hisobiga chiqqan qism ham juda ham qiymatli javhardir. Bu So’zlar oltin bilan yozilsa loyiq bo’lsada, noqis xatim bilan ko’chirdim. Demak uning qiymati, ojiz bir talabangizning yodgori bo’lgani uchundir.
Xulusiy
* * *
Ikkinchidan:Ushbu isyon, tug’yon va kufron davrida ayni inoyat va Haq lutfi bo’lgan, ummati Islomiyani iymoniy haqiqatlarga chorlash va irshodga vazifalantirilgan zoti hakimonalarini butun ummati Muhammadiyani bo’lgani kabi, bu ojizni ham nurli So’zlar bilan Nur yo’liga irshod qilganingiz sababli hurmat va minnatdorchilik bilan doim yod qilaman, dunyoviy va uxraviy murodlaringizni hosil aylashini Rahim, Karim bo’lgan Allohu Zuljalol Hazratlaridan obidona yolvoraman va iltijo aylayman, afandim.
Xulusiy
* * *
(Ukamning bir xati.)
Qo’llaringizni o’paman, duongizni so’rayman. Dunyodan ranjigan, nafsida ojiz bo’lgan Abdulmajidga go’zal bir ustoz, ulviy bir murshid bo’ladigan yangi asarlaringiz keldi. Lafziy bir ustozni yo’qotgan bo’lsam ham, ma'naviy ko’plab murshidlarni topdim deya o’zimga xushxabar berdim. Haqiqatdan irshod qiladigan nurli asarlardir. Alloh ko’p rozi bo’lsin.
Abdulmajid
* * *
Ha, tasalli topadigan ikki jihatim bor. Biri: Qo’limizdagi muboak So’zlar vositasida doimo ma'naviy suhbatda bo’lganimiz. Ikkinchisi: Muhabbatimizning inoyati Bari bilan "hubbu filloh" martabasida ekaniga iymonimizdir.
Shunga binoan, sizga mening bugun va ertaga eng buyuk hadyam: Bergan darsingizni nomingizdan vakilingiz sifatida imkon qadar mo’minlarga tablig’ qilish va Alloh bergan haqiqiy muhabbatni abadiyan ko’tarish, evaziga Arhamurrohimiyn va Akrom-ul Akromiyn, Ahsan-ul Xoliqiyn, Rabbi Rahiym va Karim Hazratlaridan, haqiqiy muhabbatning O’ttiz Ikkinchi So’zning Uchinchi Mavqifida izoh qilingan natijasiga erishishdir. Tahqiqiy iymon yo’lida uchrashganimiz Haqqi Afandi bilan niyatimiz - haqqa, sidqqa, ixlosga ishtirokimiz muhaqqaqdir.
Xulusiy
* * *
Bu maktubingizdagi savol bilan va eng oxirgi yozilgan O’ttiz Ikkinchi So’z bilan munosabat va mushobahat navidan bu safargi javob xatim uch nuqtali bo’ldi.
Demak, Risola-i Nur ma'naviy bir quyosh, har bir So’z har xil uzoqlikdagi nuroniy yulduzlar va O’ttiz Ikkinchi So’z uch mavqifi bilan bu yulduzlarning ustida porlagan va diqqatli nazarlarni istar-istamas jalb qilgan. Yaqindagisi faqatgina nurdan vujudga kelgan juda nurli, iymon sohiblariga tabassum qilgan, zalolat jamoatlariga hashamat bilan qaragan, ko’zlarini ko’r qilgan, g’aflat ahlini uyg’otgan juda hashamatli, juda nurli yaqin porlagan bir yulduzdir. Nima qilay, talabangizning tili bu qadar aylanmoqda. Bo’lmasa bu so’niq ifoda muborak "So’zlar" uchun sarf qilinishi loyiq bo’lmaganini bilaman.
Bizdan Uchinchi Maqsadning ta'sirini so’rayapsiz. Biz Haqqi Afandi bilan ikkimiz aytamizki: Ichidagi haqiqatlar rad qilinmas, ichida keraksiz narsa yo’q, zararli qaydni tasavvur qilib bo’lmaydi. Diqqat bilan tinglaganlar, Alloh tavfiq bersa, iymonlarini qutqara oladilar. Bu haqiqatlar bilan Ovrupa ahli zalolati ham kurashga chorlanadi degan fikrdamiz. Bu kabi zalolat va g’aflatdagilar yo kurashdan mag’lub bo’ladilar, yo buyukligini his qilib ko’zdan g’oyib bo’ladilar, yoxud Abu Jahl kabi haqiqatni qabul qilmaslikda qaysarlik qiladilar yoki dahshatlaridan quloqlarini yopib qochadi degan fikr, xulosa va ishonchdamiz. So’zlarni tinglaganlarning mast sukuti ko’rsatishlari, hayratini izxor qilishlari, kuchi yetganicha maqtashlari fikrimizga quvvat beradi. Umid va taxminimizni tasdiq qiladi.
Xulusiy
* * *
Niyatim buyuk, tavfiq Xudodan. Faqat oila a’zolarimizga Yigirma Beshinchi So’zgacha bo’lgan qismini o’qidim va inshoalloh davom etaman. Amringizga ergashib va duongizga binoan sustlik qilmayapman. Moddiy vazifam u yerdagidan yanada og’ir. Lekin har ishimda Allohga tayanganim uchun, umidsizlikka tushmayapman. U yerdan ketganimdan keyingi fayzlardan foydalanishni jonu dildan orzu qilaman. Tugallanmasdan qolgan O’ttiz Ikki va O’ttiz Uchinchi So’zlarni ham tugatishga muvaffaq bo’lishingizni Ilohiy lutflardan niyoz aylayman.
Xulusiy
* * *
Men bu yerda inshoalloh omonatchi bo’lganim "So’zlar"ni inoyati Haq bilan va duongiz barakasi bilan loyiq bo’lgan quloqlarga eshittira olishimni umid qilaman. Ustozim, xotirjam bo’ling, Nurlar oyoq ostida qolmaydi. Ularni dalloli Qur'ondan jahonning e'tiboriga taqdim qilgan Xoliq (Jalla Jaloluhu) biz kabi hech kim umid va xayol qilmaydigan ojiz insonlar bilan ham nashr va muhofaza qildiradi. Bu ishni men g’ayratim, qudratim bilan qildim degan yugurdaklar o’sha kun ko’radilarki, muqaddas xizmat, zoxiran qobiliyatsiz ko’ringan, haqiqatda esa boshqa juda qiymatli insonlarga o’tkaziladi degan fikrdaman. Shu sababli u yerdagi qardoshlarimizdan Risola-i Nur bilan juda aloqador bo’lishlarini so’rayman.
Xulusiy
* * *
Risolat-un Nur, Maktubot-un Nurning mutolaasi, yozilishi, boshqalarga nashr va yetkazishga qo’ldan kelgancha harakat qilingani kabi, buyuk va xayrli ishga Samadoniy kuch va quvvati va Rabboniy inoyat va lutf bilan muvaffaq bo’lgan vaqtimda, avvalo va shaxsan bu faqir istifoda, istifoza, istio'na etgan bo’ladi. Shu sababli, mazkur soatlarni juda muborak bilib, firoqiga achinib, o’sha holatning davomini, takrorini, to’xtamasligini jonu dildan orzu qilaman.
Ammo na choraki, fursat topa olganim ozgina vaqtlarda zehnimni tozalab Nurlarning qarshisiga, demakki Qur'onning mo’'jizalari majmuasiga va aziz, muhtaram ustozimning madrasasiga va ul Sayyid-ul Kavnayn Payg’ambarimiz Afandimiz (ASV) Hazratlarining ravza-i saodatlariga va oxiri Rabb-ul Olamiyn Taolo va Taqaddas Hazratlarining huzuri lamakoniysiga chiqaman. Bu sabab hayotimda jiddiy ravishda u nurlar bilan mashg’ul bo’lmagan vaqtlarim bo’lmasa edi deyman.
Xulusiy
* * *
O’tgan hafta farqli ikkita jamoatga Yigirma To’rtinchi Maktubning Birinchi va Ikkinchi zayllarini o’qidim. Tinglaganlar hayron. Bu faqir ham u porloq Qur'on i'jozi dan go’yo behush bo’ldim. Bu asaringzni Risola-i Nur va Maktubot-un Nurning eng munavvarlari safida mutolaa qilaman. Bugun Juma edi. Qo’shnimiz Fathi Beyga o’n bir va o’n uch raqamli So’zlarni o’qidim. Dunyoviy ishlardan o’zimni qutqarib, fursat topa olgan vaqtlarimda, muborak nurli derazalarga yuguraman. Ruhiy va ma'naviy ozuqamni olishga va topa olganim bunday bir tinglovchini ham hissador qilishga harakat qilaman.
Xulusiy
* * *
Yigirma Oltinchi Maktubni buyuk sevinch bilan oldim. Qayta-qayta, diqqat bilan, qiziqish bilan, muhabbat bilan, lazzat bilan o’qidim va natijada "duongiz bo’lmasa nima qiymatingiz bor" deb marhamat qilgan Zoti Zuljalolga qullik bilan bog’langanim va bandalik tili bilan, kamoli ajz, faqr va shavq bilan; butunlay beminnat, butun ma'nosi bilan Alloh nomidan, to’liq yaqolligi bilan iymon va Qur'on ahlining foydasi va hisobiga moddiy, ma'naviy, zohiriy, botiniy, dunyoviy, uxraviy xizmatlaringizning mukofotini benihoya lutfu karamiga munosib tarzda ehson va ikrom qilishini va zoti Ustozonalarini har ikki jahonda aziz qilishini Xoliqi Rahim va Karim Hazratlaridan obidona yalinib, o’tinib so’radim. Umidim اُدْعُون۪ٓى اَسْتَجِبْ لَكُمْ farmonining tajalliy etishidandir.
Muhtaram Ustoz! Zotan sizning biz bechoralardan kutganingiz faqat duo emasmi? Muborak "So’zlar" haqida hozirgacha maktublarimda mavjud tuyg’u va tushunchalarimni notiq, so’niq ifodalarimni "Risolat-un Nur"ga taqriz qilish xususidagi niyati ustozonalariga biror narsa deyishga haqqim yo’q. Ammo mening parishon ifodalarim, quyoshning yonida mum yoqishga o’xshaydi. Ehtimol haqiqatdagi so’niqligiga qaramasdan Nurlarga qo’shniligidan, oynadorligidan hissador bo’lib nisbiy bir porloqlik arz qila oladi.
Risolat-un Nurning tinglovchilari orasida Sulton Abdulhamidning davrida Karbaloda yillar davomida mudarrislik xizmatida bo’lgan Hoji Abdurahmon Afandi nomli sakson sakkiz yoshli bir domla bor. Har safargi mutolaadan buyuk mamnuniyatini bildiryapti, "Ko’p istifoda qildim, Alloh rozi bo’lsin" demoqda va ko’p duo qilmoqda. Yigirma Oltinchi Maktubning Uchinchi Mabhasini ixtiyoriysiz farqli martabadagi ahamiyatli kishilarga o’qidim. Hammalari "Juda to’g’ri, juda chiroyli" deyishdi. Ha, bu faqir ko’p tajriba qildim va yaqiyn hosil qildimki: وَ قُلْ جَٓاءَ الْحَقُّ وَ زَهَقَ الْبَاطِلُ -bilan oxir-il oya- oyatining loyamut mo’'jizasi bor.
Bu safargi maktublarni bir necha marta farqli kichik jamoatlarga o’qish nasib bo’ldi. Bularning birida ahamiyatli bir olim ham bor edi. Hammalari hayrat va taqdirlarini izhor qilishdi. Mening fikrimga kelsak: Barcha Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur, zamonning ehtiyojiga ko’ra har sinf din arbobi va hatto qaysar bo’lmagan mufrit, dinsizlarni ham jim qiladigan va qondiradigan darajadadirlar. Ammo (dunyo bu) manfaatning yo’naltirishi, maqom hirsi, kufr va qaysarlik, g’aflat va tanballik, shirk va zalolat kabi darmonsiz kasalliklarga chalinganlar uchun, Nurlarga ko’z yumish, ko’rsa ham qabul qilmaslik, ko’rganini inkor qilish, haq va haqiqatni rad qilish kabi devonaliklar aqldan uzoq ko’rilmaydi. Ma'lumi fozilonalari, Allohning shu vaqtinchalik mehmonxonasida inson suratidagi hayvonlar yo’q emas. Bu Nurlar yoyilsa edi, albatta bundaylarning bugun dalil keltirib aytilgan devonalik safsatalari ochiqcha ko’rinadi.
Xulusiy
* * *
(Bu qism ukam Abdulmajidnikidir.)
Bu asarlar barcha sinflarga va jamoatlarga doimo taqdirga loyiq bo’lmoqda. Kim ko’rsa maqtaydi. Tanqidga ma'ruz bo’ladigan asarlar emas. Lekin taqdir darajalari, tushunish darajalari kabi farqli va ko’p. Hamma tushunish darajasiga ko’ra taqdirlay oladi.
Abdulmajid
* * *
(Xulusiy Beyning salafi, yigirma olti yoshda vafot qilgan jiyanim Abdurahmonning vafotidan bir-ikki oy avval yozgan maktubidir.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ
Qo’llaringizdan o’pib, duongizni so’rayman. Sihat xabaringizni irshod qiluvchi "O’ninchi So’z" risolangiz bilan birga Tahsin Afandi vositasida oldim, katta raxmat. Avvalroq garchi amringizga amal qilmasdan muhtaram va qiymatli amakimdan ayrilganimga pushaymon bo’lgan bo’lsam ham va urushishingizga haqdor bo’lgan bo’lsam ham, bu ham muqaddar ekan. Janobi Haqning amru irodasi bilan balki biz uchun xayrli bo’lgani uchun bo’ldi. Darhaqiqat, men johillik sababli bir xato qildim va mashaqqatini ham tortdim. Bundan keyin tortmaslik uchun afv etishingizni va duongizni so’rayman.
Aziz mamo! {(*): Kurdchada "Amakijonim" degani.} Shuni ham arz qilayki: Himoya va himmatingiz soyasida, din va oxiratimga zararli ish va harakatlardan o’zimni muhofaza qildim va qilishda bardavomman. Garchi dunyoning qiymatsiz ko’p musibatlarini ko’rdim va tortgan bo’lsamda, bir qancha lazzat va safosini ham ko’rdim, o’tkazdim. Hech qachon hech bir zamon unutmadimki, bularning hammasi behuda bo’lgani va dunyoning Alloh uchun bo’lmagan lazzat va safosining natijasi xo’rlanish va shiddatli azob bo’lgani va dunyoda Alloh uchun va Alloh amr qilgan yo’llarda tortilgan va tortilayotgan zahmatlar natijasi, oxiri lazzat va mukofot berilganini bilganim va iymon keltirganimdan, yomon narsalarni qilishdan o’zimni muhofaza qila oldim. Bu his va bu fikr tarbiya va himmatingiz bilan zehnimda va xayolimda o’rnashgandir. Haqiqat bunday ekanini bilganim uchun barcha mashaqqatlarga shukr bilan birga sabr qilyapman.
Hozir amakijonim va buyuk ustozim! Iflos nafsim bilan jang qilish uchun uning havoiy va natijada alam beruvchi orzularini qilmaslik va tinglamaslik uchun uylanish majburiyatida qoldim. Hozir esa har tomonlama Janobi Haqning lutfu karami bilan tinchman. Odamlarning yomon gaplarini eshitmaslik va yomon xislatlari yuqmasligi uchun ularga qo’shilmayapman. Idorada ishlash muddatidan boshqa vaqtlarimni o’z uyimda Janobi Haqning shukri bilan o’tkazyapman. Bundan tashqari, ey amaki, sizdan keyin hozirga qadarcha meni eng ko’p ogohlantirgan va yomon narsalardan man qilgan, ustozi a'zam va murshidim bo’lgan quyidagi oyati karimadan eshitganim va his qilganimdir:
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
اَلْيَوْمَ نَخْتِمُ عَلٰٓى اَفْوَاهِهِمْ وَتُكَلِّمُنَٓا اَيْد۪يهِمْ وَتَشْهَدُ اَرْجُلُهُمْ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ
Shunday deb bilamanki, o’sha kun ham juda yaqindir.
{(Hoshiya): Diqqatga sazovordir, vafotini xabar bermoqda.}
اَللّٰهُمَّ لَا تُخْرِجْنَا مِنَ الدُّنْيَا اِلَّا مَعَ الشَّهَادَةِ وَ الْا۪يمَانِ
duoim bu va e'tiqodim shunday va shunday ham iymon keltiraman:
{(Hoshiya-1): Ham iymon bilan ketishini xabar bermoqda.}
اٰمَنْتُ بِاللّٰهِ وَ مَلٰئِكَتِه۪ وَ كُتُبِه۪ وَ رُسُلِه۪ وَ الْيَوْمِ الْاٰخِرِ وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِه۪ وَ شَرِّه۪ مِنَ اللّٰهِ تَعَالٰى وَ الْبَعْثُ بَعْدَ الْمَوْتِ حَقٌّ اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَ اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ
{(Hoshiya-2): So’nggi nafasdagi iymon kalimalarini maktubining oxirida zikr qilishi, dunyodan qahramonlarcha iymonini qutqarib shunday ketishiga ishora qiladi.}
Jiyaningiz
Abdurahmon
* * *
Demak "O’ninchi So’z" unga haqiqiy murshid o’rniga o’tganki, birdan uni valiylik darajasiga chiqarib ushbu uch karomatni ayttirgan. Mendan sakkiz yil avval ayrilgan. "O’ninchi So’z" qo’liga tushgan, maktubning boshida aytgani kabi juda azim istifoda qilib sakkiz yil mobaynida olgan kirlarini u bilan tozalagan. Hatto tashlab o’tilgan, maktubining boshqa qismida "O’ninchi So’z"ning shavqidan: "Yozgan So’zlaringizning hammasini menga yuboring, o’z xatim bilan har biridan o’ttiztadan nusxa yozaman va yozdiraman. Toki yoyilsin, yo’qolmasin" degan. Bunday qahramon vorisni yo’qotdim. Ruhiga al-fotiha.
Said Nursiy
YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING ZAYLI VA IKKINCHI QISMI
(Xulusiyi Soniy va katta bir olim Sabri Afandining xatlari.)
Mab'usi olam alayhissalotu vassalom Afandimiz Hazratlarining insonlarni hayratda qoldirgan va juz'iy shuuri bor kishiga iymoni komil baxsh qilgan, haddan ortiq va hayratomuz ma'nan ming turli mo’'jizoti Ahmadiyani ichiga olgan va juda oliy va azim qiymati isbotlangan, shubhasiz qabul qilingan O’n To’qqizinchi Maktubning to’rtinchi qismini nazar va tavajjuhi fozilonalarida haddim yetmasa ham men vakillari bo’lgan nomlari o’tgan Xulusiy Bey afandiga yuborish uchun ko’chirishni boshlagandim.
Ming mo’'jiza-i Muhammadiya kirgizilgan O’n To’qqizinchi Maktub, oldin ham aytilganidek, istagimdan ustun juda ham buyuk, nuroniy bahslar va risolatga oid hodisalarni bayon va xushxabar qilib, ojizning ruh va qalbini bahor mavsumi kabi gul va gulistonga aylantirdi. Bu xususda qalban his qilgan tuyg’ularimdan tug’ilgan va aytish lozim bo’lgan madhu sanoni o’ta porloq tarzda arz qilish eng katta orzuim bo’lsa ham, afsuski aytishdan ojiz bo’lganimni bayon qilish bilan kifoyalanaman. Faqat shu nuqtani his qildimki: U hodisalarda siz jisman bo’lmasa ham, ruhan Sarvari Koinot Afandimiz Hazratlari bilan birga bo’lganingizni tasavvur qilyapman. Zero o’sha mazkur hodisalarning hujjati bilan, mavqei bilan, an'anasi bilan qat'iyan mushohada va o’sha tarzda naql qilganingizga va yozganingizga amin va ishonganman.
O’n Oltinchi Maktubni Otaboyga ketarkanman, olib ketdim. Aksar nuqtalar bir qism do’stlarni yig’latdi va amakivachcham Zuhdiy Afandi, O’n Oltini o’qib bo’lgach: "Bugun qalbimga hozirgacha bilmagan, ko’rmagan nuroniy va juda ko’p ma'naviy sevinchni ichiga olgan deraza ochildi. Bu derazadan hosil bo’lgan natijalarni yozmoq iqtidorimdan ustun bo’lsa ham, avni Ilohiyga tayanib bir maktub bilan arz qilish eng katta orzuimdir. Nihoyasiz salom va hurmatlarimni yetkazishga yordam berishingizni iltimos qilaman," dedi.
Sabri
***
Ko’ngil istarki, birdan Risolat-un Nurning hammasini yozsam-u qo’limda bo’lgan durri yaktolarni iste'dodim nisbatida mutolaa qilishni boshlasam.
O’ttiz Birinchi olmos kulliyotini avni Haq va inoyati akramiylari bilan ikki kun avval tugatishga muvaffaq bo’ldim. Ahmad qardoshimga oid izohni tushuntirdim. Biroz o’qidim va "O’ninchi So’z"ni istadim, lekin bu So’z ma'naviy qiymat e'tibori bilan mavjudotdan og’irdir. I'jozi Qur'onning ikkinchi qismini qariyb tugatyapman. Lekin men mushtoq bo’lgan "O’ttiz Ikkinchi So’z"ni ham lutf qiladigan bo’lsangiz, hosil bo’ladigan mamnuniyatimni bir jihatdan arz qilishdan ojiz qolaman. Chunki bu kabi qiymatdor va ma'nodor asarlarni eshitgandan keyin, ko’rish ishtiyoqi tobora ortmoqda va bu fe'l-atvordan hech ham o’zimni man qilolmayapman.
Sabri
* * *
Bu dafa men ko’chirishga muvaffaq bo’lgan nurli "Yigirma To’qqizinchi So’z"da, malaklar dengizlarida Allohning kemalariga yopishib sayr qilarkan va insonning xato-to’g’ri qilgan amallari, qat'iy umumiy hisob daftari kabirida o’qilishini, foyda va zarar hech bir narsaning yashirin qoldirilmasligini shiddat bilan eslatgan, baqo-i ruh olamini tomosha qilar ekanman, matlabi a'lo va maqsadi aqso bo’lgan qayta tirilish va mahkama-i kubroning hukmlari boshlanishidan avval eshitish maqomida tinglarkan va ayniqsa "Madorlar" zinapoyalaridan oliy maqomlarga ma'naviy chiqar ekanman, xususan O’ninchi Mador va Uchinchi, To’rtinchi Masalalarda dengiz g’avvoslari kabi ma'naviyat dengizida sho’ng’ib suzar ekanman, anvori haqoiqi kibriyoga va azvoqi latoifi ulyoga shunchalik g’arq bo’ldimki, gapirish va ifoda qilishdan ojizman.
Sabri
* * *
Mushrik va munkirlarni mag’lub va jim qilgan va so’nggi malzama-i jihodiya-i vahdoniya usulini ichiga olgan va jamlagan, quvvat va mustahkamligi po’lat, qiymat va ahamiyati olmos va javharlar va aqiq qal'a-misol "O’ttizinchi So’z"ni ko’chirishga muvaffaq bo’ldim.
Sabri
* * *
So’zlar soyasida bir yildan oshgan muddatdan beri shavq bilan ta'allum, inoyat bilan tafayyuz, targ’ib bilan tanavvur, xohish bilan talazzuz, ishora bilan tahalluq, tadrij bilan takammul tariqida ilgarilashga harakat qilgan muayyan muddatning bir kuniga sobiqan o’tkazgan umum hayotim tenglasha olmaydi degan xulosadaman.
Sabri
* * *
(Ikkinchi Sabri bo’lgan Ali Afandining bir bayonidir.)
So’zlar shunday mahoratli bir doktor bo’lib, ko’zsizlarga hidoyati Haq bilan ko’z va qalbsizlarga tamoman buzilmagan bo’lsa qalb va shuurida tuynuk bo’lmasa nurlantirib fikrlashga chorlash va "Qayerdan, qayerga, kimsan?" mushkul savolning hal qilinishi bilan insoniyat taqozo qilgan insoniyatni bahsh qiladi.
Ali
* * *
(Yana Sabriniki.)
"So’zlar" nomli Nur okeanida ikki yildan ortiq zamondan beri, sayru sayohatimning samara va natijasini ko’rib bilish xususida hozirga qadar zamin va zamon uyg’un bo’lmagani uchun tijorat sarmoyamning qay darajalarga chiqqanida; to’g’rirog’i bir tijorat qila oldimmi yo’qmi, ikkilangan va hayron edim.
Hamdan lilloh, bu rahmat va mag’firat oyida, Rabboniy inoyat va Payg’ambariy yordam, hamda ustozimning himmat va duolari barakalari bilan bandangizning avvalgi ilmiy sarmoyasi to’qson to’qqiz daraja yuksalganini fahmladim. U ilmiy manbalar va haqiqatga olib borgan tamsillar majlislarimni shunchalar tazyin va tanvir etmoqdaki, gapirishdan ojizman. Basharning juda ko’p oyog’ini toydirgan bu asrda, juda ham hayratomuz va haddan ortiq jihozlar va ma'lumotlarni nashr qilgan Nur fabrikasidan har xil jihozlarni olish farz bo’lganini bilib, har qanday madhu sanoga haqiqiy ma'noda munosib va loyiq va hech suratda riyo ma'nosini berish imkonsiz bo’lgan muassasa sohibi a'zamiga qay darajalarda tashakkur qilsam va minnatdorligimni birdirsam ham tom ma'noda zimmamdagi vazifamni ado qilolmayman.
Sabri
* * *
Ko’pdan beri kamtarona ruhimning bag’oyat mushtoq bo’lgan va har bir so’zi bir-bir olmos xazinasi bo’lgan Yigirma Sakkizinchi risola-i pur-nurlarini, lahulhamd o’qish va ko’chirishga muvaffaq bo’ldim. Oltin-misol harflardan tashkil topgan olmos manbaining qiymat va yoqtirilish va ahamiyat darajasini arz va ifoda xususida (mubolag’a bo’lmasin) mumkin bo’lsa edi, shu risola-i qiymatdoriyning cheksiz haqiqatlarini izohlagan va jamlovchi bir qancha kalimalarning qo’yilishiga harakat qilardimki, haqiqat loyig’icha ifoda qilinsin. Zero Xoliqi Olam Hazratlari shu mukavvanotni xalq va ijod va har birini bittadan vazifa bilan tavzif va olam ajali sodir bo’lganda, mas'uliyat nuqtasida bu dunyoda ojizlik, faqirlik, zaiflik va ehtiyojini fahm va idrok qilib, azaliy qonunlar va Rabboniy dasturlarga bo’ysungan va ergashganlarga, aytib o’tilgan Jannat kabi ne'mat bilan aziz qiladi va ayniqsa Jannatda eng buyuk ne'mat, jamoli ba-kamoli Rabboniyani mushohada va eng buyuk ne’matga musharraf bo’lganidan, foniy olamdagi hamma narsa natija e'tibori bilan Jannatga qaragan, oshiqqan va shu haqiqatlarning manbai bo’lgan Furqoni Mubin va Qur'oni Azimning ko’plab eshiklarini fath va rang-barang sirlariga xabardor bo’lib, haqiqatlar dengiziga sho’ng’ish harkimga muyassar bo’lmagani uchun, besh savol va besh javob haqiqiy kaliti bilan xilma-xil xazinalar eshiklarini ochib juda yaqindan va mukammal yaqqol ko’rsatilishi, bu ojiz qulning kalta aqli emas, balki anchagina yuksak zakolarga sohib bo’lganlarning ham taqdiriga tom ma'noda munosib bo’lganiga ishonchim komil.
Sabri
* * *
Men kamoli ulviyat va benihoya qiymatini aytish va ifodadan ojiz bo’lgan "So’zlar"dagi oliy va azim uslub va g’oyalar, bu purqusur bandani tiriltirib, go’yo "ba'su ba'dal mavt" holiga keltirdi va "Qora Tutning Bir Mevasi" nomli, Ovrupa maftunlariga otilgan oltin zambarakning olmos o’qlarini ko’rdim, hayron bo’ldim.
Sabri
* * *
Yigirmanchi Maktubni yozarkan, vaqtim yo’qligi, tez yozishga harakat qilganim uchun chuqur qaralmadi va o’qildi. Chuqur o’ylab zehnimda joylashtirolmagan bo’lsam ham, muso'ada-i fozilonalari bilan ushbu haqiqatni gapirishga jasorat qilyapman. Bu buyuk ma’no va tushunchalarni o’z ichiga olgan maktub, hozirgacha yuborilgan umum Nur Risolalarining, xulosat-ul xulosa natijasi va juda chuqur manbai bo’lganini ko’rishim bilan birga, izohlar va sharhlar xususida ham aql sohiblari uchun, arabcha ibora bilan yozilgan, yetti ma'nodor bayon va turkcha ma'nolarida joylashtirilganiga mukammal qanoat hosil qilganimni aytib yana boshqacha istak uyg’otdi va aytdimki: Xudo-yi Mutaol va Vohib-ul A'mal val-Amal Hazratlari tavfiqoti Samadoniysini ehson qilsa-yu, ustozi oliyqadrimdan fanni ilmi Kalomni ta'alim olib fayz olsam, dedim. Bu orzu bandangiz qalbida ilalabad sobit qoladi. Bu ham qiymati bepoyonini his qilib buyuk va muqaddaslikni men loyig’idek ifoda qilishdan ojiz bo’lgan sevimli Yigirmanchi Maktubdan tavallud topdi.
Sabri
* * *
Xususan Birinchi So’zda Basmalaning daraja-i ahamiyati va surati tamsiliyasi maqtov va hayratga loyiqdir. Eskidan beri xar kitobning ibtidosida "Basmala, Hamdala, Salvala" aytish vojibligi, domlalarimiz tarafidan bayon qilingan bo’lsa ham, bu kabi nafsni jim qiladigan tamsil eshitilmagani uchun bu daraja zehnda qaror topib, joylashmagan edi. Bu tamsil, Basmala So’zi bo’lgan "Birinchi So’z"da qanchalar o’rinli va ma'nodor bo’lganini inson bo’lgan taqdirlaydi.
Sabri
* * *
Uch kitobdan Yigirmanchi So’zni ilk marta o’qidim. Habli Matini Ilohiy va qonuni Mubini Rabboniy bo’lgan Qur'oni Azimushshonda, ushbu oxirgi asrda vujudga kelgan va Yevropaliklarning faxrlanish sabablari bo’lgan suv osti kemasi, tayyora va boshqa narsalarga 1300 yil muqaddam ishora bilan ifoda qilinganini o’rganib Kitobi Mubinning moziy va istiqboldan berayotgan g’aybiy va sodiq xabarlari hamda hayratomuz bayonlari, do’st va dushmanni maftun va hayratlarda qoldirgani. Shu orqali bir daraja yana i'jozi Qur'onni isbot va tasdiq qilgan. Yigirma Uch va O’ttizinchi So’zlarning bosh taraflaridan uchtadan, beshtadan sahifa o’qiy oldim. Javohirlar ko’milgan xazinani topgan bir faqir kabi qaysi javharni olishimni hirsli tarzda o’ylayapman.
Sabri
* * *
Mo’'jizalar dengizi, Koinot Faxri Afandimiz Hazratlarining shu g’uborli asrda zanglagan ruhlarimizni nurlantirib va sevintirgan va abadiy hayot sari yo’naltirgan O’n To’qqizinchi Maktubning beshinchi juzini olib, uchinchisini qaytarib berdim. Koinot Faxri Afandimizning mo’'jizalaridan barmoqlaridan suv oqitib qo’shinga ichirishlariga diqqat qilib chuqur tafakkurga sho’ng’idim. O’sha vaqt qalamim siyoh shishasida edi. Yozish vazifamga vaqtinchalik tanaffus bermoqchi bo’ldim. Qalamimni oldim, siyohi bilan o’rniga qo’ymaslik uchun qalamdagi siyoh tugagancha bir-ikkita kalom yana yozay-yu shunday qoldiray dedim. Boshladim, yarim sahifa yozdim, qalamdan rang to'xtamadi. Bundagi hikmatni o’yladim, qalam quridi. So’ngra ko’p marotaba qalamni yaxshilab rangga botirib yozdim, tajriba qildim. Yarim qator, ko’pi bilan bir qatorga yetdi. Bu ham Xatibi Bog’dodiyning ف۪ى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْس۪ينَ اَلْفَ سَنَةٍ siridagi {(Hoshiya): U tafakkurda bir kunlik ishni bir daqiqada qilgan.} tafakkuridan hosil bo’lgan voqeani eslatadigan bir Nabaviy i'jozning ta'kididir, dedim.
Sabri
* * *
Oldin taqdim qilingan maktublarimdagi ta'birlar va madh etuvchi so’zlarim nima uchun haq bo’lmasin? Zero shu qiymatdor va dolzarbligi bitmaydigan va olamda ko’z qamashtirgan chaqmoq kabi moddiy va ma'naviy ustunligini o’xshashi kabi bildirgan va e'lon qilgan sevilgan Yigirma Oltinchi Maktubni, yigirma kundan beri turli darajalarda ahli ilm mutolaa qilishdi. Faqat bugungina tahririga ehtiyoj ko’rildi va yigirma sakkiz nuqtada to’g’rilandi, ilova etilgan muhim nuqtalar, oliy kalima va ta'birlarni ortiqcha yoki kam deya oladigan bir kishi chiqmadi va chiqmayapti.
Ha, bu asrning zararli shaxslariga e'lon qilgan ma'naviy jihodda ko’rilgan hayratomuz muvaffaqiyatning pastkash va razillar guruhini lol va mot qilganini, zarracha insofi va iz'oni va insoniyatda zavqi bo’lgan kishining iqror va e'tirof va tasdiq qilishi, vojib bo’lgani shak va shubhalardan uzoqdir.
Sabri
* * *
(Shu bayon Shomli Hofiz Tavfiqnikidir.)
Oltin zarhal bilan yozilishi kerak bo’lgan oliy asaringizda, Rasuli Mujtabo alayhi akmal-ut tahoya Afandimiz Hazratlariga til uzatgan bedin xoin, mulhid xoinlarning qurigan tillarini, Ilohiy inoyati va Payg’ambar ruhoniyati va shariat qilichi bilan kesishga muvaffaq bo’lganingiz ushbu tanlangan asaringizni Janobi Haq ulug’ dargohida va nazdi Payg’ambariyda qabul aylasin. Shafoati Nabaviyaga afandimni va faqirni ham noil aylab, Muhammadiy bayrog’i (ASV) ostida jumlamizni birodarlarimiz bilan birga hashr aylasin, omin.
Tavfiq
* * *
(Yana Sabriniki.)
Tavfiq buroqi bilan samovot haqiqatlariga uchish yo’lini ko’rsatish va tushuntirish uchun, tartiblangan, tasnif qilingan va xar bir yuksak yog’dusi minglab aqliy va naqliy oyatlar va iymon alomatlarini haddidan ortiq izoh va isbot qilgan, bir iymon darajasi va Vojib-ul Vujud val Mannonning ism va sifatlari aks etgan oyna hisoblangan va baqio olam saroyining olmos kaliti bo’lgan Yigirma Ikkinchi haqiqatlar dengizini Ilohiy inoyat bilan ko’chirishga muvaffaq bo’ldim.
Sabri
* * *
(Shu bayon haqiqiy va birinchi bir qardoshimiz bo’lgan Haqqi Afandinikidir.)
Takror-takror mutolaa va qiroat qilib, arsh qadar yuksak asarlaringiz haqida diqqat bilan o’qishga, bir so’z hatto bir nuqta qo’shishga o’zimda jur'at va qudrat topa olmaganim uchun, bu bobda bir fikr qo’shishga imkon ko’rolmayapman. Faqat juda yuksak, jahon qadar qiymatdor muborak asarlarni o’qib, biz johilligimiz sababli idrok eta olganimizchalik foydalanish va fayz olishga harakat qilib foydali bo’la olish biz uchun juda buyuk ne'matdir.
Haqqi
* * *
(Yana Haqqi Afandiniki.)
Ushbu jahonqiymat asar haqida fikrimiz so’ralmoqda. Hikmatning nozik tomonlari va ilmiy haqiqatlar bilan ziynatlangan va tahqiq etilgan yuksak asar haqida bir fikr bayon qilish ilmiy saviyamning ustidadir.
Haqqi
* * *
(Shu bayon ikkinchi Sabri bo’lgan Hofiz Alinikidir.)
Afandim! Yigirma Beshinchi So’z, Janobi Haqning farmoni mubini bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon uchun batamom ochiqligini ichiga olgan haqiqiy tanituvchi bo’lib: Haqiqatlar dengizida sayru sayohat qilgan va tashqaridan po’lat bilan jilolangan, mustahkam hamda ichkaridan olmos va aqiq bilan bezalgan va isbotlangan hamda haqiqiy manbai bo’lgan Furqoni Hakim kabi, doimo yoshligini va mustahkamligini, ziynat va husnini orttirgan, muhofaza qilgan, hech bir jihatdan madhga loyiq hukmlariga nuqson keltirmagan, Ilohiy kemaning mahsuli bo’lib, qalblari pardalanib falsafaning boshi berk yo’llariga kirgan g’ofil va osiylarga shiddat bilan dahshat beruvchi va halok qiluvchi zarbasini urgan So’z, itoat qilganlarga ma'naviy lutf qo’li bilan, nihoyasiz dunyoviy va uxraviy mukofotini ehson qilgan Janobi Haqning zoti ustozonalariga lutf qilgan va Vahhob ismi jalilidan chiqqan nurning yog’dusi bilan oydinlatib Ilohiy haqiqatlarning zarralarini ham olmoslar kabi ko’rib-ko’rsatgan ustozimning haqiqatlar dengizida sayru sayohatlari asnosida uchragan to’lqinlar, bir-birining orqasidan xar biri yakka holda bir mo’'jiza, hatto bir qatrasi iyjozi bilan i'jozini ko’rsatganini ko’rganimda "Moshoalloh", "Alhamdulillahi ala nur-il iyman va hidoyat-ur Rohman" jumla-i jalilasini tilimda vird qilyapman.
Ali
* * *
(Bu bayon ham Sabriniki.)
Nurlari olamni oydinlatgan, qit'asi kichik va qiymati juda buyuk va ulviy va azim-ul maol va shaxsan mukammal xatti bilan yozilgan olmos risolalarini ko’chiryapman va Yigirma Ikkinchi Nur daryosiga sho’ng’iyapman.
Sabri
* * *
(Ushbu bayon muhim talaba - Sayyid Shafiqniki.)
Shifoxona-i qalbingizdan chiqqan O’ttiz Uchinchi So’zingiz bilan o’ttiz uch jihatdan kasalmand, yarador qalbimizni davolashingizni ayniqsa iltimos qilaman.
Sayyid Shafiq
* * *
(Inshoalloh Qur'onga buyuk xizmat qiladigan Kichik Hofiz Zuhduning maktubidir.)
Bugun men ko’chirishga muvaffaq bo’lgan I'jozi Qur'onning bu bechora talabangizga baxsh qilgan nihoyasiz fayzlar o’limga mahkum ruhimga shunday mahoratli tabib muolajasini qilganki, mubtalo bo’lgan qalb xastaliklarimni davolab, yangidan hayot baxsh qilganidan, minnatdorligimni bildiraman va bu tengsiz javohirlar xazinasining boshqa rangli eshiklarining ham ochilishini ojizona iltimos qilaman.
O’ttiz Uchinchi Maktubning o’ttiz uch derazasidan boshqa-boshqa porlagan nuroniy ziyolar ojizona qalbimga fayyoz nulari bilan guloblar sochdi. Hali bir qancha Nur Risolalarining fayzlarida hissador bo’lishni barigohi Ahadiyatdan yolvorib so’rayman afandim.
Hofiz Zuhdu
* * *
(Yana Sabrining bayoni.)
"Arz qilingan xususiy bir masala": Ushbu o’n to’rtinchi asri Muhammadiyda (ASV) Rabboniy rozilik va tablig’oti Ahmadiyani haqiqiy ma'noda ado va ijro va bildirgan va bajargan haqiqatdan "matla-i shamsi fuyuzot" ta'biri bilan tavsif va ta'zimiga masadaq bo'lgan o’xshashi bo’lmagan Nur risolalaridan bu ojizning ruhiga in'ikos qilgan va kamtarona sarmoyamdan emas faqatgina Risolat-un Nurning fayzlar va yog’dularidan terib, bir-biriga yuklab yozgan maktublarim, faqatgina bir Ustozning yuksak va go’zal tavajjuhlarining belgisi bo’lib, Risolat-un Nur qatoriga doxil etilishi xijolat bo’lishimga sabab bo’ldi. Zero ummonga nisbatan bir ariq hukmida ham bo’lmagan, bu ojiz bandaning pur-qusur ifodalari shunday baland bir mavqeda joy oladigan mohiyatda emasligi oshkoradir. Janobi Kibriyodan umid qilamanki, yaqin nurli va ziyodor So’zlarning nur va ziyolaridan foydali va ziyodor bo’lsin.
Sabri
* * *
(Shu bayon Xulusiynikidir.)
Siyosat men tushunmagan bir ishdir. Odamlarning istaklariga xizmat qilishdan nafrat qilaman. Xorlik bilan yashash, men ko’tarolmagan hollardan biridir. Falillahilhamd Allohimiz bir, Payg’ambarimiz bir, Kitobimiz bir, Dinimiz bir... va hokazo. Bu bir birlar bizga bir-birimizni Alloh uchun sevish bog’ini mustahkamlash bilan birga, ruhiy, qalbiy, abadiy, loyamut bir birlik ta'min qilmoqdadir. Hamd va shukrlar bo’lsin, mo’minmiz. Hayotda biz uchratadigan minglab musibat va iztiroblarga
مَنْ اٰمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ
kabi juda ta'sirli darmonimiz bor. Yana idrok qilyapmizki, bu yerda vazifalari tugaganlar uchun, abadiy va'da qilingan hayot boshlanadi. Biz bu yo’lning yo’lovchisi, bu karvonsaroyning musofiri, bu korxonaning vaqtinchalik ishchisi bo’lganimiz uchun, ertami-kechmi o’sha karvonga qo’shilamiz.
Qisqa, aziyat beruvchi, sertashvish, alamli, qayg’uli, firoqli va faqat doimiy hayotning ekinzori bo’lgan bu foniy va beqaror olamda boshlangan g’arazsiz, badalsiz, benuqson va hech kimning istagiga tobe bo’lmay, beminnat va jiddiy, xolis va muxlis do’stligimizning mevasini butun saodatni ichiga olganhayotda ko’ramiz.
Umid va iymon kabi juda oliy sarmoyamiz bor. Ho’ja Afandi Hazratlarining oliy tavsiyalari:
Besh vaqt namozingni qonun-qoidasi bilan o’qi. Boshqa ibodatga kuching yetmaydi.
Namozning oxiridagi tasbehlarni ayt. Boshqa zikrni qilolmadim deb afsuslanma.
Yetti gunohi kabiralarni tark et, chunki kichik gunohlarni qidiradigan vaqtda emasmiz.
Payg’ambarimizning (ASV) sunnatlariga ergash, zero bu davrda orqalaridan ketiladigan va harakatlari taqlidga loyiq sof, xolis va muxlis hidoyat yo’lini ko’rsatuvchi U zot bo’lib, (u ham seni yana bu yo’lga olib keladi) afsuski topolmaysan. Balki bu yo’lga chiqaradiganlar bordir. Ammo ko’mir bilan olmosni kim ajrata oladi? Shunday ekan harakat qil, undanda yaxshiroq rahbar topolmaysan.
Darslaridan birida, men xar doim zikr qilgan مَنْ اٰمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ shafoatbaxsh hikmatli so’zi esimizda bor ekan, shubhasiz xar qanday musibat va alam xush qarshilanadi.
Aziz qardosh! Shunday vaqtlar bo’ladiki, hamma narsa, harkas, xar muomala qalbni ranjitadi. Ammo mana shifobaxsh darmoni:
فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّٰهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظ۪يمِ
Men xar zamon aytaman: Biz bu foniy hayot uchun do’stlik qilmayapmiz. Bu qisqa hayot bilan vidolashish, nazdimizda va e'tiqodimizda abadiy hayotning muqaddimasidir. Shunday ekan, xafa bo’lmaylik. U hayotni hali boshlamadik. Xabarlashib aloqani ta'min etaylik. Allohga ishonaylik, Undan madad tilaylik.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ الَّذ۪ى هَدٰينَا لِهٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَٓا اَنْ هَدٰينَا اللّٰهُ لَقَدْ جَٓاءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ عَدَدَ مَا ف۪ى عِلْمِ اللّٰهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ
Xulusiy
* * *
(Sabrining Yigirma Birinchi va Yigirma Ikkinchi So’zlarni yozgan vaqti yozgan maktubining bir parchasi.)
Butun Risolat-ul Anvor xar biri turli-tuman mavzularda, son-sanoqsiz qiyinchiliklarni hal qilishi bilan birga, bandangiz shunday tasavvur qilyapmanki: Nur daryosidan ichishni istagan kishi, Birinchi, Yigirma Birinchi va Yigirma Ikkinchi So’zlarni osla, boshqalariga qo’li yetishmasa ham qalbdagi kasallikni daf qilish va yo’qotishga, ruhni nurlantirish va sevintirishga kifoya qilgani ko’rilgan va tasdiqlangan. Zero "Birinchi So’z" tavhid kalitidir. Yigirma Birning birinchi qismi Jannat narvonidir.
Ikkinchi qismi qalb kasalliklarining davolanishi uchun o’xshashi yo’q dorilar shifoxonasidir. Hayotbaxsh dorilari bilan istisnosiz harkimda bo’lgan vasvasa kasalligini davolaydi va qo’porib tashlaydi. Qalb va ruhda Qur'oni Hakimning abadiy va cheksiz fayzlar va nurlaridan kelgan farahbaxash gulzor ochib abadiy saodatga yetkazadigan najot va salomatlik yo’lidir. Yigirma Ikki esa Burhoni bilan, Yog’dulari bilan inson bo’lgan kishining diniy aqidalarini mustahkamlash va quvvatlantirishga tengsiz rahbar bo’lganini arz qilaman afandim.
Sabri
* * *
(Bu qism Xusravning maktubidan.)
Suyukli va Muhtaram Ustozim.
So’zlaringizning (ya'ni Risolalaringizning) xar biri ulkan dengizdir. So’zlaringizdan juda ko’p fayz olyapman. O’qigan sari takror qilishni istayman. Va takrorida his qilgan Ilohiy zavqimni ta'rif qilolmayman. Bugun kim So’zlaringizdan hammasini emas, bir donasini olib insof bilan o’qisa, haqni qabul qilishga va munkir bo’lsa, tanlagan yo’lini tark qilishga, fosiq bo’lsa tavba qilishga majbur bo’ladi degan qat'iy umiddaman.
Xusrav
* * *
(Ra'fat Beyning maktubidan.)
So’zlaringiz murshidona va juda yuksak bo’lganidan, g’oyat diqqatli va tahlil qilib o’qishni talab qiladi. Bayon qilgan aqliy va mantiqiy dalillaringiz shu qadar shirin va hayratbaxsh bo’lib, inson o’qigan sari o’qiydi va cheksiz ma'naviy zavq his qilib, hech qo’lidan tushirishni istamaydi. Shu sabab bir marta o’qish kifoya qilmaydi. Hammasini yoniga o’lib doimo o’qishi kerak.
Ra'fat
* * *
(Bu ham Sabri Afandining maktubidir.)
Ustozim Afandim!
Ushbu qiymatli olmoslar Janobi Haqdan Habibi Ziyshoniga yuborilgan Tubo daraxtining cheksiz mevalari bo’lganini va bularning o’xshashi kabi tengsiz javohirlarning chiqarilishi va ko’rsatilishi vaqtini topib Rabboniy va Muhammadiy ko’rgazmaga qo’ygan zoti ustozonalarini shu daqiqada qisqa aqlim va iste'dodsiz tilim bilan shunday duo qilaman:
اَللّٰهُمَّ احْفَظْ مُؤَلِّفَ هٰذَا الدُّرِّ الْيَكْتَا الَّذ۪ى هُوَ مَوْسُومٌ بِرِسَالةِ النُّورِ
وَ اَعْطِ قَلْبَهُ (وَ قَلْبَ صَبْر۪ى) اَلَّذ۪ى هُوَ مَمْلُوءٌ بِالْحَقَائِقِ وَ الْاِبْتِهَاجِ وَ السُّرُورِ اٰم۪ينَ
Sabri
* * *
(Xulusiy Beyning bayoni.)
Moddiy jihatdan uzoqda bo’lgan bu bechora talabangizni yaqindan vakillik etgan Hofiz Sabri Afandi bilan boshqa kishilarning Nurlar haqidagi tuyg’ulari juda qiymatli va yuksak va loyiq bir suratda ifoda qilingan. Bir maktubingizda Muallim Judining qasidasi munosabati bilan aytgan hikmatli so’zingizni bu yerda takror qilishga munosabat keldi.
وَمَا مَدَحْتُ مُحَمَّدًا بِمَقَالَت۪ى
وَ لٰكِنْ مَدَحْتُ مَقَالَت۪ى بِمُحَمَّدٍ
siri asosida go’zallik yozuvlarimizda emas, aksincha i'jozi Qur'ondan bo’lgan nurli So’zlarga va Maktubotga oiddir. xar bir mo’min kishi tushunish va zavq olish darajasiga ko’ra, aslida go’zal narsani ta'rif qiladi. Ojizlik va faqirlikdagi lazzat, shafqat va tafakkurdagi ulviyat haqiqatdan hech narsa bilan qiyos qilinmas ekan.
Olamning holi uyg’un bo’lsa ham, Qur'onning maxsus xazinasidan chiqarib ta'biri oliyingizcha siz dallolligini qilayotgan olmoslarni ko’p ko’zlar ko’rsa deyman. Ko’rsa-yu, sarxushlar o’ziga kelsa, hayratda qolganlar qutulsa, mo’minlar sevinsa, mulhidlar, kofirlar, mushriklar iymonga, insofga, aql doirasiga kelsalar. Va bu baxtiyor va oliy natijani bizlarga idrok qildirishini Ilohiy lutflardan yalinib va yolvorib so’rayman. Omin.
Muhtaram Ustoz! Allohu Zuljalol Hazratlariga qanchalar shukrda bo’lsangiz, o’rinlidir. Ojizlik va faqirlik ruxsatnomasi bilan siz kirishga muvaffaq bo’lgan Qur'on saroyining maxsus xazinasidan ko’zlar ko’rmagan, quloqlar eshitmagan javharlarni ko’ryapsiz va sizga ruxsat berilgan miqdorini bo’lak-bo’lak chiqarib avvalo o’zingiz qarayapsiz, so’ngra:
"Ey inson! Mana qara, bu musofirxonani ochgan, olamlarni rahmati bilan yaratgan,
seni hikmati bilan yaratib bu olamga yuborgan Sultoni Koinot bir ming uch yuz yil avval buyuk elchisi Habibi Akrami (ASV) vositasida,
senga yaratilishdagi hikmatni,
bu yerga kelishdagi maqsadni,
qullik taqozo qilgan xizmatni va boshqa haqiqatlarni bildirgan edi.
Bu oliy tablig’otni, u muqaddas hukmlarni siz tushunadigan til bilan tushuntirmoqdaman, tinglanglar. Agar aqlingiz bo’lsa, ko’zingiz ko’rayotgan bo’lsa, insonligingiz bo’lsa, haqiqatni anglaysiz va iymonga kelasiz", degan bayonot qilyapsiz. Bizlar qadar taqozosi bilan falillahilhamd bu muqaddas bayonotni yaqindan tinglash, ko’rish va ko’rsatish ishtiyoqini ko’rsatdik. Siz ham ushbu olmoslarni ko’rsatib bizni uyg’otdingiz. Haqiqatni anglatib, yo’limizni to’g’rilashga vasila bo’ldingiz. Alloh sizdan abadan rozi bo’lsin. Nafsi ammoraning asiri, jin va ins shaytonlarining nishoni bo’lishdan qutulmagan bo’lsak ham, bu beminnat va Qur'oniy xizmatdan zavq olmoqdamiz, loyig’i bilan qilolmayotgan bo’lsak ham, yo’lida turibmiz.
اِنَّمَا الْاَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ
Xulusiy
* * *
IKKINCHI ZAYL
(Omi, ammo allomalarning ishini bajargan va Qur'on sirlariga nisbatan Ispartaning uyg’onishiga sabab bo’lgan oxiratli qardoshim Odiljivozli Bakir Og’aning So’zlar haqidagi tuyg’ulari.)
Fazilatmaob Ustozim Hazratlari.
Afandim, avvalo ta'zim va hurmatimni aytib muborak qo’llaringizni o’pib, xar on va xar doim saviyam yetganicha duo qilaman va duongizni so’rayman.
Afandim, bilganingizdek, faqir talabangiz va qardoshingiz johil bo’lganim holda, quyosh-misoli tanlangan risolalaringizdan barcha Nur Risolalaringizni o’qitib tingladim. Quyoshning nuriga to’siq qo’yilb bo’lmagani kabi va to’siq qo’yilish ehtimoli bo’lmagani kabi, risolalaringizga ham to’siq qo’yib bo’lmaydi. Ularni tinglashda ruh va qalbimni tadqiq qildim, tadqiqotimda qanday his qilgan va anglaganimni angladim. Qarasam, ruh va qalbimda bir fazayon va jo’shqinlik borki, meni ixtiyorsiz bir vazifaga chorlamoq uchun hamon "qani bormi" deya tazyiqlarni boshladi. Boshdan o’tkazgan bu voqeani ta'qib qilar ekanman, Nurlar ko’rsatgan kalitlarni ko’rdim va ko’rsatildi. Angladimki, bu kalitlar bilan kerak bo’lgan eshiklarni ochib, Nurlarning ahli - qardoshlarimni (haddim bo’lmasada) qidirib topish vaziyati go’yo menga amr qilinib, Nurlardan quyosh kabi nur sochilishi xususida bu holni o’zimga vazifa deb bildim.
U Nurlardan olgan kalitlarimni topshirib, din xoini hisoblangan mulhidlarning qo’llari qimirlamaydigan darajada sinishi uchun, hamdan-lilloh qardoshlarimni qidirib topdim. Omonatulloh va omonati Payg’ambariyning (ASV) g’oyat porloq yoqut va zumraddan qiymatdor bo’lgan xazinalarini u zotlarning qo’llariga topshirdim. Alhamdulilloh, Janobi Haq muvaffaq qildi. Muborak asarlaringizni mutolaa qilgan shaxslar, inson bo’lsalar va bashariyatga aloqalari bo’lsa, iymon keltiradi. Ishonmagan taqdirlarida yo insoniyatdan voz kechishlari yoxud inson emasmiz deyishlari kerak. Bu asarlarning bir o’zi alohida-alohida fotihdir. Inshoalloh xar jihat ila, fath qilib fotih bo’ladi. Janobi Mavlo oxiratda jumlamizni savobiga noil aylayib, shafoatiga mazhar qilsin. Omin!
Takror muborak qo’llaringizni o’pish ila, duongizni so’rayman afandim hazratlari.
Abduljalil o’g’illaridan
Odiljivozli
Amrulloh o’g’li Bekir
* * *
(Ushbu bayon Xulusiyi soniy Sabriniki.)
"O’ninchi So’z" nashr qilingan, qiymati yaratiqdan ustun muborak nurli asardan bir nusxacha ehson qilishini kutdim. Olishim bilan, ruh sohiblaridan xoli va zumrad-misol ko’kargan nabotot orasida bir daraxtning ostiga bordim. Lekin mavsum e'tibori bilan zaminning gilami g’oyat lobar va turli-tuman chechaklar bilan ziynatlangan va muhtasham bo’lsa ham, biroz oldin bayon qilingan asar boqiy olamning haqiqiy va qat'iy hujjati hamda eng kuchli va g’oyat mustahkam va bag’oyat go’zal, naqliy, aqliy, mantiqiy, ta'rifi imkonsiz dalillar va qat'iy burhonlar bilan isbotlangan; hatto hashr haqida oyog’i toyib halok qiluvchi jarliklarga ketgan va eng yomon botqoqliklarga tushgan, zarar va zalolatda bo’g’ilgan juda ko’p kishilarni nozik, chuqur ishoralar va haqiqatlari bilan tiriltirganini va etishini qo’ldan kelgancha o’rgandim.
Har qancha qiymatdor asarning juda yuksak va muhim darajalarini, hatto eng qisqa jumlasini ham tom ma'noda tushuna olish, u xususda gapira olish, tahsil qilgan ilmimdan ancha yuksak bo’lsa ham, haqiqiy manbai bo’lgan Furqoni Mubindan to’liq fayz olgan va o’xshashi ko’rilmagan shoh asar ekanini angladim. Bu faqir, shiddatli ojizlik va zaifligim bilan hadsiz haqiqatlar dengiziga sho’ng’idim va nur ummoniga kirishga ushbu muborak asar olmos kalitim bo’ldi.
Shunga binoan, xoslar va xoslar xosi diqqat bilan uni mutolaa qilsalar, qay darajalarda Ilohiy haqiqatlar va Rabboniy ma’orifni ko’rib, fayz qozonishlarini taxmin qilolmayman. Bundan tashqari ushbu nuroniy va ulviy va muqaddas asar, raqami e'tibori bilan to’qqiz asarning oldindan o’tganini imo va ishora bilan birga va "O’n" raqamidan keyin yana bir qancha asarlarning vujudini ichiga olgan bo’lganiga doir bir qalbiy sezgirlik uyg’otdi.
So’ngra angladimki: Qur'oni Hakimning nur va ziyodor manbai qaynab toshgan. Furqoni Hakimning olmos ma'danlaridan dahshatli bir portlash sodir bo’lgan, "So’zlar" nomli hadsiz darmon va javohirlar o’rtaga chiqdi. Juda ko’p qalblar kasalligini daf qildi va sog’aydi. Furqoni Mubinning fayzi bilan "So’zlar"ning xar birini hammaga ko’rish muyassar bo’lmagan g’oyat nozik va chuqur lol qoldiruvchi izohlarini rentgen uskunasi bilan misol qilyapman. Rentgen shu'lasi a'zolar ichidagi eng yashirin va nozik holni qanday ko’rsa, ko’rsatsa, xuddi shuning kabi, Nurlarning xazinadorlari bo’lgan "So’zlar" ham, ashyolarning haqiqatlarida eng kichkina zarralarni ham ko’rish va ko’rsatish xossasiga sohibdir.
Sabri
* * *
(Ushbu ikki qism Xusravniki.)
Hozirgacha o’xshashiga uchramaganim bu go’zal va yuksak So’zlarni birdaniga qamrash harkasga muyassar bo’lmagani uchun, meni afv qilishizni iltimos qilaman. Duoingiz barakoti bilan bir kun kelib uni ham Janobi Haqning muvaffaq qilishi umididaman. Meni zoti oliyingizga taslim qilgan va "So’zlar"ni yozishimga ruxsat bergan Janobi Haqqa milliardlarcha hamd va shukr qilaman.
Xusrav
* * *
(Yana Xusravniki.)
Risolalarning yuksakligiga va go’zalligiga va latifligiga ojiz lisonim, qisqa aqlim va zaif idrokim bilan hayratda qolishim u yoqda tursin, xar o’qigan kishini qat'iyan tahsinga chorlashi aniq. Janobi Haqqa qanchalar hamd aytsam, shukr qilsam ham, bu lutflarning haqqini ado qilolmayman.
Xusrav
* * *
(Bu qism Hofiz Zuhduniki.)
Nur bo’stonining nurli mevalaridan yana ikkitasini uzishga muvaffaq bo’ldim. Bu mevalar ichiga olgan lazzatni qisqa tilim bilan hozir ifoda qila olishdan juda ojizman. Nabiyyi Oxirzamon Alayhi Akmalussalotu Vassalomning huzuri saodatiga va pok, latif Nabaviy suhbatlari bilan musharraf bo’lish zavqini idrok qildirgan ushbu qiymatdor "O’n To’qqizinchi Maktub"ni mutolaa qilishdan hech ham to’yolmayapman. To’liq Risolat-un Nurning taqdir va ehtiromi xususida so’z ayta olishdan qalamim ojiz va noqisdir. Janobi Vohib-ul Atayadan tilaymanki, Nur bo’stonlarining mevalarining hammasidan totishga, do’stlarim kabi ojizlarini ham muvaffaq qilsin.
Hofiz Zuhdu
* * *
(Bir Nur talabasining bayoni.)
Bugun u yuksak kitobni tugatishga muvaffaq bo’ldim. "Me'roj"ni tugatish va mutolaasidan hosil bo’lgan surur va saodatimni ta'rif qilishdan qalamim ojizlikka duchor bo’lmoqda. Mutolaadan tug’ilgan tuyg’ularimni qisqacha va bir jumla bilan arz qilaman:
"Me'roj"ning mutolaasida hayotning falokat girdoblarini va saodati abadiyaga qarab ketgan ma'naviy dengizning salomat yo’llarini ko’rsatgan qalb to’la nur va ziyo topdim. xar bir misolida isbot qilingan juda ko’p haqiqatlar va bugun xotirlanishi va xayol qilinishi ham ruhumizni to’ldirib jo’shtirishga kifoya bo'lgan Asri Saodat va ajoyibotlar davri ko’zim o’ngida hayotlandi. Fikrdan fikrga, hayratdan hayratga tushdim.
Me'roj kitobi, falsafa savdoyi e'tirozchilarning falsafasini xar doim barbod va qiymatini yo’qottirish quvvatiga sohib asardir. "Me'roj" kitobi bir o’zi asoslardagi haqiqatlarni kattalashtirmasdan va betarafona tafakkur, ham ko’radigan va qabul qiladigan nazar bilan isbot qilgan, yopiq qolgan nuqtalarni iymon ahliga ma'qul va mantiqiy fikrlar bilan izhor qilgan tarix kitobidir.
G’aflatga sho’ng’igan va zalolatning mag’lubi va ozgina aqli bilan o’ziga mumtoz mavqe berishni istagan faylasuflar, Me'roj kabi shoh asar qarshisida pogonlari olib tashlangan, bor shuhrat va nomi tushishga mahkum bir qirol vaziyatiga tushadi. U qirol doimiy umidsizlikka mahkumdir. Holbuki buncha haqiqatlar oldida falsafa zanjirlari va e'tirozchi fikrlari bir-bir singan, da'vosining va iddaosining haqsizligini anglagan faylasuf, Xoliqi A'zamning qudrat va azamati huzurida sajda qiladi va afv tilaydi.
Zakoiy
* * *
(Zakoiyning bayoni.)
Namozga doir fazilat va mukofot manbai bo’lgan To’rtinchi, To’qqizinchi va Yigirma Birinchi So’zlar ruhimning qorong’u burchaklarini ta'rifi imkonsiz bir suratda nurlantirdi. Mening kamoli ishq va shavq bilan tadqiq qilgan bu shoh asar shubha bulutlari ichidagi vaqtini bo’sh o’tkazib zoye qilib ketgan ahli g’aflatga va yoshlik hoyu-havaslariga asir bo’lib vaqt o’tishi bilan pushaymon bo’lib haqiqat yo’lini qidirganlarga hayot yo’ldoshi bo’lsin.
Zakoiy
* * *
(Shu parcha Doktornikidir.)
Ustoz, omonat sifatida bandanizdagi ikki kitobni so’rayapsiz. Bandangiz yolvoraman, kelasi hafta taqdim qilay. Chunki, kichigini ikki marta, kattasini bir marta o’qiy oldim. Kamrovimning torligi yoki ojizligim sababli idrokim ham ozdir. Shu sababli, sizning muhtasham misollaringizni juda ko’p o’qishni istayman. Juz'iy-kulliy hammada aloqa hosil bo’lsin. Ey Rabbim! Qanday ham buyuk mantiq, qanday ham buyuk jim qiluvchi bayon va tushunish tarzi. Oh Ustozim, bu muborak dinning ulug’ligini idrok, kamrash va taqdirlashda sizga faqat sizga shukrda qarzdorman va minnatdorman. لِسَبَبٍ مِنَ الْاَسْبَابِ Diniy aqidalarimning azim bir inqilobi bor. Nur Risolalaridan olgan diniy, insoniy, vijdoniy, iqtisodiy va ilmiy darslarim menga hayotda muvaffaqiyat beradi.
Doktor Yusuf Kamol
* * *
(Doktornikidir.)
To’liq ma'nolari bilan ma'nolarini qavrash iqtidorida bo’lmaganim u yuksak asarlaringizni fursat topish bilan o’qiyapman. Irshodi oliyalari unutilmas va shoh asar xotiradir. Mozorimga qadar diniy aqidalaringizning asiri va qurboniman. Ustozim, sizning So’zlaringiz mening din haqidagi xayolimni jiddiy ravishda o’zgartirdi va yanada sevimli bir yo’lga yo’naltirdi. Hozir bandangiz doktorlarning o’ylagani kabi o’ylamayman.
Doktor Yusuf Kamol
* * *
(Bu uzun bayon Xulusiy Beyniki.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ الْمَلَكِ وَالْاِنْسِ وَالْجَانِّ
Ey Aziz Ustoz!
Yigirma Sakkizinchi Maktubning To’rtinchi Masalasini to’rt kun avval, Ikkinchi va Uchinchi Masalasini va ichidagilarini kecha olish bilan baxtiyor bo’ldim.
Birinchisi:Muhtaram Sabri Afandining, ojiz bandangiz haqida ko’rsatgan azim tavajjuh va ustozana maqtovlari bilan ham musbat kamtarinliklari munosabati bilan bir necha so’z aytishga ruxsat berishingizni iltimos qilaman. Jumladan: Bu purqusur faqir qardoshingizda juda mukarram va aziz deb bilgan Ustozining ba'zi xislatlaridan dengizdan qatra nisbatida bor. Bu jumladan bo’lib uch holimni arz qilaman:
Biri:Yoshligidan beri Haq lutfi bilan Qur'onning haqiqatiga qiziqqan va haqiqatni izlash yo’lida bo’lgan, oxiri qidirganimni Eg’irdirda muhtaram ustozimning nashrga vosita bo’lgan "So’zlar" unvonli Nurlarda topdim. Bu topish, meni avvalombor botqoqlikdan salomatga, falokatdan saodatga, zulmatdan nurga chiqargani uchun Nurlar, Hazrati Qur'on va Nurlarning izni Haq bilan noshiri, muballig’i, voizi, dalloli bo’lgan Ustozimga o’sha ondan e'tiboran ruhimda yiqilmas muhabbat, aloqa va bog’ hosil bo’ldi. Yuz ming karra hamd va shukrlar bo’lsin. Nurlar bilan aloqador bo’lgan vaqtim barcha dunyoviy lazzatlardanda ustun buyuk zavq va hislarimda azim bir shavq his qilaman.
Ikkinchisi:Qullik taqozosi, Nurlardan olgan darslarim dalolat qilgan barcha nuqsonlarni, hamma yomonliklarni nafsimdan va yaxshiliklarni, yaxshi narsalarni Allohdan deb bilaman. Nurlar va Qur'onga xizmatni beminnat orzu qilaman, nashriga muvaffaq bo’lolmaganim uchun mo’minlar hisobiga juda ham ranjiyapman. Bu holimga ham shukrlar bo’lsin.
Uchinchi hol va haqiqiy shaxsiyatim:Buni ta'rif qilishga haqiqatdan uyalaman. Lekin Janobi Allohdan meni va barcha qardoshlarimizni nafs, jin, ins va shaytonlarning makrlaridan muhofaza aylasin va zalolatga tushganlardan aylamasin, omin.
Mening qardoshlarim; {(Hoshiya): Sabri kabi talabalarga xitob qilmoqda.} Ustozimning qardosh va talabalari bo’lganlar shubhasiz birinchi va ikkinchi holni ruhlarida his qiladilar. Shunday ekan insonda, ayniqsa mo’minlardagi hislarning takomillashishini chegaralab bo’lmasligi uchun tavfiqi Xudo bilan bir marta bu yo’lga kirganlar, nafs va shaytonlariga bu ojiz, faqir va bechora qadar mag’lub bo’lmaydilar, taraqqiy va istifodalari ham o’sha nisbatda ziyodalashadi. Muhtaram Ustozim bu nuqsonli talabasiga tavajjuhi; insonlarga, mo’minlarga, mo’minlarning ayniqsa men kabi muhtojlariga shafqatlari darajasiga va eng ko’p ehtiyojim borligiga dalil va misoldir.
Xulosa:Layoqatimdan juda ustun husni zonda bo’lgan va tavajjuh ko’rsatgan aziz va muhtaram va kamtarin Sabri Qardosh! Bilginki, juda ham gunohkor, juda ham ojiz, faqir, qashshoq ummati Muhammaddan (ASV) bir bandaman. Duolaringizga juda ham muhtojman. Ojizlik va faqirlik arzi holini qabul qilib Qur'onning xos xazinasidan olamga farqli nom, tarz va shakllarda javharlar ko’rsatishga muvaffaq bo’lgan Qur'on dallolining muqaddas xizmatida yordam eng buyuk orzuim, jiddiy istagim va eng muqaddas niyatimdir. Ushbu niyatim sababli Nurlar bilan mashg’ul bo’lish saodatiga sazovor bo’lgan daqiqalarimda, kutilganning aksiga ba'zi so’zlar beixtiyor qalbimga va qalamimga kelmoqda. Ushbu ma'rifat meniki emas albatta, muhaqqaq va mutlaq Hazrati Qur'ondan porlagan Nurlarga oiddir. Shunday ekan, asl ustoz Qur'ondir. Muhtaram ustozimiz eng loyiq va haqiqatdan muarrifi, muballig’i va mudarrisidir. Biz muhtojlar fursatni g’animat bilishimiz kerak, javharlarni olishimiz kerak. Qalbimizga, miyamizga naqsh qilishimiz, ikki dunyoda saodatimizga sabab bo’ladigan Nurlarni kuch yetgancha nashriga harakat qilib muhofazasini quvvatlantirishimiz kerak.
وَمِنَ اللّٰهِ التَّوْف۪يقُ
Ikkinchidan:Maktubotning kichiklaridan o’n uchtasini ichiga olgan xususiy maktublar majmuasini oldim. Shu bois moziyni hozirgi zamon o’rniga qo’yib, chuqur ma'noli shirin suhbatingizni bir marta yana shavq bilan tingladim. Zotan men u vaqtlarning moziyda qolishiga rozi emasman. xar doim holi hozir kabi mutolaa qilaman. O’tmish, hozir, kelajak nisbiy taqsim emasmi? Ahli zavq uchun bu taqsimga ehtiyoj qolmaydi.
Uchinchidan:Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkiz Masalasining Birinchisi menga oid tush haqida qiymatli bir dars bergan.
وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا oyatiga go’zal bir tafsir, oxirgi ma'nosi o’rtaga chiqqan tushga chiroyli bir ta'bir bo’lgan. Uyquga oid oyatni juda oliy va munosib bir suratda tafsiringiz bilan, hammadan ziyoda muhtoj Xulusiyingiz bo’lgani holda, yana barcha Risola-i Nur va Maktubot-un Nur tinglovchilariga va o’quvchilariga foydali, zavqli, asosli, jiddiy, vajiz va balig’ bir dars bergan bo’ldingiz.
Shu yerga bir ishora qilishni istayman. Qur'onning karomatiga bir nuqta, bir zarra yana ilova etmoqdaman: Kerak bo’lsa Eg’irdirda, kerak bo’lsa bu yerda ba'zan zehnimga bir narsa keladi va o’zi bilan ancha mashg’ul qildiradi. Ilk maktubingizdayoq aqlimni mashg’ul qilgan narsaning javobini topaman. {(Hoshiya-1): Bu karomati Nuriya Xulusiyda bo’lgani kabi, ko’plarda ham ko’ringan va ko’rinmoqda.} Bu bir, besh marta bo’lmadi, juda ham ko’payib ketdi. Shuning uchun, karomati Qur'oniyadan deyman.
Ikkinchi Masalachiroyli va ilmiy bir dars bo’lish bilan birga, xotirga yana bir jihat keladi. Hizb-ush shaytonning yordamchilari bu yerlarda izg’ib soxta va adashtiruvchi harakatlar bilan ishimizga to'sqinlik qilish xohlashadi. Suning uchun Qur'on shifoxonasining kaliti, inoyati Ilohiy bilan qo’lida bo’lgan suyukli Ustozimizning bunday zaharlarga darmon yetishtirishi va Qur'on aslahaxonasidan olgan ajib qurollari bilan kurashishi, chiroyli, betakror ulsub va hayratomuz misollar keltirishlari haqiqatdan minnatdorchilik va shukrga loyiqdir. Alloh sizdan behad rozi bo’lsin.
Uchinchi Masalahaqiqatdan juda go’zal, juda xush, juda ochiqdir. Bu masalani besh nuqtaga ayirib, Islomning besh ruknini xotirlatgan, salomatlik uchun besh asosni ko’rsatgansiz. Ham do’stlaringizga va qalban sizdan bir narsa kutganlarga, kelishi kutilgan savolga javob sifatida qalamga olgansiz. Ammo husni zonga izn beryapsiz. Niyat bilan mukofotlangan va foydali bo’lishini eslatyapsiz. So’ragan kishi bunga ham rozi. O’ttiz Ikkinchi So’zning Uchinchi Mavqifi zotan bu dardga darmon beryapti. Yaraga malham surtmoqda va bu istakka chora topmoqda.
So’zlar bilan siz
yordam berayotgan mo’minlar,
botqoqlikdan chiqargan adashganlar,
o’ziga keltirgan sarxushlar,
shuurini qaytartirgan devonalar,
xozir Qur'ondan yanada yaxshi murshid yo’qligiga ishontirgan haqiqatdan mushtoq insonlar,
mot qilganingiz munofiqlar, mulhidlar,
hatto qochirgan shaytonlarni xar bir ko’zi bor va qaragan odam ko’rdi,
aqldan nasibasi bo’lgan kishi angladi, qalbi buzilmagan ishondi.
Bu azim muvaffaqiyatning sirri, ojizlik yo’lining rahbari bo’lgan Qur'onning va Nurlarning dalloli ko’rsatgan haqiqiy ojizlikka - Xoliqning ehsonidandir.
وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا ف۪ى كِتَابٍ مُب۪ينٍ
oyati jalilasiga tayangan holda xar qanday istagingiz bo’lsa, Qur'onda bor. Bunga muvaffaq bo’lish uchun Nurlar bilan aloqador bo’lish, Qur'onga xodim bo’lish, Allohga nisbatan haddini bilish, to’liq ojiz bo’lganini anglash, butun majudiyati bilan qabul qilish bilan bo’ladi deb, doimo mo’minlarni qisqa, salomatli va saodatli yo’lga chaqirgan Ustozimizdan Allohu Zuljalol Hazratlari abadan rozi bo’lsin. Dunyoviy, uxraviy barcha murodlarini hosil qilsin. Alloh Ummati Muhammad uchun qazodan balodan asrasin. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Hammamiz duoingizga muhtojmiz. Sizni duo qilish hammamizning qarzimizdir. Sabri Afandi qardoshimiz qanday ham go’zal taqdir qilgan, moshoalloh, moshoalloh. Nurlarda xato topishga kimning haddi yetadi. Ha, ba'zi iboralar balki adabiyot deyilgan narsaga to’liq muvofiq tushmayotgan bo’lishi mumkin. Bunda ham tog’rilik bor. Chunki adabiyot sotilmayapti, Qur'ondan nurlar ko’rsatilyapti. Bu faqir qardoshingiz "So’zlar"ni o’qigan vaqtim, ustozimni o'xshatadigan holatga kiraman. Ta'birlaringiz, shevangiz bilan o’qish menga shunchalar zavqli, lazzatli bo’ladiki, ta'rif qilolmayman. Shuning uchun bir harfga tegishni azim gunoh deb bilaman. Ba'zan bergan salohiyatingizning ma'naviy quvvati bilan nomingizdan bir harfning o’rnini almashtirib yoki olib tashlay olaman. Xullas, mendagi tushunish va ta'sir bu mohiyatda. Bu maktubni qoralama holda yozgan onimda muazzin minorada "Allohu Akbar" dedi. Men "Allohu Akbar (Jalla Jaloluhu)" bilan javob qaytardim. Bu hol ishdagi qudsiyatga ochiq ishora emasmi?
To’rtinchi Xususiy Masala:Eski Said tili bilan ham bo’lsa, qanchalik muvofiq so’z qurolini ishlatyapsiz, barakalloh. Ma'naviy toshlaringiz
وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ رَمٰى
oyati karimasida ishora qilinganidan nishonlariga tekkaniga aminman.
Alloh bundaylarining yomonliklarini qudrat qilichi bilan kessin. Bunday xoin va zolimlarni Qahhor ismiga qoldiramiz. Xizmatda sustligim yo’q, lekin monelar behad va behisobdir. Ammo dunyoni yelkamga yuklasalar ham, xar tarafimni olov bilan o’rasalar ham ushbu buyuk fikrimga mone bo’lolmaydilar. Ammo bunga ko’ngil rozi emas, ko’p narsa orzu qiladi. Na chora, nafs, jin va ins shaytonlari mudhish to’qmoqlar bilan qarshimga chiqqani uchun, istar-istamas kurashishga majburman, haqiqiy xizmatdan orqada qolyapman. Bunga qancha xafa bo’lsam shuncha oz.
وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
Xulusiy
* * *
(Olti yil menga kamoli sadoqat bilan beminnat xizmat qilgan va hayratlanarli tarzda men kabi asabiy bir odamni hech qachon ranjitmagan va ilk nusxa yozish kotibligini doimo qilgan Sulaymon Afandining bayonidir.)
Afandim Hazratlari!
Avvalo muborak qo’llaringizni o’pib, muqaddas duolaringizni kutaman. Faqir xizmatchingiz, talabangiz va qardoshingiz Sulaymon, hozirga qadar ta'lif qilingan muborak Nurlarni bir-bir mutolaa qilib xar biridan farqli, buyuk nurli quyosh kabi yorug’liklar ko’rdim va juda ko’p istifoda qildim. Nurlar uxraviy yo’limni ko’rsatdilar. Alloh sizdan rozi bo’lsin. Oxirat yo’lidagi ko’p nuqsonlarimni ko’rsatdilar, tashakkuridan ojizman. Nurlarni tamsil va tasvir qiladigan qudrati bo’lmagani uchun, ruhimni yo’qlab hissiyoti qalbiyamni shunday tasvir qilishga, haddim bo’lmasa ham, jur'at qilaman. Agar xato bo’lsa, kechirilishimni iltimos qilaman.
Afandim, Risola-i Nur dengizida men ko’rgan lazzat va saodatning dunyoda umuman o’xshashini ko’rmadim. O’z vijdoniy muhokamam natijasida qat'iyan angladimki, Risolalarning xar biri alohida-alohida Qur'on tafsiridir. Maxluqot ichida yaratilish jihatidan inson shaklida va haqiqat nuqtasida insoniyatdan tushgan va boshdan-oyoq ma'naviy yaralar ichidagi insonlarga Nurlarning mutolaasi tez, shifoli bir dori va yaralariga o’ta foydali darmon va malham ekanini ozgina fikrlash qobiliyatim bilan angladim. Nurlarning qiymatini zamon ko’rsatadi va tillarda doston bo’lib sharq va g’arbni kezadi degan e'tiqoddaman. Inshoalloh Yevropaga Qur'onning naqadar porloq quyosh bo’lganini ham ko’rsatadi.
Takror qo’llaringizni o’pib, duongizni istayman afandim hazratlari.
Sulaymon
* * *
(Shu qism aqlan Xulusiy, qalban Sabri, vijdonan Xusrav hukmida bo’lgan Ra'fat Beyning maktubidir.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Bu dafa Sulaymon Afandi vositasi bilan "Yigirma Beshinchi So’z"ni tahrir qilinish uchun huzuri oliyingizga taqdim qilyapman. I'jozi Qur'on haqiqatdan ham shoh asardir. Ichiga olgan hayratbaxsh haqiqatlar bilan oliy asarlaringizning eng muhimidir. "Mo’'jizoti Ahmadiya"ni o’qidim. O’ta mukammal va ruhga ulviyat va inkishof baxsh qilgan juda qiymatdor bir asardir. Mo’'jizoti Ahmadiyaning eng buyugi Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayondir. I'jozi Qur'onning ruhimda paydo bo’lgan o’zgarishlar va ichidagilardan qilgan istifodam juda azimdir. Bu asaringiz bilan وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ اِلَّا ف۪ى كِتَابٍ مُب۪ينٍ oyati jalilasi ichiga olgan qamrovli va juda buyuk ma'nolar isbot qilingan hisoblanadi.
Bugungi fan taraqqiyoti va inson ixtirolarini o’z fikriy mahsulotlari deb bilgan va haqiqatlar xazinasi bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonni e'tibordan chetda qoldirib Ovrupadan ilm va irfon tilanchiligi qilgan, o’zini juda ham aqlli deb o’ylagan g’ofillar insonning dunyoviy va uxroviy saodatini ta'minlaydigan chuqur fikrlar va buyuk dasturlar bilan to’la muhtasham asarlarni insof nazari va orifona uyg’oqlik bilan mutolaa qilsalar edi, ular sho’ng’igan g’aflat uyqusidan juda tez uyg’ongan bo'lar edilar. Lekin afsus, bizlar arpa ombori ichida ochlikdan o’lgan tovuqlarga o’xshaymiz. Qo’limizda haqiqatlar majmuasi turib, ko’zimizni yumamiz, boshqalardan yordam so’raymiz.
I'jozi Qur'onning yuksakligi haqida nima yozsam kam. Qalamim uni ta'riflashdan ojiz. Yozish qudratim bo’lsaydi, astoydil mukammal qilishga harakat qilardim. Bo’lmagani uchun ojizona so’zimni tugataman. Kamoli hurmat bilan muborak qo’llaringizdan o’paman va Qur'on xizmatida sobit bo’lishim haqidagi duongizni so’rayman va iltimos qilaman, afandim.
Ra'fat
* * *
(Mingboshi marhum Osim Beyning bayoni.)
Qur'on nurlari mezon va burhonlaridan, qiymati taqdir qilinmagan "So’zlar" nomidagi risola-i sharifalar faqirni tiriltirmoqda, qalbimni nurlantirmoqda. هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى Ko’pdan beri qidirayotgan ekan, lahulhamd Janobi Haq "So’zlar"ni bu faqirga ehson qildi. Qalb va ko’nglimga ojiz qalamim va so’zim tarjimon bo’lolmayapti.
Osim
* * *
Baxtiyor qardoshim Xusrav!
Ushbu risola {(*): Ya'ni, Yigirma Yettinchi Maktubning umumi.} nuroniy majlis hisoblanib, undagi Qur'onning munavvar, muborak shogirdlari bir-birlari bilan ma'nan muzokara qiladilar va fikr almashtiradilar. Va yuksak bir madrasa xonasi bo’lib, unda Qur'on shogirdlari xar biri olgan darsini do’stlariga aytadi.
Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning qudsiy xazinasining sandiqchalari bo’lgan risolalarning sotuvchi va dallollariga muhtasham va ziynatli do’kon va bir manzildir. U yerda xar biri olgan qiymatdor javohirlarni bir-biriga va xaridorlariga ko’rsatadi. Barakalloh, sen ham u manzilni juda chiroyli bezatgansan.
Said Nursiy
* * *
YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING UCHINCHI ZAYLI
(Saidning bir bayoni.)
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
(Nur Risolalariga juda mushtoq va ularning mutolaasidan uyg’ongan doktorga yozilgan maktub. Bu uchinchi zaylga garchi munosabati kam, lekin qardoshlarimning bayonlari ichida ham mening bir bayonim bo’lsin.)
Marhabo, ey o’z xastaligini tashxis qila olgan baxtiyor doktor, samimiy va aziz do’stim!
Sening otashin maktubing ko’rsatgan ruhiy uyg’onish tabrikka loyiq. Shuni bilingki, mavjudot ichida eng qiymatdor narsa, hayotdir. Va vazifalar ichida eng qiymatdori, hayotga xizmatdir. Hayotga oid xizmatlar ichida eng qiymatlisi, foniy hayotning boqiy hayotga aylanishi uchun harakat qilishdir. Ushbu hayotning butun qiymati va ahamiyati, boqiy hayotga urug’, asos va manba bo’lishi jihatidandir. Yo’qsa abadiy hayotni zaharlaydigan buzadigan bu foniy hayotga butun diqqatni jamlash, oniy bir chaqmoqni sarmadiy quyoshdan ustun qo’yish kabi bir devonalikdir.
Haqiqat nazarida, hammadan ko’ra ko’p kasal moddiy va g’ofil doktorlar hisoblanadi. Agar Qur'onning qudsiy dorixonasidan tiryoq-misol iymoniy dorilarni olib bilsalar, ham o’z kasalliklarini, ham insonlarning yaralarini davolaydilar, inshoalloh. Sening uyg’onishing yarangga malham bo’lgani kabi, o’zingni ham doktorlarning kasalligiga dori qiladi. Yana bilasanki, ma'yus va umidsiz bir kasalga ma'naviy bir tasalli, ba'zan mingta doridanda foydaliroq. Holbuki, tabiat botqog’igida botgan tabib u bechora xastaning alamli umidsizligiga bir zulmat yana qo’shadi. Inshoalloh, bu uyg’onishing seni unday bechoralarga tasalli manbai, nurli bir tabib qiladi. Bilasanki, umr qisqa, kerakli ishlar juda ko’pdir. Ajabo,men kabi sen ham boshingni tekshirib ko’rsang, ma'lumotlaring ichida qancha keraksiz, foydasiz, ahamiyatsiz, o’tin yig’inlari kabi jonsiz narsalarni topasan.Chunki men tekshirib ko’rdim, ko’p keraksiz narsalarni topdim. O’sha fanniy ma'lumotlarni, falsafiy maorifni foydali, nurli, ruhli qilish chorasini izlash kerak. Sen ham Janobi Haqdan uyg’onish istaginki, fikringni Hakimi Zuljalolning hisobiga bursin. Toki o’tinlarga olov berib nurlantirsin. Keraksiz maorifi fanniyangni qiymatdor maorifi Ilohiya hukmiga o’tsin.
Zakovatli do’stim! Qalb qattiq orzu qilardiki, ahli fandan anvori iymoniyaga va asrori Qur'oniyaga ishtiyoq darajasida ehtiyojini his qiladigan Xulusiy Beyga o’xshaydigan odamlar oldinga chiqsin. Ham modomiki "So’zlar" vijdoning bilan so’zlasha olar ekan, xar bir "So’z"ni shaxsimdan emas, Qur'onning dallolidan bir maktub va Qur'onning muqaddas dorixonasidan retsept deb faraz qil. Yo’q bo’lsada suhbat doirasini oldingda turgandek ular bilan och. Hamda xohlagan vaqting menga maktub yoz. Javob yozmasam xafa bo’lma. Chunki avvaldan maktublarni juda kam yozaman. Hatto uch yildir ukamning ko’p maktublariga bitta javob yozdim.
Said Nursiy
* * *
(Sabrining bayoni.)
Ey Buyuk Ustoz!
Ayniqsa muborak qo’l va etaklaringizni o’pib, xar on va doim men muhtoj bo’lgan ustozimning duolarini niyoz aylayman. Bir hafta avval Sulaymon Afandi qardoshim vositasi bilan yuborilgan iltifot turlarini ichiga olgan lutf qilgan mukarram maktubingizni kamoli hasrat bilan olib iftixor bilan o’qidim. Bir bayonida g’aybiy tavofuqlar haqidagi ojizona qanoatim so’ralmoqda. "Ha to’g’ri, Ey Muhtaram Ustoz" so’zlari bilan javob beraman. Zero ushbu ajib g’aybiy tavofuqlarning hammasi Nur ummonining talabalarini va hatto talabalarning tinglagan jamoatlarini mast va hayron hamda shukr sajdasini qilishga qarzdor qildi. Nurlarning ushbu mo’'jiznamo karomatlarini faqat va faqat mir'ati Muhammadiya (ASV) bilan ko’ra olamiz. Bu haqiqatning boshqa bir ma'rifati bo’lgan:
Oynadir bu olam, har narsa Haq bilan qoim
Mir'ati Muhammaddan Alloh ko’rinar doim.
{(Hoshiya): Latif bir tavofuq - Xulusiyi Soniy Sabri Afandi bu baytni menga yozgan ayni paytda yoki oz so’ngra ayni baytni Xulusi Bey menga bir oylik uzoqlikdagi joydan yozgan. Bu ikki zotning ham Qur'on xizmatida, ham menga bo’lgan munosabatlaridagi tavofuqlari, muvaffaqiyat alomatidir.
Said}
Shu ikki ma'nodor misrani parishon maktubimni sharaflantirish niyati bilan kirgizyapman. Bu faqir va ojiz talabangiz shu hayrat beradigan Qur'oniy karomatini va Nabaviy i'jozni ko’rgan kunimdan beri, bu bobda juda chuqur tushunchalarga sho’ng’iyapman. Va shu ajib tavofuqlarga o’xshash tavofuqlarni boshqa kitoblarda topish maqsadida ko’p qidiryapman lekin ko’rolmayapman. Ko’rilsa ham juda nodir holda. G’aybiy tavofuqlar ko’z bilan ko’rinadigan karomat bo’lib borligini Nurlarda izhor qilmoqda. Va hol tili bilan insonga xitoban aytadiki: "Ey bani odam, bu tumanli asrda zalolatni olib tashlab, yo’qotib, najot, saodat baxsh qiladigan va miyangizdagi zaharli hidlarni guli Muhammadiyga aylantiradigan, eng qisqa, bag’oyat mustahkam va mustaqim salomat va najot yo’liga chorlaydigan, juda ko’p karomatlar va i'jozini ko’rsatgan, siz ichida bo’lgan nuroniy dengizdir. Kelajakda yana qancha yashirin asarlar namoyon bo’ladi, deya nido qilmoqda.
Ruxsati fozilonalari bilan yana bir aytadigan narsam bor. Lekin shaxsimni istisno qilib istagimni arz qilaman. Bandangiz Nurlarning mushtoq xaridorlarida, yanada to’g’risi kuyunchak talabalarda hayratomuz bir tavofuq ko’rmoqdaman. Chunki anoniyat va nafsoniyat shiddat bilan hukmfarmo bo'lgan shu asrda hammasining ehtiyoj va ishtiyoq darajasi bir, hammasining axloq va hollari bir, umumining tushunish tarzi bir va bir-biriga aka-ukadan ham kuchli, haqiqiy robita bilan bog’langan, samimiyat va haqiqatparvarlikda xuddi bir-biri bilan musobaqa qilish darajasida jiddiy, xolis qardoshlikda tutgan xatti-harakatlari bir. Nur talabalarining yana juda ko’p bir-biriga o’xshagan g’aroyib hollarini ham alohida g’aybiy tavofuq qatorida ko’ryapman. Zero Istanbuldan, Izmirdan, Oydindan, Kutahyadan, Ispartadan, Eg’irdirdan va hokazo xar hil shaharlardan tanlanib, turli sinfga mansub bo’lgan talabalarning ayni xossalarga ega bo’lishlari, diqqatlarni o’ziga tortayotgan bo’lsa kerak, deb o’ylayman Afandim Hazratlari.
Sabri
* * *
(Sabrining bayoni.)
Lutfkor va inoyatkor Ustozim Afandim Hazratlari!
Ramazoni Sharifning o’ninchi shanba kuni, soat o’n bir yarimda, xar bir nuktasi cheksiz hikmat va haqiqat xushxabarlarini ichiga olgan va xushxabarchi to’qqiz nuktali Ramazoniyani oldim. Ruhim haddan ortiq muhtoj va mushtoq bo’lgan va benazir pur-nur asarni o’sha kecha kamoli faxr va surur bilan yozdim. Aslini yana Nisli Hofiz Mahmud Afandiga qaytardim, Haqqi Afandiga olib bordi. Ertasi kuni ertalab ko’chirgan risolamni yana bir bor diqqat bilan o’qib, xatimning tavofuqini tahrir va Ali Afandiga oid bir maktub yozdim. Endi imzo qo’yaman deganda, Islomko’ydan bu vazifaga ma'nan vazifador bir odam keldi, Ali Afandiga yubordim. Va shu umidimdan ustun bir onda kelgan yuborish vositasi, asarning muqaddasligiga ochiq va yaqqol dalil ekaniga shubha qolmadi.
Aziz Ustozim! Ba'zan Nurlarni o’ylab, haqiqatdan juda ko’p haqiqatlar va hikmatlarni ichiga olganlarini ko’rayotgan edim. Faqat shu rahmat va mag’firat oyining ibodati hisoblangan ro’zaga oid mavzu ochilmaganini ko’rib, ustozimga bir maktub taqdim qilsam va o’ttiz kundan iborat Ramazoni Sharifga oid O’ttizinchi Maktub, orzusida ekanman, bir sababga binoan istagimdan voz kechdim.
Bu safar Kulliyoti Nurdan bahs qilingan risola bu ojiz bandaga xitoban "sening qalbingdagi yashirin bir istak va hissing bizning ma'naviy lavhamizda g’oyat katta harflar bilan yozilganki, mana bajo keltirildi" tarzida ehson qilindi. Faqir ham ruhimning ahamiyatli ehtiyojini ta'minlagan, minglab hikmat va xushxabarli Ramazoniyani olib, Qur'oni Azimushshonni inzol qilgan Zotga sajdalar va Nurlar dalloli oliyshoniga cheksiz tashakkurlar bilan, qarzdor bo’lgan duoyi fozilonalarida bardavom ekanimni arz qilaman Afandim Hazratlari.
Sabri
* * *
Ey Ustoz!
"Yigirma Yettinchi So’z" musulmonlarni sa'yu g'ayratning va ushbu ulug’ dinning xizmatiga tashviq qiladi. Bu risola xuddi ufqda nishon, ahli iymon uchun bir rahbardir.
Ha, bu so’z qalblar ichida bir ishtiyoq, ishtiyoq ichida bir nurdir. "O’ttiz Uchinchi Maktub" esa o’ttiz uch derazasi bilan birga, haqiqat tomizg’isi bilan qorilgan borliqdir. Bu qiymatli asar ulug’lik va muqaddasligi bilan idroki bilan hissiz basharga sezgirlik; va g’aflat pardalaridan haqiqatni ko’rmagan nazarlarga quvvat; haqparast ahli iymonga esa, ulviyat baxsh qiladi.
Cheksiz ehtiyoji bo’lgan, zohirga aldanib moddiyotga botib qolgan va o’zini loqaydlik ichida umidsizlikka tushirgan bechoralar bu muqaddas asarning o’quvchisi bo’lsinlar, anglasinlarki; qayerga borishsa, qayerga qarashsa, bir Xoliqi A'zamning, bir Rahiymi Rahmonning doirasidan, hududidan, qonunidan va idorasidan xorijga chiqolmaydilar. Xar mavjud, xar voqea, xar o’zgarish, xar inoyat, xar iltifot bir Qodiyri Zuljalolning hokimiyat qo’lidadir.
Demak, eng kichik zarrada, Sone'ni e'lon qilib, ulkan koinot saltanatining kichik namunasi mavjuddir, deyish mumkin.
Zakoiy
* * *
Aziz va buyuk Ustozim!
Ikki-uch kunlik g’ayratimning mahsulidan tug’ilgan va inoyati Haq bilan ko’chirishga muvaffaq bo’lgan "O’n Yettinchi So’z"ni tahrir uchun taqdim qilyapman.
Buyuk Ustozim, O’n Yettinchi So’z - ma'nosi bepoyon yuksalgan haqiqatdir. Yuzlab tashakkur... xar bir so’z insoniysat mubtalo bo’lgan maxfiy xastaliklarni ko’rsatmoqda va nurlari bilan tashhis qilib davolamoqda. Men kabi yarali, ma'nan zarar ko’rgan bir o’smir uchun muhtoj bo’lganim tasalli beruvchi narsalar faqat Risola-i Nurdan ekanini ham juda zo'r, yaxshi tushunyapman. Qalbimga tasalli nurlarini sochgan Xoliqi A'zamga minglarcha shukr...
Zakoiy
* * *
"So’zlar", ya'ni Risola-i Ahmadiya burhonlarini yozarkan, ko’p marta qalamimni qo’yib, asri saodat onlarining hasrati, hijroni bilan yondim. Bu hijrondan qalbim yig’ladi, ko’nglim jo’shdi, ruhim vujudimdan ayrilib uzoqlarga ketdi, menga tasalli tuhfalari keltirdi.
Shunday, aziz Ustoz! Asri saodatda bo’lmasak-da, uning mushtoqimiz. Shu bizga kifoya. Hazrati Muhammad (ASV) bizga qoldirgan muazzam mo’'jizasi bugun qo’limizda emasmi? U kitob bizga muhtoj va mushtoq bo’lgan saodatni va'da bermayaptimi? Unga xolisona tutgan vaqtimiz, muhtoj bo’lgan ma'naviy zavqni bizga bermaytimi?
Ha aziz Ustozim, bugun biz qo’limizda tutgan, ko’zimiz bilan ko’rgan haqiqiy insonlarga rahbar bo’lgan muazzam kitob, buyuk mo’'jiza bo’lib, men moddiyot ichida dunyo jarayonida bo’g’ilayotgan ekanman, uning ulviy ovozlari go’zal yupatdi va tebranmas suyanchiq bo’ldi. Haqqa cheksiz shukrlar bo’lsin.
Muhtaram Ustoz, menga shunday tuyulmoqdaki, ma'naviy saodatga ochiq bo’lgan ruhim qiymatdor risolalarni o’qigan, yozgan sari bora-bora ma'naviy zavq, abadiy saodat tayyorgarliklari bilan jo’shadi. Jo’shqinliklarim ancha davom etgan vaqtlar bo’ladi.
Ustozim! O’sha payt dunyo nazarimda hechdan iborat bo’lib qoladi. Abadiyatga, so’ngsizga, saodat olamiga otilishni istayman. O’sha daqiqalarda agar bu dunyoni bersalar, shirin xayollarimning bir parchasini ham berishni istamayman. Daf bo’lsin yoshlik tushlarining qobusli to’fonlari.
Ustozim, duongizga muhtojman.
Zakoiy
* * *
Fazilatmaob Ustozim!
Nur tongi bo’lgan Risola-i Nurdan Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi, Beshinchi, Oltinchi, Yettinchi, Sakkizinchi So’zlarni ko’chirib tahrir qilish uchun tarafi oliylariga taqdim qilmoqdaman. Mazkur So’zlar, qisqa bo’lganlari holda, ma'nolari buyuk. Buyuk hislar va ulviy fikr baxsh qiladi. So’zlarning xar biri boshqa-boshqa o’zanlardan oqib ulkan dengizga to’kilgan tiniq va sof daryolar kabi jildiramoqda. Bandangiz jildiragan daryolarning latif va ulug’ ovozlaridan ancha istifoda qilmoqda va oxirlarida bashariyatning boshda ojizlar mubtalo bo’lgan xastaliklarga shifo beruvchi dorilarni qo’lga kirityapman. O’zini alam, faqirlik ichida bo’g’ilyapman deb o’ylagan va muhayyilasi takomillasholmagan kishilarni ogohlantirish istagida ekanimnga amin bo’ling.
Aziz Ustozim! Anglayapmanki, yo’qolgan umidlarimning, hayotimning samosida so’ngan yulduzlarimning botganiga afsuslanib, bir tonggi subhni qidirarkanman bir nurli siymo, bir nurli tong qarshimda porladi. Alloh sizdan rozi bo’lsin, qiymatli asarlaringiz soyasida hayotning qiymat va ahamiyatini angladim. Qalbimga bir ma'naviy tayanch topdim deb xursandchilikka g’arq bo’lyapman. Hamon Rabbim ustozimizni ikki jahonda aziz va g’oyalariga vosil aylasin, omin.
Zakoiy
* * *
Ey aziz Ustoz!
Garchi amri oliylari So’zlarning yozilishi xususida shoshilmaslik edi; qarshimda billurdek sof oqayotgan ulkan chashmaning suvidan to’ya-to’ya ichish uchun shoshilmaslik mumkinmi?! Ma'lumi oliylari, bandangiz bu xususda vazifalarda juda kech qoldim. Bu jihatlarni yaqqol ko’rib idrok qilar ekanman, ulkan chashmaning billurdek sof suvlari bilan yuz-qo’limni yuvmaslik, qalbimni porlatish uchun shoshqaloqlik ko’rsatmaslik mumkinmi?! Janobi Haqning azim lutfidan, tirikchiligimni ta'minlash uchun ishlagan vaqt orasida qiymatdor risolalarni yozish uchun vaqt topa olyapman. Bu fursatlarni qochirish istamaganim uchun shoshilyapman. Shoshilishimning eng katta sababi; men muhtoj bo’lgan tasallikor nurlarni risolalarda topyapman. Ichkarisida to’xtash imkoni bo’lmagan tunellardan ochko’z shirkatlar ko’p sayru safar qilish bilan faxrlanadilar. Talabangiz ham shunga o’xshab, dunyo qadar qiymatli risolalarni qanchalar qancha ko’p o’qib yozsam, shunchalar foyda ko’rgan va faxrlangan bo’laman.
"O’n Oltinchi Maktub"ni boshdan-oyoq o’qidim. xar qanday zahmatlar va mashaqqatga qarshi ko’rsatgan sabr va tavakkalingizga maftun bo’ldim. U So’zlarni o’qigan sari, butun mavjudiyatim bir tanholik ichida porlaydi deb o’ylayman. Iztirobning hujumi uchun faqat tabassum, go’zal yuzli sabr istadim.
"Yigirma Uchinchi So’z" tubdan kelgan bir hayqiriq kabi insoniyatga yuzlangan va ularga insonliklarini eslatgan, eng oliy maqomlarga sohib bo’lish yo’llarini ko’rsatgan, o’quvchilarini kamol topishga chorlagan, mashru' ishq hosil bergan o’lmas tasalli xotirasidir. Gapni cho’zishni boshladim. "Yigirma Uchinchi So’z"ni loyig’idek maqtashdan ojizman. Chunki u bir tasalli va saodat tomizg’isidir.
Ahmad Zakoiy
* * *
(Xusravning bir bayoni.)
Suyukli va muhtaram Ustozim Afandim!
Bizni moddiy va ma'naviy nurlantirgan, yuksaltirgan va erishilmas fayzlarga g’arq qilgan risolalaringizga sohibligimdan va loyiq bo’lmasamda, ushybu sharafga noilligim sababli Janobi Haqqa benihoya tashakkur qilaman, kerak bo’lsa bu sharafga noil bo’lishimga vasila bo’lganingiz uchun kerak bo’lsa kelajakda bu xususda vazifamiz bo’lgan Qur'on xizmatida muvaffaqiyat qozonishimizni xushxabar berganingiz sababli, men his qilgan juda buyuk sevinch bilan faxrlanaman. Ustozim! Haqqingizda esingizga kelmagan ne'matlarning eng go’zali bilan dunyoviy va uxraviy baxtiyor bo’lishingizni xar doim duo qilyapman.
Muhtaram Ustozim, sizni sog’ingandim. Oradagi xoinlarning xar xususda to’siq bo’lishlari, shubhasiz juda ranjitmoqda. Bugungi hol yuraklarimizni ingratmoqda, ammo qo’limizdan hech narsa kelmaydi. Nur daryosining fayzli risolalari kimning qo’liga o’tsa, u zotni o’ziga jiddiy ravishda bog’lagani kabi, mushtoqlar va ahl bo’lganlar orasida kezmoqda.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Xusrav
* * *
(Xusravning So’zlarni yozishni boshlagan vaqt yozgan maktubining parchasi.)
Muhtaram Afandim Hazratlari!
Bu safar o’qishimiz uchun yuborgan ikki kitobdan birini Bakir Og’adan oldim. Kitobning bir nechta sahifasini o’qidim. Kitobning bir nusxasi o’zimda qolishi uchun ko’chirishni boshladim. Kitob ichidagilarda ora-sira e’tiborimni jalb qilgan masalalardan bahs qilganini va kichik maktublarning juda buyuk haqiqatlarni ichiga olganini ko’rdim va juda ko’p istifoda qildim.
Oltinchi Maktubgacha yozilgan "So’zlar"ni bir tarafdan yozar edim, boshqa tarafdan esa yozuvning kech yozilishidan zerikib o’qishni boshlar edim. Meni juda katta sevinch qoplar edi. Oltinchi Maktubga kelganda, g’urbatdagi ayrilig’ingizning eng g’amgin qismini tashlab o’tganingizni va bir qismining ham hikoya qilinganini o’qidim. O’qigan sari siz bilan birga qalbimni hazin-hazin yig’lashdan o’zimni to’xtatolmayotgan edim. Hatto yonimdagi volidamga ham o’qidim. O’qirkan volidam yig’lar, ko’zlaridan yoshlar oqar edi. Men yig’lamaslik uchun nafsimga jabr qilayotgan edim. Boshqa tarafdan esa, ajabo tashlab o’tilgan qismidan ham biroz yozilsa edi.
Xusrav
* * *
Ey Muazzam Ustoz!
Otaboyga kelgan Ramazon mevasi va Ramazoni Sharifning hikmatlarini bildirgan "So’z" bizni ogohlantiradi va bilmagan hikmatlarni ochiq shaklda ifoda qiladi. O’qigan xar so’zim, nashr qilgan ulviy haqiqatlar uchun kuchsiz lisonim ta'rif va maqtovdan ojiz qolmoqda. Ko’rib, tushunyapman va shunday iymon keltiryapmanki, bir payt keladi, Risolat-ul Anvor va Maktubot-un Nur asta-asta yongan, qaynab toshgan tog’ kabi harorati bilan nur sochgan manba quvvatiga sohib bo’ladi. Balki chiqqandir ham. Bir tugmasiga bosish bilan xar tomonni ziyoga g’arq qilgan elektr generatori kabi, o’zidan juda uzoq masofalarni ogohlantirish va irshod nuri bilan qamraydi.
Nurning eski talabasi marhum Lutfining do’sti
Zaki
* * *
(Xusravning bir bayoni.)
Muhtaram Afandim, suyukli Ustozim!
"Yigirma To’qqizinchi Maktub"ning bir qismi haqida fikrim qanday bo’lgani so’ralmoqda. Bu xususda nima yoza olaman, qanday bir fikr ayta olaman? Risolalarning xar birining nurlari bir, lekin mavzulari boshqa, go’zalliklari boshqa, latifliklari boshqa, zavqlari boshqadir. Bu risolaning nuri boshqa risolalar kabi xamma tomoni porloq, xar burchagi go’zaldir. Ayniqsa ruhlarimizni ingratgan, qalblarimizni yig’latgan ushbu ranjituvchi hol sababli suyukli ustozimdan tez shifo kutayotgandim. Bu shifoni Yettinchi, Sakkizinchi, To’qqizinchi Nuktalar men kutgan davoni bergan bo’lsa ham, minglab manfaat va foydalari ichida ba'zilarining faqat bir manfaat uchun ham Islomiy shiorlarning o’zgartirilishi bizni juda ma'yus va xafa qilmoqda.
Lekin suyukli Ustozim, zamon yaqinlashgan bo’lishi kerakki; bir tarafdan mulhidlarning tajovuzlari ko’paygan sari, boshqa tarafdan muhtaram Ustozimizning, Qur'onning fayzi bilan noil bo’lgan haqiqat dengizidan hayqirib kelgan yashirin haqiqatlarni izhor qilishi bizning sevinchimizni ortirmoqda. Modomiki gullarni ko’rmoq uchun bahorni kutish zarurati bor, uni qattiq va sabrsizlik bilan intizor kutyapmiz.
Xusrav
* * *
(Xusravning bir bayoni.)
Suyukli, muhtaram Ustozim, qiymatdor Ustozim!
Bakir Og’a bilan yuborgan maktubingizdan his qilgan sevinchimni ta'rif qilish, men kabi ojiz talabaning na til va na qalamining haddi emas. Sevinchimdan maktubingizni o’paman, ruhim siz bilan yashasada, jisman uzoq bo’lganimizdan yig’lar edim. Ko’zimdan to’kilgan yoshlarni yozuv yozish yoxud risolalarni o’qish bilan taskin qiladigan paytlarim bo’ladi. Ba’zan qalbim doimo yig’laydi. Oh sevgili Ustozim, sizdan juda katta iltimosim shuki: Meni afv eting. Ikki-uch yildan beri dunyoni sevmaydigan holdan qutulolmaganimdan juda xafaman. Kimsasiz sahrolar, suvsiz cho’llar ruhimning bittadan maskani bo’lmoqda. Xayolan u yerlarda kezyapman. Go’yo bir narsa qidiryapman.
Ha, bir narsa qidiryapman. Afsus, men qidirgan ham juda yaqin, ham juda uzoq ko’rinmoqda. Bilmayman bu hol ichida endi qancha tipirchilayman. Ha, yana juda ko’p mutashakkirman. Qanday qilib tashakkurim hadsiz bo’lmasin? Hanuz bir yil bo’ldi, ikki kecha bir-biri orqasidan men ko’rgan ikki sodiq tushda, poydevorlari otilayotgan ulkan bir atirgul fabrikasining kotibligiga tayin qilingan va ishga kirishgandim. Bu tushdan bir yil ikki oy o’tib risolalarni yozishni boshladim. Ayniqsa "Yigirma Sakkizinchi Maktub"ning Yettinchi va Sakkizinchi Masalalarida xizmatimizning maqbulligi va rizo-i Ilohiy borligini o’ta ochiq ravshan til bilan yozilishi ojiz talabangizni ham dilshod qildi. Suyukli ustozim, Alloh sizdan abadan rozi bo’lsin.
Xusrav
* * *
Ey aziz Ustoz!
Bu safar men yozishga muvaffaq bo’lgan uch mavqifdan tashkil topgan "O’ttiz Ikkinchi So’z"ni tahrir qilish uchun taqdim qilyapman. Ushbu kitobning ojizning nazarida o’ta qimmat xazina ekanini yozishga ehtiyoj bormi, bilmayman? Dunyoning o’lchanmoq imkoni bo’lmaganini aytgan zot va bashar fikrining hududsiz maydon bo’lganini da'vo qilgan odam qanday to’g’ri aytgan. Bu haqda tobora takomillashayotgan qarashlarimning va tor hayol kuchimning kengayishidan chiqqan fikrdir. Dunyoning o’lchanmas bir bo’shliq bo’lganini va bashar fikrining hududsiz ekanini izohlash maqsadiga tayanmagan. Demak, xar bir risoladan ruhim turli tuman ozuqasini oladi. Bu uzun maktubim bilan sevinchimni izhor qilish uchun sizni bezovta qilishimga sabab bo’lgan narsa - "O’ttiz Ikkinchi So’z" qalbim va ruhimga baxsh qilgan davomiy va so’ngsiz safo va xuzur emasmikin?!. Xulosa, shirin bir sarxushlik ichida hayotimdan mamnunman. Inshoalloh, duongiz himmati bilan mashru' sarxushlik ichida abadiy hayotga vosil bo’laman inshoalloh.
Ahmad Zakoiy
* * *
(Xusravning bir bayoni.)
Juda muhtaram, sevgili Ustozim!
Yigirma To’qqizinchi Maktubning Uchinchi Qismini o’qidik. Maktub hammamizni shavqqa keltirdi, sevinch bilan xar tarafimizni to’ldirdi. Ushbu maktub Qur'oni Hakimning ba'zi oyatlaridan chiqqan uchqunlari bilan bir tarafdan aqli ko’ziga tushgan moddaparastlar va ularga o’xshash tabaqaga Maktubot-un Nur va Risolat-un Nur bilan maydonga chaqirib ularning boshlariga haqiqat to’qmoqlarini uryapti boshqa tomondan esa ularning qalblarini juda porloq fayzlari bilan to’ldirmoqda.
O’n Sakkiz ming emas, suyukli Ustozimning aytganlari kabi, yigirma sakkiz ming olamga qaragan u buyuk Furqoni Ilohiyning bugungi asrdan boshqa kelajak asrlarga ham qaragan jihatlarining ba'zi muhim nuqtalariga ishora qilinishi va Lafzulloh ustida mavjud tavofuqlarning ko’zga tashlanadigan, nazarni jalb qiladigan shaklga solinishi va ba'zi so’zlarda ko’ringan ma'nodor tavofuqlarning go’zalliklarining chiqarilishi haqida Ustozimning mavjud fikrlariga haddim bo’lmasada yana ustozimdan olgan quvvat va jasoratim bilan ishtirok etaman. Va bunday Qur'oni Karimning yozilishi haqida bo’ladigan xar qanday fidokorlikka tayyorligimni, uyalib boshdan-oyoq meni istilo qilgan sevinchli ruhiy holat ustiga ifoda qilaman va yana aytamanki: Suyukli Ustozimga talab doirasida o’z qo’lim bilan Qur'oni Karimni yozib taqdim qilishni juda ham xohlayman. Lekin masalaning shoshilinch ekanini bilmas edim. Yana boshqa qardoshlarimning sharafdan mahrum ekanlari uchun, fikrimning va istagimning qabulini qistay olmayman.
Ha, suyukli Ustozim! Inshoalloh vaqt yaqinlashgan. Inshoalloh va'da qilingan vaqtga biz ham yetishgan hisoblanyapmiz. Sabab, salafi solihiynning Qur'onga hoshiya sifatida hech narsa ilova qilinmasligi haqidagi qarorlari o’z davrlariga oid ekani va keyingi davr ulamolarining ruxsatlari Arab tilini o’rganish qiyinligi uchun hosil bo’lgan xulosadan, Arabcha o’qish va yozish xohlanmagan davrda turibmiz. Shu sabab, Qur'on haqida suyukli Ustozimning fikrlariga juda buyuk ehtiyoj borligi bilan birga, go’zal va juda buyuk xayrli ishga eshik ochgan va bu ishning darrov tugatilishi uchun xamma narsadan ustun qo’yilishini umid va iltimos qilaman. (Soatchi Lutfi Afandi qardoshim ham shunday fikrda.)
Suyukli Ustozim! Alloh sizdan abadiyan rozi bo’lsin, hamda xar bir xayrli ishingizda muvaffaq qilsin, duosi bilan Janobi Haqqa shukr qilganim holda sizga bo’lgan minnatdorligimni arz qilaman va domonlaringizni o’paman, muhtaram afandim hazratlari.
