Risale-i Nur · Oʻzbekcha

Asoyi Muso

Kitobni ochish ↗

indeks

Risola-i Nur Kulliyotidan

ASOYI MUSO

Muallifi

Badiuzzamon Said Nursiy

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Bu ajib asrda ahli iymon Risola-i Nurga, va ahli fan va maktab muallimlari "Asoyi Muso"ga shiddat bilan muhtoj bo’lganlari kabi, hofizlar va domlalar ham "Zulfiqor"ga shiddat bilan muhtojdirlar.

Ha, masalan i'jozi Qur'oniya bahsidagi aksar oyatlarning madori shubha va e'tiroz bo’lgan ayni yerlarda i'jozning lam'alari va Qur'onning go’zal nuktalari isbot qilingan.

Umum Risola-i Nur Shogirdlari nomiga

SAID NURSIY

* * *

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ اَبَدًا دَائِمًا

Aziz, Siddiq Qardoshlarim,

Modomiki Risola-i Nur bosma bilan taammum etishni boshlagan; va modomiki falsafa va hikmati jadidani o’qigan maktablilar va muallimlar ko’pchilik bo’lib Risola-i Nurga yopishyaptilar. Albatta bir haqiqatni bayon qilish lozim bo’ladi. Shundayki:

Risola-i Nur shiddat bilan zarba urgan va hujum qilgan falsafa esa, mutlaq emasdir; balki muzir qismigadir. Chunki falsafaning hayoti ijtimoiya-i bashariyaga va axloq va kamoloti insoniyaga va san'atning taraqqiyotiga xizmat qilgan falsafa va hikmat qismi esa Qur'on bilan kelishgandir. Balki Qur'onning hikmatiga xodimdir, muoraza qilolmaydi. Bu qismga Risola-i Nur tegmaydi.

Ikkinchi qism falsafa esa: Zalolatga va ilhodga va tabiat botqoqligiga tushirishga vasila bo’lgani kabi, safohat va lahviyot bilan g’aflat va zalolatni natija berganidan va sehr kabi horiqolari bilan Qur'onning mo’'jizakor haqiqatlari bilan muoraza etgani uchun, Risola-i Nur aksar ajzolarida mezonlar bilan va quvvatli va burhonli muvozanalar bilan falsafaning yo’ldan chiqqan bu qismiga aralashadi, kaltaklaydi. Mustaqim, manfaatdor falsafaga tegmaydi. Shuning uchun, maktablilar Risola-i Nurga e'tirozsiz, chekinmasdan kiryaptilar va kirishlari kerak.

Faqat yashirin munofiqlar, qandayki bir qism domlalarni butun-butun ma'nosiz va haqsiz bir tarzda ahli madrasaning va domlalarning haqiqiy moli bo’lgan Risola-i Nurga qarshi iste'mol qilganlari kabi, ba'zi falsafachilarning anoniyati ilmiyalarini tahrik etib Nurlarga qarshi iste'mol qilish ehtimoliga binoan bu haqiqat "Asoyi Muso" va "Zulfiqor" Majmualari boshida yozilsa munosib bo’ladi.

SAID NURSIY

* * *

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ

Imom Ali (Roziyallohu anh) "Jaljalutiya"sida juda quvvatli va sarohatga yaqin bir tarzda Risola-i Nurdan va ahamiyatli risolalaridan ayni raqam bilan xabar berganini, "Yigirma Sakkizinchi Lam'a" bilan "Sakkizinchi Shua" to’liq isbot qilganlar va Imom Ali (Roziyallohu anh) Risola-i Nurning eng oxirgi risolasini, "Jaljalutiya"da,

وَ اسْمُ عَصَا مُوسٰى بِهِ الظُّلْمَةُ انْجَلَتْ

fikrasi bilan xabar beradi. Biz bir-ikki yil avval "Oyat-ul Kubro"ni eng oxirgi deb o’ylagan edik. Holbuki hozir, oltmish to’rtda (Milodiy 1948 yil) ta'lif jihatidan Risola-i Nurning tamom bo’lishi; va bu jumla-i Alaviyaning maolini, ya'ni qorong’ilikni tarqatadigan, Asoyi Muso (A.S) kabi nur beradigan, sehrlarni yo’q qiladigan bir risoladan xabar berishi; va bu majmuaning "Meva" qismi bir mudofaa hukmiga o’tib boshimizga cho’kkan dahshatli, zulmli zulmatlarni tarqatgani kabi, "Hujjatlar Qismi" ham, Nurlarga qarshi dushmanlik qilgan falsafa qorong’iliklarini izola etib Anqara ahli vuqufini taslimga va taqdirga majbur qilishi; va istiqboldagi zulmatlarni izola etishiga ko’p alomatlar bo’lishi; va Asoyi Muso (A.S) bir toshda o’n ikki chashma oqitishiga va o’n bir mo’'jizaga mador bo’lishiga muqobil va mushabih, bu oxirgi majmua ham -"Meva" O’n Bir Masala-i Nuroniyasi va "Hujjatullohil-Balig’a" qismi o’n bir hujjati qat'iyasi bo’lishi jihatidan- bizga qanoat berdiki: Imom Ali (Roziyallohu anh) o’sha fikra bilan to’g’ridan to’g’riga bu Asoyi Muso (A.S.) nomli majmuaga qaraydi va undan tahsinkorona xabar beradi.

SAID NURSIY

* * *

ASOYI MUSODAN

BIRINCHI QISM

(Denizli Hibsining Bir Mevasi)

Zindiqo va kufri mutlaqqa qarshi Risola-i Nurning bir mudofaanomasi. Va bu hibsimizda haqiqiy mudofaanomamiz ham budir. Chunki yolg’iz shuning ustida ishlayapmiz.

Bu risola Denizli hibsxonasining bir mevasi va xotirasi va ikki juma kunining maxsulidir.

Said Nursiy

Meva Risolasi

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

فَلَبِثَ فِى السِّجْنِ بِضْعَ سِن۪ينَ

oyatining ixbori va sirri bilan Yusuf Alayhissalom mahbuslarning piridir. Va hibsxona bir navi Madrasa-i Yusufiya bo’ladi. Modomiki Risola-i Nur shogirdlari ikki dafadir ko’pchilik bo’lib bu madrasaga kiryaptilar, albatta Risola-i Nurning hibsga tegishli va isbot qilgan bir qism masalalarining qisqacha xulosalarini bu tarbiya uchun ochilgan darsxonada o’qish va o’qitish bilan to’liq tarbiya olish lozim bo’ladi. Xullas, u xulosalardan besh-olti donasini bayon qilamiz.

Birinchisi

To’rtinchi So’zda izohi bo’lgan, har kun yigirma to’rt soat sarmoya-i hayotni Xoliqimiz bizga ehson etadi. Toki, ikki hayotimizga lozim narsalar u sarmoya bilan olinsin. Biz qisqagina hayoti dunyoviyaga yigirma uch soatni sarf qilib, besh farz namoziga kifoya bo’lgan bir soatni juda ham uzun bo’lgan hayoti uxroviyamizga sarf qilmasak, naqadar xilofi aql bir xato va u xatoning jazosi o’laroq ham qalbiy, ham ruhiy siqilishlarni chekish va u siqilishlar tufayli axloqini buzish va ma'yusona hayotini o’tkazish sababi bilan, tarbiya olish emas, balki tarbiyaning aksiga ketish bilan qay daraja xasorat etamiz, qiyos qilinsin. Agar bir soatni besh farz namoziga sarf qilsak, u holda hibs va musibat muddatining har bir soati ba'zan bir kun ibodat va foniy bir soati boqiy soatlar hukmiga o’ta olishi va qalbiy va ruhiy ma'yusiyat va siqilishlarning qisman zavol topishi va hibsga sabab bo’lgan xatolarga kafforatan avf ettirishi va hibsning hikmati bo’lgan tarbiyani olishi qay daraja foydali bir imtihon, bir dars va musibat do’stlari bilan tasallidorona bir xush-suhbat bo’lgani mulohaza qilinsin.

To’rtinchi So’zda aytilgani kabi, ming lira yutuq qozonchi uchun ming kishi ishtirok qilgan bir lotoreya qimoriga yigirma to’rt lirasidan besh-o’n lirani bergan va yigirma to’rtdan birini abadiy bir mujavharot xazinasining chiptasiga bermagan; holbuki dunyoviy lotoreyada u ming lirani yutish ehtimoli mingdan birdir, chunki ming hissador yana bor. Va uxroviy muqaddaroti bashar lotoreyasida husni xotimaga mazhar ahli iymon uchun yutish ehtimoli mingdan to’qqiz yuz to’qson to’qqiz bo’lganiga bir yuz yigirma to’rt ming anbiyoning unga doir ixborini kashf bilan tasdiq qilgan avliyodan va asfiyodan hadsiz-hisobsiz sodiq muxbirlar xabar berganlari holda, avvalgi lotoreyaga chopish, ikkinchisidan qochish qay daraja foydaga muxolif bo’ladi, qiyos qilinsin.

Bu masalada hibsxona mudirlari va bosh nazoratchilari va balki mamlakatning idora mudabbirlari va osoyish muhofizlari Risola-i Nurning bu darsidan mamnun bo’lishlari kerakdir. Chunki ming mutadayyin va Jahannam hibsini har vaqt taxattur etgan odamlarning idora va inziboti o’n benamoz va e'tiqodsiz, yolg’iz dunyoviy hibsni o’ylagan va harom-halolni bilmagan va qisman daydilikka ko’nikkan odamlardan ancha oson bo’lgani ko’p tajribalar bilan ko’rilgan.

* * *

Ikkinchi Masalaning Xulosasi

Risola-i Nurdan "Yoshlarga Rahnamo"ning go’zal izohlagani kabi, o’lim shu daraja qat'iy va zohirdirki, bu kunning kechasi va bu kuzning qishi kelishi kabi o’lim boshimizga keladi. Bu hibsxona qandayinki mutamodiyan chiqqanlar va kirganlar uchun muvaqqat bir musofirxonadir. Xuddi shuning kabi, bu zamin yuzi ham tez harakat qilgan karvonlarning yo’llarida bir kechalik qo’nish va ko’chish uchun bir karvonsaroydir. Har bir shaharni yuz marta mozoristonga bo’shatgan o’lim, albatta hayotdan ziyoda bir istagani bor. Xullas, bu dahshatli haqiqatning muammosini Risola-i Nur hal va kashf etgan. Bir qisqacha xulosasi shudir: Modomiki o’lim o’ldirilmaydi va qabr eshigi yopilmaydi. Albatta bu ajal jallodining qo’lidan va qabr hibsi munfarididan ozod bo’lish chorasi bo’lsa, insonning eng katta va hamma narsadan ustun bir andishasi, bir masalasidir. Ha, chorasi bor va Risola-i Nur Qur'onning sirri bilan u chorani ikki kara ikki to’rt bo’lish darajasida qat'iy isbot qilgan. Qisqacha xulosasi shudir:

O’lim yo i'domi abadiydir, u ham insonni, ham butun ahbobini va aqoribini osadigan bir dordir. Va yoxud boshqa bir boqiy olamga ketish va iymon vasiqasi bilan saodat saroyiga kirish uchun bir ruxsatnomadir. Va qabr esa, yoki zim-ziyo bir hibsi munfarid va tubsiz bir quduqdir va yoxud bu zindoni dunyodan boqiy va nuroniy bir ziyofatgoh va bog’istonga ochilgan bir eshikdir. Bu haqiqatni "Yoshlarga Rahnamo" bir tamsil bilan isbot qilgan. Masalan, bu hibsning bog’ida osish uchun dorlar o’rnatilgan va ular tayangan devorlar orqasida g’oyat katta va umum dunyo ishtirok qilgan bir lotoreya doirasi qurilgan. Biz bu hibsdagi besh yuz kishi, har holda hech mustasnosi yo’q va qutulish mumkin emas, bizni birma-bir u maydonga chaqiradilar. Yo "Kel, i'dom e'lonini ol, dorga chiq", yoki "Doimiy hibsi munfarid xatini tut, bu ochiq eshikka kir." Va yoxud "Senga xushxabar! Millionlab oltin chiptasi senga chiqdi, kel ol." deya har tarafdan e'lonotlar qilinyapti. Biz ham ko’zimiz bilan ko’ryapmizki, bir-biri orqasidan u dorlarga chiqyaptilar. Bir qismining osilganlarini mushohada etyapmiz. Bir qismi esa dorlarni zinapoya qilib, u devorning orqasidagi lotoreya doirasiga kirganliklarini, u yerda buyuk va jiddiy ma'murlarning qat'iy xabarlari bilan ko’rganday bilganimiz bir paytda, bu hibsxonamizga ikki guruh kirdi. Bir jamoat qo’llarida cholg’ular, sharoblar, zohirda g’oyat totli holvalar, paxlavalar bor. Bizlarga yedirishga urindilar. Faqat u shirinliklar zaharlidir, insiy shaytonlar ichiga zahar solganlar.

Ikkinchi jamoat va guruh qo’llarida tarbiyanomalar va halol taomlar va muborak sharbatlar bor. Bizga hadya beryaptilar va bil-ittifoq barobar, juda jiddiy va qat'iy deyaptilarki: "Agar u avvalgi guruhning sizni sinash uchun berilgan hadyalarini olsangiz, yesangiz, bu ko’zimiz qarshisidagi shu dorlarda boshqa ko’rganlaringiz kabi osilasizlar. Agar bizning bu mamlakat Hokimining farmoni bilan keltirgan hadyalarimizni avvalgining o’rnida qabul qilib va tarbiyanomalardagi duolarni va avrodlarni o’qisangiz, u osilishdan qutulasiz. U lotoreya doirasida ehsoni shohona o’laroq har biringiz million oltin chiptasini olishingizni ko’rayotganday va kunduz kabi ishoning. Agar u harom va shubhali va zaharli shirinliklarni yesangiz, osilishga ketganingiz zamonga qadar ham u zaharning sanchig’ini chekishingizni bu farmonlar va bizlar muttafiqan sizga qat'iy xabar beryapmiz", deyaptilar.

Xullas, bu tamsil kabi, har vaqt ko’rganimiz ajal dorining orqasida muqaddaroti navi bashar lotoreyasidan ahli iymon va toat uchun, husni xotima sharti bilan, abadiy va tuganmas bir xazinaning chiptasi chiqishini yuzdan yuz ehtimol bilan; safohat va harom va e'tiqodsizlik va fisqda davom etganlar, tavba qilmaslik sharti bilan, yo i'domi abadiy (oxiratga ishonmaganlarga) yoki doimiy va zim-ziyo hibsi munfarid (baqo-i ruhga ishongan va safohatda ketganlarga) va shaqovati abadiya xabarini olishlarini yuzdan to’qson to’qqiz ehtimol bilan qat'iy xabar bergan, boshda qo’llarida nishona-i tasdiq bo’lgan hadsiz mo’'jizalar bo’lgan bir yuz yigirma to’rt ming payg’ambarlar va ular bergan xabarlarning izlarini va kinoda kabi soyalarini kashf bilan, zavq bilan ko’rib tasdiq qilib imzo qo’ygan bir yuz yigirma to’rt milliondan ziyoda avliyolar (Qaddasallohu Asroruhum) va u ikki qism mashohiri insoniyaning xabarlarini aqlan qat'iy burhonlar bilan va quvvatli hujjatlar bilan fikran va mantiqan yaqiyniy bir suratda isbot qilib tasdiqlab imzo qo’ygan milliardlab o’tib ketgan muhaqqiqlar,

{(Hoshiya) U muhaqqiqlardan bittasi Risola-i Nurdir. 20 yildir eng muannid faylasuflarni va mutamarrid zindiqlarni jim qilgan kitoblari maydondadir. Hamma o’qishi mumkin va hech kim e'tiroz qilmaydi.}

mujtahidlar va siddiqiynlar, bil-ijmo' mutavotiran navi insonning quyoshlari, oylari, yulduzlari bo’lgan bu uch jamoati azima va bu uch toifa-i ahli haqiqat va basharning qudsiy qo’mondonlari bo’lgan bu uch buyuk va oliy hay'atlarning farmonlari bilan bergan xabarlarni tinglamagan va saodati abadiyaga ketgan, ular ko’rsatgan yo’l bo’lgan siroti mustaqimda ketmaganlar, yuzdan to’qson to’qqiz dahshatli tahlika ehtimolini nazarga olmagan va birgina muxbirning bir yo’lda tahlika bor deyishi bilan u yo’lni tashlagan, boshqa uzun yo’ldan harakat qilgan bir odam, albatta va albatta vaziyati shudirki: Ikki yo’lning, hadsiz muxbirlarning qat'iy ixborlari bilan, eng qisqa va osoni va yuzdan yuz Jannat va saodati abadiyani qozontirganni tashlab eng tashvishli va uzun va og’ir va yuzdan to’qson to’qqqiz Jahannam hibsini va shaqovati doimani natija bergan yo’lni ixtiyor qilgani holda, dunyoda ikki yo’lning, birgina muxbirning yolg’on bo’lishi mumkin bo’lgan xabari bilan, yuzdan bir ehtimol tahlika va bir oy hibs imkoni bo’lgan qisqa yo’lni tashlab, manfaatsiz, yolg’iz zararsiz bo’lgani uchun uzun yo’lni ixtiyor qilgan badbaxt, sarxush devonalar kabi dahshatli va uzoqda ko’ringan va unga hujum qilyotgan ajdarholarga ahamiyat bermaydigan, chivinlar bilan ovora bo’ladigan, yolg’iz ularga ahamiyat beradigan darajada aqlini, qalbini, ruhini, insoniyatini yo’qotgan bo’ladi. Modomiki haqiqati hol budir.. biz mahbuslar bu hibs musibatidan intiqomimizni to’liq olish uchun u muborak ikkinchi hay'atning hadyalarini qabul qilishimiz kerak. Ya'ni, qandayki bir daqiqa intiqom lazzati va bir necha daqiqa yoki bir-ikki soat safohat lazzatlari bilan bu musibat bizni o’n besh va besh va o’n va ikki-uch yil bu hibsga kiritdi, dunyomizni bizga zindon ayladi. Biz ham bu musibatga qarshi va xilof ravishda, bir-ikki soat muddati hibsni bir-ikki kun ibodatga va ikki-uch yil jazomizni, muborak jamoatning hadyalari bilan, yigirma-o’ttiz yil boqiy bir umrga va o’n va yigirma yil hibsda jazomizni millionlab yil Jahannam hibsidan avfimizga vasila qilib, foniy dunyomizning yig’lashiga muqobil boqiy hayotimizni kuldirib, bu musibatdan to’la intiqomimizni olishimiz kerak. Hibsxonani tarbiyaxona qilib ko’rsatib, vatanimizga va millatimizga bittadan tarbiyali, amniyatli, manfaatli odam bo’lishga harakat qilishimiz kerak. Va hibsxona ma'murlari va mudirlari va mudabbirlari ham jinoyatchi va qaroqchi va daydi va qotil va safohatchi va vatanga zararli deb o’ylagan odamlarni bir muborak darsxonada o’qiyotgan talabalar deb bilsinlar va muftaxirona Allohga shukr qilsinlar.

* * *

Uchinchi Masala

Yoshlarga Rahnamoda izohi bo’lgan ibratli bir hodisaning xulosasi shudir:

Bir zamon Eskishehir hibsxonasining derazasi oldida bir jumhuriyat bayramida o’tirgan edim. Qarshisidagi litsey maktabining katta qizlari uning hovlisida kulib raqsga tushayotgan edilar. Birdan ma'naviy bir kino bilan ellik yil keyingi vaziyatlari menga ko’rindi. Va ko’rdimki, u ellik-oltmishta qizlardan va talabalardan qirq-elliktasi qabrda tuproq bo’lib yotishibti, azob chekishyapti. Va o’ntasi yetmish-sakson yoshda xunuklashgan, yoshligida iffatini muhofaza qilmaganidan sevishni kutgan nazarlardan nafrat ko’ryaptilar... qat'iy mushohada etdim. Ularning u achinadigan hollariga yig’ladim. Hibsxonadagi bir qism o’rtoqlar yig’laganimni eshitdilar. Keldilar, so’radilar. Men dedim: Hozir meni o’z holimga qo’yinglar, ketinglar.

Ha, ko’rganim haqiqatdir, xayol emas. Qandayinki bu yoz va kuzning oxiri qishdir. Xuddi shuning kabi, yoshlik yozi va keksalik kuzining orqasi qabr va barzoh qishidir. O’tgan zamonning ellik yil avvalgi hodisoti kino bilan holi hozirda ko’rsatilgani kabi, kelasi zamonning ellik yil keyingi istiqbol hodisotini ko’rsatadigan bir kino bo’lsa, ahli zalolat va safohatning ellik-oltmish yil keyingi vaziyatlari ularga ko’rsatilsa edi, hozirgi kulishlariga va g’ayri mashru' zavqlariga nafratlar va taallumlar bilan yig’lagan bo’lar edilar.

Men u Eskishehir hibsxonasidagi mushohada bilan mashg’ul ekan, safohat va zalolatni tarvij etgan bir shaxsi ma'naviy insiy bir shayton kabi qarshimga chiqdi va dedi: "Biz hayotning har bir tur lazzatini va zavqlarini totish va tottirish istaymiz, bizga aralashma". Men ham javoban dedim: Modomiki lazzat va zavq uchun o’limni xotirga keltirmasdan zalolat va safohatga otilyapsan. Qat'iyan bilki, sening zalolating hukmi bilan butun o’tgan zamoni moziy o’lgan va ma'dumdir va ichida janozalari chirigan bir vahshatli mozoristondir. Insoniyat aloqadorligi bilan va zalolat yo’li bilan sening boshingga va bo’lsa va o’lmagan bo’lsa qalbingga u hadsiz firoqlardan va nihoyatsiz do’stlaringning abadiy o’limlaridan kelgan alamlar sening hozirgi sarxushcha, juda qisqa bir zamondagi juz'iy lazzatingni imho etgani kabi, kelajak istiqbol zamoni ham e'tiqodsizligingdan yana ma'dum va zim-ziyo va o’lik va dahshatli bir vahshatgohdir. Va u yerdan kelgan va boshini vujudga chiqargan va zamoni hozirga duchor bo’lgan bechoralarning boshlari ajal jallodining boltasi bilan kesilib hechlikka otilganidan, mutamodiyan aql aloqadorligi bilan sening iymonsiz boshingga hadsiz aliym andishalar yog’diradi. Sening safihona juz'iy lazzatingni ostin-ustun qiladi. Agar zalolatni va safohatni tashlab iymoni tahqiqiy va istiqomat doirasiga kirsang, iymon nuri bilan ko’rasanki, u o’tgan zamoni moziy ma'dum va hamma narsani chiritgan bir mozoriston emas, balki mavjud va istiqbolga inqilob etgan nuroniy bir olam va boqiy ruhlarning istiqboldagi saodat saroylariga kirishlari uchun bir kutish mehmonxonasi ko’rinishidan alam emas, balki iymonning quvvatiga ko’ra Jannatning bir navi ma'naviy lazzatini dunyoda ham tottirgani kabi, kelajak istiqbol zamoni vahshatgoh va qorong’ilik emas, balki iymon ko’zi bilan ko’rinadiki, saodati abadiya saroylarida hadsiz rahmati va karami bo’lgan va har bahor va yozni bittadan dasturxon qilgan va ne'matlari bilan to’ldirgan bir Rahmoni Rahimi Zuljaloli Val Ikromning ziyofatlari tashkil qilingan va ehsonlarining ko’rgazmalari ochilgan, u yerga jo’natilish bor deya iymon kinosi bilan mushohada etganidan, darajasiga ko’ra boqiy olamning bir navi lazzatini his qilishi mumkin. Demak, haqiqiy va alamsiz lazzat yolg’iz iymonda va iymon bilan bo’lishi mumkin.

Iymonning bu dunyoda ham bergan minglab foyda va natijalaridan yolg’iz birgina foyda va lazzatini bu mazkur bahsimiz munosabati bilan "Yoshlarga Rahnamo"da bir hoshiya o’laroq yozilgan bir tamsil bilan bayon qilamiz. Shundayki:

Masalan, sen g’oyat sevgan yagona avloding sakarotda o’lim to’shagida ekan va ma'yusona aliym abadiy firog’ini o’ylarkan, birdan Hazrati Hizr va Hakimi Luqmon kabi bir shifokor keldi, tiryoq kabi bir ma'jun ichirdi. U sevimli va go’zal avloding ko’zini ochdi, o’limdan qutuldi. Naqadar sevinch va huzur beradi, bilasan. Xullas, o’sha bola kabi sen sevgan va jiddiy aloqador bo’lgan millionlab seningcha mahbub insonlar u moziy mozoristonida, sening nazaringda, chirib mahv bo’lar ekan, birdan haqiqati iymon Hakimi Luqmon kabi u katta i'domxona deb o’ylangan mozoristonga qalb derazasidan bir nur berdi. U bilan boshdan oxir butun o’lganlar tirildilar. Va "Biz o’lmaganmiz va o’lmaymiz, yana siz bilan ko’rishamiz", lisoni hol bilan deganlaridan sen olgan hadsiz sevinchlar va huzurlarni iymon bu dunyoda ham berishi bilan isbot qiladiki, iymon haqiqati shunday bir urug’dirki, agar tajassum etsa, bir Jannati xususiya undan chiqadi, u urug’ning shajara-i tubosi bo’ladi, dedim.

U muannid e'tiroz qildi, dedi: "Hech bo’lmasa hayvon kabi hayotimizni zavq va lazzat bilan o’tkazish uchun safohat va kayfu-safo bilan bu nozik narsalarni o’ylamasdan yashaymiz".

Javoban dedim: "Hayvon kabi bo’lolmaysan. Chunki hayvonning moziy va istiqboli yo’q. Na o’tmishdan alamlar va taassuflar oladi va na kelajakdan andishalar va qo’rquvlar keladi. Lazzatini to’liq oladi. Rohat bilan yashaydi, yotadi. Xoliqiga shukr qiladi. Hatto so’yilish uchun yotqizilgan bir hayvon hech narsa his qilmaydi. Yolg’iz pichoq kesayotgan payt his qilishni istaydi, faqat u his ham ketadi. U alamdan ham xalos bo’ladi. Demak, eng buyuk rahmat, bir shafqati Ilohiya g’aybni bildirmaslikdir va boshga keladigan narsalarni berkitishdir. Xususan ma'sum hayvonlar haqida yanada mukammaldir. Faqat ey inson, sening moziy va istiqboling aqliy tomondan bir daraja g’aybiylikdan chiqishi bilan, g’aybni berkitishdan hayvonga kelgan istirohatdan tamoman mahrumsan. O’tmishdan chiqqan taassuflar, aliym firoqlar va kelajakdan kelgan qo’rquvlar va andishalar sening juz'iy lazzatingni hechga tushiradi. Lazzat jihatidan yuz daraja hayvondan pastga tushiradi. Modomiki haqiqat budir. Yo aqlingni chiqar ot, hayvon bo’l, qutul. Yoki aqlingni iymon bilan boshingga ol, Qur'onni tingla. Yuz daraja hayvondan ziyoda bu foniy dunyoda ham sof lazzatlarni qozon!...", deya uni ilzom etdim.

Yana u mutamarrid shaxs e'tiroz qildi, dedi: "Hech bo’lmasa ajnabiy dinsizlari kabi yashaymiz".

Javoban dedim: "Ajnabiy dinsizlari kabi ham bo’lolmaysan. Chunki ular bir payg’ambarni inkor qilsa, boshaqalariga ishonishlari mumkin. Payg’ambarlarni bilmasa ham, Allohga ishonishi mumkin. Buni ham bilmasa, kamolotga mador ba'zi xislatlari bo’lishi mumkin. Faqat bir musulmon eng oxirgi va eng buyuk va dini va da'vati umumiy bo’lgan Oxirzamon Payg’ambari Alayhissalotu Vassallamni inkor qilsa va zanjiridan chiqsa, ortiq hech bir payg’ambarni, hatto Allohni qabul qilmaydi. Chunki butun payg’ambarlarni va Allohni va kamolotni u bilan bilgan. Ular usiz qalbida qolmaydi. Shuning uchundirki, eskidan beri har dindan Islomiyatga kiryaptilar. Va hech bir musulmon haqiqiy Yahudiy yoki Majusiy yoki Nasroniy bo’lmaydi. Balki dinsiz bo’ladi, xislatlari buziladi. Vatanga, millatga zararli bir holatga kiradi", deb isbot qildim. U muannid va mutamarrid shaxsning ortiq tutiladigan bir yeri qolmadi. Yo’qoldi, Jahannamga ketdi.

Xullas, ey bu Madrasa-i Yusufiyada mening darsdoshlarim! Modomiki haqiqat budir. Va bu haqiqatni Risola-i Nur shu daraja qat'iy va quyosh kabi isbot qilganki, yigirma yildir mutamarridlarning o’jarliklarini sindirib iymonga keltiryapti. Biz ham ham dunyomizga, ham istiqbolimizga, ham oxiratimizga, ham vatanimizga, ham millatimizga to’liq manfaatli va yengil va salomatli bo’lgan iymon va istiqomat yo’lini ta'qib qilib, bo’sh vaqtimizni zerikarli xayollar o’rniga Qur'ondan bilgan suralarni o’qish va ma'nolarini bildirgan o’rtoqlardan o’rganish va qazo bo’lgan farz namozlarimizni qazo qilish va bir-birimizning go’zal axloqlarimizdan istifoda etib bu hibsxonani go’zal xislatli ko’chatlar yetishtirgan bir muborak bog’ga aylantirish kabi amali soliha bilan hibsxona mudir va aloqadorlari jinoyatchi va qotillarning boshida zaboniy kabi azob ma'murlari emas, balki Madrasa-i Yusufiyada Jannatga odam yetishtirish va ularning tarbiyasiga nazorat qilish vazifasi bilan ma'mur bittadan mustaqim ustoz va bittadan shafqatli rahbar bo’lishlariga harakat qilishimiz kerak.

* * *

To’rtinchi Masala

Yana Yoshlarga Rahnamoda izohi bor. Bir zamon menga xizmat qilgan qardoshlarim tomonidan savol so’raldiki: "Kura-i arzni ostin-ustun qilgan va Islom muqaddaroti bilan aloqador bo’lgan bu dahshatli harbi umumiydan ellik kundir (hozir yetti yildan o’tdi, ayni hol)

{(*) Qavs ichidagi yozuv 1946 yilga oiddir.}

hech so’ramayapsiz va qiziqmayapsiz. Holbuki bir qism mutadayyin va olim insonlar jamoatni va masjidni tashlab radio tinglashga yuguryaptilar. Ajabo, bundan yanada katta bir hodisa bormi? Yoki u bilan mashg’ul bo’lishning zarari bormi?" dedilar. Javoban dedimki:

Umr sarmoyasi juda ozdir. Kerakli ishlar juda ko’pdir. Bir-biri ichiga kirgan doiralar kabi, har insonning qalb va me'da doirasidan va jasad va xona doirasidan, mahalla va shahar doirasidan va vatan va mamlakat doirasidan va kura-i arz va navi bashar doirasidan tut... to zihayot va dunyo doirasiga qadar bir-biri ichida doiralar bor. Har bir doirada har bir insonning bir navi vazifasi bo’lishi mumkin. Faqat eng kichik doirada eng katta va ahamiyatli va doimiy vazifa bor. Va eng katta doirada eng kichik va muvaqqat, ora-sira vazifalar bo’lishi mumkin. Bu qiyos bilan, kichiklik va kattalikda teskari mutanosiblikda vazifalar bo’lishi mumkin. Faqat katta doiraning jozibadorligi jihati bilan kichik doiradagi kerakli va ahamiyatli xizmatni tashlattirib keraksiz, foydasiz va ofoqiy ishlar bilan mashg’ul qiladi. Sarmoya-i hayotini bo’sh yerda imho etadi. U qiymatli umrini qiymatsiz ishlarda o’ldiradi. Va ba'zan bu urush yoqalashuvlarini qiziqish bilan ta'qib qilgan bir tarafga qalban tarafdor bo’ladi. Uning zulmlarini xush ko’radi, zulmiga sherik bo’ladi.

Birinchi nuqtaga javob esa: Ha, bu jahon harbidan ancha katta bir hodisa va bu zamin yuzidagi hokimiyati omma da'vosidan ancha ahamiyatli bir da'vo, harkasning va xususan Musulmonlarning boshida shunday bir hodisa va shunday bir da'vo ochilganki; har odam, agar Olmon va Ingliz qadar quvvati va sarvati bo’lsa va aqli ham bo’lsa, u birgina da'voni qozonish uchun ikkilanmasdan sarf qiladi. Ana o’sha da'vo esa, yuz ming mashohiri insoniyaning va hadsiz navi basharning yulduzlari va murshidlarining muttafiqan, koinot sohibining va mutasarrifining minglab va'da va ahdlariga istinodan xabar berganlari va bir qismi ko’zlari bilan ko’rganlari shuki: Har kimning iymon muqobilida bu zamin yuzi qadar bog’lar va qasrlar bilan muzayyan va boqiy va doimiy bir ekinzor va mulkni qozonish yoki yo’qotish da'vosi boshi ustida ochilgan. Agar iymon vasiqasini sog’lom qo’lga kiritmasa, yutqazadi. Va bu asrda moddiyunlik vabosi bilan ko’pchilik u da'vosini yutqazyapti. Hatto bir ahli kashf va tahqiq bir yerda qirq vafiyotdan yolg’iz bir nechtasi qozonganini sakarotda mushohada etgan, boshqalari yutqazganlar. Ajabo, bu yutqazgan da'vosining o’rnini butun dunyo saltanati u odamga berilsa, to’ldira oladimi!

Xullas, u da'voni qozontiradigan xizmatlarni va yuzdan to’qsoniga u da'voni yutqazdirmagan horiqo bir da'vo vakilini u ishda ishlattirgan vazifalarni tashlab, abadiy dunyoda qoladiganday ofoqiy, foydasiz ishlar bilan mashg’ul bo’lishni butunlay bir aqlsizlik deb bilganimizdan, biz Risola-i Nur shogirdlari, har birimizning yuz daraja aqlimiz ziyoda bo’lsa ham, faqat bu vazifaga sarf qilish lozimdir deya qanoatimiz bor.

Ey hibs musibatida mening yangi qardoshlarim! Sizlar men bilan barobar kelgan eski qardoshlarim kabi Risola-i Nurni ko’rmagansiz. Men ularni va ular kabi minglab shogirdarni shohid sifatida ko’rsatib deyman va isbot qilaman va isbot qilganmanki: U buyuk da'voni yuzdan to’qsoniga qozontirgan va yigirma yilda yigirma ming odamga u da'voning qozonchining vasiqasi va hujjati va baroati bo’lgan iymoni tahqiqiyni qo’liga bergan va Qur'oni Hakimning mo’'jiza-i ma'naviyasidan nash'at etib chiqqan va bu zamonning birinchi bir da'vo vakili bo’lgan Risola-i Nurdir. Bu o’n sakkiz yildir mening dushmanlarim va zindiqlar va moddiyunlar menga qarshi g’oyat shafqatsizlarcha dasisalar bilan hukumatning ba'zi arboblarini aldatib bizni imho uchun bu galdagi kabi oldin ham hibslarga, zindonlarga otganlari holda, Risola-i Nurning mustahkam qal'asida bir yuz o’ttiz parcha jihozotidan faqat ikki-uch parchasiga tegina olganlar. Demak, himoyachi yollashni istagan uni qo’lga kiritsa yetadi. Ham qo’rqmanglar, Risola-i Nur man bo’lmaydi. Hukumati Jumhuriyaning mab'uslari va arboblarining qo’llarida muhim risolalar, ikki-uchtasi mustasno bo’lib, erkin kezayotgan edilar. Inshaalloh, bir zamon hibsxonalarni to’liq bir islohxona qilish uchun baxtiyor mudirlar va ma'murlar u nurlarni mahbuslarga non va dori kabi tarqatadilar.

* * *

Beshinchi Masala

Yoshlarga Rahnamoda izohlangani kabi, yoshlik hech shubha yo’qki, ketadi. Yoz kuzga va qishga yer berishi va kunduz oqshomga va tunga almashinishi qat'iyligida yoshlik ham keksalikka va o’limga almashadi. Agar u foniy va o’tkinchi yoshligini iffat bilan xayrotga, istiqomat doirasida sarflasa, u bilan abadiy, boqiy bir yoshlikni qozonishini butun samoviy farmonlar xushxabar beryaptilar. Agar safohatga sarflasa, qandayki bir daqiqa hiddat tufayli bir qatl millionlab daqiqa hibs jazosini chektiradi. Xuddi shuning kabi, g’ayri mashru' doiradagi yoshlik zavqlari va lazzatlari oxirat mas'uliyatidan va qabr azobidan va zavolidan kelgan taassuflardan va gunohlardan va dunyoviy jazolanishlaridan tashqari, ayni lazzat ichida u lazzatdan ziyoda alamlar bo’lganini aqli boshida bo’lgan har bir yigit tajriba bilan tasdiq qiladi. Masalan, harom sevishda bir rashk alami va firoq alami va javob ko’rmaslik alami kabi ko’p nuqsonlar bilan u juz'iy lazzat zaharli bir asal hukmiga o’tadi. Va u yoshlikning suiste'moli bilan kelgan kasallik bilan kasalxonalarga va jo’shqinliklari bilan hibsxonalarga va qalb va ruhiy ozuqasizlik va vazifasizlikdan nash'at etgan siqilishlar bilan mayxonalarga, safohatxonalarga yoki mozoristonga tushishlarini bilishni istasang, ket, kasalxonalardan va hibsxonalardan va mayxonalardan va qabristondan so’ra. Albatta, aksariyat bilan yoshlarning yoshligining suiste'molidan va jo’shqinliklaridan va g’ayri mashru' zavqlarning jazosi bo’lib kelgan ta'zirlardan voy-voylar va yig’lashlar va afsuslar eshitasan. Agar istiqomat doirasida ketsa, yoshlik g’oyat shirin va go’zal bir ne'mati Ilohiya va totli va quvvatli bir vosita-i xayrot bo’lib oxiratda g’oyat porloq va boqiy bir yoshlik natija berishini boshda Qur'on bo’lib ko’p qat'iy oyatlari bilan butun samoviy kitoblar va farmonlar xabar berib xushxabar beryaptilar. Modomiki haqiqat budir.Va modomiki halollik doirasi zavq uchun yetarlidir. Va modomiki harom doirasidagi bir soat lazzat ba'zan bir yil va o’n yil hibs jazosini chektiradi. Albatta, yoshlik ne'matiga bir shukr o’laroq u totli ne'matni iffatda, istiqomatda sarf qilish lozim va alzamdir.

* * *

Oltinchi Masala

Risola-i Nurning ko’p yerlarida izohi va qat'iy hadsiz hujjatlari bo’lgan iymoni billoh ruknining minglab kulliy burhonlaridan birgina burhonga qisqacha bir ishoratdir.

Qastamonuda litsey talabalaridan bir qismi yonimga kelishdi. "Bizga Xoliqimizni tanittir, muallimlarimiz Allohdan bahs etmayaptilar", deyishdi. Men dedim: Sizlar o’qiyotgan fanlardan har fan o’z lisoni maxsusi bilan mutamodiyan Allohdan bahs etib Xoliqni tanittiryaptilar. Muallimlarni emas, ularni tinglanglar.

Masalan: Qandayki mukammal bir dorixonaki, har idishida horiqo va hassos mezonlar bilan olingan hayotdor ma'junlar va tiryoqlar bor. Shubhasiz g’oyat mahoratli va kimyogar va hakim bir dori tayorlovchini ko’rsatadi. Shunga o’xshab, kura-i arz dorixonasida bo’lgan to’rt yuz ming xil nabotot va hayvonot idishlaridagi zihayot ma'junlar va tiryoqlar bu bozordagi dorixonadan qay daraja ziyoda mukammal va katta bo’lishi nisbatida, o’qiganingiz fanni tib miqyosi bilan kura-i arz ajzaxona-i kubrosining dori tayyorlovchisi bo’lgan Hakimi Zuljalolni hatto ko’r ko’zlarga ham ko’rsatadi, tanittiradi.

Ham masalan: Qanday qilib bir horiqo fabrikaki, minglab turli-tuman matolarni oddiy bir moddadan to’qiydi. Shaksiz bir fabrikachini va mahoratli bir mashinistni tanitadi. Shunga o’xshab, kura-i arz deyilgan yuz minglab boshli, har boshida yuz minglab mukammal fabrika bo’lgan bu sayyor uskuna-i Rabboniya qay darajada bu inson fabrikasidan katta bo’lsa, mukammal bo’lsa, shu daraja o’qiganingiz fanni uskuna miqyosi bilan kura-i arzning ustasini va sohibini bildiradi va tanittiradi.

Ham masalan, qandayki g’oyat mukammal ming bir xil arzoq atrofidan jalb qilib ichida muntazam ravishda joylashtirilgan va tayyorlab qo’yilgan omborxona va iosha ombori va do’kon, shaksiz bir favquloda iosha va arzoq molikini va sohibini va ma'murini bildiradi. Shunga o’xshab, bir yilda yigirma to’rt ming yillik bir doirada muntazam ravishda sayohat qilgan va yuz minglab va boshqa-boshqa arzoq istagan toifalarni ichiga olgan va sayohati bilan mavsumlarga uchrab, bahorni bir ulkan vagon kabi minglab boshqa-boshqa taomlar bilan to’ldirib, qishda arzoqi tugagan bechora zihayotlarga keltirgan va kura-i arz deyilgan bu Rahmoniy iosha ombori va bu safina-i Subhoniya va ming bir xil jihozotni va mollarni va konserva qutilarini tashigan bu omborxona va do’koni Rabboniy qay daraja u fabrikadan katta va mukammal bo’lsa, o’qiganingiz yoki endi o’qiydiganingiz fanni iosha miqyosi bilan, o’sha qat'iylikda va o’sha darajada kura-i arz omborxonasining sohibini, mutasarrifini, mudabbirini bildiradi, tanittiradi, sevdiradi.

Ham qandayki, to’rt yuz ming millat ichida bo’lgan va har millat istagan arzoqi boshqa va iste'mol qilgan quroli boshqa va kiygan kiyimi boshqa va ta'limoti boshqa va tarhisoti boshqa bo’lgan bir lashkarning mo’'jizakor bir qo’mondoni bir o’zi butun u boshqa-boshqa millatlarning boshqa-boshqa arzoqlarini va turli-tuman aslahalarini va kiyimlarini va jihozotlarini, hech birini unutmasdan va adashmasdan bergan u ajib lashkar va lashkargoh, shubhasiz badohat bilan u horiqo qo’mondonni ko’rsatadi, taqdirkorona sevdiradi. Aynan shuning kabi, zamin yuzining lashkargohida va har bahorda yangidan qurol ostiga olingan bir yangi lashkari Subhoniyda, nabotot va hayvonot millatlaridan to’rt yuz ming navning xilma-xil kiyim, arzoq, aslaha, ta'lim, tarhislari g’oyat mukammal va muntazam va hech birini unutmasdan va adashmasdan birgina qo’mondoni a'zam tarafidan berilgan kura-i arzning bahor lashkargohi qay darajada mazkur inson lashkar va lashkargohidan katta va mukammal bo’lsa, siz o’qiydigan fanni askariy miqyosi bilan diqqatli va aqli boshida bo’lganlarga shu daraja kura-i arzning Hakimini va Robbini va Mudabbirini va Qo’mondoni Aqdasini hayratlar va taqdislar bilan bildiradi va tahmid va tasbeh bilan sevdiradi.

Ham qandayki: Bir horiqo shaharda millionlab elektr chiroqlari harakatlanib har yerni kezadilar, yonish moddalari tugamaydigan bir tarzdagi elekrt chiroqlari va fabrikasi, shaksiz, badohat bilan elektrni idora qilgan va sayyor chiroqlarni ijod qilgan va fabrikani qurgan va yonish moddalarini keltirgan bir mo’'jizakor ustani va favquloda qudratli bir elektrchini hayratlar va tabriklar bilan tanittiradi, ofarinlar bilan sevdiradi. Aynan shuning kabi, bu olam shahrida dunyo saroyining tomidagi yulduz chiroqlari, bir qismi astronomiyaning aytganiga qaralsa, kura-i arzdan ming marta katta va zambarak o’qidan yetmish marta tez harakat qilganlari holda, intizomini buzmaydi, bir-biriga urilmaydi, so’nmaydi, yonish moddalari tugamaydi. O’qiganingiz astronomiyaning deganiga ko’ra, kura-i arzdan bir million martadan ziyod katta va bir million yildan ziyod yashagan va bir musofirxona-i Rahmoniyada bir chiroq va o’choq bo’lgan quyoshimizning yonishining davomi uchun, har kun kura-i arzning dengizlari qadar kerosin va tog’lari qadar ko’mir yoki ming arz qadar o’tin yig’inlari lozimdirki, so’nmasin. Va uni va u kabi ulviy yulduzlarni kerosinsiz, o’tinsiz, ko’mirsiz yondirgan va so’ndirmagan va barobar va tez kezdirgan va bir-biriga urdirmagan bir nihoyatsiz qudratni va saltanatni, nurli barmoqlari bilan ko’rsatgan bu koinot shahri muhtashamidagi dunyo saroyining elektr chiroqlari va idoralari qay darajada u misoldan yanada katta, yanada mukammaldir, shu daraja sizlar o’qigan yoki endi o’qiydigan fanni elektr miqyosi bilan bu mashhari a'zami koinotning Sultonini, Munavvirini, Mudabbirini, Sone'ini u nuroniy yulduzlarni shohid ko’rsatib tanittiradi. Tasbehot bilan, taqdisot bilan sevdiradi, parastish ettiradi.

Ham masalan, qandayki bir kitob bo’lsaki: Bir satrida bir kitob ingichka qilib yozilgan va har bir kalimasida ingichka qalam bilan bir sura-i Qur'oniya yozilgan, g’oyat ma'nodor va butun masalalari bir-birini quvvatlagan va kotibini va muallifini favquloda mahoratli va iqtidorli ko’rsatgan bir ajib majmua shaksiz, kunduz kabi kotib va musannifini kamoloti bilan, hunarlari bilan bildiradi, tanittiradi. Mashaalloh, Barakalloh jumlalari bilan taqdir ettiradi. Aynan shuning kabi, bu koinot kitobi kabiriki, birgina sahifasi bo’lgan zamin yuzida va birgina shakli bo’lgan bahorda uch yuz ming boshqa-boshqa kitoblar hukmidagi uch yuz ming nabotiy va hayvoniy toifalarni barobar, bir-biri ichida yanglishsiz, xatosiz, chalkashmasdan, adashmasdan mukammal, muntazam va ba'zan daraxt kabi bir kalimada bir qasidani va danak kabi bir nuqtada bir kitobning butun bir mundarijasini yozgan bir qalam ishlaganini ko’zimiz bilan ko’rganimiz bu nihoyatsiz ma'nodor va har kalimasida ko’p hikmatlar bo’lgan shu majmua-i koinot va bu mujassam Qur'oni Akbari Olam mazkur misoldagi kitobdan qay darajada katta va mukammal va ma'nodor bo’lsa, shu daraja siz o’qigan fanni hikmat-ul ashyo va maktabda bilfe'l mubosharat etgan fanni qiroat va fanni kitobat keng miqyoslari bilan va durbin ko’zlari bilan bu kitobi koinotning naqqoshini, kotibini hadsiz kamoloti bilan tanittiradi. "Allohu Akbar" jumlasi bilan bildiradi, "Subhanalloh" taqdisi bilan ta'rif qiladi, "Alhamdulilloh" sanolari bilan sevdiradi.

Xullas, bu fanlarga qiyosan, yuzlab funundan har bir fan keng miqyosi bilan va xususiy oynasi bilan va durbinli ko’zi bilan va ibratli nazari bilan bu koinotning Xoliqi Zuljalolini asmosi bilan bildiradi. Sifatini, kamolotini tanittiradi.

Xullas, bu muhtasham va porloq bir burhoni vahdoniyat bo’lgan mazkur hujjatni dars berish uchundirki, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon ko’p takror bilan eng ziyoda

رَبُّ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ

va

خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضَ

oyatlari bilan Xoliqimizni bizga tanittiradi deya u maktab yoshlariga dedim. Ular ham tamomi bilan qabul qilib, tasdiq qilib: Hadsiz shukr bo’lsin Robbimizgaki, to’liq qudsiy va ayni haqiqat bir dars oldik. Alloh sendan rozi bo’lsin, dedilar! Men ham dedim:

Inson minglab xil alamlar bilan mutaallim va minglab nav lazzatlar bilan mutalazziz bo’ladigan bir zihayot uskuna va g’oyat daraja ojizligi bilan barobar hadsiz moddiy-ma'naviy dushmanlari va nihoyatsiz faqirligi bilan barobar hadsiz zohiriy va botiniy ehtiyojlari bo’lgan va mutamodiyan zavol va firoq ta'zirlarini yegan bir bechora maxluq ekan, birdan iymon va ubudiyat bilan shunday bir Podshohi Zuljalolga bog’lanib butun dushmanlariga qarshi bir nuqta-i istinod va butun hojotiga mador bir nuqta-i istimdod topib, hamma mansub bo’lgan xo’jayinining sharafi bilan, maqomi bilan iftixor etgani kabi, u ham shunday nihoyatsiz Qodir va Rahim bir podshohga iymon bilan intisob etsa va ubudiyat bilan xizmatiga kirsa va ajalning i'dom e'lonini o’zi haqida erkinlik ruxsatnomasiga aylantirsa, naqadar mamnun va minnatdor va naqadar mutashakkirona iftixor etishi mumkin, qiyos qilinglar.

U maktab yoshlariga aytganim kabi, musibatzada mahbuslarga ham takror bilan deyman: Uni tanigan va itoat qilgan zindonda ham bo’lsa, baxtiyordir. Uni unutgan saroylarda ham bo’lsa, zindondadir, badbaxtdir. Hatto bir baxtiyor mazlum i'dom etilarkan, badbaxt zolimlarga degan: Men i'dom bo’lmayapman. Balki tarhis bilan saodatga ketyapman. Faqat men ham sizni i'domi abadiy bilan mahkum ko’rganimdan, sizdan to’liq qasosimni olyapman. لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ‌ deya surur bilan taslimi ruh etadi.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

Yettninchi Masala

(Denizli Hibsida bir Juma kunining mevasidir.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ * مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ * فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Bir zamon Qastamonuda "Xoliqimizni bizga tanittir" degan litsey talabalariga sobiq Oltinchi Masalada maktab fununining tillari bilan bergan darsimni Denizli hibsxonasida men bilan uchrashgan mahbuslar o’qidilar. To’liq bir qanoati iymoniya olganlaridan, oxiratga bir ishtiyoq his qilib: "Bizga oxiratimizni ham to’liq bildir. Toki nafsimiz va zamonning shaytonlari bizni yo’ldan chiqarmasin, boshqa bunday hibslarga kiritmasin", dedilar. Va Denizli hibsidagi Risola-i Nur shogirdlarining va sobiqan Oltinchi Masalani o’qiganlarning orzulari bilan oxirat ruknining ham bir xulosasining bayoni lozim keldi. Men ham Risola-i Nurdan bir qisqacha xulosa bilan deyman:

Qandayki Oltinchi Masalada biz Xoliqimizni arzdan, samovotdan so’radik. Ular fanlarning tillari bilan quyosh kabi Xoliqimizni bizga tanittirdilar. Aynan biz ham oxiratimizni boshda o’sha bilgan Robbimizdan, keyin Payg’ambarimizdan, keyin Qur'onimizdan, keyin boshqa payg’ambarlar va muqaddas kitoblardan, keyin maloikalardan, keyin koinotdan so’raymiz. Xullas, birinchi martabada oxiratni Allohdan so’raymiz. U ham butun yuborgan elchilari bilan va farmonlari bilan va butun ismlari bilan va sifatlari bilan: "Ha, oxirat bordir va sizlarni u yerga yuboryapman", farmon qilyapti. O’ninchi So’z o’n ikki porloq va qat'iy haqiqatlar bilan bir qism ismlarning oxiratga doir javoblarini isbot qilgan va izohlagan. Bu yerda u izoh bilan kifoyalanib, g’oyat qisqa bir ishorat qilamiz.

Ha, modomiki hech bir saltanat yo’qdirki, u saltanatga itoat qilganlarga mukofoti va isyon qilganlarga mujozoti bo’lmasin. Albatta, rububiyati mutlaqa martabasida bir saltanati sarmadiyaning u saltanatga iymon bilan intisob va toat bilan farmonlariga taslim bo’lganlarga mukofoti va u izzatli saltanatni kufr va isyon bilan inkor qilganlarga ham mujozoti; u rahmat va jamolga, u izzat va jalolga loyiq bir tarzda bo’ladi deya "Robbul Olamin" va "Sultonud Dayyon" ismlari javob beryaptilar.

Ham modomiki quyosh kabi, kunduz kabi zamin yuzida bir umumiy rahmat va ihotali bir shafqat va karamni ko’zimiz bilan ko’ryapmiz. Masalan, u rahmat har bahorda umum daraxtlarni va mevali nabotlarni Jannat huriylari kabi kiydirib, bezab, qo’llariga har xil mevalarni berib bizlarga uzatib: "Qani olinglar, yenglar", degani kabi, bir zaharli chivinning qo’li bilan bizlarga shifoli, totli asalni yedirgani va qo’lsiz bir qurtning qo’li bilan eng yumshoq ipakni bizlarga kiydirgani kabi, bir hovuch qadar kichkina urug’chalarda, danakchalarda minglab botmon taomlarni bizlar uchun saqlagan va ehtiyot zahirasi qilib u kichkina omborxonalarda joylashtirgan bir rahmat, bir shafqat, albatta hech shubha bo’lmaski; bu daraja nozaninona yedirgan bu sevimli va minnatdorlari va parastishkorlari bo’lgan mo’'min insonlarni i'dom etmaydi. Balki ularni yanada porloq rahmatlarga mazhar etish uchun hayoti dunyoviya vazifasidan tarhis etadi deya "Rahim" va "Karim" ismlari savolimizga javob beryaptilar; اَلْجَنَّةُ حَقٌّ‌ deyaptilar.

Ham modomiki biz ko’zimiz bilan ko’ryapmizki: Umum maxluqlarda va zamin yuzida shunday bir hikmat qo’li ishlayapti va shunday bir adolat o’lchovlari bilan ishlar aylanyaptiki, aqli bashar undan ustun tafakkur qilolmaydi. Masalan: Insonning ming jihozotiga taqilgan hikmatlaridan yolg’iz bir kichik urug’ qadar quvva-i hofizasida butun tarixcha-i hayotini va u bilan munosabatdor bo’lgan hadsiz hodisotni o’sha quvvachada yozib, uni bir kutubxona hukmiga keltirib va insonning hashrda muhokamasi uchun nashr bo’ladigan daftari a'molining bir kichik hujjati sifatida har vaqt xotirlatish sirri bilan har insonning qo’liga berib miyasining hamyoniga qo’ygan bir azaliy hikmat va butun masnu'otda g’oyat hassos mezonlar bilan a'zolarini yerlashtirgan, mikrobdan karkidonga, chivindan simurg’ qushiga, bir gulli nabotdan milliardlab, trillionlab gullar ochgan bahor guliga qadar isrofsiz o’lchovlar bilan bir tanosub, bir muvozana, bir intizom va bir jamol ichida masnu'otni bir husni san'at qilgan va har zihayotning huquqi hayotini kamoli mezon bilan bergan, yaxshiliklarga go’zal natijalar va yomonliklarga yomon natijalar qozontirgan va Odam (A.S.) zamonlaridan beri tog’iy va zolim qavmlarga urgan ta'zirlar bilan o’zini juda quvvatli his qildirgan bir adolati sarmadiya, albatta va hech shubha keltirmaydiki: Quyosh kunduzsiz bo’lmagani kabi, u hikmati azaliya, u adolati sarmadiya oxiratsiz bo’lmaydilar va o’limda eng zolimlarning va eng mazlumlarning bir tarzda ketishlaridagi oqibatsiz bir dahshatli haqsizlikka, adolatsizlikka va hikmatsizlikka hech bir jihat bilan ruxsat bermaydilar deya "Hakim" va "Hakem" va "Adl" va "Adil" ismlari bizning savolimizga qat'iy javob beryaptilar.

Ham modomiki butun zihayot maxluqlarning qo’llari yetishmagan va iqtidorlari doirasida bo’lmagan butun hojotlarini, butun fitriy matlablarini bir navi duo bo’lgan iste'dodi fitriy va ehtiyoji zaruriy tillari bilan istaganlari vaqtda, g’oyat rahim va eshituvchi va shafqatli bir dasti g’aybiy tarafidan berilganidan va ixtiyoriy bo’lgan da'avati insoniyaning, xususan valiylar va nabiylar duolarining o’n adaddan olti-yettitasi xilofi odat maqbul bo’lishidan qat'iy anglashilyaptiki: Har dardlining ohini, har muhtojning duosini eshitgan va tinglagan bir Sami'-i Mujib parda orqasida bor, qaraydiki, eng kichik bir zihayotning eng kichik bir ehtiyojini ko’radi va eng yashirin bir ohini eshitadi, shafqat etadi, fe'lan javob beradi, mamnun qiladi. Albatta va har holda hech bir shubha ehtimoli qolmaydiki: Maxluqlarning eng ahamiyatlisi bo’lgan navi insonning eng ahamiyatli va umumiy va umum koinotni va umum asmo va sifati Ilohiyani aloqador qilgan baqo-i uxroviyaga oid duolarini ichiga olgan va navi insonning quyoshlari va yulduzlari va qo’mondonlari bo’lgan butun payg’ambarlarni orqasiga olib ularga duosiga "omin, omin" dedirgan va ummatidan har kun har fardi mutadayyin hech bo’lmasa necha marta unga salovot keltirish bilan uning duosiga "omin, omin" degan va balki butun maxluqot o’sha duosiga ishtirok qilib: "Ha, yo Rabbano! Istaganini ber, biz ham uning istaganini istaymiz", deydilar. Butun bu rad qilinmaydigan sharoit ostida baqo-i uxroviy va saodati abadiya uchun Muhammad Alayhissalotu Vassalamning hashrning hadsiz keltirib chiqargan sabablardan yolg’iz birgina duosi Jannatning vujudiga va bahorning ijodi qadar qudratiga oson bo’lgan oxiratning ijodiga yetarli bir sababdir deya "Mujib" va "Sami'" va "Rahim" ismlari bizning savolimizga javob beryaptilar.

Ham modomiki kunduz badohat bilan quyoshni ko’rsatgani kabi, zamin yuzida mavsumlarning tabaddulida kulliy o’lish va tirilishda parda orqasida bir mutasarrif g’oyat intizom bilan ulkan kura-i arzni bir bog’, balki bir daraxt osonligida va intizomida va azamatli bahorni bir gul osonligida va mezonli ziynatida va zamin sahifasida uch yuz ming hashr va nashrning namuna va misollarini ko’rsatgan uch yuz ming kitob hukmidagi nabotot va hayvonot toifalarini (unda) yozadi, barobar va bir-biri ichida adashmasdan, chalkash ekan chalkashtirmasdan, bir-biriga o’xshamoq bilan barobar iltibossiz, sahvsiz, xatosiz, mukammal, muntazam, ma'nodor yozgan bir qalami qudrat bu azamati ichida hadsiz bir rahmat, nihoyatsiz bir hikmat bilan ishlagani kabi, ulkan koinotni bir xonasi kabi insonga musahhar va muzayyan va tafrish etish va u insonni xalifa-i zamin qilib va tog’ va ko’k va yer tahammulidan chekingan omonati kubroni unga berishi va boshqa zihayotlarga bir daraja zobitlik martabasi bilan mukarram qilishi va xitoboti Subhoniyasiga va suhbatiga musharraf aylashi bilan favquloda bir maqom bergani va butun samoviy farmonlarda unga saodati abadiyani va baqo-i uxroviyani qat'iy va'da bergani va ahd qilgani holda, albatta va hech bir shubha bo’lmaydiki: Bahor qadar qudratiga oson bo’lgan dori saodatni u mukarram va musharraf insonlar uchun ochadi va ijod qiladi va hashr va qiyomatni keltiradi deya "Muhyi" va "Mumit" va "Hayy" va "Qayyum" va "Qodir" va "Alim" ismlari Xoliqimizdan so’raganimizda javob beryaptilar.

Ha, har bahorda butun daraxtlarni va o’tlarning ildizlarini aynan ihyo va nabotiy va hayvoniy uch yuz ming nav hashrning va nashrning namunalarini ijod qilgan bir qudrat, Muhammad va Muso Alayhimussalotu Vassalamlarning har birining ummati o’tkazgan ming yillik zamon qarshi-qarshiga xayolan keltirilib qaralsa, hashrning va nashrning ming misolini va ming dalilini ikki ming bahorda

{(Hoshiya) Sobiq har bir bahor qiyomati bo’lgan, o’lgan va qarshisidagi bahor uning hashri hukmidadir.}

ko’rsatgani ko’riladi. Va bunday bir qudratdan hashri jismoniyni uzoq ko’rish ming daraja ko’rlik va aqlsizlikdir.

Ham modomiki navi basharning eng mashhurlari bo’lgan bir yuz yigirma to’rt ming payg’ambarlar ittifoq bilan saodati abadiyani va baqo-i uxroviyani Janobi Haqning minglab va'da va ahdlariga istinodan e'lon qilib mo’'jizalari bilan to’g’ri bo’lganliklarini isbot qilganlari kabi, hadsiz ahli valoyat kashf bilan va zavq bilan ayni haqiqatga imzo bosyaptilar. Albatta, u haqiqat quyosh kabi zohir bo’ladi, shubha qilgan devona bo’ladi. Ha, bir fanda va bir san'atda mutaxassis bir-ikki zotning u fan va u san'atga oid hukm chiqarishlari va fikrlari unda ixtisosi bo’lmagan ming odamning, hatto ular boshqa fanlarda olim va ahli ixtisos ham bo’lsalar, muxolif fikrlarini hukmdan isqot qilganlari kabi, bir masalada, masalan, ramazon hilolini yavmi shakda isbot qilish va "Sut konservalariga o’xshagan hindiston yong’oqi bog’i ro’yi zaminda bor" deya da'vo qilishda ikki isbot qiluvchi ming inkor qiluvchi va rad qiluvchilarga g’alaba qilib da'voni qozonadilar. Chunki isbot qilgan yolg’iz bir hindiston yong’oqini va yoxud yerini ko’rsatsa, osonlik bilan da'voni qozonadi. Uni rad va inkor qilgan butun ro’yi zaminni qidirish, titkilash bilan hech bir yerda bo’lmaganini ko’rsatish bilan da'vosini isbot qilib bilganligi kabi, Jannatni va dori saodatni ixbor va isbot qilgan yolg’iz bir izini, kinodagi kabi kashfan bir soyasini, bir tarashshuhini ko’rsatish bilan da'voni yutib chiqqani holda, uni rad va inkor qilgan butun koinotni va azaldan abadga qadar zamonlarni ko’rish va ko’rsatish bilan faqat inkorini va raddini isbot bilan da'voni yutib chiqadi. Va bu ahamiyatli sirdandirki, xususiy bir yerga qaramagan va iymoniy haqiqatlar kabi umum koinotga qaragan radlar, inkorlar (zotida mahol bo’lmaslik sharti bilan) isbot qilinmaydi deya ahli tahqiq ittifoq qilib bir dasturi asosiy deb qabul qilganlar.

Xullas, bu qat'iy haqiqatga binoan, minglab faylasuflarning muxolif fikrlari bunday iymoniy masalalarda birgina muxbiri sodiqqa qarshi hech bir shubha, hatto vasvasa bermasliklari lozim ekan, bir yuz yigirma ming isbot qiluvchi ahli ixtisos va muxbiri sodiq va hadsiz va nihoyatsiz musbit va mutaxassis ahli haqiqat va asxobi tahqiq ittifoq etgan arkoni iymoniyada aqli ko’ziga tushgan, qalbsiz, ma'naviyatdan uzoqlashgan, ko’rlashgan bir nechta faylasufning inkorlari bilan shubhaga tushishning qay daraja ahmoqlik va devonalik bo’lganini qiyos qilinglar.

Ham modomiki ko’zimiz bilan, kunduz kabi ham nafsimizda, ham atrofimizda bir rahmati omma va bir hikmati shomila va bir inoyati doima mushohada etyapmiz va dahshatli bir saltanati rububiyat va diqqatli bir adolati oliya va izzatli ijrooti jaloliyaning osorini va jilvalarini ko’ryapmiz. Hatto bir daraxtning mevalari va gullalari sanog’icha u daraxtga hikmatlar taqqan bir hikmat va har bir insonning jihozoti va hissiyoti va quvvalari adadicha ehsonlarni, in'omlarni unga bog’lagan bir rahmat va qavmi Nuh va Hud va Solih Alayhimussalom va qavmi Od va Samud va Fir'avn kabi osiy millatlarni kaltaklagan va eng kichik bir zihayotning haqqini muhofaza qilgan izzatli va inoyatli bir adolat va

وَمِنْ اٰيَاتِه۪ٓ اَنْ تَقُومَ السَّمَٓاءُ وَالْاَرْضُ بِاَمْرِه۪ ثُمَّ اِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةً مِنَ الْاَرْضِ اِذَٓا اَنْتُمْ تَخْرُجُونَ

oyati azamatli bir ijoz bilan deydi:

Qandayki ikki qarorgohda yotgan va turgan mute' askarlar bir qo’mondonning chaqirishi bilan qurol boshiga va vazifa boshiga sur ovozi bilan yig’ilishgani kabi, aynan shuningdek, bu ikki qarorgohning misolida va amrga itoatida ulkan samovot va kura-i arz Sultoni Azaliyning askarlariga ikki mute' qarorgoh kabi, qay vaqt Hazrat Isrofil Alayhissalomning suri bilan u qarorgohda o’lim bilan yotganlar chaqirilsa, darhol jasad liboslarini kiyib tashqari otilib chiqishlarini isbot qilib ko’rsatgan har bahorda arz qarorgohi ichidagilar malagi ra'dning suri bilan ayni vaziyatni ko’rsatishi bilan nihoyatsiz azamati tushunilgan bir saltanati rububiyat; albatta va albatta va har holda va hech shubha keltirmaydiki, O’ninchi So’zda isbotiga binoan, u rahmat va hikmat va inoyat va adolat va saltanati sarmadiya g’oyat qat'iy istagan dori oxirat va doira-i hashr va nashr ochilmasligi bilan u nihoyatsiz jamoli rahmat nihoyatsiz bir xunuk marhamatsizlikka inqilob etishi va u hadsiz kamoli hikmat hadsiz qusurli abasiyatga va foydasiz isrofotga aylanishi va g’oyat shirin inoyat g’oyat achchiq xiyonatlarga o’zgarishi va u g’oyat mezonli va haqqoniyatli adolat g’oyat shiddatli zulmlarga almashinishi va u g’oyat darajada muhtasham va quvvatli saltanati sarmadiya sukut etishi va hashrning kelmasligi bilan butun haybati yo’qolishi va kamoloti rububiyati ojizlik va qusur bilan bulg’angan bo’lishi, hech bir jihati imkoni yo’q, hech bir aql ehtimol bermaydi, yuz mahol ichida birdan bo’ladi, doira-i imkon xorijida botil va imkonsizdir. Chunki nozanin va nozdor oziqlantirgan va aql va qalb kabi jihozot bilan saodati abadiyaga va oxiratda baqo-i doimiyga ishtiyoq hissini bergani holda uni abadiy i'dom etish naqadar zulmli bir marhamatsizlik va uning yolg’iz miyasiga yuzlab hikmatlar va foydalar taqqani holda uni tirilmaslik maqsadida butun jihozotini va minglab foydalari bo’lgan iste'dodotini oqibatsiz bir o’lim bilan foydasiz, natijasiz, hikmatsiz butun-butun isrof qilish qay daraja xilofi hikmat va minglab va'da va ahdlarini bajarmaslik bilan, xosho, ojizligini va johilligini ko’rsatish naqadar u hashmati saltanatga va u kamoli rububiyatga ziddir, har zishuur anglaydi. Bularga qiyosan inoyat va adolatni tatbiq ayla.

Xullas, Xoliqimizdan so’raganimiz oxiratga doir savolimizga "Rahmon" va "Hakim" va "Adl" va "Karim" va "Hokim" ismlari mazkur haqiqat bilan javob beryaptilar, shaksiz, shubhasiz, quyosh kabi oxiratni isbot qilyaptilar.

Ham modomiki biz ko’zimiz bilan ko’ryapmiz: Shunday ihotali va azamatli bir hofiziyat hukm qiladiki, zihayot hamma narsaning va har hodisaning ko’p suratlarini va bajargan fitriy vazifasining daftarini va asmo-i Ilohiyaga qarshi lisoni hol bilan tasbehotiga doir sahifa-i a'molini misoliy lavhalarda va urug’larida va danakchalarida va lavhi mahfuzning namunachalari bo’lgan quvva-i hofizalarida va ayniqsa insonning miyasidagi juda katta va juda kichik kutubxonasi bo’lgan quvva-i hofizasida va boshqa moddiy va ma'naviy aks etish oynalarida qayd qiladi, yozdiradi; zabt qilib muhofaza ostiga oladi.

Keyin mavsumi kelishi bilan butun u ma'naviy yozuvlarni moddiy bir tarzda ham ko’zimizga ko’rsatib millionlarcha misollar va dalillar va namunalar quvvati bilan

وَ اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ

oyatidagi eng ajib bir haqiqati hashriyani qudratning bir guli bo’lgan har bahor o’zining guli akbarida milliardlab til bilan koinotga e'lon qiladi. Va boshda navi inson bo’lib butun zihayotlar va butun ashyo fanoga tushish va adamga sukut etish va hechlikda mahv bo’lish va boshda navi bashar bo’lib zihayotlar i'dom etilish uchun yaratilmaganlar. Balki baqoga taraqqiy bilan va davomga tasaffi bilan va sarmadiy vazifaga iste'dodi bilan kirish uchun yaratilganliklarini g’oyat quvvatli isbot qiladi.

Ha, har bahorda mushohada etyapmizki: Kuz mavsumi qiyomatida vafot qilgan hadsiz nabotot bahor hashrida har bir daraxt, har bir ildiz, har bir urug’, har bir danak

وَ اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ

oyatini o’qib bir ma'nosini, bir fardini o’z tili bilan, o’tgan yillarda bajargan vazifaning misollari bilan tafsir qilib u azamatli hofiziyatga shahodat qiladi.

هُوَ الْاَوَّلُ وَالْاٰخِرُ وَالظَّاهِرُ وَالْبَاطِنُ

oyatidagi to’rt muazzam haqiqatlarni hamma narsada ko’rsatib hofiziyatni a'zamiy darajada va hashrni bahor osonligida va qat'iyligida bizlarga dars beradi. Ha, bu to’rt ismning jilvalari eng juz'iydan eng kulliyga qadar jarayon qiladilar. Masalan: Qandayki bu daraxtning manbai bo’lgan bir urug’ اَلْاَوَّلُ ismiga mazhariyat bilan u daraxtning g’oyat mukammal dasturini va ijodining nuqsonsiz jihozotini va tashakkulining butun shartlarini jamlagan bir qutichadirki, hofiziyatning azamatini isbot qiladi.

وَالْاٰخِرُ ismiga mazhar bo’lgan mevasi esa urug’lari bilan u daraxt bajargan butun fitriy vazifalarining mundarijasini va amallarining ro’yxatini va hayoti soniyasining dasturlarini ichiga olgan bir sanduqchadirki, a'zamiy darajada hofiziyatga shohidlik qiladi.

وَالظَّاهِرُ ismiga mazhar bo’lgan u daraxtning surati jismoniyasi esa, shunday tanosubli va san'atli va bezalgan bir kiyim, bir libos va boshqa-boshqa naqshlar va ziynatlar va porloq nishonlar bilan tazyin etilgan; go’yo yetmish rangli bir huriy ko’ylagidirki, hofiziyat ichida azamati qudrat va kamoli hikmat va jamoli rahmatni ko’zlarga ko’rsatadi.

وَالْبَاطِنُ ismiga oyna bo’lgan u daraxtning ichidagi uskunasi esa, shunday muntazam va mukammal va mo’'jizotli bir fabrika, bir dastgoh, bir kimyoxona va hech bir shoxni va mevani va yaproqni ozuqasiz qoldirmagan mezonli bir qozoni arzoqdirki, hofiziyat ichida kamoli qudrat va adolat va jamoli rahmat va hikmatni quyosh kabi isbot qiladi.

Aynan shuning kabi, kura-i arz yillik mavsumlar jihatidan bir daraxtdir. Ismi Avval jilvasi bilan kuz mavsumida hofiziyatga omonat qilingan butun danaklar va urug’lar bahor choyshabini kiygan zamin yuzining milliardlab shox, shoda, meva bergan va gul ochgan daraxtining tashkilotiga doir Ilohiy amrlarning majmuachalari va qadardan kelgan dasturlarning ro’yxatlari va o’tgan yozda bajargan vazifalarining kichkina sahifa-i amallari va daftari xizamotidirki, bilbedaho bir Hofizi Zuljaloli Val Ikromning hadsiz qudrat, adolat, hikmat, rahmat bilan ishlaganini ko’rsatadi.

Va yillik zamin daraxtining oxiri esa, ikkinchi kuzda u daraxt bajargan butun vazifalarini va asmo-i Ilohiyaga qarshi qilgan butun fitriy tasbehotlarini va kelasi bahor hashrida nashr bo’la olgan butun sahaifi a'mollarini zarracha va kichkina qutichalarning ichiga qo’yib, Hofizi Zuljalolning dasti hikmatiga taslim qiladi. هُوَ الْاٰخِرُ ismini hadsiz tillar bilan koinot yuzida o’qiydi.

Va bu daraxtning zohiri esa hashrning uch yuz ming misollarini va alomatlarini ko’rsatgan uch yuz ming kulliy va turli-tuman gullar ochib hadsiz rahmoniyat va razzoqiyat va rahimiyat va karimiyat dasturxonlarini yozib zihayotlarga ziyofatlar berish bilan هُوَ الظَّاهِرُ ismini mevalari, gullari, taomlari sanog’icha lisonlar bilan zikr qilib madhu sano etadi, kunduz kabi

وَ اِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ

haqiqatini ko’rsatadi.

Bu muhtasham daraxtning botini esa hadsiz va hisobsiz muntazam uskunalarni va mezonli fabrikalarni kamoli diqqat va intizom bilan ishlattirgan shunday bir qozon va dastgohdirki, bir dirhamdan ming botmon taomlarni pishiradi, ochlarga yetishtiradi. Va shunday bir mezon va diqqat bilan ishlaydiki, zarra qadar tasodifning qo’shilishiga bir yer qoldirmaydi. هُوَ الْبَاطِنُ ismini zaminning ich yuzi bilan, yuz ming til bilan tasbeh aytgan ba'zi maloika kabi yuz ming tarzlarda e'lon qilib isbot qiladi.

Ham arz yillik hayoti e'tibori bilan bir daraxt bo’lgani va u to’rt ism ichida hofiziyatni va u bilan hashr eshigiga bir kalit qilgani kabi, aynan shunga o’xshab, dahriy va dunyo hayoti jihati bilan yana mevalari oxirat bozoriga yuborilgan bir muntazam daraxtdir. Va u to’rt ismga shunday bir mazhar, bir oyna va oxiratga ketgan bir yo’l ochadiki, kengligini ihotaga va ta'birga aqlimiz yetmaydi. Yolg’iz bu qadar deymiz: Qandayki bir soatning soniyalarni va daqiqalarni va soatlarni va kunlarni sanagan haftalik soatning millari bir-biriga o’xshaydi, bir-birini isbot qiladi. Soniyalarning harakatini ko’rgan boshqa charxlarning harakatlarini tasdiq qilishga majbur bo’ladi. Aynan shuning kabi, samovot va arzning Xoliqi Zuljalolining bir soati akbari bo’lgan bu dunyoning soniyalarini sanagan kunlar va daqiqalarini hisoblagan yillar va soatlarini ko’rsatgan asrlar va kunlarini bildirgan davrlar bir-biriga o’xshaydi, bir-birini isbot qiladi. Va bu kechaning nahori va bu qishning bahori qat'iyligida foniy dunyoning zim-ziyo qishining boqiy bir bahori va sarmadiy bir nahori kelishini hadsiz alomatlar bilan xabar beradi deya Hofiz ismi bilan

هُوَ الْاَوَّلُ وَالْاٰخِرُ وَالظَّاهِرُ وَالْبَاطِنُ

ismlari biz Xoliqimizdan so’ragan hashr masalasiga mazkur haqiqat bilan javob beryaptilar.

Ham modomiki ko’zimiz bilan ko’ryapmiz va aqlimiz bilan tushunyapmizki; inson shu koinot daraxtining eng oxirgi va eng jam'iyatli mevasi va haqiqati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalam tomoni bilan urug’i asliysi va koinot Qur'onining oyati kubrosi va ismi a'zamni tashigan oyat-ul kursiysi va koinot saroyining eng mukarram musofiri va u saroydagi boshqa yashovchilarda tasarrufga iznli eng faol ma'muri va koinot shahrining zamin mahallasining bog’ida va ekinzorida voridot va sarfiyotiga va ekish va ekilishiga nazoratga ma'mur va yuzlab fanlar va minglab san'atlar bilan tajhiz etilgan eng shovqinli va mas'uliyatli naziri va koinot o’lkasining arz mamlakatida Podshohi Azal va Abadning g’oyat diqqat ostidagi bir mufattishi, bir navi xalifa-i arzi va juz'iy va kulliy harakoti qayd qilingan bir mutasarrifi va samo va arz va tog’ning ko’tarishdan chekinganlari omonati kubroni bo’yniga olgan va oldida ikki ajib yo’l ochilgan, bir yo’lda zihayotning eng badbaxti va boshqasida eng baxtiyori, juda keng bir ubudiyat bilan mukallaf bir abdi kulliy va koinot sultonining ismi a'zamiga mazhar va butun asmosini eng jamlovchi bir oynasi va xitoboti Subhoniyasiga va so’zlashuvlariga eng tushunadigan bir muxotobi xossi va koinotning zihayotlari ichida eng ziyoda ehtiyojlisi va hadsiz faqirligi bilan va ojizligi bilan barobar hadsiz maqsadlari va orzulari va nihoyatsiz dushmanlari va uni ranjitgan zararli narsalari bo’lgan bir bechora zihayoti va iste'dod jihatidan eng boyi va lazzati hayot jihatidan eng mutaallimi va lazzatlari dahshatli alamlar bilan aluda va baqoga eng ziyoda mushtoq va muhtoj va eng ko’p loyiq va haqdor va davomni va saodati abadiyani hadsiz duolari bilan istagan va yolvorgan va butun dunyo lazzatlari unga berilsa, uning baqoga qarshi orzusini qonirtirmagan va unga ehsonlar qilgan zotni parastish darajasida sevgan va sevdirgan va sevilgan juda horiqo bir mo’'jiza-i qudrati Samadoniya va bir ajuba-i xilqat va koinotni ichiga olgan va abadga ketish uchun yaratilganiga butun jihozoti insoniyasi guvohlik qilgan.. bunday yigirmata kulliy haqiqatlar bilan Janobi Haqning Haq ismiga bog’langan va eng kichik zihayotning eng juz'iy ehtiyojini ko’rgan va niyozini eshitgan va fe'lan javob bergan Hofizi Zuljalolning Hofiz ismi bilan mutamodiyan amallari qayd qilingan va koinotni aloqador qiladigan af'ollari u ismning kotibini kiromlari bilan yozilgan va hamma narsadan ziyoda u ismning nazari diqqatiga mazhar bo’lgan bu insonlar, albatta va albatta va har holda va hech bir shubha keltirmaski, bu yigirmata haqiqatning hukmi bilan, insonlar uchun bir hashr va nashr bo’ladi va Haq ismi bilan avvalgi xizmatlarining mukofotini va qusurotining mujozotini chekadi. Va Hofiz ismi bilan juz'iy-kulliy qayd ostiga olingan har amalidan hisobga va so’roqqa tortiladi. Va dori baqoda saodati abadiya ziyofatgohining va shaqovati doima hibsxonasining eshiklari ochiladi. Va bu olamda ko’p toifalarga qo’mondonlik qilgan va aralashgan va ba'zan aralashtirgan bir zobit tuproqqa kirib har amalidan so’roq qilinmaslik va uyg’ottirilmaslik maqsadi bilan yotib saqlanilmaydi.

Bo’lmasa chivinning ovozini eshitib haqqi hayotini berish bilan fe'lan javob bergani holda, momaqaldiroq quvvatidagi baqoga oid hadsiz huquqi insoniyaning mazkur yigirmata haqiqatlar lisonlari bilan qilingan va arshni va farshni larzaga solgan duolarini eshitmaslik va u hadsiz huquqni zoye qilish va chivin qanotining intizomi guvohligi bilan chivin qanoti qadar isrof qilmagan bir hikmat butun u haqiqatlar bog’langan insoniy iste'dodotni va abadga uzangan umidlarni va orzularni va u iste'dod va orzularni quvvatlantirgan koinotning juda ko’p robitalarini va haqiqatlarini butun-butun isrof qilish shunday bir haqsizlikdir va imkon xorijida va zolimona bir xunuklikdirki, "Haq" va "Hofiz" va "Hakim" va "Jamil" va "Rahim" ismlariga shahodat qilgan butun mavjudot uni rad qiladilar. Yuz daraja mahol va ming jihat bilan imkonsizdir deydilar. Xullas, biz Xoliqimizdan hashrga doir so’ragan savolimizga Haq, Hofiz, Hakim, Jamil, Rahim ismlari javob berib deydilar: "Biz haq va haqiqat bo’lganimiz kabi va ham bizga guvohlik qilgan mavjudotning tahaqquqi kabi, hashr haqdir va muhaqqaqdir. "

Ham modomiki... Yana yozar edim, faqat quyosh kabi ma'lum bo’lganidan tugatdim. Xullas, o’tgan misollarda va modomikilardagi moddalarga qiyosan, Janobi Haqning yuz, balki ming asmosining koinotga qaragan ismlarining har birisi, qandayki mavjudotdagi oyna va jilvalari bilan musammosini badohat bilan isbot qiladilar. Aynan shuning kabi, hashrni va dori oxiratni ham ko’rsatadilar va qat'iylik bilan isbot qiladilar.

Ham qanday Xoliqimizdan so’ragan savolimizga u Robbimiz butun farmonlari bilan va nozil qilgan butun kitoblari bilan va musammo bo’lgan aksar ismlari bilan bizga qudsiy va qat'iy javob beryapti. Aynan shuning kabi, maloikalari bilan va ularning tili bilan yana boshqa bir tarzda dediradi:

"Sizning zamoni Odamdan beri ham ruhoniylar bilan, ham bizlar bilan ko’rishishingizning yuzlab tavotur quvvatida hodisalari bor va bizning va ruhoniylarning vujudlariga va ubudiyatlariga dalolat qilgan hadsiz alomat va dalillar bor. Va biz oxirat mehmonxonalarida va ba'zi doiralarida kezganimizni, bir-birimizga mutobiq bo’lib sizning qo’mondonlaringiz bilan ko’rishganimiz zamon aytganmiz va ham doimo aytamiz. Albatta, bu kezganimiz boqiy va mukammal mehmonxonalar va bu mehmonxonalarning orqalarida tafrish va tazyin etilgan saroylar va manzillar, hech shubhamiz yo’qdirki, g’oyat ahamiyatli musofirlarni u yerlarda joylashtirish uchun kutyaptilar. Sizga qat'iy bayon qilyapmiz", deya savolimizga javob beryaptilar.

Ham modomiki Xoliqimiz bizga eng buyuk muallim va eng mukammal ustoz va adashmas va adashtirmas eng to’g’ri rahbar o’laroq Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni tayin qilgan. Va eng oxirgi elchi qilib yuborgan. Biz ham ilmalyaqiyn martabasidan aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn martabalariga taraqqiy va takammul etish uchun hamma narsadan avval bu ustozimizdan Xoliqimizdan so’ragan savolimizni so’rashimiz lozim bo’ladi. Chunki u zot Xoliqimiz tarafidan har biri bittadan nishona-i tasdiq bo’lgan ming mo’'jizoti bilan Qur'onning bir mo’'jizasi bo’lib Qur'onning haq va kalomulloh bo’lganini isbot qilgani kabi; Qur'on ham qirq nav i'joz bilan u zotning bir mo’'jizasi bo’lib, Uning to’g’ri va rasululloh ekanini isbot qilib ikkisi barobar, biri olami shahodat lisoni (butun hayotida butun anbiyo va avliyoning tasdiqlari ostida), boshqasi olami g’ayb lisoni (butun samoviy farmonlarning va koinot haqiqatlarining tasdiqlari ichida), minglab oyoti bilan da'vo va isbot qilgan haqiqati hashriyalari albatta quyosh va kunduz kabi bir qat'iylikdadir.

Ha, hashr kabi eng ajib va eng dahshatli va tavri aqlning xorijida bir masala, faqat va faqat bunday horiqo ikki ustozning darslari bilan hal qilinadi, tushuniladi.

Eski zamon payg’ambarlari ummatlariga Qur'on kabi izohot bermaganlarining sababi, u davrlar basharning badaviyat va bolalik davri bo’lishidir. Ibtidoiy darslarda izoh kam bo’ladi.

Alhosil: Modomiki Janobi Haqning aksar ismlari oxiratni iqtizo etib istaydilar. Albatta, u ismlarga dalolat qilgan butun hujjatlar bir jihatdan oxiratning tahaqquqiga ham dalolat qiladilar. Va modomiki maloikalar oxiratning va olami baqoning doiralarini ko’rganliklarini xabar beryaptilar. Albatta, maloika va ruhlarning va ruhoniyotning vujud va ubudiyatlariga guvohlik qilgan dalillar, bilvosita oxiratning vujudiga ham dalolat qiladilar. Va modomiki Muhammad Alayhissalotu Vassalamning butun hayotida vahdoniyatdan so’ngra eng doimiy da'vosi va muddaosi va asosi oxiratdir. Albatta u zotning nubuvvatiga va sidqiga dalolat qilgan butun mo’'jizalari va hujjatlari, bir jihatdan, bilvosita oxiratning tahaqquqiga va kelishiga shahodat qiladilar. Va modomiki Qur'onning to’rtdan birisi hashr va oxiratdir va ming oyoti bilan uning isbotiga harakat qiladi va uni xabar beradi. Albatta, Qur'onning haqqoniyatiga shahodat va dalolat qilgan butun hujjatlari va dalillari va burhonlari, bilvosita oxiratning vujudiga va tahaqquqiga va ochilishiga ham dalolat va shahodat qiladilar.

Xullas qara, bu rukni iymoniy naqadar quvvatli va qat'iy bo’lganini ko’r.

* * *

Sakkizinchi Masalaning Bir Xulosasi

Yettinchida hashrni ko’p maqomotdan so’ragan bo’lar edik. Faqat Xoliqimizning ismlari bilan bergan javobi shu daraja quvvatli yaqiyn va qanoat berdiki, ortiq boshqa so’roqlarga ehtiyoj qoldirmaganidan, u yerda tugatdik. Hozir bu masalada oxiratga iymonning ham oxirat saodatiga, ham dunyo saodatiga doir ta'minlagan foydalar va natijalaridan yuzdan biri xulosa qilinadi. Saodati uxroviyaga oid qismi, Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning izohoti boshqa hech bir bayonga ehtiyoj qoldirmagan, uni unga havola qilib va saodati dunyoviyaga oid qismning izoh jihatini Risola-i Nurga qoldirib, yolg’iz qisqa bir xulosa bilan insonning hayoti shaxsiya va hayoti ijtimoiyasiga oid yuzlab natijalaridan uch-to’rttasini bayon qilamiz.

Birinchisi:Inson boshqa hayvonotdan farqli o’laroq, xonasi bilan aloqador bo’lgani kabi, dunyo bilan aloqadordir va aqoribi bilan munosabatdor bo’lgani kabi, navi bashar bilan ham jiddiy va fitriy munosabatdordir. Va dunyoda muvaqqat baqosini orzulagani kabi, bir dori abadiyda baqosini ishq darajasida orzu qiladi. Va me'dasining g’ido ehtiyojini ta'minlashga uringani kabi, dunyo qadar keng, balki abadga qadar uzangan dasturxonlarni va g’idolarni aql va qalb va ruh va insoniyat me'dalari uchun ta'minlashga fitratan majburdir, tirishadi. Va shunday orzulari va matlablari borki, abadiy saodatdan boshqa hech narsa ularni qoniqritmaydi. Hatto O’ninchi So’zda ishorat qilingani kabi, bir zamon kichikligimda xayolimdan so’radim: "Senga bir million yil umr va dunyo saltanati berilishini, faqat keyin adamga va hechlikka tushishni istaysanmi? Bo’lmasa boqiy, faqat oddiy va mashaqqatli bir vujudni istaysanmi?", dedim. Qaradim, ikkinchisini orzulab, birinchisidan "oh" chekdi. "Jahannam bo’lsa ham, baqo istayman", dedi.

Xullas, modomiki mohiyati insoniyaning bir xizmatkori bo’lgan quvva-i xayoliyani bu dunyo lazzatlari qoniqritmaydi. Albatta, g’oyat jamlovchi mohiyati insoniya abadiyat bilan fitratan aloqadordir. Xullas, shu hadsiz orzu va umidlar bilan bog’liq bo’lgani holda, sarmoyasi bir juz'iy juzi ixtiyoriy va faqri mutlaq bir insonga oxiratga iymon qay daraja quvvatli va kifoya va yetarli bir xazina, bir madori saodat va lazzat, bir madori istimdod, bir marji' va dunyoning hadsiz g’amlariga qarshi bir madori tasalli bo’lishi shunday bir meva va foydadirki, uni qozonish yo’lida dunyo hayotini fido qilsa, yana arzondir.

Ikkinchi mevasi va hayoti shaxsiyaga qaragan bir foydasi:

Uchinchi masalada izohlangan va Yoshlarga Rahnamoda bir hoshiya bo’lgan juda ahamiyatli bir natijadir.

Ha, har bir insonning har zamon o’ylagan eng ahamiyatli andishasi, mozoristonga kirgan o’zining do’stlari va aqrabolari kabi o’sha i'domxonaga kirish holatidir. Birgina do’sti uchun ruhini fido qilgan u bechora insonning minglab, balki millionlab, milliardlab do’stlari abadiy bir ayriliq ichida i'dom bo’lishlarini tavahhum etib Jahannam azobidan yomonroq bir alam o’sha o’ylash uchidan ko’ringan vaqt oxiratga iymon keldi, ko’zini ochtirdi va pardani ko’tardi. "Qara", dedi. U iymon bilan qaradi. Jannat lazzatidan xabar bergan bir lazzati ruhoniyani u do’stlari abadiy o’limlardan va chirishlardan xalos bo’lib, masrurona bir nuroniy olamda uni ham kutish vaziyatini mushohadasi bilan oldi. Risola-i Nurda bu natija hujjatlar bilan izohiga kifoyalanib tugatamiz.

Hayoti shaxsiyaga oid uchinchi bir foydasi:

Insonning boshqa zihayotlar ustidagi ustunligi va rutbasi esa, yuksak xislatlari va jam'iyatli iste'dodlari va kulliy ubudiyatlari va keng vujudiy doiralari e'tibori bilandir. Holbuki u inson ham ma'dum, ham o’lik, ham qorong’ilik bo’lgan o’tmish va kelajak zamonlarining o’rtasida siqilgan bir qisqa zamon bo’lgan hozirgi vaqtning miqyosi bilan, o’lchovi bilan hamiyati, muhabbati, qardoshligi, insoniyligi kabi xislatlar oladi.

Masalan, oldin tanimagan va ayrilgandan keyin ham hech ko’rolmaydigan otasini, ukasini, xotinini, millatini va vatanini sevadi, xizmat qiladi. Va to’liq sadoqatga va ixlosga kamdan-kam muvaffaq bo’lishi mumkin. U nisbatda kamoloti va xislatlari kichrayadi. Hayvonlarning eng ulviysi emas, balki aksiga aql jihati bilan eng bechorasi va pasti bo’lish vaziyatiga tushish paytida oxiratga iymon yordamga yetishadi. Mozor kabi tor zamonini o’tmish va kelajak zamonlarini ichiga olgan juda keng bir zamonga aylantiradi. Va dunyo qadar, balki azaldan abadga qadar bir doira-i vujud ko’rsatadi. Otasini dori saodatda va olami arvohda ham otalik munosabati bilan va ukasini to abadga qadar uxuvvatini o’ylashi bilan va xotinini Jannatda ham eng go’zal bir rafiqa-i hayoti bo’lganini bilishi jihati bilan sevadi, hurmat qiladi, marhamat etadi, yordam beradi. Va u katta va keng doira-i hayotda va vujuddagi munosabatlar uchun bo’lgan ahamiyatli xizmatlarni dunyoning qiymatsiz ishlariga va juz'iy g’arazlariga va manfaatlariga vosita qilmaydi. Jiddiy sadoqatga va samimiy ixlosga muvaffaq bo’lib, kamoloti va axloqlari u nisbatda, darajasiga ko’ra, yuksalishni boshlaydi. Insoniyati yuksaladi. Hayot lazzatida chumchuqqa yetishmagan u inson butun hayvonot ustida koinotning eng muntahob va baxtiyor bir musofiri va Sohibi Koinotning eng mahbub va maqbul bir abdi bo’lishidir. Bu natija ham Risola-i Nurda hujjatlar bilan izohiga kifoyalanib tugatildi.