Xusrav
* * *
Ey Ustoz!
Qur'onning oynasi hisoblangan risolalaringiz sizning qanchalar buyuk ustoz bo’lganingizni qabul va taslim qilishga kifoyadir. Ey aziz Ustoz, Islomiyat ustiga cho’kkan zulmat va g’aflat pardalarini risolalaringiz bilan yirtdingiz. Ifloslangan pardalar ostidagi eng nurli haqiqatlarni maydonga chiqardingiz. Sizning tebranmas azmingiz, qahramon matonatingiz, oromsiz mehnatingiz samarasiz qolmadi. Anadoluning o’rtasiga shunday obi hayot chashmasi ochdingizki,
{(Hoshiya1): Bu muqaddas xizmatdagi savob va sharafda men kabi bechoraning hissasi, siz tasavvur qilgan miqdorning mingdan biri bo’lsa, yana shukr qilaman. Hunari borlar, olmos qalamlari bilan yordamimga yetishgan siz kabi Qur'onning xolis shogirdlaridir.}
bu chashmaning jo’mraklari, yozgan risolalaringizning, nashr qilgan asarlaringizning haqiqatlaridir.
U manba va ma'dani, boqiy bo’lgan Qur'oni Hakimning dengizidir. Bir kun kelib ushbu imtihon yeridan saodat olamlariga ko’chgan vaqtingiz, qiymatdor asarlaringiz sizni nomingiz bilan birga yashatadi. Qanday baxtiyorsizki, siz ochgan chashmaning qiymatini taqdirlab uni muhofaza va mudofaa qilgan va kerak bo’lganda asarlaringizning hukmlarini e'lon va talqin yo’lida ming jon bilan hayotini fido qilishga muhayyo, jondan sevgan talabalaringiz bor. Uxraviylar diyorida bo’lgan vaqtingizda ham ruhingizga azob beradigan harakatlar qilmasliklariga amin bo’ling. Bir qancha Qur'on sirlarining kalitlarini hozirdan talabangizga qoldirganingizdan, ular bor kuchlari bilan sizdan minnatdor va mutashakkirdirlar. Bugun sochayotgan fayzli nurlaringiz bashariyatning haqiqiy insonlarini bepoyon sevinchlarga g’arq qilib, bo’ynidagi vazifalarni bildiradi. Xizmatingiz inkor qilinmaydi va fidokorligingiz azimdir, azim.
Aziz Ustoz! Xizmatingiz samoda kezsin
{(Hoshiya-2): Bu qardoshimning bu hissiga ishtirok qilmayman. Rizo-i Ilohiy yetadi. Agar u yor bo’lsa, hamma narsa yordir. Agar u yor bo’lmasa, butun dunyo olqishlasa, besh tiyinga arzimaydi. Insonlarning taqdiri, tahsini, agar bu ishda, uxraviy amalda asl sabab bo’lsa, u amalni yo’q qiladi. Agar ustun qo’yuvchi sabab bo’lsa, amaldagi ixlosni sindiradi. Agar tashviq qiluvchi bo’lsa, sofligini yo’qotadi. Agar faqat maqbuliyat alomati sifatida, biz istamay, Janobi Haq ehson qilsa, amalning va ilmning insonlarda chiroyli ta'siri nomidan qabul qilish go’zal bo’ladi. وَ اجْعَلْ ل۪ى لِسَانَ صِدْقٍ فِى الْاٰخِر۪ينَ bunga ishoradir.
Said}
va siz dostonlarda kezing. Fidokor Ustoz! Diyonatdan madad olmagan, g’aflat ahlining g’aflatini ziyodalashtirgan adabiyot deyilgan mudhish sarxushlik faqat va faqat sizning asar va talqinlaringiz soyasida daf qilinadi. Dinsiz millatlar nasli davom etmasligi, hatto insoniyatni ham o’rganolmasdan dunyodan kelib o’tganlarini juda ma'qul va mantiqiy dalillar bilan isbot qildingiz. Asarlaringiz ruhing kabi ulviy va ihotali.
Sevgili Ustozim! Xotirjam bo’lishingiz kerakki, sizning mehnatingiz behuda emas. O’lmas risolalaringiz abadiyan qiymatli qo’lma-qo’l yuradi. Bugungi dinsizlarga haddini bildiradi va balki iymon ham baxsh etadi. Zotan sizning talabingiz bu emasmi? Orzuingiz, g’oyangiz iymon doirasida ogohlantirish va irshod nishonlariga yetishish emasmi? Falsafa axlatxonalarida ingragan, emaklagan adabsizlar albatta haqiqiy adabni va adabiyotni sizning asarlaringizda topishlariga aslo shubha yo’q. Topadilar ham.
Muhtaram Ustoz, endi siz ham muhtoj bo’lgan ulkan bir millatga ta'riflab va qiyoslab bo’lmaydigan xizmatni ado qilgan hisoblanasiz. Bu millat, bu tuproq, bu vatan hech qachon sizning qarzizngizni uzolmayadi. Tilaymanki, bu azim, qudsiy xizmatingiz mukofotini Janobi Haq sizga juda loyiq shaklda ehson qilsin. Dunyo va oxiratda sizdan va biz kabi ojiz va qusurli xizmatchilaridan rozi bo’lsin, omin.
Lutfining do’sti
* * *
(Xusravning bayoni.)
Suyukli Ustozim!
Charchatuvchi bir quvvat bilan kecha va kunduz meni o’ylantirgan va lekin hech ham qiymati yo’q vaziyatdan qutqargan maktubingizni olgan vaqtimdan beri sevinch ichida, Janobi Haqqa benihoya tashakkurlarimni aytayapman va besh vaqtda Allohning lutflariga sazovor bo’lishingizni duo qilyapman. Ayniqsa sevinchimni orttirgan kayfiyat, Janobi Haqning faqat Qur'on xizmatida ishlattirishining bildirilishidir.
Muhtaram Ustozim! Holatimdan juda-juda mamnunman. Endi aytganingizdek hech narsani o’ylamayapman. O’ylayotgan narsam bo’lsa, u ham Risola-i Nurdan "So’zlar"ni tugatish, ko’chirib do’stlarimizning ko’payishini ta'minlash uchun loyig’idek harakat qilishdir. Buning uchun o’zimda ko’rgan qarz va omonat borlig'imga emas, balki Janobi Haqning qudrat va lutflariga tayanaman.
Muhtaram Ustozim! Yozgan O’ttiz Ikkinchi va Yigirma Yettinchi So’zlarimni taqdim qilyapman. Yigirma Yettinchi Maktubda qardoshlarimizning tuyg’u va fikrlarini o’qirkan, bilsangiz qanchalar sevinch his qilaman. Bir-biridan ayrilmaslik uchun qiymatsiz moddiy iplar bilan emas, qiymatli va ma'naviy iplar bilan bog’langan oila va jamoat a'zolari his qiladigan sevinch bilan lazzatlanaman. Shubhasiz Zoti Ustozonalari boshimizda bo’lish bilan birga, katta bo’lganlarimiz og’a va birga bo’lganlarimiz qardoshlarimiz bo’lganlar. Men bu jamoatning ichiga doxil bo’lganimdan haddan ortiq baxtiyorman. Qur'oni Mubinning nurlarining qabul va nashri xususida, suyukli Ustozimiz, shaxsiyatingiz vosita qilinishi sababli, sizni bizga bergan Janobi Haqqa minnatdorligimizni chegaralay olmaymiz.
Xusrav
* * *
(Sabrining bir bayoni.)
Ey Muhtaram Ustoz!
Qo’l bilan ko’chirib yuksak huzuringizga taqdim qilingan Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasi aynan vaqtda o’zini ko’rsatdi. Bu muborak asar Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurning bir navi tarixchalari bo’lgani kabi, boshqa jihatdan ham pur-anvor asarlarning hujjatlar va qat'iy burhonlari hukmida ko’rilish bilan birga, uch yildan beri aqlimda maxsus va saqlangan bir qancha hislarni ham bu gal yuzaga chiqardi. Xullas, Qur'oni Azimushshonning muqaddasligi va ulug’ligi va nuroniyat darajasi bunday olmos va ma'naviy javohirlarni jamlagani bu masala va o’xshash masalalardan tushunildi.
Ha, shu haqiqatni ham e'tirof qilish kerakki, bir javohirlar xazinasi qanchalar boy va qanchalik yuksak boylikka ega bo’lsa bo’lsin; sotuvchisi, dalloli oldi-berdi usulidan xabardor bo’lmasa, qo’lidagi qiymatdor xazinadigi va qamragan qiymatli mollarni loyig’idek olamga e'lon qilolmaydi va ommaning nazariga ko’rsatolmaydi. Darhaqiqat, bu chalkash davrda Qur'on haqiqatlarining loyig’idek oldi berdisini qilgan Qur'on dallolining olti yil emas, balki qirq yildan beri ahli Islomga xitoban:
يَٓا اَيُّهَا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا هَلْ اَدُلُّكُمْ عَلٰى تِجَارَةٍ تُنْج۪يكُمْ مِنْ عَذَابٍ اَل۪يمٍ
farmoni Rabboniysi bilan nido qilishlari, hammalari iymon nurlariga muhtoj Ummati Muhammadni shukrda qarzdor qilgan va qilmoqdadir.
Sabri
* * *
(Sabrining bayoni.)
Ey Muhtaram Ustoz!
Bu gal Yigirma Yettinchi Maktubning Ikkinchi Zaylini, Yigirma Sakkizinchi Maktubning Beshinchi, Oltinchi Masalalarini qo’l bilan ko’chirib asl nusxalari bilan birga taqdim qilmoqdaman. Bandalari Yigirma Yettinchi Maktubning ta'lif va ta'sis va tartibida juda muhim ajrni his qilyapmanki, bu maktub yozilish g’oyasi, qat'iyan maktub sohiblarini e'lon va ko’rsatish emas, balki turli darajalardagi fikr va aql sohiblarining har biri Nurlarning faqat yuzdan bir xususiyat va foydalarini ko’rib, Qur'on dallolining bir darajaga qadar nidolarini taqlid qilishga urinishlari alohida zavq va latofat his ettiradi.
Nur daryosini ko’rmagan ba'zi kishilar mushtoqona so’raydilarki: Siz mansub bo’lgan Nur dorixonasida qanday muolajalar bor va asl mavzulari nima? Oldin bu savolga Risolat-un Nurni mumkin bo’lsa, bir-bir ko’rsatishga, bo’lmasa aqlim yetishgani qadar aytishga majbur edim. Hozir esa, Risolat-un Nurning yuzdan o’n nisbatida mavzusini mumkin martaba ifoda qilishga tayyorman. Yarim mundarijasini eslatadigan Yigirma Yettinchi Maktubni beraman va bildiraman. Juz'iy-kulliy maqsadimni bildira olaman. Nurlarning aksar qismlari vujudga kelgandan so’ngra Yigirma Yettinchi Maktub xuddi ishora to’pponchasi kabi otildi. Hamda Nur daryosining askarlari mobaynida bir navi musobaqa vazifasini ham bajardi. Har bir aloqador bo’lgan kishi Nur ko’rgazmasiga oz-ko’p hunarini to’kdi.
Sabri
* * *
(Sabrining bayoni.)
Ey Ustoz!
Bayramlar sayyidi 'Iyd al-fitr bayramingizni tabriklayman va bu vasila bilan sharafli va izzatli qo’l va etaklaringizni o’paman.
Afandim, har on Nurlar bilan oziqlangan ruhi ojizonam yana avvalgi juma kuni ozuqlantiruvchi nurga muntazir ekan, Yigirma To’qqizinchi Maktubning Uchinchi Qismini ehson qilib yuborgan bu faqir talabangiz musharraf va istifodali va minnatdor bo’ldi. Bir soatlik musofir bo’lgan bu qiymatdor va ma'nodor asarni hamon Abdulloh olib bordi. U ro’yo-misol ko’rgan asarimning bir haftadan beri aqlimdagi qiymatdor naqshlarini va ma'nodor ma'nolarini ojizligim sababli ifoda qila olishga iqtidorim yo’q.
Bu burhoniy, sanadiy, shuhudiy, qisqasi bir masalaning sog’lom manbalarga tayanganini ko’rsatgan sabablari, asliga joylashtirilgan va ichiga olgan bu qiymatdor asar, umum Risola-i Nur va Maktubot-un Nurning quyosh-misol i'jozlari, olamlarni hayratda qoldirgan karomatlari, do’st va dushmanning e'tirof va maqtovini qozongan nuroniy sobiq asarlarning qanchalik go’zalligi va ustun xususiyatlarining, xuddi bu asarda to’planganini ayta olaman. Qachon nurlardan bir risola ko’rsam, bu kabi yoki yanada ko’proq haqiqiy zavq va tuganmas surur ko’raman. Shu holda bu ajib mahsusot va mashhudot, faqat Nurlarga oid va maxsus i'joz, shuningdek Nurlarga maxsus bir karomatidir desam, iymon ahli tomonidan komil bir qanoat hosil bo’lishiga aminman. Xususan tavofuqlari, tafsirlari ko’rsatilib yozilishi barqaror va niyat qilingan Qur'oni Azimushshonni umum iymon va tavhid ahli kamoli xohish va nihoyasiz hurmat bilan kutib olishlari ko’rinib turgani kabi; bir qancha kishilarning ham oxir umrlarida boshqatdan o’qishga shavqu g’ayrat ko’rsatishlari ehtimoli kuchli. Yana qancha o’xshashi ko’rilmagan asarlarning vujudga keltirilishini butun ruhim bilan tilayman va Janobi Mun'imi Haqiqiydan muvaffaqiyatlar tilayman, afandim.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Hofiz Sabri
* * *
(Sabrining bayoni.)
Ustozi Oliyshonim Afandim!
Ushbu ikki kechada fursat topa olgan vaqtlarimda, Yigirma To’qqizinchi Maktubning Birinchi Qismini ko’chirib, o’z nusxamni Ali Afandiga va aslini Zoti Ustozonalariga qaytaraman va taqdim qilaman. Bir oydan beri, ruhlarimiz olov ketgan maysazor kabi kuygan, ranjigan, so’lgan vaziyatga tushib; hatto aksar qardoshlar bilan bu masala haqida qanday xatti-harakat qilishimizni maktub bilan xabarlashish va maslahatlashishni boshladik. Bu tarafda Ustozi A'zamimizga eng yaqin bandalari bo’lganim uchun, bu bobda og’zaki yoki yozma shaklda taqdim qilish niyatida ekanman, dardlarga eliksir, dori va shifo bergan javob sifatidagi "Yigirma Yettinchi So’z"ni, bir bor yana izoh qilingan va anchagina qamrovli oliy javobni bizlarga ehson qilgan va qisqacha jumlasi tubsiz ma'nolarning haqiqatlarini jamlagan, "Tinch okeani" ta'biriga masadaq bo’lgan Qur'onning har bir jumlasi bu qismda, ayniqsa Beshinchi, Sakkizinchi va To’qqizinchi Nuktalarda asrning quruq kallali, qashshoq, falsafachi shaytonlarini to’xtatgan, lol qilgan, to’g’rirog’i batamom mot qilib, ruhlarimizni nurlantirib, sururga to’ldirdi va tasalli berdi.
Aziz Ustozim! Qur'oni Azimushonning qay darajada boy Ilohiy rahmat xazinasi ekanini aytishdan uzoqman. U muqaddas xazinani ichiga olgan turli-tuman olmos va brilliantlarni chiqarib, biz kabi muhtojlarga yetishtirish xususida Nurlar Kulliyotining aksariyatida to’liq xarakatga keltirish vazifasini bo’yniga olgan Ustozi Soniy Xulusiy Beyafandimni, o’xshatish va ta'biri joiz bo’lsa, soatchilardagi yulduz kabi sakkiz-o’n og’izli soat kalitlariga o’xshataman. Ko’p og’izli kalit, olamda mavjud har bir soatni harakatlantiradi, ishlatadi. Nomlari o’tgan beyafandim ham, ayni holda bo’lib, o’xshashi ko’rilmagan va eshitilmagan bir qancha haqiqiy muhim masalalarni Hazrati Qur'on va Qur'on dallolidan istamoqda.
Bu asrda xos ma’naviy xazinaning tenggi yo’q xazinadori, qiymatli talabgorlarga eng qiymatdor va ruhga to’liq bir ozuqa-baxsh Qur'onning ma’naviy moddalar bilan e'zoz va ikrom qilar ekan, o’sha halqaga loyiq va haqdor bo’lmasam ham, faqir ruhiy ozuqani tinmasdan olib, dasturxonlarni ehson qilganga ham, keltirganga ham, istaganga ham hadsiz tashakkur qilishga qarz bo’lib qolyapman. Siz lutf qilgan xurmatli maktubda sizdan ranjiganimni faraz qilib xabarlashmaganim aytilmoqda. Bu xususda qalb va ruhimga "Nima deysiz?" dedim. ruhimdan Ruhimdan "Astag’firulloh, yuz ming astag’firulloh. Biz o’lgan edik, lahulhamd bizga yangi hayot baxsh qilindi. Xafa bo’lishga umuman haqqimiz yo’q. Vazifamiz bo’lgan duoga davom va tashakkurda qarzdomiz", degan haqgo’y javob oldim.
Hofiz Sabri
* * *
(Xulusiy Beyning bayoni.)
Muhtaram Ustoz!
Bu gal Yigirma To’qqizinchi Maktubning To’rt va To’qqizinchi Nuktalarini ichiga olgan muborak maktubingizni Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasining inoyatning azim sirri bayonining xotimasi deb nomlangan va mo’'jizali ramazonning hikmatlarini bayon qilgan Yigirma To’qqizinchi Maktubning Ikkinchi Qismini va munavvar i’joz muxrini kamoli shukron bilan oldim. Ishtiyoq bilan, lazzat bilan, ma'naviy zavq bilan ko’p marta o’qidim. Ammo ikki haftaga yaqinki, javob yozolmadim. Ushbu muborak juma kuni ham nurlardan olgan fayzlarimni, tasallilarimni, ham qalbiy taassurotimni qisqacha aytish maqsadida ushbu varaqni yozishni lutfi Haq bilan boshladim.
Birinchidan,Yigirma To’qqizinchi Maktubning olti nuktasi bilan Qur'onning haqiqiy tarjimasi mumkin emasligi, iymondan zarra qadar nasibi bo’lgan kishiga Yigirma Beshinchi So’zdagi burhonlarga zayl sifatida isbot qiladi. Islomiy shiorlarini g’oyat go’zal uslub bilan ta'rif va mutolaa qilish bilan birga, ulamo-i su'ga juda mukammal va ma'naviy tarsaki tushirmoqdasiz. Oxirida maktubdagi haqiqatlarning Qur'ondan kelganiga aqlni to’g’rilash uchun uning balog’ati i'joz va iyjoziga ergashib:
لَا يَسْتَو۪ٓى اَصْحَابُ النَّارِ وَاَصْحَابُ الْجَنَّةِ اَصْحَابُ الْجَنَّةِ هُمُ الْفَٓائِزُونَ
oyati karimasiga e’tiborni qaratyapsiz. Bu bechora duochingiz, talabangiz siz ko’rsatgan va yuborgan Nurlarning mutolaasida, musbat va manfiy ikki ta'sir ostida nima qilishga va nima qilisni bilmay hayron. Chunki ma'naviy vazifamizni ado qilomayapmiz. Juda oz va tor bir muhitga nashr qila olyapmiz. Bid'at va zalolat har kun ortmoqda, ahkomi Islomiyaga sunnatlardan boshlab va Qur'on nishon tutilib, juda insofsiz tarzda hujum qilinayotgan davrda bu yaralarga to’liq munosib malham bo’ladigan, nurli va shifoli asarlarning sanoqli shaxslar orasida va faqat bu bechoralarning umid va iymonlarini quvvatlaydigan holatda qolishi, iztirobni ortirmoqda va dargohi Ilohiyaga iltijodan boshqa chora qoldirmayapti.
Ha, bunga qat'iy qanoat hosil bo’ladi. Hatto diqqat bilan qaralsa, ko’riladiki, bu olam saroyi inqirozga qadam-baqadam yaqinlashmoqda. Har soat tomidan shifer, devoridan bir g’isht, suvoqidan bir parcha tushmoqda, hatto chirog’ining yorug’ligi kamaymoqda. Kamaymas, buzilmas, yiqilmas, almashmas deb o’ylangan bu karvonsaroy albatta kamayadi, eskiradi, yiqiladi va o’zgaradi.
Xullas, insonga, ayniqsa musulmonlarga yuqqan va ketma-ket ortayotgan zaifliklar bu natijani tezlashtirmoqda degan fikrdaman. Ammo irshod qilingani kabi, modomiki natija bilan emas, xizmat bilan mukallaf ekanmiz, umidimizni uzmay sabr va sokinlik, duo va niyoz bilan dargohi Ilohiyga yolvorishimiz kerak. Qamrovli ilm, zavolsiz va nihoyasiz qudrat sohibi bo’lgan Xoliqimiz yaxshi qiladi, yaxshiliklar yaratadi inshoalloh, deyishimiz kerak.
Yigimra Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasining Xotimasi, g’aybiy ishora haqida ehtimol, har qanday shubhalarni yo’qotish maqsadi bilan yozildi. Siddiqingiz, alhamdulilloh, muborak asarlarda dalolat qilgan ma'nolarini, ishora qilganlari haqiqatlarini butun borligim bilan qabul va tasdiq qilaman. Muqaddas ma'nolarini ichimga olishdan boshqa his yo’q.
Aziz Ustozimiz bu Qur'oniy javharlarni o’ziga ko’rish bilan kifoyalanmay muhtojlarga ham qaranglar, ko’ringlar, istifoda qilinglar, siz ham muhtojlarga, mushtoqlarga, hayratda qolganlarga ko’rsatishga vosita bo’linglar demoqdalar. Bu faqir talabangiz bu amrga (bosh ustiga, eshitib va toat etib) degan. Imkon qadar va Allohga tavakkal qilib, bu maqsad yo’lida xizmatda bo’lishni minnatdorona orzu etmoqda. Shunga binoan, g’aybiy tavofuq haqidagi dalilli va ishontiruvchi bayonlar ham o’rnida, ortiq emas. Bu ham xar doim lozimdir. Bunga mutlaq ehtiyoj bor yoki kelajakda ehtiyoj bo’ladi. Ko’rsatilgan misoldan ham anlashilyapti. Diqqat bilan yozilgan, yillar bilan g’ayrat ko’rsatib jam qilingan, to’dalangan, tafsir qoidalariga so’zning boshi bilan oxiri inobatga olinib, ehtimol ba'zi yerlarida ko’p iste'mol qilinib, istar-istamas e’tiborni tortgan tavofuq va muvozanatga qasddan diqqat qilinib, amniyat bilan vujudga keltirilgan bir tafsir bilan, to’g’ridan-to’g’ri Qur'onning muqaddas xazinalaridan bu asr insonlariga, musulmonlariga qaynab chiqqan, jo’sh urgan va porlagan nurli asarlardagi g’aybiy uyg’unlik, muvozanat qiyos qilinishi mumkinmi? Aslo...
Xotimadagi Ahmad G’olib Beyning bayoni lobardir. Bu bayonning Hazrati Qur'onga va Ilohiy sirlar xazinasining bir navi nurli rashhalari va yog’dulari bo’lgan "So’zlar"ga nisbati go’zalligini orttirdi. Alloh bu kabi qardoshlarimizning sonini ko’paytirsin. Jumlasini ushbu maydonda, bu kamchiligi ko’p faqirni ham xayrda muvaffaqiyatli qilsin, omin!
Yigirma To’qqizinchi Maktubning Ikkinchi Qismi, Qur'onning xos durbini bilan qaralib, Ramazon hikmatlarining to’qqizi mukammal va benazir tarzda bayon qilindi. Alloh suyukli Ustozimizdan rozi bo’lsin. Bu yil Ramazoni Sharifga rioya avvalgi yillardan zoxiran ziyoda edi. Ko’ngil istardiki, koshki bu buyuk asar Ramazondan avval qo’limizga tushsaydi. Sayyid-ur Rusul, Nur-ul Vujud Afandimiz Hazratlari Sallallohu Alayhi va Sallam "Din nasihatdir", deb marhamat qilganlari xazratlariga ma’lum. Shu sabab bu yerdagi men ozligidan siqilgan jamoatimizga, o’sha vaqtda o’qib, amri jalili Nabaviyni ham bajargan bo’lar edik. Ammo bu sharafdan mahrumlik, moddiy uzoqligidan kelib chiqyapti. Chunki Qur'onning, ilk nozil bo’lishi Ramazon oyida boshlangan ekan, bu asrda va davrimizda ham muborak oyatning hikmatlari haqidagi asar yozilishining bu oyda bo’lishi juda munosib va a'lodir.
Janobi Haq juda ko’p bunga o’xshagan asarlarni, xayrlisi bilan jumlamizni musharraf qilsin, omin!
I'joz muxri, Qur'on xizmatidagi qiymatdor qardoshlarimni tanittirdi. Bu go’zal nurli baytni xotirlatdi:
Oynadir bu olam, har narsa Haq bilan qoim,
Oyna-i Muhammaddan Alloh ko’rinar doim.
{(Hoshiya): Bu yerda latif tavofuq bo’lib, birinchi Xulusiy ila ikkinchi Xulusiy unvonini olgan Sabri Afandi bu yerdagi, bir-biridan juda uzoq bo’lganlari holda, ayni ifodani maktublarida menga yozmoqdalar.}
Va shu ifodani ayttirdi:
Oynadir bu xotam, harkim sidq bilan xodim,
Oyna-i Ustozdan, Qur'ondir ko’ringan doim.
Allohu Zuljalol jumlasidan rozi bo’lsin. Bu muborak oynaning bo’sh burchagiga bu bayt bilan imzomning qo’yilishini xazratimning istaklariga qoldiraman.
Xulusiy
* * *
(Mingboshi Osim Beyning Risolat-un Nur "So’zlar"i haqida nazirasidir.)
Munazzahdir shuunotdan, faqat ilhomi Ilohiydir,
O’qirkan nur olar vijdon, suturi bitanohiydir,
Riyodan, kibrdan, har maosiydan munazzahdir,
Kalomi Loyazaliydan kelgan nuri mufarrihdir.
Bu asarlarni qanday vajd ichida angladim bilsang edi,
Bu, oyatlar kabi nuroniy va lahutiy fikrlarni,
Maosirmi, asarmi, munjaliy yo’qsa muassarmi?
Ilohiy bir "suro"dan chaqmoq chaqqan, hayratfazo sirmi?
Eslanmas, anglatilmas, sirri vahdatdan xabarlardir.
Sen ey g’ofil bashar bir nafsingga qara, qanday?
Butun kavn shoshgan hayron o’ylagancha tajribaning
Karim hayrat ila, hurmat bilan eslar noming, buyuk noming.
Osim
* * *
(Xulusiy Beyning bayonidir.)
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ رِسَالَةِ النُّورِ وَ مَكْتُوبَاتِ النُّورِ اَلْفَ اَمْثَالِهَا
Ey Muhtaram Ustoz!
O’tgan hafta Yigirma Sakkizinchi Maktubning Beshinchi va Oltinchi Masalalari nomlarini olgan biri shukrga, boshqasi harami sharif savoliga javob bo’lgan ikki oliy va ustun asaringizni kamoli shavq bilan oldim. Zavq bilan mutolaa etdim. Juda chanqagan edim. Shukrga doir juda chuqur ma'noli, shakar kabi shirin shakar sharbatingizni basmala bilan ichishni boshladim. Bu ojiz talabangizga ne'matlarining haddu poyoni bo’lmagan Xoliqi Karim, Mun'imi Hakim, Razzoqi Rahim jalla jaloluhu hazratlarining Nurlar nomli in'om va ehsoniga (Alhamdulilloh, Allohu Akbar) dedim. Va ma'naviy suvsizligimni, qo’lim yetmas, kuchim yetmas, nazarim erishmas, xullas to’liq ojizlik ichida, lekin rahmatidan umid uzmay, Rahmonur-Rahim hazratlarining juda aziz ustozim vositasida taskin etganiga yuz minglar hamdu shukr qildim va qilaman.
Muborak so’zlaringizda shunday muqaddas fayzlar borki, xuddi talabangizning (diqqat bilan mutolaa etgan yoki tinglaganlari) qo’lidan tutadi. Qara, bu bu ma'noga dalolat qiladi, bu shuning uchun, bundagi maqsad va g’oya va hikmatlar shulardir, kel yana yuqoriroq chiqaylik, yanada oldinlaylik deya manbadan manbaga, etakdan tepaga, izdan yo’lga, haqiqatdan ma'rifatga olib ketmoqda, chiqarmoqda. Ziyorat ettirmoqda. Foydalantiryapsiz, fayzlantiryapsiz. Bu gal bu sayr bilan shukr daryosining manbaiga, shukr tog’ining tepasiga, shukr izining yo’liga, shukri mutlaqdagi haqiqat bilan ma'rifatga olib boradi va boshdagi kabi, oxirida "Dar tariqi ajz-mandi lozim omad chor chiz; ajzi mutlaq, faqri mutlaq, shavqi mutlaq, shukri mutlaq ey aziz" demoqdasiz. Biz "Tushundim va to’g’ri aytdingiz" deb jevob beryapmiz. Duo va salavot bilan muqaddas sayohatni tugatmoqdasiz.
Siz ko’rsatgan juda oliy shafqatdan yaqinlik ko’rgan muhtoj va ojiz talabangiz, ustozining nazarini boshqa tarafga qaratadigan savolga jur'at qilgani uchun, "Kel qani, Harami Sharifga kiraylik. U yerning bugungi holatini va sabablarini biroz tushuntiray", degan Yigirma Sakkizinchi Maktubning Oltinchi Masalasini ham o’qidim. Ko’p istifoda etdim. Alloh sizdan rozi bo’lsin.
Xulusiy
* * *
(Xulusiy Beyning bayoni.)
Bu gal lutf va inoyat qilingan Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasini hurmat bilan oldim. Ta'zim bilan va qayta-qayta mutolaa etdim. Undan tashqari bir marta yangi talabangiz Hofiz Umar Afandiga va bir marta padarim va eski domlalarimdan Ibrohim Afandi va bir do’stimizga va bir marta Fathi Beyga ham o’qib berdim. Inshoalloh yana o’qiyman va o’qitaman. Muborak maktubingiz bilan boshda shu bechora bo’lgani holda, tinglaganlarning oxirgi hollari sababli qalblarida hosil bo’lgan ma'naviy yaraga o’ta mukammal va munosib malham surtdingiz. لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللّٰهِ nassi jalilini xotirlatib, Allohning lutfiga va Habibi Akramining (ASV) ruhoniyatiga, Qur'oni Azimushshonning مِنْ اَوَّلِ النُّزُولِ اِلٰى قِيَامِ السَّاعَةِ davom etishiga shubha qolmagan i'joziga daxolat va haqiqiy sabr bilan g’amlarga javob qaytarsangiz, inshoalloh yaqin va nurli istiqbolga erishasiz, kabi haqiqatdan juda azim bir xushxabar bergan bo’ldingiz. Ummatning bechorasiga izni Ilohiy bilan bayon qilganingiz i'jozi Qur'on hurmati Allohu Zuljalol muhtaram ustozimizdan abadan rozi bo’lsin. Hazrati Qur'on hisobiga intizor etgan umidlaringizni, eng qisqa zamonda haqiqatga o’zgargan va mo’minlarga ham iymonning salomatligini tavfiq etsin, omin.
Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasini olmasdan avval, muborak So’zlar bilan aloqador bo’lmagan zotlarga ustozim olti-yetti yildan beri qayta-qayta shunday demoqda: "Qur'onning devorlari yiqildi. Barcha hujumlar Qur'ongadir. Iymonni qutqarish davridir". Asta-asta bu bayonlarning to’g’riligi, har ko’zi va aqli bo’lgan mo’min tarafidan tasdiq qilinadigan hodisalar bo’lmoqda, derdim. Bu maktub bu bechora talabangizning Ustozining amrlarini yetkazishda sodiq bo’lganini isbot qilish bilan birga, avval ham arz etganim kabi, maktublarni olmasdan avval xotirimga kelgan, hatto tilimga qadar o’tgan ko’p masalalar navidan bo’lganiga shubham bo’lmagani uchun, buni ham i'jozi Qur'ondan deb bilyapman. Tavofuqlarda bandangizdagi nusxada ham, aksariyat bilan muvozanat bor. Ha, qaysi jihatdan qaralsa, Ilohiy inoyat yaqqol ko’rinadi.
Muhtaram Ustozim, rahmati Ilohiya bilan bir haqiqatni yana qat'iy tarzda angladim. U ham shuki: Ilk tanishish sharafiga noil bo’lgan paytimda bergan darsingiz barcha risola va maktublarda vujudini his ettirmoqdadir. Farq faqat o’sha darsdagi xulosalangan haqiqatlarning boshqa darslarga sharh, izoh va izhoridan iboratdir. Demakki, iymonni va Qur'onni asos qabul qilish ila, doimiy bir fayz manbai, abadiy bir nur manbai, yo’q bo’lmaydigan muqaddas xazina, Ilohiy qal'a qurilgan bo’lmoqda.
Ha, modomiki koinotning yaratilishiga sabab bo’lgan Nabiyyi Afham (ASV) afandimiz hazratlari, risolat vazifasini mukammal ravishda ado etgandan so’ngra, Ilohiy amr bilan vujudiga sabab bo’lgan baqo olamiga tashrif etdilar. Ushbu musofirxona yopilishiga qadar kelib o’tadigan, to’lib bo’shaladigan, chirib yangilanadigan aholisiga, ayniqsa jin va insonlarga eng oliy hadya, eng mukammal rahbar, eng muqaddas murshid sifatida Qur'oni Hakimni qoldirganlar. Haqiqatdan, keyingi asrlar yetishtirgan bir qancha oliy zotlar barcha qiyinchiliklarini Qur'on bilan hal etishgan. Qidirganlarini Qur'onda topganlar.
Bid'at va zulmatlar asrida ham Qur'oni Hakim va Karim loyamut i'jozini "So’zlar" va "Maktublar" bilan izhor etgan va bu haqiqatdan azim ishda Ilohiy rahmatga juda aziz va muhtaram ustozimiz eng loyiq, eng to’g’ri xodim va vosita bo’lganlar. Bu haqiqatga hali birinchi darsda Ilohiy lutf bilan iymon keltirdim. Boshqa nurli darslar iymon quvvatiga vasila bo’lgan va bo’lmoqda.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Aziz va muhtaram Ustozim!
Bu dunyo mo’minga zindondir derlar. Mana, siz nashriga, izhoriga, bayoniga vosita bo’lgan Nurlar qorong’u dunyoimizni oydinlatdi. Yaratilish haqiqatini ta'lim berdi. Boqiy, doimiy va davomiy, saodatli hayotni dars berdi. Shaxsan bu Nurlar bo’lmasa edi, holim nima bo’lardi? Yoki Nurlarga erishmasaydim, nima qilardim? Yoki bu Nurlarning nashriga عَلٰى قَدْرِ الطَّاقَةِ وَالْاِمْكَانِ lutfi Ilohiy bilan ishlatilmasaydim, butun daromadim ma'siyat bo’lar, qora yuz, parishon hol bilan, dargohi Ilohiyaga qanday qilib chiqar edim? Alhamdulilloh, takror va takror alhamdulilloh, xolis niyat va zarra navidan bo’lgan Qur'oniy xizmat sababili, bu pur-taqsir qul inshoalloh duongiz bilan Ilohiy rahmatga noil bo’ladi degan umiddaman.
Xulusiy
* * *
(Sabrining bir bayoni.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
Afandim, hech shak shubham qolmadiki, nurni nurdan ajratib bo’lmagani kabi, nur daryosining nuroniy talabalari ham, qayerda bo’lsa-bo’lsin, hammasi bir g’oyada, umumiy zehniyatda, bir-birlariga raqobatlari yo’q, doimo bir-birining mumtoz vasflari bilan faxr va iftixor qiladi, samimiyat va vafo xususida do’stlarini o’z shaxsidan ustun qo’yadi, bir istakda yagona orzu va g’oyalari bo’lgan tavhidning mumtoz va ayiruvchi alomati bo’lgan birlashish hamda haqiqiy va din amr qilgan hamjihatlikni so’z va ish va hol bilan ko’rsatishlari bilan sobitki, bu hol muvaffaqiyatning alomatidir.
Talabangiz H. S.
* * *
(Ra'fat Beyning bir bayoni.)
Aziz va muhtaram Ustozim Afandim!
Oxirgi nashr qilgan "So’z"ingiz faqirda juda chuqur ta'sir va taassurotlar qoldirdi. Uni yetaklagan sabab nimaligini tushunolmadim. Zoti oliyingizni u "So’z"da juda qahrli ko’rdim. G’oyat otashin bir qalam barcha alamlaringizni to’kkan edi. Ichiga olgan haqiqatlarga mast va hayron bo’lganim holda, soatlarcha o’qidim. "So’zlar"ingizning hech birini boshqasidan ustun qo’yolmayman. Zero biriga muhim derkan, boshqasi yanada muhim va yana boshqasi undan ham muhim bo’lib o’zini ko’rsatmoqda. Shunga binoan, Qur'on nurlarini falakdagi yulduzlarga o’xshataman. Haqiqatdan, yulduzlar porloqlik e'tibori bilan bir-biridan farqli bo’lsa ham, hammasi yulduzdir. Va ayni manbadan nurlarni olayotganlari uchun, sifat jihatidan bir-birlaridan farqi yo’q kabidir. "So’zlar"ingiz aynan shundaydir. Har birini yuz marta o’qisam, yuz birinchi marta hech o’qimagan kabi, buyuk ma'naviy zavq bilan o’qishim ham yuksakligiga shohiddir. Bu bobda qanchalar yozsam, "So’zlar" haqida hech narsa yoza ololmasligimni o’ylab, so’zimni tugatmoqdaman.
Ra'fat
* * *
(Shu bayon Mas'ud Afandininiki.)
Ey mening muhtaram Ustozim!
Balog’at yoshimdan bugungacha, lain shaytonning sovutidan qilingan bir sandiq ichida qulflangan bo’lgan uxraviy aql va iymonimni tazyiq ostiga olgan edi. Duongiz soyasida va menga ko’rsatgan go’zal niyat va nasihatlaringizning samarasi, faqat yetti yilda, Ustozimning duo mushti bilan lain shaytonning sovut sandiqi sinib, iymonimni takror taslim etdingiz. Qaytib olganimni shu bilan isbot qilamanki: Duoga qabul qilgan kuningiz, ya'ni Ramazoni Sharifning uchinchi kuni ziyorat uchun yoningizda edim. Chiqqanimdan keyin, Janobi Haq ko’rsatgan va suyukli Ustozimga aytgan tushim bilan, ojizona tafsirimda, sharqdan g’arbga qaragan soyni, ya'ni sharqdagi duoni olmagan bo’lsaydim, qarshimda qo’lida savat bilan ketayotgan odam kabi g’ayya chuquriga tushar edim. O’sha eshikning oldida turganimda, olgan ta'sirli duoim soyasida, qo’rqinchli eshikdan chaqirilmay, orqaga qaytishimda keng yo’ldan xalq siqilib o’tgan va biz yashirin bir mavqeda tomosha qilgan mashaqqat va zahmatlarga chektirilmaganimizning sababi, Ustozi Muhtaramimning Janobi Haq nazdida duosining qabulidir va "So’zlar"ning teng kelib bo’lmas ta'sirlaridir.
Men ham bunga muqobil, Ustozim xodim bo’lgan yo’lga ergashib xizmat qilish orzusida bo’lsam ham, faqat qilgan xizmatim yetarli emas. U ham faqat oxirat manfaatimiz uchundir. Faqat Janobi Fayyozi Mutlaq Hazratlaridan duo qilib "Ey Rabbim, Ey Rabbim! Yigirma yetti yildan beri shayton alayhil la'naning zirhli po’lat sandiqqa kalitlangan iymonimni bolg’asi bilan sindirib qutqargan Ustozi Akramimga, ya'ni Qur'oni Hakimning yog’dulari - Risola-i Nurning nashriga bir xizmat sifatida, meni tushimda ko’rsatgan mahshar kuningda g’ayya chuquri eshigining og’zidan qaytarishga muvaffaq bo’lgan Qur'on mufassirini va oxirgi yozuvchi bo’lgan Said-un Nursiy Hazratlarining mahshar kunida bayroqdori qil, Ey Rabbim, ey Arhamar-rohimin, valhamdulillahi Rabb-ul Alamin" deb, Janobi Mavlodan besh vaqt tinmay duo qilaman. Siz Ustozimning qabul qilishini iltimos qilib qo’l va oyoqlaringizdan o’paman, Afandim Hazratlari.
Mahmad Mas'ud
* * *
(Ahmad Xusravning bayoni.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Qiymatli Ustozim!
Maktub sanasidan ikki kun avval edi. Yigirma Yettinchi Maktubning Uchinchi Zaylini yozish bilan mashg’ul edim. Xulusiy va Ra'fat Bey, Zakoiy va Sabri Afandi kabi qardoshlarimning Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurga ko’rsatgan otashin muhabbatlari bilan qalb ishtiyoqlarini ko’rsatgan qalamlari meni ham hayajonga tushirgan edi. Bu qatorda Bakir Og’a sizdan kelgan bir maktub bilan tashrif etdi. Bakir Og’a, odatiga xilof yuzi juda fayzli edi. Maktubni ayni sevinch ila, o’pgandan so’ng birga ochdik. Bir sizdan kelgan Yigirma To’qqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining sakkiz sahifadan iborat bo’lgan Sakkizinchi Ramzi uch sakkiz tavofuqlari bilan o’zini ko’rsatdi. Yigirma Yettinchi Maktubning Uchinchi Zaylidan hosil bo’lgan sevinchli bir qalbiy hayajon va Bekir Og’aning Ustoziga va Nurlarga bo’lgan qalbiy ishtiyoqini ko’rsatgan sevimli yuzi va to’rt oydan beri kutgan tavofuqlarimizning g’oyasining boshlanishini ko’rsatgan Sakkizinchi Ramzdagi suyukli Ustozimizning ma'naviy nur bilan porlagan va tabassumli, yuksak, eng hayratomuz, shirin so’zi faqir talabangizda shunday buyuk voqe’aga aylangan ediki, o’sha daqiqam saodati abadiyaga noil bo’lgan kishilar o’tkazgan onlardan bir daqiqa edi. Bu sevinch ichida maktubingizni va Sakkizinchi Ramzni o’qidim. O’qirkan, har bir jumlaning oxirida, "Bor bo’ling, baxtli bo’ling, baxtiyor bo’ling Ustozim" nidolari qalbimga tarjimonlik qilgan tilimdan ixtiyorsiz to’kilardi. Ilk marta Bakir Og’a bilan, bir marta qardoshim Rushdi Afandi bilan, bir marta esa qardoshim Ra'fat Bey bilan o’qidim.
Ha, suyukli Ustozim, yillardan beri Qur'oni Azim-ul Burhonning buyuk dengizida ko’milgan xazinalarni Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur bilan yuzaga chiqargan edingiz. Mana, azim bir xazina yana lutfi Ilohiy bilan Yigirma To’qqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Sakkizinchi Ramzida eng porloq va ko’zlarni qamashtirgan nurlari bilan zoxir bo’lib, o’zini ko’rsatmoqda. Insonning e’tiborini istar-istamas o’ziga tortyapti.
Bir ming uch yuz yildan beri, insof sohibini hayratda qoldirgan va dunyoning har burchagida va insonning xar tabaqasida, jin va insonlar tilida, samovotda malak va ruhoniylar tilida, eng yuksak mumtoz maqomni ishg’ol etgan, Furqoni Ilohiyning muhim sirlaridan va azim i'jozidan yana bir qismi, jim turmaydigan mo’'jizali sado va latif bir ovoz va tuganmas fayz bilan oldimizga chiqmoqda.
Qiymatdor Qur'onning bugun barcha maxluqotni qudrat qo’lida tutgan, azamati kibriyosi bilan idora qilgan va azamati jaloli qarshisida hamma narsani o’ziga sajda ettirgan Zoti Vojib-ul Vujudning kalomi ekanini, ustidagi hadsiz tamg’alari bilan ko’rsatgan risolalaringizning qiymati qanchalar buyuk. Bu risolalarga qanday qiymat beriladi, boshqasi qanday bilan muvozana qilinadi, boshqasining ustunligi qanday eslanadi?
Insonning zulmatli siymosiga nurlar sochgan va tavhid xorijidagi har qanday aqidalarni chil-parchin qilgan, shogirdlariga tabassumli yuz bilan qaragan, xush, juda shirin bir til bilan gapirgan risolalar va ularning sohibi, noshiri bo’lgan suyukli Ustozim, siz talabalarigizning qalblarida risolalaringiz bilan yashayapsiz. Ham shunday bir suratda yashayapsizki, kichik ishorangizga tayyor turgan talabalaringizning ruhlarida daryolarning ovozi kabi to’xtamasdan davom etgan va tugashni bilmagan Ilohiy muhabbat bilan yashamoqdasiz. Foniy hayot bilan vidolashsangiz ham, katta-katta jamoatlar orasida hurmat bilan yod etilishingizga
{(Hoshiya): Qardoshim Xusravning bu maqomdagi hissiyotiga ishtirok etolmayman. Insonlarning nazarida mavqe qozonish va tillarda yod etilish, haqiqatbin kishilar uchun sharaf emas. Agar rizo-i Ilohiy bo’lsa, u rizoning jilvasi sifatida insonlar e'tibor qilayotgan bo’lsa bir daraja rozilik alomati nuqtasida maqbul bo’lishi mumkin. Aksincha orzu etilmasligi kerak. Modomiki Xusrav haqiqatbin ekan, albatta mening shaxsimga havola etgan sharafda risolalarni niyat qiladi. Zotan u sharafga umum talabalar hissadordirlar, bir kishiga berilmaydi.}
va nomingizning dunyo va oxiratda ehtirom bilan eslanishiga, risolalaringizning juda buyuk talab bilan rivojda bo’lishiga qattiq umidvorman.
Ha, so’zlarim qanday haqsiz bo’lsin, eng tahlikali onlarda ham haqni aytishda jim bo’lmagan, juda oliy ruhli, talabalariga har on tasalli nurlarini tarqatgan, Qur'oni Karimning bugungi dalloli muhtarami bo’lgan Ustozim! Sizning dini mubini Islomga bo’lgan bog’liqligingizga, buyuk muhabbatingizga, yuksak sa'yingizga mukofot tariqasida hasanot daftaringizga Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlari had hisobsiz ajrlarni yozishini rahmati Ilohiyadan niyoz etaman.
Bugungi bashariyat sizdan va Risolat-un Nurdan qanday qarzdor bo’lmasinki, samomizda kezgan quyoshning sochgan va har on botishi bilan bir boshqa olamni ko’rsatgan nurlari kabi emas, Qur'onning arshi a'zamidan kelgan nurlari bilan o’lmas, tuganmas, davomiy nurni risolalaringizda ko’rsatmoqdasiz.
Risolalar, har biri manbalari va o’zanlari boshqa-boshqa lekin bir okeanga to’kilgan daryolar kabidir. Bu so’ngsiz daryolarning qaysisiga borgan inson nega to’ygunicha suv ichmasin? Qo’l va yuzlarini tozalashni istaganlar, qanday qilib bu daryolardan istifoda etmasin? Yerlarini sug’orishga ariqlar qilib qaysi tarafga qaratilsa, azim jamoatlar nega fayz olmasin?
Bu daryolarda shunday katta shifolar borki, xastalar ichsa, unda har qanday davoni topadi. Yaralilar ichsa, ming turli yaralariga malham topadi. Keksalar ichsa, abadiy hayotning jasur o’smirlaridan bo’lishadi. Yoshlar ichsa, ikki dunyo saodatini bir onda qo’lga kiritadilar.
Risolalarni o’qiganlar, suyukli Ustozim, sizning qanchalik buyuk va oliy qalbga ega bo’lganingizni tan olish uchun, bilmayman tafakkurga ehtiyoj bormi?
Shuncha vaqtdan beri "Qur'oni Azimushshonning dalloliman va bu muqaddas vazifamni hech narsaga almashtirmayman" degan e'lonlaringizga, navbatdagi nashr qilingan Yigirma To’qqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining sakkiz sahifalik Sakkizinchi Ramzi yana bir bor quvvat beradi va ko’rsatilgan haqiqatlarga maftun bo’lmaslik mumkinmi?
Oh sevgili Ustozim, til va qalamim uyg’un bo’lsa edi, har bir risolani loyig’idek madh qilib taqdim etsam. Afsus, hamma narsada bo’lgani kabi, bu xususda ham faqirman.
Ha sevgili Ustozim! Sevinchimizni ortirgan yana bir masala bor. U "Kanz-ul Arsh duosining fayzidan kelgan nukta-i Qur'oniya" nomli nashr qilingan ikki sahifalik Qur'onning hijo harflarining bu qismga qo’shilishi, bu qismning ham, biz yozayotgan tavofuqli va xoshiyali Qur'oni Karimning bosh tarafiga, hamma foydalanishi va fayz olishini osonlashtirishga binoan kirgizilishi haqidagi o’zlarining munosib ko’rishlari bilan bo’ldi. Bu istak bizningcha juda o’rinli, faqir talabangizning nazarini moziydan hozirgi zamonga, hozirdan istiqbolga qaratdi. Kelajakda porlagan nurlarni ko’rsatib, nihoyatsiz sevinchlarga g’arq qilyapsiz.
Ahmad Xusrav
* * *
(Ra'fatning bayoni.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Muhtaram va juda qiymatli Ustozim Afandim!
Yigirma To’qqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Ramzini diqqat bilan o’qidim. Ichiga olgan horiqo ramzlar va ular ifoda qilgan yuksak haqiqatlar faqirga azim istifodalar ta'min etdi. Va meni chuqur-chuqur tafakkurga va tadqiqotga chorladi. Bolaligimdan beri dinga oid haqiqatlarga juda qiziqar va har fursatdan foydalanib tadqiqot va izlanishda bo’lardim. Afsuski, orzuimga erisholmas edim. Shu sabab ya's va umidsizlikka duchor bo’lardim. Hadsiz shukrlar bo’lsin ul Xalloqi Azimgaki, bizlarni xar bir asrda fazilatli xazlatlarilari kabi, kam uchraydigan buyuk dohiyga qovushtirdi. O’ttiz yildan beri ruhimning juda buyuk ishtiyoq va hasrat bilan kutgan ustozi muhtaramga noil ayladi.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ ثُمَّ اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Modomiki bugungacha bu haqiqatlar hech bir asarda ko’rilmagan va eshitilmagan ekan, xozir yozilishi juda muvofiq bo’lib, o’qigan har bir iymon ahlining, Qur'oni Hakimning so’ngsiz xazinalaridan bir qism javharlarni qo’lga kiritish, ham ma'naviy boyliklariga boylik qo’shish hamda maxfiy xazinalardan xabardor bo’lishdek, inson ruhining eng buyuk ehtiyojlarini qondirdi.
Xulosa: Tavofuqot va rumuzoti Qur'oniya, azim xushxabarlarni ichiga olgan bo’lib, kamoli hassosiyat bilan o’qib, tadqiq qilinmoqda. Shuning uchun nihoyatsiz hurmat va ta'zimlarimni arz etaman, muborak qo’llaringizdan o’pib, Janobi Haqning bizga qalbiy inkishofi ehson qilishi xususidagi xayrli duolarini iltimos qilaman, suyukli Ustozim Afandim.
Ra'fat
* * *
(Rushduning bayoni.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Juda qiymatdor va juda muhtaram Ustozim Afandim Hazratlari!
Nurlari bilan qora qalbimni nurlantirgan Maktubotingizdan, i'jozi Qur'oniydan Ixlosi Sharif, Mu’avvizatayn, Fotiha-i Sharif suralari harflarining tavofuqlari sirlarini ko’rsatadigan Yigirma To’qqizinchi Maktubning Sakkizinchi Ramzini din qardoshlarim bilan birlikda o’qidik. Ko’p shukr, ming shukr, alhamdulilloh. Janobi Vojib-ul Vujud va Taqaddas Hazratlarining kalomi Qur'oni Azimi Hakimning sirlariga hayratda qolib, butun qalbim va lisonim bilan اَللّٰهُمَّ نَوِّرْ قُلُوبَنَا بِنُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ dedim.
Ustozim, yangi tavofuqotli Qur'oni Azimushshonning bosh tarafiga Ramzning ilovasi haq va haqiqatni e'lon qilishi maqsadiga muvofiq bo’lsa ham, o’qigan sari to’ymaydigan va zeriktirmaydigan, har bir o’qigan kishi sari dunyo lazzatidan ming marta ortiq lazzat olgan, qoraygan qalblarni nurlantirgan, bizga o’z tilimizda hollarimizni ko’rsatgan, haq yo’lini ko’rsatgan risola-i pur-nurlaringizda ham birga alohida bo’lishi va Qur'oni Hakimning boshiga mumkin bo’lsa ham arabchasining va hamda turkchasining qo’yilishi muvofiq bo’ladi deb o’ylayman, afandim hazratlari.
Rushdu
* * *
(Soatchi Lutfi Afandining bayoni)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
I'jozi Qur'oniyadan Ixlosi Sharif bilan Muavvizatayn va Fotiha-i Sharifa suralarining harflarining tavofuqlari sirlarini ko’rsatgan Yigirma To’qqizinchi Maktubning Sakkizinchi Ramzini olib, o’qidim. Ushbu nashr qilingan risoladagi tavofuqot hozirgacha o’xshashi bo’lmagan sirni o’rtaga qo’ygan. Bu xususga doir mutolaa qilish, quvva-i qalamiyamdan va havsala-i mavjudamdan qat-qat ustun bo’lish bilan birga, afvi Ustozonalariga ishonib: "Nashr qilingan risoladagi izohlar har qanday badbin va ko’r g’ofilni uyg’otishga, hatto butun borligi bilan qoraygan qalblarni nurlantirish va irshodga buyuk dalil bo’lgani uchun, muhtaram Ustozimizning tasavvuriy qarori shaklda, har bir kishining Qur'oni Azim-ul Burhondagi mo’'jizalarni ko’rishi uchun Qur'onning bosh tarafiga kirgizilishi xususi juda muvofiq ko’rilganini arz qilaman, afandim hazratlari." deyman.
Soatchi Lutfi
* * *
(Osim Beyning bayoni)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Ustozimni bu faqirga lutf va karamidan ehson qilgan Qodiri Mutlaq, azal va abad sultoni Janobi Hayyi Loyamut Hazratlariga har daqiqada yuz minglarcha hamd va shukr qilsam-ki, qilyapman, yana yuz mingdan bir qarzimni ham ado etolmayman. لَهُ الْحَمْدُ وَ الْمِنَّةُ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى Pur-taqsir bu faqir, uzluksiz o’ttiz to’rt yillik askarlik hayotimda, bashariyat taqozosi, oz va ko’p ma'siyatning bo’ron va to’lqinlariga duchor bo’lgan, oxiratga oid din vazifasi va qullikda juda ham nuqsonli, g’aflat uyqusi cho’mib hayot o’tkazganimni endi anglamoqdaman. Nuqsonli o’tgan vaqtlarimdan pushaymon va nadomatda bo’lib, avvalgi kulganlarimga hozir yig’layapman. Bu siz Ustozimga va risolalaringizga qovushish natijasi bo’lib, yuz minglarcha shukr, Janobi Haq sizni bu faqirga ehson qildi.
To’rt yil avval Burdurga kelganimda, qardoshimiz Shayx Mahmad Afandining yo’l ko’rsatishi va vositachiligida xabarlashishni boshlangan, natijada hikmatli, nurafshon, mushkul-kusho va koinotning yashirin sirini ochgan kalitlarni bu faqirning qo’liga bergan - risolalar bo’ladi. Xullas, o’sha bebaho kalitlar shunday javohirlar va brilliantlar bo’lib, nima dey, iqtidorsizligimdan til va qalamim qalbimning tarjimoni bo’lolmayapti, ojiz qolyapti.
Shariat, haqiqat va ma'rifat xazina va yashirin xazinalarini ochadigan va ochgan faqat va faqat Nur risola-i sharifalaridir. Nur risolalarining har biri bir-biridan nurli, xususan I'jozi Qur'on "nur-un ala nur". Qanday ta'riflayin, bir odam farahli gul bog’ida g’oyat kamyob va rangba-rang, xushbo’y latif gullarning qaysisini uzishga, hidlashga, tanlashga hayron bo’lib, hammasidan bir dasta, bir bog’lam qilishga qaror qilgani kabi; risola-i sharifalar ham yozgan, o’qigan, tinglagan kishini nur bog’iga, nur dengiziga g’arq etib, ham tafakkur qildiradi ham xayratda qoldiradi. Bular hammasi bir gul dastasi emasmi?! Faqat u insonni xayrat va tafakkur sahrosida aqlini ketkazgan sarhush, qilmaydimi?! Butun dunyoviy insoniy va hayvoniy xossalaridan ayrilishiga, Xoliqiga davomli qullik qilishiga, barcha yomon axloqlarni daf qilish, quvishiga va boshqalar kabi hissiyoti bilan hislantirib, nafsi ammorani o’ldirmaydimi?!
Aytishim mumkinki, Nur risola-i sharifalari bir jannatiy bog’chadir. Bu gulistondan istifoda qilolmagan nasli buzuq, nasibasiz kimsalarga ming-ming afsus. U kabilarga ilhomi Rabboniy berilib, Yigirma Uchinchi So’z risola-i sharifasining oxiridagi ikki lavhaning birinchisida aytilgan g’aflat pardasidan yashiringan narsani, ikkinchi lavhadagi g’aflatdan uyg’onib xushyorlikka o’zgartira olsinlar.
Jumla mo’minini muvahiddinning hidoyat yo’liga qadam bosishlari uchun Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlariga qovlan duo va yolvorishim hamda amalda hanuz to’rtdan birini yoza olmagan Nur risola-i sharifalarimning faqirda mavjud bo’lganlarini, ishonganim, muhabbat va yaxshi ko’rganini his etgan qardoshlarga, jumladan (...) kabi muhtaram zotlarga, juma kunlari faqirxonada to’plangan vaqtda, shaxsan o’qir va qo’llariga bittadan Nur parchalaridan berib kechgacha, ba'zan kechalari o’qishda davom qilinmoqda. Hammamiz Janobi Qodiri Qayyumga ubudiyat va niyozimizni ado etmoqdamiz va Siz Ustoz hazratlariga ham qarz bo’lgan duo-i ustozonalarini yod va zikr qilamiz.
Janobi Zuljaloli val Kamol Hazratlari Siz Muhtaram Ustoz hazratlarini dunyo turgancha Nur Risolalarini rahbarlikda, yo’l ko’rsatishda va nur dalloligida qiyomatga qadar qoim qilsin, duosini har namozning oxirida singlingiz bilan birga tilimizda vird qilamiz, afandim hazratlari.
Osim
* * *
(Ahmad G’olibning So’zlar haqida bir bayoni.)
Odami ilmi haqiqat so’zingiz,
Tarjimoni kanzu vahdat so’zingiz.
Hazrati Haqdan ato-i mahzdir,
Nash'a-i Shiti huviyat so’zingiz.
Darsi hikmatdan butun ulviy bayon,
Misli Idris, pur-hikmatdir so’zingiz.
Mavji to’foni zalolatdan qalqon,
Kashti Nuhi salomatdir so’zingiz.
Sarsari ilhoddan qutqargan,
Shu'la-i Hud-u hidoyat so’zingiz.
Tazkiyatbaxshi qulubi mo’miniyn,
Solihdori omonatdir so’zingiz.
Vahdatning asrorini e'lon qilgan,
Ul Halil-vash asli millat so’zingiz.
Baxshi zamzam aylar xayr ahliga,
Ismoili fayzi hurmat so’zingiz.
Mahzi tahqiqdir, xayolotdan a'lo,
Sirri Isxoqi haqiqat so’zingiz.
Zumra-i Tog’utni barbod etuvchi,
Lut kabi rukni salobat so’zingiz.
Doimo kalomullohi notiq sharhidir.
Kanzi i'jozi risolat so’zingiz.
Dini Haqning nashru tamimi uchun,
Fazli Isroili qudrat so’zingiz.
Haq jamoli-yu kamolin ko’rsatgan,
Husni Yusufdan ishorat so’zingiz.
Yo’qlik ichra borliqqa qoim bo’lgan,
Sabri Ayyubi matonat so’zingiz.
Mulhid-u fir'avnlarni g’arq aylagan,
Turi Muso-i shariat so’zingiz.
Boshdan oyoq mezoni hikmatla rasin,
Shuaybi amnu adolat so’zingiz.
Zalolat ahlini qilgan chil-parchin,
Xuddi Xoruni fasohat so’zingiz.
Askari Jolut kufrni mahv etar,
Savti Dovudi xilofat so’zingiz.
Ma'rifati taqvo, hikmat mulkiga,
Bir Sulaymon amirligi so’zingiz.
Qisqachasi dardlarga darmon etar,
Dasti Luqmoni darmondir so’zingiz.
Hujjatingiz qoim ba'su ba'dal mavt uchun,
Uzayr kabi sazovordir so’zingiz.
So’z emas, mag’izdir izohlaringiz,
Doim Vajhi Haqqa ishorat so’zingiz.
Lubbi lub ma'rifatdir alhosil,
Yuz yuzga haqqa itoat so’zingiz.
Ahli shavqqa obi hayot baxsh etgan,
Hizri bahrayni valoyat so’zingiz.
Og’ir yukdan aqllarni qutqargan,
Nuri Ilyosi riyozat so’zingiz.
Qullikning afzalini izhor etgan,
Zulkifli ibodat so’zingiz.
Mone bo’lar kofir bo’lgan ya'jujlarga,
Chunki Zulqarnayni qudrat so’zingiz.
Sirri tasbehotni talqin aylagan,
Misli Yunus g’avvosi haqiqat so’zingiz.
Rahmati Rahmonni faqat zikr etar,
Hamdi Zakariyo-i rahmat so’zingiz.
Tob bilan sharhi kitobi Haq etar,
Ilmi Yahyo-i varosat so’zingiz.
Murdani ihyo, ko’rni ko’ruvchi,
Nafha-i Iso-i fitrat so’zingiz.
Mujda-i paymoni qulubi ahli haq,
Mahi-i tariqi fatrat so’zingiz.
Ahmadning me'rojini aylar bayon,
Shahri ahkomi nubuvvat so’zingiz.
Haq Taolo doimo pur-nur etsin,
Chunki irfoni saodat so’zingiz.
Shoni Ustozda nima deysiz G’olibga,
Demak, bir iymoni hayrat so’zingiz.
Ahmad G’olib
* * *
(Ahmad G’olibning So’zlar haqidagi arabiy bayoni.)
مُق۪يمُ السُّنَّةِ بِالْاِجْتِهَادِ ٭ قِوَامُ الدّ۪ينِ ف۪ى يَوْمِ الْفَسَادِ
Ijtihodu sa’y g’ayratla sunnatni tiriltirdingiz
Bu asrning fasod kuni dinni quvvatlantirib, yuksalttingiz.
سَلَلْتَ السَّيْفَ عَلَى الَّذ۪ينَ ضَلُّوا ٭ عَنِ الْحَقِّ وَ هُمْ اَهْلُ الْعِنَادِ
Ma’naviy qilich tortdingiz zalolatdagilarga
Qaysarlik bois yo’ldan chiqqanlarga
بَيَانُكَ كَانَ صَمْصَامًا شَد۪يدًا ٭ عَلٰى اَهْلِ الضَّلَالَةِ وَ الْاِرْتِدَادِ
Bayoningiz zalolat ahliga chaqmoq qilichdir
Murtadu zalolatda kim, qarshisida shiddatlidir
وَ نَادَيْتَ الْجَوَانِبَ هَلْ اَجَابُوا ٭ اِلٰى نَهْجِ الْحَق۪يقَةِ وَ السَّدَادِ
Xar tarafga nido qilib, Haqqa keling! Javob bering! Nurga keling!
Haqiqat yo’liga kirib, sidq-u ixlosla xar on mahkam bo’ling!
اَجَابَ اَهْلُ قَلْبٍ طَائِع۪ينَ ٭ وَ تَهْتَزُّ الْقُلُوبُ بِالْوَدَادِ
Haq yo’lin qalb ahli, sizga itoat qildilar,
Muhabbatla to’lgan qalblar, ishqu baxtga to’ldilar.
لَاَنْتَ دَعَوْتَهُمْ سِرًّا وَ جَهْرًا ٭ لَقَدْ جَاؤُكَ مِنْ اَقْصَى الْبِلَادِ
Siz ularni goh yashirin goho ochiq da’vat qilib,
Uzoq viloyatlardan kelganlarni nurlarga band qildingiz.
فَمَا اسْتَغْنَوْا عَنِ الْاٰيَاتِ طُرًّا ٭ لِاَنَّهُمْ اَتَوْكَ بِاِعْتِمَادٍ
Haq yo’lida ko’rishdi sizni, istamadi dalil isbot,
Chunki to’g’riligin ishonmishlar, sizga tayanmishlar.
رَاَوْ ف۪ى نُطْقِكُمْ نُورًا جَلِيًّا ٭ فَيَوْمًا بَعْدَ يَوْمٍ مُسْتَزَادٌ
Ko’rishdi sizning nutqda porloq nur,
Kunma kun ortdi qalblarda nur, yuzlarda aks etmish surur.
فَتَحْتَ عَلَيْهِمْ اَبْوَابًا كَث۪يرًا ٭ مِنْ اَقْسَامِ الْعُلُومِ بِالرَّشَادِ
Ochdingiz ko’p Haq yo’llarin, omiydan to xoslargacha,
Asmo-yu sifatda aks etgan turli ilmlar to arshgacha.
جَزَاكَ اللّٰهُ مِنْ خَيْرٍ كَث۪يرٍ ٭ وَ اَعْطَاكَ الصَّفَا ف۪ى كُلِّ وَادٍ
Alloh xayrla mukofot bersin, ey muhtaram,
Hamda buyuk hotirjamlik ato etsin Xalloqi olam.
وَ يَحْفَظُ قَلْبَكُمْ مِنْ كُلِّ هَمٍّ ٭ وَ اٰثَارَكَ مِنْ طَوْرِ الْكَسَادِ
Hifz aylasin qalbingizni, turli g’am-u kadardan
Siz sababchi asarlarni hamma ziyon kasoddan.
يُرَوِّجُ نُطْقَكُمْ ف۪ى سُوقِ حِكْمَةٍ ٭ بِاَنْوَارٍ اِلٰى يَوْمِ التَّنَادِ
Hikmat bozorida topsin e’tibor Ismi Hakiymga sazovor nutqingiz,
Nurlantirsin to qiyomat bu bechora davr zulmatin.
اَلَا لَا تَرْتَعِبْ عَنْ دَعْوَةِ النَّاسِ ٭ فَبَشِّرْ قَلْبَهُمْ وَ اللّٰهُ هَاد۪ى
Ustoz chekinmang, chaqiring Qur’onga, xalqni Haqqa da’vat,
Bashorat bering mukofotni, sevinsin qalblar, Allohdandir hidoyat.
***
(So’zlar haqida Murod Afandining bayoni.)
Aziz Do’st!
Ma’orif daryosidan irfon osmoniga Ilohiy havo bilan jo’shib otilgan va irfon samosidan ma’ofir zaminiga Ilohiy havo bilan tushgan ma’rifat yomg’irini va jo’shqin hikmatni zaminu osmon orasida sayrga sho’ng’igan edim. Shu bilan birga jo’shgan daryoning qa'ridan, bayon sohiliga bahosini ta’riflab bo’lmaydigan javharlar kelar edi. Bulardan bir miqdor bo’lsa ham olishga iqtidorim yo’q va yetmas edi. ko’rib olib bilgan narsam, badi'ning jilvasi bilan badi'iyotning nash'asi bilan hayratdir.
Murod
* * *
(Sabrining bayoni.)
O’n to’rtinchi asrning ellik ikinchi yiliga yetishib, qat’iy hukmlari bilan mo’minga baroat va gunohkorga abadiy yo’qlik hukmining bajarilishi va ijro etilish kunigacha boqiy qoladigan azaliy Subhoniy qonunlarning hammasini mahv va yo’q etish botil amallar va munofiqona fikrlarga tushgan ahli zalolat, ilk qadamini tashlashni istashadi. Amalga oshishidan avval kashf qilib, biz po’lat qal'a deb ta'bir etgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning mufassir va mumassili - Nur daryosi zohiran o’ttiz uch adad, ma'nan o’ttiz uch million farqli va ko’plab olmos, marvarid va javohirlarni vujudga keltirgandan so’ngra, asl qal'aning nurli va muhim tashkilot doirasida tartiblab, baquvvat o’rnatilishi kerak bo’lgan hangomda, eng oddiy xizmakor, haddimdan yuz ming marta ortiq muqaddas vazifaga, bu ojiz qul ham, tayinlanishi va qabul etilishdagi Subhoniy tavfiqotga javoban, Rabboniy sajdagohda mutolaa va riyo bo’lmasin, shu foniy vujudimni orom olmasdan yo’q qilsam ham muqaddas vazifa doirasida, bir daqiqa musharraf bo’lishim evaziga loyig’idek qullik qilola olmaganim uchun,
اِلٰه۪ى اَنْتَ ذُو فَضْلٍ وَ مَنٍّ وَ اِنّ۪ى ذُو خَطَايَا فَاعْفُ عَنّ۪ى
qasida-i sharifasi bilan qullikni arz qilish bilan kifoyalandim.
Xulusiyi Soniy Sabri
* * *
(Ahmad Xusravning bayoni.)
Suyukli Ustozim!
Bu hol qarshisida o’zimni o’ylayapman. Va yana, men bel bog’lagan qudsiy xizmatga qarayapman. Janobi Haqning lutfu ehsonlariga hamd aytib, shukr etar ekanman, bir do’stimiz aytganidek, men ham o’zimga:
Ha Xusrav, sen yaxshi emassan, tutgan yo’ling yaxshi, go’zal, porloqdir. Undanda chiroyli, undanda porloq va ulardan yanada nurliroq yo’l topa olmaysan.
Suyukli Ustozim, sizdan qarzdormiz, risolalardan qarzdormiz. Bizni sizga va risolalarga ulashtirgan Janobi Haqdan qarzdor va mutashakkirmiz va homidmiz.
Suyukli Ustozim, maktubingizda mening charchaganimdan baxs qilmoqdasiz. Ha, ba'zan charchayman, lekin ruhim charchab istirohatni istagan nafsimni vazifaga da'vat etadi va balki bugungi sa’yu harakatim kafforat-uz zunub - gunohlarimga kafforat bo’lar. Chunki Janobi Haqning rahmati keng. Bu tushuncha bilan shavq va sevinchga qarab borar ekanman, yozuvlarimning qiymatdor Ustozimni xursand qilishi bu holimni qat-qat ziyodalashtirmoqda.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Ahmad Xusrav
* * *
(Kichik Zuhduning bayoni.)
Yigirma To’qqizinchi Maktubning Yettinchi Qismini kechqurun faqirxonada Bakir Og’a bilan birga ba'zi xususiy birodarlarimiz bilan birga o’qidik. Oxirgi risola dinsizlarni lol etishga kifoya qilishiga hammamiz xulosa qilib, iymon keltirdik.
Kichik Zuhdu
* * *
(Sabrining bayoni.)
Vaqti-vaqti bilan ahli zalolat dinimizda muqaddas hisoblangan narsalarga qilayotgan hujumlari sabab ruhimda chiqqan yaralarning og’riqlari bilan azoblanayotganimda, muhtaram Bakir Og’a Hizr kabi yetishib, Yigirma To’qqizinchi Maktubning Yettinchi Qismini, dardimga darmon sifatida berdi.
Ha, Qur'on dorixonasida tayyorlangan dorilar va faqat mingdan bir nisbatidagi hikmatidan ushbu yashirin durni, savol javoblar, ishora va ochiq bayoni bilan davolab, g’amli qalbimni xursand qilganda, xafa vijdonimni nurlantirganda va ma'yus ruhimni xushnud etganda: "Rabbim yordam ber! Rasuling va Habibing Muhammad Mustafoning (ASV) haqiqiy ummatiga tuganmas hikmat xazinalari baxsh etgansanki, bu muqaddas xazina 1351 yil azaliiy hukmlari va abadiy farmonlari bilan boqiy hayot ehson etganki, anbiyolarning haqiqiy vorislari hisoblangan mashxur olimlar eng qisqa oyatdan qanchalab cheksiz haqiqatlar istinbot va istixroj qilib ummati Muhammadning majruh qalblarini Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning obi hayoti bilan tiriltiryapsiz. " deyman.
Ey Malik-ul Mulk, ey Xoliqi Zuljalol, ey Hokimi Bemisol! Zoti Azamati Kibriyongga iltijo bilan: Qur'on hukmlarini yuksalt, tariqi Ahmadiyani sobit qil, payg’ambarlarning haqiqiy vorislarining istak va maqsadlarini yengillashtir, osonlashtir, bu bechora qullarini Qur'oni Azimushshonning nuroniy doirasida baxtiyor shaklda i'loyi kalimatullohni ko’rsatmasdan boqiy olamga ko’chirma", deb niyoz qilaman zohiriy va botiniy ko’zlarimni Qur’on lavhalari bilan pardaladim, Ustozim Afandim.
Pur-qusur talabangiz
Sabri
* * *
("So’zlar"ni mushtoqlarning qo’liga yetishtirgan qardoshim Bakir Og’aning bayoni.)
Qo’limizdagi Qur'on haqiqatlarini jamlagan Nur Risolalari xar on va xar doim bizni haqiqat yo’lining nurlariga g’arq etib, hozirgi davr iymon ahlining qalbidagi iztirobni ketkazmoqda.
Haqqa shukrlar bo’lsinki, iymon ahliga hujum qilgan va bardosh qilish mumkin bo’lmagan holatlar qarshisida iymon va irshodning nuroniy doirasi ichida, haq va haqiqatga loyiq vazifada ishlatilmoqdamiz. Davrimizda yagona tasalli topadigan nuqtamiz bo’lgan, faqat Arhamurrohimiynning sizning vositangizda, ato etgan haqiqatlari hisoblanadi. Shukronalarimga tilim tarjimon bo’lolmaydi. Nima deyishni bilmayman. Ayta oladigan narsam, kutgan umidim, mening va iymon ahlining, ayniqsa risolalar bilan aloqador qardoshlarimning ikki dunyoda baxtli bo’lishlarini va ayniqsa boshda Ustozimizning muqaddas va juda azim xizmatidan, Xoliqi Koinot hazratlarining roziligini tilashdan iborat bo’lib qolmoqda. Bugun ranjituvchi holatlardan xafa bo’lmaslik mumkin emas. Alloh yaxshi qilar, inshoalloh. Men johilman, bu qadar yoza oldim. "So’zlar"ning qiymatini ta'riflashdan ojizman. Qancha yozmay, ushbu asarlarning qiymatining mingdan birini ko’rsatolmaydi.
Talabangiz, Amrulloh o’g’li
Bakir
* * *
(Tariqat haqidagi Talvihoti Tis'a munosabati bilan yozilgan.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Suyukli va qiymatdor Ustozim, Afandim!
Hofiz Ali Afandi qardoshim bilan yuborilgan Yigirma To’qqizinchi Maktubning To’qqizinchi Qismini juda katta sevinch bilan olib, o’qidim. Qisman qardoshlarim bilan, qisman bir o’zim besh-olti marta o’qisamda, bu risolaning bergan nuroniy fayzlari qarshisida o’qigan sari o’qish ehtiyojim ortdi. Yillardan beri mushtoq bo’lgan tariqatimning bunday oliy, pok, buyk haqiqatlarini o’rgatgan qiymatli risolani qo’limdan tushirmayapman. Har o’qiganimda boshqa bir zavq beryapti va birodarlari bo’lgan boshqa risolalar kabi, har boqishda boshqa bir go’zallik, boshqa bir latofat ko’rsatgan bu risola va ichidagi buyuk va oliy haqiqatlarni o’qigan lavhalarning mundarijalarini, yaqin to’rt-besh yildan beri qidirayotgan, topolmayotgan edim.
Suyukli Ustozim, Alloh sizdan abadiyan rozi bo’lsin. Okean ichida yashab, suvsiz qolishlari sababli emas, balki o’zlarida qiymatli narsalarning chiqishi uchun, Aprel yomg’iriga qattiq ehtiyoji bo’lgan baliqlar kabi, mening ham ushbu risolaga qattiq ehtiyojim bor edi. Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq hazratlariga benihoya shukr bo’lsinki, hayotimning qorong’u sahifasini istaklarimning ustida juda ustun shaklda nurlantirdi.
Ha, bu risolaning faqir talabangizda hosil qilgan ta'sir va ta’assurotlarini qalam bilan ifoda qilishdan har doim ojizman. Kichik-kichik jumlalari va kalitlari bilan juda katta dafina va xazinalarni ochgan, azim girdoblarni yopgan va tariqatning pok, oliy va juda yuksak fayzli, sururli, zavqli, to’yilmas va tashlanilmas yo’l ekanini dars bergan qiymatdor risolani juda muhim deb bilaman. Ayniqsa tariqatga mansub, xorijning ayblovidan qochgan yoki o’rganishni, anglashni xohlasada, yetisha olmagan va aloqador bo’lishni istagan qardoshlarimni risolaga erishishi sababli tabriklashda o’zimni juda haqli ko’ryapman.
Qiymatdor Ustozim!
Risolaning qolgan qismining ham, tez tugatilsa, foydalanish va fayz olishimiz uchun yuborilishini, qo’l va etaklaringizni o’pib iltimos qilaman. Tugatish va yuborilishiga birodarlarim bilan birga sabrsizlik bilan kutayotghanimizni bayon qilaman, Afandim Hazratlari.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Haqir Talabangiz
Ahmad Xusrav
***
YIGIRMA YETTINCHI MAKTUBNING UCHINCHI QISMI VA UCHINCHI ZAYLNING OXIRI
(Ikkinchi Sabri va Ikkinchi Xusrav va Birinchi Alining bayoni.)
Ey Ulug’ Ustoz!
Sizga muazzam Kitobi Mubinning haqiqatlar xazinasining kalitini, rahmati bilan ehson qilgan Janobi Arhamurrohimiynga ko’p shukr bo’lsin. Butun dunyo xalqining juda qattiq ehtiyoji bo’lgan azim haqiqatlar va chanqoqlik bilan, sabrsizlik bilan, ikkilangan, hayron, "Ajabo, bir obi hayot topamizmi?" degan holatda ekan, Qur’on haqiqatlarining himoyalangan va yashirin, xayratda qoldiruvchi muborak va shirin buyuk bulog’ini ochib, har bir mashrab ahlining murojaatlarida ichilmasligi mumkin bo’lmagan, juz'iy-kulliy, hatto juda omiylar ham haroratini bir tomchi bilan tushiradigan darajada oliy vazifangizda tarqalgan, qiyinchiliksiz, sun’iylikdan uzoq, ko’p jihatdan komil qanoat bilan guvoh bo’lgan bu vazifa xodimi va faqat so’ngsiz ilmdan porlagan, arshi Xudoga nazar bilan olamga rahmat vositasi bo’lgan paytingizda qanday ta’riflash mumkin, bunga jasorat yo’q!
Boshdan oyoq nurga to’la asarlarning mumkin bo’lgan hamma narsaga aloqador, bepoyon va xoslarning xosi ham batamom ustun darajada foydalanishi mumkin. Bu faqir kabi yarim emas, hechning hechi bo’lganlarning, bu xususda mutolaa emas, qo’limga qalam olib muborak oliy fikrning ichiga chalkash fikrimni qo’shishdan qo’rqaman, jasorat etolmayman. Bosh maqsad, Ustozim, qisqa nazarim bilan qaraganimda, har xususda muvaffaq bo’lsin. Biz uchun muvaffaqiyatlar natijasi bo’lgan muborak kunlar uzoqqa oxshab tuyulyapti. Inshoalloh o’sha va'da qilingan kunni duongiz himmati bilan ko’ramiz. Biz ko’rmasak, buyuk futuhotga noil bo’lgan asarlaringiz juda yuksak mavqeda qahramonlik bilan ko’rishi shubhasiz. Janobi Haq sizdan abadiyan rozi bo’lsin, qo’limdan ojiz duodan boshqa narsa kelmagani uchun, fikri oliy, qalbi sof qardoshlarimga havola etib, qo’l va etaklaringizga yuzimni surib, betartib so’zlarimdan afvingizni so’rayman.
Ustozim, Uchinchi Nukta-i Kanziyani mutolaa etdim. Muborak Alaq surasining harflari ishorat qilgan sirlar qarshisida hayratimdan ixtiyorsiz, "Alloh, Alloh" lafzi jaloli og’zimdan chiqishi ko’zlarim mungli yoshlanardi va hayolimga shu kelar edi: Koinotning har bir zarrasi Xoliqi Koinotning borligiga shahodat qilib, tabassum bilan xabar beradi. Xuddi shuning kabi, koinotning xaritasi bo’lgan Qur'oni Hakimni tashkil etgan harflari ham koinotdagi xodisalarning moziy, hozirgi zamon va istiqboliga hol tillari bilan guvohlik qilishlari yaqqol. Bu tushunchamning izohini oxirdagi eslatmasida topdim, alhamdulilloh dedim.
Xususan muborak Rahmon surasi davrimizning botil fikrlar va fir'avn yo’lini tutgan kimsalarga momoqaldiroq-misol ovoz bilan juda ochiq suratda barcha ishlar Rahmonurrahimniki deb isbot qilgan. O’ttiz bir marta bir jumla takrorlanib, axlatdan iborat tabiatparast va moddaparastlarni muqaddas harflarining ramzi bilan ostin ustun qiladi. Ustozim, ko’p yerlarda bayon qilganingiz kabi, koinot kitobini ochgan Qodiyri Zuljalol va Hakiymi Zulkamol kitobni yopgunicha, sahifa, satr, harf va nuqtalarini loyig’idek izoh qiladigan va hikmatini ko’rsatadigan mufassir va muarrifning haqiqiy vorisini rahmati taqozosida yo’q qilmaydi.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Ha Ustozim! Shohidmanki, juda charchagansiz va charchayapsiz. Lekin vazifaning muqaddasligi charchashga emas, hamma narsadan ustun tutilishini aytmoqdasiz. Modomiki bu davrda ikki muhim buyuk jarayon bor. Birining qo’mondonligini Janobi Haq sizga yuklagan bo’lib, butun dunyo ma'nan Qur'onning bayon va sirlarini sizdan tinglamoqda, inshoalloh har doim tinglaydi. Ma'naviy urush zamonida urushning sababli faqat insonlar mahv bo’lmaydi, balki o’z manfaati yo’lida foydalangan buzg’unchilar butun mavjudotni yo’q qiladi. Shunday ekan, siz faqat bizga emas, qiyomat kunigacha musulmon farzandlarning yaralanmasligi uchun sovut va quroli bilan dunyoni larzaga solgan pastkashlar guruhini bo’g’uvchi tutunlar ichida qoldirgan, Qur'oni Hakimning so’nggi usul muborak xomashyolarini chiqishiga vasilasiz. Bor bo’ling ey suyukli Ustozim! Rabbim charchog’ingiz evaziga ming g’oziyning savobi ehson qilsin, omin.
Marhamatingizga ishonib shuni aytamanki: Modomiki xozir ma'naviy jihod davri ekan, biz vazifador askarmiz va askarlikdan lazzat olayotganimizni aytmoqdamiz; dushman ham dassos, ham ko’rinishdan quvvatlidir. Qilich dushmanga qarata tortiladi dasturiga muvofiq, sizning xavotirsiz va oromsiz sa'y harakatingiz ko’z o’ngida ekan front-jabhamizga hiyla tuzog’i sanalgan mansab sevgisi va dunyo sarmoyasi kabi juda jozibador narsalar bilan bizni aldashganini bilishimiz kerak. Jabhamizni tashlab, o’tkinchi narsalarga aldanib, juda muborak va muqaddas narsalarning oyoq ostida qolishiga sabab bo’lmaslik uchun, faqat va faqat Janobi Kibriyoning azamat va qudratidan, shumulli rahmatidan, Shohi Lavlakning himmati ommasidan, Zoti Ustozonalarining maqbul duolaridan kecha-yu kunduz hissador bo’lishimizni niyoz etaman, bunga iymonim bor va har daqiqa oromsiz kutaman.
Hofiz Ali
(Rahmatullohi Alayh)
* * *
(Xulusiy Beyning bir bayoni.)
Yigirma To’qqizinchi Maktubning Yettinchi Qismi
1-Islomiy shiorlarining o’zgartirilishiga aslo rozi bo’lmagan va bardosh berolmasdan quloqlarini yopganlarning fikrining haq ekaniga qat'iy bir hujjat.
2-Haddan ortiq izohlar bilan "zohiran tengnman" deganlarni, birinchi guruhga qo’shadigan ta'sirli bir quvvat.
3-Ulamo-us su guruhiga shiddatli bir ta'zir.
4-Har xil nom va vasilalar bilan, dinsizlik g’oyasi maqsadida bid'atlar chiqarganlarga, kuchli qudrat zarbasi va tavqi la'nat.
5-Beshinchi va Oltinchi Ishoralar, dunyoni isloh qilish shaxsan Hazrati Mahdiyning chiqishiga bog’liq degan fikrdagi guruhga, bu zoti oliyshonning ham bu ishni qila olishiga shubha qilganlarning, bu vahimalarini bartaraf qiladigan, ishonchlarini ta'minlaydigan o’ta kuchli kundek haqiqat.
6-Yettinchi Ishora, bu asrning eng ma'qul mujohadasining uslubini ko’rsatgan, ayni hikmat kabi xususiyatlarni jamladi.
Ojiz qardoshingizning qisqa vasfi, albatta ojizligiga shahodat qiladi. Yo’qsa bu haqiqatlarni loyig’idek vasf aylamoq bu bechoraning haddi emas.
Dunyoviy mashg’uliyatlarim, xususiy ishlarimiz va padarimga yordam berishimga o’xshagan majburiy hollar va tuyg’ular, avvalu oxir aytganimdek, Qur'on xizmatidagi vazifamga ko’p mone’ bo’lmoqda. Nima qilay? اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى كُلِّ حَالٍ deyman. Duongizga juda muhtojman va muhtojmiz. Biz har vaqt suyukli Ustozimizni duo qilamiz.
Xulusiy
* * *
(Sabrining bayoni.)
Ustozi Akramim Afandim Hazratlari!
Kamida, qirq yildan beri haqiqat olamida nurlar sochgan nuroniy, muqaddas, fayzli so’zlarning hammasi, butun bosqichlarida tariqat va sayri sulukka oid derazalarni ochib, mushtoq qalblarga tomosha va ko’z qamashtiruvchi chaqmoq misol تَعَالَوْا اَيُّهَا الْاِخْوَانِ balog’atli nidosi bilan da'vat etayotgan ekan, durbin bilan qarovchilar oshkora ko’rib va tinglab iltimos qilayotgan bo’lishsa ham, bu purqusur qul ular bilan yelkama-yelka yurgan, tariqat nima ekanligini, fayz quyoshining chiqish joyi va najot zafarining manbai - Yigirma To’qqizinchi Maktubning to’qqiz saodat lavhasini jamlagan To’qqizinchi Nuktasini qo’limdan kelgancha o’qib o’rgandim. Undan tuganmas fayz va cheksiz turfa zavqlarni ichiga olganini yana bir kara tasdiqladim. Alhamdulilloh, shu nukta vositasida muhtoj qalbimga behisob nurlar baxsh etildi.
Qalbim his qilib, tilim ifodaga qodir bo’lolmay, haqiqat dengiziga sho’ng’ib, ushbu o’ta qiymatli asarning minnatdorlik va shukr qilishga loyiq ekanini aytaman. Qolganining davom etishi va yozilishini jonu dildan talab va orzu qilar ekanman, ilovasi uch talvih ham ehson qilindi.
Xotimasi tahlikalardan qutulish chorasini ko’rsatgan irshod va tanbehlari bilan, jiddiy bir saodat lavhasi va yangilangan hayot sababchisi bo’ldi. Ajabo, har on, eng oz ming xil saodat mevasi bilan ozuqlanishdan qochgan va buyuk jaddaga aslo loyiq bo’lmagan, bo’hton va tuhmat pardalarini ko’rib, tengsiz mash'alni so’ndirishni, zulmat va zalolat vodiylariga yo’l ochishni istagan loqaydlarga nima deyish kerak?
Benazir otashlari bilan hozirgi asrni tiriltirgan, nurlantirgan hamda istiqbolning chizmasini loyig’idek tartiblagan va mustahkamlagan Nurlar abadiyan bardavom bo’lsin. Bari-i Taolo Hazratlaridan, pur-nur asarlarning butun ummati Muhammadga (S.A.V.) bildirishga muvaffaqiyat va muyassariyat ehson qilishini tilayman. Omin.
Sabri
* * *
(Xusravning bayoni.)
Suyukli Ustozim Afandim!
"Kanz-ul Arsh" duosining fayzidan kelgan bir nukta-i Qur'oniyada, qilgan xatoimizni qanday qarshilanganini so’ragan va xato sabablarini bizga izoh qilgan sevimli maktubingizni oldim. Bu qismi Kavsar surasining latif va yuksak tavofuqlarini ko’rsatgan Oltinchi Ramz bilan, va buyuk bir fotihdan ham buyuk tariqatga oid qismi bilan birga o’qidim.
Bu hafta sevinchim va shavqim juda yuqori edi. Bir tarafdan yillardan beri chop qilinishi va olami Islomga nashr qilinishi uchun ko’chirilgan qiymatdor haqiqatlar xazinasi ishonchli vodiylarga yuborilayotgan edi. Boshqa tarafdan, bahorning jozibador go’zalligidan juda ham yuksak bir nuroniyat bilan qarshimizga chiqqan "Yigirma To’qqizinchi Maktub"ning har bir qismidan olgan ma'naviy zavq ichida yashayotgan edik.
"Kanz-ul Arsh" duosining fayzidan kelgan ikkinchi nukta-i Qur'oniyani maktubingiz kelmasdan avval do’stlar bilan birlikda takror o’qidik. Hech birimizda tadqiq qilish maqsadi bo’lmagani uchun, o’n daqiqa ichida yozilgan bu qismning nuroniy otashlari orasida qoldik. O’qirkan, og’zimizdan ora-sira chiqqan hayrat va taajjub sadosidan boshqa bir narsa eshitilmas va yuzimizdan oqqan shodmonlik, biz his qilgan ma'naviy zavqni ta'rifga kifoya edi.
Suyukli Ustozim!
Har bir risola oramizda juda buyuk bir sevinch bilan kutib olinganini, hayrat bilan o’qilgani, loyig’idek hurmat ko’rgani uchun, nima bo’lganda ham qilgan xatoim haqidagi maktubingizni olgan vaqtim, qiymatdor Ustozim bu holni bizga eslatmasaydingiz, biz hech qachon u bilan mashg’ul bo’lmas edik va xatosi bor deganlarga haq da'vo qilishimizda hech ikkilanmasdik. Kavsar surasining va Sakkizinchi Ramzning harflarning tavofuqlari ustida bir-bir tadqiqot qildik va hech birida nuqson topolmagandik. Bu tadqiqotimiz asosan kamchilik qidirish maqsadida emas, aksincha ma'lumotning tarqalishi va ma'naviy ozuqamizni olmoq uchun edi. Bu oqshom faqirxonada Ra'fat, Lutfi, Rushdu Afandi birodarlarim bilan o’tirgan, bu xususda takror gaplashgandik. Hammamiz: "Ustozimiz bizga aytishda hech bir narsadan chekinmasligini bilamiz. Bu hol bizlarga kifoya. Hozirgacha bunday bir narsa sodir bo’lgan emas. Bu xususda eng katta guvoh; bu risolalar, ilmni shaxsidan deb bilgan kishilarning qo’lida bo’lsa ham, ularni ham tasdiqqa majbur qildi.
Suyukli Ustozim! Bu hodisalar fikrlarimizni yanada quvvatlantirmoqda va sizga yanada ko’proq bog’lamoqda. Har xususda bizni himoya qilayotganingiz va avaylayotganingizga kifoya va yanada qat'iy bir burhon o’rniga o’tgan hisoblanadi.
Suyukli Ustozim! Bu hafta qo’lyozmangiz bilan juda ko’p zahmat chekib, ming qiyinchilik ichida yozgan, Qur'ondagi butun tavofuqlarni ko’rsatadigan yana bir nuktani oldim. Bu nukta kabi umumiy, faqat yana tarzlari boshqa-boshqa ikki tavofuqlar ro’yxatining yozilishi ishora qilinmoqda. Ularni ham sabrsizlik bilan kutmoqdamiz va charchoqligingizni eslagan sari, yuraklarimiz ingraydi. Janobi Haq sizlarga loyiq bir tarzda ko’p xayrlar ehson aylasin. Omin!
Xusrav
* * *
(Xusravning bayoni.)
Suyukli Ustozim, Muhtaram Afandim!
Qur'oni Karimning oyat, so’z va harflarida ko’ringan ixtilof bartaraf qilinishi uchun qaytadan haqiqiy va asosli shaklda aniqlanishi haqidagi xazratlarining ishorat qilishlari haqiqatdan xushxabar berishga loyiqdir. Bu va bu kabi folatlar bizni Ustozimizning buyuk va umumiy vazifasida har doim Janobi Haqdan muvaffaqiyat talabida bo’lishga chorlaydi. Ayniqsa birodarimiz Hoji Nuh Beyga yozilgan maktub surati va bunga o’xshash boshqa maktublar hayotimizni o’zgartirgan va kelajak hayotimizga nurlar sochgani kabi, bugungi insoniyat giriftor bo’lgan riyokorlik, xushomadgo’ylik va tilyog’lamachilik va shunga o’xshash juda ko’p razil axloqdan qutqargan va xar birining o’rniga go’zal axloq ko’chatlarini o’tkazib, yuksak va ta'sirli daraxtlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Bugungi insonlarning tuyg’ularidan butunlay boshqa bir hayotga chorlagan va har on "Xoliqimiz bizdan nima qilsak rozi bo’ladi va bugun hayot sahifamni qanday amal bilan yopaman. Ajabo, biz ummati bo’lgan suyukli Payg’ambari Zishon Alayhissalotu Vassalom Afandimizning, zalolat yo’lini tutgan yoxud zalolatga tushgan kimsalarga ergashgan ummatlarini qanday qilib hidoyat yo’liga keltirmoq uchun harakat qilsak, Payg’ambar (S.A.V.) xushnudligini jalb eta olamiz", degan his va g’oyasi bilan yashatmoqda.
Qiymatdor ustozga har qadamda ergashishni sevgan talabalaringizning ruhlarida, ustozlarining eng chiroyli "Qur'oni Azimushshonga fido bo’lgan bu bosh boshqalarga egilmaydi!" so’zi hayotimizda eng chiroyli va eng buyuk bir kalit va bir dastur bo’ldi.
Bu hayotda bu zavq bilan yashaganimiz uchun, bu vodiydagi qo’rquv deyilgan mavhum quvvat talabalaringizning haq yo’lida ko’rsatgan jasoratlaridan qo’rqmoqda. Rizo-i Ilohiy yo’lida keladigan har qanday holatga mamnuniyat bilan qarshi turishni, ustozlarining holidan har kun va har on dars olgan talabalaringizga va birodarlarimga xayrli muvaffaqiyatlar va saodatlar tilarkan; suyukli Ustozim sizga ham loyiq bo’lganingizdanda go’zal shaklda va yanada loyiq tarzda Subhoniy lutflarga noil bo’lishingiz uchun duo qilaman va etaklaringizni kamoli hurmat va ta'zim bilan o’paman, Afandim Hazratlari!
Xusrav
* * *
(Nasuhizoda Shayx Mahmad Afandining bayoni.)
Qur'on Bog’istoni Bulbuli, Ustozi Akramim, Afandim Hazratlari!
Murshidi akmal, shayxim Hoji Rahmi Sulton Hazratlari, safarbarlikning ikkinchi yilida boqiy olamga ko’chib o’tdilar. Burdurga tashrifingizdan bir oy avval, marhum Rahmi Sulton bilan birga bir jome'-i sharifda bir qancha jamoat bilan birga, sukuti holi muroqabaga kirdik. Ba'zi valiylar ruhoniy tashrif buyurdilar. Oxirida, siz Ustozim tashrif etdingiz. Bir jazba-i Rahmon zuhur bilan uyg’ondim, o’zimga keldim. Bir oy o’tib Burdurga tashrif bilan, ba'zi kunlar suhbati irfoniyangizda bo’lib ruhlarimizga ozuqa baxsh qilindi. Shu tuluotimni arz qilishga jur'at qilmoqdaman:
Halqa-i haqiqatda davrondadir ul muborak Ustoz
Qovushtirdilar ruhini, arvohi Anbiyoga uning
Masti mustag’raq bo’lib hayratdadir muborak Ustoz
Muborak Qur'onning dallolisan dedilar unga
So’zlari jondir, uni tutmagan ruhsizdir hamon
Barcha aytgani nuri hikmatdir uning
Me'roji ruhoniyda davrondadir ul muborak Ustoz
Qalbim ichra Nur fayzini ko’rganman hamon
Ichi ummoni vahdatda, tashi sahroyi kasratda ko’rinar Ustoz
Dunyoda, uxroda rafiq bo’laylik unga
Umid qilaman Mavlom ehson etar biz ojiz qullariga
Nasuhizoda Mahmad, aytdi hamon bu sirlarni
Xazina-i Qur'onning bir kalitidir Hazrati Ustoz.
Nasuhizoda Shayx Mahmad
* * *
(Osim Beyning bayonidir.)
Muhtaram Ustozim Afandim Hazratlari!
Bu arizamni taqdim va bezovta qilishga ikki sabab majbur qildi:
Birinchisi: Suyukli Ustozimning o’tgan iltifotnomalarining bir qismida aytilmoqdaki: "Bu faqir bilan aziz qardoshim Xusraf kabi yuksak, jiddiy, xolis qardosh va talabalarimni umringizmimg oxirigacha Qur'on xizmatida doim aylasin".
Juda aziz Ustozimning duo, niyoz va himmatlariga butun borlig’im bilan omin dedim va doimo ham deyman. Bu Janobi Lamyazal Hazratlariga doimiy niyozimdir. Juda muhtaram va juda sevgan Ustozimning duo va himmati surur, sevinch ko’z yoshlarimni to’ktiradi. Bu parcha va jumladan keyingi ikkinchi qismni aynan yozmoqdaman:
"Va men o’lganimda sizni orqamda voris qoldirib sevinch bilan g’amsiz qabrimga kirishni rahmati Ilohiyadan umid qilaman". Shu yeri meni ko’p o’ylantirdi va hech bir daqiqa ustozimning bu orzusi, bu talabi va rahmati Ilohiyadan umidi aqlim, fikrim va xayolimdan hech chiqmaydi. Shuning uchun bu qismga butun zarralarim bilan omin deyman va Janobi Haqning fazlu karamini tazarru va niyoz etdim.
Shu bilan birga, (ey Hazrat, riyo emas, soxtakorlik emas, ichimdan chiqmoqda) ko’ngil shunday istaydi va orzu qiladi: Bu faqir Ustozimdan avval qabrga kirsin va siz dori baqoning ilk eshigiga kelgungacha, dori dunyoda bo’lingki, bu faqir va muhtoj talabangizga orqasidan yuboradigan duo va hadyangiz bilan ne'matlanish, shod va masrur bo’lish nasib bo’lsin. Sizning tashrifingizda, Arhamurrohimiyn Rabb-ul Olamiyndan duo va niyozimdir. Ruhim sizni kutib olish sharafi bilan musharraf bo’lishini ko’ngil orzuqiladi va hayoti hosil bo’ladi.
{(Hoshiya): Haqiqatdan marhumning munojoti qabulga yaqin bo’lganki, o’sha yili Ustozining o’rniga, mahkamada, Ustoziga zarar kelmasligi uchun "Ey Rabbim, jonimni ol, La ilaha illalloh" deb mahkamada vafot etib, dori baqoga irtihol etgan. (Rahmatullohi alayhi rahmatan vasiatan.)}
Bu meni ko’p o’ylantiradi. Uchbu istak va niyozimdan ham ko’proq va qattiqroq istagim: Ustozimning dori dunyoda uzoqroq qolishi, muqaddas vazifangizning davomi, haqiqat va hidoyat nurlari bo’lgan Risola-i Nur, Maktubot-un Nurlarning ko’paytirilishi va yoyilishi bilan, g’aflat uyqusidagilarning, zalolatda qolganlarning, ahli bid'at va mulhidlarning haq va hidoyat yo’liga kirishlari uchun boshimizdan ayrilmasligingizni va sizning yo’qligingiz bilan bizlarning yetim va kimsasiz qolmasligimizni ko’ngil orzu qiladi.
Ko’prog’ini aytishni istayman, ammo iqtidor va kifoyatsizligimdan qalamim qalbimning tarjimoni bo’lolmaydi. Har ish kabi, bu orzumni ham Janobi Kibriyoga havola etamiz.
Osim
(Rahmatullohi Alayh)
* * *
(Hofiz Alining bir bayoni bo’lib, kichik bir masalada, "Xafa bo’ldingmi?" deb izoh munosabati bilan yozilgan.)
Ey Muhtaram Ustoz!
Hayotimning har holidan qiymatli va u hayotni, parvona-misol, bir amrining bajarilishi uchun otashda yonishga har on hozir bo’lganim qiymatli Ustozim!
Ha, nafaqat bunday haqiqat yo’lida, hatto bitta qiymatli hadyani ehson etgan Podshohi Zishon uchun o'sha hadyani sarf qilishda ikkilanilmaydi. Shunga o'xshab Ustozim, bizga omonat o’laroq va qachon olinishi majhul bo’lgan hayotning va har zamon amriga tayyor va hozir bo’lganim Janobi Mun'imning u omonat ustiga qanday amri voqe' bo’lsa, inshaolloh ikkilanmasdan omonatini qaytarishga tayyormiz. Modomiki siz u Podshohi Bezavolning qurbiyati Ilohiyasida ayni amrini tablig’ga ma'mur hisoblanasiz. Unday bo’lsa, ham muborak so’zingiz haq va ayni rahmatdir.
Ham Afandim bog’bon kabi ko’chatlarni o’stirmoq uchun, zararli hayvonlarning hujumidan bir on avval qutqarmoq uchun, pastdagi shoxalar kesiladi, toki yuksalsin. O'sha ko’chatlarning hech bir jihat bilan haqlari yo’qdirki, "Bizga g'amxo'rlik qilgan va hayotimizga sabab bo’lgan bizni ba'zan ranjida etadi" deyolmaydilar. Zero asl hollari bilan qolsaydilar, bir zararli hayvon ham uzib tashlar edi va tuproqdagi ildizi ham chirib ketar, yo’q bo’lar edi.
Ha Ustozim, mubolag’asiz, pur-qusurlikda mislim bo’lmaganini nafsimga ham ba'zan qabul ettirganim faqat pur-zunub talabangizni tizzalarimga emas, belimga emas, tomog'imga emas, balki bo’yimdan oshgan va balki ichimning ham qora balchiqlar bilan aralashgan va chirishni boshlagan bir zamonda Hizr kabi yetishib va misli Luqmon, Qur'oni Hakimning shifoxonasidan porlagan muolajalar bilan davolashni boshladingiz. Hayot ismiga loyiq bir hayot baxshiga vasilasiz. U hayotni ehson qilganga va vasila bo’lgan yo’liga o'sha hayotni yo’q qilmaslik
{(Hoshiya): Mening badalimga shahid bo’lishini his qilgan. Ixlos quvvatining karomati o’laroq xabar beradi. Xabar bergani kabi shahid bo’ldi.
Said Nursiy}
kori aql emasdir.
Ham bir kasal amaliyotga muhtoj bo’lganini bilishi kerak. Va kasalini kecha-kunduz davolayotgan dorixonachiga yuz minglar bilan tashakkur va o'sha dorixonachiga dorixonani topshirgan Hakimi Pur-kamol, Qodiri Bemisol Hazratlariga nihoyasiz hamdu shukrga qarzdormiz. Va bu qarzimni ado etolmaganimdan juda ma'yusman. Allohu Taolloh sizdan abadan rozi bo’lsin.
Hofiz Ali (RH)
* * *
(Xulusiy Beyning bir bayoni.)
Aziz Ustoz, Mushfiq Qardosh, Muhtaram Mujohid!
Oxirgi ikki hafta ichida, ikki martada aytilgan Yigirma To’qqizinchi Maktubning Oltinchi Qismi bilan Kanz-ul Arsh duosining fayzidan kelgan bir nukta-i Qur'oniya va Yigirma To’qqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Sakkizinchi Ramzi va Oltinchi Ramzi ismlarini tashigan mo’'jiznamo asarlarni oldim.
Birinchi Maktub, bashariyat taqozosi bilan juda ham siqilganim bu kunning aynan soatida qo’limga o’tdi. Ha, ko’zlarim bunday bir nurga, aqlim bunday bir darsga, xasta vujudim bunday bir darmonga, istirob chekkan ruhim bunday bir tasalliga, nihoyat zolim nafsim bunday bir ma'naviy tarbiyaga juda ham muhtoj bo’lgan bir zamonda bu asarning yetishishi; ham haqiqatda uch kun keyin pochtaga berilgan ikkinchi asardan to’qqiz kun avval kelishi qat'iyat bilan ko’rsatadiki; bu ish o’zidan-o’zi yoki tasodifiy bo’lgan emas. Aksincha kelgan emas, yuborilgan. Yetishgan emas, yetishtirilgan. Maqsadsiz emas, bu xizmatga yugurtirilgan. Hatto bir dasti g’aybiy tarafidan eng kerakli bir onda, eng muhtoj va Qur'on xodimlarining eng zaifi, eng ojizi, eng layoqatsizi, eng kuchsizi bo’lgan bu bechora qardoshingizga mahzi asari rahmat va inoyat o’laroq taqdim qilingandir. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Yigirma To’qqizinchi Makbutning Oltinchi Qismini padarim, Fathi Bey, Domla Abdurrahmon va boshqa bir zot hozir ekan, o’tgan juma o’qidim. Men bir necha marta yolg’iz o’z hisobimga mutolaa etdim. O’qiydigan va o’qilishi lozim bo'lgan sanoqli zotlarning ham inshoalloh istifodasiga harakat qilaman. Bu nurli asarlar ham erkalatmoq, ham qo’rqitmoq kabi ikki zid ta'sirga egadir. Insonlarga bu ikki vositadan birining ta'sirli bo’lishi ham shubhasizdir. Xullas, bu haqiqatni ko’z o’ngida saqlagan iymon shartlaridagi asoslarga o’xshash bir tarzda Qur'oni Hakimning shogirdlarini va xodimlarini haqiqatdan ogohlantiradi va aldanmasliklari uchun olti asosni o’zlariga haqqi bilan dars bermoqdasiz:
1-Hubbu joh o’rniga Allohga iymonning bir ma'nosi bo’lgan rizo-i Ilohiyni...
2-Xavf va vahm o’rniga qadarga iymonni...
3-Hirs va ochko’zlik o’rniga
اِنَّ اللّٰهَ هُوَ الرَّزَّاقُ ذُو الْقُوَّةِ الْمَت۪ينُ
oyati jalilasi dalolati bilan Qur'onga, kutubi Ilohiyaga iymonni...
4-Manfiy millatchilik hissi o’rniga barcha jin va insga yuborilgan, Nabiyyi Afham (Sallallohu ta'ala alayhi va sallam) Afandimiz Hazratlarining maslagini;
اِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ اِخْوَةٌ
va
وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللّٰهِ جَم۪يعًا وَلَا تَفَرَّقُوا
kabi oyoti muborakani darxotir ettirmoq surati bilan Payg’ambarlarga iymonni ...
5-Anoniyat o’rniga ojizlikka, nuqsonimizni e'tirof va Qur'onning tarashshuhotining nashru muhofazasi bobida hissamizga tushgan xizmatni qilmoq va xizmat bilan vazifador bo’lganimizni bilib natijani hisoblamaslik. Ya'ni bir navi bashariyatdan chiqmoq. Kutub va Suhufi Anbiyoni tushirishga vosita bo’lgan maloikaga o’xshamoq surati bilan malaklarga iymonni...
6-Tanballik va tanparvarlik o’rniga vazifadorlik... Qudsiy va har soati bir kun ibodat hukmiga o’tadigan qiymatda bo’lganiga shubha etilmaslik lozim bo'lgan Qur'oniy xizmatga vaqt qoldirmaydigan hollarga qarshi bu xizmatning ulviyatini ham o’ylab, qo’ldan chiqmasdan avval ko’zni katta ochishni, ya'ni o’lmasdan avval hayotning qadrini bilmoq kabi, qat'iy bir lison bilan oxiratga iymonni dalolatan, ramzan, ishoratan, sarohatan dars bermoqdasiz va ogohlantirish lutfini ado etmoqdasiz.
Allohu Zuljalol Hazratlari sizdan abadan rozi bo’lsin va ummati marhuma-i Muhammadiyani (S.A.V.) zalolatdan qutqarmoq va shohrohi Qur'onga dalolat aylamoq xususidagi ixlosli mujohada va xizmatingizda doim va muvaffaq qilsin, omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn va bihurmati Qur'on-il Mubin!
"Kanz-ul Arsh duosining fayzidan kelgan bir nukta-i Qur'oniya" sarlavhali asar bilan, Yigirma To’qqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Sakkizinchi Ramzidagi fuyuzot ta'rif va tavsif qilinmaydigan oliy va mustasno bir vaziyatdadirlar.
Birinchida:Barcha Qur'on harflarining adad e'tibori bilan ishora va izoh qilingan tavofuqlari hayrat va taajjubga tushirdi. To’rt kichik suradagi harflarning tavofuqlar jihatiga qisman ishora qilgan ikkinchi asar haqiqatdan mo’'jiznamodir. Nabiyyi Oxirzamon, madori faxri jahon, sababi xilqati akvon va nuzuli Qur'on Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo (Sallollohu ta'ala alayhi va ala alihi va ashabihi va azvajihi) Afandimiz Hazratlarining asari hikmat va rahmat bo’lib, hozirga qadar maxfiy qolgan mo’'jizalaridan i'jozi Qur'onga taalluq etgan va g’aybiy tavofuq nomi bilan suyukli Ustozimiz tarafidan mavqe-i intishorga qo’yilgan bu o’xshovsiz asarlarga nisbatan men his qilgan ma'naviy zavq va fayzning mingdan birini ham arz qilolmayman. Va mazhar bo’lganimiz bu qadar azim ni'omi Ilohiyaga va karami Subhoniyaga qarshi shukrdan ojizman.
اَللّٰهُمَّ حَصِّلْ مُرَادَنَا وَ مَقْصُودَ اُسْتَاذِنَا سَع۪يدِ النُّورْس۪ى بِحُرْمَةِ حَب۪يبِكَ الْمَكِّىِّ الْمَدَنِىِّ الْهَاشِمِىِّ الْقُرَيْشِىِّ
Yigirma To’qqizinchi Maktubning Yettinchi Qismidan bir surat Abdulmajid Afandi qardoshimizga yuborgan edim. Javobida jumladan deydiki: "Seydaning bint-ul fikri u go’zal qizga, Xulusiy bilan Abdulmajiddan boshqa har kim qarasa, joiz emasdir. Mahram bo’lganlar ham bu xususda nomahramdir. Bu kabi qizlarning tashqariga chiqishlari hech bir manfaat ta'min etmaganini va aksincha ulkan zararlarni natija berishi ehtimoli so’zini Seydaga yozsang yaxshi bo’ladi. Eski Saidning hiddati yangisida ham bor. Holbuki Yangi Said inson o’g’illari bilan vaqtini yo’qotmasligi kerak. Maslak va mashrabi shunday taqozo qiladi. Nima bo’lganda ham... Janobi Haq hofizi haqiqiydir".
Bandangiz ham qisqacha shu ma'noda javob bergandim:
Bu mutolaa bizlar uchun to’g’ridir. Ammo dunyoga orqasini o’girgan va ma'naviy vazifa-i ma'murasini ado qilarkan insonlar bilan -Nurlar bilan aloqador bo’lganlari vositasi ila- mashg’ul bo’lgan Ustoz Hazratlari uchun bu fikrni muvofiq deb hisoblamayman. Chunki u zotni bu azim ishda ishlattirgan, albatta muhofaza qiladi. Menga shunday qat'iy qanoat kelganki, agar bizlar Nurlar bilan aloqamizni kessak, Ustoz Hazratlari bizga orqasini o’giradi.
Aziz qardoshimizning andishasi, zohirga qaralsa, haqli va juda samimiydir. Faqat zotan jamoati juda sanoqli bo’lgan Nurlar bilan aloqador zotlarning bu haqiqatlardan mahrum etilishlarini va bu qudsiy asarning tamoman qamalishlarini loyiq ko’rmayman va asosga zid deb bilaman. Nosirimiz, homiymiz, muinimiz, hofizimiz Allohdir. Barcha dasisalarni bartaraf etib, muhtaram ustozning vazifa-i qudsiyasiga toza niyat, samimiy his va jiddiy shavq bilan yordam berayotgan qardoshlarimga salom va muvaffaqiyatlariga duo qilaman, duolarini so’rayman. Padarim, Fathi Bey, Domla Abdurrahmon Afandi, sobiq Muftiy Kamoliddin Afandi, imom Hofiz Umar Afandi va boshqa So’zlar bilan aloqador bo’lganlar salom va duo qilmoqda, xayr duongizni istamoqdalar.
Sog'liq va muvaffaqiyatingizning davomini takror altafi Ilohiyadan tazarru va niyoz aylar, muborak qo’llaringizni kamoli hurmat va ta'zim bilan o’par, qusurimning afvini va xayr duongizdan bu bechora siddiqingizni chiqarmasligingizni xossatan arz va iltimos qilaman.
اَلْبَاق۪ى اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ
Xulusiy
* * *
(Saidning bayoni.)
(Xulusiy kabi muhim bir talabamning menga yuborgan hadyasining qaytarilishiga doir yozgan bir maktubimni, do’stlarimning munosib ko’rishlariga binoan ularning bayonlari ichiga kirgizildi.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, vafodor oxiratli qardoshlarim Hoji Nuh Bey, Mullo Hamid!