To’rtinchi bir foydasiki, insonning hayoti ijtimoiyasiga qaraydi.

Risola-i Nurdan To’qqizinchi Shuada bayon qilingan u natijaning bir xulosasi shudir:

Navi insonning to’rtdan birini tashkil qilgan bolalar oxirat iymoni bilan insonday yashay oladilar va insoniyatning iste'dodlarini tashiy oladilar. Bo’lmasa aliym andishalar ichida o’zini uxlattirish va unuttirish uchun bolalar o’yinchoqlari bilan, yaramas bir hayot bilan yashaydilar. Chunki har vaqt atrofida u kabi bolalarning o’lishi bilan uning nozik aqlida va kelajakda uzun orzularni tashigan zaif qalbida va muqovamatsuz ruhiga shunday bir ta'sir qiladiki, hayotni va aqlni u bechoraga uskuna-i azob va iskanja qiladigan zamonda, oxirat iymonining darsi bilan, ko’rmaslik uchun o’yinchoqlar ostida ulardan saqlangan u andishalar o’rniga bir sevinch va mamnuniyat his qilib deydi: "Bu ukam yoki o’rtog’im o’ldi, Jannatning bir qushi bo’ldi. Bizdan yanada yaxshi zavq qiladi, kezadi. Va volidam o’ldi, faqat rahmati Ilohiyaga ketdi, yana meni Jannatda quchog’iga olib erkalaydi va men ham u shafqatli onajonimni ko’raman", deb insoniyatga loyiq bir tarzda yashay oladi.

Ham insonning to’rtdan birini tashkil qilgan keksalar yaqinda hayotlarining so’nishiga va tuproqqa kirishlariga va go’zal va sevimli dunyolarining yopilishiga qarshi tasallini faqat va faqat oxirat iymonida topa oladilar. Bo’lmasa u marhamatli muhtaram otalar va fidokor shafqatli onalar shunday bir vovaylo-i ruhiy va bir dag’dag’a-i qalbiy chekardilarki, dunyo ularga ma'yusona bir zindon va hayot iskanjali bir azob bo’lar edi. Faqat oxirat iymoni ularga deydi: "Tashvishlanmang, sizning abadiy bir yoshligingiz bor, keyingi va porloq bir hayot va nihoyatsiz bir umr sizni kutyapti. Va yo’qotgan avlodingiz va qarindoshlaringiz bilan sevinchlar bilan ko’rishasiz. Va qilgan barcha yaxshiliklaringiz muhofaza qilingan, mukofotlarini ko’rasiz" deya, iymoni oxirat ularga shunday bir tasalli va inshiroh beradiki, har birining yuz keksalik birdan boshlarida to’plansa, ularni ma'yus qilmaydi.

Navi insonning uchdan birini tashkil qilgan yoshlar, havasotlari g’alayonda, hissiyotga mag’lub, jur'atkor aqllarini har vaqt boshlariga olmagan u yoshlar oxirat iymonini yo’qotsalar va Jahannam azobini eslamasalar, hayoti ijtimoiyada ahli nomusning moli va irzi va zaif va keksalarning rohati va haysiyati tahlikada qoladi. Ba'zi bir daqiqa lazzat uchun bir mas'ud xonadonning saodatini mahv etadi va bu kabi hibsda to’rt-besh yil azob chekadi, yirtqich bir hayvon hukmiga o’tadi. Agar iymoni oxirat uning yordamiga kelsa, tezda aqlini boshiga oladi. "Garchi hukumat ayg’oqchilari meni ko’rmayaptilar va men ulardan saqlana olaman, faqat Jahannam kabi bir zindoni bo’lgan bir Podshohi Zuljalolning maloikalari meni ko’ryaptilar va yomonliklarimni qayd qilyaptilar. Men sohibsiz emasman va vazifador bir yo’lovchiman. Men ham ular kabi keksa va zaif bo’laman" deya birdan zulman tajovuz qilish istagan odamlarga qarshi bir shafqat, bir hurmat his qilishni boshlaydi. Bu ma'noning ham Risola-i Nurda burhonlari bilan izohiga kifoyalanib tugatamiz.

Ham navi basharning ahamiyatli bir qismi xastalar va mazlumlar va biz kabi musibatzadalar va faqirlar va og’ir jazo olgan mahbuslar, agar iymoni oxirat ularning yordamiga yetishmasa, har vaqt xastalikning eslatishi bilan ko’zining oldiga kelgan o’lim va intiqomini ololmagan va nomusini qo’lidan qutqarolmagan zolimning mag’rurona ihonati va katta musibatlarda behuda molini, avlodini yo’qotish bilan kelgan aliym ma'yusiyatni va bir-ikki daqiqa yoki bir-ikki soat zavq sababli besh-o’n yil bunday bir hibs azobini chekishdan kelgan g’amgin siqilish, albatta u bechoralarga dunyoni zindon va hayotni bir iskanjali azobga aylantiradi. Agar oxiratga iymon yordamlariga yetishsa, birdan ular nafas oladilar. Siqilishlari, ma'yusiyatlari va andishalari va intiqom hiddatlari daraja-i iymoniga ko’ra qisman va ba'zan tamoman zoil bo’ladi.

Hatto deyishim mumkinki: Mening va bir qism qardoshlarimning bu sababsiz hibsimizda va dahshatli musibatimizda, agar iymoni oxirat yordam bermasa edi, bir kun chidash o’lim qadar ta'sir qilib bizni hayotdan voz kechishga yo’naltirar edi. Faqat hadsiz shukr bo’lsin, mening jonim qadar sevgan juda ko’p qardoshlarimning bu musibatdan kelgan alamlarini ham chekkanim va ko’zim qadar sevganim minglab Risola-i Nur risolalari va mening zarrin va bezalgan va juda qiymatdor kitoblarimning ziyonlari va yig’lashlaridan taassuflarini chekkanim va eskidan beri oz bir ihonatni va tahakkumni ko’tarolmaganim holda, sizni qasam bilan ishontirib aytamanki: Iymoni bil-oxirat nuri va quvvati menga shunday bir sabr va bardosh va tasalli va matonat, balki mujohidona, foydali bir imtihon darsida kattaroq mukofotni qozonish uchun bir shavq berdiki, men bu risolaning boshida deganim kabi, o’zimni Madrasa-i Yusufiya unvoniga loyiq bir go’zal va xayrli bir madrasada deb bilaman. Ora-sira kelgan xastaliklar va keksalikdan nash'at etgan injiqliklar bo’lmasa edi, mukammal va rohati qalb bilan darslarim bilan ko’proq mashg’ul bo’lar edim. Nima bo’lganda ham... bu maqom munosabati bilan mavzudan chetga chiqildi, aybga buyurmaysiz.

Ham har insonning kichik bir dunyosi, balki kichik bir Jannati ham o’z oilasidir. Agar iymoni oxirat o’sha oilaning saodatida hukm qilmasa, u oila a'zolari, har biri shafqat va muhabbat va aloqadorligi darajasida aliym andishalar va azoblar chekadi. U Jannati Jahannamga aylanadi. Va yoxud muvaqqat vaqtichoqliklar va safohatlar bilan aqlini aldatib uxlatadi. Tuyaqush kabi ovchini ko’radi, qocholmaydi, ucholmaydi. Boshini qumga suqadi, toki ko’rinmasin, boshini g’aflatga suqadi, toki o’lim va zavol va firoq uni ko’rmasin. Devonalarcha, muvaqqat, ibtoli his navidan bir chora topadi. Chunki masalan: Volida ruhini fido qilgan avlodini doimo tahlikalarga ma'ruz ko’rishi bilan titraydi. Va padarini va ukasini yo’q bo’lmagan balolardan qutqarolmagan avlodlar, doimo bir g’am, bir qo’rqoqlik his qiladi. Bunga qiyosan, bu sertashvish, qarorsiz hayoti dunyoviyada u mas'ud deb o’ylangan oila hayoti ko’p jihatlar bilan saodatini yo’qotadi va qisqagina bir hayotdagi munosabat va yaqinlik ham haqiqiy sadoqatni va samimiy ixlosni va g’arazsiz bir xizmatni va muhabbatni bermaydi. Axloq u nisbatda kichrayadi, balki sukut etadi. Agar oxiratga iymon u xonadonga kirsa, birdan nurlantiradi, oralaridagi munosabat va shafqat va yaqinlik va muhabbat qisqa bir zamon o’lchovi bilan emas, balki dori oxiratda saodati abadiyada ham u munosabatlarning davomi o’lchovi bilan samimiy hurmat qiladi, sevadi, shafqat etadi, sadoqat ko’rsatadi, qusurlariga qaramaslik kabi axloqi yuksaladi. Haqiqiy insoniyat saodati u xonadonda boshlaydi inkishofni. Bu ma'no ham hujjatlar bilan Risola-i Nurda bayoniga binoan tugatildi.

Ham har bir shahar o’z aholisiga keng bir xonadondir. Agar iymoni oxirat u katta oila afrodida hukm qilmasa, go’zal axloqning asoslari bo’lgan ixlos, samimiyat, fazilat, hamiyat, fidokorlik, rizo-i Ilohiy, savobi uxroviy o’rniga g’araz, manfaat, soxtakorlik, xudgamlik, tasannu, riyo, pora, aldatish kabi hollar maydon oladi. Zohiriy osoyishtalik va insoniyat ostida anarxistlik va vahshat ma'nolari hukm suradi, u hayoti shahriya zaharlanadi. Bolalar yaramaslikni, yoshlar sarxushlikni, kuchlilar zulmni, keksalar yig’lashni boshlaydilar.

Bunga qiyosan, mamlakat ham bir xonadondir va vatan ham bir milliy oilaning xonadonidir. Agar iymoni oxirat bu keng xonadonlarda hukm sursa, birdan samimiy hurmat va jiddiy marhamat va porasiz muhabbat va yordam va hiylasiz xizmat va muosharat va riyosiz ehson va fazilat va anoniyatsiz buyuklik va maziyat u hayotda inkishofni boshlaydi. Bolalarga deydi: "Jannat bor, yaramaslikni tashla". Qur'on darsi bilan tamkin beradi. Yoshlarga deydi: "Jahannam bor, sarxushlikni tashla". Aqlni boshlariga keltiradi. Zolimga deydi: "Shiddatli azob bor, ta'zir yeysan". Adolatga boshini egdiradi. Keksalarga deydi: "Sening qo’lingdan chiqqan butun saodatlaringdan juda yuksak va doimiy bir uxroviy saodat va yangi, boqiy bir yoshlik seni kutyaptilar. Ularni qozonishga harakat qil". Yig’lashini kulishga aylantiradi. Bularga qiyosan juz'iy va kulliy har bir toifada husni ta'sirini ko’rsatadi, nurlantiradi. Navi basharning hayoti ijtimoiysi bilan aloqador bo’lgan jamiyatshunoslar va axloqshunoslarning quloqlari jaranglasin! Xullas, iymoni oxiratning minglab foydalaridan ishorat qilganimiz besh-olti namunalariga boshqalari qiyos qilinsa, qat'iy tushuniladiki, ikki jahonning va ikki hayotning madori saodati yolg’iz iymondir.

Risola-i Nurda Yigirma Sakkizinchi So’zda va boshqa risolalarida hashrning jismoniyati jihatidan kelgan zaif shubhalarga quvvatli javoblari bilan kifoyalanib bu yerda yolg’iz bir qisqa ishorat bilan deymizki: Asmo-i Ilohiyaning eng jam'iyatli oynasi jismoniyatdadir. Va xilqati koinotdagi maqosidi Ilohiyaning eng boyi va faol markazi jismoniyatdadir. Va ehsonoti Rabboniyaning eng ko’p turlari va rang-baranglari jismoniyatdadir. Va basharning ehtiyojot tillari bilan Xoliqiga qarshi duolarining va tashakkurotining eng kasratli danaklari yana jismoniyatdadir. Ma'naviyat va ruhoniyot olamlarining eng turli-tuman urug’lari yana jismoniyatdadir. Bularga qiyosan, yuzlab kulliy haqiqatlar jismoniyatda yig’ilganidan, Xoliqi Hakim zamin yuzida jismoniyatni ko’paytirish va mazkur haqiqatlarga mazhar aylash uchun shunday sur'atli va dahshatli bir faoliyat bilan to’da-to’da orqasiga mavjudotga vujud kiydiradi, u mashharga yuboradi. Keyin ularni tarhis etadi, boshqalarini yuboradi. Mutamodiyan koinot fabrikasini ishlattiradi. Jismoniy mahsulotni to’qib, zaminni oxiratga va Jannatga bir ko’chatzor bog’i hukmiga keltiradi. Hatto insonning jismoniy me'dasini mamnun qilish uchun u me'daning hol tili bilan baqosiga doir duosini kamoli ahamiyat bilan tinglab qabul qilib fe'lan javob berish uchun hadsiz va hisobsiz va yuz minglab tarzlarda va minglab turli-tuman lazzatlarda g’oyat san'atli taomlarni va g’oyat qiymatli ne'matlarni jismoniyatga ihzor etish, badohat bilan va shaksiz ko’rsatadiki, dori oxiratda Jannatning eng ko’p va eng mutanavvi' lazzatlari jismoniydir. Va saodati abadiyaning eng ahamiyatli va hamma istagan va unsiyat etgan ne'matlari jismoniydir.

Ajabo, hech bir jihati ehtimoli va imkoni bormiki, bu oddiy me'daning hol tili bilan baqo duosini qabul qilib nihoyatsiz mo’'jizotli moddiy taomlar bilan uni minnatdor qilib, har vaqt tasodifsiz, qasdiy o’laroq fe'lan javob bergan bir Qodiri Rahim, bir Alimi Karim koinotning eng ahamiyatli natijasi va arzning xalifasi va u Xoliqning guzidasi va parastishkori bo’lgan navi insonning insoniyat me'da-i kubrosi bilan kulliy va yuksak va doimo orzu qilgan va unsiyat etgan va fitratan istagan jismoniy lazzatlarni dori baqoda berilishiga doir hadsiz umumiy duolari qabul bo’lmasin va hashri jismoniy bilan fe'lan javob berilmasin, uni abadiy minnatdor qilmasin. Go’yo chivinning ovozini eshitsin, momaqaldiroqni eshitmasin. Va oddiy bir askarning kamoli ahamiyat bilan tajhizotiga qarasin, qo’shinga hech qaramasin, ahamiyat bermasin. Bu yuz daraja mahol va botildir. Ha,

وَ ف۪يهَا مَا تَشْتَه۪يهِ الْاَنْفُسُ وَ تَلَذُّ الْاَعْيُنُ

oyatining sarohati qat'iyasi bilan: Inson eng ziyoda unsiyat etgan va dunyoda namunasini totgan jismoniy lazzatlarni Jannatga loyiq bir tarzda ko’radi, totadi. Va lison, ko’z va quloq kabi a'zolar qilgan xolis shukrlar va xususiy ibodatlarning mukofotlari a'zolarga maxsus jismoniy lazzatlar bilan beriladi. Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon shu daraja jismoniy lazzatlarni sarih bir suratda bayon qiladiki, boshqa ta'villar bilan ma'noyi zohiriyni qabul qilmaslik imkon xorijidadir. Xullas, iymoni oxiratning mevalari va natijalari ko’rsatyaptilarki, qandayki a'zoyi insoniydan me'daning haqiqati va ehtiyojoti taomlarning vujudiga qat'iy dalolat qiladi, shunga o’xshab insonning haqiqati va kamoloti va fitriy ehtiyojoti va abadiy orzulari va iymoni oxiratning mazkur natija va foydalarini istagan haqiqatlari va iste'dodlari yanada qat'iy bo’lib oxiratga va Jannatga va jismoniy boqiy lazzatlarga dalolat va tahaqquqlariga shahodat qilgani kabi, bu koinotning haqiqati kamoloti va ma'nodor takviniy oyoti va insoniyatning mazkur haqiqatlar bilan aloqador butun haqiqatlari dori oxiratning vujudiga va tahaqquqiga va hashrning kelishiga va Jannat va Jahannamning ochilishiga dalolat va shahodat qilganlarini Risola-i Nur ajzolari va ayniqsa O’ninchi va Yigirma Sakkizinchi (Ikki Maqomi), Yigirma To’qqizinchi So’zlar va To’qqizinchi Shua va Munojot Risolalari hujjatlar bilan porloq va shubha qoldirmaydigan bir tarzda isbotlaganlar. Ularga havola qilib bu uzun qissani tugatamiz.

Jahannamga doir bayonoti Qur'oniya shu qadar ochiq va zohirdirki, boshqa izohotga ehtiyoj qoldirmagan. Yolg’iz bir-ikki zaif shubhani ketkazadigan ikki-uch nuktani, tafsilini Risola-i Nurga havola qilib, g’oyat qisqa bir xulosasini bayon qilamiz.

Birinchi nukta:Jahannam fikri o’tgan iymon mevalarining lazzatlarini qo’rquvi bilan qochirmaydi. Chunki hadsiz rahmati Rabboniya u qo’rqqan odamga deydi: Menga kel, tavba eshigi bilan kir. Toki Jahannamning vujudi qo’rqitish emas, balki senga Jannatning lazzatlarini to’liq bildirsin va sening va huquqlariga tajovuz qilingan hadsiz maxluqotning intiqomlarini olsin, sizni quvontirsin. Agar sen zalolatda bo’g’ilib chiqolmayotgan bo’lsang, yana Jahannamning vujudi ming daraja i'domi abadiydan xayrlidir va kofirlarga ham bir navi marhamatdir. Chunki inson, hatto bolali hayvonot ham, aqrabosining va avlodining va ahbobining lazzatlari bilan va saodatlari bilan lazzatlanadi, bir jihatdan mas'ud bo’ladi. Shu holda sen, ey mulhid, zalolating e'tibori bilan yo i'domi abadiy bilan adamga tushasan yoki Jahannamga kirasan! Sharri mahz bo’lgan adam esa, sening butun sevganlaring va saodatlari bilan mamnun va bir daraja mas'ud bo’lganing umum aqrabo va asl va nasling sen bilan barobar i'dom bo’lishidan, minglab daraja Jahannamdan ziyoda sening ruhingni va qalbingni va mohiyati insoniyangni yondiradi. Chunki Jahannam bo’lmasa, Jannat ham bo’lmaydi. Hamma narsa sening kufring bilan adamga tushadi. Agar sen Jahannamga kirsang, vujud doirasida qolsang, sen sevganlaring va aqrabolaring yo Jannatda mas'ud yoki vujud doiralarida bir jihatdan marhamatlarga mazhar bo’ladilar. Demak, har holda Jahannamning vujudiga tarafdor bo’lish senga lozimdir. Jahannamga qarshi bo’lish, adamga tarafdor bo’lishdirki, hadsiz do’stlaring saodatlarining yo’q bo’lishiga tarafdorlikdir. Ha, Jahannam esa, xayri mahz bo’lgan doira-i vujudning Hakimi Zuljalolining hakimona va odilona bir hibsxona vazifasini bajargan dahshatli va jalolli bir mavjud o’lkasidir. Hibsxona vazifasini ham bajarish bilan barobar boshqa juda ko’p vazifalari bor. Va juda ko’p hikmatlari va olami baqoga oid xizmatlari bor. Va zaboniy kabi juda ko’p zihayotning jaloldorona maskanlaridir.

Ikkinchi nukta:Jahannamning vujudi va shiddatli azobi hadsiz rahmatga va haqiqiy adolatga va isrofsiz, mezonli hikmatga ziddiyati yo’qdir. Balki rahmat va adolat va hikmat uning vujudini istaydilar. Qanday qilib ming ma'sumlarning huquqini toptagan bir zolimni jazolantirish va yuz mazlum hayvonlarni parchalagan bir yirtqichni o’ldirish adolat ichida mazlumlarga ming rahmatdir. Va u zolimni avf etish va yirtqichni qo’yib yuborish birgina keraksiz marhamatga muqobil yuzlab bechoralarga yuzlab marhamatsizlikdir. Aynan shuning kabi; Jahannam hibsiga kirganlardan bo’lgan kofiri mutlaq kufri bilan ham asmo-i Ilohiyaning huquqiga inkor bilan tajovuz, ham u asmoga shahodat qilgan mavjudotning guvohliklarini takzib bilan huquqlariga tajovuz va maxluqotning u asmoga qarshi tasbehkorona yuksak vazifalarini inkor qilish bilan huquqlariga tajovuz va koinotning g’oya-i xilqati va bir sababi vujudi va baqosi bo’lgan tazohuri rububiyati Ilohiyaga qarshi ubudiyatlar bilan muqobalalarini va oynadorliklarini takzib bilan huquqiga bir navi tajovuz qilish jihati bilan shunday azim bir jinoyat, bir zulmdirki, avfga qobiliyati qolmaydi.

اِنَّ اللّٰهَ لَا يَغْفِرُ اَنْ يُشْرَكَ بِه۪

oyatining tahdidiga mustahaq bo’ladi. Uni Jahannamga otmaslik bir noo’rin marhamatga muqobil huquqlariga hujum qilingan hadsiz da'vochilarga hadsiz marhamatsizliklar bo’ladi. Xullas, u da'vochilar Jahannamning vujudini istaganlari kabi, izzati jalol va azamati kamol ham qat'iy istaydilar.

Ha, qandayki bir daydi osiy va raiyatga tajovuz qilgan bir odam u yerning izzatli hokimiga desa: "Meni hibsga otolmaysan va qilolmaysan" deb izzatiga tegilsa, albatta u shaharda hibs bo’lmasa ham, u adabsiz uchun bir hibs quradi, uni ichiga otadi. Aynan shuning kabi, kofiri mutlaq kufri bilan izzati jaloliga shiddat bilan tegiladi. Va azamati qudratiga inkor bilan tegdiradi . Va kamoli rububiyatiga tajovuzi bilan ta'sir ko’rsatadi. Albatta, Jahannamning juda ko’p vazifalar uchun juda ko’p keltirib chiqargan sabablari va vujudining hikmatlari bo’lmasa ham, unday kofirlar uchun bir Jahannamni yaratish va ularni ichiga otish u izzat va jalolning sha'nidir.

Ham mohiyati kufr ham Jahannamni bildiradi. Ha, qandayki iymonning mohiyati agar tajassum etsa, lazzatlari bilan bir Jannati xususiya shakliga kira oladi va Jannatdan bu nuqtadan yashirin xabar beradi. Aynan shuning kabi, Risola-i Nurda dalillari bilan isbot va boshdagi masalalarda ham ishorat qilinganki, kufrning va ayniqsa kufri mutlaqning va nifoqning va irtidodning shunday zim-ziyo va dahshatli alamlari va ma'naviy azoblari bor.. agar tajassum etsa, u murtad odamga bir xususiy Jahannam bo’ladi. Va katta Jahannamdan bu jihatdan yashirin xabar beradi. Va bu ko’chatzor dunyo ekinzoridagi haqiqatchalar oxiratda boshoq chiqarishlari nuqtasidan bu zaharli urug’ u zaqqum daraxtiga ishorat qiladi. "Men uning bir mevasiman" deydi. "Va meni qalbida tashigan badbaxt uchun u zaqqum daraxtining bir xususiy namunasi mening mevam bo’ladi."

Modomiki kufr hadsiz huquqqa bir tajovuzdir, albatta hadsiz bir jinoyatdir. Demak, hadsiz bir azobga haqdor qiladi. Modomiki bir daqiqa qatl o’n besh yil jazoda (sakkiz millionga yaqin daqiqada) hibs azobini chekishini adolati bashariya qabul qilib foydaga va huquqi ommaga muvofiq ko’radi. Albatta, bir kufr ming qatl qadar bo’lishi jihati bilan, bir daqiqa kufri mutlaq uchun sakkiz milliardga yaqin daqiqalarda azob chekishi u qonuni adolatga muvofiq kelyapti. Bir yil umrini u kufrda o’tkazgan ikki trillion sakkiz yuz sakson milliardga yaqin daqiqa azobga haqdor va

خَالِد۪ينَ ف۪يهَٓا اَبَدًا

sirriga mazhar bo’ladi. Nima bo’lganda ham...

Qur'oni Hakimning Jannat va Jahannam haqidagi mo’'jizona izohoti va Qur'onning tafsiri va undan kelgan Risola-i Nurning Jannat va Jahannamning vujudlariga doir hujjatlari ortiq boshqa bayonga ehtiyoj qoldirmaganlar.

وَيَتَفَكَّرُونَ ف۪ى خَلْقِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ رَبَّنَا مَا خَلَقْتَ هٰذَا بَاطِلًا سُبْحَانَكَ فَقِنَا عَذَابَ النَّارِ *

رَبَّنَا اصْرِفْ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ اِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا * اِنَّهَا سَٓاءَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا

kabi juda ko’p oyatlarning va boshda Rasuli Akram (S.A.V.) va umum payg’ambarlar va ahli haqiqatning har vaqt duolarida eng ziyoda

اَجِرْنَا مِنَ النَّارِ * نَجِّنَا مِنَ النَّارِ * خَلِّصْنَا مِنَ النَّارِ

va vahiy va shuhudga binoan ularga ko’ra qat'iylik kasb etgan Jahannamdan bizni hifz ayla deyishlari ko’rsatadiki, navi basharning eng katta masalasi Jahannamdan qutulmoqdir. Va koinotning juda ham ahamiyatli va muazzam va dahshatli bir haqiqati Jahannamdirki, bir qism ahli shuhud va kashf va tahqiq uni mushohada etadilar. Va bir qismi tarashshuhotini va soyalarini ko’radilar, dahshatidan faryod qiladilar. "Bizni undan qutqar" deydilar.

Ha, bu koinotda xayr-shar, lazzat-alam, ziyo-zulmat, issiqlik-sovuqlik, go’zallik-xunuklik, hidoyat-zalolat bir-biriga qarshi kelishi va ichiga kirishi juda buyuk bir hikmat uchundir. Chunki shar bo’lmasa, xayr bilinmaydi. Alam bo’lmasa, lazzat tushunilmaydi. Zulmatsiz ziyoning ahamiyati bo’lmaydi. Sovuq bilan haroratning darajalari tahaqquq etadi. Xunuklik bilan husnning bitta haqiqati ming haqiqat bo’ladi va minglab tur husn martabalari vujud topadi. Jahannamsiz Jannatning juda ko’p lazzatlari yashirin qoladi. Bularga qiyosan, hamma narsa bir jihatdan ziddi bilan bilinishi mumkin. Va birgina haqiqati unib chiqib ko’p haqiqatlar bo’ladi. Modomiki bu chalkash mavjudot dori foniydan dori baqoga oqib ketyapti; albatta qandayki xayr, lazzat, nur, go’zallik, iymon kabi narsalar Jannatga oqadi. Xuddi shuning kabi, shar, alam, qorong’ilik, xunuklik, kufr kabi zararli moddalar Jahannamga yog’adi. Va bu mutamodiyan chayqalgan koinotning oqimlari u ikki hovuzga oqib tushadi. Karomatli Yigirma To’qqizinchi So’zning oxiridagi ramzli nuktalariga havola qilib tugatamiz.

Ey bu Madrasa-i Yusufiyada mening darsdoshlarim! Bu dahshatli hibsi abadiydan qutulishning osoni, chorasi; bu dunyoviy hibsimizdan istifoda etib qo’limiz majburiyat bilan yetishmagan ko’p gunohlardan qutulganimiz bilan barobar, eski gunohlardan tavba qilib, farzlarimizni ado qilib, har bir soat bu hibsdagi umrimizni bir kun ibodat hukmiga keltirish bilan abadiy hibsdan najotimiz va u nuroniy Jannatga kirishimiz uchun eng yaxshi bir fursatdir. Bu fursatni qo’ldan chiqarib yuborsak, dunyomiz yig’lagani kabi oxiratimiz ham yig’laydi.

خَسِرَ الدُّنْيَا وَ الْاٰخِرَةَ

ta'zirini yeymiz.

Bu maqom yozilgan zamon Qurbon Bayrami keldi.

اَللّٰهُ اَكْبَرُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ اَللّٰهُ اَكْبَرُ

lar bilan navi basharning beshdan birisiga, uch yuz million insonlarga birdan اَللّٰهُ اَكْبَرُ dedirishi ulkan kura-i arz kattaligi nisbatida اَللّٰهُ اَكْبَرُ kalima-i qudsiyasini samovotdagi sayyorot hamrohlariga eshittirayotganday, yigirma mingdan ziyod hojilarning Arafotda va Iydda barobar birdan اَللّٰهُ اَكْبَرُ deyishlari Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bir ming uch yuz yil oldin ol va sahobalari bilan aytgan va amr qilgan اَللّٰهُ اَكْبَرُ kalomining bir navi aks sadosi bo’lib rububiyati Ilohiyaning

رَبُّ الْاَرْضِ وَ رَبُّ الْعَالَم۪ينَ

azamati unvoni bilan kulliy tajalliysiga qarshi keng va kulliy bir ubudiyat bilan bir muqobaladir deya taxayyul va his va qanoat qildim.

Ajabo, bu kalomi qudsiyning bizning masalamiz bilan ham munosabati bormi deya taxattur etdim. Birdan xotirga keldiki, boshda bu kalom bo’lib boshqa boqiyoti solihot unvonini tashigan سُبْحَانَ اللّٰهِ va ‌اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ va لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ kabi shao'irdan ko’p kalomlar juz'iy va kulliy masalamizni ixtor va tahaqquqiga ishorat qiladilar. Masalan, اَللّٰهُ اَكْبَرُ ning bir vajhi ma'nosi, Janobi Haqning qudrati va ilmi hamma narsadan ham buyukdir, hech bir narsa doira-i ilmidan chiqolmaydi, tasarrufi qudratidan qocholmaydi va qutulolmaydi. Va qo’rqqanimiz eng buyuk narsalardan yanada buyukdir. Demak, hashrni keltirishdan va bizni adamdan qutqarishdan va saodati abadiyani berishdan yanada buyukdir. Har ajib va tavri aqlning xorijidagi hamma narsadan yanada buyukdirki,

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ

oyatining sarohati qat'iyasi bilan navi basharning hashri va nashri birgina nafsning ijodi qadar u qudratga oson bo’ladi. Bu ma'no e'tibori bilandirki, zarbulmasal hukmida buyuk musibatlarga va buyuk maqsadlarga qarshi hamma "Alloh buyukdir, Alloh buyukdir" deydi.. o’ziga tasalli va quvvat va nuqta-i istinod qiladi.

Ha, qandayki To’qqizinchi So’zda bu kalima ikki o’rtog’i bilan butun ibodotning mundarijasi bo’lgan namozning urug’lari va xulosalari va ichida va tasbehotida takror bilan namozning ma'nosini taqviya uchun

سُبْحَانَ اللّٰهِ * ‌‌اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ * اَللّٰهُ اَكْبَرُ

uch muazzam haqiqatlarga va insonning koinotda ko’rgan madori hayrat, madori shukron va madori azamat va kibriyo, ajib va go’zal va buyuk, juda ko’p favquloda narsalardan olgan hayrat va lazzat va haybatdan nash'at etgan savollariga juda quvvatli javob bergani kabi, O’n Oltinchi So’zning oxirida izohlangan shu: Qandayki bir askar, bayramda bir mushir bilan barobar huzuri podshohga kiradi, boshqa vaqtda zobitining maqomi bilan uni taniydi. Aynan shuning kabi, har odam hajda bir daraja valiylar kabi Janobi Haqni

رَبُّ الْاَرَضِ وَ رَبُّ الْعَالَم۪ينَ

unvoni bilan tanishni boshlaydi. Va u kibriyo martabalari qalbiga ochilgan sari, ruhini istilo qilgan mukarrar va otashin hayrat savollariga yana اَللّٰهُ اَكْبَرُ takrori bilan umumiga javob bergani kabi, O’n Uchinchi Lam'aning oxirida izohi bo’lgan, shaytonlarning eng ahamiyatli dasisalarini ildizi bilan kesib javobi qat'iy bergan yana اَللّٰهُ اَكْبَرُ bo’lgani kabi, bizning oxirat haqidagi savolimizga ham qisqa, faqat quvvatli javob bergani kabi, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ jumlasi ham hashrni ixtor etib istaydi. Bizga deydi: "Ma'nom oxiratsiz bo’lmaydi. Chunki azaldan abadga qadar har kimdan va har kimga qarshi butun hamd va shukr Unga maxsusdir, ifoda qilganimdan, butun ne'matlarning boshi va ne'matlarni haqiqiy ne'mat qilgan va butun zishuurni adamning hadsiz musibatlaridan qutqargan yolg’iz saodati abadiya bo’lishi mumkin. Va mening u kulliy ma'nomga muqobala etadi".

Ha, har mo’'min namozlardan so’ng har kun hech bo’lmasa bir yuz ellikdan ziyod

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ ‌اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ

shar'an deyishi va ma'nosi ham azaldan abadga qadar bir hadsiz keng hamd va shukrni ifoda qilishi, faqat va faqat saodati abadiyaning va Jannatning oldindan berilgan bir narxi va muajjal bir bahosidir. Va dunyoning qisqa va foniy alamlar bilan aralashgan bo’lgan ne'matlariga xos bo’lmaydi va maxsus emas va ularga ham abadiy ne'matlarga vasila bo’lishlari jihati bilan qaraydi, shukr qiladi.

سُبْحَانَ اللّٰهِ kalima-i qudsiyasi esa, Janobi Haqni sherikdan, qusurdan, nuqsoniyatdan, zulmdan, ojizlikdan, marhamatsizlikdan, ehtiyojdan va aldatishdan va kamol va jamol va jaloliga muxolif bo’lgan butun qusurotdan taqdis va tanzih etish ma'nosi bilan saodati abadiyani va jalol va jamol va kamoli saltanatining haybatiga mador bo’lgan dori oxiratni va undagi Jannatni ixtor etib dalolat va ishorat qiladi. Bo’lmasa, sobiqan isbot qilgani kabi, saodati abadiya bo’lmasa, ham saltanati, ham kamoli, ham jalol, ham jamol, ham rahmati qusur va nuqson dog’lari bilan bulg’angan bo’ladilar.

Xullas, bu uch qudsiy kalimalar kabi, بِسْمِ اللّٰهِ va لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ va boshqa kalimoti muboraka, har biri arkoni iymoniyaning bittadan urug’i va bu zamonda kashf etilgan go’sht xulosasi va shakar xulosasi kabi, ham arkoni iymoniyaning, ham Qur'on haqiqatlarining xulosalari va bu uchi namozning urug’lari bo’lganliklari kabi, Qur'onning ham urug’lari va porloq bir qism suralarning boshlarida olmos kabi ko’rinishlari va ko’p sunuhoti tasbehotda boshlangan Risola-i Nurning ham haqiqiy ma'danlari va asoslari va haqiqatlarining urug’laridirlar. Va valoyati Ahmadiya va ubudiyati Muhammadiya (Alayhissalotu Vassalam) jihatidan shunday bir doira-i zikrda, namozdan keyingi tasbehotda bir tariqati Muhammadiyaning (S.A.V.) virdidirlarki, har namoz vaqtida yuz milliondan ziyoda mo’'minlar barobar u halqa-i kubro-i zikrda, qo’llarida tasbehlar سُبْحَانَ اللّٰهِ o’ttiz uch, اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ o’ttiz uch, اَللّٰهُ اَكْبَرُ o’ttiz uch marta takror qiladilar.

Xullas, bunday g’oyat muhtasham bir halqa-i zikrda, sobiqan bayon qilganimiz kabi, ham Qur'onning, ham iymonning, ham namozning xulosalari va urug’lari bo’lgan o’sha uch kalima-i muborakani namozdan so’ng o’ttiz uch marta o’qish naqadar qimmatbaho va savobli bo’lganini albatta tushundingiz.

Bu risolaning boshida Birichi Masalasi namozga doir go’zal bir dars bo’lgani kabi, hech o’ylamaganim holda, xuddi ixtiyorsiz bo’lib, uning oxiri ham namoz tasbehotiga doir ahamiyatli bir dars bo’ldi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى اِنْعَامِه۪

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

To’qqizinchi Masala

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اٰمَنَ الرَّسُولُ بِمَٓا اُنْزِلَ اِلَيْهِ مِنْ رَبِّه۪ وَالْمُؤْمِنُونَ كُلٌّ اٰمَنَ بِاللّٰهِ وَمَلٰٓئِكَتِه۪ وَكُتُبِه۪ وَرُسُلِه۪ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ اَحَدٍ مِنْ رُسُلِه۪ ‌ اِلٰى اٰخِرِ الْاٰيَة

Bu oyati ajma' va a'lo va akbarning bir kulliy va uzun nuktasini bayon qilishga bir dahshatli ma'naviy savol va bir azamatli va Ilohiy bir ne'matning inkishofidan nash'at etgan bir hol sababiyat berdilar. Shundayki: Ma'nan ruhga keldi; nima uchun bir juz'iy haqiqati iymoniyani inkor qilgan kofir bo’ladi va qabul qilmagan musulmon bo’lmaydi? Demak, Alloh va oxiratga iymon bir quyosh kabi u qorong’ilikni ketkazishi lozim bo’ladi. Ham nima uchun bir rukn va haqiqati iymoniyani inkor qilgan murtad bo’ladi, kufri mutlaqqa tushadi va qabul qilmagan Islomiyatdan chiqadi? Holbuki boshqa arkoni iymoniyaga iymoni bo’lsa, uni kufri mutlaqdan qutqarishi lozim bo’ladi?

Aljavob:Iymon olti rukndan chiqqan shunday bir vahdoniy haqiqatdirki, tafriqni qabul qilmaydi. Va shunday bir kulliydirki, tajazzini ko’tarmaydi. Va shunday bir kulldirki, qobili inqisom bo’lmaydilar. Chunki har bir rukni iymoniy o’zini isbot qilgan hujjatlari bilan boshqa arkoni iymoniyani isbot qiladi. Har biri har birisiga g’oyat quvvatli bir hujjati a'zam bo’ladi. Shunday ekan, butun arkonga butun dalillari bilan ta'sir qilmagan bir fikri botil haqiqat nazarida birgina ruknni, balki bir haqiqatni rad qilib inkor qilolmaydi. Balki adami qabul pardasi ostida ko’zini yopish bilan bir kufri inodiy qilishi mumkin. Bora-bora kufri mutlaqqa tushadi, insoniyati mahv bo’ladi. Ham moddiy, ham ma'naviy Jahannamga ketadi. Xullas, biz bu maqomda g’oyat muxtasar ishoratlar bilan va Meva Risolasida hashrning isbotida boshqa arkoni iymoniya hashrni ham isbot qilganlarini qisqacha xulosalar bilan bayoni kabi, bu maqomda ham mujmal natija va muxtasar xulosalar bilan, Janobi Haqning inoyati bilan, bu nukta-i a'zam olti nuqtada bayon qilinadi.

Birinchi Nuqta:Iymoni billoh o’z hujjatlari bilan ham boshqa ruknlarini, ham iymoni bil-oxiratni isbot qiladiki, Meva Risolasining Yettinchi masalasida go’zal ravishda ko’rsatgan. Ha, bu hadsiz koinotni bir saroy, bir shahar, bir mamlakat kabi butun lavozimi bilan idora qilgan va mezon va intizom doirasida aylantirgan va hikmatlar bilan almashtirgan va zarrotni va sayyorotni va chivinlarni va yulduzlarni bittadan muntazam qo’shin kabi barobar tajhiz va idora qilgan va amr va irodasi doirasida mutamodiyan bir ulviy harakat ichida ta'lim va tavzifot bilan faoliyatga va sayr va javalonga va ubudiyatkorona bir rasmi kushodga va sayohatga keltirgan azaliy va boqiy bir saltanati rububiyat va abadiy va doimiy bir hokimiyati uluhiyat hech mumkinmidir va hech aql qabul qiladimi va hech bir ehtimol bormiki, u abadiy va sarmadiy va boqiy va doimiy saltanatning boqiy bir maqarri va doimiy bir madori va sarmadiy bir mazhari bo’lgan dori oxirat bo’lmasin? Ming marta xosho!

Demak, Janobi Haqning saltanati rububiyati va, Yettinchi Masalada bayon qilingani kabi, aksar ismlari va vujubi vujudining hujjatlari oxiratga guvohlik qiladilar va istaydilar. Va bu qutbi iymoniyning naqadar quvvatli bir nuqta-i istinodi bor.. ko’r, bil, ko’rayotganday ishon.

Ham qandayki iymoni billoh oxiratsiz bo’lmaydi, xuddi shuning kabi, O’ninchi So’zda qisqa ishoratlar bilan bayon qilingani kabi, hech bir jihatdan mumkinmidir va hech aql qabul qiladimiki, uluhiyat va ma'budiyatning tazohuri uchun bu koinotni shunday bir mujassam kitobi Samadoniyki, har sahifasi bir kitob qadar va har qatori bir sahifa qadar ma'nolarni ifoda qiladi va shunday jismoniy bir Qur'oni Subhoniyki, har bir oyati takviniyasi va har bir kalimasi, hatto har bir nuqtasi, har bir harfi bittadan mo’'jiza hukmidadir. Va shunday muhtasham va ichi hadsiz oyot bilan va ma'nodor naqshlar bilan tazyin etilgan bir masjidi Rahmoniydirki, har bir burchagida bir toifani bir nav ibodati fitriya bilan mashg’ul bo’ladigan bir shaklda yaratgan bir Alloh, bir Ma'budi Bilhaq u kitobi kabirning ma'nolarini dars beradigan ustozlarni va u Qur'oni Samadoniyning oyatlarini tafsir qiladigan mufassirlarni elchi qilib yubormasin..va u masjidi akbarda hadsiz tarzlarda ibodat qilganlarga imomlarni tayin qilmasin. Va u ustozlarga va mufassirlarga va imomlarga farmonlarni bermasin? Xosho, yuz ming xosho!

Ham jamoli rahmatini va husni shafqatini va kamoli rububiyatini zishuurlarga ko’rsatish va ularni shukrga va hamdga yo’naltirish uchun bu koinotni shunday bir ziyofatgoh va bir tashhirgoh va shunday bir sayrongohki, hadsiz turli-tuman, laziz ne'matlar va g’oyat antiqa, hadsiz horiqo san'atlar ichida saf tortilgan bir tarzda yaratgan bir Sone'-i Rahim va Karim hech mumkinmidir va hech aql qabul qiladimiki, u ziyofatgohdagi zishuur maxluqlar bilan gapirmasin va ularga u ne'matlarga muqobil elchilari vositasi bilan vazifa-i tashakkuriyani va tazohuri rahmatiga va sevdirishiga qarshi vazifa-i ubudiyatni bildirmasin. Xosho, minglab xosho!

Ham hech mumkinmidir, bir Sone' san'atini sevadi, sevdirishni istaydi, hatto og’izlarning ming xil zavqlarini nazarga olishi dalolati bilan, taqdir va tahsinlar bilan qarshilanishni orzu qiladi va har bir san'ati bilan o’zini ham tanittirish, ham sevdirish, ham bir xil ma'naviy jamolini ko’rsatish istaydigan bir tarzda bu koinotni antiqa san'atlar bilan bezagani holda, koinotdagi zihayotning qo’mondonlari bo’lgan insonlarga ularning buyuklaridan bir qismi bilan gapirib elchi qilib yubormasin? Go’zal san'atlari taqdirsiz va favquloda husni asmosi tahsinsiz va tanittirishi va sevdirishi muqobalasiz qolsin. Xosho, yuz ming xosho!

Ham butun zihayotning ehtiyojoti fitriyalari uchun duolariga va hol til bilan qilingan butun ehtiyojlarga va orzularga vaqt-vaqtida, qasd va ixtiyor va irodani ko’rsatadigan bir tarzda hadsiz in'omlari bilan va nihoyatsiz ehsonoti bilan fe'lan va holan ochiq bir suratda gapirgan bir Mutakallimi Alim, hech mumkinmidir, hech aql qabul qiladimi, eng juz'iy bir zihayot bilan fe'lan va holan gapirsin va to’liq dardiga darmon yetishtirgan ehsoni bilan dardini tinglasin va ehtiyojini ko’rsin va bilsin va butun koinotning eng muntahob natijasi va arzning xalifasi va aksar maxluqoti arziyaning qo’mondonlari bo’lgan insonlarning ma'naviy raislari bilan ko’rishmasin? Ular bilan, balki har zihayot bilan fe'lan va holan gapirgani kabi, ular bilan qovlan va kaloman gapirmasin va ularga farmonlarni va suhuf va kitoblarni yubormasin? Xosho, hadsiz xosho!

Demak, iymoni billoh qat'iylik bilan va hadsiz hujjatlari bilan

وَ بِكُتُبِه۪ وَ رُسُلِه۪

ya'ni payg’ambarlarga va muqaddas kitoblarga iymonni isbot qiladi.

Ham hech bir jihati imkoni bormi va hech aql qabul qiladimiki; butun masnu'oti bilan o’zini tanittirganga va sevdirganga va tashakkurotni fe'lan va holan istaganga muqobil, koinotni hayajonga solgan haqiqati Qur'oniya bilan zuljalol u san'atkorni akmal bir tarzda tanib va tanittirib va sevib va sevdirib va tashakkur qilib va qildirib va

سُبْحَانَ اللّٰهِ * ‌‌اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ * اَللّٰهُ اَكْبَرُ

lar bilan kura-i arzni samovotga eshittiradigan darajada gapirtirib va quruqlik va dengizlarni jazbaga keltiradigan bir vaziyat bilan bir ming uch yuz yil mobaynida navi basharning son jihatidan beshdan birisini va sifat jihatidan va insonlik jihatidan yarmini orqasiga olib u Xoliqning butun tazohuri rububiyatiga keng va kulliy bir ubudiyat bilan muqobala etgan va butun maqosidi Ilohiyasiga qarshi Qur'onning suralari bilan koinotga va asrlarga baqirgan, dars bergan, dallollik qilgan va navi insonning sharafini va qiymatini va vazifasini ko’rsatgan va ming mo’'jizoti bilan tasdiq qilingan Muhammad Alayhissalotu Vassalam eng muntahob maxluqi va eng mukammal elchisi va eng buyuk rasuli bo’lmasin? Xosho va kallo! Yuz ming marta xosho!

Demak,

اَشْهَدُ اَنْ لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

haqiqati butun hujjatlari bilan

اَشْهَدُ اَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللّٰهِ

haqiqatini isbot qiladi.

Ham hech imkoni bormiki, bu koinotning Sone'i maxluqotini yuz ming tillar bilan bir-biri bilan gaplashtirsin va ularning gaplashishlarini eshitsin va bilsin va o’zi gapirmasin? Xosho!

Ham hech aql qabul qiladimiki, koinotdagi maqosidi Ilohiyasini bir farmon bilan bildirmasin. Va muammosini ochadigan va maxluqot qayerdan kelyaptilar va qayerga ketadilar va nima uchun bunday to’da-to’da orqasida bu yerga kelib biroz turib ketyaptilar deya uch dahshatli savoli umumiyga haqiqiy javob beradigan Qur'on kabi bir kitobni yubormasin? Xosho!

Ham hech mumkinmidirki, o’n uch asrni nurlantirgan va har soatda yuz million lisonlarda kamoli hurmat bilan kezgan va millionlab hofizlarning qalblarida qudsiyati bilan yozilgan va navi basharning sifat jihatidan qismi a'zamini qonunlari bilan idora qilgan va nafslarini va ruhlarini va qalblarini va aqllarini tarbiya va tazkiya va tasfiya va ta'lim etgan va Risola-i Nurda qirq vajhi i'jozi isbot qilingan va qirq toifa va tabaqa-i nosga va har bir tabaqaga qarshi bir navi i'jozini ko’rsatgan karomatli va horiqoli O’n To’qqizinchi Maktubda bayon qilingan va Muhammad Alayhissalotu Vassalam ming mo’'jizoti bilan uning bir mo’'jizasi bo’lib haq kalomulloh bo’lgani qat'iy isbot qilingan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon hech bir jihatdan imkoni bormiki, u Mutakallimi Azaliy va u Sone'-i Sarmadiyning kalomi va farmoni bo’lmasin? Xosho, yuz ming marta xosho va kallo!

Demak, iymoni billoh butun hujjatlari bilan Qur'onning kalomulloh bo’lganini isbot qiladi.

Ham hech mumkinmidirki, zaminning yuzini mutamodiyan zihayotlar bilan to’ldirib bo’shatgan va o’zini tanittirish va ibodat va tasbehot qildirish uchun bu dunyomizni zishuurlar bilan jonlantirgan bir Sultoni Zuljalol, samovotni va yulduzlarni bo’sh va xoli qoldirsin, ularga munosib aholini yaratib, u samoviy saroylarda yerlashtirmasin va saltanati rububiyatini eng buyuk mamlakatida xizmatchisiz, haybatsiz, ma'mursiz, elchisiz, yovarisiz, nazirsiz, tomoshabinsiz, obidsiz, raiyatsiz qoldirsin? Xosho, malaklar sanog’icha xosho!

Ham hech bir jihatdan imkoni bormiki, bu koinotni shunday bir kitob tarzida yozadiki, har bir daraxtning butun tarixcha-i hayotini butun urug’larida qayd qilgan va har bir o’tning va gulning butun vazifa-i hayotiyasini butun urug’larida yozgan va har bir zishuurning butun sarguzashti hayotiyasini hantal kabi kichik quvva-i hofizasida g’oyat mukammal yozdirgan va butun mulkida va davoiri saltanatida har amalni va har hodisani mutaaddid fotojihoz bilan olib muhofaza qilgan va rububiyatning eng ahamiyatli bir asosi bo’lgan adolat, hikmat va rahmatning tajalliylari va tahaqquqlari uchun kattakon Jannat va Jahannamni va Sirot va mezoni akbarni yaratgan bir Hokimi Hakim va bir Alimi Rahim insonlarning koinotni aloqador qilgan amallarini yozdirmasin va mujozot va mukofot uchun fe'llarini qayd qildirmasin va sayyiot va hasanotlarini qadarning lavhalarida yozmasin? Xosho, qadarning lavhi mahfuzida yozilgan harflari adadicha xosho!

Demak, iymoni billoh haqiqati hujjatlari bilan ham maloikaga iymon, ham qadarga iymon haqiqatlarini ham qat'iy isbot qiladi. Quyosh kunduzni va kunduz quyoshni ko’rsatgani kabi, iymonning ruknlari bir-birini isbot qiladilar.

Ikkinchi nuqta:Boshda Qur'on, butun samoviy kitoblar va suhuflar va boshda Muhammad Alayhissalotu Vassalam bo’lib butun payg’ambarlar (Alayhimussalom) butun da'volari besh-olti asos ustida aylanadilar. Mutamodiyan u asoslarni dars berishga va isbot qilishga harakat qiladilar. Ularning payg’ambarliklariga va to’g’riliklariga guvohlik qilgan butun hujjatlar va dalillar u asoslarga qaraydilar. Ularning haqqoniyatlariga quvvat beradilar. U asoslar esa iymoni billoh va iymoni bil-oxirat va boshqa ruknlarga iymondir. Demak, iymonning olti rukni bir-birlaridan ayrilishlari mumkin emas. Har biri umumini isbot qiladi, istaydi, iqtizo etadi. U olti shunday bir kull va kulliydirki, tajazzi qabul qilmaydi va inqisomi imkon xorijidadir. Qandayki ildizi ko’klarda Tubo daraxti kabi.. har bir shoxi, har bir mevasi, har bir yaprog’i u kattakon daraxtning kulliy, tuganmas hayotiga tayanadi. U quvvatli va quyosh kabi zohir u hayotni inkor qilolmagan birgina muttasil yaproqning hayotini inkor qilolmaydi. Agar qilsa, u daraxt shoxlari va mevalari va yaproqlari sanog’icha u munkirni takzib etadi, jim qiladi. Xuddi shuning kabi, iymon olti ruknlari bilan ayni vaziyatdadir.

Bu maqomning boshida olti nuqta va har bir nuqta ham besh nukta bo’lib, olti arkoni iymoniyani o’ttiz olti nuktada bayon qilish niyat qilingan edi. Va boshdagi dahshatli savolga izohot bilan javob berishni murod qilgan edim. Faqat ba'zi nuqsonlar yo’l bermadilar. Taxmin qilamanki, birinchi nuqta yetarli bir miqyos bo’lishidan, ortiq aqllilarga ziyoda izohga ehtiyoj qolmadi. Va to’liq tushunildiki, bir musulmon bir haqiqati iymoniyani inkor qilsa, kufri mutlaqqa tushadi. Chunki boshqa dinlarning ijmollariga muqobil Islomiyatda to’liq izohot berilgan, ruknlar bir-biri bilan zanjirlangan. Muhammad Alayhissalotu Vassalamni tanimagan, tasdiq qilmagan bir musulmon Allohni ham sifati bilan ortiq tanimaydi va oxiratni bilmaydi. Bir musulmonning iymoni shu qadar quvvatli va o’zgarmas hadsiz hujjatlarga tayanadiki, inkorga hech bir uzr qolmaydi. Aql qabulga majbur bo’lgandek.

Uchinchi nuqta:Bir zamon Alhamdulilloh dedim. Uning hadsiz keng ma'nosiga muqobil keladigan bir ne'mat qidirdim. Birdan bu jumla xotiraga keldi:

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلَى الْا۪يمَانِ بِاللّٰهِ وَعَلٰى وَحْدَانِيَّتِه۪ وَعَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ وَعَلٰى صِفَاتِه۪ وَاَسْمَائِه۪ حَمْدًا بِعَدَدِ تَجَلِّيَاتِ اَسْمَائِه۪ مِنَ الْاَزَلِ اِلَى الْاَبَدِ

Men ham qaradim, to’liq mutobiqdir. Shundayki:.........

* * *

O’ninchi Masala

Amirtog’ Chechagi

Qur'onda bo’lgan takrorotga kelgan e'tirozlarga qarshi g’oyat quvvatli bir javobdir.

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Garchi bu masala parishon vaziyatimdan mushavvash va latofatsiz bo’lgan. Faqat u mushavvash ibora ostida juda qiymatli bir navi i'joz borligini qat'iy bildim. Ma'ataassuf ifodaga muqtadir bo’lolmadim. Har naqadar iborasi so’niq bo’lsa ham, Qur'onga oid bo’lish jihati bilan ham ibodati tafakkuriya, ham qudsiy, yuksak, porloq bir javharning sadafidir. Yirtiq libosiga emas, qo’lidagi olmosga qaralsin. Agar munosib bo’lsa, "O’ninchi Masala" qilinglar, bo’lmasa sizning tabrik maktublaringizga muqobil bir maktub deb qabul qilinglar. Ham buni g’oyat xasta va parishon va g’idosiz, bir-ikki kun Ramazonda, majburiyat bilan g’oyat mujmal va qisqa va bir jumlada juda ko’p haqiqatlarni va mutaaddid hujjatlarni joylashtirib yozdim. Aybga buyurmaysiz.

{(1) Denizli hibsining mevasiga O’ninchi Masala bo’lib Amirtog’ning va bu Ramazoni Sharifning nurli bir kichik chechagidir. Takroroti Qur'oniyaning bir hikmatini bayon bilan ahli zalolatning badbo’y va zaharli avhomlarini yo’qotadi.}

Aziz, siddiq qardoshlarim!

Ramazoni Sharifda Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonni o’qirkan, Risola-i Nurga ishoratlari Birinchi Shuada bayon qilingan o’ttiz uch oyatdan qaysisi kelsa ko’rdimki, u oyatning sahifasi va yaprog’i va qissasi ham Risola-i Nurga va shogirdlariga qissadan hissa olish nuqtasida bir daraja qarayapti. Xususan Sura-i Nurdan oyat-un nur o’n barmoq bilan Risola-i Nurga qaragani kabi, orqasidagi oyati zulumot ham muorizlariga aynan qarayapti va ziyoda hissa beryapti. Xuddi u maqom juz'iyatdan chiqib kulliyat kasb etadi va bu asrda u kulliyatning aynan bir fardi Risola-i Nur va shogirdlaridir deya his qildim. Ha, Qur'onning xitobi, avvalo Mutakallimi Azaliyning rububiyati ommasining keng maqomidan, ham navi bashar, balki koinot nomiga muxotob bo’lgan zotning keng maqomidan, ham umum navi bashar va bani odamning butun asrlarda irshodlarining g’oyat vus'atli maqomidan, ham dunyo va oxiratning, arz va samovotning va azal va abadning va Xoliqi Koinotning rububiyatiga va butun maxluqotning tadbiriga doir qavonini Ilohiyaning g’oyat yuksak ihotali bayonotining maqomidan olgan vus'at va ulviyat va ihota jihati bilan u xitob shunday bir yuksak i'jozni va shumulni ko’rsatadiki, darsi Qur'onning muxotoblaridan eng kasratli toifa bo’lgan tabaqa-i avomning sodda fahmlarini erkalagan zohiriy va sodda martabasi ham eng yuksak tabaqani to’liq hissador qiladi. Go’yo qissadan yolg’iz bir hissa va bir hikoya-i tarixiyadan bir ibrat emas, balki bir kulliy dasturning afrodi bo’lib har asrga va har tabaqaga xitob qilib yangi nozil bo’lyapti va ayniqsa ko’p takror bilan

اَلظَّالِم۪ينَ اَلظَّالِم۪ينَ

deb tahdidlari va zulmlarining jazosi bo’lgan musibati samoviya va arziyani shiddat bilan bayoni bu asrning mislsiz zulmlariga Qavmi Od va Samud va Fir'avnning boshlariga kelgan azoblar bilan qaratyapti va mazlum ahli iymonga Ibrohim va Muso Alayhissalom kabi anbiyoning najotlari bilan tasalli beryapti.

Ha, nazari g’aflat va zalolatda vahshatli va dahshatli bir adamiston va aliym va mahv bo’lgan bir mozoriston bo’lgan butun o’tgan zamon va o’lgan davrlar va asrlar jonli bittadan sahifa-i ibrat va boshdan-oyoq ruhli, hayotdor bir ajib olam va mavjud va biz bilan munosabatdor bir mamlakati Rabboniya suratida kino pardalari kabi goh bizni u zamonlarga, goh u zamonlarni yonimizga keltirib, har asrga va har tabaqaga ko’rsatib, yuksak bir i'joz bilan darsini bergan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon ayni i'joz bilan nazari zalolatda jomid, parishon, o’lik hadsiz bir vahshatgoh bo’lgan va firoq va zavolda dumalagan bu koinotni bir kitobi Samadoniy, bir shahri Rahmoniy, bir mashhari sun'i Rabboniy o’laroq u jomidotni jonlantirib, bittadan vazifador suratida bir-biri bilan gapirtirib va bir-birining yordamiga yugurtirib navi basharga va jin va malakka haqiqiy va nurli va zavqli hikmat darslarini bergan bu Qur'oni Azimushshonning, albatta har harfida o’n va yuz va ba'zan ming va minglab savob bo’lishi va butun jin va ins to’plansa, uning mislini keltirolmasligi va butun bani odam bilan va koinot bilan aynan o’rnida gaplashishi va har zamon millionlab hofizlarning qalblarida zavq bilan yozilishi va ko’p takror bilan va kasratli takroroti bilan zeriktirmasligi va ko’p iltibos yerlari va jumlalari bilan barobar bolalarning nozik va sodda boshlarida mukammal yerlashishi va xastalarning va oz so’zdan mutaassir bo’lgan va sakarotda bo’lganlarning qulog’ida ma-i zamzam kabi xush kelishi kabi qudsiy imtiyozlarni qozonadi va ikki jahonning saodatlarini o’z shogirdlariga qozontiradi. Va tarjimonining ummiyat martabasiga to’liq rioya qilish sirri bilan hech bir takalluf va hech bir tasannu va hech bir xo’jako’rsinlikka maydon bermasdan salosati fitriyasini va to’g’ridan-to’g’ri samodan kelishini va eng kasratli bo’lgan tabaqa-i avomning sodda fahmlarini tanazzuloti kalomiya bilan erkalash hikmati bilan eng ziyoda samo va arz kabi eng zohir va badihiy sahifalarini ochib u oddiyot ostidagi horiquloda mo’'jizoti qudratini va ma'nodor suturi hikmatini dars berish bilan lutfi irshodda go’zal bir i'joz ko’rsatadi. Takrorni iqtizo etgan duo va da'vat, zikr va tavhid kitobi ham bo’lganini bildirish sirri bilan go’zal, totli takroroti bilan birgina jumlada va birgina qissada boshqa-boshqa ko’p ma'nolarni boshqa-boshqa muxotob tabaqalariga tafhim qilyapti va juz'iy va oddiy bir hodisada eng juz'iy va ahamiyatsiz narsalar ham nazari marhamatida va doira-i tadbir va irodasida bo’lishini bildirish sirri bilan ta'sisi Islomiyatda va tadvini Shariatda sahobalarning juz'iy hodisalarini ham nazari ahamiyatga olishida; ham kulliy dasturlarning bo’lishi, ham umumiy bo’lgan Islomiyatning va shariatning ta'sisida u juz'iy hodisalar urug’lar hukmida juda ahamiyatli mevalarni berganliklari jihatidan ham bir navi i'jozini ko’rsatadi. Ha, ehtiyojning takarruri bilan, takrorning luzumi jihati bilan, yigirma yil mobaynida juda ko’p mukarrar savollarga javob o’laroq boshqa-boshqa ko’p tabaqalarga dars bergan va kattakon koinotni parcha-parcha qilib qiyomatda shaklini o’zgartirib, dunyoni olib tashlab uning o’rniga azamatli oxiratni quradigan va zarrotdan yulduzlarga qadar butun juz'iyot va kulliyotning birgina zotning qo’lida va tasarrufida bo’lganini isbot qiladigan va koinotni va arzni va samovotni va anosirni g’azablantirgan va hiddatga keltirgan navi basharning zulmlariga koinotning natija-i xilqati hisobiga g’azabi Ilohiyni va hiddati Rabboniyani ko’rsatadigan hadsiz va nihoyatsiz va dahshatli va keng bir inqilobning ta'sisida minglab natija quvvatida ba'zi jumlalarni va hadsiz dalillarning natijasi bo’lgan bir qism oyatlarni takror qilish, bir qusur emas, balki g’oyat quvvatli bir i'joz va g’oyat yuksak bir balog’at va muqtazo-i holga g’oyat mutobiq bir jazolatdir, bir fasohatdir.

Masalan: Birgina oyat bo’lib, bir yuz o’n to’rt marta takrorqilingan

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ‌

jumlasi Risola-i Nurning O’n To’rtinchi Lam'asida bayon qilingani kabi, arshni farshga bog’lagan va koinotni nurlantirgan va har daqiqa harkas unga muhtoj bo’lgan shunday bir haqiqatdirki, millionlab marta takror qilinsa, yana ehtiyoj bordir. Yolg’iz non kabi har kun emas, balki havo va ziyo kabi har daqiqa unga ehtiyoj va ishtiyoq bordir.

Ham masalan: Sura-i طٰسٓمٓ da sakkiz marta takror qilingan shu

اِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ الْعَز۪يزُ الرَّح۪يمُ

oyati u surada hikoya qilingan payg’ambarlarning najotlarini va qavmlarining azoblarini koinotning natija-i xilqati hisobiga va rububiyati ommaning nomiga u minglab haqiqat quvvatida bo’lgan oyatni takror qilib, izzati Rabboniya u zolim qavmlarning azobini va rahimiyati Ilohiya ham anbiyoning najotlarini iqtizo etganini dars berish uchun minglab marta takror bo’lsa, yana ehtiyoj va ishtiyoq bor va ijozli va i'jozli bir ulviy balog’atdir.

Ham masalan: Sura-i Rahmonda takror qilingan

فَبِاَىِّ اٰلَٓاءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

oyati bilan Sura-i Mursalotda

وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِلْمُكَذِّب۪ينَ

oyati jin va navi basharga koinotni g’azablantirgan va arz va samovotni hiddatga keltirgan va xilqati olamning natijalarini buzgan va hashmati saltanati Ilohiyaga qarshi inkor va istihfof bilan muqobala etgan kufr va kufronlarini va zulmlarini va butun maxluqotning huquqlariga tajovuzlarini asrlarga va arzga va samovotga tahdidkorona hayqirgan bu ikki oyat bunday minglab haqiqatlarga aloqador va minglab masala quvvatida bo’lgan bir darsi umumiyda minglab marotaba takror qilinsa, yana luzum bor va jalolli bir ijoz va jamolli bir i'jozi balog’atdir.

Ham masalan: Qur'onning haqiqiy va tom bir navi munojoti va Qur'ondan chiqqan bir tur xulosasi bo’lgan Javshan-ul Kabir nomli munojoti Payg’ambariyda (S.A.V.) yuz marta

سُبْحَانَكَ يَا لَا اِلٰهَ اِلَّا اَنْتَ الْاَمَانُ الْاَمَانُ خَلِّصْنَا وَ اَجِرْنَا وَ نَجِّنَا مِنَ النَّارِ

jumlasining takrorida tavhid kabi koinot bo’yicha eng katta haqiqat va maxluqotning rububiyatga qarshi tasbeh va tahmid va taqdis kabi uch muazzam vazifasidan eng ahamiyatli bir vazifasi va shaqovati abadiyadan qutulish kabi navi insonning eng dahshatli masalasi va ubudiyat va ajzi basharning eng luzumli natijasi bo’lishi jihati bilan minglab marotaba takror qilinsa, yana ozdir.

Xullas, takroroti Qur'oniya bu kabi asoslarga qaraydi. Hatto ba'zan bir sahifada iqtizoyi maqom va ehtiyoji ifhom va balog’ati bayon jihati bilan yigirma marta ochiqcha va yashirin tarzda tavhid haqiqatini ifoda qiladi. Zerikish emas, balki quvvat va shavq beradi. Risola-i Nurda takroroti Qur'oniya naqadar o’rnida va munosib va balog’at jihatidan maqbul bo’lgani hujjatlari bilan bayon qilingan.

Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning Makka suralari bilan Madina suralari balog’at nuqtasidan va i'joz jihatidan va tafsil va ijmol jihatidan bir-biridan boshqacha bo’lishining sirri va hikmati shudirki: Makkada birinchi safda muxotob va muorizlari Quraysh mushriklari va ummiylari bo’lganidan, balog’at jihatidan quvvatli bir uslubi oliy va ijozli, mukni', qanoat beruvchi bir ijmol va tasbit uchun takror lozim kelganidan, aksariyat bilan Makkada tushgan suralar arkoni iymoniyani va tavhidning martabalarini g’oyat quvvatli va yuksak va i'jozli bir ijoz bilan takror qilib ifodalab mabda va mi'adni, Allohni va oxiratni yolg’iz bir sahifada, bir oyatda, bir jumlada, bir kalimada emas; balki ba'zan bir harfda va taqdim-ta'xir, ta'rif-tankir va hazf-zikr kabi holatlarda shunday quvvatli isbot qiladiki, ilmi balog’atning dohiy imomlari hayrat bilan qarshilaganlar. Risola-i Nur va ayniqsa Qur'onning qirq vajhi i'jozini ijmolan isbot qilgan Yigirma Beshinchi So’z zayllari bilan barobar va Qur'onning nazmidagi vajhi i'jozni horiqo bir tarzda isbot qilgan Arabiy Risola-i Nurdan "Ishorot-ul I'joz" tafsiri bilfe'l ko’rsatganlarki, Makkada tushgan sura va oyatlarda eng oliy bir uslubi balog’at va eng yuksak bir i'jozi ijoziy bordir. Ammo Madinada tushgan sura va oyatlarda birinchi safda muxotob va muorizlari esa, Allohni tasdiq qilgan Yahudiy va Nasoro kabi ahli kitob bo’lganidan, muqtazoyi balog’at va irshod va mutobiqi maqom va holning luzumidan, oddiy va ochiq va tafsilli bir uslub bilan ahli kitobga qarshi dinning yuksak usulini va iymonning ruknlarini emas, balki madori ixtilof bo’lgan shariatda va ahkomda va tafarruotning va kulliy qonunlarning manbalari va sabablari bo’lgan juz'iyotning bayoni lozim kelganidan, u Madinada tushgan sura va oyatlarda aksariyat bilan tafsil va izoh va oddiy uslub bilan bayonot ichida Qur'onga maxsus mislsiz bir tarzi bayon bilan birdan u juz'iy tafarruot hodisasi ichida yuksak, quvvatli bir xulosa, bir xotima, bir hujjat va u juz'iy hodisa-i shar'iyani kulliylashtirgan va imtisolini iymoni billoh bilan ta'min qilgan bir jumla-i tavhidiyani va iymoniyani va uxroviyani zikr qiladi. U maqomni nurlantiradi, ulviylashtiradi. Risola-i Nur oyatlarning oxirlarida aksariyat bilan kelgan

اِنَّ اللّٰهَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ * اِنَّ اللّٰهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَل۪يمٌ * وَهُوَ الْعَز۪يزُ الرَّح۪يمُ * وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ

kabi tavhidni va oxiratni ifoda qilgan xulosalarda va xotimalarda naqadar yuksak bir balog’at va maziyatlar va jazolatlar va nuktalar bo’lganini Yigirma Beshinchi So’zning Ikkinchi Shu'lasining Ikkinchi Nurida u xulosa va xotimalarning juda ko’p nuktalaridan va maziyatlaridan o’ntasini bayon qilib, u xulosalarda bir mo’'jiza-i kubro bo’lganini muannidlarga ham isbot qilgan. Ha, Qur'on u tafarruoti shar'iya va qavonini ijtimoiyaning bayoni ichida birdan muxotobning nazarini yuksak va kulliy nuqtalarga ko’tarib, oddiy uslubni bir yuksak uslubga va shariat darsidan tavhid darsiga aylantirib Qur'onni ham bir kitobi shariat va ahkom va hikmat, ham bir kitobi aqida va iymon va zikr va fikr va duo va da'vat bo’lganini ko’rsatib, har maqomda ko’p maqosidi irshodiya-i Qur'oniyani dars berishi bilan Makkada tushgan oyatlarning tarzi balog’atlaridan boshqacha va porloq mo’'jizona bir jazolat izhor qiladi. Ba'zan ikki kalimada, masalan رَبُّ الْعَالَم۪ينَ va رَبُّكَ

da رَبُّكَ ta'biri bilan ahadiyatni va رَبُّ الْعَالَم۪ينَ bilan vohidiyatni bildiradi. Ahadiyat ichida vohidiyatni ifoda qiladi. Hatto bir jumlada, bir zarrani bir ko’z qorachig’ida ko’rgani va joylashtirgani kabi, Quyoshni ayni oyat bilan, ayni bolg’a bilan ko’kning ko’z qorachig’ida joyrlashtiradi va ko’kka bir ko’z qiladi. Masalan:

خَلَقَ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضَ

oyatidan so’ngra

يُولِجُ الَّيْلَ فِى النَّهَارِ وَ يُولِجُ النَّهَارَ فِى الَّيْلِ

oyatining orqasidan

وَ هُوَ عَل۪يمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ

deydi. "Zamin va ko’klarning hashmati xilqatida qalbning ham xotirotini biladi, idora qiladi" deydi, tarzida bir bayonot jihati bilan u oddiy va ummiyat martabasini va avomning fahmini nazarga olgan u sodda va juz'iy muhovara u tarz bilan ulviy va jozibador va umumiy va irshodkor bir mukolamaga aylanadi.

Bir Savol:"Ba'zan ahamiyatli bir haqiqat sathiy nazarlarga ko’rinmaganidan va ba'zi maqomlarda juz'iy va oddiy bir hodisadan yuksak bir fazlaka-i tavhidni yoki kulliy bir dasturni bayon qilishda munosabati bilinmaganidan, bir qusur deb o’ylanadi. Masalan: "Hazrat Yusuf Alayhissalom ukasini bir hiyla bilan olishi" ichida

وَفَوْقَ كُلِّ ذ۪ى عِلْمٍ عَل۪يمٌ

deya g’oyat yuksak bir dasturning zikri balog’at jihatidan munosabati ko’rinmaydi. Buning sirri va hikmati nima?"

Aljavob:Har biri bittadan kichik Qur'on bo’lgan aksar uzun sura va mutavassitlarda va ko’p sahifa va maqomlarda yolg’iz ikki-uch maqsad emas, balki Qur'on mohiyati, ham bir kitobi zikr va iymon va fikr, ham bir kitobi shariat va hikmat va irshod kabi ko’p kitoblarni va boshqa-boshqa darslarni ichiga olib rububiyati Ilohiyaning hamma narsani qamrashini va muhtasham tajalliyotini ifoda qilish jihati bilan koinot kitobi kabirining bir navi qiroati bo’lgan Qur'on, albatta har maqomda, hatto ba'zan bir sahifada ko’p maqsadlarni ta'qib qilib ma'rifatullohdan va tavhidning martabalaridan va iymon haqiqatlaridan dars berish jihati bilan, boshqa maqomda, masalan ko’rinishda zaif bir munosabat bilan boshqa bir dars ochadi va zaif munosabatga juda quvvatli munosabatlar qo’shadilar. U maqomga g’oyat mutobiq bo’ladi, martaba-i balog’ati yuksaladi.

Ikkinchi bir savol:"Qur'onda sarihan va zimnan va ishoratan oxirat va tavhidni va basharning mukofot va mujozotini minglab marta isbot qilib nazarga berishning va har surada, har sahifada, har maqomda dars berishning hikmati nima?"

Aljavob:Doira-i imkonda va koinotning sarguzashtiga oid inqiloblarda va omonati kubroni va xilofati arziyani yelkasiga olgan navi basharning shaqovat va saodati abadiyaga mador bo’lgan vazifasiga doir eng ahamiyatli, eng katta, eng dahshatli masalalaridan eng azamatlilarini dars berish va hadsiz shubhalarni yo’q qilish va g’oyat shiddatli inkorlarni va qaysarliklarni sindirish jihatidan albatta u dahshatli inqiloblarni tasdiq qildirish va u inqiloblarning azamatida katta va basharga eng alzam va eng zaruriy masalalarni taslim qildirish uchun Qur'on, minglab marta emas, balki millionlab marta ularga qaratsa, yana isrof emaski, millionlab karra takror bilan u bahslar Qur'onda o’qiladi, zerikish bermaydi, ehtiyoj tugamaydi.

Masalan:

اِنَّ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَهُمْ جَنَّاتٌ تَجْر۪ى مِنْ تَحْتِهَا الْاَنْهَارُ * ‌ خَالِد۪ينَ ف۪يهَٓا اَبَدًا

oyati ko’rsatgan mujda-i saodati abadiya haqiqati "Bechora basharga har daqiqa o’zini ko’rsatgan haqiqati mavtning; ham insonni, ham dunyosini, ham butun ahbobini i'domi abadiysidan qutqarib, abadiy bir saltanatni qozontiradi" deganidan, milliardlab marta takror qilinsa va koinot qadar ahamiyat berilsa, yana isrof bo’lmaydi, qiymatdan tushmaydi. Xullas, bu xil hadsiz qiymatli masalalarni dars bergan va koinotni bir xona kabi o’zgartirgan va shaklini buzgan dahshatli inqiloblarni ta'sis qilishda qanoat berishga va ishontirishga va isbotga harakat qilgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon, albatta sarihan va zimnan va ishoratan minglab marta u masalalarga nazari diqqatni jalb qilish; isrof uyoqda tursin, balki non, dori, havo va ziyo kabi bittadan hojati zaruriya hukmida ehsonini yangilaydi.

Ham masalan:

اِنَّ الْكَافِر۪ينَ ف۪ى نَارِ جَهَنَّمَ

va

اَلظَّالِم۪ينَ لَهُمْ عَذَابٌ اَل۪يمٌ

kabi tahdid oyatlarini Qur'on g’oyat shiddat bilan va hiddat bilan va g’oyat quvvat va takror bilan zikr qilishining hikmati esa, Risola-i Nurda qat'iy isbot qilingani kabi, basharning kufri koinotning va aksar maxluqotning huquqlariga shunday bir tajovuzdirki, samovotni va arzni g’azablantiradi va anosirni hiddatga keltirib to’fonlar bilan u zolimlarni kaltaklaydi. Va

اِذَٓا اُلْقُوا ف۪يهَا سَمِعُوا لَهَا شَه۪يقًا وَهِىَ تَفُورُ * تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ

oyatining sarohati bilan u zolim munkirlarga Jahannam shunday g’azablanadiki, hiddatidan parchalanish darajasiga keladi. Xullas, bunday bir jinoyati ommaga va hadsiz bir tajovuzga qarshi basharning kichiklik va ahamiyatsizligi nuqtasidan emas, balki zolimona jinoyatining azamatiga va kofirona tajovuzining dahshatiga qarshi Sultoni Koinot o’z raiyatining huquqining ahamiyatini va u munkirlarning kufr va zulmidagi nihoyatsiz xunukligini ko’rsatish hikmati bilan farmonida g’oyat hiddat va shiddat bilan u jinoyatni va jazosini ming marta emas, balki millionlab va milliardlab takror qilsa, yana isrof va qusur emaski, ming yildan beri yuzlab million insonlar har kun zerikmasdan kamoli ishtiyoq bilan va ehtiyoj bilan o’qiydilar.

Ha, har kun, har zamon, harkas uchun bir olam ketadi, yangi bir olamning eshigi o’ziga ochilishidan, o’tkinchi har bir olamini nurlantirish uchun ehtiyoj va ishtiyoq bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ‌ jumlasini ming marta takror bilan u almashgan pardalarning har birisiga bir لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ‌ ni bir chiroq qilgani kabi, xuddi shuningdek: U kasratli, o’tkinchi pardalarni va u yangilangan sayyor koinotlarni qorong’ilantirmaslik va oyna-i hayotida aks etgan suratlarini xunuklashtirmaslik va foydasiga shohid bo’lishi mumkin bo’lgan u musofir vaziyatlarni o’ziga qarshi o’girmaslik uchun u jinoyatlarning jazolarini va Podshohi Azaliyning shiddatli va qaysarliklarni sindirgan tahdidlarini Qur'onni o’qish bilan taqdir etish va nafsining tug’yonidan qutulishga harakat qilish hikmati bilan Qur'on g’oyat ma'nodor takror qiladi va bu daraja quvvat va shiddat va takror bilan tahdidoti Qur'oniyani haqiqatsiz deb o’ylashdan shayton ham qochadi. Ularni tinglamagan munkirlarga Jahannam azobi ayni adolatdir deya ko’rsatadi.

Ham masalan: Asoyi Muso kabi ko’p hikmatlari va foydalari bo’lgan Qissa-i Musoning (A.S.) va boshqa anbiyoning (A.S.) qissalarini ko’p takrorida risolati Ahmadiyaning (S.A.V.) haqqoniyatiga butun anbiyoning nubuvvatlarini bir hujjat ko’rsatib ularning umumini inkor qilolmagan bu zotning risolatini haqiqat nuqtasida inkor qilolmaganining hikmati bilan va harkas har vaqt butun Qur'onni o’qishga muqtadir va muvaffaq bo’lolmaganidan, har bir uzun va mutavassit surani bittadan kichik Qur'on hukmiga keltirish uchun ahamiyatli arkoni iymoniya kabi u qissalarni takror qilishi isrof emas, balki muqtazo-i balog’atdir va hodisa-i Muhammadiya (S.A.V.) butun bani Odamning eng katta hodisasi va koinotning eng azamatli masalasi bo’lganini dars berishdir. Ha, Qur'onda Zoti Ahmadiyaga eng katta maqom berish va to’rt arkoni iymoniyani ichiga olish bilan لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ‌ rukniga teng tutilgan مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّٰهِ‌ risolati Muhammadiya (S.A.V.) koinotning eng katta haqiqati va Zoti Ahmadiya (S.A.V.) butun maxluqotning eng ashrafi va haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) ta'bir qilingan kulliy shaxsiyati ma'naviyasi va maqomi qudsiysi ikki jahonning eng porloq bir quyoshi bo’lganiga va bu horiqo maqomga layoqatiga doir juda ko’p hujjatlari va alomatlari qat'iy bir suratda Risola-i Nurda isbot qilingan. Mingtadan bittasi shudirki:

اَلسَّبَبُ كَالْفَاعِلِ dasturi bilan, butun ummatining butun zamonlarda qilgan yaxshi amallarning bir misli uning daftari hasanotiga kirishi va butun koinotning haqiqatlarini keltirgan nur bilan nurlantirishi yolg’iz jin va insni va malakni va zihayotlarni emas, balki koinotni va samovotni va arzni minnatdor aylashi va iste'dod lisoni bilan nabototning duolari va ehtiyoji fitriy tili bilan hayvonotning duolari ko’z o’ngimizda bilfe'l qabul bo’lishining guvohligi bilan millionlab, balki milliardlab fitriy va rad qilinmaydigan duolari maqbul bo’lgan sulahoyi ummati har kun u zotga (S.A.V.) salot va salom bilan rahmat duolari va ma'naviy qozonchlarini eng avval u zotga (S.A.V.) bag’ishlashlari va butun ummat tomonidan o’qilgan Qur'onning uch yuz ming hurufining har birisida o’n savobdan to yuz, to ming hasana va meva berishidan yolg’iz qiroati Qur'on jihati bilan daftari a'moliga hadsiz nurlar kirishi e'tibori bilan u zotning (S.A.V.) shaxsiyati ma'naviyasi bo’lgan haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) istiqbolda bir shajara-i tubo-i Jannat hukmida bo’lishini Allam-ul G’uyub bilgan va ko’rgan va u maqomga ko’ra Qur'onida u azim ahamiyatni bergan va farmonida unga tobeiyatni va sunnati saniyasiga ittibo bilan shafoatlariga mazhariyatni eng ahamiyatli bir masala-i insoniya sifatida ko’rsatgan va u muhtasham shajara-i tuboning bir urug’i bo’lgan shaxsiyati bashariyatini va bidoyatdagi vaziyati insoniyasini ora-sira nazarga olishidir.

Xullas, Qur'onning takror qilingan hahiqatlari bu qiymatda bo’lganidan, takrorotida quvvatli va keng bir mo’'jiza-i ma'naviya mavjudligiga fitrati salima guvohlik qiladi. Magar ham moddiyunlik vabosi bilan marazi qalbga va vijdon xastaligiga mubtalo bo’lmasa...

قَدْ يُنْكِرُ الْمَرْءُ ضَوْءَ الشَّمْسِ مِنْ رَمَدٍ * وَ يُنْكِرُ الْفَمُ طَعْمَ الْمَاءِ مِنْ سَقَمٍ

qoidasiga dohil bo’ladi.

* * *

Bu O’ninchi Masalaga bir xotima sifatida ikki hoshiya

Birinchisi:

Bundan {(*) Bu risolaning ta'lifidan o’n ikki yil avval.} o’n ikki yil avval eshitdimki, eng dahshatli va muannid bir zindiq Qur'onga qarshi suiqasdini tarjimasi bilan qilishni boshlagan va deganki: "Qur'on tarjima qilinsin, toki qanday mol bo’lgani bilinsin". Ya'ni, luzumsiz takrorotni hamma ko’rsin va tarjimasi uning o’rnida o’qilsin deya dahshatli bir reja tuzgan. Faqat Risola-i Nurning rad qilinmas hujjatlari qat'iy isbot qilganki: Qur'onning haqiqiy tarjimasi mumkin emas va lisoni nahviy bo’lgan lisoni Arabiy o’rnida Qur'onning maziyatlarini va nuktalarini boshqa lison muhofaza qilolmaydi va har bir harfi o’n adaddan mingga qadar savob bergan kalimoti Qur'oniyaning mo’'jizona va jam'iyatli ta'birlarining o’rnini basharning oddiy va juz'iy tarjimalari tutolmaydi, uning o’rnida masjidlarda o’qilmaydi deya Risola-i Nur har tarafda intishori bilan u dahshatli rejani yo’qqa chiqardi. Faqat u zindiqdan dars olgan munofiqlar yana shayton hisobiga Qur'on quyoshini puflash bilan so’ndirishga ahmoq bolalar kabi ahmoqona va devonachasiga harakatlari sababi bilan menga g’oyat tang va siquvchi va mashaqqatli bir holatda bu O’ninchi Masala yozdirildi deya taxmin qilaman. Boshqalar bilan ko’risholmaganim uchun haqiqati holni bilmayman.

Xotimadan Ikkinchi Hoshiya:

Denizli hibsidan ozod qilinishimizdan keyin mashhur "Shehir" Mehmonxonasining yuksak qavatida o’tirgan edim. Qarshimda go’zal bog’larda kasratli qovoq daraxtlari bittadan halqa-i zikr tarzida g’oyat latif, totli bir suratda ham o’zlari, ham shoxlari, ham yaproqlari havoning tegilishi bilan jazbadorona va jozibakorona harakat bilan raqslari qardoshlarimning ayriliqlaridan va yolg’iz qolganimdan huzunli va g’amli qalbimga ilashdi. Birdan kuz va qish mavsumi xotirga keldi va meni bir g’aflat bosdi. Men u kamoli nash'a bilan jilvalangan u nozanin qovoqlarga va zihayotlarga shu qadar achindimki, ko’zlarim yosh bilan to’ldi. Koinotning bezalgan pardasi ostidagi adamlarni, firoqlarni ixtor va ihsosi bilan koinot to’la firoqlarning, zavollarning huzunlari boshimda to’plandi. Birdan haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) keltirgan nur yordamga yetishdi. U hadsiz huzunlarni va g’amlarni sururlarga aylantirdi. Hatto u nurning harkas va har ahli iymon kabi mening haqqimda million fayzidan yolg’iz u vaqtda, u vaziyatga munosabati bo’lgan yordam va tasallisi uchun Zoti Muhammadiyaga (S.A.V.) qarshi abadiyan minnatdor bo’ldim. Shundayki:

Ul nazari g’aflat o’sha muborak nozaninlarni vazifasiz, natijasiz bir mavsumda ko’rinib, harakatlari nash'adan emas, balki go’yo adamdan va firoqdan titrab hechlikka tushganliklarini ko’rsatish bilan, harkas kabi mendagi ishqi baqo va hubbi mahosin va shafqati jinsiya va hayotiyaga mador bo’lgan tabiatimga shu daraja ta'sir qildiki, bunday dunyoni bir ma'naviy Jahannamga va aqlni bir ta'zib uskunasiga aylantirgan paytda, Muhammad Alayhissalotu Vassalamning basharga hadya keltirgan nuri pardani ko’tardi. I'dom, adam, hechlik, vazifasizlik, abas, firoq yerlarida u qovoqlarning har birining yaproqlari adadicha hikmatlari va ma'nolari va Risola-i Nurda isbot qilingani kabi, uch qismga ayrilgan natijalari va vazifalari bor deya ko’rsatdi.

Birinchi qism:Sone'-i Zuljalolning asmosiga qaraydi. Masalan: Qandayki bir usta horiqo bir uskuna yaratsa, hamma u zotga "Mashaalloh, barakalloh" deb olqishlaydi. Xuddi shuning kabi: U uskuna ham undan maqsud natijalarni butuni bilan ko’rsatishi bilan, lisoni holi bilan ustasini tabrik qiladi, olqishlaydi. Har zihayot va hamma narsa shunday bir uskunadir, ustasini tabriklar bilan olqishlaydi.

Ikkinchi qism hikmatlari esa:Zihayotning va zishuurning nazarlariga qaraydi. Ularga shirin bir mutolaagoh, bittadan kitobi ma'rifat bo’ladi. Ma'nolarini zishuurlarning zehnlarida va suratlarini quvva-i hofizalarida va alvohi misoliyada va olami g’aybning daftarlarida doira-i vujudda qoldirib, keyin olami shahodatni tark qiladi, olami g’aybga chekinadi. Demak suriy bir vujudni tashlaydi, ma'naviy va g’aybiy va ilmiy ko’p vujudlarni qozonadi. Ha, modomiki Alloh bor va ilmi ihota qiladi. Albatta adam, i'dom, hechlik, mahv, fano haqiqat nuqtasida ahli iymonning dunyosida yo’qdir va kofirlarning dunyolari adam bilan, firoq bilan, hechlik bilan, foniylik bilan to’ladir. Xullas, bu haqiqatni umumning lisonida kezgan bu kelgan zarbulmasal dars berib, deydi: "Kim uchun Alloh bo’lsa, u uchun hamma narsa bor va kim uchun bo’lmasa, hamma narsa unga yo’qdir, hechdir".

Alhosil:Qandayki iymon o’lim vaqtida insonni i'domi abadiydan qutqaradi. Xuddi shuning kabi, harkasning xususiy dunyosini ham i'domdan va hechlik qorong’iliklaridan qutqaradi. Va kufr esa, xususan kufri mutlaq bo’lsa, ham u insonni, ham xususiy dunyosini o’lim bilan i'dom etib ma'naviy Jahannam zulmatlariga otadi. Hayotining lazzatlarini achchiq zaharlarga aylantiradi. Hayoti dunyoviyani oxiratiga tarjih etganlarning quloqlari jaranglasin. Kelsinlar, bunga yo bir chora topsinlar, yoki iymonga kelsinlar. Bu dahshatli xasorotdan qutulsinlar!

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

Duongizga juda muhtoj va

sizga juda mushtoq qardoshingiz

Said Nursiy

* * *

O’ninchi Masala munosabati bilan Xusravning ustoziga yozgan maktubi

Juda ham sevgili ustozim afandim,

Janobi Haqqa hadsiz shukrlar bo’lsin, ikki oylik ayriliq qayg’ularini va xabarlashmaslik iztiroblarini yengillashtirgan va qalblarimizga yangi hayot baxsh qilgan va ruhlarimizga yangi, sof bir shabada hadya qilgan Qur'onning jalolli va izzatli, rahmatli va shafqatli oyatlaridagi takrorotning mahosinini sanab o’tgan, hikmati takrorining luzum va ahamiyatini izohlagan va Risola-i Nurning bir horiqo mudofaasi bo’lgan Denizli Mevasining O’ninchi Masalasi nomini olgan "Amirtog’ Chechagi"ni oldik. Haqiqatdan, taqdir va tahsinga juda loyiq bo’lgan bu chechakni hidlagan sari ruhimizdagi ishtiyoq yuksaldi. To’qqiz oylik hibs mashaqqatiga muqobil Mevaning To’qqiz Masalasi qanday baroatimizga katta bir vasila bo’lish bilan go’zalligini ko’rsatgan bo’lsa, O’ninchi Masalasi bo’lgan chechagi ham Qur'onning ijozli i'jozidaki horiqolarni ko’rsatish bilan u nisbatda go’zalligini ko’rsatmoqdadir.

Ha sevgili ustozim, gulning chechagidagi favquloda latofat va go’zallik daraxtidagi tikanlarni nazarga hech ko’rsatmagani kabi, bu nuroniy chechak ham bizga to’qqiz oylik hibs mashaqqatini unuttiradigan bir shaklda o’sha mashaqqatlarimizni ham hechga tushirgandir. Mutolaasiga to’yilmaydigan shaklda qalamga olingan va aqllarni hayratga yo’naltirgan bu nuroniy chechak ichiga olgan ko’p go’zalliklaridan, ayniqsa Qur'onning tarjimasi surati bilan nazari basharda oddiylashtirish ihonatiga muqobil, u takrorotning qiymatini to’liq ko’rsatish bilan Qur'onning jahonqiymat ulviyatini maydonga qo’ygan. Soliklarining har asrda favquloda bir matonat bilan yopishib olishlari bilan va amr va ta'qiqiga tamoman bo’ysunishlari bilan, go’yo endi nozil bo’lgan kabi yangiligi isbot qilingan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning butun asrlarda zolimlariga qarshi shiddatli va dahshatli va takrorli tahdidlari va mazlumlariga qarshi shafqatli va rahmatli mukarrar taltiflari, xususan bu asrimizga qaragan tahdidoti ichida zolimlariga misli ko’rilmagan bir holatda, xuddi fazo-i akbardan bir namunani eslatgan samoviy bir Jahannam bilan olti-yetti yildan beri mutamodiyan dodu faryod qildirishi va shuningdek mazlumlarining bu asrdagi kulliy fardlari boshida Risola-i Nur talabalarining bo’lishi va haqiqatan bu talabalarni ham umami salifaning anbiyolariga berilgan najotlar kabi juda buyuk umumiy va xususiy najotlarga mazhar etishi va muorizlari bo’lgan dinsizlarning jahannamiy azob bilan ta'zir yeyishlarini ko’rsatishi, ham bu ikki go’zal va latif hoshiyalar bilan xotima berilish surati bilan chechakning tugatilishi bu faqir talabangiz Xusravni shu qadar buyuk bir surur bilan cheksiz bir shukrga yo’naltirdiki, bu go’zal chechak bergan sevinch va sururni muddati umrimda his qilmaganimni sevgili ustozimga arz etganim kabi, qardoshlarimga ham karrot bilan aytganman. Janobi Haq zaif va tahammulsiz yelkalariga juda azamatli og’ir yuk yuklangan siz sevgili ustozimizdan abadiyan rozi bo’lsin. Va yuklaringizni yengillashtirish bilan yuzlaringizni abadga qadar kuldirsin, omin.

Ha sevgili ustozim, biz Allohdan, Qur'ondan, Habibi Zishondan va Risola-i Nurdan va Qur'on dalloli siz sevgili ustozimizdan abadiyan rozimiz. Va intisobimizdan hech bir jihat bilan pushaymonligimiz yo’q. Ham qalbimizda zarra qadar yomonlik qilish uchun niyat yo’q. Biz faqat Allohni va rizosini istaymiz. Kun o’tgan sari rizosi ichida, Janobi Haqqa vuslat ishtiyoqlarini qalbimizda taksif qilyapmiz. Istisnosiz bizga yomonlik qilganlarni Janobi Haqqa tark qilish bilan avf etish va aksincha bizga zulm qilgan u zolimlar ham dohil bo’lgani holda, hammaga yaxshilik qilish Risola-i Nur talabalarining qalblariga joylashgan bir shiori Islom bo’lganini biz istamasdan e'lon qilgan Hazrati Allohga hadsiz hududsiz shukrlar qilamiz.

Juda ham qusurli talabangiz

Xusrav

* * *

O’n Birinchi Masala

Mevaning O’n Birinchi Masalasining boshi; bir mevasi Jannat va biri saodati abadiya va biri ru'yatulloh bo’lgan iymon shajara-i qudsiyasining hadsiz, kulliy va juz'iy mevalaridan yuzlab namunalari Risola-i Nurda bayon va hujjatlar bilan isbot qilinganidan, izohini "Sirojinnur"ga havola qilib, kulliy arkonining emas, balki juz'iy va juzlarning juz'iy va xususiy mevalaridan bir nechta namuna bayon qilinadi.

Birisi:Bir kuni bir duoda "Ey Robbim! Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroil hurmatlari va shafoatlari xotiriga meni jin va insning sharlaridan muhofaza ayla" ma'nosida duoni degan vaqtim hammani titratgan va dahshat bergan Azroil nomini zikr qilgan paytim g’oyat totli va tasallidor va sevimli bir holat his qildim. Alhamdulilloh dedim. Azroilni jiddiy sevishni boshladim. Maloikaga iymon ruknining bu juz'iy fardining juda ko’p mevalaridan yolg’iz bir juz'iy mevasiga g’oyat qisqa bir ishorat qilamiz.

Birisi:Insonning eng qiymatli va ustida titragan moli uning ruhidir. Uni zoye bo’lishdan va fanodan va sohibsizlikdan muhofaza qilish uchun quvvatli va amin bir qo’lga taslim qilishning chuqur bir sevinch berganini qat'iy his qildim. Va insonning amalini yozgan malaklar xotiramga keldi. Qaradim, aynan bu meva kabi, juda totli mevalari bor.

Birisi:Har inson qiymatli bir so’zini va fe'lini boqiylashtirish uchun ishtiyoq bilan kitobat va she'r, hatto kino bilan hifziga harakat qiladi. Xususan u fe'llarning Jannatda boqiy mevalari bo’lsa, yanada ziyoda maroq etadi. "Kiroman Kotibin" insonning yelkalarida turib ularni abadiy manzaralarda ko’rsatishi va sohiblariga doimiy mukofot qozontirishi shu qadar menga shirin keldiki, ta'riflolmayman.

So’ngra ahli dunyoning meni hayoti ijtimoiyadagi hamma narsadan tajrid etish ichida butun kitoblarimdan va do’stlarimdan va xizmatchilarimdan va tasalli beradigan ishlardan ajratib qo’yishlari bilan barobar, g’urbat vahshati meni siqarkan va bo’sh dunyo boshimga yiqilarkan, maloikaga iymonning juda ko’p mevalaridan birisi yordamimga keldi. Koinotimni va dunyomni jonlanritdi, malaklar va ruhoniylar bilan to’ldirdi, olamimni sevinch bilan kuldirdi. Va ahli zalolatning dunyolari vahshat va bo’shliq va qorong’ilik bilan yig’laganlarini ko’rsatdi. Xayolim bu mevaning lazzati bilan masrur ekan, umum payg’ambarlarga iymonning juda ko’p mevalaridan bunga o’xshash bitta mevasini oldi, totdi. Birdan butun o’tgan zamonlardagi anbiyolar bilan yashagan kabi ularga iymonim va tasdig’im u zamonlarni nurlantirdi va iymonimni kulliy qilib kengaytirdi. Va oxirzamon payg’ambarimizning iymonga oid bo’lgan da'volariga minglab imzo bostirdi, shaytonlarni jim qildi. Birdan "Hikmat-ul Istioza Lam'asi"da qat'iy javobi bo’lgan bir savol qalbimga keldiki: "Bu mevalar kabi hadsiz totli samaralar va foydalar va hasanotning g’oyat go’zal natijalari va manfaatlari va Arhamurrohiminning g’oyat marhamatkorona tavfiqlari va inoyatlari ahli hidoyatga yordam berib quvvat berganlari holda, ahli zalolat nima uchun ko’p marotaba g’alaba qiladi va ba'zan yigirmatasi yuzta ahli hidoyatni parishon qiladi?" deya ma'nan mendan so’raldi. Va bu tafakkur ichida shaytonning g’oyat zaif dasisalariga qarshi Qur'onning buyuk tahshidoti va maloikalari va Janobi Haqning yordamini ahli iymonga yuborishi xotirga keldi. Risola-i Nurning uning hikmatini qat'iy hujjatlar bilan izohiga binoan, u savolning javobiga g’oyat qisqa bir ishorat qilamiz:

Ha, ba'zan daydi va maxfiy, muzir bir odamning bir saroyga otash otishga harakat qilishi sababli yuzlab odamning qilishi kabi, yuzlab odamning muhofazasi bilan va ba'zan davlatga va podshohga iltijo bilan u saroyning vujudi davom etishi mumkin. Chunki uning vujudi butun sharoitning va arkonning va sabablarning vujudi bilan bo’lishi mumkin. Faqat uning adami va xarob bo’lishi birgina shartning adami bilan voqe' va bir daydining bir gugirti bilan yonib mahv bo’lgani kabi, ins va jin shaytonlari oz bir fe'l bilan katta taxribot va dahshatli ma'naviy yong’inlar qiladilar. Ha, butun yomonliklar va gunohlar va sharlarning poydevori va asoslari adamdir, taxribdir. Suratan vujudning ostida adam va buzish saqlangandir. Xullas, jinniy va insiy shaytonlar va sharirlar bu nuqtaga istinodan g’oyat zaif bir quvvat bilan hadsiz bir quvvatga qarshi tayanib, ahli haq va haqiqatni Janobi Haqning dargohiga iltijoga va qochishga har vaqt majbur qilganidan, Qur'on ularni himoya uchun buyuk tahshidot qiladi. To’qson to’qqiz asmo-i Ilohiyani ularning qo’llariga beradi. U dushmanlarga qarshi sabot qilishlariga juda shiddatli amrlar beradi.

Bu javobdan birdan juda buyuk bir haqiqatning uchi va azamatli, dahshatli bir masalaning asosi ko’rindi. Shundayki:

Qandayki Jannat butun vujud olamlarining mahsulotini tashiydi va dunyo yetishtirgan urug’larni boqiyona undirib chiqaradi. Xuddi shuning kabi, Jahannam ham hadsiz dahshatli adam va hechlik olamlarining juda aliym natijalarini ko’rsatish uchun u adam mahsulotlarini qovuradi va u dahshatli Jahannam fabrikasi boshqa vazifalari ichida, olami vujud koinotini olami adam axlatlaridan tozalattiradi. Bu dahshatli masalaning hozircha eshigini ochmaymiz. Inshaalloh keyin izohlanadi.

Ham malaklarga iymon mevasidan bir juzi va Munkar va Nakirga oid bir namunasi shudir: Hamma kabi men ham muhaqqaq kiraman deya mozorimga xayolan kirdim. Va qabrda yolg’iz, kimsasiz, qorong’i, sovuq, tor bir hibsi munfaridda, bir tajridi mutlaq ichidagi tavahhush va ma'yusiyatdan tadahhush etarkan, birdan Munkar va Nakir toifasidan ikki muborak do’st chiqib keldilar. Men bilan munozarani boshladilar. Qalbim va qabrim kengaydi, nurlandi, isindi. Olami arvohga derazalar ochildi. Men ham hozir xayolan va istiqbolda haqiqatdan ko’radigan u vaziyatimga butun jonim bilan sevindim va shukr qildim. Sarf va Nahv ilmini o’qigan bir madrasa talabasining vafot etib, qabrda Munkar va Nakirning: مَنْ رَبُّكَ (Sening Robbing kim?) degan savollariga qarshi o’zini madrasada tasavvur qilib Nahv ilmi bilan javob berib: " مَنْ egadir. رَبُّكَ kesimdir. Mushkul bir masalani mendan so’rang, bu osondir", deya ham u maloikalarni, ham hozir ruhlarni, ham u voqeani mushohada etgan u yerda bo’lgan bir kashf-al qubur valiysini kuldirdi va rahmati Ilohiyani tabassumga keltirdi. Azobdan qutulgani kabi, Risola-i Nurning bir shahid qahramoni bo’lgan marhum Hofiz Ali hibsda Meva Risolasini kamoli ishq bilan yozarkan va o’qirkan vafot etib qabrda maloika-i savolga mahkamadagi kabi Meva haqiqatlari bilan javob bergani kabi, men ham va Risola-i Nur shogirdlari ham u savollarga qarshi Risola-i Nurning porloq va quvvatli hujjatlari bilan istiqbolda haqiqatdan va hozir ma'nan javob berib ularni tasdiqqa va tahsinga va tabrikka yo’llaydilar, inshaalloh.

Ham malaklarga iymonning saodati dunyoviyaga mador juz'iy bir namunasi shudirki: Ilmi holdan iymon darsini olgan bir ma'sum bolaning yonida yig’lagan va ma'sum bir ukasining vafoti uchun dod-faryod qilgan boshqa bir bolaga: "Yig’lama, shukr qil.. sening ukang malaklar bilan barobar Jannatga ketdi. U yerda kezadi, bizdan yanada yaxshi lazzatlanadi, malaklar kabi uchadi, har yerni tomosha qila oladi", deb faryod qilganning yig’lashini tabassumga va sevinchga aylantirishidir. Men ham aynan bu yig’lagan bola kabi bu hazin qishda va aliym bir vaziyatimda g’oyat aliym ikki vafot xabarini oldim. Biri, ham oliy maktablarda birinchilikni qozogan, ham Risola-i Nurning haqiqatlarini nashr qilgan jiyanim marhum Fuad. Ikkinchisi, hajga ketib sakarot ichida tavof qilarkan, tavof ichida vafot etgan Olima Xonim ismli marhuma singlim. Bu ikki qarindoshlarimning o’limlari Keksalar Risolasida yozilgan marhum Abdurahmonning vafoti kabi meni yig’latarkan, iymon nuri bilan u ma'sum Fuad, u soliha Xonim insonlar o’rniga malaklarga, huriylarga do’st bo’lganliklarini va bu dunyoning tahlika va gunohlaridan qutulganliklarini ma'nan, qalban ko’rdim. U shiddatli huzun o’rniga buyuk bir sevinch his qilib ham ularni, ham Fuadning otasi ukam Abdulmajidni, ham o’zimni tabriklab Arhamurrohiminga shukr qildim. Bu ikki marhumlarga rahmat duosi niyati bilan bu yerda yozildi, qayd qilindi.

Risola-i Nurdagi butun mezonlar va muvozanalar iymonning saodati dunyoviya va uxroviyaga mador mevalarini bayon qiladilar. Va u kulliy va buyuk mevalar bu dunyoda ko’rsatgan saodati hayotiya va lazzati umr jihati bilan har mo’'minning iymoni unga bir saodati abadiyani qozontiradi.. balki kurtak ochadi va u suratda inkishof etadi deya xabar beradilar. Va u kulliy va juda ko’p mevalardan besh mevasi meva-i me'roj bo’lib O’ttiz Birinchi So’zning oxirida va besh mevasi Yigirma To’rtinchi So’zning Beshinchi Shoxida namuna qilib yozilgan. Arkoni iymoniyaning har birining boshqa-boshqa juda ko’p, balki hadsiz mevalari bo’lgani kabi, majmuining birdan ko’p mevalaridan bir mevasi kattakon Jannat va biri ham saodati abadiya va biri ham, balki eng totlisi ham ru'yati Ilohiyadir deya boshda degan edik. Va O’ttiz Ikkinchi So’zning oxiridagi muvozanada iymonning saodati doraynga mador bir qism samaralari go’zal izohlangan. Iymoni bilqadar ruknining qiymatli mevalari bu dunyoda bo’lganiga bir dalil, umum lisonida

مَنْ اٰمَنَ بِالْقَدَرِ اَمِنَ مِنَ الْكَدَرِ

zarbulmasal bo’lgandir. Ya'ni, "Qadarga iymon keltirgan g’amlardan qutuladi". Risola-i Qadarning oxirida go’zal bir tamsil bilan ikki odamning shohona bir saroyning bog’iga kirishlari bilan bir kulliy mevasi bayon qilingan. Hatto men o’z hayotimda minglab tajribalarim bilan ko’rdim va bildimki, qadarga iymon bo’lmasa, hayoti dunyoviya saodati mahv bo’ladi. Aliym musibatlarda qachonki qadarga iymon jihatidan qarar edim, musibat g’oyat yengillashayotganini ko’rar edim. Va qadarga iymon keltirmagan qanday yashay oladi deya hayrat qilardim.

Maloikaga iymon ruknining kulliy mevalaridan biriga Yigirma Ikkinchi So’zning Ikkinchi Maqomida shunday ishorat qilinganki, Azroil Alayhissalom Janobi Haqqa munojot qilib degan: "Qabzi arvoh vazifasida sening iboding mendan ranjiydilar, shikoyat qiladilar". Unga javoban deyilgan: "Sening vazifangga xastaliklarni va musibatlarni parda qilaman, toki ibodimning shikoyatlari ularga ketsin, senga kelmasin". Aynan bu pardalar kabi Azroil Alayhissalomning vazifasi ham bir pardadir. Toki haqsiz shikoyatlar Janobi Haqqa ketmasin. Chunki o’limdagi hikmat va rahmat va go’zallik va foyda jihatini hamma ko’rolmaydi. Zohirga qarab e'tiroz qiladi, shikoyatni boshlaydi. Xullas, bu haqsiz shikoyatlar Rahimi Mutlaqqa ketmaslik hikmati bilan Azroil Alayhissalom parda bo’lganlar. Aynan shuning kabi, butun malaklarning, balki butun zohiriy sabablarning vazifalari izzati rububiyatning pardalaridir. Toki go’zalliklari ko’rinmagan va hikmatlari bilinmagan narsalarda qudrati Ilohiyaning izzati va qudsiyati va rahmatining qamrashi muhofaza qilinsin, e'tirozga nishon bo’lmasin va past va ahamiyatsiz va marhamatsiz narsalar bilan qudratning mubosharati nazari zohiriyda ko’rinmasin. Bo’lmasa hech bir sababning haqiqiy ta'siri va ijodga hech bir qobiliyati bo’lmaganini, hamma narsada tavhid sikkalarini qat'iy ko’rsatganini Risola-i Nur hadsiz dalillari bilan isbot qilgan. Yaratish, ijod etish unga maxsusdir. Sabablar yolg’iz bir pardadir. Maloika kabi zishuur bo’lganlarning yolg’iz juzi ixtiyoriy bilan juz'iy, ijodsiz, kasb deyilgan bir navi xizmati fitriya va amaliy bir navi ubudiyatdan boshqa narsa qo’llarida yo’qdir.

Ha, izzat va azamat istaydilarki, sabablar pardadori dasti qudrat bo’lsin aqlning nazarida.

Tavhid va ahadiyat istaydilarki, sabablar tortsinlar qo’llarini ta'siri haqiqiydan.

Xullas, qandayki malaklar va xayrli va vujudiy ishlarda istihdom etilgan zohiriy sabablar, go’zalliklari ko’rinmagan va bilinmagan narsalarda qudrati Rabboniyani qusurdan, zulmdan muhofaza qilib taqdis etadilar va tasbehi Ilohiyda bittadan vasiladirlar. Aynan shuning kabi: Jinniy va insiy shaytonlar va muzir moddalarning umuri sharriyada va adamiyada iste'mollari ham yana qudrati Subhoniyani g’adrdan va haqsiz e'tirozlardan va shikoyatlarga nishon bo’lishdan qutqarish bilan taqdis etadilar va tasbehoti Rabboniyaga va koinotdagi butun qusurotdan mubarro va munazzahiyatiga xizmat qiladilar. Chunki butun qusurlar adamdan va qobiliyatsizlikdan va taxribdan va vazifa qilmaslikdanki, bittadan adamdirlar, va vujudi bo’lmagan adamiy fe'llardan keladilar. Bu shaytoniy va sharli pardalar u qusurotga marji' bo’lib e'tiroz va shikoyatlarni bil-istihqoq o’zlariga olib Janobi Haqning taqdisiga vasila bo’ladilar. Zotan sharli va adamiy va taxribchi ishlarda quvvat va iqtidor lozim emas. Oz bir fe'l va juz'iy bir quvvat, balki vazifasini qilmaslik bilan ba'zan katta adamlar va buzishlar bo’ladi. U sharir foillar muqtadir deb o’ylanadilar. Holbuki adamdan boshqa hech ta'sirlari va juz'iy bir kasbdan xorij bir quvvatlari yo’qdir. Faqat u sharlar adamdan kelganlaridan, u sharirlar haqiqiy foildirlar. Bil-istihqoq, agar zishuur bo’lishsa, jazoni chekadilar. Demak, sayyiotda u yomonlar foildirlar. Faqat hasanalar va xayrlarda va amali solihda vujud bo’lishidan, u yaxshilar haqiqiy foil va muassir emaslar. Balki qobildirlar, fayzi Ilohiyni qabul qiladilar va mukofotlari ham yolg’iz bir fazli Ilohiydir deya Qur'oni Hakim

مَٓا اَصَابَكَ مِنْ حَسَنَةٍ فَمِنَ اللّٰهِ وَمَٓا اَصَابَكَ مِنْ سَيِّئَةٍ فَمِنْ نَفْسِكَ

farmon qiladi.

Alhosil: Vujud koinotlari va hadsiz adam olamlari bir-biri bilan to’qnashar ekan va Jannat va Jahannam kabi mevalar berar ekan va butun vujud olamlari

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ

va butun adam olamlari

سُبْحَانَ اللّٰهِ سُبْحَانَ اللّٰهِ

der ekan va qamrovli bir qonuni muboraza bilan malaklar shaytonlar bilan va xayrlar sharlar bilan, to qalbning atrofidagi ilhom vasvasa bilan mujodala etar ekan, birdan malaklarga iymonning bu mevasi tajalliy qiladi, masalani hal qilib qorong’i koinotni nurlantiradi.

اَللّٰهُ نُورُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

oyatining anvoridan bir nurini bizga ko’rsatadi va bu meva naqadar totli bo’lganini tottiradi.

Ikkinchi bir kulliy mevasiga "Yirirma To’rtinchi" va "alif"lar karomatini ko’rsatgan "Yirigma To’qqizinchi So’z"lar ishorat qilib porloq bir suratda malaklarning vujudini va vazifasini isbot qilganlar. Ha, koinotning har tarafida, juz'iy va kulliy hamma narsada, har navda o’zini tanittirish va sevdirish ichida marhamatkorona bir hashmati rububiyat, albatta u haybatga, u marhamatga, u tanittirishga, u sevdirishga qarshi shukr va taqdis ichida bir keng va ihotali va shuurkorona bir ubudiyat bilan muqobala etishi lozim va qat'iydir. Va shuursiz jamodot va arkoni azima-i koinot hisobiga u vazifani faqat hadsiz malaklar qilishi mumkin va u saltanati rububiyatning har tarafda, saroda, surayyoda, zaminning asosida, tashqarisida hokimona va hashmatkorona ijrootini ular tamsil eta oladilar.

Masalan, falsafaning ruhsiz qonunlari juda qorong’i va vahshatli ko’rsatgan xilqati arziya va vaziyati fitriyasini bu meva bilan nurli, unsiyatli bir tarzda Savr va Hut deb nomlangan ikki malakning yelkalarida, ya'ni nazoratlarida va Jannatdan keltirilgan va foniy kura-i arzning boqiy bir poydevori bo’lish, ya'ni kelajakda boqiy Jannatga bir qismini aylantirishga bir ishorat uchun "Sahret" nomli uxroviy bir modda, bir haqiqat yuborilib Savr va Hut malaklariga bir nuqta-i istinod qilingan deya Bani Isroilning eski payg’ambarlaridan rivoyat bor va Ibn Abbosdan ham rivoyat qilingandir. Afsuski, bu qudsiy ma'no mururi zamon bilan bu tashbeh avomning nazarida haqiqat talaqqiy etilish bilan aqlning xorijida bu surat olgan. Modomiki malaklar havoda kezganlari kabi tuproqda va toshda va yerning markazida ham kezadilar. Albatta ularning va kura-i arzning ustida turadigan jismoniy tosh va baliqqa va ho’kizga ehtiyojlari yo’qdir.

Ham masalan, kura-i arz kura-i arzning navlari adadicha boshlar va u navlarning fardlari sanog’icha tillar va u fardlarning a'zo va yaproq va mevalari miqdoricha tasbehotlar qilgani uchun albatta u muhtasham va shuursiz ubudiyati fitriyani bilib, shuurdorona tamsil etib dargohi Ilohiyaga taqdim qilish uchun qirq ming boshli va har boshi qirq ming til bilan va har bir til bilan qirq ming tasbehot qiladigan bir malaki muakkali bo’ladiki, ayni haqiqat o’laroq Muxbiri Sodiq xabar berganlar. Va xilqati koinotning eng ahamiyatli natijasi bo’lgan insonlar bilan munosabati Rabboniyani tablig’ va izhor qilgan Jabroil (Alayhissalom) va zihayot olamida eng muhtasham va eng dahshatli bo’lgan tiriltirish va hayot berish va o’lim bilan tarhis etishdagi Xoliqqa maxsus bo’lgan ijrooti Ilohiyani yolg’iz tamsil etib ubudiyatkorona nazorat qilgan Isrofil (Alayhissalom) va Azroil (Alayhissalom) va hayot doirasida rahmatning eng jam'iyatli, eng keng, eng zavqli bo’lgan rizqdagi ehsonoti Rahmoniyaga nazorat bilan barobar shuursiz shukrlarni shuur bilan tamsil etgan Mikoil (Alayhissalom) kabi malaklarning juda ajib mohiyatda bo’lishlari va vujudlari va ruhlarning baqolari saltanat va hashmati rububiyatning muqtazosidir. Ularning va har birisining maxsus toifalarining vujudlari koinotda quyosh kabi ko’ringan saltanat va haybatning vujudi darajasida qat'iydir va shubhasizdir. Maloikaga oid boshqa moddalar bularga qiyos qilinsin.

Ha, kura-i arzda to’rt yuz ming navlarni zihayotdan bunyod etgan, hatto eng oddiy va badbo’y moddalardan ziruhlarni ko’plab yaratgan va har tarafni ular bilan jonlantirgan va mo’'jizoti san'atiga qarshi ularga tillari bilan "Mashaalloh, Barakalloh, Subhanalloh" dedirgan va ehsonoti rahmatiga muqobil "Alhamdulilloh, Vashshukrulilloh, Allohu Akbar" o’sha hayvonchalarga ayttirgan bir Qodiri Zuljaloli val Jamol, albatta, shaksiz va shubhasiz, kattakon samovotga munosib, isyonsiz va doimo ubudiyatda bo’lgan yashovchilarni va ruhoniylarni yaratgan, samovotni jonlantirgan, bo’sh qoldirmagan va hayvonotning toifalaridan haddan ziyod boshqa-boshqa navlarni malaklardan ijod etganki, bir qismi kichkina bo’lib yomg’ir va qor qatralariga minib san'at va rahmati Ilohiyani o’z tillari bilan olqishlaydilar. Bir qismi bittadan sayyor yulduzlarga minib fazo-i koinotda sayohat ichida azamat va izzat va hashmati rububiyatga qarshi takbir va tahlil bilan ubudiyatlarini olamga e'lon qiladilar. Ha, zamoni Odamdan beri butun samoviy kitoblar va dinlar malaklarning vujudlariga va ubudiyatlariga ittifoqlari va butun asrlarda malaklar bilan so’zlashishlar va muhovaralar kasratli tavotur bilan insonlar ichida sodir bo’lganini naql va rivoyatlari esa, ko’rmaganimiz Amerikada insonlarining vujudlari kabi malaklarning vujudlarini va bizlar bilan aloqador bo’lganliklarini qat'iy isbot qiladi. Xullas, hozir kel, iymon nuri bilan bu kulliy ikkinchi mevaga qara va tot. Qanday koinotni boshdan oxir jonlantirib, go’zallashtirib bir masjidi akbarga va muazzam bir ibodatxonaga aylantiryapti. Va fan va falsafaning sovuq, hayotsiz, zulmatli, dahshatli ko’rsatishlariga muqobil hayotli, shuurli, nurli, unsiyatli, totli bir koinot qilib ko’rsatib, boqiy hayotning bir jilva-i lazzatini ahli iymonga darajasiga ko’ra dunyoda ham tottiradi.

Tatimma:Qandayki vahdat va ahadiyat sirri bilan koinotning har tarafida ayni qudrat, ayni ism, ayni hikmat, ayni san'at bo’lishi bilan Xoliqning vahdat va tasarrufi va ijod va rububiyati va xalloqiyat va qudsiyati juz'iy-kulliy har bir masnu'ning hol tili bilan e'lon qilinadi. Aynan shuning kabi, har tarafda malaklarni yaratib har maxluqning lisoni hol bilan shuursiz qilgan tasbehotni malaklarning ubudiyatkorona tillari bilan qildiradi. Malaklarning hech bir jihatdan xilofi amr harakatlari yo’qdir. Xolis bir ubudiyatdan boshqa hech bir ijod va amrsiz hech bir mudohala, hatto iznsiz shafoatlari ham bo’lmaydi. Tamoman

عِبَادٌ مُكْرَمُونَ * يَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ

sirriga mazhardirlar.

* * *

Xotima

(G’oyat ahamiyatli bir nukta-i i'joziyaga doir birdan, ixtiyorsiz shomdan keyin qalbga ixtor etilgan va sura-i

قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ

ning zohir bir mo’'jiza-i g’aybiyasini ko’rsatgan uzun bir haqiqatga qisqa bir ishoratdir.)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ * مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ * وَمِنْ شَرِّ غَاسِقٍ اِذَا وَقَبَ * وَمِنْ شَرِّ النَّفَّاثَاتِ فِى الْعُقَدِ * وَمِنْ شَرِّ حَاسِدٍ اِذَا حَسَدَ

Xullas, yolg’iz ma'no-i ishoriy jihatidan bu sura-i azima-i horiqo: "Koinotda adam olamlari hisobiga ishlagan sharirlardan va insiy va jinniy shaytonlardan o’zingizni muhofaza qilinglar". Payg’ambarimizga va ummatiga amr qilib, har asrga qaragani kabi, ma'no-i ishoriysi bilan bu ajib asrimizga yanada ziyoda, balki zohir bir tarzda qaraydi. Qur'onning xizmatkorlarini istiozaga da'vat qiladi. Bu mo’'jiza-i g’aybiya besh ishorat bilan qisqacha bayon qilinadi. Shundayki:

Bu suraning har bir oyatining ma'nolari ko’pdir. Yolg’iz ma'no-i ishoriy bilan besh jumlasida to’rt marta شَرِّ kalimasini takror qilish va quvvatli munosabati ma'naviya bilan barobar to’rt tarzda bu asrning mislsiz to’rt dahshatli va bo’ronli moddiy va ma'naviy sharlariga va inqiloblariga va muborazalariga ayni tarix bilan ishorat qilish va ma'nan "Bulardan saqlaninglar" amr qilish, albatta Qur'onning i'joziga yarashadigan bir irshodi g’aybiydir.

Masalan: Boshda

قُلْ اَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ

jumlasi bir ming uch yuz ellik ikki yoki to’rt (1352-1354) tarixiga hisobi abjadiy va jifriy bilan tavofuq etib navi basharda eng keng hirs va hasad bilan va birinchi urushning sababi bilan sodir bo’lishga hozirlangan ikkinchi harbi umumiyga ishorat qiladi. Va ummati Muhammadiyaga (S.A.V.) ma'nan deydi: "Bu harbga kirmanglar va Robbingizga iltijo qilinglar". Va bir ma'no-i ramziy bilan Qur'onning xizmatkorlaridan bo’lgan Risola-i Nur shogirdlariga xususiy bir iltifot bilan ularning Eskishehir hibsidan, dahshatli bir shardan ayni tarixi bilan ozod bo’lishlariga va haqlaridagi imho rejasining natijasiz qoldirilishiga ramzan xabar beradi, ma'nan "Istioza qilinglar" deb amr qilayotgandek bir ramz beradi.

Ham masalan:

مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ

jumlasi, shadda sanalmaydi, bir ming uch yuz oltmish bir (1361) bo’lib, bu mislsiz harbning marhamatsiz va zolimona taxribotiga rumiy va hijriy tarixi bilan ishorat qilgani kabi, ayni zamonda butun quvvatlari bilan Qur'onning xizmatiga bo’lgan Nur shogirdlarining keng bir imho rejasidan va aliym va dahshatli bir balodan va Denizli hibsidan ozod bo’lishlariga tavofuq bilan, bir ma'no-i ramziy bilan ularga ham qaraydi. "Xalqning sharridan o’zingizni himoya qilinglar" yashirin bir imo bilan deydi.

Ham masalan:

اَلنَّفَّاثَاتِ فِى الْعُقَدِ

jumlasi, shaddalar sanalmaydi, bir ming uch yuz yigirma sakkiz (1328); agar shaddadagi "Lom" sanalsa, bir ming uch yuz ellik sakkiz (1358) adadi bilan bu umumiy harblarni qilgan ajnabiy g’addorlarning hirs va hasad bilan bizdagi Hurriyat Inqilobining Qur'on foydasidagi natijalarni buzish fikri bilan tabadduli saltanat va Bolqon va Italiya Harblari va Birinchi Harbi Umumiyning o’t olishi bilan moddiy va ma'naviy sharlarning, siyosiy diplomatlarning radio tili bilan hammaning boshlariga sehrboz va zaharli dam solishlari bilan va muqaddaroti basharning tugun va bog’lariga yashirin rejalarini singdirishlari bilan ming yillik madaniyat taraqqiyotini vahshiyona mahv etgan sharlarning vujudga kelishga hozirlanishlari tarixiga tavofuq etib,

اَلنَّفَّاثَاتِ فِى الْعُقَدِ

ning to’liq ma'nosiga tatobuq etadi.

Ham masalan:

وَمِنْ شَرِّ حَاسِدٍ اِذَا حَسَدَ

jumlasi, shadda va tanvin sanalmaydi, yana bir ming uch yuz qirq yetti (1347) bo’lib, ayni tarixda ajnabiy bitimlarining majburlashlari bilan bu vatanda ahamiyatli silkinishlar va falsafaning tahakkumi bilan bu dindor millatda ahamiyatli tahavvullar vujudga kelishiga va ayni tarixda davlatlarda ikkinchi harbi umumiyni ihzor etgan dahshatli hasadlar va raqobatlarning to’qnashuvlari tarixiga bu ma'no-i ishoriy bilan aynan tavofuqi va ma'nan tatobuqi, albatta bu qudsiy suraning bir lam'a-i i'jozi g’aybiysidir.

Bir ixtor:Har bir oyatning mutaaddid ma'nolari bordir. Ham har bir ma'no kulliydir. Har asrda afrodi mavjud. Bahsimizda bu asrimizga qaragan yolg’iz ma'no-i ishoriy tabaqasidir. Ham u kulliy ma'noda asrimiz bir farddir. Faqat xususiyat kasb etganki, unga tarixi bilan qaraydi. Men to’rt yildir bu harbning na vaziyatlarini va na natijalarini va na sulh bo’lgan, bo’lmaganini bilmaganimdan va so’ramaganimdan, bu qudsiy suraning yana qancha bu asrga va bu harbga ishorati bor deya ortiq uning eshigini qoqmadim. Bo’lmasa bu xazinada yana ko’p sirlar borligi Risola-i Nurning ajzolarida, xususan Rumuzoti Samoniya risolalarida bayon va isbot qilinganidan, ularga havola qilib tugataman.

Xotirga kelishi mumkin bo’lgan bir savolning javobidir:

Bu lam'a-i i'joziyada boshdagi مِنْ شَرِّ مَا خَلَقَ da ham مِنْ , ham شَرِّ kalimalari hisobga kirishi va oxirda وَمِنْ شَرِّ حَاسِدٍ اِذَا حَسَدَ yolg’iz شَرِّ kalimasi kirishi, وَمِنْ kirmasligi va

وَمِنْ شَرِّ النَّفَّاثَاتِ فِى الْعُقَدِ

ikkisi ham hisob qilinmasligi g’oyat nozik va latif bir munosabatga imo va ramz uchundir. Chunki xalqlarda sharlardan boshqa xayrlar ham bor. Ham butun shar hammaga kelmaydi. Bunga ramzan baziyatni ifoda qilgan مِنْ va شَرِّ kirganlar. Hasid hasad qilgan zamon butun shardir, baziyatga luzum yo’qdir. Va

اَلنَّفَّاثَاتِ فِى الْعُقَدِ

ramzi bilan, o’z manfaatlari uchun kura-i arzga otash otgan dam soluvchilarning va sehrboz u diplomatlarning taxribotga oid butun ishlari ayni shardir deya ortiq شَرِّ kalimasiga luzum qolmadi.

* * *

Bu Suraga Oid Bir Nukta-i I'joziyaning Hoshiyasidir:

Qandayki bu sura beshta jumlasidan to’rtta jumlasi bilan bu asrimizning to’rtta buyuk sharli inqiloblariga va bo’ronlariga ma'no-i ishoriy bilan qaraydi. Aynan shuning kabi, to’rt marta takroran مِنْ شَرِّ -shadda sanalmaydi- kalimasi bilan olami Islom jihatidan eng dahshatli bo’lgan Chingiz va Xulagu fitnasining va Abbosiylar Davlatining inqiroz zamonining asriga to’rt marta ma'no-i ishoriy bilan va maqomi jifriy bilan qaraydi va ishorat qiladi. Ha, shaddasiz, شَرِّ besh yuz (500) bo’ladi, مِنْ to’qson (90) dir. Istiqbolga qaragan ko’p oyatlar ham bu asrimizga, ham u asrlarga ishorat qilishlari jihatidan istiqboldan xabar bergan Imom Ali (R.A.) va G’avsi A'zam (Q.S.) ham, aynan ham bu asrimizga, ham u asrga qarab xabar berganlar.

غَاسِقٍ اِذَا وَقَبَ

kalimalari bu zamonga emas, balki غَاسِقٍ bir ming bir yuz oltmish bir (1161) va اِذَا وَقَبَ sakkiz yuz o’n (810) bo’lib, u zamonlarda ahamiyatli moddiy, ma'naviy sharlarga ishorat qiladi. Agar barobar bo’lsa, milodiy bir ming to’qqiz yuz yetmish bir (1971) bo’ladi. U tarixda dahshatli bir shardan xabar beradi. Yigirma yil keyin hozirgi urug’larning mahsuli isloh bo’lmasa, albatta ta'zirlari dahshatli bo’ladi.

* * *

O’n Birinchi Masalaning Hoshiyasining Bir Lohiqasidir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

Oyat-ul Kursiyning tatimmasi bo’lgan

لَٓا اِكْرَاهَ فِى ﴿الدّ۪ينِ قَدْ تَبَيَّنَ الرُّشْدُ﴾ مِنَ الْغَىِّ

bir ming uch yuz ellik (1350);

﴿فَمَنْ يَكْفُرْ بِالطَّاغُوتِ﴾

bir ming to’qqiz yuz yigirma to’qqiz (1929) yoki (1928)

﴿وَيُؤْمِنْ بِاللّٰهِ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ﴾

to’qqiz yuz qirq olti (946) "Risolat-un Nur ismiga muvofiq";

﴿بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقٰى﴾ لَا انْفِصَامَ لَهَا وَاللّٰهُ سَم۪يعٌ عَل۪يمٌ

bir ming uch yuz qirq yetti (1347);

﴿اَللّٰهُ﴾ ﴿وَلِىُّ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا﴾

-agar barobar bo’lsa, bir ming o’n ikki (1012), agar barobar bo’lmasa, to’qqiz yuz qirq besh (945) (bir shadda sanalmaydi);

يُخْرِجُهُمْ مِنَ ﴿الظُّلُمَاتِ﴾ اِلَى النُّورِ

bir ming uch yuz yetmish ikki (1372), shaddasiz,

وَالَّذ۪ينَ كَفَـرُٓوا اَوْلِيَٓاؤُهُمُ ﴿الطَّاغُوتُ﴾

bir ming to’rt yuz o’n yetti (1417),

﴿يُخْرِجُونَهُمْ مِنَ النُّورِ اِلَى﴾ الظُّلُمَاتِ

bir ming uch yuz o’ttiz sakkiz (1338), shadda sanalmaydi;

اُولٰٓئِكَ اَصْحَابُ النَّارِ هُمْ ف۪يهَا خَالِدُونَ

bir ming ikki yuz to’qson besh (1295), shadda sanaladi, bo’ladi.

Risolat-un Nurning ham ikki karra ismiga, ham surati mujohadasiga, ham tahaqquqiga va ta'lif va takammul zamoniga aynan tavofuqi bilan barobar ahli kufrning bir ming ikki yuz to’qson uch (1293) harbi bilan olami Islomning nurini so’ndirishga harakat qilish tarixiga va Birinchi Harbi Umumiydan istifoda bilan bir ming uch yuz o’ttiz sakkiz (1338)da bilfe'l nurdan zulmatga otish uchun qilingan dahshatli bitimlar zamoniga aynan tavofuqi va ichida mukarraran nur va zulmat qarshilashtirilishi va bu mujohada-i ma'naviyada Qur'onning nuridan kelgan bir nur ahli iymonga bir nuqta-i istinod bo’lishini ma'no-i ishoriy bilan xabar beryapti deya qalbimga ixtor etildi. Men ham majbur bo’ldim, yozdim. Keyin qaradimki, ma'nosining munosabati bu asrimizga shu qadar quvvatlidirki, hech tavofuq alomati bo’lmasa ham, yana bu oyatlar har asrga qaragani kabi, ma'no-i ishoriy bilan bizlar bilan ham gaplashyapti degan qanoat keldi.

Ha, avvalo:Boshda

لَٓا اِكْرَاهَ فِى الدّ۪ينِ قَدْ تَبَيَّنَ الرُّشْدُ

jumlasi maqomi jifriy va abjadiy bilan bir ming uch yuz ellik (1350) tarixiga ishorat qiladi va ma'no-i ishoriy bilan deydi: Garchi u tarixda dinni dunyodan tafriq bilan dinda iqrohga va ijborga va mujohada-i diniyaga va din uchun qurol bilan jihodga muoriz bo’lgan hurriyati vijdon hukumatlarda bir qonuni asosiy, bir dasturi siyosiy bo’ladi va hukumat laik jumhuriyatga aylanadi. Faqat unga muqobil ma'naviy bir jihodi diniy iymoni tahqiqiy qilichi bilan bo’ladi. Chunki dindagi rushdu irshod va haq va haqiqatni ko’zlarga ko’rsatadigan darajada quvvatli burhonlarni izhor qilib tabyin va tabayyun etgan bir nur Qur'ondan chiqadi deya xabar berib, bir lam'a-i i'joz ko’rsatadi.

Ham to خَالِدُونَ kalimasiga qadar Risola-i Nurdagi butun muvozanalarning asli, manbai bo’lib aynan u muvozanalar kabi mukarraran nur va zulmat va iymon va jaholatlarni qarshilashtirishi bilan yashirin bir alomatdirki, u tarixda bo’lgan jihodi ma'naviy muborazasida buyuk bir qahramon Nur ismli Risola-i Nurdirki, dinda bo’lgan yuzlab tilsimlarni kashf etgan uning ma'naviy olmos qilichi moddiy qilichlarga ehtiyoj qoldirmaydi.

Ha, hadsiz shukurlar bo’lsinki, yigirma yildir Risola-i Nur bu ixbori g’aybiy va lam'a-i i'jozni bilfe'l ko’rsatgan. Va bu sirri azim uchundirki, Risola-i Nur shogirdlari dunyo siyosatiga va jarayonlariga va moddiy mujodalalariga qo’shilmaydilar va ahamiyat bermaydilar va tanazzul etmaydilar va haqiqiy shogirdlari eng dahshatli bir dushmaniga va haqoratli tajovuziga qarshi unga deydi:

"Ey badbaxt! Men seni i'domi abadiydan qutqarishga va foniy hayvoniyatning eng sufliy va aliym darajasidan bir boqiy insoniyat saodatiga chiqarishga harakat qilyapman. Sen mening o’limimga va i'domimga harakat qilyapsan. Sening bu dunyoda lazzating juda oz, juda qisqa va oxiratda jazo va balolaring juda ko’p va juda uzundir. Va mening o’limim bir tarhisdir. Qani daf bo’l! Sen bilan ovora bo’lmayman, nima qilsang qil!", deydi. U zolim dushmaniga hiddat emas, balki achinadi, shafqat etadi, koshki qutulsa edi deya islohiga harakat qiladi.

Soniyan:

﴿وَيُؤْمِنْ بِاللّٰهِ فَقَدِ اسْتَمْسَكَ﴾ ﴿بِالْعُرْوَةِ الْوُثْقٰى﴾

Bu ikki qudsiy jumlalar quvvatli munosabati ma'naviya bilan barobar maqomi jifriy va abjadiy hisobi bilan, birinchisi Risolat-un Nurning ismiga, ikkinchisi uning tahaqquqiga va takammuliga va porloq futuhotiga ma'nan va jifran aynan tatobuqlari bir alomatdirki; Risolat-un Nur bu asrda, bu tarixda bir "urvat-ul vusqo"dir. Ya'ni, juda mustahkam, uzilmas bir zanjir va bir "hablulloh"dir. Unga qo’lini uzatgan, yopishgan najot topadi deya ma'no-i ramziy bilan xabar beradi.

Solisan:

اَللّٰهُ وَلِىُّ الَّذ۪ينَ اٰمَنُوا

jumlasining ham ma'no, ham jifr bilan Risolat-un Nurga bir ramzi bor. Shundayki:.........

(Bu maqomda parda tushdi. Yozishga izn berilmadi. Boshqa zamonga qoldirildi.)

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

(Hoshiya):Bu nuktaning qolgan qismi hozircha yozdirilmaganinig sababi, bir daraja dunyoga, siyosatga munosabati borligidandir. Biz ham qarashdan man etilganmiz. Ha

اِنَّ الْاِنْسَانَ لَيَطْغٰى

bu tog’utga qaraydi va qaratadi.

Said Nursiy

* * *

(Risola-i Nur qahramoni Xusravning "Mevaning O’n Birinchi Masalasi" munosabati bilan yozgan maktubining bir parchasidir.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَةُ اللّٰهِ وَ بَرَكَاتُهُ

Juda ham muborak, juda ham qiymatdor, juda ham sevgili ustozim afandim!

Millat va mamlakat uchun juda muazzam go’zalliklarni ichiga olgan "Meva" "To’qqiz Masala"si bilan dahshatli bir zamonda, mudhish osiylar ichida eng katta dushmanlar orasida hayratfazo bir suratda shogirdlariga najot berishga vasila bo’lish bilan qolmagan, O’ninchi va O’n Birinchi Masalalari bilan ham xususan Nurning shogirdlarini haqiqat yo’llarida olqishlagan va ketadigan haqiqiy makonlari bo’lgan qabrdagi ahvollaridan va hammani titratgan va ayniqsa ahli g’aflat uchun juda qo’rqinchli, juda alamli, juda ayanchli bir manzil bo’lgan tuproq ostida ko’radigan va gaplashadigan maloikalar bilan gapirishni va rafoqatni sevdirib bu makonga yanada ko’proq unsiyat izhor qilish bilan bu qo’rqinch ilk manzil haqidagi haddan ortiq qo’rquvlarimizni ta'dil etgan, nafas oldirgan. Xususan, u olamning nuroniy hayotini men kabi ko’rolmaydiganlarning qo’llarida shuooti yuz minglab yillik masofalarga cho’zilgan bir elektr chirog’i hukmiga o’tdi. Hamda doimo hidlanadigan namunali bir gul bog’i bo’lgandir. Ha, biz sevgili ustozimizga arz etamizki, har kun darsini domlasiga o’qigan bir talaba kabi Nurdan olgan fayzlarimizni har doim sevgili ustozimizga arz etaylik. Faqat sevgili ustozimiz hozircha so’zlashishlarini to’xtatib qo’ydilar.

Ey aziz ustozim! Risola-i Nurning haqiqati va Mevaning go’zalligi va chechagining fayzi meni minnatdorona bir parcha mamlakatim nomiga gapirtirgan va men kabi gapirgan ko’p qalblarga hayot bergan. Hozir atrofimizda Risola-i Nurga qarata otilgan qadamlar va uzatilgan qo’llar Mevaning O’n Birinchi chechagi bilan yanada ko’p matonat kasb etgan, inkishof etgan, faoliyatni boshlagandir.

Juda haqir talabangiz

Xusrav

* * *

(Ispartadagi umum Risola-i Nur talabalari nomiga ramazon tabrigi munosabati bilan yozilgan va o’n uch fikra bilan ta'dil etilgan bir maktubdir.)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

Ey olami Islomning dunyo va oxiratda salomati uchun Qur'onning fayzi bilan va Risola-i Nurning haqiqati bilan va sodiq shogirdlarning himmati bilan muborak ko’zlaridan yosh o’rniga qon oqitgan;

Va ey fitna-i oxirzamonning shu dag’dag’ali va bo’ronli zamonida Hazrat Ayyub Alayhissalomdan ziyoda xastaliklarga, dardlarga giriftor bo’lgan;

Va Qur'onning nuri bilan va Risola-i Nurning burhonlari bilan va shogirdlarning g’ayrati bilan olami Islomning moddiy va ma'naviy xastaliklarini Hakimi Luqmon kabi davolashga harakat qilgan;

Va ey muborak qo’llarida mavjud bo’lgan Nur parchalarining haq va haqiqat bo’lganini Qur'onning o’ttiz uch oyati bilan va karomati Alaviya va G’avsiya bilan isbot qilgan;

Va ey o’zini xasta va keksa va zaif va g’oyat achinarli holda hammadan ko’ra ko’proq olami Islomga jon fido qiladigan darajada achinib o’ziga o’zi yomonlik qilish istaganlarga Qur'onning haqiqati bilan va Risola-i Nurning hujjatlari bilan, Nur talabalarining sadoqatlari bilan xayrli duolar va yaxshilik qilish bilan qarshilagan;

Va yozgan muhim asarlaridan Oyat-ul Kubroning chop qilinishi bilan o’ziga va talabalariga kelgan musibatda hibsxonalarga tushgan;

Va u zindonlarni Qur'onning irshodi bilan va Risola-i Nurning darsi bilan va shogirdlarning ishtiyoqi bilan bir madrasa-i Yusufiyaga aylantirgan va bir darsxona qilgan;

Va ichimizdagi johillarning hammasiga Qur'onni o’sha darsxonada xatm qildirib chiqargan;

Va u musibatda Qur'onning quvva-i qudsiyasi bilan va Risola-i Nurning tasallisi bilan va qardoshlarning tahammullari bilan keksa va zaif bo’lgani holda, butun og’irliklarimizni va yuklarimizni ustiga olgan;

Va yozgan Meva va Mudofaanoma risolalari bilan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning i'jozi bilan va Risola-i Nurning quvvatli burhonlari bilan va shogirdlarning ixlosi bilan, izni Ilohiy bilan u zindon eshiklarini ochtirib baroat qozontirgan;

Va u kunda bizga va olami Islomga bayram qildirgan;

Va haqiqatdan Risola-i Nurlarni "Nurun ala nur" bo’lganini isbot qilib qiyomatga qadar erkin o’qilib va yozilishiga haq qozontirgan;

Va olami Islomning Qur'oni Azimushshonning g’ido-i qudsiysi bilan va Nurning uxroviy taomi bilan va shogirdlarining ishtahasi bilan non, suv va havo kabi bu Nurlarga ko’p ehtiyoji bo’lganini va bu Nurlarni o’qib yozganlardan minglab kishi iymon bilan qabrga kirganini isbot qilgan;

Va o’ziga mansub talabalarini hech bir yerda mag’lub va mahjub qilmagan;

Va hali ham Qur'onning samoviy darslari bilan va Risola-i Nurning asosoti bilan va shogirdlarining zakovatlari bilan va Mevaning O’ninchi va O’n Birinchi Masala va chechaklari bilan firoq otashi bilan kecha-kunduz yongan qalblarimizni obi hayot va sharobi kavsar kabi u muborak "Masala" va "Chechaklar" bilan qalblarimizning otashini so’ndirib surur va farohga yo’naltirgan;

Va ey olamning (Qur'oni Azimushshonning qat'iy va'dasi bilan va tahdidi bilan va Risola-i Nurning kashfi qat'iysi bilan va marhum shogirdlarining mushohadasi bilan va ulardagi kashf-al qubur sohiblarining ko’rishi bilan..) eng ko’p qo’rqqan o’limni ahli iymon uchun i'domi abadiydan qutqarib bir erkinlik ruxsatnomasiga aylantirgan;

Va olami Nurga ketish uchun go’zal bir yo’lovchilik bo’lganini isbot qilgan;

Va kofir va munofiqlar uchun i'domi abadiy bo’lganini bildirgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning ming mo’'jizoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalam va qirq vajhi i'jozining tasdiqi ostida ixboroti qat'iyasi bilan undan chiqqan Risola-i Nurning eng muannid dushmanlarini mag’lub qilgan hujjatlari bilan va Nur shogirdlarining ko’p alomatlarning va tajribalarning va qanoatlarining taslimi bilan u qo’rqinchli, zim-ziyo, sovuq va tor qabrni ahli iymon uchun Jannat mozoridan bir mozor va Jannat bog’ining bir eshigi bo’lganini isbot qilgan;

Va kofir va munofiq zindiqlar uchun Jahannam mozoridan ilon va chayonlar bilan to’lgan bir mozor bo’lganini isbot qilgan va u yerga keladigan Munkar-Nakir ismli maloikalarni ahli haq va haqiqat yo’lida ketganlar uchun bittadan munis do’st qilgan;

Va Risola-i Nurning shogirdlarini talaba-i ulum sinfiga dohil etib Munkar-Nakir savollariga Risola-i Nur bilan javob berganlarini marhum qahramon shahid Hofiz Alining vafoti bilan kashf etgan;

Va hayotda bo’lganlarimizning ham yana Risola-i Nur bilan javob berishimizni rahmati Ilohiyadan duo va niyoz qilgan;

Va Hazrati Qur'onni Qur'oni Azimushshonning qirq tabaqadan har tabaqaga ko’ra bir navi i'jozi ma'naviysini ko’rsatishi bilan va umum koinotga qaragan kalomi azaliy bo’lishi bilan va tafsiri bo’lgan Risola-i Nurning Mo’'jizoti Qur'oniya va Rumuzoti Samoniya risolalari bilan va Risola-i Nur gul fabrikasining sarkotibi kabi qahramon qardoshlarning va shogirdlarning favquloda g’ayratlari bilan asri saodatdan beri bunday horiqo bir suratda mo’'jizali bo’lib yozilishiga hech kim qodir bo’lmagani holda, Risola-i Nurning qahramon bir kotibi Xusravga "Yoz" amr qilinishi bilan Lavhi Mahfuzdagi yozilgan Qur'on kabi yozilishi va Qur'oni Azimushshonning haq kalomulloh bo’lganini va butun samoviy kitoblarning eng buyugi va eng afzali va bir Fotiha ichida minglab Fotiha va bir Ixlos ichida minglab Ixlos va hurufotining birdan o’n va yuz va ming va minglab savob va hasana berganliklarini hech ko’rilmagan va eshitilmagan juda go’zal va horiqo bir suratda ta'rif va isbot qilgan;

Va Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning bir ming uch yuz yildan beri i'jozini ko’rsatishi bilan va muorizlarni to’xtatishi bilan va Nurning ko’zlarga ko’rsatadigan darajada zohir dalillari bilan va Nur shogirdlarining olmos qalamlari bilan bu zamonga qadar misli ko’rilmagan Risola-i Nurning dunyoga farmon o’qigan va eng mutamarrid va muannidlarni jim qilgan Yigirma Beshinchi So’z va zayllari qirq jihat bilan i'jozi Qur'oniy bo’lganini isbot qilgan;

Va ey Hazrat Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning haq payg’ambar bo’lganlariga va umum bir yuz yigirma to’rt ming payg’ambarlarning afzali va sayyidi bo’lganlariga doir minglab mo’'jizalarini "Mo’'jizoti Ahmadiya" (S.A.V.) nomli Risola-i Nuri bilan go’zal bir suratda isbot qilgan va Qur'oni Azimushshonning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning rahmatan lil olamin bo’lganlarini koinotda e'lon qilishi bilan va Nurning boshdan oxiriga qadar u kishining rahmatan lil olamin bo’lganlarini burhonlar bilan isbot qilishi bilan va u Rasulning af'ol va ahvollari koinotda namuna-i iqtido bo’ladigan eng sog’lom, eng go’zal rahbar bo’lganini hatto ko’rlarga ham ko’rsatishi bilan va Anadolu va xususiy mamlakatlarda Nurning intishori zamonida balolarning daf bo’lishi va bostirilishi bilan musibatlarning kelishi guvohligi bilan va Nur shogirdlarining g’oyat og’ir mushkilotlar ichida kamoli matonat bilan xizmat va irtibotlari bilan u zotning (S.A.V.) sunnati saniyalariga ittibo etish naqadar foydali bo’lganini va bir sunnatga bu zamonda ittiboda yuz shahidning ajrini qozonganini bildirgan;

Va sadaqa qazo va baloni qanday daf qilsa, Risola-i Nurning ham Anadoluga keladigan qazoni, baloni yigirma yildir daf qilganini aynalyaqiyn isbot qilgan ustozi akramimiz Afandimiz Hazratlari!...

Hozir shu Risola-i Nurning baroati, boshda siz sevgili ustozimizni, keyin biz ojiz qusurli talabalaringizni, keyin olami Islomni sururga yo’naltirib, ikkinchi muazzam bir bayram qildirganidan, siz muborak ustozimizning bu muazzam bayrami sharifingizni tabrik bilan va yana uchinchi bayram bo’lgan ramazoni sharifingizni va layla-i Qadringizni tabrik, amsoli kasirasi bilan musharraf bo’lishimizni niyoz va biz qusurlilarning qusurlarimizning avfini tilab umumiy salom bilan muborak qo’llaringizdan o’pamiz va duolaringizni orzu qilamiz, afandimiz hazratlari.

Isparta va atrofida bo’lgan Nur Talabalari

* * *

Haddimdan yuz daraja ziyoda bo’lgan bu maktub ichidagilarini tavozu bilan rad qilish bir kufroni ne'mat va umum shogirdlarning husni zonlariga qarshi bir xoinlik bo’lishi va aynan qabul qilish bir g’urur, bir anoniyat va menlik bo’lishi jihati bilan, umum nomiga Risola-i Nur kotibi yozgan bu uzun maktubni, o’n uch fikralarni ilova qilib, ham bir shukri ma'naviy, ham g’ururdan, ham kufroni ne'matdan qutulish uchun sizga bir nusxasini yuboryapmanki: Mevaning O’n Birinchi Masalasining oxirida "Risola-i Nurning Isparta va atrofidagi talabalarining bir maktubidir" deya ilova qilinsin.

Men bu maktubni bu ta'dilot bilan yozganimiz holda, ikki marta bir kabutar yonimizdagi derazaga keldi. Ichkariga kirmoqchi edi, Jaylonning boshini ko’rdi, kirmadi. Bir necha daqiqa so’ngra boshqasi aynan keldi. Yana yozganni ko’rdi, kirmadi. Men dedim, har holda avvalgi sarcha va quddus qushi kabi xushxabarchilardir. Va yoxud bu maktub kabi mutaaddid maktublarni yozganimizdan, muborak maktubning ta'dili bilan muborakiyatini tabrik uchun kelganlar deya qanoatimiz keldi.

Said Nursiy

* * *

ASOYI MUSODAN

IKKINCHI QISM

HUJJATULLOHIL-BALIG’A RISOLASI

O’N BIR HUJJATI IYMONIYADIR

Bu risolani Anqara ahli vuqufi ko’p taqdir etganlari kabi; bu dafa ham baroatimizga ahamiyatli bir sabab, va kufri mutlaqni sindirgan eng keskin va yuksak va quvvatli bir hujjati qat'iya va burhoni bahirdir.

SAID NURSIY

BIRINCHI HUJJATI IYMONIYA

OYAT-UL KUBRO

Koinotdan xoliqini so’ragan bir sayyohning mushahadotidir.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

تُسَبِّحُ لَهُ السَّمٰوَاتُ السَّبْعُ وَالْاَرْضُ وَمَنْ ف۪يهِنَّ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪ وَلٰكِنْ لَا تَفْقَهُونَ تَسْب۪يحَهُمْ اِنَّهُ كَانَ حَل۪يمًا غَفُورًا

[Bu Ikkinchi Maqom bu oyati muazzamani tafsir qilish bilan barobar, tashlab o’tilgan Arabcha Birinchi Maqomning burhonlarini va hujjatlarini va tarjimasini va qisqa bir ma'nosini bayon qiladi.]

Shundayki: Bu oyati muazzama kabi juda ko’p oyoti Qur'oniya, bu koinot Xoliqini bildirish jihatidan, har vaqt va harkas eng ko’p hayrat bilan qarab zavq bilan mutolaa qilgan eng porloq bir sahifa-i tavhid bo’lgan samovotni eng boshda zikr qilishlaridan, eng boshda undan boshlash muvofiqdir.

Ha, bu dunyo mamlakatiga va musofirxonasiga kelgan har bir musofir ko’zini ochib qaraganda ko’radiki: G’oyat karamkorona bir ziyofatgoh va g’oyat san'atkorona bir tashhirgoh va g’oyat hashmatkorona bir lashkargoh va ta'limgoh va g’oyat hayratkorona va shavq-angizona bir sayrongoh va tomoshagoh va g’oyat ma'nodorona va hikmatparvarona bir mutolaagoh bo’lgan bu go’zal musofirxonaning sohibini va bu kitobi kabirning muallifini va bu muhtasham mamlakatning sultonini tanish va bilish uchun shiddat bilan qizikarkan, eng boshda ko’klarning nur zarhali bilan yozilgan go’zal yuzi ko’rinadi: "Menga qara, qidirganingni senga bildiraman!", deydi. U ham qaraydi, ko’radiki:

Bir qismi arzimizdan ming marta katta va u kattalardan bir qismi zambarak o’qidan yetmish daraja tez yuz minglab ajromi samoviyani ustunsiz tushirmasdan saqlagan va bir-biriga urmasdan favqalhad tez va barobar kezdirgan, yog’siz so’ndirmasdan mutamodiyan u hadsiz chiroqlarni yondirgan va hech bir shovqin va ixtilol chiqarmasdan u nihoyatsiz katta to’dalarni idora qilgan va Quyosh va Qamarning vazifalari kabi, hech isyon qildirmasdan u juda katta maxluqlarni vazifalar bilan ishlattirgan va ikki qutbning doirasidagi hisob raqamlariga sig’ishmagan bir nihoyatsiz uzoqlik ichida, ayni zamonda, ayni quvvat va ayni tarz va ayni sikka-i fitrat va ayni suratda, barobar, nuqsonsiz tasarruf qilgan va u juda katta mutajoviz quvvatlarni tashiganlarni tajovuz qildirmasdan qonuniga itoat qildirgan va u nihoyatsiz yig’inning qoldiqlari kabi ko’kning yuzini kirlatadigan axlatlarga fursat bermasdan juda porloq va juda go’zal tozalatgan va bir muntazam qo’shin harakati kabi harakat bilan kezdirgan va arzni aylantirishi bilan, u hashmatli harakatning boshqa bir suratda haqiqiy va xayoliy tarzlarini har kecha va har yil kino lavhalari kabi tomoshabin maxluqotiga ko’rsatgan bir tazohuri rububiyat va u rububiyat faoliyati ichida ko’ringan tasxir, tadbir, tadvir, tanzim, tanzif, tavzifdan hosil bo’lgan bir haqiqat bu azamati va ihototi bilan u samovot Xoliqining vujubi vujudiga va vahdatiga va mavjudiyati samovotning mavjudiyatidan yanada zohir bo’lganiga bilmushohada shahodat qiladi ma'nosi bilan Birinchi Maqomning birinchi zinapoyasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِهِ السَّمٰوَاتُ بِجَم۪يعِ مَا ف۪يهَا بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ اِحَاطَةِ حَق۪يقَةِ التَّسْخ۪يرِ وَ التَّدْب۪يرِ وَ التَّدْو۪يرِ وَ التَّنْظ۪يمِ وَ التَّنْظ۪يفِ وَ التَّوْظ۪يفِ الْوَاسِعَةِ الْمُكَمَّلَةِ بِالْمُشَاهَدَةِ

deyilgandir.

So’ngra dunyoga kelgan u yo’lovchi odamga va musofirga osmonu falak deyilgan va mahshari ajoyib bo’lgan fazo shovqin bilan gapirib baqiradi: "Menga qara! Qiziqish bilan qidirganingni va seni bu yerga yuborganni men bilan bilishing va topishing mumkin", deydi. U musofir uning achchiq, faqat marhamatli yuziga qaraydi. Mudhish, faqat xushxabarli shovqinini tinglaydi, ko’radiki:

Zamin bilan osmon o’rtasida muallaqda saqlangan bulut g’oyat hakimona va rahimona bir tarzda zamin bog’ini suvlaydi va zamin aholisiga obi hayot keltiradi va haroratni (ya'ni, yashash otashining shiddatini) ta'dil etadi va ehtiyojga ko’ra har yerning yordamiga yetishadi. Va bu vazifalar kabi ko’p vazifalarni qilish bilan barobar, muntazam bir qo’shinning shoshilinch amrlarga ko’ra ko’rinishi va yashirinishi kabi, birdan osmonni to’ldirgan u ulkan bulut ham yashirinadi, butun ajzolari istirohatga chiqadi, hech bir asari ko’rilmaydi. So’ngra yomg’ir "Saflan" amrini olgan onda; bir soat, balki bir necha daqiqa mobaynida to’planib osmonni to’ldiradi, bir qo’mondonning amrini kutayotganday turadi.

So’ngra u yo’lovchi osmondagi shamolga qaraydi, ko’radiki: Havo shu qadar ko’p vazifalar bilan g’oyat hakimona va karimona istihdom etiladiki, go’yo u jomid havoning shuursiz zarralaridan har bir zarrasi bu koinot sultonidan kelgan amrlarni tinglaydi, biladi va hech birini qoldirmasdan u qo’mondonning quvvati bilan qiladi va intizom bilan bajarish vaziyatida, zaminning butun nufuslariga nafas berish va zihayotga luzumi bo’lgan harorat va ziyo va elektr kabi moddalarni va ovozlarni naql etish va nabototning changlanishiga vosita bo’lish kabi ko’p kulliy vazifalarda va xizmatlarda bir dasti g’aybiy tarafidan g’oyat shuurkorona va olimona va hayotparvarona istihdom etilyapti.

So’ngra yomg’irga qaraydi, ko’radiki: U latif va tiniq va totli va hechdan va g’aybiy bir xazina-i rahmatdan yuborilgan qatralarda shu qadar rahmoniy hadyalar va vazifalar borki, go’yo rahmat tajassum etib qatralar suratida xazina-i Rabboniyadan oqayotgan ma'nosida bo’lganidan, yomg’irga "rahmat" nomi berilgandir.

So’ngra chaqmoqqa qaraydi va momaqaldiroqni tinglaydi, ko’radiki, juda ajib va g’arib xizmatlarda ishlattirilyaptilar.

So’ngra ko’zini oladi, aqliga qaraydi, o’z-o’ziga deydiki: "Otilgan paxta kabi bu jomid, shuursiz bulut albatta bizlarni bilmaydi va bizga achinib yordamimizga o’z-o’zidan yugurmaydi va amrsiz maydonga chiqmaydi va yashirinmaydi. Balki g’oyat Qodir va Rahim bir qo’mondonning amri bilan harakat qiladiki, bir iz qoldirmasdan yashirinadi va birdaniga maydonga chiqadi, ish boshiga o’tadi va g’oyat faol va mutaol va g’oyat jilvali va hashmatli bir sultonning farmoni bilan va quvvati bilan ora-sira osmon olamini to’ldirib bo’shatadi va mutamodiyan hikmat bilan yozar va paydos bilan buzar taxtasiga va mahv va isbot lavhasiga va hashr va qiyomat suratiga o’giradi va g’oyat lutfkor va ehsonparvar va g’oyat karamkor va rububiyatparvar bir hakimi mudabbirning tadbiri bilan shamolga minadi va tog’lar kabi yomg’ir xazinalarini mindiradi, muhtoj bo’lgan yerlarga yetishadi. Go’yo ularga achinib yig’lab ko’z yoshlari bilan ularni gullar bilan kuldiradi, quyoshning shiddati otashini salqinlantiradi va sunger kabi bog’lariga suv sepadi va zamin yuzini yuvadi, tozalaydi."

Ham u sinchkov yo’lovchi o’z aqliga deydi: Bu jomid, hayotsiz, shuursiz, mutamodiyan chayqalgan, qarorsiz, bo’ronli, dag’dag’ali, sabotsiz, maqsadsiz shu havoning pardasi bilan va zohiriy surati bilan vujudga kelgan yuz minglab hakimona va rahimona va san'atkorona ishlar va ehsonlar va yordamlar bilbedaho isbot qiladiki: Bu g’ayratli shamolning va bu javvol xizmatkorning mustaqil ravishda hech bir harakati yo’q, balki g’oyat Qodir va Alim va g’oyat Hakim va Karim bir amirning amri bilan harakat qiladi. Go’yo har bir zarrasi har bir ishni biladigan va u amirning har bir amrini tushunadigan va tinglaydigan bir askar kabi, havo ichida jarayon etgan har bir amri Rabboniyni tinglaydi, itoat qiladiki; butun hayvonotning nafas olishiga va yashashiga va nabototning changlanishiga va o’sishiga va hayotiga luzumli moddalarning yetishtirilishiga va bulutlarning yo’naltirilishi va idorasiga va otashsiz kemalarning sayr va sayohatiga va ayniqsa ovozlarning va ayniqsa simsiz telefon va telegraf va radio bilan so’zlashishlarning yetkazilishiga va bu xizmatlar kabi umumiy va kulliy xizmatlardan boshqa, azot va muvallidul humuza (kislorod) kabi ikki oddiy moddadan iborat bo’lgan havoning zarralari bir-birining misli ekan, zamin yuzida yuz minglab tarzda bo’lgan Rabboniy san'atlarda kamoli intizom bilan bir dasti hikmat tarafidan boshqarilayotganini ko’ryapman.

Demak

وَتَصْر۪يفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَٓاءِ وَالْاَرْضِ

oyatining tasrihi bilan, shamolning tasrifi bilan hadsiz Rabboniy xizmatlarda iste'mol va bulutlarning tasxiri bilan hadsiz Rahmoniy ishlarda istihdom va havoni u suratda ijod qilgan faqat Vojib-ul Vujud va Qodiri Kulli Shay va Alimi Kulli Shay, bir Robbi Zuljaloli Val Ikromdir deydi, hukm qiladi.

So’ngra yomg’irga qaraydi, ko’radiki: Yomg’irning donalari sanog’icha manfaatlar va qatralari adadicha rahmoniy jilvalar va rashhalari miqdoricha hikmatlar ichida mavjud. Ham u shirin va latif va muborak qatralar shu qadar muntazam va go’zal yaratiladiki, xususan yoz mavsumida kelgan do’l shu qadar mezon va intizom bilan yuboriladi va tushadiki; bo’ronlar bilan chayqalgan va katta narsalarni to’qnashtirgan shiddatli shamollar ularning muvozana va intizomlarini buzmaydi; qatralarni bir-biriga urib, birlashtirib, zararli to’dalar qilmaydi. Va bular kabi juda hakimona ishlarda va ayniqsa zihayotda ishlattirilgan oddiy va jomid va shuursiz muvallidul ma va muvallidul humuza (vodorod-kislorod) kabi ikki oddiy moddadan tarkib topgan bu suv yuz minglarcha hikmatli va shuurli va muxtalif xizmatlarda va san'atlarda istihdom etilyapti. Demak, bu tajassum etgan ayni rahmat bo’lgan yomg’ir faqat bir Rahmoni Rahimning xazina-i g’aybiya-i rahmatida qilinyapti va nuzuli bilan

وَهُوَ الَّذ۪ى يُنَزِّلُ الْغَيْثَ مِنْ بَعْدِ مَا قَنَطُوا وَيَنْشُرُ رَحْمَتَهُ

oyatini moddatan tafsir qiladi.

So’ngra momaqaldiroqni tinglaydi va chaqmoqqa qaraydi, ko’radiki: Bu ikki osmondagi hayratlantiruvchi hodisa aynan

وَيُسَبِّحُ الرَّعْدُ بِحَمْدِه۪

va

يَكَادُ سَنَا بَرْقِه۪ يَذْهَبُ بِالْاَبْصَارِ

oyatlarini moddatan tafsir qilish bilan barobar, yomg’irning kelishini xabar berib, muhtojlarga xushxabar beradilar.

Ha, hechdan, birdan horiqo bir shovqin bilan osmonni gapirtirish va favquloda bir nur va nor bilan zulmatli osmonni ziyo bilan to’ldirish va tog’voriy paxta-misol va do’l va qor va suv tulumbasi hukmida bo’lgan bulutlarni otashlantirish kabi hikmatli va g’arobatli vaziyatlar bilan tentak g’ofil insonning boshiga to’qmoq kabi uradi: "Boshingni ko’tar, o’zini tanittirish istagan faol va qudratli bir zotning horiqo ishlariga qara! Sen sohibsiz bo’lmaganing kabi, bu hodisalar ham sohibsiz bo’lolmaydilar. Har birisi ko’p hikmatli vazifalar orqasida yugurtirilyapti. Bir Mudabbiri Hakim tarafidan istihdom etilyapti", deya ixtor etyaptilar.

Xullas bu sinchkov yo’lovchi bu osmonda bulutni tasxirdan, shamolni tasrifdan, yomg’irni tanzildan va osmondagi hodisalarni tadbirdan tarkib topgan bir haqiqatning yuksak va oshkora shahodatini eshitadi, "Amantu billah" deydi. Birinchi Maqomning ikkinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِهِ الْجَوُّ بِجَم۪يعِ مَا ف۪يهِ بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ اِحَاطَةِ حَق۪يقَةِ التَّسْخ۪يرِ وَ التَّصْر۪يفِ وَ التَّنْز۪يلِ وَ التَّدْب۪يرِ الْوَاسِعَةِ الْمُكَمَّلَةِ بِالْمُشَاهَدَةِ

fikrasi bu yo’lovchining osmonga doir mazkur mushahadotini ifoda qiladi.

{(Ixtor) Birinchi Maqomda o’tgan o’ttiz uch martaba-i tavhidni bir parcha izoh qilishni istardim. Faqat hozirgi vaziyatim va holimning iznsizligi jihati bilan, yolg’iz g’oyat muxtasar burhonlari va ma'nosining tarjimasi bilan kifoyalanishga majbur bo’ldim. Risola-i-Nurning o’ttiz, balki yuz risolalarida bu o’ttiz uch martaba dalillari bilan, boshqa-boshqa tarzlarda, har bir risolada bir qism martabalar bayon qilinganidan, izohi ularga havola qilingan.}

So’ngra u sayohati fikriyaga o’rgangan u mutafakkir musofirga kura-i arz lisoni holi bilan deydiki: "Ko’kda, fazoda, havoda nimaga kezyapsan? Kel, men senga qidirganingni tanittiraman. Bajargan vazifalarimga qara va sahifalarimni o’qi!" U ham qaraydi, ko’radiki: Arz majzub bir mavlaviy kabi ikki harakati bilan; kunlarning, yillarning, mavsumlarning hosil bo’lishiga mador bo’lgan bir doirani hashri a'zamning maydoni atrofida chizyapti. Va zihayotning yuz ming anvo'ini butun arzoq va lavozimotlari bilan ichiga olib fazo dengizida kamoli muvozana va nizom bilan kezdirgan va quyosh atrofida sayohat qilgan muhtasham va musahhar bir safina-i Rabboniyadir.

So’ngra sahifalariga qaraydi, ko’radiki: Boblaridagi har bir sahifasi minglab oyoti bilan arzning Robbini tanittiradi. Umumini o’qish uchun vaqt topolmaganidan, yolg’iz birgina sahifa bo’lgan zihayotning bahor faslida ijod va idorasiga qaraydi, mushohada etadiki: Yuz ming anvo'ning hadsiz afrodlarining suratlari oddiy bir moddadan g’oyat muntazam ochilyapti va g’oyat rahimona tarbiya qilinyapti va g’oyat mo’'jizona bir qismining urug’lariga qanotchalar berib, ularni uchirish surati bilan nashr ettirilyapti va g’oyat mudabbirona idora qilinyapti va g’oyat mushfiqona iosha va it'om etilyapti va g’oyat rahimona va razzoqona hadsiz va turli-tuman va lazzatli va totli rizqlari hechdan va quruq tuproqdan va bir-birining misli va farqlari juda oz va suyak kabi ildizlardan, urug’lardan, suv qatralaridan yetishtirilyapti. Har bahorga, bir vagon kabi, xazina-i g’aybdan yuz ming navi at'ima va lavozimot kamoli intizom bilan yuklanib zihayotga yuborilyapti. Va ayniqsa u arzoq paketlari ichida bolalarga yuborilgan sut konservalari va volidalarning shafqatli ko’kraklarida osilgan shirin sut tulumbachalarini yuborish shu qadar shafqat va marhamat va hikmat ichida ko’rinadiki, bilbedaho bir Rahmoni Rahimning g’oyat mushfiqona va murabbiyona bir jilva-i rahmati va ehsoni bo’lganini isbot qiladi.

Alhosil:

Bu sahifa-i hayotiya-i bahoriya hashri a'zamning yuz ming namunalarini va misollarini ko’rsatish bilan

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

oyatini moddatan g’oyat porloq tafsir qilgani kabi, bu oyat ham bu sahifaning ma'nolarini mo’'jizona ifoda qiladi. Va arzning butun sahifalari bilan, kattaligi nisbatida va quvvatida لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deganini tushundi.

Shunday qilib, kura-i arzning yigirmadan ziyoda ulkan sahifalaridan birgina sahifaning yigirma vajhidan birgina vajhining muxtasar shahodati bilan, u yo’lovchining boshqa vajhlarning sahifalaridagi mushahadoti ma'nosida bo’lib va u mushahadotlarni ifoda uchun Birinchi Maqomning uchinchi martabasida bunday deyilgan:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِهِ الْاَرْضُ بِجَم۪يعِ مَا ف۪يهَا وَ مَا عَلَيْهَا بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ اِحَاطَةِ حَق۪يقَةِ التَّسْخ۪يرِ وَ التَّدْب۪يرِ وَ التَّرْبِيَةِ وَ الْفَتَّاحِيَّةِ وَ تَوْز۪يعِ الْبُذُورِ وَ الْمُحَافَظَةِ وَ الْاِدَارَةِ وَ الْاِعَاشَةِ لِجَم۪يعِ ذَوِى الْحَيَاةِ وَ الرَّحْمَانِيَّةِ وَ الرَّح۪يمِيَّةِ الْعَامَّةِ الشَّامِلَةِ الْمُكَمَّلَةِ بِالْمُشَاهَدَةِ

So’ngra u mutafakkir yo’lovchi har sahifani o’qigan sari saodat kaliti bo’lgan iymoni quvvatlanib va ma'naviy taraqqiyotning kaliti bo’lgan ma'rifati ziyodalashib va butun kamolotning asosi va ma'dani bo’lgan iymoni billoh haqiqati bir daraja yana inkishof etib ma'naviy ko’p zavqlarni va lazzatlarni bergan sari uning qiziqishini shiddat bilan tahrik etganidan; samo, osmon va arzning mukammal va qat'iy darslarini tinglagani holda هَلْ مِنْ مَز۪يدٍ deb turarkan, dengizlarning va ulkan daryolarning jazbakorona jo’shu xurush bilan zikrlarini va hazin va laziz ovozlarini eshitadi. Lisoni hol va lisoni qol bilan: "Bizga ham qara, bizni ham o’qi!", deydilar. U ham qaraydi, ko’radiki: Hayotdorona mutamodiyan chayqalgan va tarqalish va to’kilish va istilo qilish fitratida bo’lgan dengizlar arzni qamrab, arz bilan barobar g’oyat tez bir suratda bir yilda yigirma besh ming yillik bir doirada yugurtirilganlari holda; na tarqaladilar, na to’kiladilar va na qo’shnilaridagi tuproqqa tajovuz qiladilar. Demak, g’oyat qudratli va azamatli bir zotning amri bilan va quvvati bilan turadilar, kezadilar, muhofaza bo’ladilar.

So’ngra dengizlarning ichlariga qaraydi, ko’radiki: G’oyat go’zal va ziynatli va muntazam javharlaridan boshqa, minglarcha tur hayvonotning iosha va idoralari va tavalludot va vafiyotlari shu qadar muntazam, oddiy bir qum va achchiq bir suvdan berilgan arzoqlari va tayinotlari shu qadar mukammaldirki, bilbedaho bir Qodiri Zuljalolning, bir Rahimi Zuljamolning idora va ioshasi bilan bo’lganini isbot qiladi.

So’ngra u musofir daryolarga qaraydi, ko’radiki: Manfaatlari va vazifalari va voridot va sarfiyotlari shu qadar hakimona va rahimonadir, bilbedaho isbot qiladiki, butun irmoqlar, chashmalar, soylar, ulkan daryolar bir Rahmoni Zuljaloli Val Ikromning xazina-i rahmatidan chiqyaptilar va oqyaptilar. Hatto shu qadar favquloda iddixor va sarf qilinyaptilarki, "To’rtta daryo Jannatdan kelyaptilar" deya rivoyat qilingan. Ya'ni, zohiriy sabablardan juda yuksak bo’lganliklaridan, ma'naviy bir jannatning xazinasidan va yolg’iz g’aybiy va tuganmas bir manbaning fayzidan oqyaptilar demakdir. Masalan: Misrning qumistonini bir jannatga o’girgan Nili Muborak janub tarafidan, "Jabali Qamar" deyilgan bir tog’dan mutamodiyan kichik bir dengiz kabi tugamasdan oqadi. Olti oydagi sarfiyoti tog’ shaklida to’plansa va muzlatilsa, u tog’dan yanada katta bo’ladi. Holbuki u tog’dan unga ayrilgan yer va mahzan olti qismidan bir qism bo’lmaydi. Voridoti esa, u mintaqa-i harrada juda oz kelgan va suvsagan tuproq tez yutgani uchun mahzanga oz ketgan yomg’ir, albatta u muvozana-i vase'ani muhofaza qilolmaganidan, u Nili Muborak odati arziyadan ustun bir g’aybiy jannatdan chiqyapti degan rivoyat g’oyat ma'nodor va go’zal bir haqiqatni ifoda qiladi.

Shunday qilib, dengiz va dayrolarning dengizlar kabi haqiqatlarining va shahodatlarining mingdan birini ko’rdi. Va umumi bil-ijmo' dengizlarning kattaligi nisbatida bir quvvat bilan لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deydi va bu guvohlikka dengizlar maxluqoti adadicha shohidlar ko’rsatadi deya tushundi. Va dengizlarning va daryolarning umum guvohliklarini iroda qilib ifoda qilish ma'nosida, Birinchi Maqomning to’rtinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ جَم۪يعُ الْبِحَارِ وَ الْاَنْهَارِ بِجَم۪يعِ مَا ف۪يهَا بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ اِحَاطَةِ حَق۪يقَةِ التَّسْخ۪يرِ وَ الْمُحَافَظَةِ وَ الْاِدِّخَارِ وَ الْاِدَارَةِ الْوَاسِعَةِ الْمُنْتَظَمَةِ بِالْمُشَاهَدَةِ

deyilgandir.

So’ngra tog’lar va sahrolar sayohati fikriyada bo’lgan u yo’lovchini chaqiradilar, "Sahifalarimizni ham o’qi!" deydilar. U ham qaraydi, ko’radiki: Tog’larning kulliy vazifalari va umumiy xizmatlari shu qadar azamatli va hikmatliki, aqllarni hayrat ichida qoldiradi. Masalan: Tog’larning zamindan amri Rabboniy bilan chiqishlari va zaminning ichida inqiloboti dohiliyadan nash'at etgan hayajonini va g’azabini va hiddatini chiqishlari bilan taskin etib, zamin u tog’larning jo’sh urishi bilan va tuynugi bilan nafas olib, zararli bo’lgan silkinishlardan va zilzila-i muzirradan qutilib, vazifa-i davriyasida sakanasining istirohatlarini buzmaydi. Demak, qandayki safinalarni silkinishdan viqoya va muvozanalarini muhofaza uchun ularning tirgaklari ustida qurilgan. Xuddi shuning kabi, tog’lar zamin safinasiga bu ma'noda xazinali tirgaklari bo’lganliklarini Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon

وَ الْجِبَالَ اَوْتَادًا * وَاَلْقَيْنَا ف۪يهَا رَوَاسِىَ * وَالْجِبَالَ اَرْسٰيهَا

kabi ko’p oyatlar bilan farmon qilyapti.

Ham masalan, tog’larning ichida zihayotga lozim bo’lgan har navi manbalar, suvlar, ma'danlar, moddalar, dorilar shu qadar hakimona va mudabbirona va karimona va ehtiyotkorona iddixor va ihzor va istif etilganki, bilbedaho qudrati nihoyatsiz bir Qodirning va hikmati nihoyatsiz bir Hakimning xazinalari va omborlari va xizmatkorlari bo’lganliklarini isbot qiladilar, deya tushunadi. Va sahro va tog’larning tog’ qadar vazifa va hikmatlaridan bu ikki javharga boshqalarini qiyos qilib, tog’larning va sahrolarning umum hikmatlari bilan, xususan ehtiyotiy iddixorlar jihati bilan keltirgan shahodatni va aytgan لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ tavhidini tog’lar quvvatida va sabotida va sahrolar kengligida va kattaligida ko’radi, "Amantu Billah" deydi.

Xullas, bu ma'noni ifoda uchun Birinchi Maqomning beshinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ جَم۪يعُ الْجِبَالِ وَ الصَّحَارٰى بِجَم۪يعِ مَا ف۪يهَا وَ مَا عَلَيْهَا بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ اِحَاطَةِ حَق۪يقَةِ الْاِدِّخَارِ وَ الْاِدَارَةِ وَ نَشْرِ الْبُذُورِ وَ الْمُحَافَظَةِ وَ التَّدْب۪يرِ الْاِحْتِيَاطِيَّةِ الرَّبَّانِيَّةِ الْوَاسِعَةِ الْعَامَّةِ الْمُنْتَظَمَةِ الْمُكَمَّلَةِ بِالْمُشَاهَدَةِ

deyilgan.

So’ngra u yo’lovchi tog’da va sahroda fikri bilan kezarkan, ashjar va nabotot olamining eshigi fikriga ochildi. Uni ichkariga chaqirdilar. "Kel, doiramizda ham kez, yozuvlarimizni ham o’qi!" dedilar. U ham kirdi, ko’rdiki: G’oyat muhtasham va muzayyan bir majlisi tahlil va tavhid va bir halqa-i zikr va shukr tashkil qilganlar. Butun ashjar va nabototning anvo'lari bil-ijmo' barobar لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ deyayotganlaridek lisoni hollaridan tushundi. Chunki butun mevador daraxt va nabotlar; mezonli va fasohatli yaproqlarining tillari bilan va ziynatli va jazolatli gullarining so’zlari bilan va intizomli va balog’atli mevalarining kalimalari bilan barobar, musabbihona shahodat keltirganliklariga va لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deganlariga dalolat va shahodat qilgan uch buyuk kulliy haqiqatni ko’rdi:

Birinchisi:

Juda zohir bir suratda qasdiy bir in'om va ikrom va ixtiyoriy bir ehson va imtinon ma'nosi va haqiqati har birisida his etilgani kabi, majmuida esa quyoshning zuhuridagi ziyosi kabi ko’rinadi.

Ikkinchisi:

Tasodifga havolasi hech bir jihati imkoni bo’lmagan qasdiy va hakimona bir tamyiz va tafriq, ixtiyoriy va rahimona bir tazyin va tasvir ma'nosi va haqiqati u hadsiz anvo' va afrodda kunduz kabi oshkora ko’rinadi va bir Sone'-i Hakimning asarlari va naqshlari bo’lganliklarini ko’rsatadi.

Uchinchisi:

U hadsiz masnu'otning yuz ming tur va boshqa-boshqa tarz va shaklda bo’lgan suratlari g’oyat muntazam, mezonli, ziynatli bo’lib, mahdud va ma'dud va bir-birining misli va oddiy va jomid va bir-birining ayni yoki oz farqli va qorishiq bo’lgan urug’lardan, donchalardan u ikki yuz ming navlarning fariqali va intizomli, boshqa-boshqa, muvozanali, hayotdor, hikmatli, yanglishsiz, xatosiz bir vaziyatda umum afrodining suratlarining fathi va ochilishi esa shunday bir haqiqatdirki, quyoshdan yanada porloqdir va bahorning gullari va mevalari va yaproqlari va mavjudoti sanog’icha u haqiqatni isbot qilgan shohidlar bor deya bildi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى نِعْمَةِ الْا۪يمَانِ

dedi.

Demak, bu mazkur haqiqatlarni va shahodatlarni ifoda etish ma'nosi bilan, Birinchi Maqomning oltinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اِجْمَاعُ جَم۪يعِ اَنْوَاعِ الْاَشْجَارِ وَ النَّبَاتَاتِ الْمُسَبِّحَاتِ النَّاطِقَاتِ بِكَلِمَاتِ اَوْرَاقِهَا الْمَوْزُونَاتِ الْفَص۪يحَاتِ وَ اَزْهَارِهَا الْمُزَيَّنَاتِ الْجَز۪يلَاتِ وَ اَثْمَارِهَا الْمُنْتَظَمَاتِ الْبَل۪يغَاتِ بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ اِحَاطَةِ حَق۪يقَةِ الْاِنْعَامِ وَ الْاِكْرَامِ وَ الْاِحْسَانِ بِقَصْدٍ وَ رَحْمَةٍ وَ حَق۪يقَةِ التَّمْي۪يزِ وَ التَّزْي۪ينِ وَ التَّصْو۪يرِ بِاِرَادَةٍ وَ حِكْمَةٍ مَعَ قَطْعِيَّةِ دَلَالَةِ حَق۪يقَةِ فَتْحِ جَم۪يعِ صُوَرِهَا الْمَوْزُونَاتِ الْمُزَيَّنَاتِ الْمُتَبَايِنَةِ الْمُتَنَوِّعَةِ الْغَيْرِ الْمَحْدُودَةِ مِنْ نُوَاتَاتٍ وَ حَبَّاتٍ مُتَمَاثِلَةٍ مُتَشَابِهَةٍ مَحْصُورَةٍ مَعْدُودَةٍ

deyilgan.

So’ngra sayohati fikriyada bo’lgan u sinchkov va taraqqiy bilan zavqi va shavqi ortgan dunyo yo’lovchisi bahor bog’idan bir bahor qadar bir guldasta-i ma'rifat va iymon olib kelarkan, hayvonot va tuyur olamining eshigi haqiqat-bin bo’lgan aqliga va ma'rifat-oshino bo’lgan fikriga ochildi. Yuz ming boshqa-boshqa ovozlar bilan va turli-tuman tillar bilan uni ichkariga chaqirdilar, "Marhamat qiling" dedilar. U ham kirdi va ko’rdiki: Butun hayvonot va qushlarning butun navlari va toifalari va millatlari bil-ittifoq lisoni qol va lisoni hollari bilan لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deb, zamin yuzini bir zikrxona va muazzam bir majlisi tahlil suratiga o’girganlar; har biri shaxsan bittadan qasida-i Rabboniy, bittadan kalima-i Subhoniy va ma'nodor bittadan harfi Rahmoniy hukmida sone'larini tavsif etib hamdu sano qilayotgan vaziyatda ko’rdi. Go’yo u hayvonlarning va qushlarning tuyg’ulari va quvalari va jihozlari va a'zolari va asboblari manzum va mavzun kalimalardir va muntazam va mukammal so’zlardir. Ular bular bilan Xalloq va Razzoqlariga shukr va vahdoniyatiga shahodat keltirganliklariga qat'iy dalolat etgan uch muazzam va qamragan haqiqatlarni mushohada etdi.

Birinchisi:

Hech bir jihat bilan bebosh tasodifga va ko’r quvvatga va shuursiz tabiatga havolasi mumkin bo’lmagan hechdan hakimona ijod va san'atparvarona ibdo' va ixtiyorkorona va olimona yaratish va insho va yigirma jihat bilan ilm va hikmat va irodaning jilvasini ko’rsatgan ruhlantirish va ihyo etish haqiqatidirki, ziruhlar adadicha shohidlari bo’lgan bir burhoni bahir bo’lib, Zoti Hayyi Qayyumning vujubi vujudiga va sifati sab'asiga va vahdatiga shahodat qiladi.

Ikkinchisi:

U hadsiz masnu'larda bir-biridan siymocha fariqali va shaklcha ziynatli va miqdorcha mezonli va suratcha intizomli bir tarzdagi tamyizdan, tazyindan, tasvirdan shunday azamatli va quvvatli bir haqiqat ko’rinadiki: Qodiri Kulli Shay va Alimi Kulli Shaydan boshqa hech bir narsa bu har jihat bilan minglarcha horiqolarni va hikmatlarni ko’rsatgan ihotali fe'lga sohib bo’lolmaydi va hech bir imkon va ehtimoli yo’q.

Uchinchisi:

Bir-birining misli va ayni yoki oz farqli va bir-biriga o’xshagan mahsur va mahdud tuxumlardan va tuxumchalardan va nutfa deyilgan suv qatralaridan u hadsiz hayvonlarning yuz minglab tur tarzlarda va bittadan mo’'jiza-i hikmat mohiyatida bo’lgan suratlarini g’oyat muntazam va muvozanali va xatosiz bir hay'atda ochish va fath etish shunday porloq bir haqiqatdirki, hayvonlar adadicha sanadlar, dalillar o’sha haqiqatni tanvir etadi.

Xullas bu uch haqiqatning ittifoqi bilan, hayvonlarning butun anvo'i barobar shunday bir لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deb shahodat keltiradilarki, go’yo zamin katta bir inson kabi, kattaligi nisbatida لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deb samovot ahliga eshittirayotgan mohiyatda ko’rdi va to’liq dars oldi. Birinchi Maqomning yettinchi martabasida bu mazkur haqiqatlarni ifoda etish ma'nosi bilan:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اِتِّفَاقُ جَم۪يعِ اَنْوَاعِ الْحَيَوَانَاتِ وَ الطُّيُورِ الْحَامِدَاتِ الشَّاهِدَاتِ بِكَلِمَاتِ حَوَاسِّهَا وَ قُوَاهَا وَ حِسِّيَّاتِهَا وَ لَطَائِفِهَا الْمَوْزُونَاتِ الْمُنْتَظَمَاتِ الْفَص۪يحَاتِ وَ بِكَلِمَاتِ جِهَازَاتِهَا وَ جَوَارِحِهَا وَ اَعْضَائِهَا وَاٰلَاتِهَا الْمُكَمَّلَةِ الْبَل۪يغَاتِ بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ اِحَاطَةِ حَق۪يقَةِ الْا۪يجَادِ وَ الصُّنْعِ وَ الْاِبْدَاعِ بِالْاِرَادَةِ وَ حَق۪يقَةِ التَّمْي۪يزِ وَ التَّزْي۪ينِ بِالْقَصْدِ وَ حَق۪يقَةِ التَّقْد۪يرِ وَ التَّصْو۪يرِ بِالْحِكْمَةِ مَعَ قَطْعِيَّةِ دَلَالَةِ حَق۪يقَةِ فَتْحِ جَم۪يعِ صُوَرِهَا الْمُنْتَظَمَةِ الْمُتَخَالِفَةِ الْمُتَنَوِّعَةِ الْغَيْرِ الْمَحْصُورَةِ مِنْ بَيْضَاتٍ وَ قَطَرَاتٍ مُتَمَاثِلَةٍ مُتَشَابِهَةٍ مَحْصُورَةٍ مَحْدُودَةٍ

deyilgandir.