Sizlar men uchun juda ahamiyatlisiz. "Vafodor siddiq bu zamonda yo’q" deganlarga sizlarni ko’rsataman. Yigirma yil Vanda o’tkazgan ilmiy hayotim.. men uchun Van juda qiymatdordir. Lillahilhamd sizlar o'sha qiymatdorlikni ko’rsatdingiz. Va Vanga qarshi shiddatli hissiyotimga to’liq muqobala etmoqdasiz. Sizga ibrat olinadigan bir voqea aytaman, shundayki:
O’tgan yil Barlali, Istanbul tijoratida bo’lgan Bekir Afandining sherigi Mahmad Afandi vositasi bilan bir maktub oldim. Maktub hayratomuz o’laroq menga ko’rindi. Chunki Xulusiy Bey, "Nuh Bey bilan ko’rishdim" deya u maktubda menga yozmoqda. Ayni maktubda ukam Abdulmajid ham Mullo Hamidning salom va duosini menga yozmoqda. Ayni maktubda Nurshini Sufloda Mullo Abdulmajidning yozuvi va imzosi bor. Fasubhanalloh dedim. Men eng ko'p sevgan bu insonlarning boshqa-boshqa mamlakatda bo’lmoq bilan birga, bir maktubda bularning birlashishlari tavofuqli bir lavha-i tomoshadir.
Bu yil yana u Mahmad Afandi Eg’irdirga kelgan. Yana Nuh Beyning ayni telegrafini u zot menga keltirdi. Fasubhanalloh dedim. Nuh Beyning lisoni holi go’yo Mahmad Afandiga "Do’stim, men sen bilan birga Ustozim bilan ko’rishaman" deydi, xayol qildim. So’ngra yana u Mahmad Afandining xizmatkori Eg’irdirga ketib Mahmad Afandining maktublarini keltirgan. Yana Nuh Beyning hadyaga oid menga bo’lgan maktubini keltirdi. Dedim, qat'iyan bu ish tasodifiy emas. So’ngra maktubning ichidagilariga diqqat qildim. Taxmin qildim, Vanda Nuh Bey menga tayyorlagan hadyani yuborish tarixida, men ham ayni tarixda {(Hoshiya): Moddiy jihatdan o’ttiz liralik, ma'nan balki uch yuz liralikdir.} ayni narxda bir hadya-i azimani Nuh Beyning nomiga Vandagi qardoshlarimga yuborayotgan edim. Xullas, bu ikki tavofuq menga ishoradirki: Nuh bilan Hamid talabalik va qardoshlik uchun min-tarafillah tanlanganlar. Chunki tavofuq biz uchun bir alomati tavfiqi Ilohiy bo’lganiga qanoatim kelgan. Risolalarda tavofuqlarning ba'zi namunalarini ko’rasiz.
Faqat ko’p iltimos qilamanki, xafa bo’lmanglar, hadyani qabul qilolmadim. Qabul qilmaslikning sabablari ko’p. Eng muhim bir sabab, mening qardoshlarim va talabalarim bilan bo’lgan munosabatning samimiyatini va ixlosni zadalamaslikdir. Yana iqtisod, baraka va qanoat soyasida shiddatli ehtiyojim bo’lmagani holda, dunyo moliga qo’l uzatmoq qo’limda emas, ixtiyorim xorijidadir. Yana bir misol bilan nozik bir sababni tushuntiraman:
Muhim bir tijoratchi do’stim o’ttiz tiyinlik choy keltirdi, qabul qilmadim.
"Istanbuldan sen uchun keltirdim, meni ranjitma" dedi. Qabul qildim, ammo ikki baravar narxini berdim.
"Nima uchun bunday qilyapsiz, hikmati nima?", dedi.
"Mendan olgan darsni olmos darajasidan shisha darajasiga tushirmaslik. Sening manfaating uchun manfaatimni tark qilyapman. Chunki dunyoga tanazzul etmaydigan, tama va zillatga tushmaydigan, haqiqat evaziga dunyo molini olmaydigan, soxtakorlikka majbur bo’lmaydigan bir ustozdan olingan darsi haqiqat olmos qiymatida bo’lsa.. sadaqa olishga majbur bo’lgan, ahli sarvatga soxtakorlik qilishga majbur qolgan, tama zillati bilan izzati ilmini fido qilgan, sadaqa berganlarga xush ko’rinmoq uchun riyokorlikka tamayul etgan, oxirat mevalarini dunyoda yeyishga izn ko’rsatgan bir ustozdan olingan ayni darsi haqiqat olmos darajasidan shisha darajasiga tushadi. Xulas, senga ma'nan o’ttiz lira zarar berish bilan o’ttiz tiyinlik manfaatimni qidirmoq menga og’ir keladi va vijdonsizlik deb bilaman. Sen modomiki fidokorsan, men ham u fidokorlikka muqobil manfaatingizni manfaatimdan ustun qo'ymoqdaman, ranjima!"- dedim. U ham bu sirni anglagandan so’ng qabul qildi, ranjimadi.
Ey Nuh Bey va Hamid Qardoshlarim! Sizlar ham ranjimanglar. Yana, Nuh Bey, shuni bilingki; shu zamonda u atrofda vafodorona, shafqatkorona meni qidirishingiz shunday bir hadyadirki, bu kabi minglab hadyalardan qiymatdordir. Ham sizga yuborgan risolalarimni muhofaza etmoq va sohib chiqmoq va mening o’rnimda ularni himoya etmoq minglab lira qiymatida menga qarshi buyuk bir hadyadir. Chunki natija-i hayotimni va vazifa-i vataniyamni va u atrofdagi qardoshlarimning uxuvvat va muhabbatlariga qarshi qarzlarimni ado qilgan u risolalarga jiddiy sohib chiqmoq, to’liq muhofaza qilmoq va ahliga yetishtirishga vosita bo’lmoq shunday bir hadyadirki; dunyoviy hadyalarning minglariga muqobildir. Ham amin bo’lingki; ma'naviy zararim ulkan bo’lmasa edi, Nuh Beyning xotirini sindirmas edim. Hozirga qadar, Janobi Haqqa shukr, hadyalarni qabul qilishga majbur bo’lmadim va shu zamonda ahli ilmning bir tubanlashish sababi bo’lgan tamaga kirishga ixtiyor mening qo’limdan olindi. Ham agar sizning hadyangizni qabul qilsaydim, ko’p zotlarning yo qalbi sinar edi yoxud ellik yillik qoidam buzilar edi.
U yerda va atrofingizda bo’lgan eski talabalarim va qardoshlarimga bir-bir salom va duo qilaman va ularning duolarini istayman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
(Said Nursiyning bir bayoni.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, sodiq, g'ayratli qardoshim, xizmati Qur'onda birodarim Ra'fat Bey!
Sen qilayotgan vazifa-i Qur'oniyaning hammasi muborakdir. Janobi Haq sizni muvaffaq qilsin, sustlik bermasin, shavqingizni ortirsin. Sening vazifang yozuvdan muhimroqdir. Faqat yozuvni tark qilmanglar.
Uxuvvat uchun bir dasturni bayon qilamanki; u dasturni jiddiy ravishda nazarga olishingiz kerak. Hayot vahdat va ittihodning natijasidir. Imtizojkorona ittihod ketgan vaqti, ma'naviy hayot ham ketadi. وَ لَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَ تَذْهَبَ ر۪يحُكُمْ ishora qilgani kabi, tasonud buzilsa, jamoatning ta'mi qochadi. Bilasizki, uch alif alohida- alohida yozilsa, qiymati uchdir. Tasonudi adadiy bilan birlashsa, bir yuz o’n bir qiymatida bo’lgani kabi.. siz kabi uch-to’rt xodimi haq boshqa-boshqa va taqsim-ul a'mol bo’lmaslik jihati bilan harakat qilsa, quvvatlari uch-to’rt odam qadardir. Agar haqiqiy bir uxuvvat bilan, bir-birining fazilatlari bilan faxrlanadigan bir tasonud bilan, bir-birining ayni bo’lmoq darajasida bir tafoniy siri bilan harakat qilsalar, u to’rt odam to’rt yuz odam quvvatining qiymatidadirlar.
Sizlar kattakon Ispartani emas, aksincha ulkan bir mamlakatni nurlantirajak elektrning uskunachilari hukmidasiz. Uskunaning charxlari bir-biriga yordamga majburdir. Ham bir-biriga hasad qilish emas, aksincha aksincha bir-birining ortiq quvvatidan mamnun bo’ladilar. Shuurli faraz qilganimiz bir charx yanada kuchli bir charxni ko’rsa, mamnun bo’ladi. Chunki vazifasini yengillashtiradi. Haq va haqiqatning, Qur'on va iymonning xizmati bo’lgan buyuk bir xazina-i oliyani yelkalarida tashigan zotlar kuchli yelkalar ostiga kirgan sari faxrlanadi, minnatdor bo’ladi, shukr qiladi. Aslo bir-biringizga tanqid eshigini ochmanglar. Tanqid qilinadigan narsalar qardoshlaringizdan xorij doiralarda ko’p bor. Qandayki men sizning maziyatingiz bilan faxrlanaman, o'sha maziyatlardan men mahrum qolgan sari, sizda bo’lganidan mamnun bo’laman, o’zimniki deb bilaman. Siz ham ustozingizning nazari bilan bir-biringizga qarashingiz kerak. Go'yo, har biringiz boshqasining fazilatlariga noshir bo’linglar. Qardoshlarimizdan Islomko’yli Hofiz Ali Afandi o’ziga raqib bo’ladigan boshqa bir qardoshimiz haqida ko’rsatgan hissi uxuvvatni juda qiymatdor ko’rganim uchun sizga bayon qilaman:
U zot yonimga keldi; boshqasining xati o’zining xatidan yaxshi bo’lganini aytdim. U yanada ko’p xizmat qiladi, dedim. Qaradimki; Hofiz Ali kamoli samimiyat va ixlos bilan, uning ustunigi bilan faxrlandi, lazzatlandi. Ham ustozining nazari muhabbatini jalb qilgani uchun mamnun bo’ldi. Uning qalbiga diqqat qildim, xo’jako’rsinchilik emas, samimiy bo’lganini his qildim. Janobi Allohga shukr qildimki, qardoshlarim ichida bu oliy hisni tashiganlar bor. Inshoalloh bu his buyuk xizmat qiladi. Alhamdulilloh, asta-asta u his bu atrofimizdagi qardoshlarga siroyat etmoqda. Kichik bir latifa:
Suhbat ichida sizdan baxs o’tdi. Shukrga doir masalani so’radim: "Xusrav yozganini Ra'fat Bey ko’rdimi?"
Bekir Og’a dedi: "Ha ko’rdi va dedi: "Juda chiroyli, faqat, ajabo, sen qalam qo’shmadingmi?"
Xusrav dedi: "Yo’q, o’z nusxamda to’liq butun kelmadi. Faqat o’zlariga yozganim to’liq keldi".
Biroz munoqasha bo’ldi...
Bu munosabat bilan qardoshim Ra'fat Beyga deymanki: Aslida tavofuq nuqson bo’lsa edi, zotan men tavsiya qilgandimki, qalam qo’shmasinlar. Asl vaziyat buzilmasin. Bekir Og’a ham ko’rdiki, asl ilk nusxada chiqqan joy bo’lgani holda, tavofuq Xusravning tarzida bor. Shuning uchun Xusravning bir mahorati bo’lsa tavofuqni buzmagan. Hatto Mo’'jizoti Ahmadiyadagi salovot tavofuqida tavsiya qilgandimki, hech kim mahoratini qo’shmasin. Ammo asl ilk nusxalarda, eng mahoratsiz bir nusxa ko’chiruvchining nusxasida bir nechtasi mustasno barchasi tavofuqdadir. Shuning uchun sakkiz boshqa-boshqa nusxa ko’chiruvchi berkitolmagan bir tavofuq, albatta quvvatlidir. Nusxa ko’chiruvchilar buzmasinlar, tavofuqni keltirolmagan buzmoqda. Demak, eng buyuk mahorat shudirki, tavofuqni buzmasin. Chunki tavofuq bor. Sen ham Xusravga yordam berki, haqiqatdan mavjud va matlub tavofuqni teng keltira olsin. Chunki yo’qdan bor etmayapsiz, haqiqiy borni yo’q qilmang.
So’zlar bilan aloqador bo’lganlarga salom va duo qilaman.
Said Nursiy
* * *
(Hofiz Alining bayoni.)
Ey Muhtaram Ustoz!
Yigirma To’qqizinchi Maktubning Uchinchi Qismining To’qqizinchi Masalasida amr qilingan xizmati Qur'ondan faqirning hissasiga ikki erkak va bir qiz bola tushgan ekan. Ayni amrni olib kelarkan o’ylayotgan edim; ajabo, yaqin qarindoshlarimdan bolalar bor, qaysisini tanlay? Mening bu tushunchamga ma'nan deyilganki: Hey Ali! O’z fikringga erkin emassan. Uning tanlanishi boshqa eshikka oid. Uch kun o’tib Yashar va Najoti ismli ikki bola menga ham rafiq, ham darsdosh va bir daraja ularga domla yordamchisi bo’lib tayin etildim. Bolalar harflarni to’liq bilmaganlari uchun ba'zan yozuv bilan, ba'zan kitobdan ko’rsatar edim. Bir oy so’ngra Qur'on o’qishni boshladilar. Beshinchi oy ichida اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى xatmga muvaffaq bo’ldilar.
Muborak Ustozim, bu xususni ko’p o’ylar edimki, loaqal bir-ikki yilda Qur'on o’qishga layoqat kasb etilarkan, kutilganning aksiga sodir bo'lgan bu azim ish hech kimga berilmaydi, faqat va faqat i'jozi Qur'onning u buyuk dengizining rashhasidir va ikki jahon faxri, Nabiyyi Oxirzamon Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Alayhissalotu Vassalamning himmati ma'naviyalari bilan u i'jozning izhor va intishoriga ma'mur qilingan ustozimning duosi kabi, juda buyuk quvvatlar bilan hosil bo’lganiga, men bu holga shohid emas, qishlog’imizning aksarisi iymon keltirib, tasdiq etmoqdalar. Butun qishloq ahli iymoni nomiga, bu xayrli ishga vasila bo’lgan Ustozimizga, hadsiz va hisobsiz tashakkurlar bilan "Janobi Haq sizlardan abadan rozi bo’lsin" duosini ojiz lisonim bilan doimo aytmoqdaman.
Ustozim, bir narsa yana borki, amri ustozonalariga intizordaman. U ham shudir: Janobi Haq ehson qilarsa, doirangizning shogirdini Hofiz Yashar bu qishda bahorga sabab bo’lib, turli-tuman gullarni ochishiga aprel yomg’iri misoli, vujudingiz u gullar orasida, bir guli Muhammadiy (ASV) yetishtirishga inshoalloh vasila bo’lishingizga shubha yo’qdir. Muborak doiraning muborak talabasiga, muborak Juma kechasida xatmining duosi bilan, hifzining ibtido duosini va faqiri pur-qusurning afv duosini, butun hassa va tuyg’ularim bilan, hurmat bilan qo’l va etaklaringizdan o’par va qusurlarimning afvini niyoz etaman, Afandim Hazratlari.
Hofiz Ali
* * *
(Xusravning bayoni.)
Suyukli Ustozim!
Avvalgi hafta yuborganingiz, "Bir Sirri Inna A'toyna" sarlavhasini tashigan risolangizni oldik. Asosan hech bir hafta o’tmayapti, sururlarimizni orttirgan, yangi va ham g’oyat darajada shirin bittadan risola qo’limizga kelmagan bo’lsin. Xullas, ikki haftadir bu qiymatdor risolani o’qiyapmiz va qo’limizdan tushirmayapmiz.
Ha, bu risola Janobi Haqning istiqbolda bu ummatga va'da qilgan quyoshning chiqishiga intizorimizni shiddatlantirmoq bilan qolmagani kabi, bir tarafdan ichidagi haqiqatga bizni maftun etmoqda. Va boshqa tarafdan, ajabo, fazosi zulmat bulutlari bilan to’la bo’lgan bu olamning u quyosh qayeridan va ne surat bilan chiqadi va ne shaklda bu zulmat va ofat sochgan bulutlarni tarqatadi deya xayol qilarkan; ikkiinchi fayyoz, bir boshqa zayl u quyoshning vaqtini tayin etmoq bilan bizni juda buyuk bir og’ir yukdan qutqargan va yillardan beri olmoq istaganimiz holda ololmaganimiz chuqur bir nafasni bergan va bizni dilshod aylagandir.
Ahmad Xusrav
* * *
(Xulusiy Beyning bayoni.)
Bu dafa Kanz-ul Arsh duosining fayzidan kelgan Ikkinchi va Uchinchi Nuktalar bilan, Zaylini ichiga olgan muborak maktubingizni olmoq bilan haqiqatdan baxtiyorman. Bu ojiz qardoshingiz kelgan maktubingizning kerak bo’lsa muhtaram Ustozimga, va kerak bo’lsa o'sha atrofdagi qiymatli do’stlarimga bo’lgan ta'siri menga oid bo’lmaganiga va aksincha mening bir vosita bo’lganimga dalildir. Ko’p tajriba qildim, zoti fozilonalariga maktub yozmoq uchun ba'zan uch kalimani bir oraga keltirolmayman. Aksariyat bilan g’aybiy bir zotning ifodalarini qayd etishga qodir bo’lganim qadar yozganimni his etmoqdaman, demak yozdirilmoqda. Shuning bilan birga bo'lgan taqdirlarni, bir duo o’laroq qabul etmoq bilan tashakkur etmoqdaman. Qur'on xizmatini dunyoviy va moddiy manfaatga ochiqchasiga ustun qo'ygan Xusrav ismli qardoshimni tabriklayman. Janobi Haq bunday Xusravlarning adadini ko’paytirsin va doim orttirsin. Omin!
Bu qudsiy xizmatga jondan ishtirok qilgan zotlarni bilmoq menga eng katta xushxabar bo’ladi. Muftiy Kamol Afandi ul maktubni mutolaa etgandi. Ikki kun avval ziyoratiga ketdim, "Hech kim bu kunga qadar muqtadir bo’lmagan daqoiq va haqoiqni Qur'ondan topib chiqarganlar" deb taqdirlarini bayon, salom va duolarini tablig’ etishimni aytdilar. Bu daqiqaga qadar muborak maktubni Fathi Bey, Hoji Baha Afandi, padarim va yaznam va Hoji Abdurrahmon Afandi tinglashga muvaffaq bo’ldilar. Hofiz Umar Afandiga ham inshoalloh ilk fursatda o’qishga harakat qilaman.
Har maktubingiz menga yangidan hayot beradigan qadar ta'sirli bo’lmoqda. Bu muborak maktub To’rtinchi Ramzning yozilishini va bu faqirga ham ehson etilishini mubashshir bo’lishi e'tibori bilan, ayniqsa mamnuniyat va sururimga sabab bo’lgandir.
Ancha zamon avval Qur'ondagi tavofuq sirini ochishni boshlagandingiz. Bu kunga qadar lihikmatin maxfiy qolgan i'jozi Qur'ondan bunday juda muhim bir qismining kashfiga va nashriga muvaffaq bo’lishingizga qanchalar hamd va shukr qilinsa, o’rnidir. Izni Bari bilan ochganingiz bu yo’lda borgan sari, yana qanchalar horiqolar mashhudingiz bo’ladi va bulardan muhtoj qardoshlaringizga qanchalar oliy xushxabarlar berishingiz; kechadan so’ngra kunduz, qishdan so’ngra bahor, dunyodan so’ngra oxiratning vujudlari kabi qat'iy his etilmoqdadir. Qanchalar buyuk baxtiyorlikdirki, bu saodatlarga mazharmiz. Qanchalar badbaxtlikdirki, bu nurlarga ko’z yumarlar. Qay daraja xatodirki, bu haqiqatlarga loyiq bo’lgan shaklda aloqador bo’linmas. Qanchalar joniyona va ahmoqona bir ruhdirki, uflamoq bilan bu quyoshni so’ndirishni o’ylaydilar.
Xullas, bu nurli yo’lingizda, Sohibi Kavsarning dalolati bilan Kavsarni topdingiz. Shafi-ul Mahsharning izni bilan Kavsar daryosining manbaida turib, وَ سَقٰيهُمْ رَبُّهُمْ شَرَابًا طَهُورًا oyati jalilasini o’qiydi va "Ey insonlar! Kimki abadiy hayot istasa, mana obi hayot; kimki yo’lini adashtirgan, mana vasila-i najot. Kimki kufr va o’jarligidan qaytmasa, uni kutmoqda shiddatli azob va i'qob" bilan oxir.. kabi nurli bayonotingiz bilan har toifani ihyo, iqoz etmoqdasiz.
Sizni qudsiy xizmatingizda, kuch yetganicha ta'qib qilishga harakat qilgan do’st, qardosh va talabalaringizga bir piyola berib, muhtojlarga ozuqa, zaif va xastalarga darmon, zolim va kofirlarga sammi qotil bo’lgan ma-i kavsardan yetkazishni amr etmoqdasiz. Sizning qudsiy xizmatingiz bilan, irshodingiz bilan ochilgan haqiqat ufqiga qaraganda, Qur'onning hududlari tayin va tahdid etilmaydigan qadar keng bir havzi akbar bo’lganini; Fotiha basmalasining ب manbaidan kelgan, har biri boshqa lazzatda, boshqa shiddatda, boshqa quvvatda Suralar nomida, bir yuz o’n to’rt obi hayot qismlarining kavsar jo'mragidan bu hovuzga oqayotganini ko’rayotganday bo’lmoqdamiz.
"Idroki maoliy, bu kichik aqlga kerakmas
Zero bu tarozi u qadar og’irlikni ko’tarmas!"
Qo’lni qo’lga, yelkani yelkaga berib himmat va g’ayrati Xudopisandonalari bilan mazhari taqdir bo’lgan uxraviy qardoshlarimga salom va duolar qilar va muvaffaqiyatlar tilash bilan duolarini so’rayman.
Xulusiy
* * *
(Osim Beyning bayoni. Talvihoti Tis'a munosabati bilan yozgan.)
Suyukli Ustozim!
Nima aytay, mushtoqi bo’lganim bu risola-i sharifa, bu so’zlar, bu haqiqat, bu nur bu faqirga lutf va karami Ilohiy o’laroq ehson qilindi.
هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Janobi Qodiri Mutlaq Hazratlariga hadsiz va hisobsiz hamdu sano qilamanki; siz Ustozimga qovushdim va natijada bu nurlarni, bu haqiqatlarni ko’rdim, o’qidim, yozdim va gardanbasta-i inqiyod bo’ldim. Shunga binoan, tavsiya va duo-i ustozonalari bilan fayzyob bo’lmoq uchun, Janobi Zuljalol val Kamol Hazratlaridan va Mafhari Mavjudot Alayhi Akmalut-Tahiyyat Alayhissalotu Vassalom Afandimiz Hazratlaridan va barcha pir, piron va murshidon va Shohi Naqshband Quddisa Sirruhu Hazratlaridan va ayniqsa butun mavjudiyati bilan gardandoda-i inqiyod va taslim bo’lganim siz Ustozimdan tazarru va niyoz va istimdod etamanki, mutavakkilan alalloh, ey Ustozi A'zam, Tariqati Muhammadiyaning (ASV) maqsad, g’oya va asosini, tafarruot va furuotini zikr va bayon qilgan bu To’qqizinchi Qism bir nuri tariqat va haqiqatdir. O’qish bilan to’ymaysan kishi. O’qidigan sari hosil bo’lgan shavq va lazzat behisobdir. Xususan To’qqizinchi Talvih xulosa va ijmol etilib barcha haqiqatlar to’plangan. Tamsilda xato bo’lmasin, Hazrati Mavlono uflagan naydan jo’shgan va toshgan, Hazrati Alining (Karramallohu Vajha) quduqqa aytgan asrori haqiqatdan boshqa nima? Farqi qayerdadirki u nay, u quduqda hosil bo’lgan qamishdandir.
Zehnim tor, qalamim ojiz, qalbimga tarjimon bo’lolmaydi. Shu qadar deya olamanki; men kabi faqir va mubtadilarga buyuk va juda buyuk bir dars, bir murshid va mutmainnaga erishgan va yanada yuqori chiqqan soflarga bir dastur va darsi ibratdir. Qiymat taqdir etilmas bir shoh asari tariqatdir, bir nuri haqiqat-fashon, bir gulistondir. Yanada to’g’risi, yolg’iz bir ilhomi Rabboniydir. Janobi Lamyazal Hazratlari siz Ustozimni bu va bunga o’xshash osori barguzida ta'lifida, anvor va haqiqatlar nashru dallolligida ko’p zamonlar doim va qoim qilsin. Va siz Ustozimni, sizni sevganlarning va dalloligida bo’lganingiz nidolaringizni eshitmoq va tinglamoq, o’qib yozmoq, keragicha harakat va amal etmoq havas va ishtiyoqida bo’lgan qardoshlarimning boshidan kam qilmasin. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn!
Osim (RH)
* * *
(Ra'fat Beyning bayoni.)
Muhtaram Ustozim!
Bu ramzlar shunday hayrat-baxsh va horiqonamo asarlardirki; o’qigan ilm oshiqlariga azvoqi namutanohiy va hissiyoti ulviya-i raqiqa baxsh qilmoqdadir. Bu hissiyoti oliya bilan hayotimiz shunchalar tozalandiki, -yangi hayotimizda sobitqadam bo’lmoq sharti ila- Xalloqi Azimdan uzun umrlar so’rayman. Zero mutolaasiga to’yolmayman. Qanchalar o’qisam o’qiygin, boshqa bir o’qishimda o’qimagandek bo’laman va yangi bir asar o’qigandek bo’laman. Hadsiz bir zavqi ma'naviy va nihoyasiz bir hazzi ruhiy bilan o’qiyman.
Xullas, kerak bo’lsa So’zlar va Maktubot va kerak bo’lsa ramzlarning eng hayratlanarli vasfi, o’ylaymanki bu nozik nuqtada bo’lsa kerak. Boshqa asarlarni bir marta o’qiganda, ikkinchi marta o’qishga unchalar havas uyg’onmaydi. Qur'oni Hakimning nurlarini qanchalar o’qisam o’qiygin, to’yolmayman. Ayniqsa Ramzlar faqirni ko'p sehrlagan va hayratga g’arq qildi. Va ularni darhol yozmoqdaman.
Ra'fat
* * *
(Ahmad Xusravning bayoni.)
Bizni tariqi Haqda kezdirgan, ma'naviy yaralarimizni davolagan, haqiqat yo’lidagi tushunchalarimizga bir bor yana matonat bergan, bugunning shaytonkorona qo'rqitishlariga qaramasdan jasoratimizni quvvatlantirgan va har xususda ruh va qalblarimizni iymon va haqiqat nuri bilan nurlantirgan va sa'yimizda jasoratlantirgan va Qur'oni Hakimning ikki oyatini ichiga olgan O’ttiz Birinchi Maktubning Birinchi va Ikkinchi Yog’dularini va Yigirma To’qqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismidan Ikkinchi Ramziga oid muhim bir i'jozni ham oldik, o’qidik. Olgan ma'naviy fayzimizni men kabi qashshoq bir talabangiz qalb va qalamining haddi emasdirki, ta'rif qilsin.
Qiymatdor Ustozim, qanday ul Xoliqi Zuljalolga nihoyasiz minnatdorlikda bo’lmaylikki; aziz Ustozimizni vosita qilib eng buyuk ne'matlarini juda ziyoda muhtoj bo’lgan vaqtimizda bermoqda, bizni tasalli bermoqda. Ham mamnun qilmoqda, ham istiqbolning nurli yuzini ko’rsatib bizni u nurga yugurtirmoqda. Bir tarafdan qardoshlarimizni ko’paytirmoqda, muhabbatlarimizni ko’paytirmoqda. Moddiy va ma'naviy quvvatlarimizni quvvatlantirmoqda. Boshqa tarafdan saodat xazinalarining kalitlarini qo’llarimizga bermoqda.
Ey aziz Ustozim! Alloh sizdan abadan rozi bo’lsin.
Ahmad Xusrav
* * *
(Zekining bayoni.)
Men istaymanki, bir on avval bir yerga chekilsam-u, ishdan xorij zamonlarimni o'sha ulviy va muqaddas xazina-i haqiqat va osori giron-baho xizmatida davomda bo'lay. Ammo bugunchalik bu buyuk orzuimning amalga oshishidan bizzarura va bilmajburiya mahrum qolmoqdaman. Hech bo’lmasa shu kunlarda qo’limda o'sha mutolaasi ko’ngillarga va qalblarga bir safo-yi sarmadiy va javidaniy baxsh qilgan kitobi koinotning bittadan yog’dusi va bittadan nuri timsoli bo’lgan asarlaringizdan bir-ikki donasi qo’limda bo’lsa edi, men uchun tushuntirilishi mumkin bo’lmagan bir sururu saodat manbai bo’lardi va na topilmas bir ne'mat, na qo’lga o’tmas bir dafina bo’lar edi.
Ko’p zamon avval Sabri Afandi og’am yangi chiqqan qudsiy va asrorli nurlardan, bir juzni hech bo’lmasa yubormoq fikrida bo’lganlarini aytar edilar. Ehtimol uyg’un vaqt topolmaganlaridan, yozib yuborolmadilar. Ham ba'zi asarlarni o'zim bilan keltirmaganimdan juda pushaymon bo’lmoqdaman. Ulardan boshqalarini istifoda ettirmoq fursatini topolmasam ham, mutolaa etar, ma'nan mujodalaga bir madori quvvat bo’lardi.
Natija e'tibori bilan, modomiki hozircha u xazinalardan istifoda etolmayapman. U holda o’zimni zararli ko’rishda haqliman. Inshoalloh duongiz himmati bilan, yaqin bir zamon mobaynida u zararlarni qoplashga kifoya bir zamon va bir fursat qo’lga o’tar.
Bir umri muqaddardan sanalgan shu kunlarim shukr va hamd bilan o’tmoqdadir. Menga shunday bir qanoat keldiki, qalbimni yo’qlagancha, qalbim bu qanoatni quvvatlantiradi.. nafsim bilan mujodalada muzaffar bo’lishimni umid etmoqdaman.
Aziz Ustozim! Shu hijronga va firoqqa vaqtinchalik bo’lgani uchun bardosh etmoqdaman. Ayrilig’imiz har qanchalar vaqtinchalik bo’lsa, yana meni ranjitmoqda. Bizzarura foydasiz narsalarga ma'ruz qolgan sari, oh deyman, Ustozimning yonida bo’lsaydim va o’z o’zimga, to’g’rirog’i qalbimga umid va jasorat tavsiya etmoqdaman. Rad etilgan bir orzu qanday shiddat kasb etsa, orzularimning hozirchalik vujudga kelmasligi bilan iymon va orzularim ham ayni nisbatda quvvat kasb etmoqda, ruhim yuksalmoqda; qalbimda ochilgan derazadan ma'nan yanada toza va yanada keng nafas olmoqdaman.
Zeki
* * *
(Xulusiy Beyning bayoni)
Ustozi Muhtaramim Afandim!
Bu maktubning muhim bir xususiyati bor. U ham tariqi valoyat sarlavhasini tashigan va juda ahamiyatli bir mavzuni ichiga olishidir. Ha
اَلَٓا اِنَّ اَوْلِيَٓاءَ اللّٰهِ لَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَاهُمْ يَحْزَنُونَ
oyati jalilasiga bir navi tafsir bo’lgan bu muborak va munavvar asar ila:
1-Tariqat yaxshigina ta'rif qilinmoqda.
2-Foydasidan juz'iy, ammo go’zal bir misol ko’rsatilmoqda.
3-Valoyat va tariqatning munosabati va ahamiyatlari, inkor qilganlarning zalolat firqasidan bo’lganlari va bu xazina-i uzmoni yopmoq, buzmoq va bu kavsar manbaini quritmoq istaganlarning ishlaridagi xato yuzlariga urilmoqda. Va bu yo’lda, aqli boshida va insofi bo’lganni qondiradigan dalillar va misollar bayon qilinmoqda.
4-Valiylik maslagining yakdigariga zid vasflari esa, sayri sulukning ikki mashrabi g’oyat ochiq izoh va tavsif etilmoqda.
5-Vahdat-ul Vujud va Vahdat-ush Shuhud mashrabi bilan bundagi muhim tahlika bayon qilinmoqda.
6-Valoyat yo’llari ichida eng go’zalining Sunnati Saniyaga ergashish bo’lgani, valoyat yo’llarining va tariqat sho’'balarining eng muhim asosi ixlos bo’lgani va bu dunyoning dor-ul hikmat va dor-ul xizmat bo’lib, dori ujrat bo’lmagani fasih bir uslub bilan bildirilmoqda.
7-Shariatning qamrovi, tariqat va haqiqatning maqsudi bizzot hukmiga o’tmasliklari taqozo etgani, Sunnati Saniya va ahkomi shariat xorijida bo’lgan ahli tariqatning ikki qismi ta'rif va Sunnati Saniyaga muxolafatlari misoli bilan fahmga yaqinlashtirilmoqda.
8-Tariqatdagi sakkiz tahlika sanalmoq bilan, nazari diqqat jalb qilinmoqda.
9-Tariqatning juda ko’p foydalaridan to’qqizi qisqacha dars berilmoqda.
Afsus! Bu maoliyotni loyig’i bilan faxm etolmaganim uchun, faqat qobiliyatim nisbatida fayz olganimni e'tirof etmoq majburiyatidaman. Buning bilan birga, bu bechoraga bu muborak asaringiz bilan ko’p narsalar o’rgatdingiz. Ba'zi zaif bilimlarimni quvvatlantirdingiz. Mutolaalardan, musohabalardan va vaz'u nasihatlardan, har xil maslak va mashrab arbobi bilan hasbihollardan olgan ba'zi nuqson qanoatlarni tuzatish bilan sog’lom holga keltirdingiz.
Allohu Zuljalol Hazratlari dunyoviy va uxraviy barcha matlub va maqsudingizni ehson, ayniqsa ummati marhuma-i Muhammadiya (ASV) haqidagi duolaringizni dargohi uluhiyatida qabul qilsin. Haqiqatdan Qur'onga, iymonga xizmatdan boshqa bir narsa o’ylamagan aziz va muhtaram Ustozimizni bu ummatga bag’ishlasin va rizo-i Ilohiysiga noil qilsin. Omin bihurmati Qur'on-il Mubin va bihurmati Imomi Mubin!
Bu nurli maktubni o’qiganim zotlarning hammasi ichidagilarni taqdir va tasdiq etdilar va aminmanki, ko’p istifoda etdilar.
Aziz, mushfiq Ustozim! Alloh uchun sizni sevgan bu ojiz talabangizni har vasila bilan ogohlantirishga va irshodga harakat qilmoqdasiz. Ma'naviy juda yuksak darslar bermoqdasiz. Ammo moddiy va ma'naviy jihatdan yaqiningizda, suhbatingizning sharafi bilan musharraf va xizmati Qur'onga tavfiqi Ilohiy bilan ko’p mehnatlari singgan, haqiqatdan juda muhtaram va juda qiymatli qardoshlarim kabi fayz ololmayapman. Buni ham isyon va qusurimning ortiqligidan va muhitning, hodisalarning meni doimo Nurlar bilan mashg’ul bo’lishga mone bo’lishidan va juda yomon nafsimning va jin va ins va shaytonlarning hujumlaridan bilaman va bu sabab bilan badbaxtligimni his qilmoqdaman.
Garchi sazovor bo’lganim va -yuz ming karra afsuski- shukrini ado qilolmaganim ni'omi Ilohiya hadsizdir. Ammo har kun, har soat, hatto har daqiqa va soniya bu foniy hayotdagi nasibamning kesilganini eslatayotganiga qaramasdan, yana tamoman dunyodan qo’limni tortishim mumkin bo’lolmayapti. Hazrati Qur'onga, suyukli Ustozimga juda kuchli bog’liqligim va Nabiyyi Afham (Sallallohu Alayhi vasallam) Afandimiz Hazratlari keltirgan Dini Mubinga va Shariatga loyatazalzal iymonim muborak duongiz bilan bu faqiri pur-qusurni inshoalloh ziyonda qo’ymas umidi yagona tasallimni tashkil etadi.
Bu maktubingizda Yigirma Oltinchi So’zning Zaylida baxs qilingan va kuch yetgani qadar hukmiga uyg’un harakatga uringanim yo’l-ki; ojizlik, faqirlik, shafqat, tafakkur tariqidir. Aziz va muhtaram Ustozimning tarif va tavsiya va irshod qilganlari qisqa yo’l, Qur'oniy va nuroniy yo’ldir. Inshoalloh bu yo’ldan qaytmayman. Istaymanki, hech kam bo’lmagan va vazifa nomi ostida zimmamga omonat qoldirilgan ishlar bu yil duongiz bilan va xayrlisi bilan biroz kamayar-da, haqiqiy xizmatga yanada ziyoda harakat qilaman.
وَمِنَ اللّٰهِ التَّوْف۪يقُ
Xulusiy
* * *
(Sabrining bayoni)
Ustozi A'zam Afandim Hazratlari!
Bu dafa xush va latif tavofuqlari bilan nuroniy yo’lovchilarga ma'naviy qo'lini uzatib, ziyodor barmog’i bilan "Bizlar bebosh, tasodifiy sochilgan narsalar emasmiz. Aksincha muvozana-i tomma va tavofuqi haqiqiya va bir qiyosi qat'iya bilan inkishof va tamavvuj etgan Kitobi Samoviya-i Qur'oniyaning mislsiz bittadan yulduzlarimiz" deb, yuqoridagisi pastdagiga, o’ngi so’liga ma'naviy qo’llari bilan musofaha va muqobala etib, tavofuqlari mushohada etilgan Kitobi Mubinning lamaat va tarashshuhotining tavofuqlari O’ninchi So’zda ham mushohada etildi. Bu So’zning ma'nodor va hikmatdor tavofuq va intizomlari xuddi kamoli harorat bilan yakdigariga mushtoq va mutahassir bir qancha samimiy va jiddiy qardosh va birodarlarning qovushishlari kabi, Qur'oni Azimushshonning har bir oyot va kalomi, tasarrufi ostiga olgan kalima va kalomlarni yana samovotning hadsiz elektrlari bo’lgan yulduzlar kabi porlatib, shu latofatlari bilan, insoniyat ta'rifiga to’liq doxil bo’lgan shuur sohiblarini mastu hayron qoldiradi.
Shu yeri ham shoyoni hayratdirki: Shu muborak O’ninchi So’z, mavzusi bo’lgan hashr masala-i muhimmasi koinot umrining tugashiga muallaq va muqaddar bo’lgani kabi, Risolat-un Nur orasida ham bu So’zning eng oxirgi tavofuqlarini ko’rsatishi ham alohida bir tavofuqdir deyman. Jannat daryolari demak bo’lgan Qur'oniy daryolarni, turli-tuman ovozi bilan jo’shqin-jo’shqin oqsin-oqsinki; zamoni johiliyat va davri fatratda, so’ng daraja ehtiyojli bo’lgan qavmlar ustlariga chiqqan shumusi Qur'oniyaning tezlik bilan inkishof va tavassu' va navi basharning beshdan birini ihyo, abadiy va doimiy bir nur bilan tanvir va izoa aylagani kabi, shu asri zalolat va xusron va davri bid'at va tug’yonda ahli iymon va tavhidning yarali ruhlariga malham bo’lsin.
Ha, olti-yetti yildan beri xush va shirin bu manzarani ko’rgan latif va o’xshovsiz bir guli Muhammadiyni (ASV) hidlagan ummati Muhammad (ASV) Sura-i Kavsardan "bi-hamdihi val minna" mukofoti ruhiya va dimog'iyasini oldi. Va bu nuqtaga ruhim amin ediki; ko’pdan beri ahli iymon va tavhid Islomiyat kabi boqiy va sarmadiy quyoshning kusuf va ufuliga yirtqich kabi urinishni o’ziga vazifa deb bilgan ahli zalolatning chirkin dasturlarini ko’rib g’aflat uyqusidan uyg’onib, Sura-i Kavsarni ta'qib etgan ikki surani lisoni hol va qol bilan o’qib zindiqlarga xitoban, "Bizlar sizning nifoq dengizingizda beboshchasiga va zulmkorona kezgan zalolat va safohat kemalaringizga minolmaymiz; faqat Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning nuroniy va tavhid sikkali iymon va Islom sovutlilariga minamiz. Manzillarimizga borganimizda muvaffaqiyat va samara-i sa'yimiz tazohur va tahaqquq etadi" deya baqirib va اِذَا جَٓاءَ نَصْرُ اللّٰهِ (ila oxir) farmoni mubinini tilovat bilan, Sura-i Kavsarning xushxabar va bashorati bizlarni quvvat va matonatga chorladi, ham sevinch va xursandchilikka yetishtirdi. Bildirganlari bilan nusrat va futuhotning kelishi hidini olib, to’da-to’da doira-i Qur'oniyaga arzi daholat etdilar. Bu xususda tasbeh va tahmidning eng muhim vazifalari bo’lganini anglab tavbalarini rad qilmagan Janobi Rabb-ul Izzat Hazratlariga istig’forga shoshilib saloh va faloh va favzi najot yo’llarini tutdilar.
"Hamon Rabbim, haqiqiy varosa-i Anbiyoni ko’paytirsin, dunyoviy va uxraviy orzu va maqsadlariga muvaffaq qilsin" duosini takror bilan birga O’ninchi So’zning ojiz qalamimga amr qilib yozdirgan shu arizachamni taqdimga jur'at etaman, ayniqsa dastu domoni muallolarini o’paman afandim.
Homish: Xirmon o’rtasida Mavlaviyvoriy kezgan bu bechora dehqon, so’zlarni ham ishlagan ishiga o’xshatib, aytganini takror aytgan. O’tgan yeriga qaytgan, yana kelgan bo’lsa ham, nima qilsin? Ustozi chaqmoq kabi tez qadamlar bilan ilgarilarkan, hech bo’lmasa chumoli yurishini ta'qib qilay, aloqa uzilmasligi niyati bilan shu parishon jumlalarni kirgizdim va taqdim etdim afandim.
Mustafo Sabri
(Rahmatullohi Alayh)
* * *
(Ahmad Xusravning bir bayoni)
Qiymatdor Ustozim!
Bugun Sulaymon Afandi qardoshim bilan yuborilgan; biri dunyoning umrini izoh etgan bir maktub bilan, boshqasi Hazrati Yunus Alayhissalomning duosining fazilatlarini ko’rsatgan O’ttiz Birinchi Maktubning O’ttiz Bir Yog’dudan O’n Birinchi Qismining Birinchi Qismini oldik va o’qidik.
Suyukli Ustozim, bu qism bizni shunchalar masrur etdiki, ta'rifiga muqtadir emasman. Janobi Haq sizdan abadan rozi bo’lsin.
Bu risola qat'iy bir borliq bilan bu ummatga najot eshiklarini ochadi. Va bu zulumotli kunlar qaytib kelmaydigan bo’lib vidolashayotganini xabar bermoq bilan birga, shogirdlarini hammasini birdan va bir og’izdan munojotga da'vat qiladi.
Suyukli Ustozim; istiqbolimizni nur daryosidan jo’sh urgan nujum-misol nurlar bilan oydinlatgan va bu marhamatsiz va qorong’u va qobusli kunlarimizda qat'iy bir umid bilan yashatgan va har bir risolada porlagan yangi bir boshqa nur bilan yuzimizni kuldirgan Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlariga behisob shukrimizni taqdim etarkan, sevinchimizni orttirgan Ustozimiz kelishiga sabrsizlik bilan intizorimizni arz etaman afandim.
Ahmad Xusrav
* * *
Qardoshim Xusrav, Lutfi, Rushdu!
Sizga ustoz va talabalar va darsdoshlar ichida foyda beradigan bir fikrimni bayon etaman, shundayki:
Sizlar -haddimdan ortiq- bir jihatdan talabamsiz va bir jihatdan darsdoshlarimsiz va bir jihatdan yordamchi va maslahatchilarimsiz.
Aziz qardoshlarim! Ustozingiz layuhtiy emas. Uni xatosiz o’ylamoq xatodir. Bir bog’da chirigan bir olma bo’lmoq bilan bog’ga zarar bermaydi. Bir xazinada eskirgan pul bo’lmoq bilan, xazinani qiymatdan tushirmaydi. Hasananing o’n sanalishi bilan, sayyianing bir sanalmoq sirri bilan insof shudirki: Bir sayyia, bir xato ko’rinsa ham, boshqa hasanalarga qarshi qalbni bulg’atib e'tiroz etmaslikdir. Haqiqatlarga doir masalalarda kulliyotlari va ba'zan esa tafsilotlari sunuhoti ilhomiya navidan bo’lganidan hamon umumiyat bilan shubhasizdir, qat'iydir. Ularning xususida sizlarga ba'zi murojaat va istishoram tushunish tarziga doirdir. Ular haqiqat va haq bo’lganliklariga doir emasdir. Chunki haqiqat bo’lganliklariga shubham qolmaydi.
Ammo tavofuqdagi munosabatlarga doir ishoralar mutlaq va mujmal va kulliy suratda sunuhoti ilhomiyadir. Tafsilot va tafarruotda ba'zan parishon zehnim qo’shiladi, nuqson qoladi, xato qiladi. Bu tafarruotda xatom aslo va mutlaqo zarar bermaydi. Zotan qalamim bo’lmaganidan va kotib har vaqt bo’lmaganidan ta'birlarim juda mujmal va qayd hukmida qoladi, tushunishni qiyinlashtiradi.
Bilib qo’ying, qardoshlarim va darsdoshlarim! Mening xatomni ko’rgan vaqtingiz erkin holda menga aytsangiz masrur bo’laman. Hatto boshimga ursangiz, Alloh rozi bo’lsin deyman. Haqning xotirini muhofaza uchun boshqa xotirlarga qaralmaydi. Nafsi ammoraning anoniyati hisobiga Haqning xotiri bo’lgan bilmaganim bir haqiqatni mudofaa emas, alar ra'si val ayn qabul qilaman.
Bilasizki; shu zamonda shu vazifa-i iymoniya juda muhimdir. Men kabi zaif, fikri ko’p jihatlar bilan bo’lingan bir bechoraga yuklatilmasligi kerak, qo’ldan kelgani qadar yordam berish kerak. Ha, mujmal va mutlaq haqiqatlar; biz zohiriy vasila bo’lib chiqmoqda. Tanzim va tasfiya, tasvir esa; qiymatdor, muqtadir darsdoshlarimga oiddir. Ba'zan ularga vakolatan tafsilotga, tanzimotga kirishaman, nuqson qoladi.
Bilasizki, yoz mavsumida dunyo g’aflati ziyoda hukm qiladi. Darsdoshlaringizning ko’pchiligi sustlik qilib ishni to'xtatishga majbur bo’ladi. Jiddiy haqiqatlar bilan to’liq mashg’ul bo’lolmaydi. Janobi Haq kamoli rahmatidan ikki yildir jiddiy haqiqatlarga nisbatan oziqlar, mevalar navidan latif tavofuqlar bilan tushunishlarimizni mukofotlantirdi, zehnimizni sururlantirdi. Kamoli marhamatidan u latif tavofuqlar mevalari bilan jiddiy bir haqiqati Qur'oniyaga zehnimizni chorladi va ruhimizga u mevalarni ozuqa va qut qildi. Xurmo kabi ham meva, ham qut bo’ldi. Ham haqiqat, ham ziynat va maziyat birlashdi.
Qardoshlarim, bu zamonda zalolat va g’aflatga qarshi juda ko’p ma'naviy quvvatga muhtojmiz. Afsuski men shaxsim e'tibori bilan juda zaif va qashshoqman. G'aroyib karomatim yo’qki, bu haqiqatlarni uning bilan isbot qilay va qudsiy bir himmatim yo’qki, uning bilan qalblarni jalb qilay. Ulviy bir dahom yo’qki, uning bilan aqllarni itoat qildiray. Balki Qur'oni Hakimning dargohida bir tilanchi xodim hukmidaman. Bu o'jar ahli zalolatning qaysarligini sindirmoq va insofga keltirmoq uchun Qur'oni Hakimning sirlaridan ba'zan yordam so’rayman. Karomati Qur'oniya o’laroq, tavofuqlarda bir ikromi Ilohiy his etdimki, ikki qo’lim bilan yopishdim.
Ha, Qur'ondan tarashshuh etgan Ishorot-ul I'joz va Risola-i Hashrda qat'iy bir ishora his qildim. O’xshashlari topilsin, topilmasin mening nazdimda bir karomati Qur'oniyadir. Ishorot-ul I'jozning bir sahifasiga diqqat qildik. Satrlarning boshida barcha harflar ikkitadan ikkitadan bo’lib, hayratlanarli bir intizom bilan harflarning joylashtirilganini ko’rdik. O’ninchi So’zda tavofuq sababi 3,4,5,6 raqamlari, har biri 13 da ittifoqlari.. u 13 ning ham, Oltinchi va Sakkizinchi, mahram To’rtinchi Ramzlarda muhim bir sirlar kaliti bo’lganini ko’rdik. Bunda shubhamiz qolmadiki, qog’oz ustida doimo qoladigan bir karomati Qur'oniyadir, bir ikromi Ilohiydir va to’g’ridan to’g’riga, risolaning va iymoni hashrning tasdig’iga bir imzo deb qabul qildik. Havoda uchmoq, suv ustida yurishga o’xshamaydi. Ular vaqtinchalik, ham shaxsning kamoliga va ixtiyoriga, balki istidrojga berilishi mumkin. To’g’ridan to’g’riga haqiqatga -xususan bu zamonda- xizmat qilolmaydi.
Nima bo’lganda ham, bir kichik masala munosabati bilan ko’p gapirdim va ko’p ham isrof qildim. Do’stlar bilan ortiq gaplashmoq marg’ub bo’lganidan, inshoalloh bu isrof afv bo’ladi.
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
(Jiyanim marhum Abdurahmonning vafotidan so’ng yonimga kelib, kuchli ishoralar bilan Abdurahmonning o’rniga menga yuborilgani qalbimga eslatilgan, g’oyat g'ayratli va xolis qardoshlarimizdan, olmos qalamli, Kuleo’nlik Saripichoq Mustafo Xulusiyning, o’nta bayon o’rniga o'tadigan birinchi bayonidir.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ الْقُرْاٰنِ وَاَسْرَارِهَا
Ey mening muhtaram Ustozim!
Ojiz talabangiz, Yer kurrasi ichida ruhim ba'zan sharqqa, ba'zan janubga, ba'zan g’arbga, ba'zan shimolga, ba'zan samoga ketardi. Ajabo, yordam qaysi tarafdan etishajak deya kutardim. Ruhim bir murshidi akmal qidirardi. Qidirayotgan ekan menga ilhom qilindiki; "Murshidni sen uzoqda qidirmoqdasan, juda yaqiningda bo’lgan Badiuzzamon bor. U zotning Risola-i Nuri mujaddid hukmidadir. Ham aqtobdir, ham Zulqarnayndir, ham oxirzamonda keladigan Iso Alayhissalomning vakilidir, ya'ni xushxabarchisidir" deyildi. Budan so'ng Ustozi Muhtaramim huzuriga bordim. Risolalarni bizga yozmoq uchun amr berdi. Men ham o’n besh qadar So’zlardan yozdim va o’qimoqdaman. Iste'dodim qisqa, fikrim chalkash bo’lganidan, risolalardan haqqi bilan istifoda va istifoza etayotgandim.
Undan keyin Yigirma Ikkinchi Maktubni berdingiz, yozdim. Bir-ikki marta do’stlarim bilan o’qidim. Ojiz talabangizning moddiy va ma'naviy o’n besh yoshidan beri, moziyda yig'ilgan mog’orlagan yaralarini davoladi. Alhamdulilloh. Buning ustiga bir tush ko’rdim. Tush budir:
"Tushimda qiblaga to'g'ri bir viloyatga bordim. U viloyatda kezarkan, ikkita katta ajib fabrikaga uchradim. Bu fabrikalar dunyodagi fabrikalarga o’xshamaydi va hamda bu fabrikalar insonning o’ng tarafiga keladi. Ikkisining ham sohiblari yo’q. Ichiga kirdim, fabrikaning biri katta, biri kichik. Bu kichik fabrikani men idora qilay deb unga sohib bo’ldim". Bundan keyin bir tush yana ko’rdim:
Qiblaga qarata uzun bir lashkargoh va lashkargohning ichida katta bir tandir bor. Men ham u tandirning doirasidaman va oyoq ustidaman.
Qarshimda yoshlardan ahli taqvo Sulaymon ismli bir yosh bor edi. Va o’ng tarafimda yana yoshlardan Ismoil ismli birisi bor edi. Bunga binoan, taxminan yuz qadar yoshlar o'sha tandirning doirasida o’ngimda va so'limda oyoq ustida edilar. Hayrat etdim. Bundan keyin buyuk bir zot keldi, yoshlarning qarshisiga kichkina bir ro’molcha to’shadi. U ro’molcha ustidan to’rt burchakli donli nonni yoshlarga bir-bir tarqatdi. Keyinchalik u ro’molchaning ichidan bir hovuchdan mayiz ham tarqatdi. Qarayman, u ro’molchada uzum va non tugamadi. Hayrat etdim. Menga deyildiki: "Bu muborak zot Said Nursiydir". Men ham angladimki, bu hayratlanarli ish aqtoblarda bo’ladi dedim, uyg’ondim.
Bundan keyin risolalarni davom qilib yozayotgan ekan, Allohning tavfiqi va Ustozi Muhtaramim himmati erishdi. Juda ko’p istifoda etishni boshladim. Keyinchalik barcha o'sha tushimda ko’rgan yoshlar atrofimga to’plandi. Har birisi menga do’st va Qur'onga talaba bo’ldilar.
Va yana bizning mamlakatning insonlari biroz ahli tariqat va ahli taqvodir. Mamlakatimizda zohir va botin domlasi bo’lmaganidan shaytonga va nafsga ko’p marta hadaf bo’lar edik va avhomlar ichida bo’g’ilar edik. Risolalarni o’qigan sari shaytoni lain va nafsning hiylalarini va avhomlarini Jahannamning tubiga otardi. Risolalarni o’qirkan, ko’p do’stlar juda hayratda qolar edilar. "Bu ulkan Badi', bu lu'lu-misol bu so’zlarni, bu kalimalarni qayerdan topmoqda?" deya bir-birimizga ko’p marta der edik. Lisoniga boqsang, bir narsa istifoda etilmas kabi ko’rinadi. Holbuki, aytganlari faqat hikmatdir. Nazarimizga dahshat beradi, nur sochadi
{(Hoshiya): Ha Mustafo qardoshim, Saidning uch shaxsiyatidan ikkisini to’liq farq etgan. Saiddagi ustozini dars bergan vaqti oliy ko’radi. Bechora do’sti bo’lgan Saidni haqiqatda bo’lgani kabi oddiy ko’radi va ko’rgani to’g’ridir.
Said}
deya takror-takror ishtiyoq bilan o’qir edik. Bundan keyin "Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur o’qiganlarga bir iksiri a'zamdir" deya hukm etdik.
Muhtaram Ustozim, moddiy va ma'naviy yaralari bo’lgan bu yuz do’stlarimning yaralarini risolalar davolamoqda. Hatto ba'zan bizdan uzoq bo’lganlar avhomga bo’g’ilar, kelarlar. Ojiz talabangiz bir risola o’qisam, avhomini ketkazar, ketardilar. Janobi Haq, Fayyozi Mutlaq va Xalloqi Azim mavjudot va jomidot va zarralar adadicha sizdan rozi bo’lsin. Omin!
Ertaga mahsharda, harkasdan avval Rasuli Akram va Nabiyyi Muhtaram Afandimiz Hazratlarining shafoatiga mazhar bo’l, inshoalloh. Omin.
Bu yoshlarning har kun, har soat duosini olmoqdasiz. Va har bir risolani o’qirkan, eng kami sakkiz-o’n qadar do’st bo’ladi. Holbuki bu fitna-i oxirzamonda bu yoshlarning bir oraga kelib haq so’z tinglashlari juda muhim va shukrga sababdir.
Bu ojiz talabangiz Arabcha o’qimagan va madrasada o’qimagan. Avvallari yozilgan Turkcha kitoblarni o’qirdim, moddiy va ma'naviy yaralarimni davolaydigan darmon topolmas edim. Ruhim va qalbim juda tipirchilardi. Shunday bir darajaga kelardimki; har soat o’z jonimga qasd qilishga qaror berar edim. "Ajabo, holim nedir va nima bo’ladi? Murshidi komil qayerda topa olaman?" deb juda xavotirlanar va umidsizlik ichida qolar edim.
Janobi Haq qandayki Jahannam kabi bir zamon ichida Jannat kabi bir zamonni xalq etar va har zamonga loyiq choralarni ijod etar va har yaraga muvofiq darmonni ehson etar. Xuddi shuning kabi, bu madrasasiz zamonimizda biz kabi yaralilarga -Ustozi Muhtaram vositasi ila- risolalarni Turkcha o’laroq ta'lif ettirmoqda. Bunga qanchalar shukr qilayin? Hadsiz va hisobsiz Janobi Haqqa shukrlar bo’lsin va Ustozi Muhtaramni ham Qur'on xizmatida muvaffaq etib, ikki jahonda aziz aylasin. Omin.
Men hech bir Arabiyot ko’rmasdan, madrasada besh-o’n yil o’qimaganim holda; faqat risolalarni yozib jiddiy ravishda o’qidim. O’zimni yigirma yil madrasada o’qigan kabi xayol qilmoqdaman. Sababi esa; bu ojizning, bu faqirning, bu miskinning yoniga ko’p Arabiyot domlalari keladi va mening o’qiganimga hayrat etadilar. Avvaldan murshidi komil tarbiyasi ko’rgan insonlar keladilar, mendan eshitgan kalimalariga maftun bo’ladilar. Ko’p domlalar tizzalab o’tirib, "Risola o’qib ber" deydilar.
Agar ovozim yetishsa edi, bor kuchim bilan baqirib, yer kurrasidagi yoshlarga der edim: "Risolalarni jiddiy o’qimoq va yozmoq, yigirma yil madrasada o’qimoqdan ustundir va manfaatliroqdir". Madrasada o’qishdan maqsad; avvalo o’zini qutqarib, keyin ummati Muhammadni (ASV) qutqarishga harakat qilmoq emasmi? Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur yigirma yillik madrasa ilmini beradi e'tiqodidaman.
Va har bir risola bir o’zi bir murshidi akmaldir. Qalbi buzilmagan har qaysi yosh bir risolani olib diqqat bilan va taslimiyat bilan o’qisa, doira-i inqiyodga keladi, isloh bo’ladi. Har qaysi bir moddiyyun bir risolani olib o’qisa, iymon keltirmasa ham, hech bir bahona topolmaydi. Har qaysi bir dinsiz o’qisa va tom ma'nosi bilan anglasa, iymonga keladi. Har qaysi bir faylasuf o’qisa, "Bundan yanada yuksak aql bo’lolmaydi va aqllar to’plansa bundan yuqori chiqolmaydi, aql bunga yo’l topolmaydi" deydi. Risola-i Nur lisoni hol bilan Ovrupa maftuni bo’lgan bir ko’zli Dajjolga "Yo iymon keltir, yoxud butun dunyoning masqarasi bo’lasan" deydi.
Hozir aziz dars qardoshlarim! Bu faqir bir dona murshidi akmal va qutb qidirarkan, Janobi Haqning ehsoni bilan, karami bilan, lutfi bilan, rahmati bilan, Ustozi Muhtaramning sa'yi bilan bir yuz o’n to’qqizta murshidi akmal va komil topdim. Risolat-un Nur va Maktubot-un Nur bir yuz o’n to’qqiz adadi bilan, har biri bittadan murshidi akmaldir va aqtobdir.
Ey moddiy va ma'naviy yarali bo’lgan yosh qardoshlarim! Va ey murshidi akmalga muhtoj bo’lgan ahli tariqat qardoshlarim! Shayx Abdulqodiyr Jiyloniy va Shohi Naqshband, Imomi Rabboniy, Imom G’azzoliy, Muhyidini Arabiy, Mavlono Xolid Roziyallohu anhum, Qaddasallohu asroruhum Hazratlarining daraja-i kamolotlari, marotibi iymonlari risolalarda va Maktubotda bordir.
{(Hoshiya): Marhum akam Mustafo risolaning shogirdlari ila valiylikning shogirdlarini va bir-birining orasidagi darajani anglatmoq istaydi. Bu masalani Risola-i Nur hal etgan. Ham tavhidi omi ila tavhidi haqiqiyni ko’rsatgan. Yana ko’zi yopiq bo’lib ketishning va ko’zi ochiq bo’lib ketishning farqini Risola-i Nur bayon etgan. Yana olami yaqazo ila olami menamni Risola-i Nur kashf etgan. Yana olami misol ila olami shahodatni bir-biridan Risola-i Nur ayirgan. Yana valoyati kubroni, valoyati vustoni, valoyati sug’roni va bir-birining farqini tamomi ila Risola-i Nur ko’rsatgan. Bir suhbatda, bir qadamda -Sahobalarga o’xshab- zohirdan haqiqatga o’tishning sabablarini anglatgan. Yana tariqat shayxlarining va Aimma-i Arba'aning yo’llarini Risola-i Nur bayon etgan. Yana ilmalyaqiyn, aynalyaqiyn, haqqalyaqiyn ila qo’lga kiritilgan iymonning farqlarini Risola-i Nur ko’rsatgan. Yana Hazrati Abubakr Siddiq (RA) va Hazrati Umar (RA) va Hazrati Usmonning (RA) mashrabini Risola-i Nur ta'qib etgan. Yana Imomi Alining (RA) bir valadi ma'naviysi bo’lganini, Jaljalutiyani tafsir ila Risola-i Nurning qiymatini va vazifasini Risola-i Nur ko’rsatgan. Yana Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Mahdiy va Iso Alayhissalom va Dajjol va Yajuj-Majuj va Saddi Zulqarnayn haqidagi mutashabeh hadislarni Risola-i Nur ta'vil etgan, asos maqsadni anglatgan.
Imomi Ali (RA), Shohi Jiyloniy (RA), Sakkizinchi, O’n Sakkizinchi, Yigirma Sakkizinchi Yog’dular ila va Sakkizinchi Shu'la ila karomoti avliyo haq bo’lganini va yerda ekan Arshi A'zamni mushohada etganlarini Risola-i Nur bayon etgan. Yana umum mujtahidlar "Mutakallimiyndan biri keladi, haqoiqi iymoniyani va barcha masalalarni ochiq suratda bayon qiladi" degan xushxabarlarini Risola-i Nur olamning hodisalari ila isbot etgan. Yana barcha har asrda kelgan mab'uslar, valiylar kashfiyotlarida, "Biri keladi, sharqdan bir nur zuhur etadi" deb Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysini va Ustozimning shaxsi ma'naviysini va talabalarning shaxsi ma'naviysini ko’rib, butun ummati Muhammadga (ASV) Risola-i Nurning fazilatini, ahamiyatini, qiymatini va amri Payg’ambariy ila butun ummat virdlarida azobi qabrdan va oxirzamonda keladigan fitnadan, Dajjolning sharridan istioza etishlarini va qiladigan moddiy va ma'naviy taxribotini Risola-i Nur ta'mir qilganini ko’rganlar. Xushxabarlar, bashoratlar, ishoralar, ramzlar ila xabar berganliklarini Risola-i Nur Eskishahar, Denizli, Afyon, Istanbul kabi olam hodisalari ila ko’rsatgan.
Xullas kalom: Asrlardan beri kutilgan va muntazir qolingan zot Risola-i Nur ekan. Hatto Ustozning o’zi ham bir zamon bunday bir zotning kelishiga muntazir ekan. Holbuki na og’am Mustafoning va na mening haddim emaski, Risola-i Nurning qiymatini va vazifasini bayon etaylik, afsus! Risola-i Nur Qur'onning xos tafsiri bo’lganidan, Qur'onga bog’liqdir. Qur'on esa, Arshi A'zamga bog’liqdir. Shuning uchun Risola-i Nurni Qur'on madhu sano eta oladi. Birinchi Shu'lada o’ttiz uch oyati ila ishora etgan.
Buni yozishdan maqsadim; og’am Mustafoga Risola-i Nurdan madad va Qur'ondan shafoat va Ustozimdan duo istamoqdir.
Talabangiz Kichik Ali}
Ey qardoshlarim va ey xalifalar! Tariqatning va haqiqatning muntahosini anglamoq istasangiz, risolalarni jiddiy ravishda o’qing. Yuqoridagi zotlarning orqasidan ketasiz va yuksak iymonlariga yaqinlashasiz.
Ey ahli tariqat qardoshlarim, ayniqsa sizlardan ko’p iltimos qilaman, risolalarni bir marta o’qinglar. Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurning har bir qatorida bir kitobning ta'sirini topolmasangiz, menga nima desangiz denglar, qabul qilaman.
Takror ko’p tavsiya etaman, o’qinglar, o’qinglar. O’qigan sari risolalar fayz beruvchi nurlarini sochadilar. O’qigan sari ishtiyoq keltiradilar, zerikish bermaydilar. Boshqa kitoblarni bir-ikki marta o’qisang, insonga zerikish beradi. Holbuki risolalar unday emas, o’qigan sari boshqa-boshqa iymon hollari talqin etadilar.
Qaytaman yuqoridagi tushning ta'biriga. Aqlim yetishgani qadar ta'bir etaman, Alloh xayrli qilsin.
Biri katta, biri kichik fabrikadan, katta fabrika esa ustozi muhtaramdir. Fabrikaning ichida bo’lgan ajib va g’arib, badi' asboblar esa, bu zamonga qadar hech bir imom aytmagan kalimalarni va iymon talqinotlarini qilgan Risolat-un Nur qismlaridir. U kichik fabrika esa; Risola-i Nurlarni kim o’qib yozsa, u ham kichik fabrikaga o’xshaydi. Ichkarisidagi badi' asboblar esa, Risola-i Nurning dasturlari, haqiqatlari va iymonga doir masalalardir. O’qigan va yozgan insonlar shunday kuchli, tebranmas iymonlarni topadilar. Fabrika harakati esa, risolalarni o’qib yozgan odamlarning kamoli shavq va hayajon bilan ishlashlaridir. Ko’rgan viloyatim esa; valoyati kubro yo’llarini ko’rsatgan Risola-i Nurdir. Bu tushni quvvatlantirmoq uchun bir tush yana aytaman: "Uyqumda Istanbulga piyoda bo’lib ikki marta ketdim. Istanbulga borganimda do’konlarining hammasi ochiq, ichida sohiblari yo’q, do’konlarning ichida- sanduqlarda katta-katta mexlar ko’rdim va boshqa temir parchalari ham bor edi. Buning ustiga ma'naviy rahmat yog’arkan, Istanbuldan piyoda bo’lib qaytdim".
Allohu a'lam buning ta'biri ham, dunyoda Istanbul katta va chiroyli mamlakat bo’lgani kabi, xuddi shuning kabi risolalar va Maktubot-un Nur valoyati kubro yo’llarini ko’rsatadi. Temir kabi quvvatli, olmos mexlar kabi haqiqatning burhonlarini sotishga chiqargan va har risola bir qudsiy do’kon hukmiga kelgan bir mashhari nuroniydir. U namoyishgohda iymoniy nurlar ko’rsatiladi. Va valoyati kubro yo’llarini ko’rsatganini, ikki karra ikki to’rt bo’lar darajasida qanoatim kelgandir.
Ikkinchi ko’rgan tushimning tabiri, Allohu a'lam bunday bo’lsa kerak: Qiblaga qaragan lashkargoh esa, ma'naviy Allohga askar bo’lgan yoshlarning Isparta Viloyatidagi keng darsxonalariga ishoradir. Nonni tarqatgan zot esa, ustozi muhtaram Said Nursiydir. Va non pishirgan tandir esa, ustozimning xususiy madrasasidir. Tandir nonining xaridorlari esa, risolalarni o’qib lazzatini anglagan, men kabi va do’stlarim kabi هَلْ مِنْ مَز۪يدٍ deganlardir.
Ha, ustozi muhtaram insonlarga ma'naviy non tarqatuvchidir. Bu tandirda ko’p ishoralar bor. Aqlim bu qadar yetishadi. Yoshlarning oyoqda bo’lishi esa, yoshlarning iymoniy risolalar o’qib iymonlari quvvatlanishiga ishoradir. U shirin va yegan sari tugamagan uzum va non esa, har narsadan yanada shirin i'jozi Qur'on sirlariga va iymonning nurlariga ishoradirki, ularni Risola-i Nur tarqatadi. Ojiz talabangiz esa, yoshlarning boshida va o’ng tarafda bo’lganim esa; yoshlarga ehsoni Ilohiy, ikromi Ilohiy va ustozi muhtaramning himmati bilan u yoshlarga vasila bo’lishimga ishoradir inshoalloh. Mening aqlim bu qadarga yetishadi. Bu qadar ta'bir eta oldim. Tushlarimning isloh va ta'birini iltimos qilaman.
Yigirma kun mobaynida bir tush yana ko’rdim: Eg’irdir Ko’lining bo’yida, ya'ni shag’al ustida ekanman. Bu dengizning bo’yida katta bir oq chodir o’rnatilgan. Chodirning ichida katta bir ustunning ostida ustozim Said o’tirmoqda. Bu asnoda qo’liga katta bir qizil muqovali kitob olib, chodirning ustuniga tayanib u kitobni o’qidi. Keyinchalik xorijdan, qibla tarafidan Mahmud ismli yigit, yashil ko’ylakli biri kelib ustozimning qo’lidan u kitobni -ya'ni o’qigan xutbasini- so'radi va oldi. Chodirdan Mahmud ismli yigit tashqariga chiqdi, qiblaga qarata, oyoq ustida xalqlarga dediki: "Bu onga qadar bunday bir xutbani hech bir imom o’qimagan" deb, u xutbani olib qiblaga qarab etdi. O'sha onda uyg’ondim. Alloh xayrli qilsin.
Bu tushni ham bilganim qadar ta'bir etaman: U dengiz esa Shariati Muhammadiyadir (S.A.V.) U chodir esa, Isparta Viloyatidir. U xutba esa, Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurdir. Xutbani etgan yashil ko’ylakli yigit Mahmud esa yo Shayx Jiyloniy, yo Imomi Rabboniydir. Risolalar maqomi Mahmud yo’lini ta'rif etadilar. Ustozimning xutbasi bo’lgan Risola-i Nur, bu zamonning bir mahdiysi va mujaddididir.
Ey Yer kurrasida bo’lgan yoshlar, domlalar va xalifalar! Ming yildan beridir insonlar qidirgan Mahdiy Hazratlarining peshdori va xushxabarchisi ustozim nashr etgan Risola-i Nurdir. Ey mening qardoshlarim! Men kabi ojiz bir talabaning o’qishidan, anglashidan nima chiqadi? Ustozimdan qanday savol so’ray olaman? Nechta kitob o’qidimki, savol so’ray va masala hal qilay? Qanday savol so’ray?
Dunyoda ko’p kitoblar bor va u kitoblarni o’qigansiz. O’qigan kitoblaringizning hammasini ham tushundingizmi? Har holda tushunolmaganingiz masalalar ko’pdir. Ustozimdan savol so’rang, maydonga ilm chiqsin va iymon haqiqati chiqsin-u, dunyoda bo’lgan uch yuz ellik million Musulmonlar ham istifoda etsinlar. Qancha mushkulotingiz bo’lsa hal etilsin, biz kabi ojizlar ham istifoda etsin.
Ey domlalar va ahli qalb! So’raydigan savollaringizning javoblarini Risola-i Nurda topa olasiz. Ahli kashf va qalbdan biri men kabi ojiz bir insondan Mahdiyni so’ramoqda, "Qachon keladi?" Hali ham Mahdiyni anglay olmagan. Dabbat-ul Arz kimlar bo’lganini bilmaydi. Bularga doir risolalarda bittadan bahs bor. Har mushkul savolning javobini u risolalardan qidiringlar, topasizlar.
Ey domlalar va xalifalar! Bizning ilmimiz bizga yetar deb, tilla qo’ng’iz kabi shavqingizga, ilmingizga aldanmanglar. Insonning o’z bilgani o’ziga yetarli bo'lmaydi. Har inson har masalani yolg’iz anglay olmaydi. Uxlayapsiz! Shuncha uxlaganingiz ortiq yetar! Uyg’onish kerak...
Padar va volidam va barcha do’stlarim va birodarim Ali ko’p salom aytib, ikki qo’llaridan o’par va duo qilmoqdadirlar.
Kuleo'nunda So’fi o’g’li
Talabangiz Mustafo Xulusiy (RH)
* * *
(Risola-i Nurning ilk nusxa yozilishida ko’p xizmati o’tgan toza qalbli, ixlosli, chiroyli hofiz, mudaqqiq bir domla bo’lgan Hofiz Xolidning bir bayoni.)
Risola-i Nurning muallifi Badiuzzamon nodira-i jahon, xodimi Qur'on Said Nursiy haqida hissiyotimdan mingdan birini bayon qilmoqdaman:
Ustozim -o’zlari- Nur ismi jaliliga mazharlar. Bu ismi sharif o’zlari haqida bir ismi a'zamdir. O’z qishloqlarining nomi Nurs, volidalarining ismlari Nuriya, Qodiriy ustozlarining ismi Nuriddin, Naqshiy ustozlarining ismi Sayyid Nur Muhammad, Qur'on ustozlaridan Hofiz Nuriy, xizmati Qur'oniyada xususiy imomlari Zinnurayn; fikrlarini, qalblarini tanvir etgan oyati Nur bo’lishi va mushkul masalalarni izohga vosita bo’lgan nur tamsillari g’oyat qiymatdordir. Risolalar majmuiga Risola-i Nur nomi, Nur ismi u kishi haqida ismi a'zam bo’lganini tasdiqlamoqdadir.
Risola-i Nur nomli hayratlanarli qalamga olingan asarlarining bir qismi Arabcha bo’lmoq bilan birga, Risola-i Nur parchalari hozirga qadar bir yuz o’n to’qqizga yetgandir. Har bir risola o’z mavzusida hayratomuzdir. G’oyat yuksak bo’lmoq bilan birga, O’ninchi So’z ismi bilan mashhur bo’lgan hashrga doir bo’lgan risolasi juda g'aroyib, jome'dir. Olimlar fikricha faqat naqliy bo’lgan hashrni va nashrni g’oyat kuchli va qat'iy aqliy dalillar bilan isbot qilgan. U bilan ko’plarning iymonini qutqarganlar.
هُوَ الَّذ۪ى جَعَلَ الشَّمْسَ ضِيَٓاءً وَ الْقَمَرَ نُورًا
oyatining sirri bilan deya olamanki, Risola-i Nur bir qamari ma'rifatdirki, shamsi haqiqat bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning nurini istifoza aylamishki, نُورُ الْقَمَرِ مُسْتَفَادٌ مِنَ الشَّمْسِ bo’lgan mashhur qoziya-i falakiyaga masadaq bo’lgandir. Yana ayta olamanki, ustozim Qur'on haqida bir qamar hukmida bo’lib, samo-i risolatning shamsi bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan nuriy istifoda etib, Risola-i Nur shaklida tazohur etgan.
Ustozim, boshqalarida kamdan-kam bo’lgan mumtoz xislatlaridan, zohiriy holatlaridan juda ustun bir vaziyat ko’rsatadilar. Zohir holga boqilsa, ilmi holni bilmaydiganday ko’rinadilar. Birdan qaraysan, bir dengiz kabi bo’ladilar. Iznli bo’lganlari miqdorni va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan istifoda darajalari nisbatida aytadilar. Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan istifoda jihatlari bo’lmagan vaqtlarida, yangi Oy kabi mahviyat ko’rsatadilar. Menda nur yo’q, qiymat yo’q deydilar. Bu xislatlari ham to’liq tavozudir va مَنْ تَوَاضَعَ رَفَعَهُ اللّٰهُ hadisi bilan to’liq boamal bo’lishlaridir. Xullas, bu xislat ijobotidandirki; biz kabi talabalaridan ba'zi ilmiy masalalarda muxolafat bo’lsa, ularning so’zlarini ichida qidirar, haq topgani vaqtlari, kamoli tavozu bilan va lazzat bilan qabul qilib tan olar. Moshoalloh der. Siz mendan yanada yaxshi bildingiz der, Alloh rozi bo’lsin der. Haq va haqiqatni nafsning g’urur va anoniyatidan doimo ustun qo'yarlar. Hatto men ba'zi masalalarda muxolafat etardim. Menga nisbatan g’oyat multafit, mamnunona bir holat olar; agar xato qilsam, go’zalcha, meni g’azablantirmasdan ogohlantirar; agar chiroyli bir narsa aytgan bo’lsam, juda mamnun bo’larlar.
Ustozim ayniqsa hikmati haqiqiya fanida, ya'ni hikmati shariat va Islomiyat nuqtasida juda hayratomuz va hikmati bashariyada ham juda oldindalar. Hatto u ilmda Aflotun va Ibn Sinoni o’tganlar deb bilaman.
Bundan o’n uch yil avval, "Dor-ul Hikmat-ul Islomiya" a'zosi ekan, kichikliklaridan beri hozirga qadar ma'nan izni Ilohiy bilan uning bir muini va nosiri va muhofizi bo’lgan qutbi Rabboniy va qandili nuroniy Abdulqodir Jiyloniy (alayhi nazar-ur Rahmoniy) Hazratlarining Futuh-ul G’ayb risolasini tafa'ulan ochgan asnolarida,
اَنْتَ ف۪ى دَارِ الْحِكْمَةِ فَاطْلُبْ طَب۪يبًا يُدَاو۪ى قَلْبَكَ
iborasi chiqdi. U ibora u kishi haqida juda ma'nodor bo’lib, Eski Saidni Yangi Saidga aylanishiga sababiyat bergandir. Eski Said bo’lgan zamonlarida Inglizlarning diniy savollariga g’oyat latif va muskit bir javob berganlar. Va ilmi mantiqda Ibn Sinoning qalamga olgan asarlaridan o’tadigan "Ta'liqot" nomli g'aroyib bir risolasi bor. Ishkali mantiqiyani qiyosi istiqroiy jihati bilan o’n mingga qadar yetkazib, hech bir olim yetishmagan bir daraja-i ihota ko’rsatganlar. "Sunuhot" ismli bir risolalarida ko’rdimki, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam olami ma'noda, bir madrasada unga dars berganini ko’rganlar. U darsi ma'naviyaga binoan "Ishorot-ul I'joz" nomli hayratomuz tafsirni yozganlar. Menga bir kun dedilarki:
"Jahon Urushi hodisa va natijalari mone bo’lmasa edi, Ishorot-ul I'jozni Allohning tavfiqi va izni bilan oltmish jild yozar edim. Inshoalloh Risola-i Nur oxiri u tasavvur qilingan g'aroyib tafsirning o’rnini oladi".
Ustozim bilan yetti-sakkiz yil musohabatim asnosida ahamiyatli mashhudotim ko’p. Ammo اَلْقَطْرَةُ تَدُلُّ عَلَى الْبَحْرِ ga ko'ra, dengizga dalolat maqsadi bilan bu bayon kifoya ko’rildi. Chunki Ustozimdan ayrilish zamoni edi, shoshib yozdim. Ustozim, وَالصَّاحِبِ بِالْجَنْبِ oyatining sirri bilan ko’p marta yonlarida meni musohib topmoq haqqini va tavajjuh duosi bilan amalga oshirishlariga aminman.
Hofiz Xolid (RH)
* * *
(Xulusiy Beyning bayoni)
Aziz, muhtaram, mushfiq va mukarram Ustozim!
Bu dafa yuborilishiga inoyat qilingan Risola-i Nur parchalarining to’rt qismli mundarijasini oldim. Avvalroq O’ttiz Birinchi Maktubning O’n Uchinchi va O’n To’rtinchi Yog’dularini olgan, ammo tuyg’ularimni arz qilishga muvaffaq bo’lolmagandim. Mundarijalar to’rt tarafimni oydinlatdilar va e'tiqodda bir bo’lib, juda metin hikmatlar bilan ba'zi amallarda farqliliklari bo’lgan to’rt mazhabi haq kabi; bu faqirga haqqa, haqiqatga, sidqqa, iymonga, nurga, rizoga ketgan yo’llarni ko’rsatdilar. Dunyo hodisalari tashvishlari hozirga qadar boshimdan o’tmagan bir tarzda meni charchatgan. Ulkan bir doiraning moddiy va ma'naviy og’ir yuki ostida bir o’zim qolganimdan juda bo’g’ilgandim.
Aziz ustozimning O’ttiz Birinchi Maktubning Birinchi Yog’dusi bilan tavsiya qilgan avrodning quvvati, Risola-i Nurning fayzi, mushfiq ustozimning mustajob duolari va ustozimning ustozi Hazrati G’avsning lillahilhamd eng kichik hojatimni qondirish qadar zohir himmati, batamom bir lutfu fazli Ilohiy asari o’laroq davom eta olganim salovoti sharifa barakoti bilan zuhur etgan imdodi risolatpanohiy va Janobi Allohning nihoyasiz in'om va ehson va inoyati soyasida, -yuz minglar hamdu shukrlar bo’lsin- umidsizlikka va sustlikka tushishdan xalos bo’lgan.. faqat huzuri ma'naviyingizga bir necha satrlik ariza bilan chiqishga kech qolgan.
Haqiqatdan, olmos qalamli juda qiymatli qardoshlarim osori Nurning jam va ko’paytirish va nashrida ko’rsatgan g’ayrat va himmatlari va suyukli ustozimizga bu qudsiy vazifada qilgan yordamlari, har qanday taqdirdan ustundir. Allohu Zuljalol hammalaridan rozi bo’lsin va nashri anvori Qur'oniyada doimiy muvaffaqiyatlarga sazovor qilsin.
O’ttiz Birinchi Maktubning O’n Uchinchi va O’n To’rtinchi Yog’dulari shunchalar buyuk darslar, shunchalar azamatli haqiqatlar, shu daraja porloq hikmatlar va nurli, qudsiy, lahutiy fayzlarni ichiga olganki, bu bechora qardoshingizning so’niq zakovati, qisqa tushunchasi, parishon, chalkash miyasi bilan his eta olgan zavqlarini ifoda etishiga imkon yo’q.
"Idroki maoliy bu kichik aqlga kerakmas,
Zero bu tarozi shu qadar yukni ko’tarmas".
O’n Uchinchi Yog’duning o’n uch ishora bilan bayoni Surat-ul Falaq va Surat-un Nos oyatlari bilan,
وَقُلْ رَبِّ اَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاط۪ينِ ٭ وَاَعُوذُ بِكَ رَبِّ اَنْ يَحْضُرُونِ
oyatlarining adadi yig'indisiga yoki bu ikki suraning har birida o’qilayotgan "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" adadi bilan va Fotiha boshda sanalmasa, bir yuz o’n uchinchi suraga to’liq va latif tavofuq va ishora ko’rsatishi diqqat nazarini jalb etmoqdadir. Har ishoraning oxirida u ishoradagi haqiqatlar bir qancha eng munosib va a'lo kalima bilan ifoda etilgandirki, bundan yanada kuchli bayon bo’lolmaydi. His qilganlarimni bu ishoralardagi kalimalar bilan qisqacha arz etaman.
Birinchi Ishora:Shaytonning va uning sherik va muinlari bo’lgan ahli zalolatning sharridan faqat shariati Muhammadiya (ASV) bilan boamal va sunnati Ahmadiya (ASV) bilan bog’langan bo’lmoq bilan qutulmoq imkoni bo’lganini,
Ikkinchi Ishora:Kufrga kirgan ahli zalolatning son jihatidan ko’pligining qiymatsizligi; shayton va yordamchilarining hujumlariga qarshi istioza, istig’for, hifzi Ilohiyga iltijo va taqvo bilan Sunnati Saniyaga yopishmoqdan boshqa chora bo’lmaganini,
Uchinchi Ishora:Zohiran juz'iy xato va isyon bilan juda buyuk taxribot qilayotgan hizb-ush shaytonga qarshi eng quvvatli qal'a bo’lgan Qur'oniy qal'aga iltijo lozim bo'llganini,
To’rtinchi Ishora:
مَٓا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّٰهِ وَمَٓا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ
oyatiga bir navi tafsir mohiyatida, juz'iy ixtiyor va ijodsiz kasb bilan sharrlarga sababiyat bergan shaytonning mudhish taxribotiga qarshi istig’for va Allohga iltijo va Sunnati Saniyaga rioya taqozo etgani,
Beshinchi Ishora:Qur'oni Hakimning azim targ’ib va tashviqlarining batamom o’rnida bo’lib, ahli iymonning dasoisi shaytoniyaga tushishlari, iymonsizlikdan va iymonning zaifligidan kelib chiqqanini; yana gunohi kaboirni qilganlarning kufrga kirmaganlarini,
فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ ٭ وَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ شَرًّا يَرَهُ
ikki oyat bilan sobit bo’lganini va oxiri Janobi Arhamurrohimiynning G’ofur va Rahim ismlarini malja' va panogoh qilib shaytondan istioza etilishini,
Oltinchi Ishora:Taxayyuli kufrni tasdiqi kufr bilan chalkashtirish va tasavvuri zalolatni zalolatning tasdig’i suratida ko’rsatgan dasoisi shaytoniyadan qutulmoq uchun, haqoiqi iymoniya va muhkamoti Qur'oniyaga yopishmoq va lumma-i shaytoniyadan kelgan dasisalarga qarshi istioza etmoq va har ikki ma'naviy yaraga qarshi Sunnati Saniyani malham qilmoq ijob etganini,
Yettinchi Ishora:Arkoni iymoniyadan biri bo’lgan qadarga ta'vilsiz iymon etmoq lozim bo’lganini va gunohi kabirani qilgan mo’min qola olishini... Ammo shaytonlarning taxribotiga qarshi Janobi Haqning ming bir ismining tajalliy etayotganini, Ahli Sunnat va Jamoat bo’lgan Ahli Haq mazhabidan ayrilmaslik va Qur'onning qattiq va metin qal'asiga kirib Sunnati Saniyaning muqtazosiga uyg’un harakat qilmoq bilan qutilishga muvaffaq bo’lishlikni,
Sakkizinchi Ishora:Kufr va zalolat yo’lida insonlarning qanday ixtiyorlari bilan suluk etganlarini va bularning qanday hayot o’tkaza olganliklarini aliyy-ul a'lo bir tarzda dars bergandan so’ng, ahli iymon uchun Qur'onning himoyasi ostiga iymoni tom va e'tiqodi komil bilan kirmoq va Sunnati Saniyaning doira-i nuroniyasiga seva-seva doxil bo’lishning qanchalar chiroyli bo’lganini,
To’qqizinchi Ishora:Hizbullohning nima uchun ko’p marta hizb-ush shayton bo’lgan ahli zalolatga mag’lub bo’lganliklarini; Madina munofiqlarining zalolatda tirishib, hidoyatga kirmasliklari va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ikki muhorabadagi mag’lubiyatining hikmatini bayon qilib, u Sayyid-ul Mursaliynning sunnatiga ergashish soyasida vaqtinchalik og’riqlarning o’tishini,
O’ninchi Ishora:Iblisning eng muhim bir dasisasi bo’lib o’ziga tobe bo’lganlarga o’zini inkor ettirganidan, to’rt misol bilan izoh surati bilan bahs; ahli iymonga jin va ins shaytonlarining sharrlaridan Allohga iltijo etmoq bilan salomatga qovushilishini,
O’n Birinchi Ishora:Jussa va jismi kichik, jinoyat va zulmi katta, ayb va gunohi azim bechora insonni koinotning hiddatidan, maxluqotning nafratidan, mavjudotning qahridan qutqarmoq uchun Qur'oni Hakimning doira-i qudsiyasiga kirishga va Sunnati Saniyaga ergashishga da'vat etganini,
O’n Ikkinchi Ishora:Mahdud gunohlarga Jahannam bilan muqobalaning mahzi adolat bo’lganiga, Jahannamning jazo-i amal, Jannatning fazli Ilohiy bilan bo’lganiga; sayyianing oz yozilib, hasananing ko’p yozilishiga; ahli zalolatning muvaffaqiyatlarining, -hosho- o’zlarida haqiqat bo’lganiga yoki ahli haqda zaiflik bo’lganiga dalolat etmasligini ko’rsatgan to’rtta qiziqarli savolga g’oyat fasih va balig’ javoblar bermoq surati bilan, ahli iymonni, رَاْسُ الْحِكْمَةِ مَخَافَةُ اللّٰهِ dasturiga, har qanday saodatni jamlagan Qur'on va Sunnat shohrahiga kirishga tashviq etganini,
O’n Uchinchi Ishora:Uch nuqtasi bilan Shaytonning dasisalariga mubtalo bo’lgan bechora insonga hayoti diniya, hayoti shaxsiya va hayoti ijtimoiya salomati va sihhati fikr va istiqomati nazar va salomati qalb uchun muhkamoti Qur'oniya mezonlari bilan va Sunnati Saniya tarozilari bilan a'mol va xotirotingni tort va Qur'onni va Sunnati Saniyani doimo rahbar qil va "A'uzu billahi minashshaytonir rojiym" deb Janobi Haqqa iltijoda bo’l, deya juda qiymatli tavsiyada bo’lganini va خِتَامُهُ مِسْكٌ navidan o’n uch ishora holida tavsir qilingan Surat-un Nos va ikki oyati takror bilan darsga yakun berganini g’oyat zavqli va shavqli va aloqali bir suratda bayon va ifoda aylamoqdadir.
O’n To’rtinchi Yog’duning Birinchi Maqomini tashkil etgan ikki masala mening nazdimda juda muhimdir. Bu darsning bildirib yozilishiga vasila bo’lgan Ra'fat Bey qardoshimizdan Alloh rozi bo’lsin. Ikkinchi Maqom yakka holda bir shoh asardir. "Bismillahirrohmanirrohiym" haqidagi bayon qilingan olti sir shunday bir xazina-i asrori Rabboniydirki; faqat Rahmoni Rahimning inoyati bilan bu muborak asarni o’qib anglaganlar undan zavq olishlari mumkin.
Bundan avvalgi bir maktubda ixtiyorsiz Birinchi So’zni tashkil etgan "Bismillahirrohmanirrohiym" haqidagi muborak asardan qalbi ojiziyga kelgan ba'zi xush tafakkurlardan bahs etgan edim. Doimo shafqat bilan duo va darslaridan istifoda ettirgan muazzaz ustozim mening hali avvaldan ham "Bismillahirrohmanirrohiym" ichidagi Rahmon va Rahim ismlarining hikmati taxsisi xususidagi savolimga ikkinchi va juda porloq bir javob yana lutf etgan bo’lmoqdalar. Bu mazhariyat sababli Xoliqi Rahimga qanchalar shukr etsam ozdir.
Mundarijani to’liq hanuz o’qiy olmadim, ammo inshoalloh o’qiyman. O’n Birinchi Maktubning nimalarni ichiga olganini o’rgandim. Yozilmagan va rahmati Ilohiyadan yozilishiga muvaffaqiyat niyoz qilingan asarlarning ham nashriga muvaffaqiyatingizni altafi Subhoniyadan tazarru va niyoz qilaman. O’ttizinchi So’zning mahkama boshkotibini qanday qo'rqitganini, xotirasini tamomi bilan ko’z o'ngimga keltirdim.
Mundarija-i Gul-dasta: Mundarija nomi ostidagi barcha risolalarda yozilgan bo’lgani tarzda emasdir. Tamoman xususiyat ko’rsatmoqdadir. So’zlarning va Maktublarning bir xulosat-ul xulosasi aytiladigan vaziyatdadir.
Osori Nurning bir natijasi, xazoini Nurning olmos kaliti, risola va maktublarning nurli eshigi bo’lgan bu xayrli ta'lifga sabab bo’lganlarni ham, muallifini ham Allohu Zuljalol val Kamol hazratlari saodati doraynga sazovor qilsin. Omin!
Xulusiy
* * *
(Xusravning mundarija haqida bir bayoni)
Aziz Ustozim!
Yillardan beri vujudga keltirilgan tengsiz asarlarga O’ttiz Birinchi Maktubning O’n Beshinchi Yog’dusi bilan yana bir mislsiz asar ilova qilindi. Shoh asarlar bunday shoh asarni hayratlanarli go’zallikka to’la bunday go’zallikta tengi natijani; ajoyib ta'liflar ajib majmuani, azim haqiqatlar azim haqiqatlar kulliyotini va nurli risolalar nurli mundarijani istayotgan edi. Hech bir muallif muvaffaq bo’lmagan bunday mislsiz asarni, xazina-i rahmatidan ehson etib bir yuz yigirmataga yetgan Nur Kulliyotini bir yuz yigirma sahifadan kam bo’lmagan mislsiz mundarijasi bilan bir yerda to’plagan Fayyozi Mutlaq Hazratlariga yuz ming shukrlar bo’lsin! Ushbu risolaning manfaati, foydalari shunchalik ko’pki; izohga hojat yo’q. Bu qiymatdor risola o’zini o’zi loyig’idek madh etadi. Ham shunchalik chiroyli madh qiladiki, undan ustun bayon bo’lmaydi.
Xusrav
* * *
(Darali Hofiz Ahmad Afandining juda ma'nodor tushli bir bayoni.)
Aziz va mushfiq Ustozim Afandim!
Bir kun uyqu olamida bir sahroda ketayotgan edim. Bir yerda gavjum aholining ichiga kirdim. Darsim bo’lgan Kalima-i Tavhidga davom etayotgandim. U odamlar Nasroniy ekan. Biz oshkora Kalima-i Tavhidni aytganimiz uchun, hammasi bizga ishtirok etdi. Har yuz boshida, "Muhammadur Rasululloh" deyman. U Nasroniylar, "Iso ruhulloh" deydilar. Ularga: "Biz Iso Alayhissalomni tasdiq etamiz, dedim. Va Kalima-i Tavhidni aytdim, "Iso ruhulloh" dedim. Mana qarang, men sizning payg’ambaringizni tasdiq qilaman, siz ham bizning payg’ambarimizni tasdiq qilsangiz nima bo’ladi, dedim. "Yo’q! Iso Alayhissalom osmondan tushmaguncha va sizning payg’ambaringizni oshkora tasdiq qilmagancha, biz tasdiq etmaymiz" deyishdi. Keyin yonimda ikki do’st keldi. Lekin do’stlarimning kimlar ekanini bilmayman. "Biz duo etaylik, Iso Alayhissalom kelsin va bizni qanday tasdlashini ko’rasizlar", dedik. Duo qildik. Ikki kishi "omin" dedi. Lekin Iso Alayhissalom kelmagani uchun xafa bo’ldik. Yana duo qildik, "Yo Rabbi! Bizni bularning yonida nima uchun uyaltiryapsan?" dedik. "Bu din oliy emasmi?"
Taxminan, orasi bir soat yoki bir yarim soat so’ngra qarshi tarafdan uch kishi chiqdi. Alhamdulilloh, Iso Alayhissalom kelmoqda. Qaradim, biri soqolli, ikkitasi yigit. "Iso Alayhissalom o’ttiz uch yoshda bo’lgani holda ko’kka chiqdi.. nima uchun soqolida oq bor?" Qalbimga keldiki, "Allohu a'lam, Iso Alayhissalom bo’lmasachi?" Bu zot va ikki do’stlari bilan yonimizga keldilar. Diqqat bilan qaradim; ustozimizning siymolari va ko’ylaklaridir. Bizning yonimizga kelganlarida, ostimiz g’or ekan. Yonidagi ikki kishiga amr etdi: "Bu yerda qulflangan saliblar, xochlar bor. Hammasini chiqaringlar". Chiqardilar. Nasroniylarga qarata hammasini sindirdi va Kalima-i Tavhid keltirib Payg’ambarimizni tasdiq etgandan so’ng, biz ham Nasroniylarga, "Qaranglar, mana Iso Alayhissalomning vakili keldi" dedik. Ularning hammasi tasdiqladi.
Allohu a'lam, bu tushning bir ta'biri shuki: Ustozimizning Qur'oni Hakimdan olgan va nashr qilgan Risola-i Nur vositasi bilan Nasroniylarning bir qismi Islomiyatni qabul qiladi va Nasroniy Musulmonlari yoki Xristiyan mo’minlari hukmiga o’tib Ustozimizning so’zlarini Iso Alayhissalomning so’zlari navidan husni qabul qilishlariga ishoradir.
Ha, Risola-i Nurda shunday bir quvvat borki, Ovrupaning eng o'jar faylasuflarini ham taslimga majbur qiladi. Har ruhning bir haqiqiy ehtiyoji hisoblangan, haqiqiy iymon nurini qidirgan Xristiyan muvahhidlar, albatta Risola-i Nurni ko’rishsa (Hazrati Iso Alayhissalomning vasiyatlariga amal qilib) qabul etib mahkam tutadi.
Darali Mutaf Hofiz Ahmad
* * *
(Osim Beyning bayoni.)
Bu Risola Mundarijasi, haqiqatdan nur manbai va haqiqat majmuasidir. Darhaqiqat, Nur mundarijalaridir. "O’ttiz Uch So’z, O’ttiz Uch Maktubning har biri, otilib chiqayotgan haqiqat nur’ manbai va jannat bog’larinin gul bog’chalaridir. Shunga binoan, turli-tuman gullar bog’ining har biridan farqli gullar uzib, to’rt qism uzra gullar dastasi qilingani kabi, vujudga keltirilgan jahonqiymat asar ekanini bildim.
Mundarijalarni o’qish mutlaqo "So’zlar" va "Maktublar" risolai sharifangizni ko’rish, o’qish, yozish uchun insonni ishtiyoq va g’ayratga chorlaydi va g’ayratini jo’shtiradi. Faqirning fikricha kam nusxa ko’chirilgan risola-i sharifalarning avvalo qaysisini yozay? Chunki risolalar bir-biri bilan nur va haqiqat musobaqasiga chiqqan deb, halovatsiz va hayajonli vaziyatdaman. Inshoalloh (xazratlarining duolari bilan) hammasini yozaman. Shuni ham aytmoqchimanki: Sabri Afandi qardoshimning qistovi va siz xazratning ilhomi bilan "Mundarija"larning ta'lifi, juda o’rinli va xayrli, ham sanoqsiz haqiqatlarga kalit bo’ldi.
Janobi Haq suyukli ustozimizni doim ofiyatda, umrlariga baraka va har bir ishlarida muvaffaqiyat ehson qilsin. Boshimizda uzoq davr zafar tojimiz qilsin va Qur'on xizmatida ishlaylik, charchaylik, ilgarilaylik. Barcha mo’minlar istifoda etsin va ahli bid'at va mulhidlarning aqli joyiga kelsin.
Talabangiz Osim (RH)
* * *
(Kuleonudan Saripichoq Muborak Mustafoning ukasi Kichik Alining bayoni)
(Bo’lgan asrimizning yaralilaridan ma'naviy shifokorga muhtoj o'smirning bayoni.)
Aziz, shafqatli, muhtaram Ustozim!
Bizning asrimiz ma'naviy safarbarlik (urush) davri bo’lgani bois, vujudimdagi yaralarga qaragan sari, yaralar tobora ortayotgan ekan.. bir kun eshitdimki, "o’ngdan chapga o’tinglar" deb e'lon qilisyapti. O’ttiz ikki harfning bir nechtasini yo’qolgan deb e'lon qilishdi. Menda shunday bir yara yana ochildiki, avvalgi yaralarni unuttirdi. Nassi Qur'onda:
اِذْ اَوَى الْفِتْيَةُ اِلَى الْكَهْفِ فَقَالُوا رَبَّنَٓا اٰتِنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ اَمْرِنَا رَشَدًا
Asxobi Kahf afandilarimiz besh yoki sakkiz yigit (bizning asrimizdagi chidab bo’lmas yomonliklar kabi) o’sha asrda yomonlikdan, fitnadan qochib, haq dinidagi iymon ahlini, zamonning podshohi Daqyanus butparstlikka da'vat qilib.. qabul qilganlarni butlarga qurbon kestirib, qabul qilmaganlarni qatliom qilgan paytda, Asxobi Kahf afandilarimiz g’orga chekinishdi.
Men ham asrimizga va yaralarimizga qaragan sari, "Ajabo, bu aralash-quralash zamonda, men kabi ma'naviy yarador yoshlar mahkama-i kubroda, Janobi Vojib-ul Vujud va Taqaddas Hazratlarining huzurida, Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Alayhissalotu Vassalom Afandimizdan qanday shafoat tilay olishadi" deb, kun bo’yicha ruhim qiynalib, yig’ladi. Modomiki Muhammad Alayhissalotu Vassalomga minglab moddiy va ma'naviy yaradorlar, dilsizlar, falaj bo’lgan, butun qalbi qoraygan, iymoni yo’q badaviy odamlar, Muhammad Alayhissalotu Vassalomning yoniga borganida, bir soat, bir kun Nabaviy suhbatda bo’lgan; so’ngra qavm va qabilalariga rahbar va muallim bo’lib qaytganlar. Va modomiki qiyomatga qadar boqiy qoldirgan Qur'on va Qur'on ta'yin etgan ma'naviy shifokorlar, qiyomatga qadar keladigan mo’minlarga moddiy va ma'naviy shifokorlik vazifasini bajaradilar. Hozirgi holat va vaziyatimizdagi ma'naviy shifokorga murojaat etaylik deb, ruhim har on kezmoqda ekan, behush bo’lib, yotib qoldim.
Tushimda menga uch shaxs ko’rsatildi. Ikkisining ismi aytmilmadi. Ustozim Badiuzzamon esa ismi bilan aytildi. Tez qo’llariga yopishib qo’llarini o’pdim. Ustozim shoshilib cho’ntaklaridan bir qalam qog’oz chiqarib menga berdilar, o’sha on uyg’ondim. Ota onam ahli qalb bo’lishgani sabab, ularga tushni aytdim. Otam "U zot Barlaga endi keldilar. Bir-ikki yil bo’ldi. Borib suhbatlarini ol" dedi. Men: "Hali askarlikka bormaganman, yoshim kichik. Bunday katta ma'naviy shifokorning yoniga bu yaralar bilan qanday boraman, jarrohlik amaliyotiga qanday chidayman?" dedim. Menga "Bor" deyildi. Xitob ikki marta takrorlandi. Ertalab turib tez bordim. Ustozimni ko’rib, bir-ikki daqiqa titradim. So’ngra, fasubhanalloh dedim. Shifokorni ko’rib yaralar bor kuchi bilan baqiryapti. Bergan dorilarga bardosh qilolmaydi. Yaralarni ocholmadim.
Ustozim talabalikka qabul qilib, besh vaqt namozni tashlamasligim uchun juda ko’p tanbeh berdilar. Qaytishdan bir-ikki oy so’ngra hamon askarlikka ketdim. Xizmatni tugatishgacha yigirma oy yaralar bilan, har soat, har daqiqa, "Al-mavtu haqqun" hukmini o’ylab, "Ajabo, mening holim nima bo’ladi?" der edim. Yurtimga qaytganimda, akam Mustafoni ko’rishim bilan ruhim biroz yengil tortdi. Bu qayerdan kelib chiqmoqda, dedim. Bir-ikki kun so’ngra, muborak Ramazoni Sharif kechasi uchinchi xitob bo’ldi. Tushimda, mamlakatimizning burchagida, Ustozim Badiuzzamon, qo’lida bir hassa, cho’pon bo’lib dallollikni e'lon etmoqda: "Men Qur'onning dalloliman", deb bor ovozi bilan e'lon qilyapti. Men hayajonimdan uyg’ondim.
Demak, ey qardoshlarim va barcha mo’minlar diqqat qiling! Ustozim Hazratlari nafaqat mamlakatimizga, barcha uch yuz ellik million musulmonlarga har soat, har daqiqa, har murojaat qilyapti. Men kabi zohiriy qulog’i bilan tinglamanglar, har on bizga murojaat qilayotganlarini qalb qulog’i bilan tinglaylik. Modomiki olmos va javharlar, bu ko’rgazmalar asrimizga berilgan ekan, butun asr topgan daromadimizni bersak ham bu olmoslarning bittasining pulini to’lay olmaymiz. Bahor o’tmasdan barcha javharlardan olaylik. Bu javharlar - Risola-i Nur Kulliyotidir.
Men ojiz Yigirma To’rtinchi So’zning To’rtinchi va Beshinchi Shoxini o’qishni va yozishni boshladim. Yaralarimning birma-bir yo’qotganini his etib, "Maktubot" va "So’zlar"ni bor kuchim bilan yozishga qaror qildim. Men kabi yarali qardoshlarimga, barcha musulmonlarga bor ovoim bilan: "Eyvoh! Asrimizda bu yaralar bilan qanday tinch turamiz!.. Bu asrning ma'naviy shifokori va dorilari, Qur'ondan sizib chiqan "Risola-i Nur" va "Maktubot-un Nur"dir. Ularni mahkam tutaylik", deyman.
Ojiz Talabangiz Ali Ulviy
* * *
(Kuleo'nu qishlog’idan Ibish o’g’li Mahmudning bayoni)
Muhtaram Ustozim Afandim!
Qardoshim Mustafo risolalarni yozishni boshlaganiga besh yil bo’ldi. Afsuski, ikki yilini zoye etdik. Uch yildan beri risolalarni do’stlar bilan birga, xizmatimizning xorijida har zamon o’qib istifoda etyapmiz. Avvallari qishlog’imizning tariqat ahllari, qardoshim Mustafoning o’qiganiga ahamiyat berishmas edi.
Men, "O’qilgan "So’zlar" ham tariqatga, ham haqiqatga juda muvofiqdir. Bu zamonning yaralariga doridir", der edim. Qachon umidsizlikka tushsam, qardoshimning yoniga kelardim, eshitganim haqiqatlarni Risola-i Nurdan o’qitar, tinglar va Risola-i Nur bergan fayz bilan yaralarim davolanar, ketardim. Qaysi masaladan bahs etilsa, Risola-i Nurda eng yaxshisi bor. Lekin ko’pchilik "So’zlar"ning qiymatini bilmaydi. Barcha aytilgan so’zlarga risolalarda darmon bor deyman. Bor kuchim bilan Yer kurrasiga "Xorijda ko’rilgan xastaliklarga dori bor" deb bor ovozim bilan aytaman.
Ey qardoshlarim, istifoda qilaylik. Bu risolalardan istifoda etmaganlar qanchalar aqlsizdir. Ko’p shukrlar bo’lsinki, Janobi Haq bizni bunday zoti muhtaramga yetkazdi. Lillahilhamdu valminna.
Janobi Haqning rahmati, ehsoni, lutflari, ustozi muhtaramning himmati bilan ahli tariqat bilan birlashdik. "So’zlar"ni ko’p o’qiyapmiz. Ular ko’p istifoda etmoqda, manfaatdor bo’lishyapti.
So’zlarning haqligini to’liq angladilar. Hatto o’qish uchun qardoshimni ko’p vaqt majburlaydi. Bir kun qardoshim Mustafo risolalarni yozishim uchun meni tashviq etdi. Men ham yozish uchun Yigirmanchi Maktubni oldim. Ko’chirgan bu maktubimda uch tavofuq ko’rdim. Satrning yuqorisida ikki dona "nihoyasiz" so’zi bor va ostida uch "dunyo" so’zining tavofuqi bor. Bu holatdan ta'sirlandim. Dunyo meni qo'yib yubormaydi deb yozishni tashladim. Endi yana niyat qildim. Bu niyatimdan so'ng bir tush ko'rdim. Muhtaram ustozim qora ulovning minib yonimga keldi. Shu ulovni mustahkam bir yugan bilan bog'la, deb amr qildingiz. Siz ustozim ko'rsatgan har tarafi zanjirli yuganni ulovga taqdim. Zich bog'landi. Qimirlamaydigan holda qoldi. Angladimki u ulov dunyodir. Inshoalloh duongiz himmati bilan, dunyomning bog'langanini angladim. Va Allohning tavfiqi bilan deb muhtaram ustozimning himmatlari bilan risolalarni yozishga muvaffaq bo’laman degan umiddaman, inshoalloh.
Yigirmanchi Maktubni qo’limda olib borar ekanman, maydonda edi. Qarshimda rais xonasi bo’lgani uchun, risolani yashirdim. O'sha tun tushimda, muhtaram ustozimni ulkan dengizda va dengiz ichida saroyda ko’rdim. Qishlog’imiz insonlari saroyning atrofida edi. Ojiz talabangiz saman otga minib yonigizga bordim. Odamlar mendan, dengizdan qanday hatlaganimni so’radilar. Men javoban: "Ot yangi taqali bo’lgani uchun umuman zahmat chekmasdan keldim", dedim. Holbuki dengiz mayin suratda muzlagandi. Shunda ustozim oldimga chiqib, "Nima uchun So’zlarni yashiryapsiz? Bundan so’ngra So’zlar maydonda bo’ladi!" dedingiz. Keyin mendan ot so'radingiz. Men chiroyli yuradigan otni keltirdim va uyg’ondim. Alloh xayrli qilsin.
Ojiz talabangiz Hoji Mahmad
* * *
(Kuleo’nu qishlog’idan olmos qalamli Mustafoning qiymatdor do’sti Hofiz Mustafoning bayoni)
Ey Fayyozi Mutlaq va Vohidi Ahad bo’lgan Janobi Allohga olib boruvchi istiqomat yo’lini ko’rsatib, qattiq azobli va juda xatarli uxraviy hayotimning qutulishiga sabab bo’lgan ustozim afandim!
Bundan to’rt oy muqaddam, Qur'oni Hakimning olmos, marvarid do’konidan brilliantlarni va o’z kengligimizcha uxraviy cho’ntak pulini olish uchun ziyoratingizga do’stim Mustafo bilan borgan edik. "Nima uchun keldingiz?" degan shafqatli bir koyishga binoan xafa holda orqaga qaytdik. Koyishdan kelgan shafqatli va yo’naltiruvchi to’fonga uchradik. Shunda ustozimning buyuk iksiri bo’lgan muborak qalbini ranjida etganimizni tushungandan so’ng, qalbimga ikkinchi qayg’u keldi. Bu vaqtgacha juda ojiz, hechlik ichida hech zaif ruhim iztiroblar ichida faryod etarkan, "Shafqat ta'zirlari" risolasida bizning to’fonli ta'zirimizni zikr etgan ustozimiz haqqimizda qay daraja shafqatli ekanini tushundik. Qayg’ularimiz sururga aylandi.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Bu muborak Robiul avvalning o’n ikkinchi kechasi (muborak kechada) ustozimning bizga yaqin Ispartaga hijrat qilib kelganlari meni shunchalik mamnun va xursand qildiki, yara-chaqalaru iztiroblardan hech narsa qolmadi. Alhamdulilloh Robi’ul avval oyining o’n ikkinchi kechasi, dunyo va oxiratning yaratilishiga sabab bo’lgan, dunyo va oxiratni, zarradan Quyoshgacha butun yaratilmishlarni ziyolantirgan, qiyomatgacha boqiy, quyosh kabi nurli, fayzli, ozuqali shariati bilan oxirat eshigini ochgan muborak Zoti Faxri Olam (Sallallohu Alayhi va Sallam) Afandimizning muborak kechada dunyoga tashrif buyurishlari butun yaratiqlarni xursand qiladigan juda muborak kechada ustozimning hijratlari, ya'ni Robiul avvalning o’n ikkinchi kechasi Isparta maydoniga kirishlari va hijratining tavofuq va tasodif kelishi, meni yana olmos bozorida brilliantlarni kuchimiz yetgancha olishga, ustozimning ziyoratiga yo’l ochdi. Inshoalloh bu hijratingiz buyuk futuhotga sabab bo’ladi.
Haqiqatdan, Sallallohu Alayhi va Sallam Afandimiz Makkadan Madinaga hijrati asnosida Makka fathi xabarining Jabroili Amin vositasida nozil bo’lishi, Payg’ambarimizni va Sahoba Afandilarimizni xursand qilganidek; ustozimning tavofuq etgan hijratlari, futuhotga sabab bo’lishi, meni va barcha Musulmonlarni mamnun va masrur aylaydi afandim.
Imomo’g’li Hofiz Mustafo (RH)
* * *
(Imom o’g’li Hofiz Mustafoning bir bayoni)
(Barcha So’z va Maktubotning xar biri murshidi komil vazifasini bajarishiga doir aqlimga kelgan maktubdir.)
Ustozim Afandim!Bundan bir yil avval ("So’zlar" va "Maktubot"ni ko’chirish asnosida) ba'zi nuktalar qalb xastaliklarimga kerakli dori bo'lgani uchun "Ha, bu nuktani oltin yozuv bilan yozish kerak" der edim. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى "Yog’dular" ta'lif etildi. Barcha "So’z" va "Maktubot"ga fayzlari bilan kalitlik qildi: Qishning eng shiddatli tahlikali va to’fonli vaqtida (yirtqich hayvonlarning eng vahshiy va kuchga to’lgan vaqti) keng sahroda, loyqa bir yo’lda ketgan bir yo’lovchining yordamsiz, kimsasiz, tahlikalar ichida, qiyilib-turib, yuzda to’qson to’qqiz to’fonli va yirtqich jonivorlarning qo’lida em bo’lish va mahv bo’lish hangomida, o’zini qutqarishni istagan yo’lovchining ko’ziga ko’ringan sahro o’rtasidagi po’latdanda chiroyli va mustahkam qilingan bir saroyga uchrashi u yo’lovchini shunchalar mamnun va xursand qiladiki, saroyga yanada tez yetkazib, yirtqich hayvonlar tarafidan parchalanishidan xalos bo’lish uchun yugurib, shoshilishidan oyoqlarining ham yerga tegilishini istamagan bu yo’lovchi, o’zining saroyga kirishiga sabab bo’lgan kishilarga, nafaqat butun molini berish, balki jonini ham fido qiladi.