So’ngra u mutafakkir yo’lovchi ma'rifati Ilohiyaning hadsiz martabalarida va nihoyatsiz azvoqida va anvorida yanada ilgarilash uchun insonlar olamiga va bashar dunyosiga kirishni istarkan, boshda anbiyolar bo’lib uni ichkariga da'vat qildilar, u ham kirdi. Eng avval o’tgan zamonning manziliga qaradi, ko’rdiki: Navi basharning eng nuroniy va eng mukammali bo’lgan umum payg’ambarlar (Alayhimussalom) bil-ijmo' barobar لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deb zikr qilyaptilar va porloq va musaddaq bo’lgan hadsiz mo’'jizotlarining quvvati bilan tavhidni iddi'o etyaptilar va basharni hayvoniyat martabasidan malakiyat darajasiga chiqarish uchun, ularni iymoni billohga da'vat bilan dars berayotganlarini ko’rdi. U ham u nuroniy madrasada tiz cho’kib darsda o’tirdi. Ko’rdiki: Mashohiri insoniyaning eng yuksaklari va nomdorlari bo’lgan u ustozlarning har birisining qo’lida Xoliqi Koinot tarafidan berilgan nishona-i tasdiq bo’lib mo’'jizalar bo’lganidan, har birining ixbori bilan bashardan bir toifa-i azima va bir ummat tasdiq qilib iymonga kelganlaridan, u yuz ming jiddiy va to’g’ri zotlar ijmo' va ittifoq bilan hukm va tasdiq qilgan bir haqiqat naqadar quvvatli va qat'iy bo’lganini qiyos qila oldi. Va bu quvvatga bu qadar muxbiri sodiqlar hadsiz mo’'jizalari bilan imzo bosgan va isbot qilgan bir haqiqatni inkor qilgan ahli zalolat qay daraja hadsiz bir xato, bir jinoyat qilganliklarini va naqadar hadsiz bir azobga haqdor bo’lganliklarini tushundi va ularni tasdiq qilib iymon keltirganlar naqadar haqli va haqiqatli bo’lganliklarini bildi, iymon qudsiyatining buyuk bir martabasi yana unga ko’rindi. Ha, anbiyoni (Alayhimussalom) Janobi Haq tarafidan fe'lan tasdiq hukmida bo’lgan hadsiz mo’'jizotlaridan va haqqoniyatlarini ko’rsatgan muorizlariga kelgan samoviy juda ko’p ta'zirlaridan va haq bo’lganliklariga dalolat qilgan shaxsiy kamolotlaridan va haqiqatli ta'limotlaridan va tog’ri bo’lganliklariga guvohlik qilgan quvvati iymonlaridan va tom jiddiyatlaridan va fidokorliklaridan va qo’llarida bo’lgan qudsiy kitob va suhuflaridan va ularning yo’llari to’g’ri va haq bo’lganiga guvohlik qilgan ittibolari bilan haqiqatga, kamolotga, nurga vosil bo’lgan hadsiz tilmizlaridan boshqa, ularning va u juda jiddiy muxbirlarning musbat masalalarda ijmo'i va ittifoqi va tavoturi va isbotda tavofuqi va tasonudi va tatobuqi shunday bir hujjatdir va shunday bir quvvatdirki, dunyoda hech bir quvvat qarshisiga chiqolmaydi va hech bir shubha va taraddudni qoldirmaydi. Va iymonning arkonida umum anbiyoni (Alayhimussalom) tasdiq ham dohil bo’lishi, u tasdiq buyuk bir quvvat manbai bo’lganini tushundi. Ularning darslaridan ko’p fayzi iymoniy oldi. Demak, bu yo’lovchining mazkur darsini ifoda etish ma'nosida Birinchi Maqomning sakkizinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اِجْمَاعُ جَم۪يعِ الْاَنْبِيَاءِ بِقُوَّةِ مُعْجِزَاتِهِمُ الْبَاهِرَةِ الْمُصَدِّقَةِ الْمُصَدَّقَةِ

deyilgan.

So’ngra iymonning quvvatidan ulviy bir zavqi haqiqat olgan u sayyohi tolib Anbiyo Alayhimussalomning majlisidan kelarkan, ulamoning ilmalyaqiyn suratida qat'iy va quvvatli dalillar bilan Anbiyolarning (Alayhimussalom) da'volarini isbot qilgan va asfiyo va siddiqiyn deyilgan mutabahhir, mujtahid muhaqqiqlar uni darsxonalariga chaqirdilar. U ham kirdi, ko’rdiki: Minglarcha dohiy va yuz minglarcha mudaqqiq va yuksak ahli tahqiq qil qadar bir shubha qoldirmagan tadqiqoti a'miqolari bilan, boshda vujubi vujud va vahdat bo’lib musbat masoili iymoniyani isbot qilyaptilar. Ha, iste'dodlari va maslaklari muxtalif bo’lgani holda, usul va arkoni iymoniyada ularning muttafiqan ittifoqlari va har birisining quvvatli va yaqiyniy burhonlariga istinodlari shunday bir hujjatdirki, ularning majmui qadar bir zakovat va diroyat sohibi bo’lish va burhonlarining umumi qadar bir burhon topish mumkin bo’lsa, qarshilariga faqat shunday chiqilishi mumkin. Bo’lmasa u munkirlar yolg’iz jaholat va ajhaliyat va inkor va isbot qilinmagan manfiy masalalarda qaysarlik va ko’z yumish surati bilan qarshilariga chiqishlari mumkin. Ko’zini yumgan yolg’iz o’ziga kunduzni kecha qiladi. Bu sayyoh bu muhtasham va keng darsxonada bu muhtaram va mutabahhir ustozlar nashr qilgan nurlar zaminning yarmini ming yildan ziyoda ziyolantirganini bildi. Va shunday bir quvva-i ma'naviyani topdiki, butun ahli inkor to’plansa, uni qil qadar adashtirmaydi va ikkilantirmaydi. Mana, bu yo’lovchi bu darsxonadan olgan darsga bir qisqa ishorat bo’lib, Birinchi Maqomning to’qqizinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اِتِّفَاقُ جَم۪يعِ الْاَصْفِيَاءِ بِقُوَّةِ بَرَاه۪ينِهِمُ الظَّاهِرَةِ الْمُحَقَّقَةِ الْمُتَّفِقَةِ

deyilgan.

So’ngra iymonning yanada ziyoda quvvatlanishida va inkishofida va ilmalyaqiyn darajasidan aynalyaqiyn martabasiga taraqqiysidagi anvorni va azvoqni ko’rishga juda mushtoq bo’lgan u mutafakkir yo’lovchi madrasadan kelarkan, hadsiz kichik takyalarning va zaviyalarning qo’shilishi bilan kengaygan g’oyat fayzli va nurli va sahro kengligida bir takya, bir xangoh, bir zikrxona, bir irshodgohda va jadda-i kubro-i Muhammadiyning (S.A.V.) va me'roji Ahmadiyning (S.A.V.) soyasida haqiqatga xizmat qilgan va haqqa erishgan va aynalyaqiynga yetishgan minglab va millionlab qudsiy murshidlar uni dargohga chaqirdilar. U ham kirdi, ko’rdiki: U ahli kashf va karomat murshidlar kashfiyotlariga va mushohadalariga va karomatlariga istinodan bil-ijmo' muttafiqan لَا اِلٰهَ اِلَّاهُوَ deb vujubi vujud va vahdati Rabboniyani koinotga e'lon qilyaptilar. Quyoshning ziyosidagi yetti rang bilan quyoshni tanish kabi, yetmish rang bilan, balki asmo-i husna adadicha Shamsi Azaliyning ziyosidan tajalliy etgan boshqa-boshqa nurli ranglar va turli-tuman ziyoli lavnlar va boshqa-boshqa haqiqatli tariqatlar va muxtalif to’g’ri maslaklar va mutanavvi' haqli mashrablarda bo’lgan u qudsiy dohiylar va nuroniy oriflar ijmo' va ittifoq bilan imzo bosgan bir haqiqat qay daraja zohir va bahir bo’lganini aynalyaqiyn mushohada etdi va anbiyoning (Alayhimussalom) ijmo'i va asfiyoning ittifoqi va avliyoning tavofuqi va bu uch ijmo'ning birdan ittifoqi quyoshni ko’rsatgan kunduzning ziyosidan yanada porloq ekanini ko’rdi. Mana bu musofir takyadan olgan fayzga qisqa bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning o’ninchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اِجْمَاعُ الْاَوْلِيَاءِ بِكَشْفِيَّاتِهِمْ وَ كَرَامَاتِهِمُ الظَّاهِرَةِ الْمُحَقَّقَةِ الْمُصَدَّقَةِ

deyilgan.

So’ngra kamoloti insoniyaning eng muhimi va eng muazzami, bakli biljumla kamoloti insoniyaning manbai va asosi iymoni billohdan va ma'rifatullohdan nash'at etgan muhabbatulloh bo’lganini bilgan u dunyo sayyohi butun quvvati bilan va latoifi bilan iymonning quvvatida va ma'rifatning inkishofida yanada ziyoda taraqqiy qilishini istash fikri bilan boshini ko’tardi va samovotga qaradi. O’z aqliga dediki: "Modomiki koinotda eng qimmatbaho narsa hayotdir va koinotning mavjudoti hayotga musahhardir va modomiki zihayotning eng qimmatbahosi ziruhdir va ziruhning eng qimmatbahosi zishuurdir va modomiki bu qimmatbaholik uchun kura-i zamin zihayotni mutamodiyan ko’paytirish uchun har asr, har yil to’ladi, bo’shaladi. Albatta va har holda, bu muhtasham va muzayyan bo’lgan samovotning ham o’ziga munosib aholisi va sakanasi zihayot va ziruh va zishuurlardan bordirki, huzuri Muhammadiyda (S.A.V.) sahobalarga ko’ringan Hazrat Jabroilning (A.S.) tamassuli kabi maloikalarni ko’rish va ular bilan gaplashish hodisalari tavotur suratida eskidan beri naql va rivoyat qilinadi. Unday bo’lsa, koshki men samovot ahli bilan ham ko’rishsaydim, ular qanday fikrda bo’lganliklarini bilsaydim, chunki "Xoliqi Koinot haqida eng muhim so’z ularnikidir" deya o’ylarkan, birdan samoviy shunday bir ovozni eshitdi: "Modomiki biz bilan ko’rishish va darsimizni tinglashni istaysan, bilki: Boshda Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalam va Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon bo’lib butun payg’ambarlarga vositamiz bilan kelgan masoili iymoniyaga eng avval biz iymon keltirganmiz. Ham insonlarga tamassul etib ko’ringan va bizlardan bo’lgan butun arvohi toyyiba bila-istisno va bil-ittifoq bu koinot xoliqining vujubi vujudiga va vahdatiga va sifati qudsiyasiga shahodat keltirib bir-biriga muvofiq va mutobiq bo’lib ixbor etganlar. Bu hadsiz ixborotning tavofuqi va tatobuqi quyosh kabi senga bir rahbardir", deganlarini bildi va uning nuri iymoni porladi, zamindan ko’klarga chiqdi. Bu yo’lovchi maloikalardan olgan darsga qisqa bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning o’n birinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اِتِّفَاقُ الْمَلٰئِكَةِ الْمُتَمَثِّل۪ينَ لِاَنْظَارِ النَّاسِ وَ الْمُتَكَلِّم۪ينَ مَعَ خَوَاصِّ الْبَشَرِ بِاِخْبَارَاتِهِمُ الْمُتَطَابِقَةِ الْمُتَوَافِقَةِ

deyilgandir.

So’ngra pur-maroq va pur-ishtiyoq u musofir olami shahodat va jismoniy va moddiy jihatdan va maxsus toifalarning tillaridan va lisoni hollaridan dars olganidan, olami g’ayb va olami barzohda ham mutolaa bilan bir sayohat va bir taxarri-i haqiqat orzu qilarkan, har toifa-i insoniyada bo’lgan va koinotning mevasi bo’lgan insonning urug’i hukmida bo’lgan va kichikligi bilan barobar ma'nan koinot qadar inbisot eta olgan mustaqim va munavvar aqllarning, salim va nuroniy qalblarning eshigi ochildi. Qaradiki, ular olami g’ayb va olami shahodat o’rtasida insoniy barzohlardir va ikki olamning bir-biri bilan munosabatlari va muomalalari insonga nisbatan u nuqtalarda bo’lishini ko’rganidan, o’z aql va qalbiga dediki: "Keling, bu o’xshashingizning eshigidan haqiqatga ketgan yo’l yanada qisqadir. Biz boshqa yo’llardagi tillardan dars olganimiz kabi emas, balki iymon nuqtasidagi ittisoflaridan va holat va ranglaridan mutolaamiz bilan istifoda qilishimiz kerak dedi, mutolaani boshladi. Ko’rdiki:

Iste'dodlari g’oyat muxtalif va mazhablari bir-birdan uzoq va muxolif bo’lgan umum istiqomatli va nurli aqllarning iymon va tavhiddagi ittisofkorona va rasihona e'tiqodlari tavofuq va sabotkorona va mutmainona qanoat va yaqiynlari tatobuq etadi. Demak, tabaddul etmagan bir haqiqatga tayanib bog’langanlar va ildizlari metin bir haqiqatga kirgan, uzilmaydi. Unday bo’lsa, bularning nuqta-i iymoniyada va vujub va tavhidda ijmo'lari hech uzilmas bir zanjiri nuroniydir va haqiqatga ochilgan ziyoli bir derazadir.

Ham ko’rdiki: Maslaklari bir-biridan uzoq va mashrablari bir-biriga mubayin bo’lgan o’sha umum salim va nuroniy qalblarning arkoni iymoniyadagi muttafiqona va itminonkorona va munjazibona kashfiyot va mushahadotlari bir-biriga tavofuq va tavhidda bir-biriga mutobiq chiqadi. Demak, haqiqatga muqobil va vosil va mutamassil bu kichkina bittadan arshi ma'rifati Rabboniya va bu jamlovchi bittadan oyna-i Samadoniya bo’lgan nuroniy qalblar shamsi haqiqatga qarshi ochilgan derazalardir va umumi birdan quyoshga oynadorlik qilgan bir dengiz kabi bir oyna-i a'zamdir. Bularning vujubi vujudda va vahdatda ittifoqlari va ijmo'lari hech adashmas va adashtirmas bir rahbari akmal va bir murshidi akbardir. Chunki hech bir jihat bilan hech bir imkon va hech bir ehtimol yo’qki, haqiqatdan boshqa bir vahm va haqiqatsiz bir fikr va aslsiz bir sifat bu qadar mustamirrona va rasihona bu juda buyuk va keskin ko’zlarning umumini birdan aldatsin, g’olati hisga duchor qilsin. Bunga ehtimol bergan buzilgan va chirigan bir aqlga bu koinotni inkor qilgan ahmoq Sofistaiylar ham rozi bo’lmaydilar, rad qiladilar deya tushundi. O’z aql va qalbi bilan barobar "Amantu Billah" dedilar. Xulas, bu yo’lovchi mustaqim aqllardan va munavvar qalblardan istifoda qilgan ma'rifati iymoniyaga qisqa bir ishorat sifatida Birinchi Maqomning o’n ikkinchi va o’n uchinchi martabalarida

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اِجْمَاعُ الْعُقُولِ الْمُسْتَق۪يمَةِ الْمُنَوَّرَةِ بِاِعْتِقَادَاتِهَا الْمُتَوَافِقَةِ وَ بِقَنَاعَاتِهَا وَ يَق۪ينِيَّاتِهَا الْمُتَطَابِقَةِ مَعَ تَخَالُفِ الْاِسْتِعْدَادَاتِ وَ الْمَذَاهِبِ وَ كَذَا دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اِتِّفَاقُ الْقُلُوبِ السَّل۪يمَةِ النُّورَانِيَّةِ بِكَشْفِيَّاتِهَا الْمُتَطَابِقَةِ وَ بِمُشَاهَدَاتِهَا الْمُتَوَافِقَةِ مَعَ تَبَايُنِ الْمَسَالِكِ وَ الْمَشَارِبِ

deyilgan.

So’ngra olami g’aybga yaqindan qaragan va aql va qalbda sayohat qilgan o’sha yo’lovchi, ajabo olami g’ayb nima deydi deya sinchkovlik bilan u eshikni ham shunday bir fikr bilan qoqdi. Ya'ni, modomiki bu jismoniy olami shahodatda bu qadar ziynatli va san'atli hadsiz masnu'lari bilan o’zini tanittirish va bu qadar totli va bezalgan va nihoyatsiz ne'matlari bilan o’zini sevdirish va bu qadar mo’'jizali va mahoratli hisobsiz asarlari bilan yashirin kamolotini bildirish, qovldan va takallumdan yanada zohir bir tarzda fe'lan istagan va hol tili bilan bildirgan bir zot parda-i g’ayb tarafida bo’lgani bilbedaho tushuniladi. Albatta va har holda, fe'lan va holan bo’lgani kabi, qovlan va takalluman ham gaplashadi, o’zini tanittiradi, sevdiradi. Unday bo’lsa, olami g’ayb jihatidan uni uning tazohurotidan bilishimiz kerak dedi. Qalbi ichkariga kirdi, aql ko’zi bilan ko’rdiki:

G’oyat quvvatli bir tazohurot bilan vahiylarning haqiqati olami g’aybning har tarafida har zamonda hukm qilyapti. Koinotning va maxluqotning shahodatlaridan ko’p quvvatli bir shahodati vujud va tavhid Allam-ul G’uyubdan vahiy va ilhom haqiqatlari bilan kelyapti. O’zini va vujud va vahdatini yolg’iz masnu'larining shahodatlariga qoldirmayapti. O’zi o’ziga loyiq bir kalomi azaliy bilan gapiryapti. Har yerda ilm va qudrati bilan hozir va nazirning kalomi ham hadsizdir va kalomining ma'nosi uni bildirgani kabi, takallumi ham uni sifati bilan bildiryapti.

Ha, yuz ming Payg’ambarlarning (Alayhimussalom) tavoturlari bilan va ixborotlarining vahyi Ilohiyga mazhariyat nuqtasida ittifoqlari bilan va navi bashardan aksariyati mutlaqaning tasdiqgardasi va rahbari va muqtadosi va vahiyning samaralari va vahyi mashhud bo’lgan kutubi muqaddasa va suhufi samoviyaning daloil va mo’'jizotlari bilan haqiqati vahiyning tahaqquqi va subuti badohat darajasiga kelganini bildi va vahiyning haqiqati besh haqiqati qudsiyani ifoda va ifoza etadi deya tushundi:

Birinchisi:

اَلتَّنَزُّلَاتُ الْاِلٰهِيَّةُ اِلٰى عُقُولِ الْبَشَرِ

deyilgan, basharning aqllariga va fahmlariga ko’ra gaplashish bir tanazzuli Ilohiydir. Ha, butun ziruh maxluqotini gapirtirgan va gapirishlarini bilgan, albatta o’zi ham u gapirishlarga gapirishi bilan mudohala etishi, rububiyatning muqtazosidir.

Ikkinchisi:

O’zini tanittirish uchun koinotni bu qadar hadsiz xarajatlar bilan, boshdan oyoq horiqolar ichida yaratgan va minglab tillar bilan kamolotini ayttirgan, albatta o’z so’zlari bilan ham o’zini tanittiradi.

Uchinchisi:

Mavjudotning eng muntahobi va eng muhtoji va eng nozanini va eng mushtog’i bo’lgan haqiqiy insonlarning munojotlariga va shukrlariga fe'lan muqobala etgani kabi, kalomi bilan ham muqobala etish, xoliqiyatning sha'nidir.

To’rtinchisi:

Ilm bilan hayotning zaruriy bir lozimi va nurli bir tazohuri bo’lgan mukolama sifati, albatta ihotali bir ilmni va sarmadiy bir hayotni tashigan zotda ihotali va sarmadiy bir suratda bo’ladi.

Beshinchisi:

Eng sevimli va muhabbatli va andishali va nuqta-i istinodga eng muhtoj va sohibini va molikini topishga eng mushtoq; ham faqir va ojiz bo’lgan maxluqotlariga ojizlik va ishtiyoqni, faqirlik va ehtiyojni va andisha-i istiqbolni va muhabbatni va parastishni bergan bir zot, albatta o’z vujudini ularga takallumi bilan ish'or etishi, uluhiyatning muqtazosidir. Xullas, tanazzuli Ilohiy va taarrufi Rabboniy va muqobala-i Rahmoniy va mukolama-i Subhoniy va ish'ori Samadoniy haqiqatlarini tazammun etgan, umumiy samoviy vahiylarning ijmo' bilan Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga dalolatlari shunday bir hujjatki, kunduzdagi quyoshning shuootining quyoshga guvohligidan ko’proq quvvatlidir deya tushundi.

So’ngra ilhomlar jihatiga qaradi, ko’rdiki: Sodiq ilhomlar, garchi bir jihatdan vahiyga o’xshaydilar va bir navi mukolama-i Rabboniyadir, faqat ikki farq bordir:

Birinchisi:

Ilhomdan ko’p yuksak bo’lgan vahiyning aksari maloika vositasi bilan va ilhomning aksari vositasiz bo’lishidir.

Masalan: Qandayki bir podshohning ikki surat bilan gaplashishi va amrlari bor. Birisi: Hashmati saltanat va hokimiyati umumiya jihati bilan bir yovarini bir voliyga yuboradi. U hokimiyatning hashamatini va amrning ahamiyatini ko’rsatish uchun ba'zan vosita bilan barobar bir ijtimo' qiladi. So’ngra farmon tablig’ etiladi. Ikkinchisi: Sultonlik unvoni bilan va podshohlik umumiy ismi bilan emas, balki o’z shaxsi bilan xususiy bir munosabati va juz'iy bir muomalasi bo’lgan xos bir xizmatchisi bilan yoki bir omi raiyati bilan va xususiy telefoni bilan xususiy gaplashishidir.

Shunga o’xshab, Podshohi Azaliyning umum olamlarning Robbi ismi bilan va koinot Xoliqi unvoni bilan vahiy bilan va vahiyning xizmatini bajargan shumulli ilhomlari bilan mukolamasi bo’lgani kabi, har bir fardning va har bir zihayotning Robbi va Xoliqi bo’lish jihati bilan xususiy bir suratda, faqat pardalar orqasida ularning qobiliyatiga ko’ra bir tarzi mukolamasi bor.

Ikkinchi farq:

Vahiy soyasizdir, sofdir, xoslarga maxsusdir. Ilhom esa soyalidir, ranglar qo’shiladi, umumiydir. Maloika ilhomlari bilan va inson ilhomlari va hayvonot ilhomlari kabi turli-tuman, ham juda ko’p anvo'lari bilan dengizlarning qatralari qadar kalimoti Rabboniyaning taksiriga mador bir zamin tashkil qiladi.

لَوْ كَانَ الْبَحْرُ مِدَادًا لِكَلِمَاتِ رَبّ۪ى لَنَفِدَ الْبَحْرُ قَبْلَ اَنْ تَنْفَدَ كَلِمَاتُ رَبّ۪ى

oyatining bir vajhini tafsir qilishini tushundi.

So’ngra ilhomning mohiyatiga va hikmatiga va guvohligiga qaradi, ko’rdiki: Mohiyati bilan hikmati va natijasi to’rt nurdan tarakkub topadi.

Birinchisi:

Tavaddudi Ilohiy deyilgan, o’zini maxluqotiga fe'lan sevdirgani kabi, qovlan va huzuran va suhbatan ham sevdirish, vadudiyatning va rahmoniyatning muqtazosidir.

Ikkinchisi:

Ibodining duolariga fe'lan javob bergani kabi, qovlan ham pardalar orqasida ijobat etishi, rahimiyatning sha'nidir.

Uchinchisi:

Og’ir balolarga va shiddatli hollarga tushgan maxluqotlarining istimdodlariga va faryodlariga va tazarruotlariga fe'lan imdod etgani kabi, bir navi gaplashishi hukmida bo’lgan ilhomiy qovllar bilan ham imdodga yetishishi, rububiyatning lozimidir.

To’rtinchisi:

Juda ham ojiz va juda ham zaif va juda ham faqir va juda ham ehtiyojli va o’z molikini va homiysini va mudabbirini va hofizini topishga juda ham muhtoj va mushtoq bo’lgan zishuur masnu'lariga vujudini va huzurini va himoyasini fe'lan ihsos etgani kabi, bir navi mukolama-i Rabboniya hukmida sanalgan bir qism sodiq ilhomlar pardasida va maxsus va bir maxluqqa qaragan xos va bir vajhda uning qobiliyatiga ko’ra uning qalb telefoni bilan qovlan ham o’z huzurini va vujudini ihsos etishi, shafqati uluhiyatning va rahmati rububiyatning zaruriy va vojib bir muqtazosidir deya tushundi.

So’ngra ilhomning shahodatiga qaradi, ko’rdi: Qandayki quyoshning, farazan, shuuri va hayoti bo’lsaydi va u holda ziyosidagi yetti rangi yetti sifati bo’lsaydi, u jihatdan nurida bo’lgan shualari va jilvalari bilan bir tarz gaplashishi bo’lardi. Va bu vaziyatda, misolining va aksining shaffof narsalarda bo’lishi va har oyna va har porloq narsalar va shisha parchalari va pufakchalar va qatralar, hatto shaffof zarralar bilan har birining qobiliyatiga ko’ra gaplashishi va ularning hojotiga javob berishi va butun ular quyoshning vujudiga shahodat qilishi va hech bir ish bir ishga mone bo’lmasligi va bir gaplashishi boshqa gaplashishga muzohamat etmasligi bilmushohada ko’rilishi kabi.. Aynan shuning kabi: Azal va abadning zuljalol sultoni va butun mavjudotning zuljamol xoliqi zishoni bo’lgan Shamsi Sarmadiyning mukolamasi ham uning ilmi va qudrati kabi kulliy va qamragan bo’lib, hamma narsaning qobiliyatiga ko’ra tajalliy etishi; hech bir istak boshqa istakka, bir ish boshqa ishga, bir xitob boshqa xitobga mone bo’lmasligi va chalkashtirmasligi bilbedaho tushuniladi. Va butun u jilvalar, u gaplashishlar, u ilhomlar alohida-alohida va barobar bil-ittifoq u Shamsi Azaliyning huzuriga va vujubi vujudiga va vahdatiga va ahadiyatiga dalolat va shahodat qilganliklarini aynalyaqiynga yaqin bir ilmalyaqiyn bilan bildi.

Bu sinchkov musofirning olami g’aybdan olgan darsi ma'rifatiga qisqa bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning o’n to’rtinchi va o’n beshinchi martabalarida

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ اَلْوَاحِدُ الْاَحَدُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اِجْمَاعُ جَم۪يعِ الْوَحْيَاتِ الْحَقَّةِ الْمُتَضَمِّنَةِ لِلتَّنَزُّلَاتِ الْاِلٰهِيَّةِ وَ لِلْمُكَالَمَاتِ السُّبْحَانِيَّةِ وَ لِلتَّعَرُّفَاتِ الرَّبَّانِيَّةِ وَ لِلْمُقَابَلَاتِ الرَّحْمَانِيَّةِ عِنْدَ مُنَاجَاةِ عِبَادِه۪ وَلِلْاِشْعَارَاتِ الصَّمَدَانِيَّةِ لِوُجُودِه۪ لِمَخْلُوقَاتِه۪ وَ كَذَا دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اِتِّفَاقُ الْاِلْهَامَاتِ الصَّادِقَةِ الْمُتَضَمِّنَةِ لِلتَّوَدُّدَاتِ الْاِلٰهِيَّةِ وَ لِلْاِجَابَاتِ الرَّحْمَانِيَّةِ لِدَعَوَاتِ مَخْلُوقَاتِه۪ وَ لِلْاِمْدَادَاتِ الرَّبَّانِيَّةِ لِاِسْتِغَاثَاتِ عِبَادِه۪ وَ لِلْاِحْسَاسَاتِ السُّبْحَانِيَّةِ لِوُجُودِه۪ لِمَصْنُوعَاتِه۪

deyilgandir.

So’ngra u dunyo sayyohi o’z aqliga dediki: Modomiki bu koinotning mavjudoti bilan molikimni va xoliqimni qidiryapman. Albatta, har narsadan avval bu mavjudotning eng mashhuri va a'dasining tasdig’i bilan ham eng mukammali va eng buyuk qo’mondoni va eng nomdor hokimi va so’z jihatidan eng yuksagi va aql jihatidan eng porlog’i va o’n to’rt asrni fazilati bilan va Qur'oni bilan nurlantirgan Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalamni ziyorat qilish va qidirganimni undan so’rash uchun Asri Saodatga barobar ketishimiz kerak deb, aqli bilan barobar u asrga kirdi. Ko’rdiki: U asr haqiqatdan u zot (S.A.V.) bilan bir saodati bashariya asri bo’lgan. Chunki eng badaviy va eng ummiy bir qavmni keltirgan nuri vositasi bilan qisqa bir zamonda dunyoga ustoz va hokim aylamish.

Ham o’z aqliga dedi: Biz eng avval bu favquloda zotning (S.A.V.) bir daraja qiymatini va so’zining haqqoniyatini va ixborotining to’g’riligini bilishimiz kerak, so’ngra xoliqimizni undan so’rashimiz kerak deb taxarrini boshladi. Topgan hadsiz qat'iy dalillaridan bu yerda yolg’iz to’qqiz kulliyatiga bittadan qisqa ishorat qilinadi.

Birincisi:

Bu zotda (S.A.V.), hatto dushmanlarining tasdig’i bilan ham, butun go’zal xulqlarning va axloqlarning bo’lishi va

وَ انْشَقَّ الْقَمَرُ * وَمَا رَمَيْتَ اِذْ رَمَيْتَ وَلٰكِنَّ اللّٰهَ رَمٰى

oyatlarining sarohati bilan: Bir barmog’ining ishorati bilan Qamar ikki parcha bolishi, va bir hovuchi bilan a'dasining qo’shiniga otgan oz bir tuproq umum u qo’shinning ko’zlariga kirishi bilan qochishlari va suvsiz qolgan o’z qo’shiniga besh barmog’idan kavsar kabi oqqan suvni kifoyat darajasida ichirishi kabi naqli qat'iy bilan va bir qismi tavotur bilan yuzlab mo’'jizotning uning qo’lida zohir bo’lishidir. Bu mo’'jizotdan uch yuzdan ziyoda bir qismi O’n To’qqizinchi Maktub bo’lgan Mo’'jizoti Ahmadiya (S.A.V.) nomli horiqo va karomatli bir risolada qat'iy dalillari bilan barobar bayon qilinganidan, ularni unga havola qilib dediki: Bu qadar axloqi hasana va kamolot bilan barobar bu qadar mo’'jizoti bahirasi bo’lgan bir zot (S.A.V.) albatta eng to’g’ri so’zlidir. Axloqsizlarning ishi bo’lgan hiylaga, yolg’onga, xatoga tanazzul etishi mumkin emas.

Ikinchisi:

Qo’lida bu koinot sohibining bir farmoni bo’lgani va u farmonni har asrda uch yuz milliondan ziyoda insonlar qabul va tasdiq qilganlari va u farmon bo’lgan Qur'oni Azimushshonning yetti vajh bilan horiqo bo’lishidir. Va bu Qur'onning qirq vajh bilan mo’'jiza bo’lgani va koinot xoliqining so’zi bo’lgani quvvatli dalillari bilan barobar, "Yigirma Beshinchi So’z va Mo’'jizoti Qur'oniya" nomlaridagi Risola-i Nurning bir quyoshi bo’lgan mashhur bir risolada batafsil bayon qilinishidan, uni unga havola qilib dedi: Bunday ayni haq va haqiqat bir farmonning tarjimoni va tablig’ etuvchisi bo’lgan zotda (S.A.V.) farmonga jinoyat va farmon sohibiga xiyonat hukmida bo’lgan yolg’on bo’lishi va topilishi mumkin emas!..

Uchinchisi:

U zot (S.A.V.) shunday bir shariat va bir Islomiyat va bir ubudiyat va bir duo va bir da'vat va bir iymon bilan maydonga chiqqanki, ularning na misli bor va na bo’ladi. Va ulardan yanada mukammali na bo’lgan va na bo’ladi. Chunki ummiy bir zotda (S.A.V.) zuhur etgan u shariat o’n to’rt asrni va navi basharning beshdan birini odilona, haqqoniyat ustida va mudaqqiqona, hadsiz qonunlari bilan idora qilishi o’xshash qabul qilmaydi.

Ham ummiy bir zotning (S.A.V.) af'ol va aqvol va ahvolidan chiqqan Islomiyat har asrda uch yuz million insonning rahbari va marji'i va aqllarining muallimi va murshidi va qalblarining munavviri va musaffiysi va nafslarining murabbiysi va muzakkiysi va ruhlarining madori inkishofi va ma'dani taraqqiyoti bo’lishi jihati bilan misli bo’lolmaydi va bo’lolmagan.

Ham dinida bo’lgan butun ibodotning butun anvo'ida eng oldin bo’lishi va harkasdan ziyoda taqvoda bo’lishi va Allohdan qo’rqishi va favquloda doimiy mujahadot va dag’dag’alar ichida, aynan ubudiyatning eng nozik asroriga qadar rioya qilishi va hech kimni taqlid qilmasdan va tom ma'nosi bilan va mubtadiyona faqat eng mukammal bo’lib, ham ibtido va intihoni birlashtirib qilishi; albatta misli ko’rilmaydi va ko’rilmagan.

Ham minglab duo va munojotlaridan Javshan-ul Kabir bilan, shunday bir ma'rifati Rabboniya bilan, shunday bir darajada Robbini tavsif etadiki, u zamondan beri kelgan ahli ma'rifat va ahli valoyat, talohuqi afkor bilan barobar, na u martaba-i ma'rifatga va na u daraja-i tavsifga yetisholmasliklari ko’rsatadiki, duoda ham uning misli yo’qdir. Risola-i Munojotning boshida Javshan-ul Kabirning to’qson to’qqiz fikrasidan bir fikrasining qisqacha bir ma'nosining bayon qilingan yeriga qaragan odam Javshanning ham misli yo’qdir deydi.

Ham tablig’i risolatda va insonlarni haqqa da'vatda shu daraja matonat va sabot va jasorat ko’rsatganki, katta davlatlar va katta dinlar, hatto qavm va qabilasi va amakisi unga shiddatli adovat qilganlari holda, zarra miqdor bir asari taraddud, bir xavotirlanish, bir qo’rqoqlik ko’rsatmasligi va bir o’zi butun dunyoga qarshi chiqishi va boshga ham chiqarishi va Islomiyatni dunyoning boshiga o’tkazishi isbot qiladiki, tablig’ va da'vatda ham misli bo’lmagan va bo’lolmaydi.

Ham iymonda shunday favquloda bir quvvat va horiqo bir yaqiyn va mo’'jizona bir inkishof va jahonni ishiqlantirgan bir ulviy e'tiqod tashiganki, u zamonning hukmroni bo’lgan butun afkori va aqidalari va hukamoning hikmatlari va ruhoniy raislarning ilmlari unga muoriz va muxolif va munkir bo’lganlari holda, uning na yaqiyniga, na e'tiqodiga, na e'timodiga, na itminoniga hech bir shubha, hech bir taraddud, hech bir zaiflik, hech bir vasvasa bermasliklari va ma'naviyatda va marotibi iymoniyada taraqqiy qilgan boshda sahobalar va butun ahli valoyat uning har vaqt martaba-i iymonidan fayz olishlari va uni eng yuksak darajada topishlari, bilbedaho ko’rsatadiki, iymoni ham benazirdir.

Mana, bunday benazir bir shariat va mislsiz bir Islomiyat va horiqo bir ubudiyat va favquloda bir duo va jahonpisandona bir da'vat va mo’'jizona bir iymon sohibida, albatta hech bir jihat bilan yolg’on bo’lolmaydi va aldatmaydi deya angladi va aqli ham tasdiq qildi.

To’rtinchisi:

Anbiyolarning (Alayhimussalom) ijmo'i, qandayki vujud va vahdoniyati Ilohiyaga g’oyat quvvatli bir dalildir, xuddi shuning kabi, bu zotning (S.A.V.) to’g’riligiga va risolatiga g’oyat sog’lom bir shahodatdir. Chunki Anbiyo Alayhimussalomning to’g’riliklariga va payg’ambar bo’lishlariga mador bo’lgan naqadar qudsiy sifatlar va mo’'jizalar va vazifalar bo’lsa, u zotda (S.A.V.) eng oldinda bo’lgani tarixcha musaddaqdir. Demak, ular qandayki lisoni qol bilan Tavrot, Injil, Zabur va suhuflarida bu zotning (S.A.V.) kelishini xabar berib insonlarga bashorat berganlarki, kutubi muqaddasaning u bashoratli ishorotidan yigirmadan ortiq va juda zohir bir qismi O’n To’qqizinchi Maktubda go’zal ravishda bayon va isbot qilingan. Shunga o’xshab, lisoni hollari bilan, ya'ni nubuvvatlari bilan va mo’'jizalari bilan o’z maslaklarida va vazifalarida eng oldinda va eng mukammal bo’lgan bu zotni tasdiq qilib, da'vosiga imzo bosadilar. Va lisoni qol va ijmo' bilan vahdoniyatga dalolat qilganlari kabi, lisoni hol bilan va ittifoq bilan ham bu zotning sodiqiyatiga shahodat qiladilar deya angladi.

Beshinchisi:

Bu zotning dasturlari bilan va tarbiyasi va tobeiyati bilan va orqasidan ketishlari bilan haqqa, haqiqatga, kamolotga, karomatga, kashfiyotga, mushahadotga yetishgan minglarcha avliyo vahdoniyatga dalolat qilganlari kabi, ustozlari bo’lgan bu zotning sodiqiyatiga va risolatiga ijmo' va ittifoq bilan shahodat qiladilar. Va olami g’aybdan bergan xabarlarning bir qismini nuri valoyat bilan mushohada etishlari va umumini nuri iymon bilan yo ilmalyaqiyn yoki aynalyaqiyn yoki haqqalyaqiyn suratida e'tiqod va tasdiq qilishlari ustozlari bo’lgan bu zotning daraja-i haqqoniyat va sodiqiyatini quyosh kabi ko’rsatganini ko’rdi.

Oltinchisi:

Bu zotning ummiyligi bilan barobar keltirgan haqoiqi qudsiya va ixtiro qilgan ulumi oliya va kashf qilgan ma'rifati Ilohiyaning darsi bilan va ta'limi bilan, martaba-i ilmiyada eng yuksak maqomga yetishgan millionlab asfiyo-i mudaqqiqiyn va siddiqiyni muhaqqiqiyn va dohiy hukamo-i mo’'miniyn bu zotning ussul asos da'vosi bo’lgan vahdoniyatni quvvatli burhonlari bilan bil-ittifoq isbot va tasdiq qilganlari kabi, bu muallimi akbarning va bu ustozi a'zamning haqqoniyatiga va so’zlarining haqiqat bo’lganiga ittifoq bilan shahodatlari kunduz kabi bir hujjati risolati va sodiqiyatidir. Masalan: Risola-i Nur yuz parchasi bilan bu zotning sadoqatining birgina burhonidir.

Yettinchisi:

Ol va asxob nomli va navi basharning anbiyodan so’ngra farosat va diroyat va kamolot bilan eng mashhuri va eng muhtaram va nomdori va eng dindor va eng keskin nazarli toifa-i azimasi qattiq qiziqish bilan va g’oyat diqqat va nihoyat jiddiyat bilan bu zotning butun yashirin va oshkora hollarini va fikrlarini va vaziyatlarini taxarri va taftish va tadqiq qilishlari natijasida bu zotning dunyoda eng sodiq va eng yuksak va eng haqli va haqiqatli bo’lganiga ittifoq bilan va ijmo' bilan va o’zgarmas tasdiqlari va quvvatli iymonlari, quyoshning ziyosiga dalolat qilgan kunduz kabi bir dalildir deya angladi.

Sakkizinchi:

Bu koinot qandayki o’zini ijod va idora va tartib qilgan va tasvir va taqdir va tadbir bilan bir saroy kabi, bir kitob kabi, bir ko’rgazma kabi, bir tomoshagoh kabi tasarruf qilgan sone'iga va kotibiga va naqqoshiga dalolat qiladi. Shunga o’xshab, koinotning xilqatidagi maqosidi Ilohiyani biladigan va bildiradigan va tahavvulotidagi Rabboniy hikmatlarini ta'lim beradigan va vazifadorona harakotidagi natijalarni dars beradigan va mohiyatidagi qiymatini va ichidagi mavjudotning kamolotini e'lon qiladigan va u kitobi kabirning ma'nolarini ifoda qiladigan bir yuksak dallol, bir to’g’ri kashshof, bir muhaqqiq ustoz, bir sodiq muallim istagani va iqtizo qilgani va har holda bo’lishiga dalolat qilgani jihati bilan, albatta bu vazifalarni harkasdan ziyoda qilgan bu zotning haqqoniyatiga va bu koinot Xoliqining eng yuksak va sodiq bir ma'muri bo’lganiga shahodat qilganini bildi.

To’qqizinchisi:

Modomiki bu san'atli va hikmatli masnu'oti bilan o’z hunarlarini va san'atkorligining kamolotini tashhir etish va bu bezalgan, ziynatli nihoyatsiz maxluqoti bilan o’zini tanittirish va sevdirish va bu lazzatli va qiymatli hisobsiz ne'matlari bilan o’ziga tashakkur va hamd ettirish va bu shafqatli va himoyali umumiy tarbiya va iosha bilan, hatto og’izlarning eng nozik zavqlarini va ishtahalarning har navini qoniqtiradigan bir suratda ihzor etilgan Rabboniy it'omlar va ziyofatlar bilan o’z rububiyatiga qarshi minnatdorona va mutashakkirona va parastishkorona ibodat ettirish va mavsumlarning tabdili va kecha va kunduzning tahvili va ixtilofi kabi azamatli va hashmatli tasarrufot va ijroot va dahshatli va hikmatli faoliyat va xalloqiyat bilan o’z uluhiyatini izhor qilib, u uluhiyatiga qarshi iymon va taslim va inqiyod va itoat ettirish va har vaqt yaxshilikni va yaxshilarni himoya, yomonlikni va yomonlarni izola va samoviy ta'zirlar bilan zolimlarni va yolg’onchilarni imho etish jihati bilan haqqoniyat va adolatini ko’rsatish istagan parda orqasida biri bor. Albatta va har holda, u g’aybiy zotning yonida eng sevgili maxluqi va eng to’g’ri abdi va uning mazkur maqsadlariga to’liq xizmat qilib, xilqati koinotning tilsimini va muammosini hal va kashf qilgan va doimo u Xoliqining nomidan harakat qilgan va undan istimdod etgan va muvaffaqiyat istagan va u tarafidan imdodga va tavfiqqa mazhar bo’lgan va Muhammadi Qurayshiy deyilgan bu zot bo’ladi. (S.A.V.)

Ham aqliga dedi: Modomiki bu mazkur to’qqiz haqiqatlar bu zotning sidqiga shahodat qiladilar. Albatta bu odam bani odamning madori sharafi va bu olamning madori iftixoridir. Va unga "Faxri Olam" va "Sharafi Bani Odam" deyilishi juda loyiqdir va uning qo’lida bo’lgan farmoni Rahmon bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning hashmati saltanati ma'naviyasining nisfi arzni istilosi va shaxsiy kamoloti va yuksak xislatlari ko’rsatadiki, bu olamda eng muhim zot udir, Xoliqimiz haqida eng muhim so’z unikidir.

Mana kel, qara! Bu horiqo zotning yuzlab zohir va bahir qat'iy mo’'jizalarining quvvatiga va dinidagi minglab oliy va asosli haqiqatlariga istinodan, butun da'volarining asosi va butun hayotining g’oyasi, Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga va sifotiga va asmosiga dalolat va shahodat va u Vojib-ul Vujudni isbot va e'lon va i'lam etishdir.

Demak, bu koinotning ma'naviy quyoshi va Xoliqimizning eng porloq bir burhoni bu Habibulloh deyilgan zotdirki, uning shahodatini qo’llagan va tasdiq va imzo bosgan aldanmas va aldamaydigan uch buyuk ijmo' bor:

Birinchisi:

"Agar parda-i g’ayb ochilsa, yaqiynim ziyodalashmaydi" degan Imom Ali (Roziyallohu Anh) va yerda ekan arshi a'zamni va Isrofilning azamati haykalini tomosha qilgan G’avsi A'zam (Q.S.) kabi keskin nazar va g’aybbin ko’zlari bo’lgan minglab aqtob va avliyo-i azimani jamlagan va Oli Muhammad nomi bilan shuhratshiori olam bo’lgan jamoati nuroniyaning ijmo' bilan tasdiqlaridir.

Ikkinchisi:

Badaviy bir qavm va ummiy bir muhitda, hayoti ijtimoiyadan va afkori siyosiyadan xoli va kitobsiz va fatrat asrining qorong’iliklarida bo’lgan va juda oz bir zamonda eng madaniy va o’qimishli va hayoti ijtimoiyada va siyosiyada eng oldinda bo’gan millatlarga va hukumatlarga ustoz va rahbar va diplomat va hokimi odil bo’lib, sharqdan g’arbga qadar jahonpisandona idora qilgan va "Sahoba" nomi bilan dunyoda nomdor bo’lgan jamoati mashhuraning ittifoq bilan jon va mollarini, padar va qabilalarini fido qildirgan bir quvvatli iymon bilan tasdiqlaridir.

Uchinchisi:

Har asrda minglarcha afrodi bo’lgan va har fanda dohiyona ilgarilagan va muxtalif maslaklarda mashg’ul bo’lgan ummatidan yetishgan hadsiz muhaqqiq va mutabahhir ulamosining jamoati uzmosining tavofuq bilan va ilmalyaqiyn darajasida tasdiqlaridir.

Demak bu zotning vahdoniyatga shahodati shaxsiy va juz'iy emas, balki umumiy va kulliy va o’zgarmas va butun shaytonlar to’plansa, qarshisiga hech bir jihat bilan chiqolmaydigan bir shahodatdir deya hukm qildi.

Mana Asri Saodatda aqli bilan barobar sayohat qilgan dunyo musofiri va hayot yo’lovchisi u madrasa-i nuroniyadan olgan darsiga bir qisqa ishorat sifatida, Birinchi Maqomning o’n oltinchi martabasida bunday:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ اَلْوَاحِدُ الْاَحَدُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ فَخْرُ الْعَالَمِ وَ شَرَفُ نَوْعِ بَن۪ى اٰدَمَ بِعَظَمَةِ سَلْطَنَةِ قُرْاٰنِه۪ وَ حَشْمَةِ وُسْعَةِ د۪ينِه۪ وَ كَثْرَةِ كَمَالَاتِه۪ وَ عُلْوِيَّةِ اَخْلَاقِه۪ حَتّٰى بِتَصْد۪يقِ اَعْدَائِه۪ وَ كَذَا شَهِدَ وَ بَرْهَنَ بِقُوَّةِ مِاٰتِ مُعْجِزَاتِهِ الظَّاهِرَةِ الْبَاهِرَةِ الْمُصَدِّقَةِ الْمُصَدَّقَةِ وَ بِقُوَّةِ اٰلَافِ حَقَائِقِ د۪ينِهِ السَّاطِعَةِ الْقَاطِعَةِ بِاِجْمَاعِ اٰلِه۪ ذَوِى الْاَنْوَارِ وَ بِاِتِّفَاقِ اَصْحَابِه۪ ذَوِى الْاَبْصَارِ وَ بِتَوَافُقِ مُحَقِّق۪ى اُمَّتِه۪ ذَوِى الْبَرَاه۪ينِ وَ الْبَصَائِرِ النَّوَّارَةِ

deyilgandir.

So’ngra, bu dunyoda hayotning g’oyasi va hayotning hayoti iymon bo’lganini bilgan bu toliqmaydigan va to’ymaydigan yo’lovchi o’z qalbiga dediki: "Qidirgan zotimizning so’zi va kalomi deyilgan bu dunyoda eng mashhur va eng porloq va eng hakim va unga taslim bo’lmagan harkasga, har asrda qarshi chiqqan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon nomli kitobga murojaat qilib, u nima deydi, bilaylik. Faqat eng avval bu kitob bizning Xoliqimizning kitobi bo’lganini isbot qilish lozimdir deya taxarrini boshladi.

Bu sayyoh bu zamonda bo’lish munosabati bilan eng avval ma'naviy i'jozi Qur'oniyaning lam'alari bo’lgan Risola-i Nurga qaradi va uning bir yuz o’ttiz risolalari oyoti Furqoniyaning nuktalari va nurlari va asosli tafsirlari bo’lganini ko’rdi. Va Risola-i Nur bu qadar muannid va mulhid bir asrda har tarafga haqoiqi Qur'oniyani mujohidona nashr qilgani holda, qarshisiga hech kim chiqolmaganidan isbot qiladiki, uning ustozi va manbai va marji'i va quyoshi bo’lgan Qur'on samoviydir, bashar kalomi emasdir. Hatto Risola-i Nurning yuzlab hujjatlaridan birgina hujjati Qur'oniyasi bo’lgan Yigirma Beshinchi So’z bilan O’n To’qqizinchi Maktubning oxiri Qur'onning qirq vajh bilan mo’'jiza bo’lganini shunday isbot qilganki, kim ko’rgan bo’lsa, tanqid va e'tiroz qilish emas, balki isbotlariga hayron qolib, yuksakka ko’tarib ko’p marotaba sano etgan. Qur'onning vajhi i'jozini va haq Kalomulloh bo’lganini isbot qilish jihatini Risola-i Nurga havola qilib yolg’iz bir qisqa ishorat bilan buyukligini ko’rsatgan bir necha nuqtaga diqqat qildi.

Birinchi Nuqta:

Qandayki Qur'on butun mo’'jizoti bilan va haqqoniyatiga dalil bo’lgan butun haqoiqi bilan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning bir mo’'jizasidir. Shunga o’xshab, Muhammad Alayhissalotu Vassalam ham butun mo’'jizoti bilan va daloili nubuvvati bilan va kamoloti ilmiyasi bilan Qur'onning bir mo’'jizasidir va Qur'on kalomulloh bo’lganiga bir hujjati qat'iyasidir.

Ikkinchi Nuqta:

Qur'on bu dunyoda shunday nuroniy va saodatli va haqiqatli bir suratda bir tabdili hayoti ijtimoiya bilan barobar, insonlarning ham nafslarida, ham qalblarida, ham ruhlarida, ham aqllarida, ham hayoti shaxsiyalarida, ham hayoti ijtimoiyalarida, ham hayoti siyosiyalarida shunday bir inqilob qilgan va idoma etgan va idora qilganki, o’n to’rt asr muddatida, har daqiqada olti ming olti yuz oltmish olti oyatlari kamoli ehtirom bilan, hech bo’lmasa yuz milliondan ziyoda insonlarning tillari bilan o’qilyapti va insonlarni tarbiya va nafslarini tazkiya va qalblarini tasfiya etyapti. Ruhlariga inkishof va taraqqiy va aqllarga istiqomat va nur va hayotga hayot va saodat beryapti. Albatta, bunday bir kitobning misli yo’qdir, horiqodir, favqulodadir, mo’'jizadir.

Uchinchi Nuqta:

Qur'on u asrdan to hozirga qadar shunday bir balog’at ko’rsatganki, Ka'baning devorida oltin bilan yozilgan eng mashhur adiblarning "Muallaqoti Sab'a" nomi bilan shuhratshior qasidalarini shu darajaga tushurdiki, Labidning qizi otasining qasidasini Ka'badan tushirarkan degan: "Oyotga qarshi buning qiymati qolmadi."

Ham badaviy bir adib: فَاصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ oyati o’qilarkan, eshitgan vaqti sajda qilgan. Unga deganlar: "Sen musulmon bo’ldingmi?" U degan: "Yo’q, men bu oyatning balog’atiga sajda qildim."

Ham ilmi balog’atning dohiylaridan Abdulqohir Jurjoniy va Sakkokiy va Zamaxshariy kabi minglarcha dohiy imomlar va mutafannin adiblar ijmo' va ittifoq bilan qaror berganlarki: "Qur'onning balog’ati toqati bashardan ustundir, yetishilmaydi."

Ham u zamondan beri mutamodiyan maydoni muorazaga da'vat qilib, mag’rur va anoniyatli adiblarning va balig’larning jahllarini chiqarib, g’ururlarini sindiradigan bir tarzda deydi: "Yo birgina suraning mislini keltiringlar yoki dunyoda va oxiratda halokat va zillatni qabul qilinglar." deya e'lon qilgani holda, u asrning muannid balig’lari birgina suraning mislini keltirish bilan qisqa bir yo’l bo’lgan muorazani tashlab, uzun bo’lgan, jon va mollarini tahlikaga otgan muhoraba yo’lini ixtiyor qilishlari isbot qiladiki, u qisqa yo’lda ketish mumkin emasdir.

Ham Qur'onning do’stlari Qur'onga o’xshashlik va taqlid qilish shavqi bilan va dushmanlari ham Qur'onga muqobala va tanqid qilish savqi bilan u vaqtdan beri yozgan va yozilgan va talohuqi afkor bilan taraqqiy qilgan millionlab Arabcha kitoblar o’rtada kezyapti. Hech birisining unga yetisholmaganini, hatto eng oddiy odam ham tinglasa, albatta deydi: "Bu Qur'on bularga o’xshamaydi va ularning martabasida emas." Yo ularning ostida yoki umumidan ustun bo’ladi. Umumining ostida bo’lganini dunyoda hech bir fard, hech bir kofir, hatto hech bir ahmoq deyolmaydi. Demak, martaba-i balog’ati umumidan ustundir. Hatto bir odam

سَبَّحَ لِلّٰهِ مَا فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

oyatini o’qidi. Dediki: "Bu oyatning horiqo deb o’ylangan balog’atini ko’rolmayapman." Unga deyildi: "Sen ham bu sayyoh kabi o’sha zamonga ket, u yerda tingla." U ham o’zini Qur'ondan avval u yerda taxayyul etarkan, ko’rdiki; Mavjudoti olam parishon, zim-ziyo, jomid va shuursiz va vazifasiz bo’lib; xoli, hadsiz, hududsiz bir fazoda; qarorsiz, foniy bir dunyoda turibdilar. Birdan Qur'onning lisonidan bu oyatni tinglarkan, ko’rdi: Bu oyat koinot ustida, dunyoning yuzida shunday bir parda ochdi va nurlantirdiki, bu azaliy nutq va bu sarmadiy farmon asrlar qatorlarida tizilgan zishuurlarga dars berib ko’rsatadiki, bu koinot bir jome'-i kabir hukmida, boshda samovot va arz bo’lib, umum maxluqotni hayotdorona zikr va tasbehda va vazifa boshida jo’shu xurush bilan mas'udona va mamnunona bir vaziyatda ushlab turibdi deb mushohada etdi. Va bu oyatning daraja-i balog’atini zavq qilib, boshqa oyatlarni bunga qiyos bilan, Qur'onning zamzama-i balog’ati arzning yarmini va navi basharning beshdan birini istilo qilib, hashmati saltanati kamoli ehtirom bilan o’n to’rt asr uzluksiz idoma etganining minglab hikmatlaridan bir hikmatini angladi.

To’rtinchi Nuqta:

Qur'on shunday haqiqatli bir halovat ko’rsatganki, eng totli bir narsadan ham zeriktirgan ko’p takror Qur'onni tilovat qilganlar uchun zeriktirish emas, balki qalbi chirimagan va zavqi buzilmagan odamlarga takrori tilovati halovatini ziyodalashtirgani eski zamondan beri harkas tomonidan musallam bo’lib, zarbulmasal hukmiga o’tgan. Ham shunday bir yangilik va yoshlik va shabobat va g’arobat ko’rsatganki, o’n to’rt asr yashagani va hammaning qo’liga osongina kirgani holda, hozir nozil bo’lgan kabi yangiligini muhofaza qilyapti. Har asr o’ziga xitob qilayotgandek bir yoshlikda ko’rgan. Har toifa-i ilmiya Undan har vaqt foydalanish uchun kasrat bilan va mabzuliyat bilan yonlarida saqlaganlari va uslubi ifodasiga ittibo va iqtido qilganlari holda, u uslubidagi va tarzi bayonidagi g’arobatini aynan muhofaza qilyapti.

Beshinchisi:

Qur'onning bir janohi moziyda, bir janohi mustaqbalda, ildizi va bir qanoti eski Payg’ambarlarning ittifoqli haqiqatlari bo’lgani va bu ularni tasdiq qilgani va qo’llagani va ular ham tavofuqning lisoni holi bilan buni tasdiq qilganlari kabi, shunga o’xshab: Avliyo va asfiyo kabi undan hayot olgan samaralari va hayotdor takammullari bilan, shajara-i muborakalarining hayotdor, fayzdor va haqiqat-mador bo’lganiga dalolat qilgan va ikkinchi qanotining himoyasi ostida yetishgan va yashagan valoyatning butun haq tariqatlari va Islomiyatning butun haqiqatli ilmlari Qur'onning ayni haq va majma-i haqoiq va jome'iyatda mislsiz bir horiqo bo’lganiga shahodat qiladi.

Oltinchisi:

Qur'onning olti jihati nuroniydir, sidq va haqqoniyatini ko’rsatadi. Ha, ostida hujjat va burhon ustunlari, ustida sikka-i i'joz lam'alari, qarshisida va mo’ljalida saodati dorayn hadyalari, orqasida nuqta-i istinodi vahyi samoviy haqiqatlari, o’ng tomonida hadsiz uquli mustaqimaning dalillar bilan tasdiqlari, chap tomonida salim qalblarning va toza vijdonlarning jiddiy itminonlari va samimiy injizoblari va taslimlari Qur'onning favquloda, horiqo, metin, hujum qilinmaydigan bir qal'a-i samoviya-i arziya bo’lganini isbot qilganlari kabi, olti maqomdan ham uning ayni haq va sodiq bo’lganiga va basharning kalomi bo’lmaganiga, ham xato bo’lmaganiga imzo bosgan, boshda bu koinotda doimo go’zallikni izhor, yaxshilikni va to’g’rilikni himoya va soxtakorlarni va muftariylarni imho va izola etish odatini bir dasturi faoliyat qabul qilgan bu koinotning mutasarrifi u Qur'onga olamda eng maqbul, eng yuksak, eng hakimona bir maqomi hurmat va bir martaba-i muvaffaqiyat berishi bilan uni tasdiq qilgani va imzo bosgani kabi, Islomiyatning manbai va Qur'onning tarjimoni bo’lgan zotning (Alayhissalotu Vassalam) harkasdan ziyoda unga e'tiqod va ehtiromi va nuzuli zamonida uyqu kabi bir vaziyati naimonada bo’lishi va boshqa kalomlari unga yetisholmasligi va bir daraja o’xshamasligi va ummiyati bilan barobar bo’lgan va bo’ladigan haqiqiy hodisoti kavniyani g’aybiyona Qur'on bilan taraddudsiz va itminon bilan bayon qilishi va ko’p diqqatli ko’zlarning nazari ostida hech bir hiyla, hech bir xato vaziyati ko’rilmagan u tarjimonning butun quvvati bilan Qur'onning har bir hukmiga iymon keltirib tasdiq qilishi va hech bir narsa uni ikkilantirmasligi; Qur'on samoviy, haqqoniyatli va o’z Xoliqi Rahimining muborak kalomi bo’lganiga imzo bosadilar.

Ham navi insonning beshdan biri, balki qismi a'zami ko’z qarshisida unga munjazibona va dindorona irtiboti va haqiqatparastona va mushtoqona quloq solishi va ko’p alomatlarning va voqealarning va kashfiyotning shahodati bilan, jin va malak va ruhoniylarning ham tilovati vaqtida parvona kabi haqparastona atrofida to’planishi, Qur'onning koinotcha maqbuliyatiga va eng yuksak bir maqomda bo’lganiga bir imzodir.

Ham navi basharning umum tabaqalari, eng kaltafahm va omidan tut to eng aqlli va olimga qadar har birisi Qur'onning darsidan to’liq hissa olishlari va eng chuqur haqiqatlarni fahm etishlari va yuzlarcha fan va ulumi Islomiyaning va ayniqsa shariati kubroning buyuk mujtahidlari va usul-ud din va ilmi Kalomning ham muhaqqiqlari kabi, har toifa o’z ilmlariga oid butun hojotini va javoblarini Qur'ondan istixroj etishlari Qur'onning manba-i haq va ma'dani haqiqat bo’lganiga bir imzodir.

Ham adabiyotda eng oldinda bo’lgan Arab adiblaridan Islomiyatga kirmaganlar, hozirga qadar muorazaga juda ham muhtoj bo’lganlari holda, Qur'onning i'jozidan yetti buyuk vajhi bor ekan, yolg’iz birgina vajhi bo’lgan balog’atining, (birgina suraning) mislini keltirishdan istinkoflari va hozirga qadar kelgan va muoraza bilan shuxrat qozonish istagan mashhur balig’larning va dohiy olimlarning uning hech bir vajhi i'joziga qarshi chiqolmasliklari va ojizona sukut etishlari Qur'on mo’'jiza va toqati bashardan ustun bo’lganiga bir imzodir.

Ha, bir kalom "Kimdan kelgan va kimga kelgan va nima uchun?" deyilishi bilan qiymati va ulviyati va balog’ati tazohur etishi nuqtasidan, Qur'onning misli bo’lolmaydi va unga yetishilib bo’lmaydi. Chunki Qur'on butun olamlarning Robbi va Xoliqining xitobi va so’zlashishi va hech bir jihatdan taqlidni va tasannuni his ettiradigan bir alomat bo’lmagan bir mukolamasi va butun insonlarning, balki butun maxluqotning nomiga mab'us va navi basharning eng mashhur va nomdor muxotobi bo’lgan va u muxotobning quvvat va vus'ati iymoni ulkan Islomiyatni sizib, sohibini Qobi Qavsayn maqomiga chiqarib, muxotobi Samodoniyaga mazhariyat bilan nuzul etgan va saodati doraynga doir va xilqati koinotning natijalariga va undagi Rabboniy maqsadlarga oid masoilni va u muxotobning butun haqoiqi Islomiyani tashigan eng yuksak va eng keng bo’lgan iymonini bayon va izoh qilgan va ulkan koinotning bir xarita, bir soat, bir xona kabi har tarafini ko’rsatib aylantirib, ularni yaratgan san'atkorni xatti-harakati bilan ifoda va ta'lim etgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning albatta mislini keltirish mumkin emas va daraja-i i'joziga yetishilmaydi.

Ham Qur'onni tafsir qilgan va bir qismi o’ttiz-qirq, hatto yetmish jild bo’lib bittadan tafsir yozgan o’tkir zehnli mudaqqiq minglarcha mutafannin ulamoning sanadlari va dalillari bilan bayon qilganlari Qur'ondagi hadsiz maziyatlarni va nuktalarni va xususiyatlarni va sirlarni va oliy ma'nolarni va umuri g’aybiyaning har navidan kasratli g’aybiy ixborlarni izhor va isbot qilishlari va ayniqsa Risola-i Nurning bir yuz o’ttiz kitobining har biri Qur'onning bir maziyatini, bir nuktasini qat'iy burhonlar bilan isbot qilishi va ayniqsa Mo’'jizoti Qur'oniya Risolasi poyezd va tayyora kabi madaniyatning horiqolaridan ko’p narsalarni Qur'ondan istixroj etgan Yigirmanchi So’zning Ikkinchi Maqomi va Risola-i Nurga va elektrga ishorat qilgan oyatlarning ishorotini bildirgan Ishoroti Qur'oniya nomli Birinchi Shua va hurufi Qur'oniya naqadar muntazam, asrorli va ma'noli bo’lganini ko’rsagan Rumuzoti Samoniya nomli sakkiz kichik risolalar va Sura-i Fathning oxirgi oyati besh vajh bilan ixbori g’aybiy jihatidan mo’'jizaligini isbot qilgan kichik bir risola kabi Risola-i Nurning har bir juzi Qur'onning bir haqiqatini, bir nurini izhor etishi Qur'onning misli bo’lmaganiga va mo’'jiza va horiqo bo’lganiga va bu olami shahodatda olami g’aybning lisoni va bir Allam-ul G’uyubning kalomi bo’lganiga bir imzodir.

Mana, olti nuqtada va olti jihatda va olti maqomda ishorat qilingan Qur'onning mazkur maziyatlari va xususiyatlari uchundirki, hashmatli hokimiyati nuroniyasi va azamatli saltanati qudsiyasi asrlarning yuzlarini nurlantirib zamin yuzini ham bir ming uch yuz yil tanvir etib kamoli ehtirom bilan davom etishi, ham u xususiyatlari uchundirki, Qur'onning har bir harfining hech bo’lmasa o’n savobi va o’n hasanasi bo’lishi va o’n meva-i boqiy berishi, hatto bir qism oyotning va suralarning har bir harfi yuz va ming va yanada ziyoda meva berishi va muborak vaqtlarda har harfning nuri va savobi va qiymati o’ndan yuzlarga chiqishi kabi qudsiy imtiyozlarni qozongan deya dunyo sayyohi angladi va qalbiga dedi: Demak bunday har jihat bilan mo’'jizotli bu Qur'on suralarining ijmo'i bilan va oyotining ittifoqi bilan va asroru anvorining tavofuqi bilan va samarot va osorining tatobuqi bilan birgina Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga va sifot va asmosiga dalillar bilan isbot suratida shunday shahodat qilganki, butun ahli iymonning hadsiz shahodatlari uning shahodatidan tarashshuh etganlar.

Xullas bu yo’lovchi Qur'ondan olgan darsi tavhid va iymonga qisqa bir ishorat sifatida Birinchi Maqomning o’n yettinchi martabasida bunday:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الْوَاحِدُ الْاَحَدُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِهِ الْقُرْاٰنُ الْمُعْجِزُ الْبَيَانِ اَلْمَقْبُولُ الْمَرْغُوبُ لِاَجْنَاسِ الْمَلَكِ وَ الْاِنْسِ وَ الْجَانِّ اَلْمَقْرُوءُ كُلُّ اٰيَاتِه۪ ف۪ى كُلِّ دَق۪يقَةٍ بِكَمَالِ الْاِحْتِرَامِ بِاَلْسِنَةِ مِأٰتِ مِلْيُونٍ مِنْ نَوْعِ الْاِنْسَانِ الدَّائِمُ سَلْطَنَتُهُ الْقُدْسِيَّةُ عَلٰى اَقْطَارِ الْاَرْضِ وَ الْاَكْوَانِ وَ عَلٰى وُجُوهِ الْاَعْصَارِ وَ الزَّمَانِ وَ الْجَار۪ى حَاكِمِيَّتُهُ الْمَعْنَوِيَّةُ النُّورَانِيَّةُ عَلٰى نِصْفِ الْاَرْضِ وَ خُمْسِ الْبَشَرِ ف۪ى اَرْبَعَةَ عَشَرَ عَصْرًا بِكَمَالِ الْاِحْتِشَامِ .. وَ كَذَا : شَهِدَ وَ بَرْهَنَ بِاِجْمَاعِ سُوَرِهِ الْقُدْسِيَّةِ السَّمَاوِيَّةِ وَ بِاِتِّفَاقِ اٰيَاتِهِ النُّورَانِيَّةِ الْاِلٰهِيَّةِ وَ بِتَوَافُقِ اَسْرَارِه۪ وَ اَنْوَارِه۪ وَ بِتَطَابُقِ حَقَائِقِه۪ وَ ثَمَرَاتِه۪ وَ اٰثَارِه۪ بِالْمُشَاهَدَةِ وَ الْعَيَانِ

deyilgandir.

So’ngra bir faqir insonga foniy va muvaqqat bir ekinzorni, bir xonani emas, balki ulkan koinotni va dunyo qadar bir mulki boqiyni qozontirgan va bir foniy odamga abadiy bir hayotning lavozimotini toptirgan va ajalning dorini kutgan bir bechorani i'domi abadiydan qutqargan va saodati sarmadiyaning xazinasini ochgan eng qiymatli sarmoya-i insoniyaning iymon bo’lganini bilgan mazkur musofir va hayot yo’lovchisi o’z nafsiga dediki: "Qani, oldinga! Iymonning hadsiz martabalaridan bir martaba yana qozonish uchun koinotning hay'ati majmuasiga murojaat qilib, u ham nima deyapti, tinglashimiz kerak, arkonidan va ajzosidan olgan darslarimizni takmil va tanvir etishimiz kerak" deya Qur'ondan olgan keng va ihotali bir durbin bilan qaradi, ko’rdi:

Bu koinot shu qadar ma'nodor va muntazamdirki, mujassam bir kitobi Subhoniy va jismoniy bir Qur'oni Rabboniy va muzayyan bir saroyi Samadoniy va muntazam bir shahri Rahmoniy suratida ko’rinadi. U kitobning butun suratlari, oyatlari va kalimotlari, hatto harflari va boblari va bo’limlari va sahifalari va satrlari.. umumining har vaqt ma'nodorona mahvu isbotlari va hakimona tag’yir va tahvillari ijmo' bilan bir Alimi Kulli Shayning va bir Qodiri Kulli Shayning va bir musannifning hamma narsada hamma narsani ko’rgan va hamma narsaning hamma narsasi bilan munosabatini bilgan, rioya qilgan bir Naqqoshi Zuljalolning va bir Kotibi Zulkamolning vujudini va mavjudiyatini bilbedaho ifoda qilganlari kabi, butun arkon va anvo'i bilan va ajzo va juz'iyoti bilan va sakanalari va mushtamiloti bilan va voridot va masarifoti bilan va ularda maslahatkorona tabdillari bilan va hikmatparvarona tajdidlari bilan, bil-ittifoq hadsiz bir qudrat va nihoyatsiz bir hikmat bilan ish qilgan oliy bir ustaning va mislsiz bir Sone'ning mavjudiyatini va vahdatini bildiradilar. Va koinotning azamatiga munosib ikki buyuk va keng haqiqatning shahodatlari koinotning bu buyuk shahodatini isbot qiladilar.

Birinchi Haqiqat:

Usul-ud din va ilmi Kalomning dohiy ulamosi va hukamo-i Islomiya ko’rgan va hadsiz burhonlar bilan isbot qilgan "hudus" va "imkon" haqiqatlaridir. Ular deganlarki: "Modomiki olamda va hamma narsada tag’ayyur va tabaddul bor; albatta foniydir, hodisdir, qadim bo’lolmaydi. Modomiki hodisdir, albatta uni ihdos etgan bir Sone' bor. Va modomiki hamma narsaning zotida vujudi va adami, bir sabab bo’lmasa, tengdir. Albatta vojib va azaliy bo’lolmaydi. Va modomiki mahol va botil bo’lgan davr va tasalsul bilan bir-birini ijod qilish mumkin bo’lmagani qat'iy burhonlar bilan isbot qilingan. Albatta shunday bir Vojib-ul Vujudning mavjudiyati lozimdirki, naziri mumtani', misli mahol va butun ma'dasi mumkin va mosivosi maxluqi bo’ladi." Ha, hudus haqiqati koinotni istilo etgan. Ko’pchiligini ko’z ko’radi, boshqa qismini aql ko’radi. Chunki ko’zimizning qarshisida har yil kuz mavsumida shunday bir olam vafot qiladiki, har birisining hadsiz afrodi bo’lgan va har biri zihayot bir koinot hukmida bo’lgan yuz ming navi nabotot va kichkina hayvonot o’sha olam bilan barobar vafot qiladilar. Faqat shu qadar intizom bilan bir vafotdirki, hashr va nashrlariga mador bo’lgan va rahmat va hikmatning mo’'jizalari, qudrat va ilmning horiqolari bo’lgan urug’larni va danaklarni va tuxumchalarni bahorda yerlarida qoldirib, daftari a'mollarini va qilgan vazifalarining dasturlarini ularning qo’llariga berib, Hofizi Zuljalolning himoyasi ostida hikmatiga omonat qilib, vafot etishadi. Va bahor mavsumida, hashri a'zamning yuz ming misoli va namuna va dalillari hukmida bo’lib u vafot qilgan daraxtlar va ildizlar va bir qism hayvonchalar aynan ihyo va tiriladilar. Va bir qismining ham o’z o’rinlarida o’xshashlari va aynan ularga o’xshaganlari ijod va ihyo qilinadi. Va o’tgan bahorning mavjudoti qilgan amallarining va vazifalarining sahifalarini e'lonot kabi nashr qilib,

وَاِذَا الصُّحُفُ نُشِرَتْ

oyatining bir misolini ko’rsatadilar.

Ham hay'ati majmua jihatidan, har kuzda va har bahorda katta bir olam vafot qiladi va yangi bir olam vujudga keladi. Va u vafot va hudus shu qadar muntazam jarayon qiladi va o’sha vafot va hudusda g’oyat intizom va mezon bilan shu qadar navlarning vafiyotlari va huduslari bo’ladiki, go’yo dunyo shunday bir musofirxonadirki, zihayot koinotlar unga musofir bo’ladilar va sayyoh olamlar va sayyor dunyolar unga keladilar, vazifalarini qiladilar, ketadilar. Mana, bu dunyoda bunday hayotdor dunyolarni va vazifador koinotlarni kamoli ilm va hikmat va mezon bilan va muvozana va intizom va nizom bilan ihdos va ijod qilib Rabboniy maqsadlarda va Ilohiy g’oyalarda va Rahmoniy xizmatlarda qodirona iste'mol va rahimona istihdom etgan bir Zoti Zuljalolning vujubi vujudi va hadsiz qudrat va nihoyatsiz hikmati bilbedaho quyosh kabi aqllarga ko’rinadi. "Hudus" masoilini Risola-i Nurga va muhaqqiqiyni kalomiyaning kitoblariga havola bilan u bahsni yopamiz.

Ammo "imkon" jihati esa, u ham koinotni istilo va ihota etgan. Chunki ko’ryapmizki, hamma narsa, kulliy va juz'iy bo’lsin, katta va kichik bo’lsin, arshdan farshga, zarrotdan sayyorotga qadar har mavjud maxsus bir zot va muayyan bir surat va mumtoz bir shaxsiyat va xos sifatlar va hikmatli holatlar va maslahatli jihozlar bilan dunyoga yuborilyapti. Holbuki u maxsus zotga va u mohiyatga hadsiz imkonot ichida u xususiyatni berish.. ham suratlar adadicha imkonlar va ehtimollar ichida o’sha naqshli va fariqali va munosib u muayyan suratni kiydirish.. ham hamjinsidan bo’lgan ashxasning miqdoricha imkonlar ichida chayqalgan o’sha mavjudga u loyiq shaxsiyatni imtiyoz bilan taxsis etish.. ham sifatlarning navlari va martabalari sanog’icha imkonlar va ehtimollar ichida shaklsiz va mutaraddid bo’lgan u masnu'ga u xos va muvofiq, maslahatli sifatlarni joylashtirish.. ham hadsiz yo’llar va tarzlarda bo’lishi mumkin bo’lishi nuqtasida hadsiz imkonot va ehtimolot ichida mutahayyir, sargardon, maqsadsiz u maxluqqa u hikmatli holatlarni va inoyatli jihozlarni taqish va tajhiz etish, albatta kulliy va juz'iy butun mumkinot adadicha va har mumkinning mazkur mohiyat va huviyat, shakl va surat, sifat va vaziyatining imkonoti adadicha taxsis etuvchi, tarjih etuvchi, tayin etuvchi, ihdos etuvchi bir Vojib-ul Vujudning vujubi vujudiga va hadsiz qudratiga va nihoyatsiz hikmatiga va hech bir narsa va hech bir sha'n undan yashirinmaganiga va hech bir narsa unga og’ir kelmaganiga va eng katta bir narsa eng kichik bir narsa kabi unga oson kelganiga va bir bahorni bir daraxt qadar va bir daraxtni bir urug’ qadar suhulat bilan ijod qila olganiga ishoratlar va dalolatlar va shahodatlar imkon haqiqatidan chiqib koinotning bu buyuk shahodatining bir qanotini tashkil qiladilar. Koinotning shahodatini har ikki qanoti va ikki haqiqati bilan Risola-i Nur ajzolari va ayniqsa Yigirma Ikkinchi va O’ttiz Ikkinchi So’zlar va Yigirmanchi va O’ttiz Uchinchi Maktublar tatomi bilan isbot va izoh qilganlaridan, ularga havola qilib, bu juda uzun qissani tugatdik.

Koinotning hay'ati majmuasidan kelgan buyuk va kulliy shahodatning ikkinchi qanotini isbot qilgan:

Ikkinchi Haqiqat:

Bu mutamodiyan chayqalgan inqiloblar va tahavvulotlar ichida vujudini va xizmatini va zihayot bo’lsa hayotini muhofazaga va vazifasini bajarishga harakat qilgan maxluqotda quvvatlarining butun-butun xorijida bir taovun haqiqati ko’rinyapti. Masalan: Unsurlarni zihayotning imdodiga, xususan bulutlarni nabototning madadiga va nabototni ham hayvonotning yordamiga va hayvonot esa insonlarning muovanatiga va ko’kraklarning kavsar kabi sutlari chaqaloqlarning oziqlanishlariga va zihayotlarning iqtidorlari xorijidagi juda ko’p hojatlari va arzoqlari kutilmagan yerlardan ularning qo’llariga berilishi, hatto zarroti taomiya ham hujayroti badaniyaning ta'miriga yugurishlari kabi tasxiri Rabboniy bilan va istihdomi Rahmoniy bilan haqiqati taovunning juda ko’p misollari to’g’ridan to’g’riga butun koinotni bir saroy kabi idora qilgan bir Robbul Olaminning umumiy va rahimona rububiyatini ko’rsatadilar.

Ha, jomid va shuursiz va shafqatsiz bo’lgan va bir-biriga shafqatkorona, shuurdorona vaziyat ko’rsatgan muovanatchilar, albatta g’oyat Rahim va Hakim bir Robbi Zuljalolning quvvati bilan, rahmati bilan, amri bilan yordamga yugurtirilyaptilar.

Demak, koinotda joriy bo’lgan taovuni umumiy, sayyorotdan to zihayotning a'zo va jihozot va zarroti badaniyasiga qadar kamoli intizom bilan jarayon qilgan muvozana-i omma va muhofaza-i shomila va samovotning zarrin yuzidan va zaminning ziynatli yuzidan to gullarning bezalgan yuzlariga qadar qalam kezdirgan tazyin va Kahkashondan va manzuma-i shamsiyadan to makkajo’xori va anor kabi mevalarga qadar hukm qilgan tanzim va Quyosh va Qamardan va unsurlardan va bulutlardan to asalarilariga qadar ma'muriyat bergan tavzif kabi juda ulkan haqiqatlarning kattaliklari nisbatidagi shahodatlari koinot shahodatining ikkinchi qanotini isbot va tashkil qiladilar. Modomiki Risola-i Nur bu ulkan shahodatni isbot va izoh qilgan, biz bu yerda bu qisqacha ishorat bilan kifoyalanamiz.

Dunyo sayyohining koinotdan olgan darsi iymoniysiga qisqa bir ishorat sifatida Birinchi Maqomning o’n sakkizinchi martabasida bunday:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الْمُمْتَنِعُ نَظ۪يرُهُ اَلْمُمْكِنُ كُلُّ مَاسِوَاهُ الْوَاحِدُ الْاَحَدُ الَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ هٰذِهِ الْكَائِنَاتُ الْكِتَابُ الْكَب۪يرُ الْمُجَسَّمُ وَ الْقُرْاٰنُ الْجِسْمَانِىُّ الْمُعَظَّمُ وَ الْقَصْرُ الْمُزَيَّنُ الْمُنَظَّمُ وَ الْبَلَدُ الْمُحْتَشَمُ الْمُنْتَظَمُ بِاِجْمَاعِ سُوَرِه۪ وَ اٰيَاتِه۪ وَ كَلِمَاتِه۪ وَ حُرُوفِه۪ وَ اَبْوَابِه۪ وَ فُصُولِه۪ وَ صُحُفِه۪ وَ سُطُورِه۪ وَ اِتِّفَاقِ اَرْكَانِه۪ وَ اَنْوَاعِه۪ وَ اَجْزَائِه۪ وَ جُزْئِيَّاتِه۪ وَ سَكَنَتِه۪ وَ مُشْتَمِلَاتِه۪ وَ وَارِدَاتِه۪ وَ مَصَارِفِه۪ بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ اِحَاطَةِ حَق۪يقَةِ الْحُدُوثِ وَ التَّغَيُّرِ وَ الْاِمْكَانِ بِاِجْمَاعِ جَم۪يعِ عُلَمَاءِ عِلْمِ الْكَلَامِ وَ بِشَهَادَةِ حَق۪يقَةِ تَبْد۪يلِ صُورَتِه۪ وَ مُشْتَمِلَاتِه۪ بِالْحِكْمَةِ وَ الْاِنْتِظَامِ وَ تَجْد۪يدِ حُرُوفِه۪ وَ كَلِمَاتِه۪ بِالنِّظَامِ وَ الْم۪يزَانِ وَ بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ اِحَاطَةِ حَق۪يقَةِ التَّعَاوُنِ وَ التَّجَاوُبِ وَ التَّسَانُدِ وَ التَّدَاخُلِ وَ الْمُوَازَنَةِ وَ الْمُحَافَظَةِ ف۪ى مَوْجُودَاتِه۪ بِالْمُشَاهَدَةِ وَ الْعَيَانِ

deyilgandir.

So’ngra dunyoga kelgan va dunyoni yaratganni qidirgan va o’n sakkkiz adad martabalardan chiqqan va arshi haqiqatga yetishgan bir me'roji iymoniy bilan g’oyibona ma'rifatdan hozirona va muxotobona bir maqomga taraqqiy qilgan sinchkov va mushtoq yo’lovchi odam o’z ruhiga dediki: Fotiha-i Sharifada boshidan to اِيَّاكَ kalimasiga qadar g’oyibona madhu sano bilan bir huzur kelib اِيَّاكَ xitobiga chiqilishi kabi, biz ham to’g’ridan to’g’riga g’oyibona qidirishni tashlab, qidirganimizni qidirganimizdan so’rashimiz kerak. Hamma narsani ko’rsatgan quyoshni quyoshdan so’rash kerakdir. Ha, hamma narsani ko’rsatgan, o’zini hamma narsadan ziyoda ko’rsatadi. Unday bo’lsa shamsning shuooti bilan uni ko’rish va tanish kabi, Xoliqimizning asmo-i husnasi bilan va sifati qudsiyasi bilan uni qobiliyatimizning nisbatida tanishga harakat qilishimiz mumkin.

Bu maqsadning hadsiz yo’llaridan ikki yo’lni va u ikki yo’lning hadsiz martabalaridan ikki martabani va u ikki martabaning juda ko’p haqiqatlaridan va juda ham uzun tafsilotidan yolg’iz ikki haqiqatni ijmol va ixtisor bilan bu risolada bayon qilamiz.

Birinchi Haqiqat:

Bilmushohada ko’zimiz bilan ko’ringan va qamragan va doimiy va muntazam va dahshatli va samoviy va arziy bo’lgan butun mavjudotni aylantirgan va tabdil va tajdid etgan va koinotni qoplagan faoliyati mustavliya haqiqati ko’rinishi va u har jihat bilan hikmat-mador faoliyat haqiqatining ichida tazohuri rububiyat haqiqatining bilbedaho his qilinishi va u har jihat bilan rahmat-fashon tazohuri rububiyat haqiqatining ichida taboruzi uluhiyat haqiqati bizzarura bilingan bo’lishidir.

Demak, bu hokimona va hakimona faoliyati doimadan va pardasining orqasida bir Foili Qodir va Alimning af'oli ko’rinayotgandek his qilinadi. Va bu murabbiyona va mudabbirona af'oli Rabboniyadan va pardasining orqasidan hamma narsada jilvalari bo’lgan asmo-i Ilohiya his qilinar darajasida badohat bilan bilinadi. Va bu jaloldorona va jamolparvarona jilvalangan asmo-i husnadan va pardasining orqasida sifati sab'a-i qudsiyaning ilmalyaqiyn, balki aynalyaqiyn, balki haqqalyaqiyn darajasida vujudlari va tahaqquqlari tushuniladi. Va bu yetti qudsiy sifatning ham butun masnu'otning shahodati bilan ham hayotdorona, ham qodirona, ham olimona, ham sami'ona, ham basirona, ham muridona, ham mutakallimona nihoyatsiz bir suratda tajalliylari bilan bilbedaho va bizzarura va biilmalyaqiyn bir Mavsufi Vojib-ul Vujudning va bir Musammo-i Vohidi Ahadning va bir Foili Fardi Samadning mavjudiyati quyoshdan yanada zohir, yanada porloq bir tarzda qalbdagi iymon ko’ziga ko’rinar kabi qat'iy bilinadi. Chunki go’zal va ma'nodor bir kitob va muntazam bir xona badohat bilan yozish va qurish fe'llarini va gozal yozish va intizomli qilish fe'llari ham badohat bilan yozuvchi va duradgor nomlarini, yozuvchi va duradgor unvonlari esa badohat bilan kitobat va duradgorlik san'atlarini va sifatlarini va bu san'at va sifatlar badohat bilan har holda bir zotni istilzom etadiki, mavsuf va sone' va musammo va foil bo’lsin. Foilsiz bir fe'l va musammosiz bir ism mumkin bo’lmagani kabi, mavsufsiz bir sifat, san'atkorsiz bir san'at ham mumkin emasdir.

Demak, bu haqiqat va qoidaga binoan, bu koinot butun mavjudoti bilan barobar qadarning qalami bilan yozilgan, qudratning bolg’asi bilan qilingan ma'nodor hadsiz kitoblar, maktublar, nihoyatsiz binolar va saroylar hukmida, har biri minglab vajh bilan va barobar hadsiz vujuh bilan Rabboniy va Rahmoniy nihoyatsiz fe'llarni va u fe'llarning mansha'lari bo’lgan ming bir asmo-i Ilohiyaning hadsiz jilvalari bilan va u go’zal ismlarning manbai bo’lgan yetti sifati Subhoniyaning nihoyatsiz tajalliylari bilan u yetti qamrovli va qudsiy sifatlarning ma'dani va mavsufi bo’lgan azaliy va abadiy bir Zoti Zuljalolning vujubi vujudiga va vahdatiga hadsiz ishoratlar va nihoyatsiz shahodatlar qilganlari kabi; butun u mavjudotda bo’lgan butun husnlar, jamollar, qiymatlar, kamollar ham af'oli Rabboniyaning va asmo-i Ilohiyaning va sifati Samadoniyaning va shuunoti Subhoniyaning o’zlariga loyiq va muvofiq qudsiy jamollariga va kamollariga va hammasi birdan Zoti Aqdasning qudsiy jamoliga va kamoliga badohat bilan shahodat qiladilar.

Ushbu faoliyat haqiqati ichida tazohur etgan rububiyat haqiqati; ilm va hikmat bilan yaratish va ijod va sun' va ibdo', nizom va mezon bilan taqdir va tasvir va tadbir va tadvir, qasd va iroda bilan tahvil va tabdil va tanzil va takmil, shafqat va rahmat bilan it'om va in'om va ikrom va ehson kabi shuunoti bilan va tasarrufoti bilan o’zini ko’rsatadi va tanittiradi. Va tazohuri rububiyat haqiqati ichida badohat bilan his qilingan va bo’lgan uluhiyatning taboruz haqiqati ham asmo-i husnaning rahimona va karimona jilvalari bilan va yetti sifati subutiya bo’lgan Hayot, Ilm, Qudrat, Iroda, Sam', Basar va Kalom sifatlarining jalolli va jamolli tajalliylari bilan o’zini tanittiradi, bildiradi.

Ha, qandayki kalom sifati vahiylar va ilhomlar bilan Zoti Aqdasni tanittiradi, xuddi shuning kabi qudrat sifati ham mujassam kalimalari hukmida bo’lgan san'atli asarlari bilan u Zoti Aqdasni bildiradi va koinotni boshdan oyoq bir Furqoni Jismoniy mohiyatida ko’rsatib, bir Qodiri Zuljalolni tavsif va ta'rif etadi. Va ilm sifati ham hikmatli, intizomli, mezonli bo’lgan butun masnu'ot miqdoricha va ilm bilan iroda va tadbir va tazyin va tamyiz etilgan butun maxluqot adadicha mavsuflari bo’lgan birgina Zoti Aqdasni bildiradi. Va hayot sifati esa qudratni bildirgan butun asarlar va ilmning vujudini bildirgan butun intizomli va hikmatli va mezonli va ziynatli suratlar, hollar va boshqa sifatlarni bildirgan butun dalillar sifati hayotning dalillari bilan barobar, hayot sifatining tahaqquqiga dalolat qilganlari kabi; hayot ham butun dalillari bilan oynalari bo’lgan butun zihayotlarni shohid ko’rsatib Zoti Hayyi Qayyumni bildiradi. Va koinotni boshdan oyoq har vaqt yangi-yangi va boshqa-boshqa jilvalarni va naqshlarni ko’rsatish uchun doimo o’zgargan va yangilangan va hadsiz oynalardan tarakkub etgan bir oyna-i akbar suratiga o’giradi. Va bu qiyos bilan ko’rish va eshitish, ixtiyor qilish va gapirish sifatlari ham har biri bittadan koinot qadar Zoti Aqdasni bildiradi, tanittiradi.

Ham u sifatlar Zoti Zuljalolning vujudiga dalolat qilganlari kabi, hayotning vujudiga va tahaqquqiga va o’sha zotning hayotdor va tirik bo’lganiga ham badohat bilan dalolat qiladilar. Chunki bilish hayotning alomati, eshitish tiriklik nishoni, ko’rish tiriklarga maxsus, iroda hayot bilan bo’lishi mumkin, ixtiyoriy iqtidor zihayotlarda bo’ladi, takallum esa bilgan tiriklarning ishidir.

Demak, bu nuqtalardan tushuniladiki, hayot sifatining yetti marta koinot qadar dalillari va o’z vujudini va mavsufning vujudini bildirgan burhonlari bordirki, butun sifatlarning asosi va manbai va ismi a'zamning masdari va madori bo’lgandir. Risola-i Nur bu birinchi haqiqatni quvvatli burhonlar bilan isbot va bir daraja izoh qilganidan, bu dengizdan bu mazkur qatra bilan hozircha kifoyalanamiz.

Ikkinchi Haqqiat:

Sifati kalomdan kelgan takallumi Ilohiydir.