Asrimizda "So’zlar" va "Maktublar" aytilgan yo’lovchining saroyga kelib, butun tahlikalardan qutulgani kabi, ins va jin maxuqlarining tahlikalaridan qutulish uchun "So’zlar"ning har biri qal'adan ham mustahkam panohgoh ekaniga yuz ming ishonchim bor. Allohga hamd bo’lsin, saroyning kalit vazifasini "Yog’dular"ning fayzi bilan topdim. Tahlikalardan bechora zaif ruhimni qutqarish uchun ichkariga kirdim. Ko’rdimki: Jannat sakkiz tabaqa bo’lib, bir-biriga umuman mone bo’lmagani va o’xshamagani kabi, biriga kirganimda latofati avvalgisining lazzatini yangiladi. Risolalar ham aynan shundaydir.
Imom o’g’li Hofiz Mustafo (RH)
* * *
(Risola-i Nurning ilk nusxa va nusxaning yozilishida ko’p xizmati bo’lgan Shomli Hofiz Tavfiqning Risola-i Nurning haqqoniyatiga doir istixrojiy bayoni)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
Ma'lum bo’lsinki: O’n uch yil muqaddam "Zubdat-ur Rasoil Umdat-ul Vasoil" nomli qutb-ul orifin Ziyoviddin Mavlono Shayx Xolidning (QS) maktubot va rasoili sharifalaridan olingan qudsiy nasihatlarning tarjimasiga doir risolani, Bursada Domlam Hasan Afandidan olgan edim. Bir sabab bilan, mutolaasiga muvaffaq bo’lolmagan edim. Nihoyat shu kunlarda kitoblarimning orasida bir narsa qidirar ekanman, qo’limga tushdi. O'zimga o'zim "Hazrati Mavlono Xolid Ustozimning hamshahridir. Imom Rabboniydan keyin tariqi Naqshiyning eng ahamiyatli qahramonidir. Ham Tariqi Xolidiya-i Naqshiyaning piridir", dedim. Risolani mutolaa qilar ekanman, Hazrati Mavlononing tarjima-i holidan shu yozuvni ko’rdim:
Asxobi Kutubi Sittadan Imom Hokimning Mustadrakinda va Abu Dovudning Kitobi Sunanida, Bayhaqiyning Shuabi Iymon bobida chiqargan:
اِنَّ اللّٰهَ يَبْعَثُ لِهٰذِهِ الْاُمَّةِ عَلٰى رَاْسِ كُلِّ مِاَةِ سَنَةٍ مَنْ يُجَدِّدُ لَهَا د۪ينَهَا
ya'ni "Har yuz yilda Janobi Haq bir mujaddidi din yuboradi" hadisi shariflariga mazhar va masadaq va muzhiri tom bo’lgan Mavlono mashhur qutb-ul orifin, g’avs-ul vosilin, vorisi Muhammadiy, komil-ut tariqat-ul oliya val mujaddidiya Xolidi Zuljanohayn Quddisa sirruhu.. bilan oxir...
So’ngra tarixcha-i hayotlarida ko’rdimki, tavalludlari 1193 yildadir. So’ngra ko’rdimki, 1224 yilda Saltanati Hindning poytaxti bo’lgan Jahonobodga kirganlar. Abdulloh Dehlaviy Hazratlaridan olgan fuyuzoti ma'naviya bilan Tariqi Naqshiy silsilasiga kirib mujaddidlikni boshlaganlar.
1238 da ahli siyosatning ko’ziga botgani uchun, vatanlarini tark etib Shom diyoriga hijrat qilganlar. Yana ko’rdimki, Hazrati Mavlononing nasllari Hazrati Usmon bin Affonga (RA) mansubdir.
Tarjima-i hollarida fitriy iste'dod va horiqo qobiliyat bilan yigirmaga yoshga yetmasdan a'lami ulamo-i asr va alloma-i vaqt bo’lganlar. Sulaymoniya shahrida dars berish bilan mashg’ul bo’lganlar.
So’ngra ustozimning tarixcha-i hayotlari haqida o’yladim. Qaradim, to’rt muhim nuqtada bir-birlariga muvofiqlik bor:
Birinchisi:Hazrati Mavlono 1193 yilda dunyoga kelganlar. Ustozim esa 1293 yilda. Aynan Mavlono Xolidning yuz yili tugagandan so’ngra dunyoga kelganlar.
Ikkinchisi:Hazrati Mavlono tajdidi din mujohadasining boshlang’ichi va muqaddimasi, Hindistonning poytaxtiga 1224 yilda borgan. Ustozim esa aynan yuz yil so’ngra, 1324 yilda Usmoniylar Saltanatining poytaxtiga borgan, mujohada-i ma'naviylarini boshlaganlar.
Uchinchisi:Ahli siyosat Hazrati Mavlononing hayratomuz shuxratidan vahimaga tushib Shom diyoriga joylarini o’zgartirishlari 1238 yilda sodir bo’lgan. Ustozim esa aynan yuz yil so’ngra 1338 yilda Anqaraga borib, ular bilan kelishmay, rad etib, xafa bo’lib takror Vanga ketib, tog’da inzivo etib 1338 yildan so’ng, Shayx Said hodisasi munosabati bilan ahli siyosatni vahimaga keltirgan. Ustozimizdan qo’rqib Burdur va Isparta Viloyatlariga to’qqiz yil surgun qilinganlar.
To’rtinchisi:Hazrati Mavlono Xolid yoshlari yigirmaga yetmasdan avval alloma-i zamon hukmida, ilm va fazilatda yagona olimlardan ustun bo’lib, dars berganlar. Ustozim esa, hayotlarini ko’rgan va bilganlarga ma'lumki o’n to’rt yoshida shahodatnoma olib a'lami ulamo-i zamon bilan bahsga kirishgan, o’n to’rt yoshda shahodatnoma olishga yaqin, talabalarga dars berganlar.
Yana Hazrati Mavlono Xolid nasli Usmonli bo’lganlari va Sunnati Saniyaga bor quvvatlari bilan g'ayrat qilganlari kabi, ustozim ham Qur'oni Hakimga xizmat nuqtasida, harakat tarzi jihatidan Hazrati Usmoni Zinnuraynga ergashib, Hazrati Mavlono kabi, Risola-i Nur parchalari bilan -bor quvvatlari ila- Sunnati Saniyaning ihyosiga harakat qildilar.
Xullas, ushbu to’rt nuqtadagi muvofiqliklar to’liq yuz yil oraliq bilan Risola-i Nurning dinni quvvatlash xususidagi ta'sirlari, Hazrati Mavlono Xolidning Tariqi Naqshiy vositasida xizmatlari kabi azim ko’rinmoqda.
{(Hoshiya): Modomiki Hazrati Mavlono Xolid millionlab tobe bo’lganlarining ittifoqlari bilan mujaddid va boshdagi hadisi sharifning bir masadaqidirlar. Va to’liq yuz yil o’tib, to’rt muhim muvofiqlik bilan birga Risola-i Nur ayni vazifani bajarmoqda. Demak, hadisning bayonidagidek, Risola-i Nur qismlari tajdid va taqviya-i din vazifasini bajarmoqda.}
Ustozim o’zlariga oid madhu sanoni qabul etmaydilar. Ammo Risola-i Nur Qur'onga oid bo’lib, madhu sano Qur'onning sirlariga oiddir. Ustozim bilan Hazrati Mavlononing bir nechta farqlari bor:
Birisi:Hazrati Mavlono zuljanohayndir. Ya'ni ham Qodiriy, ham Naqshbandiy tariqat sohibi bo’lib, u kishida Naqshbandiylik Tariqati og'ir bosgan. Ustozimda esa aksincha, Qodiriy mashrabi va Shozaliy maslagi og’ir bosgan. Men ustozimdan eshitdimki: Hazrati Mavlono Hindistondan Naqshbandiylik Tariqatini keltirgan vaqtlari, Bag’dod xududi Shohi Jiyloniyning vafotidan keyin, huddi hayotda bo’lganlari kabi, tasarruflarida edi. Hazrati Mavlononing ma'nan tasarruflari (boshida) qabul qilinmadi. Shohi Naqshband bilan Imom Rabboniyning ruhoniyatlari Bag’dodga kelib, Shohi Jiyloniyning ziyoratlariga borib iltimos qilganlarki "Mavlono Xolid sizning avlodingizdir, qabul qiling!" Shohi Jiyloniy ularning iltimoslarini qabul qilib, Mavlono Xolidni qabul qilganlar. So’ngra Mavlono Xolid birdan porlaganlar. Bu voqea ahli kashf tomonidan voqe' va mashhud bo’lgan. Ruhoniy hodisani o'shanda valiylarning bir qismi ko’z bilan ko’rgan, ba'zilari esa tush bilan ko’rishgan. Ustozimning so’zlari bu yerda tugadi.
Ikkinchi faqr shudirki:Ustozim o’z shaxsiyatini marji'iyatdan chetlatadilar. Faqat Risola-i Nurni marji' qilib ko’rsatadilar. Hazrati Mavlono Xolidning shaxsiyatlari qutb-ul irshod, marji'il-xos val a'mm bo’lgandir.
Uchinchi farq:Hazrati Mavlono Xolid zuljanohayndir. Ammo davr taqozosi bilan tariqat ilmi va Sunnati Saniyani asos tutib, tariqatni ko’proq tutganlar. Bu nuqtada jiddiy g’ayrat ko’rsatganlar. Ustozim esa shu zamon dahshati taqozosi bilan haqiqat ilmi va iymon haqiqatlarini kerakli deb bilib, tariqatga uchinchi darajada qaraganlar.
Xullas kalom:Boshdagi hadisi sharifning "har yuz yil boshida dinni tajdid etadigan bir mujaddidni yuboradi" degan Allohning va’dasiga binoan, Hazrati Mavlono Xolid (aksar haqiqat ahlining tasdig’i bilan) 1200-chi yilining, ya'ni o’n ikkinchi asrning mujaddididir. Modomiki to’liq yuz yil so’ngra, aynan to’rt jihatdan muvofiq kelib Risola-i Nur qismlari ayni vazifani bajarmoqda ekan, (hadisning bayoniga asosan) Risola-i Nur tajdidi din xususida bir mujaddid hukmida dedgan xulosa keladi.
Ustozim doim: "Men bir askarman, ammo xabarchi xizmatini qilmoqdaman. Ya'ni, menda qiymat yo’q. Aksincha Qur'oni Hakimning fayzidan tarashshuh etgan Risola-i Nur qismlari ma'naviy xabarchi xizmatini bajarmoqda", deydilar.
Ustozimni g’azablantirmaslik uchun shaxslarini sano etmayman.
Shomli Hofiz Tavfiq
* * *
(Ra'fat Bey va Xusrav kabi Risola-i Nur shogirdlarining Risola-i Nurning barakasiga ishora qilgan latif muvofiqlik.)
Risola-i Nurning Ispartaga qay daraja rahmat bo’lganiga dalolat etgan ajib tavofuq:
Risola-i Nur sazovor bo’lgan inoyatlarning butunidan muhimi: Isparta Viloyati sakkiz yildan beri Risola-i Nurning muallifini bag’rida saqladi va Barla kabi shirin bir tumanida (Janobi Haqning lutfu karami bilan) muhofaza qildi. Bu muddat mobaynida asta-asta tarqalgan Risola-i Nurdan, Ispartada minglab kishilar iymonlarini quvvatlantirdi. Ayniqsa yoshlar juda ko’p foydalanib, fayz olishdi.
Ustozimizning Barla kabi latif va shirin yerdagi mashaqqatli va juda ayanchli, eng qattiq qalblarni yig’latadigan ishkanjali asorati tugaganidan so’ng Risola-i Nurning muallifi ustozimizning nazarlari Janobi Haqning yordamida Ispartaga yuzlandi. Vahimaga tushgan ba'zi zolim dunyo ahlining tashabbusi va zohiriy harakatlari sabab, yangi zulmga nishon bo’ldilar. Ustozimiz Ispartaga keltirildilar.
Ammo ustozimiz tashrif etgan vaqti yozning eng isiiq payti edi. Yomg’irlar to’xtagan, Ispartani suvlagan suvlar kamaygan, muhim qismining manbai to’xtagan edi. Daraxtlar sarg’ayishni, o’tlar qurishni, gullar burishishni boshlagandi.
Risola-i Nur eng ko’p tarqalgan joy Isparta viloyati bo’lgani uchun Risola-i Nur haqidagi Rabboniy inoyatlarni juda yaqindan ko’rgan Risola-i Nur shogirdlari bizlar, yana muhim voqeaga shohid bo’ldik:
Muallifining Ispartaga tashrifidan so’ng bir asr ichida bir yoki ikki marta sodir bo’lgan, yoz yomg’irning ko’payishi bo’ldi. Juda hayratlanarli suratda yog’gan yomg’ir Ispartaning hamma tarafini tamoman sug’orib, o’simliklarga qaytadan hayot baxsh etildi. Bog’lar, bo’stonlar boshqa bir latofat kasb etdi. Aksariyat dehqon xalqning yuzlari (Risola-i Nur noil bo’lgan inoyatlaridan va barakasidan kelgan yomg’irdan foydalanib) kuldi, ko’ngillari ochildi. Janobi Haq kamoli marhamati bilan bu yozning shiddatli va haroratli issig’ini bahorning eng latofatli, eng shirin va eng xush vaziyatiga o’zgartirdi. Go’yo Risola-i Nur bir yuz o’n to’qqiz qismi bilan muallifi Ustozimizga bir tarafdan xush keldingiz deb, mahzun qalbiga tasalli berdi va g’amli ko’nglini xushnud etish, boshqa tarafdan sakkiz yil yashagan Barlani unuttirish, muhtasham chinor daraxtini, do’stlarini va aloqador bo’lgan narsalarining ayriliq huznini eslatmaslik uchun, Janobi Haqdan bir yuz o’n to’qqiz risolaning qo’li bilan, bir yuz o’n to’qqiz ming so’zlarining tili bilan duo qildilar, yomg’ir istadilar.
Janobi Haq shunday barakali yomg’ir ehson etdiki, bir to’qson uchinchi yil yog’gan yomg’irga o’xshaganini keksalarimizdan eshitdik. Bu yil ustozimizning tug'ilish yillariga tog’ri kelgani, bu umumiy rahmat xodisasi - ko’p yomg’ir yog'ishi xususiy suratda Risola-i Nurga qaraganiga dalili boldi. Risola-i Nurning nashriga vosita bo’lgan ustozimiz kelgan kuni Ispartani o’ta issiq va yomg’irsizlikdan chang-tuproq ichida ko’rganlar. Barla kabi yaylovdan kelib bunday yerda chiday olmayman deb xavotirlangan ekanlar. Uch yoki to’rtinchi kuni bog’larni qisman aylangan vaqtlari, sabzavot, o’t va gullarning suvsizlikdan burishganlarini ko’rib xafa holda suv istar, yomg’ir so'ragan edilar. Birodarimiz Bakir Beydan (tegirmonlarni aylantirgan suvni ko’rsatib) "Ispartaning suvi shunchami?" deya so’ragan edilar. Bakir Bey javoban: "Ko'lchaning suvi to’xtagan, kelmayapti. Ispartaning to’rtdan birini sug’organ bu suvdan boshqa yo’q", dedi.
Ustozimizning Ispartada ko’p talabalari bo’lgani uchun, ko’nglidan yomg’irning kelishini istadilar. O'sha kuni shunday yomg’ir yog’di. Isparta ellik yildan beri bunday hodisani ko’rmagan edi. Yomg’ir yuzda to’qson to’qqiz manfaat keltirdi. Bundan anglashiladiki, bu muvofiqlik tasodifiy emas. Bu rahmat Ispartaga rahmat bo’lgan Risola-i Nurga oiddir. Allohga hamd bo’lsin. Allohning karami sabab ustozimiz "Isparta menga Barlani unuttirdi. Unutolmaydigan bir narsam bo’lsa, u ham (hamma yerda bo’lgani kabi) Barladagi jiddiy do’st va talabalarimdir", dedilar.
Talabasi Mustafo, Talabasi Lutfi, Xizmatkori Rushdu, Xizmatkori Xusrav, Doimiy Xizmatkori Bekir Bey, Doimiy Xizmatkori Ra'fat
* * *
(Sulaymon Afandi, Mustafo Chovush va Bakir Beyning bayoni).
Ispartadagi qardoshlarimizning bayonidagi da'voni isbotlagan ikki kuchli dalilni ko’rsatadi.)
Ra'fat Bey va Xusrav kabi qardoshlarimizning hayratlanarli suratda yog’gan umumiy yomg’ir ichida Risola-i Nur barakasiga maxsus yog’ganini biz ham xulosa qildik. Chunki yomg’irni ko’zimiz bilan xususiy shaklda Qur'on xizmati va Risola-i Nurga oidligini ikki suratda ko’rdik.
Birinchi Surat:Barladagi Risola-i Nurning nashr vositasi bo’lgan ustozimizning masjidlari yopildi. Risola-i Nurni yozadigan tashqaridagi talabalarining yoniga kelishlari man etilgan vaqtda qurg’oqchilik boshlandi. Yomg’irga qattiq ehtiyoj boshlandi. So’ngra yomg’ir yog’di, hammayoqqa yog’di. Lekin Karaja Ahmad Sultondan e'tiboran, doira ichida qolgan Barla mintaqasiga yog’madi. Ustozimiz bundan juda xafa bo’lib duo qildilar. So’ng: "Qur'on xizmatiga to’siq qo’yildi, bu qishloqdagi masjidimiz yopildi. Shuning uchun javob belgisi borki, yomg’ir yog’madi. Shunday ekan, modomiki Qur'onning jazosi bor. Yosin Surasini shafoatchi qilib Qur'onning fayzi va barakasini so’raymiz", dedilar. Ustozimiz Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga: "Sen qirq bir marta Yosini Sharif o’qi", dedilar. Muhojir Hofiz Ahmad Afandi bir qamishga o’qidi. U qamishni suvga qo’ydi. Hali yomg’ir alomati ko’rinmay, asr vaqti, ustozimiz doim tayangan xotiralariga binoan Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga aytdilarki: "Yosinlar qulfni ochdi, yomg’ir keladi" .
O’sha kuni avval yog’magan Barla doirasi ichiga shunday yog’diki, ustozimiz uyi ostidagi Cho’pon Ahmadning bog’idagi devor yomg’irdan quladi. Holbuki Qoracha Ahmad Sultonning orqasida va dengiz bo’yida baliq ovlash bilan mashg’ul Shami do’stlari bilan bir tomchi yomg’ir ko’rmadilar.
Bu hodisa qat'iyan dalolat qiladiki, yomg’ir Qur'on Xizmatiga munosabatdordir. Ommaviy rahmati ichida bir xususiylik bo’lib Yosin surasi kalit va shafoatchi bo’ldi va yomg’ir yetarlicha yog’di.
Ikkinchi Surat:Qurg’oqchilik vaqti, yomg’ir yigirma-o’ttiz kun ichida Barlaga yog’magan edi. Yoqushboshi Chashmasi qurilgan vaqtda manbaiga yaqin ustozimiz va biz (ya'ni, Sulaymon, Mustafo Chovush, Ahmad Chovush, Abbos Mahmud va boshqa qardoshlarimiz) birgalikda jamoat bilan namoz o’qidik. Tasbehotdan so’ngra duo uchun qo’limizni ochdik, ustozimiz yomg’ir duosi qildilar. Qur'onni shafoatchi qildilar. Birdan quyoshli havoda, har birimizning qo’limizga yetti-sakkiz tomchi yomg’ir tushdi. Qo’limizni tushirdik, yomg’ir to’xtadi. Hammamiz bu holatdan hayratlandik. O’sha vaqtgacha yigirma-o’ttiz kun yomg’ir yog'magan edi. Lekin yomg’ir duosi vaqti duo qilgan har qo’lga yetti-sakkiz tomchi tushishi ko’rsatdiki, bunda bir sir bor. Ustozimiz: "Bu Allohning ishoratidir. Janobi Haq ma'nan: Men duoni qabul qilyapman, ammo hozir yomg’ir bermayman deyapti", dedilar. Demak, keyinroq Yosin surasi shafoat qiladi. Haqiqatdan shunday bo’ldi.
Xullas kalom:Ispartadagi qardoshlarimizning umumiy rahmat ichidagi Risola-i Nurning barakasiga doir da'vo qilgan xususiyatni bu ikki kuchli dalil bilan tasdiqlaymiz.
Barlada Sham'i, Mustafo Chovush, Bekir Bey, Muhojir Hofiz Ahmad, Sulaymon
* * *
Ahli iymon, xususan Risola-i Nurning hozirgi zokir va muvahhid shogirdlari shunday yo’l va maslakka kirishganki, bu yo’l o’ta mustaqim, o'ta nurli, juda sevimli yo’ldir. U Ikki tarafi olmos, marvarid do’koni. Boshida nassi Qur'ondan kelgan va Qur'oni Karim va Furqoni Hakimning ochiq ravshan oyatlaridan yoyilgan Risola-i Nurning bir yuz yigirma qismlarining har bir bo’lagi murshidi a'zam, murshidi akmal, qal'a-i hasin, olmos qilich ekani qat’iy. Shunday ekan ey Lutfi! Risola-i Nurni mahkam tutginki, murshidi akmal topgin. Tilinga tavhidni olgginki, sog’lom qal'aga kir. Fayyozi Mutlaqning kalomi Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonga xodim bo’lginki, olmos qilichni qo’lingda tutgin.
O’sha qilich bilan, xavfsiz, boshini sarxushlik bilan u botqoqlikka tiqqan dinsizlarning boshlariga ur! So’ngra hech bo’lmasa, فَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ kabi qat'iy hukmlarni Payg’ambarimiz Sallollohu Taolo Alayhi Vasallam Afandimizdan silsila holida Risola-i Nurning muallifi ustozimiz Said Nursiy kelgan va tutgan Hz. Muhammad (S.A.V.) olib kelgan buyuk va ravshan shariat - istiqomat yo’liga bir oz sen ham ergashginki, boshing omon bo’lsin.
O’tgan Juma kuni ko’nglim siqilib, ustozim uchun "Bismillahir rohmanir rohiym" sirini ko’chirayotgan edim. Afsuski, asab xastaliklarimning batamom egallab olishu muhim risolani bir muddat natijasiz qoldirdi. Yana takroran boshladim, biroz yozdim. Qarasam yana qator o’tganman, avvalgi yozgan joyimga siyoh to’kilgan. O’sha siqilish hali ham turibdi. Takroran tahorat ustiga tahorat oldim, barcha yomonliklarmni e'tirof etib o’rtaga to’kdim. Istig’for aytdim. Muborak duo - salovoti sharifani boshladim. So’ngra qalbimga, ustozimdan himmat istay degan istak keldi. Ustozimning ustoziga aytgani kabi, men ham aytaman va aytdim...
U hol va vaziyat hanuz davom etatotgan edi. Hatto jonga suiqasd darajasigacha yetib kelgan edi. "Omonlik ber yo Rabbi! Buning nima hikmati bor?" deb, risolani ertasi kunga qoldirdim.
O’sha kecha, ya'ni shanba tuni uyqu olamida: Ustozim Otaboyning Zargandara Masjidida ekan. Bomdod namoziga ketayotgan ekanman, tasodifan bir nazorat qo’mondoni menga: "Qayerga ketyapsan?" dedi. Masjidga dedim. U ham meni kuzatib masjidga kirdi. Qarasam, ustozim bir so’ri ustidalar. Avvalgi jamoatimizdan xorij, ichkarida yana besh-olti jandarma bor. Jamoat "La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah... ilh." zikrida davom etmoqda. Men bilan birga kirgan qo’mondon jamoatimizga
"Nima qilyapsizlar?" deb o’zining itligini isbot qilib, mag’rurligidan ichkariga tupurdi. O’sha onda ustozim u dinsizning yuziga tupurib "Ket yonimizdan iflos!" deb, haydadilar. O’sha vaqt qo’limni o’ng tarafdagi tuynukka uzatdim. Bir nayza keldi. Maslak va mashrabimizga to’g’ri kelmagan, har jihatdan muxolif harakat qilgan Hasan ismli bir odam nayzani olib, uchi bilan dinsizni ko’rsatib, "Iltimos afandim, iltimos ho’jam, siz faqatgina amr qiling, bu dinsizning yo’q qilinishiga men sabab bo’lay" dedi va o’sha onda bir o’ng yelkasiga, bir chap yelkasiga urdi va ketdi. Barcha dinsizlar buni ko’rib vahimaga tushib "Boshimizga balo topdik, ho’janing yoniga hech kim bormasin. Bitta Adham Chovush {(Hoshiya): Hayratlanarli joyi shuki, o’sha kecha Kechiborluda bo’lgan Adham Chovush hammadan avval u hodisadan ta'sirlanib yordamga kelgan edi.} bor, uni yuboraylik, biz uchun yalinsin-yolvorsin.. omonlik tilasin, biz hammasidan voz kechdik" deyishdi.
O’sha tong bu g’arib tushni Zuhdu Afandi va Hofiz Ahmad og’alarimga aytib berdim. Hatto o’sha kun Hofiz Ahmad ustozimni ziyorat qilishga ikki piyola suv bilan Ispartaga borishni istadi. Faqir ham borishiga xursand bo’ldim. Tush haqida ogohlantirdim, chunki o’sha tuni ko’rdim. Haqiqatdan aytgan. Ammo juda achchiq xabardan shuchalik xafa bo’ldim. O’shanda tushundim, ko’nglimning g’ashligi sababi bu ekan.
{(Hoshiya-1): G’arib va latif muvofiqlik: Ispartada shanba kechqurun boshimga kelgan o’ta qiyin hodisani sakkiz yil kamoli sadoqat bilan, hech ranjitmasdan xizmat qilgan Siddiq Sulaymon o’sha paytda, men kabi xuddi o’sha azobni chekkani va sababini ham bilmagani uchun, Ispartaga yakshanbadan oldin keldi. Azobning ma'naviy sababini ham angladi. Sulaymonning qanchalik salim qalbi borligi ma'lum. O’sha tun, xos talabalarning ichida qalbi latifligi bilan ajralib turadigan Kichik Lutfi bu bayonda mazkur tushni va qiyinchilikni ko’rib unda ishtirok etgan va oz ta'bir bilan vaziyatimni aynisini ko’radi.
Demak, Sulaymonning salim qalbi, Lutfining latif ruhi yordamimga kelishni istagan. Demakki, Risola-i Nur shogirdlarining ruhlari bir-biri bilan aloqadordir. Jasadlari boshqa-boshqa, ruhlari birlashgan hukmidadir.
هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Sulaymon Rushdu ismli qardoshimiz, bu hodisa bo’lgan tundan avval, ertalabdan menga va Bakir Beyga: "Men bu kecha bir tush ko’rdim. Unda siz Ustozimni hokimning maqomida hokim sifatida ko’rdim. Atrofingizda hukumat odamlari bor edi. Qo’lingizdagi kichik qog’ozga yozuv yozgan, nutq aytayotgan edingiz. So’ngra yana ko’rdimki: Ustozim siz, Bakir Bey va Xusrav bir foytunga minib, hukumat binosidan uyga kelayotgan edingiz" dedi. O’sha tongning oqshomi, hukumat doirasida ayni hol sodir bo’ldi. Foytunda o’sha odamlar bo’lib tinch-omon uyga qaytildi. So’roqqa tortishganida aytilgan so’zlar ayni bo’lgani uchun, unga nutq suratida ko’ringan. Yana Hofiz Ali, o’sha tun, menga bo’lgan hujumni va suiqasdni o’ziga nisbatan ko’rgan. Ertalab hujumdan qutulish uchun bosh kiyimining chiqqan qismini joyiga to’g’rilab qo’ygan.
Bir so’z bilan: Risola-i Nur shogirdlarining shaxsi ma'naviysi karomatli hassosiyat ko’rsatmoqda. Hofiz Ali buyuk sadoqati bilan, birinchi Sulaymon salim qalbi bilan, ikkinchi Sulaymon Rushdu mustaqim aqli bilan, Kichik Lutfi latif nuri bilan Ustozlarining yordamiga ma'nan kelishgan, mashaqqatiga ishtirok etib yengillashtirishga harakat qilganlar.
Said}
Lutfi
MAKTUBOTNING UCHINCHI QISMI
(Xusravning bir bayoni.)
Suyukli Ustozim!
"Mirqot-us Sunna va Tiryoqi Maraz-il Bid'a" nomiga haqiqatdan eng loyiq bo’lgan O’ttiz Birinchi Maktubning O’n Birinchi Yog’dusini qardoshlarim va do’stlarim bilan ko’p marta o’qidim. Juda katta Payg’ambariy bashorat bilan boshlagan bu risolaning o’n bir nuktasining har bir nuktasi boshqa bir husn va ayri bir go’zallikda yozilishi bilan birga, Sunnatga ergashishning moddiy va ma'naviy foydalari sanab o’tilarkan, aqlga ochilgan eshiklardan ichkariga kiradi. Har bir eshikning ichidagi eshiklar va derazalardan qarab, ko’rgan haqiqatlari qarshisida hayron bo’ladi. Ko’rsatgan dalillari bilan e'tirozchilarning e'tirozlariga mukammal va muntazam javoblar beradi. Shavqlangan har bir musulmonga, "Men ko’rsatgan eshiklardan kirsangiz, qiyinchiliksiz abadiy saodatga qovushasiz" deb, Sunnatga ergashishni hayot dasturi sifatida qabul qilishini tavsiya qiladi. Talabalariga tushunadigan qilib buyuk ish - darsini tushuntirarkan, "Men ko’rinishdan 15-16 sahifadan iborat kichik bir risolaman. Ammo haqiqatdan tarqatgan nurim bilan juda ulkan dengizlarni o’tadigan kattalikda va juda ulkan yulduzlarning nurlarini to’sadigan qudratdaman. Meni xotirasiga naqsh qilib, men bilan boamal bo’lgan kishi naqadar baxtiyordir, deb balig’, juda yuksak va nihoyat darajada latif so’zlari bilan bizlarni irshod qilmoqda.
Bu haqiqatlarni ko’rsatgan bu risoladan, kuchim yetsa-yu, yuz dona, ikki yuz dona yoza olsam. Afsus! Qo’lim qisqa, sa'y-harakatim cheklangan, ojizligim har bir yaxshi ishni istaganimdek qilishimga mone bo’lmoqda. Buncha orzuga qaramasdan men yoza olgan bir nusxasini taqdim qilyapman. Husni qabul qilinsa, men uchun qanchalik buyuk saodatdir.
Ahmad Badaviy Hazratlarining karomatli harakatlari bilan, osmonlar va yerning tabaqalaridan bahs qilgan O’n Ikkinchi Yog’duni uch-to’rt marta o’qidim.
Suyukli Ustozim! Rizqqa muhtoj har bir hayotdorning rizqi Razzoqi Haqiqiy tarafidan kafolat ostiga olingani va rizq faqat Mun'imi Haqiqiyning qudrat qo’lida bo’lgani shunchalik go’zal uslub bilan ta'rif qilingan. Talabalariga shunchalik shirin va oliy bir dars beradiki, aql egrilikka, nafs e'tirozga, qalb inkorga umuman yo’l topolmaydi. Muzaffar qo’shin kabi insonning bacha hislariga, "Ey qiymatli risolalar va ey nuroniy fayyoz "So’zlar", maydon siznikidir! Sizga taslim bo’lganmiz! Bashariyatga va butun maxluqotga hukmron bo’lgan Xoliqi Azimning haq so’zlari bilan bizlarga hidoyat yo’lini va istiqomatni ko’rsatmoqdasiz!" dediradi.
Ayniqsa yer va osmonlarning yettitadan tabaqasi borligiga doir azim oyatlarning kulliy, umumiy va qqamrovli ma'nolarining yoqimli va lazzatli va shirin haqiqatlarini o’qirkan, insonning hissiyotiga qalami tarjimon bo’la olsa-yu, bu risolalarga javob qila olsa... Afsus!
Hamma tarafini anglash imkoni yo’qligi bilan birga, bu qismda yerning yetti iqlimi; bir-biri bilan birlashgan yetti tabaqasi; bu tabaqalardagi nuroniy maxluqlarning o’tishiga hech narsa mone’ bo’lmasligi; elektr, ziyo va haroratni tashish, koinotni boshdan oyoq egallagan efir moddasidan boshlab osmonlarning yetti tabaqasining qabul qilinishiga hech qanday mone’ yo’qligini fanga, aqlga va hikmatga asoslanib har xil dalillar bilan isbot qilinishi, eng oxirida osmonlarning yetti tabaqa va yerning yetti qavat ekani haqida Qur'oni Hakim ifodalarining tasdiq qilinishi, aql va qalbni shubhaga yo’l topolmasligi risolalarning buyukliklariga xos ulug’ karomati ekanini ko’rsatadi. Bunday azim Qur'on haqiqatini ko’rolmagan faylasuflarning va astronomlarning quloqlari jaranglasin!
Ha suyukli, qiymatli Ustozim! Bu nurli mislsiz asarlar insonning shubhalarini ketkazganiga va ularni chaqiradaigan qorong’u nuqta qoldirmasligiga qat'iyan iymon keltirganim kabi, aloqador bo’lgan qardoshlarimdan va mutolaa qilgan zotlardan, fikrimni to'liq tasdiqlaganini eshitganimda sevinchga to’lganimni his qilyapman.
Suyukli Ustozim, har xususda sizga qilinadigan duo uchun so'z topolmayman. Zoti Zuljamol buncha go’zalliklarga xazina-i rahmatidan minglab go’zalliklarni sizga ehson bilan javob bersin. Omin!
Ahmad Xusrav
* * *
(Sabri Afandining bir bayoni)
Ey Ustoz!
Kalomulloh-il Aziz-il Mannon bo’lgan Hazrati Qur'on Islomiy shiorlarning xodimlarini himoya va marhamat qanoti ostiga olib, bu safargi ranjituchi hodisada, bir yildan beri mulhidlar tayorlagan rejalarni natijasiz qoldirib, zohiran uch qardoshimizni oqqlab, ma'nan millionlab mo’min muvahhidiynning jamoatiga oqlanish nishonasini baxsh etib, mulhidlarga abadiyat va azaliyatni izhor qilib o’zini mudofaa qildi, xodimlarini muhofaza va himoya qilganini va qilishini ko’rsatb, Qur'on xodimlarining qalblari sevinchu sururga g’arq qildi. Ilgarilashni istagan xolisona orzu va maqsadlariga qadamlarini yanada ko’proq tashlashni, doiralarini yanada kengaytirishni boshlashdi.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Aziz Ustozim! Janobi Kibriyoning to’liq lutfi va nihoyasiz karamu ehsoni sifatidagi Nurlar Kulliyoti bu purqusur qul kabi qancha g’ofillarga ehson qilinib, davomli yomg’irlarning yer yuzida tozalik qilgani kabi, Nurlar mahallasida ushbu zalolat asri va bid'at davrida moddiy hayot kir suvining botqoqligiga botgan bu ojiz qulga, "Zararning qayeridan qaytsang ham foyda" degan ogohlantirish darsini berdi. Behisob shukrlar bo’lsin, zulmat vodiysidan chiqarib Nurning cho’qqisiga yetishtirdi.
Nima bo’lganda ham, bir yil avval "Ey Sabri! Balki mansab sevgisiga mayl etarsan, o’sha tomondan istak uyg’otishi mumkin. Kel o’sha badbaxtlarning loyqa hovuzchalariga yana bir marta sho’ng’ib, chiq" deyildi. Alhamdulilloh, salomat chiqdim. Undan qutulganim faqirona nazarimda juda ahamiyatli qutulishdir.
Talabangiz Sabri
* * *
(Usmon Nurining bir bayoni.)
Kitoblarning eng buyugisan Kalomi Qadiym,
Haq qonunlarning onasisan Qur'oni Azim,
Muqaddas tarixlar nur otasisan Kalomi Qadiym,
Sen dinimizning qo’riqchisisan Qur'oni Azim.
To’rt Ilohiy kitobning onasi, faqat sensan,
Iftixor etar sen bilan butun dini Islom,
Sensiz yashamoq istagan qalblar o’lsin,
Sen haqiqatning ilk va so’ng quyoshisan.
Har borliqning ustida so’nmaydigan quyoshsan,
Barcha yashirin va oshkorning kaliti sensan,
Seni tanimagan va tobe bo’lmagan, har yerda
Sohibining g’azabiga yo’liqsin, o’lsin.
Hukming muhaqqaq qiyomatgacha boqiydir,
Senga ishonmaganlar qiymatsiz, zalil, kofirdir,
Sen har borliqning ustida chiqqan quyoshsan,
Seni istamaganlar dunyoda Jahannamga ko’chsin.
Aslo! Seni yoqtirmagan va xato deganlarning,
Tillari kesilsin, yerga botsin.
Senga past qaramoq istaganlarni, Alloh qahr etsin,
Sen haqiqatning ilk va so’ng quyoshisan.
Usmon Nuri
* * *
(Hofiz Alining bir bayoni)
Aziz Ustozim! O’ttiz Birinchi Maktubning O’n Uchinchi Yog’dusi, "Hikmat-ul Isti'oza" oliy nomli nur bo’lagini oldim. Alhamdulilloh ko’chirishga muvaffaq bo’ldim. Janobi Haq benihoya xazinasidan bu kabilarni ehson qilsin. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Ustozim Afandim! Azim haqiqat mujassam risola faqir talabangizda juda kuchli ta'sir qilib, aqlim, barcha tuyg’u va hisslarim azim haqiqatlar ustiga sochilib, to’planmas bir holga keldi. Kunduzi quyoshning ziyosi qarshisida qolgan tilla qo’ng’iz kabi, kerak bo’lsa quyosh tarafini va kerak bo’lsa o’z yorug’ligi bilan qamrov doirasida bo’lganlarni ta'rif qilolmagani kabi, faqir ham ayni holga tushdim.
Birinchidan:Bu risola boshqa tavhidga doir buyuk risolalarning akasi bo’lishi mumkin. Zero, boshqa Risola-i Nurlar Janobi Haqning buyuk olamda jilva-i jamol va kamol va asmo-i husnasini o’ta ochiq tarzda ko’r bo’lganlarga ham ko’rsatdi. Nur bo’lagi kichik olam hisoblangan, asmo-i husnaga oyna bo’lgan, dunyo borlig’ining ruhi darajasidagi insonning kamoli va qulashiga, abadiyat va adamiga sabab bo’lgan eng buyuk vasila va hiylalarni aniq kashf etib ko’rsatadi.
Ikkinchidan:Bu haqiqatlarni o’ylar ekanman, qalbimga shunday keldiki: "Hudhudi Sulaymoniy zaminning suvi majhul yerlarida (yerni qazmasdan) suvni topishga vasila edi" deydilar. Bu risola aynan, Hudhudi Sulaymoniy kabi, kichik olam bo’lgan insonning zidlardan tashkil topgan jismida iymon nuri joylashgan qalbni boridek ko’rsatadi. Zamin yuzida zararli zararsiz o’tlarni tashxis etgan kimyogarning obi hayot topgani kabi, bu asar vositasida mingdan bir haqiqatini ko’ra olganimni angladim. Bu asar barcha ahli iymon va zishuurga manba-i haqiqiysi bo’lgan Qur'oni Hakim kabi, nurlari bilan obi hayotni sochadi.
Hofiz Ali (RH)
* * *
(Ahmad Xusravning bir bayoni.)
Ustozim Afandim!
Bir hafta avval "Hikmat-ul Isti'oza" nomli risolaning bir qismini va bir necha kun avval ham boshqa qismi bilan O’n To’rtinchi Yog’duning Birinchi Maqomini oldim. "Hikmat-ul Isti'oza"ning Birinchi Qismini ko’p martalab qardoshlarim bilan o’qidim.
Ey suyukli Ustozim! Ushbu qiymatli risola bilan mujohid talabalaringizga shunday chiroyli bir dori taqdim etmoqdasizki, bu dorilar bilan ma'naviy yaralarimizni chiroyli va tez davolayapsizki o’ta yomon yaralarimiz bir onda yaxshi bo’lmoqda, iztiroblarimiz ketyapti, qalblarimiz boshdan oyoq surur bilan to’lmoqda. Rabbi Karimimizga bo’lgan muhabbatimiz ziyodalashyapti. Xoliqi Rahimga bo’lgan odobimizga ham zarar kelmasligini o’qib, vazifadagi shavq va g’ayratimizni ortirmoqda.
Ha aziz Ustozim! Eskida ins va jin shaytonlarining hujumlaridan va tarbiya qilolmagan osiy nafsimdan kelgan ba'zi shaytoniy tushunchalardan qutulish uchun, juda ko’p harakat qilgan vaqtlarim bo’lar edi. Qalb bunday holatdan qutulish uchun yo’l qidirar ekan, Naqshbandiy qahramonlarining "Tarki dunyo, tarki uqbo, tarki hasti, tarki tark" degan asoslari aqlimni bezovta qilardi. Unga javob bergan aziz ustozimning bayoni orasida,"Inson bir qalbdan iborat bo’lsa edi, bu so’z to’g’ri bo’lishi mumkin edi. Holbuki insonda qalbdan tashqari aql, ruh, sir, nafs kabi mavjud bo’lgan latifa va hislarni maxsus vazifalarni berib boy doirada, qalbning qo’mondonligi ostida ubudiyatni ado etish kerak",deb tavsiya qilinmoqda. Quyosh kabi haqiqatlarni izhor qilgan bunday nurli dasturlar talabalarida asos bo’lgani uchun, oldin aytilgan tushunchalarga chora qidirayotgan edim.
Talabalarining har on ehtiyojlarini o’ylab chora qidirgan, dori hozirlagan, tayyorlaganlarini talabalariga qiyinchiliksiz bergan, javoban hech narsa istamay minnat va madh Janobi Haqqa aytilishini amr qilgan suyukli Ustozim! Sizga avvaldan beri "Luqmon" nazari bilan qarayman. Ha, haqiqatdan bir Luqmonsiz. Luqmoni Hakim kabi qalbiy orzularimizni eshitib risolalar bilan muolajani davom ettiryapsiz. Badi' bo’lgan Janobi Haqning badayi'i ichida har jihatda mukammallikka yetgan badi' kalomidan, badi' quli bilan ehson qilgan bu badayi'ni madh etish Alloh gapirtirmaguncha, albatta imkonsizdir. Bu vodiyda naqadar so’z aytilsa, yana ozdir.
Sevgili Ustozim, har qaysi bir risolani ochib o’qiydigan bo’lsam, hissam qadar darsimni olyapman. Holbuki avvallari bu risolalarni tamoman yozganim uchun, o’qishga juda oz vaqt topa olardim va hali ham shundayman. Avvallari o’qigan vaqtlarim istifodam kam bo’lardi. Hozir esa, Nurlarning haqiqatlarini ko’rgan sari, minnatdorchilik va shukrim ziyodalashmoqda, qalbim nurlar bilan to’lmoqda, ruhim nurlar bilan istirohat etmoqda, latifalarim bu Nurlar bilan hissalari qadar fayzyob bo’lmoqda. Va yana Janobi Haqdan umid qilamanki, hissam va istifodam kun o’tgan sari ko’payadi va nasibam ortadi.
Bu hodisalar ko’rsatmoqdaki, badi' asarlarning buyuk bir xususiyati va bir karomatidan talabalarini boshqa qo’llarga bermaydi va nurlantirish uchun boshqa eshiklarga bo’yin egdirmaydi. Yig’lagan qalblarimizga tasallilar beradi. Iymonlarimizni quvvatlantiradi. Allohga qovushish ishtiyoqi bilan xohishini beradi. So’ngida "Yo Rab! Sen ustozimizdan xushnud bo’ladigan tarzda rozi bo’l!" nidolarini lisonan va qalban ayttiradi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Talabangiz
Ahmad Xusrav
* * *
(Sabrining bir bayoni.)
Ey Ustoz!
Bahorning har bir kunining latofat va bemisol tarovati va ajib o’zgarishi Fotiri Aqdas Hazratlarining nihoyasiz qudrat va azamatini ko’rsatgani kabi Nur daryosining ham benazir va hayratbaxsh bahori, "Minhoj"lar, "Mirqot"lar, "Isti'oza"lar va bularga o’xshash latif, shirin, nuroniy gullar va benihoya turlarini iymon va tavhid ahliga yangidan hayot baxsh etadi. Nurlar shunday ma'naviy ozuqaki, har qanday odamni har on to’ydirishga kifoya qiladi. Bu olmoslar shunday qiymatli ridoki, har kimni har doim isitishga yetarlidir.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Aziz, buyuk ustozim! Bu risolalarni o’qigan sari ruhim gullar kabi ochiladi, foniy hayotning azob va mashaqatlarini ketkazadi. O’rniga qanoat kabi yashirin xazinani keltiradi. "Ey ruh! Hozirgacha ma'naviy talab va orzularingni ta'min etgan Nur fabrikasining olmos va javharlarining har birining ayri-ayri qiymat va zarifliklarini ko’rib, bundan boshqa qiymatli asar yo’q deb, sen hol bilan, men so’z bilan hukm etdik. Qur'on nurlari va Furqon fayzlari va boqiy nurlarning oxiri yo’q.
Alhamdulilloh, Qur'on haqiqatlaridan kundan kunga nasibador bo’lyapmiz va bo’lamiz inshaalloh. Janobi Kibriyo kavsar daryosini hayoti boqiya xirmoni hisoblangan mahshargacha oqitsin, omin.
Ustozim Afandim, o’tmishdagi harakatlarim bilan hozirgi ahvolimni qiyoslash eslatildi. Qo’ldan kelganicha tadqiq etdim. Natijada hozirgi ahvolamni, "so’ngsiz shukrlar bo’lsin" qiyinchilik jihatidan juda yengil va qiymat xususida juda og’ir deb topdim. Eski harakatlarim buning teskarisidir. Alhamdulilloh, Janobi Fayyozi Haqiqiy ojiz, faqir, muhtoj qullaridan rahmati Rabboniyasini ayamadi.
"Olma pish, og’zimga tush" deb ruhiy amaliyotga kerakli narsalarni mahoratli jarroh bilan birga ehson qildi. Agar bizlar bu amaliyotni ko’rmasaydik va bu nurli va zavqli, shavqli ehromga kirmasaydik, mansab sevgisi sababli, qaysi bid'atga yengilmagan bo’lar edik?!.
Nurlarning bepoyon fayzlari hadsiz va hisobsiz muvahhidiynlarni shukrda qarzdor qildi. "Alhamdulillahi Robb-il A'lamiyn".
Janobi Haq jumla ummati Muhammadni (ASV) anvori Qur'oniyadan foydalantirib, haqiqiy muvahhidiyn sinfiga dohil va hozirgacha g’aflat bilan o’tkazgan vaqtlarimizni daftari a'molimizga yozilgan gunohlarimizni rahmati bilan afv etsin, omin.
Xulusiyi Soniy Sabri
* * *
(Zakoiyning bir bayoni.)
Ustozim!
Bir mujodala va imtihon maydoni bo’lgan bu dunyoning har burchagida insonga ibrat darsi bo’ladigan biror bir hodisa va namuna yo’q emas. Hamma yerda mizoji farqli insonlarda turli-tuman qalbiy mayllar bo’ladi. Dunyoviy hodisalar ichida eng alamli narsaning, uxroviy va diniy maslak pardasi ostida vahshat va hayvoniyat ruhlari bilan taqqoslashni tajriba va ko’rganlarim o’rgatmoqda.
Ha, o’z holini isloh qilishga qaytgan kishi, ubudiyat bilan Xoliqiga yolvorar ekan, bir mulhidning ahmoq maxluq kabi uni vasvasa qilganidan keyin, ruhining kirlanadi. Keyin boshqaga hujum qilib, uni o’ziga o’xshatishni istaydi. Xatto boshqa mo’min haqida yomon tasavvur va noto’g’ri tushuncha uyg’onganini ko’rish iymon ahli uchun qayg’uga sabab bo’ladigan masaladir.
Oh ustozim, koshki insonlar yo ko’ringani kabi bo’lsa, yoxud bo’lgani kabi ko’rinsalar edi. Irshod ahli Qur'on hukmlarini tablig’ xususida qiyinchiliklar chekmas va inkor qilinmas edi. Men kabi hanuz o’zini isloh etolmaganlar ham, ba'zi ahmoqlarning ruhlarida soflik va insonga xos yaxshilik qidirishga harakat qilmasdi.
Aziz ustozim, inshaalloh Janobi Haq haq va haqiqatning quyosh kabi yuksakligini sizga va bizga ko’rsatsin. Zindon hayotiga o’xshagan, bir qancha ma'naviy mahrumliklar ichida o’tgan kunlarni sururli va erkin kunlarga aylantirsin. Omin.
Talabangiz Zakoiy
* * *
(Sabrining bayoni.)
Ustozi Akramim!
"Hikmat-ul Isti'oza" risolasining ikkinchi qismi shunday qiymatli javharlar xazinasi va vasvasa xastaligining eliksir bir dorisi bo’lib, foniy olamdan boqiy olamga ko’chish paytigacha nafs va shaytonning hujumiga uchragan inson ko’kragi ustiga osib yurishi kerak. Ikki dushman har doim ko’pik kabi, zohirda bir narsaga o’xshab, haqiqatda esa arzimas havoiy qaysarlik bilan e'tiroz qiladi. Ularga qarshi eng sog’lom panohgoh va eng kuchli qurol va bu yo’lda sarf qilinadigan xolis muxr bulardir. Men o’zimda tajriba qildim. Savollarni o’qigan vaqtim nafsim savolga moyil bo’ladi va ahamiyat beradi. Ammo alhamdulilloh ortidan davom etgan Qur'oniy olmos mudofaalar unday nafsoniy xastaliklarni tez chiritib, ildizidan quritadi. Nuroniy va Qur'oniy hikmatlarni loyig’idek maqtash xususida ruh va shuuur sohibining mukammali hisoblangan inson sinfi vahiyning boshlanishidan to hashrgacha i'joz va iyjozida ojizliklarini izhor qilgani, da'vomizning aniq va ochiq dalilidir.
Xulosa:Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning benazir hukmlaridan Risola-i Isti'oza-i Furqoniyani mutola qilganimda haqiqatlar daryosida mastu hayron bo’lib kamoli ishq bilan: "Yo Rab, Kitobi Mubinning hukmlarini joriy qilishni osonlashtirish va qiyinchilikni ketkazish hamda Qur'on dallolining orzu va maqsadlariga muvaffaq qil. Barcha birodarlarim bilan birga ushbu kamtar qulingni ham ajalim kelgunicha Kitobi Mubinga xodim qil", duosi bilan ojiz ifodalarimga xotima beraman.
Sabri
* * *
(Hofiz Alining bayoni.)
Suyukli Ustozim!
Bu safar yuborilishiga inoyat qilingan Hikmat-ul Isti'ozaning Ikkinchi Qismini oldim. Sakkizinchi Ishorada isbot qilingan haq va haqiqat zalolat vodiylarida uchgan daydi adashganlarning yo’llarini oydinlatib, ularga ham o’zlarining nima qilganlarini, ham haqiqat yo’lini ko’rsatib iyjozi bilan azim bir masala xayol qilinmoqda.
To’qqizinchi Ishorada esa, barcha iymon ahli va ayniqsa nur risolalalari bilan inson yaratilishining haqiqiy g’oyasini tushunishga harakat qilgan talabalaringiz, ruhan istiqbolga borgan sari, bu masala juda keng doira bo’lib, Hazrati Odamdan beri barcha Payg’ambaroni Izom hazratlarining ahli zalolatga qarshi mag’lubiyati va fojiali hodisalar ko’p o’ylantirar va qalbga ozor berar edi.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Keng doira shunday nurlanmoqda. Ichida Ustozdan, Faxr-ul Mursaliyndan Hazrati Odamgacha qiyinchiliklar haq va haqiqat qilichi bilan fath qilinib, aql va qalb "sodaqta va bilhaqqi nataqta" deb tasdiq qilmoqda.
O’ninchi Ishorani yozarkan, qo’limdan qalamni tashlab yonimdagilarga o’qib berdim. Ichida tamsiling misol emas, haqiqatligini, bunday haqiqatni Hakim, Nur va Badi' ismlarining jilvasi bilan ko’rilishini tushundim. Xayolan tatbiq qilishni boshladim. Juda to’g’ri asos ekanini angladim, Janobi Haqqa shukr qildim.
O’n Birinchi Ishorada ko’rsatilgan Qur'oniy zajr, koinot ekinzorining mahsuli, uskunasining to’qimalari inson sinfi va umum mavjudot samaralari bilan birga inson sinfiga xizmat qilgani uchun, inson faqat o’zini o’ylashi, badbinligi bilan u azim dunyo g’oyasini yo’qqa chiqarib, katta charxlar kabi kulliy unsurlarning insonga qarshi harakat qilganlarini va halok qiluvchi mas'uliyatdan qutulish faqat Qur'oni Hakimning muqaddas doirasiga kirish va Faxr-ul Mursaliynga ergashish bilan topilishi bayon qilib insonni jalb qilyapsiz.
O’n Ikkinchi Ishora va to’rt savolning javobi qamragan haqiqatlar bizni ora-sira o’z hisobiga ishlatishni istagan va juz'-i ixtiyor bilan o’zida bir borliq ko’rib, haqqiga ko’z tikkan hamda shuhrat va xudfurushlik bosimida bekorga ishlagan nabotiy va hayvoniy nafsu havo zanjirlarini oltin qaychilar bilan kesib xalos qilyapsiz.
O’n Uchinchi Ishora va uch nuqta bilan har doim, xususan muborak vaqtlarda biz bilan shug’ullangan va ba'zan umidsizlikka tushirgan, yuzimizning qoraligini qaramay, mo’min qardoshlarimizning ahamiyatsiz qoralari bilan ularni battamom qoralik bilan ayblagan, Janobi Haqning rahmatini va G’affor va Rahim ismlarini tanqidga jur'at etgan va bu sabab ulkan buzg’unchiliklarga sabab bo’lgan hizb-ush shaytonning quvvati ko’rsatilmoqda.
Muhtaram Ustozim! Bu ishorani yozarkan, vujud olamiga sayohatga chiqdim. Ishoralardagi nuqtalar bir mufattish hukmiga o’tdi. Izoh qilingan quvvatlar o’rnida ko’rilib, yengilganliklarini qabul etmoq payida edilar. Bizga bu quvvatlarni ko’rsatgan Qur'oni Hakimdan yordam va fayzni har qadamlarimda istadim. Bizga bu asos hayot haqiqatining natijalarini, qorong’uliklarini ko’rsatgan ustozimiz muvaffaqiyatimizni Janobi Haqdan tilayotganligi har on o’zini ko’rsatmoqda. Va inshaalloh xalos qiladi.
Muhtaram Ustozim! Ushbu o’n uch Ishora o’n uch javohir xazinasini ichiga olgan. Ularning ba'zilarini ipga tizib ko’rsatlyapti. Uni ko’rmaslik javohir xazinasiga va javharlariga bir kamchilik keltirmaydi. Men egri-to’g’ri tizishni istagan javharlar, inshaalloh husnini yo’qotmaydi.
Ey suyukli Ustozim, qanchalik ko’p tashakkurlar qilsam va minnatdor bo’lsam ham ozligiga ishonganim uchun, Janobi Haqdan siz rozi bo’ladigan mukofotga noil aylashini tilayman. Omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Hofiz Ali (RH)
* * *
(Vazirzoda Mustafoning bayoni.)
Aziz, qiymatli Ustozim!
Hisobsiz hamdu shukr ul Xoliqi Mannon Hazratlarigaki, men ummiy bo’lganim holda, hissiyot va orzularimni shu foniy va o’tkinchi bo’lgan dunyo hayotidan ayirib, Risola-i Nur talabalari ichiga kirdim va Qur'on jamoati olimlariga do’st bo’ldim. Nashr xizmati va ilmda ularga yetisholmayman. Lekin inshaalloh aloqadorlik, muhabbat va ixlosda yetishishga harakat qilaman. Duo bilan ularning qalamlariga yordam beryapman. Risola-i Nurga bo’lgan hissiyotimni ummiyligim uchun faqat tushlarim bilan ifodalayapman.
Bu safar tushda Faxri Olam (ASV) Afandimiz Hazratlarini ko’rgan vaqtim, Sura-i Hajning oxirida
مَا قَدَرُوا اللّٰهَ حَقَّ قَدْرِه۪ٓ اِنَّ اللّٰهَ لَقَوِىٌّ عَز۪يزٌ
so’ngigacha o’qib va Shohi Jiyloniy (quddisa sirruhu) Hazratlarini ko’rgan vaqtim, uyqudan Sura-i Nurda لَيْسَ عَلَى الْاَعْمٰى حَرَجٌ oyatini qiroat qilib uyg’ondim. Angladimki songi kunlarda Sunnati Saniyaga doir ahamiyatli bir risola yozilgani uchun, Rasuli Akram (ASV)ga maqbuli bo’lganki, unga tushimda musharraf bo’ldim. U oyat Risola-i Nurning xulosasini ifoda etgani kabi, g’aflatdagilarni qattiq qo’rqitadi. Shohi Jiyloniyni ko’rganimning sababi, Risola-i Nur talabalarining muqaddas ustozi meni ham shogird sifatida qabul qilganiga doir bir ishora deb tushundim. Bu oyatlar xotiramda bo’lmagani uchun, muqaddas zotlarning hurmati, xotiramda har doim o’qir va dunyoqarashim kengayar edi.
Boshqa bir tushimda, juda keng uyda, poydevorlari endi qurilayotganini ko’rgan edim. Bu safar o’sha ulkan bino bitgan, ichiga kirganimda o’ng tomonini masjidi sharif sifatida ko’rdim. Namoz o’qigandan so’ng menga hamma yozilgan Risola-i Nurni berishdi. Men faqat bir nusxasini o’qish uchun berdim. Binoning eng yuqorisi va o’rtasida bir ustunining almashinishi uchun qo’lida temir, kran bilan uch kishining ishlayotganini, ko’rdim. Ta'birini siz ustozimga havola qilaman.
Ummiy talabangiz Mustafo
* * *
(Osim Beyning bayoni.)
Ustozi Akramim!
Bu safar tugatishga muvaffaq bo’lgan uch risola-i sharifani: Yigirma To’rtinchi, Yigirma To’qqizinchi So’z, O’ttiz Birinchi Maktubning Beshinchi Yog’dusi Mirqot-us Sunna Risolalari tahrir uchun va siz ustoz hazratlariga ko’rsatilish uchun taqdim qilindi. Risola-i sharifalarning hammasi, haqiqat nuri sochgan bir-bir jannat bog’chalaridir. Xususan O’ttiz Birinchi Maktubning yog’dulari: Minhoj-us Sunna va Tiryoqi Marazi Bid'a - Mirqot-us Sunna o’qib o’qib to’yib bo’lmaydi. O’qigan sari his etilgan ma'naviy surur va fayzlarning haddu hududi yo’q bir fayz ummonidir. Ba'zi jumlalar, namozdan oldin va keyin faqirxonaga kelgan do’stlarga ko’p martalab o’qib fayz olamiz. Xususan Giritli Hasan Afandi ko’z yoshlaridan o’zini to’xtatolmaydi. Siz ustoz xazratlariga ma’lum, o’zi Qodiriy shayxidir. Sizga va ayniqsa G’avs-ul A'zam Shayx Jiyloniy Hazratlariga bog’liqlik va muhabbati o’ta qattiq.
Ustozi Akramim! Bu safar risola-i sharifalar bir oz keyinga qoldirildi. Buni faqirning tamballik, sustlik va dangasaligidan deb bilmangiz. Shikoyat emas, faxrlanib aytaman. Bu yil Janobi Haqning faqirga lutfu ehson va karami ko’p bo’ldi. Lahulhamdu valminna yuz minglarcha mutashakkirman. Ramazon Bayramidan beri ikki marta xastalandim. Hanuz tuzazlish davridaman. Risola-i Nuri Sharifalarni ko’chirilishida anchagina tanaffus bo’ldi. Ko’p shukr, alhamdulilloh, bu xastaliklar bir Ilohiy in'omdir. Siz ustoz xazratlarining duolari bilan sihatim joyiga kelyapti.
Osim
* * *.
(Rushdu Afandining bayoni.)
Ey aziz Ustozim!
Buncha azim ehsoningiz meni suyukli ustozimizning nazdlarida talabalarning eng oxirgisi bo’lish sharafini qozontirgani xotiramda turgunicha Janobi Vojib-ul Vujud Hazratlariga tunu-kun duo qilaman. Ba'zan boshim sajdada, tinmay yig’layman. Gunohimning kattaligi, jinoyatimning saoqsizligi meni qo’rqitar ekan, suyukli ustozimning duolari, Janobi Haqning rahmati meni tasalli etadi.
Har yuborgan risolangizni kamoli ishtiyoq bilan o’qiyman. Qiymatli qardoshlarim bilan har kun bir yerdaman. Istifodam juda ko’p. Risolalardan siz ustozimning ma'naviy fayzlarini har doim olyapman.
Ha aziz ustozim, hissiyotimni yoza olsam har hafta maktublarim bilan javob beraman. Sizga maktub yozish men uchun eng buyuk sevinchdir. Afvingizga tayanib, zohiran sukut saqlash bilan va ma'nan Xudoning dargohiga qo’l ochgan vaqtim sizga ojiz Rushdu talabangiz ojizligini taqdim qilgan sari, suyukli ustozimdan javoban ko’rgan lutflarim qarshisida ko’z yoshlarim bilan javob beryapman, afandim.
Talabangiz Rushdu
* * *
(Hofiz Ali darsini qanday anglaganini ko’rsatgan bayoni.)
Muhtaram Ustozim!
O’ttiz Birinchi Maktubning O’n To’rtinchi Yog’dusining Ikkinchi Maqomini bir marta o’zim o’qidim. Juda juz'iy istifoda bilan, aqlimda lazzat his qildim. Ikkinchi va uchinchi takrorlarimda shunday bir ruhiy zavqi oldimki, agar qalb va qalamim ko’nglimga tarjimon bo’la olsalar, balki bir daraja siz ustozimga minnatdorona arz qilishga jur'at qilardim. Afsuski qalbim, qalamim va ruhim ojizlik bilan oldimga chiqib kamchiliklarini e’tirof qilishdi.
Suyukli Xo’jam! "So’zlar" unvoni bilan nurlar nashr qilgan va rahmat eshigini ochgan Qur'on nurlari asosan xos, maxsus bir o’ziga xos muxr-tamg’asiga ega. Har bir qismidan Allohning qamrovli rahmatiga qisman, to’liq eshigini ko’rsatib, ularni ochiq qoldiryapti. Bu muborak Risolani Sulaymon, Zeki, Zakoiy va Lutfi qardoshlarim bilan o’qir ekanman, xayolimga ziynatlangan ulkan saroy ko’rsatildi. Aslini, haqiqatini, kengligini va ziynatini tomosha qilish uchun ruhan chiqdim. Qarasam, charchagan va nazarim kesilgan tarzda orqaga qaytdim. Zakoiy qardoshim davom etayotgan edi. Takror saroy shaklida tantanali, ravnaqdor, qiymat va mohiyat jihatidan o’sha kichkina vujud saroyi olamini ko’rdim. Eshikni ochib tomosha qilishni istadim. Kaliti yo’q edi.
Birdan qardoshimning og’zidan "Bismillahir rohmanir rohiym" sozini eshitdim. Eshik ochildi. "Alhamdulillahi a'la nur-il iyman va hidayati-r Rohman" dedim. Qarasam ulkan saroy ichidagi narsalari va ziynati su kichik saroyga joylangan. Go’yo charxlardan tashkil topgan soat va ko’p iplarni ichiga olgan to’quvchi bor edi. E’tibor bersam, kunduzni kunduz qilgan quyosh bo’lgani kabi soatni qurgan va ishlatganni va u iplarni rang-barang bo’yab to’qiganni juda porloq bir suratda izoh qilinganini ko’rdim. Takror "Alhamdulilloh" dedim va ushbu olami kubroning mundarijasini va namunasini qo’limga olgandan so’ng parvosiz sayohatga chiqdim.
Muhtaram Ustozim! Ushbu "So’z" shunday haqiqatni dars beradiki, insonga begona va bilinishi mumkin bo’lmagan hech narsa qolmaydi. Har ko’rgan narsasi munis bir o’rtoq bo’ladi. Suvsiz vodiylar, keng sahrolar va ulkan yer kurrasi bog’ hukmida Xoliqi Rahiym tomonidan hozirlangan, kaliti "Bismillahir rohmanir rohiym" bo’lgani va kaliti topilmasa va olinmasa, bog’da yashash mumkin bo’lmaydi. Yashasa ham ham tarafda begona bo’lib, har qadamida kamsitiladi. Hayot jonsiz shaklga aylanishini izoh qilyapsiz. Xususan bizni har doim, kunda qirq marta aqlimizga sig’masdan "oh!" bilan takrorlangan mo’'minning me'roji namozda اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَاِيَّاكَ نَسْتَع۪ينُ sirri shunday bir tugma holida ko’rsatilmoqdaki, har bir mo’min o’z vujud olamida bir elektr fabrikasi ko’radi. Tugmasini bosganda butun dunyoni ziyolantiradi.
Suyukli Ustozim! Janobi Haq bu qiymatli asarlarni qiyomatgacha mo’min qullariga yetkazsin, degan duo bilan so’zimni tugataman afandim.
Qusurli Talabangiz
Hofiz Ali
* * *
(Yangi, muhim qardoshimiz Muftiy Ahmad Fayzi Afandining bayonidir. Bu bayon garchi shaxsimga qarasada, u kishi shaxsimni ko’rmagan, dalloligimning belgisi bo’lgan risolalarni ko’rgani uchun, haddimdan juda ortiq madhu sanosini risolalarga va Qur'on sirlariga oid bo’lgani uchun qabul qildim.)
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
Hamdi benihoya Karimi Muta'olga, salotu salom Habibi Zuljalolga va u kishining oila va asxobiga.
Ey boqiyga yetishgan bo’lgan foniy! Va ey matlubning rahmat eshigida o’tirgan mahbub! Va ey darajalarning akmali bo’lgan sifati abdiyatga suluk eta olgan baxtiyor! Va ey Shamsi Toboni Zuljamolning qorong’uliklarga aks ettirgan ziyo-i hidoyati! Va ey Habibi Quddusning tariqi ulviyatida qorong’uliklarni yorib uchgan shahobi shasha’anisor! Xatolar va ma'siyat daryosining qo’rqinch to’lqinlari orasida ingragan, Xoliqi Karimning shuncha iltifotini nonko’rlik bilan qarshilashdan boshqa bir iloji bo’lmagan bu eng past mavjudot, siz noil bo’lgan daraja-i maqbuliyatdan bir qatrasini bo’lsada, sizning shavkatu karamingizdan o’ziga hadya etishini kutadi.
Koshki meni o’zingizga olib, xizmatingiz bilan musharraf qilsangiz. Koshki Habibi Kibriyoga mening ham o’zining xizmatiga bog’lanishim uchun va oshiqlarining eng kichigi hamda hikmat va nurining dalloli bo’lishim uchun yolvorsangiz!...
Har on oyoqlarining ostini o’pish otashi bilan hasrat va nola chekkan, haqir maxluq
Ahmad Fayzi
* * *
(Ahmad Xusravning O’ttiz Birinchi Maktubning O’n To’rtinchi Yog’dusining Ikkinchi Maqomi munosabati bilan yozgan bayoni.)
Suyukli Ustozim Afandim Hazratlari!
Uch-to’rt kun avval Janobi Haqning muqaddas kalomidan xushxabarlar chiqarib, butun olamga sochgan jo’shqin dengizlarning oqimlari kabi, fayzlari bilan bizni mast aylagan, botuvchi quyoshning har kunduzga maxsus so’nmas ziyosi kabi, bardavom kelayotgan nurlari bilan bizni nurlantirgan, hech kimni shubha bilan qiynamay, o’ziga xos balog’ati bilan aqllarni bo’ysundiradigan qobiliyat bilan so’zlagan, tinglovchilar va o’quvchilarni o’ziga qaratgan azamatli kulliyoti Nurdan yana bir Nur oldim.
Bu Nur chiroyli Islom nishoni va u buyuk rahmat xazinasining kashshofi bo’lgan "Bismillahir rohmanir rohiym"ning minglab sirlaridan o’ttiz sirga javoban olti sir bilan nurli shu'lalarini zehnlarimizga naqsh etgan va rahmatning ming bir asmo-i Ilohiyadan kelgan shu'lalari bilan, insonga hadsiz-hisobsiz Subhoniy ne’matlarining madad qo’llari bilan yordamga yuborilganini o’rgatib, bizni so’ngsiz fayz daryosiga g’arq etdi.
Bu muqaddas muborak kalimaning har suraning boshida zikr etilishi, ahamiyati, azamati va har bir xayrli ishda takrorlanib muborak bir shafoatchi bo’lishi, Yerda yurgan insonga arshga chiqadigan qomat kiydirishi va ajzi mutlaqda qiynalgan insonni Qodiri Mutlaqqa bog’lab, insonning qiymatu izzati ko’rsatilgandan keyin,
اِنَّ اللّٰهَ خَلَقَ الْاِنْسَانَ عَلٰى صُورَةِ الرَّحْمٰنِ
hadisi sharifi bilan Mun'imi Haqiqiyning ming bir asmo-i husnasining jilvalarining shu'lalaridan chiqqan rahmati bilan parvarish qilib, rahmatning to’liq jilvasi ekani izoh qilindi.
Suyukli Ustozim! Inson ruhining nazarini, aqli, qalbi va xayolini "Bismilloh" bilan koinot siymosiga, "Ar-Rohman" bilan arz siymosiga, "Ar-Rohiym" bilan turdoshining ma’naviy siymosiga qaratadi. U yerlardagi keng kulliy rahmatning azamatini, latofatini ko’rsatadi.
Aziz Ustozim! Nazarim qayerga qarasa, aqlim nimani muhokama qilsa, xayolim nima bilan mashg’ul bo’lsa, qulog’im nimani eshitsa, qalbim qayerga borsa, yurgan yeri va uchragan narsalarida insonga qaragan juda buyuk rahmat belgilarini ko’radi. Samovot va arsh butun haybati bilan insonlarning sayrgohi, jannat haqiqiy maskani bo’ladi. Zamin honadon shakliga kiradi. Sharaf ve e’tiborga ega jamoat - mala-i a'loning yashovchilari va zamin yuziga sochilgan yuz minglarcha maxluqot va nabotot sinflarining insonlarning hojatlari chiqarganlarini, chivinlardan baliqlargacha, zarralardan yulduzlargacha kichik-katta har bir san’at asari insonlarning yuziga qo’rqinch bilan emas, kulib qaraganlarini ko’radi.
So’ngsiz Rahiym Xoliqi Azimning ushbu kamchiliksiz qasrini tomosha qilib to’ymagan ruh o’ziga qaytadi. Rahmatning nihoyat darajada nozikliklari bilan tartiblangan va idora qilingan jismga qaraydi. Tuyg’ulari orasida e’tiborni faqat xayoliga qaratadi. Aqlda xayolga ajratilgan joyi bir tariq donasi qadar kicihk bo’lishiga qaramay, har doim butun olamni kino tasmalari kabi xayol uyida kezdiradi. Xotira bir tur, aql boshqa bir tur, fikr boshqa bir holda, qalb tamoman o’zga, komil insonlarda faoliyat holidagi boshqa latifalar yanada o’zgacha shaklda, basira, sami'a, zoiqa, lomisa, shomma kabi havassi zohiriy ichlariga olgan ma'naviy sohalarga nisbat bilan, nihoyat darajada kichik aqlimda joylashgan. Lekin bir-birlariga qo’shilmaydi, biri boshqasining vazifasiga aralashmaydi, boshqa-boshqa vazifalarda, turli-tuman doiralarda g’oyat muntazam ishlashadi. Hatto shifokorlar yillarcha o’rgangan lekin hal qila olmagan inson vujudining har bir qismi, har bir a'zosining nozik nuqtalarini ko’radi. Bu daraja rahmat bilan tartiblangan, bu qadar muxtalif vazifalar bilan ishlatilgan, bu aqalni xayratda tushirgan uskunani tomosha qilgan ruh, undagi egalik darajasini o’ylaydi. Hukmining hech bir a'zoga ta'sir qilmaganini ko’rib, sig’inadigan yer, iltijo qiladigan joy, mahliyo bo’ladigan borliq qidiradi. Buncha rahmati bilan parvarish qilgan Xalloqi Azimga shukr sajdasiga cho’kib yig’laydi, yig’laydi, yig’laydi. Barcha dardlarini to’kadi. Uning, faqat Uning lutfu karamiga iltijo etib afv etilishni, dunyoda bo’lgani kabi, oxiratda ham sevganlari bilan birga va'da qilgan Jannatga kiritlishni istaydi va yolvoradi.
Ahmad Xusrav
* * *
(Ra'fat Beyning bayoni.)
Aziz va muhtaram Ustozim Afandim!
O’tgan hafta olgan maktubimda, "Sening va Sharif Afandining bayonlari qisqa, hech narsa tushunilmaydi. Tanqidmi? Taqdirmi?" dedingiz. Barcha asarlaringizni taqdir va to’lib yaxshi ko’rib qarshilaganimiz xazratlariga ma’lumdir. Aslini olganda, tanqid qiladigan ilmiy kuch nafaqat bizda, Turkiya olimlarida ham yo’qligi tajribadan ma’lum.
Bolaligingizda sharq olimlarini lol etishingiz va undan keyin Istanbulga kelib barcha olimlarning maqtov va hurmatini o’zingingizga tortishingiz bu xususni isbot qilisqhga kifoya. Kerak bo’lsa Sharif Afandi va kerak bo’lsa "Hikmat-ul Isti'oza" va "Basmala" sirrini o’qigan boshqa birodarlar eshitgan ma'naviy lazzatlardan behush bo’lishgan.
Faqirga kelsak, haqida hech narsa yozmasam ham "So’zlar" kamoli taqdirga loyiq. Zero hozirgacha buyuk zavq bilan takror-takror va doim o’qigan "So’zlar" va "Maktublar" haqida qarashimni doim ustozimga aytishga, yozishga so’z topolmayman. Bu mening ojizligimdan bo’lsa kerak. Bir risola qanchalik kuchli bo’lsa, uni o’qish undanda kuchlidir. Shuning uchun, nima yozsam ham loyig’idek maqsadimni ifodalay olmayman.
Hozir hayotim juda zavqli. So’zlarning tadqiqoti bilan mashg’ulman. Avval o’qishlarimda hazm etolmasdim. Hozir o’ta sekin va diqqatli o’qib tushunishga harakat qilyapman. Tushunmagan joylarim bo’ladi, so’rayman. Bu sabab istifoda qilishim ortdi. Haqiqatdan Yigirma To’rtinchi So’zning Birinchi va Ikkinchi Shoxida ko’p to’xtadim. Loyig’idek anglay olmadim. Ustozimiz bilan ko’rishganimda bu ikki Shoxni xazratlaridan izohini iltimos qilaman.
Muhtaram Ustozim, faqirning bir narsa ko’p hayratiga sabab bo’lyapti. Sizdan bir masalaning izohini iltimos qilganimda, izoh qilasiz. Lekin u izohda ham izohga muhtoj joylari bo’ladi. Shunday latif va qamrovli jumlalar bilan javob berasizki, u jumlalarni anglash uchun savol kerak bo’ladi. Bundan shu natija chiqadiki, "So’zlar"ingizning bir har qatori bir kitobchalik keng va ma'nodordir. Istanilganicha izoh qilinishi mumkin.
Ra'fat
* * *
(Doktor Ibrohimning bayoni.)
Afandim!
Nuroniy va ziyodor buyuk ma’naviy yo’lda sayru sayohat qilgan umum oxirat qardoshlarim bilan har hafta ko’rishamiz va bardavom chiqqan Risola-i Nur qismlari kabi, fayz va ma'rifat quyoshlarining xabarlarini eshitgan sari; ruhim gullar kabi ochiladi, sevinch va xursandchilikka g’arq bo’ladi. Iste'dodim nisbatida bir-ikki kichik masalani o’rganishga harakat qilayotgan bo’lsam ham, nur okeanidan qardoshlarimning ruhlariga aks etgan masalalardan bahs qilgan maktublarni yozgan va taqdim qilganlarini ko’rgan sari, muvaffaqiyatsizligimning nadomati va qayg’um sababli johilligimdan omonlik so’rayman.
"Ummiylik qanday ham qiyin ekan" deb ko’nglim yig’laydi. E'tirof etib, "Ibrohim, haqlisan", deyman. Nihoyat yana umidimni Rabbimdan uzmasdan deyman: "Bir muassasaning boshlig’i, muovini, kotibi, tarqatuvchisi, teruvchisi, xizmatkori bo’ladi. Faqir qisman tarqatuvchilik, qisman xizmatkor bo’lsam, nima zarari bor?" deb tasalli topaman.
Ibrohim
* * *
(Usmon Nurining bayoni.)
QUR'ONI AZIM
Bir kalimani millionlab marta takror o’qisam
Ilk boshlaganim lazzatni doimo his qilaman.
Sen Islom o’choqlarining so’nmas bir yog’dusisan
Sen o’sha mislsiz zotning tengsiz kalomisan
Rabbing eng suyukli Rasuliga taqdir bo’lgan
Qiymatli ming bir tur isbotli kalomsan.
Qaysi kitob borki, asrlarcha bunday hurmat bilan o’qilgan
Qanday bir nonko’r, kelsin senga tajovuz qilsin
Aslo, senga ishonmaganlar kofir bo’lsa ham
Kelsin uning dallolining yoniga o’tirsin.
Dalloldan olsin ilhom darsini
La'nat etar, inkor etganni Qur'onni
Ilmning eng kuchli ustozi, burhoni
Zalil etar, qarshisida seni tanimaganni.
Qudsiy kitobning juda mashhur, uning dalloli Ustozim Said
Ko’ngil istar, o’sha qolipda bo’lsin minglab Said.
Xuddi o’sha kunning tongida o’qiganim, buyuk va muqaddas kitobimiz Qur'oni Azimushshondan olgan nurli Ilohiy ilhomdan, quyosh kabi quvvatli bo’lgan oliy risolalaringiz ojizda qoldirgan chuqur his va ta'sirlaridan tug’ilgan.
Usmon Nuri
* * *
(Xulusiyning bayoni.)
Afsuski Mirqot-us Sunnat hisoblasngan muborak maktub haqidagi ihtisoslarimni aytishga iqtidorim yo’q. Ammo istiqomatli tafsir, i'jozli bayon, nurli e'lon kabi sha’niga loyiq ta'bir bilan ta'riflay oladigan o’n bir nuktani ichiga olgan Beshinchi Yog’duning ma'nosida topdim. Ma'nan aytadiki: "Sunnatga amal qilib mukallaf bo’lgan, Nabiyyi Ziyshonning Alloh tomonidan keltirib xabar bergani yaqiynan ma'lum bo’lgan narsalarning haq ekanini bilib, qalb bilan tasdiq va til bilan iqror etib, ta'rif qilingan iymon va Islom shartlarining majmui bo’lgan o’n bir adadi nurli maktubdagi nuktalarda ochiq-oydin tavofuq bor. Modomiki shunday ekan, mo’minman degan kishi sunnatga ergashishi kerak. Alhamdulilloh musulmonman, deb da'vo kilgan va لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ malomatidan qutulishni istagan kimsa sunnatni mahkam tutishi kerak, vb. haqiqatlarni dars beradi.
Bu maktubni olmasdan avval, Alloh xayrli qilsin, bir kecha tushimda katta bir masjidda ekanman. Namoz o’qilgandan so’ng, eshikka yaqin bir yerda tik turgan ekanman. Qarasam, mehrobning chap tomonidan kichik jamoat kelyapti. Menga yaqinlashganlarida, "Bu Abdulqodir Jiyloniy Hazratlari" deb qulog’imga bir ovoz keldi. Ixtiyorsiz, "Madad yo G’avsi A'zam" deb, yig’lab oyoqlariga yiqildim. Muborak chap qo’llari bilan meni yerdan ko’tardilar va shafqat ko’rsatdilar. O’zlari uzun bo’yli, juda haybatli va ustlarida qora chakmon, muborak saqollari qora, oqlari juda kam. Jilmaygan va nuroniy bir chehra. Muborak boshlarida bir kesik konus shaklida baland va oppoq salla bor edi. Masjiddan chiqib, yonma-yon xonada jamoat bilan birga o’tirganimizni ham xotirlayman. Bu tush menga ko’p zavq berdi. Duo va himmatlarining Hizb-ul Qur'on ustida har doim mavjudligiga yanada ko’proq yaqiyn hosil ettirdi.
Xulusiy
* * *
(Sabrining bayoni.)
Bu safar bir qit'a buyuk lutfga sazovor maktub bilan Kitobi Mubindan chiqqan fayz va ma’nolarning natijasi hisoblangan, Mundarija-i Mubinning To’rtinchi Qismini Sulaymon Afandi qardoshimiz vositasida olib o’qidim. Muallifiga, kotibiga, noshiriga, xodimlariga minglab duo qildim. Haqiqatdan ikki soatlik o’qish vaqtimda Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurning hammasini qisqacha o’qiganchalik lazzatlandim va foydalandim. Aytdimki: Xazratlari lutf qilgan maktubda ishora qilinganidek, to’rt nusxa emas, balki bir necha oy, har vazifadan ustun qo’yib mundarijani ko’paytirish va nashrga harakat qilishimiz kerak.
Modomiki g’oyamiz Qur'on haqiqatlari nurlarini yoyishdir. Bu muborak va Qur'oniy bebaho haqiqatlar asarining xulosasi va natijasi va ta'biri joiz bo’lsa, to’liq birinchilaridandir. Nusrat kaliti va fath zinasidir.
Ustozi azizim! Muqaddaman bu qiymatli asarlarni Allohning yordami bilan yozgan sari, bu qusurli talabangizni bir tinglovchi sanab hamma asarni yuborayotgan va nurlantirayotgan edingiz. O’sha paytlar, g’ayri ixtiyoriy nur bilan zulmat qarshisida bo’lganim sababli, nurlar bilan oramdagi parda ochilmagan edi. Hozir o’ldiruvchi zahar ta'biriga loyiq muxolif, zid, manfiy jarayonlarning yo’qolishi, alhamdulilloh nurlari benihoya Qur'onning eshiklari ochildi. Salif-ul arz zulmatining asiri bo’lgan vaqtlarimda nashr etilgan asarlarni takror o’qib yoyapman.
Risolalarning daraja-i qiymatlarini va baxsh etgan fayz va muvaffaqiyatini aytish, lison va qalamning ko’p-ko’p iqtidorining ustidadir. Bu muborak va qudsiy Qur'ondan chiqqan va Furqon ziyosi hisoblangan asarni, Qur'onning haqiqiy dalloli bo’lishi kerakki, loyig’idek madhu sano etsin. Zero bu haqiqiy va abadiy hayotning xazinalarida ishlatilgan so’zlar va ta'birlarning barchasi boshqalariga har tomondan ustun va yangi bayonlarni ichiga olgan, mukammal ravonlik va chiroyli tushuntirish hamda havas va hayratga loyiqdir. Ular zakovatni ichiga olgan, jamlovchi, jumla va abzatslari Badi' va Hakim ismining xos jilvasi va mumtozi hisoblanadi. Aytsam mingdan bir haqqini ham bera olmayman.
Xulosa: Nurlarning umumi dajjollarga maxsus va tayyorlangan olmos zambarak o’qlari va ahli iymon uchun haqiqat nurlari manbai bo’lgan Qur'oni Hakimdan so’nggi asrda jo’shib chiqqan minglab boqiy obi hayoti xazinasidir.
Sabri
* * *
(Hofiz Alining bayoni.)
Suyukli Ustozim Afandim Hazratlari!
O’ttiz Birinchi Maktubning O’n Beshinchi Yog’dusining birinchi qismini buyuk bir sevinch bilan oldim.
Suyukli Ustozim! Zotan faqir, ojizona nazarimda, "Shamsi Hidoyatdan nurlarni tarqatgan So’zlar" haq va haqiqat bo’lib, haqiqat olamining bozoridir. Haqiqat olamida nima bo’lsa, shuncha boy, shuncha jihozlangan, shuncha bepoyondir. Bunday olam bozori mollarini olish kerakki, bir podshoh quvvati bo’lsin. Agar ko’rish kerak bo’lsa, shunday bir keskin ta'sir qiladigan, sayyor bir nazar bo’lishi kerakki, sayri sayohat bilan ko’ra olsin. Bu juda oz bo’lgani sabab, olish va ko’rish kerakki, barcha mollarning bir namuna lavhasi bo’lsin.
Ey suyukli Ustoz! Avvallari har bir namuna lavhasi, bir qismi bilan to’plarning va kulliylarning navlarini ko’rsatar edi. Endi bir narsaga yaramaydi. Ammo boshdan oyoq nurli bepoyon xazinaning mundarijasi va namuna lavhasining har bir qismidan, "hanifan musliman" ko’ylagi chiqadigan ajoyib va qiymatga ega. Umumga muxolif kulliyot bilan ajoyib bo’lgani kabi, juz'iyotlari bilan ajoyib tamg’aga sohib.
Ha Ustozim, bu maktubni ko’chirar ekanman, qalb va ruhim qaynab, toshib, barcha risolalar nurlarini kamoli shavq va hasrat bilan ko’rishni istadim.
Demak Ustozim, barcha risolalarning har bir parchasiga ehtiyojimiz bo’lgani kabi, har bir parchani birdan ko’rishga qattiq ehtiyoj bor. Janobi Vojib-ul Vujud sizga kamoli rahmat va marhamatidan, u rahmat va marhamatidan mukofotga noil aylasin. Omin.
Hofiz Ali
* * *
(Ukam Abdulmajidning bayoni. Xulusiy Beyga yozgan maktubidan.)
Ey azizning azizi, Hazrati Seydaning muhratam shogirdi!
Men tashna bo’lgan xushxabari bor nomalaringizni xursand bo’lib oldim. Bor bo’ling. Javob yozish kerak, ammo nima yozay. Ruh noxush, qalb behush, boshim bo’m-bo’sh. To’rt tomonimdan tomchilagan qo’rqinch, qayg’u, umidsizlik, zararlarni tasavvur qilgan sari aqlim jinnilikka, ruhim jannatga, ya'ni Shomga borish uchun xushim tayyor. Shuning uchun, na Seydaning, ya'ni Ustozning talabaligini va na sizning qardoshligingizni loyig’idek ado etolmaganimdan nima yozishimni ham bilmayman.
Sizdan kelgan maktublar sof, toza, nurli fikrdan chiqqani uchun, o’qiganlarga nur beradi. Zulmatli fikrimdan chiqqan maktublarni sizni xafa qilish ehtimolidan qo’rqib-qo’rqib yuborishga jasorat qilolmayman.
Abdulmajid
* * *
(Ra'fat Beyning bir bayoni.)
Aziz va muhtaram Ustozim Afandim!
"So’zlar", "Maktubot" va "Deraza"larning mundarijasi shunchalik chiroyliki, bir marta ko’z yugurtirgan odam, Risolat-un Nur parchalarining qiymat va ahamiyati haqida bir tomonlama fikr aytilishi mumkin. Bu mundarija umum risolalarga badaldir. Hech bir muallif yozgan bir yuz yigirma kitobining har birining xulosasining ma'nosidan va ayniqsa matnidagi oyatlarni munosib va ma'noli tarzda sanab, risolalarning g’oya va mohiyatlaridan bahs etmoq sharti bilan bunday ahamiyatli to’rtta risolani vujudga keltirolmaydi. Mundarijaning yana yaqqol vasfi borki, u ham o’z ixtiyoringiz bilan bo’lmasdan, sunuhoti qalbiya bilan bo’lganini isbot qiladi. Biz bu hollarni ko’rgan sari, siz kabi bir ustozga noil bo’lishimiz sababli Rabbimizga bisyor shukr qilyapmiz.
Ra'fat
* * *
(Xulusiy Beyning bayoni. Eg’irdirda bir qardoshimizga yuborgan maktubidan.)
Ustoz Hazratlarining oxirgi O’ttiz Birinchi Maktubning O’n uch va O’n To’rtinchi Yog’dularini ichiga olgan juda qiymatli, nurli va hikmatli, boshdan oyoq nurga to’la haqiqat darslaridan chuqur ma'noli, shirin lazzatli, toza asal hisoblangan mukammal asarlarini olib baxtiyor, javob yozishga muvaffaq bo’la olmaganim uchun badbaxtman. Shu yerchada yozishga niyat qilganim bir nechta satr bilan haqiqatlar darsidan olgan fayzimni izoh yoki tuyg’ularimni naql etishni istamayman. Chunki bu darsning oxiridagi xususiy hoshiya, meni xuddi ma'nan bir muddat maktub yozishdan man etdi. Zohiriy ma'nolar bu ishoraning to’g’ridan to’g’ri bu bechoraga oidligini ko’rsatmoqda. Bu nurli darsni bir marta (O’n Uchinchi Yog’du qismini) imom Umar Afandi kabi birodarlarga o’qiy oldim.
Suyukli Ustozimning amr, ishora, dars, tanbeh, ogohlantirish, irshod, qo’rqitish, shafqatlari doimo haqdir. Bugungacha aytilgan fikrlar bunday bo’lish bilan birga, bundan keyingilar ham ayni mohiyatdadir. Aslo shubha va ikkilanishim yo’q. Tabiiyki, intuitsiya tasodif emas. Haqiqiy, fitriy savqi Ilohiy - instinkt, Subhoniy taqdir har bir ishimizda hukmrondir. Juz'i ixtiyorimiz bilan gunohlarimizdan mas'ulligimiz, hasanot Xudoning tavfiqi bilan berilishiga Qur'oni bahir-ul burhon sodiq shohiddir.
Xulusiy
* * *
(Eg’irdir Muftiysiga oxirgi eslatma)
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Eski bir do’st va ilm nuqtasida birodarligimiz bois siz bilan bir suhbat qilaman. Ikkimizga tegishli muhim diniy musibatni sizga xabar beraman. Buning oldini olishga mumkin qadar birga harakat qilishimiz kerak. Jumladan:
Xazratingiz hammadan ko’ra ko’proq xizmatimizga tarafdor va jon-jahd bilan himoya qilish kerak ekan, afsuski majhul sabablar bilan zararimizga tarafdorlik bilan va bizga qarshi sovuq tarzda raqibona qaraganingiz uchun, o’g’lingizni bu qishloqqa joylashtirib unga do’st-yoron topish uchun harakat qildingiz. Natijada bu yerda shunday bir vaziyat hosil bo’ldiki, mohiyatini o’ylagan sari, sizning o’rningizga ruhim titraydi. Chunki اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ qoidasiga asoslanib gunohlardan, sayyiotdan siz mas'ulsiz.
Zaharga darmon nomini berish darmon bo’lmagani kabi; zindiqlar hissiyotini bergan va dinsizlikka zamin tayyorlagan bir hay'atning vaziyatiga, qanday nom berilsa berilsin, Yoshlar Yurti deyilsin, hatto Muboraklar Yurti deyilsin, nima deyilsa deyilsin, ma'no o’zgarmaydi. Boshqa yerlarda, Yoshlar Yurti va Turklik Majlisi, Tajaddud Mahfali kabi ism va unvonlar bilan bo’lgan hay'atlar boshqa shakllarda zararsiz bo’lishi mumkin.
Ammo ushbu qishloqda modomiki sakkiz yildan beri, faqat iymon asoslari, din haqiqatlari usuli bilan mashg’ulmiz. Albatta qishloqda bizga qarshi tinch qo’ymaydigan hay'at ergashadigan asos iymonsizlikka va din usuliga teskari, hatto zindiqlar hisobiga harakat o’rniga o’tadi. Bilinsin-bilinmasin, natija shunday chiqadi. Chunki bu tumanda hamma biladiki, siyosat jarayonlari bilan aloqam yo’q, aksincha faqat din haqiqatlari bilan mashg’ulmiz. Bu yerda birov bizga qarshi harakat qilsa, hukumat hisobiga bo’lmaydi; chunki tutgan yo’limiz siyosiy yo’l emas. Ham yangi bid'atlar hisobiga ham emas, chunki haqiqiy ishimiz, iymon va Qur’on asoslaridir.
Ham rasmiy Diyonat Idorasining ishlari hisobiga ham emas. Chunki ishlarni tanqid va muxoliflik ishi bizni muqaddas xizmatimizdan man’ qilgani uchun, u ishni boshqa birovga qoldirib u bilan mashg’ul bo’lmayapmiz. Mumkin bo’lganicha u ishlarga aralashmaslikka harakat qilyapmiz.
Shunday ekan, sakkiz yil ushbu iymoniy jarayon markazi bo’lgan ushbu qishloqda, bizga qarshi muxolif va tajovuzkorona vaziyat olgan, qanday nom berilsa berilsin, muxolifligi zindiqo hisobiga va iymonsizlik nomiga qayd qilinadi.
Sizning ilmingizga va ijtimoiy o’rningizga, muftiylik mansabingizga, tumandagi nufuzingizga va farzand haqidagi qattiq shafqatingiz sababli tashviq qiluvchi yordamingizga tayanib, bu yerda ham menga ham sizga juda jiddiy aloqador vaziyat vujudga kelmoqda.
Men bu yerda vaqtinchaman, isloh qilish mening vazifam emas, balki bir daraja mas'uliyatdan xalos bo’lishim mumkin. Ammo xazratlari ham sabab, ham tayanch nuqtasi bo’lganingiz uchun, mudhish mevalar amal daftaringizga yozilmasligi uchun, hamma narsadan avval bu vaziyatni isloh qilishingiz kerak yoki o’g’lingizni bu yerdan oling. U doimiy sizning ma'naviy zararingga gunoh qiladigan dastgohni o’zgartirishga harakat qiling. Sizga bu dastgohning mahsulotidan namuna sifatida sizning hisobingizga, menga muxoliflik qilgan faqat ikki kichik namunani aytaman:
Birinchisi:Menga haddimdan ortiq husni zon - yaxshi tasavvurda bo’lgan va harakatlarimni hammadan ko’ra ko’p haq deb bilgan bir ahli ilm, sizga ishonib o’g’lingizga maslak jihatidan do’stlik qilgan. U odam bir kun yonimga keldi. Mening xonamda namozimni o’qish vaqti keldi. Men bilan birga jamoat bilan o’qish uning yonida juda ahamiyatli edi. Lekin qulog’i Azoni Muhammadiyni (ASV) yashirin eshitishdan nafrat qilib, qo’rquv sababli jirkanib turib qochdi. Bu ishga siz fatvo bering. Faxri Olamning (ASV) eng nuroniy, laziz, qudsiy kalimalarini eshitishdan qochgan quloqning ostidagi qalbda iymon qay holga kelganini siz ayting!
U shunday holda bo’lsa, boshqa johil yoki yoshlar u ishda qanday tusga kiradilar, qiyos qilinglar. Bu ishga men bilan birga yig’langlar.
Ikkinchisi:Bir do’stim bor edi, taqvosi o’ta qattiq darajada edi. Yonimga kelganda oxiratga oid eng chiroyli qismlarni menga ko’rsatar va eslatar edi. Xazratlari uni bir daraja mendan sovutish va o’g’lingizga do’st qilish uchun u bilan gaplashgansiz.
Xullas, u kishi o’sha suhbatdan keyin o’tgan Ramazonda bir kun menga Xulagu va Chingiz voqealarini o’qitish uchun ko’rsatdi. "Bularni o’qing", dedi. Men kamoli taajjub va hayratdan: "Qardoshim, sen devona bo’ldingmi? Mening "Daloili Hayrot"ni o’qishga vaqtim yo’q. Bunday zolimlarning zolimona ishlarini Ramazoni Sharifda menga o’qitishni qayerdan olding?" dedim. Haftada ikki marta yonimga kelgan xos do’stimni, ikki oyda bir marta boshqa ko’rolmadim. Faqat u haqida inoyat bor edi, u holidan qutuldi.
Nima bo’lganda ham... Bu turdagi achchiq hodisalar ko’p. Haqiqatli bir qardoshimning nasabiy qardoshi bo’lganingiz uchun qo’pol emas, bu muloyim dardlashishdan ranjimang.
{(Hoshiya): Hech kimga aytmagan, hatto o’ylashni ham istamagan, Qur'oniy xizmatimizga zarar bergan bir holatni aytib beraman: Bir kuni xazratlari bizga do’st ko’ringaningiz sabab o’g’lingiz talaba kabi yonimga keladi. Jiddiy istifoda qilishga harakat qilardi. Menga qiyinchilik tug’dirish emas, balki eslatishi jiddiy deb qabul qilardi. Xazratlari menga qarshi raqiblik qilishni boshlashingiz bilan bu o’g’lingizga ham ta'sir qilib, eng itoatkor talabadan eng marhamatsiz bir dushman holatigacha bordi. O’shandan beri tortgan azoblarimning va Qur'on xizmatimizga kelgan zararlarning katta qismi o’g’lingiz sababli keldi. Bu sizning raqiblik holatingizdan kelganiga shubha qolmadi. Nufuz va hurmatingiz bo’lmasa edi, o’g’lingiz bunday narsalarga qo’shilmas edi.
Nima bo’lganda ham... Sizni batamom ranjitmaslik uchun tugataman. Qardoshim Haqqi Afandining xurmati uchun men haqqimni halol qilaman. Ammo bizni ishlatgan va xizmatiga qabul qilgan Qur'oni Hakimning zarbasidan qo’rqish kerak, balki u kechirmas...}
Said Nursiy
* * *
(Ahli bid'atning qattiq hujumiga uchragan Sulaymon haqida.)
Savol:Sulaymon qanaqa odam? Bu yerning boshlig’i va ko’p odamlar uni tanqid qilishyapti. "Domlaga keraksiz so’zlarni aytadi, xato qiladi, go’yo munofiqlik qiladi", deyishadi. Sizga ko’pdan beri xizmat qilyapti, mohiyati nima, bildiring?
Javob:Sulaymon sakkiz yil men kabi asabiy, jahldor bir odamni hech qachon ranjitmasdan, hech qanday moddiy manfaat evazisiz, o’z ishini tashlab, kamoli sadoqat bilan Alloh uchun xizmatini qishloqdagilarga ma'lum. Bunday odam bilan bu qishloq emas, balki viloyat faxrlanishi kerak. Bu tarz axloqning bu davrda borligi, ibratga molik.
Men ham g’arib, ham musofirman. Tinchligimni ta'minlash qishloqning qarzi edi. Bu qishloq nomiga Janobi Haq uni, Mustafo Chovushni, Muhojir Hofiz Ahmadni va Abdulloh Chovushni menga ehson qildi. Men Janobi Haqqa shukr qilaman. Ular menga yuzlab do’stchalik qiymatli ko’rinishdi, vatanimni menga unuttirishdi. G’urbat va musofirlik azobini torttirishmadi. Bular sabab men bu qishloqning tirik va vafot qilganlari bilan aloqador bo’lib, ularga har doim duo qilaman. Sadoqat jihatidan Sulaymondan kam bo’lmagan Mustafo Chovush bilan Muhojir Hofiz Ahmad hozircha hujumga uchramagani uchun, yaxshiliklaridan bahs qilinmadi. Bir oz Sulaymondan bahs qilamiz. Jumladan:
Sulaymon mening har qanday xususiy ishimni va kotibligimni mukammal shavq bilan minnatsiz, evaziga hech narsa qabul qilmay, kamoli sadoqat bilan qildi. Hatto shu daraja xizmatni sof va xolis, Alloh uchun qilardiki yuz martadan ko’ra ko’proq istagan daqiqamda, kutmagann paytim kelar, fasubhanalloh derdim. "U mening qalbim istagimni eshitadimi?" Angladimki, u ishlatlmoqda, holati esa sadoqatining karomatidir. Hatto xizmatimda bo’lgan bir kun bir yoshli qiz bolasi qarovsiz qolibdi. Bola baland tomdan tosh ustiga yiqildi. Xizmat sadoqatiga ikromi Ilohiy bola sifatida bolaga hech narsa qilmabdi. Shuningdek sutdan, ko’krakdan ham ajralmadi. Nima bo’lganda ham, bu sadoqatining yog’dularini ko’p ko’rdim.
Sulaymonda sadoqat bilan birga asosli bir ixlos ko’rdim. Ha, bu kunlarda insofsiz insonlar uning sharaf va obro’yini to’kadigan darajada, u haqda xabarlar yoygan payti, unga tasalli berib: "Senga bu yomon shuhratni orttirish sababli riyodan qutulasan", dedim. U ham kamoli baxtiyorlik bilan va jiddiy suratda tasallini qabul qildi.
G’iybat haqidagi masalaga kelsak: U zot menda g’iybatga qanchalik qattiq nafratlanishimni bilgani uchun, meni g’azablantirmaslik uchun, mumkin qadar, ruxsat ham bo’lsa, aytmaydi. Va ayniqsa Ramazonda, batamom saqlanadi. Zotan axloqida birovga zarar qilishlik yo’q. Insofsizlarning xabar yoyishiga sabab, bor-yo’g’i shu bo’lgan: Bir kishi: "Domla falon odamga shunday deganmi?" deb so’rabdi. U so’ragan odamga javob berishim uchun kelib, menga ayni aytdi. Holbuki bu so’zda na g’iybat bor, na boshqa narsa. Mayli nima bo’lganda ham...
Men bu qishloqda eng ko’p ishongan va to’liq axloqlari va diyonatlariga shubha qilmagan Mustafo Chovush, Sulaymon Afandi kabi qardoshlarimni tanqid qilishlarini kutmayotgan edim. Men ketgandan keyin, bu yerda menga ko’rsatgan hurmatlarini o’rnimga ularga ko’rsatadilar dedb o’ylar edim. Umidim shuki, qishloq xalqining yuzdan to’qsoni ularning qiymatini biladilar. Bir nechta insofsizlar tanqid qilaversinlar, u tanqidlardan nima chiqadi? Ularga zarar qilish, to’g’ridan to’g’ri menga zarar qilishdir. Menga xizmat qilgan qardoshlarim, hech qanday moddiy manfaatni o’ylamay, qabul qilmay va aksincha o’z cho’ntaklaridan men va mehmonlarimga qarashadi. Hatto Sulaymonga ba'zan yemagan bir nonimni bersam, meni ranjitmay oladi. Ammo qat'iyan evazsiz olmaydi. Uning o’rniga uyidan keltiradi. Ora-sira bir piyola choy taklif qilardim, u chekinardi. Nima uchun bunday qilyapsan desam, "Xizmatimizga moddiy foyda aralashmay, fiysabililloh, ixlosli bo’lishni istaymiz", derdi.
Hatto Sulaymon va Mustafo Chovush mehmonlarim uchun ko’p xizmat qilib, hech qachon hech bir musofir bu ikkisiga hadya keltirganini ko’rmadim, bilmadim. Lekin Bekir Bey bir marta Sulaymonning kichik qiziga bir nechta meva bergan. Uning o’rniga Sulaymon (bilishimcha) bir necha marta baqlajon, qalampir, qovun kabi sabzavotlar hadya qilib, unga yuboribdi. Bekir Bey bu yerga kelganda uning va boshqa mehmonlarning hayvonlariga somon, arpa beradi.
Buning bu axloqi fe’lida bor edi. Yonimga kelganida, mening hayot dasturim bo’lgan behojatlik-istig’no va insonlarning hadyalarini olmaslik qoidasi, uning asliy axloqiga muvofiq kelgan. Bundan ortiq, insonlarning hadyasini qabul qilish emas, ularga qilgan yaxshiliklarga javoban ham bir narsa qabul qilmaydi. Hatto yuz marta men qistaganman, mendan ortib qolgan hech narsani qabul qilmaydi.
Hatto bir marta, bir o’qqa uzum, turshak, bir o’qqa asal bor edi lekin yemayotgan edim. Mehmonlarga ham yedirmoq istamas edim. Unga taklif etdim, "Bu hadyamdir, tabarrukimdir, bolalaringizga hadya qilyapman, olishga majbursan" dedim. Oldi, ikki shinik bug’doyini, menga (tegirmondan o’tkazib, un qilib) keltirdi. To’rt oydir hali tugamagan.
Uning haqiqiy holi bu ekan, insofsiz insonlar u haqida, "Saidning soyasida yashayapti", deb mish-mish tarqatishyapdi. U ham kamoli iftixor bilan: "Ha, ustozimning soyasida qanoat va tejamkorlikni o’rgandim, osoyishtalik bilan yashayapman. Odamlarning bu so’zlari men uchun yaxshi. Meni riyodan qutqaradi, ixlosga chorlaydi", dedi.
Men: "Sen uchun yaxshi, Qur'onga xizmati zarardir. Ixlos bilan Alloh uchun xizmat qilayotganingizni ahli bid'at bilsinki. Shuning uchun holatingning haqiqatini bayon qilyapman.
Said Nursiy
* * *
(Xulusiyning bayoni.)
Rajab oyining O’n Sakkizinchi kuni, O’ttiz Birinchi Maktubning Birinchi, Ikkinchi Yog’dulari bilan Yigirma To’qqizinchi Maktubning Birinchi Ramzining Birinchi Maqomini, Sha'bonning birinchi kuni, ya'ni yozilganidan o’n uch kun so’ngra oldim. Rajabning o’n sakkiz raqamiga yana o’n uch qo’shilsa, muborak maktubning raqamini quvvatlantirib, g’aybiy ishora ko’rsatilmoqda. Bu nurli maktubdan olgan hissamni, avval kelgan ma'naviy fayzidan, oliy marhamatingizga ishonib aytaman:
Maktub bu yerning pochtasida qolgan kechasi, uyqu olamida shunday g’arib bir holat ko’rdim. Alloh xayrli qilsin. Oy yer qaridan tezlik bilan chiqib, osmonga tikka yuksalishni boshladi. Chiqishi bilan tez yuksalganida hech qanday yorug’lik belgisi yo’q edi. Sukunat bilan harakatni kuzatib, xuddi g’aybiy bir ovoz menga, "Alomati kubro boshlandi" deyayottganday bo’ldi. Oyning tez chiqishi asnosida, bir joyga kelganda porlab, kattalashdi. To’lin oy holining bir nech barobarida kattalashdi. Bu vaziyatda bir inson shakli ko’rindi. Qisqa vaaqt o’tib bu shakl va qamar yo’qoldi. Jahon boshdan oyoq zulmat ichida qoldi. G’arbda, ufqdan bir nayza bo’yi yuksakligida, Quyosh so’niq ziyo bilan ko’rindi. Ufqni kuzatib bir muddat shimol tomonga o’ta tezlik bilan borib, yo’qoldi. Takroran zulmat boshlandi. Sovuqqonliligimni muhofaza qilib, qiyomat bo’lyapti deb uyg’ondim.
Bu dahshatli tundan so’ng kunduz kuni O’ttiz Birinchi Maktubning Birinchi va Ikkinchi Yog’dularini ichiga olgan qiymatli asarni oldim, o’qidim. O’zimga o’zim kechagi holatni o’yladim. "Bu muborak maktub menga shu darsni bermoqda: Sen bir kemaga mingansanki, u katta kemang bosh aylantiruvchi tez, cheksiz fazoda suzdirilyapti. Bu kemani nuqsonsiz aylantirgan Qodiri Qayyum, senga bo’sundirgan, muntazam chiqqan va botgan Quyosh bilan kichrayib, kattalashib mukammal samoviy taqvim vaziyatini ko’rsatgan Oy kabi azim jismlarni ham ishlatmoqda. Bir sayyora "Kun fayakun" amrini olgan vaqti, muazzam sayyoralar kabi millionlab sayyoralar bir-biriga qo’shiladi, nizomi olam buziladi, hamma narsa xarob bo’ladi.
كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
sirri zohir bo’ladi. Shunday ekan eng metin, eng oliy, eng muzayyan bo’lib ko’ringan bu koinot saroyining bir onda qulashi, xarob bo’lishi, barcha yashovchilarining mahv va nobud bo’lishlarini fikr qil. Hech ichra hech ekanini esla. Kichkinagina hayot qayig’ingni, tog’lar kabi to’lqinlari bo’lgan, qisqacha umringning dengizida aldanib cho’ktirma. Abadiy hayotingni so’ndirishni istagan, eng katta va eng yaqin nafsingning hiylasidan xalos bo’lishga harakat qil. Buning uchun senga juda oson va arzon, ta'siri sinalgan va qat'iy va
لَٓا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنّ۪ى كُنْتُ مِنَ الظَّالِم۪ينَ ٭ رَبِّ اِنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ
kabi xalos, shifo va najot vositalarini tavsiya qilaman. Bularni, xususan shom va xufton o’rtasida o’ttiz uch martadan aytishda davom et", deyayotganini his qildim.
O’sha kichik tushning ta'biri muhtaram ustozimga oid va orzulariga bog’liqdir. Bu safar ma'naviy maxrumlikning davom etishi meni jiddiy ravishda xafa qilgan edi. Sabr qilishga g’ayrat qildim, faqat ajibki, bu muborak maktubning bu yerning pochtasiga kelishi tongda اِنَّ اللّٰهَ مَعَ الصَّابِر۪ينَ amri jalilining quvvatiga tayanib bardosh qilayotganimni, ammo xavotirdan insonlik taqozosi sabab qutula olmaganimni aytgan kichik maktubni uxroviy qardoshimiz Haqqi Afandiga yuborgan edim.
Bu nurli maktubning boshida besh nuktali Ikkinchi Yog’du boshimga to’qmoq urib: "Ey bechora, sabrdan bahs qilish senga yarashadimi? Ko’zingni och, Hazrati Ayyub Alayhissalomning sabrlariga qara! Aqling bo’lsa u Payg’ambari Ziyshonning (AS) sabrdagi qahramonliklarini taqlid qilishga harakat qil va qo’rqinchli ma'naviy yaralaringdan qutulish uchun
رَبِّ اِنّ۪ى مَسَّنِىَ الضُّرُّ وَاَنْتَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ
duosini doimiy zikr qil", deb tanbeh va ogohlantirganiga qanoat hosil qildim. Alhamdulilloh dedim.
Yigirma To’qqizinchi Maktubning Sakkizinchi Qismining Birinchi Ramzining Birinchi Maqomining Birinchi Bobi, Mo’'jizoti Ahmadiyaning eng kattasi va qiyomatgacha i'jozining davom etishiga shubha yo’q Qur'oni Karimning o’ttiz juzidan o’ttizinchi, bir yuz o’n to’rt surasidan bir yuz o’ninchi, lafz e'tibori bilan kichik, ammo maqom va ma'no e'tibori bilan oliy va keng Nasr surasidagi juda muhim sirlardan juda aziz va muhtaram Ustozimiz vositasida ko’ringan tavofuqlarga munosabati bo’lgan bitta sirridan bayon qilingan uch masala menga shunday qanoat keltirdiki, kichik suraning uch oyatidan uchdan bir va hammasidan o’ttiz juz Qur'onga, hatto har harfida bir suraga ishora va dalolat mavjud bo’lganini jazm etdim.
Bu nuroniy maktub haqidagi muxtasar hislarimni yuqorida ojizona ifodaladim. Fayz manbaiga moddiy va ma'naviy jihatdan juda yaqin qardoshlarimga bu tarqoq ifodalarning eshik ochib, bu yerdan ichkariga kirishga sizlar loyiqsiz, deb foyda berishi haqidagi amrlaringizdan juda sevindim.
Suyukli Ustozim! Alloh uchun sevganlar, Qur'onga xodim bo’lishni yurakdan istaganlar, musibatning kattasini dinga kelgan musibatlar deb bilganlar, zohiran qanchalar dabdabali, tantanali ko’rinsa ham, har bir bid'atdan mutlaqo va albatta Qur'on va iymonga hujum his qilishgan... Ular niyatlaridagi ixlos, qalblaridagi soflik va iymonlaridagi quvvat va Qur'onga jiddiy bog’liqliklari darajasida, Allohga hamd manbai markazi va fayzga bulog’i (Ustoz)ga yaqin bo’lishadi. Albatta bunday yuksak ruhli, jiddiy, ixlosli, metin, iymonli qardoshlarimni juda sevaman va sazovor bo’lgan Ilohiy ne’matlarga shukr qiluvchilardan bo’lishlarini yolvorib so’rayman. Taqdir taqozosi bilan dunyoga sho’ng’igan, ma'siyatda bulg’angan, haqiqatda ayanchli g’urbatga tushgan bu bechora qardoshlariga duo qilishlarini iltimos qilaman. Jumlasiga, xususan ismlari zikr qilingan G’olib, Xusrav, Hofiz Ali, Sulaymon Afandilarga va Nurlarning boshkotibi Shomli Hofiz Tavfiq, xasta bo’lgani uchun siqilganimni va inshoalloh sog’aygan Muhojir Hofiz Ahmad Afandiga va boshqa yaqinlarga salom va duo qilaman.
Xulusiy
* * *
(Sabri Afandining bayoni.)
Ey buyuk Ustoz!
Shohi Jiyloniy Hazratlarining ma'nodor va qamrovli qiymatdor bir baytini Kitobi Mubin Dallolini ma'naviy barmog’i bilan ko’rsatgan va unga a'zo bo’lganlarni imo va ishora qilgan tafaulnomaning oxirgi bayonida o’qidim. Shubha qilmay aytamanki: "Ha, Nurlar hay'atini umum ahli haq va haqiqat ma'naviy elektr oynalariga maqsad qilganlar. Va hatto Qur'oni Azimushshonning va ahodisi Nabaviyaning bu xususni ochiqcha yoki sirli va ramzli xabarlari bilan ham bor".
Bu sof va xolis jamoat orasida ikkinchi Xulusiy ismiga loyiq va iste'dodi bo’lmagan va hech ichra hech bo’lgan bir abdi purqusurga ham, haddidan ancha ustun joy berilmoqda. Holbuki ojizligi bepoyon, kamchiligi ko’p, xatosi buyuk Sabri o’zini, amallari sahifasiga qaraganida juda qora va o’zidan nafratlanishga sabab sifatida ko’radi. Bu yerda ishora qilingan shaxs ismi bilan, amal va harakatlari bilan, sabr va shoshilmasligi musbat va aniq boshqa qardoshlarimiz ekaniga hukm etadi. Chunki qiymatli xazina va dafinani kashf etgan va o’sha zamin va zamonda g’ayratli kashshofga tadqiqot qilishda o’zini fido qilib xizmat qilganlar u yo’lda u dafinani topa olamizmi yo’qmi degan shubha belgisini ko’rsatmay g’ayrat ko’rsatgan, juda qiymatli mehnatining samarasi va dunyo qiymatida hosil bo’lgan g’ayratlari bilan, hammani targ’ib, tashviq va nurlanishga boru yo’g’ini bag’ishlagan kishilar haqiqatdan maqtov va tabrikka loyiqdir.
Xulusiy, Shohi Jiyloniy, Imom Rabboniy va Shohi Naqshbandiy kabi qancha muborak zotlarning moziydan shiddat bilan bosgan qadamlarining quvvati bilan, istiqbolda jo’sh uradigan nur manbalarini, nomi o’tgan boshqa yo’l, yo’nalishda bo’lsada, har qanday vazifalardan ustun qo’yib, دَخ۪يلَكَ يَا دَلَّالِ قُرْاٰنِ oshiqona va mushtoqona nidosi bilan madad so’rashi, hayratomuz fayz olishga sazovor bo’lgani va bo’lishiga yagona dalil va hujjatdir. Shuning uchun, Risolat-un Nur va Maktubot-un Nurga birinchi tinglivchi bo’lishni loyig’idek qo’lga kiritgan va haqdordir. Sulaymon Afandi qardoshimiz ham, ma'naviy va moddiy jihatdan hamkorlikda ishlagan va hech kim qila olmaydigan fidokorona xizmatlarni qilgani uchun, abadiy saodat xolislik tamg’asini ko’paytirishga va yoyishga harakat qilgan,
اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ ma'nosiga ko’ra, shuningdek u har qanday taqdirga sazovor va loyiqdir.
Bu gunohkor esa, afsuski ismlari o’tgan zotlarning hech biri bilan qiyos qilinishi mumkin emasdir. Modomiki ustozi oliy shunday ko’rgan ekanlar va bu shaklda marhamat qilgan ekanlar, noshukrlik qilmasdan, shukr qilib qabul qilaman va ko’rgan qora sahifamning oq sahifaga aylantirilishini Janobi Haqdan tazarru va niyoz qilaman. Rahmati Rahmonga iltijo qilarkan, davomiy ustozona tavajjuhlarini yurakdan tilayman afandim.
Sabri
* * *
(Ahmad Xusravning bayoni.)
Sevgili Ustozim!
Besh buyuk qutblarning birinchisi va G’avsi A'zam nomi bilan mashhur Shayx Jiyloniy Hazratlarining hozirgi Qur'onning xodimlariga qaragan qasidasidagi muhim g’aybiy xabarlarni ichiga olgan qiymatli risolani qardoshlarimga va do’stlarimga o’qib berdim. Inshoalloh fursat topsam yana o’qiyman. Xastaligim bir suratini taqdim etishga fursat bermagani kabi, O’ttiz Ikkinchi So’zning Birinchi va Ikkinchi Mavqiflaridan ham uch-to’rt sahifadan ko’proq yozishimga mone’ bo’ldi.
Suyukli Ustozim! Buyuk shayx sazovor bo’lgan buyuk tajalliy va noil bo’lgan buyuk Subhoniy lutflar bilan sakkiz yuz yillik masofani ko’rgan va bu muddat orasida kelib ketganlarga va bu kunning dahshatini zavq va kashf ahliga ko’rsatgan, yozuvlaridagi chuqur va juda nozik ma'nolar, idrok qila olganimcha fikr yuritar ekanman, g’aflatdagi insonlarning nazaridan saqlangan va faqat haqiqat ahli ko’rishiga mone bo’lmagan moziyni xotirladim.
Bu risolaning fayzi bilan ma'naviy g’ayratingizdan va atrofingizda to’plangan fidokor, mujohid talabalaringizdan va uchragan halok qiluvchi falokatlardan va noil bo’lgan azim Ilohiy lutflradan boshlab Shohi Jiyloniygacha va undan asri saodatgacha uzangan, uzun zamonni xayolan sayr qildim.
Buyuk G’avsning sakkiz yuz yil avval e'lon qilgan bu haqiqatning qarshisida hayron bo’ldim. Buyuk shayx Eski Said kabi bir muridi bilan, Yangi Said kabi bir darsdoshi suhbatlashyapti. Xoh yerning narigi tarafida bo’lsin, xoh samovotning eng uzoq burchaklarida bo’lsin, xoh Hazrati Odam Safiyulloh zamonida dunyo bilan vidolashgan bo’lsin suhbatlashishga zamon va makon mone’ bo’lolmagan.
Bu suhbat natijasida g’aybiy va ajib xabarlarni sakkiz-o’n yil avval bilgansiz. Hozir uni talabalaringizga dars bermoqdasiz. Xizmatda ustun bo’lgan birodarlaringizga ko’rsatib, xar xususda maqtovga loyiq Xulusiyni va unga do’st bo’ladigan qobiliyatdagi kamtarin Sabriyni hamda xizmat va g’ayratlari bilan sodiqona sa'y-harakat qilgan Sulaymon va Bakir Og’a kabi talabalaringizga ishora qilyapsiz. Bu kichik jamoatning panohgohi bo’lgan, azim jamoatlarning himmatlarini va ichidagi nuroniy siymolarni tanitganingiz kabi, Shohi Jiyloniy davridagi Xulagu voqe'asi bilan ham davrimizning riyokor munofiqlariga va boshliqlariga qarata, "Yaqin kelajakda qahrli bir qo’l sizga jazongizni tamoman beradi, ma'sumlarning intiqomini oladi", demoqdasiz. Bu haqiqatlar ko’rsatilgan to’qqiz-o’n dalil bilan isbot qilingandan so’ng, bu risola-i sharifa bilan e'lon qilindi.
Suyukli Ustozim! Xulusiy Beyning bir bayonida aytganidek, men ham aytamanki: Qur'onning fayzi bilan ochgan bu nuroniy yo’lingizda ojizlik va faqirlik qanotlari bilan ucharkan, qanday buyuk ajoyib karomatlar bilan qarshilanmoqdasiz va qanday azim ajib hodisalarga shohid bo’lyapsiz. Kim biladi, hali nimalar ko’rasiz va sazovor bo’lgan bu inoyatlardan bizlarni ham hissador qilib, vazifamizda har on g’ayrat va jiddiy bo’lishni tavsiya qilyapsiz.
Suyukli Ustozim, shuncha Ilohiy ikromga bir tarafdan qullik qilolmaganim uchun ko’zim yoshlanyapti, qalbim yig’layapti. Boshqa tomondan Samadiyat dargohiga afv qilinishim uchun yolvorar ekanman, behad va behisob minnat va tashakkurlarimni taqdim qilaman. Suyukli ustozimga va muhtaram fidokor qardoshlarimga muvaffaqiyat va salomatlar ehson qilinishi uchun duogo’y bo’lyapman. Qiymatli Ustozim Afandim Hazratlari.
Gunohkor talabangiz
Ahmad Xusrav
* * *
(Ra'fat Beyning bayoni.)
Juda muhtaram va suyukli Ustozim Afandim!
Siz bu safar yuborgan G’avsi Jiyloniy Hazratlarining g’aybiy xabari juda hayrat va atroflicha fikrlashga loyiq muhim masaladir. Buyuk ruhoniy zavq bilan o’qib, faqir talabangiz buni ko’pdan his etgan edim. Ustozimizning davrimiz uchun muhim bir ma'naviy vazifasi bor; lekin hanuz aytmayaptilar, yashirin saqlayaptilar fikridaman va bu fikrimni ba'zi xolis qardoshlarimga ham aytgan edim.
O’tgan yil Sabri Afandiga yozgan maktublaringizning birida uchubu bayonni ko’rgandim: "Imom Rabboniy, oxirgi paytlarda bir kishi kelib, iymon masalalarini o’ta ochiq suratda nashr va e'lon qiladi. Bu sizning hech ichra hech qardoshingiz, aslo o’zimni o’sha odam deb o’ylamayman, lekin o’zimni o’sha buyuk odamning illgarilagan askari deb o’ylayman. Sen mendan u zotning hidini sezyapsan".
Bu bayon avvalgi tushunchamni quvvatladi va kamoli baxtiyorlik bilan kelib Xusravga aytdim. Ustozimizning ma'naviy darajasini tushunganimiz uchun juda sevingan edik. Bundan to’rt-besh oy avval ham ziyorati oliyingizga kelganimda Ustozimiz haqida so’ragan savolimga bergan javobingiz, shuning kabi avvalgi tushunchalarimni tasdiqladi va quvvatladi. O’shanda faqat bir-ikki kishi bilar edik.
Hozir bu risolaning nashri vositasida xos talabalarning hammasi voqif bo’lgan hisoblanadi. Sevinchimizning poyoni yo’q. Dinsizlik tarqalgan bu davrdaligimizga avvallari afsuslanar edik. Hozir umuman alam, qayg’u belgisi qolmadi. Zoti oliylari kabi ustozni topganimizdan, vaqt qanday bo’lsa bo’lsin, bizni xafa qilmaydi. Janobi Alloh uzun umr ehson qilsin. Hali bizlarga ko’p kuchli asarlar o’qitishingizga aminman. Ruxsatingiz bilan shuni ham ilova qilsam. Sizning ajoyib ma'naviy vazifangiz bor. Vaqti kelsa ramzlar bilan, ishoroti Qur'oniya bilan shunday xabar berasizki, {(Hoshiya): Bu Ra'fatning farosatining bir karomatidir.} bularni ham o’tadi va bizlarni hayratda qoldiradi.
Faqir Talabangiz
Ra'fat
* * *
(Ra'fat Beyning bayoni.)
Siz oxirgi yuborgan Minhoj-us Sunnat kabi Yog’dular haqida nima desam ham, maqsadimni ifoda qilgan bo’lolmayman. Zero asarlar ketma-ketlikda nashr qilingan sari, qiymatlari ham shu tartibda ziyodalashmoqda. Bizlarga jannat hayotini yashatyapti. Asarlar haqida faqirning tadqiq qilishi hurmatsizlik bo’ladi. Chunki Shayxi Jiyloniy madh qilgan zoti muborak yozgan asarni tanqid emas, kamoli hurmat bilan tasdiq, tahsin, maqatov va buyuk ruhoniy zavq bilan o’qishdan boshqa nima qila olamiz? Shuni aytishim mumkinki: Zalolat davrida bizlarga zoti oliylari kabi yuksak ustozni lutf qilgan va hozirgacha qadar tengi uchralmagan mukammal va tamomlaydigan asarlar o’qitib so’ngsiz zavq ichida yashatgan Xoliqi Zuljalolga nihoyasiz shukrlar qilib, qullik vazifasini ado qila olsak, baxtiyormiz.
Talabangiz Ra'fat
* * *
(Hofiz Alining bayoni.)
Juda suyukli va muhtaram Ustozim!
Hazrati Shayxi Jiyloniy quddisa sirruhul oliyning ajib g’aybiy karomatini oldim. Hayratimdan fikrlashni boshladim. Oradan ko’p o’tmay men xizmat qilgan Nur elektr fabrikasidan bir tugma bosildi. Bir shamdonchalik ziyo keldi. Bir narsalar ko’rishni boshladim. Boridedk yozyapman. Kamchilik va nuqson bechora Aliga oid.
Ha ustozim, Faxri Olam (Sallallohu Alayhi Vasallam) Hazratlari koinot daraxtining jonli urug’i, Anbiyo va Mursaliyn muborak daraxtning shoxlari bo’lib, shoxning boshidan oxirigacha qat'iy bog’ bilan doimiy bir-birlarini olib ketishadi. Bu sir sabab Hazrati Odam Safiyulloh hidlagan va his qilgan Nuri Muhammad (ASV) haqida: "Ey Rabbim, mening peshonamda bir tovush bor, u nima?" deb so’ragan. Janobi Kibriyo Hazratlari marhamat qilib: "Nuri Muhammadning (ASV) tasbehidir", degan. Aynan o’tgan kitoblarda dunyo yaratilishining sababi bo’lgan Shohi Lavlakni vasflari bilan, sahobalari bilan xabar berishlari ko’rsatmoqdaki, eski va yangi ilmlarni jamlagan kitob bilan yuboriladi, koinotning ruhi hukmida va koinotning barcha go’zalliklari u kishining fitratida to’planib, takammul bilan chiqishi, tongdan so’ng Quyoshning chiqishi kabi kutilayotgan edi.
Xullas, koinot kitobining yaqqol muqaddas mundarijasi - Furqoni Mubin arshi a'zamdan va Allohning har ismning a'zamiy martabasidan nuzul qilib, ildizi arshi a'zamdan, tanasi Faxri Olamning (Sallallohu Alayhi Vasallam) sadriga va shoxlari butun zaminni qamrab olgan koinot kitobining xar sahifasida va xar juz’ida Lafzulloh, Rasuli Akram Lafzi (Alayhissalotu Vassalam) va Qur'on Lafzining barchasi bir
biri bilan aloqador, bir-biriga ishora qilib bir-birini ko’rsatib, bir-birining hukmlarini tasdiq qilganlari kabi, Hazrati Shayx (Q.S.) sirriga sazovor bo’lgan, asmo va jilvasiga sazovor bo’lgan Lavhi Mahfuz va lutfiga sazovor bo’lgan Janobi Xoliqning bildirishi bilan, sakkiz asr so’ngra o’zi bilan tavofuq etgan Qur'on xodimini ko’rib, tasdiqlab xabar berishi, haq va ayni haqiqatdir.
Ha, Xazrati Shayx xodim bo’lgan Qur’onning muqaddas xizmati hurmati zamonning podshohlarini titratgan, nuri Muhammad (ASV) yelkasida tajalliy etib, nuri Muhammadning (ASV) ziyosi bilan harakat qilgan barcha avliyo Hazrati Shayxga bo’yin egishlari, kerak bo’lsa muslim va g’ayri muslimlar, har bir mashrab ahli Hazrati Shayxni tanqid qilishga jur'at qila olmagani ko’rsatmoqdaki, jadda-i Muhammadiyada (Sallallohu Alayhi Vassalam) botqoqlik va nuri Muhammadiyda (Alayhissalotu Vassalam) soya bo’lmaganini aynalyaqiyn darajasida isbot qilar edi.
Shuning kabi,
o’n to’rtinchi asrning Qur'on xodimida ham to’qqiz yoshidan oltmish (sakson olti) yoshigacha istisnosiz, to’g’ridan-to’g’ri Qur'on nomiga xizmat va harakati,
zamonning podshohidan eng qahrli raislariga bosh egmagani,
hatto fan va dunyoqarashga tegishli taraqqiyotda birinchilikni qozongan,
Ovrupa Davlatlarini lol qilgan, zamzama-i Qur'oniyaning shifoxnasidan jo’shib chiqib, ularning zaharlariga qarshi darmonlarni shisha idishda emas, doim oqqan daryolar bilan i'loyi kalimatulloh qilgan va ularning qal'alarini chil-parchin qilgan,
tenggi ko’rilmagan o’n to’rtinchi asrga maxsus Qur'on nurlaridan Risola-i Nur bilan, jahonning olti tomonini va samo yuzini oydinlatgan,
yaralanib hali o’lmagan ahli iymonning yaralarini davolagan,
sakson yoshli keksalarga, mo’ylovi chiqmagan yigit va yoshlarga ma'sum bir holga Hazrati Ayyub (AS) kabi hayot baxsh etilishiga vasila bo’lgan Qur'on xodimini,
Nur Risolalarini Hazrati Shayx (Q.S.) oltinchi asrdan turib o’n to’rtinchi asrda ko’rishi, Sobiq Kitoblarda ramzan va Hazrati Qur'onda sarohatan ko’rsatishlari, bu muborak kitobning xurmatidan deb bilaman.
Inshoalloh vazifaning maqbuliyatiga ishora bo’lib, ahamiyatiga binoan Janobi Haq uni ko’p davrlar avvaldan ko’rsatib, olamning vakili, insonlar ichidan tanlangan Hazratimiz Muhammad (s.a.v.)dan, Xulafo-i Roshidiyndan (Roziyallohu anhum), avliyolarning qutblaridan ma'naviy quvvat yig’ganki, bu davrning nafaqat ko’r va karlari, dunyoning eng vahshiy fir'avn va namrudlari ham qo’rqishi va og’iz ocholmasliklari aniq.
Qur'on nurlarining "La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh" bayrog’i ostida to’plangan ahli iymonning qo’liga tegib, qiyomat kunigacha nurlarning yoyilishiga va nashriga hayotini fido qilgan va qiladigan sohiblarining ko’paytirishini ehson qilishini Janobi Haqdan tilayman. Omin, omin, bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Suyukli Ustozim yarim yoshim tarjimon bo’lgan ushbu maktubimga yarim nazar bilan qarab qusurlarimni afv etishingizni tilab, qo’l va etaklaringizdan o’paman. Bizga va butun olamga hayot vasilasi bo’lgan Ustozim, Janobi Haq sizdan abadiyan rozi bo’lsin, degan duo bilan kecha- kunduz niyoz qilaman.
Gunohkor Talabangiz Ali
* * *
(Xulusiyning bayoni.)
Aziz, muhtaram Ustozim Afandim Hazratlari!
Aytganlaringizga quloq solib, bu hafta uxroviy qardoshimiz Xusrav Bey tarafidan yuborilgan hayratlanarli va e’tiborni tortadigan, "Muhim g’aybiy xabar" ismli, juda qiymatli, ma'noli, ruhli, baxtiyor, ta'sirli, lazzatli, hikmatli, nurli amringizni olganimdan, Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq Hazratlariga hamdu shukrlar va mushfiq Ustozimga yuzimning qorasiga, qalbimning yarasiga qaramasdan, dargohi Ilohiyaga sig’inib duolar qilaman. Va safarlarcha,
اَللّٰهُمَّ حَصِّلْ مُرَادَنَا وَ مَقْصُودَ اُسْتَاذِنَا سَع۪يدِ النُّورْس۪ى بِحُرْمَةِ حَب۪يبِكَ مُحَمَّدٍ النَّبِىِّ الْاُمِّىِّ صَلَّى اللّٰهُ عَلَيْهِ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ وَ سَلِّمْ اٰم۪ينَ
dedim.
G’avsi A'zam Shohi Jiyloniy (Quddisa sirruhul oliy) Hazratlarining asarlaridagi g’aybiy va ma'naviy xabar bu bechorani shunday bir holga keltirdiki, ta'rifdan ojizman. Ruhoniyatlaridagi haybat va azamat qarshisida hovuch ichida siqilgan bir bo’lak xamir qay holga tushsa, bu bechora ham shunday bo’ldim. Hech bir narsa haqida o’ylay olmas, telba, go’yo harakatlanuvchi mayyit holiga keldim. Kunlab zehnim va barcha tuyg’ularim deyarli tamoman ajoyib asar bilan mashg’ul. Bu holatda, iste'dodim xorijida qalbimga bir necha bayt keldi. Men ham yozdim. Qoidasiga to’g’rilay olmadim. Mushfiq ustozimning avfliga tayanib yozyapman. Tahriri ustozimga va hablullohni mahkam tutgan qardoshlarimga qoldirdim.
Xulusiy qara g’aybiy xabarnomaga
Ko’r ustozim nelar izhor aylamish
Kitobi Sinondan qilib tafa'ul
Haqqa ki karomat ibroz aylamish
"Ummiy Olim" ila{(Hoshiya): "Ummiy ey olim" tarzida o’qilganiga ko’ra.} "Sinoni Ummiy"da
Hisobi abjad bilan bor mutabaqot
Ko’rinar qaralganda bu tariq bilan
Asmo-i Ustoz bilan to’liq munosabat
Haqiqatda xodim-ul Qur'ondir Ustoz
Isbotga kifoyadir bu muvofaqat
Hayratbaxsh sirlarga voqifdir bu zot
Ixvonga deymiz xabari bashorat
Sakkiz yuz yil avvalidan ko’rgan
Xodim-ul Furqon Baddiuzzamonni
Habibi Xudo hamda G’avsi A'zam
Sultoni avliyo Shohi Jiyloniy
Buyuk bir husni zon ayla Ustozim
Seni Qur'on xodimi etar qabul
Chokkin sajda-i shukrga, de Xulusiy:
Ilahiy anta Rabbi va ana-l abd
Bu ojiz qulingni muvaffaq ayla
Xizmati Qur'on bilan sharafyob ayla
Hizb-ul Qur'ondan ayirma to abad
Bu osiy qulingga marhamat ayla
Ustozim Said Nursiydan bo’l O’zing rozi
Bi-hurmati Habiybika r-Raziyy-il Marziy
Avliyo sultoni Abdulqodirning
Himmating kamaytirma bizdan Ilohiy
Xabarnoma-i g’aybning izhorining
Ko’ngil istadi yozmoq tarixini
Yuz ming hamdu shukr et Haqqa Xulusiy
Senga ustozdir Mullo Said Nursiy.
Uxroviy qardoshingiz
Xulusiy
* * *
(Qalami karomatli Mas'udning ahamiyatli bir tushi.)
Oliyjanob va fazilatmand Ustozi Muhtaramim Afandim Hazratlari!
Qalbga ilhom kelmaguuncha, siz ustozimga maktub yozishga iqtidor topa olmayman. Chunki eng muhim orzuim Nurlarning tugatilishi bo’lgani va yozgan paytim tez tugatishni xohlab tez yozganim uchun, Nurlardan olgan fayzimni batafsil tushuntirolmaganim uchun, satr yozishga jur'at etolmayman.
Bandangiz Xusrav Afandining yonidan ketgan kuni, ziyoratga kelayotgan edim. Badra atrofida bir-birimizni uchratdik. Orqaga qaytishimizni aytdi. Sabrsizlik bilan sababini so’radim. Natijani anglatdi. Birga qishloqqa qaytdik. Juda xafa bo’ldim. G’amdan ikki kun tashqariga chiqolmadim. Qalbim qayg’usini taskin etish uchun Nurlarni yozish bilan mashg’ul bo’ldim.
Qaytganimizdan ikkinchi kuni o’tib tun soat o’n yarimga qadar yozuv bilan mashg’ul bo’ldim. Saharlik qilgandan so’ngra xafa va g’am ichida yotdim
Ko’rdimki, oliy xazratlari bilan birga Madina-i Munavvaraga ketibmiz. Harami Sharifning eshigidan kirib, Maqbari Saodat qarshimizda ko’rinayotgan edi. Maqbari Saodatning ichida Payg’ambarimiz Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam Bob-us Salomga qarab yuzlangan edilar. Men darhol yugurishni xohladim. Birgalikda sizdan bir qadam ortda bordik. Imom namozdan keyin yuzini jamoatga o’girilganidek, Zoti Risolat biz kirgan tomonga qarab o’girilganlar, tizzada o’tirdilar, biz bordik. Zoti oliyingiz bir qadam masofada tiz cho’kib o’tirdingiz. Men ham sizning orqangizda tiz cho’kib o’tirdim. Siz Rasuli Akram (ASV) bilan ancha muddat gapplashdingiz. Diqqatli muborak yuzlariga nazar solganimda, muborak yuzlarining peshanalari quyosh kabi o’ta porloq va boshqa joylari bug’doy rangli ekanini o’z ko’zim bilan ko’rdim. Bu asnoda suhbatingiz nima bilan yakunlanganini tushunolmadim. Tafsirini siz ustozi akramimga havola qilaman. Nuqsonli fikrim bilan, senga nima bo’lyapti, deb qalbimni taskin eta oldim. Ustozim bu zolimlarning Islomga tajovuzlarini kerakli joyga va shariat sohibiga shikoyat etdi.
Mas'ud
* * *
(Vazirzoda Kichik Mustafoning bayoni.)
Ey suyukli ustozimiz, ey Nurlarga sazovor zot va noshiri!
Janobi Haq sizni bu yurga yuborgan, toki zalolatga ketgan ruhlar siz nashr qilgan Nurlar bilan najot topsin. Janobi Haqqa tunu kun sajda-i shukron qilsak ham, bu ne'matlarning shukrini ado qilolmaymiz.
Ey ustozim, men savodsizman. Boshqa qardoshlarim kabi Risola-i Nurga bo’lgan hissiyotimni tilim bilan ifoda qilsh uchun o’qimishli emasman. Ammo inshoalloh sadoqatda va muhabbatda va ruhiy bog’liqlikda qardoshlarimga yetishishiga harakat qilaman. Uyg’oqlik olamida maqsadini ifoda qilolmagan tilim evaziga, uyqu olamida ruhimning tili bilan, mohiyatini tushunolmagan va sizga bo’lgan bog’liqligimga dalolat qilgan bir-ikki voqeani aytaman:
Birinchisi:Bundan bir yarim yil avval tijorat uchun ikki kunlik masofadagi bir qishloqqa ketayotgan edim. O’shanda menga dunyoning mohiyati ko’rindi. Ham foniy, ham zindon hukmida bo’lgani uchun nafratlandim. Janobi Haqdan menga bu foniy dunyodan boqiy olamga yo’l ko’rsatadigan ustoz berishini istadim va: "Shunday bir ustozga uchrasam, so’z beramanki, unga tom xizmatkor bo’laman", dedim.
Bu holat va bu niyozda ekanman, tunda o’ta shirin va chiroyli, notanish bir shaharda juda chiroyli, siz ustozimni dunyoda misli topilmas ziynatlangan otga mingan holda, g’arbdan sharqqa qarab besh-olti metr yuksaklikda, shaharning ustida uchayotgan holatda salom berishga turdik. Salomingizga javob berdik. O’sha payt uyg’ondim. Shahodat keltirdim. Istagan ustozimni topishimga shukr qildim. Ikki oy so’ngra ziyoratingizga keldim.
Ikkinchi Voqea:Tushda bir shaharda juda ko’p askarlar va aslahaxona ko’ryapman. Biz ham go’yo askarlardan ekanmiz. "Ey Rabbim, bu askarlarning qo’mondoni kim?" dedim. Niyoz qilgan vaqtim qarshimizda yuksak bir saroy ko’rindi. Qo’mondonini ko’rish uchun saroyning ichiga kirdim. Qarasam, ko’z qamashtiruvchi soy oqyapti. Soy bo’ylab bordim. Qarasam, ariqlarga ayrilyapti. Davom etdim. Manbaiga qadar bordim. Askarlarning qo’mondoni, suv sohibini topdim. Ya'ni ustozimizni ikki odam bilan birga namoz o’qiyotgan holatda ko’rdim. Men ham u suvdan tahorat oldim. Namozga qo’shildim. Qalbimning harakati, tilimning shahodati bilan uyg’ondim. Ustozimizni bizga ko’rsatgan Janobi Haqqa shukr qildimki.
Xizmatkor va talabangiz
Mustafo
* * *
(Xulusiy Beyning bayoni.)
Bu hafta O’ttiz Birinchi Maktubning Yettinchi Yog’dusi bilan Uchinchi Yog’dusini Maktubot xazinasiga qo’shish va sevgan va mushtoqlarga o’qib berdim. Oliy vositachiligingiz bilan, Allohning aziym lutfiga yana sazovor bo’lganim bois Karim, Rahim, Boqiyi Zuljalolga yuz minglab hamdu shukr qilyapman. Suyukli ustozimni rizo-i Samadoniyiga va ma’naviy shukr vazifasida davomli, nufuzli, qamrovli muvaffaqiyatlarga sazovor bo’lishiga obidona tazarru va niyozlar qilyapman.
Bu bechora va isyonkordan ko’p duo kutayoganingizni aytayapsiz. Men oliy dargohga Faxr-ul Olamiyn, Habibi Rabb-ul Olamiyn, Sayyid-ul Mursaliyn Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam Afandimiz Hazratlarining eng buyuk mo’'jizalari bo’lgan, to qiyomatga qadar hukmi va i'jozi boqiy bo’lishiga iymon keltirgan Qur'onning nurlari dalolati bilan faqat bir jihatdan i'jozini izhor qilishga va ustozimning muborak ismlarini, qabul vasilasi bo’lishi uchun ishlatib iltijo qilib bilaman.
Bu eshikka yuzimni surib: "Ey Rabbim, ustozim Said Nursiy Hazratlaridan rozi bo’l, ikki dunyoda murodlarini hosil qil!" deb yolvormasligim mumkinmi? Qat'iyan va aslo. Bu bir vazifa bo’lish bilan birga, inshoalloh douning ijobatiga vasila bo’ladi degan tasavvurdaman.
Aziz Ustoz! Sadoqatli talabangizning zaif ruhi bu foniy hayotda bo’lgani kabi, boqiy va davomiy hayotda ham inshoalloh yuksak ruhingizning shafqat qanotidan ayrilmaydi, ayrilolmaydi va ayrila olishsmaydi.
Ha, inkor qilib bo’lmaydiki, bu foniy hayotning tashvishlari orasida hislar va latifalar har zamon mushtoqi bo’lganlari munavvar va muhtasham oynaga qarolmaydilar. Ammo u ish to’xtab qolsa, Nur butun hashamati bilan go’zazlligini ko’rsatadi. Oxirgi paytlar umuman ayriliq his qilmayapman. Hatto boshqa yerdaligim ta'sir qilmayapti. Yettinchi va Uchichni Yog’dular bu yerning pochtasiga kelishi Ramazonning o’n birinchi kuniga to’g’ri kelyapti. Bir kun pochtada qolishiga nisbatan, har bir Yog’du uchubu muborak oyning boshidan o’ninchi kunigacha xar kuni kun olinib va "Avvaluhu rahmatun" bo’lgan Ramazonning ilk o’n kunida borishi kerak joyga bordi. Muftiylik e'loniga ko’ra aynan o’ninchi kunga to’g’ri kelyapti. To’rtinchi va Sakkizinchi Yog’dularni ham bu mag’firat oyining o’n to’rtinchi kuni oldim. Pochta bir kun avval kelganiga va bir kun ham pochtada qolishiga yoki birinchi bosqichda sanalsa, bu nurli asar xuddi Ramazonning har kuni bir Yog’du olib o’rnini topib, ham bu sonining bekorga qo’yilmaganiga, hamda "Avsatuhu mag’firatun" bo’lgan Ramazonning ikkinchi o’n kunligida yozilgan joyiga yetishishiga ochiq-oydin dalolat qiladi.
Bu soatda shu'lalari ko’zimga tushgan quyosh kabi, bunchalik nurli va zohir haqiqatlarni bu bechoraga faqatgina Ilohiy inoyat sifatida ko’rsatilgan ushbu muborak asarlardan, Allohning qudrati bilan Nurlarning botmasdan chiqqan joyiga, Merkuriy va Venera kabi moddiy-ma'naviy jihatdan yaqin Hizb-ul Qur'onga ham hofiz, sodiq, xolis va solih qardoshlarimning yanada ko’p sirlarni tushunishiga shubha qilmayman.
Modomiki, fayzning markaziga eng uzoq ojiz qardoshlarining muborak asarlar haqidagi tuyg’ulari, baholiqudrat, ma'noli juda qiymatli ihtisoslarini bayon qilishiga vasila bo’lmoqda, inshoalloh bu harakatlari Qur'on xizmatidan hisoblanadi. Oliy huzuringizda qardoshlarim bilan biroz gaplashishni istayman.
Qardoshlarim, bu bechoraning Nurlar bilan mashg’ul bo’lishi uch davrga ayrilgan:
Birinchisi:Ustoz Hazratlari bilan ilk sharaflanish saodatiga noil bo’lganim vaqtimdan e'tiboran yoyilgan asarlarni o’zim uchun ko’chirib yozish.
Ikkinchisi:Yana muhtaram Ustozimning amrlariga bo’ysunib So’zlarning, insonlarning turli tabaqasiga ta'siri va rad qilish mumkin bo’lgan, tahriri lozim, e'tirozga sabab jihatlari bo’lib bo’lmagani xususida, kalta aqlim bilan anglay olganimcha, qisqa dunyoqarashim bilan tanlay olganimcha aytishni, barcha fursatlardan foydalanib din qardoshlarimga foydali bo’lishni, ularga bu Nurlarni ko’rsatishni, e’tiborini tortishni, qalbiy va botiniy yaralariga malham berish istagida, ixtiyorsiz va ma'naviy ta'sir ostida Nur asarlarini ishq bilan o’qish.
Uchinchisi:Aziz va mushfiq Ustozimning amrlariga bo’yin egib, bilganingizdek har biri qandaydir latofat, balog’at va jalodatda, aqllarga juda oson hayrat beradigan tarzda tarqalayotgan nurli asarlar haqidagi ihtisoslarimni aytish va shaxsan yoki qardoshlarim nomidan, ba'zi Qur'oniy qiyin masalalar va ikkilanishlarni fayz maqomiga taqdim etib, ham qiyin masalalarning hal etilishiga, hamda so’ragan kishi bilan birga boshqa qardoshlarning ham istifodalariga ojizona xizmat qilishdir. Dengizdan qatra darajasidagi bu Qur'oniy xizmat sababli bu bechoraga qiymat bermanglar. Chunki, afsus, hech layoqatim yetmagan narsani juda yaxshi bilaman. لَا تَقْنَطُوا مِنْ رَحْمَةِ اللّٰهِ oyati jalilasi umid bermagan bo’lsa, isyonimning nihoyasizligi qarshisida aqldan ozish hech narsa emas.
Shunday ekan aziz qardoshlarim, bu bechora qardoshingizga xayrli duolar qilishingizni qattiq iltimos qilaman. Qur'on hisobidan qaralsa, balki ba'zi go’zalliklar ko’rinishi mumkin. Bu sevgili Ustozimizning aytganidek, Qur'onning go’zalliklari va kavsar manbaidan kelgan Nurlarning latifligi bu xususni ta'minlaydi.
Alhamdulillah bolalik davrimdan beri, eng qattiq nafrat qilgan narsam - yolg’on gapirishdir. Shuning uchun haqiqatni ifoda qilganimga amin bo’lishingiz mumkinki, yuqorida aytgan uch davrimda ixtiyor va tasodif yo’q. Unda hokim - dasti g’aybiy va qadari Ilohiydir. Buni his qilardim. Qadari Ilohiyni izohlashga ehtiyoj yo’q. Dasti g’aybning G’avsi A'zam Sultoni Avliyo Boz-ul Ashhab, Sayyid Abdulqodir Jiyloniy Quddisa sirruhul oliy Hazratlari ekanini oxirgi marta bilib oldik.
Ammo muhtaram Ustozimning oliy afvlariga tayangan holda shuni qo’shimcha qilsam. G’avsi A'zam Hazratlarining karomati g’aybiyalari ochiq ravshan Ustozimiz Said Nursiy Hazratlarini ko’rsatmoqda.
Bolaligidan beri ajoyib tarjimai holi tadqiq qilinadigan bo’lsa ko’rish mumkinki, bu zotning borligi - faqat Qur'on va iymon hisobigadir. Shu bois, ajib holatlarga sazovor bo’lgan. Biz bechoralar bu shamning parvonasi bo’lib, hizb-ul Qur'on nomiga Hazrati G’avsning himmat va duolariga va ziyshon bobosi Payg’ambarimiz (Sallallohu ta'ala alayhi Vasallam) Afandimiz Hazratlarining shafoatlariga, iltimoslariga va nihoyat Munzil-ul Qur'onning afviga, himoyasiga sazovor bo’lishimizga ham shubha qilmaslik lozim.
Allohu Zuljalol Hazratlari jumlamizni muhofaza aylasin. Omin! Ikki dunyoda najot topishimizga sabab bo’lgan bu xizmatni tamoman tark etadigan bo’lsak, halok bo’lishimiz aniq. Modomiki qo’limizda afv etilishimizga doir hujjatimiz yo’q; fayz sababimiz Ustoz Hazratlarining bizga shafqatlari sababli g’aybiy karomatdan xabar bergan xushxabarlari, faqat shavqimizni va shukrimizni orttirishga vasila bo’lishi kerak. Ismlarining ochiq aytilganini bildirish bilan birga, ko’rsatgan oliy fidokorliklari jumlamiz uchun ibrat olinishi va jiddiy ravishda taqlid qilinishi kerak.
Yana amrlaridan: bizlar xizmat bilan vazifadormiz, javobgarmiz. Natija bilan emas.
Ushbu nurli xizmatda bizlarni birlashtirgan Allohu Zuljaloldan istagim - Hashrda ham Muhammadiy (ASV) bayroq ostida hashru jam bo’lishimizdir.
اَللّٰهُمَّ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا اِنَّكَ اَنْتَ السَّم۪يعُ الْعَل۪يمُ
Ruxsatingiz bilan asl mavzuga qaytaman:
O’ttiz Birinchi Maktubning Yettinchi Yog’dusiga asos bo’lgan uch oyati jalilaning tafsiri ajoyib bir tarzda yozilgan. Xususan Ikkinchi Jihat va Birinchi Jihatning ikkinchi g’aybiy xabari yozilmagan.
Bu Maktubning Uchinchi Yog’dusi,
كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
oyatining ma'nosini ifoda qilgan
يَا بَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى ٭ يَابَاق۪ى اَنْتَ الْبَاق۪ى
jumlalari ko’rsatgan ikki haqiqatdan juda ko’p fayz oldim. Ajoyibi shuki, bu muborak asar
لَقَدْ صَدَقَ اللّٰهُ رَسُولَهُ الرُّؤْيَا بِالْحَقِّ
oyati jalilasi bilan boshlanib, xuddi bu faqir ko’rgan tushga bir ishora qiladi va: Sen tushingda ko’rgan Oy, bu oyatda aytilgan tushning sohibi ikki jahonning Faxri (Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam) Hazratlarining bir barmoq ishorasi bilan va izni Haq bilan bo’lingan. Quyosh uning xurmati uchun, O’n To’qqizinchi Maktubda bayon qilingani kabi, bir soat harakatsiz ko’ringan. Bu kabi mo’'jizalarini eslatib; "Ey g’ofil, sunnatga ergash!" deydi. Bu tushni yozgan maktubimda O’ttiz Birinchi Maktubning Birinchi va Ikkinchi Yog’dulari bilan Yigirma To’qqizinchi Maktubning Birinchi Ramzining Birinchi Maqomidan kelgan fayz natijasi, ixtiyorsiz qilgan ta'birimning oxirida yozgan كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ oyati jalilasining bir jihatdan i'jozli tafsirini bayon qilib, maktubimga g’oyat latif va juda muhtasham bir javob berildi.
O’ttiz Birinchi Maktubning To’rtinchi Yog’dusining Birinchi Maqomi "Minhoj-us Sunna" deb nonmlanishga haqiqatdan loyiqdir.
Birinchi Nukta:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning ummatiga shafqatlarining darajasini va haqiqatdan Shafi-ul Muznibiyn bo’lganlarini ko’rsatish bilan birga, Sulaymon Afandi marhumning mavludi sharifidagi:
Bola ekan ul tilar edi ummatin,
Sen ulg’ayding tark etarsan sunnatin.
vajizasini xotirlatmoqda. U Hazratning ummatlariga, sunnatlariga amal qilish kerakligini ahamiyat bilan dars bermoqda.
Ikkinchi Nukta: Janobi Payg’ambar Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam Afandimiz Hazratlarining nasli muboraklarining qiyomat kunigacha Hz. Hasan va Husanning Roziyallohu Ta'ala Anhumadan kelishlarini va kelajakda ko’p muborak zotlarning ham o’sha davrda chiqishini nubuvvat nazari bilan ko’rganlari uchun, ikki nevarasiga barcha nurli zotlar hisobiga shafqat ko’rsatishi,shunday bir ta'rifki, inson aqli bilan yozilishiga imkon yo’qdir.
Uchinchi Nukta:Qat'iy nass bilan kelgan va Nabaviy hadis bilan isbotlangan Oli Baytga muhabbatga ishora qilib, bu vazifani ado qilishga da'vat qilmoqda. Chunki Islomiyat bir vujud bo’lsa, bu vujudning umurtqasi muhaqqaq Oli Bayt va boshi har doim Kitobullohdir.
To’rtinchi Nukta:Shialarni lol qiladigan quvvatli bir darsdir. Bu keng darsdan maqsad nima ekani oxirida mukammalan xulosa qilingan. وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللّٰهِ جَم۪يعًا وَلَا تَفَرَّقُوا amri jaliliga ergashib, barcha mo’minlar tavhidga chaqirilganlar.
G’avsi A’zam karomatining ishoralarini quvvatlagan ramzlarni bir necha martalab o’qidim. Bu xushxabarlar hamdu shukrimni orttirdi. Zanbilli Ali Afandining holga juda uyg’un bayoni fikrimga o’tirdi. Latif tafa'ulingiz خِتَامُهُ مِسْكٌ kabidir.
Ha, Qur'oniy bog’da haqiqiy jannat gullari har doim boshqa rangda, ayri latofatda, boshqa ta'sirda ochiladi. Bu chamanzorning bulbulini va uning ko’ngillarni bo’ysuntirgan ohangini tinglagan, mashq qilgan yo’ldoshlariga ikki dunyoda salomat, saodat va muvaffaqiyatlar tilayman, niyoz qilaman.
Shoirning davrga muvofiq bir bayti:
Bir mavsum bahoriga keldikki olamning
Bulbul xomush, hovuz bo’sh, guliston xarob.
Men aytamanki:
Shunday bid'atlar davridamizki Islomning
Bir bulbuli, bir gulistoni qolmish Qur'onning.
G’avsi A’zam karomatini hali hech kimga o’qiy olmadim. Ichida bu bechoradan bahs etilishi, o’qish kerak yoki yo’qligini o’ylantiradi.
Muborak Ramazon
{(Hoshiya): G’aribki, Xulusiyning bu so’zini balki yigirma marta takror etganman. Sulaymon kabi do’stlar shohiddirlar. Demak bir haqiqat borki, ikkimizni ham shunday gapirtirgan.
Said}
yoqani bu isyonkorlarning, qadr bilmaydiganlarning qo’lidan tez qutqarishga urinib, tezlik bilan qo’limizdan ketmoqda. O’tgan yil Imom Umar Afandi, "Ramazonning Hikmatlari" asarining, Ramazon oyi o’tgandan keyin kelgani uchun, men kabi xafa bo’lgandi. Bu Ramazonning birinchi juma xutbasida, men ham tayyor bo’lsamda, yuzlarcha jamoatga bu nurli hikmatlardan bir nechtasini aynan o’qib berdi. Xozir bu faqirda yuzaga kelgan shukr hislarini ta'rif qila olmayman.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Xulusiy
* * *
(Ahmad Xusravning bayoni.)
Suyukli Ustozim!
Bu faqir talabangizga tasalli bergan maktubingizni oldim. O’pgandan so’ng o’qidim. Ruhimda hosil bo’lgan ma'naviy yaralarning iztiroblari bilan juda azob chekayotgan edim. Siz hamma narsadan ko’ra ko’proq hurmat qilgan va muhim sabab bilan juda ko’p diqqat qilgan diniy shiorlarimizga va sizni sevib, xohish bilan fiysabililloh amrlaringizga itoat qilib, kelgan talabalaringizga to’siq qo’yilgan pastkashlikka sabr qilolmayotgan edim. Xoliqiga tez yetishni istagan ruhimda azim bir g’alayon his qilayotgan edim. Boshqa tomondan sizdan ma'lumot ololmaganim uchun, iztiroblarning ta’sirida haddan ortiq ezilayotgan edim. Zolimlarning qahri uchun Ilohiy dargohga iltijo qilib, tasalli topishni istar ekanman, bu maktubingiz, qazo va qadarga rozi bo’lish bilan tasalli ehson qildi. Men سَمِعْنَا وَ اَطَعْنَا deb Allohning g’azabini so’rashni tashladim.
Ey suyukli va mushfiq Ustozim! Duoingizga har on muhtoj talabangiz, o’z hisobimga o’ylasam, ruhan oz istirohat qilyapman. Ammo Ustozim va qardoshlarim hisobiga o’ylasam, iztirobim, umidsizligim birdan mingga chiqadi. Ruhim jo’sh uradi. Yana Janobi Haq hisobiga itoat qilishni istamaydi.
Aziz Ustoz! Islom olamiga tushurilgan buyuk zarbalar, olami Islom hisobiga sizning ustingizga tushganini bilaman. Shu bilan birga, yuksak ruhingiz, oliy hamiyatingiz, haddan ortiq sabringiz, yana juda ko’p va juda chiroyli xislatlaringiz ustida eng yaqqol izlari ko’ringan shafqatingiz, zolimlar haqida ham xayrli duo qilish bo’ladi.
Talabangiz
Ahmad Xusrav
* * *
(Bobojon Mahmad Alining bayoni.)
Janobi Vojib-ul Vujud va Taqaddas Hazratlarining Jabroili Amin vositasida Oxirzamon Nabiysi Payg’ambarimiz (ASV) Afandimizga yuborilgan va bugungacha muhofaza qilingan Qur'oni Hakimni haqiqati bilan va haq so’zlar bilan, Haqning yaratgan qullariga tarjimonlik qilgan va Haq rizosi uchun kecha-u kunduz duo qilgan, haqiqiy Saiddan bir muhabbatnoma oldim, u Ustozim Afandimning maktubidir.
Jiddiy va samimiy do’stimiz va qardoshimiz bo’lgan Osim Beyga borganimda xushxabar berdi. Besh daqiqacha ko’rishdim. Siz yuborgan omonatlarni olib shunday sevindikki, bulbulning gul shoxida sahar vaqtida sevinchdan og’zidan chiqqan ohanglar kabi eshitdik. Shuning uchun bir-birimiz bilan nimalar gaplashganimizni bilolmadik. Bilganim shuki: Ketayotib, Janobi Allohga ko’plab shukr aytdik. Qur'on nurlarini nashr qilgan ustozimiz bor ekan, hech qachon saodatimizdan mahrum qolmaymiz deya oldik.
Bobojon
* * *
(Zakovatli Zakoiyning bayoni.)
Aziz va suyukli Ustozim!
Uch haftaga yaqinki, sizga maktub yozolmadim. Har doimgidek, bu kunlarda idorada vazifa ko’pligi sabab, juda qiymatli uxroviy vazifalarim qolib ketmoqda. Shuning uchun iztirobim yetmayotganday, bu hafta eshitgan juda achchiq alamli bir xabar miyamga chaqmoq kabi urdi. Eshitdimki, Ustozim ilonlarning hujumiga uchrabdilar.
Oh Ustozim! Biz vaqti vaqti bilan huhjumlarga, bosimlarga uchragan jirkanch xoinlarning zulmidan qachon qutulamiz. Mulhid tajovuzkorlar haddini oshishni boshlashdi. Bu tajovuz ortib tushdi. Shuning uchun muazzam bir haqiqat yog’dusi chiqishining yaqinlashgan degan iymon va e'tiqod bizga tasalli beradi. Qachonki buzg’unchiliklar va istibdod haddini oshsa, jarlik o’zini ko’rsatadi. "Buyuk falokatlar baxtiyor uyg’onishlar tavallud etadi", deyishadi. Bu juda o’rinli gap. Har qaysi hukumat zulm va istibdodni orttirsa, mazlum millatlar istiqlolini qozonadi. Bu asrda dinsizlik va buzg’unchilik ko’paydi. Inshoalloh mazlum va ma'sum iymon ahlining yuzi kuladi. Porloq haqiqat quyoshi chiqadi.
Aziz Ustozim! Noqis qalamim, ojiz lisonim hissiyotimga tarjimon bo’lolmaydi. Har bir dindosh kabi, mening ham qalbim aziz iymonimning muhabbati bilan urmoqda. Hamd bo’lsin, tomirlarimizda oqqan qon ming yillik ahli haq va iymondan me'ros bo’lib o’tgan bir tomizg’idir.
Suyukli Ustozim! Shunday onlar kelyaptiki, hayot juda tubanlashyapti. Biz insonlar egilmoq majburiyatida qolyapmiz. Bu fikrim bilan nafsim uchun g’ururlanmayman. Jirkanch va iflos qo’llarning toza bilaklarimizni siqishi sabr kosasini to’ldirib, azob beruvchi bir hol emasmi? Buzg’ eng mudhish davrida kasal insoniyatni ma'naviy dorilar bilan davolashga urinarkan, bizga hujum qilgan xoinlarga javob berish, bechora millat ketib borayotgan jarlikka to’siq qo’yish uchun tortiladigan zahmatlar va hayot mashaqqatlari Alloh nazdida maqbul bo’lishi uchun sabr qilish, oxirigacha bardosh berish, bu fikr faqirning ancha muhokama natijasida olgan haqiqatidir.
Suyukli Ustozim! Bu kunlarni o’y-fikrlar va alamlar ichida o’tkazyapman. Hodisani bir qancha og’izdan bir-biriga to’g’ri kelmagan rivoyatlar kabi, chalkash holida eshitdim. Iltimos bandangizga uning jarayoni haqida, xabar bersangiz. Odam aqlini yo’qotadi.
Suyukli Ho’jam! Siz hamma uchun, bashariyat uchun zararli buzg’unchilik va ofatlarning oldini olish uchun kecha-kunduz harakat qiling, o’zingizni tahlikaga oting, achchiq-achchiq haqoratlarga ma'ruz qoling. Yo’q aziz Ustozim, yo’q! Buyuk dohiy, yo’q! Sizning nasibangiz bu emas. Sizga beriladigan mukofot bu emas. Bu holatlar bo’lsada, uch-besh dinsizning, bir to’da Jahannam yo’lchilarining jinniligidir. Bu holatga sabr qilish va ahamiyat bermaslik, juda yuksak mukofotlarga sazovor bo’lyapsiz. Siz aslo va qat'iyan xafa bo’lmang. Qanchalik vahshiyona va zolimona bo’lsa ham, qaytib orqangizga qaramang. Sizga ochilgan ma'naviy olamlarning eshiklariga qarab boravering. Yuring, yuring, cheksizgacha yuring. Borgan joylarda uzoqlashgan olamlarda bizdek yarali, ojiz, zaif, pur-qusur, kamtar bechoralar uchun abadiy istirohat va saodat yotog’ini tayyorlang.
Zakoiy
* * *
(Zakoiyning bayoni.)
Qalbim qattiq ehtiyoj va ishtiyoq ichida ushbu muborak kunlarda Ustozimni ziyorat qilishni istayapti. Yozning issig’ida barcha o’simliklar yomg’irga ehtiyoj his qilganidek, Zakoiy ham ustozimning nasihatlariga va izohlariga mushtoq va muhtojdir.
Ustozim, muborak kunlar juda tez kelib ketdi. Mendek ma'naviy yaralaridan majruh bechoralar bu muborak kunlarda, Xalloqi Olamdan albatta kamchiliklarining afvini va shariat doirasidagi istagini orzu va niyoz etishadi. Janobi Alloh mag’firat oyining muqaddasligi hurmati, kamchiliklarimizni afvu mag’firat aylasin. Omin.
Suyukli Ustozim, bu safar uch kun ruxsat bilan Otaboyga borib, ota-ona va oxiratli do’stlarimizni ziyorat qildim.
Oh Ustozim, ba'zan zohiriy hodisalar insonni ko’p o’ylantiradi. Ixtiyorsiz, ruhni yolg’izlik va achintirib aralash iztirobga tushiryapti. Bu vaqtlarda hayotning qarorsizliklaridan kelib chiqqan umidsizlik bizni ranjitadi. Shafqat va marhamatga zor bo’lamiz.
Ustozim! Ojizlarni hayo aralash ko’rishishga majbur qilgan hollaridan uzoqlashmaguncha, qalbim dam olib rohatlanishiga sukunat topa olmaydi. Inshoalloh, duoingiz himmati bilan, o’sha paytga ham salomat holda yetaman. Bu hissiyotimni izohlash, holati tushunilgan ruh uchun ortiqcha emasmi?
Aziz Ustozim! Ko’p o’xshashlari bilan Ustozimizning raisliklarida musharraf bo’lishimizni tilagan iydi fitringizni tabrik vositasida ehtiromlarimni taqdim aylab, muhtaram qo’l va oyoqlaringizdan o’paman, suyukli Ustozim.
Gunohkor talabangiz
Zakoiy
* * *
(Oxirat singillarimdan Muzayyananing bayoni.)
Suyukli Ustozim!
Ikki oyga yaqin kelgan oxirat qardoshlar bilan salomingizga javob berayotgan bo’lsam ham, men kabi ojiza talabaning, sizning har doim nurli nasihatlaringizni tinglashga ehtiyoji bo’lgani tufayli, haftalarni tamomila g’amgin holda o’tkazyapman. Ha, shunday paytlar bo’ladiki, ko’zimdan to’kilgan yoshlarni nurli risolalarni o’qib taskin etaman. Qalbim doim yig’lagan paytlar bo’ladi. Ayniqsa ushbu muborak Ramazonda, bir necha mufsidning qalbimizga sanchitgan xanjarning og’rig’ini butun kun yashirin yig’lab o’tkazyapmiz.
Nihoyat olgan bir xabarim tufayli, yana eskisi kabi oxirat qardoshlarimizning, sizni ziyorat qilishdan mahrum emasligidan xursand bo’ldim. Muborak masjid va barcha ishtiyoqmandlar sizning duoingizdan maxrum bo’lganiga juda achindim. Xatimning nuqsonli va zaifligi bois risolalarni yozolmaganim uchun meni afv eting. "Oxirgi paytlar dunyoni sevmasakda, batamom qutula olmaganimdan juda xafaman. Kimsasiz sahrolar, suvsiz cho’llar, kimsasiz yerlar ruhimizning maskani bo’lmoqda. Xayolan u yerlarda boraman. Ha, bir narsa qidiryapman. Afsus... Qidirgan kunim ham juda uzoq, ham juda yaqin ko’rinmoqda. Hali qancha bu hol ichida qiynalamiz", deb faryod qilgan qardoshlarimizning hissiyotiga bu ojiza, bu faqira ishtirok qilaman.
Ojiza talabangiz
Muzayyana
* * *
(Ahmad Xusravning bayoni.)
Yillardan beri zolimlarning zulmi panjasida ingragan bu bechora musulmon qardoshlaringiz bilan o’tkazayotgan bu muborak bayramning balki to’qqizinchisini uzoq burchaklarda, do’stlaringizdan uzoq, qarindosh-urug’laringizdan mahrum, yuksalish va taraqqiyoti uchun harakat qilgan Islom jamiyati orasidan uzoqlashtirilganingiz holingizda o’tkazayotganingizni eslagan sari yuragim parchalanadi, ruhim katta azob bilan yonadi, ko’zlarimdan yosh to’kiladi. Qalbimdan yuksalib kelgan bir ovoz "Yig’la, ko’p yig’la! Balki rahmati Ilohiyaning nuzuli va olami Islomning saodat va salomati uchun yig’laganlar bilan birga yig’la!" deydi.
Xozir qalb ko’zim qayg’uga ishtirok etib, Dijla va Firot va Muborak Nil kabi olami g’ayb vodiylarida suvlar oqizib yig’layapti.
Suyukli ustozim! G’aflatdagilar kularkan, dinsizlar nafsiy orzulari orqasidan yugurarkan, biz qanday achinarli hayotlarga uchrayapmiz. Oh, suyukli Ustozim! Janobi Haq bizga saodat bermaydimi? Ajabo, bu kun yana ko’p davom etadimi? Ixtiyorsiz o’zimga so’ragan bu savollarimga yana o’zim javob berarkan, taanni va sabr tavsiya qilaman. Va Sirri Inna A'toyna xushxabari bilan tasalli topaman.
Ey qiymatli Ustozim! Sizning qayg’ungizga huzuringizda bo’lganim holda ishtirokimni istar edim. Shunday his qilamanki, ruhan hech ham uzoq emasman. Ba'zan o’zimni unutaman. Go’yo qanotsiz uchaman, katta chinor daraxtining orasidan kirib majlisingizga dohil bo’laman.
Suyukli Ustozim! Xoliqimdan abadiyan rozi bo’lganman. U ham sizdan abadiyan rozi bo’lsin. Afsus ziyoratingiz bilan musharraf bo’lolmayapman. Bunga badal Bekir Bey bilan taqdim va orzu etilgan shaklda yozolmaganim uchun Qur'on i'jozining sahifalarini ochgan sari haqir talabangizning har sahifasiga badal qo’llaringizdan o’payotganligimni qabul qilishingizni iltimos bilan, sihhatu salomat va muvaffaqiyatingiz uchun duo qilib, qo’l va oyoqlaringizdan o’paman, afandim hazratlari.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Talabangiz Ahmad Xusrav
* * *
(Sabri Afandining bayoni.)
Kecha Eg’irdirga bordim. Xulusiy Beyning ixlosli va sadoqatli maktubini keltirdim. Nuroniy qalb va ruhdan jo’shib chiqqan shu maktubning muhtaviyot va mundarajotini bu faqir ham takror etaman. O’z hisobimga taqdim etaman. U muhtaram qardoshim evaziga faqirga, Ustozi Muhtaramim soni-i Xulusiy ismini berganingizni asos olib, xolis imzo sohibining orqasida bu faqir ham ko’rinsa, ifodalariga ishtirok etsa, ma'naviy irsiyati yanada yaxshi, sobit va ayon bo’ladi, ojizona orzusini asos g’oya va maqsad deb bildim afandim.
Ojiz talabangiz
Sabri
* * *
(Oydinli Ismoilning bayoni.)
Sizning shirin So’zlaringizni yozishni boshladim va yozishdan to’ymayapman. Sizning shirin "So’z"laringizni yozishni boshlagan onimda ruhimda sevinch his qilyapman. Ayni paytda sizni umuman unutolmayapman. Maktubingizni doim yozishni istayman.
Talabangiz Ismoil
* * *
(Oydinda Doktor Shavkatning bayoni.)
Ustozi A'zamim Afandim!
Nuroniy va juda qiymatli asarlaringizni o’qidik. Nurli va fayzli asarlaringizning ta'sirida porlagan qattiq qalblarimiz bilan siz Ustozimizga abadiyan minnatdor va shukrda qarzdor bo’lganimiz kabi; risolalarni bizlarga o’qitishga va yozdirishga sabab bo’lgan Hofiz Zuhdu Afandi qardoshimizni ham doimo xayr bilan yod etishda davom etyapmiz. Xazratlariga baho berib bo’lmas qiymatga ega muhtaram risolalaringizni yozib tugatishimizga Janobi Haqning bizni muvaffaq qilishi uchun Ustozi Akramimizning duo va himmatlariga muhtojmiz.
Talabangiz
Doktor Shavkat
* * *
(Ahmad Husravning bayoni.)
Suyukli, mushfiq Ustozim Afandim Hazratlari!
Arzi hurmat va ishtiyoq bilan qo’l va oyoqlaringizdan o’paman. Xulusiy Beyning savollariga berilgan javoblarga oid bahosi jahon qiymatidagi, nurli, fayzli "So’z"laringizni ikki kun avval oldim. Savollarning javoblari shunchalar latif ediki, na o’qishga to’ya oldim va na idrokim qadar bo’lsin, haqqi bilan qavray oldim.
Muhyiddini Arabiy hazratlari qabul qilingan bo’lganlari holda, xatosining va xar kitobida idoyatga olib boruvchi bo’lolmasligining sabablarini chuqur va nozik tarzda izoh etilgan. Oliy darsingizni boshqa qardoshlarim bilan birga o’qidim. "Aziz qardoshlarim, bu oliy darsdan istifoda etyapman, muhim narsa tushunyapman, ammo xulosa qilolmayapman, zehnimda to’play ololmayapman, siz nima deysiz?" deb so’radim.
Hozir bo’lganlar darsimizning yuksakligiga ishora qilib, Islomiyat keti tugamayotgan hujumlarga uchragan davrda bu nurli asarlarga yetganimizga ming tashakkurlar etdik. Ayniqsa doktorga berilgan oxirgi javob hoshiyasining latofatining belgilari yuzimizda ko’rindi.
Bir tomondan cho’chqa go’shtining xaromligi sabablari illati g’oyat chiroyli bir suratda izoh qilingan, boshqa tarafdan ham oliy mufakkirangizdan porlagan nurlar bilan, hamda juda yaqinda dunyoning ufqlarida Islomiyatning quyoshining porlashiga ishora qilmoqdasiz. Janobi Haq sizdan had-hisobsiz rozi bo’lsin.
Suyukli Ustozim, ojiz talabangiz bu ojizligi bilan ma'naviy himmatingizga iltijo etyapman. Va shunday umid qilamanki, Xalloqi Karimim meni beixtiyor ishlatgan bu vodiyda duoingiz himmati bilan inshoalloh bir idrok va bir qobiliyat ehson qiladi.
Haqir talabangiz
Ahmad Xusrav
* * *
(Saidning bir bayoni.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, fidokor va vafodor qardoshim Kurd Bakir Bey!
Afsuski majburan noxush va befoyda mavzuni aytmoqchiman. Ammo bu masala haqiqiy hamiyatparvar Turkchilarga qarshi emas, balki faranglik hisobiga soxtakor Turkchilikni o’ziga parda qilgan tajovuzkorlarga qarshi aytaman. Jumladan:
Mulhid munofiqlarning bizga qarshi so’nggi pastkash va vijdonsiz ishlatgan qurollari shuki, "Said Kurddir, bir Kurdning orqasidan bunchalik ketib milliy g’ururga yarashmaydi". Men bu munofiqlarning vijdonsizcha hiylasiga qarshi emas, balki sofdillarning toza qalblari bularning so’zlari bilan bulg’anmasligi uchun aytamanki:
Men boshqa mamlakatda dunyoga kelganman. Ammo Janobi Haq meni bu mamlakatning avlodiga xizmatkor qildi. To’qqiz yil doimo bu mamlakatdagi millatning o’ndan to’qqiz qismining saodatiga, o’z tillari bilan xizmat qilganim atrofdagi insonlarga ma'lum.
Yana, men bu yurtda Xulusiy, Sabri, Hofiz Ali, Xusrav, Ra'fat, Osim, Mustafo Chovush, Sulaymon, Lutfi, Rushdu, Mustafo, Zakoiy, Abdulloh kabi yigirma-o’ttiz Musulmon-Turk yoshlarini odatda yigirma-o’ttiz ming millatdoshlarimdan ustun qo’yganimni va ularni o’ttiz ming odamning o’rniga qabul qilganimni to’qqiz yillik Turkcha asarlar bilan, xizmat bilan ko’rsatganman. Ha, men mingta g’ofil va omi Kurdni bir Turk Xulusiyga teng tutmasligimni, mingta johil Kurdni bittadan Turk Osim va Ra'fatga teng ko’rmasligimni, yosh yigit bo’lgan Xusravni mingta omi Kurd bilan almashtirmasligimni e’tibor berganlar va ahvolimdan xabari borlar tasdiq qiladilar. Lekin faranglik nomiga va dinsizlik hisobiga, Turkchilik pardasi ostida, soxtakor milliyatparvarlik suratida, o’zini yaxshi ko’rsatishni xohlayapti deb menga tajovuz qilganlar va Turk millati va millatchiligini zaharlagan mulhidlar bilsinlarki: Men Islom millatining eng muhim, mujohid va muazzam bir qo’shini bo’lgan Turk millatiga minglab Turk qadar xizmat qilganimga minglab Turklar guvoh. Menga Kurd degan va ayblagan, o’zini zohiran millatparvar qilib ko’rsatgan soxtakorlar bu millatga qanday xizmat qilganlarini ko’rsatsinlar.
Bu fir'avnchalarning anoniyat-menligini shishirgan kamtarinona so’z aytish kerak bo’lmagani uchun, mutakabbirlarga qarshi ilmning izzatini muhofaza qilish uchun, aytilmaydigan va izhori munosib bo’lmagan uxroviy xizmatlarimni Janobi Haqning afviga ishonib izhor etdim.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
* * *
(Zakoiyning bayoni.)
Aziz Ustozim!
Bu og’ir hodisalar xususida sabru tavakkaldan gapirish, ortiqchaligini bilaman. Siz asosan biz kabi hayotning juz'iy iztirobidan ohu nola qilgan kamtarlarga sabru tavakkal kabi saodat va najot xazinasining qiymatini o’rgatdingiz. Hamd bo’lsin, kundan kunga bu so’zlarning ma'nosini yanada yaxshi qavrayapmiz va qiymatini bilayapmiz. Boshda, ya'ni Nurlarga juda uzoq bo’lgan g’ofil paytimizda hayotda, hodisalarda, hamma narsada sabr tavakkal qilish - bizga zohiran achchiq va hazm qilib bo’lmaydigandek tuyulardi, shunday tuyular Faqat endi u xususlarni loyig’idek talqin va tanvir etgan ustozimizning irshodi nazarimizda yuzaki va zohiriy narsalarni tozalyapti. Bu faqir va gunohkorning eng ko’p baxtiyorlik sababi bir narsa bo’lsa, u ham faqat aql, fikr va Tinch okeandan bir qatra nisbatida qalb ko’zi bilan haqiqiy nurlarni ko’rib vaqtinchalik bir on va vaqt uchun lazzatlanishdir.
Suyukli Ustozim, hamd bo’lsin qardoshlarimiz fikran va ruhan taraqqiy etishyapti. Inshoalloh, ma'nan va Allohning nazarida ham taraqqiy etmoqdalar. Yigirma Yettinchi Maktub tobora jo’shgan porloq sharshara kabi otilib chiqyapti. Yagona xohish va istagim, salomat yo’li yo’lovchilarining ko’pligini va qo’limizdagi haqiqatlar majmuasining yanada qiymatli va toza qo’llarga yetib borishini ko’rishdir. Inshoalloh davr bu haq va haqiqat taqozosini ijro etadi. Ojizlar bu umid va intizor bilan xayrli oqibatni Janobi Haqdan tilamoqda va hozircha g’ayratli, sodiq, taqvodor og’alarim va qardoshlarimning ustun xususiyatlari, toza qalblari, yaxsxhi niyatlari bilan iftixor qiyapman. Nurlar bilan, projektorlar bilan, samoviy yulduzlar bilan azaliy bir iymon kabi ma'naviy zambaraklar bilan jihozlangan ma'naviy kemamiz bu davrning to’lqinlaridan, to’fonlaridan omon qolishini Janobi Xalloqi Olamdan yolvorar ekanman, biz yuzlangan olam yaratilishining asos va sababi bo’lgan ikki jahon sarvari, ojizlarning hujjati Janobi Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam Afandimizning va tobe bo’lgan zavjalarining kemamizning raislari va tobelari bilan birlashgan degan umidu iymondaman. Ojizlar esa, ma'nan har on zarar va ziyon ichida bir tarafdan o’zini isloh qila olmagan, zararga uchragan muqaddas bilimlarning tahrir va quvvatlantirilishiga muhtoj, boshqa tarafdan nafsning hujumiga uchragan va zavqlariga mubtalo, boshqa tarafdan gunohlarining tenggi bo’lmagan juz'iy qulligi abadiy saodatni loyig’idek ta'minlashga kifoya qilmasligidan qo’rqib nuqsonlarim jazosini o’ylab borgan sari abgorlashyapman. Bizlar o’z qulligimiz va bu noqis xizmatimiz bilan bizga dalil murshid va shafoatchi bo’lmas ekan, abadiy saodatga yetish qanchalik uzoq. Afsus! Dunyoviy hayot tekis emas. Insoniy hislar o’zgarishga juda iste'dodli.
Aziz Ustozim! Modomiki bizni talabaligingizga va qardoshligingizga, hatto qabulga loyiq bo’lmagan vatandoshlarimizni va majruhlarni huzuringizga va birodarligingizga qabul qildingiz. Yaralarimizga davo bo’ladigan samoviy muqaddas dorixonadan dorilarni ko’rsatib, ishlatyapsiz. Iltimos, shu ojiz talabalaringizning faryodlariga achinib bizni tez davolang, yaralarimiz tuzalsin, qurisin. So’ng asosiy muhim vazifalarimizni ado qilishni boshlaylik. Sizda yaralarimizga davo bo’ladigan eliksir va malhamlar mavjud ekan, shifoni va oliy rahbarliklarini xazratlaridan kutamiz.
Ma'naviy kemangizning e'lonlar tarqatuvchisi
Talabangiz Zakoiy
* * *
(G’olibning Forscha bayoni. Karomati G’avsiya munosabati bilan yozgan.)
ك۪يسْتَمْ مَنْ چُو يَك۪ى عَاجِز و ب۪ى تَاب و زَبُونْ ٭ دِلْ حَز۪ينْ س۪ينَه پُرْ اٰلَام و سَرَمْ مَسْتِ جُنُونْ
Men kimman? Men, ko’ngli singan, ichi dardga to’la, boshida ahmoqlik sarxushligi bo’lgan ojiz, kuchsiz bechoraman.
اَزْ غَمِ فِرْقَتِ دِلْدَارْ بَس۪ى پُويَنْدَمْ ٭ كَسْ نَم۪ى بُودْ دِلِ زَارِ مَرَا رَاهْنُمُونْ
Haqiqiy do’stdan ayriliq azobidan sargardon, (lekin) zor ko’nglimga yo’l ko’rsatadigan (rahbar) topilmaydi.
سَالْهَا دَرْ اَلَمِ هَجْرْ پَر۪يشَانْ بُودَمْ ٭ نَه يَك۪ى يَارِ مُوَافِقْ نَه يَك۪ى جَامِ سُكُونْ
Ayriliq alamidan barbod edim, na ko’zlagan do’st bor, taskin beradigan (ma’rifat) qadahi bor edi.
رَاهِ بِهْبُودِئِ مَنْ گُمْ شُدَه بُودْ اٰنْ بَاٰنْ ٭ دَرْ سَرَمْ شَوْقِ جُنُونْ بُودْ شَب و رُوزْ فُزُونْ
Kundan kun holatim yo’qlikka ketayotgan edi, kunu tun boshimdagi telbalik istagi ortar edi.
عَاقِبَتْ دَسْتِ قَضَا هَادِئِ بِهْبُودَمْ شُدْ ٭ هِمَّتِ زُمْرَهِٔ مَرْدَانِ خُدَا جِلْوَه نُمُونْ
Oqibatda (Allohning) taqdir qo’li bilan hidoyatga boshladi, Alloh do’stlarining himmati yordamga keldi.
چِه نَوَازِشْ كِه : دِلَمْ يَافْتَه دَرْ سَايَهِٔ پ۪يرْ شُدَمْ ٭اَلْحَاصِلْ اَزْ دَوْلَت و لُطْفَشْ مَاْمُونْ
Pirim soyasida ko’nglim xuzur topdi, natijada uning lutf va inoyatiga noil bo’lib osoyishtalik topdim.
بَخْتِ نَاسَازِ مَرَا سَازِئِ اِقْبَالْ رَس۪يدْ ٭ دِلِ ب۪يچَارَهِٔ مَنْ شُدْ زِفُيُوضَشْ مَمْنُونْ
Baxtsizligimga omad yetishdi, bechora ko’nglimuning fayzidan xursand bo’ldi.
ن۪يسْتْ عَجَبْ خَاكِ سِيَهْ لَعْل شَوَدْ دَرْ پ۪يشَشْ ٭ نُورِ حَقَّسْتْ هَمَانْ ا۪ينْ نَه فِسَانَه نَه فُسُونْ
Uning nazari bilan qora tuproq yoqutga aylanishi oddiy hol, (zero) uning nazari Haqning nuridir, afsun yoki sehr emas.
دَرْ زَم۪ينِ اَهْلِ حَقْ اَنْوَارِ تَجَلَّاىِ خُدَاسْتْ ٭ پ۪يشِشَانْ مَاض۪ى و اٰت۪ى هَمَه يَكْ نُقْطَهِٔ نُونْ
Haq ahli zaminida Alloh tajalliysining nurlari bor, moziyu kelajak ularning nazarida "nun"ning nuqtasi kabidir.
اٰنْچِه مَاض۪يسْتْ بِخٰوانَنْد بَدِلْ هَمْچُو كِتَابْ ٭ حَال و اٰت۪ى هَمَه يَكْ ش۪يوَه شَوَدْ كُفّ و كُمُونْ
Moziydagisini ko’ngillarda kitob kabi o’qishadi, xozir va kelajak hammasi ular uchun bir, ichlaridadir.
دِلِ شَانْ اٰي۪ينَهِٔ اٰيَتِ لَوْحِ مَحْفُوظْ ٭ زَانْ سَبَبْ نِهَانْ اَزْدِلِ شَانْ كُنْ فَيَكُونْ
Ularning ko’ngillari Lavhi Mahfuz oyatlarining oynasidir, shuning uchun "bo’l" desa "bo’ladi" sirri ko’ngillarida yashirin.
اٰنْچِه د۪يدَنْد و بِگُويَنْدْ خُدَا اٰمُوزَدْ ٭ اٰلَت و قُدْرَتِ حَقَّنْدْ مُكَمَّلْ مَوْزُونْ
Alloh ularga ko’rgan va gapiradigan narsalarini o’rgatadi, (ular) Haqning mukammal va o’lchangan qudrati va asbobidir.
هَانْ دَرْ نُسْخَهِٔ تَوْرَاتْ ثَنَاىِ مَحْمُودْ ٭ هَانْ دَرْ لَوْحِ زَبُورْ وَصْفِ مَس۪يحَا اَفْزُونْ
Tavrot sahifalarida Mahmudning maqtalishi va Zabur sahifalarida Masihning ko’p vasfi bor.
وَصْفِ اَصْحَابِ مُحَمَّدْ هَمَه دَرْ اِنْج۪يلَسْتْ ٭ ا۪ينْ چِه ب۪ينِشْ هَمَه اَزْ وَحْىِ خُدَاىِ ب۪يچُونْ
Hazrati Muhammad (s.a.v.) ashobining butun vasfi Injilda, barchasi tenggi yo’q (Allohdan kelgan) qanday ham go’zal fikrlardir.
بَازْ دَرْ اَهْلِ وَلَايَتْ تُو ب۪ين۪ى ا۪ينْ رَازْ ٭ دَادَه اَزْ خَبَرِ اٰت۪ى پَيَامِ مَقْرُونْ
Bu sirni valiylarda xar doim ko’rasan, kelajak va hozirdan xabar berishgan.
خَبَرِ گُلْشَن۪ى م۪ى دَادْ جَلَالِ رُوم۪ى ٭ شَيْخِ اَكْبَرْ خَبَرِ مِصْر۪ى دِهَدْ اَمْرِ يَكُونْ
Jalol-i Rumiy, Gulshaniyning xabarini bergan edi, Shayx Akbar esa, Misriyning xabarini beradi...
اَحْمَدِ جَامْ دِهَدْ اَزْ اَحْمَدِ فَارُوق۪ى خَبَرْ ٭ مَنْ كُدَامَشْ بِشُمَارَمْ كِه زِاَعْدَادْ فُزُونْ
Ahmad Jomiy, Ahmad Faruqiydan xabar beradi, men qaysinisini aytay, zero sanab bo’lmaydigan darajada sanog’i yo’q.
هَرْ يَك۪ى گُفْتَه خَبَرْ رَمْز و اِشَارَتْ كَرْدَنْدْ ٭ پ۪يشِيَانْ اَزْ پَسِيَانْ دَادَه نِشَانِ سَيَكُونْ
Xar biri bir xabar aytgan, ramzu ishorat berishgan, eskilar keyingilarga "bo’ladi" deb xushxabar berishgan.
بَاخُصُوصْ مَرْدِ خُدَا حَضْرَتِ عَبْدُ الْقَادِرْ ٭ غَوْثِ اَعْظَمْ قُطْبِ دَائِرَهِٔ كُنْ فَيَكُونْ
Boxusus Mard-i Xudo G’avsi A’zam Hazrat Abdulqodir "kun - fayakun" doirasi qutbidir.
پَسْ اِشَارَتْ دِهَدْ اَزْحَالَتِ اٰتِىِ جِهَانْ ٭ هَرْ چِه د۪يدَسْتْ بِگُفْتَسْتْ بَيَانِ مَسْنُونْ
Jahon kelajagi xabarini bergan. Nimani ko’rgan bo’lsa munosib bayon ila aytgan.
گُفْت دَرْ نَظْمِ تَجَلّٰى كِه شَوَمْ حِرْزِ مُر۪يدْ ٭ اَزْشَرّ و فِتْنَه نِگَهْبَانِ مُر۪يدَمْ مَاْمُونْ
Ochiq nazm bilan "Yomonlik va fitnadan muridini asragan ishonchli asrovchi bolaman", dedi.
كَرْدَه اَزْ فِتْنَهِٔ جَنگ۪يز و هُلَاگُو اِخْبَارْ ٭ بِنْگَرَدْ ل۪يكْ رُمُوزِ سُخَنَشْ تَا بِكُنُونْ
Chingiz-u Hulagu fitnasidan xabar bergan. So’zining ramzi bugunga ham qarayapti.
خَبَرِ فِتْنَهِٔ ا۪ينْ دَوْرِ زِنُطْقَشْ پَيْدَا ٭ يَافْتَه اَزْ رَمْزِ اُو اَرْبَابِ يَق۪ينْ سَرْ فُزُونْ
Uchbu davr fitnasining ishorati uning so’zlaridan chiqadi. Yaqiyn arbobi uning ramzidan bir qancha sirtopishgan.
فِتْنَهِٔ دَوْرِ كُنُونْ چُونْكِه زِحَدْ اَفْزُونَسْتْ ٭ زِشِرَارِ شَرّ و فِتْنَه شُدَه جَيْحُونِ هَامُونْ
Bu davr fitnasi haddan ko’p bo’lgani uchun, yomonlarning yomonlik va fitnalari Homun (cho’lining) Jayhun (daryosi) kabi bo’ldi.
اَهْلِ دَانِشْ هَمَه سَرْ جَيْبِ قَبَا م۪يكَرْدَنْدْ ٭ عَرْصَهِٔ د۪ينْ زِمَرْدَانْ شُدَه خَال۪ى مَشْحُونْ
Olimlarning barchasi chuqur o’ylayotgan edi. Din maydoni Alloh do’stlaridan bo’sh qolgan edi.
د۪يدَهِٔ دَهْرْ نَد۪يدَسْتْ بَد۪ينْ دَغْدَغَه ه۪يچْ ٭ م۪ى رَوَدْ رُودِ فِرَاتْ خَلْق هَمَه تَشْنَه نُمُونْ
Falak ko’zi (bunday) badbinlikka to’la shovqinni ko’rmagan edi. Firot daryosi oqayotgan bo’lsada xalq suvga tashna edi.
دَرْ هَمَه ه۪يچْ عَصْر فِتْنَهِٔ ا۪ينْ دَوْر نَبُودْ ٭ اَكْثَرِ خَلْق شُدَه حَالِ زَمَانْرَا مَفْتُونْ
Hech bir asrda bu asr fitnasi yo’q edi. Xalqning aksariyati asrning (ko’r) jarayoniga maftun edi.
مُلْحِدَانْ رُوزُ شَبْ ا۪يجَادِ فِتَنْ م۪ى كَرْدَنْدْ ٭ زَهْرِ خَنْد نَكُنَدْ بَلْكِه بِگِرْيَدْ مَجْنُونْ
Mulhidlar kechayu kunduz fitna chiqarar edi. Majnun kulmas, aksincha yig’lar edi.
بَرْ بَد۪ينْ فِتْنَه و شَرْ حَضْرَتِ اُسْتَادِ سَع۪يدْ ٭ جَبْهَه بِگِرِفْتْ خُوشَا مَرْدِ سَعَادَتْمَقْرُونْ
Bu fitna va sharrga qarshi Hz.Ustod Said urush ochdi. U kishi qanday ham baxtiyor, saodat vasilasidir.
ت۪يغِ سَرْ ت۪يزْ شُدَه دَرْ كَفِ اُو چُونْكِه قَلَمْ ٭ كِلْكِ اُو زُمْرَهِٔ اِلْحَادْ هَمَه كَرْدَه زَبُونْ
Qo’lidagi qalam - uchi keskir qilich kabidir. Qalami mulhidlar jamoasining tamoman zabunu parishon qildi.
هَيْبَتِ د۪ينْ زِگُفْتَارِ خُوشَشْ پَيْدَا شُدْ ٭ هَرْكِه ا۪ينْ نُورْ نَب۪ينَدْ شَوَدْ اِذْعَانَشْ دُونْ
Dinning haybati u kishining hush so’zlaridan (qaytadan) o’rtaga qildi. Bu nurni ko’rmagan odamning tushunchasi tor bo’ladi.
كِلْكِ اُسْتَادْ اَزْ لَدُنْ بَسْطِ حَقَائِقْ م۪يكَرْدْ ٭ تَا اَبَدْ اَزْ فَيْضِ عَيَانَشْ هَمَه جَانْ نُورِ عُيُونْ
Ustodning qalami - ladun ilmi haqiqatlarini tushuntiradi. U zotning ochiq fayzi abadgacha, barcha tiriklarga ko’z nuri bo’ladi.
بِفَرْمُودْ مَگَرْ حَضْرَتِ غَوْثْ ٭ دَرْحَقِّ حَضْرَتِ اُسْتَادْ شَوَدْ اَصْلِ مُتُونْ ( لَا تَخَفْ قُلْهُ )
Hz.G’avs "Qo’rqma gapir uni!" dedi. (bu so’z) Hz.Ustod haqidagi matnlarning asli bo’ladi.
حَبَّذَا رَمْزِ كِه گُفْتْ حَضْرَتِ عَبْدُ الْقَادِرْ ٭ نِعْمَ ذَا نُطْقِ كِه كَرْدَسْتْ سَع۪يدْ سَعْدِ نُمُونْ
Hz. Abdulqodir aytgan ramzi qanday ham go’zal sa’d yulduzi ko’rinishidagi Saidning qilgan bayoni qanday ham go’zaldir.
اٰنْ كِه د۪يدَسْتْ پَسَنْدَسْت بَيَانْ م۪ى كَرْدَسْتْ ٭ حَقْ پَسَنْدَسْت شَوَدْ تَشْنَهِٔ فَيْضَشْ اَفْزُونْ
Ko’rib sevgan narsasini bayon qilar edi. Haqni sevgan (va tutgan) kishi u zotning fayziga qattiq tashnadir.
بَعْد ز۪ينْ غَالِبِ ب۪يچَارَه دُعَا م۪ى گُوي۪يمْ ٭ بَادْ رَاض۪ى زِسَع۪يدْ ذَاتِ خُدَاىِ ب۪يچُونْ
Endi, men, bechora G’olib - Tengi yo’q Hudoning o’zidan duo qilaman: Saiddan rozi bo’lsin.
هِمَّتَشْ عَال۪ى و فَيْضَشْ هَمَه اَعْلَا بَادَا ٭ بِدِهَدْ حَضْرَتِ حَقْ نَشْئَهِٔ غَيْرِ مَمْنُونْ
Himmati oliy, fayzi doim eng a’lo bo’lsin. Hz. Haq u kishiga tuganmas xursandchilik bersin.
تَا فَلَكْ دَائِر و ا۪ينْ اَرْضْ هَم۪ى شُدْ سَائِرْ ٭ عَظَّمَ اللّٰهُ لَهُ الْاَجْرَ وَ قَرَّتْهُ عُيُونْ
غَالِبْ
Dunyo turguncha va Yer harakat qilar ekan Alloh u kishining ajrini ko’paytirsin va baxtiyor qilsin.
G’olib
***
(Osim Beyning bayoni.)
O’ttiz Birinchi Maktubning To’rtinchi Yog’dusi - Minhoj-us Sunna, darhaqiqat juda qiymatli va o’xshashi yo’q risola-i sharifadir. Taqdir va tahsinga haqiqatdan eng loyiq, madhu sanoga shoyasta, qancha madh qilinsa shuncha oz. Har bir ko’rgan, o’qigan va tinglagan odam maftun bo’ladi. Hatto Alaviylar, ashaddiy Sunniylar ham qattiq maqtashmoqda. Ashadddiy yo’nalishlarlarning bir-biriga qarshi bo’lganlari ham umuman e'tiroz qila olmay tortishuv eshigini ocholmayaptilar.
Osim
* * *
(Ahmad Xusravning bayoni.)
Muhyiddin Arabiy Hazratlarining yo’lini izohlab, kamchiligini bayon qilgan nurli bayonotingizdan ko’p istifoda qildim. U masalaga oid avvalgi darsingizdan tushunmagan jumlalar va qorong’u nuqtalar bu safar boshqacha ko’rinishda oldimga chiqqanini his etdim. Va go’zal yuzli haqiqatlarini ko’rishni boshladim. Darhaqiqat, ko’p fayz oldim. Qardoshim Ra'fat bey bilan birga o’qidik. Ustozimizga minnatdorlik bilan tashakkurlar etdik. Janobi Haq o’zingizga loyiq ko’p ajr ehson etsin. Omin.
Ahmad Xusrav
* * *
(Bobojon Mahmad Alining bayoni.)
Ey mening ruhu jonim - Ustozim Hazratlari!
Sizga loyig’idek talabalik vazifasini ado qilolmayapman va Risola-i Nurga to’liq xizmat qilolmayapman. Chunki Risola-i Nur bilan yuzaga chiqqan quvvatu qudrat, zakovat, sir va nurlarni o’ylagan, tafakkur qilgan sari o’zimdan kechib, behush bo’lyapman. Unday yuksak yerlarga chiqolmayman. Inshoalloh, Janobi Haqning izni bilan, qullariga bahsh etgan eng qiymatli javharlardan ming birga qiymatli Qur'oni Hakimning sirlarini izhor etgan risolalardan kuchim yetgani qadar foydalanishga urinaman. Kunduz tirikchilik dardi bilan vaqt topolmaganim uchun, tunning bir qismini Nurlar bilan yoritaman.
Nurlarni yozgan sari qalamim va qalbimda o’ta shirin va ruhoniy sevinch his qilaman. Janobi Haqqa qanday hamd va shukr aytishni bila olmayman. Ba'zan Risola-i Nurning nurlariga qarshi ixtiyorim qo’limdan ketadi. G’aflatda o’tgan hayotimni o’ylagan sari mahzun va g’amgin bo’laman. Nurlarni topgandan keyin kelajagimni ko’rgan sari qahqaha bilan kulaman, sevinaman va baxtiyor bo’laman. O’n besh yilki shunday xizmatni orzu qilardim. Dunyoning ko’p hayot shakllarini va zavqlarini ko’rdim. Ular abad orzuimni qondirmas va to’ydirmas edi.
U orzuni to’liq qondiradigan va ta'minlaydigan ozuqani Risola-i Nurda topdim, alhamdulilloh. Hozirgacha nafsim dunyoning zohiriy zavqlariga berilgan va meni boshqa bir olamning zindonlariga qadar chorlashni rejalashtirgan va bir daraja muvaffaq bo’lgan edi. Ustimga mingan edi. Hozir وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ bo’lgan Janobi Mavlo va Taqaddas Hazratlariga hadsiz hamd va shukr qilamanki, Said ismli bir zot vositasida Qur'on sirlarini yordamimga yetkazdi. Nafsi ammoraning balosidan qutuldim. O’n besh yildan beri haqiqat yo’lini qidirish uchun ko’p eshiklarni qoqdim. Ko’pida dunyoga oid ziynatlarni ko’rganim uchun, chekindim, faqat Allohga hamd bo’lsin qidirgan eshikni topdim. Janobi Haq meni u eshikka to’liq xizmatkorlikka sabot bersin. Bu zulmatli asrda iymon haqiqatlarining nurlarini nashr etgan Risola-i Nur qay daraja yuksakligi va barchaga manfaatli ekani inkor qilinmaydi. Inkor qilinsa, bilmagan va tushunmaslikdandir. Tushunganga chivin ham soz kelar, tushunmaganga karnay-surnay oz kelar. Janobi Haq ko’zlarimizning pardalarini ko’tarsin, haqiqatlarni loyig’idek bizga ko’rsatsin, omin.
Bobojon Mahmad Ali
* * *
(Mingboshi Osim Beyning bayoni.)
Muhtaram Ustozim Afandim!
Har doimgidek, bu safar ham haqqim bo’lmasada, o’zimcha lutf va ko’p berilgan nihoyasiz iltifot bu faqirni mast qildi. Nima qilishimni bilmayapman. Janobi Lamyazal Hazratlarining lutfu karamu ehsoniga hamdu shukru sano etib, risola-i sharifalarni mahkam tutyapman. Lazzat olib, siz ustozimni qarshimda va yonimda topib hayratga tushib, tafakkur qilib surur dengiziga sho’ng’ib ketyapman. Bu holatning davom etishi va ortishini Subhoniy lutf va inoyatidan niyoz qilyapman. Qanday qilmay? Hazratim! Faqirga shuncha iltifotdan boshqa, xususan bu safargi lutfnomalarining boshiga bir qancha tavsifdan so’ngra "Qur'on xizmatida quvvatli birodarim, Haq yo’lida va abad safarida yaqin yo’ldoshim", degan latif so’zlaringiz, jahonqiymat kalomlaringiz men kabi faqir, haqir, muhtoj qardoshingizga ko’p himmat qilinilishi sizning buyukligingizga va to’g’rirog’i G’avsi A'zam Shayx Jiyloniy (Quddisa sirruhul oliy) Hazratlarining tavajjuhi, duosi, himoyasi va muhofazasi ekaniga qanday iymon keltirmay. Qandayki bu safar "G’avsi A'zamning g’aybiy xabarlari" risola-i sharifasini ko’rdim, o’qidim, yozdim. G’avsi A'zam qutblarning buyugi ekanini bilamiz va qalban tasdiqlaymiz. U zot bizga qatti muhabbat ko’rsatayotgan ekan, bu safar bu xulosa, bu muhabbat fikrimni yanada ziyodalashtirdi va quvvatladi. Hazrati Shayxga iymon va muhabbatimni habl-ul matin bilan bog’ladi. Qanday bog’lanmay? Bu karomat va g’aybiy xabari - haqiqat jo’sh urgan va ruhga hayot bahsh etgan "So’zlar"ni so’zlagan, xabar beran shunday haqiqat va karomatlar manbaining sohibi Hazrati G’avsi A'zam, ustozimning ustozidir.
Bu kayfiyat ustozimga bo’lgan joziba, bog’liqlik va taslimimni yana bir bor quvvatladi. Yiqilmas va buzib bo’lmas qal'a shakliga keltirdi. Modomiki bu faqir mustahkam qal'ada ekanman, tashqaridan va hech kimdan xavotirim yo’q. Tashqarining xujum va isyoniga qarshi turish va hujum qilish hissi va quvvatini qo’lga kiritdim. Lutf va Bari’ inoyati bilan, G’avsi A'zamning tavajjuh va duosi bilan siz ustozimga qovushdim. هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Bari’ i Taolo va Taqaddas Hazratlaridan umrimning oxirigacha bu yo’ldan ketishni, buyurilganidedk "siddiq, fidokor, haqiqiy oxirat qardoshingiz va xizmati Qur'oniyada quvvatli birodaringiz va Haq yo’lida va abad safarida yaqin yo’ldoshingiz" bo’lishga loyig’idek haq qozonishni va loyiq bo’lishni tilayman va niyoz qilaman. Va minallohit-tavfiq.
Ustozi akramim! Sizga, ya'ni Risola-i Nurga husnixat va to’g’rirog’i ta'zim, e’zoz, hurmat, samimiyat, muhabbat va taslimiyatimning mingdan birini taqdim qila olmayapman. Ojiz qalamim va tilim hissiyot va ruhimning tarjimoni bo’lolmayapti.
Ruhimning siz ustozimga bo’lgan jozibasi va muhabbati yuzdan beshi shaxsingizga bo’lsa, to’qson beshi haqiqat nurlari nashriga va dalloligini qilgan Qur'oni Hakim sharafiga ta'zim va e’zozdir. Shunday fikr va iymonim borki, sizning nur va haqiqat manbai - "So’zlar"ingiz Qur'oni Hakimning iqtibos qilingan tafsiridir. Taqdir, tahsin, madhu sitoyish qilmagan hamda muhabbat va bog’liqlik his qilmagan odam inson emas, to’g’rirog’i Ilohiy va Payg’ambariy mardudi bo’lganlardir. Janobi Xoliqi Lamyazal Hazratlari bu kabilarga ham tariqi haqni nasib aylasin. Omin, bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Suyukli Ustozim! Singlingizning kasalligining had davri o’tgan. Avvalroq aytgan edim, yuzdan yigirmasi bor. Hanuz yotoqdan turmadi. Quvvat va iqtidori yo’q. Namoz o’qiy olayotgan bo’lsa ham, vujudi titramoqda va ora-sira oqsayapti. Lahulhamdu valminna, Janobi Haqning lutfu karamiga va buguniga ko’p shukr. Moziyning mashaqqat va alami o’tdi. Hozirgi holiga shukr va istiqbolga tavakkal qilish bilan mashg’ul. Siz ustozimga duolar qilib: "Nur va Qur'on haqiqati risola-i sharifalari menga yordam berdi", dedyapti. Xususan O’ttiz Birinchi Maktubning Ikkinchi Yog’dusidagi sabr, bardosh va shukr mavzuiga shunchalar bog’landiki, bu risola-i sharifani avval va oxir va ayniqsa xasta vaqtida necha martalab faqirga o’qitgan va Janobi Haqqa hamdu sano qildi. Uchinchi Yog’du va boshqa risola-i sharifalarni o’qitib tinglamoqda va ko’z yoshlari to’kmoqda.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Bular va boshqa risola-i sharifalar haqiqat jo’sh urgan, nurlar sochgan bir fayzdir. Shuni aytishim mumkinki, zalolat va bid'atdagilarning ashaddiylari va mulhidlarning eng yomonlarini ham iymonga keltirishiga ishinchim komil. Ruhiga ta'sir qila olsa bas.
Behisob shukr, suyukli ustozimiz soyasida va tavajjuh va duolari bilan Nurlardan nurlanyapmiz va ne'matlanyapmiz. Xususan G’avsi A'zam Shayx Jiyloniy Hazratlarining karomat va g’aybiy xabarlarini singlingiz shunchalik lazzat va muhabbat bilan tingladiki; uch yil avval xastalikka chalingan payti va qisman behush aqli ketgan vaqtlar bog’da daraxtlarning shoxlarini tutib, "Ey Abdulqodir Jiyloniy! Ey Vaysal Qaroniy, madad!" deb baqirib yurar edi. Bu safar karomat va g’aybiy xabarlarini batafsil ko’rishga va tinglashga muvaffaq bo’ldi. Ushbu risola-i sharifa faqirga ham qattiq ta'sir qildi, surur va yig’latdi. Ko’z yosh to’kishga sa'yu-g’ayrat qildi. Muhabbat va shavqimni orttirdi. Shukrimni qanday ado etishimni bilolmayman. Xoliqi Lamyazal Hazratlari oldida qullik vazifam nuqsonli, ikki jahon sarvari Sayyid-il Mursaliyn Faxri Olam (Sallallohu Ta'ala Alayhi Vasallam) Afandimiz oldida ummatlik vazifasida qusur va nuqsonim ko’p va Qur'on xizmatida loyig’idek sa'yu-g’ayrat qila olmayapman. Ishda qusur va nuqsonim ko’p bo’lishi bilan birga, faqirni siz ustozim bilan birga saqlab, Qur'on xodimi bo’lgan qardoshlar bilan birlashtirib, Qur'oniy xizmatdan faqirga (hech bo’lmasa bir ummondan bir qatra bo’lsin) hissa berilsa, o’zimni mas'ud va baxtiyor sanayman. Hamdu sano va shukrimga haddu poyon ko’rolmayman. Barcha o’qigan birodar va qardoshlarimning hammasi faqat taqdir, tahsin va tasdiq etmoqdalar va ayni fikrdalar. Qur'on xizmatiga shavqu g’ayratlari ko’payyapti. Bu jamoatda va bu doiradagilarga havas qilishyapti. Janobi Xoliq ummati Muhammadning (ASV) qalblariga ilhom bersin, ruhlarini nurlantirsin, ikki dunyo saodatini ehson etsin.
Qardoshingiz, faqir va muhtoj
Osim
* * *
(Vazirzoda Mustafoning bayoni.)
Ustozim!
Besh vaqt namozdan keyin, hazratlarining haqqiga duo qilaman va duongizni so’rayman. Yo’lingiz va nashr qilgan Risola-i Nuringizga bo’lgan hissiyotimni tilim bilan bayon etolmayman. Men ummiyman, boshqa qardoshlarim kabi maqsadimni ifoda qilolmayman. Faqat falillahilhamd, qalb va ruhim Risola-i Nurning ta'sirlari bilan uyg’ondi. Qalbimning uyg’onganini tushlarim orqali tushunyapman. Zotan bu g’aflat va zulmat davrining yaqazo olamini og’ir bir uyqu olami va uyqu olamini esa bir daraja yaqazo olami sifatida ko’ryapman. Shuning uchun siz ustozimga tushlarimni aytyapman.
Ushbu tushimning xulosasi shuki: Bir masjidda siz bilan birga o’tirgan ekanmiz. Hovlisida ba'zi talaba birodarlarim bilan tozalik qilayotgan edik. Bir avtomobil ko’rindi. Masjidning yaqinida to’xtadi. Ichida Rasuli Akram (ASV) bor edilar. So’ngra bir dara ochildi, masofa hosil bo’ldi. Ta'birini siz ustozimga havola qilaman. Bundan: Rasuli Akramning (ASV) Sunnati Saniyasini tiriltirishga harakat qilgan va nashr qilgan Risola-i Nur Rasuli Akramning (ASV) maqtov va tahsinlariga sazovor bo’lganki, ruhoniy yordam bilan masjidimiz hisoblangan bu viloyatga ma'naviy tashrif buyurdilar. Ammo zalolat ahli hiylalari bilan Sunnati Saniya xizmatkorlarini chalkashtirmoqda. Ustozlari bilan ko’rishmaslik uchun mone’liklar tashkil qilmoqda.
Ikkinchi tushimning xulosasi shuki: Bir qabristonning chetida ko’plab xirmonchilarning bug’doy sochganini va oldinda ikki eshikli mustahkam qal'adek saroy ichida Hazrat G’avsi Jiyloniy o’tirgan ekanlar, insonlar o’ta gavjumligini ko’rdim. Ziyorat qildim. Ta'birini siz ustozimga havola qilaman. Bundan his qilyapmanki, qabriston o’tgan davrdir. Xirmonlardagi ko’plab bug’doylarni sochganlar, bu davrdagi Risola-i Nurning noshirlari va talabalari bo’lib, ruhlarning ma'naviy rizqini yetishtirmoqdalar. Haqiqat donlarini shubha va xayollar somonlaridan tozalashyapti. Talabalar ustozining eng muhim ustozi Hazrat G’avsi Jiyloniy mustahkam qal'adek saroyda o’tirganlarini va ularga ustozlik qilganlarini va atroflaridagi gavjumlik va o’zlarining ko’p mashg’ul bo’lishlari G’avsiy karomati bilan izhor qilganlari kabi, Risola-i Nur talabalariga bo’lgan himmat va duolari bilan ko’p mashg’ul, deb tushundim.
Ummiy talabangiz
Mustafo
* * *
(Hofiz Alining bayoni.)
Muhtaram Ustozim!
Birinchi, Ikkinchi So’zlar ko’pchilikning qo’llarda tushgani uchun, o’qilmas holda edi. Shuning uchun yozib ko’paytirdim. Qalbimga keldiki, "Ajabo, bu Islom va iymon hujjati hisoblangan "So’zlar"da tavofuq sirri bormi?" deb qaradim, ko’rdim, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى aytdimki. Angladimki, risolalarda umumiy i'joz to’plami va Shasmi Sarmadiyning so’nmas haqiqat ziyosi ko’rinmoqda. Qur'oni Hakim butun dunyoga, insu jinga mingdan ortiq yildan beri nido qilib, dushmanlarini lol qilib, do’stlarini xursand qilmoqda. Hukmi qiyomatgacha boqiydir. Shuning kabi, Qur'oni Hakimning haqiqiy mufassiri bo’lgan Risola-i Nur va qismlari bu zulmatli pardalarning ostidan o’zlarini ko’rsatib nurlarni nashr qilganlari kabi, inshoalloh bir davr keladi, zulmatlar pardalarini yirtib, butun dunyoga xitob qilib, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ochiq mo’'jizasini isbotlaydi! Janobi Haq qiyomatgacha nurlarni nashrga xizmat qiladigan xodimlarining ko’payishini ehson qilsin.
Hofiz Ali
* * *
(Hofiz Alining bayoni.)
Ustozi Oliyshonim Afandim Hazratlari!
O’n bir nuktani ichiga olgan Mirqot-us Sunnani ko’chirishga muvaffaq bo’ldim. Ushbu ziyodor Yog’du bu davrda shirk bilan iymonni, yomon bilan yaxshini ayirish va ajratish uchun shunday bir javhar o’lchoviki, maqtalganidek haqiqatini ko’rishda ko’z va haqiqatiga yetishishga aql hayron va ojizdir. Zotan bu davrning juda qattiq zulmatlarini ketkazazdigan, ziddidan juda ustun, yo’q bo’lmas nur Janobi Haqning rahmatidan umid qilinar edi. اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى U nur bilfe'l Risola-i Nurda jo’shib chiqqan har aqli boshida bo’lgan kishi ko’ryapti. Bunday eng buyuk haqiqatni izoh va tafsir qilgan bir risola emas, hatto bir kishini ogohlantirish uchun yozilgan bir maktubning ham har qanday harakatga qaraydigan ko’zi, hammaga yaraydigan bir so’zi bor.
Ey aziz Ustoz! Bizlar qanday shukr qilmaylik, qanday minnatdor bo’lmaylikki, Janobi Haq biz qattiq muhtoj bo’lgan dunyoning o’sha katta quyoshi kabi, bizlarni Qur'on quyoshining haqiqiy mufassiriga qovushtirdi. Qanday salotu salom bo’lmasinki, ul Hazrati Sipoh solari Anbiyo bo’lgan Shohi Lavlakkaki, bizlarning ko’rmas ko’zlarimizni nuri bilan shu'lador qilib, tariqi mustaqimga chorladi. Isyonimizga qarab, bizlarni halqa-i irshodidan tashqarida va asl holimizda qoldirmagan Hazrati Dalloli Qur'onga nega duogo’y bo’lmaylik?! Inshoalloh ikki jahonda ham qoldirmaydi.
Suyukli Ustoz! Har ikki qismni ko’chirar ekanman, qalbimga keldiki, asllarini taqlid qilmay. Zero ustlarida zohir bo’lgan tavofuq gullarini, badoyi' jilvasi boshqa tarzda o’zini qanday ko’rsatadi, aytdimki. Va ojizona taqdimim bo’lgan ikki nusxadagi badi' san'at aql va inson iste'dodidan juda uzoq, go’yo dastgohida o’lchanib, bichilib, xar bir harfi qastdan vazga solinib yuzaga chiqqanini ko’rsatadi. Bu davrning aqldan uzoq ablahlariga ma'nan aytiladiki, hozir bizning ustimizda tajalliy etgan jilva-i jamolni aqlingiz bilan o’lchay olmaysiz, ko’zlaringiz bo’lsa ko’rasiz.
Ha, bahorda zamin yuzida Rabboniy san'ati bilan har tarafda ipakdan qilingan mato misol gullarning ochilishlarini juz'iy shuuri bo’lgan kishi bir Qodiri Mutlaq bo’lgan Zoti Zuljaloldan boshqasidan deb bilmaydi. Xuddi shuning kabi, umumiy risolalar Qur'on umrining asrlar, yillaridan o’n to’rtinchi asr sultoniy navro’zi kabi bahorni ifodalaydi. Arichalik aqli bo’lgan kimsa bahorda gullardan foydalanmasa, nima deyiladi? Ulkan bahorni ko’rmagan ko’zi borlarga nima deyiladi? Ko’rib o’zini qish chillasida deb tasavur qilga kimsaga nima deyiladi? O’zini shuur, fikr va basirat sohibi tusi berganlarga afsuslar bo’lsin...
Bor bo’ling, ey suyukli Ustoz! Siz ushbu Qur'oniy olmoslar bilan o’sha ulkan bahorning mubashshirisiz. Janobi Haq maqsud va murodingizga noil aylasin. Omin duosi bilan buyuk qo’l va etaklaringizdan o’paman Afandim Hazratlari.
Faqir Talabangiz Ali
* * *
Bu faqir va ojiz talabangiz xazratlariga avval zikr qilingan asarlar haqida bir arizachani yuborish niyatida bo’lsam ham, asosan istak va istaklarimiz bir bo’lgani uchun, Hofiz Ali Afandi qardoshim ushbu maktubining ma'nosini takroran yetarli deganimni aytib va xurmatli xoki poylarini o’paman Afandim.
Pur-qusur talabangiz
Xulusiyi Soniy
* * *
(Xulusiy Beyning bayoni.)
Aziz va muhtaram Ustozim!
Nurlarning yoyilishida chaqmoqdek tezlik kerak ekan, biroz sekinlashishdan har doim afsus bilan aytgan edim, xazratlariga ma’lum. Yaqinda ba'zi mushtoq kishilar yana so’z doirasiga qo’shildi. Qalbimga kelgan eslatma bilan tarqalish xususiyatini o’yladim va ushbu haqiqatlarni his etdim. Hatto xulosa qildimki:
Muborak "So’zlar" va "Maktublar" tamoman bo’lmasa ham, ushbu muhitda yozilmasdan ancha tarqaldi. Boshqa yaqin viloyat tumanlarida bu asarlarni ko’rish va eshitishni istaganlar ko’p ekan. Fasubhanalloh, bu qadar kichik va nuqsonli xizmatdan bu daraja foyda qo’lga kiritilishi ko’rsatmoqdaki, "So’zlar" va "Maktublar" haqiqatdan Nur ismining tajalliylari bo’lib, osonlik bilan yoyilmoqda. Bu jarayonni hayrat bilan tafakkur qilar ekanman, "Bismilloh" nomli "Birinchi So’z" yodimga keltirildi. "Dunyoga orqasini o’girgan Ustoz Hazrati G’avsning tashvig’i bilan, balki dalolati bilan Qur'onning kashf etilmagan bir xazinasidan "Bismilloh" bilan kirmoqda, Qur'oniy dalaga "Bismilloh" deb "So’zlar" tuxumini ekmoqda, Furqoniy bog’ga "Bismilloh" deb, Nurli Maktublar urug’ini o’tkazmoqda. Amri Ilohiyga rioya qilib ekilgan tuxum va o’tkazilgan urug’larning inkishof va yoyilishlari shubhasiz horiqo-aso bo’ladi", deb o’ylay boshladim.
"Birinchi So’z"dagi tamsilda sayohat qilgan kamtarin zot Ustozimizning o’zidir. O’simlik, daraxt va o’tlarning ipak kabi yumshoq ildiz, tomirlari "Bismilloh" ta'siri bilan yer ostida qattiq toshni, tuproqni qanday teshib o’tayotgan bo’lsa, aynan shuning kabi, "Bismilloh" bilan mavqe-i intishorga qo’yilgan So’zlar ham horiqo Yer yuzida o’sha shaklda yoyilmoqda. Va eng munavvar va mukammal meva hisoblangan mo’minlarining qalblariga ta'sir qilmoqda. Bid'atlarning ko’pligi va buzg’unchilarning toshgan davrida "Bismilloh" bilan o’tkazilgan Nur ko’chatining yaproqlari - "So’zlar" va "Maktublar" bilan bu muqaddas ko’chatning shox va shodalari bo’lgan Hizb-ul Qur'on va bu jamoatning asosi va sayyidi bo’lgan muhtaram Ustoz ham bir g’aybiy muhofazaga sazovordir.
Shamsi Risolatdan kelgan Qur'oniy Nurlarning ilk ustozga keyin biz bechoralarga, bizlardan boshqa mushtoq bo’lganlarga... o’tayotganini tasavvur qildim. Alhamdulilloh aytdimki. Muhim bir tushimda aytganimdek, "So’zlar"ingizning mo’minlarga tarqalishiga kichik jamoatingiz inoyati Ilohiy bilan tashuvchi, vosita bo’lmoqda.
كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَل۪يلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَث۪يرَةً بِاِذْنِ اللّٰهِ
sirriga sazovorlik bilan ma'naviy g’alabani ta'minlaydi. Markazdagi murshidlariga yuzlangan va nazoratchi kichik tavhid halqasini tashkil qilganlar kabi, kichik jamoatingizning har bir a’zosining orqasida, muntazam ko’payayotgan, konus shaklida muvahhidiyn jamiyatini ko’rgandek bo’ldim. "Allohu Akbar" aytdimki. Qardoshlarimizga bu muqaddas tasavvurni pastdagi lavha bilan yanada ko’proq izohlashga harakat qilaman. Bu nurli tafakkur menga buyuk umid baxsh etdi. Muallim Judiyning qasidasidagi shu misrani ham eslatdi:
Bir qiblaga bog’ladi qalblarni
Jam etdi qabila-yu xalqlarni
Mavloga muhabbati musallam
Sallallohu alayhi vasallam.
Sunnatga ergashishga
{(Hoshiya): Xulusiyning takrorlangan tushunilmagan tarafdan bir karomati ixlosiyasi shuki: Ya'ni, yozilgan va hali unga yuborilmagan risolalarning mavzuini tashkil qilgan bir asosni maktubida yozadi. Go’yo istaydi. Ko’p marta bo’lgani kabi, hozir ham sunnatga ergashishga doir Mirqot-us Sunnaga ochiq bir suratda bir hissi qoblal vuqu' bilan talab qilmoqda.
Said}
juda katta ahamiyat bergan muhtaram Ustozimiz - bu asrda اَلْعُلَمَاءُ وَرَثَةُ الْاَنْبِيَاءِ sirriga asosan, ichiga sochilgan ixtilof tuxumi sababli tavhiddan kunma kun uzoqlashgan kimsalarni bir qiblaga birlashtirish uchun, "So’zlar" va "Maktubot" nomli nurli asarlar bilan iymon ahlini irshod qilishga urinmoqda. Kofirlarga, hatto jin va shaytonlarga ham, nozil bo’lish boshlagan paytidagi kabi, Qur'on nasslarini e'lon qiladi. Maxfiy i'jozni izhor qiladi.
Vahdat-ul Vujudga doir risolani muhim kishilarga o’qigandan so’ng, ma'naviy chorlov bilan ixtiyorsiz bir joyga bordim. U yerda Vahdat-ul Vujud yo’li sohibi bo’lgan olim zotni topdim. {(*): Elazizli Hoji Shavkat Domla.} Vahdat-ul Vujud haqidagi maktubni o’qidim. To’g’rirog’i, ixtiyorsiz o’qidim. U tinglovchi muhim olim boshida juz'iy e'tiroz barmog’ini uzatishni istadi. Oxirigacha tinglashini eslatdim. Hammasini o’qigandan so’ng u zot hayratidan "So’zlar"ning buyukligini va "Bu davrda bunday buyuk kalomni, ajabo kim yozishi mumkin?" deb qiziqqani va so’ragani uchun, Qur'onning fayziga sazovor bo’lgan Ustozimizni xabar berishim bilan, u zot batamom taslim bo’lganini aytdi.
Beixtiyor bo’lgan bu ajib tasodif va taslimiyatda Ilohiy qadarning bu jilvasi da'vomizga sodiq burhon va tasodif o’yinchog’i emasligimizga buyuk dalildir.
اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ
Xulusiy
* * *
(Quyidagi ikki bayon, ikkinchi Sabri hisoblangan Hofiz Ali Afandiniki.)
Bu safar men ko’chirishga muvaffaq bo’lgan Yigirma To’qqizinchi So’zni ko’chirish asnosida Ikkinchi Asosning Madorlar nomli, "minglab mumlik elektr chiroqlari" qismiga kelganimda, qalbimga shunday bir fikr keldi. Qalamni tashlab o’yladim va fikrimni aynan yozyapman:
Ustozim ruhning boqiyligi va hashr haqida Janobi Haq tarafidan bizga ushbu haqiqatlarga ketgan yo’lni ko’rsatgan. Ko’rsatilgan haqiqatning yo’lida nafsoniy orzu-istaklarga yoqmagan narsalar bor ediki, bizga uzun va qorong’u...
Boshdan oyoq nurli "So’zlar" va nur fabrikasining elektr chiroqlari va tortish kuchlari, yo’lni juda porloq ko’rsatgani kabi, juda yaqindan jalb etib deyarli yaqin va yaqindanda yaqin ekanini ko’rsatib, xavf o’rniga ishonch, zaqqum o’rniga asal baxsh etadilar. Va g’oyat ustun hikmatlarini bayon qilishda ojizligimni e'tirof qilib, tilim aylanganicha aytamanki: "Ey Rabbi, bihaqqi ismika-l azim va bihaqqi Qur'ani-l Hakim va bihaqqi Habibika-l Akram. Nur daryosining boshqo’mondoni - Ustozimni rozi bo’lgan amaling uzra sobit va rozi bo’ladigan amalini oson va muyassar qil. Omin, bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Ali
* * *
Boshdan oyoq nurli umum "So’zlar"ning haqiqatini bayondagi oliy, qiymatli, qo’l yetishmas tushunilgan ma'no darajasini, xozirgi davrning zindiqlari emas, eski qaysar va bularga o’xshash fir'avnlar, namrudlar tushunsalar edi, iymon keltirishar edi, aytdimki va sizga ko’p duo qildim.
Ali
* * *
(Xulusiy Beyning bayoni.)
Yigirma Beshinchi So’z Qur'on i'jozini juda tushunarli tarzda isbot qilgan, Qur'on ahliga tayanch, panogoh va sirlar xazinasi; isyon, tug’yon va kufron guruhiga barcha urushga lozim narsalarni ichiga olgan, halok qiluvchi bir aslahaxona; yiqilmas, ochilmas, oshilmas bir devor, minora va borusi mustahkam, qo’rqinch va mudhish po’latdan qilingan badan qal'asidir.
Haqiqat bu ekan, Qur'oniy devorga tayangan Qur'oniy qal'aga iltijo qilgan, juda ajib va horiqo Qur'oniy sirlarning tadqiqiga qo’yilgan, Qur'onni o’zlariga dalil, shafoatchi, imom, rafiq, muhofiz deb bilgan xodim-ul Qur'on nomiga - Qur'on sirlariga Haq inoyati bilan xabardor, Qur'on haqiqatlariga Haq lutfi bilan oshino, Qur'on ramzlariga Haq yordami bilan voqif, mudaqqiq, muarrif, mubashshir Ustozimdan uni o’rganmoq istayman va buni jiddiy ravishda qalban qattiq orzu qilaman...
Xulusiy
* * *
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz qardoshim Mustafo Afandi!
Ba'zi alomatlar bilan va ba'zi kishilarning yaxshi guvohligi bilan shunday xulosa qildimki, siz ham Muazzinzoda Bakir Afandi kabi menga jiddiy talaba va samimiy oxirat qardoshi bo’lasiz. Ham sizning marhum otangiz Hoji Said Afandi men duo qiladigan kishilar ro’yxatiga ko’pdan beri kirgan.