لَوْ كَانَ الْبَحْرُ مِدَادًا لِكَلِمَاتِ رَبّ۪ى

oyatining sirri bilan: Kalomi Ilohiy nihoyatsizdir. Bir zotning vujudini bildirgan eng zohir alomat, gaplashishidir. Demak, bu haqiqat nihoyatsiz bir suratda Mutakallimi Azaliyning mavjudiyatiga va vahdatiga shahodat qiladi. Bu haqiqatning ikki quvvatli shahodati bu risolaning o’n to’rtinchi va o’n beshinchi martabalarida bayon qilingan vahiylar va ilhomlar jihati bilan va keng bir shahodati ham o’ninchi martabasida ishorat qilingan kutubi muqaddasa-i samoviya jihati bilan va juda porloq va jamlovchi bir boshqa shahodati ham o’n yettinchi martabasida Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon jihati bilan kelganidan, bu haqiqatning bayon va shahodatini u martabalarga havola qilib, u haqiqatni mo’'jizona e'lon qilgan va shahodatini boshqa haqiqatlarning shahodatlari bilan barobar ifoda qilgan

شَهِدَ اللّٰهُ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ وَالْمَلٰٓئِكَةُ وَ اُولُوا الْعِلْمِ قَٓائِمًا بِالْقِسْطِ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ

oyati muazzamaning anvori va asrori bizning bu yo’lovchiga kifoya qilganki, ortiq oldinga ketolmagan. Xullas bu yo’lovchi bu maqomi qudsiydan olgan darsining qisqa bir ma'nosiga bir ishorat sifatida, Birinchi Maqomning o’n to’qqizinchi martabasida:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ الْوَاحِدُ الْاَحَدُ لَهُ الْاَسْمَاءُ الْحُسْنٰى وَ لَهُ الصِّفَاتُ الْعُلْيَا وَ لَهُ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى اَلَّذ۪ى دَلَّ عَلٰى وُجُوبِ وُجُودِه۪ ف۪ى وَحْدَتِه۪ اَلذَّاتُ الْوَاجِبُ الْوُجُودِ بِاِجْمَاعِ جَم۪يعِ صِفَاتِهِ الْقُدْسِيَّةِ الْمُح۪يطَةِ وَ جَم۪يعِ اَسْمَائِهِ الْحُسْنٰى اَلْمُتَجَلِّيَّةِ بِاِتِّفَاقِ جَم۪يعِ شُؤُنَاتِه۪ وَ اَفْعَالِهِ الْمُتَصَرِّفَةِ بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ حَق۪يقَةِ تَبَارُزِ الْاُلُوهِيَّةِ ف۪ى تَظَاهُرِ الرُّبُوبِيَّةِ ف۪ى دَوَامِ الْفَعَّالِيَّةِ الْمُسْتَوْلِيَةِ بِفِعْلِ الْا۪يجَادِ وَ الْخَلْقِ وَ الصُّنْعِ وَ الْاِبْدَاعِ بِاِرَادَةٍ وَ قُدْرَةٍ وَ بِفِعْلِ التَّقْد۪يرِ وَ التَّصْو۪يرِ وَ التَّدْب۪يرِ وَ التَّدْو۪يرِ بِاِخْتِيَارٍ وَ حِكْمَةٍ وَ بِفِعْلِ التَّصْر۪يفِ وَ التَّنْظ۪يمِ وَ الْمُحَافَظَةِ وَ الْاِدَارَةِ وَ الْاِعَاشَةِ بِقَصْدٍ وَ رَحْمَةٍ وَ بِكَمَالِ الْاِنْتِظَامِ وَ الْمُوَازَنَةِ وَ بِشَهَادَةِ عَظَمَةِ اِحَاطَةِ حَق۪يقَةِ اَسْرَارِ - شَهِدَ اللّٰهُ اَنَّهُ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ وَ الْمَلٰٓئِكَةُ وَ اُولُوا الْعِلْمِ قَٓائِمًا بِالْقِسْطِ لَٓا اِلٰهَ اِلَّا هُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ

deyilgandir.

* * *

IKKINCHI HUJJATI IYMONIYA

(O’TTIZ IKKINCHI SO’ZNING BIRINCHI MAVQIFI)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ

Bir Ramazon kechasida shu kalomi tavhidiyning o’n bir jumlasining har birida bittadan tavhid martabasi va bittadan xushxabar bo’lganini va u martabalardan yolg’iz لَا شَر۪يكَ لَهُ dagi ma'noni oddiy avomning fahmiga uyg’un bir muhovara-i tamsiliya va bir munozara-i faraziya tarzida va lisoni holni lisoni qol suratida aytgan edim. Menga xizmat qilgan qiymatli qardoshlarimning va masjiddagi o’rtoqlarimning orzulari va istaklari sababli u muhovarani yozyapman. Shundayki:

Butun tabiatparast, sababparast va mushrik kabi umum anvo'i ahli shirk va kufr va zalolat tavahhum etgan sheriklarining nomiga bir shaxs faraz qilamizki: U shaxsi faraziy mavjudoti olamdan bir narsaga Rob bo’lishni istaydi va haqiqiy molik bo’lishni da'vo qilmoqdadir.

Xullas, u mudda'i avvalo mavjudotning eng kichigi bo’lgan bir zarraga uchraydi. Unga Rob va haqiqiy molik ekanini zarraga tabiat lisoni bilan, falsafa tili bilan aytadi. U zarra ham haqiqat lisoni bilan va hikmati Rabboniy tili bilan deydiki: "Men hadsiz vazifalarni bajaraman. Boshqa-boshqa har masnu'ga kirib ishlayman, butun u vazoifni menga qildiradigan senda ilm va qudrat bo’lsa.. ham menga o’xshash son-sanoqsiz zarrot ichida barobar kezib

{(Hoshiya) Ha, mutaharrik har bir narsa, zarrotdan sayyorotga qadar o’zlarida bo’lgan sikka-i Samadiyat bilan vahdatni ko’rsatganlari kabi, harakotlari bilan ham kezgan butun yerlarini vahdat nomiga zabt qiladilar. O’z molikining mulkiga idhol etadilar. Harakat qilmagan masnu'ot esa, nabototdan nujumi savobitga qadar bittadan muhri vahdoniyat hukmidadirlarki, turgan makonni o’z Sone'ining maktubi bo’lganini ko’rsatadilar. Demak, har bir nabot, har bir meva bittadan muhri vahdoniyat, bittadan sikka-i vahdatdirlarki, makonlarini va vatanlarini vahdat nomiga Sone'larining maktubi bo’lganini ko’rsatadilar.

Alhosil: Har bir narsa harakati bilan butun ashyoni vahdat nomiga zabt qiladi. Demak, butun yulduzlarni qo’lida tutmagan birgina zarraga Rob bo’lolmaydi.}

ish bajaramiz. Agar butun o’xshashlarim u zarralarni ham istihdom etib amr taxtiga oladigan bir hukm va iqtidor senda bo’lsa.. ham kamoli intizom bilan juz bo’lganim mavjudlarga, masalan qondagi kurayvoti hamroga haqiqiy molik va mutasarrif bo’la olsang, menga Rob bo’lishni da'vo qil. Meni Janobi Haqdan boshqasiga isnod et. Bo’lmasa jim bo’l! Ham menga Rob bo’lmaganing kabi, mudohala ham qilolmaysan. Chunki vazifamizda va harakotimizda shu qadar mukammal bir intizom borki, nihoyatsiz bir hikmat va keng bir ilm sohibi bo’lmagan bizning ishimizga qo’shila olmaydi. Agar qo’shilsa, chalkashtirib yuboradi. Holbuki sen kabi jomid, ojiz va ko’r va ikki qo’li tasodif va tabiat kabi ikki ko’rning qo’lida bo’lgan bir shaxs hech bir jihatdan qo’lini uzatolmaydi".

U mudda'i Moddiyunlarning deganlari kabi dediki: "Shunday ekan, sen o’zingga o’zing molik bo’l. Nima uchun boshqasining hisobiga ishlashingni aytyapsan?" Zarra unga javoban deydi: "Agar quyosh kabi bir aqlim va ziyosi kabi ihotali bir ilmim va harorati kabi shumulli bir qudratim va ziyosidagi yetti rang kabi keng tuyg’ularim va kezgan har yerimga va ishlagan har mavjudimga mutavajjih bittadan yuzim va qaraydigan bittadan ko’zim va o’tadigan bittadan so’zim bo’lsa edi, balki sen kabi ahmoqlik qilib, o’zimga o’zim molik bo’lganimni da'vo qilardim. Qani daf bo’lib ket, sen mendan hech narsaga erisholmaysan!"

Xullas, sheriklarning vakili zarradan ma'yus bo’lib, kurayvoti hamrodan natijaga erishaman deya, qondagi bir kurayvoti hamroga uchraydi. Unga sabablar nomiga va tabiat va falsafa lisoni bilan deydiki: "Men senga Rob va molikman". U kurayvoti hamro, ya'ni aylana qizil mavjud unga haqiqat lisoni bilan va hikmati Ilohiya tili bilan deydiki: "Men yolg’iz emasman. Agar sikkamiz va ma'muriyatimiz va nizomotimiz bir bo’lgan qon qo’shinidagi butun o’xshashlarimga molik bo’la olsang, ham kezganimiz va kamoli hikmat bilan istihdom ettirilganimiz butun hujayroti badanga molik bo’ladigan bir daqiq hikmat va azim qudrat senda bo’lsa, ko’rsat va ko’rsata olsang balki sening da'vongda bir ma'no bo’lishi mumkin. Holbuki sen kabi tentak va sening qo’lingdagi kar tabiat va ko’r quvvat bilan molik bo’lish emas, balki zarra miqdor qo’shilolmaysan. Chunki bizdagi intizom shu qadar mukammaldirki, faqat hamma narsani ko’radigan va eshitadigan va biladigan va qiladigan bir zot bizga hukm qila oladi. Shunday ekan, jim bo’l! Vazifam shu qadar muhim va intizom shu qadar mukammaldirki, sen bilan sening bunday mantiqsiz so’zlaringga javob berishga vaqtim yo’q" deydi, uni quvadi.

So’ngra uni ko’ndirolmagani uchun u mudda'i ketadi, badandagi hujayra ta'bir etganlari manzilchaga uchraydi. Falsafa va tabiat lisoni bilan deydi: "Zarraga va kurayvoti hamroga so’z tushuntirolmadim, balki sen so’zimni tushunasan. Chunki sen g’oyat kichik bir manzil kabi bir nechta narsadan yaratilgansan. Shunday ekan, men seni yarata olaman. Sen mening masnu'im va haqiqiy mulkim bo’l", deydi. U hujayra unga javoban hikmat va haqiqat lisoni bilan deydiki:

"Men garchi kichkina bir narsaman. Faqat juda katta vazifalarim, juda nozik munosabatlarim va badanning butun hujayrotiga va hay'ati majmuasiga bog’liq aloqalarim bor. Azjumla: Avrida va sharoyin tomirlariga va hassosa va muharrika asablariga va joziba, dafi'a, muvallida, musavvira kabi quvvalarga qarshi chuqur va mukammal vazifalarim bor. Agar butun badanni, butun tomir va asab va quvvalarni tashkil va tanzim va istihdom etadigan bir qudrat va ilm senda bo’lsa va mening o’xshashlarim va san'at va holat jihatidan bir-birmizning qardoshi bo’lgan butun hujayroti badaniyaga tasarruf qiladigan nofiz bir qudrat, shomil bir hikmat senda bo’lsa, ko’rsat. So’ngra men seni yarata olaman deya da'vo qil. Bo’lmasa qani ket! Kurayvoti hamro menga arzoq keltiryaptilar. Kurayvoti bayzo esa menga hujum qilgan xastaliklarga muqobala etyaptilar. Ishim bor, meni mashg’ul qilma. Ham sen kabi ojiz, jomid, kar, ko’r bir narsa bizga hech bir jihat bilan aralasha olmaydi. Chunki bizda shu daraja latif va nozik va mukammal bir intizom

{(Hoshiya) Sone'-i Hakim badani insonni g’oyat muntazam bir shahar hukmida yaratgandir. Tomirlarning bir qismi telegraf va telefon vazifasini bajaradi. Bir qismi esa chashmalarning quvurlari hukmida obi hayot bo’lgan qonning javaloniga madordirlar. Qon esa ichida ikki qism kurayvot yaratilgan. Bir qismi kurayvoti hamro ta'bir etiladiki, badanning hujayralariga arzoq tarqatadi va bir qonuni Ilohiy bilan hujayralarga arzoq yetishtiradi (tujjor va arzoq ma'murlari kabi). Boshqa qismi kurayvoti bayzodirlarki, boshqalarga nisbatan kamchilikdadirlar. Vazifalari xastalik kabi dushmanlarga qarshi askar kabi mudofaadirki, qachonki mudofaaga kirsalar, Mavlaviy kabi ikki harakati davriya bilan sur'atli bir vaziyati ajiba oladilar. Qonning hay'ati majmuasi esa; ikki vazifa-i umumiyasi bor: Biri: Badandagi hujayrotning taxribotini ta'mirlash. Boshqasi: Hujayrotning qoldiqlarini to’plab, badanni tozalashdir. Avrida va sharoyin nomli ikki qism tomirlar borki: Biri toza qonni keltiradi, tarqatadi, toza qonning ariqlaridir. Boshqa qismi; qoldiqni to’plagan loyqa qonning arig’idirki, shu ikkinchi esa qonni "Ree" deyilgan nafas kelgan yerga keltiradilar.

Sone'-i Hakim havoda ikki unsur yaratgandir. Biri azot, biri muvallidul humuza. Muvallidul humuza esa nafas ichida qonga tegilgan vaqt qonni talvis etgan uglerod unsuri kasifini qahrabo kabi o’ziga tortadi. Ikkisi birlashadi. Bug’ shaklidagi uglerod kislotasi deyilgan (zaharli havo holidagi) bir moddaga aylantiradi. Ham harorati g’ariziyani ta'min qiladi, ham qonni tasfiya etar. Chunki Sone'-i Hakim fanni Kimyoda ishqi kimyoviy ta'bir etilgan bir munosabati shadidani muvallidul humuza bilan uglerodga berganki, u ikki unsur bir-biriga yaqin bo’lgan vaqt, u qonuni Ilohiy bilan u ikki unsur birlashadilar. Fannan sobitdirki, birikishdan harorat hosil bo’ladi. Chunki birikish bir navi yonishdir. Shu sirning hikmati shudirki: U ikki unsurning har birisining zarralarining boshqa-boshqa harakatlari bor. Birikish vaqtida har ikki zarra, ya'ni uning zarrasi buning zarrasi bilan birikadi, bitta harakat bilan harakat qiladi. Bir harakat muallaq qoladi. Chunki birikishdan avval ikki harakat edi. Hozir ikki zarra bir bo’ldi, har ikki zarra bir zarra hukmida bir harakat oldi. Boshqa harakat Sone'-i Hakimning bir qonuni bilan haroratga inqilob etadi. Zotan "harakat haroratni keltirib chiqaradi" bir qonuni muqarraradir. Xullas, shu sirga binoan badani insoniydagi harorati g’ariziya bu kimyoviy birlashish bilan ta'min etilgani kabi, qondagi uglerod olingani uchun qon ham sof bo’ladi. Xullas, nafas ichkari kirgan vaqt vujudning ham obi hayotini tozalaydi, ham nori hayotni ish'ol etadi. Chiqqan vaqt og’izda mo’'jizoti qudrati Ilohiya bo’lgan kalima mevalarini beradi.

فَسُبْحَانَ مَنْ تَحَيَّرَ ف۪ى صُنْعِهِ الْعُقُولُ

}

borki, agar bizga hukm qilgan bir Hakimi Mutlaq va Qodiri Mutlaq va Alimi Mutlaq bo’lmasa, intizomimiz buziladi, nizomimiz chalkashadi".

So’ngra u mudda'i undan ham ma'yus bo’ldi. Bir insonning badaniga uchradi. Yana ko’r tabiat va bebosh falsafa lisoni bilan tabiiyyunning deganlari kabi deydiki: "Sen menikisan? Seni yaratgan menman. Yoki senda hissam bor". Javoban u badani insoniy haqiqat va hikmat tili bilan va intizomining lisoni holi bilan deydiki: "Agar butun o’xshashim va yuzimizdagi sikka-i qudrat va turra-i fitrat bir bo’lgan butun insonlarning badanlariga haqiqiy mutasarrif bo’ladigan bir qudrat va ilm senda bo’lsa, ham suvdan va havodan tut, to nabotot va hayvonotga qadar mening arzoqimning mahzanlariga molik bo’ladigan bir sarvating va bir hokimiyating bo’lsa, ham men g’ilof bo’lgan g’oyat keng va yuksak bo’lgan ruh, qalb, aql kabi latoifi ma'naviyani men kabi tor, sufliy bir qutida joylashtirib, kamoli hikmat bilan istihdom etib ibodat ettiradigan senda nihoyatsiz bir qudrat, hadsiz bir hikmat bo’lsa, ko’rsat, so’ng "Men seni yaratdim" degin. Bo’lmasa jim bo’l! Ham mendagi intizomi akmalning shahodati bilan va yuzimdagi sikka-i vahdatning dalolati bilan, mening Sone'im hamma narsaga Qodir, hamma narsaga Alim, hamma narsani ko’radigan va hamma narsani eshitadigan bir zotdir. Sen kabi tentak, ojizning barmog’i uning san'atiga aralasholmaydi. Zarra miqdor mudohala etolmaydi".

U sheriklarning vakili badanda ham aralasha oladigan yer topolmaydi, ketadi, inson naviga uchraydi. Qalbidan deydiki: "Balki bu tarqoq, tartibsiz bo’lgan jamoat ichida, shayton ularning af'oli ixtiyoriya va ijtimoiyalariga qo’shilgani kabi, balki men ham ahvoli vujudiya va fitriyalariga qo’shila olaman va aralasha oladigan bir yer topaman. Va unda bir yer topib meni quvgan badanga va badan hujayrasiga hukmimni o’tkazaman". Shuning uchun basharning naviga yana kar tabiat va tentak falsafa lisoni bilan deydiki: "Siz juda chalkash bir narsa ko’rinyapsiz. Men sizga Rob va molikman va yoxud hissadorman", deydi. U vaqt navi inson haq va haqiqat lisoni bilan, hikmat va intizomning tili bilan deydiki: "Agar butun kura-i arzga kiydirilgan va navimiz kabi butun hayvonot va nabototning yuzlab ming anvo'idan, rang-barang otqi va iplardan kamoli hikmat bilan to’qilgan va tikilgan ko’ylakni va yer yuziga to’shalgan va yuz minglab zihayot anvo'idan to’qilgan va g’oyat naqshli bir suratda ijod qilingan gilamni to’qiydigan va har vaqt kamoli hikmat bilan tajdid etib almashtiradigan bir qudrat va hikmat senda bo’lsa, ham agar biz meva bo’lgan kura-i arzga va urug’ bo’lgan olamga tasarruf qiladigan va hayotimizga lozim moddalarni mezoni hikmat bilan aqtori olamdan bizga yuboradigan bir qamrovli qudrat va shomil bir hikmat senda bo’lsa, va yuzimizdagi sikka-i qudrat bir bo’lgan butun ketgan va keladigan o’xshashimizni ijod qiladigan bir iqtidor senda bo’lsa, balki menga rububiyat da'vo qilishing mumkin. Bo’lmasa, qani jim bo’l! Mening navimdagi tartibsizlikka qarab aralasha olaman dema. Chunki intizom mukammaldir. U tartibsiz deb o’ylagan vaziyatlaring qudratning qadar kitobiga ko’ra kamoli intizom bilan bir istinsohdir. Chunki bizdan juda past bo’lgan va bizning taxti nazoratimizda bo’lgan hayvonot va nabototning kamoli intizomlari ko’rsatadiki, bizdagi chalkashliklar bir navi kitobatdir.

Hech mumkinmidirki: Bir gilamning har tarafiga yoyilgan bir otqi ipini san'atkorona joylashtirgan gilamning ustasidan boshqasi bo’lsin. Ham bir mevaning mujidi daraxtining mujididan boshqasi bo’lsin. Ham urug’ni ijod qilgan urug’li jismning sone'idan boshqasi bo’lsin. Ham ko’zing ko’rdir. Yuzimdagi mo’'jizoti qudratni, mohiyatimizdagi havoriqi fitratni ko’rmayapsan. Agar ko’rsang, tushunasanki: Mening Sone'im shunday bir zotdirki, hech bir narsa undan yashirinolmaydi, hech bir narsa unga nozlanib og’ir kelolmaydi. Yulduzlar zarralar qadar unga oson keladi. Bir bahorni bir gul qadar suhulat bilan ijod qiladi. Ulkan koinotning mundarijasini kamoli intizom bilan mening mohiyatimda joylashtirgan bir zotdir. Bunday bir zotning san'atiga sen kabi jomid, ojiz va ko’r, kar qo’shila oladimi? Shunday ekan, jim bo’l! Daf bo’lib ket!", deb uni quvadi.

So’ngra u mudda'i ketadi, zaminning yuziga to’shalgan keng gilamga va zaminga kiydirilgan g’oyat muzayyan va munaqqash ko’ylakka sabablar nomiga va tabiat lisoni bilan va falsafa tili bilan deydiki: "Senda tasarruf etib bilaman va senga molikman yoki senda hissam bor", deya da'vo qiladi. U vaqt u ko’ylak,

{(Hoshiya) Faqat shu gilam ham hayotdordir, ham intizomli bir tebranishdadir. Har vaqt naqshlari kamoli hikmat va intizom bilan tabaddul etadi. Toki nassojining muxtalif jilva-i asmosini boshqa-boshqa ko’rsatsin.}

u gilam haq va haqiqat nomiga, lisoni hikmat bilan u mudda'iga deydiki: "Agar yillar, asrlar adadicha yerga kiydirilib so’ngra intizom bilan chiqarilib o’tgan zamonning ipiga osilgan va yangidan kiydiriladigan va kamoli intizom bilan qadar doirasida dasturlari va shakllari chizilgan va tayin qilingan va kelajak zamonning tasmasiga osib qo’yilgan va intizomli va hikmatli boshqa-boshqa naqshlari bo’lgan butun ko’ylaklarni, gilamlarni to’qiydigan, ijod qiladigan qudrat va san'at senda bo’lsa, ham xilqati arzdan to xarobi arzga qadar, balki azaldan abadga qadar yetadigan, hikmatli, qudratli ikki ma'naviy qo’ling bo’lsa va butun otqilarimdagi butun fardlarni ijod qiladigan kamoli intizom va hikmat bilan ta'mir va tajdid etadigan senda bir iqtidor va hikmat bo’lsa, ham bizning modelimiz va bizni kiygan va bizni o’ziga yopinchiq va choyshab qilgan kura-i arzni qo’lingda tutib mujid bo’lib bilsang, menga rububiyat da'vo qil. Bo’lmasa qani tashqariga! Bu yerda yer topolmaysan. Ham bizda shunday bir sikka-i vahdat va shunday bir turra-i ahadiyat bordirki, butun koinot qabza-i tasarrufida bo’lmagan va butun ashyoni butun shuunoti bilan birdan ko’rmagan va nihoyatsiz ishlarni barobar qilolmagan va har yerda hozir va nazir bo’lmagan va makondan munazzah bo’lmagan va nihoyatsiz hikmat va ilm va qudratga molik bo’lmagan bizga sohib bo’lolmaydi va mudohala etolmaydi".

So’ngra u mudda'i ketadi. "Balki kura-i arzni ko’ndirib, u yerda bir yer topaman", deydi. Ketadi, kura-i arzga

{(Hoshiya1) Alhosil: Zarra u mudda'ini kurayvoti hamroga havola qiladi. Kurayvoti hamro uni hujayraga, hujayra ham badani insonga, badani inson esa navi insonga, navi inson uni zihayot anvo'idan to’qilgan arzning ko’ylagiga, arzning ko’ylagi ham kura-i arzga, kura-i arz uni Quyoshga, Quyosh esa butun yulduzlarga havola qiladi. Har biri deydi: "Ket, mendan yuqoridagini zabt qila olsang, so’ngra kel meni zabt qilishga urin. Agar uni mag’lub qilmasang, meni qo’lga kiritolmaysan". Demak, butun yulduzlarga so’zini o’tkazolmagan birgina zarraga rububiyatini tinglatolmaydi.}

yana sabablar nomiga va tabiat lisoni bilan deydiki: "Bunday bebosh kezganingdan, sohibsiz bo’lganingni ko’rsatyapsan. Shunday ekan, sen meniki bo’lishing mumkin". U vaqt kura-i arz haq nomiga va haqiqat tili bilan momaqaldiroq kabi bir sado bilan unga deydiki: "Valdirama... Men qanday bebosh, sohibsiz bo’lishim mumkin? Mening ko’ylagimni va ko’ylagimning ichidagi eng kichik bir nuqtani, bir ipni intizomsiz topdingmi va hikmatsiz va san'atsiz ko’rdingmiki, menga sohibsiz, bebosh deysan. Agar harakati sanaviyam bilan taqriban yigirma besh ming yillik

{(Hoshiya2) Bir doiraning taqriban nisfi qutri bir yuz sakson million kilometr bo’lsa, u doira (o’zi) taqriban yigirma besh ming yillik masofa bo’ladi.}

bir masofada bir yilda kezganim va kamoli mezon va hikmat bilan vazifa-i xizmatimni qilganim u doira-i azimaga haqiqiy molik bo’la olsang va qardoshlarim va men kabi vazifador bo’lgan o’n sayyoraga va kezgan butun doiralariga va bizning imomimiz va biz u bilan bog’liq va joziba-i rahmat bilan unga taqilgan bo’lganimiz Quyoshni ijod qilib joylashtiradigan va sopqon toshi kabi meni va sayyorot yulduzlarni unga bog’laydigan va kamoli intizom va hikmat bilan aylantirib istihdom etadigan bir nihoyatsiz hikmat va nihoyatsiz qudrat senda bo’lsa, menga rububiyat da'vo qil, bo’lmasa qani jahannamiy bo’l, ket! Mening ishim bor. Vazifamga ketyapman. Ham bizlardagi hashamatli intizomot va dahshatli harakot va hikmatli tasxirot ko’rsatadiki, bizning ustamiz shunday bir zotdirki; butun mavjudot, zarralardan yulduzlarga va quyoshlarga qadar amrbar askar hukmida unga mute' va musahhardirlar. Bir daraxtni mevalari bilan tanzim va tazyin etgani kabi, osongina quyoshni sayyorot bilan tanzim etadigan bir Hakimi Zuljalol va Hokimi Mutlaqdir".

So’ngra u mudda'i yerda yer topolmagani uchun ketadi Quyoshga. Qalbidan deydiki: "Bu juda katta bir narsadir, balki ichida bir tuynuk topib, bir yo’l ochaman. Yerni ham musahhar etaman". Quyoshga shirk nomiga va shaytonlashgan falsafa lisoni bilan, majusiylarning deganlari kabi deydiki: "Sen bir sultonsan, o’zingga o’zing moliksan, istaganing kabi tasarruf etasan". Quyosh bo’lsa Haq nomiga va haqiqat lisoni bilan va hikmati Ilohiya tili bilan unga deydi: "Xosho, yuz ming marta xosho va kallo!.. Men musahhar bir ma'murman. Sayyidimning musofirxonasida bir mumdorman. Bir chivinga, balki bir chivinning qanotiga ham haqiqiy molik bo’lolmayman. Chunki chivinning vujudida shunday ma'naviy javharlar va ko’z, quloq kabi antiqa san'atlar borki, mening do’konimda yo’q. Doira-i iqtidorimning xorijidadir" deydi, mudda'ini urushadi.

So’ngra u mudda'i o’giriladi, fir'avnlashgan falsafa lisoni bilan deydiki: "Modomiki o’zingga molik va sohib emassan, bir xizmatkorsan. Sabablar nomiga menikisan", deydi. U vaqt Quyosh haq va haqiqat nomiga va ubudiyat lisoni bilan deydiki: "Men shunday birisiniki bo’lishim mumkinki, butun o’xshashim bo’lgan ulviy yulduzlarni ijod qilgan va samovotida kamoli hikmat bilan joylashtirgan va kamoli hashmat bilan aylantirgan va kamoli ziynat bilan bezagan bir zot bo’lishi mumkin".

So’ngra u mudda'i qalbidan deydiki: "Yulduzlar juda gavjumdirlar. Ham tarqoq, tartibsiz ko’rinyaptilar. Balki ularning ichida muakkillarim nomiga biron narsa qozonaman", deydi. Ularning ichiga kiradi. Ularga sabablar nomiga, sheriklari hisobiga va tug’yon etgan falsafa lisoni bilan, nujumparast bo’lgan sobiiyunlarning deganlari kabi deydiki: "Sizlar juda ham tarqoq bo’lganingizdan, boshqa-boshqa hokimlarning taxti hukmidasizlar". U vaqt yulduzlar nomiga bir yulduz deydiki: "Naqadar tentak, aqlsiz va ahmoq va ko’zsizsanki, bizning yuzimizdagi sikka-i vahdatni va turra-i ahadiyatni ko’rmayapsan, tushunmayapsan. Va bizning nizomoti oliyamizni va qavonini ubudiyatimizni bilmaysan. Bizni intizomsiz deb o’ylaysan. Bizlar shunday bir zotning san'atimiz va xizmatkorlarimizki, bizning dengizimiz bo’lgan samovotni va shajaramiz bo’lgan koinotni va masiragohimiz bo’lgan nihoyatsiz fazo-i olamni qabza-i tasarrufida tutgan bir Vohidi Ahaddir. Bizlar elektr chiroqlar floti kabi uning kamoli rububiyatini ko’rsatgan nuroniy shohidlarmiz va saltanati rububiyatini e'lon qilgan ziyoli burhonlarmiz. Har bir toifamiz uning doira-i saltanatida ulviy, sufliy, dunyoviy, barzohiy, uxroviy manzillarda hashmati saltanatni ko’rsatgan va ziyo bergan nuroniy xizmatkorlarmiz.

Ha, har birimiz qudrati Vohidi Ahadning bittadan mo’'jizasi va shajara-i xilqatning bittadan muntazam mevasi va vahdoniyatning bittadan munavvar burhoni va maloikalarning bittadan manzili, bittadan tayyorasi, bittadan masjidi va avolimi ulviyaning bittadan chirog’i, bittadan quyoshi va saltanati rububiyatning bittadan shohidi va fazo-i olamning bittadan ziynati, bittadan qasri, bittadan guli va samo dengizining bittadan nuroniy balig’i va ko’k yuzining bittadan go’zal ko’zi

{(Hoshiya) Janobi Haqning ajoyibi masnu'otiga qarab, tomosha qilgan va qildirgan ishoratlarmiz. Ya'ni: Samovot hadsiz ko’zlar bilan zamindagi ajoyibi san'ati Ilohiyani tomosha qilgandek ko’rinadi. Samoning maloikalari kabi yulduzlar ham mahshari ajoyib va g’aroyib bo’lgan arzga qaraydilar va zishuurlarni diqqat bilan qaratadilar.}

bo’lganimiz kabi, hay'ati majmuamizda sukunat ichida bir sukut va hikmat ichida bir harakat va hashmat ichida bir ziynat va intizom ichida bir husni xilqat va mavzuniyat ichida bir kamoli san'at bo’lganidan, Sone'-i Zuljalolimizni nihoyatsiz tillar bilan vahdatini, ahadiyatini, samadiyatini va avsofi jamol va jalol va kamolini butun koinotga e'lon qilganimiz holda, biz kabi nihoyat darajada sof, toza, mute', musahhar xizmatkorlarni tartibsizlik va intizomsizlik va vazifasizlik, hatto sohibsizlik bilan ittihom etganingdan ta'zirga haqdorsan", deydi. U mudda'ining yuziga rajmi shayton kabi bir yulduz shunday bir ta'zir uradiki, yulduzlardan jahannamning tubigacha uni otadi. Va barobarida bo’lgan tabiatni

{(Hoshiya1) Faqat sukutdan keyin tabiat tavba qildi. Haqiqiy vazifasi ta'sir va fe'l bo’lmaganini, balki qabul va infiol bo’lganini tushundi. Va o’zi qadari Ilohiyning bir navi daftari, faqat tabaddul va tag’ayyur etadigan bir daftari, va qudrati Rabboniyaning bir navi dasturi va Qodiri Zuljalolning bir navi fitriy shariati va bir navi majmua-i qavonini bo’lganini bildi. Kamoli ajz va inqiyod bilan vazifa-i ubudiyatini bo’yniga oldi. Va fitrati Ilohiya va san'ati Rabboniya ismini oldi.}

avhom daralariga va tasodifni adam qudug’iga va sheriklarni imtino' va maholiyat zulumotiga va dinga qarshi falsafani asfali sofiliynning tubiga otadi. Butun yulduzlar bilan barobar u yulduz

لَوْ كَانَ ف۪يهِمَٓا اٰلِهَةٌ اِلَّا اللّٰهُ لَفَسَدَتَا

farmoni qudsiysini o’qishyaptilar. Va "Chivin qanotidan tut, to samovot qandillariga qadar bir chivin qanoti qadar sherikka yer yo’qdirki, aralasha olsin" deya e'lon qiladilar.

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

اَللّٰهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلٰى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ سِرَاجِ وَحْدَتِكَ ف۪ى كَثْرَةِ مَخْلُوقَاتِكَ وَ دَلَّالِ وَحْدَانِيَّتِكَ ف۪ى مَشْهَرِ كَائِنَاتِكَ وَ عَلٰى اٰلِه۪ وَ صَحْبِه۪ اَجْمَع۪ينَ

* * *

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا

oyatining azaliy bog’idan bir guliga ishorat qilgan Arabcha fikralardir.

حَتّٰى كَاَنَّ الشَّجَرَ الْمُزَهَّرَةَ * قَص۪يدَةٌ مَنْظُومَةٌ مُحَرَّرَةٌ

وَ تُنْشِدُ لِلْفَاطِرِ الْمَدَائِحَ الْمُبَهَّرَةَ * اَوْ فَتَحَتْ بِكَثْرَةٍ عُيُونُهَا الْمُبَصَّرَةَ

لِتُنْظِرَ للِصَّانِعِ الْعَجَائِبَ الْمُنَشَّرَةَ * اَوْ زَيَّنَتْ لِع۪يدِهَا اَعْضَائَهَا الْمُخَضَّرَةَ

لِيَشْهَدَ سُلْطَانُهَا اٰثَارَهُ الْمُنَوَّرَةَ * وَ تُشْهِرَ فِى الْمَحْضَرِ مُرَصَّعَاتِ الْجَوْهَرِ

وَ تُعْلِنَ لِلْبَشَرِ حِكْمَةَ خَلْقِ الشَّجَرِ * بِكَنْزِهَا الْمُدَخَّرِ مِنْ جُودِ رَبِّ الثَّمَرِ

سُبْحَانَهُ مَا اَحْسَنَ اِحْسَانَهُ * مَا اَزْيَنَ بُرْهَانَهُ مَا اَبْيَنَ تِبْيَانَهُ

خَيَالْ ب۪ينَدْ اَز۪ينْ اَشْجَارْ مَلَائِكْ رَا جَسَدْ اٰمَدْ سَمَاو۪ى بَا هَزَارَانْ نَىْ..

اَز۪ينْ نَيْهَا شُن۪يدَتْ هُوشْ سِتَايِشْهَاىِ ذَاتِ حَىْ..

وَرَقْهَارَا زَبَانْ دَارَنْدْ هَمَه هُو هُو ذِكْرْ اٰرَنْدْ بَدَرْ مَعْنَاىِ حَىُّ حَىْ..

چُو لَا اِلٰهَ اِلَّا هُو بَرَابَرْ م۪يزَنَدْ هَرْشَىْ..

دَمَا دَمْ جُويَدَنْدْ يَا حَقْ سَرَاسَرْ گُويَدَنْدْ يَا حَىْ بَرَابَرْ م۪يزَنَنْدْ اَللّٰهْ

وَ نَزَّلْنَا مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً مُبَارَكًا

Arabiy fikraning tarjimasi:

Ya'ni: Go’yo gul ochgan har bir daraxt go’zal yozilgan manzum bir qasidadirki, u qasida Fotiri Zuljalolning madoyihi bahirasini inshod etib, shoirona lisoni hol bilan aytadi. Va yoxud u gul ochgan har bir daraxt minglab qaragan va qaratgan ko’zlarini ochgan, toki Sone'-i Zuljalolning nashr va tashhir etilgan ajoyibi san'atiga bir-ikki ko’z bilan emas, balki minglab ko’zlar bilan qarasin; toki ahli diqqatni shunday qaratsin. Va yoxud u gul ochgan har bir daraxt umumiy bayram bo’lgan bahorning ichidagi xususiy bayramida va rasmiy namoyish misol bir onda yashillangan a'zolarini eng bezalgan muzayyanot bilan bezagan. Toki uning Sultoni Zuljaloli unga ehson qilgan hadoyani va latoifni va osori nuroniyasini mushohada etsin. Ham mashhari san'ati Ilohiya bo’lgan zamin yuzida va bahor mavsumida murassaoti rahmatini anzori xalqqa tashhir etsin. Va shajarning hikmati xilqatini basharga e'lon qilsin. Nozikkina shoxlarida naqadar muhim xazinalar bo’lganini va ehsonoti Rahmoniyaning mevalarida qay daraja muhim dafinalar bor bo’lganini ko’rsatish bilan kamoli qudrati Ilohiyani ko’rsatsin.

* * *

Birinchi Mavqifning Kichik Bir Zayli

فَاسْتَمِعْ اٰيَةَ:

اَفَلَمْ يَنْظُرُٓوا اِلَى السَّمَٓاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَ زَيَّنَّاهَا ‌ الخ

ثُمَّ انْظُرْ اِلٰى وَجْهِ السَّمَاءِ كَيْفَ تَرٰى سُكُوتًا ف۪ى سُكُونَةٍ حَرَكَةً ف۪ى حِكْمَةٍ تَلَئْلُأً ف۪ى حِشْمَةٍ تَبَسُّمًا ف۪ى ز۪ينَةٍ مَعَ اِنْتِظَامِ الْخِلْقَةِ مَعَ اِتِّزَانِ الصَّنْعَةِ تَشَعْشُعُ سِرَاجِهَا تَهَلْهُلُ مِصْبَاحِهَا تَلَئْلُؤُ نُجُومِهَا تُعْلِنُ لِاَهْلِ النُّهٰى سَلْطَنَةً بِلَا اِنْتِهَاءٍ

اَفَلَمْ يَنْظُرُٓوا اِلَى السَّمَٓاءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَاهَا وَ زَيَّنَّاهَا ‌ الخ

Bu oyatning bir navi tarjimasi bo’lgan

ثُمَّ انْظُرْ اِلٰى وَجْهِ السَّمَاءِ كَيْفَ تَرٰى سُكُوتًا ف۪ى سُكُونَةٍ

tarjimasidir. Ya'ni oyati karima nazari diqqatni samoning ziynatli va go’zal yuziga o’giryapti. Toki diqqati nazar bilan samoning yuzida favquloda sukunat ichida bir sukutni ko’rib, bir Qodiri Mutlaqning amr va tasxiri bilan u vaziyatni olganini anglasin. Bo’lmasa agar qarovsiz bo’lganlarida, bir-biri ichida u dahshatli hadsiz ajrom, u g’oyat katta kuralar va g’oyat tez harakatlari bilan shunday bir shovqin solishlari kerak ediki, koinotning qulog’ini kar qilar edilar. Ham shunday bir zilzila-i harju marj ichida chalkashlik bo’lar ediki, koinotni tarqatishar edi. Yigirmata qo’tos bir-biri ichida harakat qilsa, naqadar shovqinli bir harju-marjga sababiyat bergani ma'lum. Holbuki kura-i arzdan ming marta katta va zambarak o’qidan yetmish marta tezroq harakat qilganlar yulduzlar ichida bor bo’lganini astronomiya aytadi. Xullas, sukunat ichidagi sukuti ajromdan Sone'-i Zuljalolning va Qodiri Zulkamolning daraja-i qudrat va tasxirini va nujumning unga daraja-i inqiyod va itoatini angla.

حَرَكَةً ف۪ى حِكْمَةٍ

Ham samoning yuzida hikmat ichida bir harakatni ko’rishni oyat amr qilyapti. Ha, g’oyat ajib va azim u harakot g’oyat daqiq va keng hikmat ichidadir. Qandayki bir fabrikaning charxlarini va chig’irlarini bir hikmat ichida aylantirgan bir san'atkor fabrikaning azamat va intizomi darajasida daraja-i san'at va mahoratini ko’rsatadi. Shunga o’xshab: Ulkan Quyoshga sayyorot bilan barobar fabrika vaziyatini bergan va u mudhish azim kuralarni sopqon toshlari kabi va fabrika charxlari kabi atrofida aylantirgan bir Qodiri Zuljalolning daraja-i qudrat va hikmati o’sha nisbatda nazarga tazohur etadi.

تَلَئْلُأً ف۪ى حِشْمَةٍ تَبَسُّمًا ف۪ى ز۪ينَةٍ

Ya'ni: Ham samovot yuzida, shunday bir hashmat ichida bir porlash va bir ziynat ichida bir tabassum borki, Sone'-i Zuljalolning naqadar muazzam bir saltanati, naqadar go’zal bir san'ati bo’lganini ko’rsatadi. Flot bayrami kunlarida kasratli elektr chiroqlari sultonning daraja-i hashmatini va taraqqiyoti madaniyada daraja-i kamolini ko’rsatgani kabi, ulkan samovot o’sha muhtasham, ziynatli yulduzlari bilan Sone'-i Zuljalolning kamoli saltanatini va jamoli san'atini shunday qilib nazari diqqatga ko’rsatadilar.

مَعَ اِنْتِظَامِ الْخِلْقَةِ مَعَ اِتِّزَانِ الصَّنْعَةِ

Ham deydiki: Samoning yuzidagi maxluqotning intizomini daqiq mezonlar ichida masnu'otning mavzuniyatini ko’r va anglaki: Ularning Sone'i naqadar Qodir va naqadar Hakim bo’lganini bil. Ha, muxtalif va kichik jirmlarni va yoxud hayvonlarni aylantirgan va bir vazifa uchun o’girgan va bir mezoni maxsus bilan har birini muayyan bir yo’lda savq etgan bir zotning daraja-i iqtidor va hikmatini va harakat qilgan jirmlarning unga daraja-i itoat va musahhariyatlarini ko’rsatganlari kabi, ulkan samovot u dahshatli azamati bilan, hadsiz yulduzlari bilan va u yulduzlar ham dahshatli kattaliklari bilan va g’oyat shiddatli harakatlari bilan barobar, zarra miqdor va bir soniyacha qadar hududlaridan tajovuz etmasliklari, bir ashira-i daqiqa qadar vazifalaridan orqada qolmasliklari Sone'-i Zuljalollarining naqadar daqiq bir mezoni maxsus bilan rububiyatini ijro qilganini nazari diqqatga ko’rsatadilar. Hamda shu oyat kabi Sura-i Ammada va boshqa oyatlarda bayon qilingan tasxiri Shams va Qamar va nujum bilan ishorat qilgani kabi:

تَشَعْشُعُ سِرَاجِهَا تَهَلْهُلُ مِصْبَاحِهَا تَلَئْلُؤُ نُجُومِهَا تُعْلِنُ لِاَهْلِ النُّهٰى سَلْطَنَةً بِلَا اِنْتِهَاءٍ

Ya'ni: Samoning muzayyan shiftiga Quyosh kabi ishiq beruvchi, isintiruvchi bir chiroqni ilish, kecha-kunduz xatlari bilan qish-yoz sahifalarida maktuboti Samadoniyani yozishiga bir nur siyohdoni hukmiga keltirish va yuksak minora va burjlardagi katta soatlarning porlagan millari kabi, qubba-i samoda Qamarni zamonning soati kubrosiga bir mil qilish; mutafovit ko’p hilollar suratida har kechaga go’yo boshqa bir hilol qoldirib, so’ngra qaytib o’ziga to’plash, manzillarida kamoli mezon bilan, daqiq hisob bilan harakat qildirish va qubba-i samoda porlagan, tabassum qilgan yulduzlar bilan ko’kning go’zal yuzini porlatish, albatta nihoyatsiz bir saltanati rububiyatning shao'iridir. Zishuurga uni ish'or etgan muhtasham bir uluhiyatning ishorotidir. Ahli fikrni iymonga va tavhidga da'vat qiladi.

Boq kitobi koinotning safha-i ranginina

Xoma-i zarrini qudrat, ko’r ne tasvir aylamish

Qolmamish bir nuqta-i muzlim chashmi dil arbobiga

Xuddi oyotin Xudo nur bilan tahrir aylamish

Boq ne mo’'jizi hikmat iz'onrubo-i koinot

Boq ne oliy bir tomoshadir fazoyi koinot

Tingla-da yulduzlarni, shu xutba-i shiriniga

Noma-i nurini hikmat, boq ne taqrir aylamish.

Birgalikda nutqqa kelmish, haq lisoni bilan derlar:

Bir Qodiri Zuljalolning muhtasham hokimiyatiga

Bittadan burhoni nur-afshonmiz vujubi Sone'ga

Ham vahdatga, ham qudratga shohidlarmiz biz.

Shu zamin yuzini porlatgan

Nozanin mo’'jizoti chun malak sayroniga.

Bu samoning Arzga boqqan, Jannatga diqqat qilgan

Minglab mudaqqiq ko’zlarmiz biz.

Tubo-i xilqatdan samovot qismiga, butun Kahkashon shoxlariga

Bir Jamili Zuljalolning dasti hikmati bilan toqilgan minglab go’zal mevalarmiz biz.

Shu samovot ahliga bittadan masjidi sayyor, bittadan xona-i davvor, bittadan ulviy oshiyona,

Bittadan misbohi navvor, bittadan kema-i jabbor, bittadan tayyoramiz biz.

Bir Qodiri Zulkamolning, bir Hakimi Zuljalolning bittadan mo’'jiza-i qudrat, bittadan horiqo-i san'ati Xoliqona,

Bittadan nodira-i hikmat, bittadan dohiya-i xilqat, bittadan nur olamimiz biz.

Bunday yuz ming til bilan yuz ming burhon ko’rsatamiz, eshittiramiz inson bo’lgan insonga.

Ko’r bo’lsin dinsiz ko’zi, ko’rmas bo’ldi yuzimizni. Ham eshitmas so’zimizni. Haq so’ylagan oyatlarmiz biz.

Sikkamiz bir, turramiz bir, Robbimizga musahharmiz,musabbihmiz, obidona

Zikr qilamiz, Kahkashonning halqa-i kubrosiga mansub bittadan majzublarmiz biz‌"

* * *

UCHINCHI HUJJATI IYMONIYA

(YIGIRMA UCHINCHI LAM'A)

(Tabiatdan kelgan fikri kufriyni tirilmaydigan bir suratda o’ldiradi, kufrning poydevorini chil-parchin qiladi.)

Ixtor

Shu notada tabiiyyunning munkir qismi ketgan yo’lning mohiyati naqadar aqldan uzoq va naqadar xunuk va qay daraja xurofot bo’lgani, loaqal to’qson maholni tazammun etgan to’qqiz mahol bilan bayon etilgan. Boshqa risolalarda u mahollar qisman izoh qilinganidan, bu yerda g’oyat muxtasar bo’lish jihati bilan, ba'zi zinapoyalar tashlab o’tilgan. Shuning uchun, birdaniga bu qadar zohir va oshkora bir xurofotni qanday bu mashhur oqil faylasuflar qabul qilganlar, u yo’lda ketadilar, xotirga keladi. Ha, ular maslaklarining mohiyatini ko’rolmaganlar. Ham haqiqati maslaklari va maslaklarining lozimi va muqtazosi shudirki; yozilgan har bir maholning uchida bayon qilingan u xunuk va jirkanch va g’ayri ma'qul

{(Hoshiya) Bu Risolaning sababi ta'lifi; g’oyat mutajavizona va g’oyat xunuk bir tarz bilan haqoiqi iymoniyani tazyif etib, aynigan aqli yetolmagan narsaga xurofot deb, dinsizlikni tabiatga bog’lab, Qur'onga hujum qilinishidir. U hujum esa, shiddatli bir hiddatni (qalbga) qalamga berdiki, shiddatli va g’aliz ta'zirlarni u mulhidlarga va haqdan yuz o’girgan botil mazhablilarga yedirdi. Bo’lmasa, Risola-i Nurning maslagi nazihona va nozikona va qovli layyindir.}

xulosa-i mazhablari maslaklarining lozimi va zaruriy muqtazosi bo’lganini g’oyat badihiy va qat'iy burhonlar bilan shubhasi bo’lganlarga tafsilan bayon va isbot qilishga tayyorman.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

قَالَتْ رُسُلُهُمْ اَفِى اللّٰهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

Shu oyati karima istifhomi inkoriy bilan "Janobi Haqhaqida shak bo’lmaydi va bo’lmasligi kerak" deyish bilan; vujud va vahdoniyati Ilohiya badohat darajasida bo’lganini ko’rsatadi.

Shu sirni izohdan avval bir ixtor:

1338 yilda Anqaraga bordim. Islom qo’shinining Yunon ustidan g’alabasidan nash'a olgan ahli iymonning quvvatli afkori ichida g’oyat mudhish bir zindiqo fikri ichiga kirish va buzish va zaharlantirish uchun dassosona harakat qilayotganini ko’rdim. Ey voh dedim, bu ajdarho iymonning arkoniga ta'sir qiladi! U vaqt shu oyati karima badohat darajasida vujud va vahdoniyatni ifhom etish jihati bilan undan istimdod etib, u zindiqoning boshini tarqatadigan darajada Qur'oni Hakimdan olingan quvvatli bir burhonni arabcha risolada yozdim. Anqarada, Yangi Kun Bosmaxonasida chop qildirgandim. Faqat ma'ataassuf arabcha bilgan oz va ahamiyat bilan qaraganlar ham nodir bo’lish bilan barobar, g’oyat muxtasar va mujmal bir suratda u quvvatli burhon ta'sirini ko’rsatmadi. Ma'ataassuf, u dinsizlik fikri ham inkishof etdi, ham quvvat topdi. Bilmajburiya u burhonni turkcha bo’lib bir daraja bayon qilaman. U burhonning ba'zi parchalari ba'zi risolalarda to’liq izoh qilinganidan, bu yerda ijmolan yoziladi. Boshqa risolalarda qismlarga ajratilgan mutaaddid burhonlar bu burhonda qisman ittihod etadi. Har biri buning bir juzi hukmiga o’tadi.

Muqaddima

Ey inson! Bilki, insonlarning og’zidan chiqqan va dinsizlikni ishmom etgan dahshatli kalimalar bor. Ahli iymon bilmasdan iste'mol qiladilar. Muhimlaridan uchtasini bayon qilamiz:

Birinchisi:

اَوْجَدَتْهُ الْاَسْبَابُ

Ya'ni, sabablar bu narsani ijod qiladi.

Ikkinchisi:

تَشَكَّلَ بِنَفْسِه۪

Ya'ni, o’zidan-o’zi tashakkul etadi, bo’ladi, bitadi.

Uchinchisi:

اِقْتَضَتْهُ الطَّب۪يعَةُ

Ya'ni, tabiiydir, tabiat iqtizo etib ijod qiladi.

Ha, modomiki mavjudot bor va inkor qilinmaydi. Ham har mavjud san'atli va hikmatli vujudga keladi. Ham modomiki qadim emas, yangidan bo’ladi. Har holda, ey mulhid! Bu mavjudni, masalan bu hayvonni yo deysanki, olamning sabablari uni ijod qiladi; ya'ni, sabablarning ijtimo'idan u mavjud vujud topadi va yoxud u o’zidan-o’zi tashakkul etadi va yoxud tabiat muqtazosi bo’lib, tabiatning ta'siri bilan vujudga keladi va yoxud bir Qodiri Zuljalolning qudrati bilan ijod qilinadi.

Modomiki aqlan bu to’rt yo’ldan boshqa yo’l yo’qdir, avvalgi uch yo’l mahol, battol, mumtani', g’ayri qobil bo’lganliklari qat'iy isbot qilinsa, bizzarura va bilbedaho to’rtinchi yo’l bo’lgan tariqi vahdoniyat shaksiz-shubhasiz sobit bo’ladi.

AMMO BIRINCHI YO’LKI:

Olamdagi sabablarining ijtimo'i bilan tashkili ashyo va vujudi maxluqotdir. Juda ko’p maholotidan yolg’iz uch donasini zikr qilamiz.

Birinchisi:

Bir dorixonada g’oyat muxtalif moddalar bilan to’la yuzlab shishali idishlar mavjud. U adviyalardan zihayot bir ma'jun istanildi. Ham hayotdor horiqo bir tiryoq ulardan qilinish ijob etdi. Keldik, u dorixonada u zihayot ma'junning va hayotdor tiryoqning juda ko’p afrodini ko’rdik. U ma'junlardan har birini tadqiq qildik. Ko’ramizki, u shisha idishlardan har birisidan bir mezoni maxsus bilan bir-ikki dirham bundan, uch-to’rt dirham keyingisidan, olti-yetti dirham boshqasidan va hokazo muxtalif miqdorlarda ajzolar olingan. Agar biridan bir dirham yo kam yoki ko’p olinsa, u ma'jun zihayot bo’lolmaydi, xosiyatini ko’rsata olmaydi. Ham u hayotdor tiryoqni ham tadqiq qildik. Har bir idishdan bir mezoni maxsus bilan bir modda olinganki, zarra miqdori kam va yoki ziyoda bo’lsa, tiryoq xossasini yo’qotadi. U idishlar ellikdan ziyoda ekan, har birisidan alohida bir mezon bilan olingan kabi, boshqa-boshqa miqdorda ajzolari olingan. Ajabo, hech bir jihatdan imkon va ehtimol bormiki, u shishalardan olingan muxtalif miqdorlar shishalarning g’arib bir tasodif yoki bo’ronli bir havoning urilishi bilan yiqilishidan, har birisidan olingan miqdor qadar yolg’iz o’sha miqdor oqsin, barobar ketsinlar va to’planib u ma'junni tashkil qilsinlar? Ajabo, bundan yanada xurofot, mahol, botil bir narsa bormi? Eshak muzaaf bir eshaklikka kirsa, so’ngra inson bo’lsa, "Bu fikrni qabul qilmayman" deya qochadi.

Mana bu misol kabi; har bir zihayot, albatta zihayot bir ma'jundir va har bir nabot hayotdor bir tiryoq kabidirki; ko’p mutaaddid ajzolardan, ko’p muxtalif moddalardan, g’oyat hassos bir o’lchov bilan olingan moddalardan tarkib topgan. Agar sabablarga, anosirga isnod etilsa va "sabablar ijod qildi" deyilsa, aynan dorixonadagi ma'junning, shishalarning yiqilishidan vujud topishi kabi, yuz daraja aqldan uzoq, mahol va botil bo’ladi.

Alhosil:

Shu dorixona-i kubro-i olamda, Hakimi Azaliyning mezoni qazo va qadari bilan olingan mavaddi hayotiya hadsiz bir hikmat va nihoyatsiz bir ilm va har narsani qamragan bir iroda bilan vujud topa oladi. "Ko’r, kar, hududsiz, sel kabi oqqan kulliy anosir va tabayi' va sabablarning ishidir" degan badbaxt, "U tiryoqi ajib o’zidan-o’zi shishalarning yiqilishidan chiqib bo’lgandir" degan devona bir safsatachi, sarxush bo’lgan ahmoqdan yanada ziyoda ahmoqdir. Ha, u kufr ahmoqona, sarxushona, devonacha bir safsatadir.

Ikkinchi mahol:

Agar hamma narsa Vohidi Ahad bo’lgan Qodiri Zuljalolga berilmasa, balki sabablarga isnod etilsa, lozim bo’ladiki; olamning juda ko’p anosir va sabablari har bir zihayotning vujudida mudohalasi bo’lsin. Holbuki, chivin kabi bir kichik maxluqning vujudida kamoli intizom bilan g’oyat hassos bir mezon va to’liq bir ittifoq bilan muxtalif va bir-biriga zid, mubayin sabablarning ijtimo'i shu qadar zohir bir maholdirki, chivin qanoti qadar shuuri bo’lgan, "Bu maholdir, bo’lolmaydi!" deydi. Ha, bir chivinning kichkinagina jismi koinotning aksar anosir va sabablari bilan aloqadordir, balki bir xulosasidir. Agar Qodiri Azaliyga berilmasa, u moddiy sabablar uning vujudi yonida bizzot hozir bo’lishi lozim; balki uning kichkinagina jismiga kirishi kerak bo’ladi. Balki jismining kichik bir namunasi bo’lgan ko’zidagi bir hujayrasiga kirishlari ijob etadi. Chunki sabab moddiy bo’lsa, musabbabning yonida va ichida bo’lishi lozim bo’ladi. Shu holda, ikki chivinning igna uchi kabi barmoqlari yerlashmagan u hujayrachada arkoni olam va anosir va tabayi'ning moddiy holda ichida bo’lib, usta kabi ichida ishlashlarini qabul qilish lozim bo’ladi.

Xullas, Sofistaiyning eng ablahlari ham bunday bir maslakdan uyaladilar.

Uchinchi mahol:

اَلْوَاحِدُ لَا يَصْدُرُ اِلَّا عَنِ الْوَاحِدِ

qoida-i muqarrarasi bilan: "Bir mavjudning vahdati bo’lsa, albatta bir vohiddan, bir qo’ldan sudur eta oladi". Xususan u mavjud g’oyat mukammal bir intizom va hassos bir mezon ichida va jome' bir hayotga mazhar bo’lsa, bilbedaho sababi ixtilof va chalkashlik bo’lgan mutaaddid qo’llardan chiqmaganini; balki g’oyat Qodir, Hakim bo’lgan birgina qo’ldan chiqqanini ko’rsatgani holda; hadsiz va jomid va johil, mutajoviz, shuursiz, tartibsizlik ichida ko’r, kar tabiatdagi sabablarning tartibsiz qo’llariga hadsiz imkonot yo’llari ichida va ijtimo' va ixtilot bilan u sabablarning ko’rligi, karligi ziyodalashgani holda; u muntazam va mavzun va vohid bir mavjudni ularga isnod etish, yuz maholni birdan qabul qilish kabi aqldan uzoqdir.

Mayli, bu maholni nazarga olmasak ham, moddiy sabablarning albatta ta'sirlari mubosharat bilan va tegilish bilan bo’ladi. Holbuki, u tabiatdagi sabablarning tegilishlari zihayot mavjudlarning zohirlari bilandir. Holbuki, ko’ryapmizki; u moddiy sabablarning qo’llari yetishmagan va tegilolmagan u zihayotning botini o’n marta zohiridan yanada muntazam, yanada latif, san'at e'tibori bilan yanada mukammaldir. Moddiy sabablar qo’llari va jihozlari bilan hech bir jihat bilan yerlasholmagan, balki to’liq zohiriga ham tegina olmagan u kichkinagina zihayot, kichkinagina hayvonchalar eng katta maxluqlardan ziyodaroq san'at jihatidan ajib, xilqat jihatidan badi' bir suratda bo’lganlari holda, u jomid, johil, qo’pol, uzoq, katta va bir-biriga zid bo’lgan kar, ko’r sabablarga isnod etish yuz daraja ko’r, ming daraja kar bo’lish bilan bo’ladi!

AMMO IKKINCHI MASALA:

تَشَكَّلَ بِنَفْسِه۪

dir. Ya'ni, o’zidan-o’zi tashakkul etadi. Xullas, bu jumlaning ham ko’p maholoti bor. Ko’p jihat bilan botildir, maholdir. Namuna uchun maholotidan uchtasini bayon qilamiz.

Birinchisi:

Ey muannid munkir! Sening anoniyating seni shu qadar ahmoqlashtirganki, yuz maholni birdan qabul qilishni bir daraja hukm qilasan. Chunki sen mavjudsan. Va oddiy bir modda va jomid va tag’ayyursiz emassan. Balki doimo tajaddudda bo’lib, g’oyat muntazam bir uskuna va horiqo va doimo tahavvulda bir saroy kabisan. Sening vujudingda har vaqt zarralar ishlaydilar. Sening vujuding koinot bilan, xususan rizq munosabati bilan, xususan baqo-i nav'iy e'tibori bilan aloqador va oldi-berdisi bordir. Sening vujudingda ishlagan zarralar u munosabatni buzmaslik va u aloqadorlikni uzmaslik uchun diqqat qiladilar. Ana shunday ehtiyot bilan oyoqlarini bosadilar. Go’yo butun koinotga qaraydilar. Sening munosabatingni koinotda ko’rib shunday vaziyat oladilar. Sen zohiriy va botiniy tuyg’ularing bilan u zarralarning u horiqo vaziyatiga ko’ra istifoda etasan. Agar sen vujudingdagi zarralarni Qodiri Azaliyning qonuni bilan harakat qilgan kichkina ma'murlari yoki qo’shini yoki qalami qadarning uchlari, har bir zarra bir qalam uchi yoki qalami qudratning nuqtalari, har bir zarra bir nuqta bo’lganini qabul qilmasang, u vaqt sening ko’zingda ishlagan har bir zarraga shunday bir ko’z lozimki, sening majmu-i jasadingning har tarafini ko’rish bilan barobar, munosabatdor bo’lganing butun koinotni ham ko’radigan bir ko’zi va butun sening moziy va mustaqbal va nasl va asling va anosiringning manbalarini va rizqingning ma'danlarini biladigan, taniydigan yuz dohiy qadar bir aql berish lozim bo’ladi. Sen kabi bu masalalarda zarra qadar aqli bo’lmaganning bir zarrasiga ming Aflotun qadar bir ilm va shuur berish ming daraja devonacha bir xurofotchilikdir!...

Ikkinchi mahol:

Sening vujuding ming qubbali horiqo bir saroyga o’xshaydiki, har qubbasida toshlar tirgaksiz bir-birini qo’llab, muallaqda turg’izilgan. Balki sening vujuding ming marta bu saroydan yanada ajibdir. Chunki u saroyi vujuding doimo kamoli intizom bilan yangilanadi. G’oyat horiqo bo’lgan ruh, qalb va ma'naviy latoifni nazarga olmasak ham, yolg’iz jasadingdagi har bir a'zo bir qubbali manzil hukmidadir. Zarralar u qubbadagi toshlar kabi bir-birlari bilan kamoli muvozana va intizom bilan bir-birini qo’llab, horiqo bir bino, favquloda bir san'at, ko’z va til kabi ajib bittadan mo’'jiza-i qudrat ko’rsatadilar. Agar bu zarralar shu olamning ustasining amriga tobe bittadan ma'mur bo’lmasalar, u vaqt har bir zarra u jasaddagi zarralarga ham hokimi mutlaq, ham har birisiga mahkumi mutlaq, ham har birisiga misl, ham hokimiyat nuqtasida zid, ham yolg’iz Vojib-ul Vujudga maxsus bo’lgan aksar sifotning masdari, manbai, ham g’oyat muqayyad, ham g’oyat mutlaq bir suratda bo’lish bilan barobar, sirri vahdat bilan yolg’iz bir Vohidi Ahadning asari bo’la olgan g’oyat muntazam bir masnu'i vohidni u hadsiz zarrotga isnod etish; zarra qadar shuuri bo’lgan buning juda zohir bir mahol, balki yuz mahol bo’lganini idrok etadi.

Uchinchi mahol:

Agar sening vujuding Vohidi Ahad bo’lgan Qodiri Azaliyning qalami bilan yozilgan bo’lmasa va tabiatga, sabablarga mansub matbu' bo’lsa, u vaqt sening vujudingdagi bir hujayra-i badandan tortib bir-biri ichida doiralar kabi minglab tarkib topgan narsalar adadicha tabiat qoliplarining bo’lishi lozim bo’ladi. Chunki, masalan, bu qo’limizdagi kitob agar yozilgan bo’lsa, birgina qalam kotibining ilmiga istinod etib butun ularni yozadi. Agar u yozilgan bo’lmasa va uning qalamiga berilmasa, o’zidan-o’zi bo’lgan deyilsa yoki tabiatga berilsa, u vaqt matbu' kitob kabi, har bir harfi uchun alohida bir temir qalam lozimdirki, chop qilinsin. Qandayki bosmaxonada hurufot adadicha temir harflar bo’ladi, so’ngra u harflar vujud topadi; u vaqt birgina qalamga badal u hurufot adadicha qalamlar bo’lishi lozim bo’ladi. Balki u hurufot ichida, ba'zan bo’lgani kabi, kichik qalam bilan bir katta harfda bir sahifa mayin xat bilan yozilgan bo’lsa, minglab qalam birgina harf uchun lozim bo’ladi. Balki bir-birining ichiga kirib, muntazam bir vaziyat bilan, sening jasading kabi bir shakl olayotgan bo’lsa, u vaqt har bir doirada, har bir juz uchun u tarkib topgan narsalar adadicha qoliplar lozim bo’ladi. Mayli, yuz mahol ichida bo’lgan bu tarzni mumkin desang ham, bu muntazam san'atli temir harflarni va mukammal qoliplarni va qalamlarni qilish uchun yana birgina qalamga berilmasa, u qalamlar, u qoliplar, u temir harflarning qilinishi uchun ularning adadlaricha yana qalamlar, qoliplar va harflar lozim bo’ladi. Chunki ular ham qilinganlar va ular ham muntazam san'atlidirlar. Va hokazo mutasalsilan borgancha boradi...

Xullas sen ham bilgin! Bu shunday bir fikrdirki, sening zarroting adadicha maholot va xurofotlar ichida mavjud. Ey muannid muattil! Sen ham uyal, bu zalolatdan voz kech!

UCHINCHI KALIMA:

اِقْتَضَتْهُ الطَّب۪يعَةُ

Ya'ni, tabiat iqtizo etadi, tabiat yaratadi. Xullas, bu hukmning ko’p maholoti bor. Namuna uchun uchtasini zikr qilamiz.

Birinchisi:

Agar mavjudotda, xususan zihayotda ko’ringan basirona, hakimona bo’lgan san'at va ijod Shamsi Azaliyning qalami qadar va qudratiga berilmasa, balki ko’r, kar, tushunchasiz bo’lgan tabiatga va quvvatga isnod etilsa, lozim bo’ladiki, tabiat ijod uchun hamma narsada hadsiz ma'naviy uskuna va bosmaxonalarni saqlasin va yoxud hamma narsada koinotni yaratadigan va idora qiladigan bir qudrat va hikmat yerlashtirsin. Chunki qandayki shamsning jilvalari va akslari zamin yuzidagi zarracha shisha parchalarida va qatralarda ko’rinadi. Agar u misoliy va aksiy quyoshchalar samodagi yagona quyoshga isnod etilmasa, lozim bo’ladiki; bir gugurt boshi yerlashmagan bir zarracha shisha parchasida tabiiy, fitriy va quyoshning xususiyatlariga molik, zohiran kichik, ma'nan juda chuqur bir quyoshning xorijiy vujudini qabul qilib, zarroti zujojiya adadicha tabiiy quyoshlarni qabul qilish lozim bo’lgani kabi‌ Aynan bu misol kabi, mavjudot va zihayot to’g’ridan-to’g’riga Shamsi Azaliyning jilva-i asmosiga berilmasa, har bir mavjudda, xususan har bir zihayotda hadsiz bir qudrat va iroda va nihoyatsiz bir ilm va hikmat tashiydigan bir tabiatni, bir quvvatni, xuddi bir ilohni ichida qabul qilish lozim bo’ladi. Bu tarzi fikr esa koinotdagi maholotning eng botili, eng xurofotidir. Xoliqi koinotning san'atini mavhum, ahamiyatsiz, shuursiz bir tabiatga bergan inson, albatta yuz marta hayvondan yanada hayvon, yanada shuursiz bo’lganini ko’rsatadi.

Ikkinchi mahol:

Agar g’oyat intizomli, mezonli, san'atli, hikmatli shu mavjudot; nihoyatsiz Qodir, Hakim bir zotga berilmasa, balki tabiatga isnod etilsa, lozim bo’ladiki; tabiat har bir parcha tuproqda Ovrupaning umum bosmaxonalari va fabrikalari adadicha uskunalarni, bosmaxonalarni saqlasin.. toki u parcha tuproq mansha' va dastgoh bo’lgan hadsiz gullar va mevalarning yetishishlariga va tashkillariga mador bo’la olsin. Chunki gullar uchun gultuvaklik vazifasini bajargan bir kosa tuproq ichiga urug’lari navbat bilan otilgan umum gullarning bir-biridan juda boshqa bo’lgan shakl va hay'atlarini tashkil va tasvir qila oladigan bir qobiliyati bilfe'l ko’riladi. Agar Qodiri Zuljalolga berilmasa; u vaqt u kosadagi tuproqda har bir gul uchun ma'naviy, boshqa, tabiiy bir uskunasi bo’lmasa, bu hol vujudga kelolmaydi. Chunki urug’lar esa nutfalar va tuxumlar kabi moddalari birdir. Ya'ni, muvallidul ma, muvallidul humuza, uglerod, azotning intizomsiz, shaklsiz, xamir kabi qorishmasidan iborat bo’lish bilan barobar, havo, suv, harorat, ziyo ham har biri oddiy va shuursiz va hamma narsaga qarshi sel kabi bir tarzda ketganidan, u hadsiz gullarning tashkillari boshqa-boshqa va g’oyat muntazam va san'atli bo’lib u tuproqdan chiqishi, bilbedaho va bizzarura iqtizo etadiki; u kosada bo’lgan tuproqda ma'nan Ovrupa qadar ma'naviy va kichik miqyosda bosmaxonalari va fabrikalari bo’lsin. Toki bu qadar hayotdor gazlamalarni va minglab boshqa-boshqa naqshli mansujotlarni to’qiy olsin.

Mana, tabiiyyunlarning fikri kufriylari qay daraja doira-i aqldan xorij chiqib ketganini qiyos qil. Va tabiatni mujid deb o’ylagan inson suratidagi ahmoq sarxushlar "mutafannin va aqllimiz" deya da'vo qilganlari holda, aql va fandan naqadar uzoq tushganlarini va mumtani' va hech bir jihat bilan mumkin bo’lmagan bir xurofotni o’zlariga maslak ittihoz etganlarini ko’r, kul va tupur!..

Agar desang:

Mavjudot tabiatga isnod etilsa, bunday ajib mahollar bo’ladi, imtino' darajasida mushkulot bo’ladi; ajabo, Zoti Ahad va Samadga berilgan vaqt u mushkulot qanday yo’qoladi? Va u suubatli imtino' u suhulatli vujubga qanday inqilob etadi?

Aljavob:

Birinchi maholda qandayki quyoshning jilva-i in'ikosi kamoli suhulat bilan qiyinchiliksiz eng kichik zarracha jomiddan tut to eng katta bir dengizning yuziga qadar fayzini va ta'sirini misoliy quyoshchalar bilan g’oyat osonlik bilan ko’rsatganlari holda, agar quyoshdan nisbati uzilsa, u vaqt har bir zarrachada tabiiy va bizzot bir quyoshning xorijiy vujudi imtino' darajasida bir suubat bilan bo’la olishi qabul qilinishi lozim bo’ladi. Shunga o’xshab, har bir mavjud to’g’ridan-to’g’ri Zoti Ahad va Samadga berilsa, vujub darajasida bir suhulat, bir osonlik bilan va bir intisob va jilva bilan har bir mavjudga lozim har bir narsa unga yetishtirilishi mumkin. Agar u intisob uzilsa va u ma'muriyat tartibsizlikka aylansa va har bir mavjud o’z holiga va tabiatga tashlab qo’yilsa, u vaqt imtino' darajasida yuz ming mushkulot va suubat bilan chivin kabi bir zihayotning koinotning kichik bir mundarijasi bo’lgan g’oyat horiqo uskuna-i vujudini ijod qilgan ichidagi ko’r tabiatning koinotni yaratadigan va idora qiladigan bir qudrat va hikmat sohibi bo’lganini faraz qilish lozim bo’ladi. Bu esa bir mahol emas, balki minglab maholdir.

Alhosil:

Qandayki Zoti Vojib-ul Vujudning sherik va naziri mumtani' va maholdir. Shunga o’xshab, rububiyatida va ijodi ashyoda boshqalarining mudohalasi sheriki zotiy kabi mumtani' va maholdir.

Ammo ikkinchi maholdagi mushkulot esa, mutaaddid Risolalarda isbot qilingani kabi, agar butun ashyo Vohidi Ahadga berilsa; butun ashyo birgina narsa kabi suhulatli va oson bo’ladi. Agar sabablarga va tabiatga berilsa, birgina narsa umum ashyo qadar mushkulotli bo’lgani mutaaddid va qat'iy burhonlar bilan isbot qilingan. Bir burhonning xulosasi shudirki:

Qandayki bir odam bir podshohga askarlik yoki ma'muriyat jihati bilan intisob etsa, u ma'mur va u askar u intisob quvvati bilan yuz ming marta quvvati shaxsiyasidan ortiq ishlarga mador bo’la oladi. Va podshohi nomidan ba'zan bir shohni asir qiladi. Chunki bajargan ishlarining va qilgan asarlarining jihozotini va quvvatini o’zi tashimaydi va tashishga majbur bo’lmaydi. U intisob munosabati bilan podshohning xazinalari va orqasidagi nuqta-i istinodi bo’lgan qo’shin u quvvatni, u jihozotni tashiydi. Demak, bajargan ishlari shohona o’laroq bir podshohning ishi kabi; va ko’rsatgan asarlari bir qo’shin asari bamisoli horiqo bo’lishi mumkin. Qandayki chumoli u ma'muriyat jihati bilan Fir'avnning saroyini xarob qiladi. Chivin u intisob bilan Namrudni o’ldiradi. Va u intisob bilan bug’doy donasi kabi bir qarag’ay urug’i ulkan qarag’ay daraxtining butun jihozotini yetishtiradi.

{(Hoshiya) Ha, agar intisob bo’lsa, u urug’ qadari Ilohiydan bir amr oladi, u horiqo ishlarga mazhar bo’ladi. Agar u intisob uzilsa, u urug’ning xilqati ulkan qarag’ay daraxtining xilqatidan yanada ziyoda jihozot va iqtidor va san'atni iqtizo qiladi. Chunki tog’dagi qudrat asari bo’lgan mujassam qarag’ay daraxtining butun a'zolari va jihozoti bilan u urug’dagi qadar asari bo’lgan ma'naviy daraxtda mavjud bo’lishi lozim bo’ladi. Chunki u ulkan daraxtning fabrikasi u urug’dir. Ichidagi qadariy daraxt qudrat bilan xorijda tazohur etadi, jismoniy qarag’ay daraxti bo’ladi.}

Agar u intisob uzilsa, u ma'muriyatdan tarhis etilsa, qiladigan ishlarining jihozotini va quvvatini belida va bilagida tashishga majburdir. U vaqt u kichkinagina bilagidagi quvvat miqdoricha va belidagi o’q-dorilar adadicha ish bajara oladi.

Avvalgi vaziyatda g’oyat osonlik bilan bajargan ishlari bu vaziyatda undan istanilsa, albatta bilagiga bir qo’shin quvvatini va beliga bir podshohning jihozoti harbiya fabrikasini yuklash lozim bo’ladiki, kuldirish uchun ajib xurofotlarni va masallarni hikoya qilgan masxarabozlar ham bu xayoldan uyaladilar!..

Alhosil:

Vojib-ul Vujudga har mavjudni berishning vujub darajasida bir suhulati bor. Va tabiatga ijod jihatidan berish, imtino' darajada mushkul va xoriji doira-i aqliyadir.

Uchinchi mahol:

Bu maholni izoh qiladigan ba'zi risolalarda bayon qilingan ikki misol:

Birinchi misol:

Butun osori madaniyat bilan takmil va tazyin etilgan, bo’sh bir sahroda qurilgan, qilingan bir saroyga g’oyat vahshiy bir odam kirgan, ichiga qaragan. Minglarcha muntazam san'atli ashyoni ko’rgan. Vahshatidan, ahmoqligidan, xorijdan hech kim mudohala etmasdan, u saroy ichida u ashyodan birisi u saroyni mushtamiloti bilan barobar yaratgandir deya taharriyni boshlaydi. Qaysi narsaga qaramasin, u vahshatli aqli qabul qilmaydiki, u narsa bularni yaratsin. Keyin u saroyning tashkilot dasturini va mavjudot mundarijasini va idora qonunlari ichida yozilgan bir daftarni ko’radi. Garchi qo’lsiz va ko’zsiz va bolg’asiz bo’lgan u daftar ham boshqa ichidagi narsalar kabi hech bir qobiliyati yo’qdirki, u saroyni tashkil va tazyin etsin. Faqat chorasiz qolib, bilmajburiya, boshqa narsalarga nisbatan qavonini ilmiyaning bir unvoni bo’lish jihati bilan u saroyning umumiga bu daftarni munosabatdor ko’rganidan, "Mana bu daftardirki, u saroyni tashkil, tanzim va tazyin etib, bu ashyoni yaratgan, taqqan, yerlashtirgan", deb vahshatini ahmoqlarning, sarxushlarning safsatasiga aylantirgan.

Aynan bu misol kabi, hadsiz darajada misoldagi saroydan yanada muntazam, yanada mukammal va butun atrofi mo’'jizona hikmat bilan to’la shu saroyi olamning ichiga inkori uluhiyatga ketgan tabiiyyun fikrini tashigan vahshiy bir inson kiradi. Doira-i mumkinot xorijida bo’lgan Zoti Vojib-ul Vujudning asari san'ati bo’lganini o’ylamasdan va undan i'roz etib, doira-i mumkinot ichida qadari Ilohiyning yozar buzar bir lavhasi hukmida va qudrati Ilohiyaning qavonini ijrootiga tabaddul va tag’ayyur etgan bir daftari bo’la olgan va juda yanglish va xato o’laroq "tabiat" nomi berilgan bir majmua-i qavonini odoti Ilohiya va bir mundarija-i san'ati Rabboniyani ko’radi. Va deydiki: "Modomiki bu ashyo bir sabab istaydi, hech bir narsaning bu daftar kabi munosabati ko’rinmaydi. Garchi hech bir jihat bilan aql qabul qilmaydiki; ko’zsiz, shuursiz, qudratsiz bu daftar rububiyati mutlaqaning ishi bo’lgan va hadsiz bir qudratni iqtizo etgan ijodni qilsin. Faqat modomiki Sone'-i Qadimni qabul qilmayman, shunday ekan, eng munosibi, bu daftar buni yaratgan va yaratadi deyman", deydi. Biz ham deymiz:

Ey ahmoq-ul humaqodan tahammuq etgan sarxush ahmoq! Boshingni tabiat botqoqligidan chiqar, orqangga qara. Zarrotdan sayyorotga qadar butun mavjudot boshqa-boshqa lisonlar bilan shahodat etganlari va barmoqlari bilan ishorat qilganlari bir Sone'-i Zuljalolni ko’r va u saroyni yaratgan va u daftarda saroyning dasturini yozgan Naqqoshi Azaliyning jilvasini ko’r, farmoniga qara, Qur'onini tingla, u safsatalardan qutul!..

Ikkinchi misol:

G’oyat vahshiy bir odam muhtasham bir kazarma doirasiga kiradi. G’oyat muntazam bir qo’shinning umumiy, barobar ta'limlarini, muntazam harakatlarini ko’radi. Bir askarning harakati bilan; bir harbiy qism, bir polk, bir harbiy qo’shin turadi, o’tiradi, ketadi; bir "o’t och!" amri bilan o’t ochganliklarini mushohada etadi. Uning qo’pol, vahshiy aqli bir qo’mondonning davlatning nizomoti bilan va qonuni podshohiy bilan buyrug’ini tushunmasdan inkor qilganidan, u askarlarning iplar bilan bir-biri bilan bog’liq bo’lganliklarini taxayyul etadi. U xayoliy ip naqadar horiqoli bir ip bo’lganini o’ylaydi; hayratda qoladi. So’ngra ketadi... "Ayasofya" kabi g’oyat muazzam bir masjidga, juma kunida dohil bo’ladi. U jamoati musliminning bir odamning ovozi bilan turib, egilib, sajda qilib o’tirganlarini mushohada etadi. Ma'naviy va samoviy qonunlarning majmuidan iborat bo’lgan shariatni va shariat sohibining amrlaridan kelgan ma'naviy dasturlarini tushunmaganidan, u jamoatning moddiy iplar bilan bog’langanini va u ajib iplar ularni asir qilib o’ynatganini taxayyul etib eng vahshiy inson suratidagi jonivor hayvonlarni ham kuldiradigan darajada masxarali bir fikr bilan chiqadi, ketadi.

Xullas aynan bu misol kabi: Sultoni azal va abadning hadsiz junudining muhtasham bir kazarmasi bo’lgan shu olamga va u Ma'budi Azaliyning muntazam bir masjidi bo’lgan shu koinotga; mahzi vahshat bo’lgan inkorli fikri tabiatni tashigan bir munkir kiradi. U Sultoni Azaliyning hikmatidan kelgan nizomoti koinotning ma'naviy qonunlarini bittadan moddiy modda tasavvur qilib va saltanati rububiyatning qavonini e'tiboriyasi va u Ma'budi Azaliyning shariati fitriya-i kubrosining ma'naviy va yolg’iz vujudi ilmiysi bo’lgan ahkomlarini va dasturlarini bittadan mavjudi xorijiy va moddiy bittadan modda taxayyul etib, qudrati Ilohiyaning o’rniga u ilm va kalomdan kelgan va yolg’iz vujudi ilmiysi bo’lgan u qonunlarni iqoma etish va qo’llariga ijod berish, keyin esa ularga "tabiat" nomini taqish va yolg’iz bir jilva-i qudrati Rabboniya bo’lgan quvvatni bir ziqudrat va mustaqil bir qodir deb qabul qilish misoldagi vahshiydan ming marta past bir vahshatdir...

Alhosil:

Tabiiyyunlarning mavhum va haqiqatsiz tabiat deganlari narsa, bo’lsa-bo’lsa va haqiqati xorijiya sohibi bo’lsa; faqat bir san'at bo’la olar, Sone' bo’lolmas. Bir naqshdir, naqqosh bo’lolmas. Ahkomdir, hokim bo’lolmas. Bir shariati fitriyadir, shari' bo’lolmas. Maxluq bir parda-iizzatdir, Xoliq bo’lolmas. Munfail bir fitratdir, fotir bir foil bo’lolmas. Qonundir, qudrat emasdir; qodir bo’lolmas. Mistardir, masdar bo’lolmas.

Alhosil:

Modomiki mavjudot bor. Modomiki O’n Oltinchi Notaning boshida aytilgani kabi, mavjudning vujudiga taqsimi aqliy bilan to’rt yo’ldan boshqa yo’l taxayyul etilmaydi. U to’rt jihatdan uchtasining, har birining uch zohir mahollar bilan botilligi qat'iy bir suratda isbot etildi. Albatta, bizzarura va bilbedaho to’rtinchi yo’l bo’lgan vahdat yo’li qat'iy bir suratda isbot qilinadi. U to’rtinchi yo’l esa; boshdagi

اَفِى اللّٰهِ شَكٌّ فَاطِرِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ

oyati shaksiz va shubhasiz, badohat darajasida Zoti Vojib-ul Vujudning uluhiyatini va hamma narsa to’g’ridan-to’g’riga dasti qudratidan chiqqanini va samovot va arz qabza-i tasarrufida bo’lganini ko’rsatadi.

Ey sababparast va tabiatga sig’ingan bechora odam! Modomiki hamma narsaning tabiati hamma narsa kabi maxluqdir, chunki san'atlidir va yangidan bo’ladi. Ham har musabbab kabi, zohiriy sababi ham masnu'dir.Va modomiki hamma narsaning vujudi juda ko’p jihozot va uskunalarga muhtojdir. U holda, u tabiatni ijod qilgan va u sababni yaratgan bir Qodiri Mutlaq bor! Va u Qodiri Mutlaqning nima ehtiyoji borki, ojiz vasoitni rububiyatiga va ijodiga tashrik etsin! Xosho! Balki to’g’ridan-to’g’ri musabbabni sabab bilan barobar yaratib, jilva-i asmosini va hikmatini ko’rsatish uchun bir tartib va tanzim bilan zohiriy bir sababiyat, bir muqoranat berish bilan ashyodagi zohiriy qusurlarga, marhamatsizliklarga va nuqsoniyatlarga marji' bo’lish uchun, sabablar va tabiatni dasti qudratiga parda qilgan; izzatini u surat bilan muhofaza qilgan. Ajabo, bir soatsoz soatning charxlarini yasasin, so’ngra soatni charxlar bilan tartib etib tanzim etsin, osonroqmidir? Bo’lmasa horiqo bir uskunani u charxlar ichida yasasin, so’ngra soatning yasalishini u uskunaning jomid qo’llariga bersin, toki soatni yasasin, osonroqmidir? Ajabo, imkon xorijida emasmidir? Qani, u insofsiz aqling bilan sen ayt, sen hokim bo’l! Va yoxud bir kotib; siyoh, qalam, qog’ozni keltirdi. U bilan o’zi bizzot u kitobni yozsa osonroqmidir? Bo’lmasa u qog’oz, siyoh, qalam ichida u kitobdan yanada san'atli, yanada zahmatli, yolg’iz u kitobga maxsus bo’lib bir yozuv uskunasi ijod qilsin; so’ngra u shuursiz uskunaga: "Qani, sen yoz!"desin va o’zi qo’shilmasin, osonroqmidir? Ajabo, yuz marta yozuvdan mushkulroq emasmidir?

Agar desang:

Ha, bir kitobni yozgan uskunaning ijodi u kitobdan yuz marta mushkulroqdir.Faqat u uskuna ayni kitobning bir qancha nusxalarini yozishga vosita bo’lish jihati bilan balki bir osonlik bor?

Aljavob:

Naqqoshi Azaliy hadsiz qudrati bilan nihoyatsiz jilva-i asmosini har vaqt yangilash bilan, boshqa-boshqa shaklda ko’rsatish uchun, ashyodagi tashaxxuslarni va xususiy siymolarni shunday bir suratda yaratgandirki, hech bir maktubi Samadoniy va hech bir kitobi Rabboniy boshqa kitoblarning aynan o’zidek bo’lolmaydi. Har holda, boshqa ma'nolarni ifoda qilish uchun boshqa bir siymosi bo’ladi. Agar ko’zing bo’lsa, insonning siymosiga qara, ko’rki; zamoni Odamdan hozirga qadar, balki abadga qadar bu kichik siymoda a'zo-i asosiyda ittifoq bilan barobar, har bir siymo, umum siymolarga nisbatan har birisiga qarshi bittadan alomati fariqasi bor bo’lgani qat'iyan sobitdir. Shuning uchun, har bir siymo alohida bir kitobdir. Yolg’iz san'atning tanzimi uchun alohida bir yozuv tarkibi va alohida bir tartib va ta'lif istaydi. Va moddalarini ham keltirish, ham yerlashtirish va hamda vujudga lozim bo’lgan hamma narsani yerlashtirish uchun butun-butun boshqa bir dastgoh istaydi. Mayli, farzi mahol bo’lib tabiatga bir bosmaxona nazari bilan qaradik. Faqat bir bosmaxonaga oid bo’lgan tanzim va chop etish, ya'ni, muayyan intizomini qolipga solishdan boshqa, u tanzimning ijodidan ijodlari yuz daraja mushkulroq bir zihayotning jismidagi moddalarni aqtori olamdan mezoni maxsus bilan va xos bir intizom bilan ijod qilish va keltirish va bosmaxona qo’liga berish uchun yana u bosmaxonani ijod qilgan Qodiri Mutlaqning qudrat va irodasiga muhtojdir. Demak, bu bosmaxonalik ehtimoli va farazi butun-butun ma'nosiz bir xurofotdir.

Xullas, bu soat va kitob misollari kabi; Sone'-i Zuljalol, Qodiri Kulli Shay sabablarni yaratgan, musabbabotni ham yaratadi. Hikmati bilan musabbabotni sabablarga bog’laydi. Koinotning harakotining tanzimiga doir qavonini odatullohdan iborat bo’lgan shariati fitriya-i kubro-i Ilohiyaning bir jilvasini va ashyodagi u jilvasiga yolg’iz bir oyna va bir ma'kas bo’lgan tabiati ashyoni irodasi bilan tayin etgandir. Va u tabiatning vujudi xorijiyga mazhar bo’lgan vajhini qudrati bilan ijod qilgan va ashyoni u tabiat ustida yaratgan, bir-biriga aralashtirgan.

Ajabo, g’oyat darajada ma'qul va hadsiz burhonlarning natijasi bo’lgan bu haqiqatning qabuli osonroqmidir.. -ajabo, vujub darajasida lozim emasmidir? Bo’lmasa, jomid, shuursiz, maxluq, masnu', oddiy bo’lgan u sabab va tabiat deganingiz moddalarga har bir narsaning vujudiga lozim hadsiz jihozot va uskunalarni berib hakimona, basirona bo’lgan ishlarni o’z-o’zlariga qildirish osonroqmidir? Ajabo, imtino' darajasida, imkon xorijida emasmidir? Sening u insofsiz aqlingning insofiga havola qilamiz.

Munkir va tabiatparast deydiki: Modomiki meni insofga da'vat qilasan. Men ham deymanki; hozirga qadar xato ketgan yo’limiz ham yuz daraja mahol, ham g’oyat zararli va nihoyat darajada xunuk bir maslak bo’lganini e'tirof qilaman. Sobiq tahqiqotingizdan zarra miqdor shuuri bo’lgan tushunadiki; sabablarga, tabiatga ijod berish mumtani'dir, maholdir. Va hamma narsani to’g’ridan-to’g’riga Vojib-ul Vujudga berish vojibdir, zaruriydir. Alhamdulillahi a'lal iyman deb iymon keltiraman.

Yolg’iz bir shubham bor. Janobi Haqning Xoliq bo’lganini qabul qilaman; faqat ba'zi juz'iy sabablarning ahamiyatsiz narsalarda ijodga mudohalalari va bir parcha madhu sano qozonishlari saltanati rububiyatiga nima zarar beradi? Saltanatiga nuqsoniyat keladimi?

Aljavob:

Ba'zi risolalarda g’oyat qat'iy isbot qilganimiz kabi; hokimiyatning sha'ni mudohalani rad qilishdir. Hatto eng adno bir hokim, bir ma'mur; doira-i hokimiyatida o’g’lining mudohalasini qabul qilmaydi. Hatto hokimiyatiga mudohala tavahhumi bilan, ba'zi dindor podshohlar, xalifa bo’lganlari holda, ma'sum avlodlarini qatl qilishlari bu "raddi mudohala qonuni"ning hokimiyatda naqadar asosli hukm qilganini ko’rsatadi. Bir tumanda ikki mudirdan tortib to bir mamlakatda ikki podshohga qadar, hokimiyatdagi istiqloliyat iqtizo etgan "man'i ishtirok qonuni" tarixi basharda juda ajib harju-marj bilan quvvatini ko’rsatgan. Ajabo, ojiz va muovanatga muhtoj insonlardagi amiriyat va hokimiyatning bir soyasi bu darajada mudohalani rad qilishni va boshqasining mudohalasini man qilishni va hokimiyatida ishtirok qabul qilmaslikni va maqomida istiqloliyatini nihoyat taassub bilan muhofazaga harakat qilishni ko’r, so’ngra hokimiyati mutlaqa rububiyat darajasida va amiriyati mutlaqa uluhiyat darajasida va istiqloliyati mutlaqa ahadiyat darajasida va istig’no-i mutlaq qodiriyati mutlaqa darajasida bir Zoti Zuljalolda bu raddi mudohala va man'i ishtirok va tardi sherik qay darajada u hokimiyatning zaruriy bir lozimi va vojib bir muqtazosi bo’lganini qiyos qila olsang, qil.

Ammo ikkinchi shiq shubhangki:

Ba'zi sabablar ba'zi juz'iyotning ba'zi ubudiyatlariga marji' bo’lsa, u Ma'budi Mutlaq bo’lgan Zoti Vojib-ul Vujudga mutavajjih zarrotdan sayyorotga qadar maxluqotning ubudiyatlaridan nima kam bo’ladi?

Aljavob:

Shu koinotning Xoliqi Hakimi koinotni bir daraxt hukmida yaratib, eng mukammal mevasini zishuur va zishuurning ichida eng jome' mevasini inson qilgandir. Va insonning eng ahamiyatli, balki insonning natija-i xilqati va g’oya-i fitrati va samara-i hayoti bo’lgan shukr va ibodatni; u Hakimi Mutlaq va Amiri Mustaqil o’zini sevdirish va tanittirish uchun koinotni yaratgan u Vohidi Ahad, butun koinotning mevasi bo’lgan insonni va insonning eng yuksak mevasi bo’lgan shukr va ibodatini boshqa qo’llarga beradimi? Butun-butun hikmatiga zid bo’lib, natija-i xilqatni va samara-i koinotni abas etadimi? Xosho va kallo...

Ham hikmatini va rububiyatini inkor qildiradigan bir tarzda maxluqotning ibodatlarini boshqalarga berishga rizo ko’rsatadimi, hech muso'ada etadimi?

Va ham hadsiz bir darajada o’zini sevdirishni va tanittirishni af'oli bilan ko’rsatgani holda, eng mukammal maxluqotining shukr va minnatdorliklarini, tahabbub va ubudiyatlarini boshqa sabablarga berish bilan o’zini unuttirib, koinotdagi maqosidi oliyasini inkor ettiradimi? Ey tabiatparastlikdan voz kechgan o’rtoq! Qani sen gapir.

U deydi: Alhamdulilloh, bu ikki shubham hal bo’lish bilan barobar, vahdoniyati Ilohiyaga doir va Ma'budi Bilhaq u bo’lganiga va undan boshqalari ibodatga loyiq bo’lmaganiga shu qadar porloq va quvvatli ikki dalil ko’rsatdingki, ularni inkor qilish, Quyoshni va kunduzni inkor qilish kabi bir mukobaradir.

* * *

Xotima

Tabiat fikri kufriysini tark qilgan va iymonga kelgan zot deydiki: Alhamdulilloh, mening shubhalarim qolmadi. Yolg’iz qiziqishimga sabab bo’lgan bir nechta savolim bor.

Birinchi savol:

Ko’p tanballardan va tark-us salotlardan eshitamiz, deydilarki: Janobi Haqning bizning ibodatimizga nima ehtiyoji borki, Qur'onda juda shiddat va isror bilan ibodatni tark qilganni jahannam kabi dahshatli bir jazo bilan tahdid etadi. Mo’'tadil va istiqomatli va adolatli bo’lgan ifoda-i Qur'oniyaga qanday yarashadiki,ahamiyatsiz bir juz'iy xatoga qarshi nihoyat shiddatni ko’rsatadi?