Bu safargi o’ta qiymatli hadyangiz bo’lgan zamzam suvi va Madina-i Munavvara xurmosi evaziga, g’oyat qiymatli va iymon ahli ichida o’ta mo’'tabar va zalolatdagilarga chaqmoq kabi ta'sir ko’rsatgan "O’ttiz Birinchi So’z" - me'roj va Oyning bo’linshiga doir risolani va vahdoniyat, ma'rifatulloh va muhabbatullohga doir va haqiqat olimlari orasida tenggi yo’q, juda mashhur va nuroniy uch mavqifli O’ttiz Ikkinchi So’zni taqdim qilyapman. Agar xati chiroyli kishini topib sizga (o’zingizga) ko’chirtirsangiz juda yaxshi bo’ladi. Ammo tahririga diqqat qilinsin. Bir-ikki marta qardoshim Sayyid Shafiqning yordamida solishtirilsin. Keyin Bakir Afandi olsin. O’ziga va qaynotasiga yozdirsin. Agar bunday yaxshi kotib topa olmasangiz, asli sizda qolsin. Bakir Afandi bilan birga bir necha marta o’qish sharti bilan Bakir Afandiga yoki Mahmad Afandi yoki Hofiz Hidoyat Afandi kabi qiymatini bilgan va munosib ko’rgan kishilaringizga bering, ular o’zlariga ko’chirtirib olishsin.
Xabar oldimki, arabcha eski harflar bilan Vaqflar Bosmaxonasida chop qilish ruxsati bor ekan. Agar Janobi Haqning rahmati bilan, Turkcha eski harflarga rasmiy ruxsat bo’lsa va Bakir Afandi ushbu ikki risolani Sayyid Shafiqning nazoratida tahririga qattiq diqqat qilish sharti bilan tez chop qilinglar. Chop etish xarajatini cho’ntagizdan sarf qilishga majbur emassiz. Chunki "Hashr So’zi"ga sakson banknotni sarf etdik, uch yuz banknot foyda qildik. Demak bular sotilmaydigan mollar emas. Musulmon ruhlari bularga ozuqa kabi muhtojdir. Ikki yuzga yaqin o’quvchi topilsa, bittasi chop etilsa, ham narxini chiqaradi, ham boshqa risolalarning chop qilinishiga sabab bo’ladi. Odamlardan sadaqa qabul qilmaganim kabi, kitoblarimga ham sadaqa bilan chop qilinishini qabul qilmayman. G’ayrat va himmatingizni "O’ninchi So’z" kabi, ammo xatosiz va chiroyli chop etilishiga va bosmaxonadagi tahrirlariga sarf qilinglar. Birinchi chop ettirgan risolangizning chop qilinish xarajati qancha bo’lsa, menga bildiringlar. Qarz olib, pul yuboraman.
Agar chop etishga muvaffaq bo’lgan bo’lsangiz, otangiz kabi juda sevgan Madina-i Munavvara va Makka-i Mukarrama aholisiga bir miqdor nusxa yuborsangiz, juda yaxshi bo’ladi. Balki eski hadyalaringizdan ham xayrli hadya hukmiga o’tadi, inshoalloh.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
* * *
(Xulusiy Beyga xitobdir.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz qardoshim!
Sizlar ertayu-kech duoimga dohilsiz. Siz ham meni duoingizga dohil etinglar. Bu dunyoda mo’minning mo’minga eng katta yordami duo bilan bo’ladi. Agar bir odam do’stidan amin bo’lsa, g’ururga kirmaydi, uni shukrga chorlash uchun tahdisi ne'mat sifatida unga berilgan Rabboniy ehsonlardan bir nechtasini aytishining zarari yo’q deb o’ylayman.
Xullas, sizni g’ururlanmaydigan deb bilganim uchun, bu sirni ochyapman: "So’zlar"ni yozar ekanman, beixtiyor aksariyat tamsillari askarlik ishlari navidan zuhur etardi. Men hayratlanar edim. Nima uchun bunday yozyapman, sababini topa olmasdim. So’ngra shunday fikr keldi: balki kelajakda "So’zlar"ni loyig’idek tushunadigan, qabul qilib bag’riga bosib joni kabi qo’riqlaydigan eng ahamiyatli talabalar askarlardan yetishadi. Shuning uchun bu shaklda yozishga majbur bo’lyapman, shuni o’ylab o’sha qahramon askarlarni kutayotgan edim.
Mag’rur bo’lma, shukr qil, sen o’sha askarlardan baxtiyor biri bo’lganing uchun, avval yetishding. Yigirma To’rt adad "So’zlar"ni dunyoviy mashg’uliyatlar ichida yozishing mening bu husni zonimni tasdiqladi. Ammo ortda qolgan "So’zlar" juda muhimdir. Xususan "I'jozi Qur'on" va "Qadar So’zlari". Inshoalloh, boshqalarini senga yozdirgan Zot bularni ham yozdiradi. Hozirgacha yozgan "So’zlar"i vaqt bo’lganda yubor, go’zal tarzda tahrirlab yuboraman.
Marhum Muallim Judiyning qasidasi muborakdir. Janobi Haq u zotni Qur'on shafoatiga sazovor qilsin. Ko’rmagandim, ko’rib xursand bo’ldim, Alloh sizdan rozi bo’lsin. Yozgan salovoti sharifangizda xato uchratmadim. Undagi latofat va nuroniyat ko’rsatyaptiki, u haqida zikr qilingan savobga va fazilatga loyiq. Eshitdimki, "O’ninchi So’z"dan siz o’z nusxangizni otangizga yuborgan ekansiz. Men unga muqobil bir nusxani qardoshimga hadya qilaman. U nusxada tushunishni osonlashtiradigan ko’p yerlarida chiziq tortilgan. Uni Shayx Mustafo, Haqqi Afandi, Husan Afandiga bering va yana boshqa bilganingizga ko’rsating. Ular ham nusxalarini uniki bilan bir hil qilishsin. Qardoshim, shu g’urbat, asorat, yolg’izlik vahshatida Shayx Mustafo, Haqqi Afandi, sen va Husan Afandi kabi nurli do’stlar bilan yaqinlik qilib tasalli topyapman. Janobi Haq meni ham, sizni ham Haq yo’lidan adashtirmasin. Omin.
Shayx Mustafo va Haqqi va Husan va Adham Afandilarga salom bilan duo qilaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Oxirat Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(Xulusiy Beyga xitobdir.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ زَمَانِكَ الْمَصْرُوفِ لِكِتَابَةِ اَجْزَاءِ رِسَالَةِ النُّورِ
G’ayratli, jiddiy, xolis va muxlis oxirat qardoshim!
Birinchidan:Sizga "O’ttiz Ikkinchi So’z"ning ikkinchi mavqifini yubordim. {(Hoshiya): Birinchi Mavqifi esa Ramazon hadyasidir.} Diqqat bilan o’qing va chiroyli qilib ko’chiring. Agar xatolar bo’lsa, tahrir qiling. Shoshilib, g’amgin qalb bilan yozilgani uchun ichida chalkashlik bo’lishhi mumkin.
Ikkinchidan:Sizda vaqtinchalik sustlik, tanballik paydo bo’lganini yozyapsiz. Bahorda qonning g’alayonidan kelgan va tunlarning qisqarishidagi uyqusizligidan kelib chiqqan va tinglovchilarning qalblari ishga qaragani sababli tavallud etgan tamballik va sustlikdan boshqa, mobaynimizdagi ruhiy munosabatning vasitasida, musibatning belgisi sifatida mendagi larzaning sizga in'ikos va yuqishi mumkin.
Marhum Abdurahmonning vafoti vaqtida, Ramazoni Sharifda ruhiy holat tufayli bilmay kuchli larzaga keldi. Tushundimki, shuuriy va ixtiyoriy bo’lmagan ko’p in'ikoslar bor.
Ammo qardoshim, siz hozir ikki vazifani bajarishga vazifadorsiz: Biri, qardoshim Xulusiy Beyning vazifasini; ikkinchisi, ma'naviy avlodim, jiyanim va bir nuroniy daho sohibi bo’lish ehtimoli katta Abdurahmonning vazifasi ham sizga qo’shildi. U mening haqiqiy vorisim edi. Yozganlarim va molimni o’z moli deb bilardi, sohib bo’lardi. Siz bundan so’ngra yozish va so’zlarni domlangizning yozuvi deb qabul qilmang, o’z molingiz va so’zlaringiz deb biling, sohib bo’ling. Haqqi Afandiga aytginki o’zini ukam Abdulmajid o’rnida deb bilsin va uning vazifasi bilan vazifadorligini bilsin.
Uchinchidan:O’ttiz Uchinchi So’zdan boshqa So’z yozishga ehtiyoj qolmadi. Ushbu shar'an juda muborak o’ttiz uch adaddan ba'zi sabablarga binoan o’tmayman. Hamda Qur'on va iymonning asos haqiqatlarining eng kerakli va lozim bo’lgan qismlari deyarli hammasi yozilgan.
Umid qilamanki, Janobi Haq qabul qilsa va tavfiq bersa, yozilganlar zalolat bulutlarini tarqatishga kifoyadir. Har dardning davosi ichida bor demayman, lekin halok qiluvchi dardlarning aksar davosi yozilgan asarlarda bor. Siz ularning mutolaasini, qiymatli bir ibodat bo’lgan tafakkur qismidan deb biling. Ulardagi ilmni iymon nurlaridan va ma'rifatullohdan deb tasavvur qilingizki, zerikish bermasin. Yana, sizda va tinglovchilarda ishtiyoq bo’lgan payt o’qing. Sizga boqiy salom va duolarim.
Qardoshingiz Said
O’ttiz Uchinchining Birinchi Maqomiga doir sen fikringizni yozdingiz. Yoqqanini ko’rsatyapsiz. Haqqi Afandi, Muftiy Afandi va boshqa birodarlarning ham fikrlarini olib, menga yozing. Umum qardoshlarimga salom va duo qilaman va ularning duosini istayman.
Xulusiy Bey qardoshim, salafingizga yozilgan maktubingni o’qing, unga achining va duo qiling.
* * *
(Xulusiy Beyga xitoban yozilgan bir maktub.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حِسَابِ اَبْجَدْ اَعْدَادِ حُرُوفِ مَا قَرَاْتَهُ مِنْ اَجْزَاءِ رِسَالَةِ النُّورِ
Suyukli Qardoshim!
Sizni tashviq uchun emas, tashviqqa muhtoj emassiz. Faxrlanishga uchun emas, faxr ujb va riyoga sabab. Aksincha, shukrga sabab bo’lish uchun aytaman:
Siz va Haqqi Afandi men uchun yuzta jiddiy talaba o’rniga o’tdingiz. Hatto, Qadari Ilohiy meni bu yerlarga yuborishi, sizlarni bu muqaddas vazifaga uyg’otish uchun ekan, deya olaman. Xozir bu davrda tahqiqiy iymon darsini berish juda buyuk fazilat va muqaddas vazifadir. Tahqiqiy iymonga ega mo’min ko’p mo’minlarga tayanch nuqtasi bo’ladi. U qasddan emas mo’minlar avomi tahqiqiy iymoni sohibining iymon quvvatiga tayanib, ma'naviy quvvatlari sinmaydi, zalolatlarga qarshi tayanishadi.
Shunday darsda bo’lganingiz uchun, Janobi Haqqa shukr qilishingiz kerak. Men ham Janobi Haqqa yuz minglab shukr qilyapmanki, yukimni kuchli yelkalaringiz olgani uchun zaif yelkam og’irlikdan qutulib ruhim rohatladi. Istirohat topgan ruhim sizni maqtab, minnatdor bo’lyapti. Mas'uliyatdan qutulgan qalbim ham muvaffaqiyatingizga duo qilmoqda. Vazifani bajarish uchun ko’p o’ylashdan qutulgan aqlim ham sizni tabriklyapti. Men ushbu muqaddas vazifada o’zing bexabar ishlatilayotgan edim. Siz bilib xizmat qilyapsiz, baxtiyorsiz. Inshoalloh xolis niyatingiz mening chalkash niyatimni ham tahrir qiladi. Endi boshqa bir nechta nuqtani sizga bayon qilaman:
Birinchidan:Yozgan ba'zi narsalarimga doir fikringizni so’rar edim. Maqsadim, "Ko’rgan haqiqatim, ajabo haqiqatmi?" deb so’ramayman. Aksincha "Haqiqatga ochilgan yo’l, ajabo hammaga yo’l bo’lishi mumkinmi?" deb so’rayapman. Chunki umumning tushunishini sizlardek bilmayman.
Ikkinchidan:Musofir Muftiyga va Shayx Mustafoga sizga yuborilgan maktubning bittadan nusxasini berganingiz uchun yaxshi qildingiz. Hatto menga ham bir nusxa yuboring. Ham jiyanim u muftiyning o’g’liga aytingki, men tarafimdan oxirat qardoshim va Qur'on xizmatida birodarim va mashraban jalolli bo’lgan otasiga yozsin: Salom, duom bilan birga undan istaymanki, birga etgan Qur'on nurlarining oson tarqalishlari uchun irshod va nasihatida فَقُولَا لَهُ قَوْلًا لَيِّنًا oyatidagi lutfu irshodni o’ziga rahbar qilsin.
To’rtinchidan:So’ragan savollaringizga doir yonimda kitob bo’lmagani uchun Hanafiy ulamolarining so’zlarini va hadislarning rivoyatlarini hozircha bilmayman. Ammo menimcha bunday afzaliyat masalasida, umumiy qabulni his qildirgan jamoat odati tanlash sababidir. U Islomiyat odatidan ham afzal.
Birinchi Savolingiz:Agar Qur'on o’qilayotganda, namozning, tasbehotning oxiri bo’lsa, qiblaga qarab turganlar boshqa tomonga o’girilmasiligi yaxshiroq. Muazzinning oldidagi odam orqasini o’girsin, yoki ketsin. Agar Qur'onning o’zi o’qilsa, o’qiganga qarab yuzlanish yaxshiroq. Olti tomon bilan chegaralanmagan ruhining qulog’i bilan tinglagan odam qiblaga qarab yuzlansa va jismoniy qulog’i bilan tinglagan odam o’qiganga qarab yuzlansa yaxshiroq.
Ikkinchi Savolingiz:Jamoatning ishtiyoqi va o’qigan kishining niyatiga ko’ra afzalligi o’zgaradi.
{(Hoshiya): Ikkinchi Savol: Bomdod va sham namozlaridan so’ngra Hashr surasining oxirida هُوَ اللّٰهُ الَّذ۪ى dan boshlash sunnat ekan, لَا يَسْتَو۪ى dan boshlanishi afzalligi tark etilgan bo’ladimi?}
Uchinchi Savolingiz:Uch Ixlos bir Fotiha surasi muxtasar xatm hukmida bo’lgani uchun, unga vaqt chegarasi yo’q. Har doim o’qish yaxshi.
To’rtinchi Savolingiz:
اَللّٰهُمَّ اَنْتَ السَّلَامُ وَ مِنْكَ السَّلَامُ تَبَارَكْتَ يَا ذَا الْجَلَالِ وَ الْاِكْرَامِ
kalomini faqat muazzin emas, xar bir namozxon xar bir namozning salomidan so’ngra aytishi Shofe'iy mazhabida sunnatdir. Hanafiy mazhabida muazzin uchun xar namozda sunnat bo’lishi kerak.
Umum birodarlarga salom va bayramlaringizni tabrik etaman.
Oxirat Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
(Xulusiy Beyga yozilgan bir maktub.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
وَ عَلَيْكُمُ السَّلَامُ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ ضَرْبِ ذَرَّاتِ وُجُودِكُمْ ف۪ى عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ عُمْرِكُمْ
Aziz qardoshim, hamiyatli birodarim, g’ayratli talabam, suyukli jiyanim!
Sening go’zal maktubing menga shifoli bo’ldi. Men qattiq xasta holimda o’qidim, menga surur berdi. U surur xastalikni yengillatdi. Xastalikning sirri, senga yozgan insonlardan behojatlikka doir maktubning karomatidir. Chunki u maktubni bir kun ikki-uch kishiga, ularning hadyalarining qabul qilinmaganligiga asos bo’lish uchun o’qib berdim. Xuddi o’sha kun u kishining uyiga bordim. Ozgina ovqat keltirdi, birodarlarimning xurmati uchun bir oz yedim. O’sha kun haqiqatli maktubni ovqat sohibiga o’qiganim va xozir qarshi chiqayotganim umuman esimga kelmadi. Ovqatdan so’ng esimga keldi. Ammo hadya qabul qilolmayman, balki ovqat yeyilar deb tahmin qildim.
Ammo يَقُولُونَ مَا لَا يَفْعَلُونَ ostiga kirganim uchun shunday bir shiddatli ta'zir yedimki, to’rt yil ichida bunday xastalik ko’rmagan edim. Ammo Janobi Haqqa shukr qildim, bir-ikki yildan beri ba'zi alomatlar va hodisalar bilan o’ylagan haqiqat ushbu ta'zir bilan o’ta qat'iy ko’rindi.
Shayx Mustafoga mening nomimdan "Alloh shifo bersin" degin va shu hikoyani unga aytgin:
Bir vaqtlar ikki jiddiy oxirat qardoshlari bor ekan. Biri kasal bo’ladi, ikkinchisi ziyoratiga boradi. Duo qiladi, xasta yaxshi bo’lmaydi. "Unday bo’lsa sen turgin, men yotaman", deydi. Xasta turadi, uning o’rniga kasal bo’lib yotadi. Ha mayli... Demak Shayx Mustafo bilan qardoshligimiz jiddiylashganki, xastaligiga duo qildim, qabul bo’lmadi. Ammo menga bir necha kun davomi etishi aniq bo’lgan kasallikning bir qismi berildi. Inshoalloh unga bir oz yengillik kelgan bo’lishi kerak.
"So’zlar" haqida husni shahodatingiz menga buyuk tasalli berdi. Vazifamning tugamaganiga doir burhonlaringiz g’oyat quvvatli, lekin men o’ta quvvatsizman. Janobi Haqqa tavakkal qilib, burhonlarga bosh egyapman.
Jamoatga So’zlarni o’qiyotganimda, sendagi oliy hissiyot va ko’p inkishof va fidokorona diniy tuyg’u g’alayonining sirri shuki:
Eng buyuk valiylik - nubuvvat vorisligidagi tablig’ maqomining nurlari ostiga kirganing uchun bo’lgan. Sen dalloli Qur'on Saidning vakili, balki ma'nan uning o’zi hukmiga o’tganing uchundir.
G’urbat maktubi bilan Oy, zamin va sayyoralarga doir maktubimga javob berilmasligining sababi shu bo’lishi kerak: G’urbat maktubi, butun dunyoni unutishni xohlab yozilgan. Sen dunyoni unutishni emas, balki vazifa uchun eng yuzaki moddiyot bilan zehning to’ygan bir vaqtda, g’urbatdagi zavqni topolmading shekilli. Va u maktubning to’lig’iga vaqtincha parda tortilgan o’tkir zakovating qamray olmadiki, javob yozolmadi.
Narigi maktub juda yuksak va juda keng haqiqatlarga ishora qilgani va hadsiz oliy olamning va nihoyasiz ma’naviy olamning bir jihatdan xaritasiga ishora qilgani uchun sof, mashg’uliyatsiz, arziy va Yerlilardan ayrilib yuqoriga chiqqan aql kerak edi. Holbuki mening g’ayratli qardoshim, zaminning xaritasini oladigan vazifa bilan mashg’ul bo’lganing uchun, yuksak va juda keskin zakovating o’sha maktubga sukutni lozim qilishga majbur bo’lgan.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِه۪ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ
Aziz, siddiq, vafodor, haqiqatli, fidokor qardoshlarim Nuh Bey, Mullo Abdulmajid, Mullo Hamid!
Juda muborak hadyangizni ochdik, ko’rdikki, Van hadyasi emas, balki Madina-i Munavvara va Ravza-i Sharifaning muborak karomatli hadyasi ekan. Narxi ham, ustida yozilganidek yigirma besh lira emas, ma'nan yigirma besh ming liradan ham qiymatlidir. Muborak hadyani Madina-i Munavvara nomiga bu o’lkadagi Qur'oni Hakim xizmatida xolis xizmatkorlariga va birodarlarimga tarqatish uchun (boshu ko’z ustiga) qabul qildik. Ammo menga bu ma'naviy hadyaning ahamiyatli sirri bo’lgani eslatildi. Ya'ni, Janobi Haqqa yuz ming shukr qilamanki, Qur'onga va Zoti Risolatga xizmatimizning maqbuliyat alomati navidan bilib, Nabaviy iltifotni his qildim.
U sirni sizga ochish munosib ko’rindi. Jumladan: Hozir bu maktubni yozgan kotib bilan ukasi Mas'ud bir kuni birga, uch oydan beri bahsi etilmagan Ahmad Og’a haqida gaplashdik. Kotib Tavfiq bilan Mas'udga aytdimki: Barcha kitoblarni Diyorbakirdagi Ahmad Og’aga yuboramiz. U kishi yo Shomi Sharif tarafiga, yo Vandagi siddiqlarga yetkazadi. Bu gapimiz va mashvaratdan to’rt soat o’tib aynan Ahmad Og’a xabarsiz kirib keldi.
Xuddi o’sha kun qora siyohimiz bor edi. Koshki chiroyli qizil siyohimiz bo’lsaydi dedik. Biroz o’sha siyohdan tosh ustiga to’kdik, qora va binafsharang edi. So’ngra yozishni boshladik. Aynan istaganimizdek qizil bo’ldi. Bu holga yetti-sakkiz kishi qattiq hayratlandik. Bu ishni ham bir yaxshi alomat deb qabul qildik. Fasubhanalloh dedik, bunda bir sir bor. So’ngra birdaniga, Shomi Sharifda yaznam Mullo Said borligi, bir qancha kitoblarni Ahmad Og’aga berib yuborishim kerak, degandan so’ng, tom bir siddiq Nuh Bey esimga keldi.
Avval boshqa mamlakatga jo’natish niyatida, so’ngra Istanbuldagi qardoshlarning istashi bilan qora taqdirimiz suratini almashtirib porlaydi, degan ma'no berdik. So’ngra Misrga niyat qilib yozdirgan kitoblarimni, eng loyiq Vanni va eng sodiqi Nuhni ko’rdim, unga yuboraman deb Ahmad Og’a ketgandan so’ngra, uning orqasidan Burdurgacha yubordim.
So’ngra bu ishda shunday bir muvaffaqiyat va yengillashtirishlar bo’ldi. Bu yerda bir sir borliiga shubha qoldirmadi. E’tiborni jalb qildi. Diqqat qilsak, avvalgi maktubda sizga yozganimizdek, Istanbulda o’tirgan bir odam bu yerga uch marta musofir bo’lib kelib, u orqali Nuh Beyning uch marta maktub telegrammasi qo’limga keldi. O’tgan yil men qattiq sevgan Xulusiy Bey va Mullo Abdulmajid va Mullo Hamid va Domla Abdulmajid Afandilarning salomlari va ismlarini bir maktubda, yana Mahmad Afandi keltirdi. Aytdimki: Bu bir inoyat ishorati, tasodif emas.
So’ngra bizning nomimizga Nuhning hadyasi, yigirma besh liralik bir idish kelganini eshitdik. Birodarlar bilan birga hisobladik, biz bu yerda qaysi yili kitob hadyalarini Nuh uchun tayyorlayotgan bo’lsak, xuddi o’sha yili Nuh qirq kunlik masofada bexabar bizga o’sha miqdorda va ma'no jihati bilan muborak hadyani tayyorlayotgan edi. Bu tavofuq qat'iyan tasodif emas. Hatto bir qism do’stlar aytishdiki, bu Nuh Beyning karomatidir. Ajabo, Nuh Beyning karomati bormiki, bilgandek o’rniga o’rinini yuboryapti dedilar. Aytdimkiki: Ixlosning va sadoqatning ham valiylik kabi karomati bor. Balki ba'zan ustunroq bo’ladi.
Hadya kelgandan keyin, tuman markazida bir oy qoldi, olmadik. Nuhning maktubini olgandan keyin keltirib ochdik, hayratda qoldik. Taxminimizdan batamom yuqori chiqdi. Bu tabarruk narsaga nisbatan hojatsiz emas, balki bir Ravza-i Mutahhara iltifoti bo’lgani uchun unga nisbatan tilanchilik bilan iftixor qilaman.
كُلُّ شَىْءٍ مِنَ الْحَب۪يبِ حَب۪يبٌ
sirriga ko’ra, Habibning diyoridan kelgan hamma narsa mahbubdir. Va uning ichida bir, ayniqsa Ravza-i Mutahharaning lavha-i muzayyana va munavvarasi bor edi. Bir qism san'ati Ilohiyaning bir navi kichik muzeyi shakliga keltirgan hujramning devoriga o’sha lavha-i muborakani ham osdim va qarshisida o’tirdim. Chuqur, mushtoqona tomoshani boshladim. Birdan o’sha lavhada menga eslatayotganday qalbimga keldi: "Bizlar sening risolalaringning ma'nodor ishoralarimiz".
Fasubhanalloh aytdimki, bu hadya ichida sirlar bor. Tadqiqni boshladim. Ko’rdimki, yuborgan risolalarim necha parcha bo’lsa, har bir parchaga muqobil bir navi hadya bor. Yigirma bir parcha, ham risolalardan ham tabarrukdan sanadim. Bu tur tabarrukni hozirga qadar eshitmagan edim. Hech bir hoji bunday bir davrda, bunday qiziqib, har navdan bir qism olsin. Ham mening hisobimga Madina-i Munavvaraning muborak narsalarini menga ayirib yuborsin. Bu demak Nuh-muh ishi emas. Ravza-i Mutahhara sohibining bu tabarruk ichida bir iltifoti bor.
Modomiki kitoblarning qismlari va hadyalarning turlari bir-biriga muvofiq kelayotgan ekan, har bir qismning, bir qism kitobga ishorasi, munosabati bor. Ko’z o’ngimizdagi lavha, Mo’'jizoti Ahmadiya nomli asli besh qismdan iborat O’n To’qqizinchi Maktubga uyg’un kelyapti. Chunki bu lavha Ravza-i Mutahhara va Hujra-i Saodatning suratini ko’rsatgani kabi, Mo’'jizoti Ahmadiya Risolasi Asri Saodatning ma'naviy suratini olgan. Bu besh minora besh qismga ishora qiladi. Qubba Me'roj Risolasiga qaraydi.
Shunday ekan boshqa qismlar risolalarning qismlariga ishora qiladi deb e’tibor berdim. Yetti nav xurmo yuborilgan. Biri katta, o’ttiz uch donachalik. Fasubhanalloh dedim, yetti navni yuborishda qanday ma'no bor. Birdan qalbimga: Iymoni Billohga doir yetti qism bilan ayni haqiqat yozib, Vanga yuborilgan. E’tibor berdim. Ha, mavzu vahdoniyati Ilohiya bo’lib, Yigirmanchi Maktub bilan surati kichik, ma'nosi juda katta zayli bilan va Yigirma Ikkinchi So’z har biri bir risola, Birinchi Maqom, Ikkinchi Maqomi va O’ttiz Ikkinchi So’z Uchinchi Mavqifi bilan avvalgi ikki mavqif xar biri bir risola hukmida va O’ttiz Uchinchi Maktub O’ttiz Uch Deraza bilan yetti risoladir. U ham aynan yetti nav ma'rifatulloh nurlaridan bir haqiqat quyoshining ziyosidagi yetti rang kabi mohiyatda bo’lgani uchun, Nuh Beyning qo’liga Madina-i Munavvaraning hadyasi ichida xurmo haqiqatidan yetti tur berilib bu yerga yuborilishi, yetti Nurga muvofiqlik bilan bir maqbuliyat ishorasi dedik, Allohga shukr qildik.
Ulardan biri o’ttiz uch dona bo’lishi ham, u risolalarning biri O’ttiz Uch Deraza ekani va hadya ichidagi tasbeh uch marta o’ttiz uch chiqishi, O’ttiz Uchinchi So’zning O’ttiz Uchinchi Maktubidan o’ttiz uch derazasiga uyg’unligi; bizga Nuhni ixtiyorsiz, faqat bir zoxiriy vosita sifatida ko’rsatdi. Nuhga emas, balki Ravza-i Mutahharaga minnatdorona, mutashakkirona qaradik.
So’ngra ichidan muborak zamzam suvi, kattaroq bir shisha va porlagan nuroniy suratda chiqishini shunday tushundik: Modomiki muborak lavhada Mo’'jizoti Ahmadiyaga, yetti tur xurmo ma'rifatullohga va tavhid risolalariga ishora bor ekan, albatta zamzam suvi ham obi hayotning to’kin suvini koinotga tarqatgan Qur'oni Mubinning manbai va birinchi nuzul yeri zamzam qudug’i atrofi bo’lgani uchun, Yigirma Beshinchi So’z bo’lgan I'jozi Qur'onga ishora bor. Va maqbuliyat alomati bo’lib qabul qildik.
Said Nursiy
* * *
(Xulusiy Beyga yozilgan.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
Savol:Imom G’azzoliyning "Nash'a-i uxro nash'a-i ulaga batamom teskari", dega so’zining sababi nima?
Javob:Hujjat-ul Islom Imom G’azzoliyning nash'a-i uxro nash'a-i ulaga batamom teskari deyishi mohiyat va jinsiyat jihatidan emas. Chunki
هُوَ الَّذ۪ى يَبْدَؤُ الْخَلْقَ ثُمَّ يُع۪يدُهُ
Va
يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَ كَذٰلِكَ تُخْرَجُونَ
kabi ko’p oyatlarning ochiq-ravshan bayoniga muxolif bo’ladi. Bu muxoliflik xususiyat va surat e'tibori bilan. Hamda uxroviy ishlarning martaba jihatidan favqulotda yuksakligiga ishoradir. Hamda G’azzoliyning jismoniy hashr bilan birga ruhoniy hashrning ham sodir bo’lishiga ba'zi ahli botinga taqlid va uyg’un harakat qilmoq jihati bilan bir ishorasidir.
Savol:Sa'di Taftazoniy ruhni ikkiga taqsim qilgan: biri hayvoniy, ikkinchisi insoniy. So’ngra, "O’ladigan faqat hayvoniy ruhdir, insoniy ruh esa maxluq emas, u bilan Alloh orasida nisbat va sabab yo’q, jasad bilan bor bo’lmasdan, zotida mustaqil", deyishining sababi va izohi nima?
Javob:Sa'di Taftazoniyning
اَلرُّوحُ الْاِنْسَانِيَّةُ لَيْسَتْ مَخْلُوقَةً
deyishi; قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبّ۪ى sirri bilan, (baqo-i ruh bahsida bayon qilingani kabi) ruhning mohiyati; tirik amr qonuni, shuur sohiblari Hay ismining oynasi, javharga ega Sarmadiy hayot jilvasi bo’lgani uchun yaratilgan. Bu jihatdan maxluq deyilmaydi. Ammo Sa'd, Maqosid va Sharh-ul Maqosidda barcha Islom muhaqqiqiynlarining ijmo'iga va oyat va hadislarning nasslariga muvofiq bo’lib, "U amr qonuni xorijiy vujud kiydirilgan boshqa maxluqlar kabi maxluq va yaratilgan", degan. Sa'd ruhning azaliyligiga ishonmaganiga barcha asarlari shohid.
لَيْسَتْ بَيْنَهَا وَ بَيْنَ اللّٰهِ نِسْبَةٌ deyishi hulul kabi botil mazhabga raddiyaga ishoradir. Hayvonlarning ruhlari ham boqiy, qiyomatda faqat jasadlari fano topadi. Mavt esa yo’qlik emas, balki aloqaning to’xtashidir. وَ لَا سَبَبَ deyishi, zohiriy sabablarning vositachi bo’lishi va Azroil Alayhissalomning ruhlarni qabzi xususidagi munojoti bahsida aytilgani kabi, ruhning to’g’ridan-to’g’ri pardasiz, vositasiz ijod etilishiga ishoradir. اِسْتَقَلَّتْ بِذَاتِهَا deyishi; baqo-i ruh isbotida aytilgani kabi, jasad ruhga tayanadi, oyoqda qoladi. Ruh esa zotida qoimdir. Jasad xarob bo’lsa, ruh yanada ko’proq erkin bo’ladi, malak kabi ko’kka uchadi deganidir. Bu esa botil mazhabga raddiyaga ishoradir.
(Xususiy qismi)
Hashrga doir Rum surasida وَ مِنْ آيَاتِهِ وَ مِنْ آيَاتِهِ وَ مِنْ آيَاتِهِ hashrning boshqa-boshqa juda kuchli burhonlarini mo’'jizona bayon qilgan u oyatlarning ilhomi bilan, oyatlarga bir tafsir yozish niyatida bo’lgan vaqtimda bu savollarning so’ralishi latif bir muvofiqlik bo’ldi. وَ اَزْوَاجَهُمْ وَ اَوْلَادَهُمْ bayonini duo va munojotimga qo’shgan daqiqada esimga keldingiz. Bu duoda ham birinchilikni qozondingiz. Qalb bilan, qalam bilan, amalda aloqador bo’lish sharti bilan, yigirma to’rt soatda yuz marta, tasavvur jihatidan besh yuz marta ma'naviy foyda va duoimda hissador bo’lishga haqdor bo’lishingizni orzu qilgan vaqtimda bu savollaringiz meni sizning hisobingizga juda xursand va bir bashorat bo’ldi.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
وَ عَلَيْكُمُ السَّلَامُ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ عُمْرِكُمْ عَمَّرَكُمُ اللّٰهُ بِالسَّلَامَةِ وَ الْعَافِيَةِ
(Xulusiy Beyga xitob.)
Aziz Qardoshim!
Birinchidan:Maktubing menga ta'sir qildi. Ammo haqiqatni o’yladim, qayg’u ketdi. Haqiqat shuki: Mobaynimizdagi munosabat va qardoshlik inshoalloh xolis va Alloh uchun bo’lganidan, zamon va makon bilan chegaralanmaydi. Bir shahar, bir viloyat, bir mamlakat, balki Yer yuzi, balki dunyo, balki vujud olami ikki haqiqiy do’st uchun bir majlis hukmidadir. Bunday do’stlik va qardoshlikning ayrilig’i yo’q, faqat visoldir. Foniy, majoziy, dunyoviy do’stliklar sohiblari firoqni o’ylasin, bizga nima?
Mazhabimizda (yo’limizda) ayriliq yo’q. Sen qayerda bo’lsang, qardoshing bilan qo’lingdagi "So’zlar" vositasida suhbat qila olasan. Men ham istagan paytim seni yonimda dargohi Ilohiyga birga qo’l ochib niyoz etayotgan holatda ko’ra olaman. Agar taqdir sizni boshqa yerga yuborsa, اَلْخَيْرُ ف۪يمَا اخْتَارَهُ اللّٰهُ hukmiga ko’ra kamoli rizo bilan taslim bo’l. Ham sendek, inshoalloh qalbi salim, aqli mustaqim, haqiqiy iymon darsini bergan kishilarga boshqa yerlar yanada muhtojroq. Eg’irdirda lillahilhamd iymonga ko’p xizmat qilding. Eg’irdirdan ko’ra boshqa yerlar balki yanada muhtojroqdir.
Ikkinchidan:So’ragan birinchi savolingga qalbingni vakil qilaman. Qanday fatvo bersa, o’shanga roziman. Dunyo martabalari nuqtai nazarimda juda ahamiyatsiz bo’lish bilan birga, sen kabi martabasini Qur'on xizmatiga asos qilganlar uchun, minnat ostiga va xorlikka kirmaslik sharti bilan ma'qullayman. Ikkinchi savoling, ota-onangning istaklari juda muhim. Qur'oni Hakim bir oyati karimada besh tarzda ularga nisbatan shafqat va hurmatga amr qiladi. Agar osonlik bilan orzulari ro’yobga chiqishi mumkin bo’lsa, qilarsiz.
Uchinchidan:Aziz qardoshlarim, bahor va yozning tashvishlari, ham tunlarning qisqarishi, ham ush muborak oylarning o’tishi va aksar qardoshlarimning bir jihatdan hissa olishi va yana boshqa ba'zi sabablar, albatta bir daraja quvonchli qish darsiga sustlik beradi. Ammo ulardan kelgan sustlik sizga sustlik bermasin. Chunki u darslar, ulumi iymoniyadan bo’lgani uchun, bir inson faqat o’z nafsiga tinglatsa yetadi. Ayniqsa siz doimo bir-ikki haqiqiy qardoshni ham topa olasiz.
Yana, u darsni tinglaganlar faqat insonlar emas. Janobi Haqning ziyshuur maxluqoti ko’p bo’lib, iymon haqiqatlarini tinglashdan ko’p zavq olishadi. Sizning olar kabi birodar va tinglovchilaringiz ko’p. Mutafakkirona iymoniy suhbatlar - zamin yuzining ma'naviy ziynati va sharafining asosi ekaniga ishorat qilib bir kishi aytganki:
اٰسْمَانْ رَشْكْ بَرَدْ بَهْرِ زَم۪ينْ كِه دَارَدْ
يَكْ دُو كَسْ يَك دُو نَفَسْ بَهْرِ خُدَا بَرْ نِش۪ينَنْدْ
Ya'ni: Zaminda xolis Alloh uchun suhbat, zikr va tafakkur uchun bir-ikki nafas, ya'ni bir-ikki daqiqa birga o’tiradigan bir-ikki odamga samovot havas qiladi. Ular o’z Sone'-i Zuljalolining juda go’zal rahmat belgilari, juda hikmatli va ziynatli san'at asarlarini bir-birlariga ko’rsatib, Sone'larini sevib sevdirishadi, fikrlab fikrlatishadi.
Ilm ikki qismdir: Bir navi ilm borki, bir marta o’qilsa va bir-ikki marta fikrlansa kifoya qiladi. Boshqa bir qismi inson uni fikrlashga non suv kabi har doim muhtoj bo’ladi. Bir marta tushundim, yetadi deyolmaydi. Iymon ilmlari o’sha qismdandir. Qo’lingizdagi So’zlarning aksariyati inshoalloh o’sha jumlaga mansub.
Barcha qardoshlarimizga bir-bir salom yo’llayman. Ayriliq ehtimolidan ikkimizdan ko’ra Haqqi Afandi qardoshimiz qattiq xafaligi, ko’proq savob qozonishining alomatidir. Ammo Janobi Haq biz haqqimizda ko’p alomatlar bilan inoyat va rahmatini ko’rsatgani uchun, zoxiran ayrilsakda, inoyat va rahmat belgisi bo’lgan deb bilishimiz kerak.
To’rtinchidan:Siz kabi haqiqatga yetishgan va haqiqatdagi haqiqiy tasallini va asosli sevinchni topgan kishilarga iymon nurlarining va Qur'on sirlarining noshirlariga zalolatdagilar va shaytonlarning hiylalar bilan hujumlaridan kelib chiqqan qiyinchiliklar, g’am va qayg’uga sabr, matonat qil, xafa bo’lma va xavotirlanma deyishga ehtiyoj his qilmayman.
Ham xar doim, zindiqlarning menga hujumi g’ayratli talabam, jasoratli jiyanim bo’lgan uxroviy qardoshimdan boshlanishi ehtimoli borligini, Qur'oniy muhofaza xar qanday qiyinchilikka g’olib va iymon xizmati lazzati xar g’amni unuttiradi degan e'tiqodda bo’lganim uchun, seni jasoratlantirish va tashviq qilishni lozim ko’rmayman.
Raqim-ul huruf Hofiz Xolid senga salom yollar, duoingni istaydi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Oxirat Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
(Uchinchi Maktubning bosh qimsi.)
بِاسْمِ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ بِكَلِمَاتِ النُّجُومِ وَ الشُّمُوسِ وَالْاَقْمَارِ وَالسَّيَّارَاتِ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَعَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَرَحْمَةُ اللّٰهِ وَبَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ النُّجُومِ فِى السَّمٰوَاتِ
Aziz qardoshim va suyukli birodarim!
Hozir yuz qavatlik fitriy bir saroyning eng yuqori manzilida turibman. Sen ham ma'nan bu yerda hozir bo’l. Biroz suhbat qilib gaplashamiz. Qardoshim,
Birinchidan:Avvalgi maktubimda, barcha "So’zlar"ga doir savol so’ragan edim: Oralarida rad qilinishi mumkin bo’lgan haqiqatlar bormi? Yoki avomga izhor qilish zararlimi? Bu O’ttiz Ikkinchi So’zning Uchinchi Maqsadi uchun emas edi.
Ikkinchidan:Senga "Nuqta" Risolasini yuboryapman. Ajibki, Eski Saidning ilmiy kuchi, aql nazari bilan tushungan va ko’rgan haqiqatlarini qardoshing qalb guvohligi, vijdon nuri bilan ko’rganiga muvofiq keladi. Faqat ba'zi jihatlarda kamchiligi qolgani Yigirma To’qqizinchi So’zda to’ldirilgan. Xususan oxirdagi ramzli nukta va u ramzli nuktaning sirri bayonida ko’p haqiqatlar Nuqtada yo’q, Yigirma To’qqizinchi So’zda bor. Ammo bir-biridan juda uzoq ikki Saidning aqli, qalbining bu daraja ittifoqi ajib holdir.
Uchinchidan:Shayx Mustafoga salomimni yetkazib aytginki: Yozgan "Qadar haqidagi So’z"ing meni juda xursand qildi. Duo bilan qardoshlik haqqini ado qilganing kabi, buni yozib talabalik huquqini ham bajo keltirding. Alloh sendan rozi bo’lsin. Yozganingni Abdulmajidga yuboryapman. U yuzlab odamlarga o’qitadi, senga xar biridan savob keladi.
To’rtinchidan:Ukam Abdulmajidga bir maktub bilan ba'zi "So’zlar"ni yuboryapman. Sen o’ta ishonchli qilib pochtaga ber, adres: "Ergani-i Usmoniyada tijoratchilardan Vanli Shahobiddin Afandi vositasida Vanli Abdulmajid Afandiga". Bu manzilni yangi harflar bilan maktubga va omonatga yozing.
{(*): Maktubning bundan keyingi "Beshinchidan" qismi Maktubotda Uchinchi Maktubdadir.}
چُو لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ بَرَابَرْ مِيزَنَنْد هَرْشَىْ دَمَادَمْ جُويَدَنْد يَا حَقْ سَرَاسَرْ گُويَدَنْد يَا حَىْ
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
(Maktubotda O’n Sakkizinchi Maktubning boshi va Ikkinchi Muhim Masaladagi savolning javobiga bir zayl.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, ixlosli qardoshim Xulusiy Bey!
Savollaringa doir bir javob yozgandim. Qardoshimiz Xusrav bir izoh istadi. U ruhan sizga o’xshagani uchun uning talabiga sen ham ishtirok etganingni hayol qildim. Bu zaylni yozib, sizga yubordim.
Yana, Karomati G’avsiyaning birinchi qatoriga doir bir qism yuborildi, uning oxiriga yozarsiz. Yana, Karomati G’avsiya bilan munosabatdor bir nukta-i Qur'oniyani yubordik. Yo’limizga muxolif bo’lgan bu sirlarni izhor qilishga chorlagan ma'naviy eslatma bilan qardoshlarimizning sa'yga ziyoda shavqu g’ayratga kelishlariga bir vasila bo’lishdir.
Haqiqatdan bir vaqt sustlik keldi. Tavofuq chiqdi, shavqni yangiladi. Bir vaqt yana sustlik bosh ko’rsatdi. Karomati G’avsiya chiqdi, g’ayratni juda ham ziyodalashtirdi. Men bu holatdan tushundimki, izhor qilishning xizmatimizga zarari yo’q, bo’lsa faqat nafsimga zarar. Zotan nafsim xizmatga fido bo’lishga tayyor. Boshda muhtaram otangiz, Fathi Bey, Domla Abdurahmon, Kamoliddin, Umar Afandilar risolalar bilan aloqador bo’lgan kishilarga salom aytib, duo qilaman va duolarini istayman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz Said
* * *
(Xulusiyning ikkinchi savolining javobiga bir zayldir.)
Savol:Muhyiddin Arabiy vahdat-ul vujud masalasini eng yuksak martaba deb o’ylagani kabi, ahli ishq bo’lgan bir qism buyuk valiylar u zotnga ergashishgan. Bu masala eng yuksak martaba emasligi va haqiqiy bo’lmaganini, balki bir daraja sakarot va istig’roq ahlining hamda shavq va ishq asxobining yo’li ekanini aytyapsan. Shunday ekan, muxtasar tarzda nunbuvvat vorisligi sirri va Qur'onning ochiq ravshan bayoni bilan ko’rsatilgan tavhidning yuksak martabasi qaysisi? Ko’rsating.
Javob:Men kabi hech ichra hech ojiz bir bechoraning kalta fikri bilan bu yuksak martabalarni muhokama qilish haddimdan yuz daraja ustun. Lekin Qur'oni Hakimning fayzidan kelgan o’ta muxtasar bir-ikki nukta aytaman. Balki bu masalaga foydasi bo’lar.
Birinchi Nuqta:Vahdat-ul Vujud yo’lining botib qolishga ko’p sabablar bor, ulardan bir-ikkitasi qisqacha bayon qilinadi.
Birinchi sabab:Martaba-i rububiyatning xalloqiyatini a'zamiy darajada zehnlarga sig’dira olmaganlari va sirri ahadiyat bilan, hamma narsani shaxsan qabza-i rububiyatida tutganini va hamma narsa qudrat va ixtiyor va irodasi bilan vujud topganini qalblariga to’liq joylashtirmaganlari uchun, hamma narsa Udir yoxud yo’qdir yoki xayoldir yoki tazohuriyatidir yoki jilvalaridir deyishga o’zlarini majbur bilganlar.
Ikkinchi sabab:Umuman firoqni istamagan, firoqdan qattiq qochgan, ayriliqdan titragan, uzoqlikdan jahannam kabi qo’rqqan, zavoldan g’oyat darajada nafratlangan, visolni ruh va joni kabi sevgan, qurbiyatni jannat kabi, cheksiz ishtiyoq bilan orzulagan "ishq" sifati; hamma narsadagi aqrobiyati Ilohiyaning bir jilvasini mahkam tutish bilan firoq va uzoqlikni yo’q deb, uchrashish va visolni doimiy deb o’ylab, "La mavjuda illa Hu" deb, ishqning sakaroti va baqo shavqi, uchrashish va visolning taqozosi bilan o’ta zavqli hol yo’lini vahdat-ul vujudda ekanini tasavvur qilib, mudhish firoqlardan qutulish maqsadida, vahdat-ul vujud masalasini tayanch qilib olishgan.
Demak, birinchi sababning manbai, aqlning qo’li o’ta keng va juda yuksak ba'zi iymon haqiqatlariga yetishmagani va ihota qilolmagani va aqlning iymon nuqtasida batamom inkishof etmaganidan hamda ikkinchi sababning manbai, qalbning ishq nuqtasida favqulodda inkishofidan va g’ayri tabiiy inbisotidan va kengligidan kelib chiqqan.
Ammo Qur'onning ochiq ravshan bayoni, nubuvvat vorisligining buyuk valiylari va sahv ahli bo’lgan asfiyo ko’rgan tavhidning buyuk martabasi, ham juda yuksak, ham rububiyat va xalloqiyati Ilohiyaning buyuk martabasini, ham barcha asmo-i Ilohiyaning haqiqiyligini ifodalaydi. Va asoslarini muhofaza qilib va rububiyat hukmlarining muvozanasini buzmaydi.
Chunki: Janobi Haq zotiy ahadiyati va makondan munazzahligi bilan birga, hamma narsa barcha ishlari bilan to’g’ridan to’g’ri ilmi bilan qamragan va tashxis etilgan va irodasi bilan tarjih va tahsis etilgan va qudrati bilan isbot va ijod etilgandir. Butun koinotni bitta mavjud kabi ijod va tadbir qiladi. Bir gulni oson yaratgani kabi, ulkan bahorni ham yengillik bilan yaratadi. Bir narsa boshqa narsaga mone’ bo’lmaydi. Tavajjuhida bo’linish yo’q, ayni onda xar yerda qudrat va ilmi bilan tasarruf nuqtasida bo’ladi. Tasarrufida tarqalish va ajralish yo’q. O’n Oltinchi So’z va O’ttiz Ikkinchi So’zning Ikkinchi Mavqifining Ikkinchi Maqsadida bu sir tamomi bilan izoh va isbot qilingan.
لَا مُشَاحَةَ فِى التَّمْث۪يلِ qoidasiga asosan tamsildagi kamchilikka qaralmagani uchun, ikki mashrabning bir daraja farqi tushunilishi uchun nuqsonli tamsil aytib beraman. Masalan: Horiqo va o’xshovsiz g’oyat ulkan va juda ziynatli, sharqdan g’arbga bir onda uchadigan va shimoldan janubga yetadigan qanotlarini yig’ib ochadigan, yuz minglab naqshlar bilan ziynatlangan, qanotining xar bir patida o’ta dohiyona san'atlar joylashtirilgan tovus qushi faraz qilamiz.
Ikki tomoshabin bor, aql va qalb qanotlari bilan bu qushning yuksak xususiyatlari va horiqo ziynatlariga uchishni istaydilar. Biri bu tovus qushining vaziyatiga va haykaliga va horiquloda xar bir patidagi qudrat naqshlariga qaraydi, g’oyat ishq va shavq bilan sevadi, daqiq tafakkurni qisman tashlaydi va ishqni mahkam tutadi. Qarasa, xar kun sevimli naqshlar o’zgaradi va almashadi. Sevgan va mahliyo qilgan mahbublari yo’qoladi, zavol topadi.
U odam o’ziga tasalli berish va aqliga sig’dirolmagan haqiqiy vahdati bilan, mutlaq rububiyati va zotiy ahadiyati bilan qamrovli yaratuvchilikka ega naqqoshning bir naqsh san'ati deyish kerak ekan, uning o’rniga, "Bu tovus qushidagi ruh shunchalik oliyki, uning sone'i uning ichida yoki u unga bo’lgan, ham ruh vujudi bilan bir qancha va vujudi zohiriy surati bilan birlashgani uchun, ruhning kamoli va vujudning yuksakligi bu jilvalarni shunday ko’rsatadi, xar daqiqa boshqa naqshni va boshqa husnni izhor etadi. Haqiqiy ixtiyori bilan ijod emas, balki jilvadir, bir tazohurdir", deydi.
Boshqa odam aytadiki: Bu mezonli va nizomli g’oyat san'atkorona naqshlar, qat'iyan bir iroda, ixtiyor, qasd va istakni taqozo qiladi. Irodasiz jilva, ixtiyorsiz tazohur bo’lmaydi. Ha, tovusning mohiyati go’zal va yuksakdir. Ammo uning mohiyati foil bo’lolmaydi, balki munfaildir. Foili bilan umuman birlashmaydi. Ruhi go’zal va oliydir, ammo ijod qiluvchi va mutasarrif emas, balki faqat mazhar va madordir. Chunki xar bir patida nihoyasiz bir hikmat bilan bir san'at va nihoyasiz qudrat bilan ziynatli naqsh yaqqol ko’rinmoqda. Bu esa irodasiz, ixtiyorsiz bo’lolmaydi.
Bu mukammal qudrat ichida mukammal hikmatni va mukammal hikmat ichida mukammal rububiyat va marhamatni ko’rsatgan san'atlar jilva ishi emas. Bu yaltirovchi daftarni yozgan kotib uning ichida bo’lmaydi, u bilan birlashmaydi. Balki daftar faqatgina kotibning yozuv qalamining uchi bilan aloqador. Shunday ekan, koinot deyilgan misoliy tovusning favqulotda ziynatlari tovus Xoliqining porlagan bir maktubidir.
Endi tovusga qarab, maktubni o’qi. Kotibga moshoalloh, taborakalloh, subhanalloh deb ayt. Maktubni kotib deb o’ylagan yoki kotibni maktub ichida deb hayol qilgan yoki maktubni xayol deb o’ylagan kimsa, albatta aqlini ishq pardasi ostiga yashirgan va haqiqatning haqiqiy suratini ko’rmagandir.
Vahdat-ul Vujud yo’liga sabab bo’lgan ishq turlaridan eng muhimi, dunyo ishqidir. Majoziy dunyo ishqi haqiqiy ishqqa aylansa, vahdati vujudga aylanadi. Qandayki insonning bir mahbubni majoziy muhabbat bilan sevadi. So’ngra zavol va fanosini qalbiga joylashtirmagan oshiq, mahbubiga haqiqiy ishq bilan boqiylashtirish uchun, Ma'bud va Mahbubi Haqiqiyning jamolining bir oynasidir deb o’ziga tasalli beradi, haqiqatni tutadi.
Xuddi shuning kabi, ulkan dunyo va koinotni butun mavjudoti bilan mahbub degan, so’ngra ajib muhabbati doimiy zavol va firoq qamchilari bilan haqiqiy muhabbatga aylanganda, juda ulkan mahbubini zavol va firoqdan qutqarish uchun vahdat-ul vujud mashrabiga iltijo qiladi.
Agar juda yuksak va kuchli iymon sohibi bo’lsa, Muhyiddin Arabiyga o’xshagan zotlarga zavqli, nuroniy, maqbul martaba bo’ladi. Yo’qsa tahlikalarga tushish, moddiyotga kirish, sabablarga tiqilib qolish ehtimoli bor. Vahdatu-sh shuhud esa, zararsizdir. Ahli sahvning yuksak bir mashrabidir.
اَللّٰهُمَّ اَرِنَا الْحَقَّ حَقًّا وَ ارْزُقْنَا اِتِّبَاعَهُ
سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ
Qardoshingiz
Said Nursiy
* * *
(Yigirma Ikkinchi Maktubning Xotimasidagi bahsga bir zayldir.)
اَيُحِبُّ اَحَدُكُمْ اَنْ يَاْكُلَ لَحْمَ اَخ۪يهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ ... الخ
G’iybat bu oyatning qat'iy hukmi bilan Qur'onda qattiq nafrat qilinadigan va g’iybatchilar juda yomon va pastkashdir. G’iybatning eng yomon va eng xunugi, eng zolimona qismi, toza va nomusli kishini zino bilan ayblash, tuhmat qilishdir. Ya'ni ko’zi bilan ko’rgan to’rt shohidni ko’rsatolmagan kimsa bir erkak yoki xotin haqida zino qildi deyishi eng xunuk gunohi kabira va eng zolimona jinoyatdir. Ijtimoiy hayot iymonli qismini zaharlaydigan xiyonatdir, baxtiyor oilaning hayotini mahv etgan zulmdir. Ha, Nur surasi bu haqiqatni shunchalik shiddat bilan ko’rsatganki, vijdon sohibini titratadi va tuklarini tikka qiladi.
لَوْلَٓا اِذْ سَمِعْتُمُوهُ قُلْتُمْ مَا يَكُونُ لَنَٓا اَنْ نَتَكَلَّمَ بِهٰذَا سُبْحَانَكَ هٰذَا بُهْتَانٌ عَظ۪يمٌ
shiddat bilan farmon qilib, aytadiki: Ko’zi bilan ko’rgan to’rt shohidni ko’rsatolmagan kishining guvohligi o’tmaydi. Abadiyan shohidliklarini qabul qilmanglar. Chunki yolg’onchidirlar. Ajabo, bunday tuhmatga jasorat qiladigan, ko’zi bilan ko’rgan to’rt shohidni ko’rsata oladigan qanday odam bor. Qur'oni Hakim bu shartni qo’shtirib, bunday narsalarda og’iz ochmanglar, bu eshikni yopinglar deganidir. يُحِبُّونَ اَنْ تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ tahdidi bilan, unday kishilar munofiq kabi iymonlilarning ijtimoiy hayotini mish-mishlar bilan buzayotganlarini ifoda qilyapti. Ayniqsa g’iybat nomusli va e’tiborli va xurmatli kishilar haqida bo’lsa, xususan ahli ilm haqida bo’lsa va yana aqldan uzoq tuhmat bo’lsa... Masalan nomusli kishi, xurmatli, oilasi va qattiq ishongan bo’lsa, unga umuman to’g’ri kelmaydigan va uning xizmatkori bo’lgan va unga nisbatan xunuk kishi, dunyoda ularning birlashishini hech bir fitrat va vijdon qabul qilmasligini bilib, u bechora oilasini g’iybat qilishi, g’iybatning eng pastkashidir. Bunday pastkash g’iybatning sababi, insonning ihtiyorida bo’lmagan muhabbat orqali, xotinlarning ko’rolmasligidan, chivindan fil yasab, o’z iffatini ko’rsatib boshqa birovni ayblash kabi mish-mishlar kelib chiqayotgan bo’lsa kerak. Bu mish-mishlardan tavba qilishsin, yo’qsa Allohning qahri kelishi kuchli ehtimol. Tuhmatchilar amallarining jazosi sifatida o’zlari tuhmatga qolish ehtimolini o’ylab ko’rishsin.
Said Nursiy
* * *
(Yigirma Oltinchi Maktubning Ikkinchi Mabhasining oxiridir.)
(Men bilan ko’rishgan yoki ko’rishishni istagan do’stlarga bir dastur bo’lib, uzoqdagi bir qancha qardoshlarga yozilgan.)
Men bilan ko’rishishni xohlaganingni his qildim. Qardoshlarim, men bilan ko’rishish ikki maqsadda bo’ladi. Yo dunyo jihati bilan, ya'ni ijtimoiy hayot uchun. Bu tomondagi eshikni yopganman. Yoki uxroviy va ma'naviy hayot jihati bilan bo’lishi. Bu ham ikki jihat. Biri: Shaxsimga haddimdan ortiq husni zon qilib, ma'naviy istifoda olishni niyatida. Bu jihatni ham qabul qilmayman. Chunki men Qur'oni Hakimning faqatgina bir xizmatkoriman, u muqaddas do’konning bir dalloliman. Shaxsiy do’konimdagi abgor, ahamiyatsiz narsalarni sotishga chiqarmayman va chiqarishni istamayman. Chunki Qur'oni Hakimning muqaddas olmoslarining qiymatlariga shubha paydo bo’lmasligi uchun, abgor va shaxsiy do’konimdagi singan shisha parchalarini sotsam, haqiqiy sarrof bo’lmagan mijozlar dallollik vaqtida qo’limda ko’rgan olmoslariga ham shisha nazari bilan qaray oladilar, hayollariga chalkashlik, shubha keladi. Shuning uchun shaxsiy do’konimni qat'iyan berkitganman. Menga muqaddas do’konning xizmatkorligi yetadi. Qashshoq xizmatkor bo’lsam, ko’proq ta’bimga to’g’ri keladi.
Ikkinchi jihat shuki:Qur'on hisobiga va dallolligi, xodimligi nuqtasida men bilan ko’rishishdir. Bu jihatdan kelganlarni boshu-ko’z ustiga qabul qilaman. Bu ko’rishish uchun sharq va g’arb mone bo’lmaydi. Balki yerning usti va osti ham birdir. Suratan ko’rishishga unchalik ehtiyoj yo’q.
Ma'naviy ko’rishishning ham uch mevasi bor:
Birinchisi:Men dallollik qilgan muqaddas do’konning javharlarini mendan olish. U do’kondan hozircha o’n ikki kichik javharlarni sizga yubordim.
Ikkinchi mevasi:Besh vaqt farz bo’lgan namozini o’qigan va yetti gunohi kabirani tark etgan kishilarni bu ma'naviy aloqa va ko’rishish natijasi sifatida oxirat qardoshligiga qabul qilaman. Men xar tong ma'naviy daromadim nima bo’lsa, oxiratli qardoshlarimning amal daftariga o’tishiga Janobi Haqning dargohida niyoz qilib hadya qilaman. Ular ham, hissalarini daromadimizdan olishlari uchun, meni ma'naviy xayrlariga va duolariga hissador qilishlari kerak.
Uchinchi mevasi:Ularni yonimda (yo haqiqatdan yoki xayolan) hozir bilib dargohi Ilohiyga birga qo’l ochib duo qilib, Qur'onning xizmatiga doir qo’lni-qo’lga, qalbni-qalbga berib o’ta jiddiy ravishda qalbni bog’lash. Mana qardoshlarim, sizga shu uch meva hozirdan hosil bo’ldi.
Said Nursiy
* * *
FARQLI MASALALAR
BIRINCHI MASALA:
Savol:Salovotning ko’p hikmati va salot bilan birga salomni zikr qilishning sirri nima?
Javob:Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga salovot keltirish, bir o’zi bir haqiqat yo’lidir. Rasuli Akram Alayhissalotu Vasallam yuksak darajada rahmatga sazovor bo’lsalarda, nihoyasiz salovotga ehtiyoj ko’rsatganlar. Chunki Rasuli Akram Alayhissalotu Vasallam butun ummatning dardlariga aloqador va saodatlariga nasibadordir. Nihoyasiz istiqbolda abadul abad nihoyasiz vaziyatlarga tushgan ummatning butun saodatlari bilan aloqadorligining ehtiyojidan, nihoyasiz salovotga tashviq qilganlar. Yana, Rasuli Akram ham qul, ham rasul bo’lganlari uchun qullik jihati bilan salot istaydilar, risolat jihati bilan salom istaydilar. Bu qullik xalqdan Haqqa ketadi, mahbublik va rahmatga sazovor bo’lishadi. Buni اَلصَّلَاة ifoda qiladi. Risolat Haqdan xalqqa bir elchilik bo’lib, salomat, taslim va ma'muriyatining qabul bo’lishi, vazifasining ijrosiga muvaffaqiyat istaydi. سَلَام lafzi uni ifodalaydi. Biz سَيِّدِنَا lafzi bilan: Yo Rab! Yonimizda elching va dargohingda elchimiz bo’lgan raisingga marhamat qil, biz ham nasibador bo’laylik.
اَللّٰهُمَّ صَلِّ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ عَبْدِكَ وَ رَسُولِكَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ
IKKINCHI MASALA:
(Bir qardoshimizning uzun bir savoliga qisqa bir javobdir.)
Agar:"Zalolat va g’aflatdagilar tiqilib, kufru kufronga kirib, ahsani taqvimdan asfali sofiliynga qulashiga sabab bo’lgan tabiat nima?"desang.
Javob shuki:Tabiat nomi berilgan narsa: Allohning butun olamga qo’ygan yaratilish qonunlari bo’lib, mavjudotda ko’ringan Ilohiy ishlarning tanzim va nizomini ko’rsatgan Allohning tabiatga qo’ygan qonunlar majmuasidan iboratdir. Ma'lumki, qonunlar mavjud ishlar bo’lib, ilmiy vujudi bor, tashqi vujudi yo’q. G’aflat yoki zalolat turtkisi bilan Kotib va Naqqoshi Azaliyni tanimagani uchun, kitob va kitob yozishni kotib va naqshni naqqosh, qonunni qudrat, chizgichni manba, nizomni tartibga soluvchi, san'atni san'atkor deb o’ylashgan.
Vahshiy va insonlarning ijtimoiy hayotini ko’rmagan bir odam muhtasham lashkargohga kirib, qo’shinning ma'naviy nizomlar bilan mu’ayyan tartibda davom etayotgan harakatini ko’rib, moddiy iplar bilan bog’langan deb o’ylasa yoki muazzam bir masjidga kirib qarasa, Musulmonlarning jamoat va hayit namozlarida muntazam, muborak vaziyatlarini ko’rib, tomosha qilib, moddiy bog’lar bilan bog’langan deb o’ylasa...
Xuddi shuning kabi, vahshiydan ham vahshiy bo’lgan zalolat ahli osmonlar va yerning qo’shiniga ega bo’lgan Azal va Abad Sultonining muhtasham lashkargohi bo’lgan bu koinotga va Ma'budi Azaliyning buyuk masjidi hisooblangan shu olamga kirsa, Sultonning nizomlarini tabiat deb aytsa va haddan ortiq hikmatlarga liq to’la shariati kubrosini kuch va modda kabi kar, ko’r va jonsiz, aralash soyalardan iborat deb xayol qilsa, albatta unday jonliga inson emas, balki vahshiy hayvon ham deyilmaydi. Chunki u tasavvur qilgan tabiat uchun, "So’zlar" va boshqa risolalarimda yuz yerda, tabiat degan kufr fikrini tirilmaydigan qilib o’ldirilgan va "Yigirma Ikkinchi So’z"da o’ta qat'iy isbot qilingani kabi, xar zarrani, xar sababni butun mavjudotni yaratadigan qudrat va ilmga ega deyish, balki Vojib-ul Vujudning barcha sifatini unda deb qabul qilishdek tubi yo’q imkonsizlik ichra mahol bir zalolat, balki zalolatning devonaligidan kelgan ma'nosiz safsata deyish kerak bo’ladi.
Bir so’z bilan:"So’zlar"da o’ta qat'iy isbot qilinganki, tabiatparast odam bir Ilohi Vohidni qabul qilmagani uchun, behisob ilohlarni qabul qilishga majburdir. U ilohlarning xar biri hamma narsaga qodir bo’lish bilan birga, barcha ilohlarga ham zid, ham misl bo’lib, koinotning intizomi ichida birlashishi kerak bo’ladi. Holbuki ishlarga aralashishga pashshaning qanotidan to Quyosh tizimigacha hech qayerda pashsha qanotichalik sherikka joy yo’q.
لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا فَسُبْحَانَ اللّٰهِ رَبِّ الْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ
qat'iy farmoni shirk va ishtirokning asoslarini qat'iy burhon bilan kesadi.
UCHINCHI MASALA:
Kufr jahannamning ma'naviy urug’i ekanini "Ikkinchi So’z", "Sakkizinchi So’z" va boshqa "So’zlar"da isbot qilingani kabi, moddiy jahannam ham uning mevasidir. Jahannamga kirishiga sabab bo’lgani kabi, Jahannamning vujudiga ham sababdir. Zero kichik hokim, kichik bir izzat, kichik bir g’ayrat, kichik bir jaloli bo’lsa, bir adabsiz unga: "Meni jazolaymaysan va jazolay olmaysan", desa. Xar holu korda qamoqxona bo’lmasa ham, u uchun bir qamoqxona qurdiradi va uni qamaydi. Kofir esa Jahannamni inkor qilib nihoyasiz g’ayrat, izzat va jalol sohibi, o’ta buyuk zotni inkor va bezovta qiladi, yolg’onchilik va ojizlik bilan ayblaydi. Izzatiga yerga uradi, jaloliga isyon bilan qarshi chiqadi. Albatta, farazan ,Jahannamning umuman yaratilish sababi bo’lmasa ham, bu daraja yolg’onlash va bezovta qilishga ega kufr uchun Jahannamni yaratadi, ichiga kofirni tashlaydi.
TO’RTINCHI MASALA:
Agar:Nima uchun kufr va zalolatdagilar dunyoda hidoyatdagilar ustidan g’olib bo’ladi?deb so’rasang.
Javob shu:Chunki kufrning telbaligi, zalolatning sarxushligi va g’aflatning tentakligi bilan abadiy olmoslarni sotib olish uchun berilgan insoniy iste'dod va hislar sarmoyasini foniy shishalarga, sovuq muzlarga beradi. Albatta shisha va jonsiz muz olmos narxida olingani uchun, eng a'lo shisha va eng porloq muz sotib olinadi.
Bir kuni boy olmoschi odam devona bo’lib, bozorga boradi, besh so’mlik shisha parchasiga besh oltin beradi. Boy devonaga hamma eng yaxshi shishalarini olib kelaldi, hatto bolalar ham chiroyli muz parchalarini unga berib, bittadan oltin olaishadi.
Bir kuni bir podshoh mast bo’lib, bolalarning ichiga kiradi, ularni vazir va bosh sarkarda deb o’ylaydi. Shohona amr beradi, bu bolalarga yoqadi, yaxshi itoat qilganlari uchun chiroyli bir vaqtichog’lik qiladi.
Kufr ham bir devonalikdir, zalolat sarxushlikdir, g’aflat telbalik bo’lib, boqiy o’rniga foniy matoni oladi. Ushbu sirdan, ahli zalolatning hissiyotlari kuchlidir. O’jarligi, hirsi, hasadi kabi hamma narsasi shiddatli. Bir daqiqa xavotirga arzimagan narsaga bir yil qaysarlik qiladi.
Ha, kufr telbaligi, zalolatning sarhushligi, g’afatning sarosimasi bilan fitratan abadiy va abad xaridori bo’lgan insoniy latifa mahv bo’ladi, abadiy narsalar o’rniga foniyini oladi, katta narx to’laydi. Mo’minga kelsak, unda ham bir asabiy xastalik mavjud yoki qalbiy kasallik bor. U ham ahli zalolat kabi, ahamiyatsiz narsalarga ko’p ahamiyat beradi. Lekin aybini tez anglaydi, istig’for aytadi, dovdirab turmaydi.
رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
BESHINCHI MASALA:
Muhim bir oyat sirri:
Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning majmui mo’'jiza bo’lgani kabi, xar bir surasi ham bir mo’'jiza, hatto juda ko’p oyatlarning xar biri mo’'jiza yoki bir i'joz lam'asini ko’rsatadidi. Masalan, Sahobadan bahs qilgan Fath Surasining oxirgi oyati: مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ dan boshlab, barcha hijo harflarini ichiga olib, sahobalarning mashhurlarining tabaqasini - Asxobi Badr, Shuhado-i Uhud, Asxobi Suffa, Ahli Bay'ati Rizvon kabi olamda shuhrat topgan tabaqalarning ismlarining soniga ishora qiladi va undan avvalgi هُوَ الَّذ۪ٓى اَرْسَلَ رَسُولَهُ oyati oltmish uch harf bo’lib, Payg’ambarimizning (s.a.v.) umriga ishora qilgani kabi, biz bahs qilgan oyat bilan birga Asxobi Badr, Suffa, Uhud va Ahli Bayti Nabaviyning sonini ko’rsatadi. Oxirgi oyatning soni ikki yuz oltmishdir. Asxobi Badr, Shuhado-i Uhud bilan birga, Badr bilan Uhud Shahidlarini bir deb sanalsa va bir hil ismli sahobalar bir deb sanalish sharti bilan ikki yuz oltmish bo’ladi.
Ayni oyatdagi harflar kabi, Asxobi Badr, Asxobi Suffa aytganimizdek, ikki yuz oltmish to’rt bo’ladi. Oyatda to’rt ortiq bo’lib, Xulafo-i Arbaa yoki Xamsa-i Oli Abadan to’rt kishiga ishora bor. Oyatda xar bir harfning qancha takrorlangani va Asxobi Badr va Uhud va Suffaning ismlariga qay daraja muvofiq kelishi adad ko’rsatishiga, keladigan harflarga diqqat qil:
Hamza lafzi (9), o’qilmaydigani (15) muvofiq kelyapti. ب (4) ت (8) ث (2) muvofiq, ج (8) muvofiq, ح (3) خ (10) د (6) ذ (3) muvofiq, ر (16) muvofiq, ز (6) muvofiq. Uhud va Suffadan س (7) muvofiq, Suffadan ش (2) muvofiq, Suffadan ص (2) muvofiq, Badrdan ض (2) muvofiq, Suffadan ط (1) ظ (3) Uhudda Abadila-i Sab'a, Xulafo-i Salosa ع (10) muvofiq, Suffadan غ (6) ف (14) ق (1) muvofiq, Badrda ك (6) ل (34) م (24) muvofiq, ن (16) muvofiq, ه (16) و (15) ى (12) muvofiq, لا (2) alif (18) muvofiq.
Bu harflarning yarmi Asxobi Badr, Suffa va Uhudda muvofiq. Muvofiq kelmahanlar boshqa tabaqalarning soniga muvofiqdir. Masalan, Ahli Bay'ati Rizvon kabi mashhur tabaqalarga.
Yana, diqqatga sazovor joyi:
ثُمَّ اَنْزَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ بَعْدِ الْغَمِّ اَمَنَةً نُعَاسًا
oyatida shu oyat kabi barcha hijo harflarini ichiga olgan. Ammo buning aksiga, u harflarning takrorlari ajib bir munosabat tarzida kelgan. Bu oyat bir-biriga qaraydi. Qardosh qardoshiga muvofiq kelmaydi. Demak bu oyatdagi harflarning vazifasi, oyatning ma'nosini quvvatlab, bahs etgan sahobalarining ismlariga qaraydalar. Ha, bu oyati karima jumlalari bilan ko’rsatgan ayni hukmni yana kalimalari bilan, harflari bilan ayni ma'noga ishora qiladi. Masalan, bu oyatning harflari Sahobalarga qaraganlari kabi, qaydlari ham Sahobalarning mashhur sifatlariga qaraydi. Sifatlarni ko’rsatib, o’sha sifat sohiblariga ishora qilmoqda.
Masalan: وَالَّذ۪ينَ مَعَهُ dagi maiyati xossa, maxsus suhbatni zikr qilb, Abu Bakr Siddiqning faxr va shuhratiga sababi bo’lgan xos hislati bilan ishora qiladi.
اَشِدَّٓاءُ عَلَى الْكُفَّارِ kuchli Islomiy fidokorlik tuyg’usi bilan kofirlarga qat'iy g’alaba qilib mashhur bo’lgan Hazrat Umarni oyna kabi ko’rsatadi.
رُحَمَٓاءُ بَيْنَهُمْ shafqati va rahmdilligi bilan hamma tomonda shuhrat topgan Hazrat Usmoni Zinnuraynga ishora qiladi.
تَرٰيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا qaydi bilan, ruku va sajdada davomli va ko’p qilishi bilan mashhur bo’lgan Hazrat Aliyyil Murtazoga ishora qiladi.
يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِنَ اللّٰهِ وَ رِضْوَانًا jumlasi bilan Ahli Bay'ati Rizvonga,
س۪يمَاهُمْ ف۪ى وُجُوهِهِمْ مِنْ اَثَرِ السُّجُودِ Asxobi Suffaga,
ذٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرٰيةِ fuqaho va ulamo-i Sahobaga,
وَمَثَلُهُمْ فِى الْاِنْج۪يلِ Asxobi Hunayn, Fath, Uhud va Badrdagi Sahobalarning nomdor yigitlariga ishora qilgani kabi, Anbiyodan so’ngra Bani Odam ichida eng yuksak, eng nomdor, eng mumtoz Sahobalarning ustunlik sabablari, tanlanganlik manbalari va axloq ma'danlari hisoblangan yuksak vasflari, oliy axloqlari va buyuk muomalalariga aytilgan qaydlar va sifatlar bilan ishora qiladi.
O’sha qaydlar bilan aytadiki: Sahobalarning xalqqa: Dushmanlariga shiddatli, do’stlariga va mo’minlarga rahmdil, Janobi Haqqa ruku va sajdada mukammal itoatda, xar bir ishlarida Janobi Haqning rizo va fazlini maqsad qilib kamoli ixlosdadir.
Sahobalarning ilmda, amalda, siyosatda va askarlikda ko’rsatgan favqulodda matonati, taraqqiyoti, sabot va ustunliklarini, moziydan Tavrot va Injilni shohid ko’rsatib mo’'jizaviy tarzda bildirib, istiqbolda ibodat va jihod vazifasida horiquloda harakatlarni amalga oshirishlarini xabar berib mo’'jizaviy ko’rinishda moziy va istiqbolda ikki g’aybiy xabar bilan Sahobalarning mo’jizaviy hollarini xabar berib, ushbu oyatda bir mo’jizalik shu’lasini ko’rsatadi. Oyatning yana boshqa ko’p ishoralari bor. Izohi uzun, qamrab olishimiz noqis va qo’limiz qisqa bo’lgani uchun, tugatdik.
Modomiki ushbu oyat ham jumlalari, ham kalimalari, ham harflari bilan turli-turli vazifalarni bajarib, qasd qilingan ma'noning atrofida to’planib unga qaramoqda. Ajabo, bu oyatning biz bilmagan va bayon qilmagan yana ko’p ajoyib sirlarni jamlagani yo’qmi?..
OLTINCHI KICHIK BIR MASALA:
O’ttiz uch adad "So’zlar" va o’ttiz uch adad "Maktublar"ning majmuiga Risolat-un Nur nomi berilishining sirri shuki:
Nur kalimasi menga hayotim davomida hamma joyda uchradi. Jumladan qishlog’im Nursdir, marhuma volidamning ismi Nuriyadir, Naqshiy ustozim Sayyid Nur Muhammaddir, Qodiriy ustozim Nuriddin. Qur'on ustozlarimdan Nuri, talabalarimdan men bilan eng ko’p aloqadori Nur ismli bo’lganlardir. Kitoblarimni eng ko’p izoh va tanvir etgan Nur misolidir. Qur'oni Hakimdagi eng avval aqlim va qalbimga porlagan, fikrimni mashg’ul etgan
اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ مَثَلُ نُورِه۪ كَمِشْكٰوةٍ
oyatidir. Ilohiy haqiqatlarda mushkulotimning aksarisini hal qilgan asmo-i husnadan nuroniy Nur ismidir. Qur'onga qattiq yo’naltirish va xos xizmatim uchun xususiy imomim Zinnurayndir.
اَللّٰهُمَّ يَا نُورَ النُّورِ وَيَا مُنَوِّرَ النُّورِ وَيَا مُصَوِّرَ النُّورِ وَيَا مُقَدِّرَ النُّورِ
وَيَا مُدَبِّرَ النُّورِ وَيَا خَالِقَ النُّورِ وَيَا نُورًا قَبْلَ كُلِّ نُورٍ وَيَا نُورًا بَعْدَ كُلِّ نُورٍ وَيَا نُورًا فَوْقَ كُلِّ نُورٍ وَيَا نُورًا لَيْسَ مِثْلَهُ نُورٌ
سُبْحَانَكَ يَا لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ الْاَمَانُ الْاَمَانُ اَجِرْنَا (وَ عَل۪ى) مِنَ النَّارِ وَ اَدْخِلْنَا (وَ اَدْخِلْ عَل۪ى) الْجَنَّةَ مَعَ الْاَبْرَارِ وَ نَوِّرْ قُلُوبَنَا وَ قَلْبَهُ وَ قُبُورَنَا وَ قَبْرَهُ بِاَنْوَارِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ يَا رَح۪يمُ يَا غَفَّارُ وَ صَلِّ عَلٰى مُحَمَّدٍ الْمُخْتَارِ وَ اٰلِهِ الْاَطْهَارِ وَ صَحْبِهِ الْاَخْيَارِ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ
Said Nursiy
* * *
(Xulusiy Beyning savoliga javob.)
(Tishlarni qoliplash haqidagi savolga javob.)
1932 yildagi savolingizga hozircha atroflicha javob berolmayman. Ammo bu masalaga aloqador bir-ikki shar’iy masalani qisqacha yozyapman. Jumladan:
Tahorat vaqtida og’izni yuvish farz emas, sunnatdir. Ammo g’usl vaqtida og’izni yuvish farzdir. Kichik joyi yuvilmay qolsa bo’lmaydi, zarardir. Shuning uchun tishlarni qoliplash haqida ulamolar fatvo berishga jasorat qilolmaydi. Imom A'zam bilan Imom Muhammad (Roziyallohu anhuma) kumush va oltindan tish qoplatish haqidagi fatvolari, doimiy (sobit) qoliplar haqida emas. Holbuki tish masalasi umumga kelgan balo sifatida shu daraja tarqalganki, olib tashlash mumkin emas. Ummatni bu azim balodan qutqarish chorasini o’yladim, birdan qalbimga bu nuqta keldi. Mujtahidlarning vazifasiga qo’shilishga haddim va haqqim yo’q, ammo umumiy balo zaruratiga qarshi, fatvolarga tarafdor bo’lmaganim holda aytamanki:
Agar dindor bir mahoratli shifokor ko’rsatgan ehtiyojga binoan qolip qo’ydirish kerak bo’lsa, ostidagi tish og’izning tashqi tishlikdan chiqib, ichki tish hukmiga o’tadi. G’uslda yuvilmasligi g’uslni bekor qilmaydi. Chunki ustidagi qolip yuviladi, uning o’rniga o’tadi. Jarohat ustidagi bog’ichlarning zarar uchun olib tashlanmagani uchun jarohat o’rniga yuvilishi, shar'an yarani yuvish o’rniga o’tgani kabi, ehtiyojga binoan doimiy qolipning yuvilishi ham tishning yuvilishi o’rniga o’tadi, g’uslni bekor qilmaydi.
وَالْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ
Modomiki ehtiyojga binoan ruxsat berilar ekan, albatta faqatgina bezak uchun, ehtiyoj bo’lmay turib tishga qolip go’ydirish yoki to’ldirish bu ruxsatdan istifoda etolmaydi. Chunki hatto zarurat darajasiga kelgandan so’ng bunday umumiylashgan baloda agar bilib turib sui ixtiyori bilan qilinsa, zarurat halol bo’lishiga sabab bo’lmaydi. Agar bilmasdan qo’yilgan bo’lsa, zarurat uchun albatta ruxsat bor.
Said Nursiy
* * *
(Uch jasadli bir ruhning bir bayoni. Ya'ni: Hofiz Ali, Sabri, Saripichoq Ali)
O’ttiz Birinchi Maktubning O’n Yettinchi Yog’dusining O’n Yettinchi Nuqtasining yetti masalasidan ikkinchi masalasi ekan, Yigirmanchi Yog’du bo’lgan Ixlos Risolasini oldim. Kuleonuda qardoshim Ali Afandi bilan, Yigirma Birinchi Yog’du nomli projektor-misol, tunni kunga o’girgan, juda muborak, juda qiymatli va o’ta ta'sirli risola bilan, Yigirma Ikkinchi Yog’du bo’lgan O’n Yettinchi Mulohazaning Uchinchi Masalasi ekan, Lamaatga qo’shilib, sotsializm va bolshevizm o’yinlari bilan, insonlar olamining haqiqiy fitriy hayotini unuttirish, abadiy zulmatlarni, tenglik asosi nomli, o’z shaxslarini istisno qilib, Islom millatini asossizlikka otganlari, gazli bombalari bilan bir jihatdan tunni keltirganlari kabi, go’yo istilo qilgan ma'naviy tuproqda nabotot qobiliyatiga asos bo’ladigan hayot ham qoldirmasdan yondirishgan paytda, ushbu Yog’du olamni nurlantirib, quyoshni ko’rsatib, obi hayoti bilan uyg’oq zamin ustini ko’kartirganini ko’rsatmoqda.
Muhtaram Afandimiz! Bir hafta avval moddiy jihatdan kichik va ma'nan katta bir noma-i marg’ubalaringizni Bekir Bey vositasi bilan bir qo’shin quvatida oldim. Janobi Arhamurrohimiynga hisobsiz hamdu shukr bo’lsinki, biz kabi ojiz, zaif, faqir, qusurli qullarini hech bir zamon moddiy va ma'naviy taqviya-i rahmatidan uzoq tutmaydi. Esgan shamollar vaqtinchalik eshik va derazalardan kirsalar ham, u xonaning sohibi darhol berkitadi va uyg’otganini ko’rsatadi. Garchi ko’p o’qiy olmayotgan bo’lsak ham, yozuvni ayni vaziyatda yozmoqda.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Muhtaram Afandim! Yozilgan risolalar haqida fikringiz qanday deb so’rayapsiz? Ustoz Hazratim! Nima deylik? Bizning ma'naviy yara va xastaliklarimizni tashhis qilib, o’ldirmaslik uchun xar qanday muolajalari bilan aralash, ham ozuqali, ham ta’sirli dorilarini Janobi Haqning ehsoni bilan yuboryapsiz. Ixlos haqida avvalroq, xususan keyin ehson qilingan risolalarni o’qigan sari, vujudimning og’riganini va xar zarrasining titraganini, turli joylarda tavallud etgan qurtlar o’ynashni boshlagan sari, eng ahmoq va ablahcha harakatlarimni ko’rsatishdi.
So’zlar tajriba bilan yozilgani uchun, umum qardoshlarimiz ogohlantiriladi. Va xar kishiga muqaddasligi bilan, go’yo unga xitob etayotgandek ulviyat bilan zamzam suvi ichiradi. Ixlosi butun, vijdoni pok, ruhi taslim, jismi latif, nasabi toza qardoshlarimiz, bu ogohlantirish bilan Janobi Arhamurrohimiynga niyoz etib, "Yo Rab, umum birodarlarimizni yaramas narsalardan xalos et va ixlosi tomma ehson et", degan duolarida, oldin arz qilingan besh yuksak va bilingan xususiyatga kirmagan va kasofatli ruhi bilan ko’plab nurni chalkashtirgan va zohir holi bilan sababi risola bo’lib, umumning duo va himmatlarini xar on orzulagan, bu yo’lda Risola-i Nurga boshini egib va jonini fido qilganlarni Janobi Arhamurrohimiyn, Habibi Akram Alayhissalotu Vassalom, Qur'oni Hakim va hizb-ul Qur'on hurmati uchun mag’firatini niyat qilib talab etganlari xizmatida muvaffaq qilsin.. omin.
Ushbu muborak risolalar tashna bir odamning suvni ko’rganida kichik ko’zada bo’lsa qozoniga quyish, katta ko’l va dengiz bo’lsa, ichiga kirishni istagani kabi, bu davrning nursiz yoquvchi shiddatli haroratiga qarshi ixlos dengizini ko’rsatib tashnalikni qondirish va xar turdagi javhar va olmoslar ichida ekanini bayon qilib, u dengizga da'vat qiladi. Nafs tolibi bo’lganini riyo va hubbu joh kabi xar jihatdan zararli ilonlar kabi zaharlagan, ibodat pardasi ostida dunyoni qo’lga kiritishni istab, qabr eshigida xatosini bilgan va odamlarning e'tiboriga muhabbatdan, fir'avn kabi g’arq bo’layotgan vaqtda qaytishni istab, hech kimga muyassar bo’lmagan ishni va tafsilotlari bilan u olamlarni bu yog’dular shunday nurlantirmoqdaki, agar murodi Ilohiy bo’lsa, bu davrning shuxratparast zindiqlari ko’rsalar edi, qo’llaridagi vujudlariga zamharir keltirgan muzlarni tashlab, ixlos bilan iymon keltirib, Qur'onning olmos javharlarini olishar edi.
Muhtaram Afandim! Karomati Alaviya Risolasi ko’p jihatdan karomat bo’lgani kabi, Risola-i Nur shogirdlarini uyg’onishga va tashviqqa, sa'yu g’ayratga, jasoratu shijoatga shavq bilan harakat qilgan yo’llarida yolg’iz emasliklarini va qarshida dushmanning faqat ularning dushmani emas, balki moziyda turgan va bizga juda yaqindan qaragan oliy ruhlarning ham dushmani hisoblanib, oliy ruhlar qarshimizda yo’lboshchi, atrofimizda zirh kabi qo’riqchi va yordamchi ekanlarini ko’rsatib, zaiflarga quvvat, qo’rqqanlarga jasorat va shijoat, kuchlilarga rafiq bo’lmoqda va bu risolaga xar doim hammaning ehtiyojini ko’rsatmoqda. Bu davrning ilmiy qiyofasi, din namoyandasi va millat rahbari pardalari bilan ilmni "menlik"ka, dinni dunyoga va o’zlari mayxonaga tushgan ulamo-us suni xabar berib, iymon va irfon ahlini insofga, ittifoqqa, birlashishga da'vat qiladi.
Jumlamiz xurmatli xoki poyilariga yuzlarni surib, muborak mukarram qo’lu etaklarini o’pamiz afandim.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Islom Qishlog’idan Ali (RH)
Kuleonundan Ali
* * *
(Xusravga xitoban yozilgan bir maktub.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكَ وَ عَلٰى وَالِدَتِكَ وَ عَلٰى اَخ۪يكَ وَ عَلٰى اِخْوَانِكَ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, muborak, siddiq qardoshim!
Birinchidan:"So’zlar"ni boshlamasdan ikki oy avval ko’rgan muborak tushing juda go’zal, ham haqiqatdir. Ha qardoshim, sen bir abadiy bo’ston bo’lgan Qur'oni Hakimning jannatidan, guli Muhammadiy (ASV) nomli, hadsiz nuroniy haqiqatlarning fabrikasi hukmida, Qur'oniy haqiqatlar tafsiri atrofida halqa bo’lgan va siz kabi charxlardan tashkil topgan muborak jamoat ichida eng xos va o’sha tush eng yuksak martabaga kotib tayin qilinganiga bashorat bergani kabi, biz ham bashorat qilyapmiz.
Ikkinchidan:Bu safar sen yozgan Mo’'jizoti Ahmadiya (ASV) risolasi juda ajoyib chiqqan. Kim unga qarasa, haqiqiy zavq his qiladi. Demak ma'naviy, xolis, samimiy hislar moddiy naqshlar suratida o’zini his ettiradi. Bu sirga men voqif bo’lgan vaqtim, qardoshim G’olib ham ayni hisga ishtirok etdi.
Ha, buning ostida ma'naviy tabassum bor deya, sening xatingni o’z xatidan ustun ko’rib javob berdi. Yozgan risolang vositasida juda ko’p insonlar iymonlarini quvvatlamoqda. Muhabbati Ahmadiya (ASV) qalblarida ziyodalashmoqda. Ishorati g’aybiya haqida shubhalari qolmayapti. Kelgan savob ham amal daftaringga yozilyapti. Qur'on va Rasuli Akram (ASV) so’zlaridan boshqa, ishora qilgan kalimalar juda ma'nodor, ham bir asosdir. Ikki kalimaning muborak tavofuqiga hujjatdir. Ham ko’rsatmoqdaki; barcha tavofuqlarga ham rioya qilmagan, ikki kalimaning tavofuqiga qalam aralasha olmaydi. O’ylaymizki, u risolalarning haqiqiy xattini topding yoki yaqinlashding.
Uchinchidan:O’rtamizdagi munosabat ma'naviy, ruhiy, haqiqiy bo’lgani uchun zamon va makon ta’sir qilmaydi. Dargohi Ilohiyga yuzlangan vaqtimiz kunda balki necha marta, Xusrav bir jihatda yonimda hozir bo’lib, sening u shirin yozuvlaring, xususan O’n To’qqizinchi Maktubdagi muborak xating ko’ringan sari seni xayolimizda hozir deb sanaymiz. Men va bu yerdagi birodarlar ham seni bu yerda ko’rishni juda orzu qilamiz. Ammo Isparta senga juda muhtoj. Hozir kelishinga vaziyat va mavsum uyg’un ko’rinmayapti. Shuning uchun qardoshimni bir miqdor yonimda saqlab, senga zahmat berishni istamayman. Bo’lmasa sen bizga juda lozimsan. Inshoalloh bir vaqt qazo qilamiz.
To’rtinchidan:Ushbu muborak Ramazon oyi Qadr kechasini ichiga olgani uchun, o’zi ham umr ichida bir Qadr kechasi hisoblanib, muvaffaq bo’lgan kishining umriga ming umr qo’shadi. Daqiqasi bir kundir. Soati ikki oy, kuni bir necha yil hukmida umri boqiydir. Sendan va oxirat opaxonim, ya'ni ikkinchi volidam va qardoshimning muhtaram volidasidan duoingizni istayman. Duoimda sizni sherik qilyapman, siz ham mening duoimga omin hisobida duo qiling.
Qardoshimiz Ali Afandiga ham ko’p salom va duo qilaman. Inshoalloh ayni Xusravga loyiq qardosh bo’lyapti. Boshqa qardoshlarga seni vakil qilaman, salom yo’llayman va duo qilaman. Ushbu muborak kunlarda menga duo qilsinlar.
G’olib aytadiki:"Xusrav bilan ma'naviy bog’ his qilaman". Ko’p salom yubormoqda. Ayniqsa soatchi Lutfu Afandiga juda ko’p salom va duo qilaman. Janobi Haq unga, u menga yozgan Derazalar Risolasining harflari adadicha ruhiga rahmat, qalbiga nur, aqliga haqiqat, moliga baraka ehson aylasin. Omin, omin, omin.
Maqsadim, unga risolani yozdirish, uni xos talabalar doirasiga qo’shish edi. Yo’qsa unga qiyinchilik tug’dirmasdim. Mashaalloh, Xotami Mo’'jizoti Ahmadiyani (ASV) juda chiroyli rasmini chizgansiz. "So’zlar" bilan aloqador kishilar ichida bu xotamga to’liq qanoat hosil qilganlarning ismlarini menga yozishsin, ularni u nurga hissador bo’lishlari uchun ikkinchi doirada yozamiz. Shukrga doir nusxangizni Kuleonli Mustafo bir odamga bergan. U odam muhofaza qilolmagan. Yomg’ir bir oz buzgani uchun uyalib, senga emas menga yubordi. Mening ham chiroyli yozilgan bir nusxam bor, senga yuboryapman. Unga ko’ra o’zingizga yangi nusxa yozarsiz.
Menga shukrga doir yozgan muborak nusxangni bir oy avval Otaboy tarafiga yuborgandim. Kim olganini bilmayman, qo’limga kelmadi. Ham sizga Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasining Xotimasini yuboryapman. Xotima i'joz tamg’asiga kelgan tanqidlarni rad qiladi va porloq bir tasdiq muhri ekanini ko’rsatadi. Tamg’alarning bir nusxasini senga yubordik. U yerda tamg’ani ko’rgan va qabul etgan va So’zlar bilan aloqador bo’lgan kishilar munosib ko’rganlarini jadvalning bo’sh hujralariga qayd qilishing mumkin.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Mirzozoda
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz va g’ayratli oxiratli qardoshim va Qur'on xizmatida yo’ldoshim Xulusiyi Soniy va Sabriyi Avval!
Mashaalloh, Yigirmanchi Maktubning qiymatini yaxshi tushunib, go’zal yozgansiz.
Maktubingda mendan kalom ilmi darsini olishni istagansan. Zotan u darsni olyapsan. Sen yozayotgan umum "So’zlar" nurli va haqiqiy Ilmi Kalomning darslaridir. Imom Rabboniy kabi ba'zi muqaddas muhaqqiq olimlar aytishganki: Oxirzamonda Ilmi Kalomni, ya'ni ahli haq mazhabi bo’lgan kalomga oid iylomiy masalalarning biri zot shunday bayon qiladiki, umum kashf va tariqat ahlidan ustun tarzda nurlarning nashriga sabab bo’ladi. Hatto Imom Rabboniy o’zini u shaxs kabi ko’rgan.
Sening ushbu ojiz, faqir va hech ichra hech bo’lgan qardoshing, ming daraja haddimdan ustun, o’zimni keladigan odam ekanimni da'vo qilolmayman, hech bir jihatda layoqatim yo’q. Ammo kelajakda keladigan ajib shaxsning xizmatkori va unga joy tayyorlaydigan tayanchi va buyuk qo’mondonning old safdagi askariman deb o’ylayman. Shu bois, sen ham yozilgan narsalardan u ajib hidini olding.
Yana, maktubida اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ oxirigacha.. ga oid sirlarni so’rayapsan. Ha, bu oyatning buyuk dengizidan ko’p "So’zlar"da qatralari, rashhalari bor. Ayniqsa Yigirmanchi Maktubda, O’ttiz Uchinchi Maktubda, O’ttiz Ikkinchi So’zda, Yigirma Ikkinchi So’zda uning ba'zi chashmalari bor. Albatta u oyatda ko’p tabaqalar bor. Xar toifa bir tabaqadan hissasini oladi. Oyatning ba'zi nurlarini yozishimni ruhim istaydi. Ammo hozirgacha parcha-parcha yozilgani uchun shunday qolgan, hozircha u bilan kifoyalangan.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim va Qur'oniy xizmatda fidokor birodarlarim Sabri, Hofiz Ali, Xusrav, Ra'fat, Bekir, Lutfu, Rushdu Afandilar.
Qardoshlarim, bu Ramazoni Sharifda sizga nur olamidan mavzu ochish istagim bor edi. Afsuski bir hodisa zulmat olamidan bahs etishga meni majbur qilmoqda. Ushbu yangi hodisa uchun atrofdagi do’stlar til va hol bilan qiziqib, xavotir bilan mendan izoh istashyapti. Ular va sizlarni andishadan qutqarish uchun, u hodisani ikki qism tarzida biroz bayon qilaman.
Birinchi qism:Bizga nisbatan musibatli va alamli hodisani Janobi Haq inoyat va rahmati bilan boshqa shaklga o’girmoqda. Ha, Jannat arzon bo’lmagani kabi, Jahannam ham keraksiz emas. Bu hodisaning bizga qaragan yuzi rahmat bo’lib ko’rinmoqda. Dunyo ahliga qaragan yuzi Jahannamning kerakligini ko’rsatmoqda. Darhaqiqat, ushbu Ramazoni Sharifda hodisaning zohiran juda iflos edi. Ammo G’avsi A'zamning aytganidek, inoyat ko’zining ostida va himoyasida bo’lganimizdan, ko’p jihatlar bilan haqqimizda rahmat yog’dulari ko’rindi.
Ikkinchisi:Ushbu Ramazoni Sharifda ojizlik va zaiflikni hamda faqirlik va ehtiyojni to’liq his qilib, Janobi Haqqa iltijo qilish, bir jihatdan uyg’onish, hayajon, shuur va shiddat berdi. Ramazoni Sharifda hozir o’qigan munojotlarimning o’qilishiga bu hodisa muhim quvvat bo’ldi. Zotan musibatlar dargohi Ilohiyga chorlash uchun qadar qamchisi hisoblanadi. Xar bir o’qigan so’z va duoim ham va munojot ham shuurli va qattiq bo’lmoqda. Rasmiy va ruhsiz o’lik holda emas. Sahobalardagi ibodatlarning ustunlik sirri aynan bu nuqtadadir. Tasbeh va zikrni butun ma'nosi bilan shuurli holatda aytganlaridir.
(Hoshiya): Bu maktubning qolgan qismi bir maqsadga binoan bu yerdan olib tashlangandi.
Said Nursiy
***
Xulusiy Beyga xitob.
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq, muxlis qardoshim!
Birinchidan:Jiyanim Halil Najining dunyoviy musibati meni ham jiddiy ravishda mahzun qildi. Janobi Haq uni ham qutqarsin, sizga ham sabru bardosh ehson aylasin, omin. Nurning eskidan beri hech ikkilanmagan muxlis bir qahramoni albatta dunyoning o’tkinchi, qiymatsiz, foniy holatlari qarshisida xavotirga tushmaydi, mag’lub bo’lmaydi inshoalloh.
Ikkinchidan:Ilmiy silsilada menga eng oxirgi, eng muborak darsni bergan va haddimdan ortiq shafqatini ko’rsatgan Hazrat Shayx Muhammad-ul-Kufraviyning (quddisa sirruhu) xalifalaridan Alvorli Ho’ja Muhammad Afandi va birodarlariga ko’p salom va hurmatlarimni arz etaman. U atrofda Nurlar bilan aloqador do’stlaringga ko’p salom va Nur xizmatida muvaffaqiyatlariga duo qilamiz.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Xasta qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
Aziz qardoshim.
Men haqimda qayg’urmang, inoyati Rabboniya davom etmoqda. Tirikchilik jihatida qanoat va iqtisod meni ehtiyojdan qutqaryapti. Aslo biror narsa yuborma. Sen olti-yetti nafsga qarayapsan, mening yarim nafsim bor. Sen meni emas, men seni o’ylashim kerak. Sabrining maktubi unga yetishmabdi. Sen va Xulusiy mening xar bir uxroviy amalimda hissadorsiz. Mohi Ramazonda savob birga ming yuradi. Siz ham menga duoingiz bilan yordam bering.
Said
Ishorati Alaviyni to’liq tasdiqladingizmi? Hashr Risolasini juda quvvatli deb bildingizmi?
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
Minglab salom aytaman. Siz moddiy rutbangizdan juda yuksak ma'naviy rutbangiz taqozosi bilan xar hil yerlarga yuborilyapsiz. U yerlarning senga ehtiyoji bor. Hech xavotirlanma. Sening Risolat-un Nur haqida maktublaring ko’p talaba hisobiga o’tadi. Sening o’rnigga Nur xizmatida xizmat qilishyapti. Senga doimo birinchilikni qozontirmoqda.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(Yulduz maktubi)
وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshlarim, Qur'on xizmatida mehnatsevar birodarlarim Sabri, Xusrav, Hofiz Ali, Ra'fat, Bakir, Lutfu, Rushdu!
Sizga Jumadul Oxir oyida sodir bo’lgan samoviy hodisa munosabati bilan bir masalani bayon qilaman. Jumladan:
Hazrati Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalomning zuhurlari vaqtida, وَاِذَا الْكَوَاكِبُ انْتَثَرَتْ oyatining bir namunasini ko’rsatadigan, shaytonlarga tosh otishga alomat bo’lgan yulduzlarning uchishi ko’p sodir bo’lgan. Ahli tahqiqning nazarida, o’sha davrda vahiy payti kelgani uchun, vahiyga shubha aralashmasligi uchun, kohinlar kabi, g’aybiy va jinlar vositasi bilan samoviy xabarlariga qo’shiluvchilarga to’siq qo’yishga alomat va ishora bo’lish bilan birga, Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom jin va insga elchi bo’lib tashriflariga samovot ahli tomonidan shodiyona, bayram kabi baxtiyorlik alomati yuz berganini kashf va haqiqat ahli hukm qilishgan.
Yuborilgan zot kufr va zalolatdagilarga yoquvchi olov va hidoyat ahli uchun porlagan nur manbai ekaniga g’aybiy va samoviy ishoradir. Ushbu Jumadul Oxirda misli ko’rilmagan tarzda, kechasi soat to’rtdan, besh va besh yarimgacha davom etgan yulduzlarning tushishi ahamiyatli samoviy hodisadir. Samovotning hodisalari zaminimizga ta’alluqli bo’lgani uchun, xar holda o’sha hodisalarning ham Yer yuzida bir belgisi bo’ladi. Janobi Haqning rahmatidan panoh so’rashimiz kerakki, yoquvchi olov qilmasin, porlagan nurga aylantirsin.
Qur'oni Hakimning suralarida oyatlar bir-biriga qarab, ishora qilganidek, Janobi Haqning Buyuk Qur'oni hisoblangan ushbu koinotning katta, kichik suralari ham bir
biriga qaraydi, bir-birining nozik ma’nolarini tushuntiradi. Samo surasida biz kabi lafzi Jalolni faqat qizil yozish emas, balki nur zarhali bilan Jalol Lafzi kabi yozilgan yulduzlar va yulduzlardan jo’sh urgan nuroniy nuqtalar, albatta ishora mushaklari hukmida, bittadan sirni e'lon qilganini o’sha mo’'jiznamo samoviy surasining buyukligidadir. Biz uni yaxshi alomat deb bilishimiz kerak.
Ikkinchidan:Sizga samovotning qizil yulduzlarini eslatgan, Qur'ondagi Ismi Jalolning ikki ming sakkiz yuz olti (2806) marta takrorlanishi, Qur'on samosini nuroniy yulduzlar bilan ziynatlantirgan va adadlari sahifalar, yaproqlar, suralar e'tibori bilan bir-biriga ma'nodor muvofiq munosabatlari yanada ko’proq latofatini, ziynatini go’zallashtiradi.
Bu safar sizga o’z Qur'on nusxamni yuboryapman. Bu nusxamda sizga yuborilgan ro’yxatga ko’ra ishoralar qo’ydim. Jalol ismiga boshqa, Rab ismiga boshqa ishora qo’yildi.
Jalol ismining son jihatidan tavofuqlari ham tartibli, ham ma'nodordir, bir oz diqqat istaydi xolos. Chunki risolalarda ko’ringan tavofuq kabi, doimo sahifa sahifaga qaramaydi. Ba'zan sahifa muqobiliga emas, balki bitta orqadagi yoki orqadagi sahifaning muqobiliga qaraydi. Ba'zan bir varoq hatlaydi, ba'zan bir sahifa ikki sahifaning majmuiga qaraydi. Masalan: O’ttiz beshinchi sahifada o’n uch (13) adad Jalol Lafzi keladi. Orqasiga sakkiz (8), so’ngra besh (5) keladi. Demak o’n uch adad bu ikki raqamga birdan qaraydiki, u esao’n uch bo’ladi, va hokazo... Ba'zan bir sahifa ikki sahifaning majmuiga qarash bilan birga, ayni suratda ikki adad keladi, xar biri uning bir juzini ko’rsatadi. Masalan: Tavba surasida, 188-sahifada o’n oltita Jalol Lafzi keladi, orqasida oltita keladi, oltining orqasida o’nta keladi. Birga yuqoridan o’qilsa o’n olti bo’ladi, muvofiq bo’ladi.
Ahzob surasi, to’rt yuz yigirma ikkinchi sahifada (422) o’n oltita Jalol Ismi keladi. Zohiran muvofiqlik yo’q. Holbuki bir sahifa oldinda o’nta kelgan, muqobilida oltita bor. Qo’shilsa o’n olti bo’ladi, muvofiq keladi. Ba'zan Rab ismi bilan birga muvofiq keladi. Ba'zan sahifa sahifaga emas, varoq varoqqa qaraydi. Ham ba'zan sahifa raqamiga qaraydi.
To’qqiz raqami ko’p marta sahifa raqamiga qaragani uchun tavofuqdan chiqqanini his qildim. {(Hoshiya): Bir so’z bilan: Ba'zi g’aybiy sirlar uchun muvofiqliklar shaklini o’zgartiradi. Jalol Lafzining boshqa latif, jozibador va ma'nodor tavofuqi shuki: Boshda Fotiha sahifasi bilan birga bir yuz ellik bir sahifada ellik bir marta yetti bilan sakkiz keladi.} Nima bo’lganda ham, siz ham tadqiq etarsiz. So’ngra mashvaratingiz bilan yashirin tavofuqlarni ko’rsatadigan raqamlarni yozamiz. Yangi yozgan Qur'onimizdan uyg’un ko’rsangiz qayd qilamiz. Boshda bir yuz ellik sahifada ellik bir marta yetti va sakkiz keladi. Yigirma sakkizda sakkizdir, yigirma uchda yettidir. Bu yetti, sakkiz bir-biriga muvofiqligi qabul etilgan, yettidan sakkizga, sakkizdan yettiga o’tisada, muvofiqlik buzilmaydi. Bu ikki raqamning Qur'onda muhim sirlari borligi his qilinadi.
Uchinchidan:Hazrati Zoti Ahmadiya (Alayhissalotu vasallam) qanday bir shajara-i tubo ekanini va asfiyo va avliyo va siddiqiyn u nuroniy daraxtning mevalari, yo’llar va tariqatlar uning shoxlari ekanini ko’rsatadigan azim silsila eskidan qolgan va yonimda eskirgan silsilanoma bor. Uni chiroyli ravishda oqlamaga ko’chirish uchun xati chiroyli, jadvalda mahorati bo’lgan kishilarni istayman. Hozircha Xusrav bilan Tunukachi Mahmad Afandi, Hofiz Ali xabar yuborgan vaqt Bakir Og’ada bo’lgan o’lchov bilan o’n beshta oq qog’oz olib kelsinlar.
To’rtinchidan:Yigirma Yettinchi Maktubga kiritiladigan, qardoshlarimizning ba'zi yangi bayonlarini sizga yubordim. Haqiqatdan bu bayonlar va umum Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari juda foydalidir. Unda ahamiyatli, shirin, xush, go’zal ma'nolar, darslar; tashviq qiluvchi, jasoratlantiruvchi hislar bor. Men o’zim ulardan shirin istifoda etaman, tanballik qilgan paytim menga ahamiyatli bir tashviq qamchisi bo’ladi. Nima bo’lganda ham... Qardoshlarim, ranjimang, sizga maktub yozgan paytim bir-biridan uzoq masalalarni to’playman. Xar maktub o'nlik bo’ladi.
Beshinchidan:Men qo’li, bo’yi qisqa yaktagimga rozi bo’ldim. Endi biron narsa kerak emas. Xusravning chakmoni yonimda maqbul musofir edi, yuboryapman. Volidasining bir daraja sog’ayganidan juda xursand bo’ldim. Janobi Haq sihat va ofiyat bersin. U yerda Xusravning qardoshi Ali Hasan va Tunukachi Mahmad Afandi va Hofiz Ahmad kabi ''So’zlar''ga bilan aloqador kishilarga salom yo’llayman.
Qardoshingiz
Said Nursiy
Namuna uchun yuborilgan qog’oz zoye bo’lgan, ko’rolmadik. Oq qog’ozdan siz tanlang. Sulfat tuzi keldi, ammo ko’p. Mahmad Afandi menga qaytadan bir lavha yozgani meni xursand qildi. Janobi Haq yozgan xar bir harf evaziga ming savob ehson aylasin. Omin, omin.
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفِ الْقُرْاٰنِ وَ اَسْرَارِهَا
Ey bu foniy dunyoda tasallilarim, bu g’urbat diyorida yaqinlarim va Qur'oniy sirlarda meni qiziqishlari bilan gapirtirgan zakovatli, farosatli tinglovchlarim!
Sizga, faqat bir-ikki daqiqa qarab, qay daraja achinadigan holda, noqis xat bilan ishlaganimni va sizning qiymatli qalamlaringiz menga qanchalik muhim bo’lganini his ettirish uchun, o’z xatim bilan tahrirsizharflar mundarijasini yuborgan edim. Holbuki, sizlar bir-ikki daqiqa emas, soatlarcha o’qidingiz va kunlarcha zabt etdingiz. Bundan tushundimki, siz unga ortiqcha qiziqyapsiz. Shuning uchun sizga u ro’yxatning oqlama yozuvini yuboryapman. Istasangiz o’zingizga bir surat olasiz.
Faqat shuni bilingki, bu mundarija vaqtinchalik bir manba bo’lish uchun taxminiy tarzda tuzildi. Men osonlik uchun, qisman eskidan xotiramda bo’lganlarga, qisman ikki miqyos bilan to’qqiz soatda abgor xatim bilan yozgan edim. So’ngra tushundimki, bu vodiyda - qishlog’imizda tafsir bor ekan. O’sha tafsirni olib keldik, solishtirdik. Aksariyatiga muvofiq kelganmiz, bir nechta katta miqdorlarda, o’n-o’n besh kichik yerlarda farq chiqdi. Tekshirishlar natijasida, tafsirning bosmaxona va nusxa ko’chiruvchilarning xatosi tufayli farq bo’lgan. Ikki-uch yerda ilk nusxa ro’yxatimizni tahrir qildik. So’ngra tahririmizning xato ekanini tushundik, ro’yxatimizni almashtirmadik. Bosmaxona xatosi, tafsir tahrirga muhtoj deb o’yladik, faqat qilolmadik. Chunki egasi buyuk bir mudaqqiq va bosmaxona Jome'-ul Azhar yonida va yaqinida, Azhar ulamolarning nazoratida bo’lgani uchun tahrirga jur'at etolmadim.
Xuddi shu tafsirni oqlamaga ko’chirilgani bilan birga yuboryapman. Unga qararsiz, ammo tanqid bilan ovora bo’lmanglar. Chunki mening ro’yxatim taxminiy, hali oqlama yozmadim. Tafsir esa, ko’p masalalarda rivoyatga tayanadi. Ham ba'zi Makkiy suralarga Madina oyatlari kirgan. Balki hisobga kirmagan. Masalan, Alaq surasida harflarni yuzta atrofida degan. Murodi, eng avval nozil bo’lgan ilk yarmidir. U to’g’ri aytgan. Men esa, eski xotiramda qolganlarga tayangan holda butun surani o’ylaganim uchun bu haqda xato qilganman.
Yana, muvofiqlikdagi sirlar katta bo’limlarga ta’alluqli. Taxminiy mundarija bizga kifoya. "Kanz-ul Arsh"ning uch nuktasida yozilgan muvofiqliklar qoldiqlarning almashinishi bilan almashmaydi. Katta bo’limlarning almashsa tavofuqlar buzilmaydi. Masalan, Kahf surasi bilan 39 sura 1000 adadida ittifoq etadi. Bir-ikki dona 1000 adadini yo’qotsa ham muhim tavofuq buzilmaydi. Va hokazo... Qoldiqlarning sirlari bo’lsada, hali bizga tamoman ochilmadi. Inshoalloh ochilgan vaqtda mundarijaning ham oqlamasi yoziladi.
Said Nursiy
***
(Xusravning bayoni.)
Aziz Ustozim!
Jumadul Oxir oyida sodir bo’lgan وَاِذَا الْكَوَاكِبُ انْتَثَرَتْ oyati ifoda etgan holatlarning namunasini izohlagan samoviy hodisalar bilan, Qur'onning samosida porlagan Jalol Lafzi yulduzlarining ajib va shirin tavofuqlarini dars bergan qiymatli maktubingizni Hofiz Ali qardoshimiz ham dohil, Ra'fat, Bakir, Lutfi, Rushdu, Kechechi Mustafo Afandi va akam Ali Afandi bilan birga o’qidik. O’sha tun majlisimiz juda shirin o’tdi. Samoviy hodisalarni hayrat va ta’ajjub va juda katta sevinch bilan qarshilab, mala-i a'loning bayramlariga biz ham ishtirok etdik. Ushbu samoviy hodisaning birinchi marta sodir bo’lishi, (boshda inson suratida qilingan Hubal degan katta but bilan 360 butni iloh deb qabul qilgan) Quraysh mushriklarining halokati bilan natijalangan edi. Inshoalloh ushbu ikkinchisida o’n to’rtinchi asri Muhammadiyda va Ovrupa taraqqiyoti bilan iftixor etgan va yigirmanchi asr nomini olgan bugun, bizga fatrat ahli butparastligining yanada fojiali ko’rinishi - suratparastligining ildizi kesilishini e'lon qildi.
Bu e'lon, ummati marhuma-i Muhammadiyaga juda go’zal va juda xayrli futuhotni tayyorlaganini eslatib, mahzun qalblarimizni quvontirdi, yig’lagan yuzlarimizni kuldirdi, g’amli chehralarimizga tabassum qildirdi. Aqlimizda Saodat Asrining jozibador hayotini jonlantirgan, go’yo moziyni istiqbolga aylantirib, bir muddat o’sha olamda va pok ruhli, yuksak tushunchali insonlar orasida yashatdi.
Ikkinchidan:Jalol Lafzining ma'nodor va munosabatdor muvofiqliklarini ko’rdik. Bu muvofiqliklar nazarimizni beixtiyor o’ziga qaratdi. Ko’rsatilgan qismlar va tenglashtirilgan adadlar shunchalik shirinki, o’qirkan qalbimizga rohatlash, dunyoqarashimizni kengatirdi, ruhimizga ozuqa berdi.