Aljavob:

Ha, Janobi Haq sening ibodatingga, balki hech bir narsaga muhtoj emas. Faqat sen ibodatga muhtojsan, ma'nan xastasan. Ibodat esa ma'naviy yaralaringga tiryoqlar hukmida bo’lganini ko’p risolalarda isbot qilganmiz. Ajabo, bir xasta u xastalik haqida shafqatli bir hakimning unga nafi' dorilarni ichirish xususida etgan isroriga muqobil hakimga desa: "Sening nima ehtiyojing bor, menga bunday isror etyapsan?" Naqadar ma'nosiz bo’lganini tushunasan.

Ammo Qur'onning tarki ibodat haqida shiddatli tahdidoti va dahshatli jazolari esa; qandayki bir podshoh raiyatining huquqini muhofaza qilish uchun oddiy bir odamni raiyatining huquqiga zarar bergan bir xatosiga ko’ra shiddatli jazolantiradi. Shunga o’xshab, ibodatni va namozni tark qilgan odam Sultoni Azal va Abadning raiyati hukmida bo’lgan mavjudotning huquqiga ahamiyatli bir tajovuz va ma'naviy bir zulm qiladi. Chunki mavjudotning kamollari Sone'ga mutavajjih yuzlarida tasbeh va ibodat bilan tazohur etadi. Ibodatni tark qilgan mavjudotning ibodatini ko’rmaydi va ko’rolmaydi, balki inkor ham qiladi. U vaqt ibodat va tasbeh nuqtasida yuksak maqomda bo’lgan va har biri bittadan maktubi Samadoniy va bittadan oyna-i Asmo-i Rabboniya bo’lgan mavjudotni oliy maqomlaridan tanzil etganidan va ahamiyatsiz, vazifasiz, jomid, parishon bir vaziyatda deb o’ylaganidan, mavjudotni tahqir etadi; kamolotini inkor va tajovuz etadi.

Ha, hamma koinotni o’z oynasi bilan ko’radi. Janobi Haq insonni koinot uchun bir miqyos, bir mezon suratida yaratgandir. Har inson uchun bu olamdan xususiy bir olam bergan. U olamning rangini u insonning e'tiqodi qalbiysiga ko’ra ko’rsatadi. Masalan, g’oyat ma'yus va motamli bo’lib yig’lagan bir inson mavjudotni yig’layotgan va ma'yus suratda ko’radi; g’oyat sururli va nash'ali, xushxabarli va kamoli nash'asidan kulgan bir odam koinotni nash'ali, kulayotgan ko’rgani kabi; mutafakkirona va jiddiy bir suratda ibodat va tasbeh qilgan odam mavjudotning haqiqatdan mavjud va muhaqqaq bo’lgan ibodat va tasbehotlarini bir daraja kashf qiladi va ko’radi. G’aflat bilan yoki inkor bilan ibodatni tark qilgan odam mavjudotni haqiqati kamolotiga tamoman zid va muxolif va xato bir suratda tavahhum etadi va ma'nan ularning huquqiga tajovuz etadi.

Ham u tark-us salot o’ziga o’zi molik bo’lmagani uchun, o’z molikining bir abdi bo’lgan o’z nafsiga zulm qiladi. Uning moliki u abdining haqqini uning nafsi ammorasidan olish uchun dahshatli tahdid etadi.

Ham natija-i xilqati va g’oya-i fitrati bo’lgan ibodatni tark qilganidan, hikmati ilohiya va mashiati Rabboniyaga qarshi bir tajovuz hukmiga o’tadi. Shuning uchun jazolantiriladi.

Alhosil:

Ibodatni tark qilgan ham o’z nafsiga zulm qiladi. Nafs esa Janobi Haqning abdi va mamlukidir. Ham koinotning huquqi kamolotiga qarshi bir tajovuz, bir zulmdir. Ha, qandayki kufr mavjudotga qarshi bir tahqirdir. Tarki ibodat ham koinotning kamolotini bir inkordir. Ham hikmati Ilohiyaga qarshi bir tajovuz bo’lganidan, dahshatli tahdidga, shiddatli jazoga loyiq bo’ladi.

Xullas, bu istihqoqni va mazkur haqiqatni ifoda qilish uchun Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayon mo’'jizona bir suratda u shiddatli tarzi ifodani ixtiyor qilib, tamoman haqiqati balog’at bo’lgan mutobiqi muqtazo-i holga mutobaqat etadi.

Ikkinchi savol:

Tabiatdan voz kechgan va iymonga kelgan zot deydiki:

Har mavjud har jihatda, har ishida va har narsasida va har sha'nida mashiati Ilohiyaga va qudrati Rabboniyaga tobe bo’lishi juda azim bir haqiqatdir. Azamati jihatidan tor zehnlarimizga sig’maydi. Holbuki ko’zimiz bilan ko’rganimiz bu nihoyat darajada to’kinlik, ham xilqat va ijodi ashyodagi hadsiz suhulat, ham sobiq burhonlaringiz bilan tahaqquq etgan vahdat yo’lidagi ijodi ashyoda nihoyat darajada osonlik va suhulat, ham nassi Qur'on bilan bayon qilingan

مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ اِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ * وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ

kabi oyatlar sarohatan ko’rsatgan nihoyat darajada osonliklar u haqiqati azimani eng maqbul va eng ma'qul bir masala bo’lganini ko’rsatadilar. Bu osonlikning sirri va hikmati nima?

Aljavob:

Yigirmanchi Maktubning O’ninchi Kalimasi bo’lgan

وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

bayonida u sir g’oyat yaqqol va qat'iy va muqni' bir tarzda bayon qilingan. Xususan, u maktubning zaylida yanada ziyoda yaqqollik bilan isbot qilinganki; butun mavjudot Sone'-i Vohidga isnod etilgan vaqtda birgina mavjud hukmida osonlashadi. Agar Vohidi Ahadga berilmasa, birgina maxluqning ijodi butun mavjudot qadar mushkullashadi va bir urug’ bir daraxt qadar suubatli bo’ladi. Agar Sone'-i Haqiqiysiga berilsa, koinot bir daraxt kabi va daraxt bir urug’ kabi va jannat bir bahor kabi va bahor bir gul kabi osonlashadi, suhulat paydo qiladi. Va bilmushohada ko’ringan hadsiz to’kinlik va arzonlikning va har navning suhulat bilan kasrati afrodi bo’lishining va kasrati suhulat va sur'at bilan muntazam, san'atli, qiymatli mavjudotning osongina vujudga kelishining sirlariga mador bo’lgan va hikmatlarini ko’rsatgan yuzlab dalillaridan va boshqa risolalarda tafsilan bayon qilingan bir-ikkitasiga muxtasar bir ishorat qilamiz. Masalan, qandayki yuzta askar bitta zobitning idorasiga berilsa, bitta askarning yuzta zobitning idoralariga berilishidan yuz daraja osonroq bo’lgani kabi, bir qo’shinning tajhizoti askariyasi; bir markaz, bir qonun, bir fabrika va bir podshohning amriga berilgan vaqt, xuddi miqdor jihatidan bir askarning tajhizoti qadar osonlashgani kabi.. bir askarning tajhizoti askariyasi; mutaaddid markazlarga, mutaaddid fabrikalarga, mutaaddid qo’mondonlarga havolasi ham xuddi bir qo’shinning tajhizoti qadar miqdor jihatidan mushkulotli bo’ladi. Chunki birgina askarning tajhizoti uchun butun qo’shinga lozim bo’lgan fabrikalarning bo’lishi lozimdir.

Ham bir daraxtning sirri vahdat jihati bilan bir ildizda, bir markazda, bir qonun bilan mavaddi hayotiyasi berilganidan; minglab meva bergan u daraxt bir meva qadar suhulatli bo’lgani bilmushohada ko’rinadi. Agar vahdatdan kasratga ketilsa, har bir mevaga lozim mavaddi hayotiya boshqa yerdan berilsa; har bir meva bir daraxt qadar mushkulot paydo qiladi. Balki daraxtning bir anmuzaji va mundarijasi bo’lgan birgina urug’ ham u daraxt qadar suubatli bo’ladi. Chunki bir daraxtning hayotiga lozim bo’lgan butun mavaddi hayotiya birgina urug’ uchun ham lozim bo’ladi.

Xullas bu misollar kabi yuzlab misollar bor, ko’rsatadilarki; vahdatda nihoyat darajada suhulat bilan vujudga kelgan minglab mavjud shirkda va kasratda birgina mavjuddan yanada ziyoda oson bo’ladi. Boshqa risolalarda bu haqiqat ikki karra ikki to’rt bo’lar darajada isbot qilinganidan, ularga havola qilib, bu yerda yolg’iz bu suhulat va osonlikning ilm va qadari Ilohiy va qudrati rabboniya nuqtai nazaridan g’oyat muhim bir sirrini bayon qilamiz. Shundayki:

Sen bir mavjudsan. Agar Qodiri Azaliyga o’zingni bersang, bir gugurt yoqishdek, hechdan, yo’qdan, bir amr bilan, hadsiz qudrati bilan seni bir onda yaratadi. Agar sen o’zingni unga bermasang, balki moddiy sabablarga va tabiatga isnod etsang, u vaqt sen koinotning muntazam bir xulosasi, mevasi va kichik bir mundarijasi va ro’yxati bo’lganingdan; seni yaratish uchun koinotni va anosirni mayin elak bilan elaklab, hassos o’lchovlar bilan aqtori olamdan sening vujudingdagi moddalarni to’plash lozim bo’ladi. Chunki moddiy sabablar yolg’iz tarkib etadi, to’playdi. O’zlarida bo’lmaganni hechdan, yo’qdan yaratolmaganlari butun ahli aqlning yonida musaddaqdir. Unday bo’lsa, kichik bir zihayotning jismini aqtori olamdan to’plashga majbur bo’ladilar.

Xullas, vahdatda va tavhidda naqadar osonlik vashirkda va zalolatda naqadar mushkulot bor bo’lganini tushun!

Ikkinchisi:Ilm nuqtasida hadsiz bir suhulat bordir. Shundayki:

Qadar ilmning bir navidirki, hamma narsaning ma'naviy va maxsus qolipi hukmida bir miqdor tayin qiladi. Va u miqdori qadariy u narsaning vujudiga bir reja, bir nusxa hukmiga o’tadi. Qudrat ijod qilgan vaqt g’oyat suhulat bilan u qadariy miqdor ustida ijod qiladi. Agar u narsa muhit va hadsiz va azaliy bir ilmning sohibi bo’lgan Qodiri Zuljalolga berilmasa, sobiqan o’tgani kabi, minglab mushkulot emas, balki yuz maholot o’rtaga chiqadi. Chunki u miqdori qadariy va miqdori ilmiy bo’lmasa, minglab xorijiy va moddiy qoliplar kichkina bir hayvonning jasadida iste'mol qilinishi lozim bo’ladi.

Mana, vahdatda nihoyatsiz osonlik va zalolatda va shirkda hadsiz mushkulotning bir sirrini angla,

وَمَٓا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلَّا كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ

oyati naqadar haqiqatli va to’g’ri va yuksak bir haqiqatni ifoda qilganini bil!

Uchinchi savol:

Ilgari dushman, hozir do’st bo’lgan muhtadiy deydiki: Shu zamonda juda ilgarilab ketgan faylasuflar deydilarki: "Hechdan hech bir narsa ijod qilinmaydi va hech bir narsa i'dom etilmaydi; yolg’iz bir tarkib, bir parchalanishdirki, koinot fabrikasini ishlattiradi".

Aljavob:

Nuri Qur'on bilan mavjudotga qaramagan faylasuflarning eng ilgarilab ketganlari qaraganlarki, tabiat va sabablar vositasi bilan bu mavjudotning tashakkulot va vujudlarini, sobiqan isbot qilganimiz tarzda, imtino' darajasida mushkulotli ko’rganlaridan, ikki qismga ayrildilar.

Bir qismi sofistaiy bo’lib, insonning xossasi bo’lgan aqldan voz kechib, ahmoq hayvonlardan yanada past tushib, koinotning vujudini inkor qilishni; hatto o’zlarining vujudlarini ham inkor qilishni; zalolat maslagida sabablar va tabiatning ijod sohibi bo’lishlaridan yanada ziyoda oson ko’rganlaridan, ham o’zlarini, ham koinotni inkor qilib, jahli mutlaqqa tushganlar.

Ikkinchi guruh qaraganlarki; zalolatda, sabablar va tabiat mujid bo’lish nuqtasida bir chivin va bir urug’ning ijodi, hadsiz mushkuloti bor va tavri aqlning xorijida bir iqtidor iqtizo etadi. Shuning uchun bilmajburiya ijodni inkor qiladilar. "Yo’qdan bor bo’lmaydi" deydilar va i'domni ham mahol ko’radilar. "Bor yo’q bo’lmaydi" deb hukm qiladilar. Yolg’iz harakoti zarrot bilan, tasodif shamollari bilan bir tarkib va parchalanish va tarqalish va to’planish suratida bir vaziyati e'tiboriya taxayyul etadilar. Xullas sen kel, ahmoqlikning va jaholatning eng past darajasida eng yuksak aqlli deb o’zini o’ylagan odamlarni ko’r; va zalolat insonni naqadar masxara va sufliy va ajhal qilganini bil, ibrat ol! Ajabo, har yili to’rt yuz ming anvo'ni birdan zamin yuzida ijod qilgan va samovot va arzni olti kunda yaratgan va olti haftada, har bahorda koinotdan yanada san'atli, hikmatli bir zihayot koinotni insho etgan bir qudrati azaliya, bir ilmi azaliyning doirasida rejalari va miqdorlari taayyun etgan mavjudoti ilmiyani ko’zga ko’rsatmaydigan bir ajzo bilan yozilgan va ko’rinmaydigan bir yozuvni ko’rsatish uchun surilgan bir ajzo kabi, g’oyat oson u madumoti xorijiya bo’lgan mavjudoti ilmiyaga vujudi xorijiy berishni u qudrati azaliyadan uzoq ko’rish va ijodni inkor qilish; avvalgi guruh bo’lgan sofistaiylardan yanada ziyoda ahmoqona va johilonadir. Bu badbaxtlar ojizi mutlaq va yolg’iz bir juzi ixtiyoriydan boshqa qo’llarida bo’lmagan fir'avnlashgan o’z nafslari hech bir narsani i'dom va yo’q qilolmaganlaridan va hech bir zarrani, bir moddani hechdan, yo’qdan ijod qilolmaganlaridan va ishongan sabablari va tabiatlarining qo’llaridan hechdan ijod kelmagani jihat bilan, ahmoqliklaridan deydilar: "Yo’qdan bor bo’lmaydi, bor ham yo’q bo’lmaydi" deb bu botil va xato dasturni qodiri mutlaqqa tashmil etishni istaydilar. Ha, Qodiri Zuljalolning ikki tarzda ijodi bor:

Biri; ixtiro va ibdo' bilandir. Ya'ni, hechdan, yo’qdan vujud beradi va unga lozim hamma narsani ham hechdan ijod qilib qo’liga beradi.

Boshqasi; insho bilan, san'at bilandir. Ya'ni, kamoli hikmatini va ko’p asmosining jilvalarini ko’rsatish kabi juda daqiq hikmatlar uchun koinotning anosiridan bir qism mavjudotni insho etadi. Har amriga tobe bo’lgan zarrotlarni va moddalarni razzoqiyat qonuni bilan ularga yuboradi va ularda ishlattiradi. Ha, Qodiri Mutlaqning ikki tarzda, ham ibdo', ham insho suratida ijodi bor. Borni yo’q qilish va yo’qni bor qilish; eng oson, eng suhulatli, balki doimiy, umumiy bir qonunidir. Bir bahorda uch yuz ming anvo'i zihayot maxluqotning shakllarini, sifatlarini, balki zarrotlaridan boshqa butun holatlari va ahvollarini hechdan bor qilgan bir qudratga qarshi "yo’qni bor qilolmaydi" degan odam yo’q bo’lishi kerak!

Tabiatni tashlagan va haqiqatga o’tgan zot deydiki: Janobi Haqqa zarrot adadicha shukr va hamdu-sano aytamanki, kamoli iymonni qozondim, avhom va zalolatlardan xalos bo’ldim va hech bir shubham ham qolmadi.

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلٰى د۪ينِ الْاِسْلَامِ وَ كَمَالِ الْا۪يمَانِ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

TO’RTINCHI HUJJATI IYMONIYA

(O’TTIZINCHI LAM'ANING IKKINCHI NUKTASI)

وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا عِنْدَنَا خَزَٓائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُٓ اِلَّا بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ

oyatining bir nuktasi va bir ismi a'zam va yoxud ismi a'zamning olti nuridan bir nuri bo’lgan "Adl" ismining bir jilvasi, Birinchi Nukta kabi Eskishehir Hibsxonasida uzoq-uzoqlardan ko’rindi. Uni yaqinlashtirish uchun yana tamsil yo’li bilan aytamiz:

Shu koinot shunday bir saroydirki, u saroyda mutamodiyan taxrib va ta'mir ichida chayqalib turgan bir shahar bor,.. va u shaharda har vaqt harb va hijrat ichida qaynab turgan bir mamlakat bor,.. va u mamlakatda har zamon mavt va hayot ichida yumalayotgan bir olam bor. Holbuki u saroyda, u shaharda, u mamlakatda, u olamda shu daraja hayrat-angiz bir muvozana, bir mezon, bir tavzin hukm suradi, bilbedaho isbot qiladiki: Bu hadsiz mavjudotda bo’lgan tahavvulot va voridot va masorif har on umum koinotni ko’radigan, nazari taftishidan o’tkazadigan yolg’iz bir zotning mezoni bilan o’lchanadi, tortiladi. Aks holda, baliqlardan bir baliq ming tuxumchalar bilan va nabototdan hashhash kabi bir gul yigirma ming urug’ bilan va sel kabi oqqan unsurlarning, inqiloblarning hujumi bilan shiddatli ravishda muvozanani buzishga harakat qilgan va istilo qilish istagan sabablar bebosh bo’lsalar edi va yoxud maqsadsiz sarsari tasodif va mezonsiz ko’r quvvatga va shuursiz zulmatli tabiatga havola qilinsa edi, u muvozana-i ashyo va muvozana-i koinot shunday buzilar ediki, bir yilda, balki bir kunda harju-marj bo’lar edi. Ya'ni: Dengiz aralash-quralash narsalar bilan to’lar edi, sasib ketar edi; havo g’ozoti muzirra bilan zaharlanar edi; zamin esa bir mazbala, bir mazbaha, bir botqoqlikka aylanar edi. Dunyo bo’g’ilar edi.

Xullas, jasadi hayvoniyning hujayrotidan va qondagi kurayvoti hamro va bayzodan va zarrotning tahavvulotidan va jihozoti badaniyaning tanosubidan tut to dengizlarning voridot va masorifiga,.. to zamin ostidagi chashmalarning kirim va sarfiyotlariga,.. to hayvonot va nabototning tavalludot va vafiyotlariga,.. to kuz va bahorning taxribot va ta'mirotlariga,.. to unsurlarning va yulduzlarning xidamot va harakotlariga,.. to mavt va hayotning, ziyo va zulmatning va harorat va burudatning almashinishlariga va kurashishlariga va to’qnashishlariga qadar shu daraja hassos bir mezon bilan va shu qadar nozik bir o’lchov bilan tanzim etiladi va tortiladiki, aqli bashar hech bir yerda haqiqatdan hech bir isrof, hech bir abas ko’rmagani kabi, hikmati insoniya ham hamma narsada eng mukammal bir intizom, eng go’zal bir mavzuniyat ko’radi va ko’rsatadi. Balki hikmati insoniya u intizom va mavzuniyatning bir tazohuridir, bir tarjimonidir.

Xullas kel, Quyosh bilan muxtalif o’n ikki sayyoraning muvozanalariga qara. Ajabo, bu muvozana Quyosh kabi Adl va Qodir bo’lgan Zoti Zuljalolni ko’rsatmaydimi? Va ayniqsa sayyorotdan bo’lgan kemamiz, ya'ni kura-i arz bir yilda yigirma to’rt ming yillik bir doirada kezadi, sayohat qiladi. Va u horiqo tezligi bilan barobar zaminning yuzida tizilgan, terib qo’yilgan ashyoni tarqatmaydi, silkitmaydi, fazoga uchirib yubormaydi. Agar tezligi bir ozgina tazyid yoki tanqis etilsa edi, sakanasini havoga uchirib, fazoda sochib yuborar edi. Va bir daqiqa, balki bir soniya muvozanasini buzsa, dunyomizni buzib yuboradi; balki boshqasi bilan to’qnashadi, bir qiyomatni yuzaga keltiradi. Va ayniqsa zaminning yuzida nabotiy va hayvoniy to’rt yuz ming toifaning tavalludot va vafiyot jihatidan va iosha va yashash jihatidan rahimona muvozanalari, ziyo quyoshni ko’rsatgani kabi, yagona Zoti Adl va Rahimni ko’rsatadi. Va ayniqsa u hadsiz millatlarning hadsiz afrodidan birgina fardning a'zosi, jihozoti, tuyg’ulari shu daraja hassos bir mezon bilan bir-biri bilan munosabatdor va muvozanatdadirki; u tanosub, u muvozana badohat darajasida bir Sone'-i Adlu Hakimni ko’rsatadi. Va ayniqsa har fardi hayvoniyning badanidagi hujayrotning va qon yo’llarining va qondagi kurayvotning va u kurayvotdaki zarralarning shu daraja nozik va hassos va horiqo muvozanalari bor, bilbedaho isbot qiladiki: Hamma narsaning tizgini qo’lida va hamma narsaning kaliti yonida va bir narsa bir narsaga mone bo’lmaydi,.. umum ashyoni bitta narsa kabi osonlik bilan idora qilgan birgina Xoliqi Adlu Hakimning mezoni bilan, qonuni bilan, nizomi bilan tarbiya va idora qilyapti. Hashrning mahkama-i kubrosida mezoni azimi adolatida jin va insning muvozana-i a'mollarini istib'od etib ishonmagan, bu dunyoda ko’zi bilan ko’rgan bu muvozana-i akbarga diqqat qilsa, albatta istib'odi qolmaydi.

Ey isrofli, iqtisodsiz,.. ey zulmli, adolatsiz,.. ey kirli, nazofatsiz badbaxt inson! Butun koinotning va butun mavjudotning dasturi harakati bo’lgan iqtisod va nazofat va adolatga rioya qilmaganing sababli, umum mavjudotga muxolafating bilan, ma'nan ularning nafratlariga va hiddatlariga mazhar bo’lyapsan. Nimaga ishonyapsanki, umum mavjudotni zulming bilan, mezonsizliging bilan, isrofing bilan, nazofatsizliging bilan g’azablantiryapsan? Darhaqiqat, Ismi Hakimning jilva-i a'zamidan bo’lgan hikmati omma-i koinot iqtisod va isrofsizlik ustida harakat qiladi, iqtisodni amr qiladi. Va Ismi Adlning jilva-i a'zamidan kelgan koinotdagi adolati tomma umum ashyoning muvozanalarini idora qiladi va basharga ham adolatni amr qiladi. Sura-i Rahmonda

وَالسَّمَٓاءَ رَفَعَهَا وَوَضَعَ الْم۪يزَانَ اَلَّا تَطْغَوْا فِى الْم۪يزَانِ وَاَق۪يمُوا الْوَزْنَ بِالْقِسْطِ وَلَا تُخْسِرُوا الْم۪يزَانَ

oyatidagi to’rt martaba to’rt navi mezonga ishorat qilgan to’rt marta "mezon"ning zikr qilinishi, koinotda mezonning daraja-i azamatini va favquloda juda buyuk ahamiyatini ko’rsatadi. Darhaqiqat, hech bir narsada isrof bo’lmagani kabi, hech bir narsada ham haqiqiy zulm va mezonsizlik yo’qdir. Va Ismi Quddusning jilva-i a'zamidan kelib chiqqan tanzif va nazofat butun koinotning mavjudotini tozalaydi, go’zallashtiradi. Basharning kir qo’li qo’shilmaslik sharti bilan, hech bir narsada haqiqiy nazofatsizlik va xunuklik ko’rinmaydi.

Xullas, haqoiqi Qur'oniyadan va dasotiri Islomiyadan bo’lgan "adolat, iqtisod, nazofat" hayoti bashariyada naqadar asosli bittadan dastur bo’lganini angla. Va ahkomi Qur'oniya naqadar koinot bilan aloqador va koinot ichiga ildiz otgan va qurshab olganligini va u haqoiqni buzish koinotni buzish va suratini o’zgartirish kabi mumkin emasligini bil!. Va ushbu uchta ziyo-i a'zam kabi; rahmat, inoyat, hofiziyat kabi yuzlab ihotali haqiqatlar hashrni, oxiratni iqtizo va istilzom etganlari holda, hech mumkinmidirki: Koinotda va umum mavjudotda hukmfarmo bo’lgan rahmat, inoyat, adolat, hikmat, iqtisod va nazofat kabi juda quvvatli ihotali haqiqatlar; hashrning adami bilan va oxiratning kelmasligi bilan marhamatsizlikka, zulmga, hikmatsizlikka, isrofga, nazofatsizlikka, abasiyatga inqilob etsinlar? Xosho, yuz ming marta xosho! Bir chivinning haqqi hayotini rahimona muhofaza qilgan bir rahmat, bir hikmat; ajabo hashrni keltirmaslik bilan umum zishuurlarning hadsiz huquqi hayotlarini va nihoyatsiz mavjudotning nihoyatsiz huquqlarini zoye qiladimi? Va ta'biri joiz bo’lsa, rahmat va shafqatda va adolat va hikmatda hadsiz hassosiyat va diqqat ko’rsatayotgan bir hashmati rububiyat; va kamolotini ko’rsatish va o’zini tanittirish va sevdirish uchun bu koinotni hadsiz horiqo san'atlari bilan, ne'matlari bilan bezatgan bir saltanati uluhiyat, ana shunday ham umum kamolotini, ham butun maxluqotini yo’qqa chiqaradigan va inkor qildiradigan hashrsizlikka muso'ada etadimi? Xosho! Bunday bir Jamoli Mutlaq bunday bir qubhi mutlaqqa bilbedaho muso'ada etmaydi. Darhaqiqat, oxiratni inkor qilishni istagan odam, avvalo butun dunyoni butun haqoiqi bilan inkor qilishi lozim. Aks holda, dunyo butun haqoiqi bilan, yuz ming lison bilan uni takzib etib bu yolg’onida yuz ming daraja yolg’onchiligini isbotlab qo’yadi. O’ninchi So’z qat'iy dalillar bilan isbot qilgandirki, oxiratning borligi dunyoning borligichalik qat'iy va shubhasizdir.

* * *

BESHINCHI HUJJATI IYMONIYA

(ISMI A'ZAMNING OLTI NURIDAN

UCHINCHI NURIGA ISHORAT QILGAN UCHINCHI NUKTA)

اُدْعُ اِلٰى سَب۪يلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ

oyatining bir nuktasi va bir Ismi A'zam yoki Ismi A'zamning olti nuridan bir nuri bo’lgan"Ismi Hakem"ningbir jilvasi Ramazoni Sharifda ko’rindi. Unga yolg’iz bir ishorat o’laroq"Besh Nuqta"daniborat Uchinchi Nukta shoshilib yozildi, musvadda holida qoldi.

Uchinchi Nuktaning Birinchi Nuqtasi:

O’ninchi So’zda ishorat qilingani kabi: Ismi Hakemning tajalli-i a'zami shu koinotni shunday bir kitob holatiga keltirganki, har sahifasida yuzlab kitob yozilgan,.. va har satrida yuzlab sahifa joylashtirilgan,.. va har kalimasida yuzlab satr mavjuddir,.. va har harfida yuzlab kalima bor,.. va har nuqtasida kitobning muxtasar bir mundarijachasi mavjud bir tarzga keltirgandir. U kitobning sahifalari, satrlari, to nuqtalariga qadar yuzlab jihatdan naqqoshini, kotibini shunday vuzuh bilan ko’rsatadiki; u kitobi koinotning mushohadasi o’z vujudidan yuz daraja yanada ziyoda kotibining vujudini va vahdatini isbot qiladi. Chunki bir harf o’z vujudini bir harf qadar ifoda qilgani holda, kotibini bir satr qadar ifoda qiladi. Darhaqiqat, bu kitobi kabirning bir sahifasi, zamin yuzidir. U sahifada nabotot, hayvonot toifalari adadicha kitoblar bir-biri ichida, barobar, bir vaqtda, xatosiz, g’oyat mukammal bir suratda bahor mavsumida yozilgani ko’z bilan ko’rinadi. Bu sahifaning bir satri, bir bog’dir. U bog’da mavjud gullar, daraxtlar, nabotlar adadicha manzum qasidalar; barobar, bir-biri ichida, xatosiz yozilganini ko’zimiz bilan ko’ryapmiz. U satrning bir kalimasi gullagan, meva berish uchun yaprog’ini yozgan bir daraxtdir. Mana shu kalima muntazam, mavzun, bezalgan yaproq, gul va mevalari adadicha Hakemi Zuljalolning madhu sanosiga doir ma'nodor fikralardir. Go’yo gullagan har daraxt kabi, u daraxt ham naqqoshining madhlarini kuylayotgan manzum bir qasidadir.

Ham go’yo Hakemi Zuljalol zaminning mashharida tashhir etgan antiqa va ajib asarlariga minglab ko’z bilan qarashni istaydi.

Ham go’yo u Sultoni Azaliyning u daraxtga bergan murasso' hadya va nishonlarni va formalarni maxsus bayrami va rasmi kushodi bo’lgan bahorda podshohning nazariga taqdim qilish uchun shunday muzayyan, mavzun, muntazam, ma'nodor bir shakl olgan va shunday hikmatli bir shakl berilgandirki; har bir gulida, har bir mevasida bir-biri ichida ko’p vajhlar va dalillar bilan naqqoshining vujudiga va asmosiga shahodat qiladilar. Masalan: Har bir gulda, har bir mevada bir mezon bor. Va u mezon bir intizom ichida,.. va u intizom yangilanib turadigan bir tanzim va tavzin ichida,.. va u tavzin va tanzim bir ziynat va san'at ichida,.. va u ziynat va san'at ma'nodor hidlar va hikmatli ta'mlar ichida bo’lganidan; har bir gul u daraxtning gullari adadicha Hakemi Zuljalolga ishoratlar qiladi. Va ushbu bir kalima bo’lgan bu daraxtda, bir harf hukmida bo’lgan bir mevada bo’lgan bir urug’ nuqtasi butun daraxtning mundarijasini, dasturini tashuvchi kichik bir sandiqchadir. Va hokazo.. Bunga qiyosan koinot kitobining butun satrlari, sahifalari bunday Ismi Hakem va Hakimning jilvasi bilan faqatgina har bir sahifasi emas, balki har bir satri va har bir kalimasi va har bir harfi va har bir nuqtasi bittadan mo’'jiza hukmiga keltirilgandirki; butun sabablar to’plansa, bir nuqtasining nazirini keltirolmaydilar, muoraza etolmaydilar. Darhaqiqat, ushbu Qur'oni Azimi Koinotning har bir oyati takviniyasi u oyatning nuqtalari va hurufi adadicha mo’'jizalar ko’rsatganlari uchun, albatta sarsari tasodif, ko’r quvvat, g’oyasiz, mezonsiz, shuursiz tabiat hech bir jihatdan u hakimona, basirona bo’lgan xos mezonga va g’oyat nozik intizomga aralasholmaydilar. Agar aralashsaydilar, albatta aralashish asari ko’rinar edi. Holbuki hech bir jihatdan intizomsizlik ko’rinmaydi.

Uchinchi Nuktaning Ikkinchi Nuqtasi:

"Ikki Masala"dir.

Birinchi Masala:

O’ninchi So’zda bayon qilingani kabi, nihoyat kamolda bir jamol va nihoyat jamolda bir kamol, albatta o’zini ko’rish va ko’rsatish, tashhir etish istashi; eng asosli bir qoidadir. Mana bu asosli dasturi umumiyga binoandirki, bu kitobi kabiri koinotning Naqqoshi Azaliysi bu koinot orqali va bu koinotning har bir sahifasi orqali va har bir satri orqali, hatto harflari va nuqtalari orqali O’zini tanittirish va kamolotini bildirish va jamolini ko’rsatish va O’zini sevdirish uchun eng juz'iydan eng kulliyga qadar har bir mavjudning mutaaddid lisonlari bilan jamoli kamolini va kamoli jamolini tanittiradi va sevdiradi.

Mana ey g’ofil inson! Bu Hokimi Hakemi Hakimi Zuljaloli Valjamol O’zini senga har bir maxluqi orqali shunday hadsiz va porloq tarzlarda tanittirish va sevdirishni istagani holda, sen Uning tanittirishiga qarshi iymon bilan tanimasang va Uning sevdirishiga muqobil ubudiyating bilan O’zingni unga sevdirmasang, qay daraja hadsiz muzaaf bir jaholat, bir xasorat ekanligini bil, o’zingga kel!..

Ikkinchi Nuqtaning Ikkinchi Masalasi:

Bu koinotning Sone'-i Qodir va Hakimining mulkida sheriklik yeri yo’qdir. Chunki hamma narsada nihoyat darajada intizom borligi uchun, shirkni qabul qilolmaydi. Chunki mutaaddid qo’llar bir ishga aralashsa, ish chalkashadi. Bir mamlakatda ikki podshoh, bir shaharda ikki hokim, bir qishloqda ikki rais bo’lsa; u mamlakat, u shahar, u qishloqning har ishida bir chalkashlik boshlanishi kabi.. eng adno bir vazifador odam o’sha vazifasiga boshqasining mudohalasini qabul qilmasligi ko’rsatadiki; hokimiyatning eng asosli xossasi, albatta istiqlol va infiroddir. Demak, intizom vahdatni va hokimiyat infirodni iqtizo etadi. Modomiki hokimiyatning bir muvaqqat soyasi muovanatga muhtoj va ojiz insonlarda bunday mudohalani rad qilsa, albatta daraja-i rububiyatdagi haqiqiy bir hokimiyati mutlaqa, bir Qodiri Mutlaqda butun shiddati bilan mudohalani rad qilishi kerakdir. Agar zarra qadar mudohala bo’lsa edi, intizom buzilib ketar edi. Holbuki bu koinot shunday bir tarzda yaratilganki, bir urug’ni yaratish uchun bir daraxtni yarata oladigan bir qudrat lozimdir. Va bir daraxtni yaratish uchun ham koinotni yarata oladigan bir qudrat kerakdir. Va koinot ichida ishga aralashadigan bir sherik bor bo’lsa, eng kichik bir urug’da ham hissador bo’lishi lozim bo’ladi. Chunki bu uning namunasidir. U holda ulkan koinotda sig’magan ikki rububiyat bir urug’da, balki bir zarrada joylashishi lozim bo’ladi. Bu esa maholotning va botil xayolotning eng ma'nosiz va eng uzoq bir maholidir. Ulkan koinotning umum ahvol va holatlarini mezoni adlida va nizomi hikmatida tutgan bir Qodiri Mutlaqning ajzini, hatto bir urug’da ham iqtizo etadigan shirk va kufr naqadar hadsiz darajada muzaaf bir xilof, bir xato, bir yolg’on ekanligini,.. va tavhid qay daraja hadsiz muzaaf bir darajada haq va haqiqat va to’g’ri ekanligini bil,

اَلْحَمْدُ لِلّٰهِ عَلَى الْا۪يمَانِ

degin!..

Uchinchi Nuqta:

Sone'-i Qodir Ismi Hakem va Hakimi bilan bu olam ichida minglab muntazam olamlarni joylashtirgandir. U olamlar ichida eng ziyoda koinotdagi hikmatlarga mador va mazhar bo’lgan insonni bir markaz, bir mador hukmida yaratgan. Va u koinot doirasining eng muhim hikmatlari va foydalari insonga qaratilgan. Va inson doirasi ichida ham rizqni bir markaz hukmiga keltirgan. Olami insoniyda aksar hikmatlar, manfaatlar u rizqqa qaratilgan va u bilan tazohur etadi. Va insonda shuur va rizqda zavq vositasi bilan Ismi Hakimning jilvasi porloq bir suratda ko’rinadi. Va shuuri insoniy vositasi bilan kashf qilingan yuzlab fanlardan har bir fan Hakem ismining bir navdagi bir jilvasini ta'rif qiladi. Masalan Tibbiyot Fanidan so’ralsa: "Bu koinot nima o’zi?" Albatta aytadiki: "G’oyat muntazam va mukammal bir dorixona-i kubrodir. Ichida har bir dori go’zal tarzda ihzor va istif etilgandir". Fanni kimyodan so’ralsa: "Bu Kura-i Arz nima?" Aytadi: "G’oyat muntazam va mukammal bir kimyoxonadir". Fanni Uskuna aytadi: "Hech bir kamchiligi bo’lmagan g’oyat mukammal bir fabrikadir". Fanni Ziroat deydi: "Nihoyat darajada hosildor, har navi hububni vaqtida yetishtirgan muntazam bir ekinzordir va mukammal bir bog’dir". Fanni Tijorat aytadi: "G’oyat muntazam bir ko’rgazma va juda ham intizomli bir bozor va mollari juda san'atli bir do’kondir". Fanni iosha aytadi: "G’oyat muntazam, butun arzoqning anvo'ini jamlagan bir ombordir". Fanni rizq aytadi: "Yuz minglab laziz taomlar barobar kamoli intizom bilan ichida pishiriladigan bir matbaxi Rabboniy va bir qozoni Rahmoniydir". Fanni askariya aytadiki: "Arz bir lashkargohdir. Har bahor mavsumida xizmatga yangi chaqirilgan va zamin yuzida chodirlari qurilgan to’rt yuz ming muxtalif millatlar u qo’shinda bo’lgani holda; farqli-farqli arzoqlari, farqli-farqli liboslari, qurollari, farqli-farqli ta'limotlari, tarhisotlari kamoli intizom bilan hech birini unutmasdan va adashmasdan, birgina Qo’mondoni A'zamning amri bilan, quvvati bilan, marhamati bilan, xazinasi bilan g’oyat muntazam qilinib idora etiladi". Va Fanni Elektrdan so’ralsa, albatta aytadiki: "Bu muhtasham saroyi koinotning tomi g’oyat intizomli, mezonli hadsiz elektr chiroqlari bilan tazyin etilgandir. Faqat shu qadar horiqo bir intizom va mezon bilanki: Boshda Quyosh o’laroq, Kura-i Arzdan ming marta katta u samoviy chiroqlar mutamodiyan yonib turganlari holda, muvozanalarini buzmaydilar, portlamaydilar, yong’in chiqarmaydilar. Sarfiyotlari hadsiz bo’lgani holda, voridotlari va kerosinlari va modda-i ishti'ollari qayerdan kelyapti? Nima uchun tugamaydi? Nima uchun yonish muvozanasi buzilmaydi?.. Kichik bir chiroq ham muntazam qarab turilmasa, so’nadi. Astronomiyaga ko’ra, Kura-i Arzdan bir milliondan ortiq katta va bir million yildan ziyod yashagan Quyoshni

{(Hoshiya) Ajabo, dunyo saroyini isitayotgan Quyosh o’chog’iga yoki chirog’iga qancha o’tin va ko’mir va kerosin kerakligi chamalab ko’rilsin. Har kun yonishi uchun -Astronomiyaning so’ziga qaraganda- bir millionta Kura-i Arz qadar o’tin yig’inlari va minglab dengizlar qadar kerosin kerak bo’ladi. Endi o’ylab ko’r; uni o’tinsiz, kerosinsiz doimiy ravishda yondirib turgan Qodiri Zuljalolning haybatiga, hikmatiga, qudratiga Quyoshning zarralari adadicha "Subhanalloh, Mashaalloh, Barakalloh" degin.}

ko’mirsiz, yog’siz yondirayotgan, o’chirib qo’ymayotgan Hakimi Zuljalolning hikmatiga, qudratiga qara. "Subhanalloh" degin. Quyoshning muddati umrida o’tgan daqiqalarining ashiroti adadicha "Mashaalloh, Barakalloh, La Ilaha Illa Hu" deb ayt. Demak, bu samoviy chiroqlarda g’oyat horiqo bir intizom bor va ularga juda diqqat bilan qarab turilibdi. Go’yo u juda katta va juda ko’p kitla-i noriyalarning va g’oyat ko’p qanadili nuriyalarning bug’ qozoni esa, harorati tugamaydigan bir Jahannamdirki, ularga nursiz harorat beradi. Va u elektr chiroqlarining generatori va markaziy fabrikasi, doimiy bir Jannatdirki, ularga nur va yorug’lik beradi. Ismi Hakem va Hakimning jilva-i a'zami bilan, intizomli shaklda yonishlari davom etadi. Va hokazo... Shularga qiyosan, yuzlab fanlardan har birining qat'iy shahodatiga ko’ra, nuqsonsiz bir intizomi akmal ichida hadsiz hikmatlar, manfaatlar bilan bu koinot tazyin etilgandir. Va u horiqo va ihotali hikmat bilan majmu-i koinotga bergan intizom va hikmatlarni eng kichik bir zihayot va bir urug’da kichik bir miqyosda joylashtirgandir. Va ma'lum va badihiydirki, intizom bilan g’oyalarni va hikmatlarni va foydalarni ta'qib qilish; ixtiyor bilan, iroda bilan, qasd bilan, mashiat bilan bo’lishi mumkin; boshqacha bo’lmaydi. Ixtiyorsiz, irodasiz, qasdsiz, shuursiz sabablar va tabiatning ishi bo’lmagani kabi, mudohalalari ham mumkin emas. Demak, bu koinotning butun mavjudotidagi hadsiz intizomot va hikmatlari bilan iqtizo etganlari va ko’rsatganlari bir Foili Muxtorni, bir Sone'-i Hakimni bilmaslik yoki inkor qilish naqadar ajib bir jaholat va devonalik ekanligini ta'riflab bo’lmaydi. Darhaqiqat, dunyoda eng ko’p hayrat qilinadigan bir narsa bo’lsa, u ham ana shu inkordir. Chunki koinotning mavjudotidagi hadsiz intizomot va hikmatlari bilan, vujud va vahdatiga shohidlar bo’lgani holda, uni ko’rmaslik, bilmaslik naqadar ko’rlik va jaholat ekanligini eng ko’r johil ham anglaydi. Hatto ayta olamanki; ahli kufrning ichida koinotning vujudini inkor qilganlari sababli ahmoq deb o’ylangan sofistaiylar eng aqllilaridir. Chunki koinotning vujudini qabul qilish bilan Allohga va Xoliqiga ishonmaslik qobil va mumkin bo’lmagani uchun, koinotni inkor qilishni boshladilar. O’zlarini ham inkor qildilar. "Hech narsa yo’q" deb aqldan iste'fo etib, aql pardasi ostida boshqa munkirlarning hadsiz aqlsizliklaridan qutulib, bir daraja aqlga yaqinlashdilar.

To’rtinchi Nuqta:

O’ninchi So’zda ishorat qilingani kabi: Bir Sone'-i Hakim va g’oyat hikmatli bir usta bir saroyning har bir toshida yuzlab hikmatni hassosiyat bilan ta'qib etsa, so’ngra u saroyning tomini yopmasdan bekordan-bekorga xarob bo’lishi bilan ta'qib etgan hadsiz hikmatlarni zoye qilishini hech bir zishuur qabul qilmagani,.. va bir Hakimi Mutlaq kamoli hikmatidan bir dirham qadar bir urug’dan yuzlab botmon foydalarni, g’oyalarni, hikmatlarni diqqat bilan ta'qib etgani holda; tog’ kabi ulkan daraxtga bir dirham qadar bir dona foyda, bir dona kichik g’oya, bir dona meva berish uchun u ulkan daraxtning juda ko’p masorifini qilish bilan o’z hikmatiga butun-butun zid va muxolif o’laroq musrifona bir safohat irtikob etishi hech bir jihat bilan imkoni bo’lmagani kabi; aynan shuningdek, bu koinot saroyining har bir mavjudotiga yuzlab hikmat taqqan va yuzlab vazifa bilan tajhiz etgan, hatto har bir daraxtga mevalari adadicha hikmatlar va gullari adadicha vazifalar bergan bir Sone'-i Hakim qiyomatni keltirmaslik bilan va hashrni qilmaslik bilan butun son-sanoqsiz hikmatlarni va nihoyatsiz vazifalarni ma'nosiz, abas, behuda, foydasiz zoye qilishi, u Qodiri Mutlaqning kamoli qudratiga ajzi mutlaq bergani kabi, u Hakimi Mutlaqning kamoli hikmatiga hadsiz abasiyat va foydasizlikni va u Rahimi Mutlaqning jamoli rahmatiga nihoyatsiz xunuklikni va u Odili Mutlaqning kamoli adolatiga nihoyatsiz zulmni berish demakdir. Go’yo, koinotda hammaga ko’ringan hikmat, rahmat, adolatni inkor qilishdir. Bu esa eng ajib bir maholdirki, hadsiz botil narsalar ichida topiladi. Ahli zalolat kelsin, qarasin; oxir oqibat boradigan qabri kabi, o’z zalolati qay daraja dahshatli bir zulmat, bir qorong’ilik va ilonlarning, chayonlarning uyasi bo’lgan chuqur ekanligini ko’rsin. Va oxiratga iymon esa, Jannat kabi go’zal va nuroniy bir yo’l ekanligini bilsin, iymonga kirsin.

Beshinchi Nuqta:

"Ikki Masala"dir.

Birinchi Masala:

Sone'-i Zuljalol Ismi Hakimning muqtazosi bilan, hamma narsada eng yengil suratni, eng qisqa yo’lni, eng oson tarzni, eng foydali shaklni ahamiyat bilan ta'qib qilgani ko’rsatadiki; isrof, abasiyat, foydasizlik fitratda yo’qdir. Isrof esa, Ismi Hakimning ziddi bo’lgani kabi, iqtisod uning lozimidir va dasturi asosidir.

Ey iqtisodsiz isrofli inson! Butun koinotning eng asosli dasturi bo’lgan iqtisodga rioya qilmaganing uchun, naqadar xilofi haqiqat harakat qilganingni bil!

كُلُوا وَ اشْرَبُوا وَ لَا تُسْرِفُوا

oyati naqadar asosli, keng bir dasturni dars berganini angla!..

Ikkinchi Masala:

Ismi Hakem va Hakim badohat darajasida Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning risolatiga dalolat va istilzom etadi deyish mumkin. Darhaqiqat, modomiki g’oyat ma'nodor bir kitob, uni dars beradigan bir muallim istar. Va g’oyat go’zal bir jamol, o’zini ko’radigan va ko’rsatadigan bir oyna iqtizo etar. Va g’oyat kamolda bir san'at, tashhirchi bir dallol istar. Albatta har bir harfida yuzlab ma'nolar, hikmatlar bo’lgan bu kitobi kabiri koinotning muxotobi bo’lgan navi inson ichida albatta bir rahbari akmal, bir muallimi akbar bo’lishi shart. Toki u kitobda bo’lgan qudsiy va haqiqiy hikmatlarni dars beradigan,.. balki koinotdagi hikmatlarning vujudini bildiradigan,.. balki koinotning xilqatidagi maqosidi Rabboniyaning zuhuriga, balki husuliga vasila bo’ladigan,.. va umum koinotda Xoliq tarafidan g’oyat ahamiyat bilan izhorini iroda qilgan kamoli san'atini, jamoli asmosini bildiradigan, oynadorlik qiladigan,.. va u Xoliq butun mavjudot orqali o’zini sevdirish va zishuur maxluqlaridan muqobala istaganidan, u zishuurlarning nomidan bittasi u keng tazohuroti rububiyatga qarshi keng bir ubudiyat bilan muqobala etib, barr va bahrni jazbaga keltiradigan, Samovot va Arzni larzaga soladigan bir valvala-i tashhir va taqdis bilan u zishuurlarning nazarini u san'atlarning Sone'iga buradigan,.. va qudsiy darslar va ta'limot bilan butun ahli aqlning quloqlarini o’ziga qaratadigan bir Qur'oni Azimushshon bilan, u Sone'-i Hakemi Hakimning maqosidi Ilohiyasini eng go’zal bir suratda ko’rsatadigan,.. va butun hikmatlarining tazohuriga va tazohuroti jamoliya va jaloliyasiga qarshi eng akmal bir muqobala etadigan bir zot, Quyoshning vujudi kabi bu koinotga lozimdir, zaruriydir. Va shunday qilgan va eng akmal bir suratda u vazifalarni amalga oshirgan, bilmushohada Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdir. Shunday ekan; Quyosh ziyoni, ziyo kunduzni istilzom etgan darajada; koinotdagi hikmatlar Risolati Ahmadiyani (S.A.V.) istilzom etadi.

Darhaqiqat, qandayki Ismi Hakem va Hakimning jilva-i a'zami bilan, a'zamiy darajada Risolati Ahmadiyani iqtizo etadi. Xuddi shuning kabi, asmo-i husnadan Alloh, Rahmon, Rahim, Vadud, Mun'im, Karim, Jamil, Rob kabi ko’p ismlarning har biri koinotda ko’ringan bir jilva-i a'zam bilan, a'zamiy darajada va martaba-i qat'iyatda Risolati Ahmadiyani (S.A.V.) istilzom etadilar.

Masalan: Ismi Rahmonning jilvasi bo’lgan rahmati vase'a u Rahmatan lil olamin bilan tazohur etadi. Va Ismi Vadudning jilvasi bo’lgan tahabbubi Ilohiy va taarrufi Rabboniy u Habibi Rabbul Olamin bilan natija beradi, muqobala ko’radi. Va Ismi Jamilning bir jilvasi bo’lgan butun jamollar; ya'ni jamoli zot, jamoli asmo, jamoli san'at, jamoli masnu'ot ham u oyna-i Ahmadiyada ko’riladi, ko’rsatiladi. Va hashmati rububiyat va saltanati uluhiyatning jilvalari ham u dalloli saltanati rububiyat bo’lgan Zoti Ahmadiyaning risolati bilan bilinadi, ko’rinadi, tushuniladi, tasdiq etiladi. Va hokazo... Bu misollar kabi aksar asmo-i husnaning har biri Risolati Ahmadiyaga bittadan porloq burhondir.

Alhosil:

Modomiki koinot mavjuddir va inkor qilinmaydi. Albatta koinotning ranglari, ziynatlari, yorug’liklari, ziyolari, san'atlari, hayotlari, robitalari hukmida bo’lgan hikmat, inoyat, rahmat, jamol, nizom, mezon, ziynat kabi mashhud haqiqatlar hech bir jihatdan inkor qilinmaydi. Modomiki u sifatlarning, fe'llarning inkori mumkin emas ekan; albatta u sifatlarning mavsufi va u fe'llarning foili va u ziyolarning quyoshi bo’lgan Zoti Vojib-ul Vujud, Hakim, Karim, Rahim, Jamil, Hakem, Adl ham hech bir jihatdan inkor qilinmaydi va inkori mumkin emas. Va albatta u sifatlarning va u fe'llarning madori zuhurlari, balki madori kamollari, balki madori tahaqquqlari bo’lgan rahbari akbar, muallimi akmal va dalloli a'zam va tilsimi koinotning kashshofi va oyna-i Samadoniy va Habibi Rahmoniy bo’lgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolati hech bir jihatdan inkor qilinmaydi. Olami haqiqatning va haqiqati koinotning ziyolari kabi, u Zotning risolati ham koinotning eng porloq bir ziyosidir.

عَلَيْهِ وَعَلٰى اٰلِه۪ وَصَحْبِهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ بِعَدَدِ عَاشِرَاتِ الْاَيَّامِ وَذَرَّاتِ الْاَنَامِ

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

* * *

OLTINCHI HUJJATI IYMONIYA

(O’NINCHI SO’ZNING TO’QQIZINCHI HAQIQATI)

TO’QQIZINCHI HAQIQAT: Bobi ihyo va Imotadir. Ismi Hayyi Qayyumning, Muhyi va Mumitning jilvasidir.

Hech mumkinmidirki: O’lgan, qurigan ulkan Arzni ihyo etgan va u ihyo ichida har biri bashar hashri kabi ajib, uch yuz mingdan ziyod anvo'i maxluqotni hashr va nashr etib, qudratini ko’rsatgan va u hashr va nashr ichida nihoyat darajada chalkashlik va ixtilot ichida nihoyat darajada imtiyoz va tafriq bilan ihota-i ilmiyasini ko’rsatgan va butun samoviy farmonlari bilan basharning hashrini va'da berish bilan butun ibodining anzorini saodati abadiyaga o’girgan va butun mavjudotni boshni boshga, yelkani yelkaga, qo’lni qo’lga berdirib, amr va irodasi doirasida aylantirib bir-biriga yordamchi va musahhar qilish bilan azamati rububiyatini ko’rsatgan;va basharni shajara-i koinotning eng jamlagan va eng nozik va eng nozanin, eng nozdor, eng niyozdor bir mevasi qilib yaratib, o’ziga muxotob ittihoz etib hamma narsani unga musahhar qilish bilan insonga bu qadar ahamiyat berganini ko’rsatgan bir Qodiri Rahim, bir Alimi Hakim; qiyomatni keltirmasin? Hashrni qilmasin va qilolmasin? Basharni ihyo etmasin yoki etolmasin? Mahkama-i kubroni ocholmasin? Jannat va Jahannamni yaratolmasin? Xosho va kallo!.

Ha, shu olamning Mutasarrifi Zishoni har asr, har yil, har kun bu tor, muvaqqat ro’yi zaminda hashri akbarning va maydoni qiyomatning juda ko’p amsolini va namunalarini va ishorotini ijod qilyapti. Azjumla: Hashri bahoriyda ko’ryapmizki; besh-olti kun mobaynida kichik va katta hayvonot va nabototdan uch yuz mingdan ziyod anvo'ni hashr etib nashr qilyapti. Butun daraxtlarning, o’tlarning ildizlarini va bir qism hayvonlarni aynan ihyo etib i'oda etyapti. Boshqalarini ayniyat darajasida bir misliyat suratida ijod qilyapti. Holbuki moddatan farqlari juda oz bo’lgan danakchalar shu qadar aralashgan ekan, kamoli imtiyoz va tashhis bilan shu qadar tezlik va vus'at va suhulat ichida kamoli intizom va mezon bilan olti kun yoki olti hafta mobaynida ihyo etilyapti. Hech mumkinmiki: Bu ishlarni qilgan Zotga biron narsa og’ir kela olsin; samovot va arzni olti kunda yarata olmasin, insonni bir hayqiriq bilan hashr etolmasin? Xosho!

Ajabo: Mo’'jiznamo bir kotib bo’lsa; harflari yo buzilgan yoki mahv bo’lgan uch yuz ming kitobni birgina sahifada chalkashtirmasdan, g’alatsiz, sahvsiz, nuqsonsiz, hammasini barobar, g’oyat go’zal bir suratda bir soatda yozsa; birisi senga desa: Shu kotib o’zi ta'lif etgan sening suvga tushib ketgan kitobingni qaytadan, bir daqiqa mobaynida hofizasidan yozadi. Sen ayta olasanmiki: "Qilolmaydi va ishonmayman"‌

Va yoxud, bir sultoni mo’'jizakor o’z iqtidorini ko’rsatish uchun yoki ibrat va tanazzuh uchun bir ishorat bilan tog’larni ko’taradi, mamlakatlarni tabdil etadi, dengizni quruqlikka aylantirganini ko’rganing holda, so’ngra ko’rsangki; katta bir tosh soyga dumalab tushgan. U zotning o’z ziyofatiga da'vat qilgan musofirlarining yo’lini to’sgan, o’tolmayaptilar. Biri senga desa: U zot bir ishorat bilan u toshni, qanchalar katta bo’lsa bo’lsin, olib tashlaydi yoki parchalab sochib yuboradi. Musofirlarini yo’lda qoldirmaydi. Sen desangki: Ko’tarmaydi yoki ko’tarolmaydi.

Va yoxud, bir zot bir kunda yangidan katta bir qo’shinni tashkil qilgani holda biri desa: U zot bir karnay ovozi bilan afrodi istirohat uchun tarqalgan harbiy qismlarni to’playdi. Harbiy qismlar nizomi ostiga kiradilar. Sen desangki: Ishonmayman! Qanchalar telbalarcha harakat qilganingni anglaysan...

Mana shu uch tamsilni fahmlagan bo’lsang, boq: Naqqoshi Azaliy ko’zimizning o’ngida qishning oq sahifasini varaqlab, bahor va yoz yashil yaprog’ini ochib, ro’yi arzning sahifasida uch yuz mingdan ziyod anvo'ni, qudrat va qadar qalami bilan ahsani surat tarzida yozadi. Bir-biri ichida bir-biriga aralashmaydi. Barobar yozadi, bir-biriga mone bo’lmaydi. Tuzilish jihatidan, surat jihatidan bir-biridan boshqa, hech adashtirmaydi. Xato yozmaydi.Ha, eng katta bir daraxtning ruh dasturini bir nuqta kabi eng kichik bir urug’da joylashtirib muhofaza qilgan Zoti Hakimi Hafiz; vafot qilganlarning ruhlarini qanday muhofaza qiladi, deyiladimi? Va Kura-i Arzni bir sopqon toshi kabi aylantirgan Zoti Qodir; oxiratga ketgan musofirlarining yo’lidan qanday bu Arzni olib tashlaydi yoki yo’q qilib yuboradi, deyiladimi?Ham hechdan, qaytadan butun zihayotning qo’shinlarini butun jasadlarining harbiy qismlarida kamoli intizom bilan zarrotni Amri كُنْ فَيَكُونُ bilan qayd qilib joylashtirgan, qo’shinlar ijod qilgan Zoti Zuljalol; harbiy qism-misol jasadning nizomi ostiga kirish bilan, bir-biri bilan tanishgan zarroti asosiya va ajzo-i asliyasini bir hayqiriq bilan qanday to’play oladi, deyiladimi?

Ham bu bahor hashriga o’xshagan, dunyoning har davrida, har asrida, hatto kecha-kunduzning tabdilida, hatto osmondagi bulutlarning ijod va ifnosida hashrga namuna va misol va alomat bo’ladigan qanchalar naqshlar qilganini ko’zing bilan ko’ryapsan. Hatto agar xayolan ming yil avval o’zingni faraz qilsang, keyin zamonning ikki qanoti bo’lgan moziy bilan mustaqbalni bir-biriga qarshilashtirsang; asrlar, kunlar adadicha misoli hashr va qiyomatning namunalarini ko’rasan. Keyin bu qadar namuna va misollarni mushohada etganing holda, hashri jismoniyni aqldan uzoq ko’rib istib'od etish bilan inkor qilsang; naqadar telbalik ekanini o’zing ham anglaysan. Boq! Farmoni A'zam bahs qilganimiz haqiqatga doir nima deyapti:

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Alhosil:

Hashrga mone hech bir narsa yo’qdir. Muqtaziy esa hamma narsadir. Ha, mahshari ajoyib bo’lgan shu ulkan Arzni oddiy bir hayvon kabi imota va ihyo etgan va bashar va hayvonga yoqimli bir beshik, go’zal bir kema qilgan va Quyoshni ularga shu musofirxonada nur beruvchi va isituvchi bir chiroq qilgan, sayyorotni malaklariga tayyora qilgan bir zotning, bu daraja muhtasham va sarmadiy rububiyati va bu daraja muazzam va qamragan hokimiyati; albatta, faqat bunday o’tkinchi, davomsiz, beqaror, ahamiyatsiz, mutag’ayyir, bebaqo, noqis, takammulsiz umuri dunyo ustida qurilmaydi va turmaydi. Demak, unga shoyista, doimiy, barqaror, bezavol, muhtasham bir diyori oxar bor. Boshqa boqiy bir mamlakati bordir. Bizni u uchun ishlattiradi. U yerga da'vat qiladi va u yerga naql qilishiga; zohirdan haqiqatga o’tgan va qurbi huzuriga musharraf bo’lgan butun arvohi nayyira asxobi, butun qulubi munavvara aqtobi, butun uquli nuroniya arbobi shahodat qiladilar va bir mukofot va mujozot ihzor etganini muttafiqan xabar beradilar va mukarraran juda kuchli va'da va juda shiddatli tahdid etadilar, naql etadilar.

Xulf-ul va'd esa ham zillat, ham tazalluldir. Hech bir jihat bilan jaloli qudsiyatiga yaqinlasholmaydi. Xulf-ul va'id esa yo avfdan, yo ojizlikdan keladi. Holbuki kufr; jinoyati mutlaqadir,

{(Hoshiya) Ha, kufr mavjudotning qiymatini isqot va ma'nosizlik bilan ittihom etganidan; butun koinotga qarshi bir tahqir va mavjudot oynalarida jilva-i asmoni inkor bo’lganidan; butun asmo-i Ilohiyaga qarshi bir tazyif va mavjudotning vahdoniyatga bo’lgan shahodatlarini rad etganidan; butun maxluqotga qarshi bir takzib bo’lganidan; iste'dodi insoniyni shunday ifsod etadiki, saloh va xayrni qabulga layoqati qolmaydi. Ham bir zulmi azimdirki, umum maxluqotning va butun asmo-i Ilohiyaning huquqiga bir tajovuzdir. Mana shu huquqning muhofazasi va nafsi kofir xayrga qobiliyatsizligi, kufrning adami avfini iqtizo etadi.

اِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظ۪يمٌ

shu ma'noni ifoda qiladi.}

avf mumkin emas.Qodiri Mutlaq esa ojizlikdan munazzah va muqaddasdir. Shohidlar, muxbirlar esa; maslaklarida, mashrablarida, mazhablarida muxtalif bo’lganlari holda, kamoli ittifoq bilan shu masalaning asosida muttahiddirlar. Kasrat jihati bilan tavotur darajasidadirlar. Holat jihati bilan ijmo' quvvatidadirlar. Mavqe jihatidan har biri navi basharning bir yulduzi, bir toifaning ko’zi, bir millatning azizidirlar. Ahamiyat jihatidan shu masalada ham ahli ixtisos, ham ahli isbotdirlar.Holbuki bir fanda yoki bir san'atda ikki ahli ixtisos minglab boshqalardan murajjahdirlar va ixborda ikki musbit minglab inkorchilarga tarjih etiladi. Masalan: Ramazon hilolining subutini ixbor etgan ikki odam minglab munkirlarning inkorlarini yo’qqa chiqaradilar.

Alhosil:

Dunyoda bundan yanada to’g’ri bir xabar, yanada sog’lom bir da'vo, yanada zohir bir haqiqat bo’lolmaydi. Demak, shubhasiz dunyo bir ekinzordir. Mahshar esa bir baydardir, xirmondir. Jannat, Jahannam esa bittadan mahzandir.

* * *

YETTINCHI HUJJATI IYMONIYA

(O’TTIZ UCHINCHI MAKTUBNING O’N YETTINCHI DERAZASI)

اِنَّ فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ لَاٰيَاتٍ لِلْمُؤْمِن۪ينَ

Zamin yuzini yoz zamonida tomosha qilib ko’ryapmizki: Ijodi ashyoda mushavvashiyatni iqtizo etgan va intizomsizlikka sabab bo’lgan nihoyatsiz saxovat va bir judi mutlaq g’oyat darajada bir saranjomlik va intizom ichida ko’rinyapti. Mana, zamin yuzini tazyin etgan butun nabototni ko’r. Ham mezonsizlikni va qo’pollikni iqtizo etgan ijodi ashyodagi mutlaq tezlik ham kamoli mavzuniyat ichida ko’rinyapti. Mana, zamin yuzini bezatgan butun mevalarga qara. Ham ahamiyatsizlikni, balki xunuklikni iqtizo etgan kasrati mutlaqa ham kamoli husni san'at ichida ko’rinyapti. Mana, yer yuzini porlatgan butun gullarga qara! Ham san'atsizlikni, oddiylikni iqtizo etgan ijodi ashyodagi suhulati mutlaqa ham nihoyatsiz darajada san'atkorlik va mahorat va ihtimomkorlik ichida ko’rinyapti. Mana, yer yuzidagi daraxt va nabotot jihozotining sandiqchalari va dasturlari va tarixcha-i hayotlarining qutichalari hukmida bo’lgan butun urug’larga, danaklarga diqqat bilan qara. Ham ixtilof va har xillikni iqtizo etgan uzoqlik va budi mutlaq ham ittifoqi mutlaq ichida ko’rinyapti. Mana, butun aqtori zaminda ekilgan har navi urug’larga qara. Ham aralashish va bulg’anishni iqtizo etgan kamoli ixtilot, aksincha kamoli imtiyoz va tafriq ichida ko’rinyapti. Mana, butun yer ostiga aralash otilgan va modda e'tibori bilan bir-biriga o’xshagan urug’larning unib chiqish vaqtida kamoli imtiyozlari va daraxtlarga kirgan muxtalif moddalarning yaproq, gul va mevalarga kamoli imtiyoz bilan tafriqlari va me'daga kirgan aralash g’idolarning muxtalif a'zo va hujayrotga ko’ra kamoli imtiyoz bilan ayrilishlariga boq, kamoli hikmat ichida kamoli qudratni ko’r. Ham ahamiyatsizlikni, qiymatsizlikni iqtizo etgan g’oyat darajada mabzuliyat va nihoyat darajada arzonlik ham, yer yuzida masnu'ot jihatidan, san'at jihatidan nihoyat darajada qiymatli va qimmat bir holatda ko’rinyapti. Mana, u hadsiz ajoyibi san'at ichida yer yuzining Rahmoniy dasturxonida yolg’iz qudratning shirinliklari bo’lgan tutlarning navlariga qara! Kamoli rahmatni kamoli san'at ichida ko’r. Mana, butun ro’yi zaminda g’oyat qimmatlilik bilan barobar hadsiz arzonlik; va hadsiz arzonlik ichida hadsiz ixtilot va chalkashlik bilan barobar hadsiz imtiyoz va tafriq; va hadsiz imtiyoz va tafriq ichida g’oyat uzoqlik bilan barobar nihoyat darajada muvofaqat va o’xshashlik; va nihoyat darajada o’xshashlik ichida g’oyat darajada suhulat va osonlik bilan barobar g’oyat darajada ihtimomkorona yaratilish; va g’oyat darajada go’zal yaratilish ichida mutlaq jadallik va tezlik bilan barobar g’oyat darajada mavzun va mezonli va isrofsizlik; va g’oyat darajada isrofsizlik ichida nihoyat daraja ko’plik va kasrat bilan barobar nihoyat darajada husni san'at; va nihoyat daraja husni san'at ichida nihoyat darajada saxovat bilan barobar intizomi mutlaq.. albatta kunduz ziyoni, nur quyoshni ko’rsatgani kabi, bir Qodiri Zuljalolning, bir Hakimi Zulkamolning, bir Rahimi Zuljamolning vujubi vujudiga va kamoli qudratiga va jamoli rububiyatiga va vahdoniyatiga va ahadiyatiga shahodat qiladilar.

لَهُ الْاَسْمَٓاءُ الْحُسْنٰى

ning sirrini ko’rsatadilar.

Endi ey bechora johil, g’ofil, muannid, muattil! Bu haqiqati uzmoni nima bilan tafsir qila olasan? Bu nihoyat darajada mo’'jiza va horiqo holatni nima bilan izoh qila olasan! Bu hadsiz darajada ajib shu san'atlarni nimaga isnod eta olasan? Bu yer yuzi darajasida keng shu derazaga qaysi parda-i g’aflatni tashlab berkita olasan? Sening tasodifing qayoqda, tabiat deganing va ishonganing shuursiz yo’ldoshing va zalolatda istinodgohing va o’rtog’ing qayoqda? Bu ishlarga tasodifning aralasha olishi yuz daraja mahol emasmi? Va shu horiqo ishlarning mingdan birining tabiatga havolasi ming daraja mahol bo’lmaydimi?

Bo’lmasa jomid, ojiz tabiatning har bir narsaning ichida o’sha narsadan yasalgan ashyo adadicha ma'naviy uskuna va matbaalari bormi?..

* * *

SAKKIZINCHI HUJJATI IYMONIYA

MUNOJOT

Bu Sakkizinchi Hujjati Iymoniya vujubi vujudga va vahdoniyatga dalolat qilgani kabi, ham daloili qat'iya bilan rububiyatning qamroviga va qudratining azamatiga dalolat qiladi. Ham hokimiyatining qamroviga va rahmatining qurshoviga ham dalolat va isbot qiladi. Ham koinotning butun ajzosiga hikmatining qamrovini va ilmining qurshovini isbot qiladi.

Alhosil:

Bu Sakkizinchi Hujjati Iymoniyaning har bir muqaddimasining sakkiz natijasi bor. Sakkiz muqaddimalarning har birida sakkiz natijani dalillari bilan isbot qiladiki, bu jihatdan bu Sakkizinchi Hujjati Iymoniyada yuksak maziyatlar bordir.

Said Nursiy.

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

اِنَّ ف۪ى خَلْقِ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافِ الَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَالْفُلْكِ الَّت۪ى تَجْر۪ى فِى الْبَحْرِ بِمَا يَنْفَعُ النَّاسَ وَمَٓا اَنْزَلَ اللّٰهُ مِنَ السَّمَٓاءِ مِنْ مَٓاءٍ فَاَحْيَا بِهِ الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ ف۪يهَا مِنْ كُلِّ دَٓابَّةٍ وَتَصْر۪يفِ الرِّيَاحِ وَالسَّحَابِ الْمُسَخَّرِ بَيْنَ السَّمَٓاءِ وَالْاَرْضِ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ

[Uchinchi Shua bo’lgan bu Munojot Risolasi mazkur oyatning bir navi tafsiridir.]

Ya Ilohi va ya Robbi!

Men iymonning ko’zi bilan va Qur'onning ta'limi bilan va nuri bilan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning darsi bilan va Ismi Hakimning ko’rsatishi bilan ko’ryapmanki:Samovotdahech bir davaron va harakat yo’qdirki, bunday intizomi bilan sening mavjudiyatingga ishorat va dalolat qilmasin.

Va hech bir ajromi samoviya yo’qdirki, sukuti bilan shovqinsiz vazifa bajarib tayanchsiz turishlari bilan sening rububiyatingga va vahdatingga shahodati va ishorati bo’lmasin.

Va hech bir yulduz yo’qdirki, mavzun xilqati bilan, muntazam vaziyati bilan va nuroniy tabassumi bilan va butun yulduzlarga mumosalat va mushobahat sikkasi bilan sening hashmati uluhiyatingga va vahdoniyatingga ishorat va shahodatda bo’lmasin.

Va o’n ikki sayyoradan hech bir sayyora yulduz yo’qdirki, hikmatli harakati bilan va itoatli musahhariyati bilan va intizomli vazifasi bilan va ahamiyatli yo’ldoshlari bilan sening vujubi vujudingga shahodat va saltanati uluhiyatingga ishorat qilmasin!..

Ha, ko’klar sakanalari bilan, har biri bir o’zi shahodat qilganlari kabi, hay'ati majmuasi bilan daraja-i badohatda, -ey zamin va ko’klarni yaratgan yaratuvchi!- sening vujubi vujudingga shunday zohir shahodat.. -va ey zarrotni muntazam tashkilu tarkibi bilan tadbirini qilgan va idora qilgan va bu sayyora yulduzlarni manzum yo’ldoshlari bilan aylantirgan, amriga itoat qildirgan!- sening vahdatingga va birligingga shunday quvvatli shahodat qiladilarki, ko’kning yuzida bo’lgan yulduzlar sanog’icha nuroniy burhonlar va porloq dalillar u shahodatni tasdiq qiladilar. Ham bu sof, toza, go’zal ko’klar favquloda ulkan va favquloda tez ajromi bilan muntazam bir qo’shin va elektr chiroqlari bilan bezalgan bir saltanat floti vaziyatini ko’rsatish jihati bilan, sening rububiyatingning hashmatiga va hamma narsani ijod qilgan qudratingning azamatiga zohir dalolat.. va hadsiz samovotni qamragan hokimiyatingning va har bir zihayotni quchog’iga olgan rahmatingning hadsiz kengliklariga quvvatli ishorat.. va butun maxluqoti samoviyaning butun ishlariga va holatlariga taalluq etgan va hovuchiga olgan, tanzim etgan ilmingning hamma narsani qamroviga va hikmatingning har ishni qurshoviga shubhasiz shahodat qiladilar. Va u shahodat va dalolat shu qadar zohirdirki, go’yo yulduzlar shohid bo’lgan ko’klarning shahodat kalimalari va tajassum etgan nuroniy dalillaridirlar.

Ham samovot maydonida, dengizida, fazosidagi yulduzlar esa mute askarlar, muntazam safinalar, horiqo tayyoralar, ajoyib chiroqlar kabi vaziyati bilan, sening saltanati uluhiyatingning dabdabasini ko’rsatadilar. Va u qo’shinning afrodidan bir yulduz bo’lgan quyoshimizning sayyoralarida va zaminimizdagi vazifalarining dalolat va ixtori bilan, quyoshning boshqa o’rtoqlari bo’lgan yulduzlarning bir qismi oxirat olamlariga qaraydilar va vazifasiz emaslar. Balki boqiy bo’lgan olamlarning quyoshlaridirlar.

Ey Vojib-ul Vujud! Ey Vohidi Ahad!

Bu horiqo yulduzlar, bu ajib quyoshlar, oylar sening mulkingda, sening samovotingda, sening amring bilan va quvvating va qudrating bilan va sening idora va tadbiring bilan tasxir va tanzim va tavzif etilgandirlar. Butun u ajromi ulviya o’zlarini yaratgan va aylantirgan va idora qilgan birgina Xoliqqa tasbeh aytadilar, takbir aytadilar, lisoni hol bilan "Subhanalloh, Allohu Akbar" deydilar.

Men ham ularning butun tasbehoti bilan seni taqdis etaman.

Ey shiddati zuhuridan yashiringan va ey azamati kibriyosidan ixtifo etgan Qodiri Zuljalol! Ey Qodiri Mutlaq!

Qur'oni Hakimingning darsi bilan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan angladim: Qandayki ko’klar, yulduzlar, sening mavjudiyatingga va vahdatingga shahodat qiladilar. Shuning kabi; osmon bulutlari bilan va chaqmoqlari va momqaldiroqlari va shamollari bilan va yomg’irlari bilan sening vujubi vujudingga va vahdatingga shahodat qiladilar.

Ha, jomid, shuursiz bulut obi hayot bo’lgan yomg’irni muhtoj bo’lgan zihayotlarning imdodiga yuborishi faqat sening rahmating va hikmating bilandir. Aralash tasodif aralasholmaydi.

Ham elektrning eng quvvatlisi bo’lgan va favoidi tanviriyasiga ishorat qilib undan istifodaga tashviq qilgan chaqmoq esa, sening fazodagi qudratingni go’zal ravishda tanvir etadi.

Ham yomg’irning kelishini xushxabar bergan va ulkan fazoni gapirtirgan va tasbehotining shovqini bilan ko’klarni larzaga solgan momoqaldiroqlar ham, lisoni qol bilan gapirib seni taqdis etib, Rububiyatingga shahodat qiladi.

Ham zihayotlarning yashashi uchun eng luzumli rizqni va istifoda jihatidan eng osoni va nafaslarni berish va nufuslarni rohatlantirish kabi ko’p vazifalar bilan tavzif etilgan shamollar ham osmonni go’yo bir hikmatga binoan "lavhi mahv va isbot" va "yozadigan, ifoda qiladigan, keyin buzadigan taxta" suratiga o’girish bilan, sening faoliyati qudratingga ishorat va sening vujudingga shahodat qilgani kabi, sening marhamating bilan bulutlardan sog’ib zihayotlarga yuborilgan rahmat ham mavzun, muntazam qatralari kalimalari bilan sening vus'ati rahmatingga va keng shafqatingga shahodat qiladi.

Ey Mutasarrifi Fa'ol va ey Fayyozi Muta'ol!

Sening vujubi vujudingga shahodat qilgan bulut, chaqmoq, momaqaldiroq, shamol, yomg’ir alohida-alohida shahodat qilganlari kabi, hay'ati majmuasi bilan holat jihatidan bir-biridan uzoq, mohiyat jihatidan bir-biriga muxolif bo’lish bilan barobar, birlik, barobarlik, bir-birining ichiga kirish va bir-birining vazifasiga yordam berish haysiyati bilan, sening vahdatingga va birligingga g’oyat quvvatli ishorat qiladilar.

Ham ulkan fazoni bir mahshari ajoyib qilgan va ba'zi kunlarda bir necha marta to’ldirib bo’shatgan rububiyatingning hashmatiga va u keng osmonni yozadigan almashtiradigan bir lavha kabi va siqadigan va u bilan zamin bog’ini suvlaydigan bir sunger kabi tasarruf qilgan qudratingning azamatiga va har bir narsani qurshaganiga shahodat qilganlari kabi; umum zaminga va butun maxluqotga osmon pardasi ostida qaragan va idora qilgan rahmatingning va hokimiyatingning hadsiz kengliklariga va hamma narsaga yetishishlariga dalolat qiladilar.

Ham fazodagi havo shu qadar hakimona vazifalarda istihdom va bulut va yomg’ir shu qadar olimona foydalarda iste'mol qilinadiki, hamma narsani qamragan bir ilm va hamma narsani qurshab olgan bir hikmat bo’lmasa, u iste'mol, u istihdom bo’lolmaydi.

Ey Fa'olun Lima Yurid!

Osmondagi faoliyating bilan har vaqt bir namuna-i hashr va qiyomat ko’rsatish, bir soatda yozni qishga va qishni yozga aylantirish, bir olamni keltirish, bir olamni g’aybga yuborish kabi shuunotda bo’lgan qudrating dunyoni oxiratga aylantiradi va oxiratda shuunoti sarmadiyani ko’rsatadigan ishoratini beradi.

Ey Qodiri Zuljalol!

Osmondagi havo, bulut va yomg’ir, chaqmoq va momaqaldiroq sening mulkingda, sening amring va havling bilan, sening quvvat va qudrating bilan musahhar va vazifadordirlar. Mohiyat jihatidan bir-biridan uzoq bo’lgan bu fazo maxluqoti g’oyat jadal va oniy amrlarga va tez va shoshilinch buyruqlarga itoat ettirgan amir va hokimlarini taqdis etib, rahmatini madhu sano etadilar.

Ey Arz va Samovotning Xoliqi Zuljaloli!

Sening Qur'oni Hakimingning ta'limi bilan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning darsi bilan iymon keltirdim va bildimki: Qandayki samovot yulduzlari bilan va osmon mushtamiloti bilan sening vujubi vujudingga va sening birligingga va vahdatingga shahodat qiladilar. Shuning kabi: Arz butun maxluqoti bilan va ahvoli bilan sening mavjudiyatingga va vahdatingga mavjudoti adadicha shahodatlar va ishoratlar qiladilar.

Ha, zaminda hech bir tahavvul va daraxt va hayvonlarida har yili kiyimini almashtirish kabi hech bir tabaddul -juz'iy bo’lsin, kulliy bo’lsin- yo’qdirki; intizomi bilan, sening vujudingga va vahdatingga ishorat qilmasin. Ham hech bir hayvon yo’qdirki, za'fiyat va ehtiyojining darajasiga ko’ra berilgan rahimona rizqi bilan va yashashiga luzumi bo’lgan jihozotning hakimona berilishi bilan sening borligingga va birligingga shahodati bo’lmasin.

Ham har bahorda ko’z o’ngimizda ijod qilingan nabotot va hayvonotdan hech bir donasi yo’qdirki, san'ati ajibasi bilan va latif ziynati bilan va tom tamayyuzi bilan va intizomi bilan va mavzuniyati bilan seni bildirmasin.

Va zamin yuzini to’ldirgan va nabotot va hayvonot deyilgan qudratingning horiqolari va mo’'jizalari mahdud va moddalari bir va mutashabih bo’lgan tuxum va tuxumchalardan va qatralardan va don va donchalardan va urug’lardan xatosiz, mukammal, bezalgan, alomati fariqali bo’lib yaratilishlari Sone'-i Hakimlarining vujudiga va vahdatiga va hikmatiga va hadsiz qudratiga shunday bir shahodatdirki, ziyoning quyoshga shahodatidan yanada quvvatli va porloqdir.

Ham havo, suv, nur, otash, tuproq kabi hech bir unsur yo’qdirki, shuursizliklari bilan barobar, shuurkorona, mukammal vazifalarni qilishi bilan, oddiy va istilo qiluvchi, intizomsiz, har yerga tarqalish bilan barobar, g’oyat muntazam va mutanavvi' mevalarni va hosillarni xazina-i g’aybdan keltirishi bilan sening birligingga va borligingga shahodati bo’lmasin.

Ey Fotiri Qodir! Ey Fattohi Allam! Ey Faoli Xalloq!

Qandayki arz butun sakanasi bilan Xoliqining Vojib-ul Vujud ekaniga shahodat qiladi. Shuning kabi: Sening -ey Vohidi Ahad, ey Hannoni Mannon, ey Vahhobi Razzoq!- vahdatingga va ahadiyatingga yuzidagi sikkasi bilan va sakanasining yuzlaridagi sikkalari bilan va birlik va barobarlik va bir-biri ichiga kirish va bir-biriga yordam berish va ularga qaragan rububiyat ismlarining va fe'llarining bir bo’lish jihatidan, badohat darajasida sening vahdatingga va ahadiyatingga shahodat, balki mavjudot adadicha shahodatlar qiladi.

Ham qandayki zamin bir lashkargoh, bir mashhar, bir ta'limgoh vaziyati bilan.. va nabotot va hayvonot jamoatlarida bo’lgan to’rt yuz ming muxtalif millatlarning boshqa-boshqa jihozotlari muntazaman berilishi bilan, sening rububiyatingning hashmatiga va qudratingning hamma narsaga yetishishiga dalolat qiladi. Shuning kabi: Hadsiz butun zihayotning boshqa-boshqa rizqlari o’z vaqtida quruq va oddiy bir tuproqdan rahimona, karimona berilishi va u hadsiz afrodning kamoli musahhariyat bilan avomiri Rabboniyaga itoatlari rahmatingning hamma narsani qurshaganini va hokimiyatingning hamma narsani qamrashini ko’rsatadi.

Ham zaminda o’zgarayotgan maxluqot karvonlarining yo’llanishlari va idoralari, mavt va hayot munavabalari va hayvon va nabototning idora va tadbirlari ham hamma narsaga taalluq etgan bir ilm bilan va hamma narsada hukm qilgan nihoyatsiz bir hikmat bilan bo’la olishi, sening ihota-i ilmingga va hikmatingga dalolat qiladi.

Ham zaminda qisqa bir zamonda hadsiz vazifalar bajargan va hadsiz bir zamon yashaydigan kabi iste'dod va ma'naviy jihozot bilan tajhiz etilgan va zamin mavjudotiga tasarruf qilgan inson uchun bu ta'limgohi dunyoda va bu muvaqqat lashkargohi zaminda va bu muvaqqat mashharda bu qadar ahamiyat, bu hadsiz masraf, bu nihoyatsiz tajalliyoti rububiyat, bu hadsiz xitoboti Subhoniya va bu g’oyatsiz ehsonoti Ilohiya, albatta va har holda bu qisqacha va huzunli umrga va bu chalkash g’amgin hayotga, bu baloli va foniy dunyoga sig’maydi. Balki faqat boshqa va abadiy bir umr va boqiy bir dori saodat uchun, olami baqoda bo’lgan ehsonoti uxroviyaga ishorat, balki shahodat qiladi.

Ey Xoliqi Kulli Shay!

Zaminning butun maxluqoti sening mulkingda, sening arzingda, sening havl va quvvating bilan va sening qudrating va irodang bilan va ilming va hikmating bilan idora qilinyaptilar va musahhardirlar. Va zamin yuzida faoliyati mushohada etilgan bir rububiyat shunday qamrov va qurshovini ko’rsatadi va uning idorasi va tadbiri va tarbiyasi shunday mukammal va shunday hassosdir va har tarafdagi ijrooti shunday birlik va barobarlik va o’xshashlik ichidadirki, tajazzi qabul qilmagan bir kull va inqisomi imkonsiz bo’lgan bir kulliy hukmida bir tasarruf, bir rububiyat bo’lganini bildiradi.

Ham zamin butun sakanasi bilan barobar, lisoni qoldan yanada zohir hadsiz lisonlar bilan Xoliqini taqdis va tasbeh va nihoyatsiz ne'matlarining lisoni hollari bilan Razzoqi Zuljalolining hamd va madhu sanosini qilishyapti.

Ey shiddati zuhuridan yashiringan va ey azamati kibriyosidan istitor etgan Zoti Aqdas!

Zaminning butun taqdisot va tasbehoti bilan seni qusurdan, ajzdan, sherikdan taqdis va butun tahmidot va sanolari bilan senga hamd va shukr qilaman.

Ey Robbul Barri Val Bahr!

Qur'onning darsi bilan va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan angladimki: Qandayki ko’klar va fazo va zamin sening birligingga va borligingga shahodat qiladilar. Shuning kabi: Dengizlar, daryolar va chashmalar va irmoqlar, sening vujubi vujudingga va vahdatingga badohat darajasida shahodat qiladilar.

Ha, bu dunyomizning manba-i ajoyib bug’ qozonlari hukmida bo’lgan dengizlarda hech bir mavjud, hatto hech bir qatra suv yo’qdirku; vujudi bilan, intizomi bilan, manfaati bilan va vaziyati bilan Xoliqini bildirmasin.

Va oddiy bir qumda va oddiy bir suvda rizqlari mukammal bir suratda berilgan g’arib maxluqlardan va xilqatlari g’oyat muntazam hayvonoti bahriyadan, xususan bir donasi bir million tuxumchalari bilan dengizlarni jonlantirgan baliqlardan hech birisi yo’qdirki, xilqati bilan va vazifasi bilan va idora va ioshasi bilan va tadbir va tarbiyasi bilan yaratganiga ishorat va Razzoqiga shahodat qilmasin.

Ham dengizda qiymatli, xosiyatli, ziynatli javohirlardan hech birisi yo’qdirki, go’zal xilqati bilan va jozibador fitrati bilan va manfaatli xosiyati bilan seni tanimasin, bildirmasin.

Ha, ular alohida-alohida shahodat qilganlari kabi; hay'ati majmuasi bilan, barobarlik va bir-biri ichida aralashish va sikka-i xilqatda birlik va ijod jihatidan g’oyat oson va afrod jihatidan g’oyat ko’plik nuqtalaridan, sening vahdatingga shahodat qilganlari kabi; arzni, tuprog’i bilan barobar bu kura-i arzni qamragan keng dengizlarini muallaqda tutib turish va to’kmasdan va tarqatib yubormasdan quyoshning atrofida kezdirish va tuproqni istilo ettirmaslik va oddiy qumidan va suvidan mutanavvi' va muntazam hayvonotini va javohirlarini yaratish va arzoq va boshqa umurlarini kulliy va to’liq bir suratda idora qilish va tadbirlarini qilish va yuzida bo’lishi lozim bo’lgan hadsiz janozalaridan hech biri bo’lmaslik nuqtalaridan, sening borligingga va Vojib-ul Vujud bo’lganigga mavjudoti adadicha ishoratlar qilib shahodat qiladi.

Va sening saltanati rububiyatingning hashmatiga va hamma narsani o’z ichiga olgan qudratingning azamatiga juda zohir dalolat qilganlari kabi, ko’klarning ustidagi g’oyat buyuk va muntazam yulduzladan to dengizlarning tubida bo’lgan g’oyat kichkina va intizom bilan iosha etilgan baliqlarga qadar hamma narsaga yetishgan va hukm qilgan rahmatingning va hokimiyatingning hadsiz kengliklariga dalolat.. va intizomoti bilan va foydalari bilan va hikmatlari bilan va mezon va mavzuniyatlari bilan sening hamma narsani o’z ichiga olgan ilmingga va hamma narsani qurshagan hikmatingga ishorat qiladilar.

Va sening bu musofirxona-i dunyoda yo’lovchilar uchun bunday rahmat hovuzlarining bo’lishi va insonning sayru-sayohatiga va kemasiga va istifodasiga musahhar bo’lishi ishorat qiladiki; yo’lda qurilgan bir karvonsaroyda bir kechalik musofirlariga bu qadar dengiz hadyalari bilan ikrom etgan zot, albatta maqarri saltanati abadiyasida shunday abadiy rahmat dengizlari hozirlaganki, bular ularning foniy va kichik namunalaridirlar.

Mana, dengizlarning bunday g’oyat horiqo bir tarzda arzning atrofida vaziyati ajibasi bilan bo’lishi va dengizlarning maxluqoti ham, g’oyat muntazam idora va tarbiya qilinishi bilbedaho ko’rsatadiki; yolg’iz sening quvvating va qudrating bilan va sening iroda va tadbiring bilan, sening mulkingda, sening amringga musahhardirlar. Va lisoni hollari bilan Xoliqini taqdis etib "Allohu Akbar" deydilar.

Ey tog’larni zamin safinasiga xazinali tirgaklar qilgan Qodiri Zuljalol!

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimingning darsi bilan angladimki, qandayki dengizlar ajoyiblari bilan seni taniydilar va tanittiradilar. Shuning kabi: Tog’lar ham, zilzila ta'sirotidan zaminning sukunatiga va ichidagi dohiliy inqilobot bo’ronlaridan sukutiga va dengizlarning istilosidan qutulishiga va havoning g’azoti muzirradan tasfiyasiga va suvning muhofaza va iddixorlariga va zihayotlarga lozim bo’lgan ma'danlarning xazinadorligiga qilgan xizmatlari bilan va hikmatlari bilan seni taniydilar va tanittiradilar.

Ha, tog’lardagi toshlarning anvo'idan va muxtalif xastaliklarga dori bo’lgan moddalarning aqsomidan va zihayotga, xususan insonlarga juda lozim va juda mutanavvi' bo’lgan ma'daniyotning ajnosidan va tog’larni, sahrolarni gullari bilan bezatgan va mevalari bilan jonlantirgan nabototning asnofidan hech biri yo’qdirki; tasodifga havolasi mumkin bo’lmagan hikmatlari bilan, intizomi bilan, husni xilqati bilan, foydalari bilan.. xususan ma'daniyotning tuz, limon kislotasi, sulfat tuzi va achchiq tosh kabi ko’rinishdan bir-biriga o’xshashlik bilan barobar ta'mlarining shiddati muxolafati bilan.. va ayniqsa nabototning oddiy bir tuproqdan turli-tuman anvo'lari bilan, boshqa-boshqa gul va mevalari bilan nihoyatsiz Qodir, nihoyatsiz Hakim, nihoyatsiz Rahim va Karim bir Sone'ning vujubi vujudiga badohat bilan shahodat qilganlari kabi; hay'ati majmuasidagi vahdati idora va vahdati tadbir va mansha' va maskan va xilqat va san'at jihatidan barobarlik va birlik va arzonlik va osonlik va ko’plik va qilinishda tezlik nuqtalaridan, Sone'ning vahdatiga va ahadiyatiga shahodat qiladilar.

Ham qandayki tog’larning yuzidagi va qornidagi masnu'lar zaminning har tarafida, har bir nav ayni zamonda, ayni tarzda, xatosiz, g’oyat mukammal va tez qilinishlari va bir ish bir ishga mone bo’lmasdan, boshqa navlar bilan barobar aralash ekan, aralashtirmasdan ijodlari; sening rububiyatingning hashmatiga va hech bir narsa unga og’ir kelmagan qudratingning azamatiga dalolat qiladi.

Shuning kabi: Zaminning yuzidagi butun zihayot maxluqlarning hadsiz hojatlarini, hatto mutanavvi' xastaliklarini, hatto muxtalif zavqlarini va boshqa-boshqa ishtahalarini qoniqtiradigan bir suratda, tog’larning yuzlarini va ichlarini muntazam ashjar va nabotot va ma'daniyot bilan to’ldirish va muhtojlarga tasxir etish jihati bilan, sening rahmatingning hadsiz kengligiga va hokimiyatingning nihoyatsiz vus'atiga dalolat.. va tuproq tabaqoti ichida, yashirin va qorong’i va aralash bo’lgani holda; bilib turib, ko’rib turib, adashmasdan, intizom bilan, hojatlarga ko’ra ihzor etilishlari bilan, sening hamma narsaga taalluq etgan ilmingning qamroviga va har bir narsani tanzim etgan hikmatingning butun ashyoni qurshoviga va dorilarning ihzoroti va ma'daniy moddalarning iddixoroti bilan rububiyatingning rahimona va karimona bo’lgan tadobirining mahosiniga va inoyatingning ehtiyotli latoifiga juda zohir bir suratda ishorat va dalolat qiladilar.

Ham bu dunyo karvonsaroyida musofir yo’lovchilar uchun ulkan tog’larni lavozimotlariga va istiqboldagi ehtiyojlariga muntazam ehtiyot deposi va jihozot ombori va hayotga luzumi bo’lgan ko’p dafinalarning mukammal mahzani bo’lish jihatidan ishorat, balki dalolat, balki shahodat qiladiki; bu qadar karim va musofirparvar va bu qadar hakim va shafqatparvar va bu qadar qodir va rububiyatparvar bir Sone'ning, albatta va har holda, juda sevgan u musofirlari uchun, abadiy bir olamda, abadiy ehsonotining abadiy xazinalari bordir. Bu yerdagi tog’larga badal u yerda yulduzlar u vazifani bajaradilar.

Ey Qodiri Kulli Shay!

Tog’lar va ichidagi maxluqlar sening mulkingda va sening quvvat va qudrating bilan va ilm va hikmating bilan musahhar va mudaxxardirlar. Ularni bu tarzda tavzif va tasxir etgan Xoliqini taqdis va tasbeh etadilar.

Ey Xoliqi Rahmon va ey Robbi Rahim!

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimingning darsi bilan angladim: Qandayki samo va fazo va arz va dengiz va tog’ mushtamilot va maxluqlari bilan barobar seni taniydilar va tanittiradilar. Shuning kabi: Zamindagi butun daraxt va nabotot yaproqlari va gullari va mevalari bilan seni badohat darajasida tanittiradilar va taniydilar.

Va umum ashjarning va nabototning jazbadorona harakati zikriyada bo’lgan yaproqlaridan va ziynatlari bilan Sone'ining ismlarini tavsif va ta'rif etgan gullaridan va latofat va jilva-i marhamatidan tabassum etgan mevalaridan har birisi, tasodifga havolasi hech bir jihati imkoni bo’lmagan horiqo san'at ichidagi nizom va nizom ichidagi mezon va mezon ichidagi ziynat va ziynat ichidagi naqshlar va naqshlar ichidagi go’zal va boshqa-boshqa hidlar va hidlar ichidagi mevalarning muxtalif ta'mlari bilan nihoyatsiz Rahim va Karim bir Sone'ning vujubi vujudiga badohat darajasida shahodat qilganlari kabi, hay'ati majmuasi bilan, butun zamin yuzida birlik va barobarlik, bir-biriga o’xshashlik va sikka-i xilqatda mushobahat va tadbir va idorada munosabat va ularga taalluq etgan ijod fe'llari va Rabboniy ismlarda muvofaqat va u yuz ming anvo'ning hadsiz afrodlarini bir-biri ichida adashmasdan birdan idoralari kabi nuqtalar u Vojib-ul Vujud Sone'ning bilbedaho vahdatiga va ahadiyatiga ham shahodat qiladilar.

Ham qandayki ular sening vujubi vujudingga va vahdatingga shahodat qiladilar. Shuning kabi; ro’yi zaminda to’rt yuz ming millatlardan hosil bo’lgan zihayot qo’shinidagi hadsiz afrodning yuz minglab tarzda iosha va idoralari; adashmasdan, chalkashtirmasdan mukammal bajarilishi bilan, sening rububiyatingning vahdoniyatdagi hashmatiga va bir bahorni bir gul qadar oson ijod qilgan qudratingning azamatiga va hamma narsaga taalluqiga dalolat qilganlari kabi, ulkan zaminning har tarafida, hadsiz hayvonotiga va insonlarga, hadsiz taomlarning turli-tuman aqsomini ihzor etgan rahmatingning hadsiz kengligiga.. va u hadsiz ishlar va in'omlar va idoralar va ioshalar va ijrootlar kamoli intizom bilan jarayonlari va hamma narsa, hatto zarralar u amrlarga va ijrootga itoat va musahhariyatlari bilan, hokimiyatingning hadsiz vus'atiga qat'iy dalolat qilish bilan barobar u daraxtlarning va nabotlarning va har bir yaproq va gul va meva va ildiz va shox va butoq kabi har birining har bir narsasini, har bir ishini bilib turib, ko’rib turib, foydalarga, manfaatlarga, hikmatlarga ko’ra qilinish bilan, sening ilmingning hamma narsani qamraganiga va hikmatingning hamma narsani qurshaganiga juda zohir bir suratda dalolat va hadsiz barmoqlari bilan ishorat qiladilar. Va sening g’oyat kamoldagi jamoli san'atingga va nihoyat jamoldagi kamoli ne'matingga hadsiz tillari bilan sano va madh etadilar.

Ham bu muvaqqat karvonsaroyda va foniy musofirxonada va qisqa bir zamonda va oz bir umrda, ashjar va nabototning qo’llari bilan, bu qadar qiymatli ehsonlar va ne'matlar va bu qadar favquloda masraflar va ikromlar ishorat, balki shahodat qiladiki:

Musofirlariga bu yerda bunday marhamatlar qilgan qudratli, karamkor Zoti Rahim, butun qilgan masrafi va ehsoni, o’zini sevdirish va tanittirish natijasining aksi bilan, ya'ni butun maxluqot tarafidan "Bizga tottirdi, faqat yedirmasdan bizni i'dom etdi" demaslik va dedirmaslik va saltanati uluhiyatini isqot etmaslik va nihoyatsiz rahmatini inkor qilmaslik va qildirmaslik va butun mushtoq do’stlarini mahrumiyat jihatidan dushmanlarga o’girmaslik nuqtalaridan, albatta va har holda abadiy bir olamda, abadiy bir mamlakatda, abadiy qoldiradigan abdlariga, abadiy rahmat xazinalaridan, abadiy Jannatlarida, abadiy va Jannatga loyiq bir suratda mevador ashjar va gulli nabotlar ihzor etgandir. Bu yerdagilar esa, mushtariylarga ko’rsatish uchun namunalardir.

Ham daraxtlar va nabotlar, umuman yaproq va gul va mevalarining kalimalari bilan seni taqdis va tasbeh va tahmid etganlari kabi, u kalimalardan har biri ham alohida seni taqdis etadi. Xususan mevalarning badi' bir suratda, etlari juda muxtalif, san'atlari juda ajib, urug’lari juda horiqo tarzda qilinib u ovqat patnislarini daraxtlarning qo’llariga berib va nabotlarning boshlariga qo’yib zihayot musofirlariga yuborish jihatidan, lisoni hol bo’lgan tasbehotlari zuhur jihatidan lisoni qol darajasiga chiqadi. Butun ular sening mulkingda, sening quvvat va qudrating bilan, sening iroda va ehsonoting bilan, sening rahmat va hikmating bilan musahhardirlar va sening har bir amringga mutedirlar.

Ey shiddati zuhuridan yashiringan va ey kibriyo-i azamatidan tasattur etgan Sone'-i Hakim va Xoliqi Rahim!

Butun ashjar va nabototning, butun yaproq va gul va mevalarning tillari bilan va adadi bilan seni qusurdan, ajzdan, sherikdan taqdis etib hamdu sano etaman.

Ey Fotiri Qodir! Ey Mudabbiri Hakim! Ey Murabbi-i Rahim!

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladim va iymon keltirdimki; qandayki nabotot va ashjar seni taniydilar, sening sifoti qudsiyangni va asmo-i husnangni bildiradilar. Shuning kabi: Zihayotlardan ruhli qismi bo’lgan inson va hayvonotdan hech biri yo’qdirki; jismida g’oyat muntazam soatlar kabi ishlagan va ishlattirilgan dohiliy va xorijiy a'zolari bilan va badanida g’oyat nozik bir nizom va g’oyat hassos bir mezon va g’oyat muhim foydalar bilan joylashtirilgan jihozlar va tuyg’ulari bilan va jasadida g’oyat san'atli bir yasalish va g’oyat hikmatli bir tafrish va g’oyat diqqatli bir muvozana ichida qo’yilgan jihozoti badaniyasi bilan sening vujubi vujudingga va sifatlaringning tahaqquqiga shahodat qilmasin.

Chunki bu qadar basirona nozik san'at va shuurkorona latif hikmat va mudabbirona batamom muvozanaga, albatta ko’r quvvat va shuursiz tabiat va bebosh tasodif aralasholmaslar va ularning ishi bo’lolmas va mumkin emas. Va o’zidan o’zi shakllanib qolishi esa, yuz daraja mahol ichida maholdir. Chunki u holda har bir zarrasi har bir narsasini va jasadining shakllanishini, balki dunyoda aloqador bo’lgan hamma narsasini biladigan, ko’radigan, yarata oladigan go’yo iloh kabi keng bir ilm va qudrati bo’ladi. So’ng tashkili jasad unga havola qilinadi va o’zidan o’zi bo’ladi deb bo’ladi.

Va hay'ati majmuasidagi vahdati tadbir va vahdati idora va vahdati nav'iya va vahdati jinsiya va umumning yuzlarida ko’z, quloq, og’iz kabi nuqtalarda ittifoq jihatidan mushohada etilgan sikka-i fitratda birlik va har bir navning afrodi siymolarida ko’rilgan sikka-i hikmatda ittihod va ioshada va ijodda barobarlik va bir-birining ichida bo’lish kabi holatlaridan hech biri yo’qdirki, sening vahdatingga qat'iy shahodatda bo’lmasin! Va har bir fardida, koinotga qaragan butun ismlarning jilvalari bo’lish bilan, vohidiyat ichida sening ahadiyatingga ishorati bo’lmasin.

Ham qandayki inson bilan barobar hayvonotning butun zamin yuzida yoyilgan yuz ming anvo'i, muntazam bir qo’shin kabi tajhiz va ta'limot va itoat va musahhariyat bilan va eng kichikdan to eng kattaga qadar, rububiyatning amrlari intizom bilan jarayonlari bilan u rububiyatning daraja-i hashmatiga va g’oyat ko’plik bilan barobar g’oyat qiymatli va g’oyat mukammal bo’lish bilan birga g’oyat tez yasalishlari va g’oyat san'atli bo’lish bilan barobar g’oyat oson yasalishlari bilan qudratingning daraja-i azamatiga dalolat qilganlari kabi; sharqdan g’arbga, shimoldan janubga qadar yoyilgan mikrobdan to karkidonga qadar, eng kichkina chivindan to eng katta qushga qadar ularning butun rizqlarini yetishtirgan rahmatingning hadsiz vus'atiga va har biri amrbar askar kabi vazifa-i fitriyasini qilishi va zamin yuzi har bahorda, kuz mavsumida tarhis etilganlar o’rnida qaytadan taxti silohga olingan bir lashkarga lashkargoh bo’lish jihati bilan, hokimiyatingning nihoyatsiz kengligiga qat'iy dalolat qiladilar.

Ham qandayki hayvonotdan har birisi koinotning bir kichik nusxasi va bir misoli musag’g’ari hukmida g’oyat chuqur bir ilm va g’oyat daqiq bir hikmat bilan, aralash ajzolarni aralashtirmasdan va butun hayvonlarning boshqa-boshqa suratlarini adashmasdan, xatosiz, sahvsiz, nuqsonsiz yaratilishlari bilan ilmingning hamma narsani qamraganiga va hikmatingning hamma narsani qurshaganiga adadlaricha ishoratlar qiladilar.

Shuning kabi: Har biri bittadan mo’'jiza-i san'at va bittadan horiqo-i hikmat bo’lishi qadar san'atli va go’zal yaratilishi bilan, juda ham sevganing va tashhirini istaganing san'ati Rabboniyaning kamoli husniga va g’oyat darajada go’zalligiga ishorat va har biri, xususan bolalar g’oyat nozdor, nozanin bir suratda oziqlanishlari bilan va havaslarining va orzularining qondirilishi jihati bilan, sening inoyatingning g’oyat shirin jamoliga hadsiz ishoratlar qiladilar.

Ey Rahmonirrahim! Ey Sodiq-ul Va'd-il Amin! Ey Maliki Yavmiddin!

Sening Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamingning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimingning irshodi bilan angladimki: Modomiki koinotning eng muntahob natijasi hayotdir.. va hayotning eng muntahob xulosasi ruhdir.. va ziruhning eng muntahob qismi zishuurdir.. va zishuurning eng mukammali insondir.. va butun koinot esa, hayotga musahhardir va u uchun ishlayapti.. va zihayotlar ziruhlarga musahhardir, ular uchun dunyoga yuborilyaptilar.. va ziruhlar insonlarga musahhardir, ularga yordam qilyaptilar.. va insonlar fitratan Xoliqini juda jiddiy sevadilar va Xoliqlari ularni ham sevadi, ham o’zini ularga har vasila bilan sevdiradi.. va insonning iste'dodi va jihozoti ma'naviyasi boshqa bir boqiy olamga va abadiy bir hayotga qaraydi.. va insonning qalbi va shuuri butun quvvati bilan baqo istaydi.. va lisoni hadsiz duolari bilan baqo uchun Xoliqiga yolvoradi.

Albatta va har holda, u juda ham sevgan va sevilgan va mahbub va muhib bo’lgan insonlarni tirilmaydigan qilib o’ldirish bilan, abadiy bir muhabbat uchun yaratilgan ekan, abadiy bir adovat bilan ranjida etmaydi va mumkin emas. Balki boshqa bir abadiy olamda mas'udona yashashi hikmati bilan, bu dunyoda harakat qilish va uni qozonish uchun yuborilgandir. Va insonda tajalliy etgan ismlarning, bu foniy va qisqa hayotdagi jilvalari bilan olami baqoda ularning oynasi bo’lgan insonlarning abadiy jilvalariga mazhar bo’lishlariga ishorat qiladilar.

Ha, abadiyning sodiq do’sti abadiy bo’ladi. Va Boqiyning oyna-i zishuuri boqiy bo’lishi lozim bo’ladi.

Hayvonlarning ruhlari boqiy qolishini va Hudhudi Sulaymoniy (A.S.) va Namli va Naqa-i Solih (A.S.) va Kalbi Asxobi Kahf kabi ba'zi afrodi maxsusa ham ruhi, ham jasadi bilan boqiy olamga ketishi va har bir navning ora-sira iste'mol uchun bitta jasadi bo’lishi rivoyoti sahihadan tushunilish bilan barobar; hikmat va haqiqat, ham rahmat va rububiyat shunday iqtizo etadilar.

Ey Qodiri Qayyum!

Butun zihayot, ziruh, zishuur sening mulkingda, yolg’iz sening quvvat va qudrating bilan va faqat sening iroda va tadbiring bilan va rahmat va hikmating bilan rububiyatingning amrlariga tasxir va fitriy vazifalar bilan tavzif etilganlar. Va bir qismi insonning quvvati va g’alabasi uchun emas, balki fitratan insonning zaifligi va ojizligi uchun rahmat tarafidan unga musahhar bo’lganlar. Va lisoni hol va lisoni qol bilan Sone'larini va Ma'budlarini qusurdan, sherikdan taqdis va ne'matlariga shukr va hamd etib, har biri ibodati maxsusasini qilyaptilar.

Ey shiddati zuhuridan yashiringan va ey azamati kibriyosidan pardalangan Zoti Aqdas!

Butun ziruhlarning tasbehoti bilan seni taqdis etishni niyat qilib

سُبْحَانَكَ يَا مَنْ جَعَلَ مِنَ الْمَاءِ كُلَّ شَىْءٍ حَىٍّ

deyman.

Yo Robbul Olamin! Yo Ilohal Avvalina Val Oxirin! Yo Robbas Samavati Val Arozin!

Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladim va iymon keltirdimki: Qandayki samo, fazo, arz, barr va bahr, shajar, nabot, hayvon; afrodi bilan, ajzosi bilan, zarroti bilan seni biladilar, taniydilar va borligingga va birligingga shahodat va dalolat va ishorat qiladilar. Shuning kabi: Koinotning xulosasi bo’lgan zihayot va zihayotning xulosasi bo’lgan inson va insonning xulosasi bo’lgan anbiyo, avliyo, asfiyoning xulosasi bo’lgan qalblarining va aqllarining mushahadot va kashfiyot va ilhomot va istixrojot bilan, yuzlab ijmo' va yuzlab tavotur quvvatida bir qat'iyat bilan sening vujubi vujudingga va sening vahdoniyat va ahadiyatingga shahodat qilib, ixbor etadilar. Mo’'jizot va karomot va yaqiyniy burhonlari bilan xabarlarini isbot qiladilar.

Ha, qalblarda parda-i g’aybda ixtor etuvchi bir zotga qaragan hech bir xotiroti g’aybiya; va ilhom etuvchi bir zotga qaratgan hech bir ilhomoti sodiqa; va haqqalyaqiyn suratida sifoti qudsiya va asmo-i husnani kashf etgan hech bir e'tiqodi yaqiyna; va anbiyo va avliyoda bir Vojib-ul Vujudning anvorini aynalyaqiyn bilan mushohada etgan hech bir nuroniy qalb; va asfiyo va siddiqiynda, bir Xoliqi Kulli Shayning oyoti vujubini va barohini vahdatini ilmalyaqiyn bilan tasdiq qilgan, isbot qilgan hech bir munavvar aql yo’qdirki, sening vujubi vujudingga va sifoti qudsiyangga va sening vahdatingga va ahadiyatingga va asmo-i husnangga shahodat qilmasin, dalolati bo’lmasin va ishorati bo’lmasin.

Va xususan butun anbiyo va avliyo va asfiyo va siddiqiynning imomi va raisi va xulosasi bo’lgan Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ixborini tasdiq qilgan hech bir mo’'jizoti bahirasi va haqqoniyatini ko’rsatgan hech bir haqiqati oliyasi va butun muqaddas va haqiqatli kitoblarning xulosat-ul xulosasi bo’lgan Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning hech bir oyati tavhidiya-i qat'iyasi va masoili iymoniyadan hech bir masala-i qudsiyasi yo’qdirki, sening vujubi vujudingga va qudsiy sifatlaringga va sening vahdatingga va ahadiyatingga va asmo va sifotingga shahodat qilmasin va dalolati bo’lmasin va ishorati topilmasin!..

Ham qandayki butun u yuz minglab muxbiri sodiqlar, mo’'jizotlariga va karomotlariga va hujjatlariga istinod etib, sening borligingga va birligingga shahodat qiladilar. Shuning kabi: Hamma narsani o’z ichiga olgan Arshi A'zamning kulliyati umurini idoradan, to qalbning g’oyat yashirin va juz'iy xotirotini va orzularini va duolarini bilish va eshtish va idora qilishga qadar jarayon etgan rububiyatingning daraja-i hashmatini.. va ko’zimiz o’ngida hadsiz muxtalif ashyoni birdan ijod qilgan hech bir fe'l bir fe'lga, bir ish bir ishga mone bo’lmasdan, eng katta bir narsani eng kichik bir chivin kabi oson qilgan qudratingning daraja-i azamatini ijmo' bilan, ittifoq bilan e'lon va ixbor va isbot qiladilar.

Ham qandayki bu koinotni ziruhga, xususan insonga mukammal bir saroy hukmiga keltirgan va jannatni va saodati abadiyani jin va insga ihzor etgan va eng kichik bir zihayotni unutmagan va eng ojiz bir qalbning qondirilishiga va taltifiga harakat qilgan rahmatingning hadsiz kengligini.. va zarrotdan to sayyorotga qadar butun anvo'i maxluqotni amrlariga itoat ettirgan va tasxir va tavzif etgan hokimiyatingning nihoyatsiz vus'atini xabar berib, mo’'jizot va hujjatlari bilan isbot qiladilar. Shuning kabi: Koinotni ajzolari adadicha risolalar ichida bo’lgan bir kitobi kabir hukmiga keltirgan va Lavhi Mahfuzning daftarlari bo’lgan Imomi Mubin va Kitobi Mubinda butun mavjudotning butun sarguzashtlarini qayd qilib yozgan va umum urug’larda umum daraxtlarning mundarijalarini va dasturlarini va zishuurning boshlarida butun quvva-i hofizalarda sohiblarining tarixcha-i hayotlarini xatosiz, muntazaman yozdirgan ilmingning hamma narsani qamrashiga; va har bir mavjudga juda ko’p hikmatlarni taqqan, hatto har bir daraxtda mevalari sanog’icha natijalarni berdirgan; va har bir zihayotda a'zolari, balki ajzolari va hujayrotlari adadicha foydalarni ta'qib etgan; hatto insonning lisonini ko’p vazifalarda tavzif etish bilan barobar, taomlarning ta'mlari adadicha zavqiy bo’lgan mezonchalar bilan tajhiz ettirgan hikmati qudsiyangning har bir narsani qurshashiga; ham bu dunyoda namunalari ko’rilgan jaloliy va jamoliy ismlaringning tajalliylari yanada porloq bir suratda abad-ul abadda davom qilishiga va bu foniy olamda namunalari mushohada etilgan ehsonotingning yanada dabdabali bir suratda Dori Saodatda istimroriga va baqosiga va bu dunyoda ularni ko’rgan mushtoqlarning abadda ham rafoqatlariga va barobar bo’lishlariga bil-ijmo', bil-ittifoq shahodat va dalolat va ishorat qiladilar.

Ham yuzlab mo’'jizoti bahirasiga va oyoti qat'iyasiga istinodan, boshda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam va Qur'oni Hakiming bo’lib, butun arvohi nayyira asxobi bo’lgan anbiyolar va qulubi nuroniya aqtobi bo’lgan avliyolar va uquli munavvara arbobi bo’lgan asfiyolar butun suhuf va kutubi muqaddasada sening ko’p takror bilan qilgan va'dalaringga va tahdidlaringga istinodan va sening qudrat va rahmat va inoyat va hikmat va jalol va jamoling kabi qudsiy sifatlaringga va sha'nlaringga va izzati jalolingga va saltanati rububiyatingga ishonib va kashfiyot va mushahadot va ilmalyaqiyn e'tiqodlari bilan, saodati abadiyani jin va insga xushxabar beryaptilar. Va ahli zalolat uchun Jahannam bo’lganini xabar berib e'lon qilyaptilar va iymon keltirib shahodat qilyaptilar.

Ey Qodiri Hakim! Ey Rahmoni Rahim! Ey Sodiq-ul Va'd-il Karim! Ey izzat va azamat va jalol sohibi Qahhori Zuljalol!

Bu qadar sodiq do’stlaringni va bu qadar va'dalaringni va bu qadar sifot va shuunotingni takzib etib, saltanati rububiyatingning qat'iy muqtaziyotini va sevganing va ular ham seni tasdiq va itoat bilan o’zlarini senga sevdirgan hadsiz maqbul ibodingning hadsiz duolarini va da'volarini rad etib, kufr va isyon bilan va seni va'dangda takzib etish bilan, sening azamati kibriyongga tegilgan va izzati jalolingga tegdirgan va uluhiyatingning haysiyatiga ilashgan va shafqati rububiyatingni mutaassir etgan ahli zalolat va ahli kufrni hashrning inkorida tasdiq qilishdan yuz ming daraja muqaddassan va hadsiz daraja munazzah va oliysan!

Bunday nihoyatsiz bir zulmdan, bir xunuklikdan sening nihoyatsiz adolatingni va jamolingni va rahmatingni taqdis etaman!

سُبْحَانَهُ وَ تَعَالٰى عَمَّا يَقُولُونَ عُلُوًّا كَب۪يرًا

oyatini vujudimning butun zarroti adadicha aytishni istayman!

Balki sening u sodiq elchilaring va u to’g’ri dalloli saltanating haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn suratida sening uxroviy rahmat xazinalaringga va olami baqoda ehsonotingning dafinalariga va dori saodatda tamomi bilan zuhur etgan go’zal ismlaringning horiqo go’zal jilvalariga shahodat, ishorat, bashorat qiladilar. Va butun haqiqatlarning marji'i va quyoshi va homiysi bo’lgan "Haq" ismingning eng buyuk bir shuasi bu haqiqati akbari hashriya bo’lganiga iymon keltirib, sening ibodingga dars beryaptilar.

Ey Robbul Anbiyo Vas Siddiqiyn!

Butun ular sening mulkingda, sening amring va qudrating bilan, sening iroda va tadbiring bilan, sening ilming va hikmating bilan musahhar va muvazzafdirlar. Taqdis, takbir, tahmid, tahlil bilan Kura-i Arzni bir zikrxona-i a'zam, bu koinotni bir masjidi akbar hukmida ko’rsatganlar.

Yo Robbi va yo Robbas Samavati Val Arozin! Yo Xoliqi va yo Xoliqi Kulli Shay!

Ko’klarni yulduzlari bilan, zaminni mushtamiloti bilan va butun maxluqotni butun holati bilan tasxir etgan qudratingning va irodangning va hikmatingning va hokimiyatingning va rahmatingning haqqi uchun, nafsimni menga musahhar ayla! Va matlubimni menga musahhar qil! Qur'onga va iymonga xizmat uchun insonlarning qalblarini Risola-i Nurga musahhar qil! Va menga va ixvonimga iymoni komil va husni xotima ber. Hazrat Muso Alayhissalomga dengizni va Hazrat Ibrohim Alayhissalomga otashni va Hazrat Dovud Alayhissalomga tog’ni, temirni va Hazrat Sulaymon Alayhissalomga jinni va insni va Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamga Shams va Qamarni tasxir etganing kabi, Risola-i Nurga qalblarni va aqllarni musahhar qil!.. Va meni va Risola-i Nur talabalarini nafs va shaytonning sharridan va qabr azobidan va Jahannam otashidan muhofaza ayla va Jannat-ul Firdavsda mas'ud qil! Omin, omin, omin!..

سُبْحَانَكَ لَا عِلْمَ لَنَٓا اِلَّا مَا عَلَّمْتَنَٓا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَل۪يمُ الْحَك۪يمُ

وَ اٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ لِلّٰهِ رَبِّ الْعَالَم۪ينَ

* * *

Qur'ondan va munojoti Nabaviya bo’lgan Javshan-ul Kabirdan olgan bu darsimni, bir ibodati tafakkuriya bo’lib, Robbi Rahimimning dargohiga arz qilishda qusur etgan bo’lsam, qusurimning avfi uchun Qur'onni va Javshan-ul Kabirni shafoatchi qilib rahmatidan avfimni niyoz qilaman.

Said Nursiy

* * *

TO’QQIZINCHI HUJJATI IYMONIYA

(TO’QQIZINCHI SHUANING MUQADDIMA-I HASHRIYASI)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

فَسُبْحَانَ اللّٰهِ ح۪ينَ تُمْسُونَ وَح۪ينَ تُصْبِحُونَ * وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَعَشِيًّا وَح۪ينَ تُظْهِرُونَ * يُخْرِجُ الْحَىَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَىِّ وَيُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَكَذٰلِكَ تُخْرَجُونَ * وَمِنْ اٰيَاتِه۪ٓ اَنْ خَلَقَكُمْ مِنْ تُرَابٍ ثُمَّ اِذَٓا اَنْتُمْ بَشَرٌ تَنْتَشِرُونَ * وَ مِنْ اٰيَاتِه۪ٓ اَنْ خَلَقَ لَكُمْ مِنْ اَنْفُسِكُمْ اَزْوَاجًا لِتَسْكُنُٓوا اِلَيْهَا وَ جَعَلَ بَيْنَكُمْ مَوَدَّةً وَ رَحْمَةً اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ * وَمِنْ اٰيَاتِه۪ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَاخْتِلَافُ اَلْسِنَتِكُمْ وَ اَلْوَانِكُمْ اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِلْعَالِم۪ينَ * وَ مِنْ اٰيَاتِه۪ مَنَامُكُمْ بِالَّيْلِ وَ النَّهَارِ وَابْتِغَٓاؤُكُمْ مِنْ فَضْلِه۪ اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَسْمَعُونَ * وَ مِنْ اٰيَاتِه۪ يُر۪يكُمُ الْبَرْقَ خَوْفًا وَ طَمَعًا وَ يُنَزِّلُ مِنَ السَّمَٓاءِ مَٓاءً فَيُحْي۪ى بِهِ الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ف۪ى ذٰلِكَ لَاٰيَاتٍ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ * وَمِنْ اٰيَاتِه۪ٓ اَنْ تَقُومَ السَّمَٓاءُ وَالْاَرْضُ بِاَمْرِه۪ ثُمَّ اِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةً مِنَ الْاَرْضِ اِذَٓا اَنْتُمْ تَخْرُجُونَ * وَ لَهُ مَنْ فِى السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ كُلٌّ لَهُ قَانِتُونَ * وَ هُوَ الَّذ۪ى يَبْدَؤُا الْخَلْقَ ثُمَّ يُع۪يدُهُ وَ هُوَ اَهْوَنُ عَلَيْهِ وَلَهُ الْمَثَلُ الْاَعْلٰى فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَهُوَ الْعَز۪يزُ الْحَك۪يمُ *

Iymonning bir qutbini ko’rsatgan bu samoviy oyoti kubroning va hashrni isbot qilgan shu qudsiy barohini uzmoning bir nukta-i akbari va bir hujjati a'zami; bu"To’qqizinchi Shua"dabayon qilinadi.

Latif bir inoyati rabboniyadirki: Bundan o’ttiz yil avval Eski Said, yozgan tafsiri muqaddimasi"Muhakamot"nomli asarning oxirida; "Ikkinchi maqsad: Qur'onda hashrga ishorat etuvchi ikki oyat tafsir va bayon qilinadi.

نَخُو بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

" deb to’xtagan. Boshqa yozolmagan. Xoliqi Rahimimga daloil va amoroti hashriya adadicha shukr va hamd bo’lsinki: O’ttiz yil o’tib tavfiq ehson ayladi. Ha, bundan to’qqiz-o’n yil avval u ikki oyatdan birinchi oyat bo’lgan:

فَانْظُرْ اِلٰٓى اٰثَارِ رَحْمَتِ اللّٰهِ كَيْفَ يُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذٰلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتٰى وَهُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

farmoni Ilohiyning ikki porloq va juda quvvatli hujjatlari va tafsirlari bo’lgan O’ninchi So’z bilan Yigirma To’qqizinchi So’zni in'om etdi, munkirlarning ovozini o’chirdi. Ham iymoni hashriyning hujum qilinmaydigan u ikki metin qal'asidan, to’qqiz va o’n yil keyin ikkinchi oyat bo’lgan boshda mazkur oyoti akbarning tafsirini bu risola bilan ikrom etdi. Bu To’qqizinchi Shua mazkur oyoti bilan ishorat qilinganto’qqiz oliy maqomva bir muhimmuqaddimadaniboratdir.

MUQADDIMA

(Hashr aqidasining juda ko’p ruhiy foydalaridan va hayotiy natijalaridan birgina natija-i jome'ani ixtisor bilan bayon va hayoti insoniyaga, xususan hayoti ijtimoiyasiga qay darajada luzumli va zaruriy bo’lganini izhor va bu iymoni hashriy aqidasining juda ko’p hujjatlaridan birgina hujjati kulliyani ijmol bilan ko’rsatish va u aqida-i hashriya naqadar badihiy va shubhasiz bo’lganini ifoda qilishdan iborat bo’lib "Ikki Nuqtda"dir.)

BIRINCHI NUQTA:

Oxirat aqidasi, hayoti ijtimoiya va shaxsiya-i insoniyaning ussul asosi va saodatining va kamolotining asosoti bo’lganiga yuzlab dalillaridan bir miqyos bo’lib yolg’izto’rttasigaishorat qilamiz.

Birinchisi:

Navi basharning deyarli yarmini tashkil qilgan bolalar, yolg’iz Jannat fikri bilan ularga dahshatli va yig’latuvchi ko’ringan o’limlarga va vafotlarga qarshi dosh bera oladilar va g’oyat zaif va nozik vujudlarida bir quvva-i ma'naviya topa oladilar va hamma narsadan tez yig’laydigan g’oyat muqovamatsuz mizoji ruhlarida u Jannat bilan bir umid topib masrurona yashay oladilar.

Masalan, Jannat fikri bilan deydi:"Mening ukam yoki o’rtog’im o’ldi, Jannatning bir qushi bo’ldi. Jannatda kezadi, bizdan yanada go’zal yashaydi".Bo’lmasa har vaqt atrofida o’zi kabi bolalarning va kattalarning o’limlari u zaif bechoralarning andishali nazarlariga urilishi; muqovamatlarini va quvva-i ma'naviyalarini chil-parchin qilib, ko’zlari bilan barobar ruh, qalb, aql kabi butun latoifini ham shunday yig’latar ediki, yo mahv bo’lardi, yoki bir devona badbaxt hayvon bo’lardi.

Ikkinchi dalil:

Navi insonning bir jihatdan nisfi bo’lgan keksalar, yolg’iz hayoti uxroviya bilan yaqinlarida bo’lgan qabrga qarshi tahammul eta oladilar. Va ko’p aloqador bo’lgan hayotlarining yaqinda so’nishiga va go’zal dunyolarining berkilishiga muqobil bir tasalli topa oladilar va bola hukmiga o’tgan sariut taassur ruhlarida va mizojlarida mavt va zavoldan chiqqan aliym va dahshatli ma'yusiyatga qarshi faqat hayoti boqiya umidi bilan muqobala eta oladilar. Bo’lmasa u shafqatga loyiq muhtaramlar va sukunatga va istirohati qalbiyaga juda muhtoj u andishali otalar va onalar, shunday bir vovaylo-i ruhiy va bir dag’dag’a-i qalbiy his qilar edilarki; bu dunyo ular uchun zulmatli bir zindon va hayot ham qasovatli bir azob bo’lar edi.

Uchinchi dalil:

Insonlarning hayoti ijtimoiyasining eng quvvatli madori bo’lgan yoshlar, o’spirinlar shiddati g’alayonda bo’lgan hissiyotlarini va ifrotkor bo’lgan nafs va orzu-havaslarini tajovuzotdan va zulmlardan va taxribotdan saqlagan va hayoti ijtimoiyaning husni jarayonini ta'min qilgan, yolg’iz Jahannam fikridir. Bo’lmasa, Jahannam andishasi bo’lmasa"Al-hukmu lil-g’olib"qoidasi bilan u sarxush o’spirinlar havasotlari deb bechora zaiflarga, ojizlarga dunyoni Jahannamga aylantirar edilar va yuksak insoniyatni g’oyat sufliy bir hayvoniyatga aylantirar edilar.

To’rtinchi dalil:

Navi basharning hayoti dunyoviyasida eng jam'iyatli markaz va eng asosli turtki sababi va dunyoviy saodat uchun bir Jannat, bir malja, bir tahassungoh esa; oila hayotidir va hammaning xonadoni kichik bir dunyosidir. Va u xonadon va oila hayotining hayoti va saodati esa; samimiy va jiddiy va vafodorona hurmat va haqiqiy va shafqatli va fidokorona marhamat bilan bo’lishi mumkin. Va bu haqiqiy hurmat va samimiy marhamat esa; abadiy bir do’stlik va doimiy bir rafoqat va sarmadiy bir barobarlik va hadsiz bir zamonda va hududsiz bir hayotda bir-biri bilan padarona, farzandona, qardoshona, do’stona munosabatlarning bo’lishi fikri bilan, aqidasi bilan bo’lishi mumkin.

Masalan deydi: "Bu xotinim abadiy bir olamda, abadiy bir hayotda doimiy bir rafiqa-i hayotimdir. Hozircha keksa va xunuk bo’lgan bo’lsa ham, zarari yo’q. Chunki abadiy bir go’zalligi bor, keladi va bunday doimiy do’stlikning hurmati uchun har qanday fidokorlikni va marhamatni qilaman", deya u keksa xotiniga go’zal bir huriy kabi muhabbat bilan, shafqat bilan, marhamat bilan muqobala qila oladi. Bo’lmasa, qisqacha bir-ikki soat suriy bir rafoqatdan keyin abadiy bir firoq va mufaroqatga duchor bo’lgan do’stlik; albatta g’oyat suriy muvaqqat va asossiz, hayvon kabi bir riqqati jinsiya ma'nosida va bir majoziy marhamat va sun'iy bir hurmat bera oladi. Va hayvonotda bo’lgani kabi; boshqa manfaatlar va boshqa g’olib hislar u hurmat va marhamatni mag’lub qilib, u dunyo jannatini jahannamga aylantiradi...

Xullas, iymoni hashriyning yuzlab natijasidan birisi; hayoti ijtimoiya-i insoniyaga taalluq etadi. Va bu yagona natijaning ham yuzlab jihatidan va foydalaridan mazkur to’rt dalilga boshqalari qiyos qilinsa, anglashiladiki: Haqiqati hashriyaning tahaqquqi va vuqu'i; insoniyatning ulviy haqiqati va kulliy hojati darajasida qat'iydir. Balki, insonning me'dasidagi ehtiyojning vujudi; taomlarning vujudiga dalolat va shahodatidan yanada zohirdir va yanada ziyoda tahaqquqini bildiradi. Va agar bu haqiqati hashriyaning natijalari insoniyatdan chiqsa; u juda ahamiyatli va yuksak va hayotdor bo’lgan insoniyat mohiyati; murdor va mikrob uyasi bir o’limtik hukmiga sukut etishini isbot qiladi.Basharning idora va axloq va ijtimoiyati bilan g’oyat aloqador bo’lgan ijtimoiyun va siyosiyun va axloqiyunning quloqlari jaranglasin! Kelsinlar, bu bo’shliqni nima bilan to’ldira oladilar va bu chuqur yaralarni nima bilan davolay oladilar?

IKKINCHI NUQTA:

Haqiqati hashriyaning hadsiz burhonlaridan boshqa arkoni iymoniyadan kelgan shahodatlarning xulosasidan chiqqan bir burhonni g’oyat muxtasar bir suratda bayon qiladi. Shundayki:

Hazrat Muhammad Alayhissalotu Vassalamning risolatiga dalolat qilgan butun mo’'jizalari va butun daloili nubuvvati va haqqoniyatining butun burhonlari, birdan haqiqati hashriyaning tahaqquqiga shahodat qilib isbot qiladilar. Chunki bu zotning butun hayotida butun da'volari, vahdoniyatdan keyin hashrda tamarkuz etadi. Ham umum payg’ambarlarni tasdiq qilgan va qildirgan butun mo’'jizalari va hujjatlari ayni haqiqatga shahodat qiladi. Ham وَ بِرُسُلِه۪ kalimasidan kelgan shahodatni badohat darajasiga chiqargan وَ كُتُبِه۪ shahodati ham ayni haqiqatga shahodat qiladi. Shundayki:

Boshda Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning haqqoniyatini isbot qilgan butun mo’'jizalari, hujjatlari va haqiqatlari birdan haqiqati hashriyaning tahaqquqiga va vuqu'iga shahodat qilib isbot qiladilar. Chunki Qur'onning deyarli uchdan biri hashrdir va aksar qisqa suralarining boshlarida g’oyat quvvatli oyoti hashriyadir. Sarihan va ishoratan minglab oyoti bilan ayni haqiqatni xabar beradi, isbot qiladi, ko’rsatadi. Masalan:

اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ * يَٓا اَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمْ اِنَّ زَلْزَلَةَ السَّاعَةِ شَىْءٌ عَظ۪يمٌ * اِذَا زُلْزِلَتِ الْاَرْضُ زِلْزَالَهَا * اِذَا السَّمَٓاءُ انْفَطَرَتْ * اِذَا السَّمَٓاءُ انْشَقَّتْ * عَمَّ يَتَسَٓاءَلُونَ * هَلْ اَتٰيكَ حَد۪يثُ الْغَاشِيَةِ

kabi o’ttiz-qirq suralarning boshlarida butun qat'iyat bilan haqiqati hashriyani koinotning eng ahamiyatli va vojib bir haqiqati bo’lganini ko’rsatish bilan barobar, boshqa oyatlar ham u haqiqatning turli-tuman dalillarini bayon etib iqno' etadilar.

Ajabo, birgina oyatning birgina ishorati, ko’z o’ngimizda ulumi Islomiyada mutaaddid ilmiy, kavniy haqiqatlarni meva bergan bir kitobning minglab bunday guvohliklari bilan va da'volari bilan, Quyosh kabi zuhur etgan iymoni hashriy; haqiqatsiz bo’lishi Quyoshning inkori, balki koinotning adami kabi hech bir jihati imkoni bormi va yuz daraja mahol va botil bo’lmaydimi? Ajabo, bir sultonning birgina ishorati yolg’on bo’lmasligi uchun ba'zan bir qo’shin harakat qilib jang qilgani holda, u juda jiddiy va izzatli sultonning minglab so’zlari va va'dalari va tahdidlarini yolg’onga chiqarishning hech bir imkoni bormi va haqiqatsiz bo’lishi mumkinmi?

Ajabo, o’n uch asrda oraliqsiz ravishda hadsiz ruhlarga, aqllarga, qalblarga, nafslarga haq va haqiqat doirasida hukm qilgan, tarbiya qilgan, idora qilgan bu ma'naviy Sultoni Zishonning birgina ishorati bunday bir haqiqatni isbot qilishga kifoya ekan, minglab tasrihot bilan bu haqiqati hashriyani ko’rsatib isbot qilgandan keyin, u haqiqatni tanimagan bir ajhal ahmoq uchun Jahannam azobi lozim bo’lmaydimi va ayni adolat bo’lmaydimi?

Ham bittadan zamonga va bittadan davrga hukm qilgan butun samoviy suhuflar va muqaddas kitoblar ham butun istiqbolga va umum zamonlarga hukmron bo’lgan Qur'onning tafsilot bilan, izohot bilan, takror bilan bayon va isbot qilgan haqiqati hashriyani, asrlariga va zamonlariga ko’ra u haqiqatni qat'iy qabul bilan barobar, tafsilotsiz va pardali va muxtasar bir suratda bayon, faqat quvvatli bir tarzda iddi'o va isbotlari, Qur'onning da'vosini minglab imzo bilan tasdiq qiladilar.

Bu bahsning munosabati bilan Risola-i Munojotning oxirida:

ا۪يمَانٌ بِالْيَوْمِ الْاٰخِرِ

rukniga boshqa ruknlarning, xususan "Rusul" va "Kutub"ning shahodatlarini, munojot suratida zikr qilingan juda quvvatli va xulosali va butun avhomlarni izola etgan bir hujjati hashriya aynan bu yerga kiryapti. Shundayki: Munojotda degan:

Ey Robbi Rahimim! Rasuli Akramingning ta'limi bilan va Qur'oni Hakimning darsi bilan angladimki: Boshda Qur'on va Rasuli Akraming bo’lib, butun muqaddas kitoblar va payg’ambarlar, bu dunyoda va har tarafda namunalari ko’rilgan jalolli va jamolli ismlaringning tajalliylari yanada porloq bir suratda abad-ul abad davom etishiga va bu foniy olamda rahimona jilvalari, namunalari mushohada etilgan ehsonotingning yanada ko’z qamashtiradigan bir tarzda dori saodatda istimroriga va baqosiga va bu qisqa hayoti dunyoviyada ularni zavq bilan ko’rgan va muhabbat bilan rafoqat etgan mushtoqlarning abadda ham rafoqatlariga va barobar bo’lishlariga ijmo' va ittifoq bilan shahodat va dalolat va ishorat qiladilar.

Ham yuzlab mo’'jizoti bahiralaringga va oyoti qat'iyalaringga istinodan, boshda Rasuli Akram va Qur'oni Hakiming bo’lib barcha nuroniy ruhlarning sohiblari bo’lgan payg’ambarlar va butun munavvar qalblarning qutblari bo’lgan valiylar va butun keskin va nurli aqllarning ma'danlari bo’lgan siddiqiynlar, butun suhufi samoviyada va kutubi muqaddasada sening ko’p takror bilan qilgan minglab va'dalaringga va tahdidlaringga istinodan, ham sening qudrat va rahmat va inoyat va hikmat va jalol va jamol kabi oxiratni iqtizo etgan qudsiy sifatlaringga, sha'nlaringga va sening izzati jalolingga va saltanati rububiyatingga e'timod etganlari holda, ham oxiratning izlarini va tarashshuhotini bildirgan hadsiz kashfiyotlariga va mushohadalariga va ilmalyaqiyn va aynalyaqiyn darajasida bo’lgan e'tiqodlariga va iymonlariga binoan saodati abadiyani insonlarga xushxabar beryaptilar. Ahli zalolat uchun Jahannam va ahli hidoyat uchun Jannat borligini xabar berib e'lon qilyaptilar. Quvvatli iymon keltirib shahodat qilyaptilar.

Ey Qodiri Hakim! Ey Rahmoni Rahim! Ey Sodiq-ul Va'd-il Karim! Ey izzat va azamat va jalol sohibi Qahhori Zuljalol!..

Bu qadar sodiq do’stlaringni, bu qadar va'dalaringni va bu qadar sifot va shuunotingni yolg’onchiga chiqarish, takzib etish va saltanati rububiyatingning qat'iy muqtaziyotini takzib etmaslik va sen sevgan va ular ham seni tasdiq va itoat qilish bilan o’zlarini senga sevdirgan hadsiz maqbul ibodingning oxiratga qaragan hadsiz duolarini va da'volarini rad qilish, tinglamaslik va kufr va isyon bilan va seni va'dangda takzib etish bilan, sening azamati kibriyongga tegilgan va izzati jalolingga tegdirgan va uluhiyatingning haysiyatiga aralashgan va shafqati rububiyatingni mutaassir etgan ahli zalolatni va ahli kufrni hashrning inkorida ularni tasdiq qilishdan yuz minglab daraja muqaddassan va hadsiz daraja munazzah va oliysan. Bunday nihoyatsiz bir zulmdan va nihoyatsiz bir xunuklikdan sening u nihoyatsiz adolatingni va nihoyatsiz jamolingni va hadsiz rahmatingni hadsiz daraja taqdis etamiz. Va butun quvvatimiz bilan iymon keltiramizki: U yuz minglab sodiq elchilaring va u hadsiz to’g’ri dalloli saltanating bo’lgan anbiyo, asfiyo, avliyolar haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn suratida sening uxroviy rahmat xazinalaringga, olami baqodagi ehsonotingning dafinalariga va dori saodatda tamomila zuhur etgan go’zal ismlaringning horiqo go’zal jilvalariga shahodatlari haq va haqiqatdir. Va ishoratlari to’g’ri va mutobiqdir. Va bashoratlari sodiq va sodir bo’lgandir. Va ular butun haqiqatlarning marji'i va quyoshi va homiysi bo’lgan "Haq" ismingning eng buyuk bir shuasi; bu haqiqati akbari hashriya bo’lganiga iymon keltirib, sening amring bilan sening ibodingga haq doirasida dars beryaptilar. Va ayni haqiqat bo’lib ta'lim beryaptilar. Yo Rob! Bularning dars va ta'limlarining haqqi va hurmati uchun bizga va Risola-i Nur talabalariga iymoni akmal va husni xotima ber. Va bizlarni ularning shafoatlariga mazhar ayla, omin...

Ham qandayki Qur'onning, balki butun samoviy kitoblarning haqqoniyatini isbot qilgan umum dalillar va hujjatlar va Habibullohning, balki butun anbiyoning nubuvvatlarini isbot qilgan umum mo’'jizalar va burhonlar, bilvosita eng buyuk muddaolari bo’lgan oxiratning tahaqquqiga dalolat qiladilar. Aynan shuning kabi, Vojib-ul Vujudning vujudiga va vahdatiga shahodat qilgan aksar dalillar va hujjatlar, bilvosita rububiyatning va uluhiyatning eng buyuk madori va mazhari bo’lgan dori saodatning va olami baqoning vujudiga, ochilishiga shahodat qiladilar. Chunki kelasi maqomotda bayon va isbot qilinadigani kabi, Zoti Vojib-ul Vujudning ham mavjudiyati, ham umum sifatlari, ham aksar ismlari, hamrububiyat, uluhiyat, rahmat, inoyat, hikmat, adolatkabi vasflari, sha'nlari luzum darajasida oxiratni iqtizo va vujub darajasida boqiy bir olamni istilzom va zarurat darajasida mukofot va mujozot uchun hashrni va nashrni istaydilar. Ha, modomiki azaliy, abadiy bir Alloh bor; albatta saltanati uluhiyatining sarmadiy bir madori bo’lgan oxirat bordir. Va modomiki bu koinotda va zihayotda g’oyat hashmatli va hikmatli va shafqatli bir rububiyati mutlaqa bor. Va ko’rinyapti. Albatta, u rububiyatning hashmatini sukutdan va hikmatini abasiyatdan va shafqatini g’adrdan qutqargan abadiy bir dori saodat bo’ladi va kiriladi.

Ham modomiki ko’z bilan ko’ringan bu hadsiz in'omlar, ehsonlar, lutflar, karamlar, inoyatlar, rahmatlar; parda-i g’ayb orqasida bir Zoti Rahmoni Rahimning bo’lganini so’nmagan aqllarga, o’lmagan qalblarga ko’rsatadi. Albatta, in'omni istihzodan, va ehsonni aldashdan va inoyatni adovatdan va rahmatni azobdan va lutf va karamni ihonatdan xalos qilgan va ehsonni ehson qilgan va ne'matni ne'mat qilgan bir olami boqiyda bir hayoti boqiya bor. Va bo’ladi.

Ham modomiki bahor faslida zaminning tor sahifasida xatosiz yuz ming kitobni bir-biri ichida yozgan bir qalami qudrat ko’z o’ngimizda tinmasdan ishlayapti. Va u qalam sohibi yuz ming marta ahd qilgan va va'da berganki:"Bu tor yerda va chalkash va bir-biri ichida yozilgan bahor kitobidan yanada oson bo’lib keng bir yerda go’zal va layamut bir kitobni yozaman va sizga o’qittiraman",deya butun farmonlarda u kitobdan bahs yuritadi. Albatta va har holda, u kitobning asli yozilgan va hashr va nashr bilan hoshiyalari ham yoziladi. Va umumning daftari a'mollari unda qayd etiladi.

Ham modomiki bu Arz kasrati maxluqot jihati bilan va mutamodiyan o’zgargan yuz minglab turli-tuman anvo'i zavil hayot va zavil arvohning maskani, mansha'i, fabrikasi, mashhari, mahshari bo’lishi haysiyati bilan bu koinotning qalbi, markazi, xulosasi, natijasi, sababi xilqati bo’lib g’oyat buyuk shunday bir ahamiyati borki: Kichikligi bilan barobar ulkan samovotga qarshi teng tutilgan. Samoviy farmonlarda doimo:

رَبُّ السَّمٰوَاتِ وَ الْاَرْضِ

deyiladi. Va modomiki bu mohiyatdagi Arzning har tarafiga hukm qilgan va aksar maxluqotiga tasarruf qilgan va aksar zihayot mavjudotini tasxir etib o’z atrofiga to’plattirgan va aksar masnu'otini o’z havasotining muhandisligi bilan va ehtiyojotining dasturlari bilan shunday chiroyli ravishda tanzim va tashhir va tazyin va g’oyat antiqa navlarini ro’yxat kabi bittadan yerlarda shunday jamlab bezattiradiki, nafaqat yolg’iz ins va jin nazarlarini, balki samovot ahlining va koinotning nazari diqqatlarini va taqdirlarini va koinot sohibining nazari istehsonini jalb qilish bilan g’oyat buyuk bir ahamiyat va qiymat olgan va bu haysiyat bilan bu koinotning hikmati xilqati va buyuk natijasi va qiymatli mevasi va Arzning xalifasi bo’lganini; fanlari bilan, san'atlari bilan ko’rsatgan.. va dunyo jihatidan Sone'-i Olamning mo’'jizali san'atlarini g’oyat go’zal ravishda tashhir va tanzim etgani uchun, isyon va kufri bilan barobar dunyoda qoldirilgan va azobi ta'xir etilgan.. va bu xizmati uchun imhol etilib muvaffaqiyat ko’rgan navi bani odam bor.

Va modomiki bu mohiyatdagi navi bani odam, mizoj va xilqat e'tibori bilan g’oyat zaif va ojiz va g’oyat ojizligi va faqirligi bilan barobar hadsiz ehtiyojoti va taallumoti bo’lgani holda, butun-butun quvvatidan va ixtiyoridan ustun bo’lib ulkan Kura-i Arzni u navi insonga luzumi bo’lgan har navi ma'danlarga mahzan va har navi taomlarga ombor va navi inson manzur ko’radigan har xil mollarga bir do’kon suratiga keltirgan g’oyat quvvatli va hikmatli va shafqatli bir mutasarrif borki, ana shunday navi insonga qarayapti, parvarish qilyapti, istaganini beryapti.

Va modomiki bu haqiqatdagi bir Rob; ham insonni sevadi, ham o’zini insonga sevdiradi; ham boqiydir; ham boqiy olamlari bor; ham adolat bilan ish qiladi va hikmat bilan hamma narsani qiladi. Ham bu qisqa hayoti dunyoviyada va bu qisqagina umri basharda va bu muvaqqat va foniy zaminda u Hokimi Azaliyning hashmati saltanati va sarmadiyati hokimiyati joylasholmaydi. Va navi insonda sodir bo’lgan va koinotning intizomiga va adolat va muvozanalariga va husni jamoliga zid va muxolif juda buyuk zulmlari va isyonlari va valine'matiga va uni shafqat bilan parvarish qilganga qarshi ihonatlari, inkorlari, kufrlari bu dunyoda jazosiz qolib, g’addor zolim hayotini rohatda va bechora mazlum mashaqqatlar ichida umrlarini kechiradilar. Va umum koinotda asarlari ko’ringan shu adolati mutlaqaning mohiyati esa; tirilmaslik surati bilan u g’addor zolimlarning va ma'yus mazlumlarning vafot ichidagi musovotlariga butun-butun ziddir, ko’tarmaydi, muso'ada etmaydi!

Va modomiki, qandayki koinotning sohibi koinotdan zaminni va zamindan navi insonni intihob etib g’oyat buyuk bir maqom, bir ahamiyat bergan. Xuddi shuning kabi, navi insondan ham maqosidi rububiyatiga tavofuq etgan va o’zlarini iymon va taslim bilan unga sevdirgan haqiqiy insonlar bo’lgan anbiyo va avliyo va asfiyoni intihob etib o’ziga do’st va muxotob etib, ularni mo’'jizalar va tavfiqlar bilan ikrom va dushmanlarini samoviy ta'zirlar bilan ta'zib etadi.

Va bu qiymatli, sevimli do’stlaridan ham, ularning imomi va mafxari bo’lgan Muhammad Alayhissalotu Vassalamni intihob etib, ahamiyatli Kura-i Arzning yarmini va ahamiyatli navi insonning beshdan birini uzun asrlarda uning nuri bilan tanvir etyapti. Xuddi bu koinot uning uchun yaratilgandek; butun g’oyalari u bilan va uning dini bilan va Qur'oni bilan tazohur etyapti. Va u juda ham qiymatli va millionlar yil yashaydigan qadar hadsiz xizmatlarining haqlarini hadsiz bir zamonda olishga haqdor va loyiq ekan, g’oyat mashaqqatlar va mujohadalar ichida oltmish uch yil kabi qisqacha bir umr berilgan. Ajabo, hech bir jihat bilan hech bir imkoni, hech bir ehtimoli, hech bir layoqati bormiki: U zot butun amsoli va do’stlari bilan barobar tirilmasin? Va hozir ham ruhan tirik va hayy bo’lmasin? I'domi abadiy bilan mahv bo’lsinlar? Xosho, yuz ming marta xosho va kallo!.. Ha, butun koinot va haqiqati olam tirilishini da'vo qiladi va hayotini Sohibi Koinotdan talab qiladi.

Va modomiki Yettinchi Shua bo’lgan"Oyat-ul Kubro"dahar biri bir tog’ quvvatida o’ttiz uch adad ijmo'-i azim isbot qilganlarki: Bu koinot bir qo’ldan chiqqan. Va birgina zotning mulkidir. Va kamoloti Ilohiyaning madori bo’lgan vahdatini va ahadiyatini badohat bilan ko’rsatganlar va vahdat va ahadiyat bilan butun koinot u Zoti Vohidning amrbar askarlari va musahhar ma'murlari hukmiga o’tadi va oxiratning kelishi bilan, kamoloti sukutdan; va adolati mutlaqasi mustahziyona g’adri mutlaqdan; va hikmati ommasi safohatkorona abasiyatdan; va rahmati vase'asi lahiyona ta'zibdan; va izzati qudrati zalilona ojizlikdan qutuladilar, taqaddus etadilar.Albatta va albatta va har holda, iymoni billohning yuzlab nuktasidan bu sakkiz "modomiki"lardagi haqiqatlarning muqtazosi bilan; qiyomat kuni keladi, hashr va nashr bo’ladi, dori mujozot va mukofot ochiladi...Toki arzning mazkur ahamiyati va markaziyati va insonning ahamiyati va qiymati tahaqquq eta olsin va Arz va insonning Xoliqi va Robbi bo’lgan Mutasarrifi Hakimning mazkur adolati, hikmati, rahmati, saltanati taqarrur eta olsin va u Boqiy Robning mazkur haqiqiy do’stlari va mushtoqlari i'domi abadiydan qutulsin va u do’stlarning eng buyugi va eng qiymatlisi butun koinotni mamnun va minnatdor qilgan qudsiy xizmatlarining mukofotini ko’rsin va Sultoni Sarmadiyning kamoloti nuqson va qusurdan va qudrati ojizlikdan va hikmati safohatdan va adolati zulmdan tanazzuh va taqaddus va tabarri etsin.

Alhosil:

Modomiki Alloh bor, albatta oxirat bordir...

Ham qandayki mazkur uch arkoni iymoniya ularni isbot qilgan butun dalillari bilan hashrga shahodat va dalolat qiladilar. Xuddi shuning kabi

وَ بِمَلٰئِكَتِه۪ وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِه۪ وَ شَرِّه۪ مِنَ اللّٰهِ تَعَالٰى

bo’lgan ikki rukni iymoniy ham hashrni istilzom etib quvvatli bir suratda olami baqoga shahodat va dalolat qiladilar. Shundayki:

Maloikaning vujudini va vazifa-i ubudiyatlarini isbot qilgan butun dalillar va hadsiz mushohadalar, mukolamalar, bilvosita olami arvohning va olami g’aybning va olami baqoning va olami oxiratning va kelajakda jin va ins bilan jonlantiradigan dori saodatning, Jannat va Jahannamning vujudlariga dalolat qiladilar. Chunki malaklar bu olamlarni izni Ilohiy bilan ko’ra oladilar va kiradilar va Hazrat Jabroil kabi, insonlar bilan ko’rishgan umum maloika-i muqarrobin mazkur olamlarning vujudlarini va ular ularda kezganlarini muttafiqan xabar beradilar. Ko’rmaganimiz Amerika qit'asininig vujudini undan kelganlarning ixbori bilan badihiy bilganimiz kabi; yuz tavotur quvvatida bo’lgan maloika ixboroti bilan olami baqoning va dori oxiratning va Jannat va Jahannamning vujudlariga o’sha qat'iyatda iymon keltirish kerakdir va shunday ham iymon keltiramiz.

Ham Yigirma Oltinchi So’z bo’lgan "Risola-i Qadar"da "Iymoni bilqadar" ruknini isbot qilgan butun dalillar; bilvosita hashrga va nashri suhufga va mezoni akbardagi muvozana-i a'molga dalolat qiladilar. Chunki hamma narsaning muqaddarotini ko’z o’ngimizda nizom va mezon lavhalarida qayd qilish va har zihayotning sarguzashti hayotiyalarini quvva-i hofizalarida va urug’larida va boshqa alvohi misoliyada yozish va har ziruhning, xususan insonlarning daftari a'mollarini alvohi mahfuzada tasbit etish va o’tkazish; albatta shunday qamrovli bir qadar va hakimona bir taqdir va mudaqqiqona bir qayd va hofizona bir kitobat bo’lib; faqat mahkama-i kubroda umumiy bir muhokama natijasida doimiy bir mukofot va mujozot uchun bo’lishi mumkin. Bo’lmasa u ihotali va juda ham diqqatli bo’lgan qayd va muhofaza; butun-butun ma'nosiz, foydasiz qoladi. Hikmatga va haqiqatga zid bo’ladi. Ham hashr kelmasa; qadar qalami bilan yozilgan bu kitobi koinotning butun muhaqqaq ma'nolari buziladiki, hech bir jihati imkoni bo’lolmaydi va u ehtimol bu koinotning vujudini inkor kabi mahol, balki bir safsata bo’ladi.

Alhosil:

Iymonning besh rukni butun dalillari bilan hashr va nashrning vuqu'iga va vujudiga va dori oxiratning vujudiga va ochilishiga dalolat qilib istaydilar va shahodat qilib talab qiladilar. Demak, haqiqati hashriyaning azamatiga tamoman muvofiq bunday azamatli va tebranmas ustunlari va burhonlari bo’lgani uchundirki; Qur'oni Mo’'jiz-ul Bayonning qariyb uchdan biri hashr va oxiratni tashkil qiladi va uni butun haqoiqiga poydevor va ussul asos qiladi va hamma narsani uning ustiga bino qiladi.

(Muqaddima nihoyasiga yetdi.)

* * *

Boshdagi oyat mo’'jizona ishorat qilgan to’qqiz tabaqa barohini hashriyaga doir to’qqiz maqomdan "Birinchi Maqom":

فَسُبْحَانَ اللّٰهِ ح۪ينَ تُمْسُونَ وَح۪ينَ تُصْبِحُونَ * وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّمٰوَاتِ وَالْاَرْضِ وَعَشِيًّا وَح۪ينَ تُظْهِرُونَ * يُخْرِجُ الْحَىَّ مِنَ الْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ الْمَيِّتَ مِنَ الْحَىِّ وَيُحْيِى الْاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَكَذٰلِكَ تُخْرَجُونَ *

bo’lgan fikradagi farmoni hashrga doir bu yerda ko’rsatgan burhoni bahiri va hujjati qat'iyasi bayon va izoh qilinadi inshaallohur Rahmon.

* * *

O’NINCHI HUJJATI IYMONIYA

(YIGIRMANCHI MAKTUB)

بِاسْمِه۪ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِه۪

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَر۪يكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ يُحْي۪ى وَ يُم۪يتُ وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ

(Bomdod va shom namozidan keyin takror qilinishida juda ham ko’p fazilat bo’lgan va bir rivoyati sahihada ismi a'zam martabasini tashigan shu jumla-i tavhidiyaning o’n bir kalimasi bor. Har bir kalimasida ham bittadan xushxabar va bashorat, ham bittadan martaba-i tavhidi rububiyat, ham bir ismi a'zam nuqtasida bir kibriyo-i vahdat va bir kamoli vahdoniyat bordir. Bu buyuk va ulviy haqiqatlarning izohini boshqa So’zlarga havola qilib, bir va'daga binoan, hozircha mujmal bir xulosa suratida; "Ikki Maqom", bir "Muqaddima" bilan unga bir mundarija yasaymiz.

Muqaddima

Qat'iyan bilki: Xilqatning eng yuksak g’oyasi va fitratning eng ulkan natijasi iymoni Billohdir. Va insoniyatning eng oliy martabasi va bashariyatning eng buyuk maqomi, iymoni Billoh ichidagi ma'rifatullohdir. Jin va insning eng porloq saodati va eng totli ne'mati, u ma'rifatulloh ichidagi muhabbatullohdir. Va ruhi bashar uchun eng xolis surur va qalbi inson uchun eng sof sevinch, u muhabbatulloh ichidagi lazzati ruhoniyadir.

Ha, butun haqiqiy saodat va xolis surur va shirin ne'mat va sof lazzat, albatta ma'rifatulloh va muhabbatullohdadir. Ular usiz bo’lolmaydi. Janobi Haqni tanigan va sevgan nihoyatsiz saodatga, ne'matga, anvorga, asrorga yo bilquvva yoki bilfe'l mazhardir. Uni haqiqiy tanimagan, sevmagan nihoyatsiz shaqovatga, alomga va avhomga ma'nan va moddatan mubtalo bo’ladi.

Ha, shu parishon dunyoda, ovora navi bashar ichida, samarasiz bir hayotda; sohibsiz, homiysiz bir suratda; ojiz, miskin bir inson butun dunyoning sultoni ham bo’lsa, necha pulga arziydi? Mana bu ovora navi bashar ichida, bu parishon foniy dunyoda; inson sohibini tanimasa, molikini topmasa, naqadar bechora sargardon bo’lganini hamma anglaydi. Agar sohibini topsa, molikini tanisa, u vaqt rahmatiga iltijo qiladi, qudratiga istinod etadi. U vahshatgoh dunyo bir tanazzuhgohga aylanadi va bir tijoratgoh bo’ladi.

BIRINCHI MAQOM

Shu kalomi tavhidiyning o’n bir kalimasining har birida bittadan xushxabar bor. Va u xushxabarda bittadan shifo va u shifoda bittadan lazzati ma'naviya mavjud.

BIRINCHI KALIMA:

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ

da shunday bir xushxabar borki: Hadsiz hojotga mubtalo, nihoyatsiz a'daning hujumiga nishon bo’lgan ruhi insoniy bu kalimada shunday bir nuqta-i istimdod topadiki, butun hojotini ta'min etadigan bir xazina-i rahmat eshigini unga ochadi va shunday bir nuqta-i istinodni topadiki, butun a'dasining sharridan amin qiladigan bir qudrati mutlaqaning sohibi bo’lgan o’z Ma'budini va Xoliqini bildiradi va tanittiradi, sohibini ko’rsatadi, Moliki kim bo’lganini namoyon qiladi. Va shu namoyon qilish bilan qalbni vahshati mutlaqadan va ruhni huzni aliymdan qutqarib, abadiy bir farohni, doimiy bir sururni ta'min qiladi.

IKKINCHI KALIMA:

وَحْدَهُ

Shu kalimada shifoli, saodatli bir xushxabar bordir. Shundayki: Koinotning aksar anvo'i bilan aloqador va u aloqadorlik tufayli parishon va chalkashlik ichida bo’g’ilish darajasiga kelgan ruhi bashar va qalbi inson وَحْدَهُ kalimasida bir malja, bir xaloskor topadiki, uni butun u chalkashlikdan, u parishoniyatdan qutqaradi. Ya'ni, وَحْدَهُ ma'nan deydi: "Alloh birdir". Boshqa narsalarga murojaat qilib charchama, ularga tazallul etib minnat chekma, ularga tamalluq etib bo’yin egma, ularning orqasidan ketib zahmat chekma, ulardan qo’rqib titrama. Chunki Sultoni Koinot birdir, hamma narsaning kaliti uning yonida, hamma narsaning tizgini uning qo’lidadir; hamma narsa uning amri bilan hal qilinadi. Uni topsang, har matlubingni topding; hadsiz minnatlardan, qo’rquvlardan qutulding.

UCHINCHI KALIMA:

لَا شَر۪يكَ لَهُ

Ya'ni: Qandayki uluhiyatida va saltanatida sherigi yo’qdir; "Alloh" bir bo’ladi, mutaaddid bo’lolmaydi. Shunga o’xshab; Rububiyatida va ijrootida va ijodotida ham sherigi yo’qdir. Ba'zan bo’ladiki; sulton bir bo’ladi, saltanatida sherigi bo’lmaydi.. faqat ijrootida uning ma'murlari uning sherigi sanaladilar va uning huzuriga har kimning kirishiga mone bo’ladilar. "Bizga ham murojaat qil", deydilar. Faqat Azal, Abad Sultoni bo’lgan Janobi Haq, saltanatida sherigi bo’lmagani kabi, ijrooti rububiyatida ham muinlarga, sheriklarga muhtoj emasdir. Amr va irodasi, havl va quvvati bo’lmasa, hech bir narsa hech bir narsaga mudohala qilolmaydi. To’g’ridan-to’g’ri hamma unga murojaat qila oladi. Sherigi va muini bo’lmagani uchun, u murojaatchi odamga "Mumkin emas, uning huzuriga kirolmaysan", deyilmaydi.

Xullas, shu kalima ruhi bashar uchun shunday bir xushxabar beradiki: Iymonni qo’lga kiritgan ruhi bashar monesiz, mudohalasiz, hailsiz, ta'qiqsiz, har holida, har orzusida, har onda, har yerda u azal va abad va xazoini rahmat moliki va dafoini saodat sohibi bo’lgan Jamili Zuljalol, Qodiri Zulkamolning huzuriga kirib, hojotini arz qila oladi. Va rahmatini topib, qudratiga istinod etib, kamoli faroh va sururni qozona oladi.

TO’RTINCHI KALIMA:

لَهُ الْمُلْكُ

Ya'ni: Mulk umuman unikidir. Sen ham uning mulkisan, ham mamlukisan, ham mulkida ishlaysan. Shu kalima shunday shifoli bir xushxabar beradi va deydi: Ey inson! Sen o’zingni o’zingga molik deb hisoblama. Chunki sen o’zingni idora qilolmaysan, u yuk og’irdir. Bir o’zing muhofaza qilolmaysan, balolardan saqlanib, lavozimotini ta'min qilolmaysan. Shunday ekan, behuda iztirobga tushib azob chekma, mulk boshqasinikidir. U Molik ham Qodirdir, ham Rahimdir; qudratiga istinod et, rahmatini ittihom etma. G’am-g’ussani ot, davringni sur. Zahmatni ot, safoni top.

Ham deydiki: Ma'nan sevganing va aloqadar bo’lganing va parishoniyatidan mutaassir bo’lganing va isloh qilolmaganing shu koinot bir Qodiri Rahimning mulkidir. Mulkni sohibiga taslim qil, unga havola qil.. jafosini emas, safosini chek. U ham Hakimdir, ham Rahimdir. Mulkida istagani kabi tasarruf qiladi, aylantiradi. Dahshatga tushgan vaqting, Ibrohim Haqqi kabi: "Mavlo ko’raylik naylar, naylarsa go’zal aylar" degin, derazalardan tomosha qil, ichlariga kirma.

BESHINCHI KALIMA:

وَ لَهُ الْحَمْدُ

Ya'ni: Hamd va sano, madh va minnat unga maxsusdir, unga loyiqdir. Demak, ne'matlar unikidir va uning xazinasidan chiqadi. Xazina esa doimiydir. Demak, bu kalima shunday xushxabar berib deydiki: Ey inson! Ne'matning zavolidan alam chekma. Chunki rahmat xazinasi tuganmas. Va lazzatning zavolini o’ylab, u alamdan faryod qilma. Chunki u ne'mat mevasi bir rahmati benihoyaning samarasidir. Daraxti boqiy bo’lsa, mevasi ketsa ham, o’rniga keladigani bor. Ne'matning lazzati ichida o’sha lazzatdan yuz daraja yanada ziyoda lazzatli bir iltifoti rahmatni hamd bilan o’ylab, lazzatni birdan yuz daraja qila olasan. Qandayki bir podshohi zishon senga hadya qilgan bir olma lazzati ichida yuz, balki ming olmaning lazzatidan ustun bir iltifoti shohona lazzatini senga ihsos va ehson etadi. Shunga o’xshab, لَهُ الْحَمْدُ kalimasi bilan, ya'ni hamd va shukr bilan, ya'ni ne'matdan in'omni his qilish bilan, ya'ni Mun'imni tanish bilan va in'omini o’ylash bilan, ya'ni uning rahmatining iltifotini va shafqatining tavajjuhini va in'omining davomini o’ylash bilan; ne'matdan ming daraja yanada laziz, ma'naviy bir lazzat eshigini senga ochadi.

OLTINCHI KALIMA:

يُحْي۪ى

Ya'ni: hayotni bergan udir. Va hayotni rizq bilan idoma etgan ham udir. Va lavozimoti hayotni ham ihzor etgan yana udir. Va hayotning oliy g’oyalari unga oiddir va muhim natijalari unga qaraydi, yuzdan to’qson to’qqiz mevasi unikidir. Bu kalima shunday foniy va ojiz basharga nido qiladi, xushxabar beradi va deydi: Ey inson! Hayotning og’ir takolifini yelkangga olib zahmat chekma. Hayotning fanosini o’ylab qayg’uga tushma. Yolg’iz dunyoviy ahamiyatsiz mevalarini ko’rib, dunyoga kelganingdan pushaymonlik ko’rsatma. Balki u safina-i vujudingdagi hayot uskunasi Hayyi Qayyumga oiddir. Masorif va lavozimotini u tadorik etadi. Va u hayotning juda kasratli g’oyalari va natijalari bor va unga oiddir. Sen u kemada bir rul boshqaruvchi askarsan. Vazifangni go’zal bajar, haqqingni ol, zavqingga qara. U hayot safinasi naqadar qiymatli bo’lganini va naqadar go’zal foydalar berganini va u safina sohibi bo’lgan zotning naqadar Karim va Rahim bo’lganini o’yla, masrur bo’l va shukr qil va anglaki: Vazifangni istiqomat bilan qilgan vaqting, u safina bergan butun natoij bir jihatdan sening daftari a'molingga o’tadi, senga bir hayoti boqiyani ta'min qiladi, seni abadiy ihyo etadi.

YETTINCHI KALIMA:

وَ يُم۪يتُ

Ya'ni: Mavtni bergan udir. Ya'ni: Hayot vazifasidan tarhis etadi, foniy dunyodan joyingni tabdil etadi, xizmat qiyinchiligidan ozod qiladi. Ya'ni: Hayoti foniyadan seni hayoti boqiyaga oladi. Mana shu kalima shunday tarzda foniy jin va insga baqiradi, deydiki:

Sizlarga xushxabar! Mavt i'dom emas, hechlik emas, fano emas, inqiroz emas, so’nish emas, firoqi abadiy emas, adam emas, tasodif emas, foilsiz bir in'idom emas. Balki bir Foili Hakimi Rahim tarafidan bir tarhisdir, bir tabdili makondir. Saodati abadiya tarafiga, vatani asliylariga bir jo’natilishdir. Yuzdan to’qson to’qqiz ahbobning majma'i bo’lgan olami barzohga bir visol eshigidir.

SAKKIZINCHI KALIMA:

وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ

Ya'ni: Butun koinotning mavjudotida ko’ringan va vasila-i muhabbat bo’lgan kamol va husn va ehsonning hadsiz bir daraja ustida bir jamol va kamol va ehsonning sohibi va butun mahbublarga badal birgina jilva-i jamoli kifoya bo’lgan bir Ma'budi Lamyazal, bir Mahbubi Loyazalning azaliy va abadiy bir hayoti doimasi borki; shaiba-i zavol va fanodan munazzah va avorizi naqs va qusurdan mubarrodir. Demak, bu kalima jin va insga va butun zishuurga va ahli muhabbat va ishqqa e'lon qiladiki: Sizlarga xushxabar! Mahbublaringizdan nihoyatsiz firoqlarning yaralarini davolab malham surtadigan bir Mahbubi Boqiyingiz bor. Modomiki u bor va Boqiydir, boshqalari nima bo’lsa bo’lsin, qayg’urma. Balki o’sha mahbublarda sababi muhabbatingiz bo’lgan husn va ehson, fazl va kamol u Mahbubi Boqiyning jilva-i jamoli boqiysidan ko’p pardalardan o’tgan, g’oyat zaif bir soyaning soyasidir. Ularning zavollari sizlarni ranjitmasin. Chunki ular bir navi oynalardir. Oynalarning o’zgarishi shashaa-i jamolning jilvasini yangilaydi, go’zallashtiradi. Modomiki u bor, hamma narsa bor.

TO’QQIZINCHI KALIMA:

بِيَدِهِ الْخَيْرُ

Ya'ni: Har xayr uning qo’lidadir. Har bir qilgan yaxshiligingiz uning daftariga yoziladi. Har qilgan amali solihangiz yonida qayd qilinadi. Mana shu kalima jin va insga nido qilib xushxabar beradi. Deydiki: Ey bechoralar! Mozoristonga ko’chgan vaqtingiz, "Ey voh! Molimiz xarob bo’lib, sa'yimiz behuda ketdi; shu go’zal va keng dunyodan ketib, tor bir tuproqqa kirdik", demanglar, faryod qilib ma'yus bo’lmanglar... Chunki sizning hamma narsangiz muhofaza qilinyapti. Har amalingiz yozilgandir. Har xizmatingiz qayd qilingandir. Xizmatingizning mukofotini beradigan va har xayr qo’lida va har xayrni qila oladigan bir Zoti Zuljalol sizni jalb qilib, yer ostida muvaqqatan saqlaydi. So’ngra huzuriga oldiradi. Qanday baxtlisizlarki, xizmatingizni va vazifangizni bitirdingiz. Zahmatingiz tugadi, rohatga va rahmatga ketyapsiz. Xizmat, mashaqqat tugadi; ujrat olishga ketyapsiz.

Ha, o’tgan bahorning daftari a'molining sahifalari va xizamotining sandiqchalari bo’lgan danaklarni, urug’larni muhofaza qilgan.. va ikkinchi bahorda g’oyat dabdabali, balki yuz daraja aslidan yanada barakali bir tarzda muhofaza qilgan, nashr qilgan Qodiri Zuljalol, albatta sizning ham natoiji hayotingizni shunday muhofaza qilyapti va xizmatingizga juda kasratli bir suratda mukofot beradi.

O’NINCHI KALIMA:

وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَد۪يرٌ

Ya'ni: U Vohiddir, Ahaddir, hamma narsaga qodirdir. Hech bir narsa unga og’ir kelmaydi. Bir bahorni yaratish bir gul qadar unga osondir. Jannatni yaratish bir bahor qadar unga yengildir. Har kuni, har yili, har asr yangidan-yangi ijod qilyotgan hadsiz masnu'oti nihoyatsiz qudratiga nihoyatsiz lisonlar bilan guvohlik qiladilar. Xullas, shu kalima ham shunday xushxabar beradi. Deydiki: Ey inson! Qilgan xizmating, ado etgan ubudiyating behuda ketmaydi. Bir dori mukofot, bir mahalli saodat sen uchun ihzor etilgandir. Sening shu foniy dunyoingga badal boqiy bir jannat seni kutadi. Ibodat qilganing va taniganing Xoliqi Zuljalolning va'dasiga iymon va e'timod et. Unga va'dasida xulf etish maholdir. Qudratida hech bir jihat bilan nuqsoniyat yo’qdir. Ishlariga ajz mudohala etolmaydi. Sening kichik bog’ingni yaratgani kabi, Jannatni ham sen uchun yarata oladi va yaratgan va senga va'da bergan. Va va'da bergani uchun, albatta seni uning ichiga oladi.

Modomiki bilmushohada ko’ryapmiz: Har yili yer yuzida hayvonot va nabototning uch yuz mingdan ziyoda anvo'larini va millatlarini mukammal intizom va mezon bilan, mukammal tezlik va suhulat bilan hashr etib, nashr qiladi. Albatta bunday bir Qodiri Zuljalol va'dasini bajarishga muqtadirdir. Ham modomiki har yili shunday bir Qodiri Mutlaq hashrning va Jannatning namunalarini minglab tarzda ijod qiladi. Ham modomiki butun samoviy farmonlari bilan saodati abadiyani va'da qilib, Jannatni xushxabar beradi. Ham modomiki butun ijrooti va shuunoti haq va haqiqatdir va sidq va jiddiyatdir. Va modomiki asarlarining shahodati bilan butun kamolot uning nihoyatsiz kamoliga dalolat va guvohlik qiladi. Va hech bir jihatdan nuqson va qusur unda yo’qdir. Ham modomiki xulf-ul va'd va xilof va kizb va aldatish eng xunuk bir xislat va nuqson va qusurdir. Albatta va albatta u Qodiri Zuljalol, u Hakimi Zulkamol, u Rahimi Zuljamol va'dasini bajaradi; saodati abadiya eshigini ochadi, Odam otangizning vatani asliysi bo’lgan Jannatga sizlarni, ey ahli iymon, idhol etadi.

O’N BIRINCHI KALIMA:

وَ اِلَيْهِ الْمَص۪يرُ

Ya'ni: Tijorat va ma'muriyat uchun, muhim vazifalar bilan bu dori imtihon bo’lgan dunyoga yuborilgan insonlar tijoratlarini qilib, vazifalarini tugatib va xizmatlarini itmom etgandan keyin, yana ularni yuborgan Xoliqi Zuljaloliga qaytadilar va Mavloyi Karimlariga qovushadilar. Ya'ni, bu dori foniydan ketib dori boqiyda huzuri kibriyoga musharraf bo’ladilar. Ya'ni, sabablar tashvishlaridan va vositalarning qorong’i pardalaridan qutulib, Robbi Rahimlariga maqarri saltanati abadiysida pardasiz qovushadilar. To’g’ridan-to’g’ri hamma o’z Xoliqi va Ma'budi va Robbi va Sayyidi va Moliki kim bo’lganini biladi va topadi. Xullas, shu kalima butun xushxabarlar uzra shunday xushxabar beradi. Va deydiki:

Ey inson! Bilasanmi qayerga ketyapsan va qayerga yuborilyapsan? O’ttiz Ikkinchi So’zning oxirida aytilgani kabi: Dunyoning ming yillik mas'udona hayoti bir soatlik hayotiga muqobil kelmagan Jannat hayotining va o’sha Jannat hayotining ham ming yili bir soatlik ru'yati jamoliga muqobil kelmagan bir Jamili Zuljalolning doira-i rahmatiga va martaba-i huzuriga ketyapsan. Mubtalo va maftun va mushtoq bo’lganingiz majoziy mahbublarda va butun mavjudoti dunyoviyadagi husn va jamol uning jilva-i jamolining va husni asmosining bir nav soyasi va butun Jannat butun latoifi bilan bir jilva-i rahmati va butun ishtiyoqlar va muhabbatlar va injizoblar va jozibalar bir lam'a-i muhabbati bo’lgan bir Ma'budi Lamyazalning, bir Mahbubi Loyazalning doira-i huzuriga ketyapsiz va ziyofatgohi abadiysi bo’lgan Jannatga chaqirilyapsiz. Shunday ekan, qabr eshigiga yig’lab emas, kulib kiringlar.

Ham shu kalima shunday xushxabar beradi, deydiki: Ey inson! Fanoga, adamga, hechlikka, zulumotga, nisyonga, chirishga, parchalanishga va kasratda bo’g’ilishga ketganingizni tavahhum etib o’ylamang! Siz fanoga emas, baqoga ketyapsiz. Adamga emas, vujudi doimiyga yuborilyapsiz. Zulumotga emas, olami nurga ketyapsiz. Sohib va Moliki Haqiqiyning tarafiga ketyapsiz va Sultoni Azaliyning poytaxtiga qaytyapsiz. Kasratda bo’g’ilishga emas, vahdat doirasida tanaffus qilasiz. Firoqqa emas, visolga mutavajjihsiz.

* * *

O’N BIRINCHI HUJJATI IYMONIYA

(YIGIRMA IKKINCHI SO’ZNING BIRINCHI MAQOMI)

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَيَضْرِبُ اللّٰهُ الْاَمْثَالَ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ * وَ تِلْكَ الْاَمْثَالُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ

Bir zamon ikki odam bir hovuzda cho’mildilar. Favquloda bir ta'sir ostida behush bo’ldilar. Ko’zlarini ochgan payt ko’rdilarki, ajib bir olamga keltirilganlar. Shunday bir olamki, kamoli intizomidan bir mamlakat hukmida, balki bir shahar hukmida, balki bir saroy hukmidadir. Kamoli hayratlaridan atroflariga qaradilar. Ko’rdilarki: Bir jihatdan qaralsa, azim bir olam ko’rinadi. Bir jihatdan qaralsa, muntazam bir mamlakat... Bir jihatdan qaralsa, mukammal bir shahar... Boshqa bir jihatdan qaralsa, g’oyat muhtasham bir olamni ichiga olgan bir saroydir. Shu ajoyib olamda kezib sayron etdilar. Ko’rdilarki: Bir qism maxluqot bor; bir tarz bilan gapiryaptilar, faqat bular ularning tillarini bilmaydilar. Yolg’iz ishoratlaridan tushunilyaptiki, muhim ishlar qilyaptilar va ahamiyatli vazifalar bajaryaptilar.

U ikki odamdan birisi do’stiga dediki: "Shu ajib olamning albatta bir mudabbiri va shu muntazam mamlakatning bir moliki, shu mukammal shaharning bir sohibi, shu musanno' saroyning bir ustasi bordir. Biz harakat qilishimiz kerak, uni tanishimiz kerak. Chunki tushunilyaptiki, bizni bu yerga keltirgan udir. Uni tanimasak, kim bizga madad beradi? Tillarini bilmaganimiz va ular bizni tinglamagan shu ojiz maxluqlardan nima kutishimiz mumkin? Ham ulkan bir olamni bir mamlakat suratida, bir shahar tarzida, bir saroy shaklida qurgan va boshdan oyoq horiqo narsalar bilan to’ldirgan va muzayyanotning anvo'i bilan tazyin etgan va ibratnamo mo’'jizotlar bilan bezagan bir zot, albatta bizdan va bu yerga kelganlardan bir istagani bordir. Uni tanishimiz kerak. Ham nima istaganini bilishimiz lozimdir." Boshqa odam dedi: "Ishonmayman, bunday bahs qilganing kabi bir zot bo’lsin va butun bu olamni bir o’zi idora qilsin." Do’sti javoban dediki: "Buni tanimasak, loqayd qolsak, manfaati hech yo’q; zarari bo’lsa juda azimdir. Agar tanishga harakat qilsak, mashaqqati juda yengildir, manfaati bo’lsa juda azimdir. Shuning uchun unga qarshi loqayd qolish hech kori aql emasdir." U bebosh odam dedi: "Men butun rohatimni, halovatimni uni o’ylamaslikda ko’raman. Ham bunday aqlimga sig’magan narsalar bilan ovora bo’lmayman. Butun bu ishlar tasodifiy va aralash-quralash ishlardir, o’zidan-o’zi bo’lyapti, menga nima kerak." Aqlli do’sti unga dedi: "Sening bu tamarruding meni ham, balki ko’plarni ham baloga tiqadi. Bir adabsiz sababli, ba'zan bo’ladiki, bir mamlakat xarob bo’ladi." Yana u bebosh qaytib dediki: "Yo qat'iyan menga isbot qilki; bu ulkan mamlakatning yagona bir moliki, yagona bir sone'i bordir. Yoki menga aralashma." Javoban do’sti dedi: "Modomiki qaysarliging devonalik darajasiga chiqqan; u o’jarliging bilan bizni va balki mamlakatni bir qahrga giriftor etasan. Men ham senga o’n ikki burhon bilan ko’rsatamanki: Bir saroy kabi shu olamning, bir shahar kabi shu mamlakatning yagona bir ustasi bordir va u usta, hamma narsani idora qilgan yolg’iz udir. Hech bir jihatdan nuqsoniyati yo’qdir. Bizga ko’rinmagan u usta, bizni va hamma narsani ko’radi va so’zlarini eshitadi. Butun ishlari mo’'jiza va horiqodir. Butun bu ko’rganimiz va tillarini bilmaganimiz shu maxluqlar uning ma'murlaridir."

Birinchi Burhon

Kel, har tarafga qara, hamma narsaga diqqat qil! Butun bu ishlar ichida yashirin bir qo’l ishlayapti. Chunki qara, bir dirham

{(Hoshiya1) Daraxtlarni boshlarida tashigan urug’larga ishoratdir.}

qadar quvvati bo’lmagan bir urug’ kichikligidagi bir narsa minglab botmon yukni ko’taryapti. Zarra qadar shuuri bo’lmagan

{(Hoshiya2) O’zidan-o’zi yuksalmagan va mevalarning og’irligiga dosh bermagan uzum novdalari kabi nozanin nabototning boshqa daraxtlarga latif qo’llar otib o’ralishlariga va ularga yuklanishlariga ishoratdir.}

g’oyat hakimona ishlar qilyapti. Demak, bular o’zlaridan-o’zlari ishlamayaptilar. Ularni ishlattirgan yashirin bir qudrat sohibi bordir. Agar bir o’zi bo’lsa, butun boshdan-oyoq bu ko’rganimiz mamlakatda har ish mo’'jiza, hamma narsa mo’'jizakor bir horiqo bo’lishi lozim bo’ladi. Bu esa bir safsatadir.

Ikkinchi Burhon

Kel, butun bu vodiylarni, bu maydonlarni, bu manzillarni bezatgan narsalar ustiga diqqat qil. Har birisida u yashirin zotdan xabar bergan ishlar bor. Xuddi har biri bittadan turra, bittadan sikka kabi u g’aybiy zotdan xabar beradilar. Mana ko’zingning o’ngida, qara; bir dirham paxtadan

{(Hoshiya3) Danakka ishoratdir. Masalan: Zarra kabi bir afyun buzri, bir dirham kabi bir zardoli navoti, bir qovun urug’i, qanday matodan go’zalroq to’qilgan yaproqlar, batis gazlamasidan oqroq va sariq gullar shirinlikdan shirinroq va ko’ftalardan va konserva qutilaridan latifroq, lazizroq, shirinroq mevalarni xazina-i rahmatdan keltiradilar, bizga taqdim qiladilar.}

nima qilyapti. Qara, necha to’p mato va batis gazlamasi va gulli mato chiqdi. Qara, undan naqadar shirinliklar, aylana totli ko’ftalar qilinyaptiki, bizlar kabi minglab odam kiysa va yesa, kifoya qiladi. Hamda qara, bu temirni, tuproqni, suvni, ko’mirni, misni, kumushni, oltinni g’aybiy hovuchiga oldi, bir go’sht parchasi

{(Hoshiya4) Unsurlardan jismi hayvoniyni yaratish va nutfadan zihayotni ijod qilishga ishoratdir.}

qildi; qara, ko’r... Mana ey aqlsiz odam! Bu ishlar shunday bir zotga maxsusdirki; butun bu mamlakat butun ajzosi bilan uning mo’'jiza-i quvvati ostida turyapti, har orzusiga rom bo’lyapti.

Uchinchi Burhon

Kel, bu mutaharrik antiqa

{(Hoshiya5) Hayvonlarga va insonlarga ishoratdir. Zero hayvon shu olamning kichik bir mundarijasi va mohiyati insoniya shu koinotning bir misoli musag’g’ari bo’lganidan; xuddi olamda nima bo’lsa, insonda namunasi bordir.}

san'atlariga qara! Har birisi shunday bir tarzda qilingan; xuddiki bu ulkan saroyning bir kichik nusxasidir. Butun bu saroyda nima bo’lsa, u kichkina mutaharrik uskunalarda mavjud. Hech mumkinmidirki, bu saroyning ustasidan boshqa birisi kelib, bu ajib saroyni kichik bir uskunada joylashtirsin? Ham hech mumkinmidirki, bir quti qadar bir uskuna butun bir olamni ichiga olgani holda, tasodifiy yoxud abas bir ish ichida bo’lsin? Demak, butun ko’zing ko’rgan naqadar antiqa uskunalar bo’lsa, u yashirin zotning bittadan sikkasi hukmidadirlar. Balki bittadan dallol, bittadan e'lonnoma hukmidadirlar. Lisoni hollari bilan deydilarki: "Biz shunday bir zotning san'atimizki: Butun bu olamimizni, bizni yaratgani va suhulat bilan ijod qilgani kabi, osonlik bilan yarata oladigan bir zotdir".

To’rtinchi Burhon

Ey muannid do’stim! Kel, senga yanada ajibini ko’rsataman. Qara, bu mamlakatda butun bu ishlar, bu narsalar o’zgardi, o’zgaryapti, bir holatda turmayapti. Diqqat qilki, bu ko’rganimiz jomid jismlar, hissiz qutilar; bittadan hokimi mutlaq suratini oldilar; xuddi har bir narsa butun ashyoga hukm qiladi. Mana, bu yonimizdagi bu uskunaga qara;

{(Hoshiya6) Uskuna mevador daraxtlarga ishoratdir. Chunki yuzlab dastgohlarni, fabrikalarni ingichkagina shoxlarida tashiydiganday; hayratnamo yaproqlarni, gullarni, mevalarni to’qiydi, bezaydi, pishiradi, bizlarga uzatadi. Holbuki qarag’ay va qatron kabi muhtasham daraxtlar quruq bir toshda dastgohini otgan, ishlab turibdilar.}

go’yo amr qiladi. Mana, uning tazyinotiga va ishlashiga lozim lavozimot va moddalar uzoq yerlardan yugurib kelyaptilar. Mana, u yerga qara: U shuursiz jism

{(Hoshiya7) Hububotga, danaklarga, chivinlarning tuxumchalariga ishoratdir. Masalan bir chivin bir qayrag’ochning yaprog’ida tuxumini qoldiradi. Birdan u ulkan qayrag’och yaproqlarini u tuxumlarga bir rahmi modar, bir beshik, asal kabi bir g’ido bilan to’la bir mahzanga aylantiradi. Xuddi u mevasiz daraxt u suratda ziruh mevalar beradi.}

go’yo bir ishorat qiladi, eng katta bir jismni o’ziga xizmatkor qiladi, o’z ishlarida ishlattiradi. Yana boshqa narsalarni bularga qiyos qil. Xuddi har bir narsa butun bu olamdagi xilqatlarni musahhar etadi. Agar u yashirin zotni qabul qilmasang, butun bu mamlakatdagi toshida, tuprog’ida, hayvonida, insonga o’xshash maxluqlarda; u zotning butun hunarlarini, san'atlarini, kamolotlarini bitta-bittalab (u narsalarga) berasan. Mana, aqling uzoq ko’rgan birgina mo’'jiznamo zotning badaliga milliardlab u kabi mo’'jiznamo, ham bir-biriga zid, ham bir-biriga misl, ham bir-biri ichida bo’lishsin; bu intizom buzilmasin, oraliqni chalkashtirmasinlar. Holbuki bu ulkan mamlakatda ikki barmoq qo’shilsa, chalkashtiradi. Chunki bir qishloqda ikki mudir, bir shaharda ikki hokim, bir mamlakatda ikki podshoh bo’lsa, chalkashtiradi. Qayerda qoldiki, hadsiz hokimi mutlaq barobar bo’lsin!

Beshinchi Burhon

Ey vasavasali do’stim! Kel, bu azim saroyning naqshlariga diqqat qil va butun bu shaharning ziynatlariga qara va butun bu mamlakatning tanzimotini ko’r va butun bu olamning san'atlarini tafakkur qil! Xullas qara: Agar nihoyatsiz mo’'jizalari va hunarlari bo’lgan yashirin bir zotning qalami ishlamasa, bu naqshlari boshqa shuursiz sabablarga, ko’r tasodifga, kar tabiatga berilsa, u vaqt yo bu mamlakatning har bir toshi, har bir o’ti shunday mo’'jiznamo naqqosh, shunday bir horiquloda kotib bo’lishi lozim bo’ladiki, bir harfda ming kitobni yoza olsin, bir naqshda millionlab san'atni joylashtira olsin. Chunki qara bu toshlardagi naqshga,

{(Hoshiya8) Shajara-i xilqatning mevasi bo’lgan insonga va o’z daraxtining dasturini va mundarijasini tashigan mevaga ishoratdir. Zero qalami qudrat olamning kitobi kabirida nima yozgan bo’lsa, ijmolini mohiyati insoniyada yozgandir. Qalami qadar tog’ kabi bir daraxtda nima yozgan bo’lsa, tirnoq kabi mevasida ham joylashtirgandir.}

har birisida butun saroyning naqshlari bor, butun shaharning tanzimot qonunlari bor, butun mamlakatning tashkilot dasturlari bor. Demak, bu naqshlarni qilish butun mamlakatni qilish qadar horiqodir. Shunday ekan, har bir naqsh, har bir san'at u yashirin zotning bir e'lonnomasidir, bir xotamidir.

Modomiki bir harf kotibini ko’rsatmasligi mumkin emas. San'atli bir naqsh naqqoshini bildirmasligi mumkin emas. Qanday bo’ladiki: Bir harfda ulkan bir kitobni yozgan, bir naqshda ming naqshni naqsh etgan naqqosh o’z kitobi bilan va naqshi bilan bilinmasin?

Oltinchi Burhon

Kel, bu keng vodiyga chiqamiz.

{(Hoshiya9) Bahor va yoz mavsumida zaminning yuziga ishoratdir. Zero yuz minglab muxtalif maxluqotning toifalari bir-biri ichida barobar ijod qilinadi, ro’yi zaminda yoziladi. Xatosiz, qusursiz, kamoli intizom bilan almashtiriladi. Minglab dasturxoni Rahmon ochiladi, teriladi, yangi yangi keladi. Har bir daraxt bittadan vositachi savdogar, har bir bo’ston bittadan qozon hukmiga o’tadi.}

Mana, u vodiy ichida yuksak bir tog’ bor. Ustiga chiqamiz, toki butun atrofi ko’rinsin. Ham hamma narsani yaqinlashtiradigan go’zal durbinlarni ham barobar olamiz. Chunki bu ajib mamlakatda ajib ishlar bo’lyapti. Har soatda hech aqlimizga kelmagan ishlar bo’lyapti. Mana, qara! Bu tog’lar va vodiylar va shaharlar birdan o’zgaryapti. Ham qanday o’zgaryapti.. shunday bir tarzdaki: Millionlab bir-biri ichida ishlar g’oyat muntazam suratda o’zgaryapti. Xuddi millionlab mutanavvi' matolar bir-biri ichida barobar to’qilayotganday juda ajib tahavvulot bo’lyapti. Qara, shu qadar unsiyat etganimiz va taniganimiz gulli-mulli narsalar yo’qoldilar. Muntazaman o’rinlariga va mohiyatlari ularga o’xshash, lekin suratlari boshqa bo’lganlar keldilar. Xuddi shu vodiy, tog’lar bittadan sahifa; yuz minglab boshqa-boshqa kitoblar ichida yozilyapti. Ham xatosiz, nuqsonsiz bo’lib yozilyapti. Xullas, bu ishlar yuz daraja maholdirki, o’zidan-o’zi bo’lsin. Ha, nihoyat darajada san'atli, diqqatli shu ishlar o’zidan-o’zi bo’lishi ming daraja maholdirki: O’zlaridan ziyoda san'atkorlarini ko’rsatadilar. Ham bularni qiluvchi shunday mo’'jiznamo bir zotdirki, hech bir ish unga og’ir kelmaydi. Mingta kitob yozish bir harf qadar unga oson bo’ladi. Bu bilan birga har tarafga qaraki, ham shunday bir hikmat bilan hamma narsani joy-joyiga qo’yapti va shunday mukrimona hammaga loyiq bo’lgan lutflarni qilyapti; ham shunday ehsonparvarona umumiy pardalar va eshiklar ochyaptiki, hammaning orzularini qondiryapti. Ham shunday saxovatparvarona dasturxonlar hozirlanayaptiki, butun bu mamlakatning xalqlariga, hayvonlariga, har bir toifasiga xos va loyiq, balki har bir fardiga maxsus ismi bilan va rasmi bilan bir ne'mat patnisi berilyapti. Xullas, dunyoda bundan mahol bir narsa bormiki, bu ko’rganimiz ishlar ichida tasodifiy ishlar bo’lsin yoki abas va foydasiz bo’lsin yoki mutaaddid qo’llar qo’shilsin yoki ustasi hamma narsaga muqtadir bo’lmasin yoki hamma narsa unga musahhar bo’lmasin! Mana ey do’stim! Hadding bo’lsa, bunga qarshi bir bahona top!

Yettinchi Burhon

Ey do’stim, kel! Hozir bu juz'iyotni tashlab, saroy shaklidagi bu ajib olamning ajzolarining bir-biriga qarshi bo’lgan vaziyatlariga diqqat qilamiz. Mana, qara. Bu olamda shu daraja intizom bilan kulliy ishlar qilinyapti va umumiy inqiloblar bo’lyaptiki, xuddi butun bu saroydagi mavjud toshlar, tuproqlar, daraxtlar, har bir narsa bittadan foili muxtor kabi butun bu olamning nizomoti kulliyasiga rioya qilib, unga ko’ra tavfiqi harakat qilyapti. Bir-biridan eng uzoq narsalar bir-birining imdodiga yuguryapti. Mana, qara. G’aybdan ajib bir qofila

{(Hoshiya1) Umum hayvonotning arzoqini tashigan nabotot va ashjar qofilalaridir.}

chiqib kelyapti. Markablari daraxtlarga, nabotlarga, tog’larga o’xshaydilar. Boshlarida bittadan rizqlar patnisi tashiyaptilar. Mana, qara: Bu tarafda kutayotgan muxtalif hayvonotning arzoqlarini keltiryaptilar. Hamda qara: Bu gumbazda u azim elektr chirog’i

{(Hoshiya2) U azim elektr chirog’i, Quyoshga ishoratdir.}

ularga nur bergani kabi, butun taomlarini shunday go’zal pishiryapti; yolg’iz, pishiriladigan taomlar bir dasti g’aybiy tarafidan bittadan ipga taqilib

{(Hoshiya3) Ip va ipga taqilgan taom esa, daraxtning ingichka shoxlari va laziz mevalaridir.}

unga qarshi tutilyapti. Bu tarafga ham qara: Bu bechora zaif, nahif, quvvatsiz hayvonchalar... Qanday ularning boshi qarshisida latif g’ido bilan to’la ikki tulumbacha

{(Hoshiya4) Ikki tulumbacha esa, volidalarning ko’kraklariga ishoratdir.}

taqilgan, ikki chashma kabi; yolg’iz u quvvatsiz maxluq uni og’ziga yopishtirishi kifoyadir.

Alhosil: Butun bu olamning butun ashyosi, bir-biriga qarayotganday, bir-biriga yordam berishadi. Bir-birini ko’rayotganday, bir-biriga qo’lni qo’lga berishadi. Bir-birining ishini takmil uchun, bir-biriga yelkani yelkaga berishadi. Belni belga berib barobar ishlashadi. Hamma narsani bunga qiyos qil; sanagan bilan tugamaydi... Xullas, butun bu hollar ikki karra ikki to’rt bo’lish darajasida qat'iy ko’rsatadiki; shu saroyi ajibning ustasiga, ya'ni shu g’arib olamning sohibiga hamma narsa musahhardir. Hamma narsa uning hisobiga ishlaydi. Hamma narsa unga bir amrbar askar hukmidadir. Hamma narsa uning quvvati bilan aylanadi. Hamma narsa uning amri bilan harakat qiladi. Hamma narsa uning hikmati bilan tanzim bo’ladi. Hamma narsa uning karami bilan muovanat etadi. Hamma narsa uning marhamati bilan boshqasining imdodiga yuguradi, ya'ni yugurtiriladi. Ey do’stim! Hadding bo’lsa, bunga qarshi bir so’z ayt!

Sakkizinchi Burhon

Kel, ey nafsim kabi o’zini aqlli deb o’ylagan aqlsiz do’stim! Shu saroyi muhtashamning sohibini tanishni istamayapsan! Holbuki hamma narsa uni ko’rsatyapti, unga ishorat qilyapti, unga shahodat qilyapti. Butun bu narsalarning shahodatini qanday takzib etyapsan! Shunday ekan, bu saroyni ham inkor qil va "Olam yo’q, mamlakat yo’q" degin va o’zingni ham inkor qil, o’rtadan chiq. Bo’lmasa esingni yig’, meni tingla! Mana, qara: Shu saroy ichida bo’lgan va mamlakatni ihota etgan yaknasoq unsurlar, ma'danlar bor.

{(Hoshiya5) Unsurlar, ma'danlar esa juda ko’p muntazam vazifalari bo’lgan va izni Rabboniy bilan har muhtojning imdodiga yugurgan va amri Ilohiy bilan har bir yerga kirgan, madad bergan va hayotning lavozimotini yetishtirgan va zihayotni emizgan va masnu'oti Ilohiyaning nasjiga, naqshiga mansha' va muvallid va beshik bo’lgan havo, suv, ziyo, tuproq unsurlariga ishoratdir.}

Xuddi mamlakatdan chiqqan hamma narsa u moddalardan qilinadi. Demak, u moddalar kimning mulki bo’lsa, butun undan qilingan narsalar ham unikidir. Ekinzor kimniki bo’lsa, mahsulot ham unikidir. Dengiz kimniki bo’lsa, ichidagilar ham unikidir. Ham qara, bu to’qilgan narsalar, bu nasj etilgan munaqqash matolar bitta moddadan qilinyapti. U moddani keltirgan, ihzor etgan va ip holiga keltirgan, albatta bilbedaho birdir. Chunki u ish ishtirok qabul qilmaydi. Shunday ekan, butun nasj etilgan san'atli narsalar unga maxsusdir. Ham yana qara, bu to’qilgan, qilingan narsalarning har bir jinsi butun mamlakatning har tarafida mavjud; butun abno-i jinslari bilan shunday intishor etgan; barobar bo’lib bir-biri ichida, bir tarzda, bir onda qilinyapti, nasj etilyapti. Demak, birgina zotning ishidir, birgina amr bilan harakat qiladi. Bo’lmasa bunday bir onda, bir tarzda, bir vaziyatda, bir hay'atda ittifoq va muvofaqat maholdir. Shunday ekan, bu san'atli narsalarning har birisi u yashirin zotning bir e'lonnomasi hukmida uni ko’rsatadi. Go’yo har bir gulli mato, har bir san'atli uskuna, har bir totli luqma u mo’'jiznamo zotning bittadan sikkasi, bittadan xotami, bittadan nishoni, bittadan turrasi hukmida; lisoni hol bilan har birisi deydi: "Men kimning san'ati bo’lsam, joylashgan sandiqlarim va do’konlarim ham uning mulkidir". Va har bir naqsh deydi: "Meni kim to’qigan bo’lsa, joylashgan to’pim ham uning to’qimasidir". Har bir totli luqma deydi: "Meni kim qilayotgan, pishirayotgan bo’lsa, joylashgan qozonim ham unikidir". Har bir uskuna deydi: "Meni kim qilgan bo’lsa, mamlakatda intishor etgan butun o’xshashlarimni ham u qilyapti va butun mamlakatning har tarafida bizni yetishtirgan udir. Demak, mamlakatning moliki ham udir. Shunday ekan, butun bu mamlakatga, bu saroyga molik kim bo’lsa, u bizga molik bo’la oladi". Masalan, qandayki miriyga maxsus birgina askar kamari yoxud birgina tugmaga molik bo’lish uchun, ularni yasagan butun fabrikalarga molik bo’lish lozimdirki, ularga haqiqiy molik bo’lsin. Bo’lmasa u vaysaqi boshibuzuqdan, "miriy molidir" deya qo’lidan olinib, tajziya etiladi.

Alhosil: Qanday qilib bu mamlakatning anosiri mamlakatni qamragan bittadan moddadir. Ularning moliki ham butun mamlakatga molik birgina zot bo’lishi mumkin. Shunga o’xshab, butun mamlakatda intishor etgan san'atlar bir-biriga o’xshagani va birgina sikka izhor qilganlari uchun, butun mamlakat yuzida intishor etgan masnu'lar har bir narsaga hukm qilgan bitta zotning san'atlari bo’lganini ko’rsatadilar.

Mana ey do’stim! Modomiki shu mamlakatda, ya'ni shu saroyi muhtashamda bir birlik alomati bordir; bir vahdat sikkasi bor. Chunki bir qism narsalar, bir ekan; ihotasi bor. Bir qism mutaaddid bo’lsa -faqat bir-biriga o’xshagani va har tarafda bo’lgani uchun- bir vahdati nav'iya ko’rsatyapti. Vahdat esa bir vohidni ko’rsatadi. Demak ustasi ham, moliki ham, sohibi ham, sone'i ham bir bo’lishi lozim bo’ladi. Bu bilan barobar, sen bunga diqqat qilki, bir parda-i g’aybdan qalingina bir ip chiqyapti.

{(Hoshiya6) Qalingina bir ip mevador daraxtga; minglab iplar esa shoxlariga va iplar boshidagi olmos, nishon, ehson, hadyalar esa, gullarning aqsomiga va mevalarning anvo'iga ishoratdir.}

Qara, so’ngra minglab iplar undan uzangan. Har bir ipning boshiga qara: Bittadan olmos, bittadan nishon, bittadan ehson, bittadan hadya taqilgan. Hammaga ko’ra bittadan hadya beryapti. Ajabo, bilasanmiki, bunday g’arib bir g’ayb pardasidan bunday ajib ehsonotni, hadoyani shu maxluqlarga uzatgan zotni tanimaslik, unga tashakkur etmaslik naqadar devonacha bir harakatdir. Chunki uni tanimasang, bilmajburiya deysanki: "Bu iplar uchlaridagi olmoslarni, boshqa hadyalarni o’zlari qilyaptilar, beryaptilar". U vaqt har ipga bir podshohlik ma'nosini berish lozim bo’ladi. Holbuki ko’zimizning o’ngida bir dasti g’aybiy u iplarni ham qilib u hadoyani ularga taqyapti. Demak, butun bu saroyda hamma narsa o’z nafsidan ziyoda u mo’'jiznamo zotni ko’rsatadi. Uni tanimasang, butun bu narsalarni inkor qilish bilan hayvondan yuz daraja pastga tushasan.

To’qqizinchi Burhon

Kel, ey muhokamasiz do’stim! Sen shu saroyning sohibini tanimaysan va tanishni ham istamaysan. Chunki istib'od etasan. Uning ajib san'atlarini va holotini aqlga sig’ishtirolmaganingdan inkorga kiryapsan. Holbuki asl istib'od, asl mushkulot va haqiqiy suubatlar va dahshatli qiyinchiliklar uni tanimaslikdadir. Chunki uni tanisak, butun bu saroy, bu olam bitta narsa kabi oson bo’ladi, yengil bo’ladi; bu o’rtadagi arzonlik va mabzuliyatga mador bo’ladi. Agar tanimasak va u bo’lmasa, u vaqt har bir narsa butun bu saroy qadar mushkulotli bo’ladi. Chunki hamma narsa bu saroy qadar san'atlidir. U vaqt na arzonlik va na mabzuliyat qoladi. Bu ko’rgan narsalarimizning bittasi nafaqat qo’limizga, balki hech kimning qo’liga o’tmas edi. Sen yolg’iz shu ipga taqilgan totli konserva qutisiga qara.

{(Hoshiya7) Konserva quttisi qudrat konservalari bo’lgan qovun, tarvuz, anor, sut qutisi hindiston yong’og’i kabi rahmat hadyalariga ishoratdir.}

Agar uning yashirin oshxona-i mo’'jiznamosidan chiqmasa edi, hozir qirq tiyin bilan olganimiz holda, yuz liraga ham ololmas edik.

Ha, butun istib'od, mushkulot, suubat, halokat balki maholiyat uni tanimaslikdadir. Chunki qandayki bir daraxtga bir ildizdan, bir qonun bilan, bir markazdan hayot beriladi. Minglab mevalarning tashakkuli bir meva kabi suhulat paydo qiladi. Agar u daraxtning mevalari boshqa-boshqa markazga va ildizga, boshqa-boshqa qonun bilan rabt etilsa, har bir meva butun daraxt qadar mushkulotli bo’ladi. Ham qandayki butun qo’shinning tajhizoti bir markazdan, bir qonundan, bir fabrikadan chiqsa; miqdor jihatidan bir askarning tajhizoti qadar osonlashadi. Agar har bir askarning boshqa-boshqa yerlarda tajhizoti qilinsa, olinsa; har bir askarning tajhizoti uchun butun qo’shinning tajhizotiga lozim fabrikalar bo’lishi lozim bo’ladi.

Aynan bu ikki misol kabi: Shu muntazam saroyda, shu mukammal shaharda, shu mutaraqqiy mamlakatda, shu muhtasham olamda butun bu narsalarning ijodi bitta zotga berilgan vaqt, shu qadar oson bo’ladi, shu qadar yengillik paydo qiladiki; ko’rganimiz nihoyatsiz arzonlikka va mabzuliyatga va saxovatga sababiyat beradi. Bo’lmasa hamma narsa shu qadar qimmat, shu qadar mushkulotli bo’ladiki, dunyo berilsa, birisini qo’lga kiritib bo’lmaydi.

O’ninchi Burhon

Kel, ey bir parcha insofga kelgan do’stim! O’n besh kundir

{(Hoshiya1) O’n besh kun sinni taklif bo’lgan o’n besh yilga ishoratdir.}

biz bu yerdamiz. Agar shu olamning nizomlarini bilmasak, podshohini tanimasak, jazoga haqdor bo’lamiz. Uzrimiz qolmadi. Zero o’n besh kundan beri (go’yo bizga muhlat berilgandek) hech kimning biz bilan ishi yo’q. Albatta biz sohibsiz emasmiz. Bu daraja nozik san'atli, me'zonli, latofatli, ibratli masnu'lar ichida hayvon kabi kezib buzolmaymiz, bizga buzdirmaydilar. Shu mamlakatning hashmatli molikining albatta jazosi ham dahshatlidir. U zot naqadar qudratli, hashmatli bir zot bo’lganini shu bilan tushuningki: Shu ulkan olamni bir saroy kabi tanzim etyapti, bir charxpalak kabi aylantiryapti. Shu katta mamlakatni bir xona kabi, hech bir narsani nuqson qoldirmasdan idora qilyapti. Mana, qara, vaqt-bavaqt bir idishni to’ldirib bo’shatish kabi shu saroyni, shu mamlakatni, shu shaharni kamoli intizom bilan to’ldirib, kamoli hikmat bilan bo’shattiryapti. Bir dasturxonni ham ko’tarib tushurish kabi, ulkan mamlakatni boshdan oyoq turli-tuman dasturxonlar

{(Hoshiya2) Dasturxonlar esa, yozda zaminning yuziga ishoratdirki, yuzlab yangi-yangi va boshqa-boshqa bo’lib, oshxona-i rahmatdan chiqqan Rahmoniy dasturxonlar to’shaladi, almashadi. Har bir bo’ston bir qozon, har bir daraxt bir vositachi savdogardir.}

bir dasti g’aybiy tarafidan ko’tarib, tushirib mutanavvi' ovqatlarni navbat bilan keltirib yediradi. Uni olib tashlab boshqasini keltiradi, sen ham ko’ryapsan va aqling bo’lsa tushunasanki, u dahshatli hashmat ichida hadsiz saxovatli bir karam bor.

Hamda qaraki, u g’aybiy zotning saltanatiga, birligiga butun bu narsalar shahodat qilgani kabi; shuningdek qofila-qofila orqasidan kelib o’tgan, u haqiqiy parda-parda orqasidan ochilib yopilgan bu inqiloblar, bu tahavvulotlar u zotning davomiga, baqosiga shahodat qiladi. Chunki zavol topgan ashyo bilan barobar sabablari ham yo’qoladi. Holbuki ularning orqasidan ularga isnod etganimiz narsalar takror bo’ladi. Demak, u asarlar ularniki emas ekan; balki zavolsiz birisining asarlari ekan. Qandayki bir daryoning pufakchalari ketadi, orqasidan kelgan pufakchalar ketganlar kabi porlaganidan anglashiladiki; ularni porlattirgan, doimiy va yuksak bir nur sohibidir. Shuning kabi: Bu ishlarning tezlik bilan o’zgarishi, orqalaridan kelganlarning ayni rang olishi ko’rsatadiki; zavolsiz doimiy birgina zotning jilvalaridir, naqshlaridir, oynalaridir, san'atlaridir.

O’n Birinchi Burhon

Kel, ey do’stim! Hozir senga o’tgan o’n burhon quvvatida qat'iy bir burhon yana ko’rsataman. Kel, bir kemaga minamiz;

{(Hoshiya3) Kema tarixga va jazira esa Asri Saodatga ishoratdir. Shu asrning zulumotli sohilida, mimsiz madaniyat kiydirgan libosni yechib, zamonning dengiziga kirib, tarix va siyar safinasiga minib, Asri Saodat jazirasiga va Jazirat-ul Arab maydoniga chiqib, Faxri Olamni (S.A.V.) ish boshida ziyorat qilish bilan bilamizki, u zot shu qadar porloq bir burhoni tavhiddirki, zaminning boshdan oyoq yuzini va zamonning o’tgan va kelajak ikki yuzini nurlantirgan, kufr va zalolat zulumotini tarqatgandir.}

shu uzoqda bir jazira bor, u yerga ketamiz. Chunki bu tilsimli olamning kalitlari u yerda bo’ladi. Ham hamma u jaziraga qarayapti, u yerdan bir narsalar kutyapti, u yerdan amr olyaptilar. Mana qara, ketyapmiz. Hozir shu jaziraga chiqdik. Qara, juda katta bir ijtimo' bor. Shu malakatning butun kattalari bu yerda to’plangan kabi muhim ihtifol ko’rinyapti. Yaxshi diqqat qil. Bu jamiyati azimaning bir raisi bor. Kel, yaqinroq boramiz. U raisni tanishimiz kerak. Mana qara, naqadar porloq va mingdan

{(Hoshiya4) Ming nishon esa, ahli tahqiq yonida mingga yetgan mo’'jizoti Ahmadiyadir (S.A.V.).}

ziyoda nishonlari bor. Naqadar quvvatli gapiryapti. Naqadar totli bir suhbat qilyapti. Shu o’n besh kun mobaynida, bularning deganlarini men biroz o’rgandim. Sen ham mendan o’rgan. Qara, u zot shu mamlakatning mo’'jiznamo sultonidan bahs qilyapti. "U sultoni zishon meni sizlarga yubordi", deyapti. Qara, shunday horiqolar ko’rsatyapti; shubha qoldirmayaptiki, bu zot u podshohning bir ma'muri maxsusidir. Sen diqqat qilki, bu zotning aytgan so’zini nafaqat shu jaziradagi maxluqlar tinglayaptilar, balki horiquloda suratda butun mamlakatga eshittiryapti. Chunki uzoqdan uzoqqa hamma bu yerdagi nutqini eshitishga harakat qilyapti. Nafaqat insonlar tinglayaptilar, balki hayvonlar ham, hatto qara, tog’lar ham u keltirgan amrlarni tinglayaptilarki, yerlaridan qimirlayaptilar. Shu daraxtlar ishorat qilgan yerga ketyaptilar. Qayerda istasa, suv chiqaryapti. Hatto barmog’ini ham bir obi kavsar ko’kragi kabi qilyapti; undan obi hayot ichiryapti. Qara, shu saroyning qubba-i oliysida muhim chiroq,

{(Hoshiya5) Muhim chiroq Qamardirki, uning ishorati bilan ikki parcha bo’lgan. Ya'ni: Mavlono Jomiyning deganlari kabi: "Hech yozuv yozmagan u ummiy zot barmoq qalami bilan sahifa-i samoviyda bir alif yozgan, bir qirqni ikki ellik qilgan". Ya'ni; yorilishdan avval qirq bo’lgan mimga o’xshagan; yorilishdan keyin ikki hilol bo’ldi, ellikdan iborat bo’lgan ikki nunga o’xshadi.}

uning ishorati bilan bir ekan, ikkita bo’lyapti. Demak, bu mamlakat butun mavjudoti bilan uning ma'muriyatini taniydi. Uni "g’aybiy bir zoti mo’'jiznamoning eng xos va to’g’ri bir tarjimonidir, bir dalloli saltanati va tilsimining kashshofi va avomirining tablig’iga amin bir elchisi" bo’lganini biladiganday, uni tinglab itoat qilyaptilar. Mana, bu zot har aytgan so’zini atrofidagi butun aqli boshida bo’lganlar: "Ha, ha to’g’ridir" deydilar, tasdiq qiladilar. Balki shu mamlakatda tog’lar, daraxtlar, butun mamlakatlarni ziyolantirgan katta nur chirog’i

{(Hoshiya6) Katta bir nur chirog’i Quyosh bo’lib, yerning sharqdan aylanib kelishi bilan Quyoshning yangidan ko’rinishi, quchog’ida Payg’ambarning (S.A.V.) yotishi bilan asr namozini o’qimagan Imom Ali (R.A.) u mo’'jizaga binoan asr namozini vaqtida o’qigan.}

u zotning ishorat va amrlariga bosh egishi bilan, "Ha, ha, har deganing to’g’ridir" deydilar.

Mana ey tentak do’stim! Shu podshohning xazina-i xossasiga maxsus ming nishon tashigan shu nuroniy va muhtasham va juda jiddiy zotning butun quvvati bilan butun mamlakatning raislarining taxti tasdiqida bahs qilgan bir Zoti Mo’'jiznamodan va zikr qilgan avsofidan va tablig’ etgan avomirida hech bir vajh bilan xilof va hiyla bo’lishi mumkinmi? Bunda xilofi haqiqat mumkin bo’lsa; shu saroyni, shu chiroqlarni, shu jamoatni ham vujudlarini, ham haqiqatlarini takzib etish lozim bo’ladi. Agar hadding bo’lsa, bunga qarshi e'tiroz barmog’ingni uzatib ko’r, qanday barmog’ing burhon quvvati bilan sinib, sening ko’zingga suqilishini ko’rasan.

O’n Ikkinchi Burhon

Kel, ey bir oz aqli boshiga kelgan birodar! Butun o’n bir burhon quvvatida bir burhon yana ko’rsataman. Mana, qara. Yuqoridan tushgan va hamma unga hayratidan yoki hurmatidan kamoli diqqat bilan qaragan shu nuroniy farmonga

{(Hoshiya7) Nuroniy farmon Qur'onga va ustidagi turra esa i'joziga ishoratdir.}

qara. U ming nishonli zot uning yonida turgan, o’sha farmonning maolini umumga bayon qilyapti. Mana, shu farmonning uslublari shunday bir tarzda porlayaptiki, hammaning nazari istehsonini jalb etyapti va shunday jiddiy, ahamiyatli masalalarni zikr qilyaptiki, hamma quloq solishga majbur bo’lyapti. Chunki butun bu mamlakatni idora qilgan va bu saroyni qurgan va bu ajoyibni izhor qilgan zotning shuunotini, af'olini, avomirini, avsofini alohida-alohida bayon qilyapti. U farmonning hay'ati umumiyasida bir turra-i a'zam bo’lgani kabi, qara, har bir satrida, har bir jumlasida taqlid qilinmaydigan bir turra bo’lgani kabi, ifoda qilgan ma'nolar, haqiqatlar, amrlar, hikmatlar ustida ham u zotga maxsus bittadan ma'naviy xotam hukmida unga xos bir tarz ko’rinyapti.

Alhosil: U Farmoni A'zam quyosh kabi u Zoti A'zamni ko’rsatadi; ko’r bo’lmagan ko’radi.

Mana ey do’stim! Aqling joyiga kelgan bo’lsa, bu qadar yetarli... Agar bir so’zing bo’lsa, hozir ayt. U qaysar odam javoban dediki: "Men sening bu burhonlaringga qarshi yolg’iz deyman: Alhamdulilloh, ishondim. Ham quyosh kabi porloq va kunduz kabi oydin bir tarzda ishondimki: Shu mamlakatning yolg’iz bir Moliki Zulkamoli, shu olamning yolg’iz bir Sohibi Zuljaloli, shu saroyning yolg’iz bir Sone'-i Zuljamoli bo’lganini qabul qildim. Alloh sendan rozi bo’lsinki, meni eski qaysarligimdan va devonaligimdan qutqarding. Keltirgan burhonlaringning har birisi bir o’zi bu haqiqatni ko’rsatishga yetarli edi. Faqat har bir burhon kelgan sari yanada ravnaqdor, yanada shirin, yanada xush, yanada nuroniy, yanada go’zal ma'rifat tabaqalari, tanimoq pardalari, muhabbat derazalari ochilgani uchun kutdim, tingladim".

Tavhidning haqiqati uzmosiga va "Amantu Billah" iymoniga ishorat qilgan hikoya-i tamsiliya tugadi. Fazli Rahmon, fayzi Qur'on, nuri iymon soyasida tavhidi haqiqiyning quyoshidan hikoya-i tamsiliyadagi o’n ikki burhonga muqobil o’n ikki lam'a bilan bir muqaddimani ko’rsatamiz.

وَ مِنَ اللّٰهِ التَّوْف۪يقُ وَ الْهِدَايَةُ

* * *

بِاسْمِهِ سُبْحَانَهُ وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَةُ اللّٰهِ وَبَرَكَاتُهُ اَبَدًادَآءِمًا

Shu koinot samosining botmaydigan ma'naviy quyoshi Qur'oni Karim; shu mavjudot kitobi kabirining oyoti takviniyasini o’qittirish, mohiyatini ko’rsatish uchun Shualari hukmida bo’lgan anvorini nashr qilyapti. Basharning aqlini tanvir bilan siroti mustaqimni ko’rsatyapti. Bashariyat olamida har fard; xilqatidagi maqsadlar va fitratidagi orzular va istiqomatidagi g’oyasini u hidoyat quyoshining nuri bilan ko’radi va biladi. U hidoyat nurining tajalliysiga mazhar bo’lganlar; qalb qobiliyati nisbatida unga oynadorlik qilib yaqinlik kasb etadi. Ashyo va hayotning mohiyati; u nur bilan tazohur etib faqat u nur bilan ko’rinadi, tushuniladi va bilinadi.

Azaliy Quyoshning ma'naviy hidoyat nurlarini tamsil etgan Qur'oni Karim aql va qalb ko’zi bilan haq va haqiqatni ko’rishni ta'min qiladi. Uning nuridan uzoqda qolganlar zulmatda qoladilar. Zero hamma narsa nur bilan ko’rinadi, tushuniladi va bilinadi.

Xullas, shu haqiqatning ma'naviy va sarmadiy quyoshi bo’lgan Qur'oni Karimning nur tajalliysiga bu asrimizda Nur ismi bilan musammo bo’lgan Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi mazhar bo’lgandir.

U nurlarki; zulmatdan ayrilish istamagan ko’r shapalak tabiatli, g’aflat uyqusi bilan kunduzini kecha qilgan, safohatparast, aqli ko’ziga tushgan, zulmatda qolib ko’zi ko’rmaydiganlarga va yo’lini adashtirganlarga qarshi projektor kabi nurlarini iymon haqiqatlariga tavjih etib siroti mustaqimni butunligicha ko’r bo’lmaganlarga ko’rsatyapti. Nur to’qmog’ini ahli kufr va munkirlarning boshiga urib: "Yo aqlingni boshingdan chiqarib ot, hayvon bo’l. Yoxud aqlingni boshinga ol, inson bo’l", deyapti.

Ilm bir nur bo’lganiga ko’ra, Risola-i Nurning ilmga bo’lgan eng chuqur vuqufini ko’rsatadigan bir-ikki dalilga qisqacha ishorat qilamiz:

Avvalo:

Shuni esda saqlashimiz kerakki; Risola-i Nur boshqa kitoblarni emas, yolg’iz Qur'oni Karimni ustoz sifatida tan olishi va unga xizmat qilishi e'tibori bilan maqbuliyati haqida bizning bu mavzuda so’z so’zlashimizga hojat qoldirmaydi. Biz faqat ilm arbobi nazarida Risola-i Nurning qiymatini bildirish uchun deymizki:

Risola-i Nur hozirga qadar hech bir ilm arbobining tom bir vuzuh bilan isbot qilolmagan eng mug’laq masalalarni g’oyat oson bir shaklda eng sodda avom tabaqasidan tortib eng yuksak xoslar tabaqasiga qadar hammaning iste'dodi nisbatida tushuna oladigan bir tarzda shubhasiz to’liq qanoatlantiruvchi bir shaklda izoh va isbot qilishidir. Bu hususiyat deyarli hech bir olimning asarida yo’qdir.

Ikkinchisi:

Butun Nur asarlari; Qur'oni Karimning bir qism oyatlarining tafsiri bo’lib uning ma'naviy yog’dulari bo’lganini har xususda ko’rsatishidir.

Uchinchisi:

Insonlarning eng chuqur ehtiyojlariga qat'iy dalil va burhonlar bilan ilmiy mohiyatda javob berishidir. Masalan: Allohning borligi, oxirat va boshqa iymon ruknlarini, bir zarraning lisoni hol va qol suratida tarjimonligini qilib isbot qilishidir. Eng mashhur Islom faylasuflaridan Ibn Sino, Farobiy, Ibn Rushd bu masalalarda butun mavjudotni dalil sifatida ko’rsatganlari holda, Riola-i Nur u haqiqatlarni bir zarra va bir urug’ lisoni bilan isbot qiladi. Agar Risola-i Nurning ilmiy qudratini hozir ularga ko’rsatish mumkin bo’lsa edi, ular hamon tiz cho’lib Risola-i Nurdan dars olardilar.

To’rtinchisi:

Risola-i Nur insonning yillarcha harakat qilib qo’lga kirita olmaydigan ma'lumotlarni zichlangan xulosalar navidan qisqa bir zamonda ta'min qilishidir.

Beshinchisi:

Risola-i Nur ilmning asos g’oyasi bo’lgan rizoyi Ilohiyni qozonishga sabab bo’lishi va dunyo manfaatiga ilmni vosita qilmasdan, tom ma'noda insoniyatga xizmat kabi eng ulviy vazifani tamsil etishidir.

Oltinchisi:

Risola-i Nur quvvatli va qudsiy va iymoniy bir tafakkur samarasi bo’lib, butun mavjudotning lisoni hol va qol suratida tarjimonligini qiladi. Ayni zamonda iymon haqiqatlarini ilmalyaqiyn va aynalyaqiyn va haqqalyaqiyn darajalarida inkishof ettiradi.

Yettinchisi:

Risola-i Nur asos nuqta-i nazaridan butun ilmlarni o’zida jamlagan. Go’yo, ilm ipi bilan to’qilgan muzayyan bir mato kabidir. Va hozirga qadar hech bir ilm arbobi tarafidan aytilmagan va har ilmga bo’lgan vuqufini taboruz ettirgan vajizalar majmuasidir. Misol sifatida bir nechtasini zikr qilib, hay'ati majmuasi haqida bir tushuncha hosil qilishni istaganlarga Risola-i Nur bahriga murojaat qilishlarini tavsiya qilamiz.

1. Pashshaning ko’zini yaratgan, quyoshni ham u yaratgan.

2. Burganing me'dasini tanzim etgan Manzuma-i Shamsiyani ham u tanzim etgandir.

3. Bir zarrani ijod qilish uchun butun koinotni ijod qiladigan bir qudrati g’ayri mutanohiy lozimdir. Zero shu kitobi kabiri koinotning har bir harfining, xususan zihayot har bir harfning har bir jumlasiga mutavajjih bittadan yuzi va nazir bittadan ko’zi bordir.

4. Tabiat; misoli bir matbaadir, tabi' emas. Naqshdir, naqqosh emas. Mistardir, masdar emas. Nizomdir, nozim emas. Qonundir, qudrat emas. Shariati irodiyadir, haqiqati xorijiya emas.

5. Sobit, doim, fitriy qonunlar kabi; ruh ham olami amrdan, sifati irodadan kelgan va qudrat unga vujudi hissiy kiydirgandir. Va bir sayyola-i latifani u javharga sadaf qilgandir.

Va hokazo minglab vajizalar bor.

اَلْبَاقِى هُوَ الْبَاقِى

Universitet Nur Talabalaridan

Mustafo Hilmiy

* * *

(Anqara Universiteti Nur Talabalarining Bir Maktubi)

Aziz, siddiq qardoshlarimiz!

Maktubingizdan Islom quyoshining bir ziyosini sezgandek bo’ldik. Yuz yillardan beri insoniyatga qarshi, Islomiyat zarariga mutajoviz fikr nashr etgan ahli kufrning taxriblarini ta'mir qilish uchun maydonga chiqqan Risola-i Nurning -sizlarning maktublaringizdan- yoshlarning orasiga yoyilganini sezdik. Abadiy hayot yo’lining haqparast yo’lovchilari xayoliy bekorchi gap-so’zlarni tark qilib, Risola-i Nur bilan kufr danaklarini eritadilar. Nurning talabalari ahli qalb va iymonning qardoshlaridirlar. Siz qardoshlarimizning maktublari bizlarga jadallik beryapti va beradi. Qur'onning tafsiri bo’lgan Risola-i Nur bizga zalolatda qolishning va kufr bilan mujodala etmaslikning bu zamonda juda katta ahmoqlik bo’lganini bildiryapti. Komunistlik, anarxiya, masonlik quvvat qozongan bir davrda eng muhim vazifa, Nurga xizmat qilish va rizoyi Ilohiyni qozonish uchun uni istaganga berishdir. Bu eng birinchi va eng ahamiyatli, eng qiymatli va muborak vazifamizdan bizni qaytarishni istagan eng og’ir hujumlar ham bizlarning jadalligimizni orttiradi.

Risola-i Nur bizga o’rgatadi va isbot qiladiki: Bu dinyo bir musofirxonadir. Abadiy hayotni istaganlar musofirxonadagi vazifalariga diqqat ko’rsatishlari nisbatida mamnun qilinadilar. Demakki, hozir eng asosiy vazifamiz; botqoqlikdan qutulishni istagan ahli dinning qorong’ilikdan zerikkan, g’idosiz qolgan qalblarning yordamiga yugurish, o’zimizdan boshlab Nurning dalloligini qilishdir.

Ayniqsa va ayniqsa shunisi juda ahamiyatli va juda muhimdirki; eng boshda va eng avval Risola-i Nurni diqqat va tafakkur bilan davomli bo’lib o’qish va u muazzam asar kulliyotidagi Qur'on va iymon haqiqatlari bilan o’zimizni tajhiz etish va bu asos va shartlar bilan u horiqo asar kulliyotini bir on avval tugatishdir. Bu buyuk ne'matga sazovor bo’lgan har bir o’spirin va har bir kishi birga yuz ming quvvatida o’ziga, vatan va millatiga foydali bo’ladi. Vatan, millat, yoshlar va Olami Islom miqyosida xizmat qila oladigan bir vaziyatga kira oladi.

Buning uchun boshda Hazrat Ustozimiz Badiuzzamon va uning haqiqiy va ixlosli talabalari bo’lishga loyiq sizlardan duo istirhom etamizki; Risola-i Nurning majmualarini bir on avval qo’lga kiritaylik, qidiraylik, topaylik, diqqat, tafakkur va ixlos bilan o’qiylik. Qur'on va iymon xizmatida bu vaziyatda chopaylik. Risola-i Nurning bu asrdagi maqbuliyatiga ishorat qilgan dalillar ortig’i bilan mavjud bo’lganiga ko’ra, insof sohibi har mo’'min qardoshimiz uning tabiiy bir yordamchisidir.

Ham modomiki, Risola-i Nur bu asrga xos xususiyatlar tashiydi. Ham modomiki minglab olimlarning taqdirlari bilan qarshilanyapti. Ham modomiki Qur'onning dallolligini qilayotgan qahramon Ustoz, o’xshashi uchralmaydigan bir mukammaliyat bilan, durust qadamlar bilan, haqiqiy uslublar bilan butun hayotini iymon va Islomiyatga vaqf etgan, dunyoviy hech bir manfaat ko’zlamasdan, yolg’iz Alloh rizosi uchun xizmat qilganlar. Ham modomiki butun quvvati bilan Nur talabalari ham iymon va Islomiyatga ahli sunnat doirasida xizmat uchun hayotlarini ham chekinmasdan beryapti va sufliy manfaat orqasida emasdirlar. Va modomiki yuz minglarcha Nur talabalari butun tazyiq va tahdidlarga qaramasdan bu haqiqatni fe'lan isbot qilganlar. Ham har talaba bugun jarayon etgan botil falsafaning aqidalariga haqiqiy, mantiqiy javoblar bera oladigan bo’lib yetishganlar va yetishyaptilar. Ham har ehtiyojimizga Qur'on javob beryapti, unda lozim bo’lgan har haqiqat sarih o’laroq bordir. Va modomiki Qur'on eng go’zal shaklda dars bergan Allohning hadyasi, bir nuri va rahmatidir...

Shunday ekan, bu xazina-i rahmatni va manba-i haqiqatni dars bergan va haqiqiy suratda yoshlar va avom tushuna oladigan bir shaklda bildirgan Risola-i Nurni diqqat va tafakkur bilan va davomli o’laroq uyg’un vaqtlarimizni bekor o’tkazmasdan o’qish va yozish eng buyuk bir ibodat va zavq manbaidir. Hol va istiqbolning va biz yoshlarning juda laziz va ishtiyoq bilan oladigan g’oyat manfaatli va yetarli bir dori va tiryoqdir, bir ma'naviy qutqaruvchidir. Bu qat'iy haqiqatlar maydonda ekan, unga butun quvvatimiz bilan yopishmaslik, boshdan oyoq Risola-i Nurni taqdid etmaslik, aloqador bo’lmaslik, faqat g’aflatning asari bo’lishi mumkin.

Ham kim haqiqat orqasidan chopayotgan bo’lsa, Risola-i Nurdan dars olishi lozimdir. Va Nur yo’lida ketgan har munavvar haqiqiy saodatga qovushadi va yer yuzining mohiyatini idrok etadi deya, biz Anqara Nur talabalari ham ittifoq qilamiz. Abadiy hayot xazinasini ko’rsatgan Qur'oni Hakimning nuri bo’lgan Risola-i Nur, albatta bir zamon dunyoni larzaga keltirgan nurli ovozini yuksaltiradi.

Modomiki Islom olimlari, hadisi sharifga ko’ra, dunyo iqbol va havaslari orqasidan chopmagan muddatcha, payg’ambarlarning eng amin vorislaridirlar. Biz ham Risola-i Nurni uning to’liq vorisi deb bilamiz. Risola-i Nurning shaxsi ma'naviysi haqiqiy voris bo’lishning asosini yashagan va yashayapti. Uning qarshisiga chiqqan ko’rlar va karlar va hissiz g’ofillar xo’rlanadilar. Bunday muazzam bir komillikka sohib bo’lgan Risola-i Nur, albatta butun faylasuflarni, dunyo ilm va haq arbobini chorlaydi va har aqli salim va qalbi karim bo’lgan muborak insonlarni talabasi qiladi. Bu ham inshaalloh uzoqda emas, yaqinda tahaqquq etadi. Dunyo, aksar faylasuflarning va olimlarning degani kabi, yap-yangi bir shakllanish ostonasidadir.. Dunyo nurini qidiryapti. Haqiqat shoiri Mahmad Akif:

U nurni yubor Ilohim asrlar bo’ldi yetar!

Bulg’andi millatning ofoqi bir tong istar.

deya ana shu nurga ishorat qilgani bugun bizga ko’ra bir haqiqatdir.

Anqara Universiteti Nur

Talabalari

* * *

Juda aziz, juda muborak, juda mushfiq, juda sevgili Ustozim Hazratlari!

Risola-i Nurni himmat va duolaringiz bilan, diqqat va tafakkur bilan o’qigan sari, bu muazzam asar kulliyotining tilsimi koinotning muammosini kashf va hal qilgan bir kashshof bo’lganini, hol va istiqbolning bir murshidi akbari va bir rahbari a'zami bo’lganini, yana duo va himmatingiz bilan idrok qilamiz.

Ha, Ustozimiz Hazratlari! Risola-i Nurni o’qigan har idrok sohibi tushunadiki; Risola-i Nur ham bu asrning, ham kelgusi asrning bashariyatini fikr qorong’iliklaridan qutqarib, tanvir va irshod qiladi.

Risola-i Nur yolg’iz bu vatan va millat uchun emas, olami Islom va butun bashariyatning ehtiyojiga javob beradigan bir kulliyot bo’lib ta'lif etilgandir. Bugun tarixda hech ko’rilmagan bir fajoat va falokat ichida tipirchilayotgan bashariyat uchun xaloskor o’laroq Risola-i Nurga yopishishdan va nima qilib bo’lsa ham, Risola-i Nurning nuroniy va porloq ajzolarini qo’lga kiritib diqqat va tafakkur bilan o’qishdan boshqa bir qutulish chorasi yo’qdir. Risola-i Nurni o’qigan har bir kishi bu haqiqatni idrok qilgan va qilmoqdadir. Agar biz muqtadir bo’lsak; bu haqiqatni koinotga ko’rinadigan bir joyga chiqib, butun koinotga e'lon qilamiz. Faqat modomiki bunga muvaffaq bo’lolmaymiz va modomiki Risola-i Nurning jahonshumul qiymatini bu daraja Ustozimizning himmati bilan idrok etganmiz; shu holda u nur va fayz xazinasi, irfon va kamolot manbai bo’lgan Risola-i Nurni bir daqiqamizni ham bo’sh o’tkazmasdan, mutamodiy va davomli bir shaklda har kun va har soat o’qiymiz va bu yo’lda kecha-kunduz harakat qilamiz, inshaalloh. Faqat har on butun ishlarimizda bo’lgani kabi, bunda ham buyuk Ustozimizdan duo va himmatlari bilan muvaffaq bo’la olamiz.

Ham shu haqiqat zohir va bahirdirki: Bir kishi alloma ham bo’lsa, Risola-i Nurning va muallifining talabasidir. Risola-i Nurni o’qish zarurat va ehtiyojdandir. Agar g’ofillik qilsa, o’zini aldagan anoniyatiga bo’yin egib, Risola-i Nur kulliyotini o’qimasa, buyuk bir mahrumiyatga duchor bo’ladi. Faqat biz idrok qilgan bu muazzam haqiqat qarshisida bashariyatning xaloskori va milliardlab insonlarning ustida bo’lgan bir ma'muri Rabboniyga qanday minnatdor va qarzdor bo’lganimizni ta'rif qilolmaymiz. Yana duo va himmatingiz bilan idrok qilganmizki; Qur'oni Karimning bir mo’'jiza-i ma'naviyasi bo’lgan horiqo Risola-i Nur kulliyotining bir qatoridan qilgan istifodamizning bir miqdori muqobilini ham to’lashga kuchimiz yetmaydi. Shuning uchun faqat Janobi Haqqa shunday yolvorishga qaror qildik:

"Yo Rob! Bizni abadiy hibsi munfariddan qutqarib boqiy va sarmadiy bir olamning saodatiga noil qiladigan bir haqoiq xazinasining kalitini Risola-i Nur kabi tengsiz bir asari bilan baxshida qilgan sevgili va mushfiq Ustozimizni zolimlarning va dushmanlarning suiqasdlaridan muhofaza ayla. Qur'on va iymon xizmatida doimo muvaffaq ayla. Unga sihhat va ofiyatlar, uzun umrlar ehson ayla!", deya duo qilamiz.

Ha Ustozimiz Hazratlari! Risola-i Nurni diqqat va tafakkur bilan o’qish ne'mati uzmosiga noil bo’lgan biz bir qism universitet yoshlari, bir husni zon yoki bir taxmin bilan emas, tahqiqiy va tadqiqiy bir suratda, yengilmas va mustahkam bo’lgan ilmalyaqiyn bir quvvati iymoniya bilan ishonamizki; zamin yuzining bu asrga qadar ko’rmagan bir vahshat va dahshatning sababi bo’lgan dinsizlik va ilhodni, Badiuzzamon o’rtadan yo’qotishga inoyati Haq bilan muvaffaq bo’ladi.

Bizning bu qanoatimiz sofdilona yoki taxmin bilan emasdir; ilmiy va dalilga mustanid bir tahqiq bilandir. Shuning uchun muoriz bo’lgan ham bu haqiqatni qalban tasdiq qiladi. Duo va shafqat qiling, Qur'on va iymon xizmatida fidoiy bo’laylik. Risola-i Nurni bir daqiqamizni ham yo’qotmasdan o’qiylik, yozaylik, ixlosi tomga muvaffaq bo’laylik.

Istanbul Universiteti Nur

Talabalari nomidan

Muhsin

* * *

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّح۪يمِ

وَ بِه۪ نَسْتَع۪ينُ

(Madina-i Munavvarada bo’lgan muhim bir olimning Badiuzzamon Hazratlarining Tarixcha-i Hayoti uchun yozgan bir "So’z Boshi"dir.)

Buyuk Iqbolga oid bo’lgan "So’z Boshi"da aytgan edimki: "Buyuklarning tarixi hayotlari o’qilayotganda, ulviy rivoyatlar aytilib, aziz xotiralari eslanayotganda, inson boshqa bir olamga kirganini his qiladi. Ko’nglini top-toza sevgi hislarining ulviy otashi yoqadi va Ilohiy fayzi chulg’ab oladi. Tarix shunday buyuk insonlar qayd qiladiki, bir qancha buyuklar ularning yonida kichik bo’lib qoladi.

Tarixga sharaflar bergan mardlar eslangan zamon,

Yuksaladi ruh bepoyon olamlarga Yerdan.

Ming iforlar fayzi chulg’ar ruhni qa'ridan,

Go’yo o’tmish oralab Jannat gulzorlaridan.

Bu chuqur haqiqatni, "So’z Boshi"ni yozarkan, butun azamat va ehtishomi bilan idrok etyapman. Zero, aziz va muhtaram kitobxonlarimizga eng chuqur bir ixlos va samimiyat bilan taqdim qilayotganimiz bu asar, deyarli bir asrga yaqinlashgan uzun va barakali umrining har jabhasi minglab horiqoga sahna bo’lgan, ko’ngillar fotihi buyuk Ustoz Badiuzzamon Said Nursiyga, uning bir yuz o’ttiz parchadan iborat bo’lgan Risola-i Nur Kulliyotiga; va axloq va fazilatlari, ixlos va samimiyatlari, iymon va irfonlari bilan hayotning har jabhasida faqat bir o’lkaga emas, butun insoniyat olamiga top-toza o’rnaklar berishda davom etayotgan Nur Talabalariga oiddir.

Bir kitobning "Muqaddima"sini o’sha kitobning xulosasi deya ta'riflaydilar. Holbuki, har mavzui mustaqil bir asarga sig’maydigan darajada chuqur va keng bo’lgan bu muazzam kitobning ichidagilarini bunday bir qancha sahifalik muqaddimaga sig’dirish mumkinmikan?

Bu kunga qadar ojizona yozgan nazmiy va nasriy yozuvlarimning hech birida bunchalik ojizlik va hayrat ichida qolmagan edim. Shu sabab, bu asarni chuqur bir zavq, Ilohiy bir nash'a va jo’shqin bir hayajon bilan o’qiydiganlar hayratda qolib ko’radilarki; Badiuzzamon bolaligidan beri mustasno bir shaklda yetishgan va butun umri davomida Ilohiy tajalliylarga mazhar bo’lgan o’zgacha bir olim va mumtoz bir shaxsiyatdir.

Men bu buyuk zotni, asarlarini va talabalarini juda ham chuqur tadqiq qilib, u nur olamida hissan, fikran va ruhan yashagandan keyin, buyuk va eski bir Arab shoirining bir bayti orqali juda ham chuqur bir haqiqatni ifodalaganini tushunib yetdim. "Butun olamni bir shaxsiyatda to’plash, Janobi Haqqa og’ir emas..."

* * *

G’oyasining ulviyatidan, da'vosining ehtishomidan va iymonining azamatidan fayzu ilhom olgan bu qutbning jozibasiga bog’lanib qolganlarning adadi kundan kunga ko’paymoqdadir.

Aqllarga hayrat bergan bu ulviy hodisa munkirlarni qahr etgani kabi, mo’'minlarni ham shod va masrur aylashda davom etyapti.

Iymonli ko’ngillarda ma'naviy bir robita holida yashagan bu Ilohiy hodisani buyuk bir mujohid qalblarni vajd ichida qoldirgan bir uslub bilan qarang, qanday ifodalayapti:

"Axloqsizlik chirkofining bir to’fon holida har tomonga toshib yoyilib, har fazilatni bo’g’ishni boshlagan qora kunlarda uning, ya'ni Badiuzzamonning fayzini bir sir kabi qalbdan qalbga, qarshilik qilish imkonsiz bir hamla holida intiqol etayotganini ko’rish bilan tasalli topyapmiz... Tunlarimiz juda qoraydi va juda qoraygan kechalarning tonglari juda yaqin bo’ladi".

Ha, bir sir kabi qalbdan qalbga qarshilik qilish imkonsiz bir holda yoyilib tarqalgan bu nurning mamlakatning har burchagida fayz va ta'sirini ko’rganlar hayrat va dahshatlar ichida so’rashni boshladilar: "Dovrug’i mamlakatimizning har tarafini qoplagan bu zot kimdir? Hayoti, asarlari, maslak va mashrabi nedir? Tutgan yo’li bir tariqatmi, bir jamiyatmi yoki siyosiy bir tashkilotmi?"

Bu bilan ham tugamadi. Darhol ham idoraviy va ham adliyaviy juda muhim kuzatuvlar va juda jiddiy tadqiqlar, uzun va ketma-ket mahkamalar jarayon etdi... Natijada, bu Ilohiy tajalliyning ko’ngillar o’lkasida qurilgan bir "Iymon va Irfon Muassasasi" dan boshda bir narsa bo’lmagani tahaqquq etish bilan adolatning Ilohiy bir suratda tajalliysi shu shaklda zuhur etdi: "Badiuzzamon Said Nursiy va butun Risola-i Nur asarlarining baroati" qarori rasman e'lon qilindi. Va ortiq ruhning moddaga, haqning botilga, nurning zulmatga, iymonning kufrga har zamon g’alaba qozonishi azaldan abadga o’zgarmaydigan Ilohiy qonunlarning boshida kelgan bir haqiqat bo’lgani quyoshlar kabi oydinlashdi.

Har qaysi bir iqlimda zuhur etgan bir islohotchining mohiyat va haqiqatini, sadoqat va samimiyatini ko’rsatgan eng haqiqiy me'yor, da'vosini e'lon qilishni boshlagan ilk kunlar bilan muzaffar bo’lgan oxirgi kunlar orasida fardiy va ijtimoiy, uzviy va ruhiy hayotida vujudga kelgan o’zgarish farqlaridir, deydilar.

Masalan: U odam ilk kunlarda mutavoze, oliyjanob, farog’at va mahviyatkor, xulosa; butun axloq va fazilat jihatidan jiddiy ravishda o’rnak bo’lgan g’oyat pok va nihoyat darajada mumtoz bir shaxsiyat edi. Qaraylikchi, jihodida muzaffar bo’lib hislarda, orzularda, ko’ngillarda joy olgandan keyin yana u eski pok va o’rnak holida qola oldimi? Bo’lmasa, zafar nash'asi bilan bir qancha buyuk hisoblangan kishilar kabi, yeru ko’kka sig’may qoldimi?

Xullas, katta-kichik har qanday bir da'vo va g’oya sohibining mohiyat va haqiqatini, shaxsiyat va huviyatini eng haqiqiy chehrasi bilan aks ettiradigan eng porloq oyna budir.

Tarix bo’yicha bu mudhish imtihonni qozonishning shoh asar misolini, avvalo Payg’ambarlar va ayniqsa Sulton-ul Anbiyo Sallallohu Alayhi Vasallam Hazratlari, so’ngra U zotning xalifa va sahobalari, va ulardan so’ng ularning nurli yo’lida yurgan buyuk zotlar ko’rsatgandirlar.

* * *

Payg’ambar Afandimiz shu

اَلْعُلَمَاءُ وَرَثَةُ الْاَنْبِيَاءِ

ya'ni: "Olimlar Payg’ambarlarning vorislaridirlar" hadisi shariflari bilan olim bo’lishning juda oson bir narsa bo’lmaganini i'jozkor balog’atlari bilan bayon qilyaptilar.

Zero modomiki bir olim Payg’ambarlarning vorisi ekan, u holda haq va haqiqatning tablig’ va nashri xususida aynan ular tutgan yo’ldan yurishi lozimdir. Har naqadar bu yo’l butun tog’, tosh, loy, shag’al, jarlik, yanada yomoni ta'qib, tavqif, mahkama, qamoq, zindon, surgun, tajrid, zaharlanish, i'dom dorlari va yana aql va xayolga kelmagan necha ming zulm va iskanjalar bilan to’la ham bo’lsa...

Xullas, Badiuzzamon yarim asrdan ortiq u muqaddas jihodi bilan butun umri davomida bu qiyin yo’lda yurgan va qarshisiga chiqqan minglab to’siqlarni bir chaqmoq tezligida oshgan va Payg’ambarlarning vorisi bo’lgan bir olim bo’lganini amaliy bir suratda isbotlagan bir zotdir.

O’zining ilmi, axloqi, adabi, bir qancha fazilat va maziyatlari orasida meni eng ko’p maftun qilgan narsa; uning u tog’lardan yanada sog’lom, dengizlardan yanada chuqur, samolardan yanada yuksak va keng bo’lgan iymonidir.

Robbim, u ne muazzam iymon! U ne bitmas va tuganmas sabr! U ne po’latdan iroda! Xayol va xotiralarni titratadigan buncha tazyiq, tahdid, ta'zib va iskanjalarga qaramasdan, u ne egilmas bosh, ne bo’g’ilmas ovoz va qanday qisilmas nafasdir!

Buyuk Iqbolning hayajonli she'rlaridan olgan jo’shqin bir ilhom nash'asi bilan bir vaqtlar yozganim "Mujohid" unvonini tashigan bir manzumada, pastdagi misralarni o’qiganlardan, balki shoirona bir mubolag’ada bo’lganimni aytganlar bo’lgandir.

Lekin shu muqaddimasini yozish bilan sharaflanganim shoh asarni o’qiganlar, vajd bilan to’la bir muxlislik bilan anglaydilarki, Allohning qanday qullari bor ekan. Agar bir iymon kamolini topsa, nelar qilar va ne horiqolar tug’dirarkan.

Bir azm agar iymon to’la bir qalbga kirsa,

Inson ham u iymondagi so’nggi sirga erishsa,

Eng ayovsiz o’limlar unga zanjir urolmaslar...

Vulqon kabi jo’shqin oqadi, to’xtatolmaslar...

Robbimdan tushar azmiga quvvat bergan ilhom...

Payg’ambarni tushda ko’rar balki har oqshom...

Faqat nur uning iymon to’la qalbidagi mehrob,

Qandil bo’lolmas ufqiga dunyodagi mahtob...

Qor, qish demas, cho’chimas, o’ksinmas, og’riq sezmas...

Mavsum butun umrida iliq soyali bir yoz...

Jannatdagi olamlarni dunyoda ko’rar-da,

Mahv bo’lsa egilmas aslo tog’lar kabi dardga...

Eng tikka jarliklar kelib atrofini o’rasa,

Oy botsa, quyosh so’nsa, ufqlar ham qoraysa,

Ko’klar yiqilib cho’ksa, yo’lidan yana qaytmas!

Ruhidagi iymon bilan yongan mash'ala so’nmas!..

Qalbida yonar tog’ kabi iymon ne muqaddas!

Vijdonida har on shuni hayqirmoqda bir ovoz:

Ey yo’lchi! Tong otadi, turma, oldinla.

Zulmatlarga qon yig’latadigan mash'alalar bilan...

Yulduzlarga bos, chiq, yuksak olamlarga yuksal!

Insoniyatni qutqarishga Jannatdan tushgan qo’l!..

Go’yo bu misralar iymon qahramoni buyuk mujohid Badiuzzamon Hazratlari uchun yozilgandek. Zero bu yuksak sifatlar hammasi uning sifatlaridir. Janobi Haq shu oyati karimada qarang mujohidlarga nimalar va'da qilyapti:

وَالَّذ۪ينَ جَاهَدُوا ف۪ينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا وَاِنَّ اللّٰهَ لَمَعَ الْمُحْسِن۪ينَ

Maoli sharifi:

"Bizning yo’limizda mujohada qilganlarga mutlaqo yo’llarimizni ko’rsatamiz. Va hech shubha yo’qki, Alloh muhsinlar bilan -Allohni ko’rib turgandek ibodat qiladigan mujohidlar bilan- barobardir".

Demakki, iymon va Qur'on yo’lida jondan va jahondan kechgan mujohidlarga buyuk Alloh haqiqat va hidoyat yo’llarini ko’rsatishini va'da qilyapti. Xosho, Janobi Haq va'dasidan qaytmaydi.. yetarki, bu azim va'di Ilohiyni ijob ettiradigan shartlar tahaqquq etsin.

Bu oyati karima "Ustoz" ning fe'l-atvor va shaxsiyatini tahlil xususida bizga nurdan bir rahbar bo’ladi va u nurning billur nuri ostida ortiq eng nozik chiziqlarni va eng hassos nuqtalarni ko’rib seza olamiz. Zero, modomiki bir inson Janobi Haqning hifz va himoyasida bo’lish ne'matiga mazhar bo’lgan ekan, ortiq u uchun qo’rquv, andisha, qayg’u, cho’chish, zerikish va boshqa kabi narsalar bahs mavzusi bo’lolmaydi.

Allohning nuri bilan nurlangan bir ko’ngilning samosini qaysi bulutlar qoplay oladi? Har on huzuri Ilohiyda bo’lish baxtiyorligiga erishgan bir qulning ruhini qaysi foniy istak va orzular, qaysi sho’rlik tavajjuh va iltifotlar va qaysi tuban g’oya va ehtiroslar qondiradi, taskin va tasalli eta oladi?

Allohdir uning yori, murabbiysi, valiysi;

Yod etgan sari butun nur bo’ladi tuyg’usi, hissi!

Yuksalmoqdadir ma'rifat iqlimiga har on,

O’zgacha ufqlar ochmoqda ruhiga Qur'on...

"Qur'on" unga yod ettirur "Bazmi Alast"ni.

Oshiq u tajalliyning azaldan beri masti...

Xullas, Badiuzzamon ana shunday horiqolar horiqosi bir inoyatga mazhar bo’lgan muborak bir shaxsiyatdir. Va shuning uchundirki, zindonlar unga bir guliston bo’lgan, u yerdan abadiyatlarning nurli ufqlarini ko’radi. I'dom dorlari bittadan va'z va irshod kursisidir. U yerdan insoniyatga ulviy bir g’oya yo’lida sabr va sabot, matonat va jalodat darslarini beradi. Qamoqxonalar bittadan Madrasa-i Yusufiyaga inqilob etadi. U yerga kirarkan, bir professorning universitetga dars berish uchun kirgani kabi kiradi. Zero, u yerdagilar uning fayz va irshodiga muhtoj bo’lgan talabalaridir. Har kun bir nechta yurtdoshning iymonini qutqarish va qotillarni malak kabi bir inson holiga keltirish u uchun dunyolarga almashilmas bir saodatdir.

Bunday bir yuksak iymon va ixlos shuuriga molik bo’lgan inson, hech shubhasizki, zamon va makon mafhumlarining foniylar ustida qoldirgan kichik ta'sirlarni kasif modda olamida qoldirib, ruhi bilan ma'naviyat olamining juda porloq nurlar sochgan ufqlariga yuksalgan bir holdadir.

Buyuk mutasavviflarning (R.A.) Fano filloh, Baqo billoh deya ta'rif va tavsif etganlari yuksak martaba, mana bu qudsiy sharafga noil bo’lishdir.

Ha, har mo’'minning o’ziga maxsus bir huzur, xushu', tafayyuz, tajarrud va istig’roq holi bordir. Va har kim iymon va irfoni, saloh va taqvosi, fayz va ma'naviyati nisbatida bu Ilohiy zavqdan fayzyob bo’lishi mumkin. Lekin bu go’zal hol, bu totli visol va bu o’xshovsiz zavq; o’tgan Oyati Karimadagi ehson arbobi bo’lgan u buyuk Mujohidlarda har zamon davom etadi. Va mana ular bu sababdandirki, Mavloni unutish g’aflatiga tushmaydilar. Nafslari bilan arslonlar kabi butun umrlari davomida kurashadilar. Va hayotlarining har lahzasi eng yuksak taraqqiy va takomul xotiralarini qayd qiladi. Va butun borliqlari u jamol, kamol va jalol sifatlari bilan muttasif bo’lgan Robbul Olaminning rizosida erigan hisoblanadilar.

Mavlo bizlarni ham u baxtiyorlar zumrasiga dohil aylasin, omin.

* * *

Yuqoridagi sahifalarda buyuk Ustozning do’stlarini maftun va hayron qilgani qadar dushmanlarini ham dahshatlar ichida qoldirgan azamatli iymonidan bahs yuritdik. Endi biroz mumtoz shaxsiyati, nurdan bir halqa holida o’rayotgan ustun maziyatlaridan, axloq va kamolotidan bahs yuritaylik.

Ma'lumki, har shaxsiyatni muxtalif va muayyan maziyatlar qamraydi. Shunga binoan Ustozning shaxsiyatini takvin etgan eng muhim sifatlar shulardir:

Farog’ati:

Bir da'vo sohibining va ayniqsa islohotchining muvaffaqiyat shartlarining eng muhimi farog’atdir. Zero ko’zlar va ko’ngillar bu muhim nuqtani eng nozik bir hassosiyat bilan tadqiq va ta'qib qilishga mayyoldirlar. Ustozning butun hayoti esa, boshdan oyoq farog’atning shoh asar misollari bilan to’lib toshmoqdadir.

Alloma Shayx-ul islom Mustafo Sabri Afandi marhumdan farog’atga oid shunday bir so’z eshitgan edim: "Islom bugun shunday mujohidlar istaydiki, nafaqat dunyosini, oxiratini ham fido qilishga tayyor bo’lsin".

Buyuk odamdan chiqqan bu buyuk so’zni to’liq tushunolmaganim uchun, mutasavviflarning istig’roq hollarida aytgan asrorli so’zlarga o’xshatib, hammaga aytmagan va bo’lar-bo’lmas yerlarda ham ochmagandim.

Qachonki ayni so’zni Badiuzzamonning otashlar sochgan hayajonli ifodalarida ham o’qiganimda tushundimki, buyuklarga ko’ra farog’atning o’lchovi ham kattalashadi... Ha, Islom uchun bu qadar ayanchli bir farog’atga sabr qilishga rozi bo’lgan mujohidlarni Arhamurrohimin bo’lgan Allohu Zulkarim Taolloh va Taqaddas Hazratlari tashlab qo’yarmidi? U fidoiy qulini lutfu karamidan, inoyat va marhamatidan mahrum qilish shon-sharafiga, xosho, yarashadimi?

Xullas, Badiuzzamon bu mustasno tajalliyning eng porloq misolidir. Butun umri davomida mujarrad yashadi. Dunyoning butun mashru' lazzatlaridan tamoman mahrum qoldi. Bir uy-joy qilish va u yerda mas'ud bir oila hayoti o’tkazish savdosiga tushishga vaqt va fursat topolmadi. Faqat, Janobi Haq bu zotga shunday narsalar ehson qildiki, foniy qalamlar bilan ta'rif qilib bo’lmaydigan qadar muazzam va muhtashamdir.

Bugun dunyoda qaysi bir oila raisi ma'nan Badiuzzamon Hazratlari qadar mas'uddir? Qaysi bir ota millionlab avlodga sohib bo’lgandir? Hamda qanday avlodlar!... Va qaysi bir ustoz bu qadar talaba yetishtira olgandir?

Bu qudsiy va ruhiy robita -biiznillohi taolo- dunyolar turgancha turadi va nurdan bir sel holida abadiyatlarga qadar oqib ketadi. Chunki bu Ilohiy da'vo Qur'oni Karimning nur daryosida taballur etgan bir borliq bo’lgani kabi, Qur'ondan chiqqan va Qur'on bilan barobar yashaydi...

Shafqat va Marhamati:

Buyuk ustoz haq va haqiqatni hali bolaligida topgandi. Qalbining faryodini va ruhining munojotini tinglash uchun g’orlarga berkilgan kunlarida ham ibodat va toatdan, tafakkur va muroqabalardan fayz va huzur olishning zavqiga yetishgan bir "Orifi Billoh" edi.

Lekin zim-ziyo kecha to’lqinlarini eslatuvchi qo’rqinch kufr va ilhod qobusining Musulmon dunyosini va natijada mamlakatimizni qoplash arafasida bo’lgan u tahlikali kunlarda yotog’idan otilgan bir arslon kabi, yonar tog’larni eslatgan bir hayqiriq bilan jihod maydoniga otildi. Butun rohat va huzurini bu muqaddas da'voga fido qildi. Va mana bu hikmatga binoandirki, o’sha kundan beri har so’zi bir parcha lav, har fikri bir otash parchasi bo’lgan. Tushgan ko’ngillarni yoqadi, hislarni, fikrlarni alangalantiradi...

Buyuk Ustozning to’liq bir uzlat va inzivodan so’ngra takror irshod va jamiyat hayotiga otilishi, aynan Imom G’azzoliyning hayotida o’tkazgan u muhim va tarixiy bosqichga o’xshaydi.

Demakki, Janobi Haq buyuk murshidlarni bunday bir muddat inzivoda tarbiya, tasfiya va tazkiya etgandan keyin tanvir va irshod vazifasi bilan mukallaf qiladi. Va bu sabab bilanki, bir ma-i muqattardan yanada toza va barroq bo’lgan yuraklaridan uzilib kelgan nafaslar qalblarga aks etar-etmas, butunlay o’zgacha ta'sirlar ijro qiladi...

Arz qilganim kabi, Imom G’azzoliyning bundan to’qqiz yuz yil oldin axloq va fazilat sohasida qilgan futuhotni bu asrda Badiuzzamon iymon va ixlos vodiysida uddalagandir.

Darhaqiqat, Hazrat Ustozni bu mudhish jihod maydonlariga yo’llagan doimo bu tengsiz shafqat va marhamati bo’lgandir. Va buni shaxsan o’zidan tinglaylik:

Menga: "Sen unga-bunga nima uchun teginding?" deyaptilar. Bilmadim, qarshimda mudhish bir yong’in bor.. olovlari ko’klarga yuksalyapti.. ichida avlodim yonyapti.. iymonimga o’t tushib yonyapti. U yong’inni so’ndirishga, iymonimni qutqarishga yuguryapman. Yo’lda bittasi meni chalmoqchi bo’libdi-da, oyog’im unga urilgan bo’lsa, nima ahamiyati bor? U mudhish yong’in qarshisida bu kichik hodisa bir qiymat ifoda qiladimi? Tor tushunchalar, tor fikrlar..."

Istig’nosi:

Ustozning hayoti davomida jamiyatimizning har tabaqasiga berayotgan minglab istig’no o’rnaklari tillarga doston bo’lgan bir ulviyatga sohibdir.

Mosivodan tom ma'nosi bilan istig’no etib, uzviy va ruhiy butun borlig’i bilan Robbul Olaminning bitmas va tuganmas xazinasiga tayanishni muddati hayotida bir odat emas, go’yo bir mazhab, mashrab va maslak bo’lib qabul qilgandir. Va bunda ham qancha qimmat tushmasin, sabot etishda hali ham davom qilyapti.

Ishning o’ziga xos tarafi: Bu maslak o’z shaxsiga munxasir qolmagan, talabalariga ham qudsiy bir mafkura holida intiqol etgandir. Nur daryosida cho’milish sharafiga mazhar bo’lgan bir Nur talabasining istig’nosiga hayron bo’lmaslik mumkin emas...

Qarang, Ustoz "Maktubot" unvonini tashigan shoh asarning Ikkinchi Maktubida bu muhim nuqtani olti vajh bilan naqadar asl bir iymon va irfon shuuri bilan izoh qiladilar:

"Birinchisi: Ahli zalolat ahli ilmni; ilmni vosita-i jar qilish bilan ayblaydilar. Ilmni va dinni o’zlariga madori maishat qiladilar deya insofsizlarcha ularga hujum qiladilar. Shu sababli bularni fe'lan takzib lozimdir.

Ikkinchisi: Nashri haq uchun anbiyoga ittibo qilish bilan mukallafmiz. Qur'oni Hakimda haqni nashr qilganlar:

اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ * اِنْ اَجْرِىَ اِلَّا عَلَى اللّٰهِ

deya insonlardan istig’no ko’rsatganlar ..."

Xullas, Risola-i Nur Kulliyoti mazhar bo’lgan Ilohiy futuhot faqat bu anbiyo maslagida sabot qahramonligining shoh asar misoli va horiquloda natijasidir. Va bu soyada Ustoz izzati ilmiyasini jahonqiymat bir olmos kabi muhofaza qilgan.

Endi harkas u yo’lda asir bo’lgan maosh, rutba, sarvat va yana necha ming shaxsiy va moddiy manfaatlar bilan aslo aloqasi bo’lmagan bir inson, qanday qilib ko’ngillar fotihi bo’lmaydi? Iymonli ko’ngillar qanday uning fayz va nuri bilan to’lmaydi?

Iqtisodchiligi:

Iqtisod bundan avval bahs qilganimiz istig’noning tafsir va izohidan boshqa bir narsa emas. Zotan iqtisod saroyiga kira olish uchun, avvalo istig’no deyilgan eshikdan kirish lozimdir. Bu sabab bilan iqtisod bilan istig’no lozim bilan malzum kabidir.

Ustoz kabi istig’no xususida Payg’ambarlarni o’ziga o’rnak qabul qilgan bir mujohidning iqtisodchiligi o’zligidan maydonga keladigan qadar tabiiy bir xislat holini oladi va ortiq unga kunda bir kosa sho’rvo, bir stakan suv va bir parcha non kifoya bo’la oladi. Zero bu buyuk inson buyuk va musnif Fransuz shoiri Lamartning degani kabi: "Yeyish uchun yashamaydi, balki yashash uchun yeydi".

Ustozning mashrab va maslagini tamoman anglagandan keyin ortiq uning yuksak iqtisodchiligini bunday yeyish-ichish kabi oddiy narsalar bilan muqoyasa qilishni ko’p ko’ryapman. Zero, bu buyuk insonning yuksak iqtisodchiligini ma'naviy sohalarda tatbiq qilish va moddiy bo’lmagan o’lchovlar bilan o’lchash lozim bo’ladi.

Masalan: Ustoz bu yuksak iqtisodchilik qudratini yolg’iz yeyish, ichish, kiyinish kabi oddiy narsalar bilan emas; aksincha fikr, zehn, iste'dod, qobiliyat, vaqt, zamon, nafs va nafas kabi ma'naviy va mujarrad qiymatlarning isrof va zoye qilinmasligi bilan o’lchagan bir dohiydir. Va butun umri davomida bir fe'l-atvor holida ta'qib qilgan bu talabchan muhosaba va muroqaba usulini butun talabalariga ham talqin qilgandir. Shuning uchun bir Nur talabasiga bo’lar-bo’lmas asarni o’qittirish va har so’zni tinglattirish oson bir narsa emas. Zero, uning ko’nglining mihroq nuqtasida yozilgan "Diqqat!" kalimasi eng hassos bir boshqaruv vazifasini bajaradi.

Xullas, Badiuzzamon qudratli bir islohotchi va horiqolar horiqosi bir "Pedagog" - murabbiy bo’lganini yetishtirgan top-toza nasl bilan fe'lan isbot qilgan va iqtisod tarixiga nurdan yog’dular bilan yozilgan bir atlas sahifa yana ilova qilgan bir nodira-i fitratdir.

Tavozusi va Mahviyatkorligi:

Nur Risolalarining bu qadar horiquloda bir shaklda jahonga yoyilishida bu ikki xislatning ko’p foydasi bo’lgan va juda chuqur ta'sirlari ko’rilgandir.

Chunki Ustoz suhbat va ta'liflarida o’ziga bir "Qutb-ul Orifin" va bir "G’avs-ul Vosilin" ziynatini bermagani uchun, ko’ngillar unga juda tez isingan, uni top-toza bir samimiyat bilan sevgan va darhol ulviy g’oyasini qabul qilgandir.

Masalan: Axloq va fazilatga, hikmat va ibratga oid bo’lgan bir qancha suhbat va talqinlarini to’g’ridan-to’g’ri nafsiga tavjih etadi. Keskin ve otashin xitoblarining ilk va yagona muxotobi o’z nafsidir. U yerdan -markazdan atrofga yoyilgandek- butun nur va sururga, saodat va huzurga mushtoq bo’lgan ko’ngillarga yoyiladi.

Ustoz xususiy hayotida g’oyat halim-salim va oliy darajada mutavozedir. Bir fardni emas, hech bir zarraga ozor bermaslik uchun a'zamiy fidokorliklar ko’rsatadi. Cheksiz zahmat va mashaqqatlarga, iztirob va mahrumiyatlarga sabr qiladi... Faqat iymoniga, Qur'oniga tegilmaslik sharti bilan...

Ortiq u zamon qarabsizki, u sokin dengiz to’lqinlari samolarga yuksalgan bir to’fon, sohillarga haybat va dahshat sochgan bir ummon kabi bo’ladi. Chunki U Qur'oni Karimning sodiq xizmatkori va iymon sarhadlarini qo’riqlayotgan qahramon va fidoiy bir askaridir. O’zi bu haqiqatni vajiz bir jumla bilan shu shaklda ifoda qiladi: "Bir askar navbatchilikda ekan, bosh qo’mondon ham kelsa, qurolini tashlamaydi. Men ham Qur'onning bir xizmatkori va bir askariman. Vazifa boshida turganimda, qarshimga kim chiqsa chiqsin, haq shudir deyman, boshimni egmayman..."

Vazifa boshida va jihod maydonida ekan, shu misralar lisoni holidir:

Kishnagan bir ot misol, parchalarman qonli yuganni,

Pastkash dushmanlarga, xosho, sotolmayman o’zligimni...

O’zligimdan uzoq bo’lishdir asorat men uchun,

Bunday bir zillatga tushish ne hazin iskanja...

Abadiy vuslatning ishqi bilan o’tar har onim...

Dasti qudrat bilan qilingan qal'adir iymonim,

Bu muqaddas umidimdan naqadar dilshodman,

Ko’rish istar meni jannatda shahid ajdodim...

Ruhim bo’lgancha muabbad, abadiydir umrim,

Eng buyuk vuslatga Allohga chiqqan yo’ldir o’lim.

* * *

Kitobga kirishishdan avval Ustozni ilmiy, fikriy, tasavvufiy va adabiy jabhalari bilan ham mutolaa qilishni istar edim. Faqat o’ta chuqur va juda shumulli bo’lgan bu mavzularning bir necha sahifa bilan xulosa qilib bo’lmasligini qat'iy bir suratda idrok qilgandan keyin, ortiq nomi o’tgan mavzular haqida bir necha jumla bilan gapirib o’tishni munosib deb ko’rdim.

Robbim imkonlar lutf etsa, bu chuqur mavzularni Risola-i Nur Kulliyoti va Nur talabalari bilan birgalikda, buyuk va mustaqil bir asar bilan, tahliliy bir suratda tadqiq va mutolaa qilishni butun ruhim bilan orzu qilaman. Bu xususda buyuk Ustozimizning va aziz qardoshlarimning qiymatli duolarini niyoz aylayman!

Ustozning ilmiy jabhasi:

Marhum Ziyo Posho Shu:

Oynasi ishdir kishining so’zga qaralmaydi,

Shaxsning ko’rinur rutba-i aqli asarida.

bayti bilan nasldan naslga bir dastur holida intiqol etadigan juda buyuk bir haqiqatni ifoda qilgandir.

Ha, Musulmon irqimizga "Risola-i Nur Kulliyoti" kabi muazzam bir iymon va irfon kutubxonasini hadya qilgan, ko’ngillar ustida muqaddas bir nur muassasasi qurgan mumtoz va mustasno zotning qudrati ilmiyasi haqida tafsilotga kirishish, peshin payti quyoshni ta'rif qilish qadar fuzuliy bir ishdir.

Yolg’iz otashin bir shoirimizning:

Husn borkim, ko’rganingda ixtiyor qo’ldan ketar.

degani kabi, hayotining har lahzasida Ilohiy tajalliylarga mazhar bo’lgan bu muborak zotning ilm va irfonidan, axloq va kamolotidan bahs yuritish insonga butun boshqa bir zavq va Ilohiy bir lazzat beradi. Shuning uchun so’zni cho’zishdan o’zimni to’xtata olmayapman.

Ustoz Risola-i Nur Kulliyotida diniy, ijtimoiy, axloqiy, adabiy, huquqiy, falsafiy va tasavvufiy eng muhim mavzular haqida bahs etgan va hammasida ham horiquloda bir suratda muvaffaq bo’lgandir.

Ishning asl hayrat bergan nuqtasi; bir qancha ulamoning tahlikali yo’llarga adashib kirgan eng qiyin mavzularni g’oyat ochiq bir shaklda va eng qat'iy bir suratda hal qilgani kabi, eng girdobli chuqurliklardan Ahli Sunnat va Jamoat tutgan nurli yo’lni ta'qib qilib sohili salomatga chiqqan va asarlarini o’qiganlarni ham shunday chiqargandir.

Shu sababli, Risola-i Nur Kulliyotini aziz millatimizning har tabaqasiga kamoli amniyat va samimiyat bilan taqdim qilish bilan sharaflanamiz. Nur Risolalari Qur'oni Karimning nur daryosidan olingan barroq qatralar va hidoyat quyoshidan sizilgan billur shu'lalardir. Shuning uchun, har musulmon zimmasidagi eng muqaddas vazifa, iymonni qutqaradigan bu nurli asarlarning yoyilishiga harakat qilishdir. Zero, tarixda juda ko’p marta ko’rilganki, bir asar qanchalab fardlarning, oilalarning, jamiyatlarning va hisobsiz inson jamoatlarining hidoyat va saodatiga sabab bo’lgandir... Oh! Naqadar baxtiyor u insonki, bir mo’'min qardoshining iymonining qutulishiga sabab bo’lsa!..

Ustozning Fikriy Jabhasi:

Ma'lumki, har mutafakkirning o’ziga maxsus bir tafakkur tizimi, fikriy hayotida ta'qib qilgan bir g’oyasi va butun ko’ngli bilan bog’langan bir "ideali" bordir. Va uning tafakkur tizimidan, g’oya va idealidan bahs yuritish uchun uzun muqaddimalar sard etiladi. Faqat Badiuzzamonning tafakkur tizimi, g’oya va ideali, uzun muqaddimalar bilan fe'lan charchamasdan bir jumla bilan xulosa qilinishi mumkin:

Butun samoviy kitoblarning va butun Payg’ambarlarning yagona da'volari bo’lgan "Xoliqi Koinotning uluhiyat va vahdoniyatini e'lon" va bu buyuk da'voni ham ilmiy, mantiqiy va falsafiy dalillar bilan isbot qilishdir.

- U holda, Ustozning mantiq, falsafa va musbat ilmlar bilan ham aloqasi bor ekan-da?

-Ha, mantiq va falsafa Qur'on bilan kelishib haq va haqiqatga xizmat qilganlari muddatcha Ustoz eng buyuk mantiqchi va eng qudratli bir faylasufdir. Muqaddas va jahonshumul da'vosini isbot vodiysida qo’llagan eng porloq dalillari va eng qat'iy burhonlari Qur'oni Karimning Alloh kalomi bo’lganini har kun bir marta yana isbot va e'lon qilgan "Musbat ilm"dir.

Zotan falsafa, aslida hikmat ma'nosini bildirsa, Vojib-ul Vujud Taolloh va Taqaddas Hazratlarini Zoti Barisiga loyiq sifatlar bilan isbotga harakat qilgan har asar eng buyuk hikmat va u asarning sohibi ham eng buyuk hakimdir.

Xullas, Ustoz ana shunday ilmiy bir yo’lni, ya'ni Qur'oni Karimning nurli yo’lini ta'qib qilgani uchun, minglab universitetdagilarning iymonini qutqarish sharafiga mazhar bo’lgandir. Hazratning bu xususda sohib bo’lgan ilmiy, adabiy va falsafiy yana juda ko’p maziyatlari bordir. Faqat ularni asarlaridan misollar keltirib inshaalloh mustaqil bir asarda bayon qilish umididaman. Va minallohit-tavfiq.

Tasavvuf Jabhasi:

Naqshbandiy mashoyixidan har harakatini Payg’ambari Zishon Afandimiz Hazratlarining harakotiga tatbiq qilishga harakat qilgan va buyuk bir olim bo’lgan bir zotdan so’radim:

-Muhtaram Janob, ulamo bilan mutasavvifa orasidagi kelishmovchilikning sababi nima?

-Ulamo Rasuli Akram Afandimizning ilmiga, mutasavviflar esa amaliga voris bo’lganlar. Xullas bu sababdandirki, Faxri Jahon Afandimizning ham ilmiga va ham amaliga voris bo’lgan bir zotga "Zuljanohayn", ya'ni "Ikki qanotli" aytiladi... Shuning uchun, tariqatdan maqsad, ruxsatlar bilan emas, azimatlar bilan amal qilib axloqi Payg’ambariy bilan axloqlanib, butun ma'naviy xastaliklardan tozalanib, Janobi Haqning rizosida foniy bo’lishdir. Ana shu ulviy darajani qozongan kishilar, shubhasizki ahli haqiqatdirlar. Ya'ni, tariqatdan maqsud va matlub bo’lgan g’oyaga yetishganlar, demakdir. Faqat bu yuksak martabani qozonish hammaga ham muyassar bo’lolmasligi uchun, buyuklarimiz matlub bo’lgan maqsadga osonlik bilan yetishish uchun, muayyan qoidalar joriy qilgandirlar. Xulosa; tariqat, shariat doirasining ichida bir doiradir. Tariqatdan yiqilgan shariatga tushadi, faqat, ma'azalloh, shariatdan yiqilgan abadiy xusronda qoladi.

Bu buyuk zotning bayonotiga ko’ra, Badiuzzamon ochgan nur yo’li bilan haqiqiy va shaibasiz tasavvuf orasida javhariy hech bir ixtilof yo’qdir. Har ikkisi ham Rizo-i Bariga va natijada Jannati a'loga va diydori Mavloga etuvchi yo’llardir.

Shuning uchun, bu asl g’oyani istihdof qilgan har qanday mutasavvif bir qardoshimizning Risola-i Nur Kulliyotini seva-seva o’qishiga hech bir mone qolmagani kabi, aksincha, Risola-i Nur tasavvufdagi "muroqaba" doirasini Qur'oni Karim yo’li bilan kengaytirib, unga yana tafakkur vazifasini eng muhim bir vird sifatida ilova qilgandir.

Ha, insonning ko’ziga, ko’ngliga butun boshqa ufqlar ochgan bu "Tafakkur" sababi bilan faqat qalbining muroqabasi bilan mashg’ul bo’lgan bir solik, qalbi va butun latoifi bilan birlikda zarralardan kuralarga qadar butun koinotni azamat va ehtishomi bilan sayr va tomosha, muroqaba va mushohada qilib, Janobi Haqning u olamlarda ming bir shaklda tajalliy etayotgan asmo-i husnasini, sifati ulyosini kamoli vajd bilan ko’rib, so’ng so’ngsiz bir ma'badda bo’lganini aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn va haqqalyaqiyn darajasida his qiladi. Chunki ichiga kirgan "Ma'bad" shunday ulug’ bir ma'baddirki, milliardlarga sig’magan jamoatning hammasi ishq va shavq, xushu' va istig’roqlar ichida Xoliqini zikr qiladi. Otashin, totli va go’zal lisonlari, sheva, go’zal ovoz, ohang va bastalari bilan bir og’izdan:

سُبْحَانَ اللّٰهِ وَالْحَمْدُ لِلّٰهِ وَلَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَاللّٰهُ اَكْبَرُ

deydilar.

Risola-i Nur ochgan iymon va irfon va Qur'on yo’lini ta'qib qilgan ana shunday muazzam va muhtasham bir ma'badga kiradi. Har bir odam iymon va irfoni, fayz va ixlosi nisbatida fayzyob bo’ladi.

Adabiy Jabhasi:

Eskidan beri lafz va ma'no, uslub va muhtavo jihatidan adiblar va shoirlar, mutafakkirlar va olimlar ikkiga ayrilgandirlar. Bulardan ba'zilari faqat uslub va ifodaga, vazn va qofiyaga qiymat berib, ma'noni ifodaga fido qilganlar. Va bu hol ham o’zini eng ko’p she'rda ko’rsatadi.

Boshqa jamoat esa eng ko’p ma'no va muhtavoga ahamiyat berib mohiyatni so’zga qurbon qilmaganlar.

Ortiq Badiuzzamon kabi buyuk bir mutafakkirning adabiy jabhasi bu kichik muqaddima bilan osongina tushuniladi, deb o’ylayman. Zero, ustoz u qiymatli va barakali umrini quloqlarda qoladigan so’zlarning tanzim va tartibi bilan emas, aksincha qalblarda, ruhlarda, vijdon va fikrlarda qudsiy bir ideal holida insoniyat bilan barobar yashaydigan din hissining, iymon shuurining, axloq va fazilat mafhumining asrlarga, nasllarga talqini bilan mashg’ul bo’lgan bir dohiydir. Ortiq bu qadar ulviy bir g’oyaning tahaqquqi uchun jondan va jahondan kechgan bir mujohid, juda tabiiydirki, foniy shakllar bilan mashg’ul bo’lolmaydi.

Bu bilan barobar, Ustoz zavq nozikligi, ko’ngil hassosiyati, fikr chuqurligi va xayol yuksakligi jihatidan horiquloda deyiladigan darajada adabiy bir qudrat va malakaga sohibdir. Va bu sabab bilan uslub va ifodasi mavzuga ko’ra almashadi. Masalan: Ilmiy va falsafiy mavzularda mantiqiy va riyoziy dalillar bilan aqlni qanoatlantirarkan, g’oyat vajiz tarkiblar qo’llaydi. Faqat ko’ngilni mast qilib, ruhni yuksaltiradigan onlarda ifoda shu qadar barroqlasharki, ta'rif qilib bo’lmaydi. Masalan: Samolardan, quyoshlardan, yulduzlardan, mahtoblardan va ayniqsa bahor olamidan va Janobi Haqning u olamlarda tajalliy etayotgan qudrat va azamatini tasvir qilarkan, uslub shu qadar latif bir shakl oladiki, ortiq har tashbeh eng totli ranglar bilan qamralgan bir lavhani eslatadi.. va har tasvir horiqolar horiqosi bir olamni jonlantiradi.

Xullas, bu hikmatga binoan, bir Nur talabasi Risola-i Nur Kulliyotini mutolaasi bilan, universitetning har qaysi bir fakultetiga mansub bo’lsa ham, hissan, fikran, ruhan, vijdonan va xayolan tom ma'noda qoniqtirilgan bo’ladi.

Qanday qoniqtirilmaydiki, Risola-i Nur Kulliyoti Qur'oni Karimning jahonshumul bog’idan terilgan bir gul dastasidir. Shuning uchun unda u muborak va Ilohiy bog’ning nuri, havosi, ziyosi va ifori bordir...

Ruhning bu ehtiyojin so’zlar oqqan suvlar,

Qur'onga har zamon basharning ehtiyoji bor...

Ali Ulviy KURUJU

* * *

Kitobni ochish ↗