Vaqtimizni orttirish uchun, yon yozuv bilan yozilgan Qur'oni Karimning 15-chi sahifasiga qadar 7, 8 adadlar tavofuqlarini muhofaza qilib, 51 marta kelishi maktubning oxirini asal bilan bog’laydi. G’arib shuki, bu raqamlarning ham yozilishi birdir, ham qatorda qardoshligi bir hamda sahifada ko’rsatgan raqamlarga muvofiqligi birdir.
Ey suyukli Ustoz!Janobi Haq sizdan ko’p rozi bo’lsin. Bizni yangi-yangi mevalar va yemishlar bilan ozuqlantirib, zehnlarni quvvatlasin, hamda ochlikni ketkazib, iztiroblarimizni taskinga vosita bo’lyapsiz.
Xusrav
***
(Xusravning bayoni.)
Suyukli Ustozim, aziz ho’ja afandim hazratlari!
Qo’l oyoqlaringizdan o’pib, sihat va ofiyatingiz uchun duochiman. Bu hafta, yozib tugatishga muvaffaq bo’la olgan Yigirma Oltinchi va O’ninchi juzlarni, Qur'oni Karimning tamoman yozilishidan tavallud etgan baxtiyorligimni ifodalagan ushbu arizamni taqdim etyapman.
Suyukli Ustozim! Bu xususda menga kelgan, Furqoni Azaliyning ba'zi inoyatlarini aytishimga izn berilishini iltimos qilaman. Jumladan:
Jalol va Rab lafzlari muvofiqligi, kalima tavofuqlarini muhofaza qilib, bir Qur'oni Karim yozilishini amr qilgan vaqtingiz, juda buyuk bir sevinch bilan qalamga yopishgan edim. Ilk yozgan uch juzimning boshida shunchalik qiyinchilik bilan yozdimki, sevinchimni umidsizlik, shavqimni sustlik qoplagan edi. Asosan Arabcha xatimning xunukligi umidsizligimni ko’paytirar, sustligimni ziyodalashtirar edi.
Suyukli Ustozim,bu hol ko’p davom etmadi. Ilk kunlarda ertalabdan kechgacha ishlab, besh yoki olti sahifa yozish men uchun buyuk muvaffaqiyat edi. Qur'oni Azim-ul Burhonning yordami yordamga yetishdi. Qiyinchilikning o’rnini baxt, qayg’u o’rnini sevinch qopladi. Ba'zi kunlar qalamni qo’limdan tushirmaslik uchun, namoz vaqti tez kelmasligi yoki Quyosh botmasligi istardim. Ba'zan, ertalablargacha yozuv yozishni istardim. Ba'zan yozilishi o’ta qiyin sahifalarga, Qur'ondan yordam istardim. Va o’sha sahifani yozishga o’ta oson muvaffaq bo’lardim. Ba'zan eng oson yoziladigan sahifalarda yordam so’ramasdim. O’shanda qo’limdagi qalam go’yo yozuv yozishda ojizligini izhor etardi. Hatto ba'zan xato yozib sahifalarni almashtirardim.
Bunchalik osonliklar orasida, Arabcha xat shaklimning o’zgarayotganini ko’rdim. Birinchi marta yozgan yozuvlarim bilan oxirgi yozgan yozuvlarimni taqqoslaganimda, tushunilmas yozuv bilan, qanday qilib, jasoratli pahlavon kabi o’rtaga otilganimni o’ylab avval juda xafa bo’ldim. So’ngra sevinchimdan xursand bo’lib shukr qildim.
Qur'onda mavjud tavofuqlari bilan birga yozgan Hofiz Ali, Hoja Sabri, Hofiz Zuhdu kabi qardoshlarimning yozganlarini ko’rgan sari, shavqim ortar edi. Umid qilganimdanda ustun bir taraqqiyot ko’rdim. Bu asnodagi inoyatning bir qismi qalbga chiqar edi. Bir qismi tirikchilikka taalluqli edi. Bir qismi esa yozuv yozarkan sodir bo’lar edi. Masalan, oxirgi bir hodisani aytaman:
Eng oxirgi yozgan Tavba surasining 197-chi sahifasida oltita Jalol Lafzi mavjud, aqlimda sahifaning yoziladigan shaklini tayyorladim.
سَيَرْحَمُهُمُ اللّٰهُ اِنَّ اللّٰهَ عَز۪يزٌ حَك۪يمٌ
oyati jalilasidagi ikki dona Jalol Lafzi tavofuq xoriji qolmoq surati bilan yozishni boshladim. فَمَا كَانَ اللّٰهُ dagi Jalol Lafzini yozganda istaganim kabi bo’lmaydi deb o’yladim. Uch bir, ikki bir tavofuq bo’lsin dedim. Men muvofiq keladigan Jalol Lafziga yaqinlashgan sari Jalol Lafzlari tavofuqdan uzoqlashar edi. Hech qanday yo’l bilan men istagan shaklda muvaffaq bo’lolmadim. Oxiri hozirgi vaziyat vujudga keldi. Sahifani almashtirishni istadim. Qaradim, bu sahifa istagimni tinglamadi. Bunda bir maqsad va g’oya borligini xotirlab, sahifani yirtmadim. 198-chi sahifani yozgandan so’ng, diqqat qildim. 197-chi sahifadagi muvofiq kelmagan satrdagi ikki Jalol Lafzi 198-chi sahifada ayni satr ustidagi ikki Jalol Lafzi bilan ust ustga kelganini va boshqasining 199-chi sahifada juda juz'iy bir og’ish bilan (balki yarim santimetr) boshqa bir Jalol Lafzining ustida turganini ko’rdim, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى deb, Janobi Haqning men kabi dardmand va juda ko’p ma'siyat va qusurli qulini bunday muqaddas xizmatda ishlatgani uchun nihoyasiz sevinchga g’arq bo’ldim.
Bu inoyat va muvaffaqiyatlar fazilat va buyuklikda hamma narsadan ustun kelgan o’chmas va o’chirilmas ovoz, barakatli ziyo va porlagan buyuklik bilan yigirma sakkiz ming olamga imomlik qilgan, dars bergan Furqoni Azaliyning hadsiz karomatlaridan bir karomatni va nihoyasiz mo’'jizalaridan uchqun-misol kichik bir yog’dusi edi.
Janobi Haq dargohi izzatida qabul qilsa, men kabi zillat va miskinlik xar tarafini qoplagan qusurli, ojiz bir qul uchun qanday buyuk bir saodat!
Xullas, suyukli Ustozim!Oliy himmatingiz لَوْلَاكَ لَوْلَاكَ لَمَا خَلَقْتُ الْاَفْلَاكَ xitobi izzatiga sazovor bo’lgan fuyzlar manbai Alayhissalotu Vassalom Afandimizning qudsiy himmatlari va rafiq bo’lgan Qur'oni Azimushshonning karomati va Janobi Vojib-ul Vujud hazratlarining izn va lutfi sababli, yana ularning rizosi yo’lida ummati Muhammad (AS) uchun vosita bo’lib yozdirilgan Qur'oni Karimni sizga taqdim etarkanman, faqir talabangiz, sizga jiddiy bir talaba, haqiqiy qardosh, itoatli avlod va Payg’ambari Ziyshon Afandimiz Hazratlariga ummat va Xalloqi Karimga kamtar qul bo’la olish tilaklari bilan qo’l va etaklaringizdan kamoli ta'zim va hurmat bilan o’paman, Afandim Hazratlari.
Faqir talabangiz
Ahmad Xusrav
***
(Milasli Halil Ibrohimning bayoni.)
Afandim!
Yigirma Yettinchi Maktubning shirin sadolari ichida mening ham bo’g’ilgan ovozim chiqishini istayman. Lekin afsus, sirlar manbai dengizidan gapirish haddim emas. Istagim va ishtiyoqim, o’sha gulistonga kirish va go’zal gullardan hidlashdir. Yo’qsa uni tavsif qilishga ojiz va nuqsonliman. Garchi qalbimda g’alayon etgan ma'nolar ko’p. Lekin nima bo’lganda ham, til hissiyotimizning tarjimoni bo’lolmaydi.
Shuni ayta olamanki, qo’limda mavjud risolalar va mundarijada ko’rganimga asosan, Risola-i Nur bo’limlari bir nuroniy daraxt bo’lib, shoxlari dunyoning to’rt tomoniga nurlarni tarqatmoqda va dunyoning oxiriga qadar tarqatadi. Qorong’u tunda samodagi yulduz va oy zamin yuzida qanday rahbarlik qilsa, Risola-i Nur parchalari ham shundaydir. Zulmatda nurga qanday ehtiyoj bo’lsa, Risola-i Nur qismlari ham shunday.
Zalolat dengizi to’lqinlari orasida, Nuh (AS) kemasi najot manbai, xar kim unga chiqsa, ma'asiyat to’fonidan xalos bo’ladi. Risola-i Nur qismlari kurra-i arzning to’rt mavsum kutubxonasida bir bahordir va bahorchalik latofatli va jonbaxshdir. O’lgan yerga bahor vositasida hayot berilgani kabi, Risola-i Nur parchalari ham o’lgan yer qalblarga yangi hayot beradi. Risola-i Nur bo’limlari bir murshiddir. Insonni haqsizlikdan haqqa yo’naltiradi, hayvonlikdan insonlikka va asfali sofiliyndan a'loyi illiyinga yuksaltiradi. O’ttiz Uchinchi So’zning Yigirma To’rtinchi Maktubi va unga o’xshagan risolalar insonning ruhida ochilish hosil qiladi. Qalbida Sone'-i Hakimning hikmatiga qarata oynalar ochadi. Risola-i Nur bo’limlari insonning og’ir kunlarida yordamiga kelib, tasalli beradi. Bu jihatni shaxsan ko’rdim. Bir so’z bilan: Risola-i Nur haqida nima desam ham, Nurning ta’rifida so’niq chiqadi. Xullas, mundarijalar mundarijasi shunday ekan, yanada yaxshisini ahli bo’lgan kishilar anglaydi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Halil Ibrohim (RH)
***
(Xulusiy Beyning bayoni.)
Bugun hayratlantiradigan, nazarni tortadigan, diqqatni jalb qiladigan, ma'nosi latif, tartibi zarif, tavofuqi nazif, nurlari zohir, iyjozi bahir, burhon qaymog’i, iymon ruknlari, Qur'on i'jozining bir yog’dusi bo’lgan va muborak Xusrav juda mukammal tarzda ko’chirgan Yigirma To’qqizinchi So’z bilan uning ilovalari haqiqatdan juda muhim masalalarni jamlagan va tengi yo’q javoblarni ichiga olgan O’n Oltinchi Yog’duni va men kabi dangasalarga mukammal bir tanbeh darsi bo’lgan maktubni olganimdan baxtiyor va ko’pdan beri mahrum bo’lgan Nurlarga qovushib, erishgan ne'matimga, Janobi Xalloqi Rahimga tashakkurdan ojizman.
U yerda qardoshlarimizdan besh turdagi ibodat haqidagi izohlari bilan yomon shaxsiyatimga emas, yolg’iz Qur'onga, iymonga, Nurga, haqiqatlarga yuzlangan holimga qaradim va tushunchalarimni yo’qladim. Men ham ayni narsalarni o’ylagan va qanoat keltirgan edim.
1. Zalolatdagilarga qarshi kurashish:
اِنْ تَنْصُرُوا اللّٰهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ اَقْدَامَكُمْ
2. Haqiqatni nashr qilishda Ustozga yordam berish:
وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوٰى ٭ وَ اَط۪يعُوا اللّٰهَ وَ اَط۪يعُوا الرَّسُولَ
3. Musulmonlarga iymon jihatidan xizmat
اِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللّٰهِ اْلاِسْلَامُ * وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللّٰهِ جَمِيعًا وَلَا تَفَرَّقُوا * اِنَّمَا الْمُوءْمِنُونَ اِخْوَةٌ
kabi oyatlar bilan
اَلدِّينُ النَّصِيحَةُ اَلدِّينُ النَّصِيحَةُ اَلدِّينُ النَّصِيحَةُ
hadisi sharifi.
4. Qalam bilan ilm tahsil qilish:
نٓ وَالْقَلَمِ وَمَا يَسْطُرُونَ
Modomiki haqiqat ilmi dars berilmayotga ekan, albatta maxfiy hikmatlarga binoan sanoqli insonlarning qo’liga tushgan, qulog’iga kirgan bunday darslarning jiddiy tahsili uchun, ayniqsa o’qib-yozishni bilganlar shaxsan yozish bilan, bu natijani qo’lga kiritishiga shubha qilinmasligi kerak. Bir narsani yozish, o’qish, tushunish, so’ngra boshqa qog’ozga ko’chirish bo’lib, bu shaklda istalgan istifodaning ta'min qilinishi muhaqqaqdir.
5. Bir soati bir yil ibodat hukmiga o’tadigan tafakkur: Nurlardan istifoda qilish, bunday soatlar, hammamiz ko’rganmiz deb o’ylayman. "So’zlar"dagi haqiqatlarni tafakkur qilish, aynan Qur'onning xazinalarini ma'nan tadqiq qilish bo’lib, Allohning Fattoh ismi yordamga kelib, aqllarni hayratda qoldirgan shunday eshiklar ochadiki, zavq olishning oxiri yo’q. Qur'onga pardasiz, vositasiz qaralsa, zilol kabi haqiqatlarning tajalliy etganini, musaffo osmonda quyosh kabi, bu havoda yulduzlar bilan bezalgan samoda to’lin oy kabi ko’rish mumkin.
Men kabi bir isyonkorning vaziyati, holi, qobiliyati, umuman iste'dodi yo’q ekan, Allohu Zuljalolning nihoyatsiz karamu rahmati, fazlu inoyati bilan, ikki karra ikki to’rt bo’lishi aniqligida qat'iy xulosa qildimki, Hazrati G’avsning va uning ustozi, ikki jahon faxri Nabiyyi Afhamimiz (ASV) Afandimiz Hazratlarining duo va himmatlari, Hazrati Qur'on shogirdlari ustidadir.
Sui ixtiyorimiz bilan buzmasak, bu himoya va sohiblik albatta davom etadi, katiy bilaman va shunday iymondaman. Bu satrlarni menga yozdirgan Nur asarlarining kelish sharaflari va fayzlari, inshoalloh Ramazonning oxirgi o’n kuni ichida yashiringan Laylatul Qadrni ihyo qilish savobini beradi va rizo-i Samadoniyga sazovor qilib, abadiy saodatni qozonishga vasila bo’ladi.
Ey ustozimning bu foniy olamda birodarlari! Inshoalloh oxirat olamida ham yo’ldoshlari bo’ladigan aziz va qiymatli qardoshlarim! Hozir qalbim qanday ingrayotgan bo'lsa men ham ixtiyorsiz shunday yozyapman: Hazrat Ustoz ko’rsatgan yo’l, aynan Qur'onning buyuk jaddasidir. Undan ayrilmaylik, xizmatdan qochmaylik, sustlik qilmaylik. Sarmoyasi yolg’on va yolg’onchilik bo’lgan siyosat targ’ibotlari, sui kasbimiz bilan qozongan va bugun meros qilib olgan yomon narsalarga, qadarni ayblab, Allohning murodiga aralashishga jasorat qilmaylik. Biz qulmiz. Yaratilish sababimiz - sayyidimizni, yaratganimizni, roziqimizni bilish va topishdir. Mavjudotning xulosasi bo’lgan Payg’ambarimiz vositasida nozil bo’lib, ikrom qilingan Qur'onning hukmlariga va u Hazratning sunnatlariga muvofiq harakat qilishga jon-jahdni ayamaylik. Ushbu Nur qo’limizda murabbiy, yonimizda (Allohni) tanituvchi-muarrifdir. Oramizda Nurlarni nashrga, murabbiy va muarrifimizni tinglashga harakat qilaylik. Biz qullik vazifamizni bajaraylik, oxirida beriladigan mukofotni Xoliqi Rahimimizga qoldiraylik. Bir-birimizga eng katta yordam bo’lgan duoni ham ayamaylik.
"Zuhra", "Habba", "Qatra" va "Zayli"ning Arabcha bir nusxasi bu faqirga hadya qilingan, bir kun tarjimasining ham qilinishiga ishora qilingan edi. Demak vaqti keldi va men kabi Arabcha bilmagan qardoshlarning ma'naviy orzulari, "Zuhra"ning tarjimasiga vasila bo’ldi. Tuyg’ularimni o’ta qisqa arz etaman:
Birinchi Mulohaza:فَاعْلَمْ اَنَّهُ لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ tavhid kalimasi bilan Ma'budi Haqiqiyga bog’lanish kerak.
Ikkinchi Mulohaza:
اَللّٰهُ اَكْبَرُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ لَا اِلَهَ اِلَّا اللّٰهُ وَاللّٰهُ اَكْبَرُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ وَ للّٰهِ الْحَمْدُ
takbiri akbari bilan kibriyo va azamat sohibi faqat Allohu Zuljalol Val kamol ekanini...
Uchinchi Mulohaza:
كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلَّا وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
azim nassi, hamma narsa halok bo’lishini aytar ekan: Ey zaif inson! Bundan sening, quyoshga nisbatan zarra ham bo’lmagan hayotingning ham hissasi borligini angla, esingni yig’, yaratilishingdagi hikmatni o’yla, haddingni bil, umr va hayotingni, senga abadiy saodatni ta'minlaydigan narsalar bilan o’tkaz. Haqiqatini...
To’rtinchi Mulohaza:
كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِى اَنْشَاَهَا اَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ
kabi oyatlar bilan quvvatlantirilgani o’limdan keyingi
ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ اُخْرَى فَاِذَاهُمْ قِيَامٌ يَنْظُرُونَ
oyatining sirri zohir bo’ladigan jazo va hisob kunida, Maliki Yavmi-d Dinning huzurida, maxluqot va mavjudotning eng qiymatlisi - insonning aynan xalq qilinib qo’yilishini...
Beshinchi Mulohaza:Ovrupa zoxiriy madaniyatining Qur'oniy haqiqatlar bilan botilligini.
وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُوءْمِنِينَ
oyatining bir gaplashish shaklidagi darsini...
Oltinchi Mulohaza:
اِنَّمَا الْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ * كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً
kabi oyatlar bilan, ham iymon tojini kiygan Allohga bog’langan jamiyatning g’alabasini va zohiran inson suratida yaratilgan mushriklar va ularning bir turi, hamma narsani inkor qilganlarning, Qur'onga ko’ra qiymatlarini...
Yettinchi Mulohaza:
وَلَا تَنْسَ نَصِيبَكَ مِنَ الدُّنْيَا * اِنَّ اللّٰهَ يَاْمُرُ بِالْعَدْلِ وَاْلاِحْسَانِ
وَتَعَاوَنُوا عَلَى الْبِرِّ وَالتَّقْوَى
kabi oyatlarning ma'nosini xotirlatganini...
Sakkizinchi Mulohaza:Oxirida zikr qilingan to’rt oyati jalilaning bir navi tafsiri...
To’qqizinchi Mulohaza:Bugunimiz To’qqizinchi So’zining bir urug’i ekanini...
O’ninchi Mulohaza:Ma'rifatullohga yo’l ochadigan, bid'atlar ko’paygan davrda Risola-i Nur unvonini oladigan va eng avval ahli iymon o’lgandan keyin tirilish bor, jazo va hisob kuni bor, uyg’oning degan xitob bilan yoyiladigan "O’ninchi So’z"ga maxfiy ishora qilganini...
O’n birinchi Mulohaza:O’n bir, O’n ikki, O’n uch, O’n to’rtinchi So’zlar kabi, Qur'ondan ko’p bahs etgan Nur risolalariga, ayniqsa ular orasida porlagan mavqeni egallagan, Yigirma beshinchi So’zning kelishiga ishorat qilinganini...
O’n ikkinchi Mulohaza:Barcha musulmonlarga, xar hil tariqatlarda bo’lib qozoniladigan natijaga; ajz, faqr, shafqat va tafakkur yo’lida Basmala bo’ladigan dars berganini...
O’n uchinchi Mulohaza:"Yigirma Oltinchi So’z "ni,
اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ
oyatlarini;
مَنْ عَرَفَ نَفْسَهُ فَقَدْ عَرَفَ رَبَّهُ
hadisini, "Birinchi So’z"ni, majoziy muhabbatdagi aqliy darajani ko’rsatib, taqliddan tahqiqqa o’tish kerakligini...
O’n to’rtinchi Mulohaza:Juda muhim va juda nurli bir asar bo’lgan, Yigirmanchi tavhid Maktubini...
O’n beshinchi Mulohaza:Uch masalasi bilan, Qur'ondagi amr va ta'qiqning qanchalik o’rinli ekanini va shariati Ahmadiya dasturlarining, qanchalik aqlga uyg’un va mantiqiy asoslarga tayanganini, ochiq-oydin ko’rsatmoqda. Juda qusurli va ojiz talabangiz olgan fayzlarini faqat matndagi yozuvlarni takror etib ifoda qila oladi. Gapni kamaytirish uchun so’zda tafsilotga kirmaslik yanada ma'qul degan o’y bilan, masalalarimni tugatishni foydaliroq ko’rdim.
Xulusiy
***
(Mo’'jizoti Ahmadiyani zarhal bilan yozgan Doktor Abdulboqiy Beyning bayoni.)
Suyukli, mushfiq Ustozim, Afandim Hazratlari!
Qimatida chegara bo’lmagan va har jihatdan madh va maqtovga loyiq Risola-i Nur qismlaridan biri "O’n To’qqizinchi Maktub"ni bu maktub yoyilishida sazovor bo’lgan inoyatiga masadaq bo’lgan qalamim bilan, ikki kun avval tugatib, suyukli Ustozimga taqdim etyapman. Bu risola haqida aziz Ustozimga qalb kechinmalarimni aytishni istayman. Ammo na qalamim va na qalbim ifodadan ojizdir.
Bu risola ruhimda vujudga keltirgan o’zgarishlarni ta'riflash imkonsiz. Haqiqatdan ruhimning Saodat Asriga oid qorong’u nuqtalarini oydinlatgan, qalbimning eng chuqur yerlariga kirib, faqir talabangizga taratgan ziyolari, nurlari bilan shunday bir holga keltirdiki, bu qusurli talabangizning Janobi Haqdan istagan va zulmatlarni yorib nur sochgan asrda, bashariyatni halok bo’lishdan qutqarib saodatga da'vat qilgan va qo’li va tilida so’ngsiz mo’'jizalari bilan, faqat bashariyatga va dunyoga emas, balki butun mavjudotga, dunyo va oxiratga o’zini tanittirgan Payg’ambari Ziyshonga ummat bo’lish va suyukli Ustozimga talaba bo’la olish qaydi bilan hayotimga xotima berilishidir. Qo’l va oyoqlaringizdan o’paman, afandim.
Abdulboqiy
***
(Ahli dunyoning Ustozimiz haqidagi aslsiz uch vahimasi munosabati bilan bir qardoshimiz so’ragan savolga javob.)
Ustozimiz Barlada kimsasiz qolgani uchun, mutolaa qiladigan kitoblari bo’lmaganidan, dunyodan umidini kesib, oxirat nuqtasidan, iymon jihatida, o’z nafsi bilan bo’lgan muqolamalarini, o’ylaganlarini ko’p marta "Ey nafsim, ey nafsim!" deb qalamga olgan. Qachonki u vaziyatdan, u balodan qutuldi. Bu yerga keldi, olti oy mobaynida u yerdagi olti kun qadar bir narsa yozmadi. Zotan nashriyot qilmaydi. Faqat o’z nafsi uchun mulohaza navidan qayd qilgan masalalarini iymon jihatidan vasvasaga tushgan ba'zi xos do’stlarining istashlariga binoan, qiyinchilik bilan ular olib mutolaa qiladilar. Yozgan eng ahamiyatli bir asarini; bir mudir, vasvasali va u haqida qaysar bir hokimga shikoyat tarzida bergan. O’sha qaysar hokim tadqiqotida, bu asarda va buning nashriyotida siyosatga taalluq qiladigan bir jihat yo’q, yolg’iz iymoniy masalalarga oiddir deb haqiqatni anglash bilan u mudirni urushgan.
Yana, xo’jamiz tariqat davri emasligini do’stlariga doim aytadilar. Xozir iymonni qutqarish davridir deydilar. Bunga dalil, to’qqiz yildan beri hech kimga tariqat o’rgatmaganlaridir. Mazhablari Shofe'iy bo’lgani uchun, namozdan keyingi tasbehotlari biroz uzunroqdir. Bu uzunlik o’ttiz uch tasbehotdan so’ngra, Shofe'iy mazhabida sunnat bo’lgan ba'zan o’n, ba'zan o’ttiz uch "La ilaha illalloh" zikri va uch marta salovot o’qishdan iboratdir. Xususiy ibodatida yonlarida hech kimni qoldirmaydilar, eng xos xizmatchilari ham yonlariga kirolmaydi. U kishi aytadilarki: "Men shayx emasman, bir domlaman. Avvallari dunyoga qo’shilganim uchun gunohlarim ko’p. Ular uchun istig’for aytaman", deydilar. Ustozimiz haqida ahli dunyo va ahli hukm tarafidan ko’p marta "Qanday tirikchilik qilyapti?" deb xavotir bilan so’ralmoqda. Bu savol ostida, "Ajabo, boshqalarning hadya va sadaqalari bilan yashyaptimi?" deyilmoqda.
Javob:Biz doimiy xizmatidamiz. Hech kimning sadaqa va hadyasini ixtiyori bilan qabul qilmaydilar. Majbur bo’lgan vaqtlari, evazini berib oladilar. Barlada qishloq xalqi kam bo’lgani uchun, man etib o’zlarini qutqarar edi. Bu yerga kelgandan keyin, Barla kabi "Men hech narsa istamayman", degan qistovli shakldagi radga muvaffaq bo’la olmadilar. Ranjitishni istamaydigan ba'zi do’stlar keltirgan ovqatlarni bir necha marta yedilar. So’ngra birdaniga, xasta bo’lmasada, ishtahalari tamoman bug’ildi. Biz ustozimizning birovning hadya va sadaqasini yedirmaslik uchun, ma'naviy bir eslatma va bir tanbehdir ekaniga qat'iy qanoat hosil qildik.
Ha, ikki yil avval Ramazon oyi bo’yicha uch dona non, bir o’qqa guruch, u kishi va to’rt mushukka kifoya kelgani kabi, yana bir yil avval uch baton non Ramazon oyi kifoya qildi. Ushbu Ramazoni Sharifda o’ttiz kunda yarim o’qqa qatiq bilan yarim o’qqadan ham oz guruch va to’rt tiyinlik baton non yeganini (faqar bir-ikki bakal choy va iftor vaqtida bir choy qoshig’i asal yeyish mustasno) boshqa narsa yemaganini shaxsan ko’rdik.
{(Hoshiya): Ustozimiz xos xizmatchilaridan boshqa hech kimni ixtiyorlari bilan qabul qilmaydilar. Hatto doimiy xizmatlarida bo’lgan ikki-uchimiz birga bo’lishimizni istamaydilar. Hozirgacha xizmat qilganlardan boshqalarni besh-o’n kunda bir marta ham qabul qilmay, orqa qaytaradilar. O’n uch yil avval bir kunda to’qqiz gazeta o’qirkan, to’qqiz yildan beri, biz guvohlik beramizki, bitta ham gazetani na o’qidilar va na o’qitdilar, na istadilar va na orzu ettirdilar. Eski vaqtlarini o’ylab, hozir siyosat va olamning jarayonlari bilan munosabati bor deb o’ylaganlarning aslsiz vahimalarini ustozimizning bu holati qat'iy rad qiladi:
Navbat bilan yonlaridagi Sulaymon Rushdu, navbat bilan yonlarida bo’lgan Xusrav, navbat bilan yonlarida bo’lgan Ra'fat, Sakkiz yillik birodari Bakir, Barlada doimiy xizmatkori Mustafo Chovush, Sakkiz yillik xizmatida bo’lgan bir birodari Barlali Sulaymon.}
Yana, doimiy xizmatidagi birodar Rushdu Afandi, uch o’qqasi besh kurushga sotilgan yaxshilab qizartirilgan uch dona kichik baliqlardan keltirgan edi. Bularni Ustozimni yeyishi uchun qistadi. Ham Rushdu Afandini ranjitmaslik, hamda baliqlarni yaxshi ko’rgani uchun yedi. O’sha baliq tufayli besh soat tinmasdan sanchiq sezdilar. Bu sanchiq boshlagandan uch soat so’ngra Rushdu Afandiga aytdilarki, Xusravdagi pulimdan baliqning pulini ol, sanchiq davom etyapti, desalar ham baliqlarning pulini olmagani uchun, ikki soat yana davom etadi. Oxiri: "Ey voh, pulni ol, meni bu sanchiq azobidan qutqar", dedilar. Rushdu Afandi baliqning pulini olishi bilan sanchiq birdaniga to’xtadi. Biz Ustozimizdagi bu holni aynan ko’rdik. Xullas, Ustozimiz haqida, nima bilan tirikchilik qiladi deganlar xatolarini tuzatishsin.
Bekir, Ra'fat, Xusrav, Rushdu
***
(Xulusiy Beyning maktubi.)
وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ بِلَا اِنْقِطَاعٍ
Ayyuhal Ustoz-us Said!
Risola-i Nur shogirdlarining ma'naviy shaxsiyatlarida eng ojiz, eng zaif va eng manfaatsiz a'zo bo’lish bilan birga, intisob vositasidagi kuch bilan ma'naviy a’zolari duolarining va muqaddas himoyasining himmatiga va Rabbi Rahimning karam va inoyatiga tayanib, biz noil bo’lgan oxirgi nurli asarlarni mutolaa qilish, bechora atrofimizdagi nashri sababli xolis sevinchimizga, nihoyasiz ma'naviy tuyg’ularimizga tarjimon va ojizlik tili bilan hissiyotni izhorga vosita, boshda muhtaram, juda mushfiq va aziz Ustozga, u kishining Xudoning tavfiqi bilan eng qiymatli yordamchilari va Risola-i Nur shogirdlarining ma'naviy jismlarida doim faol, nurli yetkazuvchi va noshirlari hisoblangan qardoshlarimizga shukronalik va duo qarzimizni yetkazish istagi va niyati bilan, ushbu arizachani yozishni boshlayman.
Avvalo ulviy va g’aybiy karomatdan bahs yuritaman: Majmuat-ul Azhobda "Arjuza" nomli muborak qasidani Fathi Beydan topdim. Bir qancha yerlarini o’qidim. Boshqa tadqiq eta olmadim. Sakina nomli va Ismi A'zamni ichiga olgan olti ism "Fard, Hay, Qayyum, Hakam, Adl, Quddus (Jalla Jaloluhu) ekanini bildim. Bu muborak ismlarning vird qilinishiga ruxsat bersangiz va qanday davom etish taqozo qilsa amringizni iltimos qilaman.
Marhum bobomning Hazrati Ali Roziyallohu Anh Afandimiz Hazratlariga oid va avvalroq arz etganim "Avliyolar karomati haq", dasturini tasdiq mavzusidagi karomatlar hadisi ifoda etilgan bir vaqtda, u yerda bu muborak asarning nashr etilishi, jiddiy ravishda hayratlantirib, ishlarimizning tasodif emasligini ko’rsatadigan kichik dalil va Risola-i Nur Mo’'jiza-i Kubro-i Ahmadiya (ASV) bo’lgan Qur'oni Azimushshondan jo’shib chiqqani uchun, mo’jizali hodisalar yo’q bo’lmasligiga ishoradir.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Bu buyuk asarning oxiriga Risola-i Nur shogirdlari nomidan bu ojiz talabangizning ismini qo’yish, siddiqingizning yozilgan va yoziladigan barcha Risola-i Nur yog’dularini tasdiq qilishda ikkilanmasligiga ishora ekanini shukr bilan qarshiladim.
Rahmon surasining فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ oyati jalilasidagi takrorlanishi kabi, Risola-i Nur tarqalishni boshlaganidan beri karomat turlari va g’aybiy i'joz izhor qilinmoqda. Bu fayzli hodisalar Risola-i Nur shogirdlarini g’ayratga va himmatga tashviq qilib, ularni ma'naviy qurollar bilan jihozlantirib, iymon quvvatini ko’paytirishga vosita bo’lmoqda.
Allohu Zuljalol Qur'oni Karimida, Payg’ambari Ziyshon hadisi nabaviylarida, Choryori Guzin, Sahoba-i Kirom va Oli Bayt nomlariga, Hazrat Ali va u kishinnig avlodlaridan Hazrat G’avs muborak qasidasida oxirzamon fitnasining eng muhim va Qur'oniy harakatga ramz, dalolat, ishora, balki ochiq oydin ko’rsatgan narsalarini Risola-i Nur noshiri barcha asarlarida ko’rsatsa va darslarida takror-takror aytsa, ikkilanish va shubhaga zarrachalik joy va haq qoladimi? Aslo va qat'iyan. Allohning ehsoniga yuz minglab hamd va shukrlar bo’lsin. Munosabat kelgan ekan, tahdisi ne'mat maqsadida, men sazovor bo’lgan, barcha ojizlik va nuqsonimga qaramay, bajartirayotgan muqaddas xizmatning sharafi ma'naviy birlikdagi ixlosning ikromi deb bilishga loyiq, g’aybiy himoya va muhofazani Risola-i Nur shogirdlari qardoshlarimga qisqacha aytay, bildiray:
1. Allohga ma'lum ko’p kamchiliklarimni bilmagan katta va kichik barcha odamlarning menga e’tiborlari;
2. Taqozo qilgan, so’ralgan, munosabat kelgan sari, parvosiz tarzda doimo olgan darslarimdan, o’rgangan haqiqatlarni aytsamda, barcha hamrohlarimning menga muhabbatlari va javob berolmasliklari;
3. Diniy hukmlarga kuchim yetganicha itoat qilganimni bilganlariga va ko’rganlariga qaramasdan, aksar yo’limizdagi buyuklarimning xususiyat va holatlarini yoqtirmasamda, ochiqchasiga maqtashlarini izhor qilishlari;
4. Alazizda jismonan ancha uzoqdaligimga qaramay, Risola-i Nur fayzi manbaidan jo’sh urgan yog’dularning Haq izni bilan kamchiliksiz kelishlari;
5. Eski domlalarimning Nur asarlarini bu ojizdan tinglashlari, vositachiligimda o’qishlari;
6. Alhamdulilloh, bu yerga kelgan nurli asarlarning, xususiyligi va mahramligi e’tiborga olib yoyilishiga harakat qilsamda, Xoliqi Azimga yuz ming karra shukr va tashakkur, mone va yomonlik chiqmasligi, va hokazo...
Ochiq, zohir, ravshan va qat'iy himoya va ma'naviy muhofaza natijasida, Risola-i Nur shogirdlari orasidagi haqiqiy ixlos va birdamlikning ochiq oydin tajalliysidir.
Sun'iy kamtarinlik uchun emas, haqiqatni ifodalash uchun aytamanki: Bundan avval qardoshimiz Sabri Afandiga yozgan kichik maktubimda ham aytganimdek, Risola-i Nur shogirdlari ma'naviy vujudida faqat kichik bir oyoq barmog’icha qiymati bo’lgan bu bechora qardoshingizni, Xoliqimiz bu gunohkor qulini nihoyasiz in'om va ehsoniga loyiq ko’rganki, Risola-i Nur noshiriga bir talaba, Risola-i Nur shogirdlariga bir qardosh, Qur'on xodimlariga birodar qilgan. Arabcha va Forscha bilmagan, ilm va madrasa ko’rmagan bir osiy quliga, Samadoniy hikmati bilan bunday bir ikromda bo’lishi, albatta bir hikmatga tayangan. U Risola-i Nur bilan aloqador kishilar orasidagi soflik va ixlos bilan Risola-i Nurning Allohning nazdidagi darajasiga va xizmatning ulug’ligiga beriladi.
Risola-i Nur shogirdlaridan eng foydasiz bir a'zoga, misol tariqasida zikr qilingan bunchalik ochiq himoya va Allohning muhofazasi sodir bo’lsa, boshqa nurli unsurlarga qay daraja ikrom va inoyat ekani qiyos qilinishi mumkin.
Allohning inoyatiga, Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo Sallallohu Ta'ala Alayhi va Sallam Afandimiz Hazratlarining yordam va ruhoniyatlariga tayanib, Alloh roziligi uchun xizmatga bel bog’lagan, bir-birini ma'naviy va uxroviy qardosh deb bilgan, boshda mushfiq Ustoz, ya'ni Risola-i Nur noshiri bilan uning shogirdlarini
فَاِنَّ حِزْبَ اللّٰهِ هُمُ الْغَالِبُونَ ٭ وَالْعَاقِبَةُ لِلْمُتَّق۪ينَ
oyatlari sirlarining o’rtaga chiqishi inshoalloh ko’rinadi.
Iqtisod haqidagi risola - ham insoniy, ham ijtimoiy, ham diniy, ham dunyoviy juda go’zal axloqiy, juda xush iymoniy, juda qiymatli nuroniy bir nasihatnomadir. Bu yerdagi qardoshlarimizdan ba'zilarining Nur asarlari haqidagi ushbu ixtiyorsiz so’zlari qanchalik o’rinlidir. Aytishadiki: Bu muborak asarlardan biri o’qilganda, ichimizdan "Bundanda yuksak asar yo’q", desakda, ikkinchisini tinglagan paytimiz qaraymizki, bu avvalgidan yanada ulviy va nurlidir.
Men ham aytamanki: Ey birodarlar! Risola-i Nurning barcha qismlarida shunday bir kuch borki, faqat bittasini tinglashga, o’qishga yoki yozishga muvaffaq bo’lgan kishi, Alloh tavfiq bersa, unda iymonini qutqaradigan haqiqatlarni topadi. Chunki har qismning boshqalari bilan ma'nan aloqasi bor. O’qiganga va tingalganlarga sirli tarzda aytiladiki: O’qigan kitobingda bizdagi haqiqatlarning ham uchlari, hidlari, ishoralari bor. Diqqat qilsang ko’rasan, harakat qilsang tushunasan, juz'iy ixtiyoringni bu ishga qaratsang, Alloh muvaffaqiyat beradi. Topishing va bilib olishing mumkin.
Ixlosga doir Yigirmanchi, Yigirma Birinchi Yog’dular: "Yigirmanchi Yog’du" xar hil yo’l va yo’nalishdagi mo’minlar orasidagi raqobatli ixtiloflarning sabablarini shunday sharh bo’lib, ta'rif qilish uchun bu muborak asarni aynan yetkazyapman boshqa chora yo’q. Alloh jumlamizni muxlis qullaridan aylasin. Omin.
Eng kami o’n besh kunda bir marta o’qilishi amr qilingan Yigirma Birinchi Yog’du, vird qilinadigan darajada ahamiyatlidir. Ma'lumki, qal'a ichidan fath qilinadi. Bugungi muvaffaqiyatga sabab bo’lgan ixlos yo’qolsa, Alloh saqlasin, juda yomon natijalar kelib chiqadi. Eng katta dushmanimiz nafsimizdir. Uni lol qilish uchun, o’ylaymanki, shu eslatma kifoyadir: "Ey nafsi nodon! Meni alday olmaysan. Modomiki, Payg’ambari Azimu-l Qadr Nabiyulloh Hazrati Yusuf Alayhissalom,
وَمَٓا اُبَرِّئُ نَفْس۪ٓى اِنَّ النَّفْسَ لَاَمَّارَةٌ بِالسُّٓوءِ اِلَّا مَا رَحِمَ رَبّ۪ى
deganlar. Alday olmaysan. Sendan va sening yo’ldoshlaring jinniy va insiy shayton, ahli bid'at va ulamou-s su yomonligidan Allohdan panoh so’rayman".
Eski Said tili bilan qalamga olingan "Yigirma Ikkinchi Yog’du": Zolimlar to’dasining hujumlariga o’ta mukammal mudofaa, eng loyiq va a'lo javobdir. فَاللّٰهُ خَيْرٌ حَافِظًا وَهُوَ اَرْحَمُ الرَّاحِم۪ينَ
O’ttiz Birinchi Maktubning Yigirma Beshinchi Yog’dusi: Moddiy va ma'naviy barcha xastaliklarga mukammal davodir. Oltinchi davoning ikki marta yozilishiga qiziqdim, esimga keldi. Birdan yigirma beshinchi davogacha bo’lgan davolarni to’pladim, 325 bo’ldi. Takrorlangan olti raqamli davoni ham qo’shganda 331 chiqdi. Aytilishda va yozilishda o’chiriladigan bu raqamlardagi olib tashlangan ming raqamini diqqatga olsak 1325 va 1331 yillarda Islom olamining boshiga kelgan musibatlarga bu Yog’duda maxfiy ishora borligiga xulosa qildim. Basiratli va nurli birodarlarning yanada maxfiy haqiqatlar chiqarganliklarini umid qilaman. Eski talabangizdan Hofiz Husan Afandiga bu Yog’duni otasining vafotidan bir necha kun o’tib, arafa kuni Hofiz Umar Afandi bilan uyiga borib o’qish nasib bo’ldi. Moddiy ma'naviy xastaliklariga dori bergan davolaydigan hakim - aziz Ustozga ko’p duo qildi. Bu muborak asarning bu zotga qilgan ta'sirini shunday xulosa qilamiz. Yaxshi ko’rganlar va birodarlaridan xastaligini so’raganlarga, "Juda mukammal bir dori topdim. Alhamdulilloh doktorlarga dori puli berishdan xalos bo’ldim. Kundan kunga yaxshi bo’lyabman" dermish. 17 Zulhijja 1353.
Uxroviy qardoshingiz va ojiz talabangiz
Xulusiy
***
(Risola-i Nur shogirdlaridan Kuleo’nli Hoji Usmonning bayoni.)
Muhtaram Ustozim!
Risola-i Nurni bir necha yildan beri tinglab, mingdan bir olgan ma'naviy yaralarimga dori vazifasini bajarayotgan edi. Ammo xastalarga oid Yigirma Beshinchi Yog’du va keksalarga Yigirma Oltinchi Yog’duni Mustafo va do’stlarim bilan birga o’qib kamoli shavq bilan tingladim. Qarasam, vujudimdagi yaralarga go’zal ta'sir qildi. Birodarlarimga aytdimki: "Modomiki Risola-i Nurning ta'siri kuchli ekan, men yozishga qaror qildim. Ammo hech o’qib yozishni bilmaymanki, bunday qiymatli Risola-i Nurga yordam beray. Modomiki qalamim yo’q, meni xizmatchi va pochtachi qilib tayin qilinglar" deb xafa holda aytdim.
O’sha tun tushimda meni o’lgan va yuvilgan holda qabrga qo’yishdi. Hashr vaqti kelib qabrdan kafan bilan boshim ochiq, oyoqlarim yalang’och holda turdim. Qo’rqib mamlakatimizga kelarkan, katta bir ko’prikka yo’liqdim. Ko’prikning ikki tarafida ikki soqchi bor edi. Biridan o’tib, ikkinchisi meni darrov ushladi. Ajabo, qayerga olib boradsi deb, butun vujudim titrar edi. Biroz ketgandan so’ng ko’prik tugamay meni Ustozimga topshirdi. Ustozim meni yuvib qoydi.
So’ngra bir masjidga butun aholi askar sifatida to’plandi. Bir askar kelib menga: "Seni buyuk qo’mondonga xizmatchi qilib tayinlashdi, borasan", dedi. Men: "Men kabi oddiy bir askar qanday qilib qo’mondonning yonida xizmatchilik qiladi?" dedim. E'tiroz bildirdim. U yana "Borasan", deb takrorladi,. Men qo’rqib bordim. Qarasam, u yerda Ustozimni ko’rib sevindim. Menga: "Orqamdan kel", dedilar. Yuksak bir saroyga chiqib, menga: "Ushbu kichik xizmatlarni bajar", dedilar. Men o’ylar ekanman, Barlali Sulaymon Afandi keldi. U bilan birga o’tirib, Ustozim go’zal bir gul bog’iga bordilar. U yerda bir kichik yigit o’tirgan ekan. Menga: "Sen bu yigitga xizmat qilasan" dedi. O’shanda uyg’ondim.
Ey qardoshlarim! Modomiki Ustozim o’zlarida hech narsa yo’q, u faqat tayin qilingan javharlar do’konidan hammaning ehtiyoji borligi va Qur'onning dalloli ekanini sakkiz-to’qqiz yildan beri e'lon qilmoqdalar. Risola-i Nurlarni yozish, o’qiish va tinglash uchun harkasning ehtiyoji bor. Shuning uchun, ey Musulmonlar! Ma'naviy yaralaringizga dori qidirsangiz, Risola-i Nurda bor. Qancha yozib, o’qisangiz iymoningiz shuncha yuksaladi. Hech shubha qilmanglar.
Muborak ikki qo’llaringizdan o’paman va bayramingizni tabriklayman.
اَلْحُبُّ فِى اللّٰهِ
Johil va ojiz talabangiz
Hoji Usmon
***
(Oxiratli singillarimizdan va Risola-i Nur talabalaridan Muzayyananing bayoni.)
Muhtaram Ustozim!
Bu foniy dunyoning alamlariga g’arq bo’lgan ko’zlarim, sizning fayzli, nurli "So’zlar"ingizga, ta'sirli va shifoli risolalaringizga jonu ko’ngildan bog’langan va o’qigan sari, risolalaringiz qanchalik buyuk bir murshid bo’lganini hech narsa bilan tariflay olmayman.
Ha, bu dunyoga, bu davrga cho’kkan zulmat va g’aflat pardalarini "So’zlar"ingiz yirtmoqda, zulmatni parchalab, g’aflatni tarqatmoqda. Qaynday aql borki, haqiqat pardasini ko’rib, haqiqat pardasida haqiqat nuri porlar ekan, ularga ko’zini yumib, zulmat pardasiga tashlangan bo’lsin? Men ham inshoalloh zulmatga tashlanyapman. Xozir qiyinchilik bilan baxtiyorman boshqa badbaxt bo’lolmayman.
Ustozim, men boshqa qardoshlarim kabi sizdan shaxsan dars olishdan mahrumman. Ammo haftada yoki bir oyda bir oliy "So’zlar"ingizdan g’oyibona bir dars olyapman tasavvuri bilan tinglayman. Go’yo shaxsan sizdan dars olyapman. Kun davomida ahli Islomning salomatini va bu holimning zulmatdan nurga qaytishini, siz boshda va oldinda, biz orqada Janobi Haqqa yolvoraylik. Janobi Mavlom xayrlisi bilan ehson qilsin. Aytishga tilim, ojizligim, nuqsonim qo’ymaydi. Nuqsonimizni Ustozimizga e'tirof etyapman.
Inshoalloh, risolalarning ta'sirida, bir kun, mustaqim Lutfu Afandi kabi taqvo ahli qardoshlarimiz kabi, biz ham g’ayri ixtiyoriy va beixtiyor ishlaganimiz holatimizdan "So’zlar"ingizning irshodi bilan qutulamiz. Zakoiy qardoshimizdan O’n Yettinchi So’z, O’n Sakkizinchi Maktub, Yigirmanchi Maktub va O’ttiz Uch Derazali nurlar bilan porlagan qiymatli risolalarni oldik. Mutolaa qilyapmiz. Haqiqiy Ustozimiz bo’lgan Hazrati Qur'on qo’limizda.
Muzayyana
***
(Muzayyananing boshqa bir bayoni.)
Ustozim!
Qiymatli risolalaringizni o’qigan, albatta qulflangan sandiq ichida munavvar qolgan so’niq qalblarni kumushdan qilingan oltin bilan porlatilgan kalit hukmidagi risolalar vositasida ochganiga, qalbining qutulishiga va porlashiga binoan kamoli mamnuniyat bilan Janobi Mavloga shukrlar qilaman va risolalarning yoyilishiga harakat qilganlarga tashakkur qilmaslik mumkin emas. Oh, vafosiz dunyoning tashvishi, alami va qayg’usi meni Nurlarga xizmat qilishdan to’smoqda. Loyig’idek xizmat qilolmaganimdan va qardoshlarim kabi Nurlarga xizmat qila olmaganimdan qalbim shunday aziyat chekyaptiki, ta'rif eta olmayman. Shu kunlarda, "Avf chiqibti deyishyapti. Ustoz Istanbulga ketayotgan ekanlar", deyishlari bilan, bir jihatdan mamnun bo’ldim. Ustozim asoratdan xalos bo’ldilar. Bir jihatdan o’yladimki, butun Otaboyning tog’lari boshimga tushyapti deb, xafa bo’ldim. Oqlanishingizga va badbaxt insonlarning aziyatidan xalos bo’lishingizga tashakkurlar bilan birga tabriklayman. Ammo bu nurli va qiymatli risolalarning sohibi bizdan uzoqlashishiga ko’ngil rozi bo’lmayapti. Barla tog’larida bizni va bu atrofni nurlantirgan bizlardan uzoqlashmasligi kerak. Uzoqlashishini kim orzu qiladi? Barla juda baxtiyor qishloqki, eng avval va har doim yangi va shirin risolalarni hammadan avval, shaxsan Ustozning og’izlaridan eshita oladilar.
Muzayyana
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
G’ayratli, zakovatli, jiddiy, siddiq, haqiqiy qardoshlarim Xo’ja Sabri Afandi, Hofiz Ali!
Ushbu Juma kuni kunduzi, xastaligim tufayli biroz yotgandim. Tushga o’xshash, faqat tush emas; xayolan ko’rgan narsam: Sabri qarshimga chiqdi, orqasida Hofiz Ali. Sabri menga: "Ustozim, Inoyati Sab'a nomli bayon qilingan buyuk inoyatlar bor ekan, "O’ninchi So’z"dagi juz'iy inoyatga shuncha ahamiyat berishning sabab va hikmati nima?" dedi, chekindi. So’ngra turib, o’yladim. "Ispartaga yozgan maktubimni Sabri o’qigan yoki o’qiyapti, otashin yozishimdan menga achinib mendan so’rashni istagan", dedim. Nima bo’lganda ham. Men ham Xulusiydan keyin birinchi tinglovchim bo’lgan Sabriga aytaman (Hofiz Ali ham tinglasin):
"O’ninchi So’z"dagi juz'iy inoyatga ko’p ahamiyat berganimning uch hikmati bor:
Birinchisi:"O’ninchi So’z"ning qiymati butunlay baholanmagan. Men o’zim o’zimga xususiy shaklda, balki ellik marta mutolaa qildim va har safar zavq oldim, o’qishga ehtiyoj his qilaman. Bunday risolani ba'zi kishilar bir marta o’qib, boshqa ilmiy risolalar kabi yetadi deb, chetda qoldiradi. Holbuki bu risola iymon ulumidandir. Xar kun nonga muhtoj bo’lganimiz kabi, bunday ilmga har doim ehtiyoj bor. Bu risolaga diqqatni qattiq jalb etishni ruhim istagan edi. Lekin qo’limdan hech narsa kelmaydi. Janobi Haq marhamatidan bir ishora berdi. Bu ishora qanchalik yashirin bo’lsa, mening jiddiy orzuimga to’g’ri kelgani uchun, juda ahamiyatlidir.
Ikkinchisi:Bilasizki, uzoq yerlardan, ba'zan besh kunlik yo’ldan kelgan kishi bizni ko’rish va uxroviy istifoda etish uchun keladi. Holbuki holatim bir necha soatdan ortiq u kishi bilan ko’rishishga ruxsat bermaydi. Holbuki, musofirga risolalarning qiymatini ko’rsatish, ulardan istifoda qilishga chorlash, muhtoj bo’lgan iymon kuchiga va ma'naviy quvvatga yordam berish uchun bir necha kun kerak. Chunki, risolalardagi quvvatli burhonlarga harkas yetolmaydi, tamoman qamray olmaydi. Ruhim qattiq istaydiki, qisqa, yengil bir sabab qo’limga tushsa, bechora musofirlarning zahmati behuda ketmasin. Ammo karomatim yo’q, qo’limdan hech narsa kelmaydi. Faqat musofirlarning niyat va ixlosiga tayanib ularning mukofotini rahmati Ilohiyaga havola qildim. Janobi Haq avval "Ishorat-ul I'joz"da, so’ngra "O’ninchi So’z"da tez qanoat beradigan va risolalarga e'timod ettiradigan inoyat belgisini ehson qildi. Haqiqatdan bu men uchun juda oson bo’ldi. Men ham qattiq rohatladim va ko’p kishilarga qisqa vaqtda ma'naviy quvvat va Qur'oni Hakimning haqqoniyatiga ko’z ko’rinadigan alomatlarni ko’rsatdim. Hatto ko’p qaysarlarning qaysarligi ketdi. Ko’p dinsizlar ham u orqali iymonga kelishdi. Lekin "Ishorat-ul I'joz"dagi izoh bir, ikki, uch soatki tugamas edi. Men charchar edim. Janobi Haq kamoli rahmatidan yanada oson, "Ishorat-ul I'joz" ikki soatda beradigan foydani "O’ninchi So’z" ikki-uch daqiqada berdi. Bu davrda ko’z bilan ko’rinadigan o’ta kichik inoyat belgisi, buyuk ma'naviy karomatlardan ham ta'sirlidir. Bu kichik inoyat belgisi, ham menga, ham siz kabi qardoshlarimga osonlik bergani uchun, qattiq ahamiyat berdim. Modomiki bu "So’z"dagi muvofiqlik biz va musofirlarga juda foydali va xayrli natijalar beradi, albatta ichida bir inoyat bor. Oddiy bo’lsada, yuz o’xshashi bo’lsin, bizga favqulodda yana bir inoyat, Rabboniy ikromdir.
Uchinchisi:Bilasizki, haddan ortiq bandlikdan charchagan fikr o’zini ovuntirish, istirohat etishni istaydi. Biz mashg’ul bo’lgan juda chuqur, juda keng, juda jiddiy Qur'oniy va iymoniy haqiqiatlar, haddan ko’p band bo’lganimiz sababli charchoqni yengillashtiradigan va toliqqan aqlimizni zavqlantiradigan va ovuntiradigan muvofiqliklar, latif badi' san'ati suratidagi lutfini ko’rsatdi.
O’sha latif, yengil, sevimli va jozibador muvofiqliklardagi inoyat, bir kalit hukmiga o’tib, Qur'onning sirlar xazinasiga bir jihatdan rahbar bo’lgani uchun qattiq ahamiyat berdim. Yo’qsa xizmatimizdan chiqqan va yordam bergan Rabboniy inoyat shunchalik ko’pki, sanasam mingdan oshadi. "O’ninchi So’z"ning harflaridagi sir, hech kimning sun'iy va ixtiyori bilan yozilmaganini hamma tasdiq qilgani uchun, ahamiyatliroq ko’rindi.
Men mutlaq ishoraga ahamiyat berdim. Tafsilotini diqqat bilan tadqiq qila olmadim. Eng yaxshi shaklda bayon qila olmadim. Bir-ikki soatda mulohaza sifatida ishoralar qo’ydim. Birinchi safardagi ishoralarga tayanib boshqa tadqiq qilmadim. Holbuki, ba'zi ta'birlarimda kamchilik bor, tushunishni qiyinlashtiradi. Ispartadagi qardoshlarimiz maqsadni tushunishmagan, haqlari bor. Chunki ibora o’sha maqsadni ifoda qila olmaydi.
Modomiki shunday ekan, bu "So’z"ning latif harflardagi tavofuqlaridan, (qismidagi) ham sahifaning yigirma ikki ekani e'tibori bilan, yoza oladiganlarning o’rnida (yarmidan ko’prog’i yozilgan sahifalarning) haqiqiy va faraziy satrlariga, boshdagi varag’ida jilt ustida ismining ikki satri qo’shilsa bir ming uch yuz qirq ikki (1342) bo’ladi va hokazo... Ham u qismdagi bu jumla, ham oxirdagi oq sahifani sanasak oltmish olti chiqadi. Boshdagi oyatning talaffuz qilingan (oltmish olti) harflariga muvofiq keladi. Birida oxirdagi ikki oq sahifani sanasak (oltmish yetti) bo’lib, boshdagi oyatning talaffuz qilingan oltmish yetti harflariga to’g’ri tushadi. U oyat Ixlos surasining harflariga, ham Lafzullohning abjadiy maqomiga to’g’ri tushadi, aytilishi kerak. Biz bir nusxani shunday yozdik, sizga yuboryapmiz. Sizdagi nusxalarni unga ko’ra yozinglar. Eg’irdirdagi nusxalarni ham shunday yozinglar.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, jiddiy, siddiq qardoshlarim, xizmati Qur'oniyada samimiy va quvvatli birodarlarim Sabri, Xusrav, Ali, Ra'fat, Bakir, Lutfu, Rushdu!
Sizlarni hududsiz haqiqat sahrosida menga yaqin birodar va yo’ldosh qilib bergan Janobi Haqqa cheksiz shukrlar bo’lsin. Bu ajib sahrodagi harakat va suluk, ba'zan juda nozik ahamiyatsiz ko’ringan narsada muhim istifodalar olinadi. Shuning uchun endi zohiran foydasiz deb o’ylangan ba'zi masalalarni kuzataman va e’tiboringizni ko’proq jalb qilaman. Jumladan; "O’ninchi So’z"dagi aliflarning tavofuqlarini, muhim masala kabi e’tiboringizga havola qilyapman. Buning siri shuki:
Bir xos iltifotga yashirin bir ishora bo’lganini qat'iy his qilganim uchun, ixtiyorsiz, kamoli sevinch va baxtli ekanimdan jo’shib bor ovoz bilan "Do’stlar! Kelinglar, siz ham ko’ringlar", deyman. Bir podshohning xos oddiy ishorasiga sazovor bo’lish, umumiy qonun bilan marshallik e’tiboridan ko’ra ko’proq baxt bo’lganidek, Xoliqi Zuljalolning xususiy iltifotini imo qilgan eng yashirin ishoraga, yuz ming jon bo’lsa va fido qilinsa, yuz ming yil umr bo’lsa, u yo’lda sarf qilinsa ham arzon.
Xullas, bu sirdan kelgan surur natijasida jozibador jo’shqinlik bilan, diqqat qilmaganlarga foydasiz va isrof sanalgan bunday muvofiqliklarga doir ko’p mavzu ochyapman. Yana bir mavzu ochaman.
"O’ninchi So’z" - Qur'onning uchdan birini inkor qilish niyatida, jismoniy hashrni rasman millat ichida inkor qiluvchi dunyoqarashda bo’lgan zindiqlarni mot qilgan, hayratomuz Qur’oniy i’joz shu'lasini ko’rsatgani kabi, yana ko’plab alomatlar bilan ma'naviy Qur'on i'jozi hisobiga favqulodda ma’noga egaligini qisqacha his qilgan edik. Hozir takroran "O’ninchi So’z"ga ommaning e’tiborini jalb qilish uchun, beixtiyor u bilan mashg’ul qilindim va qaradim.
Bu safar Lafzullohning birinchi harfi bo’lgan alif, "O’ninchi So’z"da shunday muvofiqlik ko’rsatdiki, qat'iyan tasodif deb bo’lmagani kabi, boshqa belgilar bilan u tavofuqda g’aybiy ishorani qat'iyan his qildim. So’ngra ishoralarini qo’ydim. Yana, ishoraga asos bo’lish uchun g’ayritabiiy bo’lishi shart emas. Chunki o’ta oddiy pardalar ichida muhim ishoralar beriladi, uni ahli bo’lganlar tushunadi.
Modomiki g’aybiy ishorat bor. Albatta ichida tasodif bo’lmaydi, boshqa hukm qilolmaydi, eng juz'iy raqamlari ham o’sha ishoraga tobe’ qilinadi. Modomiki majmuida ishora bor ekan, barcha qismlari o’sha ishoraning hikmatiga tobedir, tasodifga u yerda joy yo’q. Hatto yigirma to’qqizinchi sahifada Uchinchi Haqiqatdagi alifni sanamaslik kerak edi. Lekin men sanab xato qilgan edim. Keyin tushundimki, menga sanattirilgan ekan. Boshdagi "O’ninchi So’z" kalimasi bilan ushbu Uchinchi Haqiqat, ikkisi sahifa boshida bo’lgani uchun, sanalishi kerak edi. Ularning boshqa do’stlari sahifa raqamlari kabi ba'zi vazifani bajartirish uchun bir jihatda sanalish ishorasi bexabar holda menga yozdirilibdi. Nima bo’lganda ham... Ikkilanishim uchun emas, chunki qat'iy xulosa qildimki, balki boshqa birovning shubha va ikkilanishini ketkazish uchun ba'zilarini taqqosladim:
"O’ninchi So’z"ning oxirida yozilgani kabi, olti yuz sahifadan ko’proq muborak kitoblarning tavofuqlari bir yuz yigirma besh chiqdi. Uch yuz ellik sahifadan iborat boshqa bir kitobni ham sanadim. Ellik tavofuq chiqmadi. Yana eski vaqtlar yozgan Turkcha va Arabcha ikki yuz sakson sahifadan iborat kitobimning aliflarini sanadim, tavofuqlari qirqtadan oshmadi.
Demak "O’ninchi So’z" va "Ishorat-ul I'joz"dagi aksariyatning tavofuqlari yashirin bir g’aybiy ishorani ichlariga oladi. Umumida ishora bo’lsa yetadi. Har juzida ishorani ko’rsatish shart emas, ammo har juz ishoraga tegishli va uning hikmatiga tobedir. Sizga shoshilib, boshda ishora qilingan nusxani yuborgan edim. Oz hoshiyalarni keyin qo’shdik. Bu safar Sulaymon Afandi vositasida yuborilgan nusxa bilan solishtiring, to’ldiring va bu nusxa Halil Ibrohim Afandidan jo’natilgan nusxa bilan ham solishtirib, Osim Beyga yuboring.
Bu safar Xulusiy Beyning maktubini sizga jo’natdim. Ishora qilgan ikki qavsim ichida bo’lgan qism, Yigirma Yettinchi Maktubning To’rtinchi Zaylida yoziladi. Qavslar tashqarisida bo’lgan va ustiga qizil chiziq tortilganlar yozilmaydi. Hofiz Ahmad, Mahmud Jalol va Hofiz Vali kabi qalbi jazbali do’stlarimga va haqiqat yo’lida boshqa qardoshlarimizga salom yo’llayman. Hofiz Vali bilan kech ko’rishgan bo’lsakda, Hofiz Valining bu yerda Mahmad Usto ismli, o’n yillik xolis do’sti borligi va Mahmad Usto mening sakkiz yillik oxirat yo’lida o’ta jiddiy qardoshim bo’lgani, Hofiz Valiga ham o’sha munosabatdan eski do’st nazarida qarayman. U menga maktub yozgan edi. Maktubiga javob berishga vaqt topolmayapman. Qalb ahli uchun ba'zan sukut ham bir so’zlashishdir.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
Qardoshlarim, kechirasizlar, tartibsiz abgor maktub orqali siz bilan suhbatlashishni istamayman. Ammo ko’plab ishlar va tadqiqot bilan mashg’ul bo’lganimiz uchun, oz vaqt ayirib, tez yozdik. Qo’li siyoh kotibning holi ma'lum. Boshini boshqa yerga qaratgan edi, maktub abgor bo’ldi, shuning uchun xafa bo’lmang.
Tavofuqdagi g’aybiy boshqaruvni bir maktubda sizga shunday misol bilan bayon qilgan edim: Masalan, mening hovuchimda no’xat, loviya, uzum, bug’doy kabi urug’lar bo’lsa, men ularni yerga otsam; uzum uzumga, loviya loviyaga qarab ajralsa qo’limdan chiqqandan so’ng g’aybiy bir qo’l boshqarganiga hech shubha qoladimi? Harflar va so’zlar o’sha moddalardir, og’zimiz hovuchdir.
***
(Mas'udning g’arib bir bayoni.)
Oy yangi chiqqan paytda, uning oydinligiga va tunning salqinligida, arpaning yumshagani uchun o’rayotgan paytimda, oyning go’zalligiga va shaffofligiga qarab va ishning tugamayotgani va "Nur"larni yozishdan mahrum qolganimni hasrat bilan va xafa holda o’ylayotgan edim. G’aflatdanmi, ilhommi, hayolimga kelgan shu so’zni aytdim: "Rabim! Ismim Mas'ud, o’zim foydasiz, ko’p harakat qildim bo’lolmadim mas'ud", dedim va o’rishda davom etdim. Oradan bir muddat o’tgandan so’ng yotdim. Tushimda aytildiki: "Qo’yib yuborma Ustozing Saidning etagini, qilar seni mas'ud". Darhol uyg’ondim. Ey voh. Darhol "Rabbim! Men dunyoviy saodatini istamadim, tavba qildim", dedim. Uxroviy saodatimning, sizning duongiz bilan bo’lishi talqin etilgan deb bilaman va duoingizga muhtojman. Bandangizni duodan darig’ tutmasligingizni tilab, qo’l va oyoqlaringizdan o’paman, afandim hazratlari.
Mas'ud (RH)
***
Yigirma Oltinchi Maktubning To’rtinchi Mabhasining Birinchi Masalasi
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَعَلٰى وَالِدَيْكُمْ وَعَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq va sodiq, muxlis va xolis qardoshim Ibrohim Xulusiy Bey!
Maktubingda bayon etyapsanki: Eg’irdir bo’lganidek u yerda ham muvaffaq bo’lolmayapsan. Undan xavotirlanma. U yerda shunday sabablar borki, tamoman to’xtash va ta'til natijasini berishi mumkin. Janobi Haqqa shukr, yana to’xtash emas, muvafaqiyat bor.
Ma'naviy sabablardan biri shuki: Jinniy shaytondan dars olgan inson shaytonlari, dunyoviy mashg’uliyatlari bilan seni bir doira ichiga olib, Nurlarga xizmatingni cheklash uchun, sezdirmasdan parda ostida harakat qilishgan.
Ham u atrofda oldinroq mudhish amaliyot va ijroot bo’lgani uchun, u muhitda bir qo’rqoqlik hosil bo’lib, qalbingdagi o’ta kuchli matonat bo’lmasaydi, Nurlar u yerda hech yorishmas edi. Ammo u yerda oz xizmat ham ko’p hisobida, qiymatlidir.
Ikkinchidan:(Bu qism Maktubotning 328-329-chi sahifalaridagi (Ikkinchidan) qismining oxiriga qo’shimcha.)
"Rabb-ul Olamiyn" ta'biridan so’ngra "Rabb-us Samovati val Arz" zikri ijmoliy bayondan tafsilotga o’tishdir. "Mamlakati Islomiya hokimi" ta'biridan so’ngra; "Anadolu, Osiyo va Afrika hokimi" ta'biri saltanatning hashamatini batafsil ko’rsatganidek, mutlaq rububiyatdan keyin rububiyat hashamatini batafsil ko’rsatadi. Nima bo’lganda ham, hozircha savolingga to’liq javob berolmayman. Uning o’rniga Qur'on i'joziga oid ikki kichik nuktani aytaman.
Shu ikki nuktani O’n To’qqizinchi Maktubning Beshinchi Qismining O’n Sakkizinchi Ishorasining Birinchi Nuktasining oxiriga hoshiya sifatida ilova qilinglar.
Mana Birinchi Nukta:(Maktubotning 184-chi sahifasidagi "2-Hoshiya" bo’lib unga qo’shimcha.)
Bu uch haqiqatga teng keladigan qanday haqiqat bor? Bularni taqlid kimning haddi sig’adi? Ha, qandayki bu ifoda tarzi sun'iy emas, xuddi shuning kabi taqlid qilinmaydi. Hadsiz daraja haddidan oshib, Xoliqi Koinotni bu suratda gapirtirishga kimning haddi sig’adi?
Ikkinchi Nukta:Qur'oni Hakimning hamma sahifalari oxirida oyatlar tugaydi, go’zal qofiya bilan tugashi, ham Lafzulloh varag’ining ikki sahifasida yoki qarama-qarshi ikki sahifasida yoki yaqin sahifalarda aksariyat bilan yo adadlarning muvofiqligi yoki adadlar munosabati bo’lishi, i'joz alomatidir. Buning sirri shuki: Oyatlarning eng kattasi "Mudoyana" oyati sahifalari uchun va Sura-i Ixlos va Kavsar satrlari uchun bir o’lchov birligi qilib olinganidan, Qur'oni Hakimning bu go’zal xususiyati va i'joz alomati ko’rilmoqda. Demak, bu mahorat Qur'onnikidir. Yo’qsa Hofiz Usmon kabi kishilarniki emas. Chunki bu vaziyat oyatidan va surasidan kelib chiqqan.
Uchinchidan:Maktubindan tushundimki, senga yuborilgan risolalarni o’zing uchun yozyapsan, aslini Abdulmajidga beryapsan.
Aziz qardoshim, garchi Abdulmajid mening nasaban ukam va yigirma yillik talabamdir. Ammo na u va na hech kim mening Xulusiyimga yetisholmaydi. U maktublar (aksariyati) sening noming bilan yozilgan va senga yuborilyapti. Bir maktubda Abdulmajidni ikkinchi darajada, o’zing uchun yozish yoki mutolaa qilish uchun uni ham sherik qil degandim. Agar, qardoshingni o’zingdan ustun qo’ysang va unga qiyinchilik tug’dirmaslik uchun zahmat cheksangga qo’shilmayman. Ota onagga, Fathi kabi birodarlaringga va eski domlalaringga salom va duo qilaman, duolarini istayman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
21 Ramazoni Sharif
(Abdulmajidga yozilgan maktubni maktubingning ichiga qo’ydim, unga yubor.)
***
(Birodarlariga yozgan maktubliridan.)
Agar ruhiy holatimni tushunishni istasang, quyidagi ikki bayon tarjimondir. Bir shoir aytganidek aytamanki:
Nay kabi har dam ki, o’tgan umrimni yod aylayman.
To nafas bor bo’lsa, quruq jismimda faryod aylayman.
Bir tijorat qilmadim, naqdi umr bo’ldi habo,
Yo’lga keldim, lekin ko’chgan jumla karvon, bexabar.
Yig’lab nolon qilib, tushdim yo’lga tanho g’arib,
Diyda giryon, siyna biryon, aql hayron, bexabar.
"Ha, o’tgan umrni isrof qildik, zoye etdik. Ko’p muborak zotlar, ahboblarni yo’qotdik, yolg’iz qoldim. U muboraklar bilan birga oxirat uchun harakat qilmadim".
***
Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Ikkinchi Nuktasi
Agar: Ushbu g’aybiy tavofuqotning agar balog’atga oid ustunligi bo’lsa edi, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon balog’at navlaridan eng oldinda bo’lgani kabi, bu hisobda ham eng oldin bo’lish kerak edi. Agar balog’atga oid ustunlik emas, nima uchun buyuk Ilohiy ikromi deb hisoblayapsiz? Qaysi kitob bo’lsa ham, ichida bu turdagi tasodiflar ko’p bo’lishi mumkin.
Javob:Qur'oni Hakim
اِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَ اِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ
sirri bilan, har doim bir milliondan ko’proq hofizlarning qalbida ma'nan yozdirish lozim bo’lgani uchun, yodlashni juda qiyinlashtiradigan va hofizlarni kamaytiradigan bu turdagi mutashobih muvofiqlik Qur'oni Hakimda haddan ortiq kelmagan. Yodlaydiganlarga rahmat ichida muqtazo-i holga muvofiq balog’atning ustunligi ma'naviy balog’atni tark qilib ko’rsatgan. Ko’p marta qisqartirish bilan, juda uzun ma'nolarni ifoda qilishi kabi.
Yana, ushbu balog’at tavofuqoti bo’lmasa ham, ichida qasd qilinganining belgisi va shuur ko’rinadi. Qasd va shuur esa, ko’rib, e'tirof qilib, muallif va kotiblarning emas, bir g’aybiy qo’lning tanzimi bilan yozilgan. Bu g’aybiy qo’lning bu mudohalasi, qabul alomati va rizoga ishoradir. Bu ishora yozilgan haqiqatlar kamchiliksiz, haq suratda ko’rsatilganiga ramz qiladi.
Boshqa kitoblarda bu turdagi muvofiqliklar bo’lishini tasodif deyish mumkin. Ammo ushbu risolalardagi shuurli g’aybiy tavofuqotni, ko’rgan barcha kishilarning ittifoqi bilan, shuursiz tasodifga havola qilib bo’lmaydi va berilishiga imkon berilmaydi. Hatto eng muhim ikki kotib va bizlar, tosodif qo’shila olmasligiga haddi sig’masligiga bir risolaning tamomida emas, balki bir sahifasida qanoat hosil bo’ldi. Chunki ikki-uch o’xshash so’z topiladi, bir-biriga qaraydigan shunday bir vaziyatdaki, zohiran qasdni ko’rsatadi.
Masalan: Hozir qarayapmiz, shu sahifada "yosh" lafzi uch marta takrorlangan. Uchovi shunday bir vaziyatda bir-biriga qarayapti. Bu bir g’aybiy tanzim ekaniga shubha qoldirmaydi. Hozir o’qiyotgan ushbu sahifamizda, faqat oltita "huzun" kalimasi bor. Bu olti "huzun" uch qatorda ikki qavsni shunday latif tashkil qilganki, ko’rgan insonga yoqimli huzn beradi.
Yana, ishorati g’aybiya bo’lishi uchun, boshqa hech qanday kitobda bo’lmasligi shart bo’lmaydi. Masalan: Qandayki Qur'oniy balog’at i'joz darajasiga yetgani uchun, risolat mo’'jizasi bo’lganidek; balog’at ahlining umum kitoblarida, darajalariga ko’ra balog’at bor. Ulardagi balog’at, i'jozi Qur'onga zid emas.
Xuddi shuning kabi, Qur'on i'jozining yuzlab qismidan bir qismining jilvasi bir navi Ilohiy ikrom sifatida, boshqa kitoblarda tavofuqlarning bo’lishi Qur'onning tafsiri bo’lgan "So’zlar"da, Qur'oniy haqiqatlarning husni inizomiga ishorat sifatida ko’rinib tajalliy etishiga zarar bermaydi. Chunki u darajaga yeta olmaydi. "So’zlar"dagi u turdagi tavofuqlar shu darajaga kelganki, diqqat qilganlarga qat'iy ishonch beradiki, insonning maqsadi va ixtiyori bilan ham bo’lmagan. Balki naqshlangan bir navi Qur'on i'jozining soyasining soyasi o’z tafsirining oynasida bir navi Ilohiy ikromi sifatida aks etmoqda.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
***
Yigirma Sakkizinchi Maktubning Sakkizinchi Masalasining Uchinchi Nuktasi
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ ٭ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ عَلٰى وَالِدَيْكُمْ وَ عَلٰى اِخْوَانِكُمْ وَ عَلٰى رُفَقَائِكُمْ ف۪ى دَرْسِ الْقُرْاٰنِ
Aziz qardoshim!
Birinchidan:Ukamiz Abdulmajidning Yigirma Oltinchi Maktubning Uchinchi Qismini, o’rinsiz ehtiyotdan ko’p ko’rishini, sen ham uning ko’pini ko’p ko’rishing meni juda sevintirdi.
وَ كَيْفَ اَخَافُ مَٓا اَشْرَكْتُمْ وَلَا تَخَافُونَ اَنَّكُمْ اَشْرَكْتُمْ بِاللّٰهِ
degan va Qur'onning taqdiriga sazovor bo’lgan Hazrat Ibrohimga (AS) ergashishga vazifador ekanimizga ishora qilgan
فَاتَّبِعُوا مِلَّةَ اِبْرٰه۪يمَ حَن۪يفًا مُسْلِمًا
sirriga erishganingizni bilishimiz kerak.
Ikkinchidan:Menga do’st bo’lgan shahar aholisidan bir muftiy, yuzaki nazar bilan ba'zi ahamiyatsiz tanqidlarni "O’ninchi So’z"ning tafsilotlar qismiga qilgan deb Abdulmajid yozyapti. Abdulmajidning unga bergan javoblari, ikki yer mustasno, qolgani kifoya.
Ammo ikki yerda u o’sha odamning sathiy savoliga yuzaki javob bergan:
Birinchisi:U odam aytganki: "O’ninchi So’zning Haqiqatlari munkirlarga qarshi emas. Chunki Allohning ism va sifatlariga bino qilingan". Abdulmajid javobida: "Munkirlarni Haqiqatlardan avvalgi to’rt Ishora bilan iymonga keltiradi, iqror ettiradi. Keyin Haqiqatlarni tinglatadi", ma'nosida javob bergan. Haqiqiy javobi shuki:
Har bir haqiqat uch narsani birdan isbot qiladi: Ham Vojib-ul Vujudning vujudini, ham ism va sifatlarini, so’ngra hashrni ularga bino etib, isbotlaydi. Eng qaysar inkorchidan eng xolis mo’mingacha harkim, har bir "Haqiqat"dan hissasini olishi mumkin. Chunki "Haqiqat"larda mavjudotga, asarlarga nazarni qaratadi:
Ularda muntazam ishlar bor. Muntazam fe'l esa egasiz bo’lmaydi. Shunday ekan bir qilgan bor. Intizom va mezon bilan egasi ish qilgani uchun, hakim va odil bo’lishi kerak. Modomiki hakim ekan, befoyda ishlar qilmaydi. Adolat bilan ish qiladi, huquqlarni poymol qilmaydi. Shunday ekan bir majma-i akbar, mahkama-i kubro bo’ladi.
Xullas, "Haqiqat"lar bu tarzda ishga kirishishgan. Qisqa bo’lgani uchun, uch da'voni birdan isbot qiladi. Yuzaki nazar ko’ra olmaydi. Zotan qisqa "Haqiqat"larning har biri boshqa risolalar va "So’zlar"da mukammal izoh bilan sharh qilingan.
Abdulmajidning ikkinchi nuqsonli javobi shuki:
U odamning xato savoliga qo’shilib, xatosini qabul qilgani uchun, xato qilgan. Chunki "O’ninchi So’z"ning "Hoshiya"sida Ismi A'zam, har ismning faqat bir martabasidan iborat deb zikr qilinmagan. Aksincha ko’p yerlarda aytganmizki: Ismi A'zamdan va har ismning a'zamiy martabasidan yuzaga chiqadi. Ismi A'zamni isbot qilish bilan birga, har bir ismning bir a'zamiy martabasi bo’lib, Rasuli Akram (ASV) ularga sazovor bo’lgani kabi, hashri a'zam ham ularga tegishli. Masalan, Xoliq ismi martabalari, mening Xoliqimdan tortib to Xoliqi Kulli Shaygacha bo’lgan martaba-i a'zamgacha martabalari bor.
U shubhali kimsaning, har ismning bir martaba-i a'zami borligini kamsitish niyatida, bu "Mutasavvifa-i mutafalsifa fikri", {[1]: Falsafa bilan shug’ullanib uning ta’sirida qolgan tasavvuf olimlari.} degan. Holbuki, boshda Imom A'zam, Imom G’azzoliy, Jaloliddin Suyutiy, Imom Rabboniy, Shohi Jiyloniy kabi siddiqiyni muhaqqiqiyn Ismi A'zamni boshqa-boshqa ko’rganlar. Imom A'zam aytganlarki: Al-Adl, Al-Hakam ismi a'zamdir, va hokazo. Nima bo’lganda ham, bu masala bu qadar yetadi.
U shaxsning yuzaki qarshi chiqqaniga uch jihatdan xursand bo’ldim:
Birinchisi:Tanqid qilishni istab, qila olmagani shuni ko’rsatadaki: "O’ninchi So’z"ning haqiqatlari tanqid qilinadigan emas. Bo’lsa ham, tafsilotlar jihatida ba'zi iboralariga e'tiroz bildirilishi mumkin.
Ikkinchisi:Inshoalloh, oliy bir zako va g’ayratli Abdulmajidni g’ayratga keltirdi. Xulusiyga yarashadigan tirishqoq, uyg’oq birodarga aylandi.
Uchinchisi:U kishi xaridor ekanki, qarshi chiqqan. Xaridor bo’lmagan kishi loqayd bo’ladi. Inshoalloh, kelajakda to’liq istifoda qiladi.
Bu nuktaning go’zal ma'nosini yo sen, yo Abdulmajid qalamga olib, mening salomim bilan, mamnuniyatim bilan birga u kishiga yuborishingiz mumkin.
Mahallangizning imomi Hofiz Umar Afandiga salom yetkaz va aytginki, men uni qabul qildim. Talabalik shartlarini ham unga ayt. Otangiz, Fathi Bey va Domla Abdurrahmon "So’zlar"ni jiddiy tiinglashlari meni juda xursand qilmoqda. Men ularni duo qilyapman. Ular ham meni duo qilishsin. Seyda ismli kishi otangiz bog’langan kishi emas, undan avval kelgan tanilgan kishidir. Boshda Sabri, Sulaymon, Tavfiq barcha birodarlar sizga salom yo’llamoqda.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ
Aziz, siddiq qardoshim!
Senga bu safar Yigirma To’qqizinchi Maktubning uchinchi va beshinchi qismlarini yuboryapman. Uchinchi qismda bir sir bor. Ramazonda bir soatda, men bilan qoralamani yozgan kishi xasta holida tezlik bilan yozilgan. Siz ko’rganingizdek chiqdi, biz hayratlandik. Tushundikki, u qismda Qur'onga doir niyatimiz to’liq haq va lozim ekanki, shunday bo’lgan.
Yana, "Mo’'jizoti Ahmadiya"dagi tavofuqlarga, qat'iy bir sanad sifatida, ikki qism (Maktubning 4 va 5-chi qismlarini) yubordim. U ikki qism risola ta'lifining orqasida, asl qoralamadan bir tajribasiz kotib tez yozgani, hatto salovotlarni (ASV) ishorasi bilan xatlasada, ikki yil so’ngra tadqiq qildik, kutganimizdan ortiq ajib tavofuq ko’rdik.
So’ngra, undanda tajribasiz kotibga: "Rasuli Akram (ASV) so’zi bilan Qur'on kalimasini qizil siyohda yoz, aynan o’sha nusxani ko’chirgin." dedim. Holbuki, ikkinchi kotib juda tajribasiz edi. Avvalgi kotibning nusxasidagi tavofuqni qisman buzgan, aqli aralashgani uchun latofatini buzgan. Ammo yana tavofuqlarga bir hujjat bo’ladi. Siz ham go’zal ravishda o’zingiz uchun oqlamaga ko’chiring. Ilk qoralamaning bir nusxasi yo senda yoki Abdulmajidda qolsin.
Falillahilhamd, hozir Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ikki yuz i'joz qismlaridan bir qismini ko’zga ko’rsatadigan bir nechta Qur'onni yozdiryapmiz. Bittasi tugayapti. Ichida (2806) Lafza-i Jaloldan, yuzdan bir mustasno, tamoman tavofuqi g’aybiy tarzda ko’rinmoqda. Lafzullohni qizil bilan yozdirdik, ko’rgan odam "Qur'onning i'jozini ko’zim bilan ko’ra olyapman" deyapti. Inshoalloh i'joz qismi xatti Qur'oniyni muhofaza qiladi, buzilishdan qutqaradi.
Olmos qalamli qardoshlarimizga taqsimladim. Eng birinchi qardoshimiz Haqqi Afandi birinchi juzni yozdi. Ikkinchisini ham uchinchisini sening o’rnigga yozishga xohishkordir.
Boshda ota-onangizga, Fathi Bey, Domla Abdurahmon Bey, yangi talabam Imom Umar Afandi "So’zlar" bilan aloqador bo’lganlarga salom yo’llayman va duo qilaman, duolarini istayman.
Sobiq Muftiy Kamol Afandiga aytginki: Xushxabar! Har bir soat xasta holdagi umri bir kun ibodat hukmidadir. Bu davrda hayotning eng yaxshi shakli shundaydir. Biz dargohi Ilohiyda u haqida eng xayrlisini niyoz bilan duo qildik va qilamiz. Unday kishilarning duosi maqbuldir. Meni duo qilsin. Domla Abdurahmon bilan Fathi Bey ikkovlari xos talabalarning duo doirasi ichida duoda qozonchimga hissadorlar. Ikkovlari meni duo qilishsin. Avvallari mening Umar ismli talabam bor edi, sening hozirgi u yerda Umar Afandi unga duoda birodar bo’lishdi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz Mirzozoda
Said Nursiy
***
Yigirma To’qqizinchi Maktubning to’rtinchi qismi ham uzun, ham bitta nusxadir. Bu safar yubora olmadim. U qism to’g’ridan-to’g’ri i'jozi Qur'onning bir oynasidir va juda ham muhim. O’ttiz sakkiz sahifa. Boshda Sabri, Sulaymon, Xusrav, Bakir, Tavfiq, G’olib sizlarga salom yo’llashyapti. O’n To’qqizinchi Maktubning To’rtinchi Qismini, O’n Beshinchi Nuktali Ishoragacha tahrir qildim. Tez yuborish kerak bo’ldi, to’liq tahrir qilish uchun vaqt topolmadim.
Sen avvalo O’n Beshinchi Nuktali Ishoradan so’ngra, o’z nusxangiz bilan solishtirib tahrirla, so’ngra oqlamaga yoz. Yigirma Sakkizinchi Maktubning Yettinchi Masalasida ajib bir tavofuq ko’rindi - Ikki sahifa boshdan oxirigacha, boshdagi satr mustasno, yigirma to’qqiz satr aql va ixtiyorimizning xorijida, barchasi "alif" kelgan. Bu barcha "alif" Yigirma Sakkizinchi Maktubdan Yigirma To’qqizinchi Maktubga ahamiyatli bir ishorati g’aybiyadir, degan edi. So’ngra namunasini sizga yuboramiz.
Said Nursiy
***
(Said Nursiyning bir bayoni.)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, haqiqatli oxiratli qardoshim va jiddiy va quvvatli birodarim!
Qur'oni Hakimning bosh hoshiyalarida Qur'on oyatlarining adadi 6666 bo’lib, Qur'oniy nurlar va Furqoniy haqiqat ayyomi shar'iya bilan 6666 yil, Yer Kurrasida hukmi jarayon qilishiga ishora qilganiga doir savolingizga, o’sha vaqt zehnim boshqa yerga qaragani uchun, izohli javob berolmadim. So’ngra menga eslatildiki: Osimning savoli ahamiyatlidir, javob ber". Men ham o’sha eslatmaga binoan, uch asos bilan biroz izoh qilaman:
Birinchi asos:Nuri Muhammadiy va haqiqati Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom devoni Nubuvvatning ham fotihasi, ham xotimasidir. Barcha anbiyo u zotning asl nuridan fayzlanadi, din haqiqatining nashrida uning yordamchilari va vakillari hukmida bo’lganlari va nuri Ahmadiy (ASV) jabha-i Odamdan to Zoti Muborakiga silsila bilan zohir bo’lib nurini yoyib, ko’cha ko’cha mukammal zuhur etgunicha zotida jilvagar bo’lgandir.
Yana, Ahmadiy muqaddas mohiyati, "Me'roj Risolasi"da qat'iyan isbot qilingani kabi, bu koinot daraxtining ham asliy urug’i, ham eng oxirgi va eng mukammal mevasidir. Xuddi shuning kabi, Qur'on haqiqati Odam zamonidan hozirgacha, Muhammadiy (ASV) haqiqat bilan birga, sislsila holida anbiyolarning suhuf va kutublarida nurlarini nashr etib, to buyuk nusxasi va mukammal mazhari bo’lgan Qur'oni Azimushshon suratida jilvalangan.
Barcha nabiylarning usuli dinlari va shariat asoslari, kitoblarining xulosalari Qur'onda borshligiga ahli tahqiq va ahli haqiqat ittifoq etishgan. Bu sirga binoan, mutlaq fatratning davri chiqarilgandan so’ng, mashhur rivoyatda Odam zamonidan to qiyomatgacha, ayyomi shar'iya deyilgan 7000 yildan, mutlaq fatratning davri chiqarilgandan so’ng 6666 yil Islom dinining sirrini nashr qilgan Qur'oniy haqiqat oyatlarning adadi Yer Kurrasida turli tuman pardalar ostida nurlarini yoyishiga ishora qiladi deganidir.
Ikkinchi asos:Ma'lumki, Yer Kurrasining o’qi ustidagi harakati bilan kecha-kunduzlar va yillik trayektoriyasi ustidagi harakatidan yillar hosil bo’ladi. Quyosh bilan birga har bir sayyoraning, balki sobit yulduzlarning va Shamsu-s Shumusning ham har birining o’qi ustida maxsus kunlarini ko’rsatgan harakati va trayektoriyasi ustida aylanishi ham bir jihatdan yillarni ko’rsatadi. Yer va Samovot Xoliqining azaliy xitobotida o’sha kunlar va yillarni ham ko’rsatganiga dalili shuki: Furqoni Hakimda
ثُمَّ يَعْرُجُ اِلَيْهِ ف۪ى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُٓ اَلْفَ سَنَةٍ مِمَّا تَعُدُّونَ ٭ تَعْرُجُ الْمَلٰٓئِكَةُ وَ الرُّوحُ اِلَيْهِ ف۪ى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْس۪ينَ اَلْفَ سَنَةٍ
kabi oyatlar isbot qiladilar. Ha, qishda va shimol taraflarida quyosh botishi va chiqishi mobaynida to’rt soat kundan va bu iqlimda qishda sakkiz-to’qqiz soatdan iborat kunlardan, to Quyoshning o’qi ustida bir oyga yaqin kunidan, hatto Astronomiya faniga asosan, "Rabb-ush Shi'ro" ta'biri bilan Qur'onda nomi e'lon qilingan va quyoshimizdan katta "Shi'ro" nomli boshqa bir quyoshning balki ming yildan iborat bo’lgan kunidan, to Shamsu-s Shumusning o’qi ustidagi ellik ming yildan iborat birgina kuniga qadar Rabboniy kunlar bor.
Samovot va Arzning Rabbi, Shamsu-s Shumus va Shi'roning Xoliqi xitob etgan vaqti Samovot va Arzning yulduzlariga va olamlariga tegishli qudsiy kalomida shu kunlarni zikr qiladi va bu g’oyat o’rinlidir.
Kunlarning shar'iy tilda shunday chegarasizligi bor ekan, tabaqot-ul arz, jo’g’rofiya va tarixi bashariyat ilmi olimlarining fikricha, insoniyatning yetti ming yil emas, balki yuz minglar yil o’tkazganini qabul qilsak ham, Odam atodan qiyomatgacha bashar umri yetti ming yil bo’lgan mashhur rivoyatning to’g’riligiga va biz aytgan 6666 yil Nuri Qur'on hukmfarmo bo’lganiga zid bo’lmaydi, rad qilmaydi. Chunki shar'iy kunlarning to’rt soatdan ellik ming yilga qadar hukmi va qamrovi bor. Ammo haqiqatda kunlarning haqiqati mashhur rivoyatda qaysi biri ekani hozircha qalbimga inkishof ettirilmadi. Demak, u sirning inkishofi munosib emas.
Shu masalada hozircha dalilini ko’rsatolmaydiganim bir muddaoni bayon qilaman:
Bu dunyoning bir umri va Yer Kurrasining ham undan qisqa boshqa bir umri va Yer Kurrasida yashagan insoniyatning yanada qisqa bir umri bor. Bu bir-biri ichida uch turdagi maxluqotning umrlari, soatning ichidagi daqiqa, soniya, soatlarni sanagan millarning nisbati kabidir. Inspniyatninig umri Yer Kurrasining ikki harakatidan hosil bo’lgan ma'lum kunlar bilan bo’lgani kabi, hayotdorlarning vujudga kelgan vaqtdan e'tiboran Yer Kurrasining umri - bog’lanish markazi hisoblangan Quyosh o’z o’qi atrofidagi harakatidan hosil bo’lgan kunlar bilan hosil bo’lishi Rabboniy hikmatdan uzoq emas. Dunyoning umri esa Shamsu-s Shumusning o’z o’qi atrofidagi harakatidan hosil bo’lgan kunlar bilan bo’ladi.
Demak bashariyatning umri yetti ming yil ma’lum Yer kunlari bilan bo’lsa, Yer Kurrasining hayotga manba bo’lgan zamonidan xarob bo’lishigacha Shamsiy kunlar bilan ikki yuz ming yildan o’tadi. Shamsu-s Shumusga tobe va baqo olamidan ayrilib Yer kurramizga tegishli dunyolarning umri (Shamsu-s Shumusning Qur'on ishoroti bilan har bir kuni ellik ming yil bo’lishi) yetti ming yil o’sha kun bilan bir yuz yigirma olti milliard (126.000.000.000) yil yashashadi. Demak, shar'iy kunlar degan Qur'oniy ayyomga bular dohil bo’la oladi. Ha, Samovot va Arzning Xoliqi, Samovot va Arzga tegishli kalomi bilan, Samovot va Arzning yaratilish sababi, asliy urug’i va so’nggi eng mukammal mevasi bo’lgan zotga xitobida, ayyomlarni nazarda tutishi, Qur'onning ulug’ligiga, tinglovchining kamoliga yarashadi va bu balog’atning aynidir.
{(Hoshiya): Bu hisob Shomli Hofiz, Kuleo’nudan Mustafo va uning birodari Hofiz Mustafoning guvohligida bir daqiqa mobaynida yoddan yozildi. (1 yil 360 kun hisobiga asosan, kamchilik bo’lsa aybga buyurmang.)}
وَ الْعِلْمُ عِنْدَ اللّٰهِ وَ اللّٰهُ اَعْلَمُ بِاَسْرَارِ كِتَابِه۪
رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَٓا اِنْ نَس۪ينَٓا اَوْ اَخْطَاْنَا
Said Nursiy
***
O’n Beshinchi Mulohazaning Uchinchi Masalasi
Ey inson va ey nafsim, muhaqqaq bilginki: Janobi Haq senga in'om etgan vujuding, jisming, a'zolaring, moling va hayvoniy narsalaring foydalanish uchun berilgan, egalik qilish uchun emas. Ya'ni, foydalanishing uchun o’z mulkini sening qo’lingga bergan, foydalangin deya ruhsat bergan. Sen kabi, idora qilishdan haqiqatdan ojiz va jiddiy ravishda tadbir qilishdan begona shaxsga mulk qilib bermagan. Chunki mulk qilib bersaydi, idora qilishni senga berishi kerak bo’lardi.
Ajabo, eng oson, eng zohir va ixtiyor va shuur doirasiga kiruvchi me'daning boshqara olmaysanda, qanday qilib ko’z va quloq kabi ixtiyor va shuur doirasidan tashqari idora istagan narsalarga molik bo’la olasan?
Modomiki senga berilgan hayot va hayotga kerakli narsalar o’zlashtirish emas, foydalanish uchun berilgan ekan, albatta, foydalanishning dasturi bilan harakat qilish lozim. Ya'ni, bir kishi ziyofatga musofirlarni da'vat qilib, ularga majlis ziyofatidagi narsalardan va ziyofatdan foydalanishga ruhsat beradi, mulk qilib bermaydi. Ruhsat va ziyofatning qoidasi esa - mezbonning rizosi dohilida tasarruf etishdir. Shunday ekan foydalanuvchi: isrof qila olmaydi, boshqa birovga ikrom qila olmaydi, dasturxondan olib boshqasiga sadaqa bera olmaydi, to’ka olmaydi, zoye eta olmaydi. Agar o’zlashtirish mumkin bo’lsa edi, qila olardi va o’z istagi bilan harakat qila olardi.
Aynan shuning kabi; Janobi Haq senga foydalanishga ruhsat berganhayotni o’z joningga qasd qilib nuqta qo’ya olmaysan, ko’zingni o’ya olmaysan va ma'nan ko’zni ko’r qilib, ko’zni bergan Zotning rizosidan tashqari haromga sarf qila olmaysan va hokazo, quloqni va tilni va bu kabi jihozlarni haromga sarf qilib, ma'nan o’ldira olmaysan. Va go’shti yeyilmaydigan hayvoniy narsalaringni o’rinsiz azoblab qatl qilolmaysan va hokazo... Senga berilgan barcha ne'matlarni bu dunyo musofirxonasining sohibi hisoblangan Mehmondori Karimi Zuljalolning shariat qonunlari doirasida tasarruf etishing kerak.
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz qardoshim Ra'fat Bey!
Maktub va kitobingni mamnuniyat bilan oldim. O’ta sevgan talabam Xulusiy Beyning ruhini sizda his etdim. Seni yangi emas, Xulusiy kabi eski talaba sifatida qabul qildim. Talabalikning xususiyati shuki, yozilgan "So’zlar"ga o’z mulki kabi ega chiqish kerak. O’zi ta'lif etgan va yozgan nazari bilan qarab nashriga va ahillarga yetkazishga harakat qilish kerak. Mashaalloh, xating chiroyli. Vaqt topsang, bir qismini yoz. Bir qismini Xusrav kabi jiddiy talabalar yozadi. Ulardan keyinroq olib yozarsiz va ular bilan hamkorlikda ishlarsiz. Olti yildir Ispartada jiddiy talabalarning chiqishini intizor, kutayotgan edim. Allohga shukr, hozir siz bilan birga bir nechta nusxa chiqishni boshladi.Chunki bir talaba yuz do’stdan ustundir."So’zlar" nomli Qur'oniy nurlar - eng muhim ibodat hisoblangan tafakkuriy ibodat naviga kiradi. Bu davrda eng muhim vazifa, iymonga xizmatdir. Iymon abadiy saodatning kalitidir.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Jiddiy, siddiq, diqqatli, haqiqatli qardoshim Ra'fat Bey!
Janobi Haq yangi hayotingizni muborak qilsin va rafiqangizni abadiy hayotingizda, O’ttiz Ikkinchi So’zning Uchinchi Mavqifining oxiridagi Uchinchi Ishorada, rafiqaga doir va'da va sifatga sazovor aylasin, omin.
Bu safargi maktubing juda go’zal. Birodarlaringning bayonlari ichida "Yigirma Yettinchi Maktub"ning ichiga kiritaman. Ora-sira yozish bilan mashg’ul bo’lsangiz, yaxshi bo’ladi. Inshoalloh yangi hayotingiz sizga risolalarning haqiqatlariga qarata yangi shavq uyg’otadi.
Qardoshim! Sen, Xusrav va Osim mening nazarimda juda qiymatlisiz. Janobi Haq sizlarni va siz kabilarni Qur'on xizmatida sobit-qadam va fidokor va kamoli sadoqatda doim va muvaffaq aylasin, omin.
U yerda Shayx Mustafo, Lutfu, Rushdu kabi qardoshlarimga ko’p salom aytaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, jiddiy, samimiy oxiratli qardoshim va Qur'oniy xizmatda g’ayratli birodarim Ra'fat Bey!
Maktubingiz meni xursand qildi. Bilingki, ikki yil avval o’rtamizda otashin uxuvvat-birodarlik boshlandi. Keyin ba'zi nuqsonlar bilan davom etmadi. Xushxabar desam bo’ladi, hozir ilgarilamoqda. Chunki Xusrav menga yozgan maktubida sendan juda mamnun bo’lganini, Barladan qaytgandan so’ng seni so’rashim menga shu natijani ko’rsatmoqda.
Demak, u bilan to’liq birlashgan va hamkorlikda ishlayapsan. Qo’lingdan kelgancha u bilan munosabatni kuchaytir. Har bir xos talabaning muhim bir vazifasi, bir bolaga Qur'on o’rgatish hisoblanadi. Sen bu vazifani bajarishni boshlading. Sen birinchi talabalardan bo’lganing uchun, inshoalloh sening farzanding ham birinchilardan bo’ladi. Modomiki bola mening ham ma'naviy avlodim ekan, unga bergan darsingning, yarmi sening nomingga bo’lsa, yarmi mening hisobimga bo’lishi kerak.
Ko’rgan tushing, juda muborakdir. Ta'biri juda zohirdir. Isparta bir masjid. Xusrav, Ra'fat, Lutfu, Rushdu kabi kishilarning samimiy bir-biriga tayangan hay'atning shaxsi ma'naviysi senga Said suratida ko’rsatilgan. Risolalar bilan bergan darsing esa, va'zu nasihat suratida ko’rsatilgan. Sen, namozni o’qimaganing uchun kech qolib, shoshilib darsga yetishning ta'biri - "So’zlar"ning nashridan tashqari ba'zi diniya vazifalar va bir oz dangasalik, sizni birinchilik haqqing bo’lgan ilk darsda ikkinchi darajada qolganingizga ishora qilib, seni ogohlantiradi.
Nima bo’lganda ham... Men sendan hozir juda mamnunman va u yerdagi qardoshlarim ham sendan juda mamnunlar. Janobi Haq biz va sizga Haq yo’lda Qur'on xizmatida sabot va matonat bersin, omin. Qaynotangiz Hoji Ibrohim Afandiga ko’p salom bilan Badriddinga va singlimga ko’p duo qilaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, g’ayratli qardoshim!
Sulaymon Afandidan tushundimki, ba'zi xususiy qiyinchiliklarga tushyapsan. Siz kabi metin insonlarga sabr tavsiyasi ortiqcha. Xizmatning muqaddasligi va bu xizmatdagi zavq va g’ayratidagi shavq achchiq xususiy qiyinchiliklarga qarshi turadi va g’alaba qiladi deb taxmin qilaman. Mumkin bo’lganicha ahamiyat berma. Qiymatli, nuqsonsiz molning do’kondori xaridorlarga yalinishga muhtoj emas. Xaridorning aqli bo’lsa, u yolvorishi kerak. خَيْرُ الْاُمُورِ اَحْمَزُهَا sirri ko’ra, azim xayrlarning qiyinchiliklari ko’p bo’ladi. Qiyinchiliklar ko’paygan sari himmat ahli sustlik emas, g’ayrat va sabotini ko’paytiradi. Inshoalloh siz ham shunday metin va sobitlardansiz.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshim Ra'fat Bey,
Moshoalloh, hozir men umid qilgan shaklda risolalarni ta'qib etyapsiz va yozyapsiz. Sen kabilarning oz harakati ham ko’p o’rniga o’tadi. Chunki ko’plar ishonib, sizga taqlid qiladi. Siz kabi jiddiy qardoshlarni bu g’urbat mamlakatida topganim uchun, bu yer men uchun haqiqiy vatan o’rniga o’tdi, haqiqiy vatanimni unuttirdi. Yozilgan asarlarning buyukligi, manba va muqaddas ma'danlari - Qur'ondan keyin siz kabi tinglovchilarning jiddiy ishtiyoqlari va to’liq tushunishlaridir. Siz meni topganingizga shukr qilsangiz, men sizni topganim uchun ming shukr qilaman.
Maktubingda Ismi A'zamni so’rayapsan. Ismi A'zam yashirindir. Umrda ajal, Ramazonda Laylatu-l Qadr kabi, asmo-i husnada Ismi A'zamning yashirin bo’lishining muhim hikmati bor. O’z nuqtai nazarimda haqiqiy Ismi A'zam yashirin bo’lib, havassga bildiriladi. Ammo har bir ismning a'zamiy bir martabasi ham borki, u martaba Ismi A'zam hukmiga o’tadi. Avliyolarning Ismi A'zami boshqa-boshqa topishi bu sirdan. Hazrat Alining (RA) "Arjuza" nomli bir qasidasi "Majmuat-ul Azhob"da bor. U yerda Ismi A'zamni olti ismda zikr qiladi. Imom G’azzoliy uni "Junnatu-l Asmo" nomli risolasida Hazrat Ali zikr qilgan va Ismi A'zam qamragan olti ismni sharh qilgan va xislatlarini bayon etgan. U olti ism -
فَرْدٌ ٭ حَىٌّ ٭ قَيُّومٌ ٭ حَكَمٌ ٭ عَدْلٌ ٭ قُدُّوسٌ
dir.
G’aybiy karomatning ikkinchi qismini tahrir qilib, yana bir qism qo’shib, yubordim.
Badriddinning tezlik bilan oldinlab ketishi, Qur'oni Hakimning fayzi karomatidandir. Janobi Haq muvaffaq etsin.
Hoji Ibrohim Afandiga ayniqsa salom aytaman. Lutfu, Rushdu, Hofiz Ahmad, Sazoiy Afandilarga salom aytamiz. Oxiratli singlimga ham duo qilaman. Sening bu safargi maktubingning bir qismi "Maktubot"ning ichiga kiritildi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshim va Qur'on xizmatida haqiqatli birodarim Ra'fat Bey!
Bu safar ko’chirgan risolalaringiz juda chiroyli chiqibdi. Sening g’ayrat, samimiyat va jiddiyyatingni menga ko’rsatishdi. Ra'fat dangasa emas, isbot qilishdi. Ularni tahrir qilib yuborgan edim. Keyin eshitsam, olib kelgan odam Islomko’yda qoldirgan ekan. O’ttiz Birinchi Maktubning Uchinchi, To’rtinchi Yog’dularini yozishga vaqt topolmadim. Qo’rqamanki, ularning ham اِذَا جَٓاءَ نَصْرُ اللّٰهِ sirri kabi, mavsumi o’tib, so’ngra chiroyli yozilmagan bo’lsin. Inshoalloh ishtiyoqingiz meni ishlatadi. Ammo usbu muborak uch oy juda qiymatlidir. Laylatu-l Qadrning sirri bilan sakson yillik umrni qozontiradigan vaqtda, eng yaxshi, eng afzal narsalar bilan mashg’ul bo’lish kerak bo’ladi. Inshoalloh, Qur'onga oid masalalar bilan mashg’ul bo’lish, bir jihatdan ma'naviy tafakkur bilan Qur'on o’qish hukmidadir. Ham ibodat, ham ilm, ham ma'rifat, ham tafakkur, ham Qur'on qiroati ma'nolari - risolalarning ko’chirilish va mutolaalarida mavjud degan e'tiqoddamiz. Zotan bu jihatni siz taqdir etgansiz.
"Mo’'jizoti Ahmadiya"ni siz uchun yozdirdim, tugadi. Ammo uni asos olib boshqa bir nusxa yozdirish kerak bo’lgani uchun vaqtinchalik bu yerda qoladi. Maktubingda Hofiz Sazoiy biz bilan jiddiy aloqador ekanini ko’rsatyapti. Men bir vaqt Ispartada, Ag’rosli Zakoiy kabi yangi samimiy, otashin bir qardoshimiz topilishini vijdonan his qilgan edim. Inshoalloh, bu Sazoiy o’sha bo’ladi. Uni eshitgan vaqtim, his qilgan o’sha odam deb o’yladim. Agar o’ylaganimdek chiqsa, kishian yaxshi, bo’lmasa o’shanday bo’lishga harakat qilsin. Agar Zakoiy qanday odam deb qiziqsa, Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlarida Zakoiyning mohiyatini va qay daraja samimiy ekanini ko’rsatadigan bayonlari bor, qarasin.
Qaynotangiz Hoji Ibrohim Afandiga ko’p salom aytaman. U kishini jiddiy oxirat qardoshi deb qabul qilganman. Inshoalloh sening bu yangi g’ayrat va qilayotgan ishlaringdan u ham hissadordir.
Badriddinning kichikligi bo’lsa ham, katta talabalar doirasiga dohil qilganman. U kichiklarning kattasidir. Inshoalloh Janobi Haq unga o’xshaganlarini ko’paytirsin. Badriddinning volidasini duo qilaman. Albatta Badriddinning husni tarbiyasida eng muhim hissa uniki. Chunki uning eng birinchi ustozi udir.
Bakir Og’a, Lutfu Afandi, Hofiz Ahmad, Sazoiy kabi qardoshlarga salom aytaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq qardoshim!
Birinchidan:Bu yangi hodisaning mohiyatiga qiziqqansiz. U yerga kelgan ikki uzun maktub uning mohiyatini ko’rsatadi.
وَمَنْ اَظْلَمُ مِمَّنْ مَنَعَ مَسَاجِدَ اللّٰهِ اَنْ يُذْكَرَ ف۪يهَا اسْمُهُ
oyati u hodisaga sabab bo’lganlarning boshiga chaqmoq kabi tushyapti va tushadi. Faqat biz shoshqaloqmiz. Hamma narsaning muayyan bir vaqti bor.
فَضُرِبَ بَيْنَهُمْ بِسُورٍ لَهُ بَابٌ بَاطِنُهُ ف۪يهِ الرَّحْمَةُ وَ ظَاهِرُهُ مِنْ قِبَلِهِ الْعَذَابُ
oyatiga masadaq bo’lib bu hodisa bizga marhamat jihati bilan qarayapti. Mulhidlarga qaragan jihat, azob va qahr bilan nazar qiladi. Nima bo’lganda ham... Jannat arzon bo’lmagani kabi, Jahannam ham keraksiz emas.
Ikkinchidan:Badriddinni bu yerda tinglashni istayotgan edim, vaqt izn bermadi. Men ma'nan u yerda xayolan tinglayapman. Inshoalloh avlodlik martabasidan talabalik martabasiga chiqyapti.
Uchinchidan:Mening xattim bilan maktub istayapsan. Bir labsiz odamga, "Chiroqni ufla, so’ndir" deyishgan. U javoban, "Eng zahmatli ishni menga aytayapsiz, qilmayman", degan.
Ha, Janobi Haq menga husni xat bermagan. Bir satr yozish menga katta ish kabi zerikish beradi. Eskidan beri der edim: "Ey Rabbim! Mening o’zim muhtoj bo’lsam va nazmni sevarkan, bu ikki ne'mat menga berilmadi", deya shikoyat emas, tafakkur qilar edim. So’ngra menga qat'iy ayon bo’ldiki, she'r va xatning menga berilmasligi buyuk bir ehson ekan.
Ham xatga ehtiyojimni siz kabi qalam qahramonlarning yordamlari ta'minladi. Yozishni bilsaydim, unga suyanib, masalalar ruhda qaror topib naqsh etilmas edi. Avvallari qaysi ilmni boshlagan bo’lsam, yozishni bilmaganim uchun ruhimga yozardim. Favqulodda bir malaka ehson etildi.
She'r esa, garchi qiymatli, shirin ifoda vositasi bo’lsada, unda xayol hukm qilgani uchun, haqiqatga qo’shilib, suratini almashtiradi. Ba'zan haqiqat bir-biriga o’tadi. Istiqbolda xolis haq va haqiqat asosi bo’lgan Qur'oni Hakimning xizmatida bo’lishimiz muqaddar bo’lgani uchun, qadari Ilohiy bir inoyat sifatida bizga she'r eshigini ochmadi. وَمَا عَلَّمْنَاهُ الشِّعْرَ sirri bunga qaraydi. Demak, xatim o’rniga, senga ikki nukta aytdim. Inshoalloh boshqa vaqt xurmating uchun ko’p zahmat chekib bir necha satr yozaman. G’olib Beyning ikki qo’li bor. O’ng qo’lini menga bergan, mening hisobimga yozadi. Chap qo’li o’ziga qolgan. Bu maktub o’sha ikki qo’l bilan yozilgan. Mas'ud, G’olib va Sulaymon Afandilar, Mustafo Chovush, Abdulloh Chovushlar senga salom aytishyapti. Men ham boshda Xusrav, Bakir Bey va umum qardoshlarimizga salom aytaman. Ayniqsa qaynotangiz Hoji Ibrohim Bey, muhtarama singlim va muborak Badriddinlarni ko’p duo qilyapman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
Aziz, siddiq, mudaqqiq oxirat qardoshim, Qur'on xizmatida birodarim!
Birinchidan:Maktubingizda mening har maktubimning boshida
وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
yozilishining hikmatini so’rayapsiz. Buning hikmati shuki: Qur'oni Hakimning muqaddas zaxinalarining menga ochilgan eng birinchi eshigi o’sha bo’lgani. Eng avval Qur’onning oliy haqiqatlarining ushbu oyatning haqiqati menga zohir bo’lgan va aksar risolalarda yoyilgandir.
Yana bir hikmati shuki;men suyangan muhim ustozlarimning maktublarining boshlarida ishlatganlaridir.
Yana maktubingizda "yetti gunohi kabira"ni so’rayapsiz. Kaboir ko’p, ammo akbar-ul kaboir va mubiqoti sab'a deb ta'bir etilgan gunohlar yettidir: "Qatl, zino, sharob, uquqi volidayn (ya'ni siyla-i rahm qilmaslik), qimor, yolg’on guvohlik berish, dinga zarar beradigan bid'atlarga tarafdor bo’lish"dir.
Ikkinchidan:Ushbu yoz Qur'oniy haqiqiatlarga nisbatan mevalar hukmida tavofuqlarga doir Qur'on harflarining nuktalarini bayon qilayotgan edik. Hozir mavsum o’zgargan, harflardan ko’ra ko’proq haqiqatlarga ehtiyoj bor. Kelasi yozgacha vaqtinchalik u eshikni ixtiyorimiz bilan qoqmaymiz. Ammo harflarga oid bayonlar qay daraja haq ekanini Mavlono Jomiyning Devoni bilan qardoshlarim bilan tafa'ul etdik. "Ey Jomiy! Qur'on harflariga doir biz bayon qilgan nuktalarga nima deysiz?" dedik. Bir Fotiha o’qib kitobni ochdik. Boshda shu chiqdi:
جَام۪ى اَزْ خَطِّ خُوشَشْ پَاكْ مَكُنْ لَوْحِ ضَم۪يرْ
ك۪ينْ نَه حَرْف۪يسْتْ كِه اَزْ صَفْحَهِٔ اِدْرَاكْ رَوَدْ
Ya'ni, "Bu harflar shunday harf emaski, aql va idrok sahifasidan ketsin. Unday qudsiy harf, unday go’zal shirin xat doimo qalbimning sahifalarida yozilishi kerak, o’chirilmasligi kerak". Ajibdirki, butun Devonda bunga o’xshagan ma'noda yozuv topa olmadik. Demak bu Hazrati Jomiyning karomatidan bir qism bo’ldi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said
***
Mo’'joti Ahmadiyani (ASV) sen uchun go’zal va tavofuqli bir tarzda yozdirdim. Xusravning karomatli qalami bilan menga yozgan g’oyat qiymatli bir nusxani aynan va to’liq muvofiq kelish sharti bilan siz uchun yozdirildi, yaqinda yuboraman. Menga yoningizda Qur'on i'jozi kabi yangi yozilgan bir nusxa kerak. Hofizning qalami u yerdagi mavjud tavofuqni tamoman muhofaza qila olmagan. Tavofuqchi Xusravning nazorati ostida, orangizda taqsimlab, menga esdalik bir i'jozi Qur'oniyni birgalikda yozsangiz juda yaxshi bo’ladi.
14 Shavvol 1352, Yanvar 1934
{(*): Ra'fat Beyga borish sanasidir.}
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, mudaqqiq oxiratli qardoshim va mutafakkir va haqiqatli birodarim Ra'fat Bey!
Birinchidan: Maktubingizda Risola-i Nurning me'zonlarini har o’qiganda yanada ko’proq istifoda etganingizni yozyapsiz. Ha qardoshim, risolalar Qur'ondan olingani uchun qut va ozuqa hukmidadir.
Har kun ozuqaga ehtiyoj his etilgani kabi, har doim bu ruhiy ozuqaga ehtiyoj his etiladi. Sen kabi ruhi inkishof etib qalbi uyg’ongan kishilar o’qishdan zerikmaydi. Qur'oniy risolalar boshqa risolalar kabi meva turidan emaski, zerikish bersin. Balki ovqatdir.
Ikkinchidan: G’avsi A'zam kabi, o’limdan so’ng Hizr hayotiga yaqin hayotga sazovor bo’lgan avliyolar bor. G’avsning xususiy Ismi A'zami "Yo Hayy" bo’lishi sirri bilan, boshqa qabr ahlidan ko’ra ko’proq hayotga sazovor bo’lgan. Hazrat G’avsdan keyin g’oyat mashhur Ma'ruf Karhiy ismli qutbi a'zam va Shayx Hayot-ul Harroniy ismli qutbi azimlarning o’limlari hayotlari kabidir. Avliyolar o’rtasida mashhur bo’lganlar.
Uchinchidan: Tunukachi Mahmad Afandining Qur'onni yodlashga harakat qilish niyati juda muborakdir. Janobi Haq uni muvaffaq qilsin. Qo’limizdan kelgancha duo bilan yordam beramiz. Qur'oni Azimushshonning har bir harfining hech bo’lmasa o’n hasana bo’lish bilan birga, takrorlangan sari va muborak vaqtlarga to’g’ri kelganda, malak va boshqa shuurga ega ruhoniylar qiroatini tinglaganda, har bir harfi shunday bir urug’ bo’ladiki, hasanot jihatidan shunday ma'naviy boshoq tashkil etadiki, u boshoqning donalari so’zlangan vaqtda og’izdan chiqqan bir kalima havo to’lqinlarining oynalarida aks etgan millionlarcha so’z kabi balki kalimalarning adadiga teng keladi. Har bir harfi abadiy xazinaning kaliti bo’la oladigan qudsiy kalomni qalbida yozish qanchalik muqaddas xizmat ekani oshkor. Inshoalloh, Badriddin ko’plarga husni misol bo’ladi, yanada ko’pchilikni Qur'onni yodlashga chorlaydi.
Boshda Badriddin, qaynotang Hoji Ibrohim va oxiratli singlim birodarlaringizning bayramini tabriklab, salom va duo qilaman. Bobojon u yerda bo’lsa unga ko’p salom aytaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(5 Fevral 1934)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, mudaqqiq, mushtoq qardoshim Ra'fat Bey!
Sen men bilan qanchalar so’zlashishni xohlayotgan bo’lsang, men balki undan ko’ra ko’proq istayapman. Ammo, afsuski, ko’p sabablar tufayli mashaqqatli holdaman. Hatto bir-ikki soatda topgan fursatimda yetti-sakkiz maktubni yozishga harakat qilaman. Ora-sira yonimga keladigan G’olib ham man etildi. Faqat bechora Shomli qoldi, u ham xar doim kelolmaydi.
Bu ilonlarni yaralantirib bizga jonivorlarcha hujum qildirishmoqda. xar bir fursatdan bizga qiyinchilik chiqarishga urinishmoqda. Zotan men deputatlardan yaxshilik kutmayotgan edim. Ularga yopishishdi, qoldirishmadi, batamom dushmanga aylantirishdi. Afsuski, bular dunyoni hayolimga keltirganlari uchun, qalbiy ilhomlar to’xtayapti. Boshlarini yesin, ahli dunyoning dunyosini o’ylash menga zahar bo’ladi. "Men dunyoingizga aralashmayapman, siz ham iflos dunyoingizni menga o’ylatmanglar desam ham bo’lmayapti. Keyin Janobi Haqqa, o’ylamasligim uchun menga kuchli sabr, zehnan uzoqlashish ehson qil deb niyoz qildim. Lillahilhamd, qalbimga ushbu asos keldi: "Qur'oniy xizmatda boshga nima kelsa kelsin, hatto xar kuni bittadan boshim bo’lib, kesilsa ham, yana bu xizmatning muqaddasligi ruhiy lazzatga teng keladi va kifoya" deb, o’zimga "kamoli taslim bilan qazoga rizo, qadarga taslim va Janobi Haqqa ishlarni havola qilish" dasturini rahbar qilib oldim.
Nuhga yozganim kabi, sizga ham aytamanki: Avvallari bir kishi haqsiz bir maslakni haq deb o’ylab, uning muhabbati bilan, tirik ekan terisining shilinishiga chidab, qahramonona holat ko’rsatgan. Ajabo ayni haq va asosi haqiqat va barcha haqiqat nurlarining manba va ma'dani bo’lgan Qur'oniy haqiqatlarga xizmatimizdagi muqaddas lazzat, bu mulhidlarning vaqtinchalik, ahamiyatsiz ozor berishlariga va qalbimizdagi yaralariga darmon va malham bo’la olmaydimi? Albatta bo’ladi, bo’lgan va bo’lmoqda.
Ikkinchidan: Yaman imomi Zaydiylar Sayyidi haqidagi savolingiz haqiqatdan ahamiyatli va barakalidir. Ammo barakasiz bir vaqtga to’g’ri keldi. Ham zehnim yopiq, ham holat uyg’un emas, ham va ham... Faqat shuni ayta olamanki mashhur "Imom Zayd" buyuk sayyidlardan va Oli Bayt imomlaridandir. Haddidan oshgan Shialarni rad etgan va اِذْهَبُوا اَنْتُمُ الرَّوَافِضُ deb Hazrat Abu Bakr va Hazrat Umardan yuz o’girishni qabul qilmagan va ikki xalifa-i ziyshonni hurmat qilib qabul qilgan zotdir. Uning ergashuvchilari Shialarning eng mo’'tadili va eng sunniysidir. Bular insofli va haqni tez qabul qiladigan toifadir. Inshoalloh, Vahobiylarning buzg’unchiligini ta'mirlashga sabab bo’lganlari kabi, Ahli Sunnat va Jamoatdan Zaydiylarning adashishi ham istiqomat kasb etib, Ahli Sunnatga qo’shilib birlashadilar. Ushbu oxirzamon ko’p chayqalmoqda, fitna-i oxirzamon ajib narsalar chiqarishini sezdiryapti.
Risolalar bilan aloqador birodarlarga salom va Badriddin va singlimga va Hoji Ibrohimga duo qilaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(15 Fevral 1934)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, diqqatli qardoshim Ra'fat Bey!
Birinchidan:O’ninchi So’zning Birinchi Ishorasining oxirida, "Ha, bir narsadan hamma narsani qilish va hamma narsani bir narsa qilish hamma narsaning Xoliqiga xos ishdir". Ushbu jumla ham Yigirma Ikkinchi So’zning Yog’dularida, ham O’ttiz Uchinchi Maktubning Derazalarida, ham Yigirmanchi Maktubning o’n bir kalimalarida izoh va isbot qilingan. Bu yerdagi umumiylik nisbiy va urfiydir. "Bir narsadan hamma narsani qilish"dagi murod, butun dunyoning mavjudotini bir narsadan qilish va ijod etish emas. Balki undan murod, bir narsadan, ya'ni bir qatra suvdan bir insonning, bir hayvonning hamma narsasini, xar bir qismini, xar bir jihozotini xalq etadi va bir narsa bo’lgan tuproqdan nabotot va hayvonotning xar bir narsalarini xalq etadi deganidir. Yana, "hamma narsani bir narsa qilish" jumlasidagi umumiylik chegaralangan, nisbiydir. Ya'ni, inson yegan xar tur taomdan oddiy teri, qon, go’sht va hokazo...
Bir so’z bilan:Bu umumiylikdan maqsad shuki: bir narsani xar xil narsalarga o’girish va bir qancha xar-hil narsalarni bir narsa qilish, faqat Xoliqi Kulli Shayga maxsusdir.
Ikkinchidan:"Minhoj-us Sunna"ni o’z xating bilan yozganingga juda xursand bo’ldim. Qalaming marhum Abdurahmonning qalami kabi menga shirin tuyuladi.
Uchinchidan:Tunukachi Mahmud Afandining yodlashni boshlashi muborakdir. Alloh muvaffaq etsin. Biz unga duo bilan yordam beryapmiz. U ham o’qigan sari bizga duo bilan yordam bersin. Badriddin va uning volidasiga, bobosiga duo qilaman. Sazoiy Bey nazarimda Ispartaning bir Zakoiysidir. Men ham uni ko’rishni istayman. Lekin hozir moddatan, ma'nan qishdir. Zotan sizlarga aytgan edim: Saidning shaxsining ahamiyati yo’qki, suhbatiga orzu qilinsin. Ustozingiz Said bilan esa, xar bir risolani ochib, u bilan suhbat qilasiz. Oxiratli qardoshingiz Said bo’lsa, xar kecha-kunduz dargohi Ilohiyda duo orqali siz bilan birga. Sazoiy Bey ustozini, qardoshini istagan vaqti ko’ra oladi.
تَسْمَعُ بِالْمُعَيْدِىِّ خَيْرٌ مِنْ اَنْ تَرَاهُ
qoidasiga binoan eshitishi ko’rishdan ko’p a'lo Saidning shaxsini ko’rganlar ba'zan pushaymon bo’ladi, "Koshki ko’rmasaydim" deydi. Bu do’mbiraga o’xshaydi, uzoqdan ovozi yaxshi keladi, yaqinda bo’sh ko’rinadi.
Boshda Xusrav, Bakir Bey, Lutfu, Rushdu, Hofiz Ahmad, Sazoiy, Gilamchi Shayx Mustafo, Tunukachi Mahmud Afanli kabi xos qardoshlaringizga salom aytaman va duo qilaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz qardoshim Ra'fat Bey!
Bu tong namozdan keyin o’girilib qaradim, Ra'fat Beyni ko’rdim deb o’yladim. Tunda tushimda muborak bir talabamga bir xaltacha asal va ichi to’la oltin berayotgan edim. Orqamdagi kishi demak Ra'fat Beyning qalb va ruhiga sohib. Men dalloli bo’lgan xazinaning eng qiymatli, eng shirin narsani vositamizda sotib olishni istaydi. So’ngra ko’rdimki, sen yozgan ikkinchi nusxang, ya'ni Sayroniy ekan.
Tushda ikkovingiz hissadorsiz, bo’lib olasizlar, nima bo’lganda ham... Siz bu safar yozgan "So’z" menga juda yoqqani uchun, avvalroq senga aytganim kabi, boshqa yozuvlarga nisbatan sening xating ko’zimga eski do’st bo’lib ko’ringanining sirini tushundimki, marhum jiyanim Abdurahmonning xatiga o’xshar ekan. Bu xat o’zini ko’rsatishi kerak. Ishtiyoqing bo’lgan sari, tanlagan risolalarni yozsang barakotli bo’ladi.
Xulusiy Abdurahmonning o’rniga haqiqatdan o’tdi. Yozuv o’xshashligi menga xushxabar beryaptiki, Ra'fatdan ham bir Abdurahmon chiqadi. Siyoh haqida o’ylaganing yaxshi. Qo’lda yuradi, chiroyli bo’lish sharti bilan sobit qolsin. O’zingizga yozganingiz hayirli bo’lsin. Chunki mutolaaga ishtiyoq va ishtahani ochadi.
Yangi "So’zlar" bilan aloqador bo’lganlarga, avvalgi uch Hofiz bilan usta Hofiz Mahmud Afandiga salom aytaman, ham duo qilaman. Sabot ko’rsatishsin, ularni qardosh doirasiga dohil qilganman, talaba doirasiga kirishga harakat qilsinlar. Siz kimni tanlasangiz, qabulimdir. Domla Ismoil Haqqi Afandiga ko’p salom aytaman va duo qilaman. Modomiki oz odam bilan so’zlashgan "Ishorat-ul I'joz" u bilan ancha so’zlashgan ekan, men ham u zotni boshu ko’z ustigsa qabul qilaman. "Ishorat-ul I'joz" bilan kifoyalanmasin. "Ishorat-ul I'joz"ni tafsir qilgan, haqiqatlarini oydinlatgan va ko’z ko’radigan darajada ko’rsatgan "So’zlar"ni, "Maktublar"ni o’qisin. Xususan Yigirma Beshinchi, Yigirma Oltinchi So’zlarni, Yigirmanchi va O’ttiz Uchinchi Maktublari kabi tanlagan risolalarni ham o’qisin. Boshda Bakir va Xusrav qardoshlarimga salom aytaman va duo qilaman va duolarini istayman.
Vahobiy masalasi kechagi kun qo’limga tushdi. Qaradim, senga yuborishni ruhim istadi. Boshqa bir suratda Ra'fat o’zi keldi, o’z kitobini o’ziga etdi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Said Nursiy
Sen va Xusravning yozuvlari meni hech charchatmaydi. Chunki xatolari kam. Ammo boshqalarniki, o’zlari bir marta tahrir qilmay jo’natishadi. Xotiramga suyanib, yolg’iz tahrir qilib charchayman. Boshqalarning yozganlarini sizlar solishtirib, undan keyin menga yuborsangiz yanada yaxshi bo’ladi.
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, g’ayratli, jiddiy qardoshlarim Ra'fat Bey, Xusrav Afandi!
Sizlar ko’plarning uyg’onishiga sabab bo’ldingiz va husni misol bo’ldingiz. اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ sirri asosida, vositangizda va sizga ergashib Qur'on xizmatiga kirganlar qozongan hasanotning bir misli, inshoalloh amal daftaringizga o’tadi. Bu safargi siz ismlarini yozgan Hofiz Bakir, Hofiz Tohir, Hofiz Shukru Afandilarni qardosh deb qabul qildim. Talaba bo’lishga ham harakat qilsinlar, salomimni ularga yetkazing. Sizga bu safar avomi mo’miniyn haqidagi karomatga o’xshash ishlar sinfidan va ma'vanati Ilohiya deb nomlangan ikki kichik hodisani aytib beraman:
Birinchisi: Bir-ikki birodarimiz O’n To’qqizinchi Maktubni yozganlar. Bittasining to’rtinchi juzida salovoti sharifa ikki-uch sahifa mustasno, (uch-to’rt salovotdan boshqa) barcha salovotlar bir-biriga yuzlangan. Men ham hayratda qolib ishoralar qo’ydim. Boshqasida ikkinchi, uchinchi juzida besh-olti sahifa mustasno, barcha sahifalardagi salovotlar bir-biriga teng, bir-biriga qaramoqda, ishoralar qo’ydim. Kimga ko’rsatgan bo’lsam, hayratda qoldi. Ko’rganlar ittifoqan aytishdiki, umum "So’zlar"da Qur'on i'jozining bir ma'naviy shu'lasi aks etgani kabi, O’n To’qqizinchi Maktubda ayniqsa Mo’'jizoti Ahmadiyaning shu'lasi - salovoti sharifa suratida aks etgan. Ko’rganlar ham aytishdiki, "So’zlar"ga maxsus, ayniqsa "O’n To’qqizinchi Maktub"ga xos xat tarzi bor. Agar o’sha tarz xatga uyg’un yozilsa, ko’p g’arib latofatlar ko’rinadi. xar doim harakat qilib, xar yozgan kishiga "Siyrak va chiroyli yozing" derdim. Endi anglashildiki, xos ma'naviy xatni tavsiya qilish uchun, Alloh gapirtirishi turidan, menga ayttirilayotgan edi.
Ushbu haqiqat va ma'naviy xat tarziga eng yaqin, Kichik Hofiz Zuhduning va Ashrafning va Kuleo’nli Mustafoning hatlari bo’lib, u uyg’unlik, muvozanat ularning xatida ko’proq ko’rinmoqda. Men xar doim ko’rayotgan edim, diqqatli yozganlarda ba'zan bir qator hatlar, bir kalima xato yozmagan bir qator xato yozar edi. Holbuki, "So’zlar"dagi g’aroyib latofatning belgisi hisoblanibn tavofuqot hatlatadi.
Ikkinchi hodisani yozishga qog’ozimiz yetmagani uchun tugatdim.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
Ra'fat Bey!
Sening juda antiqa ikki qudrat mo’'jizasing muzeyimni bezadi. Oddiy deb o’ylagan narsalarda qancha hayratomuz ishlar borligini eslatadi. O’n To’qqizinchi Maktubning ikkinchi, uchinchi juz’ida xar sahifada salovoti sharifaning bir-biriga yuzlangani tasodif ishi bo’lolmaydi. Chunki tasodif o’ndan birga to’g’ri keladi. Bu yerda esa o’nda to’qqiz tavofuq bor.
Demak bu, na shuuri yo’q tasodifning ishi, na mening va na kotiblarning ataylab yozishidir. Chunki, endi bilsam, kotiblar mendan so’ngra tushunishdi. Demak g’aybiy qasd va iroda bilan, umum "So’zlar" va ayniqsa O’n To’qqizinchi Maktubdagi salovoti sharifada hayratomuz latofatni iroda etilgan. Muvofiqliklar esa, g’aybiy qasd bilan joylashtirilgan balog’at va latofatning tarashshuhotidir.
Said Nursiy
***
(11 Aprel 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, mudaqqiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!
Nomingizga yozilgan O’n ikkinchi Yog’duning izohga muhtoj nuqtalarining izohiga hozircha ehtiyoj yo’q. Asl maqsad oyatlarga kelgan shubhalarni daf qilishga kifoya qilishidir. Bu nuqtai nazarda kifoya qiladigan darajada hamma tushunadi. Xar bir risolada hammaning hissasi bor, ammo harkim hamma narsasini bilishi lozim emas. Mirqot-us Sunnat va vahdat-ul vujudga doir ikki risola haqida fikringiz qanday? Albatta qiymat bilgan nazaring ularni taqdir etgan.
Bu safargi savolingizning ikki jihati bor: Biri, sirri Oli Aba jihati bo’lib, u sirdir. Men u sirning ahli emasmanki, javob bersam, yoki xar bir sirning izhorini qalamga olib bo’lmaydi. Chunki haqiqati Muhammadiyaning bir jilvasi Oli Abada zohir bo’ladi. Ikkinchi zohiriy jihati esa ma’lum. Jumladan: Sahihi Muslimda Umm-ul Mo’miniyn Oisha-i Siddiqadan (RA) rivoyat qilingan:
خَرَجَ النَّبِىُّ غَدَاةَ غَدٍ وَ عَلَيْهِ مِرْطٌ مُرَجَّلٌ مِنْ شَعْرٍ اَسْوَدَ فَجَاءَ الْحَسَنُ فَاَدْخَلَهُ ف۪يهِ ثُمَّ جَاءَ الْحُسَيْنُ فَاَدْخَلَهُ ثُمَّ جَاءَتْ فَاطِمَةُ فَاَدْخَلَهَا ثُمَّ جَاءَ عَلِىٌّ فَاَدْخَلَهُ ثُمَّ قَالَ: اِنَّمَا يُر۪يدُ اللّٰهُ لِيُذْهِبَ عَنْكُمُ الرِّجْسَ اَهْلَ الْبَيْتِ وَيُطَهِّرَكُمْ تَطْه۪يرًا
Bu hadisi sharif kabi, Kutubi Sitta-i Sahihada bu ma'noda ko’plab hadislar borki, Oli Abani ko’rsatadi. Bir kishi balolarni daf qilish uchun istishfo اِسْتِشْفَاءْ va istishfo' اِسْتِشْفَاعْ uchun shunday degan:
ل۪ى خَمْسَةٌ اُطْف۪ى بِهَا نَارَ الْوَبَاءِ الْحَاطِمَةِ
اَلْمُصْطَفٰى وَ الْمُرْتَضٰى وَابْنَاهُمَا وَ الْفَاطِمَة
Xafa bo’lma, hozircha bu qadar. Maktubingda ismlari zikr qilingan xar bir kishiga alohida-alohida salom aytaman va duo qilaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
"A'uzu" sirriga doir yozilgan O’n Uchinchi Yog’duning yetti ishorasini yubordim. Ko’ringlar, izohi emas, nuqsoni bo’lsa bildiringlar.
***
(9 May 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, mudaqqiq qardoshim Ra'fat Bey!
Birinchidan:Yangi qizingning dunyoga kelishini siz uchun bir xayrli alomat sifatida tabriklayman. Inshoalloh وَ لَيْسَ الذَّكَرُ كَالْاُنْثٰى siriga sazovor bo’ladi. Osim Bey kabi sening ham bir qiz bolang dunyoga kelishi, mashrabimizda eng muhim asos shafqat bo’lishi jihatidan, shafqat qahramonlari qizlar ekani va eng sevimli yaratiq bo’lganidan, yanada ko’proq tabrikka loyiqsiz. O’ylaymanki, bu davrda o’g’il bolalarning tahlikasi yanada ko’p. Janobi Haq uni sizlarga tasalli va do’stlik manbai va uyingizga kichik bir farishta hukmiga keltirsin. "Rangi gul" ismi o’rniga "Zaynab" bo’lsa, munosibroq bo’ladi.
Ikkinchidan:Hikmat-ul isti'oza, basmala-i sharifaning sirlariga doir sen va Sharif Afandining ifodalaringiz qisqa. Tanqidmi, taqdirmi, tushunilmaydi. Zotan ko’p marotaba aytgan edim: Harkim xar bir risolaning xar masalasini tushunishga muhtoj emas. Qanchalik tushunsa o’shancha kifoya.
Uchinchidan:Misol olami - ruhlar olami bilan shahodat olami o’rtasida bir barzohdir. Xar ikkisiga bir jihat bilan o’xshaydi. Bir yuzi unga qaraydi, bir yuzi boshqasiga boqadi. Masalan: Oynadagi misoling suratan sening jismingga o’xshaydi. Moddiy jihatdan sening ruhing kabi latif. Misol olami, olami arvoh, olami shahodat qadar vujudi qat'iydir. {(Hoshiya): Menimcha misol olamining borligi ko’rilgandir. Shahodat olami kabi haqligi ochiq oydin. Hatto sodiq tush, kashfi sodiq va shaffof narsalardagi ko’rinishlar bu olamdan u olamga ochilgan uch derazadir. Avom va hammaga o’sha olamning ba'zi burchaklarini ko’rsatadi.} Ajoyib va g’aroyib narsalarning ko’rgazmasi, valiylarning sayrgohidir.
Kichik olam bo’lgan insonda hayol tuyg’usi bo’lgani kabi, katta inson hisoblangan olamda ham olami misol borki, o’sha vazifani bajaradi va u haqiqatdir. Xotira Lavhi Mahfuzdan xabar bergani kabi, hayol tuyg’usi ham misol olamidan xabar beradi.
Boshda Xusrav, Bakir Bey, Rushdu, Lutfu, Hofiz Ahmad, Sazoiy, uch Domla, uch Mahmud, uyingizdagi uch ma'sum, qaynotang va u yerdagi qardoshlarimizga salom aytaman va duo qilaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(30 May 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, mudaqqiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!
Sening menda bir ustozing, bir qardoshing, bir do’sting bor. Ustozingni xar risola ichida ko’rib gaplashasan. Qardoshingni kechayu kunduz dargohi Ilohiyda ma'nan va xayolan, seni duo vositasida ko’rganidek, sen ham uni o’sha tarzdfa ko’rishing mumkin. Mendagi do’stingni ko’rish uchun, kelib zahmat chekma. Chunki u do’sting ziyoratga layoqati yo’q. U bitta, siz ko’psiz. Inshoalloh u kelib, sizni u yerda ziyorat qiladi.
وَ لَيْسَ الذَّكَرُ كَالْاُنْثٰى oyatiga doir hozir javob berishga vaqtim uyg’un emas. Sihatini bilmayman, ammo rivoyat qilinadiki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalom marhamat qilganlar: "O’gil bolani sevinglar". "Qizlarni nima uchun istisno etdiz?", deyishganda, marhamat qilganlarki: "Qizlar o’zini o’zi sevdirishadi, ular fitratan sevimlilar".
Ha, qiz - shafqat va jamolga sazovor bo’lgani uchun, o’g’il boladan ko’proq seviladi. Ayniqsa bu davrda ota-ona haqida qizlar ko’proq qadrlidir. Chunki dinga keladigan tahlikaga ko’p uchramaydi.
Ikkinchi savoling:Ibrohim Haqqi, "Ju' ismi a'zamdir" deyishining murodini bilmayman. Zohiran ma'nosiz, balki xatodir. Ammo Rahmon ismi ko’plarga nisbatan ismi a'zam vazifasini bajarar ekan, ma'naviy va moddiy ju' va ochlik, ismi a'zamning vosil bo’lish sababi ekaniga ishoratan, majoziy, "Ju'" ismi a'zamdir, ya'ni bir ismi a'zamga vasiladir deyish mumkin.
Muborak xonangizdagi ma'sumlarga duo va darsdoshlarning barchalariga salom aytaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(20 Iyun 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!
Maktubingda inson mohiyatiga joylashtirilgan o’n tuyg’uni so’rayapsan. Hozir tariqatni dars berish davrida bo’lmaganim uchun, Naqshbandiy tariqati muhaqqiqlarining o’n tuyg’uga doir asarlari bor. Hozir esa vazifamiz, sirlarni yuzaga chiqarish bo’lgani uchun, mavjud masalalarni naql qilish emas. Xafa bo’lma, tafsilot berolmayman. Shuni aytishim mumkin: O’n tuyg’uni Imom Rabboniy qalb, ruh, sirr, xafiy, ahfo, insonda to’rt asos unsurning xar bir unsurning o’ziga munosib insoniy hissi bor deb ta'bir qilib, sayri sulukda xar martabada bir latifaning taraqqiyoti va holatlaridan qisqa bahs etganlar.
Ko’ryapmanki, insonning jome' mohiyati va iste'dodlarida ko’p latifalar bor. Ulardan o’n donasi tanilgan. Hatto faylasuf va zohiriy ilmlar olimlari ham o’n latifaning derazalari yoki namunalari hisoblangan zoxiriy besh tuyg’u, besh botiniy hislar deb o’n latifalarni boshqa bir suratda hikmatlariga asos tutishgan.
Hatto avom va hoslar ichida tanilgan insonning o’n latifasi, tariqat ahlining o’n latifasi bilan munosabatdor. Masalan vijdon, a'sob, hiss, aql, havo, shahaviya, g’azabiya kabi hislari qalb, ruh va sirrga ilova etilsa, latoifi asharani boshqa suratda ko’rsatadi. Yana bu latifalardan boshqa saiqa, shaiqa va oldindan sezish hissi kabi ko’p latifalar bor. Bu masalaga doir haqiqat yozilsa, juda uzun bo’ladi, vaqtim ham kam bo’lganidan, tugatishga majbur bo’ldim.
Ikkinchi savoling bo’lgan, ma'no-i ismiy bilan ma'no-i harfiyning bahsi, nahv ilmining umum kitoblarining boshlarida izoh qilingani kabi, haqiqat ilmining "So’zlar" va "Maktubotlar" nomli risolalarida misollar bilan yetarlicha bayon qilingan. Sen kabi zakovatli va tadqiqotchi zotga ko’p izoh ortiqcha bo’ladi. Oynaga qaraganingda shisha uchun qarasang, qasddan shishani ko’rasan, ichidagi Ra'fat ikkinchi darajaga o’tadi. Agar maqsad muborak siymoinga qarash bo’lsa, sevimli Ra'fatni ko’rasan.
فَتَبَارَكَ اللّٰهُ اَحْسَنُ الْخَالِق۪ينَ deysan. Oyna shishasi ikkinchi darajaga tushadi. Demak, birinchi suratda oyna shishasi ma'no-i ismiydir. Ra'fat ma'no-i harfiy bo’ladi. Ikkinchi suratda oyna shishasi ma'no-i harfiydir, ya'ni unga oyna uchun qaralmaydi, boshqa ma'no, aks uchun qaraladi. Aks ma'no-i ismiydir.
Ya'ni دَلَّ عَلٰى مَعْنًى ف۪ى نَفْسِه۪ bir jihatda ega ta'rifiga dohil bo’ladi. Oyna esa
دَلَّ عَلٰى مَعْنًى ف۪ى غَيْرِه۪ kesimning ta'rifini tasdiqlaydi. Koinot Qur'oniy nazar bilan qaralganda: barcha mavjudoti harflardir, ma'no-i harfiy bilan boshqa bir Zotning ma'nosini ifoda qiladi. Ya'ni, ismlarini, sifatlarini bildiradi. Ruhsiz falsafa asosan ma'no-i ismiy bilan qaraydi, tabiat botqog’iga botib qoladi. Nima bo’lganda ham... Hozir ko’p so’zlashishga vaqtim yo’q. Hatto Mundarijaning eng oson, eng muhim, eng oxirgi qismini yoza olmayapman. Darsdoshlaring, ayniqsa Xusrav, Bakir, Rushdu, Lutfu, Shayx Mustafo, Hofiz Ahmad, Sazoiy, Mahmudlar, Domlalarga salom va muborak xonadoningdagi muborak ma'sumlarga duo qilaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(27 Iyun 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, va ko’p izlanuvchan va tadqiqotchi qardoshim Ra'fat Bey!
Sening ustun zako va diqqating, so’ragan savollaringning ko’piga javob berib bo’lgani uchun, muxtasar javob beryapman, xafa bo’lma. Sen bilan garchi so’zlashmoq istayman, ammo vaqtim izn bermaydi.
G’ayri mo’min muslim va g’ayri muslim mo’minning ma'nosi shuki:
Hurriyatning boshida Ittihodchilar ichiga kirgan dinsizlarni ko’rar edim, Islomiyat va shariati Ahmadiya, ijtimoiy hayot va ayniqsa Usmoniylar siyosat uchun g’oyat foydali va qiymatli oliy dasturlarni jamlaganini qabul qilib, bor quvvatlari bilan shariati Ahmadiyaga tarafdor edilar. U nuqtada Musulmon, ya'ni haqni kerak deyish va haq tarafdori bo’lsalarda, mo’min emas edilar. Demak g’ayri mo’min muslim deb nomlanishiga loyiq bo’lishgan edi.
Hozir esa Ovrupo usuli va madaniyat nomi ostida bid'at bilan va shariatga ters jarayonlarga tarafdor bo’lib, Allohga, oxiratga, Payg’ambarga iymoni bor va o’zini mo’min deb biladi. Demak haq va haqiqat bo’lgan shariati Ahmadiyaning qonunlariga tarafdor emas va haqiqiy tarafgirlik qilmas ekan, g’ayri muslim bir mo’min bo’ladi.
Iymonsiz Islomiyat oxiratda najot topish sababi bo’magani kabi, bilib turib Islomiyatsiz iymon ham o’tmaydi, balki najot berolmaydi, deyish mumkin.
Ikkinchi savolingiz: Aniq ajal bilan muallaq ajal, sizga ma'lum boshqa ta'bir bilan "ajali musammo" va "ajali qazo" deb ta'bir etiladi.
Uchinchi savolingiz: So’zlar o’ttiz uch, Maktubot o’ttiz uch, Derazalar o’ttiz uch, majmui to’qson to’qqiz bo’lgani kabi, Arabcha Qatra Risolasining boshida bayon etilganidek, eng avval bu faqir qardoshingizning fikriy harakatlari namozdan so’ngra o’ttiz uch "Subhanalloh" va o’ttiz uch "Alhamdulilloh" va o’ttiz uch "Allohu Akbar"dagi martabalarga ko’ra to’qson to’qqiz fikriy mujohadalar va ruhiy maqomlardagi tazohurot va to’qson to’qqiz asmo-i husna jilvasiga sazovor bo’lish sirlarini uzoqdan uzoq g’ira-shira his etilishi bois, o’ttiz uch muborak raqami, ixtiyorim xorijida ko’p ilmiy harakatlarim va nashr ishlarimni boshqargan. Boshda darsdoshlaring va Hoji Ibrohim qardoshlarimizga salom aytaman va muborak xonadoningdagi ma'sumlarga duo qilaman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari ichiga kirgizish uchun ukam Abdulmajidning Xulusiy Beyga yozgan maktubining ishora qilingan bosh tarafi bilan orqasidagi Ra'fat Beyning maktubidan olingan bayonlarni Xusrav yozsin, so’ngra Hofiz Aliga yuborsin.
***
(11 Iyul 1934 Chorshanba)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, mudaqqiq, izlanuvchan qardoshim Ra'fat Bey!
Siz kabi xush-suhbat bir qardoshimni haqsiz ravishda savol so’ramaslikka va sukutga da'vat etaman. Bunday deyishga uzrim bor, hatto majburman. Chunki bugun to’rt soat to’htamay kotibni kutdim. Bir maktub yozaman dedim, bo’lmadi. Men yigirma daqiqalik masofaga yurib bordim. Bog’ suvi boshida, uyqusiz charchoq holda topdim. Uni aldadim, oz bir ishim bor dedim. Holbuki o’n daqiqa o’ylab, ikki soat zaruriy yozuvlar yozdirdim. Zotan boshim ham charchagan va istirohatga muhtoj.
Ammo Ra'fat kabi bir mushtoq odamni gapirtirmaslikning jazosi sifatida ta'zir yedim. Bu hafta sen so’raydigan oson, latif savoling o’rniga Senirkentli birodarlarimiz qiynovchi, Eski Saidning xotirasiga havola etiladigan ajib savollarni so’rashdi. O’z nafsimga: "Haqqi bor. Sen Ra'fatni tinglamading, endi bularni tingla". Ularga javob berish kerak chunki bunday masalalarda dinsizlar hujum qiladi. Majburiy, g’oyat muxtasar , noqis va qisqa javob yozdim, ammo yana Ra'fatning hurmati uchun yozdim. U javobni bundan avval to’rt savolga javob va mug’ayyiboti xamsaga doir Sabri Afandi va Hofiz Alining savollariga doir qisqa javobni Xusrav bilan birga o’qinglar. Munosib ko’rsangiz, uchalovi birdan yo O’n Oltinchi Yog’du yoki yozilmagan O’n To’rtinchi Maktub maqomiga o’tkazilsin. Xato bo’lsa, tahrir etarsiz. Chunki javoblarning asli sunuhot bo’lish bilan birga, tafsilotida fikrim aralashib xato qilishim mumkin.
Hofiz Ahmad Afandi O’n To’qqizinchi Maktubni yozishi kerak edi, ajabo boshladimi? Unga ko’p salom aytaman. Yozuv xizmati ahamiyatlidir, qancha tomonlama ibodat hisoblanadi. Muborak xonadoningizdagi ma'sumlarga duo qilaman va ma'lum darsdoshlarga ko’p salom aytaman. Gilamchi Shayx Mustafo Afandi ba'zi risolalarni yozayotgan edi. Inshoalloh bu muqaddas xizmatga u muborak zotlar ishtirok etadilar. U kishiga ham xususiy salom aytaman va duosini istayman. Hoji Ibrohim Afandi va Badriddinni, Ra'fatni eslash bilan, aksariyat hollarda ularni xotirlayman. Ularga ham xususiy salom aytaman.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, mudaqqiq qardoshim Ra'fat Bey!
So’ragan savolingga eng oson va ruxsatli javob sening javobingdir. "Multaqo" Sharhi Damading va "Maroq-ul Faloh" ikkovlari aytishgan: Ikki Ramazon uchun bir kafforat kifoyadir. Ko’plab voqealarga bir kafforat kifoya qiladi. Chunki tadohul bor. Va هُوَ الصَّح۪يحُ deganlar. Haqiqat nuqtai nazarida bu masalada: azimat va ruxsat bor. Azimat holi, quvvati to’g’ri kelsa, xar Ramazon uchun alohida bir kafforat bor. Ammo ruxsat jihati, tadohul sirriga binoan, ko’plab Ramazon uchun bir kafforat farz, alohida-alohida kafforat mustahab darajasida qoladi. Bu kafforatga ma'no-i uqubat bilan ma'no-i ibodat ikkisi joylashtirilgani uchun, ham istamasdan majbur qilinmaydi, ham tahodul etadi.
Aziz qardoshim! Fiqh-ul akbar bo’lgan asosoti iymoniya bilan mashg’ul bo’lganimiz uchun, naql va ahli ijtihodning madorikiga va maohiziga qaragan daqoiqi masoili far'iyaga hozircha zehnim jiddiy yo’nala olmaydi. Zotan yonimda kitoblar bo’lmagani kabi, murojaat qilishga vaqtim ham yo’q. Ham Islom ulamosi shunchalik tadqiqoti saiba qilganlarki, furuotga doir tadqiqoti a'miqaga ehtiyoj qoldirishmagan. Agar haqiqiy ehtiyoj his qilsa edim, furuotga doir mujtahidlarning chuqur manbalariga murojaat qilib, ba'zi bayonlar yozar edim. Demak, hali u turdagi haqiqatlar bilan mashg’ul bo’lish davri kelmagan, nima bo’lganda ham.
Sizga bu safar Fath surasining oxiridagi oyatlar va ular munosabati bilan
اُولٰٓئِكَ مَعَ الَّذ۪ينَ اَنْعَمَ اللّٰهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيّ۪نَ وَ الصِّدّ۪يق۪ينَ وَ الشُّهَدَٓاءِ وَ الصَّالِح۪ينَ
oyatiga doir bayonlarni va "Minhoji Sunnat" nomli Yog’duda اِلَّا الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبٰى sirriga doir muhakamot haqida fikringiz qanday? Qardoshing Xusrav bilan sen, Shayx Jiyloniyning karomoti g’aybiyasining barcha qismlari bilan bir nusxa yozib, Xulusiy Beyga yuborsangiz yaxshi bo’ladi. Osim Beyga ham barchasi yuborilishi kerak. Boshda, (G’avsi A'zamning ta'biri bilan Bakir Bey), bizning ta'birimiz bilan Bakir Og’a, Ahmad Xusrav, Lutfu, Rushdu, Hofiz Ahmad, qaynotang Hoji Ibrohim Bey va Sazoiy Bey va umum qardoshlaringizga salom aytaman, duo qilaman. Muborak va baxtiyor Badriddinning boshidan o’paman. U Qur'onni o’qiganda menga duo qilsin. U ma'sumning duosi inshoalloh haqimizda maqbuldir. Uning volidasi bo’lgan oxiratli singlimga alohida duo qilaman. Badriddin kabi bir avlod sohibasi bo’lgani uchun tabrikka loyiq. Badriddin o’qigan xar bir Qur'on harfining, o’n savobdan to minggacha uxroviy mevalari bor. Savoblar ham volidasining amal daftariga, ham domla va ustozining daftari a'moliga qayd bo’ladi.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(Xusrav, Ustozining o’z haqida g’azablanganini o’ylab, bir masalaga doir xafa bo’lib yozgan maktubidan bir parchadir.)
Suyukli va qiymatli Ustozim!
Maktubingizning mutolaasidan keyin qayg’ularim orasida, qalbimga ko’p xotiralar keldi. Xar tarafi, xar holi qusur va ayb bilan to’la talabangiz, suyukli Ustozining oyoqlarining ostiga borlig’ini to’shagandi. Balki xar kun bu shiddatdan yanada katta bir shiddat bilan muomala ko’rsa va hatto Ustozi uchun, yuz ming hayoti bo’lsa, hammasini berishga ikkilanmasdan tayyor ekanini, yuzaki emas, qalbiy e'tirof bilan muhayyodir.
Gunohkor talabangiz yillardan beri Xoliqidan bir homiy istayotgan edi. Boshdan oyoq qoraliklarga to’la amal daftarim ko’rib chiqilsa, bu xususda qanchalik tazarru va niyozim bor va qancha ko’z yoshlarim topiladi. Qur'oniy xizmat yo’lida Yer yuzi yashovchilaricha hayotim bo’lsa ham, xar birini fido etishni qanchalik buyuk saodat va sharaf deb qabul qilganman.
Ey suyukli Ustozim!Ey qiymatli Xo’jam! Ey yillardan beri qidirgan muhtaram murshidim! Ey aziz dalloli Qur'on!
Iztiroblarimning sururga aylanayotganini his etyapman. Uzoqda bo’lganning aybi ko’rinmaydi, ta'zir yaqinda bo’lganga uriladi. Qalbim bu jumlalarga هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبِّى deydi. Faqat aqlimdan o’chmagan narsa bo’lsa, u aziz Ustozimning azoblariga ishtirok etish edi.
Muhtaram murshidim!Risolalarning biriga qo’l uzatish yoki bir sahifasiga til tekkizishga yoxud bir jumlasini yoki bir kalimasini tanqid qilishga, hatto bir harfiga va balki bir nuqtasiga e'tiroz qilishga kimning haddi sig’adi?
Istisnosiz, xar bir odam tanlar ekan, bunday narsaga jur'atni kimdan olay. Yo’q suyukli Ustozim, xotirjam bo’ling, yillardan beri siz chekayotgan qal’ada yashashga mahkum jazosidan ham qattiq qiyinchiligingizga boshqa va qattiq azob qo’shilishini xohlaganlarga oz mayl etish uyoqda tursin, bu holning shiddat bilan va balki fidoiysi sifatida qarshi ekanimga, vijdonimning tasdig’i yetarli shohiddir.
Ahmad Xusrav
***
(Hofiz Alining bir bayoni.)
Aziz Ustoz!
Bu asrning tumanli, zaharli rivojlanishi (koinot daraxtining mevasi bo’lgan insonning urug’, o’zak, qobiq g’oyalarini) yo’q bo’luvchi va foniyga, xorlik va g’ururga, o’tkinchi firoqqa, zohir botilga, tanballik adamga, hirs va hayvoniyatga, jonsiz va abasiyatga, beboshlik va hechlikka yo’llab, mevaning asosiy qismi o’lib, eng kamining ham o’lish va chirishi hangomida, mazkur daraxtning markaziga yaqin, Isparta shoxiga osilgan, Hakimi Mutlaqning kamchiliksiz, mukammal shifoxonasi - Qur'ondan jo’shib chiqqan (Darmon Mulohazalar) nomli, xar Mulohazaning minglab harf tomchilari bilan yordamga yetishib, Yer kurrasi bog’iga suv berib, minlab mevalarga hayot bahsh etgan va bu sabab manbayi kabi, qiyomatgacha g’aroyib karomat va taqlid etilmas tamg’a bilan gapiradigan muborak asarni, alhamdulilloh ko’chirdim.
Ha, Ustozim, qandayki
وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ
oyati karimasining minglab tasdiqlarining bir tasdig’i bo’lgan insoniyatning xar bir a’zosiga siymo, ovoz, atvor, axloq kabi yana ko’p latifalar va jihozlar mavjud ekan, bir-biridan farqli, xar bir shaxs bir olam hisoblanib, Vohidi Ahadi Samadning molki va san'ati va vazifador zodimi ekanini, shuuri bo’r odamga majburan qabul ettiradi.
Xuddi shuning kabi, Qur'oni Hakimning hayotdor samarasi bo’lgan "So’zlar" va Maktubot-un Nurning xar bir qismi o’z olamida nihoyasiz qudratni ko’rsatgan va xar mavzui bilan minglab olamlar ichida bir olam bo’lgan shuhud olamining ajib tilsimini to’liq kashf va hal qilib, xar risola bir muammoning kaliti va hayotdor ruhi hukmidadir.
Yana minglab Ilohiy ehson va Subhoniy rahmat bo’lsa, yozilishiga ehtiyoj bor. Yerlari bo’sh qorong’u olam kabi, Shamsi Haqiqat quyoshining shu'lalarini kutishyapti. Janobi Haqdan, bu qattiq qaysar davrda (Asoyi Muso kabi) ko’p jihatlar bilan g’aroyib, fathlarga sabab bo’lgan va inshoalloh hsun tarzda davom etadigan Rasaili-n Nurni ko’paytirsin. Omin, omin, omin!
Qusurli talabangiz
Ali (RH)
***
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Rushdu yuborgan o’ttiz liraning yigirma yettisini pochta orqali sizga yubordim. Siz unga yuborarsiz. Unga ham shunday yozdim. Mening ehtiyojim bo’lmagani va qoidamga ters bo’lgani uchun, qabul qila olmadim. Faqat uning xayrli niyati uchun, ahamiyatli xayrlarga sarf etilishi uchun, uning hisobiga o’ttizdan uch banknot oldim. Siz va siz bilan aloqador bo’lganlarga juda ko’p salom va duo qilaman.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Aziz, siddiq, muxlis qardoshim!
Ispartaga joyni o’zgartirtish ham qalbga keladigan ma’nolarga, ham siz bilan xabarlashishga bir daraja sustlik berdi.
Birinchidan:Qardoshimiz Sabri, Haqqi Afandilar istagi bilan, Eg’irdir vositasida sizga omonat yuboriladi. O’n Yettinchi Yog’du nomli Mulohazalarni Sabri sizga yuborgan yoki yuboradi. Bu daf’a ham sirli, karomatli Yigirma To’qqizinchi So’zni sizga yuboryapman. Latif va ma'nodor bir muvofiqlik bo’ldi, Xusrav sen uchun Yigirma To’qqizinchi So’zni yozayotgan edi. Yozgan vaqtida Xusrav vosirasida juda muborak Ramazon hadyasi bir paytda kelishi bilan birga, o’sha tunda men sening xonadoning tarafiga va uyingga borganimni tushda ko’rganim edim. Ikki tun avval, haqiqatdan ikkinchi Xusrav va ikkinchi Sulaymon bo’lgan Sulaymon Rushdu sizni aynan ko’rgan. Bundan tushundikki, bizlar bir manzil ichidagi odamlar hukmidamiz. Moddiy jihatdan uzoqlik ta'siri yo’q, bir-birimizga oddiy munosabat ham qayd qilinadi.
Ikkinchidan:Yigirma To’qqizinchi So’z, ta'rifnomalarda yozilgani kabi, bir kotib haqiqiy xatiga ixtiyorsiz yaqinlashib, sirri ko’rinishni boshlagan va boshqa kotib haqiqiy xatini topgan. Haqiqatdan, qay fikrda bo’lsa bo’lsin, ko’rgan hammani tasdiqqa majbur qiladi. Hatto bu yerda muhim va maqtashi qiyin ulamolar ham, "quyosh kabi ishonib tasdiq etamiz", deb imzo qo’yishyapti.
Bu tafsiriga Qur'on i'jozining yuz juzidan bir juzi aks etganiga shubhamiz qolmadi. Faqat shu farq borki, i'joz qasdiydir, qasddan esa hech kim qarshi chiqa olmaydi.
Bu kitobning tavofuqi esa, fitriy, ixtiyorsiz bo’ligani uchun g’aroyib bo’lib, karomat sanaladi. Qasdiy va sun'iy suratda qarshi chiqilmaydi. Nima bo’lganda ham, bu nusxani qardoshingiz Abdulmajid bir marta ko’rsin, inshoalloh unga ham vaqti bilan bitta nusxa yoziladi. Agar yerda birov aynan ko’chirishni niyat qilsa, juda diqqat qilishi kerak bo’ladi. Chunki bu risolaning harflari ham sirli, o’ziga ishonmagan kishi yozmasin.
Uchinchidan:Qardoshimiz Fathi Beynig holi qanday, nima uchun oz ko’rishyapsiz? Men unga ko’p duo qildim va qilyapman. Sen bir zararkunanda xodim tufayli u bilan oz ko’rishishing meni ranjitdi. Alloh qabul qilsin, men ham unga ko’p marta duo qildim. Inshoalloh, tom bir birodar, bir tinglovching Hofiz Umar Risola-i Nurning yoyilishiga muhim bir vosita bo’ladiki, xar maktubida uni jiddiy aloqador ekanini ko’ryapman.
O’n Oltinchi Yog’du nomli uch muhim masaladan iborat bir risolani siz uchun yozdiryapman. Yetishsa, uni ham yuboraman. Lillahilhamd, bu yerda borgan sari Risola-i Nurning shogirdlari va yozuvchilari ko’paymoqda. Qachon oz sustlik boshlasa, bir tashviq qamchisi sifatida bir narsa chiqadi.
Jumladan, so’fiy sifat va yozuvda vaqtinchalik tanballik qilgan bir qism qardoshlarimizga yozilgan bir maktubning nusxasini o’rab yuboryapman. Balki tanbal emas, ammo tanballashgan Abdulmajid ham ko’radi. Muhtaram volidangizning holi qanday? Ular haqida ham o’ylayapman, ko’p duo qilyapman. Xastalikning xar bir soati bir kun ibodat hukmida ekanini men tarafimdan ham unga, ham Domla Abdurahmonga ayt. Boshda otangiz, Fathi Bey va Domla Abdurahmon, Imom Umar, Kamoliddin kabi do’stlarga salom aytaman va duo qilaman va duolarini istayman.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
Yo’limizning shavq va zavq asosi bo’lgan muvofiqlikning latifalaridan uch-to’rt namuna:
Birinchisi:Iqtisod Risolasi, bir-biridan xabarsiz olti kotib yozgan olti nusxada, aliflarning ellik uch adadida muvofiq kelishlari, ta'lif va yozib ko’paytirish tarixi - ellik uchga muvofiq kelishidir. Keyin qarasam, asl ilk qoralamada ko’p chiqqan joylar va tahrirlar bilan birga ellik uch adad sirrini muhofaza etganini ko’rib hayratlandik.
Ikkinchisi:Risolalarning Mundarijasi to’liq yozilgandan so’ng, birinchi nusxa ko’chiruvchi ixtiyorsiz "Bu go’zal mundarija tugadi" deb yozgan. U nusxa ko’chiruvchi abjadiy hisobi hech bilmagani kabi, hech narsani ataylab yozmagan. "Bu go’zal mundarija tugadi" jumlasi aynan bir ming uch yuz ellik ikkinchi yilni ko’rsatib, mundarijaning ta'lif va yozib ko’paytirish vaqtini ko’rsatgan.
Uchinchisi:Yigirma Uchinchi Yog’du, qoralamadan oqlamaga ko’chirilar ekan, aliflarning sonini xotirga keltirmasdan, yozilgandan so’ng bir yuz yigirma sakkizinchi risola ekaniga ishora bo’lib, bir yuz yigirma sakkizta alif borligidir.
To’rtinchisi:Kecha "Mo’'jizoti Ahmadiya (ASV)" tahrir etilarkan, ikki kichik, latif tavofuqning o’n daqiqa oraliq bilan vujudga kelishidir. Shundayki:
Ikkitalik birodarlar Mo’'jizoti Ahmadiya va Me'rojni alohida-alohida tahrir etayotgan edilar. Me'rojning olti yuz qatori ichida bitta qator "haninu-l jiz'" - quruq ustunning yig’lashi mo’jizasidan bahs etadi. "Mo’'jizoti Ahmadiya" bir yuz ellik sahifa ichida bir sahifa unga doir. Birdan u ikki qism tahrirchilar ayni kalimani aytayotgan paytlarida ichlaridan bir afandi kelib, ikki qism ayni so’zni aytyapmiz dedi. Qaradik, favqulodda ikki tahrir ayni kalima ustida ekan.
O’n daqiqa so’ngra, yetti mo’'jizaga sazovor yetti bolaning bahsi tahrir etilarkan, kutilmaganda, o’sha yerdagi kishilar nazarida muborak Meliha ismli besh yoshli bir bola kelib o’tirdi. Bolalar bahsini zavq bilan tinglashni boshladi. Choy berdik, bola bahsi tugagancha ichmadi. U yerda bo’lgan biz to’rt kishi shubhamiz qolmadiki, muvofiqlik sirrining birinchi manbai "Mo’'jizoti Ahmadiya"ning ta'lif, ko’chirish, o’qilishi va horiqo tavofuq jihatlaridan karomatini ko’rsatgani kabi, bu ikki kichik tavofuq bilan yana karomatning shu'lasidan ikki latifani ko’rsatdi.
Bir yil avval bir sayrga borarkan, orqamdan bir qiz bolasi bilan bir xotin kelar edilar. Men yo’ldan chiqdim, yo’lni ularga bo’shatdim. Qarasam, mendan o’tmayaptilar, siqildim. Tez yurdim, bir bog’ga kirdim. Qarasam, ular ham bog’ga kirishdi. Ham g’azab, ham hayrat etdim. "Mo’'jizoti Ahmadiya" qo’limda edi. Tafa'ul qilib ochdim. Sahifada eng avval ko’zimga tushgan va faqat risolada bir marta zikr qilingan bir ism, ayni u ayolning ismini ko’rdim. Qarab, u ayolni tanidim. Fasubhanalloh, dedim. Bular kim ekanlarini tushunish uchun avvalroq u kitobga qarasaydim, hayratdan qutular ekanman. Bu hodisaga ham men, ham hozir bo’lgan Shomli Hofiz va hodisani tushungan o’sha ayol va boshqalar hayratlandik.
Said Nursiy
***
Qalban halovatsizligim sababli, Qurbon Hayiti Bayramigacha Sulaymon Afandi, Shomli Hofiz Tavfiq, Abdulloh Chovush va Mustafo Chovushdan boshqa hech kimni qabul qilmayman. Uzr, xafa bo’lmanglar.
Said Nursiy
***
Isparta Jumhuriyat Prokuraturasiga.
To’qqiz yildan beri, meni bu mamlakatda yashashga sababsiz surgun jazosini berdilar. Xorij bilan aloqa qilishdan man qilinganim uchun ishlay olmadim, bu abgor g’urbatda kimsasiz qoldim. O’n uch yildan beri, meni bu viloyatda taniganlarning tasdiqlari bilan, siyosatga hech bir jihatda aloqam qolmaganiga dalilim shuki: O’n uch yildan beri biror gazeta o’qimaganimni va tinglamanimni sakkiz yil yashagan Barla xalqini guvoh ko’rsataman. O’n uch yil, bu davrda siyosatning tili hisoblangan gazetani tinglamagan, eshitmagan, istamagan bir odamning siyosat bilan aloqasi yo’qligi va sakkiz oydan beri viloyat markazida butun bu yerdagi men bilan aloqador kishilarning guvohliklari bilan, siyosatga taalluqli hech qanday masalaga qo’shilmaganimni ko’rsata olaman.
Bu holim bilan birga, bu yilning Qurbon Bayramida, fitratan suhbatni yoqtirmaganim uchun, hech kimni qabul etmaganimni ko’rsatadigan bir-ikki satrlik yozuv bilan eshigimda yozganim va hech kim kelmagani uchun, bu muborak bayramning to’rt kunida bir politsiyachi qo’yib, men kabi g’arib, keksa, kasalmand odamga shubha isnod etib nazorat qilish va shaxsiy harakatimni sababsiz nazorat ostida saqlamoq bilan berilgan tazyiq va mashaqqat yetarli kelmayotgani uchun, bu yilning aprel oyining to’rtinchi kuni, qish munosabatida va doimiy ravishda harakatlarimning ta'qib va nazorat etilishi sababli xorijga chiqmaganimdan siqilgan edim.
Xullas, o’sha kun olti oylik iztirobimni yengillashtirish, biroz tanaffus va halovatsizligimni ketkazish uchun, havoning go’zalligidan istifoda etib sayrga ketgandim. Qaytganimda bir komisar bilan ikki politsiyachi yashaydigan uyimning eshigida va bir komisar bilan ikki politsiyachi esa bog’ning tashqarisida o’tirgan edi. Ichkariga kirdim, komisar va ikki politsiyachi meni kuzatishdi. Xonamga chiqdim, ular ham orqamda kelishdi. Men bilan birga kirib, qidiruvni boshladilar.
To’qqiz yildan beri aloqa qilishdan sababsiz man qilinganimdan, tutgan maslagim e'tibori bilan faqat Qur'on va iymon bilan mashg’ulman. Tintuv natijasida yozdirgan asarlarimdan:
1. Qur'oni Hakimdagi ikki ming sakkiz yuzdan ortiq Lafza-i Jalolning karomati sirrini va i'joz naqshini ko’rsatadigan, eng mustasno xat bilan yozilgan g’oyatda qiymatli yigirmadan ortiq Qur'oni Karim juzlarini,
2. Baqo-i ruh, maloika va hashrning haqqoniyatiga doir Yigirma To’qqizinchi So’z nomli risolaning ichida ko’ringan, o’zimcha eng kami ming lira qiymatidagi bir azim sirrni ko’rsatgan risolani;
3. Hazrati Payg’ambarning risolatini quyosh kabi isbot etgan va horiqo bir suratda o’n ikki soatda ta'lif etilgan bir yuz ellik sahifalik O’n To’qqizinchi Maktub nomli Mo’'jizoti Ahmadiya risolasi, u mo’'jizalarning karomati bo’lib, unda tavofuq nomli shunday bir azim sirri ko’rindiki, u risola bir o’zi moddiy jihatdan bizga ming lirachalik qiymatlidir;
4. Vahdoniyati Ilohiyani quyosh kabi isbot qilgan va Qur'onning o’ttiz uch buyuk oyatini tafsir qilgan O’ttiz Uch Deraza nomli O’ttiz Uchinchi Maktub-ki, sirri tavofuq bilan birga ilmiy va adabiy qiymati e'tibori bilan tavhid ahli nazdida faqat moddiy jihatdan ming lirachalik ahamiyati bo’lgan risolani,
5. Shirkning asosini yo’q qilib, vahdoniyatni nihoyasiz darajada quvvat bilan isbot qilgan O’ttiz Ikkinchi So’z nomli asar, agar bir olim tarafidan yo’qotilsa, uni qo’lga kiritish uchun ikkilanmasdan ming lira berishini o’ylaganim mislsiz risolamdan mavjud xar ikki donasini;
6. Isrofdan qutqarish va bu faqir millatni iqtisodga o’rgatish uchun yozgan kichik, ammo mustasno bir ahamiyatda bo’lgan "Iqtisod Risolasi" nomli risolamning mavjud bo’lgan xar uch nusxasini,
7. Keksaligim sababli, iymon nuqtasida Qur'ondan topgan umid va tasalli nurlaridan qalamga olgan va hammasi to’liq uch nusxa va ikki nusxa nuqsonli umum besh parchasi men kabi qabrga yaqinlashgan bir keksa odamga qiymat taqdir etilmaydigan darajada yuksak bir haqiqat bilan yozilgan deb o’ylayman,
8. O’n besh yil avval Arab tilida chop etilgan, Jahon Urushida otash ichida yozilgani uchun, o’sha davr Bosh Qo’mondonning bu harb yodigorining xayriga ishtirok etish niyatida qog’ozini o’zi bergan "Ishorot-ul I'joz" tafsirini,
Ham uch yuz o’ttiz beshinchi yil Istanbulda chop qilingan Qatra, Shamma, Habba, Habbaning Zayli va
Anqarada Yangi Kun Bosmaxonasida Zaylining Zayli va Anqara Bosmaxonasida chop qilingan "Hubob" va
Istanbulda chop qilingan "Zuhra" va "Shu'la" kabi risolalarni ichiga olgan Arab tilida nashr qilingan majmuamni va
Istanbulda o’n besh yil avval chop qilingan "Sunuhot" nomli nashr qiligan qiymatli ikki risolamni va
jiyanim Abdurahmon tarafidan o’n besh yil avval Istanbulda chop etilgan "Tarixcha-i Hayot"imning bir qismiga oid nashr qilingan risolamdan uch nusxasi to’liq va besh-olti nusxasi kam kitoblarimni va
Istanbulda yangi harflar chiqishdan avval chop qildirga "O’ninchi So’z" nomli o’ta qiymatli - hashrni va qiyomatni kundek isbotlagan risolamni va
yana bilmagan xususiy, shaxsiy, iymoniy varaqlarim va risolalarimni takror qaytarib berilish sharti bilan olib ketishdi.
Bu qidiruvda shunchalar ilgarilab ketildiki, olti oy avval yashagan uyimdan hozirgi uyimga ko’chganimda stul, shisha, temir va boshqa ashyolargacha ro’yxatga oldilar va hali ham qaytarib berilmadi.
To’qqiz yildan beri bu mamlakatda va buncha do’stlarim bilan ko’rishib, menga hozirgacha hech qanday ayb qo’yilmagani va hech qanday muammo chiqarmadim va hayotimda shubha qilinadigan hech qanday belgi chiqmadi. Hamda surgun qilinganim sababsiz, faqatgina ehtiyot chorasi va vahima sababli bo’lishi, uzlat qilgan g’orimdan chiqartirilib surgun qilindim
Bu muddat mobaynida siyosat va dunyo bilan aloqam yo’qligiga, bu mamlakatdagi to’qqiz yillik hayot tarzimning guvohligi bilan birga, risolalarimda kerak bo’lsa ichki ishlar boshqarmasi va kerak bo’lsa hukumat boshqarmasi shubha qilinadigan bir narsa topomagani isbot bo’ladi.
{(Hoshiya): Diqqatga sazovor yeri shuki, sakkiz-to’qqiz yildan beri zulm va tazyiqlar ostida yashirishga majbur bo’lgan eng eski va eng mahram varaqlarni birdaniga tintuv qilib hech bir narsa qoldirilmasdan olib ketildi. Xavotirlanadigan, andisha qilinadigan, uyaladigan va xijolat qilinadigan narsa yo’qligi, g’arazli badbin ahli dunyoning u kishiga qarshi qilgan haqsiz tazyiq va ta'qiblar qanchalik xunuk va xato ekanini ko’rsatadi. Ajabo, uni ayblagan va o’zini vatan va millatga sodiq deb o’ylagan ahli dunyoning eng katta xodimidan eng kichigigacha, sakkiz-to’qqiz yil emas, balki sakkiz-to’qqiz oy mobaynida eng mahram va eng yashirin varaqlari yuzaga chiqarib tadqiq etilsa, xavotirga soladigan va uyaltiradigan sakkiz-to’qqiz modda chiqmaydimi?}
Agar bir aybim bo’lsa, to’qqiz yildan beri doimiy ravishda diqqat qilganlari holda, aybimni ko’rmagan yoki ko’rsatolmaganlar hozir ko’rsatishga majburdirlar.
Kitob yo’qotishlarimdan kamida shaxsiy ikki ming lira zararim bor. Chunki hech birining boshqa nusxasini menda qoldirishmadi. Chop etish uchun faqat "Ishorot-ul I'joz" tafsiriga ikki yuz ellik lira bergan edim. Arabcha majmuasi uch yuz lira. Yigirma To’qqizinchi So’z va O’n To’qqizinchi So’zlarda u azim sirrga hech bir olim va hech bir adib yo’qki, "Ming lira qiymatidadir" demasin.
Yana, o’n uch yil avval hukumat Dor-ul Hikmatda menga yuz lira maosh oladigan darajada ish qila oladigan kishi nazari bilan qaragan, oyda yuz lira maosh bergan.
So’nggi sakkiz yilda meni yarim soatlik uzoqlikdagi qishloq Ilamaga ikki martadan ko’p borishga ruxsat berilmaydigan darajada aloqa qilish va kezishdan man qilinganim kabi,
daromadim, mulkim yo’qligi, qishloqda men kabi odam ishlaydigan ish topolmaganim uchun,
hech kimning biror narsasini ham qabul qilmaslik hayot qoidam bo’lgani uchun,
chekkan abgorliklarim, zarar va ziyonning bahosini prokaraturaga havola qilib,
yo kitoblarimning hammasining qaytarilishini yoki bu xususdagi zarar va ziyonimning sababchilaridan qoplanishini da'vo qilaman.
Qo’shimcha:Hukumatning qonuni tariqat darsi berishga, duo tumori yozishga, odamlarga ta’sir qilishga ruxsat bermagani, men ularga aloqador bo’lmaganim, hukumat yonimga kelgan ziyoratchilarni yoqtirmagani uchun, ba'zi odamlar ko’p martalab tariqat va duo tumori niyatida yonimga kelishni istadi. Men hukumatning qonuniga rioya etish va hukumat xodimlarini sababsiz shubhalantirmaslik uchun qabul qilmay, rad etdim.
Eshitishimcha, bu holdan ranjiganlar yolg’on va aslsiz ayblovlar qilgan. Bunday hukumatning qonuniga rioya qilib rad qilgan kishilar sababli menga bunday aziyat berishdan, qonunga xilof harakat qilmaganim uchun bunday azob berish, qonunni tinglamaslikka majbur qilyapti, degan ma'no chiqadi.
To’qqiz yildan beri dunyoviy hayotimga kelgan xar qanday qiynoqlarga chidab sabr qildim, sukut etdim. Ammo ularning dunyolariga qo’shilmadim. Uxroviy hayotimga suiqasd bilan hujum qilishlariga sabrim tugadi. Haqimni topish uchun da'vo ochishga majbur bo’ldim.
Said Nursiy
***
Bundan keyingi qismni, Ustoz Hazratlarining Kastamonu va Amirtog’ hayotida yozilgan va qo’lyozma nusxalarda kiritilgan maktublar tashkil qiladi.
(Risola-i Nurning faol bir shogirdi Ahmad Nazif Chalabiyning istixroji va bayoni. Bu, ham Birinchi Shuaning o’ttiz ikkinchi oyati va ham Yigirma Yettinchi Maktubning bayonlari ichiga kiritish munosib ko’rildi.)
U kishi aytadilar: Kelgan oyatlarni hofizdan tingladim.
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
يَٓا اَيُّهَا الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا اذْكُرُوا اللّٰهَ ذِكْرًا كَث۪يرًا ٭ وَ سَبِّحُوهُ بُكْرَةً وَ اَص۪يلًا ٭ هُوَ الَّذ۪ى يُصَلّ۪ى عَلَيْكُمْ وَ مَلٰٓئِكَتُهُ لِيُخْرِجَكُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ وَ كَانَ بِالْمُؤْمِن۪ينَ رَح۪يمًا ٭ تَحِيَّتُهُمْ يَوْمَ يَلْقَوْنَهُ سَلَامٌ وَ اَعَدَّ لَهُمْ اَجْرًا كَر۪يمًا ٭ يَٓا اَيُّهَا النَّبِىُّ اِنَّٓا اَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَ مُبَشِّرًا وَ نَذ۪يرًا ٭ وَ دَاعِيًا اِلَى اللّٰهِ بِاِذْنِه۪ وَ سِرَاجًا مُن۪يرًا ٭ وَ بَشِّرِ الْمُؤْمِن۪ينَ بِاَنَّ لَهُمْ مِنَ اللّٰهِ فَضْلًا كَب۪يرًا
Bu oyatlarda Risola-i Nurga imo va ramz va balki ishora bor deya his qildim.
Ha, modomiki bu oyat kabi risolat vazifasi va da'vatga qaragan oyatlar xar asrga qaraydilar va xar asrda fardlari va tasdiqlovchilari bor.
Modomiki bu oyatlarda Rasuli Akramga (ASV) berilgan sifatlar va unvonlar xar bir davr jarayoni va xar asrda hukm qilishi, unvonlar va ramziy ma'nosi bilan Risola-i Nur kabi u vazifani bajargan asarlar va zotlar bu kabi oyatlarning qamrovi doirasiga kirishlari, Qur'onning ma'naviy i'jozining izzati, balki taqozosi va lozimidir.
Modomiki Risola-i Nur bu ajib asrda, mustasno suratda bu oyat ishora qilgan vazifani bajarmoqda va ma'nosining umumiy doirasida bir a’zosi ekan, albatta ko’plab alomat va yashirin ishoralar bilan ayta olamizki, bu oyatda Birinchi Shuaning boshqa o’ttiz bir adad oyatlari kabi, Risola-i Nurga ishoriy ma'no bilan qaraydi. Shundayki:
لِيُخْرِجَكُمْ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ وَ كَانَ بِالْمُؤْمِن۪ينَ رَح۪يمًا
jumlasi ishoriy ma'nosi bilan aytadiki: "Ey ahli iymon val Qur'on ushbu oyat - bir ming uch yuz yetmishga qadar tajovuz qilgan eng qorong’u bir zulm, eng qorong’u bir zulmatdan sizni Qur'ondan kelgan nurlarga va iymonning yorug’liklariga chiqargan, ismida nur, ma'nosida rahimiyat bo’lgan, Nur va Rahim ismiga sazovor bo’lgan Qur'on yog’dusiga va bu asrimizga ishora qiladi.
Oyatning qo'shimcha belgi va ishorasi shuki:
اِلَى النُّورِ وَ كَانَ بِالْمُؤْمِن۪ينَ رَح۪يمًا
bayonining (shadda va tanvin sanaladi) jifriy hisobi to’qqiz yuz qirq yetti (947) bo’lib, Risolat-un Nur ismining maqomi - to’qqiz yuz qirq yetti adadiga butunlay muvofiq keladi.
اِنَّٓا اَرْسَلْنَاكَ شَاهِدًا وَ مُبَشِّرًا jumlasi, (shaddalar sanalmaydi va oxirida tanvin vaqfdir, alif sanaladi) jifriy hisobi - bir ming uch yuz yigirma uchinchi (1323) yilni ko’rsatadi. U yilda, xalifalik markazida dahshatli inqilob portlab, boshlanishida, umidsizlikka tushgan iymon ahliga xushxabar berib, Islomiyatning haqqoniyatiga va quvvatiga quvvatli guvohlik qilgan va nubuvvat vorisligi nuqtasida da'vatda bo’lgan haqiqiy shohidga ishora qiladi.
وَ نَذ۪يرًا وَ دَاعِيًا اِلَى اللّٰهِ jumlasi,
{(Hoshiya-1): وَدَاعِيًا اِلَى اللّٰهِ so’zi Risola-i Nurning haqiqiy ismi Badiuzzamonning maqomiga aynan muvofiqligi va ma'nan uyg’un bo’lgani kabi, faqat وَدَاعِيًا so’zi Risola-i Nurning tarjimoni Said ismiga uch harf bilan birlashib, uch farq bilan muvofiq. Chunki tanvin, alif va vov qo’shilsa ellik yetti, "sin"da uch farq bor.
Risola-i Nur talabalaridan Kichik Abdurahmon Tahsin}
tanvinlar vaqf bo’lmagani uchun, sanaladi. Jifriy hisobi, bir ming ikki yuz ellik oltinchi yilni ko’rsatib, bu asrda va bu davrdagi Islomiyatning xiralashishini, bir asr avval izhor etgan muqaddimalariga qarab, وَ دَاعِيًا اِلَى اللّٰهِ kalimasi bir yuz to’qson bir (191) bo’lib, Risola-i Nurning bir haqiqiy ismi bo’lgan Badiuzzamonning maqomi jifriysi bo’lgan bir yuz to’qson bir (191) adadiga batamom tavofuq bilan ishora qiladiki, Risola-i Nur xiralashish davrida ichida "Allohga chaqiruvchi da'vatchi"dir.
بِاِذْنِه۪ وَ سِرَاجًا مُن۪يرًا
{(Hoshiya-2): (Tanvinlar alif sanaladi) hisobi (1330) bo’lib, Risola-i Nurning fotihasi "Ishorot-ul I'joz" tafsirining chiqish yiliga سِرَاجًا مُنِيرًا agar birinchi tanvin sanalsa (1380) bo’lib, yigirma bir yil so’ngra Risola-i Nur Kurra-i zaminni yoritadigan nurli qandil ekaniga ramz qiladi inshoalloh.
Risola-i Nur talabalaridan Tahsin}
va faqat سِرَاجًا مُن۪يرًا so’zi, tamomi Risola-i Nurning bir ismi bo’lgan "Sirojunnur"ga lafzan, ma'nan va jifran muvofiq kelib qaraydi. مُن۪يرًا dagi "mim", "e", النُّورِ dagi shaddali "nun"ga muqobil. Ha, Imom Ali (RA) karomati g’aybiyasida Risola-i Nurga "Sirojunnur" nomini berishi, bu oyatning uchbu bayonidan ilhom qilingan deyish mumkin va ikkilanmay aytamiz.
وَ بَشِّرِ الْمُؤْمِن۪ينَ بِاَنَّ لَهُمْ مِنَ اللّٰهِ jumlasi, (shadda sanalib), jifriy hisobi bilan bir ming uch yuz ellik to’qqizinchi (1359) yilni ko’rsatib, asrimizning biz bo’lgan ushbu yiliga qarab iymon ahliga buyuk bir ehsoni bor deb, ramziy ma'nosi bilan xabar beradi.
Ko’ryapmizki bu davrda eng buyuk ehson, iymonni qutqarishdir. Iymonni horiqo burhonlar bilan qutqargan (boshda) Risola-i Nurdir. Demak, bu davrga nisbatan u bir فَضْلًا كَبِيرًا dir.
Bu ishorani: فَضْلًا كَب۪يرًا dagi فَضْلًا kalimasi, to’qqiz yuz oltmish (960) bo’lib, Risolat-un Nurning bu ismi, izofadan vasf shakliga o’tib, Risolat-un Nuriyaning maqomi - to’qqiz yuz oltmish ikki (962) adadiga ikki ma'nodor farq bilan muvofiq kelishi, unga ramzan va imo bilan ishora qilishidir.
Ilohiy, yo Rab! Risola-i Nurni, Risola-i Nur Muallifi Ustozimiz Said Nursiyni, Risola-i Nur talaba va shogirdlarini, mansublarini muhofaza-i hifzingda va qal'a-i Ilohiyang ichida muhofaza va amin ayla.. omin! Qur'on va iymon xizmatida sobit va doim ayla.. omin! Bu qudsiy xizmatda muvaffaqiyatlar bilan yordam va muovanatlar ehson ayla.. omin! Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayoni Azimushshonning sirri a'zamiga, ma'rifatulloh, muhabbatulloh va muhabbati Rasululloh muqaddas sirriga, va azim "Hasbunallohu va ni'mal vakil" sirriga, Alloh rizosi va Jamolini ko’rish lutfu ehsoniga sazovor ayla, yo Rabb-al Olamiyn!..
وَ صَلَّى اللّٰهُ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ اَصْحَابِه۪ وَ اَهْلِ بَيْتِه۪ اَجْمَع۪ينَ الطَّيِّب۪ينَ الطَّاهِر۪ينَ اٰم۪ينَ اٰم۪ينَ بِحُرْمَةِ سَيِّدِ الْمُرْسَل۪ينَ وَ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ
Faqir, ojiz, zaif, gunohkor talaba
va xizmatkoringiz Ineboluli
Ahmad Nazif Chalabiy
***
(Ahmad Nazif Chalabiyning bir bayoni. Bayram munosabati bilan qabul qilinmagan bir hadya uchun yozgan.)
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Juda aziz va juda qiymatli, mushfiq va fidokor Ustozi A'zam Afandim Hazratlari!
Xazina to’la javohirlardan yanada ko’p, hatto bu foniy dunyo hayotining ziynatlari bilan o’lchab bo’lmaydigan darajada qiymatli maktubingizni muborak Ramazoni Sharifning yigirma uchinchi kuni kech, iftordan o’n daqiqa avval pochtadan oldim. Janobi Alloh qabul qilsin, ikki iftorni bir qildim.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Avval yozgan uzun satrlarimning foydasizligi va bo’shligidan, ortiq mashg’ul etganimdan va kerak bo’lsa bizning va kerak bo’lsa muborak Zakariyo qardoshimizning qiymatsiz, ahamiyatsiz hadyalarini, iznsiz qabul qilib, taqdim etishga jasorat qillganim uchun, aziz Ustozimning qabul qilmaslik va xursand bo’lmay, koyishlariga qolishimdan qo’rqib intizorda turganimda, pochtachi kishi ikki maktub berdi. Iftor vaqti qisqa bo’lgani, oyoqda qopni ochgandan so’ng, qiymat taqdir etolmaganim juda shirin va jozibali xazratlarining xatlari, xuddi "qo’rqma" deyayotganday, tabassum bilan ko’zimga tushdi. Sevinchimdan o’qiyolmadim. Darrov uyga chopdim, iftor bilan birga o’qishni boshladim.
Suyukli va mushfiq Ustozim! Muhyiddin Arabiy Hazratlarining xushxabarini esladim. Hazratlarida ko’rgan otalarcha shafqat, buyuk zot xabar bergan ota shafqatiga sohib bo’lganingizga iymon keltirdim. Qodiri Mutlaq hazratlari siz Ustozimizdan juda ko’p rozi bo’lsin. Bizlarni xizmatingizda va Qur'on xizmatida doim va sobit aylasin.. Ustozimizning qiymatli, muqaddas ishoralariga va qiymatli duolariga sazovor aylasin.. omin bihurmati Sayyid-il Mursaliyn.
Shafqatli Ustozim! Qur'on xizmatida va Risola-i Nur nashriyotida bir zarra bo’lgan xizmatning Hazratlarining oliy nazdlarida husni qabulga sazovorligi, zaif va ojiz, faqir xizmatkoringiz va iqtidorsiz, idroki noqis, qamrovi tor, shuuri buzilgan talabangizni qay daraja sevinch va sururga to’ldirganingizni ta'rif etolmayman.
Bunday ma'naviy va qudsiy taqdirlarga erishtirgan, biz kabi gunohkorlarga, o’ttiz yillik ishtiyoq bilan, o’n yillik munojot va niyozga javoban siz Ustozimizni ehson qilgan, qullarining isyonlariga qaramasdan xar istagini bilgan, eshitgan va ortig’i bilan darajada bergan va butun yaratilganlarni qudrat qo’lida tutgan va hamma narsaga sohib va molik va hokim Janobi Haq va Fayyozi Mutlaq Hazratlariga qanday hamd va shukr etishimni bilolmayman.
Qiymatli Ustozim! Siz vositachi bo’ling, qiymatsiz xizmatimiz bilan juda oz va shu qisqa dunyo hayoti ichida, balki bir qatra darajasidagi hamd va shukrimizni "Taqobbalalloh" sirriga sazovor qilsin inshoalloh. Maktubot risolasining Ikkinchi Maktubini doim xotirlab, amrlaringizga rioya qilishga uringanaman. Bir g’aybiy turtki bandangizni harakatga keltirib, Ikkinchi Maktubga muxolafatga chorlaydi.
Niyatim xolis, sadoqat va bog’liqligim jiddiy va juda mustahkam. Xar qanday riyodan pok va hech qanday moddiy manfaatga oid va tayanmagan, Alloh rizosi yo’lida, Qur'on nomiga va Risolat-un Nurga xizmat g’oyasiga oid va ayniqsa biz kabi ojiz, osiy va gunohkorlarning hidoyat va irshod topishga, ahli zalolat va ahli bid'atni Haq yo’liga da'vat va iymoniy haqiqatlarga xodim qudsiy zot, biz va mamlakatimizga "Allohninig omonati" sifatida ehson qilingan. Qiymatli musofirimiz, biz gunohkorlarning ma'nan yordam beryapsiz hamda kechayu kunduz mag’firati Ilohiyaga va irshodimizga harakat qilayotgan ekansiz, bizlar bu aziz musofirimizga sevnch va ishtiyoq bilan va faqatgina Alloh uchun moddiy yordam berib, harakat qilish vazifasi bilan vazifador ekanimizni his qilamiz.
Yana, bizlarga Qur'on va Hazrati Payg’ambar (ASV) amr qiladilar: تَعَاوَنُوا (g’ariblarga yordam)...
Qiymatli va suyukli afv tilayman Ustozim. Bilamanki hadyalarni qabul qilmaysiz. Ammo zakot va sadaqa kabi yordamni, birodarlarimiz qattiq turib olganlari uchun yozishga majbur bo’ldim. Moddiy ehtiyojlaringizga, uy kirasi, o’tin va ko’mir kabi majburiy ehtiyojlar uchun kerakligini o’ylagan edim.
Asosan Hazratlarining hayot qoidalari buzilmasligi uchun, birodarlarimga doim, hech qanday moddiy manfaat o’ylanmaskni tavsiya qilaman va o’git beraman. Chunki din dunyoga vosita emas. Din pul topish vositasi va moddiy manfaatni qat'iyan qabul qilmaydi. Hatto Risola-i Nurning nashriyotida, hech kimning minnatiga qolmaslik uchun, qiymatli Ustozimni taqlid qilaman.
Qiymatli va mushfiq Ustozim! Xizmatkoringiz Ustoz nomiga emas, qiymatli va g’arib bir musofirimiz nomiga va Alloh rizosi uchun moddiy yordam berishni istaymiz. Ham ma'naviy zarar ko’rmasligingiz uchun, kuch, qudrat va azamat sohibi Janobi Allohga niyoz va tazarru etib, dargohi Ilohiyasida husni qabulga sazovor aylashini duo qilamiz.
Qiymatli Ustozim! Bayramda ziyorat va arzi ta'zim maqomida turib, barcha birodarlarimiz bilan birga ham Ramazoni Sharifni, ham Laylatu-l Qadrni, ham muborak Iydi Saidi Fitrni Risolat-un Nurning umum talaba va shogirdlari va Qur'onning qiymatli xizmatchilari maqomida va hukmida qiymatli Ustozimizni tabriklab, Janobi Haqdan yanada ko’p qardosh va birodarlarimiz bilan birga siz Ustozimiz boshimizda, yana ko’plab Ramazoni Shariflarga musharraf bo’lishimizni niyoz va tazarru aylaymiz. Muborak ikki qo’llaringizdan o’pib, xayrli duolaringizni, qudsiy irshodlaringizni iltimos qilamiz, qiymatli Ustozimiz.
Doimiy qudsiy duolaringizga muhtoj gunohkor,
xizmatkor va talabangiz Ahmad Nazif
***
(Abdurahmon Tahsinnning bayoni.)
Ey buyuk Ustoz!
Risola-i Nur doirasi ichiga qabul va bu hayot obi kavsari bilan iymon fayzi manbaidir. Bu o’ta qiymatli, qadrli va abadiy dars bilan o’zimni doimo baxtli va baxtiyor deb bilaman. Tez yozishni bilmaganim uchun, yozuvni biroz kechiktirganimdan xafaman. Yengillik va muvaffaqiyatimga xayrli duolaringizni so’rab, kamoli adab bilan qo’llaringizni o’paman, muhtaram Ustozim.
Ro’z soim, layl qoim,
Chu maqomi oshiqon
Layla-i nisfi Rag’oib,
Tariki dunyo va toib.
Noshiri Risola-i Nur,
Badiuzzamon muhibbi Bozi Jiylon.
Ey faridi asriz-zamon
Sizsiz hakimi qalbon.
Faqir talabangiz
Abdurahmon Tahsin
***
(Ahmad Nazifning bir qism maktubidan.)
Moddiy va ma'naviy qarzimiz bo’lgan xizmatlarni qilishdan o’zimizni tortish, hissizlik, begonalik fitratimizda va yaratilishimizda yo’qki, qolsak. Modomiki Janobi Xoliqi Rahim bizlarni inson qilib yaratgan ekan, insonlik amr qilgan vazifalarning mingdan birini ham ado qilolmaganimiz holda, qanday qilib tamoman begona qolaylik?
Bu xususda uzrli ko’rishingiz bilan birga, g’ayratli, jafokash, fidokor, bardoshi tuganmas, g’arib va qudsiy, aziz musofirimiz - juda qiymatli Ustozimizning, biz osiy va gunohkorlarning qalblarini nurlar bilan to’ldirib, qarzimizni, ma'naviyatga yetisha olmanagimiz uchun, ahamiyatsiz va qiymatsiz moddiyot bilan bera olamiz degan fikr bilan tasalli topyapmiz. Afv eting Ustozim, Qur'on dallolining nidolarini eshitgan qaysi Musulmon borki, quloqlarini yopsin? Yo’q, aslo yo’q!
Nurlaringizning shu'lasi ko’zlarimizni qamashtiryapti. Qalblarimizni butun pokligi bilan Allohga, Qur'onga va Rasuli Mujtaboga (ASV) va u ikki jahon sarvarining aziz vorislariga bog’laydi va bog’lagan. Bu bog’ shunday bir bog’ki, Haq inoyati bilan, nafaqat moddaparast, mulhid va zalolat firqasining, balki dunyo kofirlarining barcha kuchlari yig’ilsa ham, bu muqaddas qalbiy robita bog’ini uza olmaydi.
اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ هٰذَا مِنْ فَضْلِ رَبّ۪ى
Hazratlari lozim ko’rgan, hech qachon zaril bo’lmaguncha maktub yozish qiyinchiligini ixtiyor etishingizga rozi emasman. Bu xususda xafa bo’lish uyoqda tursin, qiymatli Ustozimning qudsiy vazifasini bajarishga mone’ bo’lgan mashg’uliyat eng katta xato va hurmatsizlik deb sanayman.
Ahmad Nazif Chalabiy
***
بِاسْمِه۪ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ حُرُوفَاتِ رَسَائِلِ الَّت۪ى كَتَبْتُمْ وَتَكْتُبُونَ
Aziz, siddiq qardoshlarim!
O’ninchi Shu'la nomli yozgan Mundarijaning Ikkinchi Qismi menga shunday kuchli bir umid berdiki, Risola-i Nur men kabi ojiz, keksa va zaif bechora o’rniga yosh, kuchli ko’p Saidlarni ichingizda topdi va topadi. Shuning uchun bundan so’ng Risolat-un Nurning to’ldirilishi, izohi, xoshiyalari bilan, bayoni va isboti sizga qoldirildi deb taxmin qilaman. Bir belgisi shuki: Bu yil ko’p marta eslatilgan haqiqatlarni qayd etish uchun tashabbus qilgan bo’lsam ham, ishlata olmadim.
Ha, Risolat-un Nur sizga mukammal bir manba bo’lishi mumkin. Undan iymon ruknlarining xar biriga, masalan Qur'onning Kalomulloh ekani va i'joziy nuktalariga doir turli risolalardagi qismlar to’plansa yoki Hashrga doir alohida burhonlar jam etilsa va hokazo.. mukammal izoh, hoshiya va sharh bo’lishi mumkin.
O’ylaymanki, iymonning oliy haqiqatlarini butunlay Risola-i Nur qamragan, boshqa yerlarda qidirishga ehtiyoj yo’q. Faqat ba'zan izoh va sharhga muhtoj qolgan. Shuning uchun menga vazifam tugagandek tuyulmoqda. Sizning vazifangiz davom etishda. Inshoalloh vazifangiz:
sharh va izoh bilan,
to’ldirish va hoshiya yozish bilan,
nashr va ta'lim bilan,
balki Yigirma Beshinchi va O’ttiz Ikkinchi Maktublarni ta'lif va To’qqizinchi Shu'laning To’qqiz Maqomini to'ldirish bilan,
Risola-i Nurni tanzim, tartib, tafsir va tahrir bilan davom etadi.
Risola-i Nurning samimiy, xolis shogirdlari hay'atining ixloslari quvvati va ittifoqidan chiqqan va ko’ringan shaxsi ma'naviy boqiy, muqtadir bir dastaklovchi bir rahbardir.
Bu yerdan u yerga borgan maktublarni Muboraklar Hay'ati bir risola shaklida to’plashini, Xusrav esa juz'iy va xususiy ba'zi jumlalarini, keraksiz ba'zi bayonlarini xatlab o’tishni, Hofiz Ali va Sabriga havola etganini yozyapsiz. Risolat-un Nur haqida Xusravning karomatli, diqqatli, uyg’un va keskin nazari to’g’ridir. Boqiy bir asarda vaqtinchalik, juz'iy va xususiy kalimalar tashlab o’tilsa, yanada yaxshiroq bo’ladi. Bu safargi maktubingizda uch karomatli nuqta ko’rdik:
Birinchisi:Bu yerning bir Xusravi bo’ladigan darajada ixlos, aloqa va iqtidorni ko’rsatgan Kichik Xusrav Mahmud Fayzi ismli Risolat-un Nurning tirishqoq talabasi askarlik xizmatidan kelib, hali ikkinchi marta ko’rishilgan vaqt, maktubingizda Fayzi ismini ko’rdik, dedik: Risolat-un Nurning shogirdlari bir-biridan qanchalik uzoq bo’lsa ham, bir-biriga juda yaqin bo’lib, birdan his qilib yozishdi.
Ikkinchisi:Kichik Xusrav Fayzi so’ngi paytda Istanbuldaligida Risola-i Nur hisobiga hayolimga keldi. Xafa edim. Ajabo, xastami? Birdan hayolim boshqa tomonga ketdi, Hofiz Ali bilan juda mashg’ul bo’ldim. Angladimki, iztirob beradigan bor ekan. Ammo Risolat-un Nurning faol markazi - Hofiz Ali o’rnida bo’ladi. Hofiz Aliga shifo duosini boshladim, davom etdim. Maktub kelishdan avval Fayzidan so’radim: "Sen biror xastalandingmi?" U: "Yo’q", dedi. "Unday bo’lsa, Ispartada Risola-i Nurning ahamiyatli va quvvatli bir ruknining xasta. Ammo xayolim haqiqatning suratini adashtiribdi", dedim. So’ngra maktubingiz keldi, haqiqat anglashildi.
Uchinchisi:Bundan yigirma kun avval, muborak kunlardan keyin hayolimga keldiki; vazifador qalamni xar kun ishlatmagan kishilar Risola-i Nur talabalari ijmoliy unvonida xar yigirma to’rt soatda yuz marta hissadorlar deb, xususiy ismlar bilan xos shogirdlar doirasi ichida bir qismning ismlari vaqtinchalik tashlab o’tildi. Qardoshimiz Haqqi Afandi ham ularning ichida edi. Bir necha kun shunday davom etdi. So’ngra birdan hech qanday sababsiz yana Haqqi Xulusiyga birodar bo’ldi. Ismi rasmi bilan xos doirasiga kirdi. Haqqining "Meni duoda unutmasin" deb, maktubingizdagi bayon yozilgan paytda, xususiy duoni qozongan hisobi bilan taxmin qildik.
Hatto so’nggi kunlarda bu kabi inoyatning ko’p yog’dulari bor. Amin bularni kunlik hodisalar deb bayon yozadi, balki sizga ham yuboradi. (Risolat-un Nurning kichik talabalari va kelajakda tirishqoq, qiymatli shogirdlari hozir ham talabalar doirasida bo’lib hissadordirlar.)
Istanbulda Mahmud Fayzi Eski Saidning risolalarini qidirar ekan, o’sha kuni qahramon Rushdu bir do’konda borini to’plab, olgan edi. Kichik Xusrav xafa bo’lib boshqa yerda qidirgan, "Ishorot-ul I'joz"ni topgan; taxminan shunday degan: Mendan o’zgan, xar holda mendan oldindagi Ispartali qardoshlarimdir.
Nima bo’lganda ham, "Ishorot-ul I'joz" nusxasini Hofiz Ali va Sabridagi nusxalardagi muvofiqlik karomatini yozdirishni istaydi. Eng oson yo’li shuki kichik daftarning, xar bir sahifasida tafsirning bir sahifasiga muqobil hijo harflarini (alif va to va b.) qayd etarsiz. Osonini topmasangiz, qolsin.
Umum qardoshlarimga bir-bir va ayniqsa risolalar bilan ko’p mashg’ul bo’lganlarga salom aytaman va duolar qilaman va duolarini kutaman.
Qayd: Amin va Kichik Xusrav va Hofiz Tavfiq salom va hurmatlarini bildirishadi. Tahsin askarlik xizmatiga borgan.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
(Risola-i Nurning ahamiyatli bir shogirdi bo’lgan Yusufning bir bayoni).
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ وَ بِه۪ نَسْتَع۪ينُ
Rahim, Rauf va Zul-Minan Hazratlarining inoyat va lutflaridan qullariga hadya qilqan tavba va istig’for kabi, karam va ehson kalitiga, mendek juda gunohkor va tarbiyasiz, razil Yusuf Tuproq, barcha ayb va haqsizliklarimga qaramay, botib ketgan sari fazlidan bergan sazovor bo’lishning qiymatini taqdir etish, unga shukr qilish uyoqda tursin, kufroni ne'mat, ko’p martalab ahdni buzish, yolg’onchilik va xiyonat qilganim uchun, chuqur g’aflatga, quyuq zulmatga, mudhish zalolatga (loyiq bo’lib) uchragan qalbim, ruhim olgan davomli va qo’zg’agan yarani davolash chorasini qidirish yo’lida aqlimni, zavqimni yo’qotgan, xuddi telba holga tushgan edim.
Men murojaat qilgan xar ma'naviy tabibidan olgan dorilarim yaramni davolashga, aqlimni ishontirishga, hasratimni tinchlantirishga yetarli emas edi. Majburan
قُلْ يَا عِبَادِىَ الَّذ۪ينَ اَسْرَفُوا عَلٰٓى اَنْفُسِهِمْ
oyati jalilasining ma'nosiga kirishib, o’rganib qolgan xorliklardan hosil bo’lgan quyuq dog’larni ketkazish va tozalashga va Haq yo’lida sabot qilishga yordam be’radigan rahbarni qidirar ekanman, o’rtada hech qanday zohiriy sabab bo’lmay, yurtimdan Kastamonuga surgun qilinishim, shubhasiz, nafsimga og’ir kelgan va hatto umidsizlik va pushaymonlikka ko’milgan edim. Bilmas edimki, bu surgunim bilan
وَعَسٰٓى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ وَعَسٰٓى اَنْ تُحِبُّوا شَيْئًا وَهُوَ شَرٌّ لَكُمْ وَاللّٰهُ يَعْلَمُ وَاَنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ ٭
فَعَسٰٓى اَنْ تَكْرَهُوا شَيْئًا وَيَجْعَلَ اللّٰهُ ف۪يهِ خَيْرًا كَث۪يرًا
oyatlarining sirriga sazovor qiladigan, tuzalishi umid va imkonsiz degan ma'naviy yaralarimning davolanishiga qo’lidan keladigan shifokorlarning kuchli muolajaning natijasi borligini, Hayy va Hakim ismining jilvasini shafqat bilan ko’rsatib, menga minnatdorlik bilan uxroviy yaxshilik qilish uchun qilingan ekan. Bu kir axloqim bilan men kimmanki, bu azim ehsonga noil bo’lsam deb hayratda qoldim. Ammo, lahulhamdu valminna
مَنْ طَلَبَن۪ى وَجَدَن۪ى ٭ وَكَانَ بِالْمُؤْمِن۪ينَ رَح۪يمًا ٭ يَجِدِ اللّٰهَ غَفُورًا رَح۪يمًا
kabi yuksak ishoralar esimga kelib, bir daraja tasalli topdim.
Ey yaramning shifokori! Va ey zalolat jarligida yumalagan ruhimning xaloskori! Va ey Ilohiy va qudsiy yo’llarning rahbari!
Avvaldan hech tanish bo’lmay, sizni qal'a ustida ilk va tasodifan ko’rganimda "Zalolatdan xalosning, Allohning rahmatiga yetishning eng qisqa yo’li bormi?" deb so’radim. "Juda qisqa Qur'oniy yo’l bor" deb marhamat qildingiz. Ammo zalolatim, g’aflatim, "men"ligim sabab bu qisqa, mardona javobdagi azim hikmatiga, rahmat favvorasiga diqqat qilmadim. Ruhimga xiyonat qilib ahamiyat bermadim. Va yana bir muddat ma'naviy falokatda qoldim.
Risola-i Nur, hatto Nur anhori deyishga munosib maktublardan yana tasodifan qo’limga tushgan bir nusxani ko’rib, ichidagi haqiqatlarga sho’ng’iganda, inoyati Rabboniy, mo’'jizoti Qur'oniy, Subhoniy himmatlar, ruhoniy karomatlar belgisi bo’lishi kerakki, qattiq qalbimga, osiy ruhimga, g’ofil aqlimga, mag’rur vijdonimga, buzuq tushunchamga "taq" etib bir tayoq urildi. Bir uyg’onish halqasi toqildi. Birdan o’yladim. Olimlar qalamining siyohi shahidlarning qonidan qiymatlidir va
اَلْعُلَمَاءُ وَرَثَةُ الْاَنْبِيَاءِ ٭ عُلَمَاءُ اُمَّت۪ى كَاَنْبِيَاءِ بَن۪ى اِسْرَائ۪يلَ
kabi hadislar bilan Hazrati Isoning (AS) Havoriylarga, Hazrat Muhammadning (ASV) Ansorlarga takliflarini va ularning qabul qilganlarini xotirladim.
Go’yo, fatrat davri deyishga munosib bu davrda, Nubuvvat irsiyati maqomida, i'lo-i kalimatulloh yo’lida moddiy jihatdan mashg’ul zalolat seli bilan yopilgan Haq yo’liga yo’l ochgan fidokor kishiga qo’shilish va yordam berish, bu orqali fursatni g’animat bilib, zulmatdan nurga sazovor bo’lish kerakligini his qildim va idrok etdim. Juda oddiy maxluq bo’lganim va qalbimga istilochi, og’ir zalolat zarbasi va uning qalin pardasi ostida xasta bo’lganim uchun, fazilatni, ma'naviyatni tushunmayman. Zero, fazilatni taqdir etish, fazilatni bilish bilan mumkin bo’ladi. Lekin buncha yomonliklar va ikkilangan harakatlarim bilan oliy huzurlariga lutfan qabulimda, yuksak ruhingizdan yoqqan samimiy shafqat, haqiqiy marhamat, halimona iltifot, karamli husni qabulingiz meni bir qancha umidlarga, ixtiyorsiz muhabbatlarga chorladi va buyuk sururlarga g’arq etdi. Allohning eng ojiz, eng past, eng gunohkor, eng zolim bir maxluqini birodarligiga qabul va qardosh etgan, bir odiy shaxsiyat emas, quvvatli dastakka, bezmaydigan tayanchga ega bo’lish kerakligiga qat’iy qanoat hosil qildim.
وَابْتَغُوا اِلَيْهِ الْوَس۪يلَةَ وَجَاهِدُوا ف۪ى سَب۪يلِه۪ ٭ وَ حَسُنَ اُولٰٓئِكَ رَف۪يقًا
Riyokorlik bo’lmasin, salim fikringizdan, jiddiy vaziyatingizdan, Qur'onga ergashish va mahkam tutish yo’lidagi to’g’ri irshodingizdan, haqiqiy so’zlaringizdan, samimiy talqiningizdan, umumiy xayrxoh hissiyotingizdan qalbimga, majruh ruhimga uzangan shifo tig’i, umid nashtarining ta'sirida dili shod va xotirjam bo’ldim. Turli-tuman shubhalar ochgan tuynuklardan yarador ruhimga butunlay muvofiq bildim. Zero
وَاتَّبَعُوا النُّورَ الَّذ۪ٓى اُنْزِلَ مَعَهُ ٭ وَالَّذ۪ينَ يُمَسِّكوُنَ بِالْكِتَابِ ٭ وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللّٰهِ جَم۪يعًا ٭ وَمَنْ يَعْتَصِمْ بِاللّٰهِ فَقَدْ هُدِىَ اِلٰى صِرَاطٍ مُسْتَق۪يمٍ ٭
فَقَدِ اسْتَمْسَكَ بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقٰى ٭ وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْاٰنِ مَا هُوَ شِفَٓاءٌ وَرَحْمَةٌ ٭ هٰذَا بَيَانٌ لِلنَّاسِ وَ هُدًى وَ مَوْعِظَةٌ لِلْمُتَّق۪ينَ ٭ تِلْكَ حُدُودُ اللّٰهِ ٭ قَدْ جَٓاءَكُمْ مِنَ اللّٰهِ نُورٌ وَكِتَابٌ مُب۪ينٌ ٭ وَاَنَّ هٰذَا صِرَاط۪ى مُسْتَق۪يمًا ٭ مَنِ اتَّبَعَ رِضْوَانَهُ سُبُلَ السَّلَامِ
va boshqalar kabi haqiqatlar aqlimga joylashdi.
Albatta bu kayfiyat menga hajji akbar, rohi saodat, umri abad, toyri davlat, anfoli g’animat sababi bo’lib, sevinchimdan qanchalik shishsam, siz xaloskor va hakimi dardimga qanchalik tashakkur va tashakkur izhor qilishga, haqqim yo’qmi?
Shu sabab, meni Qur'on dalloli, Risola-i Nur Muallifining shogirdligiga oid va qabul etib, katta lutflariga sazovor qilgan Rabbi Rahimimga dunyoda qolganim va imkon topganim muddatcha qalamimni, hayotimni bu yo’lda iste'mol etishga so’z va qaror berdirdi. Ortiqcha so’z aytishga salohiyatim yo’q va u martabaga layoqatim bo’lmagani uchun, hozircha bitiraman. Xizmatingiz umumiy va ta'sirli, amalingiz muvaffaq, himmatingiz oliy va doim, mehnatingiz maqbul, sa'yingiz mashkur, hayotingiz mas'ud, umringiz uzun, sihatingiz joyida bo’lsin. So’ngsiz minnatdorligimning qabulini, ma'naviy himmat va e’tiboringizning davomini iltimos qilaman, nur bilan mashg’ul nurli qo’llaringizni o’paman, Afandimiz, Buyugimiz. (15 Fevral 1359)
Talaba nomzodi, razil
Yusuf Tuproq
***
(Risola-i Nurning istiqbolda ahamiyatli bir talabasi bo’lgan Ehson Sirrining bir bayoni).
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ
Subhon sirlari voqifi, Faridi Badiuzzamon, As-Sayyid Said-ul Kurdiy Hazratlari huzuri samiysiga,
Assalomu aleykum ey murshidi komil!
Kamoli ta'zim bilan xoki poyingizga yuzlarimni surishga va muborak qo’llaringizni o’pishimga ruxsatingizni iltimos qilaman. Bandangiz ushbu iltimosnomamni zoti oliyingizga taqdim qilgan Saraj Ahmad Afandi faqiringizning o’g’liman. Qadar ustozining, azalda qazo tahtasiga yozgan yozuvlari hukmiga mahkum, bechora bir ovoraman.
Maqomi Yusufda tole'ning jilvalarini taqdiri Ilohiyga to’liq itoat bilan tomosha qilayotib, otamdan olgan bir shafqatli nomada Siz murshidimizning ma'naviy muhabbatlarining xushxabarchisi bo’lgan salomlaringizni bildirib, vayron ko’nglim shod va bunyod etildi. Shu mazlum onimni nurlantirgan ma'naviy huzuringizda, satrlarim kabi qop-qora yuzimni, o’tmish gunohlarim bilan qabih amallarimning nishonalarini yashirish qo’limdan kelmay, uyalishdan qocha olmadim.
Yo’lini adashtirgan, nuri haqiqatni ko’rishdan mahrum, mosivoga sho’ng’igan kishilarga Risola-i Nur bilan yordam qilgan va dastak bo’lganingizni yillardan beri bilganim uchun, bo’ynimni eshigingizga egib, hidoyat yo’lchilaringiz orasida yer ola bilmoq xolisona istagi bilan halqa-i irshodingizga butun ruhim bilan shoshilaman. Oliy irshodlaringizga muhtoj ekanimni arz etarkan, jur'atimning nazari afvingizga sazovor bo’lishini yolvorib, kamoli ta'zim bilan muborak qo’llaringizni o’paman va ehtirom bilan sharaflanaman va joninmga jon kiradi, Buyuk Murshidim, Afandim Hazratlari.
Bir kun zolimlarga dedirar Hazrati Mavlo,
Tallohi laqod asarokallohu alayna.
Risola-i Nur shogirdlaridan
Ehson Sirri
***
(Kichik Xusrav Mahmud Fayzining bir bayoni).
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ
Qiymatdor Ustozim, Afandim!
Diqqatli Chashmim bilan qildim, Risola-i Nurga nazar
Yo’qdir imkon yozish mislin, afrodi bashar.
Bu ne lafzlar, bu ne ma'no, bu ne uslubi hasan,
O’qidigan sari porlamoqda bo’lmoqda, doim bir husn.
Barakalloh, ey muqaddas nuri Xudo,
Sizdadir tavfiqi Ilohiy nurlari, ro’shino.
Oftobning nuri zoildir, bu nur ishonch berar,
Subhi mahsharda mo’miniyn ko’zlariga jilo.
Har harfi fayzi Ilohiy ziyo manbai, jilvagar,
Zavq olar ko’rganda inson, butun ashyodan o’tar.
Aylaydi iymoni tahqiqiy ta'limi jumla olamga,
Kim o’qir sidq bilan, tushar fayzi Rahmon qalbiga.
Hal etar tilsimi koinotni, xar harfi dunyoga teng,
Manfaatli ilmdir, yozilar ajri jazil, to qiyomat bekadar.
Xullas, tamoman hikmat xazinalarining,
Har biridir ahliga, bir Haqni ko’rsatgan quyosh.
Ilohiy bihaqqi Asmoika-l Husna,
To qiyomat muntashir bo’lsin, ahli Haq ko’zlari topsin jilo.
Ey muallifi Risola-i Nur, gar etsangiz iftixor bajodir,
Havas qilsa jumla birodar sizga, juda loyiqdir.
Chunki aylading iymoni tahqiqqa bir ko’prik,
Qo’lga kiritding shoh asar bilan zuhri yavmil mafar.
Bilaman emassiz anbiyodan bir nabiy,
{(Hoshiya): Mavlono Jomiy Mavlono Jaloliddini Rumiy haqida aytganlarki:
مَن چِه گُويَمْ دَرْ وَصْفِ اٰنْ عَال۪ى جَنَابْ ٭ ن۪يسْتْ پَيْغَمْبَرْ وَل۪ى دَارَدْ كِتَابْ
Jomiy Hazratlarining bu bayonining ma'nosiga ishora qilyapman.}
Lekin qo’lingizda nedir bu nuri mo’'tabar?
Fayziyo sen cho’zma aytilar kalom,
Aylar albat ahli irfon, arzi tahsini asar.
Faqir talabangiz Kichik Xusrav
Mahmud Fayzi
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ دَقَائِقِ اَيَّامِ الْفِرَاقِ
Aziz, siddiq, muxlis, xolis qardoshim!
Birinchidan:Bayramingizni, Nurlar bilan jiddiy mashg’ulligingizni, doimo birinchilikni Nur darsida va sadoqatida muhofaza etayotganingizni butun ruhu jonim bilan tabrik etaman.
Ikkinchidan:Hech xavotirlanma, sen bilan suhbatimiz ma'nan davom etadi. Barcha maktublarimda "Aziz, siddiq qardoshlarim", degan paytim, muxlis Xulusiy birinchi saf tinglovchilarning ichidadir.
Uchinchidan:Nurlar juda o’tkir va g’olibona fathlari keng doirada davom etyapti. "Sirran tanavvarot" sirri bilan, parda ostida yanada ko’p ishlamoqda. Ikki uskuna ming va besh yuz qalamli ikki kotib bilan, inshoalloh zamin yuzini yoritadigan darajada dars beradi.
Qardoshim, men ham sening fikringdaman. Nur xizmati uchun qadari Ilohiy seni sayohat qildiryapti. Eng muhtoj yerlarga yo’llayapti. Xususan, u yurt, mamlakatim bo’ladi. Go’zal haqiqat lavhasining ilovalariga o’tkazish uchun, Nur shogirdlariga yubordik. U atrofda Nurlar bilan aloqador kishilarga salom.
Jiyanim Nihodning ko’zlaridan o’paman. U ham otasi bilan birga doimo duomdadir.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Seni unutmagan xasta qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا
Aziz, siddiq qardoshlarim!
Birinchidan:Hammangiz hisobiga Tohiriyni ko’rdim va o’z hisobimizga, umumingizga to’liq bir Said va jonli maktub qilib yubordim. Sandiqlidan Adham Domla bilan Mustafo Domla bugun kelishdi, Nurli vazifalariga ketdilar.
Ikkinchidan:Xulusiy Bey qardoshimiz "Zulfiqor" va "Sirojunnur"ni va so’ngra "Sikka-i G’aybiya"ni so’rayapti. Nur stantsiyasi Sabri xabarlashib, yuborishga harakat qilsin.
Uchinchidan:Risola-i Nur o’z-o’ziga, ham ichkarida, ham tashqarida tarqalib, fathlar qilyapti. Eng qaysar dinsizlarni ham taslimga majbur etgani xabarlarini olyapmiz. Lekin hozircha bir daraja ehtiyot kerakligiga, xususan Beshinchi Shu'la ichidagi "Sirojunnur" loyiq bo’lmagan qo’llarga berilmasligi kerak.
Imom Ali (RA) Risola-i Nurga "Sirojunnur" nomini berishi va "Sirran tanavvarot" deyishi bilan ishora etgan. "Sirojunnur" parda ostida yanada ko’proq nur sochishini bir ishorati g’aybiya deb bilamiz. Hammangizga salom yo’llaymiz.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا اٰم۪ين
Aziz, siddiq, muxlis qardoshim va iymon xizmatida sabotli, metin birodarim!
Birinchidan, qat'iyan bil, sen eski mavqe'ingni Nur doirasida to’liq muhofaza etyapsan. Sen bilan xabarlashish hech to’xtamagan. Men qardoshlarga yozgan maktubimda "Aziz, siddiq" degan vaqtim, doimo avvalgi safda Xulusiy ham tinglovchidir. Sening og’ir sharoit ostidagi nurli xizmatlaringga ming barakalloh deymiz. Bu bechora xasta qardoshingga qilgan juda yuksak duongga minglar omin deb, Alloh sendan rozi bo’lsin, tabrik etamiz.
Ikkinchidan:Lillahilhamd, Nurlarning xar tomonda futuhotlari bor. Eng ahamiyatli yerlarga siz kabi qahramonlar yuborilmoqda. U yurtda va Karsda Nurlarga aloqador qardoshlarga, xususan jiyanim Nihodga ko’p salom aytaman va sihhatlariga duo qilib, duolarini istaymiz.
Bu yerdagi nurchilar sizga hurmat bilan ko’p salom yubormoqdalar.
اَلْبَاق۪ى هُوَ الْبَاق۪ى
Qardoshingiz va seni unutmagan
Said Nursiy
***
Aziz qardoshim!
Men haqimda xavotirlanma. Janobi Haqning inoyati davom etyapti. Hamda dunyo modomiki o’tadi, xavotirlanishga arzimaydi. Sen xar kuni yigirma marta duoda eslanasan.
S.A.
***
Nurning mashinistlari, Madrasat-uz Zahroning faol, muqtadir shogirdlaridan Tikuvchi Mahmud, Halil Ibrohim, ma'sumlarning kichik qahramonlaridan Tal’at va uning birodarlari ham bizlarni, ham butun Nur shogirdlarini xursand qilganlari kabi, inshoalloh kelajakda bu yurtda, bu Nur xizmati bilan juda katta foyda va natija beradilar.
So’ragan shar'iy masalalariga kelsak, hozirgi maslagimiz va holimiz u masalalar bilan mashg’ul bo’lishga ruxsat bermaydi. Faqat shuni ayta olaman: Ruxsati shar'iya bo’lgan qasri namoz va taqdim ta'hir, tashish vositalari bir qarorda bo’lmagani uchun, ularga bino etilmaydi. Balki, shar'iy qoida bo’lgan qasri namoz sobit bo’lgan masofaga bino etilishi mumkin.
Agar: "Tayyora va poezd bilan bir soatda borgan odam zahmat chekmaydiki, ruxsatga haqdor bo’lsa", desang.
Javob:Tayyora va poezdda tahorat olib vaqtida namozini o’qish, piyoda erkin ketganlardanda qiyin bo’lgani uchun, ruxsatga sabab bo’ladi.
Nima bo’lganda ham, hozircha bu qadar yozildi. Bu shar'iy masalani ulamo-i Islom hal etishganlar, bizga ehtiyoj qoldirishmagan. Bu yerdagi doktor Xayri va Tikuvchi Mustafo o’z nomlaridan hurmat bilan salom aytishyapti.
Said Nursiy
* * *
بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ اَحْسَنَ اللّٰهُ عَزَاكُمْ وَ اَعْطَاكُمْ صَبْرًا جَم۪يلًا وَ غَفَرَ لِمَيِّتِكُمْ وَ نَوَّرَ قَبْرَهُ بِنُورِ الْا۪يمَانِ وَ الْقُرْاٰنِ وَ جَعَلَهُ ف۪ى قَبْرِه۪ مُشْتَغِلًا بِرِسَالَةِ النُّورِ بَدَلَ الْفَلْسَفَةِ السَّق۪يمَةِ اٰم۪ينَ
Aziz qardoshim!
Bu hodisa Abdurahmon hodisasi kabi bir hujjat bo’lib, bizga hozirgi hayot tarzi yaramaydi. Bu dunyoda yanada sof, oliy va qudsiy ma'sum hayot ehson etilgani uchun, unga qanoat qilish kerak edi. Marhum Abdurahmon garchi vaqtinchalik aldandi, ammo Istanbulda Risola-i Nur muqaddimalariga buyuk xizmati bor. Ham "O’ninchi So’z" bilan to’liq qutuldi, so’ngra ketdi.
Marhum Fuad ham, inshoalloh Risola-i Nurning fayzi bilan iymonini qutqargan va maktubi ham, sening aytganingdek ko’rsatmoqda, sizga va xonadoningizga mansub bo’lgani uchun, samimiy iftixori va kuchli aloqasi, Risola-i Nur jihati bilan ekanini his qildim.
Men sizga ta'ziya bildirish emas, balki ham uni, ham sizni tabriklayman. Bu davrning dahshatli va zalolatli hayotidan qutuldi, ma'sumroq va juda bulg’anmay ketdi. Sizga Jannatga loyiq bir avlod va وِلْدَانٌ مُخَلَّدُونَ sirriga sazovor bo’ldi.
Men hozirgacha marhum Mullo Abdulloh bilan birga Abdurahmonni va Ubaydni aksar duolarimda zikr etganim kabi, marhum Fuadni ham ular bilan birga xar doim yod etaman, inshoalloh.
Ha qardoshim, aytganingdek, Fuadning (RH) maktubi aynan Abdurahmonning (RH) maktubi kabi Risola-i Nurning bir karomati shu’lasini ko’rsatadi. Lekin unda Abdurahmonning o’ta xolis, hozirgi hayot tarzi va gap-so’zlaridan toza, sof ifodasi yo’q. Agar dunyoda bo’lganida, mag’lub bo’lish ehtimoli bor edi.
Janobi Arhamurrohimiyn ham unga, ham Risola-i Nur xonadoniga va doirasiga marhamat qilib, uni rahmatiga va Jannatga oldi, mag’lub ettirmadi. Risola-i Nurning kichik talabalari doirasidagi maqomida boqiylashtirdi. Hadsiz shukr bo’lsinki, bu ikki qahramon jiyanlarim vafotlarining e'lonnomalari bilan Risola-i Nur shogirdlari iymon bilan qabrga kirishlariga doir Qur'on xushxabariga ikki misol va ikki dalil ko’rsatdilar.
Men tomonimdan Risola-i Nur bilan aloqador yoki biz bilan do’st bo’lganlarga salom va duo bilan, Dovud va Nihad ikki Muhammad va Abdulmajid va barcha ma'naviy foydalarimizga xar kun hissadordirlar.
Qardoshingiz
Said Nursiy
***
